forum.ziyouz.com
Kutubxona => Boshqa kitoblar => Mavzu boshlandi: Abdusalom 20 Iyun 2006, 03:12:21
-
KANT HIKMATLARIDAN
«Hech kimga zarar yetkazmaydigan yolg‘onni ham gunohsiz, deb bo‘lmaydi».
«Aql-zakovat va ma’naviyatsiz, faqat huzur-halovat uchun yashovchi insonlarning hayoti bir chaqaga ham arzimaydi».
«Hayoti bebaho qiymatga ega kishilar o‘limdan kamroq qo‘rqadilar».
-
"¢ Ahmoqni yuz darra urgandan ko‘ra esi bor odamga bitta tanbeh kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi.
"¢ Yo‘lda esi past bilan uchrashgandan ko‘ra bolalarini yo‘qotgan ona ayiqqa duch kelgan afzalroqdir.
"¢ Do‘st hamma vaqt yaxshi ko‘radi, qora kuningda ham akang kabi yetib keladi.
"¢ Aqli noqis odamgina o‘z yaqini uchun kafil bo‘ladi.
-
"¢ Eshitadigan quloq, ko‘radigan ko‘z — unisini ham bunisini ham Parvardigor yaratgan.
"¢ Uyquni yaxshi ko‘rma — qashshoq bo‘lmaysan; ko‘zlaringni ochiq holda tut va mudom to‘ygancha non yeysan.
"¢ Xaridor «Yomon, yomon», deydi; lekin nariroqqa borgach, maqtaydi.
"¢ Oltin bor va ko‘plab inju bor, ammo eng bebaho ashyodono so‘zdir.
-
"¢ Tafakkur yo‘lidan adashgan inson marhumlar mashvaratiga borib qoladi.
"¢ Injiq va badjahl ayol bilan yashamoqdan ko‘ra cho‘lu dashtda kun o‘tkazmoq yaxshidir.
"¢ Otni jang kuniga hozirlaydilar, lekin fath-g‘alaba — Tangridandir.
"¢ Yaxshi nom katta boylikdan afzal va yaxshi obro‘ kumush va oltindan yaxshidir.
-
"¢ Boy va kambag‘al bir biri bilan uchrashadi; har ikkalasini ham Xudo yaratgan.
"¢ Bilim Robbimiz hifzu himoyasida turadi, qonunni buzuvchining so‘zlarini esa u botil qiladi.
"¢ «Ko‘chada sher yuribdi! -deydi yalqov odam. -Maydonning o‘rtasida meni o‘ldirishadi!»
"¢ Buzuq ayol dahani — chuqur jarlikdir; Tangri g‘azabiga duchor bo‘lganlar o‘sha yerga qulab tushadilar.
-
"¢ Kambag‘alni tunovchi bo‘lma, chunki u kambag‘aldir; va eshiging oldida mazlumni izza qilma.
"¢ Chunki Tangri ularning ishiga aralashadi va tunovchilarning ruhini tanidan sug‘urib oladi.
"¢ Agar to‘lashga qudrating qolmasa, ostingdagi to‘shagingni tortib olib ketishlarigacha ahvolga tushirmasang bo‘lmasmidi o‘zingni?
"¢ Ota-bobolaring o‘tkazib ketgan chegaralarni o‘zgartirmagin.
-
"¢ Boylik orttiraman deb joningni koyitma; bunday o‘ylarni boshingdan chiqarib tashla.
"¢ Ko‘zlaringni bu boylikka qaratishing bilan u g‘oyib bo‘ladi; qanot bog‘lab, burgut singari osmonu-falakka uchib ketadi.
"¢ Hasadgi odam uzatgan taomdan yemagin va uning shirinliklariga mahliyo bo‘lmagin.
"¢ Chunki qalbida qanday o‘yi bo‘lsa, o‘zi ham shundaydir; «egin, ichgin», deydi u senga, ammo yuragi sen bilan emasdir.
-
"¢ O‘spirinni jazosiz qoldirma, xipchin bilan savalasang u o‘lmaydi:
"¢ Sen uni xipchin bilan jazolaysan va ruhini jahannamdan qutqarib qolasan.
"¢ O‘g‘lim, mayno‘shlikka berilgan va go‘shtxo‘rlikdan qornini qappaytirib oladiganlar orasida bo‘lmagin:
"¢ Chunki mast va ochafatlar qashshoqlashadi va seruyqulik juldur kiyim kiydiradi.
-
"¢ Haqiqat xaridori bo‘l; donolikni, ilmni va aqlni sotmagin.
"¢ Ey iymonsiz, sen taqvodorning xonadoniga nisbatan shar ishni o‘ylama; uning tinch-halovatini buzma.
"¢ Zero taqvodor yetti marta yiqilsada turadi; murtadni esa o‘lim yutadi.
"¢ Zolimdan koyinma, betavfiqdan o‘kinma, zotan, zolimning kelajagi yo‘q, betavfiqning chirog‘i o‘chadi.
-
"¢ Shimoldan esuvchi shamol yomg‘ir yog‘diradi, yashirin-mahfiy zabon esa dilni og‘ritadi.
"¢ Vayron etilgan devorsiz shahar qanday bo‘lsa, o‘z ruhiga sohiblik qilolmaydigan odam ham shundaydir.
"¢ Otga — qamchin, eshakka — yugan, ahmoqqa esa tayoq kerak.
"¢ Palaxmonga qimmatbaho toshni solib otuvchi kim-u, aqlsizga ehtirom bildirgan kim: ikkisi tengdir.
-
"¢ It o‘z qusgan joyiga qaytgani singari, ahmoq odam ham ahmoqligini qaytaraveradi.
"¢ Chuqur qazgan o‘zi shu chuqurga qulaydi; toshni kim yuqoriga yumalatsa, o‘sha odamning o‘ziga qaytib tushadi.
"¢ Yolg‘on zabon o‘zi zarar yetkazadiganlarni yomon ko‘radi, xushomadgo‘y og‘iz esa qulashni hozirlaydi.
"¢ Ertangi kun bilan maqtanmagin; zero o‘sha kun nimani tug‘ishini bilmaysan.
-
"¢ O‘z do‘stingni va otangning do‘stini tashlab ketmagin; va baxtsiz kuningda iningning uyiga bormagin; uzoqdagi og‘ayningdan yaqindagi qo‘shning yaxshi.
"¢ Aqlsizni keliga solib don bilan birga to‘ysang ham ahmoqligi undan ajramaydi.
"¢ Subutsiz-yolg‘onchi odam hech kim ortidan quvmasa ham qochadi, iymonli inson esa sherdek dovyurak bo‘ladi.
"¢ Qulni bolaligidan rohatda tarbiyalashsa, kattargach u farzand bo‘lishni istaydi.
-
"¢ Uy va mol-mulk — volidlardan meros, aqlli xotin esa Tangrining tuhfasidir.
"¢ Qura tashlash kuchlilarning bahs-tortishuvlariga barham beradi.
"¢ O‘lim va hayot — til hukmidadir; va uni sevuvchilar uning mevalaridan ham bahramand bo‘ladilar.
"¢ Yolg‘on guvohlik beruvchi jazosiz qolmas va yolg‘on so‘zlovchi o‘zini qutqarolmas.
-
"¢ Xudovand o‘zi uchun hamma narsani qildi: hatto gunohkor kimsani ham hisob-kitob kunigacha saqlashni zimmasiga oldi.
"¢ Keksalarning hayot cho‘qqisi — o‘g‘illarining o‘g‘illari, farzandlar sharafi — ularning ota-onasidir.
"¢ O‘z-o‘zingni donishmand deb o‘ylama, Parvardigordan qo‘rqgil, yomonlikdan uzoqda yur.