forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Robiya 31 Oktyabr 2007, 17:17:18

Nom: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 31 Oktyabr 2007, 17:17:18
Ona tilidan 1-ma’ruza
[/b]
TIL HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
1.1Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi  Til odamlarning bir-birlari bilan muomalada bo’lishi uchun yordam beradigan eng muhim vositadir.Odamlar til vositasida o’z fikrlarini his-tuyg’ularini ifodalaydilar.Insoniyat jamiyatning shakllanishida tilning roli beqiyosdir.Til paydo bo’lgandan keyin (bu , olimlarning taxminicha ibtidoiy jamoa tuzumi  davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana boshlagan.Tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo’lishi mumkin emas, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas , balki butun jamiyatga daxldor bo’lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi.
1.2 Tilning paydo bo’lishi.  Insonning o’zi, uning ongi mehnat jarayonida paydo bo’lgani kabi, til ham insonlarning mehnat qilishi jarayonida paydo bo’lgan.Insoniyat taraqqiyotining ma’lum bir davrida aniqrog’i, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar mehnat qilishlari jarayonida bir-birlariga o’z fikrlarini his-tuyg’ularini bayon qilish istagi tug’ilgan va bu dastlabki oddiy tilning paydo bo’lishiga turtki bo’lgan.
  Til va jamiyat bir-biriga ta’sir qilib turadigan, birining rivojiga boshqasi hissa qo’shadigan hodialar bo’lganligi uchun jamiyatda yuz bergan o’zgarishlar tezlik bilan tilda ham aks etishi tabiiydir.Bu o’zgarishlar hammadan ko’proq tilning lug’at boyligida , ya’ni so’zlarida o’z ifodasini topadi.Tildagi nutq tovushlari, tilning grammatik qurilishi, ya’ni gap bo’laklarining joylashuvi so’z turkumlari tizimi uzoq vaqtgacha o’zgarmasligi mumkin.Ammo tildagi so’zlar tez-tez o’zgarib turadi.Buni biz mustaqillikka chiqqan davr mobaynida o’zbek tilidagi ayrim so’zlarning (oblast,rayon,xirurg,ekspress va h.k.) chiqib ketishi ayrim so’zlarning esa (marketing,menejment,kompyuter,diler va h.k.) tilimizga kirib kelishi misolida ham yaqqol ko’rishimiz mumkin.
1.3. Dunyo tillari
  1999-yilda yer yuzi aholisi 6 mlrdga yetdi.Mana shu aholi 2976 xil tilda gaplashadi.Ayrim darslik va qo’llanmalarda tillarning m iqdori 3000 dan ortiq deb ko’rsatiladi.Shundan 200 tilning har birida 1 mln.dan ortiq , 70 tilning har birida 5 mln. dan ziyod, faqat 13 tilning har birida 50 mln.dan ortiq kishi so’zlaydi.Qolganlarining har birida esa 1 mln.dan oz kishi gaplashadi.
  Kavkaz tog’larida joylashgan Dog’istonda 1 mln.dan ortiq aholi bo’lib, ular 40 ga yaqin tilda so’zlashadi.
  Dunyodagi tillar kelib chiqishi, lug’aviy va grammatik jihatdan yaqinligiga qarab bir necha til oilalariga bo’linadi.Yer yuzida 20 ga yaqin til oilasi bor.Til oilalari o’z navbatida til turkumlariga bo’linadi.
  Hind-yevropa oilasi quyidagi til turkumlarini o’z ichiga oladi:
  a)Hind turkumi(hind,urdu,bengal,panjob,gujarat va h.k.)
b)Eron turkumi(fors,afg’on,osetin,kurd,tojik va h.k.)
c)Slavyan turkumi(rus,ukrain,belarus,chex,slovak,polyak,serb,makedon,bolgar,xorvat,sloven)
d)Boltiq turkumi(litva,latish,latgal)
e)German turkumi (dat,shved,norveg,island,ingliz,golland,nemis,yangi yahudiy tili)
f)Roman turkumi (fransuz,provansal’, italyan,ispan,portugal,rumin,moldovan tillari, o’lik lotin tili)
g)Kel’t turkumi (irland,shotland,breton,uels)
h)Anatoliy turkumi (o’lik)
i)Toxar turkumi (o’lik)
 Grek,alban,arman tillari birorta turkumga mansub bo’lmasdan, shu til oilasiga kiradi.
  Oltoy tillar oilasiga quyidagi turkumlar kiradi:
 a)Turkiy turkumi (o’zbek,qozoq,qirg’iz,turk,turkman va boshqa jami 24 til)
 b)Mo’g’ul turkumi
 c)Manchjur turkumi
 d)Yapon turkumi
 e)Koreys turkumi
  Fin-ugor tillar oilasiga fin guruhi (fin,eston,karel,komi-ziryan,komi-permyak,udmurd,mari,mordva tillari) , ugor guruhi (venger,mansiy, xantiy tillari) mansubdir.
  Som-xom tillar oilasiga semit guruhi (arab,axmar,xarari,oysor,ivrit tillari), kushit guruhi (galla, somali, saxo,beja tillari), berber guruhi (kobil,sholx,rif,tamazis tillari), chatxon guruhi (xuase, kotoko, ahgas, karekare,sura,chuzgu,mubi tillari), arab guruhi (qadimgi arab tili) kiradi.
  Kavkaz oilasiga g’arbiy guruh (abxaz,abazin,adigey,kabardin,ibix tillari), nax guruhi (chechen,ingush,batsbi tillari), dog’iston guruhi (avar,darg’in,lezgin,lak,karatin,tunzip tillari), janubiy guruh (megrel,chan,gruzin,kartali,svan,guri tillari) kiradi.
  Xitoy-tibet oilasiga tay-xitoy guruhi (xitoy,dungan,tay,laos,chjoan,v’etnam tillari), tibet-birma guruhi (tibet,birma tillari) kiradi.
  Bulardan tashqari yana dravit,malay-polinez,avstraliya,papua,afrika til oilalari ham bor.
1.4. Tirik va o’lik tillar  Hozirgi davrda ma’lum bir xalq vakillari uchun muloqot vositasi bo’lib xizmat qilayotgan tillar tirik tillar hisoblanadi : ukrain,ozarbayjon,qirg’iz tili va boshqalar.Hozirgi davrda hech bir xalq uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qilmayotgan, lekin qoldiqlari bizgacha yetib kelgan tillar o’lik tillar deb yuritiladi: lotin,qadimgi hind yoki sanskrit tili,qadimgi slavyan tili,qadimgi xorazmiy tili,qadimgi arab tili,qadimgi fors tili,so’g’d tili hozirgi paytda o’lik tillar hisoblanadi.
  Lotin tili qadimgi Rim imperiyasining rasmiy tili sifatida mavjud bo’lgan.Mazkur imperiya yemirilgandan keyin bu til ham asta-sekin o’lik tilga aylana borib, hozirgi davrda bu tilning qoldiqlarini ilmiy atamalarda uchratishimiz mumkin.Lotin tili o’rta va oliy tibbiyot o’quv yurtlarida o’qitiladi.
  Qadimgi xorasmiy tili va yozuvi esa eroniy tillarning sharqiy turkumiga kirgan bo’lib, qadimgi xorazm vohasining aholisi shu tilda gaplashgan.Qadimgi xorazmiy tili XI asrlargacha muomalada bo’lgan va keyinchalik iste’moldan chiqqan hamda o’lik tilga aylangan.
1.5.Til va nutq  Til va nutq tushunchalari yaqin-yaqingacha farqlanmasdan kelinardi.Bu ikki so’zni ma’nodosh (sinonim) so’zlar sifatida ishlataverar edik.Keyingi paytlardagi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, til va nutq tushunchalarini farqlash zarur ekan.Til deganda ma’lum xalq tomonidan ishlatiladigan uzoq tarixga ega bo’lgan hodisani tushunishimiz kerak.Nutq esa shu tilning ma’lum paytda va ma’lum o’rinda namoyon bo’lishidir.Ayrim olimlar til va nutq tushunchalarini farqlashda shaxmat o’yinini misol qilib keltirishadi.Shaxmat donalari taxtasi,shaxmat o’yini qoidalari yig’indisi tilga qiyos qilinadi.Har bir shaxmatchining o’yin uslubi o’ziga xos xususiyatlarini esa nutqqa o’xshatishadi.Demak,ma’lum so’zlar vositasida bitta fikrni turli ko’rinishlarda ifoda qilish mumkin.Bu esa shu nutqning yaratuvchisiga bog’liqdir.Bir kishining nutqi monolog,ikki kiashining nutqi dialog,ikkitadan ortiq kishining nutqi esa polilog deb yuritiladi.Nutqning yana og’zaki va yozma ko’rinishlari mavjud.
1.6.Milliy (umumxalq) til, adabiy til va shevalar
  Qayerda yashahsidan qat’iy nazar o’zbek millatiga mansub barcha odamlar tomonidan ishlatiladigan til milliy (umumxalq) o’zbek tili deb yuritiladi.Milliy til o’z tarkibiga sheva, so’zlashuv nutqi,jargonlar,vulgarizm (so’kish,qarg’ish so’zlari) , varvarizm (tilda o’rinsiz ishlatilgan chet so’zlar) kabi guruh so’zlarni qamrab oladi.
  Milliy tilning ma’lum qoidalariga bo’ysundirilgan, muayyan qolipga solingan,olimlar,mutaxassislar tomonidan ishlov berilgan,doim sillig’lantirilib, mukammallashtirilib boriladigan shakli adabiy til deb ataladi.Adabiy til shu tilda gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo’lishi kerak.Umuman millatning barcha vakillari uchun tushunarli bo’lish zarurati adabiy tilning yaratilishiga sabab bo’lgan.Milliy o’zbek tiliga shevalarning ko’pligi adabiy tilga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan.Ayrim tillarda (misol uchun, fin tilida) shevalar kam bo’lgani uchun adabiy tilga ehtiyoj yo’q.
  Rasmiy hujjatlar,badiiy va ilmiy adabiyot,vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko’radi.
  Sheva bir millatga mansub bo’lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko’rinishidir.Sheva adabiy tildan fonetik (ya’ni tovush), leksik (ya’ni so’z) va grammatik (ya’ni qo’shimchalar va gap qurilishi) jihatdan farq qiladi.
  Xalq shevalarining faqat og’zaki shakli mavjud.Shevalarning bir-biriga yaqin bo’lgan guruhlari lahja deb ataladi.(dialekt so’zi sheva va lahja tushunchalarini birgalikda ifodalaydi).O’zbek milliy tili tarkibida 3 ta lahja bor:
1.Qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh)
2.Qipchoq lahjasi (janubiy-g’arbiy guruh)
3.O’g’uz lahjasi (shimoliy-g’arbiy guruh)
  Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini o’z ichiga oladi (Toshkent,Andijon,Farg’ona,Samarqand,Buxoro).Bu shevalarning muhim fonetik va morfologik belgilari quyidagilar:
a)So’z oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: elak – elay, terak – teray
b) o lashish yuz beradi: aka – oka, nahor – nohor
c) Bu lahjada qaratqich kelishigining qo’shimchasi yo’q bo’lib, uning o’rniga ham tushum kelishigi qo’shimchasi –ni ishlatiladi: ukamni daftari
  Qipchoq lahjasi shevalari O’zbekistonning hamma viloyatlarida mavjud, ular asosan qishloqlarda tarqalgan. (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpog’iston, Shimoliy Xorazm viloyatlari,Turkmanistonning Toshovuz viloyati shevalari). Belgilari quyidagilar:
a) y o’rnida j ishlatiladi: yo’l – jo’l, yo’q – jo’q
b) g’ o’rnida v ishlatiladi: tog’ – tov , sog’ – sov va boshqalar
c) k,q tushiriladi: quru (q), sari (q).
  O’g’uz lahjasi janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa, Xazorasp, Qo’shko’pir, Shovot tumanlari) bir qancha shevalarni o’z ichiga oladi.Belgilari:
a) unlilar qisqa va cho’ziq aytiladi: at (hayvon), aad (ism)
b)t   tovushi d, k esa g tarzida aytiladi: tog’ – dog’, keldi – galdi.
c) – ning qo’shimchasi – ing tarzida, - ga qo’shimchasi esa – a, - na tarzida aytiladi: yorimga – yorima,olina (qo’liga) 
  Hozirgi o’zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg’ona – Toshkent shevalari asos qilib olingan.Olimlarning fikricha Toshkent shevasi fonetik jihatdan, Farg’ona shevasi morfologik jihatdan adabiy tilga asos bo’lgan.
  Shevalarning o’ziga xos xususiyatlari adabiy tilning ta’siri bilan asta-sekin zaiflashadi va yo’qola boradi.
  So’zlashuv tilidagi so’z va grammatik shakllar barcha shevalarda qo’llanadigan, lekin adabiy tildan boshqacha tarzda shakllangan birliklardir: kelsa – kesa, bo’lsa – bo’sa, olib kel – opkel.
  Vul’garizmlar tilda mavjud bo’lgan so’kish va qarg’ish so’zlardir: yer yutkur,oqpadar va h.k.
  Varvarizmlar tilda o’rinsiz ishlatiladigan chet so’zlar: uspet qilolmadim, papasha,mamasha,nastroneniyem yaxshi,znachit tak, vau (wow), yess.
  Jargonizmlar ayrim guruh kishilar tomonidan ishlatiladigan yashirin ma’noli so’zlardir: mullajiring,loy,soqqa,qurug’i (pul ma’nosida).
1.7.O’zbek tili va uning taraqqiyot bosqichlari
  O’zbek tili oltoy tillar oilasining turkiy tillar turkumiga kiradi.Dunyoda 24 xil turkiy til bor: o’zbek,turkman, boshqird, ozarbayjon, qozoq, qirg’iz,turk, uyg’ur, qoraqalpoq, tatar, chivash, yoqut, qorachoy, balqar, tuva, oltoy turklari, xakas, gagauz, shor, qoraim, no’g’oy, oyrot, karagas.
  O’zbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni o’z ichiga oladi:
1.Qadimgi turkiy adabiy til (X – XII asrlar). O’rxun-Enasoy yodgorliklari (VI – VII asrlar), Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit – turk ” (“Turk tillari devoni”), Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” (“Saodatga yo’llovchi bilim” asarlari shu tilda yaratilgan.
2.Eski o’zbek adabiy tili (XIII – XIX asrning ikkinchi yarmigacha). Xorazmiyning “Muhabbatnoma” , Rabg’uziyning “Qissasi Rabg’uziy”, Atoiy, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab,Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa ko’pab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.
3.Hozirgi o’zbek adabiy tili (XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha). “Turkiston viloyati gazeti” nashr qilina boshlangan vaqtdan (1870 yil) e’tiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi o’zbek tilining namunalari hisoblanadi.
  O’zbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII asrda eski o’zbek adabiy tii shakllanib bo’ldi.
  1989 yil 21 oktyabrida o’zbek tili O’zbekiston Respublikasining davlat tili ekanligi haqida qonun qabul qilindi.Shundan keyin tilimizning yagi taraqqiyot bosqichi boshlandi.
1.8. O’zbek tilshunosligining rivojlanish tarixi  O’zbek (qadimgi turkiy) tilini o’rganish Mahmud Koshg’ariydan boshlandi.Bu alloma eng birinchi turkiy tilshunosi, adabiyotshunosi,elshunosi sifatida nom chiqargan olimdir.U o’zining “Devonu lug’otit – turk ” asarida turkiy tilda mavjud bo’lgan so’zlarni ma’lum turkumlarga (ot,fe’l,yordamchi so’zlarga) ajratgan.Alisher Navoiy ham tilimizni ilmiy jihatdan o’rgangan.
  O’zbek tili fan sifatida maktablarda XX asrning boshlarida o’qitila boshlandi.Ana shu davrdan boshlab tilimizni tizimli (sistemali) tarzda o’rganish boshlangan.
  O’zbek tilshunosligi fanining poydevoriga dastlabki g’ishtlarni qo’yishda Muhammadamin Muhammadkarimov (Faxriddinov) (1894-1941), Munavvarqori Abdurashidxonov (1873-1931), E.D.Polivanov (1891-1938), Qayum Ramazonov (1897-1942), A.K.Borovkov (1904-1962), F.Kamolov (1907-1966), X.Komilova (1912-1961), Ayyub G’ulomov (1914-1982) va boshqa olimlarning xizmatlari katta bo’ldi.Hozirgi davrda tilimizni tadqiq qilishda faol ishtirok etayotgan M.Asqarova, Sh.Shoabdurahmonov, A.Hojiyev, A.Rustamov, N.Mahmudov,A.Nurmonov va boshqa o’nlab yirik olimlarni hurmat bilan tilga olishimiz mumkin.
  1934 yili Toshkentda Til va adabiyot instituti ochildi.Bu institutda olimlar o’zbek tilini har tomonlama tadqiq qilishmoqda.
Keyingi mavzu: "Leksikologiya"

 


Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 04 Noyabr 2007, 15:16:21
2-Ma’ruza Leksikologiya
Biz o’z fikrimizni gap bilan ifodalaymiz.Gap so’zlardan tuziladi.So’z tilning qurilish materialidir, shuning uchun so’zni bilmay turib tilni bilish mumkin emas.Tildagi so’zlarning barchasi tilning lug’at boyligini, leksikasini tashkil etadi.
  Leksika so’zi yunoncha leksis so’zidan olingan bo’lib, so’z degan ma’noni anglatadi.Leksikologiya so’zi esa leksis — so’z, logos — ta’limot degan ma’nolarni bildiradi.Demak, leksikoligiya so’z haqidagi ta’limot, fan ekan.
2.1 So’zning lug’aviy hamda grammatik ma’nolari So’zning ikki xil ma’nosi mavjud.So’zning borliqdagi narsa, belgi, harakat, miqdor kabi tushunchala haqidagi ma’lumoti lug’aviy ma’no deyiladi.Lug’aviy ma’no ustiga qo’shilib, so’zning shakliy qismi orqali ifodalangan va uning ma’lum turkumga mansubligini, gapda qanday vazifa bajarishini ko’rsatuvchi ma’no so’zning grammatik ma’nosi hisoblanadi.
  Mustaqil so’zlar ham lug’aviy, ham grammatik ma’nolarga ega, yordamchi so’zlar esa faqat grammatik ma’noga ega bo’ladi.So’zning lug’aviy ma’nosi leksikologiyada, grammatik ma’nosi grammatikada o’rganiladi.
  So’zning lug’aviy ma’noga qo’shimcha tarzda ifodalaydigan salbiy yoki ijobiy bo’yoqlari hissiy-ta’siriy bo’yoqlar deyiladi: novcha (bo’yoqsiz) — naynov (salbiy bo’yoq). Bu bo’yoqlar har bir so’zda bo’lavermaydi.
  So’zning ma’lum uslubga mansubligini ko’rsatuvchi belgi uslubiy belgi deb ataladi.: ozod (uslubiy betaraf) — hur (badiiy uslub).

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 04 Noyabr 2007, 15:19:33
2.2 Bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar.  Ayrim so’zlar gapdan tashqarida ham,gap ichida ham bir ma’noni bildiradi.Bunday so’zlar bir ma’noli (monosemantik) so’zlar deyiladi.Gapdan tashqarida bir ma’noni, gap tarkibida boshqa ma’noni ifodalaydigan so’zlar ko’p ma’noli (polisemantik) so’zlar deyiladi. Qush ,chumchuq, men, sen, kechagi,beshala,bugun kabi so’zlar bir ma’noli so’zlardir.Tosh yo’l, tosh yurak.Bunda tosh so’zi ko’p ma’noli so’zdir.Polisemiya (ko’p ma’nolilik) tildagi deyarli barcha turkum so’zlarga xosdir.
 Yasovchi affikslarning ko’p ma’noliligi sababli ham yasama so’z ko’p ma’noga ega bo’lishi mumkin: yog’li (yog’i bor) qo’lini so’chiqqa artdi. Yog’li (yog’i ko’p) palov.

2.3 So’zning o’z va ko’chma ma’nolari.
   Yasovchi affikslarning o’z ma’nosi va ko’chma ma’nosi bo’ladi.So’zning gapdan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi bosh (o’z) ma’no deyiladi.So’zning boshqa so’zlar yordamida aniqlanadigan, izohlanadigan ma’nosi ko’chma ma’no deyiladi: ko’z — ko’rish a’zosi (o’z ma’no), ignaning ko’zi (ko’chma ma’no).

2.4 So’z ma’nosining o’zgarishi.  Ma’no o’zgarishi o’z ichiga ma’no ko’chishi, ma’no torayishi,ma’no kengayishi kabi hodisalarni qamrab oladi:

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 04 Noyabr 2007, 15:20:50
2.4.1 Ma’no ko’chishi
[/b]O’zbek tilida ma’no ko’chishning quyidagi usullari mavjud:
 1.Metafora (grekcha: ko’chirish) — biror predmet shaklining, belgisining, harakatining o’xshash tomonini boshqasiga ko’chirishdir: shakliy o’xshashlik — odam qulog’i (o’z ma’nosida) — qozonning qulog’i (ko’chma ma’noda). Umuman mavjudotlarning a’zolari bilan bog’liq ko’chishlar juda ko’p uchraydi: stolning oyog’i, arraning tishi, varrakning dumi, o’choq og’zi, ariqning labi, egarning qoshi, yog’ochning beli, maktabning biqini (yonboshi) , rubobning qorni, ko’chaning boshi, kemaning tumshug’i va hokazo.Belgi o’xshashligi — yengil eshik (o’z ma’nosida) — yengil ta’zim (ko’chma ma’noda). Issiq yuz, sovuq xabar, shirin so’z, achchiq haqiqat, oq (qora) ko’ngil, bemaza gap,yorug’ yuz. Harakat o’xshashligi — ipni uzmoq (o’z ma’nosida) — qarzni uzmoq (ko’chma ma’noda).
 2.Metonomiya (grekcha: qayta nomlash) — narsa,belgi va harakatlar o’rtasidagi aloqadorlik asosida ma’no ko’chishidir.Bunda: 1) narsaning nomi shu narsa ichidagi boshqa bir narsaga ko’chiriladi: auditoriya — xona, auditoriya kuldi — xona ichidagi odamlar; 2) narsaning nomi shu narsaga asoslangan o’lchov birligi nomiga ko’chiriladi: qop — narsa, besh qop shakar (o’lchov birligi); 3) o’lchov birligi nomi shu o’lchov birligi bilan bog’liq bo’lgan narsa nomiga ko’chiriladi: to’qson besh — o’lchov birligi, to’qson besh choy — choy navi; 4) muallifning nomi uning asarlariga ko’chiriladi: Navoiyni ko’p mutolaa qilgan (Navoiyning asarlarini).
 3.Sinekdoxa (grekcha: birga anglash, nazarda tutish) — shaxs yoki predmet qismi nomini aytish bilan o’zini tushunish yoki o’zining nomini aytish bilan uning qismini tushunish asosida ma’no ko’chishidir: 1) qism nomi butunga ko’chadi: Dunyoda o’zimizdan keyin qoladigan tuyog’imiz"¦ (A.Qodiriy) Tirnoq (farzand ma’nosida) , ko’z (mahalla qora ko’zlari), quloq (eshitgan quloq nima deydi?), qo’l, oyoq (egri qo’llar, qing’ir oyoqlar — o’g’rilar ma’nosida), soch (jingalak soch jilmayib qaradi), so’zlari ham sinekdoxaning shu turiga misol bo’la oladi.2) butun nomi qismga ko’chadi: qo’l (besh qo’l barobar emas), osh (umuman ovqat ma’nosida palov ma’nosiga ko’chadi) kabi so’zlardagi ma’no ko’chishi sinekdoxaning shu turiga misol bo’la oladi.

 4.Kinoya — so’zlarning aks ma’noda qo’llanishidir.Bunday ko’chishlarni tushuntirish uchun so’zlar yozuvda qo’shtirnoqqa olinadi: Qo’shinning oldingi qismi "œdushman" lagerini egallashga ulgurgan edi.
 5.Vazifadoshlik asosida ma’no ko’chishi narsalarning bajaradigan vazifasi o’xshashligi jihatdan ma’no ko’chishidir: o’q — yoy o’qi; o’q — miltiq o’qi, tomir — daraxt ildizi; tomir — qo’l tomiri, chiroq — kerosin bilan yonadigan yorug’lik taratuvchi asbob, chiroq — elektr toki yordamida taratuvchi xuddi shu vazifani bajaruvchi asbob

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 06 Noyabr 2007, 16:10:32
2.4.2 Ma’no torayishi Bunda oldin keng ma’noni bildirgan so’z ma’nosidagi ayrim belgilar kamayib, uning ma’nosi torayadi.Qadimda dehqon deganda quyidagi ma’nolar anglashilgan: 1) katta yer egasi; 2) qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanadigan shaxs; 3) o’z yerida boshqalar mehnatidan foydalandigan shaxs. Hozirgi paytda bu so’zning bitta ma’nosi, ya’ni "œqishloq xo’jaligi bilan shug’ullanuvhi shaxs" degan ma’no saqlanib qolgan.Turdosh otlarning, sifat, son, olmosh,fe’l turkumidagi so’zlarning atoqli otga o’tishi ham ma’no torayishiga misol bo’ladi: zafar (g’alaba) — turdosh ot; Zafar (ism) — atoqli ot; go’zal (sifat) — Go’zal (ism) — atoqli ot; sakson — son, Sakson ota — atoqli ot.

2.4.3.Ma’no kengayishi.  Bunda so’z ma’nosi yangi mazmun hisobiga kengayadi, lekin bu ko’chma ma’nolar hisobiga yuz bermaydi, balki bosh ma’noning kengayishi hisobiga yuz beradi. Masalan: "œsuv" so’zi hozirgi paytda "œichimlik" ma’nosidan tashqari anor suvi, oshqozon suvi, mineral suv degan ma’nolarda ham ishlatiladi.Bu ma’nolar ko’chma ma’nolar emas, balki bir ma’noning turli qirralaridir.
  Atoqli otlarning turdosh otlarga o’tishi ham ma’no kengayishiga misol bo’la oladi: Makintosh — ism, makintosh — kiyim turi, Xosiyatxon — ism, xosiyatxon — atlas turi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 06 Noyabr 2007, 16:11:45
2.5 So’zlarning shakl va ma’no munosabatlari.  Tildagi ayrim so’zlar shakliy jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan , bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi.Ayrim so’zlarning ma’nolari esa bir-biriga qarama-qarshi bo’ladi.Ana shu xususiyatlarga ko’ra so’zlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
 1.Omonimlar (grekcha: bir xil nom) — talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo ma’nosi har xil bo’lgan so’zlardir: yuz (ot) — yuz (son), tut (daraxt) — tut (harakat).
  Omonimlar bir xil so’z turkumiga ham, har xil so’z turkumiga ham oid bo’lishi mumkin: ot (ism) ot turkumi — ot (harakat) fe’l so’z turkumiga oid.Bu yerda ular har xil so’z turkumiga oiddir: ot — ism, ot — hayvon. Bunda ikkalasi ham bir so’zga oiddir.Bir turkum doirasidagi omonimlar qo’shimchalar qabul qilganda ham omonimligini saqlab qolaveradi.
  Omonimlar va ko’p ma’noli so’zlarni o’zaro farqlash zarur.Ko’p ma’noli so’zlar qancha ma’noga ega bo’lmasin, bu ma’nolar o’zaro bog’langan bo’ladi.Shu xususiyat ko’p ma’noli so’zni omonimdan farqlaydi.Omonimlar boshqa-boshqa so’zlar bo’lgani uchun ularning ma’nolari or’tasida aloqa uzilsa, omonim vujudga keladi: kun — quyosh (bosh ma’no); kun — sutkaning quyosh bilan yoritilasigan yorug’ qismi (ko’chma ma’no); dam — nafas (o’z ma’no), dam — bosqon (ko’chma ma’no), dam — hordiq (ko’chma ma’no)
  Omonimlarning quyidagi turi mavjud:
  1.Leksik (lug’aviy) omonimlar so’zlar o’rtasidagi omonimlikdir. Soch — a’zo, soch — harakat; oq- rang, oq — harakat.
  2.Frazeologik omonimlar iboralar, ya’ni ko’chma ma’noli, ta’sirchanlikka ega bo’;lgan birikmalar o’rtasidagi omonimlikdir: boshga ko’tarmoq — e’zozlamoq, boshga ko’tarmoq — to’polon qilmoq.
  3.Grammatik omonimlar ikki xil bo’ladi:a) morfologik omonimlar qo’shimchalar o’rtasidagi omonimlik: to’k in dasturxon (sifat yasovchi) — ek in (ot yasovchi); b) sintaktik omonimlar so’z birikmalari yoki gaplar o’rtasida bo’ladi: so’z birikmalarining omonimligi: yolg’ondan hayron bo’lmoq (yolg’ondakamiga hayron bo’lmoq).

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 06 Noyabr 2007, 16:12:57
2.Sinonimlar (grekcha: bir nomli) — shakli har xil bo’lsa ham , ma’nolari bir-biriga yaqin bo’lgan so’zlardir.Sinonim so’zlar bir xil predmetlarni (ovqat,osh,taom), predmetning bir xil belgisini (ishchan,harakatchan,tirishqoq), bir xildagi harakatni (asramoq, saqlamoq) bildiradi.
  Bunday so’zlar ikki yoki undan ortiq so’zdan iborat bo’lgan sinonimik qatorni tashkil etadi.Bu qatordagi ma’nosi betaraf bo’lgan , ko’p qo’llanadigan so’z asosiy so’z (dominanta, bosh so’z) deb ataladi: chiroyli, go’zal, ko’hlik.
  Ko’p ma’noli so’zlar ko’chma ma’nosida boshqa so’zlar bilan sinonim bo’lishi mumkin: o’qishni bitirmoq — o’qishni tugatmoq; ishni bitirmoq — ishni bajarmoq; sotib bitirmoq — sotib yo’qotmoq.
  Sinonim so’zlar nutqning ta’sirli bo’lishiga yordam beradi.Ular bir xil so’z turkumiga oid bo’ladi: hayoli,andishali,iboli, oriyatli (sifat), yuz,bet,aft,bashara,turq,chehra (ot).
  Tildagi o’zlashma (boshqa tildan kirgan) so’zlar o’zbekcha so’zlar bilangina emas, balki o’zaro ham sinonim bo’lishi mumkin: respublika — jumhuriyat.Tub so’zlar yasama so’zlar bilan sinonim bo’lishi mumkin: his (tub) — sezgi (yasama).Sinonimik so’zlar qatoridagi so’zlar eskirishi mumkin: odat,rasm,urf, fan (rasm,odat); iltimos, o’tinch, tavallo; oqsoq,cho’loq, lang.
  Sinonimlarning quyidagi turlari mavjud:
1)Leksik (lug’aviy) sinonimlar.Bular ham ikki xil bo’ladi: a) To’liq sinonimlar har jihatdan teng keladigan, o’zaro farq qilmaydigan, birining o’rnida ikinchisini bemalol qo’llash mumkin bo’lgan sinonimlardir: (bular yana leksik dubletlar deb ham yuritiladi) kosmos — fazo, respublika — jumhuriyat.b) ma’noviy sinonimlar ayrim ma’no nozikliklari bilan farq qiladigan, birini ikkinchisining o’rnida har doim ham qo’llab bo’lmaydigan sinonimlardir: ovqat,taom,yemish,xo’rak; kuldi,jilmaydi,tirjaydi,irjaydi,ishshaydi,xoxoladi.
2)Frazeologik sinonimlar: boshi osmonda — og’zi qulog’ida —do’ppisini osmonga otmoq (o’ta xursand).
3)Grammatik sinonimlar ikki xil bo’ladi: a)morfologik sinonimlar: adabiyot chi — adabiyot shunos, keldi lar — kel ish di. B) sintaktik sinonimlar erkin so’z birikmalari yoki gaplar o’rtasidagi sinonimlikdir: dala ishlari — daladagi ishlar.Kitobni o’qidi — kitob o’qildi.
4)Shartli sinonimlar ma’lum gap yoki matn ichidagina o’zaro sinonim bo’lgan so’zlardir: Nega kerak edi shu chiroy, shu o’t? Shu yoniq yulduzni ko’zga yashirmoq? (H.Olimjon). Bu misoldagi chiroy, o’t va yoniq yulduz so’zlari o’zaro shartli sinonim hisoblanadi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 06 Noyabr 2007, 16:15:23
3.Antonimlar (grekcha: qarama-qarshi nom) — qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so’zlardir.Antonimik juftlikdagi so’zlar faqat bir xil so’z turkumlariga oid bo’ladi: yaxshilik — yomonlik (ot) , uzun — qisqa (sifat), ko’p — oz (ravish).
  Antonimik juft hosil bo’lishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan o’zaro qarama-qarshi bo’lishi kerak.Fe’llardagi bo’lishli- bo’lishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi.
  Ko’p ma’noli so’zlar har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so’zlarga antonim bo’lishi mumkin: qattiq yer — yumshoq yer; qattiq (xasis) odam — saxiy odam.Antonimik juftlar ko’chma ma’no ifodalashi mumkin: tunu kun (ravishga ko’chgan), achchiq-chuchuk (otga ko’chgan).
  Bir sinonimik qatordagi antonim so’z sinonimik qatordagi barcha so’zlarga antonim bo’ladi: chiroyli — go’zal — xushro’y — ko’hlik = xunuk, badbashara, ta’viya.
  Antonimlikda uchta belgi bor: 1) shakliy jihatdan har xillik. 2) ma’no jihatdan har xillik 3) ma’nodagi o’zaro zidlik. Ana shu uchta belgiga ega bo’lgan ikkita so’zgina o’zaro antonim bo’lishi mumkin.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 09 Noyabr 2007, 16:26:19
4.Paronimlar (ruscha: juft nom) — aytilishi bir-biriga yaqin, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo’lgan so’zlardir.Paronimlar ko’pincha bir tovush bilan bir-biridan farq qiladi: asr — asir, shox — shoh, amr — amir.
  Paronimlar ba’zan og’zaki nutqda, badiiy asarlarda uchraydi.Ular bir so’za turkumga ham, turli so’za turkumlariga ham oid bo’lishi mumkin: zirak (ot) — ziyrak (sifat); asr (ot) — asir (ot).Paronimlarning quyidagi turlari mavjud:
1)Lug’aviy (leksik) paronimlar: shox — shoh, asl — asil, nufuz — nufus, dara — dala, dadil — dalil;
2)Frazeologik paronimlar: joni kirdi (rohatlanmoq) — jon kirdi (tetiklashmoq); og’ziga qaramoq (tinglamoq) — og’ziga qaratmoq (mahliyo qilmoq)
 Paronimiya adabiy me’yor bo’yicha talaffuz etmaslik natijasida yuzaga keladi.

5.Uyadosh so’zlar bir turdagi narsa, belgi, voqea-hodisa,harakat ma’nolarini ifodalaydigan so’zlardir: kiyim turlari: ko’ylak, shim, kostyum, do’ppi; rang turlari: oq,qizil,yashil,sariq; ruhiy holatni bildiruvchi harakat turlari: yig’lamoq, kulmoq, xo’rsinmoq. Uyadosh so’zlarni sinonim so’zlardan farqlash kerak.Sinonimlar bir tushunchaning turli qirralarini ifodalaydi, uyadosh so’zlar esa bir-biriga yaqin tushunchalarni ifodalaydi.

Keyingi mavzu : "O'zbek tili lug'atining boyish manbalari"
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 11 Noyabr 2007, 12:50:29
3 -Ma’ruza
3.1 O’zbek tili lug’atining boyish manbalari
 O'zbek tili so’z boyligi hayot, fan,texnika,san’atning taraqqiyoti bilan bog’liq holda yildan-yilga boyib bormoqda.Boyish,asosan,ikki manbaga asoslanadi:
1.O’zbek tilining ichki imkoniyatlari (ichki manba) .Bunda ko’pincha so’z yasash orqali yangi so’zlar hosil qilinadi: sinfdosh,limonzor,namunali,ijarachi,vazirlik,guldasta va b.
Shevalardan so’z olish ham ichki manba hisoblanadi: oyi,bolish,dugona va b.
2.Boshqa tillardan so’z olish (tashqi manba) . O’zbek xalqi qadim zamonlardan buyon boshqa xalqlar bilan aloqada bo’lib kelgan.Bu tilimizda ham aks etgan.O’zbek tiliga boshqa tillardan kirgan quyidagi so’zlarni misol qilib keltirish mumkin:
1.arabcha: kitob,maktab,ma’no,harakat,sanoat,muomala,doim,me’da,a’lo,san’at,ommaviy,oddiy,milliy,abadiy,ammo,biroq,balki lekin,vaholanki (o’zbek tilidagi arabcha so’zlar ko’proq ot va sifat turkumiga tegishli bo’lib, ularning belgilari quyidagil;ardir: ikkita unli yonma-yon keladi; ayirish belgisi ishtirok etadi; ko’pincha yumshoq h tovushi qatnashadi; -iy, -viy qo’shimchalarini olib yasalgan bo’ladi)
2.fors-tojikcha: barg,anor,korxona,nodon,dono,kamtar,tilla,kaptar,dasturxon,datsro’mol,poydevor,poyafzal,darhol,darvoza,do’st,go’sht,sust,past,,g’isht (ko’rinyaptiki, fors-tojikcha so’zlarda poy,dast,dar kabi qismlar qatnashyapti,so’zlar oxirida jarangsiz undoshlardan keyin t tovushi kelyapti)
3.mo’g’ulcha: tuman,navkar,yasovul,yasoq
4.uyg’urcha: manti,lag’mon,manpar
5.xitoycha: choy
6.ruscha: stol,stul,ruchka,samolyot,parovoz,paroxod,pulemyot, per ova b.
Rus tilidan olingan so’zlar orasida asli kelib chiqishi boshqa tillarga xos so’zlar ham bor: buxgalter,soldat,tank,shtab(nemischa), palto,triko (fransuzcha), klub,futbol (inglizcha), tomat,limon (ispancha)
  Boshqa tillardan o’tgan so’zlar olinma (o’zlashma) so’zlar deyiladi.O’zbek tilidan ham boshqa tillarga so’zlar o’tgan: o’rik,anjir,somsa (ruscha: uryuk,injir,samsa).Karandash (qora tosh), kavardak (qovurdoq), yeralash (aralash),utyug (o’ti yo’q) kabi so’zlarning ham rus tiliga o’zbek tilidan o’tganligi isbotlangan.Hozirgi paytda o’zbek tilida ishlatilayotgan bekat so’zi ham yevropa tillarida piket tarzida qo’llanilayotgani fanga ma’lum.So’zlarning kelib chiqishin izohlaydigan lug’atlar etimologik lug’atlar deyiladi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 15 Noyabr 2007, 11:36:38
3.2 So’zlarning ishlatilish darajasiga ko’ra guruhlari.
Bu jihatdan tilimizdagi so’zlarni ikkita guruhga bo’lish mumkin:
1.Umumxalq ishlatadigan so’zlar kundalik turmushda hammaning nutqida tez-tez qo’llanadigan so’zlardir: non, suv, bugun, kim, besh, yaxshi, sotdi va boshqalar. Bularni yana faol so’zlar ham deyishadi.Ular tilning asosiy boyligidir.
2.Umumxalq ishlatmaydigan so’zlar turli sabablarga ko’ra kundalik turmushda hammaning nutqida ham tez-tez qo’llanavernaydigan so’zlardir.Bularni yana nofaol so’zlar ham deyishadi.Bu so’zlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
a)atamalar — ilm-fan, texnika, san’atga xos so’zlardir.Bular odatda bir ma’noni bildiradi: urg’u, kesim, undalma va boshqalar.Atamalar ilmiy nutqda qo’llaniladi.
b)Shevaga xos so’zlar — ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilarga tushunarli bo'’gan so'zlardir: xorazmcha momo (buvi), gashir (sabzi), o’jak (buzoq), taxya (do’ppi), secha (chumchuq); farg’onacha shatta (shu yerda), valish (ishkom), paqir (chelak); buxorocha kallapo’sh (do’ppi); toshkentcha ada (ota), doda (buva); Yozuvchilar badiiy asarlarida qahramonlarining qayerlik ekanini, tilidagi xususiyatlarni ko’rsatish uchun ularning nutqida ba’zan shevaga xos so’zlarni ham ishlatadilar.
c) Kasb-hunarga oid so’zlar — ma’lum kasb — hunar egalari ishlatadigan so’zlardir.Tikuvchilik: andoza, angishvona,qatim,bichiq va boshqalar.
d)Eskirib qolgan so’zlar — kundalik hayotda ishlatilmaydigan bo’lib qolgan so’zlardir.Jamiyat to’xtovsiz rivojlanib boradi.Yillar o’tishi bilan mehnat qurollari, kiyim-kechak, uy jihozlarining yangi nusxalari paydo bo’ladi.Eskilarning ba’zilari ishlatilmaydigan bo’lib qoladi.Natijada ularni ifodalovchi so’zlar ham bora-bora juda kam qo’llanadi yoki iste’moldan chiqib ketadi.Eskirgan so’zlar ikki guruhga ajratiladi:
1.tarixiy so’zlar — hozirda mavjud bo’lmagan narsa-hodisalarning iste’moldan butunlay chiqib ketgan nomlaridir: mingboshi, ellikboshi,kanizak,omoch, dodxoh, mumsik, xalfa, "¦
2.arxaik so’zlar hozirda mavjud bo’lgan narsalarning eskirib qolgan atamalaridir.Bunday so’zlar iste’moldan chiqish arafasida turgan, hozirgi tilda sinonimi bo’lgan so’zlardir (qavs ichida hozirgi tildagi sinonimlari berilgan): rayon (tuman), ekspress (tezyurar), oblast (viloyat), vrach (shifokor), xirurg (jarroh), injener (muhandis), redaktor (muharrir), ulus (xalq), "¦
e)yangi paydo bo’lgan so’zlar — fan, texnika va san’atning rivojlanishi bilan tilda yangi paydo bo’lgan tushunchalarning nomlarini ifodalovchi so’zlardir: xokkeychi, limonzor, fermer, teleminora, kompyuter, disket, sayt, chip, shou, debat, "¦
f)jargon so’zlar (fransuzcha jargon — buzilgan til degani) — qiziqishlari,mashg’ulotlari umumiy bo’lgan odamlar tomonidan ishlatiladigan so’zlardir: tish (guruch), ellik olti (ipak), qaychi (revizor), limon (million), "¦
g)argo so’zlar (fransuzcha argot — lahja degani) o’g’rilar, bezorilar, qimorbozlar o’rtasida ishlatiladigan yashirin ma’noli so’zlardir: loy, yakan (barchasi pul ma’nosida), bedana (to’pponcha), zamri (qimirlama), atamri (ishingni davom ettir), shuxer (qoch) , "¦
  So’zlar ishlatilish doirasiga ko’ra  so’zlashuv uslubiga xos so’zlar,kitobiy so’zlar,uslubiy betaraf so’zlar kabi turlarga bo’linadi: metro, ko’o, tuzuk (so’zlashuv uslubi); metropoliten,moviy,durust (kitobiy).
  So’zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatiladigan so’zlar uslubiy betaraf so’zlar hisoblanadi: suv, tog’, bola, xat,"¦

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 15 Noyabr 2007, 11:42:07
3.3 Iboralar.
[/b]  Ikki va undan ortiq so’zdan tarkib topgan va yaxlit bir ko’chma ma’noni ifodalaydigan, ta’sirchanlikka ega bo’lgan til birligi ibora (frazeologik birlik) deyiladi: qo’y og’zidan cho’p olmagan(yuvosh), kapalagi uchib ketdi (qo’rqdi) va h.k.
  Iboralar ahamiyati va qo’llanishi jihatidan odatda so’zga teng keladi.
  Iboralar ko’proq so’zlashuv nutqida va badiiy asarlarda ishlatiladi.Ulardan unumli foydalanish nutqning ta’sirchanligini oshiradi.Til fanining iboralarni o’rganadigan bo’limi frazeologiya deb ataladi.
  Iboralar ba’zan bog’lovchilarga ham sinonim bo’lishi mumkin: Shunga qaramay u kelmadi — Ammo u kelmadi.
  Iboralar o’rtasida ham o’zaro omonimlik, sinonimlik, antonimlik va paronimlik bo’lishi mumkin: Omonim iboralar: dam bermoq (yel haydamoq) — dam bermoq (hordiq bermoq); sinonim iboralar: tegirmonga tushsa butun chiqadi — suvdan quruq chiqadi; antonim iboralar: yerga urmoq — ko’kka ko’tarmoq; paronim iboralar: yuragi tars yorilib ketayozdi (sabr chidami tugamoq) — yuragi qoq yorilayozdi (sevinganidan qattiq hayajonlandi.)

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 15 Noyabr 2007, 11:47:57
3.4. Tasviriy ifoda.
  Narsa-buyumning nomini aniq atamay, uni tasvirlab anglatadigan so’z birikmasi tasviriy ifoda deyiladi: qushlar — qanotli do’stlar; fazogirlar — samo lochinlari; makkajo’xori — dala malikasi; paxta — oq oltin; rassomlar — mo’yqalam sohiblari.Tasviriy ifodalar ham omnimlik,sinonimlik xususiyatlarga ega bo’’lishi mumkin.Omonim tasviriy ifodalar: aql gimnastikasi — 1) matematika; 2) shaxmat.Qora oltin — 1)neft; 2)ko’mir. Sinonim tasviriy ifodalar: g’azal mulkining sultoni va o’zbek tilining asoschisi — Alisher Navoiy; uyg’onish fasli va fasllar kelinchagi — bahor.

3.5. Lug’aviy birliklar haqida ma’lumot.
 
Lug’aviy birlik deganda til;ning lug’at boyligiga kiradigan barcha birliklar nazarda tutiladi.Bunga birinchi navbatda so’z kiradi.So’zga ma’no jihatidan teng keladigan barcha birliklar ham lug’aviy birlik hisoblanadi.Masalan, ibora, tasviriy ifoda, qo’shma so’z, juft so’z, takroriy so’zlar ma’nosi jihatidan so’zga teng.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 15 Noyabr 2007, 11:55:11
3.6. Lug’atlar va ularning turlari.
 
  Tildagi jamiki so’zlar, ularning tarixi, izohi, imlosi kabi muhim masalalr bilan lug’;atshunoslik shug’illanadi.Mukammal tuzilgan lug’at va so’zliklar u yoki bu tilning boyligini o’zida to’playdi.Lug’atlar qadimdan yaratib kelinadi.Masalan, Mahmud Koshg’ariy tomonidan XI asrda yaratilgan "œDevonu lug’otit turk", XVI asrda usmonli turk tilida yaratilgan "œAbushqa" lug’atlari tarixan bizga ma’lum.Lug’atlar ikki guruhga bo’linadi:
1.Qomusiy lug’atlarda mashhur shaxslar, ilmiy, siyosiy, adabiy hamda ishlab chiqarishga xos tushunchalar, borliqdagi predmetlar, hodisalar haqida ma’lumot beriladi. "œO’zbek milliy ensiklopediyasi", "œSalomatlik ensiklopediyasi", "œU kim, bu nima" kabi lug’atlar shular jumlasidandir.
2.Lingvistik lug’atlar bir tilli va ko’p tilli bo’ladi.Bir tilli lug’atlarga imlo lug’ati (so’zlarni to’g’ri yozishga yordam beradi), chappa (ters) lug’at (so’zlar oxirgi harfi bo’yicha alfavit tartibida joylashtiriladi), orfoepik lug’at (so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishga yordam beradi), morfem lug’at (so’zlarni o’zak va qo’shimchalarga ajratishga yordam beradi), o’zlashma so’zlar lug’ati (chet tillardan kirganm so’zlarga ta’rif beriladi), frazeologik lug’at (iboralar lug’ati), terminologik lug’at (ma’lum fan sohasi bo’yicha atamalarga izoh beriladi), izohli lug’atlar (tilda mavjud bo’lgan so’zlarga izoh beriladi).
  1981 yilda yaratilgan "œO’zbek tilining izohli lug’ati" ikki jilddan iboratdir.Bu lug’atda so’zlarning o’z va ko’chma ma’nolari haqida to’liq ma’lumot beriladi.
  Bunday lug’atlar ma’lum bir ijodkor asarlari bo’yicha ham yaratilishi mumkin.Masalan, Alisher Navoiy asarlari uchun yaratilgan 4 tomlik lug’atda 60 000 dan ortiq so’z berilgan.Ko’p tilli lug’atlarga esa tarjima lug’atlari kiradi.

Keyingi mavzu: "Fonetika"
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 22 Noyabr 2007, 14:57:12
4-маъруза

Фонетика сузи фоне — «товуш» деган маънони билдириб, тилнинг товуш томони урганиладиган булим номини билдирида.

4.1 Аутк товушлари ва уларнинг хосил булиши
  Биз гапирганимизда товушларни талаффуз киламиз.Инсон талаффуз киладиган товушлар нутк товушлари дейилади.Аутк товушлари нутк аъзолари иштирокида хосил буладиБуларга куйидагилар киради:
1.Упка
2.Кекирдак
3.Товуш пайчалари
4.Огиз бушлиги
5.Катта ва кичик тил
6.Юмшок ва каттик танглай
7.Юкори ва пастки лаблар
8.Юкори ва пастки тишлар
9.Бурун бушлиги
10.Бугиз бушлиги
 
  Аутк товушларини хосил килишда упкадан чикаётган хаво нафас йули — кекирдак оркали бугизга, ундан огиз бушлиги ёки бурун бушлигига утиб, ташкарига чикади.Аутк товушларини хосил килишда товуш пайлари, лаблар ва тил фаол иштирок стади.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 22 Noyabr 2007, 14:59:35
4.2 Унли ва ундош товушлар

  Аутк товушлари икки хил: унли товушлар ва ундош товушлар.
  Булар куйидагича фаркланади: 1.Унли товушлар хосил булишида упкадан чикаётган хаво огиз бушлигида хеч кандай тусикка учрамасдан утади, ундош товушларни хосил килишда сса упкадан чткаётган хаво огиз бушлигида турли тусикларга учрайди ва бунинг натижасида шовкин хосил булади. 2.Унлиларни чузиб талаффуз килиш мумкин, ундошларни сса чузиб талаффуз килиб булмайди. 3.Унлилар талаффузида пайчалари албатта титрайди, ундошлар талафузида сса товуш пайчалари титраши хам (жарангли ва сонорларда), тотрамаслиги хам (жарангсизларда) мумкин.
  Ундош товушлар жами 25 та булиб, ёзувда 23 та харф билан ифодаланади: б,в,г,д,ж, (виждон) , ж (жужа), з,й,к,л,м,н,п,р,с,т,ф (араб-форс тили таъсирида пайдо булган) , х,я,ч,ш,к,г,нг (качон).Харфлар сонининг товуш сонидан камлиги куйидагича изохланади: кирилл алифбосидаги ж харфи иккита товушни (жужа ва виждон), н ва г харфлари бирикиб, битта товушни ифодалайди.
  Узбек адабий тилида ундошлар куйидагича гурухларга булинади:
  1.Хосил булиш урнига кура: 
А) Лаб ундошлар: -лаб-лаб: б,п,м
-лаб-тиш: в,ф
Б)Тил ундошлар:-тил олди: д,т,ж,я,ч,ж,з,с,ш,н,л,р,
-тил урта: й
-тил орка: г,к,нг
-чукур тил орка: к (катор), г (гоз), х
В) Бугиз ундоши: х
2.Хосил булиш усулига кура:
А)Лортловчилар:
-соф портовлчилар: б,п,д,т,г,к, к (катор)
-коришик портловчилар: ж,я,ч
Б)Сиргалувчилар: в,ф,ж,з,с,ш,й, г (гоз) ,х, х (хам)
В)Лортловчи-сиргалувчилар:
-бурун товушлари: м,н,нг
-ён товуш: л
-титрок товуш: р
3.Овоз ва шовкинниг иштирокига кура: А)Шовкинлилар:
-жарангли: б,д,г,ж,в,ж,з,й, г (гоз)
-жарангсиз: п,т,к, к(катор),я,ч,ф,с,ш,х, х (хам)
Б)Овоздор (сонорлар): м,н,нг,л,р

  Айрим жарангли ундошлар узларининг жарангсиз жуфтликларига сга: б — п , д — т , ж (коришик) — ч, ж (сиргалувчи,) — ш, з — с, г (гоз) — х.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Noyabr 2007, 18:37:27
Унли товушлар факат ундан (овоздан) хосил булади.Улар жами 6 та булиб, 10 та харф билан ифодаланади: а, о, у, у (улим), и, с, е, ё, ю, с.Кирилл алифбосидаги е,ё,ю,с, харфлари иккита товушни ифодалайди.
  Унли товушлар куйидагича гурухларга ажратилади:

1.Тилнинг горизонтал харакатига кура:
а) Олд катор : и,с,а
б) Орка катор : у,у (улим), о

2.Тилнинг вертикал харакатига кура:
а) Юкори тор унлилар: и,у
б) Урта кенг унлилар: с, у (улим)
в) Куйи кенг унлилар: а,о

3.Лабларнинг иштирокига кура:
а) Лабланган: у, у (улим), о
б)Лабланмаган: и,с,а


4.3 Товуш узгаришлари
 
Аутк товушлари талаффуз пайтида баъзи узгаришларга учрайди.Булар асосан икки хил булади:

1.Товуш алмашиши:
а) Унлилар: сон — сана; онг — англа; сайла — сайлов
б)Ундошлар: курак — кураги; кетди — кетти; ёзсин — ёссин; танбур — тамбур

2.Товуш тушиши:
а) Унлилар: шахар — шахри; корин — корни; бурун — бурни
б) Ундошлар: мен — менинг; паст — пасай; суст — сусай; келса — кеса

Булардан ташкариб товуш узгаришлариниг сна куйидаги куринишлари мавжуд:
1.Сингармонизм — унли товушларнинг мослашувиб охангдорлиги, уйгунлиги демакдир.Бу ходиса факат туркий тилларда учрайди.Бунга кура сузларнинг олдинги бугинида кандай унли келса, кейинги бугинида хам шундай унли келитши керак:  бурун, курук, узун.

2.Асимилсяис — катор келган нутк товушларининг бир-бирига таъсир килиб, узига мослаштиришдир.Ассимилсяис икки хил булади:
а) прогрессив ассимилсяис олдинги товушнинг кейинги товушни узига ухшатишидир: айтди — айтти, юрак + га — юракка
б)регрессив ассимилсяис кейинги товушнинг  олдинги товушни узига ухшатишидир: йигит+ ча — йгичча, туз+сиз — туссиз.Ассимилсяис тулик ва кисман булиши мумкин: отдан — оттан (тулик), учта — ушта (кисман)

3.Диссимилсяис иккита ухшаш товушнинг ноухшаш булиб колишидир.Диссимилсяис хам икки хил булади:
а)прогрессив: бирорта — биронта
б)регрессив: иттифок — интифок

4.Метатеза ундош товушларнинг урин алмашувидир: тупрок — турпок, айланмаок — айналмок, ёмгир — ёгмир

5.Товуш орттирилиши ходисаси суз бошида, суз уртасида ва суз охирида юз бериши мумкин: стакан — истакан, стол — устал, фикр — фикир, доир — дойир, танк — танка, диск — диска.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Noyabr 2007, 18:38:44
4.4 Бугин ва унинг турлари.
  Упкадан чикаётган хаво тулкинига бир зарб бериш билан айтиладиган товуш ёки товушлар йигиндиси бугин дейилади: ки — тоб — лар, о — и — ла
  Унли товуш билан тугаган бугин очик, ундош билан тугаган бугин ёпик бугин дейилади.
  Хар бир бугин таркибида унли товуш булиши шарт, демак, суз таркибида нечта унли товуш булса, шунча бугин булади.Бугин таркибида ундошлар катнашмаслиги хам мумкин: у — ка, о — на.Узбек тилида куйидаги бугин шакллари мавжуд:
1.Бир ундошли: от, бу
2.Икки ундошли: ост,нон
3.Уч ундошли: турт,шарт
4.Турт ундошли: спорт,старт
  Бугиннинг амалий ахамисти куйидагиларда намоён булади:

1.Азувга бир сатрга сигмай колган суз кейинги каторга бугин асосида кучирилади
2.Биринчи синф укувчиларини укиш ва ёзишга ургатиш бугин асосида амалга оширилади
3.Шеърий мисраларда бугинлар сони тенг булади

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Noyabr 2007, 18:39:39
4.5 Ургу ва унинг турлари
  Суз бугинларидаги унли товушлардан бирининг ёки гап таркибидаги айрим сузнинг бошкаларига нисбатан кучлирок овоз билан айтилиши ургу дейилади.Ургу ёзувда (‘) белгиси билан белгиланади: бола’, пахта’.
  Ургу икки хил булади:
1.Суз ургуси суз таркибидаги айрим унли товушнинг кучлирок айтилишидир: кала’м — каламдо’н — каламдонда’.Узбек тилида суз ургуси асосан сузнинг охирги бугинига тушади.Аммо суз ургуси биринчи ва иккинчи бугинларга тушадиган сузлар  хам бор: ха’мма, ки’мдир, алба’тта, ха’тто.
  Узлашма сузлардаги ургу тушган  о  унлиси аник талаффуз килинади: футбо’л, волейбо’л.Мото’р, фонта’н, водопрово’д каби сузларнинг ургусиз бугинидаги о  унлиси  а  товушига скин талаффуз килинади.Тра’ктор, до’ктор каби сузларда суз охиридаги ургусиз  о  унлиси  и   унлисига скин талаффуз килинади.
  Ургу суз маъноларини фарклаш учун хам хизмат килади: олма’ (мева) — о’лма (харакат), снги’ (сифат) — с’нги (равиш)
  2.Гап (мантикий,логик,маъно) ургуси гап таркибидаги айрим сузларнинг кучлирок айтилишидир; ургу олган суз хар доим кесим ёнида жойлашади: Бугун мактабга бордим. Мактабга бугун бордим.

Кейинги мавзу: Графика (Азув)
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 05 Dekabr 2007, 14:56:19
5.1 Tovush va harf.
   
  Nutq tovushlari nutqning eng kichik, bo’linmas qismidir. Nutq tovushlarining yozuvdagi shakli harf deb ataladi. Nutq tovushlarini talaffuz qilamiz va eshitamiz. Harflarni esa ko’ramiz , yozamiz va o’qiymiz. Ma’lum tartibda joylashgan harflar qatori alfavit yoki alifbo deyiladi. Lug’atlarda, turli ro’yxatlarda so’zlar alfavit tartibida joylashtiriladi.
   Kirill yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida 35 harf bor. Shundan 10 tasi unli harf, 25 tasi undosh harf; ayirish va yumshatish belgilari (ъ, ь) tovush bildirmaydi:

Аа(1)  Бб(2)  Вв(3)  Гг(4)  Дд(5)  Ее(6)  Аё(7)  Жж(8)  Зз(9)  Ии(10)  Йй(11)  Кк(12)  Лл(13)  Мм(14)  Ан(15)  Оо(16)  Лп(17)  А р(18)  Сс(19)  Тт(20)  Уу(21)  Фф(22)  Хх(23)  А¦я(24)  Чч(25)  Шш(26)  Аªъ(27)  А¬ь(28)  А­с(29)  Юю(30) Яс(31)  Уу(32)  Кк(33)  Гг(34)  Хх(35).

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 05 Dekabr 2007, 15:14:07
5.2Yozuvlar haqida.
   Dastlab nutq faqat og’zaki shaklda bo’lgan. Kishilar jamiyati taraqqiyotining ma’lum davrida hayotiy zaruriyat natijasida asta — sekin yozuv yaratilgan. Tarixchilarning aniqlashicha, yozuv dastlab Mesopotamiya degan joyda paydon bo’lgan va bu yozuv tarixga mixxat nomi bilan kirgan.
   Eramizdan oldingi V — VI asrlarda O’rta Osiyoning Eronga yaqin hududlarda rasmiy yozuv sifatida mixxat ishlatilar edi. Hozirgi eramizdan boshlab taxminan VI asrgacha so’g’d yozuvi ishlatilgan. V — VIII asrlar davomida turkiy xalqlar O’rxun — enasoy yozuvidan foydalanishgan. Qadimgi turkiy yozuv yodgorliklari dastlab Janubiy Sibirning Enasoy daryosi havzalarida va Mo’g’ulistonning O’rxun vodiysida topilgan. Shunga nisbatan qadimgi turkiy yozuv O’rxun — Enasoy obidalarining yozuvi deb ham yuritiladi. 1893 yil daniyalik olim N.Tomsen va rus olimi V.V.Radlov qadimgi turkiy yozuvni o’qishga muvaffaq bo’ldilar. O’rxun — enasoy yozuvlari Rim yozuvlariga o’xshab ketganligi uchun run (runik) yozuvlari deb ham yuritiladi.
   O’rta Osiyoning bizga ma’lum bo’lgan eng qadimgi mahalliy xalqi sak va massaget urug’lari bo’lib, ularning ham o’z yozuvlari mavjud edi. Ana shu yozuvdan qadimiy xorazmiy va so’g’d yozuvlari yaratilgan.
   1970 yillargacha turkiy yozuv eramizning Vi — VII asrlarida shakllangan degan fikr yetakchi edi. Keyingi topilmalar turkiy yozuvning ildizlarini ikki yarim ming yillik o’tmishdan izlamoq kerak,degan xulosani chiqarishga asos bo’ldi. 1988 yilda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Lo’mbitepa yodgorligidan ko’za topildi. Uning bandi sirtiga qadimiy turkiy bitik o’yib tushirilgan ekan. Bu bitik VII — VIII asrlarga oid turkiy obidalardan yosh jihatidan qariyb I — II asrcha qadimiyroqdir.
   VI — VII asrlardan to XV asrlargacha turkiylar va mo’g’ullar uyg’ur yozuvidan foydalanishgan. Bu yozuvda bitilgan yodgorliklarning eng qadimgisi Yusuf Xos Hojibning "œQutadg’u bilik" asarning Vena kitibxonasidagi nusxasidir. Uyg’ur yozuvi X — XV asrlarda mavjud bo’lib, arab yozuvi bilan ma’lum davrgacha baravar ishlatilgan.
   720 yildan arab yozuvi tarqala boshlagan. Arab yozuvida bitilgan eng qadimgi turkiy yodgorliklar XI asrga taalluqlidir. Xalqlarimiz taxminan 1200 yildan ko’proq vaqt davomida arab alifbosidan foydalanganlar. 1929 yildan lotin alifbosi asosidagi yangi yozuvga o’tilgan edi. 1940 yildan boshlab esa rus (kirill) grafikasi asosidagi yangi o’zbek alifbosiga o’tildi.
   Bizning davrimizda jahondagi xalqlar 220 xil yozuvdan foydalanadilar. Shu yozuvlardan juda keng tarqalgani lotin yozuvi bo’lib, jahon xalqlarining 30 foizidan ziyodi shu yozuvni qo’llaydilar.
   1993 yil 2 — 3 sentyabrda bo’lib o’tgan Oliy Kengash yig’ilishida o’zbek yozuvini lotin alifbosiga o’tkazish to’g’risida qonun qabul qilindi. 1995 yil 6 maydagi Oliy Majlis sessiyasida bu alifboga ayrim o’zgarishlar kiritildi va bu yozuvga to’liq o’tish muddati 2005 yil sentyabr oyi deb belgilandi. (keyin bu muddat 2009 yilgacha cho’zildi). Isloh qilingan yangi o’zbek alifbosida 29 ta harf bor. Shulardan 3 tasi harfiy birikma: sh, ch, ng:

Aa(1)  Bb(2) Dd(3) Ee(4) Ff(5) Gg(6) Hh(7) Ii(8) Jj(9) Kk(10) Ll(11) Mm(12) Nn(13) Oo(14) Pp(15) Qq(16) Rr(17) Ss(18) Tt(19) Uu(20) Vv(21) Xx(22) Yy(23) Zz(24) O’o’(25) G’g’(26) Sh sh(27) Ch ch(28) Ng ng(29).
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 10 Dekabr 2007, 15:16:55
5.3 Orfografiya (imlo) va uning qoidalari.
[/b]
  Tilda so’zlar va qo’shimchalar ma’lum qoidalar asosida yoziladi. Bu qoidalar yig’indisi imlo (orfografiya) deb yuritiladi. Imlo quyidagi qoidalarga asoslanadi:
1.Fonetik yozuv (tamoyil). Bu qoidaga muvofiq ba’zi so’z va qo’shimchalarni eshitganimiz bo’yicha yozish mumkin:
1)tog’ + ga — toqqa , ko’k + ga — ko’kka;
2)og’iz +im — og’zim , burun + im — burnim;
3)yosh + a — yasha , ong + la — angla;
4)ikki + ov — ikkovi , yetti + ovi — yettovi;
5)so’ra + q — so’roq , bo’ya + q — bo’yoq;
6)kes + dir — kestir , kel + dir — keltir;
7)ishlay ber (ishlayver), kela oldi (keloldi).

  2.Morfologik yozuv (tamoyil). Bu qoidaga ko’ra so’z o’zagi va qo’shimchalar aynan, asliga muvofiq yoziladi:
1)ketti emas ketdi, aytipti emas aytibdi;
2)Toshkenttan emas Toshkentdan;
3)Ishka emas, ishga;
4)Kulub, uchunchi,tug’uldi emas kulib, uchinchi, tug’ildi yoziladi.
 
  3.Shakliy (etimologik) yozuv (tamoyil). Bu qoidaga ko’ra boshqa tillardan kirgan so’zlar o’sha tillarda qanday yozilsa, shunday yoziladi: stol (sto’l emas), zoologiya (zo’o’lo’giya emas), mayyor (mayor emas), tonna (to’nna emas).

  4.Tarixiy — an’anaviy yozuv bo’yicha so’z va so’z qo’shimchalar tarixan, an’anaviy tarzda qanday yozib kelingan bo’lsa, hozir ham shunday yozilishi mumkin: sarizm — choqizm, podryadchik — pudratchi, borgil, borur (borgin va borar bilan bir qatorda).

  5. Differensipiyalash (farqlash) yozuvi (tamoyili). So’zlarni urg’u yoki boshqa fonetik vositalar (masalan, ayirish belgisi) yordamida farqlab yozishdir: olma’ — ol’ma, sher — she’r.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 10 Dekabr 2007, 15:21:18
5.4 Eski (1956 y) va yangi (1995 y) imlo qoidalari o’rtasidagi ayrim farqlar haqida.
  Yangi alifboga o’tilgandan keyin 1995 yil 24 avgustda "œO’zbek alifbosining yangi imlo qoidalari" qabul qilindi. Oldingi imlo qoidalari bilan hozirgi imlo qoidalari o’rtasida quyidagi ayrim o’zgarishlar mavjud:
1)juft so’zlar orasida bog’lovchi bo’lib kelgan yuklamalar o’zi bog’langan so’zdan chiziqcha bilan ajratiladi: do’st —u dushman, kecha — yu kunduz;
2) yil, oyni ko’rsatuvchi raqamlardan keyin ham chiziqcha qo’yoladi: 1995 — yil 24 — avgust;
3) kirillchadagi ts (я) harfi so’z boshida va oxirida s harfi bilan beriladi: sirk — яирк, abzas — абзая б So’z o’rtasida unlidan keyin ts harfiy birikmasi, undoshdan keyin esa s harfi bilan beriladi: litsey — лияей , aksiya — акяис;

4) tutuq belgisi ayirish belgisi (ъ) o’rnida ishlatiladi: unlilardan keyin ularning cho’ziqroq talaffuz qilishini ifodalasa, undoshlardan keyin kelganida ularning oldingi tovushlardan ajratib kelishini ko’rsatadi: a’lo, me’yor, qat’iy, ta’lat.
 
5) tutuq belgisi yana s , h harflari yonma — yon kelganda, ularni sh harfiy birkimasidan farqlash uchun ham qo’llanadi: Is’hoq;
 
6) — ga qo’shimchasi g’ tovushi bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda morfologik yozuv bo’yicha asliga muvofiq yoziladi: bog’ + ga — bog’ga, tog’ + ga — tog’ga;
 
7) oldin shakliy yozuv qoidasiga muvofiq yozib kelingan juda ko’p chet tili so’zlari endilikda fonetik yozuv bo’yicha yoziladigan bo’ldi (bu o’zgarish asosan tarkibida yo , yu , ya (ё, ю, с) harflari qatnashgan so’zlarga tegishlidir): sentabr — сентсбрь , budjet — бюджет, rejissor — режиссёр.

8) ayrim so’zlar esa oldin fonetik yozuv bo’yicha yozilgan bo’lsa, yangi alifboda morfologik yozuvga ko’ra yoziladigan bo’ldi: ertalabki emas ertalabgi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 10 Dekabr 2007, 15:24:11
5.5 Orfoepiya (talaffuz qoidalari)

  To’g’ri talaffuz qoidalarining yig’indisi orfoepiya (grekcha orphos — to’g’ri, epos - nutq) deb yuritiladi. To’g’ri talaffuz, avvalo, shaxsning madaniy yetukligidan dalolat beradi. Talaffuz me’yorlari deganda ma’lum bir qonun — qoidalarga amal qilib so’alsh va yozish tushuniladi:
Unlilar orfoepiyasi.
  I unlisi bir, sira so’zlarida qisqa, ilm, muhim, doir so’zlarida cho’ziq, q, x, g’ tovush;laridan keyin kelganda ruscha с‹ tovushiga yaqin talaffuz qilinadi. Mix, tig’, xil kabi so’zlardagi i tovushi esa e tovushiga yaqin aytiladi.
  U unlisi kuchm tutun kabi so’zlarda qisqa, uyg’ur, yozuv so’zlarida cho’ziq va torroq talaffuz qilinadi.
  O’ unlisi o’tin, o’roq, to’liq kabi so’zlarda keng, o’rik, ko’lmak kabi so’zlarda esa torroq talaffuz qilinadi.
  E unlisi feruz, dehqon, telefon, adres so’zlarida i tovushiga yaqin aytiladi.

Ayrim undoshlar orfoepiyasi.
B undoshi. Kitob, maktab so’zlari oxirida kelganda p tarzida, kelaber, sabab, kabob, dorboz so’zlari o’rtasida kelganda v tarzida aytiladi.
V undoshi.Chetdan kirgan avtobus, avtomat so’zlarida f kabi aytiladi.

G undoshi. K, q bilan tugagan so’zlarda k va q tarzida aytiladi: ek + gan = ekkan, chiq + gan = chiqqan.
D undoshi. Obod, ozod kabi so’zlarda kelganda t kabi aytiladi, xursand, farzand kabi so’zlarda undoshdan keyin kelganda esa tushib qoladi.
J qorishiq portlovchi undoshi. Avj, mavj kabi so’zlarda ch kabi aytiladi.
J sirg’aluvchi undoshi. Chetdan kirib kelgan furajka, telejka kabi so’zlarda sh kabi aytiladi.
Z undoshi. Sakkizta, tuzsiz kabi so’zlarda yonidagi tovush ta’sirida s kabi aytiladi.
N undoshi manba, tanbur, shanba kabi so’zlarda m kabi aytiladi.
F undoshi fakt, taft kabi so’zlarda p kabi aytiladi.
Q undoshi maqsad, taqsimot, to’qson, oqshom kabi so’zlarda x kabi aytiladi.
  Chetdan kirgan traktor, direktor kabi so’zlarning urg’usiz bo’g’inidagi unli deyarli talaffuz qilinmaydi, lekin yozuvda saqlanadi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 17 Dekabr 2007, 15:06:09
6.1 So’zning tarkibi (Morfemika)
So’zning tub (lug’aviy) ma’nosini bildirib, ma’noli bo’laklarga bo’linmaydigan qism o’zak deyiladi: gulzor, bog’bon, chizg’ich, paxtakor. O’zak so’zdagi ma’noli qismlarning yetakchisi bo’lib, u boshqa ma’noli qismlarga bo’linmaydi. O’zak so’z tarkibida doim qatnashadi.
 Bir o’zakdan hosil bo’lgan so’zlar bir xil o’zakli (o’zakdosh) so’zlar deyiladi: bilim, bilimdon, bilag’on,"¦
 O’zakka qo’shilib, turli ma’nolarni ifodalaydigan qism qo’shimcha deyiladi: bahola, olmazor, ishla, yozgi. Qo’shimchalar so’z tarkibida qatnashmasligi ham mumkin, ular ayrim qo’llanmaydi, doim o’zakka qo’shilib keladi.
 O’zak va qo’shimchalar so’zning ma’noli qismlari (morfema)lardir.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 17 Dekabr 2007, 15:08:33
Qo’shimchalar vazifasi va so’zga qo’shilib anglatadigan ma’nosiga ko’ra uch turli bo’ladi:
1.So’z yasovchi qo’shimchalar o’zakka qo’shilib, yangi ma’noli so’z hosil qiladigan qo’shimchalardir: o’t — o’tloq, arra — arrala, kuch — kuchli, hosil — serhosil,"¦
2.So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar (ayrim manbalarda "œaloqa munosabat shakli qo’shimchalari" deyiladi) gapda so’zlarni bir — biriga bog’laydigan qo’shimchalardir. Bular 3 turlik bo’ladi: a) kelishik qo’shimchalari: kitobni, uyga, daftarning b) egalik qo’shimchalari: maktabim, ukang, oilamiz  c) shaxs — son qo’shimchalari: yedik, bordim, kelding, yurasan.
3.Shakl yasovchi qo’shimchalar (ayrim manbalarda "œlug’aviy shakl qo’shimchalari" deyiladi) o’zakka qo’shilib ma’noni bir o’z o’zgartiradigan, qo’shimcha ma’no orttiradigan, lekin yangi so’z yasamaydigan qo’shimchalardir. Bular so’zlarni bir —biriga bog’lash vazifasini bajarmaydi, balki ko’plik, kichraytirish, erkalash, chegaralash, kamlik, oshirish, kuchaytirish, taxmin kabi ma’nolarni ifodalaydi: uycha, kitoblar, kattaroq, ozgina, onajon,"¦
O’zbek tilida qo’shimchalarning o’zakka qo’shilish tartibi, odatda, quyidagicha: O’zak + so’z yasovchi qo’shimchalar + shakl yasovchi qo’shimchalar + so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar : kitob + xon + lar + ning.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 17 Dekabr 2007, 15:10:06
 Qo’shimchalar tuzilishiga qarab 2 xil bo’ladi:
1.Sodda qo’shimchalar boshqa qo’shimchalarga ajralmaydi: aqlan.
2.Murakkab qo’shimchalar kamida ikkita qo’shimchaning qo’shilishidan hosil bo’ladi: dehqonchilik, odamgarchilik, yordamlash.
O’zakka so’z yasovchio qo’shimcha qo’shilishidan hosil bo’lgan qism negiz deyiladi: paxtakorlarga, gulzorda, bilimlilar.
 Shuni aytish kerakki, so’zning morfemik tarkibi deganda uning o’zak va qo’shimchalardan iboratliligi nazarda tutilsa, morfologik tarkibi deganda so’zning negzi va shakl yasovchi, so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar nazarda tutiladi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:20:32
6.2 So’z yasalishi.

   Turli usullar yordamida so’z hosil qilinishi so’z yasalishi deb ataladi. O’zbek tilida so’zlar asosan besh xil usul bilan yasaladi:
1.So’z yasovchi qo’shimchalar bilan yasaladi.
2.So’zlarni qo’shish bilan yasaladi.
3.So’zlarni qisqartirib yasaladi.
4.Bir turkumdan boshqa turkumga so’z o’tishi yordamida yasaladi.
5.So’zlarni takrorlash yordamida.
  Bu usullar yordamida ot, sifat, fe’l, ravish turkumiga oid so’zlar yasaladi. Olmosh, son va yordamchi so’zlar yasalmaydi.
1.So’z yasovchi qo’shimchalar bilan (affiksatsiya yoki morfologik usul): ishchi, aqlan, yashirin.
2.So’zlarni qo’shib, juftlab so’z yasashda (kompozitsiya yoki sintaktik usul) qo’shma va juft so’zlar yasaladi: qora + mol — qoramol, ko’z + oynak — ko’zoynak, idish — tovoq, apil — tapil, unda — bunda. Birdan ortiq so’zning birikishidan yasalgan so’zlar qo’shma so’zlar deyiladi: choyquti, gultojixo’roz, sotib oldi, himoya qildi, bir oz, rahmdil, O’rta Osiyo, Oliy Majlis. Ikkita so’zning juftlanishidan yasalgan so’zlar juft so’zlar deyiladi: birin — ketin, qovun — tarvuz, omon — eson, jiz — biz (ovqat ma’nosida).

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:22:36
  Juft so’zlarning barchasi ham yasama hisoblanmaydi, ikkita so’z juftlanganidan keyin yangi ma’no ifodalasagina juft so’z yasalgan bo’ladi: chol — kampir, aka — uka, katta — kichik kabi so’zlar yasama emas.
3.So’zlar qisqartirib qo’shish (abbreviatsiya) yo’li bilan ham yasaladi. Bular qisqartma so’zlar (yoki abbreviaturalar) deyiladi. Qisqartirib so’z yasash faqat otlarda uchraydi: elektron hisoblash mashinasi — EHM, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi — MDH.
4.So’zlarning bir turkumdan boshqa turkumga ko’chishi yordamida so’z yasalishi (semantik usul) : sifat va fe’l otga, son ravishga o’tadi: o’g’il bola (o’g’il - sifat). O’g’li keldi (otga o’tgan). U soat birga (son) keldi . Akasi bilan birga (ravish) keldi. O’quv, yozuv, qurilish (fe’l otga o’tgan). Boshqa turkumga ko’chgan so’zning ma’nosi va gapdagi vazifasi ham o’zgaradi.
5.So’zlarni takrorlash yordamida so’z yasalishi. Bunda so’zlar takrorlanib yangi so’zlar yasaladi: paqpaq (o’yin), tur — tur (turish), pat — pat (motosikl), xola — xola (o’yin), manman, yo’l — yo’l (rang), es-es (zo’rg’a). Takroriy so’zlarning hammasi ham yasama emas. Bunda ham yangi ma’no yasalsagina yasama so’z hisoblanadi: tez — tez, katta — katta kabi takroriy so’zlar yasama emas.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:24:50
6.3 So’zlarning tuzilish jihatidan turlari.
   O’zbek tilida so’zlar tuzilish jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Sodda so’zlar. Sodda so’zlar ikki xil bo’ladi: tub so’z, yasama so’z. Tarkibida so’z yasovchi qo’shimcha bo’lmagan sodda so’zlar tub so’z deyiladi: kitoblar, ko’proq, pishdi. So’z yasovchi qo’shimcha qo’shilishi bilan yasalgan sodda so’zlar yasama so’z deyiladi: uzumzor, ishchi, oqla. Yasama so’z o’zak va yasovchidan iborat bo’ladi: bil + im, ish + chi.
2.Qo’shma so’zlar: tomorqa, asalari, kamgap, sotib olmoq.
3.Qisqartma so’zlar: BMT, O’zMU, pedkengash.
4.Juft so’zlar: sabzi — piyoz, katta — kichik, o’ynab — kulib.
5.Takroriy so’zlar: yashik — yashik, qator — qator, o’ynab — o’ynab.
  Ma’no jihatidan bir — biriga mos kelib, jamlik, umumiylik ma’nosini bildirgan so’z juft so’z deyiladi. Juft so’zning har ikki qismi ham yakka holda mustaqil ma’no bildirishi mumkin yoki ikinchi qismi yakka qo’llanmaydigan so’z bo’lishi mumkin yoxud har ikkala qismi yakka qo’llanmaydigan so’z bo’lishi mumkin yoxud har ikkala qismi ham ma’no ifodalamsligi mumkin: qozon — tovoq, arpa — bug’doy, kiyim — kechak, yosh — yalang, apil — tapil. Juft so’zlar qismlari ma’no jihatidan bir necha xil bo’ladi:

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:26:05
 1.Bir turdagi yaqin predmetlarning nomlari: qosh — qovoq, oltin — kumush, qovun — tarvuz.
 2.Sinonim so’zlar: kuch — quvvat, asta — sekin, keksa — qari.
 3.Butun va bo’lak nomlari: oy — kun, vaqt — soat, tog — tosh.
 4.Antonim so’zlar: kecha — kunduz, yaxshi — yomon, katta — kichik.
  Bir so’zning qo’shaloq kelishida hosil bo’lgan so’zlar takroriy so’z deyiladi: baland — baland, qator — qator, non — pon, choy — poy. Takroriy so’zlar ko’plik, davomiylik, takror kabi ma’nolarni bildiradi: etak — etak gul, ayta — ayta charchadim. Takroriy so’zlarda ayni bir so’zning takror holda qo’llanishi natijasida grammatik ma’no ifodalanadi.
  Ma’noni kuchaytirish uchun ketma — ket keltiriladigan so’zlar takroriy so’zlar hisoblanmaydi: Havoni qara, havoni!

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Dekabr 2007, 13:33:01
6.4Grammatika. Morfologiya

  Grammatika til haqidagi fanning bir qismi bo’lib, morfologiya va sintaksisdan iboratdir. Morfologiyada so’z turkumlari o’rganiladi. Sintaksisda so’z birikmalari, gap va uning turlari o’rganiladi.
  Grammatika atamasi grekcha grammatike so’zidan kelib chiqqan bo’lib, "œo’qish va yozish haqidagi bilim" degan ma’noni bildiradi. Morfologiya atamasi grekcha morfe (shakl) va logos (so’z, fan) so’zlaridan paydo bo’lgan.

  So’zlarning leksik va grammatik ma’nolar ifodalashi haqida oldingi ma’ruzalarida aytib o’tilgan. Lug’aviy ma’no so’z ifodalagan moddiy ma’no bo’lib, bu ma’no so’zning o’zak qismi yordamida ifodalanaveradi: uy — yashaydigan joy; ikki — miqdor tushunchasi; kel — harakat tushunchasi.
  Grammatik ma’no esa quyidagi vositalar yordamida ifodalanadi:
1.Qo’shimchalar yordamida: uyga, ukamning, keldim, boraman.
2.Yordamchi so’zlar vositasida: qalam bilan yozdi, sen uchun oldim.
3.So’z tartibi orqali: keng ko’cha (birikma) — Ko’cha keng (gap).
4.Ohang yordamida: Dars tugadi (darak gap) . Dars tugadi? (so’roq gap) Dars tugadi! (undov gap)
5.So’zlarni juftlash va takrorlash orqali: qozon — tovoq, baland — baland binolar.
6.Urg’u yordamida: gulla’r (ot) — gu’llar (fe’l), yigitcha’ (ot) — yigi’tcha (ravish
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Dekabr 2007, 13:34:28
6.5   So’z turkumlari.

  Tildagi so’zlarning umumiy grammatik ma’no va vazifalariga ko’ra ma’lum guruhlarga bo’linishi so’z turkumlari deb yuritiladi. So’z turkumlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Mustaqil so’z turkumlari lug’aviy ma’noga ega bo’lib, morfologik jihatdan o’zgaradigan, gap ichida ma’lum sintaktik vazifa bajaradigan so’zlardir. Bu guruhga ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kiradi.
2. Yordamchi so’zlar yakka holda ma’no anglatmaydigan , gap bo’lagi bo’la olmaydigan, grammatik ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladigan so’zlardir. Ular mustaqil so’zlar va ayrim gaplar orasidagi munosabatni anglatishga xizmat qiladi, so’zga va gapning mazmuniga turli qo’shimcha ma’nolar qo’shadi. Yordamchi so’zlarga ko’makchi, bog’lovchi, yuklama kiradi.
3. Alohida olingan guruh so’zlar lug’aviy ma’no bildirmaydigan, lekin ba’zan gap bo’lagi vazifasini bajaradigan so’zlardir. Bularga modal so’zlar, undov so’zlar, taqlid so’zlar kiradi.
  Demak, o’zbek tilida jami 12 ta so’z turkumi mavjud ekan.

Keyingi mavzu: Mustaqil so’z turkumlari. Ot.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 03 Yanvar 2008, 12:32:29
7-ma’ruza:  Mustaqil so’z turkumlari. Ot.
 
Narsa — buyum, kimksalarning nomini bildiradigan so’zlar turkumi ot deyiladi. Ot kim? Nima? Qayer? So’roqlariga javob bo’ladi.
  Otlar kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanadi? Birlik va ko’plik sonda ishlatiladi (kelishik va son shakli ularning doimiy xususiyatidir), egalik qo’shimchalarini oladi (bu doimiy xususiyat emas).
  Otlar sifat o’rnida qo’llanishi mumkin: asfalt, yo’l, oltin bilaguzuk, temir sandiq.
  Otlar gapda bosh bo’lak, ikkinchi darajali bo’lak, shuningdek, undalma bo’lib keladi: Onam parrandachilik fermasida ishlaydi. Bugungi ishni ertaga qo’yma! Bolalar, ko’cha harakati qoidalariga rioya qiling.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 03 Yanvar 2008, 12:33:49
7.1 Turdosh otlar va ularning turlari.

 Otlar ma’no jihatidan turdosh va atoqli otlarga bo’linadi. Bir turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirgan otlar turdosh ot deyiladi: shahar, odam, maktab.
1.Turdosh otlar qanday tushunchani ifodalashiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
 1)Aniq otlat beshta sezgi a’zosi yordamida sezish mumkin bo’lgan predmetlarni ifodalaydi: kitob, tovush, havo.
 2)Mavhum otlar ong yordamidagina idrok qilinadigan predmetlarni ifodalaydi: g’azab, mehr, do’stlik.
2.Turdosh otlar birlik shaklda ko’plik ma’nosini ifodalash — ifodalamasligigs ko’ra 2 xil bo’ladi:
1)Yakka otlar birlik shaklda yakka predmetlarni ifodalaydi: odam, ko’cha, daraxt.
2)Jamlovchi otlar birlik shaklda ham ko’plikni ifodalaydi: karvon, xalq, guruh.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 03 Yanvar 2008, 12:34:45
7.2 Atoqli otlar va ularning turlari.
 
Ayrim shaxs yoki predmetag atab qo’yilgan nomlar atoqli ot deyiladi. Kishilarning ismi, sharifi, taxallusi, hayvonlarga atab qo’yilgan nomlar, geografik nomlar, tashkilot va idora nomlari, tarixiy voqea, kitob, gazeta, jurnal, kinofilm, spektakl nomlari atoqli otlardir. Atoqli otlar bosh harf bilan yoziladi: Rahim Mahmudov, Toshkent, Amudaryo, Mustaqillik kuni va h.k. Ko’pchilik atoqli otlar turdosh yoki boshqa biron so’z turkumi asosida vujudga keladi: Po’lat, Go’zal, Sotiboldi, Sakson ota. Ba’zan atoqli otlar turdosh otga aylanishi ham mumkin: amper (tok o’lchovi), xosiyatxon (atlas turi), makintosh (kiyim turi).

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 03 Yanvar 2008, 12:35:44
7.3 Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishi (son kategoriyasi).
    Otlar birlik va ko’plik sonda keladi. Birlik sondagi otlar bir predmetni bildiradi. Ko’lik sondagi otlar birdan ortiq predmetni bildiradi. Otlar ko’plikda — lar qo’shimchasi orqali ifodalansa, morfologik usul hisoblanadi: bolalar, uylar. Ko’plik ma’nosi qo’shimchasiz holda maxsus so’zlar yordamida ifodalansa, leksik usul hisoblanadi: bir qancha odam, ming — ming daraxt. Ba’zan bu usullar aralash ifodalanishi mumkin (leksik — morfologik usul): Ko’p ota — onalar kelishdi.
  Harakat — holat, belgi nomini bildirgan otlar, donalab sanalmaydigan narsa va jism nomlari, juft predmetlarni bildiruvchi otlar va atoqli otlar faqat birlikda qo'’lanadi: do'stlik, uch, ko’z, Muattar va h.k.
  Faqat birlikda qo’llanadigan otlarga ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda ko’plikni emas, balki osha predmetlarning turli xilini, jamlikni, hurmat, kinoya, kuchaytirish, taxmin kabi ma’nolarni bildiradi, Dadamlar ishlaydilar. Ma’muraxonlar kelishdi. Boshlarim og’rib ketdi. Beshlarda keldi.
  - lar ko’rsatkichi otlardan tashqaro olmosh, son, sifat, fe’l, ravosh turkumidagi so’zlarga ham qo’shilishi mumkin: bular, kimlar, bizlar, tushuntirishlar, kattalarni, beshlar, ilgarilari kabi. Bu ko’rsatkich fe’lga qo’shilganda tuslovchi tarkibida keladi: boradilar (3 — shaxs tuslovchi tarkibida).
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 11:28:40
7.4 Otlarning turlanishi.
  Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanishi turlanish deyiladi. Otlarda oltita kelishik mavjud:

1.Bosh kelishik — qo’shimchasiz,  kim, nima savollariga javob beradi.
2.Qaratqich kelishigi — ning, -n, kimning, nimaning savollariga javob beradi.
3.Tushum kelishigi — ni, - n , kimni, nimani savollariga javob beradi.
4.Jo’nalish kelishigi — ga, - ka, - qa, - na, - a, kimga, nimaga savollariga javob beradi.
5.O’rin — payt kelishigi — da, kimda, nimada savollariga javob beradi.
6.Chiqish kelishigi — dan, kimdan, nimadan savollariga javob beradi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 11:29:29
 Qaratqich kelishigidagi ot doim ot bilan bog’lanadi: maktabning hovlisi, kitobning varag’i. Tushum kelishigidagi ot doim fe’l bilan bog’lanadi: maktabni sevish, kitobni o’qish.
  Jo’nalish, o’rin — payt va chiqish kelishiklaridagi otlar fe’l bilan, ba’zan esa boshqa so’zlar bilan ham bog’lanadi: maktabga bormoq, maktabda bo’lmoq, maktabdan kelmoq, kitobdan minnatdor, ukamdan katta.
  Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi k tovushi bilan bitgan so’zlarga — ka tarzida, g’, q tovushi bilan bitgan so’zlarga — qa tarzida qo’shilib, mumtoz adabiyotda — ga, - na, -a tarzida uchraydi: ko’ylak+ ga = ko’ylakka, bog’ + ga = boqqa, uyiga, yorimga, qo’lina.
  Qaratqich, tushum va jo’nalish kelishigidagi otlar belgili (qo’shimchali) va belgisiz (qo’shimchasiz) qo’llanishi mumkin: maktab (ning) bog’i, xat (ni) yozdi, Andijon (ga) ketdi.
  Qaratqich, tushum kelishigi qo’shimchalari — n shaklida qisqarishi mumkin: Otin (ing) boshin (i) burdi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 11:30:26
7.5 Otlarda egalik qo’shimchalari.
 
Egalik qo’shimchalari predmetning uch shaxsdan (so’zlovchi, tinglovchi, o’zga) biriga qarashli ekanini bildiradi. Egalik qo’shimchalari oxiri unli bilan tugagan otlarga birlikda — m, - ng, - si; ko’plikda — miz, - si, - ngiz shaklida; oxiri undosh bilan tugagan otlarga esa birlikda — im, - ing, - i; ko’plikda — imiz, - ingiz, - i shaklida qo’shiladi: kitobim, kitobing, kitobi; kitobimiz, kitobingiz, kitoblari.
  K va q undoshi bilan tugagan otlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda, o’zak — negiz oxiridagi jarangsiz k undoshi jarangli g’ tovushiga, jarangsiz q undoshi jarangli g’ undoshiga aylanadi va koptogi, tuprog’i kabi yoziladi.
  Og’iz, burun, zahar kabi otlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda, ikkinchi bo’g’indagi qisqaroq aytiladigan u, i, a unlilari tushib qoladi: og’zi, burni, zahri. Obro’, parvo so’zlariga egalik qo’shimchasi qo’shilganda esa y tovushi orttiriladi: parvoyi, obro’yim.
  Singl — i — si, shun — i — si, bun — i — si so’zlarida egalik qo’shimchalari ikki marta qo’shiladi. Egalik qo’shimchasining 2 — shaxs ko’plik shaklida 3 ta morfologik variant mavjud: shaharingiz — shaharinglar — shaharlaring.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:11:28
7.6 Qarashlilik shakli haqida.
  Bu shakl — niki qo’shimchasi bilan yasaladi va narsa yoki shaxsning shu qo’shimcha olgan narsa yoki shaxsga tegishli ekanligini bildiradi. Bu shaklning egalik shakllaridan farqlari:
1)egalik ma’nosi shaxs ko’rsata oladi, qarashlilik esa shaxs ko’rsata olmaydi;
2)egalik shakli egalik qo’shimchasini olgan so’z bildirgan narsa yoki shaxsning boshqa biror narsa yoki shaxsga tegishliligini bildiradi, qarashlilik shakli esa biror narsa yoki shaxsning — niki qo’shimchani olgan so’z bildirgan narsa yoki shaxsga tegishliligini, qarashli ekanligini ifodalaydi.
 
Egalik va qarashlilik qo’shimchalari bir otga baravar qo’shilishi mumkin: kitob ukamniki. Qarashlilik shaklidagi so’z qarashli bo’lgan so’z ifodalagan so’z bilan birga qo’llansa, doim kesim vazifasida keladi. Ba’zan qarashli bo’lgan narsani bildiruvchi so’z qo’llanmasligi mumkin. — niki qo’shimchasi otdan tashqari olmosh va otlashgan so’zlarga ham qo’shilishi mumkin: bizniki, ikkinchisiniki, boshqasiniki, kelganniki. Bu qo’shimcha ko’plik, egalik, hurmat ifodalovchi qo’shimchalardan keyin, kelishik qo’shimchasidan oldin qo’shiladi
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:12:12
7.7 Kichraytirish, hurmatlash va erkalash otlari.
  Nutqimizda kichraytirish, hurmatlash va erkalash otlari ham qo’llanadi. Bunday otlar kichraytirish, ba’zan esa ham kichraytirish, ham erkalash ma’nolarini anglatadigan quyidagi qo’shimchalar bilan yasaladi:

- cha:                                                               Kitobcha, uycha, ro’molcha.
- choq, - chak, - chiq:                                      qo’zichoq, kelinchak, qopchiq
- (a)loq:                                                           qizaloq, bo’taloq.
- jon:                                                                ukajon, rahimjon.
- xon:                                                               Odilxon, Salimxon
- oy:                                                                  Malikaoy, Qunduzoy

- jon, - oy, - xon qo’shimchalari hamma vaqt erkalash ma’nosida emas, o’z mustaqil ma’nosida, ya’ni ot sifatida ham qo’llanadi: Mol achchig’i, jon achchig’i. Ko’kda to’lin oy suzmoqda. Anvar xon huzuriga chiqib ketdi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 12:12:13
Yasovchi  qo’shimchalar bilan ot yasash
(morfologik yoki affiksatsiya usuli).
   Ot yasovchi qo’shimchalar o’zak bilan birikkan holda quyidagi ma’nolarni bildiruvchi otlar yasaydi.1.Shaxs otlari.2.Narsa — buyum otlari.3.O’rin — joy otlari.4.Mavhum otlar.

1.Shaxs oti yasovchi qo’shimchalar.
   
                -chi:                                                       suvchi,sportchi,navbatchi.
   -dosh. :                                                  sinfdosh, suhbatdosh.
   -kor (-kar, -gar, -gor )                            paxtakor,talabgor,miskor,zargar.
   -kash:                                                     aravakash.
   -dor:                                                       chorvador,amaldor
               - bon:                                                    saroybon,darvozabon
   -boz:                                                      dorboz,askiyaboz
   -paz:                                                      oshpaz,mantipaz
   -xon:                                                      gazetxon,kitobxon
   -shunos:                                                 tilshunos,zarshunos
   -do’z:                                                     gilamdo’z,etikdo’z
   -soz:                                                       soatsoz,aravasoz
   -xo’r:                                                     choyxo’r,qimizxo’r
   -parast:                                                 shaxsiyatparast,amalparast
   -go’y:                                                   duogo’y
   -furush:                                                mevafurush,chitfurush
   -vachcha;                                             tog’avachcha,amakivachcha
   -(u)vchi:                                               yozuvchi,uchuvchi
   -(o)vchi:                                                tinglovchi,o’quvchi
   -ham-:                                                   hamsuhbat,hamyurt
   -sil:                                                       yo’qsil,(arxaik)
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 12:14:24
2.Narsa-buyum otlari yasovchi qo’shimchalar:

-gich(-kich,-qich,-g’ich):                              tishkovlagish,ko’rsatgich,qisqich,   -gi(-ki,-qi,-g’i,-g’u)                             supurgi,tepki,chalg’i, tuyg’u.
-k, -ak:                                                 kurak, pirpirak,varrak.
-q, -oq:                                                 tara+q — taroq,bo’ya+q — bo’yoq.
-iq, -ik:                                                 chopiq,topshiriq,teshik
-uq:                                                         uchuq,yutuq.
-ma:                                                         to’qima,bo’g’ma,bosma
-m,-im:                                                    to’plam,kiyim,tishlam
-um:                                                         unum,yutum,uy+um-uyum
-don:                                                        qalamdon,tuzdon
-noma:                                                      taklifnoma
-qin, (-qun, -g’in, -g’un):                         to’lqin, yong’in, uchqun,
- in(-un, -on):                                         yig’in, tugun, to’zon
- (i) indi:                                                   chirindi, cho’kindi
- machoq:                                              bekinmachoq, tortishmachoq
- (i) sh:                                                 qurilish, turlanish
- (u) v, (o)v:                                         yozuv, saylov
- ak (oq):                                             qarsak, qaldiroq, varrak
- ildoq:                                               shaqildoq
-a:                                                     sharshara, jizza
- os:                                                  chuvvos, gulduros
- chilik:                                               dehqonchilik, urug’chilik
- poya:                                            bedapoya, g’ozapoya
- qoq(-kak, -gak):                            botqoq, eshkak, ilgak
-dak (-doq):                                      yugurdak, qovurdoq
- chiq:                                              yopinchiq
- chiq:                                              yopinchiq,suyanchiq
- chak:                                            burchak, kemirchak
- iz:                                                 bo’g’iz
-miq:                                             bulamiq
- t (-it, -at, -ot):                             chiqit, o’lat, ko’chat, sizot
- mish:                                          o’tmish, qilmish
- kilik (-gilik):                                    ichkilik, ko’rgilik
- moq (- mak):                                quymoq, chertmak
- cha:                                           qizilcha, olacha
- ka:                                             yo’lka

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 12:15:15
3. O’rin — joy otlari yasovchi qo’shimchalar:

- zor:                      gulzor, paxtazor, olmazor
- iston:                O’zbekiston, guliston
- loq:                 o’tloq, toshloq
- goh:                    saylgoh, o’yinchoq
- xona:                   oshxona, choyxona
- obod:                   Yunusobod, Yangiobod

4. Mavhum ot yasovchi qo’shimchalar:

- lik:                        bolalik, mustaqillik, do’stlik, birlik
- liq:                       otaliq, borliq
- ch:                       sevinch, quvonch, tayanch
- garchilik:              odamgarchilik
- sh (-ish):              qurilish, emlash
- v (-uv):                undov, uquv
- i:                         suyunchi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:15:59
7.8.3. So’zlarni qo’shib,juftlab,bog’lab ot yasash (sintaktik yoki kompozitsiya usuli).
Bunda qo’shma va juft otlar yasaladi. Qo’shma otlar quyidagicha:
1)ot bilan otdan: otquloq,qo’llari:
2)sifat bilan otdan: ko’ksulton,xamtok;
3)ot bilan otdan: gulbgor oshko’k;
4)son bilan otdan: mingoyoq,qirqog’ayni,uchburchak;
5)ot bilan fe’ldan: o’rinbosar,beshiktervatar;
6) fe’l bilan fe’ldan: iskabtopar, olibsotar. Biror belgisiga ko’ra atalgan joy nomlari ko’pincha qo’shma ot orqali ifodalanadi: Oqtepa, To’ytepa, Uchqo’rg’on.
  Qo’shma otlar qismlarining munosabatlari quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi:
1.Sifatlovchi — sifatlanmish birikmasi shaklida: ko’ksulton, itbaliq.
2.Qaratqich — qaralmish birikmasi shaklida: bilaguzuk, otquloq.
3.To’ldiruvchi — to’ldirilmish birikmasi shaklida: o’rinbosar, beshiktervatar, dunyoqarash .
4.Hol- hollanmish birikmasi shaklida: beshotar, iskabtopar (chivin)        
5.Ega — kesim birikmasi shaklida: go’shtkuydi (marosim)
6.Kesim-undalma shaklida: urto’qmoq, ochildasturxon.
  Quyidagi qo’shma otlar qo’shib yoziladi:
1)qismlari turdosh otlardan iborat bo’lib, bir urg’u bilan aytiladigan narsa-buyum nomlari: gulko’rpa, oshqozon, o’qilon, tutmayiz, oshko’k.
2)Ot bilan —ar qo’shimchali feldan yasalgan qo’shma otlar: otboqar.
3)Ikkinchi qismi turdosh bo’lgan geografik nomlar: Sirdaryo, Oqtepa.Ikkinchi qismi e, yo, yu, ya harfi bilan boshlangan otlar ajratib yoziladi: yer yong’oq, eshak yemi, qozon yuvg’ich.
  Bulardan tashqari, ruscha baynalminal so’zlar ishtirokida yasalgan qo’shma otlar ham o’zbek tilida mavjud: bronepoyezd, aviabo’linma, avtoyo’l, kinoqissa.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:17:16
Juft otlar quyidagicha yasaladi:
1)bir-biriga yaqin ma’noli so’zlardan: uy-joy, oyoq-qo’l.
2)Sinonim so’zlardan kuch-quvvat, oziq-ovqat, baxt-saodat.
3)Antonimlaradan: yosh-qari, ost-ust.
4)Butun-bo’lak ma’nosini ifodalovchi so’zlardan: tog’-tosh, idish-tovoq, gap-so’z, oy-kun.
   Har doim ham ikkita otning juftlanishidan yangi ot yasalavermaydi. Juft so’zning turkumiy qismlarining qaysi turkumdan ekanligiga qarab emas, balki juft so’zning butunligicha qanday ma’no anglatishiga qarab aniqlash kerak bo’ladi. Shu jihatdan qaraganda, quyidagi turkum so’zlar juftlanib, ot yasaladi:

1. Ot:     yor-birodar, to’y-tomosha.
2. Sifat:       oq-qora, issiq-sovuq.
3. Ravish:         kam-ko’st.
4. Sof fe’l:       ur-yiqit, keldi-ketdi.
5. Fe’lning harakat nomi shakli:       yurish-turish, yozuv-chizuv.
6. Taqlidiy so’zlar:        adi-badi, qiy-chuv.
   Juft otlar qismlarining qaysi tilga mansubligi jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:

1. O’zbekcha — o’zbekcha:     ot-ulov, ko’rpa-yostiq
2. O’zbekcha-arabcha:            kuch-quvvat, o’y-xayol.
3. O’zbekcha-tojikcha:            tuz-namak.
4. O’zbekcha-ruscha:               kissa-karmon.
5. Arabcha-arabcha:                 hisob-kitob.
6. Tojikcha-o’zbekcha:             savdo-sotiq           

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:18:47
7.8.3. So’zlarni qisqartirib ot yasash (abbreviatsiya usuli
)

Qisqartma otlarning yasalishi:
1)So’zlarning birinchi harfidan: Birlashgan Millatlar Tashkiloti — BMT, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi — MDH;
2)Birinchi so’zning bosh qismini va boshqa so’zlarning birinchi harfini olish bilan: O’zbekiston Milliy universiteti — O’zMU.
3)So’zlarning bosh qismidan: ijroiya qo’mitasi — ijroqo’m;
4)Aralash yo’l bilan: pedkengash.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:21:07
7.8.4. Turkumdan turkumga ko’chish vositasida ot yasalaishi (semantik usul).

1)siftadan otga ko’chish: o’g’il (bola), qiz (bola), ayol (kishi), chol (odam);
2)fe’ldan otga ko’chish: kelajak (O’zbekiston kelajagi buyuk davlatdir);
3)juft fe’llar otga ko’chadi: keldi — ketdi, oldi — sotdi, qo’ydi — chiqdi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:25:17
7.8.5. So’zlarni takrorlash yordamida ot yasash.

Lik — lik (ko’kat turi), pat — pat (motosikl), bog’cha — bog’cha (o’yin), yugur — yugur (shoshilish), biyovbiyov (qush), shaqshaq (qush).


Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 06 Fevral 2008, 11:37:24
7.9 Otlarning tuzilish jihatidan turlari.

Otlar tuzilish jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi;
1.Sodda otlar: a) Sodda tub otlar. b) Sodda yasama otlar. Tub otlar yasovchi qo’shimcha olmagan otlardir: kitob, qalam. Yasama otlar qo’shimcha qo’shish orqali yasalgan otlardir: ishchi, guldon.
2.Qo’shma otlar: belbog’, qo’lqop, Yangiyo’l;
3.Qisqartma otlar: MDH, BMT, pedkengash;
4.Juft otlar: yem — xashak, ko’rpa — yostiq;
5.Takroriy otlar: choy-poy, in-iniga, tomir-pomiriga, don-dun,irim-sirim;

Juft va takroriy otlar orasiga chizqcha qo’yib yoziladi.
Agar juft otlar o’rtasida ikki otni bir-biri bilan bog’laydigan y, yu tovushlari bo’lsa, chiziqcha qo’yilmaydi: Onayu bola, gulu lola. Takroriy otlar bir otni takrorlash yordamida hosil qilinadi.:
Aytilgan so’zlar jon — jonidan o’tib ketdi. Tilda takrorlangan, so’zning boshida kelgan undosh p yoki m undoshidan biriga almashadigan yoki unli tovushdan oldin p tovushi orttiriladigan choy-poy, non-pon, qop-mop kabi otlar ham bor.

Keyingi mavzu: "Son so'z turkumi"
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 06 Fevral 2008, 11:38:21
8-ma’ruza. Son
Sonning nomini, narsa-buyumning son-sanog’ini, tartibini bildirgan so’zlar turkumi son deyiladi. Son necha? Qancha? Nechta? Nechanchi? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi.
Sonlarning morfologik xususiyatlar:
1.Sonlar juft, dona, metr, siqim kabi hisob so’zlari bilan qo’llana oladi;
2.So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar sonning hamma turlariga ham qo’shiavermaydi;
3.Boshqa so’z turkumlarida son yasalmaydi.

Sonning sintaktik xususiyatlari:
1.Doim otlar bilan birga qo’llanadi;
2.Sonlar hech qachon belgi ifodalovchi so’zlarni o’ziga tobe qilib kelmaydi;
3.Sonlar ot oldida aniqlovchi bo’lib kelganda, u bilan birikib yaxlit bir bo’lak vazifasini bajaradi: Uch dugona kelishyapti;
4.Son va sifat aniqlovchi bo’lib kelganda, oldin son, keyin sifat keladi: ikkita chiroyli ko’ylak;
5.Sonlar gapda ko’pincha aniqlovchi va kesim vazifasida keladi: Maqsadimiz bitta. Beshta qalam oldi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 06 Fevral 2008, 11:39:03
1.Sonlar sonning nomini bildiradi: 3, 6, 19 kabi. Bunday sonlar egalik va kelishik qo’shimchalari bilan xuddi otlardek o’zgaradi, gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklari bo’lib keladi: Ikki o’n besh — bir o’ttiz.

2.Sonlar sanaladigan narsa-buyumlarning son-sanog’ini bildiradi. Bunday sonlar o’zgarmaydi, gapda aniqlovchi va kesim bo’lib keladi: Men ikkita qalam oldim. O’zi bitta — qulog’I to’rtta.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 06 Fevral 2008, 11:40:40
Sonlarda quyidagi xususiyatlar ham mavjud:
1)Omonimlik: yuz (son) — yuz (chehra), uch (son) — uch (harakat);
2)Sinonimlik: bir — yakka, ikki — juft;
3)Paronimlik: yeti-yetdi.

Sonlar ko’pincha raqamlar bilan yoziladi:
1)Arab raqamlari bilan: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9.
2)Rim raqamlari bilan: II chorak, XX asr.

Badiiy asarlarda sonlar so’z bilan yoziladi: To’rt yil kutdi.

Nutqimizda tez — tez ishlatiladigan 23 ta soda son bo’lib, boshqa sonlar shularning qo’shilishidan hosil bo’ladi: nol, bir, ikki, uch, to’rt, besh, olti, yeti, sakkiz, to’qqiz, o’n, yigirma, o’ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to’qson, yuz, ming, million, milliard.

Qadimgi o’zbek tilida tuman (o’n ming), lak (yuz ming) sonlari bo’lgan.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 06 Fevral 2008, 11:43:02
8.2 Butun son, kasr son, aralash son va ularning yozilishi.
Butun son narsa-buyumning sanog’ini, miqdorini uning butunligini saqlagan holda ifodalaydi: 1, 3, 5, 12 kabi.

Kasr son butunning bo’lagini, ulushini ifodalaydi: 1/2 (yarim), 1/4 (chorak), 1/8 (nimchorak).

Kasr son ikki xil bo’ladi:
1) Ikki son chiqish kelishigi qo’shimchasi bilan bog’langan bo’ladi: ikkidan bir.
2) O’z holicha kasrni anglatadigan so’z bo’ladi: yarim, chorak, nimchorak.

Butun son bilan kasr son birgalikda ishlatilsa, aralash son hosil bo’ladi: bir yarim, ikki butun o’ndan uch. Butun, kasr, aralash sonlar ajratib yoziladi: bir yarim kilogramm.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 14 Fevral 2008, 12:24:29
8.3 Sonlarning ma’no turlari.
[/b][/b]

Sonlar ma’no va Grammatik jihatdan olti xil bo’ladi:

1.Miqdor son bir turdagi narsa-buyumlarning umumiy sonini, miqdorini bildiradi: bir qop paxta, o’ttiz uch bahodir.

Eslatma: Nutqimizda bir miqdor soni noaniqlik, kuchaytirish, ajratish, chegaralash ma’nolarini ham ifodalaydi: Eshikni bir kishi taqillatyapti. Bir yugurdim, bir yugurdim. Bir menga, bir unga qaraydi. Hamma keldi, bir Ahmad kelmadi.

2.Dona son narsa-buyumning donalab sananaladigan miqdorini bildiradi. Dona son miqdor songa — ta qo’shimchasini qo’shish yoki dona, nafar so’zlarini keltirish yordamida hosil qilinadi: beshta qush, uch dona non, o’n nafar odam.

3.Tartib son narsa-buyumning sanoqdagi tartibini bildiradi. Tartib son unli bilan tugagan miqdor songa — nchi, undosh bilan bitgan miqdor songa — inchi qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi: birinchi, ikkinchi.
Tartib sonlar arabcha raqamlar bilan ifodalansa, bu qo’shimchalar yozilmaydi, raqamdan keyin chiziqcha qo’yiladi: rim raqamlari bilan ifodalansa, chiziqcha qo’yilmaydi: 2-brigada, VI sinf.
  Kirillcha yozuvda yil va oyni ko’rsatuvchi arab raqamlaridan keyin chiziqcha qo’yilmaydi: 1998 yil, 15 fevral.

4.Chama son narsa-buyumlarning taxminiy sonini bildiradi va quyidagicha hosil bo’ladi:
a)   Miqor songa — tacha qo’shimchasini qo’shish bilan: o’ntacha mashina
b)   Miqdor songa — lar, - larcha qo’shimchasini qo’shish bilan: Soat o’n birlar edi. Yuzlarcha odam yig’ildi.
c)   Miqdor songa — lab qo’shimchasini qo’shish bilan: minglab koptoklar;
d)   Ikki miqdor sonini juft keltirish bilan: besh — olti, uch — to’rt;

5.Jamlovchi son narsa — buyumning umumiy sonini bildiradi va miqdor songa quyidagi qo’shimchalarni qo’shish bilan yasaladi:
a)   — ov qo’shimchasini qo’shish bilan: uchovi, to’rtovi;
b)   — ala qo’shimchasini qo’shish bilan: ikkala, uchala;
c)   — ovlon qo’shimchasini qo’shish bilan: beshovlon, oltovlon;

Ikki, olti, yeti miqdor sonlaridan jamlovchi son hosil qilinganda, o’zakdagi I tovushi tushib qoladi: ikkovi, oltovi, yettovi.
  Uch, to’rt sonlariga — ala qo’shilganda, uchchala, to’rttala tarzida aytilsa ham, uchala, to’rtala deb yoziladi.
  Jamlovchi sonlar ko’pincha 1 dan 7 gacha bo’lgan sonlardan yasaladi.

6.Taqsim son narsa — buyumlarning taqsimlanish miqdorini anglatadi va miqdor songa — tadan qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi: ikkitadan, yuztadan. Ba’zan miqdor son takrorlanib, taqsim son yasalishi mumkin: Ikki-ikki bo’lib yurdik.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 14 Fevral 2008, 12:25:30
8.4 Hisob so’zlari (numerativlar) haqida ma’lumot

Miqdor sonlar bilan qo’llanib, noaniq miqdor tushunchasini ifodalaydigan so’zlar hisob so’zlari (numerativlar) deb ataladi: besh so’m, o’n gram, yuz yil. Bunday so’zlar aslida ot turkumiga mansub bo’lib, o’z lug’aviy ma’nolariniqisman yo’qotgan holda noaniq miqdor ifodalaydigan bo’lib qolgan so’zlardir.
  Hisob so’zlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:


1.Predmetlarni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan: dona, nusxa, tup, bosh, nafar;

2.Butunning qismini hisoblash uchun: parcha, varaq, burda, og’iz, luqma, siqim, tilim, chimdim, qultum, yutum, ho’plam, tomchi, chaqmoq, nimta, to’g’ram, poy, toqa, bo’lak, shingil;

3.To’dalab ko’rsatuvchi: gala, to’p, guruh, to’da, dasta, bog, quchoq, shoda, hovuch;

4.Juftlab ifodalovchi: juft, para;

5.Og’irlikni o’lchaydigan: gram, kilogram, sentner, tonna;

6.Uzunlik o’lchovini bildiradigan: millimeter, metr, kilometr, chaqirim;

7.Yosh o’lchovini bildiradigan: yashar, yoshlik, oylik, go’dak, o’smir;

8.Vaqt o’lchovini bildiradigan: soniya,"¦. Soat, kun, sutka, oy, hafta, oy, yil;

9.Qiymat o’lchovini bildiradigan: so’m, tiyin, tanga, miri;
Bulardan tashqari, quyidagi hisob so’zlari son va fe’l orasida kelib, harakat miqdorini bildiradi: marta, navbatda, karra, bor, hissa, sidra, daf’a.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 14 Fevral 2008, 12:27:22
8.5 Sonlarning otlashishi.

Gapda son bog’langan ot tushib qolishi mumkin. Bunday holda son otlashadi. Otlashgan son xuddi otlarga o’xshab, egalik, ko’plik va kelishik qo’shimchalarini oladi: beshga, uchni, ikkimiz.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 14 Fevral 2008, 12:28:30
8.6 Sonlarning tuzilish jihatidan turlari.

Sonlar tuzilish jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Sodda sonlar bir o’zakdan iborat bo’ladi: bir, ikki;

2.Qo’shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning birga yozilishidan tuziladi: o’n uch, bir yuz o’n sakkiz;

3.Juft sonlar ikkita turli o’zakning juftlashishidan tuziladi: besh-olti, yeti-sakkiz;

4.Takroriy sonlar bir o’zakning takrorlanishidan tuziladi: ikki-ikki, o’nta-o’nta.

Juft va takroriy sonlar chiziqcha bilan yoziladi.
Tilchi olimlar sakson va to’qson sonlarining sakkiz va o’n, to’qqiz va o’n so’zlaridan tuzilganligini aniqlashgan.

Keyingi mavzu: "œSifat so’z turkumi"

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 20 Fevral 2008, 11:25:23
Keyingi mavzu: 9-Ma’ruza Sifat


9.1 Sifatning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari.
  Predmetning belgisini bildirib, qanday?, qanaqa?, qaysi? So’roqlaridan biriga javob bo’lgan so’zlar sifat deyiladi.
  Sifatlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:

1)Xususiyat bildiruvchi: yaxshi, yomon, aqlli, sergak, so’zamol;

2)Holat bildiruvchi: go’zal, chiroyli, suluv, cho’loq, maymoq, cho’tir, soqov, ko'r.

3)Rang — tus bildiruvchi: oq, qora, sariq, kulrang.

4)Shakl — ko’rinish bildiruvchi: yapaloq, tekis, yassi, dumaloq.

5)Hajm — o’lchov — masofa  bildiruvchi : keng, tor, chuqur, katta, kichik.

6)Maza-ta’m bildiruvchi: shirin, achchiq, nordon, sho’r, achimsiq.

7)Hid bildiruvchi: xushbo’y, sassiq, badbo’y, muattar, qo’lansa.

8)Vazn — og’irlik bildiruvchi: og’ir, yengil, zildek, vazmin.

9)O’rin va paytga munosabat bildiruvchi: yozgi, qishki, avvalgi, uydagi, ko’chadagi.
 
 Sifatlarning morfologik xususiyatlari:

1)Belgining darajasini ko’rsatadi: sho’x, sho’xroq, eng sho’x.

2)Otlashadi: Kattalarni hurmat qiling.

3)Ravish o’rnida keladi: Sattor chiroyli yozadi. Sifatlarning sintaktik xususiyatlari:

1)Asosan aniqlovchi va kesim vazifasini bajaradi: Yoqimli shamol esa boshladi. Tabiat go’zal.

2)Sifat aniqlovchi bo’lib kelganda, aniqlab kelayotgan so’zi bilan moslashmaydi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 20 Fevral 2008, 11:26:21
9.2. Asliy va nisbiy sifatlar
 
Narsalarning belgisini bevosita, to’g’ridan — to’g’ri ifodalay, oladigan va belgini dara ko’rsata oladigan ( ya’ni — roq qo’shimchasini qabul qila oladigan) sifatlar asliy sifatlar deb ataladi: kichik, yomon, aqlli, qora, oriq va b.
  Narsalarning belgisini bevosita emas, balki o’rin yoki paytga nisbatan ifodalaydigan va ko’pincha daraja ko’rsata olmaydigan sifatlar nisbiy sifatlar deb ataladi. Bunday sifatlar yasovchi qo’shimchalar yordamida yasalagan bo’ladi: sharsimon, yozgi, oilaviy, ilmiy, toshkentlik va b.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 20 Fevral 2008, 11:35:20
9.3. Sifat darajalari.

  Predmetlardagi bir xil belgining ortiq kamligi jihatidan farqlanishi sifat darajasi deyiladi. Sifatning quyidagi darajalari bor: oddiy daraja, orttirma daraja, qiyosiy daraja, ozaytirma daraja.

1.Oddiy darajadagi sifatlarda belgi boshqa predmetdagi xuddi shunday belgiga qiyoslanmaydi. Bu daraja belgining me’yoridagicha ekanligini ko’rsatadi va maxsus ko’rsatkichga (qo’shimchaga) ega emas: keng ko’cha, yashil yaproq, yaxshi odam.

2.Orttirma daraja predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi xuddi shunday belgiga nisbatan eng ko’p ekanligini ifodalaydi. Orttirma daraja quyidagi usullar yordamida hosil qilinadi:
     1) morfologik usul:
a)so’zning birinchi bo’g’ini ajratilib, unga keyingi bo’g’indagi birinchi undosh qo’shiladi-da, yopiq bo’g’in hosil qilinadi va undan keyin to’liq shakli takrorlanadi: dum — dumaloq, pak — pakana;
b)So’zning oldingi ikki tovushi ajratilib, unga p, m, tovushlaridan biri qo’shiladi va undan keyin so’zning o’zi takrorlanadi: yap — yangi, ko’m — ko’k;
c)So’zning birinchi bo’g’inidan keyingi — ppa shakli qo’shiladi: soppa — sog’, to’ppa — to’g’ri.

        2) Leksik usul:
a)Maxsus kuchaytiruvchi so’zlar orqali ifodalanadi: eng kichik, hammadana chiroyli, zap g’alati, beqiyos chiroyli, naqadar ulug’vor, xo’p bemaza;
b)So’zlarni takrorlash vositasida: zo’r — zo’r (polvonlar), uzundan — uzun (kechalar), ne — ne (olimlar);
c)Turli so’z birikmalari, iboralar yordamida: haddan ziyod chiroyli, misli ko’rilmagan (qahramonlik), quling o’rgilsin (jonon);

3) Leksik — semantik usul. Bunda belgi so’zlar qo’llanadi: zahar (garmdori), olov (bola);

4) Fonetik usul:
a)Unlilar cho’zib aytiladi: tooza, chuquur;
b)Undoshlar ikkilanadi: tekkis, yummshoq.

    3. Qiyosiy daraja predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi xuddi shunday belgidan ortiq ekanligini ifodalaydi. Qiyosiy daraja oddiy darajadagi sifatga — roq qo’shimchasini qo’shish yoki sifatdan oldin bir — biridan, undan ham, yanada so’zlarini keltirish bilan yasaladi: Olma daraxti shaftoli daraxtidan balandroq. Bir — biridan go’zal, bundan ham battar, yanada kuchli.

      4. Ozaytirma daraja belgi darajasining normal darajaga yetmaganligi, normaldan pastligi ifodalanadi.
      1) Qo’shimchalar yordamida: oqish, qizg’ish, qoramtir. — roq qo’shimchasi ham ozaytirma darajani ifodalashda qatnashadi (bunda bir narsadagi belgi boshqa narsadagi shunday belgiga qiyoslanmaydi): eskiroq (kiyim);
       2) Sifatdan oldin yarim, nim, och, xiyol, chizi, sal, aytarli, uncha, u qadar so’zlarini keltirish bilan: yarim ochiq (eshik), uncha katta emas.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 20 Fevral 2008, 11:38:58
9.4 Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar.
   Ozaytirma sifatlar o’zakdan anglashilgan rangning ,belgining ozligini,kamligini bildiradi va quyidagicha yasaladi:
   1.-ish,-imtir (-mtir).  Bulardan —ish,-imtir undosh tovush bilan bitgan oq,ko’k kabi so’zlarga,-mtir esa faqat qora sifatiga qo’shiladi:oqish,ko’kish qoramtir.
   2.Rangni bildiruvchi sifatdan oldin och, nim so’zlarini keltirish bilan.Nim bilan hosil qilingan sifatlar qo’shib yoziladi:och sariq,nimpushti.
   3.-kina (-gina,-qina). Bu qo’shimchalar o’zakdan anglashilgan belgining kuchsizligini, ozligini bildiradi. k,g bilan bitgan so’zlarga —kina,q,f bilan bitgan so’zlarga —qina ,boshqa hollarda —gina qo’shimchasi qo’shiladi: kichkinagina, yumshoqqina,tuzukkina.
   Kuchaytirma sifatlar o’zakning anglashilgan rangning , belgining ko’pligini,ortiqligini bildiradi va quyidagicha hosil qilinadi:

1.sifatlarning bosh qismi p va m tovushlaridan biri bilan takrorlanadi: qizil — qip-qizil, ko’k ko’m-ko’k. Bunday sifatlar chiziqcha bilan yoziladi. (oppoq sifati qo’shib yoziladi).

2.Sifatlarning birinchi bo’g’ini keyingi bo’g’ining birinchi undosh tovushi bilan birga takrorlanadi. Bu sifatlar ham chiziqcha bilan yoziladi: butun — but-butun, dumaloq — dum-dumaloq.

3.Sifatdan oldin to’q,jiqqa,tim,g’irt kabi so’zlarni keltirish bilan:Bunday sifatlar ajtatilib yoziladi: jiqqa ho’l,tim qora.
Ko’pgina darsliklarda ozaytirma sifatlar qiyosiy darajadagi sifatlar, kuchaytirma sifatlar esa orttirma darajadagi sifatlar guruhiga kiritiladi.     

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:50:52
9.5 Sifatlarning yasalishi.

  Sifatlar quyidagicha yasaladi: 1. Sifat yasovchi qo’shimchalar bilan. 2. So’zlarni qo’shish bilan. 3. So’zlarni takrorlash bilan.

1.Sifat yasovchi qo’shimchalar quyidagilar:

1)otdan sifat yasovchi qo’shimchalar:

- li:         rasmli kitob, kuchli shamol;
- lik:       toshkentlik bola;
- siz:       tuzsiz ovqat;
- iy, - viy:          tarbiyaviy soat;
- gi, - ki, - qi:         bahorgi gul, qishki kiyim;
- aki, - oqi:        jizzaki, jirttaki, pistoqi;
- yi:        havoyi;
- chan:         ishchan bola;
ser - :            serunum yer;
ba- :            badavlat, baquvvat;
be- :            bexavotir, bexabar;
- simon:           odamsimon maymun;
- dor:          aybdor odam;
- kor, - gar:         isyonkor, javobgar;
- i:             qishloqi;
- cha:          farg’onacha, erkakcha;
- namo:          avliyonamo, darveshnamo;
- parvar:         xalqparvar, adolatparvar;
- aki:       dahanaki, og’zaki;
bad- :         badbaxt;
- shumul:           olamshumul, jahonshumul;
- mand:        kasalmand;
- don:             gapdon, bilimdon;
- kash:           dilkash, hazilkash;
-  bop:            palovbop, ommabop;
xush- :         xushfe’l;
- in:           erkin, otashin;
- vor:            devonavor, afsonavor;
- parast:             mansabparast, maishatparast;
bar- :           barhayot, barvaqt;
- chil:       xalqchil, izchil;
- lik (-liq):          ko’ylaklik, bolalik;
- i :         jannati;
- loq:            baqaloq, qo’shaloq;
- kor:        devkor, fusunkor;
- kash:         zahmatkash, noskash;
- chi:         gapchi, vahimachi;
- von:          zo’ravon;
- qa:        loyqa;
- omuz:        hazilomuz, zaharomuz;
- xo’r:          g’amxo’r, go’shtxo’r;
- soz:            soatsoz;
- dek (- day):        muzdek.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:52:37
2)Fe’ldan sifat yasovchi qo’shimchalar:

- choq, - chak, - chiq:           maqtanchoq, kuyunchak, qizg’anchiq;
-gir, -g’ir, -kir,-qir,-qur:       sezgir, topqir, o’tkir, olg’ir, uchqur;
-ma:                                      qaynatma, burma ko’ylak;
-k (-uk, -ik, -ak)                   chirik, teshik, tuzuk, g’alvirak
-q (-uq, -iq, -aq):                  iliq, siniq, buzuq, qoloq;
- oq:          qochoq, qo’rqoq, baqiroq;
- qoq, - g’oq:            tirishqoq, uyushqoq, toyg’oq;
- ag’on:               bilag’on, chopag’on;
- mon:               bilarmon, qirarmon;
- kun, -qin, -g’in:               tushkun, ozg’in, jo’shqin;
- g’un, - qun:              turg’un, tutqun;
- (a)rli:                yetarli, zerikarli;
-ch:            tinch, jirkanch;
-g’ich: yulg’ich;
-ong’ich:         tepong’ich, suzong’ich;
-ovuch:              hurkovuch, iskovuch;
-mas:              o’tmas, indamas;
- (i)ndi:              asrandi;
-a:                       ko’tara (savdo).

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:53:27
3)Boshqa turkumlardan sifat yasovchi qo’shimchalar:

Ravishdan:       -gi:              kechagi, dastlabki,
Sifatdan:          no-:        noma’lum, noto’g’ri,
                        -lom:           sog’lom,
                        -msiq:              qarimsiq, achimsiq,
Taqlid so’zdan:                -ildoq:              bijildoq, likildoq.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:55:03
2.So’zlarni qo’shish bilan quyidagi turdagi sifatlar yasaladi:

1)Qo’shma sifatlar: mehnatsevar bola.

2)Juft sifatlar: baland-past tepaliklar.

Qo’shma sifatlar quyidagicha yasaladi va yoziladi:

1)Ot va otdan. Bular ajratib yoziladi: havo rang bo’yoq.
2)Sifat va otdan. Bular qo’shib yoziladi: qimmatbaho sovg’a.
3)Ot yoki ravishga —ar qo’shimchali fe’lni qo’shish bilan yasaladi. Bular qo’shib yoziladi:  tezoqar daryo.

4)Otga aro so’zini qo’shish bilan. Bular qo’shib yoziladi: xalqaro.

Qo’shma sifatlar 1) ikki tub so’zdan tashkil topib, ot+ot, ot+sifat, sifat+ot, ot+ravish ko’rinishlarida bo’ladi: kulcha yuz, ommabop, sovuqqon, xom semiz, kamgap; 2) biri tub, ikkinchisi yasama so’zdan iborat bo’ladi: ishyoqmas, erksevar, tilbilmas.
  Birikmali sifatlar tarkibi ikki va undan ortiq so’zdan iborat bo’ladi va ular orasidagi munosabatlar aniq sezilib turgan bo’ladi, bunday sifatlar aralash, yo’q, ko’p, oliy, och, to’q, to’la, chala, yarim, bir, ikki kabi so’zlar ishtirokida hosil qilinadi: qum aralash (loy), tengi yo’q, ko’p tarmoqli, oliy ma’lumotli, och qizil, qorni to’q, to’q qizil, to’la huquqli, chala mulla, yarim avtomat, bir tomonlama, iki qavatli, yuqori hosilli, uzun tolali, yoshi ulug’, gapga usta, oqishdan kelgan.
  Juft sifatlar quyidagicha yasaladi: 1) qarama-qarshi ma’noli so’zlardan: katta-lichik, uzun-qisqa, maza-bemaza, sezilar-sezilmas, bilinar-bilinmas, kirdi-chiqdi; 2) sinonim ko’rinishidagi so’zlardan: erka-arzanda, boy-badavlat, sog’-salomat, uzuq-yuluq, ola-chipor, soya-salqin, mo’min-qobil, xor-zor; 3) yaqin ma’noli so’zlardan: och-nahor, shaldir-shuldir, o’ydim-chuqur, och-nochor, nozik-nihol, ola-quroq.
  Juft sifatlar chiziqcha bilan yoziladi, -u, -yu yuklamalari bilan bog’lansa, chiziqcha qo’yilmaydi: yakkayu yagona farzand.

3.So’zlarni takrorlash orqali ham sifatlar yasaladi. Bu usul yordamida sanoqli miqdordagi sifatlargina yasaladi: yo’l-yo’l, shiqshiq, liplip, chaqchaq.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:56:25
9.6 Sifatlarning otlashishi.

Otlashgan sifatlar kim? Nima? So’rog’lariga javob bo’ladi. Egalik, kelishik qo’shimchalari bilan qo’llandi, ko’plik qo’shimchasini oladi. Otlashgan sifatlar gap ichida ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi bo’lib keladi: To’g’ri o’zadi — egri to’zadi. Mardni maydonda sina, Yaxshining so’zi qaymoq — yomonning so’zi — to’qmoq. Otlashgan sifatlar undalma ham bo’lib keladi: Yaxshilar, uni eslang!

9.7 Boshqa turkumdagi so’zlarning sifat o’rnida qo’llanishi.

1)Otlar sifat o’rnida qo’llanadi: tilla (odam), kumush (qish), oltin (kuz), temir (oyoq); 2) Sifatdoshlar: kelishgan (qiz), aytar (so’z), kelajak (avlod); 3) Ravishlar: oqilona (maslahat), tez (odam), o’zbekcha (odat).
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:58:45
9.8 Sifatlarning tuzilish turlari.

1.Sodda sifatlar bir o’zakdan iborat bo’ladi: aqlli, yaxshi.

2.Qo’shma sifatlar — rahmdil, ertapishar, havo rang. Bunday sifatlar: 1) Ikki tub so'’dan tashkil topib, ot+ot, ot+sifat, sifat+ot, ravish+ot ko'r’nishlarida bo'l’di: kulcha yuz (bola), ommabop, sovuqqon, xom semiz (yigit), kamgap; 2) Biri tub, ikkinchisi yasama so’zdan iborat bo’ladi: ishyoqmas, erksevar, tilbilmas.

3.Birikmali sifatlar: uzun tolali (paxta), yoshi ulug (inson), gapga usta (odam), oqishdan kelgan (yigit).
4.Juft sifatlar — o’ydim-chuqur, och-nochor, nozik-nihol, ola-quroq.

5.Takroriy sifatlar — baland-baland, uzun-uzun, yo’l-yo’l (pijama).

Keyingi mavzu: Olmosh.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:47:12
10.1 Olmoshning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari.

Gap ichida ot, sifat, son, ravish o’rnida qo’llanadigan so’z turkumi olmosh deyiladi. Olmoshlar turlanadi, gapda ko’pincha ega, to’ldiruvchi va aniqlovchi bo’lib keladi: Hamma keldi. Bizni tabriklang. Shu kitobni bering.
  Olmoshlar quyidagi grammatik xususiyatlarga ega:

1)So’z yasalishi xususiyati yoq’ (leksik olmoshlar asosida fe’l, ravish, sifat yasalishi mumkin: sensirama, o’zicha, menbop);

2)Juftlanib, boshqa so’z turkumi vazifasida keladi: O’sha-o’sha, shu-shu (ravish);

3)Olmoshlar otlarga xos so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarni olishi mumkin: unga, shunisi;

4)Olmosh hech vaqt o’zidan oldin aniqlovchi olmaydi. Olmoshlarni gapda bajargan vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’lsa bo’ladi:

1.Ot toifasidagi olmoshlar. Bular otlarning so’roqlariga javob bo’ladi, otlarga o’xshab so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarni qabul qiladi va gapda ot bajargan vazifalarni bajaradi.

2.Sifat toifasidagi olmoshlar. Bular sifatlarga o’xshab sifatlovchi-aniqlovchi, kesim va hol vazifalarini bajaradi, otlashish xususiyatiga ega.

3.Son toifasidagi olmoshlar. Bular miqdorni ifodalash uchun qo’llanadi bva gapda sifatlovchi-aniqlovchi, kesim, ba’zan hol vazifalarini bajaradi
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:50:11
10.2 Olmoshlarning ma’no turlari.

1.Kishilik olmoshlari uchta shaxsni bildiradigan quyidagi olmoshlardir: men, sen, u, biz, siz, ular. Kishilik olmoshlari otlar kabi turlanadi. Men, sen olmoshlariga qaratqich, tushum kelishigi hamda — niki qo’shimchasi qo’shilganda, bir n tushib qoladi: mening singlim, seniki kabi. U kishilik olmoshiga jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi qo’shimchalari qo’shilganda, bir n orttiriladi: unga, unda, undan. Bu olmoshlarga egalik qo’shimchalari deyarli qo’shilmaydi. Kishilik olmoshlari gapda ega, to’ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi, kesim, izohlovchi vazifalarini bajaradi.

2.O’zlik olmoshi narsa-buyumni aniqlab yoki ta’kidlab ko’rsatish uchun ishlatiladigan o’z so’zidir. Bu olmoshj narsa-buyumning shaxsga xosligini, tegishliligini yoki shaxsning tanholigini bildiradi: o’z uyi, o’z ukasi. O’zlik olmoshi egalik qo’shimchasini olib, unda shaxs o’rnida ham ishlatiladi va kishilik olmoshlariga sinonim bo’ladi: o’zim — men, o’zing — sen, o’zi — u.

O’zlik olmoshi turlanganda kelishik qo’shimchalaridan oldin egalik qo’shimchalari bo’lishi shart: o’ziga, o’zidan va boshqalar. O’z olmoshi belgisiz kelishik ko’rinishida qo’llanishi mumkin: O’z uying — o’zingning uying.

3.Ko’rsatish olmoshlari narsa-buyumni, kimsani ko’rsatish uchun ishlatiladigan olmoshlar: u, bu, shu, o’sha, ana, mana, ana shu, mana bu.

Kishilik olmoshi u bilan ko’rsatish olmoshi u ni gapdagi ma’nosiga qarab farqlash mumkin. Bunda u kishilik olmoshi kim? So’rog’iga, ko’rsatish olmoshi u esa qaysi? So’rog’iga javob bo’ladi. U, bu, shu, o’sha olmoshlari jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklarida turlanganda yoki ularga —day, -cha qo’shimchalari qo’shilganda, qo’shimcha oldidan bir i tovushi orttiriladi: Unga, bungam shunday, o’shanday, uncha.
  U, bu olmoshlari juftlanib har xil narsa va shaxs, unaqa-bunaqa tarzida belgining ortiqligi, uncha-muncha tarzida oz miqdor ma’nolarini ifodalaydi. Ko’rsatish olmoshlari ega, aniqlovchi, hol va kesim vazifalarini bajaradi.
4.So’roq olmoshlari biror narsa-buyum, belgi yoki son haqidagi so’roqni bildirgan olmoshlardir.

Kim, nima, so’roq olmoshlari shaxs va narsaga nisbatan ishlatiladi va birlik hamda ko’plikda qo’lanadi, egalik va kelishik qo’shimchalarini oladi: Kim so’zladi? Nimalarni ko’rding? Nimang bor? Nima olmoshi belgisiz kelishik shaklida kelishi mumkin: Nima (ni) olding?
  Qanday, qanaqa, qaysi olmoshlari belgini aniqlash uchun ishlatiladi: qanaqa odam, qaysi kitob. Qayerda, qani, qayoqqa, qachon, nega olmoshlari o’rin, payt, mavjudlik, sabab, maqsad kabilarni aniqlash uchun ishlatiladi: Qachon kelding? Qayerda yuribdi? Ukang qani? Qayoqqa ketdi? Nega keldi?

5.Belgilash olmoshlari predmet va shaxslarning yig’indisini bildiradi yoki ularni ayirib ko’rsatadi, shuning uchun ularni ikkiga bo’lish mumkin:

1)Jamlash olmoshlariga hamma, barcha, bari, jami, butun, yalpi so’zlari kiradi.
2)Belgilash olmoshlariga har so’zining o’zi va har kim, har nima, har bir, har qaysi kabi so’zlar kiradi. Har so’zi ayirib yoziladi.

Hamma, barcha, bari olmoshlari ko’plikni anglatadi. Belgilash olmoshlari egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalari bilan qo’llanadi: Hammalari jim. Har kimga aytaverma.

6.Bo’lishsizlik olmoshlari inkor ma’nosini bildirgan olmoshlardir. Bular hech so’zining o’zi va shu so’zning ba’zi so’roq olmoshlari bilan birikishidan hosil qilinadi, hech so’zi ayrim yoziladi. Bu olmoshlar egalik va kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanadi: hech kimni ko’madim, hech nimam yo’q.

Hech so’zi yakka holda qo’llanganda, ko’pincha fe’llar oldida kelib, ravish vazifasini bajaradi: U hech qiynalmadi.
Kimsa so’zi ham bo’lishsizlik olmoshlari o’nida qo’llanishi mumkin: Buni kimsa (hech kim) bilmasligi kerak.

7.Gumon olmoshlari narsa, belgi yoki voqea haqidagi noaniq tasavvfruni bildirib keladigan olmosh turidir. Ular alla yordamida yoki — dir qo’shimchasi bilan hosil qilinadi: allakim, allanechanchi, allaqaysi, allaqayer, allaqayoq, allanechuk, allaqancha, kimdir, nimadir, qachondir, qandaydir, qayerdadir, qayergadir, negadir. Gumon olmoshlari so’roq olmoshlariga bir, ham so’zlarini qo’shish orqali yasalishi ham mumkin: Uni kim ham chaqirayotgan edi-ya. Akasi unga bir nima deganday bo'’di. (Ba’zan bir nima birikmasi bo’lishsiz olmosh o’rnida kelishi mumkin: Buni ko’rib bir nima demadi.) Bu olmoshlar birlik va ko’plikda keladi, kelishiklarda turlanadi: allakimlar, kimnidir kabi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:52:39
10.3 Boshqa turkumlarga oid so’zlarning olmoshlarga ko’chishi.

Quyidagi turkum so’zlarga tegishli ayrim so’zlar olmoshga ko’chadi:
1)Ot: odam, kishi, inson, nafas, ish;

2)Sifat: ba’zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi;

3)Son: bir. Umuman olganda, bir, har, hech so’zlari bilan keladigan ko’pgina so’zlar olmoshga ko’chishi mumkin: hech narsa, bir narsa, har yerda.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:54:35
10.4 Olmoshlarning tuzilish turlari.

1.Sodda olmoshlar: men, sen, kim, shu, qachon.
2.Qo’shma olmoshlar: ana shu, har kim, hech nima.
3.Juft olmoshlar: u —bu, unga — bunga, siz-biz.
4.Takroriy olmoshlar: shu-shu, o’sha-o’sha, kim-kim.

Keyingi mavzu: "œFe’l so’z turkumi"

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:35:48
11.1 Fe’lning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari.

Predmetning harakatini bildirib, nima qildi?, nima qilyapti/, nima qilmoqchi? So’roqlariga javob bo’lgan so’zlar fe’l deyiladi.
  Fe’llar bo’lishli va bo’lishsiz shakllarga ega, zamon va shaxs-son ifodalay oladi, o’zining vazifadosh (xoslangan) shakllariga ega, mayl ko’rsata oladi, o’timli-o’timsizlik xususiyatiga ega. Fe’llar gapda ko’pincha kesim vazifasini bajaradi: Kuz keldi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:38:49
11.2. Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar.
 
Bo’lishli fe’llar bajarilgan, bajarilayotgan va bajariladigan harakatni ifodalaydi: yozdi, yozyapti, yozmoqchi.
Bo’lishsiz fe’llar bajarilmagan, bajarilmayotgan, bajarilmaydigan harakatni bildiradi: yozmadi, yozmayapti, yozmoqchi emas. Bo’lishsiz fe’llar fe’l negiziga — ma qo’shimchasini qo’shish, fe’llardan keyin emas, yo’q so’zlari keltirish, fe’llardan oldin na so’zini keltirish yoki ohang yordamida hosil qilinadi: Yozgani yo’q. Na yozdi, na o’qidi. Boradi, boradi-ya! (bormaydi)
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:42:31
11.3. O’timli va o’timsiz fe’llar.

O’timli fe’llar tushum kelishigidagi so’zlarga bog’lana oladigan fe’llardir: o’qidi (kitobni), yozdi (xatni).

O’timsiz fe’llar esa tushum kelishigidagi so’zlarga bog’lana olmaydigan fe’llardir: yugurdi, bordi, turdi, o’tirdi, keldi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:46:58
11.4. Fe’l nisbat (daraja) lari.

Fe’lda ish-harakat bilan uning bajaruvchisi orasidagi munosabatning ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi (ayrim darsliklarda daraja deyiladi).

Fe’l nisbatlari besh xil:1.Aniqlik nisbatdagi fe’llar harakatning ma’lum shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi va ularda maxsus nisbat qo’shimchalari bo’lmaydi: o’qidi, kelyapti, bormoqchi.

2.O’zlik nisbatidagi fe’llar ish-harakatning boshqa buyumga o’tmay, bajaruvchining o’zida qolganini anglatadi. Bunday fe’llar unli bilan tugagan negizga, -i, -l, undosh bilan tugagan negizga —in, -il qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi (bir-ikkita fe’lda — (i)sh qo’shimchasi bilan yasalish bor: kerishdi, joylashdi): tarandi, sevindi, sudraldi. Quvonmoq, seskanmoq, faxrlanmoq, zavqlanmoq, otlanmoq afsuslanmoq fe’llari tarkibida —n ko’rsatkichi mavjudligiga qaramasdan, bu fe’llar aniqlik nisbatida hisoblanadi, chunki ular tarkibidagi —n qo’shimchasi ajratilmaydi. Yayra, qichqir, uxla, bor kabi fe’llardan o’zlik nisbat yasalmaydi.

3.Majhul nisbatdagi fe’llar ish-harakatning aniq bajaruvchisini ko’rsatmaydi. Bu fe’llar ham n, -in, -l, -il qo’shimchalari yordamida hosil qilinadi: to’kildi, to’plandi, ochildi, olindi. O’zlik va majhul nisbatdagi fe’llar bir xil qo’shimcha yordamida hosil bo’lganda, ularning qaysi nisbatdaligi gap mazmunidan yoki fe’ldan oldin o’zi so’zini keltirib ko;rish bilan aniqlanadi: Mukofotlar berildi. Alisher o’qishga berildi (1-fe’l majhul, 2-fe’l o’zlik nisbatdadir).

4.Birgalik nisbnatdagi fe’llar ish-harakatning bir necha shaxs yoki narsa-buyum tomonidan birgalikda bajarilganligini bildiradi va unli bilan tugagan negizga —sh, undosh bilan tugagan negizga —ish qo’shimchasini qo’shish bilan yasaladi. Bunday fe’llar ish-harakatning bir necha shaxs tomonidan bajarilganligini yoki birgalik-ko’plik ma’nolarini ifodalaydi: Karim va Ahmad maqola yozishdi. Bolalar paxta terishdi. To’   qnashi, boqishdi, qarashdi, aytishdi, tortishdi fe’llari hozirgi o’zbek tilida ajralmas holatga kelib qolganligi uchun aniqlik nisbatdadir.

5.Orttirma nisbatdagi fe’llar ish-harakatning boshqa biror shaxs yoki narsa-buyum vositasida bajarilganligini bildiradi va —t, -tir, -dir, -ir, -ar, -iz, -giz, -kiz, -g’iz, -gaz, -qiz, -sat qo’shimchalari yordamida hosil qilinadi: o’qish, keltir, yozdir, bitir, uchir, pishir, qochir, ko’rgaz, tomiz, yurgiz, ketkiz, tutqaz, o’tkaz, ko’rsat. Ayrim fe’llar orttirma nisbat shaklida yangi ma’no ifodalaydigan bo’lib qoladi va shuning uchun ularni aniq nisbatda qo’llab bo’lmaydi: erkalamoq — erkalatmoq (ikkala shaklda ham orttirma nisbat ma’nosini ifodalayapti). Bir fe’lda ikki-uch xil orttirma nisbat qo’shimchasi qo’shilishi mumkin: Yegiz — yegizdir, yozdir — yozdirtir. Fe’lning orttirma nisbati o’zlik va birgalik nisbatdagi fe’llardan ham hosil qilinishi mumkin: yuvintir, yig’ishtir. Orttirma nisbatdagi fe’llardan birgalik va majhul nisbatdagi fe’llar hosil qilinishi mumkin: isitildi, yozdirishdi. Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi oxirgi nisbat qo’shimchasiga qarab be;gilanadi: yuvintirdi — orttirma nisbat, yuvintirildi — majhul nisbat, yuvintirishdi — birgalik nisbati.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:49:43
11.5. Fe’llarning tuslanishi.

Fe’llar birlik va ko’plikda bo’ladi. Birlik shakli harakatning bir kishi tomonidan, ko’plik shakli esa birdan ortiq kishi tomonidan bajarilganini bildiradi. Harakat uch shaxs tomonidan bajariladi. 1-shaxs harakatning so’zlovchi tomonidan, 2-shaxs harakatning tinglovchi tomonidan, 3-shaxs harakatning o’zga (boshqalar) tomonidan bajarilganini bildiradi. Fe’llardagi birlik-ko’plikni va shaxsni ko’rsatuvchi qo’shimchalar shaxs-son qo’shimchalari deb ataladi. Fe’lning shaxs-son qo’shimchalarini olib o’zgarishi tuslanish deyiladi. Fe’llardagi shaxs-son qo’shimchalari tuslovchi qo’shimchalar ham deyiladi:

Shaxs                Birlik                          Ko’plik
1 — shaxs    Yozdim, yozaman, yozay (in)   Yozdik, yozamiz, yozaylik
2 — shaxs    Yozding, yozasan, yoz(gin)   Yozdingiz, yozasiz, yozing (iz)
3 — shaxs    Yozdi, yozadi, yozsin   Yozdi (lar), yozadi (lar), yozsin (lar)

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:52:46
11.6. Fe’l zamonlari

Fe’l ifodalangan ish-harakatning paytga munosabati fe’l zamonlari deyiladi. Fe’llarda uchta zamon mavjud:
1.O’tgan zamon fe’llari nutq paytidan oldin bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni bildiradi: yozdi, keldi, bordi.

O’tgan zamon fe’llari o’z navbatda besh turga bo’linadi:
1)Yaqin o’tgan zamon fe’llari —di qo’shimchasi va tuslanish yordamida hosil qilinadi: keldi, bordim.
2)Uzoq o’tgan zamon fe’llari —gan qo’shimchasi va edi, ekan fe’llarini tuslash yordamida hosil qilinadi: kelgan edi.
3)O’tgan zamon hikoya fe’llari (-i) b qo’shimchasini olgan fe’llarni tuslash yordamida hosil qilinadi: kelibman.
4)O’tgan zamon maqsad fe’llari —moqchi qo’shimchasi va edi fe’lini tuslash yordamida yasaladi: kelmoqchi edik.
5)O’tgan zamon davom fe’llari — (a)r qo’shimchasi va edi fe’lini tuslash yordamida yasaladi: kelar eding.

2.Hozirgi zamon fe’llari nutq paytining o’zida bajarilayotgan yoki bajarilmayotgan ish-harakatni bildiradi va ikki turga ajratuiladi:

1)Hozirgi zamon davom fe’llari —yap, -moqda, -yotir qo’shimchalari va tuslanish yordamida hosil qilinadi: kelyapti, bormoqda. Bu zamon turi yot, tur, yur, o’tir ko’makchi fe’llari yordamida ham yasaladi: yozib yotibdi, yozib turibdi, o’qib yuribdi, gaplashib o’tiribdi.
2)Hozirgi-kelasi zamon fe’llari —a yoki —y qo’shimchalari va tuslanish yordamida hosil qilinadi: boramnan, kelasan, o’qiyman.

3.Kelasi zamon fe’llari nutq paytidan keyin bajariladigan yoki bajarilmaydigan ish-harakatini bildiradi va iki turga ajratiladi:

1)Kelasi zamon maqsad fe’llari —moqchi qo’shimchasi va tuslanish yordamida yasaladi: boqmoqchiman, kelmoqchisan.
2)Kelasi zamon gumon fe’llari — (a)r  qo’shimchasi va tuslanish yordamida yasaladi: borarmiz, o’qirman.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 18 Mart 2008, 11:58:54
11.7. Fe’l mayllari

So’zlovchining ish-harakatga moyilligi fe’l mayli deyiladi. Fe’llarda beshta mayl bor:
1.Xabar (ijro, aniqlik) maylidagi fe’llar ish-harakatning uch zamondan birida bajarilish-bajarilmasligini bildiradi: yozdi, kelyapti, bormoqchi. Bunday fe’llar darak gapning kesimi bo’lib keladi.

2.Buyruq-istak maylidagi fe’llar ish-harakat haqida buyruq, istak, maslahat, iltimos kabi ma’nolarni bildiradi: Bunday fe’llar — (a)y, -gin, -sin, -aylik, -ing(iz), -sinlar qo’shimchalari yordamida yasaladi: yozay, o’qiy, yozgin, yozsin, o’qiylik, boringlar.

3.Shart maylidagi fe’llar biror ish-harakatning bajarilishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo’lgan ish-harakatni, biror ish-harakatning bajarilish-bajarilmasligi haqida istak, maslahat, faraz kabi ma’nolarni anglatadi va — sa qo’shimchasi yordamida hosil qilinadi: borsa, kelsam, yursak.

Bu mayldagi fe’llar sof shart ma’nosini (Kelsa, boramiz), orzu-istak (Qani endi, o’qishga kirsam), iltimos, maslahat (O’sha kishini chaqirib bersangiz), faraz (Yomg’ir yog’sa kerak), payt (Tashqariga chiqsam, ukam turibdi), buyruq-istak mayliga xos (Gapirsangiz-chi?) ma’nolarini ifodalaydi. Bu fe’llar ekan fe’li bilan qo’llansa, shart ma’nosiga istak ham qo’shiladi: o’qisa ekan"¦

4.Shartli mayldagi fe’llar bajarilishi biror harakatga bog’liq bo’lgan harakatni bildiradi va —(a)r, -mas qo’shimchalari bilan yasaluvchi sifatdoshga edi to’liqsiz fe’lining biror sharti bo’lgan, bajarilishi biror harakatga bog’liq bo’lgan harakatni bildiradi: U kelsa, men quvonar edim. Sen kelsang, men bormas edim.

5.Maqsad maylidagi fe’llar ish-harakatni bajaruvchining maqsadi, mo’ljali, niyatini bildiradi. Bu fe’llarning o’tgan zamon shakli, hozirgi zamon shakli va kelasi zamon shakllari bor: kelmoqchi bo’ldim, bormoqchi bo’lyapman, bormoqchi bo’laman va b.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 18 Mart 2008, 12:03:36
12- MA'RUZA. FE'L  so'z turkumi(Davomi)

12.1. To’liqsiz fe’llar.

O’zining lug’aviy ma’nosini yo’qotib, yordamchi so’zlarga yaqinlashib qolgan fe’llar to’liqsiz fe’llar deyiladi. Bularga edi, ekan, emish, emas so’zlari kiradi (esa bog’lovchilar guruhiga o’tib ketgan). To’liqsiz fe’llar quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) Mustaqil lug’aviy ma’noga ega emas; 2)Nisbat, bo’lishsizlik, zamon kabi ma’nolarga ega emas. 3)Shaxs-son qo’shimchalari ularga qo’shilsa ham, shaxs ma’nosi to’liqsiz fe’l qatnashgan butun birikmaga tegishli; 4)To’liqsiz fe’l qatnashgan birikma (asosiy fe’l+to’liqsiz fe’l) tarkibidagi to’liqsiz fe’lni har doim ham tushirib bo’lmaydi. 5) To’liqsiz fe’l tarkibidagi "œe" tovushi tushib qolishi mumkin; 6)To’liqsiz fe’llar otlarga (keng ma’noda) ham, fe’llarga ham birika oladi. Ular ko’proq sifatdosh va ravishdoshga birikadi. 7)Bu fe’llar ketma-ket qo’shilishi ham mumkin: Opam ishdan kelgan edimikin (edimi ekan)? 8)Bu fe’llar qator kelgan bir necha fe’lning oxirgisiga birikadi. To’liqsiz fe’llar gapda ko’pincha bog’lama (ega bilan kesimni bog’lovchi vosita) vazifasini bajaradi: Otasi ishchi ekan.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 19 Mart 2008, 09:20:00
12.2. Yetakchi va ko’makchi fe’llar.

Nutqimizda bittadan ortiq fe’ldan iborat bo’lgan birliklar ham bor. Ular tarkibidagi asosiy ma’noni ifodalaydigan fe’l yetakchi fe’l deyiladi: o’qib chiqdi, ko’ra boshladi, aytib bera tura qol. Yetakchi fe’lning ma’nosini izohlaydigan, to’ldiradigan fe’l esa ko’makchi fe’l deyiladi: o’qib chiqdi, ko’ra boshladi, sotib yubordi.
  Yetakchi va ko’makchi fe’lning qo’shilishidan qo’shma fe’l, ya’ni yangi so’z hosil bo’lmaydi, chunki ular birgalikda yangi bir lug’aviy ma’noni ifodalamaydi, balki davomiylik, to’satdan boshlanganlik, harakatning tugallanganligi kabi ma’nolarni bildiradi: o’qib chiqdi (tugallanganlik), ko’rib qoldi (to’satdan yuz berish).
  Yetakchi va ko’makchi fe’lning birikishidan ko’makchi fe’l so’z qo’shilmasi hsoil bo’ladi.
  Ba’zan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi tarkibidagi yetakchi fe’l uyushib kelishi ham mumkin: Yil sayin sovxozning yeri kengayib, texnikasi ko’payib, odamlari o’sib bormoqda. Ba’zan ko’makchi fe’l ham birdan ortiq bo’lishi mumkin: aytib berib tura qol (aytib — yetakchi fe’l, berib tura qol — ko’makchi fe’l).
  Ko’makchi fe’llar yetakchi fe’llarga ravishdosh yasovchi —(i)b, -a, -y qo’shimchalari yordamida bog’lanadi. Ayrim ko’makchi fe’llar yetakchi fe’lga qo’shimchasiz ham birikadi: yozdi-oldi, ketsin-qo’ysin, ayt-qo’y.
  Yetakchi fe’llarga so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalar, ko’makchi fe’llarga esa barcha turdagi qo’shimchalar qo’shila oladi: yozib olaman.
  Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalarida o’zlik nisbati qo’shimchalari faqat yetakchi fe’lga qo’shiladi, majhul daraja ko’pincha ko’makchi fe’lga qo’shiladi,  orttirma nisbat qo’shimchasi asosan yetakchi fe’lga qo’shiladi, birgalik nisbat qo’shimchasi esa yetakchi fe’lga ham, ko’makchi fe’lga ham qo’shilaveradi. O’zbek tilida faqat ko’makchi fe’l bo’lib keladigan fe’llar yo’q. Ayrim fe’llar o’z asl ma’nolaridan tashqari, ko’makchi fe’l tarzida keladi. Bularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

1) Ravishdoshning — (i)b qo’shimchali turiga birikadi: yot, o’tir, yur, kel, bo’l, bit, chiq, yet, o’t, qo’y, boq; 2) Ravishdoshning —a, -y qo’shimchali turiga birikadi: boshla, bil, yoz; 3) Ravishdoshning ham — (i)b, ham —a, -y qo’shimchali turlariga birikadi: tur, bor, ol, ber, qol, ko’r, ket, sol. Bu ko’makchi fe’llarni yana ma’no jihatidan harakat jarayonini tasvirlovchi (boshla, kel, ket, yot, o’tir, bor, bitir, chiq, o’l, ko’r, qol), modal ma’nolarni ifodalovchi, ya’ni so’zlovchining harakatga bo’lgan munosabatini ko’rsatuvchi (bil, bo’l, ol, qol, ko’r, ber, qara), yo’nalish ma’nosini ifodalovchi (ol, ber) kabi guruhlarga bo’lish mumkin.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 19 Mart 2008, 09:22:17
12.3. fe’lning vazifadosh (xoslangan) shakllari.

  Fe’lning gap ichida ma’lum sintaktik vazifani bajarishga xoslangan shakllari vazifadosh (xoslangan) shakllar deb ataladi. Bularga sof fe’l, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi kiradi.

1.Sof fe’l gap ichida fe’l-kesim vazifasini bajaradigan fe’l shaklidir. U yozdi.

2.Ravishdosh ish-harakatining belgisini, uning maqsadini, paytini bildirgan fe’l shaklidir. Ravishdosh fe’lga bog’lanib, ko’pincha hol bo’lib keladi. Ravishdoshlar bo’lishli-bo’lishsizlikni, nisbatni bildira oladi: o’qib-bo’lishli, aniq nisbatda, o’qitmay-bo’lishsiz,orttirma nisbatda.

Ravishdoshlar quyidagicha hosil bo’ladi:
1.   —b, -ib, -bon (ibon) qo’shimchalari bilan: borib, o’qib, asrabon.
2.   —a, -y qo’shimchalari bilan: kula-kula, o’qiy-o’qiy
3.   —gach, -kach, -qach, -guncha, -kuncha, -quncha qo’shimchalri bilan: otgach, to’kkach, kelguncha, oqquncha, tikkuncha
4.   —gani, -kani, -qani qo’shimchalari bilan: o’qigani keldi. Ko’chat ekkani bordik. Mol boqqani chiqdi. Bu qo’shimchaning gali ko’rinishi ham bor: Idish so’ragali chiqdi.
5.   —gudek qo’shimchasi bilan: yiqilgudek.

Ravishdoshlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Payt ravishdoshlari —gach, -kach, -qach, -guncha, -kuncha, -quncha qo’shimchalari bilan yasaladi.
2.Holat ravishdoshlari —b, -ib, -a, -y, -gudek qo’shimchalari bilan yasaladi.
3.Maqsad ravishdoshi —gani, -kani, -qani, -gali qo’shimchalari bilan yasaladi.

Ravishdoshlar tuslanishiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Tuslanadigan ravishdoshlar: -b (-ib), -a, -y, -gudek qo’shimchalari bilan yasalgan ravishdoshlar.
2.Tuslanmaydigan ravishdoshlar: -gach (-kach, qach), -guncha (-kuncha, quncha), -gani (-kani, qani) qo’shimchalari bilan yasalgan ravishdoshlar. —gani qo’shimchasi bilan yasalgan ravishdoshning bo’lishsiz shakli yo’q, qolgan ravishdoshlar bo’lishsiz shaklga egadir: borib-bormay, kelgach-kelmagach, kula-kula — kulmay-kulmay. (-may shakli — mayin tarzida ham uchraydi: Qanotini qush qoqmayin
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 19 Mart 2008, 09:23:35
3. Sifatdosh narsa-buyumning belgisini bildiradigan fe’l shaklidir.Sifatdosh fe’l singari ish-harakatni anglatib, zamon, nisbat, bo’lishli-bo’lishsizlikni bildiradi: qolgan-bo’lishli, o’tgan zamon, amiq nisbatda. Sifatdosh sifat kabi otga bog’lanib, uning belgisini bildiradi, gapda aniqlovchi yoki kesim bo’lib keladi: O’quvchilar to’kilgan paxtalarni terishdi. Vazifalar bajarilgan.

Sifatdoshlarning bo’lishsiz shakllari quyidagicha yasaladi: borgan-bormagan, borayotgan-bormayotgan, bora-bormas.
  Sifatdoshlar zamon bo’yicha quyidagicha yasaladi:

1.O’tgan zamon sifatdoshi —gan, -kan, -qan qo’shimchalari bilan yasaladi: otgan, tikkan, chiqqan.
2.Hozirgi zamon sifatdoshi — (a) yotgan qo’shimchasi bilan yasaladi: kelayotgan, o’qiyotgan.
3.Kelasi zamon sifatdoshi — (a)r, - (a)digan, - (u)vchi qo’shimchalari bilan: oqar suv, qaynar bulor, boradigan bola, o’qiydigan kitob, keluvchi odamlar. Kelasi zamon sifatdoshining bo’lishsiz shakli — ma+s qo’shimchasi bilan hosil qilinadi: Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt.

Sifatdoshlar ot o’rnida qo’llanib, ot vazifasini bajarishi mumkin, ya’ni otlashadi. Bunda ular otlar kabi turlanadi, egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalarini oladi va gapda ega, to’ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi bo’lib keladi: Qo’rqqanga qo’sha ko’rinadi. Aytganlaringizni bajardim.

4.Harakat nomi ish-harakatining nomini bildirib, zamon va shaxs-sonni ko’rsatmaydigan fe’l shaklidir. Yasalishi:

1.Fe’l o’zak-negiziga —sh, -ish qo’shimchalarini qo’shib: o’qish, yozish.
2.Fe’l o’zak-negiziga —v, -uv qo’shimchalarini qo’shib: o’quv, yozuv.
3.Fe’l o’zak-negiziga —moq (-mak) qo’shimchasini qo’shib: yozmoq, demak.

-moq qo’shimchasi bilan yasalgan harakat nomi fe’lga yaqin turadi, -sh, -ish bilan yasalgan harakat nomi otga yaqin turadi, shuning uchun bularni doim almashtirib qo’llab bo’lmaydi: Qurilish boshlandi gapida —moq qo’shmchasini ishlatib bo’lmaydi, o’qish so’zida —moq qo’shimchasini qo’llasa bo’ladi. Harakat nomlarining bo’lishsiz shakli quyidagicha yasaladi: bormoq — bormaslik, o’qish-o’qimaslik.
  Harakat nomi tuslanmaydi, otlar kabi turlanadi, egalik, kelishik va ko’plik qo’shimchalarini oladi. Gapda ega, ot-kesim, to’ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi bo’lib keladi: O’qimoq — yuksalmoq. Botirlar qo’rquvni bilmaydi. O’qishning foydasi katta.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:37:17

12.4. Fe’llarning yasalishi.

Fe’llar ikki usul bilan yasaladi: 1. Fe’l yasovchi qo’shimchalar bilan: ishla, ko’kar. 2. So’zlarni bog’lab qo’shish bilan: e’lon qildi, borib keldi, sotib oldi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:39:27
12.4.1. Yasovchi qo’shimchalar yordamida (affiksatsiya yoki morfologik usul)

Bu usul bilan fe’l bo’lmagan so’zlardangina fe’l yasaladi:

 -la qo’shimchasi fe’ldan boshqa deyarli barcha so’z turkumlaridan fe’l yasaydi: ishla, oqla, sekinlamoq, shivirlama, chuhlamoq, senlamoq.

 -lan, - lam qo’shimchalari ot, sifat va ravishlardan fe’l yasaydi: faxrlandi, ikkilandi, ko’maklashdi, suhbatlashdi,

 -illa qo’shimchasi taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: chirqilla.

 -ira qo’shimchasi taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: yarqiradi, yaltiradi.

 -a qo’shimchasi ot, sifat va taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: tuna, guldura, o’yin+a= o’yna.

 -(a) y qo’shimchasi ot, sifat va ravishdan fe’l yasaydi: qoray, kuchay, ko’pay.

 -(a)r qo’shimchasi ayrim sifatlardan fe’l yasaydi: qisqar, ko’kar.

 -Sira, -sa qo’shimchalari ot va sen, siz olmoshlaridan fe’l yasaydi: qonsira, suvsira, sensira, suvsa.

 -(i)k, (i)q qo’shjiimchasi sanoqli so’zlardangina fe’l yasaydi: birikmoq, yo’liqmoq.

 -i qo’shimchasi sanoqli so’zlardangina fe’l yasaydi: boyi, tinchi.

 -(i, o)t qo’shimchasi sanoqli so’zlardan fe’l yasaydi: yo’qot, to’lat, berkit.

 -ir qo’shimchasi ot, taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: gapir, tupir.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:40:47
12.4.2. So’zlarni bog’lab qo’shish yordamida (kompozitsiya yoki sintaktik usul).

Bu usul bilan qo’shma fe’llar yasaladi:

1.Fe’l bo’lmagan so’z bilan fe’lning birikishidan: dam olmoq, himoya qilmoq, paydo bo’lmoq. Ayrimlari sodda fe’lga sinonim bo’ladi: tasdiq qildi — tasdiqladi, yordam berdi — yordamlashdi.
2.Ikki fe’lning birikishidan: sotib olmoq, chiqarib olmoq, olib kelmoq, yutib olmoq, sotib olib bermoq.

Qo’shma fe’llar ajratib yoziladi: hal qilmoq, kasal bo’lmoq. Nutqimizdagi o’qib chiqdi, ko’rib bo’ldi, boshlab yubordi kabilar qo’shma fe’l emas, chunki yangi lug’aviy ma’no ifodalamaydi, bular ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalaridir.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:42:37
12.5. Harakatni qay darajada ifodalashiga ko’ra fe’l turkumlari.

1.Harakatning kuchliligini ifodalaydigan fe’llar:

 -la:                                        savala, quvla.
 -kila (-gila, -qila, -g’ila):         turtkila, tortqila, yugurgila, ezg’ila

2.Harakatning kuchsizligini ifodalaydigan fe’llar:

 -(i)sh:                                     to’lishmoq, oqarishmoq.
 -(i)msira:                                kulimsiramoq, yig’lamsiramoq.
 -(i)nqira:                                oqarinsiramoq.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:44:08
12.6. Fe’lning tuzilish turlari.

1. Sodda fe’l:          kel, yur, ishla.
2. Qo’shma fe’llar:       sotib oldi, olib keldi
3.Juft fe’llar ikki fe’lning qo’shaloq kelishidan hosil bo’ladi: kirmadi-qo’ydi, aytdi-qo’ydi, gapirdi-qo’ydi.
4.Takroriy fe’llar bir fe’lning takrorlanishidan hosil bo’ladi: o’qidi-o’qidi, yozdi-yozdi, ko’ra-ko’ra, yig’lay-yig’lay.

Juft va takroriy fe’llar chiziqcha bilan yoziladi.

Keyingi mavzu:  Ravish so’z turkumi

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 01 Aprel 2008, 16:12:38
13.1. Ravishning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari

Ish-harakat va holatning belgisini bildirgan so’zlar turkumi ravish deyiladi. Ravishj qanday? Qachon? Qayerda? Qayerdan? Qayerga? Qancha? Nega? Qaydarajada? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi. Ravish ko’pincha fe’lga bog’lanib, ish-harakatning qay holatda bajarilishini, paytini, o’rnini, daraja-miqdorini, sababini, maqsadini bildiradi. Ravishlar quyidagi xususiyatlarga ega: 1)Biror so’z bilan bog’langanda, o’z shaklini o’zgartirmaydi; 2)O’ziga xos yasalish tizimiga ega; 3)Harakat belgisini qisman bo’lsa-da dara ko’rsata oladi: tez, tezroq, juda tez.
  Ayrim ravishlar sifat yoki otga bog’lanib kelishi ham mumkin: Kecha havo sovuq edi. Ko’p odam to’plandi. Uning yuzida bolalarcha samimiy kulgi zohir bo’ldi. Ravish gapda ko’pincha hol bo’lib keladi: Ikkisi do’stlarcha ko’rindi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 01 Aprel 2008, 16:18:31
13.2. Ravishlarda daraja.

 Ayrim ravishlar sifat kabi darajani ham bildiradi:
1)Bosh daraja: U sekin yurdi;
2)Qiyosiy daraja: Mashina tezroq yurdi
3)Orttirma daraja: Juda ko’p paxta terdi;
4)Kuchaytirma daraja: Juda-juda charchadi, kuppa-kunduzi kelishdi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 01 Aprel 2008, 16:21:06
13.3. Ravishlarning ma’no jihatdan turlari.

Ravishlar ma’no jihatidan olti turga bo’linadi:

1.Holat ravishlari ish-harakatning qanday holatda yoki qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday?, qay holda?, qay tarzda?, so’roqlariga javob bo’ladi: asta, sekin, tez, birdan, qo’qqisdan, to’satdan, yonma-yon, qo’lma-qo’l, omon-eson, zo’rg’a, piyoda, yayov, do’stona, qahramonona, qadrdonlarcha, naridan-beri va b.
2.Payt ravishi ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon?, qachongacha?, qachondan?, qachondan beri? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi: avval, oldin, ilgari, so’ng, keyin, kechgacha, kechadan, hozir, doimo, tez-tez, tez orada, shu kuni, bu orada.
3.O’rin ravishi ish-harakatning bajarilish o’rnini bildirib, qayerda?, qayerdan?, qayerga?, so’roqlariga javob bo’ladi: oldinda, orqada, o’ngda, chapda, quyida, uzoqdan, ichkaridan, yuqoriga, pastda, o’rtada, tashqarida, olg’a, u yoq bu yoqqa va b.
4.Sabab ravishi ish-harakatning bajarilish sababini bildirib, nega? So’rog’iga javob bo’ladi: noiloj, ilojsiz (likdan), chorasiz (likdan).
5.Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilish maqsadini bildiradi va nega?, nima maqsadda? So’roqlariga javob bo’ladi: atay(in), ataylab, jo’rttaga, qasddan, qasdma-qasd, azza-bazza.
6.Daraja — miqdor ravishi ish-harakatning darajasini, miqdorini, belgining darajasini, narsa-buyumning noaniq miqdorini bildirib, qancha?, qay darajada? So’roqlariga javob bo’ladi: juda, eng, g’oyat (da), nihoyatda; ko’p, mo’l, bisyor, oz, kam, picha, ancha, bir talay, bir oz, ko’plab. Bular o’z ichida quyidagi guruhlarga bo’linadi:

1.Kuchaytiruv ravishlari: a)tasdiq — eng, juda, nihoyat(da), g’oyat(da), yana(da) tag’in, tamomila, uncha, ozmuncha, obdan, naq, o’ta, qoq, zir; b)inkor — sira, asti, aslo, zinhor, hargiz, hadeganda;
2.Kuchsizlantiruv ravishlari: arang, zo’rg’a, zo’r-bazo’r, xiyol, sal-pal.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 01 Aprel 2008, 16:24:06
13.5. Ravishlarning yasalishi

1.Ravish yasovchi qo’shimchalar bilan: g’olibona, akalarcha.  Ravishlar quyidagi ravish yasovchi qo’shimchalar yordamida boshqa so’z turkumlaridan, shuningdek, ravishlardan ham, yasaladi:

-    cha:    qisqacha, o’zicha, boshqacha, eskicha;
- larcha: qardoshlarcha, o’rtoqlarcha;
- chasiga:   yangichasiga, toshkentchasiga, dehqonchasiga;
- siga:   tikkasiga, yalpisiga;
- ligicha: xomligicha, tirikligicha, butunligicha;
- dek\day:   o
- ‘qdek, qushday;
- lab:    ertalab, ko’plab;
- ona:   do’stona, fidokorona, g’olibona;
- an:    umuman, taxminan, majburan;
- gacha:    kechgacha, tushgacha;
- simon:    erkalangansimon, uyalgansimon;
- namo:     uyalgannamo, oliftanamo;
- lay(in):    butunlay, tiriklayin;
- incha:    ko’pincha, aksincha;
- siz, be - :    to’xtovsiz, beixtiyor;
- chang:       ko’ylakchang, kavushchang;
- in:     oldin.

2.So’zlarni qo’shib ravish yasash. Bunda qo’shma, juft va takroriy ravishlar yasaladi. Qo’shma ravishlar asosan ikki so’zdan yasaladi va ularning quyidagi turlari ajratib yoziladi:

1)Tarkibida u, bu, shu olmoshlari bo’lgan payt va o’rin ravishlari: u yoqqa, bu yoqqa, u yerga, shu yerda va b.
2)Tarkibida har, hech, hamma, bir so’zlari bo’lgan ravishlar: har vaqt, har zamon, har qachon, hech vaqt, hamma vaqt, bir zum, bir necha.
3)Tarkibida alla- elementi bor bo’lgan ravishlar qo’shib yoziladi: allavaqt.Bir yo’la, birmuncha, birvarakayiga, birpas ravishlari ham qo’shib yoziladi.

Juft ravishlarning tub ravishlaridan hosil bo’lganlari kam: asta-sekin, bugun — erta va b.O’rin-payt kelishigidagi ba’zi ot va olmoshlatr ravishga qo’shib juft ravish hosil qilinadi:oyda-yilda,unda-bunda.
   Juft ravishlar asosan quyidagicha yasaladi.
1)Bir-biriga yaqin ma’noli so’zlardan: eson-omon, ochiq-oydin.
2)Antonim so’zlardan: erta-kech, kecha-kunduz, ochin-to’qin.

Takroriy ravishlar quyidagicha yasaladi:
A)Ot bilan ot takrorlanadi: qator-qator, yildan-yilga qadam-baqadam;

B)Sifat bilan sifat: chaqqon-chaqqon, uzundan-uzoq, bekordan-bekorga;

C)Fe’l shakllari: uzil-kesil, bilinar-vilinmas, bora-bora, ura-sura, qayta-qayta, borib-borib, turib-turib, qo’yarda-qo’ymay;

D)Ravish bilan ravish: nari-beri, oldin-ketin, birin-ketin, unda-bunda, hali-beri;

E)Olmosh, son, taqlid va aralash holda so’zlarning takrorlanishidan: o’z-o’zidan, yakka-yakka, taqa-taq.

  Juft ravishlar ham, takroriy ravishlar ham chiziqcha bilan yoziladi: asta-asta, nari-beri va b.

3.Bulardan tashqari, o’rin-payt va chiqish kelishigidagi so’zlarning ravishga aylanish holatlari ham uchraydi: yangidan, birdan, birga, boshda, charchamasdan, shoshmasdan, indamasdan, kabi.

4.Boshqa turkumlarning ko’chishidan hosil bo’lgan ravishlar: 1) Otlar ko’chadi: erta, indin, kecha, kech, kechqurun; 2) Sifatlar ko’chadi: yaqqol, baralla, tugal, bafurja, muttasil, vaqtli, rosa, baravar, uzluksiz, beomon; 3) Ravishdoshlar: osha, o’ta, qiya, qo’sha, qayta; 4) Taqlidiy so’zlar: shartta, taqqa, tappa, shig’a, chippa.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 01 Aprel 2008, 16:25:24
13.6. Ravishlarning otlashishi.
  Ravishlar ham otlarga xos so’roqlarga javob bo’lib otlashadi. Bunda ular ko’plik, kelishik, egalik qo’shimchalarini oladi: Ko’pdan quyon qochib qutulmas. Ko’pi ketib, ozi qoldi.

13.7. Ravishlarning tuzilish jihatdan turlari.

1. Sodda ravishlar:      ko’p, tez, do’stona;
2. Qo’shma ravishlar:     bir oz, har zamon, ozmuncha;
3. Juft ravishlar:       unda-bunda, birin-ketin, omon-eson;
4. Takroriy ravishlar:       asta-asta, tez-tez


Keyingi mavzu: "œYordaqmchi so’z turkumlari. Ko’makchi haqida ma’lumot".
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 15:32:55
Ko’makchi haqida ma’lumot

Ot, olmosh, harakat nomi, sifatdoshlardan keyin kelib ularni boshqa so’zlarga tobelanish yo’li bilan bog’laydigan yordamichi so’zlar ko’makchi deyiladi.
  Ko’makchi qaysi so’zdan keyin kelsa, o’sha so’z bilan birgalikda bir so’roqqa javob bo’lib, bir xil gap bo’lagi vazifasini bajaradi.
  Ko’makchilar kelib chiqishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:

1.Sof ko’makchilar lug’aviy ma’nolarini butunlay yo’qotib, vazifa jihatidan kelishik qo’shimchalariga yaqin turadigan so’zlardir: uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra, qadar, yanglig’.
2.Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlar gapda o’rni bilan mustaqil so’z, o’rni bilan ko’makchi bo’lib keladi. Bularga tomon, tashqari, bo’yi, chamasi, holda, yo’sinda kabi ot turkumidan, sababli, tufayli, orqali, qarshi, chog’li, doir, muvofiq, o’zga, boshqa kabi sifat turkumidan, qarab, qaraganda, ko’ra, tortib, degan, deydigan, osha, bo’ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata kabi fe’l turkumidan, avval, so’ng, keyin, burun, ilgari, beri, buyon, asosan, binoan kabi ravish turkumidan o’tgan so’zlar kiradi.
  Bulardan tashqari, o’z lug’aviy ma’nolarini saqlagan holda ko’makchi o’rnida kelib, harakat bilan predmet o’rtasidagi turli munosabatlarni ifodalaydigan so’zlar ham bor. Bu so’zlar o’rin-payt, chiqish va egalik qo’shimchalarini qabul qiladi. Bunday so’zlar ko’makchi otlar deb ataladi: old, o’rta, yon, orqa, ket, ich, ust, tepa, ost, tag, ora, bosh, o’rin, qosh, yoqa, tomon. Bu so’zlar belgisiz qaratqich kelishigidagi so’zdan keyin kelgandagina ko’makchi ot hisoblanadi: ish ustida, stolning ustida, uyning oldida. Ko’makchi otlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 1) vertikal yo’nalishni bildiruvchi: ost, ust, tag. 2) gorizontal yo’nalishni bildiruvchi: old, orqa, yon, ich, tomon; 3) aralash yo’nalishni bildiruvchi: o’rta, ora, bosh.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 15:34:54
14.1.2. Ko’makchilarning qo’llanishi va ma’nolari.

1)Bosh kelishikdagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar:

Bilan ko’makchisi birgalik, vosita, tez boshlanish, payt, ish-harakat ob’ekti, holat, maqsad ma’nolarini bildiradi: Ukasi bilan keldi. Qalam bilan yozdi. Eshik ochilishi bilan kirishdi. Tuni bilan uxlamadi. Baxtiyorlik bilan jilmaydi.

Uchun ko’makchisi maqsad, sabab, atash, evaz ma’nolarini ifodalaydi: Bolalar uchun qurildi. O’qimagani uchun bilmadi. Sen uchun oldim. Yordamingiz uchun rahmat.

Kabi, singari, yanglig’ (ba’zan misoli so’zi) ko’makchilari o’xshatish, qiyoslash ma’nolarini ifodalaydi: Shamol kabi yeldi. Cho’l singari bepoyon. Oy yanglig’ chiroyli.

Sayin ko’makchisi payt, izchillik ma’nolarini ifodalaydi: Sovuq kun sayin kuchaydi.

Sari ko’makchisi yo’nalish ma’nosini ifodalaydi: Dala sari ketdi.

Sababli, tufayli ko’makchilari aloqadorlik, sabab ma’nosini ifodalaydi: Chaqirilmaganligi sababli kelmadi.

Orqali ko’makchisi vosita ma’nosini, chog’li, chamasi ko’makchilari chama, taxmin ma’nolarini, osha, bo’ylab ko’makchilari makon bo’ylab sodir bo’lish ma’nosini, bo’yicha ko’makchisi moslik ma’nosini, uzra ko’makchisi biror sath bo’ylab yo’nalish ma’nosini, ichra ko’makchisi biror predmetning ichida sodir bo’lish ma’nosini, degan ko’makchisi atash ma’nosini, bo’yi ko’makchisi davomlilik ma’nosini, haqida (to’g’risida) ko’makchilari fikr qaratilgan predmet ma’nosini, holda (yo’sinda) ko’makchilari holat ma’nosini ifodalaydi: Pochta orqali jo’natdi. O’n chog’li odam to’plandi. Asrlar osha yetib keldi. Ariq bo’ylab yurishdi. Urush haqida so’zladi.

2)Jo’nalish kelishigidagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar:

Tomon ko’makchisi yo’nalish ma’nosini, qadar ko’makchisi chegara ma’nosini, ko’ra ko’makchisi sabab, ta’kidlash, qiyoslash ma’nolarini, qarshi ko’makchisi zidlik ma’nosini, qarab, qarata ko’makchilari yo’nalish, o’lchov ma’nosini, qaraganda ko’makchisi ta’kidlash, qiyoslash ma’nolarini, yarasha ko’makchisi moslik ma’nosini, doir ko’makchisi aloqadorlik ma’nosini, asosan, binoan, muvofiq ko’makchilari tayanch ma’nosini ifodalaydi: Uy tomon ketdi. Kechga qadar kutib o’tirdi. Uning topshirig’iga ko’ra yetib kelishdi. Bilimiga qarab baho qo’yiladi. Uning qarshiligiga qaramay vazifa bajarildi. Shu fikrga asosan qaror qilishdi. Odamlarga qarata nutq so’zladi.


3)Chiqish kelishigidagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar:

So’ng, keyin, burun, ilgari ko’makchilari payt ma’nosini, boshqa, tashqari, o’zga, bo’lak ko’makchilari mstasnolik ma’nosini, beri, buyon ko’makchilari payt ma’nosini, nari ko’makchisi ish-harakatning chegarasi ma’nosini, boshlab, tortib ko’makchilari boshlanish vaqt, nuqta ma’nolarini ifodalaydi: Uch yildan keyin paydo bo’ldi. Sendan boshqa hech kimi yo’q. Shu kundan boshlab ishga kirishamiz.

4)Qaratqich kelishigidagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar:

Ko’pchilik ko’makchi otlar shu kelishikdagi so’zlar bilan qo’llanadi: Uyning oldida to’xtadi. Bog’ ichiga kirib ketdi. Devor orasida qolib ketdi. Ko’cha o’rtasida ketyapti. Ko’prik boshida kutib turibdi.

ESLATMA: uchun, bilan, kabi ko’makchilari qaratqich kelishigidagi so’zlar bilan ham qo’llanishi mumkin: shuning uchun, buning kabi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 15:37:03
14.1.3. Ko’makchilar va kelishiklar.

Ko’makchilar vazifasi jihatidan kelishiklarga o’xshaydi. Ayrim hollarda ko’makchi o’rnida kelishik qo’shimchasi yoki kelishik qo’shimchasi ko’makchilar o’rnida almashib kelishi mumkin. Ko’makchilar tushum, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklari o’rnida almashib kelishi mumkin. Biroq hamma vaqt ham ko’makchi o’rnida kelishik qo’shimchasi ishlatilavermaydi: Radio orqali eshitdik — Radiodan eshitdik. Ukamga oldim — ukam uchun oldim. Qalam bilan yozdi — qalamda yozdi. Borganini gapirib berdi — borgani haqida gapirib berdi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 15:40:05
14.2. Bog’lovchi haqida ma’lumot.

Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gapdagi sodda gaplarni bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so’zlar bog’lovchi deb ataladi. Bog’lovchilar qo’llanishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1.Yakka xolda qo’llanadigan bog’lovchilar: va, ammo, chunki.
2.Takrorlangan xolda qo’lanadigan bog’lovchilar :yo"¦yo, yoki"¦yoki.

Bog’lovchilar vazifasiga ko’ra teng bog’lovchilar va ergashtiruvchi bog’lovchilarga bog’lanadi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 15:41:16
14.2.1. Teng bog’lovchilar.
Bu bog’lovchilar gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni teng huquqli qilib bog’laydi va quyidagi turlarga bo’linadi:
1.biriktiruv bog’lovchilar: va, ham, hamda. Ham yuklamasi uyushiq bo’laklar oldidan kelgandagina bog’lovchi hisoblanadi: Ham qo’rqaman, ham bilgim keladi (As.M). Bilan ko’makchisi ham biriktiruvchi bog’lovchi (va) o’rnida kelishi mumkin: Karim bilan Salim maktabga birga borishgan.
2.zidlov bog’lovchilari: ammo, lekin, biroq, balki, xolbuki. So’zlashuv tilida a bog’lovchisi sodda yoki qo’shma gaplarni bog’lab, zid munosabatlarni ifodalaydi: Men bormoqchiman, a siz-chi?
3.ayiruv bog’lovchilari: yo, yoki, yohud, goh, ba’zan, yoinki, yo"¦yo, yoki"¦yoki, goh"¦goh, ba’zan"¦ba’zan, xoh"¦xoh, bir"¦bir, dam"¦dam. Bu bog;lovchilar uyushgan bo’laklarni yoki qo’shma gap qismlarini bog’klaydi: Alijon goh menga, goh yerga qarab jim turaverdi..
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 15:42:40
14.2.2. Ergashtiruvchi bog’lovchilar.
Bu bog’lovchilar ko’pincha ergashgan qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir —biriga ergashtirish yo’li bilan bog’laydi va quyidagi turlarga bo’linadi:
1.aniqlov bog’lovchisi; yani, -ki(-kim), -toki: U ko’rdiki, kamchiliklar ko’p. Ba’zan —ki ot turkumidagi so’zlar bilan birga kelib, takidlash, uqtirish manolarini anglatadi,bunda u bog’lovchi emas, yuklama sanaladi: "¦ko’ksi to’la nuqul ordenki, bir-biridan chiroyli.
2.sabab bog’lovchilari; chunki, shuning uchun. Ba’zan uchun ko’makchisi ham shu vazifada qo’llaniladi: Ular yetib kelsin uchun, Turdi kutib turdi.

1.Shart bog’lovchilari: agar(da), garchi, garchand, gar, mabodo, basharti.
2.O’xshatish bog’lovchisi: go’yo(ki).

14.2.3. Bog’lovchi vazifasini bajaradigan so’zlar;

bilan, deb, bordi-yu, so’zlari, -y(yu), -da, mi, na yuklamalari; Bordiyu o’zim kelolmasam, odam jo’nataman. Ular yetib kelsin deb, kutdim.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 15:43:53
14.3. Yuklama haqida ma’lumot.

Mustaqil so’z va gaplarga qo’shimcha ma’no beradigan yordamchilar yuklama deyiladi. Yuklamalar tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:

1.So’z yuklamalar: faqat, ham, axir, hatto.
2.Qo’shimcha yuklamalar: -ku, -mi, -a, -gina.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 15:45:39
14.3.1. Yuklamalarning ma’no jihatidan turlari.

1.So’roq va taajjub yuklamalari: - mi so’roq va taajjubdan tashqari modal ma’noni ham bildiradi, bunda u noaniqlikni ifodalaydi: Uyidami, ko’chadami, uning uchun farqi yo’q edi. — chi so’roqdan tashqari buyruq, do’q, iltimos, qistash, ta’kid, uqtirish ma’nolarini ham bildiradi: Qani, yur-chi! Kitobingni berib tur-chi. — a, - ya yuklamalari ham so’roq va taajjubdan tashqari his-hayajonni, tasdiq va ishonchni ham bildiradi: Qanday chiroyli-ya! Go’sht olibdi — jiqqa yog’-a.

2.Kuchaytiruv yuklamalari: nahotki, axir, hatto (ki), oq (-yoq), - ki (-kim) yuklamalari kuchaytirish va ta’kid ma’nolarini anglatsa, tim (qora), liq (to’la), lim (to’la), g’irt (yolg’on), qip- (shir-, qip-yalang’och), g’arq (pishgan), jiqqa (ho’l) yuklamalari nutqqa tasviriylik berib, so’z ma’nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi.

3.Ta’kid yuklamalari: -ku, -da, -u (-yu);

4.Ayiruv yuklamalari: faqat, ham, -gina (-kina, -qina), xolos. Ham yuklamasi ba’zan bog’lovchi o’rnida ham qo’llanadi: Zarur daftar ham kitoblarni hozirlab qo’ying. Bu so’z takrorlanib kelganda, fonetik o’zgarishga uchrashi mumkin: U yurtiniyam, xalqiniyam boqdi. Faqat, -gina yuklamalari o’rnida yolg’iz so’zi qo’llana oladi> Bu yolg’iz nomgina xolos.

5.Inkor yuklamasi: na takroriy qo’llanadi: Na o’qidi, na yozdi.

6.Aniqlov yuklamalari — xuddi, naq. Xuddi shu yerda uchrashamiz.

7.Gumon yuklamasi: - dir. Uyiga yetib borgandir.


Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 15:52:03
14.3.2. Yuklamalarning yozilishi.

1)—mi, -oq (-yoq), -gina (-kina, -qina) yuklamalari o’zidan oldingi so’zga qo’shib yoziladi: Shu bugunoq ota-onasigagina emas, butun mahallaga yetib bormaydimi?
2)—chi, -ku , -u (-yu), -a (-ya) yuklamalaridan oldin chiziqcha qo’yiladi: Sen-chi? Keldi-ku!

ESLATMA: Juft so’zlar tarkibida bog’lovchi vazifasida kelgan —u (-yu) yuklamasi kirillcha yozuvda so’zga qo’shilib yoziladi. Gapu so’z ko’paydi.

3)faqat, ham, hatto, axir so’z yuklamalar ayrim yoziladi: Tog’larda hatto yoz oylarida ham yomg’ir yog’adi.


Keyingi mavzu: Alohida olingan so’zlar guruhi. Modal so’zlar.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 16 Aprel 2008, 15:39:04
Alohida olingan so’zlar guruhi

15.1. Modal so’zlar.

So’zlovchining o’z fikriga bo’lgan munosabatini bildiradigan so’zlar modal so’zlar deyiladi. Ehtimol, bugun yetib kelar.

  Modal so’zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so’zlar:
1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat; 
2) fikrning qatiyligi ta'kidlanadi: shubhasiz, shaksiz, so'zsiz;
 3) ishonch: albatta; 
4) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o’z-o’zidan; 
5) fikrning chinligi eslatiladi: to’g’ri, hoynaxoy, muhaqqa, aslida, darvoqe, rostdan.

2.Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so’zlar:  
1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, chog’i; 
2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;
 3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan; 
4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.
3.Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.
4.Afsuslanish: afsus, attang, esiz.
5.Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.
6.Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo’q.

Bulardan tashqari: binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so’zlar ham mavjud.
  Modal so’zlarning ko’pchiligi mustaqil so’zlardan o’sib chiqqandir:

1)Ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat;
2)Sifatdan: so’zsiz, shubhasiz, tabiiy;
3)Ravishdan: albatta;
4)Fe’ldan: hoynahoy (tojikcha hohi-nahohi so’zidan);
5)Bog’lovchidan: balki;
6)So’z birikmasidan: har qalay, har holda;
7)Gapning modal so’zga aylanishi: holbuki (Hol buki);
8)So’z tushirish natijasida hosil bo’lgan: o’z-o’zidan (aniq so’zi tushib qoladi).

  Modal so’zlar gap tarkibida ko’pincha kirish so’z bo’lib keladi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 16 Aprel 2008, 15:44:56
15.2. Undov so’zlar haqida ma’lumot.

  His-hayajon, tuyg’uni, haydash-chaqirishni bildiradigan so’zlar turkumi undov deyiladi: eh, uh, o, e, uf, voy, ura, ofarin, salom, xayr, obbo, ey, ehhe, iye, o’h, o’hho’, hm, be, tuf, hah, hoy, eh, iyi. Bu so’zlar mustaqil so’zlarga ham yordamchi so’zlarga ham kirmaydigan ayrim so’z turkumidir.
  Undovlar yakka holda, juft holda yoki takrorlanib qo’llanishi mumkin: ah, voy, oh-voh, dod-voy, bay-bay.

  Juft va takrorlangan undovlar chiziqcha bilan yoziladi.
 
 Undovlar ma’no jihatidan ikki turli bo’ladi:

1.His-hayajon undovlari quyidagui ma’nolarni ifodalaydi:
1) shafqat, mehribonlik: iye, o, voy, voy-ey, eh;
 2) sevinch, xursandchilik, zavqlanish: ho, o’h-ho’, ehe; 
3) qoyil qolish, rohatlanish: hay-hay, oh-oh; 
4) mamnuniyat, faxrlanish, mag’rurlanish, xayrixohlik: e-ha, eh, ha-ya, o’;  5) undash, ogohlantirish, tasdiq: ha.

His-hayajon undovlari odatda gap bo’lagi vazifasida qo’llanmaydi, ular kirish so’z vazifasini bajaradi. Undovlar yozuvda gap bo’laklaridan vergul bilan ajratuiladi. Agar undov kuchli bo’lsa, his-hayajon bilan aytilsa, undov belgisi qo’yiladi: Eh! Havo naqadar sof va musaffo!
  Undovlarning asosiy qismi yasama emas, lekin mustaqil so’zlardan undovlarga ko’chgan so’zlar ham mavjud: Kel, bir bahslashaylik! Bu gapdagi kel so’zi fe’l emas, balki undovdir.
  His-hayajon undovlari, odatda, gap bo’lagi vazifasini bajarmaydi. Ular yo kirish so’z, yoki so’z-gap bo’lib kelishi mumkin: Iye, men kimni ko’ryapman? — Dod!  - ichkaridan dodlagan ovoz eshitildi.

  2. Haydash — chaqirish undovlari ikki xil bo’ladi:

 1) odamlarga qaratilgan undovlar:
a) kishilarning diqqatini tortish uchun qo’llanadigan: hey, allo, ey; 
 b) ta’kid, buyurish uchun qo’llanadigan: ma, tss, jim, marsh; 

2) hayvonlarga yoki boshqa jonivorlarga qaratilgan undovlar:
a) hayvon va jonivorlarni chaqirish uchun qo’llanadigan: kisht, bah-bah, qurey-qurey; 
b) hayvon va parrandalarni biror harakatdan to’xtatish uchun qo’llanadigan: ishsh, xo’k, tak;   
v) Hayvon va parrandalarni biror ishni bajarishga undash uchun ishlatiladi: pisht, drr, xix, hov-hov, cho’k, tek, hayt, chu.
                                                                                                     
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Aprel 2008, 14:15:55
15.3. Taqlid  so’zlar.
   

  Tovushga va holatga taqlidni bildirgan so’zlar taqlid so’zlar deyiladi. Bunday so’zlar mano jihatidan ikki turga bo’linadi:
  1.Tovushga taqlid bildiradigan so’zlar: gumbur-gumbur, dup-dup, duk-duk, shiq-shiq, qiy-chuv, taq —tuq, g’arch-g’urch, inga-inga, pix-pix, qult-qult, bidir-bidir, vov, uv, irr, mo’o’, maa, baa, mee, ing-ing, ang-ang, miyov, vaq-vaq, qu-qu, qa-qa, g’a-g’a, qag’-qag’, pit-pildiq, parr, viz-viz.

  2.Holatga taqlid bildirgan so’zlar: yalt-yult, apil-tapil, g’uj-g’uj, yarq-yurq, jimir-jimir, milt-milt, lip-lip, pildir-pildir, hang-mang, jilpang-jilpang, alang-jalang, mo’lt-mo’lt, lop, likang-likang, qilpang-qilpang, salang-salang, g’ivir-g’ivir, dik-dik, lik-lik, hilp-hilp, duv-duv, pir-pir, lang, dang, hil-hil, kabi.

  Taqlid so’zlar yakka holda, juft holda va takrorlangan holda qo’llanadi. Juft va takrorlangan taqlid so’zlar orasiga chiziqcha qo’yiladi.
  Taqlid so’zlar mustaqil so’zlar kabi gap bo’lagi  bo’la oladi: Shamol g’ir —gi’r (hol)esmoqda.
  Tovushga taqlid so’zlar ba’zan otlashib, ko’plik, egalik va kelishik qo’shimchalarini qabul qiladi: Odamlarning g’ovur- g’ovuri bosildi. Yuragining duk-dukini eshitdi.

Keyingi mavzu: Sintaksis
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Aprel 2008, 14:19:11
16- Ma’ruza. Sintaksis

  Sintaksis grammatikaning ikkinchi qismi bo’lib, unda so’z birikmalari, gap turlari o’rganiladi. "œSintaksis" grekcha bo’lib, "œtuzish" demakdir.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Aprel 2008, 14:25:09
16.1. So’z birikmasi haqida ma’lumot.

 Mustaqil so’zlar ma’no va grammatik jihatidan bir-biriga bog’lanib, so’z qo’shilmasini hosil qiladi. Maydonda erkaklar va ayollar to’planishdi degan gapda quyidagi so’z qo’shilmalari mavjud: 1) Erkaklar va ayollar; 2) Erkaklar to’planishdi; 3) Ayollar to’planishdi; 4) Maydonda to’planishdi.
 
So’z qo’shilmasidagi so’zlar bir-biri bilan ikki xil bog’lanadi:
Teng bog’lanish;
Tobe bog’lanish.


  Teng bog’lanishda bir so’z boshqasiga tobe bo’lmaydi, bir-biri bilan sanash ohangi yoki teng bog’lovchilar  yordamida bog’lanadi: erkaklar va ayollar; erkaklar, ayollar. Tobe bog’lanishda bir so’z boshqasiga tobe bo’ladi: maydonda to’planishdi. Bir-biriga tobe bog’langan so’zlar so’z birikmasini hosil qiladi. Ega va kesimning bir-biri bilan bog’lanishi so’z birikmasi hisoblanmaydi, balki gap hisoblanadi: Erkaklar to’planishdi.
  Ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zning ma’no, grammatik va ohang jihatidan birining boshqasiga tobe bo’lib bog’lanishi so’z birikmasi deyiladi.
  So’z birikmasida bosh va ergash so’z bo’ladi. So’z birikmasida ma’nosi izohlanayotgan so’z bosh (hokim) so’z, uning ma’nosini ravshanlashtirib kelayotgan, izohlayotgan, to’ldirayotgan so’z ergash (tobe) so’z hisoblanadi. So’roq hamma vaqt bosh so’zdan ergash so’zga beriladi: Shirin olma (qanday olma?).
  Bosh so’z ot, sifat, son, olmosh yoki harakat nomi bilan ifodalansa, otli birikma hisoblanadi: baland bino, asalday shirin, intizomda birinchi, bolalarning hammasi, vazifani bajarish.
  Bosh so’z fe’l va uning ravishdosh, sifatdosh shakllari bilan ifodalansa, fe’lli birikma hisoblanadi: kitobni o’qish, ishni bajarish, tez kelgan.
  So’z birikmalari tuzilishiga qarab ikki xil bo’ladi:
  Sodda birikma faqat ikkita mustaqil so’zdan tuzilgan bo’lishi mumkin (bunda yordamchi so’zlar ham ishtirok etishi mumkin): beshta daftar, bugun keldi, o’zining uyi, shaharda yashaydi, akasi haqida so’radi. Ajralmas birikmalar, iboralar qatnashgan birikmalar ham sodda so’z birikmasi hisoblanadi: qilich bo’yin ot, borsa kelmas oroli.
  Murakkab birikma tarkibida uchta va undan ortiq mustaqil so’z qatnashib, shaklan kamida ikkita so’z birikmasidan iborat bo’ladi, mazmunan esa bu so’z birikmalarini ajratib bo’lmaydi: g’ayratli yosh bolalar, yangi ommabop kitob, katta qora qo’y, asfal’t yotqizilgan keng ko’chalar, katta mevali daraxt, bugun kelgan ishchilar. Bunda sodda so’z birikmasi kengayadi.

ESLATMA: ega va kesim qatnashgan gap tarkibida nechta mustaqil so’z mavjud bo’lsa, shundan 2 ta kam miqdorda so’z birikmasi mavjud bo’ladi: Men bugun maktabga bordim (4 ta mustaqil so’z). So’z birikmalari: 1) bugun bordim; 2) maktabga bordim. Egasiz gaplarda esa so’z birikmalari soni mustaqil so’zlar sonidan bitta kam bo’ladi: Ertaga tong bilan jo’naymiz (3 ta mustaqil so’z). So’z birikmalari: 1) ertaga jo’naymiz; 2) tong bilan jo’naymiz.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Aprel 2008, 14:32:13
16.2. So’z birikmasining so’z, sintagma va gapdan farqi.

  So’z narsa, belgi, shaxs, ish-harakatni umuman ifodalash uchun xizmat qiladi: Kitob deganda umuman kitoblarni, bordi deganda umuman borilganlikni tushunamiz.
  So’z birikmasi ham narsa, belgi, ish-harakatni ifodalaydi va bu jihatdan so’zga o’xshab ketadi, ammo so’z birikmasi narsa, belgi, ish-harakatni boshqa narsa, belgi, ish-harakatlardan ajratib, aniqroq qilib ifodalaydi: o’quvchi — a’lochi o’quvchi, yozish — tez yozish.
  Sintagma fonetik hodisa bo’lib, unda ikki so’z o’zaro birikkanda mazmun yetakchi hisoblanmaydi, bitta mustaqil yoki bitta yordamchi so’z ham sintagmani tashkil etishi mumkin yoxud bir so’zning o’zi ham sintagmani tashkil etishi mumkin. So’z birikmasi esa eng kamida ikkita mustaqil so’zdan iborat bo’ladi.
  Gap fikr bildirib, tugallangan ohang bilan aytiladi: Ko’cha katta. So’z birikmasi esa atash ohangi bilan aytiladi: katta ko’cha. Shu xususiyati bilan gapdan farq qiladi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Aprel 2008, 14:39:26
16.3. Ergash so’z va bir so’zning birikish usullari.

  Ergash so’z bosh so’z bilan quyidagi usullari yordamida birikadi:

Boshqaruv. Bosh so’zning talabi bila ergash so’zning ma’lum grammatik vositani olishi boshqaruv deyiladi> Boshqaruvda ergash so’z bilan bosh so’zning birikishi ikki xil bo’ladi:

  ular o’zaro tushum, jo’nalish, o’rin-payt yoki chiqish kelishigi qo’shimchasi yordamida birikadi (kelishikli boshqaruv): Ilg’orlarni tabriklash, uyga ketish, shaharda yashash, qishloqdan kelish.
  Ular o’zaro ko’makchilar yordamida birikadi (ko’makchili boshqaruv): Sayr haqida suhbat, paxta uchun kurash, sayohat to’g’risida gapirish.

  Ayrim hollarda grammatik vosita bo’lmasligi ham mumkin: Olma terish, shahar borish.
  Boshqaruvda tobe so’z ot yoki ot o’rnida qo’llanadigan so’zlardan, shuningdek, harakat nomi va sifatdoshdan iborat bo’ladi. Bosh so’z vazifasida esa ko’pincha fe’l qo’llanadi. Ba’zan bu vazifada ot, sifat, ravish va boshqa so’zlar ham qo’llanishi ham mumkin.
  Boshqaruvda ko’pincha ergash so’z avval, bosh so’z keyin keladi, she’riy asarlarda qofiya talabi bilan bosh so’z oldin, ergash so’z keyin kelishi mumkin.

  Moslashuv bosh so’z bilan ergash so’zning shaxs-sonda mosligidir. Bunda bosh va ergash so’z qaratqich kelishigi hamda egalik qo’shimchasi yordamida birikadi: qaratqich kelishigi qo’shimchasi ergash so’zga, egalik qo’shimchasi bosh so’zga (ba’zan har ikkalasiga ham) qo’shiladi: ukamning kitobi. Ega va kesim ham moslashuvda bog’lanadi.

  Moslashuvda odatda ergash so’z avval, bosh so’z keyin keladi. Ba’zan she’riy asarlarda bosh so’z avval, ergash so’z keyin keladi: Qalbim mening quvonchga to’ldi.
  Moslashuvda ba’zan qaratqich kelishigi yoki egalik qo’shimchasi tushirilishi mumkin: maktab hovlisi, bizning maktab kabi.
  Moslashuv usuli bilan shakllangan birikmalar asosan otli birikmalar hisoblanadi, chunki ot bilan ot qaratqich kelishigi yordamida bog’lanishi ma’lum.
  Nutqimizda uchraydigan a’zoyi badani, oynayi jahon kabi fors-tojik tilidan kirgan birikmalar bir so’z sifatida qo’llanaveradi.

  Bitishuv. Ergash so’zning bosh so’z bilan grammatik vositasiz, faqat ma’no jihatidan yoki so’z tartibi yordamida birikishi bititshuv deyiladi. Bitishuvda doim ergash so’z avval, bosh so’z keyin keladi: tiniq suv, katta ko’cha. Ularning o’rni o’zgartirilsa, gap hosil bo’ladi: Suv tiniq. Ko’cha katta.

  Bitishuvda ergash so’z vazifasida sifat, ravish hamda ular vazifasidagi boshqa so’zlar keladi: qizil gul, tez yurmoq, tilla bilaguzuk, bunday odam, o’qigan odam. Bosh so’z ot va fe’l so’z turkumidan iborat bo’ladi.
  Birga o’qish, birdan gapirish, qunt bilan tinglash, zavq bilan kuylash kabi birikmalar o’rin-payt, jo’nalish, chiqish kelishigi qo’shimchalari, ko’makchilar bilan bog’langan bo’lishiga qaramay, boshqaruv emas, balki bitishuv sanaladi.
  Devor soat, uy vazifa, ot to’rva, non zavod kabi xoslik, mansublik munosabatini bildiradigan birikmalar ham bitishuv munosabatiga misol bo’la oladi.
  ESLATMA: nutqimizdagi ikki qavatli maktab, qish faslida borish kabi birikmalar tarkibidagi ikki qavatli, qish fasli birikmalari bir butunicha maktab, borish so’zlariga bog’lanadi, shuning uchun ikki qavatli, qish fasli birikmalari ajralmas birikma deb yuritiladi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Aprel 2008, 14:46:20
16.4. Gap va uning asosiy belgilari.

  Muomala vositasining eng kichik birligi gapdir.
  Gap orqali tugallangan fikr ifodalanadi: Paxta terimi qizg’in davom etyapti. Oltin kuz qanday go’zal!
  Gap hosil qilish uchun so’z va so’z birikmalarini grammatik jihatdan bog’lash kerak. Xatni qalam bilan yozdi gapida — ni va bilan bog’lovchi vositalar hisoblanadi.
  Gap ohang jihatdan tugallangan bo’lishi kerak: Kuz. Hamma yoqda ish qaynayapti. Bu gapdagi Kuz so’zi tugallangan ohang bilan aytilgani uchun gap hisoblanadi.
  Shunday qilib, gapning quyidagi belgilari mavjud:
- Muomalaning eng kichik birligidir.
- Nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi.
- Grammatik jihatdan shakllangan bo’ladi.
- Tugallangan ohang bilan aytiladi.


Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Aprel 2008, 14:49:48
16.5. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari.

Darak gap orqali biror narsa haqida ma’lum qilinadi, xabar beriladi, uning oxiriga nuqta qo’yiladi: Navoiy ruboiylaridan yodladim.

  Darak gaplar darak-xabar, orzu-umid, ishonch, ta’kid, g’urur, maslahat, tashviq, sevinch, taajjub, gumon, achinish, tashvish, g’azab, norozilik, kinoya kabi mazmun turlarini ifodalaydi.

  So’roq gap orqali so’zlovchi o’zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshining fikr bildirishiga undaydi, tasdiqlash yoki inkor qilishga  undaydi: Ibrohimovamisiz? Ha. Charchamadingizmi? Yo’q. Yozuvda so’roq gapning oxiriga so’roq belgisi qo’yiladi. Bu gaplar ko’proq dialogik nutqda uchraydi.

  So’roq gaplar so’roq olmoshlari, so’roq yuklamalari yoki so’roq ohangi bilan hosil bo’ladi: kim? Nima? Qanday?qancha? necha?qaysi? (so’roq olmoshlar), -mi, -chi, -a, -ya (so’roq yuklamalari). Quyidagi misolda so’roq ohangi qatnashgan: Soat ikki bo’ldi. Ikki bo’ldi?
  So’roq gaplar ikki guruhga bo’linadi:
  Sof so’roq gaplar javob talab qiladigan gaplardir: Siz ertaga kelasizmi?
  Ritorik so’roq gaplar so’roq gaplarning javob talab qilmaydigan turi bo'’ib, javobi o’z ichida yashiringan bo’ladi: Men uning to’satdan kelib qolishini qaydan bilay? Ritorik so’roq gaplar yashirin tasdiq, yashirin inkor, taajjub, tashvish, g’amxo’rlik, g’azab, gumon, kuchli hayajon ma’nolarini ifodalashi mumkin: Bu Vatanda nimalar yo’q (tasdiq). O’zingdan chiqqan baloga, qayga borasan davoga? (inkor) Bu nimasi?! (taajjub) Meni tashlab ketmaysanmi? (tashvish) Maqsad nima, maqsad? (g’azab) Paxtalar ham yaxshi ochilmagandir? (gumon) Tokaygacha ezilamiz, ota? (kuchli hayajon)

  Buyruq gaplarda suhbatdoshni nimadir qilishga undash maqsad qilib qo’yiladi. Bunday gaplarda iltimos, buyruq, taklif, maslahat, hayratlanish, tashvish, gumon, hayajon, g’azab, yalinish tarzida bo’lishi mumkin: Avval o’yla, keyin so’yla (maslahat). Dadil harakat qil!(buyruq) Ashuladan yana bo’lsin (iltimos). Qani hamma odamlar sizday bo’lsa (orzu) Nahotki, bu siz bo’lsangiz!(hayratlanish) sovqotib qolma, issiqroq yot (g’amxo’rlik). Kunning tig’ida nima qilasan, bu yerga kelib, salqinda o’tirsangchi! (tashviq). Qo’rqqan bo’lsa kerak! (gumon) Xatdan o’chir o’g’limni hozir! (g’azab, do’q) Yozuvda buyruq gaplarning oxiriga ko’pincha undov belgisi, ohangiga qarab esa nuqta ham qo’yilishi mumkin.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Aprel 2008, 14:52:23
16.6. His-hayajon (undov) gap.

  Gaplar ohangiga, his-tuyg’uni ifodalashiga ko’ra ikki xildir:

His-hayajonli gap.

His-hayajonsiz gap.


  His-hayajon gaplar eh, oh, uh, o, uf, obbo kabi undovlar, qanday, qancha, naqadar, shunday kabi so’zlar yoki faqat his-hayajon ohangi bilan hosil bo’ladi: Eh, bahorning gashtiga nima yetsin! Farg’ona vodiysi naqadar go’zal! Paxta terimi boshlandi! So’roq ohangi bilan hosil bo’lganda darak, so’roq, buyruq gap his-hayajon gapga aylanadi: Dalada qancha odam bor? Dalada qancha odam bor!
  His-hayajon gap so’roq gapdan hosil bo’lgan bo’lsa, tinish belgilar quyidagicha qo’yiladi:

  So’roq mazmuni kuchli bo’lsa, oldin so’roq, keyin undov belgisi qo’yiladi: Nima bo’ldi, gapirsangizchi?!
  His-hayajon kuchli bo’lsa, oldin undov, keyin so’roq belgisi qo’yiladi: Farzand qanday oqlar ona haqqini!?
  Ayrim hollarda his-hayajonning o’ta kuchliligini ifodalash uchun uchta katta undov belgisi ketma-ket qo’yiladi: O’lim yovga!!!
  Biror sabab bilan uzilib qolgan his-hayajon gapning oxiriga undov belgisi va undan keyin ketma-ket ikkita nuqta qo’yiladi: Men yetim o’sganman, oh, u, yetimlik!.. (G’. G’ulom)


Keyingi mavzu: Gap bo'laklari
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 03 May 2008, 13:42:02
17-ma’ruza. GAP BO’LAKLARI

  Gapda biror so’roqqa javob bo’lgan va o’zaro tobe bog’langan so’z yoki so’z birikmasi gap bo’lagi deyiladi. Gap bo’laklarini belgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So’zlarga so’roq berish, ularning qaysi turkumga mansubligi, ularning gap ichida joylashish tartibi, ularning qanday qo’shimchalar olishi tom ma’noda ularning turlarini belgilashda asos bo’la olmaydi. Gap bo’laklarining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kesimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, to'’diruvchi to'l’irilmishga nisbatan aniqlanadi. Nisbat beriluvchi bo'l’k bo'l’as ekan, u yoki bu gap bo'l’gi haqida gapirish mumkin emas. Gap bo'l’klari ikki turli bo'l’di: bosh bo’laklar va ikkinchi darajali bo’laklar. Ega va kesim gapning bosh bo’laklaridir. Ular o’zaro faqat tobe bog’lanadi. Bosh bo’laklar gapning grammatik asosini tashkil etadi.
  Gap bo’laklarini tuzilishiga ko’ra ham ikki turga bo’lishadi:

1.Oddiy bo’laklar yakka so’z bilan ifodalanadi (qo’shma, juft so’zlar bilan ifodalansa ham, oddiy bo’lak hisoblanadi): Dars boshlandi.

2.Murakkab bo’laklar turg’un bog’lanmalar (to’g’ri ma’noli va ko’chma ma’noli), erkin bog’lanmalar bilan ifodalangan bo’laklardir: Aravani quruq olib qochish sizga yarashmaydi (turg’un bog’lanma). Uch o’gayni shirin suhbat qurishyapti (erkin bog’lanma).
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 03 May 2008, 13:48:31
17.2. Bosh bo’laklar.

17.2.1. Ega va uning ifodalanishi.
  Gapning kim yoki nima haqida ekanligini bildirib, boshqa bo;laklarga grammatik tobe bo’lmagan bo’lak ega deyiladi. Ega kim?nima?qayer? so’roqlariga javob bo’ladi: Kishilar (kimlar?) Hakimani va boshqa qizlarni maqtashdi. O’tloqda bedana (nima?) ko’p. Atrof (qayer?) jimjit.

  Ega bosh kelishikda bo’lib, odatda, quyidagicha ifodalanadi:

1.Ot bilan: Yoqimli shamol gul hidlarini atrofga taratdi.
2.Olmosh bilan: Ular to’garak mashg’ulotlariga muntazam qatnashadilar.
3.Otlashgan (sifat, son, sifatdosh, taqlid so’z) so’zlar bilan: Yaxshilar ko’paysin, yomon qolmasin. Ikkovimiz dala aylandik. Bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog’in tishlar. Uzoqdan gumbur-gumbur eshitilardi.
4.Ibora bilan: Uning yuzioga oyoq qo’yish axloqimizga zid.
5.Sintaktik birliklar bilan: Otlarning otxonaga olib o’tilmagani Ziyodillani taajjublantirdi.

  Ayrim paytlarda teng aloqadagi bir necha so’z ham butunicha yoki bo’lak-bo’lak ravishda ega bo’lib kelishi mumkin: Otam bilan akam bozorga ketishdi.
  Ba’zan ega chiqish kelishigidagi so’zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Bunday paytlarda haqiqiy ega tushirilgan bo’lib, undan oldin kelayotgan chiqish kelishigidagi so’z ega vazifasini ifodalaydigan bo’lib qoladi: Unda ham bu kitoblardan bor. BU gapdagi haqiqiy egani tiklash mumkin: Unda ham bu kitoblardan biri bor.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 03 May 2008, 13:52:49
17.2.2. Kesim va uning ifodalanishi, turlari.

  Ega haqidagi xabar (hukm)ni bildirib, unga grammatik tobe bo’lgan bo’lak kesim deyiladi. Kesim nima qildi?nima qiladi?nima qilar?qandaydir? (u) kim? (u) nima? (u) nechta? Singari so’roqlarga javob bo’ladi: Safarov aytgan gaplarni hammamiz tushundik. Havo mayin, osmon tip-tiniq.
  Kesim ifodalangan hukm ikki xil (tasdiq va inkor) bo’lganligi uchun kesim ham t a s d i q va i n k o r kesimga ajraladi: Men bordim. Men bormadim. Agar gap tarkibida sira, aslo, hech, zinhor, birorta ham so’zlari ishtirok etgan bo’lsa, kesim ham inkor shaklida bo’ladi. Kesim, odatda, quyidagicha ifodalanadi:

1.Fe’l bilan: Halol mehnat insonni ulug’laydi.
2.Sifat bilan: Shahar go’zal.
3.Ot, son, olmosh, ravish bilan: O’zbekistonning poytaxti — Toshkent. Ikki o’n besh — bir o’ttiz. Dangasaning vaji ko’p.
4.Ibora bilan: Sobir so’zining ustidan chiqdi.

  Kesimlar qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga qarab 2 xil bo’ladi:
1.Fe’l-kesim fe’l yoki uning sifatdosh, ravishdish shakllari bilan ifodalanadi. Fe’l-kesim tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi:

1)Sodda fe’l-kesim bir so’z bilan ifodalanadi: Men keldim.
2)Murakkab fe’l-kesim quyidagicha tuziladi: a) Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasidan iborat bo’ladi: Odamlar tarqala boshladi. B) Sifatdosh va to’liqsiz fe’ldan iborat bo’ladi: Mashg’ulot haftada bir marta o’tadigan bo’ldi.

2.Ot-kesim ot, sifat, son, olmosh, ravish, harakat nomi, modal so’z bilan ifodalanadi.Ot va otlashgan so’zlar bosh, jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishigi shaklida bo’lishi mumkin. Ot-kesim tuzlishiga ko’ra ikki xil:

1)Sodda ot-kesim bir so’z bilan ifodalanadi: Uyat o’limdan qattiq.
2)Murakkab ot-kesim quyidagicha tuziladi: a) ot, sifat, son, olmosh, ravish hamda "œbo’lmoq" fe’li yoki to’liqsiz fe’ldan iborat bo’ladi: Mehnat qancha qiyin bo’lsa, noni shuncha shirin bo’ladi. B) Yo’q, bor, oz, ko’p, zarur, lozim, kerak kabi so’zlar hamda bo’lmoq fe’li yoki to’liqsiz fe’ldan iborat bo’ladi: Uzoqda ko’ringan sharpa bir zumda yo’q bo’ldi. v) Harakat nomi hamda kerak, lozim kabi so’zlardan iborat bo’ladi: Choyxona yangi solingan qishgi binoga ko’chib kirishi va bayramda ochilishi kerak edi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 03 May 2008, 13:54:39
17.2.3. Bog’lama.

  Ot-kesimni ega bilan bog’lovchi vosita bog’lama deb ataladi. Bog’lama —dir kesimlik qo’shimchasi, bo’lmoq, hisoblanadi, sanaladi fe’llari, to’liqsiz fe’llar, shuningdek, ot-kesimlarga qo’shilgan shaxs-son qo’shimchalari bilan ifodalanadi: Ilyosning akasi fermer bo’ldi. Men o’quvchiman.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 03 May 2008, 13:56:31
17.2.4. Ega bilan kesimning shax va sonda o’zaro mosligi.

17.2.4.1. Shaxsda mosligi.

  Ega va kesim bir-biri bilan shaxsda hamma vaqt mos bo’ladi: Biz maktab jamoat ishlarida faol qatnashamiz.
  ESLATMA:  nutqda "œHayron bo’lasan kishi" tarzidagi gaplar qo’llanadi. Bu gapda ega va kesim shaxsda moslashmagan: ega (kishi) 3-shaxsda, kesim esa 2-shaxsdadir.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 03 May 2008, 13:58:46
17.2.4.2. Sonda mosligi.

1.Fe’l-kesim I va II shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda mos bo’ladi: Biz yordam berdik.
2.Fe’l-kesim III shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda moslashavermaydi:

I.Kimsani bildirgan III shaxsdagi ega bilan fe’l-kesim sonda mos bo’ladi: Dehqonlar ishni boshlab yubordilar.

II.Ko’plikdagi kimsani emas, narsa-buyumni bildirsa, fe’l-kesim, odatda, ega bilan sonda moslashmay, birlikda ishlatiladi: Kitoblar olindi.

III.Ot-kesim ko’plikdagi ega bilan ko’pincha moslashmaydi: Uyda akam, opam va singlim bor edi.

IV.Gapda eganing aniqlovchisi miqdor son bilan ifodalansa, kesim va ega birlik shaklida bo’ladi: Uchta qiz yordamga keldi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 03 May 2008, 14:00:34
17.2.5. Ega bilan kesim orasida tirening ishlatilishi.

1.Gapning kesimi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, bog’lama yoki kesimlik qo’shimchasi bo’lmasa, yozuvda egadan keyin tire qo’yiladi: O’zbekiston — mustaqil davlat.

2.Gapning egasi yoki kesimi yoxud ularning har ikkalasi harakat nomi bilan ifodalansa, egadan so’ng tire qo’yiladi: O’qish — hayotni tushunish.

3.Gapning egasi yoki kesimi birikmalar bilan ifodalanib, tenglik, o’xsahtish kabi ma’nolarni bildirsa, egadan keyin tire qo’yiladi: Ona yerim — oltin tuprog’im.

4.Ega yoki kesim ko’rsatish olmoshi yoxud son bilan ifodalanib, alohida ajratib ko’rsatilsa, bog’lama yoki kesimlik qo’shimchasi bo’lmasa, egadan keyin tire qo’yiladi: Mana bu — yangi qishloq rejasi. Uch karra uch — to’qqiz.

Keyingi mavzu: Gapning ikkinchi darajali bo’laklari.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 May 2008, 12:00:08
18-Ma’ruza

Gapning ikkinchi darajali bo’laklari.

  Gapning ikkinchi darajali bo’laklari bosh bo’laklarga tobe bo’lib, ularni to’ldirib, aniqlab, izohlab keladi. Ikkinchi darajali bo’laklar 3 xil: to’ldiruvchi, aniqlovchi va hol.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 May 2008, 12:06:00
18.1. To’ldiruvchi, uning turlari va ifodalanishi.

  Gapdagi biror bo’lakni to’ldirib, unga boshqaruv yo’li bilan tobe holatda bog’langan bo’lak to’ldiruvchi deyiladi. To’ldiruvchi asosan fel-kesimga bog’lanadi: Men bu gapni ukamdan eshitdim.

  To’ldiruvchi ikki xil bo’ladi:
  Vositasiz to’ldiruvchi harakatni o’ziga qabul qilgan, harakat bevosita o’ziga o’tgan predmetni bildiradi va kimni?nimani?qayerni? so’roqlariga javob bo’ladi. Bu to’ldiruvchi ko’pincha tushum kelishigi shaklidagi so’z bilan ifodalanadi, bunda u harakatni butunlay o’ziga qabul qilgan predmetni ifodalaydi:
1.Ot va olmosh bilan: Yosh havaskorlar ashulani zavq bilan aytdilar.

2.Otlashgan so’zlar bilan: Bo’linganni bo’ri yer.

3.Ibora bilan: O’ziga birovning oz-moz til tekkizganini ko’tarmasdi.

  Vositasiz to’ldiruvchi tushum kelishik qo’shimchasiz ham qo’llanadi: O’quvchilar hozir kitob o’qishyapti.
  Vositasiz to’ldiruvchi ba’zan chiqish kelishigidagi so’z bilan ham ifodalanadi, bunda u harakatni qisman o’ziga qabul qilgan predmetni ifodalaydi: Qani oshdan oling!
  Vositali to’ldiruvchi kimga?nimaga?kimda?nimada?kimdan?nimadan?kim bilan?nima bilan?kim haqida? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi va quyidagicha ifodalanadi:

1)Ot yoki olmosh bilan: Ravshan sen bilan boradi.

2)Otlashgan so’z bilan: Yaxshiga yondash, yomondan qoch.

3)Ibora bilan: Og’zi bo’shga ishonib bo’lmaydi.

  Kop’makchilar yordamida shakllangan vositali to’ldiruvchilar bilan xuddi shu ko’rinishda shakllangan vaziyat hollari savollariga qarab farqlanadi: "œPaxta" mashina bilan terildi. (nima bilan? — to’ldiruvchi) Paxta zavq bilan terildi (qanday? - hol). Jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishigidagi so’z doimo to’ldiruvchi bo’lib kelavermaydi, ular hol vazifasini ham bajaradi, bunda ham ular savolga qarab farqlanadi: U yolg’ondan hayron bo’ldi (qanday - hol). U akasidan eshitdi (kimdan? — to’ldiruvchi). U maktabga bordi (qayerga? - hol).
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 May 2008, 12:11:49
18.2. Aniqlovchi.

  Gapdagi biror bo’lakning belgisini yoki bir narsa buyumning boshqasiga qarashli ekanligini bildirgan bo’lak aniqlovchi deyiladi. Qattiq sovuq, mayda qor yog’yapti. Qovunning og’iri shirin bo’ladi.
  Aniqlovchi gap ichida egaga ham, kesimga ham, to’ldiruvchiga ham, holga ham tobe bo’la oladi. Oppoq mashina keng ko’chada navbatdagi chorrahani kesib o’tmoqda edi. Toshkent juda chiroyli shahar.
  Aniqlovchi ikki xil bo’ladi:

18.2.1. Sifatlovchi-aniqlovchi.

  Sifatlovchi-aniqlovchi predmetning belgisini, miqdorini, tartibini bildiradi va qanday?qanaqa?qaysi?qancha?nechanchi?necha?qayerdagi? kabi so’roqlarga javob bo’ladi.
  Sifatlovchi-aniqlovchi tomonidan aniqlangan bo’lak sifatlanmish deb yuritiladi. Sifatlovchi va sifatlanmish bitishuv yo’li bilan bog’lanadi: Notanish kishi unga qaradi.
  Sifatlovchi-aniqlovchi quyidagicha ifodalanadi:

1.Sifat, son, olmosh, sifatdosh, ravish, taqlid so’z bilan: Biz serjun va sergo’sht qo’ylarni ko’paytiryapmiz.

2.Ot bilan: Asfal’t yo’ldan mashinalar g’iz-g’iz o’tib turibdi. Bunday aniqlovchilar ba’zan majoziy (ko’chma) ma’noni ifodalashi mumkin: Kumush choyshab yopib dalalar"¦

3.Ibora bilan: Unda og’zining tanobi qochadigan odat bor.

4.So’z birikmasi bilan (sifatlovchi va sifatlanmish,qaratuvchi va qaralmish, to’ldiruvchi va to’ldirilimish, hol va hollanmish birikmalari sifatlovchi-aniqlovchi bo’lib keladi): U birinchi kungi ishni yakunladi. Ukamning uyidagi mollarni ham olib ketishibdi. Menga tegishli bo’lakni qoldiring. Ertaga bo’ladigan majlis qoldirildi.

  Ba’zan sifatlovchi aniqlovchilar so’z birikmalari bilan ifodalanib, yoyiq holda kelishi mumkin: Misdek qizarib turgan yuzini ikki kafti orasiga olib, peshonasiga yuzini bosdi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 May 2008, 12:16:36
18.2.2. Qaratqich — aniqlovchi.

  Qaratqich — aniqlovchi biror narsa tegishli, qarashli bo’lgan shaxs yoki predmetni bildiradi va kimning?nimaning?qayerning? so’roqlariga javob bo’ladi. Qaratqich-aniqlovchi tomonidan aniqlangan bo’lak qaralmish deb yuritiladi. Qaratqich va qaralmish moslashuv orqali birikib, shaxs va sonda albatta moslashgan bo’ladi: Odamning qo’li gul.

  Qaratqich — aniqlovchi, odatda quyidagicha ifodalanadi:

1.Qaratqich kelishigidagi ot, olmosh bilan: Gulnor yigitning so’zlarini diqqat bilan tingladi.

2.Qaratqich kelishigidagi otlashgan so’zlar bilan: O’nning yarmi — besh.

3.Ibora bilan: Og’zi bo’shning ichida gap yotmas.

  Qaratqich — aniqlovchi —ning qo’shimchasisiz ham qo’llanadi: Bolalar xonasi ozoda edi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 May 2008, 12:20:47
18.3. Izohlovchi.

  Izohlovchi aniqlovchining alohida bir ko’rinishi bo’lib, bunda izohlovchi ot boshqa bir otni izohlaydi. Izohlovchi izohlagan ot izohlanmish bo’ladi: General Sobir Rahimov.
  Izohlovchi va izohlanmish umumiy va aniq ma’noni bildiruvchi ot izohlovchi, umumiy ma’noni bildiruvchi ot izohlanmish bo’ladi. Yozuvda ular orasiga chiziqcha qo’yiladi: mexanik — haydovchi. Izohlovchilar unvon, kasb, laqab, qarindoshlik, jins, o’xshatish, taxallus kabilarni ifodalash uchun xizmat qiladi. O’xsahtishni bildirgan izohlovchi bilan izohlanmish orasiga chiziqcha qo’yiladi: ona — Vatan.
  Gazeta, jurnal, korxona, muassasa va hokazolarning nomini bildirgan atoqli otlar ham izohlovchining bir turi hisoblanadi: "œYoshlik" jurnali, "œTurkiston" gazetasi. Bunday izohlovchilar shaxs nomi bilan ifodalansa, qo’shtirnoqqa olinmay nomli, nomidagi so’zlari bilan birga qo’llanadi: Oybek nomli mahalla.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 May 2008, 13:31:24
18.4. Hol.

  Ko’pincha fe’l-kesimga bog’lanib, uning belgisini bildirgan bo’lak hol deb ataladi: Minbarga notiqlar birin-ketin chiqa boshladilar.
  Hol ba’zan fe’ldan boshqa turkumga ham bog’lanadi: Ko’chada odam ko’p.
  Hol’ ma’nosiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

1.O’rin holi qayerga? Qayerdan? Qayoqqa? Qayerdan? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi va ko’pincha o’rin ravishi, ot, olmoshlar bilan ifodalanadi: Bolalar ko’chaga chiqib ketishdi. U orqadan qochdi.

2.Payt holi qachon? Qachongacha? Qachondan beri? Qayvaqt? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi va ko’pincha ot, payt ravishi, olmosh, payt ravishdoshi, sifatdosh, harakat nomi, son, sifat bilan ifodalanadi: Imtihonlar yozda bo’ladi. Bugun maktabni yonidan o’tdim. Shunda men bir sapchib tushganman. Qo’lim bo’shida o’qiyman. Yig’ilish uchda bo’ladi.

3.Miqdor holi qancha? Qanchalab? Nechalab? Necha marta? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi va ko’pincha miqdor-daraja ravishlari, son, sifat va miqdor-daraja ma’nosini bildirgan so’z birikmalari bilan ifodalanadi: Men juda ko’p qayg’urdim. O’n marta eshitgandan, bir marta ko’rgan afzal. Bular qop-qop terib qo’yishdi. Men o’ylagan darajada qilisharmikan?

4.Vaziyat (ravish, tarz) holi qanday? Qay holda? Qay tarzda? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi. Vaziyat hollari ravish, ravishdosh, ot, sifat, olmosh, taqlidiy so’zlar, ibora bilan ifodalanadi: U diqqat bilan tingladi. U shoshmasdan jo’nadi. Daraxt barglari duv to’kildi. U qorovul bo’lib turdi. Boshini eggan holda kelardi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 May 2008, 13:34:31
  Ravishdosh bilan ifodalangan vaziyat holi o’ziga tobe bo’lgan bo’laklar bilan so’z birikmasini hosil qilishi mumkin: Eshikni sekin ochib, ichkariga qaradi. Bu yoyiq vaziyat holi deyiladi.

1.Sabab holi nima sababdan? Nima sababli? Nima uchun? Nimaga? Nega? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi va quyidagicha ifodalanadi: a) —lik, -siz+lik, -gan+lik qo’shimchali chiqish kelishigidagi otlar, sifatdoshdan keyin —dan qo’shimchasini keltirish bilan: Shodligidan qul Tarlon, to’xtamadi yig’idan. b ) —gani, -ganligi qo’shimchali so’zlardan keyin sababli, tufayli, uchun so’zlaridan birini keltirish bilan: U o’qimagani uchun bilmadi.

2.Maqsad holi nima maqsadda? Nima uchun? Nima qilgani? Nima qilgali? Nega? Kabi so’roqlariga javob bo’lib, quyidagicha ifodalanadi:

a)Jo’nalish kelishigidagi harakat nomi yoki harakat nomidan keyin uchun ko’makchisini keltirish bilan: U o’qish uchun keldi.

b)Maqsad ravishdoshi bilan: U o’qigani keldi.

c)Fe’ldan so’ng uchun, deb so’zlarini keltirish bilan: O’qiyman deb keldi.

d)Harakat nomidan keyin maqsadda, maqsadida, maqsadi bilan so’zlarini keltirish yordamida: Gulnor opa bafurja gaplashish maqsadida keldi.

e)Shart holi nima qilsa (-m, -ng, -k, -ngiz) so’rog’iga javob bo’ladi va bir harakatning bajarilishi uchun shart bo’lgan ish-harakatni bildiradi: Eksang o’rasan. Qaytarish sharti bilan oldi.

f)To’siqsizlik holi nima qilsa (-m, -ng, -k, -ngiz) ham, -da? So’roqlariga javob bo’lib, bir ish-harakatning bajarilishi uchun to’siq bo’la olmaydigan ish-harakatni bildiradi va shart fe’li+ ham (-da), ravishdosh, sifatdosh+bilan ko’makchisi, qaramay, qaramasdan so’zlari qatnashgan qurilma orqali ifodalanadi: Chaqirilmasa ham qatnashdi. Kichik bo’lgani bilan ancha og’ir edi. Shoshganiga qaramay kutib turdi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 May 2008, 13:38:29
18.5. Gap bo’laklarining tartibi.

  Bu tartib ikki xil:

1.Odatdagi tartib:

1)Ega (o’z aniqlovchisi bilan) oldin, kesim gapning oxirida keladi: Yosh havaskorlar to’plandilar.

2)Payt holi egadan oldin keladi: Bugun yosh havaskorlar to’plandilar.

3)To’ldiruvchilar o’z aniqlovchisi bilan egadan keyin keladi: Bugun yosh havaskorlar dehqonlarga katta tomosha ko’rsatdilar.

4)Vaziyat holi kesimdan oldin keladi: Daryo uzoqda tovlanib ko’rinardi.

2.O’zgargan tartib (bu inversiya deyiladi):

1)Ega kesimdan keyin keladi: Yashasin mustaqillik!

2)To’ldiruvchi kesimdan keyin keladi: To’xtat suvni!

3)Vaziyat holi fe’l-kesimdan keyin keladi: Shamol esadi g’ir-g’ir.


Keyingi mavzu: Uyushiq va ajratilgan bo’lakli gaplar.


Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 May 2008, 17:24:03
                                        Uyushiq va ajrattilgan bo’lakli gaplar.

                                   19.1. Uyushiq bo’laklar haqida umumiy ma’lumot.

  Har bir gap bo’lagi gapda birdan ortiq bo’lishi mumkin. Bunday gaplar uyushiq bo’lakli gaplar deb yuritiladi: Buvim menga xo’mrayib qaraydi, lekin indamaydi.
  Gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklari uyushib kela oladi.
  Bir xil so’roqqa javob bo’lib, gapdagi bir bo’lakka bog’langan bo’laklar gapning uyushiq bo’laklari deb ataladi. Bu bo’laklar o’zaro teng bog’lovchilar yoki sanash ohangi bilan bog’lanadi: Bola goh menga, goh unga qarar edi.
  Uyushiq egalar shaxsni anglatsa, kesim birlikda ham, ko’plikda ham bo’lishi mumkin: Karim, Salim va Anvar keldi (lar). Uyushiq egalar jonsiz narsalarni ifodalasa, kesim odatda, birlikda bo’ladi: Stol va stullar tartibga keltiriladi.
  Gapda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalari uyushiq kesim bo’lib kelganda ba’zan ko’makchi fe’l yetakchi fe’llarning eng so’nggisiga bog’lanib kelishi mumkin: O’n yoshidan beri yedirib, ichirib, kiydirib kelyapman.
  Uyushiq bo’laklar yoyiq holda ham bo’ladi: Ma’ruzachiga qiziq, kishini hayratga qoldiradigan savollar berishdi.
  Uyushiq bo’laklar juft-juft bo’lib ham qo’llanadi: Sherali qo’rqmas va kamtar, kamgap va qaysar bir bola edi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 May 2008, 17:29:27
19.2. Uyushiq bo’laklarda ko’plik, egalik va kelishik qo’shimchalarining qo’llanishi.
 
  Bu qo’shimchalarning qo’llanishi ikki xil bo’ladi:

1.Son (ko’plik), egalik va kelishik qo’shimchalari uyushiq bo’laklarning oxirgisiga qo’shiladi:[b/] Noma va arizalarning ba’zilari mirzo, muftilarga havola qilinar edi.
2.Gapdagi uyushiq bo’laklarning har birida son, egalik, kelishik qo’shimchalari alohida-alohida takrorlanadi: Qor sovug’i qo’llarimni va oyoqlarimni, peshonamni yalab tursa-da, menga juda yoqimli tuyuldi.
  Nutqda son, egalik va kelishik qo’shimchalarning uyushiq bo’laklarda har xil ishlatilish hollari ham uchraydi: Bolalar yaslilari va bog’chalarida maktablarda mehnatkashlarning farzandlari tarbiyalanmoqdalar.
  Gapda uyushiq bo’laklar bog’lovchilarsiz, sanash ohangi bilan biriktiruv bog’lovchilari (va, hamda), ular vazifasidagi —u, -yu yuklamalari, bilan ko’makchisi, zidlov bog’lovchilari (ammo, lekin, biroq), na yuklamasi, -da yuklamasi, goh yoki, yoxud, dam, ba’zan, yo kabi ayiruv bog’lovchilari bila bog’lanib keladi: Mashina sekinladi, lekin to’xtamadi.
  Gapning uyushiq bo’laklari guruh-guruh bo’lsa, bir-biridan nuqtali vergul bilan ajratiladi: Yutib chiqish uchun ot chopqir, zotdor bo’lishi, yaxshi toblanib, sovitilishi; chavandoz usta, epchil bo’lishi kerak.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 May 2008, 17:31:03
19.3. Umumlashtiruvchi bo’lak va unda tinish belgilarining ishlatilishi.
  Uyushiq bo’lakli gaplarda so’zlarni jamlovchi umumlashitruvchi bo’lak bo’lishi mumkin. Ko’pincha belgilash, bo’lishsizlik olmoshlari va jamlovchi ot, jamlovchi sonlar umumlashtiruvchi bo’lak bo’lib keladi: Uylar, daraxtlar, ko’chalar — hammasi qorong’ulik qa’riga cho’mdi.
  Umumlashtiruvchi bo’laklar uyushiq bo’laklardan oldin kelsa, undan keyin ikki nuqta qo’yiladi: Qudratning oldidan ikki o’rtog’i: Ilhom va Rustam chiqib keldi. Umumlashtiruvchi bo’lak uyushiq bo’laklardan keyin kelsa, undan oldin tire qo’yiladi: Shu hovli-joy, mana shu daraxtlar, kursi, so’ri — hammasi meniki.   
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 May 2008, 17:33:48
19.4. Uyushiq va uyushmagan aniqlovchilar.
  Sanash ohangi bilan aytiladigan va yozuvda vergul bilan ajratiladigan aniqlovchilar uyushiq aniqlovchilar deb yuritiladi: Yo’lda ba’zan oq, pushti, sariq    va qizil gullar uchraydi. Sanash ohangi bilan aytilmaydigan, yozuvda orasiga vergul qo’yilmaydigan aniqlovchilar uyushmagan aniqlovchilar deyiladi: Mart oyidan mayin yoqimli shaboda esa boshlaydi. Uyushmagan sifatlovchi aniqlovchilar sifatlanmishning turli tomoniga oid belgilarni anglatadi: Mashina katta tekis yo’lga chiqib oldi.

  Ayrim uyushmagan aniqlovchilar sanash ohangi bilan aytilsa, uyushiq sifatlovchi-aniqlovchiga aylanib ketishi mumkin: Maktabda keksa tajribali o'’ituvchilar bor degan gapda yoshi ulug’ va tajribali o’qituvchilar haqida gap ketyapti. Maktabda keksa, tajribali o’qituvchilar bor gapida esa yoshi ulug’ hamda yoshidan qat’iy nazar tajribali o’qituvchilar haqida gap ketyapti.
  "œVijdonsiz, to’ng’iz odam" kabi gaplarda ham uyushiq aniqlovchilar bor.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 May 2008, 17:36:17
19.5. Ajratilgan izoh bo’lakli gap.

  O’zidan oldingi bo’lakni izohlagan bo’lak ajratilgan izoh bo’lak deyiladi: Men ishni mana shundan, ya’ni tushuntirishdan boshladim.
  Ajratilgan bo’laklarning uyushiq bo’laklardan farqi shundaki, ular bir tushunchaning ikkita nomidir, ya’ni bir shaxs yoki bir narsa ikki marta nomlanadi, uyushiq bo’laklar esa bir necha shaxs yoki narsani ifodalaydi.
  Gap bo’laklarining ajratilishida gapda so’z tartibining o’zgarishi, gap bo’laklarining kengayishi, bir bo’lakning o’zidan oldingi bo’lakni izohlashi bir bo’lakni boshqalardan ajratib bo’rttirib ko’rsatish zaruriyati kabilar sabab bo’lishi mumkin, Ko’chada borar, g’amgin va o’ychan. Ukasi, ko’zlari chqnagan, unga g’azab bilan qaradi. Oldinda, muyulishda, bir qora ko’rindi. U har kuni, quyosh tikka kelganda, shaharga tushadi.

Quyidagi gap bo’laklari ajratiladi:

1.Ajratilgan izoh to’ldiruvchi o’zidan oldingi to’ldiruvchini izohlab keladi: Oyimni, ya’ni Savriniso Madumarovani, ishga olishdi.

  To’ldiruvchi tashqari, boshqa, o’rniga, bilan, birga kabi so’zli birikmalar bilan ifodalanganda ham ajratiladi: Mendan tashqari, u ham bor.

2.Ajratilgan izoh aniqlovchi o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi:

1)Ajratilgan izoh qaratqich aniqlovchi o’zidan oldingi qaratqich aniqlovchini izohlaydi: Bir necha kishilarning, ayol va erkaklarning qorasi ko’rindi.
2)Ajratilgan sifatlovchi-aniqlovchi aifatlanmishdan keyin kelib uni izohlaydi: G’ulomov, yalang bosh, tollar tagida aylanib yuradi.
3)Ajratilgan izohlovchi kishilik olmoshlari, ot va otlashgan so’zlar bilan ifodalanib, o’zidan oldin kelgan bo’lakni izohlaydi: Biz, yoshlar, buni esdan chiqarmasligimiz kerak.

3.Ajratilgan izoh hol gapda o’zidan oldingi holni izohlab keladi. Quyidagi hol turlari ajratiladi:

1)O’rin: Uning qo’lidan ushlab ichkariga, mehmonxonaga, boshldi.
2)Payt: Anjuman bugun, soat beshda, boshlanadi.
3)Ravish (vaziyat): Qo’llar ishlar tez — mo’jizakor.
4)Maqsad: Shaharga borish uchun, ya’ni o’g’limni ko’rish uchun, ulov qidirdim.
5)Miqdor-daraja: Bugun sizni yana, ikkinchi marta kechirishdi.

Ko’pincha ravishdosh va sifatdosh bilan ifodalangan hollar ham kengaygan holda ajratilishi mumkin (bular ayrim darsliklarda ravishdosh o’ram va sifatdosh o’ram deb ataladi): O’zidan o’zi hadiksirab, atrofga olazarak boqadi. Otasi, ikki qo’ltig’ida narsa ko’targan holda, yo’lga tushdi.
  Ba’zan kesim ham ajratilishi mumkin:

1)Fe’l-kesim: Men unga yordamlashdim — supurdim, tozaladim.
2)Ot-kesim: U shoir — inson ruhining bilimdoni.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 May 2008, 17:38:04
19.6. Ajratilgan izoh bo’laklarda tinish belgilarining ishlatilishi.

  Yozma nutqda izoh bo’laklar ko’pincha vergul va tire bilan ajratiladi:

1.Izoh bo’laklar ikki tomonidan vergul bilan ajratiladi: Kanal bo’yidagi choyxonada, avtobus bekatida, A’zamjon uchradi.
2.Izoh bo’laklarning o’z ichida vergul bo’lsa, ikki tomoniga tire qo’yiladi: Endi odamlar — otliq, piyoda, yoshqari — uchray boshladi.
3.Bosh kelishikdagi kishilik olmoshini izohlagan bo’laklardan avval tire, keyin vergul qo’yiladi: Men — Saidova Ra’no, VII sinfda o’qiyman.

  Yozma nutqdagi Otam — Ilyos Samadov, zavodda ishlaydi kabi gaplarda ham shunday.


Keyingi mavzu: Gapning tuzilish jihatidan turlari.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:21:56
                                       Gapning tuzilish jihatidan turlari.

  Gaplar tuzilish jihatdan ikki xil bo’ladi va ular o’zaro grammatik asoslar miqdoriga ko’ra farqlanadi:

1.Sodda gaplarda bitta ega va kesim munosabati, ya’ni bitta grammatik asos mavjud bo’ladi: Dars boshlandi. Yomg’ir yog’yapti.
2.Qo’shma gaplarda ikki va undan ortiq ega va kesim munosabati, ya’ni grammatik asos mavjud bo’ladi: Qo’ng’iroq chalindi va dars tugadi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:22:35
20.1. Sodda gaplar va ularning turlari

  Sodda gaplar grammatik sosga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:

1)Bir bosh bo’lakli gaplarning grammatik asosida bir bosh bo’lak mavjud bo’ladi: Ota-onalarga yordam berdik.
2)Ikki bosh bo’lakli gaplarning grammatik asosida har ikkala bosh bo’lak ham, ya’ni ega va kesim ham qatnashadi: Biz maktabga bordik.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:23:37
                               20.1.1. Ikki bosh bo’lakli gaplarning turlari.

1.Yig’iq ikki bosh bo’lakli gaplar tarkibida bosh bo’laklargina mavjud bo’ladi: O’quvchilar yig’ildilar. Ba’zan ega va kesim birikma bilan ifodalanib, kengayib keladi va ikkinchi darajali bo’laklar borga o’xshab ko’rinadi, lekin bu gaplar ham yig’iq gaplar hisoblanadi: Yigit ham shunaqa bo’ladimi? Ikki dugona termilib qolishdi.
2.Yoyiq ikki bosh bo’lakli gaplar tarkibida bosh bo’laklardan tashqari, ikkinchi darajali bo’laklar ham qatnashadi: O’quvchilar maktab zaliga yig’ildilar.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:25:25
20.1.2. Bir bosh bo’lakli gaplarning turlari.

1.Shaxsi ma’lum (aniq) gaplar kesimiga qarab egani aniqlash mumkin bo’lgan gaplardir: Yutuqlar oldida esankiramaylik (Biz).

2.Shaxsi noma’lum (noaniq) gaplar kesimiga qarab ish-harakatning haqiqiy bajaruvchisini aniqlash mumkin bo’lmagan gaplardir: Yaxshini maqtaydilar, yomonni uyaltiradilar. (kesim 3-shaxsdagi fe’l bilan ifodalanganda, shaxsi ma’lum va shaxsi noma’lum gaplar quyidagicha farqlanadi: shaxsi ma’lum gapda so’zlovchi o’ziga tanish shaxs haqida so’z yuritadi, shaxsi noma’lum gapda esa o’zi shaxsan tanimagan shaxs (lar) haqida so’z yuritadi: Bugun keldi — shaxsi ma’lum gap. Sevgini chidaganga chiqargan — shaxsi noma’lum gap).

3.Shaxsi umumlashgan gaplar mazmunan har uchala shaxsga taalluqli bo’lgan gaplardir: Sanamay sakkiz dema.

  Bunday gaplarning kesimi odatda, II shaxs birlikda buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalansa ham, mazmunan barchaga qaratilgan bo’ladi, shuning uchun ega ifodalanmaydi. Xalq maqollari shaxsi umulashgan gaplar orqali ifodalanadi: Bugungi ishni ertaga qo’yma.

4.Shaxsi topilmas (shaxssiz) gaplar egasini topib ham, gap tarkibiga kiritib, ham bo’lmaydigan gaplardir: U yerda intizom haqida so’zlashga to’g’ri keldi.

  Shaxsi topilmas gaplarning kesimlari III shaxs mavjud nisbatdagi fe’llar, bo’ladi, bo’lmaydi so’zlari orqali, -mas qo’shimchali so’z orqali, harakat nomidan keyin kerak, zarur, lozim, mumkin so’zlarini keltirish orqali ifodalanadi: Raisning o’zi haqida gapirilsin! Mehnatsiz rohatga erishib bo’lmaydi. Oyni etak bilan yopib bo’lmaydi. Ertalabki salqinda yetib borish kerak.

5.Atov (nominativ) gaplar bosh kelishikdagi ot orqali ifodalangan grammatik asos yordamida ifodalangan narsa-buyumning borligini, mavjudligini anglatadi va ko’pincha badiiy va publitsistik asarlarda payt va o’rinni ifodalash uchun ishlatiladi: Kuz. Izg’irin shabada esyapti. Atov gaplar matnda yolg’iz qo’llanmaydi, ulardan keyin uning mazmunini ochuvchi boshqa bir gap kelishi zarur.

Atov gaplarning oxirga, odatda nuqta qo’yiladi, agar kuchli ohang bilan aytilsa, undov belgisi qo’yiladi: Tog’lar! Baland tog’lar!

6.Infinitiv gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so’z yoki so’z birikmasidan iborat bo’lgan gaplardir: Sevish! Bu qanday baxt! Birovni kutish! Bundan azob narsa bo’lmasa kerak!
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:26:08
20.1.3. So’z-gaplar haqida ma’lumot.

  Nutqda ha, yo’q, xo’p, mayli so’zlari hamda eh, uh kabi undovlar bilan ifodalangan so’z-gaplar ham qo’llanadi. Bu gaplar sodda gaplarning bir turi hisoblanadi: Ertaga unikiga borasizmi? — Ha.
  So’z-gaplar tasdiq, inkor, so’roq his-hayajon ifodalovchi turlarga bo’linadi. Yozuvda so’z-gaplarning oxiriga nuqta, undov belgisi, ko’p nuqta qo’yilishi mumkin. Ha, yo’q, mayli so’zlaridan keyin vergul qo’yilib, keyin gap bo’laklari qo’llansa, bu so’zlar kirish so’zlar hisoblanadi va so’z-gaplar hisoblanmaydi: - Kecha muzeyga bordingizmi? — Ha, bordik.
  Ofarin, tashakkur, rahmat, barakalla, salom, marhamat, uzr kabi so’zlar bilan ifodalanib, minnatdorlik, salomlashish, kechirim, iltimos kabilarni ifodalaydigan gaplar ham so’z-aplar hisoblanadi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:27:09
20.1.4. To’liq va to’liqsiz gaplar haqida ma’lumot.

  Fikrni ifodalash uchun zarur bo’lgan gap bo’laklarining barchasi qatnashgan gaplar to’liq gaplar deyiladi: Ulardan xat keldimi?
  Nutq vaziyatidan ma’lum bo’lgan ayrim bo’laklari tushirilgan gaplar to’liqsiz gaplar deyiladi: - Siz maktabga borasizmi? — Boraman (ega — men, hol-maktabga tushirilgan).
  To’liqsiz gaplarning turlari:

1)Dialogik nutq tarkibidagi: Kim kelmadi? Ahmad.
2)Ibora tarzidagi: Tug’ilgan kuningiz bilan! Navro’zingiz muborak!
3)Qo’shma gap tarkibidagi: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod (qoladi).

 To’liqsiz gaplar suhbatda, so’zlashuv nutqida va badiiy asarlarda ko’proq qo’llanadi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:27:39
20.2. Undalmali va kirish so’zli gaplar haqida ma’lumot.

 Nutqda gap bo’laklari bilan grammatik bog’lanmaydigan so’zlar qatnashadigan gaplar ham qo’llanadi. Bunday so’zlar ma’no jihatidan butun gapga yoki uning biror bo’lagiga aloqador bo’ladi. Bular undalma, kirish so’z, kirish birikma va kirish gaplardir. Bunday birliklarga sintaktik aloqa amal qilmaydi, ular boshqa gap bo’laklari bilan sintaktik jihatdan bog’lanmaydi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:28:29
20.2.1. Undalma.

  So’zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so’z undalma deyiladi. Undalma odatda ikkinchi shaxsga qaratilgan bo’ladi. She’riy asarlarda shoir ba’zan o’ziga, ya’ni so’zlovchiga ham qarata murojaat qilishi mumkin: Nazm tuz, Erkin, axir, erkin zamondur bu zamon. — Undalma boshqa gap bo’laklari bilan faqat mazmunan bog’langan bo’ladi.
  Ayrim hollarda, ayniqsa she’riy asarlarda hayvonlar, qushlar, jonsiz narsalarning nomini bildirgan so’zlar ham undalma bo’ladi: Quyosh, nuring to’ka ber mo’l-ko’l! Bahor, ketma bizning bog’lardan! Bir so’z bilan ifodalangan undalma yug’iq undalma deyiladi: Bugun menga bir qarashib yubormaysanmi, Otabek? So’z birikmasi bilan ifodalangan undalma yoyiq undalma deyiladi: Ey, usta Parfi, keling, bormisiz? Undalmani kuchli ifodalash uchun undalmadan oldin, e, ey, hoy, obbo kabi undovlar ham qo’llanadi, bulardan keyin vergul qo’yiladi.
  Undalmalar quyidagicha ifodalanadi:

1)Ot: Hamid, badiiy o’qish to’garagiga qatnashasanmi?
2)Olmosh: Hoy, sen, menga qarachi.
3)Otlashgan so’zlar: Shunday demaysizmi, azizim! (sifat)
4)Undov so’zlar: Hoy! Beri keling!
5)So’z birikmalari bilan: Hoy, soqoling ko’ksingga to’kilgur!
6)Iboralar bilan: Hoy, yigit tushmagur, nima qilib qo’yding!

  Undalma gapning boshida kelsa, undalmadan so’ng, gap o’rtasida kelsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kelsa, undalmadan oldin vergul qo’yiladi: So’zla, ko’zgujon, Haqiqatni et bayon!
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:29:59
20.2.2. Kirish so’z, kirish birikmava kirish gaplar haqida

So’zlovchining o’zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so’z kirish so’z, shunday so'z birikmasi esa kirish birikma deb yuritiladi.Kirish so’zlar va kirish birikmalar asosan modal so’zlar bilan ifodalanib, quyidagi ma’nolarni bildiradi:

1.Ishonch va tasdiqni: Albatta, shubhasiz, ma’lumki, haqiqatan, darhaqiqat, haqiqatan ham, so’zsiz.
2.Gumonni: ehtimol, shekilli, chamasi, balki, taxminimcha, mumkin.
3.Shodlik va achinishni: baxtimga, batxga qarshi, attang, afsus.
4.Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligini: menimcha, mening fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, sizningcha.
5.Bayon qilingan fikrning tartibini: birinchidan, ikkinchidan,"¦
6.Bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog’liqligini: demak, shunday qilib, umuman, aksincha, ba’zan, aks holda , xullas, shuningdek, ayniqsa, asosan, binobarin, xususan.
7.Tasdiq yoki inkorni: ha, yo’q, mayli, to’g’ri.

  Kirish so’z yoki birikma gapning boshida kelsa, undan keyin, gapning o’rtasida kelsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kelksa, undan oldin vergul qo’yiladi: Nihoyat, ular jo’nashdi. Ular, nazarimda, ketishdi. Hali-beri qishning keti ko’rinmaydi, shekilli.
  So’zlovchining o’zi bayon qilgan fikrga qo’shimcha mulohazasini bildirgan gap kirish gap deyiladi. Kirish gap asosiy fikrni to’ldirish, izohlash uchun ishlatiladi. Kirish gap, odatda, vergul bilan ajratiladi: Biz, sinf rahbarimiz aytdi, ertaga sayohatga boramiz.
  Kirish gap yoyiq bo’lsa, tire bilan ajratiladi yoki qavs ichiga olinadi: Mirzakarimboy boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoqlikni yomon ko’rar edi), ba’zi vaqt ichidan faxrlanadi (O.). Qabulxona — bu yer ilgari katta boyning mehmonxonasi bo’lgan bo’lsa kerak — qorong’u edi.

  Kirish gaplarning tuzilish jihatidan turlari:

1)Bir bosh bo’lakli: U yog’ini so’rasang, aytaymi, men bunga  rozi emasman.
2)Ikki bosh bo’lakli: Ibrohimov, Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o’z ilmidan bahramand qildi.

Keyingi mavzu: "œQo’shma gap va uning turlari."

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:41:39
Qo’shma gap va uning turlari.

21.1. Qo’shma gap haqida umumiy ma’lumot.

  Ikki yoki undan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan tuzilgan gap qo’shma gap deyiladi. Eshik sekin ochildi-yu, Qalandarovning yuzi ko’rindi.
  Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi  ishtirok etsa, qo’shma gap tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi qatnashadi.
  Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar o’zaro bog’lovchilar, yuklamalar, ko’makchilar va fe’l shakllari hamda ohang orqali bog’lanadi.
  Mazmun munosabati va bog’lovchi vositalarining qo’llanilishiga ko’ra qo’shma gaplar 3 xil bo’ladi: bog’langan qo’shma gaplar, ergash gapli qo’shma gaplar va bog’lovchisiz qo’shma gaplar.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:42:53
21.2. Ergash gapli qo’shma gaplar va ularning turlari.

  Birdan ortiq sodda gaplarning mazmun jihatidan tobe-hokim munosabati asosida, ya’ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo’shma gap ergash gapli qo’shma gap deyiladi: Ildiz oziq bersa, novda ko’karar. Ergashgan qo’shma gapda bosh gap va ergash gap bo’ladi.

  Boshqa gapni o’ziga tobe qilib kelgan gap bosh gap hisoblanadi. Bosh gapga ergashib, uni izohlab kelgan gap ergash gap deyiladi: Ta’til boshlangach, biz shaxmat musobaqasini o’tkazamiz. Bu gapda Ta’til boshlangach, gapi ergash gap, Biz shaxmat musobaqasini o’tkazamiz gapi esa bosh gap. Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo’lagini izohlaydi: Rais kirgach, hamma tinchlandi gapida ergash gap bosh gapni butunicha izohlayapti. Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg’iz emas gapida esa ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan to’ldiruvchini (shuni) izohlayapti. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: O’qituvchi, qo’ng’iroq chalingach, sinfga kirdi. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida qolgan.

  Ergash gaplar bosh gaplarga chunki, shuning uchun, -ki, -agar, garchi, mabodo, go’yo (ki) (ayrim darsliklarda go’yo bog’lovchisi bog’lovchi vazifasidagi so’z deb atalgan) kabi ergashtiruvchi bog’lovchilar, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari, shuningdek, yuklama, ko’makchilar, turli vazifadagi ko’rsatish olmoshlari, sababli, tufayli, deb so’zlari orqali bog’lanadi: 1. Biz kitobni sevamiz, chunki u bilim manbaidir. 2. Hosil to’kin bo’lsa, to’ylar to’xtamas.

ESLATMA: kesimi tarkibida —ki, shuning uchun bog’lovchisi qatnashgan gaplar ko’pincha bosh gap hisoblanadi, kesimi tarkibida —sa, -sa ham, -b (-ib), -gach, -guncha, -ganda, -r (-ar), ekan bog’lovchi vositalari, shuningdek, ko’makchilar, chunki, agar, go’yo (ki), toki bog’lovchilari qatnashgan gaplar esa har doim ergash gap hisoblanadi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 14 Iyun 2008, 15:13:37
1. Ega ergash gapli qo'shma gap.
  Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan egani izohlagan ergash gap ega ergash gap deyiladi. Ega ergash gap bosh gap bilan birgalikda ega ergash gapli qo'shma gap hisoblanadi. Ega ergash gap -ki bog'lovchisi va fe'lning shart maylidagi qo'shimchasi -sa hamda so'roq ko'rsatish olmoshlari (kimki-u, kimki-o'sha, kimki-o'zi, nima-o'sha, nimaiki -hammasi) yordamida bog'lanadi: Kimki yomonlar suhbatidan qochsa, o'sha yaxshilar suhbatiga erishadi. Ba'zan bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi bilan ifodalangan ega tushirilishi mumkin. Sizga ayonki, so'z o'z o'z oilangizdansiz. Bu gapda shu (ega) tushirlgan.

Sxemasi quyidagicha:

1. Kim ..... -sa, u ..... .
2. Kim .....-sa, o'zi ..... .
3. Kimki .....-sa, u ..... .
4. Kimda-kim ..... -sa, u ..... .
5. Nimaiki ..... -sa, o'sha ..... .
6. Nima ..... -sa, o'sha ..... .
7. Shunisi ..... -ki, ..... .
8. .....-ki, ..... .
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 14 Iyun 2008, 15:15:42
2. Kesim ergash gapli qo’shma gap.

  Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesimni izohlagan ergash gap kesim ergash gap bosh gap bilan birgalikda kesim ergash gapli qo’shma gapni hosil qiladi: Uch og’ayni botirlarni eng yaxshi fazilati shuki, ular xalqdan ajralib qolishni istamaydilar.  Kesim ergash gaplar bosh gapga —ki bog’lovchisi, o’rin-payt va bosh kelishigidagi shu, kimsan olmoshlari yordamida bog’lanadi. Ba’zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesim tushiriladi: Yaxshisi, sen darsingni tayyorlagin. Sxemasi quyidagicha:

1."¦.. shuki, "¦.. .
2."¦.. shu yerdaki, "¦.. .
3."¦.. shundaki, "¦.. .
4."¦.. shundayki, "¦.. .

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 14 Iyun 2008, 15:18:04
3. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplar.
  Bosh gapdagi ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan to’ldiruvchini izohlagan ergash gap to’ldiruvchi ergash gap deyiladi. To’ldiruvchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gapni tashkil etadi. To’ldiruvchi ergash gap, odatda, bosh gapga —ki bog’lovchisi, shart mayli qo’shimchasi —sa yordamida bog’lanadi. Shuni bildimki, har bir yangilik bexosiyat bo’lmaydi. Kimda gumoning bo’lsa, uni ko’zdan qochirma. Bosh gap tarkibidagi shuni, shunga, shundan kabi to’ldiruvchilar qatnashadi. Ba’zan bu to’ldiruvchilar tushirilishi mumkin. Iltimos qilamanki, oldin rais so’zlasinlar. Bu gapda shuni tushirilgan. Sxemasi quyidagicha:

1.Shuni "¦.. —ki, "¦.. .
2.Shundan "¦.. —ki, "¦.. .
3.Shunga "¦.. —ki, "¦.. .
4."¦.. —ki, "¦.. .
5.Nima (ni) "¦..sa, uni "¦.. .
6.Kimda "¦.. sa,uni "¦.. .
7.Nima bilan "¦..-sa, o’shani "¦.. .
8.Buni "¦..-ki, "¦.. .

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 14 Iyun 2008, 15:19:53
4.Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap.
  Bosh gapda aniqlovchi bo’lib  kelgan olmosh va ayrim sifatdoshlarni aniqlab kelgan ergash gap aniqlovchi ergash gap ,deyiladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap deb yuritiladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan —ki bog’lovchisi bilan (bunda bosh gap tarkibida ko’pincha aniqlovchi bo’lib kelgan shunday, ayrim, ba’zi so’zlari ishtirok etadi) yoki shart mayli qo’shimchasi —sa bilan (bunda ergash gap tarkibida qanday, qaysi, kimning kabi olmoshlar, bosh gap tarkibida esa shu, shunday, o’sha, uning, ba’zi, bir xil, ayrim, bir, bir qancha kabi olmoshlar bo’ladi) bog’lanadi: 1. Shunday inson haqida xabar keltirdimki, uning har bir so’zi gavhardir. 2. Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, uning yo’li ham to’g’ri. Ba’zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan aniqlovchi tushirilishi mumkin: Odam borki, hayvon undan yaxshiroq. Sxemasi quyidagicha:

1.Shunday "¦..-ki, "¦.. .
2."¦.. shunday "¦..-ki, "¦.. .
3."¦..shunday "¦..-ni "¦..-ki,unday "¦.. .
4."¦.. shunday(aniql.) "¦..-ki, "¦.. .
5."¦.. shunday(hol) "¦..-ki, "¦.. .
6."¦..qaysi "¦..-sa, o’sha "¦.. .

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 14 Iyun 2008, 15:21:15
5.Ravish ergash gapli qo’shma gap.
  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirgan ergash gap ravish ergash gap deyiladi. Ravish ergash gap bosh gap bilan birga ravish ergash gapli qo’shma gapni tashkil etadi; bog’lovchi vositalar: -b (-ib), -may, -masdan, deb. Yulduzlar bitta-bitta so’nib, ufq oqara boshladi. Naimiyning biror ishi o’ngidan kelmasdan, umri bekorga o’tib ketdi. Chambil obod bo’ldi deb, kelayotir Avazxonday zo’ravon.

Sxemasi quyidagicha:

1."¦..-ib, "¦.. .
2."¦..-may, "¦.. .
3."¦..-masdan, "¦.. .
4."¦..deb, "¦.. .
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 14 Iyun 2008, 15:23:30
6.Payt ergash gapli qo’shma gap.

  Bosh gapdagi ish-harakatning paytini bildirgan ergash gap payt ergash gap deyiladi. Payt ergash gap bosh gap bilan birga payt ergash gapli qo’shma gapni tashkil qiladi. Payt ergash gap bosh gapga bog’lovchi vositalar: U kelguncha, hamma tarqalgan edi. Otliqlar jarlik osha tepaliklardan ko’tarilgandan keyin cho’l boshlandi. Qushlar to’p-to’p bo’lib uchsa, havo ochiq bo’ladi.
  Sxemasi quyidagicha:

 
1."¦.. —ganda, "¦.. .
2."¦..-gan zamon, "¦.. .
3."¦..-gan vaqtda, "¦.. .
4."¦..-gan paytda, "¦.. .
5."¦..-gandan keyin,"¦.. .
6."¦..-gunga qadar,"¦.. .
7."¦..-gan edi, "¦.. .
8."¦..-ganicha yo’q edi, "¦.. .
9."¦..-ar ekan, "¦.. .
10"¦..-sa, "¦.. .
11."¦..-masdan avval, "¦.. .
12."¦..-ib, "¦.. .
13."¦..-gach, "¦.. .
14."¦..-kuncha, "¦.. .
15."¦..-may, "¦.. .
16."¦.. —ishi bilan(oq), "¦.. .
 

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 14 Iyun 2008, 15:25:35
7. O’rin ergash gapli qo’shma gap.
Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilgan o’rnini bildirgan ergash gap o’rin ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birgalikda o’rin ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Qayerda intizom kuchli bo’lsa, shu yerda tartib bo’ladi. Bog’lovchi vositalar: -sa (qayerdan, qayerga, qayga, qayerda, shu yerda, o’sha yerda, shunda, shu yerga, shu yerdan, u yerda), -mang, masin, ekan: Qayerda suv bo’lsa, o’sha yerda hayot bo’ladi.

  Sxemasi quyidagicha:

1."¦..qayerga "¦..-sa, o’sha yerga, "¦.. .
2."¦..qayerda "¦..-sa, o’sha yerda, "¦.. .
3."¦..qayga "¦..-sa, o’sha yerda, "¦.. .
4."¦..-mang, u yerda "¦.. .
5."¦..-masin, o’sha yerda "¦.. .
6."¦..qayerda, shu yerda "¦.. .
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyun 2008, 10:07:31
8. Sabab ergash gapli qo'shma gap.

  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini bildirgan ergash gap sabab ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga sabab ergash gapli qo'shma gap deb nomlanadi. Qayrilishlar tobora ko'payib, mashinaning tezligi susaya boshladi. Sxemasi quyidagicha:

1. .....,shuning uchun .....
2......-ganidan, .....
3. .....-gani uchun .....
4. .....-ganidan keyin .....
5. .....-ganidan so'ng, .....
6. .....shekilli, .....
7. .....-gunga qadar .....
8. .....-gan bo'lsa kerak, .....
9. .....-mi, .....
10. .....,chunki, .....
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyun 2008, 10:09:23
9. Maqsad ergash gapli qo’shma gap.

  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning nima maqsadda yuzaga kelishini bildirgan ergash gap maqsad ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga maqsad ergash gapli qo’shma gap deb nomlanadi. Bog’lovchi vositalar: -de, -sin deb, -ar deb, -sa deb, -mi ekan (deb, deya, uchun), toki: Odamlar yaxshi yashasin deb, tinchlikka imzo chekdi. G’o’za miriqib ichsin uchun, suv tekis oqiziladi. Sxemasi quyidagicha:
1."¦..deb, "¦..
2."¦..-sin deb, "¦..
3."¦..-di deb, "¦..
4."¦..-ar deb,"¦"¦
5."¦..-sa deb, "¦..
6."¦..-mi ekan deb, "¦..
7."¦..-deya,"¦..
8."¦..uchun,"¦..
9."¦.., toki "¦..
10"¦.., "¦..-sin deb.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyun 2008, 10:10:35
10.Shart ergash gapli qo’shma gap.

Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qanday shart bilan bajarilishini bildirgan ergash gap shart ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga shart ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Bog’lovchi vositalar: -sa, -sa edi, agar, mabodo, bordi-yu, -ganda (edi), -r(-ar) ekan, -gan ekan, -mi bo’lmasa, yo’qsa, -may, bo’lay desang, -sinki: Agar suv bo’lsa, cho’lu sahrolar bo’stonga aylanadi. Sxemasi quyidagicha:

1.(Agar) "¦..-sa,"¦..
2.(Agar) "¦..-sa edi,"¦..
3.(Agar)"¦..-ganda,"¦..
4.(Agar) "¦..-ganda edi,"¦..
5.(Bordi-yu)"¦..-r(-ar) ekan, "¦..
6.(Mabodo) "¦..gan ekan, "¦..
7.(Agar) "¦..-moqchi ekan, "¦..
8."¦..-mi, "¦..
9."¦.., bo’lmasa "¦..
10."¦.., yo’qsa "¦..
11."¦..-may, "¦..
12."¦..-masdan avval, "¦..
13."¦..bo’lay desang, "¦..
14."¦..-sinki, "¦..
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyun 2008, 10:11:27
11. To’siqsiz ergash gapli qo’shma gap.

  Bosh gapning mazmuniga zid bo’lsa ham, unda ifodalangan voqea-hodisaning yuzaga kelishiga to’siq bo’la olmaydigan fikrni anglatgan ergash gap to’siqsiz ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga to’siqsiz ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Bog’lovchi vositalar: -sa ham(ki), qancha, qanchalik, naqadar, garchi, garchand, -ganda ham, -sa-da, -ganda-da, -gani bilan, -masin, qaramay, qaramasdan, -i(-ib), -gani holda, -di hamki, xoh"¦xoh, (-sa, -masa), -sa: Quyosh yashiringan bo’lsa ham, kunduzning yorug’ligi hali so’nmagan edi. Ba’zan garchi so’zi qo’llanishi mumkin. Sxemasi quyidagicha:

1.Qancha "¦..-sa ham, "¦..
2.Qancha"¦..-sa hamki,"¦..
3."¦..-ganda ham, "¦..
4."¦..-sa-da, "¦..
5."¦..-gani bilan,"¦..
6."¦..-masin,"¦..
7."¦..-qaramay,"¦..
8."¦..qaramasdan,"¦..
9."¦..-gani holda,"¦..
10."¦..hamki, "¦..
11.Xoh"¦..xoh, "¦..
12."¦..-sa"¦-masa, "¦..
13."¦..-sa"¦-diki,"¦..
14."¦..-sa, "¦..


Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyun 2008, 10:12:12
12. O’xshatish ergash gapli qo’shma gap.
  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qay tarzda bajarilishini o’xsahtish yo’li bilan bildirgan gap o’xshatish ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga o’xshatish ergash gapli qo’shma gap deyiladi: Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yog’ni to’ldirgan, go’yo kechaning o’zi kuylaydi. Sxemasi quyidagicha:

1."¦..kabi, "¦..
2."¦..-day, "¦..
3."¦..singari, "¦..
4."¦..yanglig’, "¦..
5."¦..-ki, go’yo "¦..
6."¦..-ki, xuddi "¦..
7.Go’yo "¦..-ganday, "¦..
8."¦..degandek, "¦..
9."¦..qanday "¦-sa, shunday "¦..
10."¦..-guncha, "¦..
11."¦..-gandan ko’ra, "¦..
12."¦..ishdan ko’ra, "¦..
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyun 2008, 10:13:04
13. Natija ergash gapli qo’shma gap

  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini bildirgan gap natija ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga natija ergash gapli qo’shma gap deb nomlanadi. Natija ergash gap bosh gapga —ki bog’lovchisi yordamida bog’lanadi. Bosh gap tarkibida shunday, shu qadar, shunchalik, shu darajada, shuncha, chunon kabi so’zlar, ergash gaplar tarkibida esa natijada, oqibatda, hatto kabi so’zlar qo’llanishi mumkin: Do’l bir zumjda shunday yog’diki, yer oppoq bo’lib ketdi. Azimboy shunday zulm o’tkazdiki, oqibatda xalqning sabr-kosasi to’ldi. Sxemasi quyidagicha:

1."¦.shunday "¦-ki, natijada "¦
2."¦..shu qadar "¦-ki, oqibatda "¦
3."¦shunchalik "¦-ki, "¦..
4."¦shu darajada "¦-ki, "¦..
5."¦shuncha "¦..-ki, "¦..
6."¦chunon "¦.-ki, "¦.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyun 2008, 10:16:44
14.Miqdor-daraja ergash gapli qo’shma gaplar.

  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilishi miqdor-darajasini bildirgan ergash gap miqdor-daraja ergash gap deyiladi. Bu gaplar bosh gap bilan birga  miqdor-daraja ergash gapli qo’shma gap deb yuritiladi: U qancha qizishsa, men shuncha sovuqqon tus oldim.
  Sxemasi quyidagicha:

1."¦qancha "¦-sa, "¦shuncha "¦
2."¦qanchalik "¦-sa, "¦shunchalik "¦
3."¦qancha "¦-sa, "¦shunchalik "¦
4.qanchalik "¦-gan sayin, "¦shunchalik "¦


Keyingi mavzu: "Bog'langan qo'shma gaplar"
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 29 Iyun 2008, 15:07:05
                              22.1.Bog’langan qo’shma gaplar.

  Teng munosabatdagi sodda gaplarning o’zaro teng bog’lovchilar yordamida bog’lanishidan tuzilgan qo’shma gap bog’langan qo’shma gap deyiladi: Kechasi qalin qor yog’di, lekin havo sovimadi.
  Tarkibidagi sodda gaplarning o’zaro mazmun-munosabatiga ko’ra bog’langan qo’shma gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Biriktiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar:  bunday bog’langan qo’shma gaplar tarkibidagi soda gaplar o’za va, hamda bog’lovchilar, -u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog’lanadi va bir paytda yoki ketma-ket ro’y bergan voqea-hodisalarni ifodalaydi: Mashgu’lotlar tugadi va hamma o’z uyiga tarqaldi. Odam qo’li tegdiyu, tashlandiq yerlar obod bo’ldi. Qattiq izg’irin ko’tarildi-da, hech kim uyidan chiqmay qo’ydi.
2.Zidlov munosabatli bog’langan qo’shma gaplar va ularda tinish belgilarining ishlatilishi. Bunday gaplar tarkibidagi soda gaplar o’zaro ammo,lekin,biroq bog’lovchilar, -u(-yu) yordamida bog’lanadi: Yurtimizning bu kuni chiroyli,lekin ertasi,indini yanada chiroyliroq,baxtliroq bo’ladi. Havo ochildi-yu, harorat sezilmadi.

Ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog’lovchisi va bu vazifada qo’llangan —u(-yu) yuklamasi birga ishlatiladi: Kechasi qor yog’di-yu, lekin havo unchalik sovimadi. Yozuvda zidlov bog’lovchilaridan oldin, yuklamalardan keyin vergul qo’yiladi.
 
3.Ayiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar va ularda vergulning ishlatilishi. Bunday gaplardagi soda gaplar o’zaro ayiruv bog’lovchilari goh..goh, yo"¦yo, yoki"¦yoki, ba’zan"¦ba’zan, dam"¦dam, yoxud"¦yoxud yordamida bog’lanadi. Ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar voqea-hodisalarning galma-gal bo’lishini yoki ulardan biri bo’lishini ifodalaydi: Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitilib qolar edi.

Takrorlanib qo’llangan ayiruv bog’lovchilarning ikkinchisidan oldin vergul qo’yiladi, ayiruv bog’lovchilar yakka qo’llansa, hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi.

4.Inkor munosabatli bog’langan qo’shma gaplar. Bunday gaplar qismlari o’zaro na inkor yuklamasi orqali bog’lanadi va orasiga vergul qo’yiladi: Na suv bor, nab iron yegulik qolibdi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 29 Iyun 2008, 15:09:05
                                   22.2. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar.

  Maxsus bog’lovchi vositalarsiz asosan ohang yordamida birikkan soda gaplardan tuzilgan qo’shma gaplar bog’lovchisiz qo’shma gaplar deyiladi: Bunday qo’shma gap qismlari ohangdan tashqari ayrim so’zlarning takrorlanishi, gap qurilishi, umumiy bo’laklar vositasida birikadi: Kech kirdi, tevarak atrofga qorong’ulik tusha boshladi. Bu qo’shma gapdagi soda gaplar o’zaro faqat ohang yordamida bog’langan, ularning o’rnini almashtirib bo’lmaydi.

  Bog’lovchisiz qo’shma gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Bog’langan qo’shma gap sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap: Tig’ yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi.
2.Ergashgan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap: Hamal kirdi — ekinga amal kirdi (payt). Qor yog’di — don yog’di (o’xshashlik)
3.Bog’lovchili qo’shma gapga sinonim bo’lmagan bog’lovchisiz qo’shma gap: Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi (Sh.)
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 29 Iyun 2008, 15:12:33
                                     22.3. Bir necha ergash gapli qo’shma gap.

  Birdan ortiq ergash gap bir bosh garpga tobelanib kelsa, bir necha ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Bunday gaplar tarkibidagi ergash gaplar bosh gapdan, shuningdek, bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Tomosha zaliga kirganimda, chiroq o’chib, parda projector nurida porlab turardi.
  Bu gaplardagi ergash gaplar bosh gapga quyidagicha bog’lanadi:

1.To’g’ridan-to’g’ri ergashish (birgalik ergashish). Ergash gaplarning har biri to’g’ridan-to’g’ri bosh gapga bog’lansa, birgalik ergashish deyiladi. Bunday gaplardagi ergash gaplar: 1) bir xil ergash gaplar (uyushgan) bo’ladi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko’payadi. 2) har xil ergash gaplar (uyushmagan) bo’ladi: Bordi-yu, rost bo’lsa, hammasi emas, yarmi rost bo’lganda ham, juda xunuk gap-ku!
2.Ketma-ket ergashish. Har bir ergash gap to’g’ridan-to’g’ri bosh gapga bog’lanmasdan, biri ikkinchisiga ketma-ket bog’lansa, ketma-ket ergashish deyiladi. Bunday gaplar tarkibida turli xil ergash gaplar qatnashadi: Bahorda havo noqulay kelib, g’o’zaning parvarishi kechikkan bo’lsa ham, hosil mo’l bo’ldi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 29 Iyun 2008, 15:17:55
                                    22.4. Aralash turdagi qo’shma gaplar.

  Tarkibida ham ergashgan qo’shma gap, ham bog’langan qo’shma gap yoki bog’lovchisiz qo’shma gap ishtirok etgan gaplar aralash turdagi qo’shma gaplar deyiladi. Bunday qo’shma gaplar to’rt va undan ortiq soda gaplardan ham tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 09 Iyul 2008, 15:27:32
                               23. O’zgalarning nutqini ifodalash usullari.

  Muallif o’z nutqida boshqalar ifodalagan fikrlardan ham foydalanishi mumkin. Bunday fikrlar ko’chirma gap, o’zlashtirma gap va ko’chirma shaklida beriladi.

                                      23.1. Ko’chirma gap.

  O’zgalarning hech o’zgarishsiz berilgan gapi ko’chirma gap deyiladi. Ko’chirma gapda ikki xil gap bo’ladi: ko’chirilgan gap va muallif gapi. Muallif gapining kesimi dedi, deb so’radi, deb javob berdi, gapirdi, so’zladi, aytdi kabi fe’llar bilan ifodalanadi.
  Ko’chirilgan gap muallif gapidan avval, undan keyin uning ichida, uning ikki tomonida kelishi mumkin: "œMehnat ishtaha ochar", - deydi bobom. Cho’pondan so’radik: "œBu qo’ylar kimning qo’yi?". "œMen , - dedi u, - ertaga kelaman".
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 09 Iyul 2008, 15:32:25
                         23.2. Ko’chirma gapda tinish belgilarining ishlatilishi.

  Ko’chirilgan gap qo’shtirnoq ichiga olinadi, badiiy asarlarda tire bilan ajratib beriladi.
  Ko’chirma gapda, ko’chirilgan gapning o’rniga qarab, tinish belgilarining ishlatilishi quyidagicha bo’ladi:

1.Ko’chirilgan gap darak gap bo’lib, muallif gapidan oldin kelsa, undan keyin vergul, tire qo’yiladi:  "œYuring men o’sha tomonga boraman", - dedi Komila (badiiy asarlarda tire ishlatiladi.) So’roq va undov belgilari qo’shtirnoq yopilmasdan oldin qo’yiladi.
2.Ko’chirilgan gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif gapidan keyin ikki nuqta qo’yiladi:
Ma’ruzachi bunday dedi: "œO’sib borayotgan avlodga kitob xuddi maktab kabi kerak".
3.Muallif gapi ko’chirilgan gap ichida kelsa, tinish belgisi quyidagicha qo’llaniladi:

1)Ko’chirilgan gapning uzilib qolgan qismida hech qanday tinish belgisi bo’lmasa yoki vergul yoxud ikki nuqta bo’lsa, bu belgilar tushirilib, muallif gapi har iki tomondan vergul va tire bilan ajratiladi: "œBizning qishlog’imizda, - dedi Fazliddin, - kishi zerikmaydi".
2)Ko’chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so’ng nuqta qo’yish lozim bo’lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, muallif gapidan so’ng esa nuqta va tire qo’yiladi: "œHavo bulut, paxta ochiqda qolmasin, - dedi brigadir, - har qaysi zvenodan bittadan odam chaqiring, paxtani saroyga tashib kiritsinlar".
3)Ko’chirilgan gapning uzilib qoilgan qismidan so’ng so’roq yoki undov belgisi qo’yish lozim bo’lsa, muallif gapidan avval o’sha belgi va tire qo’yiladi, muallif gapidan so’ng nuqta va tire qo’yilib, ko’chirma gapning davomi bosh harf bilan boshlanadi: "œBu qaysi jamoa xo’jaligining mashinasi? — qorachagina bir qiz so’radi. — Meni ham olib ketsangiz".

4.Ko’chirilgan gap muallif gapining o’rtasida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qo’yiladi:

1)Muallif gapining uzilib qolgan qismining oxiriga ikki nuqta qo’yilib, ko’chirilgan gap qo’shtirnoq ichiga olinadi; ko’chirilgan gapdan keyin vergul va tire qo’yilib, keyin muallif gapining davomi yoziladi: Saodat: "œBiz ham astoydil mehnat qildik", - dedi.
2)Ko’chirilgan gap so’roq yoki his-hayajon gap bo’lsa, ularning belgilari qo’shtirnoq ichida bo’ladi: O’qituvchimiz: "œSen qaysi badiiy kitoblarni o’qib chiqqansan?"- deb so’radilar.

ESLATMA: Muallif nutqida ishlatilgan o’zga bir shaxsning so’zi yoki so’z qo’shilmasi ham qo’shtirnoq ichiga olinadi: Astagina "œchuh" deb otini haydadi. Kulgi, kinoya bilan aytilgan so’z qo’shilmalari ham qo’shtirnoqqa olinadi: Bilmaganlar Miryoqubni "œjinni bo’libdi" dedilar (Ch.)
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 09 Iyul 2008, 15:42:26
                                      23.3. O’zlashtirma gap.

O’zgalarning shakli o’zgartirilib, mazmuni ifodalangan gapi o’zlashtirma gap deyiladi.
  So’roq, buyruq mazmunini ifodalagan ko’chirma gaplar  o’zlashtirma gapga aylantirilganda, darak gap shaklida bayon qilinadi.


Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 09 Iyul 2008, 15:48:47
  Undalma, kirish so’z qatnashgan ko’chirma gaplar o’zlashtirma gapga aylantirilganda, bu so’zlar tushib qoladi, 1-, 2—shaxslarni ko’rsatuvchi so’zlar 3-shaxsga aylantiriladi:

Ko’chirma gap                                                                     O’zlashtirma gap
..Xo’sh, qanday yangiliklar bor? — dedi O’ktam
-Men ketdim, - dedi ukasi                                        O’ktam qanday yangiliklar borligini so’radi.
                                                                                    Ukasi o’zining ketayotganligini aytdi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 09 Iyul 2008, 15:51:48
                         23.4. Ko’chirma va unda ishlatiladigan tinish belgilari.

  Biror matndan ko’chirilgan gaplar ko’chirma deyiladi. Ko’chirma ikki xil bo’ladi:

1.Muallif gapi bilan birga qo’llangan ko’chirma: Alisher Navoiy ilm olishga da’vat qilib: "œOlim bo’lsang, olam seniki" — degan edi.
2.Muallif gapisiz qo’llangan ko’chirma: Shoira Zulfiya o’z qahramonlarini eng yaqin kishilarim deb bilar edi:

Baxtiyor bo’lardim she’rlarim bilan,
Shu do’stlar qalbiga kirolsam agar.

  Muallif gapi bilan qo’llangan ko’chirma bayon qilinayotgan fikrni asoslash, tasdiqlash yoki inkor etish uchun keltiriladi. She’riy parchalar ko’chirma tarzida keltirilsa, qo’shtirnoqqa olinmaydi. Ko’chirma muallif gapisiz qo’llansa ham, qo’shtirnoqqa olinmaydi. Bu tarzdagi ko’chirma epigraf tarzida qo’llanadi va qo’shtirnoqqa olinmaydi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 09 Iyul 2008, 15:54:39
23.5. Dialog

  Ikki kishining nutqi dialog deb ataladi. Dialog ko’chirma gaplardan foydalaniladi. (Bunda muallif gapi ishlatilmasligi ham mumkin): -Qaysi maktabda o’qiysan? — 24-maktabda. — Nechanchi sinfda? — Beshinchi sinfda.

Keyingi mavzu: Uslubiyat (Stilistika). Nutq uslublari
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 11:55:35
                                            24. Uslubiyat(Stilistika).

  Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonetik, lug’aviy, frazeologik va Grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.
  Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi deyiladi.
  O’zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor. (Ayrim darsliklarda so’zlashuv uslubidan boshqa uslublar "œkitobiy uslub" degan umumiy nom ostida beriladi).
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 11:56:13
                                              24.1. So’zlashuv uslubi.

  Keng qo’llaniladigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til me’yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogic shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasidan tuzilgan nutq dialogic nutq deyiladi.
  So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, Grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Ketaqo-o-ol!
  So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq soda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalma gaplardan foydalaniladi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 11:56:37
                                               24.2. Ilmiy uslub.

  Fan-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir — suyuq tomchi holidagi atmosfera yog’ini. Tomchining diametric 0,5-0,6 mm bo’ladi.
  Ilmiy uslubda ghar bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalardan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma’nosida qo’llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 11:57:12
                                          24.3. Rasmiy-idoraviy uslub

  Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunular, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idorabviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqriuv qog’ozi, taklifnoma, dalolatnoma, shartnoma, tarjimai hol, e’lon, tavsifnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma’nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma’lum ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan foydalaniladi. Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suiiste’mol qilganligi uchun M.Ahmedovga hayfsan e’lon qilinsin.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 11:57:53
                                    24.4. Ommabop (publisistik) uslub

  Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta’sirchan bo’lishi uchun ta’sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil yetishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 11:58:43
                                                      24.5. Badiiy uslub

  Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatic asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estetik ta’sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kelinchagi bo’lmish bahor o’z sepini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, sheva, vul’garizmlardan ham foydalaniladi.
  Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 11:59:47
24.6. Nutq madaniyati haqida.

  Nutq to’g’ri, aniq va yoqimli bo’lishi lozim. To’g’ri, aniq va yoqimli gapirish uchun mantiqiy izchillikka va adabiy me’yorlarga rioya qilish kerak.
  Lug’aviy, Grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning hamma ko’rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilariga oid me’yorlar esa adabiy tilning faqat yozma shakli uchun, to’g’ri talaffuz me’yorlari esa faqat og’zaki nutq shakli uchun xosdir.
  Nutq madaniyati deganda mantiqiy izchillikka, adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to’g’ri, aniq va yoqimli so’zlash tushuniladi.

So’nggi mavzu: Tinish belgilarning ishlatilishi (Punktuatsiya).
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 12:04:47
25.1. Nuqta

  Nuqta quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:
1.Tinch ohang bilan aytilgan darak, buyruq va undov (his-hayajon) gaplardan keyin: Oltin kuz fasli kirib keldi. Darslarni o’z vaqtida tayyorlab yurgin. Koshki uning kuchi yetsa.

2.Birinchi qismida nuqta, ko’p nuqta, undov yoki so’roq belgisi bo’lgan ko’chirma gap o’rtasida kelgan muallif gapidan so’ng: "œMen hozir jo’nayman, - dedi u. — Siz esa yarim soatlardan keyin yo’lga chiqing".

3.Qisqartirilgan ism va familiyalarning birinchi harfi yoki qismidan keyin: M.Ism. (Mirzakalon Ismoiliy)

ESLATMA: Qavsdan olingan manbadan oldingi gap oxiridagi tinish belgilari o’z o’rnida saqlanadi va qavsdan keyin hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi.

4.Sanash yoki ayrim fikrning qismlarini ifodalagan va oy, kun, yillarni bir-biridan ajratish uchun qo’llangan raqam yoki harflardan keyin: 27.09.2008 kabi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 12:06:31
25.2. So’roq belgisi.

1.So’roq belgisi so’roq gaplardan keyin qo’yiladi: Ishga tayyormisiz?

2.So’roq gaplar bittadan ortiq bo’lib kelishi mumkin. Bunday paytlarda so’roq belgisi quyidagicha qo’yiladi:

1)So’roq gaplarning har biriga ahamiyat berish lozim topilsa yoki har qaysi so’roq gap mazmuniga ko’ra mustaqil bo’lsa, har biridan so’ng so’roq belgisi qo’yiladi: Qishloqlar qanday? Og’aynilar yaxshi yurishibdimi?

2)Agar so’roq gaplar mazmunan umumiy bir fikrni ifodalasa, so’roq belgisi eng so’nggi so’roq gapdan keyin qo’yiladi: - Tag’in mehmon boshlab keldingmi? Kim kelyapti: Savrimi, Rahbarmi, yo akangning bolalarini yetaklab kelyapsanmi? (G’. G’.)

3)So’z yoki ibora naniq bo’lsa, unda gumon ifodalansa, so’roq belgisi qo’yiladi:
Bu ishlarning hammasini yarim soat (?) ichida bir o’zi bajardimikin?

ESLATMA: Ba’zan qo’shma gaplar tarkibidagi soda gaplardan biri so’roq gap shaklida, ikkinchisi esa uning izohi sifatida kelishi mumkin, bunday holatda ular orasiga vergul yoki tire qo’yilishi mumkin: U ertaga keladimi, kelmaydimi, bu men uchun qorong’u.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 12:10:22
25.3. Undov belgisi.

  Undov belgisi quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:
1.Kuchli his-hayajonni ifodalagan gaplardan so’ng: Yoshligimizda naqadar baxtiyor edik!

2.Buyurish, tilak, orzu ma’nolarini ifodalagan gaplardan so’ng: Hoziroq bularni ko’zimdan yo’qot! Qani endi qush kabi osmonda parvoz qilsa!

3.Gap boshida kelib, kuchli his-hayajon ifodalagan undalmalardan, undov hamda ha va yo’q so’zlaridan so’ng: Yo’q! Rustam bunday qabihlikka bormaydi hech qachon! Azizlar! Sizni mustaqillik bayrami bilan tabriklayman!
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 12:11:25
25.4. Ko’p nuqta.

  Ko’p nuqta quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:
1.Fikrning tugallanmaganligi, so’zlovchining yana nimalar aytmoqchi ekanligini ko’rsatish uchun: Agar hozir gapingizni o’xshatmasangiz"¦

2.Ba’zan ko’p nuqta so’zlovchining o’ylashi, mulohaza qilishini ko’rsatadi: Bugun"¦bugun oldingizga o’tsam bo’ladimi!

3.Ba’zan kimning savoliga javob bermay indamay turganini ko’rsatish uchun ham ko’p nuqta qo’yiladi: Mendan rozimassiz, bilaman, kechirmaysiz"¦

4.Biror so’z yoki gapning tushirilganini ko’rsatish uchun: Bugun yettinchi bo’limga kelib, "¦ fig’oni oshdi. (T.Malik)
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 12:12:05
25.5. Ko’p nuqta, undov va so’roq belgilarining birikkan holda kelishi.

1.So’roq mazmuniga qaraganda his-hayajon kuchli bo’lgan so’roq gaplardan keyin undov va so’roq belgisi birikkan holda (!?) qo’yiladi: Go’zallik olamni qutqarishiga kim ishonmaydi!?

2.Kuchli his-hayajon bilan berilgan savolni ifodalaydigan so’roq gaplardan so’ng so’roq va undov belgisi birikkan holda qo’yiladi: - A?! — Xonkeldiyeva turgan yerida surat bo’libv qoldi. — Direktorimiz-a?! (H.G’.)

3.Kuchli his-hayajon ifodalangan va mazmunan tugallanmagan gaplardan keyin undiv belgisi va ko’p nuqta birikkan holda (!..) qo’llanadi: - Nafisa!.. Nafisaoy!.. — dedi Aziz o’pkasi yumshab, ko’zlariga qaynoq yosh keldi. (H.G’.)

4.Mazmunan tugallanmagan so’roq gaplardan so’ng so’roq belgisi va ko’p nuqta birikkan holda (?..) ishlatiladi: - Nima dedingiz! Bularning hammasi men uchun?..
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 12:13:21
25.6. Vergul.

Vergul quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:
1.Uyushiq bo’laklar orasida: 1) bog’lovchisiz birikkan uyushiq bo’laklar orasida Andijon, Namangan, Qo’qon, Marg’ilon — O’zbekning chamani, bog’u bo’stoni. (G’.G’.); 2)Takrorlanuvchi bog’lovchilar bilan birikkan uyushiq bo’laklar orasiga: U goh kulimsiraydi, goh chuqur o’yga toladi.; 3) Zidolovchi bog’lovchilar yordamida birikkan uyushiq bo’laklar orasiga: Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. (P.Q.)

2.Undalmalarni ajratish uchun: Ertaga, azizim, toqqa jo’naymiz.

3.Kirish so’zlarni va tuzilishiga ko’ra murakkab bo’lmagan kirish gaplarni ajratish uchun: Xullas, ertaga shu yerda yig;iladigan bo’ldilar. Men sizga aytsam, odamning yomoni bo’lmaydi.
4.   Ha va yo’q so’zlarini gap bo’laklaridan ajratish uchun: Ha, bu gapingiz to’g’ri. Yo’q, ertaga kela olmaymiz.

5.Gapning ajratilgan bo’laklarini ayirib ko’rsatish uchun: "œBiz, 22-guruhda o’quvchi qizlar, Xayriniso ham biz bilan yonma-yon turib o’qishini istaymiz".

6.Bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gaplarda: Eshik ochildi, ichkariga muzday havo yopirilib kirdi.

7.Va, ham, hamda, yoki (yolg’iz kelgan)dan boshqa bog’lovchilar bilan bog’langan qo’shma gaplarda: Hamma gapirdi, lekin u bir chekkada xomush o’tirar edi.

8.Ergash gaplarni ajratish uchun: Hamma yig’ilgach, majlis boshlandi.

9.Muallif gapini ko’chirma gapdan ajratish mumkin: - Bugunga qilgan ezgu ishlarimiz, - dedi ota, - kelajak uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 12:14:07
25.7. Nuqtali vergul.

Nuqtali vergul quyidagi o’rinlarda qo'yiladi:
1.O’z ichiga vergul bo’lgan yoyiq uyushiq bo’laklar orasida: Mehnat, ijod, odam sharafi; Dil yorug’I, hayot quvonchi Hammasining asli manbai Sen, Vatanim — tinchlik tayanchi (S.Nazar)

2.O’z ichida verguli bo’lgan, mazmunan ma’lum darajada mustaqillikka ega soda gaplar orasida hamda har xil turdagi gaplarni o’z ichiga olgan qo’shma gaplarda: Daraxtlar shitirladi, kuzning salqin nafasi yuziga urildi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 12:15:05
25.8. Ikki nuqta

1.Uyushiq bo’laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so’zdan oldi
n: Yig’ilishda tajribali ishchilar: Salim aka, Abdukarim aka va Sobirjonlar so’zga chiqishdi.

ESLATMA: Ba’zan umumlashtiruvchi so’z yashirinishi mumkin, lekin ikki nuqta qo’yilaveradi: Qilinishi kerak: traktorlar ta’mirdan chiqarilsin, ishchilarga yetarli sharoit yaratilsin.

2.Quyidagi ma’nolarni ifodalagan bog’lovchisiz qo’shma gaplarda:

1)Bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini ko’rsatsa: U ichkariga shoshib kirib keldi, telefon anchadan beri jiringlayotgan ekan.

2)Bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini ko’rsatsa: Shamol juda zo’raydi, daraxtlarning ancha-munchasi sinib tushdi.

3)Agar biror gap boshqa bir gapning mazmunini to’ldirsa yoki izohlasa: Vazifangiz shu: bironta odam bu xonaga kirmasligi kerak.

3.Ko’chirma gapdan oldin, muallif gapidan so’ng: U baland ovozda so’radi: - Kim bor?

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 12:16:30
25.9. Tire

Tire quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:

1.Ot, son, olmosh va harakat nomi bilan ifodalanib, kesim bilan bog’lamasiz birikkan ega va kesim orasiga: O’zbekistonning poytaxti — Toshkent. Ikki o’n besh — bir o’ttiz.O’qish — hayotni uqish.

2.Uyushiq bo’laklardan so’ng kelgan umumlashtiruvchi so’zdan oldin: Akam, opam va singlim — barchasi meni kutib o’tirishgan ekan.
3.Ajratilgan bo’lak bilan izohlanmish bo’lak orasiga: Men — Valiyev Mahmud, 1954 yilda Toshkentda tug’ilganman.

4.Kirish gap bilan gap bo’lakl;ari orasiga: Tunov kungi ovchi — men uni o’rmonda uchratib qoldim — menga qiziq bir voqeani so’zlab berdi.

5.Muallif gapi bilan ko’chirma gap orasida: - Bugun kelasizmi? — so’radi qizi.

6.Dialog tipidagi ko’chirma gaplarda: -Keldimi? — Keldi.

7.Kutilmagan voqea-hodisalarni ifodalagan gaplardan oldin: Kecha sizlarnikiga brogan edim — Asqarjon kelibdi!

8.Zid ma’noli bog’lovchisiz qo’shma gaplar orasida: Jismimiz yo’qolur — o’chmas nomimiz.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 12:17:12
26.10. Qavs

1.Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo’lagiga qo’shimcha izoh beruvchi so’z yoki iboralar qavsga olinadi: Karimjon (sinfimizning a’lochisi) oily o’quv yurtiga kiribdi.

ESLATMA: Qavsdan oldingi tinish belgilari (vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire) qavsdan keyinga ko’chiriladi: Chavandoz bu gaplarni Ertoyevga aytishni ham, aytmaslikni ham bilmay (aytsa Ertoyev xafa bo’ladi, aytmasa bor joydan chatog’I chiqishi mumkin), boshi qotib"¦turganda"¦Gulchehra mojarosi chiqsa bo’ladimi? (O.Yo.)

2.Kirish gaplar yoki remarkalar qavs bilan beriladi: Ukam (sen uni taniysan) bu yil maktabni bitirdi. Aziz Kamol (xayol og’ushida). Vatanimizga qarshi ko’tarilgan ruhiy va iqtisodiy hujum shu kunlarda cho’qqisiga chiqdi.(S.Az.)

3.Misol yoki ko‘chirmaning manbai: "¦Eshik qars etib yopildi. (O.Yo.)

4.Kirish so’z yoki iboraga oid tinish belgilar qavsning ichiga olinadi: To’satdan uning xayoliga akasining bundan besh-olti oy oldin"¦yozgan xati (o’shandan beri undan dom-darak yo’q) "¦tushdi (O.Yo.)

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 12:17:50
26.11. Qo’shtirnoq

1.Ko’chirma gaplarni ajratib ko’rsatish uchun: "œErtaga kelaman", - dedi.

2.Ko’chma ma’nodagi, shartli nom yoki taxallus ma’nosidagi ayrim so’z va so’z birikmalari ham qo’shtirnoqqa olinishi mumkin: "œTog’ asali" sotadigan yigit"¦dovonning naryog’iga o’tib ketgan. (S.Ahm.)

ESLATMA:
Qo’shtirnoqqa olinishi kerak bo’lgan so’zlarda turlovchi (kelishik) qo’shimchalar mavjud bo’lsa, bu qo’shimchalar qo’shtirnoqdan keyin qo’yiladi: Bularni ko’rgan Aziz o’zi haydab kelayotgan (GAZ-69)ning yurishini tezlatib, yo’lga chiqdi-da, "œJiguli" tomonga burildi. (H.G’.)
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyul 2008, 12:19:15
                                                             DARS TUGADI.