forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Laylo 17 Noyabr 2007, 13:35:32

Nom: Imom Navaviy. Riyozus-solihiyn
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 13:35:32
ABU ZAKARIYO YAHYO IBN SHARAF NAVAVIY

RIYOZUS-SOLIHIYN
(Solihlar gulshani)

Arab tilidan Anvar Ahmad tarjimasi

Toshkent
"Movarounnahr"
2004

Riyozus solihiyn

(http://www.ziyouz.com/images/books/riyozus_solihin.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=216)

Muallif: Imom Navaviy

Hajmi: 1,36 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=216)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.0)


MUNDARIJA

Mutarjim muqaddimasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg88974#msg88974)
Muallif va uning ushbu asari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg88976#msg88976)
Iymon kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg88980#msg88980)
Husni xulq kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg132816#msg132816)
Odob kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg132914#msg132914)
Taom odoblari kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg132946#msg132946)
Libos kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg132972#msg132972)
Salomlashish kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133005#msg133005)
Safar odoblari kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133065#msg133065)
Fazilatlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133086#msg133086)
Haj kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133296#msg133296)
Ilm kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133314#msg133314)
Allohga hamd va shukr aytish kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133322#msg133322)
Rasululloh SAVga salovat aytish kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133324#msg133324)
Zikrlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133329#msg133329)
Duolar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133361#msg133361)
Qaytarilgan ishlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133384#msg133384)
Turli malohatli hadislar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133621#msg133621)
Istig'for kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133657#msg133657)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 13:36:21
Mutarjim muqaddimasi

Butun olamlarning Yaratguvchisi va Parvardigori Alloh taologa behisob hamd-shukrona bo‘lsin, Uning rasuli Muhammad sollalohu alayhi vasallam u zotning ashobi hamda ahli baytiga ko‘pdan-ko‘p salovotu durudlar yog‘ilsin!

Qo‘lingizdagi ushbu kitob Islom olamining mo‘‘tabar va mashhur olimlaridan imom, faqih, muhaddis, hofiz Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy qalamiga mansub bo‘lib, o‘zining sahihligi, ishonarliligi, daqiqligi, Qur’oni karim va Sunnati nabaviyya asosida mo‘min-musulmonlarni hidoyatga chorlash, imonini yuksaltirish, axloqini o‘nglashda katta xizmati tufayli islomiy o‘lkalarda ma’lum va mashhur. Bu mo‘‘tabar asarni mashhur yurtdoshimiz Sayyid Mahmud ibn Sayyid Nazir at-Taroziy al-Madaniy (Oltinxon to‘ra) o‘tgan asr boshlarida o‘zbek tiliga mohirona tarjima qilib, arab imlosida nashr ettirgan edilar. Sho‘rolar tuzumi barham topganidan keyin kitob ana shu tarjima asosida joriy imloga tabdil qilinib, Namangan va Marg‘ilon nashriyotlarida ko‘p nusxada chop etildi. Ammo Oltinxon to‘ra tarjimalaridagi ayrim so‘zlar hozirgi kitobxonlarga tushunarsiz yoki izohtalab bo‘lgani, buning ustiga arab imlosidan kirill imlosiga tabdil qilish chog‘ida ko‘plab imloviy xatolarga yo‘l qo‘yilgani, qolaversa, u tugal tarjima qilinmagani bois musulmonlar o‘rtasida uncha ommalashmadi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 13:36:37
Ana shu bo‘shliqni to‘ldirish, bu mashhur asarni talabchan o‘quvchiga tushunarli holda yetkazish umidida Imom Navaviyning «Riyozus-solihiyn» («Solihlar gulshani») kitobi bevosita arab tilidan o‘zbekchaga tarjima qilindi va nashrga tayyorlandi. Bunda Oltinxon to‘ra hazratlarining tarjimalaridan ham bir qadar foydalanildiki, buning uchun bu zotning haqlariga duoda bo‘lishga burchlimiz. Shuningdek, hozirgi kitobxonga tushunarli bo‘lishi uchun tarjima chog‘ida ayrim ibora va istilohlarga sharhlar berildi, hadislar raqamlar bilan tartiblab chiqildi. Yana asl manbadagi «muttafaqun alayh» iborasi o‘rniga shu ma’noni anglatuvchi «Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari» lafzi qo‘llanildi. Kitobning qolgan jildlari ham tez orada kitobxonlarimiz qo‘liga tegadi, inshaalloh!
 
Alloh taolo barchamizni O’zining hidoyat yo‘lidan adashtirmasin, har bir ishda Sarvari koinot Muhammad alayhissalom sunnatlariga amal qiluvchilardan etsin. Solihlar bog‘ida sayr etish, uning anvoyi, muattar bo‘ylaridan bahra olishimizni nasib etsin, Omin, yo Robbal olamiyn! Muallif va uning ushbu asari haqida Imom, hofiz, faqih, muhaddis Yahyo ibn Sharofiddin ibn Murriy ibn Hasan al-Hizomiy al-Huvroniy an-Navaviy Islom olamining mo‘‘tabar olimlaridan sanaladi. Kunyalari - Abu Zakariyo, laqablari-Muhiddin. Ammo Allohga tavozu’ qilib, Muhiddin, deb laqablanishni karih ko‘rganlar. Chunki din doimiy hayot va sobit bo‘lgan narsadir, tiriltiruvchi kishiga muhtoj emasdir, deb aytardilar. {«Muhiddin» - dinni tiriltiruvchi, degan ma’noni anglatadi.) Lahmiy u zot haqida: «Meni Muhiddin deb ataydiganlarni do‘st tutmayman, deb aytdilar», deydilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 13:37:00
Muallif va uning ushbu asari haqida

Imom Navaviy hijratning 631 yili muharram oyida Damashqdagi Navo shahrida dunyoga keldilar. Yoshliklaridayoq Qur’onni yod oldilar. O’n to‘qqizga kirganlarida otalari Damashqqa olib bordilar va «Ravohiya» madrasasiga joylashtirdilar. Maqsad ilm tahsilini yanada kuchaytirish edi. Bu yerda Ishoq ibn Ahmad ibn Usmon Mag‘ribiy al-Maqdisiydan fiqhni ta’lim oldilar, Sheroziyning «Muhazzab» nomli kitoblarini o‘qib chiqdilar. Ishoq ibn Ahmad u zotning fiqh ilmidagi birinchi ustozlari bo‘ldi. Navaviy hazratlari har kuni 12 xil dars bilan mashg‘ul edilar. Orada tib bilan ham mashg‘ul bo‘lishga qasd qildilar. Lekin Alloh taolo u zotni bu ilmdan burib qo‘ydi. Balki Damashqdagi «Dorul hadis al- Ashrafiya»da dars berishni nasib qildi. Bu hodisa hijratning 665 yili ro‘y berdi.

Imom Navaviy hazratlari nihoyatda taqvodor, zohid, parhezli kishi edilar. Biror soatlarini Alloh toatidan boshqa ishga sarf qilmasdilar. Kechalarini ibodat va kitob tasnif etish bilan o‘tkazardilar. Haq u kishi uchun hamma narsadan ustun edi. Podshoh Zohir Bibris bilan bo‘lib o‘tgan hodisa u zotning xulqlaridagi ana shu qirrani ochadi. Malik Zohir bir fatvoga imzo chekish uchun u zotni chaqirtirdi. Imom hazratlari boshlariga kichikkina salla o‘rab bordilar. Sallalariga qarab mensimasdan: «Ey shayx! Bu fatvoga imzo chek», dedi. Ammo Imom bosh tortdilar. Podshoh g‘azab bilan: «Nima uchun?» deb so‘radi. Shunda Shayx hazratlari: «Bu fatvoda og‘irlik keltiruvchi zulm bor», dedilar. Podshoh yanada g‘azablanib: «Uni hamma vazifalaridan bo‘shatinglar», deb amr qildi. A’yonlar esa: «Unda hech qanaqa vazifa yo‘q», deb javob berishdi. So‘ng podshoh qatl qilishni qasd qildi. Lekin unga Alloh niyatini amalga oshirishga jur’at bermadi. «Nega o‘ldirmadingiz, bunaqa vaziyat boshqa bo‘lmaydi?» deyishganida, podshoh: «Allohga qasamki, uning vajohati meni qo‘rqitib yubordi», deb javob berdi.
Bu ish Allohning fazlidir. Uni solih bandalaridan xohlaganiga beradi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 13:37:59
Imom Navaviy juda ko‘p kitob tasnif etganlar. Misol tariqasida ularning ba’zisini keltirib o‘tamiz.

1. «Sharhi Sahihi Muslim».
2. «Irshod».
3. «Taqrib va Taysiyr fiy ma’rifati sunanil Bashiyr an-Naziyr».
4. «Tahziybul asmo val lug‘ot».
5. «At-Tibyon fiy odobi hamlatil Qur’on».
6. «Minhoji at-Tolibiyn».
7. «Bustonil orifiyn lin-Navaviy».
8. «Xulosatul ahkom fiy muhimmoti sunani va qavoidil islom».
9. «Ravzatut tolibiyn va umdatul muftiyn».
10. «Sharhul muhazzab».
11. «Al-Azkor min kalami sayyidil abror».
12. «Arba’iyn».
13. «Iyjoz».
14. «Jomi’us-Sunna».
15. «Muxtasaru Usdul g‘oba».
16. «Vattarxis fil qiyomi liahlil fazl».
17. «Va tahriyri alfozi tanbeh».
18. «Val-fatovo».
19. «Iyzoh».
20. «Riyozus solihiyn» (qo‘lingizdagi ushbu kitob).
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 13:38:31
Quyidagi sunnat kitoblarini shayxlaridan eshitganlar:

1. «Jomi’ as-sahih al-Buxoriy».
2. «Sahihi Muslim».
3. «Sunani Abu Dovud».
4. «Jomi’ut Termiziy».
5. «Sunani Ibn Moja».
6. «Sunani Nasaiy».
7. «Muvatto Molik».
8. «Musnadi Shofe’iy».
9. «Musnadi Ahmad».
10. «Musnadi Doramiy».
11. «Musnadi Abu Ya’lo».
12. «Sahihi Abu Avona».
13. «Sunani Bayhaqiy».
14. «Sharhi sunna lil Bag‘aviy».
15. «Amalul yavm val layla li Ibn Sunniy».
16. «Al-jomi’ li odobir roviy vas somi’ lilxatib Bag‘dodiy».
17. «Ansob li Zubayr ibn Bakkor».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 13:38:46
Damashqda istiqomat qilganlarida fiqh, hadis, usul kabi har turli ilmlarni quyidagi ustozlardan ta’lim olganlar:

1. Abu Ibrohim Ishoq ibn Ahmad ibn Usmon al-Mag‘ribiy.
2. Abdurahmon ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Qudoma Maqdisiy al-Hanbaliy.
3. Abu Muhammad Abdurahmon ibn Nuh Maqdisiy al-Damashqiy.
4. Abu Hafs Umar ibn As’ad ibn Abu G’olib Rub’iy al-Irbiliy.
5. Abul Hasan Sallor ibn Hasan Irbiliy al-Damashqiy.
6. Abu Ishoq Ibrohim ibn Umar al-Vositiy («Sahihi Muslim»ni shu kishidan eshitganlar).
7. Abul Baqo Xolid ibn Yusuf ibn Sa’d Nobilisiy.
8. Abu Ishoq Ibrohim ibn Iso al-Murodiy al-Andalusiy.
9. Imomul muhaddis Ziyo ibn Tammom Hanafiy.
10. Shayx Abul Abbos Ahmad ibn Solim Misriy Nahviy al-Lug‘aviy.
11. Alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh ibn Molik Jayyaniy.
12. Qozi Abul Fath Umar ibn Bandor ibn Umar ibn Ali Taflisiy.
13. Abul Abbos Ahmad ibn Abduddoim Maqdisiy.
14. Abul Faraj Abdurahmon ibn Shayx.
15. Abu Muhammad Abdurahmon ibn Solim Abu Yahyo Anboriy.
16. Abu Muhammad Ismoil ibn Ibrohim at-Tanuhiy.
17. Abu Muhammad Abdulaziz ibn Abu Abdulloh Abdul Muhsin Ansoriy.
18. Alloma Abu Shoma Abdurahmon ibn Ismoil Damashqiy.
19. Abdurahmon ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Hasan Bodironiy Bog‘dodiy.
20. Qozi Imoduddin Abul Fozil Abdulkarim ibn Abdussamad Xiristoniy.
21. Fazl Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad Fikriy.
22. Abu Zakariyo Yahyo ibn Abulfath Xironiy Sayrufiy.

Imom Navaviy hazratlari 676 hijriy sananing 24 rajabida chorshanba kuni kechasi Navo shahrida dorulbaqoga rixlat qildilar va shu yerga dafn etildilar. Bu zotning vafotlaridan butun Damashq ahli qayg‘uga botdi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 13:39:31
1-BOB
Barcha amallardagi so‘zlar va hollarning maxfiy hamda oshkoralarida ixlos bilan niyat zarurligi haqida


Alloh taolo:
«Holbuki, ular faqat yagona Allohga, U zot uchun dinni xolis qilgan, to‘g‘ri yo‘ldan og‘magan hollarida ibodat qilishga va namozni to‘kis ado etishga hamda zakotni (haqdorlarga) ato etishga buyurilgan edilar. Mana shu to‘g‘ri yo‘ldagi (millatning) dinidir». (Bayyina surasi, 5-oyat);

«Allohga (qilgan qurbonliklaringizning) go‘shtlari ham, qonlari ham yetmas. Lekin U zotga sizlarning taqvo-ixlosingiz yetar» (Haj surasi 37-oyat);

«Ayting (ey Muhammad), dillaringizdagi narsani xoh yashiring, xoh oshkor qiling, Alloh bilur» (Oli Imron surasi, 29-oyat), deb aytgan.

1/1. Amirul mo‘minin Abu Hafs Umar ibn Xattobdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta amallar niyat bilandir. Va har kishiga qilgan niyati uchun berilur. Kimning hijrati Alloh va rasuli (rizosi) uchun bo‘lsa, Alloh va rasuliga bo‘ladi. Kimning hijrati dunyo topmoq uchun yoki biror xotinga uylanish uchun bo‘lsa, u kishining hijrati niyat qilgan narsasi uchun bo‘ladi», deb aytganlarini eshitdim», dedilar. Bu hadisni muhaddislar imomi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Mug‘iyra al-Buxoriy va Abul Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim al-Qushayriy an-Nisoburiylar rivoyat qilishdi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 13:39:49
2/2. Mo‘minlar onasi Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bir toifa askarlar Ka’baga hamla qilish uchun kelishadi. Ular sahroli yerga kelishganida avvalgilari-yu oxirgilarini yer yutadi», dedilar. Shunda men: «Ey Allohning rasuli, ularning avvalgi-yu oxirgilarini qanday qilib yer yutadi? Holbuki, ularning oralarida bozorchilar va ulardan tashqari kishilar ham bor-ku?!» desam, u zot: «Yer barchalarini barobar yutadi. So‘ngra Qiyomat kuni hamma o‘z niyatiga muvofiq tiriltiriladi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Lafz Buxoriyniki.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 13:40:02
3/3. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Makka fath bo‘lgandan keyin hijrat yo‘qdir. Lekin jihod va niyat boqiy qoladi. Agar jihod uchun chaqirilsangizlar, unga chiqinglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Buning ma’nosi shuki, Makkadan hijrat qilish yo‘qdir. Chunki u kufr diyori emas, balki Islom diyoridir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 13:41:39
4/4. Abu Abdulloh Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga g‘azotlarning birida edik. Shunda u zot: «Madinada bir qancha odamlar qoldilarki, qaysi yerdan yursangizlar yoki qaysi maydondan o‘tsangizlar, ular sizlar bilan birgadirlar. Chunki ularni (bu yerga sizlar bilan birga kelishdan) bemorliklari to‘xtatib qo‘ydi», dedilar». Boshqa bir rivoyatda esa: «Ular ajr va savobda sizlarga sherikdirlar», deyiladi. Imom Muslim rivoyatlari.

Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Biz Tabuk g‘azotidan Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga qaytib kelayotgan edik. U zot: «Madinada biz bilan birga kela olmay qolgan bir qancha kishilar bor. Biror dara yoki vodiydan o‘tsak, ular ham biz bilan birga bo‘lurlar. Chunki (biz bilan g‘azotga chiqishdan) uzrlarigina to‘xtatib qo‘ygan, xolos», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 13:41:56
5/5. Abu Yazid Ma’n ibn Yazid ibn Axnasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. (U zot, otalari va bobolari sahobalardan edi). U kishing otasi Yazid sadaqa qilish niyatida bir qancha dinorlarni chiqarib, masjidda bir kishi huzuriga qo‘ydi. «Men kelib, u dinorlarni olib, uyga qaytdim. Otam: «Allohga qasamki, men (bu sadaqaning) senga berilishini niyat qilmagan edim», dedilar. Bu haqda janjallashib, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga bordik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ey Yazid, sen niyat qilganingga savob olasan. Ey Ma’n, olgan narsalaring sening haqqingdir», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 13:42:13
6/6. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. (Bu zot jannatga kirishi bashorat qilingan Asharai mubashsharaning biridirlar.) «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam hajjatu vado’da kasalim og‘irlashganda, holimni so‘ragani keldilar. Shunda men: «Ey Allohning rasuli, ko‘rib turganingizdek, kasalim shu darajaga yetdi. Men badavlat kishiman. Bitta qizimdan boshqa merosxo‘rim yo‘q. Molimning uchdan ikki qismini sadaqa qilaveraymi?» desam, u zot: «Yo‘q», dedilar. «Ey Allohning rasuli, yarmini sadaqa qilaveraymi?» desam, u zot yana: «Yo‘q», dedilar. «Ey Allohning rasuli, uchdan birini sadaqa qilaveraymi?» desam, u zot: «Uchdan biri! Uchdan biri ham ko‘pdir. Sen o‘z merosxo‘rlaringni badavlat qoldirib ketishing, boshqalarga boqimanda, tilanchi qilib ketganingdan yaxshiroqdir. Albatta sen Allohning roziligi uchun biror narsani infoq qilsang, unga ham savob olasan. Hattoki, o‘z xotiningning og‘ziga taom solsang, shunga ham ajr olasan», dedilar. «Ey Allohning rasuli, do‘stlarimdan keyin qolamanmi?» desam, u zot: «Ey Sa’d, agar sen do‘stlaringdan keyin qolib, Alloh roziligini talab qilib biror amal qilsang, darajang yanada ziyoda bo‘ladi. Men umid qilamanki, sen yashaysan. Bir toifa kishilar sendan foydalanib va yana bir qanchasiga sendan nuqson yetadi», deb quyidagicha duo qildilar: «Allohim, sahobalarim hijratlarini oxiriga yetkazgin, ularni orqalariga qaytarmagin». Lekin bechora Sa’d ibn Xavlaga Rasululloh sollalohu alayhi vasallam rahm-shafqat qiladilar. Bu kishi Makkada vafot etadilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 13:42:22
7/7. Abu Hurayra Abdurahmon ibn Saxrdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Albatta Alloh jismlaringiz va suratlaringizga qaramaydi. Lekin U zot qalblaringizga qaraydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 13:42:35
8/8. Abu Muso Abdulloh ibn Qays al-Ash’ariydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Bahodirlarcha urushgan va qavmining himoyasi uchun kurashgan hamda odamlar ko‘rishi uchun jang qilgan kishilarning qaysi biri Alloh yo‘lida bo‘ladi?» deb so‘ralganda, u zot: «Kimki Allohning kalimasi oliy bo‘lishi uchun urushsa, bas, u Allohning yo‘lidadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 13:42:52
9/9. Abu Bakra Nufay’ ibn Horis as-Saqafiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar ikki musulmon bir-biriga qilichlari bilan duch kelsalar, o‘ldiruvchi ham, o‘ldirilgan ham do‘zaxdadir», dedilar. Shunda men: «Ey Allohning rasuli, o‘ldiruvchi-ku tushunarli. O’ldirilgan nimaga (do‘zaxga tushadi)?» desam, u zot: «Chunki u do‘stini o‘ldirishni xohlar edi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:20:59
10/10. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishining jamoat bilan o‘qigan namozi bozorda va uyida o‘qigan namozidan yigirma necha barobar ziyodadir. U shunday bo‘ladiki, biror kishi tahorat qilsa va uni chiroyli ado etsa, so‘ng masjidga kelsa, ana shu kelishi faqat namoz uchungina bo‘lsa hamda namozgina uni joyidan turg‘izsa, to masjidga borgunicha har bir qadami uchun bir daraja berilib, gunohlari o‘chiriladi. Agar masjidga kirsa, namoz ichida turganlik savobini oladi. Sizlardan biringiz namoz o‘qigan yerida o‘tirib qolsa, farishtalar uning haqqiga quyidagicha duoda bo‘lishadi: «Allohim, unga rahm qil. Allohim, uning gunohlarini kechir. Allohim, bu bandaning tavbasini qabul et, modomiki, bu bandang u yerda biror kishiga ozor bermasa va tahorati ketmasa», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadis lafzi Muslimniki.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:21:14
11/11. Abdulloh ibn Abbos ibn Abdulmuttalibdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Alloh taolodan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda: «Albatta Alloh taolo yaxshi va yomon amallarni yozib, uni quyidagicha bayon qildi: kimki bir yaxshi amalni qasd qilsa-yu ado eta olmasa, Alloh taolo uning uchun O’z huzurida komil bir yaxshilik qildi, deb yozib qo‘yadi. Agar qasd qilsa-yu ado etsa, Alloh taolo unga o‘n yaxshi amaldan yetti yuz yoki undan ham ziyodagacha ajr berur. Agar biror yomon amalni qasd qilsa-yu uni bajarmasa, Alloh taolo o‘z huzurida komil bir yaxshilik qildi, deb yozadi. Agar yomonlikni qasd qilsa-yu bajarsa, Alloh taolo unga bitta yomonlik yozadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:21:47
12/12. Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Umar ibn Xattobdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan quyidagi so‘zlarni eshitdim: «Sizlardan avval o‘tgan odamlarning uch nafari yo‘lga otlanishdi. Yura-yura, bir g‘ordan panoh topdilar. Ular ichkariga kirishgan edi, tog‘dan bir xarsang tosh ko‘chib tushib, g‘or og‘zini to‘sib qo‘ydi. Shunda ular: «Bu xarsang toshdan faqatgina solih amallarimizni vasila qilib, Alloh taologa duo qilishimizgina najot beradi», deyishdi.

Ulardan biri: «Allohim, mening juda qari ota-onam bor edi. Ulardan oldin xotinim va bolalarimga sut bermas edim. Kunlarning birida giyoh izlab uzoqroqqa ketib qoldim. Qaytib kelsam, ota-onam uxlab qolishibdi. Ularni uyg‘otishni va xotinim hamda bolalarimga ulardan oldin sut berishni karih ko‘rdim. Qadahni qo‘limga ushlab, ota-onamning uyg‘onishlarini kutib turdim, hattoki tong o‘z nurini taratdi. Bolalar ochlikdan oyog‘imga yopishib baqirishardi. Oxiri ota-onam uyg‘onib, sutlarini ichishdi. Allohim, agar buni Sening roziliging uchun qilgan bo‘lsam, bu tashvishni bizdan aritgin», deganida xarsang tosh biroz ochildi-yu, lekin undan chiqib bo‘lmas edi.

Ikkinchisi: «Allohim, bilasan, bir amakimning qizi bor edi. U menga barcha insonlardan sevimli edi. (Boshqa bir rivoyatda: «Kishi xotinini yaxshi ko‘rgandan ham ko‘ra uni qattiqroq yaxshi ko‘rar edim», deyiladi.) Bir bor men uni o‘zimga chaqirdim (ya’ni, qo‘shilish niyatida). U qabul qilmadi. Qachonki, qahatchilik bo‘lgan yillarning birida uning o‘zi huzurimga keldi. Men o‘zi bilan mening oramni xoli qoldirish (ya’ni, xohlaganimni qilaverish) sharti bilan bir yuz yigirma tillo berdim. U bu shartga ko‘ndi. Men undan xohlagan narsamni hosil qilishga qodir bo‘lgan chog‘imda (boshqa bir rivoyatda: «Ikki oyog‘i orasiga o‘tirganimda...» deyiladi), u menga: «Allohdan qo‘rq. Bokiraligimni haq bilan (ya’ni, nikoh bilan) buz!» deganini eshitib, u menga odamlarning eng mahbubi bo‘lishiga qaramasdan, o‘zimni undan tortdim va bergan tillolarimni unda qoldirdim». Allohim, agar buni Sening roziliging uchun qilgan bo‘lsam, bu kulfatni bizdan aritgin», deganida xarsang tosh biroz ochildi-yu lekin undan chiqib bo‘lmas edi.

Uchinchi odam: «Allohim, men bir qancha mardikorlarni yollab ishlatdim. Ularning hammalariga haqlarini berdim. Faqatgina bir kishi haqqini olmay, tashlab ketdi. U qoldirgan haq samara berib, ko‘p mol-davlat keltirdi. Bir muncha vaqt o‘tgandan keyin u kelib: «Ey Allohning quli, haqqimni ber», dedi. Men: «Mana bu ko‘zing oldida turgan tuya, sigir, qo‘y va g‘ulomlar sening haqqing», dedim. U: «Ey Allohning quli, meni masxara qilma!» dedi. Men: «Seni masxara qilmayapman», dedim. U biror narsani qoldirmay, barchasini oldi. Allohim, agar buni Sening roziliging uchun qilgan bo‘lsam, bu balodan bizni qutqargin», deganida xarsang tosh butunlay yo‘l ochib, hammalari g‘ordan chiqishdi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:22:36
2-BOB
Tavba bayoni


Ulamolar aytishlaricha, har bir gunohga tavba qilish vojibdir. Agar gunoh biror insonga taalluqli bo‘lmasdan Alloh bilan banda orasida bo‘lsa, uning uchta sharti bor: 1) Gunohdan chekinish. 2) Qilgan ishiga pushaymon bo‘lish. 3) Unga aslo qaytmayman, deb qasd qilish. Agar bu uch shartdan biri bo‘lmasa, tavbasi durust bo‘lmaydi.

Agar gunoh insonga taalluqli bo‘lsa, to‘rtta shart bordir: uchtasi yuqorida bayon qilingan shartlardir. To‘rtinchisi - u insonning haqqidan qutilsin. Agar mol yoki shunga o‘xshash narsalar bo‘lsa, egasiga qaytarsin. Agar had lozim bo‘lgan tuhmat va shularga o‘xshashlarni qilsa, uni tortsin, avf hosil qilsin. Agar g‘iybat qilgan bo‘lsa, u kishidan (uzr so‘rab) halollab olsin. Har bir gunohidan tavba qilmog‘i vojibdir. Agar ba’zisidan tavba qilsa, haq ahllari huzurida o‘sha gunohlaridan tavbasi hosil bo‘ladi. Qolgan gunohlari (gardanida) qolaveradi. Bunga Qur’ondan, sunnatdan, ummat ijmo’sidan kelgan dalillar bir-birini quvvatlaydi.

Alloh taolo aytadi:
«Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki (shunda) najot topsangizlar» (Nur surasi, 31-oyat);

«Parvardigorlaringizdan mag‘firat so‘ranglar, so‘ngra Uning O’ziga tavba qilinglar» (Hud surasi, 3-oyat);

«Ey mo‘minlar, Allohga xolis tavba qilinglar» (Tahrim surasi, 8-oyat).

13/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Allohga qasamki, men bir kunda yetmish martadan ko‘p Alloh taologa istig‘for aytib, Unga tavba qilaman», deb aytganlarini eshitdim». Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:23:29
14/2. Ag‘ar ibn Yasar al-Muzaniydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ey insonlar, Allohga tavba qilib istig‘for aytinglar. Chunki men bir kunda yuz marta tavba qilaman», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:23:40
15/3. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam xodimlari Abu Hamza Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh taolo bandasining tavbasidan sizlardan biringiz cho‘lda yo‘qolgan tuyasini topib olganidagi xursandchiligidan ham ziyoda shod bo‘lur», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Muslimning boshqa bir rivoyatlarida: «Alloh taolo bandasi tavba qilganida, shu qadar xursand bo‘ladiki, sizlardan biringizning minib turgan tuyasi qo‘lidan chiqib qochsa, ovqati va suvi tuyada bo‘lsa, u kishi tuyasidan umidini uzib, daraxt soyasi ostida yotganida, qarasaki, tuyasi oldida turgan bo‘lsa, uning tizginidan ushlab: «Allohim, Sen mening bandamdirsan. Va men Sening robbingdirman», deb qattiq xursand bo‘lganidan mana shu tariqa xatoga yo‘l qo‘yadi. Banda tavba qilsa Alloh taoloning xursandchiligi bandasinikidan ortiqroq bo‘ladi», deyiladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:23:51
16/4. Abu Muso Abdulloh ibn Qays al-Ash’ariydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh taolo kunduzi gunoh qilganlar tavba etishlari uchun kechqurun rahmat qo‘lini yozadi. Va kechasi gunoh qilganlar tavba etishlari uchun kunduzi rahmat qo‘lini yozadi. Bu narsa quyosh mag‘ribdan chiqadigan kungacha davom etadi», dedilar. (Quyosh mag‘ribdan chiqadigan kun-Qiyomatdir, ya’ni quyosh mashriqdan chiqar ekan, tavba eshiklari ochiqdir. O’ki ruh xalqumga yetgunicha tavba eshiklari ochiqdir.) Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:24:03
17/5. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki quyosh mag‘ribdan chiqishidan oldin tavba qilsa, Alloh taolo uning tavbasini qabul etadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:24:15
18/6. Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Umar ibn Xattobdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh taolo bandasining tavbasini g‘arg‘ara kelgunicha qabul qiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:24:29
19/7. Zirr ibn Hubayshdan rivoyat qilinadi. «Safvan ibn Assol roziyallohu anhu huzurlariga ikki mahsiga mash tortish xususida so‘rash uchun bordim. U zot: «Ey Zirr, seni nima narsa (bu yerga) olib keldi?» dedilar. Shunda men: «Ilm talabi», dedim. U zot: «Albatta farishtalar tolibi ilmning ilm talab qilganidan minnatdor bo‘lib, qanotlarini unga yozishadi», dedilar. Men: «Katta tahorat va siygandan keyin mahsilarga mash tortish haqida qalbimda taraddudlanish asorati bor. Siz esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridansiz. Men huzuringizga «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu haqda biror narsa eshitganingiz bormi?» deb so‘rash uchun keldim», desam, u zot: «Ha, agar safarda yoki musofir bo‘lsak, uch kecha va kunduz mahsilarimizni yechmay, mash tortishimizni buyurdilar. Junublikdan tashqari katta bo‘shanish, bavl qilish hamda uyg‘ongandan keyin mash tortar edik», dedilar. Men: «Siz muhabbat to‘g‘risida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan biror narsa eshitganmisiz?» desam, u zot: «Ha, biz Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga edik. Bir payt huzurlarida o‘tirsak, baland ovozli bir sahroyi arab kelib: «Ey Muhammad», deb chaqirdi. U zot uning ovoziga o‘xshatib: «Ha, nima deysan?» dedilar. Men esa unga: «Sening holingga voy bo‘lsin, ovozingni pastlatgin, chunki Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlarida ovozni balandlatishdan hamma qaytarilgan», dedim. Sahroyi arab: «Allohga qasamki, ovozimni pastlatmayman», deb Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Kishi bir qavmni yaxshi ko‘radi-da, ularga ergashmagan bo‘ladi, shunda nima bo‘ladi?» deb so‘raganida, u zot: «Kishi Qiyomat kuni yaxshi ko‘rgan kishilari bilan birga bo‘ladi», dedilar. U zot gapirishda davom etib, bir darvozani zikr qildilar. U darvozaning kengligida otliq qirq yoki yetmish yil yuradi. Roviylardan biri Sufyonning roziyallohu anhu aytishlaricha, u darvoza Shom tomonda bo‘lib, Alloh taolo osmon va Yerni yaratgan kuni xalq qilgandir. U darvoza tavba qiluvchilar uchun doimo ochiq bo‘lib, quyosh mag‘ribdan chiqmagunicha yopilmaydi», dedilar». Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:24:43
20/8. Abu Said Sa’d ibn Molik ibn Sinon al-Xudriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sizlardan avval o‘tgan ummatlardan bir odam to‘qson to‘qqiz kishini o‘ldirgan edi. Vaqtiki, u odamlardan yer yuzidagi eng olim kishini so‘radi. Ular bir rohibni ko‘rsatishdi. U rohib huzuriga borib to‘qson to‘qqizta odam o‘ldirganini aytib, tavba qilsa, tavbasi qabul bo‘ladimi-yo‘qmi, shu haqda so‘raganida, rohib: «Yo‘q», dedi. U rohibni ham o‘ldirib, o‘ldirgan odamlar sonini yuztaga yetkazdi. So‘ngra yana: «Yer yuzida barchadan olimroq kishi kim?» deb so‘radi. Unga yana bir olim kishi ko‘rsatildi. Olimning oldiga borib u: «Yuz kishini o‘ldirdim, tavbam qabul bo‘ladimi?» deganida, olim: «Ha, kim U bilan tavbang orasini to‘sa olar edi? Sen falon-falon yerga bor. U yerda kishilar Alloh taologa ibodat qilishadi. Sen ham ular bilan birga ibodat qil. O’z yeringga qaytmagin. Chunki u yomon joydir», dedi. Bu so‘zlarni eshitgan bechora yo‘lga tushdi. Yarim yo‘lga yetganida unga o‘lim xabari kelib, rahmat va azob farishtalari janjallasha boshlashdi. Rahmat farishtalari: «U qalbi bilan Allohga yuzlanib tavba qilgan holda», deyishdi. Azob farishtalari esa: «U hech ham yaxshi amal qilmagan», deyishdi. Shunda odam suratidagi farishta kelib, ularning oralarida hakamlik qila boshladi. U: «Shu joydan turib ikki yer orasidagi masofani o‘lchanglar. Qaysi biriga yaqin bo‘lsa, u ham o‘shalardandir», dedi. Ikki yer oralig‘i o‘lchandi. Xohlab (ketib) turgan tarafi yaqin edi. Shunday qilib, uning jonini rahmat farishtalari olishdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa bir sahih rivoyatda: «Yaxshi yurtga bir qarich yaqin ekan. U o‘sha shahar ahlidan sanalibdi», deyiladi.

Yana bir boshqa sahih rivoyatda esa quyidagicha aytiladi: «Alloh taolo kelgan tarafdagi yerga uzoq bo‘l deb, borayotgan tarafdagi yerga yaqin bo‘l, deb vahiy qildi. Va: «Ikkovining orasini o‘lchanglar», dedi. Natijada borayotgan tomoniga kelayotgan tarafidan ko‘ra bir qarich yaqin ekan. So‘ng u mag‘firat qilindi».

Boshqa rivoyatda: «Ko‘kragi bilan sudralib, o‘zini o‘sha tomonga oldi», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:35:47
21/9. Abdulloh ibn Ka’b ibn Molikdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. (Abdulloh otalari Ka’b ibn Molikning ko‘zlari ojiz bo‘lib qolganida yetaklab yurardilar.) Ka’b ibn Molik Tabuk g‘azotida Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga bormay qolganlarini quyidagicha so‘zlab beradilar: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam qatnashgan g‘azotlarning Tabukdan boshqa hammasidan qolmadim. Lekin Badr g‘azotiga ham bormasdan qolgandim. Biroq unda bormay qolganlardan biror kishi itob qilinmadi. Chunki Rasululloh sollalohu alayhi vasallam va musulmonlar Quraysh karvonini to‘sish niyatida chiqishgan edi. Hatto, Alloh taolo ular bilan dushmanlarining orasini va’da qilmagan holda bir yerga jam qilib qo‘ydi. Men Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan «Aqaba» kechasida birga bo‘ldim. Bu kun biz Islomga mustahkam ahd-paymon qildik. Agar Badr voqeasi kishilar orasida mashhur bo‘lsa ham, men Tabuk voqeasini undan kam, deb bilmayman. Tabuk g‘azotida Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga bormay qolganimning boisi bu vaqtda nihoyatda kuchli va badavlat edim. Allohga qasamki, bundan avval tuyamni ikkita qilmagan edim. Bu g‘azotda ikki tuyam bor edi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bir g‘azotga borishni xohlasalar, boshqa biriga boradigandek qilib ko‘rsatardilar. Bu g‘azotda boradigan taraflarini aniq qilib ko‘rsatdilar. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam unga nihoyatda qattiq issiqda chiqdilar.

Safar uzoq bo‘lib, cho‘l yerlardan o‘tish kerak edi. So‘ng ko‘p sonli dushmanga ro‘baro‘ bo‘lish kerak edi. Musulmonlar yaxshi tayyogarlik ko‘rib, g‘amlarini yeb olishlari uchun ularga qaysi tomonga ketayotganlarining xabarini berdilar. Musulmonlar ham ko‘p jamlanishdi. Ularning sonlari yozilmagan edi. Ammo berkinib qolay, deydigan kishi deyarli yo‘q edi. Agar bo‘lsa ham, bilar ediki, uning berkingani Alloh tomonidan vahiy tushmasa, mahfiyligicha qolib ketar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu g‘azotlari mevali daraxtlar soya solib, bu manzara kishiga yoqadigan paytga to‘g‘ri keldi. Menda bunday rohatlarga moyillik bor edi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam va musulmonlar tayyorgarlik ko‘rishdi. Men ham erta tongda u zot bilan tayyorgarlik qilish uchun borardim-da, lekin biror narsa qilmasdan qaytib kelar edim. Lekin xohlasam, men ham ana shunga qodir edim. Xizmatda bardavom bo‘ldim. Kishilar jiddiy tayyorgarlikda davom etishdi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam va u zot bilan birga musulmonlar jo‘nashdi. Men esa biror narsaga tayyorlanmagan edim. So‘ngra yana erta tongda kelib biror narsa qilmay, qaytdim. Oxiri ular tezlab ketishdi, men esa g‘azotni qo‘ldan boy berib qo‘ydim. Safarga chiqib, ularga yetib olishni qasd qildim. Bu menga nasib qilmadi.

Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ketganlaridan keyin odamlar oldiga chiqdim, biror sog‘ musulmon kishini ko‘rmadim. Ko‘chada faqat munofiqlar va Alloh uzrli qilgan zaiflarni ko‘rardim, xolos. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Tabukka yetib borgunlaricha meni eslamabdilar. Qachonki, Tabukda odamlar orasida o‘tirib: «Ka’b ibn Molikka nima bo‘ldi?» deb so‘rasalar, Bani Salamadan bir kishi: «Ey Rasululloh, uning kiyimlari hamda ikki yoniga nazar solishi (ya’ni, boyligi) bu yerga kelishidan to‘sib qo‘ydi», dedi. Muoz ibn Jabal unga: «Muncha ham yomon so‘z aytding! Allohga qasamki, ey Rasululloh, biz undan faqat yaxshilikni bilamiz», dedilar. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam sukut qilib shu holda turgandilar, bir oqqa burkangan kishini ko‘rdilar. Uni sarob yo‘qqa chiqarib turardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Abu Xaysama bo‘lmagin yana?» dedilar. U haqiqatda Abu Xaysama al-Ansoriy edi. Bu kishi bir so’ xurmo sadaqa qilganida munofiqlar ayblashgan edi». Yana Ka’b aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Tabukdan qaytganliklari xabari kelganida meni g‘am bosa boshladi. Va yolg‘on (uzrlar) o‘ylay boshladim. «Nima bilan ertaga u zotning g‘azablaridan chiqaman?» deb o‘zimga aytar edim. Va xonadonimdagi aqlli kishilardan yordam so‘rar edim. Qachonki, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam kelganliklari xabari tarqalganida mendan botil tadbirlar ketdi. Bildimki, men bu zotdan aslo qutula olmas ekanman. Oxiri rost gapirishga qasd qildim. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam erta tongda yetib keldilar.

Odati shariflari-agar safardan kelsalar, avval masjidga kirib ikki rakat namoz o‘qir, so‘ngra kishilar bilan muloqot qilish uchun o‘tirardilar. Bu safar ham shunday qildilar. O’tirganlarida Tabukka bormasdan qolganlar kelib, u zotga uzr aytib qasam icha boshlashdi. Ular sakson necha kishi edilar. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ularning zohiriy uzrlarini qabul qilib, ulardan bay’at olib, ularga istig‘for aytdilar. Va ichki holatlarini Allohga havola qildilar. Men ham u zot huzurlariga kelib salom berdim. U zot esa menga g‘azabnok holatda tabassum qildilar. So‘ngra: «Kel», dedilar. Men yurib kelib, oldilarida o‘tirdim. U zot menga «Nima sababdan biz bilan bormay qolding yoki borishga ulov sotib olmadingmi?» deganlarida, men: «Ey Allohning rasuli, Allohga qasamki, sizdan boshqa dunyo ahlidan birortasining huzurida o‘tirgan bo‘lsam-ku, uning g‘azabidan uzr bilan chiqib ketar edim. Chunki men fasohatli so‘zamol kishiman. Lekin bilaman, Allohga qasamki, agar bu kun sizga yolg‘on gapirsam, mendan rozi bo‘laverasiz. Biroq tez fursatda Alloh mendan sizni g‘azablantirib qo‘yadi. Agar sizga rost gapni aytsam, o‘zim sizni g‘azablantirib qo‘yaman. Albatta, men Allohdan yaxshi oqibat umididaman. Allohga qasamki, menda uzr yo‘qdir. Siz bilan birga bormay qolgan paytimda har galgidan kuchli va badavlat edim», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bu kishi haqiqatda rost gapirdi. Turgin, to Allohning hukmi kelguncha kutib tur», dedilar. Bani Salamadan bo‘lgan kishilar mening orqamdan ergashib, «Allohga qasam, biz seni bundan oldin gunoh qilganingni bilmaymiz. Sen boshqa g‘azotga bormaganlar kabi uzr aytmading. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning istig‘forlari sening gunohingga kifoya qiladi», deyishdi. Ular meni malomat qilishda davom etishdi, hatto men Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga qaytib borib yolg‘on gapirishni xohladim.

So‘ngra ularga: «Bu kabi so‘z bilan mendan boshqa ham biror kishi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga keldimi?» desam, ular: «Ha, ikki kishi kelib, sen aytgan so‘zlarni aytdi. Senga aytilgan javob ularga ham aytildi», deyishdi. «Ular kim ekan?» desam, ular: «Murora ibn Rabiy’ al-Amriy va Hilol ibn Umayya al-Voqifiylar», deyishdi. Menga ikki solih kishini zikr qilishdiki, har ikkovi ham Badr ishtirokchilari bo‘lib, iqtido qilishga munosibdir, deb qilgan qarorimdan qaytmadim. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam g‘azotga bormay qolganlar orasidan biz uch kishi bilan so‘zlashishni man qildilar. Va bu hukm ila xalq bizdan chetlandi. Hatto, yer ham men bilgan yerdan o‘zgacha bo‘lib qoldi. Biz mana shu holatda ellik kecha turdik. Ammo ikki sherigim ojizlashib ketishdi. Ular uylarida o‘ltirib olib faqat yig‘lashardi. Men esa qavmning yoshi va bardoshlisi bo‘lganim uchun (ko‘chaga) chiqib, musulmonlar bilan birga namozda ishtirok etar edim. Va yana bozorlarni aylanardim. Hech kim men bilan gaplashmas edi. Yana Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga borar edim. U zot namozdan keyin bo‘ladigan majlisda o‘ltirganlarida, borib salom berardim-da, o‘zimga o‘zim: «U zot salomga alik olayotib, lablarini qimirlatdilarmi yoki yo‘qmi?» deb, u zotga yaqin turib namoz o‘qirdim. Shu asnoda o‘g‘rincha nazar solardim. Agar namozga yuzlansam, u zot menga nazar solardilar. Agar u zot tomonga qarasam, mendan yuz o‘girib olardilar. Qachonki, kishilarning jafolari menga nisbatan uzayib ketganda men uchun sevimli bo‘lgan amakimning o‘g‘li Abu Qatodaning bog‘i devoridan tirmashib tushdim-da, unga salom berdim. Allohga qasam, u ham salomimga alik olmadi. Men unga: «Ey Abu Qatoda, Allohning nomi ila sendan so‘rayman, men Alloh va rasulini yaxshi ko‘rishimni bilasanmi?» desam, u sukut qildi. Ikkinchi bor so‘radim. Sukut qildi. Uchinchi bor so‘raganimda: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», degandi, men ikki ko‘zimdan yoshimni oqizib, devordan tirmashib orqamga qaytib ketdim. Men Madina bozorlarida yursam, Madinaga don sotgani kelgan Shom dehqonlaridan biri: «Kim menga Ka’b ibn Molikni ko‘rsatib qo‘yadi?» dedi. Odamlar menga ishora qilishdi. U mening oldimga kelib o‘asson podshohi tomonidan bitilgan bir maktubni uzatdi. Unda quyidagilar bitilgan edi: «Bizga xabar yetdiki, sening do‘sting (boshlig‘ing) senga jafo qilibdi. Alloh xo‘rlik va zoe bo‘linadigan yerda turishni majbur qilmagan. Bizning huzurimizga kel, biz senga (g‘amxo‘rlik qilib) tasalli beramiz». Bu maktubni o‘qigan paytimda «Bu ham musibat-balolarning bir ko‘rinishidir», dedim. Maktubni tandirga tashlab yoqib yubordim.
 
Qirq kun ham o‘tdiki, vahiy to‘xtab qolgan edi. Nogahon Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlaridan bir elchi kelib: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam xotiningdan alohida bo‘lmoqni buyuryaptilar», dedi. Men: «Taloq qilaymi? Nima qilay?» dedim. U: «Faqat alohida bo‘lib, yaqinlashma», dedi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bu hukmni ikki birodarimga ham yuborgan edilar. Men xotinimga: «Sen o‘z uyingga borib, to Alloh tomonidan hukm tushguncha u yerda turgin», dedim. Hilol ibn Umayyaning xotini Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, Hilol ibn Umayya bechora qari kishi bo‘lib, xizmatkori ham yo‘q. Men uning xizmatini qilishimdan norozimisiz?» desa, u zot: «Yo‘q, lekin u senga yaqinlik qilmasin», dedilar. Buni eshitgan xotin: «Allohga qasam, bunga harakat qilishga qudrati ham yo‘q. U bechora ana shu ish bo‘lgandan beri shu kungacha yig‘lash bilan ovora», dedi. Mening ham ahllarimdan ba’zilari: «Sen ham Hilol ibn Umayyaning xotini so‘ragani kabi xotiningning xizmati to‘g‘risida Rasulullohdan sh izn so‘ra», deyishdi. Men: «Izn so‘ramayman. Chunki Rasululloh sollalohu alayhi vasallam nima deb aytishlarini bilmayman. Men yosh yigit bo‘lsam», dedim. Mana shu holatda yana o‘n kun turdim. Gaplashish man qilingan kunning elliginchisida uyimning tepasida bomdod namozini o‘qidim. Ana shu o‘ltirgan holimda Allohni zikr qildim. Yuragim siqilib, yer keng bo‘lishiga qaramay, torayib ketgandek bo‘lib turgan bir paytda nogahon Sal tepaligiga chiqib olib (Abu Bakr Siddiq) baland ovozi ila: «Ey Ka’b ibn Molik, xursandlik xabari», deb baqirayotganini eshitdim. O’sha zahoti xursandchilik soati kelganini bilib, sajdaga yiqildim. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bomdod namozini o‘qib bo‘lgach, Alloh bizlarning tavbamizni qabul etganini e’lon qilibdilar. Odamlar men va ikki birodarimga xursandchilik xabarini berishga shoshilishibdi. Bir kishi mening oldimga ot mingan holda chopib keldi. Yana bir kishi Aslam qabilasidan piyoda keldi. Bu kishi tog‘ oshib kelib baland ovoz ila bashorat berdi. Uning ovozi otdan ham tezroq edi. Mening huzurimga xushxabar olib kelib baqirgan kishiga xursand bo‘lganimdan ustimdagi ikki kiyimimni yechib, unga kiygizib qo‘ydim. Allohga qasamki, o‘sha kunlarda u ikki kiyimimdan boshqasiga ega emas edim. Endi men ikki kiyimni qarzga olib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga jo‘nadim. Odamlar yo‘lda to‘da-to‘da bo‘lib tavba qabul bo‘lgani bilan meni tabriklashardi. Ular menga: «Alloh taolo tavbangni qabul qilgani ila tabriklaymiz», deyishar edi. Men masjidga kirdim. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam o‘tirgan ekanlar. Atroflarida esa odamlar o‘tirishibdi. Shunda Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhu men tomon yugurib, men bilan qo‘l berib so‘rashib tabrikladilar. Allohga qasamki, Talhadan roziyallohu anhu boshqa muhojirlardan biror kishi turmadi.

So‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom bersam, u zot xursand bo‘lganlaridan yuzlari yarqirab ketdi. U zot: «Tug‘ilganingdan beri o‘tgan kunlarning yaxshisi bilan xursandlik xabarini beraman», dedilar. «Ey Allohning rasuli, bu xushxabar siz tarafingizdanmi yoki Alloh tomonidanmi?» desam, u zot: «Yo‘q, bu Alloh azza va jalla tomonidan», dedilar. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam agar xursand bo‘lsalar, shu darajada yuzlari nurlanib ketardiki, guyoki oy parchasiga o‘xshab qolardi. Biz buni bilar edik. Shu payt Rasululloh sollalohu alayhi vasallam oldilarida o‘tirib: «Ey Allohning rasuli, men bu tavbamning qabul etilgani uchun barcha mollarimni Alloh va rasuli yo‘liga sadaqa qilaman», desam, u zot: «Molingning ba’zisini o‘zing uchun olib qo‘y. Bu sen uchun yaxshi bo‘ladi», dedilar. Men: «Xaybardagi ulushimni olib qolaman. Ey Allohning rasuli, albatta Alloh mening rostgo‘yligim sababidan najot berdi. Endi tavbamning natijasi shu bo‘lsinki, umrimning qolgan qismida faqat rost gapiray. Allohga qasamki, rost so‘zlaganim uchun Alloh menga bergan fazl-in’omini hech kimga qilmaganini bilaman», dedim. Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bu so‘zlarni zikr qilganimdan beri bu kungacha biror kalima yolg‘on ishlatishni qasd qilmadim. Alloh qolgan umrimda ham yolg‘ondan saqlashini umid qilaman». Ka’b ibn Molik Allohning quyidagi oyatlarni nozil qilganligini ham aytib o‘tganlar:

«Haqiqatan Alloh payg‘ambarning, muhojirlar va ansorlarning tavbalarini qabul qildi. Ulardan bir guruhining dillari (g‘azotdagi mashaqqat va tashnalik sababli) toyilayozganidan keyin og‘ir soatda unga (ya’ni, payg‘ambarga) ergashgan edilar. So‘ng ularning tavbalarini (Alloh) qabul qildi. Albatta, U zot mo‘minlarga marhamatli, mehribondir. Yana o‘sha uch kishining (tavbalarini ham qabul qildiki), to ularga keng yer torlik qilib qolguncha va dillari siqilib, Allohning (g‘azabidan) faqat O’ziga tavba qilish bilangina qutulish mumkin ekanini bilgunlaricha (tavbalari) qoldirilgan edi (ya’ni, tavba qilishga muvaffaq bo‘lmagan edilar). So‘ngra (Alloh) tavba qilishlari uchun ularga tavba yo‘lini ochdi. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qilguvchi, mehribondir. Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va iymonlarida rostgo‘y bo‘lgan zotlar bilan birga bo‘lingiz» (Tavba surasi, 117-119-oyatlar).

Ka’b roziyallohu anhu yana davom etadilar: «Alloh taolo meni Islomga hidoyat qilganidan keyingi bergan ne’matlarining eng kattasi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlarida rost gapirishga muvaffaq qilganidir. Agar yolg‘on so‘zlaganimda men boshqa yolg‘on so‘zlab halok bo‘lganlar kabi halok bo‘lardim, chunki Alloh taolo vahiy nozil qilayotgan paytda yolg‘on gapirganlarni biror kishiga aytmaydigan yomon va’idlar ila tilga olyapti:

«Ularning oldiga qaytib borgan vaqtlaringizda ulardan yuz o‘girishlaringiz (ya’ni, ayblamasliklaringiz uchun sizlarga ularning rostdan ham uzrli ekanliklariga) Alloh nomi bilan qasam ichadilar. Bas, ulardan yuz o‘giringlar! Chunki ular nopokdirlar va qilib o‘tgan narsalarining (ya’ni, munofiqliklari) jazosiga joylari jahannamdir. Ulardan rozi bo‘lishlaringiz uchun sizlarga qasam ichadilar. Agar sizlar ulardan rozi bo‘lsangizlar ham, Alloh bu itoatsiz qavmdan hech rozi bo‘lmaydi» (Tavba surasi, 95-96-oyatlar).

Biz uch nafarning ishimiz keyinga surilgan edi. Boshqalar qasam ichib bay’at qilishganida Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ulardan buni qabul qilib, ularga mag‘firat talab qilgandilar. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bizni keyinga qoldirdilar, hatto Alloh taoloning O’zi: «O’sha uch kishining (tavbalarini qabul qildiki) ...» (Tavba surasi, 118-oyat) so‘zi bilan hukm qildi. Bu so‘zdagi «orqada qolganlar»dan maqsad g‘azotdan orqada qolganimiz emas, balki qasam ichib uzr aytib, uzrlari qabul qilinganlardan avf etilishida orqada qolganimizdir» Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa bir rivoyatda: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Tabuk g‘azotiga payshanba kuni chiqdilar, u zot g‘azotga payshanba kuni chiqishni yaxshi ko‘rardilar», deyiladi.

Va yana boshqa bir rivoyatda aytiladi: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam safardan keladigan bo‘lsalar, kunduzi choshgoh vaqtida kelib avval masjidga borar, ikki rakat namoz o‘qib, keyin o‘tirardilar».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:36:24
22/10. Imron ibn Husayn al-Xuzoiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Juhayna qabilasidan bo‘lgan bir ayol zinodan homilador bo‘lib, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga keldi. Va: «Ey Allohning rasuli, menga had (shar’iy jazo) lozim bo‘ldi. U jazoni menda qoim qiling», dedi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam uning valiysini chaqirib: «Unga chiroyli muomalada bo‘l. Agar bolasini tug‘sa, mening huzurimga u ayolni olib kelgin», dedilar. Valiysi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytganlarini qildi. Ayol keltirilgach, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam U xotinning kiyimlarini bog‘lab, toshbo‘ron qilishga buyurdilar, hukm ijro etildi. So‘ngra Rasululloh sollalohu alayhi vasallam unga janoza namozi o‘qidilar. Buni ko‘rgan Umar 4&: «Ey Allohning rasuli, zino qilgan ayolga ham namoz o‘qiysizmi?» deganlarida, u zot: «Bu ayol shu darajada tavba qildiki, agar Madina ahllaridan yetmishtasi orasida bu taqsim qilinsa, ularga mo‘l-ko‘l bo‘lardi. Sen o‘z nafsini Alloh azza va jallaga fido qilgandan ham afzal kishini ko‘rganmisan?» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:36:48
23/11. Ibn Abbos va Anas ibn Molikdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar odam bolasining bir vodiy tillasi bo‘lsa, u kishi ikki vodiy tillosi bo‘lishini yaxshi ko‘radi. Uning og‘zini qabr tuprog‘idan boshqa narsa to‘ldira olmaydi. Alloh tavba qiluvchilarning tavbasini qabul qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:37:13
24/12. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo ikki kishining holiga kuladiki, ularning biri ikkinchisini o‘ldiradi. Va ikkisi ham jannatga kiradi. Biri musulmon bo‘lib, Alloh yo‘lida urushib o‘ldiriladi. Ikkinchisi o‘ldirgani uchun Allohga tavba qilib, musulmon bo‘lib, u ham shahid bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:38:17
3-BOB
Sabr bayoni


Alloh taolo:
«Ey mo‘minlar, sabr qilingiz va sabru toqat qilishda (kofirlardan) ustun bo‘lingiz» (Oli-Imron surasi, 200-oyat);

«Va albatta sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va meva-chevalarni kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Bas, sabr qiluvchilarga xushxabar bergin» (Baqara surasi, 155-oyat);

«Hech shak-shubha yo‘qki, sabr toqat qiluvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz to‘la-to‘kis qilib berilur» (Zumar surasi, 10-oyat);

«Albatta kim (o‘ziga yetgan ozor-aziyatlarga) sabr qilsa va (intiqom olmay, Alloh uchun) kechirib yuborsa, shak-shubhasiz, bu ish ishlarning maqsadga muvofig‘idir» (Sho‘ro surasi, 43-oyat);
 
«Ey mo‘minlar, sabr qilish va namoz o‘qish bilan (Mendan) madad so‘ranglar! Albatta Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir» (Baqara surasi, 153-oyat);

«Albatta Biz to sizlarning orangizdagi (Bizning yo‘limizda molu jonlari bilan) jihod qilguvchi va (yaxshi-yomon kunlarda) sabr qilguvchi zotlarni bilgunimizcha sizlarni imtihon qilurmiz», (Muhammad surasi, 31-oyat), deb aytgan.

25/1. Abu Molik Horis ibn Osim al-Ash’ariydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Poklik iymonning yarmidir. «Alhamdulillah»   tarozuni to‘ldiradi. «Subhonallohi valhamdulillah» yer bilan osmon o‘rtasini to‘ldiradi. Namoz nurdir. Sadaqa hujjatdir. Sabr ziyodir. Qur’on sening foydangga yoki zararingga hujjatdir. Har kimsa tong ottirib nafsini savdo qiladi. Bu bilan uni ozod qiladi yoki halok qiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:38:27
26/2. Abu Said Sa’d ibn Molik ibn Sinon al-Xudriydan rivoyat qilinadi. Ansoriylardan bo‘lgan kishilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan (narsalar) so‘rashdi. Rasululloh sh ularga (so‘ragan narsalarini) berdilar. Keyin yana so‘rashdi. Ularga (so‘ragan narsalarini) berdilar. Hatto huzurlaridagi bor narsa tugadi. Va: «Biror yaxshi narsa bo‘lsa, men sizlardan darig‘ tutmayman. Kimki (tama’dan yiroq bo‘lib) o‘zini iffatli tutsa, Alloh uni ofiyatda qiladi. Kimki o‘zini hojatsiz qilsa, Alloh uni behojat qilib qo‘yadi. Kimki bardoshli bo‘lsa, Alloh uni haqiqiy sabrli qilib qo‘yadi. Biror kishiga sabrdan ko‘ra ulug‘ va yaxshi narsa berilmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:38:35
27/3. Abu Yahyo Suhayb ibn Sinondan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Mo‘minning ishi ajablanarli, hayratomuzdir. Hamma ishi unga yaxshilik keltiraveradi. Bu mo‘minlarga xos bo‘lib, ulardan boshqalarda unday emas. Agar unga xursand qiluvchi narsa yetsa, shukr qiladi. Bu u uchun yaxshidir. Agar zarar beruvchi narsa yetsa, sabr qiladi. Bu ham uning uchun yaxshi bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:38:43
28/4. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘lim talvasasidagi og‘riqlari kuchayganida Fotima raziyallohu anhu: «Voy, otamni aziyat chulg‘ayapti», dedilar. Buni eshitgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bu kundan keyin otangga g‘am, aziyat yo‘qdir», dedilar. Qachonki, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam vafot etganlarida Fotima raziyallohu anhu: «Ey otajon! Parvardigor chaqirig‘iga labbay, dedingiz. Ey otajon! Firdavs jannati borar joyingizdir. Ey otajon! Jabroil alayhissalomga sizning o‘limingiz xabarini berurmiz», dedilar. U zot dafn qilinganlaridan keyin Fotima raziyallohu anhu: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ustilaridan tuproq sochib ham nafslaringiz xushnud bo‘laverdi-ya», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:39:19
29/5. Abu Zayd Usama ibn Zayd ibn Horisadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. (Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xodimlari va sevimli kishilaridir.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qizlari otalari huzurlariga (bir odamni) yuborib: «O’g‘lim o‘lim to‘shagida yotibdi. Bizning oldimizga keling», dedilar. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam qizlariga salom yo‘llab: «Albatta olish ham, berish ham Alloh uchundir. Har bir narsaning Uning huzurida belgilangan vaqti bordir. (Qizim) sabr qilsin va savobini umid qilib tursin», dedilar. Qizlari yana odam jo‘natib, u zot kelishlarini ont ichib so‘radilar. Rasululloh oxiri o‘rinlaridan turdilar. U zot bilan birga Sa’d ibn Uboda, Muoz ibn Jabal, Ubay ibn Ka’b, Zayd ibn Sobit va yana bir qancha kishilar bor edi. Haligi go‘dak Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uzatildi. U zot go‘dakni quchoqlariga oldilar. Go‘dak esa o‘lim talvasasida edi. Buni ko‘rib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘zlaridan yosh oqdi. Shunda Sa’d: «Ey Allohning rasuli, bu nima? (Ya’ni, yig‘lashdan qaytarar edingiz-ku!)» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bu Allohning rahmati bo‘lib, uni bandalarining qalblarida paydo qilgandir», dedilar.

Boshqa rivoyatlarida: «Bandalaridan xohlagan kishisining qalbida buni paydo qiladi. Albatta, Alloh rahmli bandalariga rahm qiladi», deb aytilgan. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:39:28
30/6. Suhaybdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sizlardan avval o‘tgan ummatlarda bir podshoh bor edi. Uning bir sehrgari bo‘lib, yoshi ulg‘ayganida podshohga quyidagicha murojaat qildi: «Men qarib qoldim. Menga biror yosh odam yuborgin. Unga sehrgarlikni o‘rgataman». Podshoh unga bir bolani sehr o‘rgatish uchun yubordi. U bolaning yo‘lida bir rohib (ibodat qiluvchi) bor edi. Kunlarning birida bola uning huzurida o‘tirib, so‘zlarini eshitib, hayratda qoldi. Bola agar sehrgar oldiga borsa, rohibga ham uchrab, uning huzurida biroz o‘tirar edi. Bir kuni sehrgar huzuriga borganida, u (kech qolgani uchun) bolani urdi. Bola esa bu holdan rohibga shikoyat qildi. Rohib: «Agar sehrgardan qo‘rqsang, ahlim meni ushlab qolgani uchun (kechikdim), degin. Agar ahlingdan qo‘rqsang, sehrgar meni ushlab qolgani uchun kechikdim, degin», dedi. Kunlar shu alfozda davom etdi. Bir kuni bola katta bir jonivorni uchratdi. U jonivor kishilarning yo‘lini to‘sib olgan edi. Shunda u: «Bu kun sehrgar afzalmi yoki rohib afzalmi, bilaman!?» deb bir toshni oldi-da, «Allohim, agar rohib ishi Senga sehrgarning ishidan mahbubroq bo‘lsa, bu jonivorni halok qilgin, kishilar o‘tib olishsin», dedi. Bola toshni otib uni o‘ldirdi va kishilar o‘tib ketishdi. Bola rohibga kelib, bu haqda xabar berdi. Rohib bolaga: «Ey bolam, sen bugun mendan ham afzalsan. Sen bir maqomga yetding. Sen tez kunlarda (har xil sinovlar bilan) sinalasan. Agar shunday holat bo‘lsa, meni hech kimga ko‘rsatmagin», dedi. U bola tug‘ma ko‘r, peslarni tuzatib va kishilardagi boshqa kasalliklarni davolar edi. Podshohning sheriklaridan birining ko‘zi ojiz bo‘lib qolib, bu bola haqida xabar topdi. Bolaning huzuriga ko‘p hadyalar bilan kelib: «Agar menga shifo bersang, bularning hammasini senga beraman», dedi. Buni eshitgan bola: «Men biror kishiga shifo bera olmayman. Shifoni Allohning O’zi beradi. Agar Allohga iymon keltirsang, Unga duo qilaman, senga shifo beradi», dedi. U kishi Allohga iymon keltirdi. Va Alloh u kishiga ham shifo berdi. Bir kuni u kishi odatdagidek podshoh huzurida o‘tirganida, podshoh unga: «Ko‘zingni kim davoladi?» dedi. Sherigi: «Rabbim davoladi», dedi. Shunda podshoh: «Mendan boshqa ham Rabbing bormi?» deganida, u: «Rabbim - sening Rabbing Allohdir», dedi. Podshoh uni azoblashda bardavom bo‘ldi. Oxiri u kishi bolani ko‘rsatib berishga majbur bo‘ldi. Podshoh bolani tutib keltirdi. Va unga: «Ey bola, sen sehrgarlikda shu darajaga yetibsanki, tug‘ma ko‘r va peslarni tuzatib, unday va bunday ishlarni qilayotgan emishsan?» dedi. Bola: «Men hech kimni tuzatayotganim yo‘q. Albatta Alloh shifo beryapti», dedi. Podshoh uni azobladi va bunda bardavom bo‘ldi, u rohibni ko‘rsatib qo‘ydi. Rohib ham (podshoh huzuriga keltirilib, unga) diningdan qayt, deyildi. Rohib bosh tortdi. Arra olib kelinib uning boshi o‘rtasiga qo‘yib arralandi, bosh ikkiga bo‘linib ketdi. Keyin podshoh sherigi keltirilib, diningdan qayt, deyildi. U ham bosh tortdi. Arra boshining o‘rtasiga qo‘yilib tortilganida, bo‘linib ikki tarafga tushdi. So‘ngra bolani keltirib, diningdan qayt, deyildi. U ham bosh tortdi. Podshoh bolani bir necha a’yonlariga berib: «Buni falon, falon toqqa olib boringlar. Va tepasiga chiqinglar. Agar cho‘qqiga yetsangiz (bir nasihat qilib ko‘ringlar), dinidan qaytsa, qoldiringlar. Agar qaytmaydigan bo‘lsa, uni o‘sha yerdan uloqtirib yuboringlar», dedi. A’yonlar (podshoh aytgan) toqqa borib, yuqoriga chiqdilar. Bola esa: «Allohim, ularga O’zing xohlagan narsa bilan kifoya qilgin», deb iltijo qilganida, tog‘ bir silkindi. Ular undan qulab tushishdi. Bola (yakka o‘zi) podshoh huzuriga keldi. Podshoh unga: «Hamrohlaringga nima bo‘ldi?» dedi. Bola: «Allohning O’zi ularga kifoya qildi», deb aytdi. Podshoh yana bir nechta a’yonlariga bolani topshirib: «Uni bir katta kemaga ortinglar-da, dengiz o‘rtasiga olib boringlar. (Bir nasihat qilib ko‘ringlar) agar dinidan qaytsa, qoldiringlar. Bo‘lmasa, uni (dengizga) tashlab yuboringlar», dedi. Ular bolani olib borishganida yana u: «Allohim, xohlagan narsang bilan ularga O’zing kifoya qilgin», dedi. Kema birdan to‘ntarildi-da, ular cho‘kib ketishdi. Bola yana (yakka o‘zi) podshoh huzuriga keldi. Podshoh unga: «Hamrohlaringga nima qildi?» dedi. Bola: «Alloh ularga O’zi kifoya qildi, albatta sen men buyurgan narsani qilmaguningcha o‘ldira olmaysan», dedi. Podshoh: «U nima?» dedi. Bola: «Odamlarni bir tepalikka jamlab, meni bir xurmo shoxiga osib, o‘qdonimdan bir o‘qni olib, uni kamonning o‘rtasiga qo‘yib, «Bolaning Rabbisi bo‘lmish Allohning ismi bilan», deb menga otasan. Agar mana shu aytganimni qilsang, meni o‘ldira olasan», dedi.

Podshoh odamlarni bir tepalikka to‘pladi. Bolani bir xurmo shoxiga osib, so‘ngra uning o‘qdonidan bir o‘qni olib, kamonning o‘rtasiga qo‘ydi, keyin «Bolaning Rabbisi bo‘lmish Allohning ismi bilan», deb otganda, o‘q bolaning chakkasiga tegdi. U chakkasiga qo‘lini qo‘yib vafot etdi. Shunda odamlar: «Bolaning Rabbisiga imon keltirdik», deb aytishdi. Podshoh huzuriga kishilar kelib: «Sen o‘zing xavfsirayotgan narsaga qaramaysanmi? Allohga qasamki, sen xavfsirayotgan narsa - odamlarning imonga kelishi bo‘lyapti», deyishdi. Podshoh ko‘chalarning og‘ziga chuqur kavlatishni buyurdi. Chuqurlar kavlab, unga o‘t yoqildi. Va u: «Kimki dinidan qaytmasa, unga tashlansin», dedi. Bu buyruqni bajardilar. Bir payt qo‘lida yosh go‘dagi bor bir xotin keldi. U xotin o‘tga tushishdan o‘zini tortayotgan edi. Haligi go‘dak: «Ey onajonim, sabr qiling. Siz haq yo‘ldasiz», dedi...», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:39:43
31/7. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam qabr oldida yig‘layotgan bir ayolni ko‘rib: «Allohdan qo‘rq va sabr qil», dedilar. Shunda u ayol: «Nari tur, chunki senga mendagi musibat yetmagandir va uni bilmaysan ham», dedi. Shunda u ayolga: «Bu kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdirlar», deb aytildi. U ayol Rasululloh sollalohu alayhi vasallam darvozalariga keldi. Lekin u zot huzurlarida darvozabonlarini topmadi. Ayol: «Sizni tanimabman (Ey Rasululloh)», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Haqiqiy sabr avvalgi zarba paytdagisidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Muslimning rivoyatlarida: «U xotin bir go‘dak bolasiga yig‘layotgan edi», deb keltirilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:39:51
32/8. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Mo‘min bandalarimdan birortasining dunyo ahlidan bo‘lgan sevimli kishisini olib qo‘ysam, so‘ngra savob umidida sabr qilsa, uni faqat jannat bilan taqdirlayman», dedi». Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:40:01
33/9. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Oisha onamiz Rasulullohdan sh o‘lat (vabo) haqida so‘raganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bu avval azob edi. Alloh uni xohlagan kishilariga yuborar edi. Endi uni mo‘minlarga rahmat qildi. Biror banda o‘lat bor yerda bo‘lib qolsa va o‘sha shaharda savob umidida sabr qilib, Alloh yozib-bitib qo‘ygan musibatdan boshqa narsa yetmasligini bilsa, u bandaga shahidning ajri mislicha savob beriladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:40:19
34/10. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasulullohning sh quyidagilarni aytganlarini eshitdim: «Alloh azza va jalla: «Agar biror bandamning ikki ko‘zini shikastlasam, u banda bunga sabr qilsa, Men evaziga jannat bilan taqdirlayman», dedi». Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:40:37
35/11. Ato ibn Abu Rabohdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Senga jannat ahlidan bo‘lgan bir ayolni ko‘rsataymi?» dedilar. Men: «Ha», dedim. Ibn Abbos raziyallohu anhu: «U qora xotin bo‘lib, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga keldi va: «Mening tutqanoq tutadigan kasalim bor. O’sha kasalim kelsa, badanim ochilib qoladi. Allohdan (ketkazishini so‘rab) menga duo qiling», dedi. Shunda u zot: «Agar sabr qilishni xohlasang, senga jannat bo‘ladi. Bo‘lmasa, duo qilaman, shifo beradi», dedilar. U ayol: «Sabr qilaman, lekin tanam ochilib qolmasligi xususida Allohga duo qiling», deganida, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam duo qildilar», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:40:56
36/12. Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men go‘yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qarab turgandekman, u zot quyidagicha hikoya qilayotgandilar: «Payg‘ambarlardan birlarini (ularga Allohning duo va salomlari bo‘lsin) qavmi urib qonga belab qo‘yishdi. U payg‘ambar yuzlaridan qonni artib: «Allohim, qavmimni mag‘firat qilgin, chunki ular bilmaydilar», deb aytardilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:41:27
37/13. Abu Said va Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Biror musulmon kishiga zahmat, bemorlik, tashvish, xafalik, aziyat, g‘am yetib, hatto bir tikan sanchilsa ham, Alloh uning xatolarini o‘sha sababli o‘chiradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:41:36
38/14. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kirsam, u zot isitmalab yotgan ekanlar. Men: «Ey Allohning rasuli, siz qattiq isitmalayapsiz-a?» desam, u zot: «Ha, men sizlardan ikki kishi isitmalagani kabi isitma bo‘laman», dedilar. «Unda sizga ikki ajr bo‘ladimi?» desam, «Ha, shu singari biror musulmonga aziyat yetsa, tikonmi yoki undan kattarog‘i azob bersa, u bilan yomonliklari o‘chirilib, gunohlari xuddi daraxt bargidek to‘kilib ketadi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:41:59
39/15. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh kimga yaxshilikni xohlasa, uni biror musibatga mubtalo qiladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:42:07
40/16. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sizlardan biringizga zarar yetganida o‘limni orzu qilmasin. Agar orzu qilisollalohu alayhi vasallam chorasiz bo‘lib qolsa, «Allohim, hayot men uchun xayrli bo‘lsa, tirik qo‘y. Agar o‘lim xayrli bo‘lsa, jonimni ol», deb aytsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:42:18
41/17. Abu Abdulloh Xabbob ibn Aratdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Ka’ba soyasi ostida kiyimlariga o‘ralib, suyanib yotganlarida, biz shikoyat qilib: «Bizga nusrat so‘rab duo qilmaysizmi?», dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sizlardan oldingi ummatlarni ushlab, yerda chuqur qazib, unga tashlab, keyin arra keltirilib, ularning boshiga tortib yuborilardi va u ikkiga bo‘linib ketardi. Hamda temir taroq bilan taralganida suyagigacha yetib qolardi. Mana shu azoblar ularni dindan to‘sib qo‘ymas edi. Alloh taolo bu ishni shu darajada kamolotga yetkazadiki, bir otliq kishi Sano shahridan Xazramavtgacha xavfsiz yuraveradi. Bunda faqat Allohdan va qo‘ylarini bo‘ri yeb ketishidangina qo‘rqadi. Lekin sizlar shoshqaloqlik qilyapsizlar», deb aytdilar». Imom Buxoriy rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Mushriklardan aziyat yetganida biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yo‘liqdik. U zot kiyimlariga burkalib suyanib yotardilar», deb keltirilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:42:26
42/18. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Hunayn kuni Rasululloh sollalohu alayhi vasallam o‘ljalarni taqsimlashda ba’zi kishilarga ko‘proq ulusollalohu alayhi vasallam ajratdilar. Aqra’ ibn Hobisga yuzta tuya, Uyayna ibn Hisnga ham shu miqdorda berdilar. Hamda arablarning ulug‘lariga ham ana shu kungi taqsimda ko‘proq o‘lja berdilar. Shunda bir kishi: «Allohga qasamki, bu taqsimotda adolat qilinmadi va Allohning roziligi iroda qilinmadi», deb aytdi. Men: «Allohga qasamki, buni Rasulullohga yetkazaman», deb u zotga bu narsalarning xabarini berdim. U zotning yuzlari o‘zgarib, qizilga o‘xshab ketdi. So‘ngra: «Agar Alloh va rasuli adolat qilmasa, boshqa kim adolat qiladi?» dedilar. Keyin: «Alloh Muso alayhissalomni rahmatiga olsin, bundan ham ko‘p aziyat yetkazilganda sabr qilgandilar», dedilar. Men esa qaytib bundan keyin Rasulullohga sollalohu alayhi vasallam gap tashimayman, dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:42:59
43/19. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar Alloh bir bandasiga yaxshilikni xohlasa, azobini bu dunyodayoq berib qo‘yadi. Agar Alloh bandasiga yomonlikni xohlasa, uning gunohini ushlab turib, Qiyomat bo‘lganda to‘la-to‘kis qilib (jazosini) beradi. Ulug‘ mukofot katta narsa bilan balolanganlarga beriladi. Alloh taolo biror qavmni yaxshi ko‘rsa, ularni balolantirib qo‘yadi. Kim bunga rozi bo‘lsa, u uchun rozilik (yoziladi). Kim g‘azab qilsa, unga g‘azab (yoziladi)», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:43:17
44/20. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Abu Talhaning bir o‘g‘li bor edi. U kasal edi. Abu Talha (qaergadir) chiqib ketganida bola vafot etdi. Abu Talha qaytib kelib: «Bolaga nima bo‘ldi?» dedi. Bolaning onasi Ummu Sulaym: «Avvalgi holatidan sokinlikdadir», dedi. Eriga kechki ovqatni keltirdi. U ovqatini tanovul qilib, so‘ngra shar’iy qovushishdi. Undan forig‘ bo‘lganida «Go‘dakni ko‘mib kelinglar», dedi. Abu Talha tong otganida Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga borib, bo‘lgan voqeaning xabarini berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kechasi er-xotinlik aloqasi qildinglarmi?» dedilar. U: «Ha», deb javob qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Allohim, bu ikkovlariga baraka ber», deb duo qildilar. Xotin bir bola tug‘di. Abu Talha Anasga: «Bolani ko‘tar, bu bilan Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga borasan», deb xurmochalar ham qo‘shib berib yubordi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «U bilan birga biror narsa bormi?» deganlarida, xurmochalar keltirildi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam uni olib chaynadilar-da, go‘dakning og‘ziga soldilar, so‘ngra tanglayini ko‘tarib, Abdulloh deb ism qo‘ydilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Buxoriyning rivoyatlarida Ibn Uyayna aytdilar: «Ansoriylardan bo‘lgan bir kishi: «Men to‘qqizta bolani ko‘rdim, ularning barchalari Qur’on o‘quvchi qorilar edi. Bular o‘sha Abdullohning farzandlari edi», deb aytdi».

Muslimning boshqa bir rivoyatlarida: «Abu Talhaning roziyallohu anhu Ummu Sulaymdan bo‘lgan bir o‘g‘li vafot etdi. Ummu Sulaym ahllariga: «Abu Talhaga o‘g‘li vafot etganini mendan boshqa hech kim aytmasin», dedi. Abu Talha roziyallohu anhu kelganida, xotini kechki ovqatni olib keldi. Abu Talha roziyallohu anhu undan yeb-ichdi. So‘ngra xotini o‘zini har galgidan chiroyli qilib ko‘rsatdi. Buni ko‘rgan er beixtiyor shar’iy yaqinlik qildi. Qachonki, Ummu Sulaym erining to‘yganini hamda xotinidan maqsadi hosil bo‘lganini ko‘rib: «Ey Abu Talha, agar bir qavm omonatlarini bir hovliga qo‘ysalar va o‘sha omonatni keyin talab qilishsa, uni bermaslikka haqlari bormi?» deganida, u «Yo‘q», dedi. Shunda xotini: «Unday bo‘lsa, o‘g‘lingning (o‘limiga) savob umidida sabr qil», dedi. Abu Talha bundan g‘azablanib, «Nega bu haqda menga aytmading, keyin nopok ham bo‘lib qoldim, endi bo‘lsa, o‘g‘limning o‘limi xabarini beryapsan?» deb Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga borib bo‘lib o‘tgan hodisa haqida xabar berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ana shu kechasi bo‘lgan narsangizda Alloh baraka bersin», deb duo qildilar. U ayol (duo barakasidan) homilador bo‘ldi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam safardaliklarida bu ayol ham birga edi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam agar safardan qaytib, Madinaga kelsalar, kechqurun ahllari huzuriga kirmasdilar. Madinaga yaqinlashganlarida birdan u ayolni to‘lg‘oq tutib qoldi. Abu Talha xotini sababli to‘xtab qoldi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam esa yo‘llarida davom etdilar. Anasning roziyallohu anhu aytishlaricha, Abu Talha: «Ey Rabbim, Sen bilasanki, men Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Madinadan chiqsalar, u zot bilan birga chiqishni, agar u yerga kirsalar, birga kirishni yoqtiraman. Ko‘rib turganingdek, ushlanib qoldim», deb arz qildi. Xotini Ummu Sulaym bu so‘zlarni eshitib: «Ey Abu Talha, meni hozir avvalgiga o‘xshab to‘lg‘oq tutmayapti, birga ketavering», dedi. Anas raziyallohu anhu: «Hammamiz birga jo‘nadik. Qachonki, Madinaga borganlarida Abu Talhaning xotinlarini to‘lg‘oq tutib, bir o‘g‘il bola tug‘dilar. Onam menga: «Ey Anas, buni biror kishi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga olib bormagunicha emizmaydi», dedilar. Tong otganida bolani ko‘tarib Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordim», deb oldingi hadisning oxiri ila yakun yasadilar», deyiladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:43:28
45/21. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bir necha odamni kuch bilan yengadigan odam kuchli emas, balki jahli chiqqanida g‘azabini bosa oladigan kishi kuchlidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:43:46
46/22. Sulaymon ibn Suraddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga o‘tirgan edim, ikki kishi so‘kishib ketdi. Birining yuzi qizarib, bo‘yin tomirlari shishib ketdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Men bir kalimani bilaman. Agar uni aytsa, undan mana bu topgan narsasi (g‘azabi va tomir shishishi) ketadi. Agar «A’uzu billahi minasollalohu alayhi vasallam shaytonir rojiym», ya’ni «La’nati shaytondan Allohning nomi ila panoh tilayman», desa, undan bu yetgan narsalar ketadi», dedilar. Sahobalar u kishiga: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam la’nati shaytondan Alloh nomi ila panoh tilagin, deb aytdilar», deyishdi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:43:56
47/23. Muoz ibn Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bajarishga qodir bo‘la turib g‘azabini yutsa, Alloh taolo Qiyomat kuni butun xaloyiqni boshiga chaqirib, qora ko‘zli hurlardan xohlaganini olishga ixtiyor beradi», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:44:04
48/24. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohga sollalohu alayhi vasallam «Menga vasiyat qiling», deb so‘raganida, u zot: «o‘azab qilma», dedilar. U kishi (bu savolni) bir necha marta qaytarganida ham, u zot: «o‘azab qilma», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:44:38
49/25. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min kishi va mo‘mina ayolga nafsi, farzandi va moliga musibat yetib turadi. Hattoki, ularning bundan gunohlari qolmasdan Alloh taologa yo‘liqishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:44:48
50/26. Ibn Abbosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Uyayna ibn Hisn jiyani Hurra ibn Qaysnikiga mehmon bo‘lib tushdi. Jiyani Hurra ibn Qays Umarning roziyallohu anhu yaqin a’yonlaridan biri edi. Umarning roziyallohu anhu hamsuhbat va maslahatchilari xoh o‘rta yosh, xoh yigit bo‘lishsin, qorilardan edi. Uyayna ibn Hisn jiyaniga: «Ey akamning o‘g‘li, bu amirning huzurida sening hurmating bor. Menga uning oldiga kirishga izn olib ber», deganida, u izn so‘radi. Umar roziyallohu anhu uning kirishiga ruxsat berdilar. Uyayna ibn Hisn u zot huzurlariga kirib: «Ey Ibn Xattob, Allohga qasamki, bizga ko‘p narsa bermaysiz. Odillik bilan hukm qilmaysiz», deganida, Umar roziyallohu anhu g‘azablanib, hatto uni urmoqlikka ham qasd qildilar. Shunda Hurra: «Ey mo‘minlar amiri, albatta Alloh taolo payg‘ambariga: «Avfni oling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring», degan. Bu kishi o‘sha johillardandir», dedi. Allohga qasamki, Hurra bu oyatni o‘qiganida, u zot bundan o‘tib ketmadilar. Chunki Umar roziyallohu anhu Allohning kitobida kelgan narsada to‘xtardilar (ya’ni, unga amal qilardilar). Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:45:11
51/27. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Mendan keyin xudbin va inkor qilinadigan noshar’iy ishlarni ko‘rasizlar!» deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, ana shu kun kelsa, bizni nima qilishga buyurasiz?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ustingizda bo‘lgan haqlarni ado etinglar. Va o‘z haqlaringizni Allohdan talab qilinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:45:19
52/28. Abu Yahyo Usayd ibn Huzayrdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Ansoriylardan bo‘lgan bir kishi: «Ey Allohning rasuli, falon kishini boshliq qilganingiz kabi meni ham boshliq qilib tayinlang», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sizlar mendan keyin xudbinliklarga yo‘liqasizlar. Havz (kavsar)da menga duch kelguningizcha sabr qilinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:45:28
53/29. Abu Ibrohim Abdulloh ibn Abu Avfodan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam dushmanga yo‘liqadigan kunlarining birida kutib turdilar. Quyosollalohu alayhi vasallam moyil bo‘lganida o‘rinlaridan turib: «Ey insonlar! Dushmanga yo‘liqishni orzu qilmanglar. Alloh taolodan ofiyatni so‘ranglar. Agar ularga duch keladigan bo‘lib qolsanglar, sabr qilinglar. Bilinglarki, jannat qilichlar soyasi ostidadir», dedilar. So‘ngra u zot quyidagicha duo qildilar: «Ey Qur’on nozil qiluvchi, ey bulutlarni yurgizuvchi, ey guruhlarni mag‘lub etuvchi Allohim! Ularni mag‘lub qil. Va ularning zarariga hamda bizning foydamizga nusrat ber». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:46:13
4-BOB
Rost so‘zlasollalohu alayhi vasallam bayoni


Alloh taolo:
«Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va imonlarida rostgo‘y bo‘lgan zotlar bilan birga bo‘lingiz» (Tavba surasi, 119-oyat);

«Rostgo‘y erkaklar va rostgo‘y ayollar uchun Alloh mag‘firat va ulug‘ mukofot tayyorlab qo‘ygandir» (Ahzob surasi, 35-oyat);
 
«Sodiq-rostgo‘y bo‘lganlarida, albatta o‘zlari uchun yaxshiroq bo‘lur edi» (Muhammad surasi, 21-oyat), deb aytgan.

54/1. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Rostgo‘ylik yaxshilikka yetaklaydi. Yaxshilik esa jannatga yetaklaydi. Albatta kishi rost so‘zlaydi, hattoki Alloh huzurida siddiqlardan, deb yoziladi. Yolg‘onchilik gunohga yetaklaydi. Gunoh esa do‘zaxga yetaklaydi. Albatta kishi yolg‘on so‘zlaydi, hattoki Allohning huzurida yolg‘onchi, kazzob, deb yoziladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:46:42
55/2. Abu Muhammad Hasan ibn Ali ibn Abu Tolibdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan quyidagi aytgan narsalarini yodlab oldim: «Shubhali narsani shubhasiz narsaga qoldir. Albatta rostgo‘ylik xotirjamlikdir. O’lg‘on esa shubhalidir». Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:46:58
56/3. Abu Sufyon Saxr ibn Harbdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Hiraql qissasidagi uzun hadisda keltirilishicha, Hiraql: «Sizlarga payg‘ambaringiz, ya’ni Rasululloh sollalohu alayhi vasallam nima buyuryaptilar?» deganida, Abu Sufyon: «U payg‘ambar yakka Allohga ibodat qilib, biror narsani shirk keltirmaslikka, otalaringiz aytgan narsalarni tark qilishga va namoz o‘qish, rost so‘zlash, iffatli bo‘lishga, qarindosh-urug‘larga bog‘lanishga buyuradilar», dedi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:47:31
57/4. Sahl ibn Hunayfdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. (Bu zot Badrda ishtirok etganlardan edilar.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki Alloh taolodan sidqidil ila shahidlikni so‘rasa, Alloh taolo uni shahidlik manziliga yetkazadi. Agar u kishi to‘shagida vafot etsa ham», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:47:50
58/5. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytdilar: «Payg‘ambarlardan birlari (ularga Allohning salovot va salomi bo‘lsin) g‘azotga chiqayotib qavmlariga: «Men bilan birga xotin olgan-u, lekin hali shar’iy qovushmagan; uy qurgan-u, lekin hali tomini yopmagan; homilador qo‘y va tuyalarining tug‘ishini kutayotgan odamlar bormasin», dedilar. So‘ngra g‘azotni boshladilar. Asr namozi yoki shunga yaqinroq payt bo‘lganida, bir qishloqqa yaqinlashib quyoshga qarata: «Sen ham o‘z ishingga buyurilgansan, men ham o‘z ishimga buyurilganman. Allohim, bu quyoshni bizdan to‘xtat», deganlarida, quyosollalohu alayhi vasallam to‘xtab qoldi. Hattoki, Alloh taolo u payg‘ambarga fath qilib berdi. O’ljalar (g‘animatlar) to‘plandi. Uni olov yeyisollalohu alayhi vasallam uchun keldi-da, lekin yemadi. Shunda payg‘ambar: «Oralaringizda o‘ljaga xiyonat qilgan bordir. Har bir qabiladan bir kishi menga bay’at qilsin», dedilar. Bay’atda bir kishining qo‘li yopishib qoldi. Payg‘ambar: «Xiyonat sizlarning qabilangizda ekan. Menga qabilangiz bay’at qilsin», dedilar. Ular bay’at qilishganida, ikki yoki uch kishining qo‘li yopishib qoldi. Payg‘ambar xiyonat sizlarda, deganlarida, ular sigirning boshidek tillani olib kelib qo‘yishganida, olov kelib, uni yedi. Bizdan avvalgilardan birortasiga o‘ljalar halol qilinmadi. So‘ngra Alloh taolo o‘ljalarni bizga halol qildi. Qachonki, bizdagi zaiflik va ojizlikni ko‘rganida, biz uchun uni halol qildi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:48:08
59/6. Abu Xolid Hakim ibn Hizomdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Oldi-sotdi qiluvchiga ajralmaslaridan oldin ixtiyor bordir. Agar ikkilari rost gapirib, muomalani ravshan qilishsa, oldi-sotdilarida baraka qilinadi. Agar yashirib, yolg‘on gapirishsa, oldi-sotdilaridagi baraka o‘chiriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:48:57
5-BOB
Alloh doim kuzatuvchi ekanligining bayoni


Alloh taolo quyidagilarni aytadi:
«U sizni o‘zingiz (namoz uchun) turayotgan vaqtingizda ham, sajda qilguvchilar (namoz o‘quvchilar) orasidan ko‘chayotgan (vaqtingizda ham) ko‘rib turur» (Shuaro surasi, 218-219-oyatlar);

«Sizlar qaerda bo‘lsangizlar, U sizlar bilan birgadir» (Hadid surasi, 4-oyat);
 
«Albatta Allohga na yerdagi va na ko‘kdagi biron narsa maxfiy emasdir» (Oli Imron surasi, 5-oyat);

«Shak-shubhasiz Parvardigoringiz (barcha narsani) kuzatib turguvchidir» (Val-Fajr surasi, 14-oyat);

«(Alloh) ko‘zlarning xiyonatini (ya’ni, qarasollalohu alayhi vasallam harom qilingan narsaga o‘g‘rincha ko‘z tashlashni) ham, dillar yashiradigan narsalarni ham bilur» (G‘ofir surasi, 19-oyat).

Bu bob haqidagi oyatlar ko‘p va ma’lumdir.

60/1. Umar ibn Xattobdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Biz kunlarning birida Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga o‘tirgan edik, shu payt kutilmaganda oppoq kiyimli, qop-qora sochli bir kishi kelib qoldi. Unda safar asorati ko‘rilmasdi. Va uni bizdan biror kishi tanimasdi ham. U kishi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlarida o‘tirib, tizzasini tizzalariga tekkizib, ikki kaftini sonlari ustiga qo‘yib: «Ey Muhammad, menga Islom haqida xabar bering», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Islom bu - «Allohdan boshqa iloh yo‘q, albatta Muhammad alayhissalom Allohning rasuli», deb guvohlik bermog‘ing, namozni ado etmog‘ing, zakot bermog‘ing, Ramazon ro‘zasini tutmog‘ing hamda yo‘l yurishga qodir bo‘lsang, Baytullohni haj qilmog‘ingdir», dedilar. U kishi: «Rost gapirdingiz», dedi. Biz esa undan so‘rab yana tasdiqlagani uchun ajablandik. Haligi kishi: «Menga imon haqida xabar bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Allohga, farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga hamda yaxshi va yomon taqdirga imon keltirmoqligingdir», dedilar. U kishi yana: «Rost gapirdingiz, menga ehson haqida xabar bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ehson - Allohni go‘yoki ko‘rib turgandek ibodat qilmog‘ing. Agar uni ko‘rmasang, U seni ko‘radi», dedilar. U kishi: «Menga Qiyomat haqida xabar bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «So‘ralgan shaxs bu haqda so‘rovchidan ziyoda biluvchi emas», dedilar. U kishi: «(Bunday bo‘lsa) Qiyomat alomatlari haqida xabar qiling», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Cho‘ri o‘z xojasini tug‘mog‘i hamda yalang‘och qo‘y boquvchi bechoralar uy bino qilishda (kim o‘zarga) poyga qilmoqliklaridir», dedilar. So‘ngra u kishi ketdi. Men esa uzoq vaqt turib qoldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ey Umar, bu savol qilgan kishini bilasanmi?» dedilar. Men: «Alloh va rasuli biluvchiroq», dedim. Shunda u zot: «Bu Jabroil edi. Sizlarga diningizni ta’lim berisollalohu alayhi vasallam uchun keldilar», deb aytdilar». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:49:15
61/2. Abu Zarr Jundub ibn Junoda roziyallohu anhu va Abu Abdurahmon Muoz ibn Jabaldan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi joyda bo‘lmagin, Allohdan qo‘rq. O’monlikka yaxshilikni ergashtirgin. Uni o‘chirib yuboradi. Odamlarga chiroyli xulq bilan muomala qil», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:49:50
62/3. Ibn Abbosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning orqalarida mingashib ketayotgan edim. U zot: «Ey bola, senga bir kalima o‘rgataymi? Allohga rioya qil, seni saqlaydi. Allohga rioya qil, Uni ro‘parangdan topasan. Agar so‘rasang, Allohdan so‘ragin. Agar yordam tilasang ham, Allohdan tilagin. Bilginki, agar ummat biror narsada senga yordam berishga jamlanishsa, faqatgina Alloh senga (taqdir) qilib yozib qo‘ygan narsanigina yordam bera olishadi, xolos. Agar ummat biror narsada senga zarar berishga jamlanishsa, faqatgina Alloh senga (taqdir) qilib yozib qo‘ygan narsanigina zarar bera olishadi, xolos. Qalam ko‘tarilib, sahifalar qurib bo‘lgan», deb aytdilar». Imom Termiziy rivoyatlari.

Termiziydan boshqa rivoyatlarda quyidagicha aytiladi: «Allohga rioya qil, oldingda topasan. Allohni kengchilikda tanigin, seni qiyinchilikda taniydi. Bilginki, albatta xato qilganing to‘g‘ri qilmaganing uchun emas. Va to‘g‘ri qilganing xato qilmaganing uchun emas. Bilginki, albatta nusrat sabr bilan birga bo‘ladi. Shodlik aziyatlar bilan birga bo‘ladi. Va qiyinchilik bilan yengillik bo‘ladi».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:50:00
63/4. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bu zot: «Sizlar ba’zi amallarni qilasizlar. U sizlarning nazdingizda soch tolasidan ham nozikroqdir. Biz esa Rasululloh sollalohu alayhi vasallam zamonlarida bularni halokatga eltuvchi amallardan, deb sanardik», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:50:08
64/5. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taoloning nafrati kelur. Kishi Alloh harom etgan narsalarni qilganida Allohning nafrati kelur», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:50:37
65/6. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan quyidagi hikoyani eshitdilar: «Bani Isroilda uch nafar kishi bor edi. Biri pes, biri kal va biri ko‘r edi. Alloh taolo ularni sinamoqchi bo‘lib, bir farishtani odam suratida yubordi. Farishta pesni oldiga borib: «Qaysi narsa senga mahbubroq?» dedi. Pes: «Chiroyli rang, chiroyli teri va kishilar jirkanayotgan mana bu narsaning ketishini yaxshi ko‘raman», deganida, farishta unga qo‘lini surtdi. Bas, undan jirkanch narsa ketib, chiroyli rang berildi. Farishta: «Senga qaysi boylik yaxshi?» deganida, «Tuya yoki mol», (roviy shak qildilar) dedi. Unga bo‘g‘oz tuya berildi. Farishta: «Senga Alloh bunda baraka bersin», dedi.

Farishta kalning oldiga kelib: «Qaysi narsa senga mahbubroq?» dedi. Kal: «Chiroyli soch va mendan mana bu kishilar jirkanayotgan narsaning ketishini yaxshi ko‘raman», dedi. Farishta unga qo‘lini surtdi. Bas, undan jirkanch narsa ketib, chiroyli soch berildi. Farishta: «Senga qaysi boylik mahbubroq?» deganida, u kishi: «Mol», dedi. Unga bo‘g‘oz sigir berildi. Farishta: «Alloh senga bunda baraka bersin», dedi.

So‘ngra farishta ko‘rning oldiga borib: «Senga qaysi narsa mahbubroq?» dedi. Ko‘r: «Alloh menga ko‘zimni qaytarib bersa va kishilarni ko‘rsam», dedi. Farishta unga qo‘lini surtdi. Bas, Alloh taolo unga ko‘zini qaytarib berdi. Farishta: «Senga qaysi boylik mahbubroq?» deganida, u kishi: «Sovliq qo‘y», dedi.

Ularga berilgan hamma jonivorlar bolaladi. Birinchisida bir vodiy tuya, ikkinchisida bir vodiy mol, uchinchisida bir vodiy qo‘y bo‘ldi. Keyin farishta avvalgi surati va hay’atida kelib: «Bechora kishiman. Safarim zaxiralari tugab qoldi. Bugun (vatanimga) yetmoqligimning iloji yo‘q. Faqatgina Allohning karami, so‘ngra sening yordaming bilangina yetib olaman. Shuning uchun sendan chiroyli rang, chiroyli teri va boylik bergan Alloh hurmati bir dona tuya so‘rayman. Men bu safarimda u tuya bilan (vatanimga) yetib olaman», deganida, haligi pes: «Beriladigan haqlar ko‘pdir», dedi. Farishta: «Men seni go‘yoki (avval) ko‘rgandekman. Sen kishilar jirkanadigan pes bo‘lmaganmiding? (Keyin) Alloh senga boylik bermaganmidi?» deganida, haligi pes: «Katta bobolardan bu boylikni meros qilib oldim», dedi. Farishta: «Agar yolg‘onchi bo‘lsang, Alloh seni avvalgi holatingga qaytarib qo‘ysinmi?!» dedi.
 
So‘ngra avvalgi surati va hay’atida kalning oldiga bordi. Unga ham pesga aytgan narsalarni aytganida, kal ham pes javob qilgan narsalarni aytdi. Farishta: «Agar yolg‘onchi bo‘lsang, Alloh seni avvalgi holatingga qaytarib qo‘ysinmi?!» dedi.

So‘ngra u avvalgi surati va hay’atida ko‘rning oldiga bordi. Va: «Men musofir bechora kishiman. Safarim vositalari tugab qoldi. Men bugun (vatanimga) yetmoqligimning iloji yo‘q. Faqatgina Allohning karami, so‘ngra sening yordaming bilangina yetib olaman. Shuning uchun sendan ko‘zingni qaytarib bergan Alloh hurmati bir dona qo‘y so‘rayman. Men bu safarimda u qo‘y bilan (vatanimga) yetib olaman», deganida, haligi ko‘r kishi: «Haqiqatda men ko‘r edim. Alloh menga ko‘zimni qaytib berdi. Sen bu qo‘ydan xohlaganingni olib, xohlaganingni tark qil. Allohga qasamki, Alloh taolo yo‘lida bugun birorta narsa olsang, qiyinchilikka qo‘ymayman», dedi. Shunda farishta: «Molingni o‘zing ol. Sizlar imtihon qilindingizlar. Bas, Alloh sendan rozi bo‘lib, ikki og‘ayningdan g‘azablandi», deb aytdi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:50:46
66/7. Abu Ya’lo Shaddod ibn Avsdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Aqlli kishi nafsini hisob-kitob qilib o‘lganidan keyin foyda beradigan narsaga amal qilgan kishidir. Ojiz kishi havoyu-nafsiga ergashib, Allohdan tavbani umid qilgan kishidir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:50:54
67/8. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Befoyda narsalarni tark qilisollalohu alayhi vasallam kishi Islomining chiroyliligidandir», dedilar. Termiziy va boshqalar rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 17 Noyabr 2007, 15:51:03
68/9. Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishidan xotinini nimaga urgani haqida so‘ralmaydi», dedilar. Abu Dovud va boshqalar rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:03:53
6-BOB
Taqvo bayoni


Alloh taolo:
«Ey mo‘minlar, Allohdan haq-rost qo‘rqisollalohu alayhi vasallam bilan qo‘rqinglar» (Oli Imron surasi, 102-oyat);

«Bas, kuchlaringiz yetganicha Allohdan qo‘rqinglar» (Tag‘obun surasi, 16-oyat);

«Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar, to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar» (Ahzob surasi, 70-oyat);

«Kim Allohdan qo‘rqsa, U zot uning uchun (barcha g‘am-kulfatlardan) chiqar yo‘lni (paydo) qilur. Va uni o‘zi o‘ylamagan tomondan rizqlantirur» (Taloq surasi, 2-3-oyat);

«Ey mo‘minlar, agar Allohdan qo‘rqsangizlar, sizlar uchun haq bilan nohaqni ajratadigan hidoyat ato qilur va yomonlik - gunohlaringizni o‘chirib, sizlarni mag‘firat qilur. Alloh ulug‘ fazlu marhamat sohibidir» (Anfol surasi, 29-oyat), deb aytgan.

69/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Kishilarning hurmatlisi kim?» deyilganida, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Ularning taqvolisi», dedilar. «Bu haqda so‘ramayapmiz», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Unday bo‘lsa, Xalilulloh o‘g‘li, payg‘ambar o‘g‘li, payg‘ambar o‘g‘li Allohning payg‘ambari Yusufdirlar», dedilar. «Bu haqda so‘ramayapmiz», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unday bo‘lsa, mendan arab qabilalarini so‘rayapsizlarmi? Johiliyatdagi yaxshilari Islomdagi yaxshilaridir. Agar (shariat ahkomlarini bilib) faqih bo‘lishsa», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:04:01
70/2. Abu Said al-Xudriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta dunyo yoqimli, yam-yashildir. Alloh sizlarni unda xalifa qilgandir. Va qanday amal qilishingizga qaraydi. Dunyo hamda ayollar fitnasidan chetlaning. Chunki Bani Isroilning birinchi fitnasi ayollarda bo‘lgan edi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:04:11
71/3. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, Sendan hidoyat, taqvo, iffatni va behojat bo‘lishni so‘rayman», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:04:19
72/4. Abu Tarif Adiy ibn Hotam Toiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kimki bir narsaga qasam ichib, so‘ngra undan-da Allohga taqvoli narsani ko‘rsa, taqvoligini qilsin», deb aytganlarini eshitdim». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:04:32
73/5. Abu Umoma Suday ibn Ajlon al-Bohiliydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam hajjatul vado’da quyidagicha xutba qilganlarini eshitdim: «Allohdan taqvo qilinglar. Besollalohu alayhi vasallam vaqt namozni ado qilinglar. Ro‘za oyining ro‘zasini tutinglar. Mollaringiz zakotini beringlar. Boshliqlaringizga itoat qilinglar. Shunda Rabbilaringizning jannatiga kirasizlar». Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:05:48
7-BOB
Komil ishonch va tavakkal bayoni


Alloh taolo:
«Mo‘minlar u firqalarni ko‘rgan vaqtlarida «Bu Alloh va payg‘ambari bizlarga va’da qilgan narsadir (ya’ni, imtihondir). Alloh va payg‘ambarining so‘zi rostdir», dedilar va (ustilariga bostirib kelayotgan firqalarning son-sanoqsizligi) ularning (Allohga bo‘lgan) imon va itoatlarini yanada ziyoda qildi, xolos» (Ahzob surasi, 22-oyat);

«Unday zotlarga ayrim kimsalar: «Quraysollalohu alayhi vasallam odamlari sizlarga qarshi (sanoqsiz lashkar) to‘plagan, qo‘rqingiz!» deganlarida, bu gap ularning imonlarini ziyoda qildi va: «Bizga yolg‘iz Allohning o‘zi kifoya. U zot eng yaxshi ishonchli vakildir!» dedilar. Bas, u yurishdan biron noxushlik yetmay, Allohning ne’mat va fazli bilan qaytdilar. Ular Allohning rizoligini istadilar. Alloh esa ulug‘ fazlu marhamat sohibidir» (Oli Imron surasi, 173-174-oyatlar).

«Va o‘lmaydigan tirik Zotga tavakkul qiling» (Furqon surasi, 58-oyat).
 
«Imon keltirgan kishilar yolg‘iz Allohgagina tavakkul qilsinlar» (Ibrohim surasi, 11-oyat).

«Endi (maslahat qilgach, biron ishni) qasd qilsangiz, Allohga suyaning - tavakkal qiling» (Oli-Imron surasi, 159-oyat).

«Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O’zi unga yetarlidir» (Taloq surasi, 3-oyat).

«Faqat Alloh (nomi) zikr qilinganida qalblariga qo‘rqinch tushadigan, Uning oyatlari tilovat qilinganida imonlari ziyoda bo‘ladigan va Parvardigorlarigagina suyanadigan kishilar (haqiqiy) mo‘mindirlar» (Anfol surasi, 2-oyat) deb aytgan.

74/1. Ibn Abbosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Menga ummatlar ro‘baro‘ qilindi. Men hamrohlari bilan birga ketayotgan bir nabiyni ko‘rdim. Yana bir nabiyni ko‘rdimki, u kishi bilan bir yoki ikki kishi birga edi. Uchinchi bir nabiyni ko‘rdimki, u bilan biror kishi yo‘q edi. Shu payt ko‘p kishilar ko‘rsatildi. Men esa ular ummatimmikan, deb gumon qildim. Bu Muso alayhissalom va u zotning qavmlari edi. Lekin sen u tomonga qara, deyildi. Men qarasam, unda ko‘p kishilar bor ekan. Boshqa tomonga ham qara, deyildi. Qarasam, unda ham ko‘p kishilar bor ekan. Shunda «Bu ummatingdir. Ular bilan yetmisollalohu alayhi vasallam ming kishi borki, ular hisob-kitobsiz, azobsiz jannatga kirishadi», deyildi», dedilar. So‘ngra Rasululloh sollalohu alayhi vasallam o‘rinlaridan turib, manzillariga kirib ketganlarida, kishilar o‘sha jannatga hisob-kitobsiz, azobsiz kiruvchilar haqida gurunglasha boshlashdi. Ba’zilar: «Shoyad, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam suhbatlarida bo‘lgan kishilar o‘shalar bo‘lishsa», deyishdi. Ba’zilar esa: «Shoyad, Islomda tug‘ilib, Allohga biror narsani shirk keltirmaganlar o‘shalar bo‘lishsa», deyishdi. Va yana ko‘p narsalarni zirk qilishdi. Shu payt Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ular huzuriga chiqib: «Nima haqda gurunglashyapsizlar?» deganlarida, ular buning xabarini berishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ular dam solmagan, dam soldirmagan, fol ochmagan va Rabbilariga tavakkal qilgan kishilardir», dedilar. Ukkosha ibn Muhsin o‘rnidan turib, «Meni o‘shalardan qilishini Allohdan so‘rab duo qiling», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sen ulardansan», dedilar. So‘ngra boshqa bir kishi turib: «Meni ham o‘shalardan qilishini Allohdan so‘rab duo qiling», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ukkosha u haqda so‘rashda sendan o‘zib ketdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:05:57
75/2. Ibn Abbosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Allohumma laka aslamtu va bika amantu va ‘alayka tavakkaltu va ilayka anabtu va bika xosamtu. Allohumma a’uzu bi’izzatika la ilaha illa anta an tudillaniy antal hayyullaziy la tamutu val jinnu val insu yamutuna» (ya’ni: «Allohim, Senga bo‘yin egdim. Senga imon keltirdim. Senga tavakkal qildim. Sen tomonga qaytdim. Sening (yo‘lingda) janjal qildim. Allohim, izzating ila meni adashtirmog‘ingdan panoh tilayman. Sendan boshqa iloh yo‘q. Sen tirikdirsan, o‘lmaysan. Jin va inslar o‘lishadi»), deb aytardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:06:12
76/3. Ibn Abbosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Ibrohim alayhissalom o‘tga tashlanganida: «Hasbunallohu va ni’mal vakiyl», ya’ni «Bizga yolg‘iz Allohning o‘zi kifoya. U zot eng yaxshi ishonchli vakildir», deb aytdilar. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga sollallohu alayhi vasallamga ayrim kimsalar: «Quraysollalohu alayhi vasallam odamlari sizlarga qarshi (sanoqsiz lashkar) to‘plagan, qo‘rqingiz!» deganlarida, bu gap ularning imonlarini ziyoda qildi va: «Bizga yolg‘iz Allohning O’zi kifoya. U zot eng yaxshi ishonchli vakildir!» deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

Ibn Abbosdan qilingan boshqa bir rivoyatda aytilishicha, Ibrohim alayhissalom o‘tga tashlangan paytdagi oxirgi so‘zlari «Hasbiyallohu va ni’mal vakiyl» edi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:06:24
77/4. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bir qancha jamoat jannatga kirishadi. Ularning qalblari xuddi qushning qalbiga o‘xshaydi», dedilar (ya’ni, Allohga tavakkallari kuchli bo‘lganidan qalblari qusollalohu alayhi vasallam qalbi kabi nozik bo‘ladi). Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:06:43
78/5. Jobirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bu zot Najd tomonda Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga g‘azot qildilar. Qachonki, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam qaytganlarida, bu zot ham ular bilan birga qaytdilar. Tikani ko‘p vodiyga kelinganida, ularning qaylula qilgilari kelib qoldi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam U yerga tushdilar. Odamlar ham daraxt soyasini axtarib tarqalishdi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam akas daraxtlaridan birining ostiga tushib qilichlarini osib qo‘ydilar. «Biz birozgina uxlaganimizda, nogahon Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bizni chaqirib qoldilar. O’sha payt huzurlarida bir sahroyi odam turardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Men uxlayotganimda bu kishi qilichimni qinidan chiqardi. Nogahon uyg‘onsam, qo‘lida qilich yalang‘och turibdi. Va «Seni mendan kim to‘sa oladi?» dedi. Men uch marta Alloh, deb aytdim», dedilar. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam uni jazolamadilar va u (huzurlarida) o‘tirdi», dedi Jobir .&>. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa bir rivoyatda Jobir roziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga Zoturriqo’ g‘azotida edik. Soyali daraxt oldiga bordik-da, u yerni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qoldirdik. Mushriklardan bo‘lgan bir kishi kelib daraxtda osig‘lik turgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qilichlarini oldi-da, uni qinidan chiqarib: «Mendan qo‘rqyapsanmi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Yo‘q», dedilar. U kishi: «Seni mendan kim to‘sa oladi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh!» dedilar».

Abu Bakr Ismoil o‘z «Sahih»larida: «U kishi: «Seni mendan kim to‘sa oladi?» deganida, u zot: «Alloh», dedilar. Shunda u kishining qo‘lidan qilich tushib ketdi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam qilichni qo‘llariga olib: «Seni mendan kim to‘sa oladi?» deganlarida, u kishi: «Yaxshi muomalali bo‘l», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Allohdan boshqa iloh yo‘q, albatta men Allohning rasuli ekanligimga guvohlik berasanmi?» deganlarida, u kishi: «Yo‘q! Lekin sen bilan urushmaslikka va sen bilan birga urushuvchi qavmlar bilan birga bo‘lmaslikka ahd beraman», deganida, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam uni qo‘yib yubordilar. U kishi do‘stlari huzuriga borib: «Kishilarning eng yaxshisi huzuridan kelyapman», dedi», deganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:07:21
79/6 Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar sizlar Allohga haqiqiy ma’noda tavakkal qilganingizda, U zot qushni rizqlantirgani kabi rizqlantirib qo‘yar edi. U qushlar qorni och ketib, qorni to‘q bo‘lib qaytib keladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:07:34
80/7. Abu Imora Barro ibn Ozibdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ey falonchi, agar to‘shagingga yotsang, quyidagi duoni o‘qigin: «Allohumma aslamtu nafsiy ilayka va vajjahtu vajhiy ilayka va favvaztu amriy ilayka va alja’tu zahriy ilayka rag‘batan va rahbatan ilayka la maljaa vala manjaa minka illa ilayka amantu bikitabikallaziy anzalta vabinabiyyikallaziy arsalta» (ya’ni: «Allohim, o‘zimni Senga topshirdim. Yuzimni Sen tomonga qaratdim. Ishimni Senga havola qildim. Orqamni Sen tomonga rag‘bat hamda qo‘rqqan holda suyadim. Suyanchiq va boshpana faqat Sendadir. Tushirgan kitoblaringga hamda yuborgan payg‘ambarlaringga imon keltirdim»). Agar sen mana shularni aytib, o‘sha kechasi o‘lsang, Islom fitratida o‘lasan. Agar tong ottirsang, yaxshilikka yetishgan holda tong ottirasan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Ikki «Sahih» kitobida Barrodan roziyallohu anhu qilingan boshqa bir rivoyatda quyidagicha aytiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar yotog‘ingga kelsang, namozga qilgan tahoratingdek tahorat qilib, o‘ng tomoningga yonboshlab (yuqoridagi) duolarni ayt. Va bu (uxlashdan oldin) oxirgi aytadigan narsang bo‘lsin», dedilar».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:07:59
81/8. Abu Bakr Siddiqdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «o‘orda turganimizda mushriklarning qadamlariga qaradim. Ular shundoqqina boshimiz ustida turar edilar. Men: «Ey Allohning rasuli, agar ulardan birortasi oyog‘ining tagiga qarasa, bizni ko‘rib qoladi», desam, u zot: «Ey Abu Bakr, ikki kishi bo‘lsa, uchinchilari Alloh ekaniga nima deysan?» dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:08:09
82/9. Ummu Salamadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar uylaridan chiqsalar: «Bismillahi tavakkaltu ‘alallohi. Allohumma inniy a’uzu bika an adilla av udalla av azilla av uzalla av azlima av uzlama av ajhala av yujhala ‘alayya» (ya’ni, «Alloh nomi bilan, Allohga tavakkal qildim. Ey Rabbim, adashisollalohu alayhi vasallam va adashtirishdan, toyilisollalohu alayhi vasallam va toyiltirishdan, zulm qilisollalohu alayhi vasallam va zulm ko‘rishdan, johillik qilisollalohu alayhi vasallam va menga nisbatan johillik qilinishidan Sendan panoh so‘rayman»), deb aytardilar. AbuDovud, Termiziy va boshqalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:08:18
83/10. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki uyidan chiqayotganida, «Bismillahi tavakkaltu ‘alallohi vala havla vala quvvata illa billah» (ya’ni: «Alloh nomi bilan, Allohga tavakkal qildim. Allohdan o‘zgada o‘zgartirisollalohu alayhi vasallam ham, quvvat ham yo‘qdir»), desa, «Hidoyat qilinding, kifoya qilinding va himoya etilding», deyiladi va shayton undan uzoq bo‘ladi», dedilar. Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va boshqalar rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:08:28
84/11. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam zamonlarida aka-uka bor edi. Biri Rasululloh sollalohu alayhi vasallam (xizmatlariga) kelib turardi. Ikkinchisi kasb-hunar qilar edi. Hunarmand Rasululloh sollalohu alayhi vasallam xizmatlarida bo‘lgan ukasidan shikoyat qilganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Balki uning sababidan senga rizq berilayotgandir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:09:14
8-BOB
Sobitqadamlik (istiqomat) bayoni


Alloh taolo:
«O’zingizga buyurilgani kabi to‘g‘ri yo‘lda bo‘ling» (Hud surasi, 112-oyat);

«Albatta Parvardigorimiz Allohdir, deb, so‘ngra (yolg‘iz Allohga toat-ibodat qilishda) to‘g‘ri ustuvor bo‘lgan zotlarning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib (derlar): «Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar. Bizlar hayoti dunyoda ham, oxiratda ham sizlarning do‘stlaringizdirmiz. Sizlar uchun (jannatda) ko‘ngillaringiz tilagan narsalaringiz bordir va sizlar uchun u joyda istagan narsalaringiz bordir. (Bu) mag‘firatli va mehribon zot tomonidan bo‘lgan ziyofatdir» (Fussilat surasi, 30-32-oyatlar).

«Albatta Parvardigorimiz Allohdir, degan, so‘ngra (to‘g‘ri yo‘lda) ustuvor bo‘lgan zotlar uchun xavfu xatar yo‘qdir va ular g‘amgin bo‘lmaslar. Ana o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda mangu qolurlar», (Ahqof surasi, 13-14-oyatlar) deb aytgan.

85/1. Abu Amr Sufyon ibn Abdullohdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Ey Allohning rasuli, menga Islomdagi bir so‘zni aytingki, men bu haqda sizdan boshqa biror kishidan so‘ramayin», desam, u zot: «Imon keltirdim, deb ayt, so‘ngra istiqomatda bo‘l (ya’ni, Allohga itoat qilib, Unga muxolif bo‘lishdan o‘zingni tiygin)», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:09:23
86/2. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘‘tadil bo‘linglar (g‘uluvga ham ketmanglar, kamchilikka ham yo‘l qo‘ymanglar), to‘g‘ri yo‘lni qasd qilinglar. Bilinglarki, sizlardan birortangiz amali bilan ham najot topa olmaydi», deganlarida, «Siz hammi, ey Allohning rasuli?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hattoki men ham. Faqatgina Alloh rahmati va fazliga olganlargina najot topishadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:10:59
9-BOB
Allohning ulug‘ maxluqotlari, dunyoning foniy bo‘lishi, oxiratning holatlari va bulardan boshqa narsalarda tafakkur qilisollalohu alayhi vasallam bayoni


Alloh taolo:
«Men sizlarga faqat birgina narsani - Alloh uchun juft-juft, yolg‘iz-yolg‘iz holingizda turib, so‘ngra tafakkur qilishingizni tavsiya qilurman» (Saba’ surasi, 46-oyat);

«Osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun (bir yaratguvchi va boshqarib turguvchi Zot mavjud ekanligiga) oyat-alomatlar borligi shubhasizdir. Ular turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar hamda osmonlar va yerning yaralishi haqida tafakkur qilib (deydilar): «Parvardigoro, bu (borliq)ni behuda yaratganing yo‘q! Sen (behuda biron isollalohu alayhi vasallam qilisollalohu alayhi vasallam aybidan) poksan!» (Oli Imron surasi, 190-191-oyatlar).

«Axir ular tuyaning qanday yaratilganiga, osmonning qanday ko‘tarib qo‘yilganiga, tog‘larning qanday tiklanganiga va yerning qanday yoyib-tekislab qo‘yilganicha (ibrat nazari bilan) boqmaydilarmi?! Bas, (ey Muhammad), siz pand-nasihat qiling! Zotan siz faqat bir pand-nasihat qilguvchidirsiz, xolos» (o‘oshiya surasi, 17-21-oyatlar).

«Axir (odamlar) yer yuzida sayru sayohat etishib, o‘zlaridan avvalgi (imonsiz) kimsalarning oqibatlari qanday bo‘lganini ko‘rsalar bo‘lmaydimi?!» (Yusuf surasi, 109-oyat) deb aytgan.

Bu haqda hadislar ham ko‘p bo‘lib, Abu Ya’lo Shaddod ibn Avsdan roziyallohu anhu rivoyat qilingan 66-raqamli hadis bunga dalildir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:12:23
10-BOB
Yaxshi amallarga shoshilish va yaxshi amallarga yuzlanuvchi kishini taraddudga tushmasdan unga tezlasish bayoni


Alloh taolo:
«Bas, yaxshi ishlarga shoshilingiz» (Baqara surasi, 148-oyat);

«Va Parvardigoringiz tomonidan bo‘lg‘usi mag‘firatga hamda taqvodorlar uchun tayyorlab qo‘yilgan eni osmonlar va er barobarida bo‘lgan jannatga shoshilingiz», (Oli Imron surasi, 133-oyat) deb aytgan.

87/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Solih (yaxshi) amallarga shoshinglar. Tez kunlarda qorong‘u kechaning parchalari kabi fitnalar paydo bo‘lurki, kishi mo‘min holatida tong ottirib, kofir holatida kechlatadi. Va mo‘min holatida kechlatib, kofir holatida tong ottiradi. Va dinini dunyoning ozgina matosiga sotib yuboradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:12:33
88/2. Abu Sirva’a Uqba ibn Horisdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Madinada Rasululloh sollalohu alayhi vasallam orqalarida asr namozini o‘qidim. U zot salom berdilar-da, odamlar yelkasini oralab, zavjalari xonasiga tezlik bilan turib ketdilar. Odamlar u zotning shoshilganlaridan xavfga tushishdi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam (hujrai saodatdan) chiqib, odamlarning taajjubga tushganlarini ko‘rib: «Huzurimizda bir miqdor oltin borligi esimga tushib qoldi, u menda to‘xtab xalaqit berishini karih ko‘rib, uni taqsimlab yuborishga amr qilib chiqdim», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:12:41
89/3. Jobirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir kishi Uhud kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Agar o‘ldirilsam, mening (joyim) qaerda bo‘ladi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Jannatda», dedilar. U kishi qo‘lidagi bir nechta xurmolarni otib jangga kirishib ketdi, hattoki, u o‘ldirildi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:12:51
90/4. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, qaysi sadaqaning ajri ulug‘roq?» deganida, u zot: «O’zing sog‘, hirsli, qizg‘anchiq, kambag‘allikdan qo‘rqib, boylikni orzu qilib turgan paytingdagi sadaqang eng ulug‘ ajrlidir. Joning halqumingga yetib borguncha (sadaqa qilishni) kechiktirmagin. Sen (joning xalqumingga borganida) falonchiga unchasi, pistonchiga bunchasi, deb aytasan. Haqiqatda falonchiga bunchasi bo‘ladi (ya’ni, o‘zingga hech qanaqa savob bo‘lmaydi)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:13:22
91/5. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Uhud kuni bir qilichni ushlab: «Buni mendan kim oladi?» deganlarida, sahobalar qo‘llarini cho‘zib, har birlari «men», «men», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kim buni haqqi bilan oladi?» deganlarida, qavm to‘xtadi. Abu Dujona roziyallohu anhu: «Men uni haqqi bilan olaman», deb u qilich bilan mushriklarning boshlarini yora boshladilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:13:31
92/6. Zubayr ibn Adiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Biz Anas ibn Molikning roziyallohu anhu huzurlariga borib Hajjoj zolimdan yetayotgan ozorlar haqida shikoyat qildik. Shunda u zot: «Sabr qilinglar! Chunki biror zamon kelsa, uning so‘nggidan undan-da yomonrog‘i kelur. Bu narsa to Rabbilaringizga yo‘liqquningizcha davom etur. Men buni nabiylaringiz (Muhammad) sollalohu alayhi vasallamdan eshitganman», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:13:46
93/7. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Yetti narsa (kelishidan oldin) yaxshi amallarni qilib qolishga shoshilinglar. Bunda sizlar quyidagi narsalarni kutasizlar, xolos: 1) Kambag‘allik - bu hamma narsani unuttirib yuboradi. 2) Boylik - tug‘yonga ketishga sababchidir. 3) Bemorlik - barcha narsani fasod qiladi. 4) Qarilik - hamma narsani xotirdan chiqarib yuboradi. 5) O’lim - tamom qilib tezlatuvchi. 6) Dajjol -kutilayotgan g‘oib narsalarning eng yomoni. 7) Qiyomat falokatlarning eng og‘iri va achchig‘idir», dedilar. (Inson mana shu yetti narsa kelmasidan oldin vaqtni g‘animat bilib, oxirat uchun tayyorgarligini qilib qo‘ymog‘i lozim... - tarj.) Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:14:42
94/8. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Xaybar kuni: «Bu bayroqni bir kishiga beramanki, uni Alloh va rasuli yaxshi ko‘radi hamda uning qo‘lida Alloh fath qiladi», dedilar. Umar roziyallohu anhu: «Amirlikni sevmas edim. Faqat o‘sha kuni orzu qildim. Va meni chaqirishlarini umid qilib, baland-baland bo‘lib ko‘tarilib turdim», dedilar. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Ali ibn Abu Tolibni chaqirib, bayroqni unga berdilar. Va: «Alloh senga fath qilgunicha u yoq-bu yoqqa qaramasdan olg‘a yur», dedilar. Ali roziyallohu anhu biroz yurib to‘xtadilar-da, u yoq-bu yoqqa qaramasdan: «Ey Allohning rasuli! Nima niyatda odamlar bilan jang qilay?» deb baqirdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad Uning rasuli, deb guvohlik berishgunicha jang qilaver. Qachon shunday qilishsa, sendan o‘z qonlari va mollarini saqlab qolishadi. Faqatgina shariat haqqi bilan javobgarlikka tortiladi (ya’ni, shariat man qilgan jinoyat sodir qilsa, jazoga tortiladi). Ularning hisobi esa Allohning O’zigadir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:15:59
11-BOB
Yaxshi amallarga jiddu-jahd qilisollalohu alayhi vasallam bayoni


Alloh taolo:
«Bizning (yo‘limizda) jihod qilgan - kurashgan zotlarni albatta O’z yo‘llarimizga hidoyat qilurmiz. Aniqki, Alloh chiroyli amal qilguvchi zotlar bilan birgadir» (Ankabut surasi, 69-oyat);

«Toinki sizga aniq narsa (ya’ni, o‘lim soati) kelgunicha Parvardigoringizga ibodat qiling!» (Hijr surasi, 99-oyat).

«Parvardigoringizning nomini (mudom) yod eting va Unga butunlay berilib, (chin ixlos bilan bandalik qiling)» (Muzzammil surasi, 8-oyat).

«Bas, kim (hayoti-dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa, (Qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur» (Zalzala surasi, 7-oyat).

«O’zlaringiz uchun taqdim qiladigan har bir yaxshilikni (Qiyomat kuni) Allohning huzurida yanada yaxshiroq va ulug‘roq ajr-mukofot holida topursizlar» (Muzzammil surasi, 20-oyat).

«Qanday yaxshilik qilsangiz, bas, albatta Alloh uni bilguvchidir». (Baqara surasi, 273-oyat) deb aytgan.

95/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Kimki Mening do‘stlarimga dushmanlik qilsa, Men unga urusollalohu alayhi vasallam e’lon qilaman. Bandam farzlarimga amal qilganchalik boshqa biror narsada Menga yaqin bo‘la olmaydi. Bandam Menga nafllar bilan yaqin bo‘lishda bardavom bo‘ladi, hatto Men uni yaxshi ko‘rib qolaman. Agar yaxshi ko‘rib qolsam, eshitadigan qulog‘i, ko‘radigan ko‘zi, ushlaydigan qo‘li, yuradigan oyog‘i bo‘laman. Agar Mendan so‘rasa, uni beraman. Agar Mendan panoh so‘rasa, panohimga olaman», dedi». Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:16:09
96/2. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Rabbilari azza va jalladan quyidagilarni rivoyat qildilar: «Agar banda Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir gaz yaqinlashaman. Agar Menga bir gaz yaqinlashsa, Men unga bir quloch yaqinlashaman. Agar Menga yurib kelsa, Men unga tez yugurib boraman (ya’ni, bandam har turli ibodat va yaxshiliklar bilan Menga yaqin bo‘lsa, Men undan ziyoda inoyat va karamlarim bilan mehribonlik qilaman - tarj...)». Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:16:34
97/3. Ibn Abbosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ikki ne’mat borki, u haqda kishilarning ko‘pchiligi ziyon topib, bebahra qolishadi. Sihhat-salomatlik va bo‘sh vaqt», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:16:44
98/4. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam kechalari (namozda) turganlaridan oyoqlari shishib ketardi. «Ey Allohning rasuli! Alloh sizning oldingi-yu keyingi gunohlaringizni kechirgan bo‘lsa, nima uchun bunday qilyapsiz?» desam, u zot: «Shukr etuvchi banda bo‘lmayinmi?» dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:16:55
99/5. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam agar (Ramazon oyining oxirgi) o‘n kuni kirsa, butun kechani ibodat bilan o‘tkazib, bunga ahli ayollarini ham uyg‘otardilar. O’zlari ko‘p g‘ayrat qilib, ibodat uchun belbog‘larini mahkam bog‘lardilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:17:08
100/6. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kuchli mo‘min Alloh taologa kuchsiz mo‘mindan mahbubroqdir. Har birlarida yaxshilik bordir. Senga foydasi bor narsaga haris bo‘l. Allohdan yordam so‘ra. Ojiz bo‘lmagin. Agar senga biror musibat yetsa, unday qilganimda, bunday bo‘lardi, demagin. Lekin Allohning taqdiri, nimani xohlasa, o‘shani qiladi, degin. Chunki «agar» so‘zi shayton amali uchun yo‘l ochadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:17:37
101/7. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Do‘zax (nafs xohlaydigan) shahvatlar bilan o‘rab qo‘yilgandir. Jannat (nafs xohlamaydigan) karohiyatli narsalar bilan o‘rab qo‘yilgandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:18:17
102/8. Abu Abdulloh Huzayfa ibn Yamondan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Kechalarning birida Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga namoz o‘qidim. U zot Baqara surasini o‘qiy boshladilar. Men yuzinchi oyatda ruku’ qilsalar kerak, desam, u zot davom ettirdilar. Baqara surasini bir rakatga o‘qisalar kerak, desam, u zot yana davom ettirdilar. Endi ruku’ qilsalar kerak, desam, u zot Niso surasini o‘qiy boshladilar. So‘ngra Oli-Imron surasini o‘qiy boshladilar. O’qiganlarida oxista, harflarini aniq qilib tilovat qilardilar. Agar tasbeh oyati o‘tsa, tasbeh aytardilar. Agar so‘rasollalohu alayhi vasallam oyati kelsa, so‘rardilar. Agar panoh tilasollalohu alayhi vasallam oyati kelsa, panoh tilardilar. So‘ngra ruku’ qilib, unda «Subhona robbiyal aziym», deb aytdilar. Ruku’lari tik turishlariga yaqin bo‘ldi. So‘ngra «Sami’allohu liman hamidah, robbana lakal hamd», deb uzun tik turdilar. U tik turishlari ruku’lariga yaqin bo‘ldi. So‘ngra sajda qilib «Subhana robbiyal a’lo», deb sajda qildilar. Sajdalari ham tik turganlariga yaqin bo‘ldi». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:19:02
103/9. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Bir kecha Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga namoz o‘qidim. U zot qiyomni uzun qilganlaridan yomon bir ishni qasd qildim (lekin uni qilmadim)». «Qasd qilgan o‘sha narsa nima?» deb so‘ralganida, Ibn Mas’ud raziyallohu anhu: «O’zim o‘tirishni qasd qilib, u zotni tik qoldirisollalohu alayhi vasallam edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:19:22
104/10. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «O’lgan odamga uch narsasi - ahli, moli va amali ergashadi. Ikkitasi - ahli va moli qaytib kelib, amali (u bilan birga) qoladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:19:33
105/11. Ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Jannat sizlardan biringizning poyabzalining ipidan ham yaqindir. Do‘zax ham shu kabidir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:19:45
106/12. Abu Firos Rabiy’a ibn Ka’b al-Aslamiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. (Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xodimlari hamda ahli suffalardan edilar.) «Men Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga tunni o‘tkazib, u zotning tahorat va boshqa ehtiyojlariga suv tutardim. Bir kuni u zot: «Mendan nima so‘raysan?» dedilar. Men: «Siz bilan jannatda hamroh bo‘lsam», dedim. «Balki bundan boshqa narsa ham so‘rarsan?» dedilar. Men: «O’shaning o‘zini so‘rayman», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Unday bo‘lsa, sajdani ko‘paytirisollalohu alayhi vasallam bilan o‘zingga meni yordamchi qil», dedilar (ya’ni, sendan namoz, mendan duo bo‘lib tursa, inshaalloh, maqsadingga yetishasan)». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:19:53
107/13. Savbondan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «O’zingga ko‘p sajda qilishni lozim tut. Chunki Allohga biror sajda qilsang, U Zot o‘sha sajda sababli darajangni ko‘tarib, xatolaringni o‘chiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:20:01
108/14. Abu Safvon Abdulloh ibn Busr al-Aslamiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kishilarning yaxshisi umri uzun bo‘lib, amali chiroyli bo‘lganidir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:20:11
109/15. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Amakim Anas ibn Nazr roziyallohu anhu Badr urushida yo‘q edilar. Bu zot (kelib): «Ey Allohning rasuli, mushriklar bilan urushilgan avvalgi jangda yo‘q edim. Agar Alloh mushriklar bilan bo‘ladigan urushda ishtirok etishimni nasib qilsa, nima qilishimni Alloh kishilarga ko‘rsatur», dedilar. Qachonki, Uhud kuni bo‘lib musulmonlar orqaga chekinishganida, bu zot: «Allohim, mana bular, ya’ni sahobalar qilayotgan narsada kechirim so‘rayman. Mana bular, ya’ni mushriklar qilayotgan narsada esa o‘zimni oqlayman», dedilar. Keyin oldinga yurib, yo‘lda Sa’d ibn Muozga yo‘liqdilar. «Ey Sa’d ibn Muoz, Ka’baning Rabbisiga qasamki, men Uhud tomondan jannat hidini topyapman», dedilar. Sa’d ibn Muoz: «Ey Allohning rasuli, u qilgan narsani men qilishga qodir emas edim», dedilar. Ushbu hadis roviysi Anas roziyallohu anhu aytdilar: «Biz uning (badanida) sakson nechta ham qilich urilgan yo nayza sanchilgan yoki kamon o‘qi otilgan va o‘lik hamda badani majruh etilgan holatda topdik. Uni hech kim taniy olmadi. Faqatgina singlisi barmog‘idan tanib oldi. Bizning fikrimiz yoki gumonimizga quyidagi oyat Anas ibn Nazr va u kishi kabilar haqida nozil bo‘lgan: «Mo‘minlar orasida o‘zlari Allohga bergan (U zotning yo‘lida jihod qilib, shahid bo‘lisollalohu alayhi vasallam haqidagi) ahdu paymonlariga sodiq bo‘lgan kishilar bordir. Bas, ulardan (ayrim) kishilar o‘z ahdiga vafo qildi (ya’ni, shahid bo‘ldi). Ulardan ayrim kishilar esa (shahid bo‘lishga) intizordir. Ular (munofiqlarga o‘xshab Allohga bergan ahdu paymonlarini) o‘zgartirganlari yo‘q» (Ahzob surasi, 23-oyat)». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:20:19
110/16. Abu Mas’ud Uqba ibn Amr Ansoriy al-Badriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Sadaqa oyati nozil bo‘lganida, biz orqamizda yuk tashib (undan tushgan pulni sadaqa qilar edik). Bir kishi kelib ko‘p narsa sadaqa qildi. Kishilar uni riyokor, deyishdi. Boshqa bir kishi kelib bir so’ narsa sadaqa qildi. Kishilar: «Alloh bu bir so’ narsadan behojatdir!» deb aytdilar. Shunda quyidagi oyat nozil bo‘ldi: «Mo‘minlar orasidan o‘z xohishi bilan sadaqotlar qiluvchi kishilarni va (infoq-ehson qilisollalohu alayhi vasallam uchun) kuchlari yetgan narsani topib kelgan kishilarni ayblab, masxara qiladigan kimsalarni Alloh masxara qilur va ular uchun alamli azob bordir» (Tavba surasi, 79-oyat)». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:22:22
111/17. Said ibn Abdulaziz Rabiy’a ibn Yaziddan, u Abu Idris Xuvloniydan, u Abu Zarr Jundub ibn Junodadan raziyallohu anhu, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Alloh taboraka va taolodan quyidagilarni rivoyat qildilar: «Alloh taolo: «Ey bandalarim, O’zimga zulmni harom qildim va uni oralaringizda ham harom qildim. Bas, bir-birlaringizga zulm qilmanglar. Ey bandalarim, barchangiz zalolatdasiz. Faqatgina Men hidoyat qilganlargina to‘g‘ri yo‘ldadir. Shunday ekan, hidoyatni Mendan talab qilinglar. O’zim sizlarni hidoyat qilaman. Ey bandalarim, barchangiz ochdirsiz. Faqatgina Men taomlantirganlargina bunday emas. Bas, shunday ekan, Mendan taom talab qilinglar, sizlarni (O’zim) taomlantiraman. Ey bandalarim, barchangiz yalang‘ochdirsiz. Faqatgina Men kiyintirganlargina bunday emas. Kiyinishni Mendan talab qilinglar, Men sizlarni (O’zim) kiyintiraman. Ey bandalarim, sizlar kecha-yu kunduz xato qilasizlar. Men esa gunohlaringizning barchasini kechiraman. Bas, shunday ekan, Mendan istig‘for talab qilinglar, sizlarning gunohingizni (O’zim) kechiraman. Ey bandalarim, Menga zarar bermoqchi bo‘lsangiz, hargiz zarar bera olmaysiz. Va Menga foyda bermoqchi bo‘lsangiz ham, hargiz foyda bera olmaysiz. Ey bandalarim, agar avvallaringiz va oxirlaringiz, ins va jinlaringiz taqvoli qalb kishisi bo‘lishsa, mulkimda biror narsa ziyoda bo‘lib qolmaydi. Ey bandalarim, agar avvallaringiz va oxirlaringiz, ins va jinlaringiz fojir qalb kishisi bo‘lishsa, mulkimdan biror narsa kamayib qolmaydi. Ey bandalarim, agar avvallaringiz va oxirlaringiz, ins va jinlaringiz bir tepalikda turib Mendan so‘rashsa, Men har bir kishi so‘ragan narsasini bersam ham, huzurimdagi biror narsa kamaymaydi. Faqatgina dengizga ignani bir marta tiqib olgandagi kamayganchalik ozayadi, xolos. Ey bandalarim, u sizlarning amalingizdir. Men amallaringizni hisoblab saqlab qo‘yaman. Keyin uni mukammal qilib topshiraman. Kimki uning yaxshisini topsa, Allohga hamd aytsin. Kimki bundan boshqasini topsa, faqatgina o‘zini malomat qilsin», dedi».

Said aytdilar: «Abu Idris agar mana shu hadisni gapirsalar, tiz cho‘kib o‘tirardilar». Imom Muslim rivoyatlari.

Imom Ahmad ibn Hanbal raziyallohu anhu: «Shom ahliga mana shu hadisdan ko‘ra sharafliroq hadis yo‘qdir», deb aytganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:22:35
12-BOB
Umr oxirida yaxshiliklarni ko‘paytirishga targ‘ib qilisollalohu alayhi vasallam bayoni


Alloh taolo:
«Axir Biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek uzun umr   bermaganmidik?! Sizlarga ogohlantirguvchi (payg‘ambar) ham kelgan edi-ku!» (Fotir surasi, 37-oyat) deb aytgan.

Ibn Abbos va muhaqqiq olimlar «... uzun umr bermaganmidik»ning ma’nosi «oltmish   yil umr
bermaganmidik»dir, deyishdi. Quyidagi zikr qiladigan hadisimiz bu ma’noni quvvatlab keladi. Ba’zilar buni o‘n sakkiz yil, deyishdi. Yana boshqalar qirq yil, deyishdi.

Hasan, Kalbiy, Masruqlar Ibn Abbosdan roziyallohu anhu quyidagilarni naql qilishdi: «Madina ahlidan birortasining yoshi qirqqa yetsa, o‘zini ibodat qilisollalohu alayhi vasallam uchun bag‘ishlar edi».

Ba’zilar balog‘at yoshi, deyishdi.
Ibn Abbos va jumhur ulamolar «Sizlarga ogohlantirguvchi ham kelgan edi-ku!» oyatidan maqsad Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdirlar, deyishdi.

Ikrima, Ibn Uyayna va boshqalar bu oyatdan maqsad soch-soqolning oqarishidir, deyishdi.

112/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo bir kishiga oltmisollalohu alayhi vasallam yoshga yetgungacha ajalini kechiktirsa, uzr uchun (o‘rin) qoldirmadi», dedilar (ya’ni, shu muddatgacha muxlat beribdimi, demak, uzrga o‘rin yo‘q). Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:23:06
113/2. Ibn Abbosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Umar roziyallohu anhu meni Badr ishtirokchilarining katta yoshlilari bilan birga (huzurida bo‘ladigan majlisga) kiritdi. Go‘yoki ularning ba’zilari ranjib: «Bolamiz tengqur bu bola nima uchun biz bilan kirmoqda?» deyishdi. Umar raziyallohu anhu: «Ibn Abbos kim ekanini (ya’ni, Rasulullohga qarindosollalohu alayhi vasallam va doim suhbatda bo‘lganlarini) bilasizlarmi?» dedilar. Bir kuni Umar roziyallohu anhu meni chaqirib, ular bilan kirgizdilar. O’sha kuni faqat meni ularga ko‘rsatisollalohu alayhi vasallam uchungina shunday qildilar. Va: «Allohning so‘zidagi «Iza jaa nasrullohi valfath» oyati haqida nima deysizlar?» deganlarida, ba’zilar: «Agar nusrat berilib, bizga fath etilsa, Allohga hamd va istig‘for aytishga buyurildik», deyishdi. Ba’zilar hech narsa demay sukut qilishdi.

Shu payt Umar roziyallohu anhu «Ey Ibn Abbos, sen ham shunday deysanmi?» deganlarida, «Yo‘q», deb aytdim. Umar: «Unda nima deysan?» dedilar. Men: «Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ajallaridir. Uni bu zotga bildirmoqda», dedim. (Ya’ni, «Agar Allohning nusrati va fathi kelsa» - bu yetgan ajalning alomatidir, «Bas, Rabbingga hamd ayt va mag‘firat so‘ra. Zero, U tavbalarni qabul qilguvchi bo‘lgan Zotdir».) Umar roziyallohu anhu: «Sen aytgan narsanigina bilaman, xolos», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:23:38
114/3. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam «Iza jaa nasrullohi valfath» surasi tushganidan keyin namoz o‘qiydigan bo‘lsalar, unda «Subhanaka robbana va bihamdika Allohumma ig‘firliy», ya’ni «Rabbimiz, Senga hamd aytisollalohu alayhi vasallam ila Seni poklab yod etaman. Allohim, meni mag‘firat qilgin», deb aytardilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

«Sahihayn»da kelgan boshqa bir rivoyatda: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ruku’ va sajdalarda «Subhanaka, Allohumma robbana vabihamdika, Allohumma ig‘firliy» (ya’ni: «Allohim, Seni poklab yod eturman. Rabbimiz, Senga hamd aytaman. Allohim, meni mag‘firat qil»), deb aytardilar. Qur’onda shunday buyurilgani uchun bunga amal qilardilar. Ya’ni, «Rabbingga hamd aytisollalohu alayhi vasallam bilan Uni poklab yod etgin va istig‘for ayt» oyatidan ta’vil qilardilar», deyiladi.

Imom Muslimning boshqa bir rivoyatlarida: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam vafot etishlaridan oldin «Subhanaka va bihamdika astag‘firuka vaatubu ilayka», deb aytishni ko‘paytirdilar. Oisha raziyallohu anhu: «Ey Rasululloh, bu qanday kalimalarki, (aytmas edingiz) endi yangitdan aytyapsiz-a?» desalar, u zot: «Mening ummatimga bir alomat qilindi. Agar uni ko‘rsam, bu kalimalarni aytaman. O’sha alomat «Iza jaa nasrullohi valfathu» surasining oxirigachadir», dedilar», deyilgan.

Boshqa yana bir rivoyatlarida Oishadan roziyallohu anhu aytiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Subhanallohi va bihamdihi astag‘firulloha va atubu ilahi», deb aytishni ko‘paytirdilar. Shunda men: «Ey Allohning rasuli, siz «Subhanallohi va bihamdihi astag‘firulloha va atubu ilahi», deb aytishni ko‘paytiryapsiz-a?» desam, u zot: «Rabbim menga ummatimda bir alomat ko‘rishimning xabarini berdi. Agar o‘sha alomatni ko‘rsam, «Subhanallohi va bihamdihi astag‘firulloha va atubu ilahi»ni aytishni ko‘paytirdim. Haqiqatda men o‘sha alomatni ko‘rdim. U - «Iza jaa nasrullohi val fathu» surasining oxirigacha ekan», dedilar».

Ma’nosi: «Qachonki, Allohning yordami va g‘alabasi kelsa va odamlar to‘p-to‘p bo‘lishib, Allohning dini (Islom)ga kirayotganlarini ko‘rsangiz, darhol Parvardigoringizga hamd aytisollalohu alayhi vasallam bilan poklab yod eting va U Zotdan mag‘firat so‘rang! Zero, U tavbalarni qabul qilguvchi bo‘lgan Zotdir» (Nasr surasi, 1-3-oyatlar).
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:23:47
115/4. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Alloh azza va jalla Rasululloh sollalohu alayhi vasallam vafotlaridan oldin vahiyni orqama-orqa tushirdi, hattoki Rasululloh sollalohu alayhi vasallam vahiy ko‘p tushib turgan paytda vafot etdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:24:04
116/5. Jobirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Har bir banda qanday o‘lgan bo‘lsa, o‘sha holatida qayta tiriltiriladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:24:49
13-BOB
Yaxshilikning yo‘llari ko‘p ekanligi bayoni


Alloh taolo:
«Qanday yaxshilik qilsangiz, shubhasiz Alloh uni bilguvchidir» (Baqara surasi, 215-oyat);

«Qanday yaxshi amal qilsangiz, albatta Alloh biladi» (Baqara surasi, 197-oyat);

«Bas, kim (hayoti-dunyodalik paytida) zarra misqolicha yaxshilik qilsa, (Qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur» (Zalzala surasi, 7-oyat);

«Kim biron yaxshilik qilsa, bas, o‘zi uchun (ya’ni, o‘z foydasiga qilgan) bo‘lur» (Josiya surasi, 15-oyat) deb aytgan.

117/1. Abu Zarr Jundub ibn Junodadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli, qaysi amal afzal?» desam, u zot: «Allohga imon keltirisollalohu alayhi vasallam va Uning yo‘lida jihod qilish», dedilar. «Qaysi qulni ozod qilisollalohu alayhi vasallam yaxshiroq?» desam, u zot: «Egalari huzurida yaxshirog‘i va narxi qimmat bo‘lganini», dedilar. «Agar bularni qila olmasam-chi?» desam, u zot: «Hunarmandga yordam ber yoki hunari yo‘qni isollalohu alayhi vasallam bilan ta’minla!» dedilar. «Bu ishlarning ba’zisini ham qila olmasam-chi?» desam, u zot: «Odamlarga yomonlik qilishdan tiyilgin. Chunki u ham sendan bo‘lgan sadaqadir», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:24:59
118/2. Abu Zarrdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Sizlardagi har bir bo‘g‘imingiz uchun har kuni tong otganida sadaqa bordir. Har bir tasbehingiz (ya’ni, «Subhonalloh», deyishingiz) sadaqadir. Har bir hamdingiz (ya’ni, «Alhamdulillah», deyishingiz) ham sadaqadir. Har bir tahlilingiz (ya’ni, «La ilaha illalloh», deyishingiz) ham sadaqadir. Har bir takbiringiz (ya’ni, «Allohu akbar», deyishingiz) ham sadaqadir. Yaxshilikka buyurishingiz hamda yomonlikdan qaytarishingiz ham sadaqadir. Choshgoh (zuho) paytidagi ikki rakat o‘qigan namozingiz bularning barchasiga o‘zi kifoya qiladi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:25:08
119/3. Abu Zarrdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga ummatimning yaxshi va yomon amallari ko‘rsatildi. Yo‘ldan aziyat beruvchi narsalarni olib tashlanishini yaxshi amallar sirasidan topdim. Masjidga balg‘amini tashlab ko‘mib qo‘yilmaganini yomon amallar sirasidan topdim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:25:21
120/4. Abu Zarrdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Odamlar: «Ey Allohning rasuli, badavlat kishilar ajr olishda o‘zib ketishdi. Ular ham biz o‘qigandek namoz o‘qishadi va biz tutgandek ro‘za tutishadi. Va (kamiga) ehtiyojlaridan ortiqcha mollarini sadaqa ham qilishadi», deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh sizlarga ham sadaqa qiladigan narsalarni bermadimi? Albatta har bir tasbehingiz sadaqa, har bir takbiringiz sadaqa, har bir hamdingiz sadaqa, har bir tahlilingiz sadaqa. Yaxshilikka buyurishingiz sadaqa. Yomonlikdan qaytarishingiz sadaqa. Ayolingiz bilan shar’iy qovushishingiz ham sadaqa», dedilar. Shunda sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Bizlardan birortamiz shahvatini qondirsa ham, savob bo‘ladimi?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’sha shahvatini harom yo‘l bilan qondirsa, gunoh bo‘ladimi? Shu singari halol yo‘l bilan qondirsa, savob bo‘ladi-da», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:25:33
121/5. Abu Zarrdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam menga: «Yaxshiliklardan birortasini past sanamagin. Agar birodaringga ochiq yuz bilan yo‘liqib bo‘lsa ham», dedilar (ya’ni, birodaringga ochiq yuz bilan yo‘liqisollalohu alayhi vasallam ham yaxshilikdir)». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:25:50
122/6. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har kun quyosollalohu alayhi vasallam chiqishi bilan kishining har bir bo‘g‘imiga sadaqa lozimdir. Ikki kishining orasini isloh etisollalohu alayhi vasallam ham sadaqadir. Uloviga chiqayotganda ko‘tarishib qo‘yilsa yoki yukini yuklashib berilsa, u ham sadaqadir. Muloyim so‘z ham sadaqadir. Namozga yurib borilgan har bir qadam ham sadaqadir. Yo‘ldan aziyat beruvchi narsalarni olib tashlasollalohu alayhi vasallam ham sadaqadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning Oishadan roziyallohu anhu qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Odam bolalaridan barcha kishi uch yuz oltmisollalohu alayhi vasallam bo‘g‘im bilan yaratilgan. Kimki Allohni ulug‘lasa (Allohu akbar, desa), Allohga hamd aytsa (Alhamdulillah, desa), Allohga tahlil aytsa (La ilaha illalloh, desa), Allohga tasbeh aytsa (Subhonalloh, desa), Allohga istig‘for aytsa (Astag‘firulloh, desa) va kishilarning yo‘lidan tosollalohu alayhi vasallam yoki tikan yo suyakka o‘xshasollalohu alayhi vasallam narsalarni olib tashlasa hamda yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarsa, savobi uch yuz oltmishtaga yetib, ana shu kunda bu kishi do‘zaxdan o‘zini uzoq qilib yuribdi», dedilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:25:58
123/7. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ertalab va kechqurun masjidga borsa, Alloh taolo unga jannatda har erta-kech borganda ziyofat tayyorlab qo‘yadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:26:23
124/8. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey muslima ayollar, bir ayol boshqa bir ayolga qo‘yning tuyog‘ini berishlikdagi yaxshilikni ham past sanamanglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:26:34
125/9. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Imonning yetmisollalohu alayhi vasallam nechta yoki oltmisollalohu alayhi vasallam nechta ham (sho‘‘ba) bo‘lagi bordir. Ularning afzali «La ilaha illalloh»dir. Eng pasti yo‘ldan aziyat beruvchi narsani olib tashlashdir. Hayo ham o‘sha imon bo‘laklaridan biridir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:26:51
126/10. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi yo‘lda keta turib, chanqog‘i kuchaydi-da, bir quduqni topib, unga tushib suv ichdi. So‘ngra u yerdan chiqqanida bir it (chanqaganidan) tilini chiqarib, tuproqqa bag‘rini berib yotardi. Shunda haligi kishi: «Bu itga ham menga bo‘lgani kabi chanqoqlik yetibdi», deb quduqqa tushib mahsisiga suv to‘ldirdi-da, uni og‘zida ushlab ko‘tarildi va itni suv ila sug‘ordi. Alloh bu ishidan minnatdor bo‘lib, uning gunohini kechirdi», dedilar. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Bizga hayvonlarda ham savob bormi?» deyishganida, u zot: «Har bir xo‘l jigarli (tirik jonzot)da savob bordir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Buxoriyning boshqa bir rivoyatlarida esa: «Alloh undan minnatdor bo‘lib, gunohini kechirib, jannatga kiritdi», deyilgan.

Ikkovlarining yana bir boshqa rivoyatlarida: «Bir it quduq atrofida chanqoqlikdan o‘lar holatga kelib qolay, deb aylanib yurganida, Bani Isroildan bir fohisha ayol mahsisini yechdi-da, suv olib, uni sug‘ordi. Shu amali sababli gunohlari kechirildi», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:27:01
127/11. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonlarga yo‘l o‘rtasida ozor berayotgan daraxtni kesib tashlagan bir kishining jannatda huzur-halovat ila yashayotganini ko‘rdim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Boshqa bir rivoyatda: «Bir kishi yo‘ldan o‘tayotib, o‘rtadagi daraxt shoxini (ko‘rib): «Allohga qasamki, men buni musulmonlarga aziyat bermasligi uchun chetlashtiraman», deganida, u jannatga kiritildi», deyilgan.

Ikkovlarining boshqa bir rivoyatlarida: «Bir kishi keta turib yo‘lda tikonli shoxni ko‘rib, uni chetga olib qo‘ydi. Alloh undan mamnun bo‘lib, gunohini kechirdi», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:27:10
128/12. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim chiroyli tahorat qilib, so‘ngra juma namoziga borib, (xutbaga) jim turib quloq tutsa, o‘sha juma bilan keyingi juma orasidagi va bunga uch kun qo‘shib (hammasi bo‘lib, o‘n kun orasidagi) gunohlari kechiriladi. Kim toshlarni ushlab (o‘ynasa), befoyda (lag‘v) ishni bajaribdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:27:17
129/13. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar musulmon yoki mo‘min banda tahorat qilib yuzini yuvsa, ko‘zi bilan qilgan barcha xatolari yuzidan suv bilan yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi. Agar qo‘lini yuvsa, qo‘li orqali qilgan barcha xatolari qo‘lidan suv bilan yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi. Hattoki, gunohlardan pokiza holda chiqadi. Agar ikki oyog‘ini yuvsa, oyog‘i bilan qilgan barcha xatolari suv bilan birga yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi, hattoki u gunohlardan pokiza holda chiqadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:27:35
130/14. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Besollalohu alayhi vasallam vaqt oralig‘idagi, jumadan jumagacha, ramazondan ramazongacha bo‘lgan gunohlar, agar kabirasidan chetlanilsa, kechiriladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:27:42
131/15. Abu Hurayradan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Xatolarni o‘chirib, darajalarni ko‘taradigan narsaga dalolat qilaymi?» deganlarida, sahobalar: «Ha», deyishdi. Shunda u zot: «Qiyinchilik paytida tahoratni mukammal qilisollalohu alayhi vasallam va masjidga qadamni (borishni) ko‘paytirisollalohu alayhi vasallam hamda namozdan keyin namozni kutish. Mana shu narsalar Alloh yo‘lida jihod kabidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:27:50
132/16. Abu Muso al-Ash’ariydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki bomdod va asr namozlarini o‘qisa, jannatga kiradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:27:58
133/17. Abu Muso al-Ash’ariydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar banda kasal yoki musofir bo‘lib (bajarayotgan amallarini qila olmasa), unga muqim va sog‘lomlik paytida amal qilganidek savob yoziladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:28:07
134/18. Jobirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Har bir yaxshilik sadaqadir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Muslim esa mana shu lafzdagi hadisni Huzayfadan roziyallohu anhu rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:28:26
135/19. Jobirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Biror musulmon kishi ko‘chat o‘tqazadigan bo‘lsa, undan yeyilsa ham, o‘g‘irlansa ham, kamaytirilsa ham, egasiga sadaqa bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Boshqa bir rivoyatlarida: «Musulmon kishi ko‘chat o‘tqazsa va undan odamlar, hayvonlar, qushlar yesa, egasiga Qiyomat kunigacha sadaqa bo‘ladi», deyilgan.

Yana bir boshqa rivoyatlarida: «Musulmon kishi ko‘chat o‘tqazib va biron ekin eksa, undan odamlar, hayvonlar va biror narsa yesa, egasiga sadaqa bo‘ladi», deyilgan. Buxoriy va Muslimlar barchasini Anasdan r.a. rivoyat qilishgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:29:24
136/20. Jobirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bani Salama masjid yaqiniga ko‘chishni xohlashganida, bu xabar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetib keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sizlar masjid yaqiniga ko‘chib kelishni xohlayapsizlarmi?» deganlarida, ular: «Ha, ey Allohning rasuli, biz shuni xohlayapmiz», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’z joylaringizni (qo‘ldan boy bermay) saqlang. Qadamlaringizga (savob) yoziladi. O’z joylaringizni (qo‘ldan boy bermay) saqlang. Qadamlaringizga (savob) yoziladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda: «Har bir qadam uchun daraja bordir», deyilgan.

Imom Buxoriy ham shu ma’nodagi hadisni Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:29:48
137/21. Abu Munzir Ubay ibn Ka’bdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Bir kishi (bu kishining kimligini bilmayman) masjiddan uzoqroq joyda turardi-da, biror namozni qoldirmas edi. U kishiga «Agar bir eshak sotib olib, uni qorong‘u zulmatda va qattiq issiq bo‘lganda minib kelsang bo‘lmaydimi?» deb aytganimda, u kishi: «Manzilim masjid yonida bo‘lishi meni xursand qilmaydi. Men masjidga borishimdagi va ahlimga qaytishimdagi qadamlarimga (savob) yozilishini xohlayman», dedi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam (buni eshitib): «Alloh taolo senga bu narsalarning hammasini jamlab berdi», dedilar ». Imom Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda: «Senga umid qilgan savobing (berildi)», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:30:04
138/22. Abu Muhammad Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qirqta xislat bor, ularning eng oliysi - sutini sog‘ib ichisollalohu alayhi vasallam uchun echkisini bermoqlikdir. Kimki mana shu xislatlardan birortasiga savob umidida va va’da qilingan narsaga ishongan holda amal qilsa, Alloh taolo jannatga kiritadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:30:26
139/23. Adiy ibn Hotamdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xurmoning yarmini (berib bo‘lsa ham) do‘zaxdan saqlaninglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Buxoriy va Muslimning boshqa rivoyatlarida quyidagicha aytiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarning har biringiz bilan Rabbingiz (Qiyomatda) o‘rtaga tarjimon qo‘ymay so‘zlashadi. U kishi o‘ng tomoniga qaraydi. Bas, qilgan amalidan boshqa narsani ko‘rmaydi. Chap tomoniga qaraydi. Bas, qilgan amalidan boshqa narsani ko‘rmaydi. Oldiga qaraydi. Bas, ro‘parasida do‘zaxdan boshqa narsani ko‘rmaydi. Shunday ekan, xurmoning yarmini (berib bo‘lsa ham) do‘zaxdan saqlaninglar. Kim buni ham topa olmasa, yaxshi so‘zlarni aytib bo‘lsa ham (do‘zaxdan o‘zini saqlasin)», dedilar».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:30:40
140/24. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror ovqatni yeb hamd aytgan, biror ichimlik ichib hamd aytgan bandasidan Alloh taolo albatta rozi bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:31:24
141/25. Abu Musodan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir musulmonga sadaqa (qilish) lozim», deganlarida, «Agar uni topa olmasa-chi?» deb aytishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qo‘li bilan ishlab topib o‘zi ham foydalanadi va sadaqa ham qiladi», dedilar. «Agar bunga ham qodir bo‘lmasa-chi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bechorahol muhtojga yordam bersin», dedilar. «Agar bunga ham qodir bo‘lmasa-chi?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilikka buyursin», dedilar. «Agar buni ham qila olmasa-chi?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yomonlikdan o‘zini tiysin. Shunday qilishi ham sadaqadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:31:50
14-BOB
Toat-ibodatda o‘rta hol bo‘lisollalohu alayhi vasallam bayoni


Alloh taolo:
«Biz sizga bu Qur’onni qiynalib jafo chekishingiz uchun nozil qilmadik» (Toha surasi, 2-oyat);

«Alloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga og‘ir bo‘lishni istamaydi» (Baqara surasi, 185-oyat), deb aytgan.

142/1. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Oisha roziyallohu anhu huzurlariga kirsalar, bir xotin u yerda edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kim?» dedilar. Oisha roziyallohu anhu bu falonchi xotin, deb uning namozni ko‘p o‘qishini zikr qildilar. Rasululloh: «Bas qil, toqating yetadigan narsani lozim tut. Allohga qasamki, ular malol ko‘rishmaguncha Alloh malol ko‘rmaydi. Alloh taologa dinda yaxshi amal qiluvchi unda bardavom bo‘lganidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:32:20
143/2. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Uch nafar kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xotinlari uylariga kelib, u zotning ibodatlari haqida so‘rashdi. Qachonki, ibodatlari haqida xabar berilganida, ular (o‘zlarining amallarini) oz sanab: «Biz qaerda-yu u zot (qaerdalar), holbuki u zotning avvalgi-yu keyingi gunohlari kechirilgan bo‘lsa», deb ulardan biri: «Men hamisha kechasi namoz o‘qiyman», dedi. Ikkinchisi: «Men umrbod ro‘za tutib, (kunduzi) og‘zimni ochmayman», dedi. Uchinchisi: «Ayollardan chetlanib, hecham uylanmayman», deb gapirib turganida, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ular huzuriga kelib: «Sizlar shunday-shunday, deb aytdinglarmi? Allohga qasamki, barchalaringizga nisbatan Allohdan qo‘rquvchi va taqvo qiluvchingizman. Lekin (gohida) ro‘za tutaman va (gohida) og‘zim ochiq bo‘ladi. (Gohida) namoz o‘qiyman va gohida uxlayman. Va xotinlarga uylanaman ham. Kimki sunnatimdan yuz o‘girsa, mendan emas», dedilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:32:34
144/3. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Noo‘rin qattiqlik qilib, chuqur ketuvchilar halok bo‘lishdi», deb uch marta aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:32:54
145/4. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Albatta din osondir. Biror kishi din bilan tortishsa (yo‘llari ko‘p bo‘lgani sababli), uni yengib qo‘yadi. Bas, shunday ekan, o‘rta hol bo‘lgan to‘g‘ri yo‘lni lozim tutib, mo‘‘tadiliga yaqin bo‘linglar. Ibodatning bardavom bo‘lishi uchun kunduzining avvalida va oxirida hamda kechaning oxirida (yordam so‘ranglar)», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

Buxoriyning boshqa bir rivoyatlarida: «To‘g‘ri yo‘lni lozim tutib, mo‘‘tadiliga yaqin bo‘linglar. Kunduzining avvalida va oxirida hamda kechaning oxirida sayr qilib yuringlar, mo‘‘tadillik bilan maqsadlaringizga yetasizlar», deyilgan.

(Hadisdagi «... Kunduzining avvalida va oxirida hamda kechaning oxirgi qismida sayr qilib yuringlar»ning ma’nosi xuddi bilimdon, malakali musofir mana shu zikr qilingan paytlarda yurib, boshqa vaqtda o‘zi ham, ulovi ham dam olib, qiyinchiliksiz maqsad qilgan joyiga yetib olgani kabi sizlar ham qalblaringiz turli narsalardan forig‘ bo‘lib, faol bo‘lib, ibodatdan lazzat olib, malol ko‘rmaydigan mana shu vaqtlarda Allohdan toatga yordam talab qilsangiz, maqsadlaringizga yetasizlar, deganidir.)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:33:11
146/5. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam masjidga kirsalar, ikki ustun orasida cho‘zib qo‘yilgan ip turibdi. Shunda u zot: «Bu qanday ip?» dedilar. Ular: «Zaynabga roziyallohu anhu tegishli ipdir. Agar unda (namozga turishda) dangasalik paydo bo‘lsa, ipga osiladi», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bu ipni yechib tashlanglar. Sizlardan biringiz faolligi paytida namoz o‘qisin. Agar dangasalik paydo bo‘lsa, orom olsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:33:27
147/6. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sizlardan biringiz namoz o‘qiyotgan paytda uyqusi kelib mudroq bossa, toki uyqusi ketgunicha orom olsin. Chunki mudroqlik paytida namoz o‘qisa, istig‘for aytyaptimi, (duoibad qilib) o‘zini so‘kyaptimi, bilmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:34:06
148/7. Abu Abdulloh Jobir ibn Samuradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan namoz o‘qir edim. U zotning namozlari ham, xutbalari o‘rtacha bo‘lar edi (ya’ni, uzun ham emas va qisqa ham emas)». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:34:53
149/8. Abu Juhayfa Vahb ibn Abdullohdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Salmon roziyallohu anhu bilan Abu Dardoni roziyallohu anhu bir-birlariga birodar qilib qo‘ydilar. Salmon roziyallohu anhu Abu Dardoning roziyallohu anhu ziyoratlariga kelib, (u zotning xotinlari) Ummu Dardoni isollalohu alayhi vasallam kiyimida ko‘rdilar. Salmon: «Senga nima bo‘ldi?» deganlarida, Ummu Dardo: «Birodaring Abu Dardoning dunyo bilan ishi bo‘lmay qolgan», dedi. Abu Dardo roziyallohu anhu kelib, Salmonga taom hozirladilar. Va: «Taomdan yegin, men ro‘zadorman», dedilar. Salmon: «Sen bundan yemaguningcha men ham yemayman», deganlarida, Abu Dardo undan yedilar. Qachonki, kechasi bo‘lganida Abu Dardo (namoz o‘qisollalohu alayhi vasallam uchun) o‘rinlaridan turdilar. Salmon roziyallohu anhu u kishiga: «O’tib uxlagin», dedilar. Abu Dardo uxladilar. So‘ngra yana (namoz o‘qisollalohu alayhi vasallam uchun) Abu Dardo roziyallohu anhu o‘rinlaridan turdilar. Salmon roziyallohu anhu uxlagin, dedilar. Kechaning oxiri bo‘lganida Salmon r.a.: «Endi turgin», dedilar. Bas, ikkovlari bir bo‘lib namoz o‘qishdi. Salmon roziyallohu anhu Abu Dardoga: «Albatta sening ustingda Rabbingning hamda nafsing va ahlingning haqqi bordir. Sen barchasining egasiga o‘z haqqini bergin-da», dedilar. Abu Dardo Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga borib, bo‘lib o‘tgan narsalarni zikr qilganlarida, u zot: «Salmon to‘g‘ri aytibdi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:35:46
150/9. Abu Muhammad Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Mening «Hayotimning hammasida kunduzi ro‘za tutib, kechasi qoim bo‘laman», deb aytgan so‘zim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetkazilibdi. Shunda u zot: «Sen (haqiqatda) mana shu gaplarni aytdingmi?» dedilar. Men: «Ota-onam sizga fido, ey Rasululloh, haqiqatda bu so‘zlarni aytdim», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sen bularni qilishga qodir emassan. Ro‘za tutgin, og‘zingni ham ochgin. Uxlagin, qoim ham bo‘lgin. Bir oyda uch kun ro‘za ham tutgin. Chunki bitta yaxshilikka o‘n barobar savob berilur. Sen bu bilan zamonning barchasida ro‘za tutgan bo‘lasan», dedilar. Men: «Bundan-da afzaliga ham toqat qila olaman», desam, u zot: «Unday bo‘lsa, bir kun ro‘za tutib, ikki kun og‘zing ochiq bo‘lsin», dedilar. Men: «Bundan-da afzaliga ham toqat qila olaman», desam, u zot: «Unday bo‘lsa, bir kun ro‘za tutib, bir kun og‘zing ochiq bo‘lsin. Mana shu ro‘zalarning eng to‘g‘risi bo‘lgan Dovud alayhisalomning ro‘zalaridir», dedilar. (Boshqa bir rivoyatda: «U (Dovudning ro‘zalari) ro‘zalarning afzalidir», deyilgan.) Men: «Bundan afzaliga ham toqat qila olaman», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bundan afzali yo‘qdir», dedilar. U zot aytgan uch kunni qabul qilganim menga ahli va molimdan yaxshiroqdir».

Yana bir boshqa rivoyatda quyidagicha aytiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga yetkazilishicha, sen: «Kunduzi ro‘za va kechasi (namoz bilan) qoim bo‘laman», debsan», deganlarida, «Ha, ey Allohning rasuli, shunday», dedim. U zot: «Bunday qilmagin. Ro‘za ham tut, og‘zing ham ochiq bo‘lsin. Uxlagin ham, namoz bilan qoim ham bo‘l. Chunki jasadingning, ko‘zingning, xotiningning hamda mehmonlaringning sening ustingda haqqi bordir. Albatta har oyda uch kun ro‘za tutishing senga kifoya qiladi. Chunki har bir yaxshilik o‘n barobar qilib beriladi. Bu bilan (ya’ni, har oyda uch kun ro‘za tutishing bilan) umringning hammasida ro‘za tutgan bo‘lasan», dedilar. Men qattiqroq bo‘lishini xohlagandim, bas, menga kuchaytirildi. Men: «Quvvatim yetarli bor», dedim. U zot: «Allohning payg‘ambari Dovudning ro‘zasidek ro‘za tutgin. Bundan ziyoda qilmagin», deganlarida, men: «Dovudning ro‘zalari qanaqa edi?» desam, u zot: «Umrning yarmidagi (ro‘za)», deb aytdilar», dedilar Abdulloh. Abdullohning roziyallohu anhu yoshlari ulg‘aygach: «Koshkiydi, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ruxsatlarini qabul qilgan bo‘lsam edi», dedilar.

Yana bir boshqa rivoyatda mana bunday deyiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga yetkazilishicha, sen umringning hammasida ro‘za tutib, har kecha Qur’on o‘qirmishsan?» deganlarida, men: «Ha, ey Allohning rasuli! Bu bilan men faqat yaxshilikni xohlayman», dedim. Shunda u zot: «Sen Allohning payg‘ambari Dovudning ro‘zasi kabi ro‘za tutgin. Chunki u insonlarning eng ibodat qiluvchisi edi. Va Qur’onni har oyda (xatm qilib) o‘qigin», dedilar. Men: «Ey Allohning rasuli, bundan-da afzaliga toqat qila olaman», dedim. U zot: «Unday bo‘lsa, har yigirma kunda (xatm qilib) o‘qigin», dedilar. Men: «Ey Allohning rasuli, bundan-da afzaliga toqat qila olaman», dedim. U zot: «Unday bo‘lsa, har o‘n kunda (xatm qilib) o‘qigin», dedilar. Men: «Ey Allohning rasuli, bundan-da afzaliga toqat qila olaman», dedim. U zot: «Unday bo‘lsa, har yetti kunda (xatm qilib) o‘qigin, bunga ziyoda qilmagin», dedilar. Men qattiqroq bo‘lishini xohlagan edim, bas, menga kuchaytirildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sen bilmaysan, balki umring uzun bo‘lar», deb menga aytdilar. Men u zot aytgan yoshga yetib ulg‘aygach: «Koshkiydi, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ruxsatlarini qabul qilgan bo‘lsam edi», deb aytdim».

Yana bir boshqa rivoyatda: «Bolalaringning sening ustingda haqqi bordir», deyilgan.

Yana bir boshqa rivoyatda: «Rasulullloh sollallohu alayhi vasallam «Kim umr bo‘yi ro‘za tutsa, ro‘zasi yo‘qdir», deb uch marta aytdilar», deyilgan.

Yana bir boshqa rivoyatda: «Alloh taologa ro‘zalarning yaxshisi Dovud alayhissalomning ro‘zalaridir. Alloh taologa namozlarning yaxshisi Dovud alayhissalomning namozlaridir. Kechaning yarmida uxlab, uchdan birida turib, ibodat ila mashg‘ul bo‘lib, oltidan birida yana uxlardilar. Bir kun ro‘za tutib, bir kun og‘izlari ochiq bo‘lar edi. Agar dushmanga yo‘liqsalar, qochmas edilar», deyilgan.

Yana bir boshqa rivoyatda quyidagicha keltiriladi: «Abdulloh roziyallohu anhu «Otam meni obro‘li bir kishining qiziga uylantirib qo‘ydilar. Otam kelinidan hol-ahvol va mening muomalam haqida ham so‘radilar. Kelin: «(O’g‘lingiz) odamlarning eng yaxshisi ekanlar-u, ammo kelganimdan beri ko‘rpani bosmas va pardani izlamas ekanlar (ya’ni, shar’iy qovushishdan o‘zlarini tiyar ekanlar)», dedi. Bu holat uzayib ketganida, uning otasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zikr qildi. U zot: «Abdullohni menga yo‘liqtiringlar», dedilar. Men u zotga bu so‘zlardan keyin uchrashdim. U zot: «Qanday ro‘za tutasan?» dedilar. Men: «Har kuni», dedim. «Qanday xatm qilasan?» dedilar. Men: «Har kechada», dedim ...» dedilar. Keyin yuqoridagi (ro‘zaning hamda xatmning afzalliklarini) zikr qildilar. Abdulloh roziyallohu anhu kechqurun yengil bo‘lishi uchun o‘qiydigan yettidan bir Qur’onlarini kunduzi uydagilarga o‘qib berardilar. Agar quvvatli bo‘lishni xohlasalar, ba’zi kunlarda og‘izlarini ochib (qazo qilib), uni hisoblab qo‘yardilar, xuddi o‘shani keyin Rasulullohga aytgan narsalaridan farqlanib qolishini karih ko‘rganlari uchun qazosini tutardilar.

Bularning hammasi sahih bo‘lib, aksariyati ikki «Sahih» kitobida, ozrog‘i ikkisining birida keltirilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:36:12
151/10. Abu Rib’iy Hanzala ibn Rabiy’ al-Usayyidiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi (bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kotiblaridan biri dedilar): «Abu Bakr roziyallohu anhu menga yo‘liqib: «Ey Hanzala, ahvoling qanday?» dedilar. Men: «Hanzala munofiq bo‘lib qoldi», dedim.

Abu Bakr: «Subhanalloh, nima deyapsan?» deb aytdilar. Men: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlarida bo‘lganimizda bizga jannat va do‘zaxni eslatsalar, go‘yoki ko‘z bilan ko‘rgandek bo‘lamiz. Agar u zotning huzurlaridan chiqib, xotinlarimiz, bolalarimiz va ro‘zg‘orlarimizga mashg‘ul bo‘lsak, (muhim gaplarning) ko‘pini unutamiz», dedim. Abu Bakr raziyallohu anhu: «Biz ham shu narsaga mubtalomiz», dedilar. Bas, Abu Bakr va men yo‘lga ravona bo‘lib, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kirdik. «Ey Allohning rasuli! Hanzala munofiq bo‘lib qoldi», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bu nima deganing?» dedilar. Men: «Ey Allohning rasuli! Sizning huzuringizda ekanimizda bizga jannat va do‘zaxni eslatsangiz, go‘yoki ko‘zimiz bilan ko‘rgandek bo‘lamiz. Agar sizning huzuringizdan chiqib, xotinlarimiz, bolalarimiz va ro‘zg‘orlarimizga mashg‘ul bo‘lsak, (muhim gaplarning) ko‘pini unutamiz», dedim. Shunda u zot: «Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar sizlar mening huzurimdagi narsada va Allohning zikrida bardavom bo‘lsangizlar, farishtalar sizlar bilan to‘shagingiz va yo‘llaringizda qo‘l berib so‘rashib, salom-alik qilishadi. Lekin, ey Hanzala, gohi payt unday va gohi payt bunday», deb uch marta aytdilar (ya’ni, bir payt ibodat qilisollalohu alayhi vasallam va boshqa bir payt foniy dunyoda inson muhtoj bo‘ladigan ro‘zg‘or ishlariga mashg‘ul bo‘lishidir)». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:36:25
152/11. Ibn Abbosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam xutba qilib turuvdilar, bir tik turgan kishiga (ko‘zlari tushib) u haqda so‘radilar. Ular: «Bu Abu Isroil degan kishi bo‘lib, quyoshda turib soyalanmaslikka, o‘tirmaslikka, gapirmaslikka va ro‘za tutishlikka nazr qilgan», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Unga buyuringlar, gapirsin, soyalansin, o‘tirsin hamda ro‘zasini tamomlasin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:37:34
15-BOB
Amallarning bardavom bo‘lishini muhofaza qilisollalohu alayhi vasallam bayoni


Alloh taolo:
«Imon keltirgan zotlar uchun dillari Allohning zikriga va nozil bo‘lgan Haq - Qur’onga moyil bo‘lisollalohu alayhi vasallam (vaqti) kelmadimi? (Shuningdek, ular uchun) ilgari kitob ato etilgan. So‘ng (ular bilan payg‘ambarlari o‘rtasidagi) muddat uzaygach, dillari qotib ketgan kimsalar (ya’ni, yahudiy va nasroniylar) kabi bo‘lib qolmaslik (vaqti kelmadimi?)» (Hadid surasi, 16-oyat);

«So‘ngra ularning izlaridan ketma-ket payg‘am-barlarimizni yubordik va Iso ibn Maryamni ham (ularning) ortidan yubordik va unga Injil ato etdik hamda unga ergashgan zotlarning dillarida mehribonlik va rahm-shafqat (paydo) qildik. Rohiblikni esa ular o‘zlari chiqarib oldilar. Biz ularga (rohib bo‘lishlarini) yozganimiz-buyurganimiz yo‘q, lekin ular o‘zlari Allohning roziligini istab (rohiblikni odat) qildilar-u, so‘ng unga to‘g‘ri-to‘la rioya qila olmadilar» (Hadid surasi, 27-oyat);

«Xuddi o‘zi to‘qigan narsasini pishiq-puxta bo‘lganidan so‘ng parcha-parcha qilib buzib, chuvatib tashlagan xotinga o‘xshab qolmangiz» (Nahl surasi, 92-oyat);

«(Shuningdek) to sizga aniq-narsa (ya’ni, o‘lim soati) kelgunicha Parvardigoringizga ibodat qiling!» (Hijr surasi. 99-oyat) deb aytdi.

Oishadan rivoyat qilingan bu hadis shunga dalildir: «Alloh taologa ibodatning yaxshisi kishi unda bardavom bo‘lganidir».

153/1. Umar ibn Xattobdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Kimki kechasidagi amali yoki biror vazifasidan uxlab qolsa-yu, uni bomdod bilan peshin oralig‘ida o‘qib olsa, go‘yoki unga kechasi o‘qiganning savobi yoziladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:37:43
154/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam menga: «Ey Abdulloh, falon kishi kabi bo‘lmagin. U avval kechada (namozga) turardi-da, keyin turishni tark qilgan edi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:37:53
155/3. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kechasi o‘qiydigan namozlari kasallikmi yoki boshqa sabab bilan o‘tib ketadigan bo‘lsa, kunduzi o‘n ikki rakat o‘qirdilar». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:39:23
16-BOB
Sunnat va uning odoblariga bardavom rioya qilisollalohu alayhi vasallam bayoni


Alloh taolo:
«Payg‘ambar o‘zi sizlarga ato etgan narsani olinglar, u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar» (Hashr surasi, 7-oyat);
 
«Va u (sizlarga keltirayotgan Qur’onni) o‘z havoyi-xohishi bilan so‘zlamas. U (Qur’on) faqat (Alloh tomonidan payg‘ambarga) vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir» (Van-najm surasi, 3-4-oyatlar);

«Ayting (Ey Muhammad), agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag‘firat qiladi» (Oli-Imron surasi, 31-oyat);

«(Ey mo‘minlar), sizlar uchun - Alloh va oxirat kunidan umidvor bo‘lgan hamda Allohni ko‘p yod qilgan kishilar uchun Allohning payg‘ambari (imon-e’tiqodi va xulqi, atvori)da go‘zal namuna bordir» (Ahzob surasi, 21-oyat);

«Yo‘q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o‘z o‘rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to‘la taslim bo‘lmagunlaricha -bo‘yinsunmagunlaricha zinhor mo‘min bo‘la olmaydilar» (Niso surasi, 65-oyat);

«Bordi-yu biron narsa haqida talashib qolsangiz, - agar haqiqatan Allohga va oxirat kuniga ishonsangiz, - u narsani Allohga va payg‘ambariga qaytaringiz» (ya’ni, Qur’on va sunnatga)» (Niso surasi, 59-oyat);

«Kimki payg‘ambarga itoat etsa, demak, Allohga itoat etibdi» (Niso surasi, 80-oyat);

«Albatta siz (o‘zingizga tushgan vahiy yordamida) to‘g‘ri yo‘lga yetaklaysiz. U (yo‘l) osmonlardagi va yerdagi bor narsa O’ziniki bo‘lgan zot - Allohning yo‘lidir» (Sho‘ro surasi, 52-53-oyatlar);

«(Payg‘ambarning) amriga xilof isollalohu alayhi vasallam qiladigan kimsalar o‘zlariga biron fitna - kulfat yetib qolishidan yoki alamli azob yetib qolishidan hazir bo‘lsinlar!» (Nur surasi, 63-oyat);

«Uylaringizda Allohning oyatlari va hikmat (ya’ni, payg‘ambar hadislari)dan iborat tilovat qilinadigan narsalarni zikr-tilovat qilinglar» (Ahzob surasi, 34-oyat), deb aytgan.

156/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga (gapirmasdan) qoldirgan narsalarimda meni ham (tinch) qoldiringlar (ya’ni, mendan har bir narsani so‘rayvermanglar). Chunki sizlardan oldingi (qavm)lar ko‘p savol berib, payg‘ambarlari bilan ixtilof qilishgani sababli halok bo‘lishgandir. Agar sizlarni biror narsadan qaytarsam, undan chetlaninglar. Agar biror ishga buyursam, qodir bo‘lganingizcha uni bajaringlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:39:32
157/2. Abu Najih Irboz ibn Soriyadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bizga yetuk bir va’z aytdilar. Qalblar vahimaga tushdi va ko‘zlardan yosollalohu alayhi vasallam oqdi. Shunda biz: «Ey Rasululloh, vidolashuvchi mav’iza bo‘lsa kerak, bizga vasiyat qiling», desak, u zot: «Sizlarga Allohdan taqvo qilishni hamda agar habasollalohu alayhi vasallam qul boshliq etilsa ham, eshitib itoat etishni vasiyat qilaman. Chunki sizlardan qaysi biringiz yashaydigan bo‘lsa, ko‘p ixtiloflarni ko‘radi. Ana shu paytda mening sunnatimni va to‘g‘ri yo‘lda yuruvchi xulafoi roshidinlar sunnatini o‘zingizga lozim topib, uni oziq tishlaringiz bilan mahkam tishlanglar. Ishlarning yangisidan chetlaninglar. Chunki har bir bid’at zalolatdir», dedilar». Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:39:41
158/3. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Rad qiladiganlardan tashqari ummatimning barchasi jannatga kiradi», deganlarida, ular: «Ey Allohning rasuli, rad qiladiganlar kim o‘zi?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kim menga itoat qilsa, jannatga kiradi. Kim menga osiylik qilsa, batahqiq u rad qilibdi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:39:53
159/4. Iyos ibn Amr ibn Akva’dan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlarida chap qo‘li bilan (taom) yedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «O’ng qo‘ling bilan yegin», dedilar. U kishi: «Bunga qodir emasman», dedi. Kibrli ekanligigina (o‘ng qo‘li bilan yeyishdan) man qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «(Bundan keyin ham) qodir bo‘lmagin», dedilar. U kishi qaytib o‘ng qo‘lini og‘ziga yetkaza olmadi. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:40:19
160/5. Abu Abdulloh No‘‘mon ibn Bashirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Saflaringizni barobar qilinglar. (Agar bunday qilmasangizlar) Alloh taolo (qalblaringizni ixtilofli qilib, oralaringizga g‘azab-adovatni solib qo‘yisollalohu alayhi vasallam bilan) yuzlaringizni bir-biriga muxolif qilib qo‘yadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning rivoyatlarida quyidagicha aytiladi: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam saflarimizni go‘yoki kamon o‘qlarini tergandek tekislab qo‘yardilar. Bizning tushunganimizni ko‘rgunlaricha shunday qildilar. Keyin bir kuni (bizning huzurimizga) chiqib, (namozga kirishisollalohu alayhi vasallam uchun) takbir aytaman, deb turganlarida, bir kishi ko‘kragini (boshqalarnikiga qaraganda) biroz chiqarib turganini ko‘rib: «Ey Allohning bandalari, saflaringizni barobar qilinglar. (Agar bunday qilmasangizlar) Alloh taolo yuzlaringizni bir-biriga muxolif qilib qo‘yadi», dedilar».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:40:44
161/6. Abu Musodan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Madinadagi bir uyda kechasi yong‘in bo‘lib, ahllariga ham zarar yetdi. Bular haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga gapirilganida, «Bu olov sizlarning dushmaningizdir. Agar uxlaydigan bo‘lsangizlar, uni o‘chirib qo‘yinglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:40:58
162/7. Abu Musodan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh men bilan yuborgan hidoyat va ilmning misoli xuddi yerga tushgan yomg‘irga o‘xshaydi. U yer yaxshi bo‘lib, suvni o‘zida qabul qilib, o‘t-o‘lan va o‘simliklarni o‘stiradi. Uning ba’zi joylari qattiq bo‘lib, o‘zida suvni to‘playdi. Bu suv bilan Alloh insonlarni naflantiradi. U suvdan ichib, boshqa narsalarini sug‘orib, ekinlariga ham quyadilar. Yana boshqa joylari tekis bo‘lib, o‘zida suv to‘plamaydi hamda o‘t-o‘lan o‘stirmaydi. (Avvalgining) misoli xuddi Allohning dinida faqih bo‘lgan kishiga o‘xshaydi. Alloh men bilan yuborgan narsa unga manfaat berib, o‘zi o‘rganib, boshqalarga ham o‘rgatadi. (Ikkinchisining) misoli beparvo bo‘lib, boshini ham ko‘tarib qo‘ymagan kishiga o‘xshaydi. (Uchinchisi) menga yuborilgan Allohning hidoyatini qabul qilmagan kishiga o‘xshaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:41:16
163/8. Jobirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men bilan sizlarning misolingiz xuddi bir kishi o‘t yoqib tursa, chigirtka va parvonalar o‘zini unga otganida ularni o‘tdan haydagan kishiga o‘xshaydi. Men sizlarni o‘tga tushib ketmanglar, deb ishtonbog‘ingizdan ushlasam, sizlar bo‘lsa, qo‘limdan qochib ketasizlar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:41:32
164/9. Jobirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam (ovqat yeb bo‘lgandan keyin) barmoq va tovoqlarni yalamoqqa buyurdilar. Va: «Sizlar qaysi birida baraka bor ekanligini bilmaysizlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
 
Muslimning boshqa rivoyatlarida quyidagicha keltiriladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sizlardan biringizning (qo‘lidan) luqmasi tushib ketsa, unga tekkan aziyatli narsani artib, shaytonga qoldirmasdan o‘zi yesin. Va barmoqlarini sochiqqa artmasdan oldin yalab olsin. Chunki taomining qaerida baraka borligini bilmaydi», dedilar».

Muslimning yana bir boshqa rivoyatlarida esa mana bunday deyiladi: «Shayton kishilarning har bir ishida, xatto taomlanayotgan paytida ham hozir bo‘ladi. Agar sizlardan biringizning (qo‘lidan) luqmasi tushib ketsa, undagi aziyatli narsani artib, shaytonga qoldirmasdan o‘zi yesin».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:41:49
165/10. Ibn Abbosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bizning oramizda turib quyidagicha va’z qildilar: «Ey insonlar, Alloh taologa yalangoyoq, yalang‘och, xatna qilinmagan holda to‘planursizlar. Xuddi Alloh bu haqda: «Birinchi marta qanday yaratgan bo‘lsak, (o‘sha holga) qaytarurmiz. (Bu) Bizning zimmamizdagi va’dadir. Albatta Biz (shunday) qilguvchidirmiz», deb aytganiga muvofiq. Ogoh bo‘ling, xaloyiqlardan birinchi kiyim kiygiziladigan zot Ibrohim alayhissalomdirlar. Ogoh bo‘ling, ummatimdan bir qancha kishilar olib kelinib, chap tomonga (do‘zax tomonga) olib boriladi. Men: «Ey Rabbim, bular mening ashoblarim-ku», desam, «Sizdan keyin nimalar paydo qilishganini bilmaysiz», deyishadi farishtalar. Men ana shu paytda solih banda (Iso alayhissalom) aytgan quyidagi so‘zlarni aytaman: «Va oralarida bo‘lgan muddatimda ularning ustida guvoh bo‘lib turdim. Meni O’z huzuringga chorlaganingdan keyin esa Sen O’zing ularning ustida kuzatuvchi bo‘lding. Sen O’zing hamma narsaga guvohdirsan. Agar ularni azoblasang, ular sening ojiz bandalaring. Agar ularni mag‘firat qilsang, albatta Sen O’zing qudrat, hikmat egasidirsan». Keyin menga: «Siz ulardan ajralganingizdan beri orqalariga qaytib, murtad bo‘lishda bardavom bo‘lishdi», deyiladi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:42:05
166/11. Abu Said Abdulloh ibn Mug‘affaldan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam (qo‘l bilan) mayda toshlarni otib (o‘ynashdan) man qildilar. Va: «Bu bilan ov ham qilib bo‘lmaydi, dushmanni ham o‘ldirib bo‘lmaydi. Faqat u ko‘zni chiqarib, tishni sindiradi, xolos», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda quyidagicha keltiriladi: «Abdulloh ibn Mag‘affalning roziyallohu anhu bir qarindoshi mayda toshlarni otib o‘ynayotganida, Ibn Mug‘affal bunday qilishdan uni qaytardi.

Va:
«Rasululloh sollalohu alayhi vasallam mayda toshlarni otib o‘ynashni man qilganlar. Chunki u bilan ov qilib bo‘lmaydi», dedi. Qarindoshi esa yana otaverdi. Shunda Abdulloh ibn Mug‘affal: «Senga Rasululloh sollalohu alayhi vasallam tosollalohu alayhi vasallam otishni man qilganlarini aytsam, sen yana uni qilyapsan-a, men sen bilan hecham gaplashmayman», dedilar».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:42:14
167/12. Obis ibn Rabiy’adan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu qora toshni o‘pa turib: «Bilaman, sen foyda ham, zarar ham bera olmaydigan bir toshdirsan. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning seni o‘pganlarini ko‘rmaganimda, men ham seni o‘pmas edim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:42:57
17-BOB
Allohning hukmiga bo‘yinsunishning vojibligi bayoni


Alloh taolo:
«Yo‘q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o‘z o‘rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to‘la taslim bo‘lmagunlaricha -bo‘yinsunmagunlaricha zinhor mo‘min bo‘la olmaydilar» (Niso surasi, 65-oyat),

«Alloh va Uning payg‘ambariga o‘rtalarida hukm chiqarisollalohu alayhi vasallam uchun chorlangan vaqtlarida mo‘minlarning so‘zi «eshitdik va bo‘yinsundik» (demoqdir). Ana o‘shalargina najot topguvchilardir» (Nur surasi, 51-oyat), deb aytgan.

Bunga yuqoridagi bobda Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilingan 156-raqamli hadis ham dalil bo‘ladi.

168/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Osmonlaru va yerdagi bor narsa Allohnikidir. Ichingizdagi narsani xoh oshkor qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni o‘sha narsa bilan hisob-kitob qiladi», degan oyat nozil bo‘lganida, u zotning sahobalariga ana shu oyat og‘ir keldi. Ular Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga borib, tizzalari ila tiz cho‘kib: «Ey Allohning rasuli, bizning toqatimiz yetmaydigan amallarni yuklayapsiz. Bizga namoz, jihod, ro‘za, sadaqa kabi amallar bordir. Bu nozil bo‘lgan oyatga toqatimiz yetmaydi», deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sizlar ham o‘zingizdan oldingi ahli kitoblar (nasoro-yahudiylar) aytganlaridek «eshitdik va osiylik qildik», deb aytmoqni xohlaysizlarmi? Balki «eshitdik, itoat qildik. Ey Rabbimiz, bizni mag‘firat qil. Qaytisollalohu alayhi vasallam Sengadir», deb aytinglar», dedilar.
 
Qachonki, qavm bu oyatni o‘qishganida tillari bo‘yinsuna boshladi. Alloh taolo uning ketidan quyidagi oyatni nozil qildi:

«Payg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga imon keltirdi va mo‘minlar (ham imon keltirdilar). Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga imon keltirgan har bir kishi (aytdi): «Uning payg‘ambarlaridan biron kishini ajratib qo‘ymaymiz. Va eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz. Va faqat O’zingga qaytajakmiz». Sahobalar ana shu oyatga amal qildilar. Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qilishi bilan yuqoridagi oyatni mansux qildi:

«Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har kimning) qilgan (yaxshi) amali o‘zi uchundir va (yomon) amali ham o‘zining bo‘ynigadir. Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama! Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama! Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama! Bizlarni avf et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla. O’zing xojamizsan. Bas, bu kofir qavm ustiga O’zing bizni g‘olib qil». (Baqara surasi, 285-286-oyatlar). Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:44:07
18-BOB
Yangi paydo bo‘lgan bid’atlardan qaytarish bayoni


Alloh taolo:
«Haqiqatdan keyin esa faqatgina yo‘ldan ozisollalohu alayhi vasallam bor, xolos» (Yunus surasi, 32-oyat);

«Kitobda (ya’ni, taqdiri azal kitobida) biron narsani qo‘ymay (yozganmiz)» (An’om surasi, 38-oyat);

«Bordi-yu biron narsa haqida talashib qolsangiz, u narsani Allohga va payg‘ambariga qaytaring» (ya’ni, Qur’on va sunnatga)» (Niso surasi, 59-oyat);

«Albatta, mana shu Mening To‘g‘ri Yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar! (Boshqa) yo‘llarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yo‘lidan uzib qo‘yar» (An’om surasi, 153-oyat);

«Ayting (ey Muhammad): «Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag‘firat qiladi» (Oli-Imron surasi, 31-oyat), deb aytgan.

169/1. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki bizning ishimizda dindan bo‘lmagan biror yangilik qilsa, bas, u rad qilingandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Muslimning rivoyatlarida: «Kimki bizning ishimiz bo‘lmagan biror amalni bajarsa, bas, u rad qilingandir», deb keltirilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:44:29
170/2. Jobirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam agar xutba qilsalar, ikki ko‘zlari qizarib, ovozlari balandlashib, g‘azablari yana ham kuchayib, go‘yoki tongda va kechqurun (dushman) askarlari hamla qilishidan ogoh etgandek bo‘lardilar. Va u zot: «Men va Qiyomat mana bunday yuborildim», deb ko‘rsatgich va o‘rta barmoqlarini (bir-biriga) yaqin qilardilar. Va yana u zot: «Ammo ba’d, so‘zning yaxshisi Allohning kitobi, hidoyatlarning yaxshisi Muhammad sollalohu alayhi vasallam hidoyatlari, ishlarning yomoni har bir yangi paydo bo‘lgan (bid’at) ishdir. Har bir bid’at zalolatdir», dedilar. So‘ngra yana: «Men mo‘minlarga o‘z nafsidan ham haqliroqman. Kim mol-dunyo qoldirsa, unga ahli haqliroqdir. Kim qarz yoki oila va bolalarini qoldirsa, (ularning mas’uliyati) menga va mening gardanimga», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

171/3. Ibroz ibn Soriyadan rivoyat qilingan 157-raqamli hadis ham bu bobga dalil qilinadi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:45:04
19-BOB
Yaxshi yoki yomon sunnat (yo‘l) qoldirisollalohu alayhi vasallam bayoni


Alloh taolo:
«Ular: «Parvardigoro, O’zing bizlarga jufti halol-larimizdan va zurriyotlarimizdan shod-hurramlik hadya etgin va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin», deydigan kishilardir» (Furqon surasi, 74-oyat);

«Yana ularni Bizning amrimiz bilan (kishilarni Haq yo‘lga) hidoyat etadigan peshvolar qildik» (Anbiyo surasi, 73-oyat), deb aytgan.

172/1. Abu Amr Jarir ibn Abdullohdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Bizlar kunning o‘rtasida Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlarida edik. Yalang‘och, jundan to‘qilgan kiyimlar yoki choponlarini teshib boshlaridan o‘tkazib olgan bir qavm keldi. Ularning aksarlari, balki barchalari Muzar qabilasidan edi. Ulardagi muhtojlikni ko‘rib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning chehralari o‘zgarib ketdi. Uylariga kirib ketdilar. So‘ngra chiqib Bilolga roziyallohu anhu azon va iqomat aytishni buyurdilar. Keyin namoz o‘qib, quyidagicha xutba qildilar: «Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko‘plab erkagu ayollarni tarqatgan Rabbingizdan qo‘rqinglar! Nomini ishlatib, bir-biringizdan so‘rovda bo‘ladiganingiz Allohdan va qarindoshlik (aloqalari)dan qo‘rqing. Albatta Alloh ustingizdan kuzatuvchi Zotdir. Ey imon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar! Har kim ertalik kun uchun nima qilganini ko‘rib qo‘ysin. Kishi dinoridan, dirhamidan, kiyimidan, bir so’ bug‘doyidan, bir so’ xurmosidan, hattoki agar xurmoning yarmini berib bo‘lsa ham, sadaqa qilsin», dedilar. Ansoriylardan bo‘lgan bir kishi xaltada kumusollalohu alayhi vasallam olib keldi. Qo‘li uni ko‘tarishga ojizlik qilay, derdi. Balki ojiz qoldi ham. Keyin odamlar birin-ketin narsa olib kelishni boshlashdi, hattoki ovqat va kiyimlardan ikki uyum bo‘lganini ko‘rdim. Va yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning (xursand bo‘lganlaridan) yuzlari oltin kabi yaraqlaganini ko‘rdim. U zot: «Kimki Islomda bir yaxshi sunnat (yo‘l) chiqarsa, savobi unga bo‘lib, yana undan keyin bu yo‘l bilan amal qilganlarning savobi ham yetur. (Bu bilan amal qilganlarning) savoblaridan biror narsa kamaytirilmaydi. Kimki Islomda yomon sunnat (yo‘l) chiqarsa, gunohi unga bo‘lib, yana undan keyin bu yo‘l bilan amal qilganlarning gunohi ham yetur. (Bu bilan amal qilganlarning) gunohlaridan biror narsa kamaytirilmaydi», ded il a r ». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:45:13
173/2. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror nafs zulm bilan o‘ldirilsa, u qonning gunohida Odam bolalarining birinchisi (Qobil)ning hissasi bordir. Chunki Qobil o‘ldirisollalohu alayhi vasallam odatini birinchi chiqargan kishidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:46:05
20-BOB
Yaxshilikka dalolat qilisollalohu alayhi vasallam va hidoyatga yoki zalolatga chaqirisollalohu alayhi vasallam bayoni


Alloh taolo:
«Siz (odamlarni ham yolg‘iz) Parvardigoringizga (ibodat qilishga) chorlang» (Qasos surasi, 87-oyat);
 
«(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li - diniga donolik-hikmat va chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling» (Nahl surasi, 125-oyat);

«Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz» (Moida surasi, 2-oyat);

«Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan jamoat bo‘lsin» (Oli-Imron surasi, 104-oyat), deb aytgan.

174/1. Abu Mas’ud Uqba ibn Amr al-Ansoriy al-Badriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kim yaxshilikka dalolat qilsa (yo‘naltirsa), unga amal qiluvchining savobidek ajr yoziladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:46:29
175/2. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kim hidoyatga chaqirsa, ergashuvchi kishining savobidek unga ham ajr bo‘ladi. (Bu bilan amal qilgan kishining) savobidan biror narsa kamaymaydi. Kimki zalolatga chaqirsa, ergashuvchi kishining gunohidek unga gunoh yoziladi. (Bu bilan amal qilgan kishining) gunohidan biror narsa kamaymaydi» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:48:33
176/3. Abu Abbos Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Xaybar kuni: «Ertaga bu bayroqni bir kishiga beramanki, Alloh taolo u kishining qo‘lida (mamlakatni) fath qiladi. U Alloh va rasulini yaxshi ko‘radi. Uni ham Alloh va rasuli yaxshi ko‘radi», deganlarida, kishilar u bayroqni qaysi birlariga berilishi haqida kechasi gaplashib chiqishdi. Qachonki, tong otganida kishilar Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga yetib kelishdi. Barchalari bayroqni o‘zlariga berilishini umid qilishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ali ibn Abu Tolib qaerda?» deganlarida, ular: «Ey Allohning rasuli, uning ko‘zi og‘riyapti», deyishdi. U zot: «Meni uning oldiga olib boringlar», dedilar. Bas, u zot olib borilganida, Alining roziyallohu anhu ko‘zlariga muborak tupuklarini surtib duo qildilar. Bas, u kishi xuddi og‘riq bo‘lmagandek tuzalib ketdilar. Va bayroq u zotga berildi. Shunda Ali raziyallohu anhu: «Ey Allohning rasuli, ular biz kabi (musulmon) bo‘lmagunlaricha urushavermaymi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sen ularning turgan joylarigacha oxista yurib bor. Keyin ularni Islomga chaqir. Va Allohning haqqidan vojib bo‘lgan narsalarning xabarini ber. Allohga qasamki, Alloh taolo sen sababli bir kishini hidoyat qilmog‘i qizil tuyadan ham yaxshiroqdir», dedilar. (Qizil tuya o‘sha paytda arablardagi eng qimmatbaho buyum bo‘lgan.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 18 Noyabr 2007, 14:48:54
177/4. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Aslam qabilasidan bo‘lgan bir yigit: «Ey Allohning rasuli, men g‘azotga (urushga) borishni xohlayman-u, lekin unga tayyorgarligim yo‘q», deganida, u zot: «Falonchi kishiga borgin, u urushga tayyorgarlik qilgan-u, ammo kasal bo‘lib qoldi», dedilar. Yigit haligi kasal kishi huzuriga borib: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam senga salom yo‘lladilar va tayyorgarlik qilib qo‘ygan narsangni menga berishingni aytdilar», deganida, u kishi xotiniga: «Ey falonchi, men tayyorlab qo‘ygan narsani bu yigitga berib yubor. Undan biror narsani olib qolmagin. Allohga qasamki, undan biror narsa olib qolsang, baraka berilmas», dedi. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 18:57:35
21-BOB
Yaxshilik va taqvo yo‘lida bir-biriga yordam berisollalohu alayhi vasallam bayoni


Alloh taolo:
«Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz» (Moida surasi, 2-oyat);

«Asr (vaqti)ga qasamki, (barcha) inson ziyon-baxtsizlikdadir. Faqat imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir-birlariga Haq (yo‘li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina (najot topguvchidirlar)» (Val-asr surasi, 1-3-oyatlar), deb aytgan. Imom Shofe’iy: «Albatta kishilarning ko‘plari bu surani tadabbur qilishdan g‘aflatdadirlar», degan ma’noda so‘z aytganlar.

178/1. Abu Abdurahmon Zayd ibn Xolid al-Juhaniydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Allohning yo‘lida urushga chiquvchi kishini (kerakli narsalar bilan) ta’minlasa, g‘azot qiluvchi kishidek savobga ega bo‘ladi. Kimki urushga ketgan mujohidning ahliga yaxshilik bilan o‘rinbosar bo‘lsa (ya’ni, uning bola-chaqasidan xabar olib, xizmatlarini qilib tursa), u ham o‘sha kishidek savobga ega bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 18:57:44
179/2. Abu Said al-Xudriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Bani Lahyon qabilasiga Huzayl qabilasidan bir guruhni jo‘natayotib: «Har ikki kishilik (uydan) birini jo‘natsin. Ular oralarida savob barobardir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 18:58:01
180/3. Ibn Abbosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Ravho degan joyda bir to‘da otliq kishilarga yo‘liqib: «Kim bu qavm?» deganlarida, ular: «Biz musulmonlarmiz, o‘zingiz kimsiz?» deyishdi. U zot: «Allohning rasuliman», dedilar. Bir xotin yosollalohu alayhi vasallam go‘dakni ko‘tarib: «Buning uchun ham haj bo‘ladimi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ha, (unga haj bo‘lib) senga ajr bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 18:58:19
181/4. Abu Muso al-Ash’ariydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Mukammal holatda xushvaqtlik bilan tayin qilingan shaxsga (omonatni) berib, buyurilgan narsani bajaruvchi ishonchli, xazinachi musulmon sadaqa qiluvchilarning biridir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 18:59:03
22-BOB
Nasihat xususida


Alloh taolo:
«Mo‘minlar hech shak-shubhasiz og‘a-inilardir» (Hujurot surasi, 10-oyat), deb aytdi. Va yana Nuh alayhissalom haqlarida:

«Men sizlarga nasihat qilaman» (A’rof surasi, 62-oyat), deganlarining hamda Hud alayhissalom haqlarida:

«Men sizlar uchun ishonchli nasihat qiluvchiman», deb aytganlarining xabarini berdi (A’rof surasi, 68-oyat).

182/1. Abu Ruqayya Tamiym ibn Avs ad-Doriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Din xayrixohlikdir», deganlarida, biz: «Kim uchun, ey Allohning rasuli?» deb aytdik. Shunda u zot: «Allohga, Uning kitobiga, rasuliga, musulmonlar imomiga va ommasiga», deb aytdilar». Imom Muslim rivoyatlari.

(Allohga bo‘lgan xayrixohlik - Unga imon keltirib, aytganlarini qilib, qaytariqlaridan qaytish. Kitobiga bo‘lgan xayrixohlik -undagi narsalarga bo‘ysunib, tilovat qilish. Rasuliga bo‘lgan xayrixohlik - u olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar imomiga bo‘lgan xayrixohlik - haq yo‘lda bo‘lsalar, ularga yordam berib, itoat qilish. Ommaga bo‘lgan xayrixohlik - ularga amru-ma’ruf, nahiy-munkar qilib hamda aziyat bermaslik bilan bo‘ladi... - tarj.)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 18:59:40
183/2. Jarir ibn Abdullohdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga namozni qoim qilishga, zakot berishga va barcha musulmonlarga nisbatan xayrixoh bo‘lishga bay’at qildim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 18:59:54
184/3. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz o‘z nafsi uchun yaxshi ko‘rgan narsasini birodari uchun ham yaxshi ko‘rmagunicha mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:00:58
23-BOB
Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarisollalohu alayhi vasallam bayoni


Alloh taolo:
«Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo‘lsin. Ana o‘shalar najot topguvchilardir» (Oli Imron surasi, 104-oyat);

«(Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero, siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz» (Oli Imron surasi, 110-oyat);

«(Ey Muhammad), marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring» (A’rof surasi, 199-oyat);

«Mo‘min va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan to‘xtatadilar» (Tavba surasi, 71-oyat);

«Bani Isroil orasidan kofir bo‘lgan kimsalar Dovud va Iso ibn Maryam tilida la’natlangandirlar. Bunga sabab ularning qilgan isyonlari va tajovuzkor bo‘lganlaridir. Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilishlari naqadar yomon ish» (Moida surasi, 78-79-oyatlar);

«Ayting, (Bu Qur’on) Parvardigoringiz tomonidan (kelgan) haqiqatdir. Bas, xohlagan kishi imon keltirsin, xohlagan kimsa kofir bo‘lsin» (Kahf surasi, 29-oyat);
 
«Bas, siz o‘zingizga buyurilgan ishni (ya’ni, haq dinga da’vat qilishni) yuzaga chiqaring» (Hijr surasi, 94-oyat);

«Bu gunoh ishdan qaytargan zotlarga najot berdik va zolim kimsalarni itoatsiz bo‘lganlari sababli qattiq azob bilan ushladik» (A’rof surasi, 165-oyat), deb aytgan.

185/1. Abu Said al-Xudriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki nojo‘ya, yaramas ishni ko‘rsa, qo‘li bilan o‘zgartirsin. Agar unga qodir bo‘lmasa, tili bilan o‘zgartirsin. Agar unga ham qodir bo‘lmasa, qalbi bilan o‘zgartirsin. Mana shu (uchinchisi) imonlarning zaifidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:01:23
186/2. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mendan oldingi ummatga Alloh taolo biror payg‘ambarni yuborsa, ummati ichida uning izdoshlari va ashoblari bo‘lib, uning sunnatiga amal qilib, buyruqlariga bo‘ysunishar edi. Ulardan keyin o‘rinbosarlar kelib, o‘zlari qilmagan narsani (xalqqa) so‘zlab va buyurilmagan ishlarni (o‘zlari) qilar edi. Kimki ularga qo‘li bilan jihod qilsa, u mo‘mindir. Kimki ularga tili bilan jihod qilsa, u ham mo‘mindir. Kimki ularga qalbi bilan jihod qilsa, u ham mo‘mindir. Lekin bu (uchinchisining) ortida xantal urug‘icha ham imon yo‘qdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:09:49
187/3. Abulvalid Uboda ibn Somitdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga osonligu qiyinchilikda, rohatda-yu kulfatda, bizdan boshqani ortiq ko‘rilsa ham, ishlarni o‘z ahliga topshirib tortishmaslikka bay’at qildik. Lekin Alloh tomonidan va o‘zingiz tomondan uning kofirligiga ochiq-oydin hujjat borligi ko‘rilsa, unday emas. Va yana malomatchining malomatidan Alloh yo‘lida qo‘rqmasdan qaerda bo‘lsa ham, haqni aytishga ham bay’at qildik». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:09:59
188/4. No‘‘mon ibn Bashirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh man qilgan narsalardan saqlanuvchi va uni tortinmay qilib yuruvchining misoli xuddi bir jamoaga o‘xshaydi. Ular kemani minishda qur’a tashlashadi. Ba’zilari hissasiga tepa qismi va ba’zilariga past qismi tushadi. Past qismidagilar suv olisollalohu alayhi vasallam uchun tepadagilar oldidan o‘tadilar. (Bundan ozorlanib) «Agar biz suvdan o‘z nasibamizni olisollalohu alayhi vasallam uchun pastdan teshib olsak, tepamizdagilarga ozor bermas edik», deyishar di. Agar tepadagilar pastdagilar xohlagan narsani shundayicha qo‘yib qo‘ysalar, barchalari halok bo‘lishadi. Agar ularni bu fikrlaridan to‘xtatishsa, o‘zlari ham, qolganlari ham najot topishadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. (Agar kishi o‘zi solih bo‘lib, ahli va bolalari hamda unga ergashuvchilar shariatga xilof ishni qilishsa, barchalari Allohning azobiga barobar doxil bo‘lishadi. Chunki kemaga tushganning joni bir-da ... - tarj.)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:10:20
189/5. Ummu Salama Hind binti Abu Umayya Huzayfadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga amirlar boshliq qilinadi. Sizlar ularning ba’zi amallarini shariatga muvofiq va ba’zisini muxolif topasizlar. Kimki ularni yomon ko‘rsa, o‘zini oqlabdi. Kimki ularni inkor qilsa, omonda bo‘libdi. Lekin kimki ular qilayotgan ishlarga rozi bo‘lib ergashsa (gunohkor bo‘libdi)», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, unday bo‘lsa, ular bilan urushaylikmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q, modomiki, oralaringizda namozni qoim qilishar ekan (urushmanglar)», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

(Ya’ni, kimki qalbi bilan karih ko‘rib, qo‘li va tili bilan inkor qilishga qodir bo‘lmasa, gunohlardan o‘zini oqlab, vazifasini ado qilibdi. Kimki toqati yetganicha inkor qilsa, bu gunohlardan omonda bo‘libdi. Endi kimki ularning amallaridan rozi bo‘lib, ularga ergashsa, gunohkor bo‘libdi.)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:10:29
190/6. Ummul Hikam Zaynab binti Jahshdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bu onamiz huzurlariga qo‘rqqan va tashvishlangan holatda kirib kelib: «La ilaha illalloh (taajjublanilganda shunday deyiladi), yaqinlashib qolgan yomonlikdan arablarning holiga voy. Bu kunda Ya’juj va Ma’juj to‘sig‘idan mana shuncha ochilgandir», deb bosollalohu alayhi vasallam barmoq bilan uning yonidagi ishora barmoqlarini xalqa qilib ko‘rsatdilar. Shunda bu onamiz: «Ey Allohning rasuli! Oramizda solihlar bo‘lsa ham, (ana shu kunda) halok bo‘lamizmi?» deganlarida, u zot: «Ha, qachonki, yomon ishlar ko‘payib ketsa (yaxshilar ko‘p bo‘lsa ham, umumiy halokat yuzaga keladi)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:10:39
191/7. Abu Said al-Xudriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘l bo‘yida o‘tirishdan saqlaninglar», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, buning chorasi yo‘qdir. Chunki biz o‘tirib suhbatlashamiz», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar bunga ko‘nmasangizlar, o‘tiringlar-u faqat yo‘lning haqqini ado etinglar», dedilar. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Yo‘lning haqqi nima?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ko‘zni nomahramlarga qaratishdan tiyish, o‘tuvchilarga aziyat bermaslik, salomga alik olish, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:10:50
192/8. Ibn Abbosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bir kishining qo‘lida tilladan bo‘lgan uzukni ko‘rib, uni yechib oldilar-da, uloqtirib yubordilar. Va: «Sizlardan biringiz bilib turib olovdan bo‘lgan cho‘g‘ni taqib oladi-ya», dedilar. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ketganlaridan keyin odamlar haligi kishiga: «Uzugingni olib, undan boshqa yo‘l bilan foydalangin», deyishganida, bu kishi: «Yo‘q, Allohga qasamki, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam uloqtirgan narsani hecham olmayman», dedi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:11:29
193/9. Abu Said Hasan al-Basriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Oiz ibn Amr roziyallohu anhu Ubaydulloh ibn Ziyodning huzuriga kirib: «Ey o‘g‘ilcham, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman. Albatta boshliqlarning yomoni qo‘l ostidagilarga ozor yetkazadiganidir. Sen ana shunaqa bo‘lishdan chetlangin», dedilar. U: «O’tirgin, sen Muhammad alayhissalomning kichik (ya’ni, elakdan o‘tkazilmagan) sahobalaridansan», dedi. U zot esa: «Ularning kichigi bo‘lganmi? (Sahobalarning hammalari sof bo‘lishgan), balki ulardan keyin va boshqalarda kichigi, degan narsa paydo bo‘lgan», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
(Alloh sahobalardan rozi bo‘lsin, ularning barchalari sof edilar. Imom Husanning qotillari Ubaydulloh Ibn Ziyoddek zolimning oldida ham haqni gapirishdan hech narsa to‘xtata olmas edi... -Tarj.)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:11:37
194/10. Huzayfadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaringlar. Bunday qilmaydigan bo‘lsangizlar, Alloh taolo sizlarga bir baloni yuboradi. So‘ngra duo qilsangizlar, duolaringiz qabul qilinmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:11:45
195/11. Abu Said al-Xudriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Jihodlarning afzali zolim podshoh huzurida aytilgan odil (haq) so‘zdir», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:11:56
196/12. Abu Abdulloh Toriq ibn Shihob al-Bujaliy al-Ahmasiydan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam (otlari) uzangiga oyoqlarini qo‘yib turganlarida, bir kishi (kelib): «Jihodlarning qaysi biri afzal?» dedi. Shunda u zot: «Zolim podshoh huzurida aytilgan haq so‘z», dedilar. Nasaiy sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:12:18
197/13. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bani Isroilga putur yetib buzilishining birinchi sababi bir odam boshqa bir (yomon) kishiga yo‘liqib: «Ey odam! Allohdan qo‘rq! Bu qilayotgan (yomon) ishingni tashlagin. Chunki bu halol emasdir», deydi. Keyin ertasiga yana yo‘liqsa, u o‘sha (yomon) holatida bo‘ladi. Lekin u bilan yemoq, ichmoq va o‘tirmoqdan o‘zini man qilmas edi (ya’ni, muomala qilib yuraverar edi). Mana shunday qilib yuraverishganidan keyin Alloh taolo ularning qalblarini bir-biriga urib (bir xil qilib) qo‘ydi. Bu haqda Alloh taolo:

«Bani Isroil orasidan kofir bo‘lgan kimsalar Dovud va Iso ibn Maryam tilida la’natlangandirlar. Bunga sabab ularning qilgan isyonlari va tajovuzkor bo‘lganlaridir. Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari naqadar yomon ish! Ulardan ko‘plari kofir bo‘lgan kimsalarni do‘st tutganlarini ko‘rasiz. Ularga nafsi-havolari naqadar yomon narsani - Allohning g‘azabini keltirdi. Endi ular abadiy azobda qolguvchidirlar. Agar Allohga, payg‘ambarga va unga nozil qilingan kitobga imon keltirganlarida edi, ularni -kofirlarni do‘st tutmagan bo‘lur edilar. Lekin ulardan ko‘plari itoatsiz kimsalardir» (Moida surasi, 78-81-oyatlar), deb aytgan. Sizlarda bunday bo‘lmasin, sizlar yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaringlar. Hamda zolimning qo‘lidan tutib, uni haqqa egib turinglar va haqning ustida ularni mahkam to‘xtatib turinglar. Agar shunday qilmasangizlar, Alloh qalblaringizni bir-biriga urib, bir xil qilib qo‘yadi. Va Bani Isroilni la’natlanganidek sizlarni ham la’natlaydi», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.

Bu hasan isnodli bo‘lib, lafzi Abu Dovudnikidir. Termiziyning rivoyatlari lafzida quyidagicha kelgan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bani Isroil gunohlarga ko‘milib ketganida ulamolari ularni gunoh qilishdan qaytardi. Lekin ular bundan o‘zlarini to‘xtatishmadi. Qavm to‘xtamaganidan keyin ulamolari ham ular bilan bir majlisda o‘tirib, birga ovqatlanib, ichib (aloqani uzmasdan aralishib) yuraverishdi. Alloh taolo ham ularning qalblarini bir-biriga urib (bir xil qilib) qo‘ydi, ular isyon va haddan oshganliklari sababli Dovud va Iso ibn Maryam payg‘ambarlar tilidan ularni la’natladi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam suyanib o‘tirgan holda, yo‘q, bunday bo‘lmang! Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, zolimlarni haqqa moyil qilib, unga ularni mahkam eginglar», deb aytdilar».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:12:32
198/14. Abu Bakr Siddiqdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey insonlar, sizlar quyidagi oyatni o‘qiganmisizlar? «Ey mo‘minlar, o‘zingizni biling! (Ya’ni, gunohlardan saqlaning!) Modomiki, haq yo‘lni tutgan ekansiz, adashgan kimsalar sizlarga zarar yetkaza olmas» (Moida surasi, 105-oyat). Chunki men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Albatta kishilarda zolimlikni ko‘rsanglar-u, uning qo‘lidan tutib, (bu ishidan qaytarmasanglar) tez fursatda Alloh taolo barchalaringni umumiy bir azobga giriftor qiladi», deb aytganlarini eshitdim», dedilar. Abu Dovud, Termiziy va Nasaiylar rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:14:01
24-BOB
Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarib, o‘zi buning xilofini qilgan kishiga qattiq azob bo‘lishi bayoni


Alloh taolo:
«Odamlarni yaxshilikka chorlab, o‘zlaringizni unutasizlarmi? Holbuki, o‘zlaringiz kitob tilovat qilasizlar. Aqlingizni yurgizmaysizlarmi?» (Baqara surasi, 44-oyat);

«Ey mo‘minlar, sizlar nega o‘zlaringiz qilmaydigan narsani (qilamiz, deb) aytursizlar?! Sizlarning o‘zlaringiz qilmaydigan ishni (qilamiz, deb) aytishlaringiz Alloh nazdida o‘ta manfur (ishdir)» (Sof surasi, 2-3-oyatlar), deb aytdi. Shu’ayb alayhissalom tillaridan xabar berib:

«Men sizlarga xilof qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani o‘zim qilishni istamayman» (Hud surasi, 88-oyat), degan.

199/1. Abu Zayd Usoma ibn Zayd ibn Horisadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiyomat kuni bir kishi olib kelinib do‘zaxga tashlanadi. U kishining qornidan ichak-chavoqlari chiqib, xuddi eshak tegirmon atrofida aylangani kabi aylantiriladi. Keyin do‘zax ahllari uning oldida to‘planib: «Ey falonchi, senga nima bo‘ldi, sen yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarar eding-ku?» deyishsa, u kishi: «Ha, to‘g‘ri! Yaxshilikka buyurib, o‘zim bajarmas edim. Yomonlikdan qaytarib, o‘zim qilar edim», deydi», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:15:12
25-BOB
Omonatni ado etishga buyruq


Alloh taolo:
«Albatta, Alloh sizlarni omonatlarini o‘z egalariga topshirishga buyuradi» (Niso surasi, 58-oyat);

«Albatta Biz bu omonatni (ya’ni, Islom shariatidagi toat-ibodatlarni) osmonlarga, yerga va tog‘u toshlarga ro‘baro‘ qilgan edik, ular uni ko‘tarishdan bosollalohu alayhi vasallam tortdilar va undan qo‘rqdilar. Inson esa uni o‘z zimmasiga oldi. Darhaqiqat u (o‘ziga) zulm qilguvchi va nodon edi» (Ahzob surasi, 72-oyat), deb aytgan.

200/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Munofiqning alomati uchtadir. Agar so‘zlasa, yolg‘on gapiradi. Agar va’da bersa, unga xilof qiladi. Agar omonat qo‘yilsa, xiyonat qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda: «Agar ro‘za tutib, namoz o‘qib, uning musulmon ekanini gumon qilinsa ham...» deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:15:32
201/2. Huzayfa ibn Yamondan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ikkita gap aytdilar. Ularning birini ko‘rdim. Ikkinchisini (qachon bo‘lar ekan, deb) kutib turibman. Avvalgisi - imon kishilar qalbining tubiga tushadi. Keyin Qur’on tushadi. Ular Qur’on va sunnatni o‘rganadilar. Ikkinchisi - kishilardan imon ko‘tariladi. Odam biroz uxlaganida, uning qalbidan imon ko‘tarilib, ozgina izi qoladi, xolos. So‘ngra yana biroz uxlasa, uning qalbidan imon ko‘tarilib, uning izi qavarib ketganga o‘xshaydi. Buning misoli xuddi oyog‘ingni cho‘qqa solsang, u shishib ko‘tarilganini ko‘rasan-u, lekin unda biror narsa bo‘lmaganga o‘xshaydi. Keyin Rasululloh sollalohu alayhi vasallam oyoqlariga toshlarni misol uchun tashladilar-da, so‘ngra quyidagilarni aytdilar: «Odamlar subhda turib, bir-birlari bilan oldi-sotti qilishadi. Va omonatni ado qiladigan biror kishi topisha olmaydi. Hattoki, ishonchli kishi qolmaganidan ahvol shu darajaga yetadiki, falon mahallada ishonchli kishi bor yoki falon kishi aqlli, o‘tkir fikrli, subutli, deyiladi. Uning qalbida esa xantal urug‘i misqolicha ham imon yo‘qdir». Huzayfa: Mening ustimga shunday zamon keldiki, men kim bilan oldi-sotti qilsam, parvo qilmas edim. Agar musulmon bo‘lsa, menga xiyonat etishidan uning dini to‘sardi. Agar nasroniy yoki yahudiy bo‘lsa, menga xiyonat qilishidan uning boshlig‘i to‘sardi. Ammo bugungi kunda falonchi va falonchidan tashqari boshqa hech kim bilan oldi-sotti qila olmayman», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:16:13
202/3. Huzayfa va Abu Hurayralardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh taolo mahshargohda kishilarni jamlaydi. Mo‘minlar tik turishganida jannat ularga yaqinlashtiriladi. Bular Odam alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey otajon, siz bizlarga jannatni ochdirib bering», deyishadi. Odam alayhissalom: «Axir jannatdan otalaringizni xatosi chiqarib yubordi-ku! Men bu martabaning ahli emasman. Sizlar o‘g‘lim Ibrohim xalilulloh huzuriga boringlar», deb aytadilar. Ular Ibrohim alayhissalom huzurlariga borib (yuqoridagi taklifni aytishganida) bu zot: «Men sizlar aytgan narsaning ahli emasman. Mening Allohga xalil (do‘st) bo‘lishim vositachi (Jabroil) orqalidir. Sizlar Muso alayhissalom huzuriga boringlar. Chunki u zot Alloh bilan so‘zlashgandirlar», deydilar. Ular Muso alayhissalom huzurlariga borib, (yuqoridagi taklifni aytishganida) bu zot ham: «Men sizlar aytgan narsaning ahli emasman. Sizlar Allohning kalimasi va ruhi Iso alayhissalom huzuriga boringlar», deydilar. Ular Iso alayhissalom huzurlariga borishsa, bu zot ham: «U narsaning ahli emasman», deganlaridan keyin ular Mening huzurimga borishadi. Menga izn berilganida o‘rnimdan turaman. Imon va qarindoshlik yuboriladi. Bu ikkovi Sirot ko‘prigining ikki tomonida - o‘ng va chapida turg‘iziladi. Keyin avvalgi jamoatlaringiz chaqmoq kabi Sirotdan o‘tishadi», deganlarida, men: «Ota-onam fido bo‘lsin, qaysi narsa chaqmoq kabi o‘tadi?» desam, u zot: «Ko‘rmaysizlarmi, qanchalik tez o‘tib, ko‘z ochib-yumgunicha qaytib keladi», dedilar, so‘ngra: «Shamol kabi o‘tadi. So‘ngra qusollalohu alayhi vasallam kabi o‘tadi. Ko‘p kishilarni ko‘prikdan amallari olib o‘tadi. Nabiylaringiz esa Sirot ko‘prigi ustida turib: «Ey Rabbim, omonda qil, omonda qil», deb turadilar. Hatto, bandalarni amallari ko‘prikdan olib o‘tishga ojiz bo‘lib qoladigan darajaga yetadi. Kishi yurib o‘tishga qurbi yetmay, sudralib o‘tadi. Ko‘prikning ikki tomonida tikonli ilgich osilgan bo‘lib, buyurilgan kishini ilib olishga amr qilingandir. Tirnalangan kishi omonda qolur. Ilinib qolgan kishi esa do‘zaxga ravona bo‘lur», dedilar. Abu Hurayraning joni Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, jahannamning chuqurligi yetmish yillik yo‘ldir». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:17:56
203/4. Abu Xubayb Abdulloh ibn Zubayrdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Otam Zubayr ibn Avvom Jamal (voqeasi) kuni to‘xtab meni chaqirdilar. Men yonlariga borib turdim. «Ey o‘g‘ilcham, bugun zolim yoki mazlumlargina o‘ldirilur. Men esa bugun mazlum holdagina o‘ldirilmog‘imni afzal ko‘raman. Mening eng katta g‘amim qarzim ustidadir. Sen qanday qaraysan? Qarzimizdan molimiz ortadimi?» deb, so‘ngra yana: «Ey o‘g‘ilcham, molimizni sotib, qarzimizni uzgin», dedilar. Va uchdan bir qismini vasiyat qildilar. Ya’ni, (bosollalohu alayhi vasallam o‘g‘illari) Abdullohning bolalariga uchdan birini vasiyat qildilar. «Agar qarzni uzganingdan keyin ortsa, ana shunday qilgin», dedilar». Hishomning aytishlaricha, Abdullohning farzandlari, otalari Zubayrning bolalari Hubayb, Abbodlar bilan tengqur edi. Ana shu paytda Zubayrning to‘qqiz o‘g‘il va to‘qqiz qizlari bor edi. Abdulloh aytdilar: «Otam menga qarzlarini vasiyat qilaturib: «Ey o‘g‘ilcham, agar qarzni uzishda ojiz bo‘lib qolsang, mavloimdan yordam so‘ragin», dedilar. Allohga qasamki, otam mavloim, deyisollalohu alayhi vasallam bilan nimani iroda qilganlarini bilmasdan: «Ey otajon! Mavloingiz kim?» desam, otam: «U Allohdir», dedilar. Men, qachonki, qarzni uzishda qiyinchilikka yo‘liqsam: «Ey Zubayrning mavlosi, uning qarzidan najot bergil», desam, bas, U zot unga najot berar edi. Otam Zubayr o‘sha urushda o‘ldirildilar. Va Madinada bir daraxtzor hamda o‘n bir hovli, Basrada ikki hovli, Ko‘fada bir hovli, Misrda ham bir hovlidan tashqari biror dinor ham va dirham ham qoldirmadilar. Bu zotning qarzdor bo‘lib qolishlariga sabab kishilar biror omonatni huzurlariga olib kelishsa, uni qarz shaklida qabul qilib olardilar. «Agar omonat deb qabul qilsam, uning (vaqt o‘tishi bilan) o‘z qiymatini yo‘qotishidan qo‘rqaman», deb aytardilar. Zubayr roziyallohu anhu biror yerga voliy bo‘lishga yoki soliq yig‘uvchi bo‘lishga intilmadilar. Faqatgina Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Umar, Usmonlar roziyallohu anhu bilan birga g‘azot qilishga oshiqar edilar. Men otamning barcha qarzlarini hisoblasam, ikki million ikki yuz ming bo‘ldi. (O’sha kunlarda) Hakim ibn Hizom yo‘liqib: «Ey jiyanim, akamning qarzi qancha ekan?» dedi. Men uni yashirib (kamaytirgan holda) «Yuz ming», dedim. Shunda Hakim: «Allohga qasamki, mollaringiz bu miqdordagi qarzni qoplay olmaydi», dedi. Men: «Ikki million ikki yuz ming bo‘lsa-chi?» desam, Hakim: «Bunday miqdordagi qarzni to‘lay olmaysizlar. Agar to‘lashda ojiz bo‘lib qolsangiz, mendan yordam so‘ranglar», dedi».

Zubayr (yuqorida aytilgan) daraxtzorni ikki yuz yetmisollalohu alayhi vasallam mingga sotib olgan edilar. Abdulloh esa uni bir million olti yuz mingga sotib yubordi. So‘ngra Abdulloh o‘rinlaridan turib, «Kimning otam Zubayrda haqqi bo‘lsa, bizni daraxtzordan topsin», deb e’lon qildi. (Birinchi bo‘lib) Abdulloh ibn Ja’far keldi. Zubayr undan to‘rt yuz ming qarz edi. Abdulloh ibn Ja’far Abdulloh ibn Zubayrga: «Agar xohlasang, qarzimdan kechaman», degandi, Abdulloh ibn Zubayr: «Yo‘q», dedi. U: «Agar istasangizlar, muhlatini o‘zlaringiz xohlaganingizcha uzaytiraman», deganida, Abdulloh ibn Zubayr yana: «Yo‘q», dedilar. Shunda u: «Unday bo‘lsa, daraxtzordan bir bo‘lak yer ajratib beringlar», dedi. Abdulloh ibn Zubayr: «Manavi yerdan anavi yergacha sizniki», dedi. (Shu alfozda) Abdulloh ibn Zubayr o‘sha daraxtzordan sotib-sotib, otalarining qarzlarini uza boshladilar. Nihoyat, to‘rt yarim ulusollalohu alayhi vasallam qoldi. So‘ngra Abdulloh ibn Zubayr Muoviyaning huzuriga bordilar. U zotning huzurida Amr ibn Usmon, Munzir ibn Zubayr va Ibn Zam’alar bor edi. Muoviya Abdulloh ibn Zubayrga: «Daraxtzorni qanchaga narxlading?» dedi. Abdulloh ibn Zubayr: «Har bir ulushini yuz mingdan», dedi. Muoviya: «Necha ulusollalohu alayhi vasallam qoldi?» dedi. Abdulloh ibn Zubayr: «To‘rt yarim ulush», dedi. Shunda Munzir ibn Zubayr: «Uning bir ulushini yuz mingga oldim», dedi. Amr ibn Usmon: «Men ham bir ulushini yuz mingga oldim», dedi. Ibn Zam’a: «Men ham bir ulushini yuz mingga oldim», dedi. Muoviya: «Qanchasi qoldi?» dedi. Abdulloh ibn Zubayr: «Bir yarim ulush», dedi. Muoviya: «O’sha bir yarim ulushni bir yuz ellik mingga men oldim», dedi. (Shu bilan daraxtzor bir million olti yuz mingga sotildi. Lekin Zubayrning qarzlarini to‘la to‘kis uzisollalohu alayhi vasallam uchun yana olti yuz ming yetmas edi. Shu boisdan) Abdulloh ibn Ja’far ham o‘z hissalarini Muoviyaga olti yuz mingga sotdilar. Abdulloh ibn Zubayr otalarining qarzlarini uzib bo‘lganlaridan keyin Zubayrning avlodlari kelib: «Endi bizlarning merosimizni taqsim qilib bering», deyishdi. Abdulloh ibn Zubayr: «Allohga qasamki, men to‘rt yilgacha (haj mavsumida) «Kimning Zubayrda qarzi bo‘lsa, kelsin, biz uni beramiz», deb jarchi qo‘ymagunimcha, sizlarga meroslaringizni taqsim qilib bermayman», dedilar. Keyin Abdulloh ibn Zubayr har yili xaloyiqqa ovoza qildilar. (Hech kim kelmaganidan keyin) to‘rt yil o‘tgach, meroslarni taqsimlab berdilar. Lekin uchdan birini olib qo‘ydilar. Zubayrning roziyallohu anhu to‘rtta xotini bor edi. Har bir xotinga bir million ikki yuz mingdan ulush tegdi. Zubayrning barcha mol-mulki ellik million ikki yuz ming edi. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:20:41
26-BOB
Zulm qilisollalohu alayhi vasallam haromligi hamda haqni haqdorga qaytarishga buyruq


Alloh taolo:
«Zolim kofir kimsalar uchun (u Kunda) na bir do‘st va na itoat qilinadigan (ya’ni, shafoati qabul qilinadigan) oqlovchi bo‘lmas» (G’ofir surasi, 18-oyat);

«Zolimlar uchun biron yordamchi yo‘qdir» (Haj surasi, 71-oyat), deb aytgan.

Bu mavzuimizga 11-bobdagi Abu Zardan roziyallohu anhu rivoyat qilingan 111-raqamli hadis ham dalil bo‘ladi.

204/1. Jobirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Zulmdan chetlaninglar. Chunki u Qiyomat kunida zulumat bo‘ladi. Va yana baxillik va xasislikdan saqlaninglar. Chunki u sizlardan avvalgi ummatlarning halokatga uchrashiga va qon to‘kishlariga hamda harom narsalarni halol qilib olishlariga sabab bo‘lgan edi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:21:04
205/2. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Qiyomat kuni bo‘lganida haqlar o‘z egasiga qaytariladi (ya’ni, zolimdan mazlumning haqqi olib beriladi). Hattoki, shoxli qo‘ydan shoxsiz qo‘yning qasosi olib beriladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:21:51
206/3. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Bizlar vidolashuv haji nima ekanini bilmasdan, u haqda gaplashib turganimizda, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bizning oldimizda edilar. Bu zot Allohga hamd va sano aytib, keyin Masih ud-Dajjolni mubolag‘a ila zikr qildilar. Va: «Alloh biror payg‘ambar yuboradigan bo‘lsa, albatta bu payg‘ambar o‘z ummatini Dajjoldan ogohlantirgan. Nuh va undan keyingi payg‘ambarlar ham undan ogohlantirishgan. Agar Dajjol chiqadigan bo‘lsa, uning ba’zi holatlari maxfiy bo‘lishi mumkin. Ammo bu haqiqat sizlardan maxfiy emaski, albatta Rabbingiz bir ko‘zli emas. Lekin Dajjol bir ko‘zli bo‘lib, o‘ng ko‘zi ko‘rmaydi. Go‘yoki uning ko‘zi suvda qalqib turgan uzumga o‘xshaydi. Ogoh bo‘ling! Albatta, Alloh taolo sizlarga bu kun va bu oyingizda (qon to‘kishni) harom qilgani kabi qonlaringiz va mollaringizga tajovuz qilishni ham harom qildi. Ogoh bo‘linglar. Omonatni sizlarga yetkazdimmi?» deganlarida, sahobalar: «Ha», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Allohim, guvoh bo‘l», deb uch marta aytdilar. Va yana u zot: «Sizlarning holingizga voy bo‘lsin. Yana sizlar mendan keyin kofir bo‘lib, bir-biringizning gardaningizga (qilich) urib yurmanglar», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari. Ba’zi lafzlar Imom Muslimniki.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:21:59
207/4. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki bir qarich yerga egalik qilisollalohu alayhi vasallam bilan zulm qilsa, yetti (qavat) yer bo‘yniga o‘rab qo‘yiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:22:10
208/5. Abu Musodan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh taolo zolimga (zulmdan to‘xtashi uchun) muhlat beradi. Agar endi jazolaydigan bo‘lsa, uni jazodan xalos etmaydi», deb quyidagi oyatni o‘qidilar:

«Parvardigoringiz (ahli) zolim bo‘lgan shaharlarni ushlaganida, mana shunday ushlar. Uning ushlashi - azobi alamli va qattiqdir» (Hud surasi, 102-oyat). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:22:18
209/6. Muozdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam meni bir joyga yuborayotib: «Sen ahli kitob bo‘lgan qavmning huzuriga ketyapsan. Agar borsang, ularni «La ilaha illalloh Muhammadun rasululloh» shahodatiga chaqir. Agar bunga itoat qilishsa, Alloh ularga har kecha va kunduzda besollalohu alayhi vasallam vaqt namozni farz qilganini bildirgin. Agar bunga ham itoat qilishsa, Alloh ularga boylaridan olib, kambag‘allariga beriladigan sadaqani farz qilganini bildir. Agar bunga ham itoat qilishsa, zakot olayotganingda ularning yaxshi mollarini axtarib olishdan saqlangin. Hamda mazlumning duosidan qo‘rqqin. Chunki u bilan Alloh o‘rtasida parda bo‘lmaydi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:22:30
210/7. Abu Humayd Abdurahmon ibn Sa’d as-So’idiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Azd qabilasidan bo‘lgan Ibn Lutbiyya ismli bir kishini sadaqalarni yig‘ib kelisollalohu alayhi vasallam uchun boshliq qilib tayinladilar. Bu kishi qaytib kelib: «Bu sizlarga atalgan sadaqadir. Mana bunisi esa menga hadya qilindi», dedi. Buni eshitgan Rasululloh sollalohu alayhi vasallam minbarga chiqib Allohga hamdu sano aytib, so‘ngra: «Men sizlardan bir kishini Alloh meni boshliq qilgan narsaga tayinlasam, u kishi kelib: «Bu sizlarga, mana bunisi menga hadya qilindi», deb aytyapti. Agar rostgo‘y bo‘lsa, ota-onasining uyida o‘tirsin-chi, hadya kelarmikin?! Allohga qasamki, birortangiz biror narsani nohaq olmasin. Agar oladigan bo‘lsa, Qiyomat kuni o‘sha narsani ko‘targan holda Alloh taologa yo‘liqadi. Yana sizlarni baqirayotgan tuyani yoki bo‘kirayotgan molni yoki ma’rayotgan qo‘yni ko‘tarib Allohga yo‘liqayotganingizda ko‘rmayin», deb qo‘llarini ko‘targan edilar, qo‘ltiqlarining oqi ko‘rinib ketdi. Va yana: «Allohim, yetkazdimmi?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:22:40
211/8. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki birodarining obro‘si yoki boshqa biror narsasiga zulm qilsa, dinor va dirhamlar (foyda) bo‘lmaydigan Kun kelishidan oldin mana shu kunda rozi qilsin. (Agar bunday qilmaydigan bo‘lsa, Qiyomat kuni) zolimning yaxshi amali bo‘lsa, zulmining miqdoricha mazlumga olib beriladi. Agar yaxshiligi bo‘lmasa, mazlumning yomonligidan olib, zolimga yuklanadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:22:49
212/9. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Qo‘lidan va tilidan musulmonlar omonda bo‘lgan kishi musulmon, deb aytiladi. Alloh man qilgan narsadan chetlangan kishi muhojir, deb aytiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:23:03
213/10. Va yana o‘sha zotdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuklarini ko‘tarib yuruvchi Kirkira ismli bir kishi vafot etganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «U do‘zaxdadir», dedilar. Sahobalar (u vafot etganida) oldiga borishsa, unda o‘lja taqsimlanmasidan oldin o‘g‘irlab olingan bir kiyimni ko‘rishdi. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:23:18
214/11. Abu Bakra Nufay’ ibn Horisdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Albatta yil Alloh yer va osmonlarni yaratgan kundagi shaklidek aylanib turibdi. Bir yil o‘n ikki oydir. Undan to‘rttasi (urush) harom qilingan oydir. Ular Zulqa’da, Zulhijja, Muharram, Rajab oylaridir. Bularning uchtasi ketma-ket kelib, to‘rtinchisi Jumodissoniy bilan Sha’bon orasida keluvchi Rajabi-Muzar oyidir», deb so‘ngra: «Hozir qaysi oy?» dedilar. Biz: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedik. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam sukut qilib, jim bo‘lib qoldilar. Hattoki, biz u zot uni o‘zining ismidan boshqasi ila nomlasalar kerak, deb o‘yladik. «Hozir Zulhijja oyi emasmi?» degandilar, biz: «Ha», dedik. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bu qaysi shahar?» dedilar. Biz: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedik. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam sukut qilib, jim bo‘lib qoldilar. Hattoki, biz u zot uni o‘zining ismidan boshqasi ila nomlasalar kerak, deb o‘yladik. «Bu Balad ul-harom (Makka) shahri emasmi?» degandilar, biz: «Ha», dedik. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bu qaysi kun?» dedilar. Biz: «Alloh va rasuli biluvchiroq», dedik. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam sukut qilib, jim bo‘lib qoldilar. Hattoki, biz u zot uni o‘zining ismidan boshqasi ila nomlasalar kerak, deb o‘yladik. «Bu kun Qurbonlik kuni emasmi?» degandilar, biz: «Ha», dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bu kun, bu shahar va bu oyda (qon to‘kishni) harom qilgani kabi qonlaringiz va mollaringiz hamda obro‘laringizga tajovuz qilishni harom qildi. Sizlar tez kunda Rabbingizga yo‘liqib, (bu dunyoda) qilgan amallaringiz haqida so‘ralasiz. Ogoh bo‘linglar, yana mendan keyin ba’zilaringiz ba’zilaringizning gardaniga (qilich bilan) urib kofir bo‘lib ketmasin. Ogoh bo‘linglar! Bu joyda hozir bo‘lganlar bo‘lmaganlarga bu so‘zlarimni yetkazsin. Shoyadki, yetkazilgan kishilardan ba’zilari o‘zlari eshitgan kishilaridan ko‘ra xotirasida saqlovchiroqdir», deb, so‘ngra: «Yetkazdimmi?» degandilar, biz: «Ha, yetkazdingiz», dedik. Shunda u zot: «Alloh, O’zing guvoh bo‘l», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:23:26
215/12. Abu Umoma Ibos ibn Sa’laba al-Horisiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki musulmon kishining haqqini qasam ichib yeb ketsa, Alloh taolo unga do‘zaxni vojib qilib, jannatni harom qiladi», dedilar. Shunda bir kishi: «Ey Allohning rasuli, ozgina narsa bo‘lsa hammi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar (misvok uchun ishlatiladigan) arok daraxtining shoxi bo‘lsa ham», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:23:39
216/13. Adiy ibn Umayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Kimki biror ishga boshliq bo‘lsa-da, u kishi ninadek yoki kattaroq narsani yashirsa, o‘sha olgan narsasi bilan Qiyomat kuni keladi», deganlarida, ansoriylardan bo‘lgan bir qora kishi o‘rnidan turib: «Go‘yoki uni ko‘rib turgandayman, ey Allohning rasuli, mendan iste’foimni qabul qilib oling», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Senga nima bo‘ldi?» degandilar, u kishi: «Sizning unday va bunday deb aytganingizni eshitdim-ku axir», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Hozir yana qaytarib aytaman. Kimni biror ishga boshliq qilsak, ozi va ko‘pini (yashirmay) olib kelsin. Nimani bersak, uni olsin. Nimadan qaytarsak, uni olishdan o‘zini tiysin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:23:48
217/14. Umar ibn Xattobdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Xaybar urushi bo‘lgan kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bir necha nafari «Falonchi shahid va pistonchi ham shahid», deb bir kishining oldidan o‘tayotib: «Bu falonchi ham shahiddir», deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Yo‘q! Bunday emas. Chunki o‘lja taqsimlanmasidan oldin bir to‘n yoki bir kiyimni yashirgani sababli uni do‘zaxda ko‘rdim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:23:56
218/15. Abu Qatoda Horis ibn Rib’iydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam sahobalar orasida turib, Allohga imon keltirisollalohu alayhi vasallam va Alloh yo‘lida jihod qilisollalohu alayhi vasallam amallarning eng afzali ekanini aytganlarida, bir kishi o‘rnidan turib: «Ey Allohning rasuli, agar Allohning yo‘lida urushsam, xatolarim o‘chirib yuboriladimi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ha, agar sabr qilib, savob umidida olg‘a yurib, orqaga chekinmasdan Alloh yo‘lida urushadigan bo‘lsang», deya turib: «Nima deb aytding?» dedilar. Haligi kishi yana: «Agar Allohning yo‘lida urusollalohu alayhi vasallam qilsam, xatolarim o‘chirib yuboriladimi?» deb aytgan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ha, agar sabr qilib, savob umidida olg‘a yurib, orqaga chekinmasdan urushsang, qarzingdan tashqari barcha xatolaring o‘chiriladi. Chunki Jabroil alayhissalom menga mana shunday xabar berganlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:24:05
219/16. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Singan kishi kimligini bilasizlarmi?» deganlarida, sahobalar: «Bizdagi singan kishi tushunchasi puli va matosi yo‘q kimsadir», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Mening ummatimdagi singan kishi Qiyomat kuni namoz, ro‘za, zakot bilan keladi-da, lekin uni so‘kkan, buni zinoda ayblagan, birovning molini yegan, qonini to‘kkan hamda urgani sababli unga va bunga (ya’ni, yuqoridagi mazlumlarning barchasiga) yaxshiliklari ulashib beriladi. Agar yaxshiligi zimmasidagi haqni ado qilmasdan oldin tugab qolsa, u holda haqdorlarning yomonliklaridan uning ustiga tashlab, so‘ngra jahannamga uloqtiriladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:24:17
220/17. Ummu Salamadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Men ham bir insondirman. Sizlar mening huzurimga xusumatlashib kelasizlar. Balki ba’zingiz ba’zingizdan ko‘ra so‘zga ustaligi sabab hujjatini tushunarli qilib ko‘rsatar. Men esa qanday eshitgan bo‘lsam, o‘shanga qarab hukm qilaman. Kimga birodarining haqqini hukm qilsam, do‘zaxdan bir parchasini hukm qilgan bo‘laman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:24:24
221/18. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min kishi agar nohaq qon to‘kmasa, dinida keng holda yashashda bardavom bo‘ladi», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:24:32
222/19. Hamzaning roziyallohu anhu xotinlari Xavla binti Omir al-Ansoriyyadan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishilar Allohning molida nohaq tasarruf qilishar ekan, bas, ularga Qiyomat kuni do‘zax bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:25:42
27-BOB
Musulmonlarning hurmatlarini ulug‘lasollalohu alayhi vasallam va ularning haqlarini bayon etish hamda ularga rahm-shafqat qilish bayonida


Alloh taolo:
«Kim Alloh harom qilgan narsalarni hurmat (rioya) qilsa, bas, bu Parvardigori nazdida o‘zi uchun yaxshidir» (Haj surasi, 30-oyat);

«Kim Alloh qonunlarini hurmat qilsa, bas, albatta (bu hurmat) dillarning taqvodorligi sababli bo‘lur» (Haj surasi, 32-oyat);
«Mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni, mudom kamtar-tavozu’li bo‘ling)»
(Hijr surasi, 88-oyat);

«Kimki biron jonni o‘ldirmagan va yerda buzg‘unchilik qilib yurmagan odamni o‘ldirsa, demak, go‘yo barcha odamlarni o‘ldiribdi va kimki unga hayot ato etsa (ya’ni, o‘ldirishdan bosollalohu alayhi vasallam tortsa), demak, go‘yo barcha odamlarga hayot beribdi» (Moida surasi, 32-oyat), deb aytgan.

223/1. Abu Musodan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min mo‘min uchun xuddi imoratdagi bir-biriga suyanib mustahkam turgan (ustunlar)ga o‘xshaydi», deb barmoqlarini bir-biriga kirgizdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:25:55
224/2. Abu Musodan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki bizlarning masjidlarimiz yoki bozorlarimizdan o‘tib ketayotganida, u bilan birga (o‘qdonida) o‘q bo‘lsa, uni mahkamlab ushlasin yoki (qilich, xanjar) tig‘ini kafti ila ushlab yursin. Zero, u sababidan musulmonlardan birortasiga ozor yetmasin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:26:03
225/3. No‘‘mon ibn Bashirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Mo‘minlarning bir-birlariga bo‘lgan do‘stliklari, rahmli bo‘lishlari va mehribonliklari xuddi jasadga o‘xshaydi. Agar undan biror a’zo og‘risa, jasadning boshqa (a’zolari) bedor bo‘lib, isitmaga mubtalo bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:26:14
226/4. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Hasan ibn Alini o‘pdilar. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlarida shu payt Aqro’ ibn Hobis bor edi. Shunda Aqro’: «Mening o‘nta farzandim bor-u, ulardan birortasini o‘pmayman», dedi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam unga qarata: «Kim rahm qilmasa, unga nisbatan ham rahm qilinmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:26:21
227/5. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. A’robiylardan bir necha kishi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Sizlar yosollalohu alayhi vasallam go‘daklaringizni o‘pasizlarmi?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ha», dedilar. A’robiylar: «Lekin Allohga qasamki, biz ularni o‘pmaymiz», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh qalblaringizdan rahmatni tortib olsa, men o‘rniga solib qo‘ya olarmidim?!», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:26:30
228/6. Jarir ibn Abdullohdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Kimki insonlarga rahm qilmasa, Alloh ham unga rahm qilmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:26:39
229/7. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar sizlardan biringiz kishilarga imom bo‘lib namoz o‘qib bersa, yengil qilsin. Chunki ularning orasida zaiflar, bemorlar va keksa yoshdagilar bordir. Agar o‘zi uchun (tanho) o‘qisa, xohlaganicha uzun qilaversin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa bir rivoyatda «Ularning ichida hojatmandlari bordir» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:26:47
230/8. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ba’zi amallarni bajarishni yaxshi ko‘rsalar ham, uni tark qilardilar. Chunki xalq o‘sha narsaga amal qila boshlasa, ularga farz bo‘lib qolishidan xavf qilardilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:26:55
231/9. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam sahobalarga rahm qilib, ro‘zani bir-biriga bog‘lashdan (ya’ni, ikki ro‘zaning o‘rtasida iftorlik qilmaslikdan) man qildilar. Shunda sahobalar: «Ey Allohning rasuli, siz bog‘laysiz-ku?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Men ko‘rinishda sizlar kabi emasman. Yotganimda Rabbim meni ovqat hamda ichimlik bilan ta’minlaydi» (ya’ni, yegan va ichganning quvvatini menda hosil qiladi), dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:27:04
232/10. Abu Qatoda Horis ibn Rib’iydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Namozga turib uzun qilishni xohlayman-da, go‘dakning yig‘isi ovozini eshitib, onasiga mashaqqat bo‘lmasligi uchun namozimni yengil (qisqa) qilaman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:27:12
233/11. Jundub ibn Abdullohdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki bomdod namozini o‘qisa, u kishi Allohning ahdi va omonidadir. Alloh sizlarni hargiz ahdini zoe qilgan holda topmasin. Chunki Alloh kimni ahdini zoe qilgan holda topsa, uni yuzi ila jahannam oloviga tashlaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. (Ya’ni, subhi namozini va qolganlarini ham o‘qigan kishiga yomonlik qilishdan ogohlantirilyapti.)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:27:20
234/12. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Musulmon musulmon kishining birodaridir. Unga zulm ham qilmaydi va birodarini dushmaniga topshirib ham qo‘ymaydi. Kim birodarining hojatida bo‘lsa, Alloh ham uning hojatida bo‘ladi. Kimki musulmondan g‘am-tashvishni ketkazsa, Alloh taolo Qiyomat g‘am-tashvishlaridan uni xalos etadi. Kimki musulmonning (aybini) berkitsa, Alloh taolo Qiyomat kunida uning ham (aybini) berkitadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:27:32
235/13. Abu Hurayradan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Musulmon musulmon kishining birodaridir. Unga xiyonat qilmaydi, yolg‘on so‘zlamaydi va yordamsiz qo‘ymaydi. Har bir musulmonning boshqa bir musulmon obro‘siga, moliga, qoniga tajovuz qilishi haromdir. Taqvo bu yerda (ya’ni, qalbda). Musulmon birodarini haqir hisoblamog‘i kishining yomon shaxs ekanligiga kifoya qiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:27:40
236/14. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir-birlaringizga hasadlashmang. O’zaro narxlarni oshirib yubormang (ya’ni, sotib olish niyati yo‘q, lekin bahosi oshishi uchun yolg‘ondan baholashmang). Bir-birlaringizga g‘azab qilmanglar hamda orqa o‘girib munosabatlarni bo‘lmanglar. Ba’zilaringiz ba’zilaringiz savdosi ustiga savdo qilmasin. Ey Allohning bandalari, birodar bo‘linglar. Musulmon musulmon bilan aka-ukadir. Unga zulm qilmaydi, haqir sanamaydi va xo‘rlamaydi. Taqvo bu yerda», deb qalblariga uch marta ishora qildilar. Yana: «Musulmon birodarini haqir sanamog‘i uning yomon ekaniga kifoya qiladi. Har bir musulmon boshqa bir musulmonning qoni, moli va obro‘siga tajovuz qilmog‘i haromdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:27:47
237/15. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodari uchun yaxshi ko‘rmagunicha komil mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:28:28
238/16. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xoh zolim, xoh mazlum bo‘lsin, birodaringga yordam ber», deganlarida, bir kishi: «Ey Allohning rasuli, mazlumga-ku yordam beraman, zolimga qanday qilib yordam beraman?» dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Zulmdan uni to‘xtatsang, ana o‘sha yordamdir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:28:45
239/17. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonning boshqa bir musulmon ustida beshta haqqi bordir: 1. Salomiga alik olish. 2. Kasal bo‘lsa, borib ko‘rish. 3. O’lsa, janozasiga qatnashish. 4. Taom yoki biror narsaga chaqirsa, javob berish. 5. Aksa urib «Alhamdulillah», desa, «Yarhamukalloh», deb javob berish», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning rivoyatlarida quyidagicha keltiriladi: «Musulmonning boshqa bir musulmon ustida oltita haqqi bordir: 1. Agar yo‘liqsa, salom beradi. 2. Agar (taom yoki boshqa narsaga) chaqirsa, javob beradi. 3. Agar nasihat talab qilsa, u uchun nasihat qiladi. 4. Agar aksa urib «Alhamdulillah», desa, «Yarhamukalloh», deydi. 5. Agar kasal bo‘lsa, borib ziyorat qiladi. 6. Agar o‘lsa, janozasida ishtirok etadi».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:28:57
240/18. Abu Umora Baro ibn Ozibdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam yetti narsaga buyurib, yetti narsadan qaytardilar. Buyurganlari: 1) kasalni ziyorat qilish; 2) janozada ishtirok etish; 3) aksa urib «Alhamdulillah», desa, «Yarhamukalloh», deb javob berish; 4) qasamni bajarish; 5) mazlumga yordam berish; 6) (taom yoki boshqa narsaga) chaqiruvchiga javob berish; 7) salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoyish.
Qaytarganlari: 1) tilla uzuk taqmoq; 2) kumusollalohu alayhi vasallam idishda ichmoq; 3) tuya egarlariga kimxob yoki ipakdan to‘shamoq; 4) ipak va kanop aralashtirilgan libosni kiymoq; 5) ipakni kiymoq; 6) qalin ipakni kiymoq; 7) yupqa ipakni kiymoq». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa bir rivoyatda avvalgi yetti narsa qatoriga «Yo‘qolgan narsani topganda bildirish» jumlasi ham qo‘shilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:29:17
28-BOB
Musulmonlarning ayblarini yopish, uni zaruratsiz yoyishdan qaytarish bayoni


Alloh taolo:
«Albatta iymon keltirgan kishilar o‘rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir», deb aytgan (Nur surasi, 19-oyat).

241/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror banda boshqa bir bandaning aybini dunyoda berkitadigan bo‘lsa, Alloh taolo Qiyomat kunida uning aybini berkitadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:29:25
242/2. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan har biri avf qilingandir. Faqat mujohirlar (oshkora qiluvchilar) bunday emas. Mujohir shunday bir kishiki, u kechasida bir amalni qiladi-da, so‘ngra tong ottiradi. Alloh esa uning gunohini berkitgan edi. Bas, u: «Ey falonchi, unday va bunday qildim», deydi. Vaholanki, Rabbisi uni berkitgan edi. U esa Allohning yopib qo‘ygan pardasini ochib yuboradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:29:35
243/3. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qachon bir cho‘ri zino qilsa va zino qilganligi ravshan, sobit bo‘lsa, unga darra ursin. Lekin aybsitib koyilmasin. Ikkinchi marta yana zino qilsa, unga darra ursin. Lekin aybsitib koyilmasin. So‘ngra uchinchi marta yana zino qilsa, uni agar qildan to‘qilgan arqonga bo‘lsa ham, sotib yuborsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:29:45
244/4. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aroq ichgan bir kishi olib kelindi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Buni uringlar», dedilar. Abu Hurayra aytadilar: «Ba’zimiz qo‘l bilan, ba’zimiz kavusollalohu alayhi vasallam bilan va ba’zimiz kiyim bilan aroq ichgan kishini urdik». Qachonki, bu kishi ketayotgan edi, qavmdan bo‘lgan bir kishi: «Alloh seni sharmanda qilsin», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bunday deb aytmanglar. Bu kishining zarari uchun shaytonga yordam bermanglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:30:08
29-BOB
Musulmonlarning hojatlarini ado etish bayoni


Alloh taolo:
«Yaxshilik qilingiz - shoyadki, najot topsangizlar», deb aytgan (Haj surasi, 77-oyat).

245/1. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon musulmonning birodaridir. Zulm ham qilmaydi va boshqaga zulm qilishi uchun topshirib ham qo‘ymaydi. Kim birodarining hojatini chiqarsa, Alloh taolo ham uning hojatini chiqaradi. Kimki musulmondan biror g‘amni yengillatsa, Alloh taolo ham undan Qiyomat g‘amlarini yengillatadi. Kimki musulmonning aybini yopsa, Alloh taolo ham Qiyomat kuni uning aybini yopadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:30:19
246/2. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim mo‘mindan dunyo g‘amlarini yengillatsa, Alloh taolo ham undan Qiyomat g‘amlarini yengillatadi. Kim qiyinchilikda qolgan birodarini osonlikka chiqarsa, Alloh taolo ham uni dunyo va oxiratda osonlikka chiqaradi. Kimki musulmonning aybini yopsa, Alloh taolo ham dunyo va oxiratda uning aybini yopadi. Alloh bandasining yordamida bo‘ladi, modomiki, bandasi birodarining yordamida bo‘lsa. Kimki ilm talabida bir yo‘lga qadam qo‘ysa, Alloh taolo jannat yo‘lini unga oson qiladi. Biror jamoa Allohning uylaridan biriga Allohning kitobini tilovat qilish hamda o‘zaro o‘rtalarida dars qilish maqsadida jamlanadigan bo‘lishsa, ularga xotirjamlik tushib, rahmat qoplab va farishtalar o‘rab olishadi. Alloh taolo O’zining huzuridagi (farishtalar) bilan bularni eslaydi. Kimki amali (xatti-harakati)ni susaytirib qo‘ysa, nasabi xatti-harakatini tezlata olmaydi (ya’ni, uning amali noqis bo‘lsa, nasabi amal qiluvchilar martabasiga olib chiqmaydi)», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:30:51
30-BOB
Shafe’ (vositachi bo‘lish) bayoni


Alloh taolo:
«Kim (odamlar orasida) chiroyli - haq taraf olish bilan taraf olsa, o‘ziga ham uning savobidan bir ulusollalohu alayhi vasallam tegur», deb aytgan (Niso surasi, 85-oyat).

247/1. Abu Muso al-Ash’ariydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror hojattalab kishi kelsa, atroflaridagi o‘tirganlarga yuzlanib: «Shafe’ bo‘linglar, ajr olasizlar va Alloh O’z nabiysining tili bilan yaxshi ko‘rilgan narsani hukm qildiradi», derdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Ba’zi rivoyatlarda «Xohlagan narsasi bilan hukm qildiradi» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:31:00
248/2. Ibn Abbosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Barira va uning eri haqida keltirilgan qissada Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Bariraga: «Agar o‘z eringga murojaat qilsang, yaxshi bo‘lardi», deganlarida, Barira: «Ey Rasululloh, erimga qaytishni buyurasizmi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Shafe’ (vositachi) bo‘laman, xolos», dedilar. Barira esa: «Erimga menda hojat yo‘q», dedi. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:31:34
31-BOB
Kishilar orasini isloh qilish bayoni


Alloh taolo:
«Ularning ko‘p maxfiy suhbatlaridan - agar sadaqa berishga yoki biron yaxshilik qilishga yoki odamlar o‘rtasini isloh qilishga buyurgan bo‘lmasalar - hech qanday foyda yo‘qdir» (Niso surasi, 114-oyat);
 
«Sulh (ajralib ketishdan) yaxshiroqdir» (Niso surasi, 128-oyat);

«Bas, Allohdan qo‘rqingiz va o‘z oralaringizni o‘nglangiz!» (Anfol surasi, 1-oyat);

«Mo‘minlar hech shak-shubhasiz og‘a-inilardir. Bas, sizlar ikki - og‘a-iningizning o‘rtasini o‘nglab qo‘yinglar» (Hujurot surasi, 10-oyat), deb aytgan.

249/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kishi har kuni o‘zining har bir a’zosi va bo‘g‘imi uchun sadaqa qilishi lozimdir. Ikki kishining orasini isloh etish ham sadaqadir. Uloviga chiqayotganda yordamlashib qo‘yilsa yoki yukini yuklashib berilsa, u ham sadaqadir. Muloyim so‘z ham sadaqadir. Namozga yurib borilgan har bir qadam ham sadaqadir. Yo‘ldan aziyat beruvchi narsalarni olib tashlasollalohu alayhi vasallam ham sadaqadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:31:51
250/2. Ummu Gulsum binti Uqba ibn Abu Ma’itdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kishilar orasini isloh qilish maqsadida yolg‘ondan bo‘lsa ham, yaxshilikni yetkazsa yoki yaxshilikni aytsa, u yolg‘onchi emasdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning rivoyatlarida quyidagilar ziyoda qilingan: «Kishilar so‘zlaridagi biror narsada (yolg‘on ishlatishga) ruxsat bermadilar. Faqatgina uch narsada ruxsat berdilar: 1. Urushda; 2. Kishilar orasini isloh etishda; 3. Eri xotiniga va xotini eriga (biror kelishish yuzasidan, murosa uchun) bo‘lgan so‘zlashuvlarida».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:32:00
251/3. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam darvoza oldida janjallashayotganlarning ovozlarini eshitdilar. Har ikkisining ovozi baland ko‘tarilmoqda edi. Ulardan biri ikkinchisidan bergan qarzini bir oz kamaytirishini va to‘lasollalohu alayhi vasallam muddatini biroz cho‘zib yaxshilik qilishini iltimos qilar edi. Ikkinchisi esa: «Allohga qasamki, (sen aytgandek) qilmayman!» der edi. Buni eshitib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Yaxshilik qilmayman, deb Alloh nomiga qasam ichuvchi qani?» deganlarida, haligi kishi: «Menman, ey Rasululloh! Olgan qarzidan (qanchasini va qachon to‘lashni) ma’qul ko‘rsa, o‘shanda to‘layversin!» dedi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 20 Noyabr 2007, 19:32:11
252/4. Abu Abbos Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Amr ibn Avf qabilasida kelishmovchilik bo‘lgani xabari yetganida, u zot sahobalari bilan birga ularning orasini isloh qilish uchun bordilar. Va u yerda biroz to‘xtab qoldilar. Namoz vaqti yaqinlashib qolganida Bilol roziyallohu anhu Abu Bakr roziyallohu anhu huzurlariga kelib: «Ey Abu Bakr, Rasululloh ushlanib qoldilar. Namoz vaqti bo‘ldi. Kishilarga imom bo‘lib berasizmi?» deganlarida, Abu Bakr raziyallohu anhu: «Agar xohlasangiz, imom bo‘laveraman», dedilar. Bilol roziyallohu anhu namozga iqomat aytdilar. Abu Bakr roziyallohu anhu oldinga o‘tib takbir aytib (quloq qoqdilar). Odamlar ham takbir aytishdi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam saf orasidan yurib kelib, o‘z o‘rinlarini egalladilar. Odamlar qarsak chala boshlashdi. Abu Bakr roziyallohu anhu esa namozda o‘girilib qaramadilar. Qachonki, kishilarning qarsagi ko‘payib ketganidan keyin Abu Bakr roziyallohu anhu o‘girilib qaragan edilar, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam (safda) turibdilar. Lekin u zot sollalohu alayhi vasallam Abu Bakrga raziyallohu anhu: «Davom etaver», dedilar. Abu Bakr roziyallohu anhu qo‘llarini ko‘tarib Allohga hamd aytib, orqaga qaytdilar va ko‘rdilarki, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam safda turibdilar. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam oldinga o‘tib kishilarga namoz o‘qib berdilar. Qachonki, namozdan forig‘ bo‘lganlarida kishilarga yuzlanib: «Ey insonlar, sizlarga nima bo‘ldiki, namozda biror hodisa yuz bersa, chapak chalasizlar? Vaholanki, namozda biror hodisa yuz bersa, chapak chalish ayollarga xosdir. Agar erkaklarning namozida biror hodisa yuz bersa, «Subhonalloh», deb aytsin. Chunki «Subhonalloh», deyilganda biror kishi eshitsa, o‘girilib qaraydi. Ey Abu Bakr, sizga ishora qilganimda kishilarga imom bo‘lib namoz o‘qib berishdan nima man qildi?» deganlarida, Abu Bakr roziyallohu anhu: «Ibn Abu Quhofaga (ya’ni, Abu Bakrga) Rasululloh sollalohu alayhi vasallam oldilarida kishilarga imom bo‘lib berish durust emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:14:33
32-BOB
Zaif, kambag‘al va ovoza bo‘lmagan musulmonlarning fazilati


Alloh taolo:
«Siz o‘zingizni erta-yu kech Parvardigorlarining yuzini -roziligini istab Unga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Ko‘zlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini ko‘zlab, ulardan o‘tib (o‘zga ahli dunyolarga boqmasin)», deb aytgan (Kahf surasi, 28-oyat).

253/1. Horisa ibn Vahbdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Sizlarga ahli jannat kimlar ekanligini aytaymi? Ular har bir zaif va odamlar nazariga ilmaydigan bechorahol kishilardir. Agar bu zaif kishi Allohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichsa, qasamining ustidan chiqadi. Ogoh bo‘linglar! Sizlarga ahli do‘zax kimlar ekanini aytaymi? Ular qo‘pol, dag‘al, gerdayib yuruvchi mutakabbirlardir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:14:44
254/2. Abu Abbos Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam oldilaridan o‘tib ketdi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam yonlarida o‘tirgan boshqa bir kishiga: «O’tib ketgan shaxs haqida qanday fikrdasan?» deganlarida, u kishi: «Bu odamlarning oliy tabaqalisidir. Agar mana shu kishi sovchi bo‘lsa, qizingizni uzatmoqlikka haqlidir. Agar vositachi bo‘lsa, shafe’ bo‘lishga haqlidir», dedi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam jim turdilar. So‘ngra oldilaridan boshqa bir kishi o‘tdi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam yonlaridagi kishiga: «Bu haqda nima deysan?» dedilar. U kishi: «Bu o‘tib ketgan kishi musulmonlarning kambag‘alidir. Agar sovchi bo‘lsa, qizni uzatmaslikka, vositachi bo‘lsa, shafe’ bo‘lmaslikka va agar gapirsa, so‘zini eshitmaslikka haqlidir», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bu kambag‘alning bitta o‘zi yer yuzini to‘ldiruvchi oliy tabaqali kishilardan yaxshidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:15:05
255/3. Abu Said al-Xudriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Jannat va do‘zax martaba talashib xusumatlashishdi. Do‘zax: «Menda zolimlar, mutakabbirlar bo‘ladi», dedi. Jannat: «Menda zaif va miskinlar bo‘ladi», dedi. Alloh taolo ularning o‘rtasida hukm qildi va: «Ey jannat, sen Mening rahmatimdirsan. Men xohlagan bandamga sen bilan rahmat qilaman (ya’ni, senga uni kirgizaman). Ey do‘zax, sen Mening azobimdirsan. Men xohlagan bandamga sen bilan azob beraman (ya’ni, senga uni kirgizaman). Ikkovlaringizni to‘ldirish Mening zimmamdadir», dedi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:15:29
256/4. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Qiyomat kuni jismi katta va semiz kishilar kelishadi. Ularning Alloh huzurida pashsha qanoticha ham vaznlari bo‘lmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:16:04
257/5. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir qora ayol (yoki yosollalohu alayhi vasallam yigit) masjidni supurib yurar edi. U ko‘rinmay qoldi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam U haqda sahobalardan so‘raganlarida, ular: «O’ldi», deb aytishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Menga bu haqda bildirmadinglarmi?» dedilar. Sahobalar uning ishini yengil sanab xabar berishmagan edi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Meni uning qabriga olib boringlar», deb aytdilar. Sahobalar u zotni o‘sha ayol (yoki yigit) qabriga olib borishdi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam unga namoz o‘qidilar. So‘ngra: «Albatta bu qabrlar ahlini zulmat qoplagandir. Alloh taolo mening duoim ila ularni nurlantirib turadi», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:16:48
258/6. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bir qancha sochi to‘zigan, chang bosgan va eshiklardan quvilgan kishilar borki, agar ular Alloh nomiga qasam ichib bir narsani bo‘lsin yoki bo‘lmasin, desa, Alloh uni ro‘yobga chiqaradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:17:30
259/7. Usomadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Jannat eshigi oldida turdim. U yerga kirayotganlarning ko‘pi bechoralar ekan. Lekin davlatmandlar (bechoralardan keyin kirsin, deb) to‘xtatib qo‘yilibdi. Do‘zaxiylar do‘zaxga kirsin, deb buyurildi. Men do‘zax eshigi oldida turib ko‘rdimki, do‘zaxga kiruvchilarning aksari ayollar ekan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:18:27
260/8. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Beshikda turib gapirganlar uchtadir.
1)   Iso ibn Maryam;

2)   Hazrat Jurayj (zamonidagi bir go‘dak). Jurayj obid kishi edi. Va ibodat qiladigan kulbasi bor edi. Bir kuni o‘sha yerda namoz o‘qiyotganida onasi kelib: «Ey Jurayj!» deb chaqirdi. Shunda Jurayj: «Ey Rabbim, onamga qaraymi yoki namozimni o‘qiymi?» deb namozida davom etdi. Onasi esa orqasiga qaytib ketdi. Ertasi kun onasi kelganida Jurayj yana namoz o‘qiyotgan edi. Onasi: «Ey Jurayj!» deb chaqirdi. Jurayj: «Ey Rabbim, onamga qaraymi yoki namozimni o‘qiymi?» deb namozida davom etdi. Uchinchi kun onasi kelganida Jurayj yana namoz o‘qiyotgan edi. Onasi: «Ey Jurayj!» deb chaqirdi. Jurayj: «Ey Rabbim, onamga qaraymi yoki namozimni o‘qiymi?» deb namozida davom etdi. Shunda onasi: «Zinokor ayolning yuziga boqmaguncha o‘ldirmagin» (ya’ni, o‘lishdan oldin bir tuhmatga giriftor bo‘lmaguncha o‘ldirmagin), deb duoibad qildi. Bani Isroil qavmidagilar Jurayj va uning ibodatini eslashdi. Va suyuqoyoq bir ayol bor edi. Uning go‘zalligi zarbulmasal qilinar edi. Bu ayol: «Agar xohlasangizlar, Jurayjga fitna ishlataman», dedi. Va o‘zini Jurayjga namoyish qildi. Lekin Jurayj u ayolga nigohini tashlab ham qo‘ymadi. Keyin u xotin Jurayjning ibodat qiladigan kulbasiga borib turadigan bir cho‘ponni ilintirib, u bilan noshar’iy aloqada bo‘lib, homilador bo‘lib qoldi. Qachonki, uning bolasi tug‘ilganida «Mana shu go‘dak Jurayjning pushti kamaridan bo‘lgan», dedi. Kishilar Jurayjning huzuriga borib, uni kulbasidan tushirdilar-da, ibodatxonasini buzib tashlab, Jurayjni do‘pposlab ketishdi. Jurayj: «Nimaga bunday qilyapsizlar?» dedi. Kishilar: «Sen mana bu buzuq ayol bilan zino qilibsan. Va oqibatda sendan mana bu bolani orttiribdi», deyishdi. Jurayj: «Go‘dak qaerda?» dedi. Bas, ular bolani olib kelishdi. Jurayj: «Meni holi qoldiringlar, namoz o‘qib olay», dedi. Qachonki, namozni o‘qib tugatganidan keyin go‘dakning oldiga bordi-da, qorniga barmog‘i bilan urib: «Ey bolakay, otang kim?» dedi. Shunda bola tilga kirib, falonchi cho‘pon, dedi. Kishilar Jurayjga yuzlanib, uni o‘pib, qo‘llarini badaniga surtishdi. Va: «Senga tillodan ibodat qiladigan kulba qurib beramiz», deyishdi. Jurayj: «Yo‘q! Avval qanday bo‘lsa, o‘shanday qilib loydan qurib beringlar», dedi. Ular qurib berishdi.

3) Bir go‘dak edi. U onasini emib ketayotgan edi. Nogahon oldilaridan chopqir, gavdali va chiroyli ulovga minib ketayotgan bir kishi o‘tib ketdi. Shunda onasi: «Allohim, o‘g‘limni ham bu kishiga o‘xshasollalohu alayhi vasallam qilgin», dedi. Bu so‘zlarni eshitgan go‘dak ko‘krak emishni to‘xtatdi-da, u kishiga yuzlanib nazarini qaratdi. Va: «Allohim, meni u kishiga o‘xshasollalohu alayhi vasallam qilmagin», dedi-da, ko‘kragiga qaytib, yana ema boshladi. (Abu Hurayra raziyallohu anhu: «O’shanda janob Rasulullohning bola onasi ko‘kragini qanday emganini tushuntirish uchun o‘z barmoqlarini so‘rib ko‘rsatganlari hamon ko‘z oldimda», dedilar.) So‘ngra ona-bola bir cho‘ri oldidan o‘tib qolishdi. Kishilar zino qilding, o‘g‘irlading, deb uni urishayotgan edi. U cho‘ri esa: «Hasbiyallohu va ni’mal vakil», ya’ni «Alloh menga kifoyachidir. U muncha ham yaxshi vakil», der edi. Bolaning onasi: «Allohim, o‘g‘limni bu cho‘riga o‘xshasollalohu alayhi vasallam qilmagin», degan edi, bola yana emishni to‘xtatdi-da, u cho‘riga qarab «Allohim, meni shu cho‘ri kabi qilgin», dedi. Ona-bola mana shu yerda savol-javob qilishdi. Ona: «Chiroyli, hay’atli kishi o‘tib ketdi. Men: «Allohim, o‘g‘limni bu kishi kabi qilgin», desam, sen: «Allohim, meni u kishi kabi qilmagin», deding. Cho‘ri oldidan o‘tayotganimizda kishilar uni zino qilding, o‘g‘irlading, deb aytib do‘pposlashayotganida, men: «Allohim, o‘g‘limni u kabi qilmagin», desam, sen: «Allohim, meni u kabi qilgin», deb aytding», deganida, bolasi: «Bu ulovdagi kishi zolimdir. Shuning uchun «Allohim, meni bu kishi kabi qilmagin», dedim. Ana bu cho‘rini o‘g‘irlik qilding, deyishayotgan edi. Aslida, u o‘g‘ri emas edi. Zino qilding, deyishayotgan edi. Aslida, zino qilmagan edi. Men: «U cho‘ri kabi o‘g‘irlik, zino qilmaydiganlardan qilgin», dedim», deb aytdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:19:17
33-BOB
Yetimlar, qizlar, boshqa zaif, bechora, qalbi siniq kishilarga yaxshilik, shafqat qilish hamda tavozu’li va kamtar bo‘lish haqida


Alloh taolo aytadi:
«Mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni, mudom kamtar-tavozu’li bo‘ling!)» (Hijr surasi, 88-oyat);

«Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlarining yuzini -roziligini istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Ko‘zlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini ko‘zlab, ulardan o‘tib (o‘zga ahli dunyolarga boqmasin)» (Kahf surasi, 28-oyat);

«Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang. So‘rovchi gadoni esa (biron narsa bermasdan) haydamang!» (Zuho surasi, 9-10-oyatlar);

«Dinni (oxiratdagi jazoni) yolg‘on deydigan kimsani(ng qanday kimsa ekanligini) ko‘rdingizmi-bildingizmi? Bas, bu yetim-esirni (qo‘pollik bilan) haydab soladigan va (kishilarni) miskin-bechoraga taom berishga targ‘ib qilmaydigan kimsadir» (Mo’uvn surasi, 1-3-oyatlar).

261/1. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Biz olti nafar kishi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlarida edik. Mushriklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Hu anavi (bechorahol) kishilarni haydang. Ular bizning (majlislarimizda qatnashishga) botina olishmasin», deyishdi. O’sha bechorahol kishilar men, Ibn Mas’ud, Huzayl qabilasidan bir kishi, Bilol va yana ikki kishi edik. Bu ikki kishining ismini keltira olmayman. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam dillariga Alloh taolo xohlagan bir xayol keldi. U xayolni o‘zlariga gapirib ko‘rdilar. Va Alloh taolo «Ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab, Unga iltijo qiladigan zotlarni (huzuringizdan) haydamang» (An’om surasi, 52-oyat) oyatini nozil qildi». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:19:32
262/2. Abu Hubayra Oiz ibn Amr al-Muzaniydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. (Bu zot «Rizvon» bay’atida ishtirok etgan sahobalardan edilar.) Bir kuni Abu Sufyon (hali Islomga kirmasidan oldin) Salmon, Suhayb, Bilol va bir necha boshqa sahobalar huzurlariga kelganida, ular: «Allohning qilichi Alloh dushmani gardanidan olmadi-da», deyishdi. Abu Bakr raziyallohu anhu: «Bu so‘zni Qurayshning shayxi va sayyidiga nisbatan ishlatyapsizlarmi?» deb, so‘ngra Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga borib buning xabarini berganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Bakr, ularni g‘azablantirgan bo‘lishing mumkin. Agar shunday bo‘lsa, Rabbingni g‘azablantirgansan», dedilar. Abu Bakr roziyallohu anhu ularning huzurlariga borib: «Ey birodarlar, sizlarni g‘azablantirdimmi?» deganlarida, sahobalar: «Yo‘q! Ey birodar, Alloh seni mag‘firat qilsin», deyishdi. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:20:03
263/3. Sahl ibn Sa’ddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men yetimni o‘z qaramog‘iga olgan kishi bilan - ikkovimiz jannatda mana shunday bo‘lamiz», deb ishora va o‘rta barmoqlarining orasini ochib ko‘rsatdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:20:25
264/4. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xoh o‘ziga qarashli, xoh begona yetimni o‘z qaramog‘iga olgan kishi bilan ikkovimiz jannatda birga bo‘lamiz», dedilar. Mana shu hadis roviylaridan biri Molik ibn Anas ishora va o‘rta barmoqlarini ko‘rsatdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:20:38
265/5. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar bitta-ikkita xurmo, bir-ikki luqma taom bersangiz, o‘sha bilan kifoyalanuvchi kishi miskin emas, kambag‘al bo‘lishiga qaramasdan tilanchilik qilishdan o‘zini tiygan odam haqiqiy miskin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Bularning boshqa rivoyatlarida: «Odamlarning atrofida tilanib, bir-ikki luqma, bitta-ikkita xurmo bilan kifoyalanuvchi kishi miskin emas. Lekin haqiqiy miskin hojatiga kerakli narsani topa olmaydi. Sadaqa beray, deyilsa, uning holati bilinmaydi. Va odamlardan tilanib yurmaydi», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:20:47
266/6. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Beva va miskin ahvolidan xabar olib yordamlashuvchi kishi Alloh yo‘lidagi mujohidga o‘xshaydi. Namozda qoim va ro‘zada doim bo‘lgan kishiga o‘xshash, deb hisoblayman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:20:59
267/7. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Taomlarning yomoni bir to‘yning taomiki, unga o‘zi kelgan kishi kirgizilmaydi va xohlamagan kishi taklif qilinadi. Kimki taomga chaqirilsa-yu unga ijobat qilmasa, Alloh va rasuliga osiy bo‘libdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Ikki «Sahih» kitobidagi Abu Hurayradan roziyallohu anhu qilingan boshqa rivoyatda: «Taomlarning yomoni bir to‘y taomiki, unga boylar taklif qilinib, kambag‘allar tark qilinadi», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:21:08
268/8. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki ikki qizni turmushga chiqqunlaricha voyaga yetkazib tarbiyalasa, Qiyomat kuni men va u mana bu ikkisiga o‘xshab keladi», deb barmoqlarini bir-biriga qo‘shib ko‘rsatdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:21:16
269/9. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Bir kuni mening huzurimga ikkita qizini (etaklab) bir ayol tilanchilik qilib kirib keldi. Mening huzurimda bitta xurmodan tashqari boshqa narsa yo‘q edi. Men xurmoni bersam, bu ayol uni ikkiga ajratdi-da, ikki qiziga berib, o‘zi u xurmodan yemadi. Qachonki, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam kirganlarida bu haqda xabar bersam, u zot: «Kimki mana shu kabi qiz farzand bilan imtihon qilinsa (sinalsa), u qiz farzandlarini chiroyli parvarish etsa, uning uchun jahannamdan parda bo‘ladi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:21:27
270/10. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Mening huzurimga ikki qizini (etaklab) bir miskin ayol keldi. Men u miskin ayolga uchta xurmo berdim. U esa ikki qiziga bittadan berib, o‘zi bittasini yeyish uchun endi og‘ziga olib boruvdi, haligi ikki qiz yana bering, deb so‘rab qolishdi. Ayol o‘zi yeyishni xohlab turgan xurmoni ikkiga bo‘lib, ularga berdi. Bu ishi meni hayron qoldirib, uni Rasulullohga aytsam, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo unga jannatni vojib qilib, do‘zaxdan xalos etibdi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:21:34
271/11. Abu Shurayh Xuvaylid ibn Amr al-Xuzo’iydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki zaifni, ya’ni yetim va ayolning haqqini zoe qilishingizdan ogohlantiraman», dedilar. Imom Nasaiy yaxshi isnod ila rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:21:50
272/12. Mus’ab ibn Sa’d ibn Abu Vaqqosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Sa’d roziyallohu anhu boshqa sahobalardan darajada baland bo‘lsam kerak, deb xayol qilganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga kelib turgan yordam va yetib turgan rizqlar zaif birodarlaringiz tufaylidir», dedilar. Imom Buxoriy mursal holda rivoyat qilganlar.

Chunki Mus’ab ibn Sa’d tobe’inlardan edi. Lekin Hofiz Abu Bakr Barqoniy «Sahih»larida bu sanadni Mus’abga yetkazganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 21 Noyabr 2007, 21:22:13
273/13. Abu Dardo Uvaymirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Meni zaiflaringiz ichidan axtaringlar. Chunki zaiflaringiz tufayli g‘alaba qozonib rizqlanursizlar», dedilar. Abu Dovud yaxshi isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 22 Noyabr 2007, 19:43:40
34-BOB
Ayollar haqidagi vasiyat


Alloh taolo shunday degan:
«Ular (ayollar) bilan tinch-totuv yashanglar» (Niso surasi, 19-oyat);

«Har qancha urinsangizlar ham, xotinlaringiz o‘rtasida adolat qilishga qodir bo‘lmaysizlar. Bas, butunlay (suygan xotinlaringiz tomonga) og‘ib ketib (ko‘ngilsiz bo‘lib qolgan) xotiningizni muallaqa kabi tashlab qo‘ymangiz!» (Muallaqa -eri biron-bir sabab bilan bedarak ketgan ayoldir.) (Niso surasi, 129-oyat).

274/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xotinlarga yaxshi muomalada bo‘linglar, deb aytgan vasiyatimni qabul qilinglar. Chunki ayol qovurg‘adan xalq qilingandir. Qovurg‘aning eng qiyshiq joyi yuqorisidir. Agar sen uni to‘g‘rilayman, desang, sindirib qo‘yasan. Agar shunday qoldirsang, egri bo‘yicha qoladi. Shunday ekan, xotinlar haqidagi vasiyatimni qabul qilinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Ikki imomning boshqa rivoyatlarida: «Ayol qovurg‘aga o‘xshaydi. Uni to‘g‘rilayman, desang, sindirib qo‘yasan. Agar foydalanmoqchi bo‘lsang, qiyshiq holidagina foydalana olasan», deyilgan.
Imom Muslimning rivoyatlarida: «Albatta ayol qovurg‘adan yaratilgandir. Sen binoyidek to‘g‘rilay olmaysan. Agar foydalanmoqchi bo‘lsang, qiyshiq holidagina foydalana olasan. Agar to‘g‘rilayman, desang, sindirib qo‘yasan. Uni sindirish talog‘ini berishlikdir», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 22 Noyabr 2007, 19:44:04
275/2. Abdulloh ibn Zam’adan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam xutba o‘qidilar. U xutbada (Samud qabilasi) so‘ygan tuyani zikr qilib: «Eslang, ularning eng badbaxtlari (tuyani so‘yish uchun) qo‘zg‘olganlarida...» oyatini o‘qib: «Qo‘zg‘olish uchun qavmdan kuch-qudratli buzg‘unchi bir kishi chiqdi», dedilar. Keyin ayollarni zikr qilib, ular haqida quyidagicha va’z qildilar: «Sizlardan biringiz xotinini xuddi xizmatkorini urgandek uradi-da, o‘sha kechasi yana u bilan birga yotadi-ya». Keyin orqasidan yel chiqqanda kuluvchilar haqida va’z qilib: «Nima uchun o‘zi ham qiladigan narsada (birov ustidan) kuladi?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 22 Noyabr 2007, 19:45:09
276/3. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Mo‘min kishi mo‘mina ayoldan nafrat qilmasin. Agar bir xulqini yomon ko‘rib qolsa, boshqa bir xulqidan mamnun bo‘lib qolar», dedilar yoki bundan boshqaroq bir so‘z aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 22 Noyabr 2007, 19:45:37
277/4. Amr ibn Ahvas al-Jushamiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam vidolashuv hajida Allohga hamdu sano aytganlaridan keyin odamlarga quyidagicha va’z va nasihat qildilar: «Ogoh bo‘linglar, ayollar haqidagi vasiyatimga amal qilib, ularga yaxshi muomalada bo‘linglar. Albatta, ayollar sizlarning asirlaringizdir. Bundan boshqa narsaga ega emassiz. Faqatgina ochiq-oydin fohishalik qilishsagina, bunday emas. Agar itoatsizlik qilishsa, yotoqni tark eting. (Ya’ni, ular bilan bir joyda yotmang. Shunda ham sizlarga bo‘ysunmasalar) og‘ritmaydigan qilib uringlar. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmanglar. Ogoh bo‘linglar, sizlarning ayollar zimmasida haqlaringiz bor. Va ayollaringizning sizlarning zimmangizda haqlari bor. Sizlarning ular zimmasidagi haqlaringiz yotadigan yeringizga sizlar yomon ko‘rgan kishining qadamini yetkazmaslik va yomon ko‘rgan kishingizni uyingizga kirishiga izn bermasligidir. Ogoh bo‘ling, ayollarning sizlar zimmangizdagi haqlari yaxshi libos va yaxshi taom bilan ta’minlamoqligingizdir». Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 22 Noyabr 2007, 19:46:07
278/5. Muoviya ibn Haydadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli, bizlarning zimmamizdagi xotinlarimizning haqlari nima?» desam, u zot sollallohu alayhi vasallam «O’zing ovqatlanganda unga ham yedirmog‘ing, o‘zing libos kiyganingda uni ham kiyintirmoqliging va yuziga urmasliging, Alloh seni qabih etsin, deb so‘kmasliging hamda uyingdan tashqari joyda arazlashmasliging», dedilar». Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 22 Noyabr 2007, 19:46:36
279/6. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Mo‘minlarning imon jihatidan komilrog‘i xulqi yaxshi bo‘lganlaridir. Sizlarning yaxshilaringiz ayollar bilan yaxshi bo‘lganlaringizdir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 22 Noyabr 2007, 19:46:51
280/7. Iyos ibn Abdulloh ibn Abu Zubobdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Allohning cho‘rilari (ayollarni) urmanglar», deganlarida, Umar roziyallohu anhu Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Xotinlar erlariga jur’at qiladigan bo‘lib qolishdi», dedilar. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ularni urishga izn berdilar. Shundan keyin Rasululloh sollalohu alayhi vasallam xonadonlarining atrofini ko‘p xotinlar o‘rab olib, erlaridan shikoyat qilishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Muhammad oilasini ko‘p xotinlar o‘rab olib, erlaridan shikoyat qilishmoqda. Ana o‘sha (xotinini uruvchilar) yaxshilaringiz emas», deb aytdilar. Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 22 Noyabr 2007, 19:47:06
281/8. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Dunyo o‘zi bir matodir. Uning eng yaxshi matosi soliha ayoldir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 22 Noyabr 2007, 19:47:33
35-BOB
Erning xotini zimmasidagi haqqi


Alloh taolo quyidagicha zikr qilgan:
«Erkaklar xotinlari ustida rahbardurlar. Bunga sabab Alloh ularning birovlarini birovlaridan (ya’ni, erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir. Bas, ibodat-itoatli va erlari yo‘qligida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarining mol-mulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar - yaxshi xotinlardir» (Niso surasi, 34-oyat).

Bunga yuqoridagi bobda kelgan Amr ibn Ahvasdan roziyallohu anhu rivoyat qilingan 276-raqamli hadis ham dalil bo‘ladi.

282/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar kishi o‘z xotinini to‘shagiga chaqirsa-yu u xotin kelmasa va eri undan norozi bo‘lib kechani o‘tkazsa, farishtalar tong otguncha u xotinga la’nat aytib chiqishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Ikkovlaridan qilingan boshqa bir rivoyatda: «Agar xotin kechasi erining to‘shagidan alohida bo‘lib yotsa, farishtalar uni tong otguncha la’natlab chiqishadi», deyilgan.

Yana bir boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, biror kishi o‘z xotinini to‘shagiga chaqirsa-yu xotin ko‘nmasdan turib olsa, eri rozi bo‘lgunicha Alloh taolo ham unga nisbatan g‘azabda bo‘ladi», dedilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 22 Noyabr 2007, 19:48:29
283/2. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ayolga eri safarga ketmagan bo‘lsa, erining iznisiz (nafl) ro‘za tutmoqligi hamda uyga biror kishining kirishiga ruxsat bermoqligi halol bo‘lmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadisdagi lafz Buxoriyniki.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 22 Noyabr 2007, 19:49:35
284/3. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Barchangiz qo‘l ostingizdagilarga homiy va ularga mas’uldirsiz. Boshliq xodimlarga homiydir. Kishi oila a’zolariga homiydir. Xotin ham erining uyiga va bolalariga homiydir. Barchangiz homiy va qo‘l ostingizdagilardan mas’uldirsiz», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:35:18
285/4. Abu Ali Talq ibn Alidan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar kishi xotinini biror hojatiga chaqirsa, u xotini tandir (yonida) bo‘lsa ham kelsin», dedilar. Imom Termiziy va Nasaiylar rivoyatlari. Termiziy bu hadis hasan va sahihdir, deb aytganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:35:24
286/5. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar kishining kishiga sajda qilishi mumkin bo‘lganida, xotinlarni o‘z erlariga sajda qilishga buyurgan bo‘lar edim», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:35:41
287/6. Ummu Salamadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Qaysi bir xotin vafot etsa va eri undan rozi bo‘lsa, o‘sha xotin jannatga kiradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:35:51
288/7. Muoz ibn Jabaldan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Dunyo hayotida biror xotin eriga ozor beradigan bo‘lsa, (jannatdagi) hurlar: «Alloh halok qilgur, bu kishiga ozor berma! Sening huzuringda u vaqtinchalik mehmon, xolos. Tez fursatda sendan judo bo‘lib, bizning huzurimizga keladi», deyishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:35:58
289/8. Usoma ibn Zayddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’zimdan keyin kishilarga ayollardan ko‘ra zararliroq fitnani qoldirmadim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:36:37
36-BOB
Ahli ayoliga qilinadigan nafaqa haqida


Alloh taolo quyidagilarni aytadi:
«Ularni (ya’ni, onalarni) yaxshilik bilan yedirib-kiydirish otaning zimmasidadir» (Baqara surasi, 233-oyat);

«Boy-badavlat kishi o‘z boyligidan (ya’ni, boyligiga yarashadigan) nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambag‘al) bo‘lsa, u holda Alloh o‘ziga ato etgan narsadan (ya’ni, o‘z holiga yarasha) nafaqa bersin! Alloh hech bir jonni O’zi unga ato etgan (rizq-ro‘z)dan boshqa narsaga taklif qilmas, (ya’ni, har bir inson faqat Alloh o‘ziga ato etgan rizqdan infoq qilishga taklif qilinur)» (Taloq surasi, 7-oyat);

«Ne bir narsani infoq-ehson qilsangiz, bas, (Alloh) uning o‘rnini to‘ldirur» (Saba’ surasi, 39-oyat).

290/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir dinor Alloh yo‘lida infoq qilding. Bir dinor qul ozod qilish uchun infoq qilding. Bir dinor miskinga infoq qilding. Va bir dinor o‘z ahlingga infoq qilding. Bularning ichida eng savobi ulug‘i o‘z ahlingga infoq qilganingdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:36:51
291/2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ozod qilgan qullari Abu Abdulloh Savbon Bujduddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’z ahli ayoliga infoq qilingan dinor, Alloh yo‘lidagi ulovini boqish uchun infoq qilingan dinor, Alloh yo‘lidagi do‘stlariga infoq qilingan dinor - dinorlarning afzalidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:37:02
292/3. Ummu Salamadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli, avvalgi erim Abu Salamadan bo‘lgan bolalarimga molimdan infoq qilsam, savob bo‘ladimi? Ularni unday yoki bunday (qarovsiz) qoldirmayman. Chunki ular ham bolalarim-ku», desam, u zot sollallohu alayhi vasallam «Ha, ularga qilgan infoqingda ham ajr bordir», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:37:14
293/4. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. (Kitobimizning avvalidagi niyat bobida keltirilgan uzun hadisda zikr qilinishicha), Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Biror narsani infoq qilib Allohning roziligini talab qilsang, savobga erishasan. Hattoki, xotiningning og‘ziga solgan luqmangga ham savob olasan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:37:28
294/5. Abu Mas’ud al-Badriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar kishi Allohning roziligi uchun ahli ayoliga biror narsani infoq qilsa, o‘sha narsasi u uchun sadaqa bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:37:36
295/6. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «O’z qaramog‘idagi kishini qarovsiz qoldirmog‘i gunohkor ekanligiga kifoya qiladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

Imom Muslimning rivoyatlarida: «Rizqiga ega bo‘lib turib undan o‘sha rizqni man etishi kishining gunohkor ekaniga kifoya qiladi», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:37:43
296/7. Abu Hurayradan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Banda tong ottirganida ikki farishta tushadi. Ulardan biri: «Allohim, infoq qiluvchilarga o‘rnini qoplaydigan narsa ato et», deydi. Ikkinchisi: «Allohim, xasis, ziqnalarga talofot bergin», deydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:37:54
297/8. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Yuqoridagi qo‘l pastki qo‘ldan yaxshidir. (Ya’ni, ehson qiluvchi qo‘l tilanchi qo‘ldan yaxshidir.) Sadaqa berishni avval qaramog‘ingdagilardan boshlagin! Sadaqalarning eng yaxshisi o‘zing va oilang ehtiyojlarini qondiradigan narsalarni qoldirib qilgan sadaqangdir. Kimki tilanchilikdan saqlanib o‘zini tiysa, Alloh ham uni tilanchilikdan ofiyatda qilib qo‘yadi. Kimki (berganiga qanoat qilib) o‘zini behojat qilsa, Alloh ham uni behojat, badavlat qilib qo‘yadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:38:30
37-BOB
Yaxshi ko‘rgan narsalarini infoq qilish haqida


Alloh taolo quyidagilarni zikr qiladi:
«Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib berma-guningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz» (Oli Imron surasi, 92-oyat);

«Ey mo‘minlar, kasb qilib topgan narsalaringizning halol-pokizalaridan va Biz sizlar uchun yerdan chiqargan narsalardan infoq-ehson qilingiz! Ehson qilish uchun past-nopoklarini tanlamangiz!» (Baqara surasi, 267-oyat).

298/1. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Abu Talha roziyallohu anhu Madinada ansorlar ichida xurmosi ko‘p badavlat kishilardan biri edilar. Bu zotning eng mahbub mol-mulklari masjidi Nabaviyyaning ro‘parasidagi Bayraho nomli bog‘lari edi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bu yerga kirib, shirin, chuchuk suvlaridan ichib turardilar. Qachonki, «Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz» oyati nozil bo‘lganida, Abu Talha roziyallohu anhu Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, Alloh sizga «Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz» oyatini tushiribdi. Menga mol-mulkimning eng suyuklisi Bayrahodir. Men bu bog‘imni Alloh uchun sadaqa qildim. Uning savob va hissasini Alloh huzuridan umid qilaman. Ey Allohning rasuli! Buni qaerga munosib ko‘rsangiz, o‘sha yerga sarflang», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Balli, yasha! Mana shu foydali va yutuqqa erishtiruvchi moldir. Men sen aytgan so‘zlarni eshitdim. Bu haqda fikrim shuki, sen bu bog‘ni o‘z qarindoshlaring va yaqinlaring o‘rtasida taqsimlab ber», dedilar. Abu Talha: «Ey Allohning rasuli, aytganingizni (bajonidil) qilaman», deb o‘sha bog‘larini qarindoshlari va jiyanlariga taqsimlab berdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Rivoyatlarda hadis lafzidagi arabcha «robihun» va «royihun» so‘zlari «foyda» va «foydasi senga qaytuvchi» degan ma’nolarni anglatib kelgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:39:11
38-BOB
Kishining o‘z ahli va qaramog‘idagi boshqa kishilarni Allohga itoatli bo‘lishlariga buyurib, man qilingan narsalardan uzoqlashtirib, Allohga muxolif bo‘lmoqdan qaytarib odob berishi vojibligi bayoni


Alloh taolo:
«Ahlingizni namoz o‘qishga buyuring va o‘zingiz ham (namoz o‘qishda) chidamli bo‘ling» (Toha surasi, 132-oyat);

«Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli oilalaringizni o‘tini odamlar va toshlar bo‘lgan do‘zaxdan saqlang» (Tahrim surasi, 6-oyat), deb aytgan.

299/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam nevaralari Hasan ibn Ali sadaqaga kelgan xurmolardan birini og‘izlariga solganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bo‘ (yosollalohu alayhi vasallam bolani qo‘rqitish uchun aytiladigan ibora), unday qilma! Uni uloqtirgin. Biz sadaqa yemasligimizni bilmasmiding?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda: «Bizga sadaqa halol emas», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:39:33
300/2. Abu Hafs Umar ibn Abu Salama Abdulloh ibn Abdul Asaddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men yoshlik paytimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tizzalariga o‘tirdim. (Ovqat paytida) qo‘lim tovoqning har tomonidan aylanganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey bolakay, avval «Bismilloh», degin, o‘ng qo‘ling bilan yegin hamda o‘zingning oldingdan yegin», dedilar. Bundan keyin ovqat yeyish odatim mana shu tarzda bo‘ldi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:39:41
301/3. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Barchalaringiz homiysiz va qo‘l ostingizdagilarga mas’ulsiz. Imom homiydir. Va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Kishi o‘z ahliga homiydir. Va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Xotin erining uyida homiydir va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Xizmatkor boshlig‘i molida homiydir. Va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Barchangiz homiysiz va qo‘l ostingizdagilarga mas’ulsiz», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:39:53
302/4. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari bobolaridan qilgan rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bolalaringiz yetti yoshga kirganida namoz o‘qishga buyuringlar. Agar o‘n yoshga kirib ham (namoz o‘qishmasa), ularni uringlar. Va yotoqda oralarini ajratib, alohida qilib qo‘yinglar», dedilar. AbuDovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:40:05
303/5. Abu Surayyo Sabra ibn Ma’bad al-Juhayniydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bolalaringiz yetti yoshga kirishganida namoz o‘qishni o‘rgatinglar. O’n yoshga kirib ham (namoz o‘qishmasa), ularni uringlar», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

Abu Dovudning boshqa rivoyatlaridagi lafzda: «Bolalaringiz yetti yoshga yetishganida namozga buyuringlar» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:40:50
39-BOB
Qo‘shnining haqqi va bu to‘g‘ridagi vasiyatlar bayoni


Alloh taolo:
«Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota-onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosollalohu alayhi vasallam qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz!», deb aytadi (Niso surasi, 36-oyat).

304/1. Ibn Umar roziyallohu anhu va Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jabroil alayhissalom menga qo‘shni haqida shunchalik davomli, ko‘p vasiyat qilganlaridan qo‘shni merosxo‘r bo‘lsa kerak, deb gumon qildim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:40:59
305/2. Abu Zarrdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Zarr, agar sho‘rva pishirsang, uning suvini ko‘paytirib, qo‘shnilaringdan ham xabar olgin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Muslimning yana bir boshqa rivoyatlarida shunday keltiriladi: «Abu Zarr roziyallohu anhu aytdi: «Do‘stim Rasululloh sollalohu alayhi vasallam menga: «Agar sho‘rva pishirsang, suvini ko‘paytirgin. Va oila a’zolaringdan bo‘lgan qo‘shnilaringga ham yaxshilik ila undan quyib bergin», deb vasiyat qildilar».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:41:31
306/3. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga qasamki, mo‘min emas! Allohga qasamki, mo‘min emas! Allohga qasamki, mo‘min emas!» deganlarida, sahobalar tomonidan «Kim u, ey Allohning rasuli?» deyildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Yomonliklaridan qo‘shnisi omonda bo‘lmagan kishidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Muslimning rivoyatlarida: «Yomonliklardan qo‘shnisi omonda bo‘lmagan kishi jannatga kirmaydi», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:41:51
307/4. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ey muslima ayollar, bir qo‘shni ikkinchi bir qo‘shnisiga agar qo‘yning tuyog‘ini tuhfa qilib berishda ham hech bir narsani oz ko‘rmasin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:42:02
308/5. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Qo‘shni qo‘shnisini devoriga (yog‘och) mix qoqishdan man qilmasin», dedilar. So‘ngra Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Nima uchun men sizlarni bu sunnatdan yuz o‘girgan holda ko‘ryapman?! Allohga qasamki, men sunnatni kaftlaringiz o‘rtasiga qo‘yaman (ya’ni, oralaringizga tashlab, bu mas’uliyatdan o‘zimni qutqaraman)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:42:32
309/6. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, qo‘shnisiga ozor bermasin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:43:02
310/7. Abu Shurayh al-Xuzo’iydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, qo‘shnisiga yaxshilik qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Muslim mana shu lafz ila rivoyat qilganlar. Imom Buxoriy esa ba’zisini rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:43:25
311/8. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli, mening ikki qo‘shnim bordir. Qaysi birlariga hadya qilay?» desam, u zot sollallohu alayhi vasallam «Eshigi yaqiniga», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:44:26
312/9. Abdulloh ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Alloh huzuridagi do‘stlarning yaxshisi do‘sti uchun xayrli bo‘lganidir. Alloh huzuridagi qo‘shnilarning yaxshisi qo‘shnisi uchun xayrli bo‘lganidir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:45:27
40-BOB
Ota-onaga yaxshilik qilish va qarindoshlardan xabar olish haqida


Alloh taolo quyidagilarni aytadi:
«Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota-onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosollalohu alayhi vasallam qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz!» (Niso surasi, 36-oyat);

«Oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi solinadigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ajralib ketishdan saqlaningiz)» (Niso surasi, 1-oyat);

«Ular Alloh bog‘lanishga buyurgan narsalarni (ya’ni, qarindosh-urug‘lar bilan aloqani) bog‘laydilar» (Ra’d surasi, 21-oyat);

«Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik (ya’ni, ota-ona xoh yaxshi, xoh yomon bo‘lsin, xoh musulmon, xoh kofir bo‘lsin, ularga yaxshilik qilish farzandning burchidir)» (Ankabut surasi, 8-oyat);

«Parvardigoringiz yolg‘iz Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga doimo yaxshi so‘z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut - hokisor bo‘l va: «Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalab o‘stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil)» (Isro surasi, 23-24-oyatlar);

«Biz insonga ota-onasini (ya’ni, ularga yaxshilik qilishni) amr etdik. Onasi unga ojizlik ustiga ojizlik bilan homilador bo‘ldi (ya’ni, qornidagi homila kattargan sari onaning holi qurib, zaiflasha borur), uni (ko‘krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (kelur). (Biz insonga buyurdikki), «Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin». (Luqmon surasi, 14-oyat).

313/1. Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Qaysi amal Alloh taologa mahbubroq?» deb so‘rasam, u zot: «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. «Keyin qaysinisi?» desam, u zot: «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. «Keyin qaysinisi?» desam, u zot: «Alloh yo‘lidagi jihod», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:45:34
314/2. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bola otasining haqqini ado qila olmaydi. Faqatgina otasini qul holatida topib, uni sotib olib ozod qilgandagina, haqqini ado qila oladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:45:43
315/3. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, qarindosh-urug‘chilik aloqalarini tiklasin. Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:45:55
316/4. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo maxluqotni yaratishni tamomlagandan keyin qarindoshlik rishtasi o‘rnidan turib: «Bu joy (qarindoshlikdan) uzilib ketishdan panoh tilanadigan maqommi?» deb aytganida, Alloh taolo: «Ha, sen qarindoshlik aloqalarini bog‘laydigan kishilar bilan bog‘lanmoqligimga va aloqani uzuvchilardan Men ham uzilmoqligimga rozimisan?» deganida, qarindoshlik rishtasi: «Ha, mayli», dedi. Shunda Alloh taolo: «Mana bu marhamat sen uchundir», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar xohlasanglar, Allohning «Agar (imondan) yuz o‘girsangizlar, yaqinki, sizlar yerda buzg‘unchilik qilursizlar va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzursizlar! Unday kimsalarni esa Alloh la’natlagandir, bas, ularning (quloqlarini pand-nasihat eshitishdan) kar, ko‘zlarini esa (to‘g‘ri yo‘lni ko‘ra olmaydigan) ko‘r qilib qo‘ygandir» (Muhammad surasi, 22-23-oyatlar), degan oyatini o‘qing», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Buxoriyning rivoyatlarida quyidagicha keltirilgan: «Alloh taolo qarindoshlik rishtasiga: «Kim senga yetishsa, Men ham yetishaman. Kim sendan aloqani uzsa, Men ham aloqani uzaman», deb aytdi».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:46:08
317/5. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, mening chiroyli muomala qilishim uchun insonlarning qaysi biri haqliroq?» deganida, u zot: «Onang», dedilar. «Keyin kim?» dedi. «Onang», dedilar. «Keyin kim?» dedi. «Onang», dedilar. «Keyin kim?» dedi. «Otang», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa bir rivoyatda: «Ey Allohning rasuli, chiroyli muomala qilish uchun kim haqliroq?» deyilganida, u zot aytganlar: «Onang, so‘ngra onang, so‘ngra onang, so‘ngra otang, so‘ngra yaqin-yaqinlaring haqlidir», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:46:34
318/6. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kim ota-onasini qarigan paytlarida topsa-yu ikkovlariga yoki birlariga (xizmat qilib) jannatga kira olmasa, burni yerga ishqalansin, burni yerga ishqalansin, burni yerga ishqalansin!» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:46:46
319/7. Abu Hurayradan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, mening qarindoshlarim bor. Ularga silai rahm qilsam ham, aloqani uzishaveradi. Ularga yaxshilik qilsam ham, yomonlik qilishaveradi. Ularga halimlik qilsam ham, johillik qilishaveradi», deganida, u zot: «Agar aytganing rost bo‘lsa, ularning og‘izlariga issiq kulni solgan bo‘lasan. Modomiki, mana shu holatda bo‘lar ekansan, Alloh tomonidan bir madadkor ularning ziddiga sen bilan birga bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Bu yerdagi «issiq kulni og‘izlariga solgan bo‘lasan» so‘zining ma’nosi - issiq kulni og‘ziga solgan kishi qanchalik aziyat cheksa, ularga ham shunchalik azob bo‘ladi, deganidir. Ammo yaxshilik qiluvchi kishiga hech narsa bo‘lmaydi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:47:03
320/8. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kim rizqi keng bo‘lishini hamda umri uzun bo‘lishini yaxshi ko‘rsa, qarindoshlari bilan bordi-keldi qilsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:47:27
321/9. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Abu Talha roziyallohu anhu Madinada ansorlar ichida xurmosi ko‘p badavlat kishilardan edilar. Bu zotning eng mahbub mol-mulklari masjidi Nabaviyyaning ro‘parasidagi Bayraho nomli bog‘lari edi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bu yerga kirib, shirin, chuchuk suvlaridan ichib turardilar. Qachonki, «Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz» oyati nozil bo‘lganida, Abu Talha roziyallohu anhu Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, Alloh sizga «Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz» oyatini tushiribdi. Menga mol-mulkimning eng suyuklisi Bayrahodir. Men bu bog‘imni Alloh uchun sadaqa qildim. Uning savob va hissasini Alloh huzuridan umid qilaman. Ey Allohning rasuli! Buni qaerga munosib ko‘rsangiz, o‘sha yerga sarflang», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Balli, yasha! Mana shu foydali va yutuqqa erishtiruvchi moldir. Men sen aytgan so‘zlarni eshitdim. Bu haqda fikrim shuki, sen bu bog‘ni o‘z qarindoshlaring va yaqinlaring o‘rtasida taqsimlab ber», dedilar. Abu Talha: «Ey Allohning rasuli, aytganingizni (bajonidil) qilaman», deb o‘sha bog‘larini qarindoshlari va jiyanlariga taqsimlab berdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:47:49
322/9. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yuzlanib: «Men hijrat va jihod qilish uchun sizga bay’at qilaman. Buning savobini esa Allohdan talab etaman», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ota-onangdan birortalari tirikmi?» dedilar. U kishi: «Ha, ikkovlari ham tirik», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Savobini Allohdan talab qilasanmi?» dedilar. U kishi: «Ha», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Unda ota-onang huzurlariga borib, ularga chiroyli muomalada bo‘lib, xizmatlarini qilgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Bu hadisdagi lafz imom Muslimnikidir. Ikkovlarining boshqa rivoyatlarida: «Bir kishi kelib jihod uchun izn so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ota-onang tirikmi?» dedilar. U kishi: «Ha», degan edi u zot: «Ular (ga yaxshilik qilish) bilan jihod ayla», dedilar», deyiladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:48:00
323/10. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bir qarindoshidan yaxshilik ko‘rgandagina bordi-keldi qilgan odam silai rahm qiluvchi emas. Balki yomonlik ko‘rganda ham bordi-keldi qilaveradigan kishi silai rahm qiluvchi, deyiladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:48:32
324/11. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Qarindoshlik rishtasi Arshga osilgan holda turadi va u: «Kim menga yetishsa, Alloh ham unga yetishsin. Kim mendan aloqani uzsa, Alloh ham undan aloqani uzsin», deb aytadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:48:39
325/12. Mo‘minlar onasi Maymuna binti Horisdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bu kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan izn so‘ramay turib, bir cho‘rini ozod qilib yubordilar. Qachonki, navbat kechalarida Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bu onamiz huzurlariga kelganlarida, «Ey Allohning rasuli, men cho‘rimni ozod qildim. Bu haqda xabaringiz bormi?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Shunday qildingizmi?» dedilar. Bu onamiz: «Ha», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar buni tog‘alaringizga berganingizda savobi ko‘proq bo‘lar edi», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:48:46
326/13. Asmo binti Abu Bakr Siddiqdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam zamonlarida mening huzurimga (hali Islomga kirmagan) mushrik onam keldi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan fatvo so‘rab: «Onam mendan bir narsa umidida uyimga kelibdi. Unga silai rahm yuzasidan ehson qilaveraymi?» desam, u zot: «Ha, onangga silai rahm qilavergin», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:48:55
327/14. Abdulloh ibn Mas’udning roziyallohu anhu xotinlari Zaynab as-Saqafiyyadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ey xotinlar jamoasi, taqinchoqlaringizdan bo‘lsa ham, sadaqa qilinglar», deganlarida, men erim Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu huzurlariga kelib: «Siz kambag‘al va qo‘li qisqa kishisiz. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam esa bizga sadaqa qilishni buyurdilar. Siz u zot huzurlariga borib so‘rang-chi, agar sizga sadaqa berishim joiz bo‘lsa, uni berayin. Agar joiz bo‘lmasa, boshqa kishiga beray», dedim. Shunda erim Abdulloh: «O’zingiz bora qoling», dedi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga jo‘nadim. Borsam, darvozalari oldida bir ansoriya ayol ham turgan ekan. Uning hojati ham mening hojatim kabi ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning haybatlari kuchli edi. Shu payt Bilol roziyallohu anhu huzurimizga chiqib qoldilar. Biz unga: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib ikki xotin masala so‘rasollalohu alayhi vasallam uchun kelganliklarining xabarini ber. Ya’ni, o‘z erlariga va qo‘ynilaridagi yetimlarga mollaridan sadaqa berishlari joizmi? Shuni aytgin-da, ammo bizlarning kim ekanimizni so‘zlama», dedik. Bilol roziyallohu anhu Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kirib, bu haqda so‘raganlarida, u zot: «U ikkovi kim?» dedilar. Bilol: «Ansoriya bir ayol va Zaynab», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Qaysi Zaynab?» dedilar. Bilol raziyallohu anhu: «Abdullohning xotini», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ularga ikki ajr beriladi. Biri -qarindoshlik ajri, ikkinchisi - sadaqa ajri», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:49:05
328/15. Abu Sufyon Saxr ibn Harbdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Hiraql qissasidagi uzun hadisda keltirilishicha, Hiraql Abu Sufyondan: «Yangi Payg‘ambar nimalarga buyurmoqda?» deb so‘raganida, Abu Sufyon: «Yakka Allohga ibodat qilishga, Unga biror narsani sherik qilmaslikka, otalarimiz aytgan narsani tark qilishga, namoz o‘qishga, rostgo‘y bo‘lishga, iffatlilikka, silai rahmga buyurmoqda», deb aytdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:49:24
329/16. Abu Zarrdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar yaqin kunlarda bir yerni fath qilasizlar. U yerda Qiyrot (kalimasi) ishlatiladi», dedilar.
Boshqa rivoyatda: «Yaqin kunlarda Misr fath qilinadi. U yer Qiyrot deb nomlanadi. U yer ahliga yaxshilik qilish vasiyatini mendan olinglar. Chunki ularga ahdlashuv va qarindoshlik tomonimiz bor», deyiladi.

Yana boshqa bir rivoyatda: «Agar u yerni fath qilsangizlar, u yer ahliga chiroyli muomalada bo‘linglar. Chunki ahdlashuv va qarindoshlik yoki ahdlashuv va qudachilik tomonimiz bor», deyilgan. Imom Muslim rivoyatlari.

Ulamolar: «Qarindoshlik tomoni - Ismoil alayhissalom onalari Hojar o‘sha yerlik bo‘lganlar. Qudachilik tomoni -Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘g‘illari Ibrohimning onalari Moriya o‘sha yerlik bo‘lgan», deb aytishgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:49:37
330/17. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Qachonki, «Yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Quraysollalohu alayhi vasallam jamoasini chaqirdilar. Ular jamlanishganida umumiy va xos holatda ularga qarata: «Ey Abdushams va Ka’b ibn Lu’ay bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan qutqaringlar. Ey Murra ibn Ka’b bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan qutqaringlar. Ey Abdumannof bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan qutqaringlar. Ey Hoshim bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan qutqaringlar. Ey Abdulmuttalib bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan qutqaringlar. Ey Fotima, o‘z joningni do‘zaxdan qutqargin. Chunki men biror narsaga ega emasman. Faqat qarindoshlik rishtalari borki, men uning haqqini ado qilaman xolos», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:49:55
331/18. Abu Abdulloh Amr ibn Ossdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sir holatda emas, balki jahriy holatda: «Falonchi bolalari oilasi mening do‘stlarim emas. Balki Alloh va solih mo‘minlar mening do‘stimdir. Lekin ular bilan qarindoshlik rishtalari borki, men uning haqqini ado qilaman», deb aytganlarini eshitdim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadis lafzi Buxoriyniki.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:51:13
332/19. Abu Ayub Xolid ibn Zayd al-Ansoriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Allohning rasuli! Menga bir amalning xabarini beringki, u meni jannatga kiritib, do‘zaxdan uzoqlashtirsin», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Allohga ibodat qilasan, Unga biror narsani sherik qilmaysan, namozni ado etasan, zakotni (haqdorlarga) berasan hamda silai-rahm qilasan», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:51:31
333/20. Salmon ibn Omirdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Sizlardan biringiz og‘zini ochadigan bo‘lsa, xurmo bilan ochsin. Chunki bunda baraka bordir. Agar xurmo topa olmasa suv bilan ochsin. Chunki u pokdir. Miskinga qilingan sadaqa ham sadaqa hisoblanadi. Qarindoshga qilingan sadaqa - ham sadaqa, ham silai rahm hisoblanadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:51:51
334/21. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Mening nikohimda bir xotinim bor edi. Uni yaxshi ko‘rar edim. Otam Umar esa uni yomon ko‘rardilar. Va menga: «Xotiningning talog‘ini ber», dedilar. Men esa ko‘nmadim. Keyin otam Umar Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga borib, bu haqda xabar berdilar. Shunda Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ham: «Xotiningning talog‘ini bergin», deb aytdilar». Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:52:09
335/22. Abu Dardodan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Bir kishi kelib: «Mening nikohimda bir xotinim bor. Volidam uni taloq qilishimni buyurmoqda, nima qilay?» deb so‘radi. Men: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Ota (ona) jannat eshiklarining markazidir. Agar xohlasang, bu eshikni zoe qil. Yoki muhofaza et», deb aytganlarini eshitganman», deb javob berdim». Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Noyabr 2007, 19:52:23
336/23. Baro ibn Ozibdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Xola ona o‘rnidadir», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

Bu bobga tegishli mashhur sahih hadislar juda ko‘p, lekin qisqaroq bo‘lishi uchun keltirib o‘tirmadik. Bulardan eng muhimi -Amr ibn Abasa: «Nubuvvatning birinchi paytlari Makkada Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kirib: «Siz kimsiz?» dedim. U zot: «Nabiyman», dedilar. Men: «Nabiy deganingiz nima o‘zi?» dedim. U zot: «Alloh meni mana shunday qilib yubordi», dedilar. Men: «Qaysi narsa bilan yubordi?» dedim. U zot: «Silai rahm qilishga, butlarni sindirishga, Allohning tavhidiga va Unga biror narsani sherik qilmaslik (risolasi) ila yubordi», dedilar», deb qolganini zikr qildilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 08:47:49
41-BOB
Ota-onaga oq bo‘lish hamda qarindosh-urug‘chilikdan
uzilishning haromligi haqida


Alloh taolo:
«Agar (iymondan) yuz o‘girsangizlar, yaqinki, sizlar yerda buzg‘unchilik qilursizlar va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzursizlar. Unday kimsalarni esa Alloh la’natlagandir, bas, ularning (quloqlarini pand-nasihat eshitishdan) kar, ko‘zlarini esa (to‘g‘ri yo‘lni ko‘ra olmaydigan) ko‘r qilib qo‘ygandir» (Muhammad surasi, 22-23-oyatlar);

«Allohga bergan ahd-paymonlarini mustahkam bo‘lganidan keyin buzadigan, Alloh bog‘lanishga buyurgan narsalarni uzadigan va Yer yuzida buzg‘unchilik qilib yuradigan kimsalar ham borki, ular uchun (Allohning la’nati bo‘lur va ular uchun eng yomon diyor - jahannam bordir)» (Ra’d surasi, 25-oyat);

«Parvardigoringiz yolg‘iz Uning O’ziga ibodat
qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik
qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut - xokisor bo‘l va: «Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalab-o‘stirganlaridek, Sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil)!»
(Isro surasi, 23-24-oyatlar), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 08:48:34
337/1. Abu Bakra Nufay’ ibn Horisdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sizlarga kabira (ulkan) gunohlar haqida xabar beraymi?» deb uch marta so‘radilar. Biz: «Ha, ayting, ey Allohning rasuli!» dedik. Shunda u zot: «Allohga biror narsani sherik qilmoq, ota-onaga oq bo‘lmoq, - deb suyanib turgandilar, to‘g‘ri o‘tirib olib, - ogoh bo‘linglar, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik
 bermoq», deb takrorlayverdilar, hatto biz: «Qaniydi, jim bo‘lsalar-ku», deb umid qildik».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 08:49:10
338/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kabira - ulkan gunohlar Allohga biror narsani sherik qilish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish, yolg‘on qasam ichish», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 08:49:46
339/3. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kishi ota-onasini so‘kmog‘i ulkan gunohlardandir», deganlarida, sahobalar: «Kishi ota-onasini ham so‘kadimi?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ha, kishi birovning ota-onasini so‘kadi. Keyin bu ham uning ota-onasini so‘kadi», dedilar. (Ya’ni, bu bilan u o‘z ota-onasini so‘kkan bo‘ladi.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda keltirilishicha, «Kishi ota-onasini la’natlamoqligi kabira - ulkan gunohlardandir», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, kishi o‘z ota-onasini ham la’natlaydimi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kishi boshqa kishining ota-onasini so‘kadi. Keyin bu ham uning ota-onasini so‘kadi», dedilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 08:50:11
340/4. Abu Muhammad Jubayr ibn Mut’imdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Aloqalarni uzuvchi jannatga kirmaydi», dedilar. Sufyon roziyallohu anhu rivoyatlarida esa «Qarindoshlik aloqalarini uzuvchi» bo‘lib kelgan.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 08:50:34
341/5. Abu Iso Mug‘iyra ibn Shu’badan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Albatta Alloh taolo sizlarga onalarga oq bo‘lishni, berilishi shart bo‘lgan ehsonlarni ushlab qolishni, haqqi bo‘lmagan narsalarni talab qilishni, qiz bolalarni tiriklayin ko‘mishni, tayini yo‘q zaif so‘zlarni gapirishni, ko‘p savol berishni hamda molni noo‘rin joylarga sarf qilishni harom qildi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 08:52:02
42-BOB
Ota-ona hamda xotin va qarindoshlaringizning
do‘stlariga yaxshilik qilishning fazilati haqida


342/1. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi otasining do‘stlari bilan bordi-keldi aloqalarini qilishi yaxshiliklarning oliysidir», dedilar.

Abdulloh ibn Dinor roziyallohu anhu Abdulloh ibn Umardan roziyallohu anhu qilgan rivoyatlarida keltirilishicha, badaviylardan bo‘lgan bir kishi Makka ko‘chalarida Abdulloh ibn Umarga roziyallohu anhu yo‘liqib salom berdi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu o‘zlari minib turgan eshakka mingashtirib, boshlaridagi sallalarini unga yechib berdilar. Ibn Dinor aytadilar: «Biz Ibn Umarga: «Alloh sha’ningizni isloh qilsin, bu badaviy bo‘lsa, ozgina narsaga ham ko‘naversa (muncha iltifot qilasiz)?», desak, Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Bu badaviyning otasi otam Umar ibn Xattobning do‘stidir. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kishi otasining do‘stlari bilan bordi-keldi aloqalarini qilishi yaxshiliklarning oliysidir», deb aytganlarini eshitganman», dedilar».

Ibn Dinor roziyallohu anhu Ibn Umardan roziyallohu anhu qilgan boshqa rivoyatlarida quyidagicha keltiriladi: «Ibn Umar roziyallohu anhu agar Makkaga safar qilsalar, bir eshaklarida borardilar. Tuya minishdan zeriksalar, o‘shani minardilar. Va yana boshlarini tang‘ib yuradigan bir sallalari bor edi. Bir kuni mana shu eshakda ketayotsalar, oldilaridan bir badaviy o‘tib qoldi. Ibn Umar roziyallohu anhu unga: «Sen falonchi o‘g‘li pistonchi emasmisan?» dedilar. Badaviy: «Ha», degan edi, eshaklarini unga berib: «Buni mingin va mana bu salla bilan boshingni tang‘igin», deb o‘z sallalarini yechib berdilar. Shunda ba’zi do‘stlari: «Alloh seni mag‘firat qilsin, tuyadan zerikkaningda minadigan eshagingni va boshingni tang‘ib yuradigan sallangni nimaga bu badaviyga berib yubording?» deyishganida, Ibn Umar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishining otasi vafot etganidan keyin do‘stlari bilan bordi-keldi aloqalarini qilishi yaxshiliklarning oliysidir», deb aytganlarini eshitganman. Chunki badaviyning otasi mening otam Umar roziyallohu anhu bilan do‘st edi», deb aytdilar».
Bularning barchasini Imom Muslim rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 08:52:33
343/2. Abu Usayd Molik ibn Rabiy’a as-So’idiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Bir kuni biz Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlarida o‘tirgan edik. Bani salamalik bir kishi kelib: «Ey Allohning rasuli, ota-onam vafot etishganidan keyin ham ularga bo‘lgan yaxshilikni davom
 
ettirishim mumkinmi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, ularning haqlariga duo qilib, gunohlariga mag‘firat so‘rab, ahd-kelishuvlarini bajarib, tirikliklarida bordi-keldi qilinadigan qarindoshlar bilan aloqada bo‘lib, do‘stlarini hurmat qilish bilan ota-onangga vafotlaridan keyin ham yaxshilik qilishing mumkin», dedilar».
Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 08:53:03
344/3. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men Xadichaga roziyallohu anhu rashk qilganimdek Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni xotinlaridan birortasiga rashk qilmaganman. Xadichani roziyallohu anhu hech ko‘rmaganman. Lekin bu ayol haqida Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ko‘p zikr qilganlar. Gohida qo‘y so‘yib, uning a’zolaridan ba’zisini ajratib Xadichaning do‘stlariga yuborardilar. Gohida men Rasulullohga: «Go‘yoki dunyoda Xadichadan boshqa ayol yo‘qdek gapirasiz», desam, u zot: «Xadicha unday edi va bunday bo‘lgan edi. Bolalarim shu ayoldan edi», deb uning yaxshiliklarini zikr qilardilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, «Agar qo‘y so‘ysalar, kifoya qilgudek uning go‘shtidan Xadichaning do‘stlariga hadya qilardilar».
Yana boshqa rivoyatda aytilishicha esa, «Agar qo‘y so‘ysalar, «Xadichaning do‘stlariga yuboringlar», deb aytardilar».
Rivoyatlarning yana birida: «Xadichaning singillari Holatu binti Xuvaylid Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kirish uchun izn so‘raganida, Xadichaning ovoziga o‘xshasollalohu alayhi vasallam bo‘lgani uchun uni iznidanoq (so‘zidanoq yoki tovushidanoq) tanib oldilar. Bunga xursand bo‘lib: «Allohim, (taajjublanganda shunday deyiladi), bu Holatu binti Xuvaylid-ku», dedilar», deyiladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 08:53:21
345/4. Anas ibn Molikdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliy roziyallohu anhu bilan birga safarda edim. Jarir ibn Abdulloh (yoshlari mendan katta bo‘lsa ham) menga xizmat qilardilar. Men: «Bunday qilmang», desam, u kishi: «Ansorlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xizmat qilganlarini ko‘rib, agar ulardan birortasiga hamroh bo‘lsam, xizmatlarida bo‘laman, deb qasam ichib qo‘yganman», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:43:15
43-BOB
Rasululloh sollalohu alayhi vasallam oila a’zolarini hurmat qilish
hamda ularning fazilatlari haqida

Alloh taolo:
«(Ey payg‘ambar) xonadonining ahli, Alloh sizlardan gunohni ketkazishni va butunlay poklashni istaydi, xolos» (Ahzob surasi, 33-oyat);

«(Ish) shudir. Kim Alloh qonunlarini hurmat qilsa, bas, albatta (bu hurmat) dillarning taqvodorligi sababli bo‘lur» (Haj surasi, 32-oyat), degan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:44:50
346/1. Yazid ibn Hayyondan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men, Husayn ibn Sabra, Amr ibn Muslim Zayd ibn Arqamning roziyallohu anhu huzurlariga bordik. Qachonki, huzurlarida o‘tirsak, Husayn bu zotga qarata: «Ey Zayd! Siz ko‘p yaxshiliklarga erishdingiz, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan ko‘rishgansiz, hadislarni o‘zlaridan eshitgansiz, u zot bilan birga g‘azotlarda bo‘lgansiz va orqalarida namoz o‘qigansiz. Ya’ni, juda ham ko‘p yaxshiliklarga erishgansiz. Bizga endi, ey Zayd, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan narsalaringizdan gapirib bering», deganlarida, bu zot: «Ey jiyanim, mening yoshim ulg‘ayib qoldi. U paytim o‘tib ketdi. Yodlagan narsalarimning ba’zisini unutib qo‘ydim. Sizlarga gapirib bergan narsalarimni qabul qilinglar-u, ammo aytib berolmasam, meni qiynamanglar», dedilar. So‘ngra: «Bir kuni Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Makka bilan Madina oralig‘idagi Xuma nomli suvning oldida turib Allohga hamdu sano aytib, bizga: «Ogoh bo‘ling, ey insonlar. Men ham bir odamman. Yaqin kunlarda Rabbim elchisi (Azroil) kelsalar, men u elchining buyruqlariga labbay, deb bu dunyodan rixlat qilaman. Sizlarga ikki ulkan narsa tashlab ketmoqdaman. Ularning biri Allohning kitobi Qur’oni karimdir. Unda adashganlar uchun hidoyat va zulmatda qolganlar uchun nur bordir. Bu kitobni mahkam ushlab, unga amal qilinglar. (Shu kuni Allohning kitobi ustida tashviq va targ‘ib qildilar.) So‘ngra ikkinchisi - mening xonadonim haqidadir. Men xonadonim xususida Allohni eslaringizga solaman. Men xonadonim xususida Allohni eslaringizga solaman», deb va’z-nasihat qildilar», dedilar. Husayn «^,: «Ey Zayd! Xonadon ahllari kim? Xonadon ahllari xotinlari emasmi?» deganlarida, Zayd ibn Arqam: «To‘g‘ri, xotinlari xonadon ahllaridir. Lekin bu yerdagi xonadon ahllaridan maqsad Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin sadaqadan mahrum etilgan zotlardir», dedilar. Husayn raziyallohu anhu: «Ular kimlar?» deb so‘raganlarida, Zayd raziyallohu anhu: «Ular Alining avlodlari,Uqaylning
avlodlari, Ja’farning avlodlari, Abbosning avlodlaridir», dedilar. Husayn raziyallohu anhu: «Bularning barchalariga sadaqa harom qilinganmi?» deb so‘ragandilar, Zayd roziyallohu anhu: «Ha», deb javob qildilar». Imom Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Ogoh bo‘linglar, men sizlarga ikki ulkan narsani tashlab ketmoqdaman. Ularning biri Allohning kitobidir. U Allohning arqonidir. Kim unga ergashsa, hidoyatda bo‘ladi. Kim tark qilsa, zalolatda bo‘ladi», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:45:25
347/2. Ibn Umar roziyallohu anhu Abu Bakr Siddiqdan roziyallohu anhu mavquf holatda qilgan rivoyatlarida Abu Bakr raziyallohu anhu: «Ahli bayt xususida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni hurmat qilinglar», deb aytganlar.
 Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:46:24
44-BOB
Ulamo, akobir, fazilatli kishilarni hurmat qilish,
boshqalardan ko‘ra ularni e’zozlash, martabalarini
ko‘tarib, buni boshqalarga bildirish haqida


Alloh taolo:
«Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi?! Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar» (Zumar surasi, 9-oyat), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:47:14
348/1. Abu Mas’ud Uqba ibn Amr al-Badriy al-Ansoriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qur’oni karimni hammadan yaxshi o‘qiydigan kishi qavmning imomi bo‘lsin. Agar bunda barobar bo‘lishsa, sunnatni yaxshi biluvchilari imom bo‘lsin. Agar bunda ham barobar bo‘lishsa, oldin hijrat qilgani imom bo‘lsin. Agar bunda ham barobar bo‘lishsa, yoshi kattasi imom bo‘lsin. Hargiz kishining riyosatida boshqa bir kishi imom bo‘lmasin. (Ya’ni, boshliqning o‘zi imom bo‘lsin.) Va birovning uyida o‘ziga xos bo‘lgan joyiga iznsiz o‘tirmasin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida «yoshi kattasi», degan so‘zning o‘rniga «avval Islomga kirgani» bo‘lib kelgan.
Boshqa bir rivoyatda: «Allohning kitobini hammadan yaxshi o‘qib, qiroatni avval ta’lim olgan kishi qavmga imom bo‘ladi. Agar qiroatlari barobar bo‘lsa, avval hijrat qilganlari bo‘ladi. Agar hijratda ham barobar bo‘lishsa, yoshi kattasi imom bo‘ladi», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:47:48
349/2. Abu Mas’ud Uqba ibn Amr ibn al-Badriy al-Ansoriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam namoz (oldidan) yelkalarimizni
ushlab: «Barobar turinglar. Har turli bo‘lib turmanglar. Qalblaringiz ham har turli bo‘lib qoladi. Menga balog‘atga yetgan aqllilaringiz yaqin tursin. Keyin aqlda ularga yaqinlari tursin. So‘ngra ularga yaqinlari tursin», deb aytardilar». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:48:15
350/3. Abdulloh ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Balog‘atga yetgan aqlli kishilar menga yaqin tursin. Keyin aqlda ularga yaqinlar», deb uch marta aytib, so‘ngra: «Bozordagi g‘ala-g‘ovur va fitnalardan saqlaninglar», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:48:38
351/4. Abu Yahyo Sahl ibn Abu Hasma al-Ansoriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Sahl va Muhayyisa ibn Mas’ud ikkovlari Xaybarga borishdi. O’sha paytda Xaybar sulh holatida edi. Ikkovlari bir-birlaridan ajrashib yo‘llariga ravona bo‘lishdi. Qachonki, Muhayyisa Abdullohning huzuriga kelsa, Abdulloh o‘lik holatda qonga belanib yotibdi. Bas, Muhayyisa Abdullohni dafn qildi. Va Madinaga keldi. Keyin Abdullohning inisi Abdurahmon ibn Sahl va Muhayyisaning ikki o‘g‘li Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga borishdi. Abdurahmon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida gapira boshlagan edi, u zot: «Yoshi kattangiz gapirsin, yoshi kattangiz gapirsin», dedilar. Keyin u yoshi kichik jim bo‘ldi va ikki yoshi katta so‘zlay boshladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «O’zingizning haqligingizni qotilga isbotlab bera olasizlarmi?» dedilar... (Hadisning qolgani oxirigacha zikr qilingan.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:49:05
352/5. Jobirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Uhud g‘azotida vafot etganlarning ikkitasini bir qabrga qo‘yardilar. Keyin: «Bularning qaysi biri Qur’ondan ko‘proq yod olgan?» deb so‘rardilar. Agar ulardan biriga ishora qilinsa, o‘shani avval lahad (qabr)ga qo‘yardilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:49:30
353/6. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Men tushimda ko‘rdimki, bir misvok bilan og‘zimni tozalayotgan emishman. Shu payt ikki kishi mening huzurimga keldi. Ularning biri ikkinchisidan yoshi katta edi. Men misvokni kichigiga uzatdim. Shunda menga kattasiga bergin, deyildi. Men uni kattasiga berdim», dedilar. Imom Muslim musnad holda va Imom Buxoriy ta’liq holda rivoyat qilishgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:49:59
354/7. Abu Musodan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Soqoli oqargan musulmonni, Qur’onga amal qilib, uni doim tilovat qilib yuruvchi qorini hamda odil podshohni hurmat qilish bilan Allohni hurmat qilgan bo‘ladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:50:49
355/8. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari bobolaridan qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kichiklarimizga rahm-shafqat qilmagan va kattalarimizning sharafini bilmagan kishi bizdan emas», deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Abu Dovud rivoyatlarida «kattalarimizning sharafi» o‘rniga «kattalarimizning haqqi» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:51:12
356/9. Maymun ibn Abu Shabibdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Oishaning roziyallohu anhu oldilaridan bir tilanchi o‘tib qoldi. Unga bir bo‘lak non berdilar. Keyin kiyingan chiroyli qiyofadagi boshqa kishi o‘tib qoldi. Bu kishini o‘tqazib oldiga taom qo‘ydilar. Shunda Oishadan roziyallohu anhu bu haqda so‘ralganida, Oisha raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishilarni o‘z o‘rinlariga o‘tqazinglar», deganlar», deb javob qildilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Abu Dovud: «Maymun Oisha bilan ko‘rishmaganlar», deganlar.
Imom Muslim «Sahih» kitoblarining avvalida ta’liq holatda Oishadan roziyallohu anhu quyidagilarni rivoyat qildilar: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bizga odamlarni o‘z joylariga o‘tqazmoqni buyurdilar».
Imom Hokim «Ma’rifatu ulumul hadis» nomli kitoblarida bu hadisni sahih, deganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:51:54
357/10. Ibn Abbosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Uyayna ibn Hisn jiyani Hurra ibn Qaysnikiga mehmon bo‘lib tushdi. Jiyani Hurra ibn Qays Umarning roziyallohu anhu yaqin a’yonlaridan biri edi. Umarning roziyallohu anhu hamsuhbat va maslahatchilari xoh o‘rta yosh, xoh yigit bo‘lishsin, qorilardan edi. Uyayna ibn Hisn jiyaniga: «Ey akamning o‘g‘li, bu amirning huzurida sening hurmating bor. Menga uning oldiga kirishga izn olib ber», deganida, u izn so‘radi. Umar roziyallohu anhu uning kirishiga ruxsat berdilar. Uyayna ibn Hisn u zot huzurlariga kirib: «Ey Ibn Xattob, Allohga qasamki, bizga ko‘p narsa bermaysiz. Odillik bilan hukm qilmaysiz», deganida, Umar roziyallohu anhu g‘azablanib, hatto uni urmoqlikka ham qasd qildilar. Shunda Hurra: «Ey mo‘minlar amiri, albatta Alloh taolo payg‘ambariga: «Avfni oling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring», degan. Bu kishi o‘sha johillardandir», dedi. Allohga qasamki, Hurra bu oyatni o‘qiganida u zot bundan o‘tib ketmadilar. Chunki Umar roziyallohu anhu Allohning kitobida kelgan narsada to‘xtardilar (ya’ni, unga amal qilardilar). Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:52:16
358/11. Abu Said Samura ibn Jundubdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam zamonlarida yosollalohu alayhi vasallam bola edim. Bu zotdan ko‘p narsalarni yod olar edim. Bu zotning huzurlarida gapirishdan meni faqatgina yoshi kattalar borligi man qilar edi, xolos». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:52:34
359/12. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Qaysi bir yosollalohu alayhi vasallam yigit qariyani yoshi kattaligi uchun hurmat qilsa, Alloh taolo ham bu yigitga yoshi ulg‘ayganida hurmat qiluvchi kishini yuborishni taqdirga bitadi», dedilar. Imom Termiziy bu hadisni rivoyat qilib, g‘arib, dedilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:54:31
45-BOB

Yaxshi zotlarni ziyorat qilish, ularning suhbatlarida bo‘lish, do‘st
tutinish va duo qilishlarini talab etish haqida

Alloh taolo:
«Muso (o‘zining xizmatkor) yigitiga: «To ikki dengiz qo‘shiladigan yerga yetmaguncha yoki uzoq zamonlar kezmaguncha yurishdan to‘xtamayman», degan paytini eslangiz». (Toinki) «Muso unga (Xizrga): «Senga bildirilgan bilimdan menga ham to‘g‘ri ta’lim berishing uchun senga ergashsam maylimi?» dedi» (Kahf surasi, 60-66-oyatlar);
«Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorining yuzini -roziligini istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting» (Kahf surasi, 28-oyat), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:55:19
360/1. Anasdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin Abu Bakr roziyallohu anhu Umarga raziyallohu anhu: «Yurgin, xuddi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Ummu Aymanni ziyorat qilganlaridek, biz ham uni ziyorat qilamiz», dedilar. Keyin ikkovlari uning huzuriga borishganida Ummu Ayman yig‘lab yubordi. Shunda ikkovlari: «Nimaga yig‘layapsan? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga (bu dunyodan ko‘ra) Alloh huzuridagi narsa yaxshi ekanini bilmaysanmi?!» deyishganida, Ummu Ayman: «Men buning uchun yig‘lamadim. Albatta men Alloh huzuridagi narsa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaxshi ekanini bilaman. Lekin meni yig‘latayotgan narsa (bu zot vafot etishlari bilan) osmondan vahiy tushishi to‘xtab qolganidir», dedi. Ummu Aymanning yig‘isi ikkovlarini hayajonga solib, ular ham yig‘lab yuborishdi. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:55:44
361/2. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi boshqa bir qishloqdagi birodarini ziyorat qildi. Alloh taolo uning yo‘liga kuzatuvchi qilib bir farishtani yubordi. Farishta uning oldiga kelib: «Qaerga borishni xohlaysan?» deganida, haligi kishi: «Mana bu qishloqdagi birodarimnikiga», dedi. Farishta: «Sening unda parvarishlab turgan biror mol-mulking bormi?» deganida, «Yo‘q, lekin men uni Alloh yo‘lida yaxshi ko‘raman», dedi. Shunda haligi farishta: «Men senga yuborilgan Allohning elchisiman. Albatta Alloh seni xuddi uni yaxshi ko‘rganingdek yaxshi ko‘radi», dedi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:56:07
362/3. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror kasalni borib ko‘rsa yoki Alloh yo‘lidagi birodarini ziyorat qilsa, bir nido qiluvchi: «Yaxshi inson bo‘lding, yurishing ham yaxshi bo‘ldi va jannatdan o‘zing uchun joy tayyorlab qo‘yding», deb nido qiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:56:30
363/4. Abu Muso al-Ash’ariydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Yaxshi suhbatdosollalohu alayhi vasallam bilan yomon suhbatdoshning misoli xuddi mushk (atir) ko‘tarib yuruvchi bilan temir bosqonini purkovchiga o‘xshaydi. Mushk ko‘tarib yuruvchiga (yaqin bo‘lsang) yo senga mushkidan beradi yoki mushkidan sotib olasan. Yoki hech bo‘lmaganda uning xushbo‘y hididan senga kelib turadi. Ammo temir bosqonini purkovchisiga (yaqin bo‘lsang) yo kiyimingni kuydirasan yoki sassiq (qo‘lansa) hidi senga kelib turadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:57:20
364/5. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xotinlar to‘rt narsaning biri uchun nikohga olinadi: mol-dunyosi, nasl-nasabi, chiroy-jamoli va din-diyonati uchun. Sen din-diyonati uchun nikohingga olib muvaffaqiyat qozongin, ey qo‘ling tuproqqa belangur!» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Buning ma’nosi shuki: «Odatda, kishilar xotinlarning mana shu xislatlarini qasd qilishadi. Lekin seni u ayolning dindorligi ko‘proq qiziqtirsin».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:57:47
365/6. Ibn Abbosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomga: «Bizni bundan-da ko‘proq ziyorat qilishdan sizni nima man qiladi?» deganlarida, quyidagi oyat nozil bo‘ldi:
«(Ey Muhammad), biz yolg‘iz Parvardigoringizning amri -farmoni bilangina nozil bo‘lurmiz, oldimizdagi (oxirat) ham, ortimizdagi (dunyo) ham, (dunyo va oxirat) o‘rtasidagi barcha ish-amallar ham yolg‘iz Unikidir» (Maryam surasi, 64-oyat). Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:58:07
366/7. Abu Said al-Xudriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Faqat mo‘minlar bilan suhbatda bo‘l. Va taomingni faqat taqvodorlargina yesin», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:58:35
367/8. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kishi do‘stining dinidadir. Shunday bo‘lgandan keyin kim bilan do‘stlashayotganingga qara», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar sahih isnod ila rivoyat qilishgan.
(Buning ma’nosi xuddi o‘zbek maqolidagi «Do‘sting kimligini aytsang, o‘zingning kimligingni aytib beraman»ga o‘xshash... - tarj.)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:59:18
368/9. Abu Muso al-Ash’ariydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kishi yaxshi ko‘rgan kishisi bilan (Qiyomat kuni) birga bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Kishi bir jamoani yaxshi ko‘radi-da, lekin ularning martabalariga yeta olmaydi», deyilganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kishi (Qiyomat kuni) yaxshi ko‘rgan kishisi bilan birga bo‘ladi», dedilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:59:35
369/10. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir badaviy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Qiyomat kuni qachon?» deb so‘raganida, u zot: «Qiyomat uchun nima tayyorlading?» dedilar. Haligi badaviy: «Alloh va Uning rasuli muhabbatini», deb javob qildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sen (Qiyomat kuni) yaxshi ko‘rgan kishing bilan birga bo‘lasan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Bu hadis Imom Muslimning rivoyatlaridagi lafzdir. Lekin ikkovlaridan qilingan boshqa rivoyatda: «U kunga ko‘pgina ro‘za, namoz va sadaqa tayyorlaganim yo‘q. Lekin men Alloh va Uning rasulini yaxshi ko‘raman», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 21:59:54
370/11. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Kishi bir jamoani yaxshi ko‘radi-yu, lekin ularning martabalariga yeta olmaydi (Ibn Hibbon rivoyatlarida «ularning amalidek amal qila olmaydi» bo‘lib kelgan)», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi (Qiyomat kuni) yaxshi ko‘rgani bilan birga bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 22:00:15
371/12. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar ham tilla va kumusollalohu alayhi vasallam konlari kabi konlardir. Ularning johiliyatdagi yaxshilari Islomdagi yaxshilari hamdir. Shu shart bilanki, agar faqih (bilimdon) bo‘lishsa. Ruhlar (ruhlar olamida) son-sanoqsiz to‘plangan lashkarlardir. Qaysi ruhlar (ruhlar olamida) bir-birlari bilan tanishgan bo‘lishsa, (bu dunyoda ham) ulfat bo‘lishadi. Qaysi ruhlar (ruhlar olamida) bir-birlari bilan tanisha olmay, tafriqa bo‘lib ketishgan bo‘lsa, (bu dunyoda ham) tanisha olmay, muxolif bo‘lishadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 22:01:19
372/13. Usayr ibn Amrdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Umar ibn Xattobning roziyallohu anhu odatlari agar Yaman ahlidan bo‘lgan kishilar yordam talab qilib kelishsa, «Sizlarda Uvays ibn Omir degan ismli kishi bormi?» deb so‘rardilar. Kunlar o‘tib Uvays kelganida Umar ibn Xattob: «Sen Uvays ibn Omirmisan?» dedilar. U: «Ha», deb javob qildi. Umar <^>: «Murod, keyin Qaran bo‘lgan qabiladanmisan?» degandilar, u: «Ha», dedi. Umar raziyallohu anhu: «Senda peslik bor edi. U tuzalib, faqatgina tanga miqdoricha qolgan, xolos-a?» dedilar. U: «Ha», dedi. Umar raziyallohu anhu: «Onang borlar-a?» deb so‘ragandilar, u yana: «Ha», dedi. Shunda Umar raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Sizlarga Uvays ibn Omir ismli kishi Yaman ahlidan bo‘lgan yordam talabidagi kishilar bilan birga keladi. U Murod, keyin Qaran bo‘lgan qabiladan. Unda peslik bo‘lib, tuzalganda faqatgina dirham miqdoridagisi qolgan bo‘ladi. U onasiga nihoyatda itoatlidir. Agar Allohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichsa, Alloh uni (onasiga qilgan yaxshiligi sababli) ro‘yobga chiqaradi. Agar sen uchun istig‘for aytmog‘iga ko‘ndirsang, uni qilgin», deganlarini eshitganman. Men uchun istig‘for ayt», deb iltimos qilgandilar, u Umar roziyallohu anhu uchun istig‘for aytdi. Umar roziyallohu anhu unga: «Qaerga borishni xohlaysan?» dedilar. U: «Ko‘faga», dedi. Umar raziyallohu anhu: «Senga (maosollalohu alayhi vasallam tayinlab) Ko‘fa hokimiga xat yozaymi?» dedilar. U: «Ko‘chmanchi (odamlar tanimaydigan) bo‘lib yurishim men uchun yaxshiroqdir», dedi.
 
Qachonki, kelgusi haj yili bo‘lganida Ko‘faning ulug‘laridan biri haj ibodatini ado etgani keldi. Umar roziyallohu anhu u ulug‘ kishi bilan ko‘rishib, Uvays haqida so‘radilar. U ulug‘ kishi: «Uvaysni uyi eskigan, matosi oz holatda, ya’ni kambag‘al holatda qoldirdim», dedi. Shunda Umar raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Sizlarga Uvays ibn Omir ismli kishi Yaman ahlidan bo‘lgan yordam talabidagi kishilar bilan birga keladi. U Murod, keyin Qaran qabilasidan. Unda peslik bo‘lib, tuzalganda faqatgina dirham miqdoridagisi qolgan bo‘ladi. U onasiga nihoyatda itoatlidir. Agar Allohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichsa, Alloh uni (onasiga qilgan yaxshiligi sababli) ro‘yobga chiqaradi. Agar sen uchun istig‘for aytmog‘iga ko‘ndirsang, uni qilgin», deganlarini eshitganman», dedilar. Bu ulug‘ kishi hajdan qaytganidan so‘ng Uvaysning oldiga borib: «Mening haqqimga istig‘for ayting», deb iltimos qildi. Shunda Uvays: «Siz menga istig‘for ayting. Chunki siz endigina muborak safardan qaytdingiz», deb yana: «Siz hajda Umar roziyallohu anhu bilan uchrashdingizmi?» deb so‘radi. U ulug‘ kishi: «Ha», dedi. Qachonki, kishilar Uvaysning kim ekanligini bilib qolishganidan keyin u yerdan ham chiqib ketdi. Imom Muslim rivoyatlari.
Imom Muslimning Usayr ibn Jobirdan roziyallohu anhu qilgan boshqa rivoyatlarida aytilishicha, Ko‘fa ahli Umar roziyallohu anhu huzurlariga vakil bo‘lib kelishganida, ularning orasida Uvaysni masxaralovchi bir kishi bor edi. Umar roziyallohu anhu: «Oralaringizda Qaran qabilasidan biror kishi bormi?» deganlarida, haligi masxaralovchi kishi keldi. Shunda Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Sizlarga Yamandan bir kishi keladi. Uning ismi Uvays. Yamanda onasidan boshqa kishisi yo‘q. Uning badanida oqlik (peslik) bor. Allohga duo qilgan edi, undan bu peslikni ketkazdi. Faqatgina dinor yoki dirham miqdoridagina qolgan. Kim o‘sha kishiga yo‘liqsa, istig‘for so‘rashini iltimos qilsin», deganlarini eshitganman», dedilar.
Imom Muslimning Umardan roziyallohu anhu qilgan boshqa rivoyatlarida: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Tobe’inlarning yaxshisi Uvays ismli kishidir. Uning onasi bor. Va badanida oqlik (peslik) bor. Bu kishi sizlarga istig‘for aytishini iltimos qilinglar», deganlarini eshitganman», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 22:01:55
373/14. Umar ibn Xattobdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan umra qilish uchun izn so‘radim. U zot izn berib: «Ey birodar, duoingda bizni unutmagin», dedilar. Ana shunda menga shunday so‘z aytdilarki, u so‘zni dunyoga alishtirish meni xursand qilmas edi». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
 
Boshqa rivoyatda: «Ey birodar, duoingda bizni sherik qil», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 30 Noyabr 2007, 22:02:13
374/15. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Quboni ot minib yoki piyoda ziyorat qilib turardilar. Va u yerda ikki rakat namoz o‘qirdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam har shanba kuni Quboni ot mingan holda yoki piyoda ziyorat qilardilar. Ibn Umar roziyallohu anhu ham shu sunnatga amal qilardilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:12:36
46-BOB

Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rishning va unga targ‘ib etishning
fazilati hamda kishining boshqani yaxshi ko‘rganini
bildirib qo‘yishi va bunda aytiladigan narsa haqida


Alloh taolo:

«Muhammad Allohning payg‘ambaridir. U bilan birga bo‘lgan (mo‘min)lar kofirlarga qahrli, o‘z oralarida
(mo‘minlar bilan) esa rahm-shafqatlidirlar...»
(Fath surasi, 29-oyat);

«Ulardan (muhojirlardan) ilgari (Madina) diyoriga o‘rnashgan va imon-e’tiqodni (mahkam ushlagan) zotlar (ansorlar) esa o‘zlari (ning yonlari)ga hijrat qilib kelgan kishilarni suyarlar» (Hashr surasi, 9-oyat), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:13:10
375/1. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Qaysi bir kishida uch xislat bo‘lsa, imon halovatini topibdi. Ular: 1) Alloh va Uning rasuli u kishi uchun barcha narsadan mahbub bo‘lmog‘i; 2) kishini faqat Alloh uchun yaxshi ko‘rmog‘i; 3) Alloh taolo unga kufrlikdan najot berganidan keyin xuddi o‘tga tashlanishni yomon ko‘rganidek kufrlikka qaytishni karih ko‘rmog‘i», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:16:10
376/2. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh taolo yetti toifa kishini soya yo‘q kunda o‘z soyasidan (Qiyomat haroratida Arshning soyasidan) panoh berur: 1) odil podshoh; 2) Allohning ibodatida o‘sgan yigit; 3) masjidga qalbi muallaq bo‘lgan kishi, ya’ni masjiddan chiqib, to unga qaytguncha qalbi bog‘liq bo‘luvchi; 4) Alloh yo‘lida do‘st bo‘luvchi ikki birodar shaxs, ular Alloh yo‘lida jam bo‘lib, Uning yo‘lida ajraladilar; 5) bir kishini husnu jamolda tenggi yo‘q ayol (yomon niyatda) o‘z nafsiga chaqirsa, u kishi Allohdan qo‘rqaman, deb javob qilsa; 6) bir kishi biror sadaqa qilsa, o‘sha bergan sadaqasini shu darajada maxfiy qilsaki, o‘ng qo‘li bilan berganini chap qo‘li sezmasa; 7) bir kishi xoli holda Allohni eslaganida, ko‘zidan yosh oqsa», dedilar.

Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:16:39
377/3. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo Qiyomat kuni: «Azamatim uchun do‘st bo‘lganlar qani? Bugun Men soya yo‘q kunda O’z soyam bilan panoh beraman», deydi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:17:01
378/4. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, imon keltirmaguningizcha jannatga kira olmaysizlar. Va bir-birlaringiz ila do‘st bo‘lmaguningizcha mo‘min bo‘lmaysizlar. Bir-biringiz bilan do‘st bo‘ladigan amalga sizlarni dalolat qilaymi? Oralaringizda salomni joriy qilinglar», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:17:27
379/5. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi boshqa bir qishloqdagi birodarini ziyorat qilmoqchi bo‘ldi. Alloh taolo uning yo‘liga kuzatuvchi qilib bir farishtani yubordi. Farishta uning oldiga kelib: «Qaerga borishni xohlaysan?» deganida, haligi kishi: «Mana bu qishloqdagi birodarimnikiga», dedi. Farishta: «Sening unda parvarishlab turgan biror mol-mulking bormi?» deganida, «Yo‘q, lekin men uni Alloh yo‘lida yaxshi ko‘raman», dedi. Shunda haligi farishta: «Men senga yuborilgan Allohning elchisiman. Albatta Alloh seni xuddi uni yaxshi ko‘rganingdek yaxshi ko‘radi», dedi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:17:50
380/6. Baro ibn Ozibdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ansoriylar haqida: «Ularni faqatgina mo‘minlar yaxshi ko‘radilar. Va faqatgina munofiqlar yomon ko‘radilar. Kim ularni yaxshi ko‘rsa, Alloh ularni yaxshi ko‘radi. Kim ularni yomon ko‘rsa, Alloh ularni yomon ko‘radi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:18:38
381/7. Muozdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Alloh taolo: «Mening azamatim uchun bir-birlarini do‘st tutguvchilarga nurdan bo‘lgan minbarlar beriladi. Uni ko‘rgan nabiylar va shahidlar havas qilishadi», dedi», deganlarini eshitdim». Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:19:15
382/8. Abu Idris Xuloniydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Bir kuni Damashq masjidiga kirsam, tishlari yaraqlagan bir yigit turibdi. Atrofida odamlar o‘tirishibdi. Agar biror masalada ixtilof qilishsa, bu yigitga murojaat qilishar edi. Bu yigit nima desa, o‘shani qabul etishar edi. Shunda men: «Bu yigit kim?» deb so‘rasam, «Bu yigit Muoz ibn Jabaldir», deyishdi. Ertasi kun barvaqt masjidga kelsam, Muoz mendan ham oldin kelibdilar. O’sha payt namoz o‘qiyotgan ekanlar. Namozni tugatishlarini kutib turdim. Qachonki, namozni o‘qib bo‘lganlarida, old tomonlaridan kelib salom berdim. Va: «Allohga qasam, men sizni yaxshi ko‘raman», dedim. Muoz <^>: «Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rasanmi?» dedilar. Men: «Alloh yo‘lida», dedim. Muoz raziyallohu anhu: «Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rasanmi?» dedilar. Men: «Alloh yo‘lida», dedim. Shunda u zot ridoimning bir tomonidan ushlab o‘zlariga tortdilar-da: «Xursandlik xabarini bergin, chunki men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Alloh taolo: «Mening yo‘limda bir-birlarini yaxshi ko‘ruvchilarga, Mening yo‘limda majlis qurib o‘tiruvchilarga, Mening yo‘limda bir-birlarini ziyorat qiluvchilarga hamda Mening yo‘limda pullarini sarf etuvchilarga muhabbatim vojib bo‘ldi», dedi», degan so‘zlarini eshitganman», dedilar».
Imom Molik «Muvatto» kitoblarida sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:19:48
383/9. Abu Kurayma Miqdod ibn Ma’dikaribadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar kishi birodarini yaxshi ko‘rsa, o‘shani yaxshi ko‘rishini bildirib qo‘ysin», dedilar.
Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:20:25
384/10. Muozdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam qo‘limdan ushladilar-da: «Ey Muoz, Allohga qasamki, men seni yaxshi ko‘raman. Ey Muoz, hamma farz namozi so‘nggida «Allohumma a’inniy ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibodatika», deb aytishingni vasiyat qilaman», dedilar».
Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati.

(Ma’nosi: «Ey Allohim, Seni zikr etishda, Senga shukr qilishda va ibodatingni go‘zal bajarishda menga yordam ber».)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:21:09
385/11. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlarida edi. Shu payt boshqa bir kishi o‘tib qoldi. Shunda haligi kishi: «Ey Allohning rasuli, men bu oldimizdan o‘tib ketgan kishini yaxshi ko‘raman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshi ko‘rishingni bildirdingmi?» deganlarida, u kishi: «Yo‘q», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Borib bildirgin», dedilar. U kishi narigi kimsaning oldiga borib: «Men seni Alloh yo‘lida yaxshi ko‘raman», dedi. O’tuvchi kishi: «Alloh yo‘lida meni sevganing uchun Alloh ham seni yaxshi ko‘rsin», dedi.
Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:22:43
47-BOB

Alloh taolo bandasini yaxshi ko‘rganining alomatlari
va ular bilan ziynatlanish hamda uni qo‘lga
kiritish uchun harakat qilmoq haqida


Alloh taolo:

«Ayting (ey Muhammad), agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag‘firat qiladi. Alloh (gunohlarni) mag‘firat qilguvchi, mehribondir» (Oli Imron surasi, 31-oyat);

«Ey mo‘minlar, sizlarning ichingizdan kimda-kim dinidan qaytsa, Alloh boshqa bir qavmni keltirurki, Alloh ularni yaxshi ko‘rur, ular Allohni yaxshi ko‘rurlar. Ular mo‘minlarga xokisor, kofirlarga esa qattiqqo‘l, biron malomatgo‘yning malomatidan qo‘rqmay, Alloh yo‘lida kurashadigan kishilardir. Bu Allohning fazlu marhamati bo‘lib, O’zi xohlagan kishilarga berur. Alloh fazlu karami keng, bilguvchidir»
(Moida surasi, 54-oyat), degan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:23:09
386/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo: «Kim Mening do‘stimga dushmanlik qilsa, unga urusollalohu alayhi vasallam e’lon qilaman. Bandam O’zim unga farz qilgan narsadan mahbubroq boshqa biror narsa bilan Menga yaqin bo‘la olmaydi. Bandam Menga nafllar bilan yaqinlik qilishda bardavom bo‘lib, shu darajaga yetadiki, Men uni yaxshi ko‘rib qolaman. Agar yaxshi ko‘rib qolsam, eshitadigan qulog‘i, ko‘radigan ko‘zi, ushlaydigan qo‘li hamda yuradigan oyog‘i bo‘laman. (Ya’ni, Men izn bermagan narsani eshitmaydi, ko‘rmaydi, ushlamaydi va qadam qo‘ymaydi.) Agar Mendan so‘rasa, so‘ragan narsasini beraman. Agar panoh tilasa, panoh beraman», dedi», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:24:31
387/2. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar Alloh taolo bir bandani yaxshi ko‘rsa, Jabroil alayhissalomni chaqirib: «Albatta Alloh taolo falon kishini yaxshi ko‘radi, sen ham uni yaxshi ko‘rgin», deydi. So‘ngra Jabroil alayhissalom osmon ahllarini chaqirib: «Albatta Alloh taolo falon kishini yaxshi ko‘radi, sizlar ham uni yaxshi ko‘ringlar», deydilar. Bas, osmon ahli ham yaxshi ko‘rishadi. Keyin bu narsani yer ahli ham qabul qilishadi», dedilar.

Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning rivoyatlarida keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Agar Alloh taolo biror bandasini yaxshi ko‘rsa, Jabroil alayhissalomni chaqirib: «Men falon kishini yaxshi ko‘raman, sen ham uni yaxshi ko‘rgin», deydi. Keyin Jabroil alayhissalom ham uni yaxshi ko‘radilar va osmon ahlini chaqirib: «Albatta Alloh taolo falon kishini yaxshi ko‘radi, sizlar ham uni yaxshi ko‘ringlar», desalar, osmon ahli ham o‘sha kishini yaxshi ko‘rishadi. Keyin bu narsani yer ahli ham qabul qilib olishadi. Agar Alloh taolo biror bandasini yomon ko‘rsa, Jabroil alayhissalomni chaqirib: «Men falon kishini yomon ko‘raman, sen ham uni yomon ko‘rgin», deydi. Bas, Jabroil alayhissalom ham uni yomon ko‘radilar. Keyin osmon ahllarini chaqirib: «Albatta Alloh falon kishini yomon ko‘radi, sizlar ham uni yomon ko‘ringlar», deb aytadilar. Keyin bu yomon ko‘rish yer ahlida ijro bo‘ladi (ya’ni, bu kishi yer yuzida hammaning ko‘ziga yomon ko‘rina boshlaydi)», dedilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:24:53
388/3. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bir kishini askarlar guruhiga boshliq qilib bir joyga yubordilar. U kishi imom bo‘lib ularga namoz o‘qib bersa, faqat «Qul huvallohu ahad»ni qiroat qilar edi. Qachonki, askarlar (Madinaga) qaytib kelishganida buning qilgan ishini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytib berishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Nima uchun bunday qilganini undan so‘ranglar-chi», deganlarida, ular bu haqda u kishidan so‘rashdi. Shunda u: «Chunki bu surada Rahmonning sifati kelgan. Men ana shu sababli bu surani o‘qishni yaxshi ko‘raman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bu kishiga xabar beringlar, albatta Alloh taolo ham (uni) yaxshi ko‘radi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:26:33
48-BOB

Yaxshilarga, zaiflarga, miskinlarga ozor
berishdan ogohlantirish haqida


Alloh taolo:
«Mo‘min va mo‘minalarga biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58-oyat);
 
«Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang. So‘rovchi gadoni
esa (biron narsa bermasdan) haydamang»
(Zuho surasi, 9-10-oyatlar), deb aytgan.

Bu bobga taalluqli hadislar ko‘p bo‘lib, oldingi bobda kelgan Abu Hurayradan qilingan 386 hamda 33-bobdagi 261-262-hadislar ham shu bobga tegishlidir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:27:03
389/1. Jundub ibn Abdullohdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kim bomdod namozini o‘qisa, u Allohning himoyasidadir. Bas, (ey insonlar), Alloh sizlarni o‘sha himoyaga tajovuz qilgan holda topmasin. Kimni endi tajovuz qilgan holda topsa, uni yuzi bilan jahannam o‘tiga tashlaydi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:28:35
49-BOB

Kishilarning tashqi ko‘rinishlariga qarabhukm qilish va
botinlarini Allohga havola qilish haqida


Alloh taolo:

«Endi agar tavba qilsalar va namozni to‘kis ado etishib, zakotni (haqdorlarga) ato qilsalar, u holda diniy birodaringizdirlar» (Tavba surasi, 11-oyat), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:29:07
390/1. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kishilar «La ilaha illallohu va anna Muhammadan rasululloh», deb aytmagunlaricha, namozni ado etishmaguncha va zakotni bermagunlaricha ular bilan urushmoqlikka buyurildim. Agar mana shu aytilgan narsalarni bajarishsa, ular o‘z jonlari va mollarini mendan saqlashibdi. Lekin Islom haqlarida (ya’ni, had va qasoslar) bunday emas. Buning hisobi Alloh taologa havoladir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:29:32
391/2. Abu Abdulloh Toriq ibn Ushaymdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kim «La ilaha illalloh», deb Allohdan boshqaga ibodat qilishni inkor etsa, uning moli va joniga hamla qilish haromdir. Uning hisobi esa Alloh taologa havoladir», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:30:06
392/3. Abu Ma’bad Miqdod ibn Asvaddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Agar biror kofir kimsaga yo‘liqib, u bilan urishib qolsam va u qilichi bilan qo‘limga urib birini kesib tashlasa, keyin qochib daraxt orqasiga yashirinib: «Alloh uchun musulmon bo‘ldim», desa, uni o‘ldirishga haqlimanmi, ey Allohning rasuli?» desam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «O’ldirmagin», dedilar. Shunda men: «Ey Rasululloh, bir qo‘limni kesib, keyin musulmon bo‘ldim, deb aytgan-ku», desam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «O’ldirmagin, chunki agar o‘ldiradigan bo‘lsang, u o‘ldirilishidan oldingi sening mavqe’ingda bo‘ladi. Va sen bu so‘zni (ya’ni, Islomga kirdim, deb aytganidan) oldingi mavqe’da bo‘lasan», dedilar».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:30:53
393/4. Usoma ibn Zayddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bizni Juhayna qabilasidan bo‘lgan Huraqa nomli jamoaga jo‘natdilar. Biz subhda ularning suvi ustiga yetib keldik. Men va ansoriylardan biri u qavmdan bo‘lgan bir kishiga yo‘liqib, uni tutib oldik. Va u: «La ilaha illalloh», degan edi, ansoriy do‘stim qo‘yib yubordi. Men nayzam bilan urib uni o‘ldirdim. Qachonki, Madinaga borsak, bu qilgan ishim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetibdi. U zot menga: «Ey Usoma, «La ilaha illalloh», desa ham, o‘ldirdingmi?» dedilar. Men: «Ey Rasululloh, u panoh topish uchun shunday qildi», desam, u zot: «(U) «La ilaha illalloh», deganidan keyin ham o‘ldirdingmi?» deb aytaverganlaridan men: «Qaniydi, bu kundan oldin musulmon bo‘lmasam edi», deb orzu qildim».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «(U) «La ilaha illalloh», desa ham o‘ldiraverdingmi?» dedilar. Men: «Ey Rasululloh, qilichdan qo‘rqib aytdi-ku», desam, u zot: «Sen uning qalbini yorib, aytgan yoki aytmaganligini bildingmi?» deb shu so‘zlarni takrorlayverdilar. Hattoki, men shu kun musulmon bo‘lmaganimda-ku, deb orzu qildim», deyiladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:31:37
394/5. Jundub ibn Abdullohdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam musulmonlardan tashkil topgan bir guruh askarni mushriklardan bo‘lgan bir jamoaga yubordilar. Ular o‘sha joyga borishdi. O’sha yerdagi mushriklar orasida bir kishi bor edi. U agar musulmonlardan birortasiga (yomonlikni) qasd qilsa, uni bajarib o‘ldira olar edi. Keyin musulmonlardan bo‘lgan bir kishi u mushrikni g‘aflatda qolganida o‘ldirishni qasd qildi. Biz uni Usoma ibn Zayd deb aytardik. Usoma qachonki qilichni ko‘targan edi, u mushrik: «La ilaha illalloh», deb aytdi. Usoma uni shu holatda ham o‘ldiraverdi. Xabar beruvchi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kelganida, u zot bo‘lib o‘tgan voqeani so‘radilar. Shunda u kishi bu kimsa qilgan narsaning xabarini berdi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Usomani chaqirib: «Nima uchun o‘ldirding?» deb so‘radilar. Usoma: «Ey Rasululloh, u musulmonlarga ozor berib, falon va falon kishini o‘ldirdi, - deb bir necha nafar kishini nomma-nom keltirdi, - unga hamla qilsam, qilichimni ko‘rib qolib «La ilaha illalloh», dedi», deb aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’ldiraverdingmi?» dedilar. Usoma: «Ha», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qiyomat kuni «La ilaha illalloh» kelib (da’vo qilsa), nima qilasan?» degandilar, Usoma: «Ey Rasululloh, men uchun istig‘for ayting», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar Qiyomat kuni «La ilaha illalloh» kelib (da’vo qilsa), nima qilasan?» deb, mana shundan («Agar Qiyomat kuni «La ilaha illalloh» kelib (da’vo qilsa), nima qilasan?») boshqa so‘zni ziyoda qilmadilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:32:03
395/6. Abdulloh ibn Utba ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Umar ibn Xattobning roziyallohu anhu «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam zamonlarida odamlar (qanaqaligi) vahiy orqali ayon bo‘lar edi. Hozir esa vahiy tushishi to‘xtadi. Biz hozir sizlarning ustki ko‘rinishingizga qarab turib hukm qilamiz. Kimningki tashqi ko‘rinishi yaxshi bo‘lsa, bizning undan ko‘nglimiz tinch bo‘lib, o‘zimizga yaqin qilamiz. Uning ichki holati bilan esa Allohning O’zi hisob-kitob qilib oladi. Kim tashqi ko‘rinishida yomon ko‘rilsa, bizning undan ko‘nglimiz tinchimaydi. Va agar ichki holatim yaxshi, desa ham uni tasdiqlamaymiz», degan so‘zlarini eshitdim».
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:36:06
50-BOB Allohdan qo‘rqish bayoni

Alloh taolo:

«Va Mendangina qo‘rqinglar» (Baqara surasi, 40-oyat);

«Shak-shubhasiz Parvardigoringizning (kofirlarni azob bilan) ushlashi qattiqdir» (Buruj surasi, 12-oyat);

«Parvardigoringiz (ahli-egalari) zolim bo‘lgan
shaharlarni ushlaganida, mana shunday ushlar. Uning ushlashi - azobi alamli va qattiqdir. Albatta bu qissalarda oxirat azobidan qo‘rqqan kishilar uchun oyat-ibratlar bordir. U kun barcha odamlar to‘planadigan va hozir bo‘linadigan Kundir. Biz uni faqat sanoqli muddatgacha ta’xir qilib - kechiktirib turamiz, xolos. U kun kelganida, biron jon gapirmas, magar Uning (Allohning) izni bilangina gapirur. Bas, u (Kunga hozir bo‘lganlar) orasida baxtsizi ham bo‘lur, baxtlisi ham. Bas, endi badbaxt kimsalar do‘zaxda bo‘lib, u joyda ohu faryod qilurlar»
(Hud surasi^ 102-106-oyatlar);

«Alloh sizlarni O’zining (azobidan) ogoh qilur» (Oli Imron surasi, 28-oyat);

«U Kunda kishi o‘z og‘a-inisidan ham, onasi va otasidan ham, xotiniyu bola-chaqasidan ham qochur! (Chunki) ulardan har bir kishi uchun u Kunda o‘ziga yetarli tashvish bo‘lur» (Abasa surasi, 34-37-oyatlar);

«Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero, (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘-dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningizda emizayotgan (onalar) emizib turgan (bolasini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini tashlab yuborar; odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz, holbuki ular o‘zlari mast emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir» (Haj surasi, 1-oyat);

«Parvardigori (huzurida) turishdan (ya’ni, o‘zining Parvardigor oldida turib hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha amallariga javob berishdan) qo‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir» (Rahmon surasi, 46-oyat);

«Ular bir-birlariga boqishib, basti-javob qilishib deydilar: «Haqiqatan bizlar ilgari (hayoti dunyoda) ahli oilamiz orasida (bo‘lgan chog‘imizda oxiratda Allohning azobiga duchor bo‘lishdan) qo‘rqar edik. Mana, Alloh bizlarga marhamat ko‘rguzdi va bizlarni samumdan (ya’ni, badanlarni ilma-teshik qilib yuboradigan do‘zaxiy shamoldan) saqladi. Darhaqiqat bizlar ilgari (hayoti dunyoda) U zotga duo-iltijo qilar edik. Albatta Uning O’zigina marhamatli, mehribondir» (Vat-Tur surasi, 25-28-oyatlar), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:36:47
396/1. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rost so‘zlovchi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam quyidagilarni gapirib berdilar: «Har biringizning xalq qilinishingiz shunday: onangiz qornida maniy qirq kun to‘planib turadi. So‘ngra yana shuncha kunda quyuq qon va yana shuncha kunda bir parcha go‘shtga aylanadi. Keyin bir farishta (onangiz qorniga) yuborilib, unga ruh puflaydi va to‘rt so‘zni, ya’ni rizqingizni, ajalingizni, qanday amal qilishingizni va baxtsiz yoki baxtliligingizni yozib qo‘ymoqqa buyuriladi. Undan boshqa iloh yo‘q bo‘lgan Zot (Alloh)ga qasamki, sizlardan biringiz o‘zi bilan jannat o‘rtasida bir gaz masofa qolgunicha jannat ahli amalini qilib yuradi-da, pirovardida (onasi qornida bitilgan) taqdiri unga peshvoz chiqib, do‘zax ahliga mansub bir ishni qilib qo‘yadi va do‘zaxga ravona bo‘ladi. Sizlardan biringiz o‘zi bilan do‘zax o‘rtasida bir gaz masofa qolgunicha do‘zaxiylarga xos ishlarni qilib yuradi-da, pirovardida (onasi qornida bitilgan) taqdiri unga peshvoz chiqib, jannat ahli amalini qilib qo‘yadi va jannatga ravona bo‘ladi».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:37:07
397/2. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«(Qiyomat kuni) jahannam mahsharga keltiriladi. Uning yetmish ming jilovi bo‘ladi. Har jilovida yetmish ming farishta bo‘lib, jahannamni tortib kelishadi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:38:02
398/3. No‘‘mon ibn Bashirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Qiyomat kuni do‘zax ahllari orasida gunohi eng yengili bir kishiki, uning ikki qadami ostiga ikki cho‘g‘ qo‘yiladi. U cho‘g‘ miyasini qaynatib turadi. Bu azoblanayotgan kishi mendan ko‘ra qattiq azoblanayotgan kishi yo‘q bo‘lsa kerak, deb gumon qiladi. Vaholanki, azobi eng yengili shu kishidir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:39:02
398/3. No‘‘mon ibn Bashirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Qiyomat kuni do‘zax ahllari orasida gunohi eng yengili bir kishiki, uning ikki qadami ostiga ikki cho‘g‘ qo‘yiladi. U cho‘g‘ miyasini qaynatib turadi. Bu azoblanayotgan kishi mendan ko‘ra qattiq azoblanayotgan kishi yo‘q bo‘lsa kerak, deb gumon qiladi. Vaholanki, azobi eng yengili shu kishidir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:42:00
399/4. Samura ibn Jundubdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Allohning nabiysi sollallohu alayhi vasallam «O’t do‘zaxiylarning ba’zisini ikki to‘piqlarigacha yondiradi. Va ba’zilarini ikki tizzasigacha yondiradi. Va ba’zilarini ishtonbog‘larigacha yondiradi. Va ba’zilarini bo‘yinlarining atrofigacha yondiradi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:42:26
400/5. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «(Qiyomat kuni) odamlar Alloh huzurida tik turishadi. Hattoki, ba’zilari quloqlarining yarmigacha o‘zlarining terlariga ko‘milib, ko‘rinmay qoladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:43:08
401/6. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bizga xutba aytdilar. U kabi xutbani hech eshitmagan edim. U zot: «Agar sizlar men bilgan narsani anglaganlaringizda edi, oz kulib ko‘p yig‘lagan bo‘lardingizlar», dedilar. Bu xutbani eshitgan sahobalar yuzlarini berkitib piqillab yig‘lashar edi».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga sahobalari tomonidan bir narsa xabari yetganida, u zot quyidagicha xutba aytdilar: «Menga jannat va do‘zax ko‘rsatildi. Uni bugungidek yaxshilik va yomonlikda ko‘rmaganman. Agar sizlar men bilgan narsani his qilganingizda, oz kulib, ko‘p yig‘lardingizlar». Rasululloh sollalohu alayhi vasallam sahobalariga bugungidan ko‘ra qattiqroq kun bo‘lmagan. Ular boshlarini berkitib piqillab yig‘lashar edi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:43:29
402/7. Miqdoddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Qiyomat kuni xaloyiqqa quyosollalohu alayhi vasallam yaqinlashtiriladi. Hattoki, u bilan quyosollalohu alayhi vasallam o‘rtasida bir mil (o‘lchov) qoladi», dedilar. (Bu hadisning roviysi Sulaym ibn Omir roziyallohu anhu quyidagilarni Miqdoddan rivoyat qildilar: «Allohga qasamki, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam mildan nimani maqsad qilganlarini bilmadim. U yer o‘lchanadigan mil yoki ko‘zga surma qo‘yayotganda qo‘llaniladigan mil bo‘lishi mumkin».) «So‘ngra kishilar amallari miqdoricha o‘z terlariga g‘arq bo‘lishadi. Ulardan to‘piqlarigacha g‘arq bo‘ladiganlari, tizzalarigacha g‘arq bo‘ladiganlari va bellarigacha g‘arq bo‘ladiganlari bor. Va ba’zilarini o‘z terlari yuganlab qo‘yadi», deb Rasululloh qo‘llari bilan og‘izlariga ishora qildilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:43:51
403/8. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Kishilar Qiyomat kuni shu darajada terlashadiki, u ter yetmish gaz yer qa’riga singiydi. Va yana u terlari yuganlab olganidan hattoki quloqlarigacha g‘arq bo‘lishadi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:44:17
404/9. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Bir kuni Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga (o‘tirgan) edik, u zot bir narsaning gupillagan ovozini eshitdilar. Va u zot: «Bu nima ekanini bilasizlarmi?» deganlarida, biz: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedik. Shunda u zot: «Bu bir tosollalohu alayhi vasallam bo‘lib, u do‘zaxga uloqtirilganiga yetmish yil bo‘ldi. Hozirgacha pastga sho‘ng‘ishda bardavom bo‘lib, endi jahannam tubiga yetdi. Sizlar hozir o‘sha toshning gupillashini eshitdinglar», dedilar».
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:47:58
405/10. Adiy ibn Hotimdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Qiyomat kuni Alloh taolo biror kishini qoldirmasdan tarjimonsiz gaplashadi. U kishi o‘ng tomoniga qaraydi. O’zi yuborgan amalidan boshqa narsani ko‘rmaydi. Chap tomoniga qaraydi. O’zi yuborgan amalidan boshqani ko‘rmaydi. Old tomoniga qaraydi. Va ro‘parasida do‘zaxdan boshqa narsani ko‘rmaydi. Shunday ekan, xurmoning yarmini (sadaqa qilib bo‘lsa ham), do‘zaxdan saqlaninglar», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:48:21
406/11. Abu Zarrdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Men sizlar ko‘rmagan narsani ko‘raman. Osmon g‘ijirladi. Va u g‘ijirlashlikka haqlidir. Osmonda to‘rt barmoq sig‘adigan biror joy yo‘q. Faqat farishta Allohga sajda qilgan holda peshonasini u joyga qo‘yur. Allohga qasamki, agar sizlar men bilgan narsani his qilganlaringizda, oz kulib, ko‘p yig‘lab, hattoki to‘shaklaringizda xotinlaringiz bilan lazzatlanmasdan, Allohdan yordam so‘rab adirlarga chiqib ketgan bo‘lar edingizlar», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:48:46
407/12. Abu Barza Aslamiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Kishi Qiyomat kuni umrini nima bilan o‘tkazgani, ilmini nimaga yo‘naltirgani, molini qaerdan topib, qaerga infoq qilgani va jismining nima bilan mashg‘ul bo‘lgani haqida hisob-kitob qilinmagunicha ikki qadami jilimaydi», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:49:12
408/13. Abu Hurayradan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam «Ana o‘sha Kunda yer o‘z xabarlarini so‘zlar», degan oyatni o‘qib: «Yerning xabari nima ekanini bilasizlarmi?» deganlarida, sahobalar: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Har bir er va ayolning yer ustida biror amal qilganiga guvoh bo‘lib, unday qilgansan va bu kun bunday qilgansan, deb aytishi xabar berishidir», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:49:36
409/14. Abu Said al-Xudriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Qanday xursand bo‘layki, sur sohibi (Isrofil alayhissalom) surni og‘izga solib, buyruq kelsa, uni puflayman, deb quloq solib turibdilar», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu aytgan gaplari go‘yoki sahobalarga og‘ir botgandek bo‘ldi. Shunda u zot: «(Sizlar) «Hasbunallohu va ni’mal vakiyl», deb aytinglar», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:49:59
410/15. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kim qo‘rqsa, kechaning avvalida yo‘lga tushadi. Kim kechaning avvalida yo‘lga tushsa, manziliga yetib oladi. Ogoh bo‘linglar, Allohning matosi qimmatbahodir. Ogoh bo‘linglar, Allohning matosi jannatdir», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 04 Dekabr 2007, 09:50:26
411/16. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Qiyomat kuni kishilar yalangoyoq, yalang‘och va xatna qilinmagan holda
to‘planadilar», deganlarida, men: «Ey Allohning rasuli, erkaklar va ayollar bir-birlariga qarayverishadimi?» desam, u zot: «Ey Oisha, u kun bu narsadan ham qattiqroq (ya’ni, nozikligidan andishaga o‘rin qolmaydi)», dedilar.
Boshqa rivoyatda: «Ish bir-birlariga qarashdan ham muhimroq», deyilgan.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:02:34
51-BOB Umid qilish haqida

Alloh taolo:

«(Ey Muhammmad), Mening o‘z jonlariga jinoyat qilgan (turli gunoh-ma’siyatlar qilish bilan) bandalarimga ayting: «Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo‘lmangiz!» Albatta Alloh (O’zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta Uning O’zigina mag‘firatli, mehribondir» (Zumar surasi, 53-oyat);

«Biz faqat kofir bo‘lgan kimsagagina (mana shunday) jazo berurmiz» (Saba’ surasi, 17-oyat);

«Bizga vahiy qilindiki, (Allohning payg‘ambarlarini) yolg‘onchi qilgan va (ularga imon keltirishdan) yuz o‘girgan kimsalarga azob bo‘lur» (Toha surasi, 48-oyat);

«Rahmatim - mehribonligim esa hamma narsadan kengdir» (A’rof surasi, 156-oyat), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:03:47
412/1. Uboda ibn Somitdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki «Sherigi bo‘lmagan yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q, albatta Muhammad alayhissalom Allohning quli va rasuli hamda Iso alayhissalom Allohning quli va rasuli, Uning Maryamga yetkazgan so‘zi hamda Uning tomonidan bo‘lgan ruh (sohibidir), jannat haq, do‘zax haq», deb guvohlik bersa, amali qanday bo‘lmasin, Alloh uni jannatga kiritadi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning rivoyatlarida: «Kimki «Allohdan boshqa iloh yo‘q, albatta Muhammad alayhissalom Allohning rasulidir», deb guvohlik bersa, Alloh do‘zaxni unga harom qiladi», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:04:16
413/2. Abu Zarrdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo: «Kim bir yaxshilik qilsa, unga o‘n barobar yaxshilik beraman yoki undan ham ziyoda etaman. Kim bir yomon ish qilsa, o‘sha bir yomonlik uchun bir jazo beraman yoki kechirib yuboraman. Kim Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir gaz yaqinlashaman. Kim Menga bir gaz yaqinlashsa, Men unga bir quloch yaqinlashaman. Kim Menga yurib kelsa, Men unga yugurib boraman. Kim huzurimga yer yuzini gunohga to‘ldirib kelsa, ammo Menga shirk keltirmasa, Men ham o‘sha miqdorcha mag‘firat bilan unga yo‘liqaman», dedi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Bu hadisning ma’nosi «Kim Men tomonga toat bilan yaqinlashsa, rahmatim bilan yaqinlashaman. U toat-ibodatini ziyoda qilsa, Men ham unga rahmatimni ziyoda qilaman», deganidir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:05:34
414/3. Jobirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir badaviy Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, jannatga va do‘zaxga kirish uchun sabab bo‘ladigan ikki xislat nima?» deganida, u zot: «Kim Allohga biror narsani sherik qilmasdan vafot etsa, jannatga kiradi. Kim biror narsani sherik qilsa, do‘zaxga kiradi», dedilar.
Imom Muslim rivoya tlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:06:08
415/4. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Muoz bilan bir ulovga mingashib ketishayotgan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ey Muoz», dedilar. U: «Labbayka va sa’dayka, ey Rasululloh», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ey Muoz», dedilar. U: «Labbayka va sa’dayka, ey Rasululloh», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ey Muoz», dedilar. U: «Labbayka va sa’dayka, ey Rasululloh», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Qaysi bir banda Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga, albatta Muhammad (alayhissalom) Uning quli va rasuli ekaniga sidqidildan guvohlik bersa, Alloh unga do‘zaxni harom qiladi», dedilar. Muoz: «Ey Allohning rasuli, bu haqda odamlarga xabar beraymi? Ular bu bilan xursand bo‘lishadi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «(Yo‘q), buning xabarini bersang, unga suyanib (amal qilmay qo‘yishadi)», dedilar. Avvaliga Muoz xabar bermay yurdi. Lekin o‘limi yaqinlashganda, ilmni yashirib gunohkor bo‘lib qolishdan xavf qilgan holda uning xabarini berdi.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:06:44
416/5. Abu Hurayra roziyallohu anhu yoki Abu Said al-Xudriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. (Roviy shak qildilar. Lekin sahobalar haqida shakning zarari yo‘q. Chunki ularning barchalari odildir.) Tabuk g‘azoti kuni odamlarga ocharchilik yetdi. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli, agar izn bersangiz, tuyalarimizni so‘yib go‘shtini yeb, yog‘ini surtamiz», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Qilaveringlar», deb ruxsat berdilar.
Keyin Umar roziyallohu anhu kelib: «Ey Allohning rasuli, agar bunday qilishga izn bersangiz, miniladigan narsa kamayib ketadi. (Yaxshisi) kishilarga zaxira uchun olib qo‘ygan taomlarini olib kelishni buyuring va u narsalarga baraka tilab duo qiling. Shoyad, Alloh baraka bersa», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Xo‘p», deb bir charm to‘shama keltirishni buyurdilar. U to‘shaldi. Kimdir kaftida makkajo‘xori, kimdir bir kaft xurmo va yana kimdir burda non olib keldi. Haligi charm to‘shamaga biroz narsa to‘plandi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam o‘sha to‘plangan narsaga baraka tilab duo qildilar. Va: «Idishlaringizga solinglar», deb buyurdilar. Ular idishlariga solishdi, hatto qo‘shin orasida idishini to‘ldirmagan kishi qolmadi. Va to‘ygunlaricha yedilar, undan ortib ham qoldi. Rasululloh: «Allohdan boshqa iloh yo‘q. Men Uning rasuliman, deb guvohlik beraman. Biror banda mana shu ikki kalima bilan Allohga yo‘liqsa, shak-shubhasiz, jannatdan to‘silmaydi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:07:25
417/6. Itbon ibn Molikdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. (Bu zot Badr g‘azotida ishtirok etgan sahobalardan edi.) «Men qavmim Bani Solimga imomlik qilib namoz o‘qib berar edim. Men bilan ular orasida vodiy bo‘lib, agar u yerga yomg‘ir yog‘sa, masjid tomonga o‘tish mashaqqat tug‘dirardi. Shuning uchun Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga borib u zotga: «Ko‘zimning nuri ketib qoldi. Agar yomg‘ir yog‘sa, men bilan qavmim o‘rtasidagi vodiyda sel oqadi. Tabiiyki, uni kechib o‘tish mashaqqat tug‘diradi. Xohlardimki, siz uyimning bir chekkasida namoz o‘qib bersangiz, men o‘sha joyni masjid qilib olsam», desam, u zot: «Boraman», dedilar va quyosollalohu alayhi vasallam ko‘tarilganida Abu Bakr roziyallohu anhu bilan kelib (kirishga) izn so‘radilar. Men izn berdim. U zot hali o‘tirmasdan turib: «Uyingning qaerida namoz o‘qib beray?» dedilar. Men namoz o‘qishni yaxshi ko‘radigan joyga ishora qildim. U zot o‘rinlaridan turib takbir aytdilar va orqalarida saf tortdik. Ikki rakat namoz o‘qib berdilar. Keyin salom berdilar. O’sha payt biz ham salom berdik. U zotga atala pishirgan edik, shunga to‘xtatdik. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam uyimda ekanliklarini bilib mahalladagi odamlar to‘p-to‘p bo‘lib kela boshlashdi. Hatto, uyda kishilar ko‘payib ketishdi. Shunda bir kishi: «Molikka nima bo‘ldiki, uni ko‘rmayapman?» deganida, boshqa bir kishi: «U munofiq-ku! Alloh va Uning rasuli uni yaxshi ko‘rmaydi», dedi. Buni eshitgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bunday dema! La ilaha illalloh, deb Allohning roziligini talab qilganini ko‘rmadingmi?» deganlarida, u kishi: «Alloh va Uning rasuli biluvchi! Ammo biz, Allohga qasamki, uning munofiqlar bilan gaplashib, do‘stlashganini ko‘ramiz», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Allohning roziligini tilab «La ilaha illalloh»ni aytgan kishiga Alloh do‘zaxni harom qilgan», deb aytdilar».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:07:51
418/7. Umar ibn Xattobdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bir necha asirlar huzuriga bordilar. Ular orasida bir xotin bor edi. U aylanib yurib biror yosollalohu alayhi vasallam bolani topsa, uni quchoqlab emizar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bu xotinning mehribonligini ko‘rdinglarmi? Shu xotin bolasini o‘tga tashlaydimi?» degandilar, biz: «Allohga qasamki, yo‘q», dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Allohning bandalariga mehribonligi bu xotinning bolasiga qilgan mehribonligidan ham ziyodadir», dedilar».

Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:08:50
419/8. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh taolo xaloyiqni yaratganda bir kitobni bitdi. U kitob O’z huzurida, ya’ni Arshning ustidadir. Unda «Albatta rahmatim g‘azabimga g‘olib keladi», deb aytgan», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda: «g‘azabimga g‘olib keldi», deyilgan.
Yana boshqa rivoyatda: «g‘azabimdan oldinlab ketdi», deyilgan
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:09:25
420/9. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh taolo rahmatini yuzga bo‘lib, to‘qson to‘qqiztasini O’z huzurida olib qoldi. Bir bo‘lagini yerga tushirdi. O’sha bir bo‘lak rahmat bilan xaloyiq bir-biriga rahm qiladi. Hattoki, o‘sha bir bo‘lak bilan hayvon ham bolasiga ozor yetishidan qo‘rqib, tuyog‘ini ko‘tarib turadi», dedilar.
Boshqa rivoyatda: «Alloh taoloning yuz rahmati bordir. Undan bir qismini insonlar, jinlar, hayvonlar va jonivorlar orasida taqsimlab qo‘ygan. O’sha bir rahmat tufayli ular mehribonlik va rahm qilishadi. Va hatto, vahshiy hayvonlar ham bolalariga mehribonlik qilishadi. Alloh taolo Qiyomat kuni bandalariga rahm qilish uchun to‘qson to‘qqizta rahmni olib qo‘ygan», deyilgan. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Muslimning Salmon Forsiydan qilgan rivoyatlarida: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh taoloning yuzta rahmati bo‘lib, undagi bir bo‘lak bilan xaloyiq o‘zaro bir-birlariga rahm qilishadi. To‘qson to‘qqiztasi Qiyomat kuniga qoldirilgan», dedilar», deyilgan.
 
Yana boshqa bir rivoyatda: «Alloh taolo yeru osmonni yaratgan kuni yuz rahmatni ham yaratgan. Barcha rahmat agar jam bo‘lsa, osmon bilan yer o‘rtasini to‘ldirar edi. O’sha rahmatlardan birini yer yuziga tushirgandir. Bu bilan ona bolasiga, qushlar va hatto vahshiylar bir-birlariga mehribonlik qilishadi. Qiyomat kunida esa bu bir rahmatni (O’zining huzuridagi to‘qson to‘qqizta rahmatga qo‘shib) mukammal qiladi», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:10:12
421/10. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Rabbisidan hikoya qilgan hadisi qudsiyda: «Biror banda gunoh qilib, «Allohim, gunohlarimni kechir», desa, Alloh taolo: «Bandam gunoh qildi va u gunohlarni kechiruvchi hamda gunohlarga yarasha jazo beruvchi Rabbisi borligini biladi», deydi. Keyin u banda yana gunoh qilib qo‘yib, «Ey Rabbim! Gunohlarimni kechir», deydi. Alloh taolo: «Bandam gunoh qildi va u gunohlarni kechiruvchi hamda gunohlarga yarasha jazo beruvchi Rabbisi borligini biladi», deydi. Keyin u banda yana gunoh qilib qo‘yib: «Ey Rabbim! Gunohlarimni kechir», deydi. Alloh taolo: «Bandam gunoh qildi va u gunohlarni kechiruvchi hamda gunohlarga yarasha jazo beruvchi Rabbisi borligini biladi. Haqiqatda bandamning gunohini kechirdim. U xohlaganini qilaversin (ya’ni, modomiki, gunoh qilib, mana shu tarzda tavba qilar ekan, Men uning gunohlarini kechiraman. Chunki tavba o‘zidan avvalgi gunohlarni yo‘q qiladi)», deydi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:10:46
422/11. Abu Hurayradan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar sizlar gunoh qilmasangizlar, Alloh sizlarni ketkazib, (o‘rningizga boshqa) gunoh qiladigan qavmni olib keladi. Bas, ular (gunohlariga) istig‘for aytishadi, Alloh esa ularning gunohlarini kechiradi», dedilar.
Imom Muslim rivoya tlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:11:17
423/12. Abu Ayub Xolid ibn Zayddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar sizlar gunoh qilmasangizlar, Alloh taolo boshqa bir gunoh qiladigan xalqni yaratadi. Ular gunohlariga istig‘for aytishadi. Va Alloh ularning gunohlarini kechiradi», dedilar.
Imom Muslim riv oya tlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:11:48
424/13. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga o‘tirgan edik. Biz bilan Abu Bakr raziyallohu anhu, Umar roziyallohu anhu va bir necha sahobalar ham bor edi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bizning oldimizdan turdilar-da, hayallab ketdilar. Bir-birimizdan judo bo‘lib qolarmikinmiz, deb xavf qildik. Qo‘rqib o‘rnimizdan turdik. Men birinchi bo‘lib qo‘rqdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni axtarib chiqdim. Bora-bora ansoriylardan birining (bog‘i) devoriga yetdim... (Hadisni uzun holatida bayon qilib, qolganini quyidagicha davom ettirdilar.) ...Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Borgin-da, mana bu devorning orqasida chin qalbidan ishonch ila «La ilaha illalloh», ya’ni «Allohdan boshqa iloh yo‘q», deb aytgan kishiga yo‘liqsang, unga jannat bo‘lishini xursandlik bilan xabarini ber», dedilar».
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:12:19
425/14. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Allohning Kitobidagi Ibrohim alayhissalom duolarini tilovat qildilar: «Parvardigorim, u butlar ko‘pdan-ko‘p odamlarni yo‘ldan ozdirdilar. Bas, kim menga ergashsa, ana o‘sha mendandir (ya’ni, mening dinimdadir)». Va yana Allohning Kitobidagi Iso alayhissalom duolarini ham tilovat qildilar: «Agar ularni azoblasang, ular Sening ojiz bandalaring. Agar ularni mag‘firat qilsang, albatta Sen O’zing qudrat, hikmat egasidirsan». Keyin Rasululloh sollalohu alayhi vasallam qo‘llarini ko‘tarib: «Ummatim, ummatim», deb yig‘ladilar. Alloh taolo buni eshitib: «Ey Jabroil, Muhammadning oldiga borib so‘ra-chi, nima uni yig‘latmoqda?» dedi. Vaholanki, Alloh O’zi bilib turib so‘rashni buyurmoqda! Jabroil alayhissalom Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, (yig‘lashlari sababini so‘rab) aytgan javoblarining xabarini Allohga yetkazdilar. Vaholanki, Alloh buni biluvchiroq edi. Shunda Alloh taolo: «Ey Jabroil, Muhammad (alayhissalom) huzuriga borib: «Biz ummating uchun qayg‘urayotgan narsada rozi qilib, seni xafa qilmaymiz», deb aytgin», dedi.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:12:51
426/15. Muoz ibn Jabaldan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga eshakka mingashib ketayotgan edim. U zot: «Ey Muoz! Bandalar ustidagi Allohning haqqi va Alloh zimmasidagi bandalarning haqqi nima ekanini bilasanmi?» deganlarida, men: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedim. Shunda u zot: «Allohning bandalari ustidagi haqqi - Unga biror narsani sherik qilmasdan, O’ziga ibodat qilmoqliklaridir. Bandalarning Alloh zimmasidagi haqlari - biror narsani Unga sherik qilmagan bandasini azoblamasligidir», deb aytdilar. Keyin men: «Ey Allohning rasuli, shunday bo‘lsa, bu haqda odamlarga xursandlik xabarini beraymi?» desam, u zot: «Yo‘q, xabar berma. Agar xabar beradigan bo‘lsang, bu narsaga suyanib amal qilmay qo‘yishadi», dedilar».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:13:24
427/16. Baro ibn Ozibdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar musulmon kishi qabrda so‘roq-savol qilinsa, u bandaning «Allohdan boshqa iloh yo‘q. Muhammad Allohning rasuli», deb guvohlik berishi mana bu oyat ostiga kiradi: «Alloh imon keltirgan kishilarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham ustivor so‘z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur» (Ibrohim surasi, 27-oyat)», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:14:01
428/17. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kofir kimsa agar biror yaxshilik qilsa, shu dunyoning o‘zida rizqlantiriladi. Ammo mo‘min kishi biror yaxshilik qilsa, Alloh taolo oxirati uchun yaxshiligini zaxira qilib qo‘yadi hamda toatiga yarashasini dunyoda ham rizq qilib beradi», dedilar.

Imom Muslim rivoyatlari.

Yana boshqa bir rivoyatlarida: «Albatta Alloh taolo mo‘minning qilgan yaxshiligi uchun zulm qilmasdan shu dunyoda ham beradi. Oxiratda esa u yaxshiligi uchun mukofot ham ato etadi. Ammo kofir kimsa har qancha yaxshilik qilmasin, shu dunyoda rizqlantiriladi. Qachonki, oxiratga borganida, mukofotlanishi uchun yaxshiligi bo‘lmaydi», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:14:37
429/18. Jobirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Besollalohu alayhi vasallam vaqt namozning misoli sizlardan biringizning eshigi oldidan limmo-lim bo‘lib oquvchi anhorda har kuni besollalohu alayhi vasallam marta yuvinadigan kishiga o‘xshaydi», dedilar. (Ya’ni, har kuni anhorda besollalohu alayhi vasallam marta yuvingan kishining badanida kir qolmagani kabi har kun besollalohu alayhi vasallam vaqt namoz o‘qigan kishida gunoh qolmaydi.)
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:17:12
430/19. Ibn Abbosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror musulmon kishi vafot etsa, bu vafot etgan kishining janozasida Allohga biror narsani sherik qilmagan qirq kishi ishtirok etsa, Alloh bu musulmon haqidagi ularning shafoatlarini qabul qiladi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:17:41
431/20. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Biz qirqqa yaqin kishi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga chodirda edik. Shunda u zot:
«Sizlar jannat ahllarining to‘rtdan biri bo‘lishga rozimisizlar?» degandilar, biz: «Ha», dedik. Yana u zot: «Sizlar jannat ahllarining uchdan biri bo‘lishga rozimisizlar?» degandilar, biz: «Ha», dedik. Yana u zot: «Muhammadning joni Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, sizlar jannat ahlining yarmi bo‘lishingizga umid qilaman. Bu jannatga musulmon shaxslargina kirishadi. Sizlar mushriklar orasida qora rangli ho‘kiz badanidagi oq tukka yoki qizil rangli ho‘kiz badanidagi qora tukka o‘xshaysizlar», dedilar».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:18:16
432/21. Abu Muso al-Ash’ariydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar Qiyomat qoim bo‘lsa, Alloh taolo har bir musulmonga yahudiy yoki nasroniyni topshirib: «Mana bu sening do‘zaxdan qutulishing uchun bo‘lgan garovingdir», deydi», dedilar.
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiyomat kuni musulmonlardan iborat bo‘lgan kishilar tog‘ kabi gunoh bilan kelishadi. Alloh esa ularning gunohlarini mag‘firat qiladi», d ye d i l a r.
Imom Muslim rivoya tlari.

Hadisdagi «Alloh taolo har bir musulmonga yahudiy yoki nasroniyni topshirib: «Mana bu sening do‘zaxdan qutulishing uchun bo‘lgan garovingdir», deydi» kabi ma’no Abu Hurayradan qilingan rivoyatda ham kelgan. U quyidagichadir: «Har bir kishining jannatda va do‘zaxda o‘rni bordir. Agar mo‘min jannatga kirsa, uning do‘zaxdagi o‘rniga kofir kiradi. Chunki kofir kufri bilan o‘sha yerga mustahiqdir».
Va yana hadisdagi «Qutulishing uchun bo‘lgan fidoingdir» jumlasining ma’nosi - «Sen do‘zaxga kirishga duchor bo‘lib turgan eding. Bu kofir sening joyingga kirdi. Va sen qutulding. Chunki Alloh taolo do‘zaxni to‘ldirish uchun bir qancha miqdorni tayin qilgan. Qachonki, kofirlar gunoh va kufrlari sababli do‘zaxga kirishsa, go‘yoki musulmonlar o‘rniga garov qilinib kirishgan bo‘ladi». Vallohu a’lam.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:18:58
433/22. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min banda Qiyomat kuni Allohga shu qadar yaqinlashtiriladiki, U bandaning ustiga rahmat pardasini qo‘yadi. Va gunohlariga iqror etadi. Hamda: «Unday yoki bunday gunohlaringni bilasanmi?» deydi. Banda esa: «Ey Rabbim, bilaman», deydi. Shunda Alloh taolo: «Men dunyodaligingda gunohlaringni fosollalohu alayhi vasallam qilmasdan sir tutdim. Bu kun gunohlaringni kechiraman», deydi. Keyin u bandaga yaxshiliklar yozilgan sahifa keltiriladi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

«Allohga yaqinlashtiriladi», deyilganda karam va yaxshilik ila yaqinlashtirish tushuniladi. Chunki Alloh masofa ila yaqinlashishdan pokdir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:20:03
434/23. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir kishi bir xotindan bo‘sa oldi. Keyin Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kelib xabar berdi. So‘ngra Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: «Kunduzning har ikki tarafida va kechadan bir bo‘lagida namozni to‘kis ado qiling! Albatta yaxshi amallar yomonlik -gunohlarni ketkazur». Bas, haligi kishi: «Ey Allohning rasuli, bu men uchun xosmi?» deganida, u zot: «Balki bu ummatimning barchalariga xosdir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:20:30
435/24. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, gunoh qilib qo‘ydim. Menga ta’zir bering», dedi. (Ammo) namoz vaqti bo‘lib qolgan edi, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan namoz o‘qidi. Qachonki, namoz o‘qib bo‘lingandan keyin «Ey Allohning rasuli, men gunoh qilib qo‘ydim. Allohning Kitobida buyurilganidek, uning jazosini qoim qiling», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Biz bilan namozda birga emasmiding?» dedilar. U kishi: «Ha, birga edim», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Batahqiq, sening gunohlaring kechirilgandir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

«Jazoni qoim qiling» jumlasidagi jazo zino va aroq ichgandagi had (shar’iy jazo) emas. Balki ta’zir ma’nosidagi jazodir. Chunki zino va aroq ichgandagi jazo namoz bilan soqit bo‘lmaydi hamda imomning u jazoni tark qilishi ham joiz emas.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:21:54
436/25. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Har taom yeganda va har ichimlik ichganda hamd aytuvchi bandasidan Alloh taolo rozi bo‘ladi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:22:25
437/26. Abu Musodan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Tunda Alloh taolo rahmat va mag‘firat qo‘lini kunduzi gunoh qiluvchilar tavba etishlari uchun yozadi. Va nahorda Alloh taolo rahmat va mag‘firat qo‘lini tunda gunoh qiluvchilar tavba etishlari uchun yozadi. Hattoki, quyosollalohu alayhi vasallam botganidan to chiqqunicha mana shunday davom etadi», dedilar.

Imom Muslim rivoyatlari.
 
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:24:44
438/27. Abu Najih Amr ibn Abasadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men johiliyat davrida odamlar zalolatda, chunki ular butga ibodat qilishgani uchun haqiqat yo‘lida emaslar, deb o‘ylab yurar edim. Nogahon o‘sha kunlarning birida Makkada bir odam chiqqanini eshitdim. U har turli xabarlarni aytayotgan emish. Bas, ulovimga o‘tirdim-da, u janobning huzurlariga bordim. O’sha kunlarda Rasululloh sollalohu alayhi vasallam odamlardan yashirinib yurgan ekanlar. Chunki qavmlari suiqasd qilishga jur’at etishgan ekan. Men yo‘lini topib, Makkada u zot huzurlariga kirib: «Siz kimsiz?» dedim. U zot: «Nabiyman», dedilar. Men: «Nabiy nima o‘zi?» dedim. U zot: «Alloh meni shunday qilib yubordi», dedilar. Men: «Nima ila yubordi?» dedim. U zot: «Qarindosh-urug‘larga bog‘lanib bordi-keldi qilishga, butlarni sindirishga hamda Allohga biror narsani sherik qilmaslikka va Uning tavhidiga chaqirish buyrug‘i ila yubordi», dedilar. Men: «Bu yo‘lda siz bilan kimlar birga?» desam, u zot: «Bir ozod va bir qul kishi», dedilar. O’shanda Abu Bakr roziyallohu anhu va Bilol roziyallohu anhu birga edilar. «Men ham sizga ergashaman», desam, u zot: «Sen bu kunlarda ergashishga qodir emassan. Mening va odamlarning ahvoliga qaramaysanmi? Lekin o‘z ahlingga qaytgin. Agar mening ovoza bo‘lganimni eshitsang, o‘shanda kelgin», dedilar. Keyin men ahlimga qaytib keldim. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam esa Madinaga (hijrat qilib) ketibdilar. Men ahlim bilan birgalik paytimda u zot haqlarida surishtirib Madinadan kelganlardan so‘rar edim. Madina ahlidan bir necha kishi kelgan edi. Men: «Madinaga borgan bu kishi (ya’ni, Muhammad alayhissalom) nima qilmoqda?» deb so‘radim. Ular: «Kishilar unga (qo‘shilish uchun) shoshilishmoqda. O’z qavmi uni o‘ldirishni xohlagan edi. Lekin bunga qodir bo‘lishmadi», deb aytishdi. Keyin men Madinaga borib u zot huzurlariga kirdim. Va: «Ey Allohning rasuli, meni tanidingizmi?» desam, u zot: «Ha, sen bilan Makkada uchrashgan edim», dedilar. Men yana: «Ey Allohning rasuli, Alloh sizga o‘rgatgan va men bilmaydigan narsalar hamda namoz haqida xabar bering», dedim. U zot: «Bomdod namozini o‘qigin. Keyin quyosollalohu alayhi vasallam to bir nayza miqdorida ko‘tarilgunicha to‘xtab turgin. Chunki quyosollalohu alayhi vasallam shaytonning ikki shoxi orasidan chiqadi. O’sha paytda kofirlar quyoshga sajda qilishadi. Keyin namozingni o‘qiyver. Chunki namoz paytida (kunduzgi) farishtalar hozir bo‘lishadi. Qachonki, soya nayza miqdoricha bo‘lib (quyosollalohu alayhi vasallam tikkaga yetganda) namozni to‘xtatgin. Chunki mana shu paytda jahannam qizdiriladi. Qachonki, soya tushsa, bunda ham namozingni o‘qiyvergin. Chunki bu namoz paytida ham to asr namozini o‘qiguningcha farishtalar hozir bo‘lishadi. So‘ngra quyosh botgunicha namoz o‘qishni to‘xtatgin. Chunki quyosh shaytonning ikki shoxi orasidan botadi. O’sha paytda ham kofirlar quyoshga sajda qilishadi», dedilar. Men yana: «Ey Allohning rasuli, endi tahorat haqida xabar bering», dedim. U zot: «Sizlardan biringiz tahorat suvini olib kelib og‘zini chayqab, burniga suv olib uni tashlasa, yuzi va burnidagi xatolari chiqib ketadi. Agar yuzini Alloh buyurganidek yuvsa, beti va jag‘i atrofidagi xatolari suv bilan birga chiqib ketadi. Keyin ikki qo‘lini tirsagigacha yuvsa, qo‘li bilan qilgan xatolari barmoqlaridan suv bilan birga chiqib ketadi. Keyin boshiga masollalohu alayhi vasallam tortsa, boshidagi xatolari sochlari atrofidan suv bilan birga chiqib ketadi. Keyin oyog‘ini oshig‘igacha yuvsa, u bilan qilgan xatolari oyoq barmoqlaridan chiqib ketadi. Agar turib namoz o‘qib, Alloh taologa hamdu sano aytib, Uni sha’niga mos narsa bilan ulug‘lasa hamda qalbini Allohga bog‘lasa, xuddi onasidan tug‘ilgan kundagi kabi xatolardan xoli bo‘ladi», dedilar».
Bu hadisning roviysi Amr ibn Abasa uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning do‘stlari Abu Umomaga gapirib berganlarida, Abu Umoma: «Ey Amr ibn Abasa, nima deyayotganingga qara! Bir maqomda kishiga shu miqdorda daraja beriladimi?» deganlarida, Amr ibn Abasa: «Ey Abu Umoma, yoshim ulg‘ayib, suyaklarim noziklashib, ajalim yaqinlashganda, Alloh va Uning rasuliga yolg‘on nisbat berishimga nima ehtiyojim bor?! Men bu hadisni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir, ikki yoki uch, hatto yetti marta eshitganimda ham gapirmas edim. Lekin men buni undan ham ko‘p eshitganman», dedilar.

Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 05 Dekabr 2007, 20:25:09
439/28. Abu Muso al-Ash’ariydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar Alloh taolo bir ummatga rahmati bo‘lishini xohlasa, peshvoz chiqish uchun ulardan oldin payg‘ambarlarining jonini oladi. Agar biror ummatni halok etishni xohlasa, payg‘ambarlari tirik turib ularni azobga giriftor qilib halok etadi. Va u payg‘ambar yolg‘onga chiqarib, buyrug‘iga osiylik qilgan ummatining qanday azoblanayotganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib turadi», dedilar.

Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:04:29
52-BOB Umid qilishning fazilati haqida

Alloh taoloning Kitobida solih banda shunday deydi:
 
«Men o‘z ishimni Allohga topshirurman. Zero, Alloh bandalarini ko‘rib turguvchidir. Bas, Alloh u (imon keltirgan kishi)ni ularning yomon makr-hiylalaridan saqladi» (G‘ofir surasi, 44-45-oyatlar).
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:05:47
440/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo: «Bandam gumon qilgan yeridan topilaman. Qaerda Meni eslasa, u bilan birgadirman. Alloh taolo bandasining tavbasidan sahroda tuyasini yo‘qotib, keyin topib olgan kishining xursandchiligidan ham ko‘proq shod bo‘ladi. Kim Menga bir qarich yaqin bo‘lsa, Men unga bir gaz yaqin bo‘laman. Kim Menga bir gaz yaqin bo‘lsa, Men unga bir quloch yaqin bo‘laman. Kim Menga yurib kelsa, Men unga yugurib boraman», dedi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:06:12
441/2. Jobir ibn Abdullohdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan uch kun oldin: «Har biringiz o‘limi paytida Alloh azza va jallaga gumonini yaxshi qilsin», deb aytganlarini eshitdim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:06:40
442/3. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo: «Ey odam bolasi, sen Menga duo qilding va Mendan umid qilding. Men esa seni gunohingga ahamiyat bermasdan kechirib yubordim. Ey odam bolasi, agar gunohing osmon buluticha bo‘lsa ham, Menga istig‘for aytsang, gunohingni kechiraman. Ey odam bolasi, agar Menga yer to‘laligicha gunoh bilan kelib, so‘ngra Menga biror narsani shirk keltirmasang, yerning to‘laligicha mag‘firat bilan boraman», deb aytdi», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:09:46
53-BOB Xavf va rajo bayoni

Bilingki, bandaga munosib ko‘rilgan holat sog‘lomlik paytida xavf-rajoda bo‘lib bir xil tursin. Bemorlik paytida esa umidni kuchaytirsin. Bunga shariat asosi bo‘lmish Qur’on va sunnatda dalillar kelgan.
Alloh taolo marhamat etdi:

«Bas, Allohning makridan faqat ziyon ko‘rguvchi qavmgina xotirjam bo‘lur» (A’rof surasi, 99-oyat);
 
«Zero, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmgina noumid bo‘lur» (Yusuf surasi, 87-oyat);

«(Qiyomat) kunida (mo‘minlarning) yuzlari oq bo‘lur, (kofirlarning) yuzlari qora bo‘lur» (Oli Imron surasi, 106-oyat);

«Shubhasiz, Parvardigoringiz (kofirlar uchun) azobi qattiq, (mo‘minlarni esa) mag‘firat qilguvchi, mehribondir» (A’rof surasi, 167-oyat);

«Shak-shubhasiz, yaxshilar (ya’ni, mo‘minlar) jannat ne’matlaridadirlar. Shak-shubhasiz, fisq-fujur qilguvchi kimsalar do‘zaxdadirlar» (Infitor surasi, 13-14-oyatlar);

«Bas, endi (u kunda) kimning tortilgan (yaxshi amallari) og‘ir kelsa, ana o‘sha (har bir inson) rozi bo‘ladigan - orzu qiladigan hayotda bo‘lur. Endi kimning tortilgan (yaxshi amallari) yengil kelsa, uning joyi jarlikdir» (Al-Qori’a surasi, 6-9-oyatlar).
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:10:11
443/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar mo‘min Alloh huzuridagi azobni bilganida edi, biror kishi jannatga kirishidan umid qilmas edi. Agar kofir Alloh huzuridagi rahmatni bilsa edi, biror kishi jannatdan noumid bo‘lmas edi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:10:32
444/2. Abu Said al-Xudriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi tobutga qo‘yilsa va odamlar yoki kishilar uni gardanlariga qo‘yib ko‘targan holda yurishni boshlasa, u tobutdagi kishi solih bo‘lsa, «Meni tezroq olib boringlar, meni tezroq olib boringlar», deydi. Agar tobut ichidagi kishi yomon bo‘lsa, «Voy bo‘lsin! Qaerga olib ketmoqdasizlar?» deydi. Bu aytgan so‘zini insondan boshqa hamma eshitadi. Agar inson ham eshitsa, vafot etardi», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:10:52
445/3. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannat har biringizning poyabzali ipidan ham yaqindir. Do‘zax ham shu kabidir», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:12:00
54-BOB Allohdan qo‘rqib yig‘lasollalohu alayhi vasallam hamda Unga intilishning
fazilati haqida


Alloh taolo:

«Ular yig‘lagan hollarida yuzlari bilan yiqilurlar va (Qur’on) ularning xokisorliklarini ziyoda qilur» (Isro surasi, 109-oyat);

«(Ey mushriklar), hali sizlar mana shu so‘zdan (Qur’ondan) ajablanursizlarmi? (Undagi oyatlarning benazir va bemisl o‘git-nasihatlaridan ta’sirlanib) yig‘lamasdan, g‘ofil bo‘lgan hollaringizda kulursizlarmi?» (Najm surasi, 59-61-oyatlar) deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:12:20
446/1. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga Qur’on o‘qib ber», dedilar. Men: «Ey Allohning rasuli, sizga Qur’on o‘qib beramanmi? Vaholanki, Qur’on o‘zingizga nozil qilingan bo‘lsa», desam, u zot: «Men Qur’onni o‘zimdan boshqa kishidan eshitmoqni yaxshi ko‘raman», dedilar. Shunda men «Niso» surasini o‘qib «(Ey Muhammad), Biz har bir ummatdan (o‘sha ummatning payg‘ambarini) guvoh keltirganimizda va sizni ana ularga qarshi guvoh qilganimizda, ularning holi ne kechur?» oyatiga yetsam, u zot: «Hozircha kifoya qiladi», dedilar. Keyin u zotga nazar solsam, ikki ko‘zlaridan yosollalohu alayhi vasallam oqmoqda ekan».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:12:41
447/2. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bizga xutba aytdilar. Bu kabi xutbani hech eshitmagan edim. U zot: «Agar sizlar men bilgan narsani anglaganlaringizda edi, oz kulib ko‘p yig‘lagan bo‘lardingizlar», dedilar. Bu xutbani eshitgan sahobalar yuzlarini berkitib piqillab yig‘lashar edi».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:12:59
448/3. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan qo‘rqib yig‘lagan kishi hattoki sut ko‘krakka qaytmagunicha do‘zaxga kirmaydi (ya’ni, sut ko‘krakka qaytishi qay darajada mumkin bo‘lmasa, mo‘minning do‘zaxga kirishi mumkin emas). Va yana Allohning yo‘lidagi g‘ubor bilan jahannam tutuni bir yerda jamlanmaydi», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:13:49
449/4. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh taolo yetti toifa kishini soya yo‘q Kunda o‘z soyasidan (Qiyomat haroratida Arshning soyasidan) panoh berur: 1) odil podshoh; 2) Allohning ibodatida o‘sgan yigit; 3) masjidga qalbi muallaq bo‘lgan kishi, ya’ni masjiddan chiqib, to unga qaytguncha qalbi bog‘liq bo‘luvchi; 4) Alloh yo‘lida do‘st bo‘luvchi ikki birodar shaxs, ular Alloh yo‘lida jam bo‘lib, Uning yo‘lida ajraladilar; 5) bir kishini husnu jamolda tenggi yo‘q ayol (yomon niyatda) o‘z nafsiga chaqirsa, u kishi Allohdan qo‘rqaman, deb javob qilsa; 6) bir kishi biror sadaqa qilsa, o‘sha bergan sadaqasini shu darajada maxfiy qilsaki, o‘ng qo‘li bilan berganini chap qo‘li sezmasa; 7) bir kishi xoli holda Allohni eslaganida, ko‘zidan yosh oqsa», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:14:16
450/5. Abdulloh ibn Shaxxirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga borsam, u zot namoz o‘qiyotgan ekanlar. Shu darajada yig‘layotgandilarki, ichlaridan xuddi qozon qaynagandagi kabi tovusollalohu alayhi vasallam chiqar edi».
Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:14:42
451/6. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Ubay ibn Ka’bga: «Alloh taolo «Lam yakunillaziyna kafaruv» surasini senga o‘qib berishimni amr etdi», deganlarida, Ubay ibn Ka’b: «Alloh mening nomimni zikr qildimi?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ha», dedilar. Buni eshitgan Ubay roziyallohu anhu yig‘lab yubordilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda: «Ubay ibn Ka’b yig‘lay boshladi», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:15:08
452/7. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin Abu Bakr roziyallohu anhu Umarga raziyallohu anhu: «Yurgin, xuddi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Ummu Aymanni ziyorat qilganlaridek, biz ham uni ziyorat qilamiz», dedilar. Keyin ikkovlari Ummu Ayman huzuriga borishganida, Ummu Ayman yig‘lab yubordi. Shunda ikkovlari: «Nimaga yig‘layapsan? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga (bu dunyodan ko‘ra) Alloh huzuridagi narsa yaxshi ekanini bilmaysanmi?!» deyishganida, Ummu Ayman: «Men buning uchun yig‘lamadim. Albatta men Alloh huzuridagi narsa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaxshi ekanini bilaman. Lekin meni yig‘latayotgan narsa (bu zot vafot etishlari bilan) osmondan vahiy tushishi to‘xtab qolganidir», dedi. Ummu Aymanning yig‘isi ikkovlarini hayajonga solib, ular ham yig‘lab yuborishdi.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:15:35
453/8. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kasalliklari kuchayganda «Namozga chiqing», deyildi. U zot: «Abu Bakrga buyuringlar, odamlarga imom bo‘lib namoz o‘qib bersin», dedilar. Shunda Oisha raziyallohu anhu: «Otam Abu Bakr ko‘ngli bo‘sollalohu alayhi vasallam kishilar. Agar Qur’on o‘qisalar, yig‘i ustun keladi», degandilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unga buyuringlar, odamlarga imom bo‘lib namoz o‘qib bersin», dedilar.
Boshqa rivoyatda: «Oisha raziyallohu anhu: «Otam Abu Bakr agar sizning o‘rningizda imom bo‘lib tursalar, yig‘lab yuboradilar. Va kishilar (nima o‘qiyotganini) eshitishmaydi», dedilar», deyilgan.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:16:00
454/9. Ibrohim ibn Abdurahmon ibn Avfdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Otam Abdurahmon ibn Avfning huzurlariga taom keltirildi. O’shanda ro‘zador edilar. Va bu zot: «Mus’ab ibn Umayr shahid holatda o‘ldirildilar. Mendan yaxshi edilar. Kafanlasollalohu alayhi vasallam uchun bir chopondan boshqa narsa topilmadi. Agar o‘sha chopon boshlariga yopilsa, oyoqlari ochilib qolar edi. Agar oyoqlari yopilsa, boshlari ochilib qolar edi. Bu zotdan keyin bizga dunyo har qancha ato qilindi. Ya’ni, faravonlik bo‘la boshladi. Yaxshiliklarimiz oxiratga zaxira qilinmasdan shu dunyoning o‘zidayoq berib qo‘yildimi, deb qo‘rqamiz», dedilar-da, yig‘lab yubordilar. Va ovqatlanishni ham tark qildilar».
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2007, 09:16:32
455/10. Abu Umoma Suday ibn Ajlon al-Bohiliydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taologa ikki tomchi va ikki oyoq izidan mahbubroq narsa yo‘qdir. Ular: Allohdan qo‘rqib to‘kilgan yosollalohu alayhi vasallam tomchisi va Alloh yo‘lida to‘kilgan qon tomchisi. Hamda Alloh yo‘lida bosilgan qadam izi va Alloh farzlaridan birini ado etish uchun bosilgan qadam izi», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.

Bu bobga taalluqli hadislar juda ko‘pdir. Irboz ibn Soriyadan roziyallohu anhu rivoyat qilingan 157-raqamli hadis ham bu bobga dalildir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:43:13
55-BOB
Dunyoda zohid bo‘lish va uni (jamlashni) ozaytirish hamda
kambag‘allikning fazilati haqida


Alloh taolo aytadi:

«Darhaqiqat, bu hayoti dunyoning misoli xuddi Biz osmondan yog‘dirgan bir suvga o‘xshaydi, bas, odamzot va hayvonot yeydigan narsalardan iborat bo‘lgan yer nabototi u bilan aralashib, hatto yer chiroy olib, yasan-tusan qilganida va yerning ahli uning ustida kuchli-qudratlimiz, deb o‘ylay boshlaganida, yerga kechasi yo kunduzi Bizning farmonimiz kelib, Biz uni go‘yo kuni kecha obod bo‘lmagandek, vayronaga aylantirib qo‘yurmiz. Tafakkur qila oladigan qavm uchun oyatlarni mana shunday mufassal bayon qilurmiz» (Yunus surasi, 24-oyat);

«(Ey Muhammad, odamlarga) hayoti dunyo misolini keltiring. (U) xuddi bir suv kabidirki, Biz osmondan yog‘dirgach, (avval -kishi hayotining bahorida) u sababli zamin nabototi (bir-biriga) aralashib-chirmashib ketur, so‘ngra (hayot kuzi kelgach) shamollar uchirib ketadigan xas-xashakka aylanib qolur. Alloh hamma narsaga qodir bo‘lgan Zotdir. Mol-mulk, bola-chaqa shu hayoti dunyo ziynatidir. Parvardigoringiz nazdida esa (abadiy) qolguvchi yaxshi amallar savobliroq va orzuliroq (orzu qilishga arzirliroqdir)» (Qahf surasi, 45-46-oyatlar);

«Bilinglarki, bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) o‘yin-kulgu, zeb-ziynat, o‘rtalaringizdagi o‘zaro maqtanish va mol-dunyo hamda farzandlarni ko‘paytirishdir, xolos. (U) xuddi bir yomg‘irga o‘xsharki, uni ng (yog‘ishi sababli unib chiqqan) o‘t-o‘lani kofirlarni hayratga solib (aqllarini band qilib qo‘yur). So‘ngra u qurir, bas, uni sarg‘aygan holda ko‘rursiz. So‘ngra u quruq cho‘p bo‘lib qolur. (Hayoti dunyoning holi ham shundan o‘zga emasdir.) Oxiratda esa (o‘sha to‘rt kunlik dunyoga aldanib qolganlar uchun) qattiq azob va (imon-e’tiqod bilan o‘tganlar uchun) Alloh tomonidan mag‘firat va rizolik bordir. Hayoti dunyo esa faqat aldaguvchi matodir» (Hadid surasi, 20-oyat);

«Odamlarga ayollar, bolalar, tuganmas oltin-kumusollalohu alayhi vasallam boyliklar, (qimmat) baholi otlar, chorva va ekin-tikinlar kabi istak-xohishlarga ko‘ngil qo‘yish chiroyli qilindi. Holbuki, bu narsalar hayoti dunyoning (o‘tkinchi) narsalaridir. Allohning huzurida esa eng go‘zal qaytadigan joy - jannat bordir» (Oli Imron surasi, 14-oyat);

«Ey insonlar, albatta Allohning (qayta tiriltirish va bu dunyoda qilib o‘tilgan yaxshi-yomon amallarning mukofot-jazosini berish to‘g‘risidagi) va’dasi haq (va’dadir). Bas, hargiz sizlarni hayoti dunyo aldab qo‘ymasin! Va hargiz sizlarni Alloh (barcha gunohlarni kechib yuboraveradi, deb) aldaguvchi (shayton) aldab qo‘ymasin!» (Fotir surasi, 5-oyat);
 
«(Ey insonlar), sizlar to qabrlarni ziyorat qilgunlaringizcha (ya’ni, o‘lib qabrga kirgunlaringizcha) sizlarni (mol-dunyo) to‘plab ko‘paytirish (Allohga toat-ibodat qilishdan) mashg‘ul qildi. Yo‘q, sizlar yaqinda (bu qilmishlaringizning oqibatini) bilursizlar. Yana bir bor yo‘q, sizlar yaqinda bilursizlar. Yo‘q, agar sizlar (dunyoga qul bo‘lib qolishning oqibati nima ekanligini) aniq bilish bilan bilsalaringiz edi (unga qul bo‘lib qolmas edingizlar)» (Takosur surasi,1-5-oyatlar);

«Bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) o‘yin-kulgidir. Agar ular bilsalar, oxirat diyorigina (mangu) hayot (diyoridir)» (Ankabut surasi, 64-oyat).
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:44:35
456/1. Amr ibn Avf Ansoriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Abu Ubayda al-Jarrohni Bahraynga jizya (soliq)larni olib kelish uchun yubordilar. Abu Ubayda Bahrayndan bir qancha mol-dunyo bilan qaytdilar. Abu Ubaydaning kelgani haqidagi xabarni ansoriylar eshitib, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga bomdod namozini o‘qish uchun to‘planib kelishdi. Qachonki, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam namozni o‘qib bo‘lganlaridan keyin ularga yuzma-yuz bo‘lib qarab kulib qo‘ydilar. So‘ngra: «Sizlar Abu Ubayda Bahrayndan nimadir olib kelganini eshitgan bo‘lsangizlar kerak-a?» deganlarida, ular: «Ha, ey Allohning rasuli», deyishdi. Shunda u zot: «Xushnud bo‘ladigan narsalaringizni orzu qilib umid etaveringlar. Allohga qasamki, men sizlarning kambag‘al bo‘lib qolishingizdan qo‘rqmayman. Lekin sizlardan avvalgi ummatga o‘xshab dunyo kelib, ular o‘sha dunyoga kimo‘zarga musobaqalashib, ularni bu narsa halokatga eltgani kabi sizlarning ham ular kabi dunyoga mag‘rur bo‘lib qolishingizdan qo‘rqaman», dedilar.

Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:45:48
457/2. Abu Said al-Xudriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Bir kuni Rasululloh sollalohu alayhi vasallam minbarda o‘tirdilar. Biz esa atroflarida o‘tirdik. Shunda u zot: «O’limdan keyin sizlar haqingizda qo‘rqadigan narsam dunyo o‘z go‘zalligu ajoyibotlarini ochib, sizlar o‘shanga (mahliyo) bo‘lishingizdir», dedilar.

Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:46:12
458/3. Abu Said al-Xudriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Albatta dunyo ko‘m-ko‘k, go‘zaldir. Alloh esa unda sizlarni tasarruf etuvchi qildi. Va sizlar dunyoda qanday amal qilishingizga qaraydi. Bas, dunyodan saqlaninglar. Hamda ayollardan ehtiyot bo‘linglar», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:46:42
459/4. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam duolarida: «Allohim, haqiqiy yashaladigan hayot oxiratdagi hayotdir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:47:03
460/5. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Vafot etgan kishi bilan qabristonga uch narsa birga boradi. Ular: ahli, mol-dunyosi va amali. Lekin ikkovi, ya’ni ahli va moli qaytib kelib, bittasi, ya’ni amali birga qoladi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:47:26
461/6. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Qiyomat kuni hayoti dunyodalik paytida rohat-farog‘atda yashagan, do‘zaxga hukm qilingan kishini olib kelib, do‘zaxga bir cho‘mdiriladi-da, keyin «Ey odam bolasi, hayotingda biror rohat-farog‘at ko‘rdingmi?» deyiladi. U esa: «Allohga qasamki, yo‘q, ko‘rmadim, ey Rabb!» deydi. Va yana hayoti dunyodalik paytida kambag‘allik va musibatda yashagan, jannatga hukm qilingan kishini olib kelib jannatga bir cho‘mdiriladi-da, keyin «Ey odam bolasi, hayotingda biror qiyinchilik ko‘rdingmi?» deyiladi. U esa: «Allohga qasamki, yo‘q, ko‘rmadim. Mening hayotimda biror qiyinchilik bo‘lmagan», deb aytadi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:47:56
462/7. Mustavrid ibn Shaddoddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Oxirat rohati oldida dunyoning rohati xuddi sizlardan biringiz barmog‘ini dengizga suqqanda birga ilashib chiqqan suvga qarasin, o‘sha qancha bo‘lsa, shu miqdordadir», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:48:40
463/8. Jobirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bir kuni bozorda ketayotganlarida qulog‘i kichkina bo‘lgan o‘limtik bir echkining oldidan o‘tib qoldilar. Odamlar esa bu zotning atroflarida edi. Keyin Rasululloh sollalohu alayhi vasallam uning qulog‘idan ushlab: «Sizlarning qaysi biringiz buni bir dirhamga sotib olishni yaxshi ko‘radi?» degandilar, sahobalar: «Biz uni sotib olishni yaxshi ko‘rmaymiz. Buni nima ham qilardik?» deyishdi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam yana: «Bu sizlarga bo‘lishini yaxshi ko‘rasizlarmi?» degandilar, ular: «Allohga qasamki, agar bu tirik bo‘lganda ham qulog‘i kichikligi sabab aybi bor ekan. Endi o‘ligiga egalik qilishni kim ham yaxshi ko‘rardi?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Allohga qasamki, bu dunyo Alloh huzurida sizlarga mana bu o‘limtik echki qadrsiz bo‘lganidan ham ziyoda qadrsizdir», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:49:19
464/9. Abu Zarrdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga Madinaning toshloq yerlarida ketayotgan edim, Uhud tog‘i ro‘paramizdan chiqib qoldi. Shunda u zot: «Ey Abu Zarr», dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning rasuli», dedim. U zot: «Agar mana shu Uhud tog‘idek oltinim bo‘lsa, uning mening huzurimda uch kecha bo‘lsa ham qolishi xushnud etmaydi. Faqat qarzimga to‘lamog‘im uchun yetarlisini qoldirib, qolganini Alloh taoloning bandalari uchun unday va bunday hamda mana bunday qilib sarf etinglar, degan bo‘lar edim», dedilar-da, o‘ng va chap hamda orqa tomonlariga ishora qildilar, so‘ngra yo‘lga ravona bo‘lib «Bu dunyoda mol-dunyosi ko‘p badavlat kishilar Qiyomat kuni (savob jihatidan) qashshoqdirlar. Lekin mol-dunyosini unday va bunday hamda mana bunday, ya’ni o‘ng va chap hamda orqalaridan ehson qiluvchilar unday emaslar. Ular kam sonli bo‘lishadi», dedilar, keyin: «Men kelg unimcha o‘rningdan jilmay tur», deb tun qorong‘usida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar. Birozdan keyin begona bir tovushni eshitib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror narsa bo‘lmadimikan, deb xavotir oldim. Oldilariga bormoqchi bo‘ldim-u, ammo «O’rningdan jilmay tur», deb aytgan so‘zlari yodimga tushib bormadim. Qachonki, qaytib kelganlaridan so‘ng: «Ey Rasululloh, bir ovozni eshitib xavotir oldim», deb voqeani eslatdim. U zot: «Haqiqatda eshitdingmi?» dedilar. Men: «Ha», dedim. U zot: «Bu Jabroil alayhissalom edi. Menga kelib: «Ummatlaringdan qaysi biri Alloh taologa biror narsani sherik qilmay vafot etsa, jannatga kiradi», deb aytdi», dedilar. Shunda men: «Agar zino va o‘g‘irlik qilsa hammi?» desam, u zot: «Agar zino va o‘g‘irlik qilsa ham», dedilar».

Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu lafz Buxoriyniki.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:49:48
465/10. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar Uhud tog‘idek oltinim bo‘lsa, uch kecha o‘tmasdan mening huzurimda undan biror narsa qolishi xushnud etmaydi. Faqatgina qarzimni to‘lashga biroz olib qolgan bo‘lsam, unday emas», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:51:43
466/11. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’zingizdan past (tabaqadagi)larga qarayveringlar-u, ammo o‘zingizdan yuqoridagilarga qaramanglar. Mana shunday qilishingiz Allohning sizlarga bergan ne’matlarini past sanamasligingiz uchun munosibdir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu Imom Muslim rivoyatlaridagi lafz.

Ammo Imom Buxoriy rivoyatlarida: «Agar sizlardan biringiz mol-dunyo va husn-jamolda yuqoridagi kishiga qarasa, o‘zidan past bo‘lgan kishiga ham qarasin», deyilgan. (Ya’ni, avvalgini ko‘rib o‘ksigan bo‘lsa, keyingini ko‘rib shukr qiladi.)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:53:03
467/12. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Dinor va dirham hamda baxmal va kimxob, ya’ni kiyimlarga o‘zini qul qilganlar halok bo‘lishdi. Agar ularga bersang, rozi bo‘lishadi. Bermasang, rozi bo‘lishmaydi», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:53:26
468/13. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men yetmishga yaqin ahli suffalarni ko‘rdim-u, lekin ularning birortasida chopon yo‘q edi. Ularda faqat yo ishton, yo ko‘ylak bo‘lib, u ko‘ylakni bo‘yinlariga bog‘lab olishar edi. U to‘piqlarining yarmigacha yoki oshiqlarining yarmigacha yetar edi. Avratlari ochilib qolmasligi uchun qo‘llari bilan ushlab turishar edi».
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:53:54
469/14. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Dunyo mo‘minning qamoqxonasi, kofirning esa jannatidir», dedilar.

Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:54:34
470/15. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam mening yelkamdan ushlab: «Ey Ibn Umar, dunyoda go‘yoki g‘arib yoki yo‘lovchi musofir kabi bo‘lgin», dedilar». Ibn Umar roziyallohu anhu (mana shu so‘zni eshitganlaridan keyin): «Agar kechlatsang, tong bo‘lishini kutma! Agar tong ottirsang, kech kirishini kutma! Sog‘ paytingda kasal payting uchun ham (tayyorgarlik qilib) ol. Hamda tiriklik paytingda o‘liming uchun ham (tayyorgarlik qilib) ol», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.

Bu hadisning sharhida quyidagicha ma’no aytishgan: «Dunyoga suyanib, uni vatan qilib olma. Unda uzoq qolishni va unga ahamiyatli bo‘lishni o‘ylama. Dunyoga aloqadorliging xuddi vatanida bo‘lmagan g‘aribning aloqasi kabi bo‘lsin. Va o‘z ahliga qaytishni xohlab yurgan g‘arib o‘sha turgan joyida biror narsaga mashg‘ul bo‘lmagani kabi sen ham dunyoga mashg‘ul bo‘lma».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:55:08
471/16. Abu Abbos Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, bir amalga yo‘naltirib qo‘yingki, o‘shanga amal qilsam, Alloh hamda kishilar meni yaxshi ko‘rsin», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Dunyodan o‘zingni tiygin, Alloh seni yaxshi ko‘radi. Odamlar qo‘lidagi narsadan o‘zingni tiygin, ular seni yaxshi ko‘rishadi», dedilar.
Ibn Moja va boshqalar hasan isnod bilan rivoyat qilishgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:55:38
472/17. No‘‘mon ibn Bashirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu kishilar dunyodan ega bo‘lgan narsalarini zikr qilaturib: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qorinlarini to‘yg‘azish uchun biror eskib qolgan bo‘lsa ham xurmo topa olmasdan kun bo‘yi bukchayib qolganlarini ko‘rdim», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:56:00
473/18. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam vafot etganlarida uyim tokchasidagi biroz arpadan boshqa yegani biror yegulik yo‘q edi. Bir qancha payt undan yeb yurdim. Qachonki, uni chamalagan edim, u tugab qoldi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:56:41
474/19. Juvayriya binti Horisning ukalari Amr ibn Horisdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam vafot etayotganlarida minib yurgan oq xachirlari, silohlari, musofirlar uchun sadaqa qilib ajratgan yerlaridan boshqa biror dinor va dirham hamda biror qul va cho‘ri ham qoldirganlari yo‘q», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:57:08
475/20. Xabbob ibn Aratdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga Allohning roziligini talab etib hijrat qildik. Ajrimiz esa Allohning zimmasida edi. Bizdan ba’zilar ajridan hech bir narsa yemay, olamdan o‘tib ketishdi. Ulardan biri Mus’ab ibn Umayr edilar. Bu zot Uhud g‘azotida shahid bo‘ldilar. Bittagina jundan to‘qilgan rangli kiyimlari bor edi, xolos. Agar uni boshlariga yopsak, oyoqlari ochilib qolar edi, agar uni oyoqlariga yopsak, boshlari ochilib qolar edi. Shunda Rasululloh sollalohu alayhi vasallam (uni) boshlariga yopishni, oyoqlariga esa izxir nomli o‘simlikni qo‘yishni buyurdilar. Va yana ba’zilarimizning mevalari hosilga kirib, dunyodan o‘z nasibalariga ega bo‘lishdi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:57:38
476/21. Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Agar Alloh huzurida dunyoning pashsha qanotichalik
qadri bo‘lganida edi, kofirlarga bir ho‘plam suvni ham bermas edi», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:58:10
477/22. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ogoh bo‘ling, albatta dunyo va undagi narsalar la’natlangandir. Faqatgina Allohning zikri, shunga yaqin narsalar hamda ilm beruvchi va ilm oluvchilar bunday emas», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:58:32
478/23. Abdulloh ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ko‘chmas mulklarga (er-suv) ega bo‘lishga kirishmanglar. Chunki u dunyoga rag‘batlaringizni ziyodalashtiradi», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:58:58
479/24. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Qamishdan bo‘lgan uyimizni isloh etayotganimizda Rasululloh sollalohu alayhi vasallam oldimizdan o‘tib qoldilar. Va: «Bu nima?» degandilar, biz: «Qulab ketgan devorni isloh qilmoqdamiz», dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Ishni bundan ham tezroq deb bilaman», dedilar».
Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:59:20
480/25. Ka’b ibn Iyozdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Har bir ummatning fitnasi bordir. Mening ummatimning fitnasi mol-dunyodir», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 10:59:39
481/26. Usmon ibn Affondan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Odam bolalarining quyidagi narsalardan boshqa hech bir haqqi yo‘qdir: yashaydigan uyi, avratini to‘sadigan kiyimi, nonning o‘zi hamda suv», dedilar.

Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 11:00:13
482/27. Abdulloh ibn Shixxirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga borsam, u zot «Alhakumut takosuru» surasini o‘qiyotgan ekanlar. Shunda u zot: «Odam bolasi molim, molim, deydi. Ey odam bolasi, molingdan yeb tugatganing va kiyib eskitganing hamda sadaqa qilib sarf etganing o‘zingnikidir (qolgani esa boshqalarnikidir)», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 11:00:54
483/28. Abdulloh ibn Mug‘affaldan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Allohning rasuli, Allohga qasamki, men sizni yaxshi ko‘raman», dedi. Shunda u zot: «Nima deyayotganingga qaragin»,
 
dedilar. U yana: «Allohga qasamki, men sizni yaxshi ko‘raman», deb uch marta aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unday bo‘lsa, kambag‘allik kiyimini lozim tut. Chunki meni yaxshi ko‘rgan kishiga kambag‘allik sel oxiriga borib ulgurmasidan ham tezroq yetib boradi», dedilar.
 Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 11:01:19
484/29. Ka’b ibn Molikdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qo‘ylar orasiga ikkita och bo‘ri qo‘yib yuborilganida, ularni qay tarzda barbod qilsa, kishini mol-dunyo va sharaf-izzatga bo‘lgan hirsi undan ham ko‘proq fasod qiladi», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 11:01:40
485/30. Abdulloh ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Bir kuni Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bo‘yra ustida uxlagan edilar, ikki yonlariga uning izi tushib qolibdi. Shunda biz: «Ey Allohning rasuli, sizga to‘shak solib beramiz», degandik, u zot: «Dunyo bilan mening nima aloqam bor?! Dunyoda men xuddi daraxt ostida biroz soyalanib, keyin u yerni tashlab ketadigan yo‘lovchiga o‘xshayman», dedilar».
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 11:02:01
486/31. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kambag‘allar jannatga boylardan besollalohu alayhi vasallam yuz yil oldin kirishadi», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 11:02:35
487/32. Ibn Abbos roziyallohu anhu va Imron ibn Husaynlardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannatga boqdim, ko‘rdimki, u yerdagilarning aksariyati kambag‘allar ekan. Hamda do‘zaxga boqdim, ko‘rdimki, u yerdagilarning aksariyati ayollar ekan», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 11:03:15
488/33. Usoma ibn Zayddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannat darvozasi oldida turib qarasam, u yerga kirayotganlarning ko‘plari bechora-miskinlar ekan. Boylar esa tashqarida ushlab turilibdi. Lekin do‘zax ahllarini esa do‘zaxga tashlasollalohu alayhi vasallam buyurilibdi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 13 Dekabr 2007, 11:03:46
489/34. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘zlarning eng to‘g‘risi Labid ismli shoirning: «Ogoh bo‘ling! Allohdan boshqa barcha narsa botil, ya’ni bekordir», deb aytgan so‘zidir», dedilar.

Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Alloh taoloning lutfu inoyati ila birinchi jild shu yerda tugadi. Ikkinchi jild, inshaalloh, «Och yurish va sodda hayot kechirish» bobidan boshlanadi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:50:03
56-BOB
Och yurish, sodda hayot kechirish, yeyish, ichish, kiyinishning oziga
ham qanoat qilish hamda nafs xohishi va shahvoniy
narsalarni tark etish xususida


Alloh taolo:

«So‘ng, ularning ortidan namozni zoe qiladigan va shahvatlarga beriladigan kimsalar o‘rinbosar bo‘ldilar. Endi u (o‘rinbosarlar) albatta, yomonlikka (ya’ni yomon jazoga) yo‘liqurlar. Magar tavba qilib, iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlargina (azobga duchor qilinmaslar). Bas, ular jannatga kirurlar va ularga biron zulm qilinmas» (Maryam surasi, 59-60-oyatlar).

«So‘ng, (Qorun) qavmi oldiga yasan-tusan qilib chiqqan edi, hayoti-dunyoni istaydigan kimsalar: «Eh, qani edi bizlar uchun ham Qorunga ato etilgan molu-davlat bo‘lsa edi. Darhaqiqat, u ulug‘ nasiba egasidir», dedilar. Ilm-ma’rifat ato etilgan kishilar esa: «O’lim bo‘lsin sizlarga! Iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan kishi uchun Alloh beradigan ajr-savob yaxshiroq-ku!», dedilar (Qasos surasi, 79-80-oyatlar).

«So‘ngra ana o‘sha Kunda albatta (hayoti-dunyoda sizlarga ato etilgan barcha) ne’matlar to‘g‘risida mas’ul bo‘lursizlar» (Takasur surasi, 8-oyat).

«Kim naqd (dunyo)ni ko‘zlovchi bo‘lsa, Biz (shu dunyoda ulardan) O’zimiz istagan kimsalar uchun O’zimiz xohlagan narsani naqd qilib berurmiz. So‘ngra (ya’ni oxiratda) u uchun o‘zi mazammat-malomatga va quvg‘inga duchor bo‘lgan holda kiradigan jahannamni uning uchun joy qilib berurmiz» (Isro surasi, 18-oyat), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:50:37
490/1. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Muhammad alayhissalom hayotlik paytlarida oilalaridagilar paydar-pay ikki kun arpa nonidan to‘yib yeyishmadi», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
 
Boshqa bir rivoyatda: «Muhammad alayhissalom oilalari Madinaga kelishganidan toki u zot vafot etgunlariga qadar ketma-ket uch kun bug‘doyli taomni to‘yib yeyishmadi», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:51:02
491/2. Urvadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Oisha raziyallohu anhu: «Allohga qasamki, ey singlimning o‘g‘li, bizlar birinchi yangi oyni, keyin ikkinchisini, so‘ngra uchinchisini ko‘rardik. Ya’ni uchta yangi oyning boshini ikki oyda ko‘rardik. Ana shu muddat mobaynida Rasululloh sollalohu alayhi vasallam xonadonlarining birortasida taom uchun o‘t yoqilmasdi», deganlarida, men: «Ey xolajon! Unda qandoq qilib hayot kechirar edinglar», desam, u zot: «Ikki qora (oddiy) ne’mat, ya’ni xurmo va suv hamda Rasulullohning sollalohu alayhi vasallam ansoriylardan bo‘lgan qo‘shnilari yuboradigan sutlari bilan edi. Ansorlarga odamlar sutini ichib turishlari uchun sog‘iladigan hayvon berib turishgan edi. U zot esa bizni o‘sha sut ila siylardilar», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:51:25
492/3. Abu Said al-Maqburiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Abu Hurayra roziyallohu anhu bir qavmning oldidan o‘tdilar. Ularning oldilarida pishirilgan qo‘y go‘shti bor edi. Ular Abu Hurayrani roziyallohu anhu ham o‘sha go‘shtga taklif qilishdi. Abu Hurayra roziyallohu anhu esa yemoqlikni rad qilib: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam dunyodan o‘tdilar. Lekin qorinlari arpa noniga ham to‘ymagan edi», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:52:26
493/4. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam vafot etgunlariga qadar xontaxtada ovqatlanmadilar va yumshog‘ non yemadilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.

Foyda: Rasululloh sollalohu alayhi vasallam dunyo ahllari qiladigan ishlardan yuz o‘girib, zohidlikning eng chiroyli namunasini ko‘rsatdilar. Bu ishlari kambag‘al va miskinlarni o‘ksitmaslik uchun edi. Lekin bunday qilish odamlarga vojib emas.
Imom Buxoriyning boshqa rivoyatlarida: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam juni issiq suv bilan olinib, butunicha pishirilgan qo‘yni ko‘zlari bilan ko‘rmadilar», deyilgan.

Foyda: Bu kabi kichik qo‘yning junini yulib, uni butunicha pishirish isrof qilib haddan oshuvchilarning amalidir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:52:46
494/5. No‘‘mon ibn Bashirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Men nabiyingiz Muhammad sollalohu alayhi vasallam qorinlarini to‘ydirish uchun yomon xurmoni ham topa olmaganlarini ko‘rdim», deb aytdilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:53:07
495/6. Sahl ibn Sa’ddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam payg‘ambar etib yuborilganlaridan to vafot etgunlariga qadar oq non ko‘rmadilar», dedilar. Bu zotga: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam zamonlarida elak bo‘lganmi?» deyilganida: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam payg‘ambar qilib yuborilganlaridan to vafot etgunlariga qadar elak ko‘rmaganlar», dedilar. «Unda elakdan o‘tkazilmagan arpani qandoq tanovul qilardinglar?» deyilganida, u zot: «Arpani un qilib, so‘ng uni puflar edik, shunda uning kepaklari uchib ketardi. Qolganini xamir qilib, iste’mol qilar edik», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:53:50
496/7. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam kunlarning birida yoki kechalarning birida ko‘chaga chiqqanlarida, Abu Bakr va Umarni roziyallohu anhu uchratdilar. Ularga: «Sizlarni bu soatda uyingizdan nima olib chiqdi?», deganlarida, ikkovlari: «Ey Allohning Rasuli, ochlik», deb aytishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, meni ham sizlarni olib chiqqan narsa olib chiqdi. Turinglar», dedilar. Ular u zot bilan turib, ansoriylardan bir kishinikiga borishdi. Borishsa, u uyida yo‘q ekan. Uning xotini bularni ko‘rib: «Xusollalohu alayhi vasallam kelibsizlar, marhabo», deb aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Falon kishi (ya’ni, ering) qaerda?»dedilar. U ayol: «Bizga ichimlik suvi olgani ketdi», dedi. Shu payt haligi ansoriy kelib, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam va ikki birodarlarini ko‘rib: «Allohga hamd bo‘lsinki, bugun mendan ko‘ra mehmon jihatidan hurmatliroq kishi yo‘q», dedi. Va ketib, xurmosi bor bir novda ko‘tarib keldi. Unda pishmagan, quritilgan va ho‘l xurmo bor edi. U: «Yenglar», deb iltifot qilib, qo‘liga pichoq oluvdi, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam unga: «Qo‘ygin, sut berib turgan jonivorni so‘ymagin», dedilar. Keyin xonadon sohibi bir qo‘y so‘ydi. Ular bu qo‘ydan va haligi novdadagi xurmodan yeb, ichimliklar ichishdi. Qachonki qorinlari to‘yib va suvga tashnaliklari ketganidan keyin Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Abu Bakr va Umarga raziyallohu anhu: «Jonim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, Qiyomat kuni bu ne’matlar haqida so‘roqqa tutilasizlar. Sizlarni ochlik uylaringizdan chiqargan edi. Sizlar esa bu ne’matlarga erishib qaytmoqdasizlar», deb aytdilar.
 Imom Muslim rivoyatlari.

Bu yerda mehmon qilgan ansoriyning ismi Abul Haysam ibn Tayyihondir. Bu hadisni Imom Muslimdan tashqari, Termiziy va boshqalar ham rivoyat qilishgan.
 
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:54:16
497/8. Xolid ibn Umar al-Adaviydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Utba ibn o‘azvon Basraning amiri edilar. Alloh taologa hamdu sano aytib, quyidagicha xutba qildilar: «Ammo ba’d! Albatta, dunyo o‘zining foniy ekanligini e’lon qildi. Va tezlik ila yo‘lga tushdi. Unda biror qiziqarli narsa qolmadi. Faqatgina idish tagida qoluvchi sarqit kabi bir narsa qoldiki, uni egasi qo‘lga kiritib jamlaydi. Albatta, sizlar bir diyorga ko‘chasizlarki, u yerda zavollik yo‘q. Sizlar o‘zingizdagi bor narsani yaxshisi ila u yerga ko‘chinglar. Bizga xabar berildiki, agar jahannam qirg‘og‘idan bir tosollalohu alayhi vasallam uloqtirilsa, u yetmish yilda ham qa’riga yetmaydi. Allohga qasamki, mana shu jahannam to‘ldiriladi. Sizlar bu aytilgan so‘zlardan ajablanyapsizlarmi? Va yana xabar berildiki, jannatning ikki eshigi orasi qirq yillik yo‘ldir. Shundoq kun keladiki, odamlar izdihom bo‘lganidan u yerda ham to‘lib ketadi. Men Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga iymon keltirganlarning yettinchisidirman. Biz ovqatlanishimiz uchun daraxt bargidan boshqa narsa yo‘q edi. Biz uni yeyaverganimizdan og‘izlarimiz atrofi shilinib ketar edi. Bir kuni men ustki kiyim topib oldim. Uni o‘rtasidan bo‘lib, Sa’d ibn Molikka berdim. Yarmini o‘zimga ishton qilib oldim. Sa’d ham o‘ziga tekkan yarmini ishton qilib oldi. O’sha paytdagilarning barchalari bugun bir shaharga amirdir. Men esa Alloh huzurida kichik bo‘laturib o‘zimni yuqori sanashdan Alloh nomi ila panoh tilayman», dedilar.

Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:54:40
498/9. Abu Muso al-Ash’ariydan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Oisha roziyallohu anhu bizning huzurimizga bir ko‘ylak va dag‘al ishton olib chiqib: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam mana shu ikkalasini kiyib vafot etdilar», deb aytdilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:55:03
499/10. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bu zot: «Men arablar ichida birinchi bo‘lib Alloh yo‘lida o‘q otgan kishiman. Biz Rasululloh sollalohu alayhi vasallam birga g‘azot qilardik. Lekin tanovul qilgani akas daraxtlarining ikki navi bargidan boshqa taomimiz yo‘q edi. Bizlardan birimiz uni yeb, tahorat ushatadigan bo‘lsa, xuddi qo‘y axlat chiqargandek (qumaloq bo‘lib) tushardi. U qorishib ketmas edi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:55:21
500/11. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
«Allohim, Muhammad alayhissalom oilalari rizqini hayot
kechiradigan darajada kifoya etuvchi qilgin», dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
 
Foyda: Kishiga Allohdan rizqini kifoya etgudek darajada qilishini so‘rashning joizligi kelib chiqadi. Bundan Rasululloh sollalohu alayhi vasallam kambag‘al bo‘lishni so‘raganlari ham ma’lum bo‘ladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:56:13
501/12. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bu zot: «Undan boshqa iloh yo‘q bo‘lgan Zotga qasamki, men ochlikdan jigarimni yerga qo‘yib yotar va qornimga tosollalohu alayhi vasallam bog‘lab mahkamlab yurar edim. Kunlarning birida kishilar yuradigan yo‘lda o‘tirdim. Nogahon Rasululloh sollalohu alayhi vasallam oldimdan o‘tib qoldilar. Meni ko‘rib, kulib qo‘ydilar. Hamda yuzimdagi xafalik va nafsimdagi ochlikni bilib: «Ey Abo Hirr» (Abu Hurayraning qisqartmasi), dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning Rasuli!», dedim. U zot: «Menga ergash», dedilar. Men u zotga ergashdim. U zot uylariga kirib, izn so‘radilar. Keyin menga izn berdilar. Men ichkariga kirsam, u zot qadahda sut topdilar. Va: «Bu sut qaerdan keldi?» dedilar. Ular: «Falonchi kishi yoki falonchi ayol hadya qildi», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ey Abo Hirr», dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning Rasuli», dedim. U zot: «Ahli suffa huzuriga borib, ularni mening huzurimga olib kel», dedilar. Ahli suffa Islom mehmonlari edi. Ularning ahli ayollari, mol-dunyolari va suyanadigan kishilari yo‘q edi. Agar biror sadaqa keladigan bo‘lsa, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam sadaqani yemasdan o‘shalarga yuborardilar. Agar hadya keladigan bo‘lsa, ularga ham jo‘natardilar hamda o‘zlariga olib qolib, ularni bunda sherik qilardilar. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ularni chaqirtirganlari meni biroz xafa qildi. Dilimda: «Bu sut Ahli suffaga nima ham bo‘lardi? Bu sutdan bir ho‘plam ichib bo‘lsa ham, biroz kuch to‘plashga men haqliman», dedim. Ular kelishganida, u zot menga amr qiladilar. Men esa ularga sutni tortiq qilaman. Bu sutdan menga nima tegadi? Endi men uchun Alloh va Uning Rasuliga itoat qilishdan boshqa chora yo‘q edi. Keyin ularning huzurlariga borib, chaqirib keldim. Ular kelib kirishga izn so‘rashdi. Izn berilgan edi, uyning ichidan o‘z o‘rinlarini topishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ey Abo Hirr», dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning Rasuli!» dedim. U zot: «Mana buni olib, ularga tortiq qilgin», dedilar. Abu Hurayra: «Men suti bor qadahni olib bir kishiga uzatdim. U ichib to‘ydi. Keyin qadahni boshqasiga uzatdim. U ham ichib to‘ydi. Hattoki Rasulullohga sollalohu alayhi vasallam yetib to‘xtadim. Qavmning barchalari ichib to‘yishdi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam qadahni olib qo‘llariga qo‘ydilarda, menga qarab tabassum qilib: «Ey Abo Hirr», dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning Rasuli!», dedim. U zot: «Ichmagan men va sen qoldik, xolos», dedilar. Men esa: «To‘g‘ri gapirdingiz ey Allohning Rasuli», dedim. U zot: «O’tirib ichgin», dedilar. Men o‘tirib, u sutdan ichdim. U zot: «Ichgin», dedilar. Men u sutdan yana ichdim. U zot: «Ichgin», deb aytishda bardavom bo‘ldilar, men esa: «Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, uni ichish uchun boshqa joy qolmadi», dedim. Shunda u zot: «Uni menga uzatgin», dedilar. Men qadahni uzatgan edim, u zot Allohga hamd aytib, «bismilloh»ni zikr qilib, sutning qolganini ichib qo‘ydilar.

Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:56:43
502/13. Muhammad ibn Siriyndan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Abu Hurayra <^>: «Men Rasululloh sollalohu alayhi vasallam minbarlari ila Oisha roziyallohu anhu hujralari o‘rtasida hushimdan ketib yiqilib yotar edim. Yo‘ldan o‘tuvchilar kelib, meni jinni deb o‘ylab, oyoqlarini bo‘ynimga qo‘yishar edi. Vaholanki menda ochlikdan boshqa jinnilik ham, boshqa narsa ham yo‘q edi», deb aytdilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:57:45
503/14. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam vafot etganlarida bir yahudiyga o‘ttiz so’ arpaga garovga qo‘ygan, urushda kiyiladigan sovutlarigina bor edi, xolos», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:58:05
504/15. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam urushda kiyiladigan sovutlarini arpa muqobilida garovga qo‘ydilar. O’sha kunlarda men u zot huzurlariga arpa noni va hidlangan eritilgan yog‘ olib keldim. Va u zotning: «Tong otganda ham, kech kirganda ham Muhammadning birorta uyida bir so’ taomdan boshqa biror narsa yo‘qdir», deb aytganlarini eshitdim. O’sha paytda to‘qqizta uylari bor edi.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:58:24
505/16. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men yetmishga yaqin ahli suffani ko‘rdim, lekin ularning birortasida chopon yo‘q edi. Ularda faqat yo ishton, yo ko‘ylak bo‘lib, ko‘ylakni bo‘yinlariga bog‘lab olishardi. U to‘piqlarining yarmigacha yoki oshiqlarining yarmigacha yetar edi. Avratlari ochilib qolmasligi uchun qo‘llari bilan ushlab turishar edi».
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:58:41
506/17. Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasulullohning sollalohu alayhi vasallam to‘shaklari teridan bo‘lib, orasiga xurmo daraxti po‘stlog‘idan solingan edi», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:59:00
507/18. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga o‘tirgan edik, ansoriylardan bir kishi kelib, u zotga salom
 
berdida, orqasiga qaytib keta boshladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ey birodar, ansoriy do‘stim Sa’d ibn Ubodaning ahvoli qanday?» degandilar, u ansoriy: «Durust», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kim uning holidan xabar olgani boradi?» deb, o‘rinlaridan turdilar. Biz ham u zot bilan birga turdik. Biz o‘sha paytda o‘n nafardan ko‘proq edik. Birortamizda kavusollalohu alayhi vasallam ham, maxsi ham, do‘ppi ham, ko‘ylak ham yo‘q edi. Bizlar sho‘r yerlarni bosib o‘tib, Sa’d ibn Ubodaning huzurlariga bordik. Atroflarida o‘tirgan qavmlari orqaga o‘tishdi. Rasululloh | va u zot bilan birga borgan sahobalar esa Sa’d ibn Ubodaga yaqin o‘tirishdi.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:59:19
508/19. Imron ibn Husayndan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Sizlarning yaxshilaringiz menga asrdosollalohu alayhi vasallam bo‘lgan odamlardir. So‘ng ulardan keyingilar va yana ulardan keyingilardir (Ushbu hadis roviysi Imron «^,: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam «ulardan keyingilar», deb ikki marta aytdilarmi yoki uch marta aytdilarmi, bila olmadim», dedilar). Ulardan keyin bir qavm keladiki, guvohlikka chaqirilmay turib, guvohlik berishadi. Xiyonatchi bo‘lib, omonatdor bo‘lishmaydi. Nazr qilishadi-da unga vafo etishmaydi. Ularda semizlik paydo bo‘ladi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 09:59:40
509/20. Abu Umomadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ey odam bolasi, agar zaruratingdan ortiqchasini ehson qilsang, o‘zing uchun yaxshi. Agar bermasdan ushlab qolsang, o‘zing uchun yomon. Kifoya qilgudek rizqqa qanoat qilsang, malomat etilmaysan. Ehson qilishni o‘z qo‘l ostingdagilardan boshlagin», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 10:00:01
510/21. Ubaydulloh ibn Muhsin Ansoriy al-Xatmiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki nafsi omon, xotirjam va jasadi salomat hamda huzurida bir kunlik rizqi bo‘lsa, go‘yoki dunyoni to‘laligicha o‘ziga bo‘ysundiribdi», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 10:00:27
511/22. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki musulmon bo‘lib, ehtiyojiga yetarli rizq berilgan bo‘lsa hamda Alloh taolo bergan narsasida qanoatli bo‘lsa, batahqiq najot topibdi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 10:00:45
512/23. Abu Muhammad Fazola ibn Ubayd Ansoriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bir kishi Islomga hidoyat qilingan bo‘lsa hamda ehtiyojiga yetarli rizq berilib, u kishi o‘sha rizqqa qanoat etgan bo‘lsa, buncha ham yaxshi», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 10:01:02
513/24. Ibn Abbosdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam kechalarni ketma-ket och o‘tkazardilar. Oilalarining biror yeguligi bo‘lmas edi. Ko‘pincha yeydigan nonlari arpa unidan tayyorlangan bo‘lar edi», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 10:01:21
514/25. Fazola ibn Ubayddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam agar odamlarga imom bo‘lib namoz o‘qib bersalar, kishilar ochlikdan namozda turib yiqilib tushishar edi. Ana shu yiqilganlar ahli suffa edilar. Hattoki buni ko‘rgan a’robiylar: «Mana shu yiqilganlar jinnilardir», deyishar edi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam namozni o‘qigandan keyin, ularning huzurlariga borib: «Ey birodarlar, agar sizlar Allohning huzurida o‘zingiz uchun tayyorlab qo‘yilgan narsalarni bilganingizda edi, bundan ham ziyoda och va muhtoj qolishni yaxshi ko‘rgan bo‘lar edinglar», deb aytardilar.
Imom Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 10:04:38
515/26. Abu Kurayma Miqdod ibn Ma’diy Karibadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Odamning qornidan ko‘ra yomonroq to‘ldiradigan idishi yo‘qdir. Odam bolalariga belini tiklasollalohu alayhi vasallam uchun bir necha luqma taom kifoya qiladi. Agar ziyoda yemaslikning iloji bo‘lmasa, uchdan biri taom uchun, uchdan biri ichimlik uchun va uchdan biri nafas olish uchun bo‘sollalohu alayhi vasallam qolsin» dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 10:04:59
516/27. Abu Umoma Iyos ibn Sa’laba Ansoriy al-Horisiydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam sahobalari kunlarning birida bu zotning huzurlarida dunyoni zikr qilishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Eshitmadinglarmi? Eshitmadinglarmi? Albatta, ko‘rimsiz oddiy kiyimlarni kiyish, albatta, ko‘rimsiz oddiy kiyimlarni kiyish (ya’ni, dabdaba kiyimlarni tark etish) iymondandir», dedilar.
Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 10:05:28
517/28. Abu Abdulloh Jobir ibn Abdullohdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Quraysollalohu alayhi vasallam karvonini to‘sish uchun Abu Ubayda boshchiligida bizni ular tomonga yubordilar. Yo‘lda yeyish uchun
bizga bitta xaltada xurmo berdilar. Undan boshqa narsa topa olmadilar. Boshlig‘imiz Abu Ubayda bizga bitta-bittadan xurmo berardilar. Buni eshitib turganlar: «Ey Jobir, o‘sha bir dona xurmoni qandoq qilib yer edinglar?» deb so‘rashganida, Jobir raziyallohu anhu: «Biz u xurmoni xuddi yosollalohu alayhi vasallam go‘dak onasi ko‘kragini emgani kabi shimib, ustidan suv ichardik. O’shaning o‘zi bizga to kechgacha yetar edi. Bundan tashqari asolarimiz bilan barglarni to‘kib, suvda ho‘llab tanovul qilar edik», dedilar. Keyin yana u zot: «Biz dengiz qirg‘og‘ida ketayotgan edik. O’sha qirg‘oqda qum uyumiga o‘xshaydigan narsani topdik. Uning oldiga borsak, kashalot (tishi o‘tkir yirtqich kit) ekan. Avvaliga boshlig‘imiz Abu Ubayda: «Bu o‘lgan, yemanglar», dedilar. Keyin: «Uni yeyaveringlar. Chunki biz Alloh Rasulining elchilari hamda Allohning yo‘lidagi kishilarmiz. Buni yeyishga majbursizlar. Bemalol tanovul qilaveringlar», dedilar. Biz uch yuz nafar kishi uning ustida bir oy turdik. Hatto undan tanovul qilib semirib ham ketdik. O’shanda ko‘zi kosasidan ko‘zaga yog‘ olar edik. Va undan ho‘kiz bo‘lagicha yoki miqdoricha (go‘shtlarni) kesib olar edik. Boshlig‘imiz Abu Ubayda bizdan o‘n uch kishini kitning ko‘zi kosasiga o‘tqazib qo‘ydilar. Va qovurg‘alaridan birini olib, tirab qo‘ydilar. Keyin katta tuyani egarlab, uning ostidan o‘tkazdilar (u tuya o‘tib ketdi). Biz uning go‘shtidan quritib, yo‘lga olib ketdik. Qachonki Madinaga yetib kelib, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kirib, bu jonivor haqida zikr qilganimizda, u zot: «Bu Allohning sizlarga yuborgan rizqidir», deb: «O’sha go‘shtdan o‘zinglar bilan olib kelgan bo‘lsanglar, menga ham beringlar», dedilar. Biz o‘sha go‘shtdan Rasulullohga sollalohu alayhi vasallam yuborganimizda, u zot undan yedilar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 10:05:56
518/29. Asmo binti Yaziddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ko‘ylaklarining yengi bilaklarigacha, ya’ni kaftlari bilan bilaklari o‘rtasigacha edi», dedilar.
Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2007, 10:07:10
519/30. Jobirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Biz Handaq kuni chuqur qaziyotganimizda qattiq yeri chiqib qoldi. Sahobalar Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Bu yerning qattiq joyi chiqib qoldi», deyishganida, u zot: «Men o‘zim tushaman», dedilar. So‘ngra o‘rinlaridan turganlarida qorinlariga tosollalohu alayhi vasallam bog‘langan edi. (Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ovqat topa olmay shundoq qilardilar). Biz uch kun biror narsa totimagan edik. U zot cho‘qmorni olib, haligi qattiq yerni u bilan urgandilar, u qumga aylanib maydalanib ketdi.
 
Shunda men: «Ey Allohning Rasuli, uyimga borishga ijozat bering», dedim. Keyin uyimga borib xotinimga: «Bugun Rasulullohda sollalohu alayhi vasallam bir holatni ko‘rdimki, unga hech ham chidab bo‘lmaydi. Sening huzuringda biror yegulik bormi?» desam, xotinim: «Menda arpa va echki bor», dedi. Men o‘sha echkini so‘ydim va arpani maydalab, un qildim. Hamda go‘shtni qozonga soldim. Keyin xamir ko‘pib, o‘choqdagi qozon taomi pishay, deganida, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga borib: «Ey Allohning Rasuli! Men ozgina taom tayyorlagan edim. O’zlari va bir-ikki kishini olib, qadam ranjida qilsalar», dedim, u zot: «Taoming qancha?» dedilar. Men uning miqdorini aytdim. U zot: «Yaxshi, ko‘p ekan. Sen xotiningga aytgin. Biz borgunimizcha qozondagi ovqatni suzmasin. Va tandirdagi nonni uzmasin», deb, sahobalariga «Turinglar», deb aytdilar. O’sha joydagi muhojir va ansoriylar turishdi. Men xotinim huzuriga kirib: «Alloh senga rahm qilsin! Rasululloh sollalohu alayhi vasallam muhojirlar, ansoriylar va ular bilan birga bo‘lgan kishilar bu yerga kelishdi», desam, xotinim: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam sendan nima borligini so‘radilarmi?», degan edi, men: «Ha», dedim. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam sahobalariga: «Kiringlar, siqilishmasdan o‘tiringlar», deb, nonni sindirib, ustiga go‘sht qo‘yib, qozon va tandirning ustini yopib qo‘yardilar. Agar undan biror narsa olsalar, mana shundoq non sindirib, ovqatdan suzishda bardavom bo‘ldilar. Hattoki to‘yib, taomlaridan ortib ham qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bundan o‘zing ham yegin va hadya ham qilgin. Chunki odamlarga ochlik yetdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda Jobir roziyallohu anhu quyidagicha so‘zladilar: «Chuqur qazilgan kuni Rasulullohni sollalohu alayhi vasallam och holda ko‘rdim. Keyin xotinim oldiga borib: «Senda yegulik biror narsa bormi? Chunki men Rasulullohning sollalohu alayhi vasallam qattiq och qolganlarini ko‘rdim», desam, xotinimda, xaltada bir so’ arpa bor ekan, uni olib chiqdi. Va uyimizda bir jonivor bor ekan, uni so‘ydim. Xotinim arpani maydalab, un qildi. Men go‘shtni qozonga solib, keyin Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga jo‘nadim. Xotinim esa: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga ko‘pchilikni olib kelib, meni sharmanda qilib qo‘ymang», deb qoldi. U zot huzurlariga kelib, sekin past ovozda: «Ey Allohning Rasuli, biz bir jonivor so‘yib hamda bir so’ arpani maydalab, un qilib taom hozirlagan edik. O’zingiz va siz bilan birga bir necha nafar kishi qadam ranjida qilsanglar», desam, u zot baland ovozda: «Ey Handaq ahllari, kelinglar, birodaringiz Jobir sizlarga ziyofat uyushtiribdilar», dedilar. Keyin u zot menga: «Biz borgunimizcha qozondagi taomni suzmanglar va xamirlaringizni non qilib
 
pishirmanglar», dedilar. Keyin men uyga keldim. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ham, kishilar ham yetib kelishdi. Men xotinim oldiga kirsam, u: «Siz undoq, siz bundoq», deya gapira boshladi. Men: «Sen menga nima degan bo‘lsang, uni Rasulullohga sollalohu alayhi vasallam aytdim», dedim. Xotinim xamirni olib kelganida, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam unga tuflab va baraka tilab, duo qildilar. Keyin qozon oldiga borib, unga ham tuflab, baraka tilab, duo qildilar. Keyin u zot xotinimga: «Sen non yopuvchi bir xotinni chaqirib kel, sen bilan non yopsin. Qozondan taomni suzib tur. Lekin qozonni o‘choq tepasidan tushirmagin», dedilar. Jobir raziyallohu anhu: «O’sha kuni tashrif buyurgan sahobalar ming nafar edi. Allohga qasamki, barchalari to‘yib yeb, hattoki undan qoldirib ketishdi. Qozonimiz avvalgidek qaynar va xamirimiz avvalgidek non qilib pishirilar edi», dedilar.

Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 08:50:13
520/31. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Abu Talha xotinlari Ummu Sulaymga: «Bugun men Rasulullohning sollalohu alayhi vasallam ovozlarini zaif holatda eshityapman. Menga ma’lum bo‘ldiki, u zotda ochlik asorati bordir. Sening huzuringda yegulik biror narsa bormi?» deganlarida, Ummu Sulaym: «Ha», deb, arpadan tayyorlangan non berib, o‘zlaridan bitta ro‘molni chiqarib, nonning yarmini o‘rab, so‘ngra kiyimimni tagiga qo‘yib, qolgan yarmini o‘zimga berdilar. Anas raziyallohu anhu: «Keyin meni Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga yubordilar. Men borsam, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam masjidda namoz o‘qib o‘tirgan ekanlar. U zot bilan odamlar ham bor edi. Men ham ular oldiga borsam, u zot: «Seni Abu Talha jo‘natdimi?», dedilar. Men: «Ha», dedim. «Taom uchunmi?» degandilar, men: «Ha», dedim. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam atrofdagilarga: «Yuringlar» degandilar, ular birga yo‘lga ravona bo‘lishdi. Men ham ularning oldilarida yurib keldim. Qachonki Abu Talhaning oldilariga kelib, ular yetib kelishgani xabarini berganimda, Abu Talha xotinlari Ummu Sulaymga: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam odamlar bilan kelayotgan ekanlar. Bizda esa yegulik narsa yo‘qdir», degandilar, Ummu Sulaym: «Alloh va Uning Rasuli yaxshiroq biladi», dedilar. Keyin Abu Talha Rasululloh sollalohu alayhi vasallam istiqbollariga chiqib, birga uyga kirishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ey Ummu Sulaym, o‘zingizdagi yegulik nima bo‘lsa, keltiring», dedilar. Ummu Sulaym Anasdan roziyallohu anhu berib yuborgan haligi nonni olib keldilar. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam buyuruvdilar, non ushatildi. Va Ummu Sulaym teridan tayyorlangan yog‘ idish olib kelib, undan asal va yog‘ aralashtirilgan nonxo‘rak siqib chiqardilar. Keyin Rasululloh sollalohu alayhi vasallam unga nimalarnidir o‘qidilar-da: «O’n kishining kirishiga izn beringlar», dedilar. Ularga izn berilgan edi, undan yeb, to‘yib u yerdan chiqib ketishdi. Keyin yana:
 
«O’n kishining kirishiga izn beringlar», dedilar. Ularga ham izn berilgan edi, undan yeb, to‘yib u yerdan chiqib ketishdi. Keyin yana: «O’n kishining kirishiga izn beringlar», dedilar. Hattoki qavmdagi barchalari yeb to‘yishdi. O’shanda ular yetmish yoki sakson kishi edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «O’n kishi kirib va chiqishida bardavom bo‘lishdi, hattoki hech bir kishi qolmasdan hammalari kirib, yeb, to‘yib chiqib ketishdi. So‘ngra ovqatlangandan keyin qolgan ovqatni to‘plashgandi, avval qandoq bo‘lsa, shundoqligicha edi», deyilgan.
Yana boshqa rivoyatda: «O’n kishi-o‘n kishidan kirib yeyishdi, hattoki sakson kishi mana shu tarzda yeb to‘yishdi. So‘ngra Rasululloh sollalohu alayhi vasallam va oilalari ham undan yeb to‘yishganidan keyin ham ortib qoldi», deyilgan.
Yana boshqa bir rivoyatda: «Ular qo‘shnilarigacha orttirib yetadigan darajada yeyishdi», deyilgan. Anasdan roziyallohu anhu qilingan rivoyatda: «Bir kuni Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga borsam, u zot sahobalar bilan birga o‘tirgan ekanlar. Va o‘sha payt qorinlarini belbog‘ bilan tang‘ib olibdilar. Men sahobalarning ba’zilaridan: «Nima uchun Rasululloh sollalohu alayhi vasallam qorinlarini belbog‘ bilan bog‘lab olganlar?» desam, ular: «Ochlikdan», deb aytishdi. Men Ummu Sulaym binti Milhonning eri Abu Talha roziyallohu anhu huzurlariga borib: «Ey otajon! Men Rasulullohning sollalohu alayhi vasallam qorinlarini belbog‘ bilan bog‘lab olganlarini ko‘rib, ba’zi sahobalardan nima uchun bu zot bunday qilib olganlar desam, ular: «Ochlikdan», deb aytishdi», desam, otam Abu Talha onamning oldiga kirib: «Huzuringda biror narsa bormi?» degandilar, onam: «Ha, non burdalari va xurmolar bor. Agar Rasululloh sollalohu alayhi vasallam yakka o‘zlari kelsalar, to‘ydira olamiz. Bordiyu boshqalar bilan birga kelsalar, unda yetmaydi», deb hadisning qolganini zikr qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 08:54:58
57-BOB

Qanoatli, iffatli hamda ro‘zg‘orda, ehson qilishda tejamkor
bo‘lish va zarurat tug‘ilmaganda kishilardan
narsa so‘rashning karohiyati haqida


Alloh taolo:

«O’rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir» (Hud surasi, 6-oyat).

(Sadaqot-ehsonlar) Allohning yo‘lida to‘silgan (ya’ni o‘zlarini ushlagan), biror yerga safar qilishga qodir bo‘lmaydigan, qanoatlari sababli bilmagan odamga boy-badavlat bo‘lib ko‘rinadigan faqir-kambag‘allar uchundir.
Ularning (faqirliklarini) siymolaridan bilib olasiz. Ular odamlardan tilanib turib olmaydilar»
(Baqara surasi, 273-oyat).

«Ular infoq-ehson qilgan vaqtlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, (balki ehsonlari) ana o‘sha (xasislik bilan isrofning) o‘rtasida — mo‘‘tadil bo‘lur» (Furqon surasi, 67-oyat).

«Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim» (Vaz-zoriyat surasi, 56-oyat), deb aytgan.

Bunga dalil bo‘ladigan hadislarning aksariyati yuqoridagi ikki bobda keldi. Qolganlari esa quyidagi hadislardir:
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 08:55:37
521/1. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Mol-dunyosi ko‘p bo‘lgan kishi boy deyilmaydi. Balki haqiqiy boy nafsi to‘q bo‘lgan kishidir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 08:56:06
522/2. Abdulloh ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Kimki musulmon bo‘lib, kifoya qilgudek rizqlangan bo‘lsa va Alloh taolo o‘sha bergan rizqiga qanoatli etib qo‘ygan bo‘lsa, batahqiq o‘sha kishi najot topibdi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:03:32
523/3. Hakim ibn Hizomdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasulullohdan sollalohu alayhi vasallam bir narsa so‘ragan edim. U zot so‘ragan narsamni berdilar. Keyin yana so‘ragan edim. Yana berdilar. Uchinchi bor so‘ragan edim, yana berib: «Ey Hakim, bu mol-dunyo yam-yashil, go‘zal narsadir. Kim uni saxiylik (boshqalarga ham berish) niyatida olsa, u narsasiga baraka beriladi. Kimki uni o‘zida ushlab qolish niyatida olsa, u narsasiga baraka berilmaydi hamda u kishi yeb to‘ymas bo‘lib qoladi. Yuqori qo‘l (ehson qiluvchi) past qo‘ldan (tilanchidan) yaxshidir», degandilar, men: «Ey Allohning Rasuli, sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, sizdan keyin vafot etgunimcha hech bir kishidan biror narsa so‘ramayman», dedim. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu xalifalik paytlarida hadya berish uchun Hakimni roziyallohu anhu chaqirganlarida, Hakim roziyallohu anhu uni qabul etishdan bosollalohu alayhi vasallam tortdilar. Keyin Umar ibn Xattob hadya berish uchun Hakimni roziyallohu anhu chaqirtirgan edilar, bu zot yana uni qabul etishdan bosollalohu alayhi vasallam tortdilar. Shunda Umar raziyallohu anhu: «Ey musulmonlar jamoasi, Hakimning roziyallohu anhu qilayotgan ishiga guvoh bo‘linglar. Men unga: «Alloh o‘ljalardan ajratgan haqqingni olgin», desam, u olishdan bosollalohu alayhi vasallam tortmoqda», dedilar. Mana shu tarzda Hakim roziyallohu anhu Rasulullohdan sav keyin to vafotlarigacha hech kimdan biror narsa so‘ramadilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:04:41
524/4. Abu Burda roziyallohu anhu Abu Musodan roziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Biz olti kishi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan birga g‘azotga chiqdik. O’zimiz bilan bitta tuya bo‘lib, uni navbat bilan minar edik. Oyoqlarimiz yorilib ketdi. Mening ham oyog‘im kesilib, tirnog‘im tushib ketdi. Biz oyoqlarimizga latta bog‘lab oldik. Oyoqlarimizga latta bog‘laganimiz uchun bu urusollalohu alayhi vasallam «Zoturriqo’» (Ya’ni yamoq g‘azoti) deb nomlangan. Abu Burda aytadilar: Abu Muso raziyallohu anhu avvaliga bu hadisni hadis omonati uchun gapirib berdilar. Keyin karih ko‘rib: «Nimaga aytdim ekan?» dedilar. Go‘yoki (sir) narsani tarqatib yubordimmikin, deb o‘ylab shundoq dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:05:20
525/5. Amr ibn Tag‘libdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga mol-dunyo yoki asirlar keltirildi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam U narsalardan ba’zi kishilarga berib, ba’zilariga bermadilar. Keyin Rasulullohga sollalohu alayhi vasallam berilmaganlar ranjishgani xabari yetib qoldi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Allohga hamdu sano aytib: «Ammo ba’d, Allohga qasamki, men ba’zilarga beraman va ba’zilarga bermayman. Bermagan kishilarim men uchun bergan kishilarimdan ko‘ra yaxshiroqdir. Men qalbida sabrsizlik, hirs bor kishilarga berdim. Ammo Alloh qalbiga behojatlik va yaxshiliklar bitgan kishilarga bermadim. Ana o‘shalardan biri Amr ibn Tablig‘dir», dedilar. Amr ibn Tablig‘ raziyallohu anhu: «Allohga qasamki, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytgan mana shu so‘zlar men uchun qizil tuyadan ham yaxshiroqdir», dedilar (qizil tuya o‘sha paytda arablardagi eng qimmatbaho narsa ed i... — Ta rj). Imom Buxoriy rivoyatlari.

Foyda: Mol va mato insonning mukarramligi hamda mavqeini belgilovchi narsa emasligi ma’lum bo‘ladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:05:54
526/6. Hakim ibn Hizomdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Baland qo‘l past qo‘ldan yaxshidir (ya’ni sadaqa qiluvchi qo‘l tilanchi qo‘ldan yaxshidir). Sadaqani qo‘l ostingdagilardan boshla. Sadaqaning eng yaxshisi — kishining o‘zidan keyin boylik qilib qoldirgan narsasidir. Kim kamsuqum bo‘lsa, Alloh uni kamsuqum qilib qo‘yadi. Kim o‘zini behojat qilsa, Alloh uni behojat qilib qo‘yadi», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Imom Muslim rivoyatlari bundan qisqaroq bo‘lib kelgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:06:49
527/7. Abu Sufyon Saxr ibn Harbdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bir narsa so‘rashda beruvchini o‘z holiga qo‘ymay tilanmanglar. Allohga qasamki, sizlardan biringiz mendan biror narsa so‘rab, bunda haddan oshsa, men undan norozi bo‘lib qolsam, bergan narsamda baraka bo‘lmaydi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:07:23
528/8. Abu Abdurahmon Avf ibn Molik Ashja’iydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Biz to‘qqiz yoki sakkiz yoki yetti nafar kishi Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlarida edik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Allohning Rasuliga bay’at qilmaysizlarmi?» dedilar. Biz o‘sha kunlarda yangi bay’at qilgan edik. Va: «Ey Rasululloh! Biz sizga bay’at qilganmiz-ku?» dedik. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam yana: «Allohning Rasuliga bay’at qilmaysizlarmi?» degandilar, biz qo‘llarimizni uzatib: «Ey Rasululloh, bay’at qilganmizku? Qaysi narsaga bay’at qilamiz?», dedik. Shunda u zot: «Allohga biror narsani sherik qilmasdan ibodat hamda itoat qilish, besollalohu alayhi vasallam vaqt namoz o‘qish», deb ovozlarini biroz pasaytirdilar va: «Odamlardan biror narsa so‘ramanglar», dedilar. Avf ibn Molik raziyallohu anhu: «Men bay’at qilgan kishilarning ba’zilarini ko‘rdim, ulardan birortalarining qamchilari yerga tushib ketsa, biror kishiga olib ber, deyishmas edi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:08:00
529/9. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Sizlardan biringiz tilanchilikda bardavom bo‘lsa, hattoki u kishi Alloh taologa yuzida go‘sht yo‘q holatda yo‘liqadi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:08:30
530/10. Ibn Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam minbarda turib, sadaqa va tilanchilikdan saqlanish haqida gapirayotganlarida: «Yuqori qo‘l pastki qo‘ldan yaxshidir. Yuqori qo‘l infoq qiluvchi va pastki qo‘l tilanchidir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:08:52
531/11. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Kimki odamlardan moli ko‘payish uchun tilanchilik qilsa, u odam o‘zi uchun cho‘g‘ni so‘rabdi. Bas, shundoq ekan xohlasa, cho‘g‘ning ko‘pini yoki ozini so‘rasin», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:09:30
532/12. Samura ibn Jundubdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Tilanchilik kishining o‘z yuz terisini shilish, deganidir. Faqat
Alloh farz etgan zakot va shunga o‘xshasollalohu alayhi vasallam narsalarda sultonning talab qilishi hamda chorasiz qolinganda bundan mustasno», dedilar.

Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:10:09
533/13. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimga muhtojlik yetsa, u o‘sha muhtojligini odamlarga shikoyat qilsa, u kishidan muhtojlik arimaydi. Kimki o‘sha muhtojligini Allohga arz qilsa, tezda yoki birozdan keyin unga rizq ato qilinadi», dedilar.
Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:10:53
534/14. Savbondan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki menga odamlardan biror narsa so‘ramayman, deb kafolat bersa, men uning jannatga kirishiga kafildurman», deganlarida: «Men so‘ramaslikka kafolat beraman», dedim. Haqiqatda Savbon roziyallohu anhu hech bir kishidan biror narsa so‘ramadilar.
Abu Dovud sahih isnod ila rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:11:35
535/15. Abu Bishr Qabiysa ibn Muxoriqdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Men ikki jamoat orasini isloh qilib, katta mablag‘ to‘lovini bo‘ynimga olib, shu to‘lov xususida so‘rasollalohu alayhi vasallam uchun Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga borsam, u zot: «Sadaqalar kelgunicha shu yerda turgin. Agar kelsa, undan senga berishlarni amr etamiz» dedilar. So‘ngra u zot: «Ey Qabiysa, tilanchilik uch kishidan boshqalarga halol bo‘lmaydi. 1. Bir kishining (sen kabi) tovonga javobgar bo‘lgan mablag‘ni qo‘lga kiritish uchun tilanishi. Agar qo‘lga kiritsa, tilanchilikdan o‘zini tiyadi. 2. Bir kishga, molida falokat yetsayu, u kishi muhtoj bo‘lib qolib, ehtiyojlarini ta’minlaydigan darajada tilanishi. 3. Bir kishiga qashshoqlik yetib qolsa va o‘sha kishining qavmidan bo‘lgan aqlli uch kishi: «Haqiqatda mana shu kishiga qashshoqlik yetgan deb», guvohlik berishsa, bu kishi ham ro‘zg‘orini butlaydigan darajada tilanchilik qilishi joiz. Ammo bundan boshqasida, ey Qabiysa, tilanchilik qilish harom. Uning sohibi haromni yegan bo‘ladi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:12:19
536/16. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarning oldidan aylanib yurganida bir va ikki luqma yoki bitta va ikkita xurmo bersang, olib ketadigan kishi haqiqiy miskin emas. Lekin haqiqiy miskin o‘zini behojat qiladigan narsa topa olmasa va sadaqa berish uchun uning ahvolidan boshqalarning xabarlari bo‘lmasa hamda o‘zi ham tilanib yurmaydigan kishidir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:13:26
58-BOB

Tilanchilik va ta’magirlik bo‘lmasa, berilgan
narsani olish joizligi haqida


537/1. Solim otalari Abdullohdan, Abdulloh esa otalari Umardan roziyallohu anhu qilgan rivoyatlarida, Umar ibn Xattob raziyallohu anhu: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam menga o‘ljalardan berganlarida, men: «Kambag‘alroq kishilarga bering», dedim. Shunda u zot: «Agar senga mana shu kabi mol keltirilsa, ta’ma, hirs qilmagan va tilanchilik etmagan holda o‘sha molga ega bo‘laver. Agar xohlasang, undan yegin. Bo‘lmasa, sadaqa qil. Ammo o‘zi kelmasa, orqasidan yugurmagin», dedilar. Solim raziyallohu anhu: «Otam Abdulloh mana shu sunnatga amal qilgan holda hech bir kishidan biror narsa so‘ramas va agar biror narsa berilsa, qaytarmas edilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:14:35
59-BOB

O’z kasbi orqali yeyish va tilanchilikdan saqlanish hamda odamlar
biror narsa berarmikan, deyishdan yuz o‘girishga targ‘ib


Alloh taolo:

«Endi qachon namoz ado qilingach, yerga tarqalib, Allohning fazlu marhamatidan (rizqu ro‘z) istayveringlar»
(Jum’a surasi, 10-oyat), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:15:07
538/1. Abu Abdulloh Zubayr ibn Avvomdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sizlardan biringiz arqon olib, toqqa chiqib, u yerdan orqasiga bir bog‘lam o‘tin ortib, uni sotishi va Alloh bu ishi bilan (tilanish, tama’dan) saqlab qolishi so‘ralganida berib-bermaydigan kishilardan tilanishdan ko‘ra yaxshiroqdir», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:15:34
539/2. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Sizlardan biringizning orqasiga bir bog‘lam o‘tinni ortib, kun o‘tkazishi so‘ralganida berib-bermaydigan kishilardan tilanishdan ko‘ra yaxshiroqdir», dedilar.

Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:16:05
540/3. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Dovud alayhissalom qo‘llari ila mehnat qilib, o‘z kasblari orqali tirikchilik qilardilar», deb aytdilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:16:33
541/4. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Zakariyo alayhissalom duradgor edilar», deb aytdilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:17:01
542/5. Miqdod ibn Ma’di Karibadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Biror kishi qo‘li bilan mehnat qilib, kasbi orqali yegan taomidan yaxshiroq taom yeya olmaydi. Chunki Allohning payg‘ambari Dovud alayhissalom ham o‘z kasblari orqali tirikchilik qilardilar», deb aytdilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:20:26
60-BOB

Karamli, saxovatli bo‘lib hamda Allohga e’timod qilgan holda
yaxshi yo‘llarga infoq etmoq xususida


Alloh taolo:

«Ne bir narsani infoq-ehson qilsangizlar, bas (Alloh) uning o‘rnini to‘ldirur» (Saba’ surasi, 39-oyat),

«Qanday yaxshilik (mol) infoq-ehson qilsangizlar, bas, o‘zingiz uchundir. Faqat Alloh Yuzini istab yaxshilik infoq-ehson qilingiz! Qilgan har bir yaxshiligingiz sizlarga zulm qilinmagan holida o‘zingizga to‘la-to‘kis qaytariladi»
«Qanday yaxshilik qilsangiz, bas, albatta, Alloh uni bilguvchidir»
(Baqara surasi, 272,273-oyat), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:21:22
543/1. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki kishiga hasad qilish joiz. Birinchisi: Alloh taolo bir kishiga mol-dunyo bersayu, u kishi o‘sha mol-dunyoni haq yo‘lda infoq qilsa. Ikkinchisi: Alloh taolo bir kishiga hikmat (ilm) ato etsayu, u kishi o‘sha ilmi bilan hukm qilib va o‘sha ilmidan odamlarga ta’lim bersa», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:21:51
544/2. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarning qaysi biringiz merosxo‘ringiz molini o‘zingizning molingizdan ko‘ra yaxshiroq ko‘rasiz?» deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, oramizda o‘z molidan boshqalarning molini yaxshi ko‘radigan kimsa yo‘qdir», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi molining qanchasini infoq qilgan bo‘lsa, o‘sha o‘zinikidir. Infoq qilmay yig‘ib qo‘ygani esa merosxo‘rlarinikidir», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:22:21
545/3. Adiy ibn Hotimdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Xurmoning yarmini infoq qilib bo‘lsa ham do‘zaxdan saqlaninglar», deb aytdilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:22:49
546/4. Jobirdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasulullohdan sollalohu alayhi vasallam nima narsa so‘rashmasin, hech qachon yo‘q, demas edilar».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:23:16
547/5. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Banda tong ottirganida ikki farishta tushadi. Ulardan biri: «Allohim, infoq qiluvchilarga o‘rnini qoplaydigan narsa ato et», deydi. Ikkinchisi: «Allohim, xasis, ziqnalarga talofat bergin», deydi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:23:40
548/6. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ey odam bolasi, molingdan infoq qil. Shunda senga ham infoq etiladi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:24:04
549/7. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohdan sollallohu alayhi vasallam «Islomdagi qaysi amal yaxshiroq?», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ovqat ulashib, kishilarni taomlantirmog‘ing hamda tanigan va tanimagan kishilarga salom bermog‘ing», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:24:32
550/8. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Qirq xislat borki, ularning eng oliysi — sutini sog‘ib ichish uchun echkisini bermoqlikdir. Kimki mana shu xislatlardan birortasiga savob umidida va va’da qilingan narsaga ishongan holda amal qilsa, Alloh taolo jannatga kiritadi», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:25:00
551/9. Abu Umoma Suday ibn Ajlondan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ey odam bolasi, agar ehtiyojingdan ortiq molingni infoq qilsang, o‘zing uchun yaxshidir. Agar bermasdan o‘zingda ushlab qolsang, o‘zing uchun yomondir. Lekin o‘z ehtiyojingga kifoya qilgudegini ushlab qolsang, malomat qilinmaydi. Sen sadaqani o‘z qaramog‘ingdagilarga ulashishdan boshlagin. Yuqori qo‘l, (ya’ni beruvchi) past qo‘ldan, (ya’ni oluvchidan) yaxshiroqdir», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:25:28
552/10. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasulullohdan sollalohu alayhi vasallam Islom haqqi-hurmati biror narsa so‘ralsa, uni berib yuborardilar. Kunlarning birida huzurlariga bir kishi kelganida, ikki tog‘ orasini to‘ldiradigan darajada qo‘y berib yubordilar. U kishi borib: «Ey qavm, musulmon bo‘linglar. Chunki Muhammad alayhissalom kambag‘al bo‘lib qolishdan qo‘rqmagan kishi kabi saxovat qilar ekanlar», dedi. Anas raziyallohu anhu: «Kishi mol-dunyo umidida musulmon bo‘lar edi-da, ozgina fursatdan keyin u kishiga dunyo va undagi narsalardan ham Islom mahbubroq bo‘lib qolar edi», ded i l a r.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:25:58
553/11. Umardan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasululloh sollalohu alayhi vasallam mol taqsim qildilar. Shunda men: «Ey Allohning Rasuli, bu berilganlardan ko‘ra berilmaganlar ichida haqlirog‘i bordir», desam, u zot: «Ular mendan behayolik ila so‘rashni ixtiyor qilishardi. Men ularga berib qutulardim. Yoki meni baxillikda ayblashar edi. Vaholanki men baxil emasman», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:26:25
554/12. Jubayr ibn Mut’imdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bilan Hunayn g‘azotidan qaytayotganlarida a’robiylar Rasulullohga sollalohu alayhi vasallam yopishib olib, tilana boshlashdi. Oxiri Rasulullohni sollalohu alayhi vasallam samuri daraxti oldiga qochishga majbur etishdi. Bas, u zotning kiyimlari unga ilinib qoldi. U zot: «Kiyimimni beringlar. Agar mana shu tikonli daraxtlar adadicha molim bo‘lsa ham, uni o‘rtalaringizda taqsimlab bergan bo‘lar edim. Shunda sizlar mening baxil, yolg‘onchi va qo‘rqoq emasligimni bilar edinglar», deb aytdilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:26:54
555/13. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Sadaqa berish bilan mol-dunyo kamayib qolmaydi. Alloh taolo kechirimli bo‘lgan bandasining izzat-sharafini ziyoda qiladi. Kishi Alloh uchun o‘zini hokisor tutsa, Alloh taolo uning martabasini baland qiladi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:27:22
556/14. Abu Kabsha Amr ibn Sa’d Anmoriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Uch narsa borki, ular haqida men qasamyod qilib, sizlarga gapirib beraman. Ularni yodlab oling: 1) Sadaqa bergan bandaning moli kamayib qolmaydi. 2) Bir kishiga zulm qilinsada, u kishi o‘sha narsaga sabr etsa, Alloh taolo uning izzat-sharafini ziyoda qiladi. 3) Qaysi bir banda tilanchilik eshigini ochsa, Alloh
 
taolo unga kambag‘allik eshigini ochadi», yoki shunga o‘xshasollalohu alayhi vasallam so‘z aytdilar. «Va yana sizlarga gapirib beraman. Uni mendan yodlab olinglar. Albatta, dunyo to‘rt kishinikidir: 1) Alloh taolo bir bandasiga mol-dunyo hamda ilm bergan bo‘lsa, u kishi Rabbisiga taqvo qilib, qarindoshlari bilan aloqalarini bog‘lasa va bu topgan mol-dunyosida Allohning haqqi borligini bilsa, shu kishi eng afzal maqomdadir. 2) Alloh taolo bir bandasiga ilm bergan bo‘lsa-yu, mol-dunyo bermagan bo‘lsa, ammo bu kishining niyati xolis bo‘lib, agar menda ham mol-dunyo bo‘lganida edi, falonchi kishi kabi yaxshiliklar qilar edim deb aytsa, bu qilgan niyati ila yuqoridagi birinchi kishi bilan savobi tengdir. 3) Alloh bir bandasiga mol-dunyo bergan bo‘lsa-yu, ammo ilm bermagan bo‘lsa, u kishi molni andishasiz, pala-partish ishlatib, Rabbisiga taqvo qilmasdan, qarindoshchilik aloqalarini uzib va bu topgan molida Allohning haqqi borligini bilmasa, shu kishi eng yomon maqomdadir. 4) Alloh taolo bir bandasiga mol-dunyo ham, ilm ham bermagan bo‘lsa, bu kishi: «Agar mening mol-dunyoyim bo‘lganida, falon kishi kabi (ya’ni uchinchi kishidek) ishlatar edim», deb aytsa, bu kishi mana shu niyati bilan uchinchi shaxs kabi gunohi tengdir», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:27:59
557/15.Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam xonadonlarida bir qo‘y so‘yildi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Oishadan roziyallohu anhu «Qo‘yning qaeri qoldi?» deb so‘radilar. Oisha raziyallohu anhu: «Faqat qo‘l qismi qoldi», dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Hammasi qolib, faqat qo‘li ketibdi-da», dedilar. (Ya’ni, «oxiratda biz uchun qo‘lidan boshqa hammasi qolibdi»).
Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:29:07
558/16. Asmo binti Abu Bakr Siddiqdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam menga: «Ey Asmo, narsalaringni (sadaqa bermasdan) saqlab qo‘yma. Agar shundoq qilsang, Alloh ham (sening rizqingni bermasdan) saqlab qo‘yadi», dedilar.
Boshqa rivoyatda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Molingni infoq, ehson qil. Uni sanama. Agar sanaydigan bo‘lsang, Alloh ham rizqni sanab beradi. Molingni o‘zingda saqlab ushlab turma. Agar saqlaydigan bo‘lsang, Alloh ham rizqingni bermasdan ushlab turadi», deganlar».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:30:32
559/17. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Baxil bilan sadaqa beruvchi (saxiy)ning misoli xuddi temir sovut kiygan ikki kishiga o‘xshaydi. U sovut ko‘kragidan yelkalarigachadir.
 
Sadaqa beruvchi saxiy agar sadaqa qilsa, sovuti kengayib, butun badanini o‘rab, hatto barmoqlarini yopib, izini qoldirmaydi. Ammo baxil biror narsa sadaqa qiladigan bo‘lsa, temir libosining har bir xalqasi badaniga yopishib oladi. U uni kengaytirmoqchi bo‘ladi. Lekin kengaytira olmaydi», dedilar.

Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Buning ma’nosi quyidagichadir. Agar saxiy biror narsani har gal molidan ehson qilganida sovuti kengayib, uzun bo‘ladi, xattoki u kishi orqasidan sudrab yurganidan, oyog‘i - qadam izlari ko‘rinmaydi. Ya’ni, kiyim badanni to‘sganidek sadaqa ham xatolarni to‘sadi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:31:04
560/18. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bir dona xurmo qiymati barobaridagi halol kasbi orqali topgan narsasini sadaqa qilsa - chunki Alloh faqat halol narsanigina qabul qiladi - albatta, Alloh o‘ng tomoni bilan, ya’ni nihoyatda xursandlik ila qabul qiladi. Keyin uning egasini xuddi sizlardan biringiz toychog‘ini tarbiya etganidek tarbiya qiladi. Hattoki u tog‘ kabi bo‘ladi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: Munira xonim 23 Dekabr 2007, 09:31:37
561/19. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytdilar. Bir kishi cho‘lda ketayotgan edi. Bulut ichidan chiqayotgan bir ovozni eshitdi. Unda «Falonchining bog‘ini sug‘orgin», deyilardi. Keyin haligi bulut joyidan siljib, bir toshloq yerga bordi-da, o‘zidagi suvni o‘sha yerga bo‘shatdi. Sel to‘planadigan yerlardan biri u suvning barchasini o‘zida jamladi. Ovoz eshitgan kishi suv ortidan ergashib borib qarasa, bir kishi bog‘ida tayoq bilan suvlarning yo‘nalishini har tarafga o‘zgartirib turibdi. Haligi ovoz eshitgan kishi: «Ey Allohning bandasi, isming nima?» degan edi, bu bog‘dagi kishi: «Falonchi», deb haligi bulutdan eshitilgan ismni aytdi. Keyin bu bog‘dagi kishi: «Ey Allohning bandasi, nima uchun ismimni so‘rayapsan?», deganida, haligi kishi: «Chunki men bu suvni keltirgan bulutdan: «Falonchining bo‘stonini sug‘orgin», deb sening ismingni zikr qilganini eshitdim», deb yana: «Sen bu yerda nima bilan shug‘ullanasan?» deb so‘raganida, bog‘bon: «Sen mendan so‘rar ekansan (bunga javob beraman). Men bu yerdan unib chiqqan hosilga qarab uning uchdan birini Alloh yo‘lida sadaqa qilaman. Uchdan birini o‘zim oila a’zolarim bilan yeyman. Qolgan uchdan birini esa (urug‘likka olib qolish ila) o‘ziga qaytaraman», dedi.

Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:09:29
61-BOB
Baxillik va xasislikdan qaytarish haqida


Alloh taolo:
«Endi kim (Alloh yo‘lida xayr-saxovat ko‘rsatishdan) baxillik qilsa va (o‘zini Alloh huzuridagi ajr-mukofotlardan) behojat bilsa hamda go‘zal oqibatni (ya’ni Alloh va’da qilgan jannatni) yolg‘on desa, bas, Biz uni (dunyo va oxiratda baxtsiz bo‘ladigan) og‘ir yo‘lga «muyassar» qilurmiz. Va u (do‘zaxda) halok bo‘lgan vaqtida molu dunyosi unga foyda bermas» (Val-layl surasi, 8-11-oyatlar).

Bu bobga taalluqli hadislarning aksariyati yuqoridagi bobda keldi.

562/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Zulmdan qo‘rqinglar. Chunki zulm Qiyomat kunida zulmatdir. Xasislikdan qo‘rqinglar. Chunki xasislik sizlardan oldingilarni halok qilgan. Hattoki bu xasislik bir-birlarining qonlarini to‘kishga va harom narsalarni halol etishgacha olib borgan», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:10:13
62-BOB
Boshqalarni o‘zidan haqdor deb bilib, ularga hamdard bo‘lish to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Garchi o‘zlarida ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘zlarini qo‘yib (o‘zgalarni) iysor-ixtiyor qilurlar» (Hashr surasi, 9-oyat).

«Va taomni suyub-xohlab tursalarda, (o‘zlari yemasdan) miskin, yetim va yesirlarni taomlantirurlar» (Inson surasi, 8-oyat), deb aytgan.

563/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «ey Allohning Rasuli, men ochlikdan qiynalib ketdim», deganida, u zot xotinlarining ba’zilaridan taom so‘rab, odam jo‘natdilar. Shunda xotinlari: «Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, mening huzurimda suvdan boshqa narsa yo‘qdir», dedi. Keyin boshqa xotinlariga odam yubordilar. U ham avvalgisi kabi so‘z aytdi. Hattoki barchalari: «Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, huzurimda suvdan boshqa narsa yo‘qdir», deb aytishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Bu kechada (mana bu kishini) kim mehmon qiladi?» dedilar. Ansoriylardan bir kishi: «Men mehmon
qilaman, ey Allohning Rasuli», deb, uyiga bordi-da xotiniga: «Rasululloh (s.a.v.) mehmonlarini hurmat qil», dedi.
Boshqa rivoyatda u kishi xotiniga: «Senda yegulik biror narsa bormi?», dedi. Xotini: «Yo‘q, faqat bolalarimga kifoya qilgudek ovqat bor», dedi. Shunda u kishi: «Bolalarni biror narsa ila yupatib tur. Agar kechki ovqatni xohlashsa, uxlatib qo‘y. Mehmonimiz uyga kirganida chirog‘ni o‘chirib qo‘y. Mehmonga biz ham yeyayotgandek bo‘lib ko‘rinaylik», dedi. Ular ovqatga o‘ltirishdi. Mehmon ovqat yedi. Ikkovlari och holda yotishdi. Qachonki tong otganida haligi ansoriy Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borganida u zot: «Alloh taolo siz er-xotinning bu kecha o‘z mehmonlaringizga nisbatan qilgan ishingizdan mamnun bo‘ldi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:10:32
564/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ikki kishiga tayyorlangan taom uch kishiga kifoya qiladi. Uch kishiga tayyorlangan taom to‘rt kishiga kifoya qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning Jobirdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida: «Bir kishining taomi ikki kishiga, ikki kishining taomi to‘rt kishiga, to‘rt kishining taomi sakkiz kishiga kifoya qiladi», dedilar», deyilgan.

565/3. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga safarda edik. Bir kishi ulovini mingan holda kelib, ko‘zini o‘ng va chap tomonga qarata boshladi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimning ehtiyojidan ortiqcha markabi bo‘lsa, uni markabi yo‘qqa bersin. Kimning ortiqcha taomi bo‘lsa, taomi yo‘qqa bersin», deb yana boshqa turli mollarni ham zikr qildilar. Biz bu aytgan gaplarini eshitgandan keyin biror kishi ortiqcha moliga o‘zining haqqi yo‘q ekan-da, degan qarorga keldik. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:10:46
566/4. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir ayol Rasulullohga (s.a.v.) to‘qilgan bir kiyim olib kelib: «Ey Allohning Rasuli, buni sizga kiydiraman, deb o‘z qo‘lim bilan to‘qiganman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) o‘zlariga kerak bo‘lgani uchun ham uni oldilar. So‘ngra (ichkariga kirib), izor o‘rnida kiyib, bizning oldimizga chiqdilar. Shunda o‘sha yerdagilardan biri: «Muncha ham yaxshi ekan, shuni menga kiydiring», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Bo‘pti», dedilar-da, o‘sha yerdagi majlisda o‘tirib, keyin qaytib ketdilar. So‘ngra
uylariga borib, uni bir kiyib ko‘rib, haligi kishiga berib yubordilar. Qavmdagilar u kishiga: «Yaxshi ish qilmading, u zotning biror narsa so‘ragan kishiga yo‘q demaslarini yaxshi bilar eding-ku», deyishdi. U kishi esa: «Allohga qasamki, men buni kiyish uchun so‘ramadim. Balki o‘lganimda kafan bo‘lishi uchun so‘radim», dedi. Sahl «^,: «Haqiqatda bu kiyim o‘sha kishiga kafanlik bo‘ldi», dedil ar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

567/5. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ash’ariy jamoasining urushda ozuqalari tugab qolay desa yoki Madinada bola-chaqalarining taomi ozayib qolsa, o‘zlarida bor narsalarni bir choponga jamlashar edi-da, keyin bir xil idishda barobar qilib, o‘rtalarida taqsimlab olishar edi. Ular mendan va men ulardandirman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:11:14
63-BOB
Oxirat ishlarida musobaqalashmoq va barakali narsalarni ko‘paytirmoq to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Bas, bahslashguvchi - musobaqa qilguvchi kishilar (mana shunday mangu ne’matga yetish yo‘lida) bahslashsinlar — musobaqa qilsinlar» (Mutaffifun surasi, 26-oyat), deb aytgan.

568/1. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir ichimlik keltirildi. U zot o‘sha ichimlikdan ichdilar. O’ng tomonlarida bir bola va chap tomonlarida qariyalar bor edi. Rasululloh (s.a.v.) haligi bolaga: «Mana bu qariyalarga shu ichimlikni bermoqlikka ijozat berasanmi?» degandilar, haligi bola: «Yo‘q, ey Allohning Rasuli! Allohga qasamki, sizdan ortib qolgan nasibamni biror kishiga bermayman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) idishni u bolani qo‘liga uzatdilar (o‘sha bola Ibn Abbos edilar). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

569/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar. Bir kuni Ayub alayhissalom yalong‘och holatda cho‘milayotgan edilar, oldilariga tilla chigirtka kelib tushdi. Ayub alayhissalom uni kiyimlariga o‘rab oldilar. Shunda Alloh azza va jalla: «Ey Ayub, men seni bu narsalardan behojat qilmaganmidim?» dedi. Ayub alayhissalom: «To‘g‘ri, lekin Sening izzatingga qasamki, men barakotingdan behojat emasman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

Foyda: Baraka va fazlni talab qilish, o‘zi va boshqalar foydalanishi uchun mol to‘plash joizligi ma’lum bo‘ladi. Hamda mol-dunyo ko‘payib ketganda ham Allohga muhtojlikni his qilib turish lozim.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:11:59
64-BOB
Behojat bo‘lib, shukr aytuvchining fazilati, ya’ni halollik
bilan topib, uni o‘z o‘rniga ishlatish haqida


Alloh taolo:
«Ana endi kim (o‘z mol-davlatidagi kambag‘al-bechoralarga berilishi lozim bo‘lgan zakot va boshqa sadaqotlarni) ato etsa va (Allohdan) qo‘rqsa, hamda go‘zal oqibatni (ya’ni jannat bor ekanini) tasdiq etsa, bas, Biz uni oson yo‘lga muyassar qilurmiz» (Val-layl surasi, 5-7-oyatlar).

«O’zi pokdomon bo‘lib, mol-davlatini (yaxshilik yo‘lida) sarf qiladigan taqvodor zot u (do‘zax)dan yiroq qilinur. U (taqvodor zot) huzurida-zimmasida biron kimsaga qaytariladigan ne’mat yo‘qdir. U faqat eng oliy zot bo‘lmish Parvardigorining Yuzini-rizoligini istab (mol-davlatini sarf qilur). Va yaqinda (Parvardigori unga ato etadigan mukofot-jannat ne’matlaridan) rozi bo‘lur» (Val-layl surasi, 17-21-oyatlar).

«Agar sadaqalarni oshkora holda bersangiz, juda yaxshi. Va agar maxfiy qilib, faqir-kambag‘allarga bersangiz - bu o‘zingiz uchun yanada yaxshiroqdir. Va qilgan gunohlaringizga kafforat bo‘ladi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir» (Baqara surasi, 271-oyat).

«To sizlar so‘ygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz. Har qanday narsani infoq qilsangiz, albatta, Alloh uni bilur» (Oli Imron surasi, 92-oyat).
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:12:10
570/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ikki kishiga hasad qilish joiz. Birinchisi: Alloh taolo bir kishiga mol-dunyo bersayu, u kishi o‘sha mol-dunyoni haq yo‘lda infoq qilsa. Ikkinchisi: Alloh taolo bir kishiga hikmat (ilm) ato etsayu, u kishi o‘sha ilmi bilan hukm qilib va o‘sha ilmini odamlarga ta’lim bersa», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

571/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ikki toifa kishiga hasad qilish joiz. 1. Alloh bir kishiga Qur’oni karim ato qilsa, u kishi uni kechayu kunduz tilovat qilsa. 2. Bir kishiga mol-dunyo ato qilsa, u kishi kechayu kunduz molidan infoq qilsa», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:12:20
572/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Kambag‘al muhojirlar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli, badavlat birodarlarimiz oliy darajalar va doimiy ne’matlarga erishishmoqda», deyishganida, u zot: «Bu nima deganinglar?» deb aytdilar. Shunda ular: «Badavlat birodarlarimiz biz o‘qigandek namoz o‘qishadi va biz tutgandek ro‘za tutishadi. Va (kamiga) sadaqa berib hamda qul ham ozod qilishadi. Biz esa sadaqa ham bera olmaymiz, qul ham ozod eta olmaymiz», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlarga bir narsani o‘rgataymi? Agar shu aytgan narsamni bajarsangizlar, sizlardan o‘zib ketganlarga yetib olasizlar va keyingilardan o‘zib ketasizlar. Hech kim sizlardan afzal bo‘la olmaydi. Faqat sizlar bajargandek amal qilishsa, afzal bo‘lishadi», deganlarida, ular: «Ha o‘rgating», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Har namoz ketidan o‘ttiz uch marta «Subhanalloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulillah» va o‘ttiz uch marta «Allohu Akbar» deb aytishdir», dedilar. Ozgina fursatdan keyin yana kambag‘al muhojirlar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib, «Ey Allohning Rasuli, badavlat kishilar ham (bizga aytgan narsalarni) eshitib, biz amal qilganimiz kabi bajarishmoqda-ku», deyishganida, Rasululloh (s.a.v.) «Bu Allohning fazli-karami bo‘lib, xohlagan kishisiga beradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu Imom Muslim rivoyatlaridagi lafzdir.

Foyda: Alloh bir kishini badavlat qilishi ham, kambag‘al etishi ham sinov va imtihondir. Haqiqiy mo‘min kambag‘allik paytida sabr qilib, boyiganida haddidan oshmay shukr qiladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:12:56
65-BOB
O’limni eslash hamda orzularni kamaytirish haqida


Alloh taolo:
«Har bir jon o‘limni totguvchidir. Va Qiyomat kunida hech shak-shubhasiz ajr-savoblaringizni komil suratda olursiz. Bas, kim do‘zaxdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, muhaqqaq (baxt-saodatga) erishgay. Bu hayoti dunyo esa aldaguvchi matodir» (Oli Imron surasi, 185-oyat),

«Biron jon ertaga nima ish qilishini bila olmas. Biron jon qay yerda o‘lishini ham bila olmas» (Luqmon surasi, 34-oyat),

«Bas, qachon ularning ajallari yetib kelganida esa uni biron soat ketga ham sura olmaydilar», (Nahl surasi, 61-oyat),

«Ey mo‘minlar, na mol-dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizlarni Allohning zikridan (ya’ni Allohga ibodat qilishdan) yuz o‘girtirib qo‘ymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchi kimsalardir. Sizlarning (har) biringizga o‘lim kelib, u: «Parvardigorim, meni ozgina muddatga (hayotda) qoldirsang, men xayr-sadaqa qilib, solih (banda) lardan bo‘lsam», deb qolishidan ilgari - Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilingiz. (Chunki) Alloh biron jonni ajali kelgan vaqtida (vafot ettirmasdan) qoldirmas. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir» (Munofiqun surasi, 9-11-oyatlar).

«Toki qachon ulardan (ya’ni mushriklardan) biriga o‘lim kelganida: «Parvardigor, meni (yana hayotga) qaytaringlar. Shoyad, men qolgan umrimda yaxshi amal qilsam», deb qolur. Yo‘q! (U aslo hayotga qaytarilmas). Darhaqiqat, bu (har bir jon berayotgan kofir) aytadigan so‘zdir. Ularning ortida to qayta tiriladigan kunlarigacha (dunyoga qaytishlaridan to‘sib turadigan) bir to‘siq bo‘lur» Bas qachon sur chalinganida (Ya’ni qiyomat qoyim bo‘lganida) ana u kunda ularning o‘rtalarida hech qanday nasl-nasab qolmas va ular bir-birlari bilan savol-javob ‘am с‹ila olmaslar. Endi kimning (yaxshilik) mezonlari (yomonlik-gunohlaridan) og‘ir kelsa bas ana o‘shalar najot topguvchidirlar. Kimning mezonlari yengil bo‘lsa (ya’ni yomonliklari yaxshi amallarini bosib ketsa) bas ana o‘shalar o‘zlariga ziyon qilibdilar. Ular jahannamda mangu qolguvchidirlar. (Ularga): «Sizlarga mening oyatlarim tilovat qilingan emasmidi, sizlar ularni yolg‘on degan emasmidingiz?!». (Mo‘minun surasi, 99-106-oyatlar).

«Yerda qancha yil turdinglar?» dedi (Alloh). Ular aytdilar: «Bir kun yo yarim kun. Sanab turguvchi (farishtalardan) so‘ragin», (Alloh) dedi: «Agar sizlar biladigan bo‘lsangizlar (dunyoda), juda oz turdingizlar (ya’ni sizlar abadiy deb o‘ylagan dunyo aslida juda oz muddatdir). Yoki sizlarning gumoningizcha Biz sizlarni behuda (ya’ni dunyoda sizlarga biron vazifa bermaydigan, oxiratda hisob-kitob
qilmaydigan holda) yaratdigu, sizlar Bizning huzurimizga qaytarilmaysizlarmi?! (Undoq emas)» (Mo‘minun surasi, 112-115-oyatlar).

«Iymon keltirgan zotlar uchun Allohning zikri sababli va nozil bo‘lgan Haq - Qur’on (tilovat qilinishi) sababli qalblari erib, qo‘rqish (vaqti) moyil bo‘lish (vaqti) kelmadimi? (Shuningdek ular uchun) ilgari Kitob ato etilgan, so‘ng (ular bilan payg‘ambarlari o‘rtasidagi) muddat uzaygach, dillari qotib ketgan kimsalar (ya’ni yahudiy va nasroniylar) kabi bo‘lib qolmaslik (vaqti kelmadimi)? Ulardan (yahudiy va nasroniylardan) ko‘plari fosiq-itoatsizdirlar» (Hadid surasi, 16-oyat), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:13:14
573/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) mening yelkamdan ushlab: «Ey Ibn Umar, dunyoda go‘yoki g‘arib yoki yo‘lovchi musofir kabi bo‘lgin», dedilar. Ibn Umar (r.a.) (mana shu so‘zni eshitganlaridan keyin): «Agar kechlatsang, tong bo‘lishini kutma! Agar tong ottirsang, kech kirishini kutma! Sog‘ paytingda kasal payting uchun ham (tayyorgarlik qilib) ol. Hamda tiriklik paytingda o‘liming uchun ham (tayyorgarlik qilib) ol», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

574/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir musulmon kishining qo‘lida vasiyat qiladigan narsasi bo‘laturib, vasiyat yozmasdan ikki kecha o‘tkazmog‘i munosib emasdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Bu hadis Buxoriyning lafzlari bo‘lib, Muslimning rivoyatlaridagi lafzda «uch kecha» bo‘lib kelgan.
Ibn Umar (r.a.): «Men ushbu hadisni Rasulullohdan (s.a.v.) eshitganimdan beri, biror kechani vasiyatim yozilmagan holda o‘tkazmadim», dedilar.

Foyda: Vasiyatni yozishga shoshilishga targ‘ib bor. Chunki inson qachon vafot etishini bilmaydi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:13:28
575/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir chiziq chizib: «Bu inson va mana bu ajali. U mana shu holatdaligida yaqin bo‘lgan ajali kelib, olib ketadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

576/4. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) to‘rt burchak shakl chizib, uning o‘rtasidan uchini tashqariga chiqarib yana
bir chiziq o‘tkazdilar. So‘ng ana shu o‘rtadan o‘tgan chiziqning yoniga kalta chiziqlar tortdilar-da: «Mana bu o‘rtadan o‘tgan chiziqning to‘rtburchak ichidagi qismi insondir. Uni o‘rab turgan to‘rtburchak esa insonning ajalidir. O’rtadan o‘tgan chiziqning tashqariga chiqqan qismi insonning orzu-umidlaridir. Mana bu kalta chiziqlar har xil hodisalar bo‘lib, biridan qutulsa, ikkinchisiga yo‘liqadi. Ikkinchisidan qutulsa, uchinchisiga yo‘liqadi (ya’ni biror sabab bo‘lib ajali yetadi)», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:13:45
577/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Yetti narsa (kelishidan oldin) yaxshi amallarni qilib qolishga shoshilinglar. Bunda sizlar quyidagi narsalarni kutasizlar, xolos: 1) Kambag‘allik - hamma narsani unuttirib yuboradi. 2) Boylik - tug‘yonga ketishga sababchi. 3) Bemorlik - barcha narsani fasod qiladi. 4) Qarilik - hamma narsani xotirdan chiqarib yuboradi. 5) O’lim - tamom qilib tezlatuvchi. 6) Dajjol -kutilayotgan g‘oyib narsalarning eng yomoni. 7) Qiyomat falokatlarning eng og‘iri va achchig‘idir», dedilar (inson shu yetti hodisa yuz bermasidan oldin vaqt g‘animatida oxirat uchun tayyorgarligini qilib qo‘ymog‘i lozim... - tarj.) Imom Termiziy rivoyatlari.

578/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilanadi. Rasululloh (s.a.v.): «Lazzatlarni ketkazuvchi o‘limni eslashni ko‘paytiringlar», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:14:16
579/7. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechaning uchdan biri o‘tganida o‘rinlaridan turib: «Ey odamlar, Allohni zikr qilinglar. Isrofil alayhissalom birinchi surni, ketidan ikkinchisini chaladigan payt kelib qoldi. O’lim ham o‘zidagi mavjud qo‘rqinch ila yetib keldi, O’lim ham o‘zidagi mavjud qo‘rqinch ila yetib keldi», deb aytdilar. Shunda men: «Ey Allohning Rasuli! Undoq bo‘lsa men sizga salavot aytishni ko‘paytiraymi? Kechaning qancha qismida sizga salavot aytayin», desam, u zot: «Xohlaganingcha», dedilar. Men: «To‘rtdan bir qismidami?» dedim. U zot: «Xohlasang, bunga ziyoda qilgin. O’zing uchun yaxshi bo‘ladi», dedilar. Men: «Yarmidami?» desam, u zot: «Xohlasang, bunga ziyoda qilgin. O’zing uchun yaxshi bo‘ladi», dedilar. Men: «Uchdan ikki qismidami?» desam, u zot: «Xohlasang, bunga ziyoda qilgin. O’zing uchun yaxshi bo‘ladi», dedilar. Men: «Undoq bo‘lsa, men kechaning hammasida sizga salavot aytaymi?», desam u zot: «Agar shunday qilsang-ku, Alloh barcha g‘amlaringga o‘zi kifoya qilib, gunohlaringni kechirib yuboradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

Foyda: Rasululloh (s.a.v.)ga salavot aytib, duo qilishning fazilati ayon bo‘ladi. Va u zot ummatlarini Alloh rozi bo‘ladigan yo‘lga irshod qilishga rag‘batlantirishlari hamda kishi agar o‘z nafsiga g‘ururlanishdan qo‘rqmasa biror maqsad yo‘lida bajarayotgan yaxshi amallarini zikr qilish joizligi ham ayon bo‘ladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:15:13
66-BOB
Erkaklarning kabristonni ziyorat etishlari mahbubligi hamda
ziyorat qiluvchining aytadigan narsalari haqida


580/1. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlarni qabrlarni ziyorat etishdan qaytargan edim. Endi ruxsat berdim, ziyorat qilaveringlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Kim qabrlarni ziyorat etishni xohlasa, ziyorat qilaversin. Chunki ziyorat oxiratni esga soladi», deyilgan.

Foyda: Rasululloh (s.a.v.) Islomning dastlabki davrida qabrlarni ziyorat etishdan man qildilar. Chunki odamlar johiliyat amallaridan to‘la xalos bo‘lishmagan edi. O’shanda qabrlarga ibodat qilishgacha borishar edi. Qachonki Islom aqidasi odamlar qalbida mustahkam bo‘lganidan keyin qabrlarni ziyorat qilishga ruxsat berib, mana shu hadisni aytganlar.

581/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qachon mening navbatimda keladigan bo‘lsalar, kechaning oxirida Baqiy’ qabristoniga chiqib: «Assalomu ‘alaykum dora qavmim mu’miniyna va atokum ma tuv’aduna g‘odan muajjaluna va innaa inshaallohu bikum lahiqun. Allohumma ig‘fir liahli baqiy’il g‘orqad», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Assalomu alaykum, ey mo‘minlar hovlisidagi qavmlar. Sizlarga va’da qilingan narsa keldi. Inshaalloh ertaga kechikib bo‘lsa ham, sizlarga yo‘liqamiz. Ey Rabbim, Baqiy’ qabristonidagilarni mag‘firat qil». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:15:33
582/3. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar qabristonga chiqsalar quyidagilarni aytishni o‘rgatardilar. «Assalamu ‘alaykum ahlad diyari minal muminiyna val muslimiyn. Vainna inshaallohu bikum lalahiqun. As alulloha lana valakumul ‘afiyah» (Ma’nosi: mo‘minlar diyori ahli, sizlarga salom bo‘lsin. Inshoalloh bizlar ham sizlarga albatta, yo‘liqurmiz. O’zimizga va sizlarga ofiyat so‘rayman). Imom Muslim rivoyatlari.

583/4. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Madinada qabrlar oldidan o‘taturib unga yuzlanib: «Assalomu ‘alaykum ya ahlal qubur. Yag‘firullohu lana va lakum antum salafuna va nahnu bil asar», (Ma’nosi: Assalomu alaykum, ey qabr ahllari, Alloh bizu sizni mag‘firat qilsin. Sizlar bizdan oldin ketdinglar, bizlar izingizdan yetib olamiz.), deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:16:10
67-BOB
Biror zarar yetgani sababli o‘limni orzu qilishning karohiyati.
Lekin dinida fitnalanib qolishdan xavfsirasa, zarari yo‘q


584/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlardan hech bir kishi o‘lishni orzu qilmasin. Agar yaxshi odam bo‘lsa, shoyad yaxshiligi ziyoda bo‘lsa. Agar yomon odam bo‘lsa, shoyad tavba qilib qolsa», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadis Imom Buxoriy lafzlaridir.
Imom Muslimning lafzlarida esa Rasululloh (s.a.v.): «Sizlardan hech bir kishi o‘lishni orzu qilmasin va hali kelmagan o‘limni chaqirmasin. Chunki o‘ladigan bo‘lsa, qilib turgan amali to‘xtab qoladi. Albatta, umrning ziyoda bo‘lishi mo‘minga faqat yaxshilikni olib keladi», dedilar.

585/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlardan hech biringiz yetgan zarar tufayli (besabrlik qilib) o‘limni orzu qilmasin. Bordiyu chorasiz qolib uni orzu etadigan bo‘lsa: «Allohumma ahyiniy ma kanatil hayatu xoyran liy va tavaffaniy iza kanatil vafotu xoyran liy», (Ma’nosi: Allohim, agar mening hayotda yashashim yaxshi bo‘lsa, meni tirik qoldir. Agar vafotim yaxshi bo‘lsa, meni vafot ettir.), deb aytsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:16:42
586/3. Qays ibn Abu Hozimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Habbob ibn al-Arattining (r.a.) ahvollaridan xabar olgani kirsak, u zot davolanish maqsadida yetti joylarini tamg‘alagan ekanlar. Keyin Habbob (r.a.): «Birodarlarimiz bizdan oldin o‘tib ketishdi. Dunyo ularga nuqson yetkazmadi. Bizlar esa mol-dunyo jamg‘arib, uni tuproqdan boshqa narsaga sarf qila olmadik. Agar Rasululloh (s.a.v.) o‘ziga o‘lim tilamoqni man qilmaganlarida, men o‘zimga o‘lim tilagan bo‘lar edim», dedilar. Keyin biz Habobning (r.a.) huzurlariga ikkinchi bor kirganimizda, u zot devor urayotgan ekanlar. Shunda bizga qarata: «Musulmon kishi mana shu loyga sarflaganidan boshqa barcha xayr-ehsonlariga savob oladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadis imom Buxoriy rivoyatlaridagi lafz.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:17:48
68-BOB
Parhezkor bo‘lish hamda shubhali narsalarni tark etish haqida


Alloh taolo:
«Va buni yengil ish deb o‘ylar edingizlar. Holbuki u Alloh nazdida ulug‘ (gunohdir)» (Nur surasi, 15-oyat).

«Shak-shubhasiz Parvardigoringiz (barcha narsani) kuzatib turguvchidir» (Fajr surasi, 14-oyat), deb aytgan.

587/1. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, halol ochiq-ravshandir. Albatta, harom ham ochiq-ravshandir. Ikkovining o‘rtasida shubhali narsalar bo‘lib, uni ko‘p insonlar bilishmaydi. Kimki shubhadan taqvo qilsa, dini va obro‘sini pokiza saqlabdi. Kimki shubhali narsani qilsa, harom narsaga yo‘liqibdi. U xuddi hayvonlarni boquvchi cho‘ponga o‘xshaydiki, hayvonlari o‘tlatish man etilgan joylarga kirib o‘tlab qolishi mumkin (Va cho‘pon bu gunohi uchun jazoga mustahiq bo‘ladi). Ogoh bo‘ling, har bir podshohning kirish man etilgan qo‘riqxonasi bor. Ogoh bo‘ling, Allohning qo‘riqxonasi harom qilgan narsalaridir. Ogoh bo‘ling, jasadda bir parcha go‘sht bor. Agar u isloh bo‘lsa, jasadning barchasi isloh bo‘ladi. Agar u fasod bo‘lsa, jasadning barchasi fasod bo‘ladi. Ogoh bo‘ling, o‘sha bir parcha go‘sht qalbdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:18:32
588/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yo‘lda (ketaturib) bir xurmo topib oldilar. Va: «Agar sadaqa bo‘lishdan qo‘rqmaganimda, uni yegan bo‘lar edim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

589/3. Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Xusni-xulqli bo‘lish komil yaxshilikdir. Gunoh esa diling
taraddudlanib, odamlar undan xabardor bo‘lishlarini xohlamaganingdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:18:57
590/4. Vobisa ibn Ma’baddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga borsam, u zot: «Yaxshilik haqida so‘ragani keldingmi?» dedilar. Men: «Ha», dedim. Rasululloh (s.a.v.) «Bu haqda sen qalbingdan fatvo so‘ragin. Agar nafsing va qalbing unga xotirjam bo‘lsa, demak, u yaxshilikdir. Ammo nafsingda va qalbingda taraddud bo‘lsa, demak shu yomonlikdir. Agar odamlar senga va sen ularga fatvo bersang ham», dedilar. Imom Ahmad va Doramiylar rivoyati.

Foyda: Bu Rasulullohning (s.a.v.) mo‘‘jizalaridan bo‘lib, huzurlaridagi kishi hali so‘ramasidan turib savoliga javob qaytarayaptilar.

591/5. Abu Sirva’ata Uqba ibn Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Abu Ihob ibn Azizning qiziga (Ya’ni, Ummu Yahyoga) uylandilar. Bir kuni bir xotin kelib: «Men seni xam, xotiningni ham emizganman», dedi. Shunda Uqba (r.a.): «Sen meni emizganingni ham bilmayman va bu haqda xabar ham bermagansan», dedilar-da, ulovlariga minib, Madinaga - Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, bu masala haqida u zotdan so‘radilar. Rasululloh (s.a.v.) «Gap tarqab bo‘pti-ku, qandoq qilib uni xotin qilasan», dedilar. Keyin Uqba (r.a.) uni qo‘yib yubordilar. U xotin esa boshqa erga tegib ketdi. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:19:17
592/6. Hasan ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Shubhali narsani shubhasiziga qo‘y (Ya’ni shubhali narsani tark etib, shubhasiz narsani ol)», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

593/7. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiqning (r.a.) xizmatkor bolalari bo‘lib, ishlab topgan narsasidan Abu Bakr (r.a.) uchun hissa chiqarib berar edi. Abu Bakr (r.a.) o‘sha hissadan tanovul qilardilar. Bir kuni u bola bir narsa olib kelgan edi, Abu Bakr (r.a.) undan yedilar. Shunda haligi bola: «Bu yegan narsangizning nimaligini bilasizmi?» dedi. Abu Bakr (r.a.) «Nima u?» dedilar. U bola: «Men johiliyat paytlarida fol ochishni bilmasam ham, aldab unga fol ochgan edim. O’sha kishi men bilan ko‘rishib, o‘sha narsaning haqqini berdi. Siz o‘sha narsadan tanovul qildingiz», dedi. Abu Bakr (r.a.) esa qo‘llarini og‘izlariga tiqib, qorinlaridagi barcha narsani qayt qilib tashladilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:20:00
594/8. Nofe’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Umar ibn Xattob (r.a.) ilk muhojirlarga to‘rt ming (dirham)dan tayin qildilar. O’g‘illari Abdullohga esa uch yarim ming (dirham) tayin etdilar. Shunda u zotga: «Bu o‘g‘lingiz ham muhojirlardan-ku, nima uchun kam berdingiz?» deyilganida, u zot: «Chunki buni otasi hijratga olib chiqqan. Ya’ni o‘zi hijrat qilganlar toifasidan emas», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

595/9. Atiyya ibn Urva as-Sa’diydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Banda, shubhali narsalarga yo‘liqib qolmay deb, shubhasiz narsalarni ham qilmasa, o‘shanda taqvodorlar darajasiga yetishadi», delilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:20:35
69-BOB
Kishining zamonasi odamlari buzilib ketganda yoki dinida fitnalanishdan xavf qilganda yoki harom va shubhali narsalarga yo‘liqishdan qo‘rqqanda uzlat qilishi, ya’ni odamlardan uzoq bo‘lishining mahbubligi


Alloh taolo:
«Bas, Allohga (iymon keltirish uchun) chopinglar-shoshinglar. Albatta, men sizlar uchun U zot (ning azobi)dan ochiq ogohlantirguvchidirman» (Vaz-zoriyat surasi, 50-oyat), degan.

596/1. Sa’d ibn Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, Alloh taolo taqvodor, qalbi boy va panada yuruvchi bandasini yaxshi ko‘radi», delilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:21:03
597/2. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey, Allohning Rasuli, qaysi inson afzalroq?» deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Moli va joni bilan Alloh yo‘lida jihod qiluvchi mo‘min», dedilar. U kishi «keyin kim?» deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Tog‘lar orasida odamlardan o‘zini panaga olib, Rabbisiga ibodat qiluvchi kishi», dedilar.

Boshqa rivoyatda: «Allohga taqvo qilib, odamlarning yomonligi sababli ularni tark qiluvchi kishi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

598/3. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Yaqin kunlarda musulmonning eng yaxshi mol-dunyosi qo‘ylar bo‘ladiki, musulmon dinini fitnalardan saqlash niyatida tog‘ cho‘qqilarida va yomg‘ir yoqqanda o‘sib chiquvchi maysazorlarda qo‘ylarini o‘tlatib, qochib yuradi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:21:56
599/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo biror payg‘ambarni yuborgan bo‘lsa, albatta, barchalari qo‘y boqqan», deganlarida, sahobalari: «Siz ham boqqanmisiz?» deyishdi. Shunda u zot: «Ha, Makka ahlining qo‘ylarini bir qiyrot barobaridagi mablag‘ evaziga boqib berar edim», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

600/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh yo‘lida jihod niyatida har lahza otining tizgini qo‘lida bo‘lgan, urush ovozi yoki qiyqirig‘ini eshitgan zahoti otini minib, urush bo‘lyapti deb hisoblagan yerga o‘ldirish yoki o‘lish, ya’ni g‘oziy yoki shahid bo‘lish maqsadida yetib borgan kishi insonlar ichida eng yaxshi hayot o‘tkazayotgan kishidir», dedilar. Va yana: «Bir qancha qo‘ylarni olib, tog‘ cho‘qqilariga chiqib ketgan yoki biror vodiy ichiga kirib ketgan, u yerda namoz o‘qib, zakotini berib, to o‘lim kelgunicha Rabbisiga ibodat qilgan hamda insonlar bilan faqat yaxshi muomalada bo‘lgan kishi ham insonlar ichida eng yaxshi hayot kechirayotgan kishidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:22:43
70-BOB
Odamlarga aralashib, ularning yig‘inlari, jamoatlari, yaxshi o‘tirishlari, zikr majlislarida qatnashish, kasallar holidan xabar olish, janozalarda ishtirok etish, muhtojlarga ko‘mak berish, johillarni to‘g‘ri yo‘lga chorlash, qodir bo‘lsa, amru ma’ruf, va nahiy munkar qilish, kishilarga ozor berishdan o‘zini tiyib, ulardan yetgan ozorga sabr qilishning fazilatlari haqida


Bilingki, odamlarga men zikr etgan ko‘rinishda aralashish, Rasululloh (sav) boshqa payg‘ambarlar, xulofoi roshidinlar, ulardan keyingi sahobalar, tobeinlar va bulardan keyingi musulmon ulamolari va axyorlari ixtiyor etishgan yo‘ldir.

Alloh taolo bu xususda:
«Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz» (Moida surasi, 2-oyat), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:23:06
71-BOB
Mo‘minlarning xushxulq va kamtar bo‘lishlari haqida


Alloh taolo:
«O’zingizga ergashgan mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni ularga xush xulq bilan kamtarona munosabatda bo‘ling)» (Shuaro surasi, 215-oyat).

«Ey mo‘minlar, sizlarning ichingizdan kimda-kim o‘z dinidan qaytsa, Alloh boshqa bir qavmni keltirurki, Alloh ularni yaxshi ko‘rur, ular Allohni yaxshi ko‘rurlar. Ular mo‘minlarga hokisor, kofirlarga esa qattiqqo‘l kishilardir» (Moida surasi, 54-oyat).

«Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishinglar (do‘st-birodar bo‘lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir» (Hujurot surasi, 13-oyat).

«Bas, sizlar o‘zlaringizni poklamay qo‘ya qolinglar. Uning o‘zi taqvodor bo‘lgan kishilarni juda yaxshi bilguvchidir» (Van-najm surasi, 32-oyat).

«A’rof egalari (ya’ni qilgan yaxshi va yomon amallari teng kelib, jannatiy ham, do‘zaxiy ham bo‘lmay, o‘rtada a’rof — devorlar ustida turgan kishilar) siymolaridan tanib olgan kishilariga (ya’ni do‘zaxiylarga) nido qilib dedilar: To‘plagan molu dunyoingiz va qilgan kibru havoingiz sizlarga asqotmabdi-ku. Sizlar «Alloh ularga biron rahmat-marhamat yetkazmaydi», deb qasam ichgan kishilar ana u (hayoti dunyodan kambag‘al-bechoralik bilan o‘tgan mo‘‘min-musulmon) larmi? (Axir ularga) : «Jannatga kiringlar, sizlar uchun hech qanday xavf-xatar yo‘q va sizlar hech g‘amgin bo‘lmaysizlar (deyildi-ku)» (A’rof surasi, 48-49-oyatlar), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:23:44
601/1. Iyoz ibn Himordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, Alloh taolo menga tavozu’li bo‘lishni vahiy qildi. (Bundan ummatim ta’lim olib) hech biri boshqa kishiga faxrlanmasin va dushmanlik qilmasin», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.

602/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sadaqa berish bilan mol-dunyo kamayib qolmaydi. Alloh kechirimli bandaning izzatini ziyoda qiladi. Kishi Alloh uchun tavozu’da bo‘lsa, Alloh u bandaning darajasini ko‘taradi», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:24:16
603/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot yosh bolalar oldidan o‘tib, ularga salom berdilar-da: «Rasulullohning (s.a.v.) odati shariflari - mana shu tarzda salom berardilar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

604/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Agar Madinadagi cho‘rilardan birortasi xohlasa, Rasulullohning (s.a.v.) qo‘llaridan ushlab, xohlagan joyiga olib keta olar edi», dedilar (Ya’ni har qanday ojiz, zaif ham huzurlariga kirib, arz-dodini aytib, xohlagan yeriga betakalluf olib borar edi). Imom Buxoriy rivoyatlari.

Foyda: Rasulullohning (s.a.v.) tavozu’liklari va kishilar hojatini chiqarishga harisliklari ayon bo‘ladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:24:48
605/5. Asvad ibn Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oishadan (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) uyda nima bilan mashg‘ul bo‘lardilar?» deb so‘ralganida, bu onamiz: «Ahliyalari xizmatida bo‘lardilar. Bordiyu namoz vaqti kirib qolsa, namozga chiqib ketardilar», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

606/6. Abu Rifo’a Tamim ibn Usayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borsam, xutba aytayotgan ekanlar. Shunda men: «o‘arib kishi kelib, dini haqida so‘ramoqda, chunki dinidagi narsalarni bilmaydi», desam, u zot menga yuzlanib, xutbalarini to‘xtatib, men tomonga yurib keldilar. Keyin kursi keltirildi. Unga o‘tirib, Alloh o‘rgatgan narsalarni menga o‘rgatdilar. So‘ngra yana xutbalarini davom ettirib, unga yakun yasadilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Foyda: Rasulullohning (s.a.v.) o‘ta kamtarliklari va kishilarga din ishlarini ta’lim berishga harisliklari ma’lum bo‘ladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:25:51
607/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar taom tanovul qilsalar, uchta barmoqlarini yalar edilar. Anas (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan birortangizning luqmasi tushib ketsa, uni tozalab yesin. Shaytonga (nasibasini) qoldirmasin», dedilar. Va yana laganni yalashni buyurib: «Chunki
taomingizning barakasi qaerda ekanini bilmaysizlar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

608/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo biror payg‘ambarni yuborgan bo‘lsa, albatta, barchalari qo‘y boqqan», deganlarida, sahobalari: «Siz ham boqqanmisiz?» deyishdi. Shunda u zot: «Ha, Makka ahlining qo‘ylarini bir qiyrot barobaridagi mablag‘ evaziga boqib berar edim», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:26:33
609/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar hayvon pochasi yoki qo‘lini pishirib, meni mehmondorchilikka chaqirishsa, albatta borar edim. Agar hayvon pochasi yoki qo‘lini hadya qilishsa, uni qabul qilar edim», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

Foyda: Arzimas, ozgina narsa tayyorlab chaqirilsa tavozu’ qilib borish hamda ozgina narsa hadya qilinsa, uni qabul qilishga targ‘ib bor.

610/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) Azbo nomli tuyalari bilan birorta tuya musobaqalasha olmas edi. Balki musobaqalashishga yaqinlasha olmasdi ham. Ittifoqo, bir a’robiy tuyasiga o‘tirib olib, Rasulullohning (s.a.v.) o‘sha tuyalaridan o‘zib ketdi. Bu voqe’a musulmonlarga og‘ir botdi. Rasululloh (s.a.v.) ularning xafa bo‘lganlarini bilib: «Dunyoda biror narsa baland bo‘lsa, Alloh uni pasaytirur», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

Foyda: Alloh taolo nazdida dunyoning haqirligi va dunyo ishlari mukammal bo‘lmasdan, noqis ekanligi anglashiladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:26:55
72-BOB
Kibr va manmansirashning haromligi


Alloh taolo aytadi:
«Biz o‘sha oxirat diyorini Yer yuzida zulmu zo‘ravonlik va buzg‘unchilik qilishni istamaydigan kishilar uchun qilurmiz. Oqibat taqvo qilguvchi kishilarnikidir» (Qasas surasi, 83-oyat).

«Yer yuzida kibr-havo bilan yurmagin» (Isro surasi, 37-oyat).

«Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o‘girmagin va yerda kibru havo bilan yurmagin. Chunki Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas» (Luqmon surasi, 18-oyat),

«Albatta, Qorun o‘zi Muso qavmidan edi. Bas, u (qavmdoshlariga) kibru havo qildi. Biz unga xazina-dafinalardan kalitlari (ni ko‘tarib yurishning o‘zi) kuch-quvvat egalari bo‘lgan bir jamoatga ham og‘irlik qiladigan narsalarni ato etgan edik. O’shanda qavmdoshlari unga: «Hovliqmagin. Chunki Alloh hovliqma kimsalarni suymas», deb aytgan» (Qasas surasi, 76-oyat).
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:27:18
611/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimning qalbida zarra misqolicha kibr bo‘lsa, u jannatga kirmaydi», deganlarida, bir kishi: «Ba’zi kishilar borki, yaxshi kiyim va yaxshi poyafzal kiyishni yaxshi ko‘radi (bu amali ham kibr-havoga kiradimi?)», deganida, u zot: «(Yo‘q, bu amali kibr emas). Albatta, Alloh ko‘rkamdir. Va ko‘rkamlikni yaxshi ko‘radi. Aslida kibr haq so‘zni rad etib, odamlarga past nazar bilan qarashdir», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari.

612/2. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida chap qo‘li bilan taom tanovul qildi. U zot: «O’ng qo‘lingda yegin», dedilar. Haligi kishi: «Bunga qodir emasman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Qodir ham bo‘lmagin, bundan faqat mutakabbirligi man qildi, xolos», dedilar. Shundan keyin haligi kishi (o‘ng) qo‘lini og‘ziga ko‘tara olmadi. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:28:04
613/3. Horisa ibn Vahbdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarga ahli do‘zax kimlar ekani haqida xabar beraymi? Ular qo‘pol, dag‘al, gerdayib yuruvchi mutakabbirlardir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

614/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannat va do‘zax martaba talashib xusumatlashishdi. Do‘zax: «Menda zolimlar, mutakabbirlar bo‘ladi», dedi. Jannat: «Menda zaif va miskinlar bo‘ladi», dedi. Alloh taolo ularning o‘rtasida hukm qildi va: «Ey jannat, sen Mening rahmatimdirsan. Men xohlagan bandamga sen bilan rahmat qilaman (ya’ni, senga uni kirgizaman). Ey do‘zax, sen Mening azobimdirsan. Men xohlagan bandamga sen bilan azob beraman (ya’ni, senga uni kirgizaman). Ikkovlaringizni to‘ldirish Mening zimmamdadir», dedi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:30:00
615/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kiyimini takabburlik bilan sudrab yuruvchi kishilarga Alloh taolo Qiyomat kuni (rahmat nazari ila) qaramaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

616/6. Abu Hurayraradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Uch toifa kishilar borki, Alloh taolo Qiyomat kuni ular bilan gaplashmaydi va poklamaydi. Ularga (rahmat nazari ila) qaramaydi ham. Hamda ular uchun alamli azob bordir. 1) Zinokor qariya. 2) Yolg‘onchi podshoh. 3) Kambag‘al mutakabbir», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:30:33
617/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: Alloh taolo: «Azizlik izorim, kibrlik esa ridoimdir (ya’ni bu ikki sifat menga xosdir). Kimki mening bu sifatlarim ustida men bilan nizo qilsa, uni azobimga giriftor qilaman», dedi. Imom Muslim rivoyatlari.

618/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir kishi o‘ziga mahliyo bo‘lib, chiroyli kiyinib, sochlarini tarab, mutakabbirlarcha qadam qo‘yib yurib ketayotgan edi, Alloh taolo u kishini yerga yutqizib yubordi. U kishi endi Qiyomat kunigacha yerga sho‘ng‘ib boradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

619/9. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kishi gerdayib yurishda bardavom bo‘ladi, hattoki, shafqatsiz zolimlar qatoriga yoziladi. Va ularga kelgan azob bu kishiga ham keladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

Foyda: Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa o‘shalar qatorida yoziladi. Hamda ularga yetgan azobga bu ham giriftor bo‘ladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:32:05
73-BOB
Husnu xulq haqida


Alloh taolo:
«Albatta, siz ulug‘ Xulq ustidadirsiz» (Qalam surasi, 4-oyat).
«(U taqvodor zotlar)... g‘azablarini ichlariga yutadigan, odamlarning (xato-kamchiliklarini) avf etadigan kishilardir» (Oli-Imron surasi, 134-oyat), deb aytgan.

620/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) insonlarning eng xulqlisi edilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

621/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) kaftlaridan mayinroq ipak ham, kimxob ham ushlamadim. Va yana Rasululloh (s.a.v.) hidlaridan xushbo‘yroq hidni topmadim. O’n yil Rasululloh (s.a.v.) xizmatlarida bo‘ldim. Shu vaqt mobaynida biror marta «uf» demadilar. Va biror qilib qo‘ygan ishimga «Nima uchun uni qilding» demadilar. Hamda biror qilmagan ishimga «Uni bundoq qilmadingmi?» deb aytmadilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:34:06
622/3. Sa’b ibn Jassomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohga (s.a.v.) yovvoyi eshak hadya qilsam, u zot uni menga qaytarib berdilar. Qachonki yuzimdagi xafalikni ko‘rganlarida: «Agar ehromda bo‘lmaganimizda, uni senga qaytarmas edim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

623/4. Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) yaxshilik va yomonlik haqida so‘raganimizda, u zot: «Husnu xulq yaxshilikdir. Qalbing taraddudlanib, odamlar o‘sha qilgan ishingdan xabardor bo‘lishlarini karih ko‘rishing yomonlikdir», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:35:01
624/5. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) badxulq ham, shaloq so‘zli ham emasdilar. Va yana: «Sizlarning yaxshilaringiz xulqi yaxshilaringizdir», derdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

625/6. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni mo‘min bandaning tarozusida husnu xulqidan ko‘ra og‘irroq narsa yo‘qdir. Albatta, Alloh taolo uyatsiz so‘zlarni aytuvchi og‘zi shaloq kishilarga g‘azab qiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:37:45
626/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) «Insonlarni jannatga ko‘p kirgizadigan amal qaysi?» deb so‘ralganida, u zot: «Allohga qilingan taqvo va husnu xulq», dedilar. Va yana u zotdan: «Insonlarni do‘zaxga ko‘p kirgizadigan amal qaysi?» deb so‘ralganida, u zot: « Og‘iz va jinsiy a’zolar orqali qilingan gunoh», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

Foyda: Taqvoli va chiroyli xulqli bo‘lishga targ‘ib bor. Hamda kufr, yolg‘on va zinodan ogohlantirish ham bor. Bu hadisda taqvo bilan chiroyli xulqning orasi jamlandi. Chunki taqvo, inson bilan Rabbisi orasini isloh qiladi. Chiroyli xulq esa, inson bilan boshqa insonlar orasini isloh qiladi. Va yana og‘iz bilan jinsiy a’zolar orasi jamlandi. Chunki, og‘izdan kufr kalimasi, g‘iybat va chaqimchilik kabi fahsh so‘zlar sodir bo‘ladi. Jinsiy a’zodan esa, zino sodir bo‘ladi. Bu ikki a’zo saqlanmasa, har turli balolarga sabab bo‘lib, do‘zax tomon olib borishi mumkin.

627/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘minlarning iymon jihatidan komili xulqi yaxshilaridir. Sizlarning yaxshilaringiz xotinlariga xushmuomalada bo‘lganlaridir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2008, 08:40:23
628/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min kishi yaxshi xulqi bilan (kunduzlari) ro‘zador, (kechalari) bedor bo‘lganlarning darajasiga yetadi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

629/10. Abu Umoma al-Bohiliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Haq bo‘la turib janjalni tark etgan kishiga jannat yonidagi bir uyga kafilman. Hazildan bo‘lsa ham, yolg‘onni tark etgan kishiga jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman. Chiroyli xulqli kishiga jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

630/11. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Menga mahbublaringiz va qiyomat kunida majlis jihatidan yaqinlaringiz axloqi yaxshilaringizdir. Menga yomon ko‘rilganlaringiz va qiyomat kunida mendan uzoqlaringiz sergap-ezmalaringiz, axloqsiz so‘zlarni so‘zlovchilaringiz va mutafayqihlardir», dedilar. Shunda sahobalar: «Ey Rasululloh, sergap va axloqsiz so‘zlarni aytuvchini bildik. Ammo mutafayqihlar, deganingiz kim?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.) «Mutakabbirlar», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:20:02
74-BOB
Halimlik, bosiqlik va muloyimlik haqida


Alloh taolo:
«(U taqvodor zotlar)... g‘azablarini ichga yutadigan, odamlarning (xato-kamchiliklarini) avf etadigan kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi» (Oli Imron surasi, 134-oyat).

«(Ey Muhammad), marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring» (A’rof surasi, 199-oyat).

«Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo‘lmas. Siz (har qanday yomonlikni) eng go‘zal so‘zlar bilan daf qiling! (Shunda) banogoh siz bilan o‘rtalaringizda adovat bo‘lgan kimsa qaynoq-sodiq do‘st kabi bo‘lib qolur. Unga (yomonlikni yaxshilik bilan daf qilish xislatiga) faqat sabr-toqatli zotlargina erishurlar, unga faqat ulug‘ nasiba egasigina erishur» (Fussilat surasi, 34-35-oyatlar).

«Albatta, kim (o‘ziga yetgan ozor-aziyatlarga) sabr qilsa va (intiqom olmay Alloh uchun) kechirib yuborsa, shak-shubhasiz bu (ish) ishlarning maqsadga muvofig‘idir» (Sho‘ro surasi, 43-oyat), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:20:45
631/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ashaj Abdulqaysga: «Senda ikki xislat bordir. Alloh o‘sha xislatingni yaxshi ko‘radi. 1. Halimlik. 2. Bosiqlik», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

632/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, Alloh taolo muloyimdir. Va har bir ishda muloyimlikni yaxshi ko‘radi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:20:57
633/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, Alloh taolo muloyimdir. Va muloyimlikni yaxshi ko‘radi. Hamda qo‘pollik va bundan boshqa xislatlarga bermaydigan savobni unga beradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

634/4. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, muloyimlik biror narsaga aralashsa, o‘sha narsani ziynatlaydi. Ammo uni ajratib olinsa, u aybli bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:21:05
635/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir a’robiy masjidga siyib yubordi. Odamlar uning ta’zirini berish uchun o‘rinlaridan turishganida, Rasululloh (s.a.v.): «Uni tek qo‘yinglar. Siygan joyiga bir paqir suv quyib yuboringlar. Albatta, sizlar oson etish uchun yuborilgansizlar. Qiyin qilish uchun yuborilmagansizlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

636/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Oson qilinglar, qiyin qilib qo‘ymanglar. Xursandlik xabarini beringlar, qochirib yubormanglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:21:13
637/7. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki muloyimlikdan mahrum bo‘lsa, yaxshiliklarning barchasidan mahrum bo‘libdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

638/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohga (s.a.v.) «Ey Allohning Rasuli! Menga vasiyat qiling», deganida, u zot: «o‘azab qilma», dedilar. Bu kishi bir necha marta so‘raganida ham Rasululloh (s.a.v.) «o‘azab qilmagin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:21:23
639/9. Abu Ya’lo Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, Alloh taolo har bir ish ustida yaxshi ish qilishni lozim etgan. Agar biror (hayvonni) o‘ldirsangiz yoki so‘ysangiz, chiroyli qilib so‘yinglar. Va sizlardan biringiz so‘yadigan narsasini qiynamasdan pichog‘ini o‘tkirlab olsin», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari.

640/10. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohga (s.a.v.) qachon ikki ishning biri ixtiyor berilsa, agar unda gunoh bo‘lmasa, osonini tanlar edilar. Agar gunoh ish bo‘lsa, odamlarning undan eng uzog‘i bo‘lardilar. U zot o‘zlari uchun hech ham o‘ch olmasdilar. Bordiyu Alloh muhtaram qilgan narsa behurmat qilinsa, unda Alloh uchun o‘ch olardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

641/11. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarga do‘zax harom kishini yoki do‘zax unga harom bo‘lgan kishining xabarini beraymi? U birodarlariga hojat vaqtida yaqin turadigan, tavozu’li va muloyim kishidir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:22:17
75-BOB
Kechirimli bo‘lib, johillardan yuz o‘girish haqida


Alloh taolo:
«(Ey Muhammad), marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring!» (A’rof surasi, 199-oyat),

«Bas, (shunday ekan, ey Muhammad, siz johil kimsalarning yetkazayotgan ozor-aziyatlariga sabr-toqat qiling va ulardan) chiroyli yuz o‘girish bilan yuz o‘giring!» (Hijr surasi, 85-oyat),

«Balki (ularni) avf qilib, kechirsinlar. Alloh sizlarni mag‘firat qilishini istamaysizlarmi?» (Nur surasi, 22-oyat),

«(U taqvodor zotlar)... odamlarning (xato-kamchiliklarini) avf etadigan kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi» (Oli Imron surasi, 134-oyat),

«Albatta, kim (o‘ziga yetgan ozor-aziyatlarga) sabr qilsa va (intiqom olmay Alloh uchun) kechirib yuborsa, shak-shubhasiz bu (ish) ishlarning maqsadga muvofig‘idir» (Sho‘ro surasi, 43-oyat), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:22:51
642/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz Rasulullohga S: «Uhud kunidan tashqari sizning ustingizda boshqa yana qattiq kun bo‘lganmi?» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.): «Ha, qavmingdan ozor yetdi. Bularning eng shiddatlisi Aqaba kuni ulardan yetgan ozordir. Men ibn Abduyolil ibn Abdukulolga o‘z da’vatimni taqdim qilganimda, u men xohlagan da’vatga quloq ham tutmadi. Shu alfozda xafa bo‘lib yo‘lga ravona bo‘ldim. Qarnussao’lib nomli yerga borganimda, o‘zimga kelib, boshimni ko‘tarsam, bir bulut ustimda soya bo‘lib turibdi. Qarasam, Jabroil alayhissalom turibdilar. Keyin u zot menga xitob qilib: «Albatta, Alloh taolo qavmingizning aytgan so‘zini va bergan raddiyalarini eshitdi. Hamda tog‘lar farishtasini xizmatingizga yubordi. Nima xizmatingiz bo‘lsa, buyuring, u bajaradi», dedilar. Keyin tog‘ farishtasi oldiga chaqirib, menga salom berdi. So‘ngra u: «Ey Muhammad, albatta, Alloh taolo qavmingiz sizga aytgan so‘zini eshitdi. Men tog‘ farishtasidirman. Alloh meni sizning xohlagan buyrug‘ingizni ro‘yobga chiqarish uchun yubordi. Agar xohlasangiz, ikki metin qoyani bir-biriga urayin, ular orasida qolib halok bo‘lishsin», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Balki ularning pushti kamaridan Allohga biror narsani sherik qilmay, yakka Uning o‘ziga ibodat qiluvchi kishilar chiqib qolishi mumkin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:22:59
643/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) biror kishini yo xotinlarini yoki xodimlarini qo‘llari bilan urmadilar. Faqatgina Alloh yo‘lidagi jihodda qo‘llari bilan urdilar. Va yana biror kishi tomonidan o‘zlariga yetgan ozor uchun o‘ch olmadilar. Faqatgina Alloh muhtaram qilgan narsa behurmat qilinsa, Alloh uchun o‘ch olardilar. Imom Muslim rivoyatlari.

644/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men Rasululloh (s.a.v.) bilan birga ketayotgan edim. U zotning ustlarida hoshiyasi yo‘g‘on najroniy choponlari bor edi. Bir a’robiy u zotga yetib olib, haligi choponlaridan qattiq tortdi. Men u zotning bo‘yin tomonlariga qarasam, a’robiy choponlarini qattiq tortganidan hoshiyasining izi tushib qolibdi. Keyin u a’robiy: «Ey Muhammad, huzuringdagi Allohning mollaridan menga ham ber», dedi. Rasululloh (s.a.v.) uning bu muomalasiga kulib qo‘ydilar. Va keyin unga biror narsa berib yuborishni buyurdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:23:08
645/4. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rib turgandekman. U zot nabiylardan biri haqida (Allohning ularga salavoti, salomlari bo‘lsin) hikoya qilib: «U nabiyni qavmi urib, yuzlarini qonatib yubordi. U nabiy esa yuzlaridan qonni artib: «Allohim, qavmimni kechirgin. Chunki ular bilmasdan ozor berishdi», dedi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

646/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kurashda kuch bilan yengadigan odam kuchli emas, balki jahli chiqqanida g‘azabini bosib olgan kishi kuchlidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:23:38
76-BOB
Boshqalardan yetgan ozorlarga chidamli bo‘lish haqida


Alloh taolo:
«(U taqvodor zotlar)... g‘azablarini ichlariga yutadigan, odamlarning (xato-kamchiliklarini) avf etadigan kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi» (Oli Imron surasi, 134-oyat).

«Albatta, kim (o‘ziga yetgan ozor-aziyatlarga) sabr qilsa va (intiqom olmay Alloh uchun) kechirib yuborsa, shak-shubhasiz bu (ish) ishlarning maqsadga muvofig‘idir» (Sho‘ro surasi, 43-oyat), deb aytgan.

647/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib, «Ey Allohning rasuli, mening qarindoshlarim bor. Ularga silai rahm qilsam ham, aloqani uzishaveradi. Ularga yaxshilik qilsam ham, yomonlik qilishaveradi. Ularga halimlik qilsam ham, johillik qilishaveradi», deganida, u zot: «Agar aytganing rost bo‘lsa, ularning og‘izlariga issiq kulni solgan bo‘lasan. Modomiki, mana shu holatda bo‘lar ekansan, Alloh tomonidan bir madadkor ularning ziddiga sen bilan birga bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:29:21
77-BOB
Shariat hurmat etgan narsalar behurmat qilinganida g‘azablanish
va Allohning diniga yordam berib, himoya
etishning fazilati to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Kim Alloh harom qilgan narsalarni hurmat (rioya) qilsa, bas, bu Parvardigori nazdida o‘zi uchun yaxshidir» (Haj surasi, 30-oyat).

«Ey mo‘minlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar (ya’ni Uning yo‘lida jihod qilsangizlar), U zot ham sizlarga yordam berur va (jang maydonida) qadamlaringizni sobit-barqaror qilur» (Muhammad surasi, 7-oyat), deb aytgan.

648/1. Abu Mas’ud Uqba ibn Amr al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Men falon kishi uzun qiroat qilgani uchun bomdoddan ortda qolaman», dedi. Rasulullohning (s.a.v.) o‘sha kungi g‘azablanganlaridek birorta mav’izada jahlilari chiqqanini ko‘rmaganman. Rasululloh (s.a.v.) «Ey insonlar! Sizlarning ba’zilaringiz odamlarni jamoatdan qochirar ekansizlar. Bundan keyin sizlardan qaysi biringiz imomlik qiladigan bo‘lsa, namozini qisqa qilsin. Chunki uning orqasida keksa yoshlilar, kichik yoshlilar va hojatmandlar bordir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:29:58
649/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men tokchalarimdan biriga yupqa parda tutib qo‘ygan edim. Uning suratlari bor edi. Rasululloh (s.a.v.) safardan kelib, nogahon unga ko‘zlari tushib qolib, yirtib tashladilar. Va (g‘azablari kelganidan) yuzlari o‘zgarib ketdi. Va u zot: «Ey Oisha, Qiyomat kuni Allohning huzurida hammadan ko‘p azoblanadigan kishi bir narsani yaratishda o‘zlarini Allohga o‘xshatgan kishilardir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

650/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Maxzumiya qabilasidagi bir ayolning o‘g‘irlik qilgani qurayshliklarni g‘amga solib qo‘ydi. Shunda ular: «Kim Rasululloh (s.a.v.) bilan (u ayol jazosining ijro etilmasligi haqida) gaplashadi?» deyishganda, ba’zilari: «Usoma ibn Zayd borib gaplashadi. Chunki uni Rasululloh (s.a.v.) yaxshi ko‘radilar», deyishdi. Bas, Usoma (r.a.) shafe’lik qilib, bu haqda Rasululloh (s.a.v.) bilan gaplashganlarida, u zot (s.a.v.) «Allohning hadlaridan bo‘lgan bir hadda, ya’ni jazosida shafe’lik qilasanmi?» dedilar-da, o‘rinlaridan turib, quyidagicha xutba aytdilar: «Sizlardan oldingi ummatlarning halok bo‘lishlariga sabab, oralarida ulug‘ bir kishi o‘g‘irlik qilib qo‘ysa, jazoni tark qilishar, zaif, oddiy odam o‘g‘irlik qilsa, had (jazo) ijro etishar edi. Alloh nomiga qasamki, Muhammad qizi Fotima o‘g‘irlik qilsa, uning qo‘lini kesar edim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:30:06
651/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) masjidning qibla tomonida balg‘am ko‘rib qoldilar. Bu narsa u zotga juda og‘ir botdi. Hattoki uning asorati yuzlarida ko‘rindi. Bas, o‘rinlaridan turib, uni qo‘llari bilan ishqab ketkazdilar-da: «Sizlardan birortangiz namozda turadigan bo‘lsa, u namozda Rabbisiga murojaat qiladi. Rabbisi esa u bilan qibla orasida bo‘ladi. Shundoq ekan, sizlardan birortangiz qibla tomonga tupurmasin. Balki chap tomoniga yoki qadami ostiga tupursin», deb, keyin choponlarining bir tomoniga tupurdilar-da, uni bir-biriga ishqab: «yoki mana shundoq qilsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Chap tomoni va oyog‘i ostiga tupurishi masjiddan tashqaridadir. Agar masjid ichida tupurishga majbur bo‘lib qolsa, choponining bir tarafiga tupurib, ishqab tashlasin.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:32:06
78-BOB
Boshliqlar o‘z qo‘l ostidagilarga muloyim, xayrixoh va shafqatli
bo‘lishlari, ularni aldash, qo‘pollik qilish, hojatmandlaridan
g‘aflatda bo‘lishdan qaytariq haqida


Alloh taolo:
«O’zingizga ergashgan mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni ularga xush xulq bilan kamtarona munosabatda bo‘ling)» (Shuaro surasi, 215-oyat),

«Albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur hamda buzuqlik, yomon ishlar va zo‘ravonliklardan qaytarur» (Nahl surasi, 90-oyat), deb aytgan.

652/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Barchalaringiz homiysiz va qo‘l ostingizdagilarga mas’ulsiz. Imom homiydir. Va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Kishi o‘z ahliga homiydir. Va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Xotin erining uyida homiydir va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Xizmatkor boshlig‘i molida homiydir. Va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Barchangiz homiysiz va qo‘l ostingizdagilarga mas’ulsiz», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Har bir shaxsning jamiyat oldidagi mas’uliyati, har bir erkakning ahli huzuridagi mas’uliyati, har bir ayolning eri xonadonidagi mas’uliyati va barcha insonlarning boshqa kishilar oldidagi mas’uliyati bor.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:32:23
653/2. Abu Ya’lo Ma’qal ibn Yasordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror bandani Alloh taolo bir jamoaga boshliq qilsayu, u o‘z qo‘l ostidagilarni aldab bu dunyodan o‘tsa, Alloh taolo unga jannatni harom qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda: «Boshliq o‘z qo‘l ostidagilarga jonkuyarlik qilmagan holda o‘lsa, jannat hidini hidlamaydi», deyilgan.

Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Qaysi bir amir musulmonlar ishida boshliq bo‘lsayu, ularga jonkuyar va xayrixoh bo‘lmasa, ular bilan birga jannatga kirmaydi», deyilgan.

654/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) mening uyimdalik paytlarida quyidagicha so‘zlarni aytardilar: «Allohim, kimni ummatimning ishida boshliq qilsang-u, u qo‘l ostidagilarga beshafqat bo‘lsa, Sen ham unga beshafqat bo‘lgin. Kimni ummatimning biror ishida boshliq qilsang-u, u qo‘l ostidagilarga muloyim bo‘lsa, Sen ham unga muloyim bo‘lgin». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:34:25
655/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bani Isroil jamoasiga payg‘ambarlar boshliq bo‘lar edi. Qachon bir payg‘ambar vafot etsa, o‘rniga boshqa payg‘ambar qolar edi. Mendan keyin esa payg‘ambar yo‘qdir. Balki mendan keyin yaqin kunlarda xalifalar bo‘lib, ular ko‘payib ketishadi», dedilar. Sahobalar: «Ey Allohning Rasuli! O’sha kun kelsa, bizga nimani buyurasiz?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Avval kimga bay’at qilgan bo‘lsangiz, o‘shanga vafodor turing. Keyin o‘sha avvalgining haqqini ado qilib bering. O’zingizning haqqingizni esa Allohdan so‘rang. Chunki Alloh boshliq etib tayinlaganlardan o‘zi so‘roq-savol qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

656/5. Oiz ibn Amrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Ubaydulloh ibn Ziyodning huzuriga kirib: «Ey o‘g‘ilcham, men Rasulullohdan (s.a.v.) eshitganman. Albatta, boshliqlarning yomoni qo‘l ostidagilarga ozor yetkazadiganidir. Sen ana shunaqa bo‘lishdan chetlangin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:34:51
657/6. Abu Maryam al-Azdiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Muoviyaga (r.a.): «Men Rasulullohdan (s.a.v.): «Kimni Alloh musulmonlar ishida boshliq qilsayu, u o‘zi bilan musulmonlar orasini to‘sib turuvchi qo‘riqchi qo‘ysa, shu tufayli musulmonlar o‘z hojatlari, ehtiyojlari va kambag‘alliklarini ayta olishmasa, Alloh taolo ham Qiyomat kuni o‘sha boshliqning hojatini va arz-dodini tinglamaydi», deganlarini eshitdim», deb aytdilar. Muoviya bu hadisni eshitganlaridan keyin odamlarning hojatini chiqaradigan bo‘ldilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:36:17
79-BOB
Adolatli boshliqning fazilati haqida


Alloh taolo:
«Albatta, Alloh adolatga va chiroyli amallar qilishga... buyurur» (Nahl surasi, 90-oyat),

«(Mudom) adolat qilinglar! Zero Alloh adolat qilguvchilarni sevar» (Hujurot surasi, 9-oyat), deb aytgan.

658/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo yetti toifa kishiga soya yo‘q kunda o‘z soyasidan (Qiyomat haroratida Arshning soyasidan) panoh berur: 1) odil podshoh; 2) Allohning ibodatida o‘sgan yigit; 3) masjidga qalbi muallaq (bog‘liq) bo‘lgan kishi, ya’ni masjiddan chiqib, to unga qaytgunicha qalbi bog‘liq bo‘luvchi; 4) Alloh yo‘lida do‘st bo‘luvchi ikki birodar shaxs, ular Alloh yo‘lida jam bo‘lib, Uning yo‘lida ajraladilar; 5) bir kishini husnu jamolda tenggi yo‘q ayol (yomon niyatda) o‘z nafsiga chaqirsa, u kishi Allohdan qo‘rqaman, deb javob qilsa; 6) bir kishi biror sadaqa qilsa, o‘sha bergan sadaqasini shu darajada maxfiy qilsaki, o‘ng qo‘li bilan berganini chap qo‘li sezmasa; 7) bir kishi xoli holda Allohni eslaganida, ko‘zidan yosh oqsa», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:36:30
659/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Adolatli bo‘lgan (boshliq)lar uchun Alloh huzurida nurdan bo‘lgan minbarlar bordir. Ya’ni u boshliqlar hukm chiqarishda, o‘z ahllari va o‘z vazifalariga adolatli bo‘lishadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

660/3. Avf ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlarning yaxshi hokimlaringiz shunday kishilarki, sizlar ularni yaxshi ko‘rasizlar. Ular ham sizlarni yaxshi ko‘rishadi. Sizlar ular haqqiga duo qilasizlar. Ular ham sizlarning haqqingizga duo qilishadi. Yomon hokimlaringiz shunday kishilarki, sizlar ularni yomon ko‘rasizlar. Ular ham sizlarni yomon ko‘rishadi. Sizlar ularni la’natlaysizlar. Ular ham sizlarni la’natlashadi», deganlarida, biz: «Ey Allohning Rasuli, undoq bo‘lsa, ular bilan urushaylikmi?» deganimizda, u zot: «Modomiki namoz o‘qishar ekan, urushmanglar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.

661/4. Iyoz ibn Himordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Uch toifa kishi jannat ahlidir: 1. Adolatga muvaffaq bo‘lgan podshoh; 2. Qarindoshlari va musulmon birodarlariga rahmli hamda qalbi yumshoq kishi; 3. Bolalari ko‘p va o‘zi muhtoj bo‘lasa-da tilanchilik qilmaydigan kishi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:36:51
80-BOB
Gunohga buyurishmasa, boshliqlarga itoat qilishning vojibligi, agar gunohga buyurishsa, itoatda bo‘lishning haromligi to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Ey mo‘minlar, Allohga itoat qilingiz va payg‘ambarga hamda o‘zlaringizdan bo‘lgan (ya’ni musulmon) hokimlarga bo‘yinsuningiz» (Niso surasi, 59-oyat), deb aytgan.

662/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Har bir musulmon kishi, agar gunohga buyurilmasa, boshlig‘ining so‘ziga, yaxshi ko‘rsa ham, yomon ko‘rsa ham, eshitib itoat qilishi lozim. Agar bordiyu, gunoh bo‘lsa, eshitish ham, itoat qilish ham yo‘q», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

663/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.)ning aytgan so‘zlarini eshitib, itoat etishga bay’at qilsak, u zot: «Agar toqatlaringiz yetadigan narsaga hukm qilinsa», der edilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Agar boshliq toqat yetadigan ishga buyursa itoat qilinadi. Aksincha itoat yo‘qdir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:38:37
664/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim boshlig‘iga itoat qilishdan bosh tortsa, Qiyomat kuni hujjati yo‘q holatda yo‘liqadi. Kimki musulmonlar jamoatiga bog‘lanmay o‘lsa, johiliyat davridagilardek o‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Kimki jamoatdan ajragan holda vafot etsa, johiliyat zamonasidagilardek o‘ladi», dedilar.

665/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlarga mayizday qora habashiy qul boshliq qilinsa ham, eshitib itoat qilinglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:38:44
666/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Boshlig‘ingga qiyinchilikda ham, yengilchilikda ham, xursandlikda ham, xafalikda ham, haqqingni bermaganida ham, eshitib itoat qil!» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

667/6. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga safarda yurib, bir manzilga tushdik. U yerda kimdir kapasini tuzatayotgan edi. Va kimdir o‘q otish musobaqasi ila mashg‘ul edi. Va yana kimdir hayvonlarini o‘tlatayotgan edi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) jarchilaridan biri jar solib, jamoat namoziga chaqirdi. Biz u zot huzurlariga jamlandik. U zot: «Mendan oldin biror payg‘ambar kelgan bo‘lsa, bilgan yaxshilikka o‘z ummatini dalolat qilib, bilgan yomonlikdan o‘z ummatini ogohlantirish uning zimmasidadir. Albatta, bu ummatning avvalgi avlodiga ofiyat nasib qilingandir. Ummatning oxirgi avlodiga esa balolar va inkor qilinadigan ishlar bo‘ladi. Shunaqa fitnalar bo‘ladiki, ba’zisi (katta bo‘lganidan) ba’zisini tekislab ketadi. Va yana bir fitna paydo bo‘ladiki, mo‘min kishi uni ko‘rganda mana shu halok qiladi, deydi. Keyin undan bu fitna ketadi. Va yana har xil fitna bo‘ladi. Mo‘min kishi: «Bu meni halok qiladi. Bu meni halok qiladi», deydi. Kim do‘zaxdan uzoqlashib, jannatga kirishni istasa, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirib o‘lsin. Va o‘ziga qanday muomala qilinishini yaxshi ko‘rsa, odamlarga ham shunday muomala qilsin. Kim bir imomga qo‘lini berib, chin qalbdan bay’at qilgan bo‘lsa, qodir bo‘lgunicha itoat etsin. Agar ikkinchi imom chiqib, o‘sha bay’at qilgan birinchi imomi bilan nizo qilsa, o‘sha ikkinchisining gardaniga uringlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:38:53
668/7. Abu Hunayda Voil ibn Hujrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Salama ibn Yazid al-Ja’fiy (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.) «Ey Allohning nabiysi, agar bizning tepamizga o‘z haqlarini bizdan talab qilib, bizlarning haqqimizni ado etmaydigan amirlar kelishsa, nima qilmog‘imizni buyurasiz?» deb so‘raganlarida, Rasululloh (s.a.v.) javob bermay, yuzlarini o‘girdilar. Keyin yana so‘raganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Shunda ham sizlar ularning so‘zlarini eshitib, itoat qilinglar. Chunki ular o‘z vazifalariga mas’uldirlar. Sizlar ham o‘z vazifangiz (ya’ni itoat etish)ga mas’uldirsiz», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

669/8. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mendan keyin laganbardorlik, hamda inkor qilinadigan noshar’iy ishlarni ko‘rasizlar!» deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, shunday kun kelsa, nima qilishga buyurasiz?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Ustingizda bo‘lgan haqlarni ado etinglar. Va o‘z haqlaringizni Allohdan talab qilinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:39:01
670/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim menga itoat qilsa, batahqiq Allohga itoat qilibdi. Kim menga osiylik qilsa, batahqiq Allohga osiylik qilibdi. Kim amiriga itoat qilsa, batahqiq menga itoat qilibdi. Kim amiriga osiylik qilsa, batahqiq menga osiylik qilibdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

671/10. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim amirining ishida biror narsani karih ko‘rsa, sabr qilsin. Chunki amirining itoatidan biror qarich tashqariga chiqsa, johiliyatda o‘lgan kabi vafot etadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

672/11. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim podshohini xo‘rlasa, Alloh ham uni xo‘rlaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:39:22
81-BOB
Amirlikni o‘zi so‘rab kursiga o‘tirishdan qaytarish hamda tayin
etilmasa yoki majburiyat bo‘linmasa, uni
tark qilishning afzalligi


Alloh taolo:
«Biz o‘sha Oxirat diyorini Yer yuzida zulmu zo‘ravonlik va buzg‘unchilik qilishni istamaydigan kishilar uchun qilurmiz. Oqibat taqvo qilguvchi kishilarnikidir» (Qasos surasi, 83-oyat), deb aytgan.

673/1. Abu Said Abdurahmon ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga: «Ey Abdurahmon ibn Samura, amirlikka o‘zing talabgor bo‘lma! Chunki o‘zing talabgor bo‘lmasdan, seni amir etsalar, u holda Alloh O’zi sening madadkoring bo‘ladi. Agar o‘zing talabgor bo‘lib, amir bo‘lsang, bu holda Alloh o‘zingga topshirib qo‘yadi. Va yana agar sen bir narsaga qasam ichsang, keyin yaxshilik uning aksida bo‘lsa, o‘sha yaxshisini ixtiyor qilgin-da, buzgan qasamingning kafforatini bergin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

674/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Zarr, men seni bechorahol kishi, deb bilaman. O’z nafsimga nimani yaxshi ko‘rsam, senga ham o‘sha narsa bo‘lishini yaxshi ko‘raman. Senga nasihatim shuki, hech ham ikki kishi ustidan boshliq bo‘lma. Va hargiz yetimning moli topshirilsa, uni ola ko‘rma», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 06:39:29
675/3. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men: «Ey Allohning Rasuli, meni ham biror yerga boshliq qilmaysizmi?» deganimda, u zot qo‘llari bilan yelkamga urib: «Ey Abu Zarr, sen bechorahol bir kishidirsan. Boshliqlik bu dunyoda omonat, Qiyomatda esa xo‘rlik va nadomatdir. Faqatgina kim haq yo‘l bilan uni qo‘lga kiritib, haqqini yaxshi suratda ado etsa, xo‘rlik va nadomat yo‘qdir», dedil ar. Imom Muslim rivoyatlari.

676/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlar amir (boshliq) bo‘lishga ko‘p rag‘bat qilasizlar. Vaholanki boshliqlik Qiyomat kuni nadomatdir», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:13:18
82-BOB
Podshoh, qozi va boshqalarning ish boshqarish uchun solih
vazirlarni olib, a’yonlarning yomonini yaqinlashtirmay,
maslahatlaridan chetlanishlariga targ‘ib bayoni


Alloh taolo:
«U kunda do‘stlar bir-biriga dushmandir, magar (Alloh yo‘lida do‘stlashgan) taqvodor zotlargina (mangu do‘stdirlar)» (Zuxruf surasi, 67-oyat), deb aytgan.

677/1. Abu Said va Abu Hurayralardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh qaysi bir payg‘ambarni yuborsa yoki xalifani tayin etsa, albatta, ularning ikki qism sirdoshlari bo‘ladi. Biri yaxshilikka buyurib, unga dalolat qiladi. Ikkinchisi yomonlikka buyurib, unga dalolat qiladi. Alloh asragan odam pok kimsadir», dedil ar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

678/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar Alloh bir amir (boshliq) ga yaxshilikni iroda qilsa, unga rostgo‘y vazirni nasib qiladiki, boshliq esidan chiqargan narsani u esiga soladi. Agar esida bo‘lsa, uni ro‘yobga chiqarishga yordam beradi. Bordiyu Alloh boshliqqa yomonlikni iroda qilsa, unga yomon vazirni nasib qiladiki, agar boshliqning esidan chiqsa, u esiga solmaydi. Agar eslasa, yordam bermaydi», dedilar. Bu hadisni Abu Dovud Imom Muslimning shartlariga muvofiq yaxshi isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:13:45
83-BOB
Amirlikka, qozilikka yoki boshqa shu kabi muhim vazifalarga o‘zi
xohlab, talabgor bo‘lgan hamda o‘zini taklif qilgan kishini o‘sha
mansabga tayin qilishdan qaytarish xususida


679/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men va amakimning ikki o‘g‘li Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirdik. Ulardan biri: «Ey Allohning Rasuli! Alloh sizni boshliq etgan mamlakatning ba’zi joylariga bizni amir qilsangiz», dedi. Ikkinchisi ham avvalgiga o‘xshash so‘z aytdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Alloh nomiga qasamki, biz boshliqlikka talabgor bo‘lib, unga xirs qilgan biror kishini u vazifaga tayinlamaymiz», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:14:01
ODOB KITOBI

84-BOB
Hayo va uning fazilati hamda unga odatlanmoqqa
targ‘ib qilish haqida


680/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ansoriy bir kishi oldidan o‘tayotgandilar, u ansoriy birodariga nasihat qilib turgan ekan (ya’ni juda qattiq hayoli bo‘lma! O’zingga qiyin bo‘ladi, deb). Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Buni o‘z holiga qo‘ygin. Chunki hayo iymondandir (ya’ni iymoni bor kishining hayosi bo‘ladi)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Hayo iymonni mukammalligidandir. Chunki hayoli kishi yomon amallarni qilishdan o‘zini to‘xtatadi. Hayo toatga undaydi. Hayo inson xilqatida bor bo‘lgan g‘ariza bo‘lib, xulqlanish, uni kasb qilish va shariat odoblariga amal qilish orqali kuchaytiriladi.

681/2. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Hayo hamisha yaxshilik olib keladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Muslimning rivoyatlarida: «Hayoning hammasi xayrlidir», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:15:06
682/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Iymonning yetmish nechta yoki oltmish nechta ham bo‘lagi (sho‘‘basi) bordir. Ularning afzali «La ilaha illalloh»dir. Eng pasti yo‘ldan aziyat beruvchi narsani olib tashlashdir. Hayo ham o‘sha iymon bo‘laklaridan biridir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

683/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) parda ortidagi bokira qizdan ham hayoliroq edilar. Agar u zot biror narsani karih ko‘rsalar, biz u zotning yuzlaridan bilib olar edik. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Ulamolar: «Hayo bir xulqdirki, kishini yomon ish qilgani qo‘ymaydi. Hamda haqdorning haqqini ado qilishda paydo bo‘ladigan sustlikdan man qiladi», deyishgan.

Abulqosim Junayd aytadilar: «Hayo — Allohning ne’matlarini va o‘zining shukridagi qusurlikni his etishdir. Bularning o‘rtasidagi bir holat yuzaga keladiki, u hayo deb nomlanadi. Vallohi a’lam».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:15:23
85-BOB
Sir saqlashning fazilati to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Ahdga vafo qilinglar. Zero ahd-paymon (Qiyomat kuni) mas’ul bo‘linadigan ishdir» (Isro surasi, 34-oyat), deb aytgan.

684/1. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni Alloh huzurida yomon maqomdagi kishi shunday kishiki, u o‘z xotini bilan jinsiy aloqada bo‘lib, bir-birlarining a’zolariga nazar tashlab, keyin xotinidagi sirlarni tarqatadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

685/2. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Umarning (r.a.) qizlari Hafsa beva bo‘lib qolganida, Umar (r.a.) Usmon ibn Affonga yo‘liqib, Hafsani Usmonga (r.a.) taklif qilib: «Xohlasangiz, qizim Hafsani sizga nikohlab qo‘yaman», dedilar. Usmon (r.a.): «Bir o‘ylab ko‘raman», dedilar. Umar (r.a.): «Bu gapdan keyin bir kecha kutdim. So‘ngra Usmon (r.a.) menga yo‘liqib: «Ravshan bo‘ldiki, bugungi kunda uylana olmas ekanman», dedilar. Keyin Abu Bakr Siddiqqa (r.a.) yo‘liqib. Agar xohlasangiz, qizim Hafsaga sizni uylantirib qo‘yaman», desam, u zot biror narsa demay jim turdilar. Men Usmonga (r.a.) nisbatan Abu Bakrdan (r.a.) xafa bo‘ldim. Shundan bir necha kun o‘tgach Rasululloh (s.a.v.) sovchi bo‘ldilar. Men qizimni Rasulullohga (s.a.v.) nikohlab qo‘ydim. Keyin Abu Bakr (r.a.) menga yo‘liqib: «Ey Umar, qizingni menga taklif qilganingda biror javob qilmasdan jim turganimdan xafa bo‘lgan bo‘lishing mumkin», degandilar. Men: «Ha», deb javob berdim. Shunda Abu Bakr (r.a.): «Sen qizingni taklif etganingda biror mone’lik yo‘q edi. Lekin Rasululloh (s.a.v.) qizingni nikohlariga olish istaklari borligini bilar edim. Men u zotning sirlarini fosh qilmay, deb javob bermadim. Agar u zot qizingni nikohlariga olmaganlarida, albatta, men olar edim», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:15:34
686/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) hamma xotinlari u zotning huzurlarida turishgan edi. Shu payt qizlari Fotima (r.a.) kelib qoldilar. Fotimaning (r.a.) yurishlari otalarining yurishlaridan hech farq qilmas edi. Otalari Fotimani ko‘rib: «Marhabo, xush kelibsiz, qizim», deb peshvoz chiqdilar. Keyin o‘ng tomonlariga yoki chap tomonlariga o‘tkazdilar. Va quloqlariga nimanidir pichirlab gapirdilar. Fotima (r.a.) bu so‘zdan qattiq yig‘ladilar. Rasululloh (s.a.v.) qizlaridagi betoqatlikni ko‘rib, yana qizlarining qulog‘iga nimanidir pichirladilar. Fotima (r.a.) bundan kuldilar. Shunda men Fotimaga (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) shuncha xotinlari ichida sizni xoslab, sir aytsalar, siz nimaga yig‘laysiz?» dedim. Keyin Rasululloh (s.a.v.) o‘rinlaridan turib ketganlarida, Fotimadan &: «Rasululloh (s.a.v.) senga nima dedilar?» deb so‘rasam, u: «Rasulullohning (s.a.v.) sirlarini fosh qilmayman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) vafot etganlarida, men yana Fotimadan (r.a.): «Onalik haqqi-hurmati, Rasululloh o‘sha kuni nima dedilar?» desam, Fotima (r.a.): «Endi mayli, aytib beraman. Avvalgi gal qulog‘imga pichirlaganlarida aytdilarki: «Jabroil alayhissalom har yili kelib bir (yo ikki) marta Qur’onni ko‘rikdan o‘tkazardilar. Hozir ikki marta Qur’onni ko‘rikdan o‘tkazdilar. Ajalim yaqinlashib qolganini his qilayapman. Allohdan taqvo qilib, sabr etgin. Men sen uchun naqadar yaxshi peshvodirman». Shu gapdan keyin siz guvohi bo‘lgan o‘sha yig‘i zohir bo‘ldi. Mendagi betoqatlikni ko‘rib, ikkinchi marta qulog‘imga pichirlab: «Ey Fotima, mo‘mina ayollarning sayyidasi yoki bu ummat ayollarining sayyidasi bo‘lishga rozi emasmisan?» degandilar. Mana shu gapdan keyin siz o‘sha guvohi bo‘lgan kulgu zohir bo‘ldi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Lafz Imom Muslimniki
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:15:43
687/4. Sobit (r.a.) Anasdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida, Anas (r.a.): «Men bolalar bilan o‘ynayotgan edim. Rasululloh (s.a.v.) bizning huzurimizga kelib, salom berdilar va meni bir ish bilan bir joyga yubordilar. O’sha xizmat sabab bo‘lib, onamning xizmatlaridan kechikdim. Qachonki onam huzurlariga kelsam, onam: «Nima uchun kech qolding?» deb so‘radilar. Men: «Rasululloh (s.a.v.) meni bir ish bilan yubordilar», dedim. Onam: «Nima ish ekan?» deb so‘radilar. Men: «U - sir», deb aytdim. Shunda onam: «Rasulullohning (s.a.v.) sirlarini hech bir kishiga aytmagin», dedilar. Anas (r.a.): «Allohga qasamki, ey Sobit, agar u sirni biror kishiga aytganimda, senga allaqachon gapirib bergan bo‘lar edim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Imom Buxoriy esa ba’zisini qisqa holatda rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:16:05
86-BOB
Ahdga vafo qilish hamda va’da qilgan narsani kechiktirmay
bajarishning fazilati haqida


Alloh taolo:
«Ahdga vafo qilinglar. Zero ahd-paymon (Qiyomat kuni) mas’ul bo‘linadigan ishdir» (Isro surasi, 34-oyat).

«Ahd-paymon bergan vaqtlaringizda Allohga bergan ahdingizga vafo qilingiz» (Nahl surasi, 91-oyat).

«Ey mo‘minlar, ahdlarga (o‘zaro kelishgan bitimlarga) vafo qilingiz« (Moida surasi, 1-oyat).

«Ey mo‘minlar, nega sizlar o‘zlaringiz qilmaydigan narsani (qilamiz deb) aytursizlar? Sizlarning o‘zlaringiz qilmaydigan ishni (qilamiz deb) aytishlaringiz Alloh nazdida o‘ta manfur (ishdir)» (Saf surasi, 2-3-oyatlar), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:16:15
688/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Munofiqning alomati uchtadir. Agar so‘zlasa, yolg‘on gapiradi. Agar va’da bersa, unga xilof qiladi. Agar omonat qo‘yilsa, xiyonat qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslim rivoyatlarida esa: «Agar ro‘za tutib, namoz o‘qib, o‘zning musulmon ekanini gumon qilsa ham...» deb ziyoda qilganlar.

689/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimda to‘rt xislat bo‘lsa, haqiqiy munofiqdir. Demak, kimda mana shu xislatlardan birortasi bo‘lsa, uni tark qilgunicha, unda nifoqlik bordir. Agar omonat berilsa, xiyonat qiladi. Gapirsa, yolg‘on so‘zlaydi. Ahdlashilsa, shartnoma tuzilsa, ustidan chiqmaydi. Xusumatlashilsa, buzuqlik qiladi», deganlar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

690/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga: «Agar Bahrayndan mol kelsa, shuncha, shuncha va shuncha beraman», deb ikki hovuchlarini ko‘rsatdilar. U mol hali kelmay turib, Rasululloh (s.a.v.) vafot etdilar. Qachonki Bahrayndan mol kelganida, Abu Bakr (r.a.) jarchilarga buyurdilar. Jarchilar esa: «Kimning Rasulullohdan (s.a.v.) olgan va’dasi yoki bergan va’dasi bo‘lsa, bizning huzurimizga kelsin», deyishdi. Keyin men Abu Bakrning (r.a.) huzuriga borib: «Rasululloh (s.a.v.) menga shuncha va shuncha narsalarni va’da qilgandilar», dedim. Bas, Abu Bakr (r.a.) menga bir hovuch olib berdilar. Uni sanasam, besh yuz dona ekan. Abu Bakr (r.a.): «Yana ikki hissa olgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:16:38
87-BOB
Odatlangan yaxshi amallarda bardavom bo‘lishning fazilati haqida


Alloh taolo:
«Aniqki, to biron qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha, Alloh ularning ahvolini o‘zgartirmas» (Ra’d surasi, 11-oyat).

«Qasamlaringizni (buzib) aldov vositasi qilishingiz bilan (ya’ni boshqa boyroq va kuchliroq qavmni topsangiz, avvalgi qasamingizdan kechib ketaverishingiz bilan) xuddi o‘zi to‘qigan narsasini pishiq-puxta bo‘lganidan so‘ng parcha-parcha qilib, buzib, chuvatib tashlagan xotinga o‘xshab qolmangiz» (Nahl surasi, 92-oyat).

«(Shuningdek, ular uchun) ilgari Kitob ato etilgan, so‘ng (ular bilan payg‘ambarlari o‘rtasidagi) muddat uzaygach, dillari qotib ketgan kimsalar (ya’ni yahudiy va nasroniylar) kabi bo‘lib qolmaslik (vaqti kelmadimi)?» (Hadid surasi, 16-oyat), deb aytgan.

691/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga: «Ey Abdulloh, falonchi kishi kabi bo‘lmagin. U kechasi (tahajjud namoziga) turardi, keyin kechasi turishni tark qildi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:16:50
88-BOB
Odamlar bilan gaplashganda shirin so‘z, ochiq chehrali
bo‘lishning mahbubligi to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni mudom kamtar, tavozu’li bo‘ling)» (Hijr surasi, 88-oyat).

«Agar qo‘pol, qattiq dil bo‘lganingizda edi, albatta, (sahobalaringiz) atrofingizdan tarqalib ketgan bo‘lar edilar» (Oli Imron surasi, 159-oyat), deb aytgan.

692/1. Adiy ibn Hotamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Xurmoning yarmini (kambag‘alga berib bo‘lsa ham) do‘zaxdan saqlaninglar. Kimki yarimta xurmoni topa olmasa, chiroyli so‘z bilan uni siylasin», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Ozgina narsa bo‘lsa ham sadaqa berishning mahbubligi, agar biror narsa topa olmaganda esa chiroyli so‘zini ayamasligi ma’lum bo‘lyapti.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:16:58
693/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Yaxshi so‘z ham sadaqadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

694/3. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga: «Yaxshiliklardan birortasini past sanamagin. Birodaringga yo‘liqqaningda kulimsirab qarashdagi yaxshilikni ham past sanamagin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:17:11
89-BOB
Gapirilayotgan kishiga tushunarli qilib so‘zlashning hamda
tushunmasa, takror gapirmoqning mahbubligi haqida


695/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qachon gapirsalar, uch marta qaytarardilar. Eshituvchilar tushunishlari uchun shunday qilardilar. Qachon bir qavmga borib salom bersalar, uch bor takrorlardilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

696/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) so‘zlari dona-dona bo‘lib, eshituvchi har bir kishi bemalol tushunar edi. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:17:20
90-BOB
Bir kishi man qilinmagan so‘zlarni gapirayotgan bo‘lsa,
yonidagilar uning so‘ziga quloq solmog‘i hamda olim va voizlar
majlisdagilarni jim qilishi xususida


697/1. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga vidolashuv hajida: «Odamlarni jim qil», dedilar, keyin xaloyiqqa qarab: «Yana sizlar mendan keyin kofir bo‘lib, bir-biringizning gardaningizga (qilich) urib yurmanglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:17:36
91-BOB
Mav’iza va uni qisqa qilishning fazilati to‘g‘risida


Alloh taolo:
«(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li — diniga donolik-hikmat va chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling» (Nahl surasi, 125-oyat), deb aytgan.

698/1. Abu Voil Shaqiq ibn Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ibn Mas’ud (r.a.) har payshanba kuni mav’iza qilib berardilar. Shunda bir kishi: «Ey Abu Abdurahmon (ibn Mas’ud), bizga har kuni mav’iza qilib berishingizni istardim», dedi. Ibn Mas’ud: «Sizlarga malol kelishini karih ko‘rmog‘im meni har kuni mav’iza qilishdan qaytaradi. Va Rasululloh (s.a.v.) bizga malol kelishidan qo‘rqib mav’iza havola qilganlaridek, men ham sizlarga shunday mav’iza taqdim etaman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

699/2. Abu Yaqzon Ammor ibn Yosirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishining namozini uzun qilib, xutbasini qisqa qilishi faqihligiga dalolat qiluvchi alomatdir. Bas, shunday ekan, namozlaringizni uzun qilib, xutbalarni qisqa qilinglar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:17:45
700/3. Muoviya ibn Hakam as-Sulamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni men Rasululloh (s.a.v.) bilan namoz o‘qiyotgan edim. Shu payt qavm orasida bir kishi aksa urib qoldi. Men: «Yarhamukalloh», desam, qavmdagilarning barchalari nazarlarini menga qaratishdi. «Voy, meni onam yo‘qotsin, nimaga menga bunday qarayapsizlar?» desam, ular qo‘llarini tizzalariga ura boshlashdi. Ular meni jim qilmoqchi bo‘lishdi. Lekin men xafa holda jim bo‘ldim. Keyin Rasululloh (s.a.v.) namoz o‘qib bo‘ldilar. Ota-onam u zotga fido bo‘lsin, bundan oldin ham, keyin ham ta’lim berishda u zotdan yaxshiroq muallimni ko‘rmadim. Alloh nomiga qasamki, bu ishim uchun meni na jerkidilar, na urdilar va na so‘kdilar. Balki u zot: «Albatta, namoz (shu darajada ulug‘ ibodatki), odamlar o‘z o‘rtalarida gapiriladigan biror so‘zni gapirish durust emas. Albatta, namoz faqat tasbeh, takbir va Qur’on qiroati kabi amallardir», dedilar. Yoki u zot shunga o‘xshash so‘z aytdilar. Men: «Ey Allohning Rasuli, yaqindagina johiliyatdan (xalos bo‘lgan) kishiman. Mana, Islom dini keldi. Ba’zilarimiz folbinga borishadi», desam, u zot: «Ular huzuriga bormagin», dedilar. Keyin men yana: «Bizlardan ba’zilarimiz shumlanishadi», desam, u zot: «Shumlanish kishilarning qalbida bo‘ladigan narsadir. Lekin uning sababidan qilinadigan ishlarni to‘xtatib qo‘yishmasin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:17:54
701/4. Irboz ibn Soriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) bizga yetuk bir va’z aytdilar. Qalblar vahimaga tushdi va ko‘zlardan yosh oqdi. Shunda biz: «Ey Rasululloh, vidolashuvchi mav’iza bo‘lsa kerak, bizga vasiyat qiling», desak, u zot: «Sizlarga Allohdan taqvo qilishni hamda agar habash qul boshliq etilsa ham, eshitib itoat etishni vasiyat qilaman. Chunki sizlardan qaysi biringiz (uzoq) yashaydigan bo‘lsa, ko‘p ixtiloflarni ko‘radi. Ana shu paytda mening sunnatimni va to‘g‘ri yo‘ldagi xulafoi roshidinlar sunnatini o‘zingizga lozim topib, uni oziq tishlaringiz bilan mahkam tishlanglar. Ishlarning yangisidan chetlaninglar. Chunki har bir bid’at zalolatdir», dedilar». Abu Dovud va Termiziylar rivoyati
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:18:15
92-BOB
Viqorli va bosiq bo‘lishning fazilati haqida


Alloh taolo:
«Rahmonning (suyukli) bandalari yerda tavozu’ bilan yuradigan, johil kimsalar (bema’ni) xitoblar qilgan vaqtida ham: «Omon bo‘ling», deb javob qiladigan kishilardir» (Furqon surasi, 63-oyat), deb aytgan.

702/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasulullohni (s.a.v.) mubolag‘a tarzda hamda kichik tillari ko‘rinadigan darajada kulganlarini hech ham ko‘rmadim. U zot faqat tabassum qilardilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Kulgini ozaytirishning mahbubligi aytilyapti. Chunki ko‘p kulgi Allohdan g‘aflatda qolishga olib boradi hamda do‘stlar orasida obro‘ va haybatni ketkazadi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:18:32
93-BOB
Namoz, ilm majlislari va boshqa ibodat amallariga
xotirjamlik va viqor bilan kelishning fazilati to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Kim Alloh qonunlarini hurmat qilsa, bas, albatta, (bu hurmat) dillarning taqvodorligi sababli bo‘lur» (Haj surasi, 32-oyat), deb aytgan.

703/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar namozga iqomat aytilsa, yugurib kelmanglar. Balki yurib (ohista) kelinglar. O’zingizga xotirjamlikni lozim tuting. Imomga yetib kelsangiz, u bilan o‘qinglar. O’tib ketgan bo‘lsa, oxiriga yetkazib, o‘zingiz (qolib ketganini) mukammal qilinglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Muslimning rivoyatlarida: «Sizlardan qaysi biringiz namoz o‘qishni qasd qilsa, go‘yoki namoz ichida turgan hisoblanadi»ni ziyoda qilingan.

704/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Arafa kuni Rasululloh (s.a.v.) bilan birga edilar. Rasululloh (s.a.v.) ketaturib, orqa tomonlaridan urib haydalganidan chopib kelayotgan tuyaning qattiq ovozini eshitdilar. Keyin ularga qamchilari bilan ishora qilib: «Ey insonlar, o‘zingizga xotirjamlikni lozim tutinglar. Chunki yaxshilik shoshilish bilan bo‘lmaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Imom Muslim ba’zisini rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:18:46
94-BOB
Mehmonni hurmat qilishning fazilati haqida


Alloh taolo:
«(Ey Muhammad), sizga Ibrohimning izzat-ikromli mehmonlari haqidagi xabar keldimi? O’shanda ular (Ibrohimning) huzuriga kirib: «Salom», deyishgan edi, u ham: «Salom. (Bular) notanish qavm-ku», dedi. So‘ng u asta oilasi oldiga chiqib, (qovurilgan) bir semiz buzoqni keltirdi-da, uni ularga yaqin qilib: «(Taomdan) yemaysizlarmi?», dedi» (Vaz-zoriyat surasi, 24-27-oyatlar).

«(Darhaqiqat, Lut payg‘ambar huzuriga yigitlar kelganini eshitishgach), qavmi uning oldiga chopib kelishdi. Ular ilgaridan yomon ishlar — bachchabozlik qilar edilar. U aytdi: «Ey qavmim, anavi qizlarim (ya’ni shahrimizdagi qizlar) sizlar uchun pokroq-ku (ya’ni o‘shalarga uylanaversangiz bo‘lmaydimi)?! Bas, Allohdan qo‘rqinglar va mehmonlarim oldida meni sharmanda qilmanglar. Orangizda biron to‘g‘ri yo‘lga yurguvchi kishi yo‘qmi?!» (Hud surasi, 78-oyat), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:18:58
705/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, qo‘shnisiga ozor bermasin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Qo‘shnisiga zulm qilmasdan yaxshilik qilish, mehmonini hurmatlash va kam gap bo‘lish iymon alomatlaridandir.

706/2. Abu Shurayh Huvaylid ibn Amir al-Xuzo’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, mehmonni hurmat qilib, uning mukofotini bersin», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, uning mukofotini berish qanaqa bo‘ladi?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Bir kecha va kunduz mehmonni yaxshilab kutsin. Mehmondorchilik uch kundir. Undan ziyodasi sadaqadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning rivoyatlarida Rasululloh (s.a.v.): «Musulmon kishi birodarining huzurida uni gunohkor qilguncha mehmon bo‘lmog‘i darkor emas», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, qandoq qilib gunohkor qiladi?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Uning huzurida birodari shunaqa ko‘p mehmon bo‘lganidan ziyofat qilgulik biror narsa qolmaydi», dedilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:19:26
95-BOB
Biror yaxshi holat paydo bo‘lsa, xursandlik ila xabarini berib, tabriklashning fazilati haqida


Alloh taolo:
«Bas, (ey Muhammad), mening bandalarimga so‘zga quloq tutib, uning eng go‘zaliga (ya’ni najotga eltguvchi rost so‘zga) ergashadigan zotlarga xushxabar bering!» (Zumar surasi, 17-18-oyatlar).

«Parvardigorlari ularga O’z tarafidan rahmat va rizolik hamda ular uchun bo‘ladigan jannatlar xushxabarini berurki, u jannatlarda doimiy ne’matlar bordir» (Tavba surasi, 21-oyat).

«Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar» (Fussilat surasi, 30-oyat).

«Bas, Biz unga bir halim o‘g‘ilning xushxabarini berdik» (Vas-soffat surasi, 101-oyat).

«Darhaqiqat, Bizning elchilarimiz — farishtalar Ibrohimga (Ishoq ismli farzand ko‘rishi haqida) xushxabar bilan keldilar» (Hud surasi, 69-oyat).

«(Parda ortida Ibrohimning) xotini turgan edi. U (farishtalarning Lut qavmini halok qilish uchun kelganliklarini eshitib) kuldi — xursand bo‘ldi. Shunda Biz (farishtalarimiz vositasida) u ayolga Ishoq (ismli o‘g‘il ko‘rishi) haqida va Ishoqdan keyin Ya’qub (ismli nabira ko‘rishi) haqida xushxabar berdik» (Hud surasi, 71-oyat).

«So‘ng mehrobda namoz o‘qib turgan vaqtida unga farishtalar nido qildilar: «(Ey Zakariyo), Alloh senga Allohning so‘zini tasdiq etadigan, (o‘z qavmiga) xoja bo‘ladigan, (shahvatlardan o‘zini) tiyadigan va solih payg‘ambarlardan bo‘ladigan Yahyo ismli farzand xushxabarini berur»(Oli Imron surasi, 39-oyat).

«Farishtalar dedilar: «Yo Maryam, albatta, Alloh senga O’z tomonidan bir So‘z haqida xushxabar beradiki, uning ismi al-Masih Iyso binni Maryam bo‘lur» (Oli Imron surasi, 45-oyat), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:19:36
707/1. Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Xadichaga (r.a.) marvariddan qurilgan jannatdagi uyning xushxabarini berdilar. U yerda befoyda so‘z ham, charchash ham bo‘lmaydi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

708/2. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot uylarida tahorat qilib, ko‘chaga chiqdilar-da: «Bugun Rasulullohni (s.a.v.) topib, u zot bilan birga bo‘laman», dedilar. Bas, masjidga keldilar-da, Rasululloh (s.a.v.) qaerda ekanliklarini so‘radilar. Odamlar: «Rasululloh (s.a.v.) u tomonga ketdilar», deyishdi. Keyin men u zotning izlaridan so‘rab-surishtirib, «Aris» nomli quduqqacha bordim. U zot o‘sha yerga boribdilar. Men darvoza oldida o‘tirdim. U zot esa hojat chiqarayotgan ekanlar. Keyin tahorat qildilar. So‘ngra men u zotning huzurlariga borsam, u zot «Aris» qudug‘ining suffachasiga o‘tirib, oyoqlarini ochib, quduqqa osiltirib turgan ekanlar. Men salom berdim-da, darvoza oldiga borib: «Bugun Rasulullohga (s.a.v.) darvozabon bo‘laman», dedim. Bir ozdan keyin Abu Bakr (r.a.) kelib, darvozani taqillatdilar. Men: «Bu kim?» dedim. «Abu Bakrman», dedilar. Men: «Bir oz turing», dedimda: «Ey Rasululloh, Abu Bakr (r.a.) huzuringizga kirish uchun izn so‘rayaptilar», desam, u zot: «Izn ber va jannatga kirishining xushxabarini ber», dedilar. Men Abu Bakr (r.a.) huzuriga borib: «Kiring, Rasululloh (s.a.v.) sizning jannatga kirishingiz xushxabarini bermoqdalar», dedim. Bas, Abu Bakr (r.a.) kirib, Rasulullohning (s.a.v.) o‘ng tomonlarida birga o‘tirib, bu zot ham xuddi Rasululloh (s.a.v.) qilganlaridek ikki oyoqlarini oshiqlarigacha ochib, quduqqa osiltirdilar. Keyin men qaytib joyimga bordim. O’z ukamni uyda qoldirib kelgan edim. Tahorat qilib, orqamdan yetib kelmoqchi edi. Ichimda: «Agar Alloh bu ukamga yaxshilikni xohlagan bo‘lsa, yetib kelar», derdim. Shu payt bir kishi kelib, darvozani taqillatib qoldi. Men: «Kim bu?» desam, u: «Umar ibn Xattobman», dedi. Men: «Bir oz kutib turing», dedim-da, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, salom berib: «Umar huzuringizga kirish uchun izn so‘rayaptilar», desam, u zot: «Uning kirishi uchun izn ber va jannatga kirishining xushxabarini yetkaz», dedilar. Men Umar (r.a.) huzurlariga borib: «Rasululloh (s.a.v.) kirishingiz uchun izn berib va jannatga kirishingizning xushxabarini bermoqdalar», dedim. Umar (r.a.) ham Rasululloh (s.a.v.) bilan birga suffada chap tomonlarida turib, oyoqlarini quduqqa osiltirib o‘tirdilar. Keyin yana oldingi joyimga qaytib borib o‘tirdim. Va ichimda: «Agar Alloh ukamga yaxshilikni xohlasa, yetib kelar», dedim. Shu payt yana bir kishi kelib, darvozani taqillatib qoldi. Men: «Bu kim?» desam, u: «Usmon ibn Affonman», dedi. Men: «Bir oz kutib turing», dedim-da, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, uning xabarini berdim. U zot: «Uning kirishi uchun izn ber va bir oz musibatlarni tortish bilan birga jannatga kirishining xushxabarini ber», dedilar. Men borib: «Kiring, Rasululloh (s.a.v.) bir oz musibatlarni tortish bilan birga jannatga kirishingizning xushxabarini bermoqdalar», dedim. Keyin Usmon (r.a.) ham ularning huzurlariga kirdilar. Ko‘rdilarki, quduq suffasi odamga to‘lib bo‘lgan. To‘g‘rilaridagi boshqa bir joyga borib o‘tirdilar. Sayyid ibn Musayyib <^>: «Uchchovlarining qabrlari bir joyda bo‘lib, Usmon 4§ ning qabrlari alohida bo‘ladi, deb ta’vil qildim», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) meni darvozani poylab turishga buyurdilar. Usmonga (r.a) jannat xushxabari berilganida, Allohga hamd aytib, Alloh o‘zi madadkor, deb aytganlari» ziyoda qilingan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:19:45
709/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) atroflarida o‘tirgan edik. Biz bilan Abu Bakr (r.a.) va Umar (r.a) hamda bir necha sahobalar ham bor edi. Rasululloh (s.a.v.) oramizdan turib ketdilar-da, tez qaytib kelavermadilar. U zotni yo‘qotib qo‘ydikmi, deb qo‘rqib ketdik. Keyin o‘rnimizdan turdik. Birinchi bo‘lib men qo‘rqdim. Axtargani chiqib, ansoriylardan bo‘lgan Bani Najjor qabilasining devori yoniga bordim. Darvozasini axtarib, devorlari atrofini aylandim. Lekin darvozani topa olmadim. Qarasam, bir kichkina ariq bor ekan. Devor tashqarisidagi bir quduqdan bog‘ning o‘rtasiga kirayotgan ekan. U yerdan bir oz qazidim-da, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirdim. U zot: «Abu Hurayrami?» dedilar. Men: «Ha, ey Allohning Rasuli», dedim. U zot: «Nima uchun kelding?» dedilar. Men: «Siz oramizda birga o‘tirib, keyin tez qaytib kelavermaganingizdan keyin sizni yo‘qotib qo‘ydikmi, deb qo‘rqib ketdik. Birinchi qo‘rqqan kishi men bo‘ldim. Mana bu devordan keldim. Va xuddi tulki kavlagandek kavlab kirdim. Anavi kishilar ham orqamda turishibdi». Rasululloh (s.a.v.) ikki kavushlarini berib: «Ey Abu Hurayra, bu kavushimni olgin-da, bu bog‘ tashqarisida Alloh taoloning yakka va yagonaligini chin qalbidan bilib, guvohlik bergan kishiga jannat xushxabarini bergin», deb hadisning qolganini ham zikr qildilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:19:54
710/4. Ibn Shamosadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bizlar Amr ibn Ossning (r.a.) huzurlariga kirsak, u zot o‘lim talvasasida yotgan ekanlar. Ko‘p yig‘lab, yuzlarini devor tarafga qilib oldilar. O’g‘illari: «Ey otajon! Rasululloh (s.a.v.) siz haqingizda undoq va bundoq bashorat qilmaganlarmi?» deganlarida, u zot yuzlarini (biz tomonga) burib: «Bizlarning eng afzal hisoblaydigan amalimiz «La ilaha illallohu va anna Muhammadan Rasululoh»dir. Mening hayotim uch qismga bo‘linadi. Birinchisi: Men Rasulullohni (s.a.v.) hammadan ko‘proq yomon ko‘rar edim. Eng yaxshi ko‘rgan narsam: imkoniyatini topsamu u zotni qatl etsam. Agar mana shu holatda vafot etganimda, do‘zax ahlidan bo‘lar edim. Ikkinchisi shuki: Qachonki Alloh qalbimni Islomga moyil etganida Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, bay’at qilishim uchun qo‘lingizni bering», desam, u zot qo‘llarini berdilar. Men esa qo‘limni tortib oldim. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Ey Amr, senga nima bo‘ldi?» dedilar. Men: «Bay’atdan oldin bir shartim bor», dedim. U zot: «Nima sharting bor?» dedilar. Men: «Gunohlarim kechirilishi», dedim.U zot: «Islom o‘zidan oldingi gunohlarni kechirishi senga ma’lum emasmidi? Hijrat ham o‘zidan oldingi gunohlarni kechirishi senga ma’lum emasmidi? Hajni ado etish ham o‘zidan oldingi gunohlarni kechirishi senga ma’lum emasmidi?» dedilar. O’sha kundan boshlab mening nazarimda hech kim Rasulullohchalik (s.a.v.) haybatli va mahbub emas edi. Men u zotdan haybatlanganim sababli ko‘zimni quvontiradigan darajada u zot yuzlariga boqmadim. Agar biror kishi u zotning (qanaqa ekanliklarini) sifatlab berishimni so‘rab qolsa, uni aytib bera olmayman. Chunki men ko‘zimni quvontiradigan darajada u zot yuzlariga qaramaganman. Agar mana shu holatda o‘lganimda, jannat ahlidan bo‘lishlikni umid qilar edim. Uchinchisi: Keyin ba’zi ishlarga boshliq qilindik. Holim nima bo‘lishini bilmayman. Agar vafot etadigan bo‘lsam, orqamdan yig‘lovchilarni ham, o‘t yoquvchilarni ham ergashtirmang. Agar dafn qilsangizlar, tuproqni oz-ozdan solinglar. So‘ngra qabrim tepasida bir tuyani so‘yib, go‘shtini taqsimlaguncha vaqt turinglar. Men sizlarga hamroh bo‘lib, Rabbim elchisiga nima deb javob berishimga tayyorlanib olayin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:20:09
96-BOB
Do‘sti bilan vidolashish va safarga chiqishda yoki boshqa
narsalarga ajralib ketayotganda nasihat qilish hamda do‘stining
haqqiga duo qilish va undan duo olish haqida


Alloh taolo:
«Ibrohim, u bilan birga Ya’qub ham bolalariga shu dinni vasiyat qilib, dedilar: «O’g‘illarim, albatta, Alloh sizlar uchun shu dinni tanladi. Bas, musulmon bo‘lgan holingizdagina dunyodan o‘ting». (Ey yahudiylar) yoki Ya’qubga o‘lim kelgach, u o‘g‘illariga: «Mendan keyin nimaga ibodat qilasizlar?» deganida «Sening Tangring va otalaring Ibrohim, Ismoil va Ishoqlarning tangrisi bo‘lmish yagona Allohga ibodat qilamiz va bizlar faqat Uning o‘zigagina bo‘yinsunuvchilarmiz», deb javob qilganlariga guvoh bo‘lganmisizlar» (Baqara surasi, 132-133-oyatlar), deb aytgan.

Bu bobga kitobimizning birinchi jildidagi Yazid ibn Hayyondan (r.a.) rivoyat qilingan Zayd ibn Arqam haqlaridagi 346-hadis dalil bo‘lib kelgan.

711/1. Abu Sulaymon Molik ibn Huvayrisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz tengqur yigitlar Rasulluloh (s.a.v.) huzurlariga bordik. Va u zotning huzurlarida yigirma kecha turdik. U zot rahmdil va muloyim kishi edilar. Go‘yoki biz ahllarimizni sog‘ingan, deb gumon qilib, ahllarimizdan kimlarni qidirganimizni so‘rab-surishtirdilar. Bizlar uning xabarini berdik. U zot nasihat qilib: «Ahllaringiz huzuriga borib, ular bilan turinglar. Va ta’lim beringlar hamda (shariat ahkomlarini bajarishni) buyuringlar. U namozni bu paytda va unday namozni bunday paytda ado etinglar. Agar namoz vaqti kirsa, biringiz azon aytsin. Hamda yoshi ulug‘laringiz imom bo‘lsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Buxoriy rivoyatlarida: «Men qanday qilib namoz o‘qiganimni ko‘rsanglar, o‘shandoq o‘qinglar»ni ziyoda qilingan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:20:17
712/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) umra ibodatini ado qilish uchun izn so‘radim. U zot izn berib: «Ey birodar, duoingda bizni ham unutmagin», dedilar. Umar (r.a.): «Rasulullohning (s.a.v.) ushbu so‘zlari shu qadar qimmatliki, buning evaziga dunyoni menga berganlarida ham bunchalik xursand bo‘lmas edim», dedilar.

Boshqa rivoyatda u zot: «Duoingda bizni ham sherik qilgin» bo‘lib kelgan. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

713/3. Solim ibn Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Umar (r.a.) biror kishi safar qilishni xohlasa, unga: «Menga yaqin kel, xuddi Rasululloh (s.a.v.) xayrlashganlaridek, xayrlashaman», deb: «Astavdi’ulloha diynaka va amonataka va xavotima ‘amalika »ni o‘qirdilar (Ma’nosi: «Dining, omonating va amalingning xotimasini Allohga topshirdim»). Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:20:25
714/4. Abdulloh ibn Yazid al-Xatmiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar askarlar bilan xayrlashmoqchi bo‘lsalar, «Astavdi’ulloha diynakum va amonatikum va xavotima a’molikum», deb aytardilar. Abu Dovud rivoyatlari.

715/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohning (s.a.v.) yonlariga kelib, «Ey Rasululloh, men safar qilishni xohlayman, safarga yetarli narsa bilan ta’minlang», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Alloh seni taqvo bilan ta’minlasin», dedilar. Haligi kishi: «Yana ziyoda qiling», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «gunohingni kechirsin», dedilar. Haligi kishi: «Yana ziyoda qiling», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Qaerda bo‘lsang ham senga yaxshiliklarni yengil qilsin», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari

Foyda: Safar qilishni xohlagan kishi do‘stidan duoi-xayr olib ketishining mahbubligi ayon bo‘lmoqda.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:20:40
97-BOB
Istixora va maslahat qilish haqida


Alloh taolo:
«Va ishlaringizda ularga maslahat soling» (Oli Imron surasi, 159-oyat).
«Ularning ishlari (mudom) o‘zaro sho‘ro-maslahat (bilan) bo‘lur» (Sho‘ro surasi, 38-oyat), deb aytgan.

716/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) bizga hamma ishlarda istixorani (yaxshilik so‘rash) xuddi Qur’ondan sura o‘rgatgandek o‘rgatar edilar. U zot: «Birortangiz bir ishni qasd qilsa, farzdan tashqari ikki rakat namoz o‘qisin. So‘ng: «Allohumma inniy astaxiyruka bi’ilmika, va astaqdiruka biqudrotika va as`aluka min fazlikal ‘aziym. Fainnaka taqdiru va la aqdiru va ta’lamu va la a’lamu va anta ‘allamul g‘uyub. Allohumma in kunta ta’lamu anna hazal amro xoyrun liy fiy diyniy va ma’ashiy va ‘aqibati amriy, ‘ajili amriy va ajilihi, faqdurhu liy va yassirhu liy, summa barik liy fiyhi va in kunta ta’lamu anna hazal amro sharrun liy fiy diyniy va ma’ashiy va ‘aqibati amriy, ‘ajili amriy va ajilihi fasrifhu ‘anniy vasrifniy ‘anhu vaqdurliyal xoyro haysu kana summa rozziniy bih», deb hojatini aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening ilming bilan Sendan yaxshilik so‘rayman. Sening qudrating bilan Sendan qodirlik va ulug‘ fazlingni so‘rayman. Sen (har narsaga) qodirsan, men qodir emasman. Sen (har narsani) biluvchisan, men bilmayman. Sen g‘aybni biluvchisan. Ey Rabbim, agar mana shu qilayotgan ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yaxshi bo‘lsa, uni menga nasib et va oson qil. So‘ng uni menga barakotli qil. Agar mana shu ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yomon bo‘lsa, mendan uni va uni mendan uzoqlashtir, qaerda bo‘lsa ham, men uchun yaxshilikni taqdir qil va meni undan rozi et.) Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:20:53
98-BOB
Ibodat o‘rinlari ko‘payishi uchun hayit namoziga, kasal ko‘rgani
borganda hamda haj, g‘azot, janoza va boshqa narsalarga bir
yo‘ldan borib, ikinchi yo‘l bilan qaytishning
mustahabligi haqida


717/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar hayit bo‘lsa, borish va kelish yo‘llarini har xil qilardilar (ya’ni ibodat o‘rinlari ko‘payishi uchun bir tomondan borib, ikkinchi tomondan qaytardilar). Imom Buxoriy rivoyatlari.

Foyda: Imom Navaviyning zikr qilishlaricha, yo‘lni o‘zgartirishdagi hikmatlar ibodatni ko‘paytirish yoki Qiyomatda ikkita yo‘lning guvohlik berishi yoki Allohning zikri taralishi yoki kambag‘allarga sadaqa ulashish uchun yoki munofiqlarning g‘azabini qo‘zg‘ash uchun yoki rahmatga yetishish maqsadida bo‘ladi.

718/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) (Madina shahridan) chiqadigan bo‘lsalar, daraxtlari bor yerdan chiqib, Mu’arras nomli yerdan kirardilar. Agar Makka shahriga kiradigan bo‘lsalar, tepa tomon (Xujun)dan kirib, past tomon (Shabiyka)dan chiqib ketardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:21:20
99-BOB
Yaxshi ishlarni o‘ng tomondan boshlashning mahbubligi to‘g‘risida


O’ngdan boshlanadigan yaxshi ishlar quyidagilar: Tahorat, g‘usl, tayammum, kiyim, poyafzal, mahsi, ishton kiyish, masjidga kirish, misvok ishlatish va surma qo‘yish, tirnoq olish, mo‘ylovni qisqartirish, qo‘ltiq tuklarini yulish, soch oldirish, namozdan xalos bo‘lgandagi salom, yeyish, ichish, qo‘l berib so‘rashish, Hajar ul-asvadni ushlash, hojatxonadan chiqish, biror narsa olish va berish kabi ishlarda o‘ng tomondan bajarib, bularning aksida esa chap tomondan boshlash joiz. Chapdan boshlanadigan ishlar quyidagilar: burunni chayganda, balg‘am tashlaganda, hojatxonaga kirganda, masjiddan chiqqanda, mahsi, poyafzal, ishton va kiyimlarni yechganda, istinjoda hamda boshqa jirkanch ishlarda Alloh taolo:

«Bas, endi o‘z kitobi — nomai a’moli o‘ng qo‘lidan berilgan kishiga kelsak, bas u: «Mana, mening kitobimni o‘qinglar», der» (Al-Haqqa surasi, 19-oyat).

«Bas, (u uch toifadan birinchisi) o‘ng tomon egalaridir. O’ng tomon egalari (bo‘lmoq) ne (saodat)dir. (Ikkinchi toifa) shum — chap tomon egalaridir. Shum — chap tomon egalari (bo‘lmoq) ne (baxtsizlik)dir!» (Voqe’a surasi, 8-9-oyatlar), deb aytgan.

719/1 Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohni (s.a.v.) tahorat olishda, soch tarashda va kavush kiyishda, qo‘yingki, barcha ishlarda o‘ng tomondan boshlash qiziqtirar edi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:21:27
720/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) o‘ng qo‘llari tahorat va taom uchun, chap qo‘llari esa hojatxona va boshqa aziyat beruvchi narsalarga ishlatilar edi. Abu Dovud rivoyatlari.

721/3. Ummu Atiyyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qizlari Zaynab (vafot etib) yuvintirilayotganda: «O’ng tomonidan va tahoratda yuviladigan a’zolaridan boshlab yuvintiringlar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:21:36
722/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz kavush kiyadigan bo‘lsa, o‘ng tomondan boshlasin. Yechadigan bo‘lsa, chap tomondan boshlasin. Toki birinchi bo‘lib ularning o‘ngdagisi kiyiladigan va chapdagisi yechiladigan bo‘lsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

723/5. Hafsadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) o‘ng qo‘llari taom, ichimlik va kiyim kiyish uchun, chap qo‘llari esa bundan boshqa narsalarga edi», dedilar. Abu Dovud va boshqalar rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:21:46
724/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar (biror kiyim) kiysanglar yoki tahorat qilsanglar, o‘ng tomonlaringizdan boshlanglar», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

725/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Minoga keldilar va jamraga borib, tosh otdilar. Keyin Minodagi manzillariga qaytib, jonliq so‘ydilar. So‘ngra sartaroshga: «Bu tomonini ol», deb boshlarining o‘ng tomoniga ishora qildilar. Keyin chap tomoniga ishora qildilar. So‘ngra muborak sochlarini odamlarga tarqatdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) jamrada toshni otib, jonliq so‘yib va sochlarini oldirmoqchi bo‘ldilar. Mana shu holda sartaroshga boshlarining o‘ng tomonini tutib berdilar. Sartarosh o‘ng tomon sochlarini olgandan keyin Abu Talha al-Ansoriyni chaqirib, o‘sha sochni berdilar. Keyin boshlarining chap tomonini tutib berdilar. Sartarosh uni ham oldi. Rasululloh (s.a.v.) buni ham Abu Talhaga berib: «Odamlarga taqsim qilib ber», dedilar».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:22:08
TAOM ODOBLARI KITOBI

100-BOB
Taomning avvalida «Bismillah» va oxirida «Alhamdulillah» deb aytishning fazilati haqida


726/1. Umar ibn Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga: «Taomning avvalida «Bismillah» degin, o‘ng qo‘ling bilan yegin va o‘z oldingdan yegin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Imom Navaviyning fikrlaricha, ovqat xususida shunday qilish joiz. Lekin mevada esa xohlagan joyidan tanlab yeyaveradi.

727/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz (ovqat) yeydigan bo‘lsa, ana shu taomning avvalida Alloh ismini zikr qilsin (ya’ni, «Bismillah»ni aytsin). Agar avvalida Alloh ismini zikr etishni unutsa, «Bismillahi avvalahu va oxirahu», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Ovqatning avvali va oxiriga bismillah») Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:22:16
728/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasulullohdan (s.a.v.) quyidagilarni eshitdim: «Kim uyiga kirayotganida va taom paytida Allohni zikr qilsa, shayton sheriklariga: «Sizlarga yotoq ham, ovqat ham yo‘q», deb aytadi. Kim uyiga kirayotib, Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Yotoqlaringizga yetishdingiz», deydi. Taom paytida ham Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Ovqatga ham, yotoqqa ham yetishdingiz», deydi». Imom Muslim rivoyatlari.

729/4. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Agar Rasululloh (s.a.v.) bilan birga ovqat tanovul qilgani o‘tirsak, u zot qo‘llarini uzatmagunlaricha biz uzatmas edik. Bir gal u zot bilan birga taomda bo‘lganimizda bir qiz kelib, ovqatga qo‘l uzatishga shoshayotganida u zot qo‘lidan ushlab chetga olib qo‘ydilar. Keyin bir a’robiy kelib, u ham uzatmoqchi bo‘lganida Rasululloh uning ham qo‘lidan ushlab, chetga olib qo‘ydilar. So‘ngra u zot: «Albatta, shayton Alloh ismi zikr qilinmagan ovqatni o‘ziga halol qilib oladi. U (shayton) ovqatni halol qilish uchun bu qizcha bilan keldi. Men uning qo‘lidan tutdim. So‘ngra ovqatni halol qilish uchun bu a’robiy bilan keldi. Uning ham qo‘lidan tutdim. Mening nafsim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, u (shayton)ning qo‘li ular ikkovining qo‘li bilan mening kaftimdadir», dedilar. Keyin Alloh ismini zikr qilib, ovqat tanovul qildilar». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:22:25
730/5. Umayya ibn Maxshiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) o‘tirgan edilar. Bir kishi ovqat tanovul qilib, oxirgi luqma qolguncha Alloh ismini zikr qilmadi. Qachonki, oxirgi luqmani og‘ziga solayotganida «Bismillahi avvalahu va oxirahu» (ya’ni, avvali-yu oxiriga Allohning ismi bilan), deb aytdi. Buni kuzatib turgan Rasululloh (s.a.v.) kuldilar, so‘ngra u zot: «Shayton uning ovqatiga sherik bo‘lib tanovul qilayotgan edi. Qachonki, bu kishi Alloh ismini zikr qilganida qornidagini qayt qilib yubordi», dedilar. Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari.

Foyda: Agar ovqat va ichimlik tanovul qilinayotganida Allohning ismi zikr qilinmasa, albatta shayton unga sherik bo‘lishi uqtirilmoqda. Bu hadisning sharhida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) bu kishining «Bismillah»ni tark qilganini ish oxirida bildilar. Agar avvalda bilganlarida jim turmasdan eslatar edilar.

731/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sahobalardan olti nafari bilan ovqatlanayotgan edilar. Shunda bir a’robiy kelib, o‘sha ovqatdan ikki luqma bilan hammasini yeb qo‘ydi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar u Allohning ismini zikr qilganida, sizlar to‘yar edingiz», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:22:32
732/7. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) dasturxon yig‘ishtirib olingach: «Alhamdulillahi hamdan kasiran tayyiban muborakan fiyhi g‘oyra makfiyyin vala mustag‘nan ‘anhu Robbana», der edilar. (Ma’nosi: Allohga beadad pok, muborak maqtov bo‘lsinki, Undan o‘zga kifoyatchi yo‘q. Senga muhtoj bo‘lmagan kimsa yo‘qdir, ey Rabbimiz). Imom Buxoriy rivoyatlari.

733/8. Muoz ibn Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim taom yeb, so‘ngra «Alhamdu lillahil laziy at’amaniy haza va rozaqoniyhi min g‘oyri havlin minniy vala quvvatin», deb aytsa, uning avvalgi gunohlari kechiriladi», dedilar. (Ma’nosi: «Mening kuch-quvvatimni ketkizmay, mana bu rizq ila taomlantirgan Allohga hamd bo‘lsin».) Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:22:50
101-BOB
Taomni ayblamay, uni maqtashning mahbubligi haqida


734/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) hech vaqt taomni ayblamadilar. Agar ishtahalari bo‘lsa, undan yedilar. Agar ko‘ngillari tusamasa, uni tark qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Rasulullohga (s.a.v.) ergashgan holda musulmon kishi taomni ayblamasligi lozim. Chunki taomni ayblash mutakabbirlik va haddan oshishlik belgisidir.

735/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ahliyalaridan nonxo‘rak so‘radilar. Shunda ular: «Bizda faqat sirka bor», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) uni keltirishni buyurdilar. Va uni yeyaturib: «Muncha ham yaxshi bu nonxo‘rak sirka, muncha ham yaxshi bu nonxo‘rak sirka», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Foyda: Ozgina yegulik narsa olib kelinsa ham uni maqtab qo‘yishning mahbubligi ayon bo‘lmoqda.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:23:02
102-BOB
Ro‘zador kishi taomga taklif qilinsa og‘zini ochishni
xohlamaganda aytadigan narsalar to‘g‘risida


736/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz taomga chaqirilsa, qabul qilsin. Bordiyu ro‘zador bo‘lsa, uning haqqiga duo qilsin. Og‘zi ochiq bo‘lganda esa, ovqatlansin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:23:12
103-BOB
Biror kishi ovqatga chaqirilsayu u o‘zi bilan boshqa bir kishini
ergashtirsa, aytiladigan narsalar


737/1. Abu Mas’ud al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi besh kishilik taom hozirlab, beshinchisi etib Rasulullohni (s.a.v.) ham chaqirdi. Rasululloh (s.a.v.) o‘zlari bilan boshqa bir kishini olib keldilar. Uning eshigi oldiga yaqinlashganlarida u zot uy egasiga: «Bu kishi menga ergashib keldi. Agar xohlasang, bunga izn ber, kirsin. Agar xohlamasang, qaytib ketadi», deganlarida, uy egasi: «Ey Allohning Rasuli, uning kirishiga izn beraman», deb aytdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:23:24
104-bob
Taomni o‘z oldidan yeyish hamda beodoblik ila ovqatlanadigan
kishini tartibga chaqirib nasihat qilish haqida


738/1. Umar ibn Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men yoshlik paytimda Rasulullohning (s.a.v.) qaramog‘larida bo‘lganimda, qo‘limni laganning har tomoniga uzatib (ovqatlanayotganimda), u zot: «Bolam, Alloh ismini zikr qilib, o‘ng qo‘ling bilan yeb, o‘zingning tarafingdan tanovul qilgin», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

739/2. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida chap qo‘li bilan taom tanovul qildi. U zot: «O’ng qo‘lingda yegin», dedilar. Haligi kishi: «Bunga qodir emasman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Qodir ham bo‘lmagin», bunday qilishdan faqat mutakabbirligi man qildi xolos, dedilar. Shundan keyin haligi kishi (o‘ng) qo‘lini og‘ziga ko‘tara olmadi. Imom Muslim rivoyatlari.

Foyda: Bu yerda Rasulullohning (s.a.v.) mo‘‘jizalari sodir bo‘ldi. Bu kishi qo‘lini ko‘tarishga qodir bo‘la olmadi. Ana shu kishining ismi Busr ibn Ro’iydir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:23:48
105-BOB
Jamoat bilan ovqatlanganda xurmo va shunga o‘xshash mevalarni
bir luqmada ikkitadan tanovul qilishdan qaytarish, bu faqat
birodarlari izni bilangina joizligi haqida


740/1. Jabala ibn Suhaym (r.a.) rivoyat qilib aytdilar: «Ibn Zubayr bilan birga (yashaganimizda) bizga ochlik yetdi. So‘ngra rizqlandik. (Yegulik) tanovul qilayotganimizda, oldimizdan Abdulloh ibn Umar (r.а.) o‘tib: «Bir luqmada ikki xurmo yemanglar. Chunki Rasululloh (s.a.v.) ana shunday qilishdan qaytarganlar. Faqat birodaring izn bersa, joiz, deganlar», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:24:00
106-BOB
Yeb to‘ymaydigan kishining aytishi lozim bo‘lgan zikrlar


741/1. Vahshiy ibn Harbdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) sahobalari: «Ey Rasululloh, biz yeymiz-u, ammo to‘ymaymiz», deyishganida, u zot: «Sizlar tafriqa bo‘lib yesangizlar kerak-da», deganlarida, ular: «Ha», deb javob berishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Taomingizni jam bo‘lib yenglar. Alloh ismini zikr qilinglar. Alloh o‘shanda sizlarga baraka ato qiladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

Foyda: To‘planib, jamlanib va «Bismillah»ni aytib yeyish baraka hosil bo‘lishiga hamda qorin to‘yishiga sabab bo‘ladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:24:21
107-BOB
Lagan atrofidagi ovqatdan yeyishga buyurish va uning o‘rtasidagi ovqatni yeyishdan qaytarish haqida


Bu bobimizga Umar ibn Salamadan rivoyat qilingan 738-hadis ham dalil bo‘ladi.

742/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Baraka taomning o‘rtasiga tushadi. Shundoq ekan, uning atrofidan yenglar. O’rtasidan yemanglar», deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

Foyda: Taomning usti va o‘rtasidan yeyishning karohiyati va uning atrofidan yeyishga buyurish bor. Shu singari non ham o‘rtasidan emas atrofidan boshlab yeyiladi.

743/2. Abdulloh ibn Busrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) «g‘arro» nomli laganlari bor edi. Uni to‘rt kishi ko‘tarar edi. Qachonki choshgoh vaqti bo‘lib, chosh goh namozini o‘qishgach, o‘sha laganga non to‘g‘rab olib kelishdi. Va o‘sha lagan atrofida to‘planishdi. Qachon ko‘pchilik yig‘ilganda, Rasululloh (s.a.v.) cho‘kkalab o‘tirdilar. Shunda bir a’robiy: «Bu qanaqa o‘tirish?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) esa: «Alloh meni fazilatli banda qilib yaratgan. Mutakabbir va qaysar etib yaratmagan», deb, keyin yana: «Laganning atrofidagi ovqatdan yenglar. Tepasidan yemanglar. O’shanda baraka bo‘ladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:24:33
108-BOB
Suyanib yeyishning karohiyati to‘g‘risida


744/1. Abu Juhayfa Vahb ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Men suyanib yemayman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

Xattobiy aytadilar: Hadisning arabcha lafzidagi «al-muttakiy»dan maqsad — ostidagi to‘shakka yaxshi joylashib o‘tirishdir. Bu yerda Rasululloh (s.a.v.) «Taomni ko‘p yeyish maqsadida yostiq va boshqa narsalarga suyanib yeyuvchilar kabi emas, balki omonat o‘tirib kifoya qilgudek miqdorida yeyman», dedilar. Bu Xattobiyning so‘zlari edi. Lekin boshqalar «al-muttakiy» bir tomonga yonboshlashdir, deyishdi.

745/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.) ikki dumbalarini yerga qo‘yib va ikki boldirlarini tik qilgan holda xurmo yeb turganlarini ko‘rdim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:25:02
109-BOB
Taomni uchta barmoq bilan yeyishning va ovqatdan keyin barmoqlarni yalashning mahbubligi hamda barmoqni yalashdan oldin sochiqqa artishning karohiyati va laganni yalashning hamda to‘kilib qolgan luqmalarni yeyishning mahbubligi hamda barmoqlarni yalagandan keyin bilak, oyoq va boshqa a’zolarga surtishning joizligi haqida


746/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz ovqatlanadigan bo‘lsa, barmoqlarini yalamasdan yoki yalatmasdan oldin artmasin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Barmoqlarni yuvishdan oldin yalamoqlik, shu singari qoshiqlarni ham yuvishdan oldin yalamoqlik, tabarrukona boshqalarning barmoqlarini yalashning joizligi oydinlashmoqda.

747/2. Ka’b ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) uch barmoq ila ovqat yeganlarini ko‘rdim. Agar u zot ovqatlanib bo‘lsalar, barmoqlarini yalardilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Foyda: Barmoqlar ovqat tugagandan keyin yalanadi. Ovqat tanovul qilinayotgan asnoda emas. Chunki tupuk qoldiqlari ovqatga aralashib ketishi mumkin. Va yana ovqatni uchta barmoqda yeyish mahbubdir. Ular Imom Tabaroniy rivoyatlarida kelganidek bosh, ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlardir. Rasululloh (s.a.v.) aksar paytlarda mana shundoq qilganlar. Chunki uch barmoqdan ozida ovqat tanovul qilish mutakabbirlik alomati. Uch barmoqdan ko‘pida ovqat tanovul qilish esa, ochofatlik belgisidir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:25:08
748/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ovqatdan keyin barmoqlarni va laganni yalashga buyurdilar. Va: «Sizlar taomingizning barakasi qaerida ekanini bilmaysizlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.

749/4. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan birortangizning luqmasi tushib ketsa, uni olsin-da, changini artib, shaytonga qoldirmasdan o‘zi yesin. Barmog‘ini yalamasdan oldin sochiqqa artmasin. Chunki axir u ovqatining barakasi qaerda ekanini bilmaydi-da», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:25:21
750/5. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, shayton sizlarning har bir ishingizda hoziru nozirdir. Hattoki taomingiz ustida ham hozir bo‘ladi. Agar sizlardan biringizning luqmasi tushib ketsa, uni tozalab tashlasin-da, shaytonga nasiba qoldirmasdan o‘zi yesin. Ovqatlanib bo‘lganidan keyin barmoqlarini yalasin. Chunki taomining barakasi qaerida ekanini bilmaydi-ku», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

751/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qachon ovqat yesalar, uch barmoqlarini yalardilar. Va: «Agar sizlardan birortangizning luqmasi tushib ketsa, uni tozalasin-da, shaytonga nasiba qoldirmasdan, o‘zi yesin», dedilar. Hamda bizni laganni yalashga buyurib: «Chunki sizlar taomingizning barakasi qaerida ekanini bilmaysizlar-ku», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

752/7. Said ibn Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Jobirdan <&>: «Olovda pishirilgan taom yeganda tahorat qilinadimi?» deb so‘raganlarida, bu zot: «Yo‘q, biz Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida bunaqa ovqatni kamdan-kam topar edik. Agar topsak ham, qo‘l artgani sochiqlarimiz bo‘lmas edi. Kaftlarimiz, bilaklarimiz va oyoqlarimizga artib ketaverar edik-da, keyin tahorat qilmay namoz o‘qirdik» dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:25:33
110-BOB
Taom ustida ko‘p qo‘l bo‘lishining fazilati haqida


753/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ikki kishilik ovqat uch kishiga va uch kishilik ovqat to‘rt kishiga kifoya qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

754/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir kishining ovqati ikki kishiga, ikki kishining ovqati to‘rt kishiga va to‘rt kishining ovqati sakkiz kishiga kifoya qiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:25:54
111-BOB
Ichimlik ichishning odobi, bir narsa ichganda idishning tashqarisida uch marta nafas olish va suv idishni o‘ngdan aylantirishning mahbubligi hamda suv ichayotganda idish ichida nafas olishning karohiyati haqida


755/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ichimlik ichsalar, suv idishni og‘izlaridan tashqariga olib, uch marta nafas olardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Biror ichimlikni uch ho‘plamdan qilib ichishning va har ho‘plamdan keyin nafas olishning hamda nafas olayotganda idishdan uzoqda turishning mahbubligi ayon bo‘ladi. Albatta bunday qilishning sihat-salomatlik uchun foydalari ko‘p.

756/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Tuyaga o‘xshab bir ho‘plamda ichmanglar. Ikki va uch ho‘plam qilib ichinglar. Ichayotganda: «Bismillah», denglar. Ichib bo‘lib: «Alhamdulillah», deb aytinglar», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:26:01
757/3. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) suv ichayotganda idishning ichida nafas olishdan qaytardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

758/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohga (s.a.v.) suv qo‘shilgan sut olib kelindi. U zotning o‘ng tomonlarida a’robiy, chap tomonlarida esa Abu Bakr (r.a.) edilar. Rasululloh (s.a.v.) undan ichib a’robiyga berdilar. Va: «O’ngdan beringlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

759/7. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohga (s.a.v.) bir ichimlik olib kelindi. Undan ichdilar. O’ng tomonlarida bir yosh bola, chap tomonlarida esa yoshi katta sahobalar bor edi. Rasululloh (s.a.v.) haligi yosh bolaga: «Bu idishni mana bu yoshi kattalarga avval berishimga ijozat bersanmi?» deganlarida, yosh bola: «Yo‘q, Allohga qasamki, sizdan oladigan nasibamga hech bir kishini o‘zimdan ortiq ko‘ra olmayman», dedi. Bas, Rasululloh (s.a.v.) idishni bolaning qo‘liga berdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. O’sha yosh bola Ibn Abbos edilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:26:18
112-BOB
Mesh va shunga o‘xshash idishlarning og‘zidan ichishning karohiyati va bu tanzihiy (pok) karohiyat bo‘lib, harom karohiyat emasligi to‘g‘risida


760/1. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) meshlarning og‘zini bukib, suv ichishdan qaytardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

761/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) mesh yoki boshqa idishlarning og‘zidan suv ichishni ta’qiqladilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

762/3. Hasson ibn Sobitning (r.a.) singillari Kabshata binti Sobitdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) mening huzurimga kirib, osig‘liq turgan meshdan tik turib suv ichdilar. Keyin men borib meshning og‘zini (muborak bo‘lgani) uchun kesib olib qo‘ydim. Imom Termiziy rivoyatlari.

Bu sahobiya xotin meshning og‘zini kesib olishlariga sabab, Rasululllohning (s.a.v.) muborak og‘izlari tekkan narsani e’zozlash, boshqalarning qo‘liga tushib, behurmat bo‘lishidan saqlash uchun, shundoq qildilar. Bu hadisdan meshning og‘zidan suv ichilsa ham durustligi va yuqoridagi ikki hadisdan ichmaslik afzal va komilligi anglashiladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:26:32
113-BOB
Ichiladigan narsaga puflashning makruhligi haqida


763/1. Abu Said al-Hudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ichiladigan narsaga puflashdan man qildilar. Shunda bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, idishda iflos narsa ko‘rsam, nima qilay», deganida, u zot: «Uni to‘kib tashla», dedilar. Haligi kishi: «Men bir nafas bilan suvga qonmayman», deganida, u zot: «Undog‘ bo‘lsa, har nafas olganingda idishni og‘zingdan uzoq qil», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

764/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) suv idishga og‘izni tutib nafas olishdan yoki puflashdan man qildilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:26:47
114-BOB
Tik turib biror ichimlik ichishning joizligi, ammo o‘tirib ichish afzal ekanligining bayoni


Bu bobimizga Kabshata binti Sobitdan rivoyat qilingan 762-hadis ham dalil bo‘ladi.
765/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohni (s.a.v.) zamzam suvi bilan siylaganimda, u zot tik turib ichdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

766/2. Nazzol ibn Sabradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ali (r.a.) Ko‘fadagi «rahaba» darvozasi oldiga kelib, tik turib (suv) ichdilar-da: «Men Rasulullohning sh, xuddi sizlar meni ko‘rib turganingizdek, tik turib ichganlarini ko‘rganman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:26:54
767/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Biz Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida yurgan yo‘limizda ovqatlanib, tik turib (suv) ichar edik», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

768/4. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan rivoyatlarida: «Rasulullohning (s.a.v.) tik turib ham, o‘tirib ham suv ichganlarini ko‘rdim», deyilgan. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:27:03
769/5. Ansadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kishini tik turib (suv) ichishdan qaytardilar. Qatoda (r.a.) aytadilar: Biz Anasga <&>: «Tik turib ovqatlanish-chi?» desak, Anas (r.a.): «Tik turib ovqatlanish tik turib suv ichishdan ham yomonroq va xunukroq», dedil ar. Imom Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) tik turib suv ichganlarni koyir edilar», bo‘lib kelgan.

770/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan birortangiz tik turib suv ichmasin. Kimki unutib, tik turgan holda ichib qo‘ysa, qayt qilib yuborsin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Foyda: Avvalgi uchta hadisdan tik turib ichimlik ichish va ovqatlanish joizligi chiqmoqda. Ammo keyingi hadislardan tik turib biror ichimlik ichishning makruhligi, tik turib ovqatlanishning esa undanda qattiq karohiyatli ekani chiqmoqda. Endi kimki tik turib biror narsa ichib qo‘ysa sunnatga xilof qilgani uchun nafsini jazolash sifatida ichgan narsasini qayt qilib yuborishi mahbub amaldir. Albatta sunnatga xilof qilishni qasd etgandagina shunday qiladi. Ammo muxoliflikni qasd qilmasa unday emas.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:27:15
115-BOB
Odamlarni suv bilan siylagan kishi o‘zi oxirida ichishining mahbubligi to‘g‘risida


771/1. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odamlarni suv bilan siylagan kishi o‘zi oxirgi bo‘lib ichadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:27:33
116-BOB
Tilla va kumushdan tashqari barcha pok idishlarda va qo‘lda, idishsiz og‘iz bilan anhordan suv ichishning joizligi hamda suv ichishda, ovqatlanishda, tahorat olishda va boshqa ishlarda tilla va kumush idishlar ishlatishning haromligi haqida


772/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni namoz vaqti kirganida uyi yaqinlar (tahorat olish uchun) o‘z xonadonlariga kirib ketishdi. Boshqalar esa o‘sha joyda qolishdi. Rasulullohga (s.a.v.) toshdan yasalgan bir idish olib kelindi. U idish shu qadar kichik ediki, u zotning kaftlari yozilsa, sig‘mas edi. O’sha yerdagi hamma odam shu idishdagi suvda tahorat qildi. Anasdan (r.a.): «O’shanda qancha kishi edingizlar?» deb so‘rashdi. Anas (r.a.): «Sakson va undan ko‘proq kishi edik», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Bu imom Buxoriy rivoyatlaridagi lafz. Imom Muslimning rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) idishda suv olib kelinishini buyurdilar. Bas, sayoz bir idishda suv keltirildi. Va barmoqlarini unga tiqib turdilar. Anas (r.a.) aytadilar: «Suvga qarasam, u zotning barmoqlari orasidan suv toshib chiqayotgan edi. U yerda tahorat qilayotganlarning soni yetmish bilan sakson o‘rtasida, deb taxmin qildim».

773/2. Abdulloh ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) huzurimizga keldilar. Biz u zotga misdan bo‘lgan idishda suv keltirdik. U zot o‘sha suvda tahorat qildilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:27:47
774/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kuni sahobalar bilan birga ansoriylardan birining uyiga kirib: «Huzuringda kechasi meshga olib qo‘ygan suving bo‘lsa, keltir. Bo‘lmasa, og‘zimiz bilan ichamiz», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

775/4. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ipak va kimxob kiyishdan hamda tilla, kumush idishlarda suv ichishdan ma’n qildilar. Va: «Bu narsalar bu dunyoda kofirlar uchun, oxiratda esa sizlar uchundir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

776/5. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kumush idishlarda suv ichadiganlar qornini do‘zax oloviga to‘ldiribdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning rivoyatlarida: «Tilla va kumush idishlarda suv ichuvchi va ovqatlanuvchilar» bo‘lib kelgan. Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Kim tilla yoki kumush idishda (suv) ichsa, qornini do‘zax oloviga to‘ldiribdi», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:28:12
LIBOS KITOBI

117-BOB
Oq kiyim kiyishning mahbubligi va qizil, ko‘k, sariq va qora rangli hamda paxta, kanop va jundan to‘qilgan kiyimlarni kiyish joizligi haqida


Alloh taolo:
«Ey Odam bolalari, Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham, yasan-tusan (libosini) ham tushirdik. (Hammasidan) yaxshiroq taqvo libosidir» (A’rof surasi, 26-oyat).

«Sizlar uchun issiq (sovuq)dan asraydigan kiyimlar va sizlarni (dushmanning) ziyon yetkazishidan saqlaydigan sovutlar (yaratdi)» (Nahl surasi, 81-oyat), deb aytgan.

777/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Oq liboslarni kiyinglar. Chunki u liboslarning yaxshisidir. Va u bilan o‘liklaringizni kafanlanglar», deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

778/2. Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Oq libos kiyinglar. Chunki u pok va yoqimlidir. Va u bilan o‘liklaringizni kafanlanglar», deb aytdilar. Imom Nasaiy va Hokim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:28:24
779/3. Barrodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) o‘rta qomatli zot edilar. Men bir kuni u zotni qizil bir kiyimda ko‘rdimki, (bundan oldin) sira undan chiroyli narsada ko‘ramaganman. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

780/4. Abu Juhayfa Vahb ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohni (s.a.v.) Makkaning qumlik yerlarida qizil teridan bo‘lgan chaylada ko‘rdim. Bilol (r.a.) o‘sha chayladan Rasulullohning (s.a.v.) tahorat suvlarini olib chiqdilar. Kimdir undan badaniga sochdi. Kimdir badaniga surtib, baraka hosil qildi. Shu payt Rasululloh (s.a.v.) ustlarida qizil kiyim bilan chiqdilar. Go‘yoki boldirlarining oppoqligiga qarab turgandekman. U zot tahorat oldilar. Bilol (r.a.) esa azon aytdilar. Men Bilolning (r.a.) og‘izlariga ahamiyat ila qarab turdim. U zot o‘ng tarafga burilib: «Hayya ‘alas-solah» va chap tarafga burilib: «Hayya ‘alal falah», deb aytdilar. Keyin Rasulullohning (s.a.v.) old taraflariga sutra qo‘yildi. Rasululloh (sav) oldinga o‘tib, namoz o‘qidilar. Oldilaridan it va eshak o‘tar edi. Hech kim ularni to‘smas edi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:28:34
781/5. Abu Rimsa Rifoa’ at-Tamimiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.) ustlarida ikki ko‘k ko‘ylak ko‘rdim», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

782/6. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Makka fath bo‘lgan kuni boshlariga qora salla kiygan holda kirdilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Foyda: Qora kiyim kiyishning joizligi aniq bo‘lyapti. Ulamolar: «Dushman ustidan g‘alaba qozonilganda qora salla kiyish mahbubdir», deb aytishgan.

783/7. Abu Said Amr ibn Huraysdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Go‘yoki Rasululloh (s.a.v.)ni ko‘rib turgandekman. U zotning boshlarida qora sallalari bo‘lib, pechini ikki kiftlari orasiga tashlab qo‘ygandilar». Imom Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) odamlarga xutba o‘qidilar. U zotning boshlarida esa qora sallalari bor edi», deb kelgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:28:44
784/8. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohni (s.a.v.) Yamanning Sahuliyya qishlog‘ida paxtadan to‘qilgan uchta oq kiyim bilan kafanlashdi. Bular ichida ko‘ylak ham, salla ham yo‘q edi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

785/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) tongda tuya egari surati tushirilgan qora jundan to‘qilgan chopon kiyib chiqdilar. Imom Muslim rivoyatlari.

786/10. Mug‘iyra ibn Shu’badan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kecha yo‘lda Rasululloh (s.a.v.) bilan birga ketayotgan edim. U zot menga: «Suving bormi?» dedilar. Men: «Ha», degan edim, u zot ulovlaridan tushdilar-da, qorong‘i yerga g‘oyib bo‘ldilar. Keyin qaytib keldilar. Men idishdan suv quyib berdim. Yuzlarini yuvdilar. Ustlarida jundan bo‘lgan chopon bor edi. (Uning yenglari tor bo‘lganidan) bilaklarini chiqara olmadilar. Oxiri uni past tarafdan chiqarib, ikki bilaklarini yuvib, boshlariga mash tortdilar. Keyin men mahsilarini yechish uchun qo‘limni uzatgan edim, u zot: «Qo‘yaver, chunki men uni tahorat ila kiyganman», deb uning ikkoviga mash tortdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «U zotda yengi tor shomiy chopon bor edi» bo‘lib kelgan.
Yana boshqa rivoyatda: «Bu voqe’a Tabuk g‘azotida bo‘lgan», deyiladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:28:55
118-BOB
Ko‘ylak kiyishning mahbubligi to‘g‘risida


787/1. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasulullohga (s.a.v.) liboslarning eng yaxshisi ko‘ylak edi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:29:13
119-BOB
Ko‘ylak, uning yengi, ishton va sallaning qay darajada uzun bo‘lishi va takabburlik yuzasidan osiltirishning haromligi hamda takabburlik bo‘lmaganda buning makruhligi haqida


788/1. Asmo binti Yazid al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasululloh (s.a.v.) ko‘ylaklarining yengi bilaklarigacha edi», deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

789/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim takabburlik bilan libosini sudrab yursa, Qiyomat kuni Alloh taolo nazar solmaydi», deganlarida, Abu Bakr (r.a.): «Ey Allohning Rasuli, ba’zida ishtonimni bog‘lab yurmasam, osilib qoladi, bu ham kibrdanmi?» dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Sen buni takabburlik bilan qiluvchilardan emassan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Muslim bularni ba’zisini rivoyat qilganlar.

Foyda: Chunki amallar niyatga qarab bo‘ladi. Hukmlar ham niyat o‘zgarishiga qarab o‘zgaradi. Ammo kim mutakabbirlik niyatida kiyimini uzaytirib yursa, qattiq va’idlar borligi uqtirilyapti.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:29:19
790/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo Qiyomat kuni ishtonini takabburlik bilan sudrab yuruvchilarga (rahmat nazari ila) qaramaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

791/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ishtonining ikki to‘pig‘i pastidan tushgan miqdori do‘zax o‘tidadir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:29:28
792/5. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Uch toifa kishi borki, Alloh Qiyomat kunida ularga gapirmaydi va ularni oqlamaydi hamda ular uchun alamli azob bordir», deb uch bora shu so‘zni aytdilar. Shunda Abu Zarr (r.a.): «Hasrat-nadomatda qolgurlar -ular kimlar o‘zi?» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.): «Kiyimlarini mutakabbirlik uchun uzun qilib kiyuvchilar, minnat qiluvchilar va molini yolg‘on qasamlar bilan o‘tkazuvchi kishilar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Muslimning boshqa rivoyatlarida «Ishtonini uzun qilib kiyuvchilar» bo‘lib kelgan.

793/6. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ishtonini, ko‘ylagini va sallasini takabburlik bilan sudrab yuruvchilarga Alloh taolo Qiyomat kuni (rahmat nazari ila) qaramaydi», dedilar. Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:29:36
794/7. Abu Jurayh Jobir ibn Sulaymdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni men bir odamni ko‘rdim. Odamlar u kishining ra’yi bilan ish qilishar edi. «Bu kim?» deb so‘rasam, sahobalar: «Allohning Rasuli», deyishdi. Men u zot huzurlariga borib: «Alaykassalom ey Allohning Rasuli», deb ikki marta aytsam, u zot: «Alaykassalom», deb aytma. Chunki «alaykassalom» o‘liklarning salomidir. Balki «Assalomu alayka», deb aytgin», dedilar. Men: «Siz Allohning Rasulimisiz?» desam, u zot: «Men U Allohning Rasulidirmanki, agar senga biror zarar yetib, Unga duo qilsang, o‘sha narsani sendan aritadi. Agar ocharchilik yili yetsa Unga duo qilsang, mo‘l-ko‘lchilik bo‘ladi. Agar cho‘lu sahroda uloving yo‘qolib qolib, Unga duo qilsang, ulovingni qaytarib beradi», dedilar. Men: «Vasiyat qiling», desam, u zot: «Biror kishini so‘kma», dedilar. O’sha kundan keyin biror hurni ham, qulni ham, tuyani ham, qo‘yni ham so‘kmadim. Va yana u zot: «Yaxshiliklardan birortasini past sanamagin. Hattoki birodaringga chehrangni ochib gapirishdagi yaxshilikni ham past sanamagin. Albatta, bu ham yaxshilikdir. Ishtoningni yuqori ko‘tarib yur. Uni boldiringning yarmigacha, bunga ko‘nmasang, ikki to‘pig‘inggacha osiltirgin, xolos. Ishtonni osiltirib yurishdan saqlangin. Chunki bu ham mutakabbirlikdir. Albatta, Alloh taolo mutakabbirni yaxshi ko‘rmas. Agar seni biror kishi so‘ksa yoki sendagi ayblarni bilib ayblasa, sen undagi bor narsalar bilan ayblama. O’shanda bu narsalarning gunohi o‘sha kishiga bo‘ladi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:29:44
795/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi ishtonini osiltirib namoz o‘qidi. Rasululloh (s.a.v.) u kishiga: «Borgin, tahorat qilib kelgin», dedilar. U borib tahorat qilib keldi. Rasululloh (s.a.v.) «Borib tahorat qilib kelgin», dedilar. Shunda boshqa bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, nima uchun tahorat qilishni buyurdingizu, keyin jim bo‘lib qoldingiz?» deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Bu kishi ishtonini osiltirib namoz o‘qidi. Alloh taolo ishtonini osiltirgan kishining namozini qabul etmaydi», dedilar. Abu Dovud sahih isnod ila rivoyat qildilar. Bu hadis imom Muslimning shartlariga binoan sahihdir.

Foyda: Rasululloh (s.a.v.) u kishiga ishtonini osiltirib ottirgan gunohiga kafforat bo‘lishi uchun tahoratini yangilab kelishni buyurdilar. Chunki hadislarda kelishicha, tahorat gunohlarga kafforatdir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:30:06
796/9. Qays ibn Bishr Tag‘libiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Otam menga gapirib berdilar. Damashq shahrida Rasululloh (s.a.v.) sahoblaridan Ibn Hanzaliyya (r.a.) ismli shaxs bor edi. U zot hech kimga aralashmasdan yolg‘iz o‘zlari yurardilar. Mashg‘ulotlari namoz edi. Qachon undan forig‘ bo‘lsalar, oila a’zolari huzuriga qaytguncha, tasbeh va takbir ila mashg‘ul edilar. Bir kuni biz Abu Dardo (ra) huzurida ekanimizda shu sahoba oldimizdan o‘tib qoldilar. Abu Dardo (r.a.) u kishiga: «Bir so‘z aytingki, bizga foyda bo‘lsin, o‘zingizga zarar bo‘lmasin», dedilar. O’sha Ibn Hanzaliyya (r.a.) ismli sahoba: «Rasululloh (s.a.v.) otliq askarlarni (jihodga) yubordilar. Askarlar qaytib kelishgach, ular orasidan bir kishi Rasululloh (s.a.v.) o‘tiradigan joylariga o‘tirib, yonidagi bir kishiga: «Bizni dushmanga yo‘liqqan paytimizda ko‘rsangiz edi, bir kishi dushmanga hamla qilib, nayza sanchdi-da: «Bu nayzani mendan olgin, men o‘iforiy yigitlaridanman (ya’ni o‘iforiy qabilasidagi yigitlar nayza sanchsa, o‘ldirmay qo‘ymaydi)», dedi. «Sen bu yigitning aytgan gapiga qanday qaraysan?» degan edi, haligi yonidagi kishi: «U savobini zoe qilibdi», dedi. Boshqa bir kishi eshitib turgan edi. «Bunday deb aytishning zarari yo‘q-ku!» dedi. Bas ikkovlari tortishib qolishdi. Rasululloh (s.a.v.) ham bularning tortishganlarini eshitib qolib: «Subhanalloh, yigitning bunday deyishining zarari yo‘q. Bu hamlasiga savob olishi ham va kishilarni maqtoviga sazovor bo‘lishi ham mumkin», dedilar. Abu Dardoning (r.a.) bundan xursand bo‘lganlarini ko‘rdim. Ibn Hanzaliyya (r.a.) tomonga boshlarini ko‘tarib qaradilar-da: «Siz buni Rasulullohning (s.a.v.) o‘zlaridan eshitdingizmi?» degandilar, Ibn Hanzaliyya (r.a.): «Ha», dedilar. Men ularning ehtiromlarini ko‘rib: «(Go‘yoki shogird ustozi huzurida ikki tizzasi bilan o‘tirgandek) ikki tizzalari bilan o‘tirardilar», der edim. Kunlarning birida yana Ibn Hanzaliyya (r.a.) bizning oldimizdan o‘tib qoldilar. Abu Dardo (r.a.) u kishiga: «Bir so‘z aytingki, u bizga foyda berib, o‘zingizga zarar bermasin», dedilar. Shunda u kishi: «Rasululloh (s.a.v.) bizga aytdilar, Alloh yo‘lida boqilayotgan otlarga molidan nifoq qiluvchi kishi xuddi sadaqa berish uchun hamisha qo‘li ochiq, aslo yopilmaydiganga o‘xshaydi», dedilar. Boshqa bir kuni yana oldimizdan o‘tib qoldilar. Abu Dardo (r.a.) u kishiga: «Bir so‘z aytingki, bizga foyda berib, o‘zingizga zarar qilmasin», dedilar. Shunda u kishi: «Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: Xuraymul Usaydiy nomli kishi muncha ham yaxshi, agar sochi (elkasiga tushadigan darajada) uzun bo‘lmasa va ishtoni osilgan bo‘lmasa, dedilar. Bu gap Xuraymga yetib, tezda tig‘ olib, sochini qulog‘ining oldigacha kesib, ishtonini boldirigacha ko‘tardi», dedilar. Keyin Ibn Hanzaliyya (r.a.) yana o‘tib qoldilar. Abu Dardo (r.a.): «Bir so‘z aytingki, bizga foyda berib, o‘zingizga zarar qilmasin», dedilar. Ibn Hanzaliyya (r.a.) aytdilar: «Rasulullohdan (s.a.v.) eshitganman, u zot: «Sizlar birodarlaringiz ziyoratiga borib turasizlar. Ulovlaringiz va liboslaringizni chiroyli qilib boringlar. Go‘yoki odamlar orasida badandagi xol kabi bo‘linglar. Chunki Alloh taolo takalluf bilan o‘ziga va liboslariga beparvo bo‘lganlarni yaxshi ko‘rmaydi», dedilar. Abu Dovud hasan isnod bilan rivoyat qilganlar.limning shartlariga binoan sahih isnod ila rivoyat qilganlar. Faqatgina Qays ibn Bishrni «Ishonchlimi yoki zaif kishimi?» deb, shu haqda ixtilof qilishgan. Lekin Imom Muslim bu kishidan hadis rivoyat qilganlar
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:30:27
797/10. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Musulmon kishining ishtoni boldirining yarmigacha bo‘ladi. Bordiyu boldiri bilan to‘pig‘i orasida bo‘lishining ham zarari yo‘q. Ammo to‘pig‘idan pasti do‘zaxdadir. Kimki ishtonini takabburlik ila sudrab yursa, Alloh taolo u kishiga (rahmat nazari bilan) qaramaydi», dedilar. Abu Dovud sahih isnod ila rivoyat qildilar.

798/11. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) oldilaridan o‘tayotgan edim, ishtonim bo‘shab, tushib ketdi. U zot: «Ey Abdulloh, ishtoningni ko‘targin», dedilar. Men uni ko‘tardim. «Yana ko‘tar», dedilar. Men uni ko‘tarib yurdim. Shunda qavmdagilar: «Ey ibn Umar, qaergacha ko‘tardingiz?» deyishganida, u zot: «Boldirning yarmigacha», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

799/12. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim kiyimini takabburlik bilan sudrab yursa, Alloh taolo unga Qiyomat kuni (rahmat nazari bilan) qaramaydi», deganlarida, Ummu Salama (ra): «Unda ayollar etaklarini nima qilishadi?» dedilar. Rasululloh (s.a.v.) «Bir qarich uzaytirishadi», dedilar. Ummu Salama (r.a.) esa: «Bir qarichda oyoqlari ochilib qoladi-ku?» dedilar. Rasululloh (s.a.v.): «Unday bo‘lsa, bir gaz miqdorida uzaytirishsin. Lekin undan oshirib yuborishmasin», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:30:39
120-BOB
Tavozu’ bilan takabburlikdan saqlanish niyatida kiyimning oliysini tark etishning mahbubligi haqida


Bu bobga taalluqli hadislar 56-bobda ham kelgan.
800/1. Muoz ibn Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki kiyinishga qodir bo‘la turib, Allohga tavozu’ qilgan holda (oliy navli) libos kiyishni tark qilsa, Alloh taolo Qiyomat kunida xaloyiqning boshiga chaqirib, mo‘minlar (jannatda) kiyadigan libosning xohlaganini tanlash huquqini beradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:30:52
121-BOB
Kiyinishda o‘rtahol bo‘lishning mahbubligi hamda zarurat va shar’iy maqsad bo‘lmaganda obro‘ini ketkazadigan kiyim kiymaslik haqida


801/1. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan rivoyatlarida, Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, Alloh taolo bandasi ustida bergan ne’mati asarini ko‘rmoqni sevadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:31:07
122-BOB
Erkaklarga ipak kiyim kiyish, ipak ko‘rpachada o‘tirish va ipak yostiqqa suyanishning haromligi hamda ayollarga ipak kiyim kiyishning joizligi haqida


802/1. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ipak libos kiymanglar. Kimki uni dunyo hayotida kiysa, oxiratda kiya olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

803/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, ipakni oxiratdan nasibasi yo‘qlar kiyadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Buxoriy rivoyatlarida: «oxiratdan nasibasi yo‘qlar kiyadi», bo‘lib kelgan.

804/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki shu dunyoda ipak kiysa, oxiratda kiya olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:31:15
805/4. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ipakni ushlab, o‘ng tomonlariga va tillani ushlab, chap tomonlariga qo‘ydilar-da, keyin: «Albatta, bu ikkovi ummatimning erkaklariga haromdir», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

806/5. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ipak kiyim va tilla ummatimning erkaklariga harom, ayollariga esa halol qilindi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

807/6. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) tilla va kumush idishlarda biror ichimlik ichishdan va ovqat tanovul etishdan hamda ipak, kimxob kiyishdan va uning ustida o‘tirishdan man qildilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:31:28
123-BOB
Badanida qichima kasali borlarga ipak kiyishning joizligi haqida


808/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Zubayr va Abdurahmon ibn Avflarga badanida qichima kasali borligi sababli ipak kiyim kiyishlariga ruxsat etdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:31:41
124-BOB
Yo‘lbars terisidan ko‘rpacha qilishning va egar ustiga to‘shamoqning man etilgani haqida


809/1. Muoviyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ipak va yo‘lbars terisi to‘shalgan ulovni minmanglar», deb aytdilar. Abu Dovud va boshqalar rivoyatlari.

810/2. Abu Malih otalaridan qilgan rivoyatlarida, Rasululloh (s.a.v.) yirtqichlarning terisini ishlatishdan man qildilar. Abu Dovud, Termiziy va Nasaiylar rivoyatlari.

Termiziyning rivoyatlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Yirtqichlarning terisini to‘shak qilishdan man qildilar», bo‘lib kelgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:31:51
125-BOB
Yangi kiyim yoki poyafzal va shunga o‘xshash narsalar kiyganda aytiladigan narsalar to‘g‘risida


811/1. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) yangi kiyim sallami, ko‘ylakmi yoki ridomi, kiysalar «Bismilloh»ni aytib, so‘ng quyidagi duoni o‘qir edilar: «Allohumma lakal hamdu anta kasavtaniyhi, as`aluka xoyrahu va xoyra ma suni’a lahu va a’uzu bika min sharrihi va sharri ma suni’a lahu». (Ma’nosi: Ey Rabbim, meni kiyintirganing uchun Senga hamd bo‘lsin. Sendan buning yaxshiligini va unga qilingan yaxshilikni so‘rayman. Va buning yomonligidan va unga qilingan yomonlikdan panoh tilayman.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:32:19
126-BOB
Kiyim kiyishni o‘ngdan boshlashning mahbubligi to‘g‘risida


Biz bu haqda yuqoridagi bobda ko‘plab sahih hadislar keltirdik.

127-BOB
Uxlash, yotish, turish, o‘tirish, birga o‘tirish va tush ko‘rish odoblari haqida


812/1. Barro ibn Ozib (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom menga: «Agar to‘shagingga kelsang, o‘ng tomoningga yonboshlab: «Allohumma aslamtu nafsiy ilayka va vajjahtu vajhiy ilayka va favvaztu amriy ilayka va alja`tu zohriy ilayka, rog‘batan va rohbatan ilayk, la malja`a va la manja minka illa ilayk, amantu bikitabikallaziy anzalta va nabiyyikallaziy arsalta», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, nafsimni Senga taslim etdim. Va yuzimni senga qaratdim. Ishimni Senga topshirdim. Sening ne’matingga rag‘bat qilib, g‘azabingdan qo‘rqib, Senga suyandim. Sendan boshqa qochadiganim ham, najot topadiganim ham yo‘q. Nozil qilgan kitoblaringga va yuborgan payg‘ambarlaringga iymon keltirdim.) Imom Buxoriy mana shu lafz ila rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:32:27
813/2. Barro ibn Ozib (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom menga: «Agar yotog‘ingga borsang, namozga tahorat qilganingdek tahorat qil, so‘ng o‘ng tomoningga yonboshlab: «Allohumma aslamtu nafsiy ilayka va favvaztu amriy ilayka va alja`tu zohriy ilayk, rog‘batan va rohbatan ilayk, la malja`a va la manja minka illa ilayk, amantu bikitabikallaziy anzalta va nabiyyikallaziy arsalta», deb ayt. Yotishdan oldin oxirgi aytadiganing shu bo‘lsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, nafsimni Senga taslim etdim. Ishimni Senga topshirdim. Sening ne’matingga rag‘bat qilib, g‘azabingdan qo‘rqib, Senga suyandim. Sendan boshqa qochadiganim ham, najot topadiganim ham yo‘q. Nozil qilgan kitoblaringga va yuborgan payg‘ambarlaringga iymon keltirdim.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari

814/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechalari o‘n bir rakat namoz o‘qirdilar. Agar subh kirsa, ikki rakat yengil namoz o‘qib olardilar. Keyin muazzin kelib, jamoat jam bo‘ldi deb aytgunicha, o‘ng tomonlariga yonboshlab turardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:32:47
815/4. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi yotoqlariga yotsalar, qo‘llarini chakkalari ostiga qo‘yib «Allohumma bismika amutu va ahya», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening isming bilan tirilaman va o‘laman.) Uyg‘onganlarida: «Alhamdu lillahillaziy ahyana ba’da ma amatana va ilayhin nushur», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Bizni o‘ldirgandan keyin tiriltirgan Allohga hamd bo‘lsin. Va biz Ungagina qaytamiz.) Imom Buxoriy rivoyatlari

816/5. Ya’ish ibn Tixfa al-o‘iforiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Otam menga quyidagilarni aytib berdilar. Bir kuni men masjidda qornimni yerga qaratib yotgan edim, nogahon bir kishi kelib, oyog‘i bilan meni turtdi-da: «Albatta, bu yotish Allohning g‘azabini keltiradi», dedi. O’girilib qarasam, u gapirayotgan kishi Rasululloh (s.a.v.) ekanlar. Abu Dovud rivoyatlari.

Foyda: Qorinni yerga qaratib yotishdan qaytarilgan.

817/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim bir o‘ringa o‘tirsayu Allohni zikr qilmasa, u uchun Alloh tomonidan nuqson yetadi. Kim bir o‘ringa yonboshlasayu Allohni zikr etmasa, unga ham Alloh tomonidan nuqson yetadi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

Foyda: Har bir majlisda Allohni zikr qilib yurishga targ‘ib hamda Allohning zikridan g‘aflatda qolishdan ogohlantirish bor.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:32:56
128-BOB
Chalqancha yotish va avrati ochilib qolishidan qo‘rqmasa, bir oyog‘ini
ikkinchisi ustiga qo‘yishning hamda chordona qurib hamda
cho‘kkalab o‘tirishning joizligi haqida


818/1. Abdulloh ibn Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasulullohning (s.a.v.) masjidda bir oyoqlarini ikkinchisi ustiga qo‘yib chalqancha yotganlarini ko‘rdim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

819/2. Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar bomdod namozini o‘qib bo‘lsalar, quyosh batamom chiqqunicha o‘z o‘rinlarida chordona qurib o‘tirardilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:33:04
820/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) Ka’ba hovlisida cho‘kkalab, ya’ni dumbalarini yerga qo‘yib, tizzalarini quchoqlab o‘tirganlarini ko‘rdim», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

821/4. Qaylata binti Maxramadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) cho‘kkalab o‘tirganlarini ko‘rdim. Bas, u zotning nihoyatda xushu’ bilan o‘tirganlarini ko‘rib, qo‘rquvdan titrab ketdim». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

822/5. Sharid ibn Suvayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men mana shundoq, ya’ni chap qo‘limni orqamga qo‘yib, o‘ng kaftimga suyanib o‘tirganimda, Rasululloh (s.a.v.) «Allohning g‘azabiga uchragan yahudiylar kabi o‘tirmagin», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:33:17
129-BOB
Majlis va hamsuhbatlar odobi haqida


823/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan birortangiz zinhor bir kishini o‘rnidan turg‘izib, uning joyiga o‘tirmasin. Lekin majlisni kengaytirsin», deb aytdilar. Ibn Umarning (r.a.) odatlari - biror kishi o‘rnidan turib joy bersa, u yerga o‘tirmasdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

824/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan birortangiz o‘rnidan turib, keyin yana joyiga qaytib kelsa, o‘z joyiga o‘zi haqlidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:33:24
825/3. Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Agar biz Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borsak, har birimiz majlisning yetib kelgan joyiga o‘tirar edik. Ya’ni hech kimni bezovta qilib, o‘rnidan turg‘izmas edik. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

826/4. Abu Abdulloh Salmon Forsiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz juma kuni g‘usl qilib, qodir bo‘lganicha tozalanib, yog‘ surtib yoki uyidagi xushbo‘y atirlardan sepib, uyidan chiqib, keyin masjidga borib, ikki kishi orasini yormasdan (bo‘sh joyga o‘tirib) farz namozini o‘qisa va imom (xutbaga) chiqib gapirayotganida jim tursa, o‘sha juma bilan narigi juma o‘rtasidagi gunohlari kechiriladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:33:35
827/5. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan rivoyatlarida Rasululloh (s.a.v.) «Biror kishiga ikki kishi orasini ularning iznisiz yorib o‘tirib olish joiz emas», dedilar. Abu Dovud va imom Termiziy rivoyatlari.

Abu Dovudning rivoyatlarida: «Ikki kishining orasiga ularning iznisiz o‘tirilmaydi» bo‘lib kelgan.

828/6. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) halqaning (yumaloq shaklda o‘tirish) o‘rtasida o‘tirgan kishiga la’nat aytdilar. Abu Dovud rivoyatlari.

Termiziy Abu Mijlazdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida esa: «Bir kishi halqaning o‘rtasiga o‘tirgan edi. Huzayfa (r.a.): «Bu Muhammad alayhissalom tillari bilan la’natlangandir. Yoki kimki xalqaning o‘rtasiga o‘tirsa, Alloh Muhammad alayhissalom tillari bilan la’natlagandir», deb aytdilar» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:33:43
829/7. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Majlislarning eng yaxshisi kengrog‘idir», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. Bu hadis imom Buxoriy shartlariga binoan sahihdir.

830/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki majlisda o‘tirganida befoyda so‘zlar ko‘payib ketsa: «Subhanakallohumma va bihamdika ashhadu anla ilaha illa anta astag‘furuka vaatubu ilayka», deb aytsa, ana shu majlisda sodir bo‘lgan gunohlari kechiriladi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Senga hamd aytish ila Seni poklab yod etaman. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo‘q. Senga istig‘for aytib, tavba qilaman). Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:33:57
831/9. Abu Barzadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) majlis tugaganidan keyin turishni xohlasalar, uning oxirida «Subhanakallohumma va bihamdika, ashhadu anla ilaha illa anta astag‘firuka va atubu ilayka», deb aytardilar. Shunda bir kishi: «Ey Allohning rasuli, siz bir so‘z aytdingiz, buni avval aytmagan edingiz», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Mana shu kalimalar majlisda sodir bo‘lgan gunohlarga kafforatdir», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

Imom Hokim ham mana shu hadisni «Mustadrak» kitobida Oishadan <&> sahih isnod ila rivoyat qilganlar.

832/10. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) quyidagicha duo qilib, majlisdan turib ketardilar: «Allohumma aqsim lana min xoshyatika ma tahulu bihi baynana va bayna ma’siyatika va min toatika ma tuballig‘una bihi jannataka va minal yaqiyni ma tuhavvinu bihi a’layna masoibad dunyo. Allohumma matti’na biasma’ina va absorina va quvvatina ma ahyaytana vaj’alhul vorisa minna vaj’al sa’rana ‘ala man zolamana vansurna ‘ala man ‘adana vala taj’al musiybatana fiy diynina vala taj’alid dunyo akbara hammina vala mablag‘a ‘ilmina vala tusallit ‘alayna man la yarhamuna». (Ma’nosi: «Allohim, Senga qilinadigan gunoh ila bizning oramizni to‘sadigan qo‘rquvni va jannatingga yetkazadigan toatingni hamda dunyo musibatlarini bizga yengillashtiradigan yaqiynni (to‘la ishonchni) ulush qilib ber. Allohim, bizni tirikligimizda qulog‘imiz, ko‘zimiz va quvvatimiz ila naflantirib, uni bizga merosxo‘r qil (Ya’ni, vafot etgunimizcha omonda qil). O’chimizni bizga zulm qilganlarga qarat! Dushmanlarimiz ziyoniga bizga nusrat ber. Musibatimizni dinimizda qilma. Dunyoni eng katta g‘amimiz va oxirgi ilmimiz qilma. Va bizga rahm qilmaydiganlarni bizga boshliq etma».) Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:34:09
833/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror qavm Allohni zikr qilmasdan, majlisdan turadigan bo‘lsa, go‘yoki o‘lik eshak ustidan turib ketgandek bo‘lishadi. Va bu majlis o‘zlariga nadomat olib keladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

Foyda: Allohning zikridan g‘aflatda qolishdan ogohlantirilmoqda. Chunki qalb kasalliklarining kattasi va gunohlarning buyugi Allohning zikridan g‘aflatda qolinganda sodir bo‘ladi.

834/12. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror qavm bir majlisda o‘tirib, Allohni zikr qilmasa, Rasulullohga (s.a.v.) salavot aytmasa, unga ham noqislik yetadi. Agar Alloh ularni xohlasa azoblaydi, xohlasa kechiradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

835/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki bir o‘rinda o‘tirsa-yu, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan unga noqislik bo‘ladi. Kimki bir o‘ringa yonboshlasa-yu, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan unga ham noqislik yetadi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:34:31
130-BOB
Tush va unga taalluqli narsalar to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Uning oyatlaridan (yana biri) — kechasi va kunduzi uxlashlaringizdir» (Rum surasi, 23-oyat), deb aytgan.

836/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Nubuvvatlikdan hech narsa qolmaydi. Faqat bashorat beruvchi narsa qoladi, xolos», deganlarida, sahobalar: «Bashorat beruvchi narsa nima?» deyishdi. Shunda u zot: «Yaxshi tush», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

837/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar oxir zamon yaqinlashsa, mo‘minning tushi kamdan-kam yolg‘on bo‘ladi.
Va mo‘minning tushi nubuvvatning qirq olti bo‘lagidan bir qismidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatlarda: «Tushi rostlaringiz so‘zi rostlaringizdir», deyilgan.

Foyda: Alloh taolo mo‘minlarga zamon fasod bo‘lganda tasalli bo‘lishi uchun mana shunday ne’matlarni berdi. Imom Muhallabning aytishlaricha, payg‘ambarlar tushi haqdir. Mo‘minlarni tushlari ham ko‘pincha rostdir. Chunki shayton ularni qalblaridan joy egallay olmaydi. Kofir va fosiqlarning tushi esa ko‘pincha yolg‘ondir. Chunki shayton ularga hukmdordir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:34:38
838/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim meni tushida ko‘rsa, tez fursatlarda uyg‘oq holatida ham ko‘radi. Yoki uyg‘oqlikda meni ko‘ribdi. Chunki Shayton mening qiyofamga kira olmaydi», dedilar.

Foyda: Kim Rasulullohni (s.a.v.) tushida ko‘rsa tez kunlarda o‘ngida, ya’ni Qiyomatda ko‘radi. Bu o‘sha tush ko‘rgan kishi uchun xushxabardir. Rasulullohni (s.a.v.) faqatgina u zotga nisbatan qalbida muhabbat va hidoyatlariga ergashganlargina tushida ko‘radi. Albatta tushda Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rish haqdir. Bu alg‘ov-dalg‘ov tushlar sirasiga kirmaydi. Chunki shayton inson ko‘ziga Rasululloh (s.a.v.) shakllarida ko‘rina olmaydi. Mana shu u zotning xususiyatlaridandir.

839/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz yaxshi tush ko‘rsa, albatta, u Alloh tomonidandir. Buning uchun Allohga hamd aytsin. Va uni (boshqalarga) aytaversin. (Boshqa rivoyatda: «Yaxshi ko‘rgan kishisiga so‘zlayversin»). Agar bundan boshqasi, ya’ni yomon tush ko‘rsa, u haqiqatda shayton tomonidandir. U shaytonning yomonligidan panoh tilab, tushini hech kimga gapirmasin. Ana shunda u zarar qilmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:34:50
840/5. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Solih tush (boshqa rivoyatda yaxshi tush) Alloh tomonidandir. Yomon tush shayton tomonidandir. Kimki tushida yomon narsa ko‘rsa, chap tomoniga uch marta tuflab, shaytondan panoh tilasin. Chunki ana shunday qilsa, u zarar bera olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

841/6. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz tushida yomon narsani ko‘rsa, chap tomoniga uch marta tupursin. Va uch marta Alloh nomi ila shaytondan panoh tilasin. Hamda yotgan tomonidan boshqa tarafga burilib yotsin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

842/7. Abulasqa’ Vosila ibn Asqa’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Yolg‘onlarning eng kattasi — kishining o‘z otasidan bo‘lak odamni o‘z otam, deb da’vo qilmog‘i yoki o‘zi (tushida) ko‘rmagan narsani ko‘rdim, deyishi yoki Rasululloh (s.a.v.) aytmagan narsani aytdilar, deyishidir», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:35:10
SALOMLASHISH KITOBI

131-BOB
Salomlashish fazilati hamda uni ommalashtirishga buyurish


Alloh taolo:
«Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz» (Nur surasi, 27-oyat).

«Bas, qachon uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan muborak pokiza salomni aytinglar (ya’ni «Assalomu alaykum», denglar)» (Nur surasi, 61-oyat).

«Qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki (hech bo‘lmasa) o‘sha iborani qaytaringlar» (Niso surasi, 86-oyat).

«(Ey Muhammad), sizga Ibrohimning izzat-ikromli mehmonlari haqidagi xabar keldimi? O’shanda ular (Ibrohimning) huzuriga kirib, «Salom», deyishgan edi. U ham «Salom», dedi» (Vaz-zoriyat surasi, 24-25-oyatlar), deb aytgan.

843/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohdan (s.a.v.) «Islomdagi qaysi amal yaxshi?» deb so‘raganida, u zot: «Qorni ochlarni to‘ydirishing hamda tanigan va tanimagan kishiga salom berishing», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:35:21
844/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo Odam alayhissalomni xalq qilib, u kishiga «Ana bu o‘tirgan bir necha farishta oldiga borgin-da, salom bergin, so‘ngra ularning senga oladigan aligini yaxshilab eshitgin, chunki bu senga va sendan tarqaladigan zurriyotlaringga yo‘llangan salom bo‘ladi», dedi. (Odam alayhissalom borib: «Assalomu alaykum», dedilar. Farishtalar: «Assalomu ‘alayka va rahmatullohi», deb «rahmatullohi»ni ziyoda qilishdi», dedilar.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

845/3. Abu Umora Barro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yetti narsaga buyurdilar:
1.   Kasalni borib ko‘rmoqni;
2.   Janozada qatnashmoqni;
3.   Aksa urganga javob qaytarmoqni;
4.   Kuchsizga yordam bermoqni;
5.   Mazlumga ko‘mak bermoqni;
6.   Salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoymoqni;
7.   Qasamga vafo qilmoqni. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:35:29
846/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Iymon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysizlar. Bir-biringizga muhabbat qilmaguningizcha iymonli bo‘la olmaysizlar. Agar amal qilsangiz, o‘rtalaringizda muhabbat paydo etadigan narsaga sizlarni dalolat qilaymi? U oralaringizda salomni yoymoqligingizdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

847/5. Abu Yusuf Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey insonlar, salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoying. Ovqat bilan (kambag‘allarni) taomlantiring, qarindoshlarga yetishing. Kishilar uxlaganda namoz o‘qing, jannatga omon holatda kirasizlar», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:35:36
848/6. Tufayl ibn Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Abdulloh ibn Umarning (r.a.) huzurlariga kelib, u zot bilan birga bozorga borishar edi. Tufaylning xabar berishlaricha, «Bozorga borarkanmiz, Abdulloh ibn Umar biror ichak-chavoq sotuvchi yoki do‘kondor yoki biror miskinga yo‘liqsalar, ularga salom berardilar». Tufayl aytdilar: «Kunlarning birida Abdulloh ibn Umarning oldilariga bordim. Meni o‘zlari bilan bozorga ergashtirdilar. U zotga «Bozorda nima qilasiz, baribir oldi-sotdi qilmasangiz, narxlarini so‘rab, baholashmasangiz va bozor majlislarida o‘tirmasangiz?» desam, u zot: «Sen bilan bu haqda ana bu yerda gaplashamiz», dedilar-da, «Ya abobatn» («ey qorin otasi»), dedilar (ya’ni, Tufaylning qorinlari katta bo‘lgani uchun shunday atadilar). So‘ng yana: «Biz bu yerga salom sababli, ya’ni yo‘liqqan kishilarimizga salom berish uchun kelamiz», dedilar». (Abdulloh ibn Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) sunnatlarini tiriltirish uchun birortasini qoldirmay mana shunday amal qilishda boshqa sahobalardan ajrab turardilar... - tarj.) Imom Molik «Muvatto» kitoblarida sahih isnod ila rivoyat qilganlar
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:35:53
132-BOB
Salom berishning yo‘l-yo‘rig‘i to‘g‘risida


Salomni boshlovchi salom berilayotgan kishi bitta bo‘lsa ham ko‘plik olmoshi bilan: «Assalomu alaykum», deydi. Alik oluvchi «vov» harfini ziyoda qilib: «Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuhu», deydi.

849/1. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kishi Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga kelib, «Assalomu alaykum», dedi. Unga javob qaytarib o‘tirdilar-da, o‘nta savob, dedilar. So‘ngra boshqa kishi keldi-da, «Assalomu alaykum va rohmatullohi», dedi. Unga ham javob qaytarib o‘tirdilar-da, yigirmata savob, dedilar. So‘ngra boshqa bir kishi keldi-da, «Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuhu», dedi. Unga ham javob qaytarib, o‘ttizta savob, dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

850/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) menga: «Jabroil (alayhissalom) senga salom aytdi», deganlarida, men ham: «Va alayhissalom va rohmatullohi va barokatuhu» («U zotga ham Allohning rahmati, salomi va barakasi bo‘lsin»), dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Oisha onamizning fazllari, farishtalarning odamlarga salom yo‘llashi va g‘oyibdan salom aytgan kishiga javob qaytarishning shartligi ma’lum bo‘lmoqda.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:36:05
851/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) biror gap aytsalar, eshituvchi uni anglagunicha uch marta qaytarardilar. Agar biror jamoaga borib salom bersalar, uch marta salom berardilar. Imom Buxoriy rivoyatlari

Foyda: Agar jamoat ko‘p bo‘lsa shunday qilinadi.

852/4. Miqdoddan (r.a.) qilingan uzun hadisda keltirilishicha, «Rasulullohga (s.a.v.) sutdan bo‘lgan nasibalarini olib qo‘ydik. U zot kechasi kelib, uyqudagilar uyg‘onmaydigan va uyg‘oqlar eshitadigan qilib salom berardilar. Mening uyqum kelmasdi. Ammo ikki sherigim uxlab bo‘lishgan edi. Shu kuni Rasululloh (s.a.v.) kelib, avval qanday salom bersalar, shu tarzda salom berdilar». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:36:13
853/5. Asmo binti Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kunlarning birida masjidning yonidan o‘tayotganlarida bir necha ayol o‘tirgan edi. Ularga qo‘llari ila ishora qilib, salom berdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

Bu hadisda Rasululloh (s.a.v.) lafz ila ishorani jamladilar. Abu Dovuddan qilingan rivoyat mana shu so‘zni quvvatlaydi.

Foyda: Uzoqdagi kishilarga ishora va lafz ila salom aytish joiz. Lekin ishoraning o‘zi bilan kifoyalanish makruhdir. Bunday qilishdan boshqa bir hadisda man qilingan. Chunki bunday qilish musulmon bo‘lmaganlar odatlaridir. Rasululloh (s.a.v.) fitnadan omonda bo‘lganlari uchun ayollarga salom berdilar. Kimda-kim fitnadan omonda bo‘lishga ko‘zi yetsa u kishiga ham ayollarga salom berishi joiz. Lekin o‘ziga ishonmasa salom bermagani afzal.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:36:20
854/6. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo nazdida odamlarning oliysi salomni (avval) boshlaganlaridir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

855/7. Abu Juray al-Hujaymiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib: «Alaykassalom, ey Allohning Rasuli», desam, u zot: «Alaykassalom» deb aytmagin. Chunki «Alaykassalom» o‘liklarning salomidir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:36:35
133-BOB
Salom odoblari to‘g‘risida


856/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Suvoriy piyodaga, piyoda o‘tirganga va ozchilik ko‘pchilikka salom beradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Buxoriy rivoyatlarida: «Kichik kattaga» bo‘lib kelgan.

Foyda: Mana shu tarzda salom berish mahbubdir. Imom Muhallab buning hikmatini quyidagicha sharhlaydilar: Chunki piyoda yuruvchi kiruvchi kishiga o‘xshaydi. Shuning uchun salomni avval berishi a’loroq. Kichik yoshli kattalarni hurmat qilib, ularga nisbatan tavozu’li bo‘lishga buyurilgan. Suvoriy ya’ni biror narsa minib
olgan kishi o‘sha minib olgan narsasiga faxrlanib kibrlanmasligi uchun salomni avval beradi. Ozchilik ko‘pchilikka salom berishiga sabab, ko‘pchilikning haqqi ozchilikka qaraganda ko‘proqdir. Islomda salom berish odobi mana shu ko‘rinishda bo‘ladi.

857/2. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishilarning Alloh huzuridagi oliy martabalisi salomni boshlaganidir», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

Imom Termiziy rivoyatlarida keltirilishicha, «Ey Rasululloh, ikki kishi yo‘liqib qolsa, qaysi biri salomni boshlaydi?» deyilganida, u zot: «Alloh huzuridagi oliy martabalisi, (Ya’ni Allohga toat bilan yaqin bo‘lgani)», deb aytdilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:36:48
134-BOB
Takror ko‘rishganda, bir majlisga kirib-chiqqanda yoki daraxt va shunga o‘xshash narsalar orani to‘sib qo‘yganida qayta salom berishning mahbubligi haqida


858/1. Abu Hurayradan (r.a.) namozini yomon holda o‘qigan kishi haqida rivoyat qilinadi. U kelib namoz o‘qidi. Rasululloh (s.a.v.) uning salomiga alik olgach, «Qaytadan namoz o‘qi. Chunki sen hali namoz o‘qimading», dedilar. U qaytib namoz o‘qidi. So‘ngra Rasulullohga (s.a.v.) salom berdi. Hattoki, shuni uch marta qildi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

859/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlarning biringiz birodariga yo‘liqsa, unga salom bersin. Agar ular orasini daraxt yo devor yoki tosh to‘sib qo‘yib, so‘ngra unga yana yo‘liqsa, yana salom bersin», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:37:04
135-BOB
Uyga kirganda salom berishning mahbubligi to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Bas, qachon uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan muborak pokiza salomni aytinglar (ya’ni «Assalomu alaykum», denglar)» (Nur surasi, 61-oyat), deb aytgan.

860/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey o‘g‘ilcham, agar oila a’zolaring huzurlariga kirsang, salom bergin. Ana
shunda o‘zingga va oila a’zolaringga baraka bo‘ladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

Foyda: Kishi uyiga kirganida o‘z ahliga salom berish mahbub amallardan. Agar hech kim bo‘lmasa «Assalomu ‘alayna va ‘ala ibadullohis solihiyn», deb aytmoqligi ham mahbubdir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:37:15
136-BOB
Yosh bolalarga salom berish haqida


861/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot yosh bolalar yonidan o‘tib ketayotib, ularga salom berdilar-da, «Rasululloh (s.a.v.) shunday qilardilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:37:33
137-BOB
Kishining o‘z xotiniga, mahram ayolga hamda agar fitna bo‘lishidan cho‘chimasa begona ayolga va ayollarga, salom berishi joizligi to‘g‘risida


862/1. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bizda bir ayol bor edi (boshqa rivoyatda boshqacha keltiriladi: «Bizning bir (tanish) kampirimiz bo‘lib...»), u lavlagi olib kelardi-da, qozonga solib arpaning maydalangani bilan aralashtirib qo‘yar edi. Biz har gal jumani o‘qib qaytayotganimizda unga salom berar edik. U bizga haligi taomni tortiq qilar edi». Imom Buxoriy rivoyatlari.

Foyda: Mana shu kabi fitna bo‘lishidan qo‘rqilmaydigan kampirlarga salom berishning joizligi ayon bo‘lyapti.

863/2. Ummu Hone’ Foxitata binti Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Fath kuni Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga borsam, u zot g‘usl qilayotgan ekanlar. Fotima (r.a.) esa (parda bilan) to‘sib turgan ekanlar. Bas, men salom berdim...» deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Foyda: Agar fitna bo‘lishidan qo‘rqilmasa ayolning erkak kishiga salom berishi joiz.

864/3. Asmo binti Yaziddan rivoyat qilinadi: «Biz ayollar bilan turganimizda, Rasululloh (s.a.v.) oldimizdan o‘tib bizga salom berdilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

Ammo Termiziy rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) kunlarning birida masjid yonidan o‘tayotganlarida bir necha ayollar o‘tirishgan edi. Ularga qo‘llari ila ishora qilib salom berdilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:37:51
138-BOB
Kofirga avval salom berishning haromligi va ular salomiga alik olishning yo‘l-yo‘riqlari hamda musulmon va kofirlar birga o‘tirgan majlis ahliga salom berishning mahbubligi haqida


865/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Yahudiy va nasorolarga avval salom bermanglar. Agar birortalaringiz yo‘lda ular bilan ro‘bara bo‘lib qolsa, ko‘chaning chetidan yurishga majbur qilsin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

866/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar sizlarga ahli kitoblar salom berishsa, ularga «Va alaykum», deb aytinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

867/3. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir majlisdan o‘tdilar. U majlisda oddiy musulmonlar, mushriklar, butlarga ibodat qiluvchilar va yahudiylar bor edi. Va ularga salom berdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:38:06
139-BOB
Majlisdan turganda va hamsuhbatlaridan ajralayotganda salom berishning mahbubligi to‘g‘risida


868/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlardan biringiz biror majlisga boradigan bo‘lsa, salom bersin. Agar turishni xohlasa ham, salom bersin. Avvalgisi keyingisidan haqli emasdir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

Foyda: Ko‘rishganda va ajralayotganda salom berish mandub amaldir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:38:23
140-BOB
Izn so‘rash va uning odoblari haqida


Alloh taolo:
«Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz» (Nur surasi, 27-oyat).

«Qachon go‘daklaringiz balog‘atga yetsalar, bas, ular ham xuddi ulardan ilgari (balog‘atga yetganlar) kabi izn so‘rasinlar» (Nur surasi, 59-oyat), deb aytgan.

869/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Izn so‘rash uch martadir. Agar izn berilsa, kirgin. Agar berilmasa, qaytib ketgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

870/2. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) : «Izn so‘rash ko‘z (nomahramlarga tushishining oldini olish) sababidan joriy qilindi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:38:30
871/3. Rib’iy ibn Hiroshdan rivoyat qilinadi: «Menga Bani Omir qabilasidan bo‘lgan bir kishi gapirib berdi. U Rasululloh (s.a.v.) uydaliklarida oldilariga kirishga izn so‘rab, «Kiraveraymi?» dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) xodimlariga: «Buning oldiga chiqib, izn so‘rashni va «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» deyishni o‘rgat», dedilar. U kishi buni eshitib turgan edi. Bas, «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) unga izn berdilar, u kirdi». Abu Dovud rivoyatlari.

872/4. Kilda ibn Hanbaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga borib, oldilariga kirdim-da, salom bermadim. Rasululloh (s.a.v.) «Qaytib, boshidan «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» degin», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:38:49
141-BOB
Eshikni taqillatib, kirishga izn so‘rovchi kishiga ichkaridan «Kimsiz?» deb so‘ralsa, «Falonchiman» deb ismi yoki taniladigan laqabini aytishning sunnat ekanligi hamda «Kimsiz?» deyilsa, ismini aytmasdan «Men, men» deyishning karohiyati haqida


873/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilingan mashhur Isro hodisasi haqidagi hadisda keltirilishicha, «Rasululloh (s.a.v.) «Men Jabroil (alayhissalom) bilan dunyo osmoniga ko‘tarilganimda, uning ochilishini talab qildilar. «Bu kim?» deyilganida, «Jabroilman», dedilar. «Sen bilan birga kim?» deyilganida, «Muhammad» (alayhissalom), dedilar. So‘ngra ikkinchi va uchinchi va qolganlariga ko‘tarilganlarida, har bir osmonda «Bu kim?» deyildi, «Jabroilman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

874/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Kechalarning birida ko‘chaga chiqsam, Rasululloh (s.a.v.) yakka o‘zlari ketayotgan ekanlar. Men ham oyning soyasida ketayotsam, men tomonga burildilar-da va meni ko‘rib qoldilar. «Kim bu?» dedilar. «Abu Zarrman», dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:39:00
875/3. Ummu Hone’dan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borsam, u zot g‘usl qilayotgan ekanlar. Fotima esa to‘sib turgan ekan. Shunda u zot: «Bu kim?» dedilar. Men: «Ummu Hone’man», dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

876/4. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, eshiklarini taqillatdim. U zot: «Kim bu?» dedilar. «Men», deb aytdim. Shunda u zot «men», «men», deb go‘yoki karih ko‘rgandek aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Biror kishining uyi taqillatilsayu uy ichidan «Kimsiz» deyilsa, u ismini aytmasdan «Men» deb aytishining karohiyati bor.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:39:22
142-BOB
Aksa urib, «Alhamdulillah» deganga, «Yarhamukalloh» deb javob qaytarishning mahbubligi, agar aksa urib, «Alhamdulillah» demasa, «Yarhamukalloh» deb aytishning karohiyati hamda aksa urish, javob qaytarish va esnashning odoblari haqida


877/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, Alloh taolo aksa urganni yaxshi ko‘radi. Esnashni esa karih ko‘radi. Sizlardan biringiz aksa urib, «Alhamdulillah», deb Allohga hamd aytsa, har bir eshitgan musulmon kishiga «Yarhamukalloh», ya’ni «Alloh senga rahm qilsin», deb aytmog‘i shart bo‘ladi. Ammo esnash shaytondandir. Agar sizlardan biringiz esnaydigan bo‘lsa, qodir bo‘lganicha uni qaytarsin. Chunki esnagan kishiga shayton kuladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

Foyda: Aksa urishning yaxshi ko‘rilishiga sabab, u faollik va och holatdan yuzaga keladi. Esnash esa to‘qlik va dangasalik oqibatidan yuzaga keladi.

878/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz aksa bersa, «Alhamdulillah», desin. Yonidagi og‘aynisi yoki do‘sti «Yarhamukalloh», desin. «Yarhamukalloh», degan kishiga «Yahdikumullohu va yuslih balakum», ya’ni «Alloh sizni hidoyat qilib, sha’ningizni isloh etsin», desin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:39:27
879/3. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz aksa urib Allohga hamd aytsa, unga javob qaytaring. Agar hamd aytmasa (ya’ni, «Alhamdulillah», demasa), javob qaytarmang», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

880/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida ikki kishi aksa urdi. Ularning biriga javob qaytardilar. Ikkinchisiga javob qaytarmadilar. Haligi javob qaytarilmagan kishi: «Falon kishi aksa uruvdi, javob qaytardingiz. Men aksa ursam, javob qaytarmadingiz», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Bu «Alhamdulillah», dedi. Sen «Alhamdulillah», demading», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:39:36
881/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar aksa uradigan bo‘lsalar, qo‘llari yoki kiyimlarini og‘zilariga qo‘yib, ovozlarini pastlatardilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.

882/6. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Yahudiylar Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida aksa urib, Rasulullohning «Yarhamukalloh», (ya’ni, «Alloh rahm qilsin»), deyishlariga umid qilishar edi. Rasululloh (s.a.v.) esa: «Yahdikumullohu va yuslih balakum», (ya’ni, «Alloh sizni hidoyat qilib, sha’ningizni isloh etsin»), deb aytardilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

883/7. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz esnaydigan bo‘lsa, qo‘li bilan og‘zini to‘ssin, chunki shayton kirib ketadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:39:52
143-BOB
Ko‘rishganda qo‘l berib so‘rashish, ochiq chehra bilan yo‘liqish, solih kishilarning qo‘lini, o‘z bolasining yuzini o‘pish va safardan qaytgan kishi bilan quchoqlashishning mahbubligi hamda bularga bo‘yin egishning karohiyati


884/1. Abulxattob Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men Anasga (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) sahobalarida qo‘l berib so‘rashish odati bormidi?» desam, u zot: «Ha», deb javob berdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

885/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga Yaman ahli kelsa: «Sizlarning huzuringizga Yaman ahli kelishdi. Ular qo‘l berib so‘rashishni avval joriy qilgan qavmdir», derdilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:39:59
886/3. Barodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ikki musulmon yo‘liqib, qo‘l berib so‘rashishsa, ular ikkovi ajralmaslaridan oldin gunohlari kechiriladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

887/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Rasululloh! Kishi birodari yoki do‘stiga yo‘liqsa, bosh egadimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «O’ziga yaqinlashtirib o‘padimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Qo‘lidan ushlab so‘rashadimi?» deganida, «Ha», deb javob qildilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:40:10
888/5. Safvon ibn Assoldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir yahudiy do‘stiga «Anavi nabiy huzuriga bizni olib bor», dedi. Bas, ular Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga borib, to‘qqizta ochiq-oydin oyat haqida so‘rashdi. (Hadisning davomida) ular Rasulullohning (s.a.v.) qo‘llari va oyoqlarini o‘pib, «Biz guvohlik beramizki, albatta, sen nabiydirsan», deyishdi. Imom Termiziy, va boshqalar sahih isnod ila rivoyat qilishgan.

889/6. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot bir qissada: «Rasululloh (s.a.v.)ga yaqin bo‘lib, qo‘llarini o‘pdik», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:40:18
890/7. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Zayd ibn Horisa Madinaga kelganlarida, Rasululloh (s.a.v.) uyimda edilar. Zayd kelib eshikni taqillatdilar. Rasululloh (s.a.v.) turib, kiyimlarini sudrab borib, quchoqlashib o‘pdilar». Imom Termiziy rivoyatlari.

891/8. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) menga: «Yaxshiliklardan birortasini past sanama! Agar birodaringga yo‘liqsang, ochiq yuz ila ko‘rishishing ham yaxshilikdir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari.

892/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Hasan ibn Alini (r.a.) o‘pganlarida, huzurlarida Aqra’ ibn Hobis at-Tamiymiy bor edi. Shunda u: «Mening o‘nta bolam bor-u, ularning birortasini o‘pmaganman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) unga qaradilar-da, «Kim rahm qilmasa, rahm qilinmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:40:34
144-BOB
Kasalni ziyorat qilish, mayyitni qabrgacha kuzatib qo‘yish, unga duoda bo‘lish, dafn marosimida hozir bo‘lish va dafn qilingandan keyin qabr oldida turishning fazilati haqida


893/1. Barro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bizga: «Kasalni borib ko‘rishni, janozaga ergashishni, aksa urgan kishiga javob qaytarishni, qasamning ustidan chiqishni, mazlumga yordam berishni, (taom yoki biror narsaga) chaqirgan kishiga javob qilishni va salom berishni» buyurdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

894/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Musulmonning musulmon ustidagi haqqi beshtadir:
1.   Salomga alik olish;
2.   Kasalni borib ko‘rish;
3.   Janozaga ergashish;
4.   (Taom yoki boshqa biror narsaga) chaqirganga javob qilish;
5. Aksa urganga javob qaytarish», dedilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:41:54
895/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar. Alloh taolo Qiyomat kuni: «Ey odam bolasi, kasal bo‘ldim, meni ko‘rgani bormading», deydi. Shunda u kishi: «Ey Rabbim, qanday qilib seni ko‘rgani boraman? Sen olamlarning Rabbi bo‘lsang», deydi. Alloh esa: «Bilmaysanmi, falonchi bandam kasal bo‘ldi, lekin uni ko‘rgani bormading. Agar uni ko‘rgani borganingda huzurimdan uni topar eding», deydi. Alloh: «Ey odam bolasi, sendan ovqat so‘radim, menga uni bermading», desa, u kishi: «Ey Rabbim, qanday qilib seni ovqatlantiraman? Sen olamlar Rabbi bo‘lsang», deydi. Alloh esa: «Bilmaysanmi, falonchi bandam sendan ovqat so‘radi, lekin sen unga taom bermading. Agar unga ovqat berganingda huzurimdan uni topar eding», deydi. Alloh: «Ey odam bolasi, sendan suv talab qildim. Lekin meni suv bilan siylamading», desa, u kishi: «Ey Rabbim, nechuk seni suv ila siylayman? Vaholanki, sen olamlar Rabbi bo‘lsang», deydi. Alloh esa: «Falonchi bandam suv talab qildi. Sen unga suv bermading. Bilmaysanmiki, agar suv bilan siylaganingda, uni mening huzurimdan topar eding», deydi. Imom Muslim rivoyatlari.

896/4. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (sav): «Kasallarni borib ko‘ringlar, ochlarga taom beringlar va
asirlarni ozod qilinglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:42:03
897/5. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, musulmon kishi agar boshqa bir musulmon birodarini bemorlik paytida ko‘rgani borsa, toinki qaytib kelgunicha jannat xarfasida bo‘ladi», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, jannat xarfasi deganingiz nimasi?» deyishdi. Shunda u zot: «Terib qo‘yilgan mevalaridir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

898/6. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror musulmon boshqa bir musulmonni ertalab ko‘rgani borsa, to kech kirgunicha yetmish ming farishta uning haqqiga duoda bo‘lishadi. Agar kechqurun ko‘rgani borsa, to ertalabgacha yetmish ming farishta uning haqqiga duoda bo‘lishadi. Hamda bu kishiga jannatda terib, yig‘ib qo‘yilgan meva bo‘ladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

899/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir yahudiy bola Rasulullohga (s.a.v.) xizmat qilar edi. Kunlarning birida u betob bo‘lib qoldi. Rasululloh (s.a.v.) uning ziyoratiga kirib, bosh tomoniga o‘tirdilar va «Islomga kir», dedilar. U bola esa otasiga qaradi. Shunda otasi: «Abul Qosimga (Ya’ni Rasulullohga) itoat qil», dedi. Bas, u bola musulmon bo‘ldi. Rasululloh (s.a.v.) uning huzuridan chiqa turib, «Alhamdu lillahillaziy anqozahu minan-nar» (ya’ni, «Uni do‘zaxdan xalos qilgan Allohga hamd bo‘lsin»), dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:42:19
145-BOB
Kasalga o‘qiladigan duolar haqida


900/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohga (s.a.v.) birov bir narsadan - chaqami, jarohatmi - shikoyat qiladigan bo‘lsa, ko‘rsatkich barmoqlarini yerga qo‘yib, so‘ngra ko‘tarib, quyidagi duoni o‘qir edilar:
«Bismillahi turbatu arzina biriyqoti ba’zina yushfa bihi saqiymuna biizni Rabbina». (Ma’nosi: Allohning ismi bilan, yerlarimizning tuprog‘i bilan, ba’zilarimizning tupugi bilan
Rabbimizning izni ila kasallarimiz shifo topadi.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

901/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ahllaridan ba’zilariga o‘ng qo‘llarini surtib, panoh tilab, quyidagi duoni o‘qirdilar:
«Allohumma Rabban nasi azhibil ba`sa ishfi anta shafiy la shifaa illa shifauka shifaan la yug‘odiru saqoma». (Ma’nosi: Allohim, Sen insonlarning Rabbisan, qiyinchiliklarni ketkaz, shifo ber, Sen shifo beruvchisan. Sening shifoingdan boshqa shifo yo‘q. Sen bergan shifo birorta ham kasallik qoldirmaydi.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:42:31
902/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Sobitga (r.a.): «Rasululloh dam solib o‘qiydiganlari bilan dam solaymi?» deb quyidagilarni aytdilar:
«Allohumma Rabban nas, muzhibal ba`si ishfi anta shafiy, la shafiya illa anta shifa`an la yug‘odiru saqoma». (Ma’nosi: Allohim, Sen insonlarning Rabbisan, qiyinchiliklarni ketkaz, shifo ber, Sen shifo beruvchisan. Sening shifoingdan boshqa shifo yo‘q. Sen bergan shifo birorta ham kasallik qoldirmaydi.) Imom Buxoriy rivoyatlari.

Foyda: Dam solish uchun quyidagi uch narsa shart qilindi. 1. U Allohning kalomidan yoki ismlaridan yoki sifatlaridan bo‘lishi kerak. 2. U arab tilida yoki o‘zi tushunadigan lug‘atda bo‘lishi kerak. 3. Dam solishning o‘zi ta’sir o‘tkaza olmaydi, balki Allohning taqdiri bilan foyda beradi degan e’tiqodda bo‘lishi kerak. Endi yuqoridagi hadisda kelgan lafz ila dam solish mahbubroqdir.

903/4. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) kasalligimda meni ko‘rgani kirib:
«Allohumma ishfi Sa’dan, Allohumma ishfi Sa’dan, Allohumma ishfi Sa’dan» (Sa’dga shifo ber), deb aytdilar». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:42:47
904/5. Abu Abdulloh Usmon ibn Abul Osiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot o‘zlariga kasallik yetganidan Rasulullohga shikoyat qildilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) u zotga: «Og‘riyotgan yeringga qo‘lingni qo‘y, «Bismilloh»ni uch marta aytib:
«A’uzu bi’izzatillahi va qudrotihi min sharri ma ajidu va uhaziru», deb yetti marta o‘qi», dedilar. (Ma’nosi: Allohning izzati va qudrati ila o‘zimda topadigan va hazar qiladigan narsaning yomonligidan panoh tilayman.) Imom Muslim rivoyatlari.

Foyda: Kishi o‘ziga-o‘zi, hadisda kelgan duolar bilan dam solishi mahbubligi ma’lum bo‘ladi.

905/6. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim kasal ko‘rgani borganida, agar ajali yetmagan bo‘lsa, uning huzurida yetti marta:
«As`alullohal ‘aziym Rabbal ‘arshil ‘aziym an yashfiyaka», desa, Alloh taolo uni kasalidan xalos qiladi», dedilar. (Ma’nosi: Ulug‘ Allohdan, buyuk arsh Rabbidan senga shifo berishini so‘rayman.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:42:56
906/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir a’robiyni kasalligida ko‘rgani kirdilar. Agar kasal ko‘rgani kirsalar:
«La ba`sa tohurun inshaalloh» (Zarari yo‘q, inshaalloh, bu kasallik seni poklaydi), deb aytish u zotning (s.a.v.) odatlari edi. Imom Buxoriy rivoyatlari

907/8. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil (a.s.) Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Muhammad, tobingiz yo‘qmi?» deb so‘radilar. Rasululloh (s.a.v.) «Ha», deb javob berganlarida, Jabroil (a.s.): «Bismillahi urqiyka, min kulli shay`in yu`ziyka, min sharri kulli nafsin av ‘aynin hasidin, Allohu yashfiyka, bismillahi urqiyka», deb aytdilar. (Ma’nosi: Allohning ismi ila dam solaman. Har bir aziyat beruvchi narsadan, har bir nafsning yomonligidan yoki hasad qiluvchi ko‘zdan Alloh sizga shifo bersin. Allohning ismi bilan sizga dam solaman.) Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:43:06
908/9. Abu Said al-Xudriydan va Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu ikkovlari Rasulullohning (s.a.v.) quyida aytgan so‘zlariga guvoh bo‘lishdi: «Kimki «La ilaha illallohu vallohu Akbar» (ya’ni Allohdan boshqa iloh yo‘q, Alloh ulug‘), desa, uni Rabbi tasdiqlab: «Mendan boshqa iloh yo‘q. Men ulug‘dirman», deydi. Agar banda: «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu» (ya’ni yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q, uning sherigi ham yo‘q, desa, Rabbi: «Yakka Mendan boshqa iloh yo‘q, Mening sherigim ham yo‘q», deydi. Agar banda: «La ilaha illallohu lahul mulku va lahul hamdu» (ya’ni Allohdan boshqa iloh yo‘q, mulk va maqtov uning uchundir), desa, Rabbi:
«Mendan boshqa iloh yo‘q. Mulk va maqtov Men uchun», deydi. Agar banda: «La ilaha illallohu vala havla vala quvvata illa billah» (Allohdan boshqa iloh yo‘q va Allohdan boshqa o‘zgartiruvchi ham, quvvat ham yo‘q), desa, Rabb: «Mendan boshqa iloh yo‘q. Va Mendan boshqa o‘zgartiruvchi ham, quvvat ham yo‘qdir», deydi. Endi kimki mana shularni kasalligida aytib, keyin vafot etsa, do‘zax uni yemaydi. Ya’ni do‘zaxga tushmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:43:18
146-BOB
Kasallar ahvolini so‘rashning yaxshiligi haqida


909/1. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) o‘lim to‘shagida yotgan edilar. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) u zotning huzurlaridan chiqqanlarida, odamlar: «Ey Abul Hasan, Rasulullohning ahvollari qanday?» deb so‘rashdi. Shunda Ali (r.a.): «Alhamdu lillah, shifo topgan holda tong ottirdilar», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:43:31
147-BOB
Yashashdan noumid bo‘lib qolganda aytiladigan narsalar


910/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga suyanib turib:
«Allohummag‘firli varhamniy va alhiqniy birrofiqil a’la», deganlarini eshitdim». (Ma’nosi: Allohim, meni mag‘firat qil va menga rahm et. Meni Oliy rafiq bilan qovushtir.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

911/2. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasulullohning (s.a.v.) o‘limlari yaqinlashganida oldilarida bir idishda suv bor edi. Unga qo‘llarini tiqdilar, so‘ng suvini yuzlariga surtib:
«Allohumma a’inniy ‘ala g‘omarotil mavti va sakarotil mavt», deb aytdilar». (Ma’nosi: Allohim, o‘lim shiddati va o‘lim talvasasida menga yordam ber.) Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:43:46
148-BOB
Kasalning oilasiga va unga xizmat qilayotganlarga kasalga yaxshi qarashni va qiyinchiliklarga sabr etishni nasihat qilishning hamda had yoki qasos tufayli o‘limga hukm etilganlarga ham yaxshilik ila nasihat etishning mahbubligi haqida


912/1. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga Juhayna qabilasidan zinodan homilador bo‘lgan bir ayol kelib: «Ey Allohning Rasuli, menga had urish lozim bo‘lib qoldi. Uni menga qoim qiling», dedi. Rasululloh (s.a.v.) uning yaqinlarini chaqirdilar. «Unga chiroyli muomala qil va homilasini tug‘ib bo‘lganidan keyin olib kel», dedilar. Xotin tuqqanidan keyin uni keltirishdi. Rasululloh (s.a.v.) ayolning ko‘ylagini mahkam bog‘lashni, so‘ng toshbo‘ron qilishni buyurdilar. Hukm ijro qilinganidan keyin unga janoza namozini o‘qidilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:44:04
149-BOB
Bemorning «Kasalim qattiq» yoki «Og‘rig‘im kuchli» yoki «Voy boshim» deyishi, g‘azablanish va sabrsizlik tarzida bo‘lmasa, joizligi haqida


913/1. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirsam, og‘riqlari kuchayayotgan ekan. U zotni ushlab turib: «Ey Rasululloh, qattiq og‘riyapsizmi?» dedim. «Ha, men sizlardan ikki kishiga beriladigan og‘riq bilan kasallanaman», dedilar Nabiy alayhissalom». Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

914/2. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Qattiq kasal bo‘lib yotganimda, Rasululloh (s.a.v.) meni ko‘rgani kirdilar. «Ey Rasululloh, ko‘rib turganingizdek betobman. Bilasiz badavlat kishiman. Bitta qizimdan boshqa merosxo‘rim yo‘q», dedim...» Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

915/3. Qosim ibn Muhammaddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha (r.a.): «Voy boshim», degandilar (Rasululloh (s.a.v.) Oishaga (r.a.) yoqtirmaydigan bir so‘z aytdilar. Oisha (r.a.) esa bu aytgan so‘zlariga e’tiroz bildirganlaridan keyin) Rasululloh (s.a.v.) «Unday bo‘lsa, o‘zimning boshim og‘riyapti», deb, hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:44:18
150-BOB
O’limi yaqinlashgan kishi oldida «La ilaha illalloh»ni aytib turish haqida


916/1. Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimning oxirgi so‘zi «La ilaha illalloh» bo‘lsa, jannatga kiradi», dedilar. Abu Dovud va imom Hokimlar rivoyatlari.

917/2. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «O’liklaringizga «La ilaha illalloh»ni talqin qilib turinglar. Ya’ni oldida eslatib, unga ayttiringlar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:44:31
151-BOB
O’lgan kishi ko‘zini yumganidan so‘ng aytiladigan narsalar


918/1. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Abu Salamaning oldiga kirganlarida, u zot vafot etib, ko‘zlari ochiq qolgan edi. Rasululloh (s.a.v.) uning ko‘zlarini yumib qo‘ydilar. So‘ngra: «Agar ruh olinsa, ko‘z unga ergashadi», dedilar. Abu Salamaning ahllaridan bo‘lgan kishilar baland ovoz ila qichqirib yuborishdi. Rasululloh (s.a.v.) «O’zingizga duo qilayotganingizda faqat yaxshilik so‘ranglar, chunki farishtalar aytayotgan narsangizga omiyn, deb turishadi», deb quyidagi duoni o‘qidilar: «Allohummag‘fir liabiy Salamata varfa’ darojatahu fil mahdiyyiyna vaxlufhu fiy ‘aqibihi fil g‘obiriyna vag‘firlana va lahu ya robbal ‘alamiyn vafsah lahu fiy qobrihi va navvir lahu fiyhi». (Ma’nosi: Allohim, Abu Salamani mag‘firat qil. Uning darajasini hidoyat topganlar qatoriga ko‘tar. Orqasida qolganlarga O’zing uning o‘rnini bos. Ey olamlar Rabbi, uni va bizni mag‘firat qil. Uning qabrini keng qil, nurga to‘ldir.) (Bu duoni o‘qiyotganda «Abu Salama»ning o‘rniga o‘lgan kishining ismi aytiladi.) Imom Muslim rivoyatlari.
152-BOB
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:44:57
152-BOB
O’likhuzurida aytiladigan va mayyit egalari aytadigan narsalar


919/1. Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) «Agar kasal yoki mayyitning oldida hozir bo‘lsangiz, faqat yaxshi gapni aytinglar. Chunki farishtalar aytayotgan narsangizga omiyn, deb turishadi», dedilar. Abu Salama vafot etganlarida, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirib: «Ey Rasululloh, Abu Salama vafot etdi», dedim, u zot: «Allohummag‘firliy va lahu va a’qibniy minhu ‘uqba hasana» (Allohim, meni va uni mag‘firat qil hamda menga undan yaxshisini qoldir), deb ayt», dedilar. Men shu duoni aytganimda, Alloh taolo menga erimdan ham afzal Rasulullohni (s.a.v.) berdi (ya’ni, u zot meni nikohlariga oldilar)». Imom Muslim rivoyatlari.

920/2. Ummu Salama onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom: «Biror bandaga musibat yetganida: «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un, Allohumma ajirniy fiy musiybatiy vaxlufliy xoyrom minha» (Biz Allohnikimiz va Allohga qaytuvchimiz. Ey Rabbim, musibatimda ajr qil va menga undan yaxshirog‘ini ber), deb aytsa, Alloh taolo musibatiga ajr berib, undan yaxshisini ato etadi», dedilar. Erim Abu Salama vafot etganida, Rasululloh buyurganlaridek, o‘sha duoni aytdim. Alloh taolo erim Abu Salamadan ham yaxshirog‘iga - Muhammad alayhissalomning nikohlariga musharraf qildi». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:45:12
921/3. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar biror bandaning farzandi vafot etsa, Alloh taolo farishtalariga: «Bandamning farzandi ruhini oldinglarmi?» deydi. «Ha», deb javob berishadi ular. «Qalbining mevasini qabz qildinglarmi?» deydi so‘ng. «Ha», deb javob berishadi yana. «Bandam nima dedi?» deb so‘raydi Alloh taolo. Farishtalar: «Senga hamd va istirjo’ (inna lillahi va inna ilayhi roji’un) deb aytdi», deyishadi. Shunda Alloh taolo: «Bandam uchun jannatda bir uy quringlar va uning hamd uyi, deb atanglar», deydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

922/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo: «Bir mo‘min bandaning dunyo ahlidan eng yaqin do‘stining ruhini qabz qilsam, u sabr etib, shikoyat qilmasa, Men huzurimda unga jannat degan mukofotni tayyorlab qo‘yganman», deb aytdi». Imom Buxoriy rivoyatlari.

923/5. Usoma ibn Zayd (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasulullohning (s.a.v.) qizlaridan biri u zotga bir odam yuborib, nevaralari o‘lim bo‘sag‘asida yotganini aytdi. Rasululloh kelgan kishiga: «Borib qizimga ayt, Alloh berganini oluvchidir. Har bir narsaning ajali Uning huzurida belgilab qo‘yilgandir. Qizimga savob uchun sabr
qilishni buyur», deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Mana shu hadisi sharif din usullari, furu’lari, odoblarini o‘z ichiga olgan eng katta qoidalaridandir. U musibatlarga, g‘am va kasalliklarga hamda boshqa qiyinchiliklarga sabr qilishni o‘rgatadi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:45:33
153-BOB
Dod-voy solmasdan hamda mayyit fazilatlarini aytmaslik sharti bilan o‘lganda yig‘lashning joizligi haqida


Dod-voylab yig‘lash harom amallardandir. Biz, inshaalloh, bu haqda «Qaytariqlar» kitobida keltiramiz. Ammo agar o‘lgan kishi o‘limidan oldin yig‘lashni vasiyat qilgan bo‘lsa oddiy yig‘lashdan ham man etilgan hadislar ham bor. Lekin haqiqiy — voy-dodlab va mayyit fazilatlarini eslab yig‘lashning man etilgani, albatta «O’lik o‘z ahllarining yig‘isi sabab ozorlanadi» hadisiga binoandir.

924/1. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdulloh ibn Mas’udlar bilan birga Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani kirdilar. Rasululloh (s.a.v.) unga qarab turib, yig‘lab yubordilar. Rasululloh yig‘laganlarini ko‘rib, qolganlar ham yig‘lashdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Eshitmadinglarmi, Alloh ko‘z yoshiga va qalbning xafaligiga azoblamaydi. Lekin mana bunga azoblaydi yoki rahm qiladi», dedilar tillarini ko‘rsatib». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:45:40
925/2. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qizlarining o‘g‘li vafot etib, u zotning qo‘llariga uzatilganida, ko‘zlaridan yosh oqdi. Sa’d (r.a.): «Ey Allohning Rasuli, bu qanday yig‘i?» dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Bu rahmat yig‘isi bo‘lib, Alloh bandalarining qalbida paydo qilgan. Albatta, Alloh rahmli bandalariga rahm aylaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

926/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) o‘g‘illari Ibrohim vafot etganida, ko‘zlaridan ko‘p yosh oqdi. Abdurahmon ibn Avf: «Siz shundoq qilyapsizmi, ey Rasululloh?» degan edilar, u zot: «Ey Ibn Avf, bu rahmatdir, — dedilar. Keyin qo‘shib qo‘ydilar: - Ko‘z yosh oqizadi. Qalb xafa bo‘ladi. Biz esa, Rabbimiz rozi bo‘lgan narsani aytamiz. Albatta, biz, ey Ibrohim, sendan ajrab qolganimizga xafamiz». Imom Buxoriy rivoyatlari. Imom Muslim ham ba’zisini rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:45:54
154-BOB
Mayyitda ko‘rilgan biror yomon holatni boshqalarga so‘zlashdan o‘zni tiyish haqida


927/1. Rasulullohning (s.a.v.) mavlolari Abu Rofe’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki biror o‘likni yuvib, undagi ayblarni berkitsa, Alloh taolo uni qirq marta mag‘firat qiladi», dedilar. Imom Hokim rivoyatlari. Bu hadis Muslimning shartlariga binoan sahihdir.

Foyda: Yuzi o‘zgarib ketgan yoki qabrida ilon ko‘rib qolingan mayyitning aybini yopish shartdir. Agar mayyit fosiq bo‘lsa boshqalarga ibrat bo‘lishi uchun aybini aytishning zarari yo‘q.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:52:57
155-BOB
Mayyitga janoza namozini o‘qish, qabristongacha olib borish va dafn marosimida qatnashishning fazilati hamda janozada ayollar ishtirok etishining karohiyati to‘g‘risida


928/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki janoza o‘qib tugatilguncha o‘sha yerda hozir bo‘lsa, bir qiyrot miqdoricha savobga ega bo‘ladi. Kimki dafn etilguncha hozir bo‘lsa, ikki qiyrot miqdoricha savobga ega bo‘ladi», deganlarida, sahobalar: «Ikki qiyrot deganingiz nima o‘zi?» deb so‘rashdi. Shunda u zot: «Ikkita ulkan tog‘ miqdoricha», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

929/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki musulmon kishining janoza namozida va dafn marosimida imon ila hamda savob umidida ishtirok etsa, ikki qiyrot ajr bilan qaytadi. Har bir qiyrot Uhud tog‘i miqdorichadir. Kimki dafn etilishidan oldin janoza namozining o‘zini o‘qiboq qaytsa, bir ajr bilan qaytadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

930/3. Ummu Atiyyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu sahobiya ayol: «Biz ayollar janozaga qatnashishdan qaytarildik. Lekin qaytariq ta’kidlangan holda emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:53:16
156-BOB
Janoza namozini o‘quvchilar ko‘p bo‘lishini hamda uch safdan ziyoda
bo‘lishlarining mahbubligi haqida


931/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror kishi vafot etsa, musulmonlardan bir jamoat unga janoza namozi o‘qishsa va ularning adadlari yuztaga yetsa, hammalari shu mayyitga shafoatlarini taqdim etishsa, ya’ni gunohi kechirilishini so‘rashsa, albatta barchalarining shafoatlari unga nisbatan qabul qilinadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

932/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror musulmon vafot etsayu, uning janozasida Allohga biror narsani sherik qilmagan qirq kishi ishtirok etsa, ularning shafoatlari mayyitga nisbatan qabul qilinadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

933/3. Marsad ibn Abdulloh Yazaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Molik ibn Hubayra (r.a.) qachon janoza namozini o‘qimoqchi bo‘lib, jamoatdagilarni oz deb hisoblasalar, ularni uch safga ajratardilar. Keyin: «Men Rasulullohning S: «Qaysi bir kishiga uch saf bo‘lib janoza namozi o‘qilsa, unga jannat vojib bo‘ladi», deb aytganlarini eshitdim», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:53:39
157-BOB
Janoza namozida o‘qiladigan zikrlar


Mayyitga janoza namozi o‘qish farzi kifoyadir. Shu singari, uni yuvish, kafanlash, dafn qilish ham farzi kifoyadir. Bunga hamma bir ovozdan ittifoq qilgan.

Janoza namozi Imom A’zam (r.a.) mazhablarida quyidagicha o‘qiladi: Avval «Allohu akbar» deb, ya’ni, takbiri tahrimani aytib quloq qoqadi. So‘ng Sano - «Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta’ala jadduka va la ilaha g‘oyruk» duosini o‘qiydi. So‘ngra yana takbir aytadi, ammo qo‘lini ko‘tarmaydi. Keyin Rasulullohga biror salovotni aytadi. So‘ng «Allohu akbar», deb janoza duosini o‘qiydi. Janoza duosi: «Allohummag‘fir lihayyina va mayyitina va shahidina va g‘oibina va sog‘iyrina va kabiyrina va zakarina va unsana. Allohumma man ahyaytahu minna faahyihi ‘alal islam va man tavaffaytahu minna fatavaffahu ‘alal iyman. Allohumma la tahrimna ajrohu va la taftinna ba’dahu». (Ma’nosi: Ey Rabbim, tirigu o‘ligimizni, hoziru g‘oyibimizni, kichigu kattamizni, erkagu ayolimizni mag‘firat qil. Ey Rabbim, kimimizni hayotda qoldiradigan bo‘lsang, uni Islomda qil, kimimizni o‘ldiradigan bo‘lsang, uni iymon bilan vafot ettir. Bizni uning ajridan mahrum qilma. Undan keyin bizni fitnaga solma.)

Agar mayyit yosh bola bo‘lsa, quyidagi duoni o‘qiydi: «Allohummaj’alhu lahuma farotan vaj’alhu lahuma salafan vaj’alhu lahumo zuhron va saqqil bihi mavaziynahuma va afrig‘is sobro ‘ala qulubihima va la taftinnahuma ba’dahu va la tahrimhuma ajrah», so‘ng yana «Allohu akbar» deydi va ikki tomonga salom berib, namozni tugatadi. (Ma’nosi: Allohim, bu go‘dakni ota-onalari uchun ajr, fazl va zahira qil. U sababli ota-onasining tarozilarini og‘ir qil, qalblariga sabr yog‘dir. Undan so‘ng ularni fitnaga solma, ularni uning ajridan mahrum qilma.)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:53:51
934/1. Abu Abdurahmon Avf ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.) janoza namozi o‘qiganlaridagi duolarini yodlab oldim, unda: «Allohummag‘fir lahu varhamhu va ‘afihi va’fu anhu va akrim nuzulahu va vassi’ mudxolahu vag‘silhu bil mai vas salji val barodi va naqqihi minal xotoya kama naqqoytas savbal abyazo minad danasi va abdilhu daron xoyron min darihi va ahlan xoyron min ahlihi va zavjan xoyron min zavjihi va adxilhul jannata va a’izhu min ‘azabil qobri va min ‘azabin nar», deb aytganlar. Shunda men o‘sha mayyitning o‘rnida bo‘lishni orzu qilib qoldim», deb aytdilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, uni mag‘firat qil, unga rahm et. Uni ofiyatda qil va avf et. Tushadigan yerini mukarram, kiradigan yerini keng qil. Uni suv, qor, do‘l bilan yuv. Oq kiyim kirdan toza bo‘lgani kabi, uni xatolardan pokla. Unga hovlisidan yaxshiroq hovli, ahlidan yaxshiroq ahl, juftidan yaxshiroq juft ber. Uni jannatga kirgiz, qabr va do‘zax azobidan saqla.) Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:54:01
935/2. Abu Hurayra, Abu Qatoda va Abu Ashhaliy otalaridan (r.a.) qilgan rivoyatlarida, Rasululloh (s.a.v.) janoza namozida: «Allohummag‘fir lihayyina va mayyitina va shahidina va g‘oibina va sog‘iyrina va kabiriyna va zakarina va unsana, Allohumma man ahyaytahu minna faahyihi ‘alal islam va man tavaffaytahu minna fatavaffahu ‘alal iyman. Allohumma la tahrimna ajrohu va la taftinna ba’dahu», deb aytdilar. (Ma’nosi yuqorida o‘tdi.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

936/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar mayyitga janoza namozi o‘qisangizlar, uning uchun duoni xolis qilinglar», deb aytdilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:54:09
937/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) janoza namozida: «Allohumma anta robbaha va anta xolaqtaha va anta hadaytaha lil islam va anta qobazta ruhaha va anta a’lamu bisirriha va ‘alaniyyatiha va qod ji’naka shufa’aa lahu fag‘firlahu», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen uning Rabbisan, Sen uni xalq qilding, Islomga hidoyat etding va ruhini olding. Sen uning sirini va oshkorasini biluvchi zotsan. Biz unga shafe’ bo‘lib keldik, uning gunohlarini kechir.) Abu Dovud rivoyatlari.

938/5. Vosila ibn Asqa’ (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v.) bir musulmon kishining janozasini biz bilan birga o‘qidilar. Unda quyidagi duoni o‘qidilar: «Allohumma inna Fulan ibn Fulan fiy zimmatika va habli jivarika faqihi fitnatal qobri va ‘azaban nari va anta ahlul vafa val hamd. Allohumma fag‘fir lahu varhamhu innaka antal g‘ofurur rohiym». (Ma’nosi: Allohim, Falonchining o‘g‘li Falonchi Sening zimmangda va himoyangdadir. Uni qabr fitnasi va do‘zax azobidan saqla. Sen vafo va hamd ahlisan. Ey Rabbim, uni mag‘firat qil, rahm ayla. Albatta, Sen kechiruvchi va rahmli Zotsan.) Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:54:17
939/6. Abdulloh ibn Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot qizlariga to‘rt takbir ila janoza namozi o‘qib, to‘rtinchi takbirdan keyin ikki takbir orasidagi miqdoricha turib, qizlariga istig‘for aytib, duo qildilar va: «Rasulullohning (s.a.v.) mana shundoq qilganlarini ko‘rdim», dedilar.

Boshqa rivoyatda: «To‘rtinchi takbirni aytib, uzoq turib qolganlaridan biz beshinchi takbirni ham aytsalar kerak, deb o‘yladik. Lekin o‘ng va chap tomonlariga salom berib, namozni tugatdilar. Qachonki namoz tamom bo‘lgandan keyin biz u zotga: «Bu qanday qilganingiz?» desak, u zot: «Men Rasulullohdan (s.a.v.) nimani ko‘rgan bo‘lsam, unga ziyoda qilmayman» yoki «Rasululloh (s.a.v.) mana shundoq qildilar», deb aytdilar». Imom Hokim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:54:31
158-BOB
Dafn etishni tezlatish haqida


940/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Janozani (dafn etishni) tezlatinglar. Agar mayyit yaxshi bo‘lsa, yaxshilikka tezlatgan bo‘lasizlar. Agar mayyit yomon bo‘lsa, bo‘yinlaringizdan tezroq qo‘ygan bo‘lasizlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning rivoyatlarida: «Tezroq yetkazishingiz unga yaxshiroqdir», deyilgan.

941/2. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar tobutdagi o‘likni odamlar ko‘tarib yelkalariga qo‘yishsa, o‘sha tobutdagi kishi solih bo‘lsa, meni tezroq olib boringlar, deydi. Bordiyu yomon bo‘lsa, o‘z ahliga: «Voy bo‘lsin, bu tobut bilan qaerga olib ketmoqdasizlar?» deydi. Bu aytgan so‘zni insondan boshqa hamma eshitadi. Agar inson ham eshitganida edi, hushidan ketib yiqilar edi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:54:46
159-BOB
Mayyit bo‘ynidagi qarzini tez uzish hamda o‘lishi bilan tezda, ko‘mish tadorikini ko‘rishning mahbubligi haqida. (Ammo to‘satdan o‘lib qolgan kishining o‘lik yo tirikligi aniq bo‘lmaguncha shoshiltirilmaydi)


942/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘minning joni qarzi tufayli muallaq (osilgan) holda qoladi. Qachon qarzi uzilsa, u qutiladi» (ya’ni qarzi uzilmasa, karam etilgan maqomga erisha olmaydi. Va najot yoki halokatga hukm etilmay turadi), dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

943/2. Husayn ibn Vahvahdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Talha ibn Barro ibn Ozib (r.a.) kasal bo‘lganlarida, Rasululloh (s.a.v.) ko‘rgani kirib: «Men Talhani o‘lim bo‘sag‘asida, deb gumon qilayapman. Agar vafot etgudek bo‘lsa, menga xabar beringlar. Va dafn etishni tezlatinglar. Chunki musulmon kishining murdasi o‘z ahli huzurida to‘xtatib turilishi durust emas», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:54:55
160-BOB
Qabr oldida mav’iza qilish haqida


944/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz «Baqiy’ul g‘arqad» qabristonida dafn marosimida edik. Rasululloh (s.a.v.) huzurimizga kelib o‘tirdilar. Biz ham u zotning atroflarida o‘tirdik. U zotning qo‘llarida asolari bor edi. Ovozlarini pastlatib, o‘sha aso bilan yerga urib: «Sizlardan har biringizning do‘zax va jannatdan bo‘lgan makoningiz yozib qo‘yilgandir», dedilar. Sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, (unda amal qilib o‘tirmasdan) o‘sha yozib qo‘yilgan taqdir kitobimizga suyanib o‘tiraveraylikmi?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Amal qilaveringlar. Kim qaysi maq0yaratilgan bo‘lsa, o‘sha maqomga olib boradigan ishlar unga oson qilib qo‘yiladi, ya’ni yo‘llab qo‘yiladi», deb hadisning oxirigacha zikr qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:55:10
161-BOB
Mayyit dafn etilgach qabr oldida biroz o‘tirib, uning haqqiga duo, istig‘for hamda Qur’on tilovat qilish haqida


945/1. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) mayyitni dafn qilganlaridan keyin uning tepasida turdilar va: «Birodaringiz uchun istig‘for aytinglar va u sobit turishini so‘roq qilinyapti, chunki hozir u so‘ralyapti», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

946/2. Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Meni dafn qilganlaringdan keyin bir hayvon so‘yib, go‘shtini taqsimlash miqdoricha fursat qabrim tepasida turinglar. Toki, sizlarning hamrohligingizda Rabbimning elchisiga javob qaytarib olay», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari.

Shofe’iy aytdilar : «Qabr oldida Qur’ondan biror (sura) o‘qish yaxshi amaldir. Agar Qur’onning barchasi xatm qilinsa, undan ham yaxshiroqdir».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:55:22
162-BOB
Mayyitga sadaqa qilib, uning haqqiga duo yo‘llash haqida


Alloh taolo:
«Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar ayturlar: «Parvardigoro, O’zing bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan o‘tgan zotlarni mag‘firat qilgin», (Hashr surasi, 10-oyat) deb aytgan.

947/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohga S: «Onam to‘satdan vafot etib qoldi. Gumon etishimcha, agar (o‘lishidan oldin) gapira olganida, biror sadaqa qilib ketgan bo‘lar edi. Endi men uning nomidan sadaqa qilsam, onamga savobi boradimi?» deganida Rasululloh (s.a.v.): «Ha», deb javob qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

948/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar inson vafot etsa, uning amali to‘xtab qoladi. Faqat uch narsada to‘xtamaydi, ya’ni nomai a’moliga yozilib boradi. 1. Sadaqai joriya, ya’ni davom etuvchi va yo‘lga qo‘yilgan sadaqa. 2. Manfaatli ilm, ya’ni ta’lim berilgan ilm va yozib qoldirilgan asar. 3. Ota-onasiga duo qiluvchi solih farzandning ortda qoldirilishi», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:55:36
163-BOB
Mayyit haqida maqtovli so‘zlarni gapirish xususida


949/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sahobalar bir janoza oldidan o‘ta turib, mayyitni yaxshilik bilan sifatlab maqtashdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Vojib bo‘ldi», dedilar. So‘ngra boshqa janoza oldidan o‘tib, mayyitni yomonlik bilan sifatlab qoralashdi. Rasululloh (s.a.v.) yana «Vojib bo‘ldi», dedilar. Umar ibn Xattob (r.a.): «Nima vojib bo‘ldi?» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Haligi yaxshilik bilan sifatlangan kishiga jannat, yomonlik bilan sifatlangan kishiga do‘zax vojib bo‘ldi. Sizlar esa, Allohning yerdagi guvohlaridirsiz», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

950/1. Abul Asvaddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Madinaga borib, Umar ibn Xattob (r.a.) huzurlarida o‘tirgan edim. Bir tobutni olib o‘tib qolishdi. Shunda mayyit yaxshilik ila sifatlandi. Umar ibn Xattob (r.a.): «Vojib bo‘ldi», dedilar. So‘ngra boshqasi olib o‘tildi. Undagi mayyit ham yaxshi sifat ila maqtaldi. Umar ibn Xattob (r.a.): yana: «Vojib bo‘ldi», dedilar. Keyin uchinchi mayyitni olib o‘tishdi. Uni yomonlik ila sifatlashdi. Umar ibn Xattob (r.a.): «Vojib bo‘ldi», dedilar. Shunda men: «Nima vojib bo‘ldi ey Mo‘minlar amiri?», deb so‘ragan edim, Umar ibn Xattob (r.a.) xuddi Rasululloh (s.a.v.) aytganlaridek: «Qay bir musulmon kishining yaxshi ekaniga to‘rt kishi guvohlik bersa, Alloh uni jannatiga kirgizadi», dedilar. Shunda biz: «Uchta bo‘lsa-chi?» deb so‘radik, «Uchta bo‘lsa ham», dedilar. «Ikkita bo‘lsa-chi?» degan edik, «Ikkita bo‘lsa ham», dedilar. Ammo «Bitta bo‘lsa-chi?» deb so‘ramadik», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:56:00
164-BOB
Balog‘atga yetmagan yosh bolalari o‘lgan kishilarning fazilatlari haqida


951/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir musulmon kishining balog‘at yoshiga yetmagan uch farzandi vafot etsa, Alloh taolo ularning ota-onalarini fazli va marhamati bilan jannatga kirgizadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

952/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Musulmonlardan qaysi bir kishining uchta farzandi vafot etsa, do‘zaxga tushmaydi. Faqat qasamning ijro etilishi uchungina tushib chiqiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Qasamning ijro etilishidan maqsad Allohning: «Sizlardan har biringiz unga (jahannamga) tushguvchidirsiz» so‘zi iroda qilingandir (Maryam surasi, 71-oyat).

953/3. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir xotin Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli!, erkaklar aytib bergan hadislaringiz orqali (ilmda) o‘zib ketishdi. Biz ayollarga ham bir kuningizni ajratib, Alloh sizga o‘rgatgan narsalardan bizga ham ta’lim bersangiz», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Shu, shu kunlari to‘planingiz», deb buyurdilar. Bas, ayollar jamlanishdi. Rasululloh (s.a.v.) ham kelib, Alloh o‘rgatgan narsalardan ayollarga ta’lim berdilar. Keyin u zot: «Qaysi bir xotin uchta bolasini (o‘zidan oldin qabrga) jo‘natsa, o‘sha bolalari u ayol uchun do‘zaxdan to‘siq bo‘ladi», dedilar. Shunda bir xotin: «Ikkita bo‘lsa-chi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Ikkita bo‘lsa ham», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:56:12
165-BOB
Zolimlar qabri yonidan o‘tganda qo‘rqib yig‘lash, Allohga muhtojlikni izhor qilish va ulardan g‘aflatda qolishdan saqlanish xususida


954/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Samud qavmining diyori Hijr nomli joyga yetganlarida, sahobalarga: «Mana bu azoblanayotganlar yeriga faqat yig‘lagan holda kiringlar. Agar yig‘lamasanglar, kirmanglar. Ana shunda ularga yetgan narsa sizlarga yetmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda Rasululloh Sh, qachonki Hijr nomli joydan o‘ta turib: «O’z jonlariga zulm qilgan miskinlar diyoridan yig‘lagan holda o‘tinglar. Ularga yetgan musibat sizlarga ham yetib qolmasin», deb, boshlarini o‘rab, o‘sha vodiydan tezlik ila chiqib ketdilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:56:27
SAFAR ODOBLARI KITOBI

166-BOB
Safarga payshanba kuni hamda kunning avvalida chiqishning mahbubligi haqida


955/1. Ka’b ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Tabuk g‘azotiga payshanba kuni chiqdilar. U zot payshanba kuni chiqmoqni yaxshi ko‘rardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Ikki sahih kitobidagi rivoyatlarning birida: «Rasululloh (s.a.v.) safarga ko‘pincha payshanba kuni chiqardilar», deyilgan.

956/2. Saxr ibn Vado’a al-o‘omidiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohim, ummatimning kunduz avvalida (ya’ni tongda ishlarini bajaridaganlariga) baraka ato qilgin», deb duo qildilar. Rasululloh (s.a.v.) agar ozmi-ko‘pmi biror yerga qo‘shin yuboradigan bo‘lsalar, kunduzning avvalida (ya’ni tongda) yuborar edilar. Mana shu hadisning roviysi Saxr (r.a.) savdogar edilar. Bu zotning odatlari, agar tijoratlarini yuboradigan bo‘lsalar, kunduzning avvalida (ya’ni tongda) yuborar edilar. Mana shundan erta tongda ishlarini bajarishlari sababli mol-dunyolar ko‘payib, badavlat bo‘lib ketdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:56:48
167-BOB
Safarga chiqayotganlarning o‘zlariga hamroh olib va bo‘ysuniladigan bir kishini boshliq etib tayinlashlari mahbubligi haqida


957/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar insonlar yakka yurishning zararini men bilganchalik his qilishganida edi, biror yo‘lovchi kechasi yolg‘iz o‘zi yurmas edi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

958/2. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan rivoyatlarida Rasululloh (s.a.v.) «Bir yo‘lovchi bitta shayton, ikki yo‘lovchi ikki shayton, uchtasi esa haqiqiy yo‘lovchidir», dedilar. Abu Dovud, Termiziy va Nasaiylar rivoyatlari.

Bu hadisdan safarda bir va ikki kishi bo‘lsa, shaytonning yomonligidan omon bo‘lmasliklari mumkinligi, agar uch va undan ko‘p bo‘lsa, haqiqiy yo‘lovchi bo‘lib, shaytonning yomonligidan, inshoalloh, omonda bo‘lishlari tushuniladi. Vallohi a’lam.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:56:55
959/3. Abu Said (r.a.) va Abu Hurayralardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar uch nafar kishi safarga chiqsa, ichlaridan bittalarini amir (boshliq) etishsin», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

960/4. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Hamsafarlarning yaxshisi to‘rt adadligidir. Otliqlarning yaxshisi to‘rt yuz adadligidir. Qo‘shinlarning yaxshisi to‘rt ming adadligidir. O’n ikki ming qo‘shin ozlikdan hech ham mag‘lub bo‘lmaydi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:57:18
168-BOB
Safarda bir yerga tushish, yurish, yotish, uxlashning odoblari hamda safarda kechasi yurish, hayvonlarga muloyim bo‘lib, ularning foydasiga ish yuritish, hayvonlar haqqini bilmaganlarga uni o‘rgatish va agar ulov toqat qilsa, mingashtirishning joizligi haqida


961/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar ko‘kalamzor, hosildor yerga safar qilsangiz, tuyaga yerdagi nasibasini beringlar. Ya’ni o‘tlatib o‘tinglar. Agar quruq, unumsiz yerga safar qilsangiz, tuyani tezlatib yurgizinglar, toki iliklari erimasdan, ko‘zlagan manzilga yetib olinglar. Agar biror yerga qo‘nadigan bo‘lsangiz, yo‘l ustiga qo‘nishdan chetlaning, ya’ni yo‘ldan uzoqroqqa tushing. Chunki u kechqurun hayvonlarning yo‘llari va zararli hasharotlarning joylaridir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Foyda: Bu hadisda Islom hayvonlar huquqini qay darajada himoya qilganiga ishora bordir.

962/2. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) odatlari, - agar safarga chiqib, kechasi biror yerga qo‘nsalar, o‘ng tomonlariga yonboshlardilar. Agar subh oldidan biror yerga qo‘nsalar, bilaklarini tikka qilib, boshlarini kaftlariga qo‘yib uxlardilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Ulamolar: «Rasululloh (s.a.v.) bilaklarini tikka qilib, boshlarini kaftlariga qo‘yib uxlashlaridan maqsad, uyquga sho‘ng‘ib, bomdod namozi o‘tib ketishidan xavf qilganlari uchun», deyishgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:57:25
963/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Safarga chiqsanglar, kechqurun yuringlar. Chunki kechasi masofa tez bosib o‘tiladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

964/4. Abu Sa’laba al-Xushniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Odamlar safar qilib, biror manzilga tushishsa, dara va vodiylar orasiga tarqalib ketishardi. Buni ko‘rgan Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, dara va vodiylar orasiga tarqab ketishingiz shayton tomonidandir», dedilar. Bundan keyin ular biror yerga tushadigan bo‘lishsa, bir-birlariga qo‘shilib, jipslashib olishar edi. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:57:38
965/5. Sahl ibn Amr Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi (bu zot Ibn Hanzaliyya nomi bilan mashhur bo‘lib, Rizvon bay’atida ishtirok etgan sahobalardandir). Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) bir tuya oldidan o‘tdilar. U tuya ochlikdan qorni ichiga tortib ketgan edi. Rasululoh (s.a.v.) «Bu tilsiz hayvonlar xususida Allohdan qo‘rqinglar. Bas, qornini to‘yg‘azib mininglar. Va semirtirib, so‘yib yenglar», deb aytdilar. Abu Dovud rivoyatlari.

966/6. Abu Ja’far Abdulloh ibn Ja’fardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) orqalariga meni mingashtirib, bir sirni aytdilar. Men o‘sha sirni insonlardan birortasiga gapirmayman. Rasululoh (s.a.v.) tahorat ushatadigan bo‘lsalar, biror balandlik yoki xurmo daraxtidan bo‘lgan bog‘-to‘siq bo‘lar edi... Imom Muslim mana shu ko‘rinishdagi qisqa holda rivoyat qilganlar.

Ammo imom Barqoniy imom Muslimning isnodlari ila «Xurmo daraxtidan bo‘lgan bog‘-to‘siq bo‘lar edi» so‘zidan keyin quyidagilarni ziyoda qildilar: «Bas, Rasululloh (s.a.v.) ansoriylardan bir kishining to‘sib qo‘ygan yeriga kirdilar. Qarasalar, bir tuya turibdi. U zot tuyaga qaragan edilar, tuya ovoz chiqarib, ko‘zidan yosh oqizdi. Rasululloh (s.a.v.) uning o‘rkachi va qulog‘i ortidan siladilar. Va: «Bu tuyaning egasi kim, bu tuya kimga qarashli?» dedilar. Ansoriylardan bir yigit kelib: «Ey Allohning Rasuli, menga qarashli», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh seni ega qilgan bu hayvon haqida Allohdan qo‘rqmaysanmi? Bu tuya och qoldirib, ko‘p ishlatishingdan menga shikoyat qildi», dedilar. Abu Dovud ham Barqoniy kabi rivoyat qilganlar.

967/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Agar biror manzilga tushsak, hattoki yuklarni ulov ustidan tushirib, egarlarni yechmagunimizcha, namoz o‘qimas edik», dedilar. Abu Dovud imom Muslimning shartlariga to‘g‘ri keladigan isnod ila rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:57:52
169-BOB
Do‘stlarga yordam berish haqida


Yuqorida kelgan «Bir banda birodarining yordamida bo‘lsa, Alloh ham o‘sha banda yordamidadir» hadisi va yana «Har bir yaxshilik sadaqadir» hadislari ham bu bobimizga taalluqlidir.

968/1. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz safarda edik. Bir kishi o‘z uloviga minib kelib, nazarini o‘ng va chap tomoniga tashlay boshladi. Bas, Rasululloh (s.a.v.) «Kimning ortiqcha minadigan narsasi bo‘lsa, ulovi yo‘qlarga bersin. Kimning ortiqcha safar taomi bo‘lsa, yo‘qlarga bersin», deb va yana har turli mol-dunyolarni zikr qildilar. Hattoki, biz kimda ortiqcha narsa bo‘lsa, o‘ziniki bo‘lmay, balki muhtojlarning haqqi ekan-da, deb o‘ylab qoldik. Imom Muslim rivoyatlari.

969/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) g‘azot qilmoqchi bo‘lib: «Ey muhojir va ansoriylar jamoasi, oralaringizdagi ba’zi toifadagi birodarlaringizning na mol-dunyolari va na qarindosh-urug‘lari bor. Shundoq ekan, sizlar o‘zlaringizga ikki yoki uch kishini qo‘shib oling», dedilar. Bizlardan birortamizda ortiqcha minadigan narsa yo‘q edi. Faqat navbat bilan minar edik. Men ham ulardan ikkita yoki uchtasini qo‘shib oldim. Mening tuyamni navbat bilan minishar edi. Abu Dovud rivoyatlari.

970/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) safarda yursalar, orqada qolib ketardilar. Zaiflarni oldinda yurgizib va ba’zilarini mingashtirib ham olardilar. Hamda ularning haqqiga duoda bo‘lardilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:58:28
170-BOB
Safarga chiqishni niyat qilib, ulovga minganda aytiladigan zikrlar


Alloh taolo:
«O’sha zot sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan - sizlar minadigan narsalar (paydo) qildi. Toki sizlar ularning ustiga o‘rnashgaysizlar, so‘ngra unga o‘rnashib olgach, Parvardigoringizning ne’matini eslab: «Bizlarga bu (kema yoki ot-ulovni) bo‘ysundirib qo‘ygan zot (ya’ni Alloh barcha aybu nuqsondan) pokdir. Bizlar o‘zimiz bunga qodir emas edik. Shak-shubhasiz bizlar (barchamiz) Parvardigorimizga qaytguvchidirmiz», degaysizlar» (Zuxruf surasi, 12-14-oyatlar), deb aytgan.

971/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) safarga chiqadigan bo‘lib, ulovlariga o‘rnashib olganlaridan keyin uch marta takbir aytar, so‘ngra «Subhanallaziy saxxara lana haza va ma kunna lahu muqriniyn va inna ila robbina lamunqolibun. Allohumma inna nas’aluka fiy safarina haza al-birro vattaqva va minal ‘amali ma tarzo, Allohumma havvin ‘alayna safarana haza vatvi ‘anna bu’dahu, Allohumma antas sohibu fissafari valxaliyfatu fil ahli. Allohumma inniy a’uzu bika min va’sois safari va kaobatil manzari va su‘ il munqolabi fil mali val ahli val valadi», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Bizlarga bu (kema yoki ot-ulov)ni bo‘ysundirib qo‘ygan Zot (ya’ni, Alloh barcha aybu nuqsondan) pokdir. Biz o‘zimiz bunga qodir emas edik. Shak-shubhasiz, bizlar (barchamiz) Rabbimizga qaytguvchidirmiz. Allohim, Sendan bu safarimizda yaxshilik va taqvoni hamda Sen rozi bo‘ladigan amalni so‘raymiz. Allohim, bu safarimizni bizga yengil qilib, uzoqligini yaqin qilgin. Allohim, safardagi yo‘ldosh ham, xonadonda qoluvchi o‘rinbosar ham O’zingdirsan. Allohim, men Sendan safar mashaqqatlaridan, mahzunlik manzarasi va molu-mulk, oilaga va farzandlarga yetadigan ziyon-zahmatdan panoh berishingni so‘rayman».)
Agar safardan qaytsalar, yuqoridagi duoni aytib, quyidagilarni qo‘shimcha qilardilar: «Oyibuna, toibuna, obiduna, lirobbina hamiduna». (Ma’nosi: «(Biz) qaytuvchi, tavba qiluvchi, ibodat qiluvchi va Rabbimizga hamd aytuvchilarmiz».) Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:58:44
972/2. Abdulloh ibn Sarjisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar safar qilsalar, «Allohumma inniy a’uzu bika min va’sois safari va kaobatil munqolabi val havri ba’dal kavni va da’vatil mazlumi va su‘il manzari fil ahli val mali», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, men Sendan safar mashaqqati, xafalik yetishi, istiqomat yoki ziyodalikdan noqislikka qaytish, mazlum duosi va molu-mulk, oiladagi yomon manzaradan panoh tilayman».) Imom Muslim, Termiziy va Nasaiy rivoyatlari.

973/3. Ali ibn Rabiy’adan rivoyat qilinadi. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) otlarini mingani kelib, oyoqlarini ulovga qo‘yganlarida «Bismillah», dedilar. Qachonki, uning ustiga o‘rnashganlarida «Alhamdu lillahillaziy saxxara lana haza va ma kunna lahu muqriniyn va inna ila robbina lamunqolibun», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Bizga bularni bo‘ysundirib qo‘ygan Zotga hamd bo‘lsin. Bizlar o‘zimiz bunga qodir emas edik. Barchamiz Parvardigorimizga qaytuvchidirmiz».) So‘ngra uch marta «Alhamdulillah» va uch marta «Allohu akbar», so‘ngra «Subhanaka inniy zolamtu nafsiy fag‘firliy innahu la yag‘firuz zunuba illa anta», deb kulib qo‘ydilar. «Ey mo‘minlarning amiri, qaysi narsadan kulyapsiz?» deyilganida, u zot aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) ham xuddi shu amalni qilib kulganlarida, «Ey Rasululloh, nima narsadan kuldingiz?», deganimda, u zot: «Albatta Rabbing biror banda gunohimni kechir, deb aytsa, U: «Mendan boshqasi kechira olmasligini biladi», deb ajablanadi», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:59:01
171-BOB
Musofir tepalikka (dovonga) ko‘tarilganda takbir, past (vodiy)ga tushganda tasbih aytishi hamda takbir aytayotganda mubolag‘a tarzida ovozini balandlatishdan qaytarish haqida


974/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Bu zot: «Agar tepalikka ko‘tarilsak, takbir aytardik. Agar pastlikka tushsak, tasbeh aytardik», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

975/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululoh (s.a.v.) va askarlari agar tepalikka ko‘tarilishsa, takbir aytishar edi. Agar pastlikka tushishsa, tasbeh aytishar edi. Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:59:16
976/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar haj yoki umradan (roviy: «g‘azot deb aytganlarini bilaman xolos», dedilar) qaytadigan bo‘lib, tepalik yoki sahro yeriga ko‘tariladigan bo‘lsalar, uch marta takbir aytib, so‘ngra «La ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay’in qodiyr. Oyibuna obiduna sajiduna lirobbina hamiduna, sodaqollohu va’dahu va nasoro abdahu va hazamal ahzoba vahdahu», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Mulk U uchundir. Hamd ham U uchundir. U har bir narsaga qodirdir. (Bizlar) qaytguvchi, tavba qilguvchi, ibodat qilguvchi va Rabbimizga hamd aytguvchilarmiz. Allohning va’dasi haqdir. Quliga nusrat berib, ahzoblarni (guruhlarni) yakka O’zi yengadi.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:59:28
977/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etiladi. Bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, men safar qilishni xohlayman, menga vasiyat qiling», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Senga, Allohdan taqvo etishingni va har bir balandlikka ko‘tarilishda takbir aytishingni vasiyat qilaman», dedilar. Haligi kishi orqasiga qaytib ketganida Rasululloh (s.a.v.) «Allohumma itvi lahul bu’da va havvin ‘alayhis safara», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohim, uzog‘ini yaqinlashtirgin va safarni unga yengil qilgin».) Imom Termiziy rivoyatlari.

978/5. Abu Muso al-Ash’ariy (r.a.) rivoyat qilib aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bilan birga safarda bo‘lganimizda, agar biror vodiyga ko‘tarilsak, tahlil va takbir aytardik. Shunda ovozimizni baland qilib ko‘tarar edik. Buni eshitgan Rasululloh (s.a.v.) «Ey insonlar, nafslaringizni muloyim tutinglar. Chunki sizlar kar yoki bu yerda yo‘q bo‘lgan Zotga duo qilmayapsizlar. Zero U zot sizlar bilan birgadir. Albatta U eshitguvchi va yaqinda turuvchi Zotdir», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 07:59:46
172-BOB
Safarda duo qilishning mahbubligi to‘g‘risida


979/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Shak-shubhasiz, uch xil duo ijobat qilingandir: mazlumning duosi, musofirning duosi, otaning farzandiga qilgan duosi», deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. Termiziy bu hadisni hasan, deb aytdilar. Abu Dovuddan qilingan rivoyatda «farzandiga» degan lafz yo‘q.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:00:00
173-BOB
Kishilardan yoki boshqa narsalardan xavfga tushganda aytiladigan zikr


980/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar biror qavmdan qo‘rqsalar, «Allohumma inna naj’aluka fiy nuhurihim va na’uzu bika min shururihim», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, biz Seni ularga ro‘baro‘ qo‘yamiz va Sening noming ila yomonligidan panoh tilaymiz».) Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:00:15
174-BOB
Biror manzilga tushganda aytiladigan zikrlar


981/1. Havla binti Hakimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim bir manzilga tushib «A’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq», deb aytsa, toinki boshqa manzilga ko‘chgunicha biror narsa zarar yetkaza olmaydi», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohimning hamma kalimalari bilan U yaratgan narsalarning yomonligidan panoh tilayman».) Imom Muslim rivoyatlari.

982/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar safar qilsalar, ana shu kuni kechasi «Ya arzu robbiy va robbukillohu, a’uzu billahi min sharriki va sharri ma fiyki, va sharri ma xuliqo fiyki, va sharri ma yadibbu ‘alayki, A’uzu bika min sharri asadin va asvada va minal hayyati val ‘aqrabi va min sakinil baladi va min volidin vama valada», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Ey yer, mening va sening Rabbing Allohdir. Allohning nomi bilan sening yomonligingdan, sendagi yomonlikdan, senda xalq qilingan yomonlikdan, senda sudralib yuradiganlarning yomonligidan panoh tilayman. Va yana sherdan, shaxslardan, ilondan, chayondan, yerda yashovchi jinlardan, iblis hamda shaytondan panoh tilayman».) Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:00:27
175-BOB
Musofir rejasidagi ishlarni bajarib bo‘lganidan keyin o‘z ahli huzuriga tez qaytishining mahbubligi haqida


983/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Safar azobdan bir bo‘lakdir. Chunki kishi ovqat, ichimlik va uyqusidan qoladi. Shundoq ekan, sizlardan biringizning safardagi rejalashtirgan ishi bitsa, bola-chaqasi huzuriga qaytishga shoshilsin», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:00:40
176-BOB
Musofir safardan qaytganida o‘z ahli huzuriga kunduzi kirishining mahbubligi va uzrsiz kechasi kirishining karohiyati haqida


984/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan birortangiz safarda uzoq muddat qolib ketsa, o‘z ahli huzuriga kechqurun kirmasin», dedilar. Boshqa rivoyatda Rasululloh (s.a.v.) kechasi ahli huzuriga kirishdan qaytardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

985/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi o‘z ahllari huzuriga kirmas edilar. Balki kunduzining avvalida yoki oxirida kirar edilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:00:51
177-BOB
Safardan qaytib, o‘z shahrini ko‘rganda aytiladigan zikrlar


986/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Biz Rasulullohga (s.a.v.) yo‘liqib, hattoki, Madina kiraverishiga yetib kelganimizda: «Oyibuna, taibuna, ‘abiduna, lirabbina hamiduna», deb aytishda bardavom bo‘ldilar, shu holda Madinaga kirib keldik» (Ma’nosi: biz qaytguvchi, tavba qilguvchi, ibodat qilguvchi va Rabbimizga hamd aytguvchidirmiz). Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:01:05
178-BOB
Safardan qaytgan kishi avval o‘z mahallasidagi masjidda ikki rakaat namoz o‘qishining mahbubligi to‘g‘risida


987/1. Ka’b ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar safardan qaytsalar, avval masjidda ikki rakat namoz o‘qirdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:01:23
179-BOB
Ayol kishining yolg‘iz safarga chiqishi haromligi haqida


988/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan ayolga bir kecha va kunduzlik masofaga mahramsiz safar qilish halol emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

989/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi mahrami bo‘lmagan ayol bilan xoli qolmasin. Mahrami bo‘lmagan ayol safarga chiqmasin», deganlarida, bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, mening xotinim hajga ketdi. Men esa falon va falon g‘azotda ishtirok etish uchun nomimni yozdirib qo‘ydim», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Borgin, xotining bilan birga haj qil (chunki mahram bo‘lib bormasang, uning safari shar’iy bo‘lmaydi)», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:01:45
FAZILATLAR KITOBI

180-BOB
Qur’on o‘qishning fazilati


990/1. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’on o‘qinglar. Chunki u (Qur’on) Qiyomat kunida o‘qiguvchilariga shafe’ bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

991/2. Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni Qur’on va unga dunyoda amal qiluvchilar olib kelinsa, Baqara va Oli Imron suralari ilgarilab, o‘quvchilariga hujjatlashishadi, ya’ni shafe’ bo‘lishadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:02:06
992/3. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarning yaxshilaringiz Qur’ondan ta’lim olib, boshqalarga ham o‘rgatgan kishidir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

993/4. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’onni mohirlik ila, ya’ni lafzlarini o‘z o‘rnidan chiqarib tilovat qiluvchi kishi ulug‘, itoatkor mirzalar, ya’ni farishtalar bilan birga bo‘ladi. Endi kim Qur’onni tutilib-tutilib mashaqqat ila o‘qisa, ikki ajr bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:02:29
994/5. Abu Muso al- Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’on o‘quvchi mo‘min shirin limonga o‘xshaydi. Hidi ham, ta’mi ham yaxshi. Qur’on o‘qimaydigan mo‘min xurmoga o‘xshaydi. Hidi yo‘g‘u ta’mi shirin. Qur’on o‘qiydigan munofiq rayhonga o‘xshaydi. Hidi yaxshi, lekin ta’mi achchiq. Qur’on o‘qimaydigan munofiq zaqqum (g‘oyat achchiq meva) ga o‘xshaydi. Hidi ham yo‘q, ta’mi ham achchiq», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

995/6. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, Alloh bu kitob, ya’ni Qur’on bilan ba’zi qavmlarni yuksak darajaga va ba’zi qavmlarni past darajaga tushiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. (Ya’ni salaflarimizga o‘xshab, Qur’on o‘qib, unga amal qilinsa, yuksak maqomlarga ko‘tariladi. Lekin aksi bo‘lsa, bizlarning ahvolimizga o‘xshab qoladi).
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:03:01
996/7. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Faqat ikki toifa kishilarga hasad qilish joiz. 1. Alloh bir kishiga Qur’on hifzi va ilmi ne’matini bergan bo‘lsa, u kishi kechasiyu kunduzi uni o‘qisa va amal qilsa; 2. Va bir kishiga Alloh mol-dunyo bergan bo‘lsa, o‘sha kishi mol-dunyosidan kechasiyu kunduzi infoq qilsa», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

997/8. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Kahf surasini o‘qir edi. Huzurida arqonga bog‘langan oti turar edi. Bir bulut paydo bo‘lib, u otiga yaqinlashgan edi, oti hurkib ketdi. Tong otganda bu kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib, bo‘lib o‘tgan voqea haqida xabar berganida, Rasululloh (s.a.v.) «Bu xotirjamlik bo‘lib, qachon Qur’oni karim (ahamiyat ila) o‘qilsa, ana shu xotirjamlik tushadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:03:20
998/9. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Allohning kitobidan bir harf o‘qisa, (nomai a’moliga) bitta yaxshilik yoziladi. Har bir yaxshiligingiz o‘n barobar mislicha qilib beriladi. Men «Alif, lom mim»ni bir harf demayman. Balki «alif» bir harf, «lom» bir harf va «mim» bir harfdir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

999/10. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’ondan hech bir narsa yodlamagan kishi xaroba uyga o‘xshaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

1000/11. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni ahli Qur’on jannatga doxil bo‘lgan fursatda unga: sen dunyoda Qur’onni qandoq tartil (qiroat) ila o‘qigan bo‘lsang, bu yerda ham o‘shandoq dona-dona qilib, qiroat bilan o‘qib, yuqoriga ko‘tarilgin. Qaysi zina ustida yod bilgan oyatlaring tamom bo‘lsa, «Senga atalgan maqom o‘shadir», deyiladi», deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:03:47
181-BOB
Qur’onni yod olgandan keyin uni takrorlab, esda saqlashga buyurish hamda uni unutishdan ehtiyot bo‘lish to‘g‘risida


1001/1. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’onni yod olgandan keyin tez-tez o‘qib, takrorlab turinglar. Muhammadning joni uning qo‘lida bo‘lgan zot (Alloh)ga qasamki, Qur’on (agar o‘qib turilmasa), egasining xotirasidan arqoni yechilgan tuyadan ham tezroq qochadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1002/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’on sohibi (ya’ni, uni yod olgan kishi) bog‘lab qo‘yilgan tuyaga o‘xshaydi. Agar uni mahkam tutsang, o‘rnida turadi. Agar bo‘sh qo‘ysang, ketib qoladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:04:51
182-BOB
Qur’on o‘qiganda ovozini chiroyli qiluvchining va ovozi chiroyli kishidan Qur’on tilovat qilib berishni talab etishning hamda u o‘qiyotganda quloq solib turishning mahbubligi haqida


1003/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo hech bir ovozni, nabiy Qur’onni jarangdor ovozda ohang bilan o‘qiganlarini eshitganchalik eshitmagan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1004/2. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bu kishiga «Dovud alayhissalomga berilgan yaxshi ovozdan senga ham bir oz berilgandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) bu zotga: «Men kecha sening qiroatingni eshitganimni ko‘rganingda edi», deb aytdilar».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:06:18
1005/3. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) xufton namozida «vat-tiyni vaz-zaytuni» surasini o‘qidilar. Men u zotnikidan ko‘ra chiroyli ovozni eshitmaganman», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1006/4. Abu Luboba Bashir ibn Abdulmunzirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki Qur’on o‘qiganda ovozini chiroyli qilmasa, bizdan (ya’ni bizning yo‘limizdan yuruvchi) emas», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

1007/4. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) «Menga Qur’on o‘qib ber», dedilar. Men: «Ey Allohning rasuli, sizga Qur’on o‘qib beramanmi? Vaholanki, Qur’on o‘zingizga nozil qilingan bo‘lsa», desam, u zot: «Men Qur’onni o‘zimdan boshqa kishidan eshitmoqni yaxshi ko‘raman», dedilar. Shunda men «Niso» surasini o‘qib «(Ey Muhammad), Biz har bir ummatdan (o‘sha ummatning payg‘ambarini) guvoh keltirganimizda va sizni ana ularga qarshi guvoh qilganimizda, ularning holi ne kechur?» oyatiga yetsam, u zot: «Hozircha kifoya qiladi», dedilar. Keyin u zotga nazar solsam, ikki ko‘zlaridan yosh oqmoqda ekan». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:06:57
183-BOB
Maxsus suralar va oyatlar tilovatiga targ‘ib


1008/1. Abu Said Rofe’ ibn Mu’allodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga: «Ey Abu Said, masjiddan chiqishingdan oldin senga Qur’ondagi eng ulug‘ surani o‘rgataymi?» deb qo‘limdan ushlab (yura boshladilar). Masjiddan chiqmoqchi bo‘lganimizda men: «Ey Allohning Rasuli, siz menga Qur’ondagi eng ulug‘ surani o‘rgataman, dedingiz», desam, Rasululloh (s.a.v.) «U yetti oyatdan iborat «alhamdulillahi robbil olamiyn» bo‘lib, menga berilgan ulug‘ Qur’on (sura) shudir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

1009/2. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «qul huvallohu ahad» surasini qiroat qilish haqida quyidagicha so‘z aytdilar: «Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, albatta, bu sura Qur’onning uchdan biriga to‘g‘ri keladi».

Boshqa rivoyatda Rasululloh (s.a.v.) sahobalarga: «Sizlardan biringiz bir kechada Qur’onning uchdan birini o‘qishga ojizmi?» deganlarida, bu so‘z sahobalarga og‘ir botdi. Va: «Ey Allohning Rasuli, qaysimiz bir kechada Qur’onning uchdan bir qismini o‘qiy oladi?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.) «Qul huvallohu ahad Allohussomad» surasi Qur’onning uchdan bir qismiga to‘g‘ri keladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:09:28
1010/3. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi boshqa bir kishining «Qul huvallohu ahad» surasini o‘qiyotganini eshitdi. Tong otganida Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, go‘yo u kishi qilgan amalini kichik sanagandek qilib zikr etdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, albatta, bu sura (o‘zi kichik bo‘lishiga qaramasdan) Qur’onning uchdan biriga teng keladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

1011/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qul huvallohu ahad» surasi haqida: «Albatta, bu sura Qur’onning uchdan bir qismiga teng keladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:13:07
1012/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, men «Qul huvallohu ahad» surasini yaxshi ko‘raman», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, buni yaxshi ko‘rishing seni jannatga kirgizadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. Imom Buxoriy ham «Sahih»larida ta’liq holda rivoyat qilganlar.

1013/6. Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bu kecha menga nozil qilingan oyatlarga qaramaysizlarmi? Bu kabi sura hali ko‘rilmagan. O’sha sura «Qul a’uzu birobbil falaq» bilan «Qul a’uzu birobbin nas»dir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:13:52
1014/7. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ikkita «qul a’uzu» nozil bo‘lishidan oldin jinlardan va insonlarning ko‘zi tegishidan panoh tilab yurardilar. «Qul a’uzu» surasi nozil bo‘lganidan so‘ng u ikkisi bilan panoh tilab, boshqa panoh tilanadigan narsalarni tark qildilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

1015/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’onda o‘ttiz oyatli bir sura bor. U (o‘qib yurgan) kishini shafoat qiladi. Hattoki gunohlari mag‘firat qilinadi. O’sha sura «Taborakallaziy biyadihil mulk»dir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:14:14
1016/9. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim kech kirganda Baqara surasining oxiridagi ikki oyatni o‘qisa, unga kifoya qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

(Ya’ni o‘sha kechasi buladigan turli ofatlar yetishidan kifoya qiladi. Yoki o‘sha kechasi qoim bo‘lishiga kifoya qiladi).

1017/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uylaringizni (namoz o‘qilmaydigan) qabr kabi qilmanglar. Albatta, shayton Baqara surasi o‘qiladigan uydan qochadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:15:03
1018/11. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Abu Munzir, Allohning kitobidan sen yod qilgan qaysi oyat ulug‘ ekanini bilasanmi?» degandilar, men: «Allohu la ilaha illa huval hayyul qoyyum», dedim. Shunda u zot ko‘kragimga urib: «Ilm muborak bo‘lsin, ey Abu Munzir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1019/12. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) meni Ramazon zakotiga qo‘riqchi qildilar. Shunda bir kishi kelib, taomdan hovuchlab ola boshladi. Men uni ushlab: «Allohga qasamki, seni Rasululloh huzurlariga olib boraman», dedim. U : «Bolalarim ko‘p, juda muhtojman», deb aytgan edi, qo‘yib yubordim. Tong ottirganimda, Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Hurayra, kechagi asiring nima qildi?» dedilar. Men: «Ey Rasululloh, ehtiyoji juda qattiqligini va bolalari ko‘pligini aytgan edi, unga rahm qilib qo‘yib yubordim», dedim. Rasululloh: «U senga yolg‘on gapirgan bo‘lmasin, yana keladi», dedilar. Men Rasulullohning so‘zlaridan uning tag‘in kelishini bilib, kutdim. U kelib, yana taomdan hovuchlab ola boshladi. Ushlab olib: «Seni Rasululloh huzurlariga olib boraman», dedim. U yana: «Meni qo‘yib yubor, bolalarim ko‘p, shunga juda muhtojman, boshqa qaytib kelmayman», deb aytdi. Rahmim kelib, yana qo‘yib yubordim. Tong otgach, Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Hurayra, asiring nima qildi?» dedilar. Men: «Ehtiyoji juda qattiqligini va bolalari ko‘pligini aytgan edi, rahm qilib qo‘yib yubordim», dedim. Rasululloh (s.a.v.): «Senga yolg‘on gapiryotgan bo‘lmasin, u yana qaytadi», dedilar. Uchinchi bora kuta boshladim. U kelib, yana taomdan hovuchlab ola boshladi. Uni ushlab oldim va: «Kelmayman, deysan-da, yana qaytib kelaverasan, bu oxirgisi, seni Rasulullohning huzurlariga olib boraman», dedim. Shunda u: «Meni qo‘yib yubor, agar qo‘yib yuborsang, senga bir nechta kalimalarni o‘rgatib qo‘yaman, u bilan Alloh senga naf beradi», dedi. «Qaysi kalimalar?» deganimda, «To‘shagingga yotsang, Oyatul kursiyni o‘qi, Allohning qo‘riqchisi doim seni qo‘riqlab turadi, tong otgunicha shayton senga yaqinlasha olmaydi», dedi, so‘ng men uni qo‘yib yubordim. Tong otgach, Rasululloh (s.a.v.): «Kechagi asiring nima qildi?» deb so‘radilar. Men: «Ey Rasululloh, u Alloh foyda beradigan kalimalarni o‘rgatuvdi, quyib yubordim», dedim. Rasululloh: «Qaysi kalimalar ekan?» dedilar. Men: «Agar to‘shagingga yotsang, Oyatul kursiyni o‘qi, Allohning qo‘riqchisi doim seni qo‘riqlab turadi, tong otgunicha shayton senga yaqinlasha olmaydi», deb aytdi», dedim. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «O’zi yolg‘onchi bo‘lsa ham, rost gapiribdi. Ey Abu Hurayra, uch kundan beri sen bilan gaplashayotgan kishi kimligini bilasanmi?» dedilar. «Yo‘q», dedim. «U shayton edi», deb aytdilar Nabiy alayhissalom». Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:15:34
1020/13. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki Kahf surasining avvalidan o‘n oyat yodlasa, dajjoldan omonda bo‘ladi», dedilar. Boshqa rivoyatda «Kahf suraning oxiridan» bo‘lib kelgan. Imom Muslim rivoyatlari.

1021/14. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Jabroil alayhissalom Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida o‘tirgan edilar, ustlarida yangrayotgan bir ovozni eshitdilar. Va boshlarini ko‘tarib, bu osmondagi bir eshik bo‘lib, bugun shu eshik ochildi. Faqat bugun ochildi, xolos. Hamda u yerdagi bir farishta tushdi. Shu farishta yer yuziga bugun tushdi, xolos. Bundan oldin tushmagan edi. Farishta salom berib, Rasulullohga (s.a.v.) ikki nur bashoratini berdi. Va: «Bundan oldin biror payg‘ambarga berilmagan, dedi. U Fotiha surasi va Baqara surasining oxiridir. Undan biror harf o‘qisangiz, uning savobi beriladi», dedi. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2008, 08:16:03
184-BOB
Qur’onni to‘planib o‘qishning mahbubligi haqida


1022/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror qavm Allohning uylaridan biriga to‘planib, Allohning kitobini tilovat qilsa va o‘zaro bir-birlariga aytishsa, ularga xotirjamlik tushib, rahmat qoplaydi va farishtalar o‘rab olishadi. Hamda Alloh ularni O’zining huzuridagilar, ya’ni (farishtalar) bilan eslaydi» , dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 06:56:04
185-BOB
Tahoratning fazilati to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Ey mo‘minlar, qachon namozga turganingizda yuzlaringiz hamda qo‘llaringizni tirsaklarigacha yuvingiz, boshlaringizga mash tortingiz (ya’ni nam qo‘llaringiz bilan silangiz) va oyoqlaringizni oshiqlarigacha (yuvingiz!)» Agar junub bo‘lsalaringiz, poklaningiz - cho‘milingiz.! Agar bemor yo musofir bo‘lsangizlar yoki sizlardan birov hojatxonadan chiqqan bo‘lsa yoki xotinlaringizga qo‘shilgan bo‘lsalaringiz va (mazkur holatlarda) suv topa olmasangiz, pokiza tuproqni tayammum qilingiz - ya’ni yuzingiz va qo‘llaringizni (pokiza tuproq) bilan silangiz. Alloh sizlarni biror tanglik-mashaqqatga sollmoqni istamaydi, balki sizlarni poklashni va sizlarga o‘z ne’matini komil qilib berishni istaydi. Shoyadki, shukur qilsalaringiz», deb aytgan (Moida surasi, 6-oyat).

1023/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qiyomat kuni ummatimning tahoratda yuvadigan a’zolari yaltirashidan tanib chaqiriladi. Kimki o‘sha yaltiroqni uzun qilishga qodir bo‘lsa, bajaraversin, ya’ni tahorat qilayotganida a’zolarining ko‘proq qismiga suv yetkazaversin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1024/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Do‘stim Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min bandaga (jannatda) kiygiziladigan taqinchoq tahoratda suv tekkizgan yerigacha yetkaziladi. Ya’ni qaerigacha yuvgan bo‘lsa, o‘sha yerigacha taqinchoq taqiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 06:56:15
1025/3. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki tahorat qilsa va uni chiroyli tarzda ado etsa, uning jasadidan xatolari chiqib ketadi. Hattoki tirnoqlari ostidan chiqib ketadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1026/4. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) men kabi tahorat qilganlarini ko‘rdim. So‘ngra u zot: «Kimki mana shu tarzda tahorat qilsa, avvalgi gunohlari kechiriladi. Endi o‘qigan namozi va masjidga yurib borgandagi savobi esa yoniga qoladi», dedilar», dedi. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 06:58:13
1027/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar musulmon yoki mo‘min banda tahorat qilib yuzini yuvsa, ko‘zi bilan qilgan barcha xatolari yuzidan suv bilan yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi. Agar qo‘lini yuvsa, qo‘li orqali qilgan barcha xatolari qo‘lidan suv bilan yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi. Hattoki, gunohlardan pokiza holda chiqadi. Agar ikki oyog‘ini yuvsa, oyog‘i bilan qilgan barcha xatolari suv bilan birga yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi, hattoki u gunohlardan pokiza holda chiqadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1028/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Baqiy’ qabristoniga kelib: «Assalomu alaykum dora qavmin muminiyn, vainna inshaallohu bikum lohiqun» (ya’ni mo‘minlar qavmi hovlisidagilar, sizlarga salom bo‘lsin. Alloh xohlasa, bizlar ham sizlarga qo‘shilamiz), deb, yana u zot: «Birodarlarimni ko‘rgim kelayapti», dedilar. Shunda atroflaridagilar: «Ey Allohning Rasuli, biz birodarlaringiz emasmizmi?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Siz sahobalarimsiz. Birodarlarimiz hali dunyoga kelishmadi», dedilar. Atroflaridagilar: «Ey Rasululloh, hali dunyoga kelmagan ummatingizni qandoq qilib taniysiz?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.) «Agar bir kishining qora otlar ichida oq qashqali oti bo‘lsa, o‘sha otini taniy oladimi?» degandilar, ular: «Albatta, taniydi», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Ular Qiyomat kuni tahoratlari sabab paydo bo‘ladigan yaltiroq oq qashqalari bilan kelishadi. Men havzu Kavsarda ularga peshvoz chiqib kutib olaman», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 06:58:49
1029/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Xatolarni o‘chirib, darajalarni ko‘taradigan narsaga dalolat qilaymi?» deganlarida, sahobalar: «Ha», deyishdi. Shunda u zot: «Qiyinchilik paytida tahoratni mukammal qilish va masjidga qadamni (borishni) ko‘paytirish hamda namozdan keyin namozni kutish. Mana shu narsalar Allohga marg‘ub narsalardir Mana shu narsalar Allohga marg‘ub narsalardir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1030/8. Abu Molik al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Poklik iymonning yarmidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Bu hadis uzun holatida «Sabr» bobida kelgan. Hamda «Umid qilish» bobi oxirida Amr ibn Abasadan qilingan rivoyatda ham kelgan. Bu ulug‘ hadislardan bo‘lib, ko‘p yaxshiliklarni o‘zida mujassam qilgandir.

1031/9. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim tahorat qilib bo‘lib: «Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluhu», desa, unga jannatning sakkizta eshigi ochilib, xohlaganidan kiraveradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Termiziy: «Allohummaj’alniy minat tavvabiyna vaj’alniy minal mutatohhiriyn» kalimasini ziyoda qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 06:58:59
186-BOB
Azonning fazilati haqida


1032/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar odamlar azonning va avvalgi safning fazilatini bilishganida edi, uni qo‘lga kiritish uchun qur’a tashlashga majbur bo‘lib qolishsa, qur’a tashlab bo‘lsa ham u fazilatni qo‘lga kiritishga harakat qilishar edi. Agar jamoatga erta borishning fazilatini bilishganda edi, unga oshiqishar edi. Agar xufton va bomdod namozidagi fazilatni bilishganida edi, emaklab bo‘lsa ham borishar edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1033/2. Muoviyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qiyomat kuni muazzinlar eng bo‘yi uzun kishilar bo‘lishadi (ya’ni darajalari baland kishilar bo‘lishadi)», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 06:59:37
1034/3. Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Abu Sa’sa’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Said al-Xudriy (r.a.) Abdullohga: «Sening qo‘ylar va yaylovlarni yaxshi ko‘rishingni bilaman. Agar qo‘ylaring huzurida yoki yaylovda bo‘lsang, namoz uchun azon ayt. Azon aytayotganda ovozingni baland qil. Chunki muazzinning ovozini biror jon yoki inson yoki boshqa biror narsa eshitsa, Qiyomat kuni (uning mo‘minligiga) guvohlik berishadi», dedilar. Abu Said ushbu hadisni Rasulullohdan (s.a.v.) eshitganman, dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

1035/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar namozga azon aytilsa, shayton orqasini o‘girib, yel chiqarib, azon eshitilmaydigan yergacha qochadi. Agar azon aytib bo‘linsa, yana qaytib keladi. Va namozga takbir aytilsa, yana orqa o‘girib qochadi. Takbir aytib bo‘linganidan keyin yana qaytib kelib, namoz o‘qiyotgan kishining fikriga har xil bo‘lmag‘ur fikrlarlarni olib kelib, hali hech xayoliga kelmagan narsalarni eslatib, uni eslagin, buni eslagin, deb vasvasa qiladi. Hattoki bu kishi qancha namoz o‘qiganini bilmay qoladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 06:59:44
1036/5. Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) «Muazzinning azon aytayotganini eshitsanglar, u aytganidek qaytaringlar. So‘ngra menga salovot yo‘llanglar. Kim menga bitta salovot aytsa, Alloh taolo unga o‘nta salovot aytadi. Keyin menga Allohdan vasilani so‘ranglar. U (ya’ni, vasila) jannatdagi bir makondir. U makon Allohning bandalaridan bittasiga nasib etadi. O’sha banda men bo‘lishimga umid qilaman. Kim menga vasila so‘rasa, unga shafoatim nasib etadi», dedilar. Muslim rivoyatlari.

1037/6. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Azonni eshitganinglarda muazzin nima desa, o‘shani aytinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 06:59:57
1038/7. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim azon eshitganida, «Allohumma robba hazihid da’vatit tammah vassolatil qoimah, ati Muhammadanil vasiylata valfaziylah vab’ashu maqomam mahmudanillaziy va’adtah», desa, unga shafoatim hosil bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

1039/8. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.) bunday deganlar: «Kim muazzinni eshitgan paytda: «Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh, roziytu billahi robban va bi Muhammadin (s.a.v.) rosulan va bil-Islami diyna», desa, uning gunohlari kechiriladi».
Boshqa rivoyatda: «Va ana ashhadu», desa, deyilgan. Imom Muslim rivoyatlari.

1040/9. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Azon bilan iqomatning orasidagi duo rad qilinmaydi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

Termiziyning rivoyatlarida quyidagi jumla ziyoda qilingan: «Ey Rasululloh, bu ikkalasining orasida nima deymiz?» deb so‘rashdi. U zot (s.a.v.) «Allohdan dunyo va oxiratda ofiyat berishini so‘ranglar», dedilar».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:00:32
187-BOB
Namozlarning fazilati to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Albatta, namoz buzuqlik va yomonlikdan to‘sar» (Ankabut surasi, 45-oyat), deb aytgan.

1041/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaramaysizlarmi, agar sizlardan birortangizning eshigingiz oldidan anhor o‘tsa, shu kishi anhorda har kuni besh marta yuvinsa, u kishida biror kir qoladimi?» degandilar, sahobalar: «Yo‘q, hech kir qolmaydi», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Besh vaqt namozlaringiz ham shu anhor kabidir. Alloh taolo besh vaqt namoz o‘quvchi kishining ham gunohlarini o‘chiradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1042/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Besh vaqt namoz xuddi sizlardan biringizning eshigi oldidan limmo-lim bo‘lib oquvchi anhorga o‘xshaydi. U kishi anhorda har kuni besh marta cho‘miladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:00:48
1043/3 . Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi bir xotindan bo‘sa oldi. Keyin Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib xabar berdi. So‘ngra Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: «Kunduzning har ikki tarafida va kechadan bir bo‘lagida namozni to‘kis ado qiling! Albata yaxshi amallar yomonlik - gunohlarni ketkazur». Bas, haligi kishi: «Ey Allohning rasuli, bu men uchun xosmi?» deganida, u zot: «Balki bu ummatimning barchalariga xosdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1044/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Besh vaqt namoz vaqt orasida hamda jumadan jumagacha o‘z o‘rtalarida bo‘lgan gunohlarga kafforatdir. Agar kabira (katta) gunohlardan saqlanilgan bo‘lsa», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1045/5. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir musulmon farz namoziga hozir bo‘lganida tahoratini chiroyli qilib, namozidagi xushu’ va ruku’larini chiroyli ado etsa va bu orada katta gunoh sodir etmasa, avvalgi kichik gunohlariga kafforat bo‘ladi. Bu va’da (mening zamonimga mos bo‘lmay, balki) har zamonga xosdir», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:03:07
188-BOB
Bomdod va asr namozlarining fazilati haqida


1046/1. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim bomdod va asr namozlarini ado etsa, jannatga kiradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Bu ikki namozni fazilatli bo‘lishiga sabab, chunki bomdod paytida uyqu g‘olib keladi. Asr vaqtida esa ishlar ko‘payib, tijoratda ko‘plab foyda qo‘lga kiritish payida bo‘linadi.

1047/2. Abu Zuhayr Umora ibn Ruvaybadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir kishi quyosh chiqishi va quyosh botishidan oldin, ya’ni bomdod va asr namozlarini o‘qisa, do‘zaxga tushmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:03:18
1048/3. Jundub ibn Sufyondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim bomdod namozini o‘qisa, u kishi Allohning ahdi va omonidadir. Alloh sizlarni hargiz ahdini zoe qilgan holda topmasin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

(Ya’ni, subhi namozi va qolganlarini ham o‘qigan kishi yomonlik qilishdan ogohlantirilyapti.)

1049/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarning huzuringizga kechqurun bir jamoa va kunduzi bir jamoa farishtalar orqama-orqa kelib, bomdod va asr namozlarida jam bo‘lishadi. Kechqurun turgan farishtalar Alloh huzuriga chiqishganda, Alloh o‘zi bilgan holda: «Bandalarimni qay holda tark qildinglar?», deb so‘raydi. Farishtalar: «Ularni tark qilganimizda ham, borganimizda ham namoz o‘qishayotgan edi», deyishadi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:03:33
1050/5. Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida edik. U zot to‘lin oyga qarab: «Sizlar yaqin kunlarda Rabbingizni xuddi mana shu oyni ravshan ko‘rgandek ko‘rasizlar. Qodir bo‘lsangizlar, quyosh chiqishi va botishidan oldingi, ya’ni bomdod va asr namozlarni tark qilmanglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda: «O’n to‘rt kunlik oy», bo‘lib kelgan.

1051/6. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki asr namozini tark qilsa, amallarini habata qilibdi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:03:44
189-BOB
Masjidga piyoda borishning fazilati haqida


1052/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim kunduzi va kechqurun masjidga borsa, har borib-kelishiga Alloh ziyofat hozirlab qo‘yadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1053/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim uyida tahorat olib, Allohning uylaridan bir uyga Uning farzlaridan birini bajarish uchun borsa, qadamining biri xatolarini o‘chirsa, ikkinchisi darajalarini ko‘taradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:04:37
1054/3. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ansoriylardan bir kishi bor edi. Bu kishidan boshqa biror kishini masjiddan uzoqroq joyda turishini bilmayman. U biror namozni qoldirmas edi. O’sha kishiga «Agar bir eshak sotib olib, uni qorong‘i zulmatda va qattiq issiq bo‘lganda minib kelsang bo‘lmaydimi?» deb aytganimda, u kishi: «Manzilim masjid yonida bo‘lishi meni xursand qilmaydi. Men masjidga borishimdagi va ahlimga qaytishimdagi qadamlarimga (savob) yozilishini xohlayman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) (buni eshitib): «Alloh taolo senga bu narsalarning hammasini jamlab berdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1055/4. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Masjid yonida bir o‘rin bo‘shab qolib, Bani Salama masjid yaqinidagi o‘sha joyga ko‘chishni xohlashganida, bu xabar Rasulullohga (s.a.v.) yetib keldi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlar masjid yaqiniga ko‘chib kelishni xohlayapsizlarmi?» deganlarida, ular: «Ha, ey Allohning rasuli, biz shuni xohlayapmiz», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «O’z joylaringizni (qo‘ldan boy bermay) saqlang. Qadamlaringizga (savob) yoziladi», deb aytgandilar, ular: «Bu gapdan keyin ana shu yerdan ko‘chish bizni xursand qilmas edi», deyishdi. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:04:43
1056/5. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishilarning namozda ajr olish jihatidan eng ulug‘lari uzoqdan yo‘l yurib keluvchilaridir. Imom bilan o‘qish uchun kutib o‘tirgan kishining savobi o‘zi o‘qib keyin uxlagan kishinikidan ulug‘roqdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1057/6. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qorong‘ida masjidga yurib boruvchi kishilarga Qiyomat kuni mukammal nur bo‘lishini bashorat qilinglar», deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:04:52
1058/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Xatolarni o‘chirib, darajalarni ko‘taradigan narsaga dalolat qilaymi?» deganlarida, sahobalar: «Ha», deyishdi. Shunda u zot: «Qiyinchilik paytida tahoratni mukammal qilish va masjidga qadamni (borishni) ko‘paytirish hamda namozdan keyin namozni kutish. Mana shu narsalar Alloh yo‘lida jihod kabidir. Mana shu narsalar Alloh yo‘lida jihod kabidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1059/8. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar masjidga borishga odatlangan kishini ko‘rsangizlar, uning iymonli ekaniga guvohlik beringlar. Chunki Alloh taolo: «Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlargina obod qilurlar», deb aytgan. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:05:08
190-BOB
Namozni intizorlik bilan kutishning fazilati to‘g‘risida


1060/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jamoat bilan o‘qish niyatida masjidda o‘tirgan kishi, agar uyiga ketishidan namozgina to‘xtatib turgan bo‘lsa, (masjidga kirganidan chiqquniga qadar) namoz ichida hisoblanadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1061/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi namozxonada tahoratini sindirmay o‘tirar ekan, farishtalar uning haqqiga: «Allohim, mag‘firat et, Allohim unga rahm qil», deb duoda bo‘lishadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

1062/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kecha xufton namozini tunning yarmiga qadar kechiktirdilar. Keyin namoz o‘qib tugatgach, bizga yuzlandilar-da: «Odamlar namoz o‘qib, uxlab ham bo‘lishdi. Sizlar esa (masjidga kirib) uni kutganingizdan beri uning ichida hisoblanasizlar (ya’ni o‘shaning hisobicha savobga ega bo‘lasizlar)», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:05:19
191-BOB
Jamoat bilan namoz o‘qishning fazilati haqida


1063/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jamoat bilan o‘qilgan namoz yolg‘iz o‘qilgan namozdan yigirma yetti daraja afzaldir», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1064/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishining jamoat bilan o‘qigan namozi uyda va bozorda o‘qigan namozidan yigirma besh barobar afzaldir. Agar o‘sha kishi chiroyli tahorat qilib, faqat namoz o‘qishni niyat etib, masjidga chiqsa,
Alloh uning darajasini baland qilib, xatolarini o‘chiradi. Kishi namozxonasida tahoratini sindirmasdan o‘tirar ekan, farishtalar uning haqqiga: «Allohim, mag‘firat et, Allohim, unga rahm qil», deb duoda bo‘lishadi. Ular (masjidga kirib), uni kutganidan beri namozda turgan hisoblanadi», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.Bu hadis lafzi Buxoriyniki.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:05:49
1065/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir ko‘zi ojiz kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli, menig yetaklab masjidga olib boruvchi kishim yo‘q», deb, u zotdan masjidga bormasdan uyda namoz o‘qishga ruxsat so‘radi. Rasululloh (s.a.v.) u ko‘zi ojiz kishiga ruxsat berdilar. U kishi endi orqa o‘girib ketayotgan edi, Rasululloh (s.a.v.) uni chaqirib: «Namozga aytiladigan azonni eshitasanmi?» dedilar.U kishi: «Ha», deb javob bergan edi, Rasululloh (s.a.v.) «Muazzinning azoniga javob qil, ya’ni jamoatga borgin», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1066/4. Ibn Ummu Maktum kunyasi bilan taniqli muazzin Abdulloh ibn Qaysdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Allohning Rasuli, Madina zararli hasharot va yirtqichlari ko‘p shahardir. (Menga jamoatga bormasdan, uyda namoz o‘qishimga ruxsat berasizmi?)» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Hayya ‘alas solat, hayya ‘alal falah» kalimalarini eshitasanmi? Agar eshitadigan bo‘lsang, jamoatda hozir bo‘l», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:06:02
1067/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, men o‘tin terib kelishni buyurishga qasd qilsam. Bas, o‘tin terib kelinsa. Keyin namoz o‘qishga buyursam, u namozga azon aytilsa, keyin bir kishiga buyursam, u odamlarga namoz o‘qib bersayu men bunga xilof qilib, jamoatga kelmaganlarning uyiga o‘t qo‘yib yuborsam», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1068/6. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Kimni ertaga Alloh taologa musulmon holda yo‘liqish xursand qilsa, azon aytiladigan masjidda namozlarini ado etsin. Albatta, Alloh nabiylaringizni hidoyat yo‘liga yo‘naltirib qo‘ygan. Albatta, besh vaqt namozni masjidda jamoat bilan o‘qish hidoyat yo‘llaridandir. Agar sizlar ham uyida namoz o‘quvchi kishilar kabi uyingizda o‘qisangiz, nabiylaringiz sunnatini tark qilgan bo‘lasizlar. Agar nabiylaringiz sunnatini tark qilsangizlar, zalolatga ketasizlar. Biz sahobalarni ko‘rar edik. Ma’lum bir nifoqi bor munofiq bo‘lmasa, jamoat namozidan qolmas edi. Ikki kishining orasida kelib bo‘lsa ham, safda turar edi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Albatta, Rasululloh (s.a.v.) bizga hidoyat yo‘lini o‘rgatdilar. Azon aytiladigan masjidda namozni jamoat bilan o‘qish hidoyat yo‘llaridandir», dedilar.

1069/7. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uch nafar kishi biror qishloq yoki sahroda jamlanishsayu jamoat bo‘lib namoz o‘qishmasa, shayton ularga g‘olib keladi. Bas, shundoq ekan, jamoatni o‘zingizga lozim tuting. Chunki bo‘ri ham yolg‘iz yurgan qo‘yni yeydi», deb aytdilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:06:16
192-BOB
Bomdod va xufton namozlarini jamoat bilan o‘qishga targ‘ib


1070/1. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim xufton namozini jamoat bilan o‘qisa, kechaning yarmini ibodat bilan bedor o‘tkazganday bo‘ladi. Kimki bomdod namozini jamoat ila o‘qisa, butun kechani ibodat bilan o‘tkazganday bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Imom Termiziyning Usmon ibn Affondan (r.a.) qilgan rivoyatlarida Rasululloh (s.a.v.) «Kim xufton namozini jamoat bilan o‘qisa, kechaning yarmini ibodat bilan bedor o‘tkazganning savobiga erishibdi. Kim xufton va bomdod namozlarini jamoat bilan o‘qisa, kechaning barchasini bedor o‘tkazganning savobiga erishibdi», dedilar. Imom Termiziy bu hadisi sharifni sahih, hasan, deb aytganlar.

1071/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar odamlar xufton va bomdod namozini jamoat bilan o‘qishning savobini bilishganida edi, unga emaklab bo‘lsa ham kelishar edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1072/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Munofiqqa bomdod va xuftondan og‘irroq namoz yo‘qdir. Agar ular ikkovidagi savobni bilishganida edi, emaklab bo‘lsa ham kelishar edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:06:37
193-BOB
Besh vaqt namozni muhofaza etishga buyurish hamda uni qasddan tark qilganlarni qattiq va’iydlar bilan qaytarish to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Barcha namozlarni va xususan, o‘rta namozni (asr namozini) saqlanglar — o‘z vaqtlarida ado etinglar» (Baqara surasi, 238-oyat).

«Endi agar tavba qilsalar va namozni to‘kis ado qilishib, zakotni bersalar, ularning yo‘llarini to‘smangiz! (ya’ni ular bilan urushishni bas qilingiz)» (Tavba surasi, 5-oyat), deb aytgan.

1073/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) «Qaysi amal afzal?» deb so‘rasam, u zot: «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. «Keyin qaysi?» desam, u zot: «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. «Keyin qaysi?» desam, u zot: «Alloh yo‘lidagi jihod», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1074/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Islom besh narsa ustiga qurilgan: «La ilaha illalloh va anna Muhammadan Rasululloh» kalimasi; namozni ado etish; zakot berish; Baytullohni haj qilish; Ramazon ro‘zasini tutish», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:06:43
1075/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishilar «La ilaha illallohu va anna Muhammadan rasululloh», deb aytmagunlaricha, namozni ado etmagunlaricha va zakotni bermagunlaricha ular bilan urishmoqlikka buyurildim. Agar mana shu aytilgan narsalarni bajarishsa, ular o‘z jonlari va mollarini mendan saqlashibdi. Lekin Islom haqlarida (ya’ni, had va qasoslarda) bunday emas. Buning hisobi Alloh taologa havoladir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1076/4. Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) meni Yamanga yuborayotib, «Sen ahli kitob bo‘lgan qavmning huzuriga ketyapsan. Agar borsang, ularni «La ilaha illalloh vaanna Muhammadan rasululloh» shahodatiga chaqir. Agar bunga itoat qilishsa, Alloh ularga har kecha va kunduzda besh vaqt namozni farz qilganini bildirgin. Agar bunga ham itoat qilishsa, Alloh ularga boylaridan olib, kambag‘allariga beriladigan sadaqani farz qilganini bildir. Agar bunga ham itoat qilishsa, zakot olayotganingda ularning yaxshi mollarini tanlab olishdan saqlangin. Hamda mazlumning duosidan qo‘rqqin. Chunki u bilan Alloh o‘rtasida parda bo‘lmaydi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:06:50
1077/5. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir kishi bilan shirk va kufr orasidagi farq namozni tark qilishdir», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari.

1078/6. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biz bilan ularning (munofiqlarning) orasidagi farq namozdir. Bas, kimki uni tark qilsa, batahqiq kofir holicha qolibdi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:06:57
1079/7. Buyuk tobe’inlardan ekanligiga ittifoq qilingan Shaqiq ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning sahobalari namozni tark qilishdan boshqa biror amalni tark qilishni kofirlik deb hisoblashmas edi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

1080/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni bandaning birinchi bo‘lib hisob qilinadigan amali namozdir. Agar u yaroqli bo‘lsa, najot topib, muvaffaqiyatga erishibdi. Agar yaroqsiz bo‘lsa, hasrat-nadomatda qolibdi. Agar bordiyu farz amallaridan biror kamchilik bo‘lsa. Alloh taolo: «Bandamning nafl amallariga qaranglar-chi?» deydi. Agar nafl amallar bo‘lsa, farzning kamchiliklari to‘ldiriladi. Keyin boshqa amallari ham mana shu tarzda ijro etiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:07:09
194-BOB
Avvalgi safning fazilati hamda avvalgi safni to‘ldirib jipslash va tekis qilishga buyurish haqida


1081/1. Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurimizga chiqib: «Farishtalar Rabbilari huzurida saf tortgani kabi sizlar ham saf tortmaysizlarmi?» dedilar. Biz: «Ey Allohning Rasuli, farishtalar Rabbilari huzurida qanday saf tortishadi?» desak, u zot: «Avvalgi safni to‘ldirib va safni jips qilishadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1082/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar odamlar azon va avvalgi safning fazilatini bilishganida edi, uni qo‘lga kiritish uchun qur’a tashlashga majbur bo‘lib qolishsa, qur’ani tashlab bo‘lsa ham u fazilatni olishga harakat qilishar edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:07:16
1083/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Erkaklar safining yaxshisi avvalgi safdir. Oxirgi saf esa yomonidir. Ayollar safining yaxshisi oxiridir. Avvalgi saf esa yomonidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1084/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sahobalarining orqa (saf)da turganlarini ko‘rib): «Oldinga o‘tinglar. Bas, menga iqtido qilinglar. Orqangizdagilar sizlarga iqtido qilsin. Ba’zi toifa kishilar doim ortda qolishadi. Alloh ham ularni ortda qoldiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:07:24
1085/5. Abu Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) namoz (oldidan) yelkalarimizni ushlab: «Barobar turinglar. Har turli bo‘lib turmanglar. Qalblaringiz ham har turli bo‘lib qoladi. Menga balog‘atga yetgan aqllilaringiz yaqin tursin. Keyin aqlda
ularga yaqinlari tursin. So‘ngra ularga yaqinlari tursin», deb aytardilar». Imom Muslim rivoyatlari.

1086/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Saflaringizni barobar qilinglar. Chunki safni barobar qilish namozning mukammal bo‘lishiga sababchidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Buxoriy rivoyatlarida: «Saflarni barobar qilish namozni qoim etishdir», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:07:34
1087/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni namozga takbir aytilganida Rasululloh (s.a.v.) bizlarga yuzlarini qaratdilar-da: «Saflaringizni tekislab, jipslashtiringlar. Chunki men sizlarni orqamdan ham ko‘raman», dedilar. Imom Buxoriy shu lafz bilan imom Muslim mana shu ma’noda rivoyat qilganlar.

Imom Buxoriyning boshqa rivoyatlarida: «Bizlar safda tursak, yelkamiz yonimizdagining yelkasiga, oyog‘imiz yonimizdagining oyog‘iga yopishib turar edi», deyilgan.

1088/8. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Saflaringizni barobar qilinglar. (Agar bunday qilmasangizlar) Alloh taolo (qalblaringizni ixtilofli qilib, oralaringizga g‘azab-adovatni solib qo‘yish bilan) yuzlaringizni bir-biriga muxolif qilib qo‘yadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning rivoyatlarida quyidagicha aytiladi: «Rasululloh (s.a.v.) saflarimizni go‘yoki kamon o‘qlarini tergandek tekislab qo‘yardilar. Bizning tushunganimizni ko‘rgunlaricha shunday qildilar. Keyin bir kuni (namozga kirishish uchun) takbir aytaman, deb turganlarida, bir kishi ko‘kragini (boshqalarnikiga qaraganda) biroz chiqarib turganini ko‘rib, «Ey Allohning bandalari, saflaringizni barobar qilinglar. (Agar bunday qilmasangizlar) Alloh taolo yuzlaringizni bir-biriga muxolif qilib qo‘yadi», dedilar».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:07:47
1089/9. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) safning orasiga kirib, bu tomondan narigi tomongacha yurdilar-da old tomonlarimizni va yelkalarimizni qo‘llari bilan barobar qilib: «Saflaringizni har turli qilmanglar. Agar har turli qilsanglar, Alloh qalblaringizni muxolif qilib qo‘yadi», dedilar. Va yana u zot: «Albatta, Alloh va uning farishtalari avvalgi safdagilarga duoyu salavot ayturlar», deb aytardilar. Abu Dovud rivoyatlari.

1090/10. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Saflaringizni to‘g‘rilanglar. Yelkalaringizni barobar qilinglar. Safdagi ochiq joylarni to‘ldiringlar. Birodarlaringiz safni qo‘llari bilan to‘g‘rilayman, deyishsa, ularga muloyim bo‘ling. Hamda shayton uchun safda bo‘sh joy qoldirmang. Kim safni yetkazsa, Alloh ham uni yetkazadi. Kim safni uzsa, Alloh ham undan uziladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:07:55
1091/11. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Saflaringizni jisplashtiringlar va uning orasini yaqin qilinglar hamda yelkalaringizni tekislanglar. Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, men shaytonlarni saflarning ochiq yerida kichkina qora qo‘zichoqlar kabi o‘tib turganini ko‘raman», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. Bu hadis Muslimning shartlariga binoan sahihdir.

1092/12. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Oldingi safni to‘ldiringlar. So‘ngra undan keyingi safni to‘ldiringlar. To‘lmaydigan saf oxirgi saf bo‘lsin», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:08:03
1093/13. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, Alloh va uning farishtalari safning o‘ng tomonidagilarga duoyu salavot ayturlar», deb aytdilar. Abu Dovud rivoyatlari.

1094/14. Barodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Agar biz Rasulullohning (s.a.v.) orqalarida namoz o‘qiydigan bo‘lsak, u zotning o‘ng tomonlarida turishni yaxshi ko‘rar edik. U zot yuzlarini bizga qaratib, quyidagicha aytgan so‘zlarini eshitdik: «Ey Rabbim, bandalaringni qayta tiriltiradigan yoki Mahshargohga to‘playdigan kunda azobingdan saqla!». Imom Muslim rivoyatlari.

1095/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Imomlaringizni o‘rtaga olinglar. Hamda safdagi ochiq joylarni to‘ldiringlar», deb aytdilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:08:29
195-BOB
Farzlar bilan birga o‘qiladigan ta’kidlangan sunnatlarning fazilati hamda ularning savob jihatidan oz, ko‘p, o‘rtachalari bayoni


1096/1. Ummul Mo‘‘minin Ummu Habiba Ramla binti Abu Sufyondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror musulmon banda Alloh uchun har kuni o‘n ikki rakat farzdan tashqari nafl namoz o‘qisa, Alloh taolo u kishi uchun jannatda uy quradi yoki u kishi uchun jannatda uy quriladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

(Bizning Hanafiya mazhabimizdagi farzdan oldingi va keyingi sunnat namozlarni o‘qish mana shu hadisga asosandir. - Tarj).

1097/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bilan birga peshin namozidan oldin va keyin juma namozidan keyin, ikki rakat, shom namozidan keyin ikki rakat hamda xufton namozidan keyin ikki rakat namoz o‘qidim» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

(Bizning Hanafiya mazhabimizda bomdodning farzidan oldin ikki rak’at sunnat, peshinni farzidan oldin to‘rt rak’at, keyin ikki rak’at sunnat, juma namozida esa, farzidan oldin ham keyin ham to‘rt rak’at sunnat, shom namozida esa farzidan keyin ikki rak’at sunnat, xuftonni farzidan keyin ikki rak’at sunnat o‘qiladi. Bu aytilgan gaplarga, kelgusida keladigan sahih hadislardan dalillar bordir. - Tarj).

1098/3. Abdulloh ibn Mug‘affaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ikki azon orasida namoz bordir. Ikki azon orasida namoz bordir. Ikki azon orasida namoz bordir (ya’ni azon bilan iqomat orasida) deb, uchinchisidan keyin: «Xohlagan kishi uchun», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:08:40
196-BOB
Bomdod namozining ikki rakat sunnati ta’kidlangan sunnat ekani haqida


1099/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) peshin farzidan oldin to‘rt rakat va bomdod farzidan oldingi ikki rakat sunnatni hech tark qilmasdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

1100/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) biror ixtiyoriy namozga bomdod namozining ikki rakat sunnatiga e’tibor berganchalik ahamiyat bermasdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:08:49
1101/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bomdod namozining ikki rakat sunnati dunyo va undagi narsalardan yaxshidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Imom Buxoriy va Muslimning boshqa rivoyatlarida «Bu bomdod namozining ikki rakat sunnati dunyodagi hamma narsadan yaxshiroqdir», deyilgan.

1102/4. Abu Abdulloh Bilol ibn Rabohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot bomdod namozini bildirish uchun Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldilar. Nogahon Oisha (r.a.) Biloldan (r.a.) bir narsa so‘rab, mashg‘ul qilib qo‘ydilar. Hattoki tong yorishib ketdi. Keyin Bilol turib qayta-qayta chaqirdilar. Rasululloh (s.a.v.) esa chiqavermadilar. Keyin odamlarga namoz o‘qib berganlaridan so‘ng Bilol (r.a.): «Oisha bir narsa so‘ragan edi. O’sha narsaga mashg‘ul bo‘lib kechikib qoldim. Hattoki tong yorishib ketdi. Siz ham, ey Rasululloh, kechikib chiqdingiz. Bunga nima sabab?» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Men bomdodning ikki rakat sunnatini o‘qiyotgan edim», dedilar. Shunda Bilol (r.a.): «Ey Allohning Rasuli, tong juda yorishib ketgan edi-ku?» degandilar, Rasululloh (s.a.v.) «Agar tong bundan ko‘proq yorishganida ham ikki rakat sunnatni mukammal, chiroyli suratda ado qilar edim», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:09:10
197-BOB
Bomdodning ikki rakat sunnatini yengil o‘qish va unda o‘qiladigan narsalar hamda uning qaysi vaqtda o‘qilishi bayoni


1103/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozining azoni bilan iqomati orasida ikki rakat yengil namoz o‘qir edilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Ikkovlarining boshqa rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozining ikki rakat sunnatini shu qadar yengil o‘qirdilarki, hattoki: «U zot Fotiha surasini o‘qidilarmikan?» deb o‘ylab qolardim», deb kelgan.

Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) agar azon eshitsalar, bomdod namozining sunnatini o‘qib, uni yengil qilardilar», deyilgan.

Yana bir boshqa rivoyatda: «Agar subh kirsa» bo‘lib kelgan.

1104/2. Hafsadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) odatlari agar muazzin bomdod namoziga azon aytsa va subh yorishsa, yengilgina qilib ikki rakat bomdod namozining sunnatini o‘qib olardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning rivoyatlarida: «Agar subh yorishsa, yengil qilib faqatgina bomdod namozining ikki rakat sunnatini o‘qib olardilar», deb kelgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:09:21
1105/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasining (tahajjud) namozini ikki rakaat-ikki rakat qilib o‘qirdilar. Kechaning oxirida esa bir rakat vitr o‘qirdilar. Bomdodning farzidan oldin ikki rakat sunnatini o‘qirdilar. Buni azon aytilishi bilan o‘qib olardilar. Go‘yoki takbir quloqlariga yetib turgandek edi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

(Ya’ni avvalgi vaqti o‘tib ketishidan qo‘rqqan holda namoz takbirini eshitgan kishi shoshgani kabi tezlik bilan o‘qib olardilar. Bu hadisga binoan Imom Shofe’iy mazhabidagilar vitrni bir rakat o‘qishadi. Bizning Hanafiya mazhabida esa, vitrni 1171-raqamli va boshqa sahih hadisga muvofiq uch rakat o‘qiladi. -Tarj).

1106/4. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozining sunnatini avvalgi rakatida Baqara surasidagi «Qulu amanna billahi va ma unzila ilayna» oyatini, ikkinchi rakatida «omanna billahi vashhad bianna muslimun» oyatini o‘qir edilar.

Boshqa rivoyatda esa «Ikkinchi rakatida «Oli Imron» surasidagi «ta’olav ila kalimatin sava’in baynana va baynakum» oyatini o‘qirdilar» bo‘lib kelgan. Bu ikkovini Imom Muslim rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:09:28
1107/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozining ikki rakat sunnati birinchi rakatida «Qul ya ayyuhal kafirun» va ikkinchi rakatida «Qul huvallohu ahad» suralarini o‘qir edilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1108/6 . Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) bir oy mobaynida bomdod namozining ikki rakatlik sunnati birinchi rakatida «Qul ya ayyuhal kofirun» surasini va ikkinchi rakatida esa «Qul huvallohu ahad» surasini o‘qiganlarini ko‘rdim». Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:09:56
198-BOB
Bomdodning ikki rakat sunnatidan keyin o‘ng tomonga yonboshlash hamda xoh tungi tahajjud namozi, xoh boshqa namoz bo‘lsin, shu narsani targ‘ib etish mahbubligi haqida


1109/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar bomdod namozining ikki rakat sunnatini o‘qib olsalar, o‘ng tomonlariga yonboshlab olardilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

1110/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xufton bilan bomdodning orasida o‘n bir rakat namoz o‘qir edilar. Va har ikki rakatida salom berib, oxirida bir rakat Vitr o‘qirdilar. Agar muazzin kelib, bomdod azonini aytsa, tong kirgani aniq bo‘lsa, ikki rakat yengil sunnatini o‘qib, to muazzin takbir aytib bo‘lgunicha o‘ng tomonlariga yonboshlab olardilar. Imom Muslim rivoyatlari.

(Yuqorida aytganimizdek, Vitrni bir rakat o‘qish hadisi bizning Hanafiya mazhabimizda olinmagan. Balki uning muqobilidagi boshqa bir sahih hadis olingan. - Tarj.)

1111/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz bomdodning ikki rakat sunnatini o‘qib bo‘lsa, o‘ng tomoniga yonboshlab olsin», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:10:15
199-bob
Peshinning sunnati haqida


1112/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.) bilan birga peshinning farzidan oldin va keyin ikki rakat namoz o‘qidim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

(Hanafiya mazhabida buning muqobilidagi 1114-raqamli sahih hadisga amal qilinadi. Ya’ni farzidan oldin to‘rt rakat, keyin ikki rakat sunnat o‘qiladi. -Tarj...)

1113/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) peshinning farzidan oldin to‘rt rakat sunnat o‘qishni hech tark qilmas edilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

1114/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) peshinning farzidan oldin to‘rt rakat sunnat uyimda o‘qib, keyin odamlarga to‘rt rakat farzini o‘qib berardilar. So‘ngra yana kirib ikki rakat sunnat o‘qirdilar. Va shom namozini ham odamlarga o‘qib berib, keyin uyimga kirib, ikki rakat sunnatini o‘qirdilar. Va xufton namozini ham odamlarga o‘qib berib, ikki rakat sunnatini o‘qirdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:10:25
1115/4. Ummu Habibadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki peshin farzidan oldin to‘rt rakat sunnat va keyin to‘rt rakat sunnat o‘qishda bardavom bo‘lsa, Alloh uning do‘zaxda abadiy qolishini harom qiladi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

(Hanafiya mazhabida bu hadisning o‘rniga bundan oldingi sahih hadis ixtiyor qilingan. - Tarj.)

1116/5. Abdulloh ibn Soibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) quyosh zavolga kelganidan keyin peshinning farzidan oldin to‘rt rakat sunnat o‘qirdilar. Va yana u zot: «Albatta, bu bir fursatki, bunda osmon eshiklari ochiladi. Mening solih amallarim mana shu paytda ko‘tarilishini yaxshi ko‘raman», derdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

1117/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar peshinning farzidan oldin to‘rt rakat sunnat o‘qimagan bo‘lsalar, keyin o‘qib olardilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:10:41
200-BOB
Asrning sunnati to‘g‘risida


1118/1. Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) asrdan oldin to‘rt rakat namoz o‘qirdilar. Ularning orasini muqarrab farishtalar va ularga tobe bo‘lgan mo‘min-musulmonlarga salom berish ila ajratib, ikkiga bo‘lardilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

1119/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Asrning farzidan oldin to‘rt rakat namoz o‘qigan kishini Alloh rahmatiga olsin», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

1120/3. Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) asr namozi farzidan oldin ikki rakat namoz o‘qir edilar. Abu Dovud rivoyatlari.

(Bizning Hanafiya mazhabimizda asr namozining farzidan oldin ham, keyin ham sunnat namozi o‘qilmaydi. Lekin farzidan oldin nafl namoz o‘qilaveradi. Hanafiya mazhabi ulamolari yuqoridagi hadislar muqobilidagi boshqa sahih hadislarni dalil qilib keltirishgan. - Tarj)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:10:56
201-BOB
Shom namozining farzidan oldin ham, keyin ham o‘qiladigan sunnat namozi haqida


Bu bobimizga Ibn Umar (r.a.) va Oishalardan r.a.lardan: «Albatta, Rasululloh (s.a.v.) shom namozidan keyin ikki rakat sunnat namozini o‘qir edilar», deb rivoyat qilingan, Mana shu sahih hadis ham dalildir.

1121/1. Abdulloh ibn Mug‘affaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Shomdan oldin ikki rakat namozi o‘qinglar», deb ikki marta aytib, uchinchisida: «Xohlagan kishi o‘qisin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:11:10
1122/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) kibor sahobalari shom paytida masjid ustunlari orqasida namoz o‘qish uchun shoshayotganlarini ko‘rdim. Imom Buxoriy rivoyatlari.

1123/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Bizlar Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida quyosh botgandan keyin shom namozidan oldin ikki rakat o‘qir edik», deganlarida, «Rasululloh (s.a.v.) ham buni o‘qirmidilar?» deb so‘rashdi. Shunda Anas (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) bizning o‘qiganimizni ko‘rardilar-da, lekin o‘qishni buyurmas va qaytarmas edilar» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1124/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bizlar Madinada ekanimizda agar muazzin shom namoziga azon aytsa, odamlar ustun naryog‘ida namoz o‘qishga shoshar va u yerda ikki rakat namoz o‘qir edi. Agar musofir kishi masjidga kiradigan bo‘lsa, bu ikki rakatni o‘quvchilar ko‘pligidan shom namozining farzi o‘qib bo‘linibdi, deb gumon qilar edi. Imom Muslim rivoyatlari.

(Bizning Hanafiya mazhabida shomning farzidan oldin ikki rakat sunnat o‘qilmaydi. Balki farzidan keyin ikki rakat sunnat o‘qiladi. Hanafiya mazhabidagilar ham bu so‘zlariga sahih hadislardan dalil qilib keltirishgan. - Tarj)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:11:30
202-BOB
Xufton farzidan oldin ham, keyin ham ikki rakat sunnat o‘qish to‘g’risida


Bu bobimizga ibn Umardan rivoyat qilingan 1097-hadis va Abdulloh ibn Mug‘affaldan rivoyat qilingan 1098-hadislar dalil qilingan.

(Bizning Hanafiya mazhabimizda xuftonni farzidan keyin ikki rakat sunnat o‘qiladi. Tarj...)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:11:41
203-BOB
Jumaning sunnati haqida


Bu bobimizga Ibn Umardan rivoyat qilingan 1097-hadis ham dalil bo‘ladi.

1125/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qachon sizlardan biringiz juma namozini o‘qisa, orqasidan to‘rt rakat namoz o‘qisin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1126/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) juma namozidan keyin masjidda hech bir namozni o‘qimas edilar. Faqat uylariga borib, ikki rakat namoz o‘qirdilar. Imom Muslim rivoyatlari.

(Rasululloh (s.a.v.) jumadan keyin ikki yoki to‘rt rakat uylarida o‘qirdilar. Hanafiya mazhabidagilar Rasulullohning jumaning farzidan oldin ham, keyin ham to‘rt rakat sunnat o‘qiganlaridagi hadisni ixtiyor qilishgan. - Tarj)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:11:57
204-BOB
Nafl namozlarini xoh ta’kidlangani, xoh boshqasi bo‘lsin, uyda o‘qishning mahbubligi hamda farz o‘qigan yeridan boshqa joyda nafl o‘qishga yoki ikkovining orasini gaplashish bilan ajratishga buyurish haqida


1127/1. Zayd ibn Sobitdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey insonlar, uylaringizda ham namoz o‘qinglar. Chunki kishining farz namozlaridan tashqari eng afzal namozi uyda o‘qigan namozidir. Lekin farz namozlarini masjidda o‘qish afzaldir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Nafl namozlarini uyda o‘qishning mahbubligi ayon bo‘lmoqda. Chunki shunday qilish riyodan uzoqlashtirib, xonadonga baraka olib kelishga sabab bo‘ladi.

1128/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ba’zi namozlaringizni uylaringizda ham o‘qib turinglar. Uylaringizni qabriston qilib olmangizlar (ya’ni hech qanday amal qilish mumkin bo‘lmagan qabriston kabi qilib olmanglar)», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:12:09
1129/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan birortangiz masjidda namoz o‘qib bo‘lsa, uyidagi namozdan bo‘lgan nasibasini ham qoldirsin. Chunki Alloh taolo uydagi namozidan xonadonidagilarga yaxshilik ato qiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1130/4. Umar ibn Atodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Nofe’ ibn Jubayr (r.a.) bu zotni Soib ibn Uxti Namir (r.a.) huzurlariga Muoviyaning namozlari haqidagi fikrlarini so‘rab kelishga yubordilar. Soib (r.a.): «Haqiqatda men Muoviya bilan masjidning yonidagi xonada juma namozi o‘qidim. Imom salom berib namozni tugatganida, men joyimda namozning qolganini o‘qidim. Muoviya kirib, menga bir odamni yuborib: «Bu qilgan ishingni takrorlama. Agar jumani o‘qib bo‘lsang, to biror kishi bilan gaplashmaguncha yoki u yerdan chiqib ketmaguncha, namozni o‘qimagin. Chunki Rasululloh (s.a.v.) biror kishi bilan gaplashilmaguncha yoki u yerdan chiqib ketilmaguncha namozni boshqa namozga ulamaslikka buyurdilar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Foyda: Farz namozlari bilan nafl va bundan boshqa namozlarni orasini, so‘zlashish yoki farz o‘qigan o‘rnini o‘zgartirish yoki masjiddan uyiga chiqib ketish bilan ajratish, sunnat amaldir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:12:22
205-BOB
Vitr namoziga targ‘ib va uning ta’kidlangan sunnat ekanligi hamda uning vaqtining bayoni haqida


(Bizning hanafiya mazhabimizda vitr namozi vojib bo‘lib, uch rakaatlidir. Vaqti esa xufton namozidan keyin to bomdod namozigachadir. Kim vitr namozini bomdod namozidan oldin uyg‘onib o‘qib olishiga ishonmasa, xufton namozidan keyin o‘qib oladi. Aksincha, uyg‘onishiga ishonsa, bomdod namozi vaqti kirishidan oldin o‘qib oladi. - Tarj)

1131/1. Ali (r.a.) aytdilar. Vitr boshqa farz namozlari kabi farz emas. Lekin Rasululloh (s.a.v.) uni sunnat qilganlar. Albatta Alloh toqdir. Toqni yaxshi ko‘radi. Ey Qur’on ahllari, sizlar ham vitrni toq qilinglar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

1132/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechaning har bir qismida, ya’ni avvalida, o‘rtasida va oxirida to subhgacha vitr namozini o‘qirdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:12:30
1133/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kechasidagi oxirgi namozingiz vitr bo‘lsin», dedilar. Imom Buxoriy Muslim rivoyatlari.

1134/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Tong otishidan oldin vitr namozini o‘qinglar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:13:09
1135/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi namoz o‘qir edilar. Oisha (r.a.) u zotning oldilarida ko‘ndalang bo‘lib yotar edilar. Vitrning o‘zi qolganida esa Oishani (r.a.) uyg‘otib, vitrni o‘qir edilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Vitrning o‘zi qolsa: «Ey Oisha, turgin, vitrni o‘qib olgin», der edilar», deb kelgan.

1136/6. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Subh vaqti kirishidan oldin vitr namozini o‘qib olishga shoshiling», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

1137/7. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim vitr o‘qish uchun kechaning oxirida tura olmasam kerak, deb qo‘rqsa, kechaning avvalida o‘qisin. Kim kechaning oxirida turishidan umid qilsa, vitrni o‘shanda o‘qiyversin. Chunki kechaning oxiridagi namozga farishtalar shohid bo‘lishadi. Mana shu vaqtdagisi eng afzalidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:13:20
206-BOB
Zuho (choshgoh) namozining fazilati va uning oz, ko‘p, o‘rtacha adadining bayoni hamda uni bardavom ado etishga targ‘ib


1138/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Do‘stim Rasululloh (s.a.v.) har oyda uch kun ro‘za tutishni, ikki rakaat zuho (choshgoh) namozi o‘qishni va uxlashdan oldin vitr namozini o‘qishni vasiyat qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Uxlashdan oldin vitrni o‘qish kechaning oxirida uyg‘onishiga ishonmagan kishilar uchun mustahabdir. Agar uyg‘onishiga ishonsa, kechaning oxirida o‘qish afzaldir.

1139/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarning har bitta a’zoingizga sadaqa vojibdir. Har bir tasbihingiz (ya’ni, «Subhanalloh», deyishingiz) sadaqa, har bir hamdingiz (ya’ni, «Alhamdulillah», deyishingiz) sadaqa, har bir tahlilingiz (ya’ni, «La ilaha illalloh», deyishingiz) sadaqa, har bir takbiringiz (ya’ni, «Allohu akbar», deyishingiz) sadaqa, yaxshilikka buyurishingiz - sadaqa, yomonlikdan qaytarishingiz -sadaqa. Endi bularning hammasi uchun ikki rakaat zuho namozi o‘qishingiz kifoyadir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:13:27
1140/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) zuho (choshgoh) namozini to‘rt rakaat o‘qir edilar. Va Alloh xohlaganicha undan ham ziyoda qilaverardilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1141/4. Ummu Hone’ Foxitata binti Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu sahobiya: «Fath kuni Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borsam, yuvinayotgan ekanlar. Qachonki yuvinib bo‘lganlaridan keyin sakkiz rak’at namoz o‘qidilar. Ana shu zuho (choshgoh) namozi edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:13:41
207-BOB
Quyosh ko‘tarilganidan to zavolga kelguncha zuho namozi o‘qishning joizligi. Lekin issiq qattiqlashganda va choshtgoh ko‘tarilganda o‘qishning afzalligi haqida


1142/1. Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot zuho namozi o‘qiyotgan bir qavmni ko‘rib: «Bular mana shu o‘qiyotgan fursatlaridan boshqa paytda o‘qishning afzalligini bilishmaydimi? Albatta Rasululloh (s.a.v.) «Avvobiyn (Allohga tavba-tazarru qiluvchi) larni zuho namozi o‘qiydigan paytlari tuya bolasi issiq qattiqlashganidan tuyog‘ini yerga qo‘ya olmaydigan paytdir», deganlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:14:01
208-BOB
Tahiyatul masjid namozini o‘qishga targ‘ib hamda qaysi vaqtda masjidga kirsa, namoz o‘qishdan oldin (xoh u ikki rakaat tahiyatul masjid, xoh farz, xoh sunnat yoki boshqa namoz bo‘lsin) o‘tirishning karohiyati to‘g‘risida


1143/1. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz masjidga kiradigan bo‘lsa, to ikki rakaat namoz o‘qimaguncha o‘tirmasin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1144/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borsam, u zot masjidda ekanlar. Menga: «Ikki rakaat namoz o‘qigin», deb buyurdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Bu hadisdan Tahiyatul masjid namozining ahamiyatli ekani tushuniladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:14:11
209-BOB
Tahoratdan keyin ikki rakaat nafl namozi o‘qishning mahbubligi haqida


1145/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Bilolga (r.a.): «Ey Bilol, Islomga kirganingdan keyin savobini eng umid qiladigan amalingni menga gapirib ber. Chunki men jannatda old tomonimdan kavushing ovozini eshitdim», dedilar. Shunda Bilol (r.a.): «Amallarim ichida savobi umid qilinadigan eng yaxshi amalim agar kechasi yoki kunduzi men (tahorat qilibmi, g‘usl yoki tayammum qilibmi) poklanadigan bo‘lsam, ana shu poklik bilan nasib qilganicha namoz o‘qir edim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:14:34
210-BOB
Juma kunining fazilati, uning shartligi, u kunda g‘usl qilish, xushbo‘y narsalar surtish, kechikmasdan ertaroq borish, duo bilan mashg‘ul bo‘lish va Rasulullohga (s.a.v.) salavot aytishning fazilati. Hamda u kunda duolar ijobat bo‘ladigan vaqt bayoni va jumadan keyin Allohning zikrini ko‘paytirishning mahbubligi


Alloh taolo:
«Endi qachon namoz ado qilingach, yerga tarqalib, Allohning fazlu marhamatidan (rizqu ro‘z) istayveringlar. Allohni ko‘p zikr qilinglarki, shoyad najot topursizlar», (Jum’a surasi, 10-oyat) deb aytgan.

1146/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kunlarning eng yaxshisi juma kunidir. Chunki juma kuni Odam yaratilgan va jannatga kiritilgan hamda juma kuni u yerdan chiqarilgan», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1147/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki chiroyli tahorat qilib, keyin masjidga kelib, va’zga jim quloq tutib tursa, ikki juma o‘rtasidagi va yana uch kunni qo‘shib, hammasi bo‘lib, o‘n kun ichidagi gunohi kechiriladi. Kimki xutba paytida mayda toshlarni ushlasa, befoyda (lag‘v) ishni bajaribdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.=
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:14:40
1148/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jumadan jumagacha, Ramazondan Ramazongacha besh vaqt namoz shu vaqt orasida bo‘lib o‘tgan kichik gunohlarga kafforatdir. Agar kabira (ulkan) gunohlardan saqlanilgan bo‘lsa», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1149/4. Abu Hurayra (r.a.) va Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ikkovlari Rasulullohning (s.a.v.) minbarda turib aytgan quyidagi so‘zlarini eshitdilar. Rasululloh (s.a.v.) «Qavmlar jumani tark qilishdan to‘xtashsin. Bo‘lmasa Alloh ularning qalblariga muhr urib qo‘yadi. So‘ngra g‘ofillardan bo‘lib qoladilar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:14:47
1150/5. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz juma namoziga kelsa, yuvinib (g‘usl qilib) kelsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1151/6. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Juma kuni yuvinish (g‘usl qilish) har bir balog‘atga yetgan kishiga ta’kidlangan buyruqdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:14:54
1152/7. Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki juma kuni tahorat qilib, (juma namoziga) kelsa, yaxshi. Agar yuvinib, (g‘usl qilsa) afzaldir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

1153/8. Salmondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi juma kuni yuvinib, imkoni boricha tozalanib, xushbo‘y yog‘lardan, atirlardan surtib, keyin masjidga borsa, u yerda ikki kishi orasidan suqilib o‘tmasa, nasib qilganicha namoz o‘qisa, imom xutbada va’z qilayotganda jim turib eshitsa, o‘sha juma bilan keyingi juma orasidagi gunohlari kechiriladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:15:03
1154/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki juma kuni xuddi junublikdan yuvingani kabi g‘usl qilib, keyin masjidga borsa, go‘yoki bir tuyani qurbonlik qilibdi. Kimki ikkinchi soatda, ya’ni ikkinchi bo‘lib masjidga borsa, go‘yo bir sigirni qurbonlik qilibdi. Kimki uchinchi soatda masjidga kelsa, go‘yo shoxli bir qo‘chqorni qurbonlik qilibdi. Kimki to‘rtinchi soatda masjidga kelsa, go‘yo tovuqni qurbonlik qilibdi. Kimki beshinchi soatda masjidga kelsa, go‘yo bir tuxumni ehson qilib, Allohga qurbat (yaqinlashish) hosil qilibdi. Agar imom xutba aytish uchun joyidan chiqsa, farishtalar zikr eshitish uchun hozir bo‘lishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Juma namoziga ertaroq borishning fazilati va unga targ‘ib haqida so‘z boryapti. Qanchalik erta borsa, savobi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Va juma kuni farishtalar hozir bo‘lib, xotirjamlik, rahmat olib kelishadi.

1155/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) juma kunini zikr qilaturib: «U kunda bir fursat bor. Agar musulmon bandaning namozda Allohdan biror narsani so‘rashi o‘sha paytga muvofiq kelsa, Alloh u so‘ragan narsani beradi», dedilar. Lekin Rasululloh (s.a.v.) o‘sha fursatning juda qisqa ekanligiga qo‘llari bilan ishora qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:15:10
1156/11. Abu Burda ibn Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Umar (r.a.): «Siz otangizdan Rasulullohning (s.a.v.) juma kunidagi duolar qabul bo‘ladigan fursat haqidagi hadislarini eshitganmisiz?» deganlarida, Abu Burda (r.a.): «Ha, eshitganman. Rasululloh (s.a.v.) «U fursat imom xutbaga o‘tirganidan namoz oxirigacha bo‘lgan vaqt oralig‘idadir», deganlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1157/12. Avs ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kunlaringizning eng afzali jumadir. O’sha kunda menga salavot aytishni ko‘paytiringlar. Chunki salavotlaringiz menga ko‘rsatiladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:15:21
211-BOB
Biror ne’matga erishilganda yoki biror balodan xalos bo‘linganda shukr namozi o‘qishning mahbubligi haqida


1158/1. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga Madinaga borishni xohlab Makkadan chiqdik. Makka yaqinidagi Azvaro nomli joyga yetganimizda (ulovlaridan) tushib, qo‘llarini ko‘tarib, Allohga bir qancha fursat duo qildilar. Keyin sajdaga borib, unda uzoq turdilar. Yana o‘rinlaridan turib, qo‘llarini ko‘tarib, duo qilib, sajdaga bosh qo‘ydilar. Uch bor shunday qildilar. Va: «Men Rabbimdan ummatimga shafoat so‘radim. Ummatimning uchdan biriga u berildi. Darhol sajdaga cho‘kib, Rabbim uchun shukr namozini o‘qidim. Keyin boshimni ko‘tarib, Rabbimdan ummatim uchun shafoat so‘radim. Ummatimning uchdan biriga u berildi. Darhol yana sajdaga cho‘kib, Rabbimga shukr namozini o‘qidim. So‘ngra boshimni ko‘tarib, ummatimga shafoat so‘radim. Ummatimning qolgan uch qismiga shafoat so‘radim. Bas, qolgan uch qismiga ham berildi. Darhol yana sajdaga cho‘kib, Rabbim uchun shukr namozini o‘qidim», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:15:37
212-BOB
Kechasi bedor qoim bo‘lishning fazilati haqida


Alloh taolo:
«Kechaning (bir qismida) uyg‘onib, o‘zingiz uchun nafl (ibodat) bo‘lgan namozni o‘qing! Shoyadki Parvardigoringiz sizni (Qiyomat kunida) maqtovli maqomda tiriltirur» (Isro surasi, 79-oyat).

«Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur (ya’ni tunlarini ibodat bilan o‘tkazib, oz uxlaydilar)» (Sajda surasi, 16-oyat).

«Ular kechadan ozgina (fursatgina) ko‘z yumar edilar» (Vaz-Zariyot surasi, 17-oyat), deb aytgan.

1159/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechalari bedor bo‘lganlaridan ikki oyoqlari shishib ketar edi. Shunda men u zotga: «Nima uchun bunday qilasiz, ey Allohning rasuli? Sizning avvalgiyu keyingi gunohlaringiz mag‘firat etilgan bo‘lsa?» desam, u zot: «Nima, shukr qiluvchi banda bo‘lmaymi?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:15:46
1160/2. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi qizlari Fotima (r.a.) huzurlariga kelib: «Sizlar namoz o‘qimadinglarmi?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Tungi namozning fazilati ulug‘ bo‘lgani uchun boshqalarni ham tungi namozga uyg‘otish va ogoh etishga ruxsat berilgan.

1161/3. Solim ibn Abdulloh ibn Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Abdulloh muncha ham yaxshi inson, agar u kechalari (tahajjud) namozini o‘qisa», dedilar. Solim (r.a.): «Abdulloh ibn Umar mana shu so‘zdan keyin kechasi ozgina uxlaydigan bo‘ldi», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:15:53
1162/4. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Abdulloh, falon kishi kabi bo‘lmagin. Avvaliga u kishi kechasi namoz o‘qirdi, keyin kechasi turishni tark qildi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1163/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida kechasidan to subhgacha uxlaydigan kishi zikr qilinganida Rasululloh (s.a.v.) u kishining ikki yoki bir qulog‘iga shayton bavl qilib qo‘ygandir, dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:16:01
1164/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: «Uxlayotgan vaqtingizda shayton bo‘yningizga uchta tugun
tugib qo‘yadi. Har tugunni harakatga keltirib, kecha hali uzun, yotaver, deydi. Agar kishi uyg‘onib, Allohni zikr qilsa, tugunlarning biri yechiladi. Agar tahorat qilsa, ikkinchisi yechiladi. Namoz o‘qisa, tugunlarning hammasi yechiladi va kishi nafsi pok, faol va g‘ayratli bo‘lib tong orttiradi. Ammo uyquda yotaversa, nafsi iflos, dangasa bo‘lib uyg‘onadi». Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1165/7. Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey insonlar, salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoying. Ovqat bilan (kambag‘allarni) taomlantiring, qarindoshlarga yetishing. Kishilar uxlaganda namoz o‘qing, jannatga omon holatda kirasizlar», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:16:08
1166/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ramazondan keyingi ro‘zalarning eng afzali muharram oyidagi nafl ro‘zasidir. Farz namozlaridan keyingi eng afzal namoz tundagi tahajjud namozidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1167/9. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Tungi tahajjud namozi ikki-ikki rakaatdir. Agar subh kirib qolishidan cho‘chisang, bir rakaat vitr o‘qigin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari (Bu hadisni Shofe’iy mazhabidagilar ixtiyor qilishgan. Bizning Hanafiya mazhabimizda esa vitr uch rakaat o‘qiladi. Albatta bunga Hanafiya mazhabi ulamolari kelgusidagi Oishadan rivoyat qilingan 1171-raqamli va boshqa sahih hadisni dalil qilib keltirishgan. - Tarj).
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:16:19
1168/10. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi ikki rakat-ikki rakaat o‘qib, bir rakaat vitr o‘qirdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

(Yuqorida aytganimizdek, bu hadisga Shofe’iy mazhabida amal qilishadi. Tarj.)

1169/11. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ba’zi oylarda og‘izlari ochiq yurardilarki, hatto biz ro‘za tutmadilar shekilli, deb gumon qilar edik. Va ba’zi oylarda ro‘za tutardilarki, hatto biz og‘iz ochmadilar shekilli, deb gumon qilar edik. Agar u zotni kechalari namozda topishni xohlasang, namozda topar eding. Agar kechqurun uyquda topishni xohlasang, uyquda topar eding. Imom Buxoriy rivoyatlari.

Foyda: Ibodatlarni ko‘paytirishga targ‘ib bor. Xususan, tundagi nafl va tahajjudlarni huquqlarni poymol qilmay va shartlarini kamaytirmasdan bajarish joiz. Eng afzali tunni namoz ila bedor o‘tkazish va ba’zi kunlarda ro‘za tutishlikni tayin qilmaslikdir.
Chunki doim ro‘za tutishni odat qilib olinsa, nafsga mashaqqat olib keladi. Va bu bilan savobi ozayib ketadi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:16:29
1170/12. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi o‘n bir rakaat namoz o‘qirdilar. Bundagi sajdada sizlardan biringiz bosh ko‘tarishidan oldin ellik oyat o‘qish miqdoricha turardilar. Bomdodning farzidan oldin ikki rakaat namoz o‘qirdilar. Keyin muazzin namozga chaqirguncha o‘ng tomonga yonboshlab turardilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

1171/13. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ramazonda yoki boshqa oyda kechqurundagi namozlarini o‘n bir rakaatdan oshirmasdilar. Avval to‘rt rakaat o‘qirdilar. Sizlar buni chiroyli qilib, uzun holatda o‘qiganlarini so‘ramanglar. Ya’ni nihoyatda chiroyli va uzun qilib o‘qirdilar. Keyin yana to‘rt rakaat namoz o‘qirdilar. Sizlar buni chiroyli qilib va uzun holatda o‘qiganlarini so‘ramanglar. Keyin uch rakaat o‘qirdilar. Shunda men: «Ey Allohning rasuli, vitr o‘qishdan oldin uxlaysizmi?» desam, u zot: «Ey Oisha, ko‘zim uxlasa ham, qalbim uxlamaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari

(Hanafiya mazhabida ushbu hadis va bundan boshqa hadislarga binoan vitrni uch rakaat o‘qishadi. - Tarj).
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:16:36
1172/14. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechaning avvalida uxlab, oxirida turib namoz o‘qirdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1173/15. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bilan bir kecha namoz o‘qidim. U zot tik turaverganlaridan men bir yomon narsani qasd qildim. Shunda: «Nimani qasd qildingiz?» deyilganida Ibn Mas’ud (r.a.): «Rasulullohni (s.a.v.) tik qo‘yib, o‘zim o‘tirib olishni», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:16:45
1174/16. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kechasi Rasululloh (s.a.v.) bilan birga namoz o‘qidim. U zot Baqara surasini boshladilar. Yuz oyatda ruku’ qilsalar kerak, deb o‘yladim. Ammo namozda davom etdilar. Hammasini o‘qib bo‘lib, ruku’ qilsalar kerak, deb o‘yladim. Ammo namozda davom etdilar. So‘ng Oli Imron surasini boshladilar. Keyin Niso surasini shu taxlit o‘qidilar. Ohista va shoshilmay qiroat qildilar. Biror oyatni o‘qiyotganlarida tasbeh kelsa, tasbeh aytdilar, so‘raladigan narsa kelsa, so‘radilar, panoh tilaydigan oyat kelsa, panoh tiladilar. Keyin ruku’ qilib, unda: «Subhana robbiyal ‘aziym», dedilar. Ruku’lari qiyomlariga yaqin bo‘ldi. Keyin: «Samiallohu liman hamidah, robbana lakal hamd», dedilar. Unda ham uzun turdilar. Bu ham ruku’lariga yaqin bo‘ldi.
Keyin sajda qildilar. Unda: «Subhana robbiyal a’lo», dedilar. Sajdalari ham qiyomlariga yaqin bo‘ldi. Imom Muslim rivoyatlari.

1175/17. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohga (s.a.v.) «Namozlardan qaysi biri afzal?» deyilganida, u zot: «Qiyom (tik turish)ni uzun bo‘lganidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:16:53
1176/18. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo uchun namozlarning yaxshisi Dovud alayhissalomning namozlaridir. Alloh taolo uchun ro‘zalarning eng yaxshisi Dovud alayhissalomning ro‘zalaridir. U zot kechaning avvalgi yarmida uxlab, qolgan uch qismida namozga mashg‘ul bo‘lardilar. Oxirgi hissasida, ya’ni oltidan bir qismida uxlardilar. Bir kun ro‘za tutib, bir kun og‘izlari ochiq bo‘lar edi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1177/19. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kechasida bir fursat bor. Agar musulmon kishi o‘sha fursatga muvofiq kelib, Alloh taolodan dunyo va oxirat ishlaridan biror yaxshilik so‘rasa, albatta Alloh uni beradi. Bu fursat har kecha bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:17:00
1178/20. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz kechasi tahajjud uchun tursa, avvalo yengilgina qilib, ikki rakaat namoz o‘qib olsin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Foyda: Rasulullohga (s.a.v.) ergashgan holda tundagi namozni ikki rakaat yengilgina namoz bilan boshlash lozimligi ma’lum bo‘lyapti. Albatta bunday qilish uyqu asoratini ketkazib, oldindagi namozga tayyorgarlikdir.

1179/21. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) tursalar, avvalo ikki rakaat yengilgina namoz o‘qish bilan (tahajjud namozi bilan) ochardilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:17:07
1180/22. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Agar Rasululloh (s.a.v.) kasallik yoki boshqa biror sabab bilan kechasi tahajjud namozini o‘qiy olmasalar, kunduzi o‘n ikki rakaat nafl namozi o‘qib olardilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1181/23. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir musulmon kechasi o‘qiydigan vazifasining hammasini yoki ba’zisini o‘qimasdan uxlab qolib, keyin bomdod va peshin namozi orasida o‘qib olsa, u kishi vazifasini o‘z vaqtida o‘qigan kabidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:17:16
1182/24. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh bir kishiga rahm qilsinki u kechasi turib namoz o‘qiydi va xotinini uyg‘otadi. Ammo xotini turishdan voz kechadi, hattoki uning yuziga suv sepsa ham. Yana bir xotinga rahm qilsinki, u xotin kechasi turib namoz o‘qiydi va erini uyg‘otadi. Biroq eri turishdan bosh tortadi, hatto uning yuziga suv sepsa ham», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

1183/25. Abu Said va Abu Hurayralardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar kishi kechasi o‘z ahli ayolini uyg‘otib, ikkovlari yoki barchalari ikki rakaatdan namoz o‘qishsa, zikr qiluvchi erkaklar va zikr qiluvchi ayollar qatoriga yozilishadi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:17:25
1184/26. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringizning namozda uyqusi kelsa, to uyqusi ketguncha orom olsin. Chunki uyqusirab namoz o‘qisa, duo qilyapman deb o‘z-o‘zini so‘kib qo‘yishi mumkin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1185/27. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz kechasi tahajjud namoziga uyg‘onib, Qur’on o‘qishga tili qovushmasa va nima deyayotganini o‘zi bilmasa, yotib uxlasin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Foyda: Kechki tahajjud namoziga targ‘ib bor va uni faollik, xushu’ va qalbi bilan Allohga yuzlanish ila ado etish ma’lum bo‘lmoqda.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:17:35
213-BOB
Ramazon kechasida qoim bo‘lish, ya’ni taroveh namoz o‘qishning mahbubligi haqida


1186/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Ramazon oyi (kechasidagi taroveh namozini ado etish) fazilatiga ishonib, savobini umid qilgan holda qoim qilsa, oldingi gunohlari mag‘firat qilinadi, dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1187/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ramazon kechasi (taroveh namozini ado etishga) targ‘ib qilib, shart etmasdan quyidagicha so‘zlarni aytardilar: «Kimki tarovehning fazilatiga ishonib, savobini umid qilgan holda qoim qilsa, oldingi gunohlari kechiriladi». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:17:59
214-BOB
Qadr kechasida ibodat ila bedor bo‘lmoqning fazilati hamda Ramazon kechalarining savobi eng umidli ekani bayoni


Alloh taolo:
«Albatta Biz u (Qur’on)ni qadr kechasida nozil qildik. (Ey Muhammad), qadr kechasi nima ekanligini siz qaerdan bilar edingiz. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir. U (kecha)da farishtalar va Ruh (ya’ni Jabroil alayhissalom) Parvardigorlarining izni-ixtiyorila (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan (osmondan zaminga) tushurlar. U (kecha) to tong otgunicha tinchlik-omonlikdir». (Qadr surasi, 1-5-oyatlar).

«Albatta biz uni bir muborak — barokatli kechada nozil qildik» (Duxon surasi, 3-oyat), deb aytgan.

1188/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki Qadr kechasi uning fazilatiga ishonib, savob umidida kechani bedor o‘tkazsa, oldingi gunohlari kechiriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1189/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sahobalaridan bo‘lgan kishilar Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yetinchisida Laylatul-qadrni tushlarida ko‘rishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlarning tushingizda Ramazon oyi oxirgi o‘n kunligining yettinchisida Qadr kechasiga muvofiq bo‘lganingizni ko‘rdim. Bas, kim bu muborak kechani topmoqchi bo‘lsa, Ramazon oyi oxirgi o‘n kunligining yettinchisidan axtarsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:18:06
1190/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ramazon oyining oxrigi o‘n kunligida e’tikof o‘tirib: «Qadr kechasini Ramazon oyining oxirgi o‘n kunidan axtaringlar», derdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1191/4. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qadr kechasini Ramazon oyi oxirgi o‘n kunligining toq kunlaridan axtaring», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:18:14
1192/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligi kirsa, kechaning barchasini uxlamasdan o‘tkazardilar. Va o‘z ahli-ayollarini ham uyg‘otib, yenglarini shimarib ibodatga astoydil sho‘ng‘irdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1193/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) boshqa oylarda qilmagan (ibodatlarini) Ramazon oyida astoydil bajarardilar. Ramazon oyida bajarmagan (ibodatlarini) oxirgi o‘n kunlik (daha) da bajarardilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1194/7. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men: «Ey Allohning rasuli? Qadr kechasi qaysi kunligini bilsam, nima deb aytay?» desam, u zot: «Allohumma innaka afuvvun tuhibbul ‘afva fa’fu’anniy», deb aytgin», dedilar (Ma’nosi: ey Rabbim, sen avf qilguvchisan va avf qilishni yaxshi ko‘rasan. Meni avf et). Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:18:26
215-BOB
Misvok hamda fitrat xislatlari fazilati haqida


1195/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar ummatimga yoki odamlarga mashaqqat bo‘lmaganida, har bir namozda misvok qilishni buyurar edim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1196/2. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar uyqudan tursalar, og‘izlarini misvok bilan tozalardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:18:34
1197/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) ishlatishlari uchun misvok va tahorat suvlarini tayyorlab qo‘yar edik. Alloh u zotni qachon turg‘izishni xohlasa, u zot turib, og‘izlarini misvok bilan tozalab, tahorat qilib, namoz o‘qirdilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1198/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlarga misvokning foydasi haqida ko‘p gapirdim», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:18:41
1199/5. Shurayh ibn Hone’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men Oishaga (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) agar uylariga kirsalar, qaysi amaldan boshlar edilar?» desam, Oisha (r.a.): «Misvokdan», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1200/6. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirsam, misvokning oldi tarafi muborak tillari ustida ekan. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu lafz imom Muslimniki.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:18:49
1201/7. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Misvok og‘izni tozalab, Allohni rozi qilur», dedilar. Imom Nasaiy va Ibn Hzayma rivoyatlari.

1202/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Fitrat beshtadir yoki besh narsa fitratdandir. 1. Xatna qilmoq; 2. Kindik osti tuklarini olmoq; 3. Tirnoqlarni qisqartirmoq; 4. Qo‘ltiq osti tuklarini tozalamoq; 5 Mo‘ylovni qisqartirmoq», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:18:57
1203/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Fitrat o‘ntadir», dedilar. Ular: 1. Mo‘ylovni qisqartirish; 2. Soqol qo‘yish; 3. Misvok ishlatish; 4. Burunga suv olish; 5. Tirnoqlarni qisqartirish; 6. Barmoqlar orasini yuvmoq; 7. Qo‘ltiq tuklarini tozalamoq; 8. Kindik osti tuklarini tozalamoq; 9. Istinjo qilmoq. «O’ninchisini unutdim. Og‘izga suv olish bo‘lsa kerak», deb shu hadis roviylaridan biri Vakiy’ (r.a.) aytganlar. Imom Muslim rivoyatlari.

1204/10. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘ylovlarni qisqatirib, soqollarni qo‘yib yuboringlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

(Fitrat — xilqat. Bu yerda qadimgi payg‘ambarlar sunnati, odati tushuniladi - Tarj).
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:19:15
216-BOB
Zakot shart ekanining ta’kidlanishi va uning fazilatlari hamda unga taalluqli narsalar haqida


Alloh taolo:
«Namozni to‘kis ado qilinglar va zakotni beringlar»
(Baqara surasi, 43-oyat),

«Holbuki ular faqat yagona Allohga, u zot uchun dinni xolis qilgan, To‘g‘ri yo‘ldan og‘magan holda ibodat qilishga va namozni to‘kis ado etishga hamda zakotni (haqdorlarga) ato etishga buyurilgan edilar. Mana shu To‘g‘ri (yo‘ldagi millatning) dinidir» (Bayyina surasi, 5-oyat), «(Ey Muhammad), siz ularning mollaridan bir qismini o‘zlarini poklab tozalaydigan sadaqa sifatida oling» (Tavba surasi, 103-oyat).

1205/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Islom besh narsa ustiga qurilgan: «La ilaha illalloh va anna Muhammadan Rasululloh» kalimasi; namozni ado etish; zakot berish; Baytullohni haj qilish; Ramazon ro‘zasini tutish», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:19:26
1206/2. Talha ibn Ubaydullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Najd ahlidan bo‘lgan, sochlari to‘zigan bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldi. Biz uning ovozini eshitsak-da nima deyayotganini anglolmadik. Hattoki bu kishi Rasululloh (s.a.v.) yonlariga kelib, Islom haqida so‘radi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir kecha va kunduzda besh vaqt namoz o‘qish», dedilar. Haligi kishi: «Bundan boshqasi ham bormi?» degan edi, u zot: «Yo‘q, faqatgina nafl-ixtiyoriy namozlar bor», deb, yana u zot: «Ramazon oyida ro‘za tutish», degandilar, u kishi: «Menga bundan boshqasi ham bormi?» dedi. U zot: «Yo‘q! Faqatgina ixtiyoriy nafl ro‘zalari bordir», deb, yana u zot haligi kishiga: «Zakot bermoqlik»ni zikr qildilar. Haligi kishi: «Bundan boshqasi ham bormi?» degan edi, u zot: «Yo‘q», faqatgina ixtiyoriy-nafl sadaqalar bordir», dedilar. Shunda haligi kishi orqaga qaytib ketayotib: «Allohga qasamki, mana shundan ziyoda ham qilmayman, kamaytirmayman ham», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar rost aytayotgan bo‘lsa, najot topibdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1207/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Muozni <&> Yamanga jo‘natayotib: «Ularni avvalo Allohdan boshqa iloh yo‘q va men Allohning rasuli ekanimga da’vat qil. Agar bunga itoat qilishsa, Alloh har kecha va kunduzda besh vaqt namoz farz qilganini bildir. Agar bunga ham itoat qilishsa, boylardan olib kambag‘allarga beriladigan sadaqani Alloh farz qilganini bildirgin» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Islomga da’vat qilishda odamlarga og‘irlik tug‘dirmaslik uchun uni bosqichma-bosqich olib borish hamda da’vatni avvalo tavhiddan boshlash joiz. Chunki tavhid dinning aslidir. Alloh vahdoniyatini e’tirof etmasdan oldin hech narsa durust emas.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:19:35
1208/4. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishilar «La ilaha illallohu va anna Muhammadan Rasululloh», deyishmagunicha, namozni qoim qilishmagunicha, zakotni berishmagunicha ular bilan urushmoqqa buyurildim. Agar mana shularni qilishsa, qonlari-yu mollari mendan omonda bo‘ladi. Faqat Islom haqida unday emas (ya’ni, hadlarda). Va ularning hisobi Alloh taologadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1209/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) vafot etdilar. Abu Bakr (r.a.) xalifalik paytlarida arablardan kofir bo‘lganlari kofir bo‘lishdi. Umar 4§: «Ey Abu Bakr, odamlar bilan qanday urushasiz? Vaholanki Rasululloh (s.a.v.) «Odamlar «La ilaha illalloh» deyishmaguncha ular bilan urushishga buyurildim. Kimki «La ilaha illalloh» deb aytsa, batahqiq, mendan moli va jonini saqlabdi. Faqat Islom haqida unday emas (ya’ni hadlarda). Ularning hisobi Alloh Taologadir», deb aytgan bo‘lsalar», deganlarida Abu Bakr (r.a.): «Allohga qasamki, kimki namoz bilan zakotning orasini ajratsa, u bilan urushaveraman. Chunki zakot molning haqqidir. Allohga qasamki, agar Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida berib yurgan ulovning arqonichalik narsani menga berishdan bosh tortishsa, urush e’lon qilaman», dedilar. Umar (r.a.): «Allohga qasamki, Abu Bakrga qarab, Alloh u zotning qalblarini ular bilan urushishga moyil qilib qo‘yganini ko‘rdim. Bildimki, albatta bu zot haq edilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:19:43
1210/6. Abu Ayubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohga (s.a.v.) «Ey Allohning Rasuli! Meni jannatga olib kiradigan amal haqida xabar bering», deganda Rasululloh (s.a.v.) «Allohga ibodat qil. Unga biron narsani sherik qilma, namozni ado et. Zakotni haqdorlarga ber. Va qarindoshchilik rishtalarini bog‘lagin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1211/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir a’robiy Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli! Meni bir amalga yo‘llab qo‘yingki, agar unga amal qilsam, jannatga kirayin», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Allohga biron narsani sherik qilmasdan ibodat qilasan. Namozni ado etasan. Farz qilingan zakotni berasan. Ramazon oyida ro‘za tutasan», dedilar. Haligi a’robiy: «Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, bunga ziyoda qilmayman», dedi. A’robiy orqasiga o‘girilib qaytib ketganida, Rasululloh (s.a.v.) «Kimni jannat ahlidan bo‘lgan kishiga qaramoqlik xursand qilsa, mana bu a’robiyga qarasin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:19:54
1212/8. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasulullohga (s.a.v.) namozni ado etishga, zakotni berishga, har bir musulmonga nisbatan xayrixoh bo‘lishga bay’at berdim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1213/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror tilla yoki kumush egasi uning haqqini ado etmasa, ya’ni zakotini bermasa, Qiyomat kunida o‘sha tilla-kumushlar o‘tda eritilib, tekislab, jahannam olovida qizdirilib, egasining yoni, peshonasi va orqa tomonlariga bosiladi. Har gal soviganda qaytadan qizdiriladi. Bu narsa bir kuni ellik ming yilga to‘g‘ri keladigan kunda sodir bo‘ladi. Ya’ni Alloh taolo avvalgiyu oxirgi odamni hisob-kitob qilib, hukmini eshittirguncha, u odam shu azobda bo‘ladi. So‘ngra u kishi o‘z yo‘liga qo‘yib yuboriladi. U jannat yo do‘zaxga ravona bo‘ladi», deganlarida sahobalar so‘rashdi: «Unda tuyasiga zakot bermaganlarning ahvoli qanday bo‘ladi?» Rasululloh (s.a.v.) «Agar tuya egalari uning haqqini ado etishmasa, ya’ni zakotini berishmasa va haqlaridan yana biri — uning sutidan sog‘ib, yordamchilarga va muhtojlarga bermasa, tekis sahroga yuzi bilan yotqiziladi. Barcha tuyalar, hatto eng kichik bolasi ham, egalarini tuyog‘lari bilan bosib, og‘izlari bilan tishlashadi. Bosib, tishlab oxiriga yetishsa, yana boshidan boshlashadi. Bu hol bir kuni ellik ming yilga to‘g‘ri keladigan kunda sodir bo‘ladi. Tuya egasi butun xaloyiq hisob-kitobdan forig‘ bo‘lguncha shu tarzda jazolanadi. Keyin jannat yoki do‘zaxdagi makoniga ravona bo‘ladi», dedilar. Yana sahobalar so‘rashdi: «Unda mol va qo‘ylariga zakot bermaganlarning ahvoli qanday bo‘ladi?» Rasululloh (s.a.v.) «Agar mol va qo‘y egalari uning haqqini ado qilishmasa, ya’ni zakot berishmasa, tekis sahroga yuzi bilan yotqiziladi. Mol va qo‘ylarning barchasi keladi. Ular orasida shoxi qiyshaygani, shoxi yo‘g‘i va shoxi singani bo‘lmaydi. Ular egalarini shoxlari bilan suzib, tuyoqlari bilan ezg‘ilashadi. Oxiriga yetishsa, yana qaytadan boshlashadi. Bu hol bir kuni ellik ming yilga to‘g‘ri keladigan kunda sodir bo‘ladi. Mol va qo‘y egasi butun xaloyiq hisob-kitobdan forig‘ bo‘lguncha shu azobda jazolanadi. Keyin jannat yoki do‘zaxdagi makoniga ravona bo‘ladi», dedilar. Sahobalar so‘rashdi: «Ey Allohning Rasuli? Otga zakot bermaganlar-chi?» Rasululloh (s.a.v.): «Ot uch turli bo‘ladi. 1. Egasiga gunoh olib keladigan; 2. Egasiga do‘zaxdan to‘siq bo‘ladi; 3. Egasiga savob olib keladigan. Gunoh olib keladigani — egasi riyo (xo‘jako‘rsinga), faxrlanish va Islomga dushmanlik qilish uchun olgan otlar. Do‘zaxdan to‘siq bo‘ladigani — egasi uni Alloh yo‘lida bog‘lab boqsa va ustidagi, gardanidagi haqlarini unutmasdan ado etsa, u ot egasiga do‘zaxdan to‘siq bo‘ladi. Savob olib keladigani — egasi uni Islom uchun Alloh yo‘lida ko‘kalamzor yerga bog‘lab boqsa, ot o‘sha ko‘kalamzor bog‘dan biror nima yesa, o‘sha yegani adadicha, tezagi hamda siydigi miqdoricha hasanot yoziladi. Agar u ot tizginini uzib, bir tepalikdan boshqa tepalikka o‘tsa, uning qadamlari va tezaklari adadicha hasanot yoziladi. Va yana egasi biror anhor yoqasidan o‘tsayu otini sug‘orishni istmasa ham ot o‘sha suvdan ichsa, bunda ham ichganining adadicha hasanot yoziladi», dedilar. Yana sahobalar so‘rashdi: «Ey Allohning Rasuli! Eshak haqida-chi?» Rasululloh (s.a.v.): «Eshak haqida menga hamma ma’noni o‘z ichiga oluvchi quyidagi oyatgina nozil bo‘lgandir», dedilar.

«Bas, kim (hayoti - dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa, (Qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur. Kim zarra misqolichalik yomonlik qilsa, uni ham ko‘rur» (Zalzala surasi, 7-8-oyatlar). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadis lafzi Muslimniki.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:20:12
217-BOB
Ro‘za tutishning shartligi va ro‘zaning farzligi hamda unga taalluqli narsalar haqida


Alloh taolo:
«Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi sizlardan biror kishi xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tuta olmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi» (Baqara surasi, 183-oyat). deb aytgan.

Ro‘za haqidagi ba’zi hadislar yuqoridagi bobda ham keltirildi. 1214/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: Alloh azza va jalla: «Har bir odam bolasining amali o‘zi uchundir. Lekin ro‘zasi Men uchundir. Uning mukofotini O’zim beraman», dedi. Ro‘za do‘zaxdan to‘siqdir. Agar sizlardan biringiz ro‘za tutsa fahsh hamda lag‘v so‘zlarni gapirmasin. Agar biror kishi so‘ksa yoki urushsa, «men ro‘zadorman», desin. Muhammadning joni Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, ro‘zadorning og‘zidagi hidining o‘zgarib qolishi Allohning huzurida mushkning hididan ham xushbo‘yroqdir. Ro‘zadorga ikki xursandchilik bordir. Biri: og‘zini ochganida. Ikkkinchisi: ro‘zasi bilan xursand bo‘lib Rabbisiga yo‘liqqanida». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Bu hadis lafzi imom Buxoriy rivoyatlaridandir. Va yana boshqa rivoyatlarda: «(Alloh aytadi): « Ro‘zador taomini, sharobini va shahvatini Men sababli tark qiladi. Ro‘zasini Men uchun tutadi. Men O’zim uni mukofotlayman. Har yaxshiligi uchun Men o‘n barobar qilib beraman», deyilgan.

Imom Muslim rivoyatlarida quyidagicha keltiriladi: «Odam bolasining har bir amaliga o‘ndan boshlab yetti yuz barobargacha beriladi. Alloh taolo: «(Banda) ro‘zani Men uchun tutadi. Uni o‘zim mukofotlayman. Chunki u Men uchun ovqati va shahvatini tark qiladi», dedi. Ro‘zador uchun ikki xursandchilik bor. Biri: og‘zini ochganida. Ikkinchisi: Robbisiga yo‘liqqan paytda. Ro‘zadorning og‘zidagi hid Allohning huzurida mushkning hididan ham yaxshidir».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:20:21
1215/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim Alloh yo‘lida ikki ulovini infoq qilsa jannat eshiklaridan chaqiriladi. Ey Allohning bandasi, bu yaxshidir. Kim namoz ahlidan bo‘lsa namoz eshigidan chaqiriladi. Kim jihod ahlidan bo‘lsa jihod eshigidan chaqiriladi. Kim ro‘za ahlidan bo‘lsa Rayyon (chanqoqbosdi) eshigidan chaqiriladi. Kim sadaqa ahlidan bo‘lsa sadaqa eshigidan chaqiriladi», deganlarida, Abu Bakr (r.a.): «Ota-onam fido bo‘lgur ey Allohning Rasuli! Bu eshiklarning biridan kirishda noqislik yo‘q-ku, lekin biror kishi bu eshiklarning barchasidan chaqiriladimi?» dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) « Ha, seni o‘shalardan bo‘lishingni umid qilaman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1216/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannatda bir eshik bor. Uni Rayyon deyiladi. Qiyomat kuni undan faqat ro‘zadorlar kiradi. Ulardan boshqalar kirishmaydi. «Ro‘zadorlar qaerda?» deb chaqiriladi. Ular o‘rinlaridan turishadi. Bulardan boshqa biror kishi kirmaydi. Agar ro‘zadorlar kirishsa eshik yopiladi. Boshqa biror kishi kira olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:20:28
1217/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir banda bir kun Alloh yo‘lida ro‘za tutsa, Alloh o‘sha ro‘zasi sababli u kishining yuzini yetmish yillik masofaga qadar do‘zaxdan uzoq qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1218/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Ramazon oyida uning farzligiga ishonib, savob umidida ro‘za tutsa, uning avvalgi gunohlari kechiriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:20:35
1219/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar Ramazon oyi kelsa, jannat eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari yopiladi. Va shaytonlar kishanlanadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1220/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ramazon oyining chiqqanini ko‘rib ro‘za tutinglar. Shavvol oyining chiqqanini ko‘rib, og‘iz ochinglar. Agar osmon bulutli bo‘lib oy ko‘rinmasa, sha’bon oyini o‘ttiz kun mukammal qilib tutinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu lafz Buxoriyniki.

Imom Muslimning rivoyatlarida esa: «Osmon bulutli bo‘lib yangi oy ko‘rilmasa o‘ttiz kun mukammal ro‘za tutinglar», bo‘lib kelgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:20:51
218-BOB
Ramazon oyida xayr-saxovat hamda yaxshiliklarda bardavom bo‘lish, xususan bunday yaxshi ishlarni oxirgi o‘n kunlikda ko‘paytirishning fazilati haqida


1221/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) odamlarning ichida eng saxiysi edilar. Ramazon oyida Jabroil alayhissalomga yo‘liqqan paytlarida yanada saxiy bo‘lib ketardilar. Jabroil alayhissalom Ramazonning har kechasida bu zot bilan ko‘rishib, Qur’onni dars qilishar edi. Rasululloh (s.a.v.) Jabroil alayhissalomga yo‘liqqanlarida yaxshilik qilishda yuborilgan shamoldan ham saxiy bo‘lib ketardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1222/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar Ramazonning oxirgi o‘n kunligi kirsa kechani bedorlik ila o‘tkazar edilar. Va ahllarini ham uyg‘otib, bellarini ibodatga mahkam bog‘lar edilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:21:11
219-BOB
O’n beshinchi sha’bondan keyin Ramazon kirmay turib ro‘za tutish man etilgani, faqat avvaldan tutib kelayotgan bo‘lsa yoki dushanba va payshanbadagi odatlariga to‘g‘ri kelib qolsa zarari yo‘qligi haqida


1223/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan hech bir kishi sha’bon oyining oxirgi bir yoki ikki kunida ro‘za tutib Ramazon oyiga kirmasin. Lekin bir kishining odatiga to‘g‘ri kelib qolsa ro‘za tutishining zarari yo‘qdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1224/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ramazondan oldin ro‘za tutmanglar. Yangi oyni ko‘rib ro‘za tutinglar. Yangi oyni ko‘rib og‘iz ochinglar. Agar bulut yangi oyni ko‘rishga mone’lik qilsa o‘ttiz kun mukammal qilib ro‘za tutinglar», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

(Ya’ni, agar yangi oyni ko‘rish imkoni bo‘lmasa sha’bon oyini o‘ttiz kun mukammal qilib keyin ro‘za tutilsin. Hamda shavvol oyini ko‘rish imkoni bo‘lmasa o‘ttiz kun to‘la ro‘za tutib, keyin og‘iz ochilsin. - Tarj)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:21:24
1225/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sha’bon oyining yarmi qolgan bo‘lsa (nafl) ro‘za tutmanglar», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

1226/4. Abu Yaqzon Ammor ibn Yosirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Kim shak kunida ro‘za tutsa, batahqiq Abulqosimga (s.a.v.) osiylik qilibdi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:21:31
220-BOB
Yangi chiqqan oyni ko‘rganda aytiladigan zikrlar


1227/1. Talha ibn Ubaydullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar yangi chiqqan oyni ko‘rsalar: «Allohumma ahillahu ‘alayna bil amni val iymoni vassalomati val islomi robbiy va robbukallohu, hilolu rushdin va xoyrin», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim bu oyni bizlarga emin, omon, imon, salomatlik va Islom oyi qilgin. (Ey hilol) Mening Rabbim ham, sening Rabbing ham Allohdir. Bu oy hidoyat va xayrli oy bo‘lsin). Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:21:45
221-BOB
Saharlik qilishning hamda subh kirib qolishidan xavf qilmasa uni kechiktirishning fazilati haqida


1228/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Saharlik qilinglar. Chunki saharlik qilishda baraka bordir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1229/2. Zayd ibn Sobitdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga saharlik qildik. Keyin namozga turdik», deganlarida, yonlaridagilar tomonidan: «Uning orasidagi muddat qancha edi?» deb savol berildi. Shunda Zayd (r.a.): «Ellik oyat o‘qish miqdoricha fursat edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:21:57
1230/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) ikki muazzinlari bor edi. Biri Bilol, ikkinchisi Ibn Ummu Maktum (r.a.). Ikkovlari haqida Rasululloh (s.a.v.) «Bilol (tong otmasidan oldin) kechasi azon aytadi. Sizlar u azon aytganida to Ibn Ummu Maktum aytgunicha bemalol yeb-ichaveringlar», dedilar. Ibn Umar (r.a.): «Bu ikki azon o‘rtasida birlari chiqib, ikkinchilari tushgunchalik fursat o‘tar edi», dedilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari.

1231/4. Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biz bilan ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar) ning ro‘zasi orasidagi farq saharlik qilishdadir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Foyda: Islom ummatining boshqalardan ustun bo‘lgan xususiyatlaridan biri iftorlik qilishdir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:22:17
222-BOB
Og‘iz ochishni kechiktirmasdan vaqtida bajarishning fazilati hamda og‘iz ochiladigan narsalar va og‘iz ochilgandan keyin aytiladigan zikrlar haqida


1231/1. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odamlar og‘iz ochishni kechiktirmasdan vaqtida bajarishar ekan, ular yaxshilikdadirlar», dedilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari.

1233/2. Abu Atiyyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men va Masruq (r.a.) Oishaning (r.a.) huzurlariga kirdik. Masruq (r.a.) Oishaga (r.a.): «Rasulullohning (s.a.v.) ikkita (ulug‘) sahobalari bor. Ikkovlari ham yaxshilik qilishda bir-birlaridan kam emas. Birlari shomni va og‘iz ochishni tezlatadi. Ikkinchilari shomni va og‘iz ochishni kechiktiradi. (Ya’ni bularning qaysilari afzal?)» deganlarida, Oisha (r.a.): «Qaysi birlari shom va og‘iz ochishni tezlatsa», dedilar. Masruq r.a.: «Abdulloh ibn Mas’ud tezlatadilar», dedilar. Shunda Oisha (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) ham Abdulloh ibn Mas’udning (r.a.) qilgani kabi bajarganlar. Ya’ni Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlariga amal qilar ekanlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:22:24
1234/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: Alloh azza va jalla: «Bandalarimning menga mahbubrog‘i og‘iz ochishni tezlatganlari», deb aytdi. Imom Termiziy rivoyatlari. Bu hadis hasan isnodlidir.

1235/4. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar kech mashriq tomondan kelib, kunduzi mag‘rib tomondan ketsa va quyosh botsa, batahqiq, ro‘zador og‘iz ochadigan fursat bo‘libdi», dedilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:22:32
1236/5. Abu Ibrohim Abu Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga ketayotgan edik. U zot ro‘zador edilar. Quyosh botayotganda u zot qavmdagi bir kishiga: «Ey falonchi, tushgin, bizga talqonni suvga aralashtirib keltirgin», dedilar. U kishi: «Ey Allohning rasuli, biroz kech kirsin», degan edi, Rasululloh (s.a.v.) «Tushgin, bizga talqonni suvga aralashtirib keltirgin», dedilar. U kishi (ulovdan) tushib, ular uchun talqonni suvga aralashtirib keldi. Rasululloh (s.a.v.) undan ichib, keyin qo‘llari bilan mashriq tomonga ishora qilib: «Agar kech» «mana bu tomondan kelsa, batahqiq ro‘zador og‘zini ochadigan vaqt bo‘libdi», dedilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari.

1237/6. Salmon ibn Omir az-Zabbiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz og‘iz ochadigan bo‘lsangiz, xurmolarda og‘iz oching. Agar topa olmasangiz, suvda oching. Chunki suv (ma’naviy va hissiy) nopokliklarni tozalovchidir», dedilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:22:39
1238/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namoz o‘qishdan oldin ho‘l xurmo bilan og‘iz ochardilar. Agar ho‘l xurmo topa olmasalar, qurug‘i bilan og‘iz ochardilar. Agar xurmolardan biror turini topa olmasalar, bir yoki bir necha qultum suv bilan og‘iz ochardilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

Foyda: Ho‘lu quruq xurmolar bilan og‘iz ochishning bir necha hikmatlari bor. Ulardan biri Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlariga ergashish bo‘lsa, yana biri oshqozondan ortiqcha narsalarni chiqarib yuboradi. Hamda xurmoda jism ehtiyoji bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p moddalar bor.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:22:54
223-BOB
Ro‘zador kishini tili va a’zolarini urushish va so‘kishish hamda shunga o‘xshash narsalardan tiymog‘iga buyurish haqida


1239/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz ro‘za tutsa, fahsh hamda lag‘v so‘zlarni so‘zlamasin. Agar biror kishi so‘ksa yoki urushsa: «Men ro‘zadorman», desin» deb aytdilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari.

1240/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim ro‘za tutib, yolg‘on so‘z va amalni tashlamasa, uning ovqat va ichimlikdan tiyilib yurishining Allohga keragi yo‘qdir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:23:08
224-BOB
Ro‘zaga tegishli masalalar haqida


1241/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz unutib biror narsani yeb yoki ichib qo‘ysa, ro‘zasini davom ettiraversin. Chunki Alloh u kishini ovqatlantirib, ichimlik ila siylabdi», dedilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari.

1242/2. Laqit ibn Sabradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men: «Ey Allohning Rasuli, tahorat haqida xabar bering», desam, u zot: «Tahoratingni mukammal qil va barmoqlaring orasini hilol qil, ya’ni bir-biriga kirishtirib, suv yetkaz. Burunga suv olganda mubolag‘a qilib, ado et. Lekin ro‘zador bo‘lsang, bunday qilmagin», deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:23:16
1243/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) junub bo‘lib qolib, g‘usl qilishlaridan oldin subh sodiq kirib qolardi. Keyin g‘usl qilib ro‘zalarini tutaverardilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari.

1244/4. Oisha (r.a.) va Ummu Salamalardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) junublik hollarida tong otib qolar edi. Bu junublik ehtilom bo‘lganlaridan emas, balki ayollari bilan shar’iy qovushganlaridan sodir bo‘lar edi. Keyin u zot ro‘zalarini davom ettiraverardilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari.

Foyda: Jumhur salaflar va keyingi ulamolar ijmo’si subhdan oldingi janobat xoh ehtilom sababli, xoh ayoli bilan qovushish orqali bo‘lsin, zarari yo‘q deyishgan. Bunga Allohning so‘zidagi: «Sizlarga ro‘za kechasida xotinlaringizga qo‘shilish halol qilindi», degani oyat dalildir. Ammo subhdan keyin ayoli bilan qovushish orqali junub bo‘lish man etilgandir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:23:59
225-BOB
Muharram, sha’bon va hurmatli oylarda ro‘za tutishning fazilati haqida


1245/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ramazondan keyin ro‘zalarning afzali muharram oyidagi (nafl) ro‘zadir. Farz namozidan keyingi namozlarning afzali kechasidagi (tahajjud) namozidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1246/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasululloh (s.a.v.) sha’bon oyida tutganchalik ko‘p ro‘za tutmasdilar. Sha’bon oyining deyarli hammasida ro‘za tutardilar», deb aytdilar.

Boshqa rivoyatda: «Sha’bon oyida ro‘za tutib, faqat ba’zi kunlari og‘izlari ochiq bo‘lar edi», deyilgan. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:24:06
1247/3. Mujiyba al-Bohiliy otalari yoki amakilaridan qilgan rivoyatlarida bu zot Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib, biroz turib, qaytib ketdilar. Bir yil o‘tgandan keyin yana keldilar. Avvalgi holatlari va ko‘rinishlari o‘zgarib ketgan edi. Bu kishi: «Ey Allohning Rasuli! Meni tanimayapsizmi?» degandi, Rasululloh (s.a.v.) «Sen kimsan?» dedilar. U kishi: «Avvalgi yil huzuringizga kelgan Bohiliyman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Sen yaxshi ko‘rinishda eding-ku? Seni nima o‘zgartirib yubordi?» dedilar. U kishi: «O’sha sizdan ajrab ketganimdan keyin faqat kechqurun ovqatlandim. Ya’ni kunduzi ro‘zador bo‘ldim», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Nafsingga azob beribsan-ku!», deb, yana: «Sabr oyi, ya’ni Ramazon oyida to‘la ro‘za tutgin. Va har oyda bir kun ro‘za tut», dedilar. U kishi: «Menga ziyoda qiling. Chunki mening ro‘za tutishga quvvatim yetarli», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Ikki kun ro‘za tut», dedilar. U kishi: «Menga yana ziyoda qiling», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Uch kun ro‘za tutgin», dedilar. U kishi: «Yana ziyoda qiling», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Hurmatli oylarda (ya’ni rajab, zulqa’da, zulhijja, muharram) uch kundan ro‘za tut va tark qil», deb uchta barmoqlarini bukib-ochdilar. Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:24:21
226-BOB
Zulhijja oyining avvalgi o‘n kunida ro‘za tutish va boshqa ibodatlarni bajarishning fazilati haqida


1248/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Zulhijja oyining avvalgi o‘n kunida bajarilganchalik biror solih amal Allohga mahbub emas», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, Alloh yo‘lidagi jihod ham u kundagi amalchalik mahbub emasmi?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Ha, Alloh yo‘lidagi jihod ham. Faqat joni va molini tikib Alloh yo‘lida chiqqanu qaytib kelmagan kishining amali eng mahbub amaldir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

Foyda: Zulhijja oyining avvalgi o‘n kunida ibodat va xayrli ishlar qilish Alloh taologa eng mahbub amaldir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:24:36
227-BOB
Arafa kuni, ya’ni zulhijjaning to‘qqizinchi hamda muharram oyining to‘qqizinchi va o‘ninchi kuni ro‘za tutishning fazilati to‘g‘risida


1249/1. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) arafa kuni, ya’ni zulhijja oyining to‘qqizinchi kunida tutilgan ro‘za haqida so‘rashdi. U zot: «O’tib ketgan va kelayotgan yildagi gunohlarga kafforatdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Foyda: Hajdagi kishilarga bu kunda ro‘za tutish mahbub emas. Chunki talbiya, zikr va duo qilishdan susaytirib qo‘yadi.

1250/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) muharram oyining o‘ninchi kuni ro‘za tutdilar. Va boshqalarni shu kuni ro‘za tutishga buyurdilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:24:46
1251/3. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) muharram oyining o‘ninchi kuni ro‘zasi haqida so‘ralganida, u zot: «O’tgan yildagi gunohlarga kafforat bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1252/4. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kelgusi yilgacha o‘lmay tursam, albatta muharram oyining to‘qqizinchi kuni ro‘zasini tutaman», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:24:57
228-BOB
Shavvol oyida olti kun ro‘za tutishning mahbubligi haqida


1253/1. Abu Ayubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Ramazon oyida ro‘za tutib, keyingi shavvol oyida olti kun ro‘zani ulasa, go‘yoki zamon (yil) bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Foyda: Kim Ramazon oyida ro‘za tutib, unga shavvol oyidan olti kunni ulasa, go‘yoki zamon (yil) bo‘yi ro‘za tutibdi. Chunki Alloh taolo: «Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur)», deb aytgan. Demak, bir oy Ramazon o‘n oyga to‘g‘ri kelsa, olti kunimiz o‘n barobarga ko‘paytirsak, oltmish kun, ya’ni ikki oy bo‘ladi. Hammasini qo‘shsak, o‘n ikki oy bo‘ladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:25:10
229-BOB
Dushanba va payshanba kunlari nafl ro‘za tutishning mahbubligi haqida


1254/1. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) dushanba kuni ro‘za tutish haqida so‘ralganida u zot: «Bu kunda men dunyoga keldim va payg‘ambar qilib yuborildim» yoki «bu kunda menga vahiy qilindi», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.

1255/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Amallar dushanba va payshanba kuni ko‘rsatiladi. Ya’ni farishtalar ko‘rsatishadi. Amallarim ko‘rsatilayotgan kunda ro‘zador bo‘lishim meni xursand qiladi» dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. Imom Muslim ham ro‘zani zikr qilmasdan rivoyat etganlar.

1256/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) dushanba va payshanba kunlari ehtimom ila ro‘za tutardilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:25:24
230-bob
Har oyda uch kun ro‘za tutishning mahbubligi to‘g‘risida


Oqlik kunlari, ya’ni oyning o‘n uch, o‘n to‘rt va o‘n beshinchi kunlari ro‘za afzal. Ba’zilar oyning o‘n ikki, o‘n uch va o‘n to‘rtinchi kunlari ro‘za tutish afzal, deyishgan. Lekin avvalgisi mashhurroqdir.

1257/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Do‘stim Rasululloh (s.a.v.) menga uch narsa — 1. Har oyda uch kun ro‘za tutish; 2. Ikki rakaat zuho (choshgoh) namozini o‘qish; 3. Uxlashdan oldin vitr namozini o‘qishni vasiyat qildilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari.

1258/2. Abu Dardodan rivoyat qilindi Rasululloh (s.a.v.) menga uch narsani vasiyat qildilar. To hayot ekanman, uni hech qachon tark etmayman. Bular: 1. Har oyda uch kun ro‘za tutish; 2. Zuho (choshgoh) namozini o‘qish; 3. Vitr o‘qimasdan oldin uxlamaslik», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:25:32
1259/3. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har oyda uch kun ro‘za tutish zamon (yil) bo‘yi ro‘za tutish bilan tengdir», dedilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari.

1260/4. Muoza al-Adaviyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu sahobiya Oishadan (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) har oyda uch kun ro‘za tutarmidilar?» deb so‘raganlarida, Oisha (r.a.): «Ha», dedilar. Men: «Oyning qaysi kunida tutardilar?» desam, Oisha (r.a.): «Oyning qaysi kuni ekanligiga ahamiyat bermasdan tutaverardilar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:25:40
1261/5. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar oyda uch kun ro‘za tutsang, uni o‘n uch, o‘n to‘rt va o‘n beshinchi kunlari tutgin», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

1262/6. Qatoda ibn Milhondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bizga oqlik kunlari, ya’ni o‘n uch, o‘n to‘rt va o‘n beshinchi kuni ro‘za tutishga buyurdilar. Abu Dovud rivoyatlari.

(Oqlik atalishiga sabab 13, 14, 15-kunlari oy to‘lishib, oqaradi - Tarj.)

1263/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xoh safarda, xoh muqimlikda bo‘lsinlar, oqlik kunlari, ya’ni oyning o‘n uch, o‘n to‘rt va o‘n beshinchi kunlari og‘izlari ochiq bo‘lmas edi. Ya’ni shu kunlari ro‘zador bo‘lardilar. Imom Nasaiy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:26:02
231-BOB
Iftorlik qilishning fazilati va o‘zi ro‘zador bo‘lib oldida boshqalar ovqat yeb turgan kishining fazilati hamda ovqat tortiq qilgan kishiga qilinadigan duo haqida


1264/1. Zayd ibn Xolid al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim ro‘zador kishiga iftorlik qilib bersa, u kishiga ham ro‘za tutganning ajridek savob beriladi. Bu bilan ro‘zadan biror narsa kamaytirilmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

1265/2. Ummu Umora Ansoriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) bu sahobiya huzurlariga kirgandilar, u kishi Rasulullohga (s.a.v.) taom tortiq qildilar. Rasululloh (s.a.v.) «O’zing ham yegin», degandilar, sahobiya: «Men ro‘zadorman», dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Ro‘za tutgan qaysi odamning oldida boshqalar ovqatlansa, to yeb tugatgunlaricha (yoki to‘ygunlaricha) farishtalar ro‘zador haqqiga duoda bo‘lishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

1266/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Sa’d ibn Ubodanikiga iftorlik qilgani borganlarida, u non va yog‘ qo‘ydi. RasulullohS ulardan tanovul qilib, so‘ng: «Aftora ‘indakum soimuna va akala to’amakum al-abroro va sollat ‘alaykum al-malaikah», deb aytdilar. (Ma’nosi: Ro‘zadorlar sizlarning huzuringizda iftor qilishdi. Yaxshilar ovqatlaringizdan tanavvul qilishdi. Va farishtalar sizlarga salovot aytishdi.) Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:26:19
232-BOB
E’tikof fazilatlari


1267/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikof o‘tirardilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari.

1268/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) to vafot etgunlariga qadar Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikof o‘tirdilar. Keyin xotinlari ham shu tarzda e’tikof o‘tirishdi. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari.

1269/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) har Ramazon oyida o‘n kun e’tikof o‘tirardilar. Vafot etadigan yillari esa yigirma kun e’tikof o‘tirdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

«Riyozus-solihiyn» kitobining ikkinchi qismi shu yerga kelganda nihoyasiga yetdi. Inshoalloh, uchinchi qismni «Haj kitobi»dan boshlaymiz.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:26:33
HAJ KITOBI

233-BOB
Hajning fazilati haqida


Alloh taolo:
«Va yo‘lga qodir bo‘lgan insonlar zimmasida Alloh uchun mana shu Uyni haj-ziyorat qilish burchi bordir. Kimda-kim kofir bo‘lsa (ya’ni, Ka’bani ziyorat qilish farz ekanini inkor qilsa), bas, albatta Alloh butun olamlardan bexojat bo‘lgan Zotdir» (Oli Imron surasi, 97-oyat), deb aytgan.

1270/1. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Islom besh narsa ustiga qurilgan: «La ilaha illalloh va anna Muhammadan Rasululloh» shahodatini aytish, namozni ado qilish, zakot berish, Baytullohni haj qilish va ro‘za tutish», dedilar. Imom Buxoriy, Muslim, Ahmad va Termiziy rivoyatlari.

1271/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh bizga xutbada: «Ey insonlar, albatta Alloh taolo sizlarga haj qilishni farz etdi. Shunday ekan, haj amalini ado qilinglar», deganlarida, buni eshitayotganlardan biri: «Har yilimi, ey Rasululloh?» degan edi, u zot uch marta so‘ralganida ham sukut qildilar. Keyin: «Agar ha, deb aytsam, shart bo‘lib qoladi. Qodir bo‘lganingizcha ado etavering», dedilar. So‘ng yana u zot: «Sukut qilib so‘zlamagan narsani savol berib so‘ramanglar. Chunki sizlardan avvalgilar ko‘p savol bergani va Payg‘ambarlariga ixtilof qilgani sababli halok bo‘lishdi. Agar sizlarga biror narsa buyursam, qodir bo‘lganingizcha amal qiling. Agar biror narsadan qaytarsam, uni tark qilinglar», deb aytdilar». Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:26:41
1272/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) «Qaysi amal afzal?» deb so‘ralganida, u zot: «Alloh va rasuliga iymon keltirish», dedilar. «Keyin qaysi?» deyilganida, u zot: «Alloh yo‘lida jihod», dedilar. «Keyin qaysi?» deyilganida, u zot: «Hajji mabrur, ya’ni gunoh sodir etilmagan haj», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1273/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim haj amalini ado etsayu, unda behayo narsalarni va gunoh ishlarni sodir qilmasa, xuddi onasidan yangi tug‘ilgan boladek (uyiga) qaytadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:26:50
1274/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir umra ikkinchi umraga qadar orsidagi gunohlar uchun kafforatdir. Mabrur haj, ya’ni gunoh sodir etilmagan haj uchun jannatdan boshqa mukofot yo‘qdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1275/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Ey Allohning rasuli! Biz jihodni amallarning eng afzali, deb bilamiz, jihod qilaylikmi?» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Lekin jihodlarning eng afzali gunoh sodir etilmagan hajdir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:26:59
1276/7. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo arafa kunidagichalik boshqa biror kunda ko‘p bandalarini do‘zaxdan ozod qilmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1277/8. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ramazonda ado etilgan umra haj barobarida yoki men bilan haj qilgan barobarida bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:27:06
1278/9. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir ayol: «Ey Allohning rasuli! Alloh bandalariga haj qilishni farz etganida otamning yoshi ulg‘ayib qolgan edi. Ulovda mustahkam tura olmasdi. (U hajni ado etmay vafot etdi.) Men otam nomidan haj qilsam bo‘ladimi?» deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Ha, bo‘laveradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1279/10. Laqiyt ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu Zot Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib: «Otam keksayib qoldilar. Na haj yoki umra qilish va na yo‘l yurishga qodir emaslar», deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Otang nomidan haj va umra qilavergin», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:27:13
1280/11. Soib ibn Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh (s.a.v.) bilan birga haj qildim. O’shanda yetti yoshda edim». Imom Buxoriy rivoyati.

1281/12. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ravho degan joyda otliqlarga yo‘liqdilar. Va: «Sizlar kimsizlar?» dedilar. Ular: «Musulmonlarmiz», deyishdi. Ular: «O’zingiz kimsiz?» deyishdi. U zot: «Allohning rasuliman», dedilar. Bir xotin bolasini ko‘tarib turgan edi, Rasulullohdan (s.a.v.) «Mana shu bola ham haj qilishi mumkinmi?» deb so‘radi. U zot: «Ha, haji haj bo‘lib, senga savob bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:27:20
1282/13. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir tuya ustida haj qildilar. Yuklari ham o‘sha tuya ustida edi. Imom Buxoriy rivoyati.

1283/14. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ukoz, Mijanna va Zulmajoz bozorlari johiliyat davridagi bozorlar edi. Sahobalar gunohga botsak kerak, deb gumon qilib haj mavsumida savdo qilishdan o‘zlarini tiyishar edi. Keyin Alloh taolo Baqara surasining 198-oyatini nozil qildi: «(Haj safarida tijorat qilish bilan) Parvardigoringizdan fazlu karam istashingizda sizlar uchun hech qanday gunoh yo‘qdir». Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:27:34
235-BOB
Shahidlar va ularga tenglashtirilganlar haqida


1352/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Shahidlar beshtadir: 1. Vaboda o‘lgan. 2. Qorni og‘rib o‘lgan. 3. Cho‘kib o‘lgan. 4. Imorat ostida qolib o‘lgan. 5. Alloh yo‘lida vafot etgan», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1353/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Siz kimlarni shahid, deb hisoblaysiz?» deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, kimki Alloh yo‘lida o‘ldirilsa, u shahiddir», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Unday bo‘lsa, mening ummatimda shahidlar oz ekan-da!» dedilar. Sahobalar: «Unda shahidlar kim, Ey Allohning rasuli?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Kim Alloh yo‘lida o‘ldirilsa, u shahiddir. Kim Alloh yo‘lida vafot etsa, u shahiddir. Kim vaboga chalinib o‘lsa, u shahiddir. Kim qorin og‘rig‘i bilan o‘lsa, u shahiddir. Kim cho‘kib o‘lsa, u ham shahiddir», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:27:44
1354/3. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim moli ostida (ya’ni, himoya qilayotib) o‘ldirilsa, u shahiddir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1355/4. Asharai mubashsharadan biri Abul A’var Said ibn Zayd ibn Nufayldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim moli ostida (ya’ni, himoya qilayotib) o‘ldirilsa, u shahiddir. Kim qoni himoyasida o‘ldirilsa, u shahiddir. Kim dini himoyasida o‘ldirilsa, u shahiddir. Kim ahli himoyasida o‘ldirilsa, u shahiddir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

1356/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Ayting-chi, agar bir kishi molimni tortib olishni xohlasa, nima qilay?» deganida, u zot: «Molingni bermagin», dedilar. «Agar men bilan urishishni xohlasa-chi?» degan edi, Rasululloh (s.a.v.) «U bilan urishgin», dedilar. U kishi: «Agar meni o‘ldirsa-chi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Sen shahidsan», dedilar. U kishi: «Agar men uni o‘ldirsam-chi?» degan edi, Rasululloh (s.a.v.) «U do‘zaxdadir», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:28:02
236-BOB
Qul ozod qilishning fazilati haqida


Alloh taolo:
«Bas, u (maqtanchoq kimsa yaxshilik) dovonini oshib o‘tmadi. (Ey Muhammad alayhissalom), dovon (oshish) nima ekanini siz qaerdan bilar edingiz. (U bir qul) bo‘ynini (qullikdan) ozod qilmoq» (Balad surasi, 11-13-oyatlar), deb aytgan.

1357/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) menga: «Kim musulmon qulni ozod qilsa, Alloh taolo qulning a’zosi barobarida ozod qiluvchining a’zolarini do‘zaxdan xalos etadi. Hattoki, farji (jinsiy a’zo) barobarida ozod qiluvchining farjini do‘zaxdan xalos etadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1358/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Allohning rasuli, qaysi amal afzal?» deganimda, u zot: «Allohga iymon keltirish va Alloh yo‘lidagi jihod», dedilar. Men: «Qaysi qulni ozod qilish afzalroq?» deganimda, u zot: «Egasi nazdida yaxshi bo‘lgani hamda narxi qimmat bo‘lganini», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:28:19
237-BOB
Qullarga yaxshilik qilishning fazilati to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota-onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz!» (Niso surasi, 36-oyat) deb aytgan.

1359/1. Ma’rur ibn Suvayddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Abu Zarrning r.a. ustlarida bir to‘nni ko‘rdim. Xizmatkor bolalari ustida ham xuddi o‘shandoq to‘n ko‘rdim. Va buning sababini u zotdan so‘raganimda, Abu Zarr (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida Abu Zarr bir kishini so‘kib onasini aybladilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Senda hali ham johiliyat odatlari bor ekan. U qullar sizlarning birodarlaringiz va xizmatkorlaringizdir. Alloh ularni sizlarning qo‘l ostingizda qilgan. Kimning birodari qo‘l ostida bo‘lsa, o‘zi yegan narsadan unga ham yedirsin. Va o‘zi kiygan narsadan unga ham kiydirsin. Toqati yetmaydigan narsaga buyurmasin. Agar buyuradigan bo‘lsa, unga yordamlashsin», degandilar», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1360/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar sizlardan birortangiz huzuriga xizmatkori ovqat olib kelsa-yu, o‘zi bilan o‘tqazmaydigan bo‘lsa, bir yoki ikki luqma uzatsin. Chunki bu xizmatkor xojasi uchun ishlamoqda-ku», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:28:35
238-BOB
Allohning va keyin o‘z xojasining haqqini ado etadigan qulning fazilati haqida


1361/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta xizmatkor xojasi ishlarini chiroyli suratda bajarib, Allohga ibodatini ham yaxshi ado etsa, unga ikkita ajr beriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1362/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Solih xizmatkor uchun ikki ajr bor», dedilar. «Abu Hurayraning joni Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar Alloh yo‘lidagi jihod, haj qilish va onamga yaxshilik qilish bo‘lmaganida edi, men qul bo‘lib o‘lishni yaxshi ko‘rar edim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:28:41
1363/3. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Rabbiga chiroyli ibodat qilib, xojasining haqqini ado etishda xayrixoh va itoatda bo‘lsa, unga ikkita ajr bordir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.

1364/4. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uch toifa kishilar borki, ular uchun ikki ajr bor: o‘zi ahli kitob bo‘lib, nabiysiga, keyin Muhammad alayhissalomga iymon keltirgan kishiga va Allohning haqqi va xojasining haqqini ado etgan qulga hamda xizmatkor qizni tarbiyasiga olib, unga chiroyli odob, yaxshi ta’lim berib, keyin uni ozod qilib turmushga uzatgan kishiga ikkita savob bor», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:28:55
239-bob
Fasod-fitna ko‘payib ketganida ibodatga mashg‘ul bo‘lishning fazilati to‘g‘risida


1365/1. Ma’qal ibn Yasordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyinchilikda ibodat qilish menga (ya’ni, Makkadan Madinaga) hijrat qilingan kabidir», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:29:19
240-bob
Oldi-sotdi, oldi-berdi va qarz berish-qarz olishda muloyim bo‘lish hamda o‘lchash va tortishda ko‘paytirib berishning fazilati haqida


Alloh taolo:
«Qanday yaxshilik qilsangiz, shubhasiz, Alloh uni bilguvchidir» (Baqara surasi, 215-oyat);

«Ey qavmim, o‘lchov va tarozini adolat bilan to‘la tortingiz! Odamlarning narsalarini urib qolmangiz va yerda buzg‘unchilik bilan sanqib yurmangiz» (Hud surasi, 85-oyat);

«(O’lchov va tarozidan) urib qolguvchi kimsalarga halokat bo‘lgay. Ular odamlardan (biron narsani) o‘lchab olgan vaqtlarida to‘la qilib oladigan, ularga o‘lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa kam qilib beradigan kimsalardir. Ular o‘zlarining ulug‘ bir Kunda - barcha odamlar butun olamlar Parvardigori huzurida tik turib (hisob-kitob beradigan qiyomat) Kunida qayta tirilguvchi ekanliklarini o‘ylamaydilarmi?» (Mutaffifun surasi, 1-6-oyatlar) deb aytgan.

1366/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohdan (s.a.v.) qarzini qo‘pollik bilan talab qildi. Bu narsani ko‘rib sahobalar (uni jazolashga) qasd qilishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Qo‘yinglar, chunki haqdor kishining so‘zlashga haqqi bor», dedilar. Keyin u zot: «Tuyaga teng tuya beringlar», degan edilar, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, uning tuyasi kabi kichigi yo‘q ekan, undan kattasi bor ekan, xolos», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Beraveringlar, sizlarning yaxshilaringiz qarzini chiroyli tarzda to‘lovchilaringizdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1367/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Oldi-sotdida va qarzni talab etishda muloyimlik qilgan kishiga Alloh rahm etsin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:29:25
1368/3. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «qiyomat kuni kimni Allohning qiyinchiliklardan xalos etishi xursand qilsa, qarz bergan bo‘lsa, uni tez to‘lashga majburlamasin yoki bergan qarzini kechib yuborsin», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1369/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir kishi odamlarga qarz berib yurar edi. Va o‘z yaqinlariga: «Agar qarzdor kishi qarzini bera olmasa, undan olmay kechib yuborgin. Shoyadki, Alloh bizdan ham qilgan gunohlarimizni kechib yuborsa», der ekan. Qachonki, u vafot etib Allohga yo‘liqqanida, Alloh ham uning gunohini kechib yubordi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:29:36
1370/5. Abu Mas’ud al-Badriydan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan avval o‘tganlardan bir kishi hisobga chaqirildi. Uning nomai a’molida biror yaxshilik topilmadi. Lekin bu kishi hayotlik paytida badavlat bo‘lib, odamlarga aralashib yurardi. Va o‘ziga qarashli bolalarga qiynalib qolgan kishilarning qarzidan kechib yuborishni buyurardi. Alloh taolo: «Kechib yuborishga undan ko‘ra Biz haqlimiz. Uning gunohini kechirib yuboringlar», dedi», de dil ar. Imom Muslim rivoyati.

1371/6. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Alloh taolo huzuriga bir badavlat kishi olib kelindi. Alloh taolo unga: «Dunyo hayotida nima qilding?» deydi. (Huzayfa (r.a.) «qiyomatda Allohdan hech bir so‘zni yashirmaslar» oyatini o‘qidilar.) Bu kishi: «Ey Rabbim, menga mol-dunyoni berding. Men odamlar bilan oldi-sotdi qilar edim. Odatlarimdan biriga ko‘ra, o‘ziga to‘qlarga qarz bergan bo‘lsam, muloyim muomala qilar edim. Agar qiynalib turgan kishiga qarz bersam, to‘lash uchun uzoq muhlat berar edim», dedi. Shunda Alloh taolo: «Sendan ko‘ra kechib yuborishga Men haqlidirman. Uning gunohini kechirib yuboringlar», deydi.

Uqba ibn Omir va Abu Mas’ud Ansoriylar: «Biz Rasululloh (s.a.v.) og‘izlaridan mana shunday eshitdik», deyishdi (Imom Muslim rivoyati).
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:29:44
1372/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim qarzini to‘lashga qurbi yetmagan kishiga to‘lashi uchun muhlat bersa yoki kechib yuborsa, Alloh taolo biror soya yo‘q kunda (qiyomat kunida) Arshdagi O’z soyasi ila soyalantiradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.

1373/8. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bu kishidan bir tuya sotib oldilar. Va pulini ko‘paytirib berdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1374/9. Abu Savfon Suvayd ibn Qaysdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men va Mahrama Abdiy ikkovimiz Bahrayn yaqinidagi Hajar nomli shahardan kiyimlar olib keldik. Rasululloh (s.a.v.) huzurimizga kelib ishtonlarni baholashdilar. Mening bir tarozibonim bor edi. U haq olish evaziga narsalarimni tortib berar edi. Rasululloh (s.a.v.) o‘sha tarozibonimga: «Tortgin va biroz og‘irlatgin», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:30:06
ILM KITOBI

241-bob
Ilmning fazilati haqida


Alloh taolo:
«Va ayting: «Parvardigorim, ilmimni yanada ziyoda qilgin» (Toha surasi, 114-oyat);

«Ayting: «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi?!» (Zumar surasi, 9-oyat);

«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga ko‘tarur» (Mujodala surasi, 11-oyat);

«Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur» (Fotir surasi, 28-oyat), deb aytgan.

1375/1. Muoviyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, dinda faqih qilib qo‘yadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1376/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ikki kishiga hasad qilish joiz. Birinchisi - Alloh taolo bir kishiga mol-dunyo bersa, u kishi o‘sha mol-dunyoni haq yo‘lda infoq qilsa. Ikkinchisi - Alloh taolo bir kishiga hikmat (ilm) ato etsa, u kishi o‘sha ilmi bilan hukm qilib va o‘sha ilmidan odamlarga ta’lim bersa», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: bu hadisdagi hasad havas ma’nosidadir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:30:17
1377/3. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh men bilan yuborgan hidoyat va ilmning misoli xuddi yerga tushgan yomg‘irga o‘xshaydi. U yer yaxshi bo‘lib, suvni o‘zida qabul qiladi, o‘t-o‘lan va o‘simliklarni o‘stiradi. Uning ba’zi joylari qattiq bo‘lib, o‘zida suvni to‘playdi. Bu suv bilan Alloh insonlarni naflantiradi. U suvdan ichib, boshqa narsalarini sug‘orib, ekinlariga ham quyadilar. Yana boshqa joylari tekis bo‘lib, o‘zida suv to‘plamaydi hamda o‘t-o‘lan o‘stirmaydi. (Avvalgi) misol xuddi Allohning dinida faqih bo‘lgan kishiga o‘xshaydi. Alloh men bilan yuborgan narsa unga manfaat berib, o‘zi o‘rganib, boshqalarga ham o‘rgatadi. (Ikkinchisining) misoli beparvo bo‘lib, boshini ham ko‘tarib qo‘ymagan kishiga o‘xshaydi. (Uchinchisi) menga yuborilgan Allohning hidoyatini qabul qilmagan kishiga o‘xshaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1378/4. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Aliga (r.a.): «Allohga qasamki, Alloh sen sababli bir kishini hidoyat qilmog‘i senga beriladigan qizil tuyadan ham yaxshiroqdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: qizil tuya o‘sha paytda arablarning eng qimmatbaho mulki edi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:30:24
1379/5. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mendan agar bir oyat eshitsangizlar ham, uni kishilarga yetkazinglar. Bani Isroil haqidagi narsalarni gapiraveringlar. Buning zarari yo‘q. Kim men aytmagan so‘zni naql qilsa, o‘zi uchun jahannamdan joyini tanlab qo‘yaversin», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyati.

1380/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim ilm talabida bir yo‘lga qadam qo‘ysa, Alloh taolo u bandaga jannat yo‘lini oson qiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:30:31
1381/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) : «Kim biror kishini hidoyatga chaqirsa, chaqiruvchiga ergashuvchining savobidek ajr beriladi. Bu bilan ergashuvchining savobidan hech narsa kamaytirilmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1382/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar inson vafot etsa, uning amali to‘xtab qoladi. Faqat uch narsada to‘xtamaydi, ya’ni nomai a’moliga yozilib boradi: 1. Sadaqai joriya, ya’ni kishilarga manfaati yetadigan yo‘lda qilingan sadaqa, ehson. 2. Manfaatli ilm, ya’ni ta’lim berilgan ilm va yozib qoldirilgan asar. 3. Ota-onasiga duo qiluvchi solih farzandning ortda qoldirilishi», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:30:41
1383/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ogoh bo‘ling, albatta dunyo va undagi narsalar la’natlangandir. Faqatgina Allohning zikri, shunga yaqin narsalar hamda ilm beruvchi va ilm oluvchilar bunday emas», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.

1384/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim ilm talabida (ko‘chaga chiqsa), toki qaytib kelgunicha Alloh yo‘lida, ya’ni toatidadir», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:30:52
1385/11. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min kishi oxiri - nihoyasi jannat bo‘lmaguncha yaxshilikka to‘ymaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.

1386/12. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Obidga qaraganda olimning fazli xuddi men bilan ichingizdagi past toifali kishi fazli kabidir», deb aytdilar. Keyin yana: «Albatta Alloh, Uning farishtalari, yeru-osmon ahllari, hatto inidagi chumoli hamda baliqlar ham odamlarga yaxshilik o‘rgatuvchi muallimga duoi xayrda bo‘lishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:31:06
1387/13. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim ilm talabida bir yo‘lga qadam qo‘ysa, Alloh taolo u bandaga jannat yo‘lini oson qiladi. Albatta farishtalar tolibi ilm qilayotgan kishidan rozi bo‘lib, (yurayotgan yo‘liga) qanotlarini yozib turishadi. Olim uchun yeru osmondagi narsalar, hattoki suvdagi baliqlar ham istig‘for (gunohining kechirilishini) talab qilishadi. Obidga qaraganda olimning fazli boshqa yulduzlarga qaraganda (to‘lin) oyning fazliga o‘xshaydi. Albatta ulamolar payg‘ambarlarning merosxo‘ridir. O’sha payg‘ambarlar dinor yoki dirham meros qoldirmaydi. Balki ular ilmni meros qoldirishadi. Kim mol-dunyo o‘rniga ilmni olsa, hammadan ziyoda taqsimni qo‘lga kiritibdi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

1388/14. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bizdan eshitgan narsalarning aynan o‘zini yetkazgan kishining yuzini Alloh chiroyli qilsin. Ko‘pgina yetkazilgan kishilar borki, eshituvchidan ko‘ra esida saqlovchidir», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.

Foyda: haqiqatda ba’zi yetkazilgan tobe’inlar eshitgan ba’zi sahobalardan Rasulullohning (s.a.v.) hadislarini tushunishda bilimdonroq edilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:31:15
1389/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimdan ilm so‘ralsa-yu, u o‘sha bilgan ilmini berkitsa, qiyomat kuni olovdan bo‘lgan yugan ila yuganlanadi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

1390/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Allohning roziligini talab qilmay, balki mol-dunyoga yetishish maqsadida ilm talab qilsa, qiyomat kuni o‘sha kishi jannat hidini topmaydi», dedilar. Abu Dovud rivoyati.

1391/17. Abdulloh ibn Amr Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta Alloh qiyomatga yaqin ilmni kishilar qalbidan tortib olish bilan sug‘urib tashlamaydi. Balki ulamolarni vafot ettirish bilan barham beradi. Hatto olimlar qolmaydi. Odamlar esa johillarni o‘zlariga boshliq qilib olishadi. Keyin ulardan diniy masalalar so‘ralsa, ilmsiz fatvo berishadi. Bu bilan o‘zlari ham adashib, boshqalarni ham adashtiradilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:31:40
ALLOHGA HAMD VA SHUKR AYTISH KITOBI

242-BOB
Hamd va shukr aytishning fazilati haqida


Alloh taolo:
«Bas, Meni eslasangiz, Men ham sizlarni eslayman va Menga shukr qilingiz va Menga kufr keltirmangiz» (Baqara surasi, 152-oyat);

«Qasamki, agar sizlar (Mening bergan ne’matlarimga) shukr qilsangizlar, albatta (ularni yanada) ziyoda qilurman» (Ibrohim surasi, 7-oyat);

«Hamdu sano ...Alloh uchundir, deb ayting» (Isro surasi, 111-oyat);

«Oxirgi tilaklari esa butun olamlar Parvardigori -Allohga hamdu sano aytishdir» (Yunus surasi, 10-oyat), deb aytgan.

1392/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Isro kechasi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga ikkita qadah keltirildi. Birida sharob, ikkinchisida sut bor edi. Rasululloh (s.a.v.) ularning ikkoviga qarab turib sutni oldilar. Shunda Jabroil alayhissalom: «Allohga hamd bo‘lsin. U sizni haq bo‘lgan Islom fitratiga hidoyat qildi. Agar sharobni olganingizda, ummatingiz zalolatga ketar edi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1393/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har bir muhim ish Allohga hamd aytish bilan boshlanmasa, oxiri kesikdir», dedilar. Abu Dovud va boshqalar rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:31:46
1394/3. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar biror kishining farzandi vafot etsa, Alloh taolo farishtalariga: «Bandamning farzandi (joni)ni oldinglarmi?» deydi. Farishtalar: «Ha», deb javob berishadi. Alloh: «Bandam qalbining mevasini oldinglarmi?» deydi. Farishtalar yana: «Ha», deyishadi. Alloh taolo: «Bandam nima dedi?» deb so‘raydi. Farishtalar: «Senga hamd va istirjo’ (ya’ni, «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un», deb) aytdi», deyishadi. Shunda Alloh taolo: «Bandam uchun jannatda bir uy quringlar va uni hamd uyi, deb atanglar», deydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.

1395/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar bir banda har luqma tanovul qilayotganida va har ho‘plam ichimlik ichayotganida Allohga hamd aytsa, Alloh taolo o‘sha bandasidan albatta rozi bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:32:23
RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA
SALOVOT AYTISH KITOBI

243-BOB
Rasululloh(s.a.v.)ga salovot aytishning fazilati haqida


Alloh taolo:
«Albatta Alloh ham, Uning farishtalari ham Payg‘ambarga duo-yu salovot ayturlar. Ey mo‘minlar, sizlar ham u Zotga salovot va salom aytinglar» (Ahzob surasi, 56-oyat), deb aytgan.

1396/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim menga salovot aytsa, Alloh taolo unga o‘nta salovot aytadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1397/3. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni menga eng yaqin bo‘ladigan kishilar menga ko‘p salovot aytadiganlardir», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:32:30
1398/4. Avs ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kunlaringizning eng yaxshisi juma kunidir. Ana shu kunda menga salovotni ko‘paytiringlar. Chunki menga shu kuni salovotlaringiz ko‘rsatiladi», dedilar. Shunda sahobalar: «Ey Rasululloh, sizning suyaklaringiz chirib ketsa, qanday qilib ko‘rsatiladi?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo payg‘ambarlarning jasadlarini yeyishni yerga harom qilgan», dedilar. Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyatlari.

1399/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir kishining huzurida zikr qilinsam, lekin u menga salovot aytmasa, uning burni yerga ishqalsin», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:32:39
1400/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qabrimni bayram o‘tkaziladigan joy qilib olmanglar. Balki menga salovot aytinglar. Qaerda bo‘lsanglar ham, menga salovotlaringiz yetib keladi», dedilar. Abu Dovud rivoyati.

1401/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror kishi menga salom aytsa, Alloh taolo ruhimni menga qaytaradi. Men salom aytgan kishiga alik olaman», dedilar. Abu Dovud rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:32:46
1402/8. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir kishining huzurida zikr qilinsam-u, menga salovot aytmasa, ana shu kishi baxildir», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.

1403/9. Fazola ibn Ubayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kishi namozda duo qilayotganini eshitdilar. U Alloh taologa hamd va Rasulullohga (s.a.v.) salovot aytmas edi. Shunda u zot: «Bu kishi shoshildi», deb haligi duo qilgan kishini (yoki boshqa bir kishini) chaqirib: «Agar sizlardan biringiz namoz o‘qisa, Allohga hamdu-sano, so‘ngra Uning rasuliga salovot aytib, bundan keyin xohlaganicha duo qilaversin», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:32:56
1404/10. Abu Muhammad Ka’b ibn Ujradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) huzurimizga chiqqan edilar, biz u zotga: «Ey Allohning rasuli, sizga qay tarzda salom yo‘llashni bildik, lekin salovotni qanday qilib aytamiz?» desak, u zot: «(Sizlar) «Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘ala oli Muhammadin kama sollayta ‘ala oli Ibrohima innaka hamidum majid. Allohumma barik ‘ala Muhammadin va ‘ala oli Muhammadin kama barakta ‘ala oli Ibrohima innaka hamidum majid», deb aytinglar», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1405/11. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Sa’d ibn Ubodanikida majlis qilib o‘tirsak, huzurimizga Rasululloh (s.a.v.) kirib keldilar. Bashir ibn Sa’d (r.a.): «Ey Allohning rasuli, sizga salovot yo‘llashni bilmadik. O’sha salovotni qay tarzda yo‘llaymiz?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) esa gapirmay jim turib qoldilar. Biz esa: «Qaniydi, Bashir savol bermaganda-ku», dedik. Keyin Rasululloh (s.a.v.) «(Sizlar) «Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘ala oli Muhammadin kama sollayta ‘ala Ibrohima va barik ‘ala Muhammadin va ‘ala oli Muhammadin kama barakta ‘ala oli Ibrohima innaka hamidum majid», deb aytinglar. Salom esa o‘rgatilgandek bo‘lsin», dedilar». Imom Muslim rivoyati.

1406/12. Abu Humayd as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli, sizga qay tarzda salovot aytamiz?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.) «(Sizlar) «Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘ala azvajihi va zurriyatihi kama sollayta ‘ala Ibrohima va barik ‘ala Muhammadin va ‘ala azvajihi va zurriyatihi kama barakta ‘ala Ibrohima innaka hamidum majid», deb aytinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:33:13
ZIKRLAR KITOBI

244-bob
Zikrning fazilati va unga targ‘ib qilish haqida


Alloh taolo:
«Aniqki, Allohni zikr qilmoq (barcha narsadan) ulug‘roqdir» (Ankabut surasi, 45-oyat);

«Bas, Meni eslangiz, Men ham sizlarni eslayman» (Baqara surasi, 152-oyat);

«Parvardigoringizni ichingizda yolvorib, qo‘rqib, dildan ertayu kech yod qiling va g‘ofil kimsalardan bo‘lmang!» (A’rof surasi, 205-oyat);

«Allohni ko‘p zikr qilinglarki, shoyad, najot topursizlar» (Juma surasi, 10-oyat);

«... Allohni ko‘p zikr qilguvchi erkaklar va (Allohni ko‘p) zikr qilguvchi ayollar - ular uchun Alloh mag‘firat va ulug‘ mukofot (ya’ni, jannat) tayyorlab qo‘ygandir» (Ahzob surasi, 35-oyat);

«Ey mo‘minlar, Allohni ko‘p zikr qilinglar. Va erta-yu kech U Zotni poklab-tasbeh aytinglar» (Ahzob surasi, 41-42-oyatlar), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:33:20
1407/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ikki kalima borki, ular tilga yengil, tarozida og‘ir va Rahmonga mahbubdir. Ular: «Subhanallohi va bihamdihi, subhanallohil ‘aziym»dir», deb aytdilar (ma’nosi: «Allohni hamd aytish va ulug‘lash bilan poklayman»). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1408/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mening «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar», deyishim men uchun quyosh chiqib nur sochganidan yaxshiroqdir», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:33:28
1409/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb bir kunda yuz marta aytsa, o‘nta qul ozod qilgan barobarida bo‘libdi. Unga yuzta hasanot yozilib, yuzta yomonligi o‘chiriladi, kech kirgunicha shaytondan omonda bo‘ladi. Uning bu amalidan afzalroq ishni hech kim qila olmaydi. Faqat shu kalimalarni ko‘proq aytgan kishi o‘zib ketishi mumkin», dedilar. Va yana Rasululloh: «Kim «Subhanallohi va bihamdihi», deb bir kunda yuz marta aytsa, xatolari dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham, kechib yuboriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1410/4. Abu Ayyub Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb o‘n marta aytsa, Ismoil zurriyotidan to‘rt kishini ozod qilgandek bo‘ladi», dedilar (ma’nosi: «Allohdan boshqa iloh yo‘q, U yolg‘iz, Uning sherigi ham yo‘q, butun mulk Uniki, hamd ham Unga xos va U har bir narsaga qodirdir»). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:33:38
1411/5. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) menga: «Alloh taologa eng mahbub bo‘lgan kalomni aytaymi? Alloh taolo uchun kalomlarning eng yaxshisi «Subhanallohi va bihamdihi», deb aytishingdir», dedilar». Imom Muslim rivoyati.

1412/6. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Poklik iymonning yarmidir. «Alhamdulillah» kalimasi tarozini to‘ldiradi. «Subhanallohi valhamdu lillahi» esa yer bilan osmonni to‘ldiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:33:48
1413/7. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir a’robiy Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Menga bir kalom o‘rgating, uni aytib yuray», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah. Allohu akbar kabiyro valhamdu lillahi kasiyro va subhanallohi robbil ‘alamiyn, la havla va la quvvata illa billahil ‘aziyzil hakiym»ni o‘rgatdilar. (Ma’nosi: «Allohdan boshqa iloh yo‘q, U yakkayu yolg‘izdir. Uning sherigi ham yo‘q. Alloh juda buyuk, Allohga cheksiz hamd bo‘lsin, olamlar Rabbi Alloh barcha aybu nuqsonlardan pokdir, hakim va aziz bo‘lgan Allohdan o‘zgada o‘zgartirish ham, quvvat ham yo‘q».) Keyin haligi a’robiy: «Ey Rasululloh, bu aytganlaringiz Rabbim uchun, men uchun-chi?» deb so‘radi. Rasululloh: «(Unda) «Allohummag‘fir liy varhamniy vahdiniy varzuqniy», deb ayt», dedilar (ma’nosi: «Allohim, meni mag‘firat qil, menga rahm ayla, meni hidoyat et, meni rizqlantir». Imom Muslim rivoyati.

1414/8. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namozni tugatsalar, uch marta «Astag‘firulloh», deb, so‘ngra «Allohumma antas salom va minkas salom, taborakta ya zal Jalali val ikrom», deb aytadilar (ma’nosi: «Ey Allohim, Sen salomsan va salom Sendandir. Ey ulug‘ va hurmatli Zot, Sen barakotlisan»). Mana shu hadis roviylaridan biri Avzo’iyga «Istig‘for qanday bo‘ladi?» deyilganda, u zot: «(Unda) «Astag‘firulloh, astag‘firulloh», deyiladi», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:33:59
1415/9. Mug‘iyra ibn Sho‘‘badan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namozdan forig‘ bo‘lsalar, «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodir. Allohumma la mani’a lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal jaddi minkal jadd»ni o‘qir edilar (ma’nosi: «Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Uning sherigi ham yo‘q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har narsaga qodirdir. Ey Rabbim, Sen bergan narsani man qiluvchi yo‘q. Va Sen man qilgan narsani beruvchi yo‘q. Buyuklik Sendandir, boshqaning buyukligi foyda bermaydi»). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1416/10. Abdulloh ibn Zubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) har namoz ketidan salom bergandan keyin «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr. La havla va la quvvata illa billah, la ilaha illallohu va la na’budu illa iyyah, lahun ni’matu val fazlu va lahus sanaul hasan, la ilaha illallohu muxlisiyna lahud diyna va lav karihal kafirun», deb aytar edilar (ma’nosi: «Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har bir ishga qodirdir. Allohdan boshqada o‘zgartirish va quvvat yo‘q. Allohdan boshqa iloh yo‘q. Ungagina ibodat qilamiz. Ne’mat, fazl, chiroyli sano U uchundir. Allohdan boshqa iloh yo‘q. U uchun din xolis qilinadi, garchi kofirlar karih ko‘rsalar ham»). Ibn Zubayr: «Rasulullohning (s.a.v.) o‘zlari ham har namoz ketidan tahlil aytar edilar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:34:10
1417/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Kambag‘al muhojirlar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, badavlat birodarlarimiz oliy darajalar va doimiy ne’matlarga erishishmoqda, ular biz o‘qigandek namoz o‘qishadi va biz tutgandek ro‘za tutishadi. (Kamiga) sadaqa berib haj va umra ibodatlarini bajarib, jihodlarda ham ishtirok etishadi», deyishganda, Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlarga bir narsani o‘rgataymi? Agar shu aytgan narsamni bajarsanglar, sizlardan o‘zib ketganlarga yetib olasizlar va keyingilardan o‘zib ketasizlar. Hech kim sizlardan afzal bo‘la olmaydi. Faqat sizlar bajargandek amal qilishsa, afzal bo‘lishadi», deganlarida, ular: «Ha, o‘rgating», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Har namoz ketidan o‘ttiz uch marta «Subhanalloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulillah» va o‘ttiz uch marta «Allohu akbar», deb aytinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslim rivoyatlarida esa quyidagilar bilan ziyoda qilingan: «Ozgina fursatdan keyin yana kambag‘al muhojirlar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, badavlat kishilar ham (bizga aytgan narsalarni) eshitib, biz amal qilganimiz kabi bajarishmoqda-ku», deyishganida, Rasululloh (s.a.v.) «Bu Allohning fazlu karami bo‘lib, xohlagan kishisiga beradi», deb aytdilar».

Foyda: Allohning bir kishini badavlat qilishi ham, kambag‘al etishi ham sinov va imtihondir. Haqiqiy mo‘min kambag‘allik paytida sabr qilib, boyiganda haddidan oshmay, shukr qiladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:34:17
1418/12. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim har namoz so‘ngida o‘ttiz uch marta «Subhanalloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulillah» va o‘ttiz uch marta «Allohu akbar», deb, oxirida yuzinchisini «La ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay’in qodir», deb aytsa, agar gunohlari dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham, kechib yuboriladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1419/13. Ka’b ibn Ujradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Farz namozlari so‘ngidan bajariladigan bir necha tasbehlar borki, uni aytuvchi kishi noumid qolmaydi. Ular o‘ttiz uch marta «Subhanalloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulillah», o‘ttiz to‘rt marta «Allohu akbar»dir», deb aytdilar (Imom Muslim rivoyati».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:34:25
1420/14. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) har namoz so‘ngida ushbu kalimalarni aytib panoh tilar edilar: «Allohumma inniy a’uzu bika minal jubni val buxli va a’uzu bika min an arudda ila arzalil ‘umuri va a’uzu bika min fitnatid dunya va a’uzu bika min fitnatil qobr» (ma’nosi: «Ey Rabbim, qo‘rqoqlikdan va baxillikdan, umrning zoe bo‘lishidan, dunyo fitnasidan va qabr fitnasidan panoh berishingni tilayman»). Imom Buxoriy rivoyati.

1421/15. Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) qo‘llarimdan ushlab: «Ey Muoz, Allohga qasamki, men seni yaxshi ko‘raman va senga har namoz so‘ngida «Allohumma a’inniy ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibadatik»ni aytishni tavsiya qilaman», dedilar» (ma’nosi: «Ey Allohim, Seni zikr etishda, Senga shukr qilishda va ibodatingni go‘zal bajarishda menga yordam ber»). Abu Dovud rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:34:32
1422/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar birortangiz oxirgi tashahhudni o‘qib bo‘lsa, to‘rtta narsadan panoh so‘rasin: jahannam azobidan, qabr azobidan, hayot va o‘lim fitnasidan, Masih Dajjolning fitnasidan», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.

1423/17. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namozga tursalar, tashahhud bilan salomning orasida (ya’ni, salovotdan keyin) «Allohummag‘firliy ma qoddamtu va ma axxortu va ma asrortu va ma a’lantu va ma asroftu va ma anta a’lamu bihi minniy, antal muqoddim va antal muaxxir, la ilaha illa anta»ni o‘qir edilar (ma’nosi: «Ey Rabbim, oldingiyu keyingi, oshkorayu maxfiy va isrofgarchilik bilan qilgan gunohlarimni va mendagi O’zing bilgan gunohlarimni kechir. Albatta, Sen avvalgi va oxirgidirsan, Sendan boshqa iloh yo‘q»). Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:34:38
1424/18. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v) ruku’lari va sajdalarida «Subhanaka allohumma robbana va bihamdika, allohummag‘firliy», deb aytishni ko‘paytirardilar (ma’nosi: «Ey Rabbim, Senga hamd aytib, Seni poklayman. Ey Rabbim, gunohlarimni mag‘firat qil»). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1425/19. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ruku’ va sajdalarida «Subbuhun quddusur robbul malaikati varruh» («Farishtalar va Jabroilning Rabbi subbuh va quddus sifatli Allohdir»), deb aytar edilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:34:44
1426/20. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ruku’da Allohni ulug‘langlar, sajdada duoni ko‘paytiringlar, chunki (sajdadagi duo) ijobat bo‘lishga loyiqdir», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1427/21. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bandaning Rabbiga eng yaqin bo‘ladigan payti sajdada turganidadir. Unda (sajdada) duoni ko‘paytiringlar», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:34:53
1428/22. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sajdalarida «Allohummag‘firliy zambiy kullahu, diqqohu va jillahu va avvalahu va axirohu va ‘alaniyatahu va sirroh»ni aytar edilar (ma’nosi: «Ey Allohim, gunohlarimning hammasini, ozini va ko‘pini, avvalgisi va oxirgisini, ochiqchasini va maxfiyini kechir»). Imom Muslim rivoyati.

1429/23. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasulullohni (s.a.v.) topolmay qoldim. Axtarib borsam, ruku’ (yoki sajda) qilayotgan ekanlar. Unda «Subhanaka va bihamdika la ilaha illa anta»ni aytayotgan edilar» (ma’nosi: «Senga hamd aytish bilan Seni poklayman. Sendan boshqa iloh yo‘q»). Boshqa rivoyatda Oisha onamiz aytadilar: «Mening qo‘lim Rasulullohning (s.a.v.) oyoqlariga tegib ketdi. U zot oyoqlarini uzatib sajdada turganlarida «Allohumma a’uzu bika birizoka min saxotika va bimu’afatika min ‘uqubatika va a’uzu bika minka, la axsiy sanaan ‘alayk, anta kama asnayta ‘ala nafsik»ni o‘qiyotgan edilar» (ma’nosi: «Ey Rabbim, Sening roziligingni shafe’ qilib g‘azabingdan, ofiyatingni shafe’ qilib uqubatingdan panoh tilayman. Sening noming ila g‘azabingdan panoh tilayman. Men Senga sano ayta olmaslikdan panoh tilayman. Sen O’zingga sano aytganingdeksan»).
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:35:00
1430/24. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasulullohning (s.a.v.) huzurlarida edik. U zot: «Birontangiz bir kunda mingta hasanot kasb qila oladimi?» deb so‘radilar. O’tirganlardan biri: «Mingta hasanotni qanday qilib olish mumkin?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim yuzta tasbeh aytsa, mingta hasanot yozilib, mingta xatosi o‘chiriladi», dedilar». Imom Muslim rivoyati.

1431/25. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardagi har bir bo‘g‘imingiz uchun har kuni tong otganda sadaqa bordir. Har bir tasbehingiz (ya’ni, «Subhanalloh», deyishingiz) sadaqadir. Har bir hamdingiz (ya’ni, «Alhamdulillah», deyishingiz) ham sadaqadir. Har bir tahlilingiz (ya’ni, «La ilaha illalloh», deyishingiz) ham sadaqadir. Har bir takbiringiz (ya’ni, «Allohu akbar», deyishingiz) ham sadaqadir. Yaxshilikka buyurishingiz hamda yomonlikdan qaytarishingiz ham sadaqadir. Choshgoh (zuho) paytidagi ikki rakat o‘qigan namozingiz bularning barchasiga kifoya qiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:35:10
1432/26. Ummul mo‘minin Juvayriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ertalab subh namozi paytida uning (Juvayriya onamizning) huzuridan chiqib ketdilar. U namoz o‘qiydigan xonasida edi. So‘ngra zuho namozini o‘qib bo‘lib qaytib kelsalar, Juvayriya onamiz hali ham o‘tirgan edi. Shunda Rasululloh: «Chiqib ketganimdan beri shu holatda o‘tiribsanmi?» deb so‘radilar. Onamiz (r.a.): «Ha», deya javob berdi. Rasululloh (s.a.v.) «Men sendan keyin to‘rtta kalimani uch martadan aytdim, agar ular tarozida o‘lchansa, sen bugun aytgan narsalardan og‘ir keladi. Ular: «Subhanallohi va bihamdihi ‘adada xolqihi va rizo nafsihi va zinata ‘arshihi va midada kalimatihi» (ma’nosi: «Yaratganlarining adadicha, nafsi rozi bo‘lgunicha, Arshning vaznicha, kalimalarining uzunligicha Allohga hamd aytaman va Uni poklayman»)dir», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

Imom Muslimning boshqa bir rivoyatida «Subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi midada kalimatihi», deyilgan. (Ma’nosi: «Xalqining adadicha Allohni poklayman, nafsi rozi bo‘lgunicha Allohni poklayman, Arshning og‘irligicha Allohni poklayman, kalimalarining uzunligicha Allohni poklayman».)

Imom Termiziy rivoyatida esa «Subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi midada kalimatihi, subhanallohi midada kalimatihi, subhanallohi midada kalimatihi» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:35:19
1433/27. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohni zikr qilib yuradigan kishi bilan zikr qilmaydigan kishining misoli xuddi tirik bilan o‘likning misoli kabidir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.

Imom Muslimning rivoyatlarida «Allohni zikr qilinadigan uy bilan zikr qilinmaydigan uyning misoli xuddi o‘lik bilan tirikning misoli kabidir» bo‘lib kelgan.

1434/28. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo: «Men bandamni gumonidekdirman. Ya’ni, Menga qanday gumon qilsa, o‘shandoq topadi. Agar Meni zikr qilsa, u bilan birgadirman. Agar yolg‘iz o‘zi zikr qilsa, Men ham O’zim zikr qilaman. Agar Meni jamoat orasida zikr qilsa, Men uning jamoatidan yaxshiroq bo‘lgan guruh orasida, ya’ni farishtalar orasida eslayman», dedi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:35:26
1435/29. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mufarridlar oldinga o‘zib ketishdi», dedilar. Shunda sahobalar: «Mufarridlar deganingiz kimlar, ey Allohning rasuli?» deb so‘rashdi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohni zikr qiluvchi erkaklar va ayollar», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1436/30. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Zikrlarning afzali «La ilaha illalloh»dir», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:35:33
1437/31. Abdulloh ibn Busrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Rasululloh, Islom shariati menga og‘irlik qilyapti. Menga bir narsa o‘rgatingki, ana shuni mahkam ushlay», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Doimo tiling Allohning zikri bilan nam bo‘lib yursin», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.

1438/32. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim «Subhanallohi va bihamdihi», desa, u kishi uchun jannatda bir xurmo ekiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:35:42
1439/33. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bunday deganlar: «Isro kechasi Ibrohim alayhissalomga yo‘liqdim. U zot: «Ey Muhammad, ummatingizga mendan salom ayting va jannatning tuprog‘i pok, suvi shirin va o‘zi tekis, o‘simligi «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar» ekanini ularga xabar bering», dedilar». Imom Termiziy rivoyati.

1440/34. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Nabiy (s.a.v.) «Rabbingiz huzurida amallarning yaxshisi, darajangizni baland qiluvchisi, pul va oltinlarni infoq qilishdan afzalroq bo‘lganini va dushmaningizga yo‘liqib, uning bo‘yniga qilich urishdan ham yaxshi narsani aytaymi?» deganlarida, sahobalar: «Ayting», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Allohni zikr qilish», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.

Imom Hokim bu hadis isnodi sahihdir, dedilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:35:51
1441/35. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh alayhissalom bilan bir ayolning huzuriga kirdilar. Uning oldida danak (yoki mayda toshlar) bor edi. Ayol ana shularni sanab tasbeh aytardi. Rasululloh (s.a.v.) unga: «Bundan yengilroq va afzalroq narsani aytaymi? «Subhanallohi ‘adada ma xolaqo fis-samai va subhanallohi ‘adada ma xolaqo fil-arzi va subhanallohi ‘adada ma bayna zalika va subhanallohi ‘adada ma huva xoliq», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: «Osmonda yaratgan narsalari adadicha Allohni poklayman, yerda yaratgan narsalari adadicha Allohni poklayman, u ikkalasi orasidagi narsalar adadicha Allohni poklayman va U yaratadigan narsalari adadicha Allohni poklayman».) «Allohu akbar», «alhamdulillah», «la ilaha illalloh», «la havla va la quvvata illa billah» kalimalarini ham xuddi «subhanalloh»ni aytgandek aytadi. (Ya’ni, «Allohu akbar ‘adada ma xolaqo fis-samai va Allohu akbar ‘adada ma xolaqo fil-arzi...» deb.) Imom Termiziy rivoyati.

1442/36. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) menga: «Jannat xazinalaridan birini senga aytaymi?» dedilar. Men: «Ha, ayting, ey Rasululloh», dedim. Shunda u zot: «(Sen) «La havla va la quvvata illa billah»ni ayt, u jannat xazinalaridandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:36:05
245-bob
Alloh taoloni tik turib, o‘tirib va yonboshlab zikr qilish haqida


Alloh taolo:
«Albatta osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turish ida aql egalari uchun (bir yaratuvchi va boshqarib turguvchi Zot mavjud ekanligiga) oyat-alomatlar bor. Ular turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar» (Oli Imron surasi, 190-191-oyatlar), deb aytgan.

1443/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) barcha holatlarda Allohni zikr qilib yurardilar. Imom Muslim rivoyati.

1444/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz o‘z ahli huzuriga kelib, (jimo’ qilishni xohlab) «Bismillohi, allohumma jannibnash shaytona va jannibish shaytona ma rozaqtana», desa, o‘rtalarida bola bo‘lib qolsa, unga u (shayton) zarar bera olmaydi», dedilar (ma’nosi: «Allohning ismi ila, Allohim, bizni shaytondan va shaytonni Sen bizga rizq qilib bergan farzandimizdan yiroq qilgin»). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:36:15
246-bob
Uxlashga yotayotganda va uyg‘onganda aytiladigan zikrlar


1445/1. Huzayfa va Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar to‘shaklariga yotsalar: «Bismikallohumma ahya va amuvtu», ya’ni «Allohim, Sening isming bilan tirilaman va o‘laman», deb aytardilar. Agar uyg‘onsalar: «Alhamdu lillahillaziy ahyana ba’da ma amatana va ilayhin nushur», ya’ni «O’ldirgandan keyin qayta tiriltirgan Allohga hamd bo‘lsin. Qaytish, ya’ni tirilish Uning O’zigadir», deb aytardilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:36:38
247-bob
Zikr xalqalarining fazilati, unda bardavom bo‘lishga da’vat hamda uzrsiz uni tark qilishdan qaytarilgani haqida


Alloh taolo:
«Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlarining yuzini -roziligini istab, Unga duo-iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Ko‘zlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini ko‘zlab, ulardan o‘tib (o‘zga ahli dunyolarga boqmasin)» (Kahf surasi, 28-oyat), deb aytgan.

1446/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohning farishtalari zikr ahllarini qidirib yo‘llarda aylanib yurishadi. Agar Allohni zikr qilib yurgan qavmni topishsa, bir-birlarini chaqirib, ehtiyojlaringizga kerakli narsaga kelinglar, deyishadi. Va o‘sha zikr qiluvchilarni qanotlari bilan o‘rab, to dunyo osmonigacha yetishadi. Alloh taolo bilib turib: «Bandalarim nima deyishmoqda?» deb so‘raydi. Farishtalar: «Bandalaring tasbeh (Subhanalloh), takbir (Allohu akbar), hamd (Alhamdulillah) aytib Seni ulug‘lashmoqda», deyishadi. Alloh taolo: «Bandalarim Meni ko‘rishganmi?» deb so‘raydi. Farishtalar: «Yo‘q, Seni ko‘rishmagan», deyishadi. Alloh taolo: «Agar ko‘rishsa, nima qilishar edi?» deydi. Farishtalar: «Agar ko‘rishganida edi, yana ham ko‘proq ibodat qilishar hamda ulug‘lash, tasbeh aytishni ko‘paytirishar edi», deyishadi. Alloh taolo: «Ular Mendan nimani so‘rashmoqda?» deydi. Farishtalar: «Bandalaring jannat so‘rashadi», deyishadi. Alloh taolo: «Jannatni ko‘rishganmi?» deydi. Farishtalar: «Vallohi, ey Rabb, ko‘rishmagan», deyishadi. Alloh taolo: «Agar ko‘rishsa, qanday bo‘lar edi?» deydi. Farishtalar: «Agar jannatni ko‘rishganida, bundan ko‘ra haris, talabgor bo‘lib, rag‘bat qilishar edi», deyishadi. Alloh taolo: «Nima narsadan panoh tilashmoqda?» deb so‘raydi. Farishtalar: «Do‘zaxdan panoh tilashadi», deyishadi. Alloh taolo: «Do‘zaxni ko‘rishganmi?» deb so‘raydi. Farishtalar: «Yo‘q, ko‘rishmagan», deyishadi. Alloh taolo: «Agar ko‘rishsa, qanday bo‘lar edi?» deydi. Farishtalar: «Agar ko‘rishganida edi, bundan-da qattiq qo‘rqib qochishar edi», deyishadi. Shunda Alloh taolo: «Sizlar guvoh bo‘linglar, Men ularning gunohlarini kechirdim», deydi. Farishtalardan biri: «Ularning ichida falon kishi bu toifadan emas. Faqatgina o‘zining hojati uchun kelib qo‘shilmoqda», deydi. Alloh taolo: «U zikr ahllari bilan suhbatdoshdir. Zikr ahllari bilan bir o‘tirganlar hargiz badbaxt bo‘lishmaydi», deb aytadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning Abu Hurayradan (r.a.) qilgan rivoyatida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Albatta Alloh taoloning (sayohat qiluvchi Hafaza nomli farishtalaridan boshqa) Fuzalo nomli farishtalari bo‘lib, ular zikr qilinuvchi majlislarni axtarib yurishadi. Agar zikr qilinayotgan majlisni topishsa, ular bilan birga o‘tirishadi. Bir-birlarini qanotlari bilan o‘rab, zikr qiluvchilar o‘tirgan majlis bilan osmon o‘rtasi farishtalarga to‘lib ketadi. Qachonki, majlis ahli tarqalib ketishsa, farishtalar ham osmonga ko‘tarilishadi. Alloh taolo bilib turib: «Qaerdan keldinglar?» deb so‘raydi. Farishtalar: «Yerdagi bandalaring huzuridan. Ular senga tasbeh, takbir, tahlil va hamd aytib, Sendan (hojatlarini) so‘rashmoqda», deyishadi. Alloh taolo: «Mendan nimani so‘rashmoqda?» desa, farishtalar: «Jannatingni so‘rashadi», deyishadi. Alloh taolo: «Jannatimni ko‘rishganmi?» desa, farishtalar: «Yo‘q, ey Rabb», deyishadi. Alloh taolo: «Agar jannatimni ko‘rishsa, qanday bo‘lar edi?» desa, farishtalar: «Sening panohingga qochishar edi», deyishadi. Alloh taolo: «Nimadan panohimga qochishadi?» deydi. Farishtalar: «Ey Rabb, do‘zaxingdan», deyishadi. Alloh taolo: «Do‘zaximni ko‘rishganmi?» deydi. Farishtalar: «Yo‘q», deyishadi. Alloh taolo: «Agar do‘zaximni ko‘rishsa, qanday bo‘lar edi?» deydi. Farishtalar: «Istig‘for aytishadi», deyishadi. Alloh taolo: «Men ularning gunohlarini kechirdim. So‘ragan narsalarini berdim. Panoh tilagan narsalaridan panoh berdim», deydi. Farishtalar: «Ey Rabb, ularning ichida xatokor falonchi bir banda bordir. U ahli zikrlar oldilaridan o‘ta turib ular bilan birga o‘tirib qoldi», deyishsa, Alloh taolo: «Uning ham gunohlarini kechirdim, chunki bu jamoa bilan o‘tirgan odam badbaxt bo‘lmaydi», deydi», dedilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:36:44
1447/2. Abu Hurayra va Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir qavm o‘tirib Allohni zikr qilsa, ularni farishtalar o‘rab olishadi va rahmat qoplaydi. Ustilariga xotirjamlik tushadi. Alloh ularni O’zining huzuridagilar (ya’ni, farishtalar) bilan eslaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1448/3. Abu Voqid Horis ibn Avfdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) masjidda odamlar bilan birga o‘tirgan edilar. Uch nafar kishi kelib, ikkisi Rasulullohga (s.a.v.) yuzlandi. Ammo biri (majlisga qatnashmay) ketib qoldi. Ya’ni, ikkisi Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida to‘xtab, ularning biri xalqadan bo‘sh joy topib, u yerga o‘tirdi. Ikkinchisi esa orqaga o‘tirdi. Uchinchisi orqa o‘girib ketib qoldi. Qachonki, Rasululloh (s.a.v.) forig‘ bo‘lganlaridan keyin: «Men sizlarga mana bu uch nafar kishi haqida xabar beraymi? Ularning biri Allohga yaqin bo‘lgan edi, Alloh ham unga yaqin bo‘ldi. Ikkinchisi hayo qilgan edi, Alloh ham hayo qildi. Uchinchisi (o‘tirishdan) yuz o‘tirgan edi, Alloh ham undan yuz o‘girdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:36:51
1449/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Muoviya (r.a.) masjiddagi (zikr) xalqalaridan biriga chiqib: «Sizlarni bunday o‘tirishga nima narsa undadi?» deb so‘raganlarida, ular: «Allohni zikr qilish uchun o‘tiribmiz», deyishdi. Muoviya (r.a.): «Allohga qasamki, sizlar faqat shuning uchun o‘tirdilaringmi?» degandilar, ular: «Ha, faqat shuning uchun o‘tirdik», deyishdi. Shunda Muoviya (r.a.): «Men sizlarga tuhmat qilib qasam bermadim, lekin hech kim Rasulullohga (s.a.v.) menchalik yaqin emas. Yaqin bo‘lishimga qaramasdan u zotdan oz hadis rivoyat qilganman. Bir kuni sahobalar xalqa bo‘lib o‘tirganlarida, Rasululloh (s.a.v.) ularning oldilariga chiqib: «Sizlarni bunday o‘tirishga nima narsa undadi?» deb so‘radilar. Sahobalar: «Allohni zikr qilish va bizni Islomga hidoyat qilganiga hamd aytish uchun o‘tiribmiz», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Allohga qasamki, mana shuning uchun o‘tirdinglarmi? Men sizlarga tuhmat qilib qasam bermadim. Lekin menga Jabroil (alayhissalom) kelib, Alloh taolo sizlar bilan farishtalariga faxrlanayotganining xabarini berdi», dedilar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:37:21
248-bob
Ertalab va kechqurun Allohning zikri bilan mashg‘ul bo‘lish haqida


Alloh taolo:
«Parvardigoringizni ichingizda yolvorib, qo‘rqib, dildan ertayu kech yod qiling va g‘ofil kimsalardan bo‘lmang» (A’rof surasi, 205-oyat);

«Quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U Zotni) poklang - namoz o‘qing» (Toho surasi, 130-oyat);

«Tunu kun Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U Zotni) poklang» (G‘ofir surasi, 55-oyat);

«(U chiroq) bir uylarda (ya’ni, masjidlarda yoqilurki), Alloh ularni baland ko‘tarib, (bino) qilinishiga va ularda O’zining nomi zikr qilinishiga izn bergan (ya’ni, amr qilgan) edi. (U masjidlarda) ertayu kech U Zotni poklaydigan kishilar borki, ularni na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan, namozni to‘kis ado etishdan va zakotni (haqdorlarga) ato etishdan mashg‘ul qila olmas» (Nur surasi, 36-oyat);

«Albatta Biz tog‘larni kechki payt va ertalab (ya’ni, mudom) u bilan birga tasbeh aytadigan qilib bo‘yinsundirib qo‘ydik» (Sod surasi, 18-oyat), deb aytgan.

1450/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim tong otganda va kech kirganda «Subhanallohi va bihamdihi», deb yuz marta aytsa, qiyomat kuni biror kishi undan afzal bo‘la olmaydi. Faqatgina u kabi aytsa yoki undan ziyoda qilsa, afzal bo‘ladi, xolos», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1451/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Rasululloh, kecha meni chayon chaqib oldi», dedi. Shunda Nabiy (s.a.v.) «Kech kirganida «A’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq», desang, senga hech narsa zarar bermaydi», dedilar (ma’nosi: «Allohning hamma kalimalari bilan U yaratgan narsalarning yomonligidan panoh tilayman»). Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:37:45
1452/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) tong otganida: «Allohumma bika asbahna va bika amsayna va bika nahya va bika namutu va ilaykan nushur» («Allohim, Sening noming ila tong ottirdik, Sening noming ila kech kirgizdik. Sening noming ila tirilamiz va Sening noming ila o‘lamiz. Va Senga qaytajakmiz»), der edilar. Kech kirganida esa: «Allohumma bika amsayna va bika nahya va bika namutu va ilaykan nushur» («Allohim, Sening noming ila kech kirgizdik. Sening noming ila tirilamiz va Sening noming ila vafot etamiz. Va Senga qaytajakmiz»), deb aytar edilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

1453/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq (r.a.): «Ey Rasululloh, menga biror kalimani o‘rgating, uni tong otganida va kech kirganida aytib yuray», dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «(Siz) «Allohumma fatiros samavati val arzi ‘alimal g‘oybi vash shahadati robba kulli shay`in va maliykah, ashhadu alla ilaha illa anta, a’uzu bika min sharri nafsiy va sharrish shaytoni va shirkihi», deb tong otganida, kech kirganida va to‘shagingizga yotganingizda aytib yuring», dedilar (ma’nosi: «Ey yeru osmonni bor qilgan Allohim, ey g‘oyibni va shohidni biluvchi Rabbim, Sen har bir narsaning Parvardigori va podshohidirsan. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo‘q. Nafsimning yomonligidan va shaytonning yomonligiyu hiylasidan Sening noming ila panoh tilayman»). Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:37:58
1454/5. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kech kirsa: «Amsayna va amsal mulku lillah, valhamdu lillahi la ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr. Robbi as`aluka xoyro ma fiy hazihil laylati va xoyro ma ba’daha va a’uzu bika min sharri ma fiy hazihil laylati va sharri ma ba’daha, robbi a’uzu bika minal kasali va su`ul kibar. A’uzu bika min ‘azabin nari va ‘azabin fil qobr», deb aytar edilar. Agar tong otsa: «Asbahna va asbahal mulku lillah», deb, qolganini yuqoridegidek davom ettirardilar (ma’nosi: «Biz ham, butun mulk ham Allohniki bo‘lgan holda kech kirgizdi. Allohga hamd bo‘lsin. Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Mutlaq mulk Unikidir. Maqtov ham Unga xosdir. U har narsaga qodirdir. Ey Rabbim, Sendan bu kechaning yaxshiliklarini va undan keyingi yaxshiliklarni so‘rayman. Bu kechaning yomonligidan va undan keyingi kechaning yomonligidan Sendan panoh tilayman. Ey Rabbim, Sening noming ila dangasalikdan va yomon kibrlikdan panoh tilayman. Yana do‘zax va qabr azobidan ham panoh tilayman». Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:38:06
1455/6. Abdulloh ibn Xubaybdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) menga «(Sen) «Qul huvallohu ahad... », «Qul a’uzu birobbil falaq... », «Qul a’uzu birobbin nas... » suralarini kechki payt va ertalab uch martadan aytsang, senga har bir narsada kifoya qiladi», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

1456/7. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror bir banda har tongda va tunda «Bismillahillaziy la yazurru ma’asmihi shay`un fil arzi va la fis samai va huvas samiy’ul ‘aliym», deb uch marta aytsa, unga biror narsa zarar bermaydi», dedilar (ma’nosi: «Shunday Allohning ismi bilan boshlaymanki, Uning ismi tufayli yeru osmonda biror narsa zarar bera olmaydi. U eshituvchi va biluvchi Zotdir»). Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:38:22
249-bob
Uxlash oldidan aytiladigan zikrlar haqida


Alloh taolo:
«Albatta osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun (bir yaratuvchi va boshqarib turguvchi Zot mavjud ekanligiga) oyat-alomatlar borzdir. Ular turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar hamda osmonlar va yerning yaralishi haqida tafakkur qiladilar» (Oli Imron surasi, 191-oyat), deb aytgan.

1457/1. Huzayfa (r.a.) va Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) o‘rinlariga yotsalar: «Bismikallohumma ahya va amutu», der edilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sening isming bilan tirilaman va o‘laman».) Imom Buxoriy rivoyati.

1458/2. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Fotima bilan Aliga (roziyallohu anhumo): «To‘shakka yoki o‘rningizga yotsangiz, o‘ttiz uch martadan «Subhanalloh», «Alhamdulillah», «Allohu akbar», denglar», deb tayinlaganlar.

Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Tasbehni o‘ttiz to‘rt marta aytingiz», yana bittasida «Takbirni o‘ttiz to‘rt marta aytingiz», deganlar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:38:32
1459/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi to‘shakka yotayotganida ko‘rpa va izorini qoqib tashlasin. Chunki uning orasida nima borligini bilmaydi. So‘ng «Bismika Robbiy vazo’tu jambiy va bika arfa’uhu, in amsakta nafsiy farhamha va in arsaltaha fahfazha bima tahfazu bihi ‘ibadakas solihiyn», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Ey Rabbim, Sening isming bilan yotdim va Sening isming bilan turaman. Agar mening ruhimni olsang, unga rahm qil. Agar uni qo‘yib yuborsang, ya’ni hayotda bardavom qilsang, xuddi solih bandalaringni saqlaganingdek, uni ham hifzu himoyangga ol».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1460/4. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) to‘shaklariga yotsalar, qo‘llariga suflab ikkita «Qul a’uzu... »ni o‘qir, so‘ng tanalariga surtar edilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Ikkovlaridan qilingan boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) agar ko‘rpalariga kirsalar, ikki kaftlarini jamlab turib, unga «Qul huvallohu ahad... », «Qul a’uzu birobbil falaq... », «Qul a’uzu birobbinnas... » suralarini o‘qib qo‘llari yetgan joylarigacha surtar edilar. U ikki kaftlarini boshlari, yuzlari va jasadlarining old tomonidan boshlab uch martadan bajarardilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:38:46
1461/5. Barro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh alayhissalom menga: «Agar to‘shagingga kelsang, namozga tahorat qilganingdek tahorat ol, so‘ng o‘ng tomoningga yonboshlab «Allohumma aslamtu nafsiy ilayka va vajjahtu vajhiy ilayka va favvaztu amriy ilayka va alja`tu zohriy ilayk, rog‘batan va rohbatan ilayk, la malja`a va la manja minka illa ilayk, amantu bikitabikallaziy anzalta va nabiyyikallaziy arsalta», deb ayt. Bu narsalarni o‘qib yotib o‘sha kechasi vafot etsang, Islom fitratida o‘lasan. Yotishdan oldin oxirgi aytadiganing shu bo‘lsin», dedilar». (Ma’nosi: «Allohim, nafsimni Senga taslim etdim. Yuzimni Senga qaratdim. Ishimni Senga topshirdim. Sening ne’matingga rag‘bat qilib, g‘azabingdan qo‘rqib, Senga suyandim. Sendan boshqa qochadiganim ham, najot topadiganim ham yo‘q. Nozil qilgan kitoblaringga va yuborgan payg‘ambarlaringga iymon keltirdim».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1462/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) to‘shaklariga yotadigan bo‘lsalar: «Alhamdu lillahillaziy at’amana va saqona va kafana va avana fakam mimman la kafiya lahu va la mu`viy», deb aytar edilar. (Ma’nosi: «Bizni yedirgan, ichirgan, kifoya qilgan va boshpana bergan Allohga hamd bo‘lsin. Qanchadan-qancha kishilarning saqlaguvchisi va boshpana berguvchisi yo‘q».) Imom Muslim rivoyati.

1463/7. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yotishni xohlasalar, o‘ng qo‘llarini chakkalarining tagiga qo‘yib: «Allohumma qiniy ‘azabaka yavma tab’asu ‘ibadak», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, bandalaringni qayta tiriltiradigan Kundagi azobingdan saqla».) Imom Termiziy rivoyati.

Abu Dovud ham Hafsa onamizdan xuddi shu ma’nodagi hadisni rivoyat qilib «uch marta», degan so‘zni qo‘shib qo‘ydilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:39:02
DUOLAR KITOBI

250-bob
Duolar fazilati haqida


Alloh taolo:
«Parvardigorlaringiz: «Menga duo-iltijo qilinglar. Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman» (o‘ofir surasi, 60-oyat);

«Parvardigoringizga tazarru bilan ichingizda (maxfiy) duo-iltijo qilingiz! Zotan, u haddan oshuvchi kimsalarni (ya’ni, el ko‘ziga ko‘rsatish uchun riyokorlik qiluvchilarni) sevmas» (A’rof surasi, 55-oyat);

«Bandalarim sizdan (Ey Muhammad) Men haqqimda so‘rasalar, Men (ularga) yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarning duosini ijobat qilaman» (Baqara surasi, 186-oyat);

«Yoki muztar-nochor odam duo-iltijo qilgan vaqtida (duosini) ijobat qiladigan Zot... » (Naml surasi, 62-oyat) deb aytgan.

1464/1. Nu’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Duo - ibodatdir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

1465/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ko‘p narsalarni o‘zida qamrovchi duolarni yaxshi ko‘rardilar. Va bundan boshqasini tark qilardilar. Abu Dovud rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:39:10
1466/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) ko‘p (qilib yuradigan) duolari «Allohumma atina fid-dunya hasanatav vafil axirati hasanatav vaqina azaban-nar» edi. (Ma’nosi: «Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgin, oxiratda ham yaxshilik ato qilgin va bizni do‘zax azobidan asragin».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Muslimning rivoyatlarida shunday ziyoda qilingan: «Agar Anas (r.a.) iltijo qilmoqni xohlasalar, mana shuni aytardilar. Agar duo qilishni xohlasalar ham, mana shuni aytardilar».

1467/4. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohumma inniy as‘alukal huda vattuqo val ‘afofa val g‘ina», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sendan hidoyat, taqvo, iffat va boylik so‘rayman».) Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:39:20
1468/5. Toriq ibn Ushamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Agar (biror) kishi Islomga kiradigan bo‘lsa, Rasululloh (s.a.v.) unga namoz o‘rgatardilar. So‘ngra mana bu kalimalar ila duo qilmoqni buyurardilar: «Allohumma ig‘fir liy varhamniy vahdiniy va ofiniy varzuqniy». (Ma’nosi: «Allohim, meni mag‘firat qil, rahm ayla, hidoyat qil, ofiyat etib rizqlantirgin».) Imom Muslim rivoyati.

Imom Muslimning Toriqdan (r.a.) qilgan boshqa bir rivoyatida keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir kishi kelib: «Ey Rasululloh, Rabbimdan so‘ragan paytimda qanday qilib aytaman?» deganida, u zot: «(Unda): «Allohumma ig‘fir liy varhamniy, va ofiniy varzuqniy», deb aytgin. Chunki mana shu kalimalar dunyoing va oxiratingni jamlovchidir», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, meni mag‘firat qil, menga rahm et, meni ofiyatda qil va rizqlantir».)

1469/6. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohumma ya musarrifal qulub sarrif qulubana ‘ala to’atika», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Ey qalblarni burib qo‘yuvchi Allohim, qalbimizni toatingga burib qo‘ygin».) Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:39:27
1470/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh nomi bilan mashaqqatli balodan, baxtsizlikning eng past darajasidan, qazo (qadar)ning yomonidan va dushmanning ichqoraligidan panoh tilanglar», deb aytdilar, ya’ni «(Sizlar): «A’uzu billahi min jahdil balo va darakish shaqoi va su‘il qazo va shamotatil a’doi», deb duo qilinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1471/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohumma aslih liy dinillaziy huva ‘ismatu amriy, va aslih liy dunyayallatiy fiyha ma’ashiy va aslih liy oxiratillatiy fiyha ma’adiy, vaj’alil hayota ziyodatan liy fiy kulli xayrin vaj’alil mavta rohatan liy min kulli sharrin», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, ishlarimni saqlovchi dinimni isloh qil. Yashaydiganim dunyoimni isloh et. Qaytishim unga bo‘lgan oxiratimni isloh qil. Har bir yaxshilikda hayotimni ziyoda qil. Va har bir yomonlikda o‘limni rohat qil».) Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:39:35
1472/9. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «(Sen): «Allohummahdiniy va saddidniy» («Allohim, meni hidoyat et va sobitqadamlikda qil»), deb ayt», dedilar.

Boshqa bir rivoyatda «Allohumma inniy as‘alukal huda vassadoda» bo‘lib kelgan. (Ma’nosi: «Allohim, men Sendan hidoyatni va sobitqadamlikni so‘rayman».) Imom Muslim rivoyati.

1473/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohumma inniy a’uzu bika minal ‘ajzi val kasali val jubni val harami val buxli va a’uzu bika min ‘azobil qabri va a’uzu bika min fitnatil mahya val mamoti», (boshqa rivoyatda) «Va zila’iddayni va g‘alabatir rijal», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sening noming bilan ojizlikdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, munkillab qariya bo‘lishdan, baxillikdan, qabr azobidan, tirik va o‘liklar fitnasidan hamda qarz yukidan va kishilarning g‘olib kelishidan panoh tilayman».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:39:43
1474/11. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) Rasulullohga S: «Menga bir duo o‘rgatingki, u bilan namozimda iltijo qilayin», deganlarida, Rasululloh (s.a.v.): «(Sen): «Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron vala yag‘firuz zunuba illa anta fag‘firliy mag‘firatan min ‘indika, varhamniy innaka antal g‘ofurur rohiym», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, men nafsimga ko‘p zulm qildim. Gunohlarni Sendan boshqasi kechira olmaydi. O’zingning huzuringdan bo‘lgan mag‘firat ila meni kechirgin. Va menga rahm qilgin, albatta Sen kechirguvchi, rahmli Zotsan».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1475/12. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bu duo bilan iltijo qilardilar: «Allohumma ig‘firliy xatiy‘atiy va jahliy va isrofiy fiy amriy vama anta a’lamu bihi minniy, Allohumma ig‘fir liy jiddiy va hazliy va xatoiy va ‘amdiy va kullu zalika ‘indiy, Allohumma ig‘firliy ma qoddamtu vama axxartu vama asrartu vama a’lantu vama anta a’lamu bihi minniy, antal muqaddimu va antal muaxxiru va anta ‘ala kulli shay‘in qodir». (Ma’nosi: «Allohim, xatolarimni, johilligimni, ishdagi isroflarimni kechirgin. Sen uni mendan ko‘ra biluvchiroqsan. Allohim, jiddiyligimni, hazilimni, xatoimni, qasdimni va mening huzurimdagi barchasini kechirgin. Allohim, oldingi qilgan gunohlarimni, keyingilarini, yashirin qilganlarimni, ochiqcha qilganlarimni kechirgin. Sen uni mendan ko‘ra biluvchiroqsan. Sen avvalgi-yu oxirgisan. Sen har bir narsaga qodirsan».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:39:51
1476/13. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) duolarida «Allohumma inniy a’uzu bika min sharri ma ‘amiltu va min sharri ma lam a’mal», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, men Sendan amal qilgan va amal qilmagan narsalarimning yomonidan panoh tilayman».) Imom Muslim rivoyati.

1477/14. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Quyidagilar ham Rasululloh (s.a.v.) duolaridan edi: «Allohumma inniy a’uzu bika min zavoli ni’matika va tahavvuli ‘ofiyatika va fuj‘ati niqmatika va jamiy’i saxatika». (Ma’nosi: «Allohim, bergan ne’mating zavol bo‘lishidan, bergan ofiyating o‘zgarib ketishdan, to‘satdan keluvchi o‘chingdan va jamiki g‘azabingdan panoh tilayman».) Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:39:59
1478/15. Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohumma inniy a’uzu bika minal ‘ajzi val kasali val buxli val harami va ‘azabil qobri, Allohumma ati nafsiy taqvoha va zakkiha anta xayru man zakaha anta valiyyuho va mavlaha, Allohumma inniy a’uzu bika min ‘ilmin la yanfahu va min qolbin la yaxsha’u vamin nafsin la tashba’u va min da’vatin la yustajobu laha», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sening noming ila ojizlikdan, dangasalikdan, baxillikdan, qarilikdan, qabr azobidan panoh tilayman. Allohim, nafsimning taqvosini bergin, uni poklagin va Sen poklovchilarning yaxshisisan. Sen do‘st va xojasan. Allohim, Sening noming ila foyda bermaydigan ilmdan, qo‘rqmaydigan qalbdan, to‘ymaydigan nafsdan va ijobat qilinmaydigan duodan panoh tilayman».) Imom Muslim rivoyati.

1479/16. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohumma laka aslamtu va bika amantu va ‘alayka tavakkaltu va ilayka anabtu va bika xosamtu va ilayka hokamtu fag‘firliy ma qoddamtu va ma axxortu va ma asrartu vama ‘alantu antal muqaddimu va antal muaxxiru la ilaha illa anta» (ba’zi rivoyatda «va la havla va la quvvata illa billah» ziyoda qilingan), deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, Senga bo‘ysundim, Senga iymon keltirdim, Senga tavakkal qildim. Barcha ishlarimda Senga qaytdim. Sening noming ila xusumatlashdim. (Ya’ni, Sening noming ila urushdim). Muhokama etish uchun Sening huzuringga qaytaman. Oldingi-yu keyingi va maxfiy-u oshkora gunohlarimni kechirgin. Sen eng avvalgi va eng oxirgidirsan. Sendan boshqa iloh yo‘q (Allohdan boshqa biror o‘zgartiruvchi ham, quvvat ham yo‘q)dir.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:40:07
1480/17. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) mana bu kalimalar bilan duo qilardilar: «Allohumma inniy a’uzu bika min fitnatin nari va ‘azobin nar va min sharril g‘ina val faqri». (Ma’nosi: «Allohim, do‘zax fitnasidan, do‘zax azobidan, boylik va kambag‘allik yomonliklaridan Sening noming ila panoh tilayman».) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. Bu Abu Dovud lafzidir.

1481/18. Ziyod ibn Iloqa amakilari Qutba ibn Molikdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Allohumma inniy a’uzu bika min munkarotil axloqi val a’moli val‘ahva», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, xulqlarning, amallarning, xohish-istaklarning bema’nisidan Sening noming ila panoh tilayman».) Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:40:13
1482/19. Shakal ibn Humayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Rasululloh, menga duo o‘rgating», deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «(Sen): «Allohumma inniy a’uzu bika min sharri sam’iy vamin sharri basariy vamin sharri lisoniy vamin sharri qolbiy vamin sharri maniyyi», deb aytgin», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, eshitganimning yomonidan, ko‘rganimning yomonidan, tilimning yomonidan, qalbimning yomonidan va maniyimning yomonidan Sening noming ila panoh tilayman».) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

1483/20. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohumma inniy a’uzu bika minal barasi val jununi val juzomi va sayyi‘il asqomi», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sening noming ila peslikdan, jinnilikdan, moxovdan va yomon kasalliklardan panoh tilayman».) Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:40:20
1484/21. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohumma inniy a’uzu bika minal juv’i fainnahu bi‘sa az-zaji’. Va a’uzu bika minal xiyonati fainnaho bi‘satil bitonatu», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sening noming ila ochlikdan panoh tilayman. Chunki u yomon yotoqdoshdir. Va xiyonatdan panoh tilayman. Chunki u yomon ichki tuyg‘udir».) Abu Dovud rivoyati.

1485/22. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir qul ozod bo‘lish uchun shartlashilgan bahodagi mablag‘ni topolmay, hazrat Alidan (r.a.) yordam so‘radi. Shunda u zot: «Senga Rasululloh (s.a.v.) o‘rgatgan kalimalarni o‘rgataymi? Agar «Allohumma akfiniy bihalalika ‘an haromika va ag‘niniy bifazlika ‘amman sivaka» duosini o‘qib yursang, qarzing tog‘ miqdoricha bo‘lsa ham, xalos bo‘lasan», dedilar. (Ma’nosi: «Ey Rabbim, harom (aralashtirmay) haloling bilan menga kifoya et. Fazling ila O’zingdan boshqalardan behojat qil».) Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:40:28
1486/23. Imron ibn Hasindan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bu zotning otalari Hasinga duo qilib yurishlari uchun ikki kalima o‘rgatdilar. U «Allohumma alhimniy rushdiy va a’izniy min sharri nafsiy» edi. (Ma’nosi: «Allohim, meni hidoyatga muvofiq qilib, nafsimning yomonligidan panoh bergin».) Imom Termiziy rivoyati.

1487/24. Abbos ibn Abdulmuttalibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, menga bir narsa o‘rgatingki, men u bilan Allohdan so‘rayin», deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Allohdan ofiyatni so‘ranglar», deb aytdilar. Bir necha kundan so‘ng borib: «Ey Allohning rasuli, menga bir narsa o‘rgatingki, men u bilan Allohdan so‘rayin», desalar, u zot: «Ey Abbos, ey Alloh rasulining amakisi, Allohdan dunyo va oxiratda ofiyatni so‘ranglar», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:40:35
1488/25. Shahr ibn Huvshabdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Ummu Salamaga (r.a.): «Ey mo‘minlar onasi, Rasululloh (s.a.v.) sizning huzuringizda bo‘lganlarida eng ko‘p qiladigan duolari qaysi edi?» deganlarida, Ummu Salama (r.a.): «Ko‘p duolari «Ya muqallibal qulub sabbit qolbiy ‘ala diynik» edi», dedilar. (Ma’nosi: «Ey qalblarni o‘zgartiruvchi, qalbimni diningda sobit qil».) Imom Termiziy rivoyati.

1489/26. Abu Dardodan 4$> rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dovudning duolari «Allohumma inniy as‘aluka hubbaka va hubba man yuhibbuka val ‘amalallaziy yuballig‘uniy hubbaka. Allohumma ij’al hubbaka ahabba ilayya min nafsiy va ahliy va minal ma‘il baridi» edi», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sening muhabbatingni va Seni yaxshi ko‘rgan kishining muhabbatini hamda Sening muhabbatingga yetkazadigan amalni Sendan so‘rayman. Allohim, muhabbatingni nafsimdan, ahlimdan va sovuq suvdan ham menga mahbubroq qilgin».) Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:40:48
1490/27. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ya zal jaloli val ikrom» duosini lozim tutinglar va ko‘paytiringlar», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Ey ulug‘lik va izzat-hurmat egasi».) Imom Termiziy rivoyati.

Xuddi shu ma’nodagi hadis Nasaiyning kitoblarida Rabiyha ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Hokim esa bu hadisning isnodi sahih, deganlar.

1491/28. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) juda ko‘p duolar bilan iltijo qilardilar-u, biz undan birortasini yodlab qola olmas edik. Shunda men: «Ey Rasululloh, ko‘p duolar bilan iltijo qilasiz-u, biz undan birortasini yodlamaymiz», desam, u zot: «Ana shu duolarning barchasini o‘zida jamlaganiga dalolat qilaymi? U «Allohumma inniy as’aluka min xoyri ma sa‘alaka minhu nabiyyuka Muhammadun (s.a.v.) va na’uzu bika min sharri masta’ozaka minhu nabiyyuka Muhammadun (s.a.v.) va antal musta’onu va ‘alaykal balag‘u vala havla vala quvvata illa billah»dir», dedilar». (Ma’nosi: «Allohim, nabiyying Muhammad alayhissalom so‘ragan narsalarning yaxshisini Sendan so‘rayman. Va nabiyying Muhammad alayhissalom panoh so‘ragan narsalarning yomonidan panoh so‘rayman. Va Sen yordam so‘raluvchi Zotsan. Yetuklik Sengadir. Allohdan boshqa o‘zgartiruvchi va quvvat yo‘qdir».) Imom Termiziy rivoyati.

1492/29. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Allohumma inniy as‘aluka mujibati rohmatika va ‘azoima mag‘firotika, vassalamata min kulli ismin val g‘oniymata min kulli birrin val favza biljannati van najota minannar» ham Rasululloh (s.a.v.) duolaridan edi. (Ma’nosi: «Allohim, rahmatingga mustahiq bo‘ladigan narsani, mag‘firatingni vojib qiladigan narsani, har bir gunohdan salomat bo‘lishni va har bir yaxshilikda g‘animatni hamda jannat bilan zafar qozonishni va do‘zaxdan najot topishni so‘rayman».) Imom Hokim rivoyati. Bu hadis Muslimning shartlariga binoan sahihdir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:41:02
251-bob
G’oyibdan duo qilishning fazilati haqida


Alloh taolo:
«Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar ayturlar: «Parvardigoro, O’zing bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan o‘tgan zotlarni mag‘firat qilgin» (Hashr surasi, 10-oyat);

«O’z gunohingiz uchun hamda mo‘min-mo‘minalar (ning gunohlari) uchun mag‘firat so‘rang» (Muhammad surasi, 19-oyat);Ibrohim alayhissalom tillaridan xabar berib «Parvardigoro, hisob-kitob qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va (barcha) mo‘minlarni mag‘firat qilgin» (Ibrohim surasi, 41-oyat), deb aytgan.

1493/1. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biron bir musulmon banda g‘oyibdan birodariga duo qiladigan bo‘lsa, farishta: «Senga ham o‘sha (duoning) mislidek bo‘lsin», deydi», de dil ar. Imom Muslim rivoyati.

1494/2. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Musulmon kishining g‘oyibdan birodariga qilgan duosi mustajobdir. (Duo qiluvchining) bosh tarafida vakil qilingan farishta turadi. Har gal birodariga yaxshilik bilan duo qilganida, farishta: «Omin, senga ham uning mislidek bo‘lsin», deydi», deganlar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:41:15
252-bob
Duodagi turli masalalar haqida


1495/1. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimga yaxshilik qilinsa, yaxshilik qiluvchi kishiga «Jazokallohu xoyron», ya’ni «Alloh sizni yaxshiliklar ila mukofotlasin», deb aytsa, maqtovning eng yetugini qilibdi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.

1496/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Nafsingiz, bolalaringiz, xizmatkorlaringiz, mollaringiz zarariga duo qilmanglar. Chunki Alloh talab qiluvchining talabini beradigan soatga muvofiq kelib qolsangiz, (qarg‘ishingizni) ijobat etib qo‘yadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:41:22
1497/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bandaning Rabbiga eng yaqin bo‘ladigan payti sajdada turganidadir. Unda (sajdada) duoni ko‘paytiringlar», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1498/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz oshiqmasa, ya’ni duo qildim-u, ijobat bo‘lmayapti, demasa, duosi ijobat qilinadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning rivoyatida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Modomiki, banda gunoh uchun yoki qarindoshlik rishtalarini uzish uchun duo qilmasa va shoshilmasa, duolari ijobat qilinadi», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, shoshish, deganingiz nima?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Duo qildim, duo qildim, ammo duoim ijobat qilinganini ko‘rmadim, deb qiyin holatda qoladi-da, duo qilishni tark etadi», dedilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:41:35
1499/5. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohga (s.a.v.) «Qaysi duo tezroq qabul bo‘ladi?» deb savol berilganida, u zot: «Kechaning o‘rtasida va farz namozlari orqasidan qilingan duo», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyati.

1500/6. Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar yer yuzidagi biror musulmon Alloh taologa duo bilan iltijo qilsa, Alloh unga so‘ragan narsasini beradi yoki undan o‘sha miqdorcha yomonlikni ketkazadi. Modomiki, o‘sha musulmon gunohni yoki qarindoshlikdan uzilishni so‘rab duo qilmasa», deganlarida, qavmdan bir kishi: «Unday bo‘lsa, duoni ko‘paytiraylikmi?» dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Alloh so‘rab duo qilganingizdan ham ko‘paytirib beruvchi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.

Imom Hokim Abu Saiddan (r.a.) xuddi mana shu hadisni rivoyat qilib, «U kabi savobni o‘sha kishiga zahira qilib beradi»ni ziyoda qildilar.

1501/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) mahzunlikda: «La ilaha illallohul ‘aziymul haliym, La ilaha illallohu robbul ‘arshil ‘aziym, La ilaha illallohu robbus samavati va robbul arzi robbul ‘arshil kariym», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Halim va ulug‘ Allohdan boshqa iloh yo‘q. Ulug‘ arshning Rabbi bo‘lgan Allohdan boshqa iloh yo‘q. Mukarram arshning va yeru osmonlarning Rabbi bo‘lgan Allohdan boshqa iloh yo‘q».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:41:47
253-bob
Avliyolar karomatlari va ularning fazilati haqida


Alloh taolo:
«Ogoh bo‘lingizkim, albatta Allohning do‘stlariga (oxiratda) biron xavf-xatar yo‘qdir va ular g‘amgin bo‘lmaydilar. Iymon keltirgan va (Allohdan) qo‘rquvchi bo‘lgan zotlar uchun hayoti dunyoda ham, oxiratda ham xushxabar bordir. Allohning so‘zlari (oyatlari) o‘zgartirilmas. Mana shu (mazkur ne’matlarga erishish) buyuk saodatdir» (Yunus surasi, 62-64-oyatlar);

«Mana shu (qurib qolgan) xurmo shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini tashlar. Endi sen yeb-ichgin» (Maryam surasi, 25-oyat);

«Har qachon Zakariyo (Maryamning) oldiga - xujraga kirganida uning huzurida bir rizq-nasiba ko‘rdi. U: «Ey Maryam, bu narsalar senga qayoqdan keldi?» deb so‘raganida (Maryam) javob qildi: «Bular Alloh huzuridandir. Albatta Alloh O’zi istagan kishilarga behisob rizq berur» (Oli Imron surasi, 37-oyat);
«(Yigitlar) modomiki, ulardan (mushriklardan) va Allohdan o‘zga - ular sig‘inayotgan narsalardan yuz o‘girgan ekansiz, endi g‘orga panoh topib boringiz. Parvardigoringiz sizlarga O’z rahmat-marhamatini keng-serob qilur va sizlarning ishlaringizni o‘nglar. Quyosh chiqishida ularning g‘orlaridan o‘ng tarafdan o‘tib ketganini, botishda esa ulardan so‘l tomonga yiroqlashib ketganini ko‘rursan» (Kahf surasi, 16-17-oyatlar), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:42:02
1502/1. Abu Muhammad Abdurahmon ibn Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ahli suffadagi kishilar kambag‘allardan tashkil topgan edi. Rasululloh (s.a.v.) kunlarning birida: «Kimning ikki kishilik taomi bo‘lsa, (ahli suffadagilardan birini olib) uch kishi bo‘lib borsin. Kimning to‘rt kishilik taomi bo‘lsa, besh-olti kishi bo‘lib borsin» (yoki shunga o‘xshash so‘zlarni) aytdilar. Bu so‘zdan keyin Abu Bakr (r.a.) ulardan uchtasini olib keldilar. Rasululloh (s.a.v.) esa o‘ntasini olib ketdilar. Abu Bakr (r.a.) kechki ovqatni Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida tanovul qilib, so‘ngra xufton namozini o‘qib bo‘lguncha o‘sha yerda turdilar. Keyin kechaning Alloh hoxlagancha qismi o‘tganidan keyin kelganlarida xotinlari: «Mehmonlaringiz xizmatida bo‘lishdan nima to‘xtatib qo‘ydi?» dedi. Abu Bakr (r.a.): «Nima, ularga ovqat bermadinglarmi?» dedilar. Xotinlari: «Biz ularga ovqat tortiq etdik, lekin ular (xonadon sohibi) kelmaguncha yemaymiz, deyishdi», dedi. (Shunda) Abdurahmon ibn Abu Bakr (r.a.) aytadilar: «Men borib berkinib oldim. Otam: «Ey pastkash, burni kesilgur», deb dashnom berib meni so‘kdilar. Mehmonlarga: «Olinglar, yenglar. Allohga qasamki, bundan hecham yemayman», dedilar. Allohga qasamki, undan biror luqma olinsa, yana ostidan ko‘payib ziyodalashar edi. Hattoki, ular undan yeb to‘yishdi. Va oldingidan ham taomlari ko‘payib qolgan edi». Abu Bakr (r.a.) taomga boqib xotinlariga qarata: «Ey bani firoslik, bu nima?» deganlarida, xotinlari: «Ko‘zimning quvonchi haqqi! Bu taom avvalgi holatiga qaraganda uch barobar ko‘pdir», dedi. Abu Bakr (r.a.): «Ana shu taomdan yemayman, deb qasam ichishim shaytondandir», dedilar. So‘ngra undan bir luqma yedilar. Keyin Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib bordilar. U taom Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida tonggacha turdi. (Yana Abdurahmon ibn Abu Bakr (r.a.) aytadilar): «Shu kunlarda biz bilan bir qavm o‘rtasida shartnoma bo‘lib, uning muddati tugagan edi. O’sha yerdagilar o‘n ikkiga bo‘lindik. Har birimiz bilan bir qancha kishi bor edi. Qancha odam borligini Alloh biladi. O’shalarning hammasi u taomdan yeyishdi».

Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Abu Bakr (r.a.) u ovqatdan yemayman, deb qasam ichdilar. Xotinlari ham yemayman, deb qasam ichdi. Mehmonlar ham (xonadon sohiblari) yeyishmaguncha yemaymiz, deb qasam ichishdi. Abu Bakr (r.a.): «Bu qasam shaytondandir», deb ovqatni olib kelishni buyurdilar. Qachonki, ovqat olib kelinganida, undan yedilar. Ular ham yeyishdi. Biror luqma olinsa, ostidan ko‘payib ziyodalashaverar edi. Abu Bakr (r.a.): «Ey bani firoslik, bu nima?» deganlarida, xotinlari: «Ko‘zimning quvonchi haqqi! Hozir bu taom yeganimizning avvalgi holatidan ham ko‘paygandir», dedi. Ular bu taomdan yeyishdi. Hamda Rasulullohga (s.a.v.) bundan yubordilar. Va Rasululloh (s.a.v.) undan yeganlarini zikr qildilar.

Boshqa rivoyatda aytilishicha esa, Abu Bakr (r.a.) o‘g‘illari Abdurahmonga: «Mehmonlaringni uyga olib borgin. Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga boraman. Men bormasdan mehmonlarning ovqatlarini bergin», dedilar. Abdurahmon mehmonlarni olib kelib uydagi taomni keltirdi va: «Bundan yenglar», dedi. Mehmonlar: «Xonadon sohibi qani?» deyishdi. Abdurahmon yana: «Olinglar, yenglar», dedi. Mehmonlar: «Xonadon sohibi kelmaguncha yemaymiz», deyishdi. Abdurahmon: «Ziyofatlaringizni bizdan qabul qilib olinglar. Chunki xonadon sohibi kelsalar, sizlar ovqatlanmaganingizni ko‘rib g‘azablari keladi», deganida, mehmonlar qabul qilishmadi. «Bildimki, otam kelsalar, (bu qilgan ishim uchun) mendan xafa bo‘lardilar. Otam kelganlarida, men yashirinib oldim. Otam: «Mehmonlarga nima tayyorladinglar?» deb so‘raganlarida, uydagilar (bo‘lib o‘tgan voqeadan) xabar berishdi. Otam: «Ey Abdurahmon», dedilar. Men jim turdim. Keyin yana: «Ey Abdurahmon», dedilar. Men jim turdim. Otam: «Ey pastkash, qasam ichamanki, agar ovozimni eshitayotgan bo‘lsang, chiq», dedilar. Men chiqib: «Mehmonlardan so‘rang», dedim. Mehmonlar: «O’g‘ling rost gapiryapti. Bizga ovqat olib keldi», deyishdi». Abu Bakr (r.a.): «Sizlar meni kutdinglarmi? Allohga qasamki, men bu kecha ovqatlanmayman», dedilar. Qolgan kishilar ham: «Allohga qasamki, sen ovqatlanmaguningcha biz ham tanovul qilmaymiz», deyishdi. Abu Bakr (r.a.): «Voy bo‘lsin! Nima uchun ziyofatlaringizni bizdan qabul qilmaysizlar?» deb taomni keltirishni buyurdilar. Qachonki, u keltirilganida, ovqatga qo‘llarini qo‘yib «Bismillah», deb avvalgi qasam shaytondandir, dedilar. U zot ovqat yeyishni boshladilar, ular ham yeyishni boshlashdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:42:18
1503/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan avval o‘tgan ummatlardan (payg‘ambar bo‘lmasa ham, payg‘ambarlar kabi) so‘zlaydiganlari bor edi. Agar ummatimda shunday ilhomlangan kishi bor bo‘lsa, o‘sha Umardir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.

Imom Muslim ham xuddi shu lafzdagi hadisni Oishadan (r.a.) rivoyat qilganlar.

1504/3. Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Kufa ahli Umarga (r.a.) Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) shikoyat qilishganida, bu kishini ishdan bo‘shatib, ularga Ammorni boshliq etib tayinladilar. Ularning arz qilishlaricha, Sa’d ibn Abu Vaqqos namozni chiroyli suratda ado etmaydi. Umar (r.a.) u zotga: «Ey Abu Ishoq! Ular sizni chiroyli suratda namozni ado qilmaydi, deb gumon qilishmoqda», desalar, Sa’d: «Alloh nomiga qasamki, men ularga Rasulullohning (s.a.v.) namozlarini o‘qib beryapman, undan hech narsani kamaytirmayapman. Va xufton namozining avvalgi ikki rakatida uzun sura o‘qib, keyingi ikki rakatida qisqa qilmoqdaman», dedilar. Umar (r.a.): «Bu sizning gumoningiz, ey Abu Ishoq», deb bu haqda surishtirish uchun bir kishi yoki bir necha kishini Kufaga yubordilar. Ular biror masjid qoldirmasdan bu haqda so‘rashganida, barchalari Sa’dning yaxshiliklarini aytib maqtashdi. Qachonki, bir masjidga kirishganida, Abu Sa’da Usoma ibn Qatoda ismli shaxs turib: «Agar siz surishtiradigan bo‘lsangiz, albatta Sa’d ibn Abu Vaqqos sariyya (urush)larga bormaydi, o‘ljani teng taqsimlamaydi. Qozilikda odillik qilmaydi», dedi. Buni eshitgan Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.): «Allohga qasamki, men seni uch narsa ila duoibad qilaman: Allohim, agar mana shu quling yolg‘onchi va o‘zini ko‘rsatib riyo uchun buni qilgan bo‘lsa, umrini uzoq, kambag‘alligini uzun va o‘zini fitnaga duchor qilgin», dedilar. Mana shundan keyin shayx: «Sa’dning duoibadi menga yetib fitnaga duchor bo‘ldim», deb aytdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Jobir ibn Samuradan rivoyat qilgan roviy Abdulmalik ibn Umayr shunday deydi: «Men u shayxni qarib ketganidan ikki qoshi ikki ko‘zi ustiga tushgan holda ko‘rdim. U yo‘lda uchragan qizlarga ko‘z qisar edi».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:42:26
1505/4. Urva ibn Zubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Said ibn Zayd (r.a.) bilan Arvo binti Avs xusumatlashib Marvon ibn Hakam huzuriga kelishdi. U ayol yeridan bir parchasini Said ibn Zayd olganini da’vo qildi. Said: «Men Rasulullohdan (s.a.v.) buning yomonligi haqida eshitganimdan keyin ham yeridan bir parcha olarmidim?» deganida, «Rasulullohdan (s.a.v.) nima eshitgansan?» dedi Marvon. Shunda Said: «Rasululloh (s.a.v.) «Kim zulm bilan yerdan bir qarichiga ega bo‘lib olsa, yetti (qavat) yerga o‘raladi», deganlarini eshitganman», dedi. Buni eshitgan Marvon: «Bundan keyin sendan dalil-isbot so‘ramayman», dedi. Said esa: «Allohim, agar bu ayol yolg‘onchi bo‘lsa, ko‘zini ko‘r qilib o‘z yerida o‘ldirgin», dedi. Aytishlaricha, bu ayolning ko‘zi o‘lishidan oldin ko‘r bo‘ldi, o‘z yerida keta turib bir chuqurga tushib vafot etdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1506/5. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Uhud kuni kechasi otam meni chaqirib: «Gumonimcha, bugun Rasululloh (s.a.v.) sahobalari ichida birinchi o‘ldirilgan kishi men bo‘lsam kerak. O’zimdan keyin Rasulullohni (s.a.v.) hisobga olmaganda sendan ko‘ra azizroq kishi yo‘qdir. Albatta mening bo‘ynimda qarzlarim bor. Sen ularni uzgin. Aka-ukalaringga yaxshi muomalada bo‘lgin», dedilar. Haqiqatda o‘sha kuni birinchi o‘ldirilgan kishi otamiz bo‘ldilar. Men otamni bir kishiga qo‘shib qabrga dafn etdim. Keyin qilgan ishimdan ko‘nglim taskin topmadi. Olti oy o‘tgandan keyin qayta qazib oldim. Otam qabrga qo‘ygan kunimdagidek quloqlaridan boshqa a’zolari o‘zgarmagan holatda turibdilar. Men tanho o‘zlarini qabrga qo‘ydim». Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:42:54
1507/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sahobalardan ikkitasi Rasululloh (s.a.v.) huzurlaridan zulumot kechada chiqishganida oldilarida chiroq kabi ikkita nur bor edi. Qachonki, har ikkilari bir-birlaridan alohida bo‘lishgan edi, o‘sha nur ham alohida bo‘lib ikkiga bo‘lindi. Hattoki, ikkovlari uylariga nur bilan borishdi. Imom Buxoriy rivoyati.

Bu ikki sahobadan birlarining ismi Usayd ibn Huzayr, ikkinchisining ismlari Abbod ibn Bishrdir.

1508/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) o‘n nafar kishini xabar olib kelish uchun yubordilar. Ularga Osim ibn Sobit Ansoriyni boshliq etib tayinladilar. Ular yo‘lga chiqib, Makka bilan Usfon oralig‘idagi Xudat degan joyda ketishayotganida Huzayl qabilasidan Bani Lihyon, deb ataluvchi qavmga bularning ketishayotgani ma’lum bo‘ldi. Ular yuzga yaqin chavandoz bilan axtarib izlaridan tushishdi. Osim va uning birodarlariga Bani Lihyonning izdan tushgani xabari yetib kelganida, ular bir makonga qochib chiqishdi. Bani Lihyon esa ularni o‘rab oldi va: «Pastga tushinglar, qo‘llaringizni beringlar. Biz sizlardan birortangizni o‘ldirmaslikka ahd beramiz», deyishdi. Osim ibn Sobit (r.a.): «Ey qavm, men kofirning ahdiga (ishonib) pastga tushmayman. Allohim, biz haqqimizda nabiyyingga xabar ber», dedilar. Dushmanlar kamondan o‘q uza boshlashdi va Osimni o‘ldirishdi. Ulardan uch nafari dushmanning ahdiga ishonib (pastga) tushishdi. Ular Hubayb, Zayd ibn Dasina va boshqa bir kishi (uning ismi Abdulloh ibn Toriq) edi. Qachonki, dushman qo‘lga tushirganidan keyin kamonlari ipini yechib ularni bog‘lay boshladi. Bu holatni ko‘rgan uchinchi kishi: «Mana shu birinchi xiyonatdir. Alloh nomiga qasamki, men sizlar bilan birga ketmayman. Balki o‘lganlarga ergashaman, (ya’ni) men ham shahidlar kabi o‘lishni xohlayman», dedi. Dushmanlar uni tortib sudrashdi. Bu zot (ya’ni, Abdulloh ibn Toriq) birga yurishdan bosh tortgan edi, dushmanlar o‘ldirib yuborishdi. Lekin Hubayb va Zayd ibn Dasinalarni olib borib Makkada sotib yuborishdi. Hubaybni Horis ibn Omir ibn Navfalning bolalari sotib olishdi. Chunki Hubayb Badr kuni Horisni qatl etgan edi. Hubayb ularning huzurida asir bo‘lib qoldi. Horisning bolalari uni o‘ldirishga kelishib olishdi. Kunlarning birida Hubayb poklanish uchun Horis qizlarining biridan ustara so‘radi. U xotin ustara keltirdi. O’sha xotinning bir yosh bolasi o‘ynab-o‘ynab, onasi bexabar holda Hubaybning oldiga kelib qoldi. Onasi qarasa, bolasi Hubaybning tizzasida turibdi. Qo‘lida esa haligi ustara. Onasi qattiq qo‘rqib ketdi. Hubayb onasi qo‘rqib ketganini ko‘rib: «Bolamni o‘ldiradi, deb qo‘rqyapsanmi? Hargiz bunday qilmayman», dedi. Shunda u xotin: «Alloh nomiga qasamki, Hubaybdan ko‘ra yaxshiroq asir ko‘rmaganman. Va yana Alloh nomiga qasamki, men uning qo‘lida bir shingil uzum ko‘rdim. Qo‘llari bog‘liq bo‘lib, undan tanovul qilayotgan edi. O’sha kunlarda Makkada uzum yo‘q edi. Bu Allohning Hubaybga ato qilgan rizqi edi», deb aytdi.
Qachonki, Hubaybni Haramning chegarasidan tashqariga o‘ldirish uchun olib chiqishganida, ikki rakat namoz o‘qiguncha holi qo‘yishlarini so‘radi. Holi qo‘yishganida ikki rakat namoz o‘qib: «Alloh nomiga qasamki, sizlar meni qo‘rqqanidan namozimni uzun qildi, deb gumon qilmaganinglarda edi, bundan ham ziyoda qilgan bo‘lar edim. Allohim, ularning adadlarini hisoblab, birorta qoldirmasdan barchalarini halok qilgin», deb quyidagi baytni ham aytdi:
«Qanday o‘lishimning ne qizig‘i bor,
Musulmon holimda shahid bo‘lsam, bas!
O’limim Allohning yo‘lida bo‘lgach,
Uning izmida-ku har qanday nafas».
Hubayb har bir shahid etilgan musulmon uchun qatldan oldin ikki rakat namoz o‘qishni sunnat qilib ketgan zot edi.
Rasululloh (s.a.v.) bularga yetgan musibat xabarini sahobalariga ma’lum qildilar.
Qurayshliklar Osim ibn Sobitning o‘lganini eshitib, biror a’zosini bo‘lsa ham, olib kelish uchun bir necha odam yuborishdi. Chunki Osim Qurayshning kattalaridan birini qatl etgan edi. Alloh taolo Osim murdasiga g‘uj-g‘uj asalarilarni yubordi. Ular Osimning murdasini (dushmanlar yetkazishi mumkin bo‘lgan zarardan) himoya qilishdi. Dushmanlar biror a’zosini kesishga qodir bo‘lishmadi. Imom Buxoriy rivoyati.

Bu bobga tegishli sahih hadislar yuqorida ham o‘tdi. Masalan, Rohib bilan sehrgar o‘rtasida qatnovchi bola voqeasi, Jurayj voqeasi, g‘orning og‘zi xarsang tosh bilan yopilib qolgani haqidagi hikoya va bir kishining bulutdan chiqqan «Falon kishining bog‘ini sug‘orgin», degan ovozni eshitgani haqidagi voqea kabi va bunga o‘xshash hadislar.

1509/8. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Qachonki, Umar r.a. biror narsa haqida gumonimcha, bunday bo‘lsa kerak, desalar, albatta o‘ylaganlaridek bo‘lar edi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:43:14
QAYTARILGAN ISHLAR HAQIDAGI KITOB
 
254-bob
G’iybatning haromligi va tilni saqlashga buyurish haqida


Alloh taolo:
«Ayrimlaringiz ayrimlarni g‘iybat qilmasin! Sizlardan biron kishi o‘zining o‘lgan birodarining go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rurmi?! Ana yomon ko‘rdingizmi?! (Bas, gunohi bundan-da ortiq bo‘lgan g‘iybatni ham yomon ko‘ringiz!) Allohdan qo‘rqingiz! Albatta Alloh tavbalarni qabul qilguvchi, mehribondir» (Hujurot surasi, 12-oyat);

«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil - bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan va ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)» (Al-Isro surasi, 36-oyat);

«U (inson) biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18-oyat), deb aytgan.

Biling, albatta har bir oqil kishi tilini barcha so‘zlardan saqlamog‘i lozim. Faqatgina manfaat bo‘lgandagina gapirishi lozim. Endi qachonki gapirish va gapirmaslikdagi manfaat barobar bo‘lib qolsa, gapirmasdan tilni tiymoq sunnat amaldir. Chunki gohida muboh so‘zlar ham harom yoki makruh so‘zlarga olib boradi. Odatda ko‘pincha shunaqa ishlar bo‘ladi. Omon qolishni esa birorta narsaga almashtirib bo‘lmaydi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:43:23
1510/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, yaxshi so‘z aytsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Bu hadis agar yaxshilik bo‘lsagina gapirmoq lozimligini ko‘rsatmoqda. Agar gapida manfaat bo‘lmasa, so‘zlamasligi lozim.

1511/12. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, musulmonlarning qaysinisi afzal?» deb so‘ralganida, u zot: «Agar musulmonlar uning tilidan va qo‘lidan omonda bo‘lishsa, ana shunisi afzal», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:43:32
1512/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim menga ikki jag‘i va ikki oyog‘i orasini (saqlashga) kafolat bersa, uning jannatga kirishiga kafolat beraman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.

1513/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Banda o‘ylamasdan bir so‘zni aytib qo‘yadi-da, keyin u sababli do‘zaxga shu qadar pastlab tushib ketadiki, uning oraligi mag‘rib va mashriqchadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:43:39
1514. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir banda Alloh taolo rozi bo‘ladigan so‘zni aytib, natijasini o‘ylamay yuraveradi-da, ammo Alloh taolo O’zi bilib, uning darajasini ko‘taradi. Yana bir banda Alloh taoloni norozi qiladigan bir so‘zni aytib, oqibatini o‘ylamay yuraveradi-da, biroq Alloh taolo buni ham O’zi bilib, jahannamga tashlaydi», dedil ar. Imom Buxoriy rivoyati.

1515/6. Bilol ibn Horis al-Muzaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi Allohning roziligidan bo‘lgan so‘zni gapirib, u bilan oliy darajaga yetishni fikr qiladi. Alloh taolo so‘zi sababli Unga yo‘liqadigan kungacha roziligini yozib qo‘yadi. Va yana bir kishi Allohning g‘azabini keltiruvchi so‘zni gapirib, u bilan oliy darajaga yetishni fikr qiladi. Alloh taolo so‘zi sababli Unga yo‘liqadigan kungacha g‘azabini yozib qo‘yadi», dedilar. Imom Molik va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:43:46
1516/7. Sufyon ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Rasululloh, bir ishni aytib bering, uni mahkam ushlay», deganimda, u zot: «Rabbim Alloh, deb ayt, keyin shu so‘zingga muvofiq istiqomatda (sobitqadam) bo‘l», dedilar. Yana «Ey Rasululloh, menga qo‘rqiladigan narsaning eng xavflisi (xabarini bering)», deganimda, u zot tillarini ushlab «Bu», dedilar». Imom Termiziy rivoyati.

1517/8. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohning zikridan boshqa so‘zlarni ko‘paytirmanglar. Chunki Allohning zikridan boshqa so‘zlar bag‘ritosh qilib qo‘yadi. Insonlarning Allohdan eng uzog‘i bag‘ritoshlaridir», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:43:54
1518/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh kimni ikki jag‘i orasidagi yomonlikdan va ikki oyog‘i orasidagi yomonlikdan saqlasa, u jannatga kiradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.

1519/10. Uqba ibn Omirdan rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Allohning rasuli, najot nimada?» desam, u zot: «Tilingni tiygin, uyingga sig‘ib o‘tir, ya’ni ro‘zg‘orga kerakli narsalarni qilib qo‘y va xatolaringga yig‘lagin, shunda najot topgan bo‘lasan», deb aytdilar». Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:44:03
1520/11. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar odam bolasi tong ottirsa, a’zolarning barchasi tilni koyib: «Bas, ey til, Allohdan qo‘rq! Biz ham sendanmiz. Agar sen to‘g‘ri bo‘lsang, biz ham to‘g‘ri bo‘lamiz. Agar sen egri bo‘lsang, biz ham egri bo‘lamiz», deydi», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyati.

1521/12. Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «(Men): «Ey Rasululloh, menga bir amalning xabarini beringki, u meni jannatga kiritib, do‘zaxdan uzoq qilsin», desam, u zot: «Sen juda katta narsa so‘rading. Albatta u Alloh oson qilgan kishiga yengildir», dedilar, so‘ngra: «Allohga biror narsani shirk keltirmasdan ibodat qilasan. Namozni qoim qilasan. Zakotni berasan. Ramazon ro‘zasini tutasan. Baytullohni haj qilasan», dedilar. Va yana u zot: «Seni eshiklarning yaxshisiga dalolat qilaymi? Ro‘za pardadir. Sadaqa xatolarni xuddi suv olovni o‘chirgandek o‘chiradi», deb kishining kechaning o‘rtasidagi namozi haqida quyidagi oyatni o‘qidilar:

«Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur (ya’ni, tunlarini ibodat bilan o‘tkazishib, oz uxlaydilar). Ular Parvardigorlariga qo‘rquv va umidvorlik bilan duo-iltijo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar. Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni, oxirat ne’matlarini) biror jon bilmas» (Sajda surasi, 16-17-oyatlar). So‘ngra yana u zot: «Ishning boshi va ustuni hamda yuksak cho‘qqisining xabarini beraymi?» deganlarida, «Ha, ey Rasululloh», dedim. Shunda u zot: «Ishning boshi - Islom. Ustuni - namoz. Yuksak cho‘qqisi jihoddir», dedilar. Yana u zot: «Bularning hammasidan ham asosiysining xabarini beraymi?» deganlarida, «Ha, ey Rasululloh», dedim. Bas, u zot tillarini ushlab: «Sen mana buni tiygin», dedilar. Shunda men: «Ey Rasululloh, gapirgan narsalarimizga ham so‘roq qilinamizmi?» desam, u zot: «Onang bolasiz qolgur, kishilarning yuzlari bilan do‘zaxga ag‘darilishlari faqat tillari aytgan narsalar sababidandir», dedilar». Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:44:11
1522/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «G’iybat nima ekanligini bilasizlarmi?» deganlarida, sahobalar: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Karih ko‘radigan narsasi bilan birodaringni zikr qilmog‘ing», dedilar. Shunda: «Aytgan narsam birodarimda bo‘lsa-chi?» deyilganida, u zot: «Aytayotgan narsang birodaringda bo‘lsa, g‘iybat qilibsan. Agar aytayotgan narsang birodaringda bo‘lmasa, unda bo‘hton qilibsan», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1523/14. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qurbonlik kuni Minodagi vidolashuv hajida: «Bu kuningiz, bu shahringiz, bu oyingizda qon to‘kish harom bo‘lgani kabi sizlarning qoningiz, molingiz va obro‘yingizga (tajovuz qilmoqligingiz) haromdir. Ogoh bo‘ling, yetkazdimmi?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:44:20
1524/15. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasulullohga (s.a.v.) «Safiyyaning unday yoki bundayligi (ba’zi rivoyatlarda keltirilishicha, pakanaligi) misol sifatida yetarlidir», desam, u zot: «Sen bir kalima aytdingki, agar u dengiz suviga aralashtirib yuborilsa, ta’mi yoki hidi o‘zgarib ketardi», dedilar. Va yana u zotga bir insonni hikoya qildim. Shunda u zot: «Menda u yoki bu narsa bo‘laturib, boshqa birovni gapirishni yaxshi ko‘rmayman», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

Bu hadis g‘iybatchilarga eng katta dashnom beruvchi hadisdir. Mana shu darajada g‘iybatni yomonlashda yetuk bo‘lgan boshqa biror hadisni bilmayman.

«Va u Rasululloh (s.a.v.) (Qur’onni) o‘z havoyi-xohishi bilan so‘zlamas. U (Qur’on) faqat vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir» (Najm surasi, 3-4-oyatlar).
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:44:28
1525/16. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Men osmonga ko‘tarilganimda (ya’ni, Me’roj kechasida) bir qavmning oldidan o‘tdim. Ularning misdan tirnoqlari bo‘lib, yuzlari va ko‘kraklarini tirnashar edi. Shunda men: «Ey Jabroil, anavilar kim?» desam, u zot: «Ular shunday shaxslarki, kishilar go‘shtini yeb (ya’ni, g‘iybat qilib), obro‘lariga bo‘hton qilishardi», dedilar», deb aytdilar. Abu Dovud rivoyati.

1526/17. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Har bir musulmon boshqa bir musulmonning qoniga, obro‘siga va moliga (tajovuz qilishi) haromdir», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:44:56
255-bob
G’iybatga quloq solishning haromligi, g‘iybatni eshitganda gapiruvchi kishiga raddiya berib g‘iybatdan to‘xtatish, agar bundan ojiz bo‘lsa yoki gapiruvchi qabul qilmasa, imkonini topib o‘sha majlisni tark etishga buyurish haqida


Alloh taolo:
«Qachonki behuda (so‘z yo ishni) eshitsalar, undan yuz o‘girurlar» (Qasos surasi, 55-oyat); «Ular behuda-foydasiz (so‘z va amallardan) yuz o‘giruvchi kishilardir» (Mo‘minlar surasi, 3-oyat);

«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil - bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan va ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)» (Isro surasi, 36-oyat);

«Qachon Bizning oyatlarimizni (masxara qilishga) kirishayotgan kimsalarni ko‘rsangiz, to boshqa gapga kirishmagunlaricha ulardan yuz o‘giring! Endi agar shayton yodingizdan chiqarsa, eslaganingizdan so‘ng bu zolim qavm bilan birga o‘tirmang!» (An’om surasi, 68-oyat) deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:45:04
1527/1. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim birodari obro‘si to‘kilayotganda uni himoya qilsa, Alloh taolo qiyomat kunida o‘sha kishining yuzini do‘zaxdan himoya qiladi», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyati.

1528/2. Itbon ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilingan uzun hadisda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.) o‘rinlaridan turib namoz o‘qidilar. Va: «Molik ibn Duxshum qaerda?» dedilar. Shunda bir kishi: «U munofiq-ku, Alloh va Uning rasuli munofiqni yaxshi ko‘rmaydi», deganida, Rasululloh (s.a.v.): «Unday dema, uning «La ilaha illalloh», deganiga qaramaysanmi? U buni aytish bilan Allohning roziligini xohlaydi. Albatta Alloh bunday deb aytuvchiga do‘zaxni harom qildi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1529/3. Ka’b ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Tavba haqidagi uzun hadisda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.) Tabukda qavm orasida o‘tirganlarida: «Ka’b ibn Molikka nima bo‘ldi?» dedilar. Shunda bani salamalik bir kishi: «Ey Rasululloh, uning kiyimlari hamda ikki yoniga nazar solishi (ya’ni, boyligiga ajablanishi) bu yerga kelishidan to‘sib qo‘ydi», dedi. Buni eshitgan Muoz ibn Jabal: «Aytgan narsang buncha ham yomon. Allohga qasamki, ey Rasululloh, biz unda faqat yaxshilik ko‘rganmiz», deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) sukut qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:45:31
256-bob
Ruxsat etilgan g‘iybat bayoni


Bilingki, g‘iybat harom bo‘lsa-da, ba’zi holatlarda isloh uchun ruxsat etilgan. Ana shu isloh sahih, shar’iy maqsadda bo‘lib, undan boshqa yo‘l bilan yetishish mumkin bo‘lmasa, o‘shanda ruxsat etilgan. U quyidagi oltita sabablarning birida bo‘ladi:

Birinchisi - shikoyat. Mazlum sultonga yo qoziga yoki zolimni insofga chaqirishga qurbi yetadigan shunga o‘xshash biror boshliqqa shikoyat qilib: «Falon kishi menga zulm qildi» yoki «Mendan buni tortib oldi» kabi so‘zlarni aytmog‘i joiz.

Ikkinchisi - munkar narsani o‘zgartirishga va osiyni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga yordam so‘ramoq. Bas, u ana shu munkar narsani ketkazishga qudrati yetadigan kishiga «Falon kishi bunday ishlarni qilib yuribdi, uni bundan to‘xtatib qo‘ying» kabi so‘zlarni aytadi. Ana shu paytda uning maqsadi munkar narsani ketkazishga qaratilmog‘i kerak. Uning maqsadi bunday bo‘lmasa, harom bo‘ladi.

Uchinchisi - fikr-mulohaza so‘rash. Masalan, muftiyga «Otam yo inim yoki falonchi menga zulm qildi, undan xalos bo‘lish, haqqimni olish va zulmni o‘zimdan daf etish yo‘li qanaqa?» deb aytmog‘i joiz. Va shu singari «Xotinim meni unday qildi» yoki «Erim bunday qildi», deb hojati uchun aytmog‘i joiz. Yana ham to‘g‘rirog‘i, «Bir kishining ana bu ishida nima deysiz?» yoki «Er yoki xotin bunday qildi», deb tayin qilmasdan maqsadini hosil qilmog‘i ham durust.

Keyingi bobda zikr etiladigan Hinddan (r.a.) qilingan rivoyat tayin qilishning joizligini ko‘rsatadi. U eri Abu Sufyonning baxil-ziqna ekanini aytganida, Rasululloh (s.a.v.) uni bu g‘iybatidan qaytarmadilar.

To‘rtinchisi - musulmonlarni yomonlikdan ogoh etib, ularga nasihat qilish. U bir nechta ko‘rinishda bo‘ladi. Ulardan hadis rivoyat qiluvchi roviylarning guvohlik ko‘rsatmalarini majruhligi uchun rad etmoq. Mana shu musulmonlar ijmo’i bilan joizdir. Balki ehtiyoj bo‘lgani uchun vojibdir. Aytadilar: «Bir kishi yo nikoh yo‘li bilan qarindoshlik munosabatlariga kirishini, yo ishda sherik bo‘lishini, yo omonat olishini, yo uning huzuriga omonat qo‘yishni, yo bundan boshqa narsalarda muomala qilishni sendan maslahat so‘rasa, nasihat yuzasidan u haqda bilgan narsangni aytmog‘ing vojib bo‘ladi. Agar sen unga «Muomala qilish yoki nikoh ila qarindosh bo‘lish durust bo‘lmaydi» yo «Bunday qilmagin», deb aytish bilan maqsad hosil bo‘lsa, yomonligini ortiqcha zikr qilish joiz emas. Endi bordi-yu, maqsad hosil bo‘lmasa, unda ochiqchasiga zikr qilavergin». Va yana aytadilar: «O’g‘riligi, zinokorligi, ichuvchiligi ila mashhur bo‘lgan qulni sotib olayotgan kishini ko‘rsang, uni sotib oluvchi kishi bilmaydigan bo‘lsa, bayon qilmog‘ing lozim bo‘ladi. Nafaqat bu qul sotib olishda, balki har bir sotib olinayotgan narsaning aybini bilsang, agar sotib oluvchi bilmasa, bayon etmog‘ing vojib bo‘ladi». Yana aytadilar: «Agar bir fiqh o‘rganuvchi bid’atchi yoki fosiq huzuriga borib, undan ilm o‘rganayotgan bo‘lsa va sen u fiqh o‘rganuvchi zarar topmog‘idan qo‘rqsang, unga nasihat qilmog‘ing va holini bayon qilmog‘ing lozim bo‘ladi. Shu shart bilanki, sen bunda nasihatni qasd qilmog‘ing kerak. Mana shu narsada ko‘pincha xatoga yo‘l qo‘yiladi. Gohida bu hasadga olib keladi yoki shayton aldab qo‘yadi. U esa bu qilgan ishini nasihat va shafqat, deb xayol qiladi. Sen buni idrok etib, farosatli bo‘l». Yana aytadilar: «Bir kishi boshliq bo‘lsa-yu, solih bo‘lmagani yoki fosiq va mug‘affal bo‘lgani sababli ishni yaxshi ko‘rinishda bajarmasa, undan ham kattaroq bo‘lgan boshliqqa uning aybini zikr qilmog‘ing vojib bo‘ladi. Ana shu katta boshliq uni ishdan chetlatib, undan-da salohiyatlisini tayinlaydi. Yoki uning holatini bilsa, uni to‘g‘ri yo‘lda bo‘lishga undaydi».

Beshinchisi - fosiqligi, bid’atchiligi oshkora bo‘lgan kishilarni g‘iybat qilish joiz. Masalan, aroqni oshkora ichuvchi, kishilarning molini soliq solib, musodara qilib, zulm bilan tortib oluvchi hamda botil ishlarni yurgizuvchilar shular jumlasidandir. Mana shu ishlarni oshkora qiluvchini g‘iybat qilish joiz. Ammo bundan boshqalarida, yuqoridagi zikr qilganlarimizdan tashqari holatlarda joiz emas.

Oltinchisi - tanishlik uchun. Agar kishi ko‘zi xira, oqsoq, kar, ko‘r, g‘ilay, burni pachoq va shunga o‘xshash nuqsonli laqab bilan tanilgan bo‘lsa, tanitish niyatida tanitmoqlik joiz. Ammo noqislik tomonini bundan boshqa maqsadda aytish harom. Agar aybini aytmasdan boshqa yo‘l bilan bo‘lsa, juda ham yaxshi. Mana shu zikr qilingan oltita sabablarda ulamolar g‘iybat qilish joiz, deb aytishgan. Buning dalili sahih hadislarda zohiriy holda keltirilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:45:38
1530/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirish uchun izn so‘radi. Rasululloh (s.a.v.) uning kirishiga izn beringlar, deb keyin: «Bu odam o‘z jamoasining yomon kishisidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Buxoriy yomon va ishonchsiz kishilarni g‘iybat qilish joiz ekaniga bu hadisni hujjat qilganlar.

1531/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Falon va falon kishilarni dinimizdan biror narsa bilishadi, deb gumon qilmayman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.

Ushbu hadis roviylaridan biri Lays ibn Sa’d bu ikki kishi munofiqlardan edi, dedilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:45:49
1523/3. Fotima binti Qaysdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib: «Abuljahm va Muoviyalar sovchi yuborishyapti, nima qilayin?» desam, u zot: «Muoviya kambag‘al, uning mol-dunyosi yo‘q. Abuljahm esa yelkasidan hassasini tashlamaydi (ya’ni, xotinlariga qattiqqo‘l)», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslim rivoyatlarida «Abuljahm xotinlarini uruvchidir» bo‘lib kelgan.

«Yelkasidan hassasini tashlamaydi», deganlarini ba’zilar ko‘p safar qiluvchi, deb ham sharhlashgan.

1533/4. Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga safarga chiqqanimizda kishilarga qiyinchilik yetdi. (Munofiq) Abdulloh ibn Ubay: «Rasululloh (s.a.v.) huzurlaridagi kishilarga (sahobalarga) hech narsa bermanglar. Shunda atrofidagi kishilar tarqalib ketadi. Agar Madinaga qaytsak, kuchli bo‘lganlar kuchsizlarni u yerdan chiqarib yuboradi» (ya’ni, o‘zini kuchli, Rasulullohni esa kuchsiz, deb aytmoqchi), deganida, men buning xabarini Rasulullohga (s.a.v.) yetkazdim. U zot Abdulloh ibn Ubayni olib kelish uchun odam yubordilar. U (munofiq) kelib bu so‘zlarni aytmadim, deb qasam ichdi. Shunda odamlar: «Zayd ibn Arqam Rasulullohga (s.a.v.) nisbatan yolg‘on ishlatibdi», deyishdi. Bu so‘zlar meni ranjitdi. Hatto Alloh taolo mening so‘zimni tasdiqlab «Qachon munofiqlar sizning oldingizga kelsalar... » oyatini nozil qildi. Keyin Rasululloh ularni qilgan gunohlariga istig‘for aytish uchun chaqirtirdilar. Lekin ular boshlarini egib kelmadilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1534/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Sufyonning xotini Hind Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Erim Abu Sufyon ziqna kishi. Menga va bolalariga kifoya qilgudek narsa bermaydi. Shuning uchun unga bildirmasdan ba’zi narsalarni olaman. Buning hukmi qanday bo‘ladi?» deganida, u zot: «O’zingga va bolalaringga kifoya qilgudegini yaxshilik bilan olavergin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:46:08
257-bob
Chaqimchilik (odamlar o‘rtasida fasod qilish maqsadida so‘z tashimoq)ning haromligi haqida


Alloh taolo:
«(Ey Muhammad), yana siz har bir tuban qasamxo‘r, g‘iybatchi-yu gap tashuvchi kimsaga itoat etmang» (Qalam surasi, 11-oyat);

«U (inson) biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatguvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18-oyat), deb aytgan.

1535/1. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Chaqimchi jannatga kirmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1536/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ikki qabr oldidan o‘tib: «Bu ikkita qabrdagilar azoblanishmoqda. Ularning gumonlaricha, bu katta (gunoh) emas. Lekin aslida kattadir. Ularning biri chaqimchilik qilib yurardi. Ikkinchisi esa siydikdan saqlanmasdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1537/3. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarga bo‘hton nima ekanining xabarini beraymi? U chaqimchilik va odamlar orasida (buzish uchun) so‘z tashish», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:46:19
258-bob
Zarurat bo‘lmaganda odamlar so‘zini boshqalarga yetkazishdan qaytarilgani, fasod xavfi bo‘lsa, joizligi haqida


Alloh taolo:
«Gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz» (Moida surasi, 2-oyat), deb aytgan.

1538/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sahobalarimdan birortasi boshqasi haqida biror narsa yetkazmasin. Chunki men sizlarning oldingizga qalbim sog‘lom holda chiqmoqni yaxshi ko‘raman», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:46:33
259-bob
Ikkiyuzlamachilikning yomonligi haqida


Alloh taolo:
«Ular (o‘zlarining jinoyatlarini) odamlardan yashira oladilar, ammo Allohdan yashira olmaydilar. Ular (Alloh) rozi bo‘lmaydigan gaplarning rejasini xufyona tuzayotgan paytlarida ham U Zot ular bilan birga bo‘lur. Alloh ularning qilayotgan amallarini ihota qilguvchi-o‘rab olguvchi bo‘lgan Zotdir» (Niso surasi, 108-oyat), deb aytgan.

1539/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlar odamlarni konlarga o‘xshatinglarki, ularning johiliyat davridagi yaxshilari Islomda ham yaxshilaridir. Shu shart bilanki, agar ular shariat hukmlarini bilishsa. Va yana insonlarning yaxshisi rahbarlikni yomon ko‘rganlaridir. Insonlarning yomoni esa ikkiyuzlamachilardir. Ular bir jamoaga bir yuz bilan va narigisiga boshqa yuz bilan boradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: chunki boshliq bo‘lishni yomon ko‘rgan kishi mabodo boshliq qilinsa ham, u kishi Allohning chegarasini buzib o‘tmaydi. Sababi -u kishini boshliqlikdan bo‘shatilish qo‘rqitmaydi.

1540/2. Muhammad ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir necha kishi Abdulloh ibn Umarning (r.a.) huzurlariga kelib: «Bizlar boshliqlarimiz huzuriga kiramiz. Agar u yerdan chiqsak, aytgan narsamizning xilofini gapiramiz. Ya’ni, oldilarida maqtab, chiqqanda yomonlaymiz», deyishganida, Abdulloh ibn Umar (r.a.): «Biz bunaqa ishlarni Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida munofiqlik, deb hisoblar edik», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:46:50
260-bob
Yolg‘onning haromligi haqida


Alloh taolo:
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma» (Isro surasi, 36-oyat);

«U (inson) biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18-oyat), deb aytgan.

1541/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Rostgo‘ylik yaxshilikka olib boradi. Yaxshilik esa jannatga olib boradi. Kishi rost so‘zlab yuradi. Oqibatda Alloh huzurida siddiq (rostgo‘y), deb yoziladi. Yolg‘onchilik yomonlikka olib boradi. Yomonlik esa do‘zaxga olib boradi. Kishi yolg‘on so‘zlab yuradi. Va Alloh huzurida kazzob (yolg‘onchi), deb yoziladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1542/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarda to‘rt toifa kishi borki, ularda aniq munofiqlik bor. Kimda ana shu xislat bo‘lsa, to uni tark qilmagunicha undagi nifoqlik xislati ketmaydi. Agar omonat berilsa, xiyonat qiladi. Agar gapirsa, yolg‘on so‘zlaydi. Agar ahdlashsa (shartnoma tuzilsa), buzadi. Agar xusumatlashilsa, nomussizlik qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:46:58
1543/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim ko‘rmagan tushini ko‘rdim, deb aytsa, qiyomat kuni qo‘liga ikkita arpa berib, uni bir-biriga bog‘lash buyuriladi. U esa bu ishni hargiz qila olmaydi. Kim bir jamoaning (o‘zaro) suhbatiga quloq solsa, ular esa buning tarqalishini karih ko‘rishsa, qiyomat kuni eshitgan kishining ikki qulog‘iga qalayi quyiladi. Kim biror surat chizsa, chizgan kishini qiyomat kunida azoblab, unga jon kiritishga buyuriladi. U esa buning uddasidan chiqa olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.

1544/4. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi ko‘rmagan narsasini ko‘zim bilan ko‘rdim, desa, o‘sha yolg‘onchilarning eng yolg‘onchisidir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:47:10
1545/5. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) ko‘pincha sahobalaridan «Sizlardan birortangiz tush ko‘rdimi?» deb so‘rardilar. Agar sahobalar orasida tush ko‘rgani bo‘lsa, Alloh xohlaganicha so‘zlab berar edi. Kunlarning birida Rasululloh (s.a.v.) tongda huzurimizga chiqib ko‘rgan tushlarini quyidagicha so‘zlab berdilar: «Tunda ikki kishi kelib, biz bilan yurgin, deyishdi. Men ular bilan birga ketdim. Yurib yotgan bir kishining oldiga bordik. Qarasak, uning oldida tosh ko‘tarib boshqa bir kishi turibdi. O’sha turgan kishi yotganning boshiga tosh bilan urar, uning boshi esa maydalanib ketardi. Tosh esa uzoqqa dumalab ketardi. Urgan kishi toshning orqasidan borib olib kelgunicha, yotgan kishining boshi yana avvalgi holiga aylanib qolar edi. Turgan kishi avvalgi urganidek yana qaytadan uraverar edi. Men o‘zim bilan kelgan ikki kishiga: «Subhanalloh (ajablanganda shunday deyiladi), bu qanaqasi?» desam, ular: «Yur-yur», deyishdi. Men ular bilan birga ketdim. Yurib chalqancha yotgan bir kishining oldiga bordik. Qarasak, uning oldida temir ombur ushlab boshqa bir kishi turardi. U yotgan kishining yuz tomoniga kelib, jag‘i, burni, ko‘zining orqasiga ombur bilan tortib (go‘shti va terisini tortgandek) ikkinchi tomonini ham tortar edi. Bir tomondan forig‘ bo‘lmay turib, avvalgi tomoni asli holatiga qaytib qolar edi. U bu ishini qayta-qayta qilar edi. Men: «Subhanalloh, bular nima qilishmoqda?» desam, men bilan kelgan ikki kishi: «Yur-yur», deyishdi. Yurib tandirga o‘xshash narsaning oldiga bordik. (Roviy Rasululloh (s.a.v.) quyidagicha so‘zladilar, deb o‘ylayman, dedilar.) O’sha tandirga o‘xshagan narsa ichida shovqin-suron va har xil ovozlar eshitilar edi. Qarasak, yalang‘och erkak va ayollar turishibdi. Ularning ostilaridan olov yoqilar edi. Olov ularga yetib kelgan paytda ular dod-voy qilishar edi. Men: «Bular kim?» desam, hamrohlarim: «Yur-yur», deyishdi. Yurib bir anhorning oldiga bordik. (Roviy aytadilar: «O’sha anhorning rangini Rasululloh (s.a.v.) qon rangidek, dedilar».) O’sha anhorda bir kishi suzib yurar edi. Anhorning qirg‘og‘ida esa boshqa bir kishi bir qancha toshlarni to‘plab o‘tirar edi. Boyagi odam xohlaganicha suzib, keyin tosh to‘plagan kishining oldiga kelardi. U esa suzib kelgan kishining og‘zini ochib, yig‘ib qo‘ygan toshlarini tiqib yuborar edi. U esa yana suzib ketar va qaytib kelar edi. Har gal qaytib kelganida og‘zini ochib, toshni tiqib yuborar edi. Men: «Bular kim?» desam, u ikkovlari: «Yur-yur», deyishar edi. Yurib bir badbashara kishining oldiga bordik. Sen unday kishini ko‘rmagansan. Uning oldida olov turibdi. O’sha olovni yoqib atrofida aylanib turibdi. Hamrohlarimdan «Bu nima?» deb so‘rasam, ular: «Yur-yur», deyishar edi. Yurib ko‘kalamzor boqqa bordik. U yerda har turli bahor gullari bor ekan. O’sha bog‘ning o‘rtasida uzun bo‘yli bir kishi turibdi. U kishi bo‘yining uzunligidan boshi osmonda edi. Uni ko‘ra olmas edim. Bu kishining atrofida ko‘pgina yosh bolalar turishibdi. Men hech bunday bolalarni ko‘rmaganman. Shunda men hamrohlarimdan: «Bular kim? Anavilar-chi?» deb so‘rasam, ular: «Yur-yur», deyishar edi. Yurib katta bir daraxtning oldiga bordik. Men bu kabi ulkan va chiroyli daraxtni ko‘rmaganman. Hamrohlarim: «Bu daraxtning ustiga chiqing», deyishdi. Uning ustiga chiqsak, tilla va kumush g‘ishtlardan qurilgan shahar bor ekan. Shahar darvozasi oldiga borib, uni ochishlarini so‘radik. Ochishgan edi, ichiga kirdik. U yerda odamlar bor ekan. Tanalarining yarmi juda chiroyli suratda. Sen bunday xushsurat kishilarni ko‘rmagansan. Yarmilari esa juda xunuk. Sen bunday xunuk kishilarni ko‘rmagansan. Hamrohlarim ularga: «Mana bu anhorga borib tushinglar», dedilar. U anhor oqib turgan bo‘lib, oqligi sutga o‘xshar edi. Ular borib o‘sha anhorga tushishdi-da, keyin oldimizga qaytib kelishdi. Kelishganida ulardan haligi xunuklik ketib, xushsurat bo‘lib qolishgan edi. Hamrohlarim: «Bu Adn jannatidir. Mana bu esa sizning manzilingiz», deyishdi. Ko‘zimni yuqoriga qaratib boqsam, u oq bulut kabi qasr ekan. Ular yana: «Bu sizning manzilingizdir», deyishdi. Men ularga: «Alloh sizlarga baraka bersin. Qo‘yinglar, bu yerga kirayin», desam, ular: «Hozircha yo‘q. Lekin albatta kirajaksiz», deyishdi. Men: «Unda bu kecha ko‘rgan ajoyib narsalarimning xabarini beringlar», desam, ular: «Albatta xabar beramiz», deyishdi. «Avvalgi boshi tosh bilan maydalanayotgan kishi (hayotlik vaqtida) Qur’oni karimni yod olib, keyin tashlab qo‘ygan kishi va farz namozlarini o‘qimasdan uxlovchi kishidir. Ikkinchisi, jag‘i, burni, ko‘zining orqasiga ombur bilan tortib (go‘shti va terisini aylantirib) kesilayotgan kishi (hayotlik vaqtida) erta bilan uyidan chiqib bir yolg‘on so‘zni gapirardiki, o‘sha yolg‘on butun olamga yoyilar edi. Uchinchisi, tandirga o‘xshagan joydagi yalang‘och erkak va ayollar hayotlik vaqtlaridagi zinokor erkak va ayollardir. To‘rtinchisi, anhorda suzib yurganda og‘ziga tosh solinadigan kishi (hayotlik vaqtida) ribo (sudxo‘rlik bilan) yeyuvchidir. Beshinchisi, ko‘rinishi xunuk bo‘lgan, olov yoqib uning atrofida aylanib yuruvchi kimsa do‘zax xazinaboni Molik ismli farishtadir. Oltinchisi, bog‘dagi uzun bo‘yli kishi Ibrohim alayhissalomdirlar. Atroflaridagi yosh bolalar esa (Islom) fitratida vafot etgan yosh go‘daklardir», deyishdi». (Imom Barqoniy rivoyatlarida esa «(Islom) fitratida tug‘ilgan bolalardir» bo‘lib kelgan.) Bu so‘zni eshitib turgan ba’zi musulmonlar: «Ey Allohning rasuli, mushriklarning bolalari-chi?» deyishgan edi, Rasululloh (s.a.v.) «Mushriklarning ham bolalari shundoq», dedilar. Yana: «Hamrohlarim: «Haligi yarim qismi chiroyli va yarim qismi xunuk bo‘lgan kishilar (hayotlik vaqtlarida) yaxshi amallar bilan yomon amallarni aralashtirib yuborganlardir. Alloh esa ularning gunohlarini kechirib yubordi», deyishdi», dedil ar ». Imom Buxoriy rivoyati
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:47:19
Boshqa rivoyatda quyidagicha keltiriladi: «Bu kecha (tushimda) ikki kishi kelib meni muqaddas yerga olib chiqishdi. Keyin biz tandir kabi g‘orga bordik. Uning yuqorisi tor va osti keng edi. Ostidan olov yoqilar edi. Agar olov balandlasa, ular ham ko‘tarilib chiqib ketishlariga oz qolar edi. Agar olov so‘nsa, yana pastlashar edi. Uning ichida yalang‘och erkagu ayollar bor edi. Hatto biz qondan bo‘lgan anhor oldiga keldik. Buning qon ekaniga shak-shubha yo‘q. Anhorning o‘rtasida bir kishi, qirg‘og‘ida esa oldiga toshlarni to‘plab boshqa kishi turar edi. Agar anhor o‘rtasidagi kishi qirg‘oqqa chiqishni xohlasa, qirg‘oqdagi kishi uning og‘ziga tosh otib, uni avvalgi joyiga qaytarib qo‘yar edi. Har gal suvdan chiqish uchun qirg‘oqqa kelsa, og‘ziga tosh bilan urib, avvalgi joyiga qaytarib qo‘yar edi». Shu rivoyatda yana aytiladi: «Ikkovlari men bilan daraxtga ko‘tarilishdi. Va bir hovliga olib kirishdi. Men bunday chiroyli uyni hech ko‘rmaganman. U yerda keksa va kichik yoshli kishilar bor ekan». Yana keltiriladi: «Jag‘i ikkiga bo‘linayotgan kishi (hayotlik vaqtida) kazzob edi. U yolg‘onni gapirardi. O’sha yolg‘on butun olamga yoyilar edi. Bunga azob to qiyomat kunigacha beriladi». Shu rivoyatda yana: «Boshi yanchilayotgan kishi (hayotlik vaqtida) Alloh unga Qur’onni o‘rgatgan edi-yu, lekin u kechalarini uyqu bilan o‘tkazib, kunduzi u Qur’on ichidagi narsalarga amal qilmas edi. Yuqoridagi azob bilan qiyomat kunigacha jazolanadi. Avvalgi kirgan hovli umumiy mo‘minlar hovlisidir. Mana bunisi esa shahidlar hovlisidir. Men Jabroilman. Bu esa Mikoildir. Endi boshingni ko‘targin, deyishdi. Boshimni ko‘tarib qarasam, ustimda bulut kabi narsa turibdi. Ikkovlari: «Bu sening manzilingdir», deyishdi. Men: «Qo‘yib yuboringlar, o‘z manzilimga kirayin», desam, ikkovlari: «Hali tugamagan umring qoldi. Agar umring oxiriga yetsa (ya’ni, vafot etsang), o‘z manzilingga albatta borasan», deyishdi», deyiladi. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:47:30
261-bob
Yolg‘onchilikda ruxsat berilgan o‘rinlar to‘g‘risida


Bilginki, yolg‘onchilikning asli haromdir. Shu bilan birga ba’zi holatlarda shartlarga muvofiq kelsa, uni ishlatish joizdir. Men buni «Al-Azkor» kitobida bayon qilganman. Qisqacha qilib aytganda, «Kalom maqsadga erishish yo‘lidagi vositadir. Har bir maqtovchida maqsadga rostgo‘ylik bilan, yolg‘onsiz ega bo‘lish imkoni bo‘lsa, yolg‘on gapirish xaromdir. Agar rostgo‘ylik bilan erishish imkoni bo‘lmay, faqat yolg‘on bilan imkon bo‘lsa, yolg‘on joizdir. Agar qo‘lga kiritiladigan maqsad muboh bo‘lsa, yolg‘on ham mubohdir. Agar maqsad vojib bo‘lsa, yolg‘on ham vojibdir. Masalan, biror musulmon kishi qatl qiluvchi zolimdan yashirinib olgan bo‘lsa-yu, zolim u musulmon haqida so‘rasa, uni yashirib yolg‘on ishlatish vojibdir. Shu singari o‘zida yoki boshqa kishida omonat bo‘lsa va zolim o‘sha molni tortib olishni xohlasa, uni yashirib yolg‘on gapirish vojib bo‘ladi. Yana ham qamrovlirog‘i «tavriya», ya’ni lafzning zohirida yolg‘on bo‘lsa ham, unga nisbatan yolg‘on bo‘lmagan sog‘lom maqsadli ibora qo‘llaydi. Mabodo, tavriyani tark qilib, ana shu holda yolg‘on iborani qo‘llasa ham, harom emas. Ulamolar mana shunaqa holatlarda yolg‘on ishlatishning joizligiga Ummu Gulsumning (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.) eshitgan quyidagi hadislarini dalil qilib keltirishadi. Rasululloh (s.a.v.): «Insonlar orasini isloh qilish niyatida yolg‘ondan yaxshi xabar yetkazuvchi va yaxshi so‘zlarni gapiruvchi yolg‘onchi emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslim rivoyatlarida esa «Ummu Gulsum (r.a.): «Odamlar ishlatib yuradigan so‘zlarning uch xilidan tashqari boshqa birortasida yolg‘on ishlatishga Rasululloh (s.a.v.) ruxsat bermadilar. Ular: urushda, odamlar orasini isloh qilishda, er-xotin o‘rtalarida bo‘ladigan so‘zlarda», deb aytganlar» ziyoda qilingan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:47:57
262-bob
Gap gapirayotganida yaxshilab tekshirib, keyin so‘zlashga targ‘ib haqida


Alloh taolo:
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma» (Isro surasi, 36-oyat);

«U (inson) biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18-oyat), deb aytgan.

1546/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kishi har bir eshitgan narsasini gapiraverishi uning yolg‘onchi ekaniga kifoya qiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1547/2. Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim mendan birorta hadisni rivoyat qilsa va uning yolg‘onligini ham his qilsa, o‘sha kishi yolg‘onchilarning biridir», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1548/3. Asmodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir ayol: «Ey Allohning rasuli! Mening bir kundoshim bor. Agar o‘zimni uning oldida erim bermagan narsa ila to‘q qilib ko‘rsatsam, menga gunoh bo‘ladimi?» deganida, Rasululloh (s.a.v.): «Berilmagan narsa ila o‘zini to‘q qilib ko‘rsatuvchi kishi ikki yolg‘on libosini kiyuvchiga o‘xshaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Buning ma’nosi quyidagichadir: masalan, kishi o‘zi ilm va zuhd ahli bo‘lmasdan kishilarni aldab ularning liboslarini kiyib yuradi. Yoki badavlat bo‘lmay, zodagonlar libosini kiyib yuradi. Bu libos bilan ular erishgan maqomlarga yetishni xohlaydi. Bu hadisda esa odamning ichi bilan usti bir xil bo‘lishiga targ‘ib qilinmoqda.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:48:17
263-bob
Yolg‘on guvohlik berish og‘ir harom amallardan ekanligi haqida


Alloh taolo:
«Va yolg‘on so‘zdan yiroq bo‘lingiz» (Haj surasi, 30-oyat);

«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma!» (Isro surasi, 36-oyat);

«U (inson) biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18-oyat);

«Shak-shubhasiz, Parvardigoringiz (barcha narsani) kuzatib turguvchidir» (Val-fajr surasi, 14-oyat);

«Ular (ya’ni, Rahmonning suyukli bandalari) yolg‘on guvohlik bermaslar» (Furqon surasi, 72-oyat), deb aytgan.

1549/1. Abu Bakra Nufay’ ibn Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarga kabira (ulkan) gunohlar haqida xabar beraymi?» deb so‘radilar. Biz: «Ha, ayting, ey Allohning rasuli!» dedik. Shunda u zot: «Allohga biror narsani sherik qilmoq, ota-onaga oq bo‘lmoq, - deb suyanib turgandilar, to‘g‘ri o‘tirib olib, -ogoh bo‘linglar, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik bermoq», deb takrorlayverdilar, hatto biz: «Qaniydi, jim bo‘lsalar-ku», deb umid qildik». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:48:28
264-bob
Biror kishi yoki hayvonni la’natlashning haromligi haqida


1550/1. Abu Zayd ibn Sobit ibn Zahhok al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Bu zot Rizvon bay’atida ishtirok etgan sahobalardan biridir.) Rasululloh (s.a.v.): «Kim qasddan bir narsaga yolg‘ondan qasam ichib (bu ish shundoq bo‘lsa yo bo‘lmasa) Islomdan boshqa millatda (ya’ni, yahudiy, nasroniy va yoki majusiy) bo‘lay, desa, o‘sha niyat qilib aytgan dinida bo‘ladi (ya’ni, Islomdan chiqadi). Kim o‘z joniga o‘zi biror narsa bilan qasd qilsa, qiyomat kuni o‘sha narsa bilan azob beriladi. Kim bajarishga qodir bo‘linmaydigan narsani nazr qilsa, uni bajarish lozim emas. Mo‘minni la’natlash uni o‘ldirish kabidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1551/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «La’natni ko‘p aytish chin musulmonga loyiq emas», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:48:36
1552/3. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ko‘p la’nat aytuvchi kishi qiyomat kunida shafoatchi ham, guvohlik beruvchi ham bo‘lmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1553/4. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohning la’nati bo‘lsin, Allohning g‘azabi bo‘lsin va Allohning do‘zaxi bo‘lsin, deb so‘kishmanglar», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:48:43
1554/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min kishi ko‘p so‘kuvchi ham, ko‘p la’natlovchi ham, fahsh so‘zlarni aytuvchi ham, odobsiz ham bo‘lmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.

1555/6. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar banda biror narsa ila la’natlasa, la’nati osmonga ko‘tariladi. Osmon eshiklari uning ro‘parasida yopiladi. So‘ngra yerga tushadi. Bas, uning eshiklari ham yopiladi. So‘ngra o‘ng va chap tomonga boradi. Agar imkoniyat topa olmasa, la’natlangan kishiga qaytadi. Agar uning sohibi o‘sha la’natga ahl (munosib) bo‘lsa, unda qoladi. Agar ahl bo‘lmasa, aytgan kishining o‘ziga qaytadi», dedilar. Abu Dovud rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:48:53
1556/7. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) safarlarning birida ekanliklarida ansoriylardan bir ayol tuyadan achchiqlanib, uni la’natladi. Buni Rasululloh (s.a.v.) eshitib: «Bundagi narsalarni olib, tuyani qoldiringlar, chunki tuya la’natlangandir», dedilar. Imron (r.a.): «Men u tuyani hozir ko‘rgandekman. U kishilar orasida yuradi-yu, ammo unga biror kishi yuzlanmaydi», deb aytganlar. Imom Muslim rivoyati.

1557/8. Abu Barzadan 4$> rivoyat qilinadi. Bir joriya qiz qavmning yuki turgan tuyada edi. Tog‘ning tor joyida u Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rib tuyaga «To‘xta! Alloh seni la’natlasin», deb yubordi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Bu la’natlangan tuyani bizga hamroh qilmang», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

Bilingki, bu hadis mushkul, deb bilinadi. Aslida bu hadisda ishkallik yo‘qdir. Ya’ni, tuyaning birga yurishini Rasululloh (s.a.v.) xohlamayaptilar, xolos. Bu o‘sha tuyani sotish, so‘yish va minishdan qaytariq, degani emas. Vallohu a’lam.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:49:08
265-bob
Nomini tilga olmasdan gunohkorlarga la’nat aytishning joizligi to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Ogoh bo‘lingizkim, bunday zolimlarga Allohning la’nati bo‘lur» (Hud surasi, 18-oyat);

«Bas, ularning o‘rtalarida bir jarchi: «Zolimlarga Allohning la’nati bo‘lgay», deb jar solur» (A’rof surasi, 44-oyat), deb aytgan.

Gunohkor kishilarni la’natlashning joizligi haqida mashhur sahih hadislarda sobit bo‘lishicha, Rasululloh (s.a.v.): «Soch ulovchi va soch ulatganni, ribo yeyuvchini, rasm chizuvchini, yer qozig‘ini (qo‘shni haqqini) o‘zgartiruvchini, tuxum o‘g‘risini, otasini la’natlaganni, Allohdan boshqaga qilingan qurbonlikni Alloh la’natladi. Kim bizning ishimizda yangilik yaratsa yoki yangilikka yo‘l bersa, unga Allohning farishtalari va odamlarning barchasining la’nati bo‘lsin», dedilar. Va yana: «Allohim, Ri’l, Zakavon va Usayya qabilalarini la’natlagin. Ular Alloh va rasuliga osiylik qilishdi. Bular arab qabilalaridan uchtasidir. Yana U yahudiylarni la’natladi. Yana Alloh taolo yahudiy va nasroniylarni payg‘ambarlar qabrlarini masjid qilib olishgani uchun la’natladi. Va yana ayollarga o‘zini o‘xshatgan erkaklarni va erkaklarga o‘zini o‘xshatgan ayollarni la’natladi», dedilar.

Bu hadislar lafzi Imom Buxoriy va Muslimning «Sahih»larida kelgan. Bularning ba’zisi ikkitasida, ba’zisi birida kelgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:49:20
266-bob
Musulmonni nohaq so‘kishning haromligi haqida


Alloh taolo:
«Mo‘min va mo‘minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58-oyat), deb aytgan.

1558/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Musulmonni so‘kish fosiqlikdir. O’ldirish esa kofirlikdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1559/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kishi boshqa bir kishini fosiq yoki kofir, deb so‘kmasin. Chunki bu ayblar so‘kilgan kishida bo‘lmasa, so‘kuvchining o‘ziga qaytadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:49:28
1560/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ikki so‘kishganning gunohi avval boshlaganigadir. Lekin mazlum haddan oshib ketsa, unda gunoh mazlumga bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1561/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xuzurlariga aroq ichgan bir kishi olib kelindi. Rasululloh (s.a.v.) «Buni uringlar», deb buyurdilar. Abu Hurayra (r.a.): «Bizlardan kimdir uni qo‘li bilan, kimdir poyabzali bilan, yana kimdir kiyimi bilan urdi», dedilar. Qachonki, u o‘g‘ri qaytib ketayotgan edi, qavmidagilardan biri: «Alloh seni xo‘rlasin», dedi. Buni eshitgan Rasululloh (s.a.v.) «Bunaqa so‘zlarni aytmanglar. Chunki bu kishiga g‘olib kelishi uchun shaytonga yordam bergan bo‘lasizlar (ya’ni, shayton bu kishiga aroq ichishni ziynatlab ko‘rsatgan edi. Endi uni xo‘rlayotganingizni ko‘rib shayton xursand bo‘ladi)», dedil ar. Imom Buxoriy rivoyati.

1562/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim quli (xizmatkori)ni zino qilganlikda ayblasa va bu ayblagan narsasi unda mavjud bo‘lmasa, qiyomat kuni o‘sha ayblovchiga had (darra) uriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:49:40
267-bob
O’liklarni nohaq va shar’iy manfaatsiz so‘kishning haromligi haqida


Shar’iy manfaat shuki, bid’atchi va fosiqlarga ergashib qolinishdan boshqalarni ogohlantirib ularni so‘kish. Bunga yuqoridagi bobda kelgan oyat va hadislar dalil bo‘ladi.

1563/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «O’lganlarni so‘kmanglar, chunki amallari bilan boradigan joylariga borib bo‘ldilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:49:55
268-bob
Ozor berishdan qaytarilgani haqida


Alloh taolo:
«Mo‘min va mo‘minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58-oyat), deb aytgan.

1564/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qo‘li va tilidan musulmonlar omonda bo‘lsa, o‘sha kishi haqiqiy musulmondir. Alloh man qilgan narsalardan o‘zini chetda tutgan kishi haqiqiy muhojirdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1565/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimni do‘zaxdan uzoqlashish va jannatga kirish xursand qilsa, o‘ladigan paytda Allohga va oxirat kuniga iymon keltirib vafot etsin. Hamda o‘ziga qilinishni mahbub ko‘rgan muomalani o‘zidan boshqalarga ham ravo ko‘rsin» (ya’ni, boshqalarga ham o‘shanday yaxshi muomalada bo‘lsin), dedilar. Imom Muslim rivoyati.

Bu hadis yuqoridagi «Boshliqlarga toat qilish» bobida kelgan uzun hadisning bir qismidir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:50:20
269-bob
Musulmonlar bir-birlarini yomon ko‘rishlari, aloqalarini uzib, teskari bo‘lib ketishlaridan qaytarilgani haqida


Alloh taolo:
«Mo‘minlar hech shak-shubhasiz og‘a-inilardir» (Hujurot surasi, 10-oyat);

«Ular mo‘minlarga hokisor, kofirlarga esa qattiqqo‘l kishilardir» (Moida surasi, 54-oyat);

«Muhammad Allohning payg‘ambaridir. U bilan birga bo‘lgan (mo‘min)lar kofirlarga qahrli, o‘z oralarida (mo‘minlar bilan) esa rahm-shafqatlidirlar» (Fath surasi, 29-oyat), deb aytgan.

1566/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir-biringizni yomon ko‘rmang. Bir-biringizga hasad qilmang. Bir-biringizga orqa o‘girib ketmang. Hamda bir-biringizdan aloqa uzmang. Ey Allohning bandalari, bir-biringizga birodar bo‘linglar. Musulmon kishining boshqa bir musulmon bilan uch kundan ortiq gaplashmasdan arazlashib yurishi halol emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1567/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Dushanba va payshanba kunlari jannat eshiklari ochiladi. Hamda Alloh taologa biror narsani sherik qilmagan bandalarning gunohlari kechiriladi. Lekin bir kishining birodari bilan adovati bo‘lsa, gunohlari kechirilmaydi. Va: «Bu ikkovi yarashguncha muhlat berib turinglar. Bu ikkovi yarashguncha muhlat berib turinglar», deb aytiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida «Amallar payshanba va dushanba kunlari ko‘rsatiladi» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:50:29
270-bob
Hasadning haromligi haqida


Hasad - xoh diniy, xoh dunyoviy ne’matlarga birodari erishsa, o‘sha ne’mat undan yo‘q bo‘lishini orzu qilishdir. Alloh taolo:

«Yoki odamlarga (ya’ni, Muhammad alayhissalomga) Alloh o‘z fazlu karamidan bergan narsaga (ya’ni, payg‘ambarlikka) hasad qilyaptilarmi?» (Niso surasi, 54-oyat) deb aytgan.

Bu bobga yana avvalgi bobda kelgan 1566-raqamli hadis ham dalildir.

1568/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Hasaddan chetlaninglar. Chunki olov o‘tin yoki o‘t-xashaklarni yeganidek, hasad ham yaxshi amallarni yeb bitiradi», dedilar. Abu Dovud rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:50:50
271-bob
Josuslikdan hamda yashirin gaplarga quloq solishdan qaytarilgani to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Josuslik qilib yurmanglar» (Hujurot surasi, 12-oyat);

«Mo‘min va mo‘minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58-oyat), deb aytgan.

1569/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Gumondan chetlaninglar. Chunki gumon so‘zlarning eng yolg‘onidir. Birovlarning ayblarini axtarmanglar. Va so‘zlariga quloq tutmanglar, ya’ni josuslik qilmanglar. Biror narsaga faqat o‘zingiz ega bo‘lishga oshiqmang. Hasad qilmang. Bir-biringizga g‘azab qilmang. Hamda orqa o‘girib munosabatlarni buzmang. Ey Allohning bandalari, sizlarga buyurilganidek birodar bo‘linglar. Musulmon musulmon bilan aka-ukadir. Unga zulm qilmaydi, yordamsiz qo‘ymaydi va past ham sanamaydi», dedilar va «Taqvo - bu yerda», «Taqvo - bu yerda», deb qalblariga ishora qildilar. Yana davom etib: «Kishi musulmon birodarini past sanamog‘i uning yomon ekaniga kifoya qiladi. Har bir musulmonning boshqa bir musulmonning qoni, moli va obro‘siga tajovuz qilmog‘i haromdir. Albatta Alloh taolo jismlaringiz, ko‘rinishingiz va amallaringizga qaramaydi. Lekin sizlarning qalbingizga qaraydi», dedilar.

Boshqa rivoyatda Rasululloh (s.a.v.): «Bir-biringizga hasadlashmang. Bir- biringizga g‘azab qilmang. Bir-biringizning so‘zingizga quloq tutmang. Hamda ayblaringizni axtarmang. O’zaro narxlarni oshirib yubormang (ya’ni, sotib olish niyati yo‘q holda bahosini oshirish uchun yolg‘ondan baholashmang). Ey Allohning bandalari, birodar bo‘linglar», deb aytganlar. Boshqa rivoyatda yana Rasululloh (s.a.v.): «O’zaro aloqalarni uzmang. Bir-biringizga orqa o‘girib munosabatlarni buzmanglar. Hamda g‘azab qilmanglar. Va bir-biringizga hasadlashmanglar. Ey Allohning bandalari, birodar bo‘linglar», deb aytganlar.

Boshqa rivoyatda Rasululloh (s.a.v.): «Bir-biringiz bilan arazlashmang. Hamda ba’zilaringiz ba’zilaringiz savdosi ustiga savdo qilmasin», deganlar. Bu hadislarni Imom Muslim rivoyat qilganlar. Ko‘pi Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadislardir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:50:57
1570/2. Muoviyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar sen musulmonlarning aybini axtarib ketidan tushsang, ularni buzasan yoki buzishga yaqin borasan», dedilar. Abu Dovud rivoyati.

1571/3. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot huzurlariga bir kishi olib kelindi. Va bu kishining soqolidan aroq tomchilab turibdi, deyildi. Shunda Ibn Mas’ud (r.a.): «Biz birovlarning aybini axtarib josuslik qilishdan qaytarilganmiz. Lekin biror ayb o‘zicha ma’lum bo‘lib qolsa, uni jazoga tortamiz», dedilar. Abu Dovud Imom Buxoriy va Muslim shartlaridagi isnod ila rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:51:13
272-bob
Musulmonlarni zaruratsiz yomon gumon qilishdan qaytarilgani to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Ey mo‘minlar, ko‘p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ayrim gumon(lar) gunohdir» (Hujurot surasi, 12-oyat), deb aytgan.

1572/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Gumondan chetlaninglar. Chunki gumon so‘zlarning eng yolg‘onidir!» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:51:30
273-bob
Musulmonlarni tahqirlashning haromligi haqida


Alloh taolo:
«Ey mo‘minlar, (sizlardan bo‘lgan) bir qavm (boshqa) bir (mo‘min) qavmdan masxara qilib kulmasin - ehtimolki, (o‘sha masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. Yana (sizlardan bo‘lgan) ayollar ham (boshqa mo‘mina) ayollar ustidan masxara qilib (kulmasinlar) - ehtimolki, (o‘sha masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. O’zlaringizni (ya’ni, bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizga laqablar qo‘yib olmanglar. Iymondan keyin fosiqlik bilan nomlanish (ya’ni, mo‘min kishining yuqorida man qilingan fosiqona ishlar bilan nom chiqarishi) naqadar yomondir. Kim tavba qilmasa, bas, ana o‘shalar zolim kimsalardir» (Hujurot surasi, 11-oyat);

«Barcha (kishilarga dilozorlik qilib, ularning obro‘larini to‘kib yuradigan) bo‘htonchi-g‘iybatchiga halokat bo‘lgay» (Humaza surasi, 1-oyat), deb aytgan.

1573/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi musulmon birodarini past sanamog‘i uning yomon ekaniga kifoya qiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:51:39
1574/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qalbida zarra miqdoricha kibri bor kishi jannatga kirmaydi», dedilar. Shunda bir kishi: «Ey Rasululloh, kishi chiroyli kiyim va chiroyli poyabzal kiyadi (bu ham kibr bo‘ladimi?)» deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Albatta Alloh chiroylidir. Chiroylini yaxshi ko‘radi. Kibr esa haqni buzish va kishilarga nast nazar bilan qarash», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1575/3. Jundub ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Bir kishi: «Alloh nomiga qasamki, Alloh falon kishining gunohini kechirmaydi», deydi. Alloh taolo (bu kishining so‘ziga e’tiroz bildirib): «Bu kishi Mening nomimga qasam ichib, falon kishining gunohini kechmasligimni aytmoqda. Lekin Men uning gunohini kechirib, sening savobli amallaringni yo‘qqa chiqardim, ya’ni habata qildim», deb aytadi». Imom Muslim rivoyati.

Foyda: bu hadisda Allohning bandalariga nisbatan rahmati va mag‘firati kengligi hamda musulmonlarning birortasini haqqir sanamasligi bayon etilmoqda.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:51:53
274-bob
Musulmonga musibat yetganda xursand bo‘lishdan qaytarilgani to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Mo‘minlar hech shak-shubhasiz og‘a-inilardir» (Hujurot surasi, 10-oyat);

«Albatta iymon keltirgan kishilar o‘rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir» (Nur surasi, 19-oyat), deb aytgan.

1576/1. Vosila ibn Asqa’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Birodaringga musibat yetganda xursand bo‘lma! Bordi-yu, xursand bo‘lsang, Alloh unga rahm qilib musibatdan xalos etadi, o‘zingni esa musibatga solib qo‘yadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.

Yana bu bobimizga yuqorida Abu Hurayradan rivoyat qilingan 1569-hadis ham dalil bo‘ladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:52:07
275-bob
Shariat zohirida sobit bo‘lgan nasabni haqoratlashning haromligi haqida


Alloh taolo:
«Mo‘min va mo‘minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58-oyat), deb aytgan.

1577/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Insonlarda ikki xislat borki, ular ana shu ikki xislat bilan kufrdadirlar: nasabini haqorat qilish va mayyitga baland ovoz bilan yig‘lash», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:52:26
276-bob
Firibgarlik va aldamchilikdan qaytarilgani haqida


Alloh taolo:
«Mo‘min va mo‘minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58-oyat), deb aytgan.

1578/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim bizga qarshi qurol ko‘tarsa hamda firibgarlik qilsa, bizdan emas», dedil ar. Imom Muslim rivoyati.

Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) bir g‘aram g‘alla oldidan o‘tib, qo‘llarini unga tiqdilar. Qo‘llariga namlik tegdi. U zot: «Ey g‘alla egasi, bu nimasi?» dedilar. U: «Yomg‘ir tegib shunaqa nam bo‘lib qolibdi, ey Allohning rasuli», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Unda sen bu nam bo‘lganlarini odamlarning ko‘zi tushishi uchun tepasiga qo‘ymadingmi?» deb, yana: «Kim bizni aldab firibgarlik qilsa, bizdan emas», dedilar.

1579/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «O’zaro narxlarni oshirib yubormanglar (ya’ni, sotib olish niyati yo‘q, lekin bahosi oshishi uchun yolg‘ondan baholashmanglar)», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:52:32
1580/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) o‘zaro narxlarni oshirishdan qaytardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1581/4. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohga (s.a.v.) doim savdoda aldanishini zikr qildi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) unga: «Agar oldi-sotdi qilsang, aldash yo‘qdir, deb aytgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1582/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim biror kishining xotinini yoki xizmatkorini yo‘ldan urib buzsa va aldasa, bizdan emas», dedilar. Abu Dovud rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:52:44
277-bob
Xiyonat, bevafolikning haromligi haqida


Alloh taolo:
«Ey mo‘minlar, ahdlarga (o‘zaro kelishgan bitimlarga) vafo qilingiz» (Moida surasi, 1-oyat); «Ahdga vafo qilinglar, zero ahd-paymon (qiyomat kuni) mas’ul bo‘linadigan ishdir» (Isro surasi, 34-oyat), deb aytgan.

1583/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarda to‘rt toifa kishi borki, ularda sof munofiqlik bor. Kimda ana shu xislat bo‘lsa, to uni tark qilmagunicha undan nifoqlik xislati ketmaydi. Agar omonat berilsa, xiyonat qiladi. Agar gapirsa, yolg‘on so‘zlaydi. Agar ahdlashsa (shartnoma tuzilsa), buzadi. Agar xusumatlashilsa, nomussizlik qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1584/2. Ibn Mas’ud, Ibn Umar va Anaslardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har bir xiyonatchiga qiyomat kunida alomat bo‘lishi uchun bayroq ushlatiladi. Va falonchining xiyonati uchun bunday qilindi, deb aytiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:52:50
1585/3. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulloh (s.a.v.) «qiyomat kuni barcha xiyonatkorlar dumbasi oldida bayroq bo‘ladi. Va uning xiyonati miqdoricha ko‘tariladi. Ogoh bo‘ling! Ommaga boshliq bo‘lganlarning xiyonatidan ko‘ra buyukroq xiyonat yo‘qdir», de dil ar. Imom Muslim rivoyati.

1586/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo: «Qiyomat kuni Men uch kishi bilan xusumatdadirman. Bir kishi Mening nomim bilan bir kishiga ahd beradi-da, keyin xiyonat qiladi. Va bir kishi ozod (hur) kishini sotib yuborib, pulini yeydi. Va yana bir kishi ishchini yollab ishlatadi-da, uning haqqini ado etmaydi», dedi». Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:53:05
278-bob
Bergan narsasini minnat qilishdan qaytarilgani to‘g‘risida


Alloh taolo:
«Ey mo‘minlar, bergan sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang» (Baqara surasi, 264-oyat);

«Mollarini Alloh yo‘lida sarflab, so‘ngra bergan narsalariga minnat va ozorni ergashtirmaydigan zotlar uchun Parvardigorlari huzurida ulug‘ ajr bordir» (Baqara surasi, 262-oyat), deb aytgan.

1587/1. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Uch toifa kishi borki, Alloh qiyomat kunida ularga gapirmaydi va ularni oqlamaydi hamda ular uchun alamli azob bordir», deb uch bora shu so‘zni aytdilar. Shunda Abu Zarr (r.a.): «Hasrat-nadomatda qolgurlar, ular kimlar o‘zi?» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.): «Kiyimlarini mutakabbirlik uchun uzun qilib kiyuvchilar, minnat qiluvchilar va molini yolg‘on qasamlar bilan o‘tkazuvchi kishilar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.

Muslimning boshqa rivoyatlarida «Ishtonini va ko‘ylagini takabburona uzun qilib kiyuvchilar» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:53:23
279-bob
Faxrlanish va haddan oshishdan qaytarilgani haqida


Alloh taolo:
«Bas, sizlar o‘zlaringizni poklamay qo‘ya qolinglar. Uning O’zi taqvodor bo‘lgan kishilarni juda yaxshi bilguvchidir»
(Van-najm surasi, 32-oyat);

«Faqat odamlarga zulm qiladigan va yerda nohaq haddilaridan oshadigan kimsalar (ni ayblash va zulm-u zo‘ravonliklari uchun jazolash)gagina yo‘l bordir. Ana o‘shalar uchun alamli azob bordir» (Sho‘ro surasi, 42-oyat), deb aytgan.

1588/1. Iyoz ibn Himordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta Alloh taolo menga tavozu’li bo‘lmoqni va biror kishi boshqa bir kishiga jabr qilmasligini hamda maqtanmasligini vahiy qildi», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.

1589/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar bir kishi odamlar halok bo‘ldi (ya’ni, buzilib ketdi), desa, o‘sha kishining o‘zi hammadan ko‘proq halok bo‘lguvchidir», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

Bu rivoyat mana shu ma’noda mashhurdir. Bu yerda o‘z nafsiga ajablanib odamlarga past nazar ila qarash, ularga nisbatan o‘zini baland tutib bunday deyish harom sanalmoqda. Lekin odamlar din ishlarida kamchilikka yo‘l qo‘yganda ularning ahvollariga qayg‘urib bunday so‘zni aytishning zarari yo‘q. Mashhur imomlardan Molik ibn Anas, Xattobiy, Humaydiy va boshqalar bu hadisni shunday sharhlashgan. Men bu haqda «Al-Azkor» kitobida so‘z yuritganman.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:53:45
280-bob
Musulmonlarning uch kundan ortiq arazlashib yurishlarining haromligi, lekin bid’atchi yoki fosiqligi ochiq bo‘lgan kishi bilan arazlashishning zarari yo‘qligi haqida


Alloh taolo:
«Mo‘minlar hech shak-shubhasiz og‘a-inilardir. Bas, sizlar ikki og‘a-iningizning o‘rtasini o‘nglab qo‘yinglar!» (Hujurot surasi, 10-oyat);

«Gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz» (Moida surasi, 1-oyat), deb aytgan.

1590/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «O’zaro aloqalarni uzmang. Bir-biringizga orqa o‘girib munosabatlarni buzmanglar. Hamda g‘azab qilmanglar. Va bir-biringizga hasadlashmanglar. Ey Allohning bandalari, birodar bo‘linglar. Musulmon kishining birodari bilan uch kundan ko‘p arazlashib yurishi halol emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1591/2. Abu Ayyubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Musulmon kishining birodari bilan uch kundan ko‘p arazlashib yurishi halol emas. Ko‘rishganda u yuzini o‘girishi yoki bunisi yuzini burishi yaxshi emas. Balki salomni avval boshlagani yaxshisidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:53:52
1592/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Har dushanba va payshanba kuni amallar Allohga taqdim qilinadi. Allohga biror narsani sherik qilmagan kishining gunohlari kechiriladi. Ammo birodari bilan adovati bo‘lgan kishiga nisbatan: «Bu ikkovini to yarashgunlaricha tek qo‘yinglar», deyiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1593/4. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta shayton Arab yarim orolida namozxonlarni o‘ziga ibodat qildirishdan umidini uzdi. Lekin oralarini buzib, bir-birlariga muxolif qilishdan umidini uzgani yo‘q», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:54:03
1594/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Musulmon kishi birodari bilan uch kundan ko‘p arazlashishi halol emas. Kim uch kundan ko‘p arazlashib vafot etsa, do‘zaxga kiradi», dedilar. Abu Dovud Imom Buxoriy va Muslim shartlariga binoan rivoyat qilganlar.

1595/6. Abu Xirosh Hadrad ibn Abu Hadraddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim birodari bilan bir yil arazlashib yursa, go‘yoki uning qonini to‘kibdi», dedilar. Abu Dovud rivoyati.

1596/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min kishi boshqa bir mo‘min kishi bilan uch kundan ko‘p arazlashib yurishi halol emas. Agar uch kundan ko‘p o‘tib ketsa, arazlagan kishisi bilan yo‘liqib, unga salom bersin. Agar u salomga alik olsa, savobda sherikdir. Agar alik olmasa, arazlashishning gunohi o‘sha alik olmagan kishiga bo‘ladi. Salom bergan kishi esa aloqa uzish gunohidan qutuladi», dedilar. Abu Dovud rivoyati.

Abu Dovud: «Alloh yo‘lidagi aloqa uzib arazlashish yuqoridagi so‘zlarga o‘xshash emasdir», deb aytdilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:54:25
281-bob
Uch kishidan ikkisi uchinchisidan izn olmay maxfiy gaplashishdan qaytarilgani haqida


Alloh taolo:
«(Yahudiy va munofiqlarning) o‘zaro shivir-shivirlari faqat shayton tomonidandir» (Mujodala surasi, 10-oyat), deb aytgan.

1597/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar uch kishi turgan bo‘lsa, birlarini qoldirib ikki kishi pichirlab maxfiy gaplashmasin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Abu Dovud ham bu hadisni rivoyat qilib quyidagilarni ziyoda qilganlar: «Abu Solih (r.a.) Ibn Umarga (r.a.): «Agar to‘rt kishi turganda ikki kishini qoldirib gaplashsa bo‘ladimi?» deganlarida, Ibn Umar (r.a.): «Zarari yo‘q», deb aytdilar».

Imom Molik ham «Muvatto» kitoblarida quyidagilarni rivoyat qilganlar: «Abdulloh ibn Dinor: «Men va Ibn Umar (r.a.) Xolid ibn Uqbaning bozor yaqinidagi uyi oldida turganimizda, bir kishi kelib Ibn Umar bilan maxfiy gaplashishni xohladi. O’shanda Ibn Umar (r.a.) bilan mendan boshqa biror kishi yo‘q edi. Ibn Umar (r.a.) esa to‘rt kishi bo‘lishimiz uchun yana bir kishini chaqirib, menga va haligi chaqirtirgan kishiga: «Bir oz to‘xtab turinglar, chunki men Rasululloh (s.a.v.) «Agar uch kishi bo‘lsa, bir kishini qoldirib gaplashmasin», deb aytganlarini eshitdim», dedilar», deb aytdilar».

1598/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar uch kishi bo‘lsangiz, bir kishining o‘zini qoldirib ikkitangiz gaplashmang. Qachonki, u boshqalarga qo‘shilib ketsa, unda zarari yo‘q. Chunki bir kishini qoldirib, ikki kishi alohida gaplashsa, haligi bir kishi xafa bo‘lib qoladi», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:54:46
282-bob
Xizmatkorini, hayvonlarni, xotinini va bolasini shar’iy sababsiz yoki odob chegarasidan chiqish darajasida qiynamoqdan qaytarilgani haqida


Alloh taolo:
«Ota-onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz! Albatta Alloh o‘zlari baxillik qiladigan va o‘zga odamlarni ham baxillikka chaqiradigan hamda Alloh fazlu karamidan bergan ne’matlarni yashiradigan mutakabbir va maqtanchoq bo‘lgan kimsalarni sevmaydi» (Niso surasi, 36-oyat), deb aytgan.

1599/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir xotin mushuk sababli azobga mustahiq bo‘ldi. Ya’ni, uni qafasga qamab o‘ldirgani sabab do‘zaxga doxil bo‘ldi. U xotin mushukni qafasga solib ovqat ham, ichimlik ham bermadi. Agar qamamasdan qo‘yib yuborganda edi, yerdagi (o‘z nasibasi bo‘lgan) hasharotlarni yeb (hayotini saqlar) edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1600/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot bir kuni qurayshlik yigitlar oldidan o‘tdilar. Ular bir tirik qushni nishon qilib unga (nayza) otishayotgan edi. Yigitlar Ibn Umarni ko‘rib qolib tarqalib ketishdi. Ibn Umar (r.a.): «Buni kim qildi? Alloh la’natlagur, qaysi kishi qildi? Rasululloh (s.a.v.) ham tirik jonni nishon qilgan kishini la’natlaganlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:54:53
1601/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) hayvonlarni (nayza otib o‘ldirish niyatida) nishon qilishdan man qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1602/4. Abu Ali Suvayd ibn Muqrindan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Muqrinning yettita bolalaridan biridirman. Bizning bir xizmatkorimiz bor edi. Kichik ukam unga shapaloq tortib yuboribdi. Rasululloh (s.a.v.) bizga ana shu xizmatkorni ozod qilishni buyurdilar». Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:55:10
1603/5. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men bir xizmatkorimni qamchi bilan urayotgan edim, nogahon orqamdan «Bilgin, ey Abu Mas’ud», degan ovozni eshitdim. Jahlim chiqib turgani sababli kimning ovoziligini anglamadim. Gapirayotgan kishi Rasululloh (s.a.v.) ekanlar. U zot: «Bilginki, ey Abu Mas’ud, sen bu bolaga azob berishingdan ko‘ra, Alloh seni azoblashga qodirroqdir», dedilar. Buni eshitgandan keyin bundan so‘ng birorta qulni aslo urmayman, deb aytdim».

Boshqa rivoyatda «U zotning haybatlaridan qo‘limdagi qamchi tushib ketdi» bo‘lib kelgan.

Yana boshqa rivoyatda: «(Men): «Ey Allohning rasuli, Allohning roziligi uchun bu ozoddir», desam, u zot: «Agar shunday qilmaganingda ham do‘zax seni kuydirar yoki o‘ziga olar edi», deb aytdilar», deyiladi. Bularning hammasini Imom Muslim rivoyat qilganlar.

1604/6. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim qilmagan ishiga xizmatkorini jazolasa yoki shapaloq ursa, uning kafforati qulni ozod qilishdir», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:55:23
1605/7. Hishom ibn Hakim ibn Hizomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Shom shahrida bir necha dehqonning oldidan o‘tdilar. O’sha dehqonlarni quyosh tagiga qo‘yib, ustilaridan yog‘ quyilayotgan ekan. Hishom (r.a.): «Bu nimasi?» dedilar. «Xiroj (solig‘i) berishmagani sababli azoblanishmoqda», deyildi. (Boshqa rivoyatda: «Jizya berishmagani sababli hibs qilingan», deyilgan.) Hishom (r.a.): «Guvohlik berib aytamanki, Rasululloh (s.a.v.) «Albatta Alloh hayoti dunyoda odamlarni azoblaydiganlarga azob beradi», deb aytganlarini eshitganman», dedilar. Va boshliqning oldiga kirib unga ham bu so‘zlarni aytgandilar, boshliq ularni bo‘shatishni buyurdi. Imom Muslim rivoyati.

1606/8. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yuziga tamg‘a urilgan eshakni ko‘rib bu holatdan ranjidilar. Ibn Abbos (r.a.): «Allohga qasamki, yuziga hech tamg‘a urmayman. Faqatgina yuzidan pastga tamg‘a uraman», dedilar. Eshaklarini olib kelish buyurildi. Va ikki soni yuqori tarafidagi dumi atrofiga tamg‘a urildi. Ibn Abbos eshagini ana shu yeriga tamg‘a urdirganlarning birinchisidirlar. Imom Muslim rivoyati.

1607/9. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yuziga tamg‘a urilgan eshakning oldidan o‘ta turib: «Alloh mana shunaqa tamg‘a qiluvchilarni la’natlagan», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.

Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida «Rasululloh (s.a.v.) yuzga urishdan va yuzga tamg‘a tushirishdan man etdilar» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:55:37
283-bob
Qanday jonivor bo‘lishidan qat’iy nazar, hattoki bit va shunga o‘xshash narsalarni ham olov bilan azoblashning haromligi haqida


1608/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) bizni bir joyga jo‘natib: «Agar qurayshlik falonchi va falonchini topsanglar, olovda yoqib yuboringlar», dedilar. Qachonki, chiqishni xohlab tursak, u zot: «Men sizlarga falonchi va falonchini yoqib yuborishni buyurgan edim. Albatta olov bilan faqat Alloh azoblaydi. Agar ularni tutib olsangiz, yoqmasdan qatl qilinglar», deb aytdilar». Imom Buxoriy rivoyati.

1609/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga safarda ketayotgan edik. U zot hojat chiqargani borganlarida, biz bir qushning bolasi bilan turganini ko‘rdik. Bolasini ushlasak, u qush kelib qanoti bilan ustimizda ucha boshladi. Rasululloh (s.a.v.) kelib: «Kim buning bolalarini ushlab olib xafa qildi? Uning bolalarini o‘ziga qaytaringlar», deb aytdilar. Keyin yana biz o‘t yoqib kuydirgan chumoli uyini ko‘rib: «Buni kim kuydirdi?» deganlarida, «Biz», deb javob berdik. Shunda u zot: «Olov bilan kuydirish faqat o‘sha olovning Rabbisi Alloh uchun xosdir», dedilar». Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:55:53
284-bob
Haqdor haqqini talab etganida badavlat kishi uning haqqini kechiktirishi haromligi haqida


Alloh taolo:
«Albatta Alloh sizlarni omonatlarni o‘z egalariga topshirishga buyuradi» (Niso surasi, 58-oyat);

«Agar bir-birlaringizga omonat qo‘ysangiz, omonat qo‘yilgan kishi omonatini ado qilsin» (Baqara surasi, 283-oyat), deb aytgan.

1610/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Badavlat kishining (qarzini, omonatini va birovlarning haqqini berishda) kechiktirishi zulmdir. Agar (kambag‘al kishi) puldor kishidan qarzini berib yuborishini talab qilsa, qabul etsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:56:09
285-bob
Kishi berayotgan narsasini hali topshirmasdan oldin qaytarib olishi va bolasiga bergan yoki hali berishga ulgurmagan narsasini qaytarib olishining karohiyati haqida


1611/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bergan narsasini qaytarib oluvchi kishi qusig‘ini qayta (egan) it kabidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda «Bergan sadaqasini qaytarib oluvchi kishi qusib, o‘sha qusig‘ini qayta yegan itga o‘xshaydi» bo‘lib kelgan.

Yana boshqa rivoyatda: «Bergan narsasini qaytarib oluvchi qusig‘ini qayta yeyuvchiga o‘xshaydi», deyilgan.

1612/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men otimni bir mujohidga Alloh yo‘lida sadaqa qildim. Keyin u otni ozdirib yuborganini ko‘rib, sotib olishni xohladim. Va arzon berar, deb gumon qildim. So‘ngra Rasulullohdan (s.a.v.) bu haqda so‘rasam, u zot: «Sotib olma! Garchi bir dirhamga bersa ham, sadaqangni qaytarib olma. Chunki sadaqasini qaytarib oluvchi qusig‘ini qayta yeyuvchiga o‘xshaydi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:56:37
286-bob
Yetim molini yeyish ta’kidlangan harom ekani haqida


Alloh taolo:
«Yetimlarning mollarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar hech shak-shubhasiz qorinlariga olovni yegan bo‘lurlar. Va albatta do‘zaxga kirajaklar» (Niso surasi, 10-oyat);

«Yetimning moliga to u voyaga yetguncha faqat eng chiroyli yo‘l bilangina yaqinlashingiz» (An’om surasi, 152-oyat);

«Yana sizdan yetimlarning (mollari) haqida so‘raydilar. Ayting: «Ularni isloh qilish yaxshidir. Agar (mollaringizni) ularning (mollari) bilan qo‘shib yuborsangiz (zarari yo‘q). Zero, ular birodarlaringizdir. Alloh kim buzg‘unchi, kim o‘nglovchi - isloh qiluvchi ekanini biladi» (Baqara surasi, 220-oyat), deb aytgan.

1613/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Yettita halokatga eltuvchi amallardan saqlaninglar», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, ular qaysi?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «1. Allohga sherik bor deyish. 2. Sehrgarlik. 3. Alloh o‘ldirishni harom qilgan jonni o‘ldirish. Ammo haq bilan bo‘lsa, ya’ni had, qasos va shunga o‘xshash narsalarda zarari yo‘q. 4. Sudxo‘rlik orqasidan kun kechirish. 5. Yetimning molini yeyish. 6. Urushda orqaga chekinish. 7. Hech narsadan xabari yo‘q, pokiza, afifa ayollarni (fohishalikda) ayblash», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:57:24
287-bob
Sudxo‘rlik ulkan haromlardan ekanligi haqida


Alloh taolo:
«Sudxo‘r bo‘lgan kimsalar (qiyomat kunida qabrlaridan) turmaydilar, magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: «Bay’ (oldi-sotdi) ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku!» deganlaridir. Holbuki, Alloh bay’ni halol, sudxo‘rlikni harom qilgan. Bas, kimga Parvardigoridan mav’iza - nasihat yetgach, (sudxo‘rlikdan) to‘xtasa, u holda avval o‘tgani o‘ziga va uning ishi Allohga (topshiriladi). (Ya’ni, O’zi xohlasa, avf qilar.) Va kim (sudxo‘rlikka) qaytsa, o‘shalar jahannam egalaridir va unda abadiy qolajaklar. Alloh sudxo‘rlikning (foydasini) yo‘q qiladi va sadaqalarning (foydasini) ziyoda qiladi. Alloh har qanday (sudxo‘rlikni halol, deb biladigan) ko‘rnamakni va (sudxo‘rlik qiladigan) jinoyatchini sevmaydi» (Baqara surasi, 275-276-oyatlar);

«Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va agar chindan mo‘min bo‘lsangizlar, sudxo‘rlik sarqitlarini tark qilingiz (ya’ni, odamlarga bergan qarzlaringizdan chiqadigan foydani olmangiz)!» (Baqara surasi, 278-oyat) deb aytgan.

Bu haqda mashhur sahih hadislar ko‘pdir. Yuqorida Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilingan 1613-raqamli hadis ham bu bobimizga taalluqlidir.

1614/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sudxo‘rlik ila yeyuvchini va uni yedirguvchini la’natladilar. Imom Muslim rivoyati.

Imom Termiziy va boshqalar ham bu hadisni rivoyat qilib, «Uning ustida guvoh bo‘luvchini va yozuv-chizuv qiluvchini ham la’natladilar»ni ziyoda qilishgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:57:34
288-bob
Riyoning haromligi haqida


Alloh taolo:
«Holbuki, ular faqat yagona Allohga U Zot uchun dinni xolis qilgan, to‘g‘ri yo‘ldan og‘magan hollarida ibodat qilishga... buyurilgan edilar» (Bayyina surasi, 5-oyat);

«Ey mo‘minlar, molini odamlarga ko‘rsatish uchun beradigan, Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o‘xshab, bergan sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang!» (Baqara surasi, 264-oyat);

«(U munofiqlar) qachon namozga tursalar, dangasalik bilan odamlar ko‘rsin, deb turadilar va Allohni kamdan-kam yodga oladilar» (Niso surasi, 142-oyat), deb aytgan.

1615/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo: «Men hammadan ko‘ra sherikdan behojatman. Kim bir amalni bajarib, unga Mendan boshqani sherik qilsa, Men uning o‘zini ham, sherik qilgan (amalini) ham tark qilaman», dedi». Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:57:41
1616/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qiyomat kuni birinchi hukm qilinadigan shaxs Alloh yo‘lida shahid bo‘lgan kishidir. U kishini olib kelib Alloh bergan ne’matlarini tanitadi. Bu kishi u narsalarni taniydi. Keyin unga: «Dunyo hayotida nima qilding?» desa, u kishi: «Sening yo‘lingda jang qilib, hattoki shahid bo‘ldim», deydi. Shunda Alloh taolo: «Yolg‘on so‘zlading. Lekin sen odamlar jasur, dovyurak, deyishlari uchun jang qilding. Haqiqatda dunyo hayotida shunday ham deb atalding», deydi. So‘ngra uni yuzi bilan sudrab olib kelishga buyurilib, hattoki do‘zaxga uloqtiriladi. Undan keyin bir kishi hukm qilinadiki, u kishi dunyo hayotida ilm o‘rganib, boshqalarga ham o‘rgatib, Qur’on o‘qirdi. Bu kishi ham Alloh huzuriga olib kelinadi. Alloh bu kishiga ham bergan ne’matlarini tanitadi. U kishi ham u ne’matlarni taniydi. Alloh taolo: «Dunyo hayotida nima qilding?» desa, u kishi: «Ilm o‘rganib, uni boshqalarga ham o‘rgatib, Sening yo‘lingda Qur’on o‘qidim», deydi. Shunda Alloh taolo: «Yolg‘on gapirding. Lekin sen odamlar olim, deyishlari uchun ta’lim olib va qori, deyishlari uchun Qur’on o‘qiding. Haqiqatda ham dunyo hayotida bu nomlarga ega bo‘lding», deydi. Keyin uni yuzi bilan sudrab olib kelishga buyurib, hattoki do‘zaxga uloqtiriladi. Bundan keyin bir kishi hukm qilinadiki, uni Alloh taolo dunyo hayotida keng-mo‘l qilib, turli mol-dunyo ato qilgan edi. Bu kishi ham Alloh huzuriga olib kelinadi. Alloh bu kishiga ham bergan ne’matlarini tanitadi. U kishi u ne’matlarni taniydi. Alloh taolo: «Dunyo hayotida nima qilding?» desa, u kishi: «Infoq qilinadigan birorta yo‘lingni qoldirmasdan barchasida mablag‘larni infoq-ehson qildim», deydi. Shunda Alloh taolo: «Yolg‘on so‘zlading. Lekin sen bularni odamlar saxiy, hotamtoy, deyishlari uchun bajarding. Haqiqatda ham dunyo hayotida bu nomlarga ega bo‘lding», deydi. Keyin uni yuzi bilan sudrab olib kelishga buyurilib, hattoki do‘zaxga uloqtiriladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:57:50
1617/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Odamlar bu zotning huzurlariga kelib: «Bizlar boshliqlarimiz huzuriga kiramiz. Agar u yerdan chiqsak, aytgan narsamizning xilofini gapiramiz. Ya’ni, oldilarida maqtab, chiqqanda yomonlaymiz», deyishganida, Abdulloh ibn Umar (r.a.): «Biz bunaqa ishlarni Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida munofiqlik, deb hisoblar edik», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.

1618/4. Jundub ibn Abdulloh ibn Sufyondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim biror (yaxshi) amalni odamlar eshitishi va ko‘rishi uchun bajarsa, Alloh taolo qiyomat kuni uni sharmanda qiladi. Kim biror (yaxshi) amalni odamlar nazarida mo‘‘tabar bo‘lishini niyat qilib ko‘rsatsa, Alloh taolo qiyomat kuni butun xaloyiq huzurida ichida berkitgan narsasini ochib rasvo qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1619/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Allohning roziligi talab qilinadigan ilmlardan birini ozgina dunyo matosiga erishish uchun o‘rgansa, qiyomat kunida jannat hidini hidlamaydi», dedilar. Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:58:02
289-bob
Odamlar riyo, deb gumon qilishsa-yu, aslida gumon qilayotgan narsalari riyo emasligi haqida


1620/1. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) «Odamlar yaxshi ishlarni bajarishsa, ba’zi kishilar shu qilgan ishlarini maqtashadi. Shu kishi ham riyokormi?» deb so‘ralganida, Rasululloh (s.a.v.) «Bu narsa mo‘minga beriladigan savoblarning naqdidir. Ya’ni, riyo emasdir», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:58:19
290-bob
Begona, nomahram ayolga va chiroyli o‘g‘il bolaga shar’iy hojat bo‘lmaganda qarashning haromligi haqida


Alloh taolo:
«(Ey Muhammad alayhissalom), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar» (Nur surasi, 30-oyat); «Albatta quloq, ko‘z, dil - bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan va ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)» (Isro surasi, 36-oyat);

«(Alloh) ko‘zlarning xiyonati (ya’ni, qarash harom qilingan narsaga o‘g‘rincha ko‘z tashlashni) ham, dillar yashiradigan narsalarni ham bilur» (G’ofir surasi, 19-oyat);

«Shak-shubhasiz, Parvardigoringiz (barcha narsani) kuzatib turguvchidir» (Fajr surasi, 14-oyat), deb aytgan.

1621/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odam bolasiga zinodan bo‘lgan nasibasi yozib-bitib qo‘yilgan. Yozib qo‘yilgandan keyin albatta uni bajaradi. Undan to‘xtashning iloji yo‘q. Ikki ko‘z zinosi harom narsalarga qarashdir. Ikki quloq zinosi harom narsalarni tinglashdir. Tilning zinosi esa harom narsalarni gapirishdir. Qo‘lning zinosi harom narsalarni ushlashdir. Oyoqning zinosi harom narsalarga qadam bosib borishdir. Kishini ko‘ngli tusaydi va orzu qiladi. O’sha orzuni jinsiy a’zolar rostga chiqaradi yoki yolg‘onga chiqaradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu lafz Muslimniki. Buxoriy rivoyatlarida esa qisqaroqdir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:58:32
1622/2. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Yo‘l yuzasida o‘tirishdan chetlaninglar!» deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, yo‘l yuzasida o‘tirishga majburmiz. Chunki biz u yerda ba’zi narsalarni gaplashamiz», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar gapimga kirmasdan o‘tiradigan bo‘lsanglar, unda yo‘lning haqqini ado qilinglar», dedilar. Sahobalar yana: «Ey Allohning rasuli, yo‘lning haqqi nima?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.) «Ko‘zni (har xil narsalarga) qaratishdan tiyish, ozor beruvchi narsalarni to‘xtatish, salomga alik olish, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarib o‘tirish», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1623/3. Abu Talha Zayd ibn Sahldan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bizlar uy oldidagi sahnda o‘tirib gaplashayotsak, Rasululloh (s.a.v.) kelib, ustimizda turib: «Sizlarga nima bo‘ldiki, yo‘llar ustida o‘tiribsizlar?» dedilar. (Sahobalar): «Bizlar bezarar gaplashib va ba’zi narsalarni muhokama qilib o‘tiribmiz», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Agar o‘tirmaslikning chorasi yo‘q bo‘lsa, unda yo‘lning quyidagi haqlarini ado etib o‘tiraveringlar. Ular: ko‘zni (har xil narsalarga) qaratishdan tiyish, salomga alik olish va yaxshi so‘zlarni gaplashish», dedilar». Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:58:41
1624/4. Jarirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasulullohdan (s.a.v.) nomahramlarga ko‘z to‘satdan tushib qolishi haqida so‘rasam, u zot: «Ko‘zingni tezlik bilan boshqa tarafga qaratgin», dedilar». Imom Muslim rivoyati.

1625/5. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida tursam, Maymuna (r.a.) ham u zot huzurlarida edilar. Shu payt ko‘zi ojiz Ummu Maktum kelib qoldilar. Bu narsa nomahram erkaklardan to‘sinishga buyurilganimizdan keyin bo‘lgan edi. Rasululloh (s.a.v.) «Bu kishidan to‘sininglar», dedilar. Biz: «Ey Allohning rasuli, bu kishining ko‘zi ojiz-ku, u bizni ko‘rmaydi ham, tanimaydi ham», desak, u zot: «Sizlarning ikkovingizning ham ko‘zingiz ojizmi? Sizlar ham uni ko‘rmayapsizlarmi?» dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

1626/6. Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Erkak kishi boshqa erkakning avratiga qaramasin. Ayol kishi boshqa ayol kishining avratiga qaramasin. Erkak kishi boshqa erkak bilan yalang‘och bir ko‘rpada yotmasin. Ayol kishi boshqa bir ayol bilan yalang‘och bir ko‘rpada yotmasin», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:58:59
291-bob
Begona nomahram ayol bilan tanho o‘tirishning haromligi haqida


Alloh taolo:
«Qachon sizlar (Payg‘ambar ayollaridan) biron narsa so‘rasangizlar parda ortida turib so‘ranglar» (Ahzob surasi, 53-oyat), deb aytgan.

1627/1. Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Nomahram xotinlar oldiga kirishdan chetlaninglar», deganlarida, ansoriylardan bir kishi: «Erining qarindoshlaridan birortasi kirsa-chi (ya’ni, erining aka-ukalari, ularning bolalari va amakilarining bolalari)?» deb so‘radi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «O’sha erining qarindoshlariga halokat bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1628/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan birortangiz nomahram ayol bilan tanho qolmasin. Lekin u bilan biror mahrami bo‘lsa, unda zarari yo‘q», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1629/3. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) «Jihodga ketgan mujohidlar xotinining hurmati jihodga bormagan kishilarga nisbatan onalari hurmati kabidir. Jihodga bormagan biror kishi jihodga ketgan biror kishining ahliga o‘rinbosar, ya’ni ular xonadonidan hol-ahvol so‘rab turish mas’uliyatini bo‘yniga olgan bo‘lsa-yu, keyin ularga xiyonat qilsa, qiyomat kuni o‘sha xiyonatchi tek qilib qo‘yilib, mujohidga o‘sha xiyonatchining yaxshiliklaridan xohlaganini to rozi bo‘lguncha olish ixtiyori beriladi», deb bizga o‘girilib qaradilar-da, keyin u zot: «Sizlar nima gumon qilasizlar (ya’ni, savobga haris hamda o‘ch olish hissiyoti qo‘zg‘olib turgan mujohidga xiyonatchining barcha yaxshiliklarini olish ixtiyori berilsa, nima bo‘lishiga gumoningiz qanday)?» dedilar». Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:59:16
292-bob
Kiyinish, xatti-harakat va boshqa narsalarda erkaklar o‘zlarini ayollarga, ayollar o‘zlarini erkaklarga o‘xshatishining haromligi haqida


1630/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. O’zi erkak bo‘laturib xatti-harakati va so‘zlashishini ayollarga o‘xshatuvchini hamda o‘zi ayol bo‘laturib xatti-harakati va so‘zlashishini erkaklarga o‘xshatuvchini Rasululloh (s.a.v.) la’natladilar.

Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.) o‘zini ayollarga o‘xshatuvchi erkakni hamda o‘zini erkaklarga o‘xshatuvchi ayolni la’natladilar. Imom Buxoriy rivoyati.

1631/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ayollarning libosini kiyuvchi erkakni va erkaklarning libosini kiyuvchi ayolni la’natladilar. Abu Dovud rivoyati.

1632/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Do‘zaxda ikki toifa kishi borki, (men ularni do‘zaxda ko‘rgandim) dunyo hayotida hozirgacha ko‘rmadim. Biri shunday toifaki, qo‘llariga molning dumiga o‘xshash qamchini olib, u bilan odamlarni urishadi. Ikkinchisi shunday xotinlarki, kiyimlari bo‘laturib yalang‘ochdirlar. Ya’ni, tor va yupqaligidan kiyimlari bo‘lsa ham, yo‘qqa o‘xshab turadi. Ular boshqalarni o‘zlariga moyil qilib, o‘zlari ham boshqalarga moyil bo‘lishadi. Bularning boshlari tuyaning o‘rkachlari kabi bir tarafga egilib turadi. Bunday ayollar hargiz jannatga kirishmaydi. Uning hidini ham topa olishmaydi. Chunki jannat hidini uncha yoki buncha, ya’ni uzoq masofadan topiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 07:59:32
293-bob
Kishi o‘zini shaytonga va kofirlarga o‘xshatishdan qaytarilgani haqida


1633/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Chap qo‘lingiz bilan taom yemanglar. Chunki shayton chap qo‘li bilan ovqatlanadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1634/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan birortangiz chap qo‘li bilan ovqatlanmasin. Hamda chap qo‘li bilan biror ichimlik ichmasin. Chunki shayton chap qo‘li bilan ovqatlanib, chap qo‘li bilan ichimlik ichadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1635/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Yahudiy va nasroniylar (soch, soqollarini) bo‘yashmaydi. Sizlar ularga xilof qilib bo‘yayveringlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Ya’ni, oqargan soch va soqolni sariq yoki qizilga bo‘yash joiz. Ammo qora rangga bo‘yashdan qaytarilgan. Buni keyingi bobda zikr qilamiz, inshaalloh.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:22:06
294-bob
Erkak kishi soch-soqolini, ayol kishi esa sochini qora rangga bo‘yashi man etilgani haqida


1636/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Makka fath qilingan kuni Abu Bakr Siddiqning otalari Abu Quhofa olib kelindi. Abu Quhofaning soch va soqollari Sag‘oma nomli daraxtning guli va mevasiga o‘xshab oqarib ketgan edi. Rasululloh (s.a.v.) «Bu zotning soch va soqolini bo‘yab qo‘yinglar. Lekin qora rangga bo‘yamanglar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:22:22
295-bob
Boshning u yer-bu yerida qoldirib soch olishdan qaytarish va erkaklar sochlarining barchasini oldirishi muboh ekanligi haqida


1637/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) boshdagi sochning ba’zisini olib, ba’zisini qoldirishni man qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1638/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) boshidagi sochining ba’zisi olinib, ba’zisi olinmagan bir yosh bolani ko‘rib, bundan qaytardilar. Va: «Agar soch oldirsangiz, hammasini oldiringlar. Qoldirsangiz, hammasini qoldiringlar», deb aytdilar. Abu Dovud Imom Buxoriy va Muslimning shartlariga binoan sahih isnod ila rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:22:29
1639/3. Abdulloh ibn Ja’fardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ja’farning oilalariga (motam qilishlari uchun) uch kun muhlat berdilar. Keyin ularning huzurlariga kelib: «Bugundan keyin birodarim Ja’farga motam qilib yig‘lamanglar», dedilar. So‘ngra u zot yana: «Birodarim Ja’farning bolalarini mening huzurimga keltiringlar», dedilar. «Qachonki, biz u zotning huzurlariga kelganimizda, otamizning vafotlaridan qayg‘urib yig‘layverganimizdan jo‘jadek (nimjon) bo‘lib qolgan edik. U zot sartaroshni chaqirtirdilar. Va bizning sochlarimizni olishni buyurdilar». Abu Dovud Imom Buxoriy va Muslimning shartlariga binoan sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.

1640/4. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ayollarga sochni butkul oldirishni man qildilar. Imom Nasaiy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:22:46
296-bob
Sochga soch ulash, badanga igna bilan yozuvlar (tatuirovka) chizish va tishlarni o‘tkirlash hamda orasini ochishning haromligi haqida


Alloh taolo:
«Ular (ya’ni, Allohga shirk keltirgan kimsalar) Allohni qo‘yib, faqat (Lot, Uzza, Manot) kabi sanamlarga sig‘inadilar va faqat itoatsiz shaytonga sig‘inadilar. Alloh uni (shaytonni) la’natladi. (Shunda) u dedi: «Qasamki, bandalaring orasidan o‘zimga tegishli nasibani albatta olaman. Va ularni yo‘ldan ozdiraman, xom xayollarga mubtalo qilaman, buyursam, ular chorvalarining quloqlarini kesadilar, buyursam, Alloh yaratgan narsalarni o‘zgartirib-buzadilar» (Niso surasi, 117-119-oyatlar), deb aytgan.

1641/1. Asmodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir ayol Rasulullohdan (s.a.v.) «Ey Allohning rasuli, qizimga qizamiq toshib, sochlari to‘kilib ketdi. Men uni erga uzatmoqchiman. Endi o‘sha tushib ketgan sochlari o‘rniga soch ulasam bo‘ladimi?» deganida, u zot: «Alloh soch ulovchi va sochiga soch ulatgan ayolni la’natlagan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda «Soch ulaguvchi va soch ulatuvchi ayolni Alloh la’natlagan» bo‘lib kelgan. Imom Buxoriy va Muslim Oisha onamizdan ham xuddi shu ma’noda boshqa bir hadisni ham rivoyat qilishgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:23:01
1642/2. Humayd ibn Abdurahmondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Muoviya (r.a.) hajga kelgan yillari minbar ustida turib, yonlarida soqchilari qo‘liga bir tutam sochni ushlatib quyidagicha aytgan so‘zlarini eshitdilar: «Ey Madina ahllari, ulamolaringiz qaerda? Men Rasulullohdan (s.a.v.) mana shunaqa (soch ulashga o‘xshash) ishlardan man etganlarni eshitganman. Rasululloh (s.a.v.) «Bani Isroil qavmi xotinlari mana shunaqa ishlarni qilishganda qaytarmaganlari sababli halok bo‘lishgan», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1643/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) soch ulaguvchi va soch ulatuvchi hamda (xolga o‘xshash birorta) belgi qo‘yuvchi va qo‘ydiruvchi ayollarni la’natladilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1644/4. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Alloh taolo (holga o‘xshash birorta) belgi qo‘yuvchi va qo‘ydirguvchi, qoshlarni terib ingichka qildiruvchi, yakkam-dukkam tishlarni chiroyli bo‘lishi uchun egovlatuvchi va Alloh yaratgan narsalarga o‘zgartish kirituvchilarni la’natlagan», deganlarida, bir xotin Ibn Mas’udga e’tiroz bildirgan edi, shunda Ibn Mas’ud (r.a.): «Allohning rasuli la’natlagan bo‘lsa, qanday qilib men la’natlamayin?! Holbuki, Alloh taolo Qur’oni karimda: «Payg‘ambar o‘zi sizlarga ato etgan narsani olinglar, u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar» (Hashr surasi, 7-oyat) degan», deb javob qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:23:15
297-bob
Soch va soqolning oqini yulish hamda yigitlarning yangi soqolni yulishdan qaytarilgani haqida


1645/1. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.): «(Soch va soqolning) oqini yulmanglar. Chunki u qiyomat kuni musulmonga nur bo‘ladi», deb aytdilar. Abu Dovud, Termiziy va Nasaiylar hasan isnod bilan rivoyat qilishdi.

1646/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim biror amal qilsa-yu, u bizning shariatimizda yo‘q bo‘lsa, ana shu rad qilingandir», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:23:30
298-bob
O’ng qo‘l bilan istinjo qilish hamda jinsiy a’zolarni ushlash makruh ekani haqida


1647/1. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar sizlardan biringiz bavl qilsa (siyadigan bo‘lsa), zakarini (olatini) o‘ng qo‘li bilan ushlamasin va o‘ng qo‘li bilan istinjo qilmasin hamda idish ichida nafas olmasin», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:23:52
299-bob
Bitta poyafzal yoki mahsida uzrsiz yurish hamda poyafzali va mahsisini uzrsiz tik turib kiyishning karohiyati haqida


1648/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir poyafzalni kiyib yurmasin. Ikkovini kiyib yursin yoki ikkovini yechib qo‘yib yursin», dedilar.

Boshqa rivoyatda «Yoki yalang oyoq bo‘lib yursin» bo‘lib kelgan. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1649/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringizning poyafzali tasmasi uzilib ketsa, toki uzilganni tuzatmaguncha ikkinchisini kiyib yurmasin», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1650/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) tik turib poyafzal kiyishdan man qildilar. Abu Dovud hasan isnod bilan rivoyat qilganlar.

Foyda: chunki mana shunday holatda yurish kishidan viqorni ketkazib, boshqalar oldida masxara bo‘lib yurishga yoki yurishni qiyinlashtirib, hatto yiqilishga sabab bo‘lishi mumkin.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:24:10
300-bob
Uyda uxlash oldidan olov, chiroq yoki shunga o‘xshash narsalarni yoqilgan holda qoldirishdan qaytarilgani haqida


1651/1. Ibn Umardan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uxlayotgan paytingizda uylaringizda olovlarni yoqilgan holda qoldirmanglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1652/2. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Madina ahlidan bo‘lgan bir kishining uyi kechasi yonib ketdi. Bu haqda Rasulullohga (s.a.v.) xabar berilganda, u zot: «Albatta olov sizlarning dushmanlaringizdir. Qachon uxlamoqchi bo‘lsangiz, uni o‘chirib yotinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1653/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Idishlaringiz qopqog‘ini yopinglar, meshlarning og‘zini bog‘langlar, darvozalarni zanjirlab berkitinglar. Chiroqlarni o‘chiringlar. Chunki ana shunday qilsangiz, shayton meshlarning og‘zini yecholmaydi, darvozalarni ocholmaydi va idishning qopqog‘ini ko‘tarolmaydi. Agar sizlardan birortangiz idishni yopish uchun qopqoq topa olmasa, biror cho‘pni bo‘lsa ham, idishning ustiga tashlab Allohning ismini zikr qilib qo‘ysin. Chunki sichqoncha uyda o‘sha uy egalariga olovni ilashtirib yuboradi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

Foyda: yuqoridagi uchta hadisdan uxlash paytida olovlarni xoh u yoritish maqsadidagi chiroq va sham bo‘lsin yoki isitish maqsadidagi gaz va pechka bo‘lsin, barchasini o‘chirmasdan uxlashning karohiyati tushunilmoqda. Qoldiq ovqatlarning, idishdagi suvlarning ustini yopishga ham buyurilmoqda. Chunki ularning usti ochiq qolsa, har xil zarar beruvchi hasharotlar va mikroblar tushishi mumkin.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:24:31
301-bob
Takalluf (din va dunyoga foydasi bo‘lmagan so‘z va amallar)dan qaytarilgani haqida


Alloh taolo:
«(Ey Muhammad, ularga) ayting: «Men (Qur’onni yetkazganim uchun) sizlardan biron ajr-haq so‘ramayman va men soxtakorlardan (ya’ni, yolg‘ondan payg‘ambarlikni da’vo qilguvchi kimsalardan) ham emasman» (Sod surasi, 86-oyat), deb aytgan.

1654/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Biz takallufdan man etildik», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyati.

1655/2. Masruqdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Abdulloh ibn Mas’ud huzurlariga kirsak, u zot: «Ey odamlar, kimki biror narsani bilsa, uni aytsin. Agar bilmasa, Allohu a’lamu, ya’ni Alloh biluvchiroq, deb aytsin. Chunki bilmaydigan narsasini Alloh biluvchiroq, deb aytish ham ilmli ekaniga dalolat qiladi. Bu haqda Alloh taolo payg‘ambariga: «Men (Qur’onni yetkazganim uchun) sizlardan biron ajr-haq so‘ramayman va men soxtakorlardan ham emasman», deb ayting», dedi», deb aytayotgan ekanlar». Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:24:55
   302-bob
O’lgan kishiga dod-voy solib yig‘lash, yuzini tirnab, yoqalarini yirtish, sochlarini yulib olishdan hamda halokat va do‘zax so‘rab duo etishdan qaytarilgani haqida


1656/1. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «O’likka yig‘lansa, o‘sha sababdan unga azob beriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda «Yig‘lagani muddaticha azob beriladi» bo‘lib kelgan.

1657/2. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim yuziga urib, yoqalarini yirtib, johiliyat da’volari bilan dod-voy qilsa, bizdan emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:25:01
1658/3. Abu Burdadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Musoni (r.a.) qattiq og‘riq tutib hushlaridan ketib qoldilar. O’sha paytda u zotning boshlari xotinlarining tizzalarida edi. Xotinlari u zotdagi bu holatni ko‘rib baqir-chaqir qilib yubordi. Abu Muso esa ularni bunday qilib dod-voy qilishdan man etishga qurbilari yetmadi. Qachonki, hushlariga kelganlarida: «Men Rasululloh (s.a.v.) daxlsiz bo‘lgan amaldan yiroqdirman. Chunki Rasululloh (s.a.v.) o‘lgan kishini turli sifatlarini aytib voy-dodlab yig‘lovchidan, sochlarini yuluvchidan va kiyimlarini yirtuvchidan o‘zlarini uzoq tutganlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1659/4. Mug‘iyra ibn Sho‘‘badan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim vafot etsa, unga ovoz chiqarib yig‘lansa, qiyomat kuni yig‘langani sababidan azoblanadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:25:09
1660/5. Ummu Atiyyadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) bizdan o‘lganlarga dod-voylab yig‘lamaslik haqida ham bay’at oldilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1661/6. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Ravoha (r.a.) hushlaridan ketib qolganlarida, singillari «Voy tog‘im, voy undog‘im, voy bundog‘im», deb turli narsalarni aytib dodlab yig‘ladi. Qachonki, Abdulloh ibn Ravoha hushlariga kelib, singillariga «Nimani aytib yig‘lagan bo‘lsang, menga «Haqiqatda shundaymiding?» deb farishtalar tomonidan dashnom berilardi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:25:21
1662/7. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdulloh ibn Mas’udlar bilan birga Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani kirdilar. Qachonki, kirganlarida uni behush holatda ko‘rib: «Vafot etdimi?» deb so‘radilar. Oila a’zolari: «Yo‘q, ey Allohning rasuli», deyishdi. Keyin Rasululloh (s.a.v.) unga qarab turib yig‘lab yubordilar. Rasululloh yig‘laganlarini ko‘rib qavmdagilar ham yig‘lashdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Eshitmadinglarmi, Alloh ko‘z yoshiga va qalbning xafaligiga azoblamaydi. Lekin mana bunga azoblaydi yoki rahm qiladi», dedilar tillarini ko‘rsatib. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1663/8. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «O’liklarga dod-voy solib yig‘lovchi ayol agar bu dunyoda tavba qilib olmasa, qiyomat kuni olovni alangalatuvchi qora suyuq moddadan ko‘ylak va qo‘tirdan boshqa kiyim-kechaklar kiygizilib tik qilib qo‘yiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:25:29
1664/9. Tobe’in Usayd ibn Usayddan rivoyat qilinadi. Bay’at qilgan xotinlardan biri: «Rasululloh (s.a.v.) bizdan osiylik qilmaslikka, dod-voy solmaslikka, yoqalarni yirtmaslikka va sochlarni to‘zg‘itib yubormaslikka bay’at oldilar», deb aytdi. Abu Dovud hasan isnod ila rivoyat qilganlar.

1665/10. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi Rasululloh (s.a.v.) «Biror odam vafot etsa-yu, uning atrofidagilar «voy (ishongan) tog‘im», «voy xojam» yoki shunga o‘xshash narsalarni aytib yig‘lasa, ikki vakil qilingan farishta: «Haqiqatda shundaymisan?» deb vafot qilgan kishining ko‘kragiga urishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.

1666/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Insonlarda ikki xislat borki, ular ana shu ikki xislat bilan kufrdadirlar: nasabini haqorat qilish va mayyitga baland ovoz bilan yig‘lash», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:25:57
303-bob
Kohin, munajjim, folbin hamda qum, tosh, arpa va shularga o‘xshash narsalar yordamida fol ochuvchilar huzuriga borishdan qaytarilgani haqida


1667/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Odamlar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib kohin va folbinlar haqida so‘rashganida, u zot: «Ular gapining o‘rni yo‘q», dedilar. Odamlar: «Ey Allohning rasuli, gohida o‘sha folbinlar aytgan so‘z to‘g‘ri chiqib qoladi-ku?» deyishgan edi, u zot: «Aslida bu so‘zlar haq bo‘lib, uni jinlar ilib olishadi, o‘z do‘stlari - folbinlar qulog‘iga yetkazib beradi. Folbinlar esa o‘sha narsalarga yuzta yolg‘onni qo‘shib, odamlarga yetkazadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Buxoriyning Oishadan qilgan rivoyatlarida keltirilishicha esa, Rasululloh (s.a.v.) «Farishtalar bulutga tushib, osmonda hukm qilingan ishlar xususida gaplashishsa, shayton ularning so‘zlariga o‘g‘rincha quloq tutib eshitib oladi-da, folbinlarga eshitgan narsasini yetkazadi. O’z-o‘zidan folbinlar o‘zlaridan yuz xil yolg‘onni qo‘shib xalqqa tarqatishadi», dedilar.

1668/2. Safiyya binti Abu Ubaydning Rasulullohning (s.a.v.) ba’zi xotinlaridan qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Kim folbin yoki munajjim huzuriga borib biror narsa haqida so‘rasa, keyin folbin bergan javobga ishonsa, o‘sha kishining qirq kun o‘qigan namozi qabul etilmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:26:17
1669/3. Qubaysa ibn Muxoriqdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Tayoqcha bilan yerga chiziq tortib biror narsa haqida xabar berish, yomon narsa bilan shumlanish va qushlarni uchirib fol ochish, ya’ni o‘ng tomonga uchsa, ishini bajarib, chap tomonga uchsa, shumlanish sehr amalidandir», dedilar. Abu Dovud hasan isnod bilan rivoyat qilganlar.
 
1670/4. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim munajjimlik ilmidan ta’lim olib o‘zlashtirsa, sehrgarlikdan bir qism o‘rganibdi. Ya’ni, munajjimlik ilmidan ta’lim olishni ko‘paytirsa, sehrgarlikdan ham o‘shanchasini o‘zlashtiribdi», dedilar. Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:26:23
1671/5. Muoviya ibn Hakamdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Allohning rasuli! O’zim Islomga kirganimga oz kun bo‘ldi. Alloh taolo dunyoga Islom dinini olib keldi. Oramizda shunday kishilar borki, hali ham folbinlarga borishadi», desam, u zot: «Sen bormagin», dedilar. Va yana: «Oramizda yana shunday kishilar ham borki, ba’zi narsalarda yomon shumlanishadi», desam, u zot: «Bu narsa ularning qalblarida paydo bo‘ladigan narsadir. Agar shunday bo‘lsa, u shumlanish ularni qiladigan ishlaridan to‘smasin», dedilar. Men yana: «Oramizda yana shunday kishilar borki, (ba’zi narsalarni bilish uchun yerga) chiziq tortishadi», desam, u zot: «Ilgarigi payg‘ambarlardan birlari ham chiziq tortar edi. Kimning chizig‘i o‘sha payg‘ambarning chizig‘iga muvofiq kela olsa, zarari yo‘qdir. Ya’ni, o‘sha payg‘ambarning chizig‘idek torta olmaydi. Shuning uchun chiziq tortmasin», dedilar». Imom Muslim rivoyati.

1672/6. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v) it sotib, uning pulini olishdan, buzuq xotinni (birorta kishiga) topshirib, uning mahrini olishdan hamda folbinlarga hadya (shirinlik) berishdan man etdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:26:41
304-bob
Shumlanishdan qaytarilgani haqidap


Bu haqda yuqoridagi boblarda ham hadislar keldi.
1673/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kasal yuqishi hamda yomon shumlanish yo‘qdir. Yaxshilikka yo‘yish (nekbinlik) menga ma’qul narsadir», deganlarida, sahobalar: «Nekbinlik nima?» deb so‘rashdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Yaxshi(likka yo‘yilgan) so‘zlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1674/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kasal yuqishi hamda yomon shumlanish yo‘q narsadir. Agar biror narsada shumlanish bo‘lsa, hovlida, xotinda va otda bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: uyning shumligi uning torligi va qo‘shnilarning yomonligida bo‘ladi. Xotinning shumligi diyonatsiz, badxulqligida bo‘ladi. Otning shumligi esa egasini mindirmasligida bo‘ladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:26:51
1675/3. Buraydadan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.) yomon shumlanmas edilar», deb aytdilar. Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.

1676/4. Urva ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida shumlanish haqida zikr etilganida, u zot: «Ularning eng yaxshisi nekbinlik (yaxshilikka yo‘yish)dir. Musulmon kishining bunday shumliklar irodasidan qaytara olmaydi. (Chunki musulmon hamma narsa Alloh taolodan bo‘lishligini, undan boshqasi ta’sir o‘tkaza olmasligini biladi.) Agar sizlardan biringiz tabiatiga ma’qul kelmagan narsalarni ko‘rib qolsa, «Allohumma la ya’tiy bil hasanoti illa anta. Vala yadfa’u sayyioti illa anta. Va la havla va la quvvata illa bika» duosini o‘qisin», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sendan boshqa yaxshilik keltirguvchi va Sendan boshqa yomonlikni ketkazuvchi hamda Sendan boshqa kuch-quvvatli Zot yo‘qdir».) Abu Dovud rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:27:06
305-bob
Gilamga, toshga, kiyimga, dirhamga, dinorga, bolishga, yostiqqa va boshqa narsalarga hayvonlar (va boshqa jonli narsalar) suratini chizishning haromligi haqida


1677/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta bu suratlarni chizganlarga qiyomat kuni azob beriladi. Va ularga «Suratlarni chizish orqali dunyoga keltirdinglar. Endi mana shu yaratgan narsalaringizga jon kiritinglar», deyiladi», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1678/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) safardan kelganlarida uyim tokchasiga surati bor qizil choyshab to‘sib qo‘ygan edim. U zot buni ko‘rib (g‘azablari kelganidan) yuzlari o‘zgarib ketdi. Va: «Ey Oisha! Qiyomat kuni Alloh huzurida azobi eng qattiq kishi Alloh yaratgan narsalarga o‘xshash yaratuvchi, ya’ni surat tushiruvchilardir», dedilar. Keyin biz choyshabni qirqib, undan (bir yoki) ikkita yostiq qildik». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:27:13
1679/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har bir (jonli surat) chizuvchi do‘zaxdadir. Ya’ni, har bir chizgan surati o‘rniga uning o‘ziga jon kiritib, jahannamda azoblaydi», dedilar. Ibn Abbos (r.a.): «Agar surat chizmaslikning iloji yo‘q bo‘lsa, unda daraxtlarni va joni yo‘q narsalarni chizavergin», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1680/4. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim dunyodagi hayotida (jonli) surat chizsa, qiyomat kuni o‘sha chizgan narsasiga jon kiritish mas’uliyati yuklanadi. U (bechora) esa unga aslo jon kirita olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:27:19
1681/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni azobi eng qattiq kishi surat chizuvchilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1682/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo: «Men kabi yaratmoqchi bo‘lgan shaxsdan ko‘ra zolimroq kishi bormi? Agar yaratish niyatlari bo‘lsa, unda biror chumoli yo urug‘ yoki arpa yaratib ko‘rsinlar-chi!» deydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:27:26
1683/7. Abu Talhadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir uyda it yoki (jonli) suratlar bo‘lsa, o‘sha uyga farishtalar kirishmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1684/8. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil alayhissalom Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelishga va’da qilgan edilar. Va’da vaqtida kelavermay, ko‘p kechikdilar. Rasululloh (s.a.v.) bundan qayg‘uga tushdilar. Tashqariga chiqqandilar, Jabroil alayhissalom kelib qoldilar va: «Biz farishtalar it va (jonli) surat bor uyga kirmaymiz», deb shikoyat qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:27:33
1685/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil alayhissalom Rasululloh (s.a.v.) bilan (bir paytni aniqlab) o‘sha soatda uchrashishga va’dalashdilar. Qachonki, o‘sha fursat bo‘lganda kelavermadilar. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasulullohning (s.a.v.) qo‘llarida hassa bor edi, o‘sha hassani irg‘itib: «Alloh ham, Uning elchilari ham va’daga xilof qilmas», deb o‘girilib qaragan edilar, karavotlari ostida bir kuchuk bolasi turibdi. U zot: «Bu it qachon kirib oldi?» degandilar, men: «Bilmasam», dedim. Keyin buyurgan edilar, u it chiqarib tashlandi. So‘ngra Jabroil alayhisalom kelgandilar, Rasululloh (s.a.v.) «Siz mening huzurimga kelishga va’da qilgan edingiz. Men kelishingizni kutib o‘tirdim. Lekin siz nima sababdandir kelavermadingiz?» deb so‘radilar. Jabroil alayhissalom: «Meni va’da qilingan vaqtda ko‘rishishdan uyingizdagi it man qildi. Chunki biz farishtalar it va (jonli) surat bor uyga kirmaymiz», deb aytdilar». Imom Muslim rivoyati.

1686/10. Abu Tayyoh Hayyon ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ali ibn Abu Tolib menga: «Rasululloh (s.a.v.) meni yuborgan narsaga seni ham yuboraymi? Biror (jonli) surat qoldirmasdan yo‘q qilgin. Biror baland qabr qoldirmasdan yer bilan barobar qilgin», dedilar». Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:27:49
306-bob
It boqishning haromligi, lekin ov, chorvani qo‘riqlash va ekinlarni poylash uchun boqishning joizligi haqida


1687/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim itga ega bo‘lsa, ya’ni uni boqsa, har kuni uning savobidan ikki qiyrot kamaytiriladi. Lekin iti ov uchun yoki chorvalarni poylash uchun bo‘lsa, unda zarari yo‘q», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda «Bir qiyrot» bo‘lib kelgan.

1688/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim it boqsa, har kuni uning amalidan bir qiyrot kamaytiriladi. Lekin ekin va chorvalarni poylovchi it bunday emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida Rasululloh (s.a.v.) «Kim it boqsa-yu, o‘sha iti ov uchun yoki chorva va yerlarni poylash uchun bo‘lmasa, har kuni uning savobidan ikki qiyrot kamaytiriladi», dedilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:28:04
307-bob
Tuya va boshqa hayvonlarning bo‘yniga qo‘ng‘iroq osishning hamda safarda it va qo‘ng‘iroq olib yurishning karohiyati haqida


1689/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir (karvonda) it yoki qo‘ng‘iroq bo‘lsa, ularga rahmat farishtalari hamroh bo‘lishmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1690/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qo‘ng‘iroq shaytonning karnay va surnaylaridandir», dedilar. Abu Dovud Imom Muslimning shartlariga binoan sahih isnod ila rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:28:18
308-bob
Axlatlarni yeydigan tuyani minishning karohiyati, agar u pok narsalarni yeyishni boshlasa, go‘shti halol bo‘lib, karohiyat ketishi haqida


1691/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) nopok narsalarni yeyuvchi (jalola) tuyani minishdan man qildilar. Abu Dovud rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:28:36
309-bob
Masjidga tupurishdan qaytarish, agar tupuk ko‘rib qolinsa, uni tozalashga va masjidlarni iflos narsalardan pok tutishga buyurilgani haqida


1692/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Masjidga tupurish xatokorlikdir. Bu xatoning kafforoti uni ko‘mib qo‘yishdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Bu o‘rindagi «ko‘mib qo‘yishdan» maqsad agar masjidda tuproq, qum yoki shunga o‘xshash narsalar bo‘lsa, tupukni ana shular ostiga yashirishdir.

Abul Mahosin ar-Ruvyoniy «Bahr» nomli kitoblarida «Ko‘mishdan maqsad uni masjiddan chiqarib tashlashdir. Lekin masjid yeriga tosh yotqizilgan yoki gips (asfalt va sement) bo‘lsa, uni oyog‘i bilan aksar johillar kabi bosib ketib qolsa, uni ko‘mish, deyilmaydi. Balki bu ziyoda xatokorlik va masjidni ifloslantirishdir. Endi bosib ketgan kishi o‘sha tupukni kiyimi yoki qo‘li yo boshqa narsa bilan chiqarib tashlamog‘i yoki yuvmog‘i lozim», deb aytdilar.

1693/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qibla (tomon) devorida tupuk yoki balg‘am ko‘rib qolib, uni sidirib tashladilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1694/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta masjid siydik va boshqa nopokliklar uchun munosib emas. Aslida masjid Alloh zikri va Qur’on tilovat qilinadigan joy», dedilar yoki shunga o‘xshash so‘z aytdilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:28:52
310-bob
Masjidda janjallashib ovoz ko‘tarish, yo‘qolgan narsasini izlash, oldi-sotdi, ijara va shunga o‘xshash muomalalarni amalga oshirishning karohiyati haqida


1695/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim yo‘qolgan narsasini masjidda ovoza qilib e’lon etayotgan kishini eshitsa, «Alloh uni senga qaytarmasin, masjidlar bu maqsadda qurilmagan», deb aytsin», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1696/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar masjidda oldi-sotdi qilayotgan kishini ko‘rsanglar, «Alloh tijoratingga foyda bermasin», deb aytinglar. Agar masjidda yo‘qolgan narsani ovoza qilib e’lon etayotgan kishini ko‘rsangizlar, «Alloh uni senga qaytarmasin», deb aytinglar», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:28:59
1697/3. Burayda (r.a.) aytadilar: «Bir kishi masjidda: «Kim menga yo‘qolgan qizil tuyamni olib keladi?» dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Topa olma. Masjidlar nima uchun qurilgan bo‘lsa, o‘shanga xoslangandir», dedilar». Imom Muslim rivoyati.

1698/4. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan rivoyatlarida Rasululloh (s.a.v.) masjidda oldi-sotdi qilishdan, yo‘qolgan narsasini e’lon qilishdan va she’rlar o‘qishdan man etdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

1699/5. Soib ibn Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men masjidda tursam, bir kishi mayda toshlarni otdi. O’girilib qarasam, otgan kishi Umar ibn Xattob ekanlar. U zot: «Ana u ikki kishini huzurimga keltir», dedilar. Qachonki, ularni olib kelsam, u zot: «Qaerliksizlar?» deb so‘radilar. Ikkovlari: «Toifdanmiz», deb javob berishdi. U zot: «Agar sizlar madinalik bo‘lganingizda, ta’ziringizni berib qo‘yar edim. Sizlar Rasulullohning (s.a.v.) masjidlarida ovozingizni baland qilasizlarmi?» dedilar». Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:29:15
311-bob
Sarimsoq, piyoz, ko‘k piyoz va shunga o‘xshash badbo‘y narsalarni tanovul qilib, og‘zidan hidi ketmay turib, zaruratsiz masjidga kirishdan qaytarilgani haqida


1700/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim mana bu o‘simlikdan, ya’ni sarimsoq yegan bo‘lsa, masjidimizga yaqinlashmasin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida «masjidlarimizga yaqinlashmasin» bo‘lib kelgan.

1701/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim mana bu o‘simliklardan (sarimsoq, piyoz) yesa, bizga yaqin kelib, birga namoz o‘qimasin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:29:23
1702/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim sarimsoq yoki piyoz yesa, bizdan va masjidlarimizdan uzoq tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning rivoyatlarida «Kim piyoz, sarimsoq va ko‘k piyoz yesa, masjidlarimizga yaqinlashmasin. Chunki farishtalar ham odam bolalari ozorlangan narsadan ozor topishadi» bo‘lib kelgan.

1703/4. Umar ibn Xattobdan rivoyat qilinadi. Jumalarning birida bu zot: «Ey odamlar, sizlar ikki o‘simlik - piyoz va sarimsoqni yeysizlar. Men uni yomon narsa deb bilaman», dedilar.

Rasululloh (s.a.v.) agar masjidda (sarimsoq yegani sababli og‘zidan) hid yoyilib turgan kishini topsalar, Baqiy’ (qabristoni)ga o‘sha kishini chiqarib tashlashni buyurardilar. Keyin u kishi o‘sha yerga olib borilar edi. «Kim sarimsoq va piyozlarni yeydigan bo‘lsa, pishirib, hidini qoldirmasdan yeyaversin», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:29:37
312-bob
Imom juma kuni xutba aytib turganida, ikki oyoqni qoringa yopishtirib, qo‘lni xalqa qilib o‘tirishning karohiyati haqida (chunki bunday o‘tirish uyqu keltirib, xutbani eshittirmasligi va tahoratni ketkazishi mumkin)


1704/1. Muoz ibn Anas al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) juma kuni imom xutba aytib turganida ikki oyoqni qoringa yopishtirib, qo‘lni xalqa qilib mahkamlab o‘tirishdan man etdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:29:50
313-bob
Zulhijja oyining avvalgi o‘n kunligi kirsa, qurbonlik qilish niyatida yurgan kishiga qurbonlik qilib bo‘lgunicha sochini va tirnog‘ini olishi man etilgani haqida


1705/1. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimning so‘yadigan qurbonligi bo‘lsa va zulhijja oyi kirib qolsa, to qurbonligini so‘ymaguncha soch va tirnoqlarini olmasin», de dil ar. Imom Muslim rivoyati.

Foyda: bunday qilishning hikmati ana shunday mag‘firat kunlarida badanining barcha a’zolari ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:30:12
314-bob
Payg‘ambar, Ka’ba, farishta, osmon, otalar, hayot, jon, bosh, podshoh ne’mati, falonchining qabri va omonatlarga o‘xshash maxluqotlar bilan qasam ichishdan qaytarilgani haqida


1706/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta Alloh taolo ota-bobolaringiz nomiga qasam ichishingizdan man qilgan. Kim qasam ichadigan bo‘lsa, Alloh nomi bilan qasam ichsin. Unday bo‘lmasa, jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa sahih rivoyatda «Kim qasam ichadigan bo‘lsa, Alloh nomiga ichsin. Unday bo‘lmasa, sukut qilsin» bo‘lib kelgan.

1707/2. Abdurahmon ibn Samuradan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «But-sanamlar va ota-bobolaringiz nomiga qasam ichmanglar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:30:33
1708/3. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim omonat bilan qasam ichsa, biz (ning yo‘limiz)dan emas», dedilar. Abu Dovud rivoyati.

Foyda: qasam Alloh va Uning sifatlari bilan bo‘ladi. Chunki omonat faqat Allohning buyruqlari va farzlaridan biri bo‘lgani uchun bular bilan qasam ichishdan qaytarildi. Va yana omonat bilan qasam ichish Allohning ismlari bilan qasam ichishga tenglashib qolishidan xavf bor. Abu Hanifa (r.a.) va bu zotning ashoblari: «Allohning omonati agar qasam bo‘lsa, unga kafforat lozimdir», deyishdi.

1709/4. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim qasam ichib unda: «Men Islomdan yiroqman», desa, agar yolg‘on qasam bo‘lsa, haqiqatda Islomdan yiroq bo‘ladi. Bordi-yu, qasami rost bo‘lsa, shunday ham Islomga salomat qaytmaydi», dedilar. Abu Dovud rivoyati.

1710/5. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot bir kishining: «Ka’ba nomiga qasamki, unday emas», deb turganini eshitib: «Allohdan boshqa narsa nomiga qasam ichmagin. Chunki men Rasulullohning (s.a.v.) «Kim Alloh nomidan boshqa narsa ila qasam ichsa, batahqiq kufr yoki shirk keltiribdi», deb aytganlarini eshitganman», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.

Ba’zi ulamolar Rasulullohning (s.a.v.) «Kufr yoki shirk keltiribdi», degan so‘zlarini ziyoda qo‘rqitish uchun iste’mol qilganlar, deb sharhlashdi. Chunki Rasululloh (s.a.v.) boshqa bir hadislarida: «Riyo shirkdir», deb qo‘rqitish maqsadida aytganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:30:51
315-bob
Qasddan yolg‘on qasam ichishning og‘ir gunoh ekanligi haqida


1711/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim biror musulmon kishining moliga nohaq ega bo‘lish maqsadida (yolg‘on) qasam ichsa, Allohni g‘azabli holida topadi», dedilar, keyin bu so‘zlarini tasdiqlab Allohning oyatidan quyidagilarni o‘qidilar:

«Allohga bergan ahdu paymon va qasamlarni ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba yo‘qdir. Qiyomat kunida Alloh ularga so‘z qotmaydi, rahmat nazari bilan boqmaydi va gunohlaridan poklamaydi. Ular uchun alamli azob bordir» (Oli Imron surasi, 77-oyat). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1712/2. Abu Umoma Iyos ibn Sa’laba al-Horisiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim biror musulmon kishining haqqiga (yolg‘on) qasam ichib egalik qilib olsa, Alloh taolo unga do‘zaxni vojib qilib, jannatni harom etadi», deganlarida, bir kishi: «Agar ana shu ozgina va arzimas narsa bo‘lsa-chi?» dedi. Shunda u zot: «Agar arok daraxtining novdasichalik narsa bo‘lsa ham», de dil ar. Imom Muslim rivoyati.

1713/3. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, biror jonni o‘ldirish va yolg‘on qasam ichish kabira (ulkan) gunohlardandir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.

Imom Buxoriyning boshqa rivoyatlarida aytilishicha, bir a’robiy kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Kabira (ulkan) gunohlar qaysi?» deganida, u zot: «Allohga biror narsani sherik qilish», dedilar. «Keyin qaysi?» degan edi, u zot: «Yolg‘on qasam», dedilar. «Yolg‘on qasam qanaqa bo‘ladi?» degan edi, u zot: «Yolg‘on qasam musulmon kishining moliga egalik qilish maqsadida ichiladigan qasam», dedilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:31:04
316-bob
Biror narsaga qasam ichilsa-da, keyin undan yaxshiroq narsa ko‘rib qolsa, u holda qasamini buzib, kafforatini berishi, o‘sha yaxshi deb bilgan ishini bajaraverishi marg‘ub ekani haqida


1714/1. Abdurahmon ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) menga: «Agar biror narsaga qasam ichsang-da, keyin uning aksi yaxshi ekanini bilib qolsang, o‘sha yaxshi deb bilganingga amal qilavergin-da, qasamingni buzganing uchun kafforat to‘lab qo‘y», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1715/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim biror narsaga qasam ichsa-da, keyin undan boshqasi yaxshi ekanini bilib qolsa, qasamiga kafforat to‘lasin-da, o‘sha yaxshi deb bilganiga amal qilaversin», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:31:10
1716/3. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh nomiga qasam, men biror narsaga qasam ichmayman. Bordi-yu, qasam ichsam, keyin undan yaxshirog‘ini ko‘rib qolsam, o‘sha ichgan qasamimni buzganim uchun kafforat beraman-da, o‘sha yaxshi deb bilganimga amal qilaveraman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1717/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kishi o‘z ahli ayoli xususida biror narsaga qasam ichib qo‘yib, shu qasamiga (agar u zararli bo‘lsa ham) amal qilsa, ya’ni qasamini buzmasa, Allohning huzurida qasamini buzib, Alloh farz qilgan kafforat (jarima)ni beruvchi kishidan ham gunohkorroqdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:31:29
317-bob
Lag‘v qasamga kafforat yo‘qligi haqida


Alloh taolo:
«Alloh sizlarni tillaringizdagi behuda qasamlaringiz sababli jazolamaydi. Balki (dillaringizdagi) mahkam tukkan qasam sababli (agar shunday qasamni buzsangiz) jazolaydi. Bas, uning kafforati o‘z oilangizni boqadigan o‘rtacha taomlardan o‘nta miskinga taom berish yoki ularning sarposini qilish yoxud bir qulni ozod qilishdir. Kim (bu narsalarni) topa olmasa, uch kun ro‘za tutsin! Mana shu - qasam ichgan (va uni buzgan) paytingizdagi qasamlaringiz kafforatidir. Qasamlaringizni (buzishdan) saqlaningiz» (Moida surasi, 89-oyat), deb aytgan.

1718/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Alloh sizlarni tillaringizdagi behuda qasamlaringiz sababli jazolamaydi», deb aytilgan oyat har bir so‘zida «Vallohi, bunday» yoki «Vallohi, bunday emas», deb bo‘lar-bo‘lmasga qasam ichuvchi kishi haqida nozil bo‘lgan, deb aytdilar bu onamiz. Imom Buxoriy rivoyatlari.

Foyda: lag‘v - shofe’iy mazhabida qasamni niyat qilmay, tilga o‘zicha kelib qolgan lafz. Bizning hanafiya mazhabimizda esa lag‘v -biror narsa shunday, deb gumon qilib (qasam) ichiladi-da, lekin haqqiqat uning aksi bo‘lib chiqqandagi qasam tushuniladi.

Qasam uch turli bo‘ladi: 1. Yolg‘on qasam. 2. Lag‘v qasam. 3. Mun’aqida (bog‘langan), ya’ni biror narsani bajarishga yoki bajarmaslikka qasd qilib ichilgan qasam. Bularning avvalgisi -yolg‘on qasam kabira (ulkan) gunoh ekani haqida yuqorida hadislar o‘tdi. Ikkinchisi - lag‘v qasam gunoh ham emas, kafforot ham lozim bo‘lmaydi. Uchinchisi - mun’aqid qasamida esa agar uni buzsa, kafforat lozim. Kafforat uch narsaning birini bajarish bilan bo‘ladi: o‘nta miskinni ovqatlantirish yoki kiyintirish yo qul ozod etish. Bu uchtasidan biri ixtiyor qilinadi. Agar bu uchtadan birortasiga qodir bo‘lmasa, uch kun ro‘za tutadi. Bizning hanafiya mazhabimizda ana shu ro‘zaning orasi uzilmay paydar-pay tutish shart qilingan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:31:44
318-bob
Sotuvchining agar rostgo‘y bo‘lsa ham, qasam ichishining karohiyati haqida


1719/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qasam molning tez sotilishiga sabab bo‘ladi. Lekin barakasini ketkazadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1720/2. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Molni sotishda ko‘p qasam ichishdan saqlaninglar. Chunki qasam bilan mol sotilib ketadi. Keyin barakasi ham birga ketadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:31:57
319-bob
Alloh nomi ila jannatdan boshqani tilashning hamda Alloh nomini aytib so‘ragan kishiga bermaslikning karohiyati haqida


1721/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh zoti ila jannatdan boshqa narsa so‘ralmaydi», dedilar. Abu Dovud rivoyati.

Foyda: dunyo matolarini Alloh zoti ila so‘rab tavassul qilishning karohiyati bor.

1722/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim Allohni vosita qilib sizlardan panoh tilasa, unga panoh berib himoya qilinglar. Kim Allohni vosita qilib biror narsa so‘rasa, o‘sha so‘ragan narsasini beringlar. Kim taom tayyorlab chaqirsa, unga boringlar. Biror kishi yaxshilik qilsa, uni mukofotlab qo‘yinglar. Agar mukofotlaydigan narsa topa olmasangiz, uning haqqiga duo qilib qo‘ying. Shunday mukofotlanglarki, uning asoratini (yuzida) ko‘ringlar, ya’ni xursand bo‘lsin», deb aytdilar. Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2008, 08:38:44
320-bob
Podshohni Shahanshoh, deb chaqirishning haromligi haqida, bu lafz Allohdan boshqa kishiga ishlatilmaydi


1723/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir kishini podshohlarning podshohi (shahanshoh), deb ismlash Alloh huzuridagi eng yomon ismlardandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Sufyon ibn Uyayna: «Podshohlarning podshohi xuddi Shahanshoh, deyishning o‘zidir», deganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:13:44
321-bob
Fosiq va bid’atchi hamda shularga o‘xshash kishilarni sayyid, deb xitob qilishdan qaytarilgani haqida


1724/1. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Munofiq uchun «sayyid» (boshliq), degan so‘zni ishlatmanglar, chunki munofiqni boshliq deb bilsangizlar, Rabbingizning g‘azabini keltirgan bo‘lasizlar», deb aytdilar. Abu Dovud rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:14:23
322-bob
Isitma kasalligini so‘kishning karohiyati haqida


1721. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ummu Soib (yoki Ummu Musayyab)ning huzuriga kirib: «Ey Ummu Soib (yoki Ummu Musayyab), senga nima bo‘ldiki, titrayapsan?» deganlarida, Umma Soib (yoki Ummu Musayyab): «Isitma sababli titrayapman. Alloh bu isitmaning barakasini ketkazsin», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Isitma kasalligini so‘kmanglar. Chunki bosqon temir zangini ketkazganidek, isitma ham odam bolalarining xatosini ketkazadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:14:37
323-bob
Shamolni so‘kishdan qaytarish hamda shamol esganda aytiladigan zikrlar haqida


1726/1. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Shamolni so‘kmanglar, agar biror karih narsani ko‘rsanglar: «Allohumma inna nas`aluka min xoyri hazihir riyhi va xoyri ma fiyha va xoyri ma umirot bihi va na’uzu bika min sharri hazihir riyhi va sharri ma fiyha va sharri ma umirat bihi», deb aytinglar», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sendan shamolning yaxshisini va undagi yaxshiliklarni va u bilan buyurilgan narsalarning yaxshiligini so‘rayman. Va Sendan shamolning yomonidan, undagi yomonliklardan va u bilan buyurilgan yomonliklardan panoh so‘rayman».) Imom Termiziy rivoyati.

1727/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v): «Shamol bandalarga yuborilgan rahmatdir. Gohida u rahmat bilan keladi, gohida azob bilan. Agar shamol essa, uni so‘kmanglar. Allohdan uning yaxshisini so‘rab, yomonidan panoh tilanglar», dedilar. Abu Dovud rivoyati.

1728/3. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Agar qattiq shamol bo‘lsa, Rasululloh (s.a.v.) «Allohumma inniy as`aluka xoyroha va xoyro ma fiyha va xoyro ma ursilat bihi va a’uzu bika min sharriha va sharri ma fiyha va sharri ma ursilat bihi», deb aytar edilar». (Ma’nosi: «Ey Rabbim, Sendan uning yaxshisini, undagi yaxshilikni va u bilan yuborilgan narsaning yaxshisini so‘rayman. Ey Rabbim, Sendan uning yomonidan, undagi yomonlikdan va u bilan yuborilgan narsaning yomonligidan panoh so‘rayman».) Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:15:18
324-bob
Xo‘rozni so‘kishdan qaytarilgani haqida


1729/1. Zayd ibn Xolid al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Xo‘rozni so‘kmanglar, chunki u (tahajjud va bomdod) namoziga uyg‘otadi», dedilar. Abu Dovud rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:15:32
325-bob
«Falon yulduz sababli yomg‘ir yog‘di», deb aytishdan qaytarilgani haqida


1730/1. Zayd ibn Xolid Juhaniy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) Hudaybiyada kechasi yoqqan yomg‘irdan namiqqan yerda bizga bomdod namozini o‘qib berdilar. Namoz tugaganidan keyin odamlarga yuzlanib: «Parvardigorlaringiz nima deb aytganini bilasizlarmi?» dedilar. Sahobalar: «Alloh va Uning rasuli bilguvchiroq», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo: «Bandalarim Menga mo‘min yoki kofir bo‘lgan holda tong ottiradilar. Kim Allohning fazli va rahmati sababli yomg‘ir yog‘dirildi, desa, ana shu kishi Menga iymon va sayyoraga kufr keltirgan bo‘ladi. Ammo kim sayyoradagi unday va bunday o‘zgarishlar sababli yomg‘ir yog‘dirildi, desa, ana shu kishi Menga kufr va sayyoraga iymon keltirgan bo‘ladi», dedi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:16:13
326-bob
Musulmon kishini «Ey kofir!» deb aytishning haromligi haqida


1731/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar kishi birodariga «Ey kofir!» desa, ikkovidan biriga bu so‘z qaytadi. Ya’ni, agar birodari aytganidek bo‘lsa, aytuvchiga hech narsa bo‘lmaydi. Bordi-yu, unday bo‘lmasa, aytuvchining o‘zi kofir bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1732/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim boshqa bir kishini kofir yoki Alloh dushmani, deb aytsa-yu, o‘sha narsa u kishida bo‘lmasa, aytuvchining so‘zi o‘ziga qaytadi. Ya’ni, o‘zi kofir va Alloh dushmani bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:16:21
327-bob
Tilni behayo va fahsh so‘zlarga ishlatishdan man etilgani haqida


1733/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mo‘min kishi ko‘p so‘kuvchi ham, ko‘p la’natlovchi ham, fahsh so‘zlarni aytuvchi ham, odobsiz ham bo‘lmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.

1734/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Fahsh narsa borki, u sharmandalik keltiradi. Hayo narsa borki, u ziynat keltiradi», dedilar. Imom Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari.
\
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:17:16
328-bob
So‘zda jimjimadorlik va so‘zamollik uchun eng qiyin, nozik iboralarni ishlatib, avomga xitob qilishning karohiyati haqida


1735/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «So‘zda chuqur ketuvchi, sinchkovlar halok bo‘lishdi», deb uch marta (ta’kidlab) aytdilar. Imom Muslim rivoyati.

1736/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Gapirganda xuddi sigir tiliga xashak o‘ragani kabi so‘zni o‘rab gapiruvchi kishilarni Alloh taolo yomon ko‘radi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

1737/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Menga mahbublaringiz va qiyomat kunida majlis jihatidan yaqinlaringiz axloqi yaxshilaringizdir. Menga yomon ko‘rilganlaringiz va qiyomat kunida mendan uzoqlaringiz sergap-ezmalaringiz, axloqsiz so‘zlarni so‘zlovchilaringiz va mutakabbirlardir», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:17:30
329-bob
«Qusgim kelyapti», deb aytishning karohiyati haqida


1738/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlardan birortangiz «ko‘nglim ayniyapti», degan so‘zni «xabusat» (arabchada) lafzi ila emas, balki «laqisat» lafzi ila aytsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: xuddi o‘zbek tilidagi «qusgim kelyapti» o‘rniga chiroyli qilib «ko‘nglim ayniyapti», deb aytganga o‘xshash.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:17:55
330-bob
Uzumni arabchada «Al-Karmu» lafzi ila ishlatishning karohiyati haqida


1739/1. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uzumni arabchada «Al-Karmu» lafzi ila aytmanglar. Chunki «Al-Karmu» lafzi musulmon, degan ma’noni anglatadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Bu Muslim rivoyatlaridagi lafz. Boshqa rivoyatda «Al-Karmu» mo‘minning qalbidir, deyilgan.

Imom Buxoriy va Muslimning boshqa rivoyatlarida: «(Kishilar uzumni) al-Karmu, deb aytadilar. «Al-Karmu» esa aslida mo‘minning qalbi, degan ma’noni anglatadi», deyilgan.

1740/2. Voil ibn Hujradan (r.a.) rivoyat qiladi. Rasululloh (s.a.v.) «(Uzumni) «Al-Karmu» lafzi ila aytmanglar, balki «Al-Inab» va «Al-Habala» lafzi ila aytinglar», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

Foyda: bu hadisda uzumni «Al-Karmu», deb atashdan man etilmoqda. Sababi johiliyatda uzum mevasidan mast qiluvchi sharobni tayyorlovchilar mana shunday ismni salbiy ma’noda aytishar edi. Hozir ham ba’zilar shunday aytishadi. Rasululloh (s.a.v.) bunday atashdan qaytarmoqdalar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:18:07
331-bob
Begona xotinning husnini begona erkak oldida gapirishdan man etilgani haqida (lekin uylanish va boshqa maqsadlarni ko‘zlab, shar’iy ehtiyoj tug‘ilganda zarari yo‘q)


1741/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ayol kishi boshqa bir ayolning badaniga qarab, uni o‘z eriga sifatlab bersa, go‘yoki eri o‘sha begona xotinning badaniga qaragandek bo‘libdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: buni man etilishidagi hikmat fitnaga yo‘liqishning oldini olishdir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:18:54
332-bob
«Allohim, agar xohlasang, meni kechir», deb aytishning karohiyati haqida (Allohdan biror narsa so‘ralayotganda jazm va qat’iyat ila so‘raladi)


1742/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan birortangiz «Allohim, agar xohlasang, meni kechir» yoki «Allohim, agar xohlasang, menga rahm qil», deb aytmasin. Balki jazm va qat’iyat bilan so‘rasin. Chunki Alloh taoloni (bir narsa berishga hech kim) majburlay olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Muslimning rivoyatlarida «Lekin qasd qilib, qattiq so‘rasin. Alloh nazdida biror (xoh dunyoviy, xoh uxroviy) narsaning kattasi bo‘lmaydi, albatta beradi» bo‘lib kelgan.

1743/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qachon sizlardan biringiz duo qilsa, qat’iyat ila tilasin. «Allohim, agar xohlasang, bergin», deb qat’iyatsizlik ila so‘ramasin. Chunki Allohni (hech kim bir narsa berishga) majburlay olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:19:14
333-bob
«Alloh va falon kishi xohlasa», deb aytishning karohiyati haqida


1744/1. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh xohlasa va falon kishi xohlasa, deb («va» so‘zini qo‘shib) aytmanglar. Balki «Alloh xohlasa, keyin falon kishi xohlasa», deb («keyin» so‘zini qo‘shib) aytinglar», dedilar. Abu Dovud rivoyati.

Foyda: chunki Allohning xohishi bilan insonning xohishi orasida katta farq bor. Allohning xohishi azaliy va qadimiydir. Insonning xohishi esa yangi paydo bo‘lgan narsadir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:19:40
334-bob
Xufton namozidan keyin (befoyda) so‘zlarni gaplashishning karohiyati haqida


Boshqa vaqtlarda muboh bo‘lgan so‘zlarni xuftondan keyin gaplashish karohiyatlidir. Ammo boshqa paytlarda harom yoki makruh bo‘lgan so‘zlarni xuftondan keyin gaplashish undan-da qattiq harom va makruhdir. Xuftondan keyin gaplashish joiz bo‘lganlari: ilm muzokara qilish, solihlar hikoyasini va yaxshi axloqlarga undovchi suhbatlarni tinglash hamda mehmon va hojatmand kabi kishilar bilan so‘zlashishdir. Favqulodda uzrli bo‘linganda ham karohiyati yo‘q. Balki shu aytilgan narsalarni bu paytda gaplashish mustahabdir. Bu aytilgan narsalar sahih hadislarda vorid bo‘lgandir.

1745/1. Abu Barzadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xuftondan oldin uxlashni va xuftondan keyin gapirishni karih ko‘rardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1746/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) hayotlarining oxirgi paytida xufton namozini o‘qib salom berganlaridan keyin: «Bu kecha haqida xabar beringlar-chi. Bu kechadan yuz yil o‘tgandan keyin hozir yer yuzida mavjud bo‘lganlarning birortasi tirik qolmaydi, deb men xabar beraman», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: Rasululloh (s.a.v.) xabar berganlaridek, oxirgi vafot etgan sahoba Abu Tufayl Omir ibn Voildir. Bu zot Rasululloh (s.a.v.) bu so‘zni aytganlaridan yuz yil o‘tgandan keyin bir yuz o‘ninchi yili vafot etganlar. Ya’ni, Rasululloh (s.a.v.) hijratning o‘ninchi yilida bu so‘zni aytganlar.

1747/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kecha sahobalar Rasulullohni (s.a.v.) (masjidi nabaviyda) kutib o‘tirishgan edi, u zot kechaning yarmida kelib, ularga xufton namozini o‘qib berdilar. Keyin quyidagicha xutba aytdilar: «Ogoh bo‘ling! Albatta odamlar namoz o‘qib bo‘lib orom olishmoqda. Sizlar qancha kutgan bo‘lsangiz, o‘shancha muddat namozda turgan hisoblanasizlar». Imom Buxoriy rivoyati.

Foyda: bu ikki hadisdan xuftondan keyin yaxshi so‘zlarni gaplashish joizligi tushuniladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:19:53
335-bob
Er o‘z xotinini to‘shagiga (jimo’ niyatida) chaqirsa-yu, xotin shar’iy uzri bo‘lmay, unga borishdan bosh tortishining haromligi haqida


1748/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar kishi o‘z xotinini (jimo’ niyatida) to‘shagiga chaqirganda, u xotin bosh tortsa va eri undan norozi bo‘lsa, tong otguncha farishtalar u xotinni la’natlab turishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda «Qaytgunicha» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:20:36
336-bob
Er safarda bo‘lmay, uydaligida ayoliga uning ruxsatisiz nafl ro‘za tutishining haromligi haqida


1749/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Eri safarga bormasdan uyda bo‘lgan paytida xotinga erining iznisiz nafl ro‘za tutishi va iznisiz uyiga biror shaxsni kiritishi halol emas», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:20:46
337-bob
Iqtido qilgan kishi ruku’ va sajdada imomdan oldin bosh ko‘tarishining haromligi haqida


1750/1. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «(Ruku’ yoki sajdada) sizlardan biringiz imomdan oldin boshini ko‘tarsa, Alloh uning boshini eshakning boshiga yoki suratini eshak suratiga aylantirib qo‘yishidan qo‘rqmaydimi?» deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: ba’zilar bu so‘z kinoyadir. Ya’ni, eshakka o‘xshab aqli noqis bo‘ladi, deyishadi. Ba’zilar esa bunday bo‘lishi mumkin, deyishadi. Shayx Ibn Hajar al-Haytamiy o‘zlarining «Mo‘‘jam»larida mana shu hodisa yuz berganini yozganlar. Alloh O’zi asrasin.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:21:11
338-bob
Namozda turgan kishi qo‘lini yonboshiga qo‘yishining karohiyati haqida


1751/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namozda qo‘lni yonboshga qo‘yib turishdan man etdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: chunki namozda bunday turish mutakabbirlikka dalolat qiladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:21:25
339-bob
Taom hozir bo‘lib turganda hamda xojati qistab turganda namoz o‘qishning makruhligi haqida


1752/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Taom hozir bo‘lganda va hojati qistab turganda, ya’ni peshob va ichni bo‘shatgisi kelib turganda namoz yo‘qdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: chunki bunday holatlarda namoz o‘quvchi kishidan xushu’ ketadi. Albatta namoz vaqti keng bo‘lsa, shunday. Lekin namoz vaqti torayib ketsa, karohiyat ko‘tariladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:21:34
340-bob
Namozda turganda osmonga qarashning man etilgani haqida


1753/1. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odamlarga nima bo‘ldiki, namozda ko‘zlarini osmonga qaratishadi?» dedilar va yana ham shiddatlashib: «Yoki bunday qilishdan to‘xtashsin, bo‘lmasa, ko‘zlaridan judo bo‘lib qolishadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:21:51
341-bob
Namozda uzrsiz u yoq-bu yoqqa qarashning karohiyati haqida



1754/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasulullohdan (s.a.v.) namozda u yoq-bu yoqqa, ya’ni o‘ng va chap tomonlarga qarash haqida so‘rasam, u zot: «U narsa bandaning namozidan shaytonning yulib olgan hissasidir», dedilar». Imom Buxoriy rivoyati.

1755/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Namozda u yoq-bu yoqqa qarashdan chetlangin. Chunki namozda qarash halokatga sabab bo‘ladi. Agar chorasiz qolsang, nafl namozlarida mayli-yu, lekin farz namozlarida joiz emas», deb aytdilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:22:00
342-bob
Qabrlarga yuzlanib namoz o‘qishdan qaytarilgani haqida


1756/1. Abu Marsad Kannoz ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qabrlarga yuzlanib namoz o‘qishdan va uning ustiga o‘tirishdan man etdilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:22:08
343-bob
Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan o‘tishning haromligi to‘g‘risida


1757/1. Abu Juhaym Abdulloh ibn Horis ibn Simmadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Namoz o‘qib turganning oldidan o‘tuvchi kishi agar bu ishning yomonligini bilganida edi, qirq (kun yo oy yoki yil) namoz o‘quvchining oldidan o‘tmasdan to‘xtab turishi yaxshi bo‘lar edi», dedilar. Ushbu hadis roviyi qirq kunmi yo qirq oymi yoki qirq yilmi, aniq bilmadim, deb aytdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:22:20
344-bob
Muazzin farzga iqomat (takbir) aytgandan keyin xoh nafl, xoh o‘sha namozning sunnati bo‘lsin, boshlab yuborishning karohiyati haqida


1758/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar namozga iqomat aytilsa, farzdan boshqa namoz yo‘qdir», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:22:35
345-bob
Juma kunining kunduzini ro‘zaga va kechasini namozga xoslab olishning karohiyati to‘g‘risida


1759/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kechalardan juma kechasini tahajjud namoziga, kunduzlardan juma kunini ro‘zaga xoslab olmanglar. Lekin odatdagi ro‘zaga to‘g‘ri kelib qolsa, zarari yo‘q», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1760/2. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Hech bir kishi juma kunining yolg‘iz o‘zida ro‘za tutmasin. Lekin jumaga payshanbani yoki shanbani qo‘shib tutsa, zarari yo‘q», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:22:42
1761/3. Muhammad ibn Abboddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Jobirdan (r.a.) «Rasululloh (s.a.v.) juma kunining o‘zida ro‘za tutishdan man qilganlarmi?» deb so‘rasam, u zot: «Ha», deb javob qildilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1762/4. Ummul mo‘minin Juvayriya binti Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) juma kuni bu onamiz huzurlariga kirsalar, ro‘zador ekanlar. Rasululloh (s.a.v.) u kishidan: «Kecha ro‘za tutgan edingmi?» deb so‘radilar. Juvayriya (r.a.): «Yo‘q», deb javob berdilar. Rasululloh (s.a.v.) «Ertaga ro‘za tutishni xohlaysanmi?» dedilar. Juvayriya (r.a.): «Yo‘q», dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Unday bo‘lsa, ochib yubor, ya’ni ro‘za tutmagin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:22:55
346-bob
Ikki yoki undan ko‘proq kun yemasdan-ichmasdan ro‘za tutishning haromligi haqida


1763/1. Abu Hurayra va Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) (ikki yoki undan ko‘proq kun) og‘iz ochmay ro‘za tutishdan man etdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1764/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) (ikki yoki undan ko‘proq kun) og‘iz ochmay ro‘za tutishdan man etganlarida, sahobalar: «O’zingiz shunday qilasiz-ku», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlar kabi emasman. Chunki men (Rabbim tomonidan) taom va ichimlik ila siylanaman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadis lafzi esa Imom Buxoriyniki.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:23:04
347-bob
Qabr ustiga o‘tirishning haromligi haqida


1765/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz qabr ustiga o‘tirganidan ko‘ra cho‘g‘ ustiga o‘tirib, kiyimi kuyishi va badaniga ilashishi yaxshiroqdir», dedil ar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:23:17
348-bob
Qabr ustini suvashdan va uning ustiga bino qurishdan qaytarilgani haqida


1766/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qabrlarni suvashdan, ustiga o‘tirishdan va ustiga bino qurishdan man etganlar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:23:34
349-bob
Qul o‘z hojasi qo‘lidan qochib ketishining qattiq haromligi haqida


1767/1. Jarirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir qul hojasi qaramog‘idan qochib ketsa, u Islom panohidan chiqibdi», dedil ar. Imom Muslim rivoyati.

1768/2. Jarirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar qul hojasi huzuridan qochib ketsa, o‘qigan namozlari qabul bo‘lmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Boshqa rivoyatda: «Qochib ketsa, kofir bo‘libdi», deyilgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:23:54
350-bob
Shar’iy jazolarda o‘rtaga tushib shafe’ bo‘lishning haromligi haqida


Alloh taolo: «Zinokor ayol va zinokor erkak - ulardan har birini yuz darradan uringlar. Agar sizlar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirguvchi bo‘lsangizlar, Allohning (bu) hukmida (ya’ni, zinokorlarni darralashda) sizlarni ularga nisbatan rahm-shafqat (tuyg‘ulari) tutmasin» (Nur surasi, 2-oyat), deb aytgan.

1769/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Maxzumiya qabilasidagi bir ayolning o‘g‘irlik qilgani qurayshliklarni g‘amga solib qo‘ydi. Shunda ular: «Kim Rasululloh (s.a.v.) bilan (u ayol jazosining ijro etilmasligi haqida) gaplashadi?» deyishganida, ba’zilari: «Usoma ibn Zayd borib gaplashadi. Chunki uni Rasululloh (s.a.v.) yaxshi ko‘radilar», deyishdi. Bas, Usoma (r.a.) shafe’lik qilib, bu haqda Rasululloh (s.a.v.) bilan gaplashganlarida, u zot (s.a.v.) «Allohning hadlaridan bo‘lgan bir hadda, ya’ni jazosida shafe’lik qilasanmi?» dedilar-da, o‘rinlaridan turib quyidagicha xutba aytdilar: «Sizlardan oldingi ummatlarning halok bo‘lishlariga sabab oralarida ulug‘ bir kishi o‘g‘irlik qilib qo‘ysa, jazoni tark qilishar, zaif, oddiy odam o‘g‘irlik qilsa, had (jazo)ni ijro etishar edi. Alloh nomiga qasamki, Muhammadning qizi Fotima o‘g‘irlik qilsa, uning qo‘lini kesar edim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) bu so‘zni eshitganlarida g‘azablari kelganidan yuzlari o‘zgarib ketdi. Va: «(Ey Usoma), sen Allohning jazosida o‘rtaga tushib shafe’lik qilmoqchimisan?» deganlarida, Usoma (r.a.): «Ey Rasululloh, mening gunohimga istig‘for ayting», dedilar. Keyin bu xotinga hukm ijro etishni buyurdilar va uning qo‘li (o‘g‘irlik qilgani uchun) kesildi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:24:07
351-bob
Odamlarning yo‘llariga, soyalanadigan joylariga va suv oladigan erlariga hojat ushatishdan qaytarilgani haqida


Alloh taolo:
«Mo‘min va mo‘minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58-oyat), deb aytgan.

1770/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «La’natga sabab bo‘luvchi ikki ishdan chetlaninglar», deganlarida, sahobalar: «La’natga sabab bo‘luvchi u ikki ish nima?» deyishdi. Shunda u zot: «Odamlarning yo‘li va soyalanadigan makonlaridan hojatxona o‘rnida foydalanish», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:24:16
352-bob
Ko‘lmak suvga peshob qilishdan qaytarilgani haqida


1771/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) oqmasdan ko‘lmak bo‘lib turgan suvga peshob qilishdan man etdilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:24:36
353-bob
Ota bolalariga narsa berishda ba’zilarini afzal ko‘rishining karohiyati haqida


1772/1. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bashir (r.a.) o‘g‘illari No‘‘monni Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib borib: «Men bu o‘g‘limga bir xizmatkor bola hadya qildim», deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Mana shu kabi narsani barcha bolalaringga hadya qildingmi?» dedilar. Bashir (r.a.): «Yo‘q», degandilar, Rasululloh (s.a.v.) «Bergan narsangni qaytarib ol», dedilar.

Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Bolalaringning barchasiga shunday qildingmi?» deganlarida, Bashir: «Yo‘q», dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Bolalaringiz haqida adolatli bo‘linglar», deb aytdilar. Keyin Bashir kelib haligi bergan sadaqalarini qaytarib oldilar.

Yana boshqa rivoyatda keltiriladiki, Rasululloh (s.a.v.) «Ey Bashir! Senda bundan boshqa farzand bormi?» deganlarida, Bashir: «Ha», dedilar. Rasululloh (s.a.v.) «Farzandlaringning barchasiga shunday hadya berdingmi?» degandilar, Bashir: «Yo‘q», dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Unday bo‘ladigan bo‘lsa, meni guvoh qilmagin. Chunki men zulmga guvoh bo‘lmayman», dedilar.

Yana boshqa bir rivoyatda «Meni zulmga guvoh qilmagin» bo‘lib kelgan. Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Bu ishingga mendan boshqani guvoh qil», deb, keyin «Bolalaring senga yaxshilik va xizmat qilishda barobar bo‘lishlari xursand qiladimi?» degandilar, Bashir (r.a.): «Ha», dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Unday bo‘lsa, ularni ajratmasdan barobar tutgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:24:58
354-bob
Ayol kishiga oilasidan biror kishi o‘lsa, uch kundan ko‘p aza-motam (xafalik libosini kiyib, ziynatni tark) qilishi haromligi haqida (lekin eri o‘lsa, to‘rt oy-u o‘n kun idda o‘tirishi lozim)


1773/1. Zaynab binti Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men mo‘minalar onasi Ummu Habiba huzurlariga otalari Abu Sufyon ibn Harb vafot etganlarida kirsam, Ummu Habiba (r.a.) sariq rangli xushbo‘y suyuqlik keltirishni buyurdilar. Va u xushbo‘y narsa keltirilganda xizmatkor qizga hamda o‘zlarining ikki yanoqlariga surtdilar. Keyin Ummu Habiba (r.a.): «Alloh nomiga qasamki, menda hozir bu narsani surtishga hojat yo‘q. Lekin men Rasulullohning (s.a.v.) minbarda turib: «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayolga biror kishisi vafot etsa, uch kechadan ko‘p aza-motam (xafalik libosini kiyib, ziynatni tark) qilishi halol emas. Lekin eri vafot etsa, to‘rt oy-u o‘n kun idda o‘tiradi», deb aytganlarini eshitganman», dedilar».

Zaynab binti Abu Salama (r.a.): «Keyin Zaynab binti Jahshning huzurlariga inilari vafot etganida kirsam, bu sahobiya ayol ham xushbo‘y narsa keltirishni buyurdilar. Qachonki, u narsa olib kelinganda, o‘sha narsadan surtib: «Alloh nomiga qasamki, hozir bu narsani surtishga hojat yo‘q. Lekin men Rasulullohning (s.a.v.) minbarda turib: «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayolga biror kishisi vafot etsa, uch kundan ko‘p aza-motam qilishi halol emas. Lekin o‘z eri vafot etsa, to‘rt oy-u o‘n kun idda o‘tiradi», deb aytganlarini eshitdim», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: demak, o‘z eridan boshqa shaxs vafot etsa, ayollarga faqat uch kun aza-motam qilishga ruxsat berilmoqda. Lekin undan ziyodasi man etilgan. Ammo o‘z eri vafot etgan xotinlar to‘rt oy-u o‘n kun idda o‘tirishadi.

Idda - eri o‘lgan ayolning boshqa erga tegishi mumkin bo‘lmagan muddat. Iddaning hikmatlaridan biri homila bor-yo‘qligini bilib, naslning egasini aniqlashdir. Hamda Islom shariati erning ayol ustidagi haqqi hattoki vafotidan keyin ham borligini e’tirof etishidir. Ha, Islom nasl musaffoligini mana shunday ta’minlaydi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:25:18
355-bob
Shaharliklarning qishloqdagilar olib kelgan (g‘alla, meva, sabzavot va boshqa) narsalarni sotishi, karvondagilar bilan tashqarida ko‘rishib (sotib berish maqsadida) ularning mollarini qo‘lga kiritishi, birodari savdosini buzib, o‘z molini sotishi va o‘zi qaytmay yoki izn bermay turib birodari sovchi bo‘lgan ayolga sovchi yuborishining haromligi haqida


1774/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) shaharlik odamning qishloqdan kelgan kishining molini sotib berishidan man qildilar. Garchi u qishloqlik kishi ota-ona bir inisi bo‘lsa ham. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1775/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rpasululloh (s.a.v.) «Tashqaridan kelgan mollarni shahar bozoriga yetib kelmasidan oldin yo‘liga chiqib sotib olmanglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:25:30
1776/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Karvon yo‘liga chiqib, molini sotib olmanglar va shaharlik odam tashqaridan kelgan kishining molini sotmasin», deganlar. Imom Tovus Ibn Abbosdan (r.a.): «Shaharlik qishloqdan keladiganning molini sotmasin, deyilgani nima?» deb so‘raganlarida, Ibn Abbos: «Dallollik qilmasin, ya’ni qishloqdan kelgan kishi o‘zi olib kelgan narsasini o‘zi sotsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1777/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) shaharlik qishloqdan kelgan kishining molini sotishdan man etdilar. Va: «Boshqalarni aldab narxini oshirmasin, birodari savdosi ustiga savdolashmasin, birodari sovchi bo‘lgan qizga sovchi yubormasin, kundoshli xotin kundoshini taloq qilib yuborishini, ya’ni hamma narsaga o‘zi ega bo‘lib olishni eridan so‘ramasin», dedilar.

Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) karvon hali shaharga kirmay turib uni sotish niyatida qo‘lga kiritishdan, xotin bo‘lajak kundoshiga taloq berilsa, nikohga chiqishini shart qilishdan va birodari savdosi ustiga savdolashishdan hamda narxlarni soxtalik bilan oshirishdan va sog‘iladigan hayvonni bir necha kun sog‘masdan sutini ko‘paytirib sotishdan man qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: qishloqda yashovchi kishi qiyinchilik bilan narsalarni yig‘ib-terib olib kelsa-yu, shaharda yashovchilar uni aldab bozorda narx-navo pastlab ketganini aytib, dehqonni shunga ishontirishlari g‘irromlikdir. Islom g‘irromlikning barcha turini man etadi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:25:38
1778/5. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ba’zilaringiz ba’zilaringiz savdosini buzib o‘z narsalarini sotmasin. Birodari sovchi bo‘lgan ayolga sovchi yubormasin. Lekin o‘zi izn bersa, unda joiz», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu lafz Muslimniki.

1779/6. Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min mo‘minning birodaridir. Mo‘min kishiga birodari savdosini buzib o‘z narsalarini sotmasin hamda birodari sovchi bo‘lgan xotinga to o‘zi tark qilmaguncha sovchi yubormasin», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:25:51
356-bob
Mol-dunyoni shariat ruxsat bermagan joylarga sarf qilib, zoe etmoqdan qaytarilgani haqida


1780/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta Alloh taolo sizlardan uch narsada mamnun va uch narsada norozidir. Mamnun bo‘ladigani - Allohga biror narsani sherik qilmasdan ibodat qilish, Allohning arqoni bo‘lmish Islomni jam bo‘lib mahkam ushlash va firqalanib ketmaslikdir. Norozi bo‘ladigani - foydasiz so‘zlarni gapirish, ko‘p savol berish va mol-dunyoni behudaga sarf qilish», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.

1781/2. Mug‘iyraning kotiblari Varroddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Mug‘iyra (r.a.) Muoviyaga (r.a.) jo‘natish maqsadida bir maktub yozdirdilar. U quyidagicha edi: «Rasululloh (s.a.v.) har farz namozi so‘nggidan «La ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay’in qodir. Allohumma la mani’a lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal jaddi minkal jadd»ni o‘qirdilar». (Ma’nosi: «Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Uning sherigi ham yo‘q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har narsaga qodirdir. Ey Rabbim, Sen bergan narsani man qiluvchi yo‘q. Va Sen man qilgan narsani berguvchi yo‘q. Buyuklik Sendandir, boshqaning buyukligi foyda bermaydi»). Va yana Varrod (r.a.) maktubda quyidagilarni yozdilar: «Rasululloh (s.a.v.) foydasiz so‘zlarni gapirishdan, mol-dunyoni behudaga sarf qilishdan, ko‘p savol berishdan, onalarga oq bo‘lishdan, qizlarni tiriklay ko‘mishdan, vojib amallarni tark etishdan va xiralik bilan so‘rab olishdan man etdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:26:07
357-bob
Musulmon kishiga siloh (qurol) va shunga o‘xshash narsalar ila xoh jiddiy, xoh hazil bilan bo‘lsin, ishora qilishdan hamda qilichni yalang‘ochlab yurishdan man etganlari haqida


1782/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizladan birortangiz birodariga siloh (qurol, qilich, pichoq va shunga o‘xshash narsalar) bilan o‘qtalmasin. Chunki o‘sha silohi qo‘lida turganida, shayton vasvasa qilib (ya’ni, birodarining o‘limiga sababchi etib) do‘zax chuqurlaridan birortasiga tushirib yuborishi mumkin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Kim birodariga o‘tkir narsa bilan o‘qtalsa, to tashlamaguncha farishtalar la’natlab turishadi, garchi ishora qilinadigan kishi ota-ona bir tug‘ishgan inisi bo‘lsa ham», dedilar.

Foyda: Islom inson salomatligi va mukarramligini mana shunday muhofaza qiladi. Qariyalarimiz: «Pichoqdan ehtiyot bo‘linglar, u odamga qarab yuguradi», deb bejiz aytishmaydi.

1783/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qilichni g‘ilofdan chiqarib, yalang‘ochlab yurishdan man etdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:26:17
358-bob
Azon aytilgandan keyin farzni o‘qimasdan turib uzrsiz masjiddan chiqib ketishning karohiyati haqida


1784/1. Abu Sha’sodan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Abu Hurayra (r.a.) bilan birga masjidda o‘tirgan edik, muazzin azon aytib qoldi. Bir kishi o‘rnidan turib masjiddan chiqib ketdi. U kishi chiqib ketgunicha Abu Hurayra orqasidan qarab qoldilar. Va: «Bu kishi Abulqosimga osiy bo‘ldi, ya’ni Rasululloh (s.a.v.) buyruqlariga itoat qilmadi», deb aytdilar». Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:26:30
359-bob
Rayhonga o‘xshash biror xushbo‘y narsa tortiq etilsa, uni uzrsiz rad etishning karohiyati haqida


1785/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimga rayhonga o‘xshash xushbo‘y narsa tortiq etilsa, rad qilmasin. Chunki u narsalarning vazni yengil va hidi xushbo‘ydir», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1786/2. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xushbo‘y narsalarni rad etmasdilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:26:45
360-bob
Maqtalganda salbiy ta’sir qilib, maqtovni ko‘tara olmaydigan kishining yuziga maqtashning karohiyati haqida (lekin bunday salbiy ta’sirlanishdan omonda qoluvchi kishining yuziga maqtash joiz)


1787/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kishining boshqa bir kishini ko‘klarga ko‘tarib maqtayotganini eshitib: «Uni halok qildinglar yoki bu kishining belini sindirdinglar-ku», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1788/2. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida bir kishi zikr qilindi. Shunda boshqa bir kishi uning yaxshiligini gapirib maqtab yubordi. Buni eshitgan Rasululloh: «Do‘stingning bo‘ynini sindirding-ku», deb bir necha marta aytdilar. So‘ngra u zot: «Agar sizlardan biringiz maqtashga majbur bo‘lib qolsa, uni unday-bunday va shu singari, deb o‘ylayman, desin. Agar men bilganimdek ana shu sifatlarga ega bo‘lsa, «Hasiybuhu Alloh vala yuzakkiy ‘alallohu ahada» (ma’nosi: «Uning kifoyachisi Allohdir. Allohning oldida biror kishi aybsiz emas»), desin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:26:55
1789/3. Hammom ibn Horis va Miqdoddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Usmonni (r.a.) maqtaganida Miqdod (r.a.) tizzalarini bukib, uning yuziga mayda toshlarni otib yubordilar. Shunda Usmon (r.a.): «Bu nima qilganingiz?» deganlarida, Miqdod 4§: «Rasulullohning (s.a.v.) «Agar maqtovchilarni ko‘rsangiz, yuzlariga tuproq soching», deganlarini eshitdim», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

Yuqorida keltirgan hadisimiz yuzga maqtashni man etuvchi hadislardandir. Yuzga maqtash muboh ekanini anglatuvchi sahih hadislar ham ko‘pdir. Ulamolar ikki tomon hadislarini jamlab, quyidagi fikrlarni aytishgan: «Agar maqtalayotgan kishi komil iymonli, ishonchli, riyozatli, ma’rifatli bo‘lib, o‘sha maqtovdan fitnalanmasa va g‘ururga ketmasa, harom ham, makruh ham emas. Agar bu ishlarning birortasidan qo‘rqilsa, yuzga maqtashlik qattiq makruh bo‘ladi». Shunga asoslanib bu haqdagi turli sahih hadislarni keltirmoqdamiz:

Rasululloh (s.a.v.) Abu Bakrga (r.a.): «Jannatga kirishda hamma eshigidan  chaqiriluvchilardan bo‘lishingni umid qilaman», boshqa hadisda: «Sen ishtoningni mutakabbirlik niyatida uzaytirib yuruvchilardan emassan», deganlar. Umarga (r.a.) esa: «Agar shayton seni ko‘rib qolsa, sen yurayotgan yo‘lni qo‘yib, boshqa yo‘lga ravona bo‘ladi», deganlar. Yuzga maqtash joiz bo‘lgan hadislar ko‘p bo‘lib, bu haqda «Al-Azkor» kitobida batafsil so‘zlangan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:27:20
361-bob
Vabo tarqagan shahardan qochib chiqib ketishning hamda vabo tarqagan shaharga kirishning karohiyati haqida


Alloh taolo:
«Qaerda bo‘lsangiz, hatto mustahkam qal’alar ichida bo‘lsangiz ham, o‘lim sizlarni topib olur» (Niso surasi, 78-oyat);

«Va o‘zingizni halokatga tashlamang» (Baqara surasi, 195-oyat), deb aytgan.

1790/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Umar ibn Xattob Shom shahriga jo‘nadilar. Qachonki, Sarg‘ nomli joyga yetib kelganimizda, shahar amiri Abu Ubayda ibn Jarroh va yoronlari kutib olgani chiqib, Shomda vabo kasali tarqaganining xabarini berishdi. Umar 4§ menga: «Avvalgi muhojirlarni, ya’ni ikki qiblaga qarab namoz o‘qiganlarni chaqir», dedilar. Men borib ularni chaqirib keldim. Umar 4§ ular bilan maslahatlashib, Shomda vabo kasali tarqaganining xabarini berdilar. Ular bunda ixtilof qilishdi. Ba’zilari: «Ulug‘ bir ishni (ya’ni, dushman bilan urushishni) qasd qilib chiqqansiz, u rejadan orqaga chekinishingizni ep ko‘rmaymiz», deyishdi. Ba’zilari esa: «Siz bilan birga boshqa odamlar va Rasulullohning (s.a.v.) sahobalari ham bor. Ularni mana bu vabo kasaliga olib borishingizni ep ko‘rmaymiz», deyishdi. Umar (r.a.): «Mening huzurimdan turinglar», deb aytdilar. Keyin u zot: «Huzurimga ansoriylarni chaqir», dedilar. Men ularni chaqirib kelgan edim, ular bilan ham maslahatlashdilar. Ansoriylar ham muhojirlar kabi ixtilof qilib ikki xil fikr aytishdi. Umar (r.a.) ularga ham: «Huzurimdan turinglar», deb aytdilar. So‘ngra u zot: «Huzurimga Makka fath bo‘lishidan oldin Islomga kirgan Quraysh oqsoqollarini chaqir», dedilar. Men ularni chaqirdim. Ulardan hech bir kishi ixtilof qilmadi. Ular: «Ey Umar ibn Xattob, siz odamlar bilan qaytib ketishingizni maslahat beramiz. Mana bu vabo kasali tarqagan joyga ularni olib kirmang», deb aytishdi. Shu maslahatdan keyin Umar (r.a.) odamlarga qarata: «Tongda men (Madinaga) qaytib ketaman. Sizlar ham qaytinglar», dedilar. Abu Ubayda al-Jarroh (r.a.) Allohning qadaridan (taqdiri azalida bitib qo‘yilgan narsasidan) qochib ketyapsizmi?» dedilar. Umar (r.a.): «Qaniydi, bu gapni sendan boshqa kishi aytganda edi», dedilar. Chunki Umar (r.a.) Abu Ubaydaga xilof chiqishni yomon ko‘rardilar. Va yana Umar (r.a.): «Ha! Allohning (yomon) qadaridan Allohning (yaxshi) qadariga qochyapmiz. Ey Abu Ubayda, menga xabar ber-chi, agar senda tuyalar bo‘lsa va ular bir vodiyga tushsa-da, u vodiyning ikkita maydoni bo‘lsa, biri ko‘kalamzor, ikkinchisi esa qup-quruq bo‘lsa va sen ko‘kalamzorda o‘tlatishing ham Allohning qadari, qup-quruq yerida o‘tlatishing ham Allohning qadari emasmi?» dedilar. Shu payt Abdurahmon ibn Avf kelib qoldilar. Bu sahoba ba’zi zarur ishlari tufayli bu yerda yo‘q edilar. Abdurahmon ibn Avf (r.a.): «Mening bu haqda Rasulullohdan (s.a.v.) eshitgan narsam bor. Rasululloh (s.a.v.): «Agar bir joyda vabo tarqalibdi, deb eshitsangizlar, u yerga kirmanglar. Agar sizlar turgan makonda vabo tarqasa, u yerdan qochib chiqib ketmanglar», deganlar», deb aytdilar. Buni eshitgan Umar ibn Xattob Alloh taologa hamd aytdilar va (Madinaga) jo‘nadilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1791/2. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar bir yerda o‘lat (vabo) kasali tarqabdi, deb eshitsangizlar, u yerga kirmanglar. Agar sizlar yashab turgan joyda o‘lat kasali tarqasa, u yerdan chiqib ketmanglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: epidemiya tarqagan joyga kirish yoki o‘zi yashab turgan joyda tarqalsa, u yerdan qochib chiqib ketish taqiqlanmoqda. Bugungi kunimizda buni «karantin», deb nomlashadi. Chunki yashab turgan makonda vabo tarqasa, u yerdan qochib chiqqan kishi o‘zi bilan birga zararli mikroblarni ergashtirib, sog‘lom kishilarga yuqtirishi mumkin. Mana shu narsaga amal qilish Alloh taologa tavakkal qilishga qarama-qarshi narsa emas. Balki sabablarning oldini olish va halokatga eltuvchi narsalardan o‘zini uzoq tutish va ayni Allohga tavakkal qilishlikdir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:27:36
362-bob
Sehrning og‘ir haromlardan ekani haqida


Alloh taolo:
«Sulaymon kofir emas edi, balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar» (Baqara surasi, 102-oyat), deb aytgan.

1792/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Yettita halokatga eltuvchi amallardan saqlaninglar», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, ular nima?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «1. Allohga sherik bor, deyish. 2. Sehrgarlik. 3. Alloh o‘ldirishni harom qilgan jonni o‘ldirish. Ammo haq bilan bo‘lsa, ya’ni had, qasos va shunga o‘xshash narsalarda zarari yo‘q. 4. Sudxo‘rlik orqasidan kun kechirish. 5. Yetimning molini yeyish. 6. Urushda orqaga chekinish. 7. Hech narsadan xabari yo‘q, pokiza, afifa ayollarni (fohishalikda) ayblash», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:27:53
363-bob
Agar dushman qo‘liga tushishidan xavf etilsa, g‘ayrimuslim o‘lkalarga Qur’on kitobi bilan safar qilishdan man etilgani haqida


1793/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Qur’oni karim bilan dushman yeriga safar qilishdan man etdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:28:10
364-bob
Yeyish, ichish, tahorat qilish va boshqa ishlarda tilla va kumush idishlarni ishlatishning haromligi haqida


1794/1. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kumush idishlarda suv ichadiganlar qornini do‘zax oloviga to‘ldiribdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Muslimning rivoyatlarida «Tilla va kumush idishlarda suv ichuvchi va ovqatlanuvchilar» bo‘lib kelgan.

1795/2. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ipak va kimxob kiyishdan hamda tilla, kumush idishlarda suv ichishdan man qildilar. Va: «Bu narsalar bu dunyoda kofirlar uchun, oxiratda esa sizlar uchundir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Ikki «Sahih» kitobida kelgan Huzayfa (r.a.) rivoyatlarida Rasululloh (s.a.v.) «Ipak va kimxobdan tayyorlangan kiyimlar kiymanglar, tilla, kumush idishlarda suv ichmanglar va tilla, kumush taqsimchalarda ovqat yemanglar», deb aytdilar.

1796/3. Anas ibn Siyrindan rivoyat qilinadi: «Anas ibn Molik (r.a.) bilan birga bir necha majusiylar huzurida o‘tirganimizda, kumushdan yasalgan idishda qiyom olib kelindi. U zot bundan yemadilar. Olib kelgan kishiga bu idishingni almashtirib kel, deb aytilgan edi, u kishi kumush idishni xalanj daraxtidan ishlangan kosaga alishtirib keldi. Anas ibn Molik bu idishdagi qiyomdan tanovul qildilar». Imom Bayhaqqiy hasan isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:28:22
365-bob
Za’faron rangli kiyim kiyishning haromligi haqida


1797/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kishilarga za’faron rangli libos kiyishni man etdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1798/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) bir kuni mening ustimda ikkita sarg‘ish, zahil rangga bo‘yalgan kiyimni ko‘rib: «Onang mana shuni kiyishga buyurdimi?» dedilar. Men: «Rangini ketkazib yuvib yuboraymi?» desam, u zot: «Balki yondirib tashlagin», dedilar».

Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Bu kabi sarg‘ish, zahil rangli liboslar kofirlarning kiyimidir. Sen bunday kiyimlarni kiymagin», deb aytganlar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:28:50
366-bob
Kunduzidan kechasigacha jim (sukut qilib) yurishdan qaytarilgani haqida


1799/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasulullohning (s.a.v.) «Balog‘atga yetgandan keyin yetimlik yo‘q. Kunduzidan kechasigacha jim (sukut qilib) yurish yo‘q», deb aytganlarini eshitdim». Abu Dovud rivoyati.

Imom Abu Sulaymon Xattobiy Ma’olus «Sunan» nomli kitoblarida bu hadisni quyidagicha sharhlaganlar: «Jim yurish johiliyat ahlining amallaridan edi. Ulardan biri bir kecha va kunduz e’tikof o‘tirardi-da, hech narsa gapirmay, sukut qilardi. Islom kelgandan keyin bundan qaytarildi va yaxshiliklarni zikr etishga buyurildi».

1800/2. Qays ibn Abu Hozimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) ahmaslik Zaynab ismli ayolning oldiga kirdilar. Uning gapirmayotganini ko‘rdilar. Va unga: «Nima uchun gapirmayapsan?» dedilar. Atrofidagilar: «Haj qilgan, gapirmaydi», deb aytishdi. Shunda Abu Bakr unga: «Gapirgin, bu (ishing) halol bo‘lmaydi. Va bu johiliyat amallaridandir», deganlarida, u xotin gapirdi. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:29:01
367-bob
Kishi o‘z otasini qo‘yib boshqa kishiga hamda o‘z homiysi turib boshqaga nisbat berilishining haromligi haqida


1801/1. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim bir odamning otasi emasligini bilaturib haqiqiy otam shudir, desa, jannat unga haromdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1802/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Haqiqiy otalaringizdan tonib yuz o‘girmanglar. Kim o‘z otasini tan olmay yuz o‘girsa, bu ishi kufrlikdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:29:11
1803/3. Yazid ibn Sharik ibn Toriqdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Alining (r.a.) minbarda turib quyidagicha xutba aytayotganlarini eshitdim: «Bizning huzurimizda o‘qish uchun faqat Allohning kitobi bordir. Va yana mana bu sahifa ham borki, bunda tovon qilib beriladigan tuyalarning yoshlari va jarohatlarga oid masalalar hamda Rasulullohning (s.a.v.) quyidagi aytgan so‘zlari bordir», deb u sahifani ochdilar. Unda Rasululloh (s.a.v.) «Madinaning Ayr tog‘i bilan Savr tog‘i oraligidagi masofasi (Makka kabi) Haramdir. Kim u yerda biror bid’at (yangilik)ni paydo qilsa yoki bid’atchiga joy bersa, unga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin. Alloh qiyomat kuni uning tavbasini ham, to‘laydigan mablag‘ini ham qabul etmaydi. Musulmonlarning ahdlari bordir. Ularning eng past tabaqadagilari ham unga erishadi. Kim ana shu ahdga xilof ish tutsa, unga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin. Alloh qiyomat kuni uning tavbasini ham, to‘laydigan mablag‘ini ham qabul etmaydi. Kim o‘z otasidan boshqa kishini otam desa yoki homiysidan boshqa homiyni iddao qilsa, unga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin. Alloh qiyomat kuni uning tavbasini ham, to‘laydigan mablag‘ini ham qabul etmaydi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1804/4. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim bilaturib o‘z otasini tan olmay, boshqa kishini otam, desa, kofir bo‘libdi. Kim o‘ziniki bo‘lmagan narsani meniki, deb da’vo qilsa, bizdan emasdir. Va joyini do‘zaxdan tayyorlab qo‘yaversin. Kim biror kishini «ey kofir» yoki «ey Allohning dushmani», desa va
aytilgan bu sifatlar u kishida bo‘lmasa, aytuvchining o‘ziga qaytadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:29:32
368-bob
Alloh va Uning rasuli man qilgan narsalarni sodir etishdan ogohlantirish haqida


Alloh taolo:
«(Payg‘ambarning) amriga xilof ish qiladigan kimsalar o‘zlariga biron fitna - kulfat yetib qolishidan yoki alamli azob yetib qolishidan hazir bo‘lsinlar!» (Nur surasi, 63-oyat);

«Alloh sizlarni O’zining (azobidan) ogoh qilur» (Oli Imron surasi, 30-oyat);
«(Ey Muhammad alayhissalom), shak-shubhasiz, Parvardigoringizning (kofirlarni azob bilan) ushlashi qattiqdir» (Buruj surasi, 12-oyat);

«Parvardigoringiz (ahli-egalari) zolim bo‘lgan shaharlarni ushlaganida, mana shunday ushlar. Uning ushlashi - azobi alamli va qattiqdir» (Hud surasi, 102-oyat), deb aytgan.

1805/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta Alloh g‘azab qiladi. Allohning g‘azabi bir kishi Alloh harom etgan narsalarni bajarsa, ro‘yobga chiqadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:29:55
369-bob
Man etilgan narsani qilib qo‘ygan kishining aytishi va bajarishi lozim bo‘lgan narsalar haqida


Alloh taolo:
«Agar sizni shayton tomonidan biron vasvasa yo‘ldan ozdirib (mazkur xislat egasi bo‘lishdan qaytarmoqchi bo‘lsa), u holda Allohdan panoh so‘rang» (Fussilat surasi, 36-oyat);

«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar-da, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar» (A’rof surasi, 201- oyat);

«(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir fahsh-gunoh qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir noloyiq ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlari uchun mag‘firat - kechirim so‘raydigan, - har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilur, - bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardir. Ularning mukofotlari Parvardigorlari tomonidan mag‘firat va taglaridan daryolar oqib turguvchi jannatlar bo‘lib, ular o‘sha joyda abadiy qolajaklar. Yaxshi amal qilguvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!» (Oli Imron surasi, 135-136-oyat);

«Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki, (shunda) najot topsangizlar» (Nur surasi, 31-oyat), deb aytgan.

1806/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim qasam ichib, u qasamni Lot va Uzzo butlarining nomi bilan ichsa, (tezda) «La ilaha illalloh», desin. Kim do‘stiga kel qimor o‘ynaymiz, desa, (bu tarzda gunoh ishga jur’at qilgani uchun) sadaqa bersin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: arablar johiliyatda ana shu Lot va Uzzo nomli butlar nomi bilan qasam ichishar edi. Musulmon bo‘lishgandan keyin ham ba’zilari odatlanib qolishgani uchun bu nomlar bilan bexosdan qasam ichib qo‘yishar edi. Rasululloh (s.a.v.) bu muammoni hal etib, muolaja sifatida yuqoridagi so‘zni aytdilar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:30:16
TURLI MALOHATLI (GO’ZAL, CHIROYLI) HADISLAR KITOBI

370-bob
Dajjol, Isoning (alayhissalom) tushishlari, Ya’juj-Ma’juj va yer hayvoni haqida


1807/1. Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) Dajjolni zikr qildilar. U zot bu haqda goh ovozlarini pasaytirib, goh balandlatib gapirganlaridan biz o‘sha Dajjol (yaqin oradagi) xurmozorlarning birida bo‘lsa kerak, deb gumon qildik. Qachonki, (ertasiga) u zot huzurlariga borsak, bizdagi (vahimani) ko‘rib: «Sizlarga nima bo‘ldi?» dedilar. Biz: «Ey Allohning rasuli! Kecha ovozingizni goh pasaytirib, goh balandlatib Dajjol haqida gapirdingiz. Biz bu ohangda gapirganingizdan o‘sha Dajjol (yaqin oradagi) xurmozorlarning birida bo‘lsa kerak, deb gumon qildik», desak, u zot: «Dajjoldan boshqa narsa meni qo‘rqitmoqda. Agar u Dajjol men sizlarning orangizda ekanimda paydo bo‘lsa, o‘zim uning chorasini ko‘raman. Bordi-yu, men sizlarning orangizda bo‘lmaganimda paydo bo‘lsa, har bir kishi chorasini o‘zi ko‘radi. Alloh O’zi har bir musulmonga madadkordir. Albatta u Dajjolning sochi jingalak, qo‘ng‘iroqdir. Ko‘zi esa bo‘rtib chiqqan. Xuddi Abduluzzo ibn Qatonga o‘xshaydi. Kim uni uchratib qolsa, Kahf surasining avvalgi oyatlaridan (o‘n oyat) o‘qisin. Albatta Dajjol Shom bilan Iroq oralig‘ida chiqib, o‘ng va chap tarafiga fasod tarqatadi. Ey Allohning bandalari, dinlaringizda mustahkam bo‘linglar», dedilar. Biz: «Ey Allohning rasuli! U yer yuzida qancha turadi?» desak, u zot: «Qirq kun turadi. Birinchi kuni bir yil kabi. Ikkinchi kuni bir oy kabi. Uchinchi kuni hafta kabi. Qolgan kunlari sizlarning kunlaringiz kabidir», dedilar. Biz: «Ey Allohning rasuli! Uning bir yillik kunida bizning bir kunlik namozimiz kifoya qiladimi?» dedik. U zot: «Yo‘q! Kifoya qilmaydi. Sizlar o‘z kunlaringizga teng keladigan bir muddatni taxmin qilib besh vaqt namozni o‘qiysizlar», dedilar. Biz: «U Dajjol yurishining tezligi qay darajada?» dedik. U zot: «Shamol uchirib yurgan bulut kabi yuradi. U bir qavmga kelib, ularni o‘z yo‘liga da’vat etadi. U qavm Dajjolga iymon keltirib, uning so‘zlarini ijobat qilishadi. Dajjol keyin osmonga hukm qiladi. Osmon ularga yomg‘ir yog‘diradi. Yerga hukm qiladi. Yer o‘zida giyohlarni o‘stiradi. Jonivorlar giyohlardan yeb kechqurun qaytganida, tanalari baland, yelinlari sutga to‘lgan va yonlari semirgan holda bo‘ladi. Keyin Dajjol boshqa bir qavm huzuriga kelib, ularni ham o‘z yo‘liga da’vat qiladi. Ular Dajjolning da’vatini qabul etishmaydi. Qabul etishmaganidan keyin ulardan yomg‘ir uzilib, qahatchilik yetadi. Qo‘llarida hech qanaqa boylik qolmaydi. So‘ngra u bir xaroba yerga boradi. Va u yerga: «Ey yer ichingdagi xazinalarni chiqar», desa, xazinalar chiqib, xuddi asalari podshosi orqasidan ergashgani kabi Dajjolga ergashadi. Keyin yosh bir yigitni chaqirib, uni qilich bilan urib ikkiga ajratib tashlaydi. Keyin o‘lgan yigitni chaqirsa, u chehrasi ochiq, kulimsirab chiqadi. Dajjol shunday ishlarni qilib turganida, Alloh taolo Masih ibn Maryam (Iso alayhissalom)ni yuboradi. U zot Dimashq sharqidagi oq minoraga libos kiyib, ikki farishta qanotiga kaftlarini qo‘yib tushadilar. Agar boshlarini engashtirsalar, suv (ter) oqadi. Agar boshlarini ko‘tarsalar ham, marvarid donalari kabi suv oqadi. Qachonki, biror kofirga u zotning nafaslari yetsa, u darhol o‘ladi. Endi nafaslari nazarlari yetgan joygacha yetadi. Iso alayhissalom Dajjolni Baytulmaqdis yaqinidagi Luddi nomli shahardan axtarib-topib qatl qiladilar. Keyin Iso alayhissalom Dajjol fitnasidan omonda qolgan bir qavm huzuriga borib, (horigan) yuzlariga shafqat qo‘lini surtadilar. Va ularning jannatdagi o‘rinlarining xabarlarini beradilar. Iso alayhissalom shunday turganlarida Alloh taolo u zotga vahiy qilib: «Men shunday bir jamoani yer yuzida paydo qilamanki, ular bilan urushishga biror kishining kuchi yetmaydi. Shuning uchun siz musulmon bandalarimni olib Tur tog‘iga boring», deydi. Keyin Alloh Ya’juj va Ma’juj toifasini yuboradi. Ular har balandlikdan (sel kabi) tezlik bilan yer yuziga tarqalishadi. Ularning avvalgilari Tabariyya nomli ko‘lmak oldidan o‘tib, suvning (hammasini) ichib ketishadi. Ularning oxirgilari (u ko‘lmakda suv qolmaganini ko‘rib): «O’zi bu yerda biror marta suv bo‘lganmi?» deyishadi. Bu paytda Iso alayhissalom va u zotning ashoblari bir tomonda yotishadi. Qiynalib ketishganidan birortalariga bitta ho‘kiz boshi topilishi yuz dinordan yaxshidir. Allohning nabiysi Iso alayhissalom va u zotning ashoblari Allohga yolvorib (bu fojeadan xalos etishni) so‘rashadi. Alloh taolo ularning duolarini ijobat qilib, yomon qavmga qurt balosini yuboradi. Barchalari bir daf’ada halok bo‘lishadi. Keyin Allohning nabiysi Iso alayhissalom va u zotning ashoblari (tog‘lardan) yerga tushishadi. Va u yerda ular badbo‘y hid tarqalmagan biror qarich joy topa olishmaydi. Yana Allohning nabiysi Iso alayhissalom va u zotning ashoblari Allohga yolvborib (bu hidlar bartaraf bo‘lishini so‘rab) duo qilishadi. Alloh taolo ularning duolarini ijobat qilib, tuyaning bo‘ynidek qushlarni yuboradi. U qushlar qurtlarni olib Alloh xohlagan tomonga eltib tashlaydi. Keyin Alloh taolo bir yomg‘irni yuboradi. U yomg‘ir biror uy yoki chayla qoldirmay oqizib ketadi. Hatto yer tozalanganidan sirpanchiq bo‘lib silliqlanadi. Keyin yerga «Mevalaringni hosilga kirgizib, barakalaringni ato et», deyiladi. Ana o‘sha kunlarda bir dona anorga katta bir jamoa to‘yib, po‘stloqlarini soyabon qilishadi. Alloh sutlarga ham shu darajada baraka beradiki, bitta sutli tuya odamlarning katta bir jamoasiga kifoya qiladi. Va yana bitta sutli mol katta bir qabilaga kifoya qiladi. Sutli bir echki katta bir oilaga kifoya etadi. Ular shunaqa to‘kinchilik bilan turishganida, Alloh taolo bir xushbo‘y havo yuboradi. Havo ularning qo‘ltig‘i ostiga joylashib, uning asaridan barcha mo‘min va musulmonlar vafot etishadi. Yer yuzida faqat yomon kishilar qolishadi. Ularning erkaklari ayollar bilan xuddi eshaklar bir-biri bilan jinsiy aloqa qilishgani kabi xotirjam ish bajaraverishadi. Ular shu holatda turishganida qiyomat qoim bo‘ladi», dedilar». Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:30:29
1808/2. Rib’iy ibn Hiroshdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Abu Mas’ud al-Ansoriy bilan birga Huzayfa ibn Yamonning (r.a.) huzurlariga bordik. Abu Mas’ud (r.a.) Huzayfaga (r.a.): «Rasulullohdan (s.a.v.) Dajjol haqida eshitgan narsangizni gapirib bering», dedilar. Huzayfa (r.a.): «Dajjol haqiqatda chiqadi. U bilan birga suv va olov bo‘ladi. Odamlar unda suv, deb ko‘rgan narsalari aslida kuydiradigan olov bo‘ladi. Odamlar unda olov, deb ko‘rgan narsalari aslida shirin, muzdek suv bo‘ladi. Kim Dajjol zamonida yashasa, olov, deb ko‘ringan narsaga tushaversin. Chunki aslida u pok, shirin suvdir», dedilar. Abu Mas’ud (r.a.): «Men ham Rasulullohdan (s.a.v.) xuddi shuni eshitganman», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1809/3. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dajjol (bir kun kelib) ummatimda zohir bo‘ladi. Va qirq (kun, oy, yil) turadi. (Roviy: «Kunmi, oymi, yilmi, aniq bilmayman», dedilar.) Keyin Alloh taolo Iso ibn Maryamni yuboradi. U zot Dajjolni axtarib topib, uni halok etadilar. Keyin odamlar yetti yil osoyishta yashashadi. Shu darajada tinch yashashganidan ikki kishi orasida adovati borlari uchratilmaydi. So‘ngra Alloh taolo Shom tomonidan sovuq bir shamolni yuboradi. Uning asoratidan yer yuzida qalbida zarra miqdoricha yaxshilik yoki iymon bor kishi tirik qolmaydi. Agar o‘sha yaxshi yoki iymonli kishi tog‘ bag‘riga kirib ketsa ham, haligi shamol uning ortidan kirib o‘ldirib chiqadi. Yer yuzida faqat yengil qushlar va beaql yirtqichlar kabi yomonga shoshuvchi razil kishilar qoladi. Ular na yaxshilikni taniydi va na yomonlikni inkor etadi. Shayton ularga bir suratda ko‘rinib: «Sizlar mening so‘zimga quloq solmayapsizlar», deydi. Ular: «Nimani bajarishimizni buyurasan?» deyishadi. U butlarga ibodat qilishni buyuradi. Ular shaytonning aytganini qilishganidan keyin rizqlari mo‘l-ko‘l bo‘lib, hayotlari yaxshilanadi. Keyin sur chalinadi. Uni eshitgan kimsa bo‘ynining bir tomoni moyil bo‘lib, ikkinchi tomoni ko‘tarilib qoladi. Bu surning ovozini birinchi bo‘lib tuyasi (suv ichadigan) havzani isloh qilib turgan kishi eshitadi. Avval o‘sha kishi o‘ladi. Keyin atrofidagi kishilar o‘la boshlaydi. So‘ngra Alloh taolo shudring kabi (mayda) yomg‘ir tushiradi. U yomg‘ir ularning jasadlarini yetiltiradi. Keyin ikkinchi daf’a sur chalinganida, barcha xaloyiq tirilib (mahshargohni) ko‘radi. So‘ngra: «Ey odamlar, Rabbilaringiz tomon kelinglar», degan ovoz bo‘ladi. Va farishtalarga: «Ularni to‘xtatinglar, chunki ular (dunyo hayotida qilgan amallaridan) so‘roq qilinadi», deb buyruq etiladi. Keyin yana: «Do‘zaxga boradiganlarini ajratinglar», deb buyruq qilinadi. Farishtalar: «Qancha kishidan nechtasini ajratib olaylik?» deyishadi. Shunda: «Har mingtadan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasini», deb javob qilinadi. Ana o‘sha kunda (qiyomat dahshatidan) yosh bolalarning sochi oqarib ketadi. Ana o‘sha kunda ishlarning haqqiqati ochiladi», dedil ar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:30:39
1810/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dajjol barcha shaharlarga kiradi. Faqatgina Makka bilan Madinaga kira olmaydi. Chunki bu ikki shaharning teshiklarida farishtalar saf bo‘lib qo‘riqlab turishadi. Qachonki, Dajjol Madina tashqarisidagi sho‘r yerlarga yetganida, Madinada uch bora yer silkinadi. U sababli Alloh taolo barcha kofir va munofiqlarni u yerdan chiqarib yuboradi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1811/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dajjolga Isfahon yahudiylaridan yetmish mingtasi ergashadi. Ularning ustilarida a’yonlar kiyadigan yashil rangli maxsus kiyim bo‘ladi», de dil ar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:30:46
1812/6. Ummu Sharikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odamlar Dajjol fitnasidan xavfsirab tog‘larga qochib ketishadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1813/7. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odam (alayhissalom) yaratilishlari bilan qiyomat kuni oralig‘ida Dajjoldan ko‘ra kattaroq fitna bo‘lmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:30:59
1814/8. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dajjol paydo bo‘lganida mo‘minlardan bir kishi u bilan ko‘rishish maqsadida yo‘lga chiqadi. Unga yetmasdan Dajjolning josuslari bilan uchrashib qoladi. Ular mo‘minga: «Qayoqqa ketishni qasd qilyapsan?» deyishadi. Mo‘min: «Yangi paydo bo‘lgan Dajjolning huzuriga», deydi. Ular: «O’sha sen Dajjol, deb aytayotganing bizning rabbimizdir. Sen bizning rabbimizga iymon keltirmadingmi?» deyishadi. Mo‘min: «Bizning Rabbimiz maxfiy emasdir», deydi. Ular: «O’ldiringlar», deyishadi. Shunda ularning ba’zilari ba’zilariga: «Rabbilaringiz o‘zining iznisiz biror kishini o‘ldirishidan man etmaganmi?» deyishadi-da, mo‘minni Dajjol huzuriga olib borishadi. Qachonki, mo‘min Dajjolni ko‘rganda: «Ey odamlar! Rasululloh (s.a.v.) zikr etgan Dajjol mana shudir», deb xabar beradi. Dajjol: «Buni ushlab, boshini yoringlar», deydi. Mo‘min orqasi va qorniga qattiq zarb ila kaltaklanadi. Dajjol: «Menga iymon keltirmaysanmi?» desa, mo‘min: «Sen o‘sha yolg‘onchi Dajjoldirsan», deydi. Keyin u mo‘minni arralab yuborishni amr qiladi. Va o‘rtasidan arra tortib bo‘lib tashlanadi. Hatto oyog‘ini ham ikkiga bo‘lib yuborishadi. So‘ngra Dajjol ikkiga bo‘lingan qism orasidan yurib: «O’rningdan tur», deydi. U mo‘min o‘rnidan turadi. Dajjol: «Endi menga iymon keltirasanmi?» desa, mo‘min: «Menga shubhasiz ma’lum bo‘ldiki, sen o‘sha Dajjolsan. Ey odamlar! Dajjol menga qilgan qilig‘ini boshqa hech kimga qila olmaydi», deydi. Dajjol mo‘minni so‘yish maqsadida ushlaganida, Alloh taolo mo‘minning gardani bilan bo‘yni orasini (so‘ya olmasligi uchun) mislab qo‘yadi. Dajjol uni so‘yishga yo‘l topa olmaydi. Yo‘l topa olmaganidan keyin oyoq-qo‘lidan ushlab olovga uloqtirib yuboradi. Odamlar uni olovga tashlandi, deb gumon qilishadi. Aslida u jannatga tashlangandir. Mana shu kishi olamlar Rabbi huzuridagi shahidlarning eng ulug‘ maqomidagisidir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. Imom Buxoriy mana shu ma’nodagi hadisning ba’zi qismini rivoyat qilganlar.

1815/9. Mug‘iyra ibn Shu’badan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biror kishi Rasulullohdan (s.a.v.) Dajjol haqida menchalik so‘ramagan. U zot: «Senga Dajjol zarar bera olmaydi», deganlar. Men: «Odamlar Dajjol ixtiyorida tog‘dek noni va anhorda suvi bor, deyishadi», desam, u zot: «Dajjol Alloh qoshida bu qadar narsaga loyiq emasdir», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:31:09
1816/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror payg‘ambar kelgan bo‘lsa, albatta ummatlarini bir ko‘zli yolg‘onchi (Dajjol)dan qo‘rqitganlar. Ogoh bo‘linglar, Dajjol bir ko‘zlidir. Rabbilaringiz azza va jalla bir ko‘zli emasdir. Dajjolning ikki ko‘zi orasiga k, f, r harflari, ya’ni «kofir bo‘ldi», deb yozib qo‘yilgandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1817/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlarga Dajjol haqida biror payg‘ambar o‘z qavmiga aytmagan narsaning xabarini beraman. U Dajjol bir ko‘zlidir. U o‘zi bilan birga jannat va do‘zax misolidagi narsani olib keladi. Dajjol jannat, deb ko‘rsatgan narsasi aslida haqiqiy do‘zaxdir», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:31:20
1818/12. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kuni odamlar orasida turib: «Albatta Alloh taolo bir ko‘zli emasdir. Masih-ad-Dajjol esa bir ko‘zlidir. O’ng ko‘zi yo‘qdir. Bor ko‘zi esa suvda balqib turgan uzum donasi kabidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1819/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Musulmonlar bilan yahudiylar urushmaguncha qiyomat qoim bo‘lmaydi. O’sha paytda yahudiylar tosh va daraxtlar orqasiga yashirinib olishadi. Tosh va daraxtlar tilga kirib: «Ey musulmon, mana orqamda yahudiy turibdi, kelib uni o‘ldirgin», deydi. Faqatgina o‘arqad nomli tikonli daraxt chaqirmaydi. Chunki u yahudiylar daraxtidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:31:30
1820/14. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, kishi qabr oldidan o‘tib, u qabrga yuzlarini surtib: «Koshkiydi, mana shu qabr ichida men bo‘lsam», deb aytmagunicha dunyo tamom bo‘lmaydi. U kishi bu so‘zlarni dindorligidan emas, balki turli musibatlarga duchor bo‘lganidan aytadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1821/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «(Iroqdagi) Furot daryosi ostidan tilla tog‘ topilmaguncha qiyomat qoim bo‘lmaydi. Uni deb odamlar urishishadi. Va har yuztadan to‘qson to‘qqiztasi halok bo‘ladi. Ularning har biri «Koshki, men unga erishsam», deb umid qiladi», dedilar.

Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Yaqin kunlarda Furot daryosi ostidan tilla koni topiladi. Kim o‘sha paytda hozir bo‘lsa, undan biror narsa olmasin», deb aytganlar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:31:40
1822/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Madinaliklar bir kun kelib u yer nihoyatda yaxshi bo‘lganida tashlab ketishadi. U vaqtda Madinada yirtqichlar va qushlargina qoladi. Madinada oxirgi yig‘iladiganlar Muzayna qabilasidan bo‘lgan ikki cho‘pon bo‘ladiki, ular Madinani ko‘zlab ketishayotgan edi. Yaqiniga borishganida qo‘ylari ovoz chiqarib yuboradi. Ular Madinani vahshiy hayvonlar bilan to‘lgan holda topishadi. Qachonki, Saniyatul vado’ga yetishganida yuzlari bilan yiqilib (jon berishadi)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1823/17. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Zamon oxirlaganda xalifalaringizdan shunday bir kishi bo‘ladiki, mol ulashsa, hovuchlab beradi, sanab o‘tirmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:31:50
1824/18. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odamlarga shunday zamon keladiki, unda bir odam tilladan bo‘lgan zakotni olib aylanib yuradi, ammo uni oladigan biror kishi topa olmaydi. Va yana bir erkak qaramog‘ida qirqta xotin bo‘ladi. Hammalari unga tobe’ bo‘lishadi. Bu narsa o‘sha paytda xotinlar ko‘p bo‘lib, erkaklar ozayib ketganligidan sodir bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1825/19. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir kishi boshqa bir kishidan yer sotib oladi. Sotib olgan kishi o‘sha yerdan bir xum tilla topib oladi. Keyin u kishi avvalgi egasiga borib: «Tillangni olgin. Men sendan yer sotib olganman, tilla emas», deydi. Avvalgi egasi esa: «O’zing ol. Chunki men senga yer va undagi narsalarni sotganman», deydi. Ikkovlari kelisha olmasdan bir kishini hakam qilishadi. U hakam: «Ikkovingizda farzand bormi?» deb so‘raydi. Biri: «O’g‘lim bor», deydi. Ikkinchisi: «Qizim bor», deydi. Hakam: «Ularning ikkovini nikohlab, tillani o‘shalarga ishlatinglar», deydi. Ikkovlari hakamning aytganini qilishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: bu avvalgi ummatlar shariatidagi narsa bo‘lib, bizning shariatimizga muvofiq emas. Bizning shariatimizda topib olingan narsalar haqidagi ma’lumot fiqh kitoblarida batafsil so‘zlangan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:32:03
1826/20. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «(O’tgan zamonda) ikkita xotin bor edi. Ikkovining yosh go‘dagi turganida, bo‘ri kelib bolaning bittasini olib ketdi. Biri: «Bo‘ri sening bolangni olib ketdi», deydi. Ikkinchisi: «Sening bolangni olib ketdi», deydi. Ikkovlari kelisha olmasdan Dovud alayhissalomni hakam qilishadi. Dovud alayhissalom kattasining foydasiga hal qilib beradilar. Ya’ni, qolgan bolani unga beradilar. Ular tashqariga chiqishganda, Dovudning o‘g‘illari Sulaymon alayhimssalomni uchratib, bo‘lib o‘tgan voqeaning xabarini berishadi. Sulaymon alayhissalom: «Pichoq olib kelinglar, men uni ikkiga bo‘lib, ikkovingizga taqsimlab beraman», deydilar. Bu so‘zni eshitib kichigi: «Alloh sizga rahm qilsin. Bu bola unikidir, endi da’vo qilmayman. Bola qaerda bo‘lsa ham, sog‘-salomat yursa bo‘ldi», deydi. Sulaymon alayhissalom haqqiqatni anglab: «Qolgan bola shu kichik xotinga tegishli», deb hukm qiladilar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1827/21. Mirdos al-Aslamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Solih va taqvodor zotlar orqama-orqa o‘tib ketishadi. Xurmo yoki arpa sarqitlari kabi odamlarning qoldiq (yomon)lari qolishadi. Alloh taolo ularga parvo qilmaydi va ahamiyat bermaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.

Foyda: solih zotlarning vafot etib, kamayib borishlari ham qiyomat alomatlaridan biridir.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:32:12
1828/22. Rifo’a ibn Rofe’ az-Zuraqiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil alayhissalom Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Sizlar Badr g‘azotida qatnashganlarni qanday mavqe’da, deb bilasizlar?» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Biz ularni musulmonlarning eng afzali, deb bilamiz», dedilar. (Yoki shunga o‘xshash bir so‘z aytdilar.) Shunda Jabroil alayhissalom: «Biz ham Badr jangida ishtirok etgan farishtalarni eng afzalimiz, deb bilamiz», dedil ar. Imom Buxoriy rivoyati.

1829/23. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar Alloh taolo biror qavmga azob yuborsa, u azob o‘sha qavmning yaxshisi-yu yomoniga birdek yetadi. Lekin qiyomatda amallariga qarab qayta tirilishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: azob tushsa, yaxshi-yu yomonni halok qiladi. Lekin qiyomatda niyatlariga qarab, ya’ni yaxshi bo‘lsa, yaxshilar qatorida, yomon bo‘lsa, yomonlar qatorida tiriladi. Shuning uchun yomonlar bilan aralashib yurishdan ogohlantiriladi.
]
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:32:28
1830/24. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xurmo to‘nkasi ustiga chiqib xutba aytdilar. Qachonki, minbar qo‘yib berilganida, u to‘nkadan ovoz chiqqanini eshitdik. Ovoz qornida homilasi o‘n oylik bo‘lgan tuyaning ovoziga o‘xshardi. Rasululloh (s.a.v.) u to‘nka xafa bo‘lganini ko‘rib, haligi yangi qurib berilgan minbardan tushib qo‘llarini o‘sha to‘nka ustiga qo‘ygandilar, u ovoz chiqarishdan to‘xtadi.

Boshqa rivoyatda «Juma kuni Rasululloh (s.a.v.) (xutba aytish uchun yangi o‘rnatilgan) minbar ustiga chiqqan edilar, avval ustiga chiqib xutba o‘qiydigan xurmo to‘nkasi qattiq ovoz chiqardi. Hatto yorilib ketishiga oz qoldi» bo‘lib kelgan.

Yana boshqa rivoyatda keltirilishicha, «... u to‘nka xuddi yosh go‘dak kabi ovoz chiqardi. Rasululloh (s.a.v.) (yangi qurib berilgan minbardan) tushib, haligi to‘nkani o‘z bag‘irlariga bosgan edilar, u xuddi yosh go‘dak kabi ingrab turgan joyida jim bo‘lib tinchib qoldi. Rasululloh (s.a.v.) «U avvallari eshitib yurgan zikrlarni endi eshitmas ekanman-da, deb yig‘layapti», dedilar». Imom Buxoriy rivoyati.
1831/25. Abu Sa’laba al-Xushaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta Alloh taolo farzlarni farz etdi, ularni zoe qilmanglar. Va hadlarni chegara qildi, undan o‘tib ketmanglar. Va narsalarni harom qildi, uni buzmanglar. Va unutmasdan sizlarga rahmat qilgan holda ko‘p narsalarda sukut qildi, sizlar u haqda bahs qilmanglar», dedilar. Doriqutniy hasan isnod bilan rivoyat qilganlar.

1832/26. Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan yettita g‘azotda birga bo‘ldik. Hammasida yemishimiz chigirtka bo‘ldi», dedilar.

Boshqa rivoyatda «Biz u zot bilan birga chigirtka yedik» bo‘lib kelgan. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:32:36
1833/27. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min kishi bir teshikdan ikki marta chaqilmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: mo‘min kishi ehtiyotkor va fatonatli bo‘lgani uchun ikki marta qoqilmaydi, xuddi o‘zbek maqolidagi «Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi», deyilgani kabi.

1834/28. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uch toifa kishilar borki, qiyomat kuni Alloh taolo ular bilan gaplashmaydi va poklamaydi, ularga (rahmat nazari ila) qaramaydi ham hamda ular uchun alamli azob bordir: 1. Bir kishi sahrodalik paytida ortiqcha suvi bo‘lsa-yu, uni yo‘lovchilarga bermasa. 2. Bir kishi asrdan keyin boshqa bir kishiga Alloh nomiga qasam ichib bir narsa sotsa va shuncha-shunchaga olganman, desa va oluvchi sotuvchining gapini tasdiqlasa, vaholanki, uning aksi bo‘lib chiqsa. 3. Bir kishi bir imomga mol-dunyoga erishish niyatida bay’at qilsa. Agar imom mol-dunyodan berib tursa, bay’atiga vafo qilib, agar bermasa, vafo qilmaydigan bo‘lsa», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:32:45
1835/29. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Isrofil alayhissalomning surga ikki marta puflashlari orasidagi farq qirqdir», deganlarini eshitgan sahobalar: «Ey Abu Hurayra! O’shanda Rasululloh (s.a.v.) qirq kun, dedilarmi?» deyishdi. Abu Hurayra (r.a.): «Bilmasam», dedilar. Ular: «Qirq yilmi?» deyishdi. Abu Hurayra (r.a.): «Bilmasam», dedilar. Ular: «Qirq oymi?» deyishdi. Abu Hurayra (r.a.): «Bilmasam», deb, keyin yana: «Insonning barcha a’zosi yo‘q bo‘lib ketib, faqat dumg‘azasi chirimay qoladi. Ikkinchi bora qayta yaralish ana shu a’zo asosida bo‘ladi. Keyin Alloh taolo osmondan suv tushiradi. Insonlar ana shu suv sababli xuddi ko‘katlar o‘sgani kabi unib chiqishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1836/30. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) majlislarning birida gapirib tursalar, bir a’robiy keldi-da, «Qiyomat kuni qachon?» deb so‘rab qoldi. Rasululloh (s.a.v.) (uning gapiga parvo qilmay) so‘zlashda davom etaverdilar. Ba’zilar: «Rasululloh (s.a.v.) uning gapini eshitdilar-u, lekin ma’qul ko‘rmadilar», deyishdi. Ba’zilar esa: «Eshitmadilar, shuning uchun so‘zlashda davom etdilar», deb fikr bildirishdi. Qachonki, Rasululloh (s.a.v.) so‘zlashdan to‘xtaganlarida: «Qiyomat haqida so‘rayotgan qani?» dedilar. Haligi so‘ragan kishi: «Men edim, ey Allohning rasuli», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar omonat zoe etilsa, qiyomatni kutaver», dedilar. U kishi: «Nechuk zoe bo‘ladi?» degan edi, Rasululloh (s.a.v.) «Agar ishlar uning ahli bo‘lmagan kishilar qo‘liga topshirib qo‘yilsa, qiyomat kunini kutavergin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:32:53
1837/31. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Imomlar sizlarga namoz o‘qib berishadi. Agar uni xatosiz to‘g‘ri o‘qishsa, sizlarga (ya’ni, imomga ergashganlarga) va u imomlarning o‘ziga savob bo‘ladi. Bordi-yu, xatoga yo‘l qo‘yishsa, siz ergashganlarga savob-u, gunohi imomlarning o‘zlariga bo‘ladi», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyati.

1838/32. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Allohning kitobidagi «(Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz» oyatini quyidagicha tafsir qildilar: «Odamlarning odamlar uchun xayrlisi Islomga kirgizish niyatida bo‘yinlariga zanjir solib olib keluvchilardir».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:33:01
1839/33. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo jannatga zanjirda kiruvchi jamoadan ajablanadi. Ya’ni, asirga olinib zanjirband qilingandan keyin Islomga kirishadi-da, oqibatda jannatga doxil bo‘lishadi». Ikkovini Imom Buxoriy rivoyat qildilar.

1840/34. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taologa shaharlarning mahbub (maqomi) masjidlardir. Shaharlarning yomon (maqomi) bozorlardir», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

Foyda: chunki masjidlarda qalblar taskin topuvchi va Allohning roziligiga eltuvchi zikrlar namoz hamda Qur’on tilovati kabi amallar bo‘ladi. Bozorlarda esa Allohning zikridan to‘suvchi g‘aflat, aldov, yolg‘on, firib va yolg‘on qasam kabi shaytonning buyruqlari amalga oshiriladi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:33:12
1841/35. Salmon Forsiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Agar qodir bo‘lsang, bozorga avvalgilaridan bo‘lib kiruvchi va oxirgilaridan bo‘lib chiquvchi kimsa bo‘lma. Chunki bozor shaytonning jang ma’rakasidir. U bozorga bayrog‘ini tikadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

Imom Barqoniy «Sahih»larida Salmondan (r.a.) qilgan rivoyatlarida keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Sen bozorga avvalgilardan bo‘lib kiruvchi va oxirgilardan bo‘lib chiquvchi kimsa bo‘lma! Chunki shayton bozorga tuxum qo‘yib, o‘sha yerda jo‘ja ochadi», dedilar.

Foyda: «Shayton bozorga tuxum qo‘yib, o‘sha yerda jo‘ja ochadi», degan so‘z kinoya bo‘lib, bozorlar aslida gunoh, fisqu-fujur va aldovlar makonidir. Shayton mana shunday razolatga buyurib, vasvasa qiladi hamda ana shunday yomon ishlarni bolalatib yuboradi.

1842/36. Osim al-Ahval Abdulloh ibn Sarjisdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida Abdulloh ibn Sarjis Rasulullohga (s.a.v.) «Ey Allohning rasuli! Alloh gunohlaringizni mag‘firat aylasin», deganida, u zot: «Sening ham gunohingni kechirsin», dedilar. Osim (r.a.) Abdullohga (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) sizning gunohingizni kechirishini so‘radilarmi?» deganlarida, Abdulloh (r.a.): «Ha, sizning ham gunohingizni kechirishini so‘radilar», deb quyidagi oyatni tilovat qildilar: «(Ey Muhammad), o‘z gunohingiz uchun hamda mo‘min-mo‘minalar (ning gunohlari) uchun mag‘firat so‘rang!» Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:33:19
1843/37. Abu Mas’ud al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Avvalgi payg‘ambarlar so‘zidan odamlar o‘rtasida qolgani «Agar hayo qilmasang, xohlagan ishingni bajaraver», degan jumladir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.

1844/38. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni odamlar orasida birinchi bo‘lib hukm qilinadiganlar qon to‘kib, odam o‘ldirganlar bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:33:25
1845/39. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Farishtalar nurdan yaratilgan. Jinlar esa qizil, sariq, ko‘k rangli alanga-olovdan yaratilgan. Odam esa sizlarga (avval) vasf qilinganidek, (sopol kabi qurigan qora loydan) yaratilgan», de dil ar. Imom Muslim rivoyati.

1846/40. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasulullohning (s.a.v.) xulqlari Qur’on edi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:33:35
1847/41. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Allohga yo‘liqishni yaxshi ko‘rsa, Alloh ham unga yo‘liqishni yaxshi ko‘radi. Kim Allohga yo‘liqishni yomon ko‘rsa, Alloh ham unga yo‘liqishni yomon ko‘radi», deganlarida, Oisha (r.a.): «Ey Allohning rasuli! (Allohga yo‘liqish, deganda biz o‘limni tushunamiz.) Biz barchamiz o‘limni yomon ko‘ramiz. Endi o‘sha o‘limni yomon ko‘rishimiz Allohga yo‘liqishni yomon ko‘rishni anglatadimi?» desalar, u zot: «Yo‘q, unday emas. Chunki mo‘min kishiga agar Allohning rahmati, roziligi va jannati bashorat etilsa, u kishi Allohga yo‘liqishni hamda Alloh ham unga yo‘liqishni yaxshi ko‘radi. Agar kofir kimsaga Allohning azobi va g‘azabining xabari berilsa, u Allohga yo‘liqishni hamda Alloh ham unga yo‘liqishni yomon ko‘radi», de dil ar. Imom Muslim rivoyati.

1848/42. Safiyya binti Huyaydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) e’tikof o‘tirganlarida, kechasi men u zotni ziyorat qilgani bordim. Biroz gaplashgandan keyin uyga qaytish niyatida o‘rnimdan tursam, u zot ham meni kuzatish maqsadida o‘rinlaridan turdilar. Shu payt ansoriylardan ikki kishi oldilaridan o‘tib qoldi. Rasululloh (s.a.v.) ikkovlarining shoshib ketayotganlarini ko‘rib: «Sekin, oxista yuraveringlar. Chunki bu ayol onalaringiz Safiyya binti Huyaydir», dedilar. Ular: «Subhanalloh (taajjublanganda shunday deyiladi), ey Allohning rasuli, (biz siz haqingizda nimani gumon qilardik?)», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Chunki shayton odam bolalarining qon yo‘llarida yuradi. Men o‘sha shayton sizlarning qalblaringizga yomonlikni, ya’ni shubhali narsalarni yoki biror narsani solib (vasvasa) qilishidan qo‘rqaman», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:33:44
1849/43. Abulfazl Abbos ibn Abdulmuttalibdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Hunayn kuni men Rasululloh (s.a.v.) bilan birga edim. Abu Sufyon ibn Horis ibn Abdulmuttalib va men ikkovimiz Rasulullohdan (s.a.v.) ajramay birga yurdik. U zot esa oq xachirlarida edilar. Qachonki, musulmonlar bilan mushriklar to‘qnashganda, musulmonlar orqaga chekina boshlashdi. Rasululloh (s.a.v.) esa xachirlarini dushman tomonga yugurtira boshladilar. Men tezlab ketmasligi uchun u zotning xachirlari jilovidan ushlab turardim. Abu Sufyon esa uzangidan ushlab turar edi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Abbos! Samura ashoblarini (ya’ni, Hudaybiya voqeasida Samura daraxti ostida bay’at qilgan sahobalarni) chaqir», dedilar. (Ibn Abbos ovozi baland kishi edilar.) Baland ovozda: «Samura daraxti ostida bay’at qilganlar qaerda?» desam, Alloh nomiga qasamki, ular bu so‘zni eshitgach, xuddi mol bolalari ovozini eshitganda burilgani kabi burilib, Rasululloh (s.a.v.) taraflariga labbay, labbay, deb kelib, kofirlar bilan urusha boshladilar. Ansoriylarning chaqirig‘i esa «Ey ansoriylar jamoasi, ey ansoriylar jamoasi» tarzida edi. Urushga chorlash chaqirig‘i oxiri Horis ibn Xazraj qabilasiga kelib to‘xtadi. Rasululloh (s.a.v.) xachirlari ustida turib urush bo‘layotgan tomonga cho‘zilib qaragan holda: «Mana urush eng qizg‘in pallaga kirdi», dedilar. Keyin bir nechta mayda toshlarni olib kofirlar yuziga otdilar. Va: «Muhammadning Rabbi nomiga qasamki, kofirlar yengilishdi», dedilar. Borib, urush bo‘layotgan tomonga qarasam, u avvalgi holatidek davom etayotgan edi. Alloh nomiga qasamki, Rasululloh (s.a.v.) mayda toshlarni otishlari bilan, u dushmanning tig‘i o‘tmas bo‘lib, ishlari orqaga keta boshladi». Imom Muslim rivoyati.

1850/44. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey insonlar, albatta Alloh taolo pokdir. Va pok narsalarnigina qabul qiladi. Albatta Alloh taolo payg‘ambarlariga nimani buyursa, mo‘minlarga ham o‘sha narsani buyuradi. Alloh taolo: «(Yuborgan barcha payg‘ambarlarimizga shunday dedik): «Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar», boshqa oyatda: «Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz - pokiza narsalardan yenglar», deb aytgan», dedilar. Keyin yana bir kishini zikr qildilar: «U uzoq safarlarga chiqib, sochi to‘zigan, yuzlari tuproq, qo‘lini osmonga ko‘tarib: «Ey Rabbim, ey Rabbim», deydi. Vaholanki, uning ovqati harom, ichimligi harom va ulg‘ayishi harom ozuqa evaziga bo‘lgan. Qanday qilib bu odamning duosi qabul bo‘lsin?!»
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:33:52
1851/45. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uch toifa kishi borki, Alloh taolo qiyomat kuni ular bilan gaplashmaydi va poklamaydi, ularga (rahmat nazari ila) qaramaydi ham hamda ular uchun alamli azob bordir: 1) Zinokor qariya. 2) Yolg‘onchi podshoh. 3) Kambag‘al mutakabbir», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.

1852/46. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sayhun, Jayhun, Furot, Nil - barchasi jannat anhorlaridandir», de dil ar. Imom Muslim rivoyati.

Foyda: Sayhun va Jayhun Amudaryo va Sirdaryo suvlaridir. Jannat anhorlari, deyilishiga sabab uning suvi toza va atrofida Islom keng quloch ochishidir, deyishgan. Imom Suyutiy: «Balki haqiqatda unda jannat moddalari bordir», deb aytganlar. Lekin bularning barchasining aynan haqiqatini yakka Allohgina bilur.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:34:00
1853/47. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) mening qo‘limdan ushlab: «Alloh taolo tuproqni, ya’ni yerni shanba kuni yaratdi. Tog‘larni yakshanba kuni, daraxtni dushanba kuni, yomon narsalarni seshanba kuni, nurni chorshanba kuni, o‘rmalab yuruvchi narsalarni payshanba kuni, Odam alayhissalomni juma kuni asrdan keyin, barcha maxluqlarni yaratib bo‘lib, kunduzining oxirida, asr bilan kechqurun orasida yaratgandir», dedilar». Imom Muslim rivoyati.

1854/48. Abu Sulaymon Xolid ibn Validdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Mut’a urushi kuni mening qo‘limda to‘qqizta qilich sindi. Oxiri qo‘limda yamancha ishlangan xanjar qoldi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:34:10
1855/49. Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar biror hokim hukm qilsa va ana shu hukmida haqiqatga erishayin, deb ko‘p harakat qilsa, pirovardida haqiqatga yetishsa, unga ikkita ajr bo‘ladi. Agar hukm qilib, o‘sha hukmida haqiqatni topa olmay, xatoga yo‘l qo‘ysa, bitta ajr bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1856/50. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Isitma kasalligi jahannam haroratidandir. Sizlar uni suv bilan sovutinglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:34:24
1857/51. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim vafot etsa-yu, uning zimmasida ro‘za qazosi bo‘lsa, yaqinlari o‘sha ro‘zani tutsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Foyda: bu hadisdan o‘lgan kishi uchun uning yaqinlari qazo ro‘zasini tutib berishi joizligi tushuniladi. Yaqinlari merosxo‘rlar yoki merosxo‘r bo‘lmaganlar hamdir.

1858/52. Avf ibn Molik ibn Tufayldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Oisha onamizga: «(Jiyaningiz) Abdulloh ibn Zubayr siz qilgan bir oldi-sotdi yoki bergan bir hadyangiz haqida agar xolam ehtiyotkorlik bilan ish qilmasalar, muomaladan man etib qo‘yaman, dedilar», deb aytdi. Oisha (r.a.): «Haqiqatda jiyanim shu gaplarni aytdimi?» degandilar, atrofdagilar: «Ha», deyishdi. Oisha (r.a.): «Alloh uchun Abdulloh ibn Zubayr bilan hech gaplashmaslikni nazr qilaman», dedilar. Bu holat, ya’ni arazlashish uzoq davom etganidan keyin Abdulloh ibn Zubayr o‘rtaga (islohga keltirish uchun) odam qo‘ydilar. Oisha (r.a.): «Yo‘q, Alloh nomiga qasamki, hech biror kishining shafoatini (ya’ni, o‘rtaga tushishini) qabul qilmayman hamda nazrimni buzmayman», dedilar. Arazlashish yana davom etaverganidan keyin Abdulloh ibn Zubayr Misvar ibn Maxrama va Abdurahmon ibn Asvadlarni chaqirib: «Alloh nomiga qasam ichib sizlardan iltimos qilamanki, meni Oishaning (r.a.) oldilariga (yarashish uchun) olib boringlar. Chunki mendan arazlab nazr qilib yurishlari halol emas», degandilar, Misvar va Abdurahmonlar qabul qilib Oisha (r.a.) huzurlariga borishdi. «Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu, kiraveraylikmi?» deb izn so‘rashgan edi, Oisha (r.a.): «Kiraveringlar», dedilar. «Hammamizmi?» deyishgan edi, Oisha (r.a.): «Barchangiz kiringlar», dedilar. Chunki Oisha (r.a.) ular bilan birga Abdulloh ibn Zubayr borligini bilmasdilar. Abdulloh u yerga kirgach, Oishaga (r.a.) quchoq ochib, roziliklarini so‘rab, yig‘lay boshladilar. Birga kelgan Misvar va Abdurahmonlar ham Abdulloh bilan gaplashishlarini va uzrlarini qabul etishlarini so‘rab: «Albatta Rasululloh (s.a.v.) bunday arazlashishdan man etganlar. Musulmon kishiga birodari bilan uch kundan ko‘p arazlashish halol emas», deb aytishdi. Qachonki, ikkovlari Oishaga (r.a.) nasihat qilib majburlayverishgandan keyin Oisha (r.a.) ularga nazr qilganlarini eslatib, yig‘lagan holda: «Men nazr qilganman. Nazr og‘ir bir narsadir, (qanday qilib nazrimni buzaman?)» dedilar. Ikkovlari yana iltimos qilaverishganidan keyin Oisha (r.a.) Abdulloh ibn Zubayr bilan gaplasha boshladilar. Va nazrni buzganlari uchun qirqta qulni ozod etdilar. Mana shundan keyin qachon shu nazr buzilgan voqeani eslasalar, shu darajada yig‘lardilarki, oqqan yosh bosh va oldilarini to‘sib turgan ro‘mollarini ho‘l qilib yuborar edi. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:34:35
1859/53. Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Uhud g‘azotidan sakkiz yil o‘tganidan keyin u yerda vafot etganlar haqqiga shu darajada duo qildilarki, go‘yo u tirik va o‘liklar bilan vidolashishga o‘xshardi. Keyin qaytib masjid minbariga ko‘tarilib: «Men sizlardan oldin borib kutib oluvchilaringiz va guvoh bo‘luvchilaringizdirman. Sizlar bilan havz ustida ko‘rishishga va’da qilaman. Men o‘sha o‘rnimni mana shu yerdan ko‘ryapman. Meni o‘zimdan keyin sizlarning mushrik bo‘lib ketishingiz qo‘rqitmaydi. Lekin dunyo ustida bir-birlaringiz bilan kimo‘zarga musobaqa qilishlaringiz qo‘rqitadi», dedilar. Uqba (r.a.): «Rasulullohni (s.a.v.) oxirgi ko‘rishim shu bo‘ldi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Lekin dunyo ustida  musobaqalashishingiz va oldingi ummatlar kabi uni deb urushib halok bo‘lishingiz qo‘rqitadi», deganlar.

Yana boshqa rivoyatda Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlarni kutib oluvchingiz va guvoh bo‘luvchingizdirman. Alloh nomiga qasamki, men hozir havzimni ko‘ryapman. Menga yer xazinalari kaliti yoki yer kalitlari berildi. Alloh nomiga qasamki, mendan keyin sizlarning mushrik bo‘lib ketishingiz qo‘rqitmaydi. Meni qo‘rqitadigan narsa dunyo (matolari ustida) musobaqalashishingiz», deb aytdilar.

1860/54. Abu Zayd Amr ibn Axtab al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) biz bilan bomdod namozini o‘qib bo‘lib minbarga ko‘tarildilar va peshin vaqtigacha xutba aytdilar. Keyin tushib peshin namozini o‘qidilar. So‘ngra minbarga ko‘tarilib asr vaqtigacha yana xutba aytdilar. Keyin tushib asr namozini o‘qidilar. Yana minbarga ko‘tarilib, quyosh botguncha xutba aytdilar. U xutbalarining barchasida bo‘lib o‘tgan va kelajakda bo‘ladigan voqealarning xabarini berdilar. Kim o‘sha xutbadan ko‘p yod olgan bo‘lsa, ichimizda bilimdonrog‘imizdir». Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:34:46
1861/55. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Allohga itoat qilishga nazr qilgan bo‘lsa, o‘sha nazrga vafo qilib itoatda bo‘lsin. Lekin kim Allohga osiy bo‘lishga nazr qilgan bo‘lsa, (o‘sha nazrini buzsin) Unga osiylik qilmasin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.

1862/56. Ummu Sharikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bu sahobiya ayolga kaltakesakka o‘xshash zararli hasharotni o‘ldirishga buyurdilar. «Chunki bu hasharot Ibrohim alayhissalomni yondirish uchun yoqilgan olovni purkagandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:34:55
1863/57. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim kaltakesakka o‘xshash zararli hasharotni bir zarbada o‘ldirsa, o‘sha kishiga shuncha va shuncha hasanot bo‘ladi. Kim ikkinchi zarbada o‘ldirsa, shuncha va shuncha hasanot bo‘ladi, ya’ni avvalgisidan ozroq. Kim uchinchi zarbada o‘ldirsa, shuncha va shuncha hasanot bo‘ladi, ya’ni avvalgi ikkitadan ozroq bo‘ladi», dedilar.

Boshqa rivoyatda «Kim kaltakesakka o‘xshash zararli hasharotni o‘ldirsa, unga yuzta hasanot yoziladi. Ikkinchi zarbada o‘ldirsa, undan ozroq hasanot yoziladi. Kim uchinchi zarbada o‘ldirsa, ikkovidan ozroq hasanot yoziladi» bo‘lib kelgan.

1864/58. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Bir kishi sadaqa berish niyatida ko‘chaga chiqdi-da, (bilmagan holda) bir o‘g‘rining qo‘liga topshirib qo‘ydi. Odamlar: «Bir kishi kechasi chiqib bir o‘g‘riga sadaqasini topshiribdi», deb gap tarqatishdi. U kishi: «Allohga hamd bo‘lsin», dedi-da, sadaqa berish niyatida ko‘chaga chiqib, (bilmagan holda) bir zinokorning qo‘liga topshirib qo‘ydi. Odamlar: «Bir kishi kechasi chiqib bir zinokorning qo‘liga sadaqasini topshiribdi», deb gap tarqatishdi. U kishi: «Allohga hamd bo‘lsin», dedi-da, sadaqa berish niyatida yana ko‘chaga chiqdi va (bilmagan holda) bir boy kishining qo‘liga topshirib qo‘ydi. Odamlar: «Bir kishi kechasi chiqib bir boyning qo‘liga sadaqasini topshiribdi», deb gap tarqatishdi. U kishi: «O’g‘riga, zinokorga va boyga sadaqani topshirganim uchun Allohga hamd bo‘lsin», dedi. Keyin bu kishi tush ko‘rdi. Tushida unga: «O’g‘riga bergan sadaqang sababli shoyad o‘g‘ri u ishini tark etsa, zinokorga bergan sadaqang sababli shoyad zinokor u ishini to‘xtatsa va boyga bergan sadaqang sababli shoyad u boy ibratlanib, Alloh bergan mol-dunyodan infoq qilsa», deyildi». Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:35:12
1865/59. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga edik. U zotni taomga chaqirib bir qo‘yning qo‘lini pishirib olib kelishdi. U zot uning atrofidan tishlab yedilar. Va aytdilar: «Qiyomat kuni men odamlarning sayyididirman. Nima uchun shundayligini bilasizlarmi? Ana shu kunda Alloh taolo avvalidan to oxirgi xalq qilingan kishigacha bo‘lgan kishilarni bir tepalikka jamlaydi. Qaralganda bir nazar ila ko‘rish imkoni bo‘ladi. Barcha xaloyiq bir chaqiruvchining ovozini eshitadi. Quyosh ularga yaqinlashtiriladi. Buning sababidan odamlar toqat qilib ko‘tara olmaydigan darajada g‘am va xafalik yetadi. Odamlarga: «Sizlarga bo‘layotgan bu hodisalarga qaramaysizlarmi? Rabbilaringizga bu to‘g‘rida kim shafe’ (vositachi) bo‘ladi, bunga ham qaramaysizlarmi?» deyishadi. Shunda ba’zilari ba’zilariga: «Vositachi bo‘luvchi shaxs otalaringiz Odam alayhissalomdirlar», deyishadi. Keyin ular u zotning huzurlariga borib: «Ey Odam alayhissalom! Siz butun bashariyatning otasisiz. Alloh taolo sizni O’z qo‘li bilan xalq qilib, jon ato etgan. Hamda farishtalarga buyurdi, ular sizga sajda qilishdi va sizni jannatda turg‘izdi. Bizga shafe’lik (vositachilik) qiling. Bizga nima bo‘layotganini ko‘rmayapsizmi?» deyishadi. Odam alayhissalom: «Bugun Rabbim shunday g‘azab qildiki, bundan oldin bunday g‘azab qilmagan. Bundan keyin ham bunaqasi bo‘lmaydi. Chunki u meni bir daraxtdan man qilgan edi. Men Unga osiylik qilib (eb qo‘ydim). Men o‘zimning g‘amim bilan ovoraman. Sizlar mendan boshqa kishi huzuriga boringlar. Nuh payg‘ambarning huzuriga bora qolinglar», deydilar. Ular Nuh alayhissalom huzurlariga borib: «Ey Nuh, siz yer yuzida birinchi rasuldirsiz. Alloh sizni «Shukr qiluvchi banda», deb nomladi. Bizni bu kundagi ahvolimizga va bizga bo‘layotgan mana bu narsalarga qaramaysizmi? Siz bugun bizga Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi (vositachi) bo‘ling», deyishadi. Nuh alayhissalom: «Bugun Rabbim shunday g‘azab qildiki, bundan avval bu kabi g‘azab qilmagan edi. Bundan keyin ham bu darajada g‘azab qilmaydi. Men sizlarga vositachi bo‘la olmayman. Chunki men qavmimni duoibad qilib (xatoga yo‘l qo‘yganman). Men ham o‘zimning g‘amim bilan ovoraman. Sizlar mendan boshqa kishining huzuriga boringlar. Ibrohim alayhissalomning huzuriga bora qolinglar», deb aytadilar. Ular Ibrohim alayhissalom huzurlariga borib: «Ey Ibrohim alayhissalom! Siz yer yuzidagi Allohning nabiysi va xalilisiz. Siz bugun bizga Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi (vositachi) bo‘ling. Bizning bu kundagi holatimizga qaramaysizmi?» deyishadi. Ibrohim alayhissalom ularga: «Bugun Rabbim shunday g‘azab qildiki, bundan avval bu kabi g‘azab qilmagan edi. Bundan keyin ham bu darajada g‘azab qilmaydi. Men sizlarga shafoatchi bo‘la olmayman. Chunki men uch marta yolg‘on gapirganman. Men ham o‘zimning g‘amim bilan ovoraman. Sizlar mendan boshqa kishining huzuriga boringlar. Muso alayhissalom huzurlariga bora qolinglar», deb aytadilar. Ular Muso alayhissalom huzurlariga borib: «Ey Muso! Alloh sizni risolati va kalomi bilan boshqalardan afzal qilgan. Siz bugun bizga Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi (vositachi) bo‘ling. Bizning bu kundagi holatimizga qaramaysizmi?» deyishganida, Muso alayhissalom: «Bugun Rabbim shunday g‘azab qildiki, bundan avval bu kabi g‘azab qilmagan edi. Bundan keyin ham bu darajada g‘azab qilmaydi. Men sizlarga vositachi bo‘la olmayman. Chunki men o‘ldirishga buyurilmagan jonni o‘ldirib qo‘yib (xatoga yo‘l qo‘yganman). Men ham o‘zimning g‘amim bilan ovoraman. Sizlar mendan boshqa kishining huzuriga boringlar. Iso alayhissalomning huzurlariga bora qolinglar», deb aytadilar. Ular Iso alayhissalom huzurlariga borib: «Ey Iso! Siz Allohning rasuli hamda Maryamga yuborgan kalimasi va ruhidirsiz. Va beshikdalik chog‘ingizda odamlar bilan gaplashgansiz. Siz bugun bizga Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi (vositachi) bo‘ling. Bizning bu kundagi holatimizga qaramaysizmi?» deyishadi. Iso alayhissalom: «Bugun Rabbim shunday g‘azab qildiki, bundan avval bu kabi g‘azab qilmagan edi. Bundan keyin ham bu darajada g‘azab qilmaydi. Men ham o‘zimning g‘amim bilan ovoraman», deydilar-da, lekin qilgan gunohlarini zikr etmaydilar. «Sizlar mendan boshqa kishining huzuriga boringlar. Muhammad (s.a.v.) huzurlariga bora qolinglar», deb aytadilar».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:35:23
Boshqa rivoyatda shunday keltiriladi: «Keyin odamlar Muhammad alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey Muhammad (s.a.v.), siz Allohning rasuli va payg‘ambarlarning oxirgisisiz. Alloh taolo sizning avvalgi-yu keyingi gunohlaringizni mag‘firat qilgan bo‘lsa. Siz bugun bizga Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi (vositachi) bo‘ling. Siz bizni qanaqa holatga tushib qolganimizga qaramaysizmi?» deyishadi». Muhammad alayhissalom aytadilar: «Keyin men yurib Arshning ostiga boraman. Va Rabbimga bo‘yin egib sajdaga yiqilaman. Alloh taolo men uchun shunday hamd va sanolar (eshigini) ochadiki, bundan oldin biror kishiga ochilmagan edi. Keyin menga: «Ey Muhammad (s.a.v.), boshingizni ko‘taring. Xohlagan narsangizni so‘rang, u beriladi. Shafoat qilavering, qabul qilinadi», deyiladi. Men boshimni ko‘tarib: «Ummatim, ey Rabbim, ummatim, ey Rabbim, ummatim, ey Rabbim», deyman. Keyin Alloh taolo tomonidan: «Ey Muhammad alayhissalom! Hisob-kitobsiz jannatga kiruvchi ummatlaringizni o‘ng darvozadan olib kiring. Qolganlar esa boshqa eshiklardan kirishda boshqa ummatlarga sherikdir», degan farmon bo‘ladi. Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ikki darvoza oralig‘i Makka bilan Bahrayndagi Hajar shahri yoki Makka bilan Damashq janubidagi Busro shahri oralig‘ichadir». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:35:36
1866/60. Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi. Ibrohim alayhissalom xotinlari Hojar va o‘g‘illari Ismoil alayhissalomni hali sutdan ajramagan paytlarida Baytulloh yaqinidagi katta daraxt ostiga tashlab ketdilar. U joy Zam-zam tepasidagi masjid yuqorisidadir. O’sha paytda Makkada biror kishi ham va biror ichimlik suvi ham yo‘q edi. Ibrohim alayhissalom ikkovlarini bitta xaltada xurmo va bitta meshda suv bilan o‘sha yerda qoldirib, endi orqalariga qaytib ketayotgan edilar, Ismoil alayhissalomning onalari Hojar: «Ey Ibrohim! Bizni bu kimsasiz vodiyda qoldirib, o‘zingiz qaerga ketmoqdasiz?» deb bir necha marta aytsalar ham, ularga o‘girilib qaramadilar. Shunda Hojar: «Alloh sizga shunday qilishni buyurdimi?» degandilar, Ibrohim alayhissalom: «Ha», dedilar. Hojar: «Unday bo‘lsa, Alloh bizni sarson qilib tashlab qo‘ymaydi», dedilar-da, o‘sha joyga qaytib ketdilar. Ibrohim alayhissalom ham yo‘lda davom etib Xujunga yetganlarida, ular ko‘rinmaydigan joyda Ka’baga yuzlanib, qo‘llarini ko‘tarib quyidagicha duo qildilar:

«Parvardigoro, albatta men zurriyotimdan (bir bo‘lagini -o‘g‘lim Ismoil va uning onasi Hojarni) Sening hurmatli Bayting huzuridagi ekin o‘smaydigan bir vodiyga joylashtirdim. Parvardigoro, (ular) namozni to‘kis ado qilsinlar, deb (shunday qildim). Bas, Sen O’zing odamlarning dillarini ularga moyil qilib qo‘ygin va ularni (barcha) mevalardan bahramand etgil. Shoyad, shukr qilsalar» (Ibrohim surasi, 37-oyat).
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:35:46
Hojar o‘g‘illari Ismoilni emizib, haligi suvdan ichib yurgandilar, meshdagi suvlari tugab qoldi. Hojar ham, o‘g‘illari Ismoil alayhissalom ham chanqab qolishdi. O’g‘illari chanqaganidan yerga qarab yotganini ko‘rgan Hojar o‘g‘limni bu holatda ko‘rmayin, deb yo‘lga ravona bo‘ldilar. Qarasalar, Safo tog‘i tog‘lar ichida ular turgan joyga eng yaqin ekan. Safo tepasiga chiqib: «Biror kishi ko‘rinarmikan?» deb vodiy tomonga yuzlangandilar, hech kimni ko‘rmadilar. Keyin Safodan tushib vodiyga yetganlarida, ko‘ylaklarining bir tomonini ko‘tarib, xuddi holdan toygan odam yugurgani kabi sekin-asta yugurib, vodiydan o‘tib ketdilar. Keyin Marvaga ko‘tarilib: «Biror kishi ko‘rinarmikan?» deb yuzlangandilar, hech kimni ko‘rmadilar. Safo va Marva tepaligida mana shu tarzda yetti marta yugurdilar. (Rasululloh (s.a.v.): «Odamlar (haj va umrada) yetti marta sa’y qilib yugurishlari shuning uchundir», deganlar.)

Yana Marvaga ko‘tarilgandilar, bir ovoz eshitdilar: «Jim bo‘l!». Keyin: «Ey bu ovoz egasi! Agar senda biror yordam bo‘lsa, o‘sha yordamingni bergin», dedilar. Qarasalar, bir farishta Zam-zam chashmasi oldida tovoni yoki qanoti bilan (erni) ishqagan edi, suv paydo bo‘ldi. Hojar qo‘llari ila mana bunday ko‘tarib havza qildilar hamda suvni hovuchlab meshlariga quydilar. Har to‘ldirganlaridan keyin ham suv favvora bo‘lib otilib chiqar edi. (Ba’zi rivoyatlarda «Hovuchlab olganlari miqdoricha otilib chiqar edi» bo‘lib kelgan.)

(Rasululloh (s.a.v.) «Alloh Ismoil alayhissalomni rahmatiga olsin, agar Zam-zam suvini havza qilmay, shundayligicha qoldirganlarida yoki hovuchlamay olganlarida edi, shu Zam-zam suvi bir oquvchi buloq-chashma bo‘lar edi», dedilar.)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:35:57
Hojar suvdan ichdilar va farzandlarini emizdilar. Farishta Hojarga: «Halok bo‘lib ketishdan qo‘rqmang! Chunki kelajakda bu yerda Alloh uchun bir uyni bu bola va uning otasi bino qiladi. Albatta Alloh o‘z ahlini halok qilmaydi», dedi. Ilgari Baytulloh tepalikda edi. Sel oqizgudek bo‘lsa, o‘ng va chap tarafidan o‘tib ketar edi. Ana shu muddatda davom etdi, hattoki Jurhum jamoasidan yoki qabilasidan bir toifa kishilar Kado nomli tomondan kelayotib, Makkaning pastki tomoniga tushishgan edi, qanot qoqib turgan qushlarni ko‘rishdi. Va: «Albatta qushlar suv bor joylarda aylanishadi. Bizlar ko‘pdan beri bu vodiydan o‘tar edik, ammo suv bo‘lmas edi», deyishdi. Keyin bir yoki ikki elchini bilib kelish uchun yuborishdi. Ular borib qarashsa, suv bor ekan. Qaytib kelib suv borligi xabarini berishdi. U qabila Zam-zam oldiga borishsa, Hojar turibdilar. Shunda ular: «Mana shu yerdan manzil qilishga ijozat berasizmi?» deb so‘rashdi. Hojar: «Ha, ijozat beraman. Lekin suv (xususida men xo‘jayinman). Sizlarning bunda haqqingiz yo‘qdir», dedilar. Ular bu shartga ko‘nib «Xo‘p», deyishdi. (Rasululloh (s.a.v.): «Hojarning ularga yashashlari uchun izn berishlariga sabab bu ayol tanho yashab hamrohlarga muhtoj bo‘lganlari uchundir», dedilar.) Keyin ular ahli-bolalarini olib kelish uchun odam jo‘natishdi. Ular olib kelinib o‘sha yerga joylashtirildi. Shunday qilib, u yerda xonadonlar paydo bo‘ldi. Ismoil alayhissalom yigit bo‘lib, ulardan chiroyli tarzda arab tilini o‘rgandilar. Voyaga yetganlarida o‘sha qabilaga marg‘ub va mahbub bo‘ldilar. Bu zotdagi yetuklikni bilishganidan keyin o‘zlaridagi bir ayolga uylantirib qo‘yishdi.

Hojar vafot etib, Ismoil alayhissalom uylanganlaridan keyin Ibrohim alayhissalom qoldirib ketgan xotinlari va o‘g‘illaridan xabar olgani keldilar. Lekin o‘g‘illari Ismoilni topa olmadilar. Kelinlaridan Ismoil alayhissalom haqida so‘ragan edilar, kelinlari: «Bizga rizq axtarib yoki ov qilish uchun chiqib ketdilar», dedi. Ibrohim alayhissalom kelinlaridan: «Yashashlaringiz va boshqa holatlaringiz qalay?» degandilar, kelinlari: «Biz yomon holatdamiz, juda ham qiynalib yashamoqdamiz», deb shikoyat qildi. Ibrohim alayhissalom: «Agar ering kelsa, mening nomimdan salom yetkaz va yana darvozasi ostonasini almashtirishini ham aytgin», dedilar. Ismoil alayhissalom qaytganlarida, kimdir kelganini sezdilar va xotinlaridan: «Biror kishi keldimi?» degandilar, xotinlari: «Ha, bunday sifatli bir qariya kelib, siz haqingizda so‘radi. Men siz haqingizda xabar berdim. Keyin yashashimiz haqida so‘ragan edi, men qiynalib yashayotganimizning xabarini berdim», dedi. Ismoil alayhissalom: «Biror narsa dedilarmi?» degandilar, xotinlari: «Ha, sizga salomlarini yetkazmoqni va darvozangiz ostonasini almashtirishingizni buyurdilar», dedi. Shunda Ismoil alayhissalom: «Bu kishi otam edi. Sendan ajrashishni buyuribdilar. Sen ota-onangnikiga borib yashagin», deb uning talog‘ini berdilar va o‘sha qabiladagi boshqa bir ayolga uylandilar. Alloh xohlaganicha fursatdan keyin Ibrohim alayhissalom yana o‘g‘illari huzuriga keldilar. Lekin o‘g‘illarini yana topa olmadilar. Kelinlaridan Ismoil alayhissalomning qaerga ketganliklarini so‘radilar. Kelinlari: «Rizq axtarib ketdilar», dedi. Otalari: «Qandaysizlar?» deb ularning yashashlari haqida so‘radilar. Kelinlari: «Allohga (hamd) va sano bo‘lsinki, yaxshi, mo‘l-ko‘l yashayapmiz», dedi. Ibrohim alayhissalom: «Taomlaringiz nima?» deb so‘ragan edilar, kelinlari: «Go‘sht», dedi. «Ichimliklaringiz nima?» deganlarida, kelinlari: «Suv», dedi. Ibrohim alayhissalom: «Allohim, ularning go‘shtlari-yu suvlariga baraka ato qil», deb duo qildilar. (Rasululloh (s.a.v.): «O’sha kuni ularda bug‘doy yo‘q edi. Agar bo‘lganda, unga ham baraka tilab duo qilardilar. Agar suv va go‘sht uzluksiz Makkadan boshqa joyda yeyilsa, sog‘liq uchun zararlidir (lekin duo barakotidan Makkada unday emas)», deb aytdilar.)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:36:10
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Ibrohim alayhissalom kelib: «Ismoil alayhissalom qaerda?» deb so‘radilar. Kelinlari: «Ovga ketdilar», deb qaynotalariga: «Tushib ovqatlanib ketmaysizmi?» dedi. Ibrohim alayhissalom: «Yemak va ichmaklaringiz nima?» deb so‘radilar. Kelin: «Yemagimiz go‘sht, ichimligimiz suv», dedi. Ibrohim alayhissalom: «Allohim, ularning yemak va ichmaklariga baraka ato et», deb duo qildilar. (Rasululloh (s.a.v.): «Bu mo‘l-ko‘lchiliklar Ibrohim alayhissalom duolari barakotidandir», dedilar.) Keyin Ibrohim alayhissalom kelinlariga: «Agar ering kelsa, mening salomimni yetkaz. Va u darvoza ostonasini mustahkam qilsin», dedilar. Ismoil alayhissalom qaytganlarida xotinlaridan: «Biror kishi keldimi?» deb so‘radilar. Xotinlari: «Ha! Chiroyli suratdagi bir qariya keldi», deb u zotni maqtadi va: «Siz haqingizda so‘ragan edi, men uning xabarini berdim. Yana yashashimiz haqida ham so‘ragan edi, men yaxshi holatdamiz, deb aytdim», dedi. Ismoil alayhissalom xotinlaridan: «Otam biror narsa aytdilarmi?» deb so‘ragandilar, xotinlari: «Ha, sizga salom yo‘lladilar va darvozangiz ostonasini mustahkamlashingizni buyurdilar», dedi. Ismoil alayhissalom: «Bu kishi otam edi. Ostona, deb seni aytganlar. Seni mahkam ushlashimni buyuribdilar», dedilar. Keyin Ibrohim alayhissalom Alloh xohlaganicha fursatda ular oldiga kelmadilar. Qachonki, yana kelganlarida Ismoil alayhissalom Zam-zam yaqinidagi katta daraxt ostida kamon o‘qi tayyorlayotgan edilar. Ismoil alayhissalom Ibrohim alayhissalomni ko‘rganlarida xuddi bola ota bilan, ota bola bilan ko‘rishgani kabi ko‘rishishdi. Ibrohim alayhissalom: «Ey Ismoil! Rabbim menga bir ishni bajarishni buyurdi», deganlarida, Ismoil alayhisalom: «Rabbingiz buyurgan narsani bajaring», dedilar. Ibrohim alayhissalom: «Bunda menga yordam berasanmi?» dedilar. O’g‘illari: «Sizga yordam beraman», dedilar. Ibrohim alayhissalom: «Albatta Alloh mana bu yerga uy qurishni buyurdi», deb atrofdagi yerlarga nisbatan baland bo‘lgan bir tepalikka ishora qildilar.

Va uyning asosini ko‘tardilar. Ismoil alayhissalom toshlarni olib keldilar. Ibrohim alayhissalom esa uni qurdilar. Hatto uyni ko‘tarib, hozirgi maqomi Ibrohimdagi toshni olib kelib o‘rnatdilar. Ibrohim alayhissalom uning ustiga chiqib bino qilardilar. Ismoil alayhissalom esa toshni uzatib turardilar. Va ikkovlari: «Ey Rabbimiz, bizdan buni qabul et. Albatta Sen eshitguvchi va bilguvchi Zotsan», deb aytib turishar edi.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:36:25
Boshqa rivoyatda aytilishicha esa, bir kuni Ibrohim alayhissalom xotinlari Hojar va o‘g‘illari Ismoilni olib, bir idishga suv to‘ldirib, birga yo‘lga chiqishdi. Hojar u idishdagi suvdan ichar edilar, sutlari ham o‘g‘illariga kifoya qilar edi. Shu holatda Makkaga kirib borishdi. Ibrohim alayhissalom ularni katta bir daraxt ostiga qo‘yib, o‘zlari narigi ahliyalari huzuriga qaytib ketayotganlarida, Hojar ham u zotning ortlaridan ergashdilar. Kado nomli joyga yetganlarida, orqalaridan bir kimsa: «Ey Ibrohim! Siz bizni kimga tashlab ketyapsiz?» dedi. Ibrohim alayhissalom: «Alloh taologa», dedilar. Hojar: «Allohga bo‘lsa, roziman», dedilar-da, qaytib ketdilar va haligi idishdagi suvdan ichib, bolalariga o‘z sutlaridan emizib yuraverdilar. Qachonki, u suv nihoyasiga yetganda «Qani, (nariroqqa) borib qaray-chi, shoyad, biror kishini uchratsam», dedilar. Keyin borib Safoga ko‘tarildilar. «Biror kishini uchratarmikinman?» deb qayta-qayta qaradilar. Biror kishini uchratmadilar. Keyin vodiyga tushib, sa’y qildilar va Marvaga kelib ham ana shu tariqa bir necha marta borib keldilar. So‘ngra: «Borib qaray-chi, go‘dak nima qilyapti ekan?» deb borib qarasalar, u avvalgi holatidek ovozini past-baland qilib yotibdi. Nafslari yana xotirjam bo‘lmadi. Va: «Yana borib qaray-chi, shoyadki, biror kishini uchratsam», dedilar. Borib Safoga ko‘tarildilar va qayta-qayta qarab biror kishini uchratmadilar. Hammasi bo‘lib mana shu tariqa yetti marta aylandilar. Keyin yana: «Borib qaray-chi! Nima qilyapti ekan?» deb borgandilar, bir ovozni eshitdilar. Va unga: «Agar senda yaxshilik bo‘lsa, bizga yordam qil», dedilar. Qarasalar, Jabroil alayhissalom turibdilar. Jabroil alayhissalom tovonlari bilan ishora qilib yerga urgandilar, yerdan suv otilib chiqdi. Hojar esa bundan dahshatga tushdilar va hovuchlarini to‘ldira boshladilar», deb ushbu hadis roviyi yuqoridagi hadisni oxirigacha bayon etdilar.
Bularning barchasini Imom Buxoriy rivoyat qilganlar.

1867/61. Said ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qo‘ziqorin Bani Isroillar yegan holvalaridandir. Uning suvi ko‘z uchun shifodir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:36:54
ISTIG’FOR KITOBI

371-bob
Istig‘for xususida


Alloh taolo:
«Allohdan mag‘firat qilishini so‘rang» (Niso surasi, 106-oyat);

«Darhol Parvardigoringizga hamd aytish bilan (U zotni har qanday «sherik»lardan) poklang va U zotdan mag‘firat so‘rang! Zero, U tavbalarni qabul qilguvchi bo‘lgan Zotdir» (Nasr surasi, 3-oyat);

«Taqvodor kishilar uchun Parvardigorlari huzurida ular abadiy qoladigan, taglaridan daryolar oqib turguvchi jannatlar, pokiza juftlar va Allohning Rizoligi bor. Alloh bandalarini ko‘rib turguvchidir. Ular: «Parvardigoro, bizlar Senga iymon keltirganmiz, endi O’zing gunohlarimizni mag‘firat ayla va bizni jahannam azobidan asra!» deydilar. Ular sabr-qanoatli, iymonlarida sodiq, ibodat-itoatli, infoq-ehsonli bo‘lgan va saharlarda Allohdan mag‘firat tilaydigan kishilardir» (Oli Imron surasi, 15-17-oyatlar);

«Kim biron yomon ish qilsa yoki (Allohning buyruqlariga itoat etmasdan) o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohni mag‘firat qilguvchi va mehribon ekanini topar-ko‘rar» (Niso surasi, 110-oyat);

«Modomiki, siz ularning oralarida ekansiz, Alloh ularni hargiz azoblamas va ular mag‘firat so‘rab turgan hollarida ham Alloh ularni azoblaguvchi emasdir» (Anfol surasi, 33-oyat);

«(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir fahsh-gunoh qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir noloyiq ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlari uchun mag‘firat - kechirim so‘raydigan, - har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilur, - bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardir» (Oli Imron surasi, 135-oyat), deb aytgan. Bu bobga tegishli oyatlar ko‘pdir.

1868/1. Ag‘arrul Muzaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mening qalbim ham (zikrdan to‘xtab) to‘silib turadi. Albatta men ham har kuni Alloh taologa yuz marta istig‘for aytaman», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1869/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohga qasamki, albatta men Alloh taologa bir kunda yetmish martadan ko‘p istig‘for aytib tavba qilaman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:37:19
1870/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohga qasamki, agar sizlar gunoh qilmasangizlar, Alloh sizlarni ketkazib, (o‘rningizga boshqa) gunoh qiladigan qavmni olib keladi. Bas, ular (gunohlariga) istig‘for aytishadi, Alloh esa ularning gunohlarini kechiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1871/4. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasulullohning (s.a.v.) bir majlisda yuz marta «Robbig‘firliy va tub ‘alayya innaka anta tavvobur rohiym», deb aytganlarini hisobladik». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:37:25
1872/5. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim istig‘forni lozim tutsa, Alloh taolo har bir tanglikdan chiquvchi yo‘l va har turli g‘amdan yengillik hamda uni hech bir o‘ylamagan tomonidan rizqlantirib qo‘yadi», dedilar. Abu Dovud rivoyati.

1873/6. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Astag‘firulloh allaziy la ilaha illa huval hayyul qayyum va atubu ilayhi, deb aytsa, (Alloh) urushdan qochgandagi gunohini ham kechirib yuboradi», dedilar. (Ma’nosi: «Barhayot, tirik Allohdan avf etishini so‘rayman va Unga tavba qilaman».) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. Imom Hokim bu hadis Buxoriy va Muslimning shartlariga binoan sahihdir, deganlar.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:37:34
1874/7. Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim sayyidul istig‘for - «Allohumma anta robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana ‘abduka va ana ‘ala ‘ahdika va va’dika mastato’tu a’uzu bika min sharri ma sona’tu, abu‘u laka bini’matika ‘alayya va abu‘u bizambiy fag‘firliy fainnahu la yag‘firuz zunuba illa anta»ni kechki payt aytib, shu kuni vafot etsa, jannatga kiradi. Kim tongda aytib, shu kuni vafot etsa, unda ham jannatga kiradi», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sen Parvardigorimsan, Sendan boshqa iloh yo‘q. Meni xalq qilding va men Sening qulingman. Men Senga bergan va’damda va Senga bergan ahdimda qodir bo‘lganimcha turibman. Qilgan narsalarimning yomonidan Sening noming bilan panoh tilayman. Menga ato qilgan ne’matlaringga iqror bo‘ldim. Va yana gunohlarimga ham iqror bo‘ldim. Mening gunohlarimni kechir. Chunki Sendan boshqasi gunohlarimni kechira olmaydi».) Imom Buxoriy rivoyati.

1875/8. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namozni tugatsalar, uch marta «Astag‘firulloh», deb so‘ngra: «Allohumma antas salom va minkas salom, taborakta ya zal jalali val ikrom», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Ey Allohim, Sen salomsan va salom Sendandir. Ey ulug‘ va hurmatli Zot, Sen barakotlisan».) Mana shu hadis roviylaridan biri Avzo’iyga: «Istig‘for nechuk bo‘ladi?» deyilganida, u zot: «(Bunda): «Astag‘firulloha, astag‘firulloha», deyiladi», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:37:45
1876/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) o‘lishlaridan oldin: «Subhanallohi va bihamdihi astag‘firulloha va atubu ilayhi», ya’ni «Allohga hamd aytish ila Uni poklab yod etaman. Allohga istig‘for aytib tavba qilaman», deb ko‘p aytardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1877/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: «Alloh taolo: «Ey Odam bolasi, sen Menga duo qilding va Mendan umid qilding. Men esa sening gunohingni ahamiyat bermasdan kechirib yubordim. Ey Odam bolasi, agar gunohing osmon buluticha bo‘lsa ham, Menga istig‘for aytsang, gunohingni kechiraman. Ey Odam bolasi, agar Menga yerni to‘ldiradigan gunoh bilan kelib, so‘ngra biror narsa bilan Menga shirk keltirmasang, gunohing to‘laligicha mag‘firat bilan senga boraman», dedi». Imom Termiziy rivoyati.

1878/11. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey ayollar jamoasi, sadaqa beringlar va istig‘for aytishni ko‘paytiringlar, chunki do‘zax ahlining ko‘pchiligini siz ayollardan tashkil topganini ko‘rdim», deganlarida, bir ayol: «Nima uchun do‘zax ahlining aksariyati biz ayollardan tashkil topgan?» deganida, Rasululloh (s.a.v.) «La’natni ko‘p aytasizlar va erlaringizga ko‘p noshukrlik qilasizlar. Men o‘zi aql va dinda noqis bo‘lib, aqllilar ustidan g‘olib keluvchilarni sizlardan boshqalarda ko‘rmadim», dedilar. Haligi ayol: «Aqli va dini noqis, deganingiz nima?» deb so‘ragan edi, Rasululloh (s.a.v.) «Ikkita ayolning guvohligi bitta erkak guvohligiga teng bo‘lishi aqli noqisligidir. Hayz va nifos qoni ko‘rganda namoz o‘qimasligi dini noqisligidir», de dil ar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:38:12
372-bob
Alloh taolo jannatda mo‘minlar uchun tayorlab qo‘ygan narsalar haqida


Alloh taolo:
«Taqvodor - parhezkor zotlar esa albatta bog‘lar va chashmalar ustidadirlar. (U zotlarga: «Jannatlar)ga tinchlik bilan sog‘-omon kiringlar», (deyilur). Biz (jannatlardagi) so‘rilarda do‘st-birodar bo‘lib, bir-birlariga ro‘baro‘ o‘tirgan zotlarning dillaridagi har qanday gina-kuduratlarni chiqarib tashladik. U joyda ularga biron charchoq yetmas va ular u joydan chiqarilguvchi ham emaslar» (Hijr surasi, 45-48-oyatlar);

«(U Kunda ularga aytilur): «Ey Bizning oyatlarimizga iymon keltirgan va musulmon bo‘lib o‘tgan bandalarim, bu Kun sizlar uchun hech xavfu-xatar yo‘qdir va sizlar aslo g‘amgin bo‘lmaysizlar. Sizlar jufti halollaringiz bilan birga shod-xurram bo‘lgan hollaringizda jannatga kiringiz!» Ularga oltindan bo‘lgan laganlar (da taomlar) qadahlar (da sharoblar) aylantirilur. U joyda ko‘ngillar tilaydigan, ko‘zlar lazzatlanadigan (barcha) narsa bordir. Sizlar u joyda mangu qolursizlar. Qilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan jannat mana shudir. Sizlar uchun u joyda ko‘plab meva-chevalar bo‘lib, sizlar ulardan yersizlar» (Zuhruf surasi, 67-73-oyatlar);

«Albatta taqvodor zotlar (U kunda) osoyishta joyda, bog‘lar va chashmalar ustida bo‘lurlar. Ular bir-birlariga ro‘baro‘ bo‘lgan hollarida ipak-shoyidan liboslar kiyib (o‘ltirurlar). Mana shunday! Yana Biz ularga ohuko‘z hurlarni jufti halol qilib qo‘ygandirmiz. Ular u joyda tinch va xotirjam bo‘lgan hollarida (xizmatkorlardan) barcha meva-chevalarni chaqirurlar. Ular (jannatda) birinchi o‘limdan (ya’ni, hayoti dunyodan ko‘z yumganlaridan) boshqa o‘limni totmaslar. (Alloh) ularni do‘zax azobidan saqlagandir. (Bu) Parvardigoringiz tomonidan bo‘lgan fazlu marhamatdir. Mana shu buyuk saodatdir» (Duxon surasi, 51-57-oyatlar);

«Shak-shubhasiz, yaxshilar (ya’ni, mo‘minlar jannat) ne’matlaridadirlar. Ular so‘rilarda (Alloh taolo o‘zlariga ato etgan ne’matlarga) boqib (o‘tirurlar). Siz ularning yuzlarida ne’matlarning jilvasini tanirsiz-ko‘rursiz. Ular (jannatda) muhrlangan maydan sug‘orilurlarki, u (may)ning muhri mushk bo‘lur. Bas, bahslashguvchi-musobaqa qilguvchi kishilar (mana shunday mangu ne’matga yetish yo‘lida) bahslashsinlar. U mayning mijozi-aralashmasi Tasnimdandir. (Tasnim Allohning) yaqin (banda)lari ichadigan bir chashmadir» (Mutaffifun surasi, 22-28-oyatlar), deb aytgan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:38:25
1879/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Jannat ahllari u yerda yeb-ichishadi, lekin xojat qilishmaydi, peshob etishmaydi va burunlarini qoqishmaydi. Ularning yegan ovqatlari mushk hidi kabi xushbo‘y kekirik ila hazm bo‘ladi. Nafas olishganda xuddi havo yutishganidek, tasbeh va takbirlar ila havo yutishadi», dedil ar. Imom Muslim rivoyati.

1880/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo: «Solih bandalarimga jannatda shunday ne’matlarni tayyorlab qo‘ydimki, ularni biror ko‘z ko‘rib, quloq eshitib, inson qalbi his etmagandir», dedi». Rasululloh (s.a.v.): «Agar xohlasangiz, Qur’ondagi «Ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni, oxirat ne’matlarini) biron jon bilmas» oyatini o‘qing», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:38:41
1881/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Birinchi jannatga kiruvchi jamoat tundagi to‘lin oy ko‘rinishida bo‘ladi. Keyingilari esa nur sochish jihatidan yaltiroq yulduzdan ham kuchli bo‘ladi. Ular peshob ham, katta hojat ham, tupuk ham, balg‘am ham chiqarishmaydi. Ularning taroqlari tillodan bo‘ladi. Terlari mushk kabi bo‘ladi. Tutatadigan narsalari xushbo‘y shoxchalardan bo‘ladi. Xotinlari shahlo ko‘zli hurlar bo‘ladi. Jannatdagilarning shakllari xuddi otalari Odam osmonda oltmish gaz bo‘lgani kabidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Ikkovlarining boshqa rivoyatlarida shunday keltiriladi: «Jannatdagilarning idishlari tillodan, terlari esa mushk kabi bo‘ladi. Har birlarida ikkitadan xotin bo‘ladi. Ularning chiroylari shundayki, go‘shtlari orasidan oyoq iliklari ko‘rinib turadi. Ularning o‘rtasida ixtilof ham, adovat ham bo‘lmaydi. Qalblari bir kishining qalbiga o‘xshaydi. Ular ertayu-kech Allohga tasbeh aytishadi».

1882/4. Mug‘iyra ibn Sho‘‘badan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Muso alayhissalom Rabbilaridan jannatdagi eng martabasi past kishi haqida so‘raganlarida, Alloh taolo: «U shunday bir kishiki, jannat ahli jannatga kiritilgandan keyin keladi. Va unga: «Jannatga kir», deb aytiladi. U: «Ey Rabbim! Qanday kiraman, barcha odamlar o‘z joylarini egallab, oladigan narsalariga erishib bo‘lishibdi-ku?» deydi. Unga: «Dunyodagi podshohlarning mulkidek narsa senda bo‘lishiga rozimisan?» deyilsa, u: «Roziman, ey Rabbim», deydi. Alloh: «Senga o‘sha kabi, o‘sha kabi, o‘sha kabi, o‘sha kabi», deb beshinchisini aytganida, u kishi bunga rozi bo‘ladi. Alloh: «Bu aytilgan narsalar o‘n barobar qilib berildi», deydi. Va yana: «Nafsing tusagan va ko‘zing zavq oladigan narsalar senga berildi», deydi. U kishi: «Rozi bo‘ldim», deydi. Muso alayhissalom: «Ey Rabbim, jannatdagi eng yuqori martabali kishilar kim?» deganlarida, Alloh taolo: «Ular shunday bir toifa kishilarki, O’zim ularni xohlaganman, ularga ko‘rsatiladigan karam-izzat O’z qo‘lim bilan ekilgandir. U narsaga muhr urib qo‘yganman. U narsalarni ham biror ko‘z ko‘rmagan. Biror quloq eshitmagan. Biror kishining diliga ham kelmagan», deb ayt di». Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:38:50
1883/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Men do‘zaxdan chiqishda oxiri chiquvchi kishini yoki jannatga kiruvchilar ichida oxirgi bo‘lib kiruvchi kishini bilaman. U kishi do‘zaxdan emaklab chiqadi. Alloh taolo u kishiga: «Borib jannatga kirgin», deydi. U kishi jannatga borib, u yer to‘lib qolgan, deb xayol qilib qaytib ketadi. Va: «Ey Rabbim, u yer to‘lgan ekan-ku?» deydi. Alloh taolo: «Borib jannatga kirgin», deydi. U kishi borib, u yer to‘lib qolgan, deb xayol qilib qaytib ketadi. Va: «Ey Rabbim, u yer to‘lgan ekan-ku?» deydi. Alloh taolo: «Borib jannatga kirgin. Chunki dunyo barobaricha yoki dunyoga o‘n barobar keluvchi maqom beriladi», deydi. U kishi: «Meni masxara qilyapsanmi yoki mening ustimdan kulyapsanmi? Sen O’zing bu narsalarning egasisan-ku», deydi», dedilar. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bu so‘zlarni aytib kulgandilar, tishlari ko‘rinib qoldi. Va: «Mana shu kishi jannatning eng past maqomidadir», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1884/6. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min uchun jannatda bir chayla bor. U bitta marvariddan qilingan bo‘lib, ichi kovakdir. Uzunligi osmonda oltmish mildir. Mo‘minning u yerda ahllari bo‘ladi. Ular bir-birlarini ko‘rishmaydi. Sohibi hammalarini ko‘rgani borib turadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:38:57
1885/7. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannatda bir daraxt bor. Uning ostidan tez yuruvchi chopar ot ustidagi kishi yuz yilda ham o‘ta olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ikkovlari Abu Hurayradan qilgan boshqa rivoyatlarida «Otliq u daraxt soyasi ostida yuz yil yursa ham, uni kesib o‘ta olmaydi» bo‘lib kelgan.

1886/8. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannat ahllari uning ustidagi boloxonada turuvchilarni mashriqdan yoki mag‘ribdan kelgan ufqda uchib yuruvchi yaltiroq yulduzni ko‘rgandek ko‘rishadi. Ularning oralarida farq borligi uchun shunday ko‘rinadi», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Bu payg‘ambarlarning manzillari bo‘lsa kerak-a, ulardan boshqa kishilar u yerga yetisha olmas-a?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Ha! Jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zot - Allohga qasamki, (bulardan tashqari) Allohga iymon keltirib, yuborgan payg‘ambarlarni tasdiqlaganlar ham bu maqomga erishishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:39:19
1887/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannatdagi kamon o‘qidek joy Quyosh chiqib botishidan, ya’ni dunyoning hammasidan yaxshidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1888/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Jannatda (xuddi bu dunyodagidek odamlar to‘planadigan) bozor bor. Jannat ahli har juma u yerga kelishadi. Shimol tomondan shamol esib, yuzlari va kiyimlariga xushbo‘y narsa sochib, chiroy va husnlarini ziyoda etadi. Keyin ular chiroy va husnlari ziyodalashgan holda o‘z ahllariga qaytishadi. Ahllari ularga: «Allohga qasamki, chiroy va husnlaringiz ziyodalashibdi», deyishsa, ular: «Allohga qasamki, sizlarning ham bizdan keyin husn-jamolingiz ziyodalashibdi!» deb aytishadi». Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:39:26
1889/11. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannat ahllari jannat boloxonasidagi (fazilatli) kishilarni xuddi osmondagi yulduzlarni ko‘rishgani kabi ko‘rishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1890/12. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) bilan birga majlislarning birida edim. U zot jannatni sifatlab, so‘zlarining oxirida: «Jannatda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va inson dili his etmagan ne’matlar bordir», deb quyidagi oyatni o‘qidilar:

«Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur (ya’ni, tunlarini ibodat bilan o‘tkazishib, oz uxlaydilar). Ular Parvardigorlariga qo‘rquv va umidvorlik bilan duo-iltijo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar. Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib, ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni, oxirat ne’matlarini) biron jon bilmas» (Sajda surasi, 16-17-oyatlar)».
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:39:38
1891/13. Abu Said va Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar jannat ahli jannatga kirishsa, bir nido qiluvchi nido qilib: «Sizlar tirik bo‘lib, aslo o‘lmaysizlar. Sog‘ bo‘lib, hech kasal bo‘lmaysizlar. Doim yigit bo‘lib, hech qarimaysizlar. Doim ne’matda bo‘lib, hargiz yomon holatni ko‘rmaysizlar», deb aytadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

1892/14. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarning jannatdagi eng past o‘rningiz shundayki, bir kishiga: «Orzu qil», deyiladi. U orzu qiladi va yana orzu qiladi. Unga yana: «Orzu qildingmi?» deyilsa, u: «Ha», deydi. Shunda: «Senga orzu qilgan narsang va yana o‘shancha narsa berildi», deb aytiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:39:50
1893/14. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo jannat ahliga: «Ey jannat ahli!» desa, ular: «Labbay, ey Rabbimiz! Yaxshilik Sening qo‘lingdadir», deyishadi. Alloh taolo: «(Sizlarga bergan ne’matlarimizdan) rozimisizlar», desa, ular: «Nimaga rozi bo‘lmas ekanmiz? Sen bizga yaratgan maxluqotlaringdan birortasiga bermagan narsalarni ato etding-ku», deyishadi. Alloh: «Bulardan ham afzal narsani beraymi?» desa, ular: «Bundan ham afzal narsa bor ekanmi?» deyishadi. Shunda Alloh taolo: «Sizlarga roziligim tushdi. Bundan keyin sizlarga aslo g‘azab qilmayman», deb aytadi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

1894/15. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida edik. U zot kechasi to‘lin oyga qaradilar-da: «Sizlar Rabbingizni tez kunlarda xuddi mana bu oyni (ravshan) ko‘rganingizdek, zahmatsiz sof ko‘rasiz», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:40:01
1895/6. Suhaybdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar jannat ahli jannatga kirsa, Alloh taolo ularga: «Biror narsa xohlaysizlarmi? Men uni (sizlarga ato qilib, ne’matlarimni) ziyoda qilay», deydi. Ular: «Ey Alloh, Sen bizning yuzlarimizni oppoq qilding, jannatingga kirgizding va do‘zaxingdan panoh berding, yana boshqa ne’matlaring ham bormi?» deyishadi. Shunda Alloh taolo jamolini ko‘rsatish uchun to‘siq (parda)ni ochadi. Ular Allohning jamolini ko‘rishganidan keyin Unga nazar solishdan mahbubroq ne’mat yo‘qligini bilishadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Alloh taolo:

«Iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlarni esa iymon-e’tiqodlari sababli Parvardigorlari hidoyat qilur - noz-ne’mat bog‘larida ostlaridan daryolar oqib turur. U joydagi duolari: «Ey tangrimiz, O’zingni poklaymiz», deyishi, u joydagi o‘zaro salomlari (bir-birlariga) tinchlik tilashdir. Oxirgi tilaklari esa butun olamlar Parvardigori - Allohga hamdu sano aytishidir», deb aytgan (Yunus surasi, 9-10-oyatlar).

Bizni (Islomga) hidoyat qilgan Allohga hamd bo‘lsin. Agar Alloh bizni hidoyat etmaganida, biz aslo hidoyat topmas edik. Allohim, quling, rasuling, nabiyying Muhammad alayhissalomni, ayollari va zurriyotlarini rahmat va yaxshilikda qil, xuddi Ibrohim alayhissalomni va oilalarini rahmat va yaxshilikda qilganingdek. Omi nabiy va Muhammad alayhissalomni, u zotning ayollari va zurriyotlarini barakotli qil, xuddi Ibrohim alayhissalomni va oilalarini olamlarda barakotli qilganingdek. Albatta Sen maqtovga loyiq ulug‘ Zotsan.
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyul 2008, 07:40:16
Muallif Imom Navaviy (rahmatullohi alayh): «Bu kitobni 670 hijriy sana, to‘rtinchi ramazon, dushanba kuni nihoyasiga yetkazdim», deb aytdilar. Bu kitob tarjimasi ham Allohning yordami ila milodiy 2005 sanada, 28-zulhijja, dushanba kuni nihoyasiga yetdi.

Ey Allohim! Noqis va ojizona urinishlarimizni amalga oshirishga muvaffaq etib, maqsadga yetkazganing uchun Senga behisob hamdu sanolarimiz bo‘lsin! Ixtiyorsiz qo‘yilgan savhu xatolarimizni kechirishingni so‘raymiz! Ahbobi oliymaqom muxlislardan esa g‘alat iboratlarimiz ustidan isloh qalamini yurgizib, muallif va mutarjim haqqiga g‘oibona duoi xayr qilishlarini samimiy qalb va astoydil o‘tinch ila so‘raymiz. Parvardigoro, qalblarimizni iymon, hidoyat nurlari ila ziynatlagin, kufr, fisq, ma’siyatni yomon ko‘ruvchi bandalaringdan qilgin, rizoligingga yetishmoq yo‘llarini bizlarga oson va nurafshon etgin, dunyo va oxiratdagi xotimamizni xayrli qilgin! Omin, yo Robbal-olamiyn!
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 07:39:57
MUNDARIJA

Mutarjim muqaddimasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg88974#msg88974)
Muallif va uning ushbu asari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg88976#msg88976)
Iymon kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg88980#msg88980)
Husni xulq kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg132816#msg132816)
Odob kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg132914#msg132914)
Taom odoblari kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg132946#msg132946)
Libos kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg132972#msg132972)
Salomlashish kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133005#msg133005)
Safar odoblari kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133065#msg133065)
Fazilatlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133086#msg133086)
Haj kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133296#msg133296)
Ilm kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133314#msg133314)
Allohga hamd va shukr aytish kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133322#msg133322)
Rasululloh SAVga salovat aytish kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133324#msg133324)
Zikrlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133329#msg133329)
Duolar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133361#msg133361)
Qaytarilgan ishlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133384#msg133384)
Turli malohatli hadislar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133621#msg133621)
Istig'for kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.msg133657#msg133657)
Nom: Re: RIYOZUS-SOLIHIYN. Imom Navaviy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2008, 07:42:00
Riyozus solihiyn

(http://www.ziyouz.com/images/books/riyozus_solihin.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=216)

Muallif: Imom Navaviy

Hajmi: 1,36 Mb
Fayl tipi: pdf, zip

(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=216)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1874.0)