forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 07 Noyabr 2007, 10:14:38

Nom: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Noyabr 2007, 10:14:38
Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug‘ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o‘tkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg‘ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan.

Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.

Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.

Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.

Oʻzbek olimlari O. Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Ya. Gʻulomov, I.Sulton. A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.Gʻanieva v.b. Navoiyning hayot yoʻli haqida asarlar yaratishgan.


[tahrir] Lirik merosi
Navoiy ijodi ixlosmandlari uning sheʼrlarini yigʻib, «Ilk devon» (1464-65) tuzgan edilar, soʻngra «Badoyiul-bidoya» («Go`zallikning boshlanishi»), «Navodirun-nihoya» («Nodirliklar nihoyasi») nomli devonlar (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli toʻrt devon (1491—1498)ga jamlangan. Navoiy sheʼriyatining mavzular doirasi keng, janrlar koʻlami (16) xilma-xil. Gʻazallari «oshiqona, orifona, rindona» (Shayxzoda) sifatlar bilan oʻrganiladi. Gʻazallarida insoniy muhabbat, ilohiy ishq bilan uygʻun holda ulugʻlanib, «majoz - haqiqat ko`prigi» aqidasiga amal qilingan. Alisher Navoiy sheʼriyatidagi zohiriy maʼno yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni ham oʻrgangandagina ularni idrok etishga erishish mumkin.

«Nazmul-javohir» (1485) Hazrat Alining «Nasrul-laoliy» asarining turkiy nazmga solingani boʻlib, 266 ruboiydan iborat bu asarda axloqiy-taʼlimiy qarashlar oʻz aksini topgan.

OʻR FA ShIda (3-fond) Navoiyga mansub 24 asarning 254 qoʻlyozmasi saqlanadi, undan koʻpchiligi devonlarning nusxalari. Navoiy devonlari prof. H.Sulaymon tomonidan yigʻilib, tasnif etilgan. «Ilk devon» Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shedrin kutubxonasida (inv.564) saqlanadi. «Navodirun-nihoya» OʻR FA ShI (inv.1995) dagi nusxalari nihoyatda nodir boʻlib, ular Navoiy davrida Hirotda Sulton Ali Mashhadiy (1487), Abdujamil kotib (1487-88) tomonidan koʻchirilgan.

Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Noyabr 2007, 10:15:04
Xamsa
Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi «Xamsa» asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq «Xamsa» yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.

«Xamsa» tarkibiga «Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sabʼai sayyor», «Saddi Iskandariy» kabi dostonlar kiradi.

«Hayratul-abror»da hamd, munojot, naʼt, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga boʻlgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, maʼrifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yoʻlida ulusdan oʻta olmaganini anglatish bilan oʻzining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi.

«Farhod va Shirin»da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki oʻsha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqdiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali oʻzining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy anʼanalari yangilangan boʻlsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining oʻzak muammolarini hal etishda asosiy oʻrin tutdi va bu yoʻnalishda Ahmad rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi.

«Layli va Majnun» dostonida arab ertaklari orqali maʼlum syujet oʻzining tugal shaklini topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun maʼnaviy zamin boʻldi. «Xamsa» tarkibidagi «Sabʼai sayyor» va «Saddi Iskandariy»da shohlik bilan bogʻliq masalalarni birinchi oʻringa olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik anʼanasida oʻzining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan ajralib turadi. «Xamsa»ga ustoz Abdurahmon Jomiy (1414—1492) yuqori baho berdi.

OʻR FA ShI qoʻlyozmalar fondida 15-20 asrlarda koʻchirilgan 166 qoʻlyozma saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan.

«Xamsa» haqida xorijiy olimlar A.Vamberi, J.Malokolin, F.Richard, L.Vari, Y.Ekman, E.Partele; rus tadqiqotchilari I.Krachkovskiy, V.Bartold, E.Bertels, Konrad, B.Jirmunskiy, A.Yakubovskiy, A.Semyonov; turk olimlari F.Koʻprulu, A.S.Levend, K. Eraslon; ozar olimlari H. Arasli, G. Aliev; oʻzbek olimlari Fitrat, I.Sulton, V.Zohidov, A.Qayumov, T.Jalolov, S.Nazrullaeva, A.Abdugʻafurov, M.Hakimov, S.Hasanov v.b. ishlari maʼlum.

OʻzMUda «Xamsa»ni tadqiq etish borasida B.Qosimov, B.Akrom, H.Boltaboev, A.Erkinov, D.Farmonova tadqiqot ishlari olib bormoqdalar
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Noyabr 2007, 10:15:23
Tasavvufiy asarlari
Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan boʻlsa-da, maxsus «Lisonut-tayr» dostoni(1499)da, «Nasoyimul-muhabbat» manqabasi]]"(1495-96)da, «Tarixi anbiyo va hukamo»(1485-8), «Arbain», «Munojot» singari asarlarida aks etgan.

«Lisonut-tayr»da borliq va ilohiyot haqaidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Navoiy asarlarini diniy va soʻfiylik jihatidan oʻrganish kengaydi, ular ob’ektiv va ilmiy bahosini olmoqda. «Arbain», «Munojot» kabi asarlari chop etildi. Jomiyning «Nafahotul-uns min hazarotil-quds» tazkirasini tarjima qilib va toʻldirib, soʻz yuritilgan 618ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.

Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Noyabr 2007, 10:15:49
Nasriy asarlari
Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy yoʻnalishdadir.

«Mahbubul-qulub»(1500-01) Navoiyning soʻnggi yirik asari boʻlib, unda ulugʻ mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, toʻplagan boy tajribasi oʻz yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda «Soriun-nosning af'ol va ahvolining kayfiyati» (1), axloqiy muammolar (2), «mutafarriqa favoyid va amsol surati» (3) masalalari ifodalangan.

«Xamsatul-mutahayyirin»(«Besh hayrat»,1494) asarida ustozi va doʻsti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi.

«Holoti Sayyid Hasan Ardasher» (1488-89), «Holoti Rahlavon Muhammad»(1493) asarlari manoqib-holot yoʻnalishida boʻlib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan.

«Munshaot» (1498-99) Navoiyning maktublari toʻplami (jami 88 ta xat) boʻlib, ular sogʻinchlik xatlari, navroʻz tabriklari, taʼziyanomalar, siyosiy oʻgitlar, sulhnomalar va boshqa yoʻnalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan.

Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Noyabr 2007, 10:16:07
Ilmiy-filologik merosi
«Majolisun-nafois» (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira boʻlib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida maʼlumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot boʻlmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, toʻrtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi maʼlumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy(1521-22), Muhammad Qazviniy(1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.

Navoiy «Muhokamatul-lug`atayn» asarini oʻz zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bagʻishladi. Jonli xalq tilida qoʻllanilgan koʻplab soʻzlarni asarga kiritib, adabiy tilda qoʻllanilishiga sababchi boʻldi. Oʻzigacha ishlatilgan soʻzlarni yangi maʼno qatlamlarini ochdi. Oʻzbek tili grammatikasini Mahmud Koshgʻariydan soʻng ilmiy asosga soldi. Oʻzbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi boʻldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va eʼtiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.

Aruz nazariyasiga bagʻishlangan «Mezonul-avzon»(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va ogʻzaki sheʼriyati namunalarining vazn xususiyatlarini oʻrgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk sheʼriyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. Toʻqqizta yangi vazn va sheʼriy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi.

Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish 20 asrning 20-yillaridan yoʻlga qoʻyildi. Bu yoʻnalishda Fitrat, Oybek, A.Saʼdiy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos olimlarning ishlari eʼtiborli.

Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Noyabr 2007, 10:16:27
Tarix va iqtisodga oid asarlari
«Tarixi muluki Ajam» («Ajam shohlari tarixi»,1488) qisqa tarix boʻlib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan «Tarixi Tabariy», «Shohnoma» asarlarini mantiqan toʻldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning soʻnggi vakili Yazdi Shahriyorgacha boʻlgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi.

«Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg`ambarlar va hakimlar tarixi», 1485—1498) asarining birinchi boʻlimida «Qissasul-anbiyo»lar anʼanalarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Yaʼqub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi paygʻambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning «Hukamo zikrida» deb nomlangan ikkinchi boʻlimida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishogʻurs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.

«Vaqfiya» (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablagʻi evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yoʻnalishda madrasa va xonaqohlarda oʻrnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy oʻz ixtiyoridagi mablagʻlar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bogʻlarni sanab oʻtdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini oʻrganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.

Tarix va iqtisodiy yoʻnalishdagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Ya.Gʻulomov, V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan.

 
Navoiy Muborak dastxatArab va fors tillaridagi asarlari. Alisher Navoiy fors tilida yozgan sheʼrlari asosida «Devoni Foniy» tuzilgan boʻlib, uning muqaddimasida «Sittai zaruriya» («Olti zarurat») va «Fusuli arbaa» («To`rt fasl») forsiy qasidalari majmualari berilgan. «Sittai zaruriya» toʻplamidagi qasidalar «Ruhul-quds» («Muqaddas ruh»), «Aynul-hayot» («Hayot chashmasi»), «Tuhfatul-afkor» («Fikrlar tuhfasi»), «Qutul-qulub» («Qalbdar g`izosi»), «Minhojun-najot» («Qutilish yo`li»), «Nasimul-xuld» («Jannat nasimi») kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida yozilgan. «Fusuli arbaa»da Sulton Husayn Boyqaro madhidan soʻng «Bahor», «Saraton», «Xazon» («Kuz») va «Day» («Qish») vasfidan iborat. Muammo janri qoidalariga bagʻishlangan «Mufradot» (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz sheʼriyatdagi bu janrni nazariy jihatdan asosladi. Muammo va uni ifodalangan janrlar ruboiy, qitʼa, tuyuq, ayrim hollarda gʻazal munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini oʻrgatish barobarida 121 ta misol keltirdi. Navoiyning arab tilida «Sab'atul-abhur» («Yetti dengiz») nomli diniy-tasavvufiy ruhda lugʻat xarakteridagi asar yozgani maʼlum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada oʻrganilmagan. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi Fitrat, H.Sulaymon, N.Mallaev, Sh.Shomuhamedov, R.Vohidov, Boltaeva tomonidan oʻrganilgan. Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat maʼnaviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam oʻrin oldi. Mustaqil Oʻzbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, Oʻzbekiston Davlat mukofoti, OʻRFA Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, Oʻzbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-maʼrifiy muassasalar, jamoa xoʻjaliklari ulugʻ shoir nomi bilan ataladi.

Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Noyabr 2007, 10:16:57
Nashr qilingan asarlari
Alisher Navoiy. Asarlar. 1-4 jildlar, -T.: 1963—1968;
Alisher Navoiy. Xazoyinul-maoniy. -T.: 1959-60;
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami (20 jildlik), 1-6 jildlar. -T.: 1987—1992;
Alisher Navoiy. Asarlar. 6-10 jildlar, -T.: 1963—1968.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami (20 jildlik), 7-12 jildlar, Toshkent, 1991—1996;
Alisher Navoiy. Xamsa (Nashrga tayyorl. R.Shamsiev). -T.: 1960;
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin (nashrga tayyorl., nasriy bayon muallifi Gʻafur Gʻulom). — T.: 1956;
Alisher Navoiy. Hayratul-abror. Ilmiy-tanqidiy tekst (nashr. P.Shamsiev). -T.: 1970;
Alisher Navoiy. Lisonut-tayr (nasriy bayon muallifi: Sh.Sharirov). — T.: 1984;
Alisher Navoiy. Lisonut-tayr. — T.: 1991;
Alisher Navoiy. Nasoyimul-muhabbat. MAT. 17-jild. -T.: Fan, 2001;
Alisher Navoiy. Munojot (nashrga tayyorl. S.Gʻanieva). — T.: Sharq, 1991;
Alisher Navoiy. Mahbubul-qulub. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. — T.;1967;
Alisher Navoiy. Xamsatul-mutahayyirin. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967;
Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967;
Alisher Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967;
Alisher Navoiy. Munshaot. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. — T.:1967
Alisher Navoiy. Majolisun-nafois. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.12. -T.: 1966;
Alisher Navoiy. Muhokamatul-lugʻatayn. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.:1967;
Alisher Navoiy. Mezonul-avzon. Asarlar. Oʻn besh tomlik T.14. — T.:1967;
Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.:1967;
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.15. — T.:1968;
Alisher Navoiy. Vaqfiya. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. -T.: 1967;
Alisher Navoiy. Devoni Foniy. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.5. 1-2 kitob. — T.:1966;
Alisher Navoiy. Mufradot. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.15.- T.:1968;
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Noyabr 2007, 10:17:33
Alisher Navoiy
(1441 yil,9-fevral — 1501 yil, 3-yanvar)

Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning oʻgli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tugʻildi. Zamondoshlari uning haqida koʻpincha «Nizomiddin Mir Alisher» deb yozadilar. 'Nizomiddin"-din--diyonat nizomi degani boʻlib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, «mir» — amir demakdir. Uning otasi Gʻiyosiddin Muhammad (uni Gʻiyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi boʻlgan, ismi maʼlum emas. Alisherning bobosi Temurning oʻgʻli Umarshayx bilan emikdosh (koʻkaldosh) boʻlgan ekan.

Buyuk shoir oʻz asarlarida oʻz asarlarida bu qutlugʻ dargohga yaqinligidan iftixor etishini bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimai holiga oid ayrim lavhalar asarlarida uchraydi. Bu tabarruk zot toʻgʻrisidagi baʼzi maʼlumotlarni esa uning zamondoshlari oʻz kitoblarida beradilar.

Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda oʻsdi. Kichiklik chogʻidan sheʼr va musiqaga ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida boʻldi. Uch-toʻrt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir sheʼrini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan soʻng uni maktabga berdilar. U boʻlajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga oʻqidi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi.

1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar oʻrtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch boʻlib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yoʻl oladi. Yoʻlda, Taft shahrida Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, «Zafarnoma»ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi.

Alisher xonadoni 1541-yilda Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir bu bilan bogʻliq shunday bir hikoyani keltiradi: Karvon Yazd choʻli bilan Hirotga borarkan, tungi yurishlardan birida ot-ulov ustida hammani uyqu bosadi. Alisher mingan ot, ittifoqo, yoʻldan chiqib, boʻlajak shoir egardan tushib qoladi, uyqu zoʻrlik qilib, uygʻonmaydi. Horigan ot ham egasi yonidan ketmay, toʻxtab qoladi.

Alisher tong otib, quyosh qiziganda uygʻonadi. Qarasa, poyonsiz sahro, atrofida hech kim yoʻq. Yolgʻiz otigina yovshan ildizlarini chimtib turibdi. Oʻn yoshli bola oʻzini qoʻlga oladi. Otini minib, zehn bilan yoʻlni topib ilgari yuradi. Kun qizib, chanqoqlik boshlanadi. Shu payt uzoqdan bir narsa qorayib koʻrinadi. U suv toʻla mesh ekan, Ollohga shukuronalar aytib, Alisher yoʻlini davom ettiradi. Uning ota-onasi manzilga yetgach, oʻgʻilllarini yoʻqligini biladilar va mulozimni shoshilinch orqaga qaytaradilar. Mulozim koʻp yurmay, Alisherga duch keladi. Alisherni, goʻyo u qayta tugʻilganday, quvonch bilan kutib oladilar.

1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga oʻtiradi, notinchliklar bosiladi. Gʻiyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa oʻqishini davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni sheʼriyat, adabiyot olamiga olib kirdi. Boʻlajag shoir Saʼdiy Sheroziyning «Guliston». «Boʻston», asarlarini, Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»(«Qush mantigʻi»)ni soʻngsiz ishtiyoq bilan oʻqidi. Ayniqsa, qushlar tilidan keltirilgan hikoyatlar va ularning chuqur mazmuni Alisherning oʻy-xayolini tamom egallab oldi: Bir kuni qushlar jam boʻlibdi. Har xil: toʻti, qumri, tovus, bulbul va hokazo. Oʻrtaga hudhud (sassiqpopishak) chiqibdi. Boshidagi tojini selkillatib, oʻzini taʼrifu tavsif etibdi. Soʻng u hammani olam podshosi Semrugʻni izlashga undabdi. Qushlar uni surishtira boshlabdilar. «Zotini, sifatini, sifatini ayt, bizga nishon ber!» — deyishibdi ular. Hudhud hikoya boshlabdi: Smurgʻ bir kecha dunyoni aylanib, uchib yurar edi. Nogoh yoʻli Chin shahri ustidan tushdi. Bir silkingan edi, mamlakat nurga gʻaeq boʻldi. Patidan biri tushib qolgan ekan. Ogoh boʻlganlar aqlu shuurini yoʻqotdilar. Chin mulki esa hashamat(ulugʻvorlikka) chulgʻandi. Qushlar zavqu shavq bilan yoʻlga tushadilar. Buroq bu zavq-shavq uzoq davom etmaydi. Qushlar eʼtiroz bildirib, uzr aytib, oʻzlarini chetga ola boshlaydi. Hudhud har biriga javob aytadi. Semrugʻga yetishish baxti oldida bu dunyoning tashvishlari hechligini isbot etuvchi biror hikoya keltiradi. Hudhudning gaplari, hikoyalari qushlarga yangi bir kuch bagʻishlaydi. Ular hudhudni boshliq qilib, yoʻlga tushadilar. Hudhud buy oʻlning ishq yoʻli ekanligi, unga kirgan odam Shayx Sanʼon singari oʻzligidan kechishi lozimligini aytadi. Yana bir-biridan jozibali hikoyalar: Nihoyat, qushlar yeti vodiyni bosib oʻtadilar va oʻzlarining Semurgʻ ekanligini anglab yetadilar.

«Mantiq ut-tayr» xayoli Alisherga bir umr hamroh boʻldi. Umrining soʻngida esa «Lison ut-tayr»(«Qush tili») nomi bilan kitob yozdi. Boʻlajag shoir yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib oʻqir edi.

1453-yilda Alisherning otasi Gʻiyosiddin Mauhammad vafot etadi. Alisher Abulqosim Bobur hizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, soʻng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh doʻst — Husayn va Alisher yana birga boʻldilar. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra sheʼr yod olganini aytdi. Sheʼr shunchaki nutq oʻstirish emas, maʼrifat, taffakur mashqi ham edi. Navoiy 15 yoshlarida oʻz sheʼrlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tordi. Xondamirning yozishicha, sheʼrlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher oʻz davrining dongdor shoiri Mavlono Lutfiy xizmatiga boradi. Mavlono undan sheʼr oʻqishni iltimos qiladi. Alisher oʻzining: Orazin yopgʻoch, koʻzimdin sochilur har lahza yosh, Boʻylakim, paydo boʻlur yulduz nihon boʻlgʻoch quyosh. matlaʼi bilan boshlanadigan gʻazalini oʻqiydi. Sheʼrdan hayratga tushgan keksa shoir bunday deydi: «Valloh, agar muyassar boʻlsa edi, oʻzumning forsiy va turkey tillarda aytgan oʻn-oʻn ikki ming baytimni shu gʻazalga almashtirardim va buni oʻzimning katta yutugʻim deb hisoblar edim». Bu turkiy (oʻzbek) sheʼriyatiga juda katta isteʼdod kirib kelayotganidan nishona edi.

Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Noyabr 2007, 10:17:56
Alisher Navoiyning yigitlik yillari
1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etdi. Hokimyat tepasiga Abusaid Mirzo keldi. Husayn Bayqaro taxt uchun kurashga shoʻngʻib ketdi. Navoiy esa Mashhad madrasalarida oʻqishni davom ettirdi. Doʻstlar orttirdi. Keksa shoir Kamol Turbatiyni shu yerda uchratdi. Turbatlik bu shoir Alisher bilan bir bayt muhokamasi ustida tanishib qoldi.Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. Biroq poytaxda uni noxushliklar kutadi. Abusaid Mirzo u bilan taxt talashayotgan Husayn Bayqaroni yaqin kishilarini taʼqib va tayziq ostiga olgan, jumladan, togʻalari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali Gʻaribiylarni oldinma-keyin qatl ettirgan edi. Ular isteʼdodli shoirlar edi. Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashashab turgani boshpana ham qolmagandi. U shaharda uzoq qola olmadi. Holbuki, yosh shoirning ijodi barq urgan payti edi. Abdurahmon Jomiyadek zamonasining alloma adibi bilan yaqindan tanishib, saboqlar olgani, mehr qozongan edi. Navoiy — «Mahmud Nuran» deb eʼzozlagan bu mashhur shoir va olim oʻzini siyosatdan uzoq tutar, hatto shahar tashqarisidagi Saʼdiddin Koshgʻariy (1456-yilda vafot etgan mashhur shyx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy qilib, oʻsha yerda yashar edi.

Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga yozgan sheʼriy maktubi bor. U «Masnaviy» nomi bilan «Xazoyin ul-maoniy»ning birinchi devoniga kiritilgan. Mutaxasisslar uni Navoiyning Hirotdan Samarqandga joʻnash oldidan yozgan maktubi deb hisoblaydilar. Chamasi, shoir safar oldida Ardasher bilan xayrlashmoqchi boʻlgan, lekin uni topmagan. Soʻng ushbu maktubni yozib qoldirgan. Maktub Alisherning safar oldidagi kechinmalari va oʻz otasidek yaqin koʻrgan Sayyid Hasan Ardasherning sifatlarini taʼrif etish bilan boshlanadi. Vatan va doʻstlarni tashlab ketish ogʻir. Xayrlashmay ketish undan ham ogʻir. U ulugʻ doʻstiga ketishi sabablarini tushuntirmoqchi. Xat shu munosabat bilan yozilgan. Inson soʻz bilan ulugʻdir, «falak jismining joni»-soʻz, ayqisa «nazm» (sheʼr), deydi shoir. Va oʻzida sheʼr yozishga juda katta kuch-qudrat sezayotganini aytadi. Shunday qudratki, agar Firdavsiy oʻz «Shohnoma»sini 30 yilda yozgan boʻlsa, u oʻshanday asarni 30 oyda yoza oladi. Nizomiy Ganjaviyning 30 yil sarflab maydonga keltirgan «Xamsa»si uning oldida 2-3 yillik ishdir. Faqat unga imkon kerak. Yurt esa notinch, odamlarda vafo yoʻq. Insoniylik qolmagan zulm avjida. Hatto tasali beruvchi kishi ham yoʻq. Ketaman, desang etagindan tutadigan umr yoʻldoshing, ketsang, ayriliqdan eziladigan doʻsting boʻlmasa.

Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning bu shaharga kelishi sababini turlicha talqin qiladilar. Xondamir, oʻqish uchun keldi, deydi. Toʻgʻri u Samarqandda din huquqshunosi va faylasuf Fazulloh Abullays qoʻlida oʻqidi. Zahiriddin Bobur uni Abusaid surgun qildi deydi. Bunda ham asos bor. Abusaidning Alisherga munosabati yomon edi. Shoir Samarqandda dastlab moddiy qiyinchilik ichida yashaydi. Keyinroq unga shahar hokimi Ahmad Hojibek ragʻbat va hoiylik koʻrsatadi. Nihoyat, Samarqand oʻz goʻzalligi bilan ham Navoiyni maftun etadi. Shoi uni «firdavsmonand»(jannatmisol) deb ataydi va unga hech qachon «gardi fano» oʻltirmasligini — zavolikka yuz tutmasligini istaydi. Navoiy shu yillari shoir sifatida juda katta shuhrat topa bordi. 1465—1466-yillarda uning muxlislari sheʼrlarini toʻplab, «devon» tuzadilar. Bu kitob bugun «Ilk devon» nomi bilan mashhurdir. 1468-yil oxrida Eronni eggalash uchun boʻlgan jangda Abusaid halok boʻladi. Husayn Bayqaro 1469-yilning boshida Hiroti qoʻlga oladi va Samarqandga xat yoʻllab, Navoiyni oʻz yoniga chaqiradi. Husayn Bayqaro uni davlat ishlariga jalb etadi. Muhrdor qilib tayinlaydi.

Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Noyabr 2007, 10:18:27
Davlat va jamoat arbobi
Alisher Navoiy 1469—1472-yillarda muhrdor, 1472—1476-yillarda vazir boʻlib ishlaydi. 1487—1488-yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Husayn Bayqaro uni oʻziga gʻoyat yaqin tutar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va buni nihoyatda qadrlar edi. Toʻgʻri, Bayqaro va Navoiy oʻrtasiga uchinchi kishi aralashgan, sovuqchilik tushgan paytlar ham boʻldi. Lekin oʻz davrining ikki atoqli arbobi hamkorligi juda koʻp sinovlardan muvaffaqiyat bilan oʻtib, avlodlarga oʻrnak boʻldi. Husayn Bayqaro saltanatining daslabki yillarida juda notinch kechdi. Xondamirning yozishicha, u taxtga chiqqan yilning oʻzida Abusaid Mirzoning oʻgʻli Yodgor Muhammad taxt daʼvosi bilan qoʻzgʻaldi. Husayn Bayqaro unga qarshi qoʻshin tortadi va gʻalaba qozonadi.

1470-yilning bahorida Yodgor Mirzo Astrobodda yana bosh koʻtaradi. Husayn Bayqaro Navoiyni yoniga olib, qoʻshin bilan yana yoʻlga tushadi. Xuddi shu payt Hirotda qoʻzgʻolon boʻlganligi xabari keladi. Husayn Bayqaro Navoiyni unga katta vakolatlar berib poytaxtga qaytaradi. Navoiy shaharda adolatni tiklab, xalqni tinchlantiradi. Shunday toʻqnashuvlarning birida Yodgor Mirzoning qoʻli baland kelib, poytaxdagi ayrim kishilar unga qoʻshiladilar. Mojarolarni tinchlantirish maqsadida uylangani Abusaidning qizi Robiya Sultonbegim eriga hiyonat qilib, u safariga ketganida poytaxtda inisi Yodgor Mirzo nomiga xutba oʻqitadi. Yurt bir muddat Yodgor Mirzo qoʻliga oʻtadi. Bu hol Husayn Bayqaroga qattiq taʼsir etadi. Tushkunlikka tushadi. Navoiy shunday paytda uning yonida turadi, tassali beradi. Oʻsha 1470-yilning oʻzida payt poylab, Navoiyning maslahati bilan Murgʻob daryosi boʻylaridan juda qisqa muddatda Hirotga yetib keladi va BogʻI Zogʻonda maishatdan charchab uxlab yotgan Yodgor Mirzoni qoʻlga oladi. Shundan keyingina Xurosonda maʼlum muddat tinchlik, osoyishtalik qaror topadi. Alisher ijod kishisi edi. U tabiatan buyuruqvozlikdan va hukmfarmonlikdan yiroq, tafakkur hamda taxayyulga moyil, gʻoyat noziktaʼb bir kishi edi. Mansab-lavozimlar har qancha yuksak boʻlmasin uning uchun zil-zambil yuk boʻlib, Husayn Bayqaroga boʻlgan ixlos va muhabbatigina uni isteʼfo berishdan saqlab turar edi. Shunga qaramasdan, u sadoqat bilan xizmat qildi. `Donishmadnligi, tadbirkorligi bilan koʻplab gʻalayonu qon toʻkishlarni oldini oldi, urushlarni yarashga aylantirdi.

Uning bu fazilati, ayniqsa, 1972—1476-yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon boʻldi. Husayn Bayqaro hokimyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatida tayanib ish koʻrdi. Uni, qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayinladi, 1472-yilda esa «amir»(vazir)likka qoʻydi. Buyuk shoir «amiri kabir» (ulugʻ amir), «amirul muqarrab» (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf boʻldi. Uning vazirlik yillari Hirotda obodonlik avj olgan, madaniyat gullab, yashnagan davr boʻldi. Ulugʻ amir oʻzi bosh boʻlib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozallatirdi, yangi kanallar qazdirdi. Eski binolarni taʼmir qildirib, yangilarini qurdirdi. Qanchadan-qancha madrasalar, xonahoqlar soldirdi.
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Noyabr 2007, 10:18:57
Ijod ogʻushida.
Alisher Navoiy sheʼrni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham sheʼr yozishni toʻxtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga ragʻbat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Bayqaroning oʻzi unga rahnamolik qildi. Ulugʻ shoirning ilk sheʼriy devonini muxlislari tuzgan boʻlsalar, birinchi devoni — «Badoye ul-bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni 1472—1476 yillarda shohning amri va istagiga koʻra oʻzi kitob qildi. 1485—1486-yillarda ikkinchi devon — «Navodir un-nihoya»(«Nihoyasiz nodirliklar») maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481—1482-yillarda «Vaqfiya» asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli ishning sarfu xarajatini taʼmin qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi. Alisher Navoiyning eng katta orzusi doston yozish, birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141—1209) dan keyin shoirlik qudtarining mezoniga aylanib qolgan «Xamsa» yaratish edi. Nizomiyning «Panj ganj» nomi bilan tarixga kirgan «Xamsa»si 5 masnaviydan tashkil topgan edi: «Maxzan ul — asror»(«Sirlar xazinas»), «Xusrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Hayf paykar»(«Yetti goʻzal»), «Iskandarnoma». Yuz yildan keyin unga Xusrav Dehlaviy (1253—1325) javob qildi. U oʻz dostonlarini «Matla ul-anvor» («Nurlar boshlanishi»), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», «Hasht behisht»(«Sakkiz jannat»), «Oynayi Iskandariy» (Iskandar oyinasi) deb ataladi. Lekin bular hammasi forsiy tilda yozildi. Ulardan forslar, shu tilni bilganlargina bahramand boʻldilar. Oʻz xalqining shunday hazinadan bebahra qolishi Navoiyni qiynadi.

Navoiy maslahatga ustozi Abdurahmon Jomiy huzuriga boradi. Jomiy Navoiyni bu ishga tezlikda kirishishga undaydi, uning oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonchini mustahkamlaydi. Navoiy besh dostonni ikki yilda tamomlaydi. 1483-yilda oʻz «Xamsa»sini yoza boshlab, 1485-yilning boshida yugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba «Xamsa» yaratiladi. Olimu fuzalo — barcha bu hodisani zoʻr olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin Vosifiyning «Badoyeʼ ul-vaqoyeʼ»sidan: "Shoh Navoiyga: «Bir mojaro Siz bilan bizning oramizdan koʻpdan hal boʻlmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik», deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi boʻlishini koʻpdan orzu qilar va uni «pirim» deb atar edi.

Alisher esa har gal: «Yo Ollo, yo Ollo, bu qanday gap boʻldi! Aslida — biz muridmiz, siz — hammasiga pirsiz», der edi. Endi Sulton Husayn Alisherdan soʻradi: — Pir nima-yu, murid nima?

Alisher javob berdi:

Pining tilagi — muridning tilagi boʻlishi kerak.
Shunda Sulton Husayn oʻzining oq otini olib kelishni buyuradi. Ot juda asov, chopagʻon edi.
Sulton Husayn aytdi:

Siz murid, men murid boʻladigan boʻlsam, Siz shu otga minasiz, men uni yetaklayman.
Alisher noiloj otga minishga majbur boʻladi. Ot gʻoyat asov boʻlib, shohdan boshqani oʻziga yaqinlashtirmas edi. Alisher oyogʻini uzangiga qoʻyishi bilan ot tipirchilay boshladi, Sulton Husayn otiga oʻshqirdi, ot itoat qilib, Alisherning minishini kutdi. Alisher egariga oʻtirishi bilan Sulton Husayn otining jilovidan ushlab yetaklay boshladi. Alisher hushidan ketdi. Uni egardan koʻtarib oldilar. Tarihda bunday hol koʻrilmagan edi. Hech bir zamonda shoh shoirga jilovdorlik qilmas edi. 1480—1490-yillar Navoiy uchun badiiy ijodda samarali davr boʻldi. Shoir «Xamsa» dan keyin koʻp oʻtmay, ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi. U 1488-yilda yozgan «Tarixi mulki ajam» («Ajam shohlar tarixi») shularning biri edi. Bu asar «Muhokamat ul-lugʻatayn»da «Zubdat ut-tavoxir»(«Tarixlar qaymogʻi») deb ham ataladi. 1480-yillarning oxiri, 1490-yillarning boshida Navoiyning yaqin doʻstlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy (1492), Pahlavon Muhammad (1493) ketma-ket vafot etdilar. Navoiy ularga bagʻishlab «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Pahlavon Muhammad» asarlarini yozadi. Bu asarlar nasriy boʻlib, shoirning bu ulugʻ zamondoshlari haqidagi memuar xotiralaridan tashkil topgan edi. 1491-yilda muammo janriga bagʻishlangan «Risolayi muammo» (ikkinchi nomi «Mufradot») risolasini yozi. Navoiy zamonasida muammo janri keng tarqalgan boʻlsa — da, asosan, fors tilida yozilar edi. Navoiy oʻzbek tilida muammo yozgan ilk oʻzbek shoirlaridan boʻldi. «Xazoyin ul-maoniy»ga uning 52 muamosi kiritilgan. Shoirning fors tilidagi muammolarini esa 500 chamalaydilar. Navoiyning 1490-yillardagi eng katta xizmatlaridan biri «Xazoin ul maoniy» («Maʼnolar xazinasi»)ni tuzish boʻldi. 1492—1498-yillarda tartib qilingan 4 qism devondan iborat bu ulkan sheʼriy kulliyot shoirning turkiy tilda yozilgan deyarli barcha lirik sheʼrlarini qamrab olgan edi. Shoir 7-8 yoshidan 20 yoshigacha boʻlgan davrni umrining navbahori hisobladi va shu davr devonini «Gʻaroyib us-sigʻar»(«Yoshlik gʻaroyibotlari») deb atadi.

Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Noyabr 2007, 10:19:24
Hayotining soʻnggi yillari.
1490-yillarning boshidagi ogʻir yoʻqotishlar, ayniqsa, 40 yillik qadrdoni Pahlavon Muhammad bilan ustozi Jomiydan judo boʻlish Navoiyga qattiq taʼsir etdi. Buning ustiga saroyda Xadichbegim Nizomulmulk bilan mulk va mansab ishtiyoqida yangi-yangi fitnalar toʻqiydi. Shu fitnalar natijalaridan biri pok qalbli barcha kishilarni larzaga solib, mamlakatni halokat yoqasiga keltirib qoʻyadi. Bu-Moʻmin Mirzoning oʻz bobosi farmoni bilan qatl qilinishi edi. 1489-yilda Navoiy Hirotga qaytgach oʻrniga Astrobod hokimi qilib Badiuzzamon tayinlagan edi. Bu orada Balxda Darveshali qoʻzgʻoloni boshlanadi. Husayn Bayqaro Navoiyni olib, Balxga joʻnaydi. Darveshali bilan sulh tuziladi, lekin Hisorda Abusaidning oʻgʻli Sulton Mahmud Husayn Bayqaroga qarshi kurash boshlaydi. Shoh Navoiyni Balxda qoldirib, oʻgʻli Badiuzzamonni olib Hirotga otlanadi. U bilan ham murosaga kelishib, orqaga qaytadi va Balxni Badiuzzamon tasaruffiga beradi. Badiuzzamon oʻgʻli — 13 yoshli Moʻmin Mirzoni Astrobodda qoldirib Balxga keladi. Xadichbegim Nizomulkmulk bilan birgalikda Astrobodga Muzaffar Mirzoni hokim qilib tayinlashga erishadilar. Husayn Bayqaro va Badiuzzamon oʻrtasidagi munosabat yomonlashadi. Badiuzzamon Moʻmin Mirzoga Muzaffar Mirzoni shaharga kiritmaslikka buyuruq beradi. Shoh tezda Navoiyni Balxga yuboradi. Navoiy ota va oʻgʻil orasiga tushib, ularni yarashtiradi. Biroq huddi shu paytda Husayn Bayqaroning Badiuzzamonni qoʻlga tushirish va qamoqqa olish haqidagi Balxga, shahar qutloviga yoʻllagan yashirin farmoni maʼlum boʻlib qoladi. Yarash yana urushga aylanadi.

Navoiy voqeani bunday izga kirib ketganidan qattiq iztirob chekadi va umidsiz orqaga qaytadi. Ota-oʻgʻil urushida Badiuzzamon yengiladi. Moʻmin Mirzoni Muzaffar Mirzo asir oladi. 1499-yilda Marvda Husayn Bayqaroning yana bir oʻgʻli Abulmuhsin otasiga qarshi bosh koʻtaradi. Shoh oʻz qoʻshini bilan Marvga otlanadi. Bu paytlarda Navoiy hajga boorish orzusida edi. Mirxondning xabar berishicha, Abulmuhsin otasi bilan sulh tuzish uchun Alisherning podshoh nomidan vakil boʻlib kelishini shart qilib qoʻyadi. Navoiyga tez chopar yuboriladi. Chopar shoirga yetib, shohning maktubini topshiradi. Unda shoirning hajni keyinga qoldirib, texda Marvga yetib kelishi iltimos qilingan edi. Alisher Mashhad ulugʻlari va hamrohlari bilan maslahatlashadi. Ular mamlakatning tinchiligi uchun Alisherning hajga borishidan kechishini soʻraydilar. Alisher belgilangan joyga yetib boradi, ota-oʻgʻillarni yarashtirib, Hirotga qaytadi.

1498-yilda Alisher Navoiy «Majolis un-nafois»ni qayta koʻzdan kechirib, toʻldirdi. Shoirlar adadni 459 taga yetkazdi. Shu yili yoshligidan qalbida muhirlanib kelgan «Mantiq ut-tayr» ga javob yozadi. «Lison ut-tayr» Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. Buyuk shoir 1498—1499 yillarda xatlarini toʻplab, «Munshaot» tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan boʻlib, ularning aksariyati shoirning shoh va shahzodalarga yoʻllangan. Shoirning 1500-yilning oxirlarida yozib tugatgan «Mahbub ul-qulub» asari uning eng soʻnggi asari boʻlib qoldi. Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etadi. Butun halq — shohda gadogacha, olimdan choʻpongacha, shoirdan dehqongacha ulugʻ farzandining oʻlimiga qaygʻu va iztirob bilan motam tutadi.

Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Noyabr 2007, 10:19:55
Yana Navoiy haqida
Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy temuriylar saltanatiga tegishli Xuroson mulkining markazi — Hirotda tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan. Navoiyning otasi Gʻiyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan. Sheʼr zavqi va isteʼdodi erta uygʻongan Alisher etti yoshidayoq Farididdin Attorning 'Mantiqut-tayr' asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan. Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan.

Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan chiqib ketishga majbur boʻlgan.

Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga 'muqarrabi hazrati sultoniy' ('sulton hazratlarining eng yaqin kishisi') degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.

Navoiy ijodi ixlosmandlari uning sheʼrlarini yigʻib, 'Ilk devonʼ (1464-65) tuzgan edilar, soʻngra 'Badoyiul-bidoyaʼ ('Goʻzallikning boshlanishi'), 'Navodirun-nihoyaʼ ('Nodirliklar nihoyasi') nomli devonlar (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq 'Xazoyinul-maoniy' nomli toʻrt devon (1491—1498)ga jamlangan. Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi 'Xamsaʼ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq 'Xamsaʼ yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. 'Xamsaʼ tarkibiga 'Hayrat ul-Abror', 'Farhod va Shirinʼ, 'Layli va Majnunʼ, 'Sab’ai sayyor', 'Saddi Iskandariy' kabi dostonlar kiradi. Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan boʻlsa-da, maxsus 'Lisonut-tayr' dostoni(1499)da, 'Nasoyimul-muhabbatʼ manqabasi'(1495-96)da, 'Tarixi anbiyo va hukamoʻ(1485-8), 'Arbainʼ, 'Munojotʼ singari asarlarida aks etgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Navoiy asarlarini diniy va soʻfiylik jihatidan oʻrganish kengaydi, ular ob’ektiv va ilmiy bahosini olmoqda. 'Arbainʼ, 'Munojotʼ kabi asarlari chop etildi.

Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy yoʻnalishdadir. 'Mahbubul-qulub'(1500-01) Navoiyning soʻnggi yirik asari boʻlib, unda ulugʻ mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, toʻplagan boy tajribasi oʻz yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda 'Soriun-nosning af’ol va ahvolining kayfiyati' (1), axloqiy muammolar (2), 'mutafarriqa favoyid va amsol surati' (3) masalalari ifodalangan.

'Xamsatul-mutahayyirinʼ('Besh hayratʼ,1494) asarida ustozi va doʻsti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi. 'Holoti Sayyid Hasan Ardasher' (1488-89), 'Holoti Rahlavon Muhammad' (1493) asarlari manoqib-holot yoʻnalishida boʻlib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan. 'Munshaotʼ (1498-99) Navoiyning maktublari toʻplami (jami 88 ta xat) boʻlib, ular sogʻinchlik xatlari, navroʻz tabriklari, taʼziyanomalar, siyosiy oʻgitlar, sulhnomalar va boshqa yoʻnalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan. 'Majolisun-nafois' (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira boʻlib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida maʼlumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot boʻlmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, toʻrtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va tiliga tarjima qilingan.

Navoiy 'Muhokamatul-lugʻataynʼ asarini oʻz zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bagʻishladi. Jonli xalq tilida qoʻllanilgan koʻplab soʻzlarni asarga kiritib, adabiy tilda qoʻllanilishiga sababchi boʻldi. Oʻzigacha ishlatilgan soʻzlarni yangi maʼno qatlamlarini ochdi. Oʻzbek tili grammatikasini Mahmud Koshgʻariydan soʻng ilmiy asosga soldi. Oʻzbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi boʻldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va eʼtiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi. Aruz nazariyasiga bagʻishlangan 'Mezonul-avzonʼ(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va ogʻzaki sheʼriyati namunalarining vazn xususiyatlarini oʻrgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk sheʼriyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi.

'Tarixi muluki Ajam' ('Ajam shohlari tarixi',1488) qisqa tarix boʻlib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan 'Tarixi Tabariy', 'Shohnomaʼ asarlarini mantiqan toʻldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning soʻnggi vakili Yazdi Shahriyorgacha boʻl-gan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi. 'Tarixi anbiyo va hukamoʻ ('Paygʻambarlar va hakimlar tarixi', 1485—1498) asarining birinchi boʻlimida 'Qissasul-anbiyoʻlar anʼanalarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Yaʼqub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi paygʻambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning 'Hukamo zikridaʼ deb nomlangan ikkinchi boʻlimida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishogʻurs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.

'Vaqfiyaʼ (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablagʻi evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yoʻnalishda madrasa va xonaqohlarda oʻrnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy oʻz ixtiyoridagi mablagʻlar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bogʻlarni sanab oʻtdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini oʻrganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.

Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat maʼnaviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam oʻrin oldi. Mustaqil Oʻzbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, Oʻzbekiston Davlat mukofoti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, Oʻzbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-maʼrifiy muassasalar, jamoa xoʻjaliklari ulugʻ shoir nomi bilan ataladi.

Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:13:09
Nasriy asarlari

  Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-talimiy va ilmiy-falsafiy yonalishdadir.
Mahbubul-qulub (1500-01) Navoiyning songgi yirik asari bolib, unda ulug mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, toplagan boy tajribasi oz yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda Soriun-nosning afol va ahvolining kayfiyati (1), axloqiy muammolar (2), mutafarriqa favoyid va amsol surati (3) masalalari ifodalangan.
Xamsatul-mutahayyirin(Besh hayrat,1494) asarida ustozi va dosti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi.
Holoti Sayyid Hasan Ardasher (1488-89), Holoti Rahlavon Muhammad(1493) asarlari manoqib-holot yonalishida bolib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan.
  Munshaot (1498-99) Navoiyning maktublari toplami (jami 88 ta xat) bolib, ular soginchlik xatlari, navroz tabriklari, taziyanomalar, siyosiy ogitlar, sulhnomalar va boshqa yonalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan. 1480-1490 yillar Navoiy uchun badiiy ijodda samarali davr bo'ldi. Shoir "Hamsa" dan keyin ko'p o'tmay ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi u 1488 yilda yozgan "Tarixi muluki ajam" shularning biri edi. Bu asar "Muhokamatul ul-lug'atayinda" da "Zubdat ut-tavorix" deb ham ataladi. Kitobning asosiy g'oyasi o'tgan shoxlarning hayoti qilgan ishlari orqali zamondoshlariga ibrat saboq bermoqdir. Dunyoda nimaiki bor o'tkinchidir. Birginda narsa boqiy, u ham bo'lsa, adolatdir. Navoiy Xusayn Bayqaro ni shunday adolatparvar shoxlardan xisoblaydi va uning tarixni yozajgini aytadi biroq uning niyatlari amalga oshmay qoldi. Shuningdek Navoiyning "Tarixi anbiyo va hukamo", "Siroj ul-muslimin" asarlari ham ibrat va pand mazmunini ko'zda tutgan edi.
  1491 yilda muammo janriga bag'ishlangan "Risolayi muammo" risolasini yozdi. Hadislar asosida 40 ruboyini o'z ichiga olgan "Arbain" ham shu yillari yuzaga keldi.
  1495-1496 yillarda "Nasoyim ul-muhabbat" ni yozib tugatdi. Bu asar sharqda o'tgan mashhur shayqlar so'fiylar hayoti haqida ma'lumoit beruvchi tazkira edi. Bu taskira Abdurahmon Jomiyning "Nafohat ul-uns" nomli kitobining erkin tarjimasi edik. Alisher Navoiy uni yangi ma'lumotlar bilan boyitdi, birinchi navbatda turkiy xalq vakillariga keng o'rin ajratdi 750 shayx haqida ma'lumot beruvchi bu asarda tasavvuf tariqatlari, qonun qoidalari so'fiylarga hos hususiyatlar ular hayotiga kasb koriga oid lavhalar o'rin olgan bo'lib tasavvufni o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Jumaladan, uning Yassaviyga oiud ma'lumotlari qimmatli hisoblanadi. 1998 yilda Alisher Navoiy "œMajolis un-nafois" ni qayta ko'zdan kechirib to'ldirdi shoirlar adadi 459 taga yetqazdi. Shu yil yoshligidan qalbida muhrlanib kelgan "Mantiq ut-tayr" ga javob yozadi.
  1500 yil ohirlarida yozgan "Mahbub ul-qulub" asari uning so'ngi asari bo'lib qoldi. "Mahbub ul-qulub" tuzilishiga ko'ra uch qismga bo'linadi

Ijtimoiy tabaqalar

Ahloq odatlar

Pand hikmatlar

  Janriga ko'ra nasrda yozilgan. Ayrim o'rinlardagina sheriy parchalar keladi. U parchalar ko'pincha fikrni hulosalash yoki bayonga ziynat berish uchun keltiriladi. Shoir nasriy bayonda saj'ga rioya qiladi qiladi. Asardagi fikr mulohozalar, noyob kuzatishlar milatimizni asarlar osha tarbiyalab kelgan axloq odob, turush turush turmushning mazmun mohiyatini anglashda muhimdir. Badiy jihatidan esa asar o'zbek nasri tarraqqiyotida betakror ahamiyatga ega.


 
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:13:43
Bolalik davri



   Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o'gli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tug'ildi. Zamondoshlari uning haqida ko'pincha "Nizomiddin Mir Alisher" deb yozadilar. 'Nizomiddin"-din--diyonat nizomi degani bo'lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, "mir" - amir demakdir. Uning otasi G`iyosiddin Muhammad (uni G`iyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi bo`lgan, ismi ma`lum emas. Alisherning bobosi Temurning o`g`li Umarshayx bilan emikdosh (ko`kaldosh) bo`lgan ekan.
   Buyuk shoir o`z asarlarida o`z asarlarida bu qutlug` dargohga yaqinligidan iftixor etishini bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimai holiga oid ayrim lavhalar asarlarida uchraydi. Bu tabarruk zot to`g`risidagi ba`zi ma`lumotlarni esa uning zamondoshlari o`z kitoblarida beradilar.
   Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o`sdi. Kichiklik chog`idan she`r va musiqaga ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida bo`ldi. Uch-to`rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir she`rini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan so`ng uni maktabga berdilar. U bo`lajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga o`qidi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi.
1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar o`rtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch bo`lib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yo`l oladi. Yo`lda, Taft shahrida Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, "Zafarnoma" ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi.
   Alisher xonadoni 1541-yilda Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir bu bilan bog`liq shunday bir hikoyani keltiradi: Karvon Yazd cho`li bilan Hirotga borarkan, tungi yurishlardan birida ot-ulov ustida hammani uyqu bosadi. Alisher mingan ot, ittifoqo, yo`ldan chiqib, bo`lajak shoir egardan tushib qoladi, uyqu zo`rlik qilib, uyg`onmaydi. Horigan ot ham egasi yonidan ketmay, to`xtab qoladi.
   Alisher tong otib, quyosh qiziganda uyg`onadi. Qarasa, poyonsiz sahro, atrofida hech kim yo`q. Yolg`iz otigina yovshan ildizlarini chimtib turibdi. O`n yoshli bola o`zini qo`lga oladi. Otini minib, zehn bilan yo`lni topib ilgari yuradi. Kun qizib, chanqoqlik boshlanadi. Shu payt uzoqdan bir narsa qorayib ko`rinadi. U suv to`la mesh ekan, Ollohga shukuronalar aytib, Alisher yo`lini davom ettiradi. Uning ota-onasi manzilga yetgach, o`g`illlarini yo`qligini biladilar va mulozimni shoshilinch orqaga qaytaradilar. Mulozim ko`p yurmay, Alisherga duch keladi. Alisherni, go`yo u qayta tug`ilganday, quvonch bilan kutib oladilar.
    1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o`tiradi, notinchliklar bosiladi. G`iyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa o`qishini davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni she`riyat, adabiyot olamiga olib kirdi. Bo`lajag shoir Sa`diy Sheroziyning "Guliston". "Bo`ston", asarlarini, Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr"("Qush mantig`i")ni so`ngsiz ishtiyoq bilan o`qidi. Ayniqsa, qushlar tilidan keltirilgan hikoyatlar va ularning chuqur mazmuni Alisherning o`y-xayolini tamom egallab oldi"¦
Bir kuni qushlar jam bo`libdi. Har xil: to`ti, qumri, tovus, bulbul va hokazo. O`rtaga hudhud (sassiqpopishak) chiqibdi. Boshidagi tojini selkillatib, o`zini ta`rifu tavsif etibdi. So`ng u hammani olam podshosi Semrug`ni izlashga undabdi. Qushlar uni surishtira boshlabdilar. "Zotini, sifatini, sifatini ayt, bizga nishon ber!" — deyishibdi ular. Hudhud hikoya boshlabdi: Smurg` bir kecha dunyoni aylanib, uchib yurar edi. Nogoh yo`li Chin shahri ustidan tushdi. Bir silkingan edi, mamlakat nurga g`aeq bo`ldi. Patidan biri tushib qolgan ekan. Ogoh bo`lganlar aqlu shuurini yo`qotdilar. Chin mulki esa hashamat (ulug`vorlikka) chulg`andi.
   Qushlar zavqu shavq bilan yo`lga tushadilar. Buroq bu zavq-shavq uzoq davom etmaydi. Qushlar e`tiroz bildirib, uzr aytib, o`zlarini chetga ola boshlaydi. Hudhud har biriga javob aytadi. Semrug`ga yetishish baxti oldida bu dunyoning tashvishlari hechligini isbot etuvchi biror hikoya keltiradi. Hudhudning gaplari, hikoyalari qushlarga yangi bir kuch bag`ishlaydi. Ular hudhudni boshliq qilib, yo`lga tushadilar. Hudhud buy o`lning ishq yo`li ekanligi, unga kirgan odam Shayx San`on singari o`zligidan kechishi lozimligini aytadi. Yana bir-biridan jozibali hikoyalar"¦ Nihoyat, qushlar yeti vodiyni bosib o`tadilar va o`zlarining Semurg` ekanligini anglab yetadilar.
    "Mantiq ut-tayr" xayoli Alisherga bir umr hamroh bo`ldi. Umrining so`ngida esa "Lison ut-tayr"("Qush tili") nomi bilan kitob yozdi. Bo`lajag shoir yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib o`qir edi.
   1453-yilda Alisherning otasi G`iyosiddin Mauhammad vafot etadi. Alisher Abulqosim Bobur hizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, so`ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do`st — Husayn va Alisher yana birga bo`ldilar. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra she`r yod olganini aytdi. She`r shunchaki nutq o`stirish emas, ma`rifat, taffakur mashqi ham edi. Navoiy 15 yoshlarida o`z she`rlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tordi. Xondamirning yozishicha, she`rlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher o`z davrining dongdor shoiri Mavlono Lutfiy xizmatiga boradi. Mavlono undan she`r o`qishni iltimos qiladi. Alisher o`zining:

Orazin yopg`och, ko`zimdin sochilur har lahza yosh,
        Bo`ylakim, paydo bo`lur yulduz nihon bo`lg`och quyosh.

matla`i bilan boshlanadigan g`azalini o`qiydi. She`rdan hayratga tushgan keksa shoir bunday deydi: "Valloh, agar muyassar bo`lsa edi, o`zumning forsiy va turkey tillarda aytgan o`n-o`n ikki ming baytimni shu g`azalga almashtirardim va buni o`zimning katta yutug`im deb hisoblar edim". Bu turkiy (o`zbek) she`riyatiga juda katta iste`dod kirib kelayotganidan nishona edi.
 
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:14:14
Yigitlik davri




   1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etdi. Hokimyat tepasiga Abusaid Mirzo keldi. Husayn Bayqaro taxt uchun kurashga sho`ng`ib ketdi. Navoiy esa Mashhad madrasalarida o`qishni davom ettirdi. Do`stlar orttirdi. Keksa shoir Kamol Turbatiyni shu yerda uchratdi. Turbatlik bu shoir Alisher bilan bir bayt muhokamasi ustida tanishib qoldi.Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. Biroq poytaxda uni noxushliklar kutadi. Abusaid Mirzo u bilan taxt talashayotgan Husayn Bayqaroni yaqin kishilarini ta`qib va tayziq ostiga olgan, jumladan, tog`alari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G`aribiylarni oldinma-keyin qatl ettirgan edi. Ular iste`dodli shoirlar edi. Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashashab turgani boshpana ham qolmagandi. U shaharda uzoq qola olmadi. Holbuki, yosh shoirning ijodi barq urgan payti edi. Abdurahmon Jomiyadek zamonasining alloma adibi bilan yaqindan tanishib, saboqlar olgani, mehr qozongan edi. Navoiy - "Mahmud Nuran" deb e`zozlagan bu mashhur shoir va olim o`zini siyosatdan uzoq tutar, hatto shahar tashqarisidagi Sa`diddin Koshg`ariy (1456-yilda vafot etgan mashhur shyx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy qilib, o`sha yerda yashar edi.
   Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga yozgan she`riy maktubi bor. U "Masnaviy" nomi bilan "Xazoyin ul-maoniy"ning birinchi devoniga kiritilgan. Mutaxasisslar uni Navoiyning Hirotdan Samarqandga jo`nash oldidan yozgan maktubi deb hisoblaydilar. Chamasi, shoir safar oldida Ardasher bilan xayrlashmoqchi bo`lgan, lekin uni topmagan. So`ng ushbu maktubni yozib qoldirgan. Maktub Alisherning safar oldidagi kechinmalari va o`z otasidek yaqin ko`rgan Sayyid Hasan Ardasherning sifatlarini ta`rif etish bilan boshlanadi. Vatan va do`stlarni tashlab ketish og`ir. Xayrlashmay ketish undan ham og`ir. U ulug` do`stiga ketishi sabablarini tushuntirmoqchi. Xat shu munosabat bilan yozilgan. Inson so`z bilan ulug`dir, "falak jismining joni"-so`z, ayqisa "nazm" (she`r), deydi shoir. Va o`zida she`r yozishga juda katta kuch-qudrat sezayotganini aytadi. Shunday qudratki, agar Firdavsiy o`z "Shohnoma"sini 30 yilda yozgan bo`lsa, u o`shanday asarni 30 oyda yoza oladi. Nizomiy Ganjaviyning 30 yil sarflab maydonga keltirgan "Xamsa"si uning oldida 2-3 yillik ishdir. Faqat unga imkon kerak. Yurt esa notinch, odamlarda vafo yo`q. Insoniylik qolmagan zulm avjida. Hatto tasali beruvchi kishi ham yo`q. Ketaman, desang etagindan tutadigan umr yo`ldoshing, ketsang, ayriliqdan eziladigan do`sting bo`lmasa.
   Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning bu shaharga kelishi sababini turlicha talqin qiladilar. Xondamir, o`qish uchun keldi, deydi. To`g`ri u Samarqandda din huquqshunosi va faylasuf Fazulloh Abullays qo`lida o`qidi. Zahiriddin Bobur uni Abusaid surgun qildi deydi. Bunda ham asos bor. Abusaidning Alisherga munosabati yomon edi. Shoir Samarqandda dastlab moddiy qiyinchilik ichida yashaydi. Keyinroq unga shahar hokimi Ahmad Hojibek rag`bat va hoiylik ko`rsatadi. Nihoyat, Samarqand o`z go`zalligi bilan ham Navoiyni maftun etadi. Shoi uni "firdavsmonand"(jannatmisol) deb ataydi va unga hech qachon "gardi fano" o`ltirmasligini — zavolikka yuz tutmasligini istaydi. Navoiy shu yillari shoir sifatida juda katta shuhrat topa bordi. 1465 — 1466-yillarda uning muxlislari she`rlarini to`plab, "devon" tuzadilar. Bu kitob bugun "Ilk devon" nomi bilan mashhurdir. 1468-yil oxrida Eronni eggalash uchun bo`lgan jangda Abusaid halok bo`ladi. Husayn Bayqaro 1469-yilning boshida Hiroti qo`lga oladi va Samarqandga xat yo`llab, Navoiyni o`z yoniga chaqiradi. Husayn Bayqaro uni davlat ishlariga jalb etadi. Muhrdor qilib tayinlaydi.
 
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:15:11
"Ahli fazil va ahli hunarg'a Alisherbekcha murabbiy va muqavviy ma'lum emaskim, hargiz paydo bo'lmish bo'lg'ay".

 
Davlat va jamoat arbobi

   Alisher Navoiy 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472-1476-yillarda vazir bo`lib ishlaydi. 1487-1488-yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Husayn Bayqaro uni o`ziga g`oyat yaqin tutar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va buni nihoyatda qadrlar edi. To`g`ri, Bayqaro va Navoiy o`rtasiga uchinchi kishi aralashgan, sovuqchilik tushgan paytlar ham bo`ldi. Lekin o`z davrining ikki atoqli arbobi hamkorligi juda ko`p sinovlardan muvaffaqiyat bilan o`tib, avlodlarga o`rnak bo`ldi. Husayn Bayqaro saltanatining daslabki yillarida juda notinch kechdi. Xondamirning yozishicha, u taxtga chiqqan yilning o`zida Abusaid Mirzoning o`g`li Yodgor Muhammad taxt da`vosi bilan qo`zg`aldi. Husayn Bayqaro unga qarshi qo`shin tortadi va g`alaba qozonadi.
   1470-yilning bahorida Yodgor Mirzo Astrobodda yana bosh ko`taradi. Husayn Bayqaro Navoiyni yoniga olib, qo`shin bilan yana yo`lga tushadi. Xuddi shu payt Hirotda qo`zg`olon bo`lganligi xabari keladi. Husayn Bayqaro Navoiyni unga katta vakolatlar berib poytaxtga qaytaradi. Navoiy shaharda adolatni tiklab, xalqni tinchlantiradi. Shunday to`qnashuvlarning birida Yodgor Mirzoning qo`li baland kelib, poytaxdagi ayrim kishilar unga qo`shiladilar. Mojarolarni tinchlantirish maqsadida uylangani Abusaidning qizi Robiya Sultonbegim eriga hiyonat qilib, u safariga ketganida poytaxtda inisi Yodgor Mirzo nomiga xutba o`qitadi. Yurt bir muddat Yodgor Mirzo qo`liga o`tadi. Bu hol Husayn Bayqaroga qattiq ta`sir etadi. Tushkunlikka tushadi. Navoiy shunday paytda uning yonida turadi, tassali beradi. O`sha 1470-yilning o`zida payt poylab, Navoiyning maslahati bilan Murg`ob daryosi bo`ylaridan juda qisqa muddatda Hirotga yetib keladi va Bog`I Zog`onda maishatdan charchab uxlab yotgan Yodgor Mirzoni qo`lga oladi. Shundan keyingina Xurosonda ma`lum muddat tinchlik, osoyishtalik qaror topadi. Alisher ijod kishisi edi. U tabiatan buyuruqvozlikdan va hukmfarmonlikdan yiroq, tafakkur hamda taxayyulga moyil, g`oyat nozikta`b bir kishi edi. Mansab-lavozimlar har qancha yuksak bo`lmasin uning uchun zil-zambil yuk bo`lib, Husayn Bayqaroga bo`lgan ixlos va muhabbatigina uni iste`fo berishdan saqlab turar edi. Shunga qaramasdan, u sadoqat bilan xizmat qildi. `Donishmadnligi, tadbirkorligi bilan ko`plab g`alayonu qon to`kishlarni oldini oldi, urushlarni yarashga aylantirdi. Uning bu fazilati, ayniqsa, 1972-1476-yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon bo`ldi. Husayn Bayqaro hokimyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatida tayanib ish ko`rdi. Uni, qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayinladi, 1472-yilda esa "amir"(vazir)likka qo`ydi. Buyuk shoir "amiri kabir" (ulug` amir), "amirul muqarrab" (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo`ldi. Uning vazirlik yillari Hirotda obodonlik avj olgan, madaniyat gullab, yashnagan davr bo`ldi. Ulug` amir o`zi bosh bo`lib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozallatirdi, yangi kanallar qazdirdi. Eski binolarni ta`mir qildirib, yangilarini qurdirdi. Qanchadan-qancha madrasalar, xonahoqlar soldirdi.
 
Zahiriddin Muhammad Bobur. 
 
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:15:39
Ijod og`ushida



   Alisher Navoiy she`rni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham she`r yozishni to`xtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga rag`bat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Bayqaroning o`zi unga rahnamolik qildi. Ulug` shoirning ilk she`riy devonini muxlislari tuzgan bo`lsalar, birinchi devoni - "Badoye ul-bidoya" ("Badiiylik ibtidosi")ni 1472-1476 yillarda shohning amri va istagiga ko`ra o`zi kitob qildi. 1485-1486-yillarda ikkinchi devon - "Navodir un-nihoya"("Nihoyasiz nodirliklar") maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481-1482-yillarda "Vaqfiya" asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli ishning sarfu xarajatini ta`min qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi. Alisher Navoiyning eng katta orzusi doston yozish, birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141-1209) dan keyin shoirlik qudtarining mezoniga aylanib qolgan "Xamsa" yaratish edi. Nizomiyning "Panj ganj" nomi bilan tarixga kirgan "Xamsa"si 5 masnaviydan tashkil topgan edi: "Maxzan ul - asror" ("Sirlar xazinas"), "Xusrav va Shirin", "Layli va Majnun", "Hayf paykar"("Yetti go`zal"), "Iskandarnoma". Yuz yildan keyin unga Xusrav Dehlaviy (1253-1325) javob qildi. U o`z dostonlarini "Matla ul-anvor" ("Nurlar boshlanishi"), "Shirin va Xusrav", "Majnun va Layli", "Hasht behisht"("Sakkiz jannat"), "Oynayi Iskandariy" (Iskandar oyinasi) deb ataladi. Lekin bular hammasi forsiy tilda yozildi. Ulardan forslar, shu tilni bilganlargina bahramand bo`ldilar. O`z xalqining shunday hazinadan bebahra qolishi Navoiyni qiynadi. Navoiy maslahatga ustozi Abdurahmon Jomiy huzuriga boradi. Jomiy Navoiyni bu ishga tezlikda kirishishga undaydi, uning o`z kuchi va imkoniyatlariga ishonchini mustahkamlaydi. Navoiy besh dostonni ikki yilda tamomlaydi. 1483-yilda o`z "Xamsa"sini yoza boshlab, 1485-yilning boshida yugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba "Xamsa" yaratiladi. Olimu fuzalo - barcha bu hodisani zo`r olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin Vosifiyning "Badoye` ul-vaqoye`"sidan: "Shoh Navoiyga: "Bir mojaro Siz bilan bizning oramizdan ko`pdan hal bo`lmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik", deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi bo`lishini ko`pdan orzu qilar va uni "pirim" deb atar edi. Alisher esa har gal: "Yo Ollo, yo Ollo, bu qanday gap bo`ldi! Aslida — biz muridmiz, siz — hammasiga pirsiz", der edi.
Endi Sulton Husayn Alisherdan so`radi: - Pir nima-yu, murid nima?
Alisher javob berdi:
- Pining tilagi - muridning tilagi bo`lishi kerak.
- Shunda Sulton Husayn o`zining oq otini olib kelishni buyuradi. Ot juda asov, chopag`on edi.
Sulton Husayn aytdi:
- Siz murid, men murid bo`ladigan bo`lsam, Siz shu otga minasiz, men uni yetaklayman.
   Alisher noiloj otga minishga majbur bo`ladi. Ot g`oyat asov bo`lib, shohdan boshqani o`ziga yaqinlashtirmas edi. Alisher oyog`ini uzangiga qo`yishi bilan ot tipirchilay boshladi, Sulton Husayn otiga o`shqirdi, ot itoat qilib, Alisherning minishini kutdi. Alisher egariga o`tirishi bilan Sulton Husayn otining jilovidan ushlab yetaklay boshladi. Alisher hushidan ketdi. Uni egardan ko`tarib oldilar. Tarihda bunday hol ko`rilmagan edi. Hech bir zamonda shoh shoirga jilovdorlik qilmas edi. 1480-1490-yillar Navoiy uchun badiiy ijodda samarali davr bo`ldi. Shoir "Xamsa" dan keyin ko`p o`tmay, ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi. U 1488-yilda yozgan "Tarixi mulki ajam" ("Ajam shohlar tarixi") shularning biri edi. Bu asar "Muhokamat ul-lug`atayn"da "Zubdat ut-tavoxir"("Tarixlar qaymog`i") deb ham ataladi. 1480-yillarning oxiri, 1490-yillarning boshida Navoiyning yaqin do`stlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy (1492), Pahlavon Muhammad (1493) ketma-ket vafot etdilar. Navoiy ularga bag`ishlab "Holoti Sayyid Hasan Ardasher", "Xamsat ul-mutahayyirin", "Holoti Pahlavon Muhammad" asarlarini yozadi. Bu asarlar nasriy bo`lib, shoirning bu ulug` zamondoshlari haqidagi memuar xotiralaridan tashkil topgan edi. 1491-yilda muammo janriga bag`ishlangan "Risolayi muammo" (ikkinchi nomi "Mufradot") risolasini yozi. Navoiy zamonasida muammo janri keng tarqalgan bo`lsa - da, asosan, fors tilida yozilar edi. Navoiy o`zbek tilida muammo yozgan ilk o`zbek shoirlaridan bo`ldi. "Xazoyin ul-maoniy"ga uning 52 muamosi kiritilgan. Shoirning fors tilidagi muammolarini esa 500 chamalaydilar. Navoiyning 1490-yillardagi eng katta xizmatlaridan biri "Xazoin ul maoniy" ("Ma`nolar xazinasi")ni tuzish bo`ldi. 1492-1498-yillarda tartib qilingan 4 qism devondan iborat bu ulkan she`riy kulliyot shoirning turkiy tilda yozilgan deyarli barcha lirik she`rlarini qamrab olgan edi. Shoir 7-8 yoshidan 20 yoshigacha bo`lgan davrni umrining navbahori hisobladi va shu davr devonini "G`aroyib us-sig`ar"("Yoshlik g`aroyibotlari") deb atadi.
 
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:16:18
   O'limidan har bir uyga tushdi motam,
   Mamlakatning har burchidan chiqdi fig'on.
   Temir yurak, tosh yurakli kishilar ham,
   Bu dahshatli musibatdan yutdilar qon 
 
Hayotining so`nggi yillari

   1490 - yillarning boshidagi og`ir yo`qotishlar, ayniqsa, 40 yillik qadrdoni Pahlavon Muhammad bilan ustozi Jomiydan judo bo`lish Navoiyga qattiq ta`sir etdi. Buning ustiga saroyda Xadichbegim Nizomulmulk bilan mulk va mansab ishtiyoqida yangi-yangi fitnalar to`qiydi. Shu fitnalar natijalaridan biri pok qalbli barcha kishilarni larzaga solib, mamlakatni halokat yoqasiga keltirib qo`yadi. Bu-Mo`min Mirzoning o`z bobosi farmoni bilan qatl qilinishi edi. 1489-yilda Navoiy Hirotga qaytgach o`rniga Astrobod hokimi qilib Badiuzzamon tayinlagan edi. Bu orada Balxda Darveshali qo`zg`oloni boshlanadi. Husayn Bayqaro Navoiyni olib, Balxga jo`naydi. Darveshali bilan sulh tuziladi, lekin Hisorda Abusaidning o`g`li Sulton Mahmud Husayn Bayqaroga qarshi kurash boshlaydi. Shoh Navoiyni Balxda qoldirib, o`g`li Badiuzzamonni olib Hirotga otlanadi. U bilan ham murosaga kelishib, orqaga qaytadi va Balxni Badiuzzamon tasaruffiga beradi. Badiuzzamon o`g`li - 13 yoshli Mo`min Mirzoni Astrobodda qoldirib Balxga keladi.    Hadichabegim Nizomulkmulk bilan birgalikda Astrobodga Muzaffar Mirzoni hokim qilib tayinlashga erishadilar. Husayn Bayqaro va Badiuzzamon o`rtasidagi munosabat yomonlashadi. Badiuzzamon Mo `min Mirzoga Muzaffar Mirzoni shaharga kiritmaslikka buyuruq beradi. Shoh tezda Navoiyni Balxga yuboradi. Navoiy ota va o`g`il orasiga tushib, ularni yarashtiradi. Biroq huddi shu paytda Husayn Bayqaroning Badiuzzamonni qo`lga tushirish va qamoqqa olish haqidagi Balxga, shahar qutloviga yo`llagan yashirin farmoni ma`lum bo`lib qoladi. Yarash yana urushga aylanadi. Navoiy voqeani bunday izga kirib ketganidan qattiq iztirob chekadi va umidsiz orqaga qaytadi. Ota-o`g`il urushida Badiuzzamon yengiladi. Mo`min Mirzoni Muzaffar Mirzo asir oladi. 1499-yilda Marvda Husayn Bayqaroning yana bir o`g`li Abulmuhsin otasiga qarshi bosh ko`taradi. Shoh o`z qo`shini bilan Marvga otlanadi. Bu paytlarda Navoiy hajga boorish orzusida edi. Mirxondning xabar berishicha, Abulmuhsin otasi bilan sulh tuzish uchun Alisherning podshoh nomidan vakil bo`lib kelishini shart qilib qo`yadi. Navoiyga tez chopar yuboriladi. Chopar shoirga yetib, shohning maktubini topshiradi. Unda shoirning hajni keyinga qoldirib, texda Marvga yetib kelishi iltimos qilingan edi. Alisher Mashhad ulug`lari va hamrohlari bilan maslahatlashadi. Ular mamlakatning tinchiligi uchun Alisherning hajga borishidan kechishini so`raydilar. Alisher belgilangan joyga yetib boradi, ota-o`g`illarni yarashtirib, Hirotga qaytadi.
   1498-yilda Alisher Navoiy "Majolis un-nafois"ni qayta ko`zdan kechirib, to`ldirdi. Shoirlar adadni 459 taga yetkazdi. Shu yili yoshligidan qalbida muhirlanib kelgan "Mantiq ut-tayr" ga javob yozadi. "Lison ut-tayr" Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. Buyuk shoir 1498 -1499 yillarda xatlarini to`plab, "Munshaot" tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan bo`lib, ularning aksariyati shoirning shoh va shahzodalarga yo`llangan. Shoirning 1500-yilning oxirlarida yozib tugatgan "Mahbub ul-qulub" asari uning eng so`nggi asari bo`lib qoldi. Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etadi. Butun halq - shohda gadogacha, olimdan cho`pongacha, shoirdan dehqongacha ulug` farzandining o`limiga qayg`u va iztirob bilan motam tutadi.
 
 
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:16:48
Turk nazmida chu tortib men alam,
Ayladim ul mamlakatni yak qalam.
 
Ilmiy-filologik merosi



  Majolisun-nafois (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira bolib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida malumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bolmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, tortinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi malumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy (1521-22), Muhammad Qazviniy (1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.
  Navoiy Muhokamatul-lugatayn asarini oz zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bagishladi. Jonli xalq tilida qollanilgan koplab sozlarni asarga kiritib, adabiy tilda qollanilishiga sababchi boldi. Ozigacha ishlatilgan sozlarni yangi mano qatlamlarini ochdi. Ozbek tili grammatikasini Mahmud Koshgariydan song ilmiy asosga soldi. Ozbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi boldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va etiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.
  Aruz nazariyasiga bagishlangan Mezonul-avzon (1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va ogzaki sheriyati namunalarining vazn xususiyatlarini organdi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk sheriyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. Toqqizta yangi vazn va sheriy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi.
  Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish 20 asrning 20-yillaridan yolga qoyildi. Bu yonalishda Fitrat, Oybek, A.Sadiy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos olimlarning ishlari etiborli. 
 
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:17:12
Tarix va iqtisodga oid asarlari
  Tarixi muluki Ajam (Ajam shohlari tarixi,1488) qisqa tarix bolib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan Tarixi Tabariy, Shohnoma asarlarini mantiqan toldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning songgi vakili Yazdi Shahriyorgacha bolgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi.
  Tarixi anbiyo va hukamo (Paygambarlar va hakimlar tarixi, 1485-1498) asarining birinchi bolimida Qissasul-anbiyolar ananalarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Yaqub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi paygambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning Hukamo zikrida deb nomlangan ikkinchi bolimida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishogurs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.
  Vaqfiya (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablagi evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yonalishda madrasa va xonaqohlarda ornatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy oz ixtiyoridagi mablaglar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va boglarni sanab otdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini organish uchun ham muhim hujjatli manbadir.
Tarix va iqtisodiy yonalishdagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Ya.Gulomov, V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan organilgan. 

 
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:17:37
Arab va fors tillaridagi asarlari
 

   Alisher Navoiy fors tilida yozgan sherlari asosida Devoni Foniy tuzilgan bolib, uning muqaddimasida Sittai zaruriya (Olti zarurat) va Fusuli arbaa (Tort fasl) forsiy qasidalari majmualari berilgan.
   Sittai zaruriya toplamidagi qasidalar Ruhul-quds (Muqaddas ruh), Aynul-hayot (Hayot chashmasi), Tuhfatul-afkor (Fikrlar tuhfasi), Qutul-qulub (Qalbdar gizosi), Minhojun-najot (Qutilish yoli), Nasimul-xuld (Jannat nasimi) kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida yozilgan.
   "Fusuli arbaa"da Sulton Husayn Boyqaro madhidan song Bahor, Saraton, Xazon (Kuz) va Day (Qish) vasfidan iborat.
   Muammo janri qoidalariga bagishlangan Mufradot (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz sheriyatdagi bu janrni nazariy jihatdan asosladi. Muammo va uni ifodalangan janrlar ruboiy, qita, tuyuq, ayrim hollarda gazal munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini orgatish barobarida 121 ta misol keltirdi.
Navoiyning arab tilida Sabatul-abhur (Yetti dengiz) nomli diniy-tasavvufiy ruhda lug'at xarakteridagi asar yozgani malum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada organilmagan. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi Fitrat, H.Sulaymon, N.Mallaev, Sh.Shomuhamedov, R.Vohidov, Boltaeva tomonidan organilgan.
   Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat manaviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam orin oldi. Mustaqil Ozbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga kotarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, Ozbekiston Davlat mukofoti, ORFA Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, Ozbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-marifiy muassasalar, jamoa xojaliklari ulug shoir nomi bilan ataladi.
 
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:18:12
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasig'a panja urmoq.
Kerak sher ollida ham sheri jangi,
Agar sher o'lmasa, bori palangi. 
 
Xamsachilik tarixidan
   Navoiyning epik asarlari deyilganda birinchi navbatta ko'z oldimga "œXamsa" keladi.Xamsa beshlik demakdir Binobarin, u besh mustaqil dostondan tashlkil topgan va xar bir doston ma'lum bir mavzu voqeani keng va atroflicha masnaviy yo'li bilan yoritib beradi. Sharq adabiyotida birinchi bo'lib Xamsachilikni boshlab bergan kishi buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiddin Ganjaviydir. U 1173-1179-yilllar oralig'ida Arzinjon hokimi Faxriddin Baxromshohga bag'ishlab, "Maxzan ul asror" (Sirlar xazinasi) nomli pandnoma —nasihatnoma yozadi, 1180-1181-yillarda Iroq xukmdori To'g'rul IIning iltimosiga ko'ra muxabbat va qahramonlikni ifodalovchi "œXusraf va Shirin "œdostonini yaratadi. Sharq adabiyotida hamsachilik an'anasi paydo bo'ldi. Shunga ko'ra har bir asar "œXamsa"œ deb atalmog'i uchun: 1- u besh dostondan tashkil topmog'i.2- birinchi doston albatta pand nasixat ruhidagi tarixiy, axloqiy, falsafiy bo'lmog'I 3-dan Husraf va Shirin mojorolariga bag'ishlanmog'i.4- uchunchi doston Layli va Majnu muhabbatini mavzu qilib olmog'i 5- to'rtinchi doston Baxrom beshinchi doston Iskandar haqida yozilmog'i shart edi.

   Navoiy "œXamsa"si XV asrdagi xalqimiz ma'naviy taraqqiyotining ko'zgusi bo'lib, unda o'sha davrning ijtimoiy turmushu,xalqning farovon urf-odatlari din-diyonat,axloq-odob haqidagi qarashlari o'z aksini topgan. Navoiy "œXamsa" si yaxli asardir. Buyuk shoir unda zamonasining barch dolzarb masalalarini qalamga oladi. Ularga javob izlaydi. Har besh doston bir-biri bilan ich-ichidan mustahkam bog'langan. Masalan: "œHayrat ul- abror" da shoir umr va uning mazmunini, jamiyat va inson, tabiat va inson kabi savollarni qo'ysa keyingi dostonlarda muayyam taqdirlar voqealar visolida ularni ochishga harakat qiladi.

 
 
 
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:18:43
Ziynat aro ravzaiy rizvondir ul,
       Ravzani qo'y, mulki Xurosondir ul 
 
Xayrat ul-abror



   Navoiy davr an'anasiga rioya qilgan holda boshqa asralari singari dostonlariga ham arabcha nom berdi va "œXamsa" dagi birinchi dostonni "œHayrat ul-abror"œ deb atadi. U bugungi o'zbek tilida "œYaxshi kishilarning hayratlanishi"œ degan ma'noni beradi. Dostonning xajmi 3988bayt bo'lib 64 bob, 20 ta maqolatdan tashkil topgan. U aruzning sari baxrida yozilgan. Asar an'anaviy muqaddima "œXamd" va "œNa't"œ bilan boshlanadi. "œXamd"da ollohning maqtovi sifatlari, "œNa't" da payg'ambarimiz madhi beriladi. Navoiyning dunyo haqidagi qarashlari shu muqaddimada o'z aksini topgan. Uningcha dunyoning boshi ham oxiri ham, yaratuvchi ham, kuzatuvchi ham ollohdir.

   Ikki bob ustozlar ta'rifiga bag'shlangan. Ikki bob va undagi ma'no haqida. So'ng Husayin Bayqaro haqida, ulug' pirlari Bahavuddin Naqishband, Xo'ja Axrorga bag'ishlovlar keladi. Nixoyat 22-bobda maqolat bilan boshlanadi. Birinchi maqolat Islom haqida ikkinchi maqolat Imom haqida, uchunchi maqolar shoxlar haqida. Maqolat oxirida Shox G'oziy hikoyat beriladi. Dostondagi bir qator odob-axloq maqolatlari beriladi. Chunonchi beshinchi maqolat Karam haqida. Karamning ma'nosi keng. U mehr-marhamat ko'rsatish, sahiylik qilish, exson etish kabilarni anglatadi. Sahiylik insondagi xislatlarning ung ulug'i, baxillik eng tubanligi. Biroq har narsaning ham me'yori bor. Ortiqcha sahiylik isrofdir. Isrof esa baxillik bilan barobar. Qolaversa, xar qanday saxiylik xam ma'lum tartib bor. Masalan:faqat dovrug' uchungina mol dunyo sovurmoq saxiylikdan emas, xatto aqldan ham emas. Bu davrda yashab ijod qilgan shoirlar va allomalr "Ahsanahu-akzabahu" (eng yaxshi sher — eng yolg'onshe'rdir"deb qaraganlar .Nizomiy Ganjaviyningf "Maxzan ul-asror"ga 40 dan ortiq nazira yozilgan, Shundan uchtasigina chig'atoy tilida. Shuning bittasi mana shu "Xayrat ul abror" bo'ldi
 
 
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:19:25
                                    Nedur ahvoling ey zori g'aribim,
                                    Visolim davlatidin benasibim.
                                    Chekardin g'am togin holing nechukdur,
                                    Bu yukdin jismi chun noling nechukdur. 
 
Farhod va Shirin

   Alisher Navoiyning mukammal inson haqidagi orzu-o'ylari"Xamsa"ning ikkinchi dostonida Farhod timsolida o'z aksini topgan. Bu mavzu aslida eski bo'lib, muayyan tarixiy shaxslarga borib bog'langan. U ilgari ko'proq "Xusraf va Shirin shaklida mashhur edi. 590-yilda taxtga chiqib 628-yilda o'ldirilgan Eron shohi Xusraf Parvezning go'zal Shiringa bo'lgan muhabbati ko'pgina tarixiy asarlarda qayd etilgan Nizomiyda tasvirlanishicha Xusrab Eron shohi Xurmuzning tilab olgan o'g'li bo'lgan. Xusrafga Shirin haqidagi ma'lumotni yaqin do'stlaridan biri Shobur yetqizadi. Bu Nizomiyning "Xusraf va Shirin"dan.

   Navoiy "Xusraf va Shirin"dagi yaratuvchilik va sevgi dostonini Sharq dostoni deb atagan. Ishning ikki inson hayotining mazmum-mohiyati deb hisoblaydi. Bu ishq shunchaki ish emas,balki ilohiy ishqdir. Navoiyda bu ikki tushunchani bir-biridan ajratib olish mushkul. Ko'pincha ularning biri ikkinchisidan farqli va bir-birini to'ldirib boradi. Shoir bunga muqaddimadayoq ishora qiladi. Navoiy "Farxod va Shirin" muqaddimasida uning ismini tilga oladi. Asarda Farhodning g'am-alam o'z bag'riga oladi. Buni ko'rgan otasi unga to'rt fasilga bag'ishlab qasrlar qurib beradi. Har faslga mos shohona bazlar boshlanadi. Biroq Farhodda o'zgarish bo'lmaydi. Uning o'zgarishi uchun otasi taxtni ham in'om atadi. Farxod va Shirin dostonida tasvirlangan voqeaning jazibadorligiga ko'ra ham e'toroz bilan,yozilganligi jihatidam ham yozma dostochilig'imizning eng go'zal na'munalaridan bo'lib qoladi. Ayniqsa dostondagisuvsiz joylarga suv chiqarish bilan bog'liq voqealar xalqimizning asriy orzulariga hamoxang tushganligi uchun bu asarning xalq orasida shuxrati nixoyat kattadir.

   "Farxod va Shirin", nomlari qo'yilgan joylar, manzillar ko'payib boradi. Farhod va Shirin dostoni shu mavzuda yozilgan asarlar singaridir. Asarning oxiriga Farhod ota —onasiga yuksak hayotsevarlik tuyg'ularini namoish etib, vafot etadi.
 
 
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:20:00
                                    Sensizki g'anim dame kam ermas,
                                    Sendin gar emas ko'p, oz ham ermas.
                                    Sen tortibon ohi otasholud,
                                    Men o't yoqibon chiqar mayin dud. 
 
Layli va Majnun
 

   Sharq adabiyotida sevgi haqidagi bitilgan dostonlar orasida "œLayli va Majnun" day dardli va g'amginlini topib bo'lmaydi. U naqadar g'amgin bo'lsa shu qadar shuxrat topgan. Uni mutaxassilar G'arbdagi "œRomeo va Juleta" dan ham mashhurroq hisoblaydi. Bu qissa qanchalik g'amgin va mashhura bo'lsa shunchali qadimiy hamdir. Ushbu mavzuda adabiyot olamida salkam XIII-asrdan buyon she'r va doston bitilib keladi. Qissaning kelib chiqish man'bai qadim arablar hayoti bilan bog'liq voqealarga borib taqladi. Majnunni ba'zilar tarixiy shaxs asl ismi: Qays ibn Mulavvax yoshligidan tuya boqib yurganda amakisining qizini sevib qolgan shaxs desa, ikkinchi bir fikrlar u to'qima obroz deyishadi. Navoiyning "Layli va Majnuni"da ruhiyat tasviriga alohida e'tibor berilgan. Asar voqeasi xaybatli tun tas'viri bilan boshlangan. "layli" degani ham "tun" degani.

   Dostonning eng ta'sirchan joylaridan biri Majnuning ka'baga olib borilishidir. Dostonning oxirida "Ish ta'rifi"da degan bob keladi.Shoir unda Layli va Majnun taqdirida afsonaga o'rab berilgan mazmumnni sharxlaydi. Navoiyning "Layli va Majnunni" mazkur syujetning ishlanish tarixida alohida bir bosqich bo'lib qoldi. Navoiyga yuksak baxo berdi. Qissa xalqimiz orasida keng yoyildi. U haqida xalq dostoni maydonga keldi. Fozil Yo'ldosh o'g'li tilidan yozib olinib,nashr etilgan shu nomdagi doston bunga misoldir.
 
 
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:20:33
Ishq ila shohlig' muvofiq emas,
                                    Isq lofida shoh sodiq emas.
 
Sab'ai — sayyor
 

   "Sabbai sayyor" xamsaning to'rtinchi dostoni bo'lib, ishqiy sarguzast harakteridadir. Asarning bosh qahramoni Baxrom. Baxrom sharqda Mars yulduzining nomi. Arabchasi- Mirrix. Baxrom ko'pincha jangu jadallar, fitna yog'monlar timsoli sifatida keladi. Tarixchilar bun omni Eronning sosoniy hukmdoru BaraxxonV (420-438-yillarda podsholik qilgan) bilan bog'laydilar Xalq orasida Baxrom"Go'r" laqbi bilan mashhur bo'lgan. Go'r deb qulonni aytganlar Baxromni dastlab Firdavsiy o'z "œShohnoma"sida tasvirlagan. "œSabbai sayyor" 38bob, 5000 baytdan iborat bo'lib, asar voqealari 12-bobdan bosh;langan. Baxrom yeti iqlim shohi. Ovda uni izlab kelayotgan Moniyni uchratadi. Moniy Xitoylik bir savdogarning g'ozal qizini Dilorom haqida habar beradi. Dostonda Baxrom go'rDilorom bilan birga bo'ladi. Baxrom uni juda sevadi. Dilorom bilan birga ovga borganida mast holatida uni o'ldirib, Sahroi kabrga tashlab yuborishini buyuradi. Bunig sababi asarning o'zida berilgan. Mastlikdan qaytgandan so'ng Baxrom nima qilib qo'yganini o'ylab kanizlaridan so'raydi va uni topib kelishini buyuradi. Sahroi kabrda Diloromni topa olmagan kanizlari, uni biron-bir yirtqich hayvon yeb ketgan deb gumon qiladi. Shundan so'ng Baxromni g'am alam egallaydi. Diloromni esa shu sahrodan Xorazm yurtiga ketayotgan savdogarlar bilan qo'shilib ketadi va u yerda barcha dardlarini bir insonga aytib beradi. Baxrom kamalak rangiga moslab "œYettita qasr" qurdiradi. Birinchi qasr qora narsalar,qorong'u. Oxirgisi oq- narsalarning pokligini bildirib yaxshilikga yetaklaydi. Baxrom yettinchi qasrda Dilorom haqida eshitib uni topdirib keladi va ular yana birgalikda ovga chiqishadi. Ular bitta kiyikning orqasidan quvib, balchiqqa botgan,chakalakzorga kirib,hammalarini balchiq yutib ketadi. Sabbai Sayyor yeti sayyora degan ma'noni bildiradi. Sabbai- sayyor dostoni barchaga birdek ma'lum.
 
 
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:21:18
                                    Birovkim, anga himmat o'ldi baland,
                                    Erur olam ahli aro arjumand.                 
 
Saddi Iskandariy

   "œSaddi Iskandariy" G'arb-u Sharq dagi eng mashhur siymolardan jahongir Iskandarga bag'ishlangan bo'lib, "œXamsa" ning yakunlovchi dostonidir. Iskandar taruixiy shaxs bo'lib Aleksandr Makedonskiy (356-323) ning sharqcha nomidir. Navoiy Iskandar haqidagi kitoblarda uning odamxo'r ajiylardan saqlanish uchun ulkan bir devor qardirgani aytiladi. Bu devorni tarixan qay darajada aniq va to'g'riligi haqida bir narsa deyish qiyin. Lekin uning katta rasmiy ma'nosi bor U ezgulik va yorug'lik o'rtasida devor. Bu devorni barcha xalqlar birgalashib quradilar. Navoiy shu tariqa Iskandarning jahongirligiga emas, inson parvarligiga diqqatni qaratadi.

   "œSaddi Iskandariy" Navoiy "œXamsa" sida eng yirik dostondir. U 89-bob, 7215 baytdan tashkil topgan. Asar voqealari Iskandarning tug'ilishidan boshlanadi. Iskandarning nasl-nasabi borasida antiq zamonlardan buyon olimlar turlicha fikrlar bildiradi. Ba'zilar uni Eron shohi DoroIIning o'g'li deb ko'rsatadilar, ba'zilar esa Misr fir'afvinlarga olib borib bog'laydi.

 
 
 
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:21:54
                              Haq yo'lida kim senga bir harf o'qitmish ranj ila,
                              Aylamak oson emas oning haqqin ming ganj ila. 
 
Muqaddima

   Alisher Navoiy o'zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi hisoblanadi. Navoiy yashagan davrda ham Navoiydan keyin ham Navoiydek barakali ijod qilgan shaxsni hali adabiyot olami ko'rgan emas. Navoiyning ijodi o'zining serqirralariga ma'nodorligi bilan ajralib turadi. Shoirning yozgan asarlari biz uchun har doim hayot maktabini o'taydi. Navoiy shuning uchun boshlangich sinflarda ham, yuqori sinflarning barchasida ham bir -bir o'rganiladi. O'quvchilar ham birdek Navoiy hayoti va ijodini o'rganishiga qiziqishi kuchli. Shuning uchun biz o'quvchilar bilan hamkorlikda ushbu saytni yaratdik. Bu saytda o'quvchilar Navoiy hayoti va ijodi uning lirik asarlari nasriy asarlari va "œXamsa" dostoni haqida yetarli ma'lumotlarni va bilimlarini atroflicha kengaytiradilar. Shoirning lirik asarlari ayniqsa g'azaliyoti o'quvchilarni o'ziga maftun qiladi. Navoiy yozgan asarlarining bahosi o'z davrida ham, undan keyingi davrda ham juda yuqori o'rin tutadi. Shoir o'sha paytdayoq bashorat qilgan. Zamondoshlari ham Navoiyning qalami o'tkir shoir sifatida tan berganlar.Zero Navoiy shunga arzigulik adib edi. Biz uni davlat va jamoat arbobi sifatida ham qilgan ishlarini tilga olmay iloji yo'q. Navoiyning qilgan savob amallari xalqqa, kambag'al bechoralarga qilgan yaxshiliklarining ham cheksiz-chegarasiz.

   Shoir o'zi aytgandek:


Odami ersang demagin odami
Onikim yo'q xalq g'amidin g'ami.

   U o'zining asarlarida xalq manfaatini ko'zlash g'oyalarini ilgari surgan. Xalq to'q, farovon yashashi uchun podsho adolatli bo'lmog'i lozim deb o'ylagan va shuning uchun sulton Husayn Boyqaroni har doim adolat sari yetaklashga harakat qilgan. Umuman olganda Navoiyni

   Xusayn Boyqaro bilan munosabatlari do'st, hamfikr tarzda kechgan. Bu o'rinda ham Navoiyning xizmatlari beqiyos u kelajak avlodlar o'rnak olishga arzigulik badiy asarlar qoldirgan biz o'quvchilar uni har doim o'qib o'rganib yuraylik.
 
 
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Noyabr 2007, 12:28:48
O'n sakkiz yosh hayratlari
O`n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o`n sakkiz yoshindadur.

Desa bo`lg`aykim, yana ham o`n sakkiz yil husni bor,
O`n sakkiz yoshina muncha fitnakim boshinadur.

O`n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o`lsa, uldurur,
Husn shohi, ul balolarkim, ko`zu qoshinadur.

Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki, bor,
Barchasi ezid taolo sun`i naqqoshinadur.

Tan anga siymu ichina tosh muzmar ko`nglidin,
Aqlg`a yuz hayrat, ul oyning ichu toshinadur.

May ketur, ey mug`ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.

To Navoiy to`kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.

Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Noyabr 2007, 12:29:36
Mubtalo bo'ldim sanga
Ko'rgali husnungni zoru mubtalo bo'ldum sanga,
Ne balolig' kun edikim, oshno bo'ldum sanga.

Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko'ngul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo'ldum sanga.

Men qachon dedim: "Vafo qilg'il manga" zulm aylading,
Sen qachon deding: "Fido bo'lg'il manga" bo'ldim sanga.

Qay pari paykarga dersen telba bo'ldung bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, bo'ldum sanga.

Ey ko'ngul, tarki nasihat aylading ovora bo'l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo'ldum sanga.

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo'ldum sanga.

G'ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo'ldum sanga.
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Noyabr 2007, 12:30:35
Lablaringkim hayf erur...
Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila,
Sindirur yuz qand bozorini shakkar xand ila.

Toki hayronmen senga nomus ila itmish ko'ngul,
Telba yanglig'kim, qochar el g'ofil o'lg'ach band ila.

Odam ul soatki jannat ichra avlodin ko'rar,
Ne quvong'ay dam-badam sen nozanin farzand ila.

Qo'y nasihat, zohido, o'tlug' damimdin vahm qil,
Telba it imkoni yo'qturkim, sog'alg'ay pand ila.

Hojatingni elga arz etmakka hojat bo'lmasun,
Xush chiqishsang lahzani bu zori hojatmand ila.

Lablaring hajrinda yur parkandkim bo'lmish ko'ngul,
La'l erur mahlul qon o'rnig'a har parkand ila.

Chun Navoiy ko'ngli sindi, emdi lutfing ne asig'?
Kim ushatsa shishani bitmas yana payvand ila.
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Noyabr 2007, 12:31:52
Oshiq o'ldum
Oshiq o'ldum, bilmadim yor o'zgalarga yor emish,
Olloh-olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish.

Qaddig'a el mayli bo'lg'ondin ko'ngul ozurdadur,
Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.

Elga novak urdi, men o'ldim erur bu turfakim,
Jonim etgan resh el bag'rig'a kirgan xor emish.

Rishtakim, muhlik yaram og'zig'a tiktim angladim,
Kim kafan jinsi qirog'idin suvurgan tor emish.

Ko'yi devoridin og'riq tang'a tushgan soyadek,
Sel g'amidin emdi soya o'rnig'a dildor emish.

Jong'a taxvif ayladim tig'i halokidin aning,
Bilmadim bu ishdin ul o'lguncha minnatdor emish.

Ey Navoiy, xo'blarni ko'rma osonlig' bilan,
Kim biravkim soldi ko'z, uzmak ko'ngul dushvor emish.
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Noyabr 2007, 12:32:26
Istadim
Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.

Kimga kim jonim fido aylab sog'indim dam-badam,
Ermas erdi yorliqda chun vafodor istadim.

Bilmadim olam elida yo'qturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yo'qtur sog'inib yor istadim.

Ulki, topilmas bashar jinsida vah g'aflat ko'rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim.

Sirri ishqimni ko'ngul ko'z birla fosh etmak ne tong,
Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.

Shayx birla xonaqahdin chun yorug'luq topmadim,
Dayr piri xizmatig'a ko'yi xammor istadim.

Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g'ussadin,
O'zni bekaslik balosig'a giriftor istadim.
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Noyabr 2007, 12:32:55
Meni men istagan kishi...
Meni men istag'an o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.

Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.

Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a,
Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu no'shxand etmas.

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.

Kerak o'z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,
Buzug' ko'nglumdin o'zga yerga javloni samand etmas.

Ko'ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin o'zga bo'ynungg'a kamand etmas.

Ul oy o'tlug' yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb ko'z,
Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas.

Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Noyabr 2007, 12:33:45
Kecha kelgumdir debon
Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro' kelmadi,
Ko'zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqtimu chektim yo'lida intizor,
Keldi jon og'zimg'avu ul sho'xi badxo' kelmadi.

Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro'zgorimdek ham o'lg'onda qorong'u kelmadi.

Ul parivash hajridinkim yig'ladim devonavor,
Kimsa bormukim anga ko'rganda kulgu kelmadi.

Ko'zlarindin necha suv kelgay deb o'lturmang meni,
Ki bori qon erdi kelgan bu kecha suv kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo'qsakim qo'ydi qadam,
Yo'lg'akim avval qadam ma'shuqa o'tro' kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg'u kelmadi.
Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Noyabr 2007, 12:35:22
Jong'a chun dermen
Jong'a chun dermen: "Ne erdi o'lmakim kayfiyati?"
Derki: "Bois bo'ldi jism ichra marazning shiddati".

Jismdin so'rsamki: "Bu za'fingg'a ne erdi sabab?"
Der: "Anga bo'ldi sabab o'tluq bag'irning hirqati".

Chun bag'irdin so'rdum, aytur: "Andin o't tushti manga
Kim, ko'ngulga shu'la soldi ishq barqi ofati".

Ko'ngluma qilsam g'azab, ayturki: "Ko'zdindur gunah,
Ko'rmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati".

Ko'zga chun dermenki: "Ey, tardomani yuzi qaro,
Sendin o'lmish telba ko'nglumning baloyu vahshati".

Yig'lab aytur ko'zki: "Yo'q erdi manga ham ixtiyor
Ki, ko'rundi nogahon ul sho'xi mahvash tal'ati".

Ey Navoiy, barcha o'z uzrin dedi, o'lguncha kuy
Kim, sanga ishq o'ti-o'q ermish azalning qismati.

Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Noyabr 2007, 12:37:06
Xil'atin to aylamish"¦
Xil'atin to aylamish jonon qizil, sorig', yashil,
Shu'layi ohim chiqar har yon qizil, sorig', yashil.

Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin
Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sorig', yashil.

Shishadek ko'nglumdadur gulzori husnung yodidin,
Tobdonning aksidek alvon qizil, sorig', yashil.

Orazu xoling bila xatting xayolidin erur
Ko'zlarimning ollida davron qizil, sorig', yashil.

La'lgun may tutqil oltun jom birla sabzada
Kim, bulardin yaxshi yo'q imkon qizil, sorig', yashil.

Faqr aro berangliq dushvor erur behad, valek
Xirqada tikmak erur oson qizil, sorig', yashil.

Ey Navoiy, oltinu shingarfu zangor istama,
Bo'ldi naming rangidin devon qizil, sorig', yashil.

Nom: Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Noyabr 2007, 12:39:04
Olmani otti nigorim
Olmani otti nigorim, "ol",-dedi
"Olma birla bu ko'ngilni ol",-dedi
So'rsam ersa olamsini rangini
"Olma rangin ne so'rursan, ol",-dedi