forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Laylo 10 Noyabr 2007, 20:31:23

Nom: Abduttavvob Yusuf. Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 10 Noyabr 2007, 20:31:23
ABDUTTAVVOB YUSUF

Muhammad alayhissalom hayotlaridan
O’N QISSA

Arabchadan Jahongir Barnoev tarjimasi
Toshkent
"Movarounnahr" - 2004

MUNDARIJA

Bu kitob o‘zi haqida sizlarga so‘zlab beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87770#msg87770)
1-qissa: Abraxaning fili bizlarga Muhammadning sollallohu alayhi vasallam) tug‘ilishlari haqida hikoya qiladi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87771#msg87771)
2-qissa: Halimaning eshagi bizlarga Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam)emizilishlari haqida hikoya qilib beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87805#msg87805)
3-qissa: Qadr kechasi bizlarga Muhammad alayhis-salomga birinchi vahiy tushishi haqida so‘zlab beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87814#msg87814)
4-qissa: Bir bosh uzum bizlarga payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) Toifga borganlari haqida hikoya qiladi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87827#msg87827)
5-qissa: Buroq bizlarga isro va meroj haqida so‘zlab beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87835#msg87835)
6-qissa: G’ordagi kabutar Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) hijratlari haqida hikoya qilib beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87845#msg87845)
7-qissa: Rasulullohning tuyalari bizlarga hijrat-dagi hodisa haqida so‘zlab beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87850#msg87850)
8-qissa: Badr qudug‘i bizlarga badr ma’rakasi haqida so‘zlab beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87990#msg87990)
9-qissa: Bir tup daraxt bizlarga bay’at va sulh ha-qida hikoya qilib beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg88000#msg88000)
10-qissa: Islom bayrog‘i bizlarga Islomning g‘alaba qozonishi haqida so‘zlab beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg88008#msg88008)
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 10 Noyabr 2007, 20:33:01
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM

Bu kitob o‘zi haqida sizlarga so‘zlab beradi

Men kitobman va bundan juda xursandman. Va mavjud narsalardan, eng muhimi, qimmatbaho narsalardan bo‘lganim uchun gururlanaman. Mening varaqlarim mol-dunyo va pul varaqlaridan mo‘‘tabar, qadrli. Buning sababi shuki, Alloh taolo insonlarni hidoyatga boshlamoqchi bo‘lganida ularga kitob nozil qildi... Muqaddas kitobni... Tavrot ham kitob, Injil ham kitob va Qur’oni karim ham-Kitob.

Va albatta men Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqlaridagi kitobman. Nabiy va rasullarning ko‘zi bo‘lgan Alloh u zotni barcha kishilarni hidoyatga, haq yo‘lga, yaxshilikka, muhabbatga boshlovchi, jamiki insonlarga tinchlik-omonlik tilovchi qilib yubordi.

Men ziyrak, yosh, pok, Allohning suyuklilari va Rasuli akramning suyumlilari bo‘lmish bolajonlar uchun yaralgan kitobman.

O'zimni zukko o‘quvchilarimga bagishlab, varaqlarim orasidagi hikoyalarimni ularga taqdim etaman. Hayvonlar va ashyolarning tilidan hikoya qilingan bo‘lsam ham, bular haqiqiy voqeiy hikoyalardir. Ularning hammasi bo‘lib o‘tgan va barchasi haqiqatdir. Aziz bolajonlar, hikoyalarni hayvonlar va narsalar tilidan eshitishni xush ko‘rishingizni yaxshi bilganim uchun ham shu yo‘lni tanladim.
Bu kitobda rivoyat qilingan voqealarning hammasi R\ur’oni karimda va hadisi shariflar jamlangan mo‘‘tabar manbalarda zikr etilgan. Ularning ba’zilari suyukli paygambarimiz Muhammadning (sollalohu alayhi vasallam) hayotlari yozilgan kitoblarda keltirilgan. Bunday kitoblar juda ham ko‘p. Inshaalloh, ulgayib, solih va mo‘min kishilar bo‘lib yetishganingizda bu kitoblarni qayta-qayta o‘qiysizlar.
So‘zimning nihoyasida bir gapni izhor qilib qo‘ysam: «Meni o‘qib chiqib, jinday tafakkur qilsangiz, paygambarimiz Muhammadni (sollallohu alayhi vasallam) chin dildan sevib qolasiz, u zotning so‘zlariga amal qilasiz, xulqlariga, harakatlariga ergashasiz, degan umidim bor. Assalomu alaykum, va rohmatullohi va barokatuh!»
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 10 Noyabr 2007, 20:33:37
1-qissa

Abraxaning fili bizlarga Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) tug‘ilishlari haqida hikoya qiladi.

Mening uzun xartumim bor. Lekin, aziz bolajonlar, men na o‘rmondagi fillardan, na siz hayvonot bog‘ida tomosha qilgan fillardan emasman. Men uzoq yashadim va Islom tarixida juda shuhrat qozondim. Mening haqimdagi g‘aroyib hamda ibratli hikoyani sizlar ham bilishingizni xohlayman.

Bu hikoyaning ibtidosi Habashistondan boshlanadi. Men ham boshqa fillar qatori o‘rmonda yashardim. Kunlardan bir kun meni habashiylar tutib olishdi baquvvatligimdan foydalanib jangchi fil qilib qo‘yishdi. Jangchilar bilan yashash uchun safarbar qilindim. Insonlar mening haybatimdan juda qo‘rqishar edi. Oyoq tovushlarimni eshitganda qo‘rquvdan titrashar edi. Chunki qadamim yetgan joy xarobaga aylanar edi. Va men habash ahliga Yamanni bosib olishda xizmat qildim. Yaman hokimi Abraxa meni juda ulug‘ladi va o‘ziga xos binolar qurilishida tosh va yog‘ochlarni ko‘tarishda foydalandi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 10 Noyabr 2007, 20:33:51
O’sha davrda Abraxa Makkada mavjud bo‘lgan Baytulloh Allohning uyidan ham katta binoni qurayotgan edi. U tiklanayotgan bino Baytullohdan ham ulug‘roq bo‘lishini insonlar uni ziyorat qilishini xohlardi. Bino bitgach, Abraxa o‘zining oltindan qurilgan katta ibodatxonasiga odamlar kelib haj qilishlarini kutdi. Lekin odamlar Abraxaning ibodatxonasiga kelmay Makkani ziyorat qilishda davom etaverdilar.

Bu ishdan g‘azablangan Abraxa Makkadagi ka’bani buzishga qaror qildi. Bu bilan kishilar o‘zi qurgan ibodatxonadan boshqasini topolmay, shu yerga kelishga majbur bo‘lishadi, deb o‘yladi. Va Abraxa yovuz niyatini amalga oshirish, Makkada urush qilish, maqsadida katta qo‘shin yig‘di.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 10 Noyabr 2007, 20:34:13
Abraxa askarlari qatorida meni ham jangga tayyorladi. U ustimga minib Ka’baga kirib borish niyatida edi. U yerga yetib borganimda baquvvat jussam bilan Ka’bani vayron qilishimni istardi. Chunki avvalgi janglarda ko‘plab dushmanlarining uylarini vayron qilib, Abraxaga shuhrat keltirgan edim. Men Makkaga borib Ka’bani buzishga rozi bo‘lmasligim mumkin edi, ammo noiloj edim. Ular bilan Makkaga safar qilishga majbur bo‘ldim.

Abraxaning askarlari atrofimni o‘rab, yo‘lda Makka hamda uning aholisi haqida gaplashib ketishdi. Ka’ba va u bilan bog‘liq hikoyalarni aytishardi.   Askarlarning   hikoyalaridan   bildimki,   Tabarruk   Ka’ba bunyodkorining ismi payg‘ambar Ibrohim alayhissalom bo‘lib, bu ishda o‘g‘illari Ismoil alayhissalom ham ishtirok etgan ekanlar. Yana shuni bildimki, Ibrohim alayhissalom mo‘‘jizalar sohibi ekanlar. Ya’ni, u kishining butparast qavmi va o‘sha davr podshohlaridan biri Namrud alayhilla’na tomonidan olovga otilganlarida Allohning amri bilan biror joylari ham o‘tda kuymagan ekan. Yana shuni bildimki, bu Ka’ba muqaddas, Ollohning uyi ekan. Baytulloh esa omonlik uyi bo‘lib, unga kirgan kishiga hech qanday xavf-xatar, ziyon-zahmat yetmas ekan. Yana shuni bildimki, u yer kabutarlar maydoni ekan. Ularni hech kim ovlamas va ozor yetkazmas ekan. U joy hidoyatga boshlaydigan, omonlik joyi ekan. U yerni insonlar sevib tavof qiladilar ardoqlaydilar va u yerdan panoh topadilar. Askarlardan yana shuni bildimki, Makka ahli mening borayotganimni eshitib ham xavfga tushmabdi. Chunki ular men haqimda yaxshi taassurotda ekanlar.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 10 Noyabr 2007, 20:34:33
Makkaga kirib borishimizga bir kecha qolganida ya’ni shaharga urush ochilishi arafasida, ro‘paramizda bizga qarshilik qiladigan askarlarni ham yoki biron-bir to‘siqni ko‘rmadik. Yo‘l ochiq edi. Makkani asraydigan Allohdan o‘zga panoh yo‘q edi. Askarlarning hammasi menga ajablanib qarashar, ba’zilari menga xitoban «olg‘a bos qahramon», «yur, ey fil», deya nido qilishardi. Biz Makkaga shoshilib ketayotganimizda Abdulmuttalib, ya’ni Makkaning hokimi haqida rivoyat eshitdik. Bu rivoyat bizni chuqur o‘yga solib qo‘ydi. Hammani titroq bosdi.

Xabarlarga qaraganda, Abdulmuttalib Abraxa o‘z qo‘shinlari bilan hamda meni boshlab Ka’bani buzishga kelayotganligimizni haqida eshitganlarida qo‘rqmabdilar. Balki, «bu uyni asraydigan, ya’ni himoya qiladigan egasi, butun dunyoni yaratgan Hojasi bor», deb Allohning zotiga nisbat beribdilar.

Abdulmuttalib aytgan bu so‘z meni xavfga solib qo‘ydi. Men shunday katta fil edimki, qaysi shahardan o‘tmay, na joy egasi, na biron uy omon qolmasdi. Shunday kuch, mahorat sohibi bo‘lsam-da, bu so‘zdan cho‘chidim. Yurishga madorim qolmadi. Bu qo‘rquvni faqat o‘zimda emas, balki boshqa jangchi fillaru askarlarning qalbida ham o‘tib turganini sezdim. Chunki hammalari oldinga yurishga qo‘rqishar edi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 10 Noyabr 2007, 20:34:49
Shu zahoti joyimda qotib qoldim, oyoqlarim xuddi yerga yopishib qolgandek edi. Makka tomonga biron qadam ham bosa olmadim. Abraha va uning askarlari sarosimaga tushishdi. Men ilgari qaysi tomonga boshlashsa ham yurar edim. Ammo Makka tomonga yo‘naltirishganda meni qimirlatib bo‘lmay qoldi. Meni urishdi, xartumimdan tortishdi, o‘t bilan kuydirishdi, shunda ham joyimdan jilmadim. Makkani, Ka’bani buzishga bormadim. Abraxa esa Makkani, Ka’bani va uning aholisini yo‘qotmaguncha qaytishni istamas edi.

To‘satdan g‘aroyib bir hodisa ro‘y berdi. Osmonda qushlar galasi ko‘rindi, ulardan boshqa biron-bir narsani ko‘rib bo‘lmasdi. Go‘yo butun dunyo zulmatga chulg‘angandi. Bu tushimmi-o‘ngimmi, ajrata olmay qoldim. Askarlarning «Bu Abobil qushlari, sijjil toshlarini otishyapti», degan ovozlarini eshitdim. (sijjil-qattiq tosh). Ustimizga mayda toshlar yog‘ila boshladi. Bu toshlardan biri katta fillardan bittasining ustiga tushdi. Va u fil yerga behol yiqildi. Boshqasi katta tuyalarning biriga tegib u ham qumga cho‘nib qoldi. Toshlar hattoki eng baquvvat odamlar ustiga tushsa, ular til tortmay jon taslim qilishardi. Menday, mashhur va qudratli fil atrofimda bo‘layotgan voqealarni ko‘rib titrar edim. Hayotimda juda ko‘p dahshatli hodisalarning guvohi bo‘lganman, ammo hozir ro‘y berayotgan hodisa meni hayratda qoldirardi. Cho‘kkalab qolayotganimni sezdim.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 10 Noyabr 2007, 20:35:02
Shu payt uzoqda osmon va yerning orasida bir nur ko‘rdim. Bu nur Makkadan taralib turardi. Va qurayshliklarning hokimi Abdulmuttalibni ko‘rdim. U odamlarning bir-birini tabriklashayotganiga qarab turar edi. Chunki Abrahaning jangchilari halokatga uchragandi. Ular Makkaga kirishga yoki Ka’bani buzishga qodir bo‘lisholmadi. Abdulmuttalib esa tushida ko‘rgan voqeani atrofdagilarga so‘zlab berardi. Tushida go‘yo uning orqasida katta bir zanjir bor ekan. Uning bir uchi osmonda, bir uchi yerda ekan. Bir ozdan so‘ng bu zanjir daraxtga aylanibdi. Uning bir bargida nur bor ekan va hamma unga ergashib borayotganmish.

Eshitganlar Abdulmuttalibning tushini ta’bir qilib, aytdilarki, uning farzandi Abdulloh o‘g‘illik bo‘ladi. Va bu farzandga Sharqu G’arbdagi insonlar ergashib, uning ta’limotidan hidoyat topadilar. Bu ajoyib voqea bilan Abdulmuttalibni muborakbod qilishib: «Uning ismini nima deb qo‘yasan?» deb so‘rashdi.

«Tug‘ilajak farzandga yeru osmondagi mavjudotlarning maqtoviga musharraf bo‘lsin, deb Muhammad ismini berurmiz», dedi u. (Muhammadning ma’nosi «maqtalgan» degani).
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 10 Noyabr 2007, 20:35:25
Menday, mashhur filning hikoyasi Muhammadning (alayhissalom) tavalludi bashorati bilan tugaydi, Abraxa va uning askarlari halokatga uchrab yakson bo‘ldi. Makka ham, Ka’ba ham omon qoldi. Va dunyoning oxirigacha ular aziz va boqiy bo‘ladi. U tomonga Muhammadning (alayhissalom) ummatlari kuniga besh marotaba yuzlanib sajda qiladilar. Bu Alloh uchun o‘qiladigan namozdir. Bu narsani hidoyatga boshlovchi payg‘ambar alayhissalom ularga yetkazdilar. Durudu salovotlarning afzali u zotga.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:15:46
2-qissa

Halimaning eshagi bizlarga
Rasulullohning (sollallohu
alayhi vasallam) emizilishlari haqida hikoya
qilib beradi.

Aziz bolajonlar! O’zim haqimda hikoya qilib beray. Men Halimaning eshagiman. Bir necha yillardan buyon sahroda xo‘jayinim Halima Saidaning uyida xizmat qilar edim. Halima onalarning o‘rniga yosh go‘daklarni emizar edi. U paytlarda sun’iy sutlar bo‘lmas edi. Arablarning odatlaridan biri shu ediki, bolalari sog‘lom o‘ssin deb ularni saxroliklarga emizdirishga berishar edi. Xalima va uning oilasi juda kambag‘al yashardi. Ular turadigan joyda yog‘ingarchilik kam bo‘lganidan ekin va ko‘katlarda baraka yo‘q edi. Men kuchsiz, juda zaif edim.

Bir kuni Halima meni yo‘lga hozirladi. O’tloqqa, tog‘ning orqasiga olib ketishyapti, deb o‘ylab juda xursand bo‘ldim. Lekin Halima yig‘loqi bolasi bilan ustimga mindi, yana eri ham mingashib oldi. Biz sahro yoqalab yo‘lga tushdik. Kun juda issiq edi. Men inqillab, azob bilan yo‘rg‘alardim. Haqiqatdan juda behol edim. Yurishga qodir emasdim, bola ham yig‘idan tinmas edi. Halima bolani emizmoqchi bo‘lib siynasini tutdi, lekin bir tomchi ham sut chiqmadi. Shu payt eri Halimaga qarab: «qanday qilib emizishga bola olmoqchisan vaholanki, o‘z bolangga ham sut yetkaza olmayapsan?», dedi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:16:22
Halima javoban shunday dedi: «Agar emizishga bola olsam, ota-onasi menga haq to‘laydi. Shu pullarga yegulik sotib olamiz. Taom yeganimdan so‘ng ikkala bolaga yetadigan sutim bo‘ladi. Shuni ham bilmaysizmi? Muhimi, boyroq oiladan bola topishimiz kerak. Uning oilasidagilar bizlarga ko‘proq pul berishadi».

Men Makkaga ketayotganimizni bilganimdan keyin juda xursand bo‘ldim. Oyoqlarimga kuch qo‘shilganini sezdim. Men yurmasdim, balki ucha boshladim. Qanday deysizmi? O’zim ham bilolmayman! Shunday yo‘rg‘aladimki, bizlardan ilgari yo‘lga chiqqanlardan ham oldinroq Makkaga yetib bordik. Halima mendan minnatdor bo‘ldi, chunki o‘zi xohlagan bolani tanlashiga vaqt bor edi. Halima u yer, bu yerda odamlar bilan gaplashib, so‘rab-surishtirishni boshladi. Uzoq vaqtdan keyin u oldimizga xafa bo‘lib qaytib keldi. Uning eriga: «Qanday kelgan bo‘lsak, shunday qaytib ketamiz shekilli», deganini eshitdim.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:17:15
Bu gapdan men ham juda xafa bo‘ldim. Halimaning kambag‘al hamda kasalvandligini ko‘rib, unga hech kim bolasini berishga rozi bo‘lmabdi. Bir oz dam olgach, yana so‘rab surishtira boshladi. Bir oz fursatdan so‘ng biz tomonga yelib kelayotganini ko‘rdik. U juda-juda xursand edi. Eriga shodlanib:

«Alhamdulilloh», - dedi. Bizlar ham uning sevinchiga sherik bo‘ldik. Chunki u emizishga bola topgan edi. Halima oldimizga kelganida undan mushk hidi anqib turardi. Bu hid u qo‘lida ko‘tarib turgan bolaning hidi edi. U juda shirin, to‘lin oydek chiroyli bola edi. Eri Xoris bolaga yaqinlashib, uning yuziga qaradi va Halimadan:

-«Kimning o‘g‘li va ismi nima ekan?», deb so‘radi.
-«Uning ismi Muhammad. Muhammad Abdullohning o‘g‘li, Abdumuttalibning nevarasi. Qurayshliklarning sayyidi va boshlig‘i Abdulmuttalib uning bobosi ekan. Otasi Abdulloh bola hali dunyoga kelmasdan avval vafot etgan ekan. Bolaning onasi Omina arablarning eng ulug‘ sayyidlaridan bo‘lmish Vahobning qizi».
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:17:58
Horisning yuzida xursandchilik zohir bo‘ldi. U Halimaning bolalar bilan menga minishiga yordam berdi. Halimaning bolasining yuzida tabassum ko‘rdim. Alloh go‘dak bolaning qalbiga ham quvonch soldi. O’z yo‘limda g‘aroyib bir tezlikda ketayotganimni sezdim. Biz bilan Makkadan yo‘lga chiqqanlardan o‘tib ketdim. O’zimni baquvvat, qornim to‘qdek, xuddi o‘tloqda uzoq vaqt yeb-ichib yurgandek his qildim.

Nihoyat Halima va Horisning kulbalariga yetib keldik. Va shu kundan e’tiboran hayotimizda juda ko‘p yaxshiliklar boshlandi. Qaytganimizdan so‘ng ahvolimiz butunlay o‘zgardi. Ko‘p oylardan beri bulutlanmagan osmondan yomg‘ir yog‘ib, atrofda o‘tloqlar paydo bo‘ldi. Qo‘ylar, tuyalar va men kabi birodarlarim uchun maysalar yetarli bo‘lganini ko‘rdik. Xullas, hamma narsa boshqacha bo‘ldi. Yer, osmon, davr, odamlar, uylar-bari yaxshilik sari o‘zgardi. Jamiki narsa chiroyliroq bo‘ldi. Bularning hammasiga shu chaqaloq - Muhammadning tashrifi sabab bo‘ldi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:18:11
Halima butkul baxtiyor edi. Bundan oldin u bitta bolasiga sut yetkaza olmas edi. Mehmonning sharofati bilan unda bolasidan tashqari Muhammadga ham yetadigan sut paydo bo‘ldi. Halima hayotda bo‘layotgan yaxshiliklardan va Alloh ato etgan mo‘l rizqdan mamnun edi. Uning eri Horis ham juda xursand edi. Ko‘pincha Halima Muhammad bilan ustimga minar edi. Shu onlarda juda sevinib ketardim. Ular bilan sahro quyoshi ostida, uning otashini sezmasdan yurardim. Go‘yo ustimizda bir parcha bulut quyoshning taftidan bizlarni asragandek bo‘lardi.

Muhammad ikki yoshga to‘lganda emizishdan ajratildi va endi Halima bolani o‘z onasiga qaytarishi lozim edi. Halima bola bilan yana menga minishdi. Ular bilan Makkaga yo‘l oldim. Halima yo‘l bo‘yi jim, chuqur o‘yga chumib borar edi. Makkaga kirib, Muhammadning uyiga yetdik. Halima bolani onasi huzuriga olib kirdi. Bir ozdan so‘ng ichkaridan Halima Ominadan, ya’ni Muhammadning onasidan bolaning bir necha vaqt yana ular bilan qolishini iltimos qilayotganini eshitdim. Halima Ominaning qalbini yumshatib, Muhammadni uzlari bilan qolishiga ruxsat oldi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:18:25
Bizlar orqaga qaytdik. Xursandchilikdan uchgandek bo‘ldik. Horisning oldiga kirganimizda u ko‘zlariga ishonmadi: «Nahotki Muhammad yana biz bilan bo‘ladi?» Muhammad yangidan biz bilan yashay boshladi.

Yaxshilik va baraka davom etdi. Kunlar va oylar o‘ta boshladi. Bir kuni kutilmagan holat yuz berdi. Ko‘chada o‘ynab yurgan Halimaning o‘g‘li shiddat bilan yugurib-baqirib kelib: «Ikkita oppoq libosdagi kishi akam Muhammadni olib ketishdi», dedi.

Horis baqirib yubordi: «Olib ketishdi? Axir u bizlarga omonat-ku! Unga va salomatligiga javobgarmiz-ku!»

Halima va eri Muhammad haqida gapirib yugurib ketishdi. Men ham nima bo‘lganini ko‘rish uchun ularga ergashdim.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:18:42
Bizlar Muhammadning bamaylixotir turganini ko‘rdik. Uning shirin tabassumi misoli yangi chiqayotgan quyoshdek yuziga nur berib turardi. Uning sog‘-salomatligidan Halima va Horis juda xursand bo‘lishdi. Lekin qo‘rqib ketishganidan bolani qaytarib berishga qaror qilishdi.

Muhammad bizlarni tark qildi. Ammo u bizlarga o‘zi olib kelgan yaxshiliklarni, yomg‘ir va o‘tloqlarni tashlab ketdi. Keng rizqni, saodat, xursandchilikni tashlab ketdi. Ikki oq kiyimdagi kishilar haqida eshitganimizdan so‘ng mehrimiz yana oshdi. U ikkisi maloikalar (farishtalar) ekan. Ular Muhammadning qalbini tozalash uchun kelishgan ekan. Bu unga katta bir hidoyat risolatining kelishligiga dalolat, o‘ziga xos tayyorgarlik edi. Bu Islom risolatidir. Alloh hammamizni to‘g‘ri yo‘lga boshlasin.

Shu yerda, aziz bolajonlar, Halimaning eshagi boshidan kechirgan xotiralar intihosiga yetdi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:20:18
3-qissa

Qadr kechasi bizlarga Muhammad alayhissalomga birinchi vahiy tushishi haqida so‘zlab beradi

Quyosh botdi, olamni zulmat bosdi, osmonda yulduzlar charaqladi. Lekin oy zohir bo‘lmadi. Chunki men arablarning Ramazon oyi oxirgi kechalaridan biridirman.

Makka aholisi meni odatdagidek, har bir kechani kutib olgandek qarshi oldi. Ba’zilar o‘yin-kulgiga mashg‘ul bo‘ldi, ba’zilar tonggacha uyquga ketishdi.

Haqiqat shu ediki, dunyo yaratilganidan beri meni kutishardi. Chunki menda qadr-qimmat va zikr bordir. Va men shunday kechamanki, butun borligim nurdan iboratdir... Bu nur quyoshdan emas, oydan ham emas, kahrabodan ham emas. Bu nur - Allohning nuridir, yeru-osmonni ravshan etuvchi nurdir. Bu nurning fazli bilan va bundan so‘ng bo‘lgan voqealar sababli men ming kechadan ham xayrliroq bo‘lib yetishdim va sakson uch yildan mo‘‘tabarroq bo‘ldim!
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:37:13
Men Qadr kechasidirman...
Men melodiy 610 yilning ramazon oyida, arab hijriy tarixining boshlanishidan taqriban 13 yil oldin keldim.

Makkaning tashqarisida bir g‘or bor edi. U g‘orning nomi Xiro edi. Muhammad ibn Abdulloh sollallohu alayhi vasallam u yerga ko‘p borar va u yerda ko‘p qolib ketar edi. Quraysh ahli sanamlarga ibodat qilgan paytda, u yolg‘iz o‘zining Robbiga ibodat qilar edi.

Men (ya’ni laylatul qadr) kelganimda Muhammad sollallohu alayhi vasallam qirq yoshda edilar. U zot g‘orda jihdu-jahd bilan ibodat qilar edilar. Va Robbiga nido qilib shunday so‘zlarni aytardilar: «Ey borliqning egasi, ey osmonu yerning, oy va yulduzlarning yaratguvchisi, ey shu tog‘larning xalq etguvchisi, ey Robbim, ey meni yaratgan Zot, seni ko‘rishni istayman, seni ko‘rishni istayman» der edilar.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:37:53
U Zot shu duoni takrorlab turganlarida, dunyo nurga chulg‘andi, osmonu yer nurga to‘ldi. Va osmondan dunyo eshitgan eng ulug‘ kalimalar bilan farishta tushdi. U Jabroil alayhissalom edi. U Muhammadga sollallohu alayhi vasallam «O’qi» dedi. Payg‘ambar alayhissalom «Men o‘qishni bilmayman» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘qishni ham, yozishni ham bilmas edilar. Jabroil u Zotga yaqinlashib, ko‘kraklaridan uch marotaba qisdi va har gal «O’qi» dedi. Va har safar Rasululloh «Men o‘qishni bilmayman» der edilar.

So‘ng Jabroil alayhissalom Rasulullohga sollallohu alayhi vasallam Allohning oyatlarini o‘qidi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa uning ketidan takrorlar edilar:

«Mehribon va rahmli Allohning nomi bilan boshlayman». «(Ey Muhammad, barcha mavjudotni) yaratgan zot bo‘lmish Parvardigoringiz nomi  bilan  (boshlab)  o‘qing.  U  insonni  laxta   qondan  yaratgan (zotdir)». («Alaq» surasi, 1,2-oyatlar, mazmuni).
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:38:04
Jabroil alayhissalom ketgandan so‘ng, Rasulullohni sollallohu alayhi vasallam xavf bosdi va uyga shoshildilar. Zavjalari Hadichaning oldiga kirganlarida titrar, peshonalarini ter bosgan edi. Xadicha o‘rinlariga yotqazib, ustilariga ko‘rpa yopib qo‘ydilar.

Muhammad alayhissalam o‘zlariga kelganlaridan so‘ng bo‘lgan voqeani Xadichaga so‘zlab berdilar.

Xadicha Rasulullohni shunday deb ovuntira boshladilar: «Alloh siz bilan. Siz hurmatli, yaxshi insonsiz. Ahllaringiz sizni sevishadi. Siz barcha insonlarga yordam berasiz va haq tomonga yon bosasiz. Xushxulq, sadoqatli va haqiqatgo‘y odamsiz!»
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:38:17
Xadicha Rasulullohga sollallohu alayhi vasallam yanada tasalli bo‘lishi uchun amakivachchalari Varaqa ibn Navfalning oldiga olib bordilar. U bilimdon, aqlli shayx edi. Ko‘p kitob o‘qigandi. Injil va Tavrotni ham ko‘rib chiqqandi. Din haqida juda ko‘p bilardi. Shuning uchun butlarni yomon ko‘rar, ularga ibodat qilmas edi.

Varaqa ibn Navfal Rasulullohdan (s.a.v) bo‘lgan voqeani eshitgan zahoti, o‘rnidan turdi va payg‘ambarimizni quchoqlab shunday dedi: «Bu sizga vahiy tushganidir. Siz payg‘ambarsiz. Faqat arablarga emas, balki butun dunyoga yuborilgan payg‘ambarsiz. Siz Muso va Isolarga o‘xshashdursiz. Alloh sizni tanlabdi va insonlarni hidoyatga, yaxshilikka, muhabbat va rahmatga boshlashlik uchun elchi qilib yuboribdi. Bu ishning avvalida insonlar sizga ergashishmaydi va o‘z shahringizdan chiqarib yuborishadi. Lekin siz ularga to‘g‘ri yo‘lni topishda yordam berasiz. Umrim qanchaga cho‘zilsa, qancha yashasam, sizni va sizning diningizni himoya qilaman!»
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:38:50
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Varaqa ibn Navfalning so‘zlarini eshitib, tinchlandilar va menga o‘xshash kechaning kelishini ko‘p marta kutdilar. Unda vahiyning tushishini kutar edilar. Toqqa, g‘orga chiqar edilar va kuchli shavq bilan vahiyni kutar edilar.

Payg‘ambar alayhissalom kutgan narsa bo‘ldi. Vahiy yana keldi. Bu gal vahiy u zotning uylariga nozil bo‘ldi. O’zlarining titrayotganlarini sezib ustlariga ko‘rpa yopib qo‘yish uchun Xadichani chaqirdilar va: «Meni o‘rab qo‘yinglar, meni o‘rab qo‘yinglar!», dedilar.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:39:14
Xadicha Rasulullohni ko‘rpaga o‘rab qo‘yganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Jabroilning ikkovlaridan boshqa eshitmaydigan ovozda o‘qiyotganlarini eshitdilar:
«Ey (liboslariga) burkanib olgan zot, turingda, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring! O’lg‘iz Parvardigoringizni ulug‘lang! Liboslaringizni pok tuting! Butlardan yiroq bo‘ling! (Berayotgan narsangizni) ko‘p sanagan holingizda ehson qilmang! O’lg‘iz Parvardigoringiz (yuzi) uchun (kofirlar tomonidan yetadigan ozorlarga) sabr qiling!» («Muddassir» surasi, 1-7-oyatlar, mazmuni).

Shundan so‘ng Payg‘ambarimizga vahiyning tushishi davom etdi va Qur’oni karim oyatma-oyat tushaverdi. Vahiyning nozil bo‘lishi, Qur’onning nozil bo‘lishi mendan Laylatul-qadrdan boshlanganidan juda faxrlanaman.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:39:29
Alloh taolo meni ulug‘ladi va meni Qur’onda zikr qildi, qadrimni va sha’nimni ulug‘ladi. Meni muborak kecha qildi.

Shu sababli har yili ramazon oyining oxirgi kechalarida musulmonlar meni intizorlik bilan kutishadi. Chunki ular men kelganimda osmon eshiklari ochilib, har bir duo qilgan insonning duosini Alloh taolo qabul qilishini yaxshi bilishadi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:43:56
4-qissa

Bir bosh uzum bizlarga payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) Toifga borganlari haqida hikoya qiladi

Men Toifdagi bir tokning novdasida osilib turar edim. Bu uzumning egasi Utba ibn Robiya, uning akasi esa Shayba edi.

O’z makonimda turib Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rib qoldim. U kishi Toifga Bani Sahifni islomga da’vat qilish uchun yashirincha kelgan edilar. U kishi Bani Sahifni qurayishliklardan ko‘ra aql bilan ish tutishga da’vat etardilar.

Men endigina kichkina g‘ujum paytimda Makkadan kelib, tok tagida yo‘l-yo‘lakay dam olib ketayotganlarning suhbatidan Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) haqlarida eshitgan edim. Ulardan shuni bildimki, ayollardan birinchi iymonga kelgan Rasulullohning zavjalari Xadicha, erkaklardan Abu Bakr va yosh bolalardan Ali ibn Abu Tolib ekanlar.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:44:32
Keyin shuni ham bildimki, iymon keltirganlarning soni juda kam ekan. Qurayshliklarning ko‘pchiligi esa iymon keltirmabdi, balki Payg‘ambarning ustidan kulishibdi. Hamma yo‘llar bilan unga qarshi turishibdi. U da’vatni to‘xtatsin, deb mol mulk va amal bilan chalg‘itishga harakat qilishibdi.

Tagimda o‘tirganlardan yana shu haqda eshitdimki, qurayshliklar amakilari Abu Tolib orqali u zotga shunday deb yuborishibdi: «Agar shu diningni tashlasang va unga da’vat qilishni to‘xtatsang, qurayshliklar xohlaganingcha boylik berishadi».

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday javob beribdilar: «Allohga qasamki, ey amakim, shu dinimdan kechishim uchun o‘ng yelkamga quyoshni va chap yelkamga oyni qo‘yishsa tark qilmas edim».
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:45:04
So‘ng uzumzor egasi Utbadan shuni eshitdimki, Qurayshliklar yana Payg‘ambarimizga shunday so‘zlarni aytish uchun Utbani yuborishibdi: «Qurayshliklar hamma narsaga tayyor. Molu-mulk xohlasang senga uni berishadi, qurayshning eng boylaridan bo‘lasan. Agar shuhrat xohlasang, seni boshliq qilib tayinlashadi. Hamma ishlarni sen bilan maslahatlashib qilishadi. Agar podshoh bo‘lishni xohlasang, seni podshoh qilib taxtga o‘tqizishadi. Agar sen aytayotgan narsalar kasalligingdan bo‘lsa, senga eng mohir tabiblarni to tuzatishguncha bog‘lab qo‘yamiz.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunda quyidagi oyati karimani Utbaga o‘qib beribdilar:

Oyat tarjimasi:

Utba qurayshliklarning oldiga qaytib borib, shunday debdi: «Shunday bir so‘zlarni eshitdimki, u she’r ham emas, sehr ham emas, kohinlik ham emas.

Utba qurayshliklarni Muhammadni sollallohu alayhi vasallam o‘z xoliga qo‘yishlarini talab qildi va shunday xitob qildi: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam sizlarning orangizda eng xulqi chiroyli, rostgo‘y va omonatga sodiqlardan edi. Endi katta bo‘lib o‘zi aytayotgan narsalarni sizlarga aytsa, uni «yolg‘onchi» va «sehrgar» deb nomlaysizlarmi?»
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:50:35
Qurayshliklarning Muhammadni sollallohu alayhi vasallam mol-mulk bilan qiziqtirishlari ham befoyda bo‘ldi. U yolg‘iz Allohga ibodat qilish uchun o‘z da’vatini davom ettirdi. Qurayshliklar unga va unga ergashganlarga aziyat va azob berishni kuchaytirdilar.

Bu ham yetmaganday uni va unga ergashgan musulmonlarni jamoadan ajratib qo‘yishga qaror qilishdi. Odamlarga qarata shunday so‘zlarni teriga yozib ka’baning devoriga osib qo‘yishdi:
-   Musulmonlar bilan salomlashish ham gaplashish ham mumkin emas.
-   Ular bilan oldi-sotdi qilish man’ etiladi.
-   Nikoh va qarindosh-urug‘chilik qilinmasin.
-   Hech qanday ko‘rinishda ular bilan birga ish yuritilmasin.

Bu bir bo‘lak teri ham foyda bermadi. Uch yildan so‘ng besh nafar quraysh kattalari mazkur yozuv haqida «Bizlar bu haqda bilmaymiz» deb aytishdi va unga bo‘ysunishni bekor qilishdi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:50:53
Lekin quraysh kofirlari Muhammad sollallohu alayhi vasallam va unga ergashganlarga qiynoq va zarar berishni davom ettirishdi. Azob va aziyatlar payg‘ambarimizning amakilari Abu Tolib va zavjalari Xadicha vafotlaridan so‘ng yanada kuchaydi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qiyotib sajdada bo‘lgan paytlarida ularning ustlariga qo‘yning ichak-chavoqlarini mazax qilgan holatda tashlashdi.

Buni va shunga o‘xshash xabarlarni Makkadan kelayotganlardan eshitar edim. Ular tokning soyasida dam olish uchun o‘tirishar edi. Bu xabarlar juda ayanchli edi. Shu juda qisqa umrim ichida Muhammadni sollallohu alayhi vasallam ko‘rish fursati bo‘lishini juda istar edim. Hayotim uzoq bo‘lib, kofirlar mendan kayf qiladigan ichimlik tayyorlashlarini va bundan mast bo‘lib, musulmonlarga yanada azob berishlarini istamas edim. Shuning uchun payg‘ambarni ko‘rishni orzu qilar edim. Alloh buni menga nasib qildi. U zotning o‘zlari shu yerga keldilar.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:51:07
Payg‘ambarni ko‘rganimdan qanchalik sevingan bo‘lsam, ro‘y bergan hodisadan juda xafa bo‘ldim.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Bani Sahifning eng hurmatli odamlari huzuriga kelib, ularni yolg‘iz Alloh va uning Rasuliga iymon keltirishga da’vat etganlarida ular keskin raddiyat bilan javob berishdi. Bu ham yetmaganda u zotga qo‘pol muomala qilishdi. U kishi Makkaga qaytayotgan paytlarida beaql bolalar va ba’zi axmoqlar Rasulullohni sollallohu alayhi vasallam o‘rab olib, berahmlik bilan toshbo‘ron qilishar, so‘kishar va ustlaridan kulishar edi.

Nihoyat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulardan qutulishga muyassar bo‘lib, men turgan tokning tagiga keldilar va juda toliqqan holda soyaga o‘tirdilar. Men u zotning shunday duo qilayotganlarini eshitdim: «Ey Allohim ojizligimdan senga iltijo qilaman. Insonlarni xursand qiladigan rahmlilarning rahmlirog‘i Ey Alloh, sen mendan g‘azablanmasang bo‘lgani».
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:51:21
Uzumzor egasi Utba va akasi Shayba bilan u zotning yaqinida so‘zlarini eshitib turishardi. Shunda Utba xizmatkori Addosga tokning tepasidan meni uzib olishni buyurdi. Meni tovoqqa qo‘yib, Muhamadga sollallohu alayhi vasallam taqdim etishdi. Men bu ishdan juda xursand bo‘ldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga qo‘l cho‘zar ekanlar, «Bismilloh» dedilar.

Addos bu so‘zni eshitib, taajjublangan holda dedi: «Bu yerlarda bunday so‘zlarni ishlatishmaydi».

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam undan: «Sen o‘zing qaysi joylardansan?» deb so‘radilar. Addos javob berdi.

Payg‘ambar alayhissalom: «Yunus ibn Matta degan solih kishining qishlog‘idan degin», - dedilar.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:51:34
Addos hayron bo‘lib: «Yunus ibn Mattani qaerdan bilasiz?» deb so‘radi.

Payg‘ambar alayhissalom: «U kishi Nabiy edi, men ham Nabiyman», deb aytdilar.

Addos Rasulullohni quchoqlab o‘pib: «Nabiy, ha Nabiy.... Bu kishi uchragan narsaga hech kim bardosh berolmaydi, kimki haq yo‘lda bo‘lsagina va haq dinni targ‘ib qilsagina bunga dosh beradi», deb baqirar edi.

Mening donalarim Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam qo‘llari orasida g‘oyib bo‘ldi. Men dunyo tarixidagi eng baxtli uzum boshiman. Ha, men azobdan keyin taom bo‘ldim. Va men Addosning iymon keltirganiga shohid bo‘ldim.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:52:05
5-qissa

Buroq bizlarga isro va meroj haqida so‘zlab beradi

Fazo kemalari va sun’iy yo‘ldoshlardan ancha oldin, taxminan 1300 yildan ko‘proq avval men bor edim ... Meni Buroq, deyishardi.

Mening shaklim va ko‘rinishim haqida ko‘pgina ixtiloflar bor. Lekin muhimi shuki, men yeru-osmonlarning yaratuvchisi Allohning maxluqlaridanman. Unga hamdlar bo‘lsin va u barcha ishga qodirdir!

Meni payg‘ambarlar minganlar. Lekin Muhammad alayhissalom uchun bo‘lgan ish yagona mo‘‘jizadir. Garchi odamga g‘aroyib tuyulsa ham, bu qissamizning bari haqiqatdir.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:52:20
Rasulullohga sollallohu alayhi vasallam vahiy tusha boshlanganiga o‘n ikki yil bo‘lgan edi. Bu yillar ichida ko‘p qiyinchiliklarga uchradilar. Amakilari Abu Tolib va zavjalari vafot etishdi, sahobalar hijrat qilishdi. Toifga borishlikdan najot topmadilar. Lekin iymonlarini saqlab qoldilar hamda Allohdan yordam va sabr so‘rab, duo qildilar.

Shularning hammasidan keyin mening shohidligimda Rasulullohning mo‘‘jizalari ro‘y berdi. Isro va Me’roj hodisasi sodir bo‘ldi.

Rajab oyining 27 kechasi edi. Shu kecha Jabroil alayhissalom Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam uylariga borib, u zotni Baytulkaramga olib bordilar. U yerda ikkovlarini men kutib turar edim. Jabroil alayhissalom Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam qalblarini zamzam suvi bilan yuvganlaridan so‘ng qalblari iymon va hikmatga to‘ldi. So‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga mindilar va biz Baytul muqaddasga jadal yo‘l oldik. Biz bilan Jabroil alayhissalom ham bor edi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:52:33
Makkadan chiqqanimizda bir karvon oldidan o‘tdik uning tuyasi yo‘qolib qolgan edi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam u turgan joyni aytib berdilar. Yana boshqa karvon oldidan o‘tdik. U karvonning tuyalariqochib ketibdi va bitta tuyaning oyog‘i sinibdi. Yana uchinchi karvon oldidan o‘tdik, uning oldidagi tuya ustida ikkita qora qop bor edi.

Yo‘lda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘p narsalarni ko‘rdilar. U zot Jabroil alayhisalomdan ko‘rganlari haqida so‘rar edilar, u esa javob berar edi.

Chiroyli qimmatbaho kiyimda bir yosh qiz: «Ey Muhammad», deb chaqirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga o‘girilib ham qaramadilar.

Jabroil (a.s.) ularga aytdi: «Bu dunyodir, siz uchun ziynatlangandir».
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:52:51
Rasululloh u kishiga: «Menga bu dunyodan hojat yo‘qdir», dedilar.

Yasribga yetganimizda Jabroil (a.s.) Rasulullohga: «Bu-Yasrib, yaqinda bu yerga hijrat qilasiz va Alloh sizni bu yerda vafot qildiradi», dedi.

Yana bir qavmning oldidan o‘tdik. Ular ekib, hosilni tez terib olishardi. Terib olishlari bilan hosil aslo kamaymay, yana o‘z holiga qaytardi. Rasululloh Jabroildan: «Bu nima?», deb so‘radilar.

Jabroil (a.s.): «Bular Allohning yo‘lidagi mujohidlardir. Ularning yaxshiliklari 700 marta ko‘paytiriladi», dedi.

Biz namoz va zakotni tark qiluvchilarning azoblanish manzarasini ko‘rdik.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:53:14
Biz xushbo‘y atirga o‘xshash hidni va yoqimli ovozlarini eshitdik. Rasululloh: «Ey Jabroil, bu nima?», deb so‘radilar.

Jabroil (a.s.) javob berdi: «Bu tovush jannatdandir, u yerdagilar aytishayaptiki: «Ey Robbim, menga va’da qilgan narsangni ber... Haqiqatdan uylarim, ipaklarim, oltinlarim, kumushlarim, hamma narsalarim ko‘paydi...Ey Robbim, bular bilan menga va’da qilgan narsangni ber». Yana boshqa joydan sassiq bir hidni sezdik va yoqimsiz tovushlarni eshitdik. Rasululloh: «Ey Jabroil bu nima?», deb so‘radilar.

Jabroil (a.s.) javob qildi: «Bu jahannamdan eshitilayotgan tovush, ular aytishyaptiki: «Bizlarga va’da qilgan narsangni ber. Zanjir va jahannam o‘ti kuchaydi. Bizga va’da qilgan narsangni ber».
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:53:30
Ko‘z ochib-yumguncha Quddusga yetdik. Rasulluloh sollallohu alayhi vasallam meni, (Buroqni) ushlab, baland cho‘qqiga bog‘lab qo‘ydilar. Hozirgi paytda bu cho‘qqi yo‘q. Buni musulmonlar qurishgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni tark qilib, «Masjidul-Aqso»ga kirib ketdilar. U yerda nabiy va rasullar u kishini kutib turishardi. U zot ular bilan birgalikda namoz o‘qib, ularga imom bo‘ldilar.

Namozdan so‘ng Jabroil (a.s.) Rasulullohga sollallohu alayhi vasallam Me’rojni taqdim qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undan osmonga ko‘tarildilar.

Rasululloh Birinchi osmonga ko‘tarilganlarida u yerda Odam alayhissalom u kishini qarshi oldilar. Ikkinchi osmonda esa Maryam o‘g‘li Iso va Yahyo alayhissalomlar, Uchinchi osmonda esa Yusuf alayhissalom, To‘rtinchi osmonda esa Idris alayhissalom, Beshinchi osmonda esa Xorun alayhissalom, Oltinchi esa Muso alayhissalom, Yettinchi osmonda esa Ibrohim Halilulloh qarshi olishdi. Va ularning har biri: «Solih birodar va solih payg‘ambar kelibdilar», deb aytishardi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:53:46
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yolg‘iz Allohga hamd va shukr bilan sajda qildilar. Chunki Alloh u kishini boshqa rasullar ko‘tarilmagan joyga chiqargan edi. U yerda Alloh musulmonlarga namozni farz qildi. Bir kecha-kunduzda besh vaqt namozni buyurdi va Ka’bani ularga qibla qildi.

Shundan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Quddusga qaytdilar. Nabiy va rasullar bilan vidoshlashdilar.

So‘ng Baytulkaramga qaytish uchun menga - Buroqqa mindilar. Shuning bilan Isro va Me’roj tugadi. So‘ng men bilan vidoshlashib, o‘z uylariga qaytdilar.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:53:57
Ertasi kuni Ka’baga bordilar va bo‘lgan voqealarni odamlarga aytib berdilar...Isro va Me’roj voqeasini... Ammo Quraysh kofirlari ishonishmadi... Ularning eng betavfiqi Abu Jahl edi.

Kofirlarning biri: «Bizlar Quddusga bir oyda boramiz va yana bir oyda uyga qaytamiz. Qanday qilib Muhammad bir kechada u yerga borib- kelishi mumkin?!», dedi.

Shu payt Abu Bakr (r.a.) Ka’baga keldilar va Rasulullohning oldilariga o‘tirdilar. Va kofirlardan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan gaplarini eshitdilar. Ular payg‘ambarimizning gaplarini tasdiqlashmayotganini bildilar.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:54:21
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va kofirlar orasida tortishuv to‘xtamas edi. Nihoyat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Masjidul Aqso»ni sifatlashni boshladilar. Kofirlar u zotning bundan avval u yerga borib ziyorat qilmaganlarini bilishardi. Rasululloh Masjidul Aqsoni xuddi ko‘rib turgandek qismma-qism sifatlab berar edilar. Bundan kofirlar dahshatga tushishdi. Abu Bakr: «Rasululloh, siz to‘g‘ri gapirayapsiz», deb u kishining gaplarini tasdiqladilar.

Masjidul Aqsoni sifatlash bilan birga boshqa isbotlarni ham aytdilar. U kishi Makkaga kelayotgan karvonlar haqida aytib berdilar. Ozgina vaqt o‘tgandan so‘ng karvonlar Makkaga yetib kelishdi. Karvonlarda yo‘lda adashgan tuya ham, oyog‘i singan tuya ham, ikki qora qop ko‘tarib kelayotgan tuyalar ham bor edi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:54:34
Xuddi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek bo‘lganini ko‘rgan kofirlar o‘zlarini yo‘qotib, nima deyishni bilmay qoldilar. Abu Bakr (r.a.) baland ovoz bilan: «Siz haqiqatni gapirdingiz, hamma gapirgan gaplaringiz to‘g‘ri chiqdi», deb yubordilar.

Rasululloh unga: «Sen siddiqsan (ya’ni rost gapiruvchisan) ey Abu Bakr, dedilar. Shu kundan boshlab Abu Baqrni Siddiq deb chaqiradigan bo‘lishdi.

Bu mening Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bo‘lgan Isro va Me’roj haqidagi hikoyamdir. Bu voqea fazo kemalari va sun’iy yo‘ldoshlar yasalganidan 1400 yil oldin bo‘lgandi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:54:57
6-qissa

G’ordagi kabutar Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam) hijratlari haqida hikoya qilib beradi

Men pok oq kabutarman. Ka’ba tomondan don-dun olib kelish uchun u yerga uchib borib-kelaman. Va hech kimdan qo‘rqmayman.

O’sha kuni ertalab Makka va Madina orasidagi yo‘lda joylashgan g‘or ustida uchib yurar edim. Tuxum qo‘yish uchun qulay joy qidirayotgandim. Mo‘ljallagan joylarimda tulki va ilonlarni ko‘rdim. Shuning uchun tuxum qo‘yish uchun joy tanlay olmayotgandim. Chunki ilonlarga yaqinlashsam ular meni yutib yuborishar edi. Shunda men o‘rgimchakdan: «Nima uchun shuncha tulki va ilon bu yerga jam bo‘lishdi?», deb so‘radim.

O’rgimchak shunday javob berdi: «Ular Makkadan kelayotgan ikki kishining yo‘lini to‘sish uchun kutib turishibdi». Men: «U kishilar kimlar?», deb so‘radim. O’rgimchak: «Bilmayman. Sen esa uzoq joylarga ucha olasan, bu haqda bilib olishing mumkin», dedi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:55:23
Havoga ko‘tarilib, toki muhojirlarni ko‘rgunimcha ancha masofa uchib o‘tdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Abu Bakr Siddiqni (r.a.) ko‘rdim. O’sha payt ular bir makonda, orqalaridan quvib kelayotgan kofirlardan xavfda o‘tirishgan edi. Ular g‘orga berkinishga qaror qilishdi. Men uchib borib, qodir bo‘lganimcha g‘orni ilonlardan tozalashga harakat qildim. Ilonlarga hujum qilib, cho‘qilab haydab chiqardim. Va ko‘rganlarimni o‘rgimchakka aytib berdim. Bu ikki mo‘tabar insonni kutib, xursand bo‘ldi. Biz ular kech qolayotganidan juda xavotirlandik. Xayriyatki eson-omon yetib kelib, g‘orga kirishdi. Shu payt g‘orning ichidagi bir ilon Rasulullohni sollallohu alayhi vasallam chaqmoqchi bo‘ldi. Lekin Abu Bakr oyoqlari bilan to‘sib, ilonning ustiga o‘tirib oldilar. Men qo‘rqib u yoqdan bu yoqqa ucha boshladim.

O’rgamchak: «Nega bezovtalanayapsan? Nima uchun tuxum qo‘yishga joy haqida o‘ylamayapsan?», deb so‘radi. «Men Makka ahlidan qo‘rqyapman. Ularning yo‘llarini bilmoqchiman. Ular g‘orga kelishmasin deb qo‘rqaman», dedim.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:55:54
Men Makka tomon uchib borib-kela boshladim. Oxirgi qaytishimda qo‘rquvdan titrar edim. O’rgimchakka: «Tasavvur qilgin. Bu kelayotgan yomonlar agar Muhammad va uning do‘stini ko‘rib qolishsa ulardan qutula olishmaydi. Nima qilamiz?

O’rgimchak bir oz o‘ylanib, so‘ng: «G’or og‘ziga o‘z iplarimni tortib, uning og‘zini yopaman», deb javob qildi.

Bu gapiga kulib yuboray dedim. Xuddi uning iplari g‘orning og‘zini to‘sib qo‘yadigandek. Lekin o‘ylab o‘tirmay tezda in qurib tuxum qo‘ydim. Va g‘or og‘zida kutib o‘tira boshladim. Shu vaqtning o‘zida kofirlar g‘or oldiga yetib kelishdi. Ular bir-biri bilan suhbatlasharkan: «Muhammad va do‘sti shu yerga kirganmikan?», dedi ulardan biri. «Bo‘lishi mumkin», dedi ikkinchisi. «Shu g‘orga kirgan bo‘lishlari kerak», dedi boshqasi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:56:07
«Bunday deb o‘ylamayman, deb rad qildi ulardan biri. - Bu joy tulki va ilonlarga to‘la joy».

Ular «kiramizmi-kirmaymizmi» deb munozara qilib turishganda, oralaridan bir kishi: Bu yerga uzoq vaqtdan beri hech kim kirmagan bo‘lsa, qanday qilib bu g‘orga kiramiz?», deb qoldi.

Ular hayron bo‘lib: «Buni qaerdan bilding?», deb so‘rashdi.

«Qaranglar ... O’rgimchak g‘or og‘ziga in qo‘ygan. Agar biron kishi kirsa, bu iplarni uzib tashlagan bo‘lardi. Mana bu kabutar inida tuxum ochilishini kutib o‘tiribti. Agar biron kishi bu yerdan o‘tganida kabutar uchib ketib, o‘sha odam tuxumlarini sindirib yuborgan bo‘lardi. Bu g‘orga anchadan beri hech kim kirmagan», deb javob qildi boyagi odam. «Ha, to‘g‘ri gapirasan. Ular bu yerda bo‘lishi mumkin emas,» deb xotirjam bo‘ldi sheriklari.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:56:23
Ular g‘ordan nari ketishdi. Men va o‘rgimchak ular uzoqlashgan sari tasalli topar edik. Kofirlar ko‘zdan g‘oyib bo‘lishgach xursand bo‘lib havoga ko‘tarildim. O’rgimchak ham o‘z iplarining o‘rtasida turib sevinganidan sakray ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mukarram qo‘llarini Abu Bakrning oyoqlaridagi ilon chaqqan joyga qo‘ydilar, shu payt Allohning qudrati bilan u kishi shifo topdilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Abu Bakr (r.a.) bir oz dam olib, o‘z yo‘llarida davom etishdi. Men esa ularning ustlarida uzoq masofagacha uchib borib, oq yo‘l tilab qoldim.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:57:14
7-qissa

Rasulullohning tuyalari bizlarga xijratdagi hodisa haqida so‘zlab beradi

Men cho‘l kemasiman. Cho‘ldan hech bir qiyinchiliksiz va tashna bo‘lmay yurib o‘taman. Uzoq masofalarni ham uncha jon kuydirmay bosib o‘taman.

Men Makkada yashardim. O’sha payt Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Islomga va yolg‘iz Allohgagina ibodat qilishga da’vat etar edilar. Mening egam Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam do‘stlari Abu Bakr Siddiq ra edi.

Kofirlar Rasulullohni sollallohu alayhi vasallam o‘ldirishga qaror qilishgandan keyin Rasululloh va Abu Bakr Madinaga hijrat qilib chiqib ketishdi. Meni va yana bir tuyani g‘orning og‘ziga boshlab borishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga mindilar. Abu Bakr esa ikkinchi tuyaga mindilar. Yasrib (Madinaning oldingi nomi) tomon yo‘l oldik. Issiq qanchalik avjga chiqmasin, yo‘lning uzoqligi bizlarni charchatmadi, balki men ajib yengillik va xushnudlik bilan borar edim, chunki eng ulug‘ muhojirni ko‘tarib ketayotgan edim.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:57:27
Bu muborak safar davomida Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam ko‘p mo‘‘jizalarini ko‘rdim. G’orning oldida kabutar va o‘rgimchakni ko‘rdim, ular xuddi g‘orga hech kim kirmagandek taassurot uyg‘otishga urinishardi.

Yo‘limizdagi barcha narsalar Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam ulug‘liklariga va Alloh u kishi bilan birga ekanligiga, kofirlar u zot ustidan g‘olib kela olmasligiga dalolat etar edi.

Men sizlarga yo‘l haqida ko‘p gapirib berishim mumkin. Bunday yo‘lni men o‘n bir kunda bosib o‘tar edim. Lekin bu gal sakson kunga cho‘zilib ketdi, chunki bizlar kechasi yurib kunduzlari berkinar edik. Sababi, bizni ko‘rgan har bir ko‘z biz haqimizda gapirar edi. Men Allohdan bu yo‘limiz omonlik bilan tugashini niyat qilib so‘radim.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:57:49
Nihoyat Yasribga yaqinlashdik. Uzoqdan daraxt va xurmolar ko‘rindi. Men juda sevinib ketdim, chunki Rasulloh sollallohu alayhi vasallam dushmanlaridan xalos bo‘ldilar. Yasrib ahli Rasulullohni qanday kutib olarkin deb, yo‘lda o‘zim-o‘zimdan so‘rar edim. Ular Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam Makkadan chiqib Yasribga kelayotganlarini shubhasiz bilishardi. Quyosh osmonda tikkaga kelganida baland joydan bir ovoz eshitildi: «Ana, sizlarning do‘stlaringiz kelyapti». Va qalblar tubidan xursandchilik ovozlari eshitilardi: «Allohu Akbar .... Allohu Akbar».

Bu ovozlardan yer titrab ketardi. Xuddi butun dunyo kutib oluvchilar bilan bir safda turgandek edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan tushib, Abu Bakr bilan daraxt soyasida dam olish uchun o‘tirishdi. Odamlar Yasribdan chiqib Rasululloh tomonga oqib borishardi. Ularning ko‘plari ko‘rmasdan yoki bilmasdan u zotga ergashishgan edi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:58:03
Kelayotgan ayollardan biri: «Ularning qaysilari Rasululloh va qaysilari Abu Bakr?», deb so‘rab qoldi. O’sha paytda soya Rasulullohdan sollallohu alayhi vasallam ketgan edi. Abu Bakr o‘rinlaridan turib ridolari bilan soya qilib turdilar. Shu payt o‘sha ayol shu odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ekanligini bildi. Odamlar Rasululloh (s.a.v) bilan ko‘rishib, o‘zlarini haq yo‘lga boshlashlarini so‘radilar. Rasululloh      sollallohu      alayhi      vasallam      ularga      nochorlarni taomlantirish, do‘stlashish va bir-birini sevish va yolg‘iz Allohga ibodat qilish haqida so‘zlab berdilar.

So‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam turib, menga mindilar. Men hayron bo‘lib, turib qoldim. Chunki u kishi meni o‘z holimga qo‘yib, yo‘l ko‘rsatmadilar, balki jilovimni holi qo‘ydilar. Madina ahli meni o‘rab olgandi. Hamma juda xursand edi. O’sh bolalar esa ashula aytishardi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa
Yuborildi: Laylo 11 Noyabr 2007, 07:58:32
Men yo‘lda davom etib, odamlar orasidan o‘tdim. Ko‘zlardan quvonch yoshlari oqar, yuzlarni tabassum to‘ldirgandi. Biz Madinaga kirdik va har bir odam Rasulullohning o‘z xonadonlarida turishlarini istar edi. Biri: «Ey Rasululloh, biznikiga kiring», desa, ikkinchisi: «Yo‘q, Rasululloh, bizning uyimizda turadilar», deb talashardi.

Rasululloh meni o‘z holimga qo‘yib, toki men Alloh istagan joyda to‘xtamaganimcha, yo‘lni bo‘shatib qo‘yishni talab qildilar. Men bir joydan boshqa joyga yura olmayotganimni, shu joyda dam olishim lozim ekanligini sezdim. Shunda Rasululloh mendan tushib: «Bu yerning egasi kim», deb so‘radilar. «Bu yer ikki yosh yetim bolaniki, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlashingizni xohlaydilar», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulardan bu yerni sotib oldilar va unda masjid va yashash uchun uy qurdilar.

Madina ahlining muxojirlarga bo‘lgan muhabbatini ko‘rdim. Rasululloh (s.a.v) mehmondo‘stliklari uchun ularni Ansorlar - yordamchilar deb nomladilar. Meni juda hurmat qilishdi, chunki bu hijratda men Rasulullohni sollallohu alayhi vasallam ko‘tarib kelgan edim.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: Laylo 12 Noyabr 2007, 08:07:34
8-qissa

Badr qudug‘i bizlarga badr ma’rakasi haqida  so‘zlab beradi

Mening nomim Badr. Joylashgan joyim Makka va Madina orasida. Musofir va podachilar suvim borligi uchun tez-tez oldimga kelishadi. Bir kuni, o‘zim shohidi bo‘lgan voqea haqida eshitib qoldim. Bu voqea Rasulullohning xijratlaridan ikki yil keyin Ramazon oyining 17-kunida sodir bo‘lgandi. Bu hijrat qurayshliklarni juda g‘azablantirgandi. Muhojirlar va madinalik ansorlar birgalikda, bir-birlarini xurmat-ehtirom qilib yashashlari ularning g‘azabini yanada oshirdi.

Shunday hurmat-extiromga qaramay, muhojirlar madinalik ansorlarga cho‘zilib ketgan mehmondorchiliklardan shikoyat qilishdi. Chunki ular mollarini va tijoratlarini Makkada, kurayshliklar qo‘l ostida qoldirishgan edi.

Bir kuni quraysh tijoratchilaridan Abu So‘fyon Shomning Damashq shahridan Makkaga kelayotganini eshitishdi. Ular Makkada qoldirgan mollari evaziga karvondagi mollarni olishga qaror qilishdi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: Laylo 12 Noyabr 2007, 08:11:45
Bu xabar Makkaga yetganida, qurayshliklarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalarga bo‘lgan g‘azabi yanada kuchaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurayshliklar nima qilayotganlarini bilish uchun Makka va Toif orasidagi yo‘lga bir qancha musulmonlarni jo‘natdilar. Ular ikki kishini asirga olib, uchinchisini o‘ldirishdi.

Shu sababli Makka ahli musulmonlarni o‘ldirish uchun urushga otlanishdi. Ular mingta jangchi tuyalardan tashqari yana yuzta otliq bilan yo‘lga chiqishdi. Musulmonlar ularni Madinada kutib o‘tirmay ularni qarshilashga chiqishdi. Musulmonlarning soni ulardan uch barobar kam va ikki otliqdan boshqa suvoriylar yo‘q edi.

Musulmonlar Badr qudug‘i, ya’ni oldimga yetib kelishgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam askarlarni mendan uzoq joyga joylashtirishni rag‘bat qildilar. Lekin sahobalardan biri menga yaqinroq bo‘lishni taklif etdi. Chunki musulmonlarga suvdan foydalanish mumkin bo‘lar va qurayshliklarni suvsiz qoldirish imkoniyati tug‘ilardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu fikrga qo‘shildilar va musulmonlarni atrofimga joylashtirdilar. O’nimda esa suv ichish va tuyalarini sug‘orish uchun bir hovuzcha qurishdi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: Laylo 12 Noyabr 2007, 08:12:00
Qurayshliklar otliq askarlari bilan shu yerga yetib kelib, musulmonlarning suv atrofida joylashganini ko‘rishdi. Ulardan biri mendan suv icharkan, hovuzchani buzmoqchi bo‘ldi. Shunda Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam amakilari Hamza chiqib uni qilichlari bilan chopib tashladilar.

Qadimgi odatlardan biri shu ediki, askarlar to‘qnashishi oldin uchta-uchtadan jangchi chiqib yakkama-yakka urishar edi. Musulmonlardan toiflik uzumzor egasi Utba, uning akasi Shayba va uning o‘g‘li Al-valid chiqishdi. Madinaliklar kofirlar oldiga chiqishganda ularni rad qilishdi. O’ldirish maqsadida makkalik muhojirlarni talab qilishdi. Ularning oldiga Hamza, Ali ibn Tolib va Ubayda ibn Horis chiqishdi. Shu payt Abu Jahl: «Hujum qilinglar, ey Makka ahli», deb baqirdi.

Musulmonlar dushmanlarning hujumini kutib, o‘z joylarida sobit turishardi. Urush qizib ketdi. Abu Bakr (r.a) kofirlarning soni ko‘pligini va qurol-aslahalarining mo‘lligini ko‘rib, xavotirga tushdilar va Rasulullohning Allohdan duo qilib so‘rashlarini iltimos qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohga duo bilan yolbordilar.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: Laylo 12 Noyabr 2007, 08:12:16
Bir ozdan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr Siddiq va musulmonlarga qarata: «Xursand bo‘linglar! Albatta Allohning yordami musulmonlargadir!», dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu gapni aytayotganlarida musulmonlarning shijoati kuchayib, dushmanlari ustiga qattiq hujum qilishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kimki shijoat bilan jang qilsa Alloh tiriklarga yordam berishi va shahid ketganlar uchun esa Allohning jannati borligi haqida xabar berdilar.

Musulmonlar o‘limga kuchli iymon va rozi bo‘lgan holda tik borishdi. Vaholanki, kofirlarning soni mingta, ulardan yuztasi otliq edi. Musulmonlar ulardan uch barobar kam bo‘lishiga qaramay, bundan qo‘rqishmasdi. Ularning qurol-yaroqlari ham, urushdagi mahoratlari ham kam edi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: Laylo 12 Noyabr 2007, 08:12:28
Qurol-yaroq va botil bir tomonda, Iymon, shijoat va haqiqat esa yana bir tomonda edi.

Agar biron-bir kishi bu voqealarni ko‘rganda edi, dahshatga tushardi. Qurayshning obro‘li boy va shijoatli kishilarining ko‘pchiligi o‘lganidan keyin kofirlar qochishga tushdi. O’lganlarning orasida Abu Jahl ham bor edi. Kofirlar musulmonlardan ko‘p talofat ko‘rib, orqaga - Makkaga chekinishdi.

Musulmonlar Madinada g‘alaba bilan, kofirlardan 70 kishini asirga olib qaytishdi. O’zlaridan o‘n to‘rt kishi shahid bo‘lgandi. Bu Allohning mo‘‘jizalaridan biri edi.

Madina ahli g‘oliblarini xursandchilik bilan kutib oldi. Ko‘pchilik mening oldimda kechgan voqea faqatgina Allohning yordami bilan bo‘lishi mumkinligini tushungach, Rasulullohga sollallohu alayhi vasallam iymon keltirishdi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: Laylo 12 Noyabr 2007, 08:12:38
Musulmonlar asirlarga yaxshi muomala qilishdi. Ular o‘z uylariga qaytib, buning o‘rniga fidya to‘lamoqchi bo‘lishdi. Lekin asirlarning ko‘pchiligi kambag‘al edi. Shunda musulmonlar: «Agar har biringiz musulmonlardan o‘n kishiga o‘qish va yozishni o‘rgatsangiz, uylaringizga qaytishingiz mumkin», deb aytishdi.

Musulmonlarning mening oldimdagi zafarlari birinchi g‘alaba edi. Va bu Islom yo‘lidagi birinchi janglari edi. Mening haqimda Qur’oni karimda zikr etilgan. Men Makka va Madina orasidagi kichik bir quduqman. Menga insonlar faqatgina suv ichish uchungina kelishardi. Mening bir tomonimda qurol-yarog‘ va botillik, ikkinchi tomonimda iymon va haqiqat turar edi. Haqiqat qaror topdi, botillik esa mag‘lub bo‘ldi. Chunki botillik hamisha halok bo‘luvchidir.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: Laylo 12 Noyabr 2007, 08:16:26
9-qissa

Bir tup daraxt bizlarga bay’at va sulh haqida hikoya qilib beradi

Arab jazirasida dov-daraxt kam. Men ana shu daraxtlarning biriman. Mening ostimda tarixda qoladigan bir voqea bo‘lgan. Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari tomonga urushish uchun kelayotgan kofirlarning xabarini bilish uchun chiqdilar. Yo‘lda daraxtni ko‘rib, uning soyasida dam olishga qaror qildilar. Bexos kofirlardan biri qilichini yalang‘ochlab Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam oldilariga keldi-da: «Seni hozir, mening qo‘limdan kim asray oladi? -deb so‘radi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hech bir tushkunlikka tushmasdan, bamaylixotir javob berdilar: «Alloh!»

Haligi odam hayajonlanib, qo‘rquvdan, titray boshladi va qilichi qo‘lidan tushdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilichni olib, xuddi o‘sha savolni uning o‘ziga berdilar: «Seni hozir mening qo‘limdan kim asray oladi?»
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: Laylo 12 Noyabr 2007, 08:17:40
Bu savolga nima javob berishni bilmay, uning qo‘rquvi yanada oshib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni afv etdilar.

Ammo mening qissam Qur’oni karimda zikr qilinganligi bilan faxrlidir. Men haqimdagi zikr tarixda va musulmonlar orasida abadiy qoldi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Usmon ibn Affonni qurayshliklarga elchi qilib, musulmonlar Ka’bani ziyorat etmoqchi ekanliklari xabarini yetkazishni aytdi. Musulmonlar orasida kofirlar hazrati Usmonni o‘ldirishdi», degan gap tarqaldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga qarshi urush ochishga qaror qildilar va musulmonlarni urushga bay’at (ahdlashuv) uchun chaqirdilar. Bay’at mening ostimda bo‘lib o‘tdi. Bay’at va men haqimda quyidagi oyati karima nozil bo‘ldi:«Batahqiq, Alloh senga daraxt ostida bay’at qilgan musulmonlardan rozidir».
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: Laylo 12 Noyabr 2007, 08:17:58
Makka kofirlari bay’at haqida eshitishgach xavfga tushishdi. Ular hazrati Usmonni o‘ldirishmagandi va uni Makkadan qo‘yib yuborishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning oldiga borib, musulmonlar va qurayshliklar orasida o‘n yil muddatgacha urush bo‘lmasligiga rag‘bat qildilar va kelasi yili haj qilish uchun Makkada uch kun qolishlarini aytdilar. Arablar yo Muhammad alayhissalomga, yoki Qurayshga ergashishlari kerak edi.

Ko‘pchilik musulmonlar bu sulhdan norozi bo‘lib g‘azablandilar. Chunki bu sulh, muhojirlarni qurayshliklarning oldiga qaytishga majbur qilardi. Bu ittifoq xuddi ularni zaif qilib ko‘rsatgandek bo‘lardi. Lekin Rasululloh uni qabul qildilar.

Kunlar o‘tishi bilan musulmonlar bu ittifoq ularning foydasiga bo‘lganligini bilishdi. Chunki musulmonlarning Makkaga qaytishi Makka ahlini siqib qo‘ygan. Chunki musulmonlar soni ko‘paygan edi. Kofirlar Makka va Madina orasidagi yo‘lda joylashib, ularning karvonlariga hujum qilishdi. Rasulullohdan sollallohu alayhi vasallam musulmonlarning Madinada qolishlarini talab qildilar. Bu qo‘rquv ostida bo‘lgan ish edi, chunki ko‘pchilik, kofirlarning qalbi u kishining ulug‘ mavqiflaridan titrar edi. Ko‘pchilik haq dinni qabul qilishni boshladi. Xura qabilasi Rasulullohga sollallohu alayhi vasallam bu ittifoq va sulhning tugaganligini e’lon qildilar.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: Laylo 12 Noyabr 2007, 08:19:18
Bir necha kun o‘tgach, men o‘n minglarcha musulmon Makka tomon kelayotganini ko‘rdim. Qurayshliklar ularga qarshi urush qila olmasliklarini ko‘rib ularga hech qanday qarshiliksiz shaharni ochib berdilar.

Lekin hech kim mening oldimda bo‘lgan kunni unutmaydi - o‘sha kuni musulmonlar Rasulullohga sollallohu alayhi vasallam bay’at qilgandilar.

Allohning yordami musulmonlarga bo‘ldi. Odamlar jamoat-jamoat bo‘lib Allohning diniga kirishdi. Men musulmonlarning Jaziraning hamma joyida Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam so‘zlarini qayta-qayta aytayotganlarini eshitdim. «Nohaq qon to‘kish harom, bekor daraxtni chopish gunoh». Bu so‘zlardan mening barcha a’zolarim, shoxlarim, barglarim to‘lg‘onib, hayajonlanib ketdi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: Laylo 12 Noyabr 2007, 08:19:31
Rasulullohning mana bu gaplarini eshitib, yanada hayajonlandim: «Ey quraysh jamoasi ... Meni o‘zlaringiz bilan qanday (muomala) qiladi deb o‘ylaysizlar?». Quraysh ahli: «Yaxshi (muomala)», deyishdi. «Boringlar, sizlar ozodsizlar», dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.

Shundan so‘ng Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattob davrlarida ko‘p narsalarning shohidi bo‘ldim. Fors, Shom, Yaman shaharlari Islomni qabul qilishganini eshitdim. Bularning hammasini ostimda bo‘lgan o‘sha kuchli bay’atni eslab ziyoratga kelgan kishilardan eshitar edim.

Ziyoratchilarning ko‘pligidan Umar ibn Xattob xavotirga tushdilar. Va meni kesib ildizlarim bilan sug‘urib tashlashga buyurdilar. Men bundan xafa bo‘lmadim. Chunki bir daraxt uchun Rasululloh va musulmonlarni bay’at paytida o‘z soyasiga olib turishdan ortiq baxt bo‘lishi mumkin emas.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: Laylo 12 Noyabr 2007, 08:21:35
10-qissa

Islom bayrog‘i bizlarga Islomning g‘alaba qozonishi haqida so‘zlab beradi

Men gohida matodan, gohida boshqa narsadan bo‘lishim mumkin. Men islom bayrog‘iman. Muhammad alayhissalomni payg‘ambarlarning sarvari qilib dunyoga yuborgan Alloh dinining bayrog‘iman.

Hayotimda unutilmaydigan, tarixga aniq va zarhal harflar bilan yozib qo‘yiladigan voqealarni ko‘rdim.

Yasrib uning samosida men birinchi hilpirab turgan shahardir. U yerga Rasululloh va sahobalar qurayshliklarning aziyatidan qutulish uchun kelganlaridan so‘ng shahar Madinai munavvara deb nomlandi. Madina ahli muhojirlarga nisbatan ajoyib mehmondorchilik ko‘rsatdi. O’zlarining eng yaxshi narsalarini ular bilan baham ko‘rishdi.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: Laylo 12 Noyabr 2007, 08:21:53
Badr ma’rakasi - men ishtirok etgan birinchi ma’rakalardan edi. Men Uxud va Handaq ma’rakalarida ham bo‘ldim. Alloh musulmonlarga yordamini berdi. Men baland ko‘tarilgan holda o‘z ostimda Islom uchun xizmat qiladiganlarning ko‘payganini ko‘rdim.

Makka fath qilingan kuni uning osmonida ko‘tarildim. Va odamlar dinga jamoa-jamoa bo‘lib kirishdi. But va sanamlarning bayroqlari yakson qilindi.

Makka fath qilingandan bir yil o‘tib, Arab jazirasining hamma yerida hilpiray boshladim. Ko‘p joylardan elchilar kelib, Islomni qabul qilganlarini Rasulullohga e’lon qilishdi va mening ostimga turishganini bildirishdi. Men Islom bayrog‘iman.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: Laylo 12 Noyabr 2007, 08:22:09
Hijratning 10 yili Rasululloh Hijratul vidoni qilgan paytlarida men 100 mingdan ortiq musulmon boshi ustida hilpirar edim. Ular Baytulloh atrofida Rasululloh bilan uni tavof qilishar edi.

Mening atrofimda ko‘p ishlar bo‘lib o‘tdi va men Rasululloh bilan qadam-baqadam yurib, barcha g‘azotlarda birga qatnashdim. U kishining kundalik hayotlari, barcha ishlarini bilib, hamma so‘zlarini eshitdim. U kishining barcha ishlarda ulug‘ bo‘lganlarining shohidi bo‘ldim. U kishi banda va yo‘lboshchi, shijoatli, dovyurak, oliyjanob, oqil inson edilar.

Rasulullohni sollallohu alayhi vasallam barcha insonlar sevganidek chin qalbdan sevdim. Kun sayin yangi va yangi jamoalarning boshi uzra hilpirab, o‘zimni baxtiyor his etardim.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: Laylo 12 Noyabr 2007, 08:22:24
Mening hayotimda bir yomon kun ham bo‘lib o‘tdi. O’sha kuni qattiq iztirob chekdim. Qo‘rquv meni titratib yubordi. Shunday bir mash’um xabarni eshitdimki, unga hech kimning ishongisi kelmas edi. Musulmonlar iztirob chekib turishganida ularning orasidan Abu Bakr (r.a.) Siddiqning ovozlari eshitildi:

- Ey insonlar, kimki Muhammadga ibodat qilgan bo‘lsa Rasululloh vafot etdilar. Kimki Allohga ibodat qilgan bo‘lsa, albatta Alloh mangu tirikdir, u o‘lmaydi.

Ularning orasida Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam vafotlarini kutib yurganlar bor edi. Ba’zilari murtad bo‘lishdi va ba’zilari zakot berishdan bosh tortishdi. Ba’zilari isyon qilib, o‘zlarining ustlaridan meni - Islom bayrog‘ini tushirishni talab qildilar.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: Laylo 12 Noyabr 2007, 08:22:43
Voqealar yana qayta-qayta takrorlandi, murtadlar yana Islomga qaytishdi. Zakot berishni xohlamaganlar zakot berishdi, isyonchilar tinchlanishdi. Men ham oldingidek barcha joylarda hilpirab turdim.

Xolid ibn Valid, Abu Ubayda ibn Jarroh, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Umar ibn Os, Usoma ibn Zayd va boshqa ko‘plab Islom jonkuyarlarining qo‘llarida bo‘ldim. Fors va Rum shaharlari samosida oliy bo‘lib hilpiradim.

Fatxlar ko‘p bo‘ldi. Hattoki, g‘arbdan Andalusiyaga va sharqdan Xitoygacha yetdi. Va hozirgi paytda mening ostimga to‘plangan Islom ummatining, turli millat va ellatlarning soni bir milyard uch yuz milyondan ortib ketdi.

Hech shubha yo‘qki, meni dunyo hayotining oxirigacha, Qiyomat kunigacha hilpirayveraman. Olamlar Parvardigori - Alloh taoloning xohish-irodasi shunday! Oxirgi payg‘ambar, sarvari koinot Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam shunday xabar berganlar.
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: Laylo 12 Noyabr 2007, 08:28:44
MUNDARIJA

Bu kitob o‘zi haqida sizlarga so‘zlab beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87770#msg87770)
1-qissa: Abraxaning fili bizlarga Muhammadning sollallohu alayhi vasallam) tug‘ilishlari haqida hikoya qiladi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87771#msg87771)
2-qissa: Halimaning eshagi bizlarga Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam)emizilishlari haqida hikoya qilib beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87805#msg87805)
3-qissa: Qadr kechasi bizlarga Muhammad alayhis-salomga birinchi vahiy tushishi haqida so‘zlab beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87814#msg87814)
4-qissa: Bir bosh uzum bizlarga payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) Toifga borganlari haqida hikoya qiladi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87827#msg87827)
5-qissa: Buroq bizlarga isro va meroj haqida so‘zlab beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87835#msg87835)
6-qissa: G’ordagi kabutar Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) hijratlari haqida hikoya qilib beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87845#msg87845)
7-qissa: Rasulullohning tuyalari bizlarga hijrat-dagi hodisa haqida so‘zlab beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87850#msg87850)
8-qissa: Badr qudug‘i bizlarga badr ma’rakasi haqida so‘zlab beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg87990#msg87990)
9-qissa: Bir tup daraxt bizlarga bay’at va sulh ha-qida hikoya qilib beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg88000#msg88000)
10-qissa: Islom bayrog‘i bizlarga Islomning g‘alaba qozonishi haqida so‘zlab beradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.msg88008#msg88008)
Nom: Re: Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa (bolalar uchun)
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2007, 01:15:56
Muhammad alayhissalom hayotlaridan 10 qissa
(bolalar uchun)

(http://www.ziyouz.com/images/books/10_qissa.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=99)

Muallif: Abduttavvob Yusuf

Hajmi: 115 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=99)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1822.0)