forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: Foniy 12 Dekabr 2007, 17:30:19

Nom: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: Foniy 12 Dekabr 2007, 17:30:19
Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda so'zlashish madaniyati, odoblari,.. haqida fikrlashamiz.

Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
So'zda sehr bor, she'rda esa hikmat.

Kishining go'zalligi - uning tilidan bilinur.

Sizlarning yaxshilaringiz - xushxulq, shirin suhbatlilaringizdir. Yomonlaringiz esa og'zini to'ldirib, ezmalik ila ko'p gapiruvchilaringizdir.

Odamlar bilan xushmuomala bo'linglar. Odamlarga qattiqqo'llik qilib behayo so'zlamanglar!
Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: Amina 13 Dekabr 2007, 12:55:24
Umuman olganda suzlashuv madaniyati  kishilarda tassurot qoldirishning eng muhim belgisi hisoblanadi. kishilar bilan muloqot qilish jarayonida har bitta gapni uylab gapirish kerak.Iloji boricha kuproq xushmuomala bolish kerak. Ayrim "muomalaga tushunmaydigan insonlar" yonida esa iloji boricha suzlamay turish ma`qulroq. Kop gapirishdan kora oz suzlash foydali. yoki sukut saqlash am kishining obruyiga katta ta`sir kursatsa ajab emasa.
Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: Robiya 15 Dekabr 2007, 14:11:11
" Senga nimaiki demasinlar, hech kim bilan, xuddi uning sen bilan so'zlashishga haqqi yo'qday, gaplashma "  Qadimgi Misr hikmati

 Chindan ham so'zlashuvda manmanlik qilgan kishi o'z suhbatdoshi uchun noqulayliklar tug'diradi. Suhbat jarayonida hammaga teng nazar bilan qarash kerak.
Nom: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: lolo 20 Yanvar 2008, 06:50:33
Insoniyat odobining va odamiylik asosining ulug' qasri ustunlaridan biri bu so'zlashishdir. So'zlashishning qimmatbaho gavhari esa muloyimlik va odobdir. Axloq arkining yuqorisida o'tiruvchilarning aytishicha, insoniyatning kamoloti va bilimining baland martabalaridan biri chiroyli gapirish va chiroyli so'zlash bo'lib, bu bog'ning guli aql bahoristonining nasimi bilan ochiladi va saodatning yorqin javohir dasturxonini aql savdogarlarigina yoza oladi. Til har bir aql sohibi fazilati xazinasi kalitidir va har kimsaning bilimi miqdori uning so'zlari orqali ma'lum bo'ladi.

Har kim kam so'zlasa yaxshidir so'zi,
Undayin kishida inson fazli bor.
Behuda so'zlovchi palid zabondir,
Ko'p so'zda ko'p ma'no bo'lmaydi zinhor.

Bir kishi bir hakimning ziyoratiga bordi, hakimning yonida behuda so'zlarni haddan ziyod so'zladi va nihoyat u o'z so'zlarini: "endi so'zlashni bas qilay" deb yakunlagan edi, hakim unga shunday javob qaytardi: "Y'oq, sen so'z so'zlaganing yo'q!"

Behuda so'zlarni so'z deb bo'lmaydi,
So'z ulki, eshitgan olsin bir foyda.
So'zlasang, so'zingni ko'p uzoq qilma,
Malollik yetadi uzaygan joyda!

P.S. So'zlashda besabab va bemavridlik kaliti bilan takallum qulfini ochmaslik lozimki, so'z gavhari to'g'ri va aniq bo'lsa-da, bevaqt va bemahal aytilsa idrok bozorining gavharshunoslari nazarida e'tibordan chetda qoladi va hech kim uni eshitishga rag'bat qilmaydi.
Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: Robiya 31 Yanvar 2008, 10:31:10
Jahonni ko’p ko’rgan keksa suhandon,
O’ylab ko’rib, so’ngra so’z boshlar ravon.
O’ylamasdan so’zga dam urma hecham,
Soz so’zlagil,kechroq so’zlasang ne g’am.
Yaxshi o’ylab, so’ngra so’zga ur nafas,
To’xtat suhbatdoshing demasidan "œbas",
Nutqi — la hayvondan ajralur inson,
Puch so’zlasa undan yaxshidir hayvon.


Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: Robiya 04 Mart 2008, 10:39:19
Тил кснгил таржимони. Тафаккур оламида юзага келган, хаёлда кезинган фикр-мулоҳазалар тил воситасида ифода қилинади. Тил Аллоҳ таоло инсон зотига ато стган снг улуғ неъматлардан бири. Инсонлар тил воситасида муомалага киришадилар.
Ҳар инсон сз қарашларини осон услубда, тушунарли шаклда ифода қилса, нур устига нур. Акс ҳолда муаммолар пайдо бслади, мужмаллик асабга тегади, билим сависмизга, дунёқарашимизга салбий таъсир стади.
Аотиқнинг айтганлари ҳикматли ссзлар, мақолалар билан безалса фикри тушунарли, таъсирчан ост ва ҳадисларга таснса асосли бслади.

Алломалар тилида, ссзи ёки ёзувида сунъийлик, ғайритабиийлик сезилмайди. Улар тилидан ҳикмат ёғилади. А­шитган киши ксп саволларига жавоб топади.
Аниқ айтадиган гапи бслмаган одам чайналади, бир гапириб икки тсхтайди. Аафақат сзини, балки тингловчини ҳам қийнаб юборади. Бундай "Аотиқ"нинг жим тургани маъқул смасми? Аслида, баъзан инсон сукут сақлаб ҳам схшигина "гапириши" мумкин. Кимдир қош чимириб, кимдир мийиғида кулиб, умуман юзидаги имо-ишора билан ҳам ссзлайди одам. Гоҳида бу ҳолат, съни, инсон юзидаги ифода тинимсиз гапирган кимсанинг нутқидан таъсирли чиқади. Баъзида гапнинг сга-кесимини жойига қсйиб, сунъий бир куюнчаклик билан адабий тилда тарақлатиб гапирган кишининг гапидан ксра, шева ссзларини аралаштириб, юракдан ссзлашган кишининг гаплари кспларга маъқул келади.
Машғулот жараёнида фикри чалғиган муаллим сқувчини авраб бир амаллаб вақтни стказиши мумкин. Иложини топмаса, таълим жараёнини танбеҳга, миш-мишларга буриб қссқолади...
Аутқ гсзал, тушунарли ва маъноли бслиши керак. Айниқса, киши халқ оммаси олдида туриб гапирса, одамлар кснглига сқин тилда ссзлашиши лозим. Шунда айтилган гап таъсирли чиқади, унга сшитувчи амал қилади. Manba (http://hidoyat.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=91&Itemid=42//Manba)

Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: Amina 07 Aprel 2008, 17:34:48
albatta suzlashish bu kishining madaniyatini bildiruvchi eng asosiy belgi hisoblanadi. Inson hayot ekan, u turli xil vaziyatlarda, turili xildagi insonlar bilan suzlashib turadi., Ayni shu paytda u birgina suz bilan uzining "qanday" ekanligini aytib beroladi. ammo bugungi kunga kelib, bu juda dolzarb muammo sanalmoqda. negaki kishilar "suzlashish madaniyati" degan tushuncha borligini unutib quymoqdalar...
Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: Bobomurod-max 23 Aprel 2009, 20:26:53
Assalomu alaykum ahli Turkiston!! Yuqorida suzlashish borasidagi ajoyib fikrlardan bahra olish bahti nasib qilibdi, shu borada men ham ikki og'iz aytar su'zimni yozsam degandim. Suzlashuv deganda hali ham ku'p chilik ovoz chiqarish orqali u'z fikrini tushuntirishni tushunadi. Su'zlashuv sa'natidan yiroq kishilar hatto u'z ona tilida uddalab gapira olmaydi. Juda ku'p ruscha su'zlarni ishlatish oqibatida juda hunuk lahja paydo bulgan!! bu tilni u'zbek tili deyishga og'iz bormaydi. yaqinda bir qizginani dadasiga " papa maktabimgacha otvezyosh? " deganini eshitib qoldim... buni qanday sharhlashga ojiz qolasan kishi
Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: _NOSTRA_ 22 Noyabr 2009, 11:19:15
Assalomu alaykum.Bu hozirgi kundagi eng dolzarb mavzulardan.Chunki har bir aytilgan gap otilgan o'q demakdir,afsuski ayrim birodarlarimiz bu haqida o'ylashmaydi.Insonni har bir aytgan so'zi uni ichki dunyosi tasvirini suxbatdoshiga chizdirish demakdir.Suxbatdosh sizni gaplaringizga qarab siz haqingizda fikrga ega bo'ladi.Siz fikr bildirayotgan paytda suxbatdoshingizni faqat ijobiy emas balki salbiy fikr bildirishiga ham tayyor turish sizni bildirmoqchi bo'lgan fikringizdan qaytarmaydi.
.Ko'p gapirgan ko'p tutiladi.Gapni qisqa va lo'nda aynan  fikrlarni jamlab suxbatdosh hozir va keyin ham so'zlagan so'zingizdan hafa bo'lmaydigan darajada o'ylab so'zlash durustroq.
Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: JaviK 28 Mart 2010, 18:41:35
Telefonda so’zlashish odobi
Hayotimizga telegraf, radio, keyin telefon kirib keldi. Radiotelefon, peydjer, uyali aloqa telefoni"¦ Inson hayotining turmush tarzi rivojlanib bormoqda.
Muhim telefon so’zlashuvlari qisqa, muloyim va hurmat yuzasidan bo’lishi kerak. Tadqiqotlarga ko’ra, tik turgan holda gaplashsangiz, ovozingizdagi ohang qat’iyroq bo’ladi. Agar o’tirgan holda gapirsangiz, ovozingiz yumshoqroq va muloyimroq chiqadi.
Telefonda gaplashishning bir nechta umumiy qoidalari bor. Raqam terishdan avval o’ylab ko’rishingiz kerak. Sizning qo’ng’irog’ingiz xush kelarmikan? Telefon qilayotgan kishingizni bezovta qilib qo’ymasmikansiz? Shu tobda siz qo’ng’iroq qilayotganingizda uni kimdir bezovta qilmayotganmikan?
Har qanday qo’ng’iroq salomlashish va tanishishdan boshlanadi, keyin gaplashishingiz kerak bo’lgan odamni chaqirib berishlarini iltimos qilasiz.
Suhbatni boshlashdan oldin, muhim ishdan qoldirmadimmi deb so’rang.
Yodda tuting, tanishingiz yoki dugonangiz bilan shoshilmasdan suhbat qurayotgan paytingiz, sizga muhim ish bilan qo’ng’iroq qilayotgan bo’lishlari mumkin. Telefon orqali bekorchi gaplarni gaplashmang. Agar do’stingiz bilan ko’ngildan suhbatlashmoqchi bo’lsangiz, u bilan biror joyda uchrashib gaplashganingiz ma’qul. Judayam kech bo’lib qolganda tanishingizga qo’ng’iroq qilmang. Agar 5-6 marta chaqirgandan keyin telefonni hech kim ko’tarmasa, boshqa qo’ng’iroq qilmang. Agar kimdir raqamni noto’g’ri terib sizga tushib qolsa, qo’pollik qilmay, mayinroq javob bering: "œKechirasiz, boshqa raqamga tushib qoldingiz". Eslab qolish zarur bo’lgan shunday qoida bor: do’stingizning uyiga ogohlantirmasdan bormang. Bu telefonning afzalliklaridan biridir.
Hech qachon telefon qilayotgan insonga "œKim bu gapirayotgan?" deb so’ramang. Bu odobdan emas.
Telefonda gaplashayotgan vaqtda aloqa uzulib qolsa, o’sha odamga qayta qo’ng’iroq qiling. Noto’g’ri ulanib qolgan bo’lsa, gaplashishdan oldin qayerga qo’ng’iroq qilayotganligini aniqlab oling.
Go’shakdan baqirib gapirmang — bu eshitishni yaxshilamaydi; yaxshisi shoshmasdan, so’zlarni aniq ifodalab gapiring. Gaplashayotganda qo’pol ham, o’ta muloyim ham bo’lmang. Uchrashuvga kelishib olayotganingizda, telefonda hamma savollarga javob bermang. Kimnidir telefonga chaqirib berishlarini so’rashsa, "œKim so’rayapti?" deb qiziqmang. Lekin rahbaringiz so’rasa, qanday joy bilan ulanayotganingiz, kim gapirayotgani, qayerdan v anima maqsadda qanday tanishtirish kerakligi haqida bilib olishingiz kerak.
Go’shakni ko’tarib qo’ymang. Yana qo’ng’iroq qilishlari mumkin. Yaxshisi, "œ20-30 daqiqadan keyin qo’ng’iroq qiling", deb ayting. Sherigingizga qo’ng’iroq qilishga kelishgan bo’lsangiz, va’dangizni bajaring. O’ta zarur ishingiz bo’lmasa, ishdagi odamga shaxsiy ishlar bilan qo’ng’iroq qilmang. Ish yuzasidan bo’lsa, bir necha daqiqaga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.
Ogohlantirmasdan turib, ertalab soat 8.00 gacha, kechqurun soat 22.00 dan keyin qo’ng’iroq qilmang. Telefoningiz oldida qayd daftarchasi va qalam turishi kerak. Nimanidir yozib olish zaruriyati tug’ilsa, bu narsalarni qidirib qolmasligingiz zarur.
O’ta muloyimlik ham odobdan emas. Shakarningham ozi yaxshi. Albatta, "œmarhamat qilib", "œrahmat" so’zlarini ishlatasiz, biroq uzoq so’rashib, boshni qotirmaganingiz ma’qul.
Telefonsiz insonga tez yordam ko’rsatib bo’lmaydi. Bunda bo’lib o’tgan voqeani aniq va lo’nda ifoda etish zarur. Ortiqcha gaplar bilan vaqt yo’qotmagan ma’qul. Agar favqulodda hodisa bo’lgan vaqtda qo’lingizda telefon bo’lsa, yordam chaqirish uchun berish zarur. Qarindoshlaringiz, do’stlaringiz, tanishlaringizning boshiga biror ish tushsa, telefon orqali so’rash to’g’ri kelmaydi, bunday vaqtda ularning oldiga qanday yordam kerak, deb ko’ngil so’rab borish zarur.
Odatda, ishga doir qo’ng’iroqlar ishxonaga qilinadi. Agar vaziyat taqozosi bilan kimningdir uyiga telefon qilishga to’g’ri kelsa, avvalo uzr so’rash, shundan so’nggina qo’ng’iroqdan maqsadingizni qisqa bayon qilish lozim. Tafsilotlarni uchrashganda yoki ishxonaga qo’ng’iroq qilganda gaplashishga kelishib oling. Chunki odamlar uyda ish haqida o’ylamay, dam olish huquqiga egalar. Bu huquqni hurmat qilish kerak.
Agar notanish odamga qo’ng’iroq qilayotgan bo’lsangiz, albatta o’zingizni tanishtirib, bu raqamni sizga kim berganini ayting.
G’arbda telefon orqali har qanday suhbat 3-5 daqiqadan ortiq davom etmasligi kerak, deb hisoblashadi. Bunga, hech bo’lmaganda, ish yuzasidan bo’layotgan suhbat jarayonida amal qiling.
Qoida bo’yicha, qo’ng’iroqni qabul qilayotgan shaxs birinchi bo’lib tanitmaslik huquqiga ega. "œKim bilan gaplashayapman?", "œBu kim?", "œMen qayerga tushdim?" kabi so’roqlar bilan gap boshlash odobsizlik sanaladi. Agar qo’ng’iroqqa chaqirilgan kishi joyida bo’lmasa, go’shakni olgan odam kim telefon qilganini aniqlashtirib o’tirmasligi kerak. "œKim so’rayapti?"dan ko’ra "œNima deb qo’yay?" degan so’roq yaxshiroq.
Telefonda so’zlashayotganda tinglash qobiliyati juda muhim. Buni esdan chiqarmang.
Ko’chada, odamlar orasida ba’zida mobil telefon orqali baqirib gaplashayotgan kishini uchratamiz. Yoki tramvay, avtobusda ketayotganimizda mobil telefonida gaplashayotgan odamning ovozini hamma eshitadi. Aytishlaricha, Yaponiyada avtobusda ketayotgan biro dam mobil telefonda baqirib gaplashgani uchun atrofidagi yo’lovchilar uni do’pposlashgan ekan. Bu kabi muammolarga biz duch kelmaymiz, deb bo’lmaydi. Nachora, ehtiyojlarning o’zi qonun-qoidalarni paydo qiladi. Jamoat joylarida mobil telefoningizga qo’ng’iroq qilib qolishsa agar zarur bo’lmasa, yaxshisi, "œHozir transportda yoki biror joyda edim, sal turib o’zim qo’ng’iroq qilaman", deganingiz ma’qulroq. Zero, telefonda so’zlashuv ham sizning nazokatingizni belgilab beradi.

P.s: O`ylaganlarim netda bor ekan mambani keyinroq yozaman ;)
Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: BelleQizcha 28 Mart 2010, 23:51:28
Ovqat chaynab gapirishhh eng hunuk odat ..
Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: shirin_a 16 Iyun 2010, 08:55:33
Assalomu alekum, gapirish madaniyatiga hozirgi zamonda ko`pchilik ahamiyat bermi qo`ygan, sabab nimada? :3
Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: JaviK 16 Iyun 2010, 13:57:33
Ko`pchilik bir birlariga taqlid qila boshlagan.  
Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: Hadija 20 Oktyabr 2010, 15:58:06
Ko'plab teleserial, kino va musiqalarni tomasha qilganimizda, tinglaganimizda sof o'zbek tilida gapirilmayotganini sezamiz! Ayniqsa Toshkent shevasi badiiy tilga kirib kelayotgani barchamizga sir emas?! Bu ketishda shubhasiz kelajak avlod hali kelajakda Toshkent shevasini o'zbek tili ya'ni badiiy til sifatida ishlatishsa ajab emas!

Ertaga til bayrami munosabati bilan, barcha Ona-tilimizni chiroyli shakillanishiga, O'zbek adabiyoti, ona-tilimizdan ta'lim bergan va berib kelayotgan barcha ustozlarimizni, hammamizni tabriklab qolaman!
Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: Shuhrat_ 23 Avgust 2011, 00:46:18
Ko'plab teleserial, kino va musiqalarni tomasha qilganimizda, tinglaganimizda sof o'zbek tilida gapirilmayotganini sezamiz! Ayniqsa Toshkent shevasi badiiy tilga kirib kelayotgani barchamizga sir emas?! Bu ketishda shubhasiz kelajak avlod hali kelajakda Toshkent shevasini o'zbek tili ya'ni badiiy til sifatida ishlatishsa ajab emas!

Ertaga til bayrami munosabati bilan, barcha Ona-tilimizni chiroyli shakillanishiga, O'zbek adabiyoti, ona-tilimizdan ta'lim bergan va berib kelayotgan barcha ustozlarimizni, hammamizni tabriklab qolaman!
:asl3:
toshkent shevasi xozi juda kup joylada ishlatilyabti
mana masalan forumdagi postlarni kurishimiz mumkin,
eng qizig`i toshkent shevasiga tushunmaydiganlar
qayta qayta uqib zurg`a tushunvolamiz ,axir forum ommaviyku  badiiy tilda yozishimiz kerak,deymanda
           VALLAHI  ALAM
Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: Shuhrat_ 23 Avgust 2011, 00:48:11
Oqil bo`lsang so`z aytmagin
navbat berilmagan yerda
Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: Oymoma 23 Avgust 2011, 04:06:23
   Assalomu alaykum, yuqorida telefon orqali sözlashish odobini juda chiroyli yoritib beribdilar, buning uchun tashakkur!

Bilishimcha hurmatli kishilar bilan, ota-ona, ustozlar bilan turib gaplashish odobdan.. Agar ular ötirgan xolda bölsa ikki tizzani tiragan (butunlay ötirmagan xolda) sözlashgan yaxshiroq.. Bu ularga ehtiromni bildiradi..
Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: Secret 23 Avgust 2011, 04:34:52

                 :asl3:
 
Alisher Navoiyning "Mahbub- ul qulub" asarida til haqidagi fikrlar:
" Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz. Ko’p bemaza so’zlaydigan ezma kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o’xshaydi. Tili yomon odam xalq ko’nglini jarohatlaydi, o’z boshiga ham ofat yetkazadi. Nodonning vahshiylarcha baqirmog’i — eshakning bemahal hangramog’i. xushsuxan odam yumshoqlik bilan do’stona so’z aytadi; ko’ngilga tushushi mumkin bo’lgan g’am uning so’zi bilan daf bo’ladi. So’zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki, "œnafasning joni bor"¦"
O’zi xunuk, gapi bema’ni, ovozi yoqimsiz odam qurbaqaga o’xshaydi. Baxt bag’ishlovchi toza ruh manbai ham til; yomonliklar keltiruvchi nahs yulduzining chiqar joyi ham til. Tilini tiyolgan odam — donishmand, oqil; so’zga erk bergan odam — beandisha va pastkash. Til shirin va yoqimli bo’lsa yaxshi; til bilan dil yaxshi bo’lsa, yana yaxsshi. Til bilan dil insondagi eng yaxshi a’zolardir. Bo’stonda gulsafsaar, gulg’uncha va rayhonlar eng yoqimli gullardir.
Odam tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir. Uning tili orqali boshqa odamlardan afzzalligi bilinadi. Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo’lib chiqsa, tilning ofatidir.
Til shirinligi ko’ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa foydalidir . chuchuk til achchiqqa aylansaa, ko’pchilikka zarari tegadi; qanddan may tayyorlansa, harom bo’ladi. Shirin so’z sof ko’ngillar uchun asal kabi totlidir; bolalar uchun muloyim tabiatli odam halvofurush kabi sevimlidir".

Soz'durki nishon berur o'likka jondin,
So'zdurki nishon berur jong'a jonondin.
Insonni so'z ayladi judo hayvondin,
Bilki guhari sharifroq yo'q ondin.


Dono xalqimizda "So'zdan so'zning farqi bor, o'ttiz ikki narxi bor" degan purma'no maqol bor. Suhbatlashish madaniyati insonning dunyoqarashidan kelib chiqadi deb o'ylayman. Shu o'rinda har bir so'zni kerakli o'rinda, kerakli joyda turli xil ishlatish kerak. Bu so'zlarni ishlatish ham eshituvching yoshiga , dunyoqarashiga, qabul qilishiga moslanmog'i darkor. So'zlashni bilgan inson tinglashni ham bilishi lozim.
Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: Muhammad Sanjar 25 Noyabr 2011, 22:54:51
Til birla dilning birligi,
Shudir yurakning hurligi.
Shudir irodang zo'rligi,
Nutqing ravon bo'lsin, bolam!

Olgin Navoiydan madad,
Jomiyni sevgil beadad.
Sehri Fuzuliy toabad,
Nutqing ravon bo'lsin, bolam!

Navoiydek rost so'zlagin,
Bobur kabi soz so'zlagin.
Bedil kabi oz so'zlagin,
Nutqing ravon bo'lsin, bolam!

(Iqbol Nazariy)
Nom: Re: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: Muhammad Sanjar 08 Dekabr 2011, 09:52:05
Gapni tonnalab olingu grammlab soting.

Gap qancha yaxshi bo'lsa, u shuncha qisqa bo'ladi.

Birov gapni yog'lab gapiradi, birov tikanak bog'lab gapiradi, ...odam gapni qay tarzda gapirganiga emas, nima deganiga qaralsa, durust bo'lar...

("Abdulla Qahhor hikmatlari"dan)
Nom: Javob: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: Muxsiya 13 Mart 2013, 17:22:10
menimcha har kim tinglash madaniyatini o'zida hosil qilib olsa so'zlashish ,madaniyati o'z-o'zidan shakllanaveradi
Nom: Javob: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: UZBEKIA 25 Yanvar 2015, 23:26:16
Har bir inson ya'ni sharq farzandi o'zini sharqlik ekanligini unutmasa menimcha hamma narsa balansga tusharmidi...
Nom: Javob: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: Shokir63 02 Fevral 2015, 17:50:47
Shu yerda mening ham postim bo'lsin...

mantig'i bilan amal qilmasak, ortiqcha gapirmagan bo'lamiz, balki.
Nom: Javob: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: Abdulhafizaka 08 Fevral 2015, 17:36:25
Биров билан суҳбатлашаётганда телефонини унисини босиб бунисини босиб, қўлида ўйнаб ўтириш гапираётган одамга катта беҳурматлик айниқса ота онани олдида ўтирган пайтда. «Буниси албатта сўзлашиш эмас эшитиш маданияти » :-D
Nom: Javob: So'zlashish madaniyati
Yuborildi: AbdurRohman 16 May 2018, 02:26:50
So'zlashish madaniyatining eng chiroylisi o'rni kelganda jim turish bo'lsa kerak )))