forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:05:41

Nom: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:05:41
Tug'ilish - o'limga qo'yilgan birinchi qadamdir.
Gyote


Qabrdagilarni pushaymon qilayotgan narsalar ustida tiriklar qirpichoq bo'lmoqdalar.
Imom G'azzoliy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:06:35
Boyning xasis bo`lishi unga berilgan jazodir.
Hazrat Ali


Mo`min yaxshi niyatli bolgani uchun aldanadi, surbet yomon niyatli bolgani uchun aldaydi.
Termiziy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:09:10
Allohning imtihoni bizni bilish uchun emas,bizni ozimizga bildirish uchundir
Tohir Mavlaniy


Ey,butun kechani tonggacha uxlab otkazadigan bechora, ertaga yotadigan zim-ziyo qora tuproqqa ham qandil yoq.
F.Attor
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:29:15
Olam bir daryodir, uning qirg’og’i oxirat. Ul daryoning kemasi taqvo bo’lib, odamzotning hammasi shu daryodan o’tuvchi musofirlardir.
Shayh Abu Ishoq Zuhuriy


Kitob — mashg’ullik paytingda o’zi so’z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko’rinishing shart emas. Kitob — senga laganbardorlik qilmaydigan o’rtoq, seni aldamaydigan do’st, malol kelmaydigan yo’ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo’ydir.
Ahmad ibn Ismoil
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 20 Iyun 2006, 08:05:00
Assalamu alaykum.
Qilayotgan solih amallaringizdan Alloh rozi bo'lsin!

Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 20 Iyun 2006, 08:07:22
Bizning jasadimiz uch qismdan iborat: Dil,til va vujud.
Dil - tavhid uchun.
Til - shahodat uchun.
Vujud esa - ibodat uchundir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 20 Iyun 2006, 08:11:10
Allohning bir farishtasi har kuni:" O'lmoq uchun tug'ilinglar, foniy bo'lmoq uchun yig'ilinglar, harob bo'lmoqi uchun imorat quringlar", deb nido qilar ekan.
Sen jannatga ketsang-u, azob farishtalari farzandlaringni jahannam o'tiga otsa yuraging bardosh beradimi? Shu narsani o'lmasingdan avval bir o'ylab ko'r!

Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 20 Iyun 2006, 08:13:23
Biz bu dunyoda faqir va bechorahol bo'lmoqlikdan qo'rqamiz-u, ammo ohiratda faqiru nochor va rasvoyi jahon bo'lmoqlikdan qo'rqmaymiz. Ohiratdagi faqirligimiz - solih amallarimizni kamligidandir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 20 Iyun 2006, 08:19:16
"Sidq" haqida Alloh suygan bandalarning fikrlari:
Shaqiq Balhiy:" Allohning balolariga shuk qilmasa, u sodiq emasdir".
Molik ibn Dinor:"Allohning balolaridan lazzat olmasa, u sodiq emasdir".
Robi'a Adaviyya binti Ismoil:"Allohning balosi kelsa-yu uni kelganini banda sezmasa sodiq bo'la oladi".
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 20 Iyun 2006, 08:23:49
" Allohning huzurida insonlarning eng afzali bo'l, nafs- shayton huzurida insonlarning eng yomoni bo'l, insonlarning huzurida ular bilan teng bo'l".

Hazrati Ali ibn Abu Tolib r.a.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 20 Iyun 2006, 09:04:30
Dunyoning qiyinchiliklari to’rtta: g’urbatda kasallik, qarilikda yolg’izlik, hech narsasi bo’lmaganda qarzdorlik, safarda uzoq yo’l.
Ibn Mikaffa

***

Dunyo kezib oxiratni topganni ko’rmadik, dunyosini topganlarni ko’rdik.
Hasan Basriy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Iyun 2006, 10:04:06
" Agar sen balolar yo'liga tushib qolsang, ko'zing quvonsin. Chunki bu yo'ldan Payg'ambarlar vasolihlar yurganlar. Agar rohatli yo'l boshlansa, sen o'z nafsingga yig'lagin. Chunki ularning yo'lidan adashtirilibsan".

Vahb ibn Munabbah.
Sharq Haqni topdi, dunyodan kechib,
G'arb dunyo topdi Allohdan kechib.

Jaloliddin Rumiy.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:05:40
Tabaroniy rivoyat qiladi:
"œMuoz ibn Jabal raziyallohu anhu vafot etar chog’I yig’lardilar. Undan:
-Nega yig’layapsan?-deb so’rashdi.
-Vallohi, men o’limdan qiynalib yoki orqamda mol-dunyo qolib ketayotgani uchun yig’layotganim yoq,-deidlar. — Janobi Payg’ambarimizdan (s.a.v.): "œInsonlar ikki hovuchdirlar. Bir hovuchi otashda, bir hovuchi esa do’zaxda", deb eshitganman. Man shu hovuchlardan qaysi birida ekanimni bilmaganim uchun yig’lamoqdaman".

"œHayotus-sahoba" kitobidan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Iyun 2006, 10:11:45
" Kim ilm o'rganib unga amal qilsa  va uni boshqalarga o'rgatsa, butun osmon farishtalari orasida " Buyuk" deb chaqiriladi".

Iyso ibn Maryam a.s.
"Ilm o'rganish -  Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir".
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 22 Iyun 2006, 08:44:13
Eng johil inson ohiratini birovning dunyosi uchun sotgandir.
Iymonning uchdan biri hayo, uchdan biri aql, uchdan biri jo'mardlikdir.

Hazrati Umar ibn Hattob r.a.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 22 Iyun 2006, 08:47:16
Xo'rlikka chidab ilm oldim, piravardida ulug'likka erishdim.

Ibn Abbos r.a.
Iloho! Men gunohdan kechishga qodir bo'lmasam, gunohlarni avf etishga Sen qodirsan-ku!

Yahyo ibn Maozr.a.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 22 Iyun 2006, 08:51:14
Iymon ko'rolmaganlariga ishonmoq, bu iymonning mukofati esa ishonganlarimizni ko'rishligimizdir.

Avgustin.
Odobsizlik boshlangan joyda adabiyot tugaydi.

M. Akif Ersoy.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 22 Iyun 2006, 08:54:38
Qanday bo'lmasin uylaning hotinnigiz yahshi chiqsa omad sizniki, aks holda fylasuf bo'lasiz.
Suqrot.
Borliq mehnat bilan tirik, ishlamaganlar esa doimo muhtojlikdadir.
La Edri.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 22 Iyun 2006, 08:58:19
Pulni o'ylab sarf qilmoq yarim foydadir.
Hasan Basriy.
Kuchga tayanmagan adolat ojiz, adolatga tayanmagan kuch esa zolimdir.
Paskal.
Ehtiyojlari uchun past kelmagan inson buyukdir.
Lideri.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 22 Iyun 2006, 09:02:01
Har ishda shubha qiladigan jinni, hech ishdan shubha qilmaydigan esa ahmoqdir.
La Edri.
Juda ko'p insonlarni ko'rdimki, hech biri bu dunyodan rozi emas va ayni choqda hech biri bu dunyodan ketishni ham istamas.
Nomiq Kamol.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 23 Iyun 2006, 08:17:33
Umr poyezdini kufr yo'llaridan yurgizganlar,albatta,bir kun jahannam bekatiga boradilar.
La Edri.
Solih kishining o'limi o'zi uchun, fosiqniki esa boshqalar uchun rohatdir.
Hakimlardan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 23 Iyun 2006, 08:20:24
Ko'p ishonsangiz aldanasiz, ammo hech qachon ishonmasangiz hayotingiz azobda o'tadi.
Frank Grane.
Buyuk saodatlar buyuk iztiroblarning yonidadir.
Erhan Bener.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 23 Iyun 2006, 08:27:27
Dunyo mo'minlarning bozori, kecha va kunduz sarmoyalari, go'zal amalar tijorat mollari, jannat foydalari, jahannam esa zararlaridir.
Hazrati Abu Bakr r.a.
Johil kishi dovulga o'hshaydi, ovozi juda kuchli, ammo ichi bo'shdir.
Sa'diy Sheroziy.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 23 Iyun 2006, 08:30:51
"Pista kabi mag'zim bor" degan kishini, piyoz kabi qat-qat po'sti bo'ladi.
Sa'diy Sheroziy.
O'z qo'ling bilan eta olmagan yahshilikni birovni qo'li bilan hech qachon qila olmaysan.
Munabbih.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 23 Iyun 2006, 08:35:48
Badnafs kishining ikki kecha uyqusi kelmaydi. Oshqozoni bo'sh qolganda va oshqozoni to'lib ketganda.
La Edri.
Faqat qilgan ishlarimizga emas, qilmagan ishlarimizga ham mas'ulmiz.
J. Baptiste Moliere.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslimа 24 Iyun 2006, 12:59:23

Odam bolasi qulog’ining tuproqqa to’lishi azonni eshitib turib, unga ijobat qilmaslikdan yahshidir.
               Abu Hurayra (r.a.)



Masjiddagi munofiq qafasdagi qush kabidir.
                                 
               Nazzol ibn SabraJannat


Jannat hurlarining mahri masjidni supurish va uni obod qilishdir

               Hasan Basriy


Sukut - ko’pincha quruq safsataga isyon!

               Bernar Dad’e



Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslimа 24 Iyun 2006, 13:02:32
Baxillarning baxili o’zining baxtli bo’lishiga baxillik qilgan kishidir. Zulmlarning kattasi esa, Allohga gunoh qilish bilan kishining o’z nafsiga zulm berishidir. Chunki kim gunoh qilsa, o’zini halok qilgan bo’ladi.

            Abu Lays Samarqandiy         


  Ali (r.a.) pulni qo’llariga olib der edilar:
    -Pul shunday narsaki, qo’ldan ketmagunicha sohibiga foyda bermaydi.


Bahb ibn Munabbahdan rivoyat qilinadiki:
- Ehtiyot bo’l! Senda yo’q yahshiliklarni aytadigan kimsa senda yo’q yomonliklarni ham aytadi.

Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslimа 24 Iyun 2006, 13:06:03
   Juda ko'p odamlarni ko'rdim, ular o'tayotgan kunlaridan ko'ra dirhamlariga ko'proq baxillik qilishadi.
                                                       Hasan Basriy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslimа 24 Iyun 2006, 13:19:21
Ne’matning zavol topishi uning qadriga etmay, mensimaslikdan ko;ra kattaroq sabab yo’q.
         Umar Ibn Hattob

Tarbiyaning eng oily ko’rinishi tuyg’ular tarbiyasidir.
               
         Muxtor Shoxonov, qozoq shoiri

   Mo’min odam gunohlarini qulay — qulay deb turgan ulkan tog’dek, o’zini esa shu tog’ bosib qoladigan kishidek tasavvur qiladi. Fojir odam gunohlarini burni ustuga qo’ngan va qo’li bilan bunday qilsa (ya’ni, haydasa), yana uchib ketadigan pashshadek ko’radi.

               Abdulloh ibn Ma’sud
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslimа 24 Iyun 2006, 13:28:51
   Ilm talab qilgan kishining talabida jannat bo’ladi. Gunoh talab etgan odamning talabida do’zax bo’ladi.

               Ali (r.a.)

   Ilmning avvali sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatish.

            Imom G’azzoliy

   Uyatchang va mutakabbir kishi ilm o’rgana olmaydi.

               Mujohid



      Dunyoning g’ami qalbga zulmat. Oxiratning g’ami qalbga nurdir.

         Usmon (r.a.)
Nom: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:53:30
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIM

Nabiy alayhissalomdan rivoyat qilindi. Dedilar:
"œIkki xislatdan afzal narsa yoq:
-Allohga imon keltirish va
-musulmonlarga manfaatli bo’lish.
Ikki yomon xislat borki, undan yomon narsa yoq:
-Allohga shirk keltirish va
-Musulmonlarga zararli bo’lish".

Ibn Hajar Asqaloniyning "œOxirat kuniga tayyorgarlik" kitobidan.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:53:46
Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) marhamat qiladilar:
"œQiyomat kuni kishilar orasida men bilan birga bo’lishga muyassar bo’luvchilar (yoki: Qiyomat kunida mening shafoatimga erishadigan baxtli inson) "œLa ilaha illalloh" kalimasini chin qalbdan aytuvchilardir".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:54:09
Hayot sabog’ini ko’zi ojizdan o’rganilsa, arziydi. Chunki u hassasi bilan oyoq qo’yadigan joyini aniqlamaguncha qadam bosmaydi.

***

Bir hakim zot aytadi:
"œJaholat to’rt xil ishda ko’rinadi: amalsiz so’zda, natijasiz ishda, o’riinsiz xusumatda, yoqimsiz go’zallikda".

***

Umar ibn Abdulaziz aytadi:
"œAmallar uch hil bo’ladi: natijasi yaxshilik bo’lgan amal — unga ergash, natijasi yomonlik bo’lgan amal — undan qoch, natijasi shubhali bo’lgan amal — unga maslahat ol".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:54:28
Ikki ahmoq bir olimning ustidan kulmoqchi bo’lib, biri o’ng tarafidan, ikkinchisi chap tarafidan kelishdi va:
-Siz ahmoqmisiz yoki nodonmisiz? — deb so’rashdi.
-Ikkalasining o’rtasidaman, - deya javob berdi olim.

***

Hasan Basriy aytadi:
"œEy Odam bolasi, umring bir to’p kundan iboratdir. Kun o’tgani sayin sening ham oz-ozdan bo’lganing ketib boradi. Ozginaning ketishi hamamsining ham ketishidan darakdair. Sen bu narsalarni yaxshi bil. Bu kun amal vaqti, hisob yoq, amal qilib qol. Ertaga hisob kuni keladi, u kunda amal qilish yoq".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:54:52
Omir ibn Qaysdan (r.a.) sabr-toqatsiz odamlar haqida so’rashdi.
"œUlar och qolsalar, yalinadilar, to’ysalar, tug’yon qiladilar", deb javob berdi u.

***

Munofiq kofirdan yomon
Darhaqiqat, Umar ibn Xattob (r.a) ham shu haqda aytgan ediki:
"œSizlarga imonni ayon mo’min va kufri aniq kofir yo’liqishidan qo’rqmayman. Ammo imon pardasiga o’ralib, boshqacha amal qiladigan munofiq yo’liqishidan qo’rqaman."
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:55:14
Safvon ibn Assol Murodiy payg’ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: "œAlloh taolo mag’rib tomonda tavba uchun bir eshik bunyod etdi. Uning kengligi yetmish yoki qirq yillikdir. Doim ochiq bo’ladi. Quyosh g’arbdan chiuqadiganvaqtgacha yopilmaydi".

Termiziy va Bayhaqiylar rivoyati.

***

Nabiy sallallohi alayhi vasallamdan rivoyat qilindi. Dedilar:
"œKim maishati qiyinchiligidan shikoyat qilsa, go’yoki Robbidan shikoyat qilibdi. Kim dunyo ishlariga mahzun (xafa) bo’lsa, u Rabbiga darg’azab bo’libdi. Kim boyning boyligidan olish uchun o’zini past tutsa, dinining uchdan ikkisi ketibdi".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:55:25
Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi:
"œUch narsaga uch narsa bilan erishilmaydi:
Boylikka umid bilan, yoshlikka bo’yanish bilan, sihat-salomatlikka doti-darmon bilan".

***

Hazrati Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi:
"œOdamlarga chiroyli javob qaytarish aqlning yarmisi, chiroyli savol berish limning yarmisi, chiroyli tadbir maishatning yarmisi".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:56:06
Musulmon kishining musulmon kishida 5 ta haqqi bor:
1.Salomga alik qaytarish.
2.Chaqirsa, boorish.
3.Janozasida qatnashish.
4.Kasal bo’lsa, borib ko’rish.
5.Aksa urib "œAlhamdu lillah" desa, javoban "œyarhamukallohu va tashfik"- Allohning rahmati va shifosi senga bo’lsin, detish.
(Ibn Mojja rivoyati)
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:56:32
To’rt toifa odamlarni Alloh yomon ko’radi: qasamxo’r savdogarlarni, takabbur kambag’allarni, zinokor keksalarni va zolim podshihni.
(Nasoiy va Bayhaqiy rivoyatlari)
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:56:59
Yordamni olijanob kishilardan so’rang.

Osoyishtalik vaqtingizda ko’proq qo’rqing. Kulfat yetganda sabr qiling.

Va’da qilsangiz vafo qiling.

Do’st g’am va kulfat vaqtida ma’lum bo’ladi.

Yoshlikda zahmat chekingki, qariganda rohat topasiz.

***

Ta’ma qilish olimdan hikmatni ketkazadi
Sam’on rivoyati
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:57:14
Agar Alloh bir qavmga boylikni va taraqqiyotni iroda qilsa, ularga tejamkorlikni va qanoatni beradi. Agar Alloh bir qavmga "œkesmoqni" iroda qilsa, ularga xiyonat eshigini ochib qo’yadi.
(Ahmad ibn Hanbal rivoyati)

***

To’rt narsani qaytarib bo’lmaydi: aytilgan so’zni, o’tgan ishni, otilgan o’qni, kechgan umrni.
Salomatlik uch narsadadir: Xudoning bergan umriga rozi bo’lish, din shartlarini bajarish, birovning diliga ozor berishdan uzoq bo’lish.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:57:28
Said Ibn Jobir (r.a.) aytadi:
"œBir inson hayoti mobaynida ko’p yaxshiliklar qildi, ammo umri tugab, Allohga ro’baro bo’lganida o’sha yaxshiliklarni nomai a’molida ko’rmaydi. Keyin: "œYo Parvardigoro, mening yaxshiliklarim qani?", deb Allohdan so’raydi. Alloh aytadi: "œSen barcha yaxshiliklaringni o’zing g’iybat qilgan odamlarga topshirib qo’yding".

***

Hazrati Solih Mariy bir kuni: "œKimki eshikni astoydil taqillataversa, ertami-kech o’sha eshik baribir ochiladi", dedi. Shunda bir ayol so’radi: "œDemak, Alloh ham eshigini berkitib qo’yar ekanda". "œOfarin",-dedi Hazrati Solih,- hech kimning aqli yetmagan narsaga bir zaifning aqli yetdi".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:57:43
Hazrati Ali Murtazo (r.a.) deydi: "œYaxshilikni bilmaydiganga ham yaxshilik qilgin, negaki qiyomat kunida amallar tarozusida bu yaxshilikning vazni yaxshilikni biladigan kishiga qilgan yaxshiligingdan ortiqroq bo’lur".

***

Bir ayol imom Lays ibn Sa’d huzuriga bir kichikkina idish ko’tarib keldi va: "œErimning tobi yoq, ozgina asal bersangiz", dedi. Imom hizmatkorlarga meshga asal solib berishni buyurdi. Kimdir so’radi: "œAxir bu ayol kichkina mesh olib keldi-ku, siz esa meshga solib berayabsiz?"
Lays ibn Sa’d javob qildi:
"œU holatiga yarasha idish olib keldi, men o’z martabamga yarasha beryapman".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:57:55
Hazrati Usmondan (r.a.) rivoyat qilinadi:
"œKim dunyoni tark qilsa, Alloh Taolo uni suyadi, kim gunohlarni qoldirsa, uni moliaklar suyadi, kim musulmonlardan tama’ qilmasa, ular uni yaxshi ko’radilar".

***

Hazrati Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi:
"œDunyo ne’matidan Islom ne’mati senga kifoya qiladi. Mashg’ulotdan toat mashg’uloti senga kifoya qiladi. Ibrat olishda o’limdan ibrat olish senga kifoya qiladi".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:58:10
Hazrati Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi:
Nabiy sallallohu alayhi vasallam dedilar:
"œUch narsa najot toptiruvchidir, uch narsa halokatga olib boruvchidir, uch narsa darajot va uch narsa kafforatdir.
Najot toptiruvchi narsalar: maxfiy va oshkora Alloh Taolodan qo’rqish, kambag’allikda ham, boylikdan ham tejash; rozilikda va g’azabda adolat qilish.
Halokatga olib boruvchi narsalar: o’ta baxtli bo’lish, nafs-havoga ergashish; o’ziga bino qo’yish.
Darajotlar esa: salom berishni yoyish; ovqat tarqatish; odamlar uxlab yotganda namoz o’qish
Kafforatlar esa: sovuq kechalarda tahoratni mukammal olish; jamoat namozlarida qatnashish; keyingi namozni kutib turish"
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:58:23
Jabroil alayhissalom dedilar:
"œEy Muhammad (sallallohi alayhi vasallam), qanday yashasangiz yashang, baribir vafot etasiz. Kimni yahshi ko’rsangiz ko’ring, undan ajralasiz. Nima qilsangiz qiling, qilganingizga yarashasini olasiz".

***

Nabiy sallallohi alayhi vasallam dedilar:
"œUch toifa odamlarni Alloh hech soya bo’lmagan kunda o’z Arshining soyasiga oladi: qiyin vaqtlarda (ya’ni, kasal payti, urush chog’ida, yaqin kishisini yo’qotganida) tahorat oluvchi kishini; qorong’ulikda masjidlarga boruvchi odamni; ochni to’ydiruvchilarni".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:58:41
Ibrohim alayhissalomdan so’raldi:
"œNima uchun Alloh sizni o’ziga do’st tutdi?"
Javob qildilar:
"œUch narsa uchun: Allohning amrini boshqaning amridan ko’ra ixtiyor qildim; Alloh menga taklif qilgan narsaga ahamiyat berdim; ertalab ham; kechqurun ham mehmonsiz ovqatlanmadim".

***

Ba’zi hakimlardan rivoyat qilinadi:
"œKim-da kim Allohdan yaqinroq valiyim bor deb hisoblasa, Rabbini bilishi qiyin bo’ladi. Hamda kimki nafsidan ham ashaddiyroq dushmani bor deb o’ylasa, o’zini bila olmaydi".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:58:52
Abu Bakr siddiqdan (r.a.) Alloh taoloning quyidagi oyati haqida rivoyat qilinadi:
"œQuruqlikda va dengizda fasod zohir bo’ldi" oyatidagi quruqlik tildir, dengiz esa qalbdir. Agar til fasod bo’lsa, unga nafslar yig’laydi, agar qalb fasod bo’lsa, unga moilaklar yig’laydi".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:59:00
Nabiy alayhissalom aytdilar:
"œAhmoqning alomati to’rtdir:
-O’tgan gunohlarni unutish. Vaholanki, ular Alloh Taolo huzurida saqlangandir.
-O’tgan yaxshiliklarni zikr qilish. Afsuski, ular qabul bo’ldimi yoki rad etildimi — bilmaydi.
-Mol-dunyoda o’zidan yuqoriga qarash.
-Dinda o’zidan yuqoriga qarash.
Saodatlikning alomatlari ham to’rtdir:
-O’tgan gunohlarni eslash.
-O’tgan yaxshiliklarni unutish.
-Dinda o’zidan yuqoridagi odamga qarash.
-Mol-dunyoda o’zidan quyiga boqish".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:59:12
Nabiy (s.a.v.) dedilar:
"œOn nafar odamning namozini Alloh Taolo hech ham qabul qilmaydi:
1.Qiroat qilmasdan yolg’iz namoz o’quvchi kishining.
2.Zakotini ado etmaydigan kishining.
3.Qavm yaxshi ko’rmasa ham, imomlik qilaveradigan kishining.
4.Qochoq qulning.
5.Surunkasiga ichkilik ichadigan kishining.
6.Ayol uxlashga yotganda eri unga darg’azab bo’lsa.
7.Yopinchiqsiz namoz o’qigan ozod ayolning
8.Ribo eguvchi (sudxo’r) kishining.
9.Zolim rahbarning.
10.Namozi buziq va munkar ishlardan qaytmaydigan kishining. Bunday odamning namozi kishini battar Allohdan uzoqlashtiradi".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:59:34
Avf ibn Abdulloh aytadi: "œYaxshilik ahllarning o’zaro tavsiyalari ushbu uch kalmia edi:
-kim oxirati uchun amal qilsa, Alloh uning dunyosiga kifoya qiladi;
-kim Alloh bilan o’zining orasni isloh etsa, Alloh Taolo uning bilan odamlar orasini o’nglab qo’yadi;
-kim ichini isloh etsa, Alloh Subhonahu uning tashini isloh qiladi".
("œTanbehul g’ofilin" kitobidan).

* * *

Abu Hurayra (r.a.) Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladi: "œNamoz dinning ustunidir, unda o’n xislat bor: yuzning chiroyi, qalb munavvarligi, badan rohati, qalbda ulfatlilik, rahmat manzili, samo kaliti, tarozida og’irlilik, Robbimiz roziligi, jannat bahosi, jahannam oloviga parda bo’lish. Kim namozini mukammal ado etsa, dinini barpo qilibdi, kimki tark qilsa, dinini barbod qilibdi".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:59:48
Payg’ambar alayhissalom dedilar:
"œBani Odam jismidagi to’rt gavharni — aql, din, hayo, solih amalni to’rt narsa ketkazadi:
-g’azab aqlni ketkazadi,
-hasad dinni ketkazadi,
-ta’ma hayoni ketkazadi,
-g’iybat solih amalni ketkazadi"
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:00:12
Unisi bo’lmasa bunisi

Hakim bir a’robiydan so’radi:
- Alloh bandalariga bergan ne’matlarning eng ulug’I qaysi?
- Yaxshi yashash uchun aql ne’mati, - deb javob berdi a’robiy.
- Agar u bo’lmasa-chi?
- Unga insonga odob ziynat bo’ladi.
- U ham bo’lmasa-chi?
- Mol-mulk ne’mati uning ayblarini bekitadi.
- U ham bo’lmasa-chi?
- Unda bir chaqmoq kifoya. Undan yurt ham, odamlar ham qutiladi.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:00:21
Ko’p gap qalbni o’ldiradi

Umar ibn Xattob (r.a.) ahnaf ibn Qaysga nasihat qilib aytdiki:
"œEy Ahnaf, kim ko’p gapirsa, nodonligi ko’payadi, kimning nodonligi ko’paysa, hayosi kamayadi, kimning hayosi kamaysa, e’tiqodi susayadi. Kimning e’tiqodi susaysa, qalbi o’ladi".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:00:29
Halol va harom orasi bir qadam

Bir kuni Hazrati Ali (karramullohu vajhahu) masjidga namoz uchun kirayotib, eshik oldidagi bir kishiga xachirlarini tutib turishni iltimos qildilar. Namozni ado etib chiqarkanlar, haliga kishiga xizmati uchun ikki dinor berishni ko’ngilga tugdilar. Chiqib qarasalar, xachirlari turibdi, ammo u odam yuganni o’g’irlab qochib ketibdi. So’ng xodimlariga o’sha ikki dinorni berib, xachirga yugan sotib olishni buyurdilar. Xizmatkor bozorga tushib, o’g’ridan aynan o’sha yuganni sotib oldi. Olib kelgach, Hazrati Ali (r.a.) o’zlarini yuganlarini ko’rib hayron qoldilar va: "œBanda halol rizqini harom qilib oldi", dedilar
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:00:41
Aytishlaricha, sakkiz tifa odamlar bilan o’tirgan kishida Alloh taolo sakkizta narsani ziyoda qilar ekan:
Boylar bilan o’tirgan odamda dunyoga muhabbat va rag’batni, faqirlar bilan o’tirgan odamda shukrni, sultonlar bilan o’tirgan odamda kibrni, ayollar bilan o’tirgan odamda shahvatni, bolalar bilan o’tirgan odamda o’yin-kulgini, fosiqlar bilan o’tirgan odamda gunohlarga jur’at va osiylikni, solihlar bilan o’tirgan odamda itoatga rag’batni, olimlar bilan o’tirgan odamda ilmni ziyoda qiladi.

Abu Lays Samarqandiy
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:01:26
-Boyning bir ko'zi kambag'alda bo'lishi va bir qo'lini kambag'alga berishi lozim,chunki kambag'aldan yuz o'girgan boyning ko'zlari va unga uzatilmagan qo'llari hoindir.
-Olam olim bilan jonlanadi.Olimsiz olam qorong'ulashadi.Olimning haqqi ustun bir haqdir.
-Senu yuksaklikka olib chiqqan puling-martabang emas ilming va imoningdir.
-Ne'matni sevgan shu he'matni berganni ham sevadi.
-Shuhrat ofati Haq sevgisini so'ndiradi.
-Etim va yo'qsillarning hayotini o'ylagan kishining yuragi pokdir.
-Tanballik ham bir o'limdir.Inson bu o'limda borligini yo'qotadi.
-Tavhid ilmini va rohatini bilmagan kishi bu dunyoga kelish vaketish mohiyatini tushunmabdi.
-Senga maqtov yog'dirganlardan qoch,chunki ularni maqtovi seni qalbingni o'ldiradi.
-Ahloqning asosi iymonga bog'liqdir.Iymonsiz odamni ahloqi bo'lmas

"Hikmatlar" kitobidan Mubashshir tayyorladi.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:02:08
-Haqiqiy nur iymondir ,haqiqiy nurni topgan haqiqatni ko'radi va haqiqatni eshitadi.

-Eng avval ma'naviy borlig'ingni tikla aks holda bu dunyoga o'lik holda kelib, o'lik holda ketasan.

-Ey,inson hech kimga yuk bo'lmaslikka harakat qil.

-Qahrli nazaring olov uchqunlarini sochar ekan sen inson emassan, shafqat nurlari ila olamga boqsanggina haqiqiy inson bo'lasan.

-Shubha va gumon insonni ortga sudraydi,g'amgin qiladi.Iymon esa olg'a boshlaydi,qalbiga quvonch bag'ishlaydi.

-Nurga etishgan qorungulikdan halos bo'lganidek, iymonga erishgan ham sohtalikdan qutiladi.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:02:18
-O'lim qo'rqinchi faqat iymonsizning qalbini zabt etadi,titroqqa soladi.Iymon ahli esa buni Haqqa etishish deb sevinadi.

-O'limdan qo'rqqanlar-taqdirga achchiq qilganlar va ALLOHGA etishishni yoqtirmaganlardir.

-Jaholatni ilm bilan yo'q qilishga harakat qiling va har bir ishni ilm bilan hal qiling.

-Ey,inson!Rizqing uchun oshiqcha qayg'urma,ALLOH seni yaratishdan oldin rizqingni yaratgan.Lekin rizq eshigini harakat ochadi.Sen faqat sabablarga murojaat qil,nasibangga yarasha rizq keladi.Shuni bilginki rizqingni ohirgi luqmasini emasdan o'lmassan.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:02:28
- Ey,inson! Qalbingda zarracha kibr bo'lsa ham musulmonlikni tushunmabsan,toat ibodating ALLOH huzurida maqbul bo'lmaydi.

- Ilm insoniylik tojidir.Mol-mulk esa johilning g'ururlangan matosidir.

- Doimo g'azabingni engishga harakat qil,shundagina nafsingni engasan.

- Dunyo g'ami o'tkinchidir, abadiy qoladi deb o'kinma.

- Iymon seni g'am-qayg'uga yo'llamaydi, qiyinchilik kelsa har doim unga yuzlan. Chin ihlos ila ALLOHni yordamga chaqir,Uning o'zi senga kifoyadir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:03:16
Gunoh ariga o'hshaydi, og'zi asal kabi totli, ninasi esa zaharlidir.
Ballon

Sukut -- insonning eng harir libosidir.
Hazrati Umar r. a.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:04:11
Sizga uzatilgan hamma qo'lni tutavermang, chunki inson niqobidagi necha shaytonlar bor.
Jaloliddin Rumiy

Bilishini biladigan odamga ergashing, bilishini bilmaganni ogohlantiring, bilmasligini biladiganga o'rgating, bilmasligini bilmagandan qoching.
Konfutsiy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:04:42
Ey, ALLOH! Eng shafqatsiz zarba o'zimga, o'zimdan bo'lganini his qildim, lekin juda kech.
Muhammad Nurulloh Saydo al-Jazoriy

Kuchga tayanmagan adolat ojiz, adolatga tayanmagan kuch zolimdir.
Paskal
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:04:54
Huzayfa Mar’ashiy deydi: "œTo’rtta narsa bor: ikki ko’z, til, havoyi nafs va qalb. Bas, ko’zlaringni qarash halol bo’lmagan narsadan saqla. Tilingni qalbingga xilof bo’lgan narsani gapirishdan tiy. Qalbingni unda musulmonlarning birortasiga nisbatan kin va illat bo’lishidan ehtiyot qil. Havoyingni biror narsani istashidan saqla. Mana shu to’rt xislat senda bo’lmasa, boshinga tuproq sochilsin".

"œSalaflar xulqi" kitobidan
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:05:04
Abu Hurayra o’lim to’shagida yotib yig’lar edilar. Odamlar nega yig’layotganini so’rashganida u zot javob berdilar: "œNajot uzoqlashdi, zod (ozuqa) oz, oldimda o’tish qiyin bo’lgan katta to’siq turibdi. Undan o’tib, yo jannatga, yo do’zaxga tushish bor".

"œSalaflar xulqi" kitobidan
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:05:15
Abu Hanifa toshloq yo’lidan borayotgan edi, qarshisida bir ho’kkiz kelaverdi. Abu Hanifa yo’ldan chetlandi. Buni ko’rib turganlar dedilarki: "œYo Imom! Bu parhez nimadandir?"
"œMening aqlim bor, uning shoxi!" dedi Imom.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:05:24
Hasan aytadi: "œIbn Muborak Kufada ekanida bizga "œManosik" kitobini o’qib berayotgan edi. Bir gapga kelganda to’xtadi. Kitobning o’sha joyida: "œAbdulloh aytdi va biz uni olamiz", deb yozilgan edi. "œBu so’zni kim yozdi?"deb so’radi. Men: "œYozgan odam yozganda", dedim. Shunda Abdulloh ibn Muborak qo’li bilan haligini ishqalab o’chirib tashladi va: "œMen kim bo’libman-u so’zimni yozishsa", dedi".

"œSalaflar xulqi" kitobidan
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:05:41
To’g’ri so’zlik namunasi

Hazrati Bilol Habashiyning (r.a.) huzuriga bir tanishi kelib, bir qizning uyiga sovchilikka borishini iltimos qildi. Uz ot tanishining so’zini qaytara olmasdan, qizning uyiga bordilar. Ota-onasining oldiga kirib:
-Men Bilol ibn Rabohman. Bu yigit mening do’stim bo’ladi. Unga qizingizni so’rab keldim. Ammo shuni aytishim kerakki, do’stim din va ahloq jihatidan yaxshi odam deb aytolmayman. Shuni bilib qo’ying. Qizingizni shunga qarab berasiz, - dedilar.
Qizning ota-onasi:
-Unday bo’lsa nega sovchi bo’lib keldingiz? — deb so’rashdi.
-Yolg’on so’zlay omayman. Alloh qiyomatda mendan so’raydi, - deb javob berdilar Hazrati Bilol.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:05:53
Shoir Sadriddin Salimdan eshitganlarim

Bandasi Allohning marhamatini chin dildan his etsa, faqat ziyoda bo’ladi, e’zozda bo’ladi. Unga barcha imkonlar eshigi ochiladi.

Alloh tavbani buyurdi, tavbamizni qabul etmasa edi, buyurmas edi.

Alloh bandasining ibodatiga zor emas. Ammo temir zanglagani kabi, insonning qalbini ham zang qoplaydi. Alloh qalbimizni ana shu zangdan poklash uchun ibodatni buyurdi.
Dunyoda sabab yoq, voqea yoki fojia bor. Ularni nimadir atash kerak bo’lsa, biz "œsabab" deb ataymiz.
Aslida-chi, Qonun bor, Azd bor, Inson bor, Adolat bor.

Ba’zan nohaqlikni ko’rib, besabrlik qilamiz: jazosini bugun, hozir bersin deymiz. Yoq, xalqda vaqt bilan bog’liq "œkosa to’lguncha" degan gap bor. Vaqti-soati yetib, Alloh shunday uradiki"¦

Orzu-havas yaxshi narsa, ammo uni to’g’ri yo’naltira bilmasangiz, har ikki dunyoda majruh qiladi.

(Taqvim kitobchasidan)
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:06:47
Dinda ko’z-ko’z qilish qalbni qotiradi va adovatni keltirib chiqaradi.
Imom Shofe’iy

Barcha yomonliklar bir uyda bo’lib, uyning kaliti dunyoni yaxshi ko’rishdir. Barcha yaxshiliklar bir binoda bo’lib, uning kaliti zuhd (dunyoni sevmaslik) dir. Dunyoga muhabbat qo’yma, shuncha oily darajaga erishasan.
Fuzayl ibn Iyoz
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:07:20
Alloh subhonahu ko’zni qalbning oyinasi qildi. Agar banda ko’zini pastga qaratsa, qalb ham shahvatu hohishlarini pasaytiradi. Agar ko’ziga erk bersa, qalb ham shahvatlarni bo’sh qo’yadi"¦
Ibn Qayyim

Alloh taolo Islomdan nasiba olgan kishini Islomdan benasib kishi kabi qilib qo’ymaydi.
Ibn Ma’sud
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:07:59
Mo’min kalomni kamaytirib, amalni ko’paytiradi. Munofiq amalni kamaytirib, kalomni ko’paytiradi.
Avzoiy

Dunyo ila ohirat, ikki oilasi bor kishiga o'hshaydi. Inson birini rozi qilar ekan ikkinchisini ranjitadi.
Abu Bakr Siddiq r.a.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:08:16
Arab maqol va hikmatlari

-Baxt misli kapalak: agar uning ortidan quvsang, u sendan uzoqlashar, agar unga e’tibor bermasang, uning o’zi kelib yelkangga qo’nar.
-Xotira aql uchun eng yaxshi xizmatkordir, unutmoqlik esa, qalb uchun yaxshi xizmatkor.
-Aqlli ayol erining kamchiliklariga bir ko’zini yopar va ikkinchi ko’zi bilan unga qarab yashar.
-Agar faqrlik (kambag’allik) eshikdan kirib kelsa, muhabbat derazadan chiqib ketadi.
-Ayol ko’p narsani talab qilmaydi: faqat uning eri har qanday ayol oldida kuchli bo’lsa-da, o’z ayolining oldida zaif bo’lishi kerak.
-Uylanishdan oldin ko’zlaringni och, uylanganingdan so’ng birini yop.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:08:43
Johil uchun eng yahshi narsa jim turmoqlikdir. Agar buni bilganida balki johil bo'lmasdi.
Sa'diy Sheroziy

Qullik-- amal qilish, amal ila hukmlarni muhofaza qilish, va'daga vafo, boriga rizo,yo'g'iga sabrdir.
Usmon ibn Affon r.a.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:08:55
Alloh aytur:
"œSaxovatli boyni sevaman, ammo saxovatli kambag’alga muhabbatim bundan ham ziyodadur.
Kamtarin kambag’alni sevaman, ammo kamtarin boyga sevgim bundan ham ziyodadur.
Toatli keksani sevaman, ammo toatli yoshga sevgim bundan ham ziyodadur.
Takabbur boydan nafratlanaman, ammo takabbur kambag’alga nafratim bundan ham ziyodadur.
Baxl kambag’aldan nafratlanaman, ammo baxl boyga nafratim bundan ham ziyodadur.
Gunohkor yoshdan nafratlanaman, ammo gunohkor keksaga nafratim bundan ham ziyodadur".
Hadisi qudsiy

Ahmad Tursun "œTaqvo" kitobidan
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:09:05
Abu Hurayra (r.a.) bir kuni bozorga kirib, odamlarga qarata dedilar:
"œSizlar bu yerda o’tiribsizlar. Masjidda esa, Muhammaddan (s.a.v.) qolgan meros taqsim qilinayapti." Odamlar bozorni tashlab, masjidga chopishdi, biroq tez qaytishdi. "œEy Abu Hurayra, u yerda meros taqsimini ko’rmadik", deyishdi, "œHo’sh nimani ko’rdinglar?" deb so’radilar u zot (r.a.). "œOdamlar faqat zikr qilib, Qur’on o’qib o’tirishibdi". Aytdilar: "œShu-da Rasulullohdan (s.a.v.)qolgan meros".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:09:35
Abu Ubayda ibn Jarroh (r.a.) askarlari orasida aylanib yurib aytar edilar: "œOgoh bo’linglarki, juda ko’p kiyimini oq tutganlar diniga dog’ tushirgandir. Ogoh bo’linglarki, juda ko’p nafsini ikrom qilganlar bor, lekin ular nafsining oldida xordir. Eski yomonliklarini yangi yaxshiliklar bilan yuvishga shoshilinglar!"

"œSalaflar xulqi" kitobidan


Bir kishi Ibn Umarga: "œEy odamlarning yaxshisi" (yoki "œodamlarning yaxshisining o’g’li"), deb murojat qildi. Shunda u zot aytdilar: "œMen odamlarning yaxshisi emasman. Odamlar yaxshisining o’g’li ham emasman. Men Allohning qullaridan bir qulman. Allohdan umid qilaman, Undan qo’rqaman. Ammo sizlar odamni halok etmaguncha qo’ymas ekansizlar".

"œSalaflar xulqi" kitobidan
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:10:03
Hayotning chegarasi bor. Ilmning chegarasi yoq.

Hitoy halq maqoli.

Muvaffaqiyat balki insonga ko’p narsani o’rgatmas. Ammo omadsizlik ko’p narsani anglatadi.

Hitoy halq maqoli.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:11:30
O’lim uy eshiklaridan yer beshiklariga olib o’tuvchi safardir.
La Edri

To’g’rilikka ishonmagan aqlning o’tkir bo’lganidan foyda yoq. Soatning ham yugirib ketishi emas, to’g’ri yurishi muhimdir.
Juvenar
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:12:06
Gunohlar yuki ostida ezilib, umidsizlikka tushish og’ir falokatdir.
La Erdi

Do’stingizni tez-tez ziyorat etib turing. Zero, yurilmagan yo’llar ustini tikan va butalar qoplaydi.
Hakim
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:12:38
Dunyonig izzati mol bilan, oxirat izzati solih amallar bilan.
Hazrati Umardan (r.a.)

Ilmning avvali sukutdir. Keyingisi tinglamoq, so’ng uni asramoqdir. To’rtinchisi unga amal qilmoq, beshinchisi uni yoymoqdir.
Sufyoni Savriy
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:13:16
Sufyoni Savriy aytadi: "œO’nta ish borki, ular jafodir:
1.kishi yoki ayol o’zi uchun duo qilsa-yu, ota-onasi va mo’minlar haqqiga duo qilmasa;
2.Qur’on o’qishni bilsa-yu, har kuni undan yuz oyat o’qimasa;
3.qabristondan o’tib, u yerdagilarga salom bermasa va duo qilmasa;
4.masjidga kirib, namoz o’qimasdan chiqib ketsa;
5.juma kuni shaharga tushib, juma namozini o’qimasa;
6.mahallaga bir olim kelsa-yu, uning ilmidan o’rganish uchun borilmasa;
7.ikki kishi yo’ldosh bo’lisha-yu, bir-birining ismini so’ramasa;
8.yigit ilm va odob o’rganmasdan, yoshligini bekor o’tkizsa;
9.ziyoratga chaqirilganda borilmasa;
10.o’zi to’q bo’lib, qo’shnisi och bo’lsa, taomidan hech narsa bermasa."

Dilmurod Qo’shoqov tarjimasi
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:13:27
Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) so’rashdi:
-Sharq bilan g’arb oralig’idagi masofa qancha?
-Quyosh uchun bir kunlik yo’l.
-Yer bilan osmon oralig’I qancha?
Mustajob bo’lgan duoga teng.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:13:42
Asjudiy hikoya qilib deydi:
"œBir kechasi otam Ishoq al-Kasoiyning oldiga bir kishi keldi. Otam undan:
-Tunda meni qidirib kelishga, seni nima majbur qildi? — deb so’radi.
-Bir kishidan qarzim bor.
-Qancha qarzing bor?
-To’rt yuz dirham.
Otam qarzdorga kerakli pulni berib jo’natgach, yig’lay boshladi. Men hayron bo’lib:
-Nega yig’laysiz? Axir bir qarzdorning mushkulini oson qildingiz-ku?! — dedim.
-Hojatmandlar meni qidirib yurganiga yig’layman. Aslida men ularni qidirishim kerak edi, - dedi otam".


Bir kishi boshqa shaharning voliyiga o’sha yerda yashayotgan do’stini qoralab, shikoyat xati jo’natdi. Ma’lum muddat o’tib, shahar voliyidan javob keldi: "œTalablaringizga ko’ra do’stingizni jazoladik. Sizdek odam bilan do’st tutungani uchun"¦".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:13:57
Unisi bo’lmasa bunisi

Hakim bir a’robiydan so’radi:
- Alloh bandalariga bergan ne’matlarning eng ulug’I qaysi?
- Yaxshi yashash uchun aql ne’mati, - deb javob berdi a’robiy.
- Agar u bo’lmasa-chi?
- Unga insonga odob ziynat bo’ladi.
- U ham bo’lmasa-chi?
- Mol-mulk ne’mati uning ayblarini bekitadi.
- U ham bo’lmasa-chi?
- Unda bir chaqmoq kifoya. Undan yurt ham, odamlar ham qutiladi.

Ko’p gap qalbni o’ldiradi

Umar ibn Xattob (r.a.) ahnaf ibn Qaysga nasihat qilib aytdiki:
"œEy Ahnaf, kim ko’p gapirsa, nodonligi ko’payadi, kimning nodonligi ko’paysa, hayosi kamayadi, kimning hayosi kamaysa, e’tiqodi susayadi. Kimning e’tiqodi susaysa, qalbi o’ladi".

Ibn Hajar Asqaloniyning "œOxirat kuniga tayyorgarlik" kitobidan
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:15:18
Ilm va boylik har qanday aybni yashiradi, johillik bilan faqrlik esa, oshkor etadi.
Hakim

"œMutlaq kuch va qudrat O‘zinggagina xosdir, Allohim!"
Abu Bakr r.a.ning so'nggi so'zlari
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:15:36
"œKa’baning Parvardigoriga qasamki, bular mening shahidligimga guvohdir!"
Hazrat Usmon r.a.ning so'nggi so'zlari

"œAllohim, diydoringni Umarga xayrli qil! La ilaha illalloh"
Umar ibn Abdulazizning so'nggi so'zlari
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:16:12
Ajal ila yuzlashmasdan oldin,beriladigan har narsangni berib qolishing lozim.
Jaloliddin Rumiy

Boshqani yo'lga solaman deb o'zi yo'ldan adashganlar juda ko'pdir.
Janob Shahobiddin
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:16:41
O'lim mushkul ish emas,mushkuli- o'limdan oldin o'lishdir.
Yahyo Kamol

Dunyoni yamadik yirtib olib dinimizdan, din ham ketdi, dunyo ham ketdi qo'limizdan.
Ibrohim Adham
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:18:09
Kishining sirini aytmaslikni oynalardan o'rgandim.
Nihot Osiyo

Johil dovulga o'hshaydi, ovozi kuchli ammo ichi bo'shdir.
Sa'diy Sheroziy
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:18:34
Aytishlaricha, Abu Shurayh piyoda yurar, o'tirsa to'niga o'ranib olib yig'lay boshlar edi. Undan:
- Nega yig'layapsiz, deb so'rashsa, u:
- Umrim o'tayotgani, amalim ozligi va ajalim yaqinligi esimga tushib qoldi - der edi.
Imom G'azzoliy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:19:22
Kitob - mashg'ullik paytingda o'zi so'z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigansuhbatdoshdir. Unga chiroyli ko'rinishing shart emas.
Kitob - senga laganbardorlik qilmaydigan o'rtoq, seni aldamaydigan do'st, malol kelmaydigan yo'ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo'ydir.
Ahmad ibn Ismoil

Kelish va ketish - hayot va hurriyat. To'xtab qolish esa o'limdir.
Qobus
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:19:35
Hazrati Umar (r.a.) bir kishining kimligini bilishni istadi. Odamlardan:
-Bu kishi xususida nimalar bilasizlar?! — deb so’radi.
-Ey mo’minlarning amiri! Men uni taniyman.
U yaxshi odam, - deb javob berdi birlari.
Shunda Umar (r.a.) unga bir necha savol berdi:
-Uni yaxshi taniysanmi?
-Ha, yaxshi taniyman.
-Nima, uning qo’shnisimisan?
-Yo’q, qo’shnisi emasman.
-Unda u bilan safarda birga bo’lib, go’zal axloqli ekanini o’shanda payqadingmi?
-Yoq, u bilan birga safarga chiqmaganman.
-Yo u bilan oldi-berdi qildingmi? Kishining kimligi savdo-sotiq ustida yaxshi bilani.
-Yoq, ey Umar, savdo-sotiq ham qilmadim.
-Sen uning masjidda namoz o’qiganini ko’rib, yaxshi deyapsan shekilli?!
-Ha!
Shunda Umar (r.a.) bunday dedi:
Ketaver yo’lingdan qolma. Sen bu odamni tanimas ekansan.
Bu hodisa ikkinchi xalifa Hazrati Umarning (r.a.) qiyomatgacha musulmonlarga qoldirgan go’zal sabog’idir.
Inchunin, bir hodisda: "œKishining namozi va ro’zasi sizni aldab qo’ymasin. Uning pul ustidagi muomilasiga qarang", deyilgan.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:20:42
Ta’ma qilish olimdan hikmatni ketkazadi
Sam’on rivoyati

Agar Alloh bir qavmga boylikni va taraqqiyotni iroda qilsa, ularga tejamkorlikni va qanoatni beradi. Agar Alloh bir qavmga "œkesmoqni" iroda qilsa, ularga xiyonat eshigini ochib qo’yadi.
Ahmad ibn Hanbal rivoyati

To’rt toifa odamlarni Allloh yomon ko’radi: qasamxo’r savdogarlarni, takabbur kambag’allarni, zinokor keksalarni va zolim podshihni.
Nasoiy va Bayhaqiy rivoyatlari
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:20:51
«Sog‘liqning qadrini bilgil
xasta bo‘lmasdan burun,
Xastalik shukrini qilgil
toki o‘lmasdan burun,
Quruq yer qadrini bil
daryo toshmasdan burun,
Kemada hushyor o‘tirgil
girdobga kelmasdan burun,
Yoshlikning qadrini bil,
to keksaymasdan burun».

Maxtumquli
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:21:05
Man etilgan amallar:

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
Odamlardan chetga chiqib, xilvatda zohidlik qilishni;
Marhumlar sha’niga mubolag’a bilan madhiya va marsiya aytishni;
Ummatlarning turli nazr-niyoz qilishlarini;
Bir uyda yakka uxlashni;
Har qanday mast qiluvchi va bo’shashtiruvchi narsalar (ya’ni, giyohvandlikni);
Janglarda ayollarni va norasidalarni qatl qilishni;
Soch va soqolning oqlarini yulib tashlashni;
Safardan o’z uyiga kechasi bemahal kirib kelishni;
Ikki kishining o’rtasini beijozat yorib, oralariga suqulib kirib o’tirishni;
Ummatlarini birovlarni yanglashtirishdan;
Oltin va kumush idishlarda ovqat yeyish yoki ichimlik ichish;
Qabriston ustida namoz o’qishni;
Sabir (aloe) kabi zaharli giyohlarni ko’p iste’mol qilib, hoh inson, hoh, hayvonlarning o’lib ketishini;
Mahluqlarning yuziga tamg’a bosmoqni va yuziga urmoqni;
Otaning ismini aytib chaqirishni, undan oldinda va yuqorida o’tirishni;
Ko’p savol so’rashni, molni zoe qilishni va asossiz gaplarni og’izdan-og’izga naql qilib yurishni man etganlar.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:21:16
Avvalgilar va keyingilar

Bir kishi Abul Qosim al-Hakimdan so’radi:
-Nega ilgari zamondagi olimlarning pand-nasihatlari odamlarga ta’sir qilar edi-yu, hozirgi olimlarniki ta’sir etmaydi?
Hakimning javobi so’ng darajada ma’nodor bo’ldi:
-Ilgari zamonda olimlar uyg’oq, odamlar uyquda edilar. Uyg’oq kishi uyqudagini uyg’ota olganidek, ularning pand-nasihatlari ham odamlarga ta’sir etardi. Bugungi kunda olimlar uyquda, odamlar esa o’lik. O’zing ayt-chi, uyqudagi kimsa o’likni tiriltira oladimi?!
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:21:32
Muhim narsa

Bir kini Abu Said Abu Hayr hazratlaridan:
-Falonchi kishi karomati bilan suv ustida yurar ekan, siz bunga qanday qaraysiz? — deb so’radi.
-Buning ahamiyati yoq, chunki o’rdak ham suvda yura oladi.
-Falonchi havoda uchadi. Unisiga nima deysiz?
-Pashsha bilan burgut ham havoda uchadi.
-Falonchi bir vaqtning o’zida ikkita joyda bo’la olar ekan?
-Shayton ham bir vaqtning o’zida ikkita joyda bo’la oladi. Dinimizda bunaqa ishlarning ahamiyati yoq.
-Unday bo’lsa, Islomda muhim narsa nima?
-Muhimi halqning orasida bo’lish, xalqqa xizmat qilish, xalqni to’g’ri yo’lga boshlash va bu ishlarning barchasini Rizoi ilohiy uchun qilishdir.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:21:48
Ikkiliklar

Payg’ambar alayhisaalom dedilar:
"œUlamolar majlislarida bo’linglar, hakimlar so’zlariga quloq solinglar. Albatta, Alloh taolo yomg’ir suvi bilan o’lik yerni tiriltirganidek, o’lik qalbni hikmat nuri bilan tiriltiradi".

Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi:
"œKimki qabrga tayyorgarliksiz kirsa, go’yo dengizga kemasiz chiqqandek bo’ladi".

Hazrati Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi:
"œDunyoning izzati men bilan, oxirat izzati solih amallar bilan".

Hazrati Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi:
"œDunyoga ahamiyat qalbdagi zulmat, oxiratga ahamiyat qalbdagi nurdir".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:22:01
Yig’i

Tabaroniy rivoyat qiladi:
"œMuoz ibn Jabal raziyallohu anhu vafot etar chog’I yig’lardilar. Undan:
-Nega yig’layapsan?-deb so’rashdi.
-Vallohi, men o’limdan qiynalib yoki orqamda mol-dunyo qolib ketayotgani uchun yig’layotganim yoq,-deidlar. — Janobi Payg’ambarimizdan (s.a.v.): "œInsonlar ikki hovuchdirlar. Bir hovuchi otashda, bir hovuchi esa do’zaxda", deb eshitganman. Man shu hovuchlardan qaysi birida ekanimni bilmaganim uchun yig’lamoqdaman".
"œHayotus-sahoba" kitobidan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:22:32
Ochko’z kishida hayo, muruvvat qilmagan odamda din, aqllida faqrlik, yolg’onchida izzat, baxlda rohat, qanoatli kishida g’am bo’lmas.
Hazrati Ali r.a.

Ulamolarning jazosi-qalblarining o’lishi, qalblarining o’lishi esa, oxirat o’rniga dunyoni hohlamoqliklaridir.
Hasan Basriy
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:22:44
Agar olimlar halol mol to’plash bilan mashg’ul bo’lib qolishsa, avom xalq shubhadan yeydigan bo’ladi. Olimlar shubhali luqma yeyishsa, avom harom yeyishga o’tadi. Olimlar agar harom yeyishsa, avom kofirga aylanadi.

"œTanbehul-gofilin"dan

***

Uch narsa

Barcha yaxshilik uch xislatdadir: nazarda, sukutda va so’zda. Ibratsiz har qanday nazar-xato, tafakkurdan xoli sukut-g’aflat, zikrdan yiroq so’z-behuda. Hazrati Ali (r.a.) deydilar: "œnazarda ibtar, tilida zikr, sukutda tafakkur bo’lgan, xatosiga yig’lagan, boshqalarga ozor bermagan kishiga oily maqomlar bo’lsin".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:22:52
Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) so'rashdi:
- Sharq bilan g'arb oralig'idagi masofa qancha?
- Quyosh uchun bir kunlik yo'l.
- Yer bilan osmon oralig'I qancha?
- Mustajob bo'lgan duoga teng
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:23:04
Hadislarda bayon qilinishicha, yomon olimlar quyidagilardir:
1. Bor ilmlariga amal qilmaydiganlar;
2. Ilmlarini suiiste'mol qiluvchilar va dunyoviy maqsadlarga vosita etuvchilar;
3. Olimlar oldida maqtanish, ahmoqlar bilan munozara qilish, majlislarda rais bo'lib o'tirish va xalqlarning yuzini o'zilari tomonga burish uchun ilm tahsil etuvchilar;
4. Alloh taoloning roziligini qasd etmagan holda ilm o'rganuvchilar;
5. Riyokor va munofiqlar;
6. Boshqalarga hasad qiluvchilar;
7. musulmonlarning imon va aqidalariga xo'jayinlik qiluvchilar;
8. hojat va mustahiq kishilar bor bo'lib turgan vaqtda ilmlarini yashiruvchilar;
9. tahqir etuvchilar, ya'ni, o'zlaridan ilmi xom kishilarni xor qiluvchilar.
10. bor ilmlarini zoe' qiluvchilar;
11. Ilmlari sababli o'z o'zlariga husni zon (oqibatni go'zal deb o'ylash) bog'lovchilar;
12. Kishilarga amri ma'ruf va nahyi munkar qilib, shu buyurgan narsalarni o'zlari qilmaydiganlar va tiygan narsalaridan o'zlari tiyilmaydiganlar;
13. Din nomi bilan dinga gumonlar va xurofotlar kirituvchilar;
14. Darvishlar va zohidlar kiyimlari ichida zohiriy ibodat bilan mashg'ul bo'lganlari holda sun zon, g'iybat va naminat (chaqimchilik) kabi axloqsizliklarni o'zlariga odat qiluvchilar.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:23:14
Oxiratdagi mudhish ahvolni o'ylab, oqibatidan andish etayotgan talaba ustozi oldiga keldi.
Ustod! Juda qo'rqyapman", deya balki o'ziga bir tasalli istadi. Hazrati ustodning haqiqiy tasallisi esa, bu shaklda bo'ldi:
Yoq, qardoshim, qo'rqmagin, balki dir-dir titragin+ Chunki, agar aksi bo'lib qolsa-a-a+"

O'yla, angla va yig'la" kitobidan
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:23:23
O'n jafo.

Sufyoni Savriy aytadi: O'nta ish borki, ular jafodir:
1. kishi yoki ayol o'zi uchun duo qilsa-yu, ota-onasi va mo'minlar haqqiga duo qilmasa;
2. Qur'on o'qishni bilsa-yu, har kuni undan yuz oyat o'qimasa;
3. qabristondan o'tib, u yerdagilarga salom bermasa va duo qilmasa;
4. masjidga kirib, namoz o'qimasdan chiqib ketsa;
5. juma kuni shaharga tushib, juma namozini o'qimasa;
6. mahallaga bir olim kelsa-yu, uning ilmidan o'rganish uchun borilmasa;
7. ikki kishi yo'ldosh bo'lisha-yu, bir-birining ismini so'ramasa;
8. yigit ilm va odob o'rganmasdan, yoshligini bekor o'tkizsa;
9. ziyoratga chaqirilganda borilmasa;
10. o'zi to'q bo'lib, qo'shnisi och bo'lsa, taomidan hech narsa bermasa."
Dilmurod Qo'shoqov tarjimasi
Musulmonlar taqvim kitobidan 2000
Mazhabboshimiz Imomi A'zam hazratlariga bir kishi savol berdi. Imomi A'zam, bilmadim, dedilar. Savol bergan kishi nimagadur o'pkalandi:
- Olimman deb bir qarich ko'rpacha ustiga o'tirib olib, kelganlarga dars berar emishlar so'raganimga esa javob bermaydi. Xayf-e+-dedi.
Imomi A'zam hazratlari bu haqoratdan hech ham jahllari chiqmadi, shunday javob qildilar:
- Mening ostimdagi ko'rpacha bilganlarimga ko'ra solingan. Agar bilmaydiganlarimga ko'ra ko'rpacha solinganida ular osmonga yetadigan darajada bo'lur edi.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:23:32
Ato ibn Raboh aytadilar: Ibn Umayr bilan Oyishaning (r.a.) huzuriga kirdik. U Oyishaga Rasulullohdan (s.a.v.) ko'rganingiz ajoyib bir narsa gapirib bering", dedi. Shunda Oyisha yig'lab yubordilar va aytdilar: U zot bir kechai turib: Ey Oyisha, meni holi qo'y, Rabbimga ibodat qilaman", dedilar. Men: Allohga qasamki, sizning yoningizda bo'lishni yaxshi ko'raman, shuningdek, sizni quvontiradigan narsani ham yaxshi ko'raman", dedim. U zot (s.a.v.) turib tahorat oldilar, keyin namozga qoim bo'ldilar. Shunda tinimsiz yig'layverdilar, ko'kraklari ho'l bo'lib ketdi, yana yig'layverdilar, yer ho'l bo'lib ketdi. Keyin Bilol azo aytgani keldi. U zotning (s.a.v.) yig'layotganlarini ko'rib: Siz yig'layabsiz, holbuki, Alloh avvalgi va oxirgi gunohlaringizni kechirgan-ku?" dedi. U zot (s.a.v.): Shukr qiluvchi banda bo'lmayinmi? Bu kecha menga shunday oyatlar indirildiki, ulardagi narsani tafakkur qilmagan odamga vayl bo'lsin" dedilar va Osmonlar va yerning yaralishida+" oyatini oxirigacha o'qidilar".
Ibn Hibbon rivoyati
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:24:34
Quyoshning issiqligidan qiynalgan kishi soyani yahshi ko'rgani kabi, soyaning sababchisi bo'lgan daraxtlarni ham yahshi ko'radi. Insonning Allohga muhabbatiga kelsak; Borliqdagi barcha narsaning Alloh taolo qudratiga bog'liqligi soyaning daraxtga, nur-yorug'likning quyoshga bog'liqligiga o'hshaydi.
Imom G'azzoliy

Allohning shunday bandalari borki, ularni jannatlar va ulardagi ne'matlar Allohning muhabbatidan to'smaydi. Endi qanday qilib, dunyo ularni Allohning muhabbatidan to'sa olsin?!
Abu Sulaymon Doroniy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:25:38
Odamlar kambag'allikni yomon ko'radilar, men yahshi ko'raman. Odamlar o'limni yomon ko'radilar men yahshi ko'raman. Faqirlikni Rabbimga tavoze'li va o'limni Rabbimga muhtoj bo'lganim uchun yahshi ko'raman".
Abu ad-Dardo

Agar sen balolar yo'liga tushib qolsang, ko'zing quvonsin, chunki bu yo'ldan Payg'ambarlar va solihlar yurishgan. Agar sen rohatlar yo'liga tushib qolsang, nafsingga yig'lagin,chunki ularning yo'lidan adashtirilibsan".
Vahb ibn Munabbah
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:26:02
Hudojo'ylikni eng yahshisi, ibodatlarni yashirincha bajarishlikdir.
Ali ibn Abu Tolib r.a.

E'tiqodingizga ko'ra yashamayotgan ekansiz, yashayotganingiz kabi e'tiqoddasiz.
Umar ibn Hattob r.a
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:26:35
Ey, do'st, ulug'larni hurmat qil, foydasiz har narsaga aralashishdan va tortishuvdan saqlan.
Ahmad Yugnakiy

Niyatlarga ko'ra qancha-qancha kichik ishlar ulug' bo'ladi, yana niyatlarga ko'ra qancha - qancha katta ishlar arzimasga aylanadi. Abdulloh ibn Muborak
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:27:14
Har kim uch narsani sevsa shayton uni yo'ldan ozdirishi oson bo'ladi: yahshi kiymoq, yahshi yemoq va ayollar bilan o'ltirmoq".
Uvays Qaroniy

Ko'zni ayollarga tikishdan va ularni tomosha qilishdan tiymoq kerak. Aqlning so'nishiga, hayo pardasini yirtilishiga va eng muhimi ibodatning "mazasi" yo'qolishiga asosiy sabab shudir.
Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:27:57
So'zlagan vaqtimda og'zimdan yomon so'zlar ham chiqib ketishi mumkin. Dushmanim esa og'zimdan chiqqan yomon so'zlarnigina terib oladi. Chunki dushmanning nazari yomondan bo'lakka tushmaydi."
Sa'diy Sheroziy

"Namozingni hayot bilan vidolashayotgandek o'qi. Yana bir bor olishingni o'ylama.Shuni bilkil-ki, mo'min kishi biri bajarilgan va biri bajarilmagan yashilik orasida o'ladi".
Maoz ibn Jabal
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:28:44
Hushu'siz o'qilgan namozda, bekorchi so'zlardan tiyilmay tutilgan ro'zada, tafakkursiz o'qilgan qiroatda, parhezsiz ilmda, ehson qilinmagan molda, bir-birini himoya qilinmagan birodarchilikda, doimiy bo'lgan ne'matda, ihlossiz qilingan duoda hech qanday yahshilik hayr yo'qdir
Ali ibn Abu Tolib r.a.

Poklik kambag'allikni, shukr ne'matni,sabr baloni, halimlik ilmni, o'zini past tutish shogirdni, ko'p yig'lash Allohdan qo'rqishni, minnat qilmaslik ehsonni, hushu' namozni ziynatidir.
Abu Bakr Siddiq r.a.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:29:24
1.Osmondan og'irroq - pok kishiga bo'hton qilmoq.
2.Yerdan kengroq - haqiqat.
3.Dengizdan boyroq - qanoatli kishining qalbi.
4.Toshdan qattiqroq - munofiqning qalbi.
5.Olovdan issiq - zolim podshoh.
6.Muzdan sovuq - pastkashga muhtoj bo'lmoq.
7.Zahardan achchiqroq- sabrdir.
Ali ibn Abu Tolib r.a.

O'limni haqligini bila turib kulgan odamga, dunyoni o'tkinchiligini bila turib unga rag;bat qilgan odamga, hammasi qadarga bog'liqligini bila turib o'tgan ishga g'am chekkan kishiga, ohiratda hisob-kitob muqarrarligini bila turib mol to'plagan kishiga, do'zahni bila turib gunoh qilgan kishiga, Allohni haqligini bila turib boshqa kishilarni nomini zikr qilgan kishiga, jannatni bila turib dunyodan rohatlangan kishiga va shaytonni dushmanligini bila turib unga itoat qilgan kishiga ajablanaman va achinaman.
Usmon ibn Affon r.a.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:29:50
1. Allohga ibodat qiling - hojatingizga yarasha.
2. Dunyodan oling - umringizga yarasha.
3.Dunyoda tayorlaning - qabrda turishingizga yarasha.
4.Jannat uchun amal qiling - kutgan maqomingizga yarasha.
5. Gunoh qiling - Allohning azobiga toqatingiz yetguncha.

Shaqiq Balhiy.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:30:03
Mubashshir:

Shoshqoloqlik - shaytondandir, lekin besh narsada shoshilish sunnatdir.
1. Mehmonga taom berishda.
2.Qiz voyaga yetganida uzatishda.
3. O'likni ko'mishda.
4. Qarzni to'lashda.
5. Gunoh qilganda tavba qilishda.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:31:06
Dunyoni yahshi ko'rishlik zulmat - uni chirog'i taqvo, gunoh zulmat- uni chirog'i tavba, qabr zulmat - uni chirog'i "Kalimayi shahodat", ohirat zulmat - uni chirog'i solih amal, sirot zulmat - uni chirog'i IYMONdir".
Abu Bakr Siddiq r.a.

Amallarning eng og'iri to'rttadir: g'azab kelganida yutib yubormoq, qiynalgan vaqtda sadaqa qilmoq, holi qolganda ham pok bo'lmoq va o'zi qo'rqadigan yoki biror narsa tama' qiladigan kishisiga haq so'zni aytmoq".
Ali ibn Abu Tolib r.a.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:31:14
Odam bolasi o'lganidan keyin to'rt talashuvchilarga duch keladi: o'lim farishtalari uni ruhini talashadilar, merosho'rlar molini talashadilar, qurt - qumursqalar jismini talashadilar va Qiyomatda husumatchilari uning amalini talashadilar".
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:31:47
Boylar Alloh bergan narsalarga bahillik qilmasalar, ulamolar bilgan ilmlariga amal qilsalar, ilmsiz kishilar bilmagan narsalarini so'rashda mutakabbir bo'lmasalar, faqir kishilar ohiratlarini dunyolariga sotib yubormasalr din va dunyo qoimlikda bo'lardi".
Ali ibn Abu Tolib r.a.

Haromga parvo qilmasdan qorin to'ydirish, zolimlar ila suhbatda bo'lish, o'tgan gunohlarni unutish va uzun orzu qilish qalbni zulmat qoplaganidan dalolatdir".
Abdulloh ibn Mas'ud r.a.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:31:56
Ibodat shundayin bir kasb-ki, uning qilinajak joyi - hilvat, uning dastmoyasi - taqvo, foydasi - jannatdir".

Alloh taolo faqatgina uch narsani o'zini yahshi ko'rgan bandalriga beradi:" Faqirlikni, kasallikni va sabrni".
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:32:39
Kibru- havo - gunohlar dengizi, nafs - shahvatlar dengizi, o'lim - umrlar dengizi, qabr - nadomatlar dengizidir ."
Umar ibn Hattob r.a.

Kibrlikni tavoze' ila, ochko'zlikni qanoat ila, hasadni nasihat ila, ushlay olsang haqiqiy mo'min bo'lasan".
Molik ibn Dinor.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:33:24
Insonning ruhi Alloh uchun, uning qilgan amallari nafsi uchun, jismi qurtlar uchundir".
Luqmoni Hakim

Qabr naqadar dahshatli, ammo men bilan birga hamroh yo'q, ohirat yo'li uzun, lekin menda tayyorgarlik yo'q, Alloh qozi bo'ladigan kunda Uning huzurida menga hujjat yo'q.
Ibrohim Adham
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:33:33
Luqmoni hakim yolda borayotsalar bir uydan nola eshitilibdi .Kirsalar ,xasta odam og'riqlariga chidaolmay dod der emish.Tabiblar kelib,uni bugun erta o'ladi, deyshibdi ekan.Luqmoni hakim xastaning bilak tomirini ushlab ko'rib debdilarki;
Dardingizga davo bor .Ilon zaxri shifo bergay..
Xasta dedbdiki;-Ilon zaxrini men qaydan topay?Bir bedavo bo'lsam ;-YO meni shu ahvolda tashlab ketaverasizmi?Olloh mening zorimni eshitib,Luqmoni xakimga ro'baro qilganida edi,u zot meni tashlab ketmas edi ...
Luqmoni hakim bu nolani tinglab aytibdilarki;-Zinhor tashlamasman ,Hullas xazrat Luqmoni hakim ilonzorga borib bir yoshroq ilonnig bo'g'zida bo'gib tutibdilar.Shunda ilon tilga kiribdi va debdiki'"Ey inson farzandi,sen nechun meni bo'g'ayotirsan? Ollohning menga bergan jabri etmasmidi?"
"Olloh senga qanday jabrlar qildi ?" debdilar Luqmoni xakim ..
Meni ko'rimsiz qilib yaratdi,odamlar ko'rsalar mendan qochadilar.Meni ertuban qilib qo'ydi,sudralib yurishga mahkum etdi.Endi sen meni bo'g'ib jonimni olasanmi?
Luqmoni hakim debdilar;"Shunday qilmasam,bir odam xayotdan ko'z yumar"
Ilon debdi."Ajab! u odamni saqlab qolmoq uchun meni o'ldirasanmi?Axir u xam Ollohning bir mahluqi, men ham .Bir jonni saqlab qomoq uchun ikkinchisini mahf etmoq shartmi? Ey inson bolasi sen ayt; Men birovni chaqsam ,mening zaxrimni daf eta olasanmi?"
Luqmoni hakim aytibdi ;"Xa daf eta olaman"
Ilon debdi;"Unda mening zaxrim kuchli emas ekan .Dunyoda shunday zaxar borki ,sen uni zinxor daf eta olmassan " """Qanday zaxar? Qora qurtnikimi?" debdi Luqmoni hakim.E yo'q -debdi ilon,-Dunyoda eng kuchli zaxar odamning zaxri.Bunga aslo davo yoqdur .Odam odamni chaqsa ,albatta o'lim xaqdir~! Olloh biz ilonlarni tuban qilib yaratdi ammo ,biz bir-birimizni chaqmaymiz .Siz odam bolalarini yuqori qilib yaratdi,siz bir-biringizni chaqib o'ldirasiz,Sen jonini saqlab qolmoqchi bo'layotgan xastaga mening zaxrim davo emas,yanglishma.Uni o'z do'sti chaqqan.Uning zaxriga davo topaolmassan .Bunga hatto Luqmoni hakim ham davo topmagay .Qoy ,u o'laversin,azoblaridan qutula qolsin....

Tohir malik ;"shaytanat"
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:51:54
Kim o’limni ko’p eslasa, uch narsa bilan mukarram bo’ladi: tez tavba qilish bilan, rizqiga qanoat qilish bilan, ibodatga g’ayrat qilish bilan. Kim o’limni sedan chiqarsa, uch ishda orqada qolib ketadi: tavbani keyinga suradi, kifoyaga rozi bo’lmaydi, ibodatda yalqovlik qiladi.
Hamid Lofof

Yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish Alloh taoloning jamoli va dinning azizligi ko’zlangan holda qilinadi. Nafsning hamiyati uchun emas. Kim bu ishni Allohning jamoli va dinning e’zozini o’ylab qilsa, Alloh unga nusrat beradi va maqsadiga yetkazadi. Kim nafsining hamiyati uchun qilsa, Alloh uni hor etadi.
Abu Lays Samarqandiy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 26 Iyun 2006, 11:53:39
Muttaqiylarning alomatlari beshtadir:
1.Dindorlar bilan birga bo'lish.
2.Farjiga va tiliga g'olib bo'lish.
3.Dunyodan katta narsa yetsa uni zarar va dinidan kichik narsa yetsa uni g'animat deb bilish.   
4.Harom aralashishidan qo'rqib, halol bo'lsa ham qorinni to'yg'azib yuborish.
5.Barcha odamlarni najot topgan deb, o'zini halok bo'lgan deb bilish.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 26 Iyun 2006, 12:00:33
Kimki to'rt narsani to'rt narsaga qoldirsa jannatga kiradi: uyquni qabrga, fahrlanishni mezonga, rohatlanishni sirotga va shahvatni jannatga qoldirsa.
Hotam ul- Asom.

Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 26 Iyun 2006, 12:04:52
Kunlarning yahshisi - juma, oylarning yahshisi - Ramazon, amallarning yahshisi - vaqtida o'qilgan besh vaqt namoz.
Ibn Abbos r.a.
Hazrati Ali r.a. bunga boshqacha ta'rif berganlar:Kunlarning yahshisi - Allohga mo'min hpolda chiqqan kuning, oylarning yahshisi - Allohga holis tavba qilgan kuning, amallarning yahshisi - Alloh sizdan qabul qilgan amal.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 26 Iyun 2006, 12:08:44
Sufyon Savriydan:" Allohga do'st bo'lish nima?" - deb so'rashdi. U zot:" Har bir chiroyli yuzli, har bir yoqimli, hushovoz va har bir shirin tilli kishiga do'st bo'lmaslikdir",- deb javob berdi.
  Izoh: Bunday sifatli kishilarga do'st bo'lish orqasidan, Allohdan uzoqlashish kelib chiqmasmikin? degan shubha bor.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 26 Iyun 2006, 12:13:00
Sizlardan oldingi qavmlar uch narsa tufayli halokatga yuz tutdi: Ko'p gapirganliklari, ko'p yeganliklari va ko'p uhlaganliklari sababli.
Ibrohim un-Naha'iy.

Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 26 Iyun 2006, 12:16:37
Abu Sulaymon ad - Doroniyning Allohga qilgan munojotlari:"Iloho,meni gunoh qilgan holimda ko'rsang,Seni avfingni so'rayman.Agar bahil holimda ko'rsang, Sening sahiyligingni so'rayman. Rabbim, meni do'zahga kirgizsang ham Seni yahshi ko'rishimni aytaman".
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 26 Iyun 2006, 12:20:09
Dunyoni yahshi ko'rma - bu dunyo mo'minlarning hovlisi emas. Shaytonga do'st bo'lma - u mo'minlarga do'st emas.Biror kishiga aziyat berma - u mo'minlar kasbi emas.
Odamiylarning eng bahtlisi - qalbi ilmga tashna, jismi sabr qiluvchi, qo'lida bir narsaga qanoat qiluvchi kishidir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 26 Iyun 2006, 12:24:02
Dunyo ne'matlaridan - Islom ne'mati, shug'ullanishlikda - toat-ibodat, ibratda - o'lim ibrati sizlarga kifoyadir.
Hazrati Ali r.a.

Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 26 Iyun 2006, 12:26:32
Boylikni tark qilgan kishini Alloh yahshi ko'radi. Gunoh;larni tark qilgan kishini maloikalr yahshi ko'radi.Musulmonlardan tama' qilmagan kishini musulmonlar yahshi ko'radi.
Usmon ibn Affon r.a.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 26 Iyun 2006, 12:29:35
Shahvat - podshohlarni qulga, sabr - qullarni podshohga aylantiradi.
Bunga dalil " Yusuf va Zulayho" qissasidir.
Gunohlarni tark qilgan kishini qalbi yumshaydi, halol yeb, haromdan hazar qilgan kishini fikri toza bo'ladi.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Munira xonim 30 Iyun 2006, 09:29:45
Qozi besh bodring yesa gar pora,
Yuz poliz hukmiga topadi chora.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 04 Iyul 2006, 15:30:49
Alloh taolo sen haqingda qanday hukm chiqarishini bilmay turib kulishing - qilgan gunohingdan ham katta gunohdir. Fursatni qo'ldan boy berib qilolmay qolgan bir gunoh ish uchun hafa bo'lishing - gunohdan ko'ra kattaroqdir.
Abdulloh ibn Abbos.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 04 Iyul 2006, 15:33:40
O'g'ilginam, totimagin bahil nonidan,
Uzoq bo'l bahilning dasturhonidan.

Farididdin Attor.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 04 Iyul 2006, 15:35:34
Haloyiq ikki ish tufayli halokatga yuz tutadi. Birinchisi - mahluqotning hurmatini saqlamasligidan. Ikkinchisi - Alloh taolo bergan ne'matlarni shukronasini qilmaganidan.
Abu Yazid Bastomiy.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 04 Iyul 2006, 15:37:01
Ilmni fursat bo'lganida o'rganish kerak, chunki ilm kerak bo'lganida fursat bo'lmaydi.
Abdulloh ibn Mas'ud.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:46:11
Муҳаббатсиз қалб — тош қалбдир. Тангрим тош қалбларга зинҳор назар солмас. Шунга кўра қалбимиз уйини Аллоҳга бўлган ишқимиз билан тузатмоғимиз жоиз. Инсон вайрона қалбини фақат муҳаббат билангина обод этмоғи мумкин.
Tohir Malik
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:47:03
Шоирлар аёллар ҳақида кўп гапиришади. «Аёл — баҳор», «Аёл — севги» каби гапларни кўп эшитамиз. Лекин нима учундир ҳеч ким «Аёл — ИНСОН» демайди. Нима, аёл — инсон эмасми? Ёки бу таъбир қофияга яхши тушмасмикин?
Tohir Malik
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: mubashshir 11 Iyul 2006, 06:41:40
Abu Bakr Siddiq r.a.ning hikmatli so'zlaridan.

Qaysi kishida quyidagi to'rt hislat bor bo'ls, u Allohning yahshi bandalaidandir.Tavba qiluvchi kishini ko'rganda quvonish, gunohkor uchun istig'for aytish, dindan yuz o'girgan kshi uchun hayrli duo qilsh va muhsin kishidan yordamini ayamaslik.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: mubashshir 11 Iyul 2006, 06:45:49
O'zingni tuzt, shunda odamlar ham sen uchun tuzaladi.
Alloh taolo zohiringda ko'ringan narsa orqali botiningni ko'radi.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: mubashshir 11 Iyul 2006, 06:47:44
Eng afzal ziyraklik taqvodir. Eng katta ahmoqlik gunoh qilishdir. Eng ulug' rostgo'ylik omonatga hiyonat qlmaslik,yolg'onlarning yolg'oni omonatga hiyonat qilishdir.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: mubashshir 11 Iyul 2006, 06:49:47
Agar dunyo ziynatlaridan birortasi sabab bo'lib, bandaning qalbiga kibr kirib qolsa, to banda o'sha ziynatni tark etmaguncha, unga Allohning g'azabi yog'ilib turadi.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: mubashshir 11 Iyul 2006, 06:54:56
Ko'p gapirish ko'p gaplarni unuttiradi. Alloh hidoyat qilmagan har bir kishi zalolatdadir. Allohning himoyasida bo'lmagan kishi balolarga yo'liquvchidir. Allohning yordamidan uzilgan kishi Allohdan uzilgan, o'z holiga tashlab qo'yilgan kishidir. Alloh kimni to'gri yo'lga boshlasa, u hidoyatda,kimni adashtirsa, u zalolatdadir.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: mubashshir 11 Iyul 2006, 06:59:00
Bir kishi kelib Abu Bakr r.a.ni maqtadi. Shunda u zot Yaratganga yuzlanib aytdilarki:"Ey,Rabbim, men o'zimni bulardan ko'ra yhshiroq bilaman. Sean esa meni mendan ko'ra yahshiroq bilsan. Bas, meni ular bilmaydigan gunohlarimni kechir, meni ular o'ylaganidan ham yahshiroq banda ayla, meni ular bilmaydigan gunohlarimni kechir, meni ular aytayotgan narsa sababli jazolama".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: mubashshir 11 Iyul 2006, 07:01:25
Kimda ushbu uchta fe'l jamlanibdi, demak, unga qarshi uning uchta dushmani jamlanibdi: zulm,ahdga bevafolik va makr-hiyla.
Yahshi amallarda menga yordam beringlar. Adashsam menga yordam beringlar
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: mubashshir 11 Iyul 2006, 07:05:01
Ikkita hislatning sen uchun yahshirog'i shu hislatning senga yoqimsizrog'idir.
Tadbirini ayolga topshirgan qavm hor bo'ladi.
Birodariga jonini tikib yordam bergan kishiga Allohning rahmati yog'iladi.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: mubashshir 11 Iyul 2006, 07:07:42
Yahshilik qilish yomonlik tufayli keladigan halokatdan saqlaydi.
Ohiri do'zah bo'lgan yahshilik yahshilik emas. Ohiri jannat bo'lgan yomonlik yomonlik emas.
Iymoni yo'qnng dini yo'q, hisobi yo'qning ajri yo'q, niyati yo'qning amali yo'q.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: mubashshir 11 Iyul 2006, 07:12:51
Koshki barglari yulib-yulib olinib, keyin yeiladigan daraht bo'lsam.
Bir kishi Abu Bakr r.a. dedi:"Men seni shunday so'kman, shu so'kishim sen bilan qabrga kirib ketsin!" Shunda Abu Bakr r.a:" Yo'q so'kishing men bilan emas, o'zing bilan qabrga kiradi",- dedilar.
Ey insonlar kizb-yolg'onchilikdan saqlannglar,chunki yolg'on gapirish iymondan chekinishdir.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Munira xonim 11 Iyul 2006, 20:12:23
Tanballik ham bir o'limdir. Inson bu o'limda borlig'ini yo'qotadi.
Ne'matni sevgan shu ne'matni berganni ham sevadi.
Muhammad Kamol.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Munira xonim 11 Iyul 2006, 20:17:03
Hattoki sher ham o'zini pashshadan himoya qiladi.
Olmon maqoli.
"Bilmayman" deya olish,ilmni muhofaza qilgan bir qalqondir.
La Edri.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Munira xonim 12 Iyul 2006, 09:05:14
Ilm insoniylik tojidir. Insonlar faqat uning bilan ulug'lanadi. Mol-mulk esa johilning g'ururlangan narsasidir. Bumol-mulk sarf bo'lishi bilan johillar halokatga uchraydi.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Munira xonim 12 Iyul 2006, 09:07:02
Hunarsiz odam doimo qo'rquv ichida yashaydi.
Solih kishi yahshilikdan zavqlanganidek, zolim yomonlikdan zavqlanadi.
Insonlar o'z g'oyalari bilan qadrlidirlar.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Munira xonim 12 Iyul 2006, 09:09:47
Orifga muhtojlik doktorga muhtojlikka o'hshaydi. Doktorlar moddiy hastalikni, oriflar esa ma'naviy hastalikni muolaja etadilar.
Pulning qo'lga kiritilishi savdogarni sevintirgani kai, obidning ibodati ham uni sevintiradi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 12 Iyul 2006, 16:15:22
Bir millatda ishonchli kishilar kamaysa,dinini sotib dunyo yig'uvchilar ko'paysa, u millat orasida fitna bolalaydi.
Abdulloh ibn Mas'ud.
Harom yeydigan odamni tana a'zolari hohlasa-hohlamasa gunohga boraveradi, halol yeydigan odamniki esa toatga.
Abdulloh ibn Tustariy.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 13 Iyul 2006, 07:29:48
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Munira xonim 13 Iyul 2006, 07:40:48
Sen jannatga ketsang-u, azob farishtalari bolalaringni jahannamga uloqtirsa, yuraging bardosh beradimi? Shuni o'lmasingdan oldin bir o'ylab ko'r.
Abdulloh ibn Muborakdan so'ralgan uchta savolga bergan javoblari:
1.Komil insonlar kimlar? - Olimlar.
2.Podshohlar kim? - Zohidlar.
3.Pastkashlar kim? - Din nomidan dunyo yediganlar.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Munira xonim 13 Iyul 2006, 07:43:54
Fath Musaliy so'radilar:"Kasalga uch kun obu taom berilmasa o'ladimi?"
Atrofdagilar:" Ha, o'ladi",- deyishdi.
Ul zot aytdilar:"Qalbga ham uch kun ilm berilmasa o'ladi".
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Munira xonim 13 Iyul 2006, 07:46:03
Hakimlardan biri aytadi:"Men ikki kishiga achinganimdek, hech kimga achinmaganman. Biri ilmni tushumasdan turib, uni o'rgangan kishiga,ikkinchisi, ilmni muhimligini bila turib uni o'rganmagan kishiga".
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 13 Iyul 2006, 07:52:37
Abu Bakr Siddiq r.a. Alloh taoloning:"Quruqlik va suvda fasod sodir bo'ldi." lafzini shunday izohlaganlar:"Bu oyatdagi quruqlik til, suv esa dildir".
Va bunga quyidagicha izoh bergan ekanlar:
1.Agar til fasod bo'lsa, uning zarariga nafslar yig'laydi.
2.Agar dil fasod bo'lsa, unga maloikalar yig'laydi.
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Munira xonim 13 Iyul 2006, 20:11:24
Duo...
Duo - inson ojizligini, olamlar Sohibining so'ngsiz qudratini idrok va e'tirof etmoqdir.
Duo - bizga o'zimizdan yaqin bo'lgan, bizni o'zimizdan yahshi bilganga taslim bo'lmoqlikdir.
Duo - ichimizdagi sirli dunyoni, tashqaridagi koinotni doim ko'rib, bilib turuvchi yuksak Yaratuvchining huzurida bo'lmoqdir.
Duo - yurakdan to'lib toshgan iltijo, adab bilan egilgan bosh va ko'zdan tomgan tomchi yoshdir.
Duo - so'ngsiz qudrat va marhamat Sohibining eshigida hayajon va umid bilan kutmoq.
Duo - qurigan lablarning rahmat va lutf buloqlaridan suv ichishga bo'lgan ishtiyoqidir.
Duo - e'tirozsiz, sanoqsiz berilgan ne'matlarning shukronasidir.
Duo - do'stning do'st bilan, sevganning sevilgan bilan muhabbatidir.
Duo - dunyo g'urbatidan haqiqiy diyorga yo'nalmoq.
Duo - musulmon bo'lmoq, mo'min bo'lmoq, erkin bo'lmoq, qul bo'lmoqdir...
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 13 Iyul 2006, 20:19:59
Muhtojga bir tanga qarz berish, ming tanga sadaqa qilishdan afzaldir.
Abdulloh ibn Muborak.
Sadaqa berib rizqingizni ko'paytiring, zakot berib, mol-mulkingizni asrang.
Ja'fari Sodiq.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2006, 01:47:54
Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va hilmni ham olinglar. Sizga ta'lim bergan kishiga tavoze'li bo'linglar. Sizdan ta'lim olayotgan kishilar ham tavoze'li bo'lishsin. jabr qiluvchi olimlardan bo'lmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoim bo'lmasin.
Ali ibn Abu Tolib

*********************

Ilmning hammasi dunyodir. Oxirat esa unga amal qilishdir. Ixlos bilan qilinganidan boshqa hamma amal behudadir.
Sahl ibn Abdulloh Tustariy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2006, 01:48:19
Kishining olim bo'lishiga Alloh taolodan qo'rqmog'i, ilmsiz qolishiga esa amaliga mag'rurlanmog'i kifoya qiladi.
Masruq

*********************

Yoki ilmli bo'l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo'l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo'l, ammo t'rtinchisi bo'lma, chunki kasodga uchrab halok bo'lasan.
Abulqosim az-Zamahshariy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2006, 01:48:49
Bilagi zo'r birni yiqar, bilimi zo'r - mingni.
Amir Temur

*********************

Istamay mutolaa qilayotgan talaba - qanotsiz qush.
Sa'diy Sheroziy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2006, 01:49:17
Johillikdan besaodatroq nima bor?
Alisher Navoiy

*********************

Haq taolo har zamonda olimlarni o'shal zamona xalqining amallariga munosib so'zlar bilan gapirtirib qo'yadi.
Abu Turob Nahshabiy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2006, 01:52:24
Bilimim shu joyga yetib keldikim, bilimsizligimni endi tushundim.
Abu Shukur Balxiy

*********************

Gunoh qilish ilmning barakasini yo'qotadi, uni unutishga olib keladi.
Abdulloh ibn Mas'ud
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2006, 01:52:36
Keksa kishi bo'lsa nodonu johil
Aqlli go'dakni undan afzal bil.
Nosir Xisrav

*********************

O'zini gunoh va badxulqlikdan saqlay olmagan kishiga ilm foyda bermaydi.
Imom Shofeiy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2006, 01:52:54
Olimning ado etilishi lozim bo'lgan haqlari bor. Unga sabermaslik, javobiga e'tiroz qilmaslik, erinib turganda javob berishga zo'rlamaslik, o'rnidan turishga qo'ymay, etagiga osilib olmaslik, sirlarini oshkor qilmaslik, huzurida biror kishini g'iybat qilmaslik, undan xato qidirmaslik, bordi-yu xato qilsa uzrini qabul qilish, modomiki Allohning amriga itoat etarkan, unga ham Alloh uchun hurmat ko'rsatish, oldia o'tirib olmaslik, biror ehtiyoji bo'lsa, uni ravo qilish uchun hammadan oldin shoshilish olimning haqlaridandir.
Ali ibn Abu Tolib
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Sumayya 14 Avgust 2006, 05:30:15
 Kim Rabbini tanisa, uni sevadi. Kim dunyo haqiqatini anglasa, unda zohid
bo'ladi. (Hasan Basriy)

Kim Alloh taoloning xolis muhabbatini tatib ko'rsa, dunyo bilan ishi bo'lmay
qoladi va insonlardan ajraladi. (Abu Bakr Siddiq)

Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Sumayya 14 Avgust 2006, 05:31:26
Kim farog'atni ezgulik va yaxshilik bilan to'ldirgan bo'lsa , naqadar
rohat va kim uni yomonlik va buzg'unchilik bilan to'ldirgan bo'lsa, naqadar
nadomatdir.
 *Kimning kulgusi ko'paysa, haybati kamayadi. Kim ko'p hazllashsa,
yengiltabiat ko'rinadi. Kimning hayosi kamaysa, taqvosi kamayadi, taqvosi
kamaysa qalbi, o'ladi.
(Hazrati Umar)


*Mo'minning tanasida tilchalik sevimli et yo'q, Alloh shu tufayli uni Jannatga
kiritadi. Kofirning vujudida ham Allohga tilchalik yoqimsiz bo'lgan et yo'qki,
Alloh taolo uni tili tufayli uni jahannamga uloqtiradi.
(Abu Dardo)


 *Payg'ambarlaring kitobida o'qidim. KIm g'iybatdan tavba qilib o'lsa, u
Jannatga kiruvchilarning oxiri bo'ladi. Kim g'iybatni davom ettirib o'lsa,
do'zoxga kiruvchilarning birinchisi bo'ladi. (Ka'bul Ahbor)

 
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Sumayya 14 Avgust 2006, 05:32:10
 *Kim vaqtini toat-ibodat bilan o'tkazsa, uning natijasi Allohdan unga
keladigan ne'matni ko'rishdir.
 *KIm nafsini haq ishlar bilan mashg'ul etmasa, u foydasiz ishlar bilan
band bo'lib qoladi.
 *Keraksiz narsalar bilan shug'ullangan kishidan kerakli narsalari ketadi.
 *Kim vaqtini ma'siyat bilan o'tkazgan bo'lsa, uning yo'li tavba va istig'fodir.
 * Kimning vaqti balo-musibat bilan o'tgan bo'lsa, uning yo'li o'sha
musibatga sabr qilib rozi bo'lishdir.
 *Kimning buguni kechagi kuni kabi bo'lsa, u aldangandir.
 *Kimning buguni kechasidan yomon bo'lsa, u la'natlangandir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Sumayya 14 Avgust 2006, 05:32:51
 -Yesli odin chelovek.. V SREDI chelovekov vsem govarit ploxo pro svoego druga
to togda znayti shto vnutri ego est zmei i skorpioni.
(Abu Hamid Gazaliy)
Nom: Iymon - so'z, amal va niyatdir
Yuborildi: Umarbek 15 Avgust 2006, 00:54:46
 Shofe'i Mazhabi:

 "IYMON - so'z, amal va niyatdir".
Nom: Re: Iymon - so'z, amal va niyatdir
Yuborildi: Umarbek 15 Avgust 2006, 00:55:30

 Umar ibn Hattob:

"Sizlar e'tiqod qilganingizdek yashamas ekansiz, bilingki, sizlar yashayotganingizdek e'tiqoddasiz".
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Sumayya 15 Avgust 2006, 01:05:44
O'zgaga jahannam <<gullari>> nasib bo'lishini istayotgan odam buning o'rniga
       o'zi uchun jannat rohatini tilagani afzal emasmikan?
O'zganing o'tida kuymog'i uning duosi bilan bo'lmaganidek,
        o'zining jannat bog'larida sayr qilishi
   yaxshi niyat va amallari bilan ekanligini bilishi ham bir baxtdir
                                                         Tohir malik!
Nom: Re: Iymon - so'z, amal va niyatdir
Yuborildi: Umarbek 15 Avgust 2006, 01:05:54
Abdulloh ibn Ma'sud:

"Mo'min kalomini kamaytirib, amalini ko'paytiradi, munofiq amalini kamaytirib kalomini ko'paytiradi".
Nom: Re: Iymon - so'z, amal va niyatdir
Yuborildi: Umarbek 15 Avgust 2006, 01:09:23
Muhammad Mustafo (s.a.v)

"Ikki kimsaga mening shafoatim etmaydi, biri adolatsiz rahbar, ikkinchisi dinga g'uluv ketib va undan chiqqan kimsaga".
Nom: Re: Iymon - so'z, amal va niyatdir
Yuborildi: Umarbek 15 Avgust 2006, 01:11:18
Umar ibn Hattob:

"Namozni zoe qilgan kimsaga islomda o'lim yoqdir".
Nom: Re: Iymon - so'z, amal va niyatdir
Yuborildi: Umarbek 15 Avgust 2006, 01:14:15
Ibrohim Nahayi:

"Sizlardan oldingi qavm uch sabab tufayli, ko'p gapirgani, ko'p egani va ko'p uhlagani uchun inqirozga yuz tutdi".
Nom: Re: Iymon - so'z, amal va niyatdir
Yuborildi: Umarbek 15 Avgust 2006, 01:18:08
Fuzayl ibn Iyos:

"Zamonning emirilishidan, do'stlarning bevafoligidan qilayotgan shikoyating gunohlaringning senga qoldirgan me'rosidir".
Nom: Re: Iymon - so'z, amal va niyatdir
Yuborildi: Umarbek 15 Avgust 2006, 01:21:11
Hazrati Ali:

"Falokat kelishidan qo'rqqan yolingni tark et, zero bu ishda falokat sezilganda uni tark etmoq qo'rquv bilan olg'a surmoqdan hayrlidir".
Nom: Re: Iymon - so'z, amal va niyatdir
Yuborildi: Umarbek 15 Avgust 2006, 01:25:44
Hoja Yusuf Hamadoniy:

"Nafsoniy va shaytoniy sevgi bilan Rahmoniy sevgi o'rtasidagi farq shuki, mahluqot sevgisidan o'zidan ketish va devonalik yuzaga keladi, Alloh sevgisidan esa ko'ngilda farosat, hikmat va ma'rifat hosil bo'ladi".
Nom: Re: Iymon - so'z, amal va niyatdir
Yuborildi: Umarbek 15 Avgust 2006, 03:21:46
Muslim Obid:

"Agarda jamoat namoziga amr bo'lmaganda edi, men o'la o'lguncha eshik hatlab tashqariga chiqmagan bo'lar edim".
Nom: Re: Iymon - so'z, amal va niyatdir
Yuborildi: Umarbek 15 Avgust 2006, 03:24:56
Fuzayl ibn Iyos:

"Odamlar sababli bir ishni tark etish riyo, odamlar sababli bir ishni qilish shirkdir, Alloh seni shu ikkisidan asrash ihlosdir".
Nom: Re: Iymon - so'z, amal va niyatdir
Yuborildi: Umarbek 15 Avgust 2006, 03:27:03
Ikrima:

"Alloh bandasini amali uchun bermagan narsasini niyati uchun beradi, chunki niyat daryo bo'lmaydi".
Nom: Re: Iymon - so'z, amal va niyatdir
Yuborildi: Umarbek 15 Avgust 2006, 03:32:19
Ibn Abbos:

"Kim Alloh uchun yahshi ko'rsa, Alloh uchun g'azablansa, Alloh uchun dushman tutsa, Alloh uchun do'stlashsa, Alloh tomonidan bo'lgan vahiylikka etishadi, mana shunday bo'lmaguncha banda hech qachon iymonning haqiqiy mazasini totmaydi, garchi namoz va ro'zalari ko'p bo'lsada".
Nom: Re: Iymon - so'z, amal va niyatdir
Yuborildi: Umarbek 15 Avgust 2006, 03:37:46
Abu Zaib Hudriy:

"Allohni g'azabi keladigan narsada odamlarni rozi qilishing, Alloh bergan rizq tufayli odamlarga hamd aytishing, Alloh bermagan narsa uchun ularni ayblashing iymonning zaifligidandir".
Nom: Re: Iymon - so'z, amal va niyatdir
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 11:11:51
Umar ibn Hattob:

"Namozni zoe qilgan kimsaga islomda o'lim yoqdir".

"Namozini zoe qilgan kimsaga Islomda ulush yo'qdir".
Vallohi a'lam.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 24 Avgust 2006, 21:32:42
Eng johil inson oxiratini birovning dunyosi uchun sotganidir.
Hazrati Umar raziyallohu anhu

***

Iymon-ko’rolmaganlarimizga ishonmoq, bu iymonning mukofati esa, ishonganimizni ko’rishligimizdir.
Avgustin

***

Yorug’likning qadri qorong’ulikda, yaxshilikning qadri yomonlar orasida bilinadi.

Inson vaqti kelsa, amaldor xo’jayini yeti urug’ining ismini yoddan biladi. Hatto kuchugining laqabi nima ekanini ham esida tutadi! Ammo o’z bobosining ismini nimaligini xotiralay olmaydi"¦
Alisher Isomiddin
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 24 Avgust 2006, 21:34:07
Olam bir dunyodir, uning qirg’og’I oxirat. Ul daryoning kemasi taqvo bo’lib, odamzotning hammasi shu dunyodan o’tguvchi musofirlardir.
Shayx Abu Ishoq Zuhuriy

***

Islom dunyo va oxiratni ham, shaxs va jamiyatni ham, moddiy va ma’naviyatni ham barobar olib boradi.

***

Qilgan ishlaringiz yo savob yo gunoh yo foydangizga yo zararingizga"¦ shuning uchun fiqh qonunlarida aytiladiki: "œInson foydasiga va zarariga bo’lgan narsalarni bilishi lozim". Fiqh ana shu"¦
Mahmud As’ad Jo’shon
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 24 Avgust 2006, 21:36:03
Kitob — mashg’ullik payitingda o’zi so’z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko’rinishing shart emas. Kitob — senga laganbardorlik qilmaydigan o’rtoq, seni aldamaydigan do’st, malol kelmaydigan yo’ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo’ydir.
Ahmad ibn Ismoil

***

O’qi, ilm ol, sotsang pulin, sotmasang qulindir.
Maqol

***

Sukut insonning eng harir libosidir
Hazrati umar (r.a.)

Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 24 Avgust 2006, 21:37:24
Shubhali bir dirhamni tark etishim yuz ming dirham sadaqa qilishimdan ko’ra afzalroq.
Abdulloh ibn Muborak

***

 Johil dovulga o’xshaydi, ovozi juda kuchli, ammo ichi bo’shdir.
Sa’diy Sheroziy

***

Ulug’larimizdan biridan so’radilar: "œOdam bolasining qancha aybi bor ekan?" Ul zot javob berdi: "œSanab sanog’iga yetib bo’lmaydi. Biroq insonda bir hislat borki, u kishining hamma ayblarini berkitib turadi. U — tilni tiyishdir".
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 24 Avgust 2006, 21:38:27
Beriladigan har narsani ajal bilan yuzlashmasindan berib qolishing lozim.
Jaloliddin Rumiy

***

Kelish va ketish — hayot va hurriyat. To’xtab qolish esa o’limdir.
Qobus

***

Johil uchun eng yaxshi narsa jim turmoqlikdir. Agar buni bilganida balki johil bo’lmasdi.
Sa’diy Sheroziy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Mahdiyah 24 Avgust 2006, 21:39:57
Dunyo — mo’minlarning bozori: kecha va kunduz — sarmoyalari, go’zal amallar — tijorat mollari, jannat — foydalari, jahannam esa zararlaridir.
Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu
Xorlikka chidab ilm oldim. Pirovardida ulug’likka erishdim.
Ibn Abbos raziyallohu anhu

***

Juda ko’p insonlarni ko’rdimki, hech biri bu dunyodan rozi emas va ayni choqda hech biri bu dunyodan ketishni ham istamas.
Namiq Kamol
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Umarbek 24 Avgust 2006, 21:49:14
Assalomu alaykum Nozahon.,
juda ham bebaho firklar, Alloh rozi bulsin sizdan va ikki
dunyo saodatiga erishing.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Sumayya 25 Avgust 2006, 01:02:51
Assalomu alaykum Nozahon.,
juda ham bebaho firklar, Alloh rozi bulsin sizdan va ikki
dunyo saodatiga erishing.

 Amin! etganlariz kelsin!
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 26 Avgust 2006, 23:10:45
Assalamu alaykum Noza!
Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 30 Avgust 2006, 07:04:31
Ikki kishi besamar ish qilgan va benaf tashvish chekkan: biri - boylik to‘plab, foydalana bilmagan va ikkinchisi - ilm o‘rganib, unga amal qilmagan.
Sa’diy Sheroziy

Bugun sizlar havoyi nafslar ilmga tobe’ zamonda yashayapsiz. Hali shunday zamonlar keladiki, unda ilm havoyi nafslarga tobe’ bo‘ladi.
Abdulloh ibn Mas’ud
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 30 Avgust 2006, 07:05:12
Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,
Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
Alisher Navoiy

Qancha kuchanmasin soxta bilimdon,
U yuksala olmas ko‘kka hech qachon.
Mirza Shafiy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 30 Avgust 2006, 07:05:32
Ilmiga amal qilmagan olim johillar qatoriga kiradi.
Ali ibn Abu Tolib

Kitobi yo‘q olim - mevasiz daraxt.
Sa’diy Sheroziy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 30 Avgust 2006, 07:05:58
Bilmaganin so‘rab o‘rgangan - olim va orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.
Alisher Navoiy

Hamma ibodatlarning eng fazilatlisi ilm bilan qo‘shilib kelganidir.
Abu Ishoq Zuhurhuriy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 30 Avgust 2006, 07:06:28
Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo‘lsa, holati o‘zgaradi, holati o‘zgarsa, a’zolarning amali o‘zgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobe’dir.
Abu Homid al-G’azzoliy

Ilm o‘rganib, unga amal qilmagan kishi xuddi yashirin holda zinoga borib, homilador bo‘lgan va keyin siri ochilib qolgan ayolga o‘xshaydi. Alloh taolo ilmiga amal qilmagan kishining sirini ham Qiyomat kunida xuddi xotin kabi guvohlar huzurida ochib tashlaydi.
Iso ibn Maryam
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 30 Avgust 2006, 07:06:55
Ilm ko‘p rivoyat qilish bilan emas, ko‘p taqvo qilish bilan bo‘ladi.
Abdulloh ibn Mas’ud

Sizlar xohlagancha ilm o‘rganaveringlar. Allohga qasamki, amal qilmaguningizcha Alloh sizlarga uning uchun ajr bermaydi. Ahmoqlar himmati rivoyat qilish, ulamolar himmati rioya qilishdir.
Hasan Basriy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 30 Avgust 2006, 07:07:23
Dunyoda olimlarning xushomadgo‘yligi bo‘lmaganida, zolimlar zulmga jur’at qilolmasdilar.
Abdulfattoh Shohin

Ilmiga amal qilmagan olim boshqani kiyintirgan holda o‘zi yalang‘och qolgan ignaga o‘xshaydi.
Abu Homid al-G’azzoliy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 30 Avgust 2006, 07:07:51
Olim kerakki, o‘z ilmining poya va miqdorini asragay, gavharni imtihon uchun toshga urmagay.
Alisher Navoiy

Kim Qur’onni yod olsa, qadri baland bo‘ladi. Kim uning ma’nolarini anglasa, darajasi ko‘tariladi. Kim hadisni yodlasa, darajasi ko‘tariladi. Kim arabiyni va she’rni o‘rgansa, tabiati teranlashadi. Kim nafsini saqlamasa, unga ilm foyda bermaydi.
Imom Shofe’iy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 30 Avgust 2006, 07:08:13
Ilmni amal uchun o‘rganinglar. Aksar odamlar ilmlari tog‘dek, amallari zarradek bo‘lib qolib, yanglishishadi.
Ibrohim Adham

Ilm sarvat (boylik)dan ustundir. Chunki sen sarvatni qo‘riqlaysan, ilm esa seni qo‘riqlaydi.
Ali ibn Abu Tolib
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 30 Avgust 2006, 07:09:05
Siz ilmga bor-yo‘g‘ingizni bermaguningizcha, u sizga biror narsa bermaydi.
Abu Homid al-G’azzoliy

Bu dunyoda ilmiga amal qilmagan olimlar eng ko‘p pushaymonlik tortadigan kimsalardir.
Ibrohim ibn Uyayna
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 30 Avgust 2006, 07:09:36
Ilm amalni chaqiradi. Agar ijobat etsa, ilm qoladi. Ijobat etmasa, ilm ketib qoladi.
Sufyon Savriy

Kishi ilm o‘rganishda davom etayotgan pallada olimdir. «Olim bo‘ldim, endi bas», deb xulosa chiqargan chog‘idan boshlab johildir.
Abdulloh ibn Muborak
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 30 Avgust 2006, 07:10:14
Olimlarning jazosi - qalblarining o‘lganidir. Qalbning o‘lishi esa ilmi va uxroviy amallari bo‘la turib, dunyoviy niyatlar ketida yurganidir.
Hasan Basriy

Yoshlarimiz zamonaviy va ijtimoiy fanlarni o‘rganmoqlari zarur. Aks holda hayotning oxirgi g‘ildiragiga aylanamiz, tariximizga, ajdodlarimizga, millatimizga, dinimizga xiyonat qilgan bo‘lamiz. Islomning ilk farmoniga ijobat qilmoq - o‘qimoq dinimiz amridir.
Abdulfattoh Shohin
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 30 Avgust 2006, 07:10:36
Bilim - barcha kulfatlarga qalqondir.
Abu Abdulloh Ro‘dakiy

Tiriklik - ilm bilan bo‘lur, rohat - ma’rifatda bo‘lur va lazzat -Xudoning zikrida bo‘lur.
Abu Yazid Bastomiy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 30 Avgust 2006, 07:11:16
Ilmni amalda qo‘llay olmas ekansan, ko‘p bilishingdan foyda yo‘q. Axir sen mingta nayza bilan dushmanga yolg‘iz qarshi borolmaysan-ku!
Majididdin Xavofiy

Hozir o‘qi, qabrda o‘qiy olmaysan!
Zubayr Kunduzalp
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 31 Avgust 2006, 06:59:35
Ilm talab qilinglar, faqat ilmni hilm (muloyimlik) va viqor bilan yashiringlar.
Hasan Basriy

Ikki kishi chiqargan fitnani hatto shayton ham chiqara olmaydi: dunyo hirsiga berilgan olim va ilmsiz so‘fiy.
Abul Hasan Xaraqoniy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 31 Avgust 2006, 07:01:04
Ilm va dinning mashhur kishilari o‘z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar.
Amir Temur

Ilm insoniyat gavharidir.
Mirzo Bedil
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 31 Avgust 2006, 07:02:29
Alloh har bir qalbga ilm gavharini solganki, bandasining qunt-matonati, mehnati davomida doimo sayqal topur.
Abu Lays Samarqandiy

Olimlarning ilmini, faylasuflar nazariyasini to‘plab, amalda nodonlar darajasida ish ko‘ruvchilardan bo‘lma!
Hasan Basriy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 31 Avgust 2006, 07:03:29
Farzandingning tili kalimaga juftlangan kundan boshlab, uning ongiga quyidagi uch muborak jumlani quymog‘ing farzdir: "œAssalomu alaykum", "œBismillahir rahmonir rahim", "œAllohu akbar".
Abu Lays Samarqandiy

Ilm namoyondalariga baxillik qilma. Zero, ilm bir xazinadirki, undan qancha foydalansang ham, boylikdan farqli o‘laroq, baribir ko‘payib boraveradi.
Majididdin Xavofiy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 01 Sentyabr 2006, 07:50:42
Aflotundan so‘radilar: «O’qish-o‘rganish tokaygacha izzat va hurmatda bo‘lg‘usi?» U javob qildi: «Johillik nuqson, deb hisoblangunga qadar».
Jaloliddin Davvoniy

Amalda qo‘llanilmaydigan bilim jonsiz tanaga o‘xshaydi. Bilim daraxtdir, amal esa - uning mevasi... Hosil bermaydigan shox nosog‘lom bo‘ladi.
Husayn Voiz Koshifiy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 01 Sentyabr 2006, 07:51:04
Ilmga amal etishni o‘zingga odat qil; agar olim ilmini amaliyotga tatbiq etmasa, u ruhsiz badanga o‘xshaydi.
Imomi A’zam

Kimki bilimga erishib, uning mazasini totib ko‘rgan bo‘lsa, bu narsani u podshohlik va davlatni boshqarish huzur-halovatiga almashtirmaydi.
Majididdin Xavofiy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 01 Sentyabr 2006, 07:51:23
Kishi to‘rt ish bilan Islomdan chiqadi: biri - bilganiga amal qilmasa, ikkinchisi - bilmaganiga amal etsa, uchinchisi - bilmaganini izlamasa, to‘rtinchisi - bilish va o‘rganishga intilgan odamlarga halaqit bersa (ya’ni, o‘zi bilmaydi, o‘zgani bilishga qo‘ymaydi).
Abu Muhammad Fazl

Alloh ilm bilan qavmlarni yuksaltirib, yetakchi qilib qo‘yadi. Ular odamlarni yaxshilikka yetaklaydi, boshqalar ularning izidan yuradi, qilgan ishlari e’tiborli bo‘ladi. Har bir quruq va ho‘l narsalar, hattoki dengizdagi baliqlar-u hasharotlar, barcha hayvonlar, osmon va undagi yulduzlar ularning haqqiga istig‘for aytadi.
Maoz ibn Jabal
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 01 Sentyabr 2006, 07:52:30
Ilm ko‘r qalb ko‘zini ochuvchi, qorong‘u zulmatda nur bag‘ishlovchi va zaif badanlarga kuch-quvvatdir. Ilm bilan banda abrorlar darajasiga ko‘tariladi, oliy martabalarga yetishadi. Ilm ustida tafakkur qilish kunduzi ro‘za tutganga, uni muzokara etish kechani ibodat bilan bedor o‘tkazganga tengdir.
Abu Homid al-G’azzoliy

Kechaning bir qismida ilm muzokarasi bilan mashg‘ul bo‘lish menga kechani butunlay bedor o‘tkazishdan mahbubroqdir.
Abdulloh ibn Abbos
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 10:26:02
Muhammad Kamol hikmatlari.

Senga yomonlik qilganlarga yomonlik qilishni o'ylama. Unga yahshilik qilib gunoini kechir. Uning fikrini to'girlashga harakat qil.

G'azablangan vaqtingda tabassum qil. Fikringini boshqa mavzuga qarat. Shunday qilsang g'azabni yengasan va falokatlarda qutulasan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 10:30:28
Vaqtingni yahshi o'tkazishga harakat qil, havoyi hayollarga berilib,o'zingni iztirobga solma. Chunki ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi va hech qachon bilolmaydi. Har bir kunning o'z muammosi, tashvishi bo'lishini unutma. Dunyo - kishilarni shirin hayollarga chalg'itib aldaydi. Oqil bo'lsang cho'pon kulbasida yashganingda ham huddi saroyda turgandek ko'nglingni hush tut. Bilgilki, bu - dunyodagi barcha boyliklarni eng buyugidir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 10:35:21
Qayerda bo'lsang ham hursand bo'l. Zero, insonlar bir-birlarini hursandchilikka erishtirish uchun sevarlar va sevilarlar. Quvonch Allohga e'tiqod va iymon mevasidir. G'am va tashvish hayotning kushandasidir.

Hech kim seni hurmat qilmas ekan, demak, kishilar oldida aybing bor. Ularga naf keltirishga harakat qil. Shunda odamlar seni hurmat qilishadi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 10:40:07
Asl inson boshqalarga foydasi tegadigan unsondir. bilki, qarz olsang, qiyinchilikka uchrab, iztirobda qolasan. Hayot lazzatini totmaysan. Agar kishi daromadidan iqtisod qilsa, u hech kimga muhtoj bo'lmaydi.

Har bir ishda mo'tadilikka intil. Gaping, taoming, uyqung va muhabbatingda ham qoidang bo'lsin. Shunday qilsang, moddiy va ma'naviy hayotda komil bo'lasan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 10:43:42
Yahshilik haqida o'ylash,o'ylagani kabi bo'lishga harkat qilish, insoniylik da'vosida bo'lganlar uchun zarur qoidadir. Agar yahshilik haqida o'ylamasa,u yahshilik haqida o'ylaydigan kishilarga ergashishi va ulardek bo'lishga harakat qilishi lozim.

Hamma narsani ilm bilan yengisga harakat qiling. Zero, ruhni qanoatlantiradigan narsa - ilmdir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 10:46:37
Jaholatni ilm bilan yengishga harakat qiling, yuzaki emas, ilmiy tarzda o'ylang, havoyi havaslarga berilmang. Bahslashmang.

Ilmga asoslanmaguncha haqiqatni bilish mumkin emas.Shuning uchun tolibi ilm bo'lginki, zulmatdan qutulib nurga erishasan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 10:52:09
Olim bo'lmasdan oldin bilganlaringga amal qil. Zero, amalsiz ilm mevasiz daraxtga o'hshaydi.

Ey, inson! Allohning berganiga shukr qil va yaratganlarini ranjitmasang nafsingni yengasan va komil  inson bo'lasan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 10:59:19
Qalbida yahshilik yashamagan inson insoniylik hissidan mahrum bo'ladi.
Alloh iymon keltirganlarga "Yahshilik qilginki, bu bilan najot topasan"degan. Shuning uchun sening yahhsi yoki yomon ekaning qalbingadagi niyating va uning "meva"si bo'lgan amallaringdan bilinadi va o'lchanadi. Sening insoniyliging yahshi niyat va amalingga bog'liq.

Ey,inson! Qanday ahvolda bo'lsang ham, nohaqlikka duch kelsang ham, doimo muloyimlik bilan so'zla. Buni o'zingga odat qil. Bu - odatlarning eng yahshisidir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 11:07:19
Halol yutuqqa erishish qiyin bo'lsa ham, uning zavqi totli, shirin bo'ladi.

Do'stni ranjitish dushman oldigfa yiqiliish bilan barobardir. Do'stingizni ranjitmang.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 11:09:56
Ahmoqlik qilib dardingni hammaga to'kib sochma. Darding dushmanga aylanib bir kuni senga zulm qiladi.

Zolimlar mazlumlarning manfaatlarini o'ylamaydilar.
Har kishi zolimlardan uzoq turishi, ularning chiroyli gaplariga aldanmasligi lozim.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 11:13:58
Ey,inson! Doimo so'zingda, ishingda, daromdingda taqvoda bo'l.

Ey,inson!Sen uchun eng muhimi va zaruri vaqtingni bo'sh o'tkazmaslikdir. Doimo vaqtingni ezgu ishlarga bag'ishla.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 11:17:17
Ey, inson! Hamma bilan chiroyli muomalada bo'l. Allohning dini chiroyli muomaladan boshlanadi. Inson go'zal hulqdan birini tark qilsa, shubhasiz o'ziga yomon bir illatni orttirgan bo'ladi.

G'aflat o'limi bilan o'lgan kishilardan uzoqda bo'l.Ulardan yordam istama.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 11:19:38
Ey, inson! Hech kimga yuk bo'lmaslikka harakat qil!

Ey,inson! Doimo oz taom yegin. Oz yemoq qalbingga farahlik beradi, ibodatning zavqini orttiradi. Tanballikni yo'qotadi. Shunday ekan, ochiqmaguncha taom yema. Uyqung kelmaguncha uhlama.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 11:22:11
Faqat o'zini o'ylaydiganlarda qoch. Ularning do'stligida vafo bo'lmaydi. Ularda itlik odati bo'ladi.

To'g'rining yordamiga chopgan, Allohning yordamiga chopadi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 11:27:17
Alloh uchun yordam berganga,Alloh yordam beradi.

Yetimning,yo'qsilning holini o'ylagan yuragini yumshatadi.

Ne'matni bilgan shukr qilubchidir, bilmagan kufr qiluvchidir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 11:29:11
Nafsni yengishdan bujuda jafo topadi,lekin undan ko'ngil safo topadi.

Mol-davlating ko'pligida do'sting ko'p bo'ladi.Yo'qligida esa faqat haqiqiy do'sting qoladi.

Chrchqoni uyqu, hasrat chekkan qalbni esa mehr huzur toptiradi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 11:31:14
Tanballik bir o'limdir. Inson bu o'lim tufayli hamma narsasini yo'qotadi.

Tahsil o'qish bilan qo'lga kiritiladigan tuyg'udir. Yuksak tuyg'uli bo'lmagan kishi yuksalmaydi.

Umid insonga hayot bag'ishlaydi. Umidsiz inson yashamaydi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 11:33:25
Seni yomonlikka yo'llagan kishi, senga eng katta hiyonat qilgan bo'ladi.

Solihlarning nishoni marhamatdir. Shaqiylarning nishoni esa marhamatsizlikdir.

Shirk - vositalarga sig'inishdan kelib chiqadi. Haqiqiy ibodat Haqqa vositasiz qilingan ibodatdir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 11:35:09
Haqqa ibodat qilgan kishi shikoyatdan qutuladi.

Tarixga boq,zolimlar holidan ibrat ol.

Sen sabr doirasini doimo qo'lla. U doiralarning eng ishonarlisidir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 11:47:37
Tiling va diling bir bo'lmaguncha komil inson bo'la olamysan.

Seni madh etganlardan qoch. Ularning madhi sening qalbingni o'ldiradi.

Ahloqning asosi Iymonga bog'liqdir. Ahloqsizning iymoni bo'lmaydi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 11:51:14
Haq yo'lidan yurishni hohlasang,Haq yo';lda yurgan Payg'ambarlardan o'rnak ol.

Haqiqiy ishq Iymondir. Haqiqiy oshiq haqiqatni ko'radi, haqiqatni eshitadi.

Hamma narsadan avval ma'naviyatingni o'stir. Aks holda bu dunyoda ham o'liksan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 08 Sentyabr 2006, 11:54:07
Haqiqiy olim - olam nuridir.Insonlar shu nur ostiga intiladilar.

Ey, inson! Sen ishonchdan iboratsan, ishonching yahhsi bo'lsa, sen yahshi insonsan,ishonching yomon bo'lsa yomonsan.

Umr bir ko'lanka kabi hayoliy borliqdir. Insonlar shu hayoliy borliqni haqiqat bilib aldanadilar.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 08:03:20
Ey,inson!Hayotingda doimo irodali va sahovatli bo'l. Bu ikki hislat senda bo'lsa, insoniylik sharafiga muyassar bo'lasan. Shuning uchun ota bobolarimiz:"Tog'dek metin va dengizdek sahiy bo'l",deyishgan.

Ey,inson! Olamga Allohga umid va ishonch ruhi bilan boqki, haqiqatni ko'rasan. Bundan boshqa barchasi holi emasdir. Olamda yagona Nurdan boshqa narsa yo'q.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 08:08:31
Inson ilmi Ilohiydan,payg'ambarlar ahloqidan nasibador bo'lsagina,insoniylikni biladi. Bundan bo'lak hamma narsa keraksizdir.

Inson g'azabini yengmaguncha komil inson bo'lolmaydi. Yomon qalbni to'g'irlash niyat va amalga bog'liqdir. Kishi nafsi hohishi va ehtirosini yengmaguncha saodatga erishmas.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 08:14:21
Butun mahluqotga mehr bilan qaramagan kishining qalbi ilohiyotdan va payg'ambarlar yo'lidan nasibador bo'lolmaydi. Insoniylik shafqat va marhamat bilan boshlanadi va shu bilan nihoyalandi. Insoniylikning asosi shafqat va marhamatdir. Senga adovat qilganlarga sen shafqat va marhamat bilan munosabatda bo'l. Zero, shafqat va marhamat yomonliklarga o'ralashib qolgan kimsalarga ular inson ekanliklaridan darak beradi. Shafqat va marhamat sharbatidan ichgan va uni ichirganlar o'zgalarga yomonlik qilishdan halos bo'ladilar.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 08:17:27
Qalbida shafqat bo'lmaganlarning eshiklariga yaqinlashma. Chunki  u yerdan rad javobini olishingni bil. Shafqatsizning so'zi albatta senga zarar yetkazadi.

Bahil kimsadan qarz, mol olgan kishi unga asir bo'ladi. U bahilning molidan foyda topmaganidek,uning so'ziga ham chidashga majbur bo'ladi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 08:23:23
Yomon shubhadan qochgan kishi undan uzoqlashgan qadar manfaat topadi.
Sen bilan ko'rishib-so'rashib yurgan odamlar ikki hil bo'ladi. Biri molning, ikkinchisi dinning fazilati uchun suhbatlashadi. Moli uchun so'zlashgan non dardi bilan gapiradi. U hidoyatdan mahrumdir.
Sen dinning fazilati uchun suhbatlashganlar bilan yaqin qadrdon bo'lki, niyati buzurlar sendan uzoqlashish yo'lini qidiradilar.

Ikkilanish insonni chekintiradi, g'amga botiradi. Iymon insonni olg'a yurishga undaydi, quvonch keltiradi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 08:25:51
Yahshilik haqida o'ylashga harakat qil. Yahshilik haqida o'ylamasang, o'zing haqingda o'ylaydigan bo'l.

Zarracha kibring bo'lsa, albatta halokatdasan, haqiqatni ko'rolmaydigan ko'rsan. Kibrni tashla, haqiqatni ko'rasan va haqiqiy saodatga erishasan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 08:27:51
Astoydil ishonch haqiqatga yo'llaydi. Yovuzlarga ishonib ularga ergashish esa, kihsilarni botilikka boshlaydi.

Nurga talpingan qorong'ulikdan qutulgani kabi iymonga erishganlar ham botillikdan qutuladilar.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 08:30:44
Hamma saodat qidiradi, sen saodatni rasullar yo'lidan qidirib topasan. Bu yo'lning tashqarisidan saodat qidirganlar falokatga uchraydi.

Odamlar tan kasalliklarini davolash uchun kasalhonalar ochsalar-da, din kasalliklarini tuzatishga ahamiyat bermaydilar. Holbuki, jamiyat hayotining tirikligi, boqiyligi haqiqiy din bilan qoimdir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 08:33:21
Insonlar o'zini bilmasa va haqiqiy do'st topmasa, azob uqubat ichida yashaydi. Inson o'zini bilgan on haqiqiy do'stini topadi.

Qiyinchilik ilmsizlikdan va quvvtasizlikdan kelib chiqadi.Din ilmi esa kishiga haqiqiy quvvat beradi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 08:35:06
O'lim qo'rquvi faqat iymonsizning qalbini istilo qila oladi. Ahli Iymon esa buni Haqqa erishish deb bayram qiladi., sevinadi.

Haqqa astoydil Iymon keltirgan kishi faqat Haqdan qo'rqadi, halqdan emas.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 08:36:40
O'limdan qo'rqqanlar, taqdirdan noliganlarva Allohga erishishni istamaganlardir.

Qo'rquv o'limni o'nglamaydi.

Qo'rqoq kishi qahramonlardek o'lolmaydi.

Qarorsiz ishning oqibati yahshi bo'lmaydi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 08:39:48
Haqqa ishongan faqta Haqning sevgisi bilan yashaydi.

Inson uchun har bir mag'lubiyat tajribadir. Mag'lubiyatdan dars olganlar kelajakda zafarlarga erishadilar.

Allohdan qo'rqish eng buyuk fazilatdir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 08:52:00
Be'mani gap so'zalr va be'mani dasturlar kishilatga azob beradi. Ular ishni orqaga surib, insonning aziz umrini foydaszi narsalarga sarflab yo'qotadi.

Moddiy nuqtayi nazar insonni hayvoniy hayotga yetaklaydi. Ma'naviy qarahslar esa insonni ruhoniy-islomiy hayotga yetaklaydi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 08:53:31
Foydasiz narsalar bilan mashg'ul bo'lganlar umrini zoye ketkazadi.

Nafsni yomon narsalardan asragan kishi eng go'zal ahloqqa erishadi.

Sabrlilar qiyinchiliklarni yengadilar.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 08:56:24
Kibr tufayli ma'naviyat yo'qoladi.

Insonning eng ishonadigan narsasi Allohning rahmatidir:ilmi va amali emas.

Chin dildan tavba qilganni tavbasi qabul bo'ladi va gunohlari mag'firat etiladi. Tavbani tiling bilan qilganingda, qalbing bilan ham tasdiq qil. Qalb tasdig'i bo'lmagan tavab og'iz tavbasidir. Uning amalga foydasi yo'qdir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 08:58:04
So'zlashdan avvalo'yla. O'ylamasdan aytilgan so'zlar qalblarni o'ldiradi.

Shahvatni, yomonlikni uyg'otadigan har bir so'zdan va fikrdan o'zingni asra.

Insonlarning eng yahshisi Alloh yo'lida boshqalarga yordamchi bo'lganidir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 08:59:47
So'zida turgan odamgarchilikni kuchaytirgan bo'ladi. So'zidan qaytgan esa odamgarchilikdan qaytgan bo'ladi.

Dinda g'ayratli bo'lgan kishi Haqning do'sti bo'ladi.

Mo'mindan ranjigan kishi Rasulullohga s.a.v. azob bergan bo'ladi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 09:01:13
Hulq-atvor kishining insoniylik oynasidir.

Yomon hulq kofirning, yahhsi hulq mo'minning odatidir.

Foydasiz so'z, foydasiz dori kabidir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 09:03:22
Ilm va haqiqtaga uyg'un so'zlar ta'siri kuchli doriga o'hshaydi.

Tarbiyasizlik baloga o'hshaydi. Yahshi hulq baloni daf qiladi.

Ko'p soz'lashdan hazar qil, oz so'zlashga rag'bat q il.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 09:04:36
Insonlarning qo'lidagiga hasad qilm, aksincha ko'ngling rohat olsin.

Hasaddan saqlan, hasad qalbni va ahloqni o'ldiradi.

Hayosizlik insonga balolar eshigini ochadi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 09:07:11
To'rt go'zal hulq insonni to'rt yuksaklikka erishtiradi:Sukut saqlagan salomatlikka, huquqqa rioya qilgan yukslishga, yahshilik qilgan saodatga, shukr qlgan ne'matning ziyodaligiga.

O'ylamay gapirgan pushaymon bo'ladi. Tadbirsiz ish qilgan nadomat chekadi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 09:09:01
Qo'li bo'sh borganni  qo'li bo'sh qaytadi.

Ibrat bilan qaragan haqiqatga erishadi.

Qalbi pok kishi yoqimli suhbatlashadi.

Tabiati go'zal kishi insoniylikni his qiladi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 09:11:08
Marhamatli inson iymonli bo'ladi.

Yahshi o'ylagan kishi yahshi ish qiladi.

Hayolga tolgan kishi yomonlikka uchraydi.

G'azabini yengolmagan kishi ahloqini yo'qotadi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 09:12:25
Qalbi kir kishi ahloqsiz bo'ladi.

Iymonli inson ahli taqvo bo'ladi.

Dushmandan qo'rqqan kishi hushyor turadi.

Pul topishni bilganing kabi uni sarf qilishni ham bil.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 09:14:26
Dunyo - aldamchi. Unga aldanma. Aldansang Ohiratga qo'ling bo'sh ketadi.

Har qanday holatda ham shukr qilishni bil. Toki ne'matlaring ortsin. Alloh taolo shukr qiluvchilarni sevishini bil.

Yahshi yashashni istasang yahshi do'st top.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 09:17:09
Vujud yahshi taomlar bilan jonlanganidek, qalb ham yahhsi so'zlar bilan orom oladi.

Dunyoga berilganni do'stligiga ishonma.

Haqiqat izlovchi bo'l. Uni qayerda topsang,olishga harakat qil, Haqiqiy boylikka erishasan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 09:19:05
Go'zal hulq latif shamolga o'hshaydi, hayot beradi. Yomon hulq esa Samum shamoliga o'hshaydi, uylarni vayron,kishilarni halok qiladi.

Tushunmay,o'ylamay gapiradigan kishi sarhush kabidir. U nima deganini bilmaydi, falokat keltiradi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 09:20:39
Otning tizgini suvoriyda bo'lgani kabi, nafsning tizgini ham insonning qo'lida bo'ladi. U haqiqat yo'lida advom etadi.

Katta daraxtlar urug'larda yashiringanidek, yahshi insonlar ham o'zlarini yashiradilar.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 11:21:14
Ko'okdan qor ham,yomg'ir ham, do'l ham yog'adi. Bu yog'indan yo yerlar ko'karadi yoki falokatga uchraydi. Inson og'zidan chiqqan so'zlar ham bamisoli qor, yomg'ir, do'l kabidir. Ular kishilarga yo hayot bahsh etadi yoki o'ldiradi.

Solihning taomi halol, zolimning taomi harom bo'ladi.
Solih yahshilikdan quvonganidek, zolim ham yomonlikdan zavqlanadi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 11:23:33
Kofir "Alloh" deb butga sig'inadi, mo'min Alloh deb Haqqa iltijo qiladi.

Hamma yaratilmishlarni Haq yaratadi. Butlarni ham yaratgan Udir.

Suvning sofligi unga qiymat bergani kabi, insonning samimiyligi ham unga qadr keltiradi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 11:25:11
Sergap odamning aqli tilida bo'ladi. U nima deganini o'zi ham bilmaydi, odamlar ham uning gapiga e'tibor bermaydi.

Aqli joyida bo'lgan kishi o'z so'ziga hokim bo'ladi.

Dunyoda ko'p qiyinchiliklarga duch kelasan, ualrni faqat sabr bilan yengasan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 11:27:47
Dunyoda huddi soqchi kabi yashaysan.Yomonlikdan ko'z yumsang, bu yomonlik vujudingni egallab, seni mahv etadi.

Dinsizning so'ziga aldanma. Unig hiylasi, nayrangi ko'p bo'ladi. Dinsizga duch kelsang, hamisha jiddiy turib o'zingni muhofaza qil.

Dinsizdan aslo qo'rqma, sening tayanching, qo'riqching - Alloh borligini unutma.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 11:30:39
Iymon seni g'am- qayg'uga solmaydi. Dunyo qiyinchiliklariga duch kelganingda doimo unga tayan. Iymoning bilan bog'langaning on Allohni chaqir. Shuning o'zi senga kifoyadir.

Insonlarga yuk bo'lgan kuning erkingni yo'qotasan.
Zolimga ergashganing eng yomon yo'lga kirganingdir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 11:32:28
Insonlarning yahshisi yahshilarni sevadi. Yomini esa yomon narsalardan zavq oladi.

Ko'ngil nima bilan mashg'ul bo'lsa, inson ham shu narsa mashg'ul demakdir.

Amali solihlik niyat pokligidan boshlanadi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 11:36:25
Faqat chin dildan Iymon keltirib, tili bilan tasdiq ilgan kishi musulmon bo'ladi. Qalbida ishonch bo'lmagan kishining Iymoni yo'qdir.

Ishonch dilga, iqror tilga tegishlidir. Agar kishida har ikkisi mavjud bo'lsa, u ahli Iymonlardandir.
Munofiqning qalbida ishonchi bo'lmagani bois, uning tilidagi iqrori foyda bermaydi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 11:39:44
Namozda kishining vujudi va qalbi poklanadi. Bu esa mo'minning haqiqiy me'roji bo'ladi.
Til duoda, vujud ruku sajdada bo'lsa-yu, qalb Haqdan g'ofil bo'lishi kishining haqiqy me'roji - ibodatdan uzoqlashtiradi.

Bandaning Allohni huddi ko'rib turgandek iodatda bo'lishi qurbiyatning alomatidir. Qayrda turganlikning bilmasligi esa g'aflatning alomatidir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 11:42:59
Inson Haq bergan hidoyat nuri bilan haqiqatni biladi.Uning qalbiga hidoiyat shamini yoqqan Udir.

Inson namoz o'qisa,ibodat qilsa, buning hammasi Unig hidoyatidandir.

Komil inson hidoyat nuri bilan kamolotga erishgan zot demakdir. U nuri hidoyat tufayli mukammal bo'lgan kishidir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 11:46:05
Qo'rqoq insonning do'tligidan qo'rq. Uning qo'rqoqligi senga o'tsa, bu seni turli yomonliklarga mubtalo qiladi.

Insoniylikni haqiqiy iymonlilardan o'rgan.

Vujudi hasta kishining ruhi ham hasta bo'ladi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 11:47:48
Haqiqiy ilmni oriflar davrasidan qidir.

Dori kasallikni bartaraf qilish uchundir. Hastalik kelmasdan burun parhez qilishni bil.

Quyosh olamni yoriganidek,ilm ham haqiqiatlarni yoritadi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 11:51:09
Dunyoda saodat qidirgan hayolga berialadi. Tarixga boq-da, ulardan ibrat ol. O'lganlarni qaysisi haqiqy saodatga erishdi?!Hozir hammalari tuproq bo'lib yotishibdi.

Dunyo bamisoli maktabga o'hshaydi. Unda o'qimagan johillar siqilib qoladi.

Insoniytning saodatga erishtiruvchi dindir. Bundan g'ofil bo'lganlarni saodatlari ro'yodir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 11:53:23
Senga kim din yo'lini ko'rsatsa, uning sendagi haqqi ota-onaning haqqidan ko'proqdir. Kim senga dinsizlik yo'lini ko'rsatsa, uning zulmi Fir'an zulmi kabidir.

Olim haqiqt sandig'i bo'lgani bois u kishilarga odob va tarbiya brishi lozim.

Jon taningni tark qilmay turib, sen odatlaringni tark et!
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 11:55:36
Ilmga intilgan kishi eng chiroyli insondir. Ilmdan yuz o'girish insoniylikdan yuz o'girish demakdir.

Nima uchun dunyoga kelganini bilmagan, so'ramagan,tinglshni istamagan kishi eng havfli johil kishidir.

Boshqalarni yomonlama. Ular haqida yahshi gapirib, ezgulik yo'lini tut. Bu kishilarga qilinadigan eng katta yahshilikdir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 11:57:38
G'iybatlardan uzoq kishi gunohlardan uzoq bo'ladi. G'iybat to'lqini dengiz to'lqini kabi kishilarni o'z domiga tortib, mahv etadi.

"LA ILAHA ILLALLOH" degan vaqtingda, bu ovozni qalban his qil. U bilan qalbing tasalli topsin. Haqqa tavakkul qil.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 11:59:32
Ahloqsiz olim iymonsiz johil kabidir. Kishilarga johil qilolmagan yomonliklarni ahlqosiz olim qilishi mumkin.

Eng katta tijorat - yo'lsizlarga yo'l ko'rsatish, o'ksik qalblarni shodlantirish, kishilarga Haqni ildirish va sevdirishdir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 12:05:17
Ey, inson! Tug'ilganing, nimjon, zaif bo'lganing, yig'lagan kunlaringni o'yla. Bugun nima bo'ldim, deb o'zingni mag'rur tutma. Ertaga beling bukilib odamlarga muhtoj bo'lasan, tuproqqa qorishasan.Bularni doimo o'yla, yodingdan chiqarma.

Oqil kishini nima bo'lishini biladi. Aqlsiz sarhush kabi nima bo'lishini bilmaydi, nima bo'lishii o'ylamaydi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 12:09:56
Hamma mavqega erishgach,puliga qarab g'ururlanadi. Baliq ham dengizda ekan, tirikligini namoyish qiladi.

Umring sel kabi tezlik bilan oqib ketyapti. Yuzindagi ajinlarning hammasi uning alomatidir. So'nggi so'zing tavhid kalimasi bo'lsa, seni qutqaradi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 12:13:16
Haqiqiy do'st mushkul paytda qo'lini chop'zadi. Yolg'onchi do'st esa uzr so'rab qochib qoladi.

Atrofingga tanimagan, bilmagan kishilarni to'plama. Sen tanimagan, bilmagan kishilar go'shtingni yegani chopgan bo'rilar to'dasiga o'hshaydi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2006, 10:37:35
Qabristonga bir on ibrat ko'zi bilan boq. O'zingga dars ol. Bilgilki, ular sen kabi edilar, o'ynab kuldilar, yig'ladilar. Keyin esa tuproqqa qorishdilar.

Oshiqalarning "ohi" ko'k qulfining ochgan qulfdir. Sen Rabbingga "oh" qilgilki, bu qulflar ochilsin,rahmat oldingga sochilsin.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2006, 10:43:45
Dunyoni madh etishdan saqlan. Dunyoni Yartuvchini esa doimo madh et. Unga yuksak muhabbat doimo qalbingda bo'lsin.

Eng rasvo ahmoq kishi o'zini yuqori qo'yib, halqqa past nazar bilan qaragan kishidir.

Harom bilan boyigan kishining joyi jahannam bo'lgay.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2006, 10:45:36
Haqning ne'mti ta'magirning qo'liga tushsa chiriydi, iymoni butunlarning qo'liga tushsa ko'payadi.

Kishilarga yahshilik bilan hizmat qil. Agar ta'sir qilsa nasihat qil, ta'sir qilmasa uni tark qil.

Iymon bilan to'la qalblar rohatda yashaydi.Iymonsiz hayoti hayvoniy yashashdir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2006, 10:50:06
Ahloqdan uzoq bo'lgan Iymondan uzoq bo'ladi.

Yahshi odamlarni tinlagan, so'zlariga amal qilgan yahshi odam bo'ladi.
Yomon odamlarni tinglagan kishi umrini zoye ketkazadi.

Haq yo'lida Halqqa hizmatchi bo'l.Bu sen uchun eng buyuk bahtdir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2006, 10:52:03
Hammaga yahshilik qil. Yahshilik qilishni o'yla. Bu seni Haq yo'liga olib boruvchi eng zarur yo'ldir.

Nafsni maqtama. Uni maqtagan kuning halokatga uchraysan. Chunki nafs seni yomonlikka olib boradi.

Sen Haq yo'lida bo'lsang, senga dushman bo'lganlar senga emas, Haqqa ham dushman bo'ladilar.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2006, 10:54:34
Hushomadgo'ylarning so'zalriga ishonma. Ularning so'zida zahar bo'ladi.

Ilmni og'izda qoldirib, yomon amallar qilganlarni Qur'oni Karimda kitob yuklangan eshakka o'hshatilgan. Sen ilmingga muvofiq yashamas ekansan, bu eshaklikdan qutulolmaysan.

G'iybat, g'azab kishilarni qalbini o'ldiradi. G'iybatdan, nafsoniy g'azabdan saqlan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2006, 10:57:24
Amal qalbga bog'liqdir. Qalb yomon bo'lsa,uning "mevasi" bo'lgan amal ham yomon bo'ladi. Qalb yahshi bo'lsa, amali ham yahshi bo'ladi.

Yordamning eng yahshisi ilmdan keladi. Ilm ila qalb tiriladi. Taom ila vujud jonlanadi.

Birovdan yomonlik ko'rishni istamagan kishi, birovga yomonlik qilmaydi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2006, 10:59:38
Farzndlarining tarbiyasdiga ahamiyat bermagan kishi uysiz va oilasiz qoladi.

"Allohnig aytgani bo'ladi" degan qoidani bilgan kuning g'amdan uzoq bo'lasan. Chunki Uning buyurgani bo'ladi.

Askar qo'mondonning gapiga itoat qilgani kabi, sen ham olimning so'ziga amal qil.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2006, 11:02:06
Erkak uyning - hizmatchisi, hotin esa- soqchisi.

Tarbiyasiz er, badjahl hotin uyni kasalhonaga aylantiradi.

Er-hotinda mehr oqibat bo'lsa, uy jannatga aylanadi. Aks holda uy jahannamga aylanadi.

Oilaga kirib kelgan ahloqsiz kino- teatr, roman va dinsiz gazetalar uyga kirgan mikrobdir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 13 Sentyabr 2006, 09:25:16
Kishining moli,joni va dini odob tufayli saqlanadi.

Dinsizni va ahloqsizni do'st tutish,chayonni qo'yniga solib yurish bilan barobardir.

Qimmatli umringni qiymatsiz narsalarga sarflama.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 13 Sentyabr 2006, 09:28:02
Hirs va ta'ma bilan qarash,yurakka hanjar bilan sanchgan dushmanning qilmishiga o'hshaydi.

Bolalarning yuksalishi diniy tuyg'ular,ilmi urfon tarbiyasi tufayli yuzaga keladi. Bunday tarbiyadan mahrum bolalar kelajak uchun hatarlidir.

Har narsani berguvbchi Alloh ekanligini bil,aniq angla.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 13 Sentyabr 2006, 09:29:54
Zaif bo'lib siqilganingda ham hech kimga siringni ochma. Chunki bir kuni u siringni senga zahar qilib ichirishadi.

Chorasiz qolganingda birovning eshigini qoqma.Haqning eshigini qoq.Undan so'ra.Uning senga yagona homiy ekanligini o'shanda bilasan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 13 Sentyabr 2006, 09:32:17
Yahshi do'st topish oltin hazinasini topishdan yahshiroqdir. Oltin hazinasi faqat moddiyatni ta'minlaydi. Yahshi do'st esa ham moddiyatni, ham ma'naviyatni ta'minlaydi.

Kim bilan tezda do'st bo'lib qolsang,u bilan tezda dushman bo'lib qolasan.

Ichkilik va qimorga mubtalo bo'lganlar o'ziga o'zi suiqasd qilganlardir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 13 Sentyabr 2006, 09:34:08
Mol va farzandlari bilan maqtanganlar zaif narsalari bilan maqtanganlar hisoblanadi,chunki ular bir kuni nobud bo'ladi.

Basharasi sovuq badhulqning oldida jiddy bo'l.
Ko'ngilchan bo'lsng badhulqqa yengilasan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 13 Sentyabr 2006, 09:37:18
Qanchlik gunohkor bo'lsang ham Allohning avfidan va rahmatidan noumid bo'lma. Uning rahmati va mag'firati butun olamni qurshab olgan.

Qaling Haqda bo'lsa metin bo'lasan. Undan uzoqlashsang shoshqoloq bo'lasan.

Hamma falokatlarni Iymon bilan yengasan.Iymon insonlarni yuksaltiruvchi quvvat manbaidir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 13 Sentyabr 2006, 09:38:59
Tajribali kishilarni tingla. Ularning tajribalaridan ibrat ol.

Maqtanishdan lazzatlanganlar sharob ichgan sarhush kabi o'zlarini mahv etadilar.

Hushomaddan rohatlanib, yonon so'zga ahamiyat bermaganlar, nafsiga itoatkorlardir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 13 Sentyabr 2006, 09:42:01
Pulga mubtalo bo'lgan kihsilardan vbiror narsa so'rama. Ulardan bir nima so'rash, quturgan itning oldidan bir narsa olgan kabi hatarlidir.

Qalbini,iymonini muhofaza qilishni hohlaganlar, dushmanlarning g'iybatiga ahamiyat bermaydilar.

Dunyoda o'zini baland, boshqani past ko'rgan kihsidan yomonroq kimsa yo'qdir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 13 Sentyabr 2006, 09:48:36
Haloldan foyda kam topiladi.Ammo ohirida Haqning rizosiga va Jannatga erishiladi.

Hiylagar kimsa inson qiyofasidagi shaytondir.

Hamma narsani ypo'qdan bor qilgan, Haqni bilish, Uni sevish va Unga ibodat qilish birinchi vazifangdir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslimа 18 Sentyabr 2006, 14:03:24
Qur’on amal qilishingiz uchun nozil bo’lgandir. Faqat o’qib yurishingiz uchun emas.   
               Ali ibn Fuzayl 


   Bir kishiga: "œAllohdan qo’rq", deyilganda, "œSen o’zingni bil", deb javob qilsa, shu ish Alloh nazaridagi katta gunohlardan biridir.    
                          Abdulloh ibn Mas’ud


Ona haqqiga diqqatli bo’l! Uni boshingga ko’tar! Zero, onalar to’lg’oq mashaqqatini chekishni bo’yinlariga olmaganlarida chaqaloqlar dunyoga kelish uchun you’l topa olmas edilar.
                                     Jaloliddin Rumiy.


Aytadilarki"¦             
   Sekin — sekin shoshil.
   Kulish bilan yo’qotilgan narsa yig’lash orqali qo’lga kiritilmaydi.
   Vaqtning qadriga ishi bor odam etadi.
   Ishsizga shayton ish topib beradi.
   Siz kechikishingiz mumkin, ajal kechikmaydi.
   Quduqning ichidan osmonga qaragan odam juda oz narsa ko’radi.
   Er haydalmasa, hosil bermaydi, kitob o’qilmasa, kelajak unmaydi.
                 
         Ulug’bek Muhammadyoqub                          (Musulmonlar taqvimi kitobidan)    


Jahannam kofirlarning masjididir. Chunki ular jahannamdagina Allohni eslaydilar, jahannamdagina Unga iltijo qiladilar.
                        Jaloliddin Rumiy.


Ikki kishi dunyodan hasrat bilan o’tdi: biri — yig’di, emadi, ikkinchisi — bildi, qilmadi.
                         Sayfi Saroiy   


Faqirlarga ko’p — ko’p sadaqa qiling. Bizga ma’lum bo’lgan rivoyatga ko’ra, namoz bandani yo’lning yarmiga etkazadi, ro’za eshikkacha olib boradi. Sadaqa esa, bandani Hukumdorning huzurigacha olib chiqadi.   
             Umar ibn Abdulaziz   



Harom eydigan odamning tana a’zolari xohlasa — xohlamasa, gunohga botaveradi, halol eydigan odamniki esa, toatga.
               Abdulloh Tustariy


Bir millatda ishonchli kishilar kamaysa, dinini sotib dunyo yig’uvchilar ko’paysa, u millat orasida fitna ko’payadi.

               Abdulloh ibn Mas’ud.


Muhtojga bir tanga qarz berish ming tangani sadaqa qilishdan afzaldir.
                  
               Abdulloh ibn Muborak   


Sadaqa berib, rizqingizni ko’paytiring, zakot berib, mol — mulkingizni asrang.
               Ja’fari Sodiq.

Ko’zingizni hayotda kattaroq ochingki, o’lyotib hotirjam yumasiz.

               Alouddin Bashar

Imonsizlik oxirat sari ketishga emas, jannatga kirishga mone’dir.

               Alouddin Bashar

Ilmni fursat bo’lganda o’rganaverish kerak. Chunki ilm zarur bo’lgan paytda fursat bo’lmaydi.
Gunoh qilish ilmning barakasini yo’qotadi, uni unutishga olib keladi.
Yahshi odam bo’lish uchun ibodat qilishning o’zi kifoya emas, balki yaxshi qalbli , yomonlarni yomon ko’ruvchi bo’lishi kerak.
Bir millatda ishonchli kishilar ozaysa, dininini sotib dunyo yig’uvchilar ko’paysa, u millat orasida fitna bolalaydi.
Bugun sizlar havoyi nafslar ilmga tobe’ zamonda yashayapsiz. Hali shunday zamonlar keladiki, unda ilm havoiy narsalarga tobe’ bo’ladi.

                                                      Abdulloh ibn Mas’ud           


 Ilmning hammasi dunyodir. Oxirat esa, unga amal qilishdir. Ixlos bilan qilinganidan boshqa hamma amal behudadir.

               Sahl Tustariy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 23 Sentyabr 2006, 11:29:24
"Odam qiziga juda ko'p mol evaziga uylanasizlar,vaholanki, bir luqma taom, bir dona hurmo va bitta kiyim uchun hurlarni tark qilasizlar(Y'ani, hurga eriashish uchun sadaqa qilib turmaysizlar)".
Abu Huaryra r.a.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 23 Sentyabr 2006, 11:39:49
"Mo'min kishi Allohdan boshqa hamma kishidan noumid bo'ladi.
Munofiq kishi esa Allohdan boshqa hamma kishidan umidvor bo'ladi"

Xotamul Asom.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 23 Sentyabr 2006, 11:42:40
"Ilm dinni quvvatli qilish uchun olinadi,mol-dunyo topish uchun emas".

Shayh Sa'diy.


"Iymonning yuksak darajasi ALlohning hukmiga sabr qilish va taqdirga rozi bo'lishdir".

Abu Dardo.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 23 Sentyabr 2006, 11:45:07
"Rabbisini tanigan kishi Uni sevadi.Dunyoni tanigan kishi  undan yuz o'giradi".

Hasan Basriy.

"Yolg'onchilikdan yomonroq hislat yo'qdir,chunki yolg'on shahodat kalimasini buzadi".

Imom Qurtubiy.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: AbdulAziz 23 Sentyabr 2006, 22:59:18
O, yer ustida yurgan ne-ne kimsalarni biz tirik sanaymiz, aslida ular o`lik. Yer ostida yotgan ne-ne zotlarni o`lik sanaymiz, aslida ular tirikdir.
Abulhasan Haraqoniy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 26 Sentyabr 2006, 09:33:54
Qo'lingdan kelganini qil,quvvating yetmasa Haqqa tavakkul qil.

Haqiqiy oshiq mashuqasiga yetmaguncha rohatlanmaydi.

Qlabni faqat Ilohiy sevgi tozalaydi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 26 Sentyabr 2006, 09:35:32
Haq savgisiga erishmaguningcha manmanlikdan qutulolmaysan.

Nafsingni jilovlamasang, qarovsiz bolaning kiyimi kabi kir yurasan.

Insonni bilish uchun uning ichki dunyosiga kirish kerak.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 26 Sentyabr 2006, 09:37:36
Haqiqiy urush insonning o'z nafsi bilan qilgan urushidir.

Dunyo hayoti g'amga to'la yaratilgan, sen uni quvonch bilan hursand o'tkazmoqchi bo'lsang, aladanasan.

Mevaning yahshisi yahshi nihollarda o'sgani kabi, amalning yahshisi ham yoshlarda zohir bo'ladi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 26 Sentyabr 2006, 09:39:35
Kasal bo'lgach, sog'ilkning qadriga yetilganidek, tuproq ostiga kirgandan keyin,Iymonning qadriga yetiladi.

Ibrat ko'zi bilan boqqanlar uchun dunyo bamisoli bir maktabdir. Har bir ko'rgan narsadan ibrat ol.

Ey,sochalr oqargan inson, qachon qalbingni ham oqartirasan?
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 26 Sentyabr 2006, 09:42:34
Ey,o'zini ustoz deb o'ylagan halqqa voizlik qilgan inson,avvalo'zingga oz' nafsingga voizlik qil,uning hojasi bo'l.

Ey,minoralarda halqni Haqqa chaqiruvchi muazzin!Shahodat ovozingni kishilar eshitmasdan oldin o'zingga eshittir. Atrofdagilarga Haqning da'vatini qilarkansan, bir oz g'amgin bo'l va ko'z yosh to'k.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Naqshbandiy 29 Sentyabr 2006, 05:59:02
Ўзига дўст тополмаган киши одамларнинг энг ожизи саналади. Бундан хам ожизроги эса олдинига бирорта дўст топади-ю кейинчалик уни хам йўкотиб кўяди.

Али ибн Абу Толиб
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Naqshbandiy 29 Sentyabr 2006, 06:00:25
Миллатимизни заиф ахволга солган сабаблардан бири атрофимизда юрган дўст суратидаги хийлакорларга нисбатан соддалигимиздир. Холбуки, инсон хар кандай ваъдага алданавермаслиги, хар бир йўл кўрсатувчига ишонавермаслиги лозим.

Хикмат Зиё
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Naqshbandiy 29 Sentyabr 2006, 06:01:35
Она хаккига диккатли бўл, уни бошингга кўтар. Зеро, оналар тўлгок машаккатини чекишни бўйинларига олмаганларида чакалоклар дунёга келиш учун йўл тополмас эдилар.

Жалолиддин Румий
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Naqshbandiy 29 Sentyabr 2006, 06:03:18
Аёлни фаришталардан хам юксакка кўтарувчи ва бекиёс бир олмос (гавхар) холига келтирувчи нарса унинг ички теранлиги, иффат ва викоридир.

Абдулфаттох Шохин
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Naqshbandiy 01 Oktyabr 2006, 06:20:43
Alloh ilm bilan qavmlarni yuksaltirib, yetakchi qilib qo‘yadi. Ular odamlarni yaxshilikka yetaklaydi, boshqalar ularning izidan yuradi, qilgan ishlari e’tiborli bo‘ladi. Har bir quruq va ho‘l narsalar, hattoki dengizdagi baliqlar-u hasharotlar, barcha hayvonlar, osmon va undagi yulduzlar ularning haqqiga istig‘for aytadi.

Maoz ibn Jabal
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Naqshbandiy 01 Oktyabr 2006, 06:21:21
Ilm ko‘r qalb ko‘zini ochuvchi, qorong‘u zulmatda nur bag‘ishlovchi va zaif badanlarga kuch-quvvatdir. Ilm bilan banda abrorlar darajasiga ko‘tariladi, oliy martabalarga yetishadi. Ilm ustida tafakkur qilish kunduzi ro‘za tutganga, uni muzokara etish kechani ibodat bilan bedor o‘tkazganga tengdir.

Abu Homid al-G’azzoliy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 10:56:33
Mo'min kishi gunohlarini ulkan tog'dek,o'zini shu tog' bosib qoladigandek tasavvur qiladi,
Fojir kishi esa gunohlarini burniga qo'ngan va haydasa uchib ketadigan pashshadek tasavvur qiladi.

Ibn Mas'ud.

Kim solighlarni siyratiga nazar solsa, o'zining kamchiliklarini ko'radi va odamlarni orqada qolganini his qiladi.

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Doniyor 02 Oktyabr 2006, 07:22:17
Odamlar kambag‘allikni yomon ko‘radilar, men yaxshi ko‘raman. Ular o‘limni yomon ko‘radilar, men yaxshi ko‘raman. Faqirlikni Rabbimga tavoze’li va o‘limni Rabbimga mushtoq bo‘lganim uchun yaxshi ko‘raman.
Abu ad-Dardo
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslimaxon 06 Oktyabr 2006, 20:47:21
Gunoh ish qilayotganingda Alloh seni ko‘rib turgani holda qalbing cho‘chib-titramasdan, shamolning eshik pardasini shitirlatishidan qo‘rqishing sodir etgan gunohingdan kattaroqdir.
Abdulloh ibn Abbos


Kishi o‘zi bilan Alloh o‘rtasidagi aloqasini yaxshilasa, Alloh ham bandalari va uning o‘rtasidagi aloqasini yaxshilaydi.
Ali ibn Abu Tolib
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslimaxon 06 Oktyabr 2006, 20:47:54
Mo‘minlarga shaytondan himoyalanish uchun uchta qo‘rg‘on bor: masjid, Allohni zikr etish va Qur’on o‘qish.
Ka’bul Axbor


Qalbning davosi beshtadir: solihlar bilan o‘tirish, Qur’on qiroati, och yurish, kechalari ibodatda bo‘lish, saharda tazarru’ bilan duo qilish.
Abdulloh Antokiy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: UmmatiY_MuhammadiY 11 Oktyabr 2006, 06:19:19
As-salamu alaykum varahmatulloh!!!
Aziz birodarlar UmmatiY_MuhammadiY tomonidan qoyiladigan "Hikmatli so'zlar"  Илмнинг фазилати ва жоҳиллик қабоҳати haqida bo'ladi. ALLOH chiroylik o'qishlikni nasib etsin!

Илм олинглар. Илм билан бирга хотиржамлик, виқор ва хилмни (мулойимликни) хам олинглар. Сизга таьлим бераётган кишига тавозеъли бўлинглар. Сиздан таълим олаётган кишилар ҳам тавозеъли бўлишсин. Жабр қилувчи олимлардан бўлмамглар. Илмингиз жоҳиллигингиз усгига қойим бўлмасин.

Али ибн Абу Толиб

Илмни фурсат булганда ўрганавериш керак. Чунки илм зарур бўлган пайтда фурсат топилмайди.

Абдуллоҳ ибн Масъуд

Илмнинг хаммаси дунёдир. Охират эса унга амал килишдир. Ихлос билан қилинганидан бошқа ҳамма амал бехудадир.

Сахл ибн Абдуллоҳ Тустарий

Кишининг олим бўлишига Аллох Таолодан  қўрқмоғи, илмсиз қолишига эса амалига мағрурланиши кифоя қилади.

Масруқ

Ёки илмли бўл, ёки илмга таяниб иш тутадиган бўл, лоақал илмни тинглаб эшитадиган бўл, аммо тўртинчиси бўлма, чунки касодга учраб ҳалок бўласан.

Абулқосим аз-Замахшарий
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: UmmatiY_MuhammadiY 12 Oktyabr 2006, 06:18:38
As-salamu alaykum varahmatulloh!

Билаги зўр бирни йиқар, билими зўр - мингни.

Амир Темур

Истамай мутолаа қилаетган талаба - қанотсиз қуш.

Саъдий Шерозий

Жоҳилликдан бесаодатроқ нима бор?

Алишер Навоий

Ҳақ Таоло ҳар замонда олимларни ўшал замона халқининг амалларига муносиб сўзлар билан гапиртириб қўяди.

Абу Туроб Нахшабий

Билимим шу жойга етиб келдиким, билимсизлигини энди тушундим.

Абу Шукур Балхий
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Naqshbandiy 13 Oktyabr 2006, 07:45:20
Bozor   ahlining   kiyimlariga   aldanmanglar.   U   kiyimlarning   ichida bo‘rilari bordir.
Sufyon Savriy


Muhtoj odam har bir narsadan hojati chiqishini o‘ylaydi.
Mahmud Qoshg‘ariy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Naqshbandiy 13 Oktyabr 2006, 07:46:34
Ochlikda qolmasa chidam va toqat, Ba’zan arpa non ham ko‘rinar novvot.
Xusrav Dehlaviy


Eng quturgan hayvon ham pishiq qarmoq bilan ilintirishga nafsingchalik loyiq emas.
Hasan Basriy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Naqshbandiy 13 Oktyabr 2006, 07:47:13
Insonning dushmani uchtadir: dunyosi, shaytoni va nafsi.
Yahyo ibn Maoz


Halol kasb qilish tog‘ni ko‘chirishdan og‘irdir.
Abdulloh ibn Abbos
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Naqshbandiy 13 Oktyabr 2006, 07:47:50
Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi.
Abu Rayhon Beruniy


O’zing topib yegan sirkayu piyoz -
Oqsoqolning nonu barrasidan soz.
Sa’diy Sheroziy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Naqshbandiy 13 Oktyabr 2006, 07:48:26
Poklik faqirlikning ziynati sanaladi, shukr qilish esa mol-dunyoning ziynati sanaladi.
Ali ibn Abu Tolib


Qanoat mevasi - rohat, kamtarlik mevasi - muhabbat.
Mu’iniddin Juvayniy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: UmmatiY_MuhammadiY 13 Oktyabr 2006, 08:09:01
As-salamu alaykum varahmatulloh!


Гуноҳ қилиш илмнинг баракасини йўқотади, уни унутишга олиб келади.

Абдуллоҳ ибн Масъуд

Олимнинг адо этилиши лозим бўлган ҳақлари бор. Унга кўп савол бермаслик, жавобига эътироз қилмаслик, эриниб турганида жавоб беришга зўрламаслик, ўрнидан туришга қаймай этагига осилиб олмаслик, сирларини ошкор этмаслик, ҳузурида бирор кишини ғийбат қилчамлик, ундан хато қидирмаслик, борди-ю хато қилса, узрини қабул қилиш модомики Аллоҳнинг амрига итоат этаркан, унга ҳам Аллоҳ учун ҳурмат кўрсатиш, олдида ўтириб олмаслик, бирор эҳтиёжи бўлса, уни раво қилиш учун ҳаммадан олдин шошилиш олимнинг  ҳақларидандир.

Али ибн Абу Толиб

Агарда муаллим бўлса беозор,
Дарсхонани қилгай болалар бозор.

Саъдий Шерозий

Кекса киши бўлса нодону жоҳил, ақлли гўдакни ундан афзал бил.

Носир Ҳислав

Ўзини   гуноҳ   ва   бадлулқликдан   сақлай   олмаган   кишига   илм   фойда бермайди.

Имом Шофеъий
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: UmmatiY_MuhammadiY 13 Oktyabr 2006, 08:15:36
Ҳар киши илмли бўлганига зуҳд, тақвосиз ҳурсанд бўлса, китобли ёмон мазҳаблилар қаторига киргай.

Ҳаким ат-Термизий

Икки киши бесамар иш қилган ва бенаф ташвиш чеккан: бири бойлик тўплаб, фойдалана билмаган иккинчиси — илм ўрганиб унга амал қилмаган.

Саъдий Шерозий
 
Бугун сизлар ҳавойи нафслар илмга тобеъ замонда яшаяпсиз. Ҳали шундай замонлар келадики, унда илм ҳавойи нафсларга тобеъ бўлади.

Абдуллоҳ ибн Масъуд

Оз — оз ўрганиб доно бўлур, қатра — қатра йиғилиб дарё бўлур.

Алишер Навоий

Қанча кучанмасин сохта билимдон, у юксала олмас кўкка ҳеч қачон

Мирза Шафий
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: UmmatiY_MuhammadiY 15 Oktyabr 2006, 07:35:36
As-salamu alaykum varahmatulloh!

Илмига амал қилмаган олим жоҳиллар қаторига киради

Али ибн Абу Толиб

Китоби йўқ олим — мевасиз дарахт

Саъдий Шерозий

Билмаганин сўраб ўрганган — олим ва орланиб сўрамаган ўзига золим

Алишер Навоий

Ҳамма ибодатларнинг энг фазилатлиси илм билан қўшилиб келганидир.

Абу Исҳоқ Зуҳурҳурий

Илм фикрнинг хос мевасидир. Агар қалбда илм ҳосил бўлса, ҳолати ўзгаради, ҳолати ўзгарса, аъзоларнинг амалий ўзгаради. Бас, амал ҳолатга, ҳолат амалга, илм фикрга тобеъдир.

Абу Ҳамид ал — Ғаззолий
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslimaxon 18 Oktyabr 2006, 19:48:41
G’animning yolg‘oniga, laganbardorning shirin suxaniga uchma. Birinchisi ayyorlik to‘rini tashlagan, ikkinchisi esa yovuz jig‘ildonini ochib turibdi.
Sa’diy Sheroziy

Yetti boshli ajdardan emas, tilyog‘lama odamdan qo‘rq.
Qobus

O’z va’dasida turmaganda turli-tuman vaj-karsonlar ko‘rsatuvchi kimsa hech qachon mard va himmatli inson bo‘lolmaydi.
Abulqosim az-Zamaxshariy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslimaxon 18 Oktyabr 2006, 19:49:12
Har bir kishining so‘zi - o‘z fazilatlarining dalili va aqlining tarjimonidir. Shuning uchun qisqa va ma’noli so‘zlash lozimdir.
Xoja Ahmad

Rostgo‘ylikning eng past darajasi botin bilan zohirning barobar bo‘lishidir.
Abdulqosim Qushayriy

O’zini yoki birovni aldagan kishi rostgo‘ylikning hidini ham hidlamaydi.
Sahl ibn Abdulloh Tustariy
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2006, 09:33:03
Muhammad Kamol hikmatlari.

Yo'lovchi safardan avval tayorgarlik qilsin. Yo'lga chiqqan kishi g'arib bo'ladi. G'arib kishi esa zaif bo'ladi.

Pulni bankda ko'paytirish kibrga kiradi. Haq ilmini qalbda ko'paytirish esa tevozega kiradi.

Kibr yomonlikka yo'l ochgani kabi tavoze ham insonni yahshilikka boshlaydi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2006, 09:35:43
Dunyo janjal, urush bo'layotgan maydonga o'hshaydi. Mushti kuchli, mol-dunyosi ko'pbo'lganning ovozi chiqib, hurmat ko'radi. Sen bir parcha non uchun quyrug'ini o'ynatadiga itlar kabi mol-dunyosi bor bo'lgani uchun ularga hurmat ko'rsatma. Senga insonligingni anglatib, Haqni bildirganlarni hurmat qil. Eng muhimi ham shudir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2006, 09:50:26
Inson yo'lda jonli kitob kabi hamma narsani ko'radi, o'qiydi. Iymon nazari ila yerga,ko'kka, ulardagi turfa hil ajoyib narsalarga qara-da, bu jonli darshonadan dars va ibrat ol.

Kiborlar bilan do'st bo'laman,dema. Kiborlarning har birida o'ldiruvchi zahar bor.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2006, 09:59:03
Bir g'aribning ko'nglini shod qiladigan so'z aytish oltin hazinasini topishdan afzalroqdir. Chunki u asl insoniylik gavharini ulashishdir.

Pulni o'g'irlatsang honavayron bo'lasan. Ilmingni esa hech kim o'g'irlay olmaydi.

Johil ota-ona honadoni bamisli urush o'chog'idir,
Insoniylik hissidan mahrum hibs joyidir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2006, 10:02:05
Sayohatdan maqsad ko'rish, kechirish,tanishish,alomatlikni saqlash orqali yuksalishdir. Bundan bo'lak maqsad ila sayohatga chiqish hayvondek kezishdir.

Inson vujudining a'zolari qalbidagi niyatiga ko'ra harakatlanadi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2006, 10:03:36
Ilmni o'rganishdan oldin unga chin ihlos bilan bog'lan. Ishiga ihlossiz bog'langan uni ohiriga yetkazolmaydi.

Oshiq sevgan kishisini ko'zi bilan ko'radi, bilimi bilan his qiladi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2006, 10:06:20
Shuhrat uchun yugurganlar yiqiladilar. Shuhratga erishganlar esa bu yo'lda ma'naviyatlarini o'ldiradilar.

Haq buyrug'ini bajarmagan, Haq yo'liga kirmagan hisoblanadi.
Namoz, ro'zani bilmagan va unga befarq munosabatda bo'lgan kishi islomiyatga yaqinlasholmaydi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 04 Noyabr 2006, 10:08:42
Muruvvat, marhamat insoniylik tuyg'usidir. ularning manbai esa din va iymondir.

Nafs amriga asir bo'lgan kishi yomonlikka ham asir bo'ladi.

Haqni eshitmaslik, haromdan hazar qilmaslik o'limni uzoq deb bilishdan paydo bo'ladi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 05 Noyabr 2006, 12:04:52
Zaif olomasa kuchlidan haqqin,
Tangri ulug'lamas unday el, halqin.


Agar tutsang ulug'larning ishini,
Nabot et tili, na bot og'rit kishini.

So'fi Olloyor.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 05 Noyabr 2006, 12:08:41
Bir joyda ahloqsizlik yoyilsa, Allo taolo (yahshi yomonni ayirmay) barchaga birday balo yuboradi.

Abu Bkar Siddiq r.a.


Yolvorish lazzati dunyoviy ne'mat emas, balki u jannat zavqlaridandir. Alloh u zavqni mahbublari uchun yaratgan. Har kas uni ololmas.

Imom G'azzoliy.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 05 Noyabr 2006, 12:11:13
Bandaning keraksiz narsalar bilan mashg'ul qilib qo'yilishi Alloh taoloning undan yuz o'girganiga dalolatdir.

Hasan Basriy r.a.


Shaytonning haloyiqqa sullton bo'lib olishi ularning dunyoni yahshi ko'rishlari tufaylidir.

Najmiddin Kubro.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 05 Noyabr 2006, 12:13:43
Halq sening so'zing bilan ish qilishini hohlasang, avvalo sen o'zing o'z so'zing bilan ish qil.

Anushirvoni Odil.

Jasorat o'z qism: bittasi - qo'rqmaslik, to'qqiztasi diqqat va ehtiyotkorlik.

Hazrati Ali r.a.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 05 Noyabr 2006, 12:17:04
Dunyoning g'ami qalbga zulmat bag'sihlaydi. Ohiratning g'ami esa qalblarga nur beradi.

Usmon ibn Affon r.a.

Kim solihlarning siyratiga nazar solsa, o'zining kamchiliklarini ko'radi va odamlardan orqada qolganini anglaydi.

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 05 Noyabr 2006, 12:19:47
Ilm toliblari temirdan aso olsin,po'latdan kavush kiysin. So'ng hassasi sinib kovuchi yeyilib ketguncha ilm izlasin.

Dovud a.s.

Banda dunyo molidan bir narsaga erishsa, Alloh huzuridagi darajasidan, albatta, bir narsa kamayadi, garchi unga sahovat qilingan bo'lsa ham.

Ibn Umar.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 05 Noyabr 2006, 12:22:15
Nafsning hohishlarini ijobat etaverish kishini halok qiladi.

Anas ibn Molik r.a.


Siringni dushman bilmasin desang, do'stingga aytma.

"Qobusnoma"dan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:17:42
Hotamdan: "œQaysi narsa ustiga amalingizni bino qildingiz?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "œTo‘rt narsa ustiga:
- boshqalarning rizqi menga o‘tmaganidek, mening rizqim ham mendan boshqaga o‘tib ketmaydi, deb bildim va shunga ishondim;
- bo‘ynimda farzlar bor va bu farzlarni o‘zimdan boshqa hech kim ado qilmaydi, deb bildim va ularning adosi bilan mashg‘ul bo‘ldim;
- bildimki, Rabbim meni har vaqt ko‘rib turadi, men Undan uyalaman;
- ajalim menga shoshib kelayotganini bildim va men ham unga shoshildim".
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:17:50
Aytishlaricha, johillik alomati uchta:
1)   foyda bermaydigan narsalarni yig‘ish;
2)   halok qilinadigan gunohlarni qilish;
3)   qutqaradigan amalni tark etish.

Alloh taologa yuzlanuvchining alomati ham uchta:
1)   qalbini tafakkur uchun;
2)   tilini zikr uchun;
3)   badanini xizmat uchun fido qilmog‘i.

O‘zini aldaydiganlarning alomati uchta:
1)   xatolardan cho‘chimay, shahvatlarga shoshilish;
2)   uzoq orzu bilan tavbani kechiktirish;
3)   oxiratni amalsiz umid qilish".
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:17:58
Hakimlardan ba’zi biri aytadilar: "œKim uch narsasiz uch narsani da’vo qilsa, bilki shayton uni masxara etadi:
- kim dunyoni yaxshi ko‘rib turib, Alloh zikrining halovatiga yetishishni da’vo qilsa;
- kim Allohning rizoligini nafsini rozi qilish orqasida da’vo qilsa;
- kim odamlarning maqtovini yaxshi ko‘rish bilan ixlosni da’vo qilsa".
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:18:05
Abu Nazra aytadilar: "œKimda to‘rt narsa bo‘lsayu, ular bilan yaxshilikni ziyoda qilmasa, Alloh taolo uning amalini qabul etmaydi:
- kim urushdan omon qaytib, keyin yaxshilikni ziyoda qilmasa, bu hol Alloh taolo undan amalini qabul qilmaganining belgisidir;
- kim ramazon oyida bir oy ro‘za tutsayu, yaxshiliklarini ziyoda qilmasa, bu hol Alloh taolo uning amalini qabul qilmaganining belgisidir;
- kim haj qilsayu, yaxshiliklarini ziyoda etmasa, bu hol ham Alloh taolo undan qabul qilmagani belgisi;
- kim kasal bo‘lsa, so‘ng tuzalib yaxshiliklarini ziyoda qilmasa, bu holat kasallik uning gunohlariga kafforat bo‘lmaganining belgisidir".
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:18:12
Aytishlaricha, oqil kishiga amalini isloh etishi va harakatini zoe’ qilmasligi uchun to‘rt narsa kerak bo‘ladi:
1.   Ilm. Unga ilmi hujjat bo‘ladi.
2.   Tavakkul. Ibodatda forig‘ va odamlarga qaram bo‘lmasligi uchun.
3.   Sabr. U bilan amalini mukammal qiladi.
4.   Ixlos. U bilan savobga yetadi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Bekzod 04 Dekabr 2006, 14:54:12
Paygambarimiz Muhammad (s.a.v) aytadilar: namoz kufr va shirk o`rtasidagi bir pardadir. Kimki namozni tark qilsa, shu pardani ko`taribdur.

Mo`min va kofirni ajratuvchi a`lomat bu namozdir. Kimki namozni tark qilsa kofirga o`xshabdur.

Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Shahina 04 Dekabr 2006, 23:57:19
Yaxshilik qila olmasang, bori yomonliq ham qilma.
Alisher NAVOIY
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Shahina 04 Dekabr 2006, 23:57:47
Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo‘lsa, holati o‘zgaradi, holati o‘zgarsa, a’zolarning amali o‘zgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobe’dir.
Abu Homid al-G‘AZZOLIY
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Tilla 07 Dekabr 2006, 13:38:09
rivoyat;
kimda ushbu 11 hislat mavjud bolsa .bu baxtiyorlik nishonasidur.

1.Dunyoga katta axamiyat bermasdan ,oxirat ishlarini mukamal qilishga tirishadi.
2.Vaqtini koproq ibodatga va Qur'on tilovotiga sarflaydi.
3.Faqat zarur bolganda so'zlaydi.
4.5 vaqt namozni o'z vaqtida ado etadi.
5.o'zini xaromdan ,shubxali ishlardan tiyadi.
6. xar doyim olim va solihlar b-n suhbatlashishga intiladi.
7.kamtarin bolib,takabbur ,gerdayishdan saqlanadi.
8. saxiy va muruvatli boladi.
9.Alloh ta'olo xalqiga raxmdil boladi.
10.Alloh ta'olo xalqiga xar doyim foydasi tegaDI
11.O'LIMNI koproq eslab turadi

Baxtsizlikning 11 belgisi.........

1.xorislik b-n dunyo molini yig'adi.
2.dunyo ziynatlari va lazzatlari b-n koproq mashg'ul bo'ladi
3.bekorchi so'zlarni ko'p aytadi va musul;mon birodarlarini g'iybat qiladi.
4. 5 vaqtlik namozlariga yahshi axamiyat bermasdan  dangasalik qiladi.
5. ko'proq sharoratchilar b-n xamsuhbat bolishga intiladi.
6.Xudoning bandalariga zarar etkazadi.
7. gerdaygan ,maqtanchoq, bo'ysinmaydigan ya'ni nofarmonbardor bo'ladi.
8.Mo'min bandalarga foyda keltiruvchilarni qaytaradi.
9.Musulmonlarga mehr -shafqat qilmaydi
10.Baxil bo'ladi.
11.o'limni unutgan boladi.

Rasulalloh(s.a/v)_dan rivoyat. 4 narsa baxtsizlik alomatidir.
O'tmishdagi  gunohlarini, o'zining xayr-exsonlarini odamlar oldida ko'p gapirishlik,mol-dunyoga mubtalo bo'lganlarni qadrlash,be-dinlarni ortiq yashi ko'rishlik..degan ekanlar
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslima_subh 11 Dekabr 2006, 09:04:56
Payg’ambar sallalohu alayhi vasallam:"Alloh taolo deysi:"Men meni o’ylayotgan bandam o’yidaman, Men haqimda hohlaganini o’ylayversin",-dedilar".
                                 
Voila ibn Asqo rivoyati
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslima_subh 11 Dekabr 2006, 09:11:47

Eng yaxshi kun juma, eng yaxshi oy ramazon, eng yaxshi amal vaqtida ado etilgan namozdir!

 Abdulloh ibn Abbos
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Muslima_subh 11 Dekabr 2006, 09:13:14
Tortinchoq bilan mutakabbir ilm olomaydi

Odamlarni rozi qilish hech qachon amalgam oshmaydigan orzudir.

Allohning eng ulug’ ne’matlaridan biri shubhasiz sizni hamisha  haqqa chaqirib turguvchi do’stingizdir
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 15 Dekabr 2006, 14:18:27
"Birodaring haqqiga begunoh til bilan duo qil, rad bo'lmaydi. Ya'ni sening tiling uning haqqiga, uning tili esa sening haqqinga gunoh qilmagan bo'lsin.Birodarning birodarga duosi shu tarzda bo'ladi".

Xoja Ali Romitaniy.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 15 Dekabr 2006, 14:22:11
"Olimlarning ziynati ilmlarining amallari bilan uyg'unligidir".

Imom Shofi'iy.

"Biror kishiga hizmat qilish lozim bo'lib qolsa naflibodatlarni tark etamiz.Chunki nafl ibodat insonning o'ziga foyda yetkazadi. Ammo boshqa bir kishiga  hizmat qilish, jamiyatga hizmat qilishdir. Buning savobi ko'proqdir".

Mahmud As'ad Jo'shon.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 15 Dekabr 2006, 14:24:42
"Mayda narsalarga keragidan ortiq e'tibor beradiganlar, katta narsalarni eplolmaydiganlardir".

Aflotun.

"Ahloqiy fazilatlar odamning niyatida aks etadi".

Aristotel".
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2006, 09:36:16
"Ilmiga amal qilmagan olim boshqalarni kiyintirib o'zi yalang'och qolgan igna kabidir".

"Ko'p umr ko'rmiq johilga jaholatdan boshqa narsani orttirmaydi".

Imom G'azzoliy.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2006, 09:38:37
"Ey,insonlar! Men duolaringiz qabul bo'lmay qolishidan emas, balki duo qilmay qo'yishingzidan qo'rqaman".

Hasan Basriy.

"Musulmonlarning namozi tez orada vrachlarning retseptlari orasidan joy oladi".

Bernard Shou.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2006, 09:41:30
"Bobolarining dindorligi tufayli najot topishndan umid qilganlar,otasining yegani bilan qorin to'yishini kutgan kimsa kabidir".

Imom G'azzoliy.

"Chuqur fikrlar - aqlga qoqilgan p'olat mixdek, ularni sug'rib bo'lmaydi".

D. Didro.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2006, 09:46:03
"Men hotiram zaiflashayotgani haqida ustozim Vaki'ga shkiyat qildim. U meni gunohlardan saqlanishimni buyurdi, hamda shu narsani aytdiki, ilm nurdir. Alloh bu nurni osiylarga bermaydi!"

Imom Shofi'iy.

"Hushomadga o'ch odam - hushomadgo'ydir".

Shekspir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Tilla 21 Dekabr 2006, 16:12:02
****************************************************************
Umar raziallohu anhu  rivoyat qilurlarki.1 kuni ko'rsam Rasulalloh (s.a.v) quruq bo'yra ustida yonboshlab yotgan ekanlar. Bo'yraning naqshi muborak badanlariga tushib qolibdi.Shunda dedim;"Yo Rasulalloh ,Rum va Fors podshohlari Alloh ta'ologa ibodat qilishmaydi,lekin shunga qaramay,ularga bexisob noz-ne'matlar berilgan,xar-xil kiyimlarda,hursandlik bn umr kechiradilar.Siz Rabbul-'olamiynning Rasulisiz,nima uchun Alloh ta'olodan farovon rizq so'rab duo qilmaysiz ?"
Rasulalloh s.a.v ;"Yo Ibni Xattob,bu dunyo ularniki bo'lib,oxirat bizniki bo'lishidan norozimisan?"  dedilar....
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 23 Dekabr 2006, 00:30:51
Dunyoda hasad va ginadan og‘irroq ranj yo‘q. Chunki hasadchi kimsa odamlarning shodligidan payvasta g‘am ostida yuradi. O’zgalar rohatidan doimo zahmat tortadi.
Muhammad Husayn
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: sultonxon 23 Dekabr 2006, 03:17:21
Ziqnalik-bu ojizlikdir.
(Ali r.a.)
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Tilla 23 Dekabr 2006, 17:38:26
Rasul sallallohu alyhi vasallam dedilar;
"Mo'min bandasining tavbasi Ollohni ko'proq quvontiradi...yonida ulovi ,ulovida taomi va suvi b-gan 1 yo'lchi qo'rqinchli,havf-xatarga boy,notanish bir joyda to'htadi,safar chog'ida xorib-charchagani boyis hsu erda ozroq mizg'idi .Uyg'onib qarasa,yonida ulovi yo'q .Ulovini rosa-rosa izladi.Borgan sari kun qizib, tashnalik ichini yondirardi.."Olllohning holagani bo'ldi , endi joyma qaytib,o'sha erda bo'lay,Balki,ko'zim ilinib,uyquda jonim chiqganini  sezmay qolarman'dedi o'ziga o'zi .Keyin boshini bilagiga qo'yib ,go'yoki jon taslim qilishga  xozirday 1 xolda yo'tdi.Bir payt uyg'onib qarasa ,na go'z bilan gorsinki ,yo'l ozig'i va suvlari ortilgan ulovi qarshisida turardi  ......
Shunday paytda ulovini topgan kishining quvonchi qanchalik kuchli ,samimiy boladi !@
Mo'min bandasi qilgan tavbadan Olloh ta'oloning quvonchi bundan+da kuchliroqdir"   
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Tilla 23 Dekabr 2006, 17:54:28
Luqmon_Hakim o'g'liga;
Ey o'g'lim ..Tizzagni olimlar tizzasiga yaqin tut,ularning majlislarida bo'l! Ular b-n mujodala qilma< nafratiga yoliqasan ,Dunyodan nasibagni ol.Kasb etib topgan narsang= ko'prog'ini oxirating  uchun sarfla. Dunyodan butunlay yuz o'girib, kimlargadir va kimlar=dir bo'ynida yuk bolib qolishdan saqlan .Tutgan ro'zang shahvatgni sindirsin .Agar namozingga zarar etkazsa,ro'za tutma,chunki ,namoz ro'zadan afzaldir.Ahmoqlar b-n ham suhbat bolma -ikkiyuzlamachilarga aralashma"
Sababsiz-kulma,maqsadsiz-yurma,o'zing uchun ahamiyati bmagan narsa xaqida savol berma.Oz moligni zoe etma,o'zganig molini isloh et.Ohirat uchun xozirlagan amaling-o'z moling ,etiborsiz tark etgan amaling o'zganing molidir .Ey o'glim kim raxmli bolsa, raxmatga sazavor...Kim homush bolsa ,omonlik unga yor..Kim hayrni gapirsa davlatiga davlat qo'shiladi..
Tabassumli bo'l ga'zabnok bolma..(duch keganga tirjayaverma yana)Xato qilganing hatosini yuziga solib ,izza qilma..o'zigni hatolarngga yig'la ..O'JARLIKNI TARK ET!!!
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Süleyman 26 Yanvar 2007, 02:00:20
Allah, dinini düzelten kişinin dünyasını da düzeltir. 
Hz.Ali r.a.

Din bir üsdür, sultan da muhafızdır. Üssü olmayan yıkılmış, bekçisi olmayan da kaybolmuştur.
İmam Gazali
Nom: Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
Yuborildi: Mahdiyah 07 Fevral 2007, 11:00:50
Birinchi takbirga beparvolik qilgan kishidan qo’lingni yuv.
Ibrohim Naxa’iy

Namozda turar ekansan, go’yoki hukmdorning eshigini qoqmoqdasan. Hukmdorning eshigini qoqqanga esa, eshik, albatta, ochilur.
Abdulloh ibn Ma’sud

Biz yelkalarimizni gunohlar yuki ila brogan sari og’irlashtirmoqdamiz. Ammo namoz vaqti kirib, farzni ado etgach, oldingi gunohlarimizga kafforat bo’ladi. So’ng yana yelkamizni og’irlashtiramiz va yana farz namozlarimizni ado etish bilan oldingi gunohlarimizni ketkazamiz.
Abu Muso Ash’ariy

Bolalarning isloh-tarbiyasi — maktablarda, qaroqchilarniki — qamoqxonalarda, ayollarniki — uylarida, yoshlarniki — ilmda, keksalarniki esa, masjidlardadir.
Hakim Termiziy

Kasalga (kasalligi uchun) ajr yozilmaydi, ajr savob amalgam yoziladi. Lekin (kasallik) xato-gunohlarga kafforot bo’ladi.
Abdulloh ibn Ma’sud
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 07 Mart 2007, 07:25:56
Do'st degani daraxt yaprog'iga o'hshaydi. Bahor chog'i - behisob, kuz kelganda sanoqli.
Yoshlik chog'i behisob, keksayganda sanoqli....

O'tkir Hoshimov.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 07 Mart 2007, 07:27:26
Ixlos va iqtidosiz amal huddi qopini qumga to'ldirib olib ketayotgan va foyda olmayotgan musofirga o'hshaydi.

Ibn Qayyum.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 07 Mart 2007, 07:29:11
Zulming ota-onasi - nafsdir. Nafs - go'yo valadi zinodir. Uning oqibati halokatdir. Zulm - o'zganing zulmini chaqiradi,nafs - o'zganing nafsini o'ziga chorlaydi.

Tohir Malik.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 07 Mart 2007, 07:31:47
Kim ALlohdan qo'rqsa, Alloh barchani undan qo'rqadigan qilib qo'yadi. Kim ALlohdan qo'rqmasa, Alloh uni hamma narsadan qo'rqadigan qilib qo'yadi.

Umar ibn Abdulaziz.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 07 Mart 2007, 07:33:28
Alloh taolo huddi rizqlarni taqsimlagani kabi, muhabbatni ham taqsimlagan. Bularning barchasi Allohdandir. Bas, silzra hasaddan hazar qilinglar. Zero, uning davosi yo'qdir.

Fuzayl ibn Iyoz.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 07 Mart 2007, 07:35:07
Ba'zi birovlarning quloqlari Haq so'zni eshitishga kelganida igna teshigi kabi torayib ketarkan. Fosiq so'zlarni tinglashga kelganda esa darvoza kabi katta ochilib ketarkan.

Tohir Malik.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 07 Mart 2007, 07:36:22
Kimki Alloh taolo bilan sidq ila muomalada bo'lsa, Alloh azza va jalla unga hikmat ne'matini ato etadi.

Fuzayl ibn Iyoz.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 07 Mart 2007, 07:40:03
Banda Alloh azza va jalladan ilmi miqdoricha qo'rqadi. Oxiratga bo'lgan rag'bati miqdoricha dunyoning o'tkinchi ziynatlaridan chetlashadi.

Fuzayl ibn Iyoz.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 10 Mart 2007, 06:52:13
Islom - Allohning amrlariga taslim bo‘lmoq va itoat etmoq demakdir. Lug‘at e’tibori ila iymon va Islom orasida farq bor, lekin Islomsiz iymon, iymonsiz Islom bo‘lmas. Ular ikkisi bir narsaning ichi va tashi kabidir.

Imomi A’zam
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 10 Mart 2007, 06:52:40
Kufrga ketishning to‘rtta asosi bor: juda chuqurlashib ketish, o‘zaro kurash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh tortish, darz ketish, bo‘linish.

Ali ibn Abu Tolib
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Laylo 10 Mart 2007, 06:53:07
Qalb kasallarini davolash besh ish bilan bo‘ladi: Qur’onni tadabbur bilan (ma’nosini anglab) tilovat qilish, kechasi tahajjud namozi o‘qish, saharlarda Allohga yolvorish, do‘stlar bilan suhbat va kam yeyish.

Ibrohim Havvos
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 20 Mart 2007, 07:27:50
Sen ham bir hamir kabisan. Faqat insoniylik achitqisi bilan kamolga yetasan.


Narsaning ko'pligiga emas, unumdorligiga qara. Unumli narsa foydali bo'ladi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 20 Mart 2007, 07:28:59
Hamma o'ladi, sen ham o'lasan. Olib ketadiganing faqat amalingdir. Amaling bilan hashr qilinasan, amaling bilan jazolanasan yoki mukofatlanasan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 20 Mart 2007, 07:31:45
Inson molini dunyoda qoldirib, oxiratga amali bilan ketadi. Oxiratda sarmoyasi, moli uning keltirgan amali bo'ladi.


Avval nima eding? Keyin nima bo'lishingni o'yla.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: AbdulAziz 21 Mart 2007, 07:29:31
Uch narsani unutgan odam oqil emas: dunyoning o’tkinchiligini, undan qachondir ajralishini va o’limning ofatlaridan hech kim omonda qolmasligini.
Hakim
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Mart 2007, 09:06:40
Zolimning uyiga yaqinlashma, undan biror narsa so'rashni aslo hayolingdan o'tkazma, shunday qilsang mard bo'lib yashaysan. Zolimga yaqinlashsang, nomarda bo'lib yashaysan va shundayligingcha o'lasan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Mart 2007, 09:08:10
Insonni umid yashatadi, umid sinsa inson mag'lubiyatga uchraydi.


Ixtiloflar paydo bo'lsa, janjallar kelib chiqadi.


Yahshilik qilish bilan mamnun bo'lgan kishi haqiqiy insondir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Mart 2007, 09:10:05
Manmanlikdan voz kechgan kishi haqiqiy insonga aylanadi.


Agar g'arb olami sharq dunyosiga kin-kudratsiz boqsalar edi, dunyoni besabab qonga botirmas edilar.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Mart 2007, 09:12:12
Badqovoqlardan qoch. Tund yuzlilar Fir'avn suratlidir. Ular haqiqatni eshitmaydi, Iymon keltirmaydilar.


Bahs-munozarani haqiqatni bilish uchun qil, o'zingni ko'rsatish uchun qilma.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Mart 2007, 09:17:42
Yahshi do'st topsang bahtli insonsan. Yahshi do'st dunyo hazinalarining eng yahshisidir.


Dunyo saodati yahshi-hayrli insonlar ila qoimdir. Yomon kishilar dunyoni odamlar uchun zindon qiladilar.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Mart 2007, 09:21:33
Hamma joyda, har on o'lim seni kutib turagnini bilsangda, uzoq yashashni ko'nglingdan o'tkazasan. U bilan aldanasan.


O'zingdan yahshi foydalanishga harakat qil. Foydalanmasang bir kun falokatga duchor bo'lasan. Yomon foydalanishning jazosini olasan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Mart 2007, 09:23:04
Takabburlardan ilondan qochgandek qoch, senga yaqinlashgan kuni seni chaqadi.


Hayotda yahshilar bilan bo'l, yomonlar bilan kurash.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Mart 2007, 20:50:11
Hamma bu olamga kelib ketadi. Sen ham kelding va bir kun ketasan.Qayerga ketishingni o'yla va Haqqa ko'ngil ber.


Sahar bo'lishi bilan hatto qushlar uyg'onadi, sen esa hanuz uyqudasan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Mart 2007, 20:52:48
Qur'oni karimning har bir oyati insonlarga xitob qiladi. Inson bo'lsang uni yahshi tingla va angla.


Hoji bo'lish, hoja bo'lish osondir. Qlabni Haqqa qaytarish esa qiyindir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Mart 2007, 20:54:32
Masxara qilgan ksihing senga javob qilmasa, demak bilki, u sendan insoniyliksa ustundir.


O'zini yahshi ko'rgan haqiqat eshigidan bir kun quviladi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 21 Mart 2007, 20:56:15
Ilmga tolib bo'lgan bahtli bo'ladi. Jahlga tolib bo'lgan badbaht bo'ladi.


Seni falokat dengizidan qutqarishni istaggani qo'liga urma, qo'lidan o'p. Unga rahmat ayt.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 22 Mart 2007, 07:20:49
O'g'rini madh etgan o'g'ri, kofirni madh etgan kofir, mo'minni madh etgan mo'min bo'ladi.


Yoshlarni o'qitib, ularga ta'lim-tarbiya bermoq hayrli ishlarning eng yuksagidir.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 22 Mart 2007, 07:23:42
Har qanday oshkor va yashirin haqiqatga aql ilan erishiladi.


Aql insonni hayrli ishlarga, haqiqatga yetaklaydi,insof, iymonga ham kishi aql orqali erishadi.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 22 Mart 2007, 07:25:03
Kaltafahm kishilar uzoqni ko'rmasliklari bilan o'zlarini aldaydilar.


Allohning buyrug'ini tark qilgan kuning dunyo seni aldaydi. Demak sen, shayton amriga itoat qilgan bo'lasan.
Nom: Re: Mashhurlar hikmatidan
Yuborildi: Munira xonim 22 Mart 2007, 07:26:16
Faqir bo'lganing uchun emas, balki ibodatlarni ado etmaganing uchun yig'la.


Banda duo qilmasa bandalik lazzati unga tatimaydi.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: AbdulAziz 06 Oktyabr 2007, 07:26:39
Kibrlikni tavoze' ila, ochko'zlikni qanoat ila, hasadni nasihat ila, ushlay olsang haqiqiy mo'min bo'lasan.
Molik ibn Dinor

Ey insonlar, ilm o‘rganinglar. Alloh taoloning huzurida Uning o‘zi sevgan bir libos bo‘lib, ilmning bir bobini o‘rgangan kishiga o‘sha libosni kiygizadi. Agar olim bir gunoh qilsa, libos undan olinmasligi uchun uch marta tanbeh beradi. Garchi bu gunohi vafotigacha davom etsa ham (libos yechib olinmay, tanbeh berilaveradi).
Umar ibn Xattob
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 05:51:52
Rabi’ ibn Huzaym aytganlar: "Qaysi bir amaldan Allohning yuzi istalmasa, u qurib, yo‘q bo‘lib ketguvchidir".

* * *

Imom Ahmad o‘g‘illariga nasihat qila turib, shunday deganlar: "Ey o‘g‘ilcham, yaxshilikni niyat qil, zero agar sen yaxshilikni niyat qilsang, doim yaxshilikda bo‘lasan".
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 05:52:01
Ayyub as-Suhtiyoniy aytadilar: "Allohga qasamki, banda holati-fazilatining boshqalarga bilinmasligidan xursand bo‘lsagina sodiq-muxlis bo‘libdi".

* * *

Bir kishi Shaqiq ibn Ibrohimdan: "Odamlar meni solih deb aytishadi, solih yoki solih emasligimni qanday bilsam bo‘ladi?" - deb so‘radi. Shunda Shaqiq ibn Ibrohim: "Yashirin qiladigan ishlaringni solihlarga oshkor qil. Agar ular undan rozi bo‘lishsa, demak sen solihsan, bo‘lmasa solih emassan", - dedilar.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 05:52:11
Muhammad ibn Yusuf al-Asbahoniy yemishlarini bir novvoydan sotib olishga odatlanmas ekanlar. Buning sababi so‘ralganda, u zot: "Ehtimol sizlar meni tanib qolib, haybatlanib, nonni arzonroq qilib berishingiz mumkin, unda men dini bilan kun ko‘radiganlardan bo‘lib qolaman", - degan ekanlar.

* * *

Surayya Rabi’ ibn Huzaym haqida aytadilar: "Rabi’ning barcha amali maxfiy edi. Agar u zot huzuriga biron kimsa kelib qolsa va o‘sha vaqt Mushafni ochib qo‘ygan bo‘lsalar, uni ko‘ylaklari bilan bekitib olar edilar".
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 05:52:22
Ibrohim an-Naha’iy agar Mushafdan biron sura o‘qiyotgan bo‘lsalar va oldilariga biron kishi kirib qolsa, uni bekitib, yashirib qo‘yar edilar.

* * *

Ibn Muborak g‘azotga chiqsalar, kimliklari bilinmasin uchun yuzlarini yopinchiq bilan to‘sib olar ekanlar. Abdulloh ibn Sulaymon aytadilar: "Men yopinchiqning bir chetini ushlab, tortdim. Shunda u zot: "Ey Abu Amr! Siz bizni uyaltirib, sharmanda qiladigan kimsalardan ekansiz", - dedilar".
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 05:52:30
Ibn Muxayriz ko‘ylak sotib olish istagida chaqa pul bilan do‘konga kirdilar. Shunda bir kishi sotuvchiga qarab: "Bu Ibn Muxayriz bo‘ladilar, savdoni chiroyli qiling", - dedi. Shunda Ibn Muxayriz savdoni to‘xtatib, o‘sha do‘kondan chiqib ketdilar va: "Biz faqat pullarimiz bilan sotib olamiz, dinimiz bilan sotib oluvchi emasmiz", - dedilar.

* * *

Xalaf ibn Tamim aytadilar: "Men Sufyon as-Savriyni Makkada ko‘rdim, u zot atroflarida hadis o‘rganuvchilar ko‘payib ketganida: "Inna lillahi va inna ilayhi roji’un, men kabi insonga odamlarning hojati tushgani sabab Alloh bu ummatni yo‘q qilib yuborishidan qo‘rqaman", - dedilar".
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 05:52:38
Imom Ahmad aytadilar: "Bir kishi Sufyon as-Savriyga u zotni tushida ko‘rgani haqida aytganda, "O’zingni qiynama, men nafsimning qandayligini tush ko‘ruvchilardan ko‘ra yaxshiroq bilaman", - degan ekanlar".

* * *

Ibrohim an-Naha’iy aytadilar: "Qilingan bir yaxshi amalni gapirdim. Agar gapirmaslikdan qutulish yo‘lini topganimda edi, gapirmasdim. Qaysi bir zamonda men Kufa faqihi bo‘ladigan bo‘lsam, demak o‘sha zamon yomon zamondir".
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 05:52:46
Hasanul-Basriy aytadilar: "Bir kishi bir yerda zikr qilib o‘tirardi, kachon ko‘z yoshi kelsa, uni orqaga qaytarardi. Agar ko‘z yoshi chiqib ketishidan qo‘rqsa, turib olardi".

* * *

Muhammad ibn al-Vosi’: "Agar gunohlarimga hid berilganida edi, sizlar menga yaqin kelolmagan bo‘lardingiz. Men shunday kishilarni ko‘rdim, ulardan birlari ahli bilan bir yostiqda yotardi. Ko‘z yoshidan chakkasi ho‘l bo‘lib ketardi, ammo buni ayoli his qilmasdi. Yana shunday kishilarga yetishdimki, ulardan biri namozda bir safda turib yig‘lardi, buni yonida turgan kishi sezmasdi".
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 15 Oktyabr 2007, 05:52:54
Hasson ibn Sinonning ayoli aytadi: "Hasson ibn Sinon kelib to‘shakka yotardilar, so‘ng meni xuddi ona o‘z bolasini aldab uxlatganidek aldab uxlatishga harakat qilardilar. Agar uxlaganimni bilsalar, sekin o‘zlarini to‘shakdan chiqarib olib, xonadan chiqib ketardilar. So‘ng namoz o‘qishga turar edilar".

* * *

Aliy ibn Husayn Zaynul-Obidin rahimahulloh kechaning eng oxirgi qismida orqalariga bir qop nonni ortib, uni odamlarga maxfiy ravishda ulashib chiqar edilar va: "Maxfiy qilingan sadaqa Alloh azza va jallaning g‘azabini o‘chirur", - derdilar. Madina ahli aytardilar: "Biz maxfiy sadaqani Aliy ibn Husayn vafot etgunlariga qadar yo‘qotmadik".

* * *

Amr ibn Qays al-Mulaiy 20 yil nafl ro‘za tutdilar. Buni ahli oilalari bilmadi. U zot nonushtalarini olib, tong-la do‘konga ketardilar va o‘sha taomni sadaqa qilib yuborardilar, buni oila a’zolari bilmasdi. Agar u zotga yig‘i kelib qolsa, yuzlarini devorga qaratib, sheriklariga: "Shamollash qanday ham qattiq-a", - der ekanlar.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:50:55
Sufyoni Savriy hazratlari shunday der edilar: «Banda barcha amrlarga bo‘ysunib, Allohga qullik qilsa-yu mol- dunyoni yaxshi ko‘rsa, qiyomat kuni u haqida shunday nido etiladi: «Qarang, bu falonchi o‘g‘li falon, Haq taolo nafrat etgan (yoqtirmagan) narsani yaxshi ko‘rgan edi. Hali zamon uning yuzini eti tushib qoladi». Bu o‘rinda, dunyodan maqsad oxiratga to‘siq bo‘lgan dunyodir.

* * *

Abul Hasan Ali al-Mazin rahmatullohi alayh shunday der edilar: «Bir odamni siddiq, deb atashingiz mumkin. Biroq dunyo muhabbati uning qalbiga o‘rnashgan bo‘lsa, Alloh taolo unga aslo nazar etmaydi. Bu tahlikadan panoh so‘rab Allohga iltijo etamiz. Allohga qasamki, tariqat ahlidan kimki ma’nan halok bo‘lsa, u faqat va faqat nafsining boylikdan lazzat olishi tufayli halok bo‘ladi. Allohga qasamki, kishi o‘ziga kelgan dunyo molini Alloh haqlariga ko‘ra taqsimlab, o‘ziga biror narsa qoldirmasa-da, ammo u mollarni yaxshi ko‘rsa, Alloh bilan uning orasini to‘suvchi parda paydo bo‘ladi».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:51:42
Abul Hasan ash-Shozaliy rahmatullohi alayh bunday der edilar: «Hech bir murid uning Allohga bo‘lgan sevgisi haqiqiy bo‘lmaguncha taraqqiy etolmaydi,  mol-dunyo va dunyoparastlarni yomon ko‘rmaguncha, dunyo va oxirat ne’matlariga e’tiborsiz bo‘lmaguncha Alloh taolo uni sevmaydi». Yana bunday deganlar: «Alloh dunyoga muhabbat qo‘ygan muridni, uning dunyoga muhabbati oz yo ko‘p bo‘lsa-da, yoqtirmaydi. Bu yo‘lga ilk qadam qo‘ygan murid dunyo (sevgisi)ni qo‘lidan va qalbidan uzoqlashtirishi lozimdir. Murid dunyoga mayl berib tariqatga kirsa, u kelgan joyidan qaytishi va tariqatni tashlashi kerak. Chunki tariqat yo‘liga kirishning asosiy maqsadlaridan biri mol-dunyoga e’tiborni to‘xtatishdir. Mol-dunyoga muhabbatli kimsaning oxirati uchun biror narsa bino etishi sahih bo‘lmaydi».

* * *

Abdulqodir al-Jiliy rahmatullohi alayh bunday der edilar: «Oxiratni istagan kishi, mol-dunyoga muhabbat qilmasligi kerak. Qulning qalbida dunyo shahvatlaridan bir shahvat yoki lazzatlaridan bir lazzat, yeyish, ichish, uylanish, rahbar, boshliq bo‘lish yoxud keraksiz ilm sohasida chuqurlashish kabi lazzatlar qalbida davom etar ekan, u oxiratni sevgan kimsa emasdir. U faqat dunyoga rag‘bat qilgan, havoyi nafsiga tobe kimsadir». Ilmlar Alloh taolo roziligi uchun o‘rganilmay, maqtanish uchun o‘rganilsa, nafs havosiga ergashilgan hisoblanadi. Bil’aks, Alloh rizoligi uchun o‘rganilgan ilmlarning lazzati oxirat lazzatiga erishishning alomatidir. Abu Abdulloh al-Mag‘ribiy rahmatullohi alayh aytadilarki: «Ortiqcha ibodatlari yo‘q faqir o‘zlarini ibodatga bergan (qalbi boylikka moyil. — Tarj.) boy-badavlat kimsalardan ustunroqdir».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:53:03
Abul Mavohbish-Shozaliy rahmatullohi alayh shunday der edilar: «Dunyo sevgisi bilan qilingan ibodat qalbga to‘siq bo‘ladi va a’zolarni charchatadi». Ibodat qancha ko‘p bo‘lsa ham, aslida ozdir. Biroq bu kishining vahimasiga ko‘ra ko‘p ko‘rinadi. Holbuki, bu narsa ruhsiz bir sur’at, haqiqatdan xoli bir xayoldir. Shu bois ko‘pgina dunyo arboblari ko‘p ro‘za tutib, ko‘p namoz o‘qib, ko‘p Haj qilsalar ham, ibodatning ta’mini totmaydilar. Zuhdning haqiqati - dunyoga maylni tark etishdir. Zuhd dunyodan batamom uzilish, unga qo‘l siltash emasdir. Axir Alloh va rasuli tijoratni, hunarmandlik ishini ta’qiqlamadi-ku! Ba’zilar dunyoga sho‘ng‘igach, dunyo sevgisidan chiqib ketish yo‘lini topolmay qoladilar. Mana shu sabab bilan dunyoga mukkadan ketish ta’qiqlanadi. Shubha yo‘qki, komil insonlarni dunyo va oxirat bilan bog‘liq hech narsa Allohdan, Uning yodidan chalg‘itmagay...

* * *

Aliyyul Mariy rahmatullohi alayh bunday degan edi: «Hech bir murid muboh ishlarni tark qilmasa va o‘sha muboh o‘rniga mandub yoxud avlo kabi biror shar’iy amalni qilmasa, uning maqom istagi to‘g‘ri bo‘lmaydi. U mubohlardan tanzihan makruhlardan saqlangani kabi saqlanmog‘i lozim. Ahli haqiqat, azimatlarni tashlab ruxsatlarga amal qilgan kimsaga tariqatda hech foyda bo‘lmasligi xususida ijmo qilishgan».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:53:53
Aliyyul Havvos rahmatullohi alayh aytadiki: «Alloh taolo Odam alayhissalomning o‘g‘illarini amr va nahiy bilan mukallaf etishdan ularda yuzaga keladigan mashaqqatdan nafas oldirish uchun bir qancha narsalarni muboh etdi. Alloh insonlarga siqilishni bermaganda edi, malaklardagi mubohni ularga mashru qilmasdi. Malaklar siqilish neligini bilmaydilar. Ana shu sababli ular - kecha-yu kunduz Allohga tasbeh aytadilar, zerikmaydilar, tanaffus qilmaydilar, bo‘shashmaydilar».

* * *

Aliyyul Havvos rahmatullohi alayh shunday deydilar: «Ruxsat bilan emas, azimatlar bilan amal etish buyuklarning shanidandir. Bu solih zotlar ayni tarzda muridlarning ham mubohlarni ozaytirib g‘ayrat ko‘rsatishlarini, muboh o‘rniga savobga loyiq toatni qo‘llashlarini istashadi. Yeyish va gapirish kabi mubohlar bilan ham xayr-hasanotga yetishadilar. Ovqat yer ekanlar, ibodatlarga quvvat bo‘lsin, deya yeydilar, kadarlarini ketkazish niyatida birodarlari bilan ochiq chehra bilan kulib gaplashadilar, yana necha-necha mubohlar orqali yaxshilikka niyat etadilar. Ulug‘lar zarurat bo‘lmay uxlagan, ehtiyojsiz gaplashgan muridlarni tergashgan. Zero, u muhtaram zotlar muridlarining hamma holatlarda ham vojib, farzlar savobidan bahramand bo‘lishni xohlashgan. Masalan, murid yeyish vojib bo‘lgandagina ovqatlanar va gapirish lozim bo‘lsa gapirar edi. Vojib imkonsiz bo‘lsa, mustahabni qo‘ldan qo‘ymasdi. Yeyish mustahab bo‘lganda yeb, so‘zlash mustahab bo‘lsa, so‘zlar edi. Ayni tarzda, muridni unutishi, ehtilom bo‘lishi va kecha yoxud kunduzi ehtiyoj sezmay oyog‘ini uzatganligi sababli ham hisob-kitob qilishardi. Qalblarida turli xayollarni o‘tkazganliklari tufayli ham muridni tergashgan. Taraqqiydan chalg‘ituvchi mubohlarni qilgani uchun ham muridlar tergov ostida qolishgan».

* * *

Dovud alayhissalomga nozil bo‘lgan «Zabur»da shunday so‘zlar bor: «Ey Dovud! Qavmingni nafsoniy istak uchun ovqatlanayotgani sababli qaytar va ogohlantir! Chunki nafsoniy istak ila harakat qilgan shahvat ahlining qalblari Mendan to‘silgandir (rahmat va fayzimdan mahrumdirlar)».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:55:23
Aliyyul Havvos hazratlari aytadiki: «Murid Allohning amriga va qaytariqlariga rioya etib mandubga vojib kabi amal qilmaguncha makruhdan, haromdan qochgandek va haromdan kufrdan saqlangudek saqlanmaguncha, mubohlarni toatga ko‘mak bo‘lishi niyatida qilmaguncha sidq maqomiga yetisholmaydi. Qaylula paytida, kechki ibodatga quvvat bo‘lsin uchun uxlashi, ibodatlar davomiyligi uchun nafsini jilovlash maqsadida uning istaklaridan birini ado etishi, hashamatli kiyimni Alloh taoloning bergan ne’matini ko‘rsatish uchun kiyishi, xilma-xil ovqatlarni a’zolari Allohga yanada ko‘proq shukr etishini ko‘zlab yeyishi kabilar bunga misoldir.

* * *

Abul Hasan ash-Shozaliy rahmatullohi alayh o‘rtoqlariga shunday dedi: «Har bir a’zongiz shukrini qilolsangiz ovqatlarning eng yoqimlisini yeng, eng lazzatli ichimlikdan iching, eng maqbul to‘shakda yoting, eng kibor kiyimlardan kiying. Ammo arpa nonini tuzga botirib yeb, qalin po‘stin kiyib, yerda uxlab, suvdan ichib bu holiga ko‘ngli to‘lmay, «Alhamdulilloh» demay nafrat qilgan kishiga basiyrat ko‘zi ila qaralsa, uning gunohga sho‘ng‘iyotgani ko‘riladi. Haq taolo muboh qilgan amalni bajarmay Alloh belgilagan taqdirga jahl (isyon) qilgan kimsa, Haq taolo harom qilgan narsaga qo‘l urgan bo‘ladi».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 06:59:11
«Amal sahih bo‘lsa va keyinchalik odamlarga ma’lum qilsa yo eshittirsa, bu amalga daxl qilmaydi. Biroq uni oshkor qilgani tufayli ilohiy ta’qibotga duchor bo‘ladi» (Kinalizoda Ali Afandi. «Axloqi Aloyi», 319 - 321-betlar).

* * *

Abulqodir ad-Dashturiy rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Niyat faqat Alloh rizoligini topish bo‘lmog‘i kerak. Bunga diqqat qil! Nafsing o‘yiniga rozi bo‘lsang, halokatga uchraysan. Seni ibodat qilishga tashfiq etuvchi ikki narsa bor: foniy va boqiy tashviq. Sayri suluk   yo‘liga   dastlab   kirganlar  uchun   bu  holat  riyoning  eng  og‘ir bosqichidir. Chunki riyo ularda murakkab tarzda bo‘ladi. Bundan qutilish qiyin kechadi.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:00:36
Abul Hasan ash-Shozaliy bunday deganlar: «Muridlarga maqtanish maqsadida solih amallarni ko‘paytirish juda zararlidir. Solih amallarning ko‘pligi bilan faxrlanish fazilat emas. Ko‘pchilik muridlar bu holatdan ogoh bo‘lmaydilar. Murshidlar muridlariga imkoni boricha solih amallarini yashirishni vojib qilganlar..».

* * *

Fuzayl ibn Iyoz bunday deydi: «Insonlar sabab bo‘lib, amalni tark etish riyo, insonlar ko‘ngli uchun amal qilish shirkdir. Ixlos esa Alloh taolo seni har ikkisidan muhofaza qilishidir».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:02:28
Imom Sahl rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Inson vuslat va malakutni mushohada etishdan halol bo‘lmagan ovqat yeyish va xalqqa aziyat berish sababli mahrum qoladi».
Bizning usulimiz yettidadir:
1. Alloh taoloning Kitobini mahkam tutish.
2. Allohning rasuli — Payg‘ambarimizga (s.a.v.) ergashish.
3. Halol yeyish.
4. Gunohlardan tiyilish.
5. Tavba qilish.
6. Haqlarga rioya etish.
7. Aziyatlardan saqlanish.

* * *

Ali ibn Vafo rahmatullohi alayh shunday tavsiya berganlar: «Ey muridlar, shayxingizning yaqinlaridan birisiga qarshi chiqishdan ehtiyot bo‘ling! Sizning yoningizda birovni g‘iybat qilinishiga beparvo bo‘lishdan ehtiyot bo‘ling. G’iybat xabari u zotlarga yetishidan qo‘rqqandan ko‘ra ko‘proq u zotlarni g‘iybat qilishdan qo‘rqing. Chunki u zotlarning do‘sti - Alloh jalla jalaluhudir».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:03:07
Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Bir qul terak kabi (ingichka. - Tarj.) bo‘lgunga qadar Allohga ibodat qilsa-yu, yegani harom yo halol ekanligini bilmasa, uning ibodati qabul bo‘lmaydi».

* * *

Abu Ishoq Ibrohim ibn Adham rahmatullohi alayh aytadilarki: «Halolidan ye va kunduzlari (nafl) ro‘za tutmaganing va kechalari (nafl) ibodat qilmayotganing uchun xafa bo‘lma!».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:03:37
Abu Bakr at-Termiziy rahmatullohi alayhning so‘zlari diqqatga loyiq: «Tariqat ahlidan dalilsiz hukm qilganlari, havoyi nafsga ergashganlari, harom va shubhali narsalarni yeganlari vuslatga erisholmaydilar».

* * *

Imom Sahl rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Yeyishi haloldan bo‘lmagan kimsaning qalbidan hech bir parda ko‘tarilmaydi, azob-uqubatga yo‘liqadi, namozi, ro‘zasi va sadaqasi ham unga foyda bermaydi».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:04:43
Imom Sufyon rahmatullohi alayh bunday dedilar: «Halol yeyishga nihoyatda e’tibor bering, harom yeyishdan ehtiyot bo‘ling! Halol yeb, Qur’on oyatini o‘qisam, menga ilmdan yetmish eshik ochiladi. Agar haromdan o‘zini saqlamaganning ovqatidan yesam, Qur’on oyatlarini takror-takror o‘qisam hamki, menga hech bir ilm eshigi ochilmaydi».

* * *

Shayx Ali ash-Shozaliy rahmatullohi alayhning quyidagi so‘zlariga quloq tuting:
«Kim haloldan yesa qalbi yumshaydi, nurlanadi, uyqusi kamayadi, Allohning jamolini ko‘rishdan mahrum bo‘lmaydi. Kimki halol bo‘lmaganni yesa qalbi qotadi, qo‘pollashadi, qorayadi, dargohi ilohiydan mahrum bo‘ladi, uyqusi ortadi. Har a’zo gunoh qilishni istaydi. Chunki halol bo‘lmagan narsalarni yeyish gunohga boshlaydi»
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:06:12
Aliyyul Havvos rahmatullohi alayhning so‘zlari: «Harom yeb ibodat qilgan kimsa, aynigan tuxumni bosib yotgan kabutarga o‘xshaydi. Aynigan tuxum bosgan kabutar nafsini qiynasada so‘ng hech bir polopon chiqara olmaydi. Harom yeyishning zararlaridan biri: harom olovga aylanadi, fikrlash qobiliyatini, zikrning lazzatini ketkizadi, niyatlarning ixlos deb ataluvchi mahsulini kuydiradi, basiyratni ko‘r qiladi, ko‘zni qoraytiradi, dinni zaiflashtiradi, g‘aflat va unutish balosiga giriftor etadi, hikmat va ma’rifat halovatidan to‘sib qo‘yadi. Qisqasi, qulning gunoh qilishiga asosiy sabab harom yeyishidir».

* * *

Muhammad rahmatullohi alayh yaqinlariga: «Ko‘chalarda, bozorlarda va xaroba joylarda Alloh taoloni zikr eting. Ular qiyomat kuni sizlarning foydangizga guvohlik beradi. Ham izzati nafsning nomusini yo‘qotishga g‘ayrat qiling. Aks holda, u yo‘lingizda to‘siq - g‘ov bo‘lib chiqadi», deya maslahat berganlar.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:07:26
Shayx Abul Hasan ash-Shozaliy rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Kim (halol yo‘ldan) tirikchilik qilishga intilib, Robbisi buyurgan farzlarni ado etsa, bu kimsaning mujohadasi kamolotga yetadi».

* * *

Shayx Abul Abbos al-Mursiy rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Sabablarga yopishing. Sizning har biringizning tarozi, ish quroli, tikish ignasi va (tijorat) safari (kabi muntazam bir kasbi, mashg‘uloti. — Tarj.) bo‘lsin».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:08:15
«Vasiyyat» muallifi Matbuliy rahmatullohi alayh hunari yo‘q kambag‘al haqida bunday deganlar: «U kimsa xarobalarda yashaydigan boyqushga o‘xshaydi. Chunki uning hech kimsaga foydasi tegmaydi».

* * *

Yana «Vasiyyat» muallifi aytadiki: «Komil (murshid) - insonlarni o‘z kasb-korini yuritish bilan ularga sayru suluklarini o‘rgatgan va ularga kasblarini tark etishlarini buyurmagan  (zot)dir. G’ayrimashru’ ishlarni qilgan kimsani hech bir kishi Alloh(ning rizoligi. - Tarj.)ga yetkaza olmaydi. Menimcha kasb-korli, hunarli mo‘min, insonlarning sadaqa va ehsonlariga muhtoj, hech bir dunyoviy hunar qo‘lidan kelmagan, dindorligi evaziga kun o‘tkazuvchi majzublardan komilroqdir. Alloh taolo hunarsiz obidlardan kasb-korli obidlarni bir necha xususda ustun qildi va ularga ikrom etdi:
a)   insonlarning sadaqalari va zakotlaridan yemay, o‘zlari tirikchilik qilib topganlaridan yeyishlari;
b)   olimlikka da’vogarlik va johillarga nisbatan kekkayishning yo‘qligi. O’zlarining kichikligini va boshqalarning buyukligini ko‘ra bilishlari;
v)   Alloh taolo va payg‘ambarlari xususida aslo shubhaga bormasliklari.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:10:08
Aliyyul Havvos rahmatullohi alayh bunday der edilar: "Qon oluvchi va suv quvurlarini tozalovchi kabi o‘z mehnatidan kun ko‘rgan kishi, insonlar sadaqasi hisobiga kun o‘tkazuvchi obiddan ustundir».

* * *

Imom Sahl rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Gunohlarning eng chirkini hadisun-nafs (insonning xayolidan o‘tgan yanglish o‘y-tushunchalar)dir... Insonlarning ko‘pchiligi buni gunoh hisoblashmaydi. Murid ko‘ngliga kelgan noto‘g‘ri, noma’qul fikrlardan o‘zini tiysa va ayni paytda zikrga mahkam yopishsa, qalb zangi zikr tufayli yonadi. (Chunki zikr qalbdagi yanglish tushunchalarni yondiradi). Qalb himoyalangan sirga aylanadi. Shayton zikr sababli qalbdan butunlay qochadi, qalbdagi shaytoniy o‘ylar uzoqlashadi. Nafsoniy o‘y-xayollar qolmaydi»
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:11:14
Shayx Abu Sulaymon Doroniy rahmatullohi alayh bunday degan: «Dunyoning kaliti to‘qlik, oxirat amallarining kaliti esa ochlikdir. Alloh taolo dunyoni yaratgach, ilm va hikmatni ochlikka, jaholat va gunohni esa to‘qlikka qo‘ydi».

* * *

Yahyo ibn Muoz ar-Roziy rahmatullohi alayh aytadiki: «To‘yish olovdir, shahvat esa o‘tin. O’tinning yonishiga olov sababchi. To‘qlik egasini yondirmaguncha so‘nmaydi».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:11:29
Sahl ibn Abdulloh at-Tustariy rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Bir kunda ikki marta yeyishni xohlagan o‘zi uchun bir oxur qildirsin».

* * *

Molik ibn Dinor rahmatullohi alayh bunday deydilar: «Kim shaytonning zulmidan qochmoqchi bo‘lsa, shahva-tiga hokim bo‘lsin». Bu mavzuda salafi solihiynning so‘zlari ko‘p.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:13:06
Sahl ibn Abdulloh al-Tustariy rahmatullohi alayh bunday deydilar: «Doimiy uyg‘oqlik to‘rt unsurni bitiradi va chiqaradi: suv, tuproq, havo va olov. Bu yerdan malakut olamiga qaraydi va Allohning xushnudligini orzu qiladi».

* * *

Shayx Abul Hasan al-Azzoz rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Bu quyidagi uch narsa ustiga bino bo‘lgan:
a)   faqat ehtiyoj sezganda yeyish;
b)   faqat uyqu g‘olib kelganda uxlash;
v)   zarurattug‘ilgandagina so‘zlash».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:14:03
Ibnul Havoriy rahmatullohi alayh aytardilarki:
a)   «molning ehtiyojidan ortiqchasini tark etish,
b)   shubhali, halol bo‘lmagan va zarurat miqdoridan oshiqcha ovqatni tark etish;
v)   ehtiyojdan ortiqcha uyquni tark qilish».

* * *

As-Sirriy rahmatullohi alayh shunday degan: «Dinini kamolga yetkazish, vujudiga dam berish va g‘am-qayg‘udan foriq bo‘lishni istagan kishi uzlatga chekinsin». Quyidagi hadis ham shu fikrni quvvatlaydi: «Insonlar ustiga shunday bir zamon keladiki, o‘shanda kishi dinini faqat qishloqdan qishloqqa, tog‘dan toqqa tulki kabi bir toshning teshigidan boshqa tosh teshigiga qochibgina saqlay oladi».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:14:55
Shayx Abubakr al-Varroq rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Odam alayhissalom zamonidan hozirgacha chiqqan fitnalar faqat yaramas insonlar bilan hashru nashr bo‘lish tufaylidir. Kim bunday insonlardan uzoqlashsa, salomat bo‘ladi».

* * *

Shayx Muhammad Munir rahmatullohi alayh aytgan edilar: «Ma’lum muddatga uzlatga chekingan kishi mo‘minlar bilan ulfatchilikdan chiqadi, deganlar xato o‘ylaydilar. Vaholanki, kishi uzlat holatida ulfat maqomiga yanada munosib keladi. Chunki u kimsa nafsining islohi uchun uzlatga chekinadi. Insonlar uni ko‘rishni xohlaydilar va u bilan ko‘proq hamsuhbat, ulfat, do‘st bo‘ladilar. Aslida ruhiy ulfatchilik muhimdir. Bunga quyidagi hadisi sharif dalil bo‘ladi:

«Ruhlar (ruhlar olamida ekan) to‘da-to‘da holida edilar. O’sha to‘dalardan qaysi biri o‘zaro do‘st-ulfat bo‘lsa, bu dunyoda ham ulfat bo‘ladilar. U yerda tanishmaganlar esa (bu dunyoda) bir-birlari bilan do‘st bo‘lmaydilar». (Muspim. «Birr», 159).
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:15:47
Ustoz Qushayriy rahmatullohi alayh aytdi: «So‘fiylar gapirishda ofat - zarar borligini bilgach, sukutni ma’qul ko‘rishgan. Gapirishda nafsning ulushi, maqtanchoqlik sifatlarini namoyon qilish, chiroyli gapirib boshqalardan o‘zini ajratib ko‘rsatishga mayl kabi tahlikalar borligi uchun ham shunday yo‘l tutishgan».

* * *

Shayx Abubakr ibn Ayosh rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Tuproq suvni tortib quritgani kabi ko‘p gapirish ham savoblarni quritadi».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:18:12
Fuzayl ibn Iyoz aytadilar: «So‘zini amalidan deb bilganning gapi ozdir. Hikmatga faqat sukut va tafakkur bilan voris bo‘ladilar. So‘zlashdan taqvo etish luqma va taomdagi taqvodan ortiqdir».

* * *

Ahmad ibn ar-Rufoiy rahmatullohi alayh do‘stlariga aytar edilar: "Kechaning oxirgi uchdan bir qismida turib, namoz o‘qing, Qur’on o‘qing, tasbeh ayting, biroq bu borada haddan oshmang. Yilning har kechasida samodan rizq inadi. Bedorlarga ulashiladi, uxlaganlar undan mahrum qoladilar. Alloh taolo Dovud alayhissalomga bunday vahiy etgan: "Ey Dovud! Tunlari g‘aflat uyqusida qolib, Meni yaxshi ko‘rishini iddao qilayotgan kimsa yolg‘onchidir".
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:19:10
Aliyyul Havvos rahmatullohi alayh do‘stlarini ko‘pincha tungi namozga turishni niyat qilishga tashviq etar va bunday der edi: "Alloh savobni amalga ko‘ra emas, niyatlarga ko‘ra beradi. Kim bir yaxshilikni niyat qilsa va u yaxshilikni bajarish nasib etmasa hamki, Alloh taolo u kishiga niyati savobini beradi. Chunki hadisi sharifda Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Har kim uchun niyat qilgani bo‘ladi" .

* * *

Abul Jaldning bunday degani naql qilinadi: "Iso alayhissalom Iblisdan: "Hayy va Qayum - Alloh haqqi sendan so‘rayman: "Jismingni erituvchi, belingni sindiruvchi nedir?" deb so‘rabdi. Iblis: "Ey Allohning nabiysi, Hayy va Qayum haqqi uchun so‘ramaganingda senga javob bermasdim. Jismimni eritgan narsa - Alloh yo‘lida mujohada etgan otliqlardir. Belimni sindiruvchi narsa kishining farz namozini masjidda, naflni uyida o‘qishidir".
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:23:37
Shayx Abul Mavohibish - Shozaliy rahmatullohi alayh aytadi: «Muridning kamolotiga to‘siq bo‘lgan narsalardan biri musulmonning g‘iybatini qilishdir. Kim g‘iybat qilish balosiga yo‘liqqan bo‘lsa, Fotiha, Ixlos va Muovvizatayn (Falaq, Nos) suralarini o‘qisin, savobini g‘iybat qilgan birodarining amal daftariga yozilishini Allohdan so‘rasin..."

* * *

Abul Hasan ash-Shozaliy bunday tavsiya qilganlar: "Biror gunohing bo‘lmasa hamki, istig‘for etmog‘ing kerak. Eng ma’sum zot -Payg‘ambarning (s.a.v.) istig‘for aytganidan ibrat ol".
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:25:15
Fuzayl ibn Iyoz rahmatullohi alayh bunday der ekanlar: «Besh narsa ilohiy rahmatdan marhumlik alomati sanaladi: qalb qattiqligi, ko‘z xiraligi (yig‘lamasligi), hayo ozligi, dunyoga rag‘bat ko‘rsatish va uzun orzular».

* * *

As-Sariyyus-Saqotiy rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Hayo va uns (muhabbat) qalb eshigini taqillatishadi, u yerda zuhd va varo’ (taqvodorlik)ni topishsa, joylashib olishadi, bo‘lmasa qaytib ketishadi. Hayoning alomati - gunohga yo‘l qo‘ymaslikdir».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:29:06
Shayx ul-Islom Izuddin ibn Abdussalom rahmatullohi alayh bunday deganlar: "Bu va bunga o‘xshash hadislar amr hisoblanadi. Chunki Alloh va Rasuli maqtagan amal, yo bir amalni bajarganni suygan yoxud dunyo va oxirat yaxshiligi va’da qilingan har bir amal buyurilgan demakdir. U vojib yo mandub bo‘lishi mumkin".

* * *

Imom Sahl rahmatullohi alayh aytganlar: "Dinda istiqomat, siniq ko‘ngil ila Allohga qullik qiling, sihhatli bo‘lishni kutmangiz. Chunki sihhatli bo‘lishni kutish tanballikdir".
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:30:23
Abu Aliyyud - Daqqoq rahmatullohi alayh bunday deganlar: "Allohning zikri, dinga quvvat beruvchi rukndir. Zikr ibodatdir, mo‘min Alloh (roziligi)ga zikrda bardavomlik bilan yetishishi mumkin" (Alloh roziligi uchun ilm olish, namoz, Qur’on o‘qish zikrdir).

* * *

Shayx Abul Mavohibish - Shozaliy rahmatullohi alayh bunday deydilar: "Allohni zikr etish namoz kabi vaqtga bog‘liq emas. Zero, namozni ba’zi hollarda o‘qish joiz emas. Zikr hojatxonadan o‘zga har qanday joy va holda davom ettirilaveradi".
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:31:41
Aliyyul Muridifiy rahmatullohi alayh aytgan edilar: "Shayxlar muridning qalbiga jilo berish borasida zikrda bardavom bo‘lishdek tez ta’sir qiluvchi bir doridan yaxshiroq dori topisholmadi. Qalbni jilolashda zikr misga jilo beruvchi qumni eslatadi. Zikrdan boshqalari esa misni jilolashda sovun qo‘llashga o‘xshaydi. Bu uzoq vaqtni talab etadi".

* * *

Abu Madinit - Talmisoniy rahmatullohi alayh deydilar: "Zikrda bardavom kishining botini soflashadi. Botini soflashganni esa, Alloh huzurida qarori (o‘rni, mavqei. -Tarj.) bo‘ladi".
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:33:32
Al-Hakim Abu Muhammad at-Termiziy rahmatullohi alayh bunday degan: "Allohni zikr etish, qalbni xotirjam qiladi va yumshatadi. Qalb zikrdan to‘xtasa, zikrsiz qolsa, nafs harorati va shahvat otashi alanga oladi, natijada qalb tosh qotadi, quriydi, a’zolar ham qalbga itoat etmay qoladi".

* * *

Imom Zinnun al-Misriy rahmatullohi alayh bunday deganlar: "Allohni zikr etuvchini Alloh taolo har balodan asraydi".
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:35:56
Shayx Afzaluddin rahmatullohi alayh bunday dedilar: "Shayton har birimizni ta’qib etadi. U doimo qul qalbining qarshisida turadi. Qul Allohni zikr qilsa, shayton uni tark etadi. Kimga bu kashf ayon bo‘lsa edi, Alloh zikridan g‘ofil qolishimiz bilan shayton bizni eshak qilib minganini, xohlaganday "o‘ynatganini", zikrga boshlasak uzoqlashganini ko‘rardi".

* * *

Imom G’azzoliy insonning yolg‘iz o‘zi qilgan zikr bilan jamoat ichidagi zikrini tanho kishi aytgan azon bilan jamoat bilan aytgan azonga o‘xshatgan va bunday degan: "Muazzinlarning jam bo‘lib aytgan azon saslari-ning ta’siri yakka kishining aytgan azonidan kuchliroqdir. Jam bo‘lib aytilgan azon go‘yo havoni (osmonni) teshib ketadi. Alloh taolo qalblarni toshga o‘xshatganligidan ham ma’lum bo‘lmoqdaki, jamoat zikri qalbdagi g‘aflat pardasini olib tashlanishiga sabab bo‘ladi. Shu narsa haqiqatki, bir ulkan tosh ham ko‘pchilikning sa’y-harakati bilan yoriladi. Chunki jamoatning quvvati yakka shaxsning quvvatidan ustun bo‘ladi".
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:37:49
Shayx Abubakr al-Kanoniy rahmatullohi alayh aytganlar: "Banda zikr etarkan, Allohni ulug‘lashi zikrning odob va shartlaridan sanaladi. Uni ulug‘lamagan kimsa zikrdan foyda ko‘rolmaydi".

* * *

Islom dini yalqovlikni qoralaydi. Din ishlarida ham, dunyo ishlarida ham tanballikka yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi. Oxirat uchun ham, dunyo hayoti uchun ham halol ishlashga undaydi. Alloh taologa maqbul va mahbub bir shaklda yashash va ishlashga targ‘ib qiladi.
Imom Sha'roniy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:38:07
Insoniylik islomiyat bilangina komil va to‘liq bo‘ladi. Islomiyatdan mahrum odamiylik komillikdan juda yiroq bo‘lgan bir noqislikdir.

* * *

Salafi solihinlarni ko‘zga ilmaydigan, hurmatini joyiga qo‘ymaydigan, odob saqlamaydigan kimsalarning hayotida taqvo yo‘qdir. Zero, taqvo bo‘lmagan joyda odob, hurmat, rahmat bo‘lmaydi.

Imom Sha'roniy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:38:21
Musulmonning qalbi marhamat bilan to‘la bo‘lishi lozim. Musulmonning qalbida imon nuri bor. Imon nuri bor joyda rahm-shafqat, hurmat-izzat bo‘ladi.

* * *

Musulmon kishi birovga zulm qilmaydi, hech kimni aldamaydi. Musulmon kishi xiyonat va o‘g‘rilik qilmaydi. Musulmon hech kimsaning moliga, joniga, nomusiga ko‘z tikmaydi. Musulmon birovga nohaqlik qilmaydi; birov haqqini su’iiste’mol etmaydi. Musulmon musulmonga yordamchidir.

Imom Sha'roniy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:39:01
«Dunyoni ko‘r, sayr qil, ichiga kir, ammo dunyo sening ichingga kirmasin».

* * *

Islomiy vujuddagi har bir a’zoning o‘z vazifasi bor. Axir g‘oyamiz Alloh subhanahu va taoloning roziligi, islomiyatga, insoniyatga xizmat emasmi? Ana shunday ezgu o‘y-tushunchalar bilan yo‘lga chiqish naqadar a’lo! Hamma o‘ziga bino qo‘yib, boshqalarni yomonlayversa, ahil-inoqlik o‘rniga tafriqa, tarqoqlik yuzaga keladi.

Imom Sha'roniy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2007, 07:39:17
Tasavvuf - taqvo bilan amal etish demakdir. Tasavvuf ahlining qalbi riyo, ujb, kibr, hasad va butun yomon xislatlardan xoli, tozadir. Mutasavvif o‘z ibodatiga, Allohga bo‘lgan sevgisiga teskari kelmagan dunyodan yuz o‘girmaydi. U ibodat payti ibodatini ado etadi, avrod payti avrod o‘qish bilan mashg‘ul bo‘ladi, ish paytida esa ishlaydi. Ishlashdan maqsad shon-shuhrat, mansab, mavqe, boylik emas, balki insonlarga xizmat etish, ommaga foyda keltirishdir. Chunki omma manfaatini o‘ylash ham bir ibodatga kiradi.

Imom Sha'roniy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:02:23
Luqmoni Hakimning o‘g‘li otasiga: «Ey ota, insonning qaysi xislati yaxshiroq?» dedi. Otasi: «Din», deb javob berdi. «Agar xislat ikkita bo‘lsa-chi?» dedi. Otasi: «Din va mol», dedi. «Agar uchta bo‘lsa-chi?» deb so‘radi. Otasi: «Din, mol va hayo», dedi. «Agar to‘rtta bo‘lsa-chi?» dedi. Otasi: «Din, mol, hayo va husni xulq», dedi. «Agar beshta bo‘lsa-chi?» dedi. Otasi: «Din, mol, hayo, husni xulq va saxiylik», dedi. Yana: «Oltita bo‘lsa-chi?» deb ham so‘ragan edi, Luqmoni Hakim: «Ey o‘g‘ilcham, agar insonda mana shu besh xislat jamlansa, u pokiza, taqvodor, Allohga do‘st va shaytondan uzoq bo‘ladi», dedi.

* * *

Hasan Basriy: «Kimning xulqi yomon bo‘lsa, o‘z nafsini azoblaydi», dedilar.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:02:54
Anas ibn Molik aytdilar: «Albatta banda chiroyli xulqi bilan jannatda oliy darajaga yetadi, (garchi) ibodatgo‘y bo‘lmasa ham, yomon xulqi bilan esa jahannamning eng tubiga yetib qoladi, (garchi) ibodatgo‘y bo‘lsa ham».

* * *

Yahyo ibn Muoz aytdilar: «Rizqning xazinalari keng xulqlilikdadir». Vahb ibn Munabbah aytadilar: «Yomon xulqning misoli singan sopol idishga o‘xshaydi, uni yamab ham, loyga ham qaytarib bo‘lmaydi».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:03:14
Fuzayl aytdilar: «Chiroyli xulqli fojir kishining menga hamsuhbat bo‘lmog‘i yomon xulqli obid kishiga hamsuhbat bo‘lmoqlikdan ko‘ra yaxshiroqdir».

* * *

Ibn Muborak yomon xulqli kishi bilan hamsafar bo‘lib qoldilar. Safar davomida uning aziyatlarini ko‘tarar va u bilan murosa qilar edilar. Ajrashishgan vaqtlarida yig‘lagan ekanlar. U kishiga «Nima sababdan yig‘ladingiz?» deyildi. «Unga rahmim kelganidan yig‘ladim. Men undan ajraldim-u, lekin uning xulqi ajralmay, o‘zi bilan qoldi», dedilar.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:04:21
Junayd aytadilar: «To‘rt narsa bandani oliy darajalarga ko‘taradi, garchi uning amali va ilmi oz bo‘lsa ham: tavoze’lik, halimlik, saxiylik va chiroyli xulq. Bular esa iymonning mukammalligidir».

* * *

Kanoniy aytadilar: «Tasavvuf bu - xulqdir. Kim sizdan xulqda ziyoda bo‘lsa, sizdan tasavvufda ziyoda bo‘libdi».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:04:36
Umar roziyallohu anhu aytadilar: «Insonlarga (chiroyli) xulqlar bilan aralashinglar. Ulardan (yaxshi) amallar bilan ajrab turinglar».

* * *

Yahyo ibn Muoz aytadilar: «Yomon xulq bir yomonlikki, u bilan yaxshilikning ko‘pi ham foyda bermaydi. Husni xulq bir yaxshilikki, u bilan ko‘p yomonliklar ham zarar qilmaydi».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:04:49
Ibn Abbos roziyallohu anhudan «Ulug‘lik nima?» deb so‘raldi. U kishi dedilar: «Ulug‘lik Alloh O’zining aziz Kitobida bayon qilgan narsadir. Ya’ni, Alloh taolo aytadi:
«Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir» (Hujurot surasi, 13-oyat). Yana «Obro‘-martaba nima?» deyildi. «Sizlarning xulqi chiroylilaringiz obro‘-martabada afzallaringizdir», dedilar. Yana aytdilar: «Har bir binoning poydevori bo‘ladi. Islomning poydevori husni xulqdir».

* * *

Ato aytadilar: «Yuksalgan kishi faqat husni xulqi bilan yuksaldi va mukammal husni xulqqa esa faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam erishganlar. Insonlarning Alloh azza va jallaga yaqinrog‘i chiroyli xulq bilan Rasulullohning izlaridan yurganlaridir».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:05:32
Hasan Basriy: «Husni xulq ochiq yuzli bo‘lish, molni sarflash va aziyat berishdan o‘zni tiyishdir».

* * *

Vositiy aytadilar: «U (ya’ni, husni xulq) Alloh taoloni yaxshi tanigani tufayli biror kishiga xusumat qilmaslik va unga ham biror kishining xusumat qilmasligidir». Shoh Kirmoniy aytadilar: «U aziyatdan tiyilish va mashaqqatni ko‘tarishdir». Ba’zilar aytadilar: «U insonlarga yaqin va ular o‘rtasida g‘arib bo‘lishdir». Yana Vositiy aytadilar: «U xalqni osonlik vaqtida ham, qiyinchilik paytida ham rozi qilishdir». Abu Usmon aytadilar: «U Alloh taolodan rozi bo‘lishdir».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:05:56
Sahl Tustariydan husni xulq haqida so‘rashganida, u kishi: «Uning eng ozi aziyatlarni ko‘tarish va tovon (pul)ini tark qilish, zolimga rahm qilish, uning uchun istig‘for aytish va unga shafqat qilish», dedilar. Va yana aytdilar: «U - rizq to‘g‘risida Haqdan shubhalanmaslik, Unga ishonish, Alloh taolo kafil narsalariga vafo qilishiga ko‘ngilni xotirjam qilish, Allohga itoat qilish va o‘zi bilan Alloh o‘rtasidagi narsalarda hamda o‘zi bilan insonlar o‘rtasidagi narsalarda Allohga osiy bo‘lmaslikdir».

* * *

Ali roziyallohu anhu aytadilar: «Husni xulq uchta xislatda bo‘ladi: haromlardan saqlanishda, halolni talab qilishda va oilani farovon qilib qo‘yishda». Xusayn ibn Mansur aytadilar: «U - Haqni ko‘rganingdan keyin o‘z foydang uchun xalqqa jabr qilinishini ixtiyor etmasligingdir». Abu Sayid Xarroz aytadilar: «U senda Alloh taolodan o‘zga tashvish bo‘lmasligidir».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:22:50
Yazid ur-Raqoshiy: «Dunyoda mendan sovuq suvni uzoq qilinglarki, shoyad undan oxiratda mahrum bo‘lmasam», dedilar. Bir kishi Umar ibn Abdulazizga aytdi: «Qachon gapirsam bo‘ladi?» U kishi: «Jim turishni xohlagan vaqtingda», dedilar. Yana: «Qachon jim turay?» deb so‘radi haligi kishi. «So‘zlashni xohlagan vaqtingda», dedilar.

* * *

Ali roziyallohu anhu aytadilar: «Kim jannatga mushtoq bo‘lsa, dunyoda shahvatlardan yuz o‘giradi». Molik ibn Dinor bozorlarda aylanib yurar ekanlar, agar u yerda ko‘ngillari tusaydigan narsa ko‘rsalar, o‘z nafslariga: «Sabr qil, seni bulardan faqat mendan ulug‘ligingdan man qilyapman», derdilar.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:29:16
Rivoyat qilinadiki, tikuvchi Abu Abdulloh do‘konida o‘tirar edi. Uning majusiy bir mijozi bor edi. U majusiyga biror narsa tikib bersa, u qalbaki dirhamlar berardi. Abu Abdulloh uni olar va unga dirhamlar qalbaki ekan, deb aytmasdi, unga qaytarib ham bermasdi. Bir kuni Abu Abdulloh ba’zi ishlarini bajargani ketgan vaqtida majusiy kelib qoldi va uni topa olmadi. Shogirdiga ish haqi berib, undan tikilgan narsalarni oldi. Dirham qalbaki edi. Shogird esa dirhamlarning qalbaki ekanini bildi va ularni majusiyga qaytarib berdi. Abu Abdulloh qaytib kelganida shogirdi bo‘lgan ishni aytib berdi. U esa shogirdiga: «Yomon ish qilibsan. Bu majusiy menga bir yildan beri shunday muomala qiladi. Men esa sabr qilaman. Boshqa musulmonni mana shu dirhamlar bilan aldab qo‘ymasligi uchun dirhamlarni undan olib, quduqqa tashlab yuborardim», dedi.

* * *

Yusuf ibn Asbot aytadilar: «Husni xulqning alomati o‘n xil xislatdir: xilof qilmaslik, chiroyli insof, (birovlarning) toyilishini istamaslik, birovlarning bilinib qolgan kamchiligini yaxshilikka yo‘yish, uzr so‘ray olish, aziyatlarga chidash, o‘z nafsini malomat qilib turish, o‘zgalarning emas, balki o‘z ayblarini bilish, katta-yu kichikka ochiq yuzli bo‘lish, o‘zidan yuqori kishiga ham, past kishiga ham muloyim so‘zlash».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:29:28
Sahl Tustariydan husni xulq haqida so‘raldi. U kishi: «Uning eng pasti aziyatlarga chidash va tovon to‘latishni tark qilish, zolimga rahm qilish va uning uchun istig‘for aytib, shafqat qilish», dedilar. Ahnaf ibn Qaysga «Halimlikni kimdan o‘rgandingiz?» deyildi. U kishi: «Qays ibn Osimdan», dedilar. «U kishining halimliklaridan nimalar yetib kelgan?» deb so‘raldi. Shunda Ahnaf ibn Qays aytdilar: «Bir kuni u kishi hovlilarida o‘tirgan vaqtlarida oldilariga qo‘lida tovadagi qovurilgan go‘sht bilan cho‘rilari kelib qoldi va tova shu yerda turgan Qaysning kichkina o‘g‘illari boshiga tushib ketdi. O’g‘illari o‘sha zahoti o‘lib qoldi. Cho‘ri ayol qattiq qo‘rqib ketdi. Shunda Qays u ayolga: «Qo‘rqma, sen Alloh taolo roziligi uchun ozodsan», dedilar».

* * *

Aytishlaricha, Uvays Qaraniyni yosh bolalar ko‘rib qolishsa, u kishiga tosh otishar ekan. Uvays Qaraniy ularga: «Ey birodarlarim, agar tosh otish zarur bo‘lsa, kichkinaroq toshlarni otinglar, chunki oyog‘imni qonga belab qo‘ysangiz, meni namoz o‘qishdan to‘xtatib qo‘yasiz», der ekanlar.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:29:42
Bir kishi bir kuni Ahnaf ibn Qaysni so‘kdi. U kishi esa unga javob bermadilar. U orqalaridan ergashib kelardi. U kishi mahallaga yaqinlashib qolgan vaqtlarida to‘xtadilar va unga: «Ko‘nglingda yana biror narsa qolgan bo‘lsa, aytib ol. Mahallaning beaql kishilari eshitib qolmasin, senga aziyat berib qo‘yishadi», dedilar.

* * *

Rivoyat qilinishicha, Ali karramallohu vajhahu o‘z qullarini chaqirdilar. U javob bermadi. Yana ikkinchi, uchinchi bor chaqirdilar. U esa yana javob bermadi. Oldiga bordilar va yonboshlab yotgan holda ko‘rdilar. Unga: «Eshitmadingmi, ey bola?» dedilar. U esa: «Eshitdim», dedi. «Unday bo‘lsa, menga javob bermaslikka nima majbur qildi?» dedilar. «Jazo bermasligingizni bilganim uchun dangasalik qildim», dedi. Shunda Ali roziyallohu anhu: «Bor, ketaver, Alloh taolo roziligi uchun ozodsan», dedilar.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:36:50
Bir ayol Molik ibn Dinorga «Ey riyokor», dedi. Shunda u kishi: «Ey ayol, Basra ahli yo‘qotib qo‘ygan ismimni topding», dedilar. Yahyo ibn Ziyod Xorisiyning yomon bir qullari bor edi. U kishiga «Nima uchun uni ushlab turibsiz?» deyishdi. Shunda u kishi: «Undan halimlikni o‘rganib olish uchun», dedilar.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 23 Oktyabr 2007, 11:56:55
Abu Bakr al-Vositiy aytadiki: Davlat uch ta bo’ladi: Hayotdagi davlat,o’lim paytidagi davlat,qiyomatdagi davlat.
Birinchisi — Allohning toatu-ibodatini qilib yashashdir
Ikkinchisi — "œLa ilaha illalloh" kalimasi bilan jon chiqishidir
Uchinchisi — qiyomat kuni jannat xushxabari berilishidir.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 23 Oktyabr 2007, 11:59:06
Ali ibn Abu Tolibdan maxluqlarning qay biri kuchli va qattiq ekani haqida so’rashdi. U zot shunday deb javob berdilar: "œMaxluqotning eng kuchlisi baland tog’lar.Ammo temir tog’lardan kuchli,ular temir bilan kesiladi.Temirdan olov kuchli.Suv olovdan kuchli,uni o’chiradi.Bulut suvni ko’taradi,shamol bulutni ko’taradi.Insonlar binolar qurish bilan shamolga g’olib bo’ladi.Uyqu insonga g’olib keladi,g’am uyquga g’olib keladi.Alloh taolo yaratgan maxluqlarning eng kuchlisi g’am va o’limdir."(Bo’ston ul-orifiyn)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Foniy 04 Noyabr 2007, 09:23:45
Birovga o'rgatilmagan ilm qulf solib qo'yilgan xazinaga o'xshaydi!

Yaxshilikka buyurgan kishi o'sha yaxshilikni qilgan kabidir!

Rasululloh(SAV)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Foniy 08 Noyabr 2007, 19:47:03
Jannat ahlining yagona bir pushaymonligi bor. U ham bo'lsa bu dunyoda Olloh taoloni zikr qilmasdan o'tkazgan vaqtlaridir.
 
Muoz ibni Jabal r.anhu
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Foniy 08 Noyabr 2007, 19:50:48
Qiz bolalar, ota - onalar uchun hayr va hasanotdirlar. O'g'illar esa, ne'matdirlar. Hasanot sohibi bo'lganlar savob oladilar. Ne'mat sohiblari esa hisobga tortilib, savol qilinadilar.

Ja'fari Sodiq
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Foniy 09 Noyabr 2007, 11:39:47
Ollohning imtihoni bizni bilish uchun emas, bizni o'zimizga bildirish uchundir.

Tohir Mavlaviy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:22:39
Dunyonig izzati mol bilan, oxirat izzati solih amallar bilan.

Hazrati Umar (r.a.)


Do’stingizni tez-tez ziyorat etib turing. Zero, yurilmagan yo’llar ustini tikan va butalar qoplaydi.

Hakim


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:23:18
Ilmning avvali sukutdir. Keyingisi tinglamoq, so’ng uni asramoqdir. To’rtinchisi unga amal qilmoq, beshinchisi uni yoymoqdir.

So’fyoni Savriy


Ilm va boylik har qanday aybni yashiradi, johillik bilan faqrlik esa, oshkor etadi.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:23:46
Ochko’z kishida hayo, muruvvat qilmagan odamda din, aqllida faqrlik, yolg’onchida izzat, baxlda rohat, qanoatli kishida g’am bo’lmas.

Hazrati Ali (r.a.)


Dunyoning qiyinchiliklari to’rtta: g’urbatda kasallik, qarilikda yolg’izlik, hech narsasi bo’lmaganda qarzdorlik, safarda uzoq yo’l.

Ibn Mikaffa


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:24:25
Dunyo kezib oxiratni topganni ko’rmadik, dunyosini topganlarni ko’rdik.

Hasan Basriy


Ta’ma qilish olimdan hikmatni ketkazadi.

Sam’on


To’rt narsani qaytarib bo’lmaydi: aytilgan so’zni, o’tgan ishni, otilgan o’qni, kechgan umrni.

Ibn Hajar Asqaloniy


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:24:45
Salomatlik uch narsadadir: Xudoning bergan umriga rozi bo’lish, din shartlarini bajarish, birovning diliga ozor berishdan uzoq bo’lish.

Ibn Hajar Asqaloniy


Yordamni olijanob kishilardan so’rang.

Ibn Hajar Asqaloniy


Osoyishtalik vaqtingizda ko’proq qo’rqing. Kulfat yetganda sabr qiling.

Ibn Hajar Asqaloniy


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:25:02
Do’st g’am va kulfat vaqtida ma’lum bo’ladi.

Ibn Hajar Asqaloniy


Yoshlikda zahmat chekingki, qariganda rohat topasiz.

Ibn Hajar Asqaloniy


Shahvat podshohni qulga aylantiradi, sab qulni podshohga aylantiradi. Yusuf va Zulayho qissasini bilmaysanmi?

Ibn Hajar Asqaloniy


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:25:23
Aqlni o’ziga amir, nafsu havosini esa, asir qilgan kishi qanday yaxshi odamdir. Holiga voy bo’lsin, nafsi havosi amir, aqli esa, asir bo’lgan kishiga".

Ibn Hajar Asqaloniy


Kimki qabrga tayyorgarliksiz kirsa, go’yo dengizga kemasiz chiqqandek bo’ladi.

Abu Bakr Siddiq


Dunyoning izzati men bilan, oxirat izzati solih amallar bilan.

Hazrati Umar (r.a.)


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:25:45
Dunyoga ahamiyat qalbdagi zulmat, oxiratga ahamiyat qalbdagi nurdir.

Hazrati Umar (r.a.)


Kim ilm talabida bo’lsa, jannat uning talabida bo’ladi. Kimki ma’siyat talabida bo’lsa, jahannam uning talabida bo’ladi.

Hazrati Ali (r.a.)


Kimning sarmoyasi taqvo bo’lsa, dinda foyda qilganlik vasfini aytib tillar charchaydi. Kimning sarmoyasi dunyo bo’lsa, dinda hasrat ko’rganlik vasfini aytib tillar charchaydi.

A’mash (r.a.)


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:26:09
Kasal huzuriga kirganingizda unga: "œAjalingiz yetgani yoq", deb ovuntiring, bu ishingiz taqdirdan biror narsani o’zgartirmasa ham, bemorning kayfiyatini yaxshilaydi.

Termiziy


Bemorni ko’rgani kirganda haqqingizga duo qilishini so’rang, zero uning duosi farishtalar duosi bilan barobardir.

Ibn Mojja


Ko’rgan yaxshi tushingizni odamlarga aytib bering, ammo yomon tushingizni hech kimga aytmay qo’ya qoling.

Termiziy


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:26:33
Faqirlikni Robbimga tavozu’ qilish uchun, kasallikni gunohlarga kaffarot qilish uchun, o’limni esa, Robbimga mushtoqlik uchun yaxshi ko’raman.

Abu Dardo


Uch narsani unutgan odam oqil emas: dunyoning o’tkinchiligini, undan qachondir ajralishini va o’limning ofatlaridan hech kim omonda qolmasligini.

Hakim


Hayo, atr sepish, nikoh va misvok o’tgan payg’ambarlarning sunnatlaridandir.

Ahmad va Termiziy


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:26:50
Nafsim haqida men bilganlarni bilganlaringda edi, boshimga tuproq sochgan bo’lardinglar.

Abdulloh ibn Ma’sud (r.a.)


Dinda ko’z-ko’z qilish qalbni qotiradi va adovatni keltirib chiqaradi.

Imom Shofe’iy


Barcha yomonliklar bir uyda bo’lib, uyning kaliti dunyoni yaxshi ko’rishdir. Barcha yaxshiliklar bir binoda bo’lib, uning kaliti zuhd (dunyoni sevmaslik) dir. Dunyoga muhabbat qo’yma, shuncha oily darajaga erishasan.

Fuzayl ibn Iyoz


Alloh subhonahu ko’zni qalbning oyinasi qildi. Agar banda ko’zini pastga qaratsa, qalb ham shahvatu hohishlarini pasaytiradi. Agar ko’ziga erk bersa, qalb ham shahvatlarni bo’sh qo’yadi.

Ibn Qayyim


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:27:14
Alloh taolo Islomdan nasiba olgan kishini Islomdan benasib kishi kabi qilib qo’ymaydi.

Ibn Ma’sud


Mo’min kalomni kamaytirib, amalni ko’paytiradi. Munofiq amalni kamaytirib, kalomni ko’paytiradi.

Avzoiy


Islom dini pokiza-tozadir, pokiza bo’linglar. Jannatga pok-ozodalardan tashqari hech kim kirmaydi.

Xatib


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:27:33
Uyimdan chiqib qarayman, ko’zim tushgan har narsada Allohning menga ne’matini ko’raman va ibrat olaman.

Sulaymon Doroniy


Fikr-yaxshilik va yomonliklaringni ko’rsatadigan oina.

Hasan Basriy


Ibodat ilmni, zikr muhabbatni, tafakkur xavfni kuchaytiradi.

Hotam


Gapirishda sukutdan, anglab yetishda fikrdan madad olinglar.

Imom Shofe’iy


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:27:58
Kimning kalomi hikmat bo’lsa, ulag’vdir, kimning sukuti tafakkur bo’lsa, u sahvdir, kimning nazari ibrat bo’lsa, u lahvdir (o’yindir).

Hasan Basriy


Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo’lsa, holati o’zgaradi, holati o’zgarsa, a’zolarining amali o’zgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobe’.

Imom Ga’zzoliy


Ilm o’rganib, unga amal qilmagan kishi xuddi yashirin  holda zinoga borib, homilador bo’lgan va keyin siri ochilgan ayolga o’xshaydi. Alloh taolo bilgan ilmiga amal qilmagan kishining sirini ham qiyomat kunida xuddi shunday guvohlar huzurida ochib tashlaydi.

Iso alayhissalom


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:28:27
Ilm ko’p rivoyat qilish bilan emas, ko’p taqvo qilish bilan bo’ladi.

Ibn Ma’sud (r.a.)


Sizlar hohlagancha ilm o’rganaveringlar. Allohga qasamki, amal qilmaguningizcha Alloh sizlarga uning uchun ajr bermaydi. Ahmoqlar himmati rivoyat qilish, ulamolar himmati rioya qilishdir.

Hasan Basriy


Allohni zikr qilguvchilardan qanchasi Allohni unutgan, Allohdan qo’rquvchilardan qanchasi Unga qarshi jur’at qilgan, Allohga muqarrab bandalardan qanchasi Undan uzoqlashgan. Allohga duo qiluvchilar qanchasi Undan qochgan, Alloh kitobini tilovat etguvchilardan qanchasi undagi oyatlardan uzilgandir.

Ibn Sammok


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:28:51
Allohning ne’matlari haqida fikr yuritish afzal ibodatlardandir.

Umar ibn Abdulaziz


Ko’zlaringizni yig’iga, qalblaringizni tafakkurga o’rgatinglar

Abu Sulaymon Doroniy


Yaxshi narsa haqida tafakkur etish unga mal qilishga undaydi, yomon narsa haqida o’ylash undan qochishga.

Ibn Abbos (r.a.)


Bir soatlik tafakkur kechasi bilan qoim turishdan yaxshiroq

Hasan Basriy


Fikr qalbga kiruvchi nurdir.

Sufyon ibn Uyayna


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:29:12
Insonlar Allohning azamati fikr yuritganlarida, unga osiylik qilmas edilar.

Bishr ibn Hofiy


Nabiyning (s.a.v.) sahobalari: "œTafakkur limning nuri", deganlarini ko’p eshitganman.

Amir ibn Abdu Qays


Kim Qur’onnni yilda ikki marta o’qib chiqsa, uning ado qilgan bo’ladi. Chunki Payg’ambarimiz (s.a.v.) uni Jabroil alayhissalomga har yili bir marta o’qib o’tkazib turganlar, vafot qilgan yillari esa, ikki marta o’qib berganlar.

Abu Hanifa


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:29:34
Namozda turar ekansan, go’yoki hukmdorning eshigini qoqmoqdasan. Hukmdorning eshigini qoqqanga esa, eshik, albatta, ochilur.

Abdulloh ibn Ma’sud


Biz yelkalarimizni gunohlar yuki ila brogan sari og’irlashtirmoqdamiz. Ammo namoz vaqti kirib, farzni ado etgach, oldingi gunohlarimizga kafforat bo’ladi. So’ng yana yelkamizni og’irlashtiramiz va yana farz namozlarimizni ado etish bilan oldingi gunohlarimizni ketkazamiz.

Abu Muso Ash’ariy


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:29:58
Bolalarning isloh-tarbiyasi — maktablarda, qaroqchilarniki — qamoqxonalarda, ayollarniki — uylarida, yoshlarniki — ilmda, keksalarniki esa, masjidlardadir.

Hakim Termiziy


Kasalga (kasalligi uchun) ajr yozilmaydi, ajr savob amalga yoziladi. Lekin (kasallik) xato-gunohlarga kafforot bo’ladi.

Abdulloh ibn Ma’sud


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:30:19
Savdogar faqih bo’lmasa, riboga botibdi, riboga botibdi, riboga botibdi.

Ali ibn Abu Tolib


Kim dinni yaxshi bilmasa, bozorlarimizda savdo qilmasin.

Umar ibn Xattob


Tilaklaringizni farz namozlari ustiga yozing.

Abdulloh ibn Ma’sud


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:10:24
Ko'zni ayollarga tikishdan va ularni tomosha qilishdan tiymoq kerak. Aqlning so'nishiga, hayo pardasini yirtilishiga va eng muhimi ibodatning "mazasi" yo'qolishiga asosiy sabab shudir.

Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:10:45
Yolg`on ham ichkilikbozlikning o`zi. Yolg`onchi o`layotganda ham yolg`on gapirib o`ladi.
Chexov
Eng johil inson ohiratini birovning dunyosi uchun sotgandir.

Hazrati Umar ibn Hattob r.a
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:11:19
Kimki to'rt narsani to'rt narsaga qoldirsa jannatga kiradi: uyquni qabrga, fahrlanishni mezonga, rohatlanishni sirotga va shahvatni jannatga qoldirsa.

Hotam ul- Asom
               
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:12:06
Bolani toza Islom fitratida ostirishi uchun ilk tadbir uni halol luqma bilan taomlantirmoqdir".

Imomi Gazzoliy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:12:32
"Bolaning yoshi ongga yaqinlashganda, nomahram ayollar yonida otirish mumkin emasligini anglat."

Saddi Sheroziy

"Bolalarning uyatchan bolishi, ularning kelajakda yahshi fel-atvor sohibi bolishidan hushhabardir".

Imom Gazolliy.

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:13:00
"Bolani kichkinaligida bilim ber, yahshi ishlari uchun mukofot ber, yomonlarini yomonligini tushuntir".

Saadi Sheroziy

"Farzandlaringizga tilini tiyishni orgating. Gaplashishni ozi ham organib oladi".

Benjamin Franklin.

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:13:36
Farzand tarbiyasida aqlingizni ishlating (ogit bering), foyda bermasa qalbingizni ishlating (duo qiling), u ham foyda bermasa qolingizni ishlating.
Farzandini birovning yonida kamsitgan va jazolagan ota, uni isyonchi va sevgidan mahrum qilib ostiribdi.
Farzand guyo oq qogozga ohshar. Uni yahshi yozuvlar bilan toldirish esa ota-ona va ustozning vazifasidir.
Farzand taminoti otadan, tarbiyasi esa onadan kutiladi.


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:08:51
Agar insonga do'st kerak bo'lsa Olloh, dushman kerak bo'lsa shayton, boylik kerak bo'lsa sabr, ibrat kerak bo'lsa qabr - yetar!
Kimdir nimanidir xohlasayu lekin yetisholmasa,demak u yetarlicha xohlamapdi.Yaxshi niyat va chin dildan xohish insonni baxtli qiladi
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:10:01
                                    Agar bir qavm, gar yuz, yo'qsa mingdur,
                                    Muayyan turk ulusi hud meningdur.
                                    Olibmen taxti farmonimg'a oson,
                                    Cherik chekmay Xitodin to Xuroson
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:10:44
do`zax axli-g`iybatchilar va zinokorlardan iboratdir

Bizlar Allohning o’z payg'ambarlariga nozil qilgan kitobida quyidagi so’zlarni topdik: "œKimni Meni zikr etish mashg'ul qilib, Mendan so’rashni unuttirsa, unga Mendan so’raganlaridan ham oliyrog'ini beraman".

Faqiru miskinlarga vojib sadaqalarni bajo keltirmagan boylarga jahannamda dahshatli bir handaq bordir.

(Abulqosim az-Zamaxshariy)

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:11:19
Allohdan qo’rqishning alomati etti narsada ayon bo’ladi:
1.TILIDA — yа'ni, tilini yolg’ondan, g’iybatdan, ortiqcha so’zlardan tiyаdi, Allohning zikri, Qur'on tilovati, ilmiy muzokaralar bilan mashg’ul qiladi;
2.QORNIDA — yа'ni, faqat halol narsani va xojati miqdoricha eydi;
3.KO’ZIDA — yа'ni, xaromga boqmaydi, dunyoga rag’bat nazari bilan emas, ibrat nazari ila qaraydi;
4.QO’LIDA — yа'ni, uni xaromga cho’zmaydi, Alloh toatidagi ishlarga uzatadi;
5.OYOG’IDA — yа'ni, Alloh gunox, degan ishlarga yurmaydi;
6.QALBIDA — yа'ni, undan birodariga dushmanlik, g’azab, hasad kabi illatlarni chiqarib tashlaydi va musulmonlarga nisbatan mehr-shavqat uyg’otadi;
7.TOATDA — yа'ni, toati Alloh yo’lida xolis bo’ladi, riyo va nifoqdan saqlanadi.

(Abu Lays Samarqandiy)

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Noyabr 2007, 15:11:47
Alloh taologa duo qilasizlar-u, lekin ijobat bo’lmaydi, buning sababi shuki, sizlarning qalbingiz o’nta narsa bilan o’lgan: - Allohni taniysizlar-u haqqini ado etmaysizlar. - Alloh Kitobini o’qiysizlar-u unga amal qilmaysizlar. - Shaytonni dushman, deb da'vo qilasizlar-u, lekin uni do’st tutasizlar. - Rasulullohni (s.a.v.) yaxshi ko’ramiz, deb da'vo qilasizlar-u ammo ul zotning yo’llaridan yurmaysizlar va sunnatlarini bajarmaysizlar. - Jannatni yaxshi ko’rasizlar-u, biroq unga olib borguvchi amallarni qimaysizlar. - Jahannamdan qo’rqasizlar-u gunohlardan tiyilmaysizlar. - O’lim xaq, deb da'voda bo’lasizlar-u,ammo unga tayyorgarlik ko’rmaysizlar. - Birovlarning ayblarini ko’rasizlar-u o’z ayblaringizni ko’rmaysizlar. - Alloh bergan rizqni eysizlar-u, lekin shukronasini qilmaysizlar. - O’liklaringizni dafn etasiz-u, ammo bundan ibrat olmaysiz. O’lik er samar bermaganidek, o’lik qalbdan chiqqan duo ham ijobat topolmaydi.

(Ibrohim Adham)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2007, 18:22:59
Kitob — mashg’ullik paytingda o’zi so’z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko’rinishing shart emas. Kitob — senga laganbardorlik qilmaydigan o’rtoq, seni aldamaydigan do’st, malol kelmaydigan yo’ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo’ydir.
Ahmad ibn Ismoil
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2007, 18:23:45
Alloh har bir qalbga ilm gavharini solganki, bandasining qunt-matonati, mehnati davomida doimo sayqal topur.
     
Farzandingning tili kalimaga juftlangan kundan boshlab, uning ongiga quyidagi uch muborak jumlani quymog‘ing farzdir: "œAssalomu alaykum", "œBismillahir rahmonir rahim", "œAllohu akbar".
     
Kim olimning oldiga kelib, u bilan birga o‘tirsa, uning ilmini egallashga qodir bo‘lmasa ham, unga yetti yaxshilik bordir.

Abu Lays Samarqandiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2007, 18:24:15
Allohga taqvo qilish hamma yaxshilikni o‘z ichiga oluvchi ko‘p ma’noli kalimadir, uning ma’nosi - Alloh taologa itoat qilish, gunoh ishlardan qochish, Yaratganning zikrini doimo qilish, bergan ne’matlariga shukr aytishdir.
     
Oqil kishi dunyodagi rizqiga rozi bo‘ladi va mol to‘plashga mashg‘ul bo‘lmaydi. Oxirat amallari bilan shug‘ullanadi. Chunki oxirat qaror topish va ne’matlar uyidir. Dunyo foniylik uyi, u xiyonatkor, fitnakordir.
     
Bilingki, banda yaxshilarning darajasiga aziyatlar va mashaqqatlarga sabr qilish bilan erishadi.
Abu Lays Samarqandiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2007, 18:24:45
Fazilat ahlini haddidan oshirmasdan hurmat qilish mustahabdir. Biror kishini boyligidan umid qilib, boy bo‘lgani uchun hurmat qilish joiz emas.
     
Ziyofatdan maqsad - boyligini ko‘z-ko‘z qilish va maqtanish bo‘lmasligi kerak. Faqatgina Payg‘ambarimizning odatlarini qilish, mo‘min birodarlar orasida mehr-oqibatni davom ettirish va ularning qalbiga surur berish bo‘lmog‘i lozim.
     
Gunohlarning zulmdan-da kattarog‘i yo‘qdir... Zolim qilgan zulmi uchun tavba qilsin, zulm bergan kishisidan kechirim so‘rab olsin. Agar qodir bo‘lmasa, uning uchun istig‘for aytsin, duo qilsin.
     
Alloh taolo fahm-farosat bergani, g‘aflat uyqusidan uyg‘otgani, bu dunyodan o‘tib, oxiratini o‘ylaydigan qilib qo‘ygani naqadar yaxshidir.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2007, 18:25:04
Dunyoda tilni saqlashlik oxiratdagi pushaymonlikdan yengilroqdir.
     
Kibr kofirlarning va fir’avnlarning axloqidandir. Tavoze’ esa payg‘ambarlar va solihlarning axloqidandir. Chunki Alloh taolo kofirlarni kibr bilan sifatladi.
     
Hayo ikki xil bo‘ladi: siz bilan odamlar orasidagi hayo, Alloh bilan sizning orangizdagi hayo. Odamlar bilan sizning orangizdagi hayo qarash halol bo‘lmagan narsalardan ko‘zingizni to‘sishingizdir. Siz bilan Alloh o‘rtasidagi hayo Allohning ne’matlarini bilmog‘ingiz va so‘ngra Unga gunoh qilishdan uyalishingizdir.
     
Mo‘min kishi rashkchi bo‘lishi kerak. Biror erkak va ayolning fahsh ishlarini bilsa, hech rozi bo‘lmasin. Agar qodir bo‘lsa, qo‘li bilan qaytarsin, bo‘lmasa, tili bilan. Hech bo‘lmasa, qalbi bilan yomon ko‘rsin.
     
Ayol kishiga eng haqqi ko‘p kishi erdir, erkak kishiga eng haqqi ko‘p kishi -onasidir.
     
Parvardigor bizga nasiba qilib yaratgan ne’matlar va ro‘yolar (boyliklar) ichida doim qadr-qimmat qilishimiz lozim bo‘lgan, e’zozlashimiz shart bo‘lgan oliy fazilat - do‘stlik va mehr-oqibatdir.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2007, 18:26:11
Xotinning er ustidagi haqqi beshtadir: ayol avrat bo‘lgani uchun uning satrdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik, chunki bu - gunoh va erkaklik g‘ururining toptalishidir; xotiniga tahorat, namoz, ro‘za kabi zarur ilmlarni o‘rgatish; uni haloldan ovqatlantirish, chunki, go‘sht haromdan o‘ssa, olov bilan eriydi; unga zulm qilmaslik, chunki ayol er uchun omonatdir; agar xotin haddidan oshsa, bundan ham yomonroq holatga tushib qolmasligi uchun unga nasihat qilish.
     
Agar falonchining kiyimi kalta yoki uzun desangiz, bu g‘iybat bo‘ladi. Endi falonchining kiyimini zikr qilish g‘iybat bo‘lsa-yu o‘zidan gapirsangiz, qanday bo‘larkin?
     
Hasaddan zararliroq narsa yo‘q. U hasad qiluvchi kishiga beshta azobni olib keladi: g‘ami tugamaydi, musibat oladi-yu unga ajr kelmaydi, yomonlikni olib keladi, Alloh taolo unga g‘azab qiladi, uning uchun tavfiq eshiklari yopiladi. Bu beshta azob hasad qilingan kishiga emas, hasadgo‘yning o‘ziga yetadi. 

Yuqoridagilarning barcasi  Abu Lays Samarqandiyga tegishli
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2007, 18:26:57
Allohning tirikchilik qilishing uchun ne’mat berishiga ishongil, chunki U jamiki mavjudotga kunduzi taom ulashishga kafolat bergan marhamatli Rahmondir. Senga kunduzi belgilab berilgan taom jiddu jahd bilan tirishganing, harakat qilganing ila baribir ko‘paymas.

Abdulxoliq G'ijdivoniy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2007, 18:27:35
Ilm - narsalarni inson aqli yordami bilan o‘rganishlikdir.
     
Haqiqatni ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar. Bir-biringizdan ilm o‘rganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlanglar.
     
Quyosh ko‘rlarga ko‘rinmay berkinganidek, johillarga ham dunyoda to‘g‘ri yo‘l belgilari ko‘rinmay qoladi.
     
Kundalik rizq ko‘p, qayg‘uraverma. Shu bilan birga mol orttiraman, deb o‘zingni ko‘p qiynaverma. Chunki har kim o‘z nasibasidan ortiq bitta ham don yeya olmaydi.
     
Mol-dunyoing seni aldamasin, chunki asragan mol-dunyoing boshqalarniki bo‘ladi. Ularni sarf eta olsang, o‘sha seniki bo‘ladi.
         
Boylikni topishibdi-yu aql-idrokni yo‘qotishibdi. Ajabo, topgan narsalari bilan yo‘qotgan narsalarining bahosi bir xilmidi?
     
Kishi uchun eng foydali, dilni yorituvchi narsa qanoatdir. Eng zararli va nafratli narsa hirs va g‘azabdir.
     
Boshqalarda ko‘rganni juda qattiq istamaslik ham qanoat hisoblanadi.
     
Ey havoyu havasga berilgan nafs, tez bo‘l. Chunki sen bir nafasning himoyasidasan.
     
Yordam berishning go‘zalligi undan kishining tasalli topishida ko‘rinadi.
     
Taroq aslida sochni tartibga solish uchun ishlatiladi-yu, ammo shu bilan birga u sochlarning ba’zilarini joyidan yulib tushiradi.
     
Qora tuproq qa’ridan tortib, to Zuhal cho‘qqisigacha bo‘lgan dunyoning hamma mushkul masalalarini hal qildim. Men har qanday makr va hiyla tuzog‘idan qutilib chiqa oldim-u, ammo o‘lim tugunini yecha olmadim.

Abu Ali ibn Sino
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2007, 18:28:07
Men ko‘p joylarni kezdim va olam ahvoliga qaradim. Unda hayronlik kaftini iyagiga tirovchidan yoki pushaymonlik barmog‘ini tishlab turuvchidan boshqani ko‘rmadim.
     
Odamlarning botiri kelajakdagi ishlardan qo‘rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan chetlangan kishi odamlarning eng qo‘rqog‘idir.
     
Keksaygan odam yoshlik o‘tida yonolmaydi.
     
Agar kelajagim xayrli bo‘lsa edi, mayli tinchgina, bemalol tirikchiligimni qilaverar edim. Bordi-yu agar unday bo‘lmasa, ming ko‘z bilan yig‘lardim.
     
Falak - juft soqqa, olam taxtasidir, ajal o‘ynaydi - bizlar donai xom.
     
Minglab nafar ulug‘ zotlar borliqdan yo‘qlikka ketdilar. Axir bu ulug‘ zotlarning birortasi ham yo‘qlikdan borliqqa qaytib kelmayaptilar-ku.
     
Har kim hodisalardan ibrat ola bilsa, boshi qattiq otga o‘xshagan bu falak unga bo‘ysuna beradi.
     
Yaxshilikning rahmati va yomonlik kabohati
Inson toki o‘zini mayda gap, o‘chakish, janjal, shikoyat, norozilik, ohu vohlardan ozod qilolmas ekan, u iflos va pastlik tabiatidan xalos bo‘lolmaydi.
     
Yaxshiliklarning eng foydalisi sadaqadir.
     
Bir kishi sen bilan munosabatida xato qilsa-yu, senga uzr bayon etsa, uzrini qabul qilishni kechiktirma!
     
Agar havoda chang va tutun bo‘lmasa edi, kishi ming yil yashagan bo‘lardi.
     
Quruq gapning o‘zi hech qachon dalil bo‘lolmaydi.
     
So‘zning yomoni amal qilinmay bekor ketganidir.
     
Hayo - insonning abadiy go‘zalligi va latofatidir. Hayosiz yuz jonsiz jasadga o‘xshaydi.
     
Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l.
     
Shodli va qayg‘uli paytlarida dilini kuduratdan tozalab, sof do‘stlikni saqlab qolgan kishi chin do‘st hisoblanadi.
     
G’azab irodasi kuchli odamga ro‘para kelolmaganidek, irodasi kuchsiz odamga ham ro‘para kelolmaydi.

Abu Ali ibn Sino
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2007, 18:28:47
Kishi qanchalik badavlat bo‘lmasin, u xasis va baxil bo‘lsa, el ichida obro‘siz va qadrsiz bo‘ladi.

Haqiqatdan ham so‘zning lazzati uni gapirishda emas, balki eshitishdadir. 
 
Abulbarakot Qodiriy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2007, 18:29:16
Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va hilmni (muloyimlikni) ham olinglar. Sizga ta’lim berayotgan kishiga tavoze’li bo‘linglar. Sizdan ta’lim olayotgan kishilar ham tavoze’li bo‘lishsin. Jabr qiluvchi olimlardan bo‘lmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoyim bo‘lmasin.

Ali ibn Abu Tolib
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 13 Noyabr 2007, 11:18:17
1. "œSizlarning yaxshilaringiz Qur'oni karimni ta'lim olib, ta'lim beruvchilaringizdir"

 (Imom Buxoriy rivoyati).

2. "œQur'onni mahorat bilan o'quvchi qorilar ulug' farishtalar bilan birgadirlar. Uni tili qiynalib o'qiydigan qorilarga ikki hissa ajr berilur" (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 13 Noyabr 2007, 11:19:00
3. "œQur'on o'qingizlar, zero, Qur'on o'zining qorilarini qiyomat kuni shafoat qilur" (Imom Muslim rivoyati).

4. "œKimki Allohning kalomidan bir harf o'qisa, unga bir savob. Savob esa o'n barobar ko'paytirilib yozilur. "œAlif, Lom, Mim"ni bir harf demayman, balki, Alif — harf, Lom — harf, Mim — harfdir" (Imom Termiziy rivoyati).

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 13 Noyabr 2007, 11:21:25
5. "œHar kim Qur'onni o'qib, unga amal qilsa, Alloh taolo qiyomat kuni uning ota-onasi boshiga bu dunyo quyoshidan ham chiroyli nur beruvchi tojni kiydirur" (Abu Dovud rivoyati).

6. "œQur'on o'qinglar. Zero, Qur'on joylashgan qalbni Alloh azoblamas. Ushbu Qur'on Allohning ziyofatidir. Har kim uning mehmoni bo'lsa, u omonda bo'lur. Kimki Qur'onni sevsa, unga xushxabar bordir" (Imom Dorimiy rivoyati).

7. "œSochi islomda oqargan mo'ysafed, Qur'onni yod olib, unda g'uluv (chuqur ketib, chalg'ish)ga mubtalo bo'lmagan qori, odil podshohlarni izzat-ikrom qilish — Allohni ulug'lashning turlaridandir" (Abu Dovud rivoyati).

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Foniy 14 Noyabr 2007, 19:57:02
Din farzanddan ulug'dir!

Muallifi noma'lum
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Foniy 16 Noyabr 2007, 14:37:17
Har kim uch narsani sevsa, shayton uni tez yo'ldan ozdiradi: yaxshi yemoq, yaxshi kiymoq, ayollar bilan o'tirmoq.

Uvays Qoroniy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Foniy 17 Noyabr 2007, 19:23:43
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.

Umar Xayyom
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Foniy 28 Noyabr 2007, 19:49:53
To’rt narsa kimga berilsa dunyo va oxirat yaxshiligi berilibdi:
- Zikr qiluvchi til;
- Shukr etuvchi qalb;
- Sabrli badan;
- Soliha ayol.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Foniy 05 Dekabr 2007, 11:35:53
Kishining olim bo'lishiga Olloh taolodan qo'rqmog'i, ilmsiz qolishiga esa amaliga mag'rurlanishi kifoya qiladi.

Manba (http://fikr.uz)
Nom: Салафлар хикмати дурдоналаридан
Yuborildi: Shirinqiz 29 Yanvar 2008, 02:45:18
Салафлар хикмати дурдоналаридан

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтганлар:

«Ким барча ғамларини битта ғам – охират ғамига айлантирса, Аллоҳ унинг бошқа ғамларига Ўзи кифоя қилади. Ким дунё ғамларини ўзига қаторлаштирса, қай водийда ҳалок бўлса бўлсин, Аллоҳ унга парво қилмайди.»

Иброхим Адхам рахимахуллохга Аллох таъолонинг: «Менга дуо килинглар, ижобат киламан» (Гофир: 60 ояти) хакида савол берилиб: «Биз Аллох таъолога дуо килмокдамиз, бирок, У дуоларимизни ижобат килмаяпти-ку?!»- дейилди.

Иброхим Адхам рахимахуллох бу саволга куйидагича жавоб берди: «Чунки сизларнинг калбларингиз ўнта нарса сабабли ўлган:

1)  Аллохни танидингиз, бирок, Унинг хаккини адо этмадингиз;

2)  Аллохнинг Китобини ўкидингиз, бирок, унга амал килмадингиз;

3)  Шайтонни душман деб даъво килдингиз, бирок, уни яхши кўрдингиз;

4)  Расулуллох соллаллоху алайхи ва салламни севишни даъво килдингиз, бирок, унинг асари ва суннатларини тарк килдингиз;

5) Жаннатни севишни даъво килдингиз, бирок, унга муносиб амал килмадингиз;

6) Жаханнамдан кўркишни даъво килдингиз, бирок, гунохлардан тийилмадингиз;

7) Ўлимнинг хакикат эканини даъво килдингиз, бирок, ўлим учун тайёргарлик килмадингиз;

8 ) Бошкаларнинг айблари билан шугулланиб, ўз айбингизни унутдингиз;

9) Аллохнинг ризкини еб, Унга шукр этмадингиз;

10)  Ўликларингизни дафн этдингиз, бирок, улардан ибрат олмадингиз!».


Ибн Умар розияллоҳу анҳу айтадилар:
Мен ўзим билан ҳаром ўртасига ҳалолдан бир тўсиқ ўрнатишни ва уни ҳаромга айлантирмасликни истайман.

Умар ибн Абдулазиз ўз ҳузурига кирган бир кишидан: «Қавмингнинг саййиди ким?» деб сўради. У: «Мен» деб жавоб берди. «Агар ҳақиқатан уларнинг саййиди бўлсанг бундай демаган бўлардинг», деди Умар ибн Абдулазиз.

Умар розияллоҳу анҳу намозхонларга қараб дедилар:
Сизлардан бирингизнинг кўп бора бошини кўтариб-тушириши (кўп сажда қилиши) мени алдаёлмайди, дин – Аллоҳнинг динида парҳезкор бўлиш, Аллоҳ ҳаром қилган нарсалардан тийилиш, Аллоҳнинг ҳалол ва ҳаромига амал қилишдир.

 Бир подшоҳ вазирларининг биридан сўради:
- Бандага ато этиладиган энг яхши хислат нима?
Деди: - Бир умр ҳамроҳ бўлувчи ақл.
- Ақли бўлмаса-чи?
- Унга зийнат бўлувчи одоб.
- Одоби ҳам бўлмаса-чи?
- Нуқсонларини яширадиган мол-давлат.
- Моли ҳам бўлмаса-чи?
- Уни ҳалок қилиб, бандаларни ундан қутқарувчи яшин.

Абдуллоҳ ибн Аббос розияллоҳу анҳумо айтадилар: «Яхшиликни билмайдиган кимсанинг нонкўрлиги сени яхшилик қилишдан асло тўсмасин. Зеро сен ҳа&#1083%3
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Farida 03 Fevral 2008, 16:57:50
Rost so‘zlayotgan odamning qudrati arslonning qudrati bilan barobardir.
Az-Zamaxshariy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: AbdulAziz 04 Fevral 2008, 08:02:03
Boylik molning ko‘pligida emas, ko‘ngilning to‘qligidadir.
Abu Lays as-Samarqandiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 13 Fevral 2008, 11:52:06
Kamtar bo’l, barchani etgil bahramand,
Sening ham martabang bo’lg’usi baland.
Urug’ aralashib avval tuproqqa,
So’ngra bo’y cho’zadi osmon — falakka.   A.Jomiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: shoir 14 Fevral 2008, 09:51:00
Ehtiyot bo’l! Senda yo’q yahshiliklarni aytadigan kimsa senda yo’q yomonliklarni ham aytadi.
Vahb ibn Munabbah
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Mohinur 16 Fevral 2008, 09:41:31
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 22 Fevral 2008, 18:08:41
Yutganing o`zingniki, chaynaganing — gumon.
Cho`lpon

Hammaga do`st bo`lgan odam hech kimga do`st emas.
Arastu

Qisqalik — iste’dodning singlisi.
Chexov

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 22 Fevral 2008, 18:11:33
Dunyodagi eng sergap odamlar bekorchilardir.Pavlenko

O`zgalar sirini oshkor etish — sotqinlik, o`z sirini oshkor etish axmoqlikdir.
Valter

Haqiqiy do`st boshga kulfat tushganda bilinadi.
Ezop

O`rganish hech qachon kech emas.
Kvintilian
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 17:51:10
amdardlik - o`zgalarning baxtsizligidan aziyat chekish, hasad - birovlarning baxtini ko`rib g`amga botish.

***

Ichiqoralik - o`zgalarning musibatidan lazzatlanish demak.

***
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:01:40
 А­нг дахшатлиси ва жирканчлиси дунёда самарасиз сшамокдир
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:02:06
 Одам икки марта сшамайди, лекин бир марта сшашни хам билмайдиганлар бор

...
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:02:43
 Tашки киёфани безамасдан ички оламни сайкаллаш керак
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:04:25
 Акл етуклиги хусн урнини босиши мумкин, аммо хусн акл урнини боса олмайди

...
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:07:50
Бошкаларни хурмат килиш узинги хурмат килишга олиб келади
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:08:27
 Kishini sinashga bir on ko’rsa bas,
Sevar-sevmasin so’z ila so’rsa bas.
Kishi mis va oltinni farqlolmasa,
Olib ozgina sir toshni sursa bas.
                                 Yusuf Xos Hojib
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:08:44
 Ishqki jon mulkida sulton erur,
Shoh-u gado anga chu yakson erur.
                                          Durbek

Ayol, bil, lutf-u himmatga sazovor,
Go’dakdek mehr-u shafqatga sazovor.
                             Abu Abdullo Rudakiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:09:05
 Gul yuz yor hehc kimga nasib etmas ekan,
To uning diliga sanchilmay tikan.
Taroqqa nazar sol, yorning sochiga-
Yetguncha yuz bo’lak bag’ri tilingan.
                                  Umar Xayyom
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:09:36
 Yorsiz yo’l bo’lmaydi ravon,
Suv bo’lmasa — suv oqarmi, qachon?
                                  Abulmajid Sanoiy

Parvona otashdan huzur topsa gar,
Kuysa ham hech qachon etmaydi hazar
                               Farididdin Attor
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:09:58
 Vafoda o’xshama bulbulga also,
Har on ul o’zga gul boshida shaydo.
                               Nosir Xisrav

Ming xil odobni ishqdan o’qir jon,
Ularni maktabdan topolmas inson.
                                Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:12:07
 Chehrasi kulgan go’zalning barchasi dilbar emas,
Oynasi bor kishilarning barchasi Iskandar emas.
                                                              Hofiz Sheroziy

Ikkovlon bir-birlaring bilan janjallashmang- ikkovingiz ham mag’lub bo’lasizlar.                                                                                                                        Amir Temur
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:12:18
 Kishikim, yo’qturur mehru vafosi,
Agar xursheddur, andin ne hosil.
                                         Abdurahmon Jomiy

Bo’lmasa ishq ikki jahon bo’lmasun,
Ikki jahon demaki, jon bo’lmasun.
                                           Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:12:33
 Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen,
Sen shu’lasen-u ul shu’lag’a men kuldurmen.
Nisbat yo’qdur deb istijnob aylamakim,
Shohmen elga, vale senga quldurmen.
                                           Bobur
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:12:52
 Oshiq xudbinlikka bo’lsa giriftor,
Bo’lur doim ma’shuq eshigida zor.
                                           Zebunniso

Jamoling quyoshdir, qamardir yuzing,
Shakkardir lablaring, shirindir so’zing.
Beomon mujgoning, jodugar ko’zing
Jallod kabi g’amzang qasddadir, ey qiz!
                                             Voqif
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:13:27
 Uyat- erkaklarning viqori bo’lsa, ayollarning bezagidir.
                                                                Abdulqodir Bedil

O’zga birovlarni saylab yo’ldoshing,
Oqizma o’z dilbaringning ko’z yoshin.
Yomon bo’lsa ham u umrlik sirdoshing,
Vaqtincha qo’l bergan hurdan yaxshiroq.
                                                      Berdaq
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:14:14
 Muhabbat hech qachon hech narsa talab qilmaydi, balki o’zini bag’ishlaydi. U hamisha iztirob chekadi, lekin hech qachon shikoyat qilmaydi, qasos olmaydi.
                                                    Mahatma Gandi


Ayollarning kichkina kamchiliklarini kechira olmaydigan erkaklar ular baxshida etadigan buyuk ne’matlarga ham sazovor bo’lolmaydilar.
                                                       Xalil Jabron
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:15:17
Har bir nikohga nisbatan mana shu ko’rsatma amal qilishi kerak.: har biro dam faqat o’ziga maqbul bo’lgani uchungina emas, davlat manfaatini ham ko’zlab oila qursin.
                                                                                 Aflotun

O’zing qo’rqqan odamni ham, o’zingdan qo’rqqan odamni ham chinakamiga seva olmaysan.
                                                                                                                                   Sitseron
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:15:29
 Muhabbat hamma narsani birlashtiradi. Adovat esa ajratadi. Hislarga ishonma va fikrla.
                                                                                                         Akragenalik Empedokl

Aql bilan muhabbat o’rtasida hech qanday umumiylik yo’q.
                                                                            Volfgang Gyote.

Tuyg’ular olamida faqat birgina qonun- o’zing uchun sevimli odamga baxt ato etmoq qonuni hukmrondir. Go’zallik- baxt haqidagi bir va’da, xolos. Sevgi! Sen bizni bu dunyodagi qanday telbaliklardan zavqlanishga majbur etasan-a?!Zamin bo’ylab yoyilgan har qanday sevgi ayni ayni bir qonuniyatga amal qilgan holda tug’iladi, yashaydi,o’ladi. Ishq bezgakka o’xshaydi, u irodaga bog’liq bo’lmagan tarzda paydo bo’ladi va so’nadi, o’ladi.
                                                                                                                                       Stendal.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:17:05
 Qalb go’zallikni ko’rmay turib seva olmaydi.
                                                            Grigoriy Savvich Skavoroda.

Sevgi- o’zga odamga baxt tilashdan o’zga narsa emas.
                                                                            David Yum

Hijron azobi o’zing nafratlanadigan odam bilan yashahsdan ko’ra yengilroqdir.
                                                                                                         Jan de Labrurer
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:18:20
Sevgiga aniq ta’rif berib bo’lmaydi. Sevgi qalb uchun hokimlik qilish istagi, aql uchun ichki o’xshahslikka intilish istagi, tana uchun esa egalikka intiluvchi nozik va pinhoniy istagidir.
                                                                                                         Fransua De Larushfuko
 
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:18:34
Go’zal ayol-ko’z quvonchi, yaxshi ayol- qalb quvonchi; ularning birinchisi noyob bir narsa bo’lsa, ikkinchisi-topilmas xazina.
               Napoleon
 
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:18:56
Har bir xalqning ma’naviyati uning ayol-qizlarga bo’lgan munosabatiga bog’liq.
                                                                                                              Vilgelm Gumbold
 
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:19:21
Ayolning barcha mehru sadoqati oila bilan bog’liq"¦ Agar u sevmagan odami bilan turmush qursa bormi — baxtiqaro bo’ldi deyavering.
                                                                                                              Anna Luiza Stal
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:19:37
 Hurmatga sazovor bo’lmagan muhabbat uzoqqa ham borolmaydi, yuksaklarga ham ko’tarila olmaydi: u bir qanoti singan farishtaning o’zginasidir.
                                                                                                        Aleksandr Dyuma
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:20:35
Muhabbat kundalik mayday-chuyda janjallaru g’iybatlarga chiday olmaydi. Oilam ulkan baxt-saodatga sazovor bo’lsin degan er-xotin bir-birlaridan oily fazilatlar izlab topishlari lozim.
                                                                                                        Onore de Balzak
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:21:07
Muhabbatning qadr-qimmati muhabbatga bosh eggan kishining qadri bilan teng. Pokiza odamlarning muhabbati ham pokiza bo’ladi.
                                                                                                                  Romen Rollan

Muhabbat- ikki odamning bir-biriga tikilib o’tirishi emas, balki ikkovlonning bir maqsadga tomon tikilishidir.
Antuan Sent-Ekzyuperi
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Fevral 2008, 18:21:22
 Muhabbat — sevgan odamingning hayoti bilan yashash.
                                                                                         Lev Tolstoy

Muhabbat haqida juda chiroyli gapiradigan erkakning o’zi ko’pincha sevib ko’rmagan bo’lib chiqadi.
                                                                                                                   Jorj Sand

Erkak ko’pincha o’zini qattiq sevadigan ayolga sovuq nazar bilan boqadi. Bu borada, qalb tuyg’ularining ishi xayru sadaqa ishiga o’xshab ketadi: haqini to’lay olmagan odam rahmat aytishni ham unutadi.
                                                                                                                Nikola Shamfor
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:19:49
Kecha va kunduz odamlar uchrashadigan bir bekat. Oxir oqibat bu bekatlar ularni so’nggi manzilga olib borajak.
  Shunday ekan, har bir bekatda kelajaging uchun ezgu amallar qilishga shoshil. Chunki so’nggi manzil juda yaqin.  Dovud Toiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:20:28
Inson ko’zini ochdi, bu dunyoni tomosha qildi"¦ Yopgan zahoti nimani ko’rgani so’raladi. Holatiga qarab qiymat oladi. Ali Suad
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:34:30
Sizga uzatilgan hamma qo’lni tutavermang, chunki inson niqobidagi necha shaytonlar bordir. J.Rumiy.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 15 Mart 2008, 12:29:05
Rasululloh alayhi vasallam aytadilar: "œMenga do’zax ko’rsatildi, qarasam, undagi odamlarning ko’pi inkor qiluvchi xotinlar ekan". Sahobalar: "œAllohni inkor qilganmi?" deb so’radilar. "œErning yaxshiligini inkor qilganlar, erning qadriga yetmaganlar. Agar bularning bittasiga bir umr yaxshilik qilsang-u, keyin sendan kichik bir yomonlik ko’rsa: "œSendan nima ko’rdim, hech yaxshilik ko’rmadim, deb aytadi", deb javob berdilar.  Imom Buxoriyning "œAl-Jomi’ as-Sahiyh" idan
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 15 Mart 2008, 12:30:42
Ali r.a. aytadilar: "œOlti xislatga ega bo’lgan kishida jannatdan mahrum bo’lish va do’zaxga kirib qolish xavfi bo’lmaydi:
1.Allohni tanib, Unga itoat qilsa;
2.Shaytonni tanib, unga osiy bo’lsa;
3.Oxiratni tanib, uni izlasa;
4.Dunyoni tanib, uni tark etsa;
5.Haqni tanib, unga ergashsa;
6.Nohaqni tanib, undan chetlashsa".
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 15 Mart 2008, 12:31:35
Ey bani Odam, senga o’xshagani qayerda, suv bilan mehrob o’rtasida bemalolsan, qachon xohlasang, tahorat olasan va Rabbing huzuriga kirasan, sen bilan Uning orasida na bir tarjimon bor, na bir eshik og’asi.  Abu Bakr ibn Abdulloh.

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: mutaallimah 16 Mart 2008, 10:36:25
  Nasabi past nomardga o'rgatsang agar
 O'rgatganingdan keyin ko'zingni o'yar
Sidqidildan hizmatin qilsang agarda
Seni nodon deb ustingdan kular
Bunchalar razillik qilmasa ham u
Yahshilab ostingga sovuq suv quyar

   SH. Jorayev ...


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 20 Mart 2008, 11:56:21
Uch narsani uch narsa bilan ushlay olsang, mo’min bo’lasan:
1.Kibrni tavoze' bilan;
2.Ochko’zlikni qanoat bilan;
3.Hasadni nasihat bilan.                Molik ibn Dinor


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Aprel 2008, 19:34:26
"œBolani  toza Islom fitratida o'stirishi uchun ilk tadbir uni halol luqma bilan taomlantirmoqdir".
Imomi G'azzoliy 

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Aprel 2008, 19:38:23
"Bolaning yoshi o'ngga yaqinlashganda, nomahram ayollar yonida o'tirish mumkin emasligini anglat."
Saddi Sheroziy 


"Bolalarning uyatchan bo'lishi, ularning kelajakda yahshi fe'l-atvor sohibi bo'lishidan hushhabardir".
Imom G'azolliy.

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Aprel 2008, 19:44:26
"Bolani kichkinaligida bilim ber, yahshi ishlari uchun mukofot ber, yomonlarini yomonligini tushuntir".
Saadi Sheroziy

    "Farzandlaringizga tilini tiyishni o'rgating. Gaplashishni o'zi ham o'rganib oladi".
 Benjamin Franklin. 


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Aprel 2008, 19:45:43
Farzand tarbiyasida aqlingizni ishlating (o'git bering), foyda bermasa qalbingizni ishlating (duo qiling), u ham foyda bermasa qo'lingizni ishlating.
Farzandini birovning yonida kamsitgan va jazolagan ota, uni isyonchi va sevgidan mahrum qilib o'stiribdi.
Farzand guyo oq qog'ozga o'hshar. Uni yahshi yozuvlar bilan to'ldirish esa ota-ona va ustozning vazifasidir.
Farzand ta'minoti otadan, tarbiyasi esa onadan kutiladi.
 
 
 
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 29 May 2008, 14:58:05
   Odam bolasi ikki vodiy to`la mol-dunyosi bo`lsa ham, mol-dunyo to`la uchinchi vodiyni orzu qiladi. Uning qornini faqat tuproqgina to`ldira oladi. Alloh taolo tavba qilgan bandasining tavbasini qabul qilgaydir.
         

                                    Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning "œAl-Jomi’- as-Sahih"
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 29 May 2008, 14:59:01
Bu mol-dunyo degan narsa hayvon ko`zini o`ynatadigan ko`m-ko`k, shirin o`t-o`lan kabi fusunkor va lazzatlidir. Kimki nafsini tiyib, ehtiyojiga yarashasini olsa, barakali bo`ladi va kimki ochko`zlik qilib, ehtiyojidan ortig`ini olsa, bebaraka bo`ladi. Bunday odam mechkay hayvon kabidir, mehnat qiladigan qo`l tilamchi qo`ldan yaxshidir.
                                            Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning "œAl-Jomi’- as-Sahih"
 
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 30 May 2008, 17:50:24
Амалларингизни Аллоҳ учун холис бажаринг. Зеро, Аллоҳ таоло фақат сзи учун ихлос билан адо стилган амални қабул қилади.

Заҳҳок ибн Қайсдан (р. а.)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 30 May 2008, 17:50:45
Динингда холис бсл. Оз амал сенга кифос қилади.   Муоз ибн Жабалдан(р.а.)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 30 May 2008, 17:51:33
Аллоҳ ёқтирмайдиган нарсаларни тарк стиш ҳижратнинг афзалидир.   Жобирдан (р.а.)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 30 May 2008, 17:52:08
Амалларнинг снг афзали мсмин биродарининг қалбига хурсандчилик бахш стиш, унинг қарзини тслаш ёки таом едиришдир (фақат нон бслса ҳам).  Ибн Умардан (р.а.)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 30 May 2008, 17:52:51
Ким амал дафтарини ксриб севинишни хоҳласа, кспроқ истиғфор айтсин.  Зубайрдан (р.а.)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 26 Iyun 2008, 13:25:15
Har namozdan keyin, Qur'on o'qish va zikrga vaqt ajrat.  Imomi A'zam
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:34:06
Xizmatni minnat bil, minnatni xizmat bilma.

Inson doimo xayrl;I ishlar qilishi, lekin "œqilmadim" deb hisoblashi kerak.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:37:33
Ikki narsaga ehtiyot bo’ling: ovqatlanayotganda va so’zlashganda.

Birodaring haqiga begunoh til bilan duo qil, rad bo’lmaydi. Ya’ni sening tiling uning haqiga gunoh qilmagan, uning tili sening haqqingga gunoh qilmagan bo’ladi"¦birodarning birodarga xolis duosi shu tarzda bo’lishi kerak.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:40:40
Muhabbatning sharti ergashishdir. "œHazrati payg’ambarning ummatiman",m degan kishi avvalambor ul zotga tobe’ bo’lishi kerak.

Haq Taolo bilan suhbat qiling, agar u bilan suhbatlasha olmasangiz, u bilan suhbatlashganlar bilan suhbat quring.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:46:59
Dunyo va oxirat ikki opa-singilga o’xshaydi. Bir kishi bir vaqtda opa-singil bilan nikoh qura olmaydi. Dunyo va oxirat sevgisi ham bir qalbda jo bo’lolmaydi. Holbuki, ikkovi ham maxluqdir. Shunday ekan, yaratuvchi bilan yaratilmishga bo’lgan sevgi bir joyda jamlanmaydi.

Xoja Ali Romitaniy hikmatlari
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 02:40:12
ilm bu ko’p gapirish emas, ilm bu Allohdan kop’ qo’rqish demakdir.


(Abdulloh ibn Mas’ud)  
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 02:40:56
Mashxurlikni yaxshi ko’rgan kimsa Allohga rostgo’y bo’lmabdi.

(Ibrohim Adham)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 02:41:20
Sizga yaxshilik qilgan odamga yaxshilik bilan javob qaytarmog’ingiz yaxshilik deyilmaydi. Yaxshilik, bu sizga yomonlik qilgan kimsaga yaxshilik qilishingizdir

(Iyso ibn Maryam)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 02:42:21
Odamlar dunyo masalasida shu darajaga yetganlarki, ular bir dirhamni tirnoqlari bilan aylantirib ko’rib uning og’irligini aniqlab berishadi, biroq to’g'ri Namoz o’qishni bilishmaydi.

(Hasan Basriy)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 02:43:04
Kichik uyga ey do’st ayla qano’at, Kattasin qurmoqqa yetmaydi fursat

(Gyote)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 02:43:25
Kishi insof bilan Dunyo dinlarini tahlil qilsa albatta Islom diniga kiradi

(Gyote)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 11 Aprel 2009, 13:17:55
Ali ibn Abu Tolib r.a.: Mening haqimda ikki tur odam halok bo'ladi. Haddan ortiq yaxshi ko'rib, meni o'zimda yo'q sifatlar bilan sifatlovchi va meni ortiqcha yomon ko'rishi uni menga bo'hton qilishga olib boruvchi deganlar. Ahmad rivoyati.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: siddiqa 29 Aprel 2009, 14:46:06
Bir soatlik tafakkur  kechasi bilan qilingan ibodatdan yahshiroqdir .

                               Hasan Basriy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: siddiqa 29 Aprel 2009, 14:47:01
Fikirlayapman,demak yashayapman .

                  Bir faylasuf
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Robiya 29 Aprel 2009, 14:50:18
:bs1:

 :as:

Bir odam Umar ibn Abdulazizdan so’radi:
-   Qachon gapiray?
-   Qachonki gapirishni istamasang, sukut saqlab o’tirma, gapiraver.
-   Unda qachon sukut saqlay?
-   Gapirishni istab qolsang, gapirma, sukut qil! Shunda ortiqcha xato qilmagaysan, bekor gap aytmagan bo’lasan.

Irfon taqvimi, 2009, 1430 (II)

Nom: Re:Hikmatlar shodasi.
Yuborildi: Robiya 01 May 2009, 09:34:15
:as: Barchaga uzi uchun yaralgan amal nasibdir. Muttafaqun alayh.
Nom: Re:Hikmatlar shodasi.
Yuborildi: Robiya 01 May 2009, 09:40:35
Ehson Allohga Uni kurib turgandek qullik qilishingdir. Zero, sen Uni kurmasang ham, U seni aniq kurib turadi. Muslim rivoyati.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:05:15
Sodiq va vafodor do‘st ulkim, o‘z do‘stidan ranjimaydi, do‘stining dushmanini o‘z dushmani deb biladi. Agar kerak bo‘lsa, do‘sti uchun jonini ham ayamaydi.

"œAmir Temur o‘gitlari"
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:05:34
Har do‘stki, dilida uch xislat bo‘lmas,

Kech undan, do‘stlikka aslo arzimas.

Biri vafodorlik, biri sir saqlash,

Biri — molin sendan ayamasa bas!

Muhammad Jabalrudiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:05:46
Har narsaning yangisi, ammo do‘stning eskisi yaxshi.

"œOtalar so‘zi"
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:06:04
Do‘stlar dilini ranjitish dushmanni murodiga yetkazishdir.

Koshifiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:06:15
Do‘stning uzrini qabul etmak,

Do‘stluqning ulug’ nishoni erur.

Kimni qilmas qabul uzri aning,

Bilkim ul do‘stning yamoni erur.

Ubaydiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:06:27
Do‘stlarim bo‘lsun desang ahli jahon,

Xulqi xushluqni qil odat, ey Aziz.

Avaz O‘tar
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:06:41
Bir hunaru bo‘lsa, yetmishta aybing,

Do‘st aybingni ko‘rmas, ko‘rar hunaring!

Abulbarakot Qodiriy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:06:53
Do‘st tutmoq oson, rioya qilmog‘i qiyin,

Dushman bo‘lmoq oson, yarashmog‘i qiyin.

Yusuf Xos Hojib
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:07:03
Do‘stning shapalog‘i dushman oshidan yaxshi!

"œOtalar so‘zi"
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:07:21
Do‘stlar so‘zi doston bo‘ldi,

Do‘stsiz doston jahonda qani?

Hofiz Xorazmiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:07:54
Suhbatga arzimas har bir qora dil,

Suhbat uchun yaxshi do‘stlar paydo qil!

Muhammad Husayn
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:08:03
Fazl ahliga hamsuhbat bo‘lmog‘a ibo qilma,

Kim, bo‘lg‘usidir ortarg‘a ibo bois.

Ogahiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:08:14
Navoi mutribu xush majlis, anjuman yaxshi.

Huvaydo
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:08:31
Azizim, johil va noahil kishilar suhbatidan qoch, oqil va komil kishilar suhbatiga intilginki, fisqu fujur ahlining suhbati bir kuni o‘zingga ziyon keltiruvchi ilon suhbatiga o‘xshaydi. Aqlli kishilarning xizmatini qilish foydadan xoli bo‘lmagan attor do‘koniga o‘xshaydiki, attorning do‘koni hamisha kishilarning dimog‘ini o‘z hidi bilan bahramand etadi. Bayt:

Attor kabi bo‘lgin, chunonchi attor,

O‘zgalar libosini qilar muattar!

Xoja Samandar Termiziy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:08:42
Chun bu davlat bo‘lg‘udek bo‘ldi muyassar voykim,

Suhbatim ul lahza tole’ za’fidin bo‘ldi gazand.

Husayn Boyqaro
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:09:00
Birov do‘stman desa, ishonma aslo

Uning yuragini qilmay imtihon.

Agar do‘stlikka u bo‘lsa sazovor,

Suhbatiga fido ayla hatto jon.

Faqirlikda qolsa do‘stlaring agar,

Bisotingda borin aylagin ehson!

Muiniddin Juvayniy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:09:20
Suhbatdoshning fikri o‘z suhbatdoshiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham donolar: "œO‘rik o‘rikni ko‘rib rang oladi" deb aytganlar. Nazm:

Yaxshilarning suhbati shodon qilur,

Ko‘r, qizil gul bog’ ichin xandon qilur!

Muhammad Jabalrudiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:09:31
Musohiblar ko‘rubon yod qilg‘ay,

Buzuq yerlarni obod qilg‘ay.

Majlisiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:09:45
O‘zung majolising ila qaror tut, bilsang,

Bo‘lur qarog‘a sazovor ayru chog‘ida los.

Shavqiy Kattaqo‘rg‘oniy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:10:03
Ey birodar, munofiqqa bo‘lma ulfat,

Kim ulfatdur boshi uzra yuz ming kulfat.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:10:17
Uylariga mehmon qo‘nmaydigan kishilar eng yomon odamlardir.

Hadis
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:10:32
Dono suhbatidan sira qochmagil,

Ta’sirin o‘tkazar senga ham u til.

Nosir Xisrav
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:11:00
Darvesh qardoshingni shod tut,

Ota xatosi uchun tanbeh berguvchi bo‘lma.

Motrudiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:11:10
Har bir daraxtning mevasi bor, ko‘ngilning mevasi esa farzanddir.

"œOtalar so‘zi"
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:11:20
Boshni fido qilg‘il ato boshiga,

Jismni qil sadqa ano qoshig‘a.

Tun-kuningga aylagali nurfosh,

Birisin oy angla, birisin quyosh.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:11:30
Gar bu gulshanda ano bo‘lsa gulu sarv — ato,

Sen kabi tug‘mag‘usi sarvi gulandom o‘g’ul.

Ogahiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:11:40
Ota-ona behad bo‘ladi xursand,

Farzand bo‘lolsa munosib farzand!

Muhammad Javhar Zamindor
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:11:54
Jannat onalar oyog‘i ostidadir.

Hadis
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:12:05
O‘g’il-qiz kichikligida nimani o‘rgansa,

To qarib o‘lmaguncha unutmaydi.

Yusuf Xos Hojib
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:12:36
Birovning ota-onasini so‘kkan odam o‘z ota-onasini haqorat qilgan bo‘ladi.

Hadis
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:12:50
Qarindosh-urug’ kishi uchun qanot, do‘stlar esa kurashda quroldir.

"œMaxzan al-ulum"
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:13:10
Yaxshilikning eng ulug‘i — otasi vafotidan so‘ng ham uning do‘stlari bilan aloqani uzmaslikdir.

Hadis
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:13:24
Do‘st bo‘lmasa yaqinlaring kechgil ulardan,

Begonalar mehr qilsa, do‘st tut ularni.

Muiniddin Juvayniy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Iyul 2009, 20:13:36
Odam yaxshilikka bandadir doim,

Dushmanu do‘stlar ham og‘ir kelmaydi,

Hech kimning diliga og‘ir kelmaydi,

Dushman mehr bilan do‘st bo‘lgani dam!

Majididdin Xavofiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:18:12
Kishini sinashga bir on ko’rsa bas,
Sevar-sevmasin so’z ila so’rsa bas.
Kishi mis va oltinni farqlolmasa,
Olib ozgina sir toshni sursa bas.
                                 Yusuf Xos Hojib
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:18:43
Ishqki jon mulkida sulton erur,
Shoh-u gado anga chu yakson erur.
                                          Durbek
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:19:23
Ayol, bil, lutf-u himmatga sazovor,
Go’dakdek mehr-u shafqatga sazovor.
                             Abu Abdullo Rudakiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:19:58
Gul yuz yor hech kimga nasib etmas ekan,
To uning diliga sanchilmay tikan.
Taroqqa nazar sol, yorning sochiga-
Yetguncha yuz bo’lak bag’ri tilingan.
                                  Umar Xayyom
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:20:28
Yorsiz yo’l bo’lmaydi ravon,
Suv bo’lmasa — suv oqarmi, qachon?
                                  Abulmajid Sanoiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:21:56
Parvona otashdan huzur topsa gar,
Kuysa ham hech qachon etmaydi hazar
                               Farididdin Attor
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:22:27
Vafoda o’xshama bulbulga also,
Har on ul o’zga gul boshida shaydo.
                               Nosir Xisrav
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:25:37
Ming xil odobni ishqdan o’qir jon,
Ularni maktabdan topolmas inson.
                                Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:26:04
Chehrasi kulgan go’zalning barchasi dilbar emas,
Oynasi bor kishilarning barchasi Iskandar emas.
                                                              Hofiz Sheroziy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:27:00
Ikkovlon bir-birlaring bilan janjallashmang- ikkovingiz ham mag’lub bo’lasizlar.                                                                                                               Amir Temur
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:27:51
Kishikim, yo’qturur mehru vafosi,
Agar xursheddur, andin ne hosil.
                               Abdurahmon Jomiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:28:34
Bo’lmasa ishq ikki jahon bo’lmasun,
Ikki jahon demaki, jon bo’lmasun.
                                           Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:29:27
Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen,
Sen shu’lasen-u ul shu’lag’a men kuldurmen.
Nisbat yo’qdur deb istijnob aylamakim,
Shohmen elga, vale senga quldurmen.
                                           Bobur
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:29:57
Oshiq xudbinlikka bo’lsa giriftor,
Bo’lur doim ma’shuq eshigida zor.
                                           Zebunniso
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:30:33
Jamoling quyoshdir, qamardir yuzing,
Shakkardir lablaring, shirindir so’zing.
Beomon mujgoning, jodugar ko’zing
Jallod kabi g’amzang qasddadir, ey qiz!
                                            Voqif
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:31:40
O’zga birovlarni saylab yo’ldoshing,
Oqizma o’z dilbaringning ko’z yoshin.
Yomon bo’lsa ham u umrlik sirdoshing,
Vaqtincha qo’l bergan hurdan yaxshiroq.
                                                     Berdaq
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:33:33
Muhabbat hech qachon hech narsa talab qilmaydi, balki o’zini bag’ishlaydi. U hamisha iztirob chekadi, lekin hech qachon shikoyat qilmaydi, qasos olmaydi.
                                       Mahatma Gandi
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:34:34
Ayollarning kichkina kamchiliklarini kechira olmaydigan erkaklar ular baxshida etadigan buyuk ne’matlarga ham sazovor bo’lolmaydilar.
                                             Xalil Jabron
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 22:35:30
Har bir nikohga nisbatan mana shu ko’rsatma amal qilishi kerak.: har biro dam faqat o’ziga maqbul bo’lgani uchungina emas, davlat manfaatini ham ko’zlab oila qursin.
                                                                                 Aflotun
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Mahdiyah 15 Sentyabr 2009, 08:55:41
Bu so'zlarning asl muallifi kim bilmayman.
Lekin kollejda estetika o'qituvchimiz shu so'zlarni biZga yetkazgan

Oila qurishdan oldin ikki ko'zingni KAAAAAAAAATTTTTA OCH, oila qurilib bo'lganidan keyin esa bir ko'zingni YUMGIN!
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdul_Malik 27 Sentyabr 2009, 22:57:26
     Allohni ko'r-ko'rona inkor etish oson va foydali tuyuladi:insonni hisob kitobdan, ma'suliyatdan, vijdon azobidan, azob tortish qo'rquvidan qutqaradi.
     Lekin Allohni metafizik, falsafiy va ilmiy dalilar bilan inkor etish isbot etishdan ham qiyinroqdir.
     Allohga ishonish emas, ishonmaslik insonni zulmatga yetaklaydi.
Payami Safo
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Mahdiyah 28 Sentyabr 2009, 07:34:54
Dunyoda sevgidan ham muhimroq narsalar bor... ISHONCH!!!
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 22 Oktyabr 2009, 08:42:51
RUDAKIY HIKMATLARI

Jahonning shodligi to‘plansa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun.

Kimda-kim hayotdan olmasa ta’lim, Unga o‘rgatolmas hech bir muallim.

Ilmdan yaxshiroq xazina yo‘qdir, Qo‘lingdan kelgancha terib ol uni.

Odamlar qalbining charog‘i bilim, Balodan saqlanish yarog‘i bilim.

Badbaxt erur kimki, bermas ham yemas, Yeb ham ehson qilgan xushbaxt umrbod.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Oktyabr 2009, 06:31:34
Jannat odamlar istagani kabi,
jahannam ham odam istaydi.


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 07:53:38
Yomon so‘zki kelib jong‘a urg‘ay,

Ki jondin ham o‘tub imong‘a urg‘ay.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 07:54:17
Muloyimlik — rizq sari yetaklovchi kalit!

Muhammad Zehniy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 07:54:38
Ey birodar, bo‘lsa idroking mudom,

Elda bo‘lgin doimo shirinkalom!

Xo‘mrayib har kimsa achchiq so‘zlagay,

Do‘stlari undan qochishni ko‘zlagay!

Farididdin Attor

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 07:55:01
Hakimlarning aytishicha, xushmuomalalikning o‘nta belgisi bor. Ular quyidagilar: insof, aql, ilm, hilm, olijanoblik, ko‘rkam fe’l, yaxshilik, sabr, shukr, muloyimlik.

"œFavoqih al-julaso"
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 07:55:24
Shirinso‘zlik va muloyimlik baloni qaytarishga qodir.

Barxurdor ibn Mahmud
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 07:55:55
Kulsa kishi yuzingga,

Ko‘rklik bo‘lib ko‘ringil.

Shirin, ochiq so‘z so‘yla,

Yoqmoq uchun uringil.

Mahmud Qoshg‘ariy

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 07:56:20
Xalqqa qilgan yaxshiligingni aytib yuruvchi bo‘lma.

Motrudiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 07:56:43
Zahru shakar xosiyati so‘zdadur,

Mehru muhabbat tomuri ko‘zdadur.

Said Qosimiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 07:57:06
Kechira olishlik — mardlik, kechira bilmaslik nomardlik sanaladi.

"œAmir Temur o‘gitlari"
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 07:57:29
Yaxshi fe’l bilan kishilar ko‘nglini olib, o‘zingni yomon qiliqlardan saqlab yasha.

Ahmad Yugnakiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 07:57:52
Puli Sirotdan omon o‘tay desang, hech bir mo‘minning dilini og‘ritma.

Pahlavon Mahmud
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 07:58:16
Har bir ish muloyimlik bilan qilinsa, ro‘yobga chiqishi aniq va ravshandir.

Hadis

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 07:58:39
Har kim bilan kulib turib, ochiq yuzlik bilan so‘zla.

Muhammad Husayn
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 07:59:02
Yaxshi xulqdek oliy kasb yo‘q.

Hadis
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 07:59:25
Go‘zal so‘zla va yoqimli bo‘lgan til agarda ko‘ngil bilan bir bo‘lsa, yaxshiroq bo‘lur.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 07:59:47
Vayron ko‘ngullarni karam ganji bila obod qil.

Ogahiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:00:14
Kimki muloyim bo‘lsa saodatlik, kimki kamgap bo‘lsa salomat bo‘ladi.

Tili shirin odamning do‘sti ko‘p bo‘ladi.

"œOtalar so‘zi"


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:00:39
Yomon xulqlug’ birla o‘lturma zinhor,

Oting chiqg‘ay "œyomon" teb, xush bil, ey yor!

Qutb
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:01:00
Tabassum qilsa la’ling jon bag‘ishlar,

Magar Isoyi Ruhulloh sen-sen.

Otoyi
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:01:22
Rostdan ham, barcha narsadan yoqimli sifat xushfe’llikdir. Xushfe’llik odamga doimo kerak. Chunki xushfe’llikka hamma odam muhtoj! Bayt:

Yuz millatning kitobin o‘qisa ham omidir,

Odamiylik kitobin o‘qimasa har kishi!

Abulbarakot Qodiriy

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:01:46
Tulkidan: "œQachongacha ovqat topolmay och yurasan, sherning xizmatini qilsang bo‘lmaydimi, barcha jonivorlar sherning mulozimatini qilib, ovqatidan bahramand bo‘lyaptilar", — deb so‘rashdi. Tulki: "œMen ham kuni kelib boshqa hayvonlarga ovqat bo‘lib qolishdan qo‘rqaman", — deb javob berdi. Bayt:

Yaxshi fe’lli kishi dushmaning bo‘lsa,

Badfe’l do‘stdan ko‘ra afzalroq erur!

Xurramiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:02:09
Kishiga xasad qilma, o‘zingni yaxshi tut,

Bu qiliqdan doim g‘am-tashvish keladi.

Yusuf Xos Hojib

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:02:32
Ey o‘g’il! Tokaygacha sen o‘z osoyishtaliging haqida o‘ylaysan? Shunday ish qilki, sen sababli boshqa odamlar ham osoyishtalik topib, rohatga yetsin!

Abdibek Sheroziy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:02:57
Adlu ehson bilan jahon gulshani obod bo‘ladi.

"œAmir Temur o‘gitlari"

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:03:19
Ikki narsani kishi o‘zidan quvishi qiyin: biri — soya, ikkinchisi — badfe’llik!

Xurramiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:03:43
O‘zingdan ulug‘lar senga rahm qilishin xohlasang, o‘zingdan pastlarga rahm qil.

Mehribonlik faqat insonni emas, hatto hayvonni ham rom qiladi.

"œOtalar so‘zi"
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:04:13
So‘zda sehr bor, she’rda hikmat.

Hadis

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:05:13
Ko‘zgumga berardim kechqurun sayqal,

Boqdim unga tiniq bo‘lgan bir mahal.

Shuncha ko‘p ko‘rindi o‘z aybimki, men

O‘zgalar aybini unutdim tugal.

Pahlavon Mahmud

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:06:30
Chin e’tiqod bebaho ganjdir.

Motrudiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:07:30
Muhabbat ahlining jo‘yoni bo‘lgil,

O‘shalkim uchradi, qurboni bo‘lgil.

Muhabbatsizki bo‘ldi har qayu zot,

Agar farzandi shirindur, erur yot.

So‘fi Ollohyor
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:08:29
Yorning vasli emas ozorsiz,

Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.

Tan buzuldi emdi rohat qolmadi,

Soya paydo bo‘lmag‘ay devorsiz.

Nodira

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:09:54
Muhabbat bahri oshiqlar yeridur,

Anga kirgan taqi erning eridur.

Muhabbat sharbatin ichgan unutmas,

Anga har kim nasihat qilsa tutmas.

Kerak oshiq chiroyi za’farondek,

Nigori fikrida bargi xazondek.

Erur chun ishq daryosi muazzam,

Kira olmas anga har qaysi odam.

Majlisiy

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:10:18
Oshiqqa na zanjir va na band pisand,

Unga ta’sir qilmas na ta’na, na pand!

U shunday holdaki, o‘t ichra go‘yo

Tashlab yuborilgan bir siqim sipand!

Xurramiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:10:41
Umrbod judolik ko‘rganim afzal,

Seni o‘zga bilan ko‘rgandan bir on.

Muiniddin Juvayniy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:11:03
Muhabbatsiz kishi odam emasdur,

Gar odamsen, muhabbat ixtiyor et.

Nodira

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:11:28
Yashirin tutilgan sevgi

Ayrilgan kun bilinar.

Og‘riq ko‘zni berkitma,

Yoshi oshkora qilar.

Mahmud Koshg‘ariy

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:11:51
Gadoni shoh qilur, shohni gado ishq.

Sayqaliy

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:12:13
Umringning bahorida muhabbatni sug‘org‘il,

Ko‘z mardumining giryasi boroni g‘animat.

Uvaysiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:12:48
Ishqsiz kamol bo‘lmas ushbu olamda.

Pahlavon Mahmud



Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:13:13
Nomard suhbatidan parhez qil.

Motrudiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:13:35
Alloh g‘ayratli odamni yaxshi ko‘radi.

Hadis
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:13:57
Mard kelding, mard ketgil, toqating toq bo‘lsa ham,

O‘tma nomard ko‘prigidan suv seni oqizsa ham.

Oraziy

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:14:21
Mardi maydon shunday odam bo‘ladiki, ertayu kech dushmanga zararu do‘stga foyda keltiradi.

Abu Rayhon Beruniy

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:14:43
Nomard xizmatiga yondoshma zinhor.

Pahlavon Mahmud
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:15:07
Qo‘rqoqning janjali uzoq bo‘ladi.

Birovni qo‘rqitmagan birovdan qo‘rqmaydi.

Kuchli odamlarga yarashmaydigan

Ish kuchsizlardan qasos olish.

Chiqmag‘il makkorlikning tomig‘a,

Tushkasen adu baloning domig‘a.

Arfa ekib dasht bilan rog‘da,

Bug‘doy olg‘um dema o‘rar chog‘da.

Almaiy

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Noyabr 2009, 08:15:31
Azizim, beaql kishi shunday kishiki, jang vaqtida sulh tuzishni istaydi, tinchlik paytida esa jang qilishni xohlaydi, qahrini sochish lozim bo‘lgan paytda lutfu karam eshigini ochadi. U oqillarning mana bunday deganini bilmaydi:

Bemavrid jangu sulh foydasiz, ziyon,

Gulga gul bo‘lginu, tikonga tikon!

Yoki:

Tinchlik istasalar, tinchlikdan kechma,

Jangga talab qilsa yuz burib qochma!

Xoja Samandar Termiziy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Munira xonim 22 Noyabr 2009, 09:53:11
 :as:
To'rt narsa borki, ular o'z sohibini, garchi ilmi oz bo'lsa-da, Allohning huzurida va odamlar o'rtasida martabasini baland qiladi:
1.Hilm.(muloyimlik)
2.Tavozu'.(kamtarlik)
3.Jo'mardlik.
4.Go'zal axloq.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Munira xonim 22 Noyabr 2009, 09:56:00
Musulmonlarning tanazzuliga eng katta sabab - musulmonlarning haqiqiy musulmon bo'lmay, ilm va davlatlaridan mag'rurlanib, faqirlaru zaiflarning haqlariga rioys qilmasdan, ularga insoniy muomlada bo'lmasliklaridir. Shu boisdan ham ular oxirat saodatlaridan maxrum bo'lgaylar. Alloh barchamizni haqiqiy musulmonlardan qilsin. Amiyn!

Muhammad Zohid Qo'tquning "Mo'minning sifatlari" kitobidan.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: siddiqa 22 Noyabr 2009, 11:32:02
bir kun kelib sen hamma narsani unutasan va o'z navbatida seni ham hamma unutadi .
              bir Yunon faylasufi .
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 25 Noyabr 2009, 14:59:47
Olloxdan o'zgani yuzi uchun aytilgan so'zda yaxshilik yo'q.

Ollox yo'lida sarflanmaydigan molda yaxshilik yo'q.

G'azabi halimligidan ustun keladigan kimsada yaxshilik yo'q.

Olloh yo'lida birovlardi malomatidan qo'rqadigan bandada yaxshilik yo'q.

ABUBAKR SIDDIQ (r.a)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 25 Noyabr 2009, 15:33:48
Namozning hikmati nima sanab adog’iga yetib bo’lmaydi. Hozir esimga kelganlarini aytib o’tay

Namoz Jaxannam otashidan zirx,

Qabr a’zobidan qalqon,

 Va Jannat kalitidir,

Abadiy saodat uning mangulikka uzangan mevasi,

Namoz Qalbga ozuqa,

ruhga shifo,

 badanga sihat,

vijdonga o’lchov,

aqlga istiqomat,

irodaga quvvat,

hulqqa tarbita,

fe’l atvoriga jiddiyat va tuyg’ularga intizom beradi, manavi yuksalish omilidir

(Haqiqiy kurtaklar kitobidan iqtibos)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Munira xonim 25 Noyabr 2009, 18:52:14
Sen iymon xususida shaytonning o'yiniga uchma! U shunday firibgarki, qorong'u kechalarda fursat topib, eshigingni qoqadi. Sen eshikni ochib, qo'lingdagi shamchiroq bilan kim kelganini bilmoqchi bo'lasan.Lekin u qo'lingdagi shamchiroqni o'chirib qo'yadi. Sen esa, qorong'uda nima bo'layotganini ham bilolmay,"Sham nam tortib qolibdi", deysan. Shu tariqa shamchiroqni o'chirib qo'ygna firibgarni taniyolmay, undan g'ofil qolverasan.
Shayton tun qorong'usida sening iymon qandilingga shu yo'l bilan daxl qiladi. U seni asl San'atkordan begona qilib, barcha fazilatlaringni o'g'irlamoqchi va seni oxiratda avadiy saodatdan mahrum qilmoqchi! Modomiki, ahvol shunday ekan, ko'zing va ko'ngling na san'atdan xabardor bo'ladi va na San'atkordan...

Jaloliddin Rumiy.

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Munira xonim 25 Noyabr 2009, 18:56:19
Haromni xohlagan va unga erishish uchun har qanday yo'ldan toymaydiganlar,erta Qiyomatda harom topilgan pullarga javob berishidan tashqari, luqmasi bulg'angan ahli oilasi ham unga da'vogar bo'lishlarini anglab yetarmikinlar??? Zero, Rasululloh SAV:"Bir musulmonga zarar yetkazgan va uni aldagan bizdan emasdir" deganlar.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 25 Noyabr 2009, 20:22:19
 :ms: Munira opajon, Alloh rozi bo'lsin...
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 26 Noyabr 2009, 10:09:13
Nomard suhbatidan parhez qil.
Motrudiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 26 Noyabr 2009, 10:09:48
Mard kelding, mard ketgil, toqating toq bo‘lsa ham,
O‘tma nomard ko‘prigidan suv seni oqizsa ham.
Oraziy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 26 Noyabr 2009, 10:17:14
Eng aqlli kishi shunday kishiki, o‘z nafsiga hokimlik qila oladi. Tirikligida u shunday bir ish qiladiki, bu qilgan ishi o‘lgandan keyin ham uni tiriklar qatorida olib yuradi. Eng ahmoq odam shunday odamki, nafsi qayoqqa boshlasa, o‘sha yoqqa ketaveradi"¦ O‘lganimdan so‘ng odamlar meni kechiradi, deb o‘ylaydi.

"œMaxzan al-ulum"
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdul_Malik 28 Noyabr 2009, 16:47:40
Men bugun to’g’ilgan kunimga to’plangan odamlardan xijolat bo’lib turibman, chunki o’limga ketayotgan odamning to’g’ilgan kunini nishonlashi o’ta kulgulidir. Shu bois men bu kunni daftarchamga "œBehuda kun" deb yozib qo’yaman.

Lev Tolstoy.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: siddiqa 30 Noyabr 2009, 03:35:58
Kishi insof bilan Dunyo dinlarini tahlil qilsa albatta Islom diniga kiradi (Gyote)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: siddiqa 01 Dekabr 2009, 01:23:10
Kichik uyga ey do’st ayla qano’at, Kattasin qurmoqqa yetmaydi fursat (Gyote)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Sh_O_H_I_D_A 09 Dekabr 2009, 16:12:31
YAxshi odam bo'lish uchun ibodatning o'zi kifoya emas, balki yaxshi qalbli, yomonlarni yomon ko'ruvchi bo'lish kerak".
Abdulloh ibn Mas'ud r.a.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Majnun 11 Dekabr 2009, 16:37:38
Haromga parvo qilmasdan qorin to'ydirish, zolimlar ila suhbatda bo'lish, o'tgan gunohlarni unutish va uzun orzu qilish qalbni zulmat qoplaganidan dalolatdir".
Abdulloh ibn Mas'ud r.a.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Majnun 14 Dekabr 2009, 15:41:04
Ey Odam bolasi, sening sahifang ochildi, ikki hurmatli farishta senga vakil qilindi. Bittasi o‘ng tarafingda turib yaxshiliklaringni yozadi, ikkinchisi chap tomoningda yomonliklaringni bitadi. Nimani xohlasang, qilaver. Vafot etganingda sahifang berkitiladi va qabringda bo‘yningga osib qo‘yiladi. Qiyomat kuni shunday holda qabringdan chiqasan.
Hasan Basriy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Dekabr 2009, 06:54:35
Tarixni g‘oliblar yozadi.

* * *

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Dekabr 2009, 06:55:26
Agar biror qizning kamchiligini bilmoqchi bo‘lsangiz, uni dugonalariga bir maqtab ko‘ring"¦
* * *
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Dekabr 2009, 06:55:48
Inson umri gugurt qutisiga o‘xshaydi, unga jiddiy qarasang-kulgili, jiddiy qaramasang-xavfli.
* * *
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Dekabr 2009, 06:56:08
Boshqalar uning xatosidan saboq olishlari uchun kishining adashishi, albatta, shart!

* * *

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Dekabr 2009, 06:56:44
Asli ayriliqsiz visoldir o‘lim

Ildizi qurtlagan toldir tiriklik

* * *

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Dekabr 2009, 06:57:09
Agar yuzingga tupursalar, qurishini kut

Xitoy xalq maqoli
* * *

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Dekabr 2009, 06:57:29
Sevish-bu bir-biriga qarash emas, birgalashib bir tomonga qarashdir.
* * *

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Dekabr 2009, 06:57:50
Mehnatni o‘ng qo‘l qiladi, oltin soatni esa chap qo‘l taqadi.

* * *

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Dekabr 2009, 06:58:11
Eng dahshatli yirtqich quyondir.

* * *

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Dekabr 2009, 06:58:31
Ovchi kiyikning ko‘ziga qarasa, tepkini bosolmaydi.

* * *

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Dekabr 2009, 06:59:05
Tishlari to‘kilgan bo‘ri qo‘yni yeyolmaydi.

* * *

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Dekabr 2009, 06:59:26
Cho‘pon bo‘lsang, ko‘zingni suruvdan, haydovchi bo‘lsang, yo‘ldan ayirma, bo‘lmasa avtomobil halokatga uchraydi.

* * *

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Dekabr 2009, 06:59:48
"œBu yer meniki"-debdi bir odam. "œYo‘q, meniki"- javob qaytaribdi ikkinchisi.

Yer og‘ir xo‘rsinibdi-da, -"Ikkalang ham menikisan",- debdi.

*       *      *

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Dekabr 2009, 07:00:09
Sevib qolish uchun bir soniya yetadi, ammo unutmoq uchun umr kamlik qiladi"¦

Nom: Салафлар хикмати дурдоналаридан
Yuborildi: Hadija 27 Fevral 2010, 00:54:46
 :as:

InshaAlloh, bu yerga Salafi Solihinlar hikmatlaridan joylab borishni niyat qildim

:bsm:

Муовис ибн Аби Суфён сзига нисбатан қсполлик қилган кишига деди:

Ҳукмдорлар билан гаплашганда сҳтиёт бсл, зеро султоннинг ғазаби ёш боланинг ғазабидек (тез), ҳамласи шернинг ҳамласидек (кучли).
Nom: Re: Салафлар хикмати дурдоналаридан
Yuborildi: Hadija 27 Fevral 2010, 00:58:13
Имом Аҳмад «Муснад»да саҳиҳ санад билан келтирган ҳадисда Абу Зар розисллоҳу анҳу шундай дейдилар:

Халилим соллаллоҳу алайҳи ва саллам мени етти нарсага буюрганлар:

1. Мискинларни дсст тутишга ва уларга сқин бслишга;

2. Дунёвий ишларда сзимдан қуйи одамларга қарашга, сзимдан юқориларга қарамасликка;

3. Қариндошларим юз сгирсалар-да улар билан борди-келди қилишимга;

4. Бировдан бирон нарса ссрамасликка;

5. Аччиқ бслса-да ҳақни гапиришга;

6. Аллоҳ йслида маломатчининг маломатидан қсрқмасликка;

7. «Ла ҳавла ва ла қуввата илла биллаҳ»ни ксп айтишга, зеро бу калималар аршнинг остидаги хазинадан олинган.
Nom: Re: Салафлар хикмати дурдоналаридан
Yuborildi: Hadija 27 Fevral 2010, 01:00:46
Аҳнаф ибн Қайсга: «Сиз ёши улуғ мсйсафид одамсиз, рсза тутиш сизни толиқтириб қссди» дейилганда: «Мен буни узоқ сафар учун йсл озуқаси қилиб оласпман, Аллоҳ субҳанаҳу ва таолонинг тоатида сабр қилиш У зотнинг азобига сабр қилишдан енгил» деб жавоб берди.
Nom: Re: Салафлар хикмати дурдоналаридан
Yuborildi: Hadija 27 Fevral 2010, 01:05:41
Абу Сулаймон ад-Дороний деди:

Қалбга охират срнашган бслса, дунё унинг ёнига тиқилишга уринади. Агар қалбга дунё срнаган бслса, охират унинг ёнига жойлашишга уринмайди. Зеро, охират улуғвор, дунё сса пасткашдир.
Nom: Re: Салафлар хикмати дурдоналаридан
Yuborildi: Hadija 27 Fevral 2010, 01:11:31
Ибн Аббос розисллоҳу анҳу деди:

А­й гуноҳга қсл урувчи! Сен унинг ёмон оқибатларидан ҳаргиз омонда смассан!

Гуноҳ қилатуриб, снгу сслингдаги кишилардан ҳаё қилмаслигинг қилган гуноҳингдан ҳам каттароқдир.

Аллоҳ сша гуноҳингни нима қилишини (кечирадими ё йсқми) билмай туриб кулишинг гуноҳдан ҳам каттадир.

Бир гуноҳни қилиш имконистини қслга киритганинг учун хурсанд бслишинг қилинган гуноҳдан ҳам каттароқдир.

Бир гуноҳни қила олмаганингдан қайғуришинг сша гуноҳни қилгандан ҳам каттароқдир.

Гуноҳ қилар скансан, сшик пардасини қимирлатган шамолдан хавфсирашинг, бироқ Аллоҳ ксриб турганидан юрагинг қалтирамаслиги сша қилган гуноҳингдан ҳам каттароқдир.

Қуриб кетгур! Биласанми, Аллоҳ Айюб алайҳиссаломни не гуноҳи сабабли бадани ва молида шу қадар мусибатга мубтало стди?!

Айюб алайҳиссаломнинг бор-йсқ гуноҳи шу сдики, бир мискин ундан бошига тушган зулмни даф қилишга ёрдам ссраган, у сса унга ёрдам бермаган, золимга насиҳат қилмаган ва уни бу мискинга зулм қилишдан қайтармаган сди, шу сабабли Аллоҳ азза ва жалла уни балоларга гирифтор стди.
Nom: Re: Салафлар хикмати дурдоналаридан
Yuborildi: Hadija 27 Fevral 2010, 01:18:05
Салафлардан бири деди:

Маъсистларни хорлик деб ксрдим ва уларни мурувват юзасидан тарк қилдим, шунда бу ишим диёнатга айланди.

Салафлардан бири деди:

Аллоҳдан Унинг сени (азоблашга) қодирлиги миқдорида қсрқ ва сенга қай даражада сқинлиги миқдорида ҳаё қил.
Nom: Re: Салафлар хикмати дурдоналаридан
Yuborildi: Hadija 27 Fevral 2010, 01:22:02
Ибнул Муборак Авзоъийдан, у Билол ибн Саъддан ривост қилади:

Маъсистнинг кичиклигига қарама, кимга осий бслаётганингга қара.
Nom: Re: Салафлар хикмати дурдоналаридан
Yuborildi: Hadija 27 Fevral 2010, 01:27:14
Ҳотим ал-Асом деди:

Хожангнинг хизматига белни маҳкам боғла, шунда сенга дунё сзи истамаган ҳолда, охират сса рағбат қилган ҳолда келади.

Ким тақвосиз ҳолда Аллоҳнинг муҳаббатини даъво қилса, у каззобдир.

Ким молини сарф қилмасдан туриб жаннат муҳаббатини даъво қилса, у ҳам каззобдир.

Аллоҳга таваккул қилишда ишимни  тсртта хислатга қурдим:

А изқимни мендан бошқа ҳеч ким еёлмаслигини билгач, нафсим хотиржам бслди.

Менинг амалимни сзимдан бошқа ҳеч ким қилмаслигини билиб, амалимга машғул бслдим.

Ўлимим тссатдан келишини билиб, у томон шошилмоқдаман.

Қаерда бслсам ҳам Аллоҳ азза ва жалланинг назаридан қочиб қутулолмаслигимни билиб, У зотдан ҳаё қиламан.
Nom: Re: Салафлар хикмати дурдоналаридан
Yuborildi: Hadija 27 Fevral 2010, 01:34:54
Байҳақий санади билан ривост қилади:

Бир киши Умар ибн Хаттоб розисллоҳу анҳу ҳузурида бир иш бсйича гувоҳлик берди. Шунда Умар розисллоҳу анҳу унга:

-Мен сени танимайман. Бироқ танимаслигимнинг зиёни йсқ, сени танийдиган бирорта одамни олиб кел, — дедилар.

Шу ерда стирганлардан бир киши: - Мен уни танийман, — деди.

-Аимаси билан танийсан, — дедилар.

-Адолат ва фазлу карами билан, — деди.

-У сенинг кечаю кундуз бирга юрадиган, ичию ташини схши биладиган ён қсшнингми? — дедилар.

-Йсқ, — деди.

-У билан кишининг парҳезкорлигига слчов бсла оладиган, пул муомаласи қилганмисан? — дедилар.

-Йсқ, - деди.

-У билан кишининг улуғ ахлоқ сгаси сканини билса бсладиган бирон марта сафарда бирга бслганмисан? — дедилар.

-Йсқ, - деди.

-Сен уни танимас скансан, - дедилар.

Сснг босги кишига: - Бор, сени танийдиган одамни топиб кел, - дедилар.

Авзоъий деди:

Илгарилари кулишиб, ҳазиллашиб юрардик. Одамлар бизга сргашадиган бслгач, табассум қилиш ҳам мумкин смасдек, қсрқиб қолдик.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 28 Fevral 2010, 21:40:09
Суфён ибн Усйна деди:

Агар илм талаб қилаётган кишилар илмлари билан Аллоҳнинг ҳузуридаги нарсани исташганда сди, илмларининг фазлидан одамлар улардан ҳайбатланган бслишар сди. Лекин улар илмлари билан дунё исташди ва шу боис одамларга хор бслишди.

Молик ибн Аабий деди:

Бизнинг фикрларимиз срнашмаган ҳар қандай мафкуравий бсшлиқ бизга қарши ва душман бслган фикрларни кутиб ётибди.

Бир киши Суфён ас-Саврий ҳузурига келиб: «А­й Абу Абдуллоҳ, сизнинг қслингизда ҳам динорларми?!» деган сди, у: «Жим бсл! Шу динорлар бслмаганида подшоҳлар бизни хизматкорга айлантириб олишарди», деди.

Яна деди:

Кимнинг қслида шундан (съни динорлардан) бслса, уни ислоҳ қилсин (съни, тижорат қилиб уни кспайтирсин). Чунки ҳозир замон шундайки, ким муҳтож бслиб қолса, снг аввал динини қурбон қилади.

Бир одам Суфённинг ҳузурига келиб: «А­й Абу Абдуллоҳ, мен ҳажга бормоқчиман», деди.

Шунда Суфён: «Сендан карамлироқ одам билан йслдош бслма. Чунки, агар сарф-харажатда у билан тенглашаман десанг сзингни қийнаб қсссан, агар у сенга фазлу марҳамат ксрсатса, сзингни хорлатган бсласан»
, деди.

Суфён деди:

Лаҳлавонларнинг ишини — ҳалолдан касб қилиб, аҳли-аёлга инфоқ қилишни сзингга лозим тут.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 28 Fevral 2010, 21:43:47
Ал-Хатиб ал-Бағдодий деди:

Аллоҳ субҳанаҳу ва таоло илмлар учун иккита сринни қилган:

Бири қалблар, иккинчиси китоблар.

Кимга англаб олувчи қулоқ ва ёдлаб олувчи қалб ато стилган бслса, унинг мартабаси олий, илмдаги даражаси юксак бслади, бундай одам хотирасига суснади.

Кимнинг қалби ёд олишдан ожиз бслса-ю, сқиган илмини ёзиб борса, бундай одам илмни боғлаб олган бслади. Унинг илми қалбидан ксра бехавотирроқ сринда туради. Чунки қалбда унутишлик содир бслади, ҳар хил ксргиликлар боис фикрлар бслинади.


А ивост қилишларича, Фузайл ибн Иёз айтар скан:

Алоқа қилсанг, хулқи чиройли одам билан алоқа қил, чунки у фақат схшиликка чорлайди, дссти ундан фақат роҳат ксради. Хулқи ёмон одам билан алоқа қилма, чунки у фақат ёмонликка чорлайди, дссти ундан фақат машаққат ксради.

Хулқи чиройли фожир одамнинг ёнимда бслиши мен учун хулқи ёмон қорининг (олимнинг) ёнимда бслишидан схшироқ.

Фосиқ одам агар хулқи чиройли бслса, ақли билан сшагани боис одамларга оғирлиги тушмайди ва уни схши ксрадилар. Обид одамнинг хулқи ёмон бслса, уни оғир оладилар ва ёмон ксрадилар.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 28 Fevral 2010, 21:55:12
Айюб ас-Сихтиёний айтади:

Агар муаллимингнинг хатосини билишни истасанг, бошқаси билан стириб кср (бошқасининг дарсига қатнашиб кср).

Ваҳб ибн Мунаббиҳ деди:

Аввалда олимлар илмларини дунёдорлардан қизғанишар, дунёдорлар уларнинг илмига қизиқиб, улар учун пул сарф қилардилар. Ҳозирга келиб аҳли илмлар илмларини дунёдорлар учун сарфладилар, дунёдорлар уларнинг илмига бесътибор бслиб, мол-дунёларини улардан қизғанадиган бслдилар.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 07 Mart 2010, 15:11:06
Умар ибн Хаттоб розисллоҳу анҳу айтдилар:

Кимнингдир намози ё рсзаси сизларни алдаб қсймасин. Лекин, гапирса рост гапирадими, омонатга хиёнат қилмайдими, қслига дунё келганида парҳез қила оладими, шунисига диққат қилинглар.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 07 Mart 2010, 15:12:07
Ҳазрат Алий сғиллари Ҳасанга дедилар:
- А­й сғлим, мендан тсртта ва тсртта нарсани ёдлаб ол, уларга амал қилсанг зарар қилмайсан.
- Улар қайсилар, сй отажон? — деди.
- А­нг катта бойлик ақлдир, снг катта фақирлик аҳмоқликдир, снг ёмон ваҳшат такаббурликдир, снг улуғ фазилат ҳусни хулқдир.
- А­й отажон, қолган тсрттасини ҳам айтинг.
- А­й сғлим, каззоб билан дсстлашишдан сақлан, чунки у сенга узоқни сқин, сқинни сса узоқ қилади.
Аҳмоқ билан дсстлашишдан сақлан, чунки у сенга фойда етказаман деб зарар етказиб қссди.
Бахил билан дсстлашишдан сақлан, чунки унга снг муҳтож бслган пайтингда у сени қуруқ қсл билан қайтаради.
Фожир билан дсстлашишдан сақлан, чунки у сени арзимас чақаларга сотиб юборади. 65.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 07 Mart 2010, 15:14:24
Вазирлардан бири Абул-Айноъга: - Узр, мен иш билан бандман — деди.
- Ишдан бсшаганингдан сснг сенга сҳтиёжим қолмайди — деди Абул-Айноъ. 59.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 07 Mart 2010, 15:15:06
Абдуллоҳ ибн Зубайр деди:
Тақво аҳлининг аломатлари борки, улар шу билан таниладилар ва сзларини шу билан танийдилар:
Ким балога сабр қилса, қазога рози бслса, неъматларга шукр қилса ва Қуръон ҳукмига бсйсинса (сша киши тақво аҳлидандир).

А аҳбар бозорга схшайди, бозорда ниманинг савдоси чаққон бслса, сша нарсани олиб келинади. Агар раҳбарнинг олдида ҳақ савдоси чаққон бслса, унга ҳақни олиб келинади ва ҳузурига ҳақ аҳллари келади. Агар унинг олдида ботилнинг савдоси чаққон бслса, ҳузурига ботил аҳли йиғилади ва ботил ривожланади.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 07 Mart 2010, 15:16:42
Алий ибн Аби Толиб розисллоҳу анҳу деди:
Одамлар уч хил бслади:
1- А аббоний олим. 2- Аажот топиш мақсадида илм срганувчи. 3- Тсғри келган одамга сргашиб кетаверадиган, шамол қаёққа ссса сша ёққа мойил бсладиган гсл одам.
— Илм мол-дунёдан схшидир, илм сени қсриқлайди, мол-дунёни сса сен қсриқлайсан.
— Илм ишлатиш билан зиёда бслади, бойлик сса камасди.
— Илм сз соҳибини тириклигида тоат-ибодатга, слимидан сснг схшилик билан тилга олинишга етказади. Мол-дунё сабабли вужудга келиб турган нарсалар мол-дунё йсқолиши билан йсқолиб кетади.
— Мол-дунёни босиб ётувчилар тириклай слган кимсалардир, олимлар сса замон тургунча боқийдирлар, жисмлари маъдум, васфлари дилларда мавжуддир.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 07 Mart 2010, 15:22:37
Ҳасан дедилар:

Зикр икки хил: бири тил билан зикр қилиш, бу ҳам схши. Бундан ҳам схшиси — Аллоҳни Унинг буйруқ ва қайтариқлари олдида ёдга олишдир.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 09 Mart 2010, 21:39:40
 Ибн Умар розисллоҳу анҳу айтадилар:

Мен сзим билан ҳаром сртасига ҳалолдан бир тссиқ срнатишни ва уни ҳаромга айлантирмасликни истайман.

Умар ибн Абдулазиз сз ҳузурига кирган бир кишидан: «Қавмингнинг саййиди ким?» деб ссради. У: «Мен» деб жавоб берди. «Агар ҳақиқатан уларнинг саййиди бслсанг бундай демаган бслардинг», деди Умар ибн Абдулазиз.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 09 Mart 2010, 21:41:04
«Ат-Тарғиб ват-Тарҳиб»да қуйидагича ҳадис келган:

Гуноҳларни камайтир, жон беришинг осон бслади.

Қарзларни камайтир, сркин бсласан.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 09 Mart 2010, 21:48:44
А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтганлар:

«Ким барча ғамларини битта ғам — охират ғамига айлантирса, Аллоҳ унинг бошқа ғамларига Ўзи кифос қилади. Ким дунё ғамларини сзига қаторлаштирса, қай водийда ҳалок бслса бслсин, Аллоҳ унга парво қилмайди.»
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 09 Mart 2010, 21:49:28
Ҳасан ал-Басрий деди:

Бир соат тафаккур қилмоқ бир кечалик намоздан схшироқ.

 

Яна деди:

Тафаккур — схшилик ва ёмонликларингни ксрсатувчи ойнадир.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 09 Mart 2010, 21:50:20
Ийсо алайҳиссаломдан ривост қилинади:

Гап-ссзи Аллоҳнинг зикри, ҳомушлиги тафаккур ва қараши ибрат бслган кишига жаннат бслсин.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 09 Mart 2010, 21:52:55
Ибн Аббос розисллоҳу анҳу айтадилар:

Тафаккур билан сқилган қисқагина икки ракъат намоз ғофил қалб билан сқилган бир кечалик намоздан схшироқ.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 09 Mart 2010, 22:05:34
Молик ибн Анас дедилар:

Аоҳақлик ва салафи солиҳни сскиш билан иш қилинадиган ерда туриш дуруст смас, Аллоҳнинг ери кенг. Ҳақни тушуниб, унга амал қилган банда Аллоҳнинг инъомига сазовордир.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Ansora 04 May 2010, 22:11:14
Adashmasam, bu mavzuda mashhur insonlarga oid hikmatli so'zlar joylanadi.

Hayotdan olingan purma'no voqea-hodisalarni boshqa mavzularda masalan: "Birni ko'rib fikr qil...."mavzusida yozishingiz mumkin.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Zulfina 12 May 2010, 01:02:28
Dunyoning hammasini tark qilish hammasini olish demakdir.Kim uning hammasini tark qilsa, hammasini olgan bo'ladi. Kim hammasini olsa, hammasini tark qilgan bo'ladi. uni olishlik uni tark etishda, tark etish esa uni olishdadir.


Ali ibn Abu Tolib
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Zulfina 12 May 2010, 17:19:00
Odamlarga odamlarning yoqimlirog'i odamlardan behojat bo'lgani va ulardan hech narsa so'ramaydiganidir. Odamlarga odamlarning yoqmaydigani ularga muhtoj bo'lganidir. Alloh uchun odamlarning suyumlirog'i Allohga muhtoj bo'lgani va undan so'ragani, Allohga odamlarning yomonrog'i Undan behojat bo'lgani va hech narsa so'ramaganidir.

Fuzayl ibn Iyoz
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 12 May 2010, 17:21:29
    

Biror narsani qattiq xohlab qolishdan avval shu istagan narsangizga hozir egalik qilayotgan odam baxtlimi yoqmi ekanini surishtirib kormoq kerak. Laroshfuko
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: zahro_o 12 May 2010, 18:48:44
vaqting bolganda ilm ol,chunki ilm kerak bolganda vaqt toplimaydi!!!
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdumuhaymin 16 May 2010, 22:40:35
Yaxshi hotin sirkani bol qiladi, yomon felliy hotin bolni sirka qiladi.
Yaxshi fel ayol qulni vazir qiladi, yomon felligi vazirni razil qiladi.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 29 Avgust 2010, 19:12:17
Vaqt keskir qilichdir, u hech narsaga qaramay shartta o'tadi-ketadi. Sen esa voy-voylagancha qolaverasan.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 29 Avgust 2010, 19:13:56
Mo'min yetishishni orzu qiladigan o'limdan ham xayrliroq yo'qotish yo'q.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 29 Avgust 2010, 19:14:57
Ko'rdimki, vaqtini "essiz", "qaniydi", "koshki"lar bilan o'tkazgan kishining umri eng qisqa ekan.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 29 Avgust 2010, 19:15:40
Olamda kun yo'qki bilmasa zavol,
Abadiy qolmaydi bu husnu jamol.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 29 Avgust 2010, 19:17:22
Har to'qayni ko'rganingda ichi bo'm-bo'sh bo'lsa kerak deb o'ylam, mumkun ichida sherlar uxlayotgandur.


Sa'diy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 29 Avgust 2010, 19:22:28
Dunyodagi hech bir yomonlik, beilm bo'lib qarishga to'g'ri kelmaydi.
Urva ibn Zubayr

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Zamiraxon 29 Avgust 2010, 19:23:30
Ko'rdimki, vaqtini "essiz", "qaniydi", "koshki"lar bilan o'tkazgan kishining umri eng qisqa ekan.
Abdulhafiz, Alloh rozi bölsin, judayam tög'ri hikmat!
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 29 Avgust 2010, 19:28:38
Sabr ila nafsingga etgil qarshilik,
Ul yomondin kim ko'ribdir yaxshilik?
Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 29 Avgust 2010, 19:30:07

Insu jinlarni yaratdi Haq, demak,
O'zga maqsad yo'q ibodatdin bo'lak.
Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 18:45:56
Kishi ta'limidin topsa malomat,
Topar ilm ahli olinda hijolat.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 18:47:48
Vatan tarkini bir nafas aylama,
Yana ranji g'urbat havas aylama.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 18:53:41
Kimki ulug'roq anga xizmat kerak,
Kimki kichikroq, anga shafqat kerak.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 18:55:01
Ki har kim ayon etsa yaxshi qiliq,
Yetar yaxshlikdin anga yaxshilik.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 18:56:01
Yolg'onchi kishi ermas,
Va yolg'on aytmoq, erlar ishi ermas.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 18:57:24
Mazax - hazilingdan qo'pmasin ozor,
Sovuq hazil to'kar obro'yni yakbor.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 18:58:34
Kam gapiru tanla misli dur,
Oz-ozdan ham jahon liq to'lur.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 18:59:48
Har so'zning o'z joyi bor,
Har nuqtaning makoni.
                              (S.Sheroziy)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 19:01:27
Oldin bilib olib, keyin so'zlagil,
Zarni topib, so'ngra xarjin ko'zlagil.
                                             (Ganjaviy)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 30 Avgust 2010, 21:23:37
"So'zlagan vaqtimda og'zimdan yomon so'zlar ham chiqib ketishi mumkin. Dushmanim esa og'zimdan chiqqan yomon so'zlarnigina terib oladi. Chunki dushmanning nazari yomondan bo'lakka tushmaydi."
Sa'diy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: yoqutxon 01 Sentyabr 2010, 21:36:00
Zindagi omad baroi bandagi,
Zindagi bebandagi sharmandagi.

Yani: "Tiriklik shubxasiz bandalikdur,
         Bandaliksiz tiriklik sharmandalikdur"

Mavlono Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: yoqutxon 01 Sentyabr 2010, 21:40:37
Men dedim: o'lgandab so'ng tirilish bor,
Munajjimu tabiblar qildilar inkor.
So'zingiz rost bo'lsa, menga ne zarar,
Men haq bo'lsam, sizning holingiz dushvor.


Abu Alo Ahmad Ibn Sulaymon Tanuhiy Maarri
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: yoqutxon 01 Sentyabr 2010, 21:45:05
Hali to'zon tinsin ko'rasan beshak,
Mingan uloving ne-otmi yo eshak?
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Smartella 01 Sentyabr 2010, 22:45:49
Hoja Bahouddin Naqshband hazratlari deydilar:
Zohirimiz xalq bilan, botinimiz Xaq bilandir.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: yoqutxon 02 Sentyabr 2010, 21:43:52
Bo'lmasa iymon bila ketmak ishi,
Anglaki, ani desa bo'lmas kishi.
                              Alisher Navoiy.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: yoqutxon 02 Sentyabr 2010, 21:49:26
Ko'p demak birla bo'lmagil nodon,
Ko'p yemak birla bo'lmagil hayvon.
                        Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: yoqutxon 02 Sentyabr 2010, 21:51:50
-Har kim ham inson bo'lavermaydi.Inson-ilmi va odobi bilan inson.
                                                                        Aflotun
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: UzMuslim 05 Sentyabr 2010, 14:35:41
Sizga Uzatilgan Hamma Qo'lni tutavermangchunki inson niqobidagi nechta Shaytonlarbordir.
                                               Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: UzMuslim 05 Sentyabr 2010, 14:36:56
Agar Yaxshilik O'n Qisimdan Iborat bo'lsa,To'qqizdasi sukut qilishdadir..
                             Umar Ibn Hattob
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: UzMuslim 05 Sentyabr 2010, 14:38:37
Ey Inson,Zamonsendan.Sen Yaxshi Bo'lsang,Zamon Ham Yaxshi Bo'ladi.Agar Aynisang,Zamon Ham Ayniydi.
                               Muoviy IBN Abu Sufyon
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: UzMuslim 05 Sentyabr 2010, 14:40:31
Vafo Odam Uchun odamiylikni negizidir.Yolg'onchi odamdan Vafo Kutmagin..
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: yoqutxon 06 Sentyabr 2010, 20:54:18
Yo Rabb, eshiginingda ul gadomen,
Kim, boshdin-oyoqqacha xatomen.
                                 
                                 
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: UzMuslim 09 Sentyabr 2010, 20:45:53
Do'stingizni tez-tez ziyorat etib turing. Zero, yurilmagan yo'llar ustini tikan va butalar qoplaydi.
Hakim
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: UzMuslim 20 Sentyabr 2010, 22:45:03
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl
[/i]
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: yoqutxon 29 Sentyabr 2010, 09:01:14
Hayo va andisha dunyoda tartib saqlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Hayo yo'qolsa, hech kimda vijdon ham qolmaydi. ( U holda) dunyoda tartib buziladi. Kishilar bir biriga befarq qaraydigan bo'ladilar.
                                                                                                            Husayn Voiz Koshifiy.
P/s: Husayn Voiz Koshifiy qanchalar haq gap aytganlar............

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: UzMuslim 10 Oktyabr 2010, 21:55:36
Allohning shunday bandalari borki, ularni jannatlar va ulardagi ne'matlar Allohning muhabbatidan to'smaydi. Endi qanday qilib, dunyo ularni Allohning muhabbatidan to'sa olsin?!
Abu Sulaymon Doroniy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Foniy 11 Oktyabr 2010, 14:10:12
Donishmand debdikim: "Aql bilan qara, ko`z xoindir. Qalbing bilan eshit, quloq yolg`onchidir."

AQL VA OQIL, Tohir MALIK domla
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: yoqutxon 11 Oktyabr 2010, 21:26:42
- U berganni hech kim tortib ololmaydi.
Shayx Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Moturidiy   
                                                 
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: UzMuslim 14 Oktyabr 2010, 21:01:36
 Iymonning uchdan biri hayo, uchdan biri aql, uchdan biri jo'mardlikdir.
                                 
                                     Hazrati Umar ibn Hattob r.a.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 24 Oktyabr 2010, 00:24:41
Johil uzgan ip ulanmas, boylama,
So'ylama hikmat, zoye aylama...

*   *   *
Kimki, Allohim, demishdir har kuni,
Oqibat, bandam, degay Alloh uni...


Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 24 Oktyabr 2010, 00:28:52
Boshda har tola tukim bo'lsa zabon,
Yetmagay Shukringni etmoqqa bayon...
*   *   *
Ming o'qi, gar yetmasa Haqdin karam,
Xotirangda qolmagay bir nuqta ham.
Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Aqoid 24 Oktyabr 2010, 06:25:13
 :as: Ko'zoynak taqish uchun aqlli bo;lishning o'zi kifoya qilmaydi, balki ko'z ham xiralashgan bo'lishi kerak.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Aqoid 24 Oktyabr 2010, 06:30:13
 :as: Ilk ishonch keyingi gumondan ustundur
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 20 Noyabr 2010, 14:56:03
Agar bir yaxshi amalni bilib qolsang, garchi bir marta bo'lsa ham uni qilgil, o'sha yaxshilik ahlidan bo'lasan.
Amr ibn Qays
[/i]
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: JeeS 24 Noyabr 2010, 07:58:43
"Allohni chin sevgan kishi odamlarga tanilmaslikni yahshi ko'radi. "
Muhammad ibn Alo

" Kim ichkarisini o'nglasa , uning tashqarisini Alloh talo o'nglaydi."
Umar ibn Hattob (r.a).
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: JeeS 25 Noyabr 2010, 15:58:04
''Beshikdan to qabrgacha ilm izla''

Odamiy ersang demagil odamiy, Oni kim yo'q din g'amidin g'ami.
A.Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: _IYMONA_ 05 Dekabr 2010, 10:20:42
Ей одам фарзанди, качон бемор булсанг, узингни садака бериш билан давола.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdul_Malik 07 Yanvar 2011, 14:43:33
"Bizning bosh vazifamiz - tumanli olis kelajakka qarab emas, bizga aniq ko'rinayotgan yo'nalishdagi hozirgi lahzalarda faoliyat ko'rsatishimiz zarur".

Vilyam Osler
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Lu`lu` 08 Yanvar 2011, 08:16:35
JAVHAR TO`LA SANDIQQA QUM-SHAG`AL SIG`MAGANDEK,HIKMAT TO`LA QALBGA GUNOHLAR SIG`MIYDI
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdul_Malik 17 Yanvar 2011, 15:32:20
Bukun so'zlamoqqa senda imkon bor,
Har qancha yaxshi so'z topsang, aytib qol.
Ertaga ajaling elchisi kelgach,
Tiling qimirlashga topmagay majol.


Sa'diy Sheroziy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Ansora 17 Yanvar 2011, 16:23:38
Kimniki aylay der esang mahraming,
Ko'p sinamay aylamagil hamdaming.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Ansora 17 Yanvar 2011, 16:27:39
Sabr bilan Tengri berur komi dil,
Sabr qilu sabr qilu sabr qil.

Durbek
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Aqoid 18 Yanvar 2011, 06:28:36

Futuvvat- barcha bermakdir yemak yo'q
Muruvvat- barcha qilmakdur demak yoq.
      A. Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: azizbek_mx 18 Yanvar 2011, 06:36:48
Do'zahning eng olovli hilqatlari buyuk ma'naviy va ahloqiy sinov daqiqalarida betaraf turgan kishilarga atalgandir.
Danke
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Aqoid 24 Yanvar 2011, 16:08:23
 :bsm:
Derlarki, behisht eshigiga yetgaymiz
May- qo'lda, malak- quchoqda aysh etgaymiz
Bas, biz mayu ma'shuqni desang ne bo'pti?
Ish oqibati shunday ekan netgaymiz?!
         
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: azizbek_mx 24 Yanvar 2011, 21:39:42
Yelkamizdagi og'ir yuk - gunohlarimiz sabab bukilgan bellarimizni qabrdagina rostlashimiz mumking....
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Shokir 25 Yanvar 2011, 14:13:20
Ибнул Муборак
Авзоъийдан, у Билол ибн
Саъддан ривост қилади:
Маъсистнинг
кичиклигига қарама, кимга
осий бслаётганингга қара.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Kamalak 25 Yanvar 2011, 14:45:47
Ko'zni yumgil,ko'zga aylansin ko'ngil,
Ko'z bo'lurmi Haqni ko'rmas bo'lsa ul?
Jaloliddin Rumiy.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 26 Yanvar 2011, 20:13:57
Ulug'liging oshsa, xushxulq bo'lgil.
Mahmud Qoshg'ariy

Yolg'onchilik kishini adolatdan yuz o'girtiradi.
Abu Rayhon Beruniy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 26 Yanvar 2011, 20:17:09
Bilimsiz kishilarning ko'ngli xurofotga moyil bo'ladi.
Beruniy

Xorlik istasang xiyonatchi bo'l.
Motrudiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 26 Yanvar 2011, 20:20:19
Xotunlarning jilmayib kulmoqlari naqadar yoqimli bo'lsa, qiyqirib kulishlari shul qadar yoqimsizdir.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Shokir 30 Yanvar 2011, 15:24:49
Абдуллоҳ ибн Масъуд
розисллоҳу анҳу
айтадилар: «Одамларни
мақташга ҳам, айблашга
ҳам шошилмангиз! Зеро,
бугун бир
биродарингизнинг
мақтовли ишига ксзингиз
тушса, сҳтимолки сртага
унинг бирон айбли ишига
ксзингиз тушар. Бугун унинг
бирон айбли ишига
ксзингиз тушган бслса,
сҳтимолки сртага мақтовли
ишига ксзингиз тушар».
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 07 Fevral 2011, 19:00:27
Muhabbatning alomati mahbubingni nafsingdan ustun qo'ymog'ingdir. Har bir amal qilguvchi ham Allohning habibi bo'la olmaydi. Balki habib gunohlardan tiyilgan kishidir.
Sahl r.alayh
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 07 Fevral 2011, 19:03:26
Allohga har qanday holatda ham hamd aytuvchi bandalar Qiyomat kuni jannatga eng avval chaqiriladilar.
Abdulloh ibn Abbos r.a
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 07 Fevral 2011, 19:04:32
O'limni yomon ko'rgan kishining oxiratga gumoni bordir.
Sufyon Savriy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Nurdinboy 07 Fevral 2011, 23:22:19
:bs1:

:as:

Odamzod doimo hayotidagi eng sevgan narsasini barbod qiladi.
Oskar Uayld:-(
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 10 Fevral 2011, 11:39:11
Ilm moldan yaxshidir, u seni muhofaza qiladi, molni esa, sen qo'riqlaysan. Ilm hokim, mol mahkumdir. Mol nafaqa qilish bilan kamaysa, ilm ziyoda bo'ladi.
Ali ibn Abu Tolib r.a

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 10 Fevral 2011, 12:17:26
Xalil ibn Ahmad r.a shunday deganlar:
"Odamlar to'rt xil bo'ladi:
1. Biladigan va bilishini ham biladigan kishi. U olimdir, unga ergashinglar.
2. Biladi, lekin bilishini bilmaydigan kishi. U uyqudadir, uni uyg'otib qo'yinglar.
3. Bilmaydigan va bilmasligini biladigan kishi. U yo'l qidiruvchidir, uni yo'lga solinglar.
4. Bilmaydigan va bilmasligini ham bilmaydigan kishi. U johildir, undan qochinglar".

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Mirоlim 11 Fevral 2011, 15:26:35
:bsm:

Amallarning eng og'iri to'rttadir:

1- g'azab kelganida yutib yubormoq,
2- qiynalgan vaqtda sadaqa qilmoq,
3- holi qolganda ham pok bo'lmoq,
4- o'zi qo'rqadigan yoki biror narsa ta'ma qiladigan kishisiga haq so'zni aytmoq.

Ali ibn Abu Tolib r.a.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Lu`lu` 20 Fevral 2011, 20:25:36
Менга дунёни тасвирлаб беринг дейсан, аввали — ташвиш, охири — йсқлик, ҳалоли учун ҳисоб бермоқ, ҳароми учун азоб олмоғи тайин бслган ва бойларни фитналаб, камбағал, бечораларни ғамга ботирадиган бу дунёнинг нимасини ссрайсан?
                                                               Ҳасан Басрий
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Aqoid 20 Fevral 2011, 20:40:00
O'limga tashna bo'l, hayot berilur.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Lu`lu` 20 Fevral 2011, 22:50:47
Улим дунёнинг бор-йсгини очиб ташлади, акл сгаси учун унда бирор-бир кувонч колдирмади.
                                                 Хасан Басрий
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Mirоlim 24 Fevral 2011, 15:37:35
:bsm:


Eng zarur bilimni qunt bilan o'rgan,
Zarur bo'lmaganin axtarib yurma.
Zarurini hosil qilgandan keyin,
Unga amal qilmay umr o'tkazma.

A.Jomiy.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: ibnUyayna 06 Mart 2011, 06:45:18
 Na tabiatda va na shariatda to`xtab qolish degan tushuncha yo`q.Biz chiqqan karvon janat yoki do`zax sari shitob bilan yaqinlashib bormoqda.
                              
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 10 Mart 2011, 07:00:27
Ibrohim Adham  o'zini faqir qambag'alligidan noliyotgan kishini ko'rib aytgan ekanlar:
"Sen faqirlikni bepulga olgansan shunga qadriga yetmaysan, biz esa butun mol-mulkimizni berib olganmiz. Shuning uchun faqirlik bizga aziz va qadriloq".
:as:
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Hadija 14 Aprel 2011, 16:20:54
Poklik kambag'allikning, shukr ne'matning, sabr baloni,ng halimlik ilmning, o'zini past tutish shogirdning, ko'p yig'lash Allohdan qo'rqishning, minnat qilmaslik ehsonning, hushu' namozning ziynatidir.
Abu Bakr Siddiq r.a.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Aqoid 27 Aprel 2011, 03:25:54
 :as:
 Ziyofat  deganda shoshar odamlar
Ibodat deganda qochar odamlar
Kabira gunohga shoshar odamlar
Qayda itoat?...

Tiriklik deysizu bir dam tinmaysiz
Rizq bergich Allohku nechun ko'nmaysiz?
Mangulik haqida fikr qilmaysiz
Qayda ibodat?...

Dunyoga aldanib dunyo yig'arsiz
To'yga deb azobla sarpo yig'arsiz
Hech to'ymay omonat ,hiyla yig'arsiz
Qayda halovat?...

O'zim deb o'zgaga parvo qilmaysiz
Beibo so'zlardan hayo qilmaysiz
Va'dalar berasiz vafo qilmaysiz
Qayda sadoqat?...
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: ummugulsumm 30 Aprel 2011, 18:24:05
Chumoli urfidan oling andoza                                    
Ikkisi duch kelsa, ko'rishib o'tar.
Ba'zi insonlar-chi, baland parvoz-la
Kekkayib osmonga, ko'p shishib o'tar.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: ummugulsumm 30 Aprel 2011, 18:58:29
Buzuq niyatli,yomon ahloqli kishi\ oraga kirib qolsa,ish\ tugri yul+ bormaydi.Adolat dasturi buzilib,fitna-fasodga yul ochiladi.

SHubhani aniqqa, nomalumni malumga qushish haqiqat taomiliga zid bulib,odam\ni adashtiradi,hunuk oqibat\ga olib keladi.

Sevimli narsa\ga zahmat-mashaqqat bn yahshilik va savobga esa uziga sevimli bulgan narsa\ni ezgu maqsadga,Alloh yulida hayr-ehsonga sarflash bn erishiladi.

Nemat= qadri u yuqolgani+ keyingina bilinadi.Masalan,kuz kurmay,quloq eshitmay qolsa yoki tish\ tushib,emishni chaynay olmasa,inson bu azo\= qadrini his etadi,bor vaqtida
YAratganga shukr qilmagani uchun afsuslanadi.
    ;Abu Rayhon Beruniy ;     
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Best friend 01 May 2011, 01:37:04
Men nima uchun rizqimni quvayki, u mendan boshqasiga nasib etmasa. Men nima uchun uni kelmaganidan afsuslanayki, u meniki bo'lmasa.
Hasan ul Basriy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Best friend 15 May 2011, 19:20:34
Alloh bilan o'zi o'rtasidagi ishlarni o'nglab olgan bandaning odamlar bilan bo'lgan ishini Alloh o'zi o'nglaydi. Oxirati uchun yelib yuguradigan insonning dunyoviy ishlariga Allohning o'zi kifoya qiladi.
Sufyon ibn Uyayna
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: ummugulsumm 15 May 2011, 22:55:45
   Amallarning afzali farzlarni ado etmoq,Alloh harom qilgan ishlardan taqvo qilmoq va Alloh taolo huzuridagi narsalar hususida niyatni holis qilmoqdir.
                                 Umar ibn Hattob         
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: UzMuslim 18 May 2011, 10:29:25
Aqilli insonlar hafa bo'lmaydilar,ular darrov o'ch olish yo'lini o'ylaydilar....
Sandra Pozzi.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Best friend 18 May 2011, 14:07:29
Aqilli insonlar hafa bo'lmaydilar,ular darrov o'ch olish yo'lini o'ylaydilar....
Sandra Pozzi.
Hadis
 Амр ибн Шуайбнинг бобосидан ривост. А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар: "œАллоҳ назарида одамлар ичидаги снг золим кимса Аллоҳнинг ҳарамида одам слдирган ёки қотилдан бошқани слдирган ё сса жоҳилист счи билан одам слдирган кимсадир". (Муснади Аҳмад; Аҳмад Шокир: саҳиҳ).
 Johillikning belgisi
 "œАрабларнинг сч олишга бслган ҳирслари ва сч олмасликнинг ористидан қсрқувлари шунчалик кучли сдики, улар то сч олмагунларича аёллар билан қсшилишни, хушбсй ишлатишни, ароқ ичишни сзларига ҳаром қилардилар. То интиқом олмагунларича кийимларини алмаштирмас, бошларини ювмас, гсшт емас сдилар". (Ибнул-Асир, Ал-Комил, 1/336).
 Qasos va O'chning farqi
 "Қасос жиностчининг сзи билан кифосланади. Бунинг айби учун бошқаси жазоланмайди. Ўч олишда сса қон сгаси жиностчими, унинг оиласими ёки қабиласими, фарқламайди. Шу сабабли бегуноҳ одамлар сзлари қилмаган айб учун слимга дучор бсладилар". (Ал-мавсуатул-фиқҳийс - 7/15).
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: UzMuslim 18 May 2011, 14:17:28
brodar Man faqat Bir forumdoshni Hikmatli so'zlarini Yozib qo'ygandim holos.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Shokir 18 May 2011, 14:23:37
O’lim yo‘lda turib, bizni
kutmoqda. Inson esa sayr
qilish va umrni behuda
sarflash bilan ovora.
 (Jaloliddin Rumiy.)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Best friend 18 May 2011, 15:31:37
brodar Man faqat Bir forumdoshni Hikmatli so'zlarini Yozib qo'ygandim holos.
Uzr, men postingizdan ayb topmoqchimas edim, men shunchaki forumga kirganlarda noto'g'ri tushuncha bo'lib qolmasin degan maqsadda yozdim...
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Safida 18 May 2011, 18:24:34
Agar intilish sof ko‘ngildan chiqsa, harqalay, chalaroq qolib, aniq nishonga tegmasa ham juda katta foyda keltirishi mumkin.
I. S. TURGENEV
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: UzMuslim 19 May 2011, 00:44:15
Dardimga Davo Izlasam,DardiM O'zi Davo Ekan...Jom'iy hazratlari..
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Best friend 17 Iyun 2011, 18:44:26
 Xazrati Ali r.a. mazmunan shunday deganlar: "Sen gapning qanday ekaniga qara, gapirayotgan insonga emas!".
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 29 Iyun 2011, 19:10:18
Quloqdan dilingga gar kirmasa nur
Sichqon kavagidan ne farqi bo'lur?!


Abdurahmon Jomiy

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Yusuf 29 Iyun 2011, 19:57:03
Har kimniki ko'rsang Hizr bilgil
Har tunda ko'rsang ham qadrini bilgil.

Sulaymon Boqirg'oniy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: UzMuslim 03 Iyul 2011, 13:20:41
Ислоҳот юртнинг ичидан чиқади. Уни ташқаридан олиб келиб бслмайди.Муҳаммад Саид А амазон Бутий
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Yusuf 05 Iyul 2011, 23:33:00
Insonlar bilan - ularning aqliga monand gaplashing.

Sa'diy.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Yusuf 13 Iyul 2011, 11:34:46
Oldiga qo'yganini yemoq hayvon ishi
Og'ziga kelganini demoq nodon ishi.


Insonlar bor , insonlarning naqshidir.
Insonlar bor, hayvon ulardan yaxshidir.

A. Navoiy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 06 Avgust 2011, 17:03:36
Kim mehr ko‘rgazdi yirtqich bo‘riga,
Sitam-la sho‘r qo‘shdi qo‘yning sho‘riga.


Sa’diy Sheroziy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 06 Avgust 2011, 17:08:15
Bir kishi sen bilan munosabatida xato qilsa-yu, senga uzr bayon etsa, uzrini qabul qilishni kechiktirma!


Abu Ali ibn Sino
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Yusuf 06 Avgust 2011, 17:18:21
Kim dunyo muhabbati bilan Holiqning muhabbatini bir qalbda jamladim desa yolg'on so'zlabdi.

Imom Shofei'
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: UzMuslim 06 Avgust 2011, 18:52:56
"Farzandlaringizga tilini tiyishni o'rgating. Gaplashishni o'zi ham o'rganib oladi".
Benjamin Franklin.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Yusuf 06 Avgust 2011, 18:55:30
Farzandlaringizga rahmingiz kelsa, olishni emas berishni o'rgating.

Abdulloh qori.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: UzMuslim 06 Avgust 2011, 19:09:55
"œBolani  toza Islom fitratida o'stirishi uchun ilk tadbir uni halol luqma bilan taomlantirmoqdir".
Imomi G'azzoliy 
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Foniy 13 Avgust 2011, 15:49:59
O`zi to`g`ri odamning so`zi ham to`g`ridir.
Hazrati Ali r.a.

Yaxshilikni yashirishmoqlik yomonlikni yashirishmoqlikdan ko`ra xayrliroqdir.
Abu Bakr Farro
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Mirоlim 16 Avgust 2011, 18:03:19
:bsm3:

 :asl3:

Xushu’ bo‘lmagan namozda, keraksiz narsalardan saqlanmasdan tutilgan ro‘zada, tartil (qiroat) bilan o‘qilmagan Qur’onda, gunohlardan tiyilmasdan qilingan amalda, saxiylik bilinmagan molda, jiddiy bog‘lanmagan birodarlikda, ixlos bo‘lmagan duoda yaxshilik yo‘qdir.


Hazrati Ali r.a

Ayni kunlarda qilayotgan amallarimizning yaxshilanishigada turtki bo'ladigan hikmatli so'z ekan, amali bizdan inshaAlloh.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: UzMuslim 23 Avgust 2011, 05:55:41
Ҳасан Басрий раҳимаҳуллоҳ: "œИймон зийнатланиш ва орзуланиш билан смас, балки, қалбга срнашган ва амал уни тасдиқлаган нарса иймондир" — деди
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Oymoma 23 Avgust 2011, 09:09:54
Kim köp gapirsa xatosi köpayadi, xatosi köpayganning hayosi kamayadi, hayosi kamayganning iymoni zaiflashadi, iymoni zaiflashganning esa qalbi öladi. hazrati Umar r.a.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Oymoma 23 Avgust 2011, 09:38:58
...
Yaxshilikni yashirishmoqlik yomonlikni yashirishmoqlikdan ko`ra xayrliroqdir.
Abu Bakr Farro
Qöshimcha:yaxshilikni yashirmoqlik  ham yomonlikni oshkor qilmoqlik kabi mushkuldir..
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Музаффар 23 Avgust 2011, 10:17:38
бу гап хикматми, билмадиму, лекин шахсий фикрим: Иноснларнинг снг катта камчилиги, уларнинг сзгаларга бслган мухаббатини, самимисти, ва ихлосини очиқ айтмаслигидадир. Бу нарсага ксп сътибор қилдим: одамлар бир бирини сскиш, ғийбат қилиш, дилини оғритиш ва камчиликларни юзга солишга келганда сзларини тийшмайди-ю, лекин кимгадир рахмат айтиш, ундан етган схшиликни тан олиш, ва бу хақда очиқ айтиб миннаддорчилик билдиршга келганда ийманишади. Кейин сса,сша одамдан айрилишса пушаймонлик билан сзларига сзлари ситам стказишни бошлашади. Яқинларимизни қадрига етайлик, одамларни кснглини шод қилишдан тийилмайлик, ғанимат хаётда инсонлар орасида фақат схши таасуротда бслайлик.
Ахир бир мусулмоони кснглини шод қилган инсон, каъба вайрон бслса қайта обод қилган билан баробар бслар скан.
Бобурнинг ушбу мисраларини бу борада снг муносиб даъват деб топдим:

Ахбоб йиғилмоқни фароғат тутунгиз
Жамистингиз борини давлат тутунгиз,

Чун гардиши чархи фалак будир Тенгри учун.
Бир бирингиз неча кунки ғанимат тутунгиз.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Muhammad Yusuf 26 Avgust 2011, 15:21:43
Ibodatlarim qabul bo'lgan kun men uchun bayram !

Ali ibn Abu Tolib r.a.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Oymoma 27 Avgust 2011, 04:02:48
Izladik va topdik

*Boylikni moldan izladik, lekin uni qanoatdan topdik.

*Rohatni serobchilikdan izladik, ammo uni molning ozginasidan topdik.

*Lazzatlanishni ne'matlardan izladik, lekin uni sog'lom badandan topdik.

*Rizqni yerdan izladik, lekin uni osmondan topdik.

      Xomid al-Lifofiy

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Oymoma 27 Avgust 2011, 04:58:44
Ilm - amallar dalili.

Faxm - ilmning makoni.

Aql - yaxshilikka yetaklovchi.

Havoyi nafs - gunohlar markabi.

MoluMulk - mutakabbirlik ridosi (kiyimi).


    Yahyo ibn Muoz (rahmatulloh alayh).
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Lu`lu` 14 Oktyabr 2011, 06:27:02
 
Илм билан хилмнинг ва (уч олишга) кодирлик билан афвнинг бирикишидан кура афзалроқ икки нарса бирикмагандир. Умар ибн Абдулазиз
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Nazrul Islom 14 Oktyabr 2011, 11:05:47
Sad xazoron domu don ast, ey Xudo,
Mo chu murg`oni xarisi benavo...

                                        Mavlono Rumi
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Lu`lu` 15 Oktyabr 2011, 07:10:10
Sad xazoron domu don ast, ey Xudo,
Mo chu murg`oni xarisi benavo...

                                        Mavlono Rumi

 :)  Мо бурунро нангарему колро,
 Мо дарунро бингарему холро.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Best friend 16 Oktyabr 2011, 23:31:04
O'zbekchasini aytvorila iltimos, bizam hikmatlar shodasidan bahramand bo'laylik...
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Lu`lu` 17 Oktyabr 2011, 03:58:19
O'zbekchasini aytvorila iltimos, bizam hikmatlar shodasidan bahramand bo'laylik...
Ажойиб фе'лларию постлари бн форумни гуллатувчи таржимон ...Кизчамиз борлаю шеттасм имзо колдирсинлар ;)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Maysara 17 Oktyabr 2011, 08:50:10
"Ma'siyatning kichikligiga qarama, kimga osiy bölayotganingga qara!"
(Bilol ibn Sa'd)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Humayro 17 Oktyabr 2011, 09:26:16
биз уриниб курдик:

Sad xazoron domu don ast, ey Xudo,
Mo chu murg`oni xarisi benavo...

                                        Mavlono Rumi

Юзминг дом ва дон бор, А­й Худо
Биз чун ҳарис қушлардек бенаво

(ҳарис - оч, бахил)


:)  Мо бурунро нангарему колро,
 Мо дарунро бингарему холро.

Биз сурати ва кийимига боқмасмиз
Биз сийрати ва ҳолига боқурмиз.

(бурун съни берун - ташкари, ташки куриниш;
коло — кийим-кечак)

Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Safida 17 Oktyabr 2011, 15:12:32
Inson qaysi manzilga ketayotganini bilmasa, uning yelkaniga hech bir shamol ham duch kelmaydi.
SENEKA
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Maysara 18 Oktyabr 2011, 09:08:40
Junayddan: "Qanoat nima?" deb söradilar.
"Istak-xohishlaring hozir yashab turgan paytingdan uyog'iga ötmasligidir!" deb javob berdilar ul zot.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Oymoma 21 Oktyabr 2011, 16:37:54

Hikmatli söz:
"Közni yumgil közga aylansin köngil.
Köz bölurmu Haqni körmas bölsa ul.


Jaloliddin Rumiy.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Humayro 24 Oktyabr 2011, 17:40:49
Har doim Haqni so'zlaganim uchun umrim oxiriga kelib hech bir do'st topmadim o'zim uchun (mazmunan keltirildi)

Umar inb Xattob

Umar (r.a) o'z zamonasida bundoq kuyingan bo'lsa bugun haqni yetkazayotganlar bevafolikdan nolimasalar ham bo'ladi.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Lu`lu` 25 Oktyabr 2011, 09:18:14
Инсон —  буюк бир муъжиза ва унинг ичида ҳамма нарса ёзилган.  
Бирок,  зулмат ва пардалар борки,  улар ёзувларни укишга имкон бермайди.
Бу дунёда юз мингларча нур курсалар хам, асл нурнинг узига киймат бермайдилар.
Агар кузда бир нур булмаса,  у бутун оламни тулдириб турган нурни курмайди...
                                
Ж. А умий " Ичингдаги ичингдадир"
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Maysara 25 Oktyabr 2011, 09:26:46
Ahnaf ibn Qays:
"Allohning toatida sabr qilish u Zotning azobiga sabr qilishdan yengildir."
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Humayro 31 Oktyabr 2011, 11:42:04
Molik ibn Dinor o'lim to'shagida yotganida Sufyon va Muhammad ibn Vasi uning yoniga o'tirishdi va: "Xursand bo'l ey Abu Yahyo! Sen qochayotgan narsangni tark etayotganinga va talpinayitgan narsanga qaytayotganinga amin emasmisan...?" - dedilar.

Molik ibn Dinor esa javob berdi: "Sen mendek insonning Jannatga kirishiga ishonasanmi? Nahotki mendek inson Jannatga kirsa?"


Muhammad ibn Vasi' haqida Jaffar aytgan: "Allohga qasamki agar menga qaysi kitob bilan Alloh huzurida turishlik imkoni berilganda edi, men hech ikkilanmay Muhammad ibn Vasining kitobini tanlagan bo'lardim."

Muhammad ibn Vasi' haqida Qutayb ibni Muslim aytadi: "Muhammad ibn Vasining bitta barmog'i men uchun 100 000 ta pahlavondan afzaldir"

Ana shu Muhammad ibn Vasi' aytadi: "Agar gunohlardan hid taralganda edi, meni yonimda biror odam turmas edi"...
biz-chi, unda biz nima deylik? biz nima deb javob beramiz yo Alloh??
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Maysara 01 Noyabr 2011, 07:35:36
Bir kishi Umar ibn Xattob r.a. huzurida bir ish böyicha guvohlik berdi. Shunda Umar r.a. unga:
- Men seni tanimayman. Biroq tanimasligimning ziyoni yöq, seni taniydigan birorta odamni olib kel! - dedilar.
Shu yerda ötirganlardan bir kishi:
- Men uni taniyman. - dedi.
- Nimasi bn taniysan?
- Adolat va fazlu karami bn.
- U sening kechayu kunduz birga yuradigan, ichiyu tashini yaxshi biladigan yon qöshningmi?
- Yöq.
- U bn kishining parxezkorligiga ölchov böla oladigan, pul muomalasi qilganmisan?
- Yöq.
- U bn kishining ulug' axloq egasi ekanini bilsa böladigan biron marta safarda birga bölganmisan?
- Yöq.
- Sen uni tanimas ekansan.
Söng boyagi kishiga: - Bor, seni taniydigan odamni topib kel! - dedilar.
(Bayhaqiy rivoyati)
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Lu`lu` 22 Noyabr 2011, 04:34:24
Отамиз Одам алайҳиссаломнинг ва онамиз Ҳавво розисллоҳу анҳонинг ерга туширилишларининг ҳикмати — жаннат номли олий бир маконда абадий бахтли сшашга лойиқ даражада нафсларини тарбис сттиришдир.
Тазкистун нафс
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Lu`lu` 01 Dekabr 2011, 03:10:36
Аамоз баданнинг закотидир.

Инсондаги киймати баланд нарса аклдир. Унинг улчами сса иймон биландир (تطوير العقل يعتمد على الايمان)
                             Жаъфар ас Содик.


Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Humayro 01 Dekabr 2011, 10:37:34
Jihod - qatl qilish emas,
Jihod - hayotga qaytarishdir.

Purdil
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Lu`lu` 13 Dekabr 2011, 05:12:10
 Донишманд айтади: "Бир фирка софлигидан, жамоатнинг лойкаси схши".
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Humayro 13 Dekabr 2011, 08:44:14
Донишманд айтади: "Бир фирка софлигидан, жамоатнинг лойкаси схши".

Izohlasangiz opajon, tushunishga ojizlik qilayapti aqlimiz
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Lu`lu` 13 Dekabr 2011, 09:40:32
Донишманд айтади: "Бир фирка софлигидан, жамоатнинг лойкаси схши".

Izohlasangiz opajon, tushunishga ojizlik qilayapti aqlimiz
Али кв. даврларидаги хаворижлардан тортиб, бугунги кунимиздаги "куфр давлат"да ишлашни ва жамоа намозини инкор килувчилар... хакидадир.

Сув лойкаланганда, хас-чуплар киргокка чикиб, сув бир тозаланиб олади.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 13 Dekabr 2011, 10:13:48
"Аввал масжидларимиз хароб сди, калбларимиз обод сди. Енди масжидларимиз обод булсбди, калблар сса хароб"

Анас розисллоху aънху
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 13 Dekabr 2011, 10:14:53
Ja'far Sodiq shunday ma'noda deydi:
-ALLOH taolo o'z g'azabini ma'siyatlar ichiga yashirgan. Shuning uchun hech bir gunohni kichik sanama. Qaerdan bilasan balki sen haqir sanayotgan gunohda ALLOHning g'azabi bordir?

ALLOH taolo O'Z rahmatini toatlar ichiga berkitgan, shuning uchun hech bir ibodatni kichik deb bilma. Qaerdan bilasan balki sen kichik deb bilgan ibodatda ALLOHning rahmati bordir?

ALLOH taolo O'Z do'stligini bandalari ichiga yashirgan, hech bir bandani haqir sanama, qaerdan bilasan balki sen haqir sanagan banda ALLOHning do'sti Valiyullohdir?

ALLOH taolo, ijobatni duolar ichiga yashirgan:
Duoni tark etmanglar, balki siz tark etgan duoda ALLOHning ijobati bordir?
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 13 Dekabr 2011, 10:15:38
"So'zi va harakati bilan senga ALLOHni va Oxiratni eslatmaydigan kimsa bilan aslo do'st bo'lma".


Fuzayil ibn Iyoz.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: ibnUyayna 13 Dekabr 2011, 10:21:51
Иброҳим Ан-Аахаий раҳимаҳуллоҳ Аллоҳ таолонинг: «Бас, уларнинг срталарида то қиёмат кунигача буғзу адоватни авж олдирдик» (Моида: 14) ости тафсирида: «диндаги хусумат ва тортишувлар» деганлар (Ибн Жарир «Тафсир»ида (10/137, â„–11598) келтирган).

Бакр ибн Ааср (ёки Бакр ибн Музор) раҳимаҳуллоҳ айтади: «Аллоҳ таоло агар бир қавмга ёмонлик истаса, уларни талашиб-тортишувга тушириб қссди ва амал қилишдан ман қилиб қссди» (Ибн Абдилбар «Жомиъ баснил-илм»да (2/933, â„–1777) келтирган).
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: ibnUyayna 13 Dekabr 2011, 10:49:35
умматнинг забардаст уламолари ва буюк имомлари диндаги илмий ва фиқҳий масалаларда сзаро ихтилофларга борганлар, баҳсу мунозаралар қилганлар, бир-бирларининг ссзларига раддис берганлар. Бироқ, бу улар сртасидаги дсстликка ва меҳр-муҳаббатга раҳна солган смас, уларнинг бу ихтилофларидан умматга бирон зарар етган смас.
 Зеро, мужтаҳид уламоларнинг ихтилофлари раҳмат ва неъматдир, жоҳилларнинг ихтилофлари сса мусибат ва кулфатдир. Чунки, жоҳиллар илм масалаларида ихтилоф қилиш у ёқда турсин, илмий масалаларда шунчаки ссз юритсалар ҳам, фасодга сабаб бсладилар.Чунки, улар онгсизларча сзлари билмаган нарсаларини ссзлайдилар ва одобсизларча талашиб-тортишадилар.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Lu`lu` 13 Dekabr 2011, 12:24:15
Амалнинг юксак даражаси Аллохнинг хукмига сабр килиш ва такдирга рози булишдир. Абу Дардо.

Жасорат 10 кисмдир. Биттаси куркмаслик, туккизтаси диккат ва схтиеткорликдир. Хазрат Али кв.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Safida 28 Dekabr 2011, 15:26:00
"Ilm inson sari emas,balki inson ilm sari yurmog'i zarur"
Abdulloh ibn Abbos r a.
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 03 Aprel 2012, 20:51:51
Saxovatli kishi shunday kishiki, birov so'ramasa ham, oldindan o'zi bilib hadya qiladi.
Sa'diy
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 03 Aprel 2012, 20:52:49
Keksaygan odam yoshlik o'tida yonolmaydi.
Abu Ali ibn Sino
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 03 Aprel 2012, 20:54:04
Libosingni va badaningni toza tut, zero salomatlikning ikki siri shundadir.
Luqmoni Hakim
Nom: Re: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: UzMuslim 27 May 2012, 23:27:54
Iymonsizga iymon farz, iymonliga amal farz.
Imom Abu Hanifa
Nom: Javob: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 25 Dekabr 2013, 09:27:35
"Bo'shamasa tili g'iybatdan, bo'shamaydi dil uqubatdan"
Farididdin Attor
Nom: Javob: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: Abdulhafiz 25 Dekabr 2013, 09:29:02
"Tildan ko'ra qamoqda turishga hojatliroq narsa yo'q"
Abdulloh ibn Mas'ud
Nom: Javob: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: MirzoMuhammad 30 Aprel 2019, 13:10:13
Назардан сақланинг
Дебдиларки, бир шайхнинг олдига муридлари қаттиқ ташвиш билан келишиб:
-   Ҳазратим, ўғлингиз йиқилиб тушди! – дейишди. Шайх сўради:
-   Қаердан йиқилди?
-   Томдан! – дейишди. Шунда шайх хотиржам бўлиб:
-   Томдан йиқилган бўлса ҳеч қиси йўқ. Бирор жойи шикаст еган бўлса ҳам кейин тузалиб кетади. Бироқ назардан йиқилмасин, назардан! Назардан қолган одам қайтиб тузалмагай! – деган экан.
Бу етарли сабоқ. Назардан қолишдан эҳтиёт бўлинг. Ҳар кимдан эҳтиёт бўлинг. Ҳеч ким назар-писанд қилмаган нотавондан ҳам, ҳамманинг эътиборида бўлган обрўли одамдан ҳам эҳтиёт бўлаверинг. Зинҳор катта кетманг.
Яна бир ривоят. Шайх Иброҳим Ҳаққий ёшлигида Исмоил Фақируллоҳ ҳазратларига шогирд бўлган эди. Бир куни устоз уни сув келтиришга буюрди. У булоқдан кўзасига сув олаётганида бир отлиқ келиб, «Отимни ҳуркитдинг» деган баҳона билан Иброҳимни итариб юборди. Унинг кўзаси ерга тушиб, синди. У йиғлаб устозининг ҳузурига келди.
- Нима бўлди, ўғлим? - сўради устоз.
- Булоқдан сув олаётсам, бир отлиқ келиб итариб юборган эди, кўза қўлимдан тушиб, синди.
- Кўзани синдирган одамга бирор нарса дедингми?
- Йўқ, ҳеч нарса дея олмадим.
- Бир оғиз ҳам гапирмадингми?
- Йўқ.
- Унда тез орқангга қайтиб, отлиққа бирор нарса деб кел.
Исмоил Фақируллоҳнинг бу буйруғи ҳаммани ҳайрон қилди. Иброҳим ноилож югуриб булоқ бошига борди. Отлиқ отини суғораётган экан. Иброҳим анча тараддудланиб турди, аммо ҳеч нарса дея олмай ортига қайтди.
- Гапирдингми? - сўради устози.
- Йўқ.
- Вақт ўтказмай югур, унга бирор ёмон гап айтиб кел.
Иброҳим яна югуриб булоқ бошига борди. Қараса, ўша отлиқ ерда ётибди. Унга яқин келди, унинг боши ёрилган, ўзи беҳуш эди. Бу ҳолатдан қўрқиб кетган Иброҳим устозининг ёнига чопди ва унга бўлган воқеани айтиб берди.
- Эҳ, ўғлим, биргина кўза учун бир одамни ўлдиртирдинга бир оғиз ёмон сўз айтганингда, балки, бу ҳодиса рўй бермасмиди?! — деди устози. Шогирдларининг тушунмай ҳайронликда турганини кўрган устоз изоҳ берди:
- Бир киши бошқа бир кишини ноҳақ хафа қилса, йиғлатса, мазлум унга қарши ҳеч нарса қилмаса ёки қилолмаса, унинг кўнгли озор топгани учун Ҳақ таоло золимдан унинг ҳақини олади. Кўзаси синган Иброҳим отлиққа ҳеч бўлмаганда «Нима қилиб қўйдинг?!» деганида, ўша одам отининг тепкисидан омон қолармиди... («Сиз қандай яшамоқчисиз?» китобидан)

Абдулазиз Мўминов. Асака туманидаги Мамирқори жомеъ масжиди имом хатиби
Улуғбек қори Йўлдошев
Nom: Javob: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: MirzoMuhammad 04 May 2019, 09:04:56
ЛУҚМОНИ ҲАКИМ ҲАҚИДА

Ибн Аббос розияллоҳу анҳумонинг таъкидлашича, Луқмони Ҳаким ҳабаший қул бўлган. Отасининг оти Боуро. У Озар (Торах) авлодидан бўлиб, Айюб алайҳиссаломнинг синглиси ёки холасининг ўғлидир. Луқмони Ҳаким Довуд алайҳиссалом замонигача яшаган ва у зотдан илму ҳикмат ўрганган.
Луқмони Ҳакимнинг отаси Айюб алайҳиссаломнинг синглиси ёки холасининг ўғли эканидан келиб чиқилса, уни Дамашқ атрофида, милоддан аввалги XVI асрларда туғилган деб тахмин қилиш мумкин бўлади. Шу тахмин бошқаларидан кўра ҳақиқатга яқинроқ келади.
Довуд алайҳиссалом барпо этган давлатнинг Фаластин, Сурия ва Арабистон яриморолининг бир қисмига қадар чўзилгани ҳам бу фикрни тасдиқлайди.
Бироқ Довуд алайҳиссаломнинг милоддан аввалги XI аср атрофида яшагани Луқмони Ҳакимнинг умрини қарийб 500 йилга қисқартириб юборади. Лекин Луқмони Ҳакимга еттита бургутнинг умри берилганидан мўлжал олинса, энг узоқ умр кўрган бургут 80 йил яшайди. 7 ни 80 га кўпайтирсак, 560 бўлади. Шу ҳисоб унинг ёшига тўғри келади. Аммо минг йилга етмайди.
У зот қул бўлган ва кейинчалик ўткир донишмандлиги туфайли озод қилинган, Яна бир тахминга кўра, тикувчи ва дурадгор бўлган, бошқа бирида эса Довуд алайҳиссаломнинг шогирди бўлган ва Довуд алайҳиссалом уни қозилликка тайин қилган деб айтилади.
Арабларнинг кўплаб урф-одатлари Луқмони Ҳаким таъсирида шакллангани айтилади. Унинг даъватлари ислом дини арконларига амал қилиш мавзуида бўлган: ибодатни ўз вақтида қилиш ва бошқа маънавий-ахлоқий нормалар. (muslim.uz)
Аллоҳ субҳонаҳу ва таоло Қурони каримда Луқмони ҳаким ҳақида шундай деган:
وَلَقَدْ آتَيْنَا لُقْمَانَ الْحِكْمَةَ أَنِ اشْكُرْ لِلَّهِ وَمَن يَشْكُرْ فَإِنَّمَا يَشْكُرُ لِنَفْسِهِ وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ اللَّهَ غَنِيٌّ حَمِيدٌ
   “Батаҳқиқ, Биз Луқмонга: «Аллоҳга шукр қил. Ким шукр қилса, ўзи учун қиладир. Ким ношукрлик қилса, бас, албатта, Аллоҳ беҳожат ва мақталган зотдир», деб ҳикматни бердик”. (Луқмон. 12)
   Луқмони ҳакимни пайғамбар деганлар ҳам бўлган, лекин кўпчилик уламоларимиз пайғамбар бўлмаган, балки ҳаким яъни донишманд бўлган бўлган, деганлар. Ибн Аббос разияллоҳу анҳумо у зотни ҳабаший дурадгор бўлган, деган.
   Мазкур сурада унинг ўғлига қилган насиҳатлари баён қилинади, яъни:
يَا بُنَيَّ إِنَّهَا إِن تَكُ مِثْقَالَ حَبَّةٍ مِّنْ خَرْدَلٍ فَتَكُن فِي صَخْرَةٍ أَوْ فِي السَّمَاوَاتِ أَوْ فِي الْأَرْضِ يَأْتِ بِهَا اللَّهُ إِنَّ اللَّهَ لَطِيفٌ خَبِيرٌ * يَا بُنَيَّ أَقِمِ الصَّلَاةَ وَأْمُرْ بِالْمَعْرُوفِ وَانْهَ عَنِ الْمُنكَرِ وَاصْبِرْ عَلَى مَا أَصَابَكَ إِنَّ ذَلِكَ مِنْ عَزْمِ الْأُمُورِ * وَلَا تُصَعِّرْ خَدَّكَ لِلنَّاسِ وَلَا تَمْشِ فِي الْأَرْضِ مَرَحاً إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ كُلَّ مُخْتَالٍ فَخُورٍ * وَاقْصِدْ فِي مَشْيِكَ وَاغْضُضْ مِن صَوْتِكَ إِنَّ أَنكَرَ الْأَصْوَاتِ لَصَوْتُ الْحَمِيرِ
“Эй ўғилчам, Аллоҳга ширк келтирма. Албатта, ширк катта зулмдир. Эй ўғилчам, албатта, у(амал) агар ачитқининг бир дона уруғича бўлсаю у бир қоя тош ичида ёки осмонларда ёхуд ерда бўлса ҳам, Аллоҳ уни келтирур. Албатта, Аллоҳ ўта лутфли ва ўта хабардор зотдир.
Эй ўғилчам, намозни тўкис адо қил, яхшиликка буюриб, ёмонликдан қайтар ва ўзингга етган мусибатга сабр қил. Албатта, булар азм этилажак ишлардандир.
Одамлардан такаббурла юз ўгирма ва ер юзида кибр-ҳаво ила юрма. Албатта, Аллоҳ ҳеч бир мутакаббир ва мақтанчоқни севмас.
Юришингда мўътадил бўл ва овозингни пасайтир. Чунки овозларнинг энг ёмони эшакнинг овозидир”.
   Яна бошқа ривоятларга кўра Луқмони ҳақим ўз фарзандига насиҳат қилиб шундай деган:
   “Эй ўғлим, уч нарсани эҳтиёт қил:
   Аввал охират учун динингни эҳтиёт қил.
   Иккинси саломатлик учун ҳикматни (табобатни) эҳтиёт қил.
   Учинчи таъмагир бўлиб қолмаслик учун молингни эҳтиёт қил.
   Эй ўғлим, билимсизлар билан дўст бўлма, хасислардан нарса сўрама. Илм ўрган, кимнинг илми бўлмаса, иззати бўлмайди. Кимда мулойимлик бўлмаса, илмдан баҳра олмайди. Кимда саҳоват бўлмаса, дўст бўлмайди. Кимнинг дўсти бўлмаса, давлати бўлмайди.
   Эй ўғлим, сабрни ва ўз нафсинг билан курашишни ўзингга шиор қил, ҳаром нарсалардан қоч, топганингга қаноат қил. Бировнинг ризқ-рўзига кўз олайтирма, шунда ўзингни қийнашдан қутуласан! Таомдан оч, ҳикматдан тўқ бўл. Одамларнинг фаҳмига яраша гапир. Иложи борича жимликни ихтиёр қил, шунда одамларнинг ёмонлигидан омон бўласан. Аблаҳларга қарши сукутдан кўмак қидир. Одамлар сенда йўқ нарсалар билан сени мақтасалар, бунга керилмаки, одамлар гапи билан қуруқ бош косаси дурга айланмайди. Ўзингдан кучлилар билан жанжаллашма, ўзингдан кучсизларни эрга урма. Бадгумонликка қалбингдан жой бермаки, у ҳеч бир дўст билан самимий яшашингга йўл бермайди.

   Абдураззоқ Фармонов. Асака т. "Сиддиқ ҳожи" жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: MirzoMuhammad 11 May 2019, 11:35:40
Замзам суви
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васаллам айтганларидек, замонамиз дунёвий олим ва тадқиқотчилари эътироф этганларидек ер юзидаги энг тоза сув – Замзам суви ҳақида нималарни биламиз?
Аввало бу ҳақда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васалламнинг шундай сўзларини келтирамиз:
عن عبدالله بن عباس رضي الله عنهما قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: خير ماء على وجه الأرض ماء زمزم ، فيه طَعام الطُعْم ، وشِفَاء من السقم. رَوَاهُ الطبراني
Абдуллоҳ ибн Аббос разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Ер юзидаги энг яхши сув замзам сувидир. Унда очга таом, касалга шифо бордир», - дедилар» (Табароний ривояти).
Японияда энг кўп сотилган китоблар қаторидан жой олган Др. Ямотонинг Замзам бўйича ёзилган китобида Замзам физикавий ва кимёвий хоссалари жиҳатидан ер юзидаги барча сувлардан бошқача.
Замзамнинг уютувчи хоссаси бор эканлигини, бир пиёласи бир челак техник сувни тозалашини, бу хоссасига қарамай энергия ва шифо манбаи эканлигини исботлаган Пфайфер “Сув ҳар қанақа шарт остида ўзгармайди, лекин ўзгартиради” дейди. Немис мутахассиси қуйидагиларни билдиради: “Жуда ажойиб бир тажриба ўтказдим. Бир томчи Замзам сувига юз томчи оддий сув аралаштирдим. Натижада кўрдимки, сувнинг ҳаммаси Замзамга айланибди. Сўнгра бир томчи Замзамга минг томчи оддий сув аралаштирдим. Ва яна бу сувнинг Замзамга айланганига гувоҳ бўлдим. Бунинг сабаби нима? Замзамда шундай бир энергия борки, бошқасини ўзгартиради, лекин ўзи ўзгармайди.”

“Замзам” сўзининг маъноси ҳақида шундай дейилади:
“Замзам сўзига луғавий жиҳатдан тўрт хил маъно берилган:
1. Кўп. Яъни ушбу қудуқнинг суви кўп бўлгани учун «замзам» (кўп) деб номланган;
2. Тўпланган. Яъни Ҳожар онамиз ердан сув чиқиб атрофга ёйила бошлаганда сувга қараб: — Эй муборак сув «зам, зам» (тўплан), – деган. Сув ёйилиб кетмасдан тўпланиб қолган. Шундан ўша «тўхта-тўхта» маъносидаги «замзам» сўзи унга ном бўлиб қолган;
3. Тўсилган. Яъни ердан сув чиқиб атрофга ёйила бошлаганда Ҳожар онамиз тупроқ билан унинг атрофини тўсиб чиққан. Шундан ўша «тўсилган» маъносидаги «замзам» сўзи унга ном бўлиб қолган;
4. Замзам. Яъни замзам номи бошқа бирор маънодан олиниб унга ном бўлиб қолган эмас. Истилоҳда эса замзам деганда Масжидул ҳаромдаги машҳур қудуқдан олинадиган сув тушунилади”.
   ثنا عمر بن الحسن بن علي ثنا محمد بن هشام بن عيسى المروزي ثنا محمد بن حبيب الجارودي نا سفيان بن عيينة عن بن أبي نجيح عن مجاهد عن بن عباس قال قال رسول الله صلى الله عليه و سلم : ماء زمزم لما شرب له إن شربته تستشفي به شفاك الله وإن شربته لشبعك أشبعك الله به وإن شربته ليقطع ظمأك قطعه الله (سنن الدارقطني)
Ибн Аббос разияллоҳу анҳумо айтади – Расулуллоҳ саллаллоху алайҳи ва саллам:
   “Зам зам суви нима учун ичилса ўшангадур. Агар унинг шифо бўлишини сўраб ичсанг, Аллоҳ сенга шифо берур. Тўйиш учун ичсанг, Аллоҳ сени у ила тўйдирур. Чанқоғингни кетказиш учун ичсанг, Аллоҳ сенинг чанқоғингни кетказур”. (Дорақутний Ривояти) 
   Бу мўътабар сувнинг тарихи шундайки, Ҳожар онамиз ёш гўдаги Исмоил (алайҳиссалом) билан чўлу биёбонда сувсиз ва озуқасиз қолган вақтда Сафо тепалигига чиқиб ўғли Исмоилга Аллоҳ таолодан сув етказишни сўраб дуо қилади. Сўнгра ундан тушиб Марва тепалигига йўл олади ва унинг устига чиқиб дуо қилади. Етти марта иккаласи орасида шундай ҳаракат қилади. Шунда Аллоҳ таоло Жаброил (алайҳиссалом)ни юборади ва у замзам қудуғи ўрнини ишқайди ва ўша жойдан сув отилиб чиқади, яъни замзам қудуғи пайдо бўлади.
   (Манба: siyrat.uz ва muslim.uz)

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: Hikmatlar shodasi
Yuborildi: MirzoMuhammad 03 Iyun 2019, 11:36:17
Барча надоматдадир
Инсон қанча умр кўрмасин, охири Тангрисига рўбарў бўлиши бор. омонатни топширар вақти келар экан, қанча узоқ яшаган бўлса ҳам, қанча қисқа умр кўрган бўлса ҳам, бари бир ўтган умр лаҳзада ўтиб кетгани кабидир. Ҳатто қиёматнинг қоим бўлиши ҳам ўтган умрга солиштирилганда жуда ҳам қисқадир. Аллоҳ субҳонаҳу ва таоло Қуръони каримда қиёмат кунини, ҳисоб-китоб кунини “эртагалик кун” маъносида баён қилган:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَلْتَنظُرْ نَفْسٌ مَّا قَدَّمَتْ لِغَدٍ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ
Яъни: “Эй иймон келтирганлар! Аллоҳга тақво қилинглар! Ҳар ким эртагалик учун нима тақдим қилганига назар солсин. Аллоҳга тақво қилинглар! Албатта, Аллоҳ нима қилаётганингиздан хабардордир”. (Ҳашр. 18)
Буни неча бора таъкидлаймиз, лекин барибир нафсимиз ғолиб келиб, ҳар куни ғафлатда бўламиз. Балки кимдир қўлидан келганича тиришиб ҳар кунни ғанимат билаётгандир, лекин ўша ҳам озга ўхшайди.
Ривоят қилишларича Искандар Зулқарнайн тунги юришлардан бирида қўшинидаги аскарларга:
“Йўл-йўлакай оёғингиз остидаги нарсаларни тўплаб боринг!” – дея буйруқ берган экан. Буни эшитиб аскарлардан бир гуруҳи:
“Ўзи кечаси ҳам тин олмай юриб, чарчоқдан ўлар ҳолатда турибмиз, камига оёқ остидаги нарсаларни ҳам йиғиштириб юрамизми энди, тош-пошлар нимага ҳам керак бўларди?!” – дея ҳеч нарса қилмай кетаверишди.
Иккинчи гуруҳ:
“Модомики қўмондонимиз буюрдими, оз бўлса ҳам айтганини қилиб қўяйлик”, деган фикр билан номига бир нималар йиғиб қўйишди.
Қолган учинчи гуруҳ бўлса:
“Қўмондон бу ишни бежиз буюрмаган, албатта бунда бир ҳикмат бор!” – деб бутун хуржунларини оёқ остидаги тошлар билан тўлдириб олдилар.
Тонг отгач, кўришсаки, тош деб йиққанлари олтин бўлаклари экан. Қўшин тунда олтин конидан ўтган экан. Бу ҳолатни кўриб биринчи гуруҳ:
“Эҳ, нега Искандарнинг сўзига қулоқ солмадиг-а! Афсус, шунча бойликдан қуруқ қолдик”, деб қаттиқ пушаймон бўлишди.
Иккинчи гуруҳ бўлса:
“Эссизгина-я, кўпроқ йиғиб олмаган эканмиз-да! – дейишди.
Ҳатто кўпгина олтин йиққанлар ҳам:
“Кераксиз юкларимизни ташлаб, уларнинг ўрнига ҳам йиғиб олмаган эканмиз-а! – деб надомат қилган экан.
Охират мисоли ҳам шундай. Имон келтирмаганлар:
“Кошки биз ҳам мўмин бўлганимизда эди, ҳеч бўлмаса охири мана бу дўзах азобидан қутулиб, жаннат роҳатига эришардик, жаҳаннамда абадий қолмасдик”, дейишаи.
Савоб амаллари оз бўлган мўминлар:
“Хайрли ишларни янада кўпроқ қилганимизда эди, яна юқори мартабаларга етишар эдик, - дейишади.
Бутун умрини ибоатда ўтказган мўминлар ҳам:
“Эҳ, қанийди мақомимизни бундан-да юксалтирувчи намозларни кўп ўқиб, садақа-эҳсонларни яна ҳам кўпроқ қилганимизда эди”, деб афсусланадилар.

Иминов Муҳаммадсобир. Асака т. "Ҳазрат Умар" масжиди имом хатиби