forum.ziyouz.com

Kutubxona => Jahon adabiyoti => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 11 Noyabr 2007, 07:35:41

Nom: Nyurnbergga sayohat. Hermann Hesse
Yuborildi: AbdulAziz 11 Noyabr 2007, 07:35:41
Nyurnbergga sayohat. Hermann Hesse

Yo‘lga chiqqan kunim havoning avzoi buzuq, qor aralash yomg‘ir yog‘ardi. Yana Augsburg yonidan o‘tdim, shahar uzra katta butxona va Sankt-Morits qad rostlab turardi, shundan so‘ng notanish joylar ko‘z o‘ngimdan o‘ta boshladi, bekatlar orasidagi oxirgi masofada esa odam oyog‘i yetmagan, xilvat, qalin o‘sgan ajoyib qarag‘ayzor o‘rmonlar boshlandi, daraxtlar uchi qor bo‘ronida chayqalardi. Bu manzara go‘zal va sirli, shu bilan birga men, janublik uchun noxush hamda vahimali edi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1868&Itemid=227)