forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:25:57

Nom: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:25:57
Har bir ayol hayotda bahtga erishishni, tinch totuv hayot kechirishni hohliydi. Lekin baht degan ne’mat arzon turmiydi, unga qanoat, shukr va solih amallar orqali erishiladi (Vallohu a’lam). (Mavzuda asosan "œMusulmon ayolning o’z eri oldidagi vazifalari,  T-Movarounnahr, 2004 "œ kitobidagi ma’lumotlardan foydalanildi)

Ushbu holis ishga forum a’zolarining ham hissasi qo’shiladi digan umiddaman.

1.   QANOATLI BO’LMOQ   
Qanoatda hurriyat, ochko’zlikda asirlik bor.

1.   Haq Taoloning taqdirga yozgan rizqqa ega bo’lish hirs va ta’maga kirmaydi. Ammo bunda ham harakat qilish zarur. Faqat alloh Taoloning o’ziga yukinib, boshqalardan so’ramaslik kerak. 

HADIS: Nafsning ko’zi to’ymaydi. Bir chelak oltini bor kishi, oh yana shunday bir chelak oltinim bo’lsaydi deydi.

2.   qanoatning ikkinchi sharti esa, qo’ldagi ne’matlarni rejali sarflash hisoblanadi. Isrofdan qattiq tiyilish kerak. Agar ko’rpaga qarab oyoq uzatilmasa kerakli-keraksiz narsalarga pul sarflanaverilsa, isrof va harajat eshigi kattalashib ketadi.

HADIS: Tejamkor bolgan kishi faqir bo’lmaydi.
Nom: Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:26:08
Ammo hasislik ham yaramaydi. O’tmishda bir ayol mahkamaga eridan shikoyat qilibdi. Hakam undan so’rabdi:
-   Nimaga ayolingni ta’minlamaysan?
-   Afandim, men imkon chegarasidagini topib kelyapman. Hotinim koproq hohlaydi. Men esa bundan ortig’ini topolmayman,-dedi u kishi.
-   Ho’p sen nimaga qodirsan?
-   Afandim, men ko’p-ko’p suv olib kelaman, ayolim esa qanoat qilmasdan, non ham topib kelishimni hohlaydi,-degan ekan.
-   
      Payg’ambar(s.a.v.) : "œAhli ayolingga, bola-chaqaga sarflangan puldan keladigan savob, faqirga va boshqalarga barilgan sadaqa savobidan ko’ra ko’proqdir"

      Hasan Basriy: "œ Go’zal tadbir va go’zal idora yarim foydadir. O’z o’rniga ishlatilgan ozgina pul, isrof qilib ishlatilgan ko’p puldan foydaliroqdir."

       Aflotun: "œ Pulni hasislik qilmasdan harjlash aqllilikning boshidir"
Nom: Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:26:22
1.   ERGA ITOAT   

       Ayol kishi diniy e’tiqodiga zid bo’lmagan barcha ishlarda eriga itoat qilishi lozim. Chunki erining ayoli ustida juda ko’p haqlari bor. Payg’ambarimiz s.a.v. : "œ Agar ayol besh vaqt namozini o’qisa, ramazon ro’zasini tutsa, nomusini saqlasa va erini rozi qilsa jannatning hohlagan eshigidan kiradi. ; Bir kishining boshqa kishiga sajda qilishi mumkin bo’lganida edi, ayollarning erlariga sajda qilishlarini buyurardim." deya marhamat qilganlar. 

Islomiyat ayolning eriga itoatiga shu qadar ahamiyat berganki, agar ayol nafl ro’zasini tutmoqchi bo’lsa, eridan ruhsat olishi kerak. Faqat qo’ni-qo’shnilanikiga chiqish, bozor o’charga borishdagina emas, hatto masjidga ketishi uchun ham eridan so’ralishi lozim.

HADIS: "œ Eridan ruhsat olmasdan ko’chaga chiqqan ayolga to uyiga qaytguncha farishtalar u ayolga la’nat o’qib turadi.
Nom: Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:26:34
Mashhur arab adabiyotchisi Asmuiy bir kuni yolda ketayotib er-hotinga duch kelibdi.Ayol nihoyatda chiroyli, eri esa o’ta hunuk ekan. Asmuiy ayolga qarab:
-   Ey honim! Shu husning bilan nega bunday hunuk kishiga turmushga chiqding, u bilan qanday qilib yashaysan" — debdi.
-   Jim bo’l, ey ahmoq odam! Nega o’ylamasdan gapirasan?! Kim biladi, balki erim Alloh Taoloning rizoligini topgan kishidir. Janobi Haq unga mukofot qilib mendek go’zal honimni nasib qilgandir. Balki mening qaysidir gunohim uchun Haq Taolo shu bandasiga ravo ko’rgandir. Biz taqdiri ilohiyni bilmaymiz va unga aralasha olmaymiz,- deb javob beribdi.
-   
Payg’ambarimiz s.a.v. : "œItoat qilishda erkaklarning ayol ustidagi haqqi mening sizning ustingizdagi haqqim kabidir. ; Ayol kishi erining jabr zulmiga chidasa, Janobi haq unga hazrati Osiyoga  nasib qilgan savob ajrini beradi" deya marhamat qilganlar.
Nom: Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:26:46
"œSevgi — bu inson tabiatining zavqlantiruvchi huzurbahsh lazzatga mayl etishidir. Sevgining oily darajasi ISHQ deyiladi. Oshiqlar o’z ma’shuqalarining visoliga etishmoq uchun hech nimalarini, hattoki jonlarini ayamaydilar. Hz. Yusufni sevib, tillarda doston bo’lgan zulayho buning yorqin misolidir. Chindan ham, Zulayho ishq yo’lida molini-mulkini, hatto go’zalligini ham yo’qotadi. Kimda-kim, "œ Men Yusufni ko’rdim!" -  desa, unga qimmatli marjonlaridan birini berardi. Shu tariqa, sovg’a eta-eta, hech bir narsasi qolmaydi. Har narsani "œYusuf!" deb chaqirardi. Unga bo’lgan cheksiz ishqi tu fayli "œYusuf" kalimasidan boshqa hamma so’zlarni unutgandi.

Rivoyat qiladilarki, Zulayho imonga kelib, hazrati Yusufga turmushga chiqqanidan keyin, o’zini ul zotdan chetlata vat oat-ibodatga berilib, uzlatga chekina boshlabdi. Endi bu ishqi, ishqning hqiqiy sohibi Allohga qaratilgan edi. Ahvol shunday ediki, Hz. Yusuf uni tunda yotoqqa da’vat etsa, u visol onini kunduzga surar, kunduz da’vat etsa, fursatni tunga surar va shunday derdi:
-   Ey Yusuf, men seni Allohni tanimasdan oldin sevgandim. Lekin uni tanigandan keyin aslida unga oid bo’lgan sevgidan boshqasiga o’rin qolmadi. Allohga bo’lgan bu sevgimga boshqani sherik qilmayman.
Nom: Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:26:58
        Aytadilarki, haqiqiy sevgi-muhabbat uch narsadan bilinadi:
1.   Sevgan suyganining so’zini boshqalarning so’zidan ustun qo’yadi;
2.   Sevgan, suyganining suhbatini boshqalarning suhbatidan ustun qo’yadi;
3.   Sevgan, suyganini mamnun etishni boshqalarni mamnun etishdan ustin qo’yadi." (Mukoshafat-ul qulub, Abu Homid G’azzoliy)

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: "Nabiy s.a.v. : "œ Odam toki o’zga bir odamni faqat Allohni deb yahshi ko’rmas ekan va Alloh (kufrdan) qutqargach, qayta kofir bo’lmoqdan ko’ra jahannam o’tiga tashlanmoqni afzal bilmas ekan hamda Alloh va uning rasuli uning uchun barchadan mahbubroq bo’lmas ekan, imon halovatiga erisha olmaydi!" — dedilar".

Seving, seviling va suyganingizga itoat eting!
Nom: Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:27:08
1.   TOZALIK VA GO’ZALLIK

"œUmr yo’ldoshingning ko’zi tushishi ehtimoli bo’lgan hamma erga e’tibor ber, shunday qilki, uning ko’zi zinhor nojo’ya holatlarga tushmasin. Yomon hid chiqishi ehtimoli bo’lgan narsa va yerlarga diqqat qil. Ularni topib, tozala. Uyingdan har doim hushbo’y hidlar taralib tursin."

HADIS: "œAyollaringizning yahshisi yuvinib, pokiza yurishni odat qilgan va hushbo’y hidlar surib yurganidir."

Ayollarning erlari huzurida kiyinib bezanishlari taqvo jihatlaridan noto’g’ri emas. Ayollarga erlarining muhabbatlarini qozonish uchun yolg’iz chiroyning o’zi kamlik qiladi, bunda poklik. Ham juda katta ahamiyatga ega. Ammo ayrim bezaklarga dinimiz ruhsat bermaydi:
1.   Ulama soch taqish mumkin emas. Uni taquvchiga Allohning la’nati bo’lsin, deyilgan;
2.   Modaga ergashib qimmat va be’mani matohlar uchun pul sarflab isrofgarchilik qilmasligi lozim;
3.   Haddan ortiq bo’yanib(pardoz-andoz qilib) ko’chaga chiqish mumkin emas;
4.   Payg’ambarimiz s.a.v. :"œAyollarninglibosini kiygan erkaklar yoki erkaklarni libosini kiygan ayol Allohning rahmatidan yiroq bo’lsin", deb duoibad qilganlar;
5.   Ayollar faqat o’z erlari uchun pardozlanishi va ziynatlarini nomahramlarga ko’rsatmasliklari darkor

Fikrimcha, ayolning haqiqiy chiroyi hayodan boshlansa kerak.Insonni hayosi borligidan uning qalbini go’zalligini bilsa bo’ladi. Qalb go’zalligi esa, fikrimcha, yuzda ifodalanadi, unga nur beradi. Kuzatib ko’ring, qizlar uyalsa qando chiroyli ko’rinadi-a? Lekin, afsuski,  hozir ko’chalarda hayoli qizlardan ko’ra,  nozlanadigonlari  ko’proq topiladi shekilli(Vallohu a’lam)

HADIS: "œHayo  -  iymondandir"
Nom: Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:27:21
3.   ERINING MOLINI MUHOFAZA QILISH.

"œUyingdagi mol-mulk va jihozlarni muhofaza qil"

Dunyoda bola-chaqasini boshqalarga muhtoj qilishdan asrab hayot kechirish uchun, albatta, mehnat qilish kerak. Ammo boylikka tajamkor bo’lish va isrof qilmaslik orqali erishiladi. Isrof qilmaslik, qaysidir ma’noda shukronalik alomatidir. Alloh Subhonohu va Taolo shukr qiluvchi bandamga ne’matimni ziyoda qilaman deb o’z marhamatini ifoda etgan. Tejamkorlikka ayollar oila ichki ishlarining idorachisi sifatida ahamiyat berishlari kerak.

Ba’zida yomon, badhulq ayollar ham uchrab turadi. Ular atrofdagi begona erkaklarga hushmuomalada bo’lsalar-da, doimo tabassum bilan yursalar-da, odobsizdirlar. Ular aziz umrlarini va erlarining molu dunyosini faqat maishatga sovuradilar. Oqibatda go’dak uchun kuniga bir-ikki soat vaqtini zo’rg’a ajratadigan onalar paydo bo’lmoqda.

Qanchalab oila shu tarzda buzilib ketdi, uyida ayollik burchini ado etolmagan honimlar birovlarning eshigida hizmatkorlik qilishga majbur bo’lmoqdalar.

Inson har doim molini bir manfaat yo’lida sarflashni hohlaydi. Foyda keltirmasa, yo’qolganday his qiladi. Ba’zi kishilar ro’zg’orni juda ustalik bilan boshqaradilar. Ishlab topish erning, sarf etish hotinning zimmasida.

Payg’ambarimiz s.a.v. marhamat qilganlar: "œHar biringiz yolboshchidirsiz va har biringiz qo’l ostingizdagidan so’ralursiz"
Nom: Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:27:34
5.   QARINDOSHLARGA YAHSHI MUOMALA

Go’zal muomala faqat er-hotin o’rtasidagina lozim emas, balki muomala qilishga qodir barcha insonlar uchun muhimdir. Inson o’z yaqinlarini sevishi kabi, destining yaqinlarini ham yahshi ko’radi. Shu tahlit o’rtadagi muhabbat va hurmat rishtalari mustahkamlanadi. Ikki do’st orasidagi vafo shu qadar ekan, demak, ayol erining qarindoshlariga undan-da yuksakroq hurmatda bo’lishi kerak. Silayi rahim(yaqinlararo mehr oqibat) to’g’risida hadislarda ko’p yozilgan. Qarindoshlik rishtalarini uzish jannatdek buyuk ne’matdan ayrilishga olib kelishi mumkin. Donolarning e’tirof etishicha: "œErkak bosh bo’lsa, ayol bo’yindir".

Imom G’azzoliy hazratlari : "œAyol qachon eri yoki erining qarindoshiga yomom muamalada bo’lsa, ularni haqorat qilsa, gunohkor bo’ladi" deydilar. Biro dam hotinini deb qarindoshlaridan, hususan otasi va onasidan ranjishi buyuk gunohdir.

Ota-ona haqqini hech qaysi o’lchov bilan o’lchab bo’lmaydi.
Nom: Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:27:42
Abdulloh ibn Umar(r.a.)rivoyat qiladilar: Rasululloh s.a.v. : [/b]"œEng buyuk gunohlardan biri ota-onaga la’nat aytishdir"¦ bir kishi birovning ota-onasini so’ksa, ikkalasi ham o’z ota-onalariga la’nat aytgan bo’ladi"[/b], dedilar.

Ota-onaning hurmati shunchalik oily ekan, endi o’ylab ko’ring, qaysi er ularga hotinining hurmatsizlik ko’rsatishiga rozi bo’ladi? Hech bir aqlli er, hotinimning mijoziga to’g’ri kelmadi, deb ota-onasidan kechmaydi.

Inson go’zal hulqi bilan suyukli bo’ladi. Payg’ambarimiz s.a.v. yomonlikni yomonlik bilan emas, balki chiroyli yo’sinda qaytarishlikka chorlaganlar. Unday odamlarga "œSalomat bo’ling, salomat bo’ling" deb qoya qolish kelib chiqishi mumkin bo’lgan janjalning oldini olish ehtimoli kattaroqdir.
Nom: Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:27:55
Alloh buyuradi:

-   Yana oralaringizdagi savol-javoblarda o’rtaga nomi solinadigan Allohdan qo’rqingiz va qarindosh-urug’laringiz (bilan ajrashib ketishdan saqlaningiz)! Albatta, Alloh ustingizda kuzatuvchi bo’lgan zotdir.

-   Agar(iymondan) yuz o’girsangizlar, yaqinki, sizlar yerda buzg’unchilik qilursizlar va qarindosh-urug’ingiz (bilan ham aloqangiz)ni  uzursizlar! Unday kimsalarni esa  Alloh la’natlagandir, bas ularning (quloqlarini pand-nasihat eshitishdan) kar, ko’zlarini esa (to’g’ri yo’lni ko’ra olmaydigan) ko’r qilib qo’ygandir.

   
Bayhaqiy qayd etadi: Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. marhamat qiladilar: "œJabroil qoshimga kelib dediki:

-   Bugun Sha’bon oyining o’n beshinchi kechasi(Baroat Qandili)dir. Bu kecha Alloh, Bani Kalb qabilasining(qo’yi ko’p  bo’lgan qabila) qo’ylarining junlari qancha bo’lsa (ya’ni junlarining qili qancha bo’lsa) shuncha odamni avf etadi. Faqat mushriklar, jahldan tushmaganlar, qon-qarindoshlik rishtalarini uzganlar, silayi rahim qilmaganlar, takabburlar va gerdayganlar, ota-onasiga qarshi boruvchilar va mayparast ichkilikbozlarga qayrilib qaramaydi, ularni yorlaqamaydi"
Nom: Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:28:04
Ibi Hobbon va boshqalar qayd etadilar: uch toifa odam jannatga kirmaydi:
1.   Mayparastlar;
2.   Qon-qarindoshlik aloqalarini uzganlar;
3.   Sehr qiluvchilarga ishonganlar.

Abdurahmon ibn avf Payg’ambarimiz s.a.v.dan rivoyat qiladilar:
Uch narsa arshda osig’liqdir:
1.   RAHIM(silayi rahim). Derki:"Allohim, men sen bilan birgaman, ayrilmayman!";
2.   OMONAT. Derki:"Allohim, men sen bilan birgaman, hiyonat qilmayman";
3.   NE’MAT. Derki:"Allohim, men sen bilan birgaman, nonko’rlik qilmayman".
Nom: Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:28:14
Erni idora qilish hotinning qo’lida. Boshqacha aytganda, erni er qiladigan ham hotin, qora yer qiladigan ham hotindir. Bir kishi ko’p ayollarga uylanibdi, lekin birortasi bilan ham totuv yashab keta olmabdi. Ohiri, endi uylansam hotirjam barcha kamchiliklarimni aytaman deb ahd qilibdi. Uylanibdi, ahd qilgandek, ayblarini ayta boshlagan ekan, ayol so’zini kesibdi:

-   unday demang afandim. Hech kimning hulqi siznikidan yahshi emas. O’zlari badfe’l bo’lganlari uchun sizdan yomonlik ko’rishgan, - debdi .
Shunday qilib, umrlarining ohirigacha bu er-hotin go’zal hayot kechiribdilar.

Oilada huzur-halovat bo’lishi uchun  quyidagilar lozim bo’ladi:
-   ikki taraf ham vazifalarini yahshi bilishlari;
-   go’zal hulqli bo’lishga intilishlari;
-   odoblarini saqlay olishlari;
-   biror ayb qilib qo’yishsa, darrov bir-biriga ters bormasdan ko’ngil olishlari;
-   er agar qo’pol bo’lsa ham, ayol uni yumshatishga harakat qilishi;
-   er g’amgin vaqtida hotin hursand ko’rinmasligi, aksincha, nimadan hafa ekanini o’rganib, dardiga sherik bo’lishi;
-   er hursand vaqtida hafa ko’rinmaslik kerak va hokazo.
Nom: Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:28:23
Erkak kishini qanchalik hurmat qilsa, ayol kishi shunchalik yahshiliklarni qo’lga kiritadi. Mana shunaqa harakatlari bilan eriga hohlagan ishni bajartira oladi.

Totuv yashash uchun erkak kishi ham nazarda titishi lozim bo’lgan ba’zi hususlar bor:
-   hech bir er dinimizning amr va taqiqlaridan tashqaridagi ishga hotinini zo’rlamasligi kerak;
-    o’zining ham aybsiz emasligini hech unutmasligi lozim;
-   tashqaridan juda chiroyli ko’ringan dilbarlarning ham aslida g’oyat yomon hulqlari bo’lishi mumkinligini doimo esda tutish darkor;
-    ayol kishi eriga Alloh Taoloning omonati bo’lgani uchun ham unga hamisha ochiq chehra va shirin til bilan muomalada bo’lishi kerak;
-   ayolning hamma hato-kamchiliklarini  ham yuziga aytavermasligi lozim;
-   tashqi go’zallik o’tkinchi bo’lgani uchun erkak kishi uylanayotganida ahloqli, dindor, qalbi go’zal ayolni tanlashi kerak.   

Ayol erini ertalab ishga ketayotganida tabassum bilan eshikdan kuzatishi va yahshilik tilab duo qilishi kerak. Kechqurun uyga qaytganida esa, eshikdan uni chiroyli kiyimlarda va hushmuomala bilan kutib olishi kerak.
Nom: Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:28:37
Oiladagi yana bir muhim jihatlardan biri bu — bolali odamga turmushga chiqqan ayolning o’gay bolalariga bo’lgan munosabatidir. Bu ayol o’gay farzandlarini o’zinikiday ko’rmog’i, tarbiya qilmog’i,  yuvib taramog’i  lozimdir.

HADIS: "œEtimning boshini silagan odam o’sha etimning soch tolalari adadicha ajru savobga ega bo’ladi;  Janobi Haqning nazdidagi eng yahshi uy etim hushmuomalalik bilan tarbiya qilinayotgan uydir"

Yetimning oldida boshqa bolalarni suyib erkalamaslik lozim. Uyida etim bolalarni, boshqacha aytganda o’gay bolalarini tarbiya etayotgan ayollar ularning haqqidan qo’rqsinlar, Alloh Taolo azobi qattiq zotligini doimo esda tutsinlar, mana shu yo’l o’zlari uchun hayrliroqdir.

Islomda qo’shnining haqqiga ham alohida e’tibor ajratilgan. Har bir mo’min-mo’minaning ustida qo’shnisining haqqi bor. Qo’shniga yahshilik islomiy odobdir.
Nom: Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:28:52
Qo’shni biror narsa so’rab chiqsa, berish, betob bo’lganda hol-ahvol so’rash, boshiga biror musibat etganda, ko’ngil ko’tarish va dalda berish ham qo’shnining haqlaridandir. Ammo hamma ham go’zal ahloqli bo’lolmagani uchun, ba’zi qo’shnilarning kamchilik-nuqsonlariga e’tibor qilinmaydi.

Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladilar: Rasululloh s.a.v. : "œ Ey muslima ayollar, garchi o’rtangizda bir qo’yni talashib qolgan bo’lsangiz ham, hargiz qo’shnini qo’shniga yomonlamangiz!" — deb aytdilar.

Oisha onamiz rivoyat qiladilar:" Yo Rasululloh, mening ikki qo’shnim bordur, qaysi biriga tuhfalar kirgizib turayin?"-dedim. Janob Rasululloh:" Eshigi eshigingga yaqiniga",- deb javob qildilar".

HADIS:" Uy olishdan avval qo’shni tanla"
Nom: Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:29:06
6. SIR SAQLASH

Inson qalbi sirlar saqlanadigan sandiq, og’iz u sandiqning qulfi, til esa kalitidir. Agar kalitni yahshi saqlay olmasa, ya’ni tilini tiyolmasa, aql-zakovatning nozik qirralaridan mahrum banda ekani ma’lum bo’ladi. Insonning balolarga uchrashi sabablaridan biri ham mana shu sir saqlay olmaslikdir. Demak, ayol erining sirlarini muhofaza qilishi, hech kimga aytmasligi kerak.

Sir saqlay bilish oson emas. Sir saqlash mol saqlashdan qiyindir. Sirning og’irligi har qanday yukdan vazmindir. Bu qanchalik mashaqqatli bo’lmasin, baribir sirni birovga aytish yaramaydi.

HADIS: "œBir kishi sirini saqlay olsa, ishini butun haqqi bilan bajargan bo’ladi"

Erining sirini saqlay olmagan ayol uning ishonchini yo’qotishi va muhabbatining kamayishiga o’zi sababchi bo’lib qolishi mumkin.   
Nom: Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
Yuborildi: Laylo 16 Noyabr 2007, 07:29:14
Husayn Boyqaro  saroy a’yonlari bilan ovga chiqibdi. Ichlarida eng yaqin do’sti va vaziri Alisher Navoiy ham bor ekan. Ikkalalari otda yonma-yon borayotganlarida Alisher Navoiy podshohning qulog’iga engashib, bir nimalar debdi. Husayn boyqaro rosa huzur qilib kulibdi. Alisher Navoiy debdi:
-   Hazratim, buni sir saqlang.
 
Shunda podshoh hatto darrov  jiddiy tortib:
-   Nimani? — deb so’ragan ekan.

Darhaqiqat, shu voqea rivoyat bo’la-bo’la bu kungacha etib kelgan, ammo Alisher Navoiyning nima degani sirligicha qolgan.