forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 31 Oktyabr 2007, 07:21:41

Nom: Timoti Uinter. XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 31 Oktyabr 2007, 07:21:41
XXI-ASRDA ISLOM
Postmodern dunyoda qiblani topish

(http://ziyouz.com/rasmlar/books/qibla.jpg)

Timoti J. Uinter
Islomiy tadqiqotlar bo‘yicha lektor
Ilohiyotshunoslik fakulteti
Kembrij universiteti


Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonun bilan muhofaza qilinadi  © T.J.Uinter. Bu qo‘lyozmani ingliz tilida ko‘paytirib tarqatish taqiqlanadi, faqat o‘zbek tiliga tarjima qilish uchun

Tarjimon: Faxriyor

MUNDARIJA

Gapning ibtidosi…  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg84529#msg84529)
1.    Ming yillik alomat sifatida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg87195#msg87195)       
2.    Modernizm tugashiga ishonch (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg88282#msg88282)
3.    Sunnat birlamchiligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg88617#msg88617)
4.    Madinaning qorishiq tarovati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg88715#msg88715)
5.    Oila inqirozi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg88737#msg88737)
6.    Islom, Irigaray va jins masalasi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg88758#msg88758)
7.    Bir dindan ikkinchisiga o‘tish sog‘inch hissi sifatida: najotkor Buyuk Ahd  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg90482#msg90482)
8.    Diniy Boshqani tan olish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg90517#msg90517)
9.    Britaniya va Buyuk Ahd  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg91188#msg91188)
10.    Islom ma’naviyati: unutilgan inqilob  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg91396#msg91396)
11.    Mutaassiblik balosi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg91528#msg91528)
12.    Aksilmazhabchilik muammosi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg91582#msg91582)
…va intihosi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg91604#msg91604)
Tarjimondan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg91606#msg91606)
Izohlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg91610#msg91610)
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 31 Oktyabr 2007, 07:23:23
Inoyatga shukr qilmagan
Inoyatdan mahrum bo‘lg‘usi,
Shokir banda har inoyatni
O’z ipi-la bog‘lab olg‘usi.
Ibn Otaulloh

Bismillohir rahmonir rahim

Gapning ibtidosi...

Muhtaram kitobxon!

Qo‘lingizdagi ushbu kitob a la grande cuisine[1]ning to‘laqonli mazali taomini emas,  balki tanlanma hors d'oeuvres[2]ni e'tiboringizga havola etadi. Undagi maqolalarning  ba'zilari ixtisoslashgan va ilmiy, boshqalari esa ommabop qilib yozilgan, har bir bo‘limdagi annotatsiya va kitobning munozara uslubi va darajasi aynan shu maqsadga qaratilgan. Biz buni tushunib olish uchun  yangi ming yillik tasodifan dunyo musulmonlari tarixidagi burilish nuqtasiga to‘g‘ri kelganidan voqif bo‘lishimiz kerak. Yangi zamonga xos siyosiy da'vatlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ekstremistik tangliklarni va qanaqa oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bilib bo‘lmaydigan befarqlikni urchitib yubormoqda. Ammo biz vahimaga tushmay, ularning barchasini mushohada qiladigan bo‘lsak, o‘zimiz ishtirokchisi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lguchi e'tiqod va hayotning buyuk tashvishi uchun kelajakni belgilab ola boshlashimiz mumkin. InshAlloh!

Timoti J. Uinter
Ilohtiyotshunoslik fakulteti
Kembrij universiteti
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:49:37
I bob
Ming yillik alomat sifatida

Dasti ko‘tohimizni etmamish Alloh raso,
Lutfi manbasin yo‘qsa qo‘limiz-la tutardik.
Bizga bersinmu xudo obi hayoti tavfiq,
Zulmatda Xizr topsak, kulohidan tutardik.
Izzat Mulla

 «Islom va yangi ming yillik»: caveat lector[3]. Biz musulmon sifatida ishga kirishishdan oldin kamida ikkita taraddudga ehtiyoj sezamiz.

Birinchidan, garchi mustaqil bo‘lmagan tamaddun a'zolari sifatida 2000 yildan  qochib qutulolmasak-da, yangi mingyillik bizning mingyilligimiz emasligini tan olishimiz kerak. Bugungi kunda har bir musulmon davlati shoshilinch bir tarzda milodni va shunga asosan, avliyo Grigoriy tuzgan, xristianlik asos qilib olingan taqvimni tan oladi. Islom tarixining Muhammad payg‘ambar hijratidan undan oldin o‘tgan payg‘ambar tavalludi bilan bog‘liq joriy taqvimga moslangani tufayli ko‘pgina islomiy davlatlar yangi asr boshlanishini qaysidir darajada nishonlashni rejalashtirib ham qo‘ydi. Musulmon mamlakatlaridagi   shoshib qolgan va dunyoviylashgan aholi ushbu voqea munosabati bilan g‘alati bir hayajonga tushib qoldi: hatto Turkiyada "Iki bin'e dogru" («Ikki minginchi yil sari») haftalik jurnali ham chop etila boshladi. Bunday asabiy hayajon bizga g‘alati tuyulishi tabiiy: biz musulmon sifatida o‘z taqvimimizga va tarixiy mezonlarimizga egamiz. Aslida 2000 yil hijriy 1420 yilda boshlandi. Shunday ekan, bu sana e'tiborga molik deyishga arziydimi? Bu odamning g‘azabini qo‘zg‘ovchi va nomaqbul G'arb ta'sirining yana bir ko‘rinishi emasmi?
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:51:36
Ayrim zamondosh olimlar (Ye.P.Sanderz, Jeza Vermes va hk.) ning tadqiqotlariga asosan, Iso (a.s.) miloddan oldingi 6 yilda tavallud topganini inobatga olsak, ushbu fikr yanada qat'iylashadi. Agar shu gaplar rost bo‘lsa, quyosh taqvimiga ko‘ra, uchinchi ming yillik 2000 yilda emas, 1994 yili  boshlangan bo‘lib chiqadi, 2000 yilni nishonlash aslida behuda bir ish, ya'ni yangi zamon bayrami ekani ma'lum bo‘ladi. Londondagi Ming yillik qubbasi singari kinoyaomuz va gumanistik loyihalar bilan tanishgan kishi bir narsaga amin bo‘ladi: odamlar  Iso Masihning tavalludini emas, balki bema'ni fakt - uchta nolning yonma-yon kelishini nishonlashmoqda. Xullas, bu voqea bugungi kun xristianlari uchun behuda narsalar tizimi, bema'niliklar yubileyi bo‘ldi, xolos.

Ikkinchi, tashvishli hol bizning kelajak xususida ishonch bilan gapirish qobiliyatimizga daxldordir. Men ushbu bob va butun kitob davomida (o‘quvchilarni) islomning Buyuk mingyillikdan so‘ng olishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishi haqida bot-bot mulohaza yuritishga da'vat etmoqchiman. Biroq Ash'ariy va Motirudiy nuqtai nazaridan qaraganda, ilohiyotshunoslik nozik masaladir: biz unga halol yo‘l bilan yechim topishimiz mumkinmi? Kelajak ko‘zdan olis narsa, uni ko‘rib bo‘lmaydi, u faqat al-Qodir al-Olim, ya'ni yagona bilguvchi zot - Allohgagina ayon kitobdir. Ehtimol, bani bashar o‘z umrining intihosiga yetib borayotgani yaxshidir. Qodir va qahhor Alloh qiyomat kunidan oldin soatlarni to‘xtatib qo‘yishi ham mumkin. Biz - inson bolalari, ilohiy adolatning bir  ko‘rinishi sifatida bu ishda shunchaki vosita bo‘lishimiz mumkin, xolos: bunday paytda, bir zamonlar Rossiyaga birinchi bo‘lib yadroviy zarba berish kerak, deb turib olgan prezident Kennedining  strategik bombardimon kuchlariga ega bo‘la turib ham ikkilanganini eslash kifoya. Biroq bu - mushohada yuritishni talab etadigan mavzu. Jabroil farishta haqidagi hadisda u (Muhammad) payg‘ambar (s.a.v.s.) ning oldiga kelgani, Rasululloh farishtadan, o‘sha soat qachon keladi, deb so‘ragani, u (Jabroil) esa «savolga tutilgan ham savol beruvchidan ko‘proq narsani bilmaydi», deb javob bergani rivoyat qilinadi. Biroq Qur'oni karimda aytilganiday, «falak shu savolga homiladordir». Inson qo‘li bilan yoki o‘zi keladigan ofat siz ushbu kitobni o‘qib tugatmasingizdanoq ro‘y berishi ham mumkin. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:52:04
Islom tarixida qisman Qur'on karomati bilan inson hayotidagi asosiy mavzuga aylangan qiyomat qoyimni kutish hollari yangilik emas. Qizig‘i shundaki, oxirat kuni haqidagi gaplar islom tashkil topganining ming yilligi oldidan ham paydo bo‘lgan edi. Misrning o‘rta asrlardagi buyuk olimi Imom as-Suyutiy ko‘plab musulmonlarning hijriy 1000 yilni qo‘rquv va hayajon bilan kutib olgani xususida tashvish bilan yozgan edi. Xo‘sh, bu ham ko‘plab Qohira voizlari minbarlardan turib ta'kidlaganiday, oxiratdan darak beradimi?

As-Suyutiy o‘zining  ehtiyotkor  va narsalarni ataylab murakkablashtirishdan yiroq mashg‘ulotiga sodiq qolib, ushbu ummatning hayotiga oid barcha hadislarni sinchiklab o‘rganib chiqqach, hech qanday qo‘rquvga asos yo‘q ekanini aniqlagan. U bu haqda  «Ummatlarning ming yillikdan omon-eson o‘tib olishi isboti» degan kichik bir kitob ham yozgan. Ushbu kitobda muallif, islomning ilk ming yilligi insoniyat tarixining intihosi deb vahima ko‘tarishga  hech qanday asos yo‘q, degan xulosaga kelgan. U o‘ziga ma'lum hadislarni o‘rganib chiqib, ularda  Iso (a.s.) va Antixrist (al-Masih ad-Dajjol) ning qaytishi islomiy 15-asrda, ya'ni bizning kunlarimizda ro‘y beradi, degan to‘xtamga keladi. Bu fikr bizning zamondoshlarimiz uchun ham o‘ziga xos ogohlantirish emasmi?

Biroq Imom hazratlarining mazmunan to‘la aniq bo‘lmagan hadislarni talqin qilishi,  kelajakni Allohgina bilishi mumkin, payg‘ambarlarga esa faqat vahiy  keladi, degan teologik tushunchalariga asoslangan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:52:39
Men ushbu kitobning keyingi sahifalarida taxminlarga emas, mavjud dalillarga tayanib mulohaza yuritmoqchiman. Alloh taolo tarix yo‘nalishini biror tabiiy ofat, halokatli urushlar yoxud harbiy laboratoriyadagi mikrob to‘la idishni kimdir tasodifan tushirib yuborishi orqali  butunlay o‘zgartirishi mumkin. Ul zot  moliki zamon sifatida tarixni, go‘yo daraxtdan bir yaproqni uzib olganday, oyoqlatib qo‘yish qudratiga ega. Bordiyu,  bu hol yaqin oylar ichida ro‘y beradigan bo‘lsa,  bu taxminlarga o‘rin ham qolmaydi. Bu o‘rinda mening vazifam - hozirgi zamon haqida so‘zlash. Modomiki, mavjud tamoyillar shu kungacha biror falokat tufayli barbod bo‘lmagan ekan, ular kelgusi yillar va o‘nyilliklarda islomning ehtimol tutilayotgan kelajagi tomon davom etib boraveradi.

Xo‘sh, ushbu tamoyillarga shubha bilan qarash nima uchun foydadan xoli  emas? Chunki, birinchi navbatda, barcha islomiy diskurs[4]da ahli muslim 20-asr, aslida esa so‘nggi uch asr mobaynida o‘rtaga qo‘ygan muammolarni hal etish borasida sustkash va muvaffaqiyatsiz  javob harakati qilgani ro‘y-rost aytilishi kerak. G'arbning ustunligi bilan ro‘baro‘ kelarak, biz shu vaqtgacha qaysi evrilishlar muqarrar va ularning qaysi biriga qarshilik ko‘rsatishimiz mumkin ekanini aniqlay olmadik.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:53:01
19-asr boshlarida Usmonlilar saltanati Rossiyaga qarshi bir qancha halokatli urushlarda yutqazib qo‘ydi. Buning asosiy sababi Rossiya armiyasi Ulug‘ Pyotr amalga oshirgan g‘arblashtirish va texnokratik islohotlar tufayli erishgan qurol-yarog‘lar  va temir intizom edi. Biroq ulamolar va yanichar[5]larning aksariyati har qanday o‘zgarishga qarshilik ko‘rsatar edi. Ular janglarda faqat e'tiqod bilan g‘alabaga erishish mumkin, o‘qotar qurollar va o‘quv mashg‘ulotlari musulmonlarning samuraylarnikiga o‘xshash futuvvatning - har bir musulmon jangchisining individual yasog‘ining ahamiyatini pasaytiradi, deb hisoblardi. Ularning nazarida dushmanning ko‘ziga tik qarab, qilich savashish  yoki sodda pilta miltiq bilan jang qilish o‘rniga unga qarata olis masofadan o‘q otish qo‘rqoqlik bo‘lib tuyulgan. Shundan so‘ng Usmonlilar saltanati yaxshi qurollangan xristianlar armiyasidan ketma-ket mag‘lubiyatga uchray boshladi.

Matbaa masalasi bundan ham battar ahvolda edi. Ulamolarning aksariyati 18-asrga qadar matbaa - kitob chop qilishni harom ish deb hisoblagan. Dinga tegishli har bir matn muqaddas sanalgan, shuning uchun u xattot tomonidan asta-sekin, mehr bilan ko‘chirilishi va muqovalanishi kerak bo‘lgan. Ulamolar ayni kitoblarni  oson yo‘l bilan ko‘paytirish islom ta'limotining ahamiyatini pasaytiradi, shuningdek, diniy matnlarni yodlashda talabalarni dangasa qilib qo‘yadi, deb bilgan. Boz ustiga, sahifalarni terish va bosish jarayoni butun olamning yaratuvchisi nomi bitilishi ehtimoli bo‘lgan matnlarga nisbatan hurmatsizlik deb baholangan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:53:14
Asli mojaristonlik bo‘lib, islomni qabul qilgan Ibrohim Mutafarriqa bunday qarashlarning barchasini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan edi. U  dunyoviy va ilmiy kitoblarni chop etish uchun sulton G'olibning ruxsatini olgan va 1720 yili Istanbulda islom olamidagi ilk matbaa dastgohini ishga tushirgan. Mutafarriqa hamma narsani dunyoviylashtirish tarafdori bo‘lgan badniyat kishi emasdi, aksincha, musulmonlikni qabul qilgan samimiy inson bo‘lib, o‘z tarjimai holi va diniy e'tiqodini «Risolayi Islomiya» kitobida bayon qilib bergan. Mutafarriqa  Usmonlilar saltanatining texnik va ma'muriy qoloqligidan qattiq tashvishda edi. Shundan so‘ng u «Ummatlarni boshqarishda aql-zakovat bilan ish yuritish usullari» («Usul ul-hikom fi nizom ul-umam») degan kitob yozib, 1731 yili chop ettirgan. Ushbu mo‘‘jazgina dasturiy asarida u Yevropada urf bo‘lgan hukumatlar va harbiy tizimlarning tavsifini keltirgan va mustaqil musulmon davlatlarini nafaqat Yevropaning harbiy texnologiyasini, qolaversa, ma'muriyati va ilmiy tadqiqotlaridan ham zarurlarini o‘zlashtirish orqaligina omon qolish mumkinligini aytib ogohlantirgan. 

Ammo muallifning Yevropa tamadduni taraqqiyoti to‘g‘risidagi ogohlantirishlariga yetarli e'tibor berilmaydi hamda  Usmonlilar davlati o‘z-o‘zini isloh qilish va shu bilan birgalikda islomiy o‘ziga xosligini saqlab qolishday bir-birini istisno qiladigan ishlarga qo‘l uradi; shunday qilib, yangi sharoitga moslashish jarayoni bugungi kunda ham ko‘pgina musulmon davlatlari oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:53:27
Mojaristonlik  bu olimning ibratli hayoti doimo biz musulmonlarga asrimizning global tamoyillarini anglab yetmay turib, uning texnologiya va uskunalariga moslashmay turib, mag‘lubligimizcha qolib ketaverishimiz mumkinligini eslatib turadi. O'jar konservatizm sabab vujudga kelgan ruhiy ustunlik mag‘lubiyat va hayot oqimidan chetda qolib ketish tajribasi keltirib chiqaradigan ma'naviy inqiroz tufayli tezda barbod bo‘ladi. Bugungi kunda islom davlatlarida yashaydigan musulmonlar aksariyat hollarda o‘tkinchi siyosiy masalalarga mahliyo bo‘lib qolib, hayot-mamotga daxldor ulkan tamoyillarni o‘jarlarcha pisand qilishmayapti. Vaholanki, ularning oldida turgan o‘sha siyosiy masalalar erta-indin hech narsaga arzimay qoladi.

Bunday mensimaslik b'zan kishini ajablantiradi. Shu o‘rinda biz o‘z-o‘zimizga, bugungi zamonga tom ma'noda kuch berib turgan g‘oyalardan islom dunyosidagi uyg‘onish harakatlari yetakchilaridan qanchasi voqif, degan savol berishimiz kerak. Bunday yetakchilarning qaysi biri zamonamizning hal qiluvchi ahamiyatga molik intellektual tizimlari nomini aytib bera oladi? Ular uchun strukturalizm, postmodernizm, analitik falsafa, tanqidiy nazariya tushunib bo‘lmaydigan murakkab va yopiq kitoblardir. Ular buning o‘rniga «Xalqaro sionizmning masonlarcha fitnasi» yoki «Yangi salb yurishi» va shunga o‘xshash uydirmalar haqida  safsata sotishni afzal bilishadi. Agar biz dunyoda nega bu qadar ko‘p islomiy harakatlar barbod bo‘layotgani sababini anglab yetmoqchi bo‘lsak, ishni, ehtimol, ularning rahbarlari islomiy boshqaruvdagi to‘siqlarni muvaffaqiyatli yengib o‘tishning asosiy sharti bo‘lgan yangi dunyoni aqliy bilish qobiliyatiga ega emasligini tan olishdan boshlashimizga to‘g‘ri keladi. Zamonaviy mafkuralar nima ekanini bilmaydigan bugungi ashaddiy musulmonlar aslida ularni yengish to‘g‘risida xomxayol qilishdan nariga o‘tmaydi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:54:11
Tugab borayotgan 20-asrning mafkuradan xoli tamoyillarida  undan-da kam bo‘lmagan qayg‘uli aporiya - muammoni hal etishdagi yengib bo‘lmas ziddiyat ustun keladi. Bu tamoyillar yangi mingyillikda ham ustuvorlik qilishi ehtimoldan xoli emas. Shu bois yevropalik musulmonlar, xuddi bundan uch asr ilgari yashab o‘tgan Ibrohim Mutafarriqa singari, boshqa musulmonlarni dunyoga o‘zgacha tartib berayotgan yangi global voqeliklardan ogoh qilishni o‘z zimmasiga olishi kerak, aks holda ularning an'anaviy diskurslari hech kimga kerak bo‘lmay qolishi mumkin. Ushbu voqeliklar bizni chetlab o‘tadi, deb hisoblash o‘zingiz o‘tirgan shoxga bolta urish bilan barobar; biz o‘rtadagi masofalar tobora qisqarib borayotgan yagona dunyoda yashamoqdamiz, madaniyatlarning mushtaraklashuvi kun sayin jadallashmoqda. Bugungi kunda Jahon bankining bosh qarorgohida masjid bo‘lganidek, Makkada Makdonalds yemakxonasi  shoxobchasi faoliyat yuritmoqda. O'zining tarixiy vatanidan G'arb mamlakatlariga kelgan musulmonlar e'tiqod va tushunchalar borasida o‘zini emin his qilishi mumkin, biroq yoshlar-chi? Amerika universitetida o‘qiyotgan musulmon tolibi ilmining tafakkurida qanday o‘zgarishlar yuz beradi?  U postmodernizm va poststrukturalizmni, ushbu mafkuralarning zamonaviy G'arbga, shuning barobarida yangi global tizimga  ta'siri katta ekanini o‘rgana boshlagach, U islom faollari rahbarlariga murojaat etib, uning ongiga islom nuqtai nazaridan mutlaq haqiqat sifatida singdirilgan  qarashlarni rad etish mumkinmi, yo‘qmi, deb so‘raydi, ular bu qarashlarni dalillar asosida rad etolmagach, tolibi ilm taraddudlanib qoladi. Uning Islomning vaqt hukmiga bo‘ysunmaydigan haqiqat ekani xususidagi ishonchiga putur yetadi. Bunday sharoitda  faqat aql-zakovati sust bo‘lgan kishigina musulmon bo‘lib qoladi: bu zamonaviy ilmdan yiroq ayrim faollar ishida ko‘zga tashlanayotgan dilni xira qiluvchi saralash jarayonidir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:54:25
Shuning uchun ham bizning atrofimizda va bizsiz jadallashib borayotgan globallashuv jarayonlarini tushunish diniy burchimiz, ya'ni farzdir.

Ushbu bobda asrimizga xos  barcha ilg‘or tamoyillarini islom nuqtai nazaridan tahlil qilmoqchi emasmiz. Shuning uchun ham biz bu o‘rinda faqat bir nechta masalaga asosiy e'tiborni qaratamiz. Buning sababi - ularni  yechish osonligida  emas, aksincha, islom  ummatlarining  kelgusi ikki-uch o‘nyillikda duch kelishi muqarrar bo‘lgan muammolar xususiyatini ochib berishda.  Bular demografiya, diniy o‘zgarishlar va atrof-muhit masalalaridir.

Demografiya masalasi birinchi navbatda e'tiborni talab etadi, chunki u muqarrardir. Aholi sonining o‘sish tamoyilini anglab olish qiyin emas va bu borada kamida keyingi yuz yillik  statistik ma'lumotlar to‘lib-toshib yotibdi.  Lekin bunday hisob-kitoblar faqat biror falokat, deylik, dahshatli epidemiya, yoki atom, yoxud biologik urushlar ro‘y bermaguncha ishonchli bo‘lishi mumkin.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:54:52
Keling, yaxshisi, oddiy raqamlarga bir nazar solaylik: 1880 yilda dunyo aholisining 13,7 foizi musulmonlar edi. 20-asrning 80-yillariga kelib bu ko‘rsatkich 16,9 foizga, mingyillikning oxiriga kelib esa, taxminan, 21 foizga yetdi. Boshqa dinlarga mansub aholining o‘sish darajasi  barqarorligicha turibdi va, ajablanarlisi shundaki,  1970 yildan boshlab dunyodagi dahriylar miqdori bir oz kamaya boshladi.

Bu raqamlar muhim ahamiyatga ega. Bir asr davomida  dunyo musulmonlarining soni keskin oshib ketdi. Ko‘pchilikning islom diniga o‘tgani ham bunga sabab bo‘ldi, biroq  eng asosiy sabab - tabiiy  o‘sishdir. Boz ustiga, musulmon dunyosidagi bunday demografik portlash bu dinga e'tiqod qiluvchilar soni kelgusida ham o‘sib borishini ko‘rsatadi. Semyuel Hantington «Tamaddunlar to‘qnashuvi» nomli mashhur risolasida dunyoda xristianlarning soni kamayib borayotgani va 2025 yilga borib, ular dunyo aholisining, taxminan, 25 foizini tashkil etishi haqidagi ma'lumotni keltirgan edi. O'sha vaqtga borib musulmonlarning soni dunyo aholisining 30 foizini tashkil etar ekan[6].

Nega aynan bunday hol yuz berayotganini anglash qiyin emas. Amerika va Yevropa aholisi jadal sur'atlar bilan keksayib bormoqda. Yangi mingyillikning eng muhim ma'naviy  muammolaridan biri keksalarni boqish uchun yetarli mablag‘ topish bilan bog‘liq bo‘lib qoladi. Bugun kun tibbiyoti erishgan muvaffaqiyatlar o‘rtacha  hayot kechirish darajasi  70 yoshdan ancha yuqori bo‘lishiga zamin hozirlab bermoqda, biroq faol hayot kechirish muddati hali bu qadar tez o‘sgani yo‘q. Tasavvur qiling, 20-asrning boshlarida G'arb kishisi o‘rtacha 2 yillik umrini og‘ir xastalik bilan kechirar edi.  Bugungi kunda bu ko‘rsatkich 7 yilga yetdi. Ivan Ilich isbotlab berganiday, tibbiyot faqat umrni uzaytirishi mumkin, biroq u odamning faol hayot kechirish muddatini uzaytira olmaydi. Oqibatda munkillab qolgan bunday kishilar salomatligini saqlash jamiyat yelkasidagi og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy yukka aylanadi. Bunday  aholi soni vaqt o‘tgan sayin oshib boraveradi. Yaqinda Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi, Milliy sog‘liqni saqlash  xizmatidan Altsgeymer xastaligi[7]ni davolay oladigan dorining retseptini olish mumkin, degan xabarni tarqatar ekan, uning narxini faqat ayrim bemorlarning cho‘ntagi ko‘tarishi mumkinligini tan oldi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:55:12
G'arb aholisi keksayib borayotgan bir paytda  islom dunyosida buning butunlay teskarisini ko‘rish mumkin. Masalan, Liviya aholisining yarmidan ko‘pi bugungi kunda 20 yoshga ham to‘lmagan. Bunday manzarani boshqa islom mamlakatlarida ham kuzatish mumkin. Ma'lumki, vaqti kelib, ushbu yosh aholi o‘z-o‘zidan ko‘payadi va shu tariqa kelgusi ming yillikda ham musulmonlarning soni yanada ortib ketadi.

Shu o‘rinda Hantington tilga olgan  yana bir misolga e'tibor qilaylik. Mag‘ribda 1965 yildan 1990 yilgacha aholi soni 29,8 milliondan 59 millionga o‘sgan. O'sha vaqt mobaynida  Misr aholisi 29,4 milliondan 52,4 millionga ko‘paygan. O'rta Osiyoda 1970-1993 yillar oralig‘ida aholining yillik  o‘sishi Tojikistonda 2,9 foiz, O'zbekistonda 2,6 foiz, Turkmanistonda 2,5 foiz va Qirg‘izistonda 1,9 foiz bo‘lgan. 20-asrning 70-yillarida Sovet Ittifoqida demografik muvozanat keskin o‘zgarib ketdi, ya'ni ruslarning o‘sishi 6,5 foiz, musulmonlarniki esa 24 foiz bo‘ldi. Bu holni Rossiya imperiyasining inqiroziga olib kelgan sabablardan biri deyish mumkin: Moskva musulmonlar ko‘p yashaydigan mintaqalarni ular soni xristianlarnikidan ko‘payib ketmasidan burun ajratib tashlashga majbur bo‘ldi. Hatto Rossiyaning o‘zida ham musulmonlar (tatarlar, boshqirdlar, chuvashlar, shuningdek, O'rta Osiyo va Kavkazdan borib  u yerda yashovchilar) ancha ko‘zga tashlanib qolgan, ular Moskva va Sankt-Peterburg aholisining 10 foiz ini tashkil etadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:56:54
Bu hol bizga musulmonlar ko‘pchilikni tashkil qiladigan joylarda aholi sonining o‘sishi musulmonlar kam yashaydigan hududlarga ham ta'sir etishini eslatib turadi. Tanzaniya va Makedoniya  singari mamlakatlarda musulmonlar 20 yil ichida ko‘pchilikni tashkil etadigan bo‘ladi. AQShning musulmon aholisi 1972-1990 yillarda asosan, ko‘chib kelish evaziga olti marta ko‘paydi. Hatto ko‘chib kelishga yo‘l berilmayotgan mamlakatlarda ham o‘sish davom etmoqda. 1999 yili Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlarda dunyoga kelgan chaqaloqlarning 7 foizi musulmonlar edi. Bryusselda  bu raqam 57 foizni tashkil etdi. 1992 yilda Rimdagi eng mashhur ism Jovanni yoki Luiji emas, aksincha, Muhammad bo‘ldi. Islom deyarli barcha Yevropa mamlakatlarida (xristianlikdan so‘ng) ikkinchi o‘rinda turadigan dinga aylandi. Bundan aholisining ko‘pchiligini musulmonlar tashkil etadigan Ozarboyjon va Albaniya mustasno. Mabodo mavjud tamoyillar davom etadigan bo‘lsa, 2020 yilga borib barcha Yevropa mamlakatlari aholisining 10 foizini musulmonlar tashkil etadigan bo‘ladi.

Bunday global  o‘zgarishning qanday ahamiyati bor? U diniy nuqtai nazardan muhim ahamiyatga ega bo‘ladimi? Abu Dovudning Touban (Thawban)ga asoslanib, shunday kun keladiki, musulmonlar «ko‘pchilikni tashkil etadi, biroq ular favqulodda yuz bergan toshqin yuzidagi ko‘pik va xas-xashakka o‘xshab qoladi», degan hadisi bor.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:57:39
Shuni ham tan olish kerakkki, bugungi kunda miqdor ustunligi bundan ikki asr oldingi harbiy g‘alabalar texnologiyadan ko‘ra miqdorga bog‘liq bo‘lgani singari muhim ahamiyatga ega emas. Napoleongina: «Xudo ko‘psonli batalonlar tarafida» deb aytishi mumkin edi, biroq ayni zamonda son-sanoqsiz askarlarni qurollarning tugmachasini bosish yo‘li bilan yo‘q qilib tashlash mumkin, endi miqdor g‘alabaga sabab bo‘lolmaydi, bunga  Saddam Husaynning 90-yillarning boshida Fors ko‘rfazidagi neft zahiralari nazorati yuzasidan kelib chiqqan urushda  ahmoqona tarzda o‘z kuchini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lganini misol qilib keltirish mumkin.

Musulmonlarning soni keskin o‘sishining muhim jihati ham bor. Biroq BMT 1994 yilgi Aholi Konferentsiyasini o‘tkazish uchun dunyodagi eng katta musulmon shahar Qohirani faqat shuning uchungina tanlamagan edi. Miqdorning hozir ham ishonchlilik jihati bor. Biroq aholining ruhiy-dinamik xususiyati miqdordan ko‘ra muhimroq ahamiyatga ega. Keksa aholi passiv va introspektsiya - o‘z-o‘zini kuzatishga, yoshlar esa serg‘ayrat va milliy-siyosiy qat'iyatlilikni qo‘llab-quvvatlashga moyil bo‘ladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:58:18
Musulmon dunyosi ustida yangi ming yillik tongi otganda uning aholisi nomutanosib ravishda yosh va shaharlar salmog‘i o‘sib borayotgan bo‘ladi. Tarixiy nuqtai nazardan  bunday vaziyat hamisha  beqarorlik, to‘s-to‘polon va islohotni keltirib chiqaradi. 16-asrda Germaniyada yosh aholi miqdorining haddan ziyod o‘sib ketishi Yevropada protestant islohotlariga hamda qishloq xo‘jaligi va siyosatda o‘zgarishlar qilishga sabab bo‘lgan edi. 20-asrning 30-yillarida Markaziy Yevropada fashizmning paydo bo‘lishi ham qisman yosh aholi miqdorining o‘sib ketishi bilan bog‘liq. Islom tarixiga nazar tashlanadigan bo‘lsa, Usmonlilarning yangi hududlarni zabt etishni to‘xtatishi 16 -17-asrlarda jaloliylarning qo‘zg‘olonlariga sabab bo‘lganini ko‘rish mumkin, bu hol ko‘plab yoshlarni ishsiz qoldirdi, natijada ular Anatoliyaning ko‘plab hududlarini vayron etgan kichik yoki ijtimoiy norozilik harakatlarini boshlab yubordi.

Keyingi bir-ikki yil ichidagi islomiy qayta tiklanish shu tamoyilning to‘g‘ri ekanini ko‘rsatdi. Hantingtonning ta'kidlashicha, musulmon mamlakatlari ichida birinchi bo‘lib 20-asrning 70-yillari oxirida Eron yosh aholi miqdorining keskin oshib ketishini o‘z boshidan kechirdi va 1979 yili inqilob ro‘y berdi. Boshqa mamlakatlarda bu hol keyinroq sodir bo‘ldi, Jazoirda 1989 yili Islomni qutqarish jabhasini qo‘llab-quvvatlovchilar soni keskin ko‘payib ketdi.

Kelgusi mingyillikda ko‘pgina musulmon mamlakatlarida yosh aholi sonining keskin ortishi kuzatiladi. Yigirma yoshning nari-berisidagi yosh aholi miqdori o‘sishi Misr, Marokko, Suriya, Tunis  va boshqa mamlakatlarda kuzatiladi. 1990 yilga taqqoslaganda 2010 yilda ko‘pchilik arab mamlakatlari mehnat bozoriga kelib ishlovchilar miqdori 50 foiz o‘sadi. Dolzarb ishsizlik muammosi  haddi a'losiga yetadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:58:49
Aholining tez o‘sishi ba'zi mamlakatlardagi boshqaruv tizimiga xavf tug‘diradi. Qohira va Jazoirdagi rejimlar shu paytdanoq sof demografik, shuningdek, ma'naviy va diniy o‘lchamlarga ega bo‘lgan isyonlarga duch kelmoqda. Shunday qilib, dunyo kelgusi mingyillikda   quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: G'arbda keksa va sust aholining  barqaror, o‘z-o‘zi bilan ovora siyosiy madaniyati; islom dunyosida demografik portlash va har joyda o‘rnatilgan rejimlarning radikal kuchlar iskanjasida qolishi.

Navbatdagi  ko‘zda tutilgan savol rejimlarning omon qolish-qolmasligi xususidadir. Garchi islom dunyosidagi ko‘pchilik olimlar qiziqish bilan bu savolga javob topishga uringan bo‘lsa-da, uni sharhlash qiyin. Yangi davrdan oldin isyonchi dehqonlarning muvaffaqiyatga erishish uchun yaxshi imkoniyatlari bor edi, chunki ish kuchi hukmdorlar armiyasiga qarshi ish tashlashi mumkin edi. Biroq ayni paytga kelib, texnologiyaning ildamlab ketishi harbiy rejimlarning, aholining yalpi noroziligiga qaramay, ancha vaqtgacha yashovchanligini ta'minlab bermoqda. Yetarli mablag‘i bo‘lgan diktator puxta o‘ylangan fitnani yoki ming-minglab aholi ishtirok etadigan isyonni ham bostirishi mumkin. Bu texnologiya tobora arzonlashib bormoqda va ko‘pincha G'arb o‘zining uchinchi dunyodagi suyukli mijozlarini yordam sifatida u bilan ta'minlab kelmoqda. Xuddi shunga o‘xshash so‘roq qilish, qiynoq vositalari ham takomillashib bormoqda, bugungi kunda ularning dunyoning turli burchaklarida yashirin harakatlarga qarshi samarali qurol ekani ayon haqiqat.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:59:07
«Emnesti Interneshnl»ning 1996 yilgi yillik ma'lumotnomasida bir necha misollar keltiriladi. Unda yozilishicha, AQSh hukumati  1995 yilning yanvar oyida Saudiya Arabistoniga «teyzer» deb ataluvchi qurolni ham o‘z ichiga olgan bir qator xavfsizlik asboblarini eksport qilishga rozilik bergan. Ushbu qurollar nishonga olingan odamning tanasiga 5 metrgacha bo‘lgan masofadan nayzaga o‘xshash narsani otib kiritadi va u orqali tanaga 40-50 ming voltlik falajlovchi tok yuboriladi. Bunday qurollardan foydalanish ko‘pgina mamlakatlar, shu jumladan, Buyuk Britaniyada ham taqiqlangan.

«Emnesti» ma'lumotnomasida keltirilgan yana bir misol: 1990 yili Buyuk Britaniyaning bir kompaniyasi Dubaydagi politsiyaning maxsus bo‘linmasi qarorgohiga qiynoq kamerasini eksport qiladi va o‘rnatib beradi. U Birlashgan Arab Amirliklarida «Ajoyibotlar xonasi» sifatida nom qozongan. U «Emnesti» ma'lumotnomasida «o‘ta yuqori darajadagi tovush sistemasi, shovqinli generator va odamni holdan toydiruvchi chastotada puls beruvchi sinxron yorug‘lik lampasi bilan jihozlangan maxsus xona» deb tavsiflanadi.

Bu rejimlarga yetkazib berilayotgan qiynoq vositalarining tobora takomillashib borayotganiga oid ikkitagina misoldir. Boshqa birov bu ro‘yxatga keskin ravishda taraqqiy etib borayotgan telekommunikatsion nazorat vositalarini ham qo‘shishi mumkin.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 07:59:48
Siyosiy tahlilchilarning texnologiya bilan birgalikda ommaviy nazorat sistemalari ham rivojlanib borishiga, bu hol rejimlarning har qanday ixtilofni faqat u qurolli kuchlar saflarida tarqalmasligi sharti bilan bartaraf etishiga ishonchi komil. Shoh ko‘chalardagi noroziliklar tufayli emas, armiya o‘zidan yuz o‘girgani uchun hokimiyatdan chetlatildi. Jazoirda esa aksincha, radikal kuchlarning zamonaviy hokimiyatni harbiylar ko‘magisiz ham ag‘darib tashlashga ko‘r-ko‘rona ishongani inqilob bostirilishiga sabab bo‘ldi.

Bugungi kunda bunday yo‘l bilan boshqarilgan mamlakatlarga shu qadar og‘ir jarohat va madaniy zarar yetganki, biz ularni «zulmpaz madaniyatlar» deb atashimiz mumkin. Insonlarga bu qadar zulm o‘tkazish oqibatlari xatarlidir, ayni paytda o‘zimiz musulmon dunyosidagi odamlar tabiatida bundan o‘n yil oldin  hech kimning xayoliga ham kelmagan tarzdagi keskin o‘zgarishlarning shohidi bo‘lib turibmiz.

Ushbu kitobning keyingi boblarida diniy «ekstremizm», an'anaviy islomda «g‘uluv» deb ataladigan muammo xususida fikr yuritiladi. Biroq bu kitobning asosiy mavzusi ekan, biz yangi mingyillikda islomning gullab-yashnashi  va hatto ustun mavqega ega bo‘lishi uchun mutlaqo yaramaydigan ekstremizmning aks ta'sir etishini hisobga olib, ushbu muammo  miqyosini  ilk marta baholashga urinib ko‘rishimiz kerak.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 08:00:21
Islomning dastlabki davrlarida Xorijiylik[8] deb atalgan harakat musulmon jamiyatini sof ko‘rish uchun xomxayollarcha kurashgan edi. Afsuski, bugungi kunda ham bunday harakatlar ijtimoiy va siyosiy hayotning tarkibiy qismi bo‘lib qolmoqda. Garchi ko‘pgina musulmonlar bunday harakatlarni nomaqbul kuch sifatida rad etsa-da, o‘sha kuchlarni yuzaga keltirgan shart-sharoit tag-tomiri bilan qo‘porib tashlanmaguncha, ular qayta-qayta ko‘karib chiqaveradi.  Asosiy islomiy harakatlar hokimiyatni qo‘lga ololmaganidan hafsalasi pir bo‘lgan yoshlar radikal xatti-harakatlarni sodir etmoqda. Musulmon dunyosining va musulmon aql-idrokining   qutblashuvi o‘sib  borayotgani kelgusi asrning asosiy belgilaridan biri bo‘lib qoladi.

Xorijiylik ham barcha totalitar diniy harakatlar singari amalda tarqoq va bo‘linish yo‘li bilan ko‘payib borayotgani qiziq, biroq uning boshqalardan ajralib turadigan belgilari yo‘q.  Takfirga ko‘ra esa, boshqa musulmonlar chin musulmon emas, shuning uchun o‘limga loyiq, deb hisoblanadi. Bu tamoyil ko‘pgina klassik islom ulamolari tomonidan keskin tanqid qilingan. Imom G'azzoliyning «Faysal at-tafriqa bayn al-islom val-zandaqa» («Islomni xudosizlikdan farqlashning aniq mezonlari») asarida dunyoda «Lo iloha illAlloh Muhammadun Rasululloh» degan kishini musulmon emas, deb e'lon qilishdan ham qiyin va murakkabroq ishning o‘zi yo‘q, deb tushuntiradi. Bugungi kunda esa ko‘pgina mamlakatlardagi sunniy maktab o‘quvchilari imom al-Laqqaniyning «Javharat ut-tavhid» asaridagi qoidaga aylanib ketgan quyidagi satrlarni hanuz eslab yurishadi:

Modomiki, kufrdan boshqa barcha gunohlar kechirilar ekan,
Biz gunoh qilgan kishini kofir deya olmaymiz.
Gunohiga tavba qilmay o‘lgan kishining
ishini Allohning o‘zi hisob-kitob qiladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 08:00:45
Fiqhdagi tafovutlarni qonuniylashtirish ijtihodni tushunishga asoslanadi. So‘fiylar ma'naviyatlardagi tafovutlarni al-turuq ila'Llah bi‘adadi anfås al-khalå'iq (Allohga borishning yo‘li odamning nafas olishiday ko‘p) degan fikr bilan oqlashadi.  Saragosa (Ispaniya)ning taniqli so‘fiy shoiri ibn al-Banna' uni quyidagicha tushuntiradi:

Bizning fikrimiz har xil, lekin sening husning bir,
Barcha o‘sha go‘zallik sari intilur.


Islom madaniyatlariga, o‘rta asrlardagi ko‘plab xristian madaniyatlari  rang-baranglikni  qisuvga olganidan farqli o‘laroq, bu xususiyat hamisha xos bo‘lib kelgan. Biroq bugungi kunda musulmonlar o‘rtasida islomning totalitar shakllarini qo‘llab-quvvatlash tamoyili yuzaga chiqmoqda. Islomning yosh faollaridan biri: «Kimki menga qarshi bo‘lsa, gunohga botadi va jahannamga tushadi», deb hayqiradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 08:01:06
Bunday ko‘zqarash xorijiylik namoyandalarining takfirini esga soladi, biroq bu nega aynan bugungi ummatlar orasida ko‘payib borayotganini tushunish uchun nafaqat tarixning o‘zini, qolaversa, ushbu vaziyatimizning ruhiy tarixini ham anglab yetishimiz kerak. Diniy harakatlar nafaqat doktrinalar va muqaddas kitoblarning, shuning barobarida jamoalarning umidlari va qo‘rquvlari   ifodasi hamdir. O'zaro ishonch hukm surgan vaziyatda  ilohiyotshunoslik fanlari bag‘rikenglik va tinchliksevarlikka moyil bo‘ladi. Biroq dindoshlar jamoasiga biror xavf tug‘ilguday bo‘lsa, keskin harakatlar vujudga keladi. Ummatlar o‘zini hech qachon bu qadar xavf-xatarli holda his qilmagan edi.

Hatto Yevropaning musulmonlar yashaydigan gettolarida ham takfir fenomeni asta-sekin ildiz otib bormoqda. Sizu biz yashaydigan shaharlarda ham, faqatgina biz jannatga tushamiz, deguvchi guruhlar paydo bo‘ldi.  Ularning nazdida, o‘zini musulmon deb hisoblovchi kishilarning 99 foizi go‘yo ilohiy axloqiy tushunchani bema'nilarcha haqorat qilayotgani tufayli musulmonlikka mutlaqo noloyiqdir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 08:01:19
Biz ushbu ruhiy holat universal tarzda mavjud ekanini inobatga olsak, uni osongina tushunishimiz mumkin.  Faqatgina islom dinida emas, qolaversa, xristianlik, iudaizm, hinduizm va buddizmda ham ayrim guruhlarning o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish tamoyili ko‘zga tashlanadi. Bundan 3 yil oldin xristian diniga mansub Devid Koreshning Davidiylar sho‘‘basining Texasdagi ranchosini AQSh qo‘shinlari zabt etmoqchi bo‘lishgani edi. O'sha paytda sho‘‘ba a'zolaridan 89 kishi halok bo‘lganini esga olish kifoya. Davidiylar o‘zlarini haqiqiy xristianlar, boshqalar esa jahannamda kuyib kul bo‘ladi, deb bilishgan. Oklahoma shahridagi Alfred Merra binosini portlatib yuborgan xristian fundamentalisti Timoti Makvey ham so‘zsiz shu fikrda bo‘lgan.

Biz yangi mingyillikka teranroq kirib borganimiz sari rejimlarning repressiyasi oqibatida yo‘q bo‘lish o‘rniga rivojlanib ketgan islomiy ko‘rinishdagi ushbu tamoyilning ahamiyati ortib borishini taxmin qilishimiz mumkin. Garchi u so‘zda bo‘lmasa-da, amalda mingyillik dovondan oshayotganday ish tutmoqda. Rejimlarni holdan toydirish o‘rniga battar quturtiradigan sayyohlarga o‘q otish yoki kichik nishonlarga ignali bombalar bilan hujum qilish singari bunday xatti-harakatlar  islom nomini bulg‘aydi. Bu hol islomiy harakatni bo‘lib yuborishidan tashqari, rejimlar qo‘liga jamiyatdagi dinni ta'qib qilishga va uni bir chetga surib qo‘yishga bahona tug‘dirib beradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 08:01:33
Islomga bunday xavf tug‘dirayotgan neoxorijiylikning xato qarashlari   bugungi kunda real kuchga aylandi. Kitobning keyingi boblaridan birida bu xavf tadqiq qilinadi. U, doimiy tashvishga soladigan o‘zgarishlarga qaramasdan, yashab qoladi.

Endi mavzularimizning uchinchisi: bugungi kunning ulkan islomiy masalalaridan biri, ba'zan  eng muhim deb yuritilayotgan tabiiy muhitning buzilishi muammosiga nazar tashlash vaqti yetdi. Qur'onda osmonlar va ummonlarning qo‘zg‘alishi oxir zamon belgisi sifatida talqin etiladi va bu hol uzoq asrlar davomida insonni boqib kelgan ekosistemaning ayni paytdagi buzilishining poetik ifodasiga o‘xshab ko‘rinadi.

Bu yerda javob berilishi lozim bo‘lgan ko‘plab savollar bor. Biz tark etayotgan ikkinchi mingyillikda sayyoramiz 1000 yil bilan solishtirganda ancha qashshoqlashgan jismoniy ko‘rinishga ega bo‘lib qoldi. Insonning ma'rifiy fantaziya tufayli jismoniy tartib ustidan hukmronlik qilishiga yo‘l ochib bergan materializm, protestantlar kapitalistik axloqining ma'lum bir ko‘rinishi, Sharqda esa sanoatlashtirishni ilohiy maqomga ko‘targan kommunizm ona zaminning jinoyatkorona zo‘rlanishiga olib keldi. Hamma joyda Yer yuzi yara-chaqa bo‘lib ketdi. Ming-minglab tonna zaharli axlat okeanlarda u yoqdan-bu yoqqa suzib yoxud stratosferada aylanib yuribdi. Har kuni 12 ta  ma'lum (biologik) tur yo‘qolib ketmoqda. O'z hayotimiz va   ayrim uy hayvonlarini  hisobga olmaganda, har bir shakldagi hayot yangilanish yong‘inidan zarar ko‘rmoqda. Qoramollarning quturish kasali halokati kelgusida nimalar ro‘y berishi mumkinligiga bir ishoradir: Buyuk Britaniya hukumati tahlilchilari zararlangan go‘shtni iste'mol qilish oqibatida 30 ming nafar britaniyalik quturish xastaligini yuqtirishi mumkinligini qayd etishgan. Texnologiya to‘xtovsiz rivojlanib borayotgan bir paytda qo‘pol bir ilmiy xato insoniyatning kattagina qismining hayotiga zomin bo‘lmasligiga kafolat yo‘qligini inkor etish bema'nilik bo‘lur edi. Taraqqiyot, har doimgiday, ulkan qimor o‘yinidir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 08:01:53
Biroq biz yangi ming yillikka olib o‘tayotgan o‘ta muhim va rad etib bo‘lmas atrof-muhit muammolaridan biri ob-havoning yalpi isishidir. Biz necha yuz yillar davomida parnik gazlarini havoga chiqarib keldik, faqat bugungi kunga kelibgina, o‘sha faoliyat uchun tovon to‘lashimiz muqarrarligini tushunib yetyapmiz. Musulmonlar ushbu masalaga,  uning G'arbdan ko‘ra musulmon mamlakatlariga  keskin ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini hisobga olib, jiddiy e'tibor qaratishi darkor. Musulmonlar orasida ushbu masalaga juda oz kishilar qiziqish bildirayotgani tashvishli holdir.

Uzoq yillar davomida hukumat sinchilari ob-havoning yalpi isishi fikriga panja ostidan qarab kelishdi. 1992 yili Rio-de-Janeyroda atrof-muhit masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan  sammit dunyoda vujudga kelgan vaziyat tashvishli ekanini ilmiy dalillar bilan isbotlab berdi. Atmosferaga chiqarilayotgan sanoat gazlari sayyoramizni  gaz kamerasi va pechkaga aylantirmoqda.

Angliyada hozirgi kunda oddiy fuqarolar ham ob-havoning yalpi isib borayotganini qayd etishmoqda. Ob-havo harorati 300 yildan beri yozib boriladi, biroq eng issiq 10 yil 1945 yildan so‘ng, shulardan eng issiq  3 yili (1989, 1990 va 1995 yy.) so‘nggi 12 yil mobaynida qayd etilgan. Yomg‘ir yog‘ishi ham bundan-da g‘alati, 1997 yilning yanvar oyi so‘nggi 200 yildagi yomg‘ir eng kam yoqqan oy bo‘ldi. Okeanlardagi to‘fonlar shiddat tobora oshib, neft tashuvchi kemalar uchun xavfli bo‘lib  borayotgani tufayli Shimoliy dengiz neft sanoati  neft quvurlarini suv ostidan o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 08:02:20
Aniq raqamlarning nihoyatda kamligi ajablanarlidir. Hisob-kitoblarga qaraganda, 1990-2050 yillarda Yer yuzidagi o‘rtacha harorat Selsiy shkalasi bo‘yicha 1,5 gradusga ko‘tariladi. Biroq so‘nggi muz davridan to bugungi kungacha, ya'ni 4 ming yil mobaynida o‘rtacha harorat, bor-yo‘g‘i, 0,5 gradusga ko‘tarilgan edi.  Tadqiqotlardan ma'lum bo‘lishicha, qutblardagi muz qalpoqlari eriy boshlagan, shuning uchun ham har yili dengiz sathi 5 mm ko‘tarilib bormoqda. Yevropa Ittifoqi Shimoliy Norfolk qirg‘og‘i singari joylarda dengizni o‘z joyida ushlab turish uchun kerak bo‘ladigan temirbeton to‘siqlarga millionlab funt sterling mablag‘ sarflamoqda, shu bilan birgalikda, qasoskor tabiatga qarshi eng mukammal to‘siqlar qachongacha chidab berishi qizg‘in muhokama  qilinmoqda.

G'arb uchun bunday noxush xabarning yaxshi jihati ham bor. Ko‘pchilik aholi haroratning ko‘tarilishidan xursand bo‘ladi. Oradan 30 yil o‘tib, Janubiy Angliyaning ba'zi bir tumanlarida apelsin o‘stirish imkoni paydo bo‘ladi. Fermerlar issiq yoz va quruq qish mavsumlarini mo‘l hosil yetishtirish uchun urug‘ sotib olishmoqda; ulkan falokat xavf solayotganga o‘xshamaydi.

Islom dunyosi uchun umumiy manzara tashvishliroqdir. Rio-de-Janeyro sammitida islom mamlakatlari  ushbu masalaga befarq ekanini namoyish etishdi; atrof-muhit nazoratiga qarshi bo‘lgan mamlakatlarning ko‘pchiligi Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Bruney va boshqa musulmon mamlakatlari edi. Bunga sabab bo‘lgan hol ular iqtisodiyotining neft va gazga bog‘liqligi edi. G'arb mamlakatlari yo‘llarida zaharli gazlar ajralib chiqishini kamaytirish yoki elektr ishlab chiqarishda shamol, dengiz suvining ko‘tarilishi singari an'anaviy manbalardan foydalanishga o‘tish o‘sha mamlakatlar iqtisodiyotini bir zumda barbod qiladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 08:05:20
Qisman bunday qisqa muddatli manfaatni o‘ylab ish ko‘rayotgani tufayli musulmon doiralar kelgusi mingyillikda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ulkan talofatlarni deyarli his qilmayotganga o‘xshaydi. Biroq falokatning ayrim alomatlari paydo bo‘lganini bir ko‘z oldingizga keltirib ko‘ring. Afrikaning aholisining 90 foiz dan oshig‘i musulmonlar bo‘lgan Chad, Mali, Niger kabi mamlakatlarida yog‘ingarchilik har 10 yilda 10 foiz kamayib bormoqda. Sahroyi Kabirning qum okeani kengayib bormoqda, qum barxanlari sahroning janubiy chekkalaridagi yaylov va ekin yerlariga bosib kelayotir. Iqlim boshqa tomonlama ham yomonlashib bormoqda: 20-asrning 80-yilarida Sudanni halokat yoqasiga keltirib qo‘ygan qurg‘oqchilik bundan ham battar suv toshqini bilan hamayoqni vayron qildi.

Har qanday iqlimiy xarita ko‘pgina musulmon mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning juda oz qismini tashkil etishini ko‘rsatib beradi. Hisob-kitoblarga qaraganda, Jazoirda  yog‘ingarchilikning 15 foiz qisqarishi dehqonchilik qilinayotgan yerlarning ishdan chiqishiga va shaharlarga ko‘chib keluvchilar sonining oshishiga sabab bo‘ladi. Shunga o‘xshash vaziyatni Marokkoda ham ko‘rish mumkin. U yerda 1995 yildagina barham topgan qurg‘oqchilik hali hech kimning yodidan ko‘tarilgani yo‘q. Yaman esa Hind okeanidagi mussonlar strukturasi o‘zgargani tufayli katta zarar ko‘rdi, bu ham ob-havoning yalpi isishi bilan bog‘liqdir. Bangladeshda esa muammo suv yetishmasligidan emas, aksincha, uning haddan ziyodligidan kelib chiqmoqda. Bu yerda har 3-4 yilda ro‘y beradigan toshqinlar, mussonlarning strukturasi o‘zgargani barobarida, Himolay tog‘laridagi ulkan hududlarda  tuproqdagi namlikni tutib qoladigan o‘rmonlarning ayovsiz kesilib ketishi bilan ham bog‘liqdir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 08:05:53
Oksford universiteti muallimi Norman Mayerning bashorat qilishicha, 2050 yilga borib, «dengiz sathining ko‘tarilishi va qishloq xo‘jaligida yuz beradigan o‘zgarishlar oqibatida 150 million kishi o‘z yashab turgan joylarini tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Bunday kishilarning 15 millionini bangladeshliklar va 14 millionini misrliklar tashkil etadi.

Biroq bu raqamlar iqlim o‘zgarishining ikkilamchi oqibati keltirib chiqaradigan migrantlarni aks ettirmaydi. Insoniyatning bunday ulkan to‘lqinlari hukumatlarni beqaror qiladi va urushlarga sabab bo‘ladi. Hech bir hozirgi davlat migratsiyaga shart-sharoit yaratib bera olmaydi: bangladeshliklar 1948 yilgacha Hindistonning boshqa qismlariga ko‘chishi mumkin edi, biroq  bo‘linishdan so‘ng ular o‘z mamlakati chegarasidan chetga ko‘cha olmaydigan bo‘lib qoldi. Epidemiyalarning keng tarqalish xavfi bor. Dengiz sathining ko‘tarilishi oqibatida Maldiv va Komoros singari musulmonlar yashaydigan orollar suv ostida qolib ketadi, orollar aholisi esa boshqa joydan boshpana qidirishga majbur bo‘ladi.

Yana bir narsani unutmasligimiz kerakki, bu bashoratlar qiyomat kuni stsenariysi emas, balki undan ham battardir. Yuqorida keltirilgan raqam va misollar ilm-fan dalillariga asoslangandir, ular Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada atrof-muhitga tegishli axborotnomalardan olingan. Shuni ham tan olish kerakki, parnik gazlarining atfosferaga chiqishini cheklash bo‘yicha ba'zi bir tadbirlar amalga oshirilmoqda. Biroq bundan buyon atmosferaga umuman gaz chiqarilmagan taqdirda ham unda aylanib yurgan gazlarning o‘zi haroratning kamida yuz yilda ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 08:06:14
Dastlabki bob yuqorida qayd etilgan uchta mavzuga oid bir necha mulohaza bilan poyoniga yetadi.

Biz bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ushbu hollarni nekbinlik yoki qo‘rquvga sabab deb bilishimiz kerakmi?  Bilamizki, janobi payg‘ambarimiz (s.a.v) nekbinlikni xush ko‘rar edi, shuning uchun ham ul zot tavakkul - Allohning inoyatiga suyanishga da'vat qilar edi. Ul zot yana o‘z tuyangni bog‘lab qo‘ygandan so‘ng ham uni Yaratgan izmiga topshirishing lozimligini ta'kidlar edi. Biz kelgusi o‘n yilliklarda qaysi tuyani bog‘lashimiz kerak?

Bu yerda yana bir necha masala bor. Ulardan eng muhimi hamma narsadan xabardor bo‘lgan rahbariyatni tarbiyalash bo‘lsa ajab emas. Men oldinroq musulmon rahbarlarning aksariyati yoshlarga bugunning muammolarini hal etishda zarur bo‘lgan yo‘l-yo‘riqni ko‘rsatishga qodir emasligini aytib o‘tgan edim. Muqaddas kitoblardan xabardor va ularga e'tiqod qilgan o‘rtacha musulmon faolidan post-modernistning fikri noto‘g‘ri ekanini qanday isbot qilasiz, deb so‘rasangiz, biror narsa deb javob qaytarishi gumon. Boshlarimiz qumga tiqilgan. Biroq bunday guruhlar ko‘rib ko‘rmaslikka olayotgan narsalar faqat intellektul tamoyillargina emas. Atrof-muhitning buzilishi ham bizning yerni zo‘rlashdagi gunohlarimiz uchun yaqinlashib kelayotgan, biroq e'tibor qilmayotganimiz ro‘zi Mahshardir. Ehtimolki, faollarimiz o‘z mamlakatidagi so‘nggi kisloroddan nafas olayotib, hali ham ibodat paytida qo‘lni qanday ushlash to‘g‘ri ekani, soqolning uzunligi qancha bo‘lishi kerakligidan bahs qilib, tomoq yirtayotgandir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 08:06:33
Ularning ahvoli kulgili bo‘lgani kabi ustuvor qarashlari ham tepsa tebranmasdir.

Bular barchasi o‘zgarishi kerak. Islom dunyosiga sayohat qilgan har bir sayyoh yoshlar o‘rtasida islomni o‘rganishga bo‘lgan muazzam g‘ayratni va o‘sha mamlakatlar rahbariyatiga nisbatan shunday xavotir haqida gapirib berishi mumkin. An'anaviy ulamolar bizga zarur bo‘lgan xushxulqlik va mo‘‘tadillik fazilatlariga ega; biroq dinamizmdan yiroq; radikal guruhlar peshvolari esa o‘zini hammadan ustun qo‘yish, taassub va takfir tuzog‘iga ilingan; ayni paytda aksariyat qayta tiklanish harakati peshvolari, ochig‘ini aytganda,  o‘z o‘rniga munosib emas. Ikkalasi ham og‘irkarvon va omonat; islomga mafkuraviy nuqtai nazardan   qarashga odatlanib qolgan, ular bugungi dunyo murakkabliklarini tushunmaydi - serg‘ayrat yoshlar esa buni juda yaxshi ko‘rib turibdi.

Shuning uchun birinchi navbatda yigit-qizlarga ham an'anaviy shar'iy ilmlarni, ham  bugungi dunyo madaniy va intellektual tilini o‘rgatadigan muassasalar tashkil etilishi lozim. Shunga o‘xshash sa'y-harakatlar o‘tmishda ham bo‘lgan: Bag‘doddagi Nizomiya madrasasi G'azzoliy tufayli mashhur bo‘lib ketgan edi, o‘sha madrasada fiqh bilan bir qatorda yunon an'analari asosidagi falsafiy ilohiyotshunoslik ham o‘qitilar, shuningdek, o‘sha vaqtdagi rahnamolarni raqib mafkuralarning oyog‘ini osmondan qiladigan zarur qurol bilan ta'minlar edi. Bizga yangi mingyillikda mujaddid, mo‘‘tadil, bag‘rikeng, ruhoniy ko‘zqarashga ega, dunyoviy tafakkurni tanqid qilibgina qolmasdan, uni tushunadigan va u bilan bahsga kirisha oladigan daho G'azzoliy kerak. Xususan, bunday shaxs yangi zamonga o‘z hukmini o‘tkazayotgan ma'naviyat, san'at va atrof-muhit masalalarini puxta bilishi darkor.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 08:07:11
G'arb kishisiga nima ta'sir etishi va uni nima harakatlantirayotganidan xabardor g‘arblik musulmon mutafakkirlar biladiki, mabodo islom diskursi ushbu masalalarga e'tibor qaratib, muvaffaqiyatga erishadigan, ekstremizmning yovuz ruhini quvadigan bo‘lsa,  dinimiz nafaqat gullab-yashnashi, qolaversa, yangi asrning diniy kurashlarida markaziy o‘rinni qayta egallashi ham mumkin. Faqatgina  Alloh kelajakni bilguvchidir. Biroq biz chorrahada turganimiz ravshan, shuning uchun ham mingyillik favqulodda ramz sifatida ayni muddaodir. U yo intellektual va ma'naviy jihatdan boy an'analarga ega bo‘lishiga qaramasdan, aholisi tobora ko‘payib borayotgan va  boshboshdoqlik zonasi bo‘lmish islomning osongina ro‘y bergan so‘nggi inqirozidan darak beruvchi nuqta bo‘ladi. Yoki musulmonlar o‘z faoliyatini tanqidiy baholab, befoyda mutaassiblikdan voz kechishadi va dunyoda o‘ziga xos bo‘lgan axloqiy va ma'naviy namuna rolini o‘ynay boshlaydi.

Sharqqa ham, G'arbga ham qarab, an'anaviy ummatlarning parokanda bo‘lib ketayotganini ko‘rib, biz buning imkoni bormi, degan savolni beramiz. Biroq biz yashayotgan zamonda kelajakni bemalol muhokama qilish mumkin. Ilgari islomga qarshilik ko‘rsatgan yoki uni ta'qib qilgan  xristianlikning murosasiz qanoti, millatchilik va kommunizm singari mafkuralarning umri tugab bormoqda. Shafqatsiz va harbiy-fashistik dunyoqarashlar 20-asrning o‘rtalarida tarix kultepasidan joy oldi. Kembrij universitetining antropologi Ernest Jellner islomni «so‘nggi din» deb atagan edi. II bobda o‘sha «so‘nggi din»ning favqulodda vujudga kelgan  tarmoqlarini uning eng yangi davr - postmodernizmga javobi kontekstida tadqiq qilishga harakat qilamiz.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 09 Noyabr 2007, 08:07:30
Nekbinligimiz o‘zimiz meros qilib olgan yoki tanlagan narsaning asosiy talablariga ishonsakkina o‘zini oqlaydi. Musulmonlar bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashavermasa, raqiblari chizib bergan dunyoviylashish yo‘lidan va reaktsion xorijiylikga ko‘r-ko‘rona ittifoqchilikdan qochsa, dunyo imperiyalariga qayta egalik qilishi va Alloh lashkarlari degan muborak nomni qayta tiklashi mumkin. Ummatlar  yangi zamon diskursi bilan bog‘liq mavjud tanglikka qaramasdan, dunyo miqyosidagi mavhumlikdan kelib chiqqan parokandalikka yo‘l bermay, «va kalimatullohi hiyaal-ulya» - «Allohning kalomi hamma narsadan ustundir» degan vaqtga bo‘ysunmaydigan va da'vatkor so‘zlarini yana bir karra tasdiqlashiga hech qanday shubha yo‘q.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 14 Noyabr 2007, 07:43:41
II bob
Modernizm intihosiga ishonch

Qulab tushgan minoralar tarkibi axlatdan iborat.
Filip Larkin

Ushbu bob tarixga oiddir: u tarix uzluksizligi sinish nuqtasining asosiy jihatiga teran nazar tashlaydi.  Uning oldimizga ko‘ndalang bo‘layotgan sinig‘i ayni paytdagi bilish tangligi bilan bog‘liqqa o‘xshab ko‘rinadi. 2000 yil musulmonlar uchun ming yillik ahamiyatiga ega bo‘lmagan oddiy bir sana bo‘lishi mumkin edi, biroq u o‘q asri va keng ma'noda G'arb ratsionalistik an'anasida ustuvorlikni ta'minlab bergan Suqrot inqilobi bilan boshlangan intellektual tarixning ulkan bir davriga xotima berganini qayd etishimiz mumkin. Butun mavjudligi davomida somiylarning xilma-xil vahiyona bilish nazariyasining e'tirozlariga sabab bo‘lib kelgan ushbu an'ana Ma'rifat lumiéres[9] shaklida o‘zining eng yuqori nuqtasiga yetdi. So‘ngra u nafaqat din, qolaversa, nemis idealizmining turli shakllari tomonidan tanqidga uchray boshladi. Biroq ming yillikka kelib o‘zining nihoyasiga, yemirilish davriga yetgan Ma'rifatning kashshoflik safari qariganga  o‘xshab ko‘rinadi.  G'arb tafakkurining eski va go‘zal hikoyasi yechim topmay, sir ochilmay, uning rivojiga yordam bergan bosh qahramonlari u yoki bu darajada ahmoq va yo‘lidan adashgan bir holda  nihoyasiga yetgan ko‘rinadi. G'arb postmodernist guru Jan-Franko Lotar «ojizlanish davri»[10] deb atagan noaniq va o‘ta chigal bir ko‘rinishda na Ibrohim, na Akvinas va Hum hamrohligida tabula rasa[11] yangi ming yillikka kirib boryapti. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 14 Noyabr 2007, 07:44:21
Ushbu inqiroz keng tarqalmoqda, garchi islom dunyosi rad etgan bo‘lsa-da, keskinlashib bormoqda. Nemis faylasufi Gadamer insonning miyasi tabiat bilan dialog tarzida tuzilganini isbotlab berdi. Islomning o‘z-o‘zini tushunishi esa tarixiy nuqtai nazardan asosan uning ikkita muqobil paradigmadan xabardorligi asosida vujudga kelgan: xristiancha inkarnatsionizm[12] va yunon intellektualizmi. Ikkalasi ham Yaqin Sharqda islomning paydo bo‘lishidan oldin vujudga kelgan edi. Ushbu ikkita andoza islomiy oykumenaning jismoniy chegaralari ichida va undan tashqarida barqaror va reaktiv - aks harakatli andozalar sifatida mavjud bo‘lgan, so‘ngra ularning hozirgi inqirozi islomga muhim ta'sir ko‘rsatadi. Hisham Juayyitning ta'biri bilan aytganda, G'arb dunyoning «superego»[13]siga aylandi va uning «sayyora miqyosidagi xaloskorlik vazifasi» ham uning barcha ko‘rinishlarini ham o‘zgartirishi kerak. Ushbu bobning oxirlariga borib, yetarli tarzda javob berolmasak-da, ushbu savollarning ba'zi birlarini ko‘rib chiqamiz.   Biroq,  avvalo, bizni bugungi ziddiyatli ahvolga solib qo‘ygan jarayonlarning umumiy ko‘rinishini va kimning g‘alabasi ushbu asrning intihosiga to‘g‘ri kelganini  aniqlab olishimiz kerak. 

Ikkinchi ming yillik bilimga nisbatan somiy va ellinik yondashuv o‘rtasidagi farqni yengishga yangidan-yangi urinishlar davri bo‘ldi. Islom dunyosining eng ulkan namoyandalaridan biri ibn Sino hamda Baqilloniy va G'azzoliy kabi olimlar  Aristotelning  mantiq va metafizikasini asosiy ilohiyotshunoslik diskursiga olib kirishdi. Sa'dya Fayyumiy ellinizm bilan o‘zaro ta'sirlashgan mo‘‘tazaliy ratsionalizmini karaitlar[14]ga qarshi ravvinlik dalili sifatida iudaizmga olib kirdi. Keyinchalik xristian olamida Anselm[15]  platonizmni ratsionallashtirishni boshlab berdi va bu hol Akvinskiy va Skotusday manbalarga eltuvchi zanjir reaktsiyasiga sabab bo‘ldi. Akvinskiy va Skotus arab falsafasi va, binobarin, somiy-ellinistik sintez oldida burchlidirlar.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 14 Noyabr 2007, 07:45:02
Ikkinchi ming yillikning o‘rtalariga qadar islom, yahudiy va xristian tafakkuri simbiotik[16] qarindoshlik xususiyatiga ega bo‘lib keldi. Renessans davridan boshlab Farbning o‘sib borayotgan ratsionalizmi mohiyatan o‘ziga qarama-qarshi bo‘lgan qonuniy-mistik sintezga amal qiluvchi iudaizm va islomdan ajralgan bo‘lsa-da, 17-asrning oxirlariga kelib qat'iy bir shaklga bo‘ldi. O'shandan oldin Renessansning atoqli vakillaridan Piko della Mirandola va Marsilio Fichino bir oz vaqt sxolastik o‘tmish bilan orani ochiq qilib, nomushohadaviy va intuitiv bilish nazariyasini qo‘llab chiqishgan edi, bu hol iudaizm (so‘nggi kabbalistlar[17]) va islomdagi (Shahrazuriy, Mulla Sadra va Mir Domodning neoplatonizmi) ilmiy qarashlarga hamohang edi.

Biroq 17-asrdan boshlab xristian dunyosi misli ko‘rilmagan traektoriya bo‘ylab harakatlana boshladi. Ba'zi bir sabablarga ko‘ra - ular orasida sezilarlisi Monten vahima bilan tilga olgan post-Reformatsiya yetkazgan jarohatlar tufayli Yevropada vujudga kelgan e'tiqodning islomda ham, iudaizmda ham kuzatilmagan ijobiy  tangligidir - Dekart va Port-Royal mantiqshunoslari mohiyatni falsafani dinning yordamchisi deb bilgan an'anaviy bilish nazariyalarini ellinik ratsionalizmga qurbon qilish hisobiga o‘zgartirishga ehtiyoj sezgan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 14 Noyabr 2007, 07:45:33
Bu yerda G'arb tafakkurining shundan so‘nggi tarixini batafsil hikoya qilishga zarurat yo‘q, biroq Ma'rifat davri tafakkurining yetarli yoritilmagan  bir jihatiga e'tiborni qaratish maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Bundan JJ.Klark mustasnodir, u o‘zining «Sharq ma'rifati» nomli yangi kitobida uni har bir daqiqasigacha batafsil hujjatlashtirib beradi. Bu Ma'rifatning G'arbniki bo‘lmagan tafakkur tizimlaridan olgan qarzi edi. G'arb ming yillikning birinchi yarmida islomdan, islom orqali Yunonistondan ko‘p narsani o‘zlashtirdi. Renessansdan so‘ng (garchi Paskal va Malbransh, yana balki Leybnits islom merosidan bahramand bo‘lib kelishdi) Uzoq Sharqdan kelgan g‘oyalarga qiziqish boshlandi. Bu jarayonga dengiz kashshoflik safarlari, iezuit missiyasi va sharqshunoslikning vujudga kelishi imkon yaratib berdi.

Klarkning ta'kidlashicha, 18-asrda Xitoy Yevropani deyarli egallab bo‘ldi. Didro va Volter adolatli, barqaror va meritokratik - odamlar o‘z kuch-qobiliyati bilan istagan narsasiga erishishi mumkin bo‘lgan Xitoy imperiyasi obro‘sidan tushkun va simoniak[18] xristian dunyosining po‘stagini qoqadigan kaltak sifatida foydalanadi. Volterning «Essay sur les Moeurs» («Axloq haqida risola») risolasi «Xitoy axloq falsafasiga xos bo‘lgan ustunlikdan bahs yuritadi» va Xitoy tajribasiga ratsional deizm[19] sifatida qarashni taklif etadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 14 Noyabr 2007, 07:45:59
18-asr xitoyparastlik asri bo‘lgan bo‘lsa, 19-asr Yevropaning Hindistonni kashf etishga o‘tishi bilan xarakterlandi. Yevropaning axloq falsafasi Xitoy bilan kutilmagan uchrashuvdan so‘ng keskin o‘zgarishga yuz tutdi.  Hindiston ta'siri G'arb metafizikasi va bilish nazariyasini o‘zgartirishi kerak edi.  Villiam Jonsning «Sharqiy Hindiston kompaniyasi» roziligi bilan «Upanishadlar»ni tarjima qilgani katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. R.Shvab so‘zi bilan aytganda,

Hind olimlari asarlarining Kalkuttada nashr etilishi  ayrim nemis yoshlarining g‘ayratini qo‘zitib yubordi. Ular falsafada Shopenhauer va Shlayermaxerni hisobga olmaganda,  Shelling, Fixte va Hegelni, she'riyatda Hyote, Shiller, Novalis, Tik va Brentanoni o‘z ichiga olar edi.[20]

Shu ma'noda Upanishadlar Germaniyada falsafa rivojiga yangi turtki berdi, deb aytish mumkin. Shankara va Ramayana tafsiriy xazinasi qo‘l yetmay joyda ekaniga qaramasdan, nemis romantiklari ba'zan hissiy bilish orqali qabul qilingan g‘ayrishuuriy mavjudlik xato  ekani haqidagi bosh idealistik qarashni aniqlagan vedalar[21] metafizikasi xususida ma'lum tushunchaga ega edi. Donishmandning vazifasi haqiqiy o‘zligini Brahman orqali anglash ekani xususidagi tushunchani nemislar geist[22] g‘oyasiga aylantirishdi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 14 Noyabr 2007, 07:46:25
Shvab va Klark singari ilg‘or madaniyat tarixchilarining, nemis idealistlari o‘zlarining Veda tafakkuri oldidagi qarzlarini uzishi qiyin, degan aqidasini bundan buyongi tadqiqot taqqoslarni   oldi-qochdi g‘oyadan batafsil dalillar hokimiyatiga ko‘chirmaguncha to‘la isbotlangan deb bo‘lmaydi. Idealistlar o‘z fikrlarining Upanishadlar bilan o‘xshashligini aytib jar solayotgan bir paytda bu fikrning kelib chiqishi ularga daxldor emasligi ayonligini bilib olish qiyin emas. Baribir, u prima facie[23]da yaxshi ta'sir kuchiga egaga o‘xshab ko‘rinadi.

Agar shu to‘g‘ri bo‘lsa, biz Yevropaning ushbu ming yillikdagi  zehniyat tarixini bir necha bosqichlarga bo‘lishimiz mumkin: uch asrlik arablar ta'siri, yunonlarning ikki asrlik bevosita ta'siridan so‘ng yana iki asrlik bijg‘ish davri, so‘ngra mo‘‘tadil sinofiliya asri va undan keyin brahmanlar ontologiyasi hammayoqni zabt etgan 19-asr.

Biz aynan shunda 20-asrning bilish nazariyasi inqirozining asosiy sababini topishimiz mumkin. Tabiatan ksenofobik[24] xarakterga ega bo‘lgan G'arb intellektual an'anasi islom, hind yoki xitoy madaniyatlaridan ko‘ra tashqi urug‘lanishga ko‘proq muhtoj ekanini namoyish qildi. U uchala madaniyatning ham  integrativ qobiliyatini sarflab bo‘lgach, o‘z-o‘zini ham tuta olmaydigan bo‘lib qoldi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 14 Noyabr 2007, 07:47:10
20-asrdan boshlab  mafkuralar G'arbda ham, uning islom dunyosi va boshqa joylardagi diasporasi ichida  ham  bilish tanim[25]ini ilohiyotdan inson sub'ekti tomon burib yubordi. Shu tufayli u kollektiv inson sub'ektiga aylandi: masalan, kishilik jamiyatlari teleologiyasi[26]ning ob'ektiv, miqdoriy xususiyatini ta'kidlab ko‘rsatadigan marksizm yoki uni rivojlantirgan vorisi Frankfurt maktabini misol qilib keltirish mumkin. Adorno va Habermasdan iborat  so‘nggi Frankfurt maktabi Rossiya va Germaniyadagi kuchli modernistik falsafiy va ijtimoiy asosga ega bo‘lgan distopik, ya'ni mudhish totalitarizm hech bir shubha qoldirmagan «vositali sabab  tanqidi»ni rivojlantirdi.  Ratsionalizm turli hamlalarga duchor bo‘ldi, xususan, Adorno uni klassik skeptitsizm bilan emas, «tanqidiy nazariya» bilan almashtirishni targ‘ib qila boshlaydi. «Tanqidiy nazariya» haqiqatning o‘rnini tarix va jamiyatning mavjud shart-sharoitidan kelib chiqib belgilaydi, metafizika va an'anaviy analitik tafakkurni mensimaydi.

Anglo-sakson va nemis ziyolilari o‘rtasida ommalashib borayotgan tanqidiy nazariyaning rivojlanishi frantsuz falsafa an'anasining undan-da kattaroq ta'sir kuchiga ega bo‘lgan, biroq ma'nosi  bir pulga qimmat postmodernizm nomiga sazovor bo‘lgan maktabga tarqalib ketishi bilan bir vaqtda ro‘y berdi. Bu hol va ittifoqdosh tizimlar asl ma'noni farqlash uchun kurashmaslikka, biroq shu bilan bir vaqtda uning yo‘qligini, aslida esa haddan ziyodligini nishonlashga harakat qilishadi. Metanarratsiya[27]larning somiy, marksistik va gegelcha  ko‘rinishlari tasdiqlanmagani uchun rad etilishi kerak. Frankfurt maktabi hozirgi dunyoning tegishli muqobilini topish borasida jazavaga tushib qolgan edi; postmodernistlar esa barcha muqobillarni teng qiymatga ega deb bilishadi. Bizga, ob'ektiv haqiqatning o‘rnini germenevtik haqiqat egallashi kerak, muqarrar ravishda vujudga kelgan, etnotsentrik va o‘z vaqtida anglangan sabab hech qachon betaraf bo‘la olmaydi, deyishadi. Estetik va intellektual qiymat haqidagi qarashlar ijtimoiy voqeliklar timsolidir. Fridrix Nitsshening yangi «Asarlar to‘plami»da bir vaqtlar uning qulog‘iga chalingan mana bu so‘zlar keltiriladi: «Men shamsiyamni unutib qoldiribman»[28]. Ma'rifat ratsionalizmining tutilishi (oy, quyosh tutilishiga muqoyasa qilinyapti. -  Tarj.) shunchalik mukammalki, Liotar postmodernizm hozirgi kunning o‘tmishdoshi deb xitob qiladi, uning nazaridagi voqelikni  tekis  va uzuq-yuluq his qilish  ixtiyoriygina emas, xom-xatala xulosa hamdir, u ibtidoiy odamning intuitsiyasini to‘g‘ri deb maqtaydi, chunki uni ishonch bilan sub'ektiv deb baholaydi.[29]
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 14 Noyabr 2007, 07:47:27
Barcha diskurslarning radikal tengkuchliligi bizning hozirgi sharoitda ancha ko‘zga tashlanib qolgan madaniyatning globallashuvi bilan bog‘liq asabiylashuvimizga taskin beradi. Liotar: «Eklektizm bugungi madaniyatning 0 darajasidir», deb jar soladi.

Bugungi kun kishisi regga[30]ni tinglaydi, vestern kinosini tomosha qiladi, tushlikka Makdonald taomi, kechki ovqatga esa mahalliy oshxona taomini iste'mol qiladi, Tokioda Parij atrini sepadi va Hong-Kongda «retro» kiyimlarni kiyadi.[31]

Tafakkur biqiqlashuvi va ommaviy axborot vositalarining oddiy xalq saviyasi darajasiga tushishi  oqibatida adabiyot va san'atning qadrsizlangani uchun o‘tgan avlodlarga o‘xshab ko‘z yosh to‘kib o‘tirish kerak emas, deydi Liotar. Bugungi kunning savoli «Go‘zallik nima?» emas, aksincha «Nimani san'at deb atash mumkin?»dir va bu savolga istalgancha javob olsa bo‘ladi. Narsalarning yalpi siyqalashuvi bir to‘xtamga keldi va u hamma narsani shoh asarga aylantira oladigan xususiy germenevtik tanlovlar qonuniyligi tufayli chidab bo‘ladigan bir holga aylandi. Shunday qilib, Yeyldagi ingliz adabiyoti toliblari Niyu Heyvn telefon ma'lumotnomasini o‘rganish mumkin bo‘lgan matn sifatida baholashi va fakultet (ma'muriyati) bunga rozi bo‘lishi mumkin. Ma'noning yo‘qligi yoki mushkullik mavjudligi o‘rganilayotgan narsaning emas, o‘rganuvchining xatosidir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 14 Noyabr 2007, 07:48:11
Ma'rifatdan so‘nggi «sababdan parvoz qilish»ning epistemologik (bilish nazariyasi) barbod bo‘lishini ham shu bilan izohlash mumkin. Uning ilohiyotshunoslik va etikaga oid tusam - istaklari ravshanligi barobarida tashvishli hamdir.  Gadamer «Ma'rifatning oldindan chiqargan hukmi oldindan chiqarilgan hukmning o‘ziga qarshidir» degan mulohazasini oldindan hukm chiqarishni erkinlashtiruvchi deb hisoblagan  Derrida va Liotar singari mualliflar yo‘qqa chiqarishgan edi, chunki u hamisha estetika va mahalliy tafakkurga asoslanadi, busiz hayot  quruq bo‘ladi va ko‘ngilni aynitadi. Salmon Rushdiy satiraga rablecha qo‘l urganidan buyon quruq tahlildan ko‘ra yumor va istehzo mavjud qotib qolgan qarashlarga ko‘proq zarba beradigan bo‘ldi. Rushdiy namunasi barchasidan muhimdir, chunki u absurd darajasiga tushirmoqchi bo‘lgan metanarratsiya asosiy va total logotsentrizmni qo‘llab-quvvatlashda o‘ta o‘jar, to‘lqinlardan yuksak turuvchi, o‘tkir va hatto xavfli qoyadir.

Musulmon mutafakkirlari uchun postmodernizmning ahamiyatini bir qancha yozuvchilar, shu jumladan, Britaniyada Akbar Ahmad asoslab berishdi. Sayyid Husayn Nasr uning taktik ustunliklarini tavsiflab berdi, u bu hol sharqshunoslik uchun xatarli oqibatlariga olib kelishi mumkinligini ta'kidlaydi. Islom tafakkuriga oid g‘arb tadqiqotlari yaqin-yaqingacha dalilning Yevropada poyoniga yetib borayotgan teleologiyaga ega bo‘lgani muhimdir, degan farazga suyanib keldi. Biroq Ma'rifatning barbod bo‘lishi yevrotsentrizmning tugashiga sabab bo‘ldi.  Postmodernizmning dialog xarakterga ega va yaltiroq «bir necha mualliflik utopiyasi» shuni talab etadiki,  yangi ming yillikda Sharqni tadqiq qilayotgan G'arb olimi «nomavjud» tazkirachi bo‘lib qoladi, ilm izlashi uni hayrat holatidan olib o‘tib, haqiqatning o‘zidan emas, barcha haqiqatlarga talabgorlikdan fano holatiga yetkazadi. Islomga oid ilmiy tadqiqotlar bugundan e'tiboran qadriyatlarga qoziliq qilishga yoxud hechqursa ularni mazaxomuz tan olishga chek qo‘yishi va an'ananing o‘z-o‘ziga bergan bahosi sharqshunosning bahosidan kam emasligini, hatto baland ekanini ko‘rsatib berishi kerak, chunki  ko‘pchilik unga germenevtik nuqtai nazardan rioya qiladi va u ijtimoiy jarayonlarga ta'sir ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Dekart: "Yer yuzida qalbaki tekstual ustunlikka erishish uchun asboblar yasagan" imperialist edi. Bugungi tafakkurga nisbatan kuchli aksil-evrotsentrik biryoqlama qarash mavjud, u G'arbni, Richard Rorti ta'biri bilan aytganda, "barcha madaniyatlarni yamlamay yutadigan yebto‘ymas maxluq"qa o‘xshatadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 14 Noyabr 2007, 07:49:00
Shunday qilib, postmodernizm  sharqshunoslik va islomofobik ta'limotning intellektual asosi barbod bo‘ladi, deb va'da beradi. Metanarratsiyalardan uzoqlashish oqibatida paydo bo‘lgan huquqiy diskurslar o‘rtasidagi ziddiyatlar, masalan, islom va feministik tafakkur o‘rtasidagi qarama-qarshilik keskinligicha qolaveradi, biroq bunday bahslar o‘zini u yoqdan-bu yoqqa urish yoki Rorti aytmoqchi, «osmon qaroqchilari»dan foydalanish - yuksak  bilish nazariyasiga murojaat qilish orqali hal etilmaydi, biroq kamsonli millatlar qarashlarini inkor qilishi mumkin bo‘lgan utilitar huquqlar xartiyasining murosaga oid moddalari  orqali ko‘rib chiqiladi.

Bu BMT xartiyasini tuzishga jalb etilgan xalqaro axloqshunoslarning ko‘zqarashidir; ular  endilikda BMTning mohiyatan yevrotsentrik ekanini ta'kidlashmaydi; bu tashkilot global jihatdan o‘zaro kelishuv asosida faoliyat yuritishga intilmoqda.

G'arb preskriptivizmi[32]ning islomga qarama-qarshi o‘laroq yemirilib borishi g‘alati ko‘rinadi va amaliy nuqtai nazardan umid uyg‘otadi. Sharqshunoslarning eng yangi avlodi orasida Jon Renar singari "ko‘p madaniyatlarga mansub" olimlar eski yevrotsentrizm g‘oyalarini keskin rad etishni taklif etadi, boshqa fanlarga qaraganda, sharqshunoslik tadqiqotlari, xususan, O'rta Sharq tadqiqotlari umumiy intellektual tamoyillardan butunlay uzilib qolmoqda va ko‘pchilik hollarda Bernard Liyusga o‘xshash kishilarning hamma narsani o‘z qarichi bilan o‘lchash hollari ham uchrab turibdi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 14 Noyabr 2007, 07:50:39
Biroq kelgusi yillarda g‘arbiy islom tadqiqotlari unga nisbatan hurmat bilan qarasa va uni o‘z qarichi bilan o‘lchash fikridan yiroq bo‘lsa, xursandchilik bilan qarshi olinadigan evrilishga sabab bo‘lgan  keskin intellektual o‘zgarish  ko‘pincha muammoli ko‘rinishga ega bo‘lgan oddiy murosa va hurmatdan tashqari tsivilizatsiyalarning haqiqiy dialogiga zamin hozirlab beradi. Biz yashab turgan ming yillikning birinchi yarmida musulmonlar, yahudiylar va xristianlar asosan, bir tilda, yunon tafakkuri kategoriyalarida ifodalangan somiycha vahiylar vositasida so‘zlashishgan, shuning uchun ibn Rushdni monastirlarning lotin tiliga ravon tarjima qilish mumkin edi. 17-asrdan so‘ng islom va G'arb og‘ma traektoriya bo‘ylab harakat qila boshladi. 19-asrda va 20-asrning aksariyat qismida ikki dunyo o‘rtasidagi uzoq qarindoshlik Yevropaning, musulmon tafakkuri biror jiddiy ishni qilgani yo‘q, qabilidagi  imperialistik  ta'kidlari bilan niqoblanib keldi. Bundan imperiyaparastlik dardiga mubtalo bo‘lmagan Shveytsariyaga o‘xshash ayrim mamlakatlar mustasnodir. Tarix va postmodernizm imperializmni bir chetga supurib tashladi, biroq u bilan birga dialog uchun mavjud bo‘lgan bilish asosi ham yo‘q bo‘lib ketdi, endilikda G'arbdagi yetakchi tafakkur maktabi din bilan qanday munosabat o‘rnatishni bilolmay garang.

Shundan beri postmodernizm, yangi, globallashgan ming yillik boshlanmoqda, madaniyatlar haqiqiy dialog imkoniyatidan mahrumdir, deb uqtiradi. Modomiki, xristianlik va boshqa an'analar aksilrealistik mavqeni egallamagan ekan, ular bilan o‘zaro dialog mumkinligicha qolaveradi, Hans Kung ta'kidlaganiday, zamonlarga xos bo‘lgan teizmlar o‘rtasidagi inkor ruhini inkor qilish uchun birgalashib kurashish eng dolzarb vazifadir. Biroq Farid Esak da'vo qilayotganiday, dialog faqatgina erkin va bir-biriga yaqin an'analari o‘rtasidagina emas, konservativ va logotsentrik[33] e'tiqod sohiblari o‘rtasida ham muvaffaqiyat qozonishi mumkin. 1994 yili Qohirada bo‘lib o‘tgan Aholi konferentsiyasidagi madaniyatlararo muvaffaqiyatli hamkorlik dindor liberallar[34] o‘rtasida emas, aksincha, ishtirokchilarning eng konservativ qismi bo‘lmish musulmonlar va Vatikan vakillari o‘rtasida bo‘ldi. Modomiki, davrimizning axloqiy relyativizmi murosasizlashib borayotgan ekan, turli dinga mansub an'anachilarning bunday hamkorligi foydadan xoli bo‘lmaydi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 14 Noyabr 2007, 07:51:11
Agar hozirgi paytdagi musulmon va xristianlarni ayni bir devor tomon tisarilishga majbur etayotgan umumiy xavf mavjudligi tufayli  dialogga imkon tug‘ilgan bo‘lsa, bu imkonni postmodernizmni, undan ham ahamiyatlisi, ratsionalizmni qabul qilish yo‘qqa chiqaradi.  Xristian mutafakkirlarini, ba'zi hollarda o‘z ilohiyotshunosligini Ma'rifat loyihasiga bog‘lagan Muso Mendelson singari yahudiy mutafakkirlarini bugun hech kim bilmaydi. Bultmann, Raner va, xususan,  fon Baltasar vaqti-vaqti bilan Ma'rifat loyihasiga hujum qilgan o‘tmishdoshlaridan kam ahamiyatga ega bo‘lmagan tarzda uni himoya qilishga majbur kishilar sifatida paydo bo‘lib qoladi. Ilohiyotshunoslar «yangilikchi», ayni paytda dunyoviy mutafakkirlar, Liotar ta'birini esga olib aytganda, aporetik[35] eskilikchi bo‘lib qolishdi.

Anas Karij, Najib al-Attas  singari ayrim musulmon mutafakkirlari G'azzoliyning yunon loyihasi xususidagi shubhasini uni himoya qilish deb tushunishdi va bu tushuncha muhim ahamiyatga ega edi. G'azzoliy ratsional haqiqat da'vosining go‘yoki fundamental haqiqatlar biz ularni anglab oladigan jarayonlarga qorishib ketganiga oid  isbot qilib bo‘lmaydigan maqomini belgilab beradi. Saljuq ziyolilari va so‘ngra usmonlilar va mo‘g‘ul tafakkuri shakllanishida ulgi vazifasini o‘tagan G'azzoliy hatto Ibrohim Madkur singari ba'zi musulmon mutafakkirlari tomonidan ham Dekartning o‘tmishdoshi deb tan olingan. Biroq G'azzoliyda o‘zlikni anglashga dekartcha ishonish ko‘zga tashlanmaydi, binobarin, u inson shuurining tushunib bo‘lmaydigan va tutqich bermas tabiatini batafsil bayon qilib bera olmasdi. Garchi G'azzoliyni o‘qigan yoki o‘qimagan Leybnits uni xotirlab o‘tsa-da, uning ruhiy empirizm deb tavsiflash mumkin bo‘lgan zavqni afzal bilishi bilan, Dekartning faktning ilk asoslardan kelib chiqishi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 14 Noyabr 2007, 07:52:02
G'azzoliyning o‘rta asrlar islomining ilmlar doirasida doimo teologik paradigma domidan qutulish payida bilish nazariyasining bus-butun loyihasiga solinajak xavf ehtimolini bartaraf etish yo‘li bilan yunon ratsionalizmini assimilyatsiya qilgani to‘g‘risidagi fikrni ko‘pchilik iqtibos qilib keltirishni xush ko‘radi.  Uni umumlashtiruvchi taqqos sifatida tushuntirish mumkin: xristain mutafakkirlari gapni Sababdan, musulmon mutafakkirlari esa Borliqdan boshlashga moyildirlar. Boz ustiga, ushbu Borliq, oldin damashqlik Jonning intellektual koinot va undan yaralgan g‘ayritabiiy olam g‘oyasi singari ikki bo‘lakka bo‘linmaydi. Bu g‘oyani Duns Skotus[36] shubha ostiga oladi, biroq Tomas Akvinas to‘g‘ri deb hisoblaydi. muvaqqat jarayon sifatida yaratilgan borliqni vujuddan ko‘ra mavjud deb ash'ariylarcha[37] okkazional[38] oyoq tirab turib olgan kalom mutafakkirlari oxirigacha tafriq etilmagan borliq tushunchasini asosiy deb biladi.

Oqibatda ko‘pgina G'arb mutafakkirlaridan farqli o‘laroq, musulmonlar, xudo va olam - borliqning turli tarzlari, qabilidagi ko‘p qirrali muammolar bilan boshini qotirmaslikka moyil bo‘lib qolishdi. Boz ustiga, ularning 4-asrdan boshlab qaror topgan epistemologiyasi borliqdan tashqariga chiqish va shu orqali uning mavjudligini bilish yoki shu masalada ba'zi bir xulosalarga kelishga oid ratsionalistik urinishlarga teran shubha bilan qarab keldi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 14 Noyabr 2007, 07:53:01
Islom tarixining ikkinchi yarmida ba'zan teosofik yondashuv deb ataluvchi atama «ratsionalizm»ni qo‘llab-quvvatlovchi falsafa tamoyilining oyog‘ini osmondan qildi. Shamsiddin Shahrazuriy (vafoti milodiy 1288 yil) ning  «Ash-Shajara al-Ilohiyya» nomli nufuzli asari buning yorqin namunasidir. Shahrazuriy Aristotelning yordam berilmagan aql hech narsani bila olmaydi, degan aqidasini keskin tanqid qiladi va ruhning faoliyati orqali Borliqning mavjudligi va tabiatini intuitiv bilishning bevosita qayta tiklanish nazariyasini rivojlantiradi. Husayn Ziyoiy ta'biri bilan aytganda «qayta tiklangan yoki biluvchi sub'ektning ichki nigohi orqali ko‘rilgan bilim barcha keyingi falsafiy konstruktsiyalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.[39]

Taqlidni tahqiqqa eltuvchi yo‘l deb biluvchi ushbu ravshan fideizm[40] («mistika» atamasi juda ko‘p savollarni o‘rtaga qo‘yadi) barcha islomiy bilish nazariyalarining asosi bo‘lib xizmat qiladi; bu Shahrazuriyning aqidasidir, biroq bu kalom ilmiga oid keyingi, masalan, Shahristoniy tadqiqotlarida ochiqcha ko‘zga tashlanmaydi, u Shahrazuriy, Mulla Sadra, Shayx G'olib va 18-asrda yashab o‘tgan musulmon ma'rifatparvarlari ijodida aniq tavsiflab beriladi.  Uning muvaffaqiyati mutazaliylarning isalat ul-aql, ya'ni aqlning birlamchiligi g‘oyasi tanazzulga yuz tutishi va alal-oqibat  Aristotel izdoshi bo‘lgan arab faylasuflarining o‘z dindoshlariga nisbatan Yevropaga ko‘proq ta'sir o‘tkazgani  bilan asoslanadi. Bu ham vahiylarga, Qur'onga va hadislarga ko‘proq e'tibor berilgani natijasidir. Oqibatda ulardan ibn Sinodan ko‘ra Ishraqiy ko‘proq iqtibos ola boshladi. G'azzoliy tafakkurining batafsil va qoniqarli  bayon qilinishi natijasida  qonun, ilohiyotshunoslik va ma'naviy diskurs, ushbu uchta tushunchaning so‘nggisida qat'iy qaror topgan epistemologiya o‘rtasidagi barqaror munosabatlar butun islom dunyosida to shu kungacha davom etib keldi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 14 Noyabr 2007, 07:53:28
Islomning bugungi kunda ko‘pgina zamonaviy qarashlarni sarosimaga solarak, davomli tarzda kuchayib borishiga ishonch  Allohning irodasi va inoyati bilan yangi asrda ham zikr etilgan bilimni klassik tushunishga moslashtirilishi kerak. G'arb metafizikasi va epistemologiyasining Gadamerning germenevtik loyihasi va postmodernistlar qo‘llab-quvvatlagan inqirozi G'arb tafakkurida bo‘shliq paydo qildi va buni G'azzoliy        oldindan ko‘ra bilgan deyish mumkin. Fenomenal  inson o‘zini faqat fenomen deb biladi, fikr va metanarratsiyaning manbai bo‘lgan noumen[41]ni oddiy mantiqiy bilish mashinasi sifatida emas, intellektus yoki aql sifatida an'ana orqali tushunish mumkin. Miyaning o‘zi hech narsa qila olmaydi: u xuddi bola kabi rang-baranglikdan boshqa narsani yoza olmaydi. Ammo empirik nuqtai nazardan ko‘proq tushunarli va cheksizlik nuqtai nazaridan ko‘proq ob'ektiv bo‘lgan, Niyoziy kuylaganiday, alal-oqibat tushunishga olib boruvchi yuksak qobiliyat mavjud:

Aqlim shoshar uning vajhini ko‘rsam,
Zulfi shul tufayli muqtado bo‘ldi.


Barcha fikriy ifodalarning manbai al-Haqqa bo‘lgan o‘zgaruvchan muhabbatdir. O'sha Manba haqiqat hodisasi bilan ajr beradi; uningsiz Quyosh sistemasida quyoshning o‘zi bo‘lmaydi, biror narsani farqlab bo‘lmay qoladi. Bunday zulmat ichra hech narsani ko‘rmaymiz, bir-birimizni ham taniy olmaymiz; yuzlardagi nurni ko‘ra olmaymiz. Aynan shu nur bizga har narsadan ko‘proq borliqning ontologik mohiyatini anglatib turadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:33:21
III bob
Sunnat birlamchiligi

Nigra sam, sed formasa...
(Men qora tanliman, lekin suluvman)
(Qo‘shiqlarning qo‘shig‘i)
Zamonaviy G'arb san'ati musulmonlar vaqtini sarflab o‘tiradigan soha emas. Bizni aniq tashvishga solayotgan  hol G'arb xristian dunyoqarashining tanazzuli va uning o‘rnini Renessansning muazzam xayol kuchi - fantaziya  egallay borishi bizni absurd yalang‘och figuralar inson yaratuvchanligi qiyomiga yetgan deyishga undayotgan edi, ikki jahon urushidan so‘ng G'arb peshvolari inson yaratuvchanligi yangi davrda o‘z holiga tashlab qo‘yilgani uchun yer yuzida jannat yaratishga urinib, ayanchli ahvolga tushib qolganiga amin bo‘ldi. Bugungi kunda Britaniyaning rassomlaridan biri Demien Hyorst formaldegidda suzib yurgan qo‘yni ko‘rgazmaga qo‘ygani bilan mashhur bo‘lib ketgan edi. Mashhurlik bobida undan kam bo‘lmagan kulrang Mark va Spenser kostyumini kiyib olgan o‘rta yoshlardagi gomoseksualistlar Jilbert va Jorj o‘z tana suyuqligidan foydalanib, katta matolarga surat chizishadi. 1998 yili Britaniyadagi san'at olamida yuksak mavqega ega bo‘lgan Tyorner mukofotiga sazovor bo‘lgan surat filning axlati bilan ishlangan edi. Ehtimol, biz musulmonlar, shuning uchun bo‘lsa kerak, modern G'arb san'ati bilan kelisha olmaymiz va uni o‘zimizning qarashlarimizga nomuvofiq deb topamiz; modomiki, san'at tamaddunning qaymog‘i ekan, Teyt galereyasi zallarida sollana-sollana odim otish bilan tashvishli anglam bir-biriga zid kelishi lozim. Madaniyat elitasi xristianlikka jiddiy yondashgan chog‘lar yaratilgan muhim asarlarni musulmonlar yaxshi ko‘rgan narsasiga bo‘lgan muhabbatiga tug‘ilajak xavf-xatarga qaramasdan, go‘zal deb tan olishi mumkin.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:33:49
Ma'rifat deb atalmish narsa xristianlikning qonini so‘rib oldi; endilikda ma'rifat o‘z yo‘lida davom etishi va so‘nib, postmodernizmga  aylanishi mumkin, G'arb zamini, uning eng ziyoli va muhtaram badiiy ijod vakillari ta'kidlayotganiday, o‘z faoliyatini ruhdan fikrga, tanaga - insonning  ichki dunyosiga,  endi esa uning keraksiz mahsulotlari, masalan, odamning kayfiyatini buzuvchi traektoriya tomon burdi. Biroq, shunga qaramasdan, tanazzulning davomiyligini kuzatish uchun galereyalarga borishning o‘zi   ulkan saboqdir. U bizga nafaqat yangi dunyoni yoqtirmasligimizni, qolaversa, biz uni o‘zimiz yoqtirmasligimizni xush ko‘rmasligimizni ham eslatib turadi. Biz o‘zimizning dunyoqarashimiz bilan G'arb elitasining dunyoqarashi o‘rtasida haqiqiy bog‘liqlik mavjudligini his qilamiz: biroq bunday bog‘liqlikning umri qisqa ko‘rinadi. Biz murosasiz emasmiz va o‘rtadagi ko‘prikni buzib tashlaganimiz yo‘q. Biz insoniyatning 99 foiz tarixi davomida tan olingan me'yorlarga rioya etyapmiz. Bu o‘rinda aqldan ozar darajaga yetgan G'arb murosasizlik qilyapti. Va yana bemaza  vizual kakofoniya, narsalar mohiyatini tasodifiy anglay bilishni ham kuzatish va bu hol taxminan vahiyona shiddat bo‘lishi ham mumkin. G'arbning 20-asrda yashab ijod qilgan deyarli barcha badiiy ijod namoyandalari o‘zlarining dunyodagi diniy qarashlarning qaroqchisi va uning boshboshdoq, muayyan shaklsiz va bema'ni vorisini tasvirlovchi sifatidagi  madaniy ahvolidan yetarli darajada voqif edilar. Biroq ularning ayrimlarigina muqobil yo‘llarning ham ishonchli ekanini tan olishdi, xolos va Yevropa madaniyatining irqchilik va islomofobiyasi ta'qibidan omon qolgan undan ham ozroqlari islomning ulug‘vorligi va teranligini anglab yetishdi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:34:07
Shunday kishilardan biri, rus rassomi Kazemir Malevich edi. Malevich 20-asrning 20-yillari boshlarida Iosif Stalin shaytoniy hokimiyatining xarobalardan oyoqqa turishiga xizmat qilish uchun o‘zaro to‘qnash kelgan minglab diniy, mistik, ateistik yoki estetik isyon harakatlari avj olgan rus inqilobi paytlari yashab ijod qildi. U vaqt bir necha qisqa va shiddatli mavsum davomida mamlakatning o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan diniy va shohona  ierarxiyasining loshi nafaqat adolatli, qolaversa, ma'naviyatga asoslangan qarashlarga yo‘l ochish uchun yo‘ldan supurib tashlanganday tuyulgan edi.

Yosh so‘lqanot rassomlar hokimiyat oldiga rassomlikning barcha reprezentatsional[42] shakllarini yo‘qotishi xususida talab qo‘ya boshladi. Ular to‘g‘ri  ta'kidlaganiday, tasviriy san'at tomoshabinga bosim o‘tkazadi. U yoshlikni qarilikdan, boylikni yo‘qchilikdan ustun qo‘yadi, o‘zining diniy mohiyatiga ko‘ra, odamlarga    jinsi va irqiga qarab jannat va'da qiladi. O'shanda quyidagi inqilobiy qo‘shiq to‘qilgan edi:

Oq ofitser qo‘lga tushsa,
Uni urasiz
Rafaelga kelsak,
Muzeylar devorlarin
Nishon olmoq mavridi keldi,
To‘plar og‘zidan
O'tmish sarqitiga o‘tlar ochaylik!
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:34:34
Bundan bolsheviklarning o‘zi ham dahshatga tushgan edi. Ular ishlab chiqarish san'atini ommaviy targ‘ibort vositasi qilib olgandi. O'sha vaqtda Stalin va uning vorislari sotsialistik realizmday qo‘pol uslubga va sotsializm tongiga  nigoh tashlayotgan baquvvat dehqon erkak va ayollarning tasvirlariga homiylik qilgan va uni qo‘llab-quvvatlagan edi. Renessans davrining odamga sig‘inish va titanizmi qayta tiklandi; hatto erkinlik istagi ham yo‘q qilindi.

Biroq eski zamon Qishki saroy va Qozon kafedral jomesi birgalikda yer bilan yakson qilingan, hammayoq o‘t ichida qolgan,  sovet gigantomaniyasi ko‘rinishidagi yangilik hali zafar quchmagan bir paytda Yevropa madaniyati qisqa, ammo esda qolarli lahzalarda islom ma'rifatini tan olgan edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:35:26
Rossiyaning aksariyat qismi musulmon tamaddunlari xarobalari ustida qad rostlagan. Ruslar serblar bilan birgalikda Yevropaning boshqa xalqlaridan farqli o‘laroq, o‘zlarini islomga qarshi urushdagi muqaddas lashkar deb bilgan. 16-asrning boshlarida bugungi Ukrainaning deyarli butun hududi musulmonlar yashaydigan joy bo‘lgan. Uni qosimiy amirlar boshqargan, amirlikning betakror poytaxti Moskvaning janubida bo‘lgan. Yer yuzidagi aholi eng tig‘iz joylashgan va eng gullab-yashnagan hududlardan biri Qrim usmonlilar xalifaligiga ittifoqdosh musulmon davlati bo‘lgan. Qora va Kaspiy dengizi o‘rtalaridagi cho‘llar asrlar davomida musulmonlarning yeri bo‘lib kelgan. Moskvadan sharq tomonda, Volga daryosi bo‘ylarida poytaxti o‘sha paytlar Moskvadan 20 marta katta Qozon shahri bo‘lgan ulkan musulmon shaharlari qad ko‘tardi. 1555 yili Ivan Grozniy Yevropadagi musulmon imperiyalari bo‘linib ketganidan foydalanib, Qozonni bosib oldi va talon-toroj qildi. Sakkiz minorali ulkan Qul Sharif Oq Masjidi buzib tashlandi va uning toshlaridan Moskvadagi Avliyo Vasiliy kafedral jomesini qurishda foydalanildi. Garchand Qozon xonlari xristianlik amallarini bajarishga ruxsat bersa-da, rus bosqinchilari islomni taqiqlab qo‘ydi va aholining qolgan qismini majburlab cho‘qintirdi. Kazaklarga musulmonlar yashaydigan qishloqlarda erkinlik berildi, muzliklardan iborat shimoldan kelgan yigitlar musulmon ayollarini tutib olib, qullik domiga tashlashdi va ulardan yangi ko‘rinishdagi salb yurishi mutaassiblari o‘rgidi - tug‘ilib, ko‘paydi. Bu jarayon xususida Sholoxovning «Tinchoqar Don» romanida eslab etiladi. Islomning ma'rifiylashgan dunyosi bilan o‘rtadagi ziddiyat shu qadar kuchli ediki, 18-asrga qadar rus armiyasida nog‘orlar uchun musulmonlarning terisi ishlatilishi tabiiy hol edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:35:51
Nafrat merosi rus madaniyatining asosini tashkil etadi. Ivan Grozniyning qirg‘inbarotidan oldin Yevropa zaminining yarmi musulmonlarniki edi. O'zini etnik jihatdan tozalovchi deb bilgan rus podsholarining qaqshatqich zarbalari oqibatida omon qolgan musulmonlar xochni ko‘rganda tiz cho‘kib ta'zim qiladigan bo‘ldi.

Rus inqilobidan oldingi va keyingi yillar an'anaviy rus tafakkuri xususidagi taxminlarga, ayniqsa, eng asosiy taxmin: islomni past darajali din deb bilishga nisbatan xavf tug‘dira boshladi. Ziyolilar va shoirlar hamisha islom madaniyatiga hurmat bilan qarab keldi. Sankt-Peterburgning yorqin qizil rangdagi rokoko hashamlaridan bezgan va jirkanib ketgan me'morlar o‘z nigohini musulmon shaharlari Buxoro va Samarqand me'morligiga qaratishdi. Ularning fikricha, u yerda inson va tabiat uyg‘unligi, go‘zallikning tantanasi kattabinlikda emas, aksincha, mushohadada edi. Samarqanddagi Shohizinda maqbarasidagi juma masjidining moviy koshinlari, xuddi Yevropa san'ati qilganiday, osmonga musht do‘laytirish emas, qaytanga, jannatiy bir osoyishtalikni zaminga chorlash edi. Rossiyaning Melnikovga o‘xshash me'morlari o‘zbekcha motivlarni o‘z uylariga olib kirishdi. 1925 yili Parijda bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada Melnikovning Sovet paviloniga bergan bezaklarini bunga yorqin misol qilib keltirish mumkin. U Markaziy Osiyodagi maqbara minoralari bezagidan nusxa olib ishlangan edi. Xuddi shu kabi ishlar orqali Le Korbuzega o‘xshash g‘arb me'morlari o‘z bezaklarida islom motivlarini istifoda etishdi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:36:41
Ushbu ta'sir vizual san'atda ham ko‘rinadi. Akmeizm, kubizm, kontruktivizm singari ko‘pincha insonni aqldan ozdiradigan boshqa oqimlar ham mavjud edi. Biroq o‘sha san'atkorlar orasida ma'naviyatga ko‘z tikkan, islomning ko‘zlarni qamashtirar darajada  go‘zallik hissi jozibasiga asir kishilar bor edi. Shundan me'morlardan biri Andrey Burov o‘z avlodi xususida: «unga islomning, undagi ortodoksal islomning  ta'siri kuchli bo‘lgan edi», degan edi.

Shu o‘rinda Kazimir Malevich kirib keladi. Mushohadakor va mistik Malevich Yevropa reprezentatsional rassomligini pushti lablarini qahramonona voqelikdan chetga burgan qo‘pol va bemaza huqqabozlikdan  deyarli farq qilmaydi, deb hisoblar edi.

Malevichning buyuk asari «Qora kvadrat» deb nomlanadi. Bu qora rang bilan chizilgan kvadratning chetlari oqdir. U ushbu asarini «modernizmning mutlaq timsoli» deb ataydi. Uning nazaridagi modernizm 19-asrdagi qotib qolgan G'arb materializmi tushkunligiga  qarama-qarshi o‘laroq, sof va ma'naviy (oqim) bo‘lishi kerak edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:37:57
Uning Qora kvadratni tanlagani sababi G'arbning dunyoning og‘riqli rang-barangligini qayd etib borish an'anasini butunlay o‘zgartirish edi. U keyinchalik qora kvadratni chizayotib, «uning ichida qora tunlarni» va «qo‘rquv bilan yonma-yon tortinchoqlik»ni his qilganini yozgan edi. Biroq u suratni nihoyasiga yetkazayotib, «hissiyotdan boshqa hech narsa real bo‘lmagan cho‘lga sudrab eltib tashlanishning saodatli hissini va hissiyot hayotimning mazmuniga aylab qolganini» tuyganini qayd etadi.

Bu Yer yuzida nimani anglatishi mumkin? Islomdan yaxshi xabardor bo‘lgan zamonaviy ingliz yozuvchisi Bryus Chetvin uni quyidagicha izohlagan edi:

Bu ashaddiy marksistning emas, aksincha, Mayster Ekhartning yoki, bo‘lmasa, Muhammadning shu masalaga oid tilidir. Malevichning «Modernizmning mutlaq ramzi» deb atalgan «Qora kvadrati» Allohning oldida barcha bandalari barobar bo‘lgan steril tuproqli vodiydagi muqaddas ibodatgoh - Makkadagi Ka'baning kisvasi suratiga mosdir.[43]
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:38:57
Biz shu yerda Malevichning asarini tushunishga kalit topganday bo‘lamiz. Musulmonlar uchun 20-asr san'atidagi eng ulug‘ asar bo‘lgan bu suratda madaniy rus kishisi alal-oqibat qotib qolgan voqelik kosasini sindiradi va asl haqiqatni ich-ichdan his qiladi. Oddiylik go‘zaldir. Va uning teran hamda umidbaxsh titrog‘i yig‘loqi hissiyotdan ko‘ra ishonchliroqdir.

Malevich madaniyat betartib rivojlanayotgan hozirgi shiddatli lahzalarda yorqin iste'dodi orqali sof go‘zallik  printsipiga duch keladi. Faqat real narsa realdir; manifest va uning turli ko‘rinishlari xomxayoldir. Mana bu ikki satr oralig‘idagi mazmun olmosdan ham keskirdir: «Voqelik keldiyu sun'iylik yo‘q bo‘ldi, degin, sun'iylik hamisha o‘tkinchi deb ayt». Nihoyat, bu payg‘ambar alayhissalomning Ka'ba atrofida otda yurib, o‘z hassasi bilan 360 ta butning har birini turtganida ular chilparchin bo‘lib ketganidan so‘ng aytgan oyatidir.

Islom dinining markazi Ka'badir. U ilohiy go‘zallik va mahobatni o‘zida jamuljam etgan «insonlar sajdagohi va xavfsiz joyi»dir. U Ibrohim Xalilulloh o‘z ibodatlari chog‘ida «Allohim, sen bu zaminni sajdagoh qilgin», deb iltijo etgan holda himoyasiga olgan shaharda joylashgan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:39:13
Ka'baning turfa ma'nosi bor. Ulardan biri Qora tosh - Hajar ul-asvadga tegishlidir. Ziyoratchilar uning oldiga borganda toshning mo‘‘jizaviyligini ham yaqindan his qiladi.

Ali ibn Abu Tolibning rivoyat qilishicha, Alloh ahd[44] yubormoqchi bo‘lganida uning yozuvlarini qora toshga joylagan, shuning uchun kimki Ko‘hna uyning atrofini aylanayotib, Qora toshga qo‘l tekkizsa, quyidagi mazmunda iltijo qilgan bo‘ladi: «Ey, Allohim! Bu senga bo‘lgan e'tiqod, senga tavba qilish va haqiqat sening yozuvlaringda ekanini ta'kidlashdir!».[45]

Shuning uchun Ka'ba o‘z holicha hech narsa emas, faqat  tosh va qorishmadan iborat to‘rtburchak imoratdir. U ziyoratchilarga o‘zligining ibtidosini tanishtiradi va eslatib turadi.  Alloh dunyo yaratilmasidan burungi zamon haqida bunday deydi:

Rabbingiz Odam o‘g‘illarining bellari (pushti kamarlari)dan zurriyotlari (ruhlari)ni olib, ularni o‘zlariga guvoh qilib turib: Men rabbingiz emasmanmi?» (dedi). (Ular): «Yo‘g‘e! (Rabbimizsan!) guvohlik berdik», - dedilar. Qiyomat kuni: "Biz bundan g‘ofil (bexabar) edik" yoki "Oldindan ota-bobolarimiz mushrik bo‘lganlar. Biz ulardan keyin kelgan zurriyot bo‘ldik. (O'sha) nohaq kishilarning fe'llari sababli bizni halok qilasanmi?" deyishlarini (bilganimiz uchun shunday qildik)[46].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:39:32
Biz Allohning uyini ziyorat qilganimizda, biz Yaratuvchining barcha mavjudot va tafakkur manbai ekanini anglagan holda, o‘zimizni uning izmiga topshirgan lahzalarda Buyuk Ahdni esda tutishimiz kerak bo‘ladi. Imom Termiziy keltirgan hadisga ko‘ra, Qora tosh haqida «yaqutatun min yavaqut al-janna», ya'ni jannatdagi yoqutlaridan biri, deyiladi.

Haj payti Ka'bani ziyorat qiluvchilar yoki unga yuzlanib salot aytuvchilar tasavvurida Baytullohning vazifasi - Yer yuzidagi turli-tuman narsalarning markazi va paydo bo‘lgan joyi bo‘lishdir. Kompasning to‘rtala asosiy mili ham Ka'ba joylashgan yerni ko‘rsatadi. Uning qoraligi tungi osmonning, jannatning  qoraligini, bandalar rabbisining biru borligini esga tushiradi. Alloh falaklarda va yerda biz uchun belgilar borligini aytadi. Yaqinda astronomlarning aniqlashicha, qora tuynuklar atrofida spiralsimon galaktikalar aylanar ekan. Ko‘rkam koinotga, ruhiy girdoblarga yozilgan qudratli  ramz bizni  kvant mexanikasi hamda vaqt va makon o‘z ahamiyatini yo‘qotadigan noma'lumliklar sari chorlaydi.

Shuning uchun musulmonlarning Ka'baga nisbatan tuyadigan shavqi uning binosi tufayli emas. Albatta, bu muqaddas bino yaratilgan boshqa narsalardan kam emas. Shavq esa o‘zimizning kelib chiqishimizga, yaratganning huzurida bo‘lgan vaqtdan tashqaridagi shavkatli zamonlarga bo‘lgan sog‘inchdir, entikishdir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:40:35
Shavq islomning asosiy hissidir. U yuraknikidir: yurak Ka'baning ulug‘vorligini biladi, aql esa buni tushunmaydi, uni bor-yo‘g‘i balandligi 12 kubometr, deb o‘ylaydi. Jaloliddin Rumiy shunday degan ekan:

Aql, dunyoda bor-yo‘g‘i 6 ta yo‘nalish bor, shundan boshqa yo‘l yo‘q, deydi. Muhabbat, yo‘l bor, men ko‘p marta sayohat qilib keldim, deydi.

U keyinchalik shunday degan edi:

Aql haj qilish uchun tuya topguncha, muhabbat Ka'bani bir marta aylanib bo‘ldi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:41:06
Islom dinining asosiy hissiyoti  aslida fitrat, ya'ni inson tabiati birlamchiligining bir bo‘lagi, bizni dunyoga keltirgan inoyat holati -muhabbatdir, ming bir mashaqqat bilan o‘zimiz suygan Allohga qaytish istagidir. Qur'onda: «Imon keltirganlarning Allohga bo‘lgan muhabbatlari esa (ularnikidan) kuchliroqdir»[47], deyiladi. Bir narsaning asli bilmoq uni sevmoqdir.

Kelib chiqish nuqtasiga qaytish sog‘inchli shavqdir. Buning uchun Ka'ba yerdagi ramz va eslatmadan boshqa narsa emas. U Islomning go‘zal  va inja poetik an'anasiga xos umumiy motivga aylanib qoldi. Alisher Navoiy Ka'baga qarab ibodat qilish aql darvozalarini ochadi, degan edi:

Bihamdik fathi abvobi ma'ni,
Nasib et ko‘nglima fath o‘lmak ani.
Ayni paytda Hoji Bayram Vali markazga intilgan holda bo‘shliq tomon chiqib borishni bunday tasvirlaydi:
Yon, ey ko‘ngil, yon, yon, ey ko‘ngil, yon,
Yonmoqdin o‘ldi dardingga darmon:
Parvona kibi, parvona kibi
Sham'iga oshiq yondi bu ko‘nglim.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:41:50
Demak, islom «Alastu birabbikum» - «Men sizning rabbingiz emasmanmi?» degan da'vatga imon keltirganlar dinidir. Biz mayda, mahalliy, milliy ahdlarga amal qiluvchi oldingi dinlar vorislaridan farqli o‘laroq, Buyuk Ahdga amal qilamiz. Ka'ba vaqt va makonda o‘zligimizni topish, barcha ko‘rsatmalar ibtidosi bo‘lmish ilohiy mavjudotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish yo‘lini bizga ko‘rsatib beradi.

Biz uning timsolida mavjud bo‘lgan ilohiy donishmandlik haqida mulohaza qilib ko‘rishimiz kerak. Islom hech qanday tamaddun bo‘lmagan vaqt va makonda paydo bo‘ldi. Qurayshiy (lar qabilasiga mansub biror) arab o‘z turgan joyidan 500 kilometr sharqqa, g‘arbga, shimolga yoki sharqqa yurgandagina rivojlangan madaniyatga duch kelishi mumkin edi. Biroq Arabiston u paytda ibtidoiy soddalik o‘chog‘i edi. Va Alloh subhonahu va taolo o‘zining so‘nggi xabari uchun ushbu bo‘shliqni tanladi. Bu ahdlarning so‘nggisi va qayta tiklangani edi. U Yer yuzisidagi barcha millatlarni birlashtirish uchun yuborilgan edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:42:08
Islomning soddaligi o‘rganilishi kerak bo‘lgan teran donishmandlikdir. Bizning aqidamiz to‘pori bo‘lmasligi lozim. Eng sof, yuksak va murosasiz monoteizm Allohning mavjud g‘oyalar ichidagi eng tushunarli g‘oyasidir. Uning ibodat tizimi xoch, ibodatxona, kohin yoki butlar singari  oshiqcha narsalarni talab etmaydi. Ibodat uchun faqatgina inson va uning Rabbisi bo‘lsa kifoya. Haj va umra bizni qadim zamonlarga qaytaradi. Biz eng oddiy kiyimni kiyamiz va eng musaffo bino atrofida o‘zimizni ramziy markaz bilan qayta bog‘laydigan ibtidoiy  marosimni ado etamiz. Ramazon ro‘zasi ham ma'lum bir vaqtda bo‘lmaydi, u bizni eng qadimgi diniy ibodat va davomiylik an'analari bilan bog‘laydi. Aslida, ba'zi bir ulamolarrning aytishicha, ro‘za tutish diniy ruknlarning eng qadimiysidir. U Odam Ato bilan Momo   Havoning ma'lum bir daraxt mevasini yeyishdan tiyilish xususidagi amrga itoat qilib yurgan davrlarga borib taqaladi.

Inson islomning himoya doirasi ichiga qadam qo‘yish bilan ko‘hna soddalik va yuksak maqomga doxil bo‘ladi. Islom bizga o‘zimizning xalifalik, Allohning yerdagi noibi maqomimizni qaytarib olishga ijozat beradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:42:28
Biroq bu hol faqat ibodat vaqti bilangina chegaralanib qolmaydi. Bir qarashga asosan ibodat qilish va boshqasiga asosan, yashash ruhiyatda ziddiyatni vujudga keltiradi. Bugungi kunda ba'zi bir dinlar o‘z tarafdorlariga ko‘ngil tusaganday yashashiga yo‘l beradi, biroq 20-asrga xos turmush tarzi ibodatgohdan tashqaridadir. Islom bunday hayotning bema'ni ekanini biladi. Salot vaqtida ilohiy mavjudotga qarata e'tiborni jamlash bizning boshqa narsalarga bo‘lgan qarashimizni o‘zgartirib yuboradi. Ka'badan boshqa tomonga yuzlanganimizda so‘z ichimizda aks-sado berib turadi, biz o‘ngga va chapga qarab «Assalomu alaykum», deymiz. Tugal va muqaddas markaz bilan qayta bog‘lanish hayotimizning qolgan qismiga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartirib yuboradi.  Kitobda: «salot buzuqi va qo‘pol tiynatga izn bermaydi», deyiladi. Agar u huzur - aql va ruh ishtirokida ado etilsa, tiynatimiz asta-sekin poklanib boradi. Bemaza xatti-harakatlar, qo‘pol so‘zlash, o‘zgalarga hamdard bo‘lolmaslik bizning namozni noto‘g‘ri o‘qiyotganimiz, butun e'tiborimizni Allohga qaratmayotganimiz bilan bog‘liqdir.

Buning ma'nosi shuki, islom bizning e'tiqodimiz bilan turmush tarzimizdagi narsalarni bir-biridan ajratmaydi, ya'ni ibodatni yo‘lga qo‘yish barcha musulmon jamoalari islohotining ibtidosi  va u bizni faqat masjidda jamoa bo‘lib namoz o‘qigan paytda emas, balki doimiy birlashtiradigan nuqta tomon yo‘naltirishi kerak bo‘ladi. To‘g‘ri, ibodat amallarini e'tibor qilmasdan ham bajarish mumkin, biroq ular sariq chaqaga ham arzimaydi. Hadisda: «Namoz o‘qiyotgan kishi butun diqqat-e'tiborini his qilayotgan narsasiga jamlashi kerak», deyiladi. Hasan Basriy esa: «Qalb ishtirok etmaydigan har qanday ibodat maqtovu mukofotga emas, jazoga loyiqdir», degan edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:42:41
Biz duch kelayotgan hamda turli ruhiy va ijtimoiy shakldagi barcha mushkulotlarga sabab bo‘layotgan azaliy muammo - ko‘r-ko‘rona ibodat qilishimizdir: biz og‘zimizni to‘ldirib, Allohu akbar deymiz, biroq shu vaqtning o‘zidayoq buning ma'nosi nima ekanini bilmasligimizni fosh qilib qo‘yamiz. G'aflat uyqusidan uyg‘onib, bir necha daqiqadan so‘ng salomlashgach, avtopilot holiga tushib qolamiz.

Bu yaxshi emas. Tananing harakatlari va tilning tanglay ostida raqs tushishi hech qanday foyda keltirmaydi. Aslida salot so‘zi muloqotni anglatadi. Elektrga ulanmagan chiroqning bir chaqalik ahamiyati yo‘q va elektr xushu' - diqqat bir yerga jamlangan holda tavoze qilish hamda rabbimizning buyukligini, Ul zotning yaqinimizda turganini, ilohiy go‘zallik va ulug‘vorlik tajassumi bo‘lgan Muqaddas Ka'baning aqlni shoshiradigan ramz ekanini anglash orqali namoyon bo‘ladi.

Namoz bizni uyimiz - yerga  olib keladi. Odam alayhissalomning ismi adim - yer, loy ma'nosini anglatar va Alloh: «Men uni loydan yaratdim», degan ekan. Biz manglayimizni yerga bosish orqali aksilinsoniy modernizm zo‘r berib tiqishtirayotgan mavhum xomxayollardan xoli bo‘lamiz hamda Alloh yaratgan   va foniy hayotimizni esga olamiz: «Sizni o‘zimiz yaratgan narsaga qaytaramiz va sizni undan yana bir karra tiriltiramiz». Yer bilan uch marta to‘qnash kelishning birortasidan ham qochib qutulolmaymiz.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:42:56
Hadisda: «Bandasi o‘zini yerga urgan sari Rabbisiga yaqinroq boradi», deyiladi. Biz fir'avncha g‘urur va manmanlik ramzi bo‘lgan manglayimizni yerga qo‘yganimizda va yuragimiz boshimizdan ko‘ra balandroq bo‘lganida Allohning xulafosi - yerdagi noiblari va vakillariga aylanamiz.

Yer yuzidagi ummat bo‘lmaganlar musulmonlarchalik Alloh yaratgan dunyoga namoz o‘qish paytidagidek intim munosabatda bo‘la olishmaydi. Biz dunyoni ramz va ishoralar olami sifatida bilamiz, vahiy uni bizga quyidagicha o‘qishni o‘rgatadi:

Osmonlar va Yerning yaratilishida, tun va kunning o‘rin almashib turishida aql egalari uchun alomatlar bordir. Ular turib ham, o‘tirib ham, yotib ham Allohni zikr etadilar va osmonlaru Yerning yaratilishi haqida fikr yuritadilar: «Ey rabbimiz! Bu (koinot)ni behuda yaratmagansan[48]...
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:43:11
Namoz zikrning bir ko‘rinishidir. Alloh janobimiz Muso alayhissalomga amr qildi: «Bas, mengagina ibodat qil va meni zikr qilish uchun namozni to‘kis ado et!» Allohni yod etish Ul zotning insoniyat uchun ibtido manbai ekanini va Ul zotning qo‘llanmasi Buyuk Ahd va bazmi alast - alasti birabbikum[49] da'vatini esda tutishdir. Bizning jisman sof go‘zallik ramzi bo‘lmish Ka'ba tomon yuzlanishimiz uning ibtidoiy uyimiz ekaniga iqror qiladi, o‘zimiz bergan va'daga sodiqligimiz tasdig‘i ekanini namoyish etadi va esga tushiradi. Binobarin, namoz insonligimiz belgisidir.

Namozning go‘zalligi, sharafi va azaliy huzuri sababi ana shundadir. Biz shu tariqa tasbeh, ta'zim va sajda orqali Rabbimizning shon-shuhratiga iymon keltiramiz. Shu tariqa biz Ul zotning oldida ichgan ontimizni tasdiqlaymiz. Shu tariqa biz sayyidimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam qanday o‘rgatgan bo‘lsa, xuddi shunday ibodat qilishni zimmamizga olamiz. Shunday qilib, ibodat sunnatning eng yuqori nuqtasiga aylanadi. U dinning ruknidir - «Kimki uni rad etsa, dinni barbod qiladi». Busiz ibtidoiy manbamizni va kelib chiqishimizni esga olishning ma'nosi ham, ahamiyati ham bo‘lmaydi.

Ma'lumki, ibodat insoniyatga Me'roj kechasi hadya etildi. U Rasulullohning payg‘ambarlik faoliyatidagi eng muhim voqeadir: chunki payg‘ambarimiz shu kecha Alloh taoloning ulug‘ alomatlarini anglamoq uchun Ul zotning huzuriga chiqishday buyuk sharafga noil bo‘ldi. U Alloh bizga inoyat qilgan vahiy, ya'ni hissiyot orqali anglangan voqelikning ifshosidir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:43:28
Payg‘ambar (s.a.v.) Allohning  huzurida bo‘lganida unga tanlash imkoni berildi. Uning oldiga sharob va sut qo‘yishdi. U sutni tanlaganida Jabroil alayhissalom: «Hudiyta lil-fitra» - «Sen fitratga  hidoyat qilinding», dedi. Fitrat  insonning ibtidoiy, sof, tabiiy maylidir.

Bunday favqulodda voqea ehtiyotkorlik bilan yondashishni talab etadi. Payg‘ambarlik faoliyati, binobarin, insoniyat tarixining faqat Alloh bilan bo‘lgan oliymaqom uchrashuv onlarida fitrat xususida saboq beriladi va u bizga sunnatning bir qismi va mag‘zi sifatida ko‘rsatiladi.

Sharob va sutdan birortasini tanlash buzuqchilik va soflikdan birini tanlash demakdir. Qur'onda sut xolisan - sof deb ta'riflanadi. Sharob esa, uni tayyorlash jarayonidan ham ma'lumki, tabiatdan uzoqlashishni anglatadi. U ham tabiiy suyuqlik, biroq aynigan holatdadir. Shunisi ajablanarliki, yangi dunyoda xo‘randalar aynigan taom yeyishni istamaydi, biroq aynigan va buzilgan suyuqlikni iste'mol qilishni yoqtiradi. Kayf-safo jarayoni ham aynishdan o‘zga narsa emas. Sharob shishalari kamdan-kam hollarda tovarning sotilish muddatini reklama qiladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:43:43
Shunday qilib: «Hudiyta lil-fitra». Me'rojning farishta rivoyat qilgan payg‘ambarlik ko‘rsatkichlaridan muhimi shuki, fitrat uning xususiyatlaridan biridir. Va u kengaygan sari sunnatning xususiyatlaridan biriga aylana boradi, shu bois barchamiz unda ishtirok etishga harakat qilishimiz zarur.

Islom xususidagi qarashlarimiz shu yerga yetganda ancha ravshanlashdi. Rasululloh (s.a.v.) sahrodagi oddiy ko‘hna shahar - Makkada tavallud topdi. U oddiy dehqonchilik shahri bo‘lmish ko‘hna Madinaga hijrat qiladi. Uning dinidagi  salotda qiyomiga yetgan marosimlar musaffolik va qadimgi insoniyat nafasiga o‘xshash narsalar tilga olinadi. Ular sizu biz yashayotgan zamonga xos emas: ular bizning kunlardagi odatlarni zaif va sharafsiz qilib qo‘yadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:43:55
Yangi dunyo tabiatdan yiroqlashayotgani uchun sarosimaga tushib qolgan. Sanoat bulg‘ayotgan dengizlar, havo va daryolar insonning ochko‘zligi va oddiylikka nisbatan nafrati ifodasidir. Altsheymer xastaligi, nafas qisishi, SPID va erkaklarning bepushtligi - turlarning yo‘qolib borayotgani xususidagi jiddiy ogohlantirishdir. Rio-de-Janeyro konferentsiyasi issiqlik ajralib chiqishini, binobarin, ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqarishni kamaytirish talabini ilgari surdi, biroq u dinlari jozibasini yo‘qotgani tufayli ko‘ngil ermagi bilan shug‘ullanishga va o‘zi uchun ibodat qilishga o‘tib olgan odamlar e'tiborini tortishi mumkin bo‘lgan unutiq zuhdning ahamiyatini tushuntirib bera olmadi. Oddiy kishilar organik mahsulot sotib olish, aloe-vera shampunidan foydalanish, sintetik buyumlarni ishlatishdan imkon boricha qochish orqali o‘zlarining bu boradagi xavotirini namoyish etmoqda. Biroq bu hali mazmunga emas, shaklga qaytishdir. Biror kishi o‘z manbai va taqdiriga ega bo‘lgan hamda insoniyatning ibodatdan iborat hayotini qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan koinotni va Biru Borni astoydil tan olish o‘rniga «tabiiy turmush tarzi»ni faqat hayot tarzi deb bilsa, unga buni tushuntirib o‘tirishning keragi ham yo‘q. Biz musulmonlar sifatida tabiiy yashash tarzini afzal bilamiz va bu xo‘jako‘rsinga qilinadigan ish emas. Buyuk Ahdning qaytishi o‘zimiz uchun yaratilgan me'yorlar asosida yashashimiz zarurligini talab etadi. Shoh Valiulloh har bir tur uchun shariatni joriy qilganini aytadi. Har bir tur yangi odam bosim o‘tkazmagan taqdirda o‘sha shariatga sodiq qoladi. Biroq insoniyat o‘z genlari, gormonlari, jinsi, yaratganga bo‘lgan intim - ichkin hislarini unutishga, buzishga qodirdir. Bu disfunktsiya[50]ning asl sababi kufrdir, chunki biz kufr jarayonida asl tabiatimizni o‘zimizdan yashiramiz.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:44:13
O'zimizning tabiiy me'yorlarimizni tuzatish yo‘li sunnat ko‘rinishidagina ochiqdir.  Faqat musulmonlargina o‘z dini asoschisi singari ibodat qiladi. Payg‘ambar shahri Madina ibtidoiy shahar edi. Biz uning yuzlaridan nur yog‘iladigan aholisining namunali turmush tarziga ergashib, aslimizga qaytamiz. Binobarin, sunnat bizga yangi zamonning zaharlangan dengizidan bunday bulg‘anish paydo bo‘lishidan oldin g‘amlangan mahsulotlar bilan oziqlanib, xavf-xatarsiz suzib o‘tishga imkon beradigan hayot qayig‘idir.

Keling, payg‘ambarimiz (s.a.v) ning turmush tarzini esga olaylik. Biz «turmush tarzini tanlash» zamonida yashayapmiz, lekin biz faqatgina bitta «turmush tarzini tanlash»imiz mumkin. Modernizm ulgi olishimiz mumkin bo‘lgan turli xil ideallarni namoyish qiladi: biz Madonna yoki Monika Levinski, yoki prezident Yeltsin, yoxud Maykl Jeksonga o‘xshashimiz mumkin. Muqobil nomlarni istagancha keltirish mumkin. Biroq Rasululloh (s.v.s.)ning nurli shaxsiyatini ularning yoniga qo‘yib ko‘rsangiz, umuman, muqobilga hojat qolmaydi. Payg‘ambar uchun insoniylik Odam Ato komilligidir. Unda va uning turmush tarzida bizning sharoitimiz uchun yuksak imkoniyatlarni ko‘rish mumkin. Shuning o‘zi go‘zallikdir: Ul zotning ismlaridan biri bo‘lmish jamil - «go‘zal»  so‘zi ham fazilatlaridan biridir. Payg‘ambarning Alloh bilan bilan uyg‘unlik holatini ifodalovchi ehson so‘zi husn, ya'ni go‘zallikning hosilasidir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:44:32
E'tiboringizga payg‘ambar go‘zalligi xususida og‘zaki suratga o‘xshash xotiralarni havola etamiz. Ular  Imom G'azzoliyning Ihya ulum ud-din - «Diniy ilmlarni jonlantirish» asarining 19-kitobidan olingan parchalardir.

«Allohning rasuli kishilarning eng halim tabiatlisi, shuning barobarida jasuri va adolatparvari edi. Ul zot odamlarning  taqvodori bo‘lib, o‘zining mahrami bo‘lmagan ayolning qo‘liga qo‘lini ham tekkizmas edi. Ul zot o‘ta saxiy bo‘lgani uchun uyida bir kecha hadya qilinmay qolib ketgan na tillo, na kumush tanga bo‘lar edi.  Mabodo, berish uchun biror odam topolmay, biror narsa qolib ketsayu kech kirib qolsa, uydan chiqib ketib, biror ehtiyojmandga bermaguncha qaytib kelmas edi. Shuning uchun Alloh unga oddiy va yengil taomlar: xurmo va arpani tanovul qilishni, qolgan narsalarning barchasini Alloh yo‘lida hadya etishni  ravo ko‘rgan edi. Ul zot o‘zidan so‘ralgan hadyani bermay qolmas edi. Chorig‘i va kiyimini o‘zi yamar, ro‘zg‘origa qarashar, oila a'zolariga go‘shtni maydalashda yordam berar edi. Ul zot odamlarning o‘ta uyatchani, biror kishining yuziga ko‘p tikilib qolmas edi. Ozod kishi yoki qulning taklifi va hadyasini, hatto u bir yutim sut yoki quyonning bir oyog‘i bo‘lsa ham, qabul qilar, o‘rniga boshqa biror narsa berar edi. Ul zot sadaqaga berilgan hech bir narsani ishlatmas yoki tanovul qilmas edi. Joriyaga javob qaytaradigan darajada mag‘rur ham, janda kiyim kiyadigan darajada kambag‘al ham emasdi. Ul zot faqat yaratganning nomidangina g‘azablanar, o‘ziga va yaqinlariga zarar yetgan taqdirda ham haqiqat va adolat ustuvor bo‘lishi uchun kurashar edi».
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:44:49
«Ul zot ochlik tufayli beliga tosh bog‘lab yurar edi. Ul zot keltirilgan ovqatni yer, yeyish mumkin bo‘lgan biror taomni qaytarmas edi. Mabodo, xurmoni nonsiz keltirishsa, qaytarmas, qovurilgan go‘sht bo‘lsa ham yer edi; agar dag‘al arpa non bo‘lsa ham, asal yoki boshqa biror shirin narsa bo‘lsa ham yer edi; mabodo, nonsiz faqat qatiq bo‘lsa ham qanoat qilguvchi edi».

«Ul zot kambag‘alligi yoki ziqnaligi uchun emas, balki boshqalarni o‘zidan ustun qo‘ygani uchun Alloh  bilan uchrashishdan oldin qatorasiga uch kun, hatto, arpa non ham yemadi».

«Ul zot to‘ylarga borar, bemorlarni borib ko‘rar, janozalarda ishtirok etar, hatto dushmanlarining orasida ham qo‘riqchilarsiz yurar edi. Ul zot eng tavozeli, eng ko‘ngli ochiq va kibrni bilmaydigan zot edi. Ul zot uzundan-uzoq so‘zlashni yoqtirmaydigan so‘zga usta edi. Ul zot eng ohanraboli zot edi. Ul zot  dunyoda hech narsadan qo‘rqmas edi. Ul zot Yaman jubbasi yoki jun chakmon, ya'ni kiyish mumkin va qo‘lida bo‘lgan kiyimlarni kiyib yurar edi. Ul zot nima to‘g‘ri kelsa, ba'zan tuya, ba'zan ot, ba'zan xachir va ba'zan eshakni ham minib ketaverar edi. Ul zot ba'zi vaqtlar yalangoyoq va sallasiz yalangbosh yayov yurar edi. U Madinaning boshqa bir chekkasidagi bemorlarni ham ziyorat qilar edi. Ul zot mushk anbarni yaxshi ko‘rar, qo‘lansa hidlarni yoqtirmas edi».
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:45:06
«Ul zot o‘z qarindoshlariga nisbatan mushfiq va sodiq munosabatda bo‘lar edi, biroq ulardan hech birini ikkinchisidan lavozimiga qarab ustun qo‘ymas edi. Ul zot hech kimni haqorat qilmas edi. Ul zot kechirim so‘ragan kishini kechirardi. Ul zot hazil qilar, biroq hech qachon yolg‘on so‘zlamas edi. Ul zot hech qachon sharaqlab kulmas edi. Ul zot ijozat etilgan o‘yinlar va sport turlarini tomosha qilar, ammo ularni tanqid qilmas edi. Ul zot o‘z zaifalari bilan poyga qilardi. Ul zotning atrofidagilar ovozini balandlatib gapirgan taqdirda ham sabr qilar edi. Ul zotning bitta qo‘yi bo‘lib, oilasi uchun uning sutini sog‘ardi. Ul zot hamrohlari bilan dalalarni kezguvchi edi. Ul zot hech qachon odamlardan kambag‘alligi yoki xastaligi uchun hazar qilmas, birorta shohdan faqat shohligi uchun qo‘rqmas edi. Ul zot boylarni ham, kambag‘allarni ham ajratib o‘tirmasdan Allohga da'vat qilar edi».

«Garchi na o‘qish, na yozishni bilgan bo‘lsa-da, johiliyat va qashshoqlik hukm surgan zaminda na ota, na onasi bo‘lgan holda yetim va cho‘ponlik qilib kambag‘al kun kechirgan bo‘lsa-da, Alloh ul zotning tabiatida barcha ezguliklarni jamuljam etgan edi. Biroq Alloh ul zotga inson tabiatining eng go‘zal jihatlarini va har qanday maqtovdan yuqori usullarini, ancha oldin va keyin o‘tgan payg‘ambarlar tarixini, oxiratdagi najot va  zafarni, dunyoning zavqi va foniyligini, burch bo‘lgan ro‘za tutishni va keraksiz narsalardan tiyilishni o‘rgatgan edi. Alloh barchamizga uning izmida bo‘lishni va sunnatiga rioya etishni nasib qilgan bo‘lsin. Omin, yo Rabbil-olamin!»
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:45:22
Imom G'azzoliy chizgan bu jonli surat biz ulgi olishimiz kerak bo‘lgan andozani, mutlaq go‘zallik sohibi bo‘lgan inson komilligini tasvirlab beradi. Uning hayoti mukammal yashalgan hayot edi. Insoniy komillikning ul zot bilmagan va bayon qilmagan biror jihati qolmagan edi. Ul zotning komilligi erkaklarning komilligi tabiatan qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib beradi. Ul zot buyuk jangchi bo‘lgan, Imom al-Darimiyning (hazrati) Aliga asoslanib  keltirgan hadisida shunday deyiladi:

Men ishtirok etgan Badr kunlaridan birida biz Rasululloh (s.a.v.)ning huzurida boshpana topdik, vaholanki, u barchadan ko‘ra dushmanga yaqin edi. O'sha kuni ul zot barcha jangchilar orasida eng kuchlisi edi. 

Ul zotga hamrohlik qilgan kishilardan biri uning ot minishini tasvirlab, qizil salla o‘ragan, qo‘liga qilich tutgan payg‘ambar haqida men hech qachon bundan go‘zal manzarani ko‘rmagan edim, degan ekan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:45:46
Oradan 23 yil o‘tib, ul zot Arabistonning haqiqiy hukmdoriga aylandi. Ul zot o‘zining dahosi va Alloh in'om etgan qobiliyati, shaxsiyatining joziba quvvati bilan tarixda ilk marta arab qabilalarini birlashtirdi. Ul zot raiyatni qon-qoniga singib ketgan butlarga sig‘inish botqog‘idan sof yakkaxudolikka olib chiqdi. Ul zot ilk marta xalqiga qonun asosida yashashni o‘rgatdi. Ul zot Madinadagi masjidda ibodat qilish tizimi, o‘zni tiyish va ma'naviy barakaga asos soldi. Bu hol keyingi son-sanoqsiz avlod mo‘minlariga va din peshvolariga ilhom va taomil  hadya etdi. Ul zot Ka'baning go‘zalligini ta'kidlash   bilan go‘zallikni hamma narsadan yuksak qo‘ydi; ul zot qilgan har bir ish go‘zal edi.

Bularning barchasiga erishganini faqat Allohning marhamati deb bilar edi. Imom G'azzoliy yozganiday, ul zot eng sertavoze inson edi. Ul zot sabr-toqatli, xushmuomala, saxiy va halim kishi edi. Ul zot kishilarning tashqi ko‘rinishiga e'tibor bermas, aksincha, ularning ruhiy dunyosini qadrlar va har doim kechiruvchan edi. Ul zot Yer yuzidagi eng qo‘pol xalq bo‘lmish Markaziy Arabistonning sodda badaviylariga ham toqat qilar edi. Ulardan biri pul istab, janobi Rasulullohning bo‘yniga o‘z jubbasini solib keskin tortib olgan va buning natijasida bo‘yni qizarib ketganda ham tabassum qilib, unga istagan narsasini beringlar, deb amr etganlar.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:46:05
Bularning barchasi ul zotning sab-toqatli ekani tufaylidir.  O'zlik va chalg‘ish niqobi yitdi: ul zot har bir narsani haqiqat vositasida ko‘radigan bo‘ldi. Ul zot o‘zining payg‘ambarlik maqomini bilar, lekin bu maqom bilan g‘ururlanmas edi. Ul zot: «Zamin qiyomat kuni birinchi bo‘lib mening qoshimda yorilib ochiladi, men bu bilan maqtanmoqchi emasman», degan edi. Ul zot o‘z qadrini, Yaratganini bilar, biroq mag‘rurlanmas edi.

Ul zotning sunnati  dunyodan ketishni emas, unda yashashni farz qilgan. Ul zot Hiro tog‘idagi vahiy kelishi bilan bog‘liq  g‘aroyib holatdan so‘ng Ka'baga yuzlanib, Makka jamoasi tomon tushib keldi. Ul zot uzundan-uzoq tunlar yolg‘iz o‘zi Rabbisi huzurida bo‘lardi, tahajjud shakllari uzoq va aniq bo‘lar, Ul zot o‘z hamrohlariga o‘ziga taqlid qilishni taqiqlab qo‘ygan edi. Ul zot ro‘za tutishda o‘ziga nisbatan juda-juda talabchan edi, ammo boshqalarga bunga izn bermas edi. Ul zot o‘z hayotida ham, o‘zi boshqargan dunyoda ham bag‘oyat qanoatli  edi. Ul zot haqiqiy xalifa edi. Xalifaning «men»i yo‘q, u gapirsa ham, biror ishni qilsa ham, hukmdorlik qilsa ham faqat Alloh uchun, Alloh nomidan qiladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:46:21
Shuning uchun sunnatga amal qilib yashash odamning ichki va tashqi komilligining o‘zaro musobaqasini anglatadi. Sunnatni yengil va tabiiy tarzda o‘zlashtirishimiz, biz ulgi oladigan normal hayot tarzi bo‘lishi kerak. Ul zot: «Modomiki, sizning orzu-istaklaringiz, nimanidir afzal bilishingiz, havoingiz  men namuna qilib ko‘rsatgan tarzda bo‘lmas ekan, hech biringiz iymonli bo‘la olmaysiz», deb tayinlagan edi.

Bugungi kunda musulmon jamoalarida ushbu saboqdan xulosa chiqarmagan kishilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ba'zi bir yo‘lidan adashgan hamoqat ahli sunnatga rioya qilmay turib ham ruhiy komillikka erishish mumkin deb hisoblaydi. Islomsiz ham ehson bo‘lishi mumkin, degan islomning ibtidosidan e'tiboran barcha musulmonlar va so‘fiylar rad etgan tushuncha qalbakidir. Masalan, Imom Jaloliddin Rumiy bunday degan:

Toki ruhim bor ekan, Qur'on xizmatkoriman.
Muhammadning yo‘lida yotgan xoku xoriman.
Kimiki bul so‘zimni o‘zga talqin aylasa,
Ul kishini yanarman, so‘zlarin raddoriman.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:46:34
Binobarin, biz ichki komillikka intilish bo‘lmay turib, tashqi sunnatga amal qilishga da'vo qilolmaymiz. Aksariyat musulmonlarning xatti-harakatlari ushbu ichki komillikka e'tibor bermasligini fosh etib qo‘yadi. Modomiki, biz ichki dunyomizni tartibga keltirish ustida ter to‘kmas ekanmiz, ibodat qilish, halol narsalarni tanovul etish va tashqi sunnatning boshqa jihatlarini e'tibordan qochirmaslik musulmonlikning biryoqlama va chala ko‘rinishi bo‘lib qolaveradi. Biz, mushuk sichqonning uyasi oldida poyloqchilik qilganiday, nafsimiz va «men»imizga ehtiyot bo‘lishimiz lozim.  Biz nurday pok bo‘lish uchun uni ne-ne mashaqqatlar bilan bo‘lsa-da, vujuddan yo‘qotishimiz kerak.

Sahobalar millionlab chin xristian, buddaviy, yahudiy va zardushtiy erkak va ayolni, hatto ular bilan so‘zlashmay turib ham  musulmon qildilar.  Qur'on ularning tillariga tarjima qilinmagan chog‘lar ayrimlari mahalliy tillarni o‘rgandilar. Biroq ular borgan joydagi haqiqiy samimiyat va iltifotli, yuksak maqomdagi hamda  tamkin sunnatning tabiiy go‘zalligi unga shohid bo‘lganlarning yuraklarini asir eta boshladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:46:52
Bugungi kunda qalblarini sunnatga chog‘lamayotgan, balki uni rad etayotgan, shu bilan birga uning tashqi ko‘rinishlariga amal qilayotgan musulmonlarni ko‘plab uchratish mumkin. «Agar dag‘al, toshbag‘ir bo‘lganingizda, albatta, (ular) atrofingizdan tarqalib ketgan bo‘lur edilar»[51]. Muqaddas Qur'onning ushbu oyatini o‘zimizcha tahrir qilganday bo‘lamiz. Mabodo, to‘pchilar nimchasini, Dok Martin poyabzalini kiyib olgan va tajovuzkor xulq-atvorli  faollarimiz 7-asrga borib qolsa edi, xristianlar, buddaviylar va boshqalar ulardan juda mutaassir bo‘lishi dargumon edi. Ular va sahobalarning o‘zi bunday faollarni   g‘azab va qoloqlik hissiga qul bo‘lgan va asl nomi hilm emas, tajovuzkorlik bo‘lgan diniy oqim ta'siriga tushib qolgan omadsizlar deb atagan bo‘lur edi. Halimlik Rasululloh (s.v.s.)ning  yuksak fazilati bo‘lib, buningsiz ul zot hech qachon bunchalik ko‘p qalbni zabt eta olmas edi.

Xulosa juda oddiy. Islomning o‘zi oddiy din. Bu din bizni tabiat va Alloh bilan qaytadan birlashtiradi. U inson tabiatiga bosim o‘tkazmaydi, aksincha, uni sharaflaydi. U bizga Odam Atoning muhtasham  quvvatini namoyish etadi va uni  barcha ismlarni o‘zida jamuljam etgan zot sifatida ko‘rsatib beradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 15 Noyabr 2007, 22:47:01
Qay birimiz tabiatdan, go‘zallikdan, avliyolardan yiroq yashasak,  yuraklarimiz    g‘azabnok, johil va besaranjom bo‘ladi. Biroq sunnat degani bu emas. Sunnat dunyo odamning ko‘ziga qanchalik qorong‘i ko‘rinmasin, zulm qanchalik kuchli bo‘lmasin, hech bir yaproq Allohning irodasisiz uzilib tushmaydi, deb ishonishdir. Nihoyat, hamma narsa yaxshi bo‘ladi. Koinot ham, tarix ham ishonchli qo‘ldadir.
Bu Rasululloh (s.a.v.) ning e'tiqodi edi. U bizning ham e'timodimiz bo‘lishi kerak.  Ko‘pchiligimiz Ka'badan taraladigan halovat va go‘zallikka mutlaqo aloqasi bo‘lmagan ma'naviyatsizlik, axloqsizlikka yoki vahimaga, ekstremizmning bema'ni va chirkin ko‘rinishlariga yetaklaydigan tushkunlikka mubtalo bo‘lganmiz. Biroq islom donishmandlik va muvozanatga buyuradi. Bu o‘rta yo‘ldir. Qanday vaziyatga tushib qolganimizdan qat'i nazar, buning iloji bor, unga amal qilishimiz mumkin. Biz bugungi dunyoning baxtli ummatlarimiz. Baxtimiz shundaki, g‘arbliklardan farqli o‘laroq, bizni haliyam go‘zallik birlashtirib turadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, biz kim ekanimizni va nima qilishimiz kerakligini yaxshi bilamiz.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:43:20
IV bob
Madinaning qorishiq tarovati

Tinchlik - xudoning irodasi.
(T.S. Eliotning  «G'arb adabiyotining teran yo‘nalishi»
asariga Dantedan olingan iqtibos)


Islom o‘z asoschisining hayoti xususidagi bilimlardan ajralgan va ular bilan o‘zaro birlashgan keng an'anaga ega. 20-asr Rasulullohni turli-tuman, ba'zi hollarda aql bovar qilmaydigan yo‘llar orqali qaytadan kashf etdi: tinchlikparvar Hasan Askariy, ashaddiy sotsialist Mustafo as-Siboiy, uchinchi dunyo vakili, mustamlakachilikka qarshi kurashgan qahramon Ali Shariatiy foliyati misolida buni ko‘rish mumkin. Shuningdek, arab millatchisi (Mishel Aflaq), nitsshecha yoki kamida bergsoncha superodam (Alloma Iqbol), eko-jangchi (Fazlun Xolid), feminist (Fotima Mernissi), arxikonservativ (Qirol Fahd), olim (A.Zindoniy va Moris Bukaille), metanarratsiyalarning postmodern dushmani (Farid Esak), tarixdagi ilk demokrat (Muhammad Asad). Dinlarning tanish va ehtimol o‘zini butunlay boshqatdan tanishga bo‘lgan buhronli salohiyatini o‘zida aks ettiruvchi, yuzaki qaraganda, asrlar o‘tsa-da, o‘zgarmay qoluvchi    kishilarning bunday ro‘yxatini istagancha davom ettirish mumkin.   Lekin rang-baranglik alal-oqibat   ierarxiyaga emas, hokimiyatga, tarixchilarga, eng mushkuli, islom tarixida takrorlanib turadigan, ehtiyotkorona bir tarzda qilinishi ravo deb tavsiflanadigan payg‘ambarga bo‘lgan sadoqat namunasiga mos bo‘lishi kerak.  Men Madinaning o‘ziga xos tarovati xususidagi tavsiflarga o‘tishdan oldin ba'zi bir iqtiboslarni keltirish orqali, ushbu namunalarni misol qilib ko‘rsatishni taklif etmoqchiman. Islomning g‘ayridinlar uchun juda oz tanish bo‘lgan jihati sanalmish bunday namunalar hissiy samimiyatning bir ko‘rinishidir, bu hol dinga xos bo‘lmagan narsaday tuyuladi[52]. Bunday misollardan biri rusulullohning oldingi bobda zikr etilgan ma'naviy komilligidir. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:44:02
 Rasululloh shafoat sohibi sifatida

Rasulullohning qiyomat kuni gunohkorlarning gunohini so‘rab oluvchi bo‘lishiga oid aqidasini barcha an'anaviy hokimiyatlar tan oladi. Ko‘plab diniy asarlarning yaratilishiga aynan ana shu mavzu - shafoat masalasi asos sabab bo‘lgan. Men bu o‘rinda shoir Abdurahmon Jomiy (vafoti 1492 y.) ning shu mavzuga bag‘ishlangan she'riy dostonidan misralar keltirmoqchiman. U fors hamdlarining barchasini qog‘ozga to‘kadi, lekin shunga qaramay, so‘zlarining samimiyligi yaqqol sezilib turadi.

O payg‘ambarlar muhri, saxiy e'tiboringizni darig‘ tutmangizkim, Allohning rasuli vafotidan so‘ng dunyo  yetim qoldi.
Siz ularning va ular muhrlarining so‘nggisi edingiz.
Siz nega baxtsizlik domiga cho‘kkan va omad yuz o‘girgan  ummatlaringizni nazar-pisand qilmay tashlab ketdingiz?
O, rasuli akrom, siz o‘zingizning abadiy navqironligingiz bilan bu dunyoning ko‘rkisiz, orom uyqusidan turingiz, bizning yuraklarimizni yo‘lboshchilik nuringiz bilan to‘ldiringiz.
Hayot va kunduzning nuri bo‘lgan, Alloh yorlaqagan siymongizni ko‘rsatmoq uchun nigohingizni Yaman jubbasidan ko‘taringiz.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:44:34
Bizning pushaymonlarga to‘la tunlarimizni (Alloh) yorlaqagan kunduzlarga aylantiringiz, kunduzlarimizga omaddan toj kiydiringiz.
Endi esa egningizga xushbo‘y atirlar anqigan kiyimlaringizni, boshingizga esa oq dastorni  kiyingiz.
Sochingizning qoramtir va bebaho jingalalari osilib tursin, ularning soyasi muborak poyingizga tushsin.
Oyoqlaringizga Toif tog‘ining chorig‘ini kiying va ularning ipi o‘rniga sizga sadqa bo‘lgan jonimizni bog‘langiz.
Butun koinot sizning oyoqlaringiz ostiga sochilmoq istaydur va u sizning bosib o‘tishingiz sharafiga muyassar bo‘lmoq ilinjidadir.
O'z qabringizdan turib, rasullulloh masjidiga tashrif buyuringiz, tokim bizlar  poyi qadamingizga boshimizni qo‘yib, lablarimizni bosaylik.
O rasuli xudo, ehtiyojmandlarga boshpana berib, sizga bo‘lgan muhabbatga limmo-lim yuraklarga tasalli beringiz.
Bizlar - gunohlarimiz ummoniga  g‘arq bo‘layotgan gunohkorlarmiz. Sizning hidoyatingizga amal qilishga bo‘lgan intilish chanqog‘i bosilmaydur.
Sizning xoki poyingizga kelib, ko‘zimni Madina tuprog‘i bilan poklaydigan kun men uchun eng muborak kundir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:44:56
Sizga bo‘lgan muhabbat jazavasidan hushimdan ayrilib, yuragim to‘lqinlanib, vujudim his-hayajonga to‘lib, qabringiz va Yashil gumbaz atrofini kezajakman.
Sizning sharafli mehrobingizga borib, sizga bo‘lgan muhabbatimdan oqarib ketgan yuzimni unga qo‘yaman va u sarg‘ayib, tillo rangini oladi.
So‘ngra o‘z qalbimning amrini ado etarak, siz salot qilgan joyga borib va u yerda turib, qadamjongizni qonim bilan yuvajakman.
Garchi ayni paytda mening vujudim sizning huzuringizda hozir bo‘lmasa-da, Allohga shukrlar bo‘lsinkim, ruhim men uchun o‘sha joydadir.
Allohim sizni ko‘pgina yomon gunohlarimizni so‘rab olguvchi qildi, aks holda biz yo‘q bo‘lib ketar edik.
Biz o‘z gunohlarimizga o‘ralashib qolganimizda, siz salot uchun boshingizga (salla) o‘rab: «Mening ummatlarimni kechir, Allohim, ularni kechir!» deya xitob qilgancha qiyomat maydoniga yetib kelasiz.
Shoyadki, Jomiy ham sizning muborak sa'y-harakatlaringiz va ulug‘ zotlarning yorlaqashi tufayli shafoatga erishganlar va afv etilganlar safida bo‘lsa.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:45:21
Rasululloh shaxsiy namuna sifatida

Aksariyat ilohiyotshunoslar payg‘ambar ayni paytda o‘z qabrida barzax, ya'ni ushbu va narigi dunyo oralig‘ida - «bo‘g‘iz»da  istiqomat qilayotganini tan olishadi. Musulmonlarning ulug‘larga hurmat yuzasidan payg‘ambarning yo‘l ko‘rsatish uchun  ruhoniylar tushiga kirib turishiga ishonishi ko‘p uchraydigan holdir. Mana bu qirq kunlik chilla o‘tirishda yuritilgan kundalikning zamonaviy misolidir:

Men salot qilishim bilan ko‘z oldimda aniq va tiniq bir qiyofa namoyon bo‘ladi: ul zotning nozik, ayni paytda baquvvat, terisi bir oz qoraygan qo‘llari, xuddi shunday yalang oyoqlarini va qo‘ng‘ir charmdan tikilgan chorig‘ini ko‘raman. Juda yaqin turganim tufayli bo‘lsa kerak, yuzi va boshini ko‘ra olmayman. Biroq o‘zimni ko‘raman. Ul zot meni qizaloqlik paytimda buvam tizzasiga olib o‘tirganday tizzasiga olib o‘tiradi va bag‘riga bosadi. Payg‘ambarning tizzasida o‘tirgan holatimga nigohim tushishi bilan men o‘zimning ko‘z o‘ngimda yasharib ketaman. Nihoyat, uzoq yillar oldingi jamalaksoch qizchaga aylanib qolaman. [...]

Men ul zotdan o‘z yuragini ko‘rsatishni, meni yurak hasbi holi va faqirlikka o‘rgatishni iltimos qilaman. Ul zot ko‘kragini ko‘rsatish uchun ko‘ksini ochadi, uning yuragi shu'la taratuvchi va aks ettiruvchi ko‘zguga, o‘zining otashin tafti bilan har qanday narsani kuydirib kul qiluvchi, tasviriga til ojiz darajadagi toza, kumushday shaffof nur taratuvchi quyoshga o‘xshar edi. Uning otashiga chidab bo‘lmas, shu bilan birga, qarshilik ham ko‘rsatib bo‘lmas edi go‘yo. U har bir ortiqcha narsani kulga aylantirar hamda bo‘m-bo‘sh va toza narsalarni yoqib yuborar edi. Men ul zotning porloq, har bir narsani teshib o‘tuvchi nurli qiyofasi oldida hamda kuchli qo‘llarida o‘zimni ancha vaqt bexatar sezdim.[54]
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:45:51
Sirlilikning prototipi sifatida

Aytishlaricha, Rumiy Amerikada eng ko‘p o‘qiladigan shoir ekan[55], biroq uning yangi asrda tarjima etilayotgan she'rlari, to‘g‘rirog‘i, she'riy «versiyalari» ham Amerikaning islomni astoydil yomon ko‘rishini inobatga olib, amalga oshirilmoqda, ya'ni bu tarjimalarda islom shoir qarashlarining asosi sifatida asarlaridan chiqarib tashlangan. Uning asarlari asliyatda mag‘rur jaranglaydi, u bizga ekzoterik[56] huqushunoslik doktorining gaplarini ma'qullab  bosh irg‘ashi kabi emas, aksincha Rumiyning ideali, «Allohning usturlobi», komil avliyoning ruhiy da'vati bo‘lib jaranglaydi. Rumiy: «Ul zot - mening habibim,  ul zot mening tabibim, ul zot mening ustozim, ul zot mening dardimga darmondir», deb xitob qiladi. «Ul zotning hayoti bir qator tasvirlardan iboratdir, uni tushunish kuzatuvchini butunlay o‘zgartirib yuboradi, ul zot «faylasufning toshi» bo‘lib, qo‘rg‘oshin yuraklarni oltinga aylantiradi.

Bir necha uzun hadislarda payg‘ambarning Quddusdan Me'rojga chiqqani xususida hikoya qilinadi. Xususan, Jabroil Allohning huzuriga borganida Muhammadga hamrohlik qila olmagani qayd etiladi. Rumiy payg‘ambarning maslagida eng ilohiy lahza sifatida uning sirli parvozini ko‘rsatadi:

Muhammad Lot daraxti, Jabroilning qo‘riqchilik marrasi, maqomi va  chegarasidan o‘tgach, Jabroilga: «Yuring, mening ortimdan uching!» dedi. Jabroil: «Boravering! Boravering! Men sizning tengingiz emasman», dedi. Ul zot: «Keling, o pardalarni yoquvchi zot! Men hanuz zirva - eng yuqori nuqtaga yetmadim», dedi. Jabroil: «O, sizga hamdu sanolar bo‘lsin! Men ushbu chegaradan nari o‘tsam, qanotlarim kuyib kul bo‘ladi», deb javob qaytardi. [...]
Muhabbatning mashaqqatli bo‘ronida aql pashshaga aylanadi. Aqllar u yerda qay tarzda sayr qilishi mumkin?
Sayohat Lot daraxtidan o‘tgach, Jabroil Muhammaddan ortda qoldi: «Agar men sayohatni davom ettirsam, kuyib kul bo‘laman, u joyda faqat muhabbat va yo‘qlik bor».
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:46:16
Rumiyga ko‘ra, Jabroil - aql timsoli, aql, barcha mistik qarashlarning  ko‘hna tashbehiga asosan, Allohga yetib bora olmaydi. Faqat payg‘ambarning muhabbatdan iborat bo‘lgan sirli oti - Buroq Lot daraxtidan keyingi manzillarga bo‘lgan sayohatni amalga oshirishi mumkin.

Ushbu sacrificium intellectus[57] dan so‘ng Rasululloh yanayam mo‘‘jizaviy bir tarzda dunyoga qaytadi, ul zot musulmon avliyosining asl namunasidir. Esingizda bormi, buddaviylikda ham boddhisatva[58] nirvanaga erishganidan so‘ng orqaga qaytadi. Chunki yuksak hamdardlik hissi uni ma'rifatsiz kishilarning xizmatida bo‘lish uchun qaytaradi, ayni shu hol payg‘ambarni mistikaga - fanodan so‘ng baqo paradigmasini yaratish uchun yerga qaytishga undaydi.

Uning payg‘ambarlik ishi «oshiqcha yukni yelkaga olishdek aziyatli va iztirobli»dir, zohidona va mistik hayotni sevishning bahosi shu. Rumiyning aytishicha, payg‘ambar hayotining Makkadagi zahmatlardan boshlangan jug‘rofiyasi ruhiy sayohat namunasi sifatida muhim ahamiyatga ega:

Rasululloh Madina tarafga safar qilmadi,
Biroq bir podsholik topib, yuzlab zaminlar hukmdori bo‘ldi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:47:01
Makka payg‘ambar tavallud topgan joy, bog‘-rog‘lar vatanidir. So‘fiylar undan yam-yashil vohaga yetib borish uchun  sahroga yo‘l olishadi. Bu voha - jannat nishonasi, u so‘fiy(lar)ning ruhiy podsholigi, birodarlik makoni va mangulikni kutish joyiga aylanadi. Biroq payg‘ambar butlarni vayron qilgani hamda unga yo‘ldosh bo‘lmagan va hanuz «soyada yashab yurgan» kishilarga podsholik haqidagi xabarni yetkazgani Makkaga qaytib keladi.

Rumiyga ko‘ra, Madinaga hijrat qilish via purgativa[59]ning bir ko‘rinishidir. Ushbu shaharda Alloh tartibini o‘rnatish uchun kurash uni namoyon qilguvchi har bir yurakda ham xuddi shu tartibni o‘rnatish bilan chambarchas bog‘liqdir. Rumiy bilgan Alloh odil, ba'zan shafqatsiz, shuningdek, rahmdildir. Shuning uchun ham uning noibi (xalifasi) bo‘lgan payg‘ambar o‘z tiynatida Ul zotning komilligini gavdalantirishi, shuning barobarida Yer yuzida Ulug‘ Janob (jalol)ning ilohiy ismlarini va ularning go‘zalliklari (jamol)ni ommalashtirishi kerak. Shundan beri Alloh kechiradi, payg‘ambar ham kechiradi, Alloh odillik qiladi, payg‘ambari ham odillik qiladi. U «Allohning Yer yuzidagi yaxshilik va yovuzlik tortiladigan tarozisidir». Uning qo‘lidagi Qur'on dindoshlariga Va'da etilgan Zaminga yo‘l ko‘rsatgan Musoning hassasi kabidir, Ayni paytda u maqtanchoqlik va e'tiqodsizlik tufayli gunohga botganlarni yamlamay yutadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:47:24
Shundan buyon payg‘ambarning, xuddi  Musoniki singari, odamlarni yo‘ldan ozdiruvchi, manman, yorug‘likdan shaytonlarcha qo‘rqadigan dushmanlari bor. Biroq u, garchi adolatga tayansa-da, butunlay betarafdir. Uning o‘zi - «oy, hamrohlari esa yulduzlar kabidir, osmon jismlarini itlarning hurishi o‘z yo‘lidan qaytara olmaydi»[60]. 

Insonlar sarvari bo‘lmish janob payg‘ambar Allohning buyukligini o‘zida mujassam etadi. Biroq Rumiy bu holni Rasulullohning teomorfik[61] tiynati isboti deb hisoblasa-da, aslida payg‘ambar  Alloh rahmdilligining  xazinabonidir; Allohning o‘zi esa qahhordir, Ul zot o‘z payg‘ambariga «mening rahmim qahrimdan ko‘proqdir»,  deydi.

Muhammad «dunyolarga rahmat» qilib yuborildi[62]  va u Mutlaq Haqiqat Ummonidan dunyo ahliga marvaridlar, baliqlarga esa osoyishtalik ulashib turadi[63].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:48:28
Keyingi mulohazalar

Ba'zan protestantizmning muqaddas bitiklariga o‘xshash narsalar ta'sirida noto‘g‘ri shakllangan dunyoviy qarashlar zamonaviy G'arb  sharhlovchilarini Rumiy va an'anaviy islom tarafdorlariga qadrli bo‘lgan mavzulardan yiroqqa boshlab ketib qoldi. Bunday sharhlovchilar musulmonlarning xudojo‘yligiga befarq qarashgan holda payg‘ambarning karomatlarga to‘la ma'naviyatiga qiziqmaydi.[64] Freydga ko‘ra, Eros va Tanatos insoniyatning es-hushini band qilib olgan, bizning buyukligimiz va zaifligimiz uchun mas'ul bo‘lgan egizak tushunchalardir. Ba'zan payg‘ambarimizga berilgan xristianlik va xristianlikdan keyingi davr baholari ikkala holda ham salbiy ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:48:49
Eros

Ibn Arabiy singari mistiklarga ko‘ra, payg‘ambarning muborak jinsiyati Alloh bilan mushtaraklikning puxta va aniq erotik ramzi ekani xristianlikka qarshi tangrining o‘zi boshlagan ritorik munozaradir. Bu hol Rasululloh zamoniga kelib jinsiy faollikni haqiqiy gunoh deb, bokiralikni  esa farishtalarga xos fazilat deb  hisoblash odatga aylangani bilan izohlanadi. Payg‘ambar ko‘pchilik hollarda zohidona turmush kechirar, 24 soatlik «Dovud ro‘zasi»ni tutar, lekin buni sahobalariga taqiqlar edi. Bizga aytishlaricha, uning uyi derazasiz, shifti past, qopning bir bo‘lagi eshik vazifasini o‘tar edi. Hozirgi kunda roviylarning ma'lum qilishicha, payg‘ambar osoyishta lahzalarda namoz o‘qiyotib, yosh xotini Oyshaga tanbeh berish maqsadida uning oyoqlarini chetga surib qo‘yar ekan. Bu o‘z uyida tanho kurashayotgan sahro otalari sadoqatining olis hayqirig‘idir.

Hans Kung payg‘ambarning «hissiy turmush tarzi»ni missiyaga qarshi haqiqat deb baholaydi va ming yillik xristian munozarasini zaif bir shaklda davom ettiradi. An'anaviy musulmonlar ko‘pxotinlik Rasululloh komilligining shubhaga o‘rin qoldirmaydigan belgisi hamda Ibrohim va Sulaymon payg‘ambarlarning favqulodda go‘zal  patriarxati davom ettirilgani isboti deb biladi. Biroq o‘rta asrlarda yashagan xristianlar ham avliyolik, ham jismoniy yetuklik mujassam bo‘lishini tasavvur qilisha olmas edi. Payg‘ambar o‘z ummatlarini «tabiat bog‘i»da yashashga undar, u les venerea juma kuni (jamoa bo‘lib) namoz o‘qishni Venera - Zuhro sayyorasi kunidan olgan edi.[65]
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:49:37
O'rta asrlarning shunga o‘xshash munozaralari jinsiyatga bo‘lgan munosabatning xristian dunyosini sarosimaga soladigan tarzda keskin o‘zgarishi oqibatida tumanday tarqab ketdi. Bugungi kunda har bir kishi inson tabiatining tarixan ko‘klarga ko‘tarib maqtalgan nikohsizlik va'dasi tufayli buzilishi oqibatida qanchalar nadomat chekkanini ko‘rishi mumkin[66] va Kungning taraddudlanishi hozirda yo‘qolib borayotgan behuda uyatchanlik sarqiti bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda gap jinsiy baquvvatlikning ma'naviyat bilan uyg‘unligi xususida emas -  islom bu munozarada g‘alaba qilgan ko‘rinadi - aksincha, ko‘pxotinlikning axloqiy maqomiga borib taqalmoqda. Men bu o‘rinda Bosniyaning madaniyat vaziri bilan bo‘lgan suhbatimni esga olmoqchiman. Bundan boshqasi gapimni tasdiqlash uchun dalil bo‘la olmaydi. Uning aytishicha, Bosniya hukumati muslima ayollar guruhlarining ko‘pxotinlikni qonuniylashtirish bilan bog‘liq kuchli bosimi ostida bo‘lgan, biroq mahalliy xristianlar va xalqaro kuzatuvchilar bunga qarshi bo‘lgani uchun ularning talabi amalga oshirilmagan. Bosniyada ro‘y bergan urush ayollar sonining erkaklarga nisbatan oshib ketishiga sabab bo‘lgan. Aytishlaricha, Iroqda bunday tengsizlik bir million kishidan iborat ekan. Menga hamsuhbat bo‘lgan bosniyalik vazir: «Har doim tokchada turgandan ko‘ra yarim erkakka ega bo‘lish yaxshiroq», degan edi.[67]

Islomdagi ko‘pxotinlik ham  undan oldin qaror topgan yahudiylar ko‘pxotinligi kabi qabilalarning o‘zaro urushlari oqibatida vujudga keldi, Bunday ko‘pxotinlik beva ayollarning jamiyatga qayta qo‘shilishini ta'minlab bergan yagona mexanizm edi. Payg‘ambar arab yo‘lboshchisiga xos faoliyat ko‘rsatar edi. Ul zotning bitta xotinidan boshqa barchasi  beva ayollar edi. O'sha vaqt nuqtai nazaridan qaraganda, aksariyatining yoshi ancha o‘tib qolgan   edi.

Zamonaviy apologetika[68]ning tabiati shunaqa: biroq an'anaviy musulmonlar bunday talqinni tan olmasligi mumkin, chunki bunday talqin faktning ortiga yashiringan bir nuqtani e'tibordan qochirishi mumkin. Bu nuqta o‘sha ayollarning qayta nikohga kirish bilan havoriy va haqiqiy dindorga aylanishi, o‘z hayotini «maxluqlarning sardori», ya'ni erkaklar bilan baham ko‘rib, «taqvodorlarning onasi» bo‘lishday  go‘zal baxtga musharraf bo‘lishini  anglatadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:51:07
Tanatos

Albatta, Hamletni «shafqatsiz omadning kamon va yoylaridan aziyat chekib turib ham xayolan aslzoda bo‘lish mumkinmi yoki o‘zingni mushkul ahvolga solgan dengizga qo‘l ko‘tarib, mushkulotlarni kunpayakun qilish kerakmi?» qabilidagi ikkilanish qiynaydi. Bu yerdagi o‘zini qurbon qilish uchun aslzodalikni tanlagan xristian (va ba'zi bir dunyoviy) hukmlar salbiydir. Lyuteranlarning din tarixiga «ikki podsholik» deb atalgan printsip asosidagi yondashuvi ta'sirida bo‘lgan Kennet Kregg bu holni Muhammadning o‘zini tinch yo‘l bilan qurbon qilgan Iso Masihga nisbatan quyiroq maqomdagi ruhoniy bo‘lganining bosh isboti sifatida keltiradi. Unga ko‘ra, Rumiyning hijratga oid ma'naviy talqini g‘alati va tarixiylikdan xoli bo‘lgan ters bir narsadir. U payg‘ambarning  «jamoa uchun, qarshi turish uchun, tashqi g‘alaba uchun, tinchlantirish va boshqarish uchun» sochmasiga ko‘zi tushib, ayyuhannos soladi.[69]

Payg‘ambari o‘zini Iso Masihning izdoshi deb biladigan va uni hurmat qiladigan musulmonlar Kreggning bir-biridan keskin farq qiluvchi ikkita chigal vaziyatga ilohiy yechim topib berish uchun yuborilgan ikki kishini  bir-biridan ajrata olmaganiga hayron. Xristianlar, isoshunoslik nuqtai nazaridan, Isoni ustun deb e'tirof etishga majbur. Biroq asl vaziyatdan xabardor bo‘lish o‘zaro solishtirish chog‘ida, hech bo‘lmaganda, og‘machilikka yo‘l qo‘yishdan qochishga xizmat qilishi kerak-ku. Yaqinda ilohiyotshunoslikda ro‘y bergan burilishlar bu o‘zgarishni tasdiqlaydi. Payg‘ambarning jinsiyati bilan bog‘liq munozaralar so‘nggi 50 yil ichida jimib ketdi, endi uning siyosiy hayoti bilan bog‘liq tortishuvlar ham oradan ko‘tarilishi mumkinmi? Barcha xristianlar Kreggning qarashlariga qo‘shilmasligini anglagan holda, dunyoning adolatsizliklariga axloqiy jihatdan eng to‘g‘ri javob harakatsiz va tahammulli guvohlikdir. Bugungi kunda Qaysar oyoq osti qilgan deb hisoblanayotgan ishlarning  amaliy oqibatlarini qayta baholash istagi kuchayib borayotibdi. Eng dahshatlisi, XX asrning eng katta ta'sir kuchiga ega bo‘lgan cherkov arboblaridan biri Payus XII ning aybi «davrning eng qora kuchlari bilan hamtovoqlik»[70]da  edi. U hijratning qaysi faol, mardona narratsiyasidan bahra olganki, siyosati bunday cheklovlarga duchor bo‘lgan?
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:51:32
Bunga o‘xshash taxminlardan foyda yo‘q, biroq biz o‘z-o‘zimizdan, yigirmanchi asrning moslashuvchanlik so‘qmoqlari va «Yaratganning kunini kutish» oqibatlari bizni so‘roq qildimi yoki yo‘qmi, yoxud sarroflarni qamchi bilan haydab solgan Iso Masih o‘rniga «Unga qarshilik ko‘rsatma, u yovuzdir» deb amr etgan kishiga  Pavelning ko‘rsatgan ko‘zbog‘lamachiligini bekor qildimi, yoki yo‘qmi deb qayta-qayta so‘rashimiz mumkin. Hozirgi kunda ko‘pgina Injilga oid tadqiqotlar Iso ta'limotidan faol va mutaassiblik rishtalarini yulib tashlaydi. Ularni Rim inkvizitsiyasidan qo‘rqqan ma'ruzanavislar ehtiyotkorlik tufayli lom-mim demagan yoki ma'ruzalardan chiqarib tashlagan  edi. Bunday qarash har qanday «ikki podsholik» ilohiyotshunosligini bezovta etib, kamqon viktorian messiyalarining Holman Hantcha turli-tumanligini kunpayakun qiladi. Bu hol xristianlarning ibodatxonalarni yana tozalovchisini hurmat qilishiga yordam beradimi?

Zamonaviy xristianlar Isoni qaytadan yahudiylashtirmay turib ham quyidagicha o‘zgarishga yuz tutmoqda:

Men xristian Tavroti va xudomiz bo‘lgan Iso Masih Injili barcha adolatsizlik va yovuzlik, zulm va ezishni yo‘qotishi va... ul zot   barcha hijrat qilganlarni ozod qiluvchi Alloh ekanini ko‘rsatmoqchiman. Ul zot o‘z bandalarini har qanday tutqunlikdan emin qiladi.[71]
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:52:20
Xaloslik, ya'ni emin bo‘lish mavzusi Lotin Amerikasidagi ozodlik kurashchilari va zamonaviy katolik cherkovi o‘rtasida ba'zi hollarda keskin ziddiyatlarga sabab bo‘lgan sharoitda vujudga kelgan bosimni mavhum yo‘l bilan qayta taqsimlashdan, ya'ni xristianlikdan ko‘ra  ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Bu hol, Shabbir Axtar shubha bildirayotganiday, islomdagi taxminlarga qiziqish uyg‘otishi kerak bo‘lgan xristianlikning yangi imkoniyatlari tug‘ilishi oldidan boshlangan to‘lg‘oqlari bo‘lishi mumkinmi? Hijrat, Rumiyda bo‘lgani kabi, dunyo nuqtai nazaridangina emas, balki, unga daxl qiladigan zolimlar nazdida ham ozodlik nishoni bo‘lib ko‘rinadi. Aslida musulmonlarning Tavrot xususidagi eng umumiy iddaolaridan biri unda yangi Musoning kelishi bashorat qilinganidir.

Men ular uchun o‘zlarining orasidan senga o‘xshash yangi payg‘ambar yetishtiraman va o‘z so‘zlarimni uning og‘ziga joylayman; u odamlarga men amr etgan narsalarni so‘ylaydi. (Tavrotning 5-kitobi, 18:18)[72]

U bashorat qilingan va muqaddas bitik  nozil qilinajak yangi ozodlik payg‘ambari edi.

Hindistonlik bir musulmon o‘z kitobini «Ozodlik mafkurasi»[73] deb nomlar ekan, «Agar Muso qul qilingan isroilliklarni ozod etgan bo‘lsa, Muhammad butun insoniyatni uning zaiflarini ozod etish orqali emin qiluvchi zot edi», deb iddao qiladi. Kregg ko‘z yosh to‘kib qo‘msayotgan ommaviy qochqin, oldingi qochqinlarga o‘xshash xomxayol emas, haqiqiy dunyoviy ozodlik edi, u pirovardida cho‘lga emas,  Quddusga va Allohning buyukligi tajassum topgan joyga olib boradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:54:32
Moviy va zarrin jilolangan Uchinchi ibodatxona yap-yangi Uchinchi saltanatning qoq markazida qad rostlab turibdi. U Quddusning oldingi dinlariga rasulluloh Me'rojdan  olib tushgan ilohiy duolardan nimalarnidir ato etadi. Mehmed Bosqinchi  1453 yili Bobil hukmdorligiga da'vogarlik qilganida buni oshkor etdi. Biroq Uchinchi saltanat shu ma'noda qurama ko‘rinishida edi: u muqaddas saltanat va muqaddas jinsiyat ehtimoliga izn berar edi. Binobarin, u Tavrotning eng go‘zal mezonlarining zuhur bo‘lishi edi. Shunga ko‘ra,  Islom iudaizmning monoteizmi, harbiy jasorati va jinslarni o‘ta nozik fahmlashining ajoyib tantanasiga aylandi.  Iudaizmni inkor etish orqali takomillashtirishga da'vo qilgan Pavel xristianligidan farqli o‘laroq,  islomning yahudiy nomasidan ildamlab ketishi ham uning universallashuvi belgisidir. 

Uchinchi saltanat Henrik Ibsenning ajoyib mulohazalariga asos bo‘lib xizmat qiladi. Uning o‘zi nodir asar deb hisoblagan «Qaysar va galileyalik»  pesasida norveg donishmandi 19-asrda xristianlikni ijtimoiy tengsizlikka barham berishi mumkin bo‘lgan xususiyat va zaruratga ega boshqa bir e'tiqod bilan almashtirishday umumiy xarakterga ega muammoni hal etish uchun kurashadi.  Pesada  tana va ruhning bir-biriga urush e'lon qilmasidan burun mavjud bo‘lgan uyg‘unligini dunyoga qaytarish uchun yo‘l izlayotgan Nobakor Yulian tasvirlanadi. U Rim xudolarining   eski tushunchalardan xoli va nozik did egasi ekanini anglab yetadi. Ular qahramonlik va iroda kuchini qadrlashadi. «Tananing totli tashnaligi»ni Baxus va Elevsin sirlariga mos gulchambar taqqan ko‘yi suratlangan qizlar qondiradi, Yulian ularning muammolardan xoli hissiyotidan mutaassir bo‘ladi. Bu Birinchi saltanatga xos edi; Konstantin va Yelena kashf etgan Ikkinchi saltanat esa mavjud tartibni keskin tarzda teskarisiga o‘zgartirish, raddiyalar dunyosi ko‘rinishidadir. Bu saltanat ikkilinayotgan imperator qaysariyalik Beyzelga aytmoqchi, «ruhoniy bir oyoqda turib abadiyatni kutayotgan ustun» ustida yashar edi. Ikkinchi saltanat qahramonlari bu sportchilar emas edi, biroq hatto Iso uchun qurbonlik qilingan majusiylar ham Yelena aytganiday: «ularning Yaratgan huzuriga ravona bo‘luvchi qoni ham bir xushomadga mengzar edi».[74] 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:54:52
Shunga ko‘ra, Yulian tanlagan yo‘l ma'naviy va axloqiy jihatdan  o‘ziga xosdir. U ko‘hna kultlarni qayta tiklaydi va universal murosa axtaradi. Biroq ma'jusiy identitet[75]ga dushmanlik ko‘zi bilan qarash orqali Vagnerning o‘zlikni namoyon qilish xususidagi orzulari bilan o‘ynashgan Ibsen Yulianning Birinchi saltanatning tiklash bilan bog‘liq sa'y-harakatini foydasiz deb biladi. «Ko‘hna go‘zallik endi go‘zallik emas», deb imperator Beyzelga yon beradi, biroq u «yangi haqiqat ham endi yangi emas», deydi. U o‘zining taqdir xususidagi qarashlariga aldangan, har bir ishda tartibni yoqtiradigan zolimga aylanadi va forslar bilan ulkan jangda mag‘lubiyatga uchraydi. Uning o‘takasi yorilay deydi va o‘zining ma'jusiylardan bo‘lgan maslahatchisi Maksimusga yutqizganini tan oladi:

YULIAN     Menga imperator yoki galileyalik yutishini aytib bera olasanmi?
MAKSIM    Imperator ham, galileyaliklar ham yo‘q bo‘lib ketadi.
YULIAN     Yo‘q bo‘lib ketadi? Ikkalasiyammi?
MAKSIM     Ikkalasiyam. Bugunmi yoki yuz yil keyinmi - men buni bilmayman; biroq bu ushbu ishni qila oladigan haqiqiy odam kelgach, sodir bo‘ladi. [...] E, kelajakka  - ikki yoqlama hukmdor tug‘iladigan Uchinchi saltanatga qarshi qilich yalang‘ochlagan ahmoq.
YULIAN      Uchinchi saltanat? Masih? Yahudiylarning Masihi emas, biroq ikki saltanat Masihi, dunyo ruhi...
MAKSIM      Pan Logosda -  Logos Panda...[76]
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 07:57:32
Yulian unday kishi bo‘lishi mumkin emas; u o‘z yanglishishlaridan yengiladi. U Ibsenning aksariyat aksilqahramonlari  singari. Per Gint nazdida ham «idealist»dir. Dunyo kutayotgan kishi esa «realist»dir. Bu aks holning ayni atamalar (Berklining esse est percipi (narsalar anglangandagina mavjuddir) aqidasiga tayanuvchi idealizmi va so‘ngra Kantning «empirik» realizmi) ni istifoda qiladigan  falsafiy jiqqamushtliklarga hech qanday daxli yo‘q. Ibsenning nazarida, atamalar sof etik strategiyalar o‘rtasidagi chigallikni anglatadi. Bernard Shou o‘zining Ibsenga bag‘ishlangan tadqiqotida idealist «realizm manmanlikni, manmanlik esa buzuqilikni anglatadi», deb hisoblashini qayd etadi. Biroq bu fikrning teskarisi ham mavjud. Idealizm o‘zlikni ego sifatida yashirin tarzda namoyon qilishdir; bu hol Per Gintni cho‘chqa minib olgan ust-boshi kir ayolni malika deb hisoblashga undagan manmanlik turidir, chunki u malikani tusar edi. «Idealizm» romantik tasavvurdir. Binobarin,  biz o‘ylamay-netmay Gitlerni ham idealistga, uning Uchinchi reyxini sharqiy jang maydonida qayg‘uga botgan gitlerchi Yuliani bilan birgalikda halokatli evrilishga uchragan Uchinchi saltanatga  chiqarib qo‘yishimiz ham mumkin.

Ibsenning nazarida insoniyligimizni (bu o‘rinda Freydning ta'siri bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin) gunoh strukturalari qarshisidagi mo‘rtligimiz va jinsiy aloqa borasidagi taysallashlarimiz tufayli   zaha yegan livsglaede - hayot lazzatining «realistik» qayta kashf qilishi yuzaga keltirgan. Rosmersholm[77]ning omadsiz qahramoni Pastor Rosmer ijtimoiy faollik yo‘lida oilasining siyosiy konservatizmidan voz kechadi va jaydari xotinining mayli qo‘zg‘almaydigan  jinsiy tabiatini kashf etadi. Shouga ko‘ra, Angliya ruhoniysi xristianlikni yo‘qotish, o‘zining jismoniy qobiliyatini ro‘yobga chiqarish va jamiyatga saxiylik urug‘ini sepish kerakligini anglagan holda zimmasidagi vazifani ado etish yo‘lini izlaydi. Shou: «U dunyoga Uchinchi saltanatni oldindan g‘ira-shira payqab nazar tashlaydi»[78], deydi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:02:43
Shou Ibsenning o‘z asarlariga katta ta'sir ko‘rsatganini qayd etadi va bu hol boshqa hech qaerda muallif «idealizm»ining «realizm»ga muxolifligichalik yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. Yozuvchi uchun patsifizm (tinchlikparvarlik) yoki militarizm va yoki jinsiy aloqadan tiyilish idealizmning yaqqol ko‘rinishlari, ushbu dialektikani osib qo‘yish mumkin bo‘lgan qoziq vazifasini bajargan narsa uning dastlab yozilgan aksariyat  pesalarining mavzusi  edi.

Albatta, Shou o‘zining fabiy[79]cha hurfikrlik bilan yo‘g‘rilgan javobining talabga javob bera olmasligini yaxshi bilar edi. Hurfikrlilik bo‘lmasdan turib jinsiy aloqa erkinligiga qanday erishish mumkinligi u mashg‘ul bo‘lgan sohada chindan ham hal etilgan bir-ikki masalaning biri edi[80]. Biroq Ibsenga uning «Qaysar va galileyalik» pesasi qanchalik qadrli bo‘lgan bo‘lsa, Shou  ham yozilajak eng zo‘r pesasida superodamni yaratish g‘oyasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. Hesket Pirson yozganidek:

Shou ko‘p yillar davomida (bu 1913 yil edi)  payg‘ambar haqida pesa yozishni o‘ylab yurar edi. Uning tabiatiga ko‘proq mos keladigan qahramon jangari vali edi, bu qahramonni u chin dilidan xush ko‘rar va shuning uchun uni sobit intuitsiya bilan tasvirlashi mumkin edi. Butun tarix davomida uning talablariga to‘la javob bera oladigan birdan-bir mukammal soqolli qahramonga Muhammadgina prototip bo‘lishi mumkin edi[81].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:03:53
Shou 1913 yilgi kundaligida mana bunday deb yozadi: «Men ancha vaqtdan beri Muhammadning hayoti xususida drama yozishni niyat qilib yurar edim. Biroq Turkiya elchisining norozi bo‘lish ehtimoli - yoki norozilikdan xavfsirash - lord Chemberlenning bu pesa qo‘yilishiga litsenziya bermasligiga sabab bo‘lishi mumkinligi meni  to‘xtatib qoldi». Aynan shu sababdan, Pirson yozganiday, u «Avliyo Jon» pesasini yaratadi.

Shou ham, xuddi Ibsen singari xudoni sevar, biroq xristianlik uning g‘azabini qo‘zg‘ar edi. U buni    «o‘sib borayotgan narsa alal-oqibat   xochga mixlash bilan oyoq osti qilindi»[82], bu hol gunohlardan forig‘ bo‘lishdan safsata sotib, «bir pulga qimmat gunohdan forig‘ bo‘lish bilan sotib olingan axmoqona qasos edi»[83], deya tasvirlagan edi. Uning qarshilik ko‘rsatmaslik haqidagi mafkurasi zolim hukmdorlar uchun ayni muddao edi, u hatto odatda o‘zining din uchun makon hozirlashday maqsadini ham yerga urar edi. «Ijtimoiy najot individual adolat qaror topmasidan burun yuzaga chiqishi kerak»[84]. Binobarin, Janna d'Ark yoki Muhammadning chizgilari pesaning satrlari orasidan elas-elas ko‘zga tashlanib turadi. U tug‘ma peshvo bo‘lib, uning xudodan eshitgan ovozlari asldir (bu Shouning yolg‘onni fosh qilishga debocha bo‘lmagan yakkayu yagona g‘ayritabiiy rejissyorlik san'atidir)[85]; Janna «norozilik bildirayotgan payg‘ambar, hamma narsani kunpayakun qiluvchi, Hayot Kuchining faol agenti»dir[86], uni «idealistlar» (cherkov) qoralaydi, u murosa qila olmaydi, biroq siyosiy donishmandlikni muqaddas deb biladi, chunki, Shou astoydil ishonganiday, «hukumat dinsiz mavjud bo‘la olmaydi»[87].

Islom dunyosining javobi yetarli darajada ravshan. Biz Shouning «Avliyo Jon» pesasi T.E.Lourensning arablarning jasurliklari xususidagi ertaklarni o‘z ichiga olgan «Donishmandlikning yetti rukni» asarini tahrir qilayotgan paytda yozilganini bilib qolib ham hayratlanmaymiz[88]. Garchi Lourens o‘limiga qadar Muhammadning tarjimai holini yozish niyatidan voz kechgan bo‘lsa-da,   ikki do‘st bu masalani muhokama qilganiga shubha yo‘q. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:11:50
XX asrdagi  musulmon payg‘ambari bilan Yevropaning xristianlikdan keyingi ideallari o‘rtasidagi bunday o‘xshashliklarning romantizm bilan umumiy jihatlari ko‘p. Bu yerda Ma'rifatning «saxiy yovvoyi»  tushunchasini yodga olish o‘rinli bo‘ladi, u islomga ham butkul begona emas. O'rta asrda yashaganlar payg‘ambar e'lon qilgan «Tabiat bog‘i» g‘oyasini qoralagan edi; ibtidoiy gunoh xususidagi aqidalarni o‘zi uchun yot deb bilgan  mutafakkirlar uning naturalizmini («realizm»dan ko‘ra tuzukroq kalima) nimagadir zo‘r deb tan olishgan. Me'roj payti Jabroil unga bir kosa sharob va bir kosa sut tutadi. U sutni tanlaydi va farishta xitob qiladi: «Siz tabiatga   moyil ekansiz». Rasululloh Alloh ne'matlarining buzilgan va ayniganidan emas, bevosita tabiat yetishtirganlaridan bahramand bo‘lishga da'vat etadi va bu  bilan dunyoning butunlay teofanik[89] xususiyatga ega ekanini va bizning u bilan uyg‘unlashish barobarida Allohga bilan uyg‘unlashishimiz kerakligini tasdiqlaydi. Bu hodisa sakramentalizm[90]ni inkor etishni bildiradi. Rasulullohning xulosasi «Odam Zamin bilan tinch-totuv yashashi uchun osmon bilan murosa qilib yashashi kerak»ligini anglatadi[91]. 

Yana bir so‘nggi tashviq. Rasululloh tanani, ruhni va dunyoni ozod etish orqali najotkor ilohiyotshunoslikka asos soladi. Biroq Ul zot bu ishni ismoiliylar bayrog‘i ostida amalga oshiradi. Guterresh suyukli o‘g‘lon Ishoqning ahdi bilan ish yuritadi; vaholanki, islom jamoadan ajralib qolgan, yovvoyi «odam»ning himoyachisidir. Islomning aksariyat Uchinchi dunyo kishilari, shuningdek, G'arbdagi bechorahol odamlarning  e'tiqodi sifatida tengsizlik hukmron bo‘lgan bizning asrimizdagi ismoiliy identiteti uning ilohiy xususiyatga ega ekanini tasdiqlaydi.  Alloh bir oyatda: «Men ko‘ngli yarimtalar bilan birgaman», deydi. Rasululloh esa, meni faqirlarning orasida qayta tiriltirgin, deya munojot qiladi. Barchasidan so‘ng:
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:12:58
«Ko‘ring, sizning qardoshlaringiz bo‘lmish Ibrohimning o‘g‘illari ust-boshi kir-chir, ochlikdan o‘layotgan bir paytda sizning uyingiz noz-ne'matlar bilan to‘la, ularga hech narsa berilmaydi»[92].

Ehtimol, Amos Ozning eng esda qolarli qahramonlaridan birining so‘nggi so‘zlari shunday bo‘lgandir:

U (Alloh) ular (yahudiy bo‘lmaganlar)ni nima maqsadda yaratdi? Nega Ishmail, ma'jusiy Ismoil bino bo‘ldi? Buning ma'nosi - «U  Parvardigorning   gaplariga quloq soladi», deganidir. Bilasizmi? Yo‘q, men sizga aytib beraman.  U akasi, ustozi Ishoqning buyurganlariga quloq solishi kerak edi? Nima uchun yahudiy Ishoq - "U kuladi" deb ataldi? U odamlar qaraganda doim kulib turar edi, chunki odil kishilarning mehnatini boshqa birovlar qilishgan edi[93].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:14:31
V bob
Oila inqirozi

Abdul Vadid Shalabiy, ijtimoiy munozaralar chog‘ida «inqiroz» so‘zi printsip sifatida  mutlaqo tilga olinmagan kezlarda jamiyat chin ma'noda inqirozga yuz tutadi, degan edi. Musulmonlar va xristianlar o‘zlarini oldingi avlodlarning qadr-qimmati, avvalgi oltin asrlar mukammalligi va muqaddasligi bilan solishtirganda, hech narsaga arzimasligidan xavotirga tushib qolishgan edi. Biroq o‘z-o‘zimizdan ko‘nglimiz to‘q bo‘lib turgan davrda inqiroz g‘oyasiga hatto shpenglerchasiga murojaat qilish ham tushkun romantizm ayblovlariga o‘zni tutib berish bilan barobardir: u xuddi dekadens - inqiroz  kabi noto‘g‘ri anglangandir.

G'arbga  tanqidiy, ammo hamdardlik ko‘zi bilan qarayotgan musulmonlar ko‘pincha, eski zamonlarda bo‘lgani kabi,  o‘z-o‘zini tadqiq qila olmaslikdan noqulay ahvolga tushib qolishadi. Biz shu narsaga e'tiborni qaratishni istardikki, bundan buyon hech bir hukmron madaniyat o‘tmishdagi a[loqiy va madaniy ustunligini pesh qilish orqali o‘z o‘rnini saqlab qola olmaydi; bugun muttasil o‘zgarib turuvchi liberal murosa ushbu paradigmaga mos  keladi. O'z nafsiga bandi bo‘lgan taloto‘plar dunyosi uchun o‘tmishdagi hech narsa  ulgi bo‘la olmaydi, faqat kelajakkina andoza vazifasini o‘tashi mumkin.  Darhaqiqat, aholining ixtiyoriy murosasi tufayli yuzaga kelgan deb hisoblanayotgan yalpi liberalizmni tahqirlaydigan jamiyatlardan farqli o‘laroq, modern jamiyatlarda razil («kufr») suhbatlarga o‘rin qolmaydi. Biroq bunday liberalizmni amalda kichik, shaxsan axloqsiz, ammo shunga qaramasdan, mafkura botqog‘iga botib ketgan, ommaviy axborot vositalariga egalik qiladigan va jamoatchilik fikrini g‘aroyib va misli ko‘rilmagan shakllarga solayotgan elita - xos guruhlar tahqirlaydi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:15:28
Bugun dunyo oilaning maqomi to‘g‘risidagi munozaralar avj olgan davrda yashamoqda, U "tushkun" Shimol hamda taraqqiyparvar, lekin qashshoq Janub o‘rtasidagi mafkuraviy to‘qnashuvlar markazida turibdi. Bu to‘qnashuvlarning qoq markazida bo‘lgan Yevropadagi musulmonlar jamoasi o‘z o‘rnini topish va omon qolishga urinmoqda. Madaniyatlar to‘qnashuvb taraflar uchun o‘zlikni anglash ma'nosida muhim hayotiy ahamiyatga ega, bugungi kunda hech kim bu jarayondan chetda tura olmaydi. Har safar televizorni yoqib qo‘yib, tomosha qilar ekanmiz, shimolning qotib qolgan qarashlari va qat'iy tarzda oilada yashashga o‘rgangan Uchinchi dunyoning xastaliklari, u yerda istiqomat qiladigan aholining liberal demokratik jamiyatlardagi kabi ijtimoiy aqidalarga mos tarzda yashashni mutlaqo istamasligi xususidagi hujjatli filmlarning  intihosiz va jiddiy gumanitar parhezi allalagan tahlikasini kuzatishga majbur bo‘lamiz.  O'rtacha g‘arb kishisi  bunday biryoqlama munozaradan qanoat hosil qiladi va uni tabiiy hol deb tushunadi. Natijada u, o‘zim yashayotgan sharoit Uchinchi dunyoga nisbatan yaxshiroq, degan xulosaga keladi va uning jamiyatdagi muammolardan asabiylashuvi kamayadi. Bunday vaziyat shunday  jamoatchilik fikrini shakllantiradiki,  unga ko‘ra, falastinlik, bosniyalik yoki zapatistalarni juda oz miqdorda  aybdorlikni his qilish bilan (biroq o‘zini haq deb bilgan holda) yo‘qotish mumkin bo‘ladi. Aslida, munozara qiluvchilar feminizm va gomoseksualizmni Uchinchi dunyoni savalash uchun kaltak o‘rnida ishlatayotganiday, modern G'arbning ijtimoiy aqidalari  mingyillikning so‘nggi yillarida imperialistik  mafkuralarga aylanib qoldi.  Bundan yuz yilcha muqaddam yevropaliklar teologik dogma va tijorat bilan hammaning joniga tekkan edi, endilikda esa ijtimoiy dogma va tijorat bilan xuddi shunday qilishyapti. Biroq asosiy munosabat bo‘lmish nafrat juda sekinlik bilan o‘zgarmoqda.

G'arbda yashaydigan musulmonlar ushbu masalada qiziq bir ustunlikka ega. Ko‘pgina islom ilohiyotshunoslari musulmon dunyosidagi «g‘arblashtirish jarayoni" va uning oila hayotiga sharmandalarcha ta'siri haqida yozayotgan bir paytda, ulardan ayrimlari qayd etganiday, ko‘hna dunyoviy elita bu jarayonni himoya qilgani chin haqiqat bo‘lib, uning madaniy qurilmalari eski imperialistik davlatlar qo‘lga kiritgan yutuq edi. O'rtacha dunyoviy suriyalik yoki turkning turmush tarzi zamonaviy yevropalikning turmush tarzidan, uning kurakda turmaydigan teskari da'vosini hisobga olmaganda,  o‘zaro farq qiladi. Uning kiyimlari, sharoiti, nikoh bilan bog‘liq marosimlari va boshqa ikir-chikirlari bugungi G'arb turmush tarzi voqeligi bilan solishtirganda, 40-50-yillarni eslatadi. Shunday qilib, musulmonlarning oiladagi o‘zgarishlarga oid asosiy  munozaralari   «erkinlashgan G'arb"ning qoq markazidagi biz yashab turgan vaziyatga mos bo‘lishga bir oz moyildir. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:16:29
G'arblik musulmonlar o‘z sharoitini nazariylashtirishga harakat qilayotgan sharoitda taqdirning  g‘alati bir haziliga duch kelyapmiz: biz qo‘shilib keta boshlagan madaniyat endilikda yo‘qlikka yuz tutdi. Hatto yaqin-yaqinlarda: XX asrning 50-yillari va 60-yillarining boshida ham oilaparvar Ibrohim zaminiga ildiz otgan ulug‘ diniy an'anaga asoslangan  Yevropadagi oilaviy qadriyatlarni tanib olish mumkin edi. Islom va xristianlik o‘rtasidagi doktrinaga oid bahslar keskinligicha qolgan paytda, musulmonlar va xristianlarning   axloqiy va ijtimoiy qarashlari aksariyat hollarda bir-biriga juda yaqin edi. 

Bugungi kunga kelib, bu o‘xshashlikdan nom-nishon qolmayozdi. Hatto cherkovlar ham, necha asrlarga guvoh bo‘lgan metin qoya erkinliklarning qum bo‘roniga dosh berolmay, tobora darz ketib parchalanayotgani kabi, mutlaq ma'naviy haqiqatlarning izchil va ishonchli jarchisi bo‘lishga da'vo qilmay qo‘ydi,   Britaniya katoliklarining odatda sog‘lom fikrlovchi vakili kardinal Hyum ham yaqinda homofiliya (erkak bilan erkakning jinsiy aloqasi) xususida murosali mulohazalar bildirdi; toru tarang jinsi jim va charm kurtka kiyib olgan anglikan yepiskopi o‘zining boshqa bir erkak bilan aloqasi xususida ochiqchasiga gapirdi.  Londondagi oila qadriyatlari xususida va'z aytuvchi 900 nafar ruhoniyning 200 nafari gomoseksualizmga moyil ekani haqida turli gap-so‘zlar oralab yuribdi. Sodomning «fazilatlari»ni qo‘shiq qilib kuylayotgan bir qator xristian va yahudiy tashkilotlari, alohida shaxslar, dunyoviy jamiyat tarafdorlarining qo‘llab-quvvatlashi tufayli an'ananing qolgan ovozi ham o‘chguncha kundan-kunga ko‘payib boraveradigan ko‘rinadi. Yevropaning boshqa o‘lkalari  ham unchalik ortda qolayotgani yo‘q. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:18:39
Bu shundan dalolat beradiki, Yevropaning ko‘pgina joylarida sinf, irq va iqtisodiyot nuqtai nazaridan chetga surilib qolgan musulmon jamoasi begonalashuvning bunday keskin ko‘rinishiga qarshi turishi kerak bo‘ladi. Yevropaning oldingi avlodlari qonuniy deb e'tirof etgan qadriyatlarning yakkayu yagona himoyachisi bo‘lmish kamchilikni tashkil etuvchi fuqarolar, ya'ni bizlar yo‘lidan adashgan kishi ko‘yiga tushib qolganmiz. Ko‘pchiligimiz vahima qo‘zg‘ash, keng dunyoni iflos va zulmga to‘la deb ayyuhannos solish hamda turli guruhlarga, sajda qiluvchilarga  bo‘linib ketish gunohidan o‘zimizni tiya olmaymiz. Bunday harakatlar universitetlar shaharchalarida keng quloch otmoqda. Biroq bunday befoyda va yuzaki ermakning yo‘lini to‘sish kerak. Modomiki, e'tiqodimiz bizni yo‘ldan ozdirmoqchi bo‘lganlar tasavvur qilganiday kuchli ekan, unga Yevropa haqqi-hurmati osongina qarshilik ko‘rsatishimiz zarur. Ayni paytda post-modern va post-xristian holatida bo‘lgan Yevropa bilan o‘zaro munosabatlarimiz qalin va samarali bo‘lishi lozim. 

Biroq bunday pozitsiya - turimni  tushuntirish strategiyasi musulmon traditsionalizmi tasalli beruvchi essentsial "metanarratsiya"ni dastak qilib olmasligini bilishga tayanishi zarur.  Chunki essentsial "metanarratsiya"ning ob'ektiv haqiqatga da'vosi uning madaniy identitetning aniqlovchisi maqomidan ko‘ra kamroq ahamiyatga ega. Bu natsionalizm va fashizm singari  raqib essentsializmlarning 20-asrdagi fojiasi edi; bu aksariyat hollarda musulmon faollarining bezovtaligi ruhiy voqelikka bo‘ysungan yoki hatto soxta ruhiy haqiqatdan tasalli izlash bilan o‘rin almashgan xatosi hamdir. 20-asrning 70-yillariga qadar Musulmon birodarligi  va yangi renessanschilariga ilhom bergan islom tsivilizatsiyasi haqidagi rivoyat tasodifan, salaf qonunning bo‘linmas maktabi davomchisidir, degan muammoli da'voga ko‘ra, "Salaf" haqidagi xomxayol rivoyatga yo‘l berdi, biroq biz bu ikki turimning na unisini, na bunisini tutganlar orasidan - haqiqiy e'tiqod mevasiz bo‘lmaydi - to‘g‘ridan-to‘g‘ri va hassos e'tiqodni, surunkali ravishda  pokdomon bo‘lishdan ko‘ra, hamdardlik va tashvishlilikka tayangan ma'naviyatni topishimiz mumkin.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:19:35
Buning ma'nosi shuki, yevropalik musulmonlar, ba'zi musulmon davlatlarida ro‘y berganidek, islomning qashshoqlashib borayotgan va yakto "mafkurasi"ga qarshi tura bilmasa va rahmdil Alloh rahnamoligida insoniyat baxt-saodati uchun bevosita va samimiy tashvishlanishga asoslangan e'tiqod shaklu shamoyilini qaytarishga harakat qilmasa, biz real vaziyat yuzasidan muayyan masala bo‘yicha keng bahslarga  o‘z hissamizni qo‘sha olmaymiz.  Bu eksklyuzivistlar[94] yelkasini qisishi uchun yetarli emas: "E'tiqodsizlar nima haqda o‘ylashi bilan kimning ishi bor?" Qur'onda musulmonlarning boshqalarga namuna bo‘lishi buyurilgan.  Agar madaniyat kulbalarida yashirinib o‘tirsak va tasavvur etishimiz mumkin bo‘lganidan ko‘proq bilishidan go‘zal bir lazzat tuyadigan kishilarga nisbatan qo‘pol va johil munosabatda bo‘lsak, biz namuna bo‘la olmaymiz, yoki Alloh nozid etgan xabarni boshqalarga yetkaza olmaymiz. Buning o‘rniga  ushbu jamiyatning mavjud muammolarini  tushunishday mashaqqatli, so‘ngra chinakam najotkor chora sifatida undan ham qiyinroq yo‘lni tanlashimiz kerak.

Hozir ayni shunday himoya paytidir. Keyingi yillarda britaniyalik bir necha diniy arbob oilaning taraqqiyot bilan bog‘liq inqirozi fojiasi xususida o‘zlarining ko‘pincha iztirobli, umuman olganda, ishonchli mulohazalarini bildirishdi.  Liverpul yepiskopi va bosh ravvin ushbu jarayon xususida odatdagi statistik ma'lumotlar yordamida mana bunday xulosa chiqaribdi: Britaniyada bolalarning 34 foizi nikohsiz tug‘ilmoqda; taxminan shuncha miqdordagi katta yoshlilar ajrashish alamidan aziyat chekmoqda; kelgusi yigirma yil davomida  britaniyalik bolalarning yarmidan ozrog‘igina ota-ona tarbiyasini oladi va hk. Juda oz kishilargina quyidagi amaliy falokatlarga shubha bilan qaraydi: ma'lum bo‘lishicha, AQShda   qamalganlarning yarmidan ko‘pi buzilgan oilalar farzandlari ekani, ota-onasining ajrashgani tufayli yetkazilgan kuchli ruhiy zarba erkak va ayollarga o‘rta yosh, hatto keksalik  chog‘ida ham salbiy ta'sir ko‘rsatib turishi aniqlangan. Yepiskop ham, ravvin ham bugungi tez o‘zgarib borayotgan dunyoda oila boshpanasiga bolalar qatori kattalar ham hech qachon bu qadar muhtoj bo‘lmaganidan birday tashvish chekadi, uni gunohlarning eng og‘iri - xudbinlikkina barbod qilishi mumkin, deydi. Hech kim o‘zini qurbon qilishni istamaydi: barchamiz shaxsiy erkinlik deb atalmish ma'budga topinar ekanmiz, huquqlarimiz haqida jar solamiz, mas'uliyatimiz borligidan esa asabiylashamiz.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:20:52
Hayotdan olinadan saboq bizni nechog‘li asabiylashtirmasin, bir narsa kundek ravshan: Adam Smitning raqobatbardosh xususiy manfaat himoyasini ulug‘lashini kollektiv ijtimoiy rivojlanishning kaliti deb bilgan Tetcher-Reygan egotsentrizmi  butun boshli tashabbusga xavf tug‘diruvchi ko‘plab baxtsiz hodisalarni talab etadi. Ochko‘zlik ko‘plab badavlat kishilar va moliya vazirlarini paydo qiladi, biroq endi uning xunini to‘lash uchun uzoq vaqt kerak bo‘ladi, bugun mana shu vaqt boshlandi. Qo‘shimcha qo‘riqchilar, qamoqxonalar, ijtimoiy xizmatchilar va  ijtimoiy ta'minot to‘lovlarining  kun-bakun kuchayib borayotgan qor bo‘roni millionlab ijtimoiy va  iqtisodiy chek qog‘ozlarini uchirib yuribdi. Sotsialistik inqilob barbod bo‘ldi; pirovardida kapitalizmni o‘z ziddiyatlari bo‘g‘ib tashlashi ham mumkin.

Shu yergacha hammasi ravshan. Ochko‘zlikning gunohligi dindorlardan boshqalarga ham  tushunarli ekani xususida bahs qilib o‘tirish shart emas. O'tgan asrlarda fidoiylikka qaytish haqidagi ko‘plab da'vatlar odamlarning ensasini qotirar ediki, ularni biror qaror qabul qilish uchun yetarli deb bo‘lmaydi. Modomiki, dinlar insonlar qilgan gunohlar oqibatini bartaraf etar darajada qudratli ekan,  «yaxshi bo‘lish» uchun yolvorish kamdan-kam hollarda ta'sir kuchiga ega bo‘ladi, unga islohotlarning amalga oshirish mumkin bo‘lgan paradigmasi  yo‘ldosh bo‘lishi kerak. Ravvin ham, yepiskop ham  real va muayyan narsadan boshqasini taklif etishi qiyin; bu siyosatchilar va liberal OAV murosa qilgan, hattoki,  yo‘l sifatida tanlagan narsa bo‘lsa ajab emas. Biroq biz maqomi muayyan ijtimoiy, shuningdek, ma'naviy dasturda «millatlarga saxiylik» deb bayon etilgan   vositachi orqali diniy erkinlik bilan siylangan musulmonlar sifatida bilamizki, jamiyatning mavjud og‘ir ahvolini hech qachon va'zgo‘ylik bilan tuzatib bo‘lmaydi. Struktural o‘zgarishlar ham talab etiladi: biz muammoning tortish kuchi ta'siriga tushib qolib, bunday o‘zgarishlar og‘riqli bo‘lishi mumkinligidan ajablanmasligimiz kerak.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:23:34
*        *        *

Oila inqirozining sababi hukmron mafkuralar uni tan olmayotganida ekani kundek ravshan. Siyosatchilar o‘z sharmandaliklari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lmoqda: ochig‘ini aytganda, prezident Klintonning shahvatparastlik bilan bog‘liq o‘z qilmishlarini tan olishi zerikarli hodisalarning ipga tizilgan so‘nggi munchog‘idir, bu esa siyosiy arboblarning axloqiy hayot borasida boshqalarga namuna bo‘la olmasligini ko‘rsatadi.   Oval - tuxumsimon  kabinetda, har bir vazir va parlament a'zosining kabinetida bizga kerakli yashirin jinoyat belgilari stol tortmasida turadi va ularning har bir zerikarli xat yozish lahzasiga lazzat baxsh etadi, bu hol ularning, o‘zini sipo tutishiga qaramay,  bir pulga qimmat odam ekanini tasdiqlovchi tartibsizlikdir. Ayrim parlament a'zolarining kotibalari ikkinchi xotinlaridir. Aslida ular maxfiy jazmanlarning ikkinchisidir. Ko‘pxotinlilik tasodifiy istisno emas, xuddi musulmon mamlakatlaridagi kabi,  odatiy holdir. Faqat me'yorni bilmaydigan telbalik   yoki mutelikkina  tiyiqsiz shahvatparastlikka mubtalo bo‘lgan siyosatdonning qarama-qarshi jins vakilasi bilan yarim tungacha ishlashini, o‘yindan o‘t chiqishi ehtimoldan xoli emasligini ko‘rib, ko‘rmaslikka olishi mumkin. Bunday sharoitda mavjud tizim bolalar, er yoki xotinni himoya qilish chorasini topolmaydi. Oqibatda  ular yuragiga  o‘z joniga qasd qilar darajada jarohat yetadi. Shaxs huquqlari oila huquqlaridan baland turadi, degan buzmakor tushuncha ikkalasining ham inqiroziga sabab bo‘ldi.
Biroq siyosat muhitning eng qayg‘uli namunasidir. Eronliklar uni «olov va paxtaning apoq-chapoqligi» deb ataydi. Jinsiy tegajog‘lik xususida davom etayotgan iztirobli bahslar intim xohishlar dasturxon bo‘lmayotgan jamoat joylar kamdan-kam qolayotganini ko‘rsatmoqda. Ilgari hech qachon  jamiyatda erkak va ayol har kuni aralashib ishlamagan hamda  shayton yo‘ldan urishi va xiyonat uchun imkoniyatlar shu darajada ko‘payib ketmagan edi, bu holni axloqsizlik tarafdori bo‘lgan jurnalist ham, siyosatchi ham va ijtimoiy strateg ham ko‘rmasligi mumkin emas.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:26:29
Tomas Vulfning mashhur «Manmanlik o‘ti» romanida yosh moliyachi «shahvoniy hirslarga cho‘kib ketgan» Nyu-York farzandi bo‘lgani uchun ham zino qilib, xotini va qizining hayotiga zomin bo‘ladi.  Uning tubanligiga sabab bo‘lgan hol jinslarning aralashib ketishigina emas. Uning olma-kesak teruvchi ko‘zlari har qadamda reklama, pornografiya, yangiliklar va tiqmachoq bichimlarni ko‘radi, bularning barchasi uni o‘z iskanjasiga oladi va erkin jinsiy aloqaning jozibasidan jar soladi. Vulf tasvirlagan zinokor tabiatan yovuz odam emas: u yashayotgan dunyoda odamlar shunchaki o‘zini idora qila olmay qoladi.

Nyu-York hali London bo‘lganicha yo‘q, biroq Atlantika qirg‘oqlari tobora bir-biriga yaqinlashib bormoqda, ijtimoiy fazoning shahvoniylashuvi madaniyatimizning bir qismiga aylanib qoldi. Soho[95] fohishasining betartib sarguzashtlarini hisobga olmaganda, avvallari o‘rta yosh xotinlar o‘rta yosh erkaklar ko‘nglini  kamdan-kam ovlar edi. Endi esa ular har muyulishda o‘zlari sog‘ingan badanlarning ko‘z-ko‘z qilinishiga e'tibor qilolmaydigan darajada ahmoq yoki  axloqan pok kuchli shaxslar sirasiga mansub bo‘lsagina, o‘z jufti  haloliga sodiq qolishi mumkin. Bunday pok kishilar bundan oldin ham kam bo‘lgan, hozir ham juda ozdir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:27:02
Tashxis keskin ekani ko‘rinib turgan bo‘lsa-da, uning davosi bormikin? Islom xilvat yoki «noqonuniy tarzda yolg‘iz yashash»ni G'arb kishisi tasavvur ham qilolmaydigan darajadagi jinoyat deb biladi. Har bir ma'naviy falokatning o‘z peshravi - darakchisi  bo‘ladi; islom bunday peshravlar paydo bo‘ladigan ijtimoiy sabablarni kamaytirish yo‘lini axtaradi. Shunday qilib, bizning vazifamiz bir kishining faqat bir kishi bilan jinsiy aloqa qilishi kerakligidan ta'lim berishdir.  Shotlandiyalik bir maktab direktorining, o‘g‘il va qiz bolalar «tabiatdagi qo‘zg‘alish sababli» bir-biriga 6 dyuym[96]dan kamroq masofaga yaqinlashishi mumkin emas, qabilidagi bema'ni xavotiri bizga yotdir.  Biroq maktablar  boshlang‘ich nuqtadir. Idoralar ayollarning xizmat pillapoyasidan yuqori ko‘tarilishiga xalal bermay, er-xotinlik huquqlarining kabinetlardagi har qanday noqonuniy xilvatnishinlik ehtimolini bartaraf etish yo‘li bilan himoya qilinishini kafolatlashi kerak. Shaxsiy yordamchisi qarama-qarshi jins vakili bo‘lishini istayotgan  siyosatchilar va ish odamlari buning sababini tushuntirib berishlari lozim. Ayollarni benihoya kamsitadigan va er-xotinlarning o‘zaro xiyonatiga turtki beradigan pornografiya va  pornografiyasifat reklama mas'uliyat bilan tsenzura qilinishi kerak, bu ish o‘z jinsdoshlarining bunday yalang‘och suratlariga e'tiroz bildirayotgan feministlar bilan birgalikda amalga oshirilishi darkor.

Ishratparast Yevropaning fojiasi shundaki, o‘zini seksning harakatlantiruvchi kuchi deb hisoblovchi ushbu illatni bir kun kelib  jurnalist va siyosatchilar  hayrat va nafrat bilan chetga supurib tashlaydi. Islom jinslarni o‘zaro ajratish siyosati bilan ularni kamsitishni nazarda tutadi, deb hisoblovchi, ich-ichida esa  ish vaqtida shahvoniy qiziqishning kamayishidan, zamonaviy munosabatlarning muvaqqatligidan iztirob chekuvchi  nadomatgo‘y liberal arboblar  uni qo‘llab-quvvatlashni va o‘shanday ijtimoiy muhitda yashashni davom ettiraveradilar, chunki muammoning ildizi muhitdadir. Biroq islom tabiatan  masalaga kengroq qaraydi, binobarin, biz tushkunlikka tushmasligimiz kerak. Oila inqirozi jarayoni keskin iqtisodiy va insoniy oqibatlarni keltirib chiqarmoqdaki, bu inqirozni tan olish va keskin choralar ko‘rish vaqti kelishi shubhasiz. So‘ngra bugungi kunda hazil-mazax qilinayotgan ziyolilarcha musulmon konservatizmi harakatga kelishi ham ehtimoldan xoli emas.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:27:35
*        *        *

Nyutonning kuzatishicha, tabiat bo‘shliqni yoqtirmaydi; ushbu qoida fanning maqomiga bo‘lgan psixologik munosabatni yaxshilashga yordam berishi mumkin. Dunyoviy qarash ham anglash mushkul, ham mavhum bo‘lishi mumkin, biroq dindorlar uchun Yangi Ijtimoiy Aqidalar tez orada yangi diniy qarashlar shaklini olishi mumkin. Yigirmanchi asrning ulkan erkinliklari ko‘pincha dinni harakatga keltiruvchi quvvatning kuchli  poklovchisiga o‘xshab ko‘rinadi.  Dunyo tashvishlaridan va «men»ni tiya bilishdan qutulishday tug‘ma istak shaxs erkinliklarini cheklashga qarshi  qattiq varaja - konvulsiyaga aylanayotgani ajablanarlidir.

Shu ma'noda, siyosiy jihatdan to‘g‘ri yo‘l tutayotgan G'arb kuchli diniy jamiyatdir. Uning o‘z dogmalari, ilohiyotshunoslari, ruhoniylari, jabrdiydalari, Amerikadagi  universitetlar shaharchalariga va'z-axloqnomalarni yetkazib borgan missionerlari va kufrni yer bilan yakson qiluvchi yaxshi rivojlantirilgan nazariyasi bor.

Ba'zi bir kishilar bularning barchasini zarur, chunki odamlar ishonch va asosga muhtoj, chin e'tiqodsiz o‘zlarini G'arbda idora etolmay qolishi va qonunbuzarlik yo‘liga kirib ketishi mumkin, deb biladi. Ammo, hamma balo shundaki, ayni paytda qonunchilik, maktab o‘quv rejasi, eshittirish va ko‘rsatuvlarni boshqarish qoidalariga aylangan yangi aqidalar, haqiqiy yangi din vazifasini ham o‘tay olmaydi yoki uning o‘rnini bosolmaydi. Diniy axloq, musulmonmi, xristianmi, buddaviymi, yoki eskimosmi, bundan qat'i nazar, o‘ziga yuklangan mas'uliyatni sharaf deb biladigan shaxsning o‘zligini namoyon qilish g‘oyasi orqali jamiyatda hamjihatlikni ta'minlaydi. Bunga mutlaqo teskari bo‘lgan G'arbning yangi dini unga huquqlardan lazzatlanish orqali erishiladi, deb o‘rgatadi.   
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:28:33
Ushbu ters holatning ekstremizmga xos ekanini inobatga olsak, u ta'sir ko‘rsatayotgan jamiyatlar qiyin ahvolga tushib qolishidan ajablanmasa ham bo‘ladi. Konor Kruiz O‘Brayenning mulohazasini o‘zgartirib, dunyoviy ijtimoiy tibbiyot bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklar shundan iboratki, u qanchalik ko‘p qo‘llansa, mijoz shunchalik kasal bo‘lib boraveradi, deyish mumkin. Yangi e'tiqodlar bizni porloq va erkin xomxayolga yetaklash o‘rniga ijtimoiy illatlarimizni yanada chigallashtirib yubordi, deyish kufr bilan barobardir. Biroq aynan shunday bo‘lgani bor gap. Boz ustiga, xushmuomalalik hukmron bo‘lgan jamiyatda soxta din bunday buzg‘unchilikka boshlagan tushunchalar tanqid qilinmasligiga kafil bo‘ladigan darajada kuchlidir. Ehtimol, musulmonlar bunday xushmuomalalik haqida qayg‘urmaydigan odamlar bo‘lsa kerak.

Ushbu asrda ro‘y bergan erkinlik uchun kurashlarning o‘ziga xoslaridan biri feminizmdir. Ba'zilari ehtiyotkor va dalillangan, boshqalari esa jodugarlik va o‘z jinsi vakilasini sevish singari tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan son-sanoqsiz darbadar tamoyillarga bo‘linib ketgan bu harakat xususida bir necha umumlashmalar qilish mumkin.  Biroq buni kuzatishni boshlash  uchun eng qulay vaqt ayollarning o‘zlari istamagan holda viktorianlarning[97] feminizmoldi va yigirmanchi asrning so‘nggidagi feministik qadriyatlar qurboni bo‘lgan paytidir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:32:10
Ayollarning erlaridan alohida moliyaviy yoki huquqiy sub'ekt sifatida ajralib yashashi mumkinligini rad etgan an'anaviy xristian madaniyatlarida xotin-qizlar qonundan tashqarida qolishdan aziyat chekar edi. Bu holni ularning aksariyati hech ikkilanmay qabul qilishi mumkin edi, ammo ijtimoiy yordam bermay qo‘yilgan ayollar real adolatsizlik qurboni bo‘lishdi, oqibatda ular mustaqil yashashga ehtiyojmand ekanini anglab yetishdi.  Shu tariqa ayollarning saylovlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgani chin ma'noda adolat izlash natijasi edi. Bu hol G'arb jamiyatini xristian an'analaridan islom me'yorlari tomon burib yubordi. Unga ko‘ra, ayol hamisha, hatto  turmushga chiqqanidan so‘ng ham qonuniy sub'ekt hisoblanadi, uning mulki, familiyasi, vorislik huquqi va da'vo bilan sudga murojaat qilish huquqi saqlanib qoladi.

Go‘yoki so‘nggi 30 yil davomidagi yangi feminizmdan  musulmonlarning paytavasiga qurt tushib qolgan, qabilidagi gaplar Freyden, Greer va Dalining jangari va mafkura suvi yuritilgan dunyoqarashidan boshqa narsa emas. Ushbu mutafakkirlar nafaqat jamiyatdagi struktural adolatsizlik, qolaversa, erkak va ayollarning identiteti xususidagi fundamental qarashlarga qarshi hujum qilish bilan yangi bir bosqichni boshlab berishdi.  Simon de Beovo (Beauvoir): «Onalik instinkti bekor qilinmaguncha, ayollar qulligicha qolaveradi», deb yozgan edi; yangi feministlarning bunday baqir-chaqirlarini har qadamda eshitish mumkin.  Shu nuqtai nazardan qaraganda, an'anaviy tarzda ayol deganda, noziklik, erkak deganda esa  jasorat esga tushishi  biologik va axloqiy nuqtai nazardan asossizdir. U «patriarxat» deb ataluvchi butun boshli an'anaviy binoning tayanchi sifatida hujum qilib turish ob'ekti bo‘lgan.   
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:32:41
Shu o‘rinda musulmonlar sakrab kemaga chiqib olishi kerak. Qur'on va bizning ilohiyotshunoslik an'analarimiz ikki jins koinotga xos qutblanishning bir bo‘lagi ekanidan boxabarlikka tayanadi. Biz har bir juft yaratilganiga ishonamiz, muqobil ilk sabablar   o‘rtasidagi o‘zaro tortishish munosabatlari dunyoni harakatga keltiradi va unga qadr-qimmat baxsh etadi. Qadimgi xitoyliklar O'N MING NARSAni In va Yanga bo‘lgani singari, musulmonlar rod - jins xususiyatiga ega bo‘lgan arab tilida vahiy kelgani hodisasini tilga olar ekan, jins kelishuv emas, ilk sabab, oddiy biologiya emas, metafizika ekanini yaxshi biladi. 

Shunday qilib, islomning turimi - pozitsiyasi injadir. Metafizik nuqtai nazardan, erkak va ayol sabablari teng kuchlidir. Hodisalar Ularning o‘zaro harakati orqali ro‘y beradi: shunday qilib, yaratuvchanlik borki,  nasl qoldirish hissi bilan bog‘liq. Biroq Murata jamiyatdagi «shu yerda-quyida» printsiplari o‘rtasida oddiy paritet - muvozanat o‘rnatish sa'y-harakatlari adolatni yetarli darajada ta'minlay olmayotganini ko‘rsatib beradi. Har bir ilohiy nomning o‘ziga yarasha vazifasi bor. Insoniyat genetik qulaylik uchungina jinslarga bo‘lingan. Erkak ham, ayol ham Allohning yerdagi xalifalaridir, biroq ilohiy komillikning qo‘shimcha jihatlarini bayon qilishda ularning «vazirliklari» asosiy masalalarda bir-biridan farq qilishadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:32:53
Islomning inson tabiati (fitrati) oyoq osti qilishga emas, parvarish munosibligini hamda erkaklar va ayollar faoliyatning boshqa-boshqa turlariga moyil ekanini tushunishi liberallarning ayyuhannos va noroziligiga sabab bo‘ladi. Bu hol ularning nazdida uchchiga chiqqan kufr sanaladi. Biroq liberallar tez-tez tilga  olishni xush ko‘radigan  eng sodda biologik va utilitar (faqat foydani ko‘zlovchi)  istilohlarida ham taqdirning mutlaq identiteti jumboqligicha qolaveradi. Ammo nomaqbul jamiyatgina ayollar ongini mutlaq tenghuquqlilik axtarish istagi bilan zaharlashi mumkin, shuning barobarida u ayollarning farzandli bo‘lishiday voqelikdan hamda - masalaning  eng janjalli jihati ham shunda - ularning  bola boqishdan huzur qilishidan ko‘z yuma olmaydi. Ular farzandlarining jamiyatdagi kufr va g‘ayridiniy qarashlarda ayblanishiga qarshi turish uchun o‘zlari erishgan mavqedan voz kechishday jasoratga ham, yoki soliq idoralarining ta'qibiga ham tayyor; ammo ular o‘z e'tiqodida sobitqadam, dunyoviy tafakkurni iqi suymaydi, onalar farzandlarini enagalardan ko‘ra yaxshiroq tarbiyalashadi, ko‘krak suti sun'iy sutdan ko‘ra tuzuk va hatto - u   pirovardida g‘ayri fikr bo‘lib tuyulishi ham mumkin - bola  parvarishi sug‘urta sotish yoki avtobus haydashdan ko‘ra farahbaxshdir.

Ayollar o‘rtasida erkaklar bilan faoliyatning mutlaq tenghuquqliligini talab etuvchi ortodoksal feminizmga isyon belgilari zuhur bo‘lmoqda. Ommaviy axborot vositalari bong urayotganining aksi o‘laroq, ziyoli ayollar bola boqish uchun «chetga chiqib qolish»dan hazar qilayotgani yo‘q. Lekin haqiqiy zarar yetkazib bo‘lindi. Otalarni bola boqish va uy bekligiga qaytarish muvaffaqiyat qozonayotganga o‘xshaydi; aksariyat binolar uydan ko‘ra  uyquxonalarga o‘xshab qolmoqda. Ovqatlanish vaqti o‘z qat'iyligini yo‘qotib, konserva ochish ishiga aylanib qolgan; ota-onalar horib, holdan toyib qolgani uchun horish nimaligini bilmaydigan farzandlari bilan o‘z «sifatli vaqti»ni birga o‘tkaza olmaydi; afsuski, oila a'zolarining uyga va bir-biriga tegishlilik hissi yo‘qolib bormoqda. Ayni chog‘da bolalar uyni tark etadi, ular o‘zlarini uyda hech narsa ushlab turmayotganday his etadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:33:11
Bunday qayg‘uli vaziyatda ajrashish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Ota ham, ona ham ishlaydigan oiladagi siqilishni oddiy kishilar yenga olmaydi. Daromadning oshishi va (ba'zi birovlar uchun) ishdan olingan lazzat charchoq va tortishuvlar ehtimoli kuchayishining o‘rnini to‘ldirishi qiyin. Ayolning oilani o‘z mehri bilan isitishidan mahrum bo‘lgan ota va farzandlar o‘zini xavfsiz his eta olmaydi. Er-xotinning birday ishlashi intihosiz tortishuvlar uchun zamin hozirlaydi. Ajrashish gali kelganda esa, aksariyat hollarda ayol kishiga jabr bo‘ladi. Qariyotgan yolg‘iz ona sifatida u jamiyat o‘ziga mutlaqo qiziqmay qo‘yganini anglay boshlaydi. U «davlatning xotini» deb ataluvchi yangi sinfga borib qo‘shiladi.

Yaxshiyamki, davlat ko‘pxotinli bo‘lishi mumkin. Yangi Yevropani  ijtimoiy jihatdan anglash soliq daromadlarining keskin ko‘payish davriga to‘g‘ri keldi. Siyosatchilar orasida ijtimoiy inqiroz darajasi yillik yalpi ichki mahsulot o‘sishidan o‘zib ketmagan bir vaziyatda bu borada qayg‘uruvchilar kamdan-kam topiladi. Yana millionlab yolg‘iz oilalarning taqdiri achinarlidir. Daromad manbai yagona bo‘lgan oilalar ayollarga bola boqishday muqaddas burchni oyoq osti qilish emas, bajarishga izn berilishi liberallar taxmin qilganidan ham ko‘ra ko‘proq ma'naviy ahamiyatga ega ekanini yaqqol tasdiqlab turibdi. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:33:26
Ammo feministlar ijtimoiy matoni kemirayotgan yagona kuya emas. Yana boshqalari ham borki, ularning ba'zilari haddan ziyod radikaldir. Ularning eng keskini gomoseksualistlardir, qiziq, ammo doimo jirkanch mafkuralardir, ular aholiga oilalar uchun oqibati halokatli bo‘lgan dogmalarni tiqishtiradi. 

Xuddi feminizim singari gomoseksualizmga qarshi teologik holat ham bizning yaratuvchanlikning «diadik»98 tabiatini qanchalik tushunishimizga borib taqaladi. Insoniyatning jinslarga bo‘linishi koinotning Alloh irodasiga ko‘ra qutblanishi tajassumidir. Erkaklar va ayollar qo‘shimcha ilk sabablardir. Jinsiyat ularning ilohiy va nasl qoldirish bo‘yicha kelishuvidir. Shuning uchun ham bir jinsga mansub kishilarning jinsiy aloqaga kirishuvi tabiiy tartib buzilishining eng dahshatli ko‘rinishidir. Bunday aloqaning biologik pushtsizligi Alloh dunyoning o‘rmagi va arqog‘i sifatida istifoda etgan asosiy ikkilikni e'zozlashni metafizik barbod etish alomatidir.

Shunga qaramasdan, gomoseksualizmning harakatlantiruvchi kuchi juda kam o‘rganilgani ayni haqiqatdir. Bu hol darvinizmning ma'lum vaqt o‘tishi bilan aksil-reproduktiv xossalarning sistemali ravishda yo‘qolib borishi xususidagi faraziga qarshi qat'iy dalil sifatida paydo bo‘lmoqda. Ba'zi bir madaniyatlarda bu hol juda kam uchraydi: Vilfred Tezigerning yozishicha, u  o‘zining arab badaviylari bilan uzoq sayohatlari davomida hech qachon odamni kamsitadigan bunday amaliyotga duch kelmagan. U boshqa jamiyatlarda, xususan, zamonaviy shahar madaniyatlarida juda keng tarqalgan.   Nega aynan shunday bo‘lishi kerakligi xususidagi nazariyalar tiqilib yotibdi: ba'zi bir tadqiqotchilar aholi haddan ziyod ko‘payib ketgan jamiyatlarda bu tamoyil tabiatning nufus o‘sishini nazorat qilish usulidir, deb safsata sotadi. Bizga aytishlaricha, laboratoriya kalamushlari haddan ziyod yorug‘ chiroqlar, qattiq shovqin va bir joyga ko‘p yig‘ilish oqibatida bezovta qilingan taqdirda ham geteroseksualligicha qolaveradi. Boshqa olimlar esa  kontratseptiv dori iste'mol qiluvchilarning ichimlik suviga solingan minglab tonna estrojen99 natijasida «gormonlarning bulg‘anishi» ta'siri haqida mulohaza yuritishadi. Bu ham hali isbot etilmagan. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:33:36
Ayrim olimlar yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijasida gomoseksual tamoyillar har doim ham hayot davomida orttirilmaydi, ba'zi bir shu dardga mubtalo bo‘lgan individuumlar xromosomalarining aniq-taniq nosozligi  bilan tug‘iladi, degan xulosaga keladi. Buning axloq ilohiyotshunosligi uchun qanday ahamiyatga ega ekani ayon: Qur'onning odamlar faqat o‘z ixtiyori bilan sodir etgan xatti-harakatlari uchungina javobgardir, degan qat'iy hukmini inobatga oladigan bo‘lsak, gomoseksualizm ma'lum ma'noda tug‘ma moyillik sifatida gunoh sanalishi mumkin emas.

Albatta,  bundan ushbu moyillikka mos harakatlarni oqlash mumkin, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Shunga o‘xshash tadqiqotning dalolat berishicha, ko‘pgina insoniy mayllar, xususan, o‘t qo‘yish va boshqa jinoiy xulq shakllari ham ba'zida genetik tartibsizlik oqibati o‘laroq, yuzaga chiqadi; binobarin, shuning uchun ham hech kim xulq axloqiy nuqtai nazardan izchil degan xulosaga kela olmaydi. Biz buning o‘rniga Alloh odamlarga turli-tuman jismoniy va aqliy hadyalar bergani, ul zot ba'zi birlarimizni  axloqiy mayllarni berish orqali sinashini, biz uni o‘z-o‘zimizni isloh qilish va intizomning bir qismi sifatida kurashib yengishimiz orqali o‘rganamiz. Butun borlig‘i bilan uylarga o‘t qo‘yishni istovchi aqlli mijozga bu istakni yengish uchun o‘ziga xos iroda berilgan. Kuchli gomoseksual xohishi bo‘lgan erkak yoki ayol xuddi shunday sinovga duchor bo‘ladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:33:48
Taqvodor kishi uchun gomoseksual ishlar ham metafizik, ham  ma'naviy jinoyatdir.  Geteroseksualizm esa qarashlar yig‘indisi - kontseptsiya  sifatida yangi hayotga, farzandlarga, nabiralarga va so‘ngsiz avlodlarga eltuvchi g‘aroyib ittifoqdir: u cheksizlik eshigidir. Buning mutlaq ziddi bo‘lgan besoqolbozlik esa  jahannamga eltadi. Har doimgiday, g‘urur yerga urilganda eng yaramas illat  yuzaga chiqadi.

Albatta, bularning birortasi ham dunyoviy tafakkurni qiziqtirmaydi, chunki u mavjudlikda ma'ni ko‘rmaydi hamda eng oliy lazzat va zavq inson hayotining maqsadi bo‘lishi mumkinligini tasavvur ham  qila olmaydi. Ko‘plab vatandoshlarimiz biz dunyoga ko‘nglimizni poklash va ilohiyot mavjudligi tufayli bemisl baxt hissini tuyish uchun kelganimizni mutlaqo tushunmaydi.  Shuningdek, homofiliyaga qarshi dunyoviy dalillar ham yetarli, biz ularni o‘z fikrimizni dalillashda istifoda etishimiz mumkin.

Gomoseksualizm nikoh instituti - qurimi  uchun ko‘p zararlidir. Uning targ‘ibotchilari bir faktni  tan olmasligi mumkin, ammo u bizning eng muhim yashash tarzimiz - erkak va ayol ittifoqi ildiziga bolta uradi. Vaholanki, biz aynan shuning uchun dunyoga kelganmiz va bu farzand o‘stirish uchun qulay tabiiy sharoitdir. Tabiatning ilgarigiday nufuzi qolmagan, odamlar ming-ming yillardan beri yashab kelgan hayot yo‘lidan  butunlay chiqib ketgan bizning davrimizda jamiyat erkak-ayol ittifoqini qadrlashga arzirlik yagona hodisa ekaniga ishona olmaydi.  Muqobil yo‘llar ko‘p tarqalgani sari muqaddas sanalgan me'yorlar kamayib boraveradi. Gomoseksualistlar tarafdorlarining har bir g‘alabasi jamiyatning yashab qolishi uchun zarur bo‘lgan me'yorlarga qarshi urilgan kuchli zarbadir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:34:01
Gomoseksualizmga qarshi kampaniya - mujodala  oilani muhofaza etish uchun kurash kontekstida hamma qilishi kerak bo‘lgan ishga aylanib bormoqda. Baqir-chaqir qilib yurgan, yepiskoplarni ko‘chaga haydab solayotgan va besoqolbozlikka izn beradigan yoshni pasaytirishni talab qilayotgan  mutaassiblar fitratning ashaddiy dushmanidir. Ibtidoiy me'yor bo‘lmish fitrat bani basharning rang-barangligi  yo‘lida yangi avlodni tarbiyalash vositasi o‘laroq, o‘zini nikoh orqali izchil namoyon qila bordi. Islom inson tanasining tabiiy ehtiyojlarini hisobga olar ekan, nimaiki fitratga qarshi bo‘lsa, insoniyat va Allohga ham qarshidir, degan aniq-ravshan tushunchada sobit turadi. Bu tushuncha qonunlarda o‘z aksini topishi kerak, u uzoq vaqt mobaynida oilani zavqli «turmush tarzini tanlash» diapazonlaridan biri sifatida nisbiylashtirish  yo‘llarini izladi.

Ma'lumki, inversiya - qadriyatlarning  oyog‘i osmondan bo‘lishi ham individual, ham ijtimoiy nuqtai nazardan zararlidir. 1997 yili uch nafar amerikalik akademik besoqolbozlik amaliyoti VICh infektsiyasi tarqalishiga sabab bo‘ladi, deb gomoseksualizmni mazax qilgani uchun ishdan bo‘shatilgan edi. Ular milliondan oshiq amerikaliklarning hayotini zimiston qilayotgan ushbu vaboning tabiati to‘g‘ri hayot kechirayotgan insonlarga nisbatan zamonaviy haqoratdan boshqa narsa emasligini ko‘rsatib bergan edi.  Bevosita aksiljismlar100, bizni mikroblar dunyosidan himoya qiladigan inson immunitet tizimi yadrosi o‘zimiz o‘z tanamizni buzishimiz miqyosiga qarshi tura olmaydi. Bu, ayniqsa, islom uchun tushunarlidir. Imom Malik hikoya qilgan hadis insonning bu tanlovi nimalarga olib kelishi mumkinligini bizga sabr-toqat bilan eslatib turadi: «Axloqsizlik hech qachon uni odamlarning o‘zi tarqatmaguncha paydo bo‘lmaydi, u ota-bobolarga yot bo‘lgan jazava va vabo bilan birga tarqaladi».  SPID ilohiy jazo emas, bu juda qo‘pol qarashdir. Bu bizga ilohiy nomos - qonunlarni  buzganimizda nimalarga duchor bo‘lishimiz mumkinligi eslatmasidir. Biz bu qonunlarga rioya etib, insoniylik me'yorlariga uyg‘un holda yashaymiz, bu me'yorlarning asosiy maqsadi bizni eson-omon saqlashdir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:34:32
Ba'zan musulmonlar G'arbdagi oila qadriyatlari  inqirozi  insoniyatning aksariyat qismi manfaatlariga mos keladi, deb hisoblaydi. Ular tushkunlik G'arb tanlagan yo‘l va u shunga munosibdir;  G'arb jamiyatining muqarrar portlashi axloqan mustahkam bo‘lgan islomga dunyoning kuchli tamadduni sifatida o‘z o‘rnini qayta egallashiga maydon hozirlab beradi, deyishadi. Bu nazariyaning ko‘ngilni xijil qiladigan jihati shundaki, portlash yalpi inqiroz alomatlarini zohir qilayotganicha yo‘q. Texnologiya va boylik o‘sib borayotgan baxtsiz hodisalarga barham bera oladigan kuzatuv va ijtimoiy ta'minot tizimini vujudga keltirishga imkon yaratmoqda. Taqdir hazilini qarangki, Yangi Dunyo Tartibiga posbonlik qilayotgan davlat qorong‘i tushganda o‘zining Markaziy xiyobonida tartib o‘rnata bilmaydi. Biroq biz ahmoqlarcha nekbin bo‘lsak ham, yoki mutlaq totalitarizmdan umid qilsak ham, G'arbdagi ijtimoiy tamoyillardan xavotirga tushmasligimiz mumkin emas. G'arb oilasining omon qolishi musulmonlarni ham xavotirga soladigan masaladir, biz do‘stlarimiz va  qo‘shnilarimiz, ularning aqidalari haqiqiy hayot sandoniga urilib singan va eshitishga yaramaydigan darajada yerga urilgan vaqt kelgunga  qadar o‘z nuqtai nazarimizni  taklif etishimiz kerak.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:38:34
VI bob
Islom, Irigaray101 va jins masalasi

Rasuli akrom aytdi: ayolning aqli erkaknikidan ustun,
ular erkaklar yuragining sohibidir.
Biroq johil kishilar ayollardan ustun,
ular hayvonlarga xos vahshiylik domiga tushib qolgandir.
Ularda na ezgulik, na shafqat, na sevgi bor,
chunki ular tabiatida hayvoniylik ustunlik qiladi.
Muhabbat va ezgulik insoniy fazilatlardir;
jahl va shahvatparastlik hayvonlarga xosdir.
Ayol sizning mahbubangiz emas, Allohning tajallisidir.
U yaratuvchidir - siz uni yaratilmagan deb aytishingiz mumkin.
(Hazrat Mavlono)[98]

 
1969 yilgi feministlar harakatining bachadonigina bor edi.
1997 yilgi feminist harakatining bachadoni ham yo‘q.
 (Jermeyn Grir)[99]

Ushbu bob ehtimol tutilgan haqiqat va an'anani qayta tasavvur qilishga da'vat etadi. Menimcha, bu o‘rinsiz zo‘ravonlikka sabab bo‘lmaydi, biroq u ayni kundagi tenghuquqlilik, hurmat va ushbu bobdagi dinning evrilishlariga oid hikoyaning bir qismi bo‘lishga oid tashvishlarga sabab bo‘lishi turgan gap. Kimdir ushbu loyihaning muhimligini qayd etib o‘tirishga hojat yo‘q, deb o‘ylashi mumkin. Qur'onning adolatli xudo xususidagi uqtirishi va ko‘pgina uyg‘onish vakillarining erkinlik xususidagi ritorik gaplariga qaramasdan, islom qiroati bugungi kunda, Afg‘onistondami yoki Zanzibar[100]dami, bundan  qat'i nazar, kamsitish amaliyotiga ochiqdan-ochiq rahnamolik qiladi. Bunday amaliyot dinning insoniyatga xizmat qilishday olijanob maqsadini shubha ostiga qo‘yadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:38:50
Muhtaram o‘quvchim, kaminaga musulmon dunyosida din va jinsning keskin dialektikasidagi o‘yin holati  deb hisoblayotgan mavjud holatni qisqacha bayon etishga ijozat bergaysiz. Biz bugungi  madaniy dalillarni mustamlakadan so‘nggi eng yangi dunyoda yashash belgilari deb tavsiflashimiz mumkin. 20-asrning boshlarida mustamlakachining tenglik uslubi,  simbiotik nuqtai nazardan,  jins emansipatsiyasi uslubi bilan hamohang edi. Jins emansipatsiyasining ko‘zga ko‘rinarli jihatlari Misrning bosh  muftiysi Muhammad Abduh (vaf. 1905 y.)ning va Qosim Aminning 1899 yili chop etilgan «Tahrir ul-Mar'a» maqolasida so‘z yuritilgan ko‘pxotinlilik va ilohiy qonunlarning keskin taftishi edi. Keng ommaning qo‘llab-quvvatlashi xususidagi da'volarga qaramasdan, o‘sha vaqtdagi tub islohotlarni - xoh  1926 yili shariatga asoslangan tuzumdan voz kechgan kamolchilar Turkiyasida, xoh Rizo Shoh Eronida bo‘lsin, yangi milliy kiborlar  tayyorlagan, ulardan kam qudratga ega bo‘lmagan  erkak kiborlar esa shahar ayollariga ozodlik berish bo‘yicha ijtimoiy dastur ishlab chiqishni tezlashtirgan edi.

Ayollarni ozod etish tili[101] va siyosatida erkaklar ustunlik qilgan paytlar ular tez-tez ikki tomonlama begonalik hissini tuyar edi. Ayollarni ozod etish harakati alal-oqibat nosirizm va baasizm singari vakolatli sotsialistik millatchilik jarayonlariga qo‘shilib ketdi. Nosirizm islomga xos edi, chunki erkak qonun chiqaruvchilar bu ozodlikni majburan joriy etdilar, sababi, uning mahalliy yoki ilohiy kitoblarda qayd etilgan asosi o‘z ahamiyatini yo‘qotib borayotgan yoki (kommunistik boshqaruv domidagi musulmonlar muhitida) jangarilik holatida emas edi. Baasizmni esa davlat yuritayotgan bo‘lib, so‘zamollik va qonunchilikka qaramasdan, u ayollarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini yetarli emas deb topdi. Demokratik hisob berish yoki an’anaviy zodagonlarga xos  sharaf kodeksining yo‘qligi tufayli yuqori mansablardagi kishilar o‘rtasida korruptsiya va kalondimog‘lik  urchib ketdi. Bu aksariyat hollarda  mehnat taqsimotining an’anaviy shakllarini qayta tasdiqlash  ustidan o‘z nazoratini o‘rnatdi. Ko‘pincha bu ko‘hna aslzodalarning barham topishi  va ular o‘rniga ayollarga xos tana tuzilishi dehqonlarga borib taqaladigan harbiy kishilarning paydo bo‘lishida yaqqol ko‘rindi. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:39:31
Mustamlakachilikdan so‘nggi inqilobchi avlod birin-ketin dunyodan o‘tib ketayotgan eng yangi davrda bu ikki barobar begonalashuv musulmon ayollarning murakkab javob harakatlariga sabab bo‘ldi. Bu harakatlar ularning an'anadan g‘arb feminizmi nazariyotchilaridan o‘rganilgan  sxemalar foydasiga ateistlarcha voz kechib yuborishidan  to o‘rta asrlar shariatining keskin  maslak tafovutiga oid hukmlarini ishonch bilan  qayta tasdiqlashgacha bo‘lgan sipehri - spektrida zuhur bo‘ldi. Misrda Zaynab al-G'azaliy va Safinaz Kozim singari ayol yozuvchilar feminizmni madaniyat mustamlakachiligi sifatida mazax qiladi, ular G'arbning yolg‘iz otalik yoki onalik va ajrashish singari ijtimoiy muammolarini bir-bir sanab o‘tar ekan, ularga ayollar harakatiga esh bo‘lgan holat deb qaraydi hamda ko‘pincha hanballashtirishni, musulmonlarning muqaddas kitoblarini o‘qishni  muammo yechimi sifatida tavsiya etadi.

Ushbu qutblashuv yirik madaniy qutblashuvning kichik bir bo‘lagidir, u zamonaviy musulmon madaniyatlarida g‘arblashgan milliy aslzodalarni o‘sib borayotgan quyi-o‘rta islomchi sinflardan ajratib turadi. Ammo bu qutblashuv kerak bo‘lganda nisbatan murakkab strategiyalar bilan birga yashashga majbur. Keyingi o‘n yil ichida g‘arb tamadduniga bo‘ysunish va muqaddas kitoblar aqidalarini tushuntirishda bo‘shanglik qilayotganlikda ayblanishi mumkin bo‘lgan yangi musulmon mutafakkirlari avlodi paydo bo‘ldi. Ular anaxronistik tarzda risoladagi o‘tmishdan ham, boshqalarning bugungi kunidan ham, islom feminizmidan ham  nusxa ko‘chirishni istamaydi. Turli-tuman mahalliy xususiyatlarga moyil bunday mualliflarni ta'riflash qiyin. Biroq ba'zan ular sobiq marksistlar bo‘lib chiqadi. Buning yorqin misoli Aziza al-Hibriydir. Boshqalari esa Turkiyada. U yerda 90-yillarning boshida kommunizm obro‘siga putur yetishi ziyolilar, yozuvchi va siyosat faollarining islom tomon yuz burishini tezlashtirdi. Ikki turk juvoni: Zakiya Demir va Zakiya O'g‘uzxon ushbu tamoyilning vakilalaridir. Zakiya O'g‘uzxon «Bir ro‘molning kundaligi» asarida kamolchilarning ayollarni yangilik uchun an'anadan ozod bo‘lishga majbur etishi hanuz ularning ozodlikdan mahrum bo‘lib qolayotganiga sabab bo‘lgani kinoya bilan bayon qilinadi. Turkiya sharoitida ayollar dindorligiga universitetlar va hukumat idoralarida jinoyat deb qaralishi  bunga misoldir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:39:51
Demirning 1998 yili «Modern va postmodern feminizm» nomi bilan chop etilgan kitobida feminizm mintaqaviy bo‘laklarga bo‘linib ketganini ham, turkiy-islomiy feminizmning vahhobiylik ko‘rinishidagi tarixiy ildizi bo‘lmagan harfxo‘r germenevtikasini ham, usmonlilar imperiyasining  sentimental sadoqatini  ham tan olmaydigan tarzda rivojlanishi xususida fikr yuritiladi. Bu  Demir xonim Qur'onning asosiy ozod etish etosi - xususiyati deb biluvchi holatni izlab topish uchun kerak. Uning ishonishicha, musulmon ayollar dastlab patriarxat mualliflik qilmagan, ammo og‘zaki, xalq og‘zaki ijodida yashab kelgan hikoyalarni erkaklar hukmronlik qilmaydigan va ular tadqiq eta olmaydigan saltanatda  gapirib berishi va avaylab-asrab yurishi mumkin. Ushbu hikoya qayta tiklanishi kerak: biz Bahriya O'chakning "Hukmdor turk ayollari" kitobidagiday, faqatgina aslzodalarnigina emas, boshqa oddiy taqvodor ayollarning hayotini ham aks ettirishimiz lozim. Uning ta'kidlashicha, bu biz ham mansub bo‘lgan hikoyadir va biz uni hech qachon sotmasligimiz kerak. Buning o‘rniga unga manzarasi va iqlimi hozirgi dunyo bo‘lgan yangi bob yozishimiz zarur.

Islomning yetakchi tamoyilidan og‘ib ketishiga qaramasdan uning aslini saqlab qolishga intilayotgan ko‘plab islomchilarning o‘zi va muslima mutafakkir ayollar germenevtikaga yuz burdi. Germenevtika muqaddas qo‘lyozmalarni androtsentrizm[102]ga yo‘l qo‘ymaslik orqali qayta o‘qish imkonini beradi. Binobarin, Stenford universitetining huquqshunos olimasi Syuzan Okinning yaqinda «Boston revyu»da «Ayollar uchun ko‘pmadaniyatlilik yomonmi?» nomi bilan chop etilgan maqolasiga javoban Aziza Al-Hibriy qarshi savol beradi: «G'arbning patriarxal feminizmi uchinchi dunyo va kamsonli (millatlar) ayollar(i) uchun yaxshimi?" (Ushbu munozarani Prinston universiteti bundan ikki yil muqaddam chop etgan edi.) Al-Hibriy ayni paytda musulmon mutafakkiri va Virjiniyada huquqshunos olima bo‘lib xizmat qiladi. U G'arbdan tashqarida bo‘lgan feminizm istiqbolini kechirib bo‘lmas imperialistik yoki hatto missionerlik va «boshqalarni qutqarish»ga qaratilgan kalondimog‘lik loyihasi deb hisoblaydi. Postmodern kontekstda boshqa bir tizimga o‘z cheklashlarini joriy qilishga bunday urinishlar Liotar «terrorizm» deb atagan narsaga to‘g‘ri kelishi hali isbotlanmagan. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:40:26
Al-Hibriyning tahlilida Okin  diniy reduktsionizm[103]da nisbatan aybdor deb qaraladi. U «Yerga tushish» rivoyatidan iqtibos keltiradi va xristianlik, iudaizm va islomdagi qarashlardan  qat'i nazar, Havoni gunohkor deb hisoblaydi. Muallif Qur'onda gunoh Havo bilan birgalikda Odam Atoga ham bab-barobar yuklanishi aytilganini ta'kidlab o‘tishni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Al-Hibriyning nazdida, Okin «unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan (g‘arblik bo‘lmagan) Boshqa haqida baralla gapirishi bilan» G'arb feministlarining tipik vakilasidir. O'sha Boshqa[104], hatto bahsga kirishgan taqdirda ham shunchalik ahamiyatsizki, u boshqalardan ajralib turmaydi va ovozi ham o‘zgacha jaranglamaydi. Munozara chog‘ida faqat ustun tarafninggina ovozi va qarashlari bayon qilinishiga izn beriladi.[105]

Hozircha Al-Hibriyning tahlili baquvvat ko‘rinadi, Okinning kechroq bergan javobi esa ishonarli emas. Biroq Al-Hibriyning javobi musulmon feministlaridan birining odatiy javobidir. Unda masalaga fiqh darajasida yondashiladi. Men uning qarashlari e'tiborga molik bo‘lgani uchun kattaroq iqtibos keltirmoqchiman:

Musulmon feministlari, joriy etilgan huquqiy printsiplar va musulmonlarning maslahati nuqtai nazaridan mavjud islom yurisprudentsiyasini tanqidiy ko‘z bilan qayta ko‘rib chiqishi kerak. Natija uch tomonlama strategiyadan iborat  bo‘ladi. Birinchidan, diniy amaliyotdan oddiy amaliyotni ajratish. Bu hol musulmonlarning ba'zi bir o‘zgarishlarga, xususan, sof madaniy o‘zgarishlarga bo‘lgan qarshiligini kamaytirgan bo‘lur edi. Ikkinchidan,  mavjud yurisprudentsiyani undan nomaqbul madaniy unsurlarni topish uchun taftish qilib ko‘rish. Uchinchidan, islom yurisprudentsiyasiga vaqtni, joyni va musulmonlar maslahatini hisobga olgan holda hissa qo‘shish [...] Bunday murakkab va ko‘p vaqt talab etuvchi loyihani kesib tashlash yoki dunyoviy feministlarning sabrsizligi tufayli bekor qilish mumkin emas[106].

Afsuski, hamma balo tafsilotlarda: islomiy huquq nazariyasi bilan qilinadigan germenevtik yamoqchilikdan qaysi biri  ushbu kamchiliklarni to‘ldirishi mumkinligini hech kim aytib bera olmaydi. Qur'onni oldingi matn o‘rniga to‘rt nafar ulkan va boshqa ko‘plab kichik faqihlar tomonidan qayta yozilgan deb talqin qilish islohot uchun zarur strategiyani taqozo qiladi, biroq buni tarixiy sharoit taqozosi va dekonstruktsiya[107] jarayonlarini qo‘shgan holda murosasiz   yo‘l bilan amalga oshirish yurispridentsiyaga keskin o‘zgarishlar kiritadi, bunga o‘xshash har qanday matn kenozisi[108]ni dunyoviylashtiruvchi va bo‘lginchi tushunchalar biror samara berishi dargumon.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:40:41
*          *          *

Bu mening musulmonlarning  jins xususida fikr yuritadigan yozuvchilari o‘zini qaerda deb bilishlari xususidagi muqaddimamga yakun yasaydi. Ko‘pincha zamonaviy islomda murosaning paydo bo‘layotgani ham ko‘zga tashlanmaydi. Biroq odam har qanday islohot siyosati, u munosabatlarga, tarixga nazarga yoki shariatning o‘ziga nisbatan bo‘ladimi, bundan qat'i nazar, ilohiyotshunoslik aniq-tiniq ko‘rsatma bermagan bo‘lsa, diniy o‘tmishga daxldorlik emas, aksincha, unga butunlay begonalik hissini tuyish yo‘li bilan  chin ma'nodagi islohotchi bo‘la olmasligini tushunmaslikdan faqatgina o‘zi zarar ko‘rishi mumkin. Bu hol, men gumon qilishimcha, islom islohotchiligidagi umumiy bir xatodir: masalan, Shohrur yoki Vail Xalloq taklif etayotgan yurisprudentsiyadagi islomiy tushunchalarni qayta ko‘rib chiqishni, ular fiqhning diniy talablarini e'tiborga olmayapti, meros - turasni muammoli narsa deb hisoblayapti, degan qarash bilan tan olish oson emas. Biroq shariat hukmlarini tanlab-tanlab istifoda etarak, pala-partish g‘arblashtirishni bartaraf etishga urinib ham ko‘rmaslik dindor ommani ishontirmaydi, ilohiyotshunoslikni mohiyatan har bir shar'iy tahlil uchun zarur deb hisoblovchi jiddiy tahlilga ham dosh bera olmaydi: bunday holatda postfundamental usul xususida gap bo‘lishi mumkin emas. Menimcha, Al-Hibriy, Xalloq va boshqa islohot tarafdorlarining odatiy ovozi islom yurisprudentsiyasini usulsiz joriy etishni taklif etishmoqda: buning ma'nosi chin ma'noda dunyoviylashtiruvchi qonunni ildiz-pildizi bilan qo‘porib tashlashni nazarda tutadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:41:00
*          *          *

Mening ushbu ilohiyotshunoslik inqiroziga qarshi qilmoqchi bo‘lgan ishim  aksariyat hollarda islomiy tadqiqotlarda e'tiborga olinmagan nazariy feministik tushunchalarni batafsilroq sharhlashdan  iborat. Bu hol har qanday tan olingan islomning jins xususidagi diskursining ma'naviy yashovchanligi xususidagi keskin munozaralarga bir oz oydinlik kiritishi mumkin. Afsuski, bu o‘rinda men vaqtimni sarflay olmaydigan foydali sohalar ham  bor: masalan, islomga asos solinish tarixini o‘qishning ilojsizligi yoki yangi molekulyar biologiya zarurati.

Men faqat o‘zimni tashvishlantirayotgan ikkita soha bilangina cheklanaman: birinchidan, ilohiyotning jinslardan tarkib topishi; ikkinchidan, jinsga oid ijtimoiy tafovutning qonunlarda emas, balki insoniy munosabatlarning ko‘plab nozik qutblashuvida yaqqol namoyon bo‘lishi. Ma'rifat davri tushunchasiga ko‘ra, musulmonlar shu orqali Vujudni his etishga harakat qilgan. Tajriba sifatida o‘tkazilayotgan ushbu munozarada mening sheriklarim zamonaviy frantsuz feminist faylasufi Lyusi Irigaray va 13-asrda yashab o‘tgan  ispan so‘fiysi Ibn Arabiy bo‘ladi. Men ularni mavhum bilishning jinsga oid dialektikasiga yechim topib beruvchi bir pulga qimmat himoyachilar sifatida tanlaganim yo‘q. Musulmon tafakkurida kimdir Boshqaning qat'iy va egamen o‘ziga xosligini tasdiqlash orqali Ma'rifat davri excendence[109]ini afzal bilishi mumkin.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:41:17
Muhtaram o‘quvchim, menga avvalo Irigaray qarshi chiqayotgan ushbu holatni qanday tushunishimni bayon etish orqali ishga kirishishga ijozat bergaysiz. Madaniy o‘ziga xoslikning g‘arbcha konstruktsiyalari Martin Haydeggerning ontologiyasiga mos keladi va ularga aynan o‘sha ontologiya muayyan shakl bergan. Aksariyat hollarda qayd etilayotganiday, Haydegger o‘zining "insonga oldindan hech qanday mohiyat berilmaydi" degan qat'iyati bilan (Yevropa) qit'a(si) falsafasidagi postmodern harakatga asos soldi. G'arbning falsafiy va ilohiyotshunoslik tafakkuri ob'ektlarga xos bo‘lgan «mavjudlik mulk yoki mohiyatdir" degan g‘oyadan xalos etilishi lozim. O'zimiz farqlaydigan va tasnif etadigan hodisalarni tushunish orqali ma'lum bir mulk deb hisoblaydigan mavjudlik biz unga yuklaydigan ma'nodan bo‘lak tarzda yashay olmaydi. Aslida bizning mavjudlik haqidagi insoniy tushunchamiz - amalda tushunchalar uni yaratadi - ularning  madaniy jihatdan tuzilishiga mos emas; moslik bizni shakllantirgan narsa va tajribamiz hamda faoliyatimiz uchun javobgarligimizni aniqlagan va ular bilan murosaga kelgan taqdirimizdagina qaror topishi mumkin.

Bu holning feminizm uchun hozirlab berayotgan makoni haqida ko‘p gapirildi; ayni holatda moslik mavjudlik haqida madaniyat shakllantirgan tushunchalarni inkor etishdan emas, aksincha, ularni tan olishdan paydo bo‘ladi. O'z feminizmi uchun falsafiy asos yaratgan oz sonli musulmonlardan biri bo‘lgan  Muhammad Arkun ushbu istiqbolli tushunchani Derrida orqali olar ekan, platonik va somiy ontologiya va jinsning mohiyati bor, deb hisoblovchi suhbatlarni haqiqiy deb bilishni inkor etish bilan  bir qatorda merosni tan oladigan old-ontologiya avra-astarini chiqarib tashlagan moslik xaritasini chizadi. Arkun islom tafakkurining yunonlarga xos komponentlari - juzlariga,  ya'nikim faqat uning gumanistik jihatlariga qiziqadi. Uni Miskavayh singari mutafakkirlar asarlarida zuhur bo‘lgan deb hisoblaydi. Boshqacha aytganda, Arkun Haydeggerning, teizmlar[110] o‘zining yunon va somiy modalligi[111] bilan «ishonchsizlik uyqusi"ga sabab bo‘ldi, undan faqat madaniy determinizm[112]ni tan olishgina uyg‘otishi mumkin, degan fikriga qo‘shiladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:41:36
Bunday fikrlashning amaliy jihatdan, albatta, ko‘p taraflama noqulayliklari bor. Eng achinarli jihati shundaki, garchi feminizm va boshqa farqli loyihalarga o‘zini tenghuquqlilik xususidagi oddiy suhbatlardan avloroqman, deyishga imkon bersa-da, umuman madaniy bo‘lmagan mafkuralarga ham yo‘l ochadi. Albatta, Haydegger natsistlar partiyasining haqiqiy a'zosi edi. U xristianlik va yunon ontologiyasi af'yuni bilan zaharlangan xalqning dastlabki faolligini tilni lotinchadan kelib chiqqan atamalardan tozalash hamda milliy ruhni gotik illyuziya o‘rnini egallab borayotgan geometrik soflik vositasida ko‘tarish orqali qayta uyg‘otishga umid qilar edi. Haydegger buning uchun nemis folklor dunyosini va jamoa taqdirini ko‘z-ko‘z qilish muhim ahamiyatga ega deb bilar edi.

Ushbu loyihaga eng yaqin o‘xshashlikni Otaturk amalga oshirgan loyihada ko‘rish mumkin. Turk mustabidi ma'lum ma'noda Haydegger nazarda tutgan hukmdorlarning dastlabkisidir: u lug‘atlarni etnik jihatdan qayta tozalash, yalpi dunyoviylashtirish va yangi shaharlashtirish usuli orqali turkiy dasein[113] renessansini amalga oshirishga uringan edi. Mustabidning Anqaradagi maqbarasi buning yorqin namunasidir. Turkiyani, shuningdek, so‘nggi haydeggercha davlat sifatida baholash ham mumkin: 2000 yilda mo‘‘tadil islomchi rahbar Erbakan ishonchlilik doktrinasi nomi bilan hukm qilingan edi, bu doktrinadan hech qaerda, hatto Yevropada ham foydalanilmagan, eng kulgili jihati, turk modernizmi undan ulgi olish yo‘llarini axtargan. Boz ustiga, qarib qolgan Haydegger natsizm halokatga uchragach, o‘zi Gelassenheit - "o‘z holiga qo‘yish" deb atagan tushuncha foydasiga "qat'iy harakat tushunchasidan voz kechdi". Umuman olganda, "o‘z holiga qo‘yish" kamolchilarniki singari loyihalarga xayrixohlik bilan qaramaydi. "O'z holiga qo‘yish" usmonlilar tabiatiga xos jaranglaydi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:41:46
Turkiya bir vaqtning o‘zida yangilanishdan tashvishda bo‘lgan intellektual muhitga ega yagona davlat emas, u so‘nggi modernizmni qabul qilishga ro‘yxush berayotgani yo‘q. Baasizm loyihasi hanuzgacha Suriya va Iroqda nomigagina amal qilmoqda. So‘nggi 50 yil davomida  arablarning birgalikdagi urinishi bir necha marta barbod bo‘lishiga qaramasdan, Fuad Ajamiyga o‘xshash kishilar tavsiya etayotgan hur arab millatchiligi g‘oyasi dolzarbligicha qolmoqda. Ammo dunyoviy millatchilar taklif etayotgan muqobil haqiqatlar intellektual jihatdan eskirib qolgani barobarida  omma ko‘z o‘ngida o‘z jozibasini yo‘qotayotgani ayon bo‘lmoqda. Yangi haqiqat esa, arab dunyosidagi ibn Taymiyani qo‘llab-quvvatlovchilar xush ko‘radigan ideallashtirilgan yalpi o‘qishda yoki  turk din huquqidagi o‘tmishni qo‘msovchi usmonliparastlik shaklida bo‘lishidan qat'i nazar, islomiyatdadir.

Payg‘ambarlik nomaqbul ish, biroq  G'arb mutafakkirlari dastlabki paytda Haydegger dunyoviy jahonga o‘z-o‘zini tanib olish uchun qat'iy va qanoatlanarli tuzilma taklif eta olmaganidan so‘ng islomiyat o‘zining behisob jilvalari bilan jozibasini oshirib boraverishini tan olishi aqldan bo‘lur edi. Gelassenheit islom dunyosida axloqiy tanazzulni keltirib chiqardi: voiz minbardan turib dod-voy qilganiday, pornografiya va betartiblik urchib ketmagan bo‘lsa-da, siyosat va tijoratda hamma tan olgan dunyoviy axloqning yo‘qligi ancha tashvishlidir. Feministik islohotlar asosiy maqsadi kosmopolit G'arb ma'qullaydigan milliy obro‘ yaratish bo‘lgan siyosiy kiborlarning oddiy uslubi yoki ruhiy holatidir. Odatda bunday kiborlar orasida jiddiy axloq in'ikosi ko‘zga tashlanmaydi. Ko‘plab islomchilar milliy kiborlarni istehzo bilan tilga oladi, ular ko‘zdan panada siyosiy korruptsiya botqog‘iga botib ketgan, biroq bo‘yin egishni istamaydigan aholiga feminizmni kun tartibidagi masala sifatida tiqishtirish payida bo‘lishdi. Marokkolik din faoli Nadiya Yasin yarim million marokkolik ishtirok etgan yangi qonunlarga qarshi namoyishda - uni  Dunyo banki qo‘llab-quvvatlagan edi - jinsga  oid shariat qonunchiligini bekor qilishni taklif etgan edi. Davlat homiyligida o‘tgan feminizmni yoqlovchi  namoyishda esa undan 10 barobar kam odam ishtirok etdi. Yana bir gap: musulmon ommasi tajribasi feminizm deganda liberal tuzimlarni tushunmaydi, uni ko‘pincha Marokko qiroli saroyi, kamolchi Turkiya, Rizo shoh Eroni singari avtokratiyalar himoya qiladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:42:29
Gelassenheitning oqibati asllikni saqlab   qolish uchun unga muayyan tuzatishlar kiritishni talab etadi va musulmon madaniyatlarining tag‘rib orqali assimilyatsiya bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi. Tag‘rib islomchilar ayni vaqtning o‘zida ham g‘arblashtirish, ham begonalashuv ma'nosida qo‘llaydigan atamadir. Musulmon dunyosi ushbu atamaga Boshqa bergan ta'rifni qabul qilishdan hayratlanmasligi kerak. Bu kerak bo‘lmagan cheklangan pozitsiya - turimdir: liberalizmning yetakchi   nazariyotchisi Rauls madaniyatni o‘zlikning ko‘rinishi sifatida  saqlab qolish huquqi yashab qolishi kerak, deb hisoblaydi. Vill Kimlikka «feministlar «tafovut»ga qarshi o‘ng qanot javob yurishining bir qismi bo‘layotgani»[114] xavfini  qayd etganiday, bu hatto avtoritarizmga qarshi bo‘lgan bir qarash hamdir. Frantsiyadagi feministlar doimiy ravishda muhojir guruhlarga madaniy muxtoriyat berishga oid qarama-qarshi tadbirlarda Milliy front bilan yelkadosh bo‘lib kelmoqda.

Haydegger ontologiyasi yoki postontologiyasining keskin aporetik sifati ba'zi bir talqinchilar orqali Irigarayga ham yetib boradi. E'tiborga molik shunday talqinchilardan biri Emmanuel Levinasdir. Levinas, Talmudga yozgan izohlaridan ma'lum bo‘lishicha,  yahudiylik nuqtai nazaridan, o‘z falsafasining hayotiy tajriba uchun kerakli ekanidan mutaassir bo‘ladi. Biroq u Haydeggerga qarshi chiqadi. Aynan shu yerda uning Irigarayga ta'siri yaqqol ko‘zga tashlanadi. U nemis mutafakkiriga G'arb tafakkurining «O'zning Boshqaga nisbatan ustunligi»[115] xususidagi ulkan imperial xatosini takrorlagani uchun qarshi chiqqan edi. Levinas nazdida, bizning o‘z tajribamiz bir vaqtning o‘zida ham Boshqani bilishimizni taqozo etadi, ham Boshqaning butunlay noma'lumligini  nazarda tutadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:42:45
Binobarin, ilohiy Boshqadan axloq izlash befoyda va Prometeyga xos G'arb agressiyasi xudoni O'zning talablariga qo‘shib yuborishni niyat qilib qo‘ydi. Shuning uchun ham Levinas va unga ergashgan Irigaray an'anaviy tushuniladigan axloqqa qiziqish bildirmaydi. Ko‘pincha ular «axloq» deb emas, axloqiy deb gapiradi.

Endilikda bularning barchasi ash'ariy aks-sado berdi. O'zining boshqaligi tufayli ma'lum bo‘lgan Boshqa tushunchasi asosida, ya'ni xudoni shaxslantirish mumkin emas. Shuning uchun  tabiat qonunlari istiqbolli emas.

Shu yerda usulni yoqlab chiqqan musulmon yurisprudentsiyasidagi katta ta'sir kuchiga ega bo‘lgan Juvayniy, G'azzoliy, Sheroziy singari allomalarni birlashtirgan  ash'ariy pozitsiya - turim mavjud axloqiy nomaqbullik bilan bog‘liq mushkulotlarni   ilohiyotga murojaat qilish orqali hal etadi. Texnik nuqtai nazardan, sabab bilan iloh o‘rtasida hech qanday yuristik[116] tafovut yo‘q: Allohning farmoni shariatning aksiologiyasi[117]ni belgilab beradi. Qur'onda: «Ul zotdan nima ish qilayotgani so‘ralmaydi», deyiladi.  Buning ma'nosi shuki, qadriyatlar boshdan-oyoq Ul zotning egamen farmonidan kelib chiqadi. Bu qarashni Huraniy «teistik sub'ktivizm» deb atagan edi. Ushbu ash'ariy  perspektiva nuqtai nazaridan, merosni jinsga qarab belgilashga oid qonunlardan shikoyat qilish, noshukrlik, chunonchi,  yaxshilik va yomonlik tabiatini mensimaslik xususida jar solishdir.   Bu o‘rinda aksiologiya insonga tegishli emas: Alloh qadriyatlarni belgilovchi yagona Zotdir, bizning bunday qonunlar hayotiy ekanini tan ola bilmasligimiz, qadriyatlar ilohiy asosdan mustaqil holda ham mavjud bo‘lishi mumkin, degan bema'ni da'volarimiz oqibatidir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:42:56
Binobarin, ash'ariylik ilohiy irodaning erkinligi va, balki, mavhumligi masalasiga ham yechim topib beradi:  o‘ziga xos radikal ortodoksallik mana shu turimda turish, protestantizm uchun Bart chizib bergan chiziqdan chiqmay, oddiy fideizmga[118] asoslangan shariat qadriyatlarini himoya qilish, yoki Jon Milbank va uning shogirdlari e'lon qilgan sof o‘zlikni haqiqiy deb biluvchi epistemologiya kabilar. Din shu tariqa dabdabali va monadik[119] izolyatsiyaga tushib qoladi. Biroq bir qarashda ash'ariy deontologiya[120]  ko‘plab uyg‘onish doiralarida ustuvor ko‘zqarash - vahhobiylik  bilan bir qatorda postmodern tanglikning yechimi bo‘lib ko‘rinishi mumkin. U oqibatda  har qanday tabiiy qonun istiqbollariga qarshi turadi hamda o‘zgarayotgan masala yoki urfga asoslangan taftish qilish loyihasini keskin ravishda chippakka chiqaradi. Bunday hukmron axloq ilohiyotshunoslik nuqtai nazaridan nafis bo‘lib tuyuladi, ammo axloqiy mazmundagi jins masalalariga bag‘ishlangan har qanday muhokamani yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Biz, qattiqqo‘l ash'ariylik har taraflama maqbul ilohiy ismlarni insonlar darajasiga tushira oladi, deb aytishimiz mumkin. Real - nominal xudo nomaqbul va noma'lumdir;  ammo 99 ismi bor va ilohiy o‘zgalik sir-sinoatlaridan xabar berishni va'da qiluvchi fenomenal - g‘ayrishuuriy xudo odildir; ammo uning odilligi bani odamning odilligidan farqlidir; xudo rahmdildir, lekin O'z qonuni maqsadlarini bilish kalitini bermay rahmdillik qiladi. Ilohiy qonunlarning erkinligi musulmonlarga xudoga hech bir mubolag‘asiz ibodat qilish imkonini beradi, ularning axloqiylik borasidagi sobitligi  Ul zotgagina ma'lumdir, ammo inson boshidan kechirgan uqubatlar oqibatida paydo bo‘lgan muammolardan kelib chiqib, parokanda bo‘layotgan ko‘rinadi. Levinasning Holokost[121]dan so‘nggi faylasuf sifatida ushbu tushunchadan yiroq emasligi ravshan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:44:03
Alastair Makintayr axloqqa oid hukmron nazariyalarning paradoksini qisman ularning kalvinizmdagi bayonidan kelib chiqib kashf etgan edi; uning tanqidi ash'ariylikka ham tegishlidir. Yana ash'ariylik moturidiylik bilan ham tinch-totuv yashab kelmoqda. Moturidiylik sababning  kuchi va biror narsani ko‘rsatib, isbotlab berish xususidagi ilk iroqiy tushunchalarga asoslangan an'anadir. Moturidiy nuqtai nazari islom feminizmi uchun yaxshiroq asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Sababi, u shar'iy tengsizlik xususidagi mojaroni yovuzlik mavjudligi tufayli ilohiy ehtiyotkorlikni himoya qilish zarurati deb emas, aksincha, nazariy yechim talabi deb qaraydi. Ilohiy qonunning axloqiy jihatdan tushunarliligi uchun joy talab etiladi,  shariat me'yorlari Alloh mavjudligi va komilligining yozma dalilidir, bunday joy, avvalo, ilohiyotshunoslik bo‘lishi kerak. Men aynan shu nuqtada bu tushunchani Lyusi Irigiraydan qarzga olmoqchiman.

Irigaray Haydegger ontologiyasini uzundan-uzoq tanqidiy tahlil qilar ekan, nemis mutafakkirining «havoni unutish» odati uchun ayblaydi: Irigarayning kitobi «Havoni unutish» deb nomlanadi. U «ishonchsizlik  uyqusi»dan uyg‘onish sharti sifatida «mavjudlikni unutish»ni taklif etadi. Feminist bo‘lgan Irigaray nazdida bu hol unsurlarga erkak jinsi egalik qilishini  buzib yubordi. Xususan, Haydegger, garchi Suqrotdan oldingi ta'limot, ya'nikim metafizik intuitsiyani qayta tiklashni talab qilsa-da, yerga oyoq tirab turishdan hech qayga qocha olmaydi, deydi Irigaray; yer qattiq jism sifatida muzakkarga mansubdir, u to‘g‘ri chiziqlilik  va nazorat xossasiga ega. Uning taklif etishicha, haqiqiy maqbullik tozalovchi yoki ochuvchi  sifatida mavjuddir, u havoni esga oladi, havoki - «musaffo, nurli va shaffof», havoki, (vujudni) «qurshab oladi». Shunday qilib, to‘rt unsurning qayta tiklanishi mavjudot muammosini tushunish imkonini beradi, bu esa insonlarga xos jins tushunchasiga to‘g‘ri keladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:46:29
Irigaray Haydeggerdan so‘ng mavjudot muammolari majmuini insonlarning qarindoshligidan, binobarin, jinsdan ayri holda olib qarash mumkin emas, deb hisoblaydi. U: "Hozircha bir kishi bilan boshqasi, erkak kishi bilan ayol kishi o‘rtasida (bir jinsdan ikkinchi jinsga) o‘tishga yo‘l yo‘q. Inson o‘zining unutishi oqibatida bo‘lganiday, halqa bir-biriga tutashib, yopilib qolgani tufayli kutishga majbur bo‘ladi. Mutafakkir o‘sha yerda bemalol jon saqlashi mumkin"[122]. Erkak kishi hukmron bo‘lgani uchun ham ko‘prikning egasidir; biroq u o‘ziga ayol kishi zuryod sifatida hadya etgan ilohiy tuhfani esidan chiqarib qo‘yadi, u bu ilk tuhfa va qarzni ikki dunyoda ham uza olmaydi.

Irigaray uchun jinslar o‘rtasidagi munosabatlar me'yorining buzilishi hozirgi zamonning asosiy falsafiy muammosidir. Garchi uning o‘zi,  taqdirning haziliga ko‘ra, Lakan[123]ning mashhur shogirdi bo‘lsa-da,  teistik  qarashlarga moyildir. U o‘zi yahudiy-xristian soteriologiyasi[124] deb atagan fallogotsentrizm[125]ni rad qiladi. Uning kuzatishicha, "G'arbda hamisha xudoning jinsi har bir narsa va diskursning himoyachisi bo‘lgan erkak va otadir"[126]. Bunday xudo jinslar o‘rtasida ko‘prik bo‘la olmaydi, u bir tomonga ikkinchi bir tomon nomidan gapirishi mumkin, shu tariqa erkaklar hukmronligini yoqlaydi. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:51:32
Xudoning ilohiy otaligi xususidagi fikrlarni tuturuqsiz va mutlaqo adolatsiz deb rad etgan ilohiyotshunoslar ham teizmlar taqvodorlardan ayol hukmronligi haqidagi dalillarni yashirib, ayollar ustidan hukm yurgizib kelganiga amin bo‘ldi. Shu o‘rinda ayollarning dindagi o‘rni haqida ingliz tilidagi qilingan  barcha tadqiqotlarni o‘z toshi bilan bosib ketgan «Ota xudoning ortida» kitobi muallifi Meri Deli juda yaxshi taassurot qoldiradi. Bir vaqtlar mo‘‘tadil katolik ilohiyotshunosi bo‘lgan Deli o‘zini jodugar deb ataydi. U hatto an'anaviy tilning tashbehlar qo‘llash borasidagi imkoniyatlarini ham inkor etadi. Uning nazdida, xudoni ota deb atash, otani xudo deb atash bilan barobardir.  Shu tariqa muqaddas uchlik «erkaklarning abadiy gomoseksual ishrati» ekani ma'lum bo‘ladi: ehtimol, u lotincha muzakkar, ya'ni mujskoy roddagi kalima - spiritus[127] bilan ish ko‘rayotgandir.   Aslida, xudo dunyoning yaratuvchisi sifatida ayol bo‘lib chiqadi. Jannatning ko‘zgusi bo‘lgan dunyoning o‘zi esa "meva beradi", binobarin, u ayoldir. Erkak ibtido sifatida begona kuch, buzg‘unchilik, tajovuz va gunohning bir bo‘lagidir. Deli, xudo - ayol, "shoxli" shayton esa erkak, degan dualistik tushunchaga yaqinlashib kelayotgan ko‘rinadi.

Xuddi Deli singari Irigaray ham ilohiyotshunosning har bir hisob-kitobini androtsentrik (erkaklar hukmronligiga asoslangan) yoki «fallogotsentrik», deb  hisoblamaydi. Hatto pravoslav xristianligi  ham ilohiy zotlarning ramziy jinsi masalasida asosan aporetik, ya'ni mantiqqa bo‘yni yor bermaydigan ziddiyatli yo‘ldan boradi. El-Grekoning o‘zi tug‘ilib o‘sgan Krit orolida chizgan ilohiy suratlaridan tortib, uning Venetsiyada Tintoretto qo‘l ostida o‘qishi orqali Aksilreformatsiya[128] barq urgan Toledogacha bo‘lgan vaqtda chizgan suratlari muayyanlashuv jarayonining o‘sib borganini ko‘rsatadi. Bu jarayonda manzara, ifoda va shaklning aniqligi yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi. Uning keyingi paytlarda chizgan "katolik" suratlarida Iso ilohiy zotdan ko‘ra ko‘proq odam sifatida tasvirlanadi; shuning natijasi o‘laroq, u  insonlashib, erkaklashib boradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:53:04
Shu nuqtai nazardan, boshqa qarashlardan farqli o‘laroq, islom Hojar[129] ahdidagi singari, G'arb an'anasining bir qismini tashkil etmaydi: u Sharqqa yo‘naltirilgandir.

Kalom ilohiyotshunosligi bizni xudoning tug‘masligiga talab yo‘qligiga ro‘baro‘ qiladi. Ilohni (inson) vujud(i)da  qayta jonlanadi, deb hisoblovchi ilohiyotshunoslik ham uni jinsga nisbat beradi va muqarrar ravishda boshqa bir jinsni nazarda tutadi. Uni kitobga joylaydigan ilohiyotshunoslik esa jins haqida hech qanday mulohaza yuritmaydi; kitoblar lavhlar va idishlar singari, biror jinsga mansub emas. Iloh ilohligicha qolaveradi, u,  garchi Yer yuzidagi balo-qazolardan omon saqlovchi deb hisoblansa ham,  yakkayu yagona jinssiz vujuddir. Darhaqiqat, ushbu feministlarcha qarashni dalillarning an'anaviy aslahaxonasiga inson qo‘li bilan yaratilmagan Qur'onning chinakam ilhomi sifatida qo‘shib qo‘yish mumkin. Fazlur Rahmon va Farid Esakk singari modernistlar  taklif etayotganiday, Rasululloh matnda qancha ko‘p tilga olingan bo‘lsa, ayollar shu darajada begona O'zgalar sifatida qayta tasnif qilinadi.

Taqvodorlar uchun ushbu ta'limot manbasi muammoli emas. Dunyoviy tarixchilar unga boshqacha ko‘z bilan, ya'ni ular bu holga oldingi islom ahdda qayd etilmaganining tasdig‘i sifatida qarashadi. Ilohga nisbatan  andromorfik[130] qarashlar iudaizm uchun  zarur edi. Chunki iloh, jamoa nuqtai nazaridan, qo‘shni ilohaning muqobili deb hisoblanadi, shuning uchun ham Isroil "xudoning ma'shuqasi" qilib tasvirlanadi. Ayni hol xristian cherkovida ham uning a'yonlari so‘nggi antik davr ilohalariga sig‘inishga, shuning barobarida jannatdan quvilishda aybdor sanalgan "ayol"ga  qarshi urush e'lon qilgan paytlar "Yangi Isroil", "Isoning ma'shuqasi" tarzida davom ettirildi. Biroq islomning taqvodorlar jamoasi, garchi ummat istilohi muannasga tegishli ekani ajablanarli bo‘lsa-da, hech qachon o‘zini ayol zotiga mansub deb bilmagan. Xaloskorlik tarixini islomcha tushunish Allohni erkak deb bilishni taqozo etmagan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:55:58
Islom ahdlar, avvalo, Buyuk Ahd, barcha jonlar dunyoga kelishidan oldin Allohga sodiq ekaniga qasamyod qilgani tavsif etilgan Qur'onning ibtidosi xususida shunday fikr yuritadi. Shuning uchun ham uning ahdi biror jinsga daxlsiz sifatida o‘qiladi. Ayni shunisi bilan u Ibrohim alayhissalom singari insonlar o‘rnatgan ahdga oid munoasabatlarga zid keladi. Ibrohimning o‘zi Muhammadning prototipi sifatidagi paradigma[131] o‘laroq, barcha musulmonlar mansub bo‘lgan ahdning asoschisi debgina eslanmaydi: uning ahdi bo‘lgan o‘g‘il bolalarni xatna qildirish odati bilan birga qiz bolalarni ham xatna qildirish odati paydo bo‘ldiki, ayni holni Ibrohim (a.s.)ga xos belgilarning ikkala jinsga nisbatan ham joriy etilishiga sabab bo‘ldi, deyish mumkin. 9-asrda yashab o‘tgan  iroqlik ilohiyotshunos al-Jahizga ko‘ra, Hojar ham, Ibrohim ham xatna qilingan ekan[132]. Shu tariqa, ayollarning xatna qilinishini  dinning qat'iy feministik harakatlaridan biri deb baholash mumkin[133].

Ahd tushunchalaridan Qur'on ilohiyotshunosligiga yuz buradigan bo‘lsak, iloh timsoli apofatik[134] nuqtai nazardan tashbehdan xoli ekanini ko‘ramiz. Xudo Allohning o‘zidir. U hech qachon Ota bo‘lmaydi. Iloh muzakkar otdir: Alloh (huwa); sarfu nahv nuktadonlari va egzegetlar[135]ning xulosasiga ko‘ra, u hatto majoz ham emas: arab tilida o‘rta yoki betaraf jins (rod)ning o‘zi yo‘q, shuning uchun bu o‘rinda muzakkardan foydalanish arab tilidagi jinssiz otlar uchun oddiy holdir. Sarfu nahv qoidasiga ko‘ra, ayollar muannasning o‘rta yoki betaraf otlarning ko‘pligida ifodalangani singari, bu o‘rinda erkaklarning ustunligi nazarda tutilmaydi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 16 Noyabr 2007, 08:58:05
Iordaniyalik zamonaviy ilohiyotshunos Hasan as-Saqqaf shuni alohida qayd etadiki, musulmon ilohiyotshunosligi asrlar o‘tishi bilan o‘zgarishsiz qoldi: real holatda ham, tashbeh nuqtai nazaridan ham Allohning jinsi yo‘q. Qur'on ko‘pchilik hollarda Tavrotning  dalillarini davom ettiradi, biroq ayni o‘rinda keskin uzilish ro‘y beradi. Xudoning in'ikosi yangi va ikki qutbli miqyos, ya'ni 99 ismga  ko‘chadi. 

Jins xususida mushohada yuritgan musulmon ayollar Allohning jinssiz ekanini yaxshi tushunib olgan ko‘rinadi. Masalan, Sartaz Aziz shunday xotirlaydi:

Men o‘zimning xudo haqidagi qarashlarim islom ta'sirida shakllanganidan bag‘oyat minnatdorman, chunki aynan shu tufayli men   Oliy Kuch haqida mutlaqo jinssiz yoki irqsiz, shuning uchun ham patriarxal bo‘lmagan (vujud) deb o‘ylaydigan bo‘ldim... Biz butunlay biror jinsga mansublikdan yuqori, shu tariqa butunlay patriarxat vujudga keltirgan qadriyatlar tizimidan tashqarida  bo‘lgan ilohiyot g‘oyasi bilan (ishni) boshlayapmiz[136].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:30:06
Bu gaplarni zamonaviy katolik yozuvchisi Mora O'Neill iqtibos qilib keltiradi. U ayollar muammolari xususida dialog tarzida yozadi va mana bunday xulosaga keladi: «Musulmonlar muzakkar xudoni jinslarning o‘rnini belgilashda bilib ham, bilmay ham dastak qilmaydilar».

Bu hol, musulmon metafizikasida jins yo‘q ekan, degan ma'noni anglatmaydi. Kalom ilmi nuktadonlari yaxshi transtsendentalistlar[137] sifatida uni samolardan badarg‘a qilganlar. Biroq mistiklar tajriba bilan cheklanib qolgan kishilar sifatida uni har bir narsaga qo‘shib tadqiq qiladi. Shuni aytishimiz mumkinki, xristianlikda bu bog‘liqlik uchbir (trinity - triedinс‹y) ilohda ko‘rinsa, islomda bunday bog‘liqlik yo‘q. U faqat Allohning ismlarida takror va takror zuhur bo‘ladi. Kantning tafovutini qo‘llaydigan bo‘lsak, noumenal[138] xudo betarafdir, fenomenal xudo esa bir emas, mutlaqo teng qiymatli ikkita jinsga mansubdir. «Qahhor» va «Rahmon» ismlari koinotning androgen va estrogenlaridir[139].

So‘fiy metafiziklarining e'tiborini  buyuklik (jalol) va go‘zal (jamol) ismlari o‘rtasidagi azaliy tafovut tortib kelgan. Allohning buyuklikka xos ismlari qatoriga kuchli (al-Qaviy), jabr etuvchi (al-Jabbor), qozi (al-Hakam) kiradi hamda bu ismlar faqat va faqat muzakkarga xosdir. Go‘zallikka oid ismlarga esa rahmdil (ar-Rahmon), halim (al-Halim), sevuvchi (al-Vadud) va kabilar kiradi: ular muannasga xosdir. Muhim jihati shundaki, ularning hech birini ikkinchisidan ustun qo‘yib bo‘lmaydi, barchasi bab-barobar Allohning ismlaridir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:31:22
Endi Irigarayga qaytsak. U feministlarning yahudiy-xristian  teantropizmi[140]ga qarshi dalillarini ko‘tarib chiqdi va uni  birmuncha chuqurlashtirdi. Unga ko‘ra, Ota xudo erkak kishiga yashashga izn beradi, «chunki xudo unga o‘z jinsini aniqlashga ko‘maklashadi, unga cheksizlikda o‘zining cheklangani orqali yo‘l topish imkonini beradi». Shu tariqa «xudo erkak jinsidan yaratildi. U O'zining ichiga ham va O'zining o‘rtasiga ham bilinar-bilinmas chegara qo‘yadi: u ota, o‘g‘il, ruh. Erkak hech qachon o‘z taqdirini boshqa jins - ayol belgilashiga izn bermagan»[141].

Irigarayning xavotiri Rueter va boshqa xristian mutafakkirlarini tashvishga solayotgan hol - xudoning erkak jinsiga mansub deb qaralishi ro‘yi Zaminda bir jinsning ikkinchi jinsdan ustun deb qaralishiga sabab bo‘layotganida emas. Aksincha, u ko‘proq erkak ilohning ilohiylashtirish jarayonidagi   ahamiyati bilan qiziqadi. U bunday deb yozgan edi: "Ilohiyot erkin, muxtor va egamen bo‘lishi zarur. Hech bir inson shaxsiyati, hech bir insonlar jamiyati ilohning yordamisiz yaratilmagan"[142]. Va yana: "Bunday xudoni biz ayol sifatida tasavvur qilishimiz mumkinmi? Biz uni g‘ira-shira bo‘lsa-da, o‘z shaxsiyatimizning takomilga erishgan holati, deb qarashimiz mumkinmi?"[143], deya mulohaza yuritadi.

Endi dastlabki insonlarga qaytaylik. Ilohiyotda erkak jinsiga alohida o‘rin ajratilishi Havoning Odamdan ajratilishi xususidagi rivoyatga sabab bo‘ldi. Havo Odamga qanday bo‘lsa, Odam ham xudoga shundaydir: yaratilganini anglash va yaratganiga hissiy munosabatda bo‘lish. Binobarin, u bir bo‘lak sifatida o‘z vujudiga bog‘liq etib qo‘yilgan. Bunday past-balandlik islom tafakkuriga ham xosdir. Ibn Arabiy bunday tushuntiradi:
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:31:40
Xudo Havoni Odamning qisqa qovurg‘asidan yaratdi. Binobarin, uning darajasi erkaknikidan ko‘ra pastroq bo‘ldi. Xudo aytganiday: «Erkaklar ulardan ko‘ra bir daraja yuqoridir». Shuning uchun ayollar hech qachon erkaklarga yeta olmaydi. [...] Havo Odamning tanasidan ajratib olinganida xudo bo‘shliqni ayolga bo‘lgan ishtaha bilan to‘ldirdi, chunki mavjudlik bo‘shliqqa o‘rin qoldirmaydi. Ul zot bo‘shliqni "havo" bilan to‘ldirganida Odam xuddi o‘zi tomon egilganday, Havo tomon egildi, chunki u Odamning bir qismi edi. Havo ham u tomonga egildi, chunki Odam u yaratilgan vatan edi"[144].

Bu xristian rivoyatiday tuyuladi. Bundan tashqari, ibn Arabiy o‘zaro egilish nafaqat muqarrarlikni, qolaversa, jinsiyat muqaddasligini ham nazarda tutishidan tipologik[145] saboq ola biladi. Ammo Irigaray bu bilan kifoyalanib qolmaydi, u erkaklarni teomorfik[146] jihatdan sub'ektivlashtirish evaziga epistemologik nuqtai nazardan nasl qoldirajak butunlikka eltuvchi bunday o‘zaro insoniy yaqinlik xususida yanada ko‘proq bilishni istaydi. Ibn Arabiy asarini o‘qishni davom ettirar ekanmiz, ba'zi bir qiziq holatlarga ham duch kelamiz. Havo - (daraxtning) shox(i), Odam esa ildizdir. Shox ildizni, o‘z tuprog‘ini sog‘inadi, shu bilan birga, ildiz shox uchungina yashaydi. U yozganiday: "Bu shox uchun emasdi, shoxlarga oziq yetkazib beruvchi beqiyos kuch - ildizning minnati bo‘lmaydi»[147]. Inson qilgan gunoh komillikdan ayrilish deb baholanishi mumkin, bu gunohning sababi o‘zaro yaqinlikdadir va erkaklar ayol - O'zgani istaydi: aslida gunoh havoni unutishdir. Odamga o‘zligini va cheksizlikka munosabatini anglash uchun xudo barobarida Havo ham kerak. Payg‘ambarning ayollarni sevishi shundan, o‘z navbatida hajiograf[148]lari tadqiq etishni yaxshi ko‘rgan uning mo‘l jinsiy quvvati ana shundan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:32:04
Oddiy egzegetik xulosaning  ushbu noaniq o‘zgarishi yoki, hechqursa, to‘ntarilishi Ibn Arabiyning jinslarning ruhiy tengligi xususidagi yaqqol qat'iyati asosini tashkil etadi. Uning tizimida Irigaray ilohiylashtirish deb atagan oliy insoniy imkoniyatlardan ayol ham bahramand bo‘ladi. Uning hajiologiyasida ayol eng yuksak mavqe - qutb bo‘lishi mumkin. Ayol bo‘lmish Havo odamlarda bo‘lmagan fazilatlarga ham egadir. Qur'onda: "Erkaklar ulardan bir daraja yuqoridir", deyilgani Havoning Odamdan yaratilganiga ishoradir; lekin bu, Ibn Arabiy nazdida, Havoning Odamning yashashi uchun yaratilganini anglatadi. Ayni hol Qur'on kalimasi bo‘lmish mar'a bilan belgilab qo‘yilgan. U shunday deb yozadi:

Siz Allohning donishmandligini Ul zotning ismni erkakdan ko‘ra ayolga uzunroq berganida sezmadingizmi? Ul zot erkak kishini mar', ayol kishini esa mar'a deb ataydi. Ul zot erkakka berilgan mar' ismiga a [...] harfini qo‘shadi. Binobarin, ayolning darajasi bu o‘rinda erkaknikidan yuqoridir, erkakning darajasi oyatda: "Erkaklar ulardan bir daraja yuqoridir" deb ta'kidlanganiga qarama-qarshi o‘laroq, yuqori emasdir[149].

Ibn Arabiyning boshqa asarlarida ayollarning imtiyozi aniq ko‘rsatib berilmagan, masalan, bir joyda u Havo Odamning tanasida mavjud bo‘lgan ruh bilan o‘zining yaratilishini tezlashtirdi, deydi. U buni o‘zining rahmat teofaniyasi[150] maqomiga ko‘ra qildi. Ibn Arabiyga ko‘ra, rahmat atamasi koinot tizimining dinamik printsipidir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:32:17
Shuning uchun erkakning gunohi havoni unutishdir: nafosat ikki qarama-qarshi jinsga mansub ajdodning bir-biriga bo‘lgan mehridan kelib chiqadi. Bu in divinis[151], shuningdek, "o‘zini hamma bilishini istagan" xudo uchun ham aks-sado berdi.

Ilohiy ismlardan eng ko‘p qo‘llanadigani ar-Rahmon, ya'ni barchaga rahm qiluvchidir. Rasululloh bu ismga ayollar nechog‘liq tiniq aks-sado berganini ta'kidlar edi. Ul zotning o‘zi rahmatdan saboq berardi, bu so‘zning etimologiyasi rahim so‘ziga borib taqaladi, uning ma'nosi "bachadon"dir[152]. Shu tariqa vujudlar shakl oladigan koinot qolipi, aksariyat ibtidoiy tizimlarda bo‘lgani singari,  ayol ekani ayon, vaholanki, Alloh "an sich"[153] jins tasnifi yoki har qanday boshqa mulkdan baland turadi.

Buning yana bir tasdig‘i Makkani ishg‘ol qilish paytida jazirama quyosh ostida bir ayolning bolasini axtarib, u yoqdan-bu yoqqa yugurib yurgani tasvirlangan mashhur hadisda keltirilgan. U farzandini topadi va uni ko‘ksiga bosib: «Mening o‘g‘lim, mening qo‘lim!» deydi. Payg‘ambarning hamrohlari buni ko‘rib, yig‘lab yuboradi. Rasululloh ularning rahmi kelganini ko‘rib, xursand bo‘ladi va: "Sizlar bu ayolning bolasiga nega rahmi kelganini bilishni istaysizlarmi? Qiyomat kunida mening jonim qo‘lida bo‘lgan Alloh taolo o‘zining chin bandasiga  manavi ayol o‘z farzandiga ko‘rsatgan mehribonligidan ko‘ra ko‘proq mehribonlik ko‘rgizadi»[154].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:32:35
Va yana: «Ul zot samolar va Yerni yaratgan kuni yuzta rahmat yaratdi, ularning har biri Yer bilan osmon orasidagi fazochalik ulkandir. Ul zot bitta rahmatni yerga indirdi, ana shu rahmat bilan ona bolasini suydi»[155].

Fenomenal ilohiyotning «onalik» jihatini rahmatda deb bilishga moyil rivojlangan so‘fizm an'anasi xudoning yaratuvchilik jihatini «ayollik» va rahmdillikda ko‘radi. Yaratilgan tartib - mulk muzakkarga xos bo‘lganiga qaramasdan, itoatkor va hassosdir. Ibn Arabiy tizimida xilqat nafas ur-Rahmon, ya'ni barchaga hamdard bo‘lgan Zotning nafasidir. Shu yerda ilohiy qudratni ikkilamchi sabab-oqibat munosabatlarini rad etish orqali asrab qolish shart, deb biladigan ash'ariy okkazionalizm[156] mistik, muhtarama ayollarga xos qiyofa kasb eta boshladi, bu yerda tajalli dunyosi uning dunyoga keltirish vazifasidan paydo bo‘ladi. Qur'onda: "Biz har bir narsani jufti bilan yaratdik", deyiladi.

Rahmdil xudoning "ayollik" xususiyati aksariyat so‘fiy shoirlarni Ul zotga nisbatan Laylo - ilohiy mahbuba deb murojaat qilishga undagan, arabcha ism bo‘lmish Laylo «tun» ma'nosini anglatadi. Laylo yuzini yopgan, noma'lum xudo bo‘lib, u hayotni yaratadi, uning ishqi yuraklarga bir marta tushsa, sevuvchining ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘yadi. Ushbu an'ananing bir qismida shoirlar darveshning yuzdagi yopinchiqni ko‘tarib, o‘z mahbubasining og‘ushiga singib ketish uchun jazavaga tushganini tasvirlab berish maqsadida ochiqdan-ochiq erotik tildan foydalanadi. Yopinchiq aqldan ozish va gunohni anglatuvchi tashbehdir. Bu turkiy adabiyotda Oshiq Poshoning  lirik "G'aribnoma"sidan boshlanadi va Oq Shamsiddinning o‘g‘li Hamdiyning "Laylo va Majnun" dramasida o‘z takomiliga yetadi. "Layli va Majnun" dahosi Mir Alisher Navoiyning "Xamsa"sidagi durdonadir. Arab dunyosidagi ruh shoirlarining eng buyugi, "Sevguchilarning sultoni" deb nom olgan qohiralik Ibn al-Farid bunday kuylaydi:
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:33:07
Garchi sevgilim mendan gina qilsa-da, uni kuylamoq istayman, uning hikoyalari meni sharobday mast qiladi.
Mening jonim unga qurbondir, jonimni uni sevishga sarf etdim! Ajalimdan besh kun oldin ajalim keldi...[157]

 
Aksincha, kimdir bu o‘rinda xristianlarning nikoh to‘yi mistitsizmi[158] haqida o‘ylashi mumkin. Avilalik Avliyo Tereza[159] o‘zining Iso bilan ittifoqini bayon etish uchun hassos suratlardan foydalangan ko‘rinadi.  Biroq yana xudoning o‘g‘li bo‘lmish Iso erkak bo‘lib chiqyapti. Islom mistitsizmida esa hatto erkaklar  ham ko‘pincha ilohiy ma'shuqa sifatida tasvirlanadi: bu hol Irigarayning, agar ayol «ayol bo‘lishni istasa, agar u o‘zining ayollik shaxsiyatini takomillashtirishni istasa, u o‘z shaxsiyatini takomilga yetkazish uchun bir xudoga ehtiyoj sezadi», degan talabini qondirsa kerak[160].

Binobarin, kalom jinsni  tan olmaydi; ma'naviyat unga ko‘pincha tashbih sifatida qaraydi. Shu tariqa u iymon va ehsonning farqli jihatini ko‘rsatib beradi. Taxmin qilishimiz mumkinki, Irigarayning talablari mohiyatan musulmon metafizikasiga mos keladi. Endi biz al-Hibriyni tashvishga solgan sohaga qaytsak: an'anaviy islom uchligining uchinchi juz'ini Jabroil "Islom" hadisida bayon qiladi. Ushbu hadis dinning tashqi shakllarini ham qamrab oladi. Bu hol ham jins mavjudlikning asosiy sifati ekanini tan oladi va tasdiqlaydi hamda islom qonunining ko‘plab bandlarida va musulmonlarning hayotiy me'yorlarida o‘z ifodasini topadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:33:20
Buyuk Ahdni tuzatish orqali  islom joriy etgan hayot namunasi ibtidoiy va gunohlardan xoli ekani kunday ravshan, binobarin, u hayotsevar va insoniyatning gormonal, jinsiy va genetik o‘lchamlarini tasdiqlaydi. Ko‘rib o‘tganimizday, akvinalik Foma islomni "tabiat bog‘i" deb atashni xush ko‘rar edi. "Musulmonlar uchun tana, aql va ruh aynan o‘sha yaratilgan fenomenning ko‘rinishlaridir, ularning barchasi  o‘zaro munosabatlar tufayli vujudga keladi".

Postmodernizm va poststrukturalizm «tabiat» g‘oyasini muammo sifatida hal etishga moyildir. Hatto an'anaviy feministlar ham uni Freydning havas qilib bo‘lmaydigan biologizm[161]ini esga olgan holda, essentsial[162] deb hisoblaydi. Freyd biologizmining 1960-yillarda keng tarqalgan konstruktiv paradigma[163]lari obro‘si keyinchalik tushib ketgan edi. Ayol aqli «madaniy qayd»ning oddiy bir bo‘lagidir, shunday ekan, endilikda qalbaki ongdan voz kechish evristik[164] mashq hisoblanmaydi. Bu Mernissi va Laylo Ahmad singari musulmon feministlar ish ko‘radigan paradigmadir, bu paradigma shariatning jinsga oid tengsizligiga barham berish orqali asl holatni qayta tiklashga qaratilgan ularning loyihasini olg‘a siljitishga ko‘mak beradi. Oldin qayd etib o‘tganimday, men bu yondashuvni juda jo‘n deb bilaman. Bunday yondashuv teologik va kosmologik kontekstni pisand qilmasligi barobarida g‘arblik bo‘lmagan Boshqaning telos[165]ini noqonuniy qilib qo‘yadi. Xristian feminizmi bilan solishtirilganda, uning, maddohlarning o‘zlarini oqlash uchun qilgan  aksilharakatlariga o‘xshab - kimdir bu o‘rinda Zaynab al-G'azzoliy yoki  Bint ash-Shatiyni ko‘z oldiga keltirishi mumkin  - sayoz     ekani ayon bo‘lib qoladi; ushbu mavzuning oddiy amaliyot va o‘ziga xoslik masalasiga dovur soddalashtirilishi, albatta, chin ma'nodagi dunyoviylashtirish harakatidir, bu harakat xudoning xususiyatlarini pisand qilmaydi. Vaholanki, aynan shu sifatlar «shu yer - quyidagi" qadriyatlar va institut - qurimlarni shakllantirishi mumkin.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:33:33
Ta'kidlab o‘tganimday, ushbu musulmon mutafakkirlari birmuncha eski tuzilma doirasida ish ko‘radi. Ular, albatta, qanday qilib jinslarga bo‘linishdan xoli ilohiyotshunoslik va salohiyat jihatdan ayollarga yon bosuvchi mistitsizm shariatning jinslar tengsizligiga orqa manzara bo‘lib xizmat qilishiday g‘ayrimantiqiy tushuncha tahlilini barbod qildi. Ularning hech biri o‘zlaricha tushungan tenglik ma'nosi bilan bog‘liq jinsga oid yaqinda amalga oshirilgan tadqiqotlar xususida bong urmaydi. Masalan, tilga oid asosiy masalani olib ko‘raylik. Yaqin-yaqinlargacha feminizm tafakkuri Lakandan uning o‘zi "til sohasi, Ramziy tartibni muzakkarda bir chiziqqa safga tizish"[166] deb atagan narsa bilan bot-bot yerga urishda foydalanar edi. Shuning uchun (ayollarni) ozod etish  loyihasi tilni isloh qilishga, yoki,  Irigarayning, har bir til jinslardan tarkib topgan, degan qarashiga asosan, tilda muannas (jenskiy rod) uchun joy hozirlashi, unda esa bundan buyon muzakkar (mujskoy rod) tadqiqot mavzusi bo‘la olmasligiga sabab bo‘lishi kerak. Bunday bo‘lginchilik ba'zi bir islomiy kontekstlarda samarali bo‘lib ko‘rinadi. Bu kontekstlarda erkak va ayol tili nafaqat so‘zlarni talaffuz qilish, balki sintaksis va lug‘at bo‘yicha ham ko‘pincha bir-biridan keskin farq qiladi. Mening bilishimcha, ushbu lingvistik maydon ayollarga ijtimoiy dinning baham ko‘rilgan yoki androtsentrik diskursiga o‘zlarining xavotir va tajribalarini yozish imkonini berishi mumkinligi hali tadqiq qilinmagan; biroq, gumonimcha, natijalar Lakanni feministlarcha o‘rganish foydali ekanini tasdiqlaydi. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:33:47
Biz yaqindagi mustahkam konstruktiv andozaning inqirozi musulmon feminizmi uchun yangi makon ochib berishini taxmin qilishimiz mumkin, musulmon feminizmi Ahmad va boshqalarning raqobatli va dixotomik[167] strategiyasidan tashqarida mavjuddir.  Bu yo‘lni Zakiya Demir taklif qilgan edi. Shunisi aniqki, Freyd biologizmi yumshoq versiyasining Melani Kleynning shunga o‘xshash artikulyatsiyasi bilan birgalikdagi obro‘si kundan-kunga oshib bormoqda. Hatto bundan 20 yil burun Kleynning "jinslar o‘rtasidagi anatomik tafovut [...] psixik oqibatlarga sabab bo‘ladi", degan qarashi feministik nazariya uchun ham  kutilmagan hol edi. Biroq endi shu narsaga shohid bo‘lyapmizki, Sara Ruddikning aniqlashicha, erkak va ayollarning fikrlash tarzi bir-biridan keskin farq qilar ekan, ya'ni ayollarning "onalarcha fikrlashi" avvalo, tinch va nisbiydir[168]. Kerol Jilliganning qo‘shgan hissasi esa hamon salmoqlidir, uning 1982 yili chop etilgan "Boshqa bir ovozda" kitobida ayollarning ovozi "bo‘lakcha, ammo tenghuquqli ma'naviy robita"ni egallaydi. Jilliganga ko‘ra, ayollar axloqiy masalalarga "kontekstdan kelib chiqib yechim topadi": Ular adolat etikasidan ko‘ra g‘amxo‘rlik etikasiga moyildir... Buning sababi xudbinlik genining tadrijiy strategiyasida yoki ona va bolaning noyob munosabatlarida bo‘lishi mumkin. Jilliganning qarashi bahslidir, biroq u shu nuqtai nazardan bahslardan ustun turadiki, hozirgi kunda jinsga oid konstruktiv qarashlar ota va ona ismli ilohiyotni tushunishda musulmon jins diskursiga foydali zamin hozirlab berishi mumkin. Ilohiyotning ota va ona ismlari dunyoda o‘zaro muloqotga kirishadi, inson mohiyatida  turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi, ilohiyotning navbatma-navbat vujudga kelgan teofaniyasi sifatida izohlanadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:33:59
To‘g‘risini aytganda, shariatning jinsga oid ko‘plab individual ahkomlariga To‘rt Maktabda kerakli tarzda joriy etilgan ijtihod tuzatishlariga nisbatan feministlarning nuqtai nazari o‘zgarishi ahamiyatini baholab o‘tirishga mening vaqtim yo‘q.  Biroq men bu Zakiya Demir va Zahro Rahnoverd singari musulmon ayol yozuvchilari himoya qilayotgan jinslarni o‘zaro ajratish ozod qilish strategiyasi sifatida qayta baholashga sabab bo‘lishi mumkinligini  taxmin qilyapman, ozod qilish strategiyasi kamsituvchi bandlik hukmiga daxldor bo‘lmagan paytda ayollik mohiyati va nasl qoldirish birdamligini asrab qolishi mumkin. Meri Deli va boshqalar erkaklar bilan muloqot qilishni isyonkor tarzda rad etish va haqiqiy egachilikni joriy etish uchun qal'a sifatida "ayollar makoni"ni yaratishni yoqlab chiqqan edi.

Irigaray "Jinsiy tafovut etikasi" kitobida erkaklar yaratgan  texnologik ish joylarini qoralaydi. Uning fikricha, bunday ish joylari ma'lum bir darajada qardoshlik vujudga kelishiga sabab bo‘ladi, [va] jinsiy tafovutni yo‘qqa chiqaradi". Raqobat qilish uchun ayollar erkaklarning biror maqsadga erishishni ko‘zlovchi "tor qarash" usulini o‘zlashtirishi hamda shuning natijasi o‘larak, biotsid[169], chayqovchilik va ayollarga, endilikda esa jinsga qarshi bo‘lgan ijtimoiy olibsotarlik  makoni haqqi-hurmati o‘zlarining gormonlarga joylangan mohiyatidan voz kechishi lozim. Uning kuzatishicha, "yaqin vaqtlardagi jinsiy ozodlik jinsiyatning yangi bir etikasini yarata olmadi", Grir ham shikoyat qilganiday, dastlab ayollarning o‘zi bundan aziyat chekdi. Biroq uning yozishicha,  feministlarning isyon ko‘rinishidagi javobi "ko‘pincha boshpana va o‘zlariga hudud hozirlash imkoniyatini ham barbod qiladi. Biz qanday qilib ayollarga ayricha boshpana va hudud barpo etishimiz mumkin?" Bu savol islomga ham tegishlidir; biroq Grirning javobi odamning ensasini qotiradi va befoyda bo‘lishi ham mumkin. U ham Levinas[170] singari sevishda inqilobni, o‘zaro murosaga asoslangan "ijtimoiy va madaniy rang-baranglik»ni, imo-ishora va jinsiyatning yangi tilini, erkaklar ayollarning bo‘lakcha tabiatini qayta baholashi kerakligini talab etadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:34:12
Uning, jinslarning o‘zaro tafovutiga oid yangi molekulyar genetik tadqiqotlar tufayli bo‘lsa kerak, erkak mijozining o‘zgaruvchanligidan tushkunlikka tushishining kuchayib borishi haqidagi qarashlari zo‘rma-zo‘raki fikrlashga o‘xshab ko‘rinadi va u haqiqiy va o‘zaro ko‘ngil yaqinligi uchun kerak bo‘lgan kun tartibidagi masalalarning bittasidan ortig‘iga yaramaydi. Biroq biz uning tashxisida ancha istiqbolli yechimlar kalitini topishimiz mumkin. Buni uning o‘zi juda-juda istaydi. Uning qayd etishicha,  «bizning jamiyatlar erkaklar-o‘zlarining-orasida (l'entre-hommes) tushunchasiga asoslanadi. Ushbu tartibga ko‘ra, ayollar "tarqoq va quvg‘in atomlardir". Ammo u o‘z e'tiboridan soqit qilgan raqib madaniy iqtisodiyot ham bor.

An'anaga ko‘ra, islomning ijtimoiy makoni, avvalo, l'entre-hommes, ya'ni oq kiyimdagi erkaklar tomonidan qurilgan va sub'ektlashtirilgan - shaxslantirilgan. Qora kiygan ayollar esa garchi mavjud bo‘lsa-da, mavjud emaslik, ya'ni hurmatli mehmon maqomidadir. Ibtidoiy va muayyan ma'noda shariat qardoshligi namunalariga asoslangan islom jamiyatini ayollarni "tarqoq va quvg‘in atomlar" maqomiga tushirib qo‘ygan deb bo‘lmaydi. Entre-femmes (ayollar-o‘zlarining-orasida) degan qoidaga parallel makon, muqobil ma'no va mazmun saltanati mavjuddir, u yerda erkaklar mehmondirlar, u tashqi ko‘rinishidan entre-femmes  bilan mos tushadi, biroq aslida ayollar o‘rtasida do‘stona munosabatlar, ya'ni nos semblables[171]ni  hurmat qilishi uchun makon yaratadi. Bu modern va postmodern sharoitlarida o‘ta taqchildir. Va bu Irigaray taklif etayotgan ayollar gomoseksualizmi - lesbianizm akademiklari xomxayolidan ko‘ra insonlarcha samimiy   va nafisroqdir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:34:22
Irigaray ayni paytda ba'zi italyan feministlari orasida urf bo‘lgan yangi institut - qurim affidamento[172]ni tavsiya etadi. Bu atama faqat erkaklarniki bo‘lgan va keskin ijtimoiy makondan bemalol ayollar jamiyati ichiga chekinish yo‘llarini axtaradi. Muallif nazdida, bu «biz uchun ehtimol tutilgan va yashash uchun mos kelajakni asrayotgan boshqa bir madaniyat, ya'ni tarixiy yuzi hali bizga notanish bo‘lgan madaniyat ramzidir». Uning tasdiqlashicha, kurashlar va ayollar guruhlarining umumiy salbiy tajribasi shundan dalolat beradiki, affidamento hujayralari ayollarning erkaklardan ayricha ulkan va barqaror birdamligini yaratish uchun o‘zaro qo‘shilib ketish imkoniga ega emas. Ammo ba'zi bir mahalliy, norasmiy ayollar tashkiloti ularga o‘ziga xoslik andozalarini berishi mumkin, ularni esa qismlarga bo‘lib yuboruvchi modernizm inkor qiladi.

Islom entre-femmesini bir qancha antropologlar tadqiq qilgan. Chantal Lobato afg‘on qochqin ayollariga oid tadqiqotida ular hayotining samimiyligi va opalarcha boyligini maqtash orqali har joyda hoziru nozir bo‘lgan g‘arbcha dunyoqarashni tuzatishga harakat qiladi. Uning yozishicha, ayollarning bunday makonlari ma'lum ma'noda ularning o‘zlari barpo etgan tafakkur, an'ana va rivoyatlar tizimini qamrab oladi[173].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:34:32
Hatto erkaklar hukmronligi yuqori darajada ekani kunday ravshan bo‘lgan sharoitda bir vaqtning o‘zida ham patriarxat, ham matriarxat ko‘rinishida zuhur bo‘ladigan jamiyatni qaysi bir antropologiya islomiy deb atashi mumkin? Ijtimoiy makon, avvalo, erkaklarga tegishli, ular bu makonni xususiysidan ko‘ra yuqoriroq qo‘yishi mumkin; ammo xususiy makonni ayollar ustun deb biladi, ular ijtimoiy makonni axloqiy va ma'naviy jihatdan shubhali deb hisoblashi ham mumkin. Binobarin, musulmon  urf-odatlarining tavsifini bir so‘z bilan  erkin mashg‘ulot desa bo‘ladi. Erkaklar ko‘pincha ayollar xususida siyqa fikr yuritadi; ammo ayollar erkaklar va hatto ularning shodon loqaydligi bilan bog‘liq munosabatlariga ham parvo qilmaydi. Ular: «Erkaklarni kim ham bilishi mumkin?» deyishga haqli. Erkaklar nuqtai nazariga ko‘ra, ularning patriarxal erkinligi noto‘g‘ri emas. Ayollarga yetarli baho bermaydigan ushbu hadis asosida mulohazalarni tasdiqlash, shuningdek, ushbu manzarani tasdiqlagan holda  unga nisbiy deb qarash ham  mumkin. Ehtimol, aynan shu o‘rinda biz Jilligan loyihasining amalga oshayotganiga guvoh bo‘lib turgandirmiz, u muzakkar nazariyalari "haqiqati"ni boshqa "haqiqatlar" bilan qarama-qarshi qo‘yadi. Shunday qilib, Jilligan o‘z perspektivasi - ko‘rimi uchun da'vo qilayotgan haqiqat xuddi ustuvor tushuncha "haqiqati" o‘sha ko‘rimga daxldor bo‘lgani kabi, nazariy ko‘rimning qamrovidagi haqiqatdir"[174].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:34:42
Musulmon jamiyatlari hozirgi sharoitda makon va tafakkur nuqtai nazaridan turli qutblarga mansub bo‘lgan ushbu an'anani qanday yuzaga chiqarishi mumkin? Ochig‘ini aytganda, uning aksariyat musulmon jamoalaridagi hayotiy voqeligi kulgili ahvolda va bu hol erkaklarning mensimasligiga sabab bo‘lmoqda. Biroq Irigarayning bugungi umumiy maydon xususidagi g‘ayrishuuriy qarashi uning  yashirin imkoniyatlari haddan ziyod samarador ekanini namoyish etmoqda, deyishim mumkin. Agar  biz Lakanning fikrlash tarzida masjidni to‘g‘ri chiziq xossasi[175] deb bilsak: erkaklarning to‘g‘ri chiziqli barmog‘i  aql bovar qilmaydigan xudo - minoraning jamoatchilik og‘zidan qo‘ymaydigan, valilarning aylanalar - Lakanning ayollar deb biladigan noli - bilan ihota qilingan ibodatxona yoki uyda nishonlanayotgan mavlud marosimi - to‘g‘ri chiziqqa  yuzlanadi; ularning ichki olami mehrob (ayni paytda minoradan farqli o‘laroq, ibodatxonada yoki masjid) da zuhur bo‘ladi. U holda biz tenglikni qayta tiklashni masjidda bajariladigan diniy amallarni keskin isloh qilish orqali emas, aksincha, ayni paytda nafratlanish darajasiga tushib qolgan ibodat joyi: ibodatxonani qayta tiklash va obro‘sini ko‘tarish orqali amalga oshirishimiz mumkin. Yaqinda ijtimoiy fanlardan antropologiya (Klifford Girtz) va matn sharqshunosligi (Jon Renard) sohasida o‘tkazilgan tadqiqotlar so‘fiylikni somiy «transtsendentalizmi»ning zamonaviy vahhobiylik mutaassibligi bilan klassik sharqshunoslik qarashlarining kuchli ittifoqidan asrab qoldi va uning tarixiy markazlashuvi musulmon taqvodorligi asosida kechganini aniqladi. Ko‘plab feministik tahlillar - shular qatoriga Laylo Ahmadning tahlili ham kiradi - rasm-rusumlarga asoslangan din normativdir, degan tushunchadan kelib chiqadigan, masjidda diniy amallar bajariladigan payt orqada turadigan ayollar muqarrar hukmning qurbonlaridir, degan G'arb va xristian taxminlaridan olingan xulosa bilan bizning ko‘z qarashimizni noto‘g‘ri talqin qiladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:34:53
Tasavvur ekranini so‘fizm va unga hammaslak bo‘lgan mashhur diniy tariqatlarni kiritish uchun kengaytirsangiz bormi, islomning klassik ko‘rinishlari ming bir joziba bilan paydo bo‘la boshlaydi. Imomning klerikal va avtoritar maqomi va erkak zotining normativ fiqhdan kelib chiqadigan ijtimoiy qiyofasiga oid yevrotsentrik qarashlar o‘rta asrlarda yashagan musulmonlar aksariyat hollarda nazariy jihatdan, ko‘pincha amalda ayol kishi bo‘lmish so‘fiy shayxning ta'siri va yo‘lboshchiligida yashagani haqidagi dalillar bilan rad etilishi kerak.

Jinsni boshqacha tushunish borasidagi diniy qarashlarning tarmoqlanib ketishi jinsiyat mubohasasiga borib taqaladi. Inson otliq mavjudot birlikda yashaydi, mavjudotning ma'naviy mohiyati jinsga borib taqaladi va shu sababli har bir jins dahosini boshga ko‘tarish islomga xos xususiyatdir. Rasululoh (s.a.v.)ni bevosita xuddi shu nuqtai nazardangina tushunish mumkin: uning jasorati birligi va binobarin, qudsiyligi namoyishidir. Uning ayol zotini, zavjayi muhtaramalarini boshiga ko‘tarish odati Sulaymon va boshqa yahudiy donishmandlari, hatto Krishnaning jasoratini esga soladi. To‘laqonli hayot kechirish orqali ul zot Alloh taolo farz qilgan nasl qoldirish odatini qabul qildi va uni muqaddaslashtirdi. Qonunlar ijodkori bo‘lmish Rasulullohning yakka o‘zi uchun yaratgan xasois - xususiyatlar (ularni Suyutiy o‘zining "Al-xasois al-kubro» asarida bir-bir sanab o‘tadi) uning axloqiy printsiplarga rioya etishida qattiqqo‘lik bo‘lishini talab etar, ammo ummatlari bundan ozod qilingan edi. Tahajjud ibodati unga majburiy bo‘lsa, boshqalar uchun ixtiyoriy edi. Oddiy musulmonlardan ertalabdan kechgacha ro‘za tutish talab etilgan bir paytda uning 24 soat yoki undan ham ko‘proq vaqt ro‘za tutish (o‘tar ro‘za - savm ul-visol) ga haqqi bor edi. Uning xos xususiyatlari asosan o‘zini har narsadan tiyishday qattiqqo‘llikdan iborat edi, ularning orasida ekspansiv ko‘pxotinlilikni ham ko‘rishimiz mumkin. Ba'zi bir xotinlari (Savdo, Umm Habiba, Maymuna) ning yoshi ul zotnikidan kattaroq bo‘lgani hami rost; Rasulullohning ularga uylanishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahmdillik va siyosiy donishmandlik natijasi deb qarash kerak; biroq uning boshqa xotinlari ancha yosh edi. Rasuli akrom bunday ko‘pxotinliligi bilan tanaga qarshi xristiancha urushning tugaganiga ishora qilar va yahudiy payg‘ambarlari e'lon qilgan  jinsiyatning muqaddas qadriyatini tasdiqlashdan charchamas edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:35:04
Ul zotning jang maydonidagi jasoratini ham bu fazilatlaridan ajratib bo‘lmaydi. Payg‘ambarimizning ma'naviy kamtarligi uning qahramonligi bilan chambarchas bog‘lanib ketgan ediki, bu holning Yevropada misli yo‘q: oila qurmagan templar[176] ham, Kalatrava[177] ritsarlari ham bu borada u bilan tenglasha olmaydi. Ammo uning bu fazilati  Krishnaning muqaddas jangchiligi xususiyatlari yoki o‘rta asrlar Yaponiyasining bushido[178]si bilan hamohang keladi. Samuraylar etikasi meditativ sokinlik, harbiy ustunlik va ayol bilan o‘zaro  muhabbatni o‘zida mujassam etadi; erkaklikning ta'sirchan ifodasi bo‘lgan bu hol shaxsiy namuna hisoblansa-da, aksariyat yevropaliklarga  sunnatning juda uzoq va qo‘l yetmaydigan o‘lchovi bo‘lib ko‘rinadi.

Bu bizni boshqa bir masala sari yetaklaydi. Feministlarning ta'kidlashicha, dastlabki xristian nikohsizligi inson tanasini dahshatli qiynoqlarga duchor etganki, Tertullian[179] so‘zi bilan aytganda, ayollar «shaytonning darvozasi» bo‘lgan. Bu hol «Uylanish - mening sunnatim, kimki mening sunnatimni bajarmasa, u mening ummatim emas», degan hadis tufayli islom madaniyatida chuqur ildiz otmadi. Nikoh qadr-qimmatining ortishi ayollarning o‘rnini zimdan yuksaklarga ko‘tarishga olib keldiki, cherkov otalari bokira mukammallikni afzal bilish orqali uni hal etib bo‘lmaydigan muammolar sirasiga kiritib qo‘ydi. Yana shunisi ham  haqiqatki, nikohsizlikni himoya qilish ba'zi bir ikkinchi va uchinchi avlodga mansub musulmon tarkidunyochilari orasida ham urf bo‘la boshladi, ulardan biri Abu Sulaymon ad-Daraniy: «Kimki uylansa, dunyo darajasiga tushgan bo‘ladi", deyishgacha borib yetdi. Biroq bunga o‘xshash  hissiyotlarga eng dastlabki tarkidunyochilik muhitida yo‘l berilar edi. Top Andre to‘g‘ri ko‘rsatib berganiday, nikohsizlikning urf bo‘lishi xristian monastirlarining ta'siri edi, uni keyinchalik normativ so‘fizm oqimi oqizib ketdi. Islom taraqqiy etgan o‘rta asrlarda qudsiylik va nikohsizlik birligini tasavvur etib bo‘lmas, xudoga intilganlarning juda oz qismigina oila qurmas, Ibn Taymiya esa nodir istisnolardan biri edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:35:15
Qadriyatlar tadriji yana xristianlikning dastlabki paytidagi vaziyatga o‘xshab ketadi. Olimlarning kurashlarda necha marta burni qonagan dalili, ilk xristianlarning paydo bo‘lishi ayollarning maqomini yaxshiladimi yoki yerga urdimi, qabilida bahs yuritadi. Piter Braun va ko‘plab feministlar, yerga urdi, degan qarashga moyildir. Ven Vizeringtonning kuzatishicha, keyingi Injil materiallari (Luka, Acts) ayollarning qadr-qimmatini oshirish,  dastlabki xristianlar munosabatlarini shakllantirgan  ravvinlar (va, binobarin,  payg‘ambarlardan so‘nggi) me'yorlaridan qochishni himoya qilib chiqqan edi.  Ammo Iso vahiyga, xususan, uning rahmdillik tarzida talqin etishga sodiq yahudiy payg‘ambar edi, shundan kelib chiqqan holda Iso jamoasi hayotining dastlabki paytlarida ayollarni yoqlovchi imkoniyatlar mavjud bo‘lgan deb taxmin qilish mumkin. O'sha jamoa undan oldin mavjud bo‘lgan ellinlarning ayollarga nafrati ta'siri ostida parokanda bo‘lib ketdi. Pavel nomalarining ba'zi bir mualliflari ellinlarning ayollarga nafratini, Mishel Fuko «Jinsiyat tarixi»ning 2-jildida ko‘rsatib berganiday, sir-sinoatli dinlardan olgan.

Islomning ijtimoiy tarixida   ham shunga o‘xshash zanglash holati ro‘y berdi, deyish mumkin. Biroq, tanqidiy ko‘z bilan qaraganda, bu holat kichikroq bir miqyosda bir necha sabablarga ko‘ra ro‘y berdi, shu bois unga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak bo‘ladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:35:27
Birinchidan, yuqorida zikr etilganiday, muqaddas bitiklarning erkak jinsini ilohga olib borib bog‘lashini inkor qilish ayollarga bo‘lgan nafratning bahs talab qilmaydigan asosiy an'anasidan mahrum qildi.  Ismlar doktrinasi har bir mavjudotning juft qilib yaratilgani namunasidir, insoniyatning teomorfizmdan tuzalishi jinsning germafroditizm[180] foydasiga yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkinligi xususidagi g‘oyani  istisno qildi. Aksincha, teomorfizmdan tuzalish jinsning tuzalishi ekani tushunarlidir.

Ikkinchidan, ko‘pgina cherkov otalari «ayol» kalimasini istakning  metonimiyasi (bir so‘zni uning ma'nosiga yaqin bo‘lgan boshqa bir so‘z bilan almashtirish) deb bilgan; cherkov otalari izmidagi xristianlikning doimiy ravishda nikohsizlikni uylanishdan ko‘ra afzal bilishi ayollarga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishiga olib keldi. Albatta, bu masalada andoza sifatida Isoning o‘zi olinar, keyin cherkovni tasavvur va talqin qilish uchun uning suratidan foydalanilar edi. Buning mutlaq aksi bo‘lgan islom esa somiylar payg‘ambarligining ibtidoiy, shuningdek, Sulaymonga  xos ko‘pxotinlilik va qahramonlik andozasini qo‘llab-quvvatlar edi. Jioffrey Parrinder  ko‘rsatib berganiday, jinsiyatga ijobiy munosabatda bo‘lgan dinlar ayollarga tegishli axloqiy me'yorlarga yuqoriroq maqom berishga moyildir; biz ushbu risolaning 4-bobida ko‘rib o‘tganimizday, ayollar tanasi va ruhining avvalboshdanoq mavjud bo‘lishi islomning ma'naviy hayotiga hech qanday zaha yetkazmaydi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:35:38
Shuningdek, poklik xususidagi mavjud qonunlarga tuzatishlar kiritish islom aqidalariga xos xususiyatdir.  Ayollar ko‘pincha ularni o‘zlariga nisbatan qattiq nafratning ifodasi yoki nafratni avj oldiruvchi vosita deb bilishadi. Bunday hol xristianlik mazhablarida mavjuddir, buni rus an'anaviy pravoslav cherkovining hayz ko‘rgan ayollarning Prichastie[181]ga yo‘latmay taysallashida ko‘rish mumkin.  Bunday odatlar iudaizmda yanada murakkabroqdir. Bu dinda hayz ko‘rgan ayol har oyning yarmidagina yuqoridagi kabi tadbirlarda qatnashishi mumkin. Uning poklanishi uchun maxsus hammomga borib, g‘usl qilish talab etiladi.

Bu juda ko‘hna va keng tarqalgan taqiq ko‘rinishidir va shunga javoban qilinayotgan ishdir. Ba'zi bir ibtidoiy  jamiyatlarda ayollar hayz ko‘rish paytida erining hovlisidan haydab yuboriladi: Efiopiyadagi Galla qabilalari hayz ko‘rgan ayollarni  maxsus chaylalarga joylashtiradi. Ayrim davlatlar qonunchiligida hatto bugungi kunda ham, hayz ko‘rish ayollarning xulq me'yorlarini sezilarli tarzda buzadi, deb yozib qo‘yilgan. Masalan, zamonaviy frantsuz qonuni hayz ko‘rishdan oldin ro‘y beradigan favqulodda tanglikni vaqtinchalik aqldan ozish ko‘rinishi deb tasnif qiladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:35:52
Islom ham ushbu ko‘hna va, shuningdek, somiylarcha taysallash  holatini ancha kuchsiz va hukm bo‘lmagan bir tarzda saqlab qolgan. «Baqara» surasining 222-oyatida quyidagilarni o‘qiymiz:

Sizdan hayz haqida so‘raydilar. Ayting: «U ko‘ngilsiz narsadir. Bas, hayz paytida ayollaringizdan chetlaningiz va to poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmangiz!

Buning ma'nosi nima ekani sunnatda oydinlashtirilgan. Jumladan, hadisda bunday deyiladi:
Oysha joyidan sakrab turib nari ketganida Rasululloh bilan bir ko‘rpada yotgan edi. Rasululloh undan: «Nima bo‘ldi? Qon ketyaptimi?» deb so‘radi. Oysha, ha, dedi. Ul zot: «Belingdagi bog‘ichni sirib bog‘la-da, kelib joyingga yotaver», dedi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:36:04
Bular ibtidoiy odamlarning turli hodisalardan qanday xavotirga tushganini ko‘rsatuvchi belgilar, biroq ular juda kam uchraydi. Islomning inson tabiatiga yaqinligi tufayli qudsiylikning  insoniy mayllarni siquvga olish evaziga paydo bo‘lib qolmasligini muntazam uqtirib keladi. Biz tananing qo‘rquv orqali idrok qiladigan tabiiy ritmlarini e'tibordan soqit qilmasligimiz, qaytanga ularni diniy marosimlarga qo‘shib qo‘yish orqali boshqarishimiz kerak. Binobarin, ayol kishiga har oyda bir necha kun ibodat va ro‘za tutishni to‘xtatib turishiga izn beriladi. Ba'zi bir feministlar buni ayol zoti ma'naviyatining pasayishi deb, musulmon ayol ilohiyotshunoslari esa unga nisbatan hurmatning zuhur bo‘lishi deb, Ruqiyya Maqsud singari boshqa birovlar esa mushkul vaziyatda diniy majburiyatlarni bajarishni yengillatish deb hisoblashadi. Diniy majburiyatni bajarishdan ozod qilish masalasi yo gumonli, yoki yumshoq germenevtika bilan hal etiladi va umumiy holda talqin qilishga qarshilik ko‘rsatadi.

Musulmonlar e'tiqodning asosiy ruknlarini bajarishni ikkala jins vakillariga ham baravar vojib qilish bilan islom ayollarning qadrini oshirganini  qayd etadi: amallarni bajarishni har oy bir-ikki kunga qoldira turish  asosiy printsipni buzmaydigan,  pragmatik va saxovatpeshalikka asoslangan ijozatdir. Binobarin, besh ruknning jinslarga aloqasi yo‘q. Xuddi shuningdek, islomda ayollar qadami yetmaydigan muqaddas joylarning o‘zi yo‘q. Ayollar muqaddas Ka'baga kirishi mumkin. Quddusdagi ibodatxonaning ichki hovlisini rimliklar buzib tashlamasidan burun u ayollar kirishi mumkin bo‘lmagan joy edi, mabodo, u yerga biror ayol kirib qolsa, o‘limga hukm qilinardi. Musulmonlar shafeligiga o‘tganidan so‘ng u yerga ikkala jins vakillari ham qo‘yiladigan bo‘ldi. Binobarin, zarhal konstruktsiyasi haligacha Astronomik bog‘ ramzi bo‘lgan va Me'rojning Yer yuzidagi nuqtasini ifodalovchi Qoyalar gumbazi juma kunlari faqat ayollar ixtiyoriga berib qo‘yiladi, erkaklar esa uning yaqinidagi al-Aqsa masjidida ibodat qilishi mumkin. Xuddi boshqa joylarda bo‘lgani kabi bu yerda ham juma namozlari paytida erkak va ayollar alohida-alohida guruhlarga ajratiladi. Buning sababi ham pragmatik asosga ega va javob talab qilmaydi, ya'nikim, ibodat paytida erkak va ayollarning o‘zaro aralashishi va badanlarining  bir-biriga tegib ketishi chalg‘ishga olib keladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:36:17
Ayollar sacratum[182]ga kirishi mumkin, biroq ikkala tomonning ham yetakchi bo‘lishidan nima naf? Xudoning xaloskor so‘zi vositachisi kim? Agar iudaizmda ayollar Toraga yaqinlasha olmagan, xristianlikda prichastie marosimida ishtirok etolmagan bir paytda islomning diniy majburiyatlarni bajarishdan ozod qilishi ularga ayollar huquqini xuddi zikr etilgan dinlarga o‘xshab, cheklab qo‘yadimi?

Islom bu o‘rinda muqaddas joylarni ularning ichida aks sado beradigan so‘zning tajallisi qadar kengaytiradi. Shariat uchun kitobga asos bo‘lgan kalom ayollar qo‘l tekkizishi va qiroat qilishi uchun ochiqdir. Qur'onning ilk matniga vasiylik qilish  erkak kishiga emas, aynan payg‘ambarning zavjayi muhtaramasi Xadichaga ravo ko‘rilgani ham ramziy ma'noga ega.

Ilohiy kalomni jamoa bo‘lib o‘qish haqida gap ketganda, ayollarning o‘rni xususida islomning qiyosi yo‘q ekanini aytib o‘tish kerak, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sababga ko‘ra, islom hech kimni - erkakmi, ayolmi - bir-biridan ustun qo‘ymaydi. Ibtidoiy Alastni yodda tutishimiz va Buyuk Ahdga imon keltirishimiz barchamizga chinakam taqvo ajrlarini yozadi.  Ular biz qanchalik yodda tutsak, shunchalik azizdir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:36:30
Imom vositachilik qilmaydi, biroq ma'naviy yetakchi o‘z shogirdi uchun ibodat qilib, zikr usullarini taklif etish bilan vositachi bo‘lishi mumkin. Bu zamonaviy vahhobiylik faolligining ayollarga qarshi qaratilgan muqarrar qo‘polligi namunasidir. Bunday faollar uchun so‘fiy shayx hurmat qilinadigan emas, aksincha, yo‘qotilishi kerak bo‘lgan shaxsdir. Yuqorida zikr etilganiday, so‘fizm va islom boshlang‘ich ma'naviyatining boshqa shakllari  ayollarni ko‘pincha  dinning sof ekzoterik[183] ko‘rinishlarida mavjud bo‘lmagan  yo‘llarga solar edi: o‘z shogirdining shakllanishi va uni  yo‘lga solishda ta'sir ko‘rsatuvchi so‘fiy shayx ko‘pincha muayyan kishilar yoki jamiyat uchun masjidning imomidan ko‘ra muhimroq ahamiyatga ega edi. Shayx u yoki bu jins vakili bo‘lishi ham mumkin edi. Buning yorqin va teran namunasi sifatida zamonaviy Livan avliyosi Fotima al-Yashrutiyyani misol qilib keltirish mumkin. Bunday misollar juda ko‘p. Ko‘pincha masjidlar faqat erkaklar boradigan joy bo‘lib qolgan musulmon jamiyatlarida payg‘ambar maqbarasi yoki avliyo kishining ayollarga ularning gullagan ta'sirchan ma'naviyatiga mos topib bergan muqaddas joy, Irigaray qayd etganiday,  to‘g‘ri chiziqdan ko‘ra, yopiq aylana ichidadir. Shu ma'noda, Falastin ayollari uchun ba'zi bir payg‘ambarlarning maqbaralari nechog‘liq ahamiyatli bo‘lganini qayd etib o‘tish kerak. Vahhobiylikning, Madinadagi maqbarani istisno qilganda, ayollarning jamoat joylarida har qanday ko‘zga tashlanishi bilan bog‘liq asabiylashuvi  ularning bunday ahvolga barham berish yo‘llarini axtarishidan dalolatdir. Bu masalada Rasulullohning qabri paradigma sifatida emas, istisno deb qaraladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:36:43
Shunga qaramasdan, keyingi yillarda ayollarning imomlikka o‘tishi masalasi, garchi ular orasida bunday ziddiyatli vazifani bajarishga ro‘yxushlik beradigani kam bo‘lsa-da, bir necha jamoalarda ko‘tarilgan edi. Majid imomining avliyolarga xos vositachilik vakolatlaridan birortasini ham da'vo qilishga haqqi yo‘q: u in loco divinis[184] tura olmaydi; ammo vaqtni belgilash, ibodatga keluvchilar harakatini muvofiqlashtirish va jamoaning birligini ko‘rsatish uchun u masjidda bo‘lishi kerak.  Garchi ba'zi bir madaniyatlarda uning zimmasiga qo‘shimcha ravishda ruhoniy maslahatgo‘ylik  vazifasi yuklansa-da, bu shar'iy talab emas. Islomning sunniy oqimi mazhablarining to‘rttalasida ham bugungi kunda jamoada erkak kishi bo‘lsa, imom erkak bo‘lishi vojibligi qabul qilingan. Ko‘pgina kalom ilmi nuktadonlari agar jamoadagilarning barchasi muslimalar bo‘lsa, ayol kishining imom bo‘lishiga izn beradi. Biroq ayollar erkaklarga imom o‘tishi mumkin emas. Na Qur'onda, na hadislarda buni tasdiqlaydigan biror matn bor: bu - o‘rta  asrlarda qaror topgan o‘zaro murosaning mahsuli. Faqat ayrim kishilargina buni shubha ostiga oladi. Shundaylardan biri Ibn Arabiy bo‘lib, u ayollarning ibodat paytida erkaklarga imom o‘tish huquqini himoya qilib chiqqan edi[185]. Aslida musulmon dunyosidagi  ayollardan chiqqan faollar imomlikda obro‘-e'tibor va vakolatning yo‘qligi tufayli bunday ahvoldan deyarli tashvishga tushmagan edi. Biror kishi masjid imomi bo‘lmay turib ham diniy peshvo bo‘lishi mumkin. Buning tasdig‘i sifatida Umm Hani, Oyisha al-Ba'uniyya va Karima al-Marvaziyya singari o‘tmishdoshlarining zamonaviy Misrdagi vorisi bo‘lgan Bint ash-Shatiy singari kalom ilmi mutaxassislarini misol qilib keltirsa bo‘ladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:36:54
Shu kungacha kechgan bahs-munozaralar shariat masalalariga daxldor bo‘lgan metafizika hududlarini oralab susayib bordi. Ko‘rib turganimizday, islom kalom ilmi nuqtai nazaridan erkak va ayol jinsiga oid printsiplarda tenghuquqlilikka moyildir, shu bilan birga, u amaliy ijtimoiy tuzilmalarda tafovut joriy qiladi. Bu paradoksni tushunish jins bilan bog‘liq islomiy falsafa mohiyatini tushunishdir, ushbu falsafa rollarni yuqoridan pastga qarab emas, pastdan yuqoriga qarab taqsimlaydi.

Musulmon dunyosi va tarixida ayollarning vazifasi turli-tuman bo‘lib kelgan.

Dehqon jamoalarida ayollar tashqarida ishlaydi; shahar zodagonlarining ahli ayoli esa aksariyat hollarda uyda bo‘ladi. Biroq hozirgi kunda ijtimoiy makon qat'iy ravishda jinssizlanib bormoqda, bu hol erkak va ayollarning nim zohidona kiyimlarida ko‘zga tashlanmoqda, bu makonda erkaklarning kiyimi aksariyat hollarda oq bo‘lsa, qora rang keng ma'noda  ichkarining, Ka'baning va, binobarin, ilohiy Layloning belgisi bo‘lib, ayollikni ifoda etadi. Uy, ya'ni xususiy makonda ushbu belgilarning ahamiyati qolmaydi va uy ham, xuddi ijtimoiy makon qat'iy bo‘lgani va qutblangani singari, rang-barang bo‘lib qoladi. Jinsni muqaddas deb bilishni rad etadigan va tasodifiy shavqni qo‘zg‘atuvchi ishoralardan zavq oluvchi modernizm ijtimoiy makonni rang-barang qilish orqali "uy" deb hisoblaydi va ma'lum bir jins vakillariga nisbatan kamsitish deb qaraluvchi jinsga qarab ajratish qoldiqlariga qarshi urush e'lon qiladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:37:03
Shariat diskursining boshqa jihatlari ham izoh berishni talab etadi. Islom qonunshunosligi - fiqhning batafsil shartlarini bir-bir ko‘rib chiqish, islomning jinslar tenghuquqliligi xususidagi qarashlari mantiqan to‘g‘ri bo‘lsa-da, rol va huquqlarning tengligini  qaror toptirish mutlaqo teskari natija berishi mumkinligini individual misollar bilan tushuntirish bizning vazifamizga kirmaydi. Bunday loyiha, yaqinda Haifa Javod urinib ko‘rganiday, alohida bir kitob bo‘lishi mumkin edi; biz bir necha namunaviy masalalarni sharhlab berish bilan chegaralanishimiz zarur.

Balki musulmon jamiyatlarining eng  ko‘p ko‘zga tashlanadigan xususiyatlaridan biri ayollar uchun an'anaviy bo‘lgan kiyim kiyish masalasidir. Ko‘pincha insonning shariat va musulmonlik qadr-qimmati erkaklar uchun ham alohida kiyim kiyishni nazarda tutishi esdan chiqib qoladi: musulmonlarning butunlay an'anaviy jamiyatlarida erkaklar jamoat joylarda sochini yashirib yuradi hamda qo‘l va oyoqlarigina ko‘rinib turadigan uzun va keng kiyim kiyadi. Ammo musulmon qonunchiligida ularning avrati aniq belgilab qo‘yilgan: erkaklar badanining kamida kindigidan tizzasigacha bo‘lgan qismini yopib yurishi kerak. Ayollar esa hadisga ko‘ra, yuzi, qo‘llari va tovonlaridan boshqa hamma joyini yopib yurishlari lozim.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:37:14
Yana ayollarning hijob deb ataluvchi kiyimi ma'lum ma'noda «o‘qishni qiyinlashtiruvchi yashirin matn» hisoblanadi. G'arblik ba'zi bir feminist missionerlar buni patriarxat va ayolning kamtarona bo‘ysunuvchanligi ramzi deb biladi. Musulmon ayollar esa bunga o‘ziga xoslik deb qarashadi: 1970 yillarda shohga qarshi namoyishga chiqqan ko‘plab dunyoviy ayollar hijobni aynan shuning uchun va bo‘ysunmaslikning ashaddiy bayrog‘i sifatida kiyib olgan edi. Frants Fanon[186] 1950-yillarda jazoirlik ayollar frantsuzlar hukmronligiga qarshi norozilik belgisi sifatida hijob kiyib yurishganini qayd etgan edi. Biroq misrlik mutafakkir Safinaz Kozim aytganiday, hijob boshqa ayollar uchun yarim feministlikning tasdig‘i sifatida qaralishi kerak. O'zining nazokatini jamoatchilikka ko‘z-ko‘z qiladigan ayol «ko‘z bilan o‘g‘irlash» deb ataluvchi narsadan zarar ko‘radi, ya'nikim, notanish bo‘lgan erkaklar uning ruxsatisiz ruxsoridan bahra olishi mumkin. Ayol jismoniy mavjudot sifatida yuzini to‘sish orqali faqat oilasi yoki ayollar jamiyatigagina o‘z malohatini namoyish qilish sharafiga muyassar bo‘ladi. Hijobga zamonanaviy hayotning noqulay ob-havo sharoitida qo‘l keladigan axloqiy yomg‘irpo‘sh deb qarash islomiy ayolni an'ana yoki mazmundan emas, balki xo‘jako‘rsinga bo‘ladigan hasham va erkaklarning tasodifiy ko‘z zinosidan erkin deb hisoblash imkonini beradi. Ayollarning patriarxal bezak yoki huquqlardan mahrum bo‘lishiga feministlarning e'tirozi va bu hol ularning maqomini erkaklarga nisbatan pasaytiradi, deb hisoblashi, to‘g‘risini aytganda, hijobga nisbatan qarashlarda  biror qadam ham olg‘a siljishni anglatmaydi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:37:23
Jinslarning roliga oid shariat tarbiyasi xususidagi bundan buyongi ziddiyatlar ko‘pnikohlilik  atrofida bo‘ladi. Bu biologik sababi bejavob bo‘lgan sof ibtidoiy institut - qurimdir: Daukins va boshqalarning kuzatishicha, bu erkaklarning imkon qadar ko‘proq ayollarga ega bo‘lishday genetik mayli oqibatidir; buning teskarisi esa umuman kuzatilmagan. Stiven Pinker "Aql qanday ishlaydi" kitobida ko‘pchilikka ravshan bo‘lgan bir narsaga e'tiborni qaratadi: "Erkaklarning reproduktiv  muvaffaqiyati necha ayol bilan nikoh qurgani bilan o‘lchanadi, ayollarning reproduktiv muvaffaqiyati esa necha erkak bilan nikoh qurgani bilan o‘lchanmaydi"[187].

Islomning tabiiyligi, uning fitrat borasidagi qat'iyati va bizning tabiiy tartibga haqiqiy mansubligimiz ushbu yaratuvchilik me'yorining shariat axloqiy muhiti ichida saqlanib qolishini kafolatladi. Islomdagi ko‘pxotinlilik aslida somiy institut - qurim ekani ayonlashadi, uning ibtidosi, Tavrotda qayd etilganiday, ko‘pincha urushda va ijtimoiy muhofaza tizimi ko‘zda tutilmagan vaziyatlarda bevalarni himoya qilish va jamiyatga qaytarishni ko‘zlagan qabila munosabatlariga borib taqaladi. Biroq u bundan-da universalroqdir: klassik induizm erkak kishiga to‘rtta xotin olishga ruxsat bergan, hozirgi kunda mormon[188]largina emas, ko‘plab xristianlar ham ko‘pxotinlilikni chin ma'nodagi Tavrot turmush tarzi sifatida qayta tiklashni yoqlab chiqmoqda[189].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:37:34
G'arbdagi me'yoriy nikoh va munosabat aqidalarining inqiroziga duch kelgan ko‘plab zamonaviy mutafakkirlar ulgi olish mumkin bo‘lgan namuna sifatida ushbu ibtidoiy institut - qurimga yuz burmoqda. Brin Mor[190] kollejining antropologiya bo‘yicha professori Filip Kilbraydning "Bizning zamonamizda ko‘pxotinlilik: qayta kashf etilgan tanlov" kitobi katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi. Odri Chepmen xonim esa "Erkakni bo‘lishish: mushkul vaziyatmi yoki tanlovmi?" deb nomlangan undan-da mashhurroq tadqiqot kitobini yozdi, o‘sha paytda, ya'ni 1996 yili ayollar huquqlari faoli Adriana Bleyk esa "Ayollar nikoh lotereyasini yutib olishi mumkin: eringizni boshqa ayol bilan baham ko‘ring" kitobini nashr ettirdi.

Ushbu tadqiqotlar turli perspektiva - ko‘rimlari nuqtai nazaridan ko‘pxotinlilikni yoqlovchi uchta ulkan axloqiy dalilni keltiradi. Birinchidan, institut - qurim  o‘zining manbalarida ko‘zda tutilganiday, ayni kunlarda Yer yuzida fojiali darajada ko‘p bo‘lgan aksariyat narsalardan mahrum ayollarni urushdan so‘nggi jamiyatga qaytarishga imkon beradi. Ikkinchidan, u ayollarning foydasiga ishlashi mumkin: keng oila tashkil topsa, bir ayol ishga borganida boshqasi bolalarga qarab turishi mumkin. Shu tariqa zamonaviy munosabatlarning tahdidli xavfi bo‘lmish ishni ham, bolalarni ham aldashga go‘zal bir tarzda, ya'ni ko‘pxotinlilikni ayollar uchun samimiy erkin bir tanlov ekanini ko‘rsatish bilan barham beriladi. Karmon Hardining yaqinda o‘tkazgan tadqiqotidan ravshan bo‘lishicha, bu qurimning bolalarga berajak imtiyozi beqiyos ekan. Muallif XX asrning boshlarida yashagan mormon ko‘pxotinlilarining farzandlari o‘rtasida jinoyatga qo‘l urish hollari oiladagi ahillik kuchli bo‘lgani uchun nihoyatda past bo‘lganini qayd etadi[191]. Uchinchidan, ko‘pxotinlilik real hodisadir; buni biz musulmon sifatida, shariatning umumiy realizmidan kelib chiqadigan asosiy dalil sifatida tan olamiz. Musulmonlar zamonaviy G'arb jamiyatlari aslida musulmon jamiyatlaridan ko‘ra ko‘pxotinliroq ekanini qayd etadi, farqi shundaki, g‘arbcha oilaviy aloqa har qanday qonun qamrovidan tashqarida mavjuddir. Masalan, Britaniya taxtining hozirgi vorisi ko‘pxotinlidir, an'anaviy musulmonlar Diananing eri bilan ajrashmoqchi bo‘lganini konstitutsion tanglik kelib chiqqanidan ham bema'niroq holat deb hisoblashadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:37:44
Haqiqiy yakkaxudolik, har doimgiday, realizmni taqozo etadi. Erkaklar, biologik nuqtai nazardan, ayollari ko‘p bo‘lishini istaydigan qilib yaratilgan, keskin gen injeneriyasi ishlarini amalga oshirgan taqdirimizda ham ular shu holicha qolaveradi. Zamonaviy G'arb jamiyatida bo‘lgani kabi, agar erkak kishi bir vaqtning o‘zida ikki xotinli bo‘lsa, ulardan biri qonuniy huquqlardan va ijtimoiy maqomidan mahrum bo‘lib qolaveradi. Yoki shariatda bo‘lgani kabi, erkak ularning ikkalasini ham qonuniy xotin sifatida tan olishi mumkin. Musulmonlar G'arbda murosaga asoslangan, ruxsat etilgan va hatto jangarilarcha himoya qilinadigan erkakning erkak va ayolning ayol bilan bilan bo‘ladigan bunday munosabatlariga  oid kelishuvlarni bema'ni deb biladi: murosaviy ménage a trois[192] hozirgacha g‘ayriaxloqiy deb qaraladi. Bu viktorian etikasining so‘nggi sarqitimi? Aslida, zamonaviy G'arb qonunchiligi uchun  ménage a trois  juda maqbul holdir, negaki, uning a'zolari «gunoh» bilan yashab, nikoh qurishni xayollariga ham keltirmaydi. Bunday vaziyatning bema'niligi izoh ham talab etmaydi.

Shariatning ushbu mavzumizga yorqin misol tariqasida eslashimiz mumkin bo‘lgan, musulmon jamiyatlari mutlaqo esidan chiqarib yubormagan boshqa jihatlari ham bor. Qonun joriy etuvchi egam ikkala jins mansub olamlar yo‘llarining o‘zaro kesishuvini ba'zan ayollar, ba'zan esa erkaklar huquqlari sifatida belgilab qo‘ygan; haqiqiy musulmon jamiyatlari aksariyat hollarda ilgarigi xususiyatlarga e'tibor bermaydi.  Ko‘pincha huquqshunoslar matnlarni turlicha talqin qiladi. Masalan, kundalik uy ishlari ichki do‘stona munosabatlarning bir jihati sifatida namoyon bo‘ladi, ammo bu holni faqat ayollar makoniga xos deyish qiyin, chunki bular ayrim mazhablar, jumladan, shofiiya mazhabi tomonidan ayoldan ko‘ra erkakning vazifasi deb qaraladi. Oyishadan Rasulullohning vafotlaridan so‘ng, ul zot uyda salotdan bo‘sh vaqtlarida nima bilan mashg‘ul bo‘lar edi, deb so‘ralganida, u: «Ul zot oilasiga xizmat qilar edi: uyni supirar va kiyimlarni tikar edi», deb javob bergan[193]. Shofiiya mazhabi faqihlari shunga asoslanib, ayollarning uy ishlarini bajarmasliklariga oid huquqini himoya qiladi. Masalan, 14-asrda yashab o‘tgan suriyalik faqih Ibn an-Naqib: "Ayolning vazifasiga non yopish, un tortish, ovqat pishirish, yuvish yoki boshqa ishlarni bajarib eriga xizmat qilish kirmaydi, chunki nikoh shartnomasiga ko‘ra, u eriga faqat o‘zining jinsiy ehtiyojini qondirish uchun ruxsat berishi qayd etilgan, uning boshqa qiladigan majburiyati yo‘q"[194], deb aytadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:37:55
Buning ziddi o‘larak, hanafiya mazhabida bu ishlar xotin kishining zimmasida deb hisoblanadi[195]. Islom fiqhini umumlashtirishni mushkullashtiradigan yana bir eslatma shuldirkim, u qoidalar va yondashuvlarning turli-tuman ko‘rinishlaridan iborat. Bu yerda batafsil to‘xtalib o‘tishga imkon bo‘lmagan yana bir soha bor. U bolalarni vasiylikka olish to‘g‘risidagi qonundir: hanafiylar o‘g‘il bola 7 yoshga kirganidan so‘ng otasi bilan birga yashash uchun onasining oldidan ketishini afzal biladi; qizlar esa birinchi hayz ko‘rgunlariga qadar onasi bilan qoladi. Molikiylarda esa o‘g‘il bola balog‘atga yetgunga - ihtilomga qadar, qiz bola esa turmushga chiqquncha onasi bilan qoladi.

Shu tariqa islomning jinsga oid ilohiyotshunosligi chigalliklar va munosabatlar to‘riga qarshi kurashga kirishadi, bu hol o‘z navbatida turli-tuman fiqhiy aqidalar, mintaqaviy aralash-quralashliklar, shuningdek, fizik aralash-quralashliklardan kam bo‘lmagan metafizik aralash-quralashliklardan boxabar bo‘lishni talab etadi. Bu mushkulot islomning ayollarga munosabati xususidagi yuzaki xulosalar chiqarish xavfli ekanidan ogoh qilishi kerak. Bu o‘rinda g‘arblik jurnalistlar, feministlar va ularning ta'siriga tushgan kishilar o‘ta nomaqbul hukmlarga tobe bo‘lib qolgan. Aksariyat hollarda bu hukmlar mavjud musulmon jamiyatlarini kuzatish natijasida paydo bo‘ladi; zamonaviy islom dunyosining ayollarga bo‘lgan munosabati, boshqalar hamisha zavqu shavqqa to‘lishi kerak, qabilidadir deb o‘ylash befoyda va axloqsizlik bo‘lur edi.  Saudiya Arabistoniga o‘xshash mamlakatlarda ayollarga hatto mashina haydashga ham ruxsat berilmasligi jinslarni himoya qiluvchi ilohiyotga mutlaqo daxli bo‘lmagan manmanlik, erkaklarning nafsi zulmi oqibatidir. Shu tariqa bugungi kunda bir necha mamlakatlarda ilohni inson qiyofasida,  binobarin, erkak ko‘rinishida tasavvur qilish hollaridan o‘zini haqoratlangan deb hisoblaydigan kishilar  boshlagan "islomlashtirish"ning an'anaviy fiqh diskursiga ham yoki adolatga oid fosh etuvchi qat'iyatga ham mutlaqo aloqasi yo‘q. Ushbu nomuvofiqlik hayotga joriy etilmagan so‘fizm o‘lchamini din hayotga qayta tatbiq qilmaguncha davom etaveradi. So‘fizm ayollarning hurmatini oshiradi va, shuningdek, jins bilan bog‘liq shovinizm ozuqa berib turadigan ego - nafsni qiyin ahvolga tushirib qo‘yadi va yo‘qotib yuboradi. Biz, xuddi musulmon mutafakkir ayollari qilayotganiday, dinning tabiati (muqaddas bitiklarda, ularning klassik talqinlarida va ma'naviyatda tushunarli bo‘lgani kabi) va zudlik  bilan isloh qilishni talab etadigan jihatlarga ega bo‘lgan xristian, yahudiy, hindu va xitoy madaniyatlarida bo‘lgani kabi postklassik musulmon jamiyatlarida dolzarb o‘zaro nomutanosib tuzilmalar o‘rtasidagi kutilayotgan natijalarni bir-biridan farqlashimiz kerak bo‘ladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:38:06
Ayni paytga kelib, bizning «jasur» shovinizm, yoki 20-asr so‘nggidagi feminizmning hayratlanarli prototipi kutilmagan yangilik bo‘ldi,  deb maqtanmayotganimiz aniq bo‘lishi kerak edi. Fiorenza eslatib turganiday, nima bo‘lganda ham feminizm an'anaviy hodisa emas; uning ba'zi ko‘rinishlari har bir vijdonli kishining nafratini qo‘zg‘atadi hamda ayollar va jamiyatga ziyon keltirishi turgan gap, ayni paytda uning boshqa ko‘rinishlarining shariat va yaratilgan kosmologiyalarimiz  bilan hayratlanarli darajada o‘xshashligi bor. Biz ayollarni kamsitishga qarshi ilohning chindan ham jinslardan xoli ekanini ta'kidlovchi ilohiyotshunoslik vositasida aylanib o‘tadigan, biroq  insoniyatga haqiqiy kodeks va oila me'yorlarini hadya etayotgan feminizm dialektikasini inja tushunishni himoya qilamiz. Bu qonun va me'yorlar, Irigaray qat'iyat bilan ta'kidlayotganiday, jinslar "teng emas, farqli" ekani, tabiatan bir-biridan farqli, o‘z daholarini siquvga olish o‘rniga tasdiqlaydigan rollarga intilishini tushunishga asoslangandir.

Biologiya taqdir ekani turgan gap, ammo u taqdir sifatida turli-tuman imkoniyatlar beradi. Ayollar diskursi oilaning qadr-qimmatini yuqori qo‘yadi; ammo muslimalar islom tarixining uzoq davrlarida olima bo‘lish uchun uyni tark etgan. Bundan yuz yilcha avval sharqshunos Ignaz Goldziher o‘rta asrlardagi muhaddislarning taxminan 15 foizi ayollar bo‘lganini, ular masjidlarda dars bergani va  rostgo‘yligi uchun hamma ularni hurmat qilganini ko‘rsatib berdi. Qohiradagi Saqlatuniya madrasasi singari oliy o‘quv yurtlarida faqat ayollar faoliyat ko‘rsatgan va ularni mablag‘ bilan ta'minlagan. Ruf Rodedning muslima mudarrislar xususida yaqindagina o‘tkazgan tadqiqoti tuning o‘zini favqulodda mushkul vaziyatga solib qo‘yadi:
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:38:18
«Agar AQSh va Yevropa  tarixchilari ayollar an'anaviy manbalarda ko‘zga tashlanmagani uchun ham ularning tarixini qaytadan yozishga zarurat sezayotgan bo‘lsa, islom olimlari endigina o‘rganila boshlagan manbalarning ko‘pligiga duch kelmoqda. [...] Kishi minglab muslima olimalarning tarjimai holini o‘qiyotib, musulmon ayollar chetga chiqib qolgan, barcha huquqlardan mahrum va ijtimoiy jihatdan cheklangan, qabilidagi qarashlarga zid bo‘lgan dalillarga duch kelganidan hayratga tushadi».

Roded aksariyat klassik islom o‘quv yurtlarida mudarris ayollar soni hatto hozirgi  G'arb universitetlaridagidan ham ko‘p bo‘lganini dalil sifatida keltirganida biz o‘rganib qolgan tushunchalar chok-chokidan so‘kila boshlaydi[196]. Ur-masjid xususidagi hadisdan saboq bergan iymonlilarning onasi Oyisha hamisha muhim paradigmaligicha, jonli, aql-zakovatli, xudojo‘y va barcha xotiralardan ustunligicha qolaveradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:38:30
Ammo o‘tmish ideallari - ulgilari o‘z o‘rniga qayta tiklanmaguncha musulmon jamiyatlaridagi qutblanuv ehtimoli saqlanib qolaveradi. G'arblashgan sinflar an'anaviy ta'birlarni ular G'arb uslubiga to‘g‘ri kelmagani va kiborlarning o‘z-o‘zini tasavvur qilishini qoniqtirmagani uchun rad etadi. Vahhobiy harfxo‘rlar so‘fizmning ayollarni yuksakka ko‘tarishini va uning ego - nafsni  o‘ldirishga bo‘lgan talabini rad qilishda davom etaveradi. Aynan shu kishilar islom qonunlari jihatlarini ijtihodga asoslanib o‘zgartirishga bo‘lgan qonuniy da'vatlarni o‘sha qonunlarni axloq nuqtai nazaridan teran tushungani uchun emas, aksincha,  usulni beo‘xshov talqin etgani hamda o‘sha da'vatlar G'arb ta'siri va talabiga mengzagani uchun ham e'tiborga olmaydi. An'ana dahosidan ilhomlangan vijdonli o‘rta tabaqa  tashabbusni o‘z qo‘liga olib, keskin qutblashib borayotgan jamiyatlarimizda dastur ishlab chiqish uchun sunnatga har qanday nafsdan xoli va saxovatli musulmoncha ta'rif bera oladimi, yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi. Shubhasiz, o‘zlikni biror ishga to‘la bag‘ishlamasdan turib, Yer yuzida adolat ham, hamdardlik ham bo‘lmasligi xususidagi so‘fiyona qarash donishmandlar o‘rtasida eng yuksak mezonligicha qolaveradi. Biroq shunisi aniqki, islom an'anasi nafaqat o‘ziga, qolaversa, G'arbga ham ko‘pgina mas'ul kishilarni tashvishlantirayotgan rollarning yo‘qligi tobora xavf tug‘dirayotgan ma'lum bir qoidalarning yo‘qligi ustidan hukmron bo‘lgan jamiyatning oyoqqa turib olishini kuzatish bilan bog‘liq munozaralarda chin ma'nodagi keskin qaror qabul qilishda ustunlik qilish imkonini beradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:38:42
Musulmon madaniyatlarining ham patriarxat, ham matriarxatdan iborat shakllangan jihatlari onaning maqomiga tegishlidir. Irigaray asarining zaif jihati uning yoshi o‘tib qolgan kishilarga nisbatan befarqligidir; u ham aksariyat feministlar qatori faqatgina semblables[197]ga o‘ralashib qolganidir. U oilaning reproduktiv va tarbiyaviy telos[198]ini qabul qilish bilan bir vaqtda uning boshqa, qarish tomon  tabiiy harakat yo‘nalishiga e'tibor berish kerakligini hisobga olmagani g‘alatidir.

Yoshi o‘tib qolgan onalarni hurmat qilish musulmon diskursining xarakterli xususiyatlaridan biridir. Ushbu diskursda onaga nisbatan xushmuomalalilik va sadoqat, ular ko‘rgizgan rahm-shafqatni yana o‘zlariga qaytarish muqaddas burch ekani qayd etiladi. Ibn Umarning hikoya qilishicha, bir kishi Rasulullohning oldiga kelib: "Men og‘ir gunoh qilib qo‘ydim, endi nima qilsam, tavbam qabul bo‘ladi?" deb so‘raydi. Ul zot: "Onangiz bormi?" deb so‘raydi. U kishi, onam yo‘q, deydi. Shunda Rasululloh: "U holda onangizning xolasi bormi?" deb so‘raydi.  U kishi, bor, deydi. Shunda Rasululloh: "U kishiga xushmuomala va sodiq bo‘ling", deydi (Imom Temiziy). Boshqa  ko‘plab hadislar ham bor: "Kimki onasining ikki ko‘zi orasidan o‘psa, olovdan himoyalangan bo‘ladi" (Imom Bayhaqiy); "Alloh chindan ham onangizning gapini ikki qilishni sizga taqiqlab qo‘ygan" (Imom Buxoriy va Imom Muslim).
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:38:54
Binobarin, islom madaniyatini tadqiq qilayotgan antropologlar doimo murakkab va ikkiga bo‘lingan ierarxiya xususida ma'lumot beradi. Unga ko‘ra, xotinlar erlari, erlar esa onalari oldida burchlidir. Modernizm  ushbu aloqalarning dastlabkisini keskin tarzda, keyingisini esa parishonxotirlik bilan zaiflashtirib qo‘ymoqda; oqibatda biryoqlama va yoshi o‘tib qolganlarni e'tiborga olmaydigan yangi bir ierarxiya vujudga keldi, bu ierarxiya yoshlarni keksalardan ustun qo‘yadi, u bir zamonlar jamoaning faxri bo‘lgan va uning xotirasida muhrlanib qolgan keksalarni kamsitishning turli shakllarini nazarda tutadi. Tibbiyot sohasidagi yutuqlar ayollar va erkaklar o‘limi o‘rtasidagi tafovutni unchalik kamaytirmasdan turib ham o‘rtacha umrni uzaytirish imkonini bergani uchun zamonaviy jamiyatlar miqdori tobora ortib borayotgan ayollarni rejimli, ammo ibodat qilish imkoni yo‘q ayollar monastirlariga g‘ayriixtiyoriy uzlatga jo‘natmoqda. "Chikago tribyun" gazetasining 1998 yilgi sonlaridan birida yozilishicha, Amerikadagi keksa kishilar yashaydigan uylarning 60 foiziga biror marta ham mehmon kelmas ekan. Bunday muassasalardagi  jinslar nisbati umumiy hisobga to‘g‘ri ekaniga e'tibor qilsak, ular orasida ayollar miqdori ko‘proqligi ma'lum bo‘ladi. Binobarin, taqdir hazilini ko‘ringki, G'arbda yosh va o‘rta yoshdagi ayollar kengroq imkoniyatga ega-yu (ayni paytda diniy imkoniyatni hisobga olmaganda), ammo ularning barchasi pirovardida yolg‘izlik uzlatidan qo‘rqadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 19 Noyabr 2007, 09:39:07
Xulosa qiladigan bo‘lsak, islom g‘oyasi aslida ham, salohiyat nuqtai nazaridan ham ko‘povozli ekani kunday ravshan, deb o‘ylayman. Ishonamanki, ushbu g‘oyaning a'zosi bo‘lishni istagan ayollar undan o‘ziga yashash uchun qadr-qimmat va va hurmat uchun zamonaviy talablarni tasdiqlaydigan makon topa biladi. Bunday loyiha so‘nggi modern va postmodern sharoitlarda hozirgidan ko‘ra realroq ko‘rinadi. Shu o‘rinda Marta Nussbaumdan iqtibos keltirsam:

Ingliz-Amerika axloq falsafasi universallikka asoslangan Ma'rifat davri ideallaridan an'ana va xususiylikka asoslangan axloqqa; printsiplarga asoslangan axloqdan qadr-qimmatga asoslangan axloqqa; sistemali nazariy oqlov holatlarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan axloqdan nazariyaga shubha bilan qarovchi va mahalliy donishmandlikka hurmat bilan qarovchi axloqqa; tashqi dunyodan uzilib qolgan shaxsga asoslangan axloqdan boshqalarga qo‘shilish va g‘amxo‘rlikni yoqlaydigan axloqqa;  tarixga daxlsiz axloqdan muayyanlik va tarixiy axloqqa yuz burmoqda[199].

Musulmon feministlarining, Qur'on ayollarga nafrat bilan qaramaydi[200], deb bilishini tasdiqlaydigan Nussbaum, madaniyatdan voz kechish tufayli begonalashuv oqibatida orttirilgan jarohat qayta tiklanishiga hali  ancha bo‘lgan biror madaniyatga a'zolik tufayli yetadigan zarardan ko‘ra og‘irroqdir, deganida haq edi. Islomning jinsga oid diskursini qayta tasavvur qilish loyihasi o‘zining anaxronik[201] aks sadosiga qarama-qarshi o‘laroq, aynan shu sababga ko‘ra, tobora jozibador bo‘lib  borsa ajab emas.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:30:00
VII bob
Bir dindan ikkinchisiga o‘tish sog‘inch hissi sifatida: najotkor Buyuk Ahd


Islom, xuddi xristianlik va buddizm singari, nazariy jihatdan ham, tarixiy an'anasiga ko‘ra ham dunyoning ilg‘or missionerlik dinlaridan biridir. Dunyodagi ulkan va global e'tiqodlarning eng yoshi bo‘lgan islom Qur'onning «Tur va ogohlantir» amrini bajarishga kirishmaganida bir necha noma'lum arab monoteistlarining mazhabi bo‘lib qolgan va yarim oroldagilar uni qurshab turgan serg‘ayrat xristian dini bilan murosa qilgani sari yo‘qolib ketishga mahkum bo‘lur edi.  Buning o‘rniga Makkadagi jo‘shqin hayot ulkan kerigmatik[202] harakatni vujudga keltirdi. Bu harakat gullab-yashnagan va ilg‘or tamaddunlardagi siyosiy tartiblarni ham  yengib o‘ta bildi va e'tiborli jihati shundaki, madaniylashtirishning oddiy qonunlari vositasida mustahkam diniy tartibni o‘z bosqinchilarini ham safiga qo‘shib oladigan darajada o‘zgartira oldi.  Ayni hol tarixni bor-yo‘g‘i iqtisod va jamiyat haqidagi hikoyadan iborat deb biladigan tarixchilar uchun hanuz jumboqligicha qolmoqda. O'z asoschisining vafotidan 14 asr o‘tibdi  hamki, rasululloh amallari haligacha turli jamiyatlar e'tiborini ohanraboday o‘ziga tortib kelmoqda. Binobarin, islomning o‘z safiga boshqa din vakillarini jalb eta bilish tabiati dunyo tarixining muhim konstanta - doimiy qiymatlaridan biriligicha qolayotgani hayratlanarlidir, biz uni hali-hamon yetarli darajada tushunib olganimiz yo‘q. Biz mazkur bobda ushbu murakkab va sharoitga moslashuvchan dinamika mohiyatini ochib berishga intildik va bu mavzu uchta masala doirasida rivojlanib boradi. Birinchidan, sotsiologlar «bir dindan ikkinchisiga o‘tish» deb ataydigan hodisa islomning muqaddas bitiklari va ilohiyotshunoslik kontekstida nimani anglatishi yuzasidan bir necha dastlabki izohlar keltiriladi. Ikkinchidan, islom tarixidagi bir dindan ikkinchisiga o‘tishning eng yorqin nuqtalari ajratib ko‘rsatiladi, ular ustuvor akademik talqinlar asosida beriladi. Nihoyat, men bugungi kunda ommaviylashib ketgan Internet «kiberkonversiyasi» deb atalmish yangi hodisa xususidagi zarur ba'zi ilk taxminlarimni ilgari surmoqchiman. Men uni ulgi sifatida olib, islomni qabul qilishning joriy etilgan nazariy andozalarini hamda bir dindan ikkinchisiga o‘tish hodisasini yanada umumiy tarzda tekshirib ko‘rmoqchiman.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:30:10
Albatta, avvalo, ilohiyotshunoslik xususida to‘xtalib o‘tmasdan bo‘lmaydi. Islom avval-boshdanoq o‘ziga e'tiqod qiluvchilar safini kengaytirishga harakat qilib keldi; uning asosiy hujjati (Qur'on)da xudoga tavsif beriladi, u, shuningdek,  da'vat hamdir. Makka va uning qabilalar yashaydigan ichki hududlarida to‘lib-toshib yotgan butparastlikni yer bilan yakson qilgan Qur'on islohoti o‘zidan olti asr oldin nozil bo‘lgan nazaretlik Iso islohotidan ko‘ra jadalroq edi. Iso da'vat qilgan kishilar yahudiy va monoteist bo‘lgani uchun ham qat'iy qoralanmagan edi, hazrat Muhammadning ummatlari xususida esa Qur'onda hech bir tavsif berilmagan. Shuning uchun ham Qur'on bevosita tarixiy kontekstga urg‘u beradigan diniy qarashlarni tozalash yoki takomilga yetkazishni talab etmaydi, aksincha, ularni so‘zsiz rad etadi. Binobarin, ibtidoiy islom etos[203]i qat'iy tarzda bahsli va o‘zgarishga moyildir. Rasululloh diniy rahnamoligining eng yuksak nuqtasi bo‘lmish Arofat tog‘ida aytgan xutbasi islomning buyuk vakolatiga teng so‘zlar bilan tugaydi: "Ushbu haqiqatni bu yerda yo‘q kishilarga ham yetkazing"[204].

Ushbu dastlabki sitz im leben[205]ga qaramasdan, bizga ma'lum manbalar rasululloh o‘z diniy rahnamoligini faqat majusiy arablarga mo‘ljallaganidan dalolat bermaydi. Musulmonlar xotirasida qolganiday, Muhammad faqatgina «Ismoil farzandlarining yo‘qolgan suruvi»gagina yuborilmagan; u, hadisda bayon qilinganiday, «butun bashariyatga yuborilgandir»; darhaqiqat, o‘rta asrlardagi kalom mutafakkirlari bir ovozdan ta'kidlaganiday, islom Alloh yuborgan yakkayu yagona universal dindir. Ushbu musulmoncha klassik nuqtai nazardan Iso faqat yahudiylar payg‘ambari ekaniga ishonar edi; shuning uchun ham xristian dinining keyingi yahudiylarga qaratilmagan missiyasi preparatio evangelii[206] sifatida oldindan belgilab qo‘yilgan edi. Preparatio evangelii islomga tayyor turgan majusiy asosni buzib tashladi. Ba'zi bir zamonaviy tarixchilar, arablarning najotkor tarqoq tarixini bino etishdan yiroq bo‘lgan Qur'on ularga mutlaqo qiziqish bildirmaydi, hech qachon ularni muhim o‘tmish yoki tarix egalari deb oshirib-toshirib maqtamagan, degan da'voni ilgari suradi. Garchi ravvinlar iudaizmi dinning asos soluvchi muhitiga eng yaqin yakkaxudolik dini bo‘lsa-da, islom qardosh somiy xalqlar uchun iudaizmning qayta yozilgan nusxasi emas. Modomiki, payg‘ambarlik missiyasi tabiatini qayta tiklashga bo‘lgan urinishlar ishonchli ekan (eng ashaddiy zamonaviy tarixchilarning deyarli barchasi xuddi shunday deb o‘ylaydi), islomning ilohiy tabiati dastlabki  paytlardan beri o‘z maqsadiga ko‘ra chindan-da universal bo‘lganini ko‘rsatib berish uchun yetarli dalillar mavjud. Rasulullohning bir necha  shogird va sahobalari arab millatiga mansub bo‘lmagan: an'anada yunon Suhayb, fors Salmon, islomning ilk muazzini habash Bilol nomlari saqlanib qolgan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:30:18
Bunday targ‘ibot kontekstiga qaramasdan, Qur'onda konversiya - bir dindan ikkinchi dinga o‘tish degan kalimaning o‘zi yo‘q. Chunki arabcha so‘z bo‘lmish «islom»ning o‘zi ushbu tushuncha ma'nosini ham anglatadi. Bu so‘z "xavfsizlik", "najot" va "tinchlik" ma'nolarini bildiruvchi o‘zagi  fe'l bo‘lgan otdir. Binobarin, islomga kirish - faol (majhul bo‘lmagan) sifatdoshdir,  musulmon bo‘lish - o‘zlikni Allohning najotkorlik faoliyati doirasiga kiritishdir. Sevuvchi tangri (al-Vadud) sifatida insoniyatni yaratgan zot butun bashariyatga narigi dunyoda omad tilaydi. Qur'onda bunday deyiladi: "Ey mo‘‘minlar, yoppasiga  itoat (silm)ga kirishingiz!"[207] va: "Alloh kimni hidoyatga yo‘llashni iroda etsa, uning ko‘ksi (qalbi)ni islom uchun (keng) ochib qo‘yadi"[208]. Shunday ekan,  Qur'ondagi adolatli hayot kechirishga o‘tish tushunchasi tasodifiy hollardan biri emas, u musulmon kishining Allohga erishish jarayoniga munosib bo‘lish uchun to‘siqlarni yengib o‘tish  va kurashishday bir umr davom etadigan jo‘shqin holatda yashashini nazarda tutadi. Musulmonchilikda "Isoda" bo‘lish, shuning barobarida, emin  bo‘lish kafolatini olishning ma'nodoshi yo‘q, chunki musulmonlar uchun soteriologiya Qutqaruvchining o‘z gunohlarini yuvish uchun qurbon berishini emas, aksincha,  chin e'tiqodli kishining e'tiborni chalg‘ituvchi narsalarga qarshi kurashishi va bevosita tavajjuh hissini tuyushini anglatadi. Binobarin, musulmon konversiyasiga oid rivoyatlarning ayrim izchil xususiyatlaridan biri -cheksizlikni  tusmollash va  bosqichma-bosqichlikdir. Islomni yangi qabul qilganlarga qarata aytiladigan so‘z mana bulardir: "Sizlar jangda g‘alaba qozondingiz; endi g‘alabani mustahqamlashingiz kerak". "Qayta tug‘ilganlar" yoki bir dindan ikkinchisiga o‘tishning psixotropik ko‘rinishi g‘ayritabiiydir. Dinga yangi kirgan kishilar assimilyatsiya va taqlidning sust jarayoni xususida ko‘p gapiradi, bu jarayonda ratsional isbot muhim ahamiyat kasb etadi, deb qaraladi[209].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:30:32
Qur'on soteriologiyasining musulmoncha "konversiya" iborasini yoki uning islomni mustahkamlaydigan yana bir jihatini ham tushunish lozim bo‘ladi. An'anaviy nuqtai nazardan islomda Avgustinning conversiosidan ko‘ra ehtiros kamroq va  u omadliroqdir, chunki u insoniyatning ozod bo‘lish tarixini samovot va ruh hukmdori bo‘lgan xudo hamda yer va tanada ustunlik qiluvchi shayton o‘rtasidagi ulkan qarama-qarshilik deb tushunmaydi. Islomda ibtidoiy gunoh tushunchasi yo‘q, uning antropologiyasi umumiy jihatlari bilan lotin otalar xristianligi, binobarin, Akvinas, Lyuter va G'arb an'anasining asosiy qismidan ko‘ra ravvinlar iudaizmiga yaqindir. Buning ziddi o‘larak, unda Matfey Foks «ibtidoiy xayrli duo»[210] deb atagan narsaga yaqin aqida bor va u, xilqat xoliqdan ajralib chiqqan, degan tushunchani rad etadi. Inoyat inson bolasiga xos xususiyatdir, u maxluqlar orasida yuqori o‘rinni egallaydi, hadisga ko‘ra: «har bir bola o‘zining chin tabiati (fitrati) bilan tug‘iladi, faqat ota-onasi uni yahudiy, xristian yoki zardushtiyga aylantiradi». Bu aqida  xususida Qur'onning «A'rof» surasidagi 172-173-oyatlarida ham ta'kidlangan, unda barcha tirik jonzot Yer yuziga tarqalishidan oldin Allohning oldiga guvohlik berishga chaqirilgani xususidagi Buyuk Ahd to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Ushbu iqtibosda o‘sha vaqt xususida bunday deyiladi:

Rabbingiz Odam o‘g‘illarining bellari (pushti kamarlari)dan zurriyotlari (ruhlari)ni olib, ularni o‘zlariga guvoh qilib turib: «Men Rabbingiz emasmanmi?» (dedi). Ular: «Yo‘g‘e! (Rabbimizsan!) Guvohlik berdik», dedilar. Qiyomat kuni: "Biz bundan g‘ofil (bexabar) edik"... deyishlarini  (bilganimiz uchun shunday qildik). 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:30:52
Mavlono (Rumiy) xudoning tajallisiga yetishishni tavsif etganida ushbu an'anadan mutlaqo chekinmaydi: Bu (hayot)dan avval ruhlar sipehrdan yuqori edi, ular ham farishtalar ichgan idishdan no‘sh etar edi.

Mening ruhim sening san'ating uni o‘sha joyga tortgani uchun ham qo‘llari bilan chapak chaladi.


Islom tabiatning namuna ekani va jonning mutlaqo gunohsizligiga ishonch hosil qilgani bois Allohga zikr etilgan ibtidoiy guvohlik insoniyatga berilganini eslatib qo‘yishdan o‘zga narsani ko‘zlamaydi. Konversiya, islom - eslash (zikr)dir. U mavjud bo‘lgan narsani inkor etmaydi, aksincha, o‘zi «qaytish» va tasdiqlashdir. Ayni shu sababga ko‘ra, yangi musulmonlarning aksariyat ko‘pchiligi o‘zlarini bir dindan boshqasiga o‘tganlar emas, «qaytganlar» deb hisoblaydi. Bu o‘rinda aniqroq bo‘lgani uchun «tanib oluvchilar» degan tushunchani qo‘llagan ma'qul. Ispan tilida reconocerse musulmán degan oddiy bir ibora bor, uning ma'nosi o‘zlikni musulmon deb tanishdir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:31:21
*       *       *

Ushbu inson tabiati va diniy hayot xususidagi oddiy va ravshan bo‘lgan nekbin qarashdan ilhomlangan musulmonlar ko‘hna dunyoni muzaffar fath etuvchilar sifatida Yer yuzining turli taraflariga tarqab ketdi. Undan so‘ng diniy tarixning eng hayratlanarli voqealaridan biri ro‘y berdi, ya'nikim, cherkov otalari mamlakatlarining ko‘pchiligi har qanday yakkaxudolik tarixiga bir martagina yoziladigan ommaviy xiyonatni boshidan kechirdi. Aleksandriya, Antiox, Quddus singari ulkan patriarxal markazlarda xristian dini bir necha asr oldin asta-sekin ildiz otgan edi, o‘sha joylar bosqichma-bosqich, ammo izchil tarzda yangi dinga o‘z joyini bo‘shatib bera boshladi. Ushbu jarayonning yetakchi tarixchisi qayd etganiday, "600 yilda nazaretlik Isoni xudoning o‘g‘li ekaniga ishonib yurgan ko‘plab erkak va ayollar endilikda xudoga ishonadi va Muhammadni uning payg‘ambari deb biladi"[211].

Buning yorqin misoli G'azo shahridir. Bu shaharni xristianlashtirish juda sekinlik bilan amalga oshar edi va arab bosqinchilari unga kirib borganida

G'azo aholisi yangi dinni qabul qilish xususidagi da'vatlarga tayyor ekanini ma'lum qildi [...] mahalliy tarixchilarning gapiga qaraganda, ular shahar markazidagi ulkan cherkovni masjidga aylantirishni iltimos qilgan [...] Arablar kelganida xristianlarning hammasi ham islomni qabul qilishni istamagan; ularga Porfiriy cherkovi (442 yili qurilgan) da ibodat qilish huquqi berilgan, ushbu cherkov haliyam G'azo shahrining o‘sha joyida turibdi[212].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:31:30
Bu o‘rinda ushbu jarayonga oid keskin munozaralarga sabab bo‘lgan talqinlarga hakamlik qilishning mavridi emas. Ammo ko‘pchilikka ma'qul bo‘lgan quyidagi natijalarni qayd etib o‘tish o‘rinlidir. Birinchidan, 1896 yili Ser Tomas Arnoldning "Islom voizligi"[213]  kitobi chop etilganidan so‘ng ko‘pchilik xristianlarning islomni qabul qilishi majburiy emas, aksincha, ixtiyoriy bo‘lgani tasdiqlandi. Binobarin, musulmonlar Ispaniyasining bir zamonaviy tarixchisi "tarixchilar musulmon fotihlari xristianlarni o‘z tarafiga og‘dirib olmagani va ta'qib qilmagani xususida yakdil fikrdalar"[214], degan edi.  Ikkinchidan, 1950 yili D.S.Dennettning "Boshqa dinga o‘tish va dastlabki islomdagi jon solig‘i"[215] kitobi paydo bo‘lishi bilan tarixchilar, ko‘pchilik xalifalar g‘ayridinlar uchun joriy etgan kamsituvchi soliqni to‘lamaslik uchungina islomni qabul qilgan, degan eski qarashni rad etdi. Shu tariqa o‘sha soliq miqdori unchalik ko‘p bo‘lmagani, uning aksariyat hollarda dinni qabul qilish-qilmaslikka bog‘liq emasligi ma'lum bo‘lib qoldi. Uchinchidan, Richard Bulliet 1979 yili chop etilgan "O'rta asrlar davrida islomni qabul qilish" monografiyasida musulmonchilikka o‘tish hollari mamlakatlar zabt etilishi bilanoq sodir bo‘lib qolmagani, aksincha, uch-to‘rt asrdan so‘ng bo‘lganini ko‘rsatib berdi. Bullietning o‘zi buni "Dinni qabul qilish asrlari"[216] deb ataydi. Endi biz bu jarayonni Misr va Shimoliy Afrikadagi hududlar 9-asrning o‘rtalariga kelib musulmon mamlakatlariga aylangani; Eron bundan oldinroq musulmon davlati bo‘lgani; 12-asrning boshlariga kelib esa Iberiya yarim oroli aholisining kamida beshdan to‘rt qismi musulmonchilikni qabul qilganiga so‘zsiz ishonamiz. Uchala kashfiyot ham Levttsionning 1979 yili yozgan quyidagi xulosasini tasdiqlaydi: "harbiy bosqindan so‘ng zudlik bilan odamlar yoppasiga islomni qabul qilmagan", biroq oradan bir asr va ko‘proq vaqt o‘tgach bunday hol kuzatilgan[217]. Islomlashtirish jarayoniga oid tadqiqotlar ayni holning keyinchalik, o‘rta asrlarda ham musulmon sulolalari zabt etgan Shimoliy Hindiston, Anatoliya va Bolqon (yarim oroli) singari hududlarda kuzatilganini tasdiqlaydi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:31:43
Levttsion va Bulliet, qolaversa, shu sohani tadqiq qilgan boshqa kishilar garchi xo‘jako‘rsin uchun o‘z da'volarini dinning qonuniyligi bilan asoslashga intilgan esa-da, musulmon davlat tuzilmalari deyarli hech qachon boshqa dinga mansub kam sonli aholini islomni qabul qilishga majburlash yo‘llarini axtarmagan. Islomni qabul qilish, odatda, rasmiy siquvga olishi yoki haqiqiy xristianlik yoki boshqa institut - qurimlarning taxmin etilayotgan inqirozi oqibati emas, aksincha, musulmonlar va musulmon bo‘lmaganlar o‘rtasida kuchayib borayotgan ijtimoiy aloqalar ta'siri edi. Dastlabki bosqinchilar qisman arab qabilalarini islom vositasida birlashtirishni istagan bo‘lsa-da, harbiy shaharchalarda o‘zlarini begona his qilishar edi. Faqat bu harbiy  shaharchalar ulkan shaharlar darajasiga yetib, mahalliy aholi vakillarini gadoytopmas qishloqlardan gurros-gurros jalb qila boshlaganidan so‘nggina fotihlar bilan taslim bo‘lganlar o‘rtasidagi muloqot faollashdi. Shu tariqa islomni qabul qilish jarayoni sekin boshlandi va asta-sekin jadallashib bordi, islomni yangi qabul qilganlarning o‘zi savodsiz omma ko‘z o‘ngida ulgi olish mumkin bo‘lgan shaxslarga aylanib qoldi. 11-12-asrlarga kelib, islomga o‘tish asri tugagach, uni qabul qilmagan boshqa aholi maskanlarida istiqomat qiluvchi kishilarni islomlashtirish sustlashib qoldi, bu ishni ikkita bir-biriga o‘xshab ketadigan ijtimoiy guruh vakillari davom ettira boshladi. Ularning birinchisi  tarkibiga sayyoh savdogarlar kirar, mijozlarining dunyodagi eng ustuvor tamaddunga mansub zotlar deb qarashi, o‘zini tutishi va e'tiqodi ularga ulkan salobat bag‘ishlar edi. Ikkinchi guruhga kezgindi mistik so‘fiylar va avliyolar mansub bo‘lib, ular g‘ayridinlarni mo‘‘jiza ko‘rsatishi va xastalarni tuzatishi, o‘sha xalqlarning tillarida yozish va qo‘shiq aytish, ko‘pincha islomga o‘tish jarayonida bosqichma-bosqichlikka imkon berishga tayyorligi va ilohiyotni sevishga da'vatni himoya qilishi bilan o‘ziga jalb qilib olar edi. Bosniya, Kashmir, Indoneziya va G'arbiy Afrika hududlari aholisining islomni qabul qilishiga taqvodorlikning ushbu ikki  shakli: muloqotdan iborat savdogarlik va mistika imkon berdi. Bu islomning savdogarlik va mistikaga yo‘l berishi natijasi edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:31:57
So‘fiy mistiklar, xususan,  Hindiston subkontinentini islomlashtirishda muhim rol o‘ynadi, ayni shu o‘rinda Bulliet andozasidan g‘ayriodatiy tarzda foydalaniladi. Hindistondagi dastlabki islom istilolaridan so‘ng oradan o‘tgan uch asr mobaynida juda ozchilik bu dinni qabul qilgan edi; O'rta Sharqdagi jadallashuv jarayoni - islom va hinduizm o‘rtasida ulkan kontseptual tafovut bo‘lgani, shuningdek, hind jamiyatining turli tabaqalarga bo‘linib ketgani va turli o‘lchov birliklaridan tarkib topgani  uchun bo‘lsa kerak - bu yerda kuzatilmadi. Ayni hol, garchi pirovard siyosiy hokimiyat o‘shandan so‘ng hindularning qo‘lida qolmagan bo‘lsa  ham mahalliy dinlarning izchilligi va amaliyotini saqlab qolishga imkon berdi. Ammo Hindiston tajribasi Arnold va Dennettning tezislarini yetarli darajada tasdiqladi, chunki Richard Iton va boshqalar hindlar islomni ko‘pincha Hindistondagi musulmonlar hukmronlik qilgan joylardan ko‘ra ular hukmron bo‘lmagan joylarda ko‘proq qabul qilganini isbotlab berdi[218].  Musulmon siyosiy hukmronligining yoyilishi va musulmon diniga mansub kishilar miqdorining (odatda, quyi kastalar orasida) orta borishi bir-biridan farqli ikkita ulkan jarayon sifatida ko‘zga tashlanadi. Dinni qabul qilish allaqaerlardagi sultonlarning siyosati tufayli emas, islom himoyachilari bilan muloqot tufayli ro‘y berar edi.

Uzoq Sharqda Indoneziya arxipelagi tajribasi musulmonlarning qurolli  bosqini natijasida islomlashtirilganini emas, aksincha, ilk tanishuv tezisini yana tasdiqlaydi.  Islom hindular Hindistonining bir-biriga chambarchas bog‘lanib ketgan aholisi qoniga bir necha asrlar davomida singib ketdi, hatto bugungi kunda ham subkontinent aholisining taxminan uchdan bir qismi musulmonlardir. Buning teskarisi o‘laroq, Yava, Malaya va Sumatra (orollari)  garchi, asosan, hind madaniy robitasida bo‘lsa ham, kamroq qarshilik ko‘rsatgan edi va  bugungi kunda Indoneziya aholisining 90 foizdan oshiqrog‘i musulmonlardir. Mintaqaning aholi yashaydigan bir necha ming  orollarga bo‘linib ketishi musulmonlarning u yerlarni zabt etishiga va dengiz savdo-sotiq yo‘llarida islomning hukmron bo‘lishiga qulay zamin hozirlab berdi[219]. Shu tariqa (turli tamaddunlarning) to‘qnashuv imkoniyatlari oshdi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:32:09
Ushbu manzarani islom prozelitizm[220]i amal qilgan barcha-barcha hududlarda kuzatish mumkin. Birinchidan, sof missionerlik  institutlari - qurimlari yetishmas edi: so‘fiylik tariqatlari madaniy vositachilar sifatida faoliyat yuritgani uchun g‘ayridinlarni islomga targ‘ib qilishni asosiy maqsad qilib olmagan edi.  Ikkinchidan, kishilarning asosiy ko‘pchiligi islomni ixtiyoriy ravishda qabul qilardi. Uchinchidan, islomlashtirish asta-sekin amalga oshirilar, dastlab islom qadriyatlarining musulmonlar bilan yoki qisman islomlashtirilgan unsurlar bilan tanishish va, binobarin, A.D.Nokk "qo‘shilib olish"[221] deb atagan jarayon orqali o‘sha joyda yashaydigan xalqlar madaniyatiga kirib borishi ta'minlanar edi.

Biroq shunisi aniqki, garchi tanishuv va qo‘shib olish andozalari sotsiologik tuzilma sifatida ishonarli bo‘lsa-da, ular individual kishilarni islomni qabul qilishga undagan narsa aynan nima ekanini bilib olishga imkon bermaydi. Musulmonlarning boshqalar bilan ijtimoiy muloqotiga oid dalillar islomga bunday miqyosda o‘tish sabablari nimada ekanini tushuntirib bera olmaydi. Boz ustiga, ushbu boshqotirma, bo‘lg‘usi din tashviqotchilari uchun, musulmonchilikda tanlash huquqi jozibador emas, qabilidagi ko‘plab to‘sqinlik qiluvchi omillarning mavjudligi tufayli  yanada murakkablashib ketdi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:32:23
Shunday to‘sqinlik qiluvchi omillardan biri dinni qabul qilish tufayli yig‘ilib qoladigan ijtimoiy noqulaylik ko‘rinishida zuhur bo‘ldi. Yulduzni ko‘zlagan holda, o‘rta asrlarning barq urib rivojlanayotgan shaharlari bo‘lmish Damashq yoki Bag‘dodga ko‘chib kelib ijtimoiy pog‘onalardan yuqori ko‘tarilish uchun  islomni qabul qilgan erkak yoki ayol o‘zi mansub din jamoasiga qayta qo‘shilolmay qolishi mumkin edi. Chunki ko‘hna xristian va induizm guruhlari, odatda, kimningdir o‘z dinidan qaytishini sotqinlik deb bilar va dindan qaytgan kishi o‘z-o‘zidan kastaga mansublik maqomidan ham mahrum bo‘lar edi. Ramziy ma'noda aytadigan bo‘lsak, islom fiqhi ushbu dinga kirgan kishilarning g‘ayridin ota-onalaridan muayyan mulkni meros qilib olishiga to‘sqinlik qilardi. O'rta asrlarda islomni qabul qilgan ko‘plab kishilar uchun jamoaga qo‘shilish tufayli erishiladigan imtiyozlar ko‘pincha tark etilayotgan din tufayli hosil bo‘lgan muammolar bilan bab-barobar  edi.

Ikkinchi jumboq islomning din sifatida o‘zi kutayotgan narsalarga talabchan tabiati bilan bog‘liqdir. Biroq 8-asrda yashagan suriyalik dehqon yoki savdogar o‘zining mutlaq savodsizligi tufayli islomni qabul qilishning ilk qadami sifatida og‘riqli xatna odatini tushungan bo‘lishi mumkin. Avliyo Pavel, endilikda o‘sha dehqon ajdodlarining xristianlikni qabul qilishida Ibrohimdan qolgan eski odatni bajo keltirishga hojat yo‘q, deb ishni ancha osonlashtirib qo‘ydi. Biroq islom bunday yon berish yo‘lidan bormadi.   
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:32:45
Dinning ruknlarini ado etish tizimi uni qabul qilmoqchi bo‘lganlarni cho‘chitib yuboradigan hol edi. Islom bir kecha-kunduzda 5 marta namoz o‘qishni, birinchi namoz kun chiqishidan oldin ado etilishini taqozo qiladi. Shuningdek, u ramazon oyida, ayniqsa, issiq iqlim sharoitida juda mashaqqatli bo‘lgan ro‘za tutishni ham nazarda tutadi. U har yili bir marta majburiy tarzda kambag‘allarga o‘z boyligining qirqdan bir qismini zakot sifatida berishga undaydi. Bu din o‘rta asrlarda qimmat, noqulay  va xavfli bo‘lan vazifa - Makkaga haj qilishni majburiy qilib qo‘ygan edi. Din, shuningdek, ba'zi ovqatlarni iste'mol qilishda xristianlar uchun noma'lum bo‘lgan cheklovlarni ham joriy etadi, shulardan eng ko‘zga ko‘rinadigani cho‘chqa go‘shtini yeyishni taqiqlashdir. Mazkur din musulmonlarga islom fiqhida musulmon bo‘lmaganlar uchun iste'mol qilishga ruxsat etilgan spirtli ichimliklarni ham taqiqlaydi.

Modomiki shunday ekan, biz islom muvaffaqiyatlarini qanday tushuntira olamiz? Yana asosiy masalaga qaytadigan bo‘lsak, g‘ayridinlar islomni qabul qilishga kamdan-kam hollarda majbur etilgan. Ular o‘zlarining ibodat va ta'lim joylarini saqlab qolgan va islomning ulkan dunyosida kichik bir jamoa sifatida yashab qolavergan. Odatda, islomni qabul qilish oiladan va qishloqdan, odatlar va mafkuradan kechishga sabab bo‘lar, yangi va talabchan jamoa hayotini qabul qilish qat'iy va deyarli zohidona mo‘‘tadillik bilan tavsiflanadigan masjidda ibodat qilishda namoyon bo‘lar edi. Bullietga qo‘shilib ta'kidlaydigan bo‘lsak, musulmonlar bilan ijtimoiy muloqot kengaya borgani sari islomni qabul qilish tezlashgani nega odamlar, xususan, xristianlar osonlik bilan musulmon bo‘lib ketganini tushuntirish uchun yetarli emas.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:32:55
Islomning muvaffaqiyatiga oid jozibador dalillarga murojaat qilganimizda uning tabiati va kelib chiqishini esga olsak, ayni muddao bo‘lur edi. Qayd etib o‘tilganiday, Qur'on politeistik[222] dunyoga, shuningdek, uning ortida turgan yahudiy-xristian dunyosiga qarshi taraqqiyotdan chetda bo‘lgan va ta'qib ostida qolgan mazhab vakillari manfaatlarini himoya qiluvchi dalil sifatida vujudga keldi. Qur'on va unga qo‘shimcha bo‘lgan rasululloh hadislari muqaddas bitiklar sifatida islomga o‘tishga undashning inson ruhiyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir qiluvchi diskursidan tarkib topgan. Qur'on dastlabki musulmonlarga, sizlarning qoloqligingiz barham topadi, deb kafolat beradi: "Biz esa u yerda xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni (xorlikdan chiqarib, barchaga) peshvo zotlarga aylantirishni va ularni (Fir'avn mulkiga) merosxo‘r qilishni istaymiz"[223]

Qur'onning va rasululloh hadislari diskursining ushbu "erkinlashtiruvchi" tamoyilini e'tiborga oladigan bo‘lsak, islom avvalboshdanoq qoloq jamoalarga murojaat qilganidan ajablanmasa ham bo‘ladi. Bugungi kunda Amerika Qo‘shma Shtatlarida  islomni qabul qilayotgan qora tanli kishilar miqdori oqtanli dindoshlariga nisbatan yigirma barobar ko‘pdir. Ko‘pincha Bobilning yunoncha gaplashuvchi klerikal va siyosiy kiborlaridan, keyinchalik esa ular o‘rnini egallagan arab podsholigidan keskin ajratib qo‘yilgan dastlabki o‘rta asrlar Yaqin Sharqi  aholisi ham xuddi shunday yo‘l tutishi mumkin edi. Xristianlar ham, garchi davlat siquvga olmagan bo‘lsa-da va garchi ayni paytda ma'lum bir vakolat beradigan, tasalli va va'daning diskursi sifatida vujudga kelgan bo‘lsa-da, ancha chetga chiqib qolgan edi, davlat diniga o‘tish muayyan imtiyozlar berishi mumkinligiga ishonch hosil qilayotgan edi. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:33:05
Bu o‘rinda hal etilishi lozim bo‘lgan ba'zi bir muammolar ham borga o‘xshaydi. Yaqinda Hindistondagi quyi kasta vakillarining islomni qabul qilishini bir sotsiolog "norozilik uchun strategiya"[224] deb atadi. Nimadandir norozi bo‘lib islomni qabul qilish din sotsiologlari tan olgan hodisadir, buni Irvin Shayner  "Xristian dinini qabul qilganlar va Meyji[225] Yaponiyasidagi ijtimoiy norozilik" kitobida juda batafsil tavsiflab bergan edi. Shayner Meyji islohotlari oqibatida o‘zining ijtimoiy maqomini yo‘qotgan har bir samuray norozilik belgisi sifatida protestantizmni qabul qilganini tushuntirib beradi[226].

Ushbu xulosalar ishonarli ekaniga hech kim shubha qilmasa kerak. Islomni qabul qilish qarori, o‘z tabiatiga ko‘ra, qiyin kechishiga qaramasdan, xristianlar va keyinchalik Hindistondagi qoloq hindular ommaviy tarzda ushbu dinga o‘tdi. Bu hol zamiriga ozodlik ilohiyotshunosligi singdirilgan Qur'on xabari tabiatidan kelib chiqadi va muayyan jamiyatning rahbari musulmon yoki boshqa dinga mansub bo‘lishidan qat'i nazar, ijtimoiy qoloqlikka qarshi norozilik vositasi rolini o‘ynaydi. Biz buning qatoriga, albatta, dinning jozibadorligini ham qo‘shishimiz kerak bo‘ladi: u isoshunoslik va ilohiy uchlikka xos ziddiyatlari yoki vedantalar[227]ning chalkash metafizikasidan bezib qolgan odamlarni o‘ziga rom etgan oddiy monoteizmdir. Binobarin, Lamartinning islomni qadrlashi "amaliy va tasavvurga oid teizmdir. Bunga ishonadigan odamlarni boshqa dinni qabul qilishga ko‘ndirib bo‘lmaydi: kishi mo‘‘jizalarga to‘la bo‘lgan dogmatik tizimdan boshqa tomonga qarab emas, oddiy dogma tarafga siljib boradi"[228]. Yana shunisi ham ma'lumki, dunyoning eng ko‘hna va teran xristian jamoalari islomni uning kuchli va ta'sirchan diniy qobiliyatga ega himoyachilari bo‘lmaganda tinchgina qabul qilmas edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:33:19
*          *          *

Hozirgi kunda ham islomni qabul qilishning bunday klassik andozalarini qo‘llash mumkin yoki mumkin emasligi noaniq. Dinning miqdor jihatidan o‘sib borishi bor gap: dunyo aholisi orasida musulmonlar miqdori 1900 yili 12 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 20-asrning oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 20 foizga yetdi, 2025 yilga borib esa, 30 foizga yetishi hisoblab chiqilgan. Biroq bu o‘sish, asosan, musulmonlar ko‘p istiqomat qiladigan uchinchi dunyo jamoalaridagi tabiiy ko‘payish natijasidir.  Zamonaviy islomning missionerlik darajasi va tabiatini ochib beradigan ishonarli statistika mavjud emas.

Biroq G'arbning an'anaviy dini xristianlik bo‘lib kelgan davlatlari islomlashish holatini boshdan kechirayotgani shubhasiz. Demografik nuqtai nazardan, Afrika-Amerika musulmon jamoasi buning yorqin misoli bo‘la oladi. Ularning miqdori Amerikada 4 millionga yetdi. Mazkur jamoa vakillarining bokschi Muhammad Ali, jaz sozandasi Jon Koltreyn va din faollaridan biri bo‘lmish Malkolm Iks singari islomni qabul qilgan mashhur kishilarga ergashib, bu dinga o‘tgani oq tanli xristianlarning asrlar davomida qora tanlilarga nisbatan yomon munosabatda bo‘lib kelganiga javoban norozilik harakati sifatida talqin etilishi tayin. Qora tanlilar madaniyatining mashhur rep musiqasi, shuningdek, "Islom millati" deb ataluvchi sinkretik[229] harakatlarning paydo bo‘lishi, masjidga to‘plangan jamoaga gilamda o‘tirish o‘rniga stulda o‘tirishga ruxsat etishday muayyan yon berishlar orqali  musulmonchilikning tarqalish jarayoni ancha yengillashdi. Bu jarayon xristianlikdan musulmoncha o‘ziga xoslikka o‘tish uchun dastlabki qadamlar sifatida ko‘zga tashlanadi[230]. Zamonaviy Amerika diniy muhitining ulkan o‘zgarishga yuz tutishini bunday tushunish islomni qabul qilishning yuqorida qayd etilgan ikki nazariyasini tasdiqlaydi: 1) ijtimoiy qoloqlik tufayli kelib chiqadigan norozilik va 2) asta-sekinlik bilan dinga qo‘shila borish nazariyasi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:33:30
Birmuncha imtiyozlarga ega bo‘lgan etnik guruhlarning islomni nisbatan kamroq, ammo izchil qabul qila borishini tushuntirish juda mushkul. Garchi islom, asosan, "kambag‘allar tanlayotgan imtiyoz" bo‘lsa-da, 1981 yili mazkur dinni frantsuz kommunistik partiyasining sobiq raisi Rojer Garodi[231] qabul qilgan. Yoki islomni uchinchi dunyoning mustamlakaga qarshi kurash vositasi deb bilgan balet xoreografi  Moris Beja[232] singari bugungi Amerikada  yashovchi oq tanlilarning taxminan 5 foizi ushbu dinni qabul qilgani ham uning faqat kambag‘allar uchun emasligini ko‘rsatadi. Biroq yashash sharoiti yaxshi bo‘lgan kishilarning islomga o‘tishida ularning biror narsadan norozi bo‘lgani alomatlari sezilmaydi. Qisman ayni shu sabablarga ko‘ra bu harakat bir qancha tadqiqotchilarning e'tiborini tortdi[233]. Islomni qabul qilgan oqtanlilar soni uncha ko‘p emas (taxminan, 50 ming kishi Buyuk Britaniyada va yuz ming kishi Frantsiyada);   biroq dunyo, umuman olganda,  G'arbning ko‘z o‘ngida jadal o‘zgarib borayotganini hisobga olsak, bu hodisa islomni qabul qilishning kelgusi yo‘nalishi va dalili global miqyos kasb etishi  mumkinligini ko‘rsatadi.

Yangi musulmonlar faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay joy Internetdir. U inson qo‘li bilan yaratilgan eng murakkab yodgorliklardan biri shaklsiz Bobil minorasiga o‘xshaydi. Undagi mavjud dinlar, shu jumladan, islom ham faqat himoyalanish bilan band. Shunga qaramasdan,  Internet musulmonlar bilan boshqalar o‘rtasidagi  yangi ko‘rinishdagi muloqotga xizmat qilayotgani ko‘zga tashlanmoqda va bizga islomlashtirishning odatdagi nazariyalarini imtihon qilish uchun  yana bir imtiyozli ko‘zqarashga imkon beradigan missionerlik targ‘iboti bilan shug‘ullanishga sharoit tug‘diradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:33:43
G'arbdagi musulmon diasporasi jamoalari orasida Internet hammaga ma'lum mahalliy jamoalar qadriyatlariga  moslashib ketish jarayonini sustlashtirib qo‘ymoqda. Vebsaytlar Amerika va Avstraliyaning uzoq hududlarida o‘z madaniyatidan uzilib qolgan holda yashayotgan musulmonlarga kitoblar va tasbehlarga buyurtma berish, bo‘lg‘usi qayliqlarining turarjoyini aniqlash, real vaqtdagi audio bog‘lanuv orqali amri ma'ruflarni tinglash, elektron pochta orqali o‘zlarini tashvishga solayotgan muammolarni boshqa son-sanoqsiz musulmonlar bilan muhokama qilish imkonini beradi. Bir paytlar madaniyatlarning tarqalishida doimiy omil bo‘lgan  jug‘rofiyadan bunday yalpi voz kechish boshqa joydan ko‘chib kelgan yoki boshqa kichik guruhlarning assimilyatsiyasiga oid odatiy sotsiologik nazariyalarni jiddiy savollar domiga tashlaydi. Ushbu hodisaning miqyosi juda kengdir: Shimoliy Amerika Islom jamiyatining vebsayti (www.islamicity.org) 1999 yilning fevraliga qadar 2 millionga yaqin "hitlar"ni yozib oldi, vebsayt ijodkorlarining maqsadi 21-asrning ikkinchi o‘n yilligiga qadar bir milliard "hit"ni yozib olishdir.

Aynan shu masofani bekor qilish bir dindan boshqasiga o‘tish jarayoniga katta ta'sir ko‘rsatmoqda.   Aydaho shtatida istiqomat qiluvchi fermer xristianlikdan boshqa dinlarga oid bilim borasida o‘z okrugi kutubxonasi zaxirasi bilan cheklanib qolmaydi. U bir oz "serfing"[234] qilishi, biror din himoyachisi bilan hech bir to‘siqsiz va bemalol muloqoti natijasi o‘laroq, nomini ma'lum qilmay kompyuterga kiritilgan Qur'on va hadislar bilan tanishishi, xristianlikka qarshi muhokamalarga bag‘ishlangan adabiyotni o‘qishi va aksariyat musulmon adabiyotlarida aks ettirilganiday, sabr-toqatli bo‘lib, dinning aniq suratini hafsala bilan chizishi mumkin.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:33:53
Yangi hodisa: Internet orqali islomni qabul qilgan kishi yoki "kiberkonvert" ro‘y berdi. Musulmonlar asos solgan ko‘plab islomiy vebsaytlar ana shu kishini kerakli narsalar bilan ta'minlab beradi. Masalan, Belfastdagi Islom markazi vebsayti[235]da yangi musulmonlar  qanday qilib ibodat qilishi mumkinligi xususidagi yo‘l-yo‘riqlarni topish mumkin. "Nomusulmon sahifasi"da "mavjud qotib qolgan tushunchalar fosh qilinadi" va islom haqida ko‘proq bilishni istagan dinga moyil vebsayt shinavandalariga telefon orqali bepul ulanish taklif etiladi[236]. Britaniyadagi bir saytda g‘urur tuyg‘usi bilan to‘lib-toshgan mana bunday mazmundagi videotasvirlarni ko‘rish mumkin: "Biz turli din va ijtimoiy tabaqaga mansub bo‘lgan erkak va ayollarni  islomga o‘tkazdik"[237]. Amerikada Internetda islom targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi maxsus guruh bo‘lib, u o‘zini "islomni veb-sahifalar, elektron pochta, Internet orqali suhbatlar, xat-xabarlar taxtasi va yangiliklar guruhlari orqali yoyishni ko‘zlagan musulmonlar jamoasi deb ataydi[...] Musulmonlar islomni kibernetika dunyosida kengroq yoyish uchun faolroq bo‘lishlari kerak"[238]. Yana bir aksilxristian saytida amerikalik yevangelist Jimmi Sveggart bilan munozara qilayotgan musulmon aks ettirilgan videotasvir ham bor[239]. Boshqa bir saytda esa Internetdan foydalanuvchilar e'tiboriga islomni qabul qilgan Yuniet[240] katolik yepiskopining Tavrot haqida yozgan kitobi matni havola etiladi[241].  Braziliyadagi bir saytda esa portugal tilida xuddi shunga o‘xshash material mavjud[242]. Edmonton islom resurslari sahifasida tanlangan "dinga o‘tish" masalalari muhokama qilinadi va "Iso tavalludi bayram qilinishiga qarshi islomiy muqobil tadbir" xususida maslahat beradi"[243]. Yevropa mamlakatlariga ko‘chib borgan musulmon guruhlari yuritayotgan ushbu saytlarga qo‘shimcha ravishda islomni qabul qilgan boshqa din vakillarining o‘zlari ochgan vebsaytlar ham bor. Ulardan ba'zilari o‘z-o‘zini kuzatish xarakteriga ega, ularda sof missionerlik yo‘nalishi yetishmaydi. Masalan, Britaniyadagi "Murabitun[244] dunyo harakati" tashkiloti yuritayotgan 6 ta sayt unga a'zo guruhlar uchun munozara minbaridir, bu minbar islomni qabul qilish masalasida boshqalarga yordam qilishga juda kam e'tibor beradi[245]. Mazkur tashkilot turli mamlakatlarda bir necha ming kishi islomni qabul qilganini ta'kidlab keladi. Vebsaytlarda faqat munozaralar va dinni yangitdan qabul qilganlar uchun ruhoniy maslahatlar berish bilan cheklanadigan sahifalar ham mavjud. Ularni islomni qabul qilgan ayollar yuritadi[246].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:34:06
Ammo islomni qabul qilishga da'vat etuvchi vebsaytlarning aksariyati o‘z mazmuniga ko‘ra prozelit[247]lik xarakteriga ega. Ulardan "Ispan musulmonlari sahifasi"ga o‘xshash ba'zilari, masalan, puerto-rikoliklar[248] yuritayotgan sahifa yoki Singapurning "Musulmonlikni qabul qilgan assotsiatsiyasi" sahifasi[249] mazmunan islomni qabul qilganlarga tegishli. Ispan vebsaytlarining aksariyatini musulmonlikni qabul qilganlar yuritayotganga o‘xshaydi, bugungi Ispaniyadagi islom tashkilotlarida morisk[250]lar avlodlari ustuvorligi hammani hayratga solmoqda. Binobarin, davlat tan olgan islom boshqaruvining bosh kotibi, musulmonlikni qabul qilgan madridlik miya jarrohi boshqaruvning juda go‘zal vebjurnali[251]ga mutasaddilik qilmoqda. Uning bir sahifasi Kataloniyadagi islomga oid materiallarga bag‘ishlangan bo‘lib, muallif unda o‘ziga ma'lum bo‘lgan yuzlab musulmonlikni qabul qilgan kataloniyaliklar haqida ma'lumot beradi[252]. Islomni qabul qilish nafaqat manba, qolaversa, o‘ta faol yangi musulmonlarga zavq-shavq beruvchi omil ham bo‘lib qolmoqda.

Ayni paytda yangi musulmonlarni dinning o‘tmishdagi missionerlik tajribasi bilan bog‘lab turuvchi saytlarning xarakterli xususiyatlaridan biri ularning tasavvufga  qiziqish bilan qarayotganidir, G'arbga ko‘chib borgan musulmonlar an'anaviy islomning ushbu jihatini unchalik mensishmaydi. Bunaqa saytlar ko‘p bo‘lgani uchun to‘la ro‘yxatini keltirish mushkul, biroq ayrimlarini sanab o‘tsa bo‘ladi. Masalan, Italiyada Giardino della Cognoscenza sayti bor, uni an'anaviy naqshbandiya tariqatini targ‘ib qiluvchi  yangi musulmonlar yuritadi, saytga musulmon bo‘lmagan «izlovchilar»[253]ni jalb etish mo‘ljallanib, zeb berilgan. Virtual[254] ziyoratchilar sayt sahifalariga nazar tashlash orqali Naqshbandiya tariqati haqida ko‘proq narsa bilish uchun taklif etiladi, unda boshqa ko‘plab shunga o‘xshash saytlarning manzillari keltirilgan[255]. Sayt o‘quvchilarni 17-asrda Istambulda vujudga kelgan jarrohiylik tariqatini qabul qilgan musulmonlar yuritadigan boshqa bir sayt sari yetaklaydi. Ushbu sayt bugungi kunda G'arbda  bir necha ming yangi musulmon borligidan xabar beradi. Unda jarrohiylarning Italiyadagi ma'naviy rahnamosining portreti va qisqacha tarjimai holi keltiriladi: sayt ziyoratchisi  rahnamoning rassom va Milan universitetida psixologiyadan ma'ruza o‘qishidan boxabar bo‘ladi. Saytga uning surati va ma'naviy hayot xususidagi aforizmlari ham kiritilgan[256]. So‘ngra  xalqaro «izlovchi»ga Amerikadagi jarrohiylik tariqati saytiga yo‘llanma beriladi. Ushbu saytda zikr etilgan tariqatga xos bo‘lgan gumanitar va ishsizlar uchun jamoat ishlariga oid tafsilotlar, shuningdek, tariqatning Bosniya, Germaniya, Gretsiya,  Frantsiya, Avstriya, Kanada, Ispaniya, Meksika, Argentina va Braziliya[257]dagi loja[258]lari ham beriladi. Xuddi shunga o‘xshash Shohmaqsudiy vebsayti ziyoratchisiga Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi 34 ta lojaning manzilgohi taqdim etiladi[259].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:34:28
A'zolari dunyoning turli-tuman burchaklarida istiqomat qiladigan va faqat elektronika vositasida o‘zaro muloqotga kirishadigan kibertariqat yoki so‘fiylik tariqati hodisasiga islom mistitsizmi tarixidagi eng ulkan muvaffaqiyatlardan biri sifatida qaralashi kerak. Kibertariqatlar unga a'zo bo‘lgan kishilar guruhi o‘rtasida jamoa ruhini qaror toptiradi, guruh rahnamosi ta'limotini ommalashtiradi va shuningdek, so‘fiylarning yangi tarafdorlar axtarish an'anasini rivojlantiradi. Binobarin, ayni paytda g‘arblik izlovchining Sharqni kashf qilish uchun safarga otlanishiga hojat qolmaydi, u buning o‘rniga 30 dan ortiq vebsaytlarga yoki G'arb mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan so‘fiylik tariqatiga kirib qo‘ya qoladi. Ma'naviy rahnamolar yo‘l-yo‘rig‘iga yetisha olmayotgan  bo‘lg‘usi a'zolar  ushbu diskurslarning elektron talqiniga amal etishi, kitoblarini sotib olishi, masjidlardagi, lojalardagi va anjuman markazlaridagi ulkan yig‘inlarni  tomosha qilishi mumkin.

Tasavvufning ushbu missionerligi jo‘shqin faoliyatining bir chekkasida boshqa kibertariqatlar ham borki, ular o‘zlarini musulmon deb hisoblamaydi, biroq ular so‘fiylik ta'limoti unsurlarini yangi asrning e'tiqod va uslublari bilan birga qatorga qo‘yadi. Bu guruhlarning g‘amxo‘r rahnamosi Mavlono (Rumiy)ning o‘zlaridir, ul zot asarlari Amerikada bestseller bo‘lgan shoir hamdir. Tarixiy Rumiy 13-asrning chin ma'nodagi dindor olimi edi, biroq u o‘zining yangi asrdagi tanlangan, sinkretik qiyofasi bilan Internetning liberal guru[260]laridan biriga aylanib qoldi. Shunday qilib, g‘arblik ma'naviyat izlovchi "Rumiydan ilhomlangan nay musiqasi"ni tinglashi yoki uning she'riyati ixlosmandlarining muhokama guruhiga qo‘shilishi yoki Rumiydan ilhomlanib chizilgan raqamli rassomlik asarlarini tomosha qilishi mumkin[261]. G'arbning Mavlonodan ilhomlanadigan musulmon bo‘lmagan "so‘fiylik tariqati" izlovchilarni "Elektronik so‘fiylik sinfi"ga taklif etadi. Bu sinfda ular nomini birovga ma'lum qilmagan holda, diniy uslublarni o‘rganishi mumkin. Bu uslublar ularning a'zoligiga zarar yetkazmaydi, aksincha, mavjud bo‘shliqlarni to‘ldiradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:34:38
Ba'zi tariqatlarga musulmonlar ham, musulmon bo‘lmaganlar ham a'zo bo‘lishi mumkin. Shulardan biri Filadelfiyadagi Bava Muhaiyadin birodarligidir. Bir tamil ruhoniysi va zohidi asos solgan ushbu harakat o‘z asoschisi 1986 yili vafot etganidan so‘ng ham Internet tufayli qisman yashab qoldi. Ushbu tinchliksevar va estetik jihatdan mukammal vebsayt ziyoratchilari so‘fiylik an'anasiga asosan Filadelfiyaning boy chekkalaridan biridagi masjidga  kelguday bo‘lsa, sabzovotlardan tayyorlangan bepul taom bilan mehmon qilinishi xususida boxabar etiladi; bu hol yangi a'zolarni jalb etish uchun juda qulay imkoniyatdir[262].

Bunday usul bilan joriy etilgan davomiylik g‘arblik "izlovchi"ga, dastlab,  islomni qabul qilishni xayoliga keltirmay turib ham biror so‘fiylik guruhi qarashlariga qo‘shilishiga imkon beradi.  Bu hol dinning atrofni qurshab turgan madaniyati bilan yaqindan tanishish, ba'zi bir urf-odatlar va e'tiqodni, oradan ma'lum bir vaqt o‘tib esa, islomning o‘zini qabul qilish imkonini beradi. Qora tanli musulmonlar hayotida ro‘y berganiday, ushbu andoza Nokkning qo‘shib olish xususidagi tezisi - iddaosi bilan hamohangdir. Ushbu iddaoga ko‘ra, ibodatning yangi tizimlari bir narsaning o‘rniga ikkinchisiga amal qilishdan ko‘ra dastlab uni yordamchi yoki qo‘shimcha narsa sifatida qabul qilish va oldingi diniy e'tiqodga amal etishni bir oz muddat to‘xtatib, ikkinchisiga o‘tib ketish  osonligini nazarda tutadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:34:48
O'ta murakkab manzaradan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Internetdagi musulmon prozelitizmi ikkita ulkan kontekstda paydo bo‘ladi: birinchidan, boshqa joydan ko‘chib kelgan musulmonlarning islomni qabul qiluvchilar ko‘payishini ko‘zlab yuritayotgan saytlari ko‘pincha xristian diniga nisbatan keskin yondashsa, ikkinchidan, islomni qabul qilganlar yuritayotgan saytlar, odatda, mo‘ljalni tasavvuf tomon oladi, tasavvuf bo‘lajak shogirdlarga ustozning rom etuvchi qobiliyatini ishga solish texnologiyasi yordamida izlovchilarni muhim, zararsiz, bosqichma-bosqich qadamlar bilan dinga olib kiradi.

Ushbu murakkab jarayonga akademik tartib berishga urinish hamda Bulliet va boshqalar tavsiflab bergan an'anaviy islomlashtirish jarayonlarini, agar ular haqiqatan ham mavjud bo‘lsa, o‘zaro farqlash yangicha sharoitda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Bundan ham soddaroq tajriba o‘tkazishga oldin ham urinib ko‘rilgan edi. Ushbu tajriba paytida misol tariqasida turli-tuman vebsaytlar orasidan musulmonlikni qabul qilgan kishilardan yuz nafarining bergan ko‘rgazmalari tanlab olindi. Bunday yondashuvdan aniq bir natija kutish qiyin, chunki dinni qabul qilgan kishining qanday hissiyotlarni tuygani, tajribasi boshqalar uchun me'yor bo‘lishi mumkin emas. Suhbatlashuvchi yoki savolnomaning yo‘qligi bir dindan boshqasiga o‘tish jarayonidagi muhim jihatlarni aniqlashda ko‘rib chiqiladigan ota-onaning o‘zaro ajrashib ketishi, alkogolizm singari beqaror omillarni qayd etishda chalkashliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, vebsaytlarning o‘zi boshqa dinga o‘tish borasidagi ma'lumotlarni to‘g‘ri bermasligi va ayni hol ularning asosiy hayot tarziga zid kelib qolishi ham mumkin. Biroq shunga qaramasdan, bundan ma'lum bir ehtiyotkor xulosalar chiqarish va ular islomni qabul qilishga oid an'anaviy nazariyalarga oydinlik kiritishi mumkin.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:34:58
O'z dardini Internet orqali dasturxon qilgan yuz nafar islomni qabul qilgan kishi turli-tuman guruhlarga mansub. Ularning to‘rtdan uch qismi amerikaliklar bo‘lib, turli-tuman iqtisodiy-siyosiy sinf vakillaridir. O'sha musulmonlikni qabul qilganlarning teng yarmi ayollar ekani G'arbda islomni qabul qilgan kishilarning to‘rtdan uch qismi ayollar ekani xususidagi ma'lumotlarning to‘g‘riligini shubha ostiga qo‘yadi[263]. Yangi musulmonlarning yoshi, umuman olganda, o‘sha hududlar aholisining yoshidan unchalik farq qilmaydi.  Ularning taxminan 80-90 foizi 1993 yildan so‘ng islomni qabul qilgan. Faqat ikki kishigina islomni qabul qilishini musulmonlar mamlakatida orttirgan tajribasi bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Besh kishi sobiq xristian missionerlari, olti kishi esa liberal ilohiyotshunoslik va xalqchil liturgiya[264]dan norozi bo‘lgan konservativ katoliklar ekan. O'n besh kishi xristianlikning Uchlik[265] aqidasiga shubha bilan qaragani uchun  uni tark etibdi. Yana uch kishi sobiq yahudiylar, to‘rt kishi esa iudaizmga o‘tishni mo‘ljallayotganini qayd etadi. Uch kishi xitoylik, sakkiz, balki undan ham ko‘prog‘i qora tanli amerikaliklar,  yana uch kishi asl amerikaliklar ekan. Shulardan yetti nafari, balki, undan ham ko‘prog‘i oila qurganidan so‘ng islomni qabul qilgan ekan. Olti kishi esa  tush yoki mo‘‘jiza ko‘rib islomga o‘tganini ta'kidlaydi. 29 ta hisobotda esa islomni qabul qilganlar uchun Qur'onni o‘qish bu jarayonni tezlashtirgani asosiy omil sifatida keltiriladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:35:19
Eng dolzarb mavzulardan biri dinni qabul qilishga chog‘langan kishining o‘zi qo‘yajak ehtiyotkor va aniq ("yong‘oqli pirogning bir bo‘lagini chaynamay yutish kabi yengil") qadam hissidir, biroq bu qadam muhim, shu bilan birga, oila, tanish-bilishlar va keng G'arb jamiyati uchun oshiqcha dahmaza bo‘lib ko‘rinadi. Ayniqsa, Amerika Qo‘shma Shtatlarida islomni qabul qilish ijtimoiy jihatdan toqat qilib bo‘ladigan hodisa emas. 1979 yilgi kishilarni garovga olish bilan bog‘liq tanglikdan beri musulmonlarga nisbatan salbiy munosabat izchil ravishda  kuchayib bordi, yaqinda Roper o‘tkazgan  jamoatchilik fikrini so‘rab bilish natijalariga ko‘ra, AQShda so‘ralganlarning yarmidan ko‘pi islomni "mohiyatan Amerikaga qarshi" deb baholagan, Amerika-islom munosabatlari kengashining ma'lum qilishicha, 1997 yilga kelib musulmonlarni kamsitish holatlari 60 foiz ortgan[266]. Amerikada musulmonlikni qabul qilgan kishilarning mutlaq ko‘pchiligini tashvishlantirayotgan narsa islomiy o‘ziga xoslikni yerga urish hollaridir. Bu kishilar doimiy ravishda boshqalarning o‘zlariga nisbatan yovqarashi va haqoratlashlaridan shikoyat qiladi. Kichik bir Baybl Belt[267] shaharchasida istiqomat qiluvchi vazirning qizi bergan ko‘rgazmalar ushbu muammo mohiyatini ochib beradi:

Men bir kuni tushdan keyin uyimga kelsam [...] kimdir uyimning derazasini o‘q otib, chil-chil qilganini va mashinalarimdan birining yon tomoniga purkaluvchi bo‘yoq bilan "TERRORISTSEVAR" deb yozib tashlaganini ko‘rdim. Politsiyachilar menga umuman yordam bermadi. Aynan o‘sha kuni kechasi Internet orqali musulmonlar bilan suhbatlashib o‘tirib, tashqarida o‘q ovozini eshitib qoldim. Ular qaytib kelib, uyimning butun qolgan derazalari oynalarini ham chil-chil qildi va tashqaridagi barcha uy hayvonlarimni o‘ldirib ketdi[268].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:35:29
Ayni o‘sha musulmonlikni qabul qilgan qiz o‘ziga hujum qilingani va oqibatda kasalxonaga tushib qolgani, shu paytgacha unga nisbatan xushmuomala bo‘lgan qo‘shnilarining jahlni chiqaruvchi qiliqlarini bir-bir sanab o‘tadi. U, garchi eng yaqin masjiddan 120 mil uzoqlikda yashasa-da, «islom haqida bir oz bilganlarim ham Internetdan topgan narsalarimni o‘qishdan, Internet tarmog‘idagi chin do‘stlarim va oilam tufayli orttirilgandir", deydi va binobarin, uning ruhini hech kim cho‘ktira olmaydi.   

Islomni qabul qilgan boshqa kishilar ham oilasi va mahalliy jamoalar o‘zlaridan yuz o‘girganiga o‘xshash favqulodda vaziyatlar xususida hikoya qiladi. Ushbu misollarda missioner[269] ota-onalar islomni qabul qilgan  farzandlarini kimdir o‘z tarafiga og‘dirib olgan, deb hisoblagani, boshqa ota-onalar esa farzandlarining islomga o‘tishini o‘zlariga nisbatan haqorat deb bilib, politsiyaga ham arz qilgani qayd etiladi. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:35:51
Islomga nisbatan bunday raqiblarcha munosabat, dinga qo‘shib olinish xususidagi an'anaviy nazariyalar va kishi tabiatidagi atrof-muhitga moslashuvchanlik jiddiy muammolar sirasiga kiradi. Biroq, taqdir hazilini qarangki, ayni shunday munosabat islomni qabul qilish jarayonidagi yetakchi omillardan biri sifatida ham ko‘zga tashlanadi. Boshqa dinni qabul qilishga oid ko‘rgazmalarda tez-tez uchraydigan hol islomni o‘rganishga bo‘lgan dastlabki qiziqishga yangi musulmonlar, xristian dini yoki feminizmga nisbatan keskin nafrat va  haqiqiy muhabbat turtki bo‘lib xizmat qilgani ta'kidlanadi. Masalan, sobiq katolik seminariya[270]si o‘quvchisi nimalarni his qilganini bunday ta'riflaydi:

Musulmon davlatlari yer bilan yakson qilinishi kerak [...] Men o‘z vazifamni musulmonlarni xristian diniga o‘tkazish deb bilar edim [...] Biroq ikki yil davomida musulmonlar bilan bo‘lgan munozaralar va muqaddas kitoblardagi mavzularni tadqiq qilgandan so‘ng islomni qabul qilishga qaror qildim[271].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:36:10
Boshqa bir amerikalik esa o‘smirlik yillarini aqidaparastlar radiostantsiyalarining "payg‘ambarlik bo‘yicha sinchilari" va'zlariga quloq tutib o‘tkazganini yozadi. Uning xotirlashicha:

Sinchilarning turli-tuman fitna nazariyalarini, Isroilni va diniy yahudiyparastlikni telbalarcha qo‘llab-quvvatlashi, "islom xavfi" xususida og‘zidan tupuk sachratib va'z aytishi menda ularga nisbatan g‘ayrishuuriy  joziba uyg‘otar edi.

Uning qiziqishi quyidagi tarzda ortib bordi:

Men Amerika-onlayn (AOL) va Yuznet (Usenet) anjumanlarining dinga oid sahifalariga tez-tez kirib turadigan bo‘ldim va u yerdan islomga oid o‘ta qiziqarli munozaralarga duch keldim. [Shuni bilib oldimki] musulmonlar, ommaviy axborot vositalari va teleevangilistlar[272] zo‘r berib ta'kidlayotganiday, olabo‘ji ham, qonxo‘r ham, vahshiy terroristlar ham emas ekan[273].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:36:26
Uning (musulmonlar haqidagi) tasavvurlari butunlay o‘zgarib ketibdi va mahalliy masjidga murojaat qilganida, uni musulmonlikka qabul qilishibdi.

Sobiq frantsiskan cherkovi ruhoniysi quyidagi voqeani hikoya qiladi:
Men bir kuni kechqurun televizorda yangiliklarni ko‘rib o‘tirgan edim, yangiliklarda musulmonlar haqida,  odatdagiday, chala haqiqatdan iborat gaplar boshlandi. Shundan so‘ng men islomni tadqiq qilishga qaror qildim va o‘z xulosalarimni qog‘ozga tushirdim. Natijada ko‘z o‘ngimda shaytoniy ommaviy axborot vositalari tinmay mag‘zava ag‘darayotganidan mutlaqo bo‘lakcha manzara gavdalandi. Men bu dinning muhabbat, ma'naviy haqiqat va doimo Allohni esda tutish borasida ancha teran ekanini anglab yetdim[274].

Islomni qabul qilganlar yozgan yuzta hisobotning sakkiztasida ommaviy axborot vositalari islomni tinmay yomonlayotgani bois ularning bu dinga bo‘lgan qiziqish oshgani va oqibatda bu dinni qabul qilgani qayd etiladi. Bu hol Parijdagi Puits d'Hermitage masjidida islomni qabul qiluvchilar ishlariga rasman mas'ul bo‘lgan Mustafo Tuguyning tajribasini esga soladi. Uning aytishicha, frantsuzlar orasida ma'lumotli kishilarning islomni qabul qilishiga sabab bu dinga nisbatan ommaviy axborot vositalaridagi salbiy munosabat tufayli paydo bo‘lgan qiziqishdir[275]. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:37:04
Aynan shu sababga ko‘ra islomni qabul qilgan kishilardan bir nechasi Internetga kirish o‘zlarining asosiy axborot manbai ekanini aytadi. Shulardan biri bo‘lmish ayol kishi o‘zining solishtirma diniy vebsayt ochgani va natijada islomga o‘tganini hikoya qiladi[276]. Bir shved muhandisi Qur'onni boshdan-oyoq o‘qib chiqqach, ushbu din donishmandligiga ishonganini, biroq anchagacha Allohga ishonishi qiyin bo‘lganini yozadi. So‘ngra u o‘zi yashayotan joy go‘zalliklarini suratga olib yurib,  klassik "koinot aqli"ni his etganini aytadi:

Aql bovar qilmas hissiyotdan esankirab qoldim. Men o‘zimni ulkan bir narsaning uvog‘i, Allohning borliq deb atalgan ulkan mexanizmining bir tishchasi deb his qildim. Juda g‘aroyib! Men o‘zimni hech qachon bu qadar yengil, serg‘ayrat his qilmagan edim. Ko‘zlarim qayga boqsa, o‘sha joyda Alloh tajallisini ko‘ra boshladi.

Bunday junbushga kelgan holatda qancha turib qolganimni bilmayman, nihoyat, bu holat barham topdi va men hech narsa bo‘lmaganday uyga qaytdim. O'sha daqiqalar mening xotiramda o‘chmas iz qoldirdi. O'sha paytlar Maykrosoft endigina kompyuterlar uchun "Windows 95" dasturini sotuvga chiqargan edi. Uning bir qismi "Maykrosoft netuork"ning Internet xizmatidan foydalanish imkoni beradigan dasturcha edi. Oradan ko‘p o‘tmay men islomni muhokama qilish guruhlari  Internet tarmog‘ining eng qiziqarli qismlaridan biri ekaniga ishonch hosil qildim[277].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:37:26
Ayni shu muhandis so‘ngra o‘sha muhokama guruhida bir amerikalik islomni qabul qilgan ayolni uchratganini, o‘sha ayol uni olti oy ichida islomga kirishga ishontirganini yozadi.

Amerikalik ayol bunday xotirlaydi:
Men 1995 yilning yozida Internetga kira boshladim. U yerdan islomga oid juda ko‘plab foydali narsalar oldim. Jahon Internet tarmog‘idan orttirgan bilimim  meni  nihoyat muayyan qaror qabul qilishga undadi[278].

Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Biroq bularning barchasi kishini bitta g‘alati xulosaga yetaklaydi: musulmonlarga qarshi hissiyotlar kuchaygan damlarda islomni qabul qiluvchilar soni ko‘payadi va Internet ushbu jarayonga qulay imkoniyat yaratib beradi. Garchi buni ko‘rsatib berish, masalan, Masjidni yoqib yuborish bilan Internet tarmog‘idagi islomni qabul qilganlar ko‘payishi xususidagi ma'lumotlarni o‘zaro solishtirib ko‘rish uchun maxsus tadqiqotlar zarur bo‘lsa-da, bunday farazlar asosli ekanini tan olmaslikning iloji yo‘q. Bu esa bir dindan ikkinchisiga o‘tish asrlari xususida yozgan Levtsionning "muvaffaqiyatlar zamirida islomning reklamasi yotibdi"[279] degan qarashiga zid tarzda yangraydi. Umuman olganda, bu hol bizga Internet bir dindan ikkinchisiga o‘tishda jadal rivojlanib borayotgan vosita vazifasini o‘tamoqda, deb xulosa chiqarish imkonini beradi. U azaliy norozilik harakatini davom ettiradi va yangi sharoitga moslashtiradi hamda zamonaviy va to‘g‘ri siyosiy madaniyat ustuvor bo‘lgan jamiyatda mazlum jamoalar bilan birdamlikning kuchli an'anasini  qo‘llab-quvvatlaydi va "qotib qolgan qoliplar"ni chilparchin qiladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:37:42
Umuman olganda, bir dindan boshqasiga o‘tish hodisasi juda chalkash holdir va u nazariyachi jamiyatshunoslarning yengil-elpi tahlilini tan olmaydi. Albatta, ilohiyotshunoslar (ularning kamida haligacha rahmdil bashoratga ishonadiganlari)  din qanday qilib tarqalishi xususida turli xil qarashlarga ega bo‘lishi mumkin; ularning gaplariga hurmat bilan quloq tutish kerak. Bir dindan ikkinchisiga o‘tish shaxs va jamoa o‘zligining tub ildiziga daxl qiladi, uni faqat (moylanmagan) raqamlarning g‘iyqillashiga yo‘ymaslik kerak. Ushbu bobga Oden[280]ning quyidagi amri bilan xulosa yasasak, ko‘pgina ilohiyotshunoslar, musulmon yoki xristian bo‘lishidan qat'i nazar, xursand bo‘lishi tabiiy:

Sen sanoqchilar bilan birga  o‘tirmasliging va
Ijtimoiy fanda sanoq bilan shug‘ullanmasliging kerak.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:45:30
VIII bob
Diniy Boshqa[281]ni tan olish


Diniy Boshqani qanday tan olish  zamonaviy ilohiyotshunoslik zudlik bilan hal etishi lozim bo‘lgan o‘ta murakkab masalalardan biridir. Dinlarni o‘zaro qiyoslash ilmining tez rivojlanishi, ommaviy axborot vositalarining globallashuv jarayonidagi bayroqdorligi, insoniy munosabatlarda diniy e'tiqoddan ko‘ra  pragmatizmga asoslangan siyosiy va iqtisodiy bosimning ustuvorligi har bir dinning  boshqa dinlardan o‘zining ustunligi xususida an'anaviy tarzda kafolatlar berishi va g‘ayridinlar bu borada mutlaqo noto‘g‘ri yo‘l tutadi, degan tushunchalarga shubha bilan qarash tamoyilini qaror toptirmoqda. Ba'zi bir «plyuralist»[282] mutafakkirlarning fikricha, biror dinning ustunligi xususidagi almisoqdan qolgan va o‘tmishdagi toqatsizlikni esga tushiradigan kafolatlar axloqiy nuqtai nazardan nafaqat shubhali, balki to‘g‘riligini tekshirib bo‘lmaydigan darajadagi yondashuv hamdir.  Chunki bunday kafolatlar odatda muqaddas narsalarga nisbatan mutlaqo shaxsiy va, binobarin, nisbiy mulohazalarga asoslangan, hech kimga tegib ketmaydigan daxlsiz bayonlardan iborat bo‘ladi.

Biz ushbu bobda islomiy tafakkurni zikr etilganiga o‘xshash yo‘nalishda o‘zgartirishga yaqin-yaqinlarga dovur bo‘lgan urinishlarning naqadar mantiqiyligi va ahamiyati xususida fikr yuritmoqchimiz. Albatta, bunday munozara amaliy ahamiyatga ega ekani ayon. Islomning klassik ruknlarini kamsonli etnik guruhlar manfaatini himoya qiluvchi qonunlar nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish aslida an'anaviy hayot tarzimiz "liberal davlat qonunchiligidan ko‘ra ko‘proq erkinlik va'da qiladi"[283] deb safsata sotadigan maddoh kishilarga xayrixohlar ko‘pligidan qat'i nazar, "islomlashtirish" strategiyasini boshidan kechirayotgan davlatlarning musulmon bo‘lmagan fuqarolari orasida tashvish uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. Bunday qonunlarning Qur'onda mavjud yagona odil xudo haqidagi tushunchaga uyg‘unligi xususidagi dalil boshqa joylarda ham rivojlantirilishi kerak; biroq men ushbu sahifalarda musulmonlarning nasx[284]ga oid ilohiyotshunosliklari mulkni tasarruf qilishdan qonun yo‘li bilan mahrum etish to‘g‘risidagi qarashlardan ajratilishini hamda  muloqot va o‘zaro hurmatni mushkullashtirmaydi, aksincha, mustahkamlaydi, deb tushunilishini yoqlamoqchiman. Agar biz buni ko‘rsatib bera olsak, yangi ilohiyotshunoslik "plyuralizm"ining axloqiy jihati o‘z jozibasini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:45:37
Ushbu dalilni shakllantiruvchi musulmon soteriologiya[285]si diskursning o‘zaro farq qiluvchi bir necha reestri[286] doirasida amal qiladi. Mazkur yo‘nalish ergashadigan yo‘llarni sunniylikning hukmron formal ekzoterik ilohiyotshunosligi (kalom) bo‘lmish ash'ariya va moturidiya bilan cheklash to‘g‘ri bo‘lur edi. Bu o‘rinda musulmon mistitsizmi me'yoriy nuqtai nazardan kalomga nisbatan kamroq islomiy bo‘lgani uchun emas, aksincha, so‘fiylik diskurslari she'riy tilining  tropikka xos va erkin mubolag‘alardan iborat anglash og‘ir bo‘lgan tabiiyligi bilan bog‘liq qiyinchiliklar tufayli istisno qilinyapti. She'riy tilning maqsadi dogmatik va qotib qolgan pozitsiya - turimni qog‘ozga tushirish emas, aksincha, trans holatiga tushishni talqin etish yoki shu holatga tushish hissini uyg‘otishdan iboratdir[287]. Kalom ilmi sistematik ilohiyotshunoslik sifatida muqaddas bitiklarni sharhlash hamda ilohiy matn va ratsional tartibning formal va foydalanish mumkin bo‘lgan germenevtik printsiplarini rivojlantirishga jiddiy e'tibor beradi, mistikani ilhom vositasida tushunishdan ko‘ra ushbu masalani muhokama qilish uchun amaliy maydon hozirlab beradi. Bundan tashqari, so‘fizm emas, aynan kalom ilmi, so‘fiylikdan farqli o‘laroq, shariat bilan o‘zaro munosabatga kirishadi va musulmon bo‘lmaganlar bilan muloqot qilish shartlari uchun darhol axloqiy va ilohiyotshunoslik bilan bog‘liq zamin hozirlab beradi.   
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:45:44
20-asr musulmon ilohiyotshunoslarining juda ozchiligi o‘zlarini murosasiz ilohiyotshunoslik plyuralizmi tarafdorlari sifatida ko‘rsatdi. E'tiqodni zamonaviy tenghuquqlilik aksiomasi bilan uyg‘unlashtirishni o‘ylagan ushbu mutafakkirlar ilohiyotshunoslik plyuralizmi urug‘larini Qur'onga oid diskurslardan butunlay yo‘qotish uchun germenevtikaning murakkab kontekstual[288] va dekonstruktsion strategiyasidan foydalanadi.  Bunga janubiy afrikalik mutafakkir Farid Esakk Rashid Ridaning, Qur'ondagi ilohiy matnlarni tafsir qilish an'anasiga ko‘ra, "muslim"ning ma'nodoshi sifatida tushunib kelingan "mo‘min" tushunchasiga aniqlik kiritish taklifini qayta tiklashga da'vat qilganini misol sifatida keltirish mumkin. Uning nazarida, "muslim" tushunchasi barcha xudojo‘ylarlarni qamrab oladi[289]. Mahmud Ayyub yaqinda chop etilgan bir maqolasida xuddi shu ohangda, oldingi dinlar hozirgi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotdi, qabilidagi klassik doktrina - mabdaga  yopishib olgan  shayx Al-Azhar Muhammad Sayyid Tantaviy va misrlik mashhur televoiz Muhammad al-Sha'raviy singari zamonaviy ilohiyotshunoslar ro‘yxatini keltiradi va ularni tanqid qiladi. U o‘z iddaosini tasdiqlash uchun  eng mashhur dissidentlar sifatida inqilobiy Eron mullasi Sayyid Mahmud Taliqoniy va pokistonlik zamonaviy ziyoli bo‘lmish Fazlur Rahmon singari noan'anaviy shaxslarni sanab o‘tadi. Bu ikkala shaxs ham iudaizm va xristianlikning batafsil formulirovkalari hatto islomning tarix maydoniga chiqqanidan so‘ng ham tom ma'nodagi  najot vositasi sifatida hurmat qilinishi kerak, degan qarash asosida mo‘min va kofir kim ekani xususidagi sunniy va shia ta'limotlari murosasidan voz kechdi. Ayyub ularning ushbu qarashlarni tasdiqlaydigan Qur'on matnlarining asl ma'nosidan kelib chiqish zarurligi xususidagi fikrlarini yangi va muhim takliflar sifatida ma'qullaydi[290].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:45:52
Esakk va Ayyub singari mutafakkirlar olg‘a surayotgan plyuralistik tezis - iddaoning  katta kuchga ekanini hech kim inkor eta olmaydi. Bu hol boshqa savollar tug‘ilishi evaziga ba'zi bir dastlabki savollarga javob bo‘lishi, boshqa savollar esa javob topilgan savollardan ham o‘jarroq chiqib qolishi mumkin. Ulardan biri inkor etmaslik qonuni va Gevin D'Kosta "transtsendental  agnostitsizm"[291] deb atagan narsaga yon berish ehtimoliga daxldordir. Kalom an'anasi azaldan ushbu muammoning mavjudligini tan olib keladi: 12-asrda yashagan ilohiyotshunos, har bir din haqiqiy bo‘lishi kerakmi, degan  iddaoga javob izlar ekan, dunyoning yaratilgan va abadiyatdan oldingi tabiatiga, yaratuvchi xudoning mavjudligi va mavjud emasligiga, monoteizm va dualizmga, ilohiy bashoratlarning haqqoniyligi va haqqoniy emasligiga ishonishning parallel ravishda asoslanganiga sabab bo‘lishiga olib kelishini kuzata turib, " bu mumkin emas"[292], degan xulosaga kelishi mumkin edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:45:58
Inkor etmaslik dalili xristianlik sharoitida har tomonlama rivojlanish masalasi ekani va uni islomga nisbatan ham qo‘llash mumkinligini biz bundan buyon qayta ta'kidlab o‘tirmoqchi emasmiz. Biroq muqaddas islomiy bitiklarda plyuralistik ma'lumotlar bilan bog‘liq murakkablik mavjud. Bu bitiklarni tahlil qilishda  an'anaviy uslubga ehtiyoj seziladi. Ibtidoiy musulmon jamiyatidagi o‘zlikni anglashga oid   bunday masalalardan birini muqaddas bitikda tilga olingan masalalar qatorida sanab o‘tish mumkin. Biz Rasulullohning sahobalarini "plyuralistlar"  deb taxmin qilishimiz mumkinmi (bu qarash tadqiq qilib ko‘rilmagan va tarixiy nuqtai nazardan ehtimoldan uzoq); yoki ular nohaq bo‘lishganmi (bu ilohiyotshunoslik nuqtai nazaridan isbotlanmagan)? Uchinchi tusmol shuki, sahobalarning qarashlari o‘zlari yashagan sharoitgagina to‘g‘ri kelgani,  bu hol muqarrar ravishda inkorni talab etuvchi radikal xulosalarni, hech bo‘lmaganda, azaliy noaniqlik yoki kontekstual[293] nisbiylik, Allohni anglash qadar kengayuvchi  ash'ariya sub'ektivizmi bilan tenglasha oladigan samarali pomstmodern harakat xususidagi taxminlarni yoqlovchi matnlarning "oshib-toshib yotgani" xususidagi kafolatlarni keskin kamaytiradi. Plyuralistlar o‘z obro‘sini saqlab qolish uchun hechqursa asrlar davomida birlashtiruvchi ekzegetik[294] qoliplar bilan matnlarni chegaralab kelgan   fundamental metodologik printsiplardan voz kechishi kerak  bo‘ladi.  Bular sirasiga Qur'onning ma'lum bir parchalarini bekor qilish, shar'iy hadis diskursini hamma narsadan muhim deb bilish va olimlarga xos ijmo - konsensus nazariyasini Alloh istagining transtarixiy ifodasi sifatida tushunishga ishonish singari jihatlar kiradi. Esakk va boshqalar buning o‘rniga yangi bir ekzegetik yo‘nalishni taklif etadi. Ular solnomaga emas, aksincha, 20-asrning so‘ngidagi dunyoviy ruh shakllantirgan vijdonga xilof ish qilmaslikka asoslanib, ba'zi bir matnlarni boshqalari yordamida niqoblab ketadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:46:09
Islomda diniy matnlarni talqin qilishni sud  orqali nazorat qilish tizimi yo‘qligi sababli mana shu "dinni topish"day uslubni o‘zgartirish  bilan  mohiyatan ko‘p narsaga erishish muqarrar ekani ravshan. Xuddi Esakk va Ayyub qilganiday, Boshqani baholashda bag‘rikenglikni ta'minlash uchun ijmodan boxabar bo‘lish, hadisni e'tibordan soqit qilish va Qur'on germenevtikasi  ahkomlarini yumshatish e'tiqodning har bir o‘ziga xos jihati ekzegetik sababiga ma'lum bir shubha bilan qarash hamda xristian dinidagi solishtirma harakatlar tanqidchisi Grehem Leonard "sub'ektivizm zulmi" deb tavsiflagan postmodern nisbiylik va sektalar inqirozi sabablarini ochib berish imkoniyatini oshirish talab etiladi. Umuman olganda, bir qancha musulmon mutafakkirlari - ularning soni judayam kam - islomiy liberalizm  zaifligini ko‘rsatib berar ekan, undan ko‘p narsa kutadi, yoki uni "ozodlikka eltuvchi" deb biladi[295].

Musulmonlarning barcha oyatlarni joy-joyiga qo‘yadigan, ularni an'anaviy jihatdan idrok qilish butunlay noto‘g‘ri deb bo‘lmaydi, qabilidagi din nuqtai nazaridan kerakli bo‘lgan ishonchni qabul qiluvchi muqaddas bitigini haqqoniy baholash so‘fiylarning Allohni anglash borasidagi, islom oldingi dinni nasx - inkor qiladi, degan klassik talqinini tasdiqlayotganday ko‘rinadi. Ushbu talqin nasxni anglatuvchi hodisadir. Bir paytlar arablar o‘rtasida ildiz otib ketgan butparastlikka, keyinchalik, Madinaga hijrat qilingandan so‘ng esa iudaizm va xristian dinlarining mahalliy vakillariga qarshi dastlabki munozara kontekstiga borib taqaluvchi Qur'on va hadis oxir-oqibatda barcha dinlarga qarshi dalillarini ishga soladi. Biz endi ushbu dalillar uslubining qisqacha hisoboti va tabiati  tomon yuzlanyapmiz. Ular islomdagi nasxga oid diskurslarning asosi va ko‘pgina parametrlari[296] o‘rnini bosadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:46:23
Qur'on arab ma'jusiyligiga mutlaqo chek qo‘ydi. Bu muqaddas kitobda odamlarga otameros bo‘lib kelgan din kambag‘allarni ezgan, individual ruhning yashab qolishini rad etgan va Allohning vazifasini faqat  yarim oroldagi qabilalarga tegishli ilohlar ustidan mujmal nazorat qiluvchi samoviy xudo maqomiga tushirib qo‘ygan dahshatli okkult[297] butparastligi sifatida tasvirlanadi. Qur'on buni shirk, ya'ni boshqalarni Allohning sherigi deb bilish, ularni ham chin qudrat va iroda egasi deb hisoblash deb qaraydi. Unga ko‘ra, bu xato bandalarini "yoqilg‘isi odamlar va toshlar" bo‘lgan abadiy jahannam o‘tida kuydiradi. Shunisi ravshanki, unchayam sodiq bo‘lmagan Hikk ekzegeti[298] ham dinni Jon Hikkning I.Kantdan olib ishlatgan terminologiyasini istifoda etarak, "Biru borga erkin ochiqlik"  singari o‘ta salbiy atamalar bilan tavsiflashi mumkin. Qur'on esa noumen[299]ni fenomen sifatida tasavvur qilish birday qimmatga ega bo‘la olmasligini aniq-ravshan ta'kidlaydi.

Iudaizm va xristian dinlarida, albatta, u qadar ochiq so‘zlanmaydigan bunday o‘rinlar talaygina. Qur'onning barcha sahifalarida (masalan, "Baqara" surasining 136-oyatida[300]) ikkala dinga ham Allohning chin payg‘ambarlari asos solgani va o‘shandan beri marhamat va gunohlardan forig‘ bo‘lishday azaliy mukammal  vositalar ularning diqqat-e'tiborida bo‘lib kelgani aytiladi. U yana takroran shuni nazarda tutadiki, Allohning insoniyatga yo‘l ko‘rsatishi Tavrotdagi payg‘ambarlar  bilangina tugab qolmaydi. Qur'onda bu hol yahudiy bo‘lmagan payg‘ambarlarning namunali hayotini esga olish orqali isbotlab beriladi[301]. Unda ta'kid etiladiki, «har bir qavm uchun (Alloh yo‘liga) yetaklovchi - hidoyat qilguvchi bordir" ("Ra'd" surasi, 7-oyat) va "har bir ummat ichida ham albatta bir ogohlantiruvchi - payg‘ambar o‘tgandir"("Fotir" surasi, 24-oyat), yoki shunga o‘xshash "Aniqki, Biz har bir ummatga: "Allohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroq bo‘linglar", degan vahiy bilan bir payg‘ambar yuborganmiz" ("Nahl" surasi, 36-oyat). Hatto hadisda ham Allohning payg‘ambarlari soni aniq keltiriladi, ya'ni Odam Atodan Muhammadga qadar bir yuz yigirma to‘rt mingdan kam bo‘lmagan payg‘ambar o‘tgan[302], deyiladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:46:33
Insonlarning gunohlardan forig‘ bo‘lishiga oid ekspansiv[303] ilohiy strategiyani bunday anglash yoki yanayam aniqroq qilib aytganda, dunyoning ibtidosi gunohdir, degan  ko‘zqarashdan yiroq va unga fojia tusini bermaydigan Qur'on soteriologiyasining   o‘sha gunoh deb atalayotgan narsani "hosilni yig‘ib olish" yoki "najot" (faloh) deb tushunishida katta hikmat bor. Klassik ekzegetikada tasdiqlangan va takomilga yetkazilgan qur'oniy  qarashga ko‘ra, na dinlarning o‘ziga xosligi va na turli-tumanligi yuzasidan tortishib o‘tiradigan narsaning o‘zi yo‘q; aslida, dinning o‘zi bitta (ad-din), turli e'tiqodlar esa uning bo‘lak va tarmoqlaridan boshqa narsa emas. Rahm so‘zi Kitobni boshdan-oyoq bog‘lab turgani va bitiklar ilgari ham "nozil qilingani" tufayli yangi ilohiy tashabbusning  o‘zidan oldingi bitiklarga nisbatan olg‘a siljish bo‘lgani mutlaq yoki so‘zsiz hodisa deb qaralmaydi. Go‘yo unda insoniyat va Alloh o‘rtasidagi munosabatlarning yangicha ko‘rinishi taklif etilmagan emish. Islom uchun Qur'ondan oldingi tarix tarixdan oldingi davr hisoblanmaydi. Insoniyat tugal "najotga erishish" uchun hazrati Muhammadni kutib o‘tirishi shart emasdi. 

Mana shu Allohning o‘z karamini darig‘ tutmay, tarixni va dunyo xaritasini ishonchli belgilar bilan adolatli taqsimlaganini anglab yetishdir. O'sha belgilar Yaratganning o‘ziga ishoradir.  Alloh taolo Qur'onda bot-bot takrorlanadigan o‘zaro hurmatga izn beradi. U musulmonlardan ahli kitobga qarata: "Bizlar o‘zimizga nozil qilingan (Qur'on)ga ham, sizlarga nozil qilingan (Tavrot va Injil) ga  ham iymon keltirganmiz. Bizlarning ilohimiz ham, sizlarning ilohingiz ham Bir (Iloh)dir"[304] deb aytishini talab etadi. Esakk va boshqalar to‘g‘ri qayd etganiday, Qur'onda mana shu mazmundagi sof plyuralizmga yaqin turuvchi oyatlar ko‘plab uchraydi. Xususan, "Moida" surasining 44-48-oyatlari musulmonlarga, qaerda bo‘lmasin, boshqa e'tiqod vakillariga duch kelsa, ular bilan o‘zaro munosabatda qo‘llanma vazifasini o‘taydigan premodern[305] diniy hujjatdir. Unda yahudiy payg‘ambarlariga va "hidoyat va nurga to‘la" Isoga nozil qilingan kitoblar maqtaladi, Muhammadga esa o‘sha din vakillari orasida Qiyomat kuni barcha diniy tafovutlarni ko‘rsatib, ularga oydinlik kiritgunga qadar Alloh nozil qilgan  narsalar bilan hukm qilish buyuriladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:46:53
Mana shu oyatlar, to‘g‘ri talqin qilingan paytda, ikkita maqsadni ko‘zlaydi: birinchidan, yahudiy-xristian payg‘ambarlarini Muhammadning ularga muzaffar voris ekanini tasdiqlash uchun tan olish va, ikkinchidan, uning dinining oldingi ko‘rinishlari (iudaizm, xristianlik - Tarj.) ning omon qolgan himoyachilari ustidan "qo‘riqchi" (muhaymin) qilinganini tushunishdir. Ushbu yo‘riqnoma islomni o‘z-o‘zini ahl uz-zimma, ya'ni so‘nggi va universal haqiqatnoma[306] qo‘riqchilari taklif etgan diniy daxlsizlik ahdiga rozi bo‘lgan jamoalar: yahudiylar va xristianlarning himoyachisi sifatida tarixiy  jihatdan tushunishga undaydi. Tarixiy musulmon jamoalari Rasulullohning: "Kimki zimma vakiliga biror zahmat yetkazsa, Qiyomat kuni meni o‘zining dushmani sifatida ko‘radi"[307] degan ogohlantirishiga rioya etib, kichik monoteistik jamoalarga nisbatan bag‘rikenglik qilib kelganini hamma biladi. Bunday munosabat ildizi Qur'onning otalarcha nazorat burchini himoya qilishiga borib taqaladi, u 20-asrgacha ham yashab keldi. Turklarning Atos tog‘ida so‘nggi hokim bo‘lgan kishining 1912 yili u yerni bosib olgan yunon askarlarining hibsga olishini kutib o‘tirgan paytda frantsuz jurnalisti bilan qilgan suhbati e'tiborga molikdir:

Atrofga bir qarang. Mana bu minglab rohiblarga bir qarang; ularning monastirlarini ziyorat qiling, ular bilan savol-javob qilib ko‘ring. Ular nimadan shikoyat qilishlari mumkin? Biz ularning qoidalariga daxl qildikmi? Mulkini toptadikmi? Ularning muqaddas joylarni ziyorat qilishiga monelik qildikmi? Hatto ularning dunyoviy konstitutsiyasi nomini o‘zgartirdikmi?... Men sizdan so‘rayapman, qaysi millat, qaysi bosqinchi ularga nisbatan buyuk insoniyatga qilganday  buyuk murosa va buyuk diniy bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lgan? Ular bizning qonunlarimiz himoyasida  Rum imperatorlari davridagidan ham erkinroq bo‘lib qolishdi... Ular bizning qo‘limiz ostida sizlar Frantsiyada rohiblarni siquvga olishingizning yuzdan birini ham ko‘rgani yo‘q... Allez, Monsieur![308] Ular bizning ketganimizdan afsus qiladi. Yunonlar, ruslar, serblar, ruminlar, bulg‘orlar, barcha rohiblar bir-birini o‘lguday yomon ko‘radi. Ularni birlashtirib turgan narsa islomni yomon ko‘rishidir. Biz bu yerdan ketganimizdan keyin ular bir-birining go‘shtini yeydi.[309]
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:47:05
Muqaddas Qabr cherkovi tashqarisidagi o‘rindiqda bir-biriga yov ziyoratchi guruhlar o‘rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etish uchun yordam so‘rab telefon qilishga shay holda chilim chekib o‘tirgan iordaniyalik mudroq konsteblning qiyofasi hech ko‘z odimdan ketmaydi. To shu  kungacha o‘sha cherkovning kaliti, yalpi kelishuvga ko‘ra, musulmon kishining qo‘lida turadi. Bu hol islomning o‘z-o‘zini an'anaviy baholashdagi, murosali deb bo‘lmas-ku, lekin ishonchli ramzidir.

Islom jamiyatining shunga o‘xshash musulmon bo‘lmagan jamoalar ustidan murosali tarzda hukm yurita olish qobiliyatini qayta-qayta namoyish etayotganini empirik isbot tariqasida olish mumkin. U tarixning, musulmon e'tiqodi  samimiyatining murakkab laboratoriyasida sinovlardan o‘tgandir. Xuddi klassik xristianlik nuqtai nazaridan iudaizm o‘rnini xristianlik egallagani kabi oldingi dinlar o‘rniga radikallikdan uzoq bo‘lgan islom dini maydonga chiqdi. Ammo o‘rta asrlardagi musulmon shaharlaridagi yahudiylar va xristianlarning yashash sharoitlarini xuddi jannatdagiday bo‘lgan deb tasavvur qilish xato bo‘lur edi. Zimma qoidalari mantig‘i na plyuralistik soteriologiyada, na  inson huquqlari va yalpi diniy indifferentizm[310]ning universal g‘oyalariga asoslangan zamonaviy dunyoviy adolatda edi. Ilk xaliflar davriga borib taqaluvchi chiqimlarni tartibga soladigan va boshqa qonunlar  yahudiy va xristianlarning huquqlarini cheklab qo‘ygan edi. Islomning tarixiy huquq amaliyotiga uning maqtovga loyiq emasligini tasdiqlaydigan ko‘plab dalillar mavjud, deb emas, aksincha, xristian va yahudiy dinlarini ham bundan buyon tugal deb bo‘lmaydi, degan ilohiyotshunoslik hukmi tasdig‘i sifatida qarash kerak bo‘ladi. Bu ikkala din  ham muqaddas kitoblarga tayanadi va, binobarin, ular ham yashashga munosibdir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:47:14
Ushbu isbot muqaddas kitoblarning bir qancha oyatlarida o‘z ifodasini topgan. Bu hol hazrati Muhammadning payg‘ambarligi isboti bo‘lgan Qur'on nozil bo‘lishi bilan bog‘liq ma'lumotlarga qarshi iudaizm va xristian dinlari vakillarining tanqidlarini rivojlantirgan plyuralistlar iqtibos olishni yoqtiradigan dag‘al xomaki matnlarni mo‘‘tadillashtiradi va qaytadan kontekstuallaydi[311]. Ushbu oyatlar Rasulullohning Madinadagi ma'naviy rahnamoligining so‘nggi yillarida nozil bo‘lgandir va shuning uchun din amaliyoti ularni oldingi suralarda aytilmay qolgan narsalarga batafsil tushuntirish beruvchi izohlar sifatida  dalil qilib keltiradi[312]. Muhtaram o‘quvchim, menga dastlab iudaizmni tashvishga solayotgan narsa xususida mulohaza bildirishga ijozat bersangiz.

Rasululloh shahri Madinada  yashagan yahudiylar e'tiqod qilgan o‘ziga xos ravvinlar iudaizmi payg‘ambarlar diniga halakiy[313] mushkulotlar qo‘shgani uchun qoralanib keladi. Ba'zan mana shu narsa ayrim imtiyozlarga ega bo‘lgan  "bo‘yni yo‘g‘on" kishilarga qarshi shikoyat[314] bilan juftlashib ketadi; ya'nikim, Qonunning ma'lum bir joylari Isroilning beboshligi uchun berilgan ilohiy jazo sifatida qaraladi ("Niso" surasi, 160-oyat).  Mashhur va tushunilishi qiyin bo‘lgan "Tavba" surasining 30-oyatida esa yahudiylar  Uzayrni "Allohning o‘g‘li" deb bilgani uchun keskin qoralanadi. Bu bilan ularning xatosi ham xristianlarning xuddi shunday xatosiga teng deb hisoblanadi. Ammo din amaliyotida Uzairning kim bo‘lganini aniqlash muammoligicha qolaverdi. Ba'zi birovlar uni Ezra deb biladi. U Tavrotni qalbakilashtirgani uchun ayblanib keladi[315]. Biroq Gordon Niyubay yaqinda gap Idris payg‘ambar haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin, degan g‘oyani ilgari surdi, negaki, Yaqin Sharq yahudiylarining diniy amaliyotida u Metatron[316] deb qaraladi. Mana shu holatda Qur'onda bu qarashlarning tanqid qilinishi qarayitlarning[317] hamda ravvinlarning Allohga hech bir sherikni tan olmaydigan monoteizmning mazkur yaratuvchi farishtaga sig‘inish yoki e'tiqod qilish borasidagi murosasiga qarshi e'tirozlariga mos keladi[318]. Mabodo, mana shu ayniyat (identifikatsiya) to‘g‘ri bo‘lsa, quyidagicha xulosa qilish mumkin: Qur'on ma'lum bir yahudiylarga qarshi boshqa yahudiylarning yonini olgan bo‘lib chiqadi, ya'ni bu bilan butun boshli dinni emas, mahalliy kishilarning yanglishishlarini  qoralaydi. Xuddi mana shu yo‘sinda ishonch bilan talqin etilishi mumkin bo‘lgan boshqa oyatlar ham bor.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:47:42
Shuning uchun ham Qur'onda ba'zi bir yahudiylarga nisbatan ta'nayu dashnomlar bo‘lsa-da, bu muqaddas kitob iudaizm dinini butunlay qoralamaydi, aksincha, uning keyingi tadriji chog‘ida paydo bo‘lgan ba'zi bir qoidalarni islom nasx qilgani juda to‘g‘ri ekanini  qayd etadi. Qur'onda Isoning chormix qilingani va, umuman, odamlarni xochga qoqib o‘ldirish uchun yahudiylar javobgar emasligi[319] aniq-ravshan bayon etilishi Yevropada vujudga kelgan antisemitizm islom tuprog‘ida ildiz otmaganini isbotlaydi; darhaqiqat, o‘rta asrlardagi O'rta yer dengizi dunyosi Samyuel Goiteyn iudaizm va islom o‘rtasidagi "yaratuvchan simbioz" deb atagan mashhur tavsifni isbot qilib turibdi[320]. So‘nggi tahlillar gaonlar[321], maymonidlar[322], Istanbul ravvinlari va sefardlarning[323] boy tajribasi Qur'onda antisemitizm unsurlari yo‘qligini aniqlashga imkon berdi.

An'anaviy islomning xristianlikning o‘rnini bosish da'vosi juda murakkab xarakterga ega. Bu o‘rinda yana mahalliy va umumiy munozarani bir-biridan ajratishga ehtiyoj tug‘iladi. Umumiy munozara (aksariyat musulmonlarning o‘z-o‘zini anglashiga zid o‘laroq) islom bitiklarining hududiy sektantlarga qaratilgan tanqidlari o‘tkinchi xususiyatga ega ekanini va Kalsedoniya[324] cherkovlarining asosiy tamoyillaridan iborat doktrina - mabdalari  bayon qilingan bitiklardan doimiy tarzda ko‘chirma olib turganini tan oladi. Biz so‘nggi kategoriyada[325] va quyidagi Qur'on oyatlari va hadisda Isoga berilgan ilohiy maqomga qarshi bir dalil topamiz:

Ey ahli kitob, (Isoni xudo deyish bilan)  diningizda haddingizdan oshmangiz! Alloh sha'niga esa faqat haq gapni aytingiz! Albatta, Al-Masih Iso binni Maryam faqat Allohning payg‘ambari  va Uning Maryamga yetkazgan So‘zi hamda Uning tomonidan bo‘lgan Ruh (sohibidir), xolos. Bas, Alloh va uning payg‘ambarlariga iymon keltiringiz! "(Tangri") uchta demangiz!" [...] ("Niso" surasi, 171-oyat)
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:47:55
(Iso aytdi:) "Albatta, Alloh (mening) parvardigorim va (sizning) parvardigoringizdir. Bas, unga bandalik qiling. Mana shu haq yo‘ldir". So‘ng (yahudiy va nasroniy) firqalar (Iso xususida) o‘zaro ixtilof qildilar ("Maryam" surasi, 36-37 oyatlar)[326].

Qiyomat kuni xristianlardan, nimaga e'tiqod qilgansizlar, deb so‘raganida, "Xudoning o‘g‘li Xristga" deb javob berishganida, ular do‘zaxga bebosh poda singari bir-birini suzgan va bir-birining orqasidan olovga qulab tushgan holda haydab kiriladi[327].

Sizlar, xristianlar Iso binni Maryamni ko‘klarga ko‘targaniday, meni ko‘klarga ko‘tarmangiz; chunki men Allohning quliman; shuning uchun: "Allohning quli va rasuli" deb aytingizlar.[328]


Musulmonlarga kelgan vahiy eng so‘nggi ilohiy interventsiyani oqlash uchun, xuddi iudaizmga bo‘lgan munosabatidagiday, ammo bu safar undan ham keskinroq tarzda tarixan rivojlanib kelgan xristianlikka qarshi dalillarini jangga tashlaydi. Islomning qat'iy bid'atni rad etishi esda tutilsa, masala u o‘ziga o‘tmishdosh dinlarning xatolarini ko‘rsatib berishi kerakmi yoki  yo‘qmi, degan tarzda qo‘yilib, uning qonuniyligi shubha ostiga olinishi mumkin. Masalan, tez-tez bildirib turiladigan, Tavrot matnlarida asl vahiylar ishonarli tarzda saqlanib qolmagan, degan e'tirozlar sababi shunda[329]. Yana bir e'tiborga molik narsa - Qur'onning  Isoning chormix qilinganini norozilik bilan rad etishidir. Bu norozilikning mohiyati tarixiylikdan ko‘ra ko‘proq so‘zamollikka tortib ketadi. Musulmon ekzegetikasida xristianlik yanglish bir tarzda o‘z payg‘ambarini ham yaratilgan, ilohiy deb hisoblab hamda xochni o‘ziga ramz qilib olib, xatoga yo‘l qo‘ygani aytiladi[330]. Xoch sui generis[331] yer va osmonning o‘zaro chatishishi ramzidir va, binobarin, u Qur'onning, behad komil Tangri ko‘p martalab (erdagi hayotga) mukammal interventsiya qilgan, degan qat'iy ko‘rsatmasiga qarshi chiqadi. Ushbu doktrina - mabdani  rad etish uchun ramzning o‘zi yo‘q qilindi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:48:08
Shu tariqa islom ontologik nuqtai nazardan Isoning maqomini oddiy payg‘ambar darajasiga pasaytiradi[332], ammo uning mahdiy (messiya)ligini  qoralamaydi va ayni hol ilk qarashda g‘ayrimantiqiy bo‘lib tuyulishi mumkin. Alloh Qur'onning tugal ekani hamda o‘z ishining esxatologik[333] ahamiyatga molik ekanini e'lon qilish bilan nega Isoga  uni yuksaklarga ko‘taruvchi mahdiylik maqomini berishi kerak edi, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Diniy amaliyot bunday payg‘ambarlik tsiklining "muhri"ga tegishli g‘ayrimantiqiy fikrga yechim topishga yo‘l izlayotgani aniq. Iso  mahdiydir, chunki u yahudiy rivoyatlariga barham berdi. Ammo Muhammad esxatologik (al-Aqib) payg‘ambardir va payg‘ambarlarning muhridir (Xotam ul-mursalin), chunki u shavkatli va keng miqyosli rivoyatni tugallaydi. Iso butunlay Musoning teskarisidir, ayni paytda hazrati Muhammad esa Ibrohim payg‘ambar kashshofi va boshlovchisi bo‘lgan ulkan bir an'ananing eng yuqori nuqtasidir. Binobarin, islomning asosiy marosimlari ko‘pincha ibrohimiy va esxatologik ahamiyatga molik narsalarni bir-biriga chog‘ishtiradi. Kuniga besh mahal namoz o‘qilishi Muhammadni Ibrohim payg‘ambar bilan bog‘lab turadigan tashahhud iltijosiga yaqindir. Makkaga hajga borish Ibrohimning qilgan ishlarini abadiylashtirishdir: hajga borganlar suv ichadigan quduqni Ismoil qazigan deb hisoblanadi; ikki tog‘ o‘rtasida u yoqdan bu yoqqa borib kelish Hojarning suv so‘rab qilgan iltijosini esga soladi va shu bilan bir vaqtda Qiyomat kuni suvsirab qiynalishni his qilishga xizmat qiladi; hojilar musulmonchilikda Ibrohim o‘g‘li Ismoilni qurbon qilmoqchi bo‘lgan deb hisoblanadigan joyni ziyorat qilishadi, unga yaqin bo‘lgan joyda, ya'ni Arofat tog‘idagi marosim chog‘ida "kafan kiygan" ehromdagi hojilar olomoni xuddi Qiyomat kunini esga soladi[334].  Qur'onda  "Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham bo‘lmagan, balki to‘g‘ri yo‘ldan toymagan (hanif) musulmon bo‘lgan..."[335] deyiladi hamda diniy tarixning muqarrar intihosini anglatuvchi ibtidoga qaytish Rasululloh hayotining maqsadi va uyg‘unligi ifodasi o‘laroq maydonga chiqadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:48:25
Ibrohim payg‘ambarga xos arxetip[336] islomning o‘z universalligini, ya'ni boshqa dinlarni takomillashtiruvchi ilohiyotshunoslik ekanini tushunishini anglatadi. Ishoq ham xuddi nazaretlik avlodi Iso singari sof ibroniy edi. arablarning bobokaloni bo‘lgan Ismoil yarim misrlik bo‘lgan. "Ibtido" kitobida: "Men undan buyuk xalq vujudga keltiraman", degan va'da Allohga nisbat beriladi (17:20); so‘ngra Ishoq orqali ochilgan ahdni batafsil hikoya qilib bermoq uchun bu hikoyat  uzilib qoladi. Somiycha qarindoshlikni Misr qarindoshligi bilan bog‘lagan islom o‘z kengayishi va mansubligini yahudiy bo‘lmagan dunyoning ich-ichiga qadar yetib borishini e'lon qiladi.

Shu tariqa somiycha vahiyning Ismoil payg‘ambarga xos jihatiga daxldor islomning intilishlari  universal  ekani ayon bo‘ladi. Hadisda aytiladiki: "Ilgarigi har bir payg‘ambar faqat o‘z qavmiga  payg‘ambar qilib yuborilgan edi. Men esam (Yer yuzidagi  odamlarning hammasiga payg‘ambar qilib yuborildim"[337]. Shunday qilib, musulmonlar esxatologik jamoaga aylandi. Eng so‘nggi jamoa birinchi bo‘lajak. Hadisda Injildagi Matfey bayon etgan Xushxabarda keltirilgan uzumzorda ishlovchilar haqidagi rivoyat[338] eslatilib, mana bunday deyiladi:

Musulmonlarning yahudiy va xristianlarga  o‘xshashligi bir kishining qorong‘i tushguncha bir guruh kishilarni ishga yollaganiga o‘xshaydi. O'sha kishilar: "Bizga siz beradigan maoshning keragi yo‘q", deb faqat tushdan keyingina ishlaydi. U boshqa kishilarni yollaydi va ularga: "Bugun qorong‘i tushguncha mana shu ishni tugatib qo‘yinglar", deydi. Ular peshin namozi vaqtigacha ishlashadi va shunday deyishadi: "Faqat qilgan mehnatimizgina sizniki bo‘lur".  U boshqa bir guruhni yollaydi. Ular kun botib, qorong‘i tushguncha ishlaydi, lekin ular xuddi oldingi ikki guruh bilan birday ish haqi oladi[339].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:48:41
Angularis fundamentum[340], Injilning yana bir nasx qilingan tashbehi yanada ehtiyotkorlik bilan moslashtirib olinadi:

Mening oldimga kelgan payg‘ambarlar haqida gapiradigan bo‘lsam, men jozibador va chiroyliman. Ammo men burchagida bir g‘ishtlik joyi qolgan uyga o‘xshayman. Uning atrofini aylanib chiqqan kishilar: "O'sha g‘isht ham joyiga qo‘yilsa, yaxshi bo‘lardi", deyishar edi. O'sha g‘isht menman, men payg‘ambarlarning muhriman[341].

Uchinchi hadisda esa Rasululloh nima uchun juma musulmonlarning ibodat kuni qilib olinganini tushuntirib beradi. Musulmonlar tarixdagi eng so‘nggi din vakillaridir va ular Qiyomat kuni birinchi bo‘lishlari kerak, buning ramzi esa shanba va yakshanbadan oldin keladigan juma kunidir[342].

Binobarin, xulosada Islomning asosiy hujjatlari ushbu dinning (eski hujjatlarni) tuzatish va xaloskorlik tarixi bo‘lishni nazarda tutishi ko‘rsatib o‘tilishi kerak; Qur'ondagi ma'lumotlarni to‘la tadqiq qilgan Jeyn MakOlif mana bunday xulosaga keladi: "Muhammad payg‘ambar bo‘lganidan so‘ng Tavrot xristianligining "xaloskorlik" ahamiyati haqida gapirishning o‘zi ortiqchalik qilib qoldi"[343]. Halol talqin qilingan matnlarda Allohning yangi Ahdi boshqa jamoalarga nisbatan bag‘rikenglik qilish barobarida Ibrohim dinini qayta ta'mirlagan islom ahli bilan qat'iy birga ekani qayd etiladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:48:54
Ushbu mulohaza, ahdning musulmonchilik nuqtai nazaridan qaraganda, tushunarlidir. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlardan ma'lum bo‘lishicha, Qur'on Tavrot darajasida bo‘lmagan ahddir. Ehtimol, buning sababi musulmonlarning muqaddas kitobi  alohida bir qavmga yo‘llangan, yoki mo‘ljallangan bo‘lmay, butun insoniyatga yuborilganida bo‘lsa kerak, demakki, uni tarixiy ahd bilan tenglashtirib bo‘lmaydi"[344]. Shunga qaramasdan, Qur'onning "A'rof" surasidagi 172-oyatda Alloh bilan har bir inson ruhi o‘rtasida dunyo yaratilmasidan burungi ibtidoiy ahd xususida so‘z boradi. Musulmonlar o‘z-o‘zini anglashiga ko‘ra, islom dini insoniyatning ma'lum bir bo‘lagi bilangina kelishuv emas, aksincha, ushbu ibtidoiy va'daning esxatologik qayta tiklanishidir. Buning "alomatlari"dan biri "barcha kishilar" ("Baqara" surasi, 125-oyat)ning uyini haj paytida ziyorat qilishdir:

Alloh ahd qilgach, uni yozib, Qora toshga joyladi. Ka'baning atrofini aylangan vaqtda Toshni tavof qilgan kishilar: "E Alloh! Bu senga sig‘inganimiz, o‘zingga bergan va'damizni bajarayotganimiz, sening yozganlaringga imon keltirayotganimiz belgisidir", deyishning ma'nosi shuldir[345].

Ilohiyotshunoslar payg‘ambarning mana shu ilk ahdga asoslangan munosabatni esxatologik nuqtai nazardan qayta tiklaganini tasdiqlash barobarida Alloh bilan Odam Ato avlodlaridan ma'lum bir qismi o‘rtasida keyinchalik vujudga kelgan kelishuvning qonuniy ekanini yerga urmoqchi bo‘ladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:49:09
Dinning payg‘ambar o‘limidan so‘nggi zafarli odimlarini tomosha qilish bilan bir avlod shakllandi. Bu avlod islomning universal tarixdagi o‘rniga dastlab mana shu bitik nuqtai nazari bilan qarash ruhida tarbiyalangan musulmoncha aql-zakovat egasi edi. Islom o‘zining zafarli yurishlari asnosida urfdan chiqib ketgan iudaizmga egalik qilishni ham zimmasiga olishi mumkin edi: Freyd surbetlarcha qayd etganiday: "Alloh o‘z tanlagan bandalariga Yahve o‘z bandalariga ko‘rgazgan marhamatdan ko‘ra ko‘proq marhamat ko‘rgazdi"[346]. Gap xristianlik xususida ketganda shuni qayd etish kerakki, ulkan patriarxal shaharlar bo‘lmish Antiox, Aleksandriya va boshqalarning musulmon dunyosiga qo‘shilib ketishiga xristianlikni urfdan chiqib qolgan din deb hisoblamaydigan Alloh hech qachon izn bermagan bo‘lur edi, deb iddao qilinadi. Musulmonlarning hukmronligi xususida gapiradigan kishilar ularning qo‘l ostiga o‘tgan shaharlarni haliyam xristian shaharlari deb da'vo qiladi[347].  Eng muhimi, islom endilikda Quddusda hukmronlik qilayotgan edi, lekin keyinchalik u salib yurishi qatnashchilari, hozirgi kunda esa sionizm qo‘liga o‘tib ketdi, biroq shunga qaramasdan, musulmon tarixining ulkan bir bo‘lagi ushbu shahar musulmonlarning qo‘lida bo‘lgan. Ayni hol nasx uchun hassos va salkam muqaddas  dalildir. Musulmonlar Sulaymon payg‘ambarning mmahobatli ibodatxonasi o‘rnida Uchinchi ibodatxona sifatida, Mark bashorat qilib aytganiday, "barcha qavmlar ibodat qilishi uchun uy" qilib qurilgan Qubbat us-shahrani o‘ziniki deb da'vo qilishga haqli.  Makka islomning Ibrohim rivoyatini qayta tiklaganining namoyishi ekanini hisobga olsak, Quddusga mazkur din mozaikasining kichik bo‘lagi ichidagi ramzning hamda butun dunyoni egallashday ulkan bir maqsadga erishish yo‘lidagi sa'y-harakatlarning tasdig‘i sifatida qaraladi[348]. Ushbu istak Qubbaning  universal me'moriy xarakterga ega ekani, u xuddi islom hukmronligi singari, Sharq va G'arbni bir-biri bilan bog‘lab turishining nafis bir ramzidir:

Aslida, Qubbat us-shahra Sharq va G'arbning Sposaliziosi yoki Nuptialsidir[349];  dunyoning boshqa biror joyida, hatto avliyo Markning Venetsiyasida ham Sharq va G'arb bir-biriga bu qadar qo‘shilib ketmaydiyu bu bino men ko‘rgan binolar ichida eng muqaddasi edi[350].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:49:25
Quddus shahridagi islomiy obidalar ham nafis va puxta qilib qurilgan Avliyo Pyotr Bazilikasi va bir zamonlar ma'jusiylar poytaxti bo‘lgan Rimning boshqa mashhur xristian obidalaridan kam ahamiyatga ega emas. shu bilan bir vaqtda ushbu islomiy obidalar boshqa dinlarning o‘rnini egallashining majoziy belgisidir.

Bitiklar bilan ishlash va tarixning ana shu muzaffar haqiqatlaridan xabardor bo‘lgan tarixchilar va o‘rta asrlarda yashab ijod qilgan kalom ilohiyotshunoslari, e'tiqodning oldingi ko‘rinishlari bugungi kunga kelib, botil, ya'ni buzilgan, degan murosali fikrni ilgari surgan. Masalan, ash'ariylar ilohiyotshunosligining yetakchilaridan biri Shahristoniy (vaf. 1153 y.) hech o‘ylab o‘tirmasdan: "Ushbu [islom] qonun(i) boshqa barcha qonunlarni bekor qiladi"[351], deydi.  Hatto bugungi kunda ham Qohiradagi Al-Azhar universitetining tolibi ilmlaridan Ibrohim al-Laqqaniy (vaf.1631 y.) ning she'rga solingan aqdasini yod olish talab etiladi. Unda mana bunday so‘zlar bor:

Islom nasxi boshqa dinlar o‘rnini oldi manguga;
Buni rad etganlarning jazosini Allohning o‘zi bersin[352].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:49:43
Uning sharhlovchisi Bayjuriy esa faqat zarur so‘zlarni qo‘shib qo‘yadi:

Bu mavzuga tegishli hadislar nihoyatda ko‘p va tavotur (og‘izdan-og‘izga o‘tib tarqalish) darajasiga yetadi va shu ma'noda Payg‘ambar (Uni Alloh rahmat qilsin va unga Allohning salomi bo‘lsin)ning dini boshqa dinlar o‘rnini egalladi va musulmonlarning o‘zaro murosa (ijmo) si orqali qaror topadi[353].

Boshqa bir mashhur shaxs, 13-asrda Suriyada yashagan huquqshunos An-Navaviy hatto quyidagilarni talab ham qiladi:

Mabodo, biror kishi boshqa bir kishining islomdan boshqa dinga e'tiqod qilishiga ishonmasa, o‘zi musulmon emas, yoki o‘sha kishini dindor emas deb gumon qilsa, ularning mazhabini qonuniy deb bilsa, garchi islomni tan olib, unga e'tiqod qilsa ham kofir sanaladi[354].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:49:58
Ushbu aqidadan iqtibos olgan zamonaviy ilohiyotshunos Nuh Keller shunday qo‘shimcha qiladi:

Bu faqatgina an-Navaviy ham vakili bo‘lgan shofiiylar fiqh maktabining pozitsiyasi - turimi bo‘lib qolmay, boshqa 3 ta sunniy maktabning ham yozib qo‘yilgan turimidir: Hanafiya (Ibn Obiddin, Radd al-muxtor, 3.287), Molikiya (Ad-Dardir, "Ash-Sharh as-sag‘ir", 4.435), Hanbaliya (Al-Bahutiy, "Kashshof al-qina", 6.170). [...] Muqaddas qonun nuktadonlari islomning boshqa dinlarni nasx qilishi borasidagi qarashlarida yakdil, chunki islomning maqsadi aslida shudir[355].

Ammo islomning oldingi dinlar ustidan g‘alaba qozongani, mantiqan olib qaraganda, o‘sha dinlarga e'tiqod qiladigan kishilarga nisbatan abadiy la'nat yog‘dirishni talab etmaydi. Keller bir hadisdan iqtibos keltiradi: "Mening Allohning payg‘ambari ekanimni eshitgan, ammo unga imon keltirmay o‘ladigan yahudiy yoki xristian do‘zax o‘tida kuyuvchilar safida bo‘ladi"[356].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:50:06
Ushbu misol musulmon bo‘lmagan qavm taqdiri xususidagi an'anaviy kalom ta'limotining bosh masalasidir. Partikulyarizm[357] teoditseyasi[358] boshqa din vakillari amalini ma'qullamaslik johillikdan emas, ataylab rad etishdan kelib chiqadi, degan qarash bilan hal etiladi.  Islomda ibtidoiy gunoh (Odam Ato bilan Momo Havoning gunoh qilib jannatdan quvilgani ma'nosida) doktrinasi - mabdasi yo‘qdir. Islom hadis so‘zlarida "har bir bola ibtidoiy insoniy fitrati bilan dunyoga keladi[359], ushbu fitratga  amal qilinsa, u omad keltirishi muqarrar"[360], deb ishontirish bilan,  har bir kishi gunohi tasdiqlanmaguncha begunohdir, (hatto Odam Ato bilan Momo Havo jannatdan quvilganlaridan so‘ng ham) begunohlik bizning tabiiy holatimizdir, binobarin, jannat Odam Atoning avlodlari uchun erishish mumkin bo‘lgan manzildir[361], deydi. Mana shu insonparvarlik yo‘lini tutgan kalom ilmining dastlabki nuktadonlari aql-zavokatni axloqiy bilimning avtonom manbai deb hisoblagan va inson aqlining, hatto o‘ziga xos vahiy kelmagan paytda ham Allohni va axloqiy qonunning universal mohiyatini bilib olish uchun umumiy vahiyni rad eta bilish qobiliyati borligini e'tirof etishgan. Faqat  ehtiyotkor tajriba va kuzatuv intuitsiya sifatida bizga to‘yimli va zaharli ovqatlarni bir-biridan ajratish imkonini beradi, xuddi shu tariqa insonlar o‘ziga xos vahiy yordamisiz ham yaxshilikni yomonlikdan ajratib olishi mumkin[362]. Darhaqiqat, moturidiya tarafdorlari shu ma'noda vahiy tushmagan va musulmon bo‘lmaganlarni mukallaf etish, ya'ni majburlash kerak, deb hisoblagan, garchi Alloh ularga vahiy tufayli nozil bo‘lgan mukammal qonunga ega bo‘lishni buyurmagan bo‘lsa-da, Ul zotga aks sado bergani uchun ularni kechiradi, deb biladi[363]. Chunki ular ham, xuddi musulmonlar singari toifadadir, ammo [islom dini] payg‘ambari va shariat hukmlaridan g‘ofil bo‘lishgani uchun ma'zur tutiladi[364], ular funktsional diniy jamoa deb qaralashi kerak, bu jamoa kelgusida o‘zini jannat yoki do‘zax kutib turganini biladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:50:26
Ash'ariylikning keyingi davri vakillarining o‘zini vahiyning "yuksak"  nuqtai nazariga daxldor deb bilishi musulmon bo‘lmaganlar ham Allohni va axloq qonunini bilishga majburdir, degan qarashni istisno qilar edi. Shunga qaramasdan, aksariyat ash'ariylar ularni shunday qilishi kerak, deb hisoblar edi. Allohning birligi va adolatli ekanini tan oladigan, ammo vahiy yordamida nozil bo‘lgan qonunidan g‘ofil kishilar "musulmonlar maqomidadir" va narigi dunyoda jannatga tushishlari mumkin. Allohning bir va adolatli ekanini bilmasdan kufr holatida o‘lib ketadigan kishilar, garchi Alloh ularni "ajr berib emas, o‘zining beadad marhamati sababli xuddi balog‘at yoshiga yetmay o‘lib ketgan norasida go‘daklarni tushirganday jannatga tushirsa-da, ajr ham, jazo ham olisholmaydi[365].

Garchi kalom ilmi shu tariqa vahiy kelmagan bir paytda ham ilohiyotshunoslik mavjud bo‘ladi (ash'ariya) yoki hatto zarur (moturidiya) deb hisoblasa-da, Allohning bandalari o‘z davrining payg‘ambarini tan olish majburiyatidan ozod etilmaydi. Uning dini bandalarining ehtiyojlariga qarab ilohiy bir tarzda bichilgan, bandasiga esa uni qabul qilish uchun mo‘‘jizalar mukofot qilib yuborilgan; binobarin, Muhammadning payg‘ambarligi bilan bog‘liq ishonarli alomatlar, bular jumlasiga uning qo‘lida Allohga hamdu sano aytgan tosh, oyning shiqqa bo‘lishi, uning barmoqlari orasidan oqqan suvni kiritish mumkin[366];     Kimdir u mo‘‘jiza ko‘rsatishda jodu yoki ko‘zboylag‘ichlikdan foydalandi, deb da'vo qilsa, bu da'vosi uning Musoga nisbatan qilgan da'vosidan yaxshiroq emas[367]. Ammo oldinroq hadisda qayd qilingani va kalom ilmi murosasi talab etayotganiday, solih amallarni qilgandagina (oxir) zamon payg‘ambariga bo‘ysunish kerak. Ash'ariya va moturidiya vakillari o‘zlari aybdor bo‘lmagan hollarda bundan bexabar esa, faloh (najot kutish)ga nomzod bo‘ladi. Shunga qaramasdan, ikkala maktabga mansub ilohiyotshunoslar ham aynan qaysi nuqtada yangi vahiy dinini qabul qilish boshlanishini aniqlashda ojiz qolmoqda.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:50:41
Rum ilohiyotshunoslari  Allohni rad etishday gunohi - chunki  ular musulmonlar botiq mis sfera[368] (kura)ga e'tiqod qiladi - uchun yoki lotin salb yurishi peshvolari ularning Chansons de Geste[369] da ko‘pxudolilik dini deb kuylangan bu dinni rad etishday vazifani bajarish uchun yollangan, deb ishongani uchun aybdor bo‘lganmi?[370] Garchi turli xil qarashlar ilgari surilgan bo‘lsa-da, islom ilohiyotshunosligi hech qachon aniq bir aqidaga ega bo‘lmagan. G'azzoliy ash'ariylarning tabiiy bilim borasidagi tushkunliklariga qaramasdan, bir ishonchli ko‘zqarashni ilgari suradi. U ushbu ko‘z qarashi bilan Qur'ondan oldingi (ya'ni johiliyat davri jamoalari) o‘zlariga yangi vahiy yetarli darajada yetkazib berilmagani uchun islomni rad etish yo‘lini tutgan taqdirda ham falohga mustahiq bo‘lishi mumkin, deb ishonishini bayon qiladi. Quyidagi  uzun iqtibos G'azzoliyning bu qarashi muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi:

Garchi johiliyat davri ahlining aksariyati  yo bir oz fursat yoki soat, yoki bo‘lmasa, uzoq vaqt jahannam olovida kuysa ham Alloh ulardan o‘z rahmatini darig‘ tutmaydi, chunki "Olov ahli" atamasi aynan o‘shalarga nisbatan qo‘llanishi mumkin[371]. Boz ustiga, men bugungi kunning xudojo‘y Rum xristianlari va turklarini Alloh rahmatiga olgan, deb hisoblayman. Men bu bilan (islomga) da'vat yetib bormagan Rum va turk yerlarining olis joylarida yashovchi kishilarni nazarda tutyapman. O'sha kishilar uch toifaga bo‘linadi:

[Birinchi] toifaga Muhammad (sallallohi alayhi vasallam) otini umuman eshitmagan va shuning uchun kechiriladigan kishilar kiradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:50:58
[Ikkinchi] toifaga uning otini eshitgan, uning fazilatlari va ko‘rsatgan mo‘‘jizalarini  biladigan kishilar mansubdir. Bu kishilar islom zaminiga qo‘shni hududlarda istiqomat qilishadi va o‘zlarini musulmonlar deb bilishadi. Ular kofir va mulhidin (inkor qiluvchi) lardir.

Ana shu ikki toifa o‘rtasida uchinchi toifa (vakillari) bor. Ular Muhammad (sallallohi alayhi vasallam) nomini eshitgan. Ammo uning fazilatlari va tiynatidan bexabardir. Ular buning o‘rniga bolaligidan boshlaboq, xuddi bizning farzandlarimiz, meni Alloh yuborgan, deb xiyonatkor bir tarzda payg‘ambarlik da'vo qilgan Al-Muqanna[372] ismli yolg‘onchining gapini eshitganday, men Muhammadman, deb payg‘ambarlik da'vo qilgan soxtakorlarning safsatalarini eshitishadi. Mening nazarimda, bular [uchinchi toifaga mansub kishilar] birinchi toifadagilar qatoriga qo‘shiladi. Garchi ular payg‘ambar nomini eshitgan bo‘lsa-da, aslida rasullohning tabiatiga xos bo‘lmagan fazilatlarni unga xos deb eshitgan. Bu hol izla(ni)sh uchun hech bir turtki bermaydi[373].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:51:10
Hindistonning 18-asrda yashagan eng mashhur musulmon ilohiyotshunosi Shoh Valiulloh ad-Dehlaviy yetarli darajada musulmon bo‘lmaganlar ham muvaffaqiyat (Allohning marhamati) ga erishishi mumkin, deb ta'lim bergan. U Qur'onning "Al-A'rof" (ruhlar oxir-oqibat jannat saodatiga erishiladigan joyga o‘tiladigan "devor")[374]  sifatidagi mashhur esxatologik xususiyatlariga munosabat bildirar ekan, o‘zining biografi so‘zlari bilan aytganda, mana bunday deb yozadi:   

Allohning nomasini olmagan, shuningdek, tog‘ tepasida Ul zotga e'tiqod qilmasdan, yoki uning mavjudligini ham bilmasdan, xuddi faqat o‘zining tabiiy ehtiyojlarini qondirishni o‘ylaydigan mollar singari yashayotgan kishilar ham A'rofda yashovchilar orasida bo‘ladi. Ular islom yorlig‘ini olgan bo‘lsalar ham, johilliklari sabab, dindan foyda ola bilmagan. Ular teran fikrlashga to‘sqinlik qilgan sharoitda unib-o‘sgan, tarbiyalangan. Ular faqat mana bunday bilimga qodir edi: musulmonlar falon-falon narsalarni tanovul qiladi, falon-falon narsalar esa yeyish uchun harom qilingan [...]. Ular xuddi to‘rt oyoqli jonivorga o‘xshab, Alloh xususida hech qanday tushunchaga ega emas. (Shuning uchun) Ularni ayblab ham, [islomni rad etish uchun] yollab ham bo‘lmaydi[375].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:51:17
Kalom ilmi doirasida Qur'on vahiysiga javoban Bag‘dodiy va boshqalar tomonidan rivojlantirilgan G'azzoliy va Dehlaviy ta'limoti «keng miqyosli umid»ga yo‘l ochib berishi shubhasiz. Ilohiyotshunoslar Muhammadga  ummat bo‘lish sog‘lom e'tiqod va hayot muqaddasligi uchun maksimal imkoniyatlar yaratib berishini olqishlar ekan, Allohning marhamati islom chegaralaridan nariga ham yoyilishi mumkinligini xuddi musulmonchilikdan oldingi dinlarning ba'zi bir islom ta'limotidan bexabar qavmlar to shu kungacha e'tiqod qilib kelayotgan shakllari chin ma'noda yakkaxudolilik g‘oyalari va ilohiy adolat printsipini saqlab qolganiday, osongina qabul qilishlari mumkin. Bunday qavmlarga kelsak,  ular uchun nasx tushunchasi o‘ta nazariydir. Ilohiyotshunoslar o‘z asoschilarining haqiqiy qarashlari nimadan iborat ekanini bilib olish uchun bunday din shakllarini tadqiq qilib, ulardan ba'zilari boshqalariga nisbatan sofroq holda saqlanib qolganini, ular islomning mavjudligi o‘z individual tarafdorlarining pirovard taqdirini qoralaydi, deb hisoblamasligini   bilib olishlari mumkin.  Shu o‘rinda, erkak yoki ayolning o‘z madaniy muhitida mavjud bo‘lgan diniy tutimlarga qanchalik rioya qilayotgani sifatini baholash mezonini faqatgina Alloh bilguvchidir, degan aqidaga amal qiladigan mulohazali agnostitsizm[376]ning ahamiyati beqiyosdir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:53:57
Ko‘rib chiqanimizday, Qur'on pirovard fikrni aytishni Allohning zimmasiga yuklaydi, «Moida» surasining 48-oyatida aytilganiday, Ul zotning o‘zi dinlararo munozaralarga oydinlik kiritadi, deb hisoblanadi. Hadisda, ushbu oydinlik kiritilgandan so‘ng har bir payg‘ambar o‘z qavmi uchun shafoat qiladi, hatto chiqarilajak salbiy ilohiy hukmni bekor qilishga tiyiqsiz johillik ham bahona bo‘lolmasa-da, u yumshatilishi yoki har bir qavm himoyachilarining esxatologik  himoyasidan so‘ng rahm qilinib, gunoh kechirilishi mumkin, deyiladi. Binobarin, Muso adashgan yahudiylar uchun marhamat so‘raydi, Iso esa xristianlarning yonini oladi.  Bundan tashqari, Hazrati Muhammadning yakka o‘zi marhamatli payg‘ambar va Buyuk Ahdning mujaddidi sifatida qiladigan Buyuk shafoat oldingi din tarafdorlarining ham gunohini so‘rab olish uchun islom dini chegaralaridan tashqariga ham yoyiladi[377]. Bu hol postmodern yevangellashtirish[378] deb tushunilmasligi kerak; bu Alloh rahmatining Rasululloh orqali zuhur bo‘lishidir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:54:07
Ushbu muhokamalar qanday soterilogiya (najotshunoslik)ni yaratishi mumkin? Shunisi aniqki, oldingi sahifalarda bayon etilgan teologik tushunchalarni oddiy zamonaviy ma'noda "inklyuziv", ya'ni hamma narsani o‘z ichiga qamrab olgan, deb bo‘lmaydi. Islomning tarixdagi ko‘p marta ro‘y bergan xaloskorlik interventsiyalari to‘g‘risidagi dalolatlarini hisobga olsak va agar biz "muslim" atamasini dinga e'tiqod qilish ma'nosida tushunadigan bo‘lsak, musulmon bo‘lmagan va "anonim musulmonlar"ga g‘amxo‘rlik qilishda ishtirok etishga zarurat yo‘qligi ma'lum bo‘ladi. Garchi Rasululloh pirovardida ularga najot, o‘zlari amal qila oladigan darajada Allohga  ibodat qilish yo‘lini topib bersa-da, bu Muhammad shaxsidan "anonim tarzda", ya'ni ontologiya yo‘li bilan emas, aksincha, tabiiy ilohiyotshunoslikdan, ularning o‘z din asoschilaridan yetib kelgan ta'limotlar orqali, ya'ni epistemologik yo‘l bilan  hosil bo‘ladi. O'sha dinlarning yo‘riqnomalari yo nasx qilingan, yoki yo‘q bo‘lib ketgan, ammo ularning xudoning birligi va odilligiga oid umumiy ta'limotlarini Ul zotning mavjudligi va tabiiy tartibning afzalliklari haqida xulosa chiqarish yoki uni mustahkamlash  uchun esga olish mumkin. Ular musulmonlar emas, ammo ilohiyotshunoslar aytmoqchi, musulmonlar qatorida ajr yoki jazo oladilar. Binobarin, kalom ilmi hech qachon oldindan belgilab qo‘yiluvchi  rahmat yoki o‘limdan so‘ng musulmon bo‘lish singari chalkash nazariyalarni rivojlantirishga ehtiyoj sezmagan. Shafoat qilish aqidasi, tabiiy sabab kuchlari xususidagi moturidiya oqimi vakillarining  nekbinligi, tarix va jug‘rofiyani bir-biridan keskin farq qiladigan turli bo‘laklarga bo‘lib yuboruvchi alohida shaxsga nozil bo‘ladigan vahiydan ko‘ra har bir payg‘ambar kelishi bilan tafsilotlari tuzatiladigan mantiqiy vahiyning davriy jarayoni xususidagi qat'iyat Boshqaning falohi (najot topishi) masalasini  nisbatan sodda deb hisoblaydi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2007, 07:54:19
Garchi bu musulmon bitiklarining oldingi nomalarni nasx qilgani xususidagi kafolatini saqlab qolsa-da, bunday keskin bo‘lmagan nasx (oldingi ilohiy matnlarni tuzatish) nasx ilohiyotshunosliklarining plyuralistlar qayta-qayta iqtibos oladigan eng katta xavflaridan biri: manmanlik gunohini bartaraf etishi mumkin.  Masalaga g‘azzoliycha qarash yukning asosiy qismini ayni shu bobda obdan ta'rifi berilgan musulmon bo‘lmaganlar zimmasidan olib, musulmonlarning yelkasiga yuklaydi. Bu bilan bien-pensant [379] musulmon musulmon bo‘lmagan qo‘shnisi uchun falohdan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda nasx og‘ir mas'uliyatni bajarolmay qolishdan qo‘rqish emas, g‘alabalar asosi deb tushunilsa, muloqotga yaramaydigan salbiy ma'no kasb etib qoladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, har bir kishining o‘z qavmini najot tarixining markazida turadi, deb  da'vo qilishi xatodir. Bu muqarar sur'atda manmanlikka, kelishmovchilikka va ziddiyatga olib boradi. Bu hol G'arb xristianligining aksariyat  mazhablarida  o‘zlarini boshqa mazhablardan mutlaq ustun deb da'vo qilish bilan ko‘zga tashlanayotgan bir paytda boshqa dinlarning asoslarini keskin rad etmagan yozma aqidalarga ega bo‘lgan hamda shu sababli asrlar davomida diniy tinch-totuv yashash darajasini saqlab qola olgan islom singari dinga e'tiqod qiladigan qavmlar bunday yo‘l tutmadi. Bunday qavm bugungi kunda Boshqaning hurmatini joyiga qo‘yadigan ilohiyotshunosligini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilishi mumkin. Hamma narsa o‘zaro qorishib ketgan dunyoda yashash oson emas, ammo dinlarning o‘z-o‘zini tushunishining, xuddi shuningdek, shaxsning o‘z-o‘zini tushunishining asosiy jihatlaridan voz kechishga majburlamaslik ehtiyoji Boshqani yovuzlashtirmaslik, tarix va dunyoni moniy[380]chasiga qabul qilmaslik imkonini beradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:21:59
IX bob
Britaniya va Buyuk Ahd

«Xudosizlik  deb atalgan sulukka amal qilib,
men ota-bobolarim diniga e'tiqod qilaman...»
Jon Milton, Avliyo Paveldan iqtibos

1997 yilda e'lon qilingan ma'lumotlarga qaraganda, 2002 yilga borib Britaniya musulmonlari soni  Angliya cherkoviga qatnaydigan xristianlar miqdoridan oshib ketadi. O'sha yili musulmonlarning soni 760 ming kishi, anglikanlarniki esa 756 ming kishi bo‘ladi[381]. Bu Dizraelining «aldaydi, statistika ham yomon aldaydi» degan gapini tasdiqlaydimi, yo‘qmi, bundan qat'i nazar, islom Britaniyaning diniy manzarasida ko‘zga tashlanuvchi holga kelgani isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Assimilyatsiya jarayonlari milliy o‘ziga xoslikning chetlarini yemirib tashlamoqda, biroq din asosiy e'tiqod va amaliyotlarning siquvga olinishi va o‘zgartirilishiga qarshilik ko‘rsatishning odatiy o‘jar qolipiga moslasha bormoqda.  Bugungi kunda Britaniyada bhangra ilohiyotshunosligi yoki e'tiqodi yo‘q, uning o‘rniga bhangra musiqasi balandroq yangramoqda. Shunga qaramasdan, yoki shunga asosan, islom muvaffaqiyatli tarzda tez-tez bir avloddan ikkinchisiga ham o‘ta boshladi. Bu kompleks xarakterdagi muvaffaqiyat edi, ko‘pgina yosh musulmonlar dinning jamoa bo‘lib ibodat qilish va ma'naviy meros umididan yiroqqa tushib qolyapti, bu hol qishloqda yashab o‘sgan immigrantlar avlodining e'tiqod va urf-odatlarning sinkretik shakllari bilan xarakterlanuvchi[382] diniy tushunchalarning urban, nomotsentrik[383] ko‘rinishlarini kashf qilish fenomeni bilan bog‘liqdir. Turli shamollar esmoqda, mabodo masjidga borish o‘ziga xos yo‘l ko‘rsatish  bo‘lsa, jamoa o‘ziga yaxshi bir istehkom hozirlayotgani ko‘rinib turibdi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:22:54
Bunday tanlangan evrilish vositasidagi yashovchanlik olis  dindor o‘tmish ressourcement[384]i bilan uni qurshab turgan Britaniya madaniyatining o‘zaro ta'sirini maktab va ommaviy axborot vositalari singari qudratli madaniy qurol vositasida birlashtirdi. Dinlar amaliyot bilangina mavjuddir, jamoada  ba'zi bir voizlarning narsalarning mohiyati xususidagi da'volariga qaramasdan, dastlabki immigratsiyaning poyoniga yetishi Britaniyada islomning yillar o‘tishi bilan tobora inglizlashib borayotganini ko‘rsatmoqda. Buyuk Britaniya musulmonlarining aksariyati bu mamlakatni ota yurt deb biladi va ingliz tilida so‘zlashuvchi jamoaning Q-News singari kundan-kun gullab-yashnayotgan gazetalarini o‘ziniki deb hisoblaydi. Ayni paytda ularning urdu va turk tillaridagi muqobillari birin-ketin yopilib ketmoqda. Hatto dastlabki avlod madaniyatining so‘nggi istehkomi bo‘lmish voizlar minbari ham o‘z millatini o‘zgartirmoqda; Londonning sharqiy qismidagi Ist Endda masjid marosimlari nafaqat arab yoki silheti tillarida, qolaversa, Eastuary inglizchasida bexato o‘tkazilayotgani quloqqa chalinadi. 

O'n yilning nari-berisida zarif antropologik nazariyalarga yangi sinov maydoni hozirlash uchun jiddiy ilmiy izlanishlar qilina boshladi va kattalashib borayotgan tushunchalarga yana nimanidir qo‘shish bu tadqiqotlar maqsadiga kirmaydi. Buning o‘rniga ushbu yaqinlashuv - konvergentsiyaning  ulkan mazmuniga oid ba'zi bir norasmiy mulohazalar ijtimoiyotshunos olimning emas, din tarixchisining qarashlaridan foydalanilgan holda bayon qilinadi. Agar biz ko‘pchilik musulmonlarning ushbu orollarga kelishi va muqim yashab qolishi dinimiz tarixidagi Reformatsiyadan so‘nggi eng muhim voqeadir, degan himoyatalab mulohazani o‘rtaga tashlasak, Britaniya va islom o‘ziga xosliklarining teran strukturalari  yangi asr eshik qoqqan sari o‘zaro yaqinlashib ketgani, yaqinlashishi mumkinligini mulohaza qilishga bo‘lgan urinishlarni zo‘r berib oqlashimizga to‘g‘ri keladi. Bunday tahlilga imkon beradigan asboblar, albatta,  o‘tmas asboblardan behroq bo‘lishi kerak: inson diniy aql mohiyatan noturg‘un, anglash qiyin bo‘lgan narsa ekanini va uning harakat yo‘nalishini mutlaqo bashorat qilib bo‘lmasligini tushunish uchun «diniy musiqachi» bo‘lishi shart emas. Biroq ikkala dunyoda ham o‘zaro kesishgan va bir-birini boyitadigan tushunarli matnlar, tamoyillar va aql ko‘nikmalari mavjuddir, ular har bir narratsiyaning sifatini emas, yuza qismini tashkil etishiga qaramasdan, ko‘p narsa berishi mumkin. Ehtimol, Oskar Uayld: «faqat shaldir-shuldir  odamlargina tashqi ko‘rinishga qarab xulosa chiqarishmaydi»288a, deganda dinsizlik qilmagan bo‘lsa kerak.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:23:31
Bugungi intellektual muhitda iste'molga kirib kelgan zamonaviy atamani ishlatsak,  metanarratsiya bilan bog‘liq sehrgarliklar muammoga aylanib qolganini jon-jon deb ta'kidlashni istardim; «islom» yoki «Britaniyacha o‘ziga xoslik» singari kategoriyalar taqdiri xususidagi mulohazalar, avvalo, uning parametrlarini tushuntirib  berishi zarur. Shuni aytishim kerakki, men, deylik, Klifford Geertz[385]ning, islom  yer yuzidagi hamma narsani tushunishga yordam beradi, degan fikrga qarshi antropologik dalillarini hurmat qilish barobarida yaqindagina ildiz otgan ijtimoiy fanga oid tadqiqotlar to‘lqini yoki tushuncha va aqidalarning mag‘zini tarix orqali chaqishga bo‘lgan falsafiy urinishlar himoyasiga toqat qila olmayman. Fikri ojizimcha, dekonstruktsiyaning o‘zi narratsiya nuqtai nazaridan o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan dekonstruktsiyaga nisbatan hassosdir: Liotar, Derrida va boshqalarning umumiy jihati bor: ular frantsuzlardir, yanayam o‘ziga xos jihati shundaki,  ular lumieres[386]dan so‘ng vujudga kelgan madaniy muhitda tarbiyalangan. Lumieres frantsuz katolitsizmi va frantsuz millatining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan bir necha falokatlar tufayli oyoqqa turib olgan bilishga  nisbatan tobora skeptik va aporetik yondashuv oqibatida vujudga kelgan edi.  Xuddi gallarning yelka qisishi dunyoqarashga aylanib ketgani singari ehtimol postmodernizmning o‘zi ham dekonstruktsiyalanishi mumkindir? Har holda uning birov (ning qilayotgan ishi)ga qozilik qilish da'vosi barcha tushunarsiz qiroatlarga oydinlik kiritish istagi bilan kelisha olmaydi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:24:23
Ash'ariylikka o‘xshagan, lekin xudosiz bo‘lgan postmodernizm zamonaviy madaniyat ekzegetikasi (tafsiri)ga tayanadi. Ushbu madaniyat hali ham o‘z mohiyatiga ko‘ra, hukmron mafkura va rasmiyatchilikka qarshi turishi bilan urushdan keyingi holatidan uzoqlashib keta olmagan. Liotar va Bartes[387], chindan ham, sinchkov kuzatuvchilardir; ularning tarix tahlilchilari sifatidagi loyihasi atomizm[388]ni talab etadi. Bu hol professional tarixchilar yiqqan dalillarga mos kelmaydi. Ernest Gellnerning kuzatishicha, u islom dunyosi taqdim etgan metanarratsiyaga zid keladi[389].  Geertz va postmodernizm antropologiyasi mahalliy madaniy sistemalarning moddiy almashinuvi mohiyatini tushunish vositasi vazifasini bajarishi mumkin; biroq u islom dunyosining turli hududlaridagi sunniylik institutining o‘quv dasturi va uslubi bilan qarama-qarshi kelib qolgan taqdirda samara bermasligi mumkin. Xalq dini shaklida namoyon bo‘lgan partikulyar - mayda oqimlar postmodern o‘zgarishga moyil kuzatuvchilarni o‘ziga rom qilib qo‘ymoqda. Ular masjid yoki madrasani kamdan-kam hollarda tilga oladigan bo‘lib qoldi. Asrlar davomida Makkaga haj qilish ramzi bo‘lgan va undan quvvat olgan norasmiy tarmoqlar bilan o‘zaro bog‘lanib ketgan ushbu muassasalar mahalliy din peshvolari viloyatlar madaniyati darajasiga tushirib qo‘ygan islom madaniyatiga haqiqatan ham universal ma'no yuklagan ko‘rinadi. Ushbu muassasalar va din amaliyotlari ularni ado etuvchi kishilarning idrokidan mustaqil ravishda mavjud bo‘la olmas edi, deb e'tiroz bildirish har xil mahalliy musulmon ulamolarining haj singari marosimlar chog‘ida  bir-birini hayratlanarli tarzda yengil e'tirof qilishini ko‘ra bilmaslikni fosh qilib qo‘yadi. Islom tarqalgan ulkan hududlardagi bunday  e'tirofning aniq tabiatini ilg‘ab olish chet kishilar uchun ham qiyin bo‘lishi mumkin.  Nazariy jihatdan qaraganda, uni shariatning vujudda ildiz otishiga yo‘yish samara beradi. Moris Merlo-Pontining nazdida, shu vujud bizni manmanlikdan xalos etadi, chunki u turli madaniyatlar o‘zaro qorishib ketgan yagona universal  maydon hozirlab beradi[390]. Haqiqiy intersub'ektivlik[391], yoki "interkorporeyti"[392]ning asosi bo‘lgan musulmonlik vujudi, sof qonunlar manzili hamda musulmon diskursining butun boshli nomotsentrik strukturasi tamal toshi lingvistik idealizmning, til voqelikni tasvirlab bermaydi, aksincha, uni hosil qiladi, degan g‘ayrishuuriy (va Qur'onga mutlaqo xos bo‘lmagan) aqidasiga qarshi turishda muhim ahamiyat kasb etadi[393].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:25:21
Geertz va postmodern kuzatuvchilar (islom) ummat(i)ni keskin tarzda boshboshdoqlashib ketgan, deb bilishadi; yana tarixchi islom qavmi dunyosidagi har bir o‘ziga xoslikni (musulmonlik) vujud(i)ga asoslangan va unda tajribadan o‘tgan hamda matnlarda umumiy tarzda bayon qilingan mo‘‘tadil va doimiy mohiyat bilan faol munosabatlarda samarali deb qarashi ham mumkin.   Sunniylarning oddiygina bitik bo‘lmagan me'yoriy ekzegetik qonuni asrlar davomida hududiy o‘ziga xoslikning ma'jusiy jihatlarini o‘zgartiradi va, pirovardida, ularning o‘rnini egallab olishi ham mumkin.

Agar biz islom metanarratsiyasini matndan kelib chiqqan holda, hamma ma'qullagan sunniy dastur nuqtai nazaridan aniqlab olsak, uni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lamiz. Baydaviyning tafsiri, usul ul-fiqhga oid kitoblar va ash'ariylar yoki moturidiylarning dogmatik sintezlari va ba'zi bir boshqa matnlar an'anaviy islom dunyosiga hech bir o‘zgarishsiz tarqalib ketgan. Olganidan ko‘ra ko‘proq beradigan hamda madaniyatlarning tanish va izchil yo‘nalishda rivojlanishiga doimiy tarzda turtki beruvchi qonunga asoslanadigan din sistemasi metanarratsiya deb hisoblanishi mumkin; muqaddas bitiklarga muhrlangan abadiy fundamental  muhokamaning o‘ziga xos ifodasi bo‘lgan metanarratsiyaga, nazarimda, bu o‘rinda baho berib o‘tirishga ehtiyoj yo‘q. Ushbu metanarratsiya Buyuk Britaniyada inglizlikning o‘ziga xos xususiyatlariga qo‘shilib ketish  jarayoni orqali qaytadan rang-baranglashdi va yo‘nalishini o‘zgartirdi. Bu jarayonga yosh avlod katta yoshlilardan ko‘ra «labbay» deb javob berayotgan va unga ko‘proq qo‘shilayotganga o‘xshaydi. Chunki katta yoshlilar qishloq joylarining o‘zga xos jihatlari ruhida tarbiyalangan, ular bitiklarni emas, ruhoniy shaxslarni dinning obro‘-e'tibori manbasi sifatida biladi. Ba'zi hollarda mana shu noto‘g‘ri tushunish xuddi Britaniyada yangitdan faollashib ketgan tariqatlarday, O'rta Sharq  konservatizmi orqali an'ana bilan qaytadan bog‘lanishga; boshqacha aytganda, islomni o‘tmishdan ajratib olib, bitiklarni deb uning muqaddasligini butunlay inkor qilishga sabab bo‘lishi mumkin[394]. Ammo ikkala holatda ham Janubiy Osiyoning g‘ayritabiiy narsalar, hatto sehrgarlikka asoslangan jo‘n xudojo‘yligi bu o‘rinda me'yoriy an'anaviy va salafiylar[395]ga xos turli-tuman skripturalizm[396]larga yo‘l ochib berishi mumkin.  Britaniyada partikulyarizm[397] universallashmoqda, so‘ngra notekis tarzda qaytadan partikulyarlashmoqda. Bu hol Braelvining xudojo‘yligidan Deobandi, Tabligi, Shadhili yoki vahhobiylikning tarafdorlik xususidagi zamonga tezroq moslashuvchan iboralari tomon siljib bormoqda yoki ular shunga qulay sharoit yaratmoqda.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:26:18
Shotland devolyutsiyasi[398] boshlagan munozaralar chog‘ida ma'lum bo‘lganiday, tarozining boshqa pallasida partikulyarizmga teng kuchga ega bo‘lgan Britaniya narratsiyasi turadi va bu narratsiya  ham chigalligi jihatidan partikulyarizmdan kam bo‘lmagan muammoli kategoriyadir. Odatda, ushbu narratsiyani xalq tilida «inglizlar» deb atash qonuniyday tuyuladi va biror kishi mana shu nom ostida ko‘p ming nusxada kitob ham chop etishi mumkin[399]. Biroq  universitetlarda va ba'zi bir ijtimoiy soha ma'murlari orasida Britaniya metanarratsiyasi g‘oyasini istisno qiluvchi g‘oya inkor etuvchi, siyosiy jihatdan to‘g‘ri va turli madaniyatlarga xos tamoyil  mavjud. Bu o‘rinda ushbu so‘roqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri e'tiroz bildirish shart emas; britanlilik (inglizlik) aniq bir ko‘rinishga ega emas va biz an'anaga ko‘ra, uning tarkibiy qismlari deb hisoblab kelgan narsalarni  bugungi kunga kelib, o‘z hududlaridan tashqariga tarqalayotgan  islom, ya'ni globallashuv zudlik bilan yemirib tashlayapti. Bir kishi: "Shotlandiya mamlakat emas, cherkovdir"[400](Ernest Barker, 1947 yili) yoki 1951 yili bir gazeta sharhining muallifi: "Inglizlar juda jipslashgan xalq, ular o‘z tarixining oldingi davrlaridagidan ham ko‘ra jipsroqdir"[401], deb yozgan vaqtdan beri oradan ming yillar o‘tib ketganga o‘xshaydi. Shunga qaramasdan, bundan keyingi sahifalarda ba'zi bir umumlashmalar keltiriladi, ularni inkor qilgandan ko‘ra himoya qilish osonroq tuyuladi.

Ushbu maqolaning balansi britaniyaliklarning musulmonchilikka bo‘lgan hissiy munosabati va islomni mamlakatning ijtimoiy-madaniy to‘qimalariga qayta qiritish orqali O'z va Boshqa o‘rtasidagi tanglikni bartaraf etish yo‘lini izlash bilan bog‘liq ikkita kuzatishni (sizning hukmingizga) havola etadi. Ulardan biri Britaniya an'anaviy   diniy hayotida islomga mehmondo‘stlarcha munosabatda bo‘ladigan o‘zgarishlar ro‘y berayotganidir. Ammo e'tibor eng avvalo islomning paradigmatik[402] Boshqaga beradigan ta'rifiga qaratilishi kerak. Individual o‘ziga xoslik hamisha refleksiv usul bilan shakllanadi: biz qo‘shnilarimizdan butunlay boshqa odamlarmiz. Britaniyaliklarning milliy o‘ziga xosligi Yevropaning boshqa bir nechta xalqlarinikidan far qilishi, buning sababi uning islomiy raqibga qarshi o‘ziga xoslikni yaratish tarixi yo‘q ekani keyingi bo‘limdagi munozaramizning asosini tashkil etadi. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:26:46
*        *        *

1998 yili adabiyot sohasidagi Nobel mukofotiga Portugaliyaning mashhur yozuvchisi Joze Saramago sazovor bo‘ldi. Uning ajoyib romanlaridan birida lissabonlik musahhihga o‘z shahrining yangi tarixiga oid grankani tuzatish topshiriladi[403]. Hikoyaning mazmuni  shaharning eng fojiali lahzasi: uning musulmonlar qo‘lidan aholi qirg‘iniga sabab bo‘lgan salib yurishida qatnashayotgan qo‘shinlar qo‘liga o‘tishiga nazar tashlash bilan qorishib ketadi. O'rta asrlardagi yagona bo‘lgan ushbu dahshatli qirg‘inda yuz minglab kishilar qurbon bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. O'zining jonajon shahri etnik tozalash oqibatida paydo bo‘lganini anglab, ruhiy jarohat olgan musahhih kitobning korrekturasini salib yurishi qatnashchilarining zo‘ravonliklarini  postxok[404]chilar (va postmodernchilar) o‘chirib tashlagani singari o‘zgartiradi. U grankadagi dahshatli voqelik tafqsilotini yana bir karra ko‘zdan kechirib chiqqach, ko‘ngli sust ketib, o‘z kasbida o‘lsa kechirilmaydigan  gunohga qo‘l uradi. Nitsshening musahhihi "Xudo o‘lgan", degan jumlaga "yo‘q" so‘zini qo‘shib qo‘yish istagini yengadi. Ammo matndagi "Salibchilar Lissabon shahrini zabt etdi", jumlasiga mutlaqo nojoiz inkor qo‘shimchasini qo‘shib qo‘yadi. Musahhih  bunday tarixni hazm qiladi va u o‘zgarishi kerak edi. Saramagoning nazdida, tahrir qilingan Portugaliya milliy tarixi chop etilganidan so‘nggi baqir-chaqirlar 700 yil oldin ro‘y bergan voqea tufayli buzilgan va ehtiroslarga to‘la milliy o‘ziga xoslik borasida bir to‘xtamga kelish mushkul ekanini ko‘rsatdi. Portugaliyaning milliy epik dostoni "Luziadlar"[405] "Odil falak irodasi bilan xudosiz musulmon (lar)ga qarshi kurash u(lar)ni butunlay quvib chiqqunga qadar to‘xtamasligi kerak" [406]bo‘lgan zaminda g‘ayridinlarni qirib tashlashga da'vat qiluvchi madhiyadir. Millatning o‘ziga xosligi islomiy Boshqaga qarshi bir kayfiyat yuzaga keldi, natijada bugungi kungi portugal imomlari "maktabda, musulmonlar portugallarning dushmani, deb ta'lim berilganidan aqli shoshib qolgan (Portugaliyada tug‘ilgan va portugal bo‘lgan) musulmon o‘quvchilarni har doim tinchlantirishga majbur bo‘ladi"[407].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:28:52
Yevropadagi boshqa millatlar ham odamlarning qulog‘iga xristianlar Yevropasi zaminidagi iflos jinoyatchi deb quyilgan musulmon Boshqaga qarshi munozara jarayonida shakllangandir. Ispan tilidagi ilk yirik adabiy asar bo‘lmish Cantuar de mío Cid[408] asrlar davomida ispanlarning va islomning o‘ziga xosligi shakllanishiga muhim hissa qo‘shib keldi[409] va dunyoviylashtirishdan omon qoldi. 20-asrning ispanlar o‘ziga xosligining buyuk nazariyachisi Migel de Unamunoga ko‘ra, u boy muhojir aslzodalarga qarshilik ko‘rsatish ramziga aylandi[410]. Hatto Yangi Dunyoda ham cristianos y moros[411] tomoshalari qishloqlarda tashkil etiladi va cherkov retablolari[412]da San Xaymening «Matamoros» surati tasvirlanadi, bu bilan musulmonlikni qabul qilganiga ishonib bo‘lmaydigan muhojirlarning Yangi Ispaniyaga kelib  nomuqim yashashiga hamda musulmonlarga qarshi qaratilgan kayfiyatni hindularga qarshi yangi bir kayfiyatga aylantirishga shama qilinadi[413].

Boshqa bundan ham dahshatli misollarni izlab topish uchun uzoqqa borib yurish shart emas. 20-asrning 90-yillarida kosovoliklar va Bosniya musulmonlari boshiga tushgan kulfatlarni serblarning o‘zini millat sifatida anglashidagi izchil, hatto aytish mumkinki, o‘ta izchil kayfiyatning: islom ajdarhosiga qarshi kurashning eng yuksak nuqtasi bo‘lgani bilan izohlash mumkin. Chernogoriyalik arxiepiskop Petar Nyegos qalamiga mansub "Tog‘ gulchambari" asari Serbiyaning milliy epik poemasi hisoblanadi. Bosniyalik va kosovolik ming-minglab qochqinlarning televidenie orqali namoyish etilgan tasvirlariga musulmonlarni oyoq osti qilishni ko‘klarga ko‘tarib maqtagan mana shu poema satrlari subtitr sifatida berildi. Masalan, arxiepiskop o‘z dindoshlarini Muqaddas urushga mana bunday da'vat qiladi:
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:30:31
Jang qiling xoch uchun va sharaf uchun!
Kimningki qilichi, yuragi bo‘lsa,
Isoning muqaddas ismi bilan jang -
Qilsin va o‘ldirsin xudosizlarni!
Suv  yoki qon bilan cho‘qintiramiz!
Peslarni ov qilib haydaymiz bundan.
Kuylaylik qirg‘inga chorlovchi qo‘shiq;
Qon tekkan xarsanglar chin mehrob bo‘lsin!

Poemaning bir joyida yepiskopning hujumkor va'zini bir musulmon bo‘lib qo‘yadi va shunday deydi:

Bu yer bizlarning ham vatanimizdir,
Bir joyda ikki din bo‘lishi mumkin,
Xuddi bir qozonda ikki taomday
Yashasak bo‘ladi ahil va inoq.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:31:35
Arxiepiskop bu taklifni rad qiladi va poema quyidagicha davom etadi:

Na ko‘rar biror ko‘z, na muslim tili
Uning rivoyatin so‘zlamay qolmas.
Kimki cho‘qinmasa, boshiga qilich
Solinar bir kuni, qutulolmaydi.
Avliyo bolaga kimki cho‘qinsa,
Nasoro bo‘ladi  va xochli bo‘lar,
Birodar singari qutlanadi u.
Muslimlar uyiga o‘tlar qo‘ydik biz,
Kuyib, kunpayakun bo‘ldi barchasi,
Shayton malaylari qolmaydi omon!
Setinyedan musulmonlar ko‘p bo‘lgan
Cheklitchega shoshib ravona bo‘ldik;
Ba'zilarin tikkalayin so‘ydik biz,
Hammasining uyi lovullab yondi,
Katta-kichik masjid qolmadi omon,
Barining o‘rnida kultepa qoldi -
Nafratlanmog‘iga uni ko‘rganlar. [414]

Serbiyaning millatchilarni xursand qiladigan, liberallarni tashvishga soladigan ushbu milliy epik poemasi pati yulingan tovuqqa o‘xshab qolgan Yugoslaviya maktablarida o‘qitiladi va e'zozlanadi[415].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:32:16
Uzoq Sharqda rus, xususan, kazaklarning musulmonlar hukmronlik qilgan Volga, Sibir va Kavkazdagi yerlarni tortib olish xususidagi rivoyatlari haliyam og‘izdan-og‘izga o‘tib yuradi. Ular tatarlarga qarshi shafqatsiz kurashchi Ivan IV Grozniy va tatarlar ustidan g‘alaba qozonish uchun tunu kun ibodat qilgan va qurdirgan monastiri Rossiyadagi eng katta ibodatxonalardan biri bo‘lgan, "Rossiya me'mori" rodonejlik avliyo Sergiy singari shaxslar tufayli o‘sha rivoyatlar butun millat iftixori ramziga aylanib ketdi. "Dmitriy Donskoy balladasi" rus adabiyotining tamal toshini qo‘ygan adabiy asarlar qatoriga kiradi va islomga qarshi urush ochishning yangi Vizantiyacha da'vatidir. U ruslarning milliy o‘ziga xosligi poydevorini qo‘ygan muqaddas ziddiyat hissini aks ettiradi[416]. Bu asar mazmuni va ohangiga ko‘ra, "Vseslav" epik dostonidan farq qilmaydi:

Kattadir, kichikdir, omon qo‘ymangiz,
Ular saltanatda urchib ketmasin.
Faqat tanlab oling ba'zilarini,
Oz ham emas, ko‘p ham emas, yetti ming -
Huriliqo sanam qolsalar bo‘ldi[417].

Rossiya keyinchalik ispan inkvizitsiyasini rivojlantirishga kirishib, uning ba'zi bir pozitsiya - turimlari va usullarini o‘zida joriy qila boshladi[418].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:32:43
Frantsiyada esa tarixchi Fernan Brodel (1902-1985) Puatye jangining "choc éléctrique»[419] frantsuzlar milliy o‘ziga xosligi shakllanishining muhim lahzasi sifatida le vraie premiere croisade[420] bo‘ldi.  Islomga qarshi o‘z taqdirini o‘zi belgilashdagi mana shu va boshqa Karoling[421] lahzalari «Yevropaning tug‘ilishi»[422]ga olib kelgan Frantsiyaning muhim milliy epik dostoni «Rolan haqida qo‘shiq»da juda yaxshi tasvirlab berilgan.

Hatto islom dunyosi bilan umumiy chegarasi bo‘lmagan Germaniyada ham mana shu qarama-qarshilik ta'sirida shakllangan dunyoqarash namoyon bo‘la boshladi. Bunga sabab dastlab Falastinda harbiy tariqat sifatida paydo bo‘lgan Tevtor ritsarlaridir. Ular 1268 yili Quddus yaqinidagi Starkenberg qal'asidan ayrilgach, nemislarning buyuk drang nach Osten[423] sagasiga o‘zlari Suriyada o‘rgangan harbiy texnologiyasi va salib yurishi pozitsiyasi - turimi tafsilotlarini kiritdi. Ritsarlarning buyuk ustalari kelib chiqishi jihatidan ma'jusiy prussiyaliklar va shimollik sarasen[424]larga borib taqaladi; Desmond Zevard ko‘rsatib berganiday,  Tevtonlar ordeni hududlarining doimiy vahshiyliklar oqibatida sharq tomon kengayib borishi Autremer[425]ning issiqxona muhitida yaratilgan mutlaq diniy munosabatni o‘zida aks ettiradi[426].

Uchinchi reyxning  drang nach Osten loyihasini qayta tiklashini musulmonlarga qarshi salib yurishining merosidan boshqa narsa deb tushanish mumkin emas. Kerak bo‘lsa, Lyuftvaffening ramzi Tevton ritsarlarining xochi  edi. Es-eschilarning etnik xaritani qayta tuzishi ritsarlarning o‘z ordeni hukmronlik qilgan yerlarda yuritgan siyosati haqidagi romantik xotira bilan bog‘liq. Bu siyosat musulmon aholini boshqarishda salibchilar  usullaridan foydalanar edi. albatta. Gitlerning o‘zi xristian emasdi, ammo o‘z va'ziga quloq solganlarni salib yurishi sarasenlarga qarshi so‘zamolligi bilan ilhomlantira bilar edi. U o‘zining 1937 yili Nyurnberg qurultoyida qilgan ma'ruzasida "bir-biriga dushman bo‘lgan natsional-sotsializm va bolshevizm Weltanschauungen[427] o‘rtasidagi to‘qnashuvni xristianlik bilan musulmonlik o‘rtasidagi to‘qnashuvga qiyoslagan edi»[428].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:33:32
Buning mutlaqo teskarisi bo‘lgan Britaniya milliy rivoyati islomga qarshi tarixiy, armageddon[429]simon kurashga kirishuvchi unsurlardan tarkib topmagan. Ketlin Reyne ko‘rsatib berganiday, «Britaniya masalasi» Artur afsonalari[430] va, unchalik-ma'jusiy-bo‘lmagan  Muqaddas jom[431]ni emas, unchalik-xristian-bo‘lmaganlarni axtarishdan kelib chiqqan. Meloridan Valter Skottgacha bo‘lgan Persellning "Qirol Arturi"da, Jon Kauper Pouisning "Porius"ida, E.Uayt (va Britten)ning "Tosh ichidagi qilichi"da va son-sanoqsiz mahalliy hikoyalarda Artur haqidagi afsonalar turkumi Britaniya epik poemalar yaratishga juda yaqin kelgan narsa deb ta'riflanadi[432], u yerda musulmonlarga qarshi juda kam gapiriladi yoki umuman gapirilmaydi. Ushbu diniy rivoyat o‘ziga xoslikka oid emas, ezoterik - sirli  ramzlarga to‘la: davra stoli burjdir, u qirolning falak ostidagi hukmronligini anglatadi, ushbu ramz O'rta Sharqdan kelib chiqqan bo‘lsa ajab emas. Afsonalardagi axloqiy nekbinlik, (shohning o‘z jiyani) Mordreddan mag‘lubiyatga uchralgan fojiaga qaramasdan, dinning inglizlarga xos xususiyatini bexato ko‘rsatib turadi. Artur halok bo‘lmaydi, uyquga ketadi. U o‘z podsholigida adolatni qaytadan qaror toptirish uchun yana qaytib keladi; u xaloskor shaxsdir, ehtimol, ko‘zdan yashirin imom bo‘lishi ham mumkin. U bu bilan uyqudagi kelib chiqishi ismoiliy bo‘lishi mumkinligi ehtimol qilinayotgan Kristian Rozenkreyts haqidagi rozikrutsianizm (Yevropada 17-18-asrlarda ezoterik donishmandlikka bag‘ishlangan harakat) afsonalarini esga tushiradi.

Britaniyaning milliy o‘ziga xosligi islomga muxolif pozitsiyada - turimda shakllanmagan, deyish bilan Britaniyadagi musulmonlarning o‘ziga xosligi va boshqalar bilan birga tinch-totuv yashashining kelajagi haqida osoyishta nekbinlikka berilmoqchi emasmiz, aksincha, Britaniya va islom narratsiyalarining qalin munosabatlariga an'anaviy milliy o‘ziga xoslik tarkibining asosiy  omillari xalal bermasligini aytib o‘tmoqchimiz. Britaniyaliklarga, ko‘proq inglizlarga xos muhojirlarni yoqtirmaslik va irqchilik hissiyotlari islomga emas, irland va mahalliy amerikaliklarga qarshi olib borilgan Styuart janglari chog‘ida paydo bo‘lgan edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:34:14
*        *        *

Biz  mamlakatning o‘zi haqidagi tarixiy rivoyatlarda  islomga nafratni ifodalovchi mavzularning yo‘qligi xususida ba'zi bir mulohazalarimizni bayon etar ekanmiz, e'tiborni ayni paytdagi Britaniya islomi ichidagi tangliklarga qaratishimiz va bu dinning Birlashgan qirollikning tarixiy o‘ziga xosligi va, xususan, uning diniy to‘qimalariga kirib borishi jarayonini to‘g‘ri baholashimiz kerak bo‘ladi.

Islomning Buyuk Britaniyada mustahqam o‘rnashishi musulmon mamlakatlarida an'anaviy sunniylikka qarshi kurash boshlangan paytga to‘g‘ri keldi. Hozir islomning boshiga Eamon Daffi «mehrobni shilish» deb atagan hol tushgan. Biz buni islomning hozir qo‘l urilayotgan  islohoti deb atasak  ham bo‘ladi. Xuddi Lotin g‘arbidagi Reformatsiya singari, bu islohot ham transtsendentlik (g‘ayrishuuriy narsa)ning immanentlik (tabiiylik) ustidan hukmronligini o‘rnatishni maqsad qilib olgan. Avliyolarning qabrlari buzib tashlanmoqda. Ayni paytda tabiblar, vositachilar, tumor sotuvchilar va ruhoniy brokerlarning faoliyati shubha ostiga qo‘yilmoqda, buni oldingi avlod tasavvur ham qilolmas edi. Jazoir  qishloqlarini ziyorat qilganlar ufqdagi go‘zal bir o‘zgarishni ko‘rishlari mumkin. Afrika islomi asta-sekin janubga tomon siljib, Afrikadagi islom diniga aylanib bormoqda[433].  Mahalliy qoloqlikning  ko‘hna qoliplari R.Robertson "glokallashuv" deb atagan narsa, ya'ni olis masofadagi (bu holatda arab) me'yorlarning ma'lum bir hududda o‘zlashtirilishiga yo‘l bermoqda; bu "chet elga borishni istaydigan, ammo uyini tashlab ketishni istamaydigan sayyoh uchun pillapoyadir"[434].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:35:41
Britaniya musulmonlari bepoyon islom dunyosining bir bo‘lagini tashkil qiladi, binobarin, ular ham ushbu tamoyillardan chetda turishi mumkin emas. Ularning Buyuk Britaniyadagi boshqa jamoalar bilan ahil va inoq birga yashashi uchun zarur bo‘lgan narsalarni aniqlab olish kerak bo‘ladi. Keksa avlod hurmat qilgan ulamolar uchun chet el bo‘lgan bu yerda G'azzoliy ulgi olish kerak bo‘lgan zotdir; yoshlarning aksariyati uchun uning o‘rnini Ibn Taymiya egallab olgan. Eskilar xristianlar[435] hamda fiqh va amaliyotning shofiiycha talqiniga hurmat nazari bilan qaragan. Bu hol ularga mahalliy urf-odatlar bilan yangi amaliyotlarni o‘zaro moslashtirishga imkon tug‘dirgan va shariatning xuddi shu tarzda bir to‘xtamga kelingan ko‘plab ahkomlarini taftish qilishga ommaning qiziqishini oshirishga yo‘l berish bilan  musulmonlarning ijtimoiy va fiqhiy an'analarining moslashuvchanligiga kafolat bergan[436]. O'zining jiddiy xavf-xatar paytida "urush ilohiyotshunosligi"[437]ni yozgan Ibn Taymiya faol aksil-xristian bo‘lib, islom jamiyatini sof ko‘rishga oid qarashlarida uni tashqi qo‘shimchalar[438]dan jon-jahdi bilan himoya qiladi. Jamiyatshunoslar musulmonlar bilan xristianlar o‘rtasida, deylik, Indoneziya yoki Nazaret va yoki Sudanda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar natijasi o‘laroq yuzagan kelgan tanglikning kuchayib borishini o‘zlaricha talqin qilishni yoqtirishadi, ammo ularning bu qarashi haqiqiy vaziyatga unchalik mos kelmaydi. Mazkur holat keyingi yillardagi islom dunyosiga oid g‘arbcha talqinning, u universitetlarga asoslanadimi, yoki idoralargami, bundan qat'i nazar,  ulkan xatolaridan biri ro‘y berayotgan voqealarning markazida ilohiyotshunoslik turishini tan olishni istamaslik bo‘ldi. Kamdan-kam  kishilargina Germaniyaning 16-asrga oid tarixini xristianlarning muqaddas ilohiyotshunosligi va ekklesiologiya[439]sini bilmay turib tushunish mumkin deb o‘ylaydi.  Boz ustiga, islom dunyosi xususida bahs yuritilganda milliy dunyoviy aslzodalarga qarshi "mutaassiblar" yoki "islomchilar" degan qo‘pol atamalar ishlatiladi. Aslida bunday kategoriyalar o‘ta darajadagi kaltabin ilmiy, siyosiy va ommaviy axborot vositalarining yanglish tahlilida tez-tez ko‘zga tashlanadi. Odatda, keskinlik ikki qutbli emas, uch burchakli bo‘ladi. Uning tarkibiga G'arb modernizmi, an'anaviy madaniylashgan islom va transtsendental islomizm o‘rtasidagi muzokaralar va bir-birini inkor qilish kiradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:36:30
Nafaqat xristianlikka, qolaversa, islomning immanentlik[440] ma'lumotlariga, xususan,  atrofdagi madaniyatlarning xatolarini qabul qilishga tarixiy jihatdan o‘ta moyil bo‘lgan tasavvufga qarshi bo‘lgan, shovinizmni esga tushiruvchi yangi trantsendentalizm[441] islomning ahvolini ko‘rsatib berishda muhim ahamiyatga ega, bundan Britaniya islomi ham mustasno emas. Qohiradagi Al-Azhar universitetida ta'lim olayotgan turli millatlarga mansub  masjid xodimlari o‘z mamlakatlariga xushmuomala xizmatchi bo‘lib, Madina yoki Riyodda ta'lim olganlar esa  ko‘pincha munozarachiga aylanib qaytadi. Misr ta'limi G'azzoliy ta'limotiga asoslangandir. Shahardagi sharoitga xristian va g‘arblashtiruvchi omillarning, shuningdek, ommaviy xudojo‘ylikning  mavjudligi bilan erishilgan. Madina yoki Riyoddagi din ta'limi esa Ibn Taymiya (ta'limoti)dan olingan va, asosan, raqobatga moyildir. Keskin tafovutga e'tibor bering: G'azzoliy izdoshlari moslashuvchan va kechirimlidir, Ibn Taymiya izdoshlari  esa, duragaylashuv gunohdir, degan qat'iyati bilan talabni yuqori qo‘yadi[442].

Vahhobiylik Britaniyada ham tobora ildiz otmoqda. Bu yerda Ibn Taymiya qarashlarining eng ziddiyatli jihatlari muhokama qilinmoqda. Bu al-vala' val-bara', ya'ni faqat tayinlangan imomga sodiqlik; inson qo‘li bilan yaratilgan har qanday hokimiyat inkor qilinadi, degan aqidadir. Xristianlar va boshqa kitob ahli, aynan o‘sha imom qo‘l ostida bo‘lishiga qaramasdan, vahiy himoyasi - zimmaga ega emas[443]. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:37:23
Ushbu satrlar muallifi Birmengemdagi kichik bir masjidda saboq berayotgan paytda zikr etilgan qarashning yoyilib ketganidan xabar topib qoldi. Bir vahhobiy yigit kaminadan: "Agar men musulmon mamlakatida bo‘lsam, Britaniya sayyohlarini o‘ldirishim mumkin, agar musulmonlarga zarar yetkazadigan xavf tug‘ilsa ham shunday qilishim mumkinmi", deb so‘rab qoldi. Albatta bu savolning an'anaviy sunniylikka aloqasi yo‘q; ammo vahhobiylikning ba'zi bir ekstremistik tarmoqlarida real mazmunga ega.  Misrdagi sayyohlarga qilingan hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgan jamoat, o‘z aqidasiga ko‘ra, haqiqiy vahhobiylardir[444].

Al-vala' val-bara' aqidasi yangi aksilimmanentizm (vahhobiylik)ni me'yoriy an'anaviylik (sunniylik)dan ajratib turgan ko‘rfazning miqyosini va xarakterini ko‘rsatib beradi. Keyingi atamalarni Mavritaniyaning mashhur molikiy olimlaridan biri shayx Abdulla ibn Bayya o‘zining Kaliforniyada o‘qigan ma'ruzasida tilga olgan edi. Bin Bayya ma'ruzasini eshitish uchun yig‘ilgan amerikalik musulmonlarga qarata: "Ushbu zaminda istiqomat qilayotgan musulmonlar va hokimiyat o‘rtasidagi munosabat tinchlik va shartnomaga asoslangan munosabatdir. Bu o‘zaro muloqot hamda oldi-berdi  munosabatidir [...] O'zlaringiz yashayotgan zamin qonunlarini hurmat qilish muhim ahamiyatga egadir". Shayx klassik fiqh musulmon bo‘lmagan qo‘shnilar bilan tinch-totuv va o‘zaro hurmat asosida yashashni talab etishini, hatto ibodat vaqtini o‘zgartirish, jamiyatdagi va ish joyidagi islomning o‘zaro integratsiyasiga yordam berish singari fundamental diniy aqidalarga ham o‘zgartirishlar kiritishga izn berishini tushuntirishdan to‘xtamadi. U o‘z so‘zida davom etadi:
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:37:57
Biz o‘zimizga jamoa sifatida xos bo‘lgan narsalarni asrashimiz, biroq  o‘zimizga xos bo‘lmagan, ammo bizga ham tegishli  umuminsoniy narsalar borligini tan olishimiz kerak [...] Biz ildizlarimizni asrashimiz kerak. Bizning diniy ildizimiz chuqur, lekin shu bilan bir vaqtda o‘zimiz ham dunyoga ochiq bo‘lishimiz kerak[445].

An'anaviy sunniylikning boshqa din vakillari bilan birga yashash va moslashishga izn beradigan  huquqiy va ilohiyotshunoslik imkoniyatlari juda ko‘p tarixiy sharoitlarda namoyon bo‘lgan. Son-sanoqsiz misollar orasidan Polsha va Litvadagi ko‘hna musulmon jamoalarini ajratib ko‘rsatish mumkin; ular atrofidagi katolik muhitga shunchalik singib ketdiki, musulmonlar orasidan Polshaning ikki nafar milliy qahramoni yetishib chiqdi. Ulardan biri Jaloliddin bo‘lib, u 1421 yili Tannenbergda Tevton ritsarlariga qarshi kurashda Buyuk Knyazni qo‘llab-quvvatladi. Ikkinchisi esa marshall Jozef Pilsudskiy (vaf. 1920 y.)dir. Uning vafotidan so‘ng Varshavadagi katta maydonlardan biri uning nomi bilan atala boshladi. Bu mintaqadagi islom o‘zini o‘rab turgan madaniyatga masjid me'morligi, parhez va yasan-tusan qilib kiyinish, diniy marosimlar chog‘ida polyak shovqinlaridan foydalanishda ko‘zga tashlanadigan keng miqyosdagi moslashish  barobarida o‘z aqidalari va namoz o‘qishini saqlab qolayotganini isbot qilmoqda[446].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:38:44
Xitoy musulmonlari ham u yerdagi sharoitga moslashish barobarida sharoitni ham o‘zlariga moslashirib olishda bundan kam bo‘lmagan. Buni Yunnanning yuan etnik guruhiga mansub hokimi Sayyidi Ajall (vaf. 1279 y.) misolida ham ko‘rish mumkin. O'zi musulmon bo‘lgan bu kishi viloyatda ilk konfutsiylar ibodatxonalarini qurishga buyruq beradi va Xitoy madaniyatini yoyishga mas'ul bo‘ladi. U imperatordan "Sadoqatli va rahmdil" unvonini olishga muvaffaq bo‘ladi[447]. Xitoyda samoviy dinlardan birining vorislari deb tan olingan hui musulmonlari sochini o‘rib yurgan va Konfutsiyni payg‘ambar ham deb hurmatlashgan. Ularning musulmonchilik amaliyotidan xushbo‘y Xitoy atirlari anqib turar edi, lekin, umuman olganda,  dinning islom aqidalari muhofizlari tushungan umumiy talablarini bajarishda chetga og‘magan. Bu yerda ham, xuddi Polshadagi kabi yaxshi musulmonlar yaxshi fuqarolar ham bo‘lgan, ular o‘zlari yashagan jamiyatga yuksak darajada integratsiyalashuv barobarida assimilyatsiyaga yo‘l qo‘ymagan. Musulmonlarga xos bunday ijtimoiy integratsiya turli madaniyatlarda ro‘y bergan. U diniy Boshqa Vahshiy Pedro, Ivan Grozniy yoki manchjurlar timsolida ta'qib siyosatini yurgizgan paytlardagina barham topgan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:39:47
Musulmonlarning bunday mahalliylashuvi ularning o‘ziga xosligiga bo‘lgan ishonchi va birovni siqib chiqarishdan ko‘ra, shoxlarini qirqib, serhosil qiladigan hamda  umumiy manfaat taqozosi bilan mahalliy o‘ziga xosliklar, mahalliy murosa yoki o‘sha joy aholisining musulmonchilikdan oldin paydo bo‘lgan deb taxmin qilinayotgan qonunlariga moslashish, yoki ularni o‘zlashtirishga imkon beradigan nozik yurisprudentsiya tufayli amalga oshadi[448]. Musulmon ilohiyotshunosligining asosiy aqidalari, ibodat shakllari va xususiy fiqhning fundamental sohalari bo‘yicha boshqa din vakillari bilan birga yashashni kafolatlash uchun kamdan-kam hollarda o‘zaro kelishuvga erishilmay qolgan. Shuning o‘ziyoq islomning universal din bo‘la olishi va mahalliy turmush tarzlarini  rivojlantira olishi mumkinligini isbotlab beradi. Ayni hol to‘laqonli arablik sari tashlangan qadam bosqichi emas, aksincha, universallik va o‘ziga xoslikni muvozanatda tutib tura oladigan barqaror islomning mahalliy shakllaridir. Xalqona islom mohiyatan o‘tkinchi, xato yoki (ba'zi bir sharqshunos mutafakkirlar idée fixe - tinchlik bermaydigan g‘oya tiqishtirayotganiday, «Oliy islom» qoidalari odamlarga hech qanday erkka imkoniyat qoldirmaydi) dinning asosiy aqidalariga qarshi  deb  emas,  ammo dinga xos bo‘lgan  Allohning hamma narsadan ustunligini talqin qilish jarayonidagi teskari va cheklangan aqidani hamda  Qur'onning ilohiy immanentlik xususidagi oyatlarining joylardagi son-sanoqsiz talqinlarini qo‘llab-quvvatlaydigan mahalliylashuv xususiyatlari majmui sifatida qaralishi mumkin. Ilohiy transtsendentlik[449]ka ummatlarning yo‘llari o‘zaro tutashuvi orqali erishiladi; ilohiy immanentlik esa doimiy va keskin nomuvofiqlik orqali tushuniladi. Masjid deyarli hamisha jomedir, ammo so‘fiylik birodarligi esa tekke, dargoh, yoki daotangdir, masjid (mehrobi) Makkaga qaratib quriladi, ammo biror avliyoning qabri ham darveshlar birodarligining mahalliy o‘ziga xosliklariga asoslangan faol yadrosi bo‘lishi mumkin. Me'yoriy islom, ya'ni bugungi kunda mavjud bo‘lgan eng ommaviy islom, odatda, o‘zaro munosabatlari barqaror bo‘lgan yuksak matn an'anasi va keng miqyosli quyi an'analarga ega. Lamin Sanneh va V.S.Naypol singari kuzatuvchilarning, islom mahalliy o‘ziga xosliklarga yetarli darajada moslasha olmaydi, aksincha, ularni (sayr qilib yuruvchi mahdudlik, yoki hatto «arab imperializmi» sifatida) asta-sekin  yo‘qota boradi[450], deyishiga qaramasdan, antropologlar musulmonchilikning mahalliylashuv borasida ko‘p asrlar davom etishi mumkin bo‘lgan odatiy ehtiyotkorlik va o‘zaro bog‘liq jarayonlar orqali muvaffaqiyat qozonayotganini, biz harchand, haqiqiy jarayon faqat bir yo‘nalishda harakat qilishi mumkin, deb hisoblamaylik, ushbu muvaffaqiyat islomning mahalliy mohiyatga to‘la qo‘shilib ketishini anglatmasligini ta'kidlaydi. Masalan, Janubiy Hindistonda yashovchi bir etnologning fikrini olib ko‘raylik:
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:40:33
Bizning tadqiqotimiz islomning tarqalishi, xususan, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyoda tarqalishidagi mahalliy shart-sharoit va jug‘rofiyaga o‘zining asosiy printsiplariga zarar keltirmagan holda   moslasha olishday xususiyati mavjudligini tasdiqlaydi. Bu - chekka  joylardagi o‘zining asosiy printsiplariga xavf tug‘dirmaydigan mahalliy urf-odat va an'analarga imkon qadar moslashishdir. Bu - nafaqat  Karikal yoki Tamil shtati, qolaversa, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyodagi islomning muvaffaqiyatini ta'minlab bergan sir bo‘lsa ajab emas[451].

Men islomning Britaniyada bundan buyon qanday ildiz otishi yo‘llarini ko‘rib chiqar ekanman, men al-vala' val-bara' mafkurasining bu yerda taraqqiy etishiga ishonolmasligimni aytmoqchiman; ehtiyotkor aksilislohotning ba'zi bir ko‘rinishlari uning davom etishiga va, shubhasiz, ozchilikni tashkil etuvchi jamoaning birlashgan va xushmuomala hayoti uchun sunniylik islomi resurslarining sharoitga moslashishiga kafolat berishi mumkin.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:45:48
*        *        *

Nihoyat, endi asosiy mavzuga qaytamiz. Men hayotning islomiy shakllari o‘z markazidan ko‘ra, olis joylarda ko‘proq moslashuvchan ekanini va bu hol tarix nuqtai nazaridan mohiyatan kamroq liberal bo‘lgan madaniyatlarda mahalliylashuv imkoniyatini va o‘zaro rivojlanishni ta'minlab berganini ko‘rsatib o‘tgan edim. Agar madaniy qurilmalar tanish bo‘lsa, Britaniya va islom narratsiyalarining juda elastik ekani oydinlashadi. Ayniqsa, islom narratsiyasi hududiy o‘zgaliklarga juda moslashuvchan ekanini namoyish qildi. Islom Britaniya diniy manzarasida o‘z qobig‘iga o‘ralib, begonalashib qoladimi yoki muhitga integratsiyalashib ketadimi? Men ba'zi bir yuzaki moslashuvlar xususida biror fikr bildirishdan o‘zimni tiyib, islomning diniy e'tiqodning britaniyacha usuli bilan o‘zaro munosabatga kirishib keta olishiday teran masalaga e'tiborimni qaratmoqchiman.

Mushohada  chog‘ida ilk bor ko‘zga tashlanadigan narsa islomning Britaniyadagi diniy narratsiyaning markazida turuvchi xristianlikka nisbatan  qardosh din ekanidir. Ikkala din ham ayni bir somiy zamindan o‘sib chiqqan va o‘z aqidalarini ellinlardan meros qolgan tilda shakllantirgan. Foma Akvinskiy G'azzoliyning «Maqosid» asarini, xuddi «Vedalar» haqida mulohaza yuritganday, osongina o‘qishi mumkin edi. Xristianlikning islomga oid ilk tajribasi davrida ba'zi bir mutafakkirlar, garchi bir kishi yanglishgan bo‘lsa-da (masalan, damashqlik Avliyo Ioann[452]), yangi dinni xristianlikning bir shakli deb ham hisoblagan. Garchi o‘rta asrlardagi lotin xristianligi ham shu fikrda bo‘lsa-da, ikki an'ananing bir-biridan ilhomlanishini ko‘rgan  ba'zi bir 20-asr olimlari islomni, isoshunoslik nuqtai nazaridan o‘z o‘rniga qo‘yilmagan xristianlik, deb ham baholashdi. Islom xususidagi keng qamrovli va ma'lumotlarga boy xristiancha mulohazalar muallifi Lyuis Massignon somiylar dunyosining boshqa yo‘l bilan erishib bo‘lmaydigan haqiqatini e'lon qilish uchun bu dinni mohiyatan qudratli, nozil bo‘lgan va xristianlikning bokira ayolning tug‘ishi, Isoning ramzga aylanishi singari sirlarini yashirin bir shaklda o‘z ichiga qamrab olgan ilohiy qo‘llanma deyishi bilan ulardan ham o‘tib ketadi[453]. Yaqinginada Hans Kung Tavrot mezonlaridan foydalanib, Muhammadning payg‘ambarligi qonuniy ekanini tasdiqladi. Islom, shuningdek, buddizm xristianlikka "tuzatishlar" sifatida muhim ahamiyat kasb etdi, degan fikr Hans Kungning ana shu tasdig‘ining bir qismidir[454]. Xuddi boshqalar kabi, uning ham inklyuziv qarashi amalda islomni xristianlikning ko‘rinmas cherkoviga tenglashtirib qo‘yadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:51:30
Xristianlikning islomga nisbatan bunday qarashlari ikki an'ana bugungi kunda, garchi bir-biridan keskin farq qilsa-da, hatto o‘rta asrlarda bo‘lganidan ham ko‘ra ko‘proq bir-biriga chatishib ketgan, bir-birini urug‘lantiradigan narratsiya bo‘lishi mumkin, degan fikrni nazarda tutadi.  Bunday qarashlar, shuningdek, isoshunoslikni potentsial urug‘lantirish va konvergentsiyaning eng umidbaxsh nuqtasi deb hisoblaydi. Juda oz kishilargina Nisa qarorlari[455]ni dindorlar, musulmonlar yoki boshqalarning mayllariga moslash uchun tartibga keltirish kerak, deb hisoblaydi; biroq buning falsafiy va Tavrotga tanqidiy nuqtai nazardan yondashuvchi boshqa sabablari ham bor, Buyuk Britaniyadagi ko‘pchilik ilohiyotshunoslar, islom va xristianlik bir-birini oldingiga nisbatan kamroq tan oladigan bo‘lib qoldi, degan fikrda yakdildirlar.  Bugungi kunda neo-ortodoksal (ba'zan bartcha[456], ba'zan esa "radikal ortodoksal") reaktsiya hammayoqqa tarqalib ketdi. Nisa ortodoksiya[457]sini birdan yo‘q qilib bo‘lmasligi ravshan. Biroq ushbu unitar[458] isoshunoslikning Britaniyaning tan olingan ilohiyotshunosligi sifatida mavjudligi islomning mahalliy aholi e'tiqod qiladigan dinlar spektrida o‘zini qay tarzda namoyon qilishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. Britaniya diniy tarixining asosiy timsoli nazaretlik Isodir; mabodo Britaniya isoshunosligida unitar va pelagiylik[459]day ittifoqdosh soteriologiya (najotshunoslik) deb nomlanadigan muhit bo‘lsa, islomning o‘rni aniqroq va muammolardan xoliroq bo‘lishi mumkin bo‘ladi.

Britaniyaliklarning muqaddas narsalar xususidagi o‘ziga xos tushunchalarining asosiy manbasi nima bo‘lishi mumkin? Artur haqidagi rivoyatlar turkumi  ana shu manba vazifasini bajarishga eng munosib nomzod bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Men endi ularni ilohiyotshunoslikning ulkan traektoriyasi uchun boshlanish nuqtasi deb hisoblashni istayman. U bugungi kunda Britaniyaning diniy tafakkurida unitar va pelagiylik tangligini keltirib chiqardi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:52:48
Biz ham Ketlin Reynega qo‘shilib britaniyaliklarning ushbu asosiy narratsiyasi ekstsentrik, ya'ni yagona markazga ega bo‘lmagan xristian narratsiyasi ekanini tasdiqlaymiz. Jomni izlash[460] katoliklarning yevxaristik[461] e'tiqodi va evrilishi oddiy majozi emas; aksincha, ham keltcha, ham platonik (sof ruhiy, hissiyot bilan bog‘liq bo‘lmagan) yo‘sindagi mistikadir. Afsonaning eng ko‘hna qatlamlarida ritsarlarni o‘zini qurbon qilish orqali emas, o‘z ichidagi ajdarhoning jilovini qo‘lga olish orqali intizomli bo‘lishday evrilishga chorlagan komil hukmdor hech qachon ortodoksal xristianlarning bitiklarini xushlamagan.

Bu britaniyaliklar tasavvurining ko‘hna qatlamiga tegishlidir. Men ishonamanki, biz har doim ushbu mamlakatning diniy amaliyotida, garchi kam sonli, unitar-pelagiycha bo‘lsa-da, ammo izchil  bir chekkani egallashimiz mumkin. Masalan, Jon Milton (1608-1674) Artur mavzusida deyarli bir epik doston yozdi; garchi u  o‘shaning o‘rniga "Yo‘qotilgan jannat" nomli epik dostonini bitgan bo‘lsa-da va doston ingliz kishisining xristian dini haqidagi eng buyuk bayonoti esa-da, shaklan cherkov belgilab bergan me'yorlarga bo‘ysunadi. Olimlar dostonning maqsadi va matniga keskin yotfikrlilikka eltuvchi vosita sifatida qarashadi.  Milton o‘z hayoti davomida troitsa[462] va gunohni yuvishga qarshi bir xususiy risola ham yozadi; biz uning   Ota Xudoning rahmatga asoslangan qudrati va Saxiy O'g‘il haqidagi rivoyat haqidagi bir qator mutaxassislarning asarlarini o‘qishini, uning najot haqidagi qarashlari paradigmasi haqidagi  qat'iyatini aynan mana shu manzara orqali tushunishimiz mumkin[463]. Nabil Matar aytganiday, Miltonning nazarida "arablar Angliya uchun nafaqat harbiy sohadagi qahramonliklari, qolaversa, yaratuvchan tasavvuri bilan ham namuna bo‘la oladi"[464].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:53:38
Platonik g‘oyalar hamrohligidagi o‘sha unitar-pelagiycha kayfiyat Britaniya ziyolilari sahnasiga Ibn Tufayl singari islom ulamolari chiqishi bilan yanada kuchayadi. Uning asarlarini ingliz tiliga Oksfordning arabshunos va lod[465]shunos professori Edvard Pokoke tarjima qilgan. Milton o‘zining "Kirish" asarida sarasenlarni "o‘z imperiyasini erkin madaniyatni o‘rganish va qurol kuchi bilan kengaytirdi"[466], deb maqtaydi.

Bunday sohil yetakchi diniy yozuvchilar va mistiklarni o‘ziga jalb etib kelgan hamda pelagiycha va platonik mavzularni faqat mustahkamlashi mumkin.  Bunday mavzular Kembrijda mudarrislik qilgan Everard Digbi singari kishilarning qo‘lida o‘ziga xos qurol bo‘lib qoldi. E.Digbi "Theoria analytica" (1579) asarida inson tabiatining (Odam Atodan meros bo‘lib kelayotgan) gunohkorligini inkor etish va xaloskor tabiiy bilimning imkoniyatlari mavjudligini isbot qilish uchun platonik manbalardan foydalanadi. Digbi bilan Kembrijda birga ishlagan zamondoshi, "Ledi Margaret"[467]ning ilohiyotshunoslik bo‘yicha professori  va "yangi pelagiylar" himoyachisi Piter Baro (vaf.1596)ning xudo  faqat gunohlarni yuvish orqali najot bermagani xususidagi qat'iyatidan hafsalasi pir bo‘ladi. Do‘sti Antonio del Korro (vaf.1591 y.) ning "Xudoning ishlari jadvali" asarida "Troitsa xususidagi [...] ma'nodor sukunat"ning ko‘rsatib berilishidan ilhomlangan  Baro:

Tavrotdagi gunohdan forig‘ bo‘lish xudoning axloq to‘g‘risidagi qonuni dekalog, ya'ni dinning 10 ta amriga rioya etilganini bildirgan, deb iddao qiladi. Baro Lyuter, Kalvin va endilikda Chedertondan farqli o‘laroq, qonun va Injilga qarshi emas, aksincha, ularni o‘zaro birlashtirish yo‘lidan borgan ko‘rinadi. E'tiqod tufayli gunohdan forig‘ bo‘lish xudoni va boshqalarni chin dildan sevishga tenglashtiriladi. Bu esankiratib qo‘yuvchi e'tirof edi[468].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:54:21
Arab falsafasi oldida qarzdor bo‘lgan Fichino va Piko della Mirandola singari italyan platonchilarilaridan o‘zlashtirilgan Yelizavet asrining keyingi davri Avgustinning Yevropada deyarli noyob hodisa bo‘lgan Tavrotdan tashvishga tushish va, shuningdek, Yevropaning boshqa mamlakatlaridan ko‘ra Angliyada unib-o‘sishi uchun qulay zamin bo‘lgan unitarianizm[469]ning ilk harakatlari bo‘lmish rahmat borasidagi fikriga qarshi keskin norozilikning guvohi bo‘ldi.

Platoncha va arabcha falsafiy tushunchalarning o‘zaro yaqinlashuvi Platon falsafasidan qattiq ta'sirlanib, ilohiyot bilan bog‘liq bo‘lmagan jihatlarda esa yotfikrlilik sifatida ildiz otdi, ba'zi o‘rinlarda islom uchun zarur boshpana vazifasini o‘tagan xayrixohlik u bilan chatishib ketdi. Islomning G'arbdagi ilk va muhim himoyachisi Henri Stabbe edi. U 1676 yili qazo qilgan Jeyms I.Stabbening shaxsiy shifokori va Britaniyadagi ilk maktab bo‘lmish Vestminsterning talabasi edi. H.Stabbe Vestminster maktabining o‘quv dasturiga arab tilini kiritadi, u Pokokening do‘sti edi. H.Stabbe «Islomning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti, Muhammadning hayoti, uning dinini xristianlar tuhmatlaridan xalos etish hisoboti»[470] deb nomlangan kitob yozib qoldiradi. Quyida uning prozasidan bir namuna keltiramiz:

Bir tarafdan erkaklarning e'tiqodini ular tushunishi qiyin bo‘lgan, sabab va sog‘lom fikrga to‘g‘ri kelmaydigan bir qator teran tushunchalarga ishonish zarurati  bilan bulg‘amaydigan; ikkinchi tarafdan esa ularni ko‘plab bema'ni, qimmat va irim-sirimga asoslangan  marosimlar bilan band qilmaydigan, boz ustiga, erkaklarni o‘zlarining Alloh va Inson oldidagi burchi chegarasida tutib turish usuli bo‘lgan Diniy Ibodatni xursandchilik bilan ado etish - islom dinida amal qilinishi kerak bo‘lgan  narsalar mana shulardir[471].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:54:55
Ushbu asarning yashirin tarzda  qo‘ldan-qo‘lga o‘tgan qo‘lyozmalari yotfikrlilikning so‘nggi shakllariga ta'sir ham ko‘rsatganday bo‘ldi. Unitarianizm (Troitsani tan olmaslik)ning munozarachisi Jon Toland Stabbening matnini o‘qigandan so‘ng "musulmon xristiani" degan iborani qo‘llagan bo‘lsa ajab emas[472]; ayni paytda uchtadan kam bo‘lmagan qo‘lyozma muhtaram ruhoniy Jon Disneyning shaxsiy kutubxonasiga kelib tushadi. U 18-asrning oxirlarida omma ko‘z o‘ngida unitarianizmni qabul qilish bilan cherkov a'yonlarini vahimaga solib qo‘yadi[473].

Stabbening asarida Islom paradigmatik Boshqa emas, aksincha, inglizlarning tabiatiga mos bo‘lgan din sifatida tavsiflanadi. Stabbe irim-sirimchi emas, ma'naviydir. U soddalikni, ya'ni katolitsizmning nazokat bilan ishlangan tosh metaforalari va Charlzning boshni aylantirar darajadagi yuksak anglikan e'tiqodidan ko‘ra, masjidning toza va bo‘m-bo‘sh devorini afzal biladi[474].  Uni murakkab dogmalar qiziqtirmaydi[475]. U pragmatik axloqni qadrlaydi. Bu uning ko‘pxotinlilikni unitarianizmga xos tarzda himoya qilishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning o‘ta "inglizcha" halol o‘yin tushunchasiga ham zid keladigan bilvosita azoblanish g‘oyalariga vaqti yo‘q. Stabbening mulohaza va muhabbat orqali najot topish xususidagi qat'iyati zamondoshi bo‘lgan Jorj Herbertning qarashlariga yaqindir. Ba'zi bir o‘quvchilar J.Herbertning "Muhabbat meni qutladi" deb atalgan yirik poemasida "o‘rta asrlardagi islom metafizik she'riyati bilan yaqinlik borligini his qilishi mumkin"[476].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:55:10
19-asrning boshlarida Villiam Bleyk Artur merosidan, Kembrij platonchilaridan va Jekob Boehmning ingliz sharhlovchilaridan va Svedenborgni tanqidiy o‘qishdan ruhlangan kishi sifatida "pelagiylik-platoncha"  yo‘nalishni davom ettirdi. Xuddi Milton singari Bleyk ham ingliz millatini o‘zining "Payg‘ambar kitoblari" asarida ma'naviyat sohasidagi mulohazalariga mavzu sifatida olishga harakat qilar edi. "Uxlayotgan qirol" iborasini qayta tiklagan Bleyk "Albionning uyqusi"dan shikoyat qiladi va vatandoshlarini o‘zlarini Urizen - xristian devidan emas, aksincha, yangi ilm-fanning mexanistik dunyoqarashi bo‘lgan "keksa jaholat"dan  xalos etishiga da'vat qiladi. Uning fikricha, bu dunyoqarash  odamlarni deterministik, ma'naviyatni qashshoqlashtiruvchi va, binobarin, tenglik va mashinalarni vahshiylashtiruvchi to‘r qopqonga tushiradi. U umid qilib bunday deydi:

Men Albionni uzoq va sovuq
G'aflat oromidan uyg‘otishim mumkin
Bekon va Niyutonning yovuz po‘lat bilan himoyalangan terrori
Albion uzra osilib turar
Va temirday savalar uni.

Albionning uyqusi, uning «gunohi» befarqlikdir, nafis va g‘ayritabiiy narsalarni tushunishning dag‘allashib, yo‘qola borishidir[477].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:56:27
Reynening kuzatishicha, «Bleyk hech qaerda xristian ilohiyotshunosligidagi odamning bo‘ysunmasligi va gunohi tufayli jannatdan haydalishi xususida so‘z qotmaydi; u buning o‘rniga inson ahvolini abadiy narsalarning g‘aflatidan biri deb hisoblagan platoncha qarashni ma'qullaydi»[478]. U ham xuddi Milton kabi, Platonning «10-Respublika» kitobidagi suratdan boxabar edi. U yerdagi ruhlar dunyoga kirishdan avval g‘aflat daryosidan suv ichishga majbur edi.  Ular suvdan to‘yib ichmagani uchun dunyoga kelganidan so‘ng ijodkor, dindor va musiqachi bo‘ladi.

Bleykning nima uchun hech qachon cherkovga bormagani ma'lum. U Tavrotning neoplatonik talqinidan ilhomlanadi. Ayni hol uning Tavrotga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Bleykning vizual san'atda erishgan yuksak natijalari «Ish kitobi»[479]dagi gravyuralar turkumidir. Ulardan ayrimlarini (Londondagi San'at muzeyi bo‘lmish) Teyt galereyasida ham ko‘rish mumkin. Biz bu yerda «Ish»ning sabot va o‘zini ko‘z-ko‘z qilmaslik orqali kamolotga yetganini va, shuningdek, ma'naviy ma'rifatini ko‘rishimiz mumkin. Isoning najotkorlik uchun o‘zini qurbon qilishi hech qaerda ko‘zga tashlanmaydi[480].

Bularning barchasi musulmonlarning najot xususidagi fikrlariga mos keladi. Bleykning gunohni uyqu sifatida tasvirlashi Qur'ondagi yaratishga oid mashhur muqaddima bilan o‘zaro bog‘liqdir. O'sha muqaddimada butun insoniyat dunyoga kelishdan oldin Buyuk Ahdga shohidlik berish uchun Alloh huzuriga chaqirilgani bayon qilinadi[481]. Islom va, xususan, uning ichidagi so‘fiylik an'anasi g‘aflat printsipini odamni doimo ta'qib qilib yuruvchi muammo deb biladi. Xuddi Bleyk va ingliz an'anasi kabi, Qur'on ham najot tarixiga bunday nigoh tashlaganida odamni dunyoga keltirgan ibtidoiy gunohga o‘rin qolmaydi. Biz begona ilohiy tashabbus bilan «najot topmasligimiz», aksincha, Allohning yordami bilan o‘zimizni qaytadan tiklashimiz kerak bo‘ladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:56:44
Ushbu mavzu haqida yana ko‘p gapirish mumkin. Bleyk «Shorhem eynshentz» nomi bilan mashhur guruh orqali Britaniya dinining chekkasida so‘nggi harakatlarga o‘z ta'sirini  o‘tkazadi. O'sha harakatlardan ayrimlar to shu kungacha davom etib kelyapti. Masalan, Bernard Shou va Oskar Uayld yoki 20-asrdagi Britaniya ilohiyotshunosligining o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lgan yashirin unitar tamoyil (tendentsiya), kembrijlik Jeoffri Lampe[482] singari shaxslar misolida ko‘zga tashlanganiday, haqli sur'atda bemalol mana shu shajaraga da'vogar bo‘lishi mumkin.

Xulosa chiqaradigan vaqt ham keldi. Mening bir necha mavzular chegarasidan chiqib ketgan paytlarim ham bo‘ldi, ammo bunga ehtiyoj borligi aniq edi. Mening fikrimcha, islom nuqtai nazaridan bu dinning Britaniya hayotiga kirib borayotganini kamsonli musulmon jamoalarining moslashuvi haqidagi uzun tarixning yana bir bobi qilib kiritish mumkin. Bunday  jarayon uchun  islom fiqhi va tarixida yetarli misollar mavjud. Aytib o‘tganimday, bu borada vahhobiylik qarashlarining kuchayib borishi yagona to‘siq bo‘lishi mumkin. U biror jamiyatga mohiyatan kirib borgan dinga qattiq qarshilik ko‘rsatadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:57:03
Britaniyaliklar nuqtai nazaridan islomning kirib kelishi mutlaqo begona dunyoqarashning bostirib kirishi deb emas, aksincha, mavjud turli dinlar manzarasining kengayishi deb qaralishi kerak. Islom bu manzaraning o‘ziga xosliklarini oldingi asrlarda shakllantirib bergan edi va u an'anaga begona emas. Men an'anani pelagiylik va platoncha deb tavsifladim. U islomning asosiy masalalarini o‘ziniki deb biladi.

Britaniyada istiqomat qilayotgan musulmonlar mana shu aloqadorlikni tadqiq qilishi va ommalashtirishi kerak. Britaniya musulmonlari peshvolari o‘z qavmlarining gullab-yashnashi va integratsiyalashuvi yo‘lida nafaqat millatlararo munosabatlar komissiyalari, halol go‘sht masalalari va mahalliy siyosatning o‘tkinchi manzarasida, qolaversa, milliy madaniyatning teran strukturasida o‘z o‘rni qaerda ekanini anglab yetishlari kerak bo‘ladi. Britaniya musulmonlari geolog bo‘lishlari kerak, ular Buyuk Britaniya diniy izlanishlar borasida ko‘p izhorotlarni vujudga keltirganini va o‘shalarga haqiqiy mansublik hissini tuyushi mumkinligini, bular insoniyatning fundamental butunligini eslatib turishini tan olishlari darkor. Britaniya musulmonlari uchun  o‘tmish "boshqa mamlakat" bo‘lishi mumkin emas.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Noyabr 2007, 07:35:19
X bob
Islom ma'naviyati: unutilgan inqilob


Shekspir aytganiday, "qon muhokama etilmaydi". Taassufki, bugungi kunda musulmonlar safi o‘z gapiga qo‘shilmaydigan kishilar bilan to‘lib ketgan. Kechagi global moliya ramzi bo‘lgan Jahon savdo markazi[483] bugungi kunda G'arb o‘zining boshqarib bo‘lmaydigan yo‘llarini Sharq tomon burishi mumkinligiga ishongan kishilarni nazorat qilishga qaratilgan urinishlarini barbod etgan global islomning haykaliga aylandi. Bu o‘rinda oqlashga hech qanday o‘rin yo‘q. Ko‘pchilik chiranayotganiday, "jo‘jalarning katakka qaytib kelishi"ni talab qilish hamda Vashingtonning Isroil yuritayotgan etnik tozalash siyosatiga yon berishi uni avj oldirib yuborayotganiga norozilik bildirishning o‘zi yetarli emas. Shabbir Axtar  qayd etganiday, ojizlik ham xuddi tizginsiz qudratday, odamni buzishi mumkin. Ammo tushunish degani biror narsaga rozilik berish yoki hamdardlik bildirish degani emas. Maqsadga erishish uchun begunoh kishilarning qonini to‘kish eng bebosh dunyoviy utilitar axloq belgisidir, u din talab qiladigan mutlaq axloqiy cheklovlarga nisbatan teskari qutbda turadi.

Hali unchayam uzoq tarixga aylanib ulgurmagan paytlarda "ultralar" ko‘pchilik emasdi. Dunyo miqyosida islomga qaytadan hayot baxsh etishga bo‘lgan urinish ularning yuzidagi kichkina bir so‘gal edi. Taassufki, biz endi ularni mensimaslikday xursandchilikdan ortiq bahramand bo‘la olmaymiz. Ekstremizm kengayib, unga yo‘l berayotgan oraliq zamin o‘z joyidan siljib va chalkashib ketdi. Va bu zaminning Rasululloh bashorat qilgan zaiflashuvi nafaqat ekstremistlarning mag‘lubiyati, qolaversa, ular tufayli dunyoning turli burchaklarida yashovchi haqiqiy musulmonlarning obro‘sizlanishi bilan tezlashib ketdi.  Xuddi boshqa sohalarda bo‘lgani kabi bu masalada ham ommaviy axborot vositalari bizga nisbatan keskin qarshi ishlamoqda. Devid Koresh o‘zining umumiy me'yorlardan chetga chiquvchi Tavrotga oid xabarini xristianlikka yoki uning adventistlar qanotiga bog‘lamasdan, hech qanday sharmandalikdan tap tortmay turib ham "Qiyomat ranchosi"dan efirga uzatishi mumkin. Ammo  biror bebosh islomiy guruh Qohirada shved sayyohlariga bomba hujumini uyushtirsa, o‘sha paytning o‘zidayoq butun dunyoga "jangari musulmonlar" haqida go‘ng sochiladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Noyabr 2007, 07:36:13
Mabodo bu narsalar davom etaversa, islom harakati madaniy va ma'naviy qayta tiklanishga bo‘lgan intilishlaridan voz kechadi va parchalanib ketgan, hech narsadan tap tormaydigan mayda-mayda guruhlar ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Bir zamonlar munozaralar va yotfikrlilikka nisbatan o‘zining bag‘rikenglik qobiliyatini ko‘rsata bilgan hamda boshqa dinlardan ustun bo‘lgan din tarixining bu tariqa dahshatli va haqoratli intiho topish ehtimoli voqelikka aylanayozdi.  Keyingi 15 yil davomida islom tajribasi, an'anaviy islom institutlari va boshqa musulmon harakatlarining musulmon kishilarni yashashga arzigulik, ammo va'da qilingan xomxayol "islom davlati"ga boshlab borish borasidagi muvaffaqiyatsizligi radikallashuvning ortib ketishiga sabab bo‘ldi.

Agar bunday pirovard falokatning oldi olinsa, hukmron tamoyil yana tashabbusni o‘z qo‘liga olishi mumkin. Ammo u bunga erishish uchun ishni o‘zining kuchi sustlashuvni keskin tanqidiy tahlil  qilishda ekanini tan olishdan boshlashi kerak bo‘ladi. Islom harakati hozircha muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgani hammaga ayon. Biz o‘zimizga, qanday qilib Musulmon birodarligi millionlab a'zolari bo‘lishiga qaramasdan, 60 yil davomida takror va takror omadsizlikka yuz tutgan bir paytda Nosir singari qassob, omadsiz askar, manman safsataboz e'tiqodsiz bo‘lsa-da, Misr singari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mamlakat rahbarligini o‘z qo‘liga ola bildi, degan savolni berishimiz kerak. Bunday odamni siqib yuboradigan va uzoq nomuvofiqlik kontekstida metodologiyaning yaroqsizligi uchun keskin ayblash maqsadga erishishga to‘sqinlik qila olmaydi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Noyabr 2007, 07:36:48
Aynan mana shu kontekstda biz - hayratlanarli, ehtimol, muqarrar tarzda -islom doirasida ma'naviy hayotni qayta tiklash imkoniyatidan foydalanib qolishimiz kerak. Mabodo u qachondir gullab-yashnashi kerak bo‘lsa, "islomning qayta tiklanishi" o‘zining inqirozga yuz tutgani va aqliy resurslari zamonaviy ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli emasligini tan olishga majbur etilishi lozim. Bunga javob qayta tiklovchilarning mafkuralashgan neo-islomidan ustun  bo‘lish hamda ko‘proq klassik va asl musulmon dialektikasiga  qaytish sharti bilan kollektiv muhosaba, o‘z-o‘zini imtihon qilib ko‘rishga asoslanishi zarur.

Kasallikni oshkor qiluvchi belgi - isitma  shuki, islom harakatining inqirozi haqidagi tushuntirishlar orasida yagona ishonchli musulmoncha talqin bo‘lmish, Alloh buni qo‘llab-quvvatlashi kerak emas, degan gap ko‘zga tashlanmaydi. Biz tez-tez Qur'onning bir oyatini eshitib turamiz, unda "Albatta, Alloh biror qavm o‘zlaridagi narsani (yaxshi holatni noshukrlik bilan yomon holatga) o‘zgartirmagunlaricha, ulardagi narsani (yaxshi holatni yomon holatga) o‘zgartirmas"[484], deyiladi. Biroq bu printsip hech qachon to‘g‘ri tushunilmagan ko‘rinadi. Ushbu muqaddas bitik kollektiv ijtimoiy muvaffaqiyatga erishish uchun shart-sharoit hozirlaydigan individual axloq islohotinigina nazarda tutadi, deb taxmin qilinadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Noyabr 2007, 07:38:47
Ammo bunday axloq islohotini obro‘-e'tiborga taqvo (nisbatan yengil ish) orqali  erishilganmi yoki u jonning boshqa vujudga kirishi tufayli davom etyaptimi, deb tashvishlanmasdan turib, fiqh mezoni bilan taqqoslashdan ko‘ra xavfli narsaning o‘zi yo‘q.  Oyatda axloqiy evrilish emas, ma'naviy evrilish, ya'ni dindorlar nafsining o‘zgarishi xususida so‘z yuritiladi. Rasululloh bizga bot-bot eslatishdan charchamaganiday, agar ushbu taqvo chin yurakdan qilinmagan bo‘lsa, uning zohiran (shariat) ruknlar(i)ga amal qilishining qiymati bir pulligicha qolaveradi. Ul zot aytadilarki, "hech kim bu Boqqa o‘z ishlari uchun kirmayajak". Ayni paytda zamonaviy islohotchi (biz bosh og‘riq "fundamentalizm" so‘zidan ehtiyot bo‘lishimiz kerak) islom yo‘nalishidan ulgi oluvchi va axloqning zohiriy ko‘rinishlariga o‘ralashib qolgan  birovlarga qozilik qilishga oid asarlar vahiy nima ekani xususidagi savolga javob bera olmaydi. Allohning bizning (shariatning) murakkab qonun-qoidalar(i)ga  sabot bilan rioya etish qobiliyatimizni tekshirishdan boshqa ishi yo‘q, deb hisoblash  ilohiyotshunoslikdagi bema'nilikdir. Allohni bizning mehnatimiz va o‘zining marhamati bilan  tuzalishimiz va tug‘ilgan paytimizdagi sofligimiz va muvozanatimizga qaytishimiz ko‘proq qiziqtiradi. Aqidalar aynan mana shu o‘rinda ahamiyat kasb etadi va shunga sharoit yaratib beradi. Ammo uning o‘rnini bosa olmaydi.

Qur'oni karimda ana shu nuqtai nazarga e'tiborni qaratish uchun hayratlanarli bir tashbeh keltiriladi. "Ibrohim" surasining 24-26-oyatlarida quyidagi so‘zlarni o‘qiymiz:

(Ey inson), Alloh pok So‘zga (ya'ni, imon kalimasiga) qanday misol keltirganini ko‘rmadingmi? (U so‘z) xuddi bir yaxshi daraxtga o‘xshaydiki, uning ildizi (er ostiga) o‘rnashgan, shoxlari esa osmondadir. Parvardigorining izni  bilan (u) mudom meva berur. Alloh odamlar eslatma olishlari uchun mana shunday misollarni keltirur. Yomon so‘zning (ya'ni, kufr so‘zining) misoli esa yer yuzasidan (ildizi) uzilib qolgan, bir joyda qarori yo‘q  nopok daraxtga o‘xshar.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Noyabr 2007, 07:39:39
Tafsir ulamolariga ko‘ra, bu yerda asosiy e'tibor iymon va iymonsizlik kalimalariga qaratilgandir. Iymon so‘zi tabiiy o‘sish, uning axloqiy va aqliy yutuqlari baquvvat ildizlardan kuch oladi, deb tasvirlanadi, ildizlar esa o‘z navbatida e'tiqodning asosini tashkil etadi: kishini inontirgan isbotlarning sifati hamda Allohning mavjudligiga ishonish va buni to‘g‘ri tushunish o‘sha kishining borliq realligiga asoslanganidan dalolat beradi. Shu tariqa olingan meva - diniy hayotdan olingan sezilarli foyda - doimiy ("har safarlik") dir, o‘sha meva (foyda) insonning o‘z muvaffaqiyati emas, u(lar) faqat "parvardigorning ijozati bilan" keladi. E'tiqodga asoslangan sog‘lom hayot mana shudir. Buning teskarisi esa bitta narsa: voqelikka emas, xomxayolga asoslangan, binobarin, "barqarorlikka erisha olmagan" kufrdir[485].

«Baqara» surasining boshida kelgan va odamlarning ikki turga bo‘linishini eslatib turuvchi mana shu oyat amallar va e'tiqod o‘rtasidagi munosabatni, ular orasidagi mavjud ierarxiyani  hamda haqiqiy iymonga xos bo‘lgan oziqlanish va meva qilish, olish va berish o‘rtasidagi barqaror muvozanatni aniq ifodalab beradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Noyabr 2007, 07:41:44
Biz iymonning zamonaviy faol usullariga aynan mana shu mezon asosida baho berishimiz kerak. Yosh «ultra» o‘zining ba'zan asabiy beboshliklarga olib keladigan qattiq g‘azabi bilan hamda miyasiga jiddiy o‘rnashib qolgan va samarali bo‘lgan nisbatan biqiq masalalar va tashvishlariga andarmon bo‘lgani bilan  Qur'onning mana shu tavsifiga mos keladimi?

Men bu savolga o‘zimning tajribamdan kelib chiqadigan bir misol bilan javob bera qolay.

Men Misrdagi Assiut universitetida "Jamoat ul-islomiya" deb atalgan bir radikal "islomiy" guruh rahbarini yaxshi tanir edim. Uning oti Hamdi edi. U ko‘pchilik havas qilsa arziydigan soqol qo‘ygan, har doim tishini misvok bilan   tozalar, o‘z vaqtini kopt xristianlariga bo‘lgan nafrati xususida voizlik qilish bilan o‘tkazar, ulardan bir nechasiga uning xutbasi natijasida hujum qilingan va kaltaklangan edi. Uning yuzlab izdoshlari bor edi; oqibatda Assiut bugungi kunda murosasizlik va vahhobiylik usulidagi faollik qo‘rg‘oni bo‘lib qolmoqda.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Noyabr 2007, 07:42:53
Qissadan hissa shuki, men tanishganimizdan so‘ng oradan 5 yil o‘tib, yana shayx Hamdiga ro‘para bo‘lib qoldim. Bu safar u bilan Qohira ko‘chasida uchrashar ekanmiz, to‘g‘risi, uni taniyolmay qoldim. Soqolini oldirib tashlabdi. U sviter va shim kiyib olgan ekan. Eng qizig‘i, u bir g‘arblik qiz bilan birga yurgan ekan,  qiz avstraliyalik bo‘lib chiqdi. Shayx uyalgancha o‘sha qizga uylanmoqchi ekanini aytib berdi. U bilan gaplashganimizda, musulmonlik ruknlarini mutlaqo bajarmay qo‘yganini, namoz ham o‘qimayotganini, endigi maqsadi Misrdan ketib, Avstraliyada yashash va pul orttirish ekani ma'lum bo‘ldi. Qandaydir jin urib, islomiy faollik amaliyoti unga ta'sir qilmay qo‘yibdi, u yana «radikal musulmon»ga aylanmasidan burungi mavhum va oddiy misrlik yigitga aylanib qolibdi. «Salafiycha yonib kul bo‘lish» deb atashimiz mumkin bo‘lgan bu hodisa ko‘pgina zamonaviy musulmon madaniyatilarda tez-tez uchrab turadi.  Kishi 20 yoshdan endi oshgan paytida orttiriladigan ilk tashabbus oradan 7-10 yil o‘tgach, sustlashib qoladi. Islom radikalining chekiga tez-tez tushadigan qamoq va qiynoq singari qur'a iymonga sodiqlikni cho‘zishi mumkin, biroq pirovardida ushbu yangi musulmonlarning aksariyati salafiy munosabatning  iymonga o‘xshash dunyosida yana o‘z amaliyoti uchun na yaxshi, na yomon bo‘lgan ilgarigi ahvoliga tushib qoladiganga o‘xshaydi.

Ekstremistlar faolligining ushbu omonatligidan xuddi uning mazmunidan shubhalanganday shubhalanish kerak. Haqiqiy musulmon e'tiqodi bu qadar nozik bo‘lmaydi; Qur'onda ta'kidlanganiday, uning ildizi "juda mustahkamdir". Qur'on oyatida tavsiflangan ikki daraxt haqida xulosa qiladigan bo‘lsak, salafiy ekstremizmi birinchi emas, ikkinchi daraxtdir. Gapning po‘stkallasini aytadigan bo‘lsak, sahobalar orasida iymoni o‘zgaruvchanlari bo‘lmagan: ularning sadoqati va xudojo‘yligi o‘limlariga qadar nihoyatda sof  bo‘lib qolgan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Noyabr 2007, 07:43:30
Yosh musulmonlarni bunga o‘xshash o‘tkinchi, ammo vahshiy faollikka nima majbur etadi?  Bugungi kunda musulmon jamiyatlari boshidan kechirayotgan beqarorlikning deyarli universal hodisa ekani muhimligini tushunish uchun odam deterministik ijtimoiy nazariyalarga qo‘shilishi shart emas. Islom dunyosi o‘tish jarayonining eng ofat keltiruvchi davridan o‘tib bormoqda. Yevropada besh yuz yil davom etgan iqtisodiy va ilmiy evrilish musulmon dunyosida ikki avlod umrichalik vaqtga siqib tashlandi. Masalan, bundan 35 yil ilgari Saudiya Arabistonining poytaxti xuddi ming yillar oldin bo‘lgani kabi, loydan qurilgan bir kulbadan iborat edi. Bugungi Ar-Riyod esa shisha bilan qoplangan minoralar, Koka-kola mashinalari va u yoqdan bu yoqqa yelib yurgan «Kadillak»lardan iborat ulkan shaharga aylanib ketdi. Bu endi favqulodda hol, ammo yangilik qaysidir ma'noda har bir musulmon jamiyatiga kirib borayotgani hech kimga sir emas, bundan faqat chekka-chekkalarda yashaydigan qabilalar mustasno bo‘lishi mumkin.

Bunday o‘tish davri hech bir narsani doimiy qoldirmaydigan markazdan qochish kuchlari bilan insonlarga xavf tug‘dira boshlaydi. O'sha kuchlar yon-veridan boshqalardan hech kimga o‘xshamaydigan jihati bilan ajralib turishida asqotadigan narsani qidira boshlaydi.  Ayni vaziyatda buning uchun islom juda qo‘l keladi. Chunki ular islomga dinni qabul qilish va iymon singari tabiiy yo‘l bilan emas, xavf-xatarni sezgani uchun (panoh istab) intiladi, ularda asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan va kitoblardan o‘rganish mumkin bo‘lmagan an'analarga oshno bo‘lish orqali orttiriladigan tabiiy diniy qadr-qimat yetishmaydi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 28 Noyabr 2007, 07:49:08
Buning qanday amal qilishini ko‘z oldiga keltirish qiyin emas. Katta bir oilaning farzandi bo‘lgan, ish topishda omadi yurishmagan, uylanishga yetarli mablag‘i bo‘lmagan, ehtimol, keskin kattarib ketayotgan shaharga ko‘chib ham kelgan arab yigiti o‘zini hech bir belgi bo‘lmagan cho‘lda adashib qolgan kishiday his etadi. Kunlardan bir kun ertalab u gazeta do‘konidan "Sayyid Qutb" kitobining bir nusxasini sotib oladi va "dunyoga qayta kelgan"day bo‘ladi. Unga mana shu kerak edi: bir lahzada unda o‘z kuchiga ishonch paydo bo‘ladi va o‘rab turgan muhitni anglab yetish, hayotidagi muammolar va tangliklarni yechish, eng qizig‘i, o‘zini, hammadan zo‘rman va yon-atrof nazoratimda, deb his qilishi uchun qolip qo‘lida tayyor. U biror guruhga qo‘shilib oladi va o‘zining yangi orttirgan ishonchini saqlab qolish uchun, odatdagicha, boshqa guruhlarning xatti-harakatlari xato, qabilida fikr yurita boshlaydi. 

Albatta, bu misol musulmonlik xuddi shunday yo‘l bilan qabul qilinishi kerakligini anglatmaydi. Dinni qabul qilish uchun aqliy jihatdan tayyor bo‘lish jarayoni bosib o‘tilishi va bu jarayonda muqaddas joy yoki ruhoniy bo‘lish talab etiladi. Tavba o‘zining an'anaviy shakliga ko‘ra, xursandchilik, qoniqish va boshqalarni qattiq yaxshi ko‘rishni nazarda tutadi. Biroq uning xavf-xatar tufayli vujudga kelgan zamonaviy ko‘rinishi musulmonlarni biqiq, boshqalarga nisbatan toqatsiz va hech narsani tan olmaydigan qilib qo‘yadi. Yana bir ko‘zga yaqqol tashlanadigan jihati, u e'tiqodi, qanchalik faol bo‘lishidan qat'i nazar,  qanday tasodifiy kelgan bo‘lsa, shunday tez yo‘qolib ketadigan odamlarni paydo qiladi. Diniy faolning oziqdan mahrum bo‘lgan ruhi och qolib, holdan toya boshlaydi va nihoyat nobud bo‘ladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:16:37
ICHKI FAOLLIK

Biz bu tartibsizlikka qanday barham berishimiz kerak? Biz ishni islomning asli nima ekanini esga tushirishdan boshlashimiz lozim. Oldinroq qayd etib o‘tganimizday, dinimiz izchil amal qilinganda, jannatga yo‘llanma beradigan qoidalar qo‘llanmasi emas. Aksincha, u inson qalbini tozalashni maqsad qilib olgan ijtimoiy, intellektual va ma'naviy texnologiyalar majmuidir. Alloh taolo Qur'onda, qiyomat kuni sog‘lom qalb (qalbun salimun)dan boshqa biror narsaning foydasi bo‘lmaydi[486], deydi. Payg‘ambarning - unga Allohning rahmati va salomi bo‘lsin - mashhur   hadisida bunday deyiladi:

Tanada  shunday bir a'zo bor, agar u sog‘ bo‘lsa, tana sog‘lomdir, agar u buzilgan bo‘lsa, butun tana buzilgandir. U qalbdir.

Islomning boshqa barcha amrlari mana shu amrga bo‘ysunishini va ularga ma'no yuklashini yodda tutgan islom ulamolari yurakning «holatlari»ni o‘rganuvchi ilmni va uni sog‘lom holatga olib keladigan usullarni yaratishdi. O'z vaqtida ushbu ilm tasavvuf nomini oldi.  U ingliz tilida sufizm deb ataladi. Bu o‘sha ilmning an'anaviy otidir. Biz uni bugungi kunda yanayam tushunarli qilib «Islom psixologiyasi» deb nomlaymiz.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:16:47
Mana shu nuqtada ko‘pchilik patini yoygan tovusday hurpayib olib, qayta-qayta mashq qilib olingan e'tirozlarini bildiradi. Hukmron tasavvuf na aqidalar sistemasi va na tafakkur maktabi - mazhab bo‘lganini tushunib olish muhim ahamiyatga ega. Aksincha, u turli islomiy mazhablarga mansub kishilar rioya qilgan tushuncha va amallar majmuidir; boshqacha aytganda, u mazhab emas, ilmdir. Xuddi boshqa islomiy ilmlar singari u ham payg‘ambar - unga  Allohning rahmati va salomi bo‘lsin - hamda  uning sahobalari  zamonida tasavvuf  yoki keyinchalik paydo bo‘lgan  shakli sifatida mavjud bo‘lmagan. Bu hol uning ahamiyatni pasaytirmaydi. Payg‘ambar zamonasidan ko‘p yillar o‘tib paydo bo‘lgan talaygina ilmlar bor. Bular sirasiga  usul ul-fiqh yoki hadis ilmining son-sanoqsiz texnik sohalarini kiritish mumkin.

Albatta, bu hozir bizni sunnat va bid'atning noto‘g‘ri talqin qilingan sohalariga yetaklab ketadi. Zamonaviy din faollari ko‘pincha mutlaqo noto‘g‘ri talqin qilinayotgan ushbu ikki tushunchani o‘zlarining o‘tmas quroliga aylantirib olgan. Sharqshunoslarga xos bo‘lgan odatiy tezisga ko‘ra, islom «samarasiz somiy din» sifatida o‘z rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan mexanizmlarni ishga tushira olmadi va u o‘z asoschisining vafotidan so‘ng boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Ammo bu dastlabki sharqshunos sintezchilar (Muir, Le Bon, Renan, Kaetani)ning qarashlarini shakllantirgan 19-asr tarixchilarining etnik determinizmiga asoslangan bema'nilikdir. Oxir zamon dini sifatida paydo bo‘lgan islom amalda keskin o‘zgarib ketayotgan va tarixning intihosi va eng "entropik"(burilish, evrilish - Tarj. ) bosqichi sifatida tavsiflanayotgan sharoitga bemalol moslashishi mumkinligini isbot qilib berdi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:17:03
Islom qonuni - fiqhning klassik ta'rifiga ko‘ra, bid'at nimani anglatadi? Hammamiz mana bu mashhur hadisni bilamiz:

Yangi boshlangan narsalardan ehtiyot bo‘linglar, har bir yangi narsa bid'atdir, har bir bid'at noto‘g‘ri yo‘lga boshlashdir, har bir noto‘g‘ri yo‘lga boshlash esa jahannamga yetaklaydi[487].

Bu hol islomda keyinchalik joriy etilgan, ammo ilk musulmonlar avlodi davrida ma'lum bo‘lmagan narsalar rad etilishini anglatadimi? Klassik ulamolar bunday harfxo‘r talqinni inkor etadi. Keling, Imom ash-Shofiiyning sunniy islomda to‘la tan olingan ta'rifini olib ko‘raylik. Imom ash-Shofiiy bunday yozadi:

Joriy etilgan narsalar (muhdasat)  ikki xil bo‘ladi. Ulardan biri Qur'on matni, yoki Sunnatga yoxud ilk musulmonlarning asarlariga va yoki musulmonlarning murosa (ijmo) siga zid keladi: u "noto‘g‘ri yo‘lga boshlash bid'ati" (bid'at dalolat)dir. Ikkinchi narsa esa yaxshi bo‘lib, o‘sha mo‘‘tabar narsalarning birortasiga ham zid kelmaydi: u "qoralab bo‘lmaydigan bid'at" (bid'ati g‘ayr mazmuma) dir[488].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:17:21
Klassik ulamolarning deyarli barchasi bid'atning maqbul va nomaqbul ko‘rinishlari o‘rtasidagi asosiy tafovutni tan oladi. Masalan,  Al-Izz ibn Abdulsalom (islom tarixining 5-6 yoki ulkan mujtahidlaridan) shunday ulamolardan biridir. Unga  ko‘ra, bid'atlar shariatning 5 ta aksiologik yo‘nalishi - majburiy  (vojib), tavsiya qilingan (mandub), ijozat berilgan (muboh), qoralanuvchi (makruh) va taqiqlangan (harom) - ichiga    kirib ketadi[489].

Ibn Abdusalom "majburiy bid'at" kategoriyasiga oid qilib quyidagi misollarni keltiradi: Qur'on va islom qonunini yo‘qolib ketishidan qo‘rqib, yozuvda qayd etib qo‘yish, Qur'ondagi ziddiyatlarni hal etish uchun arab sarfu nahvini o‘rganish va mo‘‘tazilalarning da'volarini  rad etish uchun falsafiy ilohiyotshunoslik (kalom)ni rivojlantirish.

Ikkinchi kategoriya «tavsiya qilingan bid'at»dir. Ulamolar ushbu yo‘nalishga madrasalar qurish, islomning yaxshilikka undovchi jihatlari xususida kitoblar yozish, arab tilshunosligini sinchiklab  o‘rganish singari faoliyat turlarini kiritadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:17:30
Uchinchi kategoriya «ijozat berilgan» yoki «betaraf bid'at»dir. Unga unni elash va Madinada ma'lum bo‘lmagan turli uslublarda uylar qurish singari faoliyat turlari kiradi.

To‘rtinchi kategoriya «qoralanuvchi bid'at»dir.  Unga qurilayotgan masjidlar va Qur'onga haddan oshiq hasham berib yuborish kiradi.

Beshinchi kategoriya «taqiqlangan bid'at»dir. Unga noqonuniy soliqlar, malakasi va bilimi yetarli bo‘lmagan kishilarga qozilikni topshirib qo‘yish, Qur'on va sunnatning ma'lum printsiplariga zid keluvchi mazhablar va din amallari kiradi.

Bid'at turlarining yuqoridagi tarzda tasniflanishi shariat adabiyotiga xos bo‘lib, uni fiqhning to‘rttala ortodoksal maktabi ham tan oladi. Islom tafakkuri tarixida ikkita muhim istisno hol kuzatilgan: Ibn Hazm e'lon qilgan Zohiriy maktabi va hanbaliya maktabining  Ibn Taymiya vakili bo‘lgan bir qanoti. Ibn Taymiya ushbu masalada klassik ijmoga qarshi boradi va bid'atning barcha shakllarini, yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat'i nazar, islomga xos emas, deb inkor etadi. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:17:41
Nega endi bugungi kunda musulmonlar ishongan ko‘pgina narsalar islomda nomaqbul bid'at deb rad etilishi kerak? Bir omil, ya'ni xavf-xatardan paydo bo‘lgan aqliy cho‘chishga qarshi odamlarni (muqaddas bitiklarning) mutaassibona va harfxo‘r talqinlar(i)dan chora izlashga undashini yuqorida ko‘rsatib bergan edik. Boshqa bir omil esa vahhobiylik deb atalgan hanbaliyaning yangi va mablag‘i ko‘p mazhabi ta'sirida paydo bo‘lgandir. Uning peshvolari har qanday taraqqiyot ehtimolini rad etishi bilan nom qozongan.

Nima bo‘lganda ham, biz islomning yangilikni tan olish va uni assimilyatsiya qilish qobiliyatini murakkab va klassik yo‘sinda tushunish bilan qurollanibgina musulmon tamadduni qanday qilib yangi muammolar paydo bo‘lishi bilan ularni yechish uchun yangi akademik ilmlarni yaratganini tushunib olishimiz mumkin bo‘ladi. 

Yangi ilmlarga xos bo‘lgan islom psixologiyasi, garchi u Qur'onda yashirin va mavhum holda mavjud bo‘lsa-da, islom madaniyatida ilk marta abbosiylar hukmronligining dastlabki davrlarida muayyan sistemaga solindi. Biz Qur'onning "solim qalb"ga erishishga beradigan ahamiyatini hisobga olib, islom psixologiyasining ta'siri ommaviy bo‘lgani va keng tarqalganidan xabar topganda hayratga tushmaymiz. Islom shakllangan dastlabki to‘rt asrda tafsir, hadis, sarfu nahv singari ilmlar borasida buyuk asarlar yaratildi, ulamolar, shuningdek, al-qalb as-solim muammosiga e'tibor qaratdi. Ilk marta Sufyon ibn Uyayna, Sufyon az-Zavriy va Abdulloh ibn al-Muborak singari ko‘plab dastlabki zohidlar tobe'inlardan o‘rnak olishib, butun diqqatini yurakni tozalash san'atiga qaratgani ko‘zga tashlanadi. Ular tavsiya etgan usullarga tez-tez ro‘za tutish, kechalari namoz o‘qish, vaqti-vaqti bilan izdihomdan chekinish va murobata, ya'ni ixtiyoriy  jangchilarning Kichik Osiyoning chegarada joylashgan qal'alarida xizmat qilishni o‘z vazifasi deb bilishi kirar edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:17:52
Bunday xudojo‘ylik o‘sha paytlar muayyan bir sistemaga solinmagan edi. U najotni payg‘ambar qadrlagan nafsni tiyish, samimiyat va vahiyga o‘ta sodiqlikda deb bilgan barcha musulmonlarni qamrab olgan erkin bir kategoriya edi. O'sha erkaklar va ayollar qiyomat kunidan qo‘rqqani uchun baqqa'un, ("yig‘loqilar"), yoki zuhhod (zohidlar) va yoki ubbad ("uzluksiz ibodat qiluvchilar") degan turli nomlar bilan atalgan.

Ammo (hijriy) uchinchi asrga kelib, biz boshqa bir diniy maktabga tegishli deb tushuniladigan bitiklarni uchrata boshlaymiz. Abbosiylar davridagi shahar aholisining hasham va moddiy boyliklarga ruju qo‘yishi ko‘plab musulmonlarni payg‘ambar davridagi oddiylikni qayta tiklash uchun mujodalaga undadi. Qalb musaffoligi, boshqalar dardiga sherik bo‘lish va doimo Allohni yod etish ushbu tamoyilning o‘ziga xos ko‘rinishlari edi. Biz muhosaba usulining ta'rifiga duch kelamiz: odamning nafsi hakalak otib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘z-o‘zini imtihon qilib turishi. Yana riyozat, ichki intizom ham ta'kidlanadi.

O'sha paytga kelib Qur'on psixologiyasining asosiy printsiplari ishlab chiqildi. Maxluqlardan biri bo‘lgan inson 4 ta tarkibiy qismdan iborat deb tushunilar edi: jism, aql, ruh va nafs. Dastlabki ikki qismga kamroq izoh berish ham mumkin. Uchinchi va to‘rtinchi kategoriyalar (zamonaviy ta'lim olgan kishilarga)  kamroq tanishdir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:18:02
Ruh insonning o‘lim tufayli ham barham topmaydigan asosiy mohiyatidir. Qur'onda ta'kidlanganiday, ilohiy ilhomning bir qismi bo‘lgan ruhni aql bilan anglab yetish qiyin:

(Ey Muhammad), Sizdan ruh haqida so‘raydilar. Ayting: "Ruh faqat Rabbimning ishidandir". Sizlarga esa juda oz ilm berilgandir"[490].

Islomning dastlabki psixologlariga ko‘ra, ruh inson tanasining hamma joyiga kirib boradigan, ammo qalbga jamlanadigan moddiy bo‘lmagan borliqdir. U inson tanasining bu dunyoga daxli bo‘lmagan qismidir, u bandani Parvardigori bilan bog‘lab turadi, agar bandaning omadi chopib qolsa, narigi dunyoda Allohni ko‘rishga imkon beradi. Biz tug‘ilganimizda  ushbu ruh zararlanmagan va sof bo‘ladi. Biz dunyoning bema'ni ishlariga qo‘shilishimiz bilan, Qur'onda ta'kidlanganiday, u "zang" (ran) bilan qoplana boshlaydi. zang ikki narsa: gunoh va bema'ni ishlardan iboratdir. Ulardan nafsni tiyish orqali qutulish mumkin, shundan so‘nggina dindor gunohlardan forig‘ bo‘ladi va butun diqqatini Allohning bevosita mavjudligiga qaratadi, natijada zang to‘kiladi va ruh yana ozod bo‘ladi. Qalb solimligi, najot va Allohga yaqinlikka erishiladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:18:15
Bu bir qarashda juda osonday tuyuladi. Ammo dastlabki musulmonlar bunday bebaho narsaga shunga yarasha haq to‘lash orqali erishiladi, deb o‘rgatishgan. Yurakning Avgiy otxonasi[491]ni tozalash juda mashaqqatli ishdir. Dinning  mana shu aqidalariga zohiriy amal qilish juda oson; ammo faqat ilk qadamdir. Eng qiyin narsa mujohadadir,  ya'ni nafsga qarshi har kuni jang qilishdir. Qur'onda ta'kidlanganiday:

Ammo kimki Parvardigorining (huzurida) turishi (va hisobot berishi)dan qo‘rqqan va nafsini havolanishdan qaytargan bo‘lsa, bas  faqat jannatgina (unga) joy bo‘lur[492].

Sufiylarning amri shundan kelib chiqadi:

"Nafsingizni mujohada pichog‘i bilan kesib olib tashlang"[493].

Modomiki, nafs nazoratda ekan, qalb toza bo‘ladi hamda u tufayli yengil va tabiiy qadr-qimmat orttiriladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:18:31
Uning maqsadi najotdan boshqa narsa bo‘lmagani uchun mana shu muhim ahamiyatga ega bo‘lgan islom ilmi klassik islomning buyuk olamlari tomonidan izchil tushuntirib kelindi.  Vahhobiylik, yoki sharqshunoslik mafkuralari ta'siriga tushib qolgan ko‘plab musulmonlar tasavvufni hamisha islomdan chetga boshlab ketuvchi oqim, klassik ulamolarning deyarli barchasini tasavvufga faol aralashgani ayni haqiqat, deb biladi.   

Xurosonning dastlabki ulamolari Al-Hakim al-Nisaburiy, Ibn Furoq, Al-Qushayriy va Al-Bayhaqiy sufiy bo‘lishgan. Ular abbosiylar davri islomining akademik an'anasini davom ettirishdi. Imom Hujjat ul-islom al-G'azzoliy erishgan yutuqlar o‘sha davrning eng yuksak cho‘qqisi bo‘lgan edi. 300 dan oshiq kitoblar, shu jumladan, arab falsafasi va ismoiliylarni  keskin inkor qiluvchi kitoblar, shofiiylar fiqhiga oid uchta katta darslik, mashhur "Usul ul-fiqh" risolasi, mantiqqa oid ikkita asar va bir nechta ilohiyotshunoslikka oid risolalar muallifi bo‘lgan G'azzoliy ortodoksal tasavvufga bag‘ishlangan "Ihya ulum ud-din" asarini yozib qoldirdi. Ushbu kitob haqida Navaviy bunday deb yozgan edi:

"Islom haqida yozilgan kitoblardan "Ihya..."dan boshqasi yo‘qolib ketgan taqdirda ham u barchasining o‘rnini bosishi mumkin"[494].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:18:41
Imom Navaviyning o‘zi ikkita kitob yozgan edi. U kitoblarida tasavvufga burchli ekanini qayd etadi. Ulardan biri "Bo‘ston ul-orifin" ("Oriflarning bo‘stoni"), ikkinchisi esa "al-Maqosid" dab ataladi (Bu kitob yaqinda ingliz tiliga tarjima qilinib, nashr etildi. Sunna Books, Evanston Il. Nuh Na Mim tarjimasi).

Tasavvuf molikiylar o‘rtasida ham mashhur bo‘lgan. As-Soviy, Ad-Dardir, Al-Laqqaniy va Abdulvahhob al-Bag‘dodiy - bularning barchasi sufiylik vakillari edi. Qohiralik molikiy huquqshunos Abdulvahhob ash-Sha'roniy tasavvufga quyidagicha ta'rif bergan:

"Sufiylarning yo‘li Qur'on va sunnatda belgilab berilgan, u payg‘ambarlarning va (yuragi) tozalangan kishilarning axloqiga mos yashashga asoslanadi. Uni Qur'on, sunnat va ijmo aqidalarini aniq buzmaguncha qoralab bo‘lmaydi. U mana shu manbalarning birortasiga ham zid kelmasa, qoralash mumkin emas, faqat odamlarning boshqalar haqidagi past fikrini yoki nomaqbul manmanlikka berilishinigina qoralash lozim. Sufiylar tutgan yo‘ldan bexabar bo‘lgan kishidan boshqa hech kim ularning gapirgan gaplarini inkor etmaydi[495].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:18:51
Hanbaliya tasavvufi haqida gap ketganda, har bir kishi Abdulloh Ansoriy, Abdulqodir aj-Jilaniy, Ibn aj-Javziy va Ibn Rajabday mo‘‘tabar zotlardan boshqa kishilarni izlab o‘tirmasa ham bo‘ladi.

Aslida, as-Suyutiy, Ibn Hojar al-Asqalaniy, al-Ayniy, Ibn Xaldun, Ibn Subkiy, Ibn Hojar al-Haytamiy, Baydaviy, as-Saviy, Abul Shu'id, al-Bag‘aviy va Ibn Kosir[496] kabi tafsirchilar; Taftazoniy, an-Nasafiy, ar-Roziy singari aqidanavislarning barchasi o‘rta asrlar islomining buyuk shaxslari bo‘lgan va tasavvufni qo‘llab asarlar yozgan. Darhaqiqat, ularning ko‘pchiligi  sufiylikdan ilhomlanib, mustaqil asarlar ham yozgan. Ulamolarning islom tarixidagi buyuk sulolasi - bunga  usmonlilar va mo‘g‘ullar ham kiradi - tasavvuf dunyoqarashidan ilhomlangan va uni islomiy ilmlarning markaziy va muhim ilmlaridan biri sifatida hurmat qilgan.   

Islomning keyinchalik tasavvufni qonuniy deb tan olishiga sabab ushbu ilm tarmoqlarining dinimizni musulmon dunyosidan tashqarilarga ham yoyish tashabbusi bo‘ldi. Hindiston, qora tanlilar Afrikasi va Janubi-sharqiy Osiyoni,  asosan, kezgindi sufiy muallimlar islomlashtirishgan. Xuddi shunga o‘xshash, jihod deb atalgan islom majburiyatini sufiylik jamiyatlari  katta g‘ayrat bilan o‘z zimmasiga olgan. 19-asrning buyuk mujohidlari: Usmon dan Fodio (Hauzalend (Nigeriya)), as-Sanousiy (Liviya), abdulqodir al-Jazoiriy (Jazoir), Imom Shomil (Dog‘iston) va Padre qo‘zg‘oloni (Sumatra) yo‘lboshchilari tasavvufning faol amaliyotchilari bo‘lgan va u haqda mujodala paytida asarlar yozgan. Bu dunyoda, tasavvuf islomning sokin va jangari bo‘lmagan shaklidir, degan da'vodan bema'niroq narsaning o‘zi bo‘lmasa kerak. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:19:02
Biz bu gaplarning barchasi bilan bir paradoksga qarshi turamiz. Agar tasavvuf butun tariximiz davomida musulmon intellektual va siyosiy hayotining bir qismi sifatida e'zozlanib kelgan bo‘lsa, nega bugungi kunga kelib, unga qarshi bo‘lgan ovozlar yangrab turibdi? Buning ikkita fundamental sababi bor.

Birinchidan,  sharqshunos olimlarning keng tarqalgan ta'siri mavjud. Lui Massignon 1922 yili o‘zining  Essai sur les origines de la lexique technique ("Texnik leksikaning manbalari haqida esse") asarini yozgunga qadar sharqshunos olimlar islomning "taqir va huquqiy" zaminidan tasavvufdan boshqa biror unumdor va serma'no narsa o‘sib chiqmas edi, degan fikrda edilar. Sharqshunoslarning musulmonlar tillariga tarjima qilingan asarlari musulmon modernistlariga qattiq ta'sir ko‘rsatdi. O'zining so‘nggi asarlarida ana shunday modernistga aylangan  Muhammad Abduh islomdagi tasavvuf diskursining markazda turishi yoki hatto qonuniyligini shubha ostiga ola boshladi.

Ikkinchidan, vahhobiylik da'vo bilan chiqa boshladi. Bundan ikki yuz yilcha muqaddam Muhammad Abdulvahhob saudiyalik bir qabilaga qo‘shilib, qo‘shni qabilalarga hujum qilganida bu ishlarini mohiyatan islomning boshqa ko‘rinishi bo‘lgan yangi xorijiylik bayrog‘i ostida amalga oshira boshladi. Garchi u Ibn Taymiyani yordamga chorlagan bo‘lsa-da, hatto uning qarashlariga ham to‘la qo‘shilmas edi. Ibn Taymiyaning o‘ziga kelsak, garchi u ba'zi sufiy guruhlarning keskin qarashlarini tanqid qilsa-da, hukmron tasavvufning bir tarmog‘iga bo‘ysunar edi.  Bu, masalan, uning hijriy 6-asrda Bag‘dodda yashagan ruhoniy  Abdulqodir al-Jiloniyning asosiy asari bo‘lmish "Futuh al-g‘ayb" ("G'ayb narsalarning oshkor bo‘lishi")dagi ba'zi bir texnik nuqtalarga sharh sifatida yozilgan "Sharhi futuh al-g‘ayb" asarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ibn Taymiya butun asar davomida o‘zini Al-Jiloniyning sodiq shogirdi sifatida ko‘rsatadi va ustozini har doim shayxuna ("bizning ustozimiz") deb ataydi. Qodiriya tariqatining so‘nggi davri adabiyotida ibn Taymiyaning o‘sha tariqatga mansubligi tasdiqlanadi, adabiyotlarda u silsila, ya'ni qodiriya ta'limoti o‘tish zanjirining muhim bog‘lovchi bo‘g‘ini ekani qayd etiladi[497].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:19:19
Ammo Ibn Abdulvahhob undan ancha uzoqlab ketadi. Markaziy Arabistondagi Najd sahrosida tug‘ilib, voyaga yetgan bu kishi hukmron islom ta'limotidan deyarli bebahra edi. Uning da'vosi paydo bo‘lgan va mash'um nom qozongan bir paytda ulamo va muftiylar bu da'voga Najdning mashhur hadisini tatbiq etishadi:

Ibn Umar Rasululloh (unga Allohning rahmati va salomi bo‘lsin) bunday deganini aytadi: "Ey Parvardigor, bizni Shomimizda o‘z rahmatingga olgin; Ey Parvardigor, bizni Yamanimizda o‘z rahmatingga olgin". Uning huzuridagi kishilar: "Ey Allohning rasuli, bizni Najdimizda ham", dedilar. Biroq Ul zot: "Ey Parvardigor, bizni Shomimizda o‘z rahmatingga olgin; Ey Parvardigor, bizni Yamanimizda o‘z rahmatingga olgin", dedilar. Uning huzuridagi kishilar: "Ey Allohning rasuli, bizni Najdimizda ham", dedilar. Ibn Umar, Ul zot uchinchi marta nimani o‘ylaganini aytdilar, deydi: "Zilzila va fitna bor, u yerdan shaytonning shoxi o‘sib chiqadi!"[498]

Qizig‘i shundaki, islomiy zaminlar orasida Najddan yaxshi nom qozongan birorta ham  olim yetishib chiqmagan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:19:34
Ammo Najddan yetishib chiqqan vahhobiylarning da'vosi Saudiya Arabistonida neft tufayli erishilgan farovonlikdan so‘ng tobora qattiqroq eshitila boshladi. Qohira va Bayrutdagi ko‘plab, hatto deyarli barcha nashriyotlarni vahhobiylik tashkilotlari mablag‘ bilan ta'minlab turadi. Shu tariqa ular tasavvuf haqidagi an'anaviy asarlarning chop etilishiga to‘sqinlik qiladi, boshqa asarlardan esa vahhobiylik aqidasiga to‘g‘ri kelmaydigan oyatlarni chiqarib tashlaydi.

Vahhobiylikning yangicha xorijiylik tabiati uni islomiy tafakkurning boshqa shakllariga nisbatan toqatsiz qilib qo‘ymoqda. Lekin uning o‘z izchil fiqhi bo‘lmagani (vahhobiylik ortodoksal mazhablarni inkor etadi) hamda faqat asosiy va jo‘n antropomorfik[499] aqidaga ega bo‘lgani uchun vahhobiylik tarafdorlari orasida suyuq, amyobasimon tez-tez bo‘linishlar tamoyili ko‘zga tashlanadi.  Islomiy guruhlarni bundan buyon izchil mazhab, yoki ash'ariy (yoki moturidiy) aqida o‘z mohiyatiga ko‘ra birlashtira olmaydi. Ular buning o‘rniga Qur'on va sunnatdan o‘zlaricha shariat va aqida olishga intiladi. Oqibatda esa zamonaviy salafiylik sharoitini oyoqosti qiluvchi dahshatli bo‘linish va ziddiyatdan boshqa narsa qolmaydi.

Tariximizning tanglik yuzaga kelgan ushbu lahzalarida ummat uchun omon qolishning yagona real umidi bor. U ham bo‘lsa, murakkab klassik ijmo vositasida bir to‘xtamga kelingan "o‘rta yo‘l"ni qayta tiklashdir. U asrlar osha mashaqqatli munozara va ilmiy izlanishlar natijasida ishlab chiqilgan edi. Aynan shu ijmo birlashish uchun asos bo‘lishi mumkin. Ammo u biz qalblarimizni poklasak va ularni qon-qardoshlik, hurmat, bag‘rikenglik va murosa singari islomiy qadriyatlar  bilan to‘ldirsakkina qayta tiklanishi mumkin. Tasavvufning ichki islohotni amalga oshira bilish qobiliyati mahsuli bo‘lgan ushbu yangilanish islom harakati birligini qayta tiklash uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatdir. Uning teskarisi esa qayta-qayta jazava bilan yo‘g‘rilgan mag‘lubiyatlarga olib borishi tayin.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:19:56
XI bob
Mutaassiblik balosi


Ikkinchi ming yillikning so‘nggi yillarida ikkita muhim voqea ro‘y berdi: kommunizm inqirozga yuz tutdi va jurnalistlar tilida "islom mutaassibligi" deb ataladigan  hodisa to‘satdan kuchayib ketdi. Islom haqida to‘qilayotgan afsonalar "yangi, kommunizmdan so‘nggi yashil xavf" deb atalmoqda. Endi bizga aytishlaricha, G'arb va kommunizm o‘rtasidagi raqobat aslida islom va xristianlik o‘rtasidagi real, tarixiy va ming yillik kurashdan kichik bir tomosha va e'tiborni chalg‘itish bo‘lgan emish. Semyuel Hantington singari mualliflar postmodern "mafkuraning intihosi"   va xristianlar G'arbi, konfutsiylar Sharqi hamda kamida o‘rtadagi 60 ta mamlakatni qamrab olgan musulmon dunyosi kabi madaniy uyushmalarning qayta tiklanishi haqida yozib, arzon obro‘ orttirdilar.  Ba'zan esa to‘rtinchi ulkan uyushma ham tilga olinadi: bu G'arb xristianligi va janubdagi islom yerlari bilan keskin tarzda azaldan ziddiyatda bo‘lib kelgan Sharqiy pravoslav dunyosidir.   

Hech bir shubha yo‘qki, bugungi dunyodagi taloto‘plarni bunday oson talqin qilish ko‘p odamlarga jozibali tuyuladi va muhojirlarni yomon ko‘radiganlar va mutaassiblarga juda qo‘l keladi. Biroq qarama-qarshi tomonga harakatlanuvchi turli tamaddunlarning o‘zaro to‘qnashuvidan hosil bo‘ladigan xalqaro kelishmovchiliklarni zilzila zonalarining "tektonika qatlami" nazariyasi bilan tushuntirish mumkinligi hali real isbotini topgani yo‘q. Yaqinda Yaponiya va Amerika Qo‘shma shtatlari o‘rtasida yuz bergan savdo-sotiq bilan bog‘liq ziddiyatga madaniyatlar o‘rtasidagi tafovut asos bo‘ldi, qabilidagi bema'ni umumlashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Musulmon davlatlari ham tortilayotgan zamonaviy ziddiyatlarni yengib bo‘lmaydigan madaniy tafovutlar sifatida talqin qilish ham to‘g‘ri emas. Yaqin Sharqdagi ziddiyatlarning har qanday ehtiyotkor dekonstruktsiyasi, odatda, ularni universal xavotirlarga saba bo‘ladigan ziddiyat sifatida ko‘rsatishga harakat qiladi. Aslida, bunday  xavotirlarning madaniy qadriyatlarga bog‘liq joyi juda kam. Ular, asosan,  energetika va suv ta'minoti yoki hudud talashish tufayli vujudga keladigan to‘qnashuvlar sirasiga kiradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:20:11
Hozirgi kunda g‘arb sharhlovchilari orasida ularning o‘z dunyosidagi jinoyatchilikning oshib ketishi, nikohlarning buzilishi, uysizlik, giyohvandlikning keng tarqalishi singari  xavflarning ortayotgani haqidagi xavotir kuchayib bormoqda. O'z ichida xavf sezgan har bir jamiyat beixtiyor tashqaridan dushman axtara boshlaydi. Gitlerning "Dunyo yahudiyligi" haqidagi munozarasi Versal (tinchlik shartnomasi)[500] va Veymarning iqtisodiy boshboshdoqligi tufayli paydo bo‘lgan ishonchsizlik bo‘lmasa, vujudga kelmasdi.

Men bu  maylning asl sababini  bugungi kunda G'arb va islom o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘zaro bir-birini tushunmaslikda deb  bilaman. G'arb kinochilari o‘z tomoshabinlari e'tiborini jamiyatlaridagi muammolarni yechish mashaqqatlaridan chalg‘itish uchun ularning qornini Yaqin Sharq terroristlari haqidagi bo‘lar-bo‘lmas uydirmalarning parhez taomi bilan to‘ydirib turadi. Musulmon dunyosining biror shahri hayotidagi keskin o‘zgarishlar tufayli xavf-xatarga duch kelayotgan mualliflar ham ulardan ortda qolmaslik uchun o‘z jamiyatidagi muammolar uchun G'arbni ayblashga o‘tib olgan.

Bunday aybni bir-biriga to‘nkash ommaviy kommunikatsiyalar asrida kulgili tuyuladi. Agar Amerika yovuz bo‘lmasa, nega yaqin sharqliklar uning yovuz ekaniga ishonadi? Eng taqvodor musulmonlar terrorizmdan dahshatga tushsa, ko‘plab g‘arbliklar islomni musulmonlar hayotining ko‘zga tashlanib turgan unsurlari bo‘lgan namoz o‘qish, oilaviy munosabatlar qalinligi deb emas, ekstremizm va buzg‘unchilik deb tasavvur qiladi? (Kanadalik kommunikatsiya nazariyotchisi - tarj.) Makluhanning global qishlog‘i (nazariyasi)ga nima bo‘ldi?
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:20:23
Eng qizig‘i, Internet va sun'iy yo‘ldosh televideniesi o‘zaro tushunmaslik devorini buzib tashlashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va uchrayapti. Buning sababi juda oddiy: odamlarning aksariyati hukmron ommaviy axborot vositalari mahsulotini iste'mol qilishadi. Axborot yig‘ayotgan jurnalistlar uchun odamlar xohlagan yangiliklarni tarqatishda ma'lum bir cheklovlar mavjud.  Ijtimoiy did, afsuski, fojiali va dahshatlidir. Misol tariqasida Pokistonni olib ko‘raylik. Bu mamlakatda Abdusattor Idhi degan diniy olim boshqaradigan bir islom xayriya jamg‘armasi bor. Bu jamg‘armaning kambag‘al pokistonliklar bepul davolanishi mumkin  bo‘lgan yuzdan oshiq shifoxona va polikilinikalari mavjud. Tinchliksevar Idhi va u mutasaddilik qilayotgan shifoxonalar haqidagi xabarni kechki yangiliklarga chiqarish imkoniyati yo‘q.  Buning o‘rniga 5-6 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan bomba portlagan joydan reportaj, zilzila yoki suv toshqini xususidagi xabarlar beriladi. Uchinchi dunyo mamlakatlarida siyosiy zo‘ravonlik va tabiiy ofatlardan boshqa hech narsa yangilik bo‘lmaydi. Bu ba'zi musulmon radikallari ishonayotganiday, tsenzura yoki mutaassiblikning ko‘rinishi emas, aksincha, o‘zaro raqib bo‘lgan ommaviy axborot vositalarining odamlar e'tiborini tortadigan xabar tarqatishga bo‘lgan intilishi bilan bog‘liq. Ravalpindi yoki Peshavorda yangi shifoxonaning ochilish marosimini ko‘rsatgan televideniening obro‘si oshib qolmaydi. Dunyo ahli so‘nggi bomba portlagani haqidagi xabarni eshitishga ko‘proq qiziqadi.

Bu, jurnalistlar hech qanday jazoga tortilmasligi kerak, degani emas. Masalan, diniy zo‘ravonlik Yaqin Sharqdagi har qanday jafokash mamlakatdagidan ko‘ra keskinroq bo‘lgan Buyuk Britaniyada  OAVning yetakchi printsiplarida Londonderrida har safar respublikachilar yoki loyalistlar (monarxizm tarafdorlari) bombasi portlagan paytda televidenie o‘z reportajiga zo‘ravonlikni qoralayotgan katolik yoki protestant yepiskopining chiqishini tashkil etishi belgilab qo‘yilgan. Shu yo‘l bilan biror diniy guruhni me'yordan chiqib ketgan xatti-harakatlar uchun hamma balo-qazolarning aybdori qilib ko‘rsatish xavfi ancha kamaytiriladi. Ammo birorta guruh islomga daxldorlikni da'vo qilib, bunday siyosiy zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, musulmon peshvosining Britaniya televideniesi orqali uni qoralab chiqishidan umid qilmasak ham bo‘laveradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:20:33
Dunyo voqeligi hamisha kimningdir tor manfaatiga mos kelmay qoladi. Har bir jamiyatning, u qanchalik zo‘r bo‘lishidan qat'i nazar, albatta, o‘ziga yarasha qorong‘i tomoni mavjud. Mening nazarimda, bu yerda xavf odamning o‘ziga o‘sha qorong‘i tarafni ko‘rish va voqelikni mensimaslikka yo‘l qo‘yib berish, ya'ni turli-tumanlikdadir.

Biz G'arbdagi islomga oid turli qotib qolgan qarashlarni sindirish uchun bir oz vaqt ajratishimiz lozim bo‘ladi. Ularning aksariyati paydo bo‘lishiga OAV sababchidir. Biroq agar biz o‘sha qotib qolgan tushunchalarning ko‘zguga tushgan aksini esga olsak, musulmon dunyosining hozirgi kunda G'arbni qanday idrok qilayotganini bilish bilan ularning mohiyatiga kirib bora olamiz. Musulmon mamlakatlarida mavjud "fundamentalistik" tamoyil negizida ko‘plab omillar yotganini bilib olamiz, ammo bu o‘rinda G'arb tamaddunining haqiqiy mohiyatini to‘sib qo‘yuvchi niqobning paydo bo‘lishi, ehtimol, hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgandir. Ko‘plarning nazarida, bu niqob qo‘lga qurol olishni va ularning kuchi bilan jangga kirishni oqlaydi. 

Musulmonlarning G'arbga bunday munosabatining uzoq tarixiy ildizi bor. Xristianlar modernizmdan oldingi musulmon dunyosida yashashi, safar va savdo-sotiq qilishi mumkin bo‘lgan bir paytda musulmonlarning u yerdagi yahudiylarga zo‘rg‘a toqat qilayotgan Yevropani ziyorat qilishi juda mushkul edi. Yevropaliklarning musulmonlarni ko‘rishga ko‘zi yo‘q edi.  Aytishlaricha, Usmonlilar imperiyasining Yelizaveta Angliyasidagi ilk elchixonalaridan biri xodimlari Portsmut sohiliga qadam bosishdan oldin baptizm odati bo‘yicha cho‘qinishga majbur etilgan ekan. Musulmonlarning Yevropa haqidagi tasavvuri yaqin-yaqinlargacha mavhum bo‘lib kelgan. O'rta yer dengizining shimolidagi yerlar oyda-yilda bir marta yuvinadigan, tushunarsiz va intihosiz diniy urushlar domiga tushib qolgan varvarlarning namligi kuchli va changalzor joylari deb tasavvur qilingan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:20:43
Yevropa mutaassibligini bunday tasavvur qilish musulmonlarning tushunchalari shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi kunda ham Misrdagi ko‘pchilik dehqonlar Angliyada masjidlarga ruxsat berilganiga ishonmaydi. Yevropa ularning ko‘ziga Isoning haqiqiy ta'limotini iflos bir tarzda buzgan qit'a bo‘lib ko‘rinadi. Ular  taqvodorlarning shavkatli, sof va mehmondo‘st qadriyatlari xudosiz yerlarga yetib bormagan, deb hisoblaydi.

Yaqinda ro‘y bergan ikkita voqea hozirgi paytda mavjud bunday munosabatga ta'sir ko‘rsatdi. Birinchidan, Napoleon Misrni zabt etgan vaqtdan beri Yaqin sharqliklar Yevropaga sayohat qilib, u yerdagi yangi fanlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lgan. 19-asrda yashagan yozuvchi Rif'at at-Tahtaviy singari kishilar u yerdan texnologiyaning yangi hayotga ko‘rsatayotgan samarali ta'siri haqidagi zavq-shavqqa to‘la taassurotlar bilan qaytishgan,  bu haqda maqolalar ham yozganlar. Musulmon aslzodalarining G'arb haqidagi qarashlari ikki avlod umri davomida butunlay o‘zgarib ketdi va 20-asrning boshlariga kelib o‘rta sinf vakillari o‘zining kim ekanini bilib qolganidan so‘ng sarosimaga tusha boshladi: bir tarafdan, mustamlakachilar bosqini va hukmronligidan g‘azablansa, ikkinchi tarafdan, asta-sekin mustamlakachilar tamaddunidan zavqlana boshladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:20:52
Shu tariqa o‘ziga xos madaniy shizofreniya - parishonxotirlik kasali rivojlana borib, musulmon jamiyatlariga yoki, umuman olganda, uchinchi dunyo jamiyatlariga bo‘lginchilik kayfiyatini uyg‘otuvchi ta'sir ko‘rsata boshladi. Mustamlakachilik sistemasi mustamlaka yerlardagi madaniyat va ta'lim markazlarini yopdi va ularning o‘rnida o‘zlariga sadoqat bilan xizmat qiluvchi menejmentning yevropalashgan o‘rta bo‘g‘inini ommaviy tarzda tarbiyalash uchun Yevropa rusumidagi maktablarni ocha boshladi. Mustamlakachilik tizimi faqat universitetlar ta'sis etmadi. Misrning britaniyalik hokimi lord Kromer ogohlantirib aytganiday, bunday institutlar  millatchilik harakatiga bosh bo‘lib, mustamlakachilik boshqaruviga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan diniy zodagonni emas, mahalliy madaniy zodagonni  o‘qitishi kerak edi.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng mafkuraviy iqlim o‘zgarishi bilan  Yevropa imperiyalari nihoyat o‘z bayroqlarini bir oz tushirishga majbur bo‘lgach, Yaqin Sharq jamiyatlari keskin bo‘linishlarga yuz tutdi. Sobiq hukmron elita: turk aslzodalarining Misr podshohi saroyi singari qoldiqlari haddan tashqari erinchoq va korruptsiyalashgan hamda hukumat ishlarini yuritish tajribasiga ega emas edi. O'rta sinflarning ulkan bo‘lagi: texnokratlar, maktab o‘qituvchilari, davlat xizmatchilari kabi g‘arbcha dunyoqarashga moyil hamda o‘z mamlakatlarining mahalliy va an'anaviy qadriyatlariga nafrat bilan qarar edi. Shahar va qishloq ommasi esa xalq dinining turli shakllariga e'tiqod qilar, na fuqarolik jamiyati qurish va na siyosiy islohotlar o‘tkazish uchun tashviq qilishga qiziqish bildirar edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:21:01
Bunday ijtimoiy boshboshdoqlik barobarida yanada chigal murakkabliklar mavjud edi. 20-asrning dunyo tartibi milliy davlat printsipiga tayanar, Yaqin Sharq mamlakatlaridan esa ana shu printsipga amal qilish talab etilardi.  Ammo hech kim milliy davlat faqat G'arb jamiyatiga xos bo‘lgan tarixiy taraqqiyot mahsuli ekanini va boshqa  tamaddunlarga xos dunyoning demografik va madaniy manzarasi G'arbning bu muassasiga  to‘g‘ri kelmasligini tushunmas edi. Mustamlakachilik davridan so‘ng paydo bo‘lgan zodagonlar har bir narsada G'arbga taqlid qilishga urinar edi. Ular milliy bayrog‘i, futbol komandasi, milliy pul birligi va pochta markalari bo‘lishini istar va ushbu ramzlar paydo bo‘lishi bilan qolgan hamma narsa hal bo‘lib ketadi, deb o‘ylar edi.

Ammo Yaqin Sharq manzarasi bunday loyihani qabul qilishga tayyor emas edi. Ijtimoiy bo‘linish madaniy bo‘linish ham edi: omma an'anaga sodiq bo‘lgan bir paytda zodagonlar Yevropa qadriyatlarini afzal ko‘rar edi. Omma arab tilida, zodagonlar esa ingliz yoki frantsuz tilida so‘zlashar edi.  Ular kiyimi, oziq-ovqati, oilaviy turmush tarzi va intilishlari bilan o‘zaro raqobatlashar, Parij, London va Rimda ustuvor bo‘lgan me'yorlarning to‘xtovsiz o‘zgarib turishiga qarab, goh haqiqiy, gohida esa chalkash bo‘lar edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:21:16
Bu mustamlakachilik boshqaruvining boshqa bir o‘shandan kam bo‘lmagan soliqqa oid merosi, ya'ni mintaqaning xalqaro chegaralari  tufayli yanada yomonlashib ketdi. Tarixda hech qachon Iordaniya, Iroq, Livan, Janubiy Yaman yoki Liviya degan davlat bo‘lmagan. 20-asrning boshlariga qadar bu mintaqa Istanbuldagi Usmonlilar sultonining yagona  hukmronligi ostida birlashtirilgan, Makka, Bag‘dod va Tirana singari uzoq yerlar uzra ham yagona bayroq hilpirab turar edi. Bu qadar bepoyon, qashshoq, ammo nihoyatda tinchliksevar va barqaror zaminda son mingta kam sonli elatlar o‘z bilganicha kun kechirar edi. Druz, shia, yazdiylar, xristianlar, yahudiylar va boshqa diniy guruhlar; arablar, turklar, albanlar va boshqa etnik guruhlar. Usmonlilar imperiyasi milliy davlat emas edi, ammo shu bilan birgalikda, yevropaliklar tushunchasidagi boshqa davlatlar ustidan hukm yurgizadigan metropoliya[501] mamlakati ham emas edi. U ma'lum ma'noda Amerika Qo‘shma shtatlarini eslatardi. Xuddi AQSh singari Usmonlilar davlat tizimi fuqarolikni etnik guruhlarga asoslanmasdan belgilar edi. Frantsiya frantsuzlarning, Germaniya nemislarning vatani bo‘lsa, Amerika etnik  kelib chiqishi kim bo‘lishidan qat'i nazar, amerikaliklarning vatanidir; Usmonlilar imperiyasi ham Istanbuldagi sultonning hokimiyatini tan olgan turli etnik guruhlarning vatani bo‘lgan.

Biz dunyoviylashgan milliy zodagonlar yevropacha emas, amerikacha andozani  ulgi bilib, zamonaviy Yaqin Sharq taqdirini yaratganida yaqinda butun mintaqani domiga tortgan fojianing oldini bemalol olish mumkin edi, deb hech ikkilanmasdan aytishimiz mumkin.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:21:27
Iroq misolida bu gapimizning tasdig‘ini ko‘ramiz. Bu mamlakat Usmonlilar qo‘l ostidagi sokingina botqoqqa o‘xshar edi. Uning diniy qavmlari usmonlilarning islom fiqhidan olingan millat sistemasi ostida o‘z ishlarini tartibga solib turar edi. Yahudiylar o‘rtasidagi mojarolar yahudiy sudlari, xristianlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar esa xristian sudlari tomonidan ko‘rib chiqilar edi va hk. Badaviylar qabilasiga cho‘lda ota-bobolari tutimi bilan yashashga ijozat berilgandi. Kurdlar  sultonni o‘zining otliq askar bilan ta'minlab turgan o‘ta sadoqatli etnik guruh sifatida qadrlanar edi. O'z holicha yashayotgan janublik shialardan davlatga sadoqatdan boshqa narsa talab etilmas edi. Bunday muvozanat 400 yil davom etdi.

1917 yili britaniyaliklar Iroqqa bostirib kirib, uni mustamlakaga aylantirganidan, 20-asrning 50-yillariga kelib, bir necha bor davlat to‘ntarishi uyushtirilganidan so‘ng nima bo‘ldi, u mustaqil bo‘ldimi?

Milliy davlat paradigmasi Iroqdagi demografik vaziyatni tartibga solishda ish bermayotgani ayon bo‘lib qoldi. Chegarani mahalliy emas, mustamlakachi qo‘l tortgan bo‘lib, u o‘sha yerda yashovchi aholi o‘rtasidagi haqiqiy tafovutlarni emas, aksincha, mustamlakachi ma'muriyat boshqarishi uchun qulay bo‘lishi hisobga olinib tortilgan edi. Aslida musulmonlarga begona bo‘lgan g‘arbcha millatchilik tushunchasi kurdlarning alohida davlat barpo etish istagini uyg‘otib yubordi. Janubda yashovchi shialar o‘zlarini kamsitilgan deb his qila boshladi. Bunday sharoitda makon yaxlitligini saqlab qolishning birdan-bir yo‘li shafqatsiz kuchga tayanish edi. Saddam Husaynsiz yoki uning timsolisiz Iroq bir kechada yo‘q bo‘lib ketishi va undan-da realroq boshqaruv strukturasi yuzaga chiqishi mumkin. Shialar Eron bilan yaqin ittifoqchi bo‘lgan davlat tuzadi, shimolda esa kurdlarning o‘z davlati qaror topadi. Sunniy arablar esa Bag‘dod atrofi va undan shimolroqdagi yerlarga egalik qila boshlaydi[502].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:21:35
Ammo bunday bo‘linib ketish na hokimiyat tepasidagi rejimning, na G'arbning strategik manfaatlariga mos keladi. Dunyo hamjamiyati Millatlar ligasi yaratgan printsiplarga amal qilib, mustamlaka boshqaruvidan meros qolgan chegaralarning qonuniyligi (daxlsizligi)ni har doim qo‘llab-quvvatlab keladi. Bu bilan G'arb dunyosi iroqliklarning harbiy diktaturadan hamisha aziyat chekishini yoqlab kelmoqda.

Iroqdagi voqealar ilgari usmonlilar imperiyasining Yaqin Sharqdagi viloyatlari bo‘lgan deyarli barcha mamlakatlarda takrorlanmoqda. Usmonlilar davrida xristianlar, yahudiylar, druzlar va shialar singari kamsonli guruhlar alohida qishloqlarda, shahar mahallalaridagi o‘ziga xosliklarini asrlar davomida saqlab qolishiga imkon bergan jamiyatlarda  o‘zlari xohlagancha yashab keldi. 1946 yilga kelib Frantsiya  Livan hududini Suriyadan tortib olib, unga mustaqillik berdi va konstitutsiyasini qabul qildirdi. Unga ko‘ra, mazkur mamlakat prezidenti hamisha xristianlardan bo‘lishi kerak. Livan ham  bir necha yil xristianlar hukmronligi ostida cho‘loqlanib yashab, so‘ngra dahshatli fuqarolar urushi domiga sho‘ng‘ib ketdi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:21:45
Dinga daxli bo‘lmagan, aksincha, noto‘g‘ri chegaralash oqibatida yuzaga kelgan, bu yerlar uchun mutlaqo xos bo‘lmagan hamda ko‘pincha milliy davlat degan axloqiy jihatdan shubhali tushuncha bilan bunday tarang munosabatlarga oson yechim topib bo‘lmaydi. Mening nazarimda, Bosniyaga qarshi Serbiya va Xorvatiya tajovuzining (ko‘pchilik aytayotganiday, beso‘naqay) yechimini Amerika Qo‘shma shtatlari topib bergani muhim ahamiyatga ega. Britaniya va Frantsiya qurollari va muhojir ko‘ngillilarni hisobga olmaganda, yangi, etnik jihatdan toza va, binobarin, nisbatan barqaror davlatlar paydo bo‘lishini kuzatib turishdan boshqasiga yaramadi. Barqaror mamlakat turli etnik va diniy o‘tmishga ega bo‘lgan fuqarolardan tashkil topishi kerak deb biladigan Amerika esa Bosniyaning ko‘pmillatli davlat bo‘lib qolishini himoya qilib chiqdi. Davlat departamentida ham bunga qarshi bo‘lgan ovozlar yangradi, vijdonsiz jurnalistlar buni o‘zlaricha nomaqbul deb ham chiqdi; biroq Amerikaning pirovard javobi kechikishi, uning de fakto mavjud bo‘lgan Deyton bitimida qayd etilgan etnik bo‘linishga toqat qilishi bu mamlakatning o‘z siyosati bo‘lmay, unga Yevropa o‘tkazgan bosim natijasi edi. 

Ushbu mulohazalar Yaqin Sharq va sobiq Usmonlilar imperiyasi o‘rnida vujudga kelgan boshqa mamlakatlar bugungi kunda nima uchun notinch o‘lkalarga aylanib qolganini tushuntirishga yordam beradi. Arab dunyosi  hozirgi kishilarning xotirasidan oldingi davrda 1517 yildan 1917 yilgacha birorta ham kattaroq fuqarolar urushini boshidan kechirmagan va sharqliklarga xos vazminlik timsoli edi. Bugungi kunga kelib esa u sayyoramizning eng beqaror mintaqalaridan biriga aylanib qoldi. Islom asosida barpo etilgan ijtimoiy hayotning g‘arbcha hayot tarzi bilan almashtirilishi, va'da berilganiday, eski kelishmovchiliklardan ozod bo‘lishga emas, doimiy boshboshdoqliklarga olib keldi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:21:54
Ammo boshqa bir omil ham bor. Ehtimol, odamlarga tashviq qilish va ularning oromini buzishning eng yaxshi yo‘li qo‘shnilar yurtiga tajovuzkor va aqlli bosqinchining bostirib kirishi bo‘lar. 1948 yili Yaqin Sharqda aynan mana shu hol ro‘y berdi. Musulmon dunyosining hozirgi ahvoli va keyingi o‘n yilliklar davomida vujudga kelgan, an'anaviy tarzda tafakkur qiladigan musulmonlar uchun haqorat bo‘lib tuyuladigan diniy ekstremizmning turli  shakllari biz asosiy faktni -  1948 yili Isroil davlatini tashkil etish uchun falastinliklarning yeri tortib olinib, o‘z vatanidan quvg‘in qilinganini esda tutmagunimizcha tushunarsiz bo‘lib qolaveradi.

1948 yilning boshida Falastin arab mamlakatlari orasidagi ancha rivojlangan va xalqi o‘qimishli bo‘lgan bir mamlakat edi. Uning aholisi zichligi, har kvadrat milga hisoblaganda, Frantsiya ko‘rsatkichiga to‘g‘ri kelardi. Xristian va musulmon bo‘lgan falastinliklar arab millatchiligining ham, arab dunyosini Yevropa texnologiyasi va tafakkuriga tanishtirishning ham oldingi marralarida edi. O'sha yilning oxirlariga borib falastinliklar vatangadoga aylandi. Ularni uylaridan haydab chiqarish jarayoni yaqinda Bolqon yarim orolida ro‘y bergan etnik tozalashlardan ham dahshatliroq bo‘lgan edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:22:03
Musulmon dunyosida "an-Nakba", falokat deb ataladigan ushbu voqea G'arbning mintaqaga oid tushunchalarini tezda o‘zgartirib yubordi. Arablar xuddi nemislarning jinoyatlari uchun tovon to‘layotganday edi. Agar yahudiylarga Germaniyaning bir qismi, masalan, Bavariya berilganida musulmonlar bu ish adolatdan bo‘ldi, deyishlari mumkin edi. Ammo falastinliklarga nisbatan etnik tozalash o‘tkazish bema'ni va xato ish edi. Arab dunyosi kutilmaganda yangi va dushman davlat o‘zini ikkiga bo‘lib tashlaganini ko‘rib qoldi. Qo‘shni mamlakatlardagi demografik vaziyat yuzlab, minglab falastinlik qochqinlar kelishi bilan   yomonlashib keta boshladi. Masalan, Livan aholisi bir oy ichida 20 foiz ortib ketdi. Iordaniya aholisi esa 30-35 foiz ko‘paydi.

Bunday falokatga duch kelgan g‘arblashgan zodagonlarning orzu-umidlari chippakka chiqdi. G'arbliklarning faqat Isroilni qo‘llab-quvvatlashi, falastinliklarning o‘z yerlariga qaytib kelishiga yo‘l ochish yoki ularning dehqonchilik qilib kelgan dalalari, qishloqlari va ishidan ayrilgani uchun tovon puli olishiga imkon yaratish uchun Isroilga bosim o‘tkazishdan bosh tortishi ushbu mintaqa aholisining G'arbga zavq-shavq bilan qarashiga putur yetkazdi. Bir islom voizi aytganiday: "Agar G'arb shariati shu bo‘lsa, bizga uning umuman keragi yo‘q". G'arbning arablar va musulmonlarga nisbatan nafrati shu darajaga yetdiki, ularning nazarida xalqaro tartibning muhim printsiplari buzilganidan ko‘ra butun boshli arab davlati yer bilan yakson qilib tashlangani afzal edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:22:17
G'arbning nafratiga duchor bo‘lgan millatchi harbiy rejimlar sotsialistik blokka yuz tutib, Tito va Xrushchev bilan noz-karashma qila boshladi. Pufaksimon quruq gap-so‘zlar bilan o‘tgan yillardan so‘ng, "Falastin - falastinliklar uchun!" da'vosi bilan yarim-yuluq urushlar ham bo‘ldi. 20-asrning 80-yillarida kommunistik blok inqirozga yuz tutishi bilan hamma narsa barbod bo‘ldi, Isroilning kuchi oldida ojiz qolgan arab rejimlarining obro‘si tutday to‘kilib ketdi. Ko‘rfaz urushidagi mag‘lubiyat o‘sha rejimlar faqat bir narsaga: Isroil bilan  tinchlik shartnomasi imzolash evaziga G'arbdan moliyaviy yordam olishga qodir ekanini namoyish etdi, xolos.

Bugungi vaziyat Yaqin Sharqdagi aksariyat mamlakatlardagi harbiy xuntalarning qudrati o‘sha yerning o‘zida emas, G'arbda  ekanini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda Misr va Tunis hamda G'arbning mintaqaga suqilib kirishi uchun  qulay bo‘lgan boshqa mamlakatlar xalqlari o‘z rejimlarini tobora ko‘proq so‘kmoqda.

Endilikda mo‘‘tadil fikrlovchi kishilar bu muammoning yechimini demokratiyada deb bilmoqda.  Agar aholi o‘z mamlakatlaridagi rejimlardan nafratlansa, nima qilish kerakligini o‘zi hal etishi lozim.  Ammo ko‘pgina Yaqin Sharq mamlakatlarida amalda buning imkoni yo‘q. G'arbparast rejimlar, ma'lum sabablarga ko‘ra, demokratiya joriy etilishiga ijozat bermasligi tayin. Shuning barobarida  G'arb ham o‘zi ishongan xalq vakolat bergan hukumat to‘g‘risidagi universal qadriyatni mintaqadagi do‘stlariga nisbatan qo‘llashga ro‘yi xush bermayotir. Ko‘rfaz bo‘yidagi g‘arbparast rejimlarning aksariyati absolyutizm (hokimiyatning bir kishi qo‘lida jamlanishi)ga moyillik bildirmoqda. Yaman singari demokratiyaning haqiqiy shakllariga ega bo‘lgan arab rejimlarining esa G'arb bilan munosabatlari unchalik ham iliq emas. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:22:28
Jazoir G'arbning demokratlashtirishga bo‘lgan munosabatiga juda yaxshi misol bo‘ladi. 1830 yili Frantsiya bosib olgan bu mamlakat mustamlakachilik davrida  o‘ziga xos xususiyatlaridan deyarli butunlay ayrilayozdi.  Hatto 20-asrning 50-yillarida ham arab maktablarida o‘quvchilarning o‘z ona tillarida ta'lim olishi taqiqlangan edi. Har bir bola "Nos ancetres les Gaulois etaient blonds" ("Bizning ajdodlarimiz gallar oqtanli bo‘lishgan") singari poemalarni yod olishga majbur etilar edi. Jazoir La France musulmane,  ya'ni musulmon Frantsiyasi edi. Frantsiya osonlik bilan Jazoirni bo‘lib yuborishni istamas edi. 1952-1956 yillardagi ozodlik urushi paytida Frantsiya Jazoir aholisi o‘n foizining, taxminan, bir million kishining yostig‘ini quritdi. Ushbu epizod - Million nafar jafokash kishi inqilobi - musulmonlar tasavvuridagi G'arb ongiga notanish bo‘lgan muhim jihatdir. 1992 yili, sotsialistlarning bir partiya rahbarligiga asoslangan 30 yillik turg‘unlikdan so‘ng, bu mamlakatda saylov o‘tkazildi.

Richard Nikson o‘sha yili chop etilgan "Lahzani ushlab qoling" kitobida bunday deb yozadi: " Musulmonlar ko‘chalarni baqir-chaqir namoyishlar bilan to‘ldirishi mumkin, biroq ular so‘rov o‘tkazish orqali hokimiyatni qo‘lga kiritishga qodir emas". "Islom najot fronti"(INF) vakili bo‘lgan jazoirlik musulmonlarning fikri esa butunlay boshqacha. Saylovda 207 ta o‘rin uchun kurash olib borildi, shundan 188 tasini "Islom najot fronti"  egalladi. Hokimiyat tepasidagi xunta bor-yo‘g‘i 16 ta o‘rinni egalladi, qolgan o‘rinlarni esa sotsialistik partiyalar va mustaqil nomzodlar qo‘lga kiritdi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:22:38
11 yanvar kuni harbiylar hokimiyatni qo‘lga oldi va saylov natijalarini bekor etdi. Ular INFni qonundan tashqari deb e'lon qildi va uning minglab rahbarlarini Sahroi Kabir ichkarisidagi kontsentratsion lagerga jo‘natdi. Musulmon yo‘lboshchilari G'arbni bu davlat to‘ntarishini qoralashga da'vat etdi, ammo ular sukut saqlashdan boshqa narsa yaramadi. Sanktsiyalar joriy etish niyatidan yiroq bo‘lgan G'arb davlatlari bu mamlakatdagi hukmron rejimni pul bilan ko‘mib tashlay boshladi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi 300 million AQSh dollari miqdorida shoshilinch yordam berdi. 1994 yili yana prezident saylovi o‘tkazildi. Unda islom partiyalarining ishtirok etishi taqiqlab qo‘yildi. General Lamin Zerual prezident etib saylandi, G'arb uni samimiy tabrikladi va endi hamma narsa "iziga tushib ketadi", deb umid bildirdi.

Bu bilan musulmon dunyosiga nima shama qilinayotgani aniq edi. Mabodo, demokratiya G'arbning suygan diktatorlarini jamiyatning konservativ qadriyatlariga sherik bo‘lgan mashhur arboblar bilan almashtirishni nazarda tutsa, unga toqat qilinmaydi. Afsuski, hali bu mash'um saboq ham kam ekan. Islom harakati o‘z rahbariyatining hokimiyatdan chetlashtirilishi bilan parchalanib ketdi. Manfaatlari toptalgan o‘sha xalqning ma'lum bir bo‘laklari rejimning vahshiyliklariga qarshi qo‘liga qurol oldi. Albatta, hokimiyat ham qarab turmadi. Shu vaqtgacha 50 mingdan oshiq jazoirliklar o‘ldirildi. "Emnesti Interneshnl"ning 1995 yilgi ma'lumotlarida ta'kidlanganiday:

Xavfsizlik kuchlari minglab odamlarni o‘ldirdi. Odamlarni sud qilishda xalqaro me'yorlar asosidagi adolatga rioya qilmaslik hollari davom etmoqda. Ma'lum qilishlaricha, qiynoq va shafqatsizlik, ayniqsa, qamoqda ushlab turish paytida keng tarqalgan. Yil davomida xavfsizlik kuchlari hibsga olgan kishilar "daraksiz yo‘qolgan".
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:22:48
Yo nihoyat adolatli saylov o‘tkaziladi, yoki bo‘lmasa, bu dahshatlar abadiy davom etadi.

Albatta, chirkin G'arb matbuotida yovuz aqidaparastlar demokratiyani qabul qila olmasligi xususidagi baqir-chaqirlar bo‘lib turishi tabiiy hol. Ammo INF rahbariyatining ilg‘or fikrlaydigan qismi Jazoir o‘zining  hukmronligi ostida demokratik davlat bo‘lib qolishini ochiq-oydin bayon etdi. Uning ma'naviy rahnamosi Shayx Abdulhamid bin Badis bunday deb yozgan edi: "Hech kim odamlarning roziligisiz ularni boshqarishi mumkin emas. Hokimiyatni kimgadir berish yoki tortib olishni odamlarning o‘zi hal qiladi". Jazoir musulmonlari sahnasidagi vahhobiylar  demokratiya printsipini yomonotliq qilayotgani to‘g‘ri, ular musulmonlarga, hokimiyatni  Allohning qonunini bekor yoki mayib qilishi mumkin bo‘lgan partiyalarga berishni dinimiz taqiqlaydi, deb da'vo qiladi. Biroq INFning Yevropadagi bosh vakili Anvar Haddam tez-tez norozilik bildirganiday, Jazoirdagi yetakchi islom harakatining maqsadi o‘zini hokimiyat tepasiga olib kelishi mumkin bo‘lgan demokratiya tajribasini (joriy etishni) to‘xtatib qo‘yish emas. Jazoirdagi yetakchi islomiy partiya rahbari Rashid al-G'annushiyning demokratik siyosiy boshqaruv bilan islomning bir-biriga zid kelmasligi xususidagi bir necha kitoblari Tunisdan boshqa mamlakatlarga ham tarqaldi.

G'arbning kaltabin strategiyasi natijasida ayni paytda o‘ta haqoratomuz vaziyat vujudga keldi. Bunday vaziyatda G'arbni qattiq qo‘llab-quvvatlayotgan Yaqin Sharq mamlakatlarida ham xalqning vakolatiga ega bo‘lgan hukumatga xayrixohlik o‘ta sustligicha qolmoqda. Buning teskarisi o‘laroq, G'arb davlatlarining demokratiyani joriy etgan mamlakatlardagi jarayonlardan asabiylashishi davom etayotgan ko‘rinadi. Bundan chiqariladigan yana bir xulosa shuki, shu vaqtgacha arab dunyosining hech qaerida demokratiya va dunyoviylikka erishilmadi. Bu ikki tushunchadan biri ikkinchisini inkor qiladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:22:56
Aksariyat musulmonlar o‘zlarining mana shunday tartib ostida yashayotganiga guvoh bo‘ladi. Bugun G'arbning ushbu mintaqaga mutlaqo salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani ayon bo‘lib qolmoqda. G'arb Isroilga homiylik qilmoqda, bu davlatning o‘ziga qo‘shni bo‘lgan davlatlar yeriga bostirib kirayotganidan ko‘z yummoqda, hatto buning uchun pul ham to‘layotir. Jazoir misolidan so‘ng, demokratlashtirish arab dunyosiga xos jarayon emas, degan bir qarash paydo bo‘ldi. 

Bunday sharoitdagi ijtimoiy va psixologik  hayotda yashab bo‘lmasligi ayon. Demokratiya, so‘z va majlis qilish erkinligini ta'minlaydigan, qatag‘onga yo‘l bermaydigan mexanizm mavjud emas. G'arb Eron singari o‘ziga yoqmagan davlatlarni inson huquqlarini kamsitgani uchun ayblab keladi, shu bilan bir vaqtda, o‘ziga do‘st bo‘lgan mamlakatlardagi bunday kamsitishlarga qarshi lom-mim demaydi. Rejimlar nafaqat o‘z xalqining muhabbatidan, qolaversa, ishonchidan ham ayrilganini yaxshi biladi. Millatchilikdan hafsalasi pir, dindan esa begona bo‘lgan rejimlar yo‘lboshchilari G'arbga tobora ko‘proq suyanib qolmoqda. Hammayoqni islomiy muxolifat bosib ketgan bir sharoitda ichki muxolifatni nima qilish kerak? Uni shafqatsizlarcha bo‘g‘ib tashlash kerak.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:23:06
Qiynoqlarni qo‘llash faqatgina so‘roq qilishning tasodifiy quroli emas. ko‘pgina mamlakatlarda u  davlatni boshqaruv tizimining ajralmas qismi hamdir. Va u yana odamning g‘ururini o‘ldiradigan vosita sifatida inqirozga yuz tutganga o‘xshaydi. Bugungi kunda dindorlarning, xuddi o‘tmishda bo‘lgani kabi ta'qiblar kuchaygani sari e'tiqodi ham mustahkamlanib bormoqda. Menga Zaynab al-G'azzoliyning - U  Misrning katta ta'sir kuchiga ega bo‘lgan musulmon faollaridan biridir - kundaligidan  bir parcha keltirishga ijozat bersangiz:.

Meni holdan toyib qolgan paytlarim qiynash uchun zambilda olib ketishar edi. Ular o‘z qamchisi bilan infektsiya tushib ulgurgan yaralarni qaytadan savalab qonatib yuborardi. Bu paytda yaralar bir oz tuzalib, po‘sti ko‘cha boshlagan bo‘lardi. Men holsizlikdan oyoqda turolmay yiqilib tushganimda ham  biror odamni suyab turadigan u yoki bu ayyorona moslama yordamida kaltaklashni davom ettirishardi.  Hatto hushimni yo‘qotganim ham ularni to‘xtata olmas edi: ular meni ko‘proq qiynashni istar edi, shuning uchun qiynoqlarni davom ettirib, tanamga sog‘liq uchun zararli bo‘lgan allaqanday dorilarni ukol qilishar edi. Meni qiynayotgan kishining qamchisi soat osha, kun osha itlar bilan, itlar esa majburiy va chidab bo‘lmas  holat bilan almashar edi. O'lim yoqasida turgan mendek ojiz bandasiga faqat Allohning o‘zi najot berishi mumkin edi. Men Ul zotning marhamati bilangina bu qiynoqlarga chidashim mumkin edi. Xomxayollariga asir bo‘lgan do‘zaxiy zolimlar meni o‘zlariga bo‘ysundirishni asosiy maqsad deb bilar va bu borada hech qanday razillikdan tap tortmasdi. Ular mening qarshiligimni sindira olmagach, o‘zlarining jag‘iga mushtlar va aqldan ozgan kishilarnikiga o‘xshagan xatti-harakatlar qilardi. Bunday qiynoqlar Allohga ishongan va uning sulukini tutgan kishi uchun befoyda edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:23:15
Arab dunyosining Dante asarlarida tasvirlangan qamoqxonalarida diniy ruh mustahkamlanadi.  Omon qolgan kishi - g‘olib, halok bo‘lgan esa - g‘oziydir. Bunday sharoitda (hukmron) rejim xuddi xristianlar bilan musobaqalashgan Rim imperiyasi singari g‘olib bo‘la olmaydi.

Ushbu sistema 30 yil davomida kuchaydi. Dindorlar ta'qib etilmoqda. Rejimlar xalqning qahr va g‘azabi oldida o‘z kuchini yo‘qotib bormoqda. Bu qahr rejimlarning G'arbdagi homiylariga ham qarshi qaratilgandir.

Ammo bu hali hammasi emas. Tazyiq o‘tkazuvchilar orasida ilgari kuzatilmagan va mutlaqo yangi, tashqi dunyoning ko‘ziga tashlanmaydigan, sun'iy, keskin sharoit vujudga kelmoqda.

Bu masala ushbu bobning asosiy mavzusidir. Mabodo biror kishi zamonaviy islom radikalizmi haqida faqat bir narsani tadqiq qilsa, u haqiqiy islomga o‘xshash  bo‘lishi kerak.  Ayni paytda jahon jamoatchiligi islomga nisbat berayotgan inson huquqlarining sharmandali tarzda poymol qilinishi, o‘zga din va millat vakillariga nisbatan toqatsizlik va terrorizm  aslida bu dinga daxli yo‘q to‘dalarning, mutaassiblarning va ko‘pincha xudobexabar murtadlarning ishidir. Konservativ va chin musulmonlar hech qachon terrorizmga qo‘l urmagan. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:23:29
Ushbu postnormativ islomning ildizi qaerda? Birinchidan, garchi men har bir diniy norozilik harakatini ijtimoiy-iqtisodiy omillar darajasiga tushirishga urinishlarga shubha bilan qarasam-da, uchinchi dunyo mamlakatlari shaharlarida so‘nggi 30 yil davomida vujudga kelgan keskin ko‘chishni esga olish muhim ahamiyatga ega. Masalan, Qohira aholisi har yili 700 ming kishiga ko‘paymoqda, bu shahar aholisining soni u yerdagi xonalar sonidan uch barobar ko‘pdir. Har bir musulmon davlati poytaxtini katalak uylar halqasi o‘rab olgan: Turkiyadagi geçekondus, Jazoirdagi bidonvilles (kambag‘allar yashaydigan xaroba kulbalar) da qishloqlardan shahardagi moyanadan umid qilib ko‘chib kelgan kishilar noqonuniy  uylar qurib oladi.

Bu kishilar siyosat bilan mutlaqo qiziqmaydi. Ularning avliyolarni an'anaviy tarzda hurmat qilish orqali dinga e'tiqod qilishini hamma biladi. Ammo ularning farzandlari xususida bunday deb bo‘lmaydi. Farzandlarning ma'lumoti yuqoriroq bo‘ladi, ular ba'zan biror universitetga ham kirib o‘qiydi va u yerda ilm-fan, tibbiyot yoki muhandislikdan ta'lim oladi, so‘ngra tobora shishib borayotgan demografiya ish joyidan siqib chiqargani tufayli ishsiz qoladi. Ular shaharning an'anaviy sinflar sistemasida o‘ziga o‘rin topolmay, yangi ichki quvg‘inlar sinfi safiga qo‘shiladi.

Ular o‘ziga uy topish uchun ichkariga yuzlanadi, ammo otalarining dinidan qoniqmaydi.  Qishloq zaminidan yulib olingani uchun ularning bo‘yni sohibi tariqatlar va avliyolarning maqbaralari va (diniy) marosimlar tarmog‘iga ega bo‘lgan dehqonlarcha e'tiqodga yor bermaydi. Yoshlarning nazarida bu tarmoqqa intellektual vazminlik va siyosiy sa'y-harakat yetishmaydi, shuning uchun ular boshqa bir yo‘nalishga yuz tutadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:23:40
20-asrning 60-yillari oxiriga qadar bu yot sinf goh marksizm, goh ahmoqona va irqiy jihatdan faol bo‘lgan millatchilikka asoslangan baasizm[503]dan dardlariga darmon izlar edi. Baasizm hozirgi kunda ham Suriya va Iroqdagi rejimlar hukmronligini ta'minlab kelmoqda. Ammo 1967 yilgi urushda "Arab milliy ishonchi" partiyasi mag‘lubiyatga uchragach, uning o‘rniga boshqa biror partiya yuzaga kelishi kerak edi. Uning o‘rniga vahhobiylik deb nom qozongan sekta paydo bo‘ldi. Bu hol yoshlar uchun ayni muddao edi.

Vahhobiylik 18-asrning oxirlarida Markaziy Arabiston cho‘llarida islohot harakati sifatida vujudga kelgan edi. Bu mintaqa hamisha olis bir joy bo‘lib yo favqulodda zaif diniy e'tiqod, yoki bo‘lmasa, toqatsiz din sofligi uchun kurashi bilan ot qozonib kelgan. Islomning dastlabki asrida Tamim mahalliy qabilasi ekstremist xorijiy[504]lar sektasi  uchun ko‘plab yoshlarni o‘z tarafiga og‘dirib oladi. Ular o‘z sektasiga mansub bo‘lmagan kishilarni kofir deb bilar va ularni zudlik bilan o‘ldirish kerak deb hisoblar edi. Gunohga yo‘l qo‘ygan har bir musulmon  kofir deb e'lon qilinar va o‘limga hukm etilar edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:23:49
Yaqin Sharqdagi xorijiylik harakati hijriy 3-asrga kelib, inqirozga yuz tutdi. Ammo vahhobiylar mana shu tamoyilni qayta tiriltirdi. Uning asoschisi Muhammad ibn al-Vahhob, musulmon dunyosi majusiylikka yuz tutdi, deb hisoblab, tez orada yangi davlat barpo etdi. Dinning o‘ta sofligi tarafdori bo‘lgan vahhobiylar nazarida, xudojo‘ylikning mavjud an'anaviy shakllari  musulmonlarning siyosiy inqiroziga sabab bo‘layotgan edi. Ular Alloh avliyolarga e'tiqod qilgan va Ul zotning o‘ziga bevosita emas, Rasululloh orqali iltijo etib, namoz o‘qigan (tavassul)larga toqat qilgan musulmon qavmdan o‘z marhamatini darig‘ tutadi, deb hisoblar edi. Vahhobiylar ibn Taymiyaning asarlaridan o‘z e'tiqodi uchun intellektual qarashlar sistemasini topgach, islomga u paydo bo‘lgan paytdagi sofligini qaytarish umidida mujodala boshladilar. Ularning nazdida, go‘yo chin e'tiqod kemasidan uloqtirilgan Qur'on va hadislar o‘rta asrlarda yashab o‘tgan faqihlar va ilohiyotshunoslar changalidan hamda asrlar loyqasidan ozod bo‘lishi kerak edi.   

Tarixchilar o‘sha sabrsiz faollarga, ular ham xuddi Yevropadagi Reformatsiya davrining mutaassiblari yuritgan siyosatga o‘xshash yo‘l tutayotganini va bu mutlaqo kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatib berishlari kerak edi. Masalalar ko‘pincha bir-biriga juda o‘xshash edi. O'rta asrlarning sxolastik binosi buzib tashlandi, uning o‘rnini individual ongda muqaddas bitikka nisbatan shakllangan ishonch egallashi kerak edi. O'tmishning buyuk allomalari nihoyat go‘rga tiqildi, ko‘pincha ular  shafqatsizlarcha la'natlanadigan bo‘ldi. Avliyolik g‘oyasi ilk dindorlar (ularning barchasi avliyo bo‘lgani uchun avliyolikka muhtoj emas edi)ning so‘zligida mavjud bo‘lmagani uchun  unga shubha bilan qaraladigan bo‘ldi. Masjidlardan bezak va hashamlar  yo‘q qilindi, ilgarigi paytlarda san'at namunasi bo‘lgan murakkab muqaddas ramzlar odamlarning e'tiborini chalg‘itadi, deb hisoblanadigan bo‘ldi. Diniy marosimlar vahiyda ijozat berilgan darajaga qadar kamaytirildi. Shahar va qishloqlar muqaddas an'analardan tozalandi va standartlashtirish siyosatiga bo‘ysundirildi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:24:03
Vahhobiylar Markaziy Arabiston bo‘ylab yurishlar qilib, muqaddas shaharlar bo‘lmish Makka va Madinani ham zabt etdi. Bundan butun musulmon dunyosi dahshatga tushdi. Ular o‘zlarining kromvelcha vakolatiga mos ravishda vahiyga mos kelmagan har bir binoni buzib tashladi. Gumbaz va minoralar ularning ko‘ziga baloday ko‘ringani uchun  yer bilan yakson qilinar edi. Avliyolarning va Rasululloh oila a'zolarining maqbaralari vayron etildi. An'anaviy ulamolar vahshiy sudga tortildi, ba'zilari esa o‘ldirildi. To‘rtta an'anaviy fiqh maktabining  ta'limotlari taqiqlab qo‘yildi.

Yaqin Sharqda emas, Yevropada xasta kishiga mengzalgan Usmonlilar imperiyasi Misrdan u yerga qo‘shin jo‘natib, vahhobiy qabiladoshlarni mag‘lub etdi va an'anaviy dinni qayta tikladi.

1916 yili ro‘y bergan va Lourens boshchilik qilgan Arab qo‘zg‘oloni oqibatida Usmonlilar imperiyasi butunlay inqirozga yuz tutgach, mo‘‘jazgina Hoshimiylar podsholigi ikki muqaddas shaharni egalladi va 1926 yilga kelib, butun dunyo Makka va Madina ustidan vahhobiylar o‘rnatgan hukmronlikni tan oldi. Yana haqiqiy fiqh va kalom ilmi siquvga olindi hamda mo‘‘tadil islomning samarali rang-barangligi o‘rniga totalitar kalvinizm[505]ni joriy qilishga urinib ko‘rildi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:24:12
Garchi vahhobiylik 20-asrning boshlarida yashagan islohotchilar, xususan, misrlik Muhammad Abduh va Rashid Ridoga muayyan ta'sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, 20-asrning 60-yillariga qadar deyarli barcha musulmon olimlar va institutlar uni arablarning neft tufayli orttirgan boyliklari evaziga kelgan jirkanch hodisa deb hisoblar edi. Saudiya Arabistoni kutilmaganda din sofligini o‘z hududidan tashqariga yoyish uchun moliyaviy qudratga ega bo‘lib qoldi. 

U bir necha yo‘l bilan amalga oshirildi. Makkada "Musulmon dunyosi ligasi (robitasi)" tuzildi, u o‘z safiga dunyo musulmonlarining vahhobiylik ilohiyotshunosligiga qat'iy rioya etarak birlashishini nazarda tutar edi.   Misrdagi va, xususan, Livandagi nashriyotlar qo‘lga olindi, ularda an'anaviy islomiy matnlar vahhobiylik aqidasiga moslashtirilib, tahrir qilingan holda qayta chop etildi. Tasavvufga oid teran asarlar soddadil badaviy sektantlar uchun qarg‘ishday bir gap edi, shuning uchun ular asta-sekin siquvga olina boshladi. Butun dunyoda vahhobiylikni yoyish uchun  islom markazlari, yangi masjidlar qurilib, xayriya loyihalari  amalga oshirila boshladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:24:20
Uchta universitetning barpo etilishi bularning barchasidan ko‘ra ko‘proq ta'sir kuchiga ega bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Bular Riyoddagi Saud universiteti, Madinadagi Islom universiteti va Makkadagi  Umm ul-Qura universitetidir. Bu institutlarning neftga boy bo‘lgan podsholikning tez ko‘payib borayotgan masjid va maktablarini mutaxassislar bilan ta'minlashi bilan birga, musulmon dunyosini vahhobiylik aqidasiga bo‘ysundirishday yana bir xalqaro vazifasi ham bor edi.   Dunyoning turli burchaklaridagi yosh musulmonlar uchun minglab stipendiyalar joriy etildi va har mavsumda minglab yosh vahhobiylar o‘z mamlakatlariga uni targ‘ib qilish uchun qaytib keladi. Dunyo musulmonlari ligasi, shuningdek, Riyod shahridagi Yosh musulmonlarning umumjahon assambleyasi o‘sha mutaxassislarni tayyorlash uchun million-million dollarlik pulni o‘sha universitetlarga o‘tkazib beradi. Shu tariqa vahhobiylik bir avlod umri davomidagina deyarli har bir mamlakatning diniy manzarasida yetakchi va nifoq urug‘larini sepuvchi kuchga aylandi.

Vahhobiylik poytaxtlar atrofida paydo bo‘lgan katalak uylardan iborat shaharchalarda tap-tayyor mijozlar topdi. Diniy arboblar o‘sha joylarda bir necha institutlar yoki masjidlar qurdi. Qaytish oqimi, yangi vahhobiylarning yonib turgan ko‘zlari bitmas-tuganmas pul mablag‘i bilan birgalikda unchalik qattiq bo‘lmagan qarshilikka duch keldi. Vahhobiylarning kuchaya borishiga faqat davlat jiddiy qarshilik ko‘rsatar, ularning kuchayib ketayotganidan va musulmonlar o‘rtasida bo‘linishlar vujudga kelayotganidan  xavotirlanar edi. Veberning kuzatishicha, har bir dindagi murosasiz muqaddas bitikka ishonishga da'vat qiluvchi harakatlar juda tez mayda-mayda bo‘laklarga bo‘linib ketish xususiyatiga ega. Britaniyaning o‘zida protestantizmning 3 mingdan oshiq diniy sektasi bor. Yosh vahhobiylar dinning ortodoksal va 4 ta fiqh maktabi aqidalarini rad etib, ularning muqaddas bitiklarni tafsir qilishini me'yordan keskin chetga chiqib ketish deb baholadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:24:35
Bu arablarning xaroba uylari bilan bog‘liq sahnadir. Muhojirlarning qabila va tariqat nimaligini bilmaydigan ikkinchi avlodi o‘zining ijtimoiy hayot chekkasiga chiqib qolgani bilan bog‘liq noroziligini ifoda qilish vositasini vahhobiylik aqidasidan topadi. Kelib chiqishiga ko‘ra, sahroning oq va qora soddaliklariga moyil vahhobiylikning boshqa mazhablarni tan olmaslik tabiati insoniyatning ushbu yovvoyi sinfi izlayotgan ruhiy oziqdir.

Vahhobiylikning mashhur takfir printsipi eng jozibador edi. Takfir biror kishini islomdan tashqarida deb e'lon qilishdir. Vahhobiylar talqiniga ko‘ra, bunday dindan chekingan kishi faqat o‘limga loyiq, ushbu shafqatsiz aqida xorijiylikdan olingan.

Takfir aqidasining mujassam ifodasi "al-vala' val-bara'" ("sadoqat va oqlash") degan mashhur aqidaning mag‘zini tashkil etadi. Musulmonlarning klassik siyosiy nazariyasida musulmon dunyosidagi yosh bolalar ham biladigan kichik bir aqida bor. Unga ko‘ra, musulmon davlatining rahbariga qarshi, garchi u dinning ba'zi bir ruknlarini buzgan taqdirda ham, isyon ko‘tarishga ijozat berilmaydi. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:24:45
Islom endi shakllanayotgan paytda xorijiylar vahshiylarcha qo‘zg‘olonlar ko‘targanda, ilohiyotshunoslar jamiyatni fuqarolar urushiga giriftor etgandan ko‘ra, yomon hukumatga chidash yaxshiroqdir, degan xulosaga kelgan edi. Hech kim muqaddas qonunni oyoqosti qiladigan hukumatga bo‘ysunmasligi lozim, ammo u qurol ko‘tarmasligi kerak, chunki bunday qilsa, oqibatda musulmonlar birligiga putur yetadi va dushmanga darvozalar ochib beriladi.

Sunniylikning ushbu tinchlantiruvchi pozitsiyasi - turimiga vahhobiylik nazariyotchilari toqat qila olmaydi. "Al-vara' val-bara'" aqidasining ma'nosi odamning faqat vahiyga to‘la amal qiladigan davlatga bo‘ysunishini anglatadi.  Agar hukmdor xatoga yo‘l qo‘ysa, unga qarshi kurashish kerak, chunki bu uning tag‘ut, ya'ni yolg‘on va butparast buyrug‘idir.  Taqvodorlar dunyoning shayton vasvasasiga to‘la narsalariga mehr qo‘ymasligi, porloq va adolatli kelajakka erishish uchun o‘sha hukmdorni ag‘darib tashlash yo‘lida kurashishi darkor.

Ushbu yangi xorijiylik[506] bugungi kunda deyarli har bir madaniyat boshidan kechirayotgan fenomenning islomiy ko‘rinishi - sig‘inish hodisasidir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:24:56
Bu sig‘inishmi, yoki sotsiologik lahjada aytilayotganiday, yangi diniy harakatmi? "Allohning bolalari"dan tortib, "Muqqadas oy", yoki "Hare Krishna" izdoshlarigacha odamni adashtirib yuboruvchi diniy e'tiqod turlariga sig‘inadi. Biroq ular uchun umumiy bo‘lgan unsur kishini hayratga soladi: ularning nazdida, dunyo halokatga mustahiq, iflos va yovuzdir. Jamiyat to‘g‘ri yo‘ldan og‘ib ketgan, faqat ayrim kishilargina haqiqat tarafidadir. Najot topuvchilar va halokatga mahkumlar o‘rtasidagi tafovut mutlaqdir.

Ushbu hodisani teizmlar bilan chegaralab bo‘lmaydi. 1995 yili Tokio metrosida falajlovchi gaz vositasida hujum uyushtirildi. Om Pirovard haqiqat ibodatxonasi vakili va o‘sha harakat rahnamosi Shoko Asahara neo-buddist edi. Bizga ma'lum qilishlaricha, u erishgan yutuqlar orasida suv ostida ham nafas ola bilish ko‘nikmasi ham bor ekan. Biroq uning buddizm kontekstida g‘alati bo‘lgan asosiy aqidasiga ko‘ra, 1997 yilning 12 iyun kuni oxirzamon ro‘y berishi kerak edi. Tashqi dunyo  yovuz va gunohlari uchun tavba qilmagan emish. Metro - zulmat  dunyosi, shuning uchun haqiqiy dindorlar unga hujum qilishi kerak emish.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:25:04
Ularning nazdida, jamiyatni yovuz deb e'lon qilib, kult - sig‘inishga qochib o‘tish lozim. Arab tilida bu takfir val-hijra deyiladi. Aynan mana shu so‘zlar zamonaviy arab dunyosida vujudga kelgan diniy ekstremistlarning shioriga aylandi: 20-asrning 70-yillarida Takfir val-hijra guruhiga misrlik Shukri Mustafo rahbarlik qilgan edi. Shukri Mustafo, xuddi kutilganiday, muhojirlarning ikkinchi avlodiga mansub edi. U Misrdagi yetakchi diniy harakat bo‘lmish "Musulmonlar birodarligi" ta'limotiga boshi bilan sho‘ng‘ib ketdi. Birodarlikning zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymasligi rejimning kuchaya borishi va qatag‘on qilishi natijasida obro‘sizlanib qolganga o‘xshar edi. Shukri Mustafo shundan so‘ng o‘z fraktsiyasini tuzadi. 1978 yili Misrning yetakchi diniy mutafakkiri shayx az-Dahabiyni qo‘lga olib, o‘ldirgandan so‘ng mazkur fraktsiyaning nomi mashhur bo‘lib ketadi. Uning taqvodorligi va siyosiy zo‘ravonlikni  inkor qilishi Shukri Mustafoning nazdida, o‘zini sotqin deb e'lon qilish uchun yetarliday edi.

Arab dunyosining hurmatli kishilaridan biri bo‘lgan Shayx al-Dahabiyning o‘ldirilishi yangi xorijiylik eksklyuzivizmi (biror kishi yoki guruhning o‘zini boshqalardan ustun qo‘yishi)da mavjud bo‘lgan  xavfni diniy arboblar boshiga balo qilib qo‘ydi. An'anaviy islom hech qachon, xususan, 11-asrda yashagan G'azzoliy zamonidan boshlab, musulmonlarni la'natlashga ijozat berishni istamagan. Rasululloh bir hadisda bunday degan edilar: "Biror kishi o‘z birodariga: "Sen kofirsan", deb aytsa, ulardan biri, albatta, shu nomga loyiq bo‘ladi". Xorijiylik harakatining ko‘ngli  mana shu masalada sust ketadi hamda barcha musulmonlarga, avliyolarga  va gunohkorlarga  birday haddan ziyod og‘ir talablar qo‘yishi bilan ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqaradi, o‘lim azoblariga har kim ham dosh bera  olmaydi. Biroq sunniy musulmonchiligi bunday ekstsentrik (g‘ayrimantiqiy) dindorlarga nisbatan ularning g‘ayritabiiy yoki sektantlarga xos tushunchalari davlatning xavfsizligiga tahdid solmagan paytlarda murosa ko‘zi bilan qarab keldi. Islom tarixida odamlarni murtadligi uchun sud qilish hollari kam uchraydi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:25:12
Ammo darg‘azab yosh vahhobiy qavmlarning bunday kazuistika[507] uchun vaqti yo‘q edi. Bu, ularning nazarida, indifferentizm edi. O'rta asrlardagi muqaddas bitiklarda qayd etilmagan mavlud singari marosimlar g‘ayridiniy, ularning qarashlariga qo‘shilmaganlar gunohkor va murtad deb e'lon qilindi. Din ruknlarini bajarishdagi yalqovlik undan chiqish bilan barobar edi; binobarin, Saudiya Arabistonining vahhobiy muftisi Abdulaziz bin Baz (besh vaqt) namoz o‘qimagan  kishini kofir deb hisoblaydi.

Bunday ekstremizm (jamiyatni) bo‘lib tashlaydi va o‘zidan-da keskinroq ekstremizmni keltirib chiqaradi. Yaqinda Sudanda buni tasdiqlaydigan bir voqea ro‘y berdi. Bu yerda hukumat ma'lum ma'noda vahhobiylik aqidalarini qabul qiladi, ammo ba'zi o‘rinlarda pragmatik yo‘l tutadi, ya'ni sudanliklarning aksariyati tasavvuf birodarligiga mansub bo‘lgani va vahhobiylikni o‘zlarining diniy hissiyotini tahqirlaydi, deb hisoblagani uchun chorak millionga yaqin qattiqqo‘l vahhobiylarga qarshi turadi. Shunday vahhobiylardan biri bo‘lgan saudiyalik millioner Usama bin Laden bu mamlakatdan Afg‘onistonga jo‘nab ketadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:25:23
1994 yilning 3 fevral kuni Sudanda ro‘y bergan voqea vahhobiylikning eng nekbin dindorlari ishonchiga ham putur yetkazdi. Omdurmandagi As-Savra masjididagi juma namozi vaqtida to‘rt kishi avtomatdan o‘t ochib, 16 namozxonni otib tashladi.  So‘ngra odamlar Usama bin Ladenning uyiga hujum qiladi. Bin Ladenning qo‘riqchilari ikki kishini o‘ldiradi, yana ikki kishi tutib olinadi, ularni Sudan islom sudi o‘limga mahkum qiladi. O'sha hukm qilingan kishilar o‘zlarini himoya qilish maqsadida odamlar namoz o‘qiyotgan paytda qirg‘in qilinganini, qurolli kishilarning maqsadi Sudanni "butparastlik yig‘inlari va shaytonning birodarlari"dan tozalash edi.

Qizig‘i shundaki, hakam to‘g‘ri qayd etganiday, o‘sha qurolli kishilarning vahhobiylik oqimi yo‘liga kirgan Ansor as-Sunnat sektasi masjidiga bostirib kirishiga sabab ularni yetarli darajada vahhobiy emas deb bilganidir. Bunday din sofligi uchun kurashuvchilar fikricha, faqat bir hovuch sudanliklargina haqiqiy musulmonlardir, qolganlarni esa qirib tashlash kerak.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:25:33
Garchi bebosh vahhobiylarning qurboni sudanlik arablar emas, Isroil yahudiylari bo‘lsa-da, Falastindagi vaziyat ham shunga o‘xshab ketadi. Bunday fojialar xususida yetarli darajada xabar berildi. Falastin yoki uning o‘rnida qolgan yerda aholining qishloq joylardan arab dunyosining turli joylaridagidek, yangi xorijiylik harakati uchun qulay zamin hozirlangan shaharga ko‘chishi 1948 yili falastinliklarining o‘z uyidan zo‘rlik bilan haydab chiqarilishiga olib keldi.  Gaza nohiyasi, G'arbiy qirg‘oq va Livandagi ulkan qochqinlar lagerlarida dinning eski shakllari yo‘qolib ketgani uning ekstremistik shakllariga  unumdor zamin hozirlab bermoqda. Ayni paytda "Hamas"ning yetakchi kuchi bo‘lgan "Falastin islom harakati"ning terrorchilik harakatlariga bevosita daxli yo‘q, uning "Izz ad-din al-Qussam" fraktsiyasigina terrorchi guruh deb hisoblanadi. Vahhobiylikdan ulgi olgan bu fraktsiyaga Saudiya Arabistonida ta'lim olgan bir kishi rahbarlik qiladi va o‘tgan yili  o‘zining Oslo bitimiga qarshi ekanini bildirib qo‘yish uchun terroristik bombalarni portlatishdan ham tap tortmadi. Ularning kimligini o‘zlari borib turgan masjidlarning nomi ham aniq ko‘rsatib beradi: masalan, Ibn Taymiya nomli masjid vahhobiylar ta'limotini qabul qilgan o‘rta asrlarda yashagan olim nomi bilan ataladi. Bu masjidga kelib turuvchilar orasidan bir necha xudkush bomba portlatuvchi yetishib chiqdi.   

Albatta, Falastin qochqinlar lagerlarida Oslo bitimlarini buzish tufayli hukumatning vahshiyliklaridan norozi bo‘lib, odamlarning qahr-g‘azabi yanada kuchayib bormoqda. O'sha bitim shartlariga ko‘ra, 1948 yili o‘z vatanidan ayrilgan falastinliklarga, o‘z yerlaringizga qaytish haqida o‘ylamay ham qo‘ya qolinglar, deb aytishmoqda. Abadiy qochqinlik hayotidan boshqa narsani tasavvur ham qilolmaydigan bunday kishilar  uchun xudkushlik unchalik ham dahshatli narsa emas. Jannatga tushish uchun o‘zini o‘zi portlatib yuborayotgan yigit-qizlarga nafrat ko‘zi bilan qarayotgan  g‘arblik jurnalistlar falastinliklarning taqriban 50 yildan beri jahannamda yashab kelayotganini, Oslo bitimi bu holning abadiy davom etishini nazarda tutishini ham hisobga olib qo‘ysa, yomon bo‘lmasdi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:25:42
E'tibor qilish kerak bo‘lgan yana bir holat Afg‘oniston masalasidir. 20-asrning 80-yillarida strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bu mamlakat Qizil Armiya va G'arb o‘rtasidagi urush sahnasiga aylanib qoldi, bu urushda G'arb islom faollarini o‘zining tanlash quroliga aylantirib olgan edi. 1989 yili Najibullo rejimi qulagach, mamlakat fuqarolar urushi qa'riga g‘arq bo‘ldi, endigi urush musulmonlar va kommunistlar o‘rtasidagi oldingi ziddiyatdan ham dahshatliroq edi. Nega bunday bo‘ldi? 

Suvni yana vahhobiylik loyqalatyapti. 1980 yildan ilgari bu mamlakatda vahhobiylik yo‘q edi, uning aholisi tasavvuf tariqatiga ergashuvchi sunniylar, 12 imomga e'tiqod qiluvchi shialar (g‘arb tarafida) va tarqoq ismoiliylardan iborat edi. Urush boshlangach, G'arbning qurol-yarog‘i va moliyaviy yordami kirib kelishi uchun asosiy vositachi bo‘lgan saudiyaliklar endilikda qabila-qabila bo‘lib yashamayotgan afg‘onlardan kichik militsiya guruhlari tuzadi va ularni nisbatan progressiv bo‘lgan vahhobiylik e'tiqodiga o‘tishga ko‘ndiradi. Tez orada boshqa afg‘onlar ham tishidan tirnog‘igacha qurollangan va xorijdan kelgan, ko‘pincha vahhobiy bo‘lgan ming-minglab ko‘ngilli arablar bilan kuchaytirilgan mana shu guruhlarga qo‘shila boshlaydi. Ayni paytda Qizil Armiyaga qarshi janglarning asosiy og‘irligi Ahmadshoh Mas'ud va Burhoniddin Rabboniy singari tasavvuf tariqatlariga xayrixoh bo‘lgan an'anaviy musulmon harakatlari vakillari zimmasiga tushgan edi; Kobuldagi markaziy hokimiyat qulashi bilan Hikmatyor qo‘shinlari ilgarigi muxolifat guruhlari uni bosh vazir qilib tayinlamagani uchun norozilik belgisi sifatida shaharni o‘qqa tuta boshlaydi. Avvalgi zamonlarda Afg‘onistonda mavjud bo‘lgan an'anaviy islom mazhablar o‘rtasidagi bunday ziddiyatlarni hal etish mexanizmlarini ishlab chiqqan edi. Afg‘onistonning o‘zi, an'anaga ko‘ra, mazhablar emas, aksincha, qabilalar o‘zaro bahslashib kelgan mamlakat edi. Ammo vahhobiylik  ekumenizm[508]ga toqat qilolmas edi. Vahhobiylar shaharning atrofida handaq qazib, uni bombardimon qildi. Qurol-yarog‘ zaxirasining benihoya ko‘pligi va yangi xorijiy do‘stlarining doimiy qo‘llab-quvvatlashi tufayli ular  barcha uchun ma'qul bo‘ladigan milliy yakdil hukumat tashkil etish tarafdorlarining tomog‘iga tiqilgan abadiy qiltanoq bo‘lib qolaveradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:25:57
Vahhobiylikning vatani bo‘lgan Saudiya Arabistonining o‘zidagi vaziyat ham endilikda fosh bo‘lib qolmoqda. Saudiya podsholarining an'anaviy strategiyasi, islomchilar e'tiborini mamlakatdagi korruptsiyadan chalg‘itish uchun, ularni chet mamlakatlarda missionerlik faoliyatini olib borishga jalb etish maqsadida suyak irg‘itishdan iborat bo‘lib keldi. Bu ish bir necha usul bilan amalga oshirildi. Ulardan eng asosiysi hajga kelgan musulmonlar ongiga vahhobiylik g‘oyalarini singdirishga urinishdir. Buning uchun turli tillarda kichik bukletlar chiqarib tarqatiladi, ularda "sof" islomiy aqida tushuntiriladi hamda tasavvuf va an'anaviy dindorlikning turli shakllariga qarshi qahr-g‘azab o‘tlari sochiladi. Haj davomida maxsus chodirlar o‘rnatiladi va vahhobiy voizlar "Allohning mehmonlari"ga nutq irod qilishadi. Bu mamlakatga kelib ishlayotgan chet ellik musulmon ishchilarga nisbatan shunga o‘xshash, hatto undan-da battar usul qo‘llanadi. Saudiya Arabistonidagi vahhobiylik paydo bo‘lgan markaziy viloyatlar: Najd va Qassimda namoz vaqti ko‘chada yurgan kishilar hibsga olinib, zo‘rlik bilan masjidga olib boriladi.

Ammo 1990-91-yillardagi ko‘rfaz urushidan so‘ng hukumat o‘zi yaratgan vahhobiylik harakatining bosimiga uchray boshladi. G'arb qo‘shinlarining podshosi ikki muqaddas shaharning qo‘riqchisi hisoblanadigan mamlakatda sezilarli va uzoq turib qolishi vahhobiylar nazarida toqat qilib bo‘lmaydigan provokatsiya edi. Shunday qilib, terrorchilarning ilk bombasi Riyod shahrida portladi, natijada 4 nafar amerikalik harbiy maslahatchi qurbon bo‘ladi. 1996 yili esa mamlakatinng sharqidagi Dahran shahrida joylashgan harbiy bazani yuk mashinasiga ortilgan bomba portlatib yuborganida 19 nafar amerikalik yer tishlaydi. Aybdorlar qiynoqqa solinayotgan va o‘limga hukm qilinayotganiga qaramasdan, bu jarayon davom etmoqda.  Podsholik fuqarolari bu yerda mavjud G'arb qo‘shinlari o‘zlarini Saddam Husaynning ehtimol tutilgan hujumlaridan himoya qila olishiga mutlaqo ishonmaydi, ammo podsho oilasini saudiyaliklar hayotini qadimiy pokligiga qaytarmoqchi va o‘zlari nafratlanayotgan salbchilarni muqaddas zamindan haydab chiqarmoqchi bo‘layotgan vahhobiylar isyonidan himoya qila oladi, deb hisoblaydi. Davlatning ularga javobi kinoyali bo‘ldi: Saudiya davlatining qonuniyligini ta'minlab turgan vahhobiylik aqidasi o‘ziga xo‘rak bergan qo‘lni tishlab olmoqda. Shunday qilib, Saudiya Arabistonining o‘zi ham vahhobiylik mutaassibligiga qarshi tazyiqlar yo‘li bilan kurashayotgan davlatlar ro‘yxatidan joy oldi. Ilohiyotshunos Safar al-Havaliyning boshiga tushgan voqea juda ayanchlidir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:26:10
Al-Havaliy 70-yillarda rejimning tasavvuf va an'anaviy dindorlikka qarshi kurashdagi eng katta quroli bo‘lgan edi. U "Ash'ariycha aqidaviy metodologiyani tanqid" kitobida ilohiyotshunoslik sunniy mazhabining Al-Azhar singari ulkan markazlarida azaldan o‘qitib kelingan ash'ariya ta'limotiga hujum qiladi. Bu kitob  Saudiya Arabistonining elchixonalari va tashkilotlari orqali arab dunyosiga bepul tarqatiladi. Shu yo‘l bilan kitobning milliondan oshiq nusxasi tarqatilgan ekan. Chala haqiqatlar, yolg‘on iqtiboslar va hissiy murojaatlardan, almoyi-jalmoyi gaplardan iborat kitob Qur'on va hadisdan so‘nggi eng ishonchli manba deb hisoblanadi va unda musulmonlarning intellektual an'anasi inkor etiladi. U shu tariqa haqiqiy musulmonchilikka putur yetkazib, vahhobiylik aqidasi qabul qilinishiga yo‘l ochib berishda muhim rol o‘ynadi.  Biroq podsho oilasiga qarshi va'zlar aytib yurgan Al-Havaliyning o‘zi ham bugungi kunda xuddi boshqa yetakchi arboblar qatori qamoqda o‘tiribdi. Davlat  jinni qaytadan ko‘zaga qamashga urinib ko‘rmoqda, ammo endi vaqt o‘tib ketmagan bo‘lsa go‘rga edi.

Aslida bu harakatlarning muddaosi nima? Misrlik Hasan al-Banna, jazoirlik Bin Badis singari din renessansi tarafdorlarining oldingi avlodi vakillari islom davlati uchun nisbatan plyuralistik andozani chizib bergan edi. (Unda) shariat tafsilotlari hech qachon bayon etilmagan bir shaklda amal qiladi. Mahalliy madaniyat G'arb ta'siri deb atalmish iblisni jilovlab turish uchun qaytadan jonlantiriladi. Ijtimoiy dasturlar shaharda qashshoq hayotdan aziyat chekayotgan kishilar og‘irini yengil qilishga yo‘naltiriladi, ammo ularda sotsialistik va statistik andoza qo‘llanmaydi. Islom davlatining ushbu musulmon birodarligi ko‘rinishi mohiyatan liberal kapitalizmning bir shaklidir. U mana bu hadisga asoslanadi: "Odamlarning bir-biriga ko‘maklashishiga imkon bering", ammo bunda masjid yoki davlat farvonlik uchun kerak bo‘ladigan ta'minotning ma'lum qismini o‘z zimmasiga olishi shart qilib qo‘yiladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:26:19
Musulmon birodarligi siyosatga aralashmayotgan mamlakatlarda unga toqat qilinadi. Har bir kishi bundan nima ko‘zlanayotganini ko‘rishi mumkin. Musulmon renessansining ijobiy yutuqlaridan biri   yangi xaroba uylardan iborat shaharchalarda sog‘liqni saqlash xizmatini ta'minlagani bo‘ldi. Masalan, Misrda Nosirning har borganingda pora istab turadigan kalondimog‘ va kam maosh oluvchi tibbiyot xodimlari egalik qiladigan bepul xalq shifoxonalari kichik kushxonalardan behroq bo‘lgan bo‘lsa, Birodarlik shifoxonalari real ijtimoiy ehtiyojga mos keladi.

Xuddi shuningdek, revayvelistlar[509] rejimlardan farqli o‘laroq, nisbatan malakali va tabiiy ofatlar vaqtida qanday ish tutishni biladigan kishilardir. Masalan, yaqinda Qohirada ro‘y bergan, yuzlab kishilarning hayotiga zomin bo‘lgan va minglab ko‘p qavatli binolarni vayron qilgan zilziladan so‘ng  hukumat juda imillab harakat qilar edi. Bu ishga mas'ul bo‘lgan vazir ta'tilga chiqib, dam olgani chet elga ketgan va ishlarni nazorat qilish uchun qaytib kelishdan bosh tortadi. Misr mustaqillikka erishganidan so‘ng ilk marta bunday dahshatli zilzila bilan ro‘baro‘ kelgan armiya va fuqaro mudofaasi bo‘linmalari sarosimaga tushib qoladi. Ammo o‘sha paytda "Musulmon birodarligi" va "Al-Jamiyya ash-Shariyya"ning intizomli bo‘linmalari va boshqa islomiy xayriya jamg‘armalari hukumat bo‘linmalari bilan solishtirganda bir gaz ustun ekanini namoyish etdi. Ular Husni Muborak rejimini obro‘sizlantirib, diniy hukumatning faoliyati undan ko‘ra behroq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Sho‘rva pishiruvchi oshxonalar va favqulodda shifoxonalar ko‘z ochib yumguncha bunyodga kela boshladi. Masjidlar uysizlarga boshpana bo‘ldi. "Musulmon birodarligi"ga a'zo o‘rta sinfga mansub kishilar o‘z cho‘ntagidan  favqulodda  moliyaviy grantlar ajrata boshladi. Eng mutaassir jihati shunda ediki, hamma narsa an'anaviy tarzda davlat zimmasiga yuklab qo‘yilib, xususiy tashabbuslar bo‘g‘ib tashlangan, soqolli muhandis faollar toshloq joyni qazib, ko‘chalarni tozalagan, xizmat turlarini qayta yo‘lga qo‘ygan bir paytda   hukumat idoralari qog‘ozbozlik qilishdan nariga o‘tolmadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:26:55
Misr jamiyatining zilzila oqibatlarini tugatish vaqtida qo‘zga ko‘rinmagan yagona qismi diniy ekstremistlar, ya'ni xaroba uylarda yashovchi vahhobiylar edi. Ular, adolatli islom hukumati buyurmagan ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanishga dinimiz yo‘l bermaydi, deb hisoblaydi. Ularning fikricha, johiliyat, ya'ni yerda Allohning hukmronligi qaror topishidan oldingi davrdagi har qanday ijtimoiy yordam shakli inqiroz paytidagi tartibni saqlab qolishda qo‘l keladi va, binobarin, gunohdir. Ultravahhobiylar uchun din nuqtai nazaridan bajarilishi majburiy bo‘lgan yagona qonuniy chora rejimga qarshi kurashishdir. Sayyohlarni, politsiyachilarni, musiqachilarni yoki yozuvchilarni -  Nobel mukofoti laureati Najib Mahfuz hayotiga suiqasd qilishga urinish bunga misol bo‘la oladi - otib o‘ldirish, haqiqiy diniy e'tiqodni tarqatish bilan birgalikda johiliyat davrida bajarishga izn berilgan faoliyat turlaridir. Bu quyidan boshlab isloh qilish vaqtidir. Biroq adolatli tartib joriy etilsa, u yuqoridan boshlab isloh qilishga asoslanadi. Davlat odamlarning, hatto ularning bo‘ynidan sudrab bo‘lsa-da,  jannatga kirishiga kafolat berishi kerak. Bunday davlat Kalvin ixtiro etgan, adolat to‘xtovsiz hukmronlik qiladigan shishalar shahri Jenevaning bir ko‘rinishi bo‘ladi.

Bunday qarashlarning muammoli joyi shundaki, ularga erishilgan taqdirda ham ularga hech kim amal qilmaydi. Teokratiya[510]lar bunday majburiy yo‘l bilan inson yuragidan shaytonni haydab chiqara olmaydi, aksincha uni ichkariga chuqurroq kiritib yuboradi. Ular shu tariqa dinning unchalik muhim bo‘lmagan printsiplarini ko‘r-ko‘rona himoya qilib, uning mohiyatiga zarar yetkazadi. Din bilan davlat bir bo‘lgan joyda davlat inqirozga yuz tutsa, unga aralashib qolgan din ham obro‘sizlanadi. Bunga Eronda ro‘y bergan voqealardan ko‘plab misollar keltirish mumkin. U yerda hukmron rejimning noqobilligi va qatag‘onlari ko‘pgina sobiq eronlik dindorlarning o‘z e'tiqodidan qaytishiga sabab bo‘ldi. Saudiya Arabistonida ko‘pchilik odamlar Allohdan emas, diniy politsiyadan qo‘rqqani uchun namoz o‘qiydi. Ular shu tariqa dindorlarning niyatlariga putur yetkazadi va (odamlarni) butparastlikning bir ko‘rinishiga yetaklaydi. Qizig‘i shundaki, majburlovchi teokratiyaning dinni tiqishtirishi uni inqirozga olib borishi muqarrar. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:27:08
Mo‘‘tadil  sunniylik ushbu majburlovchi teokratiyadan hamisha xavfsirab kelgan. Ba'zi g‘arblik mualliflar orasida, Qur'onda din va davlat  yagona institut ekani xususidagi ijtimoiy tartib belgilab qo‘yilgan, xristianlarning "Qaysarniki - Qaysarga, xudoniki - xudoga" printsipini islomga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi, chunki din hayotdagi har bir narsani Allohning qonuniga bo‘ysundirishga harakat qiladi, degan qarash keng tarqalgan.

Musulmon jamiyatlari voqeligi bunday qarashning noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatib turibdi. Islomning uzoq tarixi podsholik va avloddan-avlodga o‘tuvchi siyosiy institut, shuningdek, odatda, davlatdan va siyosat san'atidan hazar qiluvchi, ammo sultonning sotqinligini, kerak bo‘lsa, uning kambag‘allarga rahmsizligini qoralab va'z aytish imkoniyatini qo‘ldan bermaydigan  ulamolar, masjid imomlari, qozilar va hk. dan iborat butunlay bo‘lakcha diniy institutdan iborat bo‘lgan. An'anaviy islom davlatlarida xalq ommasi ulamolarni davlatga vakil qiladi, ular davlatning xalq orasidagi vakillari  emas.

Bir narsani qayd etish lozimki, o‘rta asrlardagi xristian jamiyatlarida diniy institutlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar islom zaminidagiga nisbatan yaqinroq bo‘lgan. Birlashgan qirollikdagi toj kiydirish marosimi va bizning cherkov hokimiyatini tan oladigan konstitutsion boshqaruv tizimimiz hatto bugungi kunda ham davlat rahbaridan bir vaqtning o‘zida cherkov boshlig‘i bo‘lishni ham talab etadi. Bular o‘sha simbiozning qoldig‘idir. Aksariyat an'anaviy musulmon davlatlarida bunday qo‘shilib ketishga yo‘l qo‘yilmagan, ular uddaburon pragmatizmni afzal bilgan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:27:16
Albatta, bunday tizim asrimiz sharoitida yashab qola bilmadi. Aksariyat hollarda mustamlakachilik tartiboti mahalliy siyosiy jarayonlarni yo‘q qilib yubordi va diniy institutlarni chekkaga surib tashladi yoki bekor qilib qo‘ydi. Masalan,  Jazoirda hukmdor oila surgun qilindi hamda viloyatlardagi qabila yo‘lboshchisining patronaj[511] va boshqaruv tizimi bekor qilindi. Diniy madrasalar yopildi. Hatto masjidlar ham ayalmadi: Jazoirda 1962 yilgi mustaqillikkacha bo‘lgan davrda shahardagi 180  ta masjidning uchtasini istisno qilganda, qolgan barchasidan cherkov yoki boshqa maqsadlarda foydalanilar edi. Mamlakatning kattaligi jihatdan ikkinchi o‘rinda turadigan Oran shahrida olti asrlik tarixga ega bo‘lgan san'at obidasi bo‘lgan bosh masjid temiryo‘l shohbekatiga aylantirildi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Asrlar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan musulmon siyosiy tizimi va diniy institutlarining yo‘q qilib yuborilishiga qarshi turgan islom uyg‘onish mafkuralari yangi radikal siyosiy nazariyalarni ishlab chiqdi. Nosir bu borada eng katta ta'sir kuchiga ega bo‘lgan Sayyid Qutbni 1962 yili qatl etdi. U din va davlatning radikal birligi xususidagi nazariyani olg‘a surgan edi. Bu nazariyaga ko‘ra, islom peshvolari va davlatining rahnamosi musulmon ulamosi bo‘lishi kerak edi. Qutbning fikricha, din va davlatning bemaza dixotomiyasi islomning halokatli tarzda to‘g‘ri yo‘lidan og‘ib ketishiga, ulamolarning esa o‘z ijtimoiy mas'uliyatini unutishiga imkon berdi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:27:27
Zamonaviy tahlilchilar bunda boshqaruvga oid islomiy nazariyalarning emas, g‘arb g‘oyalarining ta'siri bor, deb hisoblaydi. Qutb o‘zini urush vaqtida Vishi[512] rejimiga xizmat qilgan va fashistlashgan frantsuz Aleksis Karrel[513] oldida burchli deb bilar edi. O'sha kunlarning tashvishlari bilan ovora bo‘lgan Karrel millatning essentsiyasi[514] - ayni paytda frantsuzlikning kvintessentsiya[515]si - vasiylari hokimiyat jilovini o‘z qo‘lida tutib turishi,  haqiqiy insoniy qadriyatlarning bir qismi davlat bo‘lishi  kerak, deb hisoblar edi. Qutb va Mavdudiyga o‘xshash qat'iy fikrli musulmon mutafakkirlari islomiy davlat andozasini yaratdi. Bunday davlat islomni musulmon kishilarning haqiqiy mafkurasi deb biladi. Bu mafkurani hamma birday tushunishi lozim. Binobarin, zamonaviy sharoitlarga  ko‘chgan islom siyosiy partiyaga aylanadi. Din uzvlarini davlat uzvlaridan ajratib bo‘lmaydi.

Bu tushuncha 20-asrning 50-yillari oxiri va 60-yillarining boshida "Musulmonlar birodarligi" tafakkuriga suqilib kira boshladi. Uning musulmonlarning siyosatga an'anaviy munosabatini tan olmaydigan va aksariyat musulmon jamiyatlaridagi mazhablar rang-barangligidan og‘rinadigan ochiqdan-ochiq totalitar salohiyati vahhobiylik harakatining keskinligi va eksklyuzivizmi (boshqalarni mutlaqo tan olmaslik) bilan mos tushar edi. Qutbning ukasi Muhammad Qutb Nosirning tozalashlaridan qochib ketadi va Saudiya Arabistonida mudarrislik qila boshlaydi, keyinchalik o‘sha yerda vahhobiylikni qabul qiladi. Vahhobiylikka xayrixoh bo‘lgan yana bir misrlik olim Muhammad al-G'azzoliy bilan birgalikda u birodarlik tafakkurini o‘zgartiradi. 1983 yili birodarlikning an'anaviy va vahhobiy bo‘lmagan oliy rahnamosi Umar at-Tilmasaniyning o‘limidan so‘ng vahhobiylikning misrlik dissidentlar o‘rtasidagi ta'siri kuchayib keta boshlaydi. Birodarlikning  o‘ta vahhobiylashgan ilmi toliblar qanoti bo‘lgan islomiy guruhlar (Al-Jamoat al-islomiya) birodarlik bilan aloqasini uzadi va rejimni zaiflashtishtirish maqsadida zo‘ravonlik ishlatish uchun bosim o‘tkaza boshlaydi. Garchi bir oz bo‘lsa-da, Al-Jamoat al-islomiyaga mansub deb hisoblangan shaxs ko‘zi ojiz voiz Umar Abdurahmon AQShda Jahon savdo markaziga qilingan terroristik hujumga aralashgani uchun otning qashqasiday tanilib qolgan edi. Qizig‘i shundaki, vahhobiylikning bir shaklini qabul qilgan Umar Abdurahmon bir necha yil Saudiya Arabistonida yashagan edi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:27:36
Vahhobiylashtirishning ushbu tamoyili musulmon dunyosida odamlarning tinchini buzuvchi oqibatlarga sabab bo‘layotgani xususida  boshqa ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Bu o‘rinda musulmonlarning asosiy ko‘pchiligi va ularning institutlari vahhobiylarga javob berishga va unga qarshi kurashishga qanday harakat qilgani xususida batafsil gapirib o‘tirishning mavridi emas, biroq an'anaviy din mo‘‘tadilligi tarafdorlari qayd etib kelayotgan ikkita qarashdan xabardor bo‘lib qo‘yish muhim ahamiyatga ega. 

Avvalo, tajribaning ko‘rsatishicha, repressiv dunyoviy rejimlarni, diniy muxolifatni qiynash uni yo‘q qilib yuboradi, degan umidda qo‘llab-quvvatlash siyosati muvaffaqiyat keltirishi dargumon. Bunday holatda u diniy muxolifatning yanada ekstremistik shakllarini urchitib yuboradi. Rejimlar sistemani tinchlik yo‘li bilan isloh qilishga urinayotgan mo‘‘tadillik tarafdorlarini mensimaydigan bo‘lsa, obro‘sini yo‘qotadi, yoshlar esa ekstremizm va qurolli qo‘zg‘olon ishtiyoqida yona boshlaydi. Muammoning birinchi yechimi - matbuotni  erkinlashtirish  va islomiy tuyg‘ularni ifoda qilishga yo‘l berishdir. Ayni paytda rejimlar  og‘ziga urishga urinayotgan masjidlar barcha voizlardan o‘z va'zlarida ijtimoiy yoki iqtisodiy mavzularni tilga olishni talab qiladi. Masjidlarga islom dunyosida asrlar osha mavjud bo‘lgan an'anaviy ozodlik va ular bajarib kelgan vazifa qaytarib berilishi kerak: ya'nikim, ular korruptsiya va vahshiyliklar tanqid qilinadigan joy bo‘lib qolishi lozim.   
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:27:52
Musulmonlarning aksariyati ushbu gapning tasdig‘i sifatida demokratiyaga toqat qilinadigan Malayziya va Turkiya singari islom davlatlarini misol keltiradi. Bu mamlakatlarning ikkalasida ham diniy partiyalar hukmronlik qiladi, biroq diniy ekstremizm deyarli uchramaydi. Nashr ishlari va tashkilotchilikdagi erkinliklar o‘sha mamlakatlarda kichik bir tayanch nuqtasini qo‘lga kiritish uchun qattiq kurashib kelgan vahhobiylarning qo‘lidagi qurolni tortib olib qo‘ydi.  Ikkala mamlakat ham, o‘z xohishini jamoat oldida ifoda etish va inson huquqlari cheklangan mamlakatlardan farqli o‘laroq,  mutaassib harakatlar o‘z qarashlarini (jamiyatga) tiqishtirishidan xoli dunyolardir. 

Ikkinchidan, biz aksilislohotning musulmoncha ko‘rinishi ibtidosi shohidi bo‘lib turibmiz. Shishadan iborat fundamentalist shaharlar yaratish yo‘lini izlayotgan, biroq fuqarolar urushini keltirib chiqargan, rejimlarni repressiyaning keskin shakllarini qo‘llashga majbur etayotgan zvinglichilar[516] va kalvinchilar[517]ga ular   barcha musulmon mamlakatlarining kulini xuddi Afg‘oniston va Jazoir singari ko‘kka sovurmasidan burun qarshilik ko‘rsatilishi kerak. Aqidaparastlarning  chiqishlariga haqiqiy islom nuqtai nazaridan kelib chiqib, munosib javob qaytarish uchun ushbu aksil-islohotga erkinlik va yetarli mablag‘ berish zarur bo‘ladi. Bugungi kunda dinni o‘z chegarasidan tashqarida targ‘ib qilayotgan ikkita davlat: Eronda ham, Saudiya Arabistonda ham klassik islomning ishonch yorlig‘i yo‘q ekani musulmon dunyosining ulkan fojiasidir. Dinga qiziqadigan va vahhobiylik juda xavfli jinni ko‘zadan chiqarib yuborganini tushuna boshlagan boshqa musulmon mamlakatlari  harakatini qilishi va an'anaviy ulamolarga qarshi choralar ko‘rishi uchun ijozat berishi kerak bo‘ladi. Haqiqiy dinni himoya qiladigan, vahhobiylik harakatlariga esa zarba beradigan kitoblar juda ko‘p, arab dunyosida ayni paytda diniy kitoblarni chop etishga bo‘lgan cheklovlar olib tashlanishi va (haqiqiy dinni targ‘ib qiluvchi) kitoblarning keng tarqalishiga imkon berilishi kerak. Mo‘‘tadillik tarafdorlari ham sun'iy yo‘ldosh televideniesi va radiosidan foydalanish imkoniga ega bo‘lishi lozim. Muqobil yo‘l esa jamiyatlarda oldinma-keyin iliqlik boshlangunga qadar vahhobiy fraktsiyalarning progressiv tarzda kengayib borishidadir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:28:04
Ushbu nuqtada mo‘‘tadil va vahhobiy islom o‘rtasidagi ayni paytda mavjud ziddiyatning aqidaviy jihatlariga oid gaplarga chek qo‘yishimiz lozim. Biz o‘ta islomiy hodisa deb tavsiflanayotgan ziddiyat - asosiy masalani tadqiq qilib ko‘rishimiz zarur bo‘ladi.  Biz yuqorida Yaponiyadagi neobuddizm hodisasiga qisqacha to‘xtalib o‘tgan edik; ayni jarayonlarning qanday amal qilishini bilish uchun boshqa dinlardagi jarayonlarni ham chuqur tadqiq qilishimiz kerak bo‘ladi. 

Bu borada xristian dinini ko‘p masalada boshlanish nuqtasi sifatida olish mumkin. Kimdir xristian dinining ayni paytdagi yo‘nalishi bilan zamonaviy islomning yoki "Om haqiqati" ibodatxonasining  ichki sharoiti bilan nima aloqasi bor, deb o‘ylashi mumkin. Ammo Maliz Rutven singari ijtimoiy tahlilchilarning xristianlikni radikal tarzda isloh qilish borasidagi sa'y-harakatlari ayni paytda (islomda) kurtak yozayotgan narsalarga o‘xshab ketadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:28:17
Yangi dunyoda xristianlikning tez rivojlanib borayotgan oqimi katolitsizm ham, pravoslavie ham, protestantizm ham emas; (bu oqim vakillari) yevangelistlar bo‘lib, kulgili va liboslarga burkanib olgan voizlardir, ularning yuzi  va dunyo haqidagi so‘zlarini   elektron nur naychasi yoritib turar edi. Yevangelistlar xristianligi har qanday yangilikdan xoli ekanini ta'kidlashning hojati ham yo‘q. Aslida "fundamentalizm" so‘zi 1910 yildan boshlab Chikagodagi Mudi Tavrot instituti  chop etgan "Fundamentallar" degan 20 jildli diniy e'tiqod haqidagi ma'lumotlarning qisqacha bayonidan olingan deb hisoblanadi. Ushbu aqidaparastlikning o‘ziga xos xususiyati muqaddas bitiklarning haqiqiy va hech narsa qo‘shilmagan tafsiriga ishonishdir.  Tavrot ham, Injil ham, ularda  buyurilgan ijtimoiy-siyosiy amrlar  Alloh haqiqatining chin ifodasidir. Jamiyat qurish uchun kerak bo‘lgan ushbu loyihani Allohning o‘zi Kitobida nihoyatda batafsil va hech qanday savolga o‘rin qoldirmaydigan qilib tushuntirib bergan; o‘rta asrlar hamda zamonaviy yoki liberal protestant cherkovi muassasalari    ilohiyotshunosliklari Allohning kalomiga zid bo‘lgan inkrustatsiya - qurama  narsalardir.

Amerika Qo‘shma shtatlarida yaqin-yaqinlargacha ushbu aqidaparastlik va joriy etilgan cherkovlarning an'anaviy dini o‘rtasidagi tafovut qishloq joylardan iborat kambag‘al janub bilan sanoatlashgan va madaniyati taraqqiy etgan shimol o‘rtasidagi tafovut ham edi. Aqidaparastlik o‘z kuchini Taqiq davri singari  tashqi dunyodan uzilib qolgan hodisalarda ko‘rsatishi mumkin, biroq 20-asrning 60-yillarigacha aqidaparastlik, umuman olganda, Baybl Belt[518]da  ildiz otolmasdan qolib ketdi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:28:26
"Chodirdagi voiz" - kezgindi chol usuli o‘rnini egallagan televidenie paydo bo‘lishi bilan tez orada bunday vaziyat o‘zgarib ketdi. Villi Grehem ilk marta 1951 yili televidenieda paydo bo‘ldi, boshqa bir voiz Oral Roberts esa oradan uch yil o‘tib televidenieda ilk marta ko‘rinish berdi. Efir to‘lqinlari orqali uzatilgan va'z va unda jamg‘armalarga moddiy yordam berishni so‘rab qilingan iltimos oqibatida kutilmaganda teleevangelistlar cho‘ntagi pulga to‘lib ketdi. Neft tufayli orttirilgan boylik vahhobiy dindorlarning qo‘lini qanchalik uzun qilgan bo‘lsa, Amerika tomoshabinlarining boyligi ham yevangelistlar va xristian aqidaparastlariga beqiyos imkoniyatlar berdi.

Yevangelistlar yadrosining ijtimoiy asosi ham Yaqin Sharqda paydo bo‘lgan mana shu vahhobiylik bilan hayratlanarli tarzda o‘xshash edi.  Jill Kepel ko‘rsatib berganiday, 1970 yilga qadar yevangelistlar, asosan, urushdan so‘nggi gullab-yashnagan jarayondan chetga chiqib qolgan edi. Ularning aksariyati qishloq joylarda yoki janubdagi va markaziy g‘arbdagi kichik shaharlarda istiqomat qilishar edi. Kuzatuvlarning shahodat berishicha,  ularning 43 foizi aholisi soni 2500 kishidan kam bo‘lgan shaharchalarda yashab kelgan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:28:38
20-asrning 70-yillarida iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan janubda yosh yevangelistlarning ta'lim olish ishlari keskin yaxshilanib keta boshladi. 1960 yili ularning faqat 7 foizi universitetlarga o‘qishga kirgan bo‘lsa,  1975 yilga bu nisbat 23 foizga yetdi.

Ular shaharlarga ko‘chib kelgan yoki endi sanoatlashayotgan va gullab-yashnayotgan  janubdagi o‘ta chaqqon safarbar aholiga aylana boshladi. Ayni hol Jerri Falvell singari kishilarga tabiiy tarafdorlarni ko‘paytirib berdi. Yozuvchi Frensis Fitsjeraldga ko‘ra:

Falvell mutasaddilik qilayotgan ibodatxonaga keluvchilar yangi o‘rta sinf (ehromi)ning uchida turadi. Ular xizmatchilar, texniklar, kichik biznesmenlar hamda yangi zavodlardagi malakali, chala malakali ishchilardir.

Falvellning o‘ta safarbar, ammo shu bilan birga, nisbatan tortinchoq muhandislar va texnologiya talabalaridan iborat izdoshlarining hayoti islom uyg‘onishi faollarining ijtimoiy kelib chiqishini yodga soladi. "Moral Meyjoriti"[519] va vahhobiylarning peshqadam vakillari "aksilaslzodalar"ni yaratishga urinmoqda. Ularga ko‘ra, "aksilaslzodalar" dunyoviy zodagonga qarshi borib, ko‘pincha ideallashtiriladigan o‘tmishning transtsendent[520] qadriyatlariga zudlik bilan qaytish orqali islohot yuritishni taklif etadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:28:49
Albatta, bu o‘rinda o‘xshashlik mutlaq bo‘lishi mumkin emas. Falvellning izdoshlari doimiy siyosiy buzg‘unchilik yo‘lidan bormagani va sistemani kuch ishlatish yo‘li bilan ag‘darib tashlash uchun harakat qilmaganini ham qayd etib o‘tish kerak bo‘ladi. Men uning sababini demokratik tanlov imkoni mavjudligida ko‘raman, bu hol Pet Robertson va uning dindor respublikachilariga hokimiyatga tinch yo‘l bilan erishish yo‘llarini axtarishga imkon beradi. Afsuski, musulmonlarning aksariyati bunday tanlov imkoniyatidan mahrumdir. Biroq shuni ham ta'kidlab o‘tish lozimki,  xristianlarning manfaati  bir masalada mavjud qonun bilan to‘qnash keladi, u ham bo‘lsa, abort masalasidir. Ba'zi bir xristian ekstremistlari qonunga bo‘ysunmay, abort qilinadigan shifoxonalarga hujumlar qilgan, ba'zi hollarda esa bu ishga qo‘l urgan shifokorlarni  o‘ldirgan ham edi. Xullas, al-vala' val-bara'ga ishonish faqatgina musulmon vahhobiylarining eksklyuziv mulki emas.

Iudaizmga nazar tashlar ekanmiz, unda ham xuddi shunga o‘xshash manzarani ko‘rishimiz mumkin. Faqat Toraga muvofiq yashab kelgan ortodoksal va o‘ta ortodoksal yahudiylar - haredimlar 20-asrning 60-yillariga qadar kichik va inqirozga yuz tutayotgan bir jamoa edi. 19-asrning dastlabki paytlarida yahudiy ma'rifati - haskala yosh yahudiylarning asta-sekin ortodoksal turmush tarzidan voz kechib, ma'lum ma'noda tashqi dunyoga qo‘shilishiga sabab bo‘ldi. Yahudiylar ergashishi mumkin bo‘lgan uchta strategiya musulmonlar oldidagi tanlov imkoniyatini esga solar edi. O'sha uchta strategiya ham  yengib bo‘lmas G'arbning dunyoviy olamiga qarshi qaratilgan edi.   Islohotchi yahudiylar Toradan uzoqlashib qolgan va assimilyatsiya so‘qmog‘ini tanlagan edi. Konservativ yahudiylar urf-odatlarning ko‘rsatmalari va taqiqlari - mitsvotga sodiq qoldi, ammo yahudiy bo‘lmagan jamiyat bilan aloqa qilib yashashga harakat qildi. Ortodoksal haredimlar getto[521] muhitini saqlab qolish uchun dunyoga darchani yopib qo‘ydi. Bunday turarjoylar Sharqiy Yevropada uzoq vaqt saqlanib qoldi. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:28:58
Biroq haredimlar endilikda Sharqiy Yevropada yashamaydi. Ular asosan AQSh va Isroilga ko‘chib ketishgan. Shu tariqa o‘z ildizidan uzilib qolgach, ularning ko‘pchiligi o‘tishning konservativ ravvinlar ma'qullamagan g‘alati jarayonini boshidan kechirishdi, ammo ular hozirgi kunda o‘zlarini iudaizmning yorqin, uyg‘onishga xos va fundamental shakllari vakili deb biladi.

Yoshlarning  o‘z ortodoksal o‘tmishidan voz kechishiga sabab bo‘lgan narsa sionizm bilan bog‘liq ziddiyat ekani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ortodoksal ravvinlar an'anaviy tarzda Isroil davlatini tan olmay kelar edi: hatto Quddusda bugungi kunda ham Naturey Karta yahudiylari har safar Mustaqillik kuni motam ramzi bo‘lmish qora bayroqni osib qo‘yadi. Ortodoksal yahudiylar nazdida, muqaddas zaminni yahudiy najotkori[522]dan boshqa  hech kim qutqarishi mumkin emas. Uning faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslikka urinish yahudiylik ta'limotining asl mohiyatiga qarshi qaratilgan xudosizlikdir.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:29:08
Ammo 20-asrning 60-yillaridan beri Isroil shaharlarining o‘tmishidan bexabar, yaqinda ko‘chib kelgan  aholi yashaydigan chekkalarida Torani yangi, fundamental o‘qish asosida ushbu aqidaning haqiqat ekaniga shubha bildirila boshladi. "Neokaraizm" deb atashimiz mumkin bo‘lgan ushbu aqidaparastlik  davlatning dinsizligidan hafsalasi nihoyatda pir bo‘lgan kuch sifatida islom va xristianlikdagi yangi aqidaparastliklarni esga soladi. 1977 yili sionistlar Beginning (Misr prezidenti) Sadat bilan muzokara qilishga qaror qilganini eshitib, sarosimaga tushib qolganida ayni yozg‘irish siyosiy iudaizmning yangi bir ko‘rinishini paydo qildi. Bu siyosiy kuch o‘z maqsadiga erishish uchun hech qanday buzg‘unchilikdan tap tortmas edi.

Ushbu harakatning kashshofi Shabtay Ven Dov degan kishi edi. Ben Dov ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra dunyoviy edi, biroq u bir dumalab, yahudiy davlatining qonuniyligini tan olmaydigan aqidaparastga aylanib qoldi. Bunday aqidaparastlar tabiatan Isroil davlatini aksilsionistlarcha tan olmasligi bilan emas, aksincha, Isroil yahudiylarga xos bo‘lmagan urf-odatlar va qonunlardan tozalanganda Masihning qaytib tushishiga ishonishi bilan ortodoksal edi. U, davlat bu jarayonga xalal bermasligi kerak, deb yozgan edi. "Davlat qonunlari  bizning unga qarshi inqilobiy kurashda nima qilishimiz zarurligi yoki zarur emasligini belgilab beradigan qonunlar bo‘lishi kerak emas. Bunday qonun faqat Isroil Torasi bo‘lishi mumkin".
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:29:16
Ben Dovning shogirdlaridan biri Yehuda Etzion diniy, ammo "Gush Emunim" deb atalgan ravvin Kahan rahbarlik qilgan sionistlar tashkilotining a'zosi edi. "Gush"ning asosiy  maqsadi arablardan tortib olingan yerlarda  yangi turarjoylar barpo etish edi. Ular bir guruh, asosan, muhandislardan iborat (ijtimoiy kelib chiqishiga e'tibor bering)  do‘stlari bilan birga Tog‘ ibodatxonasi, ya'ni Al-Aqsa masjidini va Qubbat ush-Shaxrah (Umar masjidi)ni "iflos narsalardan tozalash" rejasini tuzadi. Ular ravvinlar bilan shu masalada maslahatlashadi, biroq ravvinlar namunali yahudiylar sifatida Uchinchi ibodatxona binosiga inson qo‘l urmasligi va Masihning qaytishini  kutish kerakligini aytadi. Ammo fitnachilar, o‘taketgan aqidaparastlar o‘laroq, ravvinlar hokimiyatini tan olmasdan, Tavrotning ilohiy matnlarini o‘zlari qanday tushunsa, shunday ish tutishga qaror qilishdi.

Kishilar dinamit joylashtirish mumkin bo‘lgan joylarni ko‘zdan kechirib chiqdi, xavfsizlik tizimini ishdan chiqarishga urindi va zarur portlovchi moddalarni sotib oldi. Yaxshiyamki, ulardan bir nechasi hibsga olindi va falastinliklarning o‘limiga sabab bo‘lgan boshqa bir  jinoyat uchun so‘roq qilindi, oqibatda fitna barbod bo‘ldi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:29:28
Yehuda Etzion rejasining amalga oshmasdan turib oshkor bo‘lishi dunyoviy yahudiylarni qattiq tashvishga solib qo‘ydi. Isroillik akademik Gideon Aran bunday deb yozgan edi:

Xufya tashkilot boshliqlarining hisob-kitobiga ko‘ra, mabodo ibodatxona portlatiladigan bo‘lsa, bu hol yuz millionlab musulmonlarni jihodga chorlashi, oqibatda butun insoniyatni keskin qarama-qarshilikka mubtalo etishi mumkin edi. Ular buni samoviy ahamiyatga ega bo‘lgan Ya'juj-Ma'juj urushi deb talqin qilardi. Isroilning ushbu uzoq kutilgan olovli sinovdan g‘olib bo‘lib chiqishi Masihning bu yerga kelishiga yo‘l hozirlab berishi kerak edi.

Garchi G'arb matbuoti bu ko‘ngilsiz voqeani bilinar-bilinmas eslatib o‘tgan bo‘lsa-da,  olimlar va o‘sha yerdagi mutaxassislar ham xavotirga tushib qoldi. Harvardning Xalqaro ishlar markazi portlash ro‘y berganida bunday buzg‘unchilik uchinchi dunyo urushini boshlab yuborishi hamda mintaqada yadro qurolini ishlatish ehtimoli bor qarama-qarshilikka sabab bo‘lishi mumkin edi, deb hisoblaydi. Lekin oliymaqom yahudiy ravvinlarining javobi ham bundan kam bo‘lmagan ahamiyatga ega edi. Quddus shahrida Yonatan Blass "haqiqat yahudiy qonunchiligi va tafakkurining ushbu va oldingi avlodlarga mansub ulkan allomalariga emas, faqat bizga zohir bo‘ldi", deb hisoblovchi fitnachilarning  johilligini keskin tanqid qiladi. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:29:40
G'arbning uchta dinidagi diniy radikalizm hodisasi ham xuddi shunga o‘xshashdir. Yana shuni ham qayd etish kerakki, ayni hol keyingi paytlarda hinduizmda ham kuzatilmoqda. Aqidaparastlik  somiylar tushunchasidagi vahiy qilib yuborilgan bitiklarning mavjudligini nazarda tutadi. Ushbu tushuncha, Hindistonda fundamentalistik harakatlar yo‘q, degan xulosaga sabab bo‘ladi. Lekin ular mavjuddir. 1998 yili  Hindistonning BJP (Hindiston xalq partiyasi) uyg‘onish partiyasi hokimiyatni qo‘lga kiritadi va Neru tarafdorlarining yarim asrlik  diniy indifferentizm siyosatini bekor qiladi. Uning radikal qanotida hindularning  shovinistik partiyasi bo‘lgan "Shiv Sena" 1995 yilning boshlarida Maharashtra shtati va Bombay shahrida g‘alabaga erishib, hokimiyatni qo‘lga kiritadi. Uning rahnamosi  Bal Thakkeray Bombayda istiqomat qilayotgan kam sonli 15 foiz musulmon aholini  "g‘ayri-fuqarolar" va "sotqinlar" deb ataydi. Shahardagi g‘alayonlar yuzlab musulmonlarning yostig‘ini quritadi.

Thakkereyning ustozi M.S.Golvalkar degan kimsa edi. U hinduizmning G'arb dinlari va nemislarning "xalq" - "volk» deb atalgan  romantik g‘oyalari  ta'sirida paydo bo‘lgan yangi yo‘nalishini targ‘ib qiladi. Golvalker nazdida, hinduizm an'analari chin ma'nodagi hindu millatchiligi - hindutva  uchun yetarli asos bo‘lib xizmat qila olmaydi. Shu tariqa u hind bitiklarining erkin asosini g‘arbliklar tushunchasidagi mo‘‘tabar bitiklarga aylantirish uchun "somiylashtiradi". Ram oliy xudo deb tan olinadi. Cherkovga borib ibodat qilishga o‘xshash ibodat turi joriy etiladi. Golvalkar va "Shiv Sena"  partiyasi hinduizm islohotini hayotga joriy etadi va hindu aqidaparastligiga yo‘l ochib berishadi. Aslida G'arbga xos bo‘lgan aqidaparastlik tez orada bu yerga ham yetib keldi: begonalashgan ikkinchi avlodga mansub muhojirlar  o‘z  taqdiridan norozi bo‘lib, siyosiylashgan mujodala vositasida davlatga hamda go‘yo o‘zlarining badbaxtligiga sababchi bo‘lgan kamsonli etnik va diniy guruhlarga qarshi kurashga otlanishadi. An'anadan so‘nggi Hindistonda yong‘in xavfi har qachongidan realroqdir va ba'zi bir kuzatuvchilarning fikricha, Bosniyadagi urush buning oldida hech gap bo‘lmay qoladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:29:49
Mening musulmon bo‘lmagan o‘lkalardagi mana shu tamoyillarni nima uchun batafsil keltirayotganim o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lsa kerak. Vahhobiylik va shovinistik libosdagi  islom uyg‘onishi faqat islomgagina xos bo‘lgan narsa emas. U dunyoning turli dinlarida yuz berayotgan o‘tish davrining islomdagiga o‘xshash zuhur bo‘lishi, xolos. Tokio metrosida sodir bo‘lgan voqealar buddizm singari  tinchlikparvar din ham bundan mustasno emasligini ko‘rsatib berdi. Yuz berayotgan voqealar o‘rtacha ma'lumotga va aqlga ega bo‘lgan kishilarning dunyodagi keskin o‘zgarishlarga  qarshilik ko‘rsatish nuqtai nazaridan o‘z noroziligini bildirish vositasi sifatida an'anani mafkuraga aylantirayotgani natijasidir. Rahnamolarining intellektual qashshoqligi, o‘zining esa savodsizligi va badiiy jihatdan bepushtligiga qaramasdan, ushbu harakatlar katta kuchga ega va 21-asrda muhim ahamiyatga ega bo‘lishini hozirdan ko‘rsata bormoqda. Hissiyotlarga to‘la ommaviy madaniyat va mutaassib siyosatdonlar qarshiligiga duch kelayotgan bir paytda nima qilishimiz mumkin? Biz bu harakatlarni o‘sha dinlarning  haqiqiy ovozi bir pulga qimmat, deb atayotganini esda tutishimiz lozim. Biz hukmron tamoyilni bir hovuch esini yeb qo‘ygan kishilarning qilmishlari sifatida baholamasligimiz kerak.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:30:09
XII bob
Aksilmazhabchilik muammosi


Ummatning o‘tgan ming yillikdagi eng katta yutug‘i intellektual birdamlikka erishgani bo‘lgani shubhasiz. Hijriy 5-asrdan shu kungacha sulolalar o‘rtasidagi o‘z qobig‘ini yorib chiqishga qaratilgan to‘qnashuvlarni hisobga olmaganda, sunniy mazhab vakillari o‘z diniga nisbatan deyarli o‘zgarmagan hurmatni va o‘zaro birodarlikni saqlab qola bildi. Boshqalar uchun mana  shunday mushkul kechgan uzoq davr mobaynida na ulkan diniy urushlar, na qo‘zg‘olonlar va na ta'qiblar ularni bo‘lib yubora olmagani hayratlanarlidir.

Diniy harakatlar tarixi buning misli ko‘rilmagan mo‘jiza ekanini e'tirof etadi. Maks Veber va uning shogirdlari tushuntirib bergan normal sotsiologik ko‘zqarashga ko‘ra, dinlar endi paydo bo‘lgan davrdagi birdamlik keyinchalik o‘zaro raqib guruhlar rahnamoligida mayda-mayda o‘zaro dushman guruhlarga bo‘linib ketadi. Xristian dinida bunga yorqin misollar ko‘p; biroq boshqa misollarni ham keltirish mumkin, ular sirasiga dunyoviy e'tiqod bo‘lmish marksizm ham kiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, islomning mana shu ko‘rgulikdan qutulib qolgani har qanday maqtovga loyiq va ehtiyotkor tahlilni talab etadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:30:16
Albatta, buning sof diniy sababi bor. Islom so‘nggi dindir, u "uyga eltuvchi so‘nggi avtobusdir" va shuning uchun ham vaqti-vaqti bilan bo‘linib ketishday inqirozdan ilohiy yo‘l bilan himoyalangandir. Abdul Vadod Shalabiy "ma'naviy entropiya"[523] deb atagan narsa islom paydo bo‘lganidan beri amal qilib kelgani ayni haqiqatdir. Bu faktni qo‘llab-quvvatlovchi bir qancha hadislar ham bor. Shunga qaramasdan, uzoqni ko‘ra bilish qobiliyati ummatni tark etmadi. Islomdan oldingi dinlar osonlikcha yoki qiyinchilik bilan dinsizlik va keraksiz narsaga aylanib qolar edi; biroq islomiy taqvo, sifati pasayishiga qaramasdan,  shunday mexanizmlarni yaratdiki, ular dinning shavkati olamni tutgan paytlardagi birdamlik hissini hozirgi kungacha saqlab qolish imkonini bermoqda. Amirlar va siyosatchilarning ahmoqona ishlari qayoqqa boshlashidan qat'i nazar, islomda dindorlarning birodarligi, xristianlik va boshqa e'tiqodlar dastlabki paytlarda erishib, so‘ngra yo‘qotgan muvaffaqiyatlar bir ming to‘rt yuz yildan beri davom etib kelyapti. Sabab - islom   dinidagi vahiyning musulmon jamoasi a'zolarining yengib bo‘lmas pirovard va qat'iy printsipi sifatida yashab kelayotganidir. Bu sabab oddiy va har qanday bahsdan ustundir: Alloh bizga bu dinni o‘zining so‘nggi kalomi sifatida yubordi, shuning uchun u aqida, namoz va komil axloq sifatidagi zarurat  ko‘rinishida qiyomatga qadar davom etadi.

Bunday izoh e'tiborga molik, deb o‘ylayman. Biroq biz tariximizinng dastlabki bosqichlarida umumiy qoidadan chetga chiqib ketgan ba'zi bir og‘riqli nuqtalarni tushuntirib berishimiz kerak bo‘ladi. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.)ning o‘zlari sahobalariga: "Oralaringizda kimki mendan ko‘proq yashasa, ulkan bir munozaraning shohidi bo‘ladi", degan ekanlar. Ilk murtadliklar: Usmon roziallohu anhuga qarshi qaqshatqich qo‘zg‘olon ko‘tarilgani; Ali roziallohu anhu bilan Talha, so‘ngra esa Mu'oviya o‘rtasidagi to‘qnashuv, xorijiylarning  qonli to‘qnashuvlar tufayli bo‘linib ketishi - bularning barchasi (payg‘ambarning vafotidan so‘nggi) ilk kunlardan boshlaboq musulmon davlati tanasiga ixtiloflar xanjarlari bo‘lib sanchildi. Faqat ummat ulamolariga xos bo‘lgan sog‘lom fikr va muhabbat dastlabki bo‘lginchilik varajasini yengib o‘tib, kuchli va uyg‘un sunniylikni yarata bildi. Bu ishda ularga avliyoligi yordam berganiga shubha yo‘q. Sunniylik sof diniy maydonda musulmonlik tarixining 90 foiz vaqti mobaynida 90 foiz ummatni birlashtira oldi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:30:25
Agar biz o‘zimizni uzoq o‘tmishda bo‘lib tashlagan kuchlarga yaqinroq nazar tashlasak, bu hol hozirgi tobora kattalashib borayotgan parokanda vaziyatimizni tushunib olishga yordam beradi. Bunday kuchlar nihoyatda ko‘p bo‘lgan, ulardan ba'zi birlari nihoyatda tarqoq bo‘lganini ham ko‘ramiz; lekin ulardan ikkitasigina diniy mafkura yetovida bo‘lgani uchun omma o‘rtasida mashhur bir shaklga kirganini va ko‘pchilik e'tiqod qiladigan din va ulamolarga qarshi qo‘zg‘olon tusini olganini ko‘rish mumkin. Ular yetarli asos bilan xorijiylik va shialik nomlarini oldi.  Sunniy islomdan farqli o‘laroq, ular ikkalasi ham ajralib chiqqan guruh va kichik harakat edi; biroq shunga qaramasdan, ikkalasi ham islomning diniy hokimiyat manbai masalasidagi  yetakchi qarashlardan farqli  bo‘lgan ikkita ulkan qarashni ifoda qila olishi bilan tanish muxoliflik an'anasiga moyilligini namoyish etdi.

Ular o‘zlari ilk xalifalarning axloqiy inqirozi deb hisoblagan holga qarshi turish bilan Ali roziallohu anhuning o‘limidan so‘nggi izdoshlarining diniy hokimiyat nazariyasini rivojlantirdi. Bu nazariya oldingi egalitar[524] dalillardan ajralib chiqqan bo‘lib,  diniy hokimiyatga imomlarning xarizmatik[525] vorisligini hadya etdi. Biz bu o‘rinda  ushbu g‘oyaga musulmonlikni qabul qilgan ba'zi sobiq sharqiy xristianlarning ta'siri bo‘lgani yoki bo‘lmagani masalasini tadqiq qilish uchun to‘xtalib o‘tirmoqchi emasmiz. Ular havoriylarning Isoga mistik vorisligi g‘oyasi ruhida tarbiyalangan edi. Ushbu vorislik cherkovga Isoning xotirasini kelgusi avlodlar uchun yod etishday noyob qobiliyat ato etdi, deb taxmin qilinadi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, shialik o‘zining turli shakllari bilan ibtidoiy islom jamiyatidagi qat'iy diniy hokimiyat yetishmasligiga javob sifatida rivojlandi. Adolatli xalifalar davri tugab, umaviy hukmdorlar o‘zlaridan "Chin musulmonlarning amiri" o‘laroq, kutilgan turmush tarzidan ancha uzoqlashib qolgach, fiqhning bir-biridan keskin farq qiluvchi va yangi-yangi paydo bo‘layotgan maktablari diniy masalalarda kuchli va obro‘li hokimiyat manbasi  nomiga unchalik ham mos kelavermas edi. Xristianlarning imomni gunohsiz deb bilishi jozibadorligi sababi ana shunda. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:30:35
Imomchilik paydo bo‘lishining bunday talqini shialik kengayishining ikkinchi ulkan bosqichini tushuntirib berishda qo‘l keladi. 5-asrdagi sunniylik uyg‘onishi muvaffaqiyatidan so‘ng shialik inqirozga yuz tuta boshladi. Bu davrga kelib sunniylik nihoyat izchil bir sistemaga aylanganday edi. Shialikning ismoiliylikda zuhur bo‘lgan o‘ta shiddatli qanoti Imom G'azzoliyning kuchli zarbasiga duch keldi. Uning "Botiniylar (ismoiliylar) janjali" kitobida ularning katta kuchga ega bo‘lgan maxfiy aqidalari fosh qilinadi va rad etiladi. Shialikning bunday inqirozi faqat (hijriy) 7-asrning ikkinchi yarmida, Chingizxon boshliq mo‘g‘ul qo‘shinlari islomning markaziy yerlarini ishg‘ol qilib, kulini ko‘kka sovurgach, barham topdi.  Hujum tasavvur qilib bo‘lmas darajada qaqshatqich bo‘lgan: aytishlaricha, Hirot shahrida istiqomat qilgan yuz ming kishidan uning kuli ko‘kka sovurilgan xarobalarida faqat qirq kishigina omon qolgan ekan. Vaqti-vaqti bilan ro‘y berib turgan istilolar to‘lqinida yaqinda islomni qabul qilgan turkman ko‘chmanchilari  islom yerlariga kirib kela boshladi. Ular o‘lik shaharlarning tirik qolgan sunniy ulamolari bilan birga yalpi qo‘rquv va taloto‘p muhitida hamda xaloskorni kutish holatida jon-jon deb shia e'tiqodining ekstremistik ko‘rinishlariga aylanib ketdi.  Bir paytlar sunniylikka sodiq bo‘lgan mamlakat - Eronda shialikning g‘alaba qilishi aynan o‘sha fojiali davrga borib taqaladi[526].

Islomning dastlabki yillarida boshqa bir yirik muxolif harakat xorijiylik edi. Bu so‘zning ma'nosi  "ajralib chiqqanlar" bo‘lib, xorijiylar xalifa Ali roziallahu anhu o‘zining Muoviya bilan munozarasini mahkama vositasida hal etishga rozi bo‘lgani oqibatida uning qo‘shinidan ajralib chiqqani uchun shu nom bilan atalgan edi. Qur'ondagi: "Hukmni faqat Alloh chiqarishi mumkin" degan shiorga amal qilib, ular Ali va uning ko‘plab yetakchi sahobalar ham bo‘lgan qo‘shiniga qarshi hijriy 38-yili Nahravon jangida yengilguniga qadar  qattiq jang qiladi. Jangda ularning 10 mingdan oshig‘i halok bo‘ladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:30:44
Garchi ilk xorijiylar yer bilan yakson etilgan bo‘lsa-da, xorijiylikning o‘zi yashab qoldi. O'z aqidasiga ko‘ra, u shialikning teskarisiga aylanib ketdi. U har qanday meros qilib olingan yoki xarizmatik rahnamolikni rad etar, dindorlar jamoasi rahnamosini tayinlashda  taqvodorlik asosiy mezon bo‘lishi kerakligini ta'kidlar edi.  Bu hol o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan  jo‘n bir mezon bilan baholanar edi: ilk xorijiylar taqvo masalasida, har bir muslim uchun eng katta gunoh kufrdir, degan keskin aqidasi bilan juda qattiqqo‘l edi. Takfir (musulmonlarni islomdan tashqarida deb e'lon qilish) tushunchasi xorijiylar guruhlariga Xuzistonning olis tog‘ tumanlariga vaqtincha ko‘chib chiqish va umaviylar hokimiyatini qabul qilgan musulmon turarjoylariga hujum qilib turish imkonini berardi. O'sha hujumlar paytida xorijiy bo‘lmaganlar qilichdan o‘tkazilar, bu hol Al-Hajjoj ibn Yusuf singari bag‘ritosh umaviy amirlarning shafqatsiz javob choralarini ko‘rishiga sabab bo‘lar edi. Biroq xorijiylarning hujumlari, ahvoli bir qarashda nochor ekaniga qaramasdan, davom etaverardi. Xalifa Ali roziallohu anhuni Nahravon jangidan omon qolgan Ibn Muljam  halok etadi. Hadis olimi, sunanning eng mo‘‘tabar to‘plamlaridan biri muallifi Imom an-Nasai ham 303/915 yili Damashqda xorijiy mutaassiblar tomonidan xuddi shu tariqa o‘ldiriladi.

Xuddi shialik singari xorijiylik ham Iroq va Markaziy Osiyoda, ba'zi hollarda esa boshqa joylarda ham hijriy 4-5-asrlarda beqarorlikka sabab bo‘ldi. Xuddi shu nuqtai nazardan g‘alati tarixiy voqea ro‘y berdi. Sunniylik endilikda puxta ishlab chiqilgan mukammal sistemaga birlashgan ulamolarning aksariyati yo‘lini birlashtira oldi. Bir-biriga raqib harakatlarning jozibadorligi keskin kamayib ketdi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:30:56
Voqea shundan iborat edi. Egalitar xorijiylik va ierarxiyaga asoslangan shialik singari ikki qanotdagi oqimlar o‘rtasida joylashgan sunniy islom uzoq vaqt mobaynida hokimiyatni qanday  tushunishiga oid bahslar bilan ovora bo‘lib qoldi. Sunniylar nazdida, hokimiyatning nima ekani Qur'on va Sunnatda belgilab qo‘yilgan. Biroq butun islom dunyosiga sahobalar va tobeinlarning u yerdan bu yerga ko‘chib yurishi oqibatida turli hikoyatlar  shaklida sochilib ketgan son-sanoqsiz hadislar bilan to‘qnash kelgan Sunnat ba'zan talqin borasida turli qiyinchiliklarga duchor bo‘la boshladi. Hatto bir necha yuz ming hadis orasidan sahih hadislar ajratib olinganidan so‘ng ham bir-biriga, hatto Qur'on oyatlariga zid hadislar uchrar edi. Bu o‘rinda xorijiylarniki singari bir hovuch hadislarni ajratib olib, ulardan aqida va qonunlar  yasashday jo‘n yondashuv ish bermas edi. Ko‘zga tashlanib turgan ichki ziddiyatlar juda ko‘p, ularning talqini ham o‘ta murakkab bo‘lgani tufayli qozilar Qur'on va hadislar to‘plamining tegishli sahifasini ochish bilan biror shar'iy hukm chiqarishga qiynalardi.

Ilk ulamolar vahiy kelgan bitiklar o‘rtasidagi ziddiyatning asosiy sabablarini puxta  tadqiq qilishdi. Teran aql egalari munozaralar chog‘ida ko‘pincha o‘ta mukammal va kuchli xotiralarini ishga solar edi. Islom usul ul-fiqhi - yurisprudentsiyasi fanining asosiy qismi bunday ziddiyatlarni ushbu dinning bosh idealiga sadoqatni kafolatlaydigan izchil mexanizm yaratish orqali hal etish tomon rivojlantirildi. "Ta'arud ul-adilla" ("dalillarning o‘zaro ziddiyati") atamasi eng nozik va murakkab fiqhiy tushunchalaridan biri ekanini islom usul ul-fiqhini o‘rganuvchi har bir tolibi ilm yaxshi biladi[527]. Ibn Qutayba singari ilk ulamolar bu masalaga butun boshli kitob bag‘ishlashni o‘z burchi deb bilgan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:31:05
Usul ulamolari vahiy kelgan matnlar o‘rtasidagi ziddiyatga ularning turli talqinlari o‘rtasidagi ziddiyat sifatida qarash kerak, deb bilgan. Qonun egasi (Alloh)ning Rasululloh (s.a.v.) ga vahiy kelgan xabaridagi ziddiyatlar esa bu qolipga sig‘mas edi. Islom xabari Ul zotning vafotlaridan oldin mukammal tarzda   nozil bo‘lgan edi;  keyingi ulamolarning vazifasi bu xabarni o‘zgartirish emas, tafsir qilishdan iborat edi. 

Ushbu tushuncha bilan qurollangan islom ulamosi murakkab matnlarni tadqiq qilar ekan, uni hal etishda bir qator dastlabki akademik sinov va usullarni ishga soladi. Ilk ulamolar yaratgan sistemaga ko‘ra, mabodo ikkita Qur'on va hadis matni bir-biriga zid kelib qolsa, ulamo dastlab matnlarni, ziddiyat arab tilini noto‘g‘ri talqin qilishdan paydo bo‘lmadimikin, degan shubha bilan lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilishi kerak bo‘ladi. Agar ziddiyatni bu usul bilan bilan bartaraf etib bo‘lmasa, ulamo tekstual, huquqiy va istoriografik usullar bilan ulardan biri tax(i), ya'ni faqat maxsus holatlarga daxldormi yoki yo‘qligini, binobarin, boshqa matnda bayon qilingan umumiy printsipdan o‘ziga xos istisno ekani yoki emasligini  aniqlashga harakat qilib ko‘rishi zarur. Faqih, shuningdek, Qur'on oyati faqat bir isnod (hadisning ahad sifatida mashhur bir turi) bilan bog‘liq hadisni, shuningdek, ko‘plab isnodlar (mutavatir yoki mashhur)[528] bilan ta'minlangan hadisni bekor qilishi mumkinligi xususidagi printsipdan kelib chiqqan holda, xabarlarning matniy maqomini ham baholashi lozim. Mabodo, faqih ushbu mexanizmlarning barchasini qo‘llab bo‘lganidan so‘ng ham ziddiyat barham topmasa, u matnlardan birini boshqasi formal nasx, bekor qilgani ehtimolini tadqiq qilib ko‘rishi darkor.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:31:14
Nasx printsipi ta'arud ul-adilladay nozik masalani ko‘rib chiqayotgan sunniy ulamolar Rasululloh (s.a.v)ning hayotlik davrida ko‘p marotaba asl ekani isbotlangan matnlarga asoslanganining yorqin dalilidir.  Sahobalar Rasululloh imom o‘tib yurgan kezlar ijmo' orqali ko‘p narsani o‘rgatganini, o‘zlarini tarbiyalaganini, yovvoyi ma'jusiylikdan yakkaxudolikning sog‘lom va rahmdil yo‘liga olib kelganini, ummatlar to‘g‘ri yo‘ldan borib, saodatga erishishlari uchun Alloh hidoyatini nozil qilganini yaxshi bilar edi. Bunga sharob ichishning bosqichma-bosqich bekor qilingani yorqin misol bo‘la oladi. Qur'onning dastlabki oyatlaridan birida uni ichish nomaqbul deyiladi, keyinchalik qoralanadi va nihoyat taqiqlanadi[529]. Yana bir misol undan ham muhimroq pritsip, namoz o‘qishga daxldordir, ilk ummatlar uni bir kunda ikki marta o‘qishar edi, ammo Me'rojdan so‘ng namoz besh marta o‘qiladigan bo‘ldi[530]. Islomning ilk davrlarida mut'a (vaqtinchalik nikoh)ga ruxsat berilgan edi, ammo keyinchalik ijtimoiy  sharoitlar rivojlanib, ayollarga nisbatan hurmat ortib, axloq qat'iylasha borgani sababli bunday nikoh taqiqlab qo‘yildi[531]. Bunga yana boshqa misollar ham bor, ularning aksariyati hijratdan keyingi yosh ummatlarning sharoiti keskin o‘zgarib ketgan yillarga borib taqaladi.

Nasxning ikki turi bor: ochiq (sarih) va yashirin (zimni). Birinchisini osongina farqlash mumkin. Bu guruhdagi matnlarda ilgarigi boshqaruv o‘zgarib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Masalan, Qur'onning "Baqara" surasidagi 144-oyatda musulmonlarga Quddusga qarab emas, Muqaddas Ka'baga qarab namoz o‘qish buyuriladi. Hadis kitoblarida tez-tez bunga zid keladigan holatlar bor; masalan, Imom Muslim keltirgan hadisda quyidagilarni o‘qiymiz: "Men sizlarga qabrlarni ziyorat qilishni taqiqlab qo‘ygan edim; ammo endi ziyorat qilaverishingiz mumkin"[532]. Hadisshunoslar buni sharhlar ekan, islomning dastlabki paytlarida butparastlik amaliyoti hali odamlarning esidan chiqib ketmagani, qabrlarni ziyorat qilish yangi musulmonlarning u yerda shirkka yo‘l qo‘yishi ehtimolidan qo‘rqish tufayli taqiqlab qo‘yilganini qayd etadi. Musulmonlar yuragida biru bor xudoga ishonch kuchaya borgani sari bunday taqiqqa hojat qolmagani uchun u bekor qilindi. Bugungi kunda musulmonlarga qabrlarni ziyorat qilish va o‘lganlar ruhiga bag‘ishlab Qur'on tilovat qilish va oxiratni eslash tavsiya etiladi. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:31:23
Nasxning ikkinchi ko‘rinishi esa nozikroqdir, u ko‘pincha ilk ulamolarni favqulodda komil insonlar deb atar edi. Unga oldingi matnlarni bekor qiluvchi yoki ularni sezilarli darajada yangilovchi, biroq ularning yangilanganini qayd etmaydigan matnlar kiradi. Ulamolar bunga ko‘plab misollar keltirgan. "Baqara" surasidagi ikkita oyat bunga misol bo‘lishi mumkin. Bu ikkala oyatda beva  ayollarning erining uyidan chiqib ketish muddati xususida ikki xil yo‘riq beriladi (240-oyat va 234-oyat)[533]. Yana hadis kitoblarida  Rasululloh (s.a.v.) o‘z sahobalariga aytib bergan bir voqea keltiriladi. O'sha hadisda Rasululloh xastaligi tufayli o‘tirib namoz o‘qiganlarida sahobalariga o‘zining orqasida o‘tirishlari lozimligini uqtiradi. Bu hadisni Imom Muslim rivoyat qiladi. U rivoyat qilgan yana bir hadisda  Rasululloh (s.a.v.) o‘tirib namoz o‘qiyotganda sahobalar tik turgan edilar, deyiladi. Bunday ziddiyat sinchovlik bilan qilingan xronologik tahlil natijasida hal etildi. Uning  natijasiga ko‘ra, so‘nggi voqea birinchi voqeadan so‘ng sodir bo‘lgani aniqlanadi va shuning uchun birinchisidan ko‘ra ustuvor xarakterga ega[534].

Nasxning aniqlik kiritish usuli ulamolarga ta'arud ul-adilla bilan bog‘liq tan olingan masalalarni hal etish imkonini berdi. U nafaqat hadis ilmlarini puxta va batafsil bilishni, qolaversa, tarixdan, sira (payg‘ambarning hayoti, odob-axloqi, kiyinishi, yeb-ichishi)dan hamda  hadisning kelib chiqishi va tafsirini shubha ostiga oladigan vaziyat yuzasidan sahoba va ulamolar bildirgan  mulohazalardan boxabar bo‘lishni taqozo etadi. Ba'zi hollarda hadis ulamolari, ma'lum bir hadisga daxldor zarur ma'lumotni olish uchun kerakli bo‘lgan joyni aniqlash maqsadida, butun islom olamini kezib chiqar edi[535]. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:31:34
Barcha sa'y-harakatlarga qaramasdan, nasxni isbotlash mumkin bo‘lmagan hollarda salaf ulamolari tadqiqotni davom ettirish zarurligini tan olgan. Ular ichida muhimi matn (hadis isnodidan ko‘ra, o‘girilgan matn) tahlilidir[536].  "Aniq"  (sarih) mulohazalar kinoyaviy mulohazalardan ustunlikka ega, deb hisoblanadi. "Bir ma'noli" (muhkam) so‘zlar turli ma'nolarga ega bo‘lgan  "tafsir etilayotgan" (mufassar), "tushunarsiz" (xafi)  va "mushkul" so‘zlardan ko‘ra ustuvordir. Bir-biriga zid keluvchi hadislarni hikoya qiluvchilarning mavqeiga ham qarash kerak bo‘ladi. Bu o‘rinda o‘sha hadisdagi voqealarga bevosita daxldor  kishining hikoyasini afzal deb bilish lozim. Bunga mashhur misol tariqasida Maymuna hikoya qilgan hadisni keltirish mumkin. Hadisga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) unga ehrom bog‘lamagan payti uylangan. Uning hadisi bevosita guvohning so‘zlari bo‘lgani uchun va sog‘lom isnodga asosan, o‘ziga zid bo‘lgan Ibn Abbosning hikoyasidan ustun turadi. Vaholanki, Ibn Abbos, Rasululloh o‘sha payt ehrom bog‘lagan edi[537], deb aytadi.

Yana "taqiq ruxsat etilgan narsadan ustuvordir" qabilidagi ko‘plab qoidalar mavjud. Xuddi shuningdek, hadislar o‘rtasidagi ziddiyat barcha tegishli fatvolar  o‘zaro taqqoslanib, baholangandan so‘ng sahobaning fatvosi bilan hal etilishi, nihoyat, qiyosga murojaat qilinishi mumkin[538]. Buning misoli sifatida quyosh tutilishi bilan bog‘liq salot (salot ul-kusuf) haqidagi rivoyatlar  keltiriladi. Ularda necha marta ruku' qilingani yoki sajdaga bosh qo‘yilgani haqida turlicha fikrlar bayon etiladi. Rivoyatlarni sinchiklab o‘rganib chiqqan va ushbu ziddiyatni yuqorida ta'riflab o‘tilgan  mexanizmlardan birortasi vositasida ham hal etolmagan ulamolar qiyoslash yo‘lidan bordi. Unga ko‘ra, modomiki, zikr etilgan namoz o‘qish "salot" deb atalar ekan, undan keyin bir marta ruku' qilinib, ikki marta sajdaga bosh qo‘yiladi. Boshqa hadislardan esa voz kechish kerak[539].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:31:42
Eng avvalo, Imom Shofiiy manba matnlardagi bir-biriga zid keluvchi o‘rinlarni hal etish usullariga ana shunday ehtiyotkorlik bilan yondashgan va qilni qirq yorib vahiy bo‘lib kelgan manbalarga asoslanib, shariat hukmlarini yaratish yo‘lini tutgan edi.  O'z zamonasi faqihlarining taysallashi va noroziligiga duch kelgan Shofiiy odam bolasi qilishi mumkin bo‘lgan xato ehtimolini rad etadigan va fiqhga asos bo‘ladigan izchil metodologiyani yaratish   maqsadida betakror "Islom huquqshunosligiga oid risolasi"ni yozdi. Keyinchalik uning g‘oyalarini faqihlar va din qonunining yetakchi an'analari   turli yo‘llar bilan qabul qildi; ular bugungi kunda shariatni formal tarzda qo‘llashda asos vazifasini o‘tamoqda.

Shofiiyning islomiy hukmlarni  son-sanoqsiz guvohliklardan ajratib olishda xatolarni imkon qadar kamaytirish sistemasi usul ul-fiqh ("fiqh ildizlari") nomi bilan mashhur bo‘lib ketdi. Islomning boshqa formal o‘quv predmetlari singari usul ul-fiqh salbiy ma'noga ega bo‘lgan bid'at emas, balki ilk musulmonlar davrida ham mavjud bo‘lgan tushunchalardan printsip yaratish edi.  O'z vaqtida sunniy islom tafsirchiligining har bir yirik an'anasi ushbu "ildizlar" (usul)ning o‘ziga xos tartibotini yaratdi, shu tariqa ba'zi o‘rinlarda bir-biridan farqlanuvchi "shoxlar" ("furu'", ya'ni amaliyotga oid o‘ziga xos hukmlar)  vujudga keldi. Garchi ushbu tafovutlardan kelib chiquvchi munozaralar ba'zan qizg‘in tus olsa-da, ular islomning dastlabki ikki asrida usul ul-fiqh, bunday boshboshdoq kelishmovchilikka barham bermasidan oldingi ulkan bo‘lginchilik va qonunga oid kelishmovchiliklar bilan taqqoslaganda, hech narsaga arzimaydi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:31:51
Garchi 4 imom: Abu Hanifa, Malik ibn Anas, ash-Shofiiy va Ibn Hanbal o‘sha to‘rtta ulkan mazhab asoschilari hisoblansa-da, mabodo, bizga ularning kim ekanini farqlab bering deb qolishsa, ularning mazhablari "bid'atga berilib ketmaslikning nozik usullaridir", ularni keyingi ulamolar avlodi to‘la sistemaga soldi, degan xulosaga kelishimizni alohida ta'kidlab o‘tirishga hojat ham bo‘lmasa kerak. Sunniy ulamolar to‘rt imomning ulug‘vorligini tez orada tan oldi va hijriy uchinchi asrning oxirlaridan so‘ng biror maktab vakili bo‘lgan ulamoning boshqa maktab printsiplariga rioya etganini kamdan-kam hollarda ko‘ramiz. Buyuk muhaddislarning barchasi bir yoki boshqa mazhab, xususan, Imom Shofiiy mazhabi tarafdori bo‘lgan. Biroq har bir mazhab ichida yetakchi ulamolar o‘z maktabining "ildizlar" va "shoxlar"ini takomillashtira va tozalay borganini ko‘ramiz. Ba'zi hollarda tarixiy sharoit bunga nafaqat yo‘l berar, hatto shuni taqozo ham qilar edi. Masalan, Imom Abu Hanifaning Kufa va Basraning ibtidoiy fiqh maktablari asosiga tiklangan maktabi ulamolari Iroqda tarqalgan ba'zi hadislarga shubha bilan qarar, sababi u yerda bo‘lginchilik ta'siri kuchli bo‘lgani tufayli soxta narsalar ko‘p tarqalgan edi. Ammo keyinchalik Buxoriy, Muslim  va boshqa muhaddislar to‘plagan hadislardan foydalanish imkoni paydo bo‘lgach, hanafiy ulamolarning keyingi avlodi  o‘z mazhabini tahrir va taftish qilishda bunday hadislar to‘plamini e'tiborga oladigan bo‘ldi. Bu jarayon ulamolar hijriy to‘rtinchi va beshinchi asrlarda balog‘at holatiga yetgunga qadar ikki asr davom etdi[540].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:31:59
Aynan o‘sha paytda maktablar o‘rtasidagi o‘zaro bag‘rikenglik va yaxshi fikr munosabatlarini hamma birday qabul qiladigan bo‘ldi. Buni Imom G'azzoliy shakllantirdi. Uning o‘zi Shofiiylar fiqhi xususida 4 ta kitob, shuningdek, "Al-Mustasfa"ni yozgan edi. Imom usul ul-fiqh haqidagi ilg‘or va ehtiyotkor asarlari tufayli juda yuksak qadrlanadi.  U samimiyatni yoqlashi hamda ulamolar o‘rtasidagi xo‘jako‘rsinga qilinayotgan ilmiy raqobatni iqi suymasligi bilan o‘zi "mazhabga mutaassiblarcha sadoqat" deb atagan holni keskin qoralar edi. Vahiy bo‘lib kelgan manbalarni noto‘g‘ri talqin etishday xatarli yo‘lga tushib qolmaslik uchun har bir musulmon tan olingan mazhabga ergashishi va  u hech qachon, mening mazhabim boshqa mazhablardan ustundir, degan qopqonga tushib qolmasligi kerak. Usmonlilar imperiyasining so‘nggi davrini arzimas bir hol sifatida istisno qilganda, sunniy islomning buyuk ulamolari Imom G'azzoliy asos solgan an'anaga sodiq qoldi va boshqalarning mazhabini ham hurmat qilish yo‘lidan bordi. Kimki an'anaviy islomning go‘zal xulqli va hurfikrli ulamolari qo‘lida ta'lim olgan bo‘lsa, bu faktdan xabardor ekani turgan gap[541].

Ba'zi bir sharqshunoslar karomat qilganiday, to‘rttala maktab tadriji, ya'ni ijobiy qonunning tozalanish yoki kengayish qobiliyati yo‘qolib ketmadi. Aksincha, mavjud murakkab mexanizmlar yetarli malakaga ega bo‘lgan shaxslarga Qur'on va Sunnatdan shariatni keltirib chiqarishga izn beribgina qolmasdan, ularning o‘zini ham o‘sha amallarni bajarishga majbur etar edi. Aksariyat ulamolarning fikriga ko‘ra, biror sinchi (ekspert) manbalar bilan to‘la tanishib, akademik nuqtai nazardan zarur bo‘lgan turli shartlarni bajarsa, unga o‘z maktabining keng tarqalgan hukmlarini bajarishga ruxsat berilmaydi, balki o‘ziga vahiy bilan nozil bo‘lgan manbalardan hukmlar chiqarish shart qilib qo‘yiladi. Bunday kishi mujtahid deb ataladi, bu atama Mu'ad ibn Jabalning mashhur hadisidan olingan[542].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:32:09
Ba'zilar, musulmon kishi sinchilarning hukm shaklini olgan fikridan chetga chiqishga urinib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qur'on va Sunnatga murojaat qilish uchun kuchli va mashhur olim bo‘lishi kerak, deb bu yo‘lni rad etishga moyildir. Odamlarning manbalarni noto‘g‘ri tushunish oqibatida shariatga zarar yetkazib qo‘yishi real narsadir. Ortodoksal maktablar paydo bo‘lmasidan burungi davrda  ibtidoiy musulmonlar kelishmovchilik va o‘zaro ixtiloflar domiga tushib qolgan edi. Islomgacha bo‘lgan davrda butun boshli dinlar  muqaddas bitiklar tafsirchilarining noto‘g‘ri yo‘lga boshlashi oqibatida inqirozga yuz tutdi, islomning boshiga ham shunday kunlar tushmasligi muhim ahamiyatga ega edi. 

Islomni bid'at va buzilishlar xavfidan himoya qilish maqsadida usulning buyuk ulamolari mukammal shartlarni yaratdi, o‘zini mujtahidlik huquqiga egaman deb biluvchi har bir kishi ularni bajarishi zarur[543]. Bu shartlar sirasiga: (a) vahiyni til bilan bog‘liq chalkashliklar asosida noto‘g‘ri talqin qilish hollarini kamaytirish maqsadida arab tilini mukammal bilish; (b) Qur'onni, Sunnatni, har bir sura va hadisni, vahiy kelishi bilan bog‘liq shart-sharoitlarni, Qur'on va hadislarga yozilgan sharhlarni mukammal bilish, yuqorida bahs yuritilgan tafsir usullarining hech birini  ko‘zdan qochirmaslik; (v) hadis ilmining roviylar va matnni baholash singari maxsus predmetlarini bilish; (d) sahobalar, tobeinlar, buyuk imomlarning qarashlaridan, kelishuv (ijmo) ga erishilgan holatlarni bilish bilan birga fiqh kitoblarida tushuntirib berilgan  holat va mulohazalardan xabardor bo‘lish; (e) fiqhiy qiyos ilmi, uning turlari va shartlarini egallash; (yo) o‘z jamiyati va ijtimoiy qiziqish (maslahat)ni bilish; (j) shariatning umumiy maqsadlari (maqosid)ni bilish; (z) yuksak aql-zakovat va shaxsiy taqvodorlikning islomga xos bo‘lgan hamdardlik, halimlik va kamtarlik bilan omuxta bo‘lib ketishi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:32:18
Ushbu shartlarni bajargan olim mujtahid fil-shar' deb hisoblanadi, uning mavjud hukmron mazhabga ergashishi shart emas yoki bunga ruxsat berilmaydi[544]. Ayni shunday holatda ba'zi bir imomlar buyuk shogirdlariga o‘zlariga tanqidiy ko‘z bilan qaramasdan, taqlid qilishlarini taqiqlab qo‘ygan. Biroq bilim va tajribasi bu qadar yuksakliklarga ko‘tarila olmagan ko‘pchilik ulamolar mujtahid fil-mazhab darajasiga yetishi mumkin. Buning ma'nosi shuki, bunday olim o‘z maktabining aqidalariga qattiq ishonganicha qoladi, ammo (chetdan) olingan fikrni o‘z mazhabida mavjud qarashlardan farqlay biladi. Bunday kishilar sirasiga, masalan, molikiylardan Qozi Ibn Abdul-Barr, Shofiiylardan Imom al-Navaviy, hanafiylardan Ibn Obidin va hanbaliylardan Ibn Qudamani misol qilib keltirish mumkin. Ushbu olimlarning barchasi o‘zlarini  mazhablarining fundamental tafsir printsiplari izdoshlari deb bilganlar, ammo amalda mazhablari doirasida yangi hukmlar chiqarish uchun olimlik va mulohaza yuritishda katta tajriba orttirgan edi. Mujtahid imomlar ijtihodga oid maslahatini aynan o‘sha sinchilarga  berar edi. Imom Shofiiyning "Agar sen mening hukmimga zid keladigan hadisni topgan bo‘lsang, hadisga amal qil"[545], degan yo‘rig‘i bunga misol bo‘la oladi. Shunisi ravshanki, bugungi kun mualliflari nimaga ishonishidan qat'i nazar, bunday muhokamalar savodsiz islomiy omma emas, imomning nozikta'b shogirdlari foydalanishi uchun mo‘ljallangan edi. Imom Shofiiy hech qachon qassob, tungi qorovul va eshakboqarlardan iborat olomonga murojaat qilmagan.

Usul ulamolari mujtahidlarning boshqa bir toifasi ro‘yxatini keltiradi; lekin ular orasidagi tafovut o‘ta nozik bo‘lib, bizning mavzumizga tegishli emas. Qolgan toifalarni ikki qismga bo‘lish mumkin: 1) mazhab yo‘l-yo‘riqlariga amal qiladigan Qur'on va hadisdan xabardor, ularning zamirida yotgan holatlar xususida mulohaza yurita oladigan muttabi'[546] ("izdosh"), 2) mazhabning minglab aqidalari ortidagi mulohazalarni batafsil bilmay turib ulamolariga ishongani uchun osongina taqlid yo‘liga o‘tib oladigan muqallid ("taqlidchi").
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:32:26
Shuning uchun ham muqallidga mazhabning formal isbotlarini tanib olguncha o‘qish tavsiya etiladi. Biroq yana shunisi aniqki, har bir musulmon ham olim bo‘lib ketavermaydi. Olimlikka juda ko‘p vaqt talab etiladi. Ummatlar normal yashashi uchun buxgalterlik, askarlik, qassoblik va shu singari boshqa kasblarni ham egallashi talab etiladi. Hatto ularning barchasi yetarli darajada aql-zakovatga ega deb hisoblagan taqdirimizda ham hammasi buyuk ulamolar bo‘lib keta olmaydi. Qur'oni karimda ta'kidlanganiday, kam bilimga ega bo‘lgan dindorlar malakali mutaxassislarga murojaat qilishlari zarur: "Agar bu haqda bilmaydigan bo‘lsangizlar, ahli zikrlardan (ya'ni, Tavrot va Injilni biladiganlardan) so‘rangizlar"[547]. (Olimlarning fikricha, "ahli ilmlar" ulamolardir.) Boshqa bir oyatda musulmonlarga mutaxassis bo‘lmaganlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan mutaxassislar guruhini tuzish va qo‘llab-quvvatlash buyuriladi: "Ularning har bir guruhidan bir toifa chiqmaydimi?! (Qolganlari) dinni o‘rganib, qavmlari  ularga (jangdan) qaytib kelgach, (gunohdan) saqlanishlari uchun ularni ogohlantirmaydilarmi?!"[548] Ilohiy bitiklarni to‘g‘ri tushunish uchun kerak bo‘ladigan olimlikning teranligi va favqulodda ogohlantirishlar bizga vahiyni buzishlariga qarshi yuborilgandir, yana shunisi ravshanki, oddiy musulmonlarning burchi o‘zlarining mulohazasi va cheklangan bilimiga tayanishdan, mutaxassislarning fikriga ergashishdan iborat. Ushbu burchni ibtidoiy musulmonlar yaxshi bilar edi: xalifa Umar roziallohu anhu Abu Bakr roziallohu anhuning buyurganlariga "Men Alloh oldida Abu Bakrning fikridan boshqacha fikrda bo‘lishdan uyalaman", deb amal qilar edi. Ibn Mas'ud roziallohu anhu o‘z navbatida tom ma'nodagi mujtahid bo‘lishiga qaramasdan, ba'zi masalalarda Umar roziallohu anhuga ergashar edi. Ash-Sha'biga ko‘ra: "Rasululloh (s.a.v.)ning 6 sahobasi: Ibu Mas'ud, Umar ibn al-Xattob, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka'b va Abu Muso (al-Ash'ariy) odamlarga fatvo berar edi: Shulardan ham uch nafari qolgan uch nafarining foydasiga hukm chiqarishdan voz kechgan edi: "Abdulloh (ibn Mas'ud) o‘z hukmidan Umar foydasiga, Abu Muso  - Ali foydasiga va Zayd esa Ubay ibn Ka'b foydasiga voz kechgan edi".
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:32:35
Yevropa qit'asidagi mamlakatlar musulmonlari mustaqil yo‘l tutgandan ko‘ra, buyuk imomning sunnatga  yo‘l boshlovchi oqilona hukmiga  suyanishi maqbulroqdir. Negaki, ularning juda oz qismigina ushbu masalada tanlash imkoniga egadir.  Buning sababi oddiy: kimdir arab tilini bilmay turib, ma'lum bir masalaga oid barcha hadislarni o‘qib chiqishni istagan taqdirda ham bu ishning uddasidan chiqa olmaydi. Turli sabablarga ko‘ra, ingliz tiliga faqat o‘nga yaqingina hadislar to‘plami tarjima qilingan, xolos. 300 dan oshiq to‘plamlar esa mutlaqo tarjima qilinmagan. Ular orasida Imom Ahmad ibn Hanbalning "Musnad",  Ibn Abi Shaybaning "Musannaf", Ibn Xuzaymaning "Sahih", Al-Hakimning "Mustadrak"  va boshqa ko‘p jildli to‘plamlar singari yirik kitoblar bor. Ushbu kitoblarda na Buxoriy, na Muslimda va na boshqa kitoblarda topiladigan son-sanoqsiz sahih hadislar bor. Ular hali ingliz tiliga tarjima qilinmagan. Hatto biz mavjud tarjimalar asliga mos deb hisoblagan taqdirimizda ham arab tilini bilmaydigan kishilar shariat hukmlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kitob va Sunnat asosida chiqarishga urinmagani ma'qul. Tarjima qilingan hadislar asosida shariat hukmlarini chiqarish sunnatning aksariyatidan bexabarlikka va ularni e'tibordan soqit qilishga, binobarin, katta buzilishlarga olib keladi.

Keltirilajak ikkita misol yetarli, deb o‘ylayman. Sunniy mazhablar fiqh bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishda kerak bo‘ladigan aqidalarida  ozgina noaniqlik bo‘lgan holda ham qonuniy jazo (hudud) berilmasligi printsipi mavjud va qozi ana shunday muhmalliklar mavjudligini isbotlash uchun faol harakat qilishi kerak. Oddiy o‘quvchi ham "Saund Siks" to‘plamida buning tasdig‘ini topa oladi[549].  Biroq mazhab aqidasi Ibn Abi Shaybaning "Muannaf", al-Hariziyning "Musnad", Musaddad ibn Musarhadning  "Musnad"ida keltirilgan hadisga asoslanadi. Unda shunday deyiladi: "Hududni muhmallik vositasida daf qiling"[550]. Imom as-San'oniy "Al-Ansob" kitobida ushbu hadisning (paydo bo‘lish) sharoiti xususida rivoyat qiladi: "Bir kishi mastligida Umarning oldiga olib kelinadi, u hadd, ya'ni gunohkorni sakson qamchi urishni buyuradi. Jazo berilgach, gunohkor kishi: "Umar, siz meni xafa qildingiz! Men, axir, qulman! (Qullar jazoning yarminigina olishi kerak)", deydi. "Umar bundan qattiq mutaassir bo‘ladi va Rasulullohning hadisini keltiradi: "Hududni muhmallik vositasida daf qiling".
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:32:44
Musulmonlarning haj paytida istig‘for qilishi boshqa bir misoldir. Hadisga ko‘ra: "Hojining va hoji gunohini so‘rayotgan boshqa kishilarning gunohi kechiriladi". Ushbu hadis shu paytgacha ingliz tiliga tarjima qilingan bironta ham hadislar to‘plamida uchramaydi, ammo u At-Tabaraniyning "Al-Mu'jam as-sag‘ir", Al-Bazzarning «Musnad» singari to‘plamlarda va boshqa ko‘pgina asarlarda isnod sifatida uchraydi.

Islom qonunini buzib qo‘yishdan xudojo‘ylarcha qo‘rqishi tufayli o‘tmishning ko‘pchilik buyuk allomalari - ularning 99 foizi - mazhabga sodiq bo‘lishgan. Notinch 14-asrda Ibn Taymiya va Ibn al-Qayyum singari bir hovuch g‘ayrifikrlilar[551]  paydo bo‘ldi, ammo hatto ular ham chalasavod musulmonlarga mutaxassis yordamisiz ijtihodga qo‘l urishni tavsiya qilmagan. Nomlari zikr etilgan mualliflar nomi yaqindagina qayta tiklangan va mashhur qilingan hamda  ularning klassik islomning ortodoksal ta'limotiga ta'siri unchalik ko‘p bo‘lmagan, buni ular asarlarining islom dunyosining ulkan kutubxonalarida saqlanib qolgan atigi bir necha qo‘lyozmasi ham isbotlab turibdi[552].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:32:52
Shunga qaramasdan, o‘tgan (19-) asrda ro‘y bergan ijtimoiy bo‘ronlar paytida  avtoritar ta'limotdan voz kechishni yoqlagan ko‘plab ulamolar paydo bo‘ldi. Ushbu mujodalaning eng mashhur namoyandalari Muhammad Abduh va uning shogirdi Muhammad Rashid Rido edi[553]. Ular G'arbning g‘alabasidan shoshib qolib, musulmonlarni "taqlid kishanlari"ni itqitib tashlashga va to‘rtta mazhab hokimiyatini rad etishga undar edi. Bugungi kunda ba'zi bir arab mamlakatlari poytaxtlarida, xususan, mahalliy ortodoksal ta'limot  an'anasi  zaiflashib qolgan joylarda, yosh arablarning hadislar to‘plamini qo‘lga kiritib, ular bilan uylarini to‘ldirayotganini hamda keng qamrovli va murakkab adabiyotlarni go‘yo Imom Shofiiy, Imom Ahmad va boshqa buyuk imomlardan ko‘ra kamroq buzishni ko‘zlab, puxta o‘rganayotganini ko‘rish mumkin. Bunday mas'uliyatsizlarcha yondashuv, garchi keng tarqalmagan bo‘lsa-da, o‘zaro keskin tafovutli fikrlarga yo‘l ochib berishi muqarrar. Ayni hol islom harakatining birligi, samaradorligi va unga bo‘lgan ishonchga putur yetkazgan, ming yil oldin buyuk imomlar hal etib ketgan masalalar yuzasidan keskin bahslar qo‘zg‘agan edi. Hozirgi paytda faollarning masjidlarni kezib yurgani, boshqa namozxonlarni, garchi ular fiqhning yetakchi imomlari hukmlariga amal qilayotgan bo‘lsa-da, e'tiqodida qusur borday tanqid qilayotgani oddiy holga aylanib qoldi. Bunday bema'nilik keltirib chiqarayotgan ko‘ngilsiz va surbetlarcha muhit savodi unchalik yaxshi bo‘lmagan ko‘plab musulmonlarning masjidga butunlay kelmay qo‘yishiga sabab bo‘lmoqda. Hech kim dastlabki ulamolarning, musulmonlar sunnatning bir-biridan farq qiluvchi talqinlariga toqat qilishi kerak, chunki bunday talqinni mo‘‘tabar ulamolar qilgan, degan qarashini esga olmaydi. Sufyon az-Zavriy aytganiday: "Mabodo, siz biror kishining ulamolar o‘rtasida tortishishga sabab bo‘lgan ishni qilayotganini ko‘rsangiz va buni taqiqlangan deb o‘ylasangiz, o‘sha kishiga o‘sha ishini qilishni taqiqlashingiz durust emas"[554].  Bunday siyosatga teskari bo‘lgan yo‘l, albatta, musulmon jamoasini o‘z ichidan zaharlaydigan parokandalik va adovatga olib keladi[555].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:33:00
G'arb ta'sirida paydo bo‘lgan global madaniyat odamlarga bolaligidanoq "faqat o‘zini o‘ylash", o‘rnatilgan hokimiyatga qarshi kurashish fikri singdirilayotgani tufayli ba'zan ularning o‘z haddini bilishi uchun tiyilishi, bo‘ysunishi qiyin kechmoqda[556]. Barchamiz ma'lum bir ma'noda fir'avnga mengzaymiz: manmanligimiz tufayli tabiatan kimdir o‘zimizdan ko‘ra ziyoliroq bo‘lishi va ko‘proq bilishi mumkinligini  tan ololmaymiz. Oddiy musulmonlar arab tilini bilmasdan turib ham shariatdan o‘zlari uchun hukm chiqarib olishi mumkinligiga ishonish ushbu manmanlikning tobora vahshiylashib borayotganidan dalolatdir. O'zlari chiqargan hukmdan mag‘rurlanadigan, lekin manbalarning murakkabligidan bexabar va chin ulamolik nuridan bebahra yoshlar uchun  bu hol  aldab qo‘yuvchi qopqon  bo‘lishi mumkin hamda islomning haqiqiy yo‘lidan chalg‘itish, musulmonlar o‘rtasida qasddan bo‘lmasa-da, keskin ziddiyatlarga olib kelish bilan intiho topadi. Dinning barcha yirik allomalari - ular  sirasiga turli mazhablarga tegishli bo‘lgan va shogirdlaridan ham shuni talab etgan hadis sinchilari kiradi - unutilib borayotganga o‘xshaydi. O'z qadrini boshqalardan baland qo‘yish sog‘lom fikr va islomiy mas'uliyat ustidan ulkan g‘alab qozondi.

Qur'oni karim musulmonlarga aqli va tafakkur qudratini ishlatishni buyuradi; yuksak ta'limotlarga ergashish borasida bu qudratdan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish talab etiladi.  Usul ul-fiqh bilan boshqa bir ixtisoslashgan fan o‘rtasida uzoq muddatli o‘qib-izlanishni talab etadigan keskin tafovutning o‘zi yo‘q, degan asosiy tushuncha hurmat qilinishi lozim. Aksilmazhab tamoyiliga ortodoksal javob tayyorlagan Shayx Said Ramazon al-Butiy o‘zining "Aksilmazhabchilik: islomiy shariatga xavf solayotgan ulkan bid'at" kitobida hukm chiqarish ilmini tibbiyot ilmiga taqqoslaydi. Mabodo birovning farzandi og‘ir kasalga chalinib qolsa, u tegishli tashxis qo‘yish va farzandini davolash uchun tibbiyotga oid kitoblarni titadimi yoki malakali shifokorning oldiga boradimi? To‘g‘risini aytganda, uning esi joyida bo‘lsa, keyingi yo‘lni tanlaydi. Dinda ham xuddi shunday. Aslida bu tibbiyotdan ham muhimroq va potentsial nuqtai nazardan xavfliroqdir: manbalarni axtarishga harakat qilishimiz uchun ahmoq, mas'uliyatsiz, o‘zimizcha muftiy bo‘lishimiz lozim. Buning o‘rniga butun umrini sunnatni o‘rganishga bag‘ishlagan ulamolarni, bizning kamroq xato qilishimizga imkon beridigan qonun printsiplarini tan olishimiz darkor.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:33:10
Ayni paytda astronomiyadan olingan yana bir tashbehni keltirish maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Biz Qur'on suralari va hadislarni yulduzga mengzashimiz mumkin. Oddiy ko‘z bilan, teleskop yordamisiz  ularning aksariyatini yaxshiroq ko‘rib bo‘lmaydi. Basharti, biz ahmoq yoki manman bo‘lsak, uni yasashga urinib ko‘rishimiz mumkin. Mabodo, ancha-muncha narsaga aqlimiz yetadigan va kamtar bo‘lsak, Imom Molik yoki Ibn Hanbal yasab ketgan hamda keyingi avlodlarga mansub buyuk munajjimlar tozalagan, yarqiratgan va takomillashtirgan teleskopdan foydalanishdan xursand bo‘lamiz. Qolaversa, mazhab bizga islomni maksimal darajada tiniq ko‘rish imkonini beradigan aniqlik asbobidan boshqa narsa emas. Agar o‘z asbobimizni ishlatadigan bo‘lsak, bizning havaskorona sa'y-harakatlarimiz ko‘rishimizni buzishi shubhasiz.

Shu o‘rinda uchinchi bir misolni keltirish ham joiz. Ko‘hna bino, masalan, Saraevodagi Begova masjidi unda namoz o‘qiydigan ba'zi bir kishilarga mukammal bo‘lib tuyulmasligi mumkin. Yosh tashabbuskorlar ushbu binoni yanada ko‘rkam va mukammal qilish istagida yonib (va shubhasiz, o‘zlarining vaqt bilan bog‘liq  tarjeh (yaxshi ko‘rgan narsa)laridan kelib chiqqan holda) uning ostidagi  poydevor va dahmalarni ochib ko‘rishi hamda me'morchilik printsiplarini o‘zlaricha tushunish asosida tepalaridagi ulkan binoni tutib turgan asos va ustunlarni zamonga moslashtirmoqchi bo‘lishi mumkin. Ular, albatta, o‘zlarining ishini og‘izda ma'qullaydigan bir-ikkita kishidan boshqa birorta professional me'morni masalahat uchun bezovta qilmaydi, shuningdek, binoning strukturasini asrlar sinoviga bardosh beradigan darajada mustahkam qilib yaratgan kishilarning kitoblari yoki xotiralarini o‘qib ham o‘tirmaydi. Ularning g‘ayrati va g‘ururi bunga vaqt ham qoldirmaydi.  Guruh-guruh bo‘lib, poydevorlar orasidan cho‘kich va parmalarini olib chiqib, ko‘r-ko‘rona g‘ayrat bilan ishga kirishadi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:33:25
Sunniy islomga nisbatan ham xuddi shunday munosabatda bo‘linayotgani o‘ta xavflidir. Bino ko‘p asrlar davomida o‘z dushmanlarining qaqshatqich zarbalariga bardosh berib keldi. U faqat o‘z ichidan zaiflashishi mumkin. Islomning ziyoli raqiblari bundan xabardor ekani shubhasiz. Yuksak taqvodorligi, buyuk sunniy imomlarning to‘rtta maktabda shariatni mukammal qonun holiga keltirganidan so‘nggi qat'iyligi va qobilligiga qaramasdan, ilk musulmonlarni, parchalab tashlagan tarqoqlik va fitnalar  tomoshasi ko‘pgina kishilar miyasiga adovatni joylagan ko‘rinadi. Men ulkan mazhablarga hujum qilayotgan kishilar islom dushmanlari qo‘lidagi ongli qurol, demoqchi emasman. Biroq bu hol ortodoksal muqobil islom mablag‘ topolmay, och-nahor turgan bir paytda ular nima uchun mashhur bo‘lish va yaxshi pul topishga intilishni davom ettirajagini tushuntirishga imkon beradi. Hozirgi kunda mujtahid ekanidan g‘ururlangan, taqlidni kamtar va zarur fazilat emas, aksincha, gunoh deb bilgan turli-tuman qarashlar yana yuz ko‘rsatadiganga o‘xshaydi. Ular ibtidoiy tariximizda musulmonlar boshiga turli balolarni yog‘dirgan edi. Har kim o‘zining haqligiga ishongan qaqshatqich ziddiyatlar oqibatida o‘zaro uyg‘unlikdagi to‘rtta mazhab o‘rniga milliardlab mazhablarga ega bo‘lamiz. Islomni barbod qilish uchun bundan ko‘ra zo‘rroq sxemani hech qachon kashf etib bo‘lmasa kerak[557].
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:33:56
... va intihosi

Shahrin ufunati bizni o‘ldirdi, Sobit-o,
Tafriji zot uchun etarmiz iltijoi bog‘.
Sobit

Shahar odamni, jumladan, fuqarolarning yuragini ham bo‘g‘adi. Hadyalarga loqaydlik tushunmovchilikka, xobi g‘aflat Altsheymer xastaligiga, ayni paytda insoniyatning aksariyati uchun esa u o‘limning  sovuq bir nafasiga aylandi. Atrof-muhit fojiasi evaziga kelgan taktik yashash bizni jazava onlarida  hayajonga soladi. Lahzalar kulga, ajrashishning shaxsiy va ijtimoiy qabriga, ruhiy inqiroz va narkozga aylana bormoqda.  Taraqqiyot xususidagi shiorlarga qaramasdan, Machado bilan birga: "odamlar bilan tinch-totuv, ichimizda esa o‘zimiz bilan urush qilib yashashdan" aziyat chekib, Nabokov singari "beshikning jahannam uzra tebranishiga" ishonib yashayapmiz. 

Historia monotheistica[558] xaloskorlik lahzalari va yulduzlar burji deb ataladigan yorqin, hammaga yetib boruvchi yoki ko‘hna shavkat qoldig‘i bo‘lmish dinlarni yakqalam etgandir. Biz koinot va tarix mavzusining takrori bo‘lgan Buyuk Ahd merosida fizika qonunlaridan chetga chiqishni kuzatamiz,  boshqacha aytganda, ular xuddi ingliz shoiri Villiam Bleyk (1757-1827)ning "Urizen haqidagi kitobi"dagiday, bizni po‘lat zanjir bilan kishanlab oladi. Islom o‘z shavkati bilan ibtidoiy chin insonligimizga qaytishga imkon beradi, u imonimizni sog‘aytiruvchi hayot tarzi bilan postmodern hayot ummonidan suzib o‘tishga imkon beradigan najot qayig‘idir.  Zamonaviy kishi puer aeternus[559] sifatida har doim mehmon kutiladigan xonada o‘tiruvchi, hech qachon o‘zini (biror ishga) to‘la bag‘ishlay olmaydigan va faqat real kelajakka ishonadigan kishi bo‘lib gavdalanadi; ayni paytda homo Islamicus[560] butun insoniyatning negizini tashkil etgan ma'naviyatdan xabardor, mashinalar va nafs erishtira olmaydigan sirlardan voqif katta yoshli kishidir. Uyning o‘zida dilkashlik mavjud: u erkak va ayollar, bolalar va keksalar munosabatga kirishishi uchun kerakli me'yordir. Bu me'yor shaxsning gunohlardan forig‘ bo‘lish va nafsdan voz kechish yo‘lini izlashida asqatadigan zarur hayotiy tajribani samimiy bir tarzda o‘rtoqlashishda qo‘l keladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:34:06
G'arbning demokratik mamlakatlarida yashaydigan postmodernizm va boshqa barcha qalbaki ozodliklar jomini sipqorgan va pirovardida islomni barcha ma'nolarning shubhasiz kaliti deb hisoblagan bizday kishilarni faqat bitta og‘riq qiynaydi,  u ham bo‘lsa, Buyuk Ahd vorislarining sunnatning sof go‘zalligiga bo‘lgan e'tibordan chalg‘ib, boshqalarga hamdard bo‘lish siyosatidan ko‘ra nafsga uchib, uni toptayotgani yoki sunnatni nursiz, ammo har narsaga qodir qudrati bilan to‘sib qo‘yib, zamonaviy va jozibali tarzda narsaparastlik xudosi bo‘lib gavdalanayotgani tomoshasidir.  Zamonaviy hayot mushkulotlarining keskinligi, ammo inson baxtsizliklarining kunday ravshan miqyosi: qarovsiz keksalar, millionlab yolg‘iz onalar, narkoman bolalar, uysizlar, mutaassib irqchilar, tabiiy turimizni qayta tahrir qilish xavfini tug‘dirayotgan pragmatik   bioetikachilar[561], tartib degan fanera ostida bijg‘ib yotgan barcha zaharlar bizni Ernest Gellner vaqtdan ustun turadigan so‘nggi din deb atagan narsa tomon itaradi va Alloh barcha ismlarini o‘rgatgan dinning potentsial shon-shuhratini namoyon qiladi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:34:21
Tarjimondan

To‘g‘risi, menga ushbu kitob qo‘lyozmasini keltirib berishgach, nimaga qo‘l urayotganimni bilmasdan tez ishga kirishib ketganimdan keyinchalik afsuslangan paytlarim ham bo‘ldi. Negaki, postmodernizm, poststrukturalizm, analitik falsafa singari zamonaviy fanlardan xabardor bo‘lmagan oddiy o‘quvchiga bu kitobni o‘qish og‘irlik qilmasmikin, uning boshini notanish atamalar, ba'zida  muallif uslubini saqlashga harakat qilish oqibatida yuzaga kelgan murakkab jumlalar bilan qotirish shartmikin, degan istiholalarga ham bordim. Nima bo‘lsa bo‘ldi dedim-u, tarjimani uch yil deganda tugatdim.

Endi o‘ylab ko‘rsam, o‘zbek tiliga bunday murakkab matnlarni bevosita ingliz tilidan tarjima qilish urf bo‘lmagan, ular faqat rus tilidan ag‘darilib kelgan ekan. Harqalay, ruscha-o‘zbekcha lug‘atlar, ozmi-ko‘pmi, bor. Ulardan foydalanish mumkin. Lekin yirik inglizcha-o‘zbekcha lug‘atlar yo‘qligi sababli inglizcha-ruscha, inglizcha-turkcha lug‘atlardan, "Britannika" va "Kirill va Mefodiy" entsiklopediyalarining elektron versiyalari, boshqa izohli va ko‘p tilli elektron lug‘atlardan, hatto Internetdagi www.everything.com, www.multitran.ru singari saytlardan, shuningdek, 2000 yili Minskda chop etilgan «Postmodernizm» va «Filosofiya» entsiklopediyalarining elektron versiyalaridan ham foydalanishga to‘g‘ri keldi. Hatto ayrim hollarda, ingliz tilidagi ba'zi bir atamalarning o‘zbek tilida arab tilidan kirib kelgan ma'nodoshini aynan keltirish uchun avval o‘sha atamani rus tiliga, so‘ngra rus tilidan lug‘at yordamida arab tiliga tarjima qilishga ham to‘g‘ri kelgan paytlar bo‘ldi.  Tarjima jarayonida turli manbalardan muallif keltirgan iqtiboslar, agar ular o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lsa, chalkashlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘shalardan olindi. Bunga Qur'oni Karimni yirik dinshunos olim Abdulaziz Mansur qilgan tarjimasi, Imom Buxoriyning 4 jildlik «Sahihi Buxoriy», 1992 yili Shvetsiyada o‘zbek tilida chop etilgan «Injil» kitoblarini misol qilib keltirish mumkin. O'zbekchaga tarjima qilinmagan manbalardan olingan iqtiboslar muallif matnidan tarjima qilindi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:34:35
Umuman, kitob o‘zi nima haqda, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Avvalo, muallif haqida bir-ikki og‘iz. Timoti J.Uinter (Abdulhakim Murod) 1960 yili London shahrida tavallud topgan. Kembrij va Al-Azhar universitetlarida, shuningdek, bir necha Yaqin Sharq mamlakatlarida tahsil olgan. Arab tili magistri. 1986 yili O'zbekistonga ham kelib ketgan. Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilgan.  Hozirgi kunda Kembrij universitetining ilohiyotshunoslik fakultetida islom tadqiqotlari bo‘yicha universitet ma'ruzachisi. Uning asosiy ilmiy faoliyati dunyoda islomning dastlabki yillarida to‘plab, nashr etilgan yirik hadis to‘plamlarini nashrga tayyorlaydigan "Sunnat loyihasi"ning direktorlik qilishdir.  U  ayni paytda arab tilidagi kitoblar do‘konida sotilayotgan hadis nashrlarini nomukammal deb hisoblaydi, shuning uchun eng qadimgi va ishonchli qo‘lyozmalar asosida yangi nashrlarni tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Uning eng so‘nggi kitobi "Islom va musulmonlarni tushunish" 2002 yili Uilyam Grehem bilan hammualliflikda AQShning Kentukki shtatida nashr qilingan. M.Z.Siddiqiyning "Hadislar kitobi"ni arabchadan ingliz tiliga tarjima qilgan.

Muallif bugungi islomga postmodern va poststruktural qarashlardan kelib chiqqan holda baho beradi, dinimizning bugungi dunyodagi o‘rni va rolini ko‘rsatib berishga harakat qiladi. Uning ba'zi bir qarashlarida G'arb tafakkuriga xos bo‘lgan va bizga g‘ayritabiiy tuyuladigan, lekin teranroq nazar tashlanganda, chuqur va atroflicha tahlil ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, muallifning aqidaparastlik, musulmon jamiyatida ayollar va ularning haq-huquqlari qanday ta'minlanayotgani xususidagi mulohazalari hech kimni befarq qoldirmaydi. Muallif G'arb feministlarining, musulmon dunyosida ayollarning huquq va erkinliklari poymol qilinmoqda, degan da'volariga javoban, xristianlik va islomning ilohiy manbalaridagi jinsga bo‘lgan fundamental munosabatni tahlil qilib ko‘radi hamda islomda ayollarga nisbatan hech qanday cheklashlar yo‘q ekanini isbot qiladi. Bunday mulohazalar o‘zbek kitobxoni uchun yangilikdir, qolaversa, unga modern jamiyatda o‘z dinining o‘rnini belgilab olishida yordam beradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:34:46
Amerikalik kelajakshunos olim Olvin Toffler "Uchinchi to‘lqin" kitobida "Biz embrion holatidagi kelajakni kechagi kunning oddiy qolipiga tiqa olmaymiz. Bu borada ortodoksal munosabat yoki kayfiyat ham qo‘l kelmaydi", deb yozgan edi.

Umuman olganda, jahonning yetakchi ommaviy axborot vositalari bo‘rttirib ko‘rsatayotganiday, aqidaparastlik faqat islom diniga xos tushuncha ham, hodisa ham emas. Buni boshqa dinlarda ham ko‘rish mumkin. Dunyodagi globallashuv jarayoni ma'lum ma'noda har bir dinga daxl qilayotgani, har bir jamiyat yoki hududda hukmron bo‘lib kelgan dinning yoniga boshqa bir din kirib kelayotgani mavjud manzarani butunlay o‘zgartirib yubormoqda. Bugungi kunda dinlar o‘rtasidagi chegara muayyan davlat yoki jamiyat chegarsidan emas, har bir shaxsning yuragidan o‘tadigan bo‘lib bormoqda.  Afsuski, ba'zi hollarda boshqa din vakillariga nisbatan bag‘rikenglik qilish qiyin kechyapti. Bundan tashqari, u yoki bu dinning ilgari boshqa dinlar hukmronlik qilib kelgan hududlarga yoyilishi o‘sha yerlardagi ijtimoiy norozilik belgisi sifatida ham ko‘zga tashlanmoqdaki, ayni holni  T.Uinter juda yaxshi tahlil qilib bergan. Uning nazarida hayot jadal o‘zgarib borayotgan bugungi kunda yuzaga kelayotgan misli ko‘rilmagan murakkab ijtimoiy muammolarga javob topish uchun muqaddas diniy manbalarni har kim o‘zicha talqin qilishi, u yoki bu masalani shar'iy qilib olishga urinishi ummat o‘rtasidagi keskin parchalanishga, to‘rtta mazhab o‘rniga millionlab sektalar vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunday fojiaga esa mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:36:02
Muallif bizning din mutafakkirlarimizdan farqli o‘laroq, vahhobiylik oqimining paydo bo‘lishi va boshqa joylarga yoyilishini faqatgina din kontekstida emas, ijtimoiy-iqtisodiy, hatto siyosiy kontekstda olib tahlil qiladiki, bu hol o‘quvchiga oqimning paydo bo‘lish sabablari xususida yorqin tasavvur beradi. Ayni hol mustaqillikdan so‘ng mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi dinni o‘zlarining g‘ayriqonuniy, siyosiy maqsadlariga erishish yo‘lida niqob qilib olgan turli oqimlarning asl muddaosi nima ekanini tushunib olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Muallif 4 ta diniy mazhabning birini ikkinchisidan ustun qo‘ymagan holda ularning muayyan masalaga yechim izlash borasidagi printsipial farqlarini ko‘rsatib berishga harakat qiladi, arab mamlakatlari va Yevropadagi mujtahidlik da'vosini qilib yurgan ba'zi bir chalasavod mullalarga uning asl ma'nosini butun murakkabliklari bilan tushuntirib beradi.

Shu o‘rinda T.Uinterning arab va turk tillarini yaxshi bilishini, turk tilidagi manbalardan buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy ijodini ham yaxshi o‘rganganini ta'kidlab o‘tish joiz. U hatto bir o‘rinda A.Navoiydan iqtibos ham keltirib o‘tadi.

Tarjima ba'zi nuqsonlardan xoli bo‘lmasligi tabiiy. Shuning uchun u haqdagi har bir mulohazani minnatdorlik bilan qabul qilamiz.

Men tarjima jarayonida yaqindan yordam berganlari uchun o‘zbek tili uslubi nuktadoni, do‘stim Murtazo Qarshiboyga, arab tili bo‘yicha yirik mutaxassis va tarjimon Hojimurod Otaqulovga, dinshunos olim Jon Muhammad Batt janoblariga minnatdorlik bildiraman.

Faxriddin Nizom

Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonun bilan muhofaza qilinadi © T.J.Uinter.
Bu qo‘lyozmani ingliz tilida ko‘paytirib tarqatish taqiqlanadi, faqat o‘zbek tiliga tarjima qilish uchun

www.ziyouz.com - 2007
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:36:51
IZOHLAR

[1] A la grande cuisine (fr.) - ulkan oshxona. - Tarj.
[2] Hors d'oeuvres (fr.) - gazak. - Tarj.
[3] Saveat lector - "Lektor ehtiyot bo‘lsin» degani. - Tarj.
[4] Diskurs (frants. discours - nutq) - keng ma'noda  til praktikasi va ekstralingvistik omillar (hissiy idrok qilish shakllarida zuhur bo‘luvchi ma'lum bir ahamiyatga ega bo‘lgan xulq-atvor)ning  matnni tushunish uchun kerak bo‘ladigan murakkab birligi. Bu omillar muloqot itirokchilari, ularning tutgan yo‘li va maqsadi, xabarni berish va idrok qilish sharoitlari xususida tasavvur beradi. Diskurs - avvalo, ijtimoiy kontekstga yo‘naltirilgan ma'ruzadir. -Tarj.
[5] Yanicharlar [turkcha yangi armiya]. Tarixiy. Turk sultonligida jazolovchi qismlar sifatida foydalanilgan maxsus piyoda qo‘shin. -Tarj.
[6] Samuel Hantington, The Clash of Civilazations (London 1997), pp. 65-66
[7] Altsgeymer xastaligi - markaziy asab sitemasining yemirilish xastaligi bo‘lib, u bilan og‘rigan kishida xotira susayishi  barobarida miyaning bilish qobiliyati yo‘qola boradi. - Tarj. 
[8] Xorijiylik (arab. xorij, asl ma'nosi chiqqanlar, g‘azablanganlar) - musulmonlikning  radikal sektalaridan biri tarafdorlari (7-asrda paydo bo‘lgan)ning umumiy nomi. Ular barcha musulmonlarning tengligi, imom-xalifaning saylanishi singari talablar bilan chiqqan. - Tarj.
[9] Lumiéres (fr.) Siècle De Lumières ("Ma'rifatparvarlar asri")  - 17-18-asrlarda Yevropadagi ziyolilar harakatining nomi bo‘lib,  unda xudo, sabab, tabiat va inson tushunchalari bir dunyoqarashga sintez qilingan va uni ko‘pchilik ma'qullagan. Ushbu dunyoqarash san'at, falsafa va siyosatda inqilobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan ("Britannika"). - Tarj.
[10] Jean-François Lyotard, The Postmodern Condition: A Report on Knowledge (Manchester, 1997), 71
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:36:58
[11] Tabula rasa (lot.) - toza sahifa.
[12] Inkarnatsiya -  qayta jonlanish, timsol, tajassum topish ma'nosida. - Tarj. 
[13] Superego (lot. «super», yuksak, ust, «ego» men) - Z.Freyd o‘z psixoanalizida nevrozni tushuntirish uchun qo‘llagan  id (ongsiz), ego (botiniy ongga oid) va superego (ongli ) kategoriyalaridan biri. - Tarj.
[14] Karaitlar - o‘rta asrlarning ilk davrida paydo bo‘lgan yahudiylar sektasi. - Tarj.
[15] Anselm (1033/1034 - 1109) - Italiyaning  yetuk faylasufi, ilohiyotshunosi va sxolastikaning mashhur vakili.
[16] Simbioz (yunon) - «birga yashash» so‘zidan, biologiyada  turli organizmlarning birga yashashi. - Tarj.
[17] Kabbalistlar (qad. yah.  - rivoyat degan so‘zdan) muqaddas yozuv «Tavrot»ni izohlovchi yahudiy diniy-mistik ta'limoti vakillari. - Tarj.
[18] Simoniya so‘zidan  - katolik va boshqa cherkovlarda  lavozimlarni sotish va sotib olish amaliyoti. - Tarj.
[19] Deizm (fr.) - 17-18-asrlarda tarqalgan bo‘lib, xudoning dunyoning yaratuvchisi sifatida mavjudligini tan olgan holda, shaxs sifatida mavjudligini inkor etgan diniy-falsafiy ta'limot. - Tarj.
[20] J.J. Clarke dan iqtibos Oriental Enlightenment: The Encounter between Asian and Western Thought (London, 1997), 58.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:37:07
[21] Vedalar - hindlarning qadimgi muqaddas kitoblari. - Tarj.
[22] Geist (nem.) - ruh, aql degani. - Tarj.
[23] Prima facie (lot.) - bir  qarashda, ilk taassurotga asoslangan degani. - Tarj.
[24] Ksenofobiya - xorijliklardan hech bir sababsiz xorijlik bo‘lgani uchun qo‘rqish yoki nafratlanish. - Tarj.
[25] Tanimoq so‘zidan, formulirovka ma'nosida.
[26] Teleologiya (yunon.) - tabiat  hodisa va jarayonlariga maqsadlarni (maqsadga muvofiqlik yoki biror maqsadga yo‘nalish qobiliyatini sabab qilib ko‘rsatuvchi va bu maqsadlar xudo tomonidan belgilanishini qayd etuvchi ta'limot. - Tarj.
[27] Metanarratsiya (yoki "metahikoya", "katta tarix") - postmodernizm falsafasining mazmunan universallikni, madaniyatda ustunlikni, ilmni «qonuniylashtirish»ni da'vo qiluvchi  kontseptsiyalar mavjudligi fenomenini, turli ijtimoiy institutlarni va ma'lum bir fikrlash tarzini qayd etuvchi tushunchasidir. Bundan tashqari, Internetdagi http://jamesfaulconer.byu.edu/definitions.htm vebsaytda u «buyuk nazariya», rivoyatlar to‘g‘risidagi rivoyat deb beriladi. Shuningdek, u yerda metanarratsiya bizning o‘zimiz, qilayotgan ishimiz va kutilayotgan narsalarimiz haqida to‘qigan rivoyatimiz ekani aytiladi. Metanarratsiya kichik rivoyatlarimizni o‘zaro bog‘lab, birlashtirib turadi va bizga ijtimoiy, psixologik va intellektual birlik ato etadi. Modernizmning taraqqiyot, odamlarning global emansipatsiyasi, kam sonli etnik guruhlar kabi bir qancha metanarratsiyalari mavjud.  - Tarj.
[28] A.K.M.Adam, What is Postmodern Biblical Criticism? (Minneapolis, 1995), 10.
[29] Lyotard, 12.
[30] Regga -  klaipso va rokn-roll qorishmasidan iborat ommaviy  Yamayka musiqasi uslubi. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:37:17
[31] Lyotard, 76.
[32] Preskriptivizm (ingl.) axloqqa oid mulohazalarni bayon qilish fikrgina bo‘lib qolmasdan, boshqalar o‘sha axloqiy qarashga qo‘shilishi va rozi bo‘lishi kerak, degan axloq nazariyasi. Bu nazariya tavsif axloqi va ma'lum bir ma'noda emotivizmga qarama-qarshidir. -http://www.r.bowie.btinternet.co.uk/ethics/glossary.html
[33] Logotsentrizm (lot.) - Postmodern    falsafa iste'molga kiritgan bu atama mumtoz madaniy an'anani tavsiflash uchun ishlatiladi. Bu an'ananing yo‘nalishlari istalgan joyga kirib boruvchi Logos (dunyoviy aql)ning  implitsit (nazarda tutilgan) g‘oyalari sifatida tanqidiy baholanadi. Ayni hol adekvat bo‘lmagan, postmodernizm nuqtai nazaridan borliqni immanent mantiqqa ega va liniyali determinizmga bo‘ysungan deb tushunishni anglatadi. - Tarj.
[34] Liberal - erkin, hur fikrlovchi va murosasoz kishi degan ma'noda. - Tarj.
[35] Aporiya (yunon.) - [ yunoncha. aporia o‘tib bo‘lmaydigan, o‘tish mushkulligi, qiyinchilik]. Falsafada- Tarj.
Antik davr falsafasida: mantiqiy qiyinchilik. Muammoni hal etishda yengib bo‘lmaydigan ziddiyat.
[36] Duns Skotus  (1265?- 1308) - shotland sxolastik ilohiyotshunosi. - Tarj.
[37] Ash'ariya - Kalom ilmining ash'ariya maktabiga o‘z nomini bergan ilohiyotshunos olim Abulhasan Ali bin Ismoil (873-935) al-Ash'ariy nomidan. - Tarj. 
[38] Okkazionalizm (lot."occasio" - "hol" so‘zidan) - 17 -asrda tan va ruhning o‘zaro anglab bo‘lmas munosabatini anglashga harakat qilgan diniy-idealistik doktrina. - Tarj.
[39] Hossein Ziai, "The Illuminftionist Tradition", in S.H.Nasr and O.Leaman  (eds.) History of Islamic Rhilosophy (tehran, 1375 solar), 476.
[40] Fideizm  (lot. Fides - e'tiqod so‘zidan ) - barcha   yoki ba'zi bilimlar e'tiqod yoki vahiyga bog‘liq degan qarash. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:37:25
[41] Noumenon (ingl.)  - noumen «fenomen» so‘zining antonimi, tajribaga orqali anglash mumkin bo‘lmagan ob'ekt. Kant noumen tushunchasini hissiy tajriba sarhadlaridan chetga chiquvchi sferani tushuntirish uchun qo‘llagan.  - Tarj.
[42] Representational art (ingl.) - narsalarni o‘z holicha tasvirlash san'ati. - Tarj.
[43] Bruce Chatwin, What am I doing here? London, 1990, pp.163-4.
[44] Ahd (ingl. covenant) - muallif bu o‘rinda payg‘ambarlarga nozil bo‘lgan vahiylarni va kitoblarni umumiy nom bilan "ahd" deb ataydi. - Tarj.
[45] Imom Abdulloh al-Haddadning «Sabil al-Iddikar» kitobidan iqtibos.
[46] Qur'on, «A'rof» surasi, 172-173-oyatlar.
[47] Qur'on, «Baqara» surasi, 165-oyat.
[48] Qur'on, «Oli Imron» surasi, 190-191-oyatlar.
[49] Alasti birabbikum (arab.) - «Men sizlarning rabbingiz emasmanmi?» - Tarj.
[50] Disfunktsiya [nem. Dysfunktion < yunon. -]. biol., tibbiyot. Tanadagi qaysidir bir a'zo yoki sistema faoliyatining buzilishi. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:37:33
[51] Qur'on, «Oli Imron» surasi, 159-oyat.
[52] Buning vahhobiylik bilan ancha mos keladigan jihatlari bor. 
[53]   Shaikhul Hadith Maulana Muhammad Zakariyya, Virtues of Salaat Alan Nabi (Johannesburg: Waterval Islamic Institute,  1983), 197-200.
[54] Michaela Özelsel, Forty Days: The Diary of the Traditional Solitary Sufi Retreat (Brattleboro, 1996), 84-5.
[55] Coleman Barks, introduction to Lion of the Heart (London: Penguin Arkana, 1997).
[56] Ekzoterik (yunon. exoterikos - tashqi) - diniy marosimlarning ommaga mo‘ljallangani ma'nosida. - Tarj.
[57] Sacrificium intellectus (lot.) - "aqlni qurbon qilish".
[58] Boddhisatva - Mahayana buddizmida nirvana - oliy lazzatga erishgan, biroq iztirob chekayotgan kishilarga hamdardligi  tufayli  undan qaytgan kishi. - Tarj.
[59] Via purgativa (lot.) - odamning o‘zini o‘zi poklash yo‘li.
[60] Schimmel, 284.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:37:45
[61] Teomorfik (yunon.) theos - «xudo»,  morph - «shakl» so‘zlaridan. -  Tarj.
[62] Qur'on, «Anbiyo» surasi, 107-oyat.
[63] Schimmel, 283.
[64] Missioner muallif Kennet Kreggning payg‘ambarni Injil ko‘zgusida talqin etishi g‘alati chalkashliklarni keltirib chiqaradi.  Xuddi Avliyo Pavel kabi u ham Asoschining hayotiga najotni kutish nuqtai nazaridan yondashadi va Asoschi aslida nima deganiga e'tibor ham berib o‘tirmaydi. Shundan so‘ng Kregg o‘zining payg‘ambarga bag‘ishlangan kitobida uni gapirtirmaydi. Shuning uchun muallif  payg‘ambardan iqtibos keltirishdan o‘zini tiygan yagona biograf bo‘lsa ham ajab emas. U payg‘ambar ma'naviyatini tan olishni istamaydi, uning yaqinda chop etilgan salotlar to‘plamida payg‘ambarning Allohga munojotlari ularni yiqqan marhum ulug‘larga  nisbat beriladi. Masalan, payg‘ambarning: «E, Alloh, mening yuragimni nuring bilan munavvar etgan...» degan mashhur munojoti Imom G'azzoliyga tegishli deyiladi. K. Cragg, Common Prayer: A Muslim-Christian Spiritual Anthology (Oxford, 1999), 18. Shuningdek, Kregg payg‘ambarga nisbat bera olmaydigan, lekin unga tegishli bo‘lgan ‘God, Thou art peace ...' (P.69) (Alloh, tinchlik sening san'atingdir...) salotiga ham qarang.
[65] Norman Daniel, Islam and the West: The Making of an Image (Edinburgh University Press, 1960), 145.
[66] Marina Uornerning  Mariyaning bokiraligi xususidagi kitobi «Alone of All her Sex» nazarda tutilyapti.
[67] G'arb normativ nikohi va munosabatlar kodeksining barbod bo‘lishiga duch kelgan zamonaviy mutafakkirlar ushbu ibtidoiy tutim (ko‘pxotinlik) ga yo‘l-yo‘riq sifatida amal qilmoqda. Brin Mor universitetining antropologiya professori  Filip Kilbrayd yaqinda chop etilgan Plural Marriage for Our Times: A Reinvented Option («Bizning zamon uchun ko‘pnikohlilik: qayta kashf etilgan tanlash») kitobida bu masalaga bo‘lgan qiziqishni oshirib yubordi. Odrey Chepman Man-Sharing: Dilemma or Choice  («Insonni bo‘lishish: dilemmami yoki tanlashmi?») deb nomlangan yanada qiziqroq tadqiqot yaratdi. 1996 yili ayolar huquqlari faoli Adriana Bleyk Women Can Win the Marriage Lottery: Share Your Man with Another Wifewww.polygamypage.com ga qarang. Unda Britaniya cherkovlariga keluvchilar orasida bir erkakka ikki yoki undan ziyod ayol to‘g‘ri keladi. (Ayollar nikoh lotereyasini yutib olishlari mumkin: o‘z eringizni boshqa ayol bilan baham ko‘ring») degan kitobini chop ettirdi. Xristianlar (mormon bo‘lmaganlar)ning ko‘pxotinlik harakati kuchayib bormoqda. Masalan,
[68] Apologetika [nem. Apologetik < yunon.]. 1. Ilohiyotshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, unda asosiy diniy tasavvurlarning to‘g‘riligi isboti bayon qilinadi 2. Biror kishi yoki narsani himoya qilish, ko‘klarga ko‘tarib maqtash. - Tarj.
[69] Cragg, Call of the Minaret (OUP, 1956), 93.
[70] John Cornwell, Hitler's Pope (London, 1999), x.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:37:53
[71] Desmond Tutu, The Rainbow People of God: South Africa's victory over apartheid (Doubleday, 1994), p.56.
[72] Masalan, musulmon tafsiri uchun Siddiqiyning mashhur mulohozasiga qarang: F. Siddiqui, The Bible's Last Prophet (Alexandria, VA, 1995), 12-21.
[73] Asghar Ali Engineer, Islam and Liberation Theology: essays on liberative elements in Islam (Delhi: Sterling, 1990), p.23.
[74] Emperor and Galilean, in Ibsen Plays: Five, edited and translated by Michael Meyer (London, 1994), 191. Meyerning  talqini Bi-Bi-Sining 3-radiosidan efirga uzatilgan, biroq uning na keskin qisqartirilgan talqini, na asliyati Buyuk Britaniyada sahnalashtirilgan.
[75] Identitet (lot. identificare - o‘xshatmoq, so‘nggi lot. identifico - o‘xshataman). O'xshash, aynan o‘xshash, aynanlik. Biror narsa o‘zgaruvchanligidagi bog‘liqlik va izchillikning o‘zaro munosabati. - Tarj.
[76]  Buni portugaliyalik muallif Teiksieru Paskoaesning Migel Unamuno bilan suhbatda bildirgan mulohazasiga taqqoslang: «Har bir kishining yuragida ikkita xudo gavdalanadi: yoki Apollon va Xristos...  yoki Iso va Pan».  Ramón Martínez-López, ‘In Partibus Infidelium', in Ramón Martínez-López (ed.), Unamuno Centennial Studies (Austin: Dept of Romance Languages, University of Texas, 1966) p.13.
[77] Rosmersholm - Genrik Ibsenning pesasi nomi.
[78] G.B. Shaw, The Quintessence of Ibsenism (London, 1891), 101.
[79] Fabiylar - Qadimgi  Rimda eng ko‘p sonli va katta ta'sir kuchiga ega bo‘lgan urug‘ a'zolari. - Tarj.
[80] Har bir kishi Avgustus Jon, H.G.Uels, Erik Jill, Ottolayn Morell va deyarli butun boshli Blumberi tarmog‘i singari  zamondoshlarining dahshatli xilma-xilligi xususida o‘ylaydi. Shouning post-xristian jinsiy axloqining mavhumligidan xabardorligi «Don Juan do‘zaxda» asarida aks ettirilgan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:38:03
[81] Hesketh Pearson, Bernard Shaw (London, 1942), 45.
[82] Holroyd, Bernard Shaw (Abridged edition, London, 1997), 411.
[83] Prologue to Major Barbara. See George Whitehead, Bernard Shaw Explained: A Critical Exposition of the Shavian Religion (London, 1925), 12.
[84] Whitehead, 59.
[85] Janna «dastlab ovozlar keladi, so‘ngra men sababni topaman», deydi.
[86] Holroyd, 522
[87] Whitehead, 43.
[88] Holroyd, 525-6.
[89] Teofaniya (yunon.) - Xudoning  tajallisi yoki odamga ayon bo‘lishi. - Tarj.
[90] Sakramentalizm (lot.) - «muqaddas», «an'anaviy», diniy marosim bilan bog‘liq narsa. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:38:11
[91] Seyyid Hossein Nasr, Man and Nature, 14.
[92] Mt 10:16-30.
[93] Amos Oz, In the Land of Israel, tr. Maurice Goldberg (Jerusalem, 1984), 12.
[94] Eksklyuzivizm (ingl. exclusive < lot. exclūdere istisno qilmoq, tan olmaslik] - biron narsani qabul qila olmaslik amaliyoti. - Tarj.
[95] Soho - Londondagi joy nomi. - Tarj.
[96] Dyuym - ingliz uzunlik o‘lchov birligi. 1 dyuym - 2,54 sm. - Tarj.
[97] Viktorianlar ("victorians") - qirolicha Viktoriya (1837-1901) taxtda o‘tirgan yillar ijod qilgan ingliz madaniyat arboblarining shartli nomi. - Tarj.
98 Diad (ingl. juft) - ijtimoiy nuqtai nazardan muhim o‘zaro munosabatga ega bo‘lgan ikki shaxs (er va xotin). - Tarj.
99 Estrogen (ingl.) - (biokimyoda) ayollar gormonlarining istalgan guruhi, u yoshiga nisbatan sust rivojlangan va tuxumdoni  olib tashlangan sut emizuvchilarning jinsiy faolligini oshiradi. - Webster's New Universal Unabridged Lictionary, 1994.
100 Aksiljismlar (antitela) - tanada aksilgenlar paydo bo‘lishi bilan yuzaga keladigan  va ularning ta'sirini yo‘qotadigan  moddalar) - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:38:33
101 Lyusi Irigaray (1932) - frantsuz feminist psixoanalitigi, u tilning ayollarga nisbatan to‘g‘ri va noto‘g‘ri qo‘llanishini tadqiq qilgan. Irigaray Parijdagi Jak Lakan tashkil etgan Freyd maktabining a'zosi edi. U 1968 yildan 1974 yilda doktorlik tezisi tufayli ishdan ketgunga qadar Parijdagi Sakkizinchi Vinsen universitetida o‘qituvchilik qiladi. "Boshqa ayolning in'ikosi" deb atalgan tezisda tarix va madaniyat patriarxal tilda yozilgani, ular ayollarning  ehtiyoj va istaklarini hisobga olmagani va Zigmund Freyd qarashlari ayollarga nisbatan nafrat bilan yo‘g‘rilganidan bahs yuritiladi. Irigarayning ilk kitobi Le Langage des déments ("Aqldan ozganlar tili",1973) singari Parler n'est jamais neutre («Hech qachon betaraf (o‘rta) rodda gapirib bo‘lmaydi», 1985) kitobida ham shizofreniyaning tili tadqiq qilinadi. Ularda tafakkur orqali jinslar, tarix va muhitdagi o‘zaro tafovut kelib chiqadi, deb xulosa qilinadi. U o‘zining Et l'une ne bougepas sans l'autre («Bir kishi boshqa bir kishisiz harakatlana olmaydi», 1979) asarida ona va qiz o‘rtasidagi munosabatlardan bahs yuritadi va Freydning Edip kompleksi (bolalik chog‘larida otaga nisbatan dushmanlarcha impulslarning siqib chiqarilishi oqibati)ga hujum qiladi. Uning boshqa asarlari: Passions élémentaires («Dastlabki hissiyotlar», 1982 ),  L'Ethique de la différence sexuelle («Jinsiy tafovutlar etikasi», 1984;), Le Temps de la differénce: pour une révolution pacifique («Tafovut haqida o‘ylash: tinch inqilob uchun», 1989), Je, tu, nous: pour une culture de la différence («Je, tu, nous: tafovut madaniyati sari», 1990) va J'aime à toi: equisse d'une félicité dans l'histoire («Men seni sevaman: tarixdagi saodat uchun eskizlar» 1996). 1991 yilda chop etilgan «Irigaray xrestomatiyasi» uning esselari saylanmasidir. - Britannika
[98] Jaloliddin Rumiy - Tarj.               
[99] Jermeyn Grir (1939)  Avstraliyada tug‘ilgan ingliz yozuvchisi, ayollarning jinsiy erkinligi himoyachisi bo‘lgan feminist. - Tarj.
[100] Zanzibar Hind ummonidagi Afrika qit'asining markaziy sharqiy qirg‘og‘idan 35 kilometr olisda bo‘lgan oroldir. Zanzibar 1964 yili Pemba oroli va boshqa kichik orollar bilan birgalikda qit'adagi Tanganyika bilan Tanzaniya birlashgan respublikasini tashkil etish uchun birlashdi. Zanzibar orolining maydoni 1651 kvadrat kilometrdir.  - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:38:46
[101] Til  - bu yerda tildagi muzakkar, mujskoy rod nazarda tutilyapti. - Tarj.
[102] Androtsentrizm - erkaklar ustuvorligiga asoslanish. - Tarj.
[103] Reduktsionizm (fr. réduction < lot. Reductio qaytish, orqaga surish) Murakkab narsalarni oddiy unsurlarga bo‘lib tahlil qilish tamoyili yoki printsipi. - Tarj.
[104] Boshqa - bosh harf bilan yoziladigan bu atama postmodern adabiyotida ko‘p uchraydi. Bu atama kichik harf bilan yoziladigan "boshqa"dan o‘zgacha ma'noni anglatadi. "Boshqa" so‘zi boshqa birovni anglatsa, har bir kishining o‘z "Boshqa"si bor. Bu har birimiz o‘z-o‘zimizni baholayotganimizda eshitiladigan ichki ovozdir. "Boshqa"miz bizga, "ish a'lo darajada bajarildi", yoki "bunday qilmasliging kerak edi", deyishi mumkin.  Odam o‘z "Boshqa"si bilan bahslashishi mumkin. Xayolan ushbu tasavvur qilinadigan ovozga o‘sha ishni nega aynan shunday qilganini tushuntirishi mumkin. Boshqa biror real odamning "boshqaning ovozi bilan gaplashganini ham eshitishi mumkin. Buning ma'nosi shuki, o‘sha real odam Boshqaning ichki ovozi nima deganini (yoki u nima degani haqida o‘sha odam o‘ylayotganini) gapirib berishi mumkin. - Tarj.
[105] Susan Mokker Okin, Is Multiculturalism Bad for Women (Princeton, 1999), 42
[106] In Okin, 43-4.
[107] Dekonstruktsiya - bu atamani iste'molga frantsuz faylasufi Jak Derrida kiritgan. Uning ma'nosi tasavvurlarimizga  va narsalarni ko‘rish usullarimizga o‘rnashib qolgan muayyan bir kontseptsiya tufayli paydo bo‘lgan  kontseptual tartibni buzib tashlashdir. - Tarj.
[108] Kenozis  (Ilohiyotshunoslikda) -Isoning  tajallida ilohiy tabiatdan, qisman bo‘lsa-da, voz kechishi. - Tarj.
[109] Excendence -  bu atamani Emmaniuel Levinas transtsendentsiyadan tashqarida bo‘lgan narsani anglatish uchun iste'molga kiritgan. Levinasning nazdida,  «transtsendentsiya» atamasi mana shu olamga daxldor deb biladi, lekin hech bir atama haqiqiy xudoni mana shu dunyoga daxldor deb bilishi mumkin emas, chunki xudo mohiyatining yaratilgan narsalarga mutlaqo daxli yo‘q. 
[110] Teizm [fr. théisme < yunon. theos xudo] 1. Yakkayu yagona xudoga borliqning yaratuvchisi deb ishonish. 2. Ateizmga qarama-qarshi o‘laroq, xudoga yoki xudolarga ishonish. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:38:57
[111] Modallik - bilish nazariyasida hodisaning uning voqelikka munosabati nuqtai nazaridan maqomi, shuningdek, bunday munosabatni bilish imkoniyati. - Tarj.
[112] Determinizm [fr. déterminisme < lot. dētermināre chegaralash, aniqlash] - barcha voqea-hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi  to‘g‘risidagi falsafiy ta'limot. - Tarj.
[113] Dasein (nem.) mavjudlik degani. - Tarj.
[114] In Okin, 36.
[115] Levinas, cited in Colin Davis, Levinas (Cambridge, 1996), 21.
[116] Heuristic (ingl.) -  kashf etishga ruxsat yoki yordam berish. - Tarj.
[117] Aksiologiya (yunon.) - qadriyatlar haqidagi ta'limot. - Tarj.
[118] Fideizm [fr. fidéisme < lot. fidēs e'tiqod]- barcha va qisman bilimlar e'tiqod yoki  vahiyga asoslanadi, degan aqida. - Tarj.
[119] Monada (yunon.) - turli falsafiy ta'limotlarda borliqning asosiy unsurlarini anglatuvchi tushuncha. Masalan, pifagorizmda son, neoplatonizmda birlik; Bruno panteizmida yagona ibtido va hk. - Tarj.
[120] Deontologiya (yunon.) - etikaning qarz va qarzdorlik muammolarini o‘rganuvchi bo‘limi. Ushbu atamani 1834 yili Bentam umuman axloqiylik nazariyasi ma'nosida muomalaga kiritgan. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:39:07
[121] Holokost - ikkinchi jahon urushidan oldin va urush davrida Yevropa yahudiylarining natsizm lagerlarida sistemali tarzda qirg‘in qilingani. - Tarj.
[122] Luce Irigaray, The Forgetting of Air (London, 1999), 23.
[123] Jak Mari Emil Lakan (1901-1981) - frantsuz  psixoanalitigi, Zigmund Freyd asarlarining o‘ziga xos talqinchisi sifatida dunyoga mashhur. - Tarj.
[124] Soteriologiya (yunon. sõtērion < najot  + ingl. -logy- shunoslik) najotni, xususan, Iso Masih amalga oshirgan najotkorlikni o‘rganuvchi ilohiyotshunoslik. - Tarj.
[125] Fallogotsentrizm - lot. "fallos" (erkaklarning olati) va falsafiy "logotsentrizm" atamalarining sintezidan yasalgan atama. Dunyoning markazida erkak turadi, degan qarash - Tarj.
[126] Irigaray, An Ethics of Sexual Difference, 6-7.
[127] Spiritus - (lot.) "ruh" so‘zidan. - Tarj.
[128] Aksilreformatsiya - Rim-katolik cherkovida remormatsiyadan so‘nggi islohot harakati. - Tarj.
[129] Hojar - Muallif uni Tavrotga asosan Hagar (Agar) deb beradi. Tavrotning "Ibtido" kitobining 16-, 21-boblarida aytilishicha, Ibrohim alayhissalomning xotini Sara bepusht bo‘lganidan keyin u eriga cho‘risi Hojar bilan qovushishga ruxsat beradi. Ammo cho‘ri Hojar homilador bo‘lgach, Sarani mensimay qo‘yadi va orada kelishmovchilik chiqadi, Hojarning o‘g‘li Ismoil 14 yoshga kirgach, Sara ham homilador bo‘lib, Ishoq tug‘iladi. Shundan so‘ng Hojarning o‘g‘li Ismoil ham Ibrohimning mulkiga voris bo‘lishini bilgan Sara Hojarni o‘g‘li bilan cho‘lga haydab yuboradi. Yahudiylar Ismoilni badaviylarning, shu jumladan, Muhammad alayhissalomning ajdodi deb biladi. - Tarj.
[130] Andromorfik - yunon. "andro" - "erkak", "morf" - «shakl» ma'nosida. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:39:16
[131] Paradigma - [nem. Paradigma, fr. paradigme < yunon. Paradeigma, namuna, ulgi]. 1. lingv. Bir so‘zning shaklari sistemasi 2. falsafa. Kontseptual ustanovkalarga  va hk. asoslangan  hamda  fan, madaniyat va umuman, tsivilizatsiyaga xos bo‘lgan tasavvurlar sistemasi. - Tarj.
[132] Al-Jahiz, Kitab al-Hayawan (Cairo: Mustafa al-Halabi, 1364/1943), VII, 27.
[133] Albatta, Sharqiy Afrikada amal qilinadigan xatna ko‘rinishlari tahqirlovchidir. Bunday nobop amaliyotni islom taqiqlaydi.
[134] Apofatik ilohiyotshunoslik (yunon. apophatikos - salbiy), mutlaq xudoning mohiyatini uning barcha sifatlarini, tabiatiga to‘g‘ri kelmaydi, degan qarash bilan olib tashlash («inkor qilish») orqali ifoda etishga harakat qiladigan ta'limot. - Tarj.
[135] Egzeget (< yunon. exēgētes mufassir) - ilohiy kitoblar, xususan, Tavrot sharhchilari, tafsirchilari. - Tarj.
[136] Maura O'Neill, Women Speaking, Women Listening: Women in Interreligious Dialogue. Maryknoll: Orbis Books, 1990, p.31.
[137] Transtsendentalizm [nem. transzendental < lot. trānscēndere o‘tmoq, chegaradan chetga chiqmoq]. - idealistik falsafada  mavhum narsalarni hodisalar tajribasiga bog‘liq bo‘lmagan ravishda bilishga intilish. - Tarj.
[138] Noumenal (noumenon) - Kant falsafasida "fenomen"ning ziddi, "narsa o‘zida" ma'nosida. - Tarj.
[139] Adrogen - [fr. androgène < yunon. anēr (andros) erkak + genos jins]. biol. Hayvon va erkak tanasida asosiy erkak gormoni sifatida harakat qiluvchi erkaklar jinsiy gormoni. Estrogen - [nem. Östrogen < yunon. oistros ehtiros, shiddat + genes tug‘uvchi]. biol. Ayollar jinsiy gormonlari xususiyatiga ega bo‘lgan va kimyoviy tarkibiga ko‘ra ularga yaqin bo‘lgan modda. - Tarj.   
[140] Theanthropism (yunon. xudo + odam) 1. Bir vaqtning o‘zida ham xudo, ham odam bo‘lish holati. 2. Inson xususiyatlarining ilohga yoki politeistik ilohga berilishi; antropomorfizm. (Webster, 1913) - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:39:22
[141] Luce Irigaray (tr. Gillian C. Gill), Sexes and  Genealogies. (New York and Chichester: Columbia University Press, 1993), p.61.
[142] Irigaray, Sexes, 62.
[143] Irigaray, Sexes, 63.
[144] Sachiko Muratadan iqtibos, The Tao of Islam (Albany: SUNY, 1992), 181.
[145] Tipologiya [< yunon. typos biror narsani izi; namuna + logos fan].- predmetlar yoki hodisalarni umumiy alomatlariga qarab ilmiy asosda tiplarga - guruhlarga ajratish, tasnif qilish. - Tarj.
[146] Teomorfizm - yunoncha theos - xudo, morphē - shakl. - Tarj.
[147] Murata, 182.
[148] Hajiograf (ingl. hagiographer) hajiografiya yozuvchi. Hajiografiya - adabiy janr bo‘lib, unda xristian avliyolarining hayoti va ularga hurmat bayon qilinadi. Bu taxminan musulmonchilikda mavjud bo‘lgan manoqibga to‘g‘ri keladi.
[149] Murata, 183.
[150] Teofaniya - (yunon. theophaneia, «xudoning paydo bo‘lishi»), ilohning tafakkur qiluvchi tarzida paydo bo‘lishi. Umuman olganda, ushbu atama qadimgi yunon va Yaqin Sharq dinlarida xudolarning paydo bo‘lishiga nisbatan qo‘llangan, bundan tashqari, u Tavrotga oid materiallarda maxsus texnik so‘z sifatida ham qo‘llangan.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:39:29
[151] In divinis - lot. "falaklarda" degan ma'noda. - Tarj.
[152] Bukhari, Adab, 13.
[153] An sich (nem.) - "o‘zida" ma'nosida. - Tarj.
[154] Bukhari, Adab, 18. (Muallif bu yerda bir oz noaniqlikka yo‘l qo‘ygan. Sababi, «Adab kitobi»da keltirilishicha, sahobalardan Umar ibn al-Xattob bunday rivoyat qiladi: "...Janob Rasululloh (buni ko‘rib) bizga: "Nima deysizlar, anavi ayol o‘z bolasini o‘tg‘a tashlay olg‘aymi?" - dedilar. Biz: «Yo‘q, aslo tashlay olmas!» - dedik. Shunda janob Rasululloh: "Alloh taolo o‘z bandalariga bolasiga mehribonchilik qilayotgan manavi ayoldan ham mehribonroqdir" - dedilar...», «Al-Jomi' as-Sahih", "Qomuslar bosh tahririyati", Toshkent, 1997, 4-jild,  85-bet.)
[155] Muslim, Tawba, 21.
[156] Okkazionalizm [fr. occasionnalisme < lot. occāsio hodisa]. Falsafa. 17-asr falsafasidagi tan va ruhning tabiiy aloqasini inkor etgan va ularning o‘zaro harakatini bevosita xudoning aralashuvi bilan tushuntirgan oqim.
[157] Umar ibn al-Fârid, Dîvân (Cairo, 1984), 205.
[158] Mistitsizm [nem. Mystizismus, fr. mysticisme < yunon. mystikos sirli]. Mistikaga asoslangan diniy- idealistik dunyoqarash shakli va, umuman, mistikaga moyillik. Mistika [nem. Mystik < yunon. mystika sirli marosimlar]. 1. G'ayritabiiy, sirli narsalar, odamning boshqa dunyo bilan bevosita muloqotiga ishonish. 2. Ko‘chma ma'noda, sirli, tushunarsiz, tushuntirib bo‘lmaydigan narsa. - Tarj.
[159] Avliyo Tereza (1515-1582) Ispaniyaning Avila shahrida tug‘ilgan, 1622 yili avliyo deb e'lon qilingan. Uning yana bir nomi Isoning Avliyo Terezasidir. Haqiqiy ismi Tereza De Sepeda Ahumada, ispan zohid ayoli, Rim-katolik cherkovining ulkan mistik va dindor ayollaridan biri va cherkov hayotiga oid taniqli asarlar muallifi. 1970 yili Pop Pol VI Avliyo Terezaga ayollar orasida birinchi bo‘lib doktorlik maqomini bergan. - Tarj.
[160] Irigaray, Sexes, 64.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:39:36
[161] Biologizm [< biolog(iya) + qo‘shimcha -izm]. Fals. Sotsiologiyaning ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy omillarning mavjudligini biologik hodisa va jarayonlarga bog‘liq deb biluvchi yo‘nalishi. - Tarj.
[162] Esssentsializm - 1. Madaniyatga asos bo‘luvchi g‘oya va tajribalar vaqt sinovidan o‘tgan usullar yordamida o‘rgatilishi kerak, degan ta'lim nazariyasi.  2. Pirovard voqelikni his qilish mumkin bo‘lgan narsalarda namoyon bo‘lgan mohiyatga daxldor deb biluvchi falsafiy nazariya. - Tarj.
[163] Paradigma [nem. Paradigma, fr. paradigme < yunon. paradeigma namuna, ulgi]. 1. lingv. Bir so‘zning shakllari tizimi. 2. fals. Ilm-fan, madaniyat, umuman, tsivilizatsiyaning ma'lum bir bosqichiga xos bo‘lgan tasavvurlar, asosiy kontseptual  yo‘l-yo‘riqlar tizimi. - Tarj.
[164] Evristika [< yunon. heuriskō topaman]. 1. Qadimgi Yunonistonda: javobga ishora qiluvchi savollar berish orqali o‘qitish tizimi. 2. Nazariy tadqiqot va haqiqatni izlab topish zarur bo‘lgan mantiqiy usullar va metodik qoidalar. - Tarj.
[165] Telos (yunon. telos - intiho, maqsad), qadimgi yunon falsafasida biror narsaning pirovard maqsadi; Aristotel falsafasida borliqning to‘rtta asosiy printsiplaridan biri. - Tarj.
[166] Miranda Fricker and Jennifer Hornsby, The Cambridge Companion to Feminism in Philosophy (Cambridge, 2000), 70.
[167] Dixotomiya - [yunon. dichotomia < dicha ikki qismga + tomē bo‘lish]. 1. fals. Tasnifning bir ko‘rinishi: qismning ikki bo‘lakka bo‘linishi. 2. bot. O'simliklarning  shoxlanishi, unda o‘q ikkita yangi, odatda, bir xil rivojlangan shoxlarga bo‘linib ketadi. - Tarj.
[168] Richmond, 79.
[169] Biotsid - (DDT singari) turli organizmlarning kushandasi bo‘lgan modda yoki narsa. - Tarj.
[170] Emmanuel Levinas - Gusserl falsafasi bilan tanish bo‘lgan dastlabki frantsuz mualliflaridan biri. U Gusserl va Haydegger g‘oyalarini o‘zaro chog‘ishtirgan plyuralistik personalizm (zamonaviy falsafaning dunyo oliy ilohiyot tomonidan boshqariluvchi ma'naviy shaxslarning jamoasi deb biluvchi yo‘nalishi) tarafdori. -Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:39:46
[171] Nos semblables (fran.) -. "bizga o‘xshaganlar" degani. - Tarj.
[172] Affidamento (ital.) - 20-asrning 80-yillarida faqat ayollardan iborat bo‘lgan feministik jamoalarda ular o‘rtasidagi "birdamlik" printsipi. 
[173] Chantal Lobato, ‘Femmes afghanes, femmes musulmanes,' in Olivier Mongin and Olivier Roy, Islam, le grand malentendu (Paris, 199), 170-3.
[174] Susan J. Hekman, Moral Voices, Moral Selves: Carol Gilligan and Feminist Moral Theory (Cambridge, 1995), 5.
[175] Linearity - (ingl.) to‘g‘ri chiziq xossasi degani. -Tarj.
[176] Templar - 12-asrda Quddus shahrida tashkil etilgan katolik ma'naviy javonmardlik tariqati a'zosi. -Tarj.
[177] Kalatrava harbiy ordeni (isp. Orden Militar de Calatrava) - Ispaniyadagi ulkan harbiy va diniy tariqat. Tariqatga 1158 yili kastiliyalik qirol Sancho III Kalatrava qal'asini Raymondga ko‘chirganida  asos solingan edi. - Tarj.
[178] Bushido (yapon.  "Jangchining yo‘li"), Yaponiyadagi samuraylar sinfining axloq kodeksi. 19-asrning o‘rtalarida bushido butun jamiyat uchun axloqiy mashg‘ulotlarning asosi qilib olindi. - Tarj.
[179] Tertullian (Tertullianus) Kvint Septimiy Florens (160 yil atrofida tug‘. - vaf. 200 yildan so‘ng), xristian ilohiyotshunosi va yozuvchisi. - Tarj.
[180] Germafroditizm, [fr. hermaphroditisme]. fiziol. Bir jonivor tanasida erkak va ayol jinsi belgilarining mavjud bo‘lishi, xunasalik. - Tarj.             
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:39:55
[181] Prichastie (rus.)- prichaс‰enie deb nomlangan cherkov marosimi paytida dindorlarning Iso Masihning qoni va tanasi ramzi hisoblangan sharobni ichishi. - Tarj.
[182] Sacratum (lot.) - muqaddas joy.
[183] Ekzoterik [yunon. exōterikos tashqi]. maxsus. Sir bo‘lmagan va oddiy odamlarga ham mo‘ljallangan (diniy marosimlar, mistik ta'limotlar va hk. xususida). Teskarisi ezoterik - Tarj.
[184] In loco divinis  (lot.) -"ilohiy joyda" degan ma'noni bildiradi. - Tarj.
[185] Muhyiddin Ibn Arabi, al-Futuhat al-Makkiyya (Cairo, 1293 AH), I, 562-3.
[186] Frants Umar Fanon (1925-1961) - G'arbiy  Hindiston psixoanalitigi va ijtimoiy faylasufi. Ba'zi bir nevrozlarga ijtimoiy hayot sabab bo‘ladi degan nazariyasi va mazlum xalqlarning milliy ozodligi xususida yozgan asarlari bilan mashhur. - Tarj.
[187] Stephen Pinker, How the Mind Works (London, 1997).
[188] Mormon [ingl. mormon < Mormon 4-asrda yashagan payg‘ambarning nomi]. 1830 yili AQShda J.Smit asos solgan diniy sektaning a'zosi, uni izdoshlari keyinchalik yangi payg‘ambar Mormon deb atagan. - Tarj.
[189] Masalan, http://www.familyman.u-net.com/polygamy.html dan qarab ko‘rishingiz mumkin.
[190] Brin Mor (Bryn Mawr) AQShning Pensilvaniya shtatidagi Brin Mor shahrida joylashgan ayollarning xususiy kolleji, Yetti opa-singil maktablaridan biri. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:40:04
[191] B. Carmon Hardy, Solemn Covenant: The Mormon Polygamous Passage (Urbana and Chicago 1992), chapter 3.
[192] Ménage a trois (frants.) - uch  kishilik oila, degani. O'zaro kelishuvga ko‘ra, uch kishi  (er-xotin va ulardan biriinng jazmani) birga yashab, o‘zaro jinsiy aloqa qiladi. - Tarj.
[193] Bukhari, Adhan, 44.
[194] Ibn al-Naqib al-Misri, Umdat al-Salik.
[195] Ayrim mutaxassislar muallifning bu qarashining islom ta'limotiga zid deb hisoblaydi. - Tarj.
[196] Ruth Roded, Women in Islamic Biographical Collections (London, 1994), pp.viii, 11.
[197] Semblables (frants.) - "o‘ziga  o‘xshaganlar" degani. -Tarj.
[198] Telos (yunon.) - « pirovard  yakun» degani. -Tarj.
[199] Nussbaum, ‘Virtue revived', Times Literary Supplement, 3 July, 1992, p.9.)
[200] In Okin, 106.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:40:12
[201] Anaxronizm [fr. anachronisme < yunon. anchronismos < ana teskari, orqaga, qarshi + chronos vaqt]. 1. O'tmish sarqiti. 2. Bir davrda ro‘y bergan voqea-hodisalarni xato tufayli boshqa davrga taalluqli deb bilish, biror narsani noto‘g‘ri ifoda qilish yoki tasvirlash  bilan xronologik aniqlikning buzilishi. - Tarj.
[202] Kerigma (yunon. e'lon qilish) - Xristian dinida dastlabki paytlarda Iso Masihning qiynalishi bilan bog‘liq ehtiroslar, uningm o‘limm, qayta tirilishi va xudo huzuriga ko‘tarilishi hamda uning amallari haqida tildan-tilga o‘tib yurgan rivoyatlar. Bu o‘rinda Muhammad alayhis-salom sunnatlari nazarda tutiladi. - Tarj.
 [203] Etos (yunon. "tabiat" yoki "xarakter") - ma'ruza chog‘ida voizning o‘z tinglovchilarini ishontirish yo‘lida xarakteri yoki hissiyotlarini namoyon qilishi. U yozuvchi yoki voizning o‘z tinglovchilarini ishontirish umidida namoyon qiladigan hissiyoti - patosdan farq qiladi. Qadimgi  klassik mualliflar nazdida bu ikki so‘z bir-biridan keskin farq qilgan, ular patosni buzmakor hissiyot deb, etosni esa sokinroq hissiyotlarni ifoda qidluvchi tushuncha deb bilgan. Etos tabiiy yoki axloqiy xarakter, doimiy xususiyat, patos esa muvaqqat va ko‘pincha buzmakor hissiy holatdir. Renessans davri  yozuvchilari ularni boshqa bir yo‘sinda farqlashgan: etos xarakterni, patos esa hissiyotni ifodalagan. - Tarj.
[204] Bukhari, Hajj, 132.
[205] Sitz im leben (nem.) hayotdagi o‘rin ma'nosida. - Tarj.
[206] Preparatio evangelii (lot.)  - yangi xabar, ya'ni vahiyga tayyorgarlik.
[207] Qur'on, "Baqara" surasi, 208-oyat.
[208] Qur'on, "An'om" surasi, 125-oyat.
[209] Bu hol ikkita puxta tadqiqotda qayd etiladi: Larry Poston, Islamic Da‘wah in the West: Muslim Missionary Activity and the Dynamics of Conversion to Islam (New York, 1992); and Ali Köse, Conversion to Islam: A Study of Native British Converts (London and New York, 1996). Konversiyaning bosqichma-bosqich jarayonlari tarqalishini quyidagilar ham qayd etgan: Lisbeth Rocher and Fatima Cherqaoui, D'Une foi l'autre: les conversions a l'Islam en occident (Paris, 1986), 21; and also Marcia Hermansen, ‘Roads to Mecca: conversion narratives of European and Euro-American Muslims', The Muslim World 89 (1999), 79-80.
[210] Matthew Fox, Original Blessing: A Primer in Creation Spirituality (Santa Fe, 1983).
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:40:21
[211] Richard Bulliet, ‘Process and Status in Conversion and Continuity', in Michael Gervers and Ramzi Jibran Bikhazi (eds), Conversion and Continuity: Indigenous Christian Communities in Islamic Lands, Eighth to Eighteenth Centuries (Toronto, 1990), 2.
[212] Gerald Butt, Life at the Crossroads: A History of Gaza (Nicosia, 1995), 78-9.
[213] Sir Thomas Arnold, The Preaching of Islam: a History of the Propagation of the Muslim FaithThe Religion of the Sword: An Enquiry into the Tenets and History of Judaism, Christianity and Islam, with a view of considering which Religion has been the most Tolerant. (Vol 1, Liverpool, 1891.) (Westminster, 1896). An earlier but less widely noted expression of this thesis was given by the Anglo-Muslim convert Abdallah Quilliam in his
[214] J. McWilliam, ‘The Context of Spanish Adoptionism' in Gervers and Bikhazi, op. cit., 76.
[215] Cambridge (Mass), 1950.
[216] Richard Bulliet, Conversion to Islam in the Medieval Period: an essay in quantitative history (Cambridge, Mass, 1979).
[217] Nehemia Levtzion (ed.), Conversion to Islam (New York, 1979), p.9.
[218] Richard M. Eaton, ‘Approaches to the Study of Conversion to Islam in India', in Approaches to Islam in Religious Studies, ed. Richard C. Martin (Tucson, 1985), 106-23.
[219] Marshall G.S. Hodgson, The Venture of Islam (Chicago and London, 1974), II, 542-51.
[220] Prozelitizm [< yunon. - prozelit]. 1. Boshqalarni o‘z dinini qabul qildirishga intilish. 2. Yangi qabul qilingan ta'limot, yangi e'tiqodlarga qizg‘in sodiqlik. - Tarj. 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:40:29
[221] A.D. Nock, Conversion: The Old and the New in Religion from Alexander the Great to Augustine of Hippo (Oxford, 1933), 7.
[222] Politeizm - [fr. polythēisme < yunon. poly ko‘p + theos xudo] fals. Ko‘pxudolilik. - Tarj. 
[223] Qur'on, "Qasas" surasi, 5-oyat.
[224] Abdul Malik Mujahid, Conversion to Islam: Untouchables Strategy for Protest in India. (Chambersburg, 1989).
[225] Meyji, to‘liq nomi Meyji Tenno, Yaponiyaning 1867-1912 yillarida imperatori bo‘lgan Mutsuhitoning shaxsiy ismi. U taxtda o‘tirgan yillar Yaponiya feodal davlatdan yangi dunyoning eng kuchli davlatlaridan biriga aylandi. - Tarj.
[226] Irwin Scheiner, Christian Converts and Social Protest in Meiji Japan (Berkeley, 1970).
[227] Vedanta (sanskr. Vedanta < veidam bilmoq, xabardor bo‘lmoq). Hindistondagi inson ruhini iloh, dunyo ruhi bilan bir deb hisoblovchi diniy-falsafiy ta'limot. Vedantaga ko‘ra, voqelikni faqat Brahmagina tushuna oladi. Oddiy kishilar uchun esa voqelik - illyuziyadir. - Tarj.
[228] Cited in Hisham Djaït, Europe and Islam: Cultures and Modernity (Berkeley and London, 1985), 31.
[229] Sinkretizm [fr. syncrėtisme <yunon. synkrētismos birlashma, uyushma]. 1. Biror narsaning birligi, bo‘linmasligi, uning ibtidoiy, murg‘ak holatini ifodalaydi. 2 . fals. Eklektizmning bir ko‘rinishi: turli-tuman, ziddiyatli, bir-biriga o‘zaro mos kelmaydigan qarashlar birligi. - Tarj.
[230] Nuri Tinaz, ‘The Nation of Islam: Historical Evolution and Transformation of the Movement,' Journal of Muslim Minority Affairs, 16/ii (1996), 193-209.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:40:37
[231] Rocher and Cherqaoui, 16-7; R. Garaudy, Mon tour du siecle en solitaire: Memoires (Paris, 1989).
[232] Rocher and Cherqaoui, 127.
[233] Ushbu bobning 5-eskartmasiga qarang. Musulmonlar orasida keng tarqalgan e'tiborga molik kitoblar bor. Ular sirasiga Salim Ahmadning Into the Light (London, n.d.), noma'lum kishi tahrir qilgan  Islam Our Choice (London, 1983 va boshqa qayta nashrlari) va hk.ni kiritish mumkin. Ko‘plab axborotni muntazam nashr etiladigan Meeting Point: the Newsletter of the New Muslims' Project dan olish mumkin.
[234] Serfing (ingl. surfing) - suv  sporti, tezlik musobaqasi  bo‘lib, qirg‘oqqa qarab harakatlanayotgan to‘lqinlar yuzasida maxsus po‘kaksimon va penoplast taxta ustida tik turgan holda, hech narsaga suyanmasdan  harakatlanish (massasi 10-12,5 kg; uzunligi 2,5-2,8 m). Avstraliya, Yangi Zelandiya AQSh va boshqa mamlakatlarda tarqalgan.  Yelkanli taxta bilan kimo‘zarga suzish vindserfing deb ataladi. - Tarj.
[235] ireland.iol.ie/~afifi/Articles/articles.htm
[236] www.geocities.com/Athens/6810/nmp.html
[237] home.virtual-pc.com/wipecrc/wipeinfo.htm
[238] members.aol.com/IslamTeam
[239] www.users.globalnet.co.uk/~iidc/iidc_frames.html
[240] Yuniet - Sharq  urf-odatlari va intizomiga qattiq rioya etuvchi, ammo Rim papasining vakolatlarini tan oluvchi xristian dini vakili. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:41:11
[241] www.mosque.com/goodialg.html
[242] AvSete.fst.com.br/~sbmrjbr/alah.wav
[243] syed.afternet.com/index2.htm£convert
[244] al-Murabitun (arab.) "Chegara garnizonlarida yashovchi kishi"ma'nosini anglatadi. Bu o‘rinda xorijda yashovchi musulmonlar ma'nosida kelyapti. - Tarj.
[245] Ro‘yxat www.geocities.com/Athens/Delphi/6588/index.html da keltirilgan.
[246] members.aol.com/Samiyha/muslimah.html
[247] Prozelitizm < yunoncha - prozelit]. 1. Boshqalarni o‘z e'tiqodiga o‘tkazishga intilish. 2. Yangi qabul qilingan ta'limot yoki e'tiqodga o‘ta sodiqlik.
[248] members.aol.com/Samiyha/hispmuslim.html
[249] www.darul-arqam.org.sg/info/aboutus.html
[250] Morisk [isp. morisco] - Rekonkista, ya'ni arablar zabt etgan Pireney yarim orolini o‘rta asrlarga kelib xristianlar tomonidan qayta egallanishidan so‘ng  Ispaniyada yashab qolgan va zo‘rlab xristianlikka o‘tkazilgan arab-berber  aholisi vakili. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:41:48
[251] www.verdeislam.com
[252] www.webislam.com/tx_97_04.htm
[253] www.geocities.com/Athens/Delphi/5291
[254] Virtual [o‘rta-lot. virtualis < lot. virtūs jasorat, bardosh; kuch]. 1. maxsus. Ehtimol tutilgan, faqat ma'lum bir holatlardagina ro‘y berishi mumkin bo‘lgan. 2. axb.  Jismonan ro‘y berishi mumkin bo‘lmagan yoki real, mavjud narsadan farqli bo‘lgan narsa. Virtual xotira (hajmi kompyuterning jismoniy xotirasidan katta bo‘lgan xotira) - Tarj.
[255] www.naqshbandi.org
[256] www.geocities.com/Athens/4044
[257] www.cco.caltech.edu/~kzehra/joa/who.html
[258] Loja [fr. loge < franksk. laubja suhbatlashadigan joy] bu o‘rinda tariqatning bo‘linmasi ma'nosida. - Tarj.
[259] mto.shahmaghsoudi.org/cntrs_america.html
[260] Guru [< sanskr. guru]. induizmda: ustoz, ma'naviy ustoz. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:42:02
[261] www.egnet.co.uk/clients/music/tbh14m40.wav; www.Ressouli.com/Rumi.htm; www.onelist.com/subscribe.cg/sunlight
[262] www.bmf.org.
[263] Lucy Berrington, ‘Secure in Sisterhood', The Times, November 9, 1993. For women converts see Carol N. Anway, Daughters of Another Path: Experiences of American Women Choosing Islam (Lee Hills, 1995); Harfiyah Ball, Why British Women Embrace Islam (Leicester, 1987); Laleh Bakhtiar, Sufi Women of America: Angels in the Making (Chicago, 1996).
[264] Liturgiya [yunon. leiturgia < leiturgeō ibodat qilyapman] - xristian  dinida cherkov ibodati  (pravoslavlarda - obednya, katoliklarda - messa) - Tarj.
[265] Uchlik (rus. troitsa)). Xristianlikda: uchbir iloh (Xudo-ota, Xudo-o‘g‘il va Xudo-muqaddas ruh). Muqaddas uchlik. - Tarj.
[266] www.usnews.com/usnews.com/usnews/issue/980720/20isla.htm
[267] Baybl Belt - AQShning janubidagi hudud nomi. Uning aholisi Tavrot bitiklarining asl ekaniga  ishonmaydi, deb hisoblanadi; keng ma'noda: qizg‘in diniy aqidaparastlik xos bo‘lgan hudud. - Tarj.
[268] www.algonet.se/~ulwur/reverts/amira.htm
[269] Missioner [fr. missionnaire < lot.  missio yuborish, topshiriq < mittere yubormoq, jo‘natmoq] - boshqa  dinga mansub bo‘lgan aholi o‘rtasida o‘z dinidan va'z aytish va ma'rifiy ishlarni amalga oshirish uchun yuborilgan shaxs. - Tarj.
[270] Seminariya [< lot. sēminārium biror narsa to‘plangan joy, manba] - ruhoniylar  tayyorlanadigan maxsus o‘rta o‘quv yurti. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:42:14
[271] www.algonet.se/~ulwur/reverts/amira.htm
[272] Teleevangelist (evangelistlar baptistlarga yaqin bo‘lgan protestantlar sektasi) - televidenie  orqali o‘zi mansub mazhabni targ‘ib qiluvchi kishi. - Tarj.
[273] www.usc.edu/dept/MSA/newmuslims/yahiye.html
[274] www.cadvision.com/ybernier/david.htm
[275] Adam Le Bor, A Heart Turned East (London, 1996).
[276] www.algonet.se/~ulwur/reverts/sara.htm
[277] www.usc.edu/dept/MSA/newmuslims/karlsson.html
[278] www.algonet.se/~ulwur/reverts/tavis.htm
[279] Levtzion, 12.
[280] Oden, Uisten Xyu (1907-73) - ingliz-amerika shoiri (1939 yildan AQShda yashagan).
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:42:28
[281] 6-bobning 8-eskartmasiga qaralsin.
[282] Plyuralizm [fr. pluralisme < lot. plūrālis ko‘p]. 1. fals. Dunyoning asosini ko‘plab mustaqil, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ruhiy mavjudotlar yotadi, deb hisoblovchi falsafiy ta'limot. - Tarj.
[283] Muhammad Legenhausen, ‘Islam and Religious Pluralism', pp.115-154 of Al-Tawhid: A Quarterly Journal of Islamic Thought and Culture, 14/iii (1997), see p.148.
[284] Nasx (ar.) "Bekor qilish" ma'nosini inglatadi. Inglizcha "supersession" so‘zining ekvivalenti bo‘lgan bu so‘z islomdan oldingi dinlar: iudaizm va xristianlikning eskirib qolgan aqidalarini bekor qilishni nazarda tutadi. - Tarj.
[285] Soteriologiya (yunon. sõtērion < najot  + ingl. -logy- shunoslik) qutqarishni, xususan, Iso Masih amalga oshirgan qutqaruvni o‘rganuvchi ilohiyotshunoslik. - Tarj.
[286] Reestr [polyak. rejestr < so‘nggi lot. regestrum, registrum]. 1. eski. eski ro‘yxat. Mulkni taftish qilish . |            | 2. Hujjatlar, ishlar va hk.ni yozib borish daftari. - Tarj.
[287] An'anaviy islom lug‘atida bu fasldan ko‘ra vasl, mahvdan ko‘ra nahv  istagi, yoki iboratdan ko‘ra ishorat uslubini ifodalaydi. Qur'onning nasx qilishiga so‘fiylarcha yondashishni ko‘rib chiqishda, garchi andalusiyalik mistik Ibn Arabiy (vaf.1240 yil) haqda «plyuralist» deb keng tarqalgan ma'lumotlarni ziddiyatlarni bartaraf etishga oid kam miqdordagi bayonotlarni sharhlash orqali muvozanatga keltirish talab etilsa-da, asosiy e'tibor faylasufning o‘ziga qaratiladi. Masalan,  uning ikkita risolasida xristianlar mushrikun (ko‘pxudolilar) deb tavsiflanadi. Qarang: Muhyi'l-Din Ibn 'Arabi, Muhadarat al-abrar wa-musamarat al-akhyar fi'l-adabiyat wa'l-nawadir wa'l-akhbar (Cairo, 1324/1906), II, 284; va uning  Tadhkirat al-khawass asari, uni Rojer Deladri  Ibn ‘Arabî: La Profession de Foi (Tadhkirat al-khawâçç wa‘aqidat ahl al-ikhtiçaç)deb tarjima qilgan (Paris, 1978), 274. «Plyuralist» va «universalist» tushunchalari Mavlono she'riyatida ham uchraydi. «Plyuralist» tushunchasiga qarshi dalillar haqida qarang: Legenhausen, pp. 134-138.
[288] Kontekstuallash (ingl. contextualisation) 1 So‘zning ma'nosini tushunib olishga yordam beradigan diskurs. 2. Biror narsa mavjud bo‘ladigan yoki ro‘y beradigan bir-biriga bog‘liq sharoitlar: muhit, joy. ("Britannika")
[289] Sunniylarning bir murosaga kelgani Abu Hamid G'azzoliyning Al-iqtisad fi'l-i'tiqad (Qohira, 1972) asarining 209-sahifasida shunday keltiriladi:  «Yahudiylar, xristianlar va barcha boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchilar: zardushtiylarmi, butparastlarmi yoki boshqalarmi, bundan qat'i nazar, Qur'onda keltirilganiday va musulmon jamoasi («ummat») o‘zaro kelishib olganiday («ijmo»)  «kofir» deb hisoblanishi kerak. Esakkning musulmon ilohiyotshunosligida Kopernik inqilobini amalga oshirish taklifi Qur'an, Liberation and Pluralism (Oxford, 1997) asarida bayon qilingan.
[290] Eng diqqatga sazovori «Baqara» surasining 62-oyatidir: "Albatta, iymon keltirgan zotlar, yahudiy bo‘lganlar, nasroniylar va sobiiylar (farishtalarga sig‘inuvchilar) - (ulardan) qaysilari (avval qaysi dinda bo‘lganlaridan qat'i nazar, iymonga kelib, yolg‘iz) Allohga, Oxirat kuniga ishonsa va yaxshi amallar qilsa,  o‘shalarga Parvardigorlari huzurida ajr bordir va ulur uchun xavfu xatar, g‘am-anduh yo‘qdir". Klassik tafsir buni  islomni qabul qilgan g‘ayridinlarni tavsiflash uchun keltiradi. Ayyub o‘zining yaqinda chop etilgan asarida bunga qarshi fikr bildiradi: «Nearest in Amity: Christians in the Qur'an and contemporary exegetical tradition', Islam and Christian-Muslim Relations 8/ii (July 1997), pp. 145-64.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:43:19
[291] G. D'Costa, ‘John Hick's Transcendental Agnosticism', in H. Hewitt (ed.), John Hick's Philosophy of Religion (London, 1990), 130-47. 1) Transtsendental [nem. transzendental < lot. trānscēndere ko‘chmoq, chegaradan tashqariga chiqmoq]. Ffals. Kant falsafasida: oldindan berilgan, tajriba tufayli orttirilmagan, undan oldingi tajribaga bog‘liq bo‘lmagan.  2) Agnostitsizm [ingl. agnosticism < yunon. agnōstos bilib bo‘lmaydigan]. fals. Ob'ektiv borliq va uning qonuniyatlarini bilish mumkinligini inkor qiladigan falsafiy ta'limot. - Tarj.
[292] Abu'l-Mu'in al-Nasafi, Tabsirat al-adilla fi usul al-i'tiqad, ed. Claude Salama (Damascus, 1990), p.22.
[293] Kontekstual («Kontekst» so‘zidan [fr. contexte < lot. contextus yaqin aloqa, chatishib, bog‘lanib ketish]. Matnning tugal ma'noni anglatadigan qismi. - Tarj.
[294] Ekzegetika - [< yunon. exēgēsis izohlamoq]. Qadimgi va, asosan, diniy matnlarning noaniq joylariga talqin qilish, islomda tafsir. - Tarj.
[295] Biz ro‘yxatga mashhur musulmon postmodern ilohiyotshunosi jazoirlik Muhammad Arkunni qo‘shishimiz mumkin. U an'anaviy  Allohni bilish va din huquqiga oida «transtarixiy» qarashlardan voz kechish uchun   Derridadan foydalanadi. Qarang: Robert D. Lee, Overcoming Tradition and Modernity: The Search for Islamic Authenticity (Boulder, 1997), 143-174.
[296] Parametr [nem. Parameter, fr. paramitre < yunon. parametreō solishtirib o‘lchayapman, o‘lchayapman.] 1. mat. Mazmuni ko‘rib chiqilayotgan masala doirasida doimiy bo‘lgan va formula va ifodalarga kiruvchi kattalik. 2. (Odatda, ko‘plikda qo‘llanadi) Biror qurilma yoki sistemaning qandaydir xususiyatini ifodalovchi kattalik. - Tarj.
[297] Okkultizm (lot. occultus - sirli) Insonning ichida va koinotda yashirin kuchlar borligini tan oluvchi va ularni bilish faqat ma'lum bir ruhiy tayyorgarlikdan o‘tgan kishilargagina nasib qiladi, deb hisoblovchi ta'limotlarning umumiy nomi. - Tarj.
[298] Ekzeget (< yunon. exēgētes mufassir) - ekzegetika amaliyotchisi, tafsirchi. - Tarj.
[299] Noumen - Kant falsafasida fenomenning teskarisi, ya'ni "narsa o‘zida". Fenomen esa "narsa biz uchun"dir. Noumen narsalarning bizdan va bizning ongimizdan mustaqil ravishda mavjudligi, fenomen esa bilish jarayonida inson o‘zi uchun kashf qilishi mumkin bo‘lgan narsadir.
[300] «Aytingiz (ey mo‘minlar), Allohga, bizga nozil qilingan narsa (kitob)ga va Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qubga va uning avlodlariga nozil qilingan narsalarga, Musoga, Isoga va (barcha) payg‘ambarlarga Parvardigorlaridan berilgan narsalarga imon keltirdik. Biz ular o‘rtasidan birortasini (payg‘ambar emas deb) ajratib qo‘ymaymiz va Unga (Allohga) bo‘yinsunuvchilarmiz". 
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:44:26
[301] Hud va Solih kabilar, Qur'on, «A'rof» surasining 65-79-oyatlari.
[302]  'Ali ibn Abu Bakr al-Haythami, Majma' al-zawa'id wa-manba' al-fawa'id (Cairo, 1352AH), 1, 159;
[303] Ekspansiya [fr. expansion, nem. Expansion < lot. expānsio kengayish, cho‘zilish]- biror hodisaning dastlabki chegaralardan tashqariga yoyilishi, tarqalishi. - Tarj.
[304] Qur'on, "Ankabut" surasi, 46-oyat.
[305] Premodern - "Modernizmgacha bo‘lgan" degan ma'noda. - Tarj.
[306] Haqiqatnoma  - ingliz tilidagi "revelation" so‘zining tarjimasi sifatida keltirilyapti. (Revelation 1. Ilohiy haqiqatni kashf qilish yoki bayon qilish; Alloh odamlarga ayon qilgan  biror narsa. 2. Biror narsani baholash va ma'lum qilish. 3. Kichik Osiyoning ilk xristianlariga yuborilgan Qiyomat haqidagi bitik. U Injilga ham "Qiyomat" nomi bilan qo‘shilgan. - Tarj.
[307] Ahmad ibn Hanbal, Musnad, cited in Ibn Hajar al-'Asqalani, Itraf al-Musnid al-Mu'tali (Beirut and Damascus, 1414/1993), no.12440
[308] Allez, Monsieur (fr.) - ketishingiz mumkin, janob! - Tarj.
[309] John Julius Norwich, Reresby Sitwell and A. Costa, Mount Athos (London, 1966), p.84
[310] Indifferentizm (ingl.) 1. Befarqlik holati, qiziqish va jiddiylikning yetishmovchiligi; xususan, din yoki falsafada nima to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekaniga nisbatan qiziqishning yo‘qligi, agnostitsizm. 2. Barcha dinlarga teng huquq berilishi; haqiqat yoki xatoga teng huquq berilishi. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:46:11
[311] «Kontekstga kiritadi» ma'nosida. - Tarj.
[312] Francis Peters, ‘Alius or Alter: the qur'anic definition of Christians and Christianity,' Islam and Christian-Muslim Relations 8/ii (1997), 165-76. Peters hujjatlar asosida qanday qilib «Qur'on xristianlik xususidagi mushohadalardan unga qarshi dalilga aylana boshlagani»ni ko‘rsatib beradi (165-b.).
[313] Halakiy ivrit tilidagi «Halakah» so‘zidan olingan. Halakah Tavrot zamonlaridan beri yahudiylarning diniy ahkomlarga rioya etishi, kundalik hayoti va xulq-atvorini tartibga solish uchun takomillashib kelgan qonunlar va qarorlar majmui. U Tavrotning dastlabki 5 ta kitobidan keskin farqli o‘laroq,  Sinay tog‘ida Muso payg‘ambarga kelgan vahiydan kelib chiqqan og‘zaki an'analarni saqlab qolish va boshqalarga tanishtirishni nazarda tutadi. («Britannika»dan) - Tarj.
[314] Asliyatda «jeremiad" - Tavrotdagi «Ieremiyaning yig‘isi» kitobidan olingan bo‘lib, yig‘i, shikoyat, shikoyat qilib aytilgan va'z ma'nolarini inglatadi. - Tarj.
[315] H. Lazarus-Yafeh, Intertwined Worlds: Medieval Islam and Bible Criticism (Princeton, 1992), 50-74. Muallif aksariyat musulmonlar bunday qarashga qo‘shilmasligini ko‘rsatib beradi.
[316] Metatron - yahudiy mif va rivoyatlarida farishtalarning eng ulug‘i bo‘lib, ba'zi hollarda Podshoning Shahzodasi (yoki farishtasi), Mikoil farishta, yoki ilohiy dunyoga doxil bo‘lgan Enox (Idris payg‘ambar) deb hisoblanadi. («Britannika»dan) - Tarj.
[317] Qarayizm (ibroniy tilida   qĕrāîm qarayitlar ibroniy tilidagi qārā  o‘qimoq so‘zidan) - milodiy 8-asrda Yahudiylarning Bag‘dodda vujudga kelgan va  ravvinizm va talmudizm rad etgan va o‘z printsiplarida faqat muqaddas bitikka tayanadigan doktrinasi ("Britannika"dan). - Tarj.
[318] Gordon Newby, The Jews of Arabia (New York, 1988), 60-1. Bu e'tiroz 7-asrda yashagan arab yahudiylariga ma'lum bo‘lgan Merkava bitiklarida mavjuddir.
[319] Qur'on, «Niso» surasi, 157-oyat: "Holbuki, uni o‘ldirganlari ham, osganlari ham yo‘q. Faqat Boshqa bir kishi Isoga) o‘xshatib qo‘yildi, xolos". («Shubbiha lahum» iborasi turlicha tushunilgan va turlicha tarjima qilingan, ammo bu yerda ular oqlanayotgani aniq.) - Tarj.
[320] Goitein, Jews and Arabs (New York, 1955), 130: «Iudaizm hech qachon o‘rta asrlardagi arab islomi bilan bu qadar yaqin va samarali simbiozga duch kelmagan edi». Ushbu ko‘z qarash va uni ifoda qilish yo‘sini   ziddiyatga sabab bo‘ldi. Buning uchun qaralsin: Steven M. Wasserstrom, ‘Recent Works on the "Creative Symbiosis" of Judaism and Islam', Religious Studies Review 16 (1991), 43-7.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:47:56
[321] Gaonlar (ivrit tilida «ulug‘vorlik», «iftixor») - Dastlab Bobildagi ikki nafar, keyinchalik esa Bag‘dod, Falastin, Damashq va Misrdagi  eng obro‘li ieshivalarning rasmiy unvoni. 6-asrning oxiridan 11-asrning o‘rtalariga qadar (gaonat deb atalgan davr) gaonlar Talmudni talqin qilshi bo‘yicha eng mo‘‘tabar kishilar sanalgan. ("Kirill va Mefodiy")- Tarj.
[322] Maymonidlar - yahudiy  faylasufi Moshe bin Maymon (1135-1204) nomidan olingan. U Ispaniyada tug‘ilgan, 1165 yildan boshlab Misrda yashagan, Salohiddinning saroy tabibi.  Tavrot vahiylari bilan arab aristotelizmini sintez qilishga harakat qilgan. («Kirill va Mefodiy») - Tarj.
[323] Sefardlar  - yahudiylarning ispan tiliga yaqin bo‘lgan sefard tilida so‘zlashuvchi kichik etnik guruhi. Asli kelib chiqishi Pireney yarim orolidan bo‘lgan sefardlar Shimoliy Afrika, Kichik Osiyo, Bolqon yarim oroli mamlakatlari va Isroilda istiqomat qiladi. («Kirill va Mefodiy») - Tarj.
[324]  Kalsedon - qadim zamonda  Bosfor bo‘g‘ozining sharqiy qirg‘og‘idagi shahar. U yerda bo‘lib o‘tgan umumjahon kengashi milodiy 451 yili monofizitizm (Isoda insoniy va ilohiy ibtidoning o‘zaro qo‘shilib ketishini ta'kidlovchi ta'limot)ni yeres, ya'ni zindiqa, ya'nikim, xudosizlik deb e'lon qilgan. - Tarj.
[325] Kategoriya [nem. kategorie < yunon. katēgoria] - ro‘y  berayotgan voqea-hodisalarning eng umumiy xususiyatlari va aloqasini inglatuvchi ilmiy tushuncha. - Tarj.
[326] Ushbu oyat xususida Baydaviyning nestorianlar, yakobinchilar va melkitlar o‘rtasidagi isoshunoslikka oid qarashlarni bir-bir sanab o‘tgan izohi  «uni (Isoni - tarj.) oddiygina qilib Allohning quli va payg‘ambari» deb hisoblovchi monoteistlar (muvahhiddinlar)ning qarashiga zid kelib qoladi. ('Abdallah al-Baydawi, Anwar al-tanzil wa-asrar al-ta'wil, Istanbul, 1329AH, 406.)
[327] Muslim, Imom, 81. Isoshunoslikka oid munozaralarda xristianlikning tahqirlanishi din amaliyotida uchrab turadigan holdir, ammo uni hadis mo‘‘tadillashtiradi. Hadisda Rasululloh musulmonlar o‘rtasidagi bo‘linib ketishni bashorat qiladi va qoralaydi: «Yahudiylar 71 yoki 72 mazhabga bo‘linib ketishdi, xristianlar ham shunday qilishdi. Mening ummatlarim esa 73 mazhabga bo‘linib ketadi». (Termiziy, «Imom», 18)
[328] Bukhari, Ahadith al-anbiya', 48.
[329] Masalan, Buxoriyning «Fada'il ul-Qur'on" kitobining 3-bobida Huzayfa xalifa Usmon Qur'on matnining butunligini saqlab qolganini, aks holda uning boshiga ham yahudiylar va xristianlarning muqaddas bitiklari kuni tushishi mumkin bo‘lganini aytadi.
[330] Islom Iso payg‘ambarning hayoti va zimmasiga yuklatilgan vazifasiga oid ebionitlarning (Isoga ergashgan dastlabki zohidlar mazhabi vakillari - Tarj.) talqinlarini tan oladi. Ulardan ayrimlari tarixiy  xarakterga ham egadir: "Muhammadning yahudiy xristianligiga bilvosita  bog‘liqligiga shubha yo‘q. Buning natijasi chindan ham dunyo tarixi miqyosidagi bir paradoksdir; yahudiy xristianligi xristian cherkovlaridan yo‘qolib ketgan bir paytda islomda saqlanib qoldi va u to shu kungacha  islomning yo‘naltirib turuvchi impulsi sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lib qoldi. Hans-Joachim Schoeps, cited in P.-A. Bernheim, James, Brother of Jesus (London, 1997, p.269) dan iqtibos. Bernheimning Quddusdagi Jeyms rahnamolik qilgan havoriylar cherkovi Pavelning inkarnatsionizmni rad etib, halaka ko‘rinishlaridan birini  amaliyotda qo‘llagani xususidagi ko‘zqarashidan, islomning dunyoviy tarixchiga izchil ta'sir ko‘rsatgan (garchi bunday deyishga isbotlar yetarli bo‘lmasa-da) bo‘lishi mumkin, degan xulosa ham o‘rinlidek tuyuladi. Ammo bu hol musulmon ilohiyotshunosiga Qur'on isoshunosligi mavjudligini tasdiqlash imkonini beradi.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:48:59
[331] Sui generis (lot.) - o‘ziga  xos tarzda. - Tarj.
[332] Qur'onda Iso Allohning «kalimasi» («Niso» surasi, 171-oyat), yaratilmagan logos (sabab) emas, aksincha, ilohiy talaffuz: «... «Bo‘l!» dedi, bas, (u) bo‘ldi» («Oli Imron» surasi, 59-oyat) deb tavsiflanadi. Binobarin, barcha tasodifiy fenoumenlar ilohiy xususiyatga ega bo‘lgan «kalimalar»dan iboratdir: «Bas, qaysi tarafga  yuzingizni qaratsangiz, o‘sha tomonda Allohning «yuzi» mavjuddir»,  («Baqara» surasi, 115-oyat), "Biz unga bo‘yin tomiridan ham yaqinroqdirmiz" ("Qof" surasi, 16-oyat). Allohning bandalariga yaqinligi tufayli  Qur'onning tabiatan va osmondan tushgani xususidagi bo‘g‘iq rivoyatga asoslanib, ilohiy «ramz»larga tez-tez murojaat qilib turishi "inkarnatsiya"ga zarurat qoldirmaydi va odamning umidsiz tarzda har narsaga qodir Allohdan ajralib chiqqanini ta'kidlaydi. Ilohiy kitobni sinchiklab kuzatgan har bir  kishi bu tushunchaning islomga begona ekanini ko‘rishi mumkin.
[333] Esxatologiya (yunon. eschatos - so‘nggi, pirovard  va logos - so‘z, ta'limot) - dunyo  va insonning so‘nggi taqdiri haqidagi diniy ta'limot. - Tarj.
[334] Charles-André Gilis, La Doctrine initiatique du pelerinage a la Maison d'Allâh (Paris, 1982) da musulmon esxatologiyasiga ibrohimiy rezonans yaxshi tadqiq qilingan.
[335] Qur'on, "Oli Imron" surasi, 67-oyat.
[336] Arxetip [nem. Archetyp, fr. archètype < yunoncha archē boshlanish + typos namuna] - Falsafada, birlamchi shakl, namuna. | Shveytsariyalik faylasuf va ruhshunos olis K.G.Yung falsafasida arxetiplar barcha psixik jarayonlarning zamirida yotgan jamoaning  g‘ayriaqliy ibtidosining strukturaviy unsurlari.
[337] Buxoriy, «Hadis», Toshkent, 1997, 1-jild, "Tayammum" kitobi,  101-bet.
[338] Injil, Matfey bayon etgan xushxabar, 20:1-16
[339] Bukhari, Mawaqit al-salat, 17.
[340] Angularis fundamentum (lot.) Mark bayon etgan muqaddas xushxabar, 12:10: Yaramas peshvolarning: "Nahotki sizlar shu oyatni o‘qimagan bo‘lsangiz: "Binokorlar keraksiz deb tashlagan tosh Naq binoning peshtoqidan joy oldi" qabilidagi kinoyasiga o‘xshab ketyapti.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:49:49
[341] Bukhari, Manaqib, 18.
[342] Bukhari, Jumu'a, 1.
[343] Jane McAuliffe, Qur'anic Christians: an analysis of classical and modern exegesis (Cambridge, 1991), 290.
[344] David Burrell and Elena Malits, Original Peace: Restoring God's Creation (Mahweh, New Jersey, 1997), 9.
[345] Abdallah ibn Alawi al-Haddad, The Lives of Man (tr. M. al-Badawi), (London, 1411/1991), 7.
[346] Sigmund Freud, Moses and Monotheism, (London, 1974), 92.
[347] Masalan. musulmonlar g‘alabasidan  avliyo Gregoriy Palamas nihoyatda tashvishga tushib qolgan edi. Qarang: Speros Vryonis Jr., The Decline of Medieval Hellenism in Asia Minor and the Process of Islamization from the Eleventh through the Fifteenth Century (Berkeley and Los Angeles, 1971), 426-7.
[348] Ushbu masalaga bag‘ishlangan kitoblar talaygina. Musulmonlarning o‘z-o‘zini inglashi haqidagi kitoblar sirasiga quyidagilar kiradi: Abd al-Wâhid Pallavicini, ‘Vers la Terre Sainte,' Les Cahiers de l'Institut des Hautes Études Islamiques 2 (1996), 45-50; S. Abdallah Schleifer, ‘The Virtues of Jerusalem', Islamica IV (1998), 3-10.
[349] «Bir-biri bilan to‘y qiladigan, yoki nikohdan o‘tadigan joyidir", ma'nosida.
[350] Sachaverell Sitwell, Arabesque and Honeycomb (London 1957), 134.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:50:34
[351] Muhammad al-ShahrastanÏ, Nihayat al-Iqdam fÏ 'ilm al-kalam. Ed. A. Guillaume (London 1934), p.446.
[352] Ibrahim al-Laqqani, Jawharat al-Tawhid, with the commentary of Ibrahim al-Bayjuri, Tuhfat al-Murid (Beirut, 1403/1983), 137.
[353] al-Bayjuri, Tuhfa, 137.
[354] Yahya al-Nawawi, Rawdat al-talibin (Beirut, 1412/1991), X, 70, cited in Nuh Keller, Tariqa Notes (n.p., 1996), 25.
[355] Keller, 25.
[356] Muslim, Sahih, cited in Keller, 24.
[357] Partikulyarizm (lot. particula - zarra) ilohiyotshunoslikdagi, Qiyomat kuni hamma emas, faqat ayrim xristianlargina najot topishi mumkin, deb hisoblovchi ta'limot. - Tarj.
[358] Teoditseya (frants. theodicee - xudoni oqlash, yunon. theos - xudo va dike - adolat) - rahmdil  va qodir Alloh g‘oyasini dunyo yovuzligi - shayton mavjudligi bilan murosaga keltirishga, Allohni yaratuvchi va dunyoning rabbi sifatida borliqning qora kuchlari borligi bilan "oqlash"ga urinayotgan diniy-falsafiy doktrinalarning umumiy nomlanishi. Uni 1710 yili G.V.Leybnits muomalaga kiritgan. - Tarj.
[359] Muslim, Qadar, 25.
[360] Bukhari, Wudu', 75.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:51:52
[361] Odam Atoning tavbasi qabul qilinganidan so‘ng; «Qur'on», «Baqara» surasi, 37-oyat.
[362] Nasafi, 473.
[363] Kevin Reinhart, Before Revelation: the boundaries of Muslim moral thought (Albany, 1995), 45, 48, 59. Ash'ariylarning so‘nggi turimi ancha tushkundir; masalan, G'azzoliy inson aql-zakovatining ishonchsiz va hissiyotlarga beriluvchan tabiatiga bog‘liq bo‘lib qolishday og‘ir vazifani yuklashga ruxsat bermaydi (74-bet). Moturidiya tarafdorlari esa dunyoning indikativligiga bo‘lgan dastlabki va ko‘proq Qur'onga xos bo‘lgan ishonchga asoslanadi.
[364] Baghdadi, Usul, 262.
[365] O'sha yerda., 263.
[366] O'sha yerda., 161.
[367] O'sha yerda., 162.
[368] Daniel J. Sahas, ‘"Holosphyros?" A Byzantine Perception of "The God of Muhammad",' pp.109-125 of Yvonne Haddad and Wadi Z. Haddad (eds.), Christian-Muslim Encounters (Gainesville, Florida, 1995). Islom zaminining yaqinligi va u yerga musulmon sayyohlar va savdogarlar kelib turishiga va oradan (islom paydo bo‘lganidan beri) ancha vaqt o‘tib ketganiga qaramasdan, 12-asrda yunon cherkovida musulmonlikni qabul qilgan kishilar Muhammad sig‘ingan botiq kuradan voz kechish shiorini  e'lon qilishga majbur bo‘lishgan.
[369] Chansons de Geste (fr.) "Harakat qo‘shiqlari" ma'nosini inglatadi. Frank qiroli Sharl I  (742-814) bilan bog‘liq rivoyatlar asosida paydo bo‘lgan frantsuz poemalari ("Britannika").- Tarj.
[370] Norman Daniels, Heroes and Saracens: an interpretation of the Chansons de Geste (Edinburgh, n.d.).
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:53:11
[371] G'azzoliy bu o‘rinda Allohning Odam Atoga har ming ruhning 999 tasi «ba's an-nur" (olov ahli)ni olib chiqishni buyurgani bayon etilgan mashhur hadisga ishora qilyapti. (Bukhari, Riqaq, 46; see Ibn Hajar al-'Asqalani, Fath al-Bari sharh Sahih al-Bukhari [Cairo, 1959], VII, 196.)
[372] G'azzoliyning gaplari «Dunyo» nashridagi «Al-Muqaffa"ga tegishli bo‘lsa kerak. Tarixiy shaxs bo‘lgan Al-Muqanna (vaf.mil.783 y.) o‘zini Allohning inkarnatsiyasi, ya'ni ruhiman, deb da'vo qilgan va Markaziy Osiyoda qonli qo‘zg‘olon ko‘targan; xalq xotirasi bunday ishlarni G'azzoliy davriga qadar yaxshi saqlab qolgan. Qarang: 'Abd al-Qahir al-Baghdadi, al-Farq bayn al-firaq (Cairo, 1328/1910), 257-8.
[373] Abu Hamid al-Ghazali, Faysal al-tafriqa bayn al-Islam wa'l-zandaqa, ed. Sulayman Dunya (Cairo, 1381/1961), 206. Bizning manbalarda Muqanna chet El bosqinchilariga qarshi kurashgan qahramon sifatida talqin etilsa, diniy manbalarda u mana shunga o‘xshash soxta payg‘ambar sifatida qoralanadi. - Tarj.
[374] Din amaliyoti A'rofga tegishli oyat xususida bir to‘xtamga kela olmadi («A'rof» surasi, 46-47-oyatlar), biroq tepalik g‘oyasi qonuniy talqin sifatida qabul qilingan. Bu talqin yetakchi sahoba  Hudhayfa ibn al-Yamanga nisbat beriladi. Masalan, qarang: Ibn Jarir al-Tabari, Jami' al-bayan fi ta'wil ai al-Qur'an, Shakir and Shakir ed., volume XII (Cairo, 1957), 452: «Ba'zi birovlar Odam Ato avlodlaridan bir guruhining yaxshi va yomon amallari o‘zaro tengdir, shuning uchun ular Alloh taqdirlarini hal etguncha o‘sha joyda tura turadi. So‘ngra Alloh ularni o‘z marhamati bilan jannatga kiritadi". Garchi bu qarash hech qachon  muhim ahamiyatga molik, deb hisoblanmagan bo‘lsa-da, ekzegetik an'ananing aksariyati uni qabul qilgan.
[375] G.N. Jalbani, Teachings of Shah Waliyullah (Lahore, 1967), 158.
[376] Agnostitsizm [ingl. agnosticism < yunon. agnōstos bilib bo‘lmaydigan] fals. - ob'ektiv borliq va uning qonuniyatlarini bilishni inkor qiladigan falsafiy ta'limot. - Tarj.
[377] al-Murtada al-Zabidi, Ithaf al-sada al-muttaqin sharh Ihya' 'ulum al-din (Cairo, 1311AH), 10, 494-5.
[378] Evangelisation (ingl.) 1.  Injildan va'z aytish. 2. Xristianlikni qabul qildirish. - Tarj.
[379] Bien-pensant (fr.) to‘g‘ri o‘ylaydigan, chin ma'nosida. - Tarj.
[380] Moniylik dini Eronda 3-asrda Mani asos solgan din. Dunyoni yaxshilik va yomonlik, nur va zulmat o‘rtasidagi muttasil kurashdan iborat deb tushunadigan aqida. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:53:52
[381] Rajeet Syal and Christopher Morgan, "Muslims Set to Outnumber Anglicans", Sunday Times, 11 may, 1997.
[382] Ushbu jarayon haqida ma'lumotga ega bo‘lish uchun qarang: Jessica Jacobson, «Islam in Transition: Religion and Identity among British Pakistani youth" (London and New York: Routledge, 1998); "Muslims in Britain^ Searching for an Identity", New Community 13 (1987), pp.384-394
[383] Nomotsentrizm (ingl.) "markazida qonun turadigan" degan ma'noda. - Tarj.
[384] Ressourcement (frants.) - asliyatga qaytish, qayta tug‘ilish, qayta tiklash. - Tarj.
288a Oskar Uayld, Dorian Greyning portreti, 2-bob.
[385] Klifford Jeyms Geertz (1926 y. tug‘ilgan) - amerikalik  madaniyat antropologi, ramziy antropologiya va interpretatsion antropologiyaning yetakchi mudarrisi va himoyachisi. - Tarj.
[386] Lumiéres (fr.) Siècle De Lumières ("Ma'rifatlilar asri") 17-18-asrlarda Yevropadagi ziyolilar harakati nomi bo‘lib,  unda xudo, sabab, tabiat va inson tushunchalari bir dunyoqarashga sintez qilingan va uni ko‘pchilik ma'qullagan. Ushbu dunyoqarash san'at, falsafa va siyosatda inqilobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan ("Britannika"). - Tarj.
[387] Rolan Jerar Bartes (1915-1980) - frantsuz esseisti, ijtimoiy va adabiy tanqidchisi. Uning semiotika, ramzlar va belgilarni formal o‘rganish borasidagi tadqiqotlari strukturalizm va yangi tanqidni yetakchi intellektual harakatlar darajasiga ko‘tarishga yordam berdi. - Tarj.
[388] Atomizm [fr. atomisme < yunon.]. fals. - materialistik ta'limot bo‘lib, 19-asrning oxirigacha  material abadiy, o‘zgarishsiz va bo‘linmaydigan zarralar - atomlardan  iborat deb hisoblangan. Zamonaviy atomizm nuqtai nazariga ko‘ra, elektronlar elektr quvvatining «atomlari»,  fotonlar esa yorug‘lik «atomlari»dir. Atomizm keng ma'nosidan ob'ektning, jarayonning, xossaning (ijtimoiy atomizm, mantiqiy atomizm va boshqalar) diskretliligini (uzlukliligini) anglatadi. («Kirill va Mefodiy») - Tarj.
[389] Ernest Gellner, Postmodernism, Reason and Religion (London: Routledge, 1992).
[390] Mary Rose Barral, The Body in Interpersonal Relations: Merleau-Ponty (Lanham, MD: University Press of America, 1984). Uning  qarashlaridagi eng muhim bo‘lgan jihat vujudni inson sub'ektini «moddiylashgan ruh» deb hisoblovchi tushunchaga asoslangan intersub'ektiv joy deb hisoblashidir. Bu qarash Dekartning «vujuddan foydalanuvchi jon» degan qarashiga ziddir. Bu haqda 90-betga qarang. U musulmonlarning tanaga asoslangan fiqh tajribasini madaniy kishilarni birlashtiruvchi asos deb hisoblashi mumkin.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 29 Noyabr 2007, 07:55:04
[391] Intersub'ektiv (ingl.) 1. Turli ongga mansub aqllar o‘rtasida muloqotga kirishish (intersub'ektiv muloqot). 2. Ikki va undan ortiq sub'ektlar foydalanishi yoki ular uchun joriy etilishi mumkin bo‘lgan narsa. - Tarj.
[392] Interkorporeyti (ingl. inter o‘rta,  corporeity -- vujudga ega bo‘lish yoki vujud bo‘lishning sifati yoki holati, moddiylik) "moddiyliklar o‘rtasidagi narsa" ma'nosida. - Tarj.
[393] Hatto, til voqelikni hosil qiladi, deb da'vo qilish ham uni tasvirlashiga xalal bermaydi. Qarang: See  M.J. Devaney, ‘Since at least Plato ...' and Other Postmodernist Myths (Basingstoke: Macmillan, 1997), p.4. Qur'on nuqtai nazaridan, albatta, tilni Alloh bergan. Vaholanki, Tavrotning «Ibtido» kitobida uni bandasi yaratgan, deyiladi. Musulmon ilohiyotshunosligi bitiklarga asoslangan teistik logotsentrizmdan postmodernizmga qarshi foydalanishi mumkin.
[394] Ron Geaves, The Sufis of Britain: An Exploration of Muslim Identity (Cardiff: Cardiff Academic Prees, 2000).
[395] Salafiya (arab. «salaf» «ota-bobolar", "o‘tmishdoshlar" so‘zidan) - Musulmon  din arboblarining umumiy nomi bo‘lib, ular islom tarixining turli davrlarida qadimgi musulmon qavmi yoki "chin musulmon bobolar"ning turmush tarzi va e'tiqodidan ulgi olishga da'vat qilgan, ular ushbu sohalarda keyinchalik joriy etilgan yangiliklarni bid'at deb hisoblagan. Bunga Qur'onni ramziy-majoziy tafsir qilish usulidan tortib, musulmon dunyosida G'arb bilan aloqalari davrida joriy etilgan turli yangiliklar ham kiradi. ("Islam", entsiklopedicheskiy slovar, M. "Nauka", 1991)
[396] Skripturalizm (ingl.) - diniy  bitikning sifati yoki holati; muqaddas bitiklarga chinakam sadoqat (Vebster (1913) lug‘ati)
[397] Partikulyarizm (lot. particula  - zarra) - siyosatshunoslikda, siyosiy, ma'muriy yoki madaniy avtonomiyaga erishish va uni saqlab qolishga intilish. Partikulyarizmning keskin shakllariga bo‘lginchilik (separatizm) - mustaqillik va detsentralizmga erishish harakati - davlatning markaziy organlarining rahbarlik rolini inkor etish, huquqshunoslik sohasida esa bir mamlakatning turli qismlarida turli huquqiy sistemalarning amal qilishi kiradi. - Tarj.
[398] Devolyutsiya (ingl. devolution-, lot. devolvere so‘zidan) - 1. Huquq, vakolatlar, mulk va mas'uliyatning boshqalar qo‘liga o‘tishi, xususan, markaziy hukumatning vakolatlarini mahalliy hokimiyatga topshirishi. 2. Inqiroz, orqaga ketish. - Tarj.
[399] Jeremy Paxman, The English: a portrait of a people (London: Michael Joseph, 1998).
[400] Daniel Jenkins, The British, Their Identity and Their Religion (London, SCM, 1975) p.11.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2007, 07:30:52
[401] Paksman iqtibos olgan. 6-bet.
[402] Paradigma [nem. Paradigma, fr. paradigme < yunon. paradeigma namuna] - 1. Tilsh. Bir so‘zning shakllar sistemasi. 2. Fals. Ilm-fan, madaniyat, tsivilizatsiyaning ma'lum bir bosqichiga xos bo‘lgan tasavvurlar va asosiy kontseptual yo‘nalish va hk. sistemasi. ("Kirill va Mefodiy") 3. Namuna, andoza. - Tarj.
[403] Jose Saramago, tr. Giovanni Pontiero, The History of the Siege of Lisbon (London: Harvill, 1996).
[404] Postxok (lot. post hoc, ergo propter hoc bundan keyin, shuning uchun, shu tufayli) mantiq ilmidagi noto‘g‘ri qoida bo‘lib, vaqt nuqtai nazaridan oldinroq sodir bo‘lgan narsani unga daxli bo‘lmagan boshqa bir narsaga sabab qilib ko‘rsatish. - Tarj.
[405] «Luziadlar» Portugaliya shoiri Luish de Kamoens (1524 yoki 1525-1580) qalamiga mansub epik doston. Vasko da Gamaning Hindistonga dengiz safari haqidagi asarda bu xalqning qahramonligi kuylanadi va aqlning imkoniyatlari cheksiz ekaniga ishonch bildiriladi («Kirill va Mefodiy»).
[406] Luis Vaz de Camoens, The Lusiads (Harmondsworth: Penguin,  1952), p.80 (Canto 3).
[407] Nina Clara Tiesler, ‘No Bad News from the European Margin: the New Islamic Presence in Portugal', Islam and Christian-Muslim Relations 12 (2001), 71-91, p.83.
[408] Cantuar de mío Cid (isp. "Saidimning qo‘shig‘i") 12-asrning o‘rtalarida yaratilgan ispan epik dostonidir.
[409] Qarang: masalan:  Bernard F. Reilly, The Contest of Christian and Muslim Spain 1031-1157Kentucky Romance QuarterlyActes du Ve symposium international d'Études morisques sur le Ve centenaire de la chute de Grenade 1492-1992Sid (Said) afsonasi Frantsiyada ham mashhur edi; cf. Peter H. Nurse (ed.) Le Cid, by Pierre Corneille; the text of the original edition (1637), edited with an introduction, notes and variants (Cambridge, Mass., and Oxford: Blackwells, 1992), 252-3; Israel Burshatin, ‘The Docile Image: The Moor as a Figure of Force, Subservience  and Nobility in the Poema de mio Cid', 31 (1984), 269-280; for the wider picture see Gamal Abdel-Rahman, ‘La  literatura española ante la caida de Granada (la imagen del musulmán antes y después de 1492)', in Abdeljelil Temimi (ed.), (Zaghouan: Centre d'Études et de récherches ottomanes, Morisques, de Documentation et d'information, 1993), 29-55. (London: Harrap, 1978).
[410] Miguel de Unamuno, La Enormidad de España. Comentarios (Lucero, Mexico: Editorial Seneca, 1945), 92-3. Unamunoning Boshqaning boshboshdoqligiga qarshi  ispan haqiqatining «nol nuqtasi» sifatida rekonkista (xristianlar yerini musulmonlardan tortib olish) tashabbuskori bo‘lgan don Pelayo haqidagi mulohazalarini bilish uchun qarang: Carlos Blanco Aguinaga, "Unamunoning "yoísmo"si va uning an'anaviy ispan individualizmiga munosabati" Ramón Martínez-López (ed.), Unamuno Centennial Studies (Austin: Department of Romance Languages, University of Texas, 1966), 45-6. da.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2007, 07:31:15
[411] Sristianos y moros (isp.) - «Xristianlar va mavrlar (arablar)»
[412] Retablo (isp. mehrobning bir bo‘lagi) - xalq san'atidagi an'ana bo‘lib, din sahnalari yoki suratlari arzon materialga chiziladi. Retablo san'atida bir necha mavzu: Isoning chormix qilinishi, Bibi Maryam va bola, Gvadalupe Bibi Maryami ustuvorlik qiladi. - Tarj.
[413] Marquez  de Lozoya, ‘Los moriscos en América', Archivo del Instituto de Estudios Africanos 14 (1960), 23-27; L. Cardaillac, ‘Le probleme morisque en Amérique', Mélanges de la Casa de Velazquez 12 (1976), 283-306; Mercedes García-Arenal, ‘Moriscos and Indians: a comparative approach', in Geert Jan van Gelder and Ed de Moor (eds), The Middle East and Europe: Encounters and Exchanges (Amsterdam and Atlanta: Rodopi, 1992), 39-55.
[414] N. Njegos, tr. James W. Wiles, The Mountain Wreath (London: Allen and Unwin, 1930), cited in Asim Zubcevic, ‘Pathology of a Literature: Some Roots of Balkan Islamophobia', Islamica 2.3 (1996), 78-82.
[415] Zubcevic, 82.
[416] R. Geraci, ‘Russian Orientalism at an impasse: Tsarist education policy and the 1910 conference on Islam', in D.R. Brower and E.J. Lazzerini (eds), Russia's Orient: imperial borderlands and peoples 1700-1917 (Bloomington: Indiana University Press, 1997), 138-161. Rus islomofobiyasi bilan tanishish uchun qarang: Ataullah Bogdan Kopanski, ‘Burden of the Third Rome: the threat of Russian Orthodox fundamentalism and Muslim Eurasia,' Islam and Christian-Muslim Relations 9/ii (1998), 193-216.
[417] Roman Jakobson and Mark Szeftel, "The Vseslav Epos", in Roman Jakobson and Ernest J. Simmons (eds), Russian Epic Studies (Philadelphia: American Folklore Society, 1949), 13-86, p.49.
[418] Billington, 70. Billington Rossiyaning yaqindagi mafkuraviy tozalash tushunchasi Rekonkista (ispan yerlarini musulmonlardan tortib olish) davrining lumpieza de sangre kontseptsiyasiga borib taqalishi mumkinligini ta'kidlaydi. 
[419] Choc éléctrique (fr.) - elektr shoki.
[420] Le vraie premiere croisade (fr.) - salib  yurishining haqiqiy premerasi. Buni anaxronizm sifatida inkor etish mumkin. Dastlabki  asarlar (Roland, the Cid romance) aslida salibchilar adabiyoti emas. Cf. Bandera Gómez, El ‘Poema de Mío Cid': poesía historia, mito (Madrid: Gredos, 1969), 51; Norman Daniel, The Arabs and Medieval Europe (London: Longman, 1979), 81: «Uning motivi xristianlikning yoyilishidan ko‘ra ushbu dinning sharafidir».
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2007, 07:31:45
[421] Karolinglar (nem. Karolinger) - 687-987 yillardagi Frank davlati hukmdorlari sulolasi. - Tarj.
[422] Fernand Braudel, L'identité de la France. Vol 2: Les Hommes et les Choses (Paris: Arthaud-Flammarion, 1986), 105-106. Brodel, shuningdek, karolinglar davrida franklar va germanlarning janubdan bo‘lgan xavf ta'sirida hozirgi Yevropa integratsiyasining darakchisi sifatida  do‘stona munosabatlar o‘rnatganini ham ta'kidlaydi. Ammo boshqa bir kishi bu ta'kidni musulmonlar yashagan Shimoliy Afrikadan madaniy ta'siriga berilmaslik uchun qilingan, deb rad ham qilishi mumkin.
[423] Drang nach Osten (nem: "Sharqqa yurish") - Germaniyadan  sharq tomonda joylashgan slavyan yerlarini bosib olish siyosati. Bu atama 12-13-asrlarda yashagan nemis mustamlakachilarining sharq omon yurishlari paytda paydo bo‘lgan. - Tarj.
[424] Sarasen - O'rta  asrlarda musulmon bo‘lgan arab, turk yoki boshqa bir millat vakili. - Tarj.
[425] Autremer (lot. «chet el») - Yevropa  davlatlarining salib yurishi davrida  Muqaddas zaminda barpo qilgan podsholigi («Vebster» lug‘ati, Internet, http://www.everything2.com).
[426] Desmond Seward, The Monks of War: The Military Religious Orders (revised edition Penguin: Harmondsworth, 1995), 95-140.
[427] Weltanschauungen (nem.) - dunyoqarash. - Tarj.
[428] Norman H. Baynes (ed.), The Speeches of Adolf Hitler, 1922-39 (2 vols, Oxford, 1942), I, 688-712; as loosely paraphrased by Alan Bullock, Hitler, a Study in Tyranny (revised issue Harmondsworth: Penguin, 1990), 365. Taxminiy xulosa shuki, ellinistik xristianlik inson irodasini yuksak baholagan bir paytda islom va somiy din "yahudiy" kommunizmi uni fatalistik, ya'ni  Allohning izmida deb biladi.
[429] Armageddon (ibroniy tilida «Megiddo qiri» bo‘lsa kerak) - Injilda tilga olingan mana shu joyda  dunyo tarixining intihosida Yer podsholari shayton rahnamoligida Alloh kuchlari bilan jang qiladi. Tavrotda bir marta «Vahiylar»da, Yuhannoga kelgan Vahiyda (16:16) tilga olinadi. - Tarj.
[430] Artur afsonalari - kelt  xalq rivoyatlari bo‘lib, ularning markazida anglosakson bosqinchilariga qarshi kurashgan brittlar qiroli Artur (5-6-asrlar) turadi. Artur va "Davra stoli" ritsarlari  ritsarlikning axloqiy ideallarini o‘zida mujassam etadi ("Kirill va Mefodiy").
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2007, 07:31:59
[431] Muqaddas jom (ingl. Holy Grail) - "Artur romanslari»dagi ritsarlar izlagan afsonaviy narsa. Bu atama katta og‘izli yoki mayda idishni anglatgan. Lekin uning qaydan kelib chiqqani ma'lum emas. - Tarj.
[432] Kathleen Raine, Golgonooza: City of Imagination. Last Studies in William Blake (Ipswich: Golgonooza, 1991), 161-164.
[433] Eva Evers Rosander and David Westerlund (eds.), African Islam and Islam in Africa: encounters between Sufis and Islamists (London: Hurst, 1997).
[434] R.Robertson, Globalisation: Social Theory and Global culture (London: sage, 1992), 174.
[435] Tim Winter, "The Last Trump Card: Islam and the Supersession of Other Faiths", Studies in Interreligious Dialogue 9 (1999), 133-155, pp.149-50
[436] Wael B. Hallaq, A History of Islamic Legal Theories (Cambridge: Cambridge University Press, 1997), 112-3; cf. Muhammad Hashim Kamali, Principles of Islamic Jurisprudence (Cambridge: Islamic Texts Society, 1991), 267-82.
[437] Johannes J.G. Jansen, The Dual Nature of Islamic Fundamentalism (London: Hurst, 1997), 34, 37. Uning «bid'atga hasanotlar aytish» printsipini yoqtirmasligi   yangitdan islomlashgan mongol xonligining rejalaridan asabiylashishiga borib taqaladi. Bu xonlik hukmdorlar va askarlar o‘rtasida keng miqyosli sinkretizm (o‘zaro aralashib ketish) ga ruxsat bergan edi.
[438] Mohammad Umar Memon, Ibn Taimiya's struggle against popular religion: with an annotated translation of his Kitab iqtida' as-sirat al-mustaqim mukhalafat ashab al-jahim (The Hague: Mouton, 1976).
[439] Ekklesiologiya [nem. Ekklesiologie < yunon. ekklēsia cherkov + logos fan] - ilohiyotshunoslikning  bir bo‘lagi bo‘lib, unda  qudsiylik, jamoa bo‘lib ibodat qilish, begunohlik va cherkovga hovariylarcha sadoqat, uning dindorlar najot topishida yetakchi rol o‘ynashi xususidagi dalillar keltiriladi. - Tarj.
[440] Immanentlik [fr. immanent < lot. immānens (immanentis) xos bo‘lgan] - fals. Biror predmet yoki hodisaga xos bo‘lgan, uning tabiatidan kelib chiqadigan («Kirill va Mefodiy»). Immanentizm - Xudo, yoki mavhum aql, yoki ruh dunyoni to‘ldirib turadi, deb hisoblaydigan bir qancha nazariyalardan istalgan bittasi («Britannika»). - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2007, 07:32:10
[441] Transtsendentalizm [nem. transzendental < lot. trānscēndere o‘tish, chegaradan tashqariga chiqish] - Amerikada  1830-60-yillarda vujudga kelgan falsafiy-adabiy harakat. Harakatning nomi va bir qancha g‘oyalari I.Kantning "transtsendental idealizm"idan, shuningdek, F.Shelling asarlaridan olingan. Trantsendentalizm romantizm nuqtai nazaridan ma'rifiy sensualizm va zamonaviy tamaddunni tanqid qilgan. Asosiy g‘oyalari: insonni «vulgar-materialistik" manfaatlardan tozalovchi tabiatga yaqinlik, ma'naviy kamolotga erishish, mikrokosm orqali makrokosmni intuitiv tarzda idrok qilish. - Tarj.
[442] Henri Kaoust, Essai sur les doctrines sociales et politiques de Taki-d-Din Ahmad b. Taimiya (Cairo: Institut Français d'Archéologie Orientale, 1939), 522-527.
[443] Masalan, Saudiya Arabistonida ta'lim olgan Muhammad Said al-Qahtaaniyning Al-Wala' wa'l-Bara' According to the Aqeedah of the Salaf (New Delhi: Islamic Call, 1998) asariga qarang.
[444] Mahmud A. Faksh, The Future of Islam in the Middle East: Fundamentalism in Egypt, Algeria and Saudi Arabia (Westport CT and London: Praeger, 1997), 52.
[445] http://sunnah.org/articles/muslims_in_nonmuslim_lands.htm
[446] György Lederer, ‘Islam in Lithuania', Central Asian Survey 14/iii (1995), 425-48; P. Borawski, ‘Religious tolerance and the Tatar population in the Grand Duchy of Lithuania, 16th to 18th century', Journal, Institute of Muslim Minority Affairs 9 (1988), 119-133; B. Szajkowski, ‘The Muslim minority in Poland', in S. Vertovec and C. Peach (eds), Islam in Europe: the politics of religion and community (Basingstoke: Macmillan, 1997), 91-100.
[447] P.D. Buell, ‘Saiyid Ajall (1211-1279)', in E. de Rachewiltz, Hok-lam Chan, Hsiao Ch'i-ch'ing, and P.W. Geier (eds), In the service of the Khan: eminent personalities of the early Mongol-Yüan period (1200-1300). (Wiesbaden: Otto Harrassowitz, 1993), pp.466-79.
[448] Masalan, (mahalliy madaniyatlarga moslashish vositasi sifatida mahalliy ijmo uchun), Gustav von Grunebaum, ‘The Problem: Unity in Diversity', in Gustav von Grunebaum (ed.), Unity and variety in Muslim civilization (Chicago and London: , 1955), 31; «bizdan oldin kelganlarning vahiy orqali nozil bo‘lgan qonunlari uchun», Muhammad Hashim Kamali, Principles of Islamic Jurisprudence (Cambridge: Islamic Texts Society, 229-234.
[449] Transtsendentlik - immanentlikning  teskarisi bo‘lib, ma'lum bir sohaning, umuman olganda, dunyoning chegarasiga nisbatan narigi tomonda bo‘lish.  Bir qator falsafiy oqimlarning markaziy tushunchalaridan bittasi. Har qanday voqelikdan ustun turuvchi absolyutning tavsifi (neoplatonizmda birlik); ilohiyotshunoslik ta'limotlarida - xudoning yerdagi hayotdan tashqarida ekani. Kant falsafasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tajriba («hodisalar dunyosi») chegaralaridan tashqariga chiquvchi, nazariy bilish (masalan, xudo, ruh, mangu yashash g‘oyasi) imkoni bo‘lmagan narsa («Kirill va Mefodiy»). - Tarj.
[450] (Ingliz diniy mutafakkiri) Jon Uikliffning Lamen Sanneh haqidagi qat'iy fikriga e'tibor bering: "Muhammad's Significance for Christians: Some Personal  Reflections", Studies in Interreligious Dialogue 1/i (1991), 25-40, p.39: "Musulmonlar o‘sha joyning tilida yozilgan narsalarni  boshqa din bitiklari vositasi sifatida bekor qilishdi va shu tariqa mahalliy qonun-qoidalarning noyob va muhim manbasini taqiqlab qo‘ydi", bu hol islomda Isoning erkak jinsiga mansubligi feministlarga mushkullik tug‘dirganiday, muammo mavjud, degan fikrga sabab bo‘lishi mumkin. Buning amalda musulmon madaniyatlarini kambag‘allashtirib qo‘ygani, musulmonlarning muqaddas adabiyotlari boyligini bergani xususida bir narsa deyish qiyin; masalan, kimdir eronliklarning islomni qabul qilganidan so‘nggi fors tilining favqulodda yashovchanligi yoki turk mavlid qiroatlari  xususida o‘ylashi mumkin. Mavlid qiroatlari chog‘ida turk tili zamonaviy Yevropa tillarida ibodat qiladigan kishilarga notanish bo‘lgan darajada muqaddaslashtiriladi. Musulmonchilik nuqtai nazaridan muqaddas bitikni aniq tarjima qilish (qarang: T.Winter, "Qur'an: Translations", in Concise Encyclopedia of Language and Religion  [London: Pergamon, 2001] chog‘ida uchta xatoga yo‘l qo‘yiladi. Birinchidan, u "tarjimaning yutuq va kamchiliklari tufayli xristian cherkovi dastlabki bo‘linishga yuz tutdi"(A.C.Partridge, English Biblical Ttranslation [London: André Deutsch, 1973], 3)  qabilidagi munozaralarga yo‘l ochib beradi. Ikkinchidan, u, xuddi Tavrotning tarjimonlar tomonidan qayta-qayta aksil-yahudiylashtirilgani singari, teologik ma'no buzilishi va anaxronizmga olib borishi mumkin. Uchinchidan,  ibodat qilish va aqida sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan jiddiy tarjima ierarxiya vasiyligini talab qiluvchi aqidaning kelib chiqish jarayonini o‘z ichiga oladi. Bu talabni islom qondira olmaydi. Partridj (232-bet) o‘zining mushkulot haqidagi qichqacha fikrini: "xristianlarga ikkita Tavrot kerak, bittasi tarixchi olim uchun, ikkinchisi, garchi g‘ayrishuuriy bo‘lib tuyulsa-da, muqaddas bitik biz so‘zlashadigan tilda hamma tushunadigan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydigan omi xalq uchundir", deb xulosalaydi. Shu ma'noda islom arab tilidagi Qur'onni mutaxassislar o‘rganishi va xudojo‘ylarcha qiroat bilan o‘qishi uchun asrab qo‘yib, uning ma'nosini odamlar tushunib olishi uchun tafsir qilish bilan bu to‘siqni yengib o‘tgan. Arabchaga o‘xshash, biroq so‘zma-so‘z tarjima me'yor hisoblanib kelgan. Uolter Benjamin: "bitiklarni so‘zma-so‘z tarjima qilish barcha tarjima turlari orasidagi eng mukammalidir yoki shunga yaqindir", degan edi (Walter Benjamin, ed. Hannah Arendt, tr. Harry Zohn, Illuminations [London: Fontana, 1973], 69.).  Sannehning pozitsiyasi  Bellokning "xristianlik Yevropa, Yevropa esa xristianlik, deganidir", degan fikriga (butunlay qonuniy) qarshi fikrlarning bir bo‘lagini tashkil etadi; kelajagi noaniq, yaqinda paydo bo‘lgan bu tamoyil uchinchi dunyo mamlakatlari xristianlarini G'arb madaniyatidan ilhomlantirib yubordi. "Arab imperializmi" xususidagi tezis uchun  qarang: V.S.Naipaul, Beyond Belief: Islamic Excursions among the Converted Peoples (London: Little, Brown and Co., 1998).
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2007, 07:32:19
[451] J.B.P. More, ‘The Marakkayar Muslims of Karikal, South India', Journal of Islamic Studies 2:1 (1991), 25-44, page 44.
[452] Daniel Sahas, John of Damascus on Islam (Leiden, E.J. Brill, 1972), 128-9.
[453] David A. Kerr, ‘The Prophethood of Muhammad', in Yvonne Yazbeck Haddad and Wadi Zaidan Haddad (eds.), Christian-Muslim Encounters (Gainesville etc.: University Press of Florida, 1995), 428-30.
[454] Hans Küng et al, Christianity and the World Religions: Paths of Dialogue with Islam, Hinduism and Buddhism (London: Collins, 1986), 24-8. Islomda tuzatish tarixiy va, binobarin, somiy Isoni o‘z o‘rniga tiklash shaklini oladi. Kung Pavelning ellinlashtirish strategiyasini rad etmagan holda, Jeyms qo‘llab-quvvatlagan ibtidoiy monoteizmning kuchsizlanib qolishi tufayli xristianlik o‘z mavqeini yo‘qota boshlagan, deb hisoblaydi. U islomning go‘yo  yahudiylarning Isoga izdosh bo‘lgan kishilardan iborat mazhabi ebionimlardan kelib chiqqani haqida safsata sotuvchi H.J.Shoeps singari tarixchilarning gaplariga xayrixohlik bilan qaraydi.
[455] Nisa qarorlari («Nisa-Konstantinopol kredosi" deb ham ataladi) - xristianlarning  meilodiy 325 yili Nisa shahrida e'tiqod haqidagi yakkayu yagona kredosidir. Uni roman-katolik, sharqiy pravoslav, anglikan va aksariyat protestant cherkovlarigina  qabul qilgan. Havoriylar va Afanasiy aqidalarini ba'zi bir cherkovlar qabul qilgan, qolganlari qabul qilmagan. - Tarj.
[456] Bart, Karl (1886-1968) - shveytsariyalik   ilohiyotshunos, liberal ratsionalizmga qarshi bo‘lgan dialektik ilohiyotshunoslikni targ‘ib qilgan. "Xudo va ilohiyotshunoslik so‘zi" (1924), "Ilohiyotshunoslik va cherkov" (1928), "Kredo" (1935)  singari asarlar muallifi. - Tarj.
[457] Ortodoksiya [< yunon. orthodoxos taqvodor] -  biror ta'limot, dunyoqarashga izchil, og‘ishmay amal qilish. - Tarj.
[458] Unitar [fr. unitaire < lat. ūnitās birlik] - yagona,  birlashgan, bir butunni tashkil etuvchi (masalan, davlatning yaxlitligi, federal sub'ektlarga bo‘linmasligi). - Tarj.
[459] Pelagiylik - 5-asrning boshlarida O'rta Yer dengizi mamlakatlarida tarqalgan xristian rohibi Pelagiy ta'limoti (Pelagius, taxminan 360 yilda tug‘ilgan va 418 yildan so‘ng vafot etgan), Avgustinning xudoning marhamati va taqdiri azal xususidagi kontseptsiyasidan farqli o‘laroq, insonning najot topishini o‘zining axloqiy va taqvodorlik borasidagi sa'y-harakatlariga bog‘liq, deb hisoblagan, shuning barobarida "ibtidoiy" gunohning avloddan-avlodga o‘tuvchi kuchini rad etgan. Pelagiylik 431 yili 3-umumjahon jomesida zindiqiylik sifatida qoralangan. - Tarj.
[460] Jomni izlash (ingl. grail kosa, jom) - 1. O'rta asrlar afsonasiga ko‘ra, go‘yo Iso so‘ngga marta kechki ovqatni o‘sha kosa yoki likopchadan yegan. Shuning uchun ritsarlar o‘sha idishni izlashadi. 2. Uzoq va mushkul bo‘lgan izlash. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2007, 07:32:28
[461] Yevxaristiya [yunon. eucharistia aynan  minnatdorlik bildirish] - xristianlikning yettita siridan bittasi bo‘lgan prichashchenie. - Tarj.
[462] Troitsa (rus.) - xristian dinida Ota xudo, O'g‘il xudo va muqaddas ruh - uchlikdan  iborat bir xudo. - Tarj.
[463] Michael Bauman, Milton's Arianism (Frankfurt am Main: P. Lang, 1987). Miltonning troitsaga e'tirozi uning bitiklarida mavjud bo‘lmagani, inkarnatsiyaga e'tirozi esa «tug‘ilgan xudo bo‘lishi mumkin emas», degan qarashdan iborat. So‘nggi da'vo keyinchalik vujudga kelgan ingliz unitarianizmi (Reformatsiya davrida paydo bo‘lgan diniy harakat)da ko‘zga tashlanadi. U ilohiy mohiyatning mavhumligidan bahs yuritadi.
[464] Don M. Wolfe (ed.), Complete Prose Works of John Milton (New Haven and London: Yale University Press, 1953-1983), I, 299, cited in Nabil Matar, Islam in Britain 1558-1685 (Cambridge: Cambridge University Press, 1998), 87.
[465] Villiam Lod (1573-1645) - ingliz prelati (ruhoniysi), Kanterberi arxiepiskopi. - Tarj.
[466] Matar, loc cit.
[467] Ledi Margaret - Qirol Henri VII (1485-1509 y.y. hukmronlik qilgan)ning onasi va Kembrijning Avliyo Jon va Xrist kollejlari asoschisi ("Britannika").- Tarj.
[468] Mark R. Shaw, ‘William Perkins and the New Pelagians: Another look at the Cambridge predestination controversy of the 1590's', Westminster Theological Journal 58 (1996), 281.
[469] Unitarianizm - Reformatsiya  davrida Polsha, Transilvaniya va Angliyada, keyinchalik esa Shimoliy Amerikada Yangi Angliya puritanlar cherkovlaridan paydo bo‘lgan uyushqoq diniy harakat. Unitariylar peshvolari har bir mamlakatda qat'iy ravishda yahudiylarning muqaddas bitiklari va Injilga asoslanib, islohot o‘tkazgan. Ular boshqa xristian cherkovlari qabul qilgan Troitsa aqidasi xususida o‘sha bitiklardan hech bir tasdiq topmagan («Britannika»). - Tarj.
[470] Qarang: J.R. Jacob, Henry Stubbe: radical Protestantism and the early Enlightenment (Cambridge: CambridgeUniversity Press, 1983); P.M.Holt, A seventeenth-Century defender of Islam: Henry Stubbe and his Book (1632-76) (London; Dr William's Trust, 1972).
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2007, 07:32:38
[471] Henry Stubbe (ed. Hafiz Mahmud Khan Shairani) An Account of the Rise and Progress of Mahometanism, and a Vindication of him and his Religion from the Calumnies of the Christians (second edition, Lahore: Orientalia, 1954), 177.
[472] Jacob, 154-7.
[473] Holt, 10.
[474] Rojer Skryutonning ingliz cherkovlari haqidagi mana bu gapini taqqoslab ko‘ring: «Arxitekturasi muhtasham, ammo sodda va sokin, unda frantsuz gotik cherkoviday yuksakka bo‘y cho‘zish ham, italyan ibodatxonasining diniy mahramligi ham yo‘q»..  England: An Elegy (London: Chatto and Windus, 2000), p.91.
[475] Taqqoslab ko‘ring: Mr Vincy in Middlemarch (chapter 13): «Men hozir ham, xuddi aqidalar vujudga kelmaganidan oldingi vaqtdagiday, cherkovning oddiy xodimiman».
[476] Clifford Longley, in The Daily Telegraph, April 2, 1999.
[477] Raine, Golgonooza, 172-5.
[478] Raine, Golgonooza, 172-3.
[479] «Ish kitobi» yahudiylarning muqaddas bitiklari kitobi bo‘lib, dunyo adabiyotining durdonasi hisoblanadi. Uni Tavrotning «Ketuvim» («Maktublar»)  deb atalgan uchinchi bo‘limidan topish mumkin («Britannika»).
[480] Kathleen Raine, William Blake and the Book of Job (London: Thames and Hudson, 1982).
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2007, 07:32:48
[481] Qur'on, «A'rof» surasi. 172-oyat. Qarang: G. Böwering, The Mystical Vision of Existence in Classical Islam: The Qur'anic Hermeneutics of the Sufi Sahl At-Tustari (d.283/896) (Berlin and New York: Walter de Gruyter, 1980), 145-57.
[482] G.W.H. Lampe, God as Spirit (Oxford: Oxford University Press, 1977). Bu kitob haqidagi mulohazalar uchun qarang: Maurice Wiles, Faith and the Mystery of God (London: SCM, 1982), 117-129;  ayniqsa, 127-betga qarang, u yerda empirizmga asoslangan inglizlarning ushbu unitar impulsi haqida yaxshi xulosa chiqariladi: "Troitsa simvolizmi nafaqat mulohaza va ibodat uchun qimatli yo‘lboshlovchi bo‘ladi, qolaversa, xudoning o‘ziga xos tabiatini namoyon qiladi. Troitsa simvolizmi xudoning borlig‘i xususida bilishga intilishni o‘zida namoyon etadi. Bu hol e'tiqodning eksperiental va eksperimental tabiatini o‘zaro kelishtirish mushkul ekanini anglatadi. For Lampe see C.F.D. Moule (ed.), G.W.H. Lampe: Christian, Scholar, Churchman, a Memoir by Friends (London and Oxford: Mowbray, 1982).
[483] Kitob Jahon savdo markazi - Nyu-Yorkdagi eng baland egizak bino terroristlar hujumi tufayli qulab tushishidan oldin yozilgan. -  Tarj.
[484] Qur'on, "Ra'd" surasi, 11-oyat.
[485] Ushbu oyatlarning tahlili uchun qarang: Habib Ahmad Mashhur al-Haddad, Key to the GardenQuilliam Press, London 1990 CE), 78-81.  (
[486] Qur'on, "Shuaro" surasi, 89-oyat: "Faqat Alloh huzuriga  sog‘lom dil bilan kelgan kishilargagina (foyda berur)". Ibrohimning namuna bo‘lganini bilish uchun qarang: "Va-s-soffot" surasi, 84-oyat: "Qaysiki, Parvardigoriga sog‘lom qalb bilan keldi". - Tarj.
[487]Ushbu hadis aslida taxsis al-omm (umumga xoslangan)ning namunasidir: u usul ul-fiqhning tez-tez qo‘llaniladigan amalidir, usul ul-fiqh yaroqsiz fikr boshqa bir zarur printsipga zid kelib qolmasligi uchun yaroqli deb hisoblanadi. Boshqa misollar uchun qarang: Ahmad ibn Naqib al-Misri, Reliance of the Traveller, tr. Nuh Ha Mim Keller (Abu Dhabi, 1991 CE), 907-8.
[488] Ibn Asakir, Tabyin Kadhib al-Muftari (Damascus, 1347), 97.
[489] Iqtibos olingan manba: Muhammad al-Jurdani, al-Jawahir al-lu'lu'iyya fi sharh al-Arba'in al-Nawawiya (Damascus, 1328), 220-1.
[490] Qur'on, «Isro» surasi, 85-oyat.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2007, 07:33:14
[491] Avgiy otxonalari - yunon  mifologiyasida Elida shohi Avgiyning ulkan va nihoyatda ifloslanib ketgan otxonalari. Gerakl daryo suvini shu yoqqa burib, otxonalarni bir kunda tozalaydi. Bu uning 12 jasoratidan biridir. Ko‘chma ma'noda o‘ta tartibsizlik. - Tarj.
[492] Qur'on, «Noziot» surasi, 40-41-oyatlar.
[493] al-Qushayri, al-Risala (Cairo, n.d.), I, 393.
[494] al-Zabidi, Ithaf al-sada al-muttaqin (Cairo, 1311), I, 27.
[495] Sha'rani, al-Tabaqat al-Kubra (Cairo, 1374), I, 4.
[496] Ibn Kosir «Bidoya» asarida keyingi sufiylar xususida tanqidiy fikrlar bildirgan. Biroq, shunga qaramasdan, u o‘z shogirdlaridan payg‘ambarning har tavallud kuni o‘qishni iltimos qilgan «Mavlud» asarida konservativ va sog‘lom tasavvuf oldida burchli ekanini yozgan.
[497] . Qarang: G. Makdisi's article 'Ibn Taymiyya: A Sufi of the Qadiriya Order' in the American Journal of Arabic Studies, 1973.
[498] Buxoriy rivoyat qilgan hadis. Tarjimasi J. Robson, Mishkat al-Masabih (Lahore, 1970), II, 1380 dan olindi.
[499] Antropomorfizm [fr. anthropomorphisme < yunon. anthrōpos inson + morphē shakl] - Fals.- Tarj. Tabiat hodisalari, hayvonlar, narsalarga odamga xos xususiyatlarni yuklash, xudoni ham odam qiyofasida tasavvur qilish.
[500] Versal tinchlik shartnomasi 1919 yili  Birinchi jahon urushiga barham bergan edi. O'sha yili 28 iyun kuni AQSh, Britaniya imperiyasi, Frantsiya, Italiya, Yaponiya va boshqa davlatlar bir tarafdan, mag‘lub bo‘lgan Germaniya esa ikkinchi tarafdan unga qo‘l qo‘ygan edi. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2007, 07:33:40
[501] Metropoliya (lot.) - bosh  shahar, yoki mamlakat. - Tarj.
[502] Muallif ushbu kitobni bundan 3 yil burun yozgani uchun undagi ba'zi bir mulohazalar, dalil va faktlar Yaqin Sharqda ro‘y bergan keyingi o‘zgarishlar oqibatida ancha eskirib qoldi. - Tarj.
[503] Baasizm (arab. baas - uyg‘onish) - Arab  sotsialistik uyg‘onish partiyasi. 1968-2003 yillarda Iroqda hukmron partiya bo‘lgan. - Tarj.
[504] Xorijiylar (arab. xorij, asl ma'nosi chiqqanlar, g‘azablanganlar) - musulmonlikning radikal sektalaridan biri tarafdorlari (7-asrda paydo bo‘lgan). ular barcha musulmonlarning tengligi, imom-xalifaning saylanishi singari talablar bilan chiqqan. - Tarj.
[505] Kalvinizm - protestantizmning  bir yo‘nalishi bo‘lib, unga J.Kalvin asos solgan. U Jenevadan Frantsiyaga, Niderlandlarga, Shotlandiyaga va Angliyaga tarqaladi. Kalvinizm ta'sirida niderland (16-asr) va ingliz (17-asr) inqiloblari ro‘y beradi. Kalvinizmga faqat muqaddas bitikni va inson taqdiri oldindan belgilab qo‘yishi haqidagi aqidani tan olish, ruhoniylarning odamlarning najot topishi uchun beradigan yordamini rad etish, cherkov odatlarini soddalashtirish xos edi. - Tarj.
[506] Neoxorijiylik - yangitdan  paydo bo‘lgan xorijiylik harakati bo‘lib, uning tarkibida Hazariqa va Basra singari radikal kichik sektalar mavjud. Ular o‘zlarini qolgan musulmonlardan ajratib qo‘rsatadi, qolgan musulmonlarning barchasini o‘limga hukm qiladi. - Tarj.
[507] Kazuistika  [fr. casuistique < lot. cāsus voqea] - 1. O'rta asrlar sxolastikasi va ilohiyotshunosligining xususiy voqealarni ham umumiy aqidalar bilan baholash usuli. 2. Ko‘chma ma'noda yolg‘on, shubhali holatlarni himoya qilishdagi topqirlik. - Tarj.
[508] Ekumenizm [nem. ökumenismus < lot. æcumenicus koinotga xos < yunon. oikumenē mavjudotlar yashaydigan zamin] - barcha  xristian cherkovlarini birlashtirish harakati. - Tarj.
[509] Revayvelist (ingl. revivalist qayta tiklovchi) - qayta tiklash ta'limoti tarafdorlari. - Tarj.
[510] Teokratiya (yunon. theos - xudo) - boshqaruvning  bir turi bo‘lib, unda (odatda monarxik) davlat boshlig‘i bir vatqning o‘zida diniy rahbar ham hisoblanadi. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2007, 07:34:07
[511] Patronaj  [fr. patronage < patron homiy < lot.] - 1. Chaqaloqlarga va ba'zi bemorlarga ko‘rsatiladigan doimiy davolash-profilaktika yordami. 2. Homiylik qilish.
[512] «Vishi» - 1940 yilning iyuli - 1944 yilning avgustida Frantsiyada nemislar bosqini davrida hukmronlik qilgan sotqin rejimning nomi. A.Peten hukumati Vishi shahrida faoliyat ko‘rsatgani uchun shu nom bilan atalgan. - Tarj
[513] Aleksis Karrel (1873-1944) - frantsuz  xirurgi va patafiziologi; 1904-39 yillarda AQShda istiqomat qilgan.  1912 yili Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. - Tarj
[514] Essentsiya [nem. Essentia < lot. essentia] - mohiyat . - Tarj.
[515] Kvintessentsiya [nem. Quintessenz, fr. quintessence < lot. quinta essentia beshinchi mohiyat] - Eng  asosiy, o‘ta muhim. Antik falsafada efir - yerdagi to‘rtta unsur - suv, yer, olov va havoga qarama-qarshi qo‘yilgan beshinchi unsur, ya'ni efir. - Tarj
[516] Zvinglichilar  - Shveytsariya  protestantlik reformatsiyasining muhim islohotchilaridan biri Ulrix Zvingli (1484-1531) izdoshlari. Zvingli 16-asrda o‘z harakati cherkovdan tashqarida bo‘lgan yagona ulkan islohotchi edi. - Tarj.
[517] Kalvinchilar - Frantsuz  ilohiyotshunosi, Reformatsiya rahnamolaridan biri va kalvinizm asoschisi Jan Kalvin (1509-1564)ning izdoshlari. J.Kalvin o‘ta diniy toqatsizligi bilan nom qozongan edi. - Tarj.
[518] Baybl Belt - AQShning janubidagi hudud nomi. Uning aholisi Tavrot bitiklarining asl ekaniga  ishonmaydi, deb hisoblanadi; keng ma'noda: qizg‘in diniy aqidaparastlik xos bo‘lgan hudud. - Tarj.
[519] Moral Meyjoriti - 20-asrning 70-yillarida baptist ruhoniy Jerri Falvell rahnamolik qilgan fuqarolarning aqidaparastlik tashkiloti nomi. Bu tashkilot gomoseksualistlarning huquqlari, abortni qonuniylashtirish singari talablar bilan chiqqan edi. - Tarj.
[520] Transtsendent [nem. transzendental < lot. trānscēndere o‘tish, chegaradan chiqish] - falsafada bilish mumkin bo‘lmagan, azaldan berilgan, tajriba tufayli orttirilmagan narsa. - Tarj.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2007, 07:34:16
[521] Getto (it. Ghetto) - shaharning   irqiy va diniy nuqtai nazardan kamsitilgan kishilar uchun majburiy yashash joyi bo‘lgan mavzesi. - Tarj.
[522] Messiya [fr. messie < lot. messia < qad. yah. Mašiah masih] - iudaizm va xristianlikda: zaminga ilohiy hokimiyat o‘rnatish uchun keladigan najotkor. - Tarj.
[523] Entropiya [nem. Entropie, fr. entropie < yunon. yen ...ga, ichkariga + tropē qayrilish, evrilish] - 1. fiz. Jismning yoki jismlar sistemasining issiq holati tavsiflaridan biri: sistemaning muqarrar jarayonlarda o‘sib boruvchi va muqarrar bo‘lmagan jarayonlarda doimiy holda qoluvchi ichki tartibsizligi o‘lchovi. 2. Tib.- Tarj. Kiprikning ichkari tomon qayrilishi.
[524] Egalitarizm [fr. égalitarisme < égalité tenglik] - falsafada xususiy mulkni teng bo‘lish orqali ijtimoiy ziddiyatlarga barham berish nazariyasi. - Tarj.   
[525] Xarizma [fr. charisme < yunon. charisma ilohiy armug‘on, ilohiy iltifot] - o‘ta  qobiliyatlilik, shaxsning intellektual, ma'naviy yoki boshqa masalada boshqalardan ajralib turishi, ustunligi. - Tarj.
[526] Qaqshatqich jang 873/1469 yili ro‘y berdi. Unda Eronning mongol hukmdori (sunniy) Oq Quyunli sulolasiga mansub turkmanlardan yengiladi. O'z navbatida ularni 906/1501 yilda Shoh Ismoil yengadi. U mamlakatda safaviylar boshqaruvini joriy qiladi. Ushbu boshqaruv Eronni zo‘ravonlik bilan shia mamlakatiga aylantiradi. (The Cambridge History of Iran, VI, 174-5; 189-350.)
[527] Masalan, qarang: Imam al-Haramayn al-Juwayni, al-Burhan fi usul al-fiqh (Cairo, 1400), §§1189-1252.
[528] Mohammad Hashim Kamali, Principles of Islamic Jurisprudence (Cambridge, 1991), 356-65
[529] Ushbu masalaga oid oyatlar: «Baqara» surasi, 219-oyat, «Niso» surasi, 43-oyat va «Moida» surasi, 90-oyat. Qarang: Kamali, 16-17.
[530] Kamali, 150.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2007, 07:34:40
[531] Kamali, 150 Shatibi, al-Muwafaqat, III, 63 dan iqtibos oladi.
[532] Muslim, Jana'iz, 100.
[533] Kamali, 155.
[534] Sayf ad-Din Ahmed Ibn Muhammad, Al-Albani Unveiled: An Exposition of His Errors and Other Important Issues (London, 2nd ed., 1415), 49-51.
[535] M.Z. Siddiqi, Hadith Literature, its Origins, Development and Special Features (Revised ed. Cambridge, 1993), 3, 40, 126.
[536] Matnning kamchiligi, garchi isnodi to‘g‘ri bo‘lsa ham, uni zaiflashtirib qo‘yadi. (Siddiqi, 113-6).
[537] Kamali, 361.
[538] Murakkab qiyos mavzusining ba'zi bir sharhlari uchun qarang: Kamali, 197-228; Sayf al-Din al-Amidi, al-Ihkam fi Usul al-Ahkam (Cairo, 1332/1914), III, 261-437, IV, 1-161.
[539] Kamali, 363-4.
[540] Ko‘pincha, nega endi bugungi kunda faqat to‘rtta maktabga ergashish kerak, degan savol beriladi. Javob aniq: nazariy jihatdan nega ularning soni aynan to‘rtta bo‘lishi kerakligi mantiqqa to‘g‘ri kelmasa-da, tarixiy dalilga ko‘ra, o‘sha to‘rtta maktabninggina qo‘llab-quvvatlashga asos bo‘ladigan mukammal kitoblari mavjud. Ibn Xaldun o‘ta harfxo‘r bo‘lgan zohiriya mazhabi xususida bunday deb yozadi: "Bir pulga qimmat kishilar ba'zan zohiriya maktabiga ergashishni va o‘sha kitoblarni o‘qib, ulardan huquqshunoslikning zohiriya tizimini  o‘rganmoqchi bo‘ladi, biroq ular arosatda qoladi va ko‘p sonli musulmonlarning muxolifligi va noroziligiga duchor bo‘ladi. Ular bu yo‘lda bid'atchiga ham aylanib qoladi, negaki, o‘qiyotgan kitoblarining kalitini muallimlar ularga bermagan bo‘lib chiqadi". (Muqaddima, tr. F. Rosenthal [Princeton, 1958], III, 6.)
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2007, 07:35:20
[541]  «O'z hurmatini bilish va bosiqlik, boshqa ulamolarni hurmat qilish, ummatlarning tashvishlariga hamdardlik, dunyoqarashi hamisha keng, donishmandligi mukammal va bag‘rikengligi bemisl bo‘lgan Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga ergashish buyuk ulamolarga xos bo‘lgan xususiyatlardir». Imam Yusuf al-Dajawi (d. 1365 AH), Maqalat wa-Fatawa (Cairo: Majma' al-Bu^uth al-Islamiya, 1402), II, 583.  «Haqiqiy adolat barcha imomlarning qadrini yuksak bilishdir; Kimki ijtihod darajasiga yetmagani uchun  mujtahid mazhabiga ergashsa,  boshqa imomlar o‘z imomidan farq qilishidan xafa bo‘lmaydi». (Shatibi, I'tisam, III, 260.) Ulamolar turli mazhab vakillarining bir-birini hurmat qilishiga oid misollarni ko‘plab keltirgan. Masalan, damashqlik ilohiyotshunos olim Shayx Ibrohim as-Samadiy (1662 yili vafot etgan) xudodan 4 ta o‘g‘il berishni so‘rab iltijo qiladi. U farzandlarining har biri tan olingan mazhab vakili bo‘lishini, shu tariqa o‘z xonadoniga to‘rt hissa rahmat yog‘ilishini istaydi. (Muhammad al-Amin al-Muhibbi, Khulasat al-athar fi a'yan al-qarn al-hadi 'ashar [Cairo, 1248], I, 48.)
[542]  «Allohning rasuli - unga Allohning rahmati va salomi bo‘lsin - Mu'ad ibn Jabalni Yamanga yubormoqchi bo‘lganida undan so‘radi: "Agar biror ishga qozilik qilish kerak bo‘lib qolsa, qanday qilib hukm chiqargan bo‘lar edingiz?" U javob berdi: "Allohning kitobida nima deyilganiga qarab". Rasululloh: "Mabodo, Allohning qitobidan topmasangiz-chi", deb so‘radilar. U: "U holda Allohning rasuli sunnatlari asosida o‘z hukmimni chiqarishga  (ijtihodi ra'yi) harakat qilaman", deb javob berdi. (Abu Daud, Aqdiya, 11.)
[543] Kamali, 366-393, especially 374-7; see also Amidi, IV, 219-11.
[544] Kamali, 386-8.
[545] Mujtahid o‘z mulohazasida  ijmoga yoki asosiy printsiplarga, yoki bir ma'noli matnga, yoki ochiq  qiyos (al-qiyas al-jali) ga hech bir isbotsiz qarshi boradigan bo‘lsa, uning muqallidiga o‘z qarashini odamlarga yetkazishiga yoki o‘sha asosda fatvo berishiga yo‘l qo‘yilmaydi... biroq hech kim bu narsalarga huquqshunoslik, ochiq qiyos, bir ma'noli matnlar va boshqa nimadir aralashib qolganini yoki qolmaganini bilmaydi; buni bilish uchun kishi usul ul-fiqhni o‘rganishi va o‘zini fiqh ummoniga tashlashi kerak". (Imam Shihab al-Din al-Qarafi, al-Furuq (Cairo, 1346), II, 109.)
[546] Imom ash-Shatibiy buni quyidagi iqtibos misolida tushuntirib beradi, u boshdan-oyoq taqlidmujtahid bo‘lishi mumkin, bu holda o‘zining ijtihodi  tufayli chiqariladigan fiqhiy xulosalarga amal qilishi kerak bo‘ladi. [II] U nihoyatda bilimdon muqallid ham bo‘lishi mumkin. Bu holda unga ergashishi uchun yo‘lboshchi, amal qilishi uchun hukm chiqarib berguvchi qozi va taqlid qilishi uchun ulamo zarur bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, u yetarli darajada bilimga ega bo‘lgan kishi sifatida yo‘lboshchiga ergashadi. Buning isboti shuki, mabodo u yo‘lboshchisining  o‘zi murojaat qilgan masaladan bexabarligini bilsa yoki bu haqda gumon qilsa, o‘sha yo‘lboshchiga ergashishi yoki chiqargan hukmini qabul qilishiga izn berilmaydi; darhaqiqat, ilmli yoki ilmsiz kishi o‘zi malakasi yetarli bo‘lmagan deb hisoblagan kishiga xuddi bemor kishi  taqdirini tabib bo‘lmagan kishi qo‘liga topshirishi mumkin bo‘lmaganiday,  taqlid vositasida ergashishi mumkin emas.  [III] U mujtahid darajasiga yetmagan bo‘lishi mumkin, biroq dalil va uning kontekstini tushunadi va ma'lum bir masalalarda ba'zi hukmlarni boshqasidan ustun qo‘yish zarurligini anglay biladi. Bu holda kimdir uning nimani afzal bilayotganini, qarashlarini tan olishi yoki olmasligi shart. Basharti, o‘sha qarashlar tan olinsa,  u ushbu masala yuzasidan xuddi mujtahidday bo‘ladi; tan olinmasa, u xuddi mutaxassis bo‘lmagan  boshqa oddiy musulmonlar singari boshqa mujtahidlarga ergashishga majbur bo‘ladi. (al-I'tisam [Cairo, 1913-4] III, 251-3.) bo‘yicha ortodoksal pozitsiya - turimning bundan keyingi qisqacha bayonini berish uchun xizmat qiladi: "Shariat hukmlariga amal qiladigan kishi uch toifaning biriga mansubdir. U
[547] Qur'on, "Nahl" surasi, 43-oyat.
[548] Qur'on, "Tavba" surasi, 122-oyat.
[549] Ushbu hadisning bir versiyasi Imom Termiziy («Hudud», 2) da bor, lekin u zaif bo‘lgan Yazid ibn Ziyodni o‘z ichiga oluvchi isnodga ilova qilib berilgan.
[550] Ibn Abi Shayba, Musannaf, XI, 70.
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2007, 07:35:42
[551] Ushbu ulamolar haqida qarang: Ahmad ibn al-Naqib al-Misri, tr. Nuh Keller, Reliance of the Traveller (Abu Dhabi, 1991), 1059-60, 1057-9.  Ibn al-Qayyumning ushbu masalaga munosabati doimiy bo‘lmagan. U «I'lam al-Muvaqqi'in" asarining ba'zi joylarida har bir musulmon to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qur'on va Sunnat asosida hukm chiqarish malakasiga ega, degan fikrni ilgari surayotganga o‘xshaydi. Biroq boshqa o‘rinlarda esa u ko‘proq ziyolilarga xos qarashni ilgari suradi. Masalan, u bunday deb yozadi: «Imomining mazhabiga sodiq muftiy, o‘zining nazarida to‘g‘riroq bo‘lgan boshqa bir mazhabga asoslanib, fatvo berishi mumkinmi? [Javob shuki] agar u ijtihod amaliyotida o‘sha imomning printsiplariga ergashsa va ilohiy kalomni tahqiq qilsa [ya'ni, mujtahid fil-mazhab bo‘lsa] gina o‘zi to‘g‘ri deb bilgan boshqa bir mujtahidning fikriga ergashishi mumkin». (I'lam al-Muwaqqi'in, IV, 237.)  Bunday  yondashuvning qamrovi keng, biroq shunga qaramasdan, u yuksak malakali mufassirga ergashishdan ko‘ra, har safar «dalil»ga ergashishday oddiygina tushunchadan juda yiroqdir.   
[552] Ibn Taymiyaning asarlari faqat bir nusxadagi qo‘lyozmalar sifatida mavjud; Suyutiy va An-Navaviy singari buyuk allomalar asarlariga qiyoslanganda, hatto boshqalarining ham juda kam ko‘chirilgani ko‘zga tashlanadi. Uning asarlarining qadimgi qo‘lyozmalari ro‘yxatiga qarang: C. Brockelmann, Geschichte der arabischen Litteratur (2nd. ed. Leiden, 1943-9), II, 126-7, Supplement, II, 119-126.
[553] Abduhga o‘z navbatida uning ustozi va hamkori Jamoliddin Afg‘oniy (1839-97) ta'sir ko‘rsatgan edi. Afg‘oniy o‘tish davrini boshidan kechirayotgan Namiq Kamol  va (bir oz keyinchalik) Ziyo Ko‘kalp va Sati' al-Husariy  singari "Yosh usmonlilar" avlodiga mansub deb hisoblanar edi. Ushbu avlod vakillari G'arb davlatlarining muvaffaqiyati va Usmonlilar armiyasi mag‘lubiyatidan qattiq ruhiy jarohat olishgan edi. Ular "ko‘hna mohiyat"ni saqlab qolgan holda asliyatni qo‘llab-quvvatlab, tarixiy musulmon madaniyatidan voz kecharak, madaniy yangilanishga erishish mumkin, deb o‘ylar edi. Butun 19-asr davomida ular asliyatni izlashdan ongli ravishda yoki boshqacha ilhomlangan edi. Millatchi faylasuflar Herder va Le Bon Frantsiya va Germaniya uchun xuddi shunga o‘xshash o‘z milliy madaniyatlarining "original manbalari"ga asoslangan uyg‘onish-essentsial (asliyatga qaytish)  loyiha yaratgan edi. Herder hamda Le Bonning asarlari o‘sha paytlar musulmon dunyosi xalqlari tillariga tarjima qilingan va qo‘lma-qo‘l qilib o‘qilgan edi. Afg‘oniy teran mutafakkir emasdi, biroq uning pamfletlari va maqolalari o‘zi va Abduh muharrirlik qilgan "Al-Urvat" jurnalida chop etilar va katta ta'sir kuchiga ega edi. Uning o‘zi targ‘ib qilgan panislomiy mafkuraga yoki islomning ramaqijon va tarixga zid versiyasiga ishongan-ishonmagani noma'lum.  Afg‘oniy o‘zining musulmonlar peshvosi ekanini unutib qalam tebratgan paytlar ko‘pincha favqulodda shubhalanuvchi sifatida ko‘zga tashlanar edi. Masalan, u Renan bilan munozaraga kirishib, arab tamaddunining inqirozi xususida qalam tebratayotib, islom haqida bunday deb yozadi: "Shunisi ravshanki, ushbu din qaerda qaror topmasin, hamisha ilm-fanni bo‘g‘ishga intildi va hayratlanarlisi shuki,  buni amalga oshirishda  zulm unga tayyor dastyor edi".  (Renanga javob, translated by N. Keddie in An Islamic Response to Imperialism: Political  and Religious Writings of Sayyid Jamal al-Din ‘al-Afghani' (Berkeley and Los Angeles, 1968), 183, 187.  Abduhning ushbu maqolaning arab tiliga tarjimasi chop etilmasligi uchun ozmuncha ter to‘kmagani ajablanarli emas.
[554] Ulamolar, shuningdek, islom yurisprudentsiyasining mana bu yetakchi printsipidan ham iqtibos keltiradi: «Noto‘g‘ri (munkar) deb hisoblangan narsani ulamolar o‘zaro kelishib (ijmo) noto‘g‘ri demaguncha qoralash durust emas.  (Dajawi, Fatawa, II, 583.) Imom ad-Dajaviy ham (II, 575)quyidagi fikrni ilgari suradi: «Ulamolar o‘rtasida qarashlardagi tafovut ummat ustiga yog‘ilgan buyuk rahmatdir. Umar ibn Abdulaziz bunday degan edi: «Rasulullohning sahobalari - ularga Allohning rahmati va salomi bo‘lsin - rozilik bermagan narsalar meni ham rozi qilmaydi. Ular rozi bo‘lmagan ishlarni qilgan kishilarga rahmat inmaydi». Tobeinlar orasidagi buyuk muhaddislardan biri Yahyo ibn Said bunday deydi: «Ilm ahli tavsiya ahlidir. Ular bir-biridan farq qiluvchi fatvolar berishda davom etmoqda, biror ulamo boshqasiga fikri bo‘lak bo‘lgani uchun ta'na qilishi mumkin emas". Ammo oddiy kishilar, ba'zi bir fraktsiyalar istayotganiday, o‘z hukmlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qur'on va Sunnatdan olsa, ularning fikrlari bundan-da ziddiyatli bo‘ladi. Endi To‘rt Maktab  minglab maktablarga aylanib ketadi. O'sha kun kelsa, musulmonlar boshiga falokat ustiga falokat yog‘iladi, hech qaysimizga bunday kunni ko‘rish nasib etmasin!"
[555] Bu narsa 18-asrning boshlarida tushunib yetildi. Shoh Valiulloh ad-Dehlaviy (Hujjat Allah al-Baligha, I, 132)ning kuzatishicha: «Ummat to shu kungacha... to‘rtta mazhabga taqlid vositasida amal qilish masalasida yakdil bo‘lib keldi. Ushbu yakdillikda yaqqol foyda va imtiyozlar bor, ayniqsa, g‘ayrat butunlay so‘nib qolgan va ruhlar o‘z ehtiroslaridan mast bo‘lishga mahkum etilgan kunlarda har kim o‘z fikri borligidan lazzat olar edi». Bu bizga islomning turli fikrlar ehtimoli va qonuniyligini rad etadigan totalitar din emasligini eslatib turadi. «Musulmon ulamolari mujtahid o‘zining shariat hukmlarini chiqarishday qonuniy ijtihodi masalasida gunohga yo‘l qo‘yishi mumkin emas. [Faqat]  Bishir al-Marisiy, Abu Bakr al-Asamm va mu'tazaliylar va o‘n ikki imomga ergashuvchi shialar ta'limoti singari  qiyos ilmini rad etuvchilargina har bir fiqhiy muammo uchun yagona to‘g‘ri hukm borligiga, kimki unga erishmasa, gunohkor ekaniga  ishonadilar". (Amidi, IV, 244.) Albatta, bu islomning ilohiy rahmati, sog‘lom va saxiy bag‘rikengligi ramzidir. «Alloh sizlarga yengillikni istaydi, og‘irlikni xohlamaydi» (Qur'on, «Baqara» surasi, 185-oyat). "Men qiyinlashtirish uchun emas, osonlashtirish uchun yuborilganman". (Buxoriy, "Ilm", 12.) "Allohning rasuliga - unga  rahmatlar va salomlar bo‘lsin -  hech qachon ikki fikrdan birini tanlash imkoni berilmagan edi. Agar gunoh bo‘lmasa, ulardan osonrog‘ini tanlar edilar". (Buxoriy, "Manoqib", 23.) Biroq Dehlaviy yashagan davrda odamlar Sunnatning ushbu printsipini mensimagani uchun shikoyatlarga sabab bo‘lgan  jarayon bugungi kunga kelib yanada zaharliroq bo‘lib qoldi. Eng zararli narsa shuki, nafs shunchalik katta kuchga aylandi, ba'zi bir davralarda ko‘hna musulmonchilikka xos xushmuomalalik va  bag‘rikenglikka asoslangan adab yo‘qolib ketdi, odamlar boshqa musulmonlarning o‘zinikidan boshqacha bo‘lgan fikrini qabul qilishi qiyin bo‘lib qoldi.
[556] Ko‘pgina yosh musulmon faollari, ehtimol, o‘zini doimiy xavf ostida sezgani uchundir, Imom Malikday allomaning fiqh xususida berilgan 40 savolning  36 tasiga, bilmayman, (la adri) deb javob berganiga qaramasdan, o‘z dini haqida nimanidir bilmasligi mumkin ekanini tan ololmaydi. (Amidi, IV, 221.)
[557] So‘nggi mushohada sifatida ushbu bob fiqhni zamonaviy sharoitlarga javoban kengaytirish va rivojlantirishga qarshi e'tiroz deb tushunilmasligi kerakligini qo‘shib qo‘ymoqchi edim. Ayni paytda o‘ta jiddiy ijtihod talab etilmoqda; ushbu kitobda aytilgan fikr shuki, bunday ijtihodni havaskorlar emas, yuksak malakali ulamolar amalga oshirishi shart.
[558] Historia monotheistica (lot.) - yakkaxudolilik   tarixi.
[559] Puer aeternus (lot.) - abadiy bola.
[560] Homo Islamicus (lot.) - islom  kishisi.
[561] Bioetika (ingl.) - biologik tadqiqot va amaliyotlarning etika, ya'ni axloqqa oid jihatlarini o‘rganuvchi fan. - Tarj.   
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2007, 00:33:54
MUNDARIJA

Gapning ibtidosi"¦  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg84529#msg84529)
1.    Ming yillik alomat sifatida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg87195#msg87195)       
2.    Modernizm tugashiga ishonch (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg88282#msg88282)
3.    Sunnat birlamchiligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg88617#msg88617)
4.    Madinaning qorishiq tarovati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg88715#msg88715)
5.    Oila inqirozi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg88737#msg88737)
6.    Islom, Irigaray va jins masalasi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg88758#msg88758)
7.    Bir dindan ikkinchisiga o‘tish sog‘inch hissi sifatida: najotkor Buyuk Ahd  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg90482#msg90482)
8.    Diniy Boshqani tan olish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg90517#msg90517)
9.    Britaniya va Buyuk Ahd  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg91188#msg91188)
10.    Islom ma’naviyati: unutilgan inqilob  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg91396#msg91396)
11.    Mutaassiblik balosi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg91528#msg91528)
12.    Aksilmazhabchilik muammosi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg91582#msg91582)
"¦va intihosi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg91604#msg91604)
Tarjimondan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg91606#msg91606)
Izohlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.msg91610#msg91610)
Nom: Re: XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2007, 00:40:35
XXI asrda Islom (postmodern dunyoda qiblani topish)

(http://www.ziyouz.com/images/books/qibla.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=25)

Muallif: Timoti Uinter (Abdulhakim Murod)
Hajmi: 936 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=25)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1793.0)