forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Intellekt => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:09:44

Nom: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:09:44
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1-10

Adabiyot
1. AbdulAziz: Abdullo Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romanida Anvarning otasi ismi nima edi?
Javob: Salim bo'yoqchi. - Maknuna 3 ball, Qaysar 2 ball;

Geografiya
2. AbdulAziz: Dunyodagi maydoniga ko'ra eng katta dengiz qaysi?
Javob: Filippin dengizi. - Assalom 5 ball;

San'at
3. AbdulAziz: "Dovud" haykali muallifi kim?
Javob: Mikelanjelo. - Webmonster 4 ball;

Kosmonavtika
4. AbdulAziz: Koinotga ko'tarilgan birinchi ayol kim?
Javob: Valentina Tereshkova. - Webmonster 5 ball;

Islom tarixi
5. AbdulAziz: Islom tarixidagi birinchi shahidlar kimlar edi?
Javob: Ammor r.a.ning onasi Sumayya r.a. - Assalom 5 ball;

Islom tarixi
6. Assalom: Qur'oni karimda nomi zikr qilingan yagona sahoba kim?
Javob: Zayd ibn Horisa r.a. - Behzodbek 5 ball, Assalom 1 ball;

Olam
7. Assalom: Dunyoning yetti mo'jizasini sanang
Javob: 1. Misr ehromlari. 2. Bobil osma bog'lari. 3.Artemida ibodatxonasi. 4. Galikarnas dahmasi. 5. Zevs haykali. 6. Rodosdagi haykal. 7. Iskandariya minorasi. - WebMonster 5 ball, Assalom 1 ball;

Islom
8. Behzodbek: Ma'lumki, quyosh tikkaga kelgan payt namoz o'qib bo'lmaydi. Ulamolarimiz buning sababini nimada deb aytishadi?
Javob:  Quyosh tikkaga kelganda jahannam eshiklari ochiladi. Webmonster 5 ball; Behzodbek 1 ball;

Falsafa
9. AbdulAziz: "Insonni qidiryapman!" deya kunduz kuni ham sham ko'tarib yurgan qadimgi yunon faylasufi kim edi?
Javob: Diogen. - Bekmirzo 5 ball;

Musiqa
10. AbdulAziz: Ayollarning eng baland ovozi nima deb ataladi?
Javob: Soprano. - Maknuna 5 ball;
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:42:14
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 11-20

Astronomiya
11. AbdulAziz: Eng katta astroid qaysi?
Javob: Serera (Cerer). - Bekmirzo 5 ball;

Zoologiya
12. AbdulAziz: Kemiruvchi chumoli?
Javob: Termit. - Assalom 5 ball;

Geografiya
13. AbdulAziz: Everest cho'qqisiga birinchi bo'lib ko'tarilgan yangi zelaydiyalik alpinist?
Javob: Hillari. Bekmirzo 5 ball;

San'at
14. Qaysar: Dunyoning yetti mo'jizasidan biri Zevs haykalini kim yasagan?
Javob: Fidiy (Fidias). Bekmirzo 5 ball; Qaysar 1 ball;

O'zbekiston tarixi
15. Qaysar: Buyuk Amir Temurning onasi ismi nima edi?
Javob: Takinaxotun. Maknuna 5 ball; Qaysar 1 ball;

Tasviriy san'at
16. AbdulAziz: Mashhur fransuz rassomi, "Qayerdanmiz? Kimmiz Qayoqqa ketayapmiz?" asari muallifi?
Javob: Gogen. Bekmirzo 5 ball;

TV tarixi
17. AbdulAziz: 1928 yili Toshkentda televizorni kashf qilgan olim kim?
Javob: Grabovskiy. Behzodbek 5 ball;

Tarix
18. Bekmirzo: Moskva shahriga asos solgan knyaz kim edi?
Javob: Yuriy Dolgorukiy. AbdulAziz 5 ball; Bekmirzo 1 ball;

TV-tarixi
19. Bekmirzo: Eng birinchi diktorning (ayol kishi) ismi-familiyasi?
Javob: Ursula Patschke. Bekmirzo 1 ball;

Din tarixi
20. AbdulAziz:  "Tavrot"va "Injil"da yozilishicha, Odam atoning Qobil ha Hobildan keyingi uchinchi o'g'li, 50 sahifali ilohiy oyatlar nozil qilingan, 912 yil yashagan payg'ambar kim?
Javob: Shis (Sif) payg'ambar.  Assalom 5 ball;
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:42:33
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 21-30

Islom tarixi
21. AbdulAziz:  Ma'lumki payg'ambarimiz hayot paytlarida hijriy yil hisobi yuritilmas edi. Savol: hijriy-qamariy yil hisobini kim joriy qilgan?
Javob: Umar ibn Hattob r.a. Qaysar 5 ball;

Astronomiya
22. AbdulAziz:  Kosmonavtikaning asoschisi, kosmik kemalar ixtirochisi?
Javob: Siolkovskiy. Maknuna 5 ball;

O'zbekiston tarixi
23. Qaysar: Ma'lumki Qu'oni karim o'zbek tiliga 5 marta tarjima qilingan. Kalomullohni o'zbekchga o'girgan 5 ta ulamoni sanang.
Javob: 1. Oltinxonto'ra Taroziy. 2. Domla Hindustoniy. 3. Shayx Alovuddin Mansur. 4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. 5. Shayx AbdulAziz Mansur. Behzodbek 5 ball; Qaysar 1 ball;

Biologiya
24. Qaysar: O'rgimchaklarni o'rganuvchi fan?
Javob: Araxnologiya. AbdulAziz 5 ball; Qaysar 1 ball;

Din tarixi
25. AbdulAziz:  "Isroil" so'zi kimdan va qayerdan kelib chiqqan?
Javob: Yahudiylarning tarixiy otasi Yoqub a.s.ning laqabi "Isroil" (Allohning quli) edi. Yoqub a.s.ning 12 o'g'lidan 12 yahudiy qabilalari tarqagan. Webmonster 5 ball;

Pul
26. AbdulAziz:  500 $, 1000$ va 5000$ lik pullar(bank notalari)da qaysi AQSh prezidentlarining rasmi bor?
Javob: 500$ da - Villiam MakKinli, 1000$ da - Grover Klivland, 5000$ da - Jeyms Medison. Webmonster 5 ball;

Islom tarixi
27. AbdulAziz:  Ma'lumki Islom kelgan payt Arab yarim orolida johiliyat avjiga chiqqan payt edi. Payg'ambarimiz ham dastlab da'vatni yashirin olib bordilar. Bu paytda Makkai mukarramadagi Ka'batulloh atrofi turli butlar bilan to'lgan edi. Mushriklar ana shu butlarga sig'inishardi. Bunday paytda Baytullohda Islom haqida so'z ochishning o'zi katta falokatga olib kelardi. Mana shunday paytda ham Baytullohda "La ilaha ilallohu, Muhammadur Rasululloh"ni oshkora aytgan sahoba kim edi?
Javob: Abu Zarr G'iforiy r.a. Maknuna 5 ball;

Geografiya
28. AbdulAziz:  Dunyodagi eng uzun ko'l qaysi?
Javob: Tangan'ika. Webmonster 5 ball;

Etimologiya
29. AbdulAziz:  Eskimoslarning turar joyi nima deb ataladi?
Javob: Iglu. Webmonster 5 ball;

Ajoyibotlar
30. Noza: Dunyodagi eng kichkina kitob kimga tegishli va uni kim yaratgan?
Javob: Anton Chexovning "Xameleon" kitobi bo'lib, uni Omsklik mikromuniaturachi Anatoliy Koenko yaratgan. Mohinur 5 ball; Noza 1 ball;
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:42:53
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 31-40

Zoologiya
31. Noza: Dunyodagi eng tez ilon qaysi?
Javob: Qora mamba. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball;

Islom
32. AbdulAziz:  Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning "Injil"dagi ismlari?
Javob: Forqilit (Fraklit). Assalom[/b] 5 ball.

O'zbekiston tarixi
33. AbdulAziz:  O'zbekistonda 1997 yil qanday nom bilan atalgan edi?
Javob: Inson manfaatlari yili.  Behzodbek 5 ball;

Geografiya
34. AbdulAziz:  Dunyodagi eng balandda joylashgan ko'l?
Javob: Titikaka. Margiloniy 5 ball; Bekmirzo 5 ball;

Fizika
35. AbdulAziz: Edison kashf qilgan 3 ta ixtironi sanang.
Javob: Fonograf, kineskop, telegraf. Webmonster 5 ball;

Adabiyot
36. AbdulAziz: Don Kixotning sevgan yori? (Servantes)
Javob: Dyulsineya. Shoir 5 ball;

Islom tarixi
37. Margiloniy: Rasululloh umrlari bo'yi qilgan g'azotlarida faqat bir kishini o'z qo'llari bilan o'ldirganlar. O'sha kishi kim edi ?
Javob: Ubay ibn Xalaf AbdulAziz 5 ball; Margiloniy 1 ball;

Falsafa
38. Behzodbek: "Gunohdan nafratlan, gunohkordan emas", iborasi kimga tegishli?
Javob: Lev Tolstoy AbdulAziz 5 ball; Behzodbek 1 ball.

Falsafa
39. Behzodbek: Insonga "siyosiy hayvon" deya ta'rif bergan faylasuf kim?
Javob: Aristotel. Bekmirzo 5 ball; Behzodbek 1 ball;

Futbol
40. Jadid: Ham Jahon Chempioni, ham Yevropa, ham Osiyo chempioni bo`lgan dunyodagi yagona futbolchi kim?
Javob: Mirjalol Qosimov Otabek 5 ball; Jadid 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:43:21
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 41-50

O'zbekiston tarixi
41. AbdulAziz: Turkiston jadidlarining birinchi gazetasi qaysi?
Javob: "Taraqqiy". Shoir 5 ball;

Adabiyot
42. AbdulAziz: O'zbek adabiyotidagi birinchi epopeya qaysi?
Javob: "Qullar". Shoir 5 ball;

Tarix
43. Maknuna: Chingizxonning asl ismi nima edi?
Javob: Timuchin.  Margiloniy 5 ball; Maknuna 1 ball;

Tarix
44. Maknuna: Qadimgi rimliklar nima uchun g'ozni muqaddas sanashgan?
Javob: Rimga forslar bostirib kirganda g'ozlar g'o-g'olab ularni ogoh qilgan va "Rimni qutqargan".  Behzodbek 5 ball; Maknuna 1 ball;

Adabiyot
45 Muxbir: Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romanini o'zbekchaga kim tarjima qilgan?
Javob: Asil Rashidov. Maknuna 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
46. Muxbir: Dunyodagi eng baland to'g'on qaysi? Uning balandligi qancha?
Javob: Rogun (Tojikiston), balandligi 335 metr. Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Futbol
47. Muxbir: Futbol bo'yicha ayollar o'rtasida birinchi jahon chempioni qaysi davlat? Finalda qaysi davlat bilan kuch sinashgn?
Javob: AQSh (1991-yil, Guanchjou, Xitoy). Finalda Norvegiyani 2-1 hisobida mag'lub etgan. Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Shaxmat
48. Muxbir: Shaxmat bo'yicha birinchi jahon chempioni kim? U qayerlik?
Javob: Adolf Anderssen 1859-1866 yillarda shaxmat bo'yicha jahon chempioni bo'lgan; germaniyalik. Muxbir 1 ball.

Geografiya
49. Muxbir: Dunyodagi turistlar eng ko'p tashrif buyuradigan mamlakat qaysi? Yiliga qancha turist tashrif buyuradi?
Javob: Fransiya; yiliga 77,010,000 (2002) turist tashrif buyuradi. Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
50. Muxbir: Dunyodagi aholisi eng ko'p shahar qaysi? Uning aholisi qancha?
Javob: Tokio, Yaponiya; 26.4 million (2000). Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:43:44
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 51-60

Arxitektura
51. Muxbir: Hozirgi kunda dunyodagi eng baland bino qaysi? Uning balandligi qancha, necha qavatdan iborat?
Javob: Taipei 101 (Taipei, Taiwan),  2003yili ishga tushirilgan, balandligi 508 metr, 106 qavat. Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Arxitektura
52. Muxbir: Dunyodagi eng uzun temiryo'l tunneli qaysi? Uning uzunligi qancha?
Javob: Seykan (Yaponiya); 54 metr. Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Tarix
53. Muxbir: Sobiq SSSR Kommunistik partiyasi liderlarini tartib bilan sanang.
Javob: 1. Vladimir Ilich Lenin (1917—22). 2. Jozef Stalin (1922—53). 3. Nikita Hrushchev (1953—64). 5. Leonid Brejnev (1964—82). 6. Yuriy Andropov (1982—84). 7. Konstantin Chernenko (1984—85). 8. Mikhail Gorbachev (1985—91). Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Fizika
54. Muxbir: Nyutonning boshiga olma tushib, butun dunyo tortishish qonunini yaratgani haqida birinchi marta hikoya yozgan fransuz yozuvchishi kim?
Javob: Volter. Shoir 5 ball; Muxbir 1 ball.

Islom tarixi
55. Sohibjon: Payg'ambar (s.a.v) Madinaga qilgan hijrat safarlarida Eron shohi Kisroning uzugini kimga va’da qilganlar?
Javob: Suroqa ibn Molik. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. ga Madina safarida yo'l ko'rsatgan Suroqa ibn Molikka Eron podshohi Kisroning bilaguzugi bir kun senga tegajak, olam ahli buyrug'ingga bo'ysungaylar, deya bashorat qiladilar. Hazrati Umar davrlarida butun Eron fath qilinadi. Shunda hz. Umar Kisroning bilaguzugini Suroqaga taqib qo'yadilar. AbdulAziz 5 ball; Sohibjon 1 ball.

Zoologiya
56. Noza: Dunyodagi eng yeb to’ymas mavjudot qaysi?
Javob: Ninachi. U 2 soat ichida 40 ta pashsha va mayda chivinlarni paqqos tushiradi. Noza 1 ball.

Adabiyot
57. Noza: "œUmid qilamanki umidimiz tongi otajak, balo zindonlarining qora tuni yo’qolajak" satrlari kimga tegishli?
Javob: Nodirabegimga. Noza 1 ball.

Fanlar
58. Noza: "œNomlar haqidagi fan" nima deb ataladi?
Javob: Onomastika Bekmirzo 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
59. Noza: Yer kurrasida g’aroyib bir dengiz bor. Uning sohillari yoq. U qaysi dengiz va qayerda joylashgan?
Javob: Sargasso AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Adabiyot
60. Noza: V.F.Odoevskiyning "œRus she’riyatinig qoyoshi so’ndi" deb aytgan so’zlari kimga qaratilgan?
Javob: Pushkinga. Shoir 5 ball; Noza 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:44:29
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 61-70

Zoologiya
61. Noza: Dunyoda mavjud toshbaqaning eng yirigi qaysi?
Javob: Terili dengiz toshbaqasi. Uning og’irligi 544 kg, zirhining uzunligi 183 sm, panjalari uchlari o’rtasidagi kengligi 274 sm. U Yangi Zellandiya sohillarida, Atlantika, Tinch va Hind okeanlari kengliklarida uchraydi. Noza 1 ball.

Zoologiya
62. Noza: Quruqlikda yashaydigan eng kichik toshbaqa qaysi?
Javob: Madagaskarda yashaydigan o’rgimchak toshbaqa. Noza 1 ball.

Zoologiya
63. Noza: Yer yuzidagi eng katta timsoh qaysi?
Javob: Gvial. Uzunligi 7m dan oshadi. Noza 1 ball.

Futbol
64. Otabek: 1999 yili "Oltin to'p" sohibi bo'lgan futbolchini aniqlang.
Javob: Rivaldo. AbdulAziz 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
65. Otabek: Germaniyaning "Bavariya" klubida o'ynayotgan gollandiyalik xujumchini aniqlang.
Javob: Roy Makaay. Bekmirzo 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
66. Otabek: 1994 yilgi Jahon chempionatida Rossiya-Kamerun o'yinida qanday natija qayd etilgan?
Javob: Rossiya 6:1 hisobida g'alaba qozongan. Bekmirzo 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
67. Otabek: Chexiya terma jamoasi xujumchisi Milan Barosh hozirda qaysi klub sharafini himoya qilmoqda?
Javob: "Aston Villa". Otabek 1 ball.

Futbol
68. Otabek: Kim Xitoy terma jamoasiga 2002 yilgi Jahon Chempionatida bosh murabbiylik qilgan?
Javob: Serbiyalik Bora Milutinovich. Otabek 1 ball.

Siyosat
69. Behzodbek: Mahatma Gandining Hindiston ozodligi yo'lidagi kurashda qo'llagan mashhur g'oyaviy usuli qanday edi?
Javob: "Kuch ishlatmaslik - e'tiqodimning birinchi ustunidir!" ("Non-Violence Is the First Article of My Faith"). AbdulAziz 5 ball; Behzodbek 1 ball.

Falsafa
70. Assalom: Inson baliqdan dunyoga kelgan degan evolyustsion nazariya asoschisi bo'lgan qadimgi yunon faylasufi kim?
Javob: Anaksimandr. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:44:47
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 71-80

Islom tarixi
71. Assalom: Handaq g'azoti musulmonlar uchun g'alaba bilan yakaunlanganini bilamiz. Ma'lumki arablarda shu paytgacha jangda handaq qazish usuli bo'lmgan. Savol: Handaq qazishni taklif qilgan sahoba kim?
Javob: Salmon Forsiy r.a. Behzodbek 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
72. Assalom: Geografiya atamasini birinchi bo'lib qo'llagan qadimgi yunon mutafakkiiri kim?
Javob: Eratosfen. Maknuna 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
73.  Maknuna: AQSh tarixida muddati tugamay iste'fo bergan birinchi prezident kim?
Javob: Richard Nikson (1968-1974 yillar mobaynida prezidentlik qilgan). Webmonster 5 ball; Maknuna 1 ball.

Tarix
74.  Maknuna: 1865-1869 yillarda AQSh prezidenti bo'lgan Andryu Jonson siyosatga kirmasdan oldin qaysi kasb bilan shug'ullangan?
Javob: Tikuvchi bo'lgan. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.

Tarix
75. Webmonster: Oq uyda birinchi bo'lib avtomobili bo'lgan prezident kim?
Javob:  Teodor Ruzvelt. Kumushbibi 5 ball; Webmonster 1 ball.

Tarix
76. Webmonster: Birinch bo`lib qo`l ushlashib ko`rishishni joriy qilgan AQSh prezidenti kim? Undan oldin erkaklar egilib ko`rishishar edi.
Javob: Tomas Jeferson. Kumushbibi 5 ball; Webmonster 1 ball.

Futbol
77. Otabek: Angliya terma jamoasi xujumchisi Maykl Ouen hozir qaysi klub libosida harakat qilmoqda?
Javob: Nyukasl. Otabek 1 ball.

Futbol
78. Otabek: Argentina tarixida eng qimmatli futbolchi Xavier Saviolaning ayni paytdagi klubini aniqlang.
Javob: Sevilla Assalom 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
79. Otabek: "Chelsi" (Angliya) xujumchisi Didie Drogba qaysi terma jamoa sharafini himoya qiladi?
Javob: Kot d'Ivuar Kumushbibi 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
80. Otabek: Angliyaning eng qari futbol jamoasini aniqlang.
Javob: Angliyaning eng qari jamoasi "Sheffild Yunayted". Bu jamoa nafaqat Angliyada, balki butun dunyoda eng qari hisoblanadi. Otabek 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:45:51
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 81-90

Futbol
81. Otabek: Argentinalik Ariel Orteganing muxlislar o'rtasidagi laqabi nima?
Javob: El Burrito. Kumushbibi 5 ball; Otabek 1 ball.

Din tarixi
82. AbdulAziz: Ma'lumki yahudiylardan juda ko'p payg'ambarlar chiqqan. Ular oxirgi payg'ambarning ham o'zlaridan chiqishini umid qilib yashardilar. Allohning taqdirida esa oxirgi payg'ambar arabdan chiqishi yozilgan edi. Savol: Arablardan chiqqan 5 payg'ambarni sanang.
Xint: Ulardan birining o'zi va tili ibroniy bo'lsa-da, keyinchalik u arablardan xotin olib, arabchani to'liq o'zlashtirgani uchun o'zi va avlodlari "musta'riba" (asli arab bo'lmay, arablikni qabul qilgan) bo'lgan.
Javob: Hud a.s., Solih a.s., Ismoil a.s., Shuayb a.s., Muhammad s.a.v. Maknuna 5 ball;

Islom
83. AbdulAziz: Arablarda insonni o'z nomi bilan emas, kunyasi bilan chaqirish odati bor. Masalan, Abu Abdulloh, Ibn Hakam, Ummu Gulsum va h. Mashhur sahobalardan Abu Hurayraning ma'nosi nima? Bunga qaysi voqea sabab bo'lgan?
Javob: Abu Hurayraning ma'nosi "Mushukchaning otasi" demakdir. Abu Hurayra mushuk boqardilar. Englariga mushukchalarini solib yurardilar. Shuning uchun ham Payg'ambarimiz s.a.v. ul zotni shunday ataganlar. Behzodbek 5 ball;

Adabiyot
84. AbdulAziz: Shekspir yozgan 5 ta tragediyani sanang.
Javob: "Hamlet" ("Gamlet"), "Othello" ("Otello"), "King Lear" ("Qirol Lir"),  "Macbeth" ("Makbet"),  "Timon of Athens" ("Afinalik Timon"). Webmonster 5 ball;

Tarix
85. AbdulAziz: Qaysi Angliya qirolichasi "Yevropaning momosi" ("Grandmother of Europe") nomi bilan mashhur bo'lgan va nima uchun?
Javob: Qirolicha Viktoriya. Uning bolalari va nevaralari boshqa Yevropa qirollari farzandlari bilan oila qurishgani uchun. Webmonster 5 ball;

Sport
86. AbdulAziz: 2004 yil, Afinada o'tkazilgan yozgi olimpiada o'yinlarida yurtimiz sportchilari nechta medal bilan taqdirlandilar (nechta oltin, kumush, bronza)?
Javob: 5 ta: 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumiy hisobda 34-o'rin. Manba: Xalqaro Olimpia Qo'mitasi (International Olympic Committee (IOC). Webmonster 5 ball;

Tarix
87. Feruza: Gavay orollari AQSH tomonidan olinishidan oldin uning qirolichasi kim bo'lgan?
Javob: Qiqolicha Liliuokalani. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Futbol
88. Otabek: Mashhur italiyalik futbolchi Dino Badjoni butun dunyoda xushlashmaydi. Sababini bilasizmi?
Javob: Dino Badjo o'z singlisiga uylangan va shu tufayli uni butun dunyoda yoqtirishmaydi. Otabek 1 ball.

Futbol
89. Otabek: Gollandiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Edgar Davids asli qaysi davlatda tug'ilgan?
Javob: Surinam. Bekmirzo 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
90. Otabek: Ispaniyada "Valensiya" nomli futbol klubi bor. Osiyoning qaysi davlatida aynan shu nomdagi futbol jamoasi bor?
Javob: Maldiv orollari. Bekmirzo 5 ball; Otabek 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:46:09
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 91-100

Siyosat
91. Maknuna: Jahon tarixida birinchi yollanib o'dirilgan prezident kim?
Javob: Avraam Linkoln (1861-1865 yillarda AQSh prezidenti bo'lgan). AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.

Arifmetika
92. Maknuna: Rim raqamidagi MMMCCLXXVIII sonini arab raqamiga o'giring.
Javob: 3278 (MMM-3000; CC-200; LXX-70; VIII-8;) Bekmirzo 5 ball; Maknuna 1 ball.

Tarix
93. Maknuna: Xiyonati, zino bilan qo'lga tushgani uchun o'z qizi Juliani surgun qilgan Rim imperatori kim edi?
Javob: Oktavian Avgust. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.

Geografiya
94. Noza: Qadimda Lyutetsiya deb nomlangan shahar qaysi?
Javob: Parij. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Topishmoq
95. Noza: Qishda uyda nima yaxlaydiyu, ko’chada yoq?
Javob: Deraza. Behzodbek 5 ball; Noza 1 ball.

Topishmoq
96. Noza: Ikkita qo’y-biri boshi bilan shimolga, ikkinchisi esa janubga qarab turibdi. Ular boshini aylantirmasdan bir- birini ko’ra oladimi?
Javob: Ha, agar boshi bilan bir biriga qarab turgan bo’lsa. Noza 3 ball.

Adabiyot
97. Noza: Mixail Bullgakovning "œUsta va Margarita" asaridagi mushukning nomi?
Javob: Begemot. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
98. Noza: 1961 oldin, y’ani eramizning 40 yilida barpo etilgan Evropaning yirik shaharlaridan biri?
Javob: Bu London shahri, dastavval bu shahrning nomi Lodinium bo'lgan. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

San'at
99. Noza: "œMaysaraning ishi" operasini kim yaratgan?
Javob: Sergey Yudakov. Noza 3 ball.

Adabiyot
100. Noza: Shekspirning "œRomeo va Julietta" asaridagi voqealar qaysi shaharda bo’lib o’tadi?
Javob: Verona. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:46:31
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 101-110

Adabiyot
101. Noza: "œAlvido qurol" asari muallifi kim?
Javob: Ernest Xeminguey. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Musiqa
102. Noza: Torli kvartet musiqa asbobining otasi hisoblanadigan kompozitor kim?
Javob:  Frans Yozef Gaydn Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

San'at
103. Noza: Lyudvig Van Betxovenning "œQahramonlik simfoniyasi" asari kimga bag’ishlangan?
Javob: Napoleon Banopartga bag'ishlangan. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Futbol
104. Jadid: Fransiyaning eng qari futbol klubi qaysi?
Javob: Gavr shahrining "Gavr" futbol klubi. Hozirda ikkinchi divizionda o'ynaydi. 1872 yilda tashkil etilgan. Bekmirzo 5 ball; Jadid 1 ball.

Futbol
105. Jadid: "Kattanachio" deb nima ataladi? (futbolda)
Javob: Bu umumlashgan himoya bilan, gol urish bilan kontaratakaga o'tishdir. Buni Italiyaliklar ishlab chiqqan. AbdulAziz 5 ball; Jadid 1 ball.

Tarix
106. Jadid: "Buxoro yoxud Movaraunnahr tarixi" asari muallifi kim?
Javob: Herman Vamberi. Kumushbibi 5 ball; Jadid 1 ball.

Topishmoq
107. Jadid: "...1970-yili kosmosda qora yulduz paydo bo`ldi..." Gap nima haqida bormoqda? (Ba`zi tinish belgilarini ishlatmadim, yo`qsa javobi oson bilinib qoladi)
Javob: Gap futbol qiroli Pelening AQShning "Kosmos" jamoasiga o`tishi haqida bormoqda. Jadid 1 ball.

Tarix
108. Jadid: Dunyoda birinchi imperiyaga asos solgan podsho kim?
Javob: Doro II. Jadid 3 ball.

Aforizm
109. Jadid: "Moskva - Osiyoning go`zal poytaxti" deb ta`kidlagan mashhur shaxs kim?
Javob: Fransiya imperatori Napaleon Banopart. Jadid 1 ball.

Tarix
110. Feruza: O'zining so'nggi kunlarini Muqaddas Yelena orolida o'tkazgan buyuk imperator kim?
Javob: Napoleon Bonapart. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:46:50
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 111-120

Matematika
111. Feruza: Zamonaviy matematika asoschilari kimlar?
Javob: Ingliz olimi Isaak Nyuton va nemis olimi Leybnits. Feruza 1 ball.

Futbol
112. Otabek: O'zbekiston Oliy Ligasidagi "To'palang" jamoasi qaysi viloyat sharafini himoya qiladi?
Javob: Sariosiyo, Surxondaryo viloyati. AbdulAziz 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
113. Otabek: "Kal'cho"... Ushbu so'z qaysi davlat chempionatiga nisbatan ishlatiladi?
Javob: Italiya. AbdulAziz 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
114. Otabek: Karlos Valderrama o'z vaqtida qaysi terma jamoada to'p surgan?
Javob: Kolumbiya. AbdulAziz 5 ball; Otabek 1 ball.

Ekologiya
115. Muxbir: Chekuvchilar soni bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadigan davlat qaysi?
Javob: Nauru davlati bo'lib, aholisning 54 %i kashandadir (61 % erkaklar, 47 % ayollar). Manba: Jahon sog'likni saqlash tashkiloti (World Health Organization). Mohinur 5 ball; Muxbir 1 ball.

Biologiya
116. Muxbir: Dendrologiya fani nimani o'rganadi?
Javob: Qadimiy o'simliklarni. Kumushbibi 5 ball; Muxbir 1 ball.

English
117. Muxbir: Choose the appropriate name for animal young. For ex. cat-kitten; dog-pup, puppy, whelp; sheep lamb;
bear-...; camel-...; goat-...; kangaroo-...; rabbit-...?
Answer: bear-cub; camel-calf, colt; goat-kid; kangaroo-joey; rabbit-bunny. Kumushbibi 5 ball; Muxbir 1 ball.

Kino
118. Muxbir: 1995-2003-yillarda eng yaxshi film nominatsiyasi bo'yicha Oskar mukofotini qo'lgan kiritgan filmlar qaysi?
Javob: 1995 - "Sheryurak" ("Braveheart"). 1996 - "Inglizcha qanoat" ("The English Patient"). 1997- "Titanik" ("Titanic"). 1998 - "Shekspir sevgisi" ("Shakespeare in Love"). 1999 - "Amerikacha go'zallik" ("American Beauty"). 2000 - "Gladiator" ("Gladiator"). 2001 - "Tafakkur o'yinlari" ("A Beautiful Mind"). 2002 - "Chikago" ("Chicago"). 2003 - "Uzuklar qiroli: Qirolning qaytishi" ("The Lord of the Rings: The Return of the King"). Maknuna 5 ball; Muxbir 1 ball.

Futbol
119. Jadid: 1960-yil 4-aprel kuni "Paxtakor" jamoasi SSSR chempionatlari tarixidagi ajoyib rekord sohibi bo`ldi. Gap nima haqida bormoqda?
Javob: 1960-yil, 4-aprel kuni "Paxtakor" jamoasi SSSR Chempionatlari tarixidagi ajoyib antirekordni qayd etishgan. Ular bir uchrashuvda o`z darvozalariga uch bor gol urib qoyishgan. Jadid 1 ball.

Musiqa
120. Noza: "œSaksafon" musiqiy asbobini o’ylab topgan shaxs?
Javob: Belgiyalik Adolf Saks tomonidan 1840-yilda kashf qilingan. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:47:10
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 121-130

Tarix
121. Noza: Respublikamizda eng birinchi tashkil etilgan xiyobonning nomi va u nechanchi yilda tashkil etilgan?
Javob: O’zbekiston Xalq Xiyoboni. 1977 yilda barpo qilingan. Noza 3 ball.

Ajoyibotlar
122. Noza: Sayyoramizdagi eng keng ko’cha qaerda joylashgan?
Javob: Monumental Axis ko'chasi (Brazilia). Bu ko'chaning eni 250 metr, uzunligi esa 2,4 kilometr, 160 ta automashina yonma-yon yurishi mumkin. Bekmirzo 5 ball; Noza 1 ball.

San'at
123. Noza: "œO’zbek maqomchilar ansambli" ning asoschisi kim?
Javob: Yunus Rajabiy. Mohinur 3 ball; Kumushbibi 2 ball; Noza 1 ball.

Fizika
124. Noza: Vaqtni to’g’ri ko’rsatadigan soat?
Javob: Xronometr. Qaysar 5 ball; Noza 1 ball.

Fan
125. Noza: Nurfologiya nima?
Javob: Buyrak xastaligini o’rganuvchi fan. Noza 1 ball.

Adabiyot
126. Noza:  "œGulliver"dagi uchuvchi orol nomi?
Javob: Laputa. Bekmirzo 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
127. Noza: "œSigaretalar poytaxti" nomini olgan shahar?
Javob: Binegen. Noza 3 ball.

Tibbiyot
128. Noza: Ilk plastik operatsiya qachon va qaerda o’tkazilgan?
Javob: 1814 yilda londonlik xirurg Jozef Karpyu tomonidan birinchi plastik operatsiya o'tkazilgan. Qaysar 5 ball; Noza 1 ball.

Tarix
129. Noza: Amur Temurning 4 farzandi?
Javob: Amir Temurning 4 ta o'g'li bo'lgan: 1. Muhammad Jahongir. 2. Umarshayx mirzo. 3. Mironshoh. 4. Shohruh mirzo. Feruza 5 ball; Noza 1 ball.

Futbol
130. Otabek: 90-yillarning oxirlarida qaysi terma jamoada Oliver ismli uch nafar futbolchi to'p surgan?
Javob: Germaniya. Assalom 5 ball; Otabek 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:47:43
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 131-140

Tilshunoslik
131. Bekmirzo: Inglizchada ayollarga nisbatan qo'llanadigan Mrs. qaysi so'zning qisqartma formasi?
Javob: Mistress. Kumushbibi 5 ball; Bekmirzo 1 ball.

Tilshunoslik
132. Bekmirzo: Ingliz tilida bitta so'z bor - barcha harflari alfavit tartibida izma-iz kelib yoziladigan eng uzun inglizcha so'z. Bu qaysi so'z?
Javob: Almost so'zi yozilganida harflari alfavit tartibi bo'yicha ketma-ket keladigan eng uzun Inglizcha so'z hisoblanadi. Kumushbibi 5 ball; Bekmirzo 1 ball.

Tarix
133. Assalom: Prezident bo'lmasidan avval yaxshigina TV va kino aktyori bo'lga Amerika prezidenti kim?
Javob: Ronald Reygan. 50 dan ortiq filmda rol o'ynagan. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Islom tarixi
134. Assalom: Musulmonlikni qabul qilgan birinchi qul kim edi?
Javob: Zayd ibn Horisa r.a. Behzodbek 5 ball; Assalom 1 ball.

Adabiyot
135. Assalom:  Rustamning sevgilisi ismi nima? ("œShohnoma"œ)
Javob: Taxmina. Mohinur 5 ball; Assalom 1 ball.

Astronomiya
136. Assalom:  Neptun sayyorasini kashf etgan olim?
Javob: Neptun sayyorasi 1845 yili fransiyalik olim Jan Jozef Laverye tomonidan kashf qilingan. Noza 5 ball; Assalom 1 ball.

Fizika
137. Assalom: Zelinskiyning olamshumul ixtirosi.
Javob: Gazniqob. Maknuna 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
138. Feruza: AQSH tarixida eng yosh prezident kim?
Javob: Teodor Ruzvelt. 42 yoshida prezident bo'lgan. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Astronomiya
139. Noza: Yulduzlarning halokatli to’qnashishi nima deb ataladi?
Javob: Kollaps. Noza 3 ball.

Kimyo
140. Noza: Eng mustaxkam modda?
Javob: Tellur. Noza 3 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:48:10
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 141-150

Musiqa
141. Noza: Odatda o’z qo’shiqlarini ijro etuvchi shoir-xonanda?
Javob: Bard. Noza 3 ball.

Atamashunoslik
142. Noza: "œSemiotika" nima?
Javob: Belgilarni o'rganuvchi fan. Maknuna 5 ball; Noza 1 ball.

Sonlar
143. Noza: 10 6 — Million; 10 9— Milliard; 10 51 - ?
Javob: Seksdetsillion. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
144. Noza: Dunyodagi eng katta vokzal?
Javob: Perronlar soni bo'yicha dunyodagi eng katta vokzal New Yorkdagi Grand Central Terminal eng katta vokzal hisoblanadi (33 gektar, bir vaqtni o'zida 1043 vagon joylashishi mumkin). Bekmirzo 5 ball; Noza 1 ball.

Adabiyot
145. Noza: "œKomila" taxallusida ijod qilgan shoira?
Javob: Nodira. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Sport
146. Noza: Bil’yard o’yini qachon va qayerda kashf etilgan?
Javob: 1429 yilda Fransiyada. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Astronomiya
147. Noza: Galaktika markazidagi yulduzlar "œbuluti" nima deb ataladi?
Javob: Galo. Qaysar 5 ball; Noza 1 ball.

Sport
148. Noza: Basketbol o’yini qachon va kim tomonidan kashf etilgan?
Javob: 1891 yilda James Naismith omonidan kashf etilgan. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Siyosat
149. Muxbir: Daniya parlamenti qanday ataladi?
Javob: Folketing. Muxbir 1 ball.

Geografiya
150. Muxbir: Dunyodagi eng baland vulqon?
Javob: Kilimanjaro. Muxbir 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:48:35
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 151-160

Fizika
151. Muxbir: Galileo Galileyning mashhur ixtirosi.
Javob: Teleskop. Muxbir 1 ball.

Tarix
152. Muxbir: Rossiya Romanovlar sulolasining oxirgi vakili kim?
Javob: Nikolay II. Muxbir 1 ball.

Islom tarixi
153. AbdulAziz: Ka'batullohda Qur'oni karimni birinchi marta tilovat qilgan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud r.a. Margilanets 5 ball

Islom
154. AbdulAziz: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. Abu Bakr va Umarni Qur'oni karimda zikr etilgan payg'ambarlarga o'xshatganlar. Savol: Aynan qaysi payg'ambarga o'xshatganlar va nima uchun?
Javob: Hazrati Abu Bakrni Ibrohim a.s. ga muloyimliklari uchun, hazrati Umarni Muso a.s.ga cho'rtkesarligi uchun o'xshatganlar.  Margilanets 5 ball

Adabiyot
155. AbdulAziz: "œShum bola" qissasi 1936 yili "œMushtum" jurnalida qanday nom bilan bosilgan edi?
Javob: "œDovdirash". Shoir 5 ball

Jamiyatshunoslik
156. AbdulAziz: Hozirgi kunda qochoqlarga eng ko'p boshpana bergan davlat qaysi?
Javob: Eron. Afg'oniston va Iroqlik 1 868 000 kishiga boshpana bergan. Manba: BMTning qochoqlar bo'yicha oliy komissarligi (UN High Commissioner for Refugees (UNHCR). Bekmirzo 5 ball

Mifologoya
157. AbdulAziz: Qadimgi greklarning uyqu xudosi kim? Uni rimliklar qanday atashar edi?
Javob: Gipnoz (rimliklarda Somnus). Kumushbibi 5 ball

San'at
158. AbdulAziz: 22 yoshida "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist", 27 yoshida "Xalq artisti" unvonini olgan buyuk o'zbek san'atkori kim?
Javob: Botir Zokirov. Bekmirzo 5 ball
 
Iqtisod
159. Assalom: Butan davlatining pul birligi?
Javob: Ngultrum. Maknuna 5 ball; Assalom 1 ball.

Aholishunoslik
160. Assalom: Musulmonlar eng ko'p yashaydigan davlat qaysi?
Javob: Indoneziya. 182,2 million musulmon istiqomat qiladi. Manba: Britannica Encyclopedia. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:48:56
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 161-170

Iqtisod
161. Assalom: Germaniya, Kanada, Hindistonning eng boy kishilari kim?
Javob: Germaniyaning eng boy kishisi - Karl Albrecht, 18.5 mlrd.$ mablag'i bor; Kanadaning eng boy kishisi - Kenneth Thomson va oilasi, 17.9 mlrd. $; Hindistonning eng boy kishisi - Lakshmi Mittal, 25 mlrd $. Manba: Forbes jurnali. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Iqtisod
162. Assalom: Jahonning eng yosh milliarderi kim?
Javob: Germaniyalik Albert von Thurn und Taxis 21 yoshda. Uning mablag'i: 2 mlrd. $. Manba: Forbes jurnali. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Sport
163. Assalom: Birinchi olimpiada o'yinlari qachon va qayerda o'tkazilgan?
Javob: Eramizdan avvalgi 776 yilda Gretsiyaning Olimp tog'ida o'tkazilgan. Maknuna 3 ball; Muxbir 2 ball; Assalom 1 ball.

Kino
164. AbdulAziz: Berlin xalqaro film festivalida 2000-2004 yillarda g'olib bo'lgan filmlarni toping.
Javob: 2000 - Magnolia (United States); 2001 - Intimite (Intimacy) (France); 2002 - Sen To Chihiro No Kamikakushi (Spirited Away) (Japan) (cowinners) Bloody Sunday (United Kingdom); 2003 - In This World (United Kingdom); 2004 - Gegen Die Wand (Germany). Maknuna 5 ball

Musiqa
165. AbdulAziz: Bill Klintonning ijro etadigan sevimli musiqa asbobi?
Javob: Bill Klinton AQSh prezidentlari ichida yagona - saksafon chala oladigan san'atkordir. Feruza 5 ball

Astronomiya
166. Muxbir: Quyoshga eng yaqin sayyora qaysi? Uni Sharqda qanday nomlar bilan atashadi?
Javob: Merkuriy. Uni Atorud, Hulkar, Surayyo, Orzu deb atashgan. Noza 3 ball; Maknuna 2 ball; Muxbir 1 ball.

English
167. Muxbir: Choose the appropriate collective names for animals. For ex. Cats-clowder, clutter; Dogs - litter, kennel.
Foxes-? Horses-? Lions-? Monkeys-? Sheep-?
Answer Foxes - leash, skulk; Horses - pair, team, herd, stable; Lions - pride; Monkeys - troop; Sheep - drove, flock. Kumushbibi 5 ball; Muxbir 1 ball.

Din tarixi
168. Muxbir: Xristianlikka o'tgan birinchi Rim imperatori?
Javob: Konstantin (274-337). AbdulAziz 5 ball; Muxbir 1 ball.

TV tarixi
169. Muxbir: Televideniyeda chiqish qilgan birinchi AQSh prezidenti kim?
Javob: Franklin Delano Ruzvelt 1939 yil aprelda TVda chiqqan. AbdulAziz 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
170. Muxbir: Misrdagi Asvon to'g'oni va Nil daryosini bog'laydigan Nasser ko'li kimning nomiga qo'yilgan?
Javob: 1956-1970 yillarda Misr prezidenti bo'lgan Jamol Abdul Nosir.  Mohinur 5 ball; Muxbir 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:49:15
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 171-180

Geografiya
171. Feruza: Aniq soatlar mamlakati qaysi?
Javob:  Shveysariya. AbdulAziz: 5 ball; Feruza 1 ball.

Biologiya
172. Feruza: 16-asrda mikroskopni yaratgan olim kim?
Javob:  Mikroskop 1590 yili daniyalik Zaharias Jannsen tomonidan kashf qilingan. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
173. Feruza: Boburiylar sulolasidan bo'lgan bu shoh davrida imperiya inqirozga yuz tutgan, bu shaxsning qilgan ishlari oldin yuritilgan siyosatga "bolta urgan". Ga kim haqida ketmoqda?
Javob:  Avrangzeb. Margilanets 5 ball; Feruza 1 ball.

Adabiyot
174. AbdulAziz: Dante Aligyerining "Ilohiy komediya" asarining asl nomi nima edi?
Javob: "La commedia" ("Komediya") bo'lgan. 1555 yili nashr qilinganda unga "ilohiy" so'zi qo'shib qo'yilgan. Bekmirzo 5 ball

Geografiya
175. AbdulAziz: Dunyodagi eng chuqur botiq - O'lik dengizligini bilamiz. Bu dengiz dengiz sathidan 408 metr pastda joylashgan. Savol: O'lik dengizidan keyin qaysi botiq eng chuqur hisoblanadi?
Javob: Turfon botig'i (Shinjon, Xitoy). Dengiz sathidan 154 metr pastda joylashgan. Mohinur 5 ball

Siyosat
176. AbdulAziz: 1940-yili maktab yoshidagi bola AQSh prezidenti Franklin Ruzveltga 10 dollar so'rab xat yo'llaydi. U keyin mashhur siyosatchi bo'lib yetishadi. Gap kim haqida ketmoqda?
Javob: Kuba yetakchisi Fidel Kastro (1926 yilda tug'ilgan). Bekmirzo 5 ball

Tarix
177. AbdulAziz: Rim imperatori Gay Yuliy Sezar o'zining mashhur "Keldim. Ko'rdim. G'alaba qozondim!" iqtibosini qachon va nima munosabat bilan aytgan?
Javob: Eramizdan avvalgi 47 yili Kichik Osiyo hukmdori Pontiy ustidan qozongan tezkor g'alabasi munosabati bilan aytgan. Bekmirzo 5 ball

Tibbiyot
178. AbdulAziz: Sharqda Jolinus nomi bilan mashhur bo'lgan qadimgi yunon fizigi, tabibi kim?
Javob: Galen (129-199). Feruza 5 ball.

Geografiya
179. Feruza: O'z vaqtida Sevardning "Muz qutisi" deb atalgan joy qayer?
Javob: Alyaska. Maknuna 5 ball; Feruza 1 ball.

Fizika
180. AbdulAziz: Rim katolik cherkovi tomonidan o'ldirilgan mashhur italian fizigi va astronomi? Birinchi termometrni yasagan olim?
Javob: Galileo Galiley (1564-1642). Kumushbibi 5 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:49:43
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 181-190

Islom tarixi
181. AbdulAziz: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. tomonidan jannatiyligi bashorat qilingan 10 sahoba kimlar? ("Ash'arai mubashshara")
Javob: Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Zubayr ibn Avvom, Sa'd ibn Abu Vaqqos, Abrurahmon ibn Avf, Talja ibn Ubaydulloh, Said ibn Zayd, Abu Ubayda ibn al-Jarroh. Qaysar 3 ball; Margilanets 2 ball.

Geografiya
182. AbdulAziz: Dunyodagi eng baland sharshara qaysi davlatda joylashgan. Uning balandligi qancha?
Javob: Ahxel sharsharasi Venesuelada, 979 metr. Feruza 5 ball.

Siyosat
183. AbdulAziz: Sobiq AQSh prezidenti Hillari Klintonning yoshlikdagi orzusi ... bo'lish edi. U bu haqda yordam so'rab, shu soha tashkilotiga yozganda, ular "qizlardan ... chiqmaydi" deb javob qilishadi. Gap qaysi soha haqida ketmoqda?
Javob: Hillari Klinton yoshligida NASAga "qanday qilib astronavt bo'lish mumkin?" deb xat yozadi. Ular esa "qizlardan astronavt chiqmaydi", deb javob berishadi. Feruza 5 ball.

Biologiya
184. AbdulAziz: "Biologiya" so'zini birinchi bo'lib qo'llagan va fanga kiritgan olim kim?
Javob: Fransuz botanigi Jan-Batist Lamark (1744-1829). Feruza 5 ball

Musiqa
185. AbdulAziz: 20 ta farzandning otasi bo'lgan (birinchi xotinidan 7 ta, ikkinchisidan 13 ta) mashhur mumtoz bastakor (kompozitor) kim?
Javob: Iogann Sebastyan Bax (1685-1750). Bekmirzo 5 ball

Tarix
186. AbdulAziz: Sobiq SSSR yetakchisi Yozef Stalinning yoshlikdagi laqabi nima bo'lgan?
Javob Koba. Koba - Gruziya mustaqilligi uchun kurashgan xalq qahramoni bo'lib, Stalin maktab davrida u haqda qiziqib o'qiydi. Keyinchalik o'z tengqurlaridan uni Koba deb atashlarini talab qiladi. Feruza 5 ball

Astronomiya
187. AbdulAziz: Yupiterning eng katta yo'ldoshi qaysi? Uning diametri qancha?
Javob: Ganimed. 1610 yilda kashf qilingan, diametri 5262 km ni tashkil etadi. Feruza 5 ball

Islom tarixi
188. AbdulAziz: Har bir musulmon bilishi shart bo'lgan savol: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning 5 ta ajdodlarini sanang.
Javob: Muhammad ibn Abdulloh - Abdulloh ibn Abdulmutallib - Abdulmutallib ibn Hoshim - Hoshim ibn Abdumannof - Abdumannof ibn Qusay - Qusay ibn Murra - ... - Ismoil ibn Ibrohim alayhissalom. Maknuna 5 ball

Geografiya
189. AbdulAziz: Balandligi bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turadigan cho'qqi qaysi?
Javob: K2 (Godvin Osten tog'i), Xitoy - Jammu va Kashmirda joylashgan, balandligi 8611 metr. Feruza 5 ball

Topishmoq
190. Margilanets: Ovqat qilayotganda qozonga birinchi nima tushadi?
Javob: Nazar. Feruza 5 ball; Margilanets 1ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:50:00
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 191-200

Topishmoq
191. Margilanets: Uning huzurida hamma boshini egadi. Hoh u gado bo'lsin, hoh shoh. Gap qaysi kasb egalari haqida ketyapti?
Javob: Sartarosh. AbdulAziz 5 ball; Margilanets 1 ball.

Geografiya
192. AbdulAziz: Afrika, Antarktida, Osiyo, Evropa, Shimoliy Amerika, Okeaniya va Janubiy Amerikaning eng baland cho'qqilarini aniqlang.
Javob: Kilimanjaro, 5895 metr (Afrika); Vinson Massif, 4897 metr (Antarktida); Everest, 8850 metr (Osiyo); Elbrus, 5642 metr (Evropa); Mak Kinli, 6194 metr (Shimoliy Amerika); Jaya, 5030 metr (Okeaniya); Cierro Akonkagua, 6960 metr (Janubiy Amerika). Bekmirzo 5 ball

Sport
193. AbdulAziz: Muz hokkeyi bo'yicha birinchi jahon chempionati qachon o'tkazilgan? Unda qaysi davlatlar medallar sovrindori bo'lishgan?
Javob: 1920 yilda Belgiyaning Antwerpen sharida o'tkazilgan. Unda Kanada - oltin, AQSh - kumush, Chexoslavakiya - bronza medalini qo'lga kiritgan. Bekmirzo 5 ball

Tarix
194. Muxbir: AQShning yollanib o'ldirilgan ikkinchi prezidenti kim?
Javob: Jeyms Garfild. 1881 yil, 4 mart kuni prezident bo'ladi. 1881 yil, 19 sentabr kuni o'ldiriladi.  Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Siyosat
195. Muxbir: Kanada tarixidagi eng yosh bosh vazir kim?
Javob: Jo Klark, 39 yoshida bosh vazir bo'lgan. Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Tarix
196. Muxbir: Oq Uyda yashagan birinchi AQSh prezidenti kim?
Javob: Jon Adams (1797-1801 yillarda prezidentlik qilgan). Maknuna 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
197. Noza: Dunyodagi eng tez yurar poezd qaerda?
Javob: Dunyodagi eng tez yurar poezd Frantsiyada . u TGV deb ataladi, 200 km ni 1 soatda bosib o’tadi. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.

Astronomiya
198. Noza: Sayyoralar orasida bir sayyora bor, uning yo’ldoshlari shu sayyoraga juda yaqinligi bilan mashhur. U qaysi sayyora?
Javob: Marsning 2 yo'ldoshi - Fobos va Demos. Muxbir 5 ball; Noza 1 ball.

Botanika
199. Noza: Quyoshning yerdagi yo’ldoshi deb nom olgan o’simlik?
Javob: Kungaboqar. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
200. Noza: Birinchi tramvay liniyasi nechanchi yili tashkil topgan?
Javob: Dunyoning Elektr tarmog'iga ulangan eng birinchi tramvay liniyasi 1881 yil 16 mayda Berlin shahridagi Lichterfelde degan rayonda ishga tushiriladi. Unda Werner von Siemens (shu nomli firmaning asoschisi) tomonidan qurilgan, uzunligi 4,3 metr bo'lgan vagonlar 2,5 kilometr bo'lgan masofada 20 km/h tezlikda yurishadi. Bu tramvaylar 5 PS - 5 ot kuchiga ega bo'lishgan. Bekmirzo 5 ball; Noza 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:51:33
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 201-210

Tarix
201. Noza: "œToshkent kurant soati" nechanchi yilda qurilgan?
Javob: Toshkent kurant soati 1947 yili qurilgan. Noza 3 ball.

Zoologiya
202. Margilanets: Ucha olmaydigan qush qaysi?
Javob: Pingvin. Shoir 5 ball; Margilanets 1 ball.

Islom tarixi
203. Margilanets: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning nechta o'g'illari bor? Ularni sanang.
Javob: 3 ta. Ibrohim, Qosim, Abdulloh. Assalom 5 ball; Margilanets 1 ball.
 
Topishmoq
204. Noza: Ushbu rasmda nima tasvirlangan?
(http://noza-dil.pochta.ru/o.JPG)
Javob: Kislorodning elektron formulasi. Noza 3 ball.

Tilshunoslik
205. Assalom: Dunyoda eng ko'p gaplashiladigan 5 ta tilni tartib (unda gaplashuvchilar soni bo'yicha) bilan yozing.
Javob: 1. Xitoy tili - 1,212,560,000; 2. Arab tili - 422,039,637; 3. Hind tili - 366,000,000; 4. Ingliz tili - 341,000,000; 5. Ispan tili - 322,200,000. Manba: Summer Institute of Linguistics. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;

Geografiya
206. Assalom: Dunyoda maydoni bo'yicha Sahroi kabirdan keyin ikkinchi o'rinda turuvchi cho'l qaysi?
Javob: Gobi. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;

Geografiya
207. Assalom: Dunyoda kattaligi jihatdan Kaspiy dengizidan keyin ikkinchi o'rinda turuvchi ko'l qaysi?
Javob: Yuqori ko'l. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;

Astronomiya
208. Assalom: Saturn sayyorasining eng katta yo'ldoshi qaysi? Uning diametri qancha?
Javob: Titan. 5150 km. Noza 5 ball; Assalom 1 ball;

Jamiyat
209. Assalom: AQShdagi eng katta kutubxona qaysi?
Javob: Kongress kutubxonasi. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;

Adabiyot
210. Shoir Alisher Navoiyning so'nggi asari qaysi?
Javob: Mahbubul-qulub. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 11:52:17
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 211-220

Adabiyot
211. Shoir Mahmudho'ja Behbudiy qaysi shaharda tug'ilgan?
Javob: Samarqand. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
212. Shoir Mavlono Lutfiy Navoiyning qaysi g'azali uchun butun umrlik ijodini almashmoqchi bo'lgan?
Javob: "Orazin yopqoch ko'zimdin...". Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
213. Shoir "O'tkan kunlar"da Usta Olimning qaynisi, Saodatning ukasi ismi nima edi?
Javob: Sayfi. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Tarix
214. Shoir Bobur necha yoshida taxtga o'tirgan?
Javob: 12 yoshida. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Texnologiya
215. Bekmirzo: Yangi ixtirolar odatda patentlashtiriladi. Bizning kundalik hayotimizda asosiy aloqa vositasiga aylangan Telefon patenti uchun 1876-yilda 2 amerikalik ixtirochi bir-biriga nisbatan 2 soatlik oraliqda ariza topshirishadi. Patent kimga va Telefon apparatiga qanaqa nomer berilgan?
Javob: 1876-yilning 7-mart kuni amerikalik Alexander Graham Bell telefon kashfiyotini patent ofisiga jo'natadi. 10-mart kuni esa sinab ko'radi. Belldan ikki soat keyin Elisha Gray ham tekefonga patent uchun ariza topshiradi. Telefon 174465 raqamli patent bilan ro'yxatdan o'tkazilgan. Assalom 5 ball; Bekmirzo 1 ball;

San'at
216. Bekmirzo: Dunyodagi eng qimmat 3 ta rasmni (kartina) tartib bo'yicha sanang!
Javob: 1. Pikasso "Trubkali bola" - 102.2 mln $. 2. Vinsent van Gog "Doktor Gashe portreti" - 82.5 mln $. 3. Renuar "Mulen de la Gallet" - 78.1 mln $. Noza 5 ball; Bekmirzo 1 ball;

Adabiyot
217. Assalom: Amerikalik yozuvchi Mark Tvenning asl ismi nima?
Javob: Samuel Klemens. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;

Tarix
218. Assalom: "Time" jurnali tomonidan "yil odami"ni qo'lga kiritgan birinchi amerikalik qora tanli kim?
Javob: Martin Lyuter King (1929-1968). Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;

Siyosat
219. Assalom: "Little Magician" va "Red Fox of Kinderhook" nomi bilan mashhur bo'lgan AQSh prezidenti kim?
Javob: Martin Van Buren, 1837-1841 yillarda AQSh prezidenti bo'lgan. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;

Tarix
220. Assalom: Pokiston davlatining tashilotchisi va birinchi lideri kim?
Javob: Muhammad Ali Jinnah (1876-1948). Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 19:59:40
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 221-230

Sport
221. Assalom: Birinchi qishki olimpiada o'yinlari qachon va qayerda o'tkazilgan?
Javob: 1924 yilda Fransiyaning Chamonix sharida o'tkazilgan. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball;

Adabiyot
222. Assalom: Mashhur irland millatparvari va shoirasi Speranza qaysi masshur shoirning onasi edi?
Javob: Oskar Uayld (1854-1900). Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;

Tarix
223. Feruza: Fransiyaning eng birinchi prezidenti va ayni paytda 3-imperatori bo'lgan shaxs kim?
Javob: Napoleon III. Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball;

Adabiyot
224. Shoir: Chingiz Aytmatovning qaysi asari qahramoni Ona Yer bilan suhbatlashadi?
Javob: "Somon yo'li". AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
225. Shoir: "œJamila" qissasida Jamilaning sevgan yori? (Ch. Aytmatov)
Javob: Doniyor. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
226. Shoir: "œAli bobo va 40 qaroqchi" ertagini tarjima qilgan adib?
Javob: Abdulla Qahhor. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
227. Shoir: O‘zbek adabiyotidagi birinchi "œroman" deb atalgan, ammo roman nuqtai nazariga to‘g‘ri kelmaydigan asar qaysi edi?
Javob: "Zaharli hayot", Hamza Hakimzoda Niyoziy. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
228. Shoir: Adib Ahmad Yugnakiyning "œHibatul-haqoyiq" ("œHaqiqat sovg’alari") asari kimga bag'ishlanadi?
Javob: Farg'ona hokimi Dod Sipohsolorbekka. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Tarix
229. DjDilshodbek: Gitler bilan Napoleon Bonapart o'rtasida qanday bog'liqlik bor?
Javob: Ularning dunyoga kelishi vaqti orasi 100 yil va ikkalasi ham dunyoni bosib olishni havas qilgan. Bekmirzo 5 ball; DjDilshodbek 1 ball;

Tarix
230. DjDilshodbek: Dunyo joylashishiga qarab oldin ikki hil nazaryaga bo'lingan. Ular qaysilar?
Javob: 1. Yer - olam markazi. 2. Quyosh - olam markazi. DjDilshodbek 3 ball;
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 20:00:21
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 231-240

Tarix
231. Maknuna: "Il milione" nomi bilan mashhur sayyoh kim?
Javob: Marko Polo. 1254-1324. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball;

Ximiya
232. Maknuna: Nobel mukofotini olgan birinchi ayol kim?
Javob: Mariya Kyuri. 1867-1934. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball;

Musiqa
233. AbdulAziz: Qaysi buyuk mumtoz bastakor umuman uylanmagan?
Javob: Lyudvig van Betxoven. Assalom 5 ball;

Adabiyot
234. AbdulAziz: Adabiyot yo'nalishida Nobel mukofoti sohibi bo'lgan rus yozuvchilarini sanang.
Javob: Ivan Alekseyevich Bunin 1933-yili, Boris Pasternak 1958-yili, Mixail Sholoxov - 1965-yili, Aleksandr Soljenitsin - 1970-yili Nobel mukofotini olishgan. Feruza 3 ball; Shoir 2 ball

Siyosat
235. AbdulAziz: Hind millatparvari Mohandas Gandi Janubiy Afrikadan Hindistonga qaytganida uni "Mahatma" deb atay boshlashgan. "Mahatma" so'zining ma'nosi nima?
Javob: Sanskrit tilidan "Buyuk qalb" degan ma'noni anglatadi. Feruza 5 ball;

Tilshunoslik
236. AbdulAziz: 5-oy - May atamasi qayerdan kelib chiqqan?
Javob: Maya - Qadimgi rimliklarning bahor xudosi nomidan. Bekmirzo 5 ball;

Adabiyot
237. Shoir: Ilk turk dostonnavisi bo'lgan adib kim?
Javob: Yusuf Xos Hojib. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
238. Shoir: Bizga ma'lumki Nosiruddin Rabg'uziy "œQisasul-Rabg’uziy" degan asar yozgan. Yana qaysi adib "œQisasul—anbiyo" degan asar yozgan?
Javob: Abu Is'hoq Nishopuriy. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
239. Shoir: "Suhayl va Guldursun" dostoni muallifi kim?
Javob: Sayfi Saroyi. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
240. Shoir: Alisher Navoiy tomonidan "Malikul-kalom" deya ta'riflangan shoir kim?
Javob: Mavlono Lutfiy. Qaysar 5 ball; Shoir 1 ball;
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 20:01:00
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 241-250

Adabiyot
241. Shoir: Oltin O’rda hukmdorlaridan Muhammad Xo’jabekka bag'sihlangan asar qaysi va uning muallifi kim?
Javob: "Muhabbatnoma", Xorazmiy. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Geografiya
242. AbdulAziz: AQShning 9 ta "millioner" shaharlarini tartib bilan sanang.
Javob: 1. New York City (NY) - 8,008,278; 2. Los Angeles (CA) - 3,694,820; 3. Chicago (IL) - 2,896,016; 4. Houston (TX) - 1,953,631; 5. Philadelphia (PA) - 1,517,550; 6. Phoenix (AZ) - 1,321,045; 7. San Diego (CA) - 1,223,400; 8. Dallas (TX) - 1,188,580; 9. San Antonio (TX) - 1,144,646; Bekmirzo 5 ball;

Zoologiya
243. AbdulAziz: Qaysi sobiq Fransiya prezidenti sharafiga zebra turi nomi berilgan? (XIX asr)
Javob: Jules Grevi. (1879-1887 yillarda prezident bo'lgan.) Feruza 5 ball;  

Astronomiya
244. AbdulAziz: Yuriy Gagarinning kosmosga birinchi safari qancha minut davom etgan?
Javob: 108 minut. Bekmirzo 5 ball;

Adabiyot
245. Shoir: Alisher Navoiy lirik merosining umumiy hajmi qancha misrani tashkil etadi?
Javob: 50000 misradan ortiq. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
246. Shoir: Navoiyni "G'azal mulkining sultoni" deb kim ta'riflagan?
Javob: Maqsud Shayxzoda. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
247. Shoir: "Bobur - yo'lbars" romanini kim yozgan?  
Javob: Harold Lemb. Nyu-York, 1961-yilda chop etilgan. Noza 5 ball; Shoir 1 ball;
 
Tarix
248. Feruza: Birinchi bug' temir yo'li qaysi shaharlar o'rtasida qurilgan?
Javob: 1825 yilda Angliyaning Stokton va Darlington shaharlari o'rtasida (39 km masofa) qurilgan. Paravozning tezligi soatiga 15-17 km ni tashkil etgan. Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball;

Tarix
249. Feruza: Angliya va Niderlandiyada dengiz ilmini o'rganib, kemasozlik ustaxonalarida ishlagan rus shohi kim?
Javob: Buyuk Pyotr I. Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball;

Tarix
250. Feruza: "Defitsit xonim" deb laqab olgan fransuz malikasi
Javob: . Feruza 1 ball;
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 20:02:53
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 251-260

Adabiyot
251. Shoir: XX asrda "Xamsa" yozgan o'zbek adibi kim?
Javob: Barot Boyqobilov. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
252. Shoir: Alisher Navoiyning ustozi Jomiyga bag'ishlab yozgan asari qaysi?
Javob: "œXamsatul-mutahayyirin" ("œBesh hayrat", 1494). Noza 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
253. Shoir: "Boburnoma"ni rus tiliga kim tarjima qilgan?
Javob: Mixail Salye. Noza 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
254. Shoir: "œHazrati imomuz-zamon xalifatur-rahmon" (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan taniqli o'zbek shoiri, davlat arbobi kim?
Javob: Shayboniy. Noza 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
255. Shoir: Bilamizki, Muhammad Solih "Shayboniynoma" dostoni muallifi hisoblanadi. Yana qaysi adiblar "Shayboniynoma" asarini yozishgan?
Javob: Binoiy va Muhammad Haydar. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
256. Assalom: Ma'lumki, Paulo Koeloning "Alximik" asari o'zbek adabiyotida 3 marta tarjima qilindi. Ushbu tarjimalar qaysi adiblar tomonidan amalga oshirilgan?
Javob: Ozod Sharafiddinov, Aziz Said, Ahmad Otaboy. Ahmad Otaboy va Aziz Sad tarjimalari kitob holida bosilib chiqdi. Ozod Sharafiddinov tarjimasi esa "Jahon adabiyoti" jurnalida bosildi. Kumushbibi 5 ball; Assalom 1 ball;

Islom
257. Assalom: Imom Buxoriy va Imom Muslimlardan rivoyat qilingan "isro va me'roj" haqidagi hadislarda payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning Masjidul aqsodan osmonga ko'tarilganliklari haqida rivoyat qilinadi. Ushbu hadisga ko'ra, Rasululloh s.a.v. yettita osmondan o'tadilar va har bir osmonda qaysi payg'ambarlar bilan uchrashadilar?
Javob: 1. Birinchi osmon - Odam alayhissalom
2. Ikkinchi osmon - Iso va Yahyo alayhissalomlar
3. Uchinchi osmon - Yusuf alayhissalom
4. To'rtinchi osmon - Idris alayhissalom
5. Beshinchi osmon - Horun alayhissalom
6. Oltinchi osmon - Muso alayhissalom
7. Yettinchi osmon - Ibrohim alayhissalom. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball;

Tarix
257. Assalom:  Mahalliy aholi «Abul Havl — dahshat otasi» deb ataydigam Misrdagi mashhur obida qaysi?
Javob:  Bosh qismi odam boshiga о'xshatib ishlangan sher shaklini eslatuvchi Sfinks haykali. Kumushbibi 5 ball; Assalom 1 ball;

Tarix
258. Maknuna: Ikkinchi jahon urushi qaysi yili, qaysi kun, qaysi voqea bilan boshlandi?
Javob: Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentabrda nemis qo'shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan. Feruza 5 ball; Maknuna 1 ball;

Tarix
259. Maknuna: Fashist vahshiylari tomonidan 4 milliondan ortiq kishining yostig'i quritgan konslager qaysi edi?
Javob: Osvensim (Polsha). Bekmirzo 5 ball; Maknuna 1 ball;

Tarix
260. Maknuna: Ikkinchi jahon urushida:
a) qancha davlat qatnashgan?
b) qurolli kuchlarga qancha odam safarbar qilingan?
c) qancha odam o'ldirilgan, yarador bo'lib o'lgan?
d) qancha odam yarador va mayib bo'lgan?
e) qancha moddiy talofat yetkazilgan?
Javob: a) 60 dan ortiq;
b) 110 milliondan ortiq kishi;
c) 50 milliondan ortiq kishi;
d) 90 milliondan ortiq kishi;
e) 4000 milliard $; Bekmirzo 3 ball; Maknuna 3 ball;
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 20:03:30
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 261-270

Adabiyot
261. Shoir: Jahonotin Uvaysiy Marg'ilonning qaysi mahallasida tug'ilgan?
Javob: Childuxtaron. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
262. Shoir: Amir Umarxon yozgan doston qaysi?
Javob: "Umarnoma". Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
263. Shoir: Mohlaroyim Nodira kim tomonidan qatl etiladi?
Javob: Buxoro amiri - Nasrulloxon. Feruza 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
264. Shoir: O'zbek adabiyotida "XIX asr Navoiysi" deb kimni atashadi?
Javob: Ogahiy. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
265. Shoir: "œZaynul-arab", "œYusuf va Zulayho", "œLayli va Majnun", "œO’g’uznoma", "œSayyid Nasimiy", "œSa’d Vaqqos"  dostonlari muallifi kim?
Javob: Nurmuhammad Andalib. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Fizika
266. AbdulAziz: Ma'lumki tabiatdagi moddalar yetti holatda bo'ladi. Ular qaysilar?
Javob: 1. Qattiq holati
2. Suyuq holati
3. Gazsimon holati
4. Plazma holati
5. Neytron holati
6. Epiplazma holati
7. Fizik vakuum holati. Maknuna 3 ball; Qaysar 2 ball.

Falsafa
267. AbdulAziz: Qadimgi va o'rta asr ta'lim tizimida ongni va mantiqni yuksaltiruvchi yetti fan mavjud edi. Ushbu fanlarni qadimgi yunon mutafakkirlari komillika eltuvchi yo'l deya ta'riflaganlar. Bu fanlar qaysilar?
Javob: 1. Grammatika
2. Mantiq
3. Ritorika
4. Geometriya
5. Arifmetika
6. Astronomiya
7. Musiqa. Bekmirzo 5 ball.

Falsafa
268. AbdulAziz: Qadimda yaponlar baxt, boylik va uzoq umr keltirishi uchun 7 ta xudoni o'ylab topishdi. Bunga e'tiqod qilish 15 asrga kelib judayam kuchaydi. Ular qaysilar va vazifasi qanday?
Javob: 1. Ebisu - baliq ovlash va savdo xudosi
2. Daikoku - boylik va qishloq ho'jaligi xudosi
3. Bishamonten - omad xudosi
4. Benzaiten - suv va musiqa xudosi
5. Hotei - moy xudosi
6. Fukurokuju - Abadiyat xudosi
7. Jurojin - Uzoq umr xudosi. Bekmirzo 5 ball.

Texnologiya
269. Bekmirzo: Eng birinchi Atom bombasi qachon va qayerda portlatilgan?
Javob: Qo'ziqorin holatidagi bulutni eslatuvcjhi birinchi atom bombasi sinovi 1945 yil, 16 iyul kuni Alamagordo (New Mexico) yaqinida o'tkazilgan edi. Sinov sifatida portlatilgan ilk atom bombasi tarixda Trinity-Test nomi bilan mashhur bo'lib, unung portlash kuchi 20 KiloTonnani tashkil etgan... (Hiroshimani yakson etgan "Little Boy" 13 KiloTonna, Nagasakini kul qilgan "Fat man" esa 20 KiloTonna portlash kuchiga ega bo'lishgan...) AbdulAziz 5 ball; Bekmirzo 1 ball;

Geografiya
270. Bekmirzo: Dunyoning eng baland nuqtada joylashgan rasmiy chegara posti qayerda va u dengiz sathidan qancha balandlikda joylashgan?
Javob: Bu chegara posti Pokiston va Xitoy o'rtasidagi Khunjerab dovonida joylashgan bo'lib, dengiz sathidan 4740 metr balandlikda joylashgan. Assalom 3 ball; Bekmirzo 3 ball;
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 20:03:57
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 271-280

Geografiya
271. Bekmirzo: AQSh davlat bayrog'ida 13 ta hoshiya bor (7 ta qizil va 6 ta oq rangli). Bu hoshiyalar nimani anglatadi?
Javob: AQSH bayrog'idagi 13 hoshiya Qo'shma Shtatlarda dastlab tashkil topgan koloniyalar ramzi hisoblanadi. 50 yulduz esa hozirdagi shtatlar ramzidir. AbdulAziz 5 ball; Bekmirzo 1 ball;

Geografiya
272. Bekmirzo: Dunyoda ikkita davlatning bayrog'ida old va teskari taraflarida farq bor. Bu qaysi davlatlarning bayroqlari va ulardagi farq nimadan iborat?
Javob: a) Paragvay davlatining bayrog'i. Bayroqning o'ng va teskari tarafidagi farq: bayroqning o'ng tarafida davlat gerbi, teskari tarafida esa Paragvay Moliya Vazirligining emblemasi tasvirlangan.
b) G'arbiy Sahro [Westsahara] davlatining bayrog'i. Bayroqning o'ng tarafida Yarim oy va Yulduz tasvirlangan, teskari tarafida esa yo'q. Bayroqdagi uchburchak ham odatdagiga qaraganda bayroqning o'ng burchagiga joylashtirilgan... Assalom 3 ball; Bekmirzo 3 ball;

Tarix
273. Feruza: "Buyuk Temur tarixi", "Temur qarorgohi", "Samarqandga saforot kundaligi" asarlarining muallifi.
Javob: Klavixo. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball;

Tarix
274. Feruza: "Aflotuni zamon" deb nom qozongan mashhur matematik va astronom kim?
Javob: Qozizoda Rumiy. Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball;

San'at
275. Feruza: Kim Alisher Navoiyning hassaga tayangan, qomati bir muncha bukchaygan holatidagi rasmini chizgan?
Javob: Mahmud Muzahhib. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball;

Tarix
276. Feruza: Sohibqiron Amir Temur kimni hayotlik chog'ida o'ziga valiahd qilib tayinlagan?
Javob: Jahongir mirzoning o'g'li Pirmuhammadni. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball;

Tarix
277. Feruza: G'arbda "katolik dinining himoyachisi" deb nom qozongan temuriyzoda kim?
Javob: Mironshoh. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball;

Adabiyot
278. Feruza: XVII asrning ikkinchi yarmi buyuk fransuz dramaturgi, komediya teatrining asoschisi kim?
Javob: Jan Batist Molyer. Maknuna 5 ball; Feruza 1 ball;

Tarix
279. Maknuna: II-jahon urushida Germaniya kommunistlari yetakchisi kim edi?
Javob: Ernst Telman. Bekmirzo 5 ball; Maknuna 1 ball;

Tarix
280. Maknuna: Fashist qo'shinlaridan ozod etilgan Polshaning birinchi shahri qaysi?
Javob: Xelme. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball;
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 20:04:41
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 281-290

Tarix
281. Maknuna: Ma'lumki Natsistlar Adolf Gitlerni "Fuhrer" deb atar edilar. Shu so'zning ma'nosi nima?
Javob: Mutloq hokim (absolute leader). AbdulAziz 3 ball; Kumushbibi 2 ball; Maknuna 1 ball;

Adabiyot
282. AbdulAziz: Solih va Rahima qaysi asarning bosh qahramonlari?
Javob: Abdulla Qodiriyning "Baxtsiz kuyov" dramasi. Shoir 5 ball.

Adabiyot
283. AbdulAziz: "Agar bizning hayotimiz hurriyat va xalq baxt-saodati uchun qurbonlik sifatida kerak bo'lsa, biz o'limni ham xursandchilik bilan kutib olamiz!" deb o'z vasiyatini qoldirgan buyuk o'zbek millatparvari kim edi?
Javob: Mahmudxo'ja Behbudiy (1875-1919). Kumushbibi 5 ball.

Pedagogika
284. AbdulAziz: Abdulla Avloniy o'zbek pedagogikasiga qanday yangiliklar kiritdi?
Javob: Turkistonda birinchilardan bo'lib maktabga geografiya, kimyo, handasa, fizika fanlarini kiritdi. Bir dars bilan ikkinchisi o'rtasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchisiga o'tishdagi imtihonni joriy etdi. Shoir 5 ball.

Jurnalistika
285. AbdulAziz: "Yashasin Xalq jumhuriyati!" shiori bilan chop etilgan XX asr boshlaridagi gazeta qaysi. Uning tashkilotchisi va muharriri kim edi?
Javob: "Turon". Abdulla Avloniy. Kumushbibi 5 ball.

Adabiyot
286. AbdulAziz: "œJahon yo‘qsullari, Yer kurrasining ishchi-dehqoni, yashaylik, birlashaylik, yashnataylik shonli Sho‘roni" deya hayqirgan shoir kim edi?
Javob: "œJahon yo‘qsullari, Yer kurrasining ishchi-dehqoni, yashaylik, birlashaylik, yashnataylik shonli Sho‘roni!" deb yozgan edi oktyabr to'ntarishlaridan keyin, shoir So'fizoda.
Ammo hayotdagi norasoliklar, "qizil saltanat"ning adolatsiz siyosati, xalq hayotidagi parokandalik yuqoridagi umidalarni chilparchin qilib tashladi. Xususan, Muhammadsharif So'fizoda, keyinchalik ushbu jamiyat ravnaqiga gumon bilan qarab asarlar yaratdi. Oqibatda qatag'on yillarining avj pallasida xasta ekanligiga, salkam 70 ga kirganiga qaramay So'fizoda qamoqqa olinadi va qurbon bo'ladi. AbdulAziz 2 ball.

Adabiyot
287. Shoir: XIX asrda ijod qilgan qaysi xorazmlik adib mohir bastakor va musiqashunos bo'lgan?
Javob: Komil Horazmiy. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
288. Shoir: "Hijron" taxallusi bilan ijod qilgan shoir kim?
Javob: Abdulla Avloniy. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
289. Shoir: Gorkiyning "Ona" romanini o'zbekchaga tarjima qilgan adib kim?
Javob: Abdulhamid Cho'lpon. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
290. Shoir: Abdulla Qahhor "O'g'ri" hikoyasiga qanday epigraf qo'llagan?
Javob: Otning o'limi - itning bayrami. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 20:05:27
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 291-300

Astronomiya
291. AbdulAziz: Eng yorqin yulduz qaysi?
Javob: Xabbl teleskopi yordamida kashf etilgan bu yulduz Yerdan ko'rinmaydi. Pistol yulduzi Quyoshdan 10 mln. baravar katta bo'lib, Quyosh bir yilda chiqaradigan energiyani u atigi 6 sekundda chiqaradi. Astronomlarning aniqlashicha, bu yulduz Yerdan 25000 yorug'lik yili uzoqda joylashgan (Quyoshdan 325 baravar ko'p). AbdulAziz 2 ball;

Astronomiya
292. AbdulAziz: Yerdan ko'rinadigan eng yorqin yulduz qaysi?
Javob: Yerdan 8,64 yorug'lik yili (1 yorug'lik yili - 9,5 trln. km ga yaqin) masofada joylashgan Sirius yulduzi Yerdan ko'rinadigan eng yorqin yulduz hisoblanadi. Yer bilan Sirius o'rtasidagi masofa taxminan 80 trln. km.ni tashkil etadi. Siriusning og'irligi Quyoshnikidan 2,14 baravar, yorug'ligi esa 24 baravar kuchli hisoblanadi.  Feruza 5 ball;

Astronomiya
293. AbdulAziz: Quyosh sistemasiga kirmaydigan eng katta sayyora qaysi?
Javob: 2001 yil yanvarida ochilgan HD168443 sayyorasi Yerdan 123 yorug'lik yili uzoqda bo'lib, u Quyosh sistemasiga kirmaydigan eng katta sayyora hisoblanadi. HD168443 Quyosh sistemasidagi eng katta sayyora - Yupiterdan ham 17 baravar kattadir. AbdulAziz 2 ball;

Astronomiya
294. AbdulAziz: Yerga eng yaqin yulduz qaysi?
Javob: Quyoshni hisobga olmaganda Yerga eng yaqin yulduz Proksima Sentavra (Alfa Sentavra C) bo'lib, u 1915 yilda kashf etilgan. Bu yulduz bizdan 4,23 yorug'lik yili masofada joylashgan. Feruza 5 ball;

Astronomiya
295. AbdulAziz: Quyosh atrofida eng tez aylanadigan sayyora qaysi?
Javob: Merkuriy - Quyosh sistemasidagi eng tez sayyora hisoblanadi, u quyosh atrofida soatiga 172248 km tezlikda aylanib chiqadi (Yernikidan qariyb ikki barabar tezroq). Yana shu narsa aniqki, Merkuriy Yerga qaraganda Quyoshga yaqinroq joylashgan. Merkuriyning 1 yili - 87,99 kun yoki qariyb 3 oyni tashkil etadi. Feruza 5 ball;

Topishmoq
296. Margilanets: Suvsiz daryo, daraxtsiz o'rmon qayerda bo'ladi?
Javob: Xaritada. Noza 5 ball; Margilanets 1 ball.
 
Tarix
297. Maknuna: 830 000 kishining o'limiga sabab bo'lgan (bu zilziladan halok bo'lgan soni bo'yicha eng katta holatdir) kuchli tarixiy zilzila qachon va qayerda sodir bo'lgan?
Javob: Bu tarixiy zilzila 1556 yilning fevral oyida Xitoyning Shensi va Henan provinsiyalarida ro'y bergan. Kumushbibi 5 ball; Maknuna 1 ball.

Geografiya
298. Maknuna: Inson yashaydigan eng sovuq joy qayer?
Javob: Yer yuzidagi inson yashaydigan eng sovuq joy - Yakutiyaning Oymyakon shahri (Sharqiy Sibir, Rossiya) hisoblanadi. Bu yerda havo harorati -70°C gacha pasayishi kuzatilgan. Yanvar oyining o'rtacha harorati esa -50°C ni tashkil etadi. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.

Geografiya
299. Maknuna: Yer yuzidagi eng sovuq harorat qayerda qayd etilgan va qancha gradusni tashkil etgan?
Javob: Yer yuzidagi eng past harorat Antarktidaning "Vostok" ilmiy stansiyasida 1983 yil, 21 iyulda qayd etilgan bo'lib, o'shanda havo harorati -89,2°C ni tashkil etgan edi. Kumushbibi 5 ball; Maknuna 1 ball.

Adabiyot
300. Noza: J.Bokkachchonning "œDekameron" asari nomi qanday ma’no anglatadi?
Javob: "O’n kun kundaligi". Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:04:13
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 301-310

Kimyo
301. Noza: 1851 yilda qaysi olim tomonidan benzol topilgan?
Javob: . 5 ball; Noza 1 ball.

Tarix
302. Noza: Qadimiy turkiy manbalarda "œXonbaliq" nomini olgan shahar qaysi?
Javob: Pekin. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Musiqa
303. Noza: 3 ijrochi — trio; 4 ijrochi — kvartet; 5 ijrochi - ?
Javob: Kvintet. Shahina 5 ball; Noza 1 ball.

Adabiyot
304. Noza: Rus adabiyotining ilk realistik she’riy romani qaysi va uning muallifi kim?
Javob: Pushkinning "Yevgeniy Onegin" romani. Shahina 3 ball; Noza 3 ball.

Adabiyot
305. Shoir: Buyuk adib Usmon Nosir rus adabiyotidagi qaysi poemalarni o'zbekchaga mohirlik bilan tarjima qilgan? Qaysi poema tarjimasini yo'qotib qo'yib, tahririyatda yoddan aytib beradi?
Javob: Lermontovning "Iblis" ("Demon") poemasi. Pushkinning "Boqchasaroy fontani" dostonini tarjima qilib bo'lib, tahririyatga olib borayotganda uni yo'qotib qo'yadi. Tahririyatga kelib esa dostonni boshdan oyoq yoddan aytib beradi. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
306. Shoir: Buyuk hind eposi "Ramayana"ni o'zbek tiliga o'girgan adib kim? Bu adib 2004-yilda "Abadiy sog'inchlar" nomli roman-xronikani ham yaratdi.
Javob: Muhammad Ali. Noza 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
307. Shoir: 1966-67 yillarda ToshDUning filologiya fakultetiga ketma-ket ikki yil hujjat topshirib o'tolmagan, keyinchalik Moskvadagi Adabiyot institutiga tanlov asosida qabul qilingan o'zbekning buyuk shoiri kim edi?
Javob: Shavkat Rahmon. Assalom 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
308. Shoir: Shukur Holmirzayevning "Qora kamar" dramasi qaysi mavzuga bag'ishlangan va uning bosh qahramoni kim?
Javob: Milliy ozodlik harakati. Bosh qahramon - Xurrambek. Kumushbibi 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
309. Shoir: Ma'lumki Rauf Parfi 1965 yili ToshDUni bitiradi, lekin diplom ololmaydi. Diplom ololmasligiga sabab nima edi?
Javob: "Markscha-lenincha falsafa" fanidan qayta imtihonni topshirishdan bosh tortadi. Kumushbibi 5 ball; Shoir 1 ball;

Anatomiya
310. Doniyor: Qondagi zararli moddalarni zararsizlantiradigan inson a'zosi qaysi?
Javob: Jigar. Feruza 5 ball; Doniyor 1 ball;
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:04:44
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 311-320

Botanika
311. Doniyor: Qaysi o'simlik "oltin olma' deyiladi va vatani qayer?
Javob: Pomidor. Vatani - Braziliya. Kumushbibi 3 ball; Assalom 2 ball; Doniyor 1 ball;

Botanika
312. Doniyor: Qaysi o'simlik hayoti davomida bir marta gullaydi?
Javob: Bambuk. Maknuna 5 ball; Doniyor 1 ball;
 
Geografiya
313. AbdulAziz: Eng katta vulqon krateri qaysi va qayerda joylashgan?
Javob: Dunyodagi eng katta vulqon krateri - Toba bo'lib, Sumatra oroli markazida joylashgan (Indoneziya). Uning maydoni 1775 km2dir. Bu so'ngan vulqon bo'lib, oxirgi marta bundan 75000 yil avval otilgan.  Assalom 5 ball.

Geografiya
314. AbdulAziz: Dunyodagi eng katta harakatdagi vulqon qaysi?
Javob: Gavayi orollaridagi (AQSh) Mauna-Loa vulqoni uzunasiga 120 km, eniga 50 km ni tashkil etadi. Lava irmoqlari esa 5125 km2dir. Vulqonning umumiy hajmi 42500 km bo'lib, uning 84,2%i dengiz ostida joylashgan. Mauna-Loa vulqoni 1843 yildan boshlab, o'rtacha 3,6 yilda harakatlandi, lekin 1984 yildan beri hali harakatlanmadi. Muxbir 5 ball

Geografiya
315. AbdulAziz: Suvda va quruqlikda joylashgan dunyodagi eng baland tog' qaysi?
Javob: Gavayi orollaridagi (AQSh) Mauna-Kea ("Oq tog'") - Yer yuzidagi eng baland tog' hisoblanadi. Tinch okeanidan boshlanadigan ushbu tog'ning cho'qqigacha bo'lgan masofa - 10250 metrni tashkil etadi. Gap shundaki, tog'ning 6000 metrdan ko'prog'i suv ostida, faqatgina 4205 metrlik qismi esa dengiz sathidan balandda joylashgan. Hammasi bo'lib bu tog' Everest cho'qqisidan 1347 metr balanddir. Bekmizro 5 ball.

Geografiya
316. AbdulAziz: Dunyodagi eng katta toshuvchi (suv toshqini) daryo qaysi?
Javob: Xitoydagi Xuanxe daryosi har yili 130-140 kunlab o'zaniga sig'mas ekan. Natijada har yili qishloq ho'jaligiga katta zarar yetadi. Maknuna 5 ball.

Geografiya
317. AbdulAziz: Dunyodagi eng katta muzosti ko'li qaysi?
Javob: Antarktidadagi 1994 yilda ochilgan Vostok ko'li dunyodagi eng keksa va eng toza ko'l hisoblanadi. Uning maydoni qariyb 14 ming  km2dir. Feruza 5 ball.

Tibbiyot
318. Doniyor: Dunyoda birinchi marta odam qonini odamga quyish qachon va qayerda amalga oshirilgan?
Javob: 1818-yil 1-sentyabrda London shahridagi St. Guy kasalxonasida Dr. Blundell tomonidan o'tkazilgan. Har xil odamlardan olingan yarim liter qon bemorga quyilgan, ammo bemor operaciyadan tirik chiqmagan. Bekmirzo 5 ball; Doniyor 1 ball;

Anatomiya
319. Doniyor: Odam tanasi hujayralarining yadrosida nechta xromosoma bor?
Javob: 46 ta. Shahina 5 ball; Doniyor 1 ball;

Anatomiya
320. Doniyor: Hujayrada qanday modda eng ko'p bo'ladi?
Javob: Oqsil. Muxbir 5 ball; Doniyor 1 ball;
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:05:43
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 321-330

Adabiyot:
321. Shoir: Umar Xayyom ruboiylarini birinchi bo'lib aruz vaznida tarjima qilgan adib kim? Tarjimon ruboiylarni aruzning qaysi tarmog'ida bo'yicha tarjima qilgan?
Javob: Jamol Kamol. Aruz vaznining "ahram" va "ahrab" tarmog'ida tarjima qilingan. 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot:
322. Shoir: Go'ro'g'lining o'g'illari Hasanxon va Avazxonlarning turmush o'rtog'i kim edi?
Javob: Hasanxonning xotini - xon Dalli, Avazxonning xotini - Gulqiz. Feruza 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot:
323. Shoir: Go'ro'g'libek Ravshanbekka kim qalliq qilib olib bermoqchi bo'ladi? U kimning qizi edi?
Javob: Avazxonning qizi - Gulanorni. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot:
324. Shoir: Ravshanbekning tulpori ismi nima edi?
Javob: Jiyronqush. Feruza 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot:
325. Shoir: Ravshanbek Zulxumorning xabarini qayerdan topadi?
Javob: Yunus parining uzugida Qoraxon podshoning qizi - Zulxumorning ismi, ham surati bor edi. Shuni ko'rib oshiq bo'lib qoladi. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
326. AbdulAziz: Musulmon Sharqida "devon" tuzish an'analariga ko'ra:
a) g'azallar qaysi tartibga ko'ra joylanadi?
b) devondagi g'azallar uchun qaysi shart bo'lmasa devon hisoblanmaydi.
Javob: a) g'azallar alifbo tartibida joylashtiriladi. Alifboni belgilashda misraning boshidagi emas, balki oxiridagi harf hisobga olinadi.
b) devonda arab alifbosi tartibi bo'yicha barcha harflarga tugaydigan g'azallar bo'lishi shart. Yo'qsa, u dev hisoblanmaydi. AbdulAziz 2 ball.

Adabiyot
327. AbdulAziz: G'azalning birinchi va oxirgi baytlari nima deb ataladi?
Javob: G'azalning birinchi bayti - matlaa (arabcha "boshlanma"), oxirgi bayti - maqta' (arabcha "tugallanma") deb ataladi. Feruza 5 ball.

Adabiyot
328. AbdulAziz: Ikki mahbubni ko'rdim, sabzto'nlik, yoz yog'ochning boshida,
Qish yalang'och aylagay barcha xaloyiq qoshida.
Barcha qushlarning so'ngoki ichida,
Ul na qushdurkim, so'ngoki toshida.

Uvaysiyning ushbu chistoni javobini toping.
Javob: Yong'oq. Mohinur 5 ball.

Adabiyot
329. AbdulAziz: Chiston janri yana qanday ataladi?
Javob: Lug'z. Shoir 5 ball.

Adabiyot
330. AbdulAziz: Har kishikim birovga qozg'oy choh,
Tushgay ul choh aro o'zi nogoh.

Alisher Navoiyning ushbu baytida qanday badiiy san'at qo'llanilgan?
Javob: Irsoli masal ("maqol kiritish" ma'nosini bildirib, badiiy adabiyotda fikr isboti uchun xalq maqollaridan foydalanish san'ati). Shoir 5 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:05:59
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 331-340
 
Adabiyot
331. Shoir: Ravshanning Qoraxon tomonidan qamoqqa olinishiga sabab nima edi? Bu fitnani amalga oshirgan shaxs kim edi?
Javob: Zulxumor Ravshanbekni o'z bog'ida rosa mehmon qiladi. Zulxumorning kanizlaridan Oyqiz ravshanga ko'p iltifot qilsa-da, uning iltifotini qozona olmagach, bu sirdan xonni ogoh etadi. Qoraxonning mirshablari Ravshanni Zulxumor bilan uxlab yotishgan joyidan bandi qiladilar. Feruza 5 ball, Shoir 1 ball.

Adabiyot 
332. Shoir: Ravshanbekni Shirvon elida asrab olgan kampirning katta o'g'lining kal shogirdlari kimlar edi va ular qaysi sohalarda mohir edilar?
Javob: Aynoq kal - nonxo'r, polvon;
Jaynoq kal - masxaraboz;
Ersak kal - mergan;
Tersak kal - sinchi; AbdulAziz 5 ball, Shoir 1 ball.

Adabiyot
333. Shoir: Ravshanbekning qamoqdan yozgan maktubini Chambil eliga qaysi qush eltib beradi?
Javob: Mayna. Feruza 5 ball, Shoir 1 ball.

Adabiyot
334. Shoir: "Ravshan" dostoni qachon, kim tomonidan, qaysi baxshi tilidan yozib olingan?
Javob: "Ravshan" dostoni birinchi marta folklorshunos olim Hodi Zarif tomonidan, 1928-yili Ergash Jumanbulbul baxshi og'zidan yozib olingan va 1941-yilda nashr etilgan. AbdulAziz 5 ball, Shoir 1 ball.

Adabiyot
335. Shoir: Ravshanbek Zulxumorni izlab chiqqanda necha yoshda bo'ladi?
Javob: 15-16 yoshda. Feruza 5 ball, Shoir 1 ball.

Tarix
336. Feruza: 1848-1849 yillar Yevropadagi qo'zg'olonlar natijasida iste'foga chiqarilgan va o'z jonini saqlab qolish maqsadida ayollar kiyimida qochib ketgan hukumat boshlig'i kim?
Javob: Avstriya kanzleri Klemens Wenzel Lothar von Metternich. Bekmirzo 5 ball, Feruza 1 ball.

Tarix
337. Feruza: XIX asrda "Yevropa jandarmi" deb atalgan davlat va nima uchun?
Javob: Rossiya. Feruza 3 ball.

Tarix
338. Feruza: 1870-yilda Italiyaning milliy davlar bo'lib birlashishida xizmatlari katta bo'lgan 3 shaxs.
Javob: Giuseppe Garibaldi, Giuseppe Mazzini, Graf Camillo Benso di Cavour. Bekmirzo 5 ball, Feruza 1 ball.

Tarix
339. Feruza: Kim 5 soat ichida konstitutsiya ishlab chiqqan?
Javob: Otto fon Bismark. Assalom 5 ball, Feruza 1 ball.

Matbuot
340. Feruza: Birinchi rus bosma gazetasining nomi nima va qachondan boshlab chiqarila boshlangan?
Javob: Wedomosti, 1703 yildan chiqa boshlagan. Bekmirzo 5 ball, Feruza 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:06:14
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 341-350

Tarix
341. Feruza: Neva daryosining quyilish yerida bir shahar bor. bu shahar qaysi va kim tomonidan qurdirilgan?
Javob: Sankt Petersburg shahri, Buyuk Pyotr tomonidan qurdirilgan. Bekmirzo 5 ball, Feruza 1 ball. 

San'at
342. Feruza: "Oskar"ni yutgan birinchi film qaysi?
Javob: 1927-1828 yillarda birinchi "Oskar" mukofoti g'oliblari e'lon qilingan. Unga ko'ra:
Eng yaxshi film - "Wings" ("Shamollar"). AbdulAziz 5 ball, Feruza 1 ball.

Tarix
343. Feruza: O'g'lining prezidentlik inaguratsiyasida qatnashgan birinchi amerikalik ona kim?
Javob: Garfildning onasi Eliza Ballou Garfild. Feruza 3 ball.

Tarix
344. Feruza: Maktabga umuman bormagan, lekin bo'lajak rafiqasi tomonidan 17 yoshida yozish va o'qishni o'rgangan Amerika Prezidenti kim?
Javob: Andryu Jonson. Feruza 3 ball.

Geografiya
345. AbdulAziz: O'zbekistondagi eng uzun kanal qaysi?
Javob: Eski Angor kanali 1955 yili foydalanishga topshirilgan bo'lib, uzunligi 300 km.ni tashkil etadi. Kanal suvni Zarafshon daryosidan oladi. Assalom 5 ball.

Geografiya
346. AbdulAziz: O'zbekistondagi eng katta qo'riqxona qaysi?
Javob: Hisor tog'larining g'arbiy yonbag'irlarida, 1750-4350 metr balandliklarda joylashgan Hisor tog'-o'rmon qo'riqxonasi O'zbekistondagi eng katta qo'riqxona bo'lib, uning maydoni 873995 gektarni tashkil etadi. Feruza 5 ball.

Geografiya
347. AbdulAziz: O'zbekistondagi eng yirik suv ombori qaysi?
Javob: Chordara suv omborining maydoni - 900,0 kv.km bo'lib, suv hajmi 5700,0 mln. kub metrni tashkil etadi. Muxbir 5 ball.

Geografiya
348. AbdulAziz: O'zbekistondagi eng baland cho'qqi qaysi va uning balandligi qancha?
Javob: Hisor tog'laridagi Hazrati Sulton cho'qqisining balandligi 4643 metrni tashkil etadi. Muxbir 5 ball.

Geografiya
349. AbdulAziz: O'zbekistondagi eng chuqur botiq qaysi?
Javob: Qizilqum cho'lidagi Mingbuloq botig'i dengiz sathidan -12 metr pastda joylashgan. Maknuna 3 ball, Bekmirzo 2 ball.

Geografiya
350. AbdulAziz: Birinchi globusni kim yasagan?
Javob: Abu Rayhon Beruniy XI asr boshida birinchi globusni yasagan. XV asrda nemis olimi Bexaym tomonidan Yevropada ham globus yaratilgan. Feruza 5 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:06:27
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 351-360

Biologiya
351. AbdulAziz: Kofe va kakaoning vatani qayer?
Javob: Kofening vatani - Efiopiya, kakaoning vatani - Markaziy Amerika. Bekmirzo 5 ball.

Adabiyot
352. AbdulAziz: Abdulla Qahhorning "Dahshat" hikoyasidagi dodhohning ismi nima edi?
Javob: Olimbek dodhoh. Feruza 5 ball.

Astronomiya
353. AbdulAziz: Yerga eng yaqin tumanlik qaysi?
Javob: Andromeda tumanligi Yerga eng yaqin bo'lib, u Quyoshga nisbatan 1 500 000 000 marta ko'p yorug'lik ajratib chiqaradi. Shahina 5 ball.

Tarix
354. AbdulAziz: O'zbekistonda 1994-yil qanday atalgan?
Javob: Mirzo Ulug'bek yili. Bekmirzo 5 ball.

Iqtisod
355. AbdulAziz: Ayni paytda O'zbekistondagi eng kam ish haqi (minimal oklad) qancha?
Javob: 9400 so'm. Bekmirzo 5 ball.

Adabiyot
356. Shoir: "Mehrobdan chayon" romanida Anvar kim sababli saroyga ishga kiradi?
Javob: Sinfdoshi Nasim va uning dadasi tufayli. Shahina 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
357. Shoir: "Mehrobdan chayon" romanining so'nggida "Barimta" degan qism mavjud. Bu so'zning ma'nosi nima?
Javob: Garovga, kafilga olish. Anvar mirzo saroydan ketgani uchun Sultonali Mirzoni garovga olishadi. Shu saabli bu qism "Barimta" deb ataladi. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
358. Shoir: Jahonotin Uvaysiy taxallusining ma'nosi nima va qayerdan kelib chiqqan.
Javob: O'tmishda Uvays al-Qaroniy nomli valiy zot o'tgan. Bu zot payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.dan ancha oldin yashagan bo'lib, u zotning kelishlarini kitoblardan o'qib, muhabbat bog'laydi. Payg'ambarimiz ham uning cheksiz mehri haqida sahobalarga aytib beradilar. Uvaysiy ham shundan kelib chiqqan. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
359. Shoir: Odamiy, ersang, demagil odami
Onikim yo'q xalq g'amidin g'ami"

Ushbu misralar Alisher Navoiyning qaysi asaridan olingan?
Javob: "Xayratul abror" dostonidan. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
360. Shoir: "Xamsa"dagi "Shoh G'oziy" hikoyati kimga bag'ishlanadi?
Javob: Husayn Boyqaroga. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:06:36
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 361-370

San'at
361. AbdulAziz: "O'tkan kunlar" filmining yangi versiyasi qachon ishlangan va rejissori kim?
Javob: 1998-yili ishlangan, rejissori Melis Abzalov. Maknuna 5 ball.

San'at
362. AbdulAziz: "O'tkan kunlar" filmining yangi versiyasida Otabek va Kumush rollarini kimlar talqin etgan?
Javob: Otabek - Behzod Muhammadkarimov, Kumushbibi - Shahrizoda Dilmurod qizi. Feruza 5 ball.

Biologiya
363. AbdulAziz: Qaysi yil genetikaga asos solingan yil deya ta'rif etiladi va nima uchun?
Javob: Genetikaning asosiy qonuniyatlari dastlab, chex olimi Gregor Mendel tomonidan 1895 yilda e'lon qilingan edi. Uning tadqiqotlari uzoq vaqtgacha to'g'ri baholanmay keldi. 1900 yilda Mendel tadqiqotlari uch yirik olim G.De Friz, E.Chermak va K.Jorrenslar tomonidan qayta kashf etildi va tasdiqlandi. Shuning uchun 1900 yil genetikaga asos solingan yil hisoblanadi. Muxbir 5 ball.

Geografiya
364. AbdulAziz: Amudaryoni qadimda arablar Sayhun, yunonlar Oks deb ataganlar. mahalliy xalqlar qanday ataganlar?
Javob: Omul. AbdulAziz 2 ball.

Adabiyot
365. AbdulAziz: Abdulla Qahhorning "O'g'ri" hikoyasidagi sigirini yo'qotgan cholning ismi nima edi?
Javob: Qobil bobo. Feruza 5 ball.

Biologiya
366. Noza: Makkajo’xorining asl vatani?
Javob: Markaziy Amerika, Meksika. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.

Adabiyot
367. Noza: L. Kerollaning "œAlisa mo’jizalar mamlakatida" kitobi kimga bag’ishlab yozilgan?
Javob: Henry George Liddellning qizi Alisa Liddelga bag'ishlangan. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.

Astronomiya
368. Noza: Mars sayyorasini qadimda Arabistonda nima deb atashgan?
Javob: Mirrix. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Tarix
369. Noza: 1868 yilda Yaponiya poytaxti deb e’lon qilingan shahar?
Javob: 1868 yildan beri Yaponiya poytaxti - Tokio.
Undan oldin Kioto poytaxt bo'lgan. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Madaniyat
370. Noza: Shved erkaklar yubkasi nima deb ataladi?
Javob: Kvilt. Noza 3 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:06:51
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 371-380

San'at
371. Noza: "œTuron" teatr-truppasini kim tashkil etgan?
Javob: Abdulla Avloniy. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Biologiya
372. Maknuna: Viruslar kim tomonidan, qachon kashf etilgan?
Javob: 1892 yilda rus olimi D.I.Ivanovskiy tamaki o'simligida uchraydigan tamaki mozaikasi deb ataluvchi kasallik qo'zg'atuvchi virusni kashf etdi. Bekmirzo 5 ball, Maknuna 1 ball.

Geografiya
373. Maknuna: Namangan viloyatidagi Mingbuloq neft koni qachon ochilgan?
Javob: 1992 yili. Bekmirzo 5 ball, Maknuna 1 ball.

Adabiyot
374. Maknuna: Mashhur avar shoiri Rasul Hamzatning qanday she'riy kitoblarini bilasiz? (3 tasini sanang)
Javob: "Tog' qo'shig'i", "Mening qalbim tog'larda", "Tog' qizi", "Dog'istonim", "Yuksak yulduzlar", "Tug'ilgan kunim", "Tog'likning vatani", "Ovuldan xat". Bekmirzo 5 ball, Maknuna 1 ball.

Astronomiya
375. Maknuna: Teleskopsiz nechta yulduzni ko'rish mumkin?
Javob: Teleskopsiz 6000 yulduzni ko'rish mumkin. Ulardan 1500 tasi Janubiy yarimshar ustidadir. Bekmirzo 5 ball, Maknuna 1 ball.

Ajoyibotlar
376. Noza: Ko’pchilik mamlakatlarda "œikkinchi non" deb ataladigan o’simlik?
Javob: Kartoshka. Muxbir 5 ball; Noza 1 ball.

Tarix
377. Noza: 1953 yillarda "œSaodat" jurnalida bosh muharrir bo’lib ishlagan shoira?
Javob: Zulfiya. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.

Musiqa
378. Noza: "œKitob ul-musiqa al-kabir" ("œMusiqa haqida katta kitob") asari muallifi?
Javob: Abu Nasr Farobiy. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.

Kimyo
379. Noza: Azotni birinchi bo’lib kashf etgan olim ?
Javob: 1772 yilda ingliz olimi D.Rezerford tomonidan kashf qilingan. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.

Botanika
380. Noza: Botanika faninig suvo’tlarni o’rganuvchi bo’limi nima deb ataladi?
Javob: Algologiya. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:07:09
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 381-390

Geografiya
381. Muxbir: Qaysi daryo Oqshiyroq va Terskay Olatovi tizmalaridan boshlanadi?
Javob: Sirdaryo. AbdulAziz 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
382. Muxbir: Orol dengizining eng chuqur joyi necha metr?
Javob: 50 metr. AbdulAziz 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
383. Muxbir: Yevrosiyoning tabiiy-geografik o'rniga ko'ra Markaziy Osiyo mintaqasiga qayerlar kiradi?
Javob: Sharqiy Qozog'iston, Shimoliy Hindiston, G'arbiy Xitoy, Mo'g'uliston, Shimoliy Xitoy. AbdulAziz 3 ball; Bekmirzo 2 ball;  Muxbir 1 ball.

Geografiya
384. Muxbir: O'rta Osiyo geografiyasiga kim asos solgan?
Javob: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (IX asr) "Yer tasviri" asari bilan O'rta Osiyo geografiyasini tadqiq etgan. Shahina 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
385. Muxbir: "Atlas" atamasini fanga kim kiritgan?
Javob: Flamand xaritashunosi Merkator o'zi tuzgan xaritalar to'plamini (1595-yili) Lviyaning afsonaviy qiroli Atlas nomi bilan ataydi. Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Biologiya
386. Muxbir: Mashhur seleksioner olim Vavilov madaniy o'simliklarning kelib chiqishini qanday 7 markazga bo'ladi?
Javob: 1. Janubiy Osiyo. 2. Sharqiy Osiyo. 3. Janubi-G'arbiy Osiyo. 4. O'rta Yer dengizi. 5. Abissiya (Efiopiya). 6. Markaziy Amerika. 7. Janubiy Amerika. Maknuna 5 ball; Muxbir 1 ball.

Biologiya
387. Muxbir: Qaysi madaniy o'simliklar Markaziy Amerikadan tarqagan?  (5 tasini sanang).
Javob: Oshqovoq, makkajo'xori, qalampir, loviya, kakao. Maknuna 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
388. Muxbir: O'zbekistondagi eng katta toshko'mir koni qaysi?
Javob: Surxondaryo viloyatidagi Sharg'un koni. AbdulAziz 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
389. Muxbir: O'zbekistonning janubida yoz necha kungacha davom etadi?
Javob: 160 kungacha. Maknuna 5 ball; Muxbir 1 ball.

Astronomiya
390. Muxbir: Koinotda nechta burj bor? Yunon olimi Ptolomey qancha burjni qayd etgan?
Javob: Yunon olimi Ptolomey 48 ta burjning ro'yxatini tuzgan. Hozirgi kunda esa 88 ta burj ma'lum. AbdulAziz 5 ball; Muxbir 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:07:30
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 391-400

Irrigatsiya
391. Muxbir: Artezan atamasi qayerdan kelib chiqqan?
Javob: Artezan Fransiyaning Artua degan joyi bilan bog'liq. U yerda bundan 800 yil burun qazilgan. Feruza 5 ball; Muxbir 1 ball.

Adabiyot
392. AbdulAziz: 1933-34 yillarda "œO’tkan kunlar"ni kino qilisharkan degan gaplar chiqadi. Abdulla Qodiriy bosh qahramon — Otabek rolini kim talqin etishini hohlagan edilar?
Javob: — Artist bo’lganimda edi, Otabek rolini o’zim o’ynardim. Negaki Otabek xarakterini mendan ortiq biluvchi yo’q, - degandilar Abdulla Qodiriy. (Habibulla Qodiriy "œOtam haqida") AbdulAziz 2 ball.

Adabiyot
393. AbdulAziz: "œOtkan kunlar"ning dastlabki variantida Abdulla Qodiriy Kumush qabriga qaysi baytni tanlagan edilar?
Javob: Hamrohim eding bu yo’lda ey, moh,
Hamrohini tashlab ketarmi hamroh. (Fuzuliy). AbdulAziz 2 ball.

Adabiyot
394. AbdulAziz: 20-yillarda "œSharq haqiqati" gazetasida "œO’tkan kunlar" ham "œo’tgan kunlar" nomli turkum tanqidiy maqolalar e’lon qilgan tanqidchi kim edi?
Javob: Sotti Xusayn. Shoir 5 ball.

Adabiyot
395. AbdulAziz: "O'tkan kunlar" romani nemis tiliga qanday nom bilan tarjima qilingan? (Original nom qolib boshqa nom tanlashgan).
Javob: "Toshkentlik oshiq-ma'shuqlar". Assalom 5 ball.

Adabiyot
396. AbdulAziz: "O'tkan kunlar"ni rus tiliga kimlar tarjima qilgan?
Javob: "œO’tkan kunlar" yozuvchi L.Bat va V.Smirnovalar tarafidan tarjima qilinib, 1958-yilda rus tilida chop etilgan. Maknuna 5 ball.

Adabiyot
397. Noza: 1909 yilning 12 dekabrida Jizzahda tug’ilgan adib?
Javob: Hamid Olimjon. AbdulAziz; Noza 1 ball.

Adabiyot
398. Noza: "œMuqaddas" qissasi muallifi kim?
Javob: Odil Yoqubov. AbdulAziz; Noza 1 ball.

Kimyo
399. Noza: Grekchada "œhayotga yaroqsiz" deb nom olgan modda?
Javob: Azot. Noza 3 ball.

Tarix
400. Noza: Greklar o’z mamlakatlarini nima deb atashadi?
Javob: Ellada. AbdulAziz; Noza 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:07:47
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 401-410

Atamashunoslik
401. Noza: Sharqda o’simliklar dunyosi nima deb atalgan?
Javob: Nabotat. AbdulAziz; Noza 1 ball.

Futbol
402. Otabek: "Arsenal" (Angliya) dan tashqari yana qaysi MDH mamlakatida shu nomdagi jamoa bor?
Javob: Ukraina. AbdulAziz 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
403. Otabek: "Barselona" (Ispaniya) ning shvetsiyalik xujumchisi?
Javob: Larssen. AbdulAziz 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
404. Otabek: Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumanining 1-ligaga o'tish turnirida qatnashgan jamoasi qaysi?
Javob: "Akmal". Otabek 3 ball.

Astronomiya
405. Assalom: Qaysi rangdagi yulduzlar eng yorqin va issiq bo'ladi?
Javob: Ko'k yulduzlar yuzasidagi harorat 400 000 C° ni tashkil etadi. Quyosh yuzasidagi harorat esa 6000 C°. Maknuna 5 ball; Assalom 1 ball.

Biologiya
406. Assalom: Hujayra kim tomonidan va qachon kashf etilgan?
Javob: 1665 yilda ingliz olimi Robert Guk daraxt po'stlog'idagi po'kak to'qimadan yupqa kesmalar tayyorlab, mikroskop yordamida kuzatganda, hujayrani kashf etdi. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
407. Assalom: Shamol kuchini o'lchovchi 12 ballik shkala qanday ataladi?
Javob: Bofort shkalasi.  Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
408. Assalom: Suvning tiniqligi qaysi asbob yordamida aniqlanadi?
Javob: Suvning tiniqligi Sekki gardishi orqali aniqlanadi (diametri 30 sm). AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Astronomiya
409. Assalom: Quyoshning diametri qancha? Quyosh va Yer o'rtasidagi masofa necha km.ni tashkil etadi?
Javob: Quyoshning diametri - 1 400 000 km. Quyosh va Yer o'rtasidagi masofa - 150 000 000 km. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
410. AbdulAziz: O'rta Osiyodagi eng chuqur botiq qaysi?
Javob: Mang'ishloq yarim oroli (Qozog'iston)dagi Qoragiyo (Botir) botig'i dengiz sathidan -132 metr pastda joylashgan. Feruza 5 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:08:10
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 411-420

Geografiya
411. AbdulAziz: O'rta Osiyodagi eng baland cho'qqi qaysi?
Javob: Hindiqush tog'laridagi Tirichmir cho'qqisining balandligi 7690 metrni tashkil etadi. Assalom 5 ball.

Geografiya
412. AbdulAziz: O'rta Osiyodagi a) eng uzun va b) havzasining maydoniga ko'ra eng katta daryo qaysi?
Javob: a) Eng uzun daryo Sirdaryo - 3019 km, b) havzasining maydoniga ko'ra eng katta daryo - Amudaryo (309 ming kv.km) Feruza 5 ball.

Geografiya
413. AbdulAziz: O'rta Osiyodagi Orol dengizidan keyin eng katta ko'l qaysi?
Javob: Balxash ko'li, maydoni - 18,3 ming kv.km. Feruza 5 ball.

Geografiya
414. AbdulAziz: O'rta Osiyodagi eng katta suv ombori qaysi?
Javob: Buxtarma suv omborining maydoni - 5500 kv.km, suv hajmi esa - 53000 mln. kub metrni tashkil etadi. Bekmirzo 5 ball.

Siyosat
415. Maknuna: 154 ta davlat rahbari ishtirok etgan eng yirik sammit qachon bo'lib o'tgan?
Javob: 2005 yil 14-16 sentyabr kunlari New York shahrida BMTning 60-yillik yubileyiga bag'ishlangan va tashkilot tarixidagi eng katta yig'ilishi bo'lib o'tgan va unda 154 ta Davlat va Hukumat rahbarlari ishtirok etishgan. Bekmirzo 5 ball;  Maknuna 1 ball.

Siyosat
416. Maknuna: Dunyoda bosh vazirlarning eng yirik sulolasi qaysi?
Javob: Hindiston 1947 yilning avgust oyida o'z mustaqilligini qo'lga kiritganidan keyin mashhur siyosatchi Javoharla'l Neru mamlakat bosh vaziri etib tayinlangan edi. U bu mansabni o'limiga qadar, ya'ni 1964 yilgacha egallab turgan. 1966-1977 va 1980-1984 yillarda esa mamlakatni uning qizi Indira Gandi boshqardi. gandi xonim tansoqchilari tomonidan otib o'ldirilganidan keyin uning to'ng'ich o'g'li rajiv Gandi 1984 yilgi saylovlarda g'olib chiqib, besh yil davomida bosh vazir lavozimini egallab turgan. 1989 yilda uning ham joniga qasd qilishgan. Shamshir 5 ball; Maknuna 1 ball.

Siyosat
417. Maknuna: Buyuk Britaniya tarixidagi eng uzoq hukmronlik muddati kimga tegishli?
Javob: Qirolicha Viktoriya 1837 yildan 1901 yilga qadar, ya'ni 63 yilu, 216 kun mobaynida mamlakatni boshqargan. Feruza 5 ball; Maknuna 1 ball.

Siyosat
418. Maknuna: Hozirgi kunda hayot bo'lgan monarxlardan eng uzoq hukmronlik muddati kimga tegishli?
Javob: Thailand qiroli Bhumibol Adulyadej Rama IX. U 1946 yil 9-iyunda 19 yoshligida taxtga o'tirgan. Bekmirzo 5 ball; Maknuna 1 ball.

Siyosat
419. Maknuna: Salomlashish bo'yicha rekordchi prezident kim?
Javob: 1907 yil, 1 yanvar kuni AQSh prezidenti Teodor Ruzvelt o'ziga xos rekord o'rnatdi. U Oq uyga to'plangan 8513 nafar odam bilan qo'l berib salomlashib chiqqan. Shamshir 5 ball; Maknuna 1 ball.

Siyosat
420. Maknuna: Dunyo tarixidagi eng yosh mer kim?
Javob: 1988 yilning 3 mayida Sheyn Mak AQShning Janubiy Dakota shtatidagi Kestlvud shahrining meri etib saylangan. O'shanda u endigina 18 yoshni qarshilagandi. Bu lavozimni u 8 yil egallab turgan. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:08:35
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 421-430

Siyosat
421. Maknuna: Dunyodagi eng semiz monarx kim?
Javob: Tongo qiroli Taufa'axau Tupouning vaznini 1976 yili mamlakatdagi yagona yirik va ishonchli aeroport tarozisida o'lcha ko'rishgan edi: qirolning vazni 209,5 kg ekan. Shundan so'ng qirol tinmay sport bilan shug'ullanib turgan. 1985 yilda uning vazni 139,7 kg. tosh bosdi. 1993 yilda esa 127 kg.ga ozgan. Bekmirzo 5 ball; Maknuna 1 ball.

Siyosat
422. Maknuna: Qayerda va nima sabab bilan 3 hafta ichida 5 ta prezident almashgan?
Javob: 2001 yil dekabr oyida Argentina iqtisodiy inqirozga uchraganini e'lon qilgan edi. O'shanda uch hafta mobaynida roppa-rosa 5 ta prezident almashgan. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.

Siyosat
423. Maknuna: Mamlakat ayollariga saylov huquqini bergan dunyodagi birinchi davlat qaysi?
Javob: Yangi Zelandiyada 1883 yil 19 sentyabrida ayollar ham saylovda qatnashishgan. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.

Siyosat
424. Maknuna: Eng ko'p suiqasd uyushtirilgan davlat rahbari kim?
Javob: XX asrda Fransiya tarixida ulkan o'rin tutgan prezident Sharl de Gollga qarshi 1944-1966 yillar ichida 31 marotaba suiqasd uyushtirilgan. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.

Futbol
425. Otabek: Yaqinda Rossiyaning "Zenit" klubi bilan shartnoma imzolagan janubiy korealik futbolchining ismi-sharifi nima?
Javob: Xyon Yon Min. Bekmirzo 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
426. Otabek: Terma jamoamiz bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashiy Koreyaning qaysi jamoasini Koreya Kubogi g'olibligiga olib kelgan?
Javob: Koreyaning "Yukong" Jamoasi. Otabek 3 ball.

Futbol
427. Otabek: Koreyaning Chunnam viloyati sharafini himoya qiladigan jamoa?
Javob: "Chunnam Dragons" jamoasi. Otabek 3 ball.

Tarix
428. Otabek: "Qassob amir" laqabini olgan Buxoro amiri kim?
Javob: Amir Nasrullo. AbdulAziz 5 ball; Otabek 1 ball.

Tarix
429. Otabek: Qang' tepaligi yodgorligi qayerda joylashgan?
Javob:  Toshkent viloyati, Oqqo'rg'on tumani. Muxbir 5 ball; Otabek 1 ball.

Tarix
430. Otabek: Buxoro amiri Said Olimxon qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
Javob: 1910-1920 yillar. Feruza 5 ball; Otabek 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:09:30
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 431-440

Tarix
431. Otabek: Abdurauf Fitratning mashhur asari qahramoni, Buxoro hukmdori?
Javob: Abulfayzxon. AbdulAziz 5 ball; Otabek 1 ball.

Musiqa
432. Noza: "œAl—madhad ilm miaat al musiqiy" ("œMusiqa san’atiga kirish") asari muallifi?
Javob: Abu Ali ibn Sino. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Biologiya
433. Noza: Xitoy olmasi?
Javob: Apelsin (ma'nosi "Xitoy olmasi"). AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Madaniyat
434. Noza: "œAbdullajon" filmi nechanchi yilda sur’atga olingan?
Javob: Rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan 1991-yilda suratga olingan. Bekmirzo 5 ball; Noza 1 ball.

Fizika
435. Noza: Gidrostatikaga asos solgan olim?
Javob: Arximed. Maknuna 5 ball; Noza 1 ball.

Musiqa
436. Noza: Erkaklarning ton bilan bas orasidagi ovozi nima deb ataladi?
Javob: Erkaklarning Bass va Tenor oralig'idagi ovozi bariton deb ataladi. Bekmirzo 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
437. AbdulAziz: Pomir va Tyanshan tog'larining eng baland cho'qqisi qaysi?
Javob: Pomir tog'larining eng baland cho'qqisi - Ismoil Somoniy (7495 metr), Tyanshan tog'ining eng baland cho'qqisi - G'alaba (7439 metr). Feruza 3 ball, Assalom 2 ball.

Geografiya
438. AbdulAziz: Dunyodagi eng chuqur ko'l qaysi?
Javob: Baykal. Eng chuqur joyi - 1637 metr. Feruza 5 ball.

Geografiya
439. AbdulAziz: Dunyodagi eng uzun g'or qaysi?
Javob: AQShning Kentukki shtatidagi Flint-Mamont g'orining uzunligi - 345 km.ni tashkil etadi. Qaysar 5 ball.

Geografiya
440. AbdulAziz: Dunyodagi eng chuqur g'or qaysi?
Javob: Fransiyadagi Jan-Bernar g'orining chuqurligi 1,5 km.ni tashkil etadi. Shahina 5 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:09:49
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 441-450

Geografiya
441. AbdulAziz: Ilk shamol tezligini o'lchovchi asbobni kim kashf qilgan?
Javob: 1667 yili angliyalik Robert Kuk anemometrni kashf etgan. Assalom 5 ball.

San'at
442. Noza: 1514 yilda yozilgan "œXattotlar va musavvirlar haqida risola" asari muallifi?
Javob: Sultonali Mashhadiy. Noza 3 ball.

Kimyo
443. Noza: Ilk "œOrganik kimyo" haqidagi kitob qachon kim tomonidan yozilgan?
Javob: I. Bertseluis, 1827 yili. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.


Kimyo
444. H2O, H2S, H2Se, H2Te- kislorod gruppachasidagi elementlarning vodorodli birikmalari. Ularning umumiy nomi nima deb ataladi?
Javob: Xal'kovodorodlar. Noza 3 ball.


Biologiya
445. Noza: Kartoshkaning vatani qayer?
Javob: Janubiy Amerika. Muxbir 5 ball; Noza 1 ball.


Kimyo
446. Noza: 300 yil muqaddam mikroblarni mikroskop ostida birinchi bo’lib ko’rgan olim?
Javob: Gollandiyalik olim A. Levenguk. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.


Siyosat
447. Maknuna: Dunyoning eng yosh qirolichasi kim?
Javob: Iordaniya qirolichasi Raniya al-Abdulla (1970 yil, 31 avgustda tug'ilgan) dunyodagi eng yosh qirolichadir. U mamlakat qiroli Abdulla Bin Husaynga 1993 yilning 10 iyunida turmushga chiqqan. 199 yil 7 fevral kuni Iordaniya qirolichasi deb e'lon qilinganida esa endigina 28 yoshda edi. Feruza 5 ball; Maknuna 1 ball.

Kino
448. Maknuna: Mashhur "Sprut" filmida Komissar Kattani rolini ijro etgan italiyalik mashhur aktyor kim?
Javob: Mikele Plachido (1946-yilda tug'ilgan). Muxbir 5 ball; Maknuna 1 ball.

Kino
449. Maknuna: "O'zbekiston" kanali orqali namoyish etilgan ajoyib koreys seriali "Saroy javohiri"ning asli nomi nima?
Javob: "Buyuk Tangem" Qaysar 5 ball; Maknuna 1 ball.

Biologiya
450. Maknuna: a) Arpa va bananning
b) Soya va tariqning
c) 50% madaniy o'simliklar, jumladan sholi, shakarqamish va sabzavot ekinlarining
d) Bug'doy, suli, dukkaklilar, zig'ir, sabzining
e) Go'zaning
f) Ananasning
g) Karam, qand lavlagi, bedaning
vatani qayer?
Javob: a) Efiopiya.
b) Sharqiy Osiyo.
c) Janubiy Osiyo.
d) G'arbiy Osiyo.
e) Markaziy Amerika.
f) Janubiy Amerika.
g) O'rta Yer dengizi. Assalom 5 ball; Maknuna 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:10:14
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 451-460
     
Astronomiya
451. Maknuna: Qaysi sayyora yashil tusda?
Javob: Uran. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.

Tarix
452. Feruza: Amir Temur kimni o'zining piri deb hisoblagan?
Javob: Sayyid Baraka. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
453. Feruza: Bog'ibihishtni Amir Temur qaysi o'g'lining farzandiga in'om qilagan?
Javob: Mironshohning farzandiga. Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
454. Feruza: Kimga uylanib, Mirzo Ulug'bek "Ko'ragon" unvoniga sazovor bo'lgan?
Javob: Og'obegim. Maknuna 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
455. Feruza: Ulug'bekning rasadxonasidagi birinchi darsni kim o'qigan?
Javob: Shamsiddin Muhammad Havofiy. Maknuna 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
456. Feruza: Birinchi mustaqil Afg'on davlatining hukmdori kim bo'lgan?
Javob: Ahmad Shoh Durroniy - 1747 yilda Xuroson hududida mustaqil qirollikka asos soladi va shu tufayli Afg'oniston davlatchiligi asoschisi hisoblanadi. Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball.

Adabiyot
457. Shoir: "Don Kixot" romanida Don Kixotning asli ismi nima edi?
Javob: Alonso Kihano. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
458. Shoir:  "Don Kixot"ning oti nomi nima edi?
Javob: Rossinant. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
459. Shoir:  Don Kixotning sevgan yori Syulsineyaning kasbi nima edi?
Javob: Cho'chqaboqar. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
460. Shoir:  Dantening "Ilohiy komediya" asarining "Do'zax" qismini o'zbek tiliga kim tarjima qilgan?
Javob: Abdulla Oripov. Maknuna 5 ball; Shoir 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:10:47
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 461-470

Adabiyot
461. Shoir:  "Ilohiy komediya"da Danteni safarga undagan Rim adibi kim edi?
Javob: Vergiliy. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
462. Shoir:  "Ilohiy komediya"dagi shaytonning nomi nima?
Javob: Lyutsifer. Muxbir 5 ball; Shoir 1 ball.
 
Adabiyot
463. Shoir: "Ilohiy komediya"da Dante izlagan qiz kim?
Javob: Beatriche. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
464. Shoir: Gyotening "Faust" tragediyasida hayotdan rozilik ramzi bo'lgan shoir qanday edi?
Javob: "Bir dam to'xta, bu dam go'zal dam, bu dam o'tib ketmasin!" AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
465. Shoir: "Faust"dagi shaytonning nomi nima?
Javob: Mefistofel. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
466. Shoir: "Faust" tragediyasida Faustga shayton tanishtirgan ruhoniyning qizi kim edi?
Javob: Margarita. Muxbir 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
467. Shoir: "Faust" tragediyasida Faust bilan Yelenadan tug'ilgan o'gil kim edi?
Javob: Evffarion. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

O'zbekiston tarixi
468. AbdulAziz: O'zbekistonda aholini ro'yxatga olish qachon bo'lib o'tgan. Unda O'zbekiston aholisi qanchani tashkil etgan?
Javob: 1865 yili, shu paytda O'zbekiston aholisi soni 3 320 000 kishini tashkil etgan. Assalom 5 ball.

O'zbekiston tarixi
469. AbdulAziz: 1983 yili 1200 yilligi nishonlangan buyuk alloma kim?
Javob: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy. Qaysar 5 ball.

Adabiyot
470. AbdulAziz: Janni Rodarining piyozboshli qahramoni kim?
Javob: Chippolino. Feruza 5 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:11:05
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 471-480

Adabiyot
471. AbdulAziz: "Doktor Voyjonim" (Doktor Aybolit) muallifi kim?
Javob: Chukovskiy. Feruza 5 ball.

Sport
472. AbdulAziz: Bir necha marta shashka bo'yicha jahon chempioni bo'lgan kiyevlik sportchi kim?
Javob: Kuperman. Maknuna 5 ball.

Adabiyot
473. Shoir: Alber Kamyuning "Begona" povestining bosh qahramoni kim?
Javob: Merso. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
474. Shoir: Antik dunyo afsonasiga ko'ra o'zi barobar toshni qoyaga olib chiqishdek og'ir jazo berilgan qahramon kim edi?
Javob: Sizif. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
475. Shoir: Gabriel Garsia Markesning "Tanholikning yuz yili" romani qahramoni Ursula kampir necha yil yashaydi?
Javob: 115 yil. Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
476. Shoir: "Islom qo'zg'oloni" dramatik poemasi muallifi kim?
Javob: Persi Bishi Shelli. Muxbir 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
477. Shoir: Emil Zolyaning "Hamal" romani asli nomi nim?
Javob: Jerminal. Qaysar 5 ball; Shoir 1 ball.

O'zbekiston tarixi
478. AbdulAziz: II jahon urushida 14 ta yetim bolani o'z tarbiyasiga olgan toshkentlik oila?
Javob: Shomahmudov Shoahmad va Shomahmudova Bahri oilasi. Feruza 5 ball.

Informatika
479. AbdulAziz: Birinchi mexanik hisoblash mashinasi ixtirochisi kim va qachon kashf qilgan?
Javob: 1641 yili fransiyalik olim Blez Paskal mexanik hisoblash mashinasini kashf qildi. Muxbir 5 ball.

Madaniyat
480. AbdulAziz: Rossiyadagi eng katta muzey qaysi?
Javob: Ermitaj muzeyi. 1764 yili tashkil etilgan. Bu yerda 3 milliondan ortiq madaniyat va san'at yodgorligi mavjud. Maknuna 5 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:11:18
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 481-490

Tarix
481. AbdulAziz: II jahon urushining 13 ta "qahramon shahar"larini sanang.
Javob: Moskva, Leningrad, Kiyev, Minsk, Volgograd, Sevastopol, Odessa, Novorossiysk, Tula, Kerch, Smolensk, Murmansk, Brest qal'asi. Maknuna 5 ball.
 
Tarix
482. AbdulAziz: Amir Temur davlatining bayrog'i rangi qanday edi?
Javob: Moviy rangda. Feruza 5 ball.

Adabiyot
483. Shoir: "O'tkan kunlar" romani voqealari nechanchi hijriy yildan boshlanadi?
Javob: 1264-hijriya, dalv oyining 17-nchisi qishki kunlarning birida Marg'ilon shahri... AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
484. Shoir: "O'tkan kunlar"da Ziyo shohichining o'gli?
Javob: Rahmat. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
485. Shoir: "O'tkan kunlar"da Hasanali otani Otabekning bobosi kimdan va qanchaga sotib olgan?
Javob: Erondan kishi o'g'irlab keluvchi bir turkmandan 15 tillo barobariga. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
486. Shoir: Ziyo shohichining uyidagi suhbatda Otabek o'ris shaharlaridan qaysi biriga borganligini gapiradi? U hozir qaysi shaharga to'g'ri keladi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Shamay, hozirgi Semipalatinsk. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
487. Shoir: Azizbekdan oldin Toshkent hokimi kim edi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Salimsoqbek. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
488. Shoir: Yusufbek hoji xonadonining cho'risi kim edi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Oybodoq va Hanifa. Feruza 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
489. Shoir: Kumushbibi Otabekni ariq bo'yida uchratganda necha yosh edi?
Javob: O'n yettini qo'yib, o'n sakkizga qadam bosgan edi. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
490. Shoir: "O'tkan kunlar"da Marg'ilon hokimi kim edi?
Javob: O'tabboy qushbegi. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2006, 21:11:31
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 491-500

Adabiyot
491. Shoir: Kumushni turmushga uzatish marosimi - qizlar majlisi qayerda bo'ladi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Kumushning tog'asinikida. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
492. Shoir: Otabek nikoh marosimida domlaning "Kumushbibi Mirzakarim qizini shar'iy xotinliqg'a qabul qilasizmi?" savoliga nechanchi so'roqda "Qabul qilaman" deb javob beradi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Ul birinchi so'roqdayoq — «uchib, qo'nib qabul qilamiz» deb javob bermakchi bo'lsa ham biroq xalqning— «ulib turg'an ekan» deb qiladirg'an ta'nasidan cho'chib, javob bermaydir. Yana bir qayta yuqoridag'i «siz kim falonchi...» jumlasi domla tarafidan takrorlanadir. Kuyavlarga uchunchi so'roqda javob berish odat hukmida bo'lsa ham, Otabek bu takallufka chidalmaydir. Go'yo uchunchi so'roq o'rnig'a «Endi olmas ekansiz Kumushbibini...» deb majlis buziladirg'andek seziladir-da, hamma tovshi-ni qo'yib, barchag'a eshitdirib «Qabul qildik!» deb yuboradir. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
493. Shoir: Toshkandni muhosara qilg'uchi qo'qonliklar - qipchoqlar lashkari amiri kim edi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Normuhammad qushbegi. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
494. Shoir: Xonlik zamonida hudaychining vazifasi nima edi?
Javob: Adyutant ma'nosida, xon kelishi oldidan xalqni ogohlantirib o'tadigan bek. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
495. Shoir: Otabek va qutidorni Marg'ilonda dordan kim va nima asrab qoladi?
Javob: Kumush olib kelgan xat. Uni Otabekning Yusufbek hoji yozgan edi. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
496. Shoir: Zaynab kimning qizi edi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Olim ponsadning. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
497. Shoir: Otabek Usta Olimga o'zini kim deb tanishtiradi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Shokirbek. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
498. Shoir: Kumushbibini ikkinchi nikohga kimga uzatishmoqchi bo'ladi. Kuyov kimning o'g'li edi?
Javob: Komilbek, Salim sharbatdorning o'g'li edi. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
499. Shoir: "O'tkan kunlar"da Otabek, Abdulla Qodiriyning o'zlari ham bir necha marta tungan Marg'ilondagi ziyoratgoh-mozor qaysi?
Javob: Xo'ja Ma'oz. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Madaniyat
500. AbdulAziz: Tarixda "Xattotlar sultoni" nomini olgan xattot kim?
Javob: Sultonali Mashhadiy. Feruza 5 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:11:00
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 501-510

Din
501. AbdulAziz: Hozirgi O'zbekiston Musulmonlar Idorasi qaysi madrasada joylashgan?
Javob: Baroqxon madrasasi. Assalom 5 ball.

Tarix
502. AbdulAziz: Buxoro xonligida yorliqlarni topshiruvchi mansab egasi kim?
Javob: Parvonachi. Feruza 5 ball.

O'zbekiston tarixi
503. AbdulAziz: Chernyayev Toshkent shahriga hujumni qaysi tomondan va qaysi darvozadan boshlaydi?
Javob: Janubdan, Kamolon darvozasidan. Feruza 5 ball.

Jurnalistika tarixi
504. AbdulAziz: Trestlarning noqonuniy operatsiyalarini o'z kitob va maqolalarida yoritgan Teodor Drayzer, Enton Sinkler va Linkoln Steffansni AQSh prezidenti Ruzvelt nima deb ataydi?
Javob: "Axlat to'plovchilar". Muxbir 5 ball.

Tarix
505. AbdulAziz: Abbosiylarning eng odil halifalaridan biri Horun ar-Rashid qaysi shaharda tug'ilgan? Bu shahar hozirda qaysi davlatga qarashli?
Javob: Ray shahri, Eron. Shahina 5 ball.

Tarix
506. AbdulAziz: Ummaviylar halifaligining birinchi xalifasi kim? U qaysi mashhur sahobaning o'g'li edi?
Javob: Muoviya. Abu Sufyon roziyallohu anhuning o'g'li Assalom 5 ball.

Tarix
507. AbdulAziz: Ispaniyaga xalifalikni olib kirgan ummaviy amiri kim edi?
Javob: Abdurrahmon. Bekmirzo 5 ball.

Tarix
508. AbdulAziz: Horun ar-Rashidning o'g'li, ilm-fan xomiysi bo'lgan xalifa kim edi?
Javob: Ma'mun Abul-Abbos. Assalom 5 ball.

Tarix
509. AbdulAziz: Bag'dod shahri qachon va kim tomonidan barpo qilingan?
Javob: Abbosiy xalifa Mansur tomonidan, 762-yilda. Bekmirzo 5 ball.

Tarix
510. AbdulAziz: Bag'dod sharining dastlabki nomi nima bo'lgan?
Javob: Madinatus-salom (Tinchlik shahri). Bekmirzo 5 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:11:24
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 511-520

San'at
511. Feruza: Koroplastika nima?
Javob: Koroplastika, qadimgi Gretsiyada gips va sopoldan yasalgan ayol tasviri. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Adabiyot
512. Shoir: Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romanida Solih mahdumning singlisi ismi nima edi?
Javob: Na'ima. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
513. Shoir: Solih maxdum hush ko'radigan "habba" so'zining "abbreviatura"si qanday bo'ladi? ("Mehrobdan chayon")
Javob: Ha, barakalla. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
514. Shoir: "Mehrobdan chayon"da Ra'noning uch ukalarining ismi nima edi?
Javob: Mahmud, Mansur, Mas'ud. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
515. Shoir: Mirzo Anvar Qo'qonning qaysi mahallasida tug'iladi? ("Mehrobdan chayon")
Javob: Baxmalbof. Maknuna 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
516. Shoir: Anvarning onasi ismi nima edi? ("Mehrobdan chayon")
Javob: Anorbibi. Maknuna 5 ball; Shoir 1 ball.

Falsafa
517. Noza: "œKitobul-mazid" ("œIlmni ziyoda qiluvchi kitob") asari muallifi?
Javob: Burhonuddin al-Marg'iloniy. Noza 3 ball.

Astronomiya
518. Noza: Sharqda astronomik (trigonometrik) jadvallar nima deb atalgan?
Javob: Zij. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Kimyo
519. Noza: Hamburglik olim X.Brandt bir moddani kashf qildi va uni "œfalsafa toshi" deb atadi? Bu modda qaysi?
Javob: Fosfor. Muxbir 5 ball; Noza 1 ball.

Algebra
520. Noza: Algebra faniga ratsional ko’rsatkichli daraja qaysi olimlar tomonidan kiritilgan?
Javob: Isaak Nyuton, Simon Stevin, John Wallis. Assalom 2 ball; Muxbir 3 ball; Noza 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:12:00
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 521-530

Kimyo
521. Noza: "œGalogenlar" tarjimasi nima ma’noni anglatadi?
Javob: Yunonchadan, hals - tuz, genes - tug'ilish, ko'payish. "œTuz xosil qiluvchilar". AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Adabiyot
522. Shoir: "Mehrobdan chayon" romanining "Iflos bir moziy" bobida asar qahramonlarining qaysi biri bolaligi haqida ma'lumot beriladi?
Javob: Mahalla imomi Abdurahmon. Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
523. Shoir: Xudoyorxonning eng suyukli xotini kim edi? ("Mehrobdan chayon")
Javob: Og'acha oyim. Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
524. Shoir: O'zbek adabiyotidagi birinchi tarixiy roman qaysi?
Javob: "Navoiy" romani, Oybek. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
525. Shoir: Qadimgi grek mifologiyalaridagi uch ayol xudo qaysi edi?
Javob: Gera (Zevsning xotini), Afina (Zevsning qizi, urush xudosi), Afrodita (sevgi va donolik, go'zallik xudosi). Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
526. Shoir: Qadimgi yunon dramaturgiyasining mashhur asari - "Zarjindband Prometey" muallifi kim?
Javob: Esxil (eramizdan avvalgi 525-456). Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
527. Shoir: Qadimgi yunon mifologiyasiga ko'ra, insonlarga olov olib kelgan Prometeyni Zevs zanjirband qiladi. Prometeyni kim ozod qiladi?
Javob: Gerkules. Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
528. Shoir: Qadimgi yunon dramaturgi Sofokl o'zining "Shoh Edip" tragediyasini kimga atab yozadi?
Javob: Davlat arbobi, do'sti Periklning o'limiga bag'ishlab yozadi. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
529. Shoir: Yunon afsonalaridagi "argonavt"lar nomi qayerdan olingan?
Javob: Yunon qahramoni Yason va uning birodarlari "Argo" kemasida Kavkazdagi "oltin mo'yna"ni olib kelishga chiqishadi. Argonavtlar so'zi kema nomidan olingan. Muxbir 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
530. Shoir: Qadimgi yunon komediyalaridan "Bulutlar", "Arilar", "Qurbaqalar", "Qushlar" muallifi kim?
Javob: Aristofan (eramizdan avvalgi 450-384). Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:12:18
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 531-540

Adabiyot
531. Shoir: Qadimgi Rim adabiyotida "Oltin devor" (Erkin Vohidov)ga o'xshab ketadigan komediya qaysi va uning muallifi kim?
Javob: "Ko'milgan xazina". Tit Maksiy Plaft. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
532. Shoir: Oktavian Avgustning safdoshi, Rimda adabiy to'garak tashkil qilgan shaxs kim edi?
Javob: Metsenat. Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
533. Shoir: Ovidiy asaridagi o'zi yasagan haykalni sevib qolgan qahramon kim edi?
Javob: Pigmalion. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Jurnalistika tarixi
534. Assalom: Asrimiz boshlarida "Hurriyat" gazetasini kim chiqargan?
Javob: Abdurauf Fitrat. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
535. Assalom: To'rt marta "Sovet Ittifoqi Qahramoni" bo'lgan marshall kim edi?
Javob: Marshall Jukov. Shoir 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
536. Assalom: Ulug' Vatan Urushi qancha kun davom etgan?
Javob: 1418 kun. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
537. Assalom: Yoqut tilidan tarjima qilganda "o'rmon" ma'nosini anglatuvchi so'z qaysi?
Javob: Tayga. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
538. Assalom: Mirzo Ulug'bek necha yoshida taxtga chiqadi?
Javob: 15 yoshida. Feruza 5 ball; Assalom 1 ball.

Botanika
539. Assalom: Eng baland daraxt qaysi?
Javob: Sekvoyya. Gumbolt milliy bog'idagi sekvoyyaning balandligi 110 metr. Muxbir 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
540. Assalom: Qadimgi yunonlar olimpiada o'yinlari g'oliblariga gulchambarlarni qaysi o'simlikdan yasaganlar?
Javob: Zaytun va yovvoyi petrushka.  Feruza 5 ball; Assalom 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:12:31
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 541-550

Tarix
541. Assalom: Miloddan avvalgi 7-asrning 70-yillarida Midiya, Suriya, Mesopotamiya, Falastinni istilo etib, Old Osiyoda hukmronlik qilgan xalqlarni kim deb atashardi.
Javob: Skiflar.  AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Atamashunoslik
542. Assalom: Nemischadan "qulfsoz usta" ma'nosini bildiruvchi kasb egalari kim?
Javob: Slesarlar (nemischa, "shlosser" - qulfsoz usta). Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Zoologiya
543. Assalom: Suvda va quruqda yashovchi hayvonlarni yana nima deb ataladi?
Javob: Amfibiyalar. Feruza 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
544. Assalom: Tarixdan ma'lum bo'lgan Toshkent shahridagi 4 ta dahani sanang.
Javob: Beshyog'och, Ko'kcha, Sebzor, Shayxontohur. Feruza 5 ball; Assalom 1 ball.

Atamashunoslik
545. Assalom: Hindularning turar joyi nima deb ataladi?
Javob: Vigvam. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
546. Assalom: MDHdagi eng uzun kanal qaysi?
Javob: Turkmanistondagi Qoraqum kanali. Uzunligi 1400 km. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Botanika
547. Assalom: Eng katta o'simlik urug'i qaysi?
Javob: Kokos palmasi mevasi. 2,5 kilogramgacha kelishi mumkin. Shahina 5 ball; Assalom 1 ball.

Falsafa
548. Assalom: "Sharq Arastusi" nomini olgan alloma kim?
Javob: Abu Nasr Forobiy. Shoir 5 ball; Assalom 1 ball.

Islom tarixi
549. Noza: Butun Islom olamida mashhur bo’lgan Al-Marg’inoniy tomonidan 1178 yilda Samarqandda yozilgan asar nomi?
Javob: "Al-Hidoya". AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Kimyo
550. Noza: Grekchada "œbinafsha" ma’nosini beruvchi modda?
Javob: Yod. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:12:56
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 551-560

Algebra
551. Noza: Aby Rayhon Beruniyning qaysi asarida argument va funksiyaning o’zgarish oraliqlari, funksiyaning ishoralari va eng katta, eng kichik qiymatlarini tariflangan?
Javob: "œQonuni Ma’sudiy". Assalom 5 ball; Noza 1 ball.

Tarix
552. Noza: Mirzo Ulug’bekning "œZij" asari so’zboshisida "œfarzandi arjumand" deya tilga olingan olim kim?
Javob: Ali Qushchi (Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi). AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Kimyo
553. Noza: Metallar orasida eng qadimiysi qaysi?
Javob: Oltin. Muxbir 5 ball; Noza 1 ball.

Mif
554. AbdulAziz: Yunon afsonalariga ko'ra Sfinks Shoh Edipga bir murakkab topishmoq aytadi. Topishmoqning javobidan darg'azab bo'lgan mag'lub Sfinks o'zini qoyadan tashlab nobud bo'ladi. Bu qaysi topishmoq edi va uning javobi nima?
Javob: Topishmoq: "Ertalab to'rt, tushda ikki va kechqurun uch oyoqda. Bu kim?" Javob: Inson - emaklaydigan go'dak, kamolga yetgan odam, xassali chol. Assalom 5 ball.

Algebra
555. Noza: Algebra faniga natural logorifmlar va o’nli logorifmlar qaysi olimlar tomonidan kiritilgan?
Javob:  D.Neper va G.Briggs. Noza 3 ball.

Kimyo
556. Noza: Ximiyada "œbo'linmas" ma’nosini beruvchi atama (so’z)?
Javob: Yunon tilidan atom - bo'linmas degan ma'noni bildiradi. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Kimyo
557. Noza: "œTarkibning doimiyligi" haqidagi dastlabki tushunchalarni bayon etilgan asar va uning muallifi?
Javob: "œTarkibning doimiyligi" haqidagi dastlabki tushunchalarni Abu Ali ibn Sino o'zining "œTib qonunlari" asarida bayon etilgan. Assalom 3 ball; Noza 3 ball.

Atamashunoslik
558. Noza: Biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ’ib etuvchilar qanday ataladi?
Javob: Missioner. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Kimyo
559. Noza: Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo’lishi qanday hodisa deyiladi?
Javob: Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo’lishi hodisasi - Allotropiya deyiladi. Noza 3 ball.

Tarix
560. Assalom: Tarixda qolgan 1966-yildagi Toshkent zilzilasi qaysi kuni (oy, kun) bo'lib o'tgan va unda Rixter shkalasi bo'yicha qancha ball qayd etilgan?
Javob: 26 aprel, 8 ball bo'lgan. AbdulAziz 3 ball; Assalom 3 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:13:18
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 561-570

Tarix
561. Assalom: O'zbekiston Milliy Universitetiga qachon asos solingan?
Javob: 1920-yili. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
562. Assalom: O'lkamiz tabiati haqida ilk ma'lumotlarni qoldirgan uchta qadimgi yunon mutafakkirini sanang.
Javob: Strabon, Ptolomet, Gerodot. Maknuna 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
563. Assalom: Qoraqalpog'iston Respublikasi poytaxti qachon va nima sababdan Nukus shahriga ko'chirildi?
Javob: 1932-yili Amudaryo suvi toshishi natijasida. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Zoologiya
564. Assalom: Qaysi qush asalarilarning kushandasi hisoblanadi?
Javob: Chug'urchuq. Doniyor 5 ball; Assalom 1 ball.

Atamashunoslik
565. Noza: Gegemonlik nima?
Javob: Gegemonlik - Hukmron bo’lishga intilish. Muxbir 5 ball; Noza 1 ball.

Kimyo
566. Noza: Aniq tarkibga ega bo’lmagan gomogen (bir xil) uyushma nima deyiladi?
Javob: Eritma. Noza 3 ball.

Geografiya
567. Noza: Yer yuzasining kichik qismini tasvirlovchi yirik masshtabli (1:200000 va kattaroq) xaritalar qanday xaritalar deb ataladi?
Javob: Yer yuzasining kichik qismini tasvirlovchi yirik masshtabli (1:200000 va kattaroq) xaritalar - Topografik xaritalar deb ataladi. Muxbir 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
568. AbdulAziz: Sirdaryoning eng katta va sersuv irmog'i qaysi?
Javob: Chirchiq. Maknuna 5 ball.

Geografiya
569. AbdulAziz: O'zbekistonning qaysi shahrida xalqaro kenglik stansiyasi joylashgan?
Javob: Kitob. Bekmirzo 5 ball.

Adabiyot
570. AbdulAziz: Samarqand jadidlarining eng muhim nashri bo'lgan "Samarqand" gazetasini kim tashkil etgan edi?
Javob: Mahmudxo'ja Behbudiy. Bekmirzo 5 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:13:35
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 571-580

Adabiyot
571. AbdulAziz: «Jafokash shoir Behbudiyning nomini musulmon Sharqi hurmat bilan tilga oladi, chunki u 20 yil mobaynida o'zining ongi va insoniy qadru qimmatini bilgan barcha mavjudotni erkin hayot, nur va ma’rifat uchun kurashga chorlab keldi».
Ushbu fikr muallifi kim?
Javob: Sadriddin Ayniy. Assalom 5 ball.

Adabiyot
572. AbdulAziz: «Surayyo»,   «Abulfayz»,   «Indamas» taxalluslari bilan ijod qilgan shoir kim?
Javob: Abdulla Avloniy. Bekmirzo 5 ball.

Tarix
573. Noza: Qadimda qaysi shahar "œg’oyat katta zebu-ziynat ustahonasi" deb atalgan?
Javob: Konstantinopol (Istanbul). Muxbir 5 ball; Noza 1 ball.

Atamashunoslik
574. Noza: Feodal faqirlik nima?
Javob: Mamlakatlarning kichik-kichik davlatlarga bo’linib ketishi. Noza 3 ball.

Tarix
575. Noza: 962 yilda tashkil topgan asoschisi Otton I bo’lgan Germaniya imperiyasi nima deb atalgan?
Javob: Buyuk Rim imperiyasi yoki Muqaddas Rim imperiyasi deb ataladi. Otton I 962-yilda Rimni bosib olgach, bu imperiya vujudga keladi. Feruza 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
576. Noza: O’zbekistonning tekislik qismi 3 ta tabiiy-geografik o’lkaga bo’linadi. Ular qaysilar?
Javob: Ustyurt, Quyi Amudaryo, Qizilqum. Maknuna 5 ball; Noza 1 ball.

Tarix
577. Noza: Nechanchi yilda buyuk Karl imperiyasi tashkil topdi?
Javob: Buyuk Karl imperiyasi 768-814 yillarda hukm surgan. Buyuk laqabi esa unga 53 ta jangda qatnashgani uchun berilgan. Feruza 5 ball; Noza 1 ball.

Tarix
578. Assalom: Respublikamiz hududidagi eng dahshatli zilzila qachon va qayerda bo'lgan.
Javob: 1902-yili, Andijonda. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
579. Feruza: Kamikadzelar dastlab qaysi urushda qatnashganlar?
Javob: Leyte qultig'ida bo'lgan urushda qatnashganlar. Feruza 3 ball.

Geografiya
580. Assalom: Hind okeanini birinchi bo'lib kesib o'tgan sayyoh kim?
Javob: Vasko da Gama.  AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:13:53
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 581-590

Zoologiya
581. Assalom: Afrika savannalarida yashovchi va yuqumli uyqu kasalligini tarqatuvchi pashsha qaysi?
Javob: Tsetse (цеце). Doniyor 5 ball; Assalom 1 ball.

Zoologiya
582. Assalom: Amazonka daryosida yashovchi yirtqich baliq?
Javob: Piranya. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Atamashunoslik
583. Assalom: Kofe nomi qayerdan kelib chiqqan?
Javob: Habashistonning Kaffa biloyati nomidan. Eramizning 9-asrida Efiopiya hududlarida ilk bor tilga olingan kofe 14-asrda qul savdogarlari orqali Arabiston hududlariga keladi. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Etnografiya
584. Assalom: Yangi Zelandiyaning tub-joy aholisi kimlar?
Javob: Maorilar. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
585. Assalom: Amerikani kashf etgan vikinglar asli qayerlik?
Javob: Skandinaviyalik. Feruza 5 ball; Assalom 1 ball.

Atamashunoslik
586. Assalom: "And" (And tog'i) so'zi qaysi tildan kelib chiqqan va ma'nosi nima?
Javob: Inklar tilida "mis" degan ma'noni bildiradi. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Zoologiya
587. Assalom: Qaysi daryoda chuchuk suv delfinlari uchraydi?
Javob: Amazonka. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Zoologiya
588. Assalom: Yer yuzidagi eng katta kemiruvchi hayvon qaysi?
Javob: Kapibara. Assalom 3 ball.

Zoologiya
589. Assalom: Janubiy Amerikada yashovchi, butun umrini daraxtga osilib o'tkazuvchi hayvon qaysi?
Javob: Yalqov (пенивец). Uztermbek 5 ball; Assalom 1 ball.

Zoologiya
590. Assalom: Janubiy Amerikada yashovchi tuyaqush?
Javob: Nandu. Maknuna 5 ball; Assalom 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:14:12
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 591-600

Geografiya
591. Assalom: "Suvlar otasi" ta'rifi qaysi daryoga tegishli?
Javob: Missisipi daryosi, indeyetslar tilida shu ma'noni beradi. Kumushbibi 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
592. Feruza: Amudaryodan shimolda joylashgan yerlarni arablar nima deb atashgan?
Javob: Movarounnahr. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Ajoyibot
593. Assalom: Kanada davlat bayrog'ida qaysi daraxtning bargi tasvirlangan?
Javob: Zarang. Doniyor 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
594. Assalom: Jasadini Issiqko'l bo'yiga, Tyanshan tizmalariga dafn qilishlarini vasiyat qilgan olim va sayyoh kim?
Javob: Prejevalskiy. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
595. Assalom: "Yashil o'tloqlar mamlakati" deb qaysi davlatni ataydilar?
Javob: Buyuk Britaniya. Assalom 3 ball.

Ajoyibot
596. Ozodaxon: AQSHning 1 $ lik qog'oz pulida birinchi 13ta birlashgan shtatlarni anglatuvchi nechta belgi bor?
Javob: 13ta kamon o'qlari, 13ta barg, piramidaning qavati. Kumushbibi 5 ball; Ozodaxon 1 ball.

Atamashunoslik
597. Feruza: Kudungarlik bu nima?
Javob: Matolarga oxor berish. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Atamashunoslik
598. Behzodbek: Pokiston davlati nomining etimologik-lug'aviy ma'nosi nima?
Javob: Pokiston so'zining forsacha ma'nosi pak - pokiza so'zidan olingan bo'lib pokiza o'lka ma'nosini anglatadi.
P=Punjab, A=Afghania, K=Kashmir, I=Iran, S=Sindh, T=Turkharistan, A=Afghanistan, N=Balochistan. Kumushbibi 5 ball; Behzodbek 1 ball.

Adabiyot
599. Shoir: "Shaytanat"dagi Asadbekning yoshligida o'lib ketgan ukasining ismi nima edi?
Javob: Samandar. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
600. Shoir: Asadbekning xizmatkorlaridan "Bo'tqa"ning asl ismi nima edi? ("Shaytanat")
Javob: Kenja. Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:14:37
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 601-610

Adabiyot
601. Shoir: Elchin qimorda yutqazib qo'ygan Jalolning laqabi nima edi? ("Shaytanat")
Javob: Shilimshiq. Maknuna 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
602. Shoir: Anvar o'ziga ustoz bilgan shoir kim edi? ("Shaytanat")
Javob: Asqar Qosim. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
603. Shoir: Asadbekning o'g'illari ismi nima edi? ("Shaytanat")
Javob: Abdusamad, Abdulhamid. Feruza 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
604. Shoir: Anvar ishlab chiqqan dunyo formulasi qanaqa edi? ("Shaytanat")
Javob: H (Haqiqat) = xiyonat + riyo + hasad + ochko'zlik + adovat + g'iybat + nifoq + shuhratparastlik + mansabparastlik - vijdon + iymon + hayo = 0. Kumushbibi 5 ball; Shoir 1 ball.

Tarix
605. Feruza: Abu Muslim boshchiligidagi qo'zg'olochilarning ramziy rangi qaysi?
Javob: Abu-Muslimning kiyimi Qora rangda bo'lgan. Abbosiylar sulolasi o'zlariga ramziy rang sifatida asosan Qora rangini tanlashgan. Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
606. Feruza: Abbosiylar davlatining birinchi hukmdori.
Javob: Abu-al Abbos (as-Saffah). Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
607. Feruza: Sarrojlik nima?
Javob: Ot asboblarini yasovchi hunarmandchilik. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
608. Feruza: Muqannaning asl ismi?
Javob: Hoshim ibn Hakim. Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball.

Adabiyot
609. Feruza: Zaynabga "qaragan" hamshiraning ismi.  ("Shaytanat")
Javob: Mardona. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Adabiyot
610. Feruza: Asadbekning gruzin qadrdonlari kim edi?  ("Shaytanat")
Javob: Suliko va Iliko. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:14:59
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 611-620

Adabiyot
611. Feruza: Elchinning birinchi turmush o'rtog'i.  ("Shaytanat")
Javob: Noila. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Adabiyot
612. Feruza: Xongireyning asl ismi.  ("Shaytanat")
Javob: Aftandil. Feruza 3 ball.

Adabiyot
613. Feruza: Manzuraning rolini qaysi aktrisamiz ijro etganlar?  ("Shaytanat")
Javob: Gulchehra Jamilova. Kumusbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
613. Feruza: Amerikaning yagona katolik prezidenti kim bo'lgan?
Javob: Jon Kennedi. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Islom
615. Muhammad: Qur'oni karimdagi "bismilloh"siz boshlanuvchi yagona sura qaysi?
Javob: "Tavba" surasi. Kumushbibi 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
616. Muhammad: Qur'oni karimdagi eng uzun oyat qaysi?
Javob: Qur'oni karimdagi eng uzun oyat "Baqara" surasining 282-oyatidir. AbdulAziz 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
617. Muhammad: Qur'oni karimning oxirgi oyati qaysi?
Javob: Qur'oni karimdagi eng oxirgi kalomi "Baqara" surasining 281-oyatidir:
Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz! So‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi. Muhammad 3 ball.

Islom
618. Muhammad: Eslang, Yusuf otasiga degan edi: «Ey ota, men tushimda o‘n bir yulduzni, yana quyosh va oyni ko‘ribman. Hammalari menga sajda qilishayotgan emish». (Yusuf surasidan)
Savol: Yusuf alayhissalom ushbu tushni ko'rganda necha yoshda edilar?
Javob: 12 yoshda. Mubashshir 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
619. Muhammad: Yusuf surasida ishtirok etgan shaxslarning soni nechta? Surada nechta xislat ta'riflangan?
Javob: 19 ta. Mubashshir 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
620. Muhammad: Qur'oni karimning eng o'rtasidagi so'z qaysi? U qaysi surada?
Javob: "Kahf" surasi, 19-oyatdagi "valyatalattaf" kalimasi. AbdulAziz 5 ball; Muhammad 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:15:13
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 621-630

Islom
621. Muhammad: Yusuf qissasidagi Misr shohi kim edi?
Javob: Rayyon binni Valid. Maknuna 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
622. Muhammad: (Kunlarning birida Misr mamlakatining) shohi: «Men tushimda yettita oriq sigir yettita semiz sigirni yeyayotganini va yettita yashil boshoq bilan birga boshqa qurigan (etti boshoq) ni ko‘rdim. A’yonlarim, agar tushlarning tabirini ayta oluvchi bo‘lsangizlar, bu tushimning ta’birini (menga) aytinglar-chi», dedi. (Yusuf surasidan)
Ushbu tushga ta'rifni hech kim topa olmadi. Keyin Yusuf alayhissalomga murojaat qilishdi. Hazrat Yusuf tushni qanday ta'rif qildilar?
Javob: (Yusuf dedi):" Sizlar paydar-pay yetti yil don ekinglar. Keyin o'rib olgan hosilingizni o'z boshog'ida qoldiringlar, magar yeydigan ozgina ozuqalaringizni yanchib olinglar. So'ngra o'sha serhosil yetti yildan keyin yetti yil qahatchilik bo'lib, ular uchun tayyorlab-asrab qo'ygan bor hosilingizni yeb ketar. Magar ozgina urug'lik uchun asrab qo'ygan donlaringizgina qolur. (Yusuf surasi, 47-48). Mubashshir 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
623. Muhammad: Qur'oni karimda nechta payg'ambarning nomlari kelgan?
Javob: Muqaddas Qur'oni Karimda 25 ta payg'ambarlarning ismlari kelgan. Bular: Odam, Idris, Ibrohim, Ismoil, Isxoq, Nuh, Hud, Shuayb, Solih, Lut, Yoqub, Yusuf, Yunus, Ilyos, Alyasa,Zulkifl, Ayyub, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Muso, Horun, Iyso va Muhammad alayhis salamlardir. Mubashshir 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
624. Muhammad: Qur'oni karimning dastlabki tushirilgan oyatlari necha kalimadan iborat edi?
Javob: 18 kalimadan iborat edi ("Alaq" surasi, 1-5 oyatlar). Mubashshir 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
625. Muhammad: Abu Bakr Siddiqning Qur'on mushaflarini jamlashda bosh bo'lgan Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning kotiblari kim edi?
Javob: Zayd ibn Sobit. AbdulAziz 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
626. Muhammad: Xalifa Usmon ibn Affon Qur'oni karimni 7 nusxa ko'chirib qaysi yurtlarga yuborgandilar?
Javob: Makka, Shom, Yaman, Bahrayn, Basra, Kufaga, bir nusxasi Madinada qolgan.  AbdulAziz 5 ball; Muhammad 1 ball.

San'at
627. Mohinur: 40 yoshida kar bo'lib qolgan mashhur kompozitor kim?
Javob: Betxoven. Feruza 5 ball; Mohinur 1 ball.

Geografiya
628. Mohinur: Janubiy Afrikaning tub-joy aholisi bo'lgan qabilalar qaysi?
Javob: Koykoy (gottentot) va san (bushmen). Bekmirzo 5 ball; Mohinur 1 ball.

Tarix
629. Mohinur: Qohira shahri qachon va kim tomonidan asos solingan?
Javob: 969 yili Fotimiylar amirlaridan Javhar as-Saqaliy tomonidan asos solingan. AbdulAziz 5 ball; Mohinur 1 ball.

Geografiya
630. Mohinur: Hududining ko'p qismi kanallar bilan tutashgani uchun "Sharq Venetsiyasi" deb ataladigan shahar?
Javob: Basra. AbdulAziz 5 ball; Mohinur 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:15:31
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 631-640

Tibbiyot
631. AbdulAziz: Zamonaviy optika faniga asos solgan, g'arb olai ko'z sohasida amaliyot boshlashidan rosa 1000 yil ilgari ignalar yordamida ko'z pardasini almashtrib, katoraktani davolagan arab oilimi kim edi?
Javob: Ibn al-Xaysam. Feruza 5 ball;

Tarix
632. AbdulAziz: Ko'chalari Yevropa qit'asida birinchi marta yirug'lik bilan ta'minlangan shahar qaysi?
Javob: Ispaniyaning Kordoba shahri. Arab xalifaligining katta shaharlaridan biri bo'lgan. Laylo 5 ball;

Tarix
633. AbdulAziz: 1009 yili Quddusdagi nasroniylar cherkovini yoqib yuborgan misrlik xalifa kim edi?
Javob: Xalifa al-Hakim. Bekmirzo 5 ball;

Tarix
634. AbdulAziz: Quddus shahri salibchilar tomonidan qachon olindi?
Javob: 1099 yil, 15 iyul kuni salibchilar Quddusga bostirib kirishdi. Butun shahar aholisi qilichdan o'tkazildi. Bekmirzo 5 ball;

Tarix
635. AbdulAziz: Quddus shahrini birinchi marta fath qilgan xalifa kim edi?
Javob: Hazrati Umar roziyallohu anhu. Bekmirzo 5 ball;

Tarix
636. Feruza: Xorazmshohlar davlatining asoschisi kim?
Javob:  Otsiz. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
637. Feruza: "Buxoro davlatining devori o'zim bo'laman" degan Buxoro hukmdori kim?
Javob: Ismoil Somoniy. Uztermbek 5 ball. Feruza 1 ball.

O'zbekiston tarixi
638. AbdulAziz: "Hurriyat" gazetasi qachindan chiqa boshladi? (yili, oyi)
Javob: 1996 yil, dekabr. Uztermbek 5 ball.

O'zbekiston tarixi
639. AbdulAziz: O'zbekiston internet tarmog'iga qachon ulangan? (yili va oyi)
Javob: 1996 yil, may. Doniyor 3 ball; Maknuna 2 ball.

Tarix
640. AbdulAziz: Basra shahri qachon va kim tomonidan asos solingan?
Javob: 637 yili xalifa Umar r.a. tomonidan asos solingan. Muhammad 5 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:15:52
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 641-650

Tarix
641. AbdulAziz: Quddus shahrini salibchilardan ozod qilgan va ikkinchi marta fath qilgan Islom sarkardasi kim edi?
Javob: Salohiddin Ayyubiy. Muhammad 5 ball.

Tarix
642. AbdulAziz: Jahon tarixida eng ko'p muddat hukmronlik qilgan imperiya qaysi?
Javob: Usmoniylar imperiyasi. Qariyb 7 asr hukmronlik qilishgan. Laylo 5 ball.

Tarix
643. Feruza: Chingizxonning o'g'illarining ismi?
Javob:  Jo'ji, O'qtoy, Chig'atoy, Tulu. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
644. Feruza: Chingizxon vafotidan keyin kim ulug' xoqon deb e'lon qilinadi?
Javob:  O'qtoy. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
645. Feruza: Chingizxon qaysi o'g'liga Eron, Hindiston va Xurosonni beradi?
Javob:  Tulu. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
646. Feruza: Mahmud Torobiyning kasbi nima edi?
Javob:  G'alvir yasovchi. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
647. Feruza: Mo'g'ullar Rusiyani bosib olib, qaysi davlatga asos soladilar?
Javob:  Oltin O'rda. Muxbir 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
648. Feruza: Qarshi shahriga kim asos soladi?
Javob: Mo'g'ul xoni Kebekxon. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
649. Feruza: Jangi loy kimlar o'rtasida bo'lib o'tadi?
Javob: Ushbu jangda bir tomondan Amir Temur va Amir Husayn va ikkinchi tomondan Ilyosxo'ja ishtirok etgan. Jangi loy 1365 yil 22 mayda bo'lib o'tadi. O'sha jangda kuchli jala quyib, janggoh botqoqqa aylanib ketadi. Shuning uchun shunday nomni olgan. AbdulAziz 3 ball; Feruza 3 ball.

Tarix
650. Feruza: Sarbadorlar harakatining shiori nima edi?
Javob:  Maqsadga erishish yo'lida haqiqat uchun boshimizni dorga osishga ham tayyormiz. Feruza 3 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:16:05
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 651-660

Tarix
651. Sarbadorlar harakatiga boshchilik qilgan uch shaxs kimlar?
Javob: Mavlonzoda Samarqandiy, Xirdaki Buxoriy va Abu Bakr. AbdulAziz 2 ball; Feruza 3 ball.

Tarix
652. Mo'g'ullar humronligi davrida yer solig'i qanday atalgan?
Javob: Kalon. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Islom tarixi
653. Hazrati Umarning iymonga kelishlariga sababchi bo'lgan ayol kim?
Javob: Singillari Fotima binti Hattob. Kumushbibi 5 ball; Laylo 1 ball.

San'at
654. Rafael qalamiga mansub "Ga'rbning buyuk olimlari" kartinasida Platon va Aristotellar bilan birga tasvirlangan Agarroes qaysi Sharq olimining yevropacha ismi?
Javob: Mashhur islomiy faylasuf Ibn Rushd. Muhammad 5 ball.

Tarix
655. Konstantinopolni fath qilgan turk sultoni kim edi?
Javob: 1453 yili Sulton Mehmet Fotih tomonidan Konstantinopol fath etildi. Bekmirzo 5 ball.

Tarix
656. Turk sultoni Sulaymonning asli kelib chiqishi polshalik bo'lgan sevimli xotini kim edi?
Javob: Roksalana (Hurram). Bekmirzo 5 ball.

Islom
657. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.dan eng ko'p hadis rivoyat qilgan sahoba kim?
Javob: Abu Hurayra raziyallohu anhu.  Assalom 5 ball; Laylo 1 ball.

Adabiyot
658. Mashhur adiblar Shekspir va Servantes hayotida qanday bog'liklik va bir xillik mavjud.
Javob: Ikkalasi ham bir kunda - 1616 yilning 23 aprelida vafot etishgan. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
659. Qaysi Amerika prezidenti tomorqasida marixuana yetishtirgan?
Javob: Jorj Vashington. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
660. Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell biron marta ham onasi va xotiniga qo'ng'iroq qilmagan. Nima uchun?
Javob: Chunki ular gung bo'lishgan. Maknuna 5 ball; Assalom 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:16:20
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 661-670

Tarix
661. Napoleon qaysi hayvondan qo'rqish dardiga mubtalo bo'lgan?
Javob: Aylurofobiya - mushuklardan qo'rqish. Uztermbek 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
662. Dunyodagi eng katta muzlik qaysi?
Javob: Dunyodagi eng katta muzlik Antarktidadagi - Lambert muzligi bo'lib, uning maydoni qariyb 1 mln km2ni tashkil etadi. Lambert muzligining kengligi 64 km, uzunligi esa 700 km dan ziyoddir. Doniyor 2 ball; AbdulAziz 3 ball; Noza 1 ball.

Astronomiya
663. Qaysi sayyora boshqalariga nisbatan tezroq o’z o’qi atrofida aylanadi?
Javob: Yupiter. Mohinur 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
664. Buyuk Britaniyadagi eng katta ko’l qaysi?
Javob: Buyuk Biritaniyadagi eng katta ko'l - Lox-Ney (Lough Neagh) bo'lib, Shimoliy Irlandiyada joylashgan. maydoni - 396 km kv. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
665. Dunyodagi eng katta g’or qaysi va qaerda joylashgan?
Javob: Dunyodagi eng katta g'or Saravak-Cheymber (malaychasi Lubang-Nasib-Bagus) bo'lib, u Malayziyaning Saravak shtatidagi Gunung-Mulu milliy parkida joylashgan. G'orning uzunligi - 700 km, o'rtacha kengligi - 300 m. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Astronomiya
666. Maydoni Yevropadan 4 marta kichik bo’lgan kosmik jism?
Javob: Oy. Diametri 3476km. Doniyor 5 ball; Noza 1 ball.

Islom tarixi
667. Islom dushmani - Abu Jahlning asl ismi nima edi?
Javob: Amr ibn Hishom. AbdulAziz 5 ball; Laylo 1 ball.

Islom tarixi
668. Hadicha raziyallohu anhuning oldingi erlaridan qolgan farzandlari kim edi? 
Javob: Hola. Muhammad 5 ball; Laylo 1 ball.

Geografiya
669. Dunyodagi eng iflos daryo qaysi?
Javob: Dunay. AbdulAziz 5 ball; Mohinur 1 ball.

Adabiyot
670. Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romanida Qozongap qayerga dafn etiladi?
Javob: Mallaqumdichop tepaligiga. AbdulAziz 5 ball; Mohinur 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:16:37
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 671-680

Atamashunoslik
671. Kemadagi eng yoshi kichik matros nima deyiladi?
Javob: Yunga. AbdulAziz 5 ball; Mohinur 1 ball.

Falsafa
672. Qaysi yunon faylasufi faylasuflar maktabi eshigiga "Geometriyadan xabarsiz kishining bu ostonadan o'tishi man etiladi" deb yozib qo'ygan?
Javob: Platon. Assalom 5 ball.

Adaniyot
673. "Har ishni qilmish odamizod
Tafakkur birla bilmish odamizod"

Ushbu parcha Alisher Navoiyning qaysi dostonidan olingan?
Javob: "Farhod va Shirin". Doniyor 5 ball.

Adabiyot
674. Alisher Navoiyning "Sab'ai sayyor" dostonida Bahrom Dilorom haqida kimdan eshitgan edi?
Javob: Jahongashta Moniydan. Maknuna 5 ball.

Adabiyot
675. Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" dostonida Majnun kimning qiziga nikohlangan edi?
Javob: Navfalning qiziga. Shoir 5 ball.

Tarix
676. 1865 yil Toshkentni bosib olgan rus qo'shinlariga qaysi general boshchilik qilgan?
Javob: General Chernyayev. Feruza 5 ball.

Adabiyot
677. Manqurt(qul) so'zini qaysi adib birinchi bo'lib o'z asarlarida ishlatgan?
Javob: Mahmudxo'ja Behbudiy. Feruza 5 ball.

Sport
678. Basketboll savatchasining balandligi qancha?
Javob: 3.05 metr. Bekmirzo 5 ball.

Botanika
679. Dengiz karaminig fandagi nomi?
Javob: Laminariya. Bekmirzo 5 ball.

Fizika
680. Mexanik soatda mayatnik ishlatishni kim taklif qilgan?
Javob: Galileo Galiley. Assalom 5 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:17:03
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 681-690

Ajoyibot
681. Birinchi choyxona qaerda paydo bo'lgan?
Javob: Yaponiyada. Assalom 5 ball.

Tarix
682. Qachon va nechanchi yilda AQSH da ilk marotaba saylov natijalarini oldindan bilishda kompyuterdan foydalanilgan?
Javob: 4 noyabr 1952 yilda. Noza 3 ball.

Tarix
683. Yevropadagi ilk qo’riqxona nechanchi yilda qaerda tashkil topgan?
Javob: 1909 yilda Shvetsiyada. Noza 3 ball.

Astronomiya
684. Qaysi sayyorada eng uzun kun va eng qisqa yil bo’ladi?
Javob: Merkuriy (Merkuriydagi 1 kun yerning 176 kuniga teng). Feruza 5 ball; Noza 1 ball.

Tarix
685. Ulug'bek rasadxonasini kim qazib o'rganib, sekstantni topishga muyassar bo'lgan?
Javob: Vyatkin. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
686. Kim Mirzo Ulug'bekning voyaga yetganiga qadar otalig'i bo'lgan?
Javob: Amir Shohmalik. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
687. Amir Temur vafotidan keyin Movarounnnahr va Xurosonni birlashtira olgan temuriyzoda
Javob: Shohruh Mirzo. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
688. Ilk o'rta asrlarda "dehqon" so' zi qanday ma'noni anglatgan?
Javob: "Qishloq hokimi". AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
689. "Qubbatul ilm val adab" unvoniga sazovor bo'lgan shahar?
Javob: Shahrisabz. Feruza 3 ball.

Geometriya
690. Hech qanday o'lchamga ega bo'lmagan eng sodda geometrik shakl?
Javob: Nuqta. Feruza 5 ball;
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:17:15
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 691-700

Tarix
691. Napoleon oilada nechanchi farzand bo’lgan?
Javob: Ikkinchi. Feruza 5 ball;

Din
692. Xristian ruhoniylarining ibodat vaqti kiyadigan libosi nima deyladi?
Javob: Riza.

Tarix
693. Shayboniylar sulolasidan chiqqan eng oxirgi hukmdor kim?
Javob: Pirmuhammad. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
694. "Abdullanoma" asarining muallifi kim va bu asarning boshqacha nomi.
Javob: "Sharafnomai shohiy", Hofiz Tanish Buxoriy. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
695. Mir Arab madrasasi qaysi hukmdorning davrida qurilgan?
Javob: Ubaydullaxon. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Zoologiya
696. Eng uzoq vaqt suvsiz yura oladigan hayvon qaysi?
Javob: Kalamush. Muxbir 5 ball; Mohinur 1 ball.

Zoologiya
697. Umrining 75 %ini uyquda o'tkazadigan hayvon qaysi?
Javob: Yalqov. AbdulAziz 5 ball; Mohinur 1 ball.

Zoologiya
698. "Tushunmaymiz" ma'nosini anglatuvchi hayvon qaysi?
Javob: Kenguru. Bekmirzo 5 ball; Mohinur 1 ball.

Zoologiya
699. Ucha oladigan yagona sut emizuvchi hayvon qaysi?
Javob: Ko'rshapalak. Bekmirzo 5 ball; Mohinur 1 ball.

Zoologiya
700. O'zini ko'zguda taniy oladigan yagona hayvon qaysi?
Javob: Shimpanze. Muxbir 3 ball; AbdulAziz 2 ball; Mohinur 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:17:32
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 701-710

Zoologiya
701. Afrikadagi ba'zi qabilalar tilida "Junglidan kelgan odam" ma'nosini bildiradigan hayvon qaysi?
Javob: Orangutang. Maknuna 5 ball; Mohinur 1 ball.

Zoologiya
702. Odamdan tashqari boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchi qaysi?
Javob: Fil. Shoir 5 ball; Mohinur 1 ball.

Adabiyot
703. «Men sen uchun tug’ildim, sen uchun yasharman, sening uchun o’larman, ey turkning muqaddas o’chog’i!»
Ushbu fikrlar muallifi kim?
Javob: Abdurauf Fitrat. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
704. Ma’lum muddat Afg’oniston xalq maorifi vaziri, so’ng Sho’rolar ittifoqining Afg’onistondagi konsuli — elchisi vazifalarida xizmat qilgan adib kim edi?
Javob: Abdulla Avloniy. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
705. «Buxoro jallodlari» (1922) qissasi muallifi kim?
Javob: Sadriddin Ayniy. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
706. Fitratga bu taxallusni kim beradi? Fitratning ma’nosi nima?
Javob: Turkiyada o'qib yurgan kezlarida domlalari shu nomni berishadi. Fitratning ma'nosi - Donishmand. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
707. Sadriddin Ayniy qaysi tuman, qaysi qishloqda tug’ilgan?
Javob: G'ijduvon tumani, Soktare qishlog'i. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
708. Abdulla Oripov "Jannatga yo'l" asarini kimdan ta'sirlanib yaratgan?
Javob: Dante Aligyerining "Ilohiy komediya"sidan. Shoir 5 ball; DJDilshodbek 1 ball.

Adabiyot
709. Kaykovus necha yoshida "œQobusnoma"ni yozgan?
Javob: 63 yoshida. Shoir 5 ball

Astronomiya
710. "œKometa" so‘zining ma’nosi nima?
Javob: Daydi yulduz. Mohinur 5 ball
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:17:48
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 711-720

Din
711. Katolik cherkovida rim papasidan keyin turuvchi mansab qaysi?
Javob: Kardinal. Mohinur 5 ball

Fizika
712. Birinchi Nobel mukofoti sovrindori kim?
Javob: Rentgen. Maknuna 5 ball

Fizika
713. Gugurtning ixtirochisi kim?
Javob: Mark Sorio. Feruza 5 ball

Adabiyot
714. Ustoz adib Abdulla Qahhor kunlardan bir kuni "... tovuqni haydasam yonimga mushuk yugurib kelyapti" deb aytgan. Nega?
Javob: Adib yoshi keksayib qolgani sabab, buning bir alomati sifatida, tovuqlarini haydamoqchi bo'lib "kisht, kisht" demoqchi bo'lsalar, buning o'rniga "kis-kis" degan tovush chiqadi... Uztermbek 3 ball.

Adabiyot
715. Nega O'tkir Hoshimov 1 ta telbani 100 ta donishmanddan ustun qo'yadi?
Javob: Telbalarga ta'zim qiling! Zero, yuzta donishmand aytmagan haqiqatni bitta devona aytadi. Uztermbek 3 ball.

Adabiyot
716. "Sinchalak" ruschaga kim tomonidan o'girilgan va tarjima qanday nomlangan?
Javob: Konstantin Simonov. "Ptichka-nevelichka". AbdulAziz 5 ball; Uztermbek 1 ball.

Adabiyot
717. Tolstoyning "Urush va tinchlik" romanini kim o'zbekchaga o'girgan?
Javob: Abdulla Qahhor va Kibriyo Qahhorova. Shoir 5 ball; Uztermbek 1 ball.

Adabiyot
718. Gyotening "Faust" asari o'zbek tiliga qaysi adib tomonidan tarjima qilindi?
Javob: Erkin Vohidov. Shoir 5 ball; Uztermbek 1 ball.

Adabiyot
719. Dante Aligyerining "Ilohiy komediya"si o'zbekchaka qaysi adib tomonidan tarjima qilindi?
Javob: Abdulla Oripov. Shoir 5 ball; Uztermbek 1 ball.

Adabiyot
720. Ernest Seton-Tompsonning "Yovvoyi yo'rg'a" sini qaysi yozuvchi o'zbekchaga o'girdi?
Javob: Tog'ay Murod. AbdulAziz 5 ball; Uztermbek 1 ball.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:18:31
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 721-730

Tarix
721. Angliyadagi qirollar saroyi nima deyiladi?
Javob: 1837 yildan beri Angliya qirol va qirolichalari asosan Buckingham saroyida istiqomat qilishadi. Bekmirzo 5 ball;

Atamashunoslik
722. Kemadagi yo'lboshlovchi nima deb aytiladi?
Javob: Lotsman. Feruza 5 ball;

Adabiyot
723. Xayyom so'zining ma'nosi nima?
Javob: Chodir tikuvchi. Feruza 5 ball;

Tarix
724. G'oziy so'zining ma'nosi nima?
Javob: O'zi musulmon haq dini uchun kurashchi degan ma'noni bildiradi. Xiva xoni Elbarsxon mamlakatdan Eron safaviylarini quvib chiqargach, o'g'illarining ismiga "g'ozi" degan so'zni qo'shib aytishni buyuradi. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
725. Fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi, ularni hal etuvchi amaldor.
Javob: Dodhoh. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
726. Xalq tomonidan "Amiri Mas'um" deb chaqirilgan mang'it hukmdori
Javob: Amir Shohmurod. Uztermbek 5 ball; Feruza 1 ball.

Ajoyibot
727. O'ziga xos bir savolni o'rtaga tashlamoqchiman. Mana shu tasvir haqida qanday ma'lumot bera olasiz (mavzu tasodifan tanlanmagan )?
(http://www.ljplus.ru/img/u/z/uztermbek/i11048-image-original-500.jpg)
Javob: Volganing ichida Vladimir Putin va kichik Jorj Bush. Fashistlar ustidan qozonilgan g'alabaning 60-yilligi tadbirlarida Moskvada olingan surat. . AbdulAziz 5 ball; Uztermbek 1 ball.

Geografiya
728. Qaysi ko‘l "œAvstraliyaning jonsiz yuragi" nomini olgan?
Javob: Eyr ko'li. Feruza 5 ball

Adabiyot
729. Tomas Mor qaysi universitetda tahsil olgan?
Javob: Oksford. Uztermbek 5 ball

Fan
730. Tafakkur qonuniyatlari haqidagi fan qaysi?
Javob: Logika. Uztermbek 5 ball
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:19:07
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 731-740

Adabiyot
731. "œMakr va muhabbat" asarining muallifi kim?
Javob: Fridrix Shiller. Shoir 5 ball

Zoologiya
732. Zaharli tsetse pashshasi chaqsa ham o‘lmaydigan hayvon qaysi?
Javob: Zebra. Maknuna 5 ball

Geografiya
733. Afrikadagi eng chuqur ko‘l qaysi?
Javob: Tanganika. Feruza 5 ball

Astronomiya
734. 1908 yil yer shariga urilgan meteorit qaysi?
Javob: Tungus. Uztermbek 5 ball

Sport
735. Tayson qaysi bokschining qulog‘ini tishlab olgan?
Javob: Evander Xolifild. Maknuna 5 ball

Geografiya
736. Atmosferaning eng yuqori qatlami qaysi?
Javob: Ekzosfera. Feruza 5 ball

Adabiyot
737. "Tarzan" asarining muallifi kim?
Javob: Berrauz. Shoir 5 ball

San'at
738. Rassom Rafael Santining ustozi kim?
Javob: Petro Perudjino. Feruza 5 ball

Adabiyot
739. Besh kitobdan iborat bo‘lgan asar qanday ataladi?
Javob: Pentalogiya. Assalom 5 ball

Geografiya
740. Birinchi jo‘g‘rofiy atlasni kim kashf etgan?
Javob: Ptolomey. Assalom 5 ball
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:19:39
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 741-752

San'at
741. Tabiat manzaralari tasvirlangan rasm nima deyiladi?
Javob: Peyzaj. Uztermbek 5 ball

Fizika
742. Mariya Kyuri qaysi metallni kashf qilgani uchun Nobel mukofotini olgan?
Javob: Radiy. Abduqahhor 5 ball

Adabiyot
743. "Jannat qidirganlar" asarining mallifi kim?
Javob: Shuhrat. Abduqahhor 5 ball, Abduqahhor[/b] 1 ball.

Adabiyot
744. "Parvona" kimning qalamiga mansub va sahnada O'tkuriy obrazini kim yaratgan?
Javob: Uyg'un. Obid Yunusov ijro etgan. Feruza 2 ball, Assalom 3 ball,  Uztermbek 1 ball.

Adabiyot
745. "Otoyining tug'ilgan yili" qissasi kimning qalamiga mansub?
Javob: Erkin A'zam. AbdulAziz 5 ball, Uztermbek 1 ball.

Adabiyot
746. XX asrning 1-yarmida yashab ijod etgan birinchi o'zbek shoirasi. Bu yil tavalludining 90 yilligi nishonlanadi.
Javob: Ra'no Uzoqova (1916-1947) Uztermbek 3 ball.

Adabiyot
747. Aytsam - o'ldirurlar,
Aytmasam - o'lam...

Ushbu satrlar qaysi asardan olingan?
Javob: "Oshiq G'arib va Shoxsanam" dostonidan. Assalom 5 ball

Falsafa
748. "Filosofiya" so'zining ma'nosi nima?
Javob: Falsafani sevaman . Shoir 5 ball

Adabiyot
749. Yusuf Xos Hojib "Qutadg'u bilig" asarini kimga atab yozgan?
Javob: Tabg'ach Bug'roxon. Shoir 5 ball

Geografiya
750. Finlandiyaning qadimiy nomi nima?
Javob: Suvomi. Assalom 5 ball

Adabiyot
751. O'zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti kim?
Javob: T.N. Qori-Niyoziy. Feruza 5 ball

Tarix
752. "Titanik" kemasi qaysi qaysi shahardan yo'lga chiqqan edi?
Javob: Angliyaning Liverpul shahridan. Maknuna 5 ball
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:20:22
Assalomu alaykum aziz ishtirokchilar!
Ziyo-Uz BukToPuHaCuning ham 3-turi yakunlarini e'lon qilayapmiz.
Eski manzilda mana shu tur oxirgisi hisoblanib, yangi tur yangi forum (http://forum.ziyouz.com[/url)da davom etadi.

Ziyo-Uz BukToPuHaCu: 3-TURNING YAKUNIY NATIJALARI


1.   AbdulAziz -   867 ball
2.   Bekmirzo -   733 ball
3.   Feruza -   443 ball
4.   Assalom -   347 ball
5.   Maknuna -   285 ball
6.   Kumushbibi - 282 ball
7.   Shoir -   240 ball
8.   Noza -   212 ball
9.   Muxbir    - 169 ball
10.   Webmonster -   66 ball
11. Uztermbek - 62 ball
12.   Mohinur -   58 ball
13.   Qaysar -   56 ball
14.   Behzodbek -   50 ball
15.   Otabek -   48 ball
16.   Shahina -   48 ball
17. Muhammad - 34 ball
18.   Doniyor -   33 ball
19. Mubashshir - 25 ball
20.   Margilanets -   22 ball
21.   Jadid -   16 ball
22. Laylo - 14 ball
23.   Margiloniy -   11 ball
24. Shamshir - 10 ball
25. Abduqahhor - 6 ball
26.   DjDilshodbek -   5 ball
27. Ozodaxon - 1 ball
28.   Sohibjon -   1 ball

(http://ziyouz.com/rasmlar/umumiy/viktorina_hisob.gif)

PS. Keyingi tur yangi forum (http://forum.ziyouz.com[/url)da boshlandi. Bu turda sizning yiqqan ballaringiz saqlanib qolmaydi va hisob yangidan boshlanadi.
Barcha ishtirokchilarga tashakkur izhor etaman va keyingi turlarda ham omad va zafarlar yor bo'lishini tilayman.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:21:29
Ziyo-Uz BukToPuHaCu: ENG KO'P SAVOL BERGANLAR

1. AbdulAziz - 201 ta
2. Shoir - 113 ta
3. Noza - 108 ta
4. Assalom - 73 ta
5. Feruza - 70 ta
6. Muxbir - 39 ta
7. Maknuna - 37 ta
8. Otabek - 27 ta
9. Muhammad - 12 ta
10. Uztermbek - 11 ta
11. Mohinur - 10 ta
12. Bekmirzo - 10 ta
13. Jadid - 8 ta
14. Doniyor - 6 ta
15. Margilanets - 5 ta
16. Behzodbek - 5 ta
17. Qaysar - 4 ta
18. Laylo - 4 ta
19. DjDilshodbek - 3 ta
20. Webmonster - 2 ta
21. Margiloniy - 1 ta
22. Sohibjon - 1 ta
23. Ozodaxon - 1 ta
24. Abduqahhor - 1 ta
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2006, 00:22:13
Administrator, moderatorlar guruhi, viktorina komissiyasi hamda ishtirokchilar tomonidan berilgan ovozlar natijasiga ko'ra 2-tur yakunlari quyidagicha:

Ziyo-Uz BukToPuHaCu bilimdonlari:Sohalar bo'yicha bilimdonlar:
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:27:04
Yangi Ziyouz Viktorinasining savol-javoblari:

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1-10

Adabiyot
1. Qaysi asar epigrafida "Takabburlik bilan ham mehr-muhabbat qozonish mumkin" deya aytilgan?
Javob: Gabriel Garsia Markesning "Oshkora qotillik qissasi" asari

Adabiyot
2. "Alpomish" dostonida Ko'kaldosh mingan ot?
Javob: Ko'kdo'nan

Falsafa
3. Kim o'zini "birinchi faylasuf" deb e'lon qilgan?
Javob: Pifagor

Zoologiya
4. Eng tez uchadigan hasharot qaysi?
Javob: Ninachi eng tez uchuvchi hasharot hisoblanadi. Uning harakati tezligi 57 km/soatga yetadi.

Zoologiya
5. Eng katta kapalak qaysi?
Javob: Dunyodagi eng yirik kapalak Attacus Altas. Qanotlari yoyilganda 30 sm.ga yetishi bois ko'pincha ko'rganlar uni qush deb o'ylaydi.

Islom tarixi
6. Ma'lumki, Abdulloh ibn Mas'ud Ka'batullohda birinchi bo'lib qur'on tilovat qilgan sahoba hisoblanadi. O'shanda u qaysi surani tilovat qilgan edi?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud r.a. Ka'batullohda birnchi bo'lib Qur'on tilovat qilganida, "Ar-Rohman" surasini o'qigan.

Islom tarixi
7. "Fath" surasi nozil bo'lganda uni Rasululloh SAV birinchi bo'lib kimga o'qib berganlar?
Javob: Hazrati Umar r.a.ga

Islom tarixi
8. Sahoba Mus'ab ibn Umayrning islomiyatga qo'shgan ulug' hissasi nimadan iborat?
Javob: Madina ahliga Qur'oni karimni o'rgatganlar.

Islom tarixi
9. Qur'oni Karimning eng ohirgi nozil bo'lgan oyati qaysi suraning nechanchi oyati? Va uning ma'nosi qanday? (tarjimasi)
Javob: Qur'oni karimdagi eng oxirgi kalomi "Baqara" surasining 281-oyatidir:
Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz! So‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi. (Manba: "Qur'on, tafsir va mufassirlar" kitobi)
Yana  boshqa manbalarga ko'ra, Moida surasining 3-oyati:
"Bugun men sizlarga diningizni komil, ne`matlarimni to`la qildim va Islomni din deb ixtiyor etdim"

Adabiyot:
10. Iste’dodli yozuvchi Ulug’bek Hamdamning «Isyon va itoat» romanidan savol:
«Bu — kuchli va ojizning it-mushuk bo‘ladigan joyi ekan. U yerda insoniyat yaratgan madaniyatdan asar ham yo‘q edi. Inson uning eshigini ochib kirar ekan, tug’ilgandan shu yoshgacha o‘ziga yuqtira olgan neki ezgulik bor hammasini yechib tashlab, ichkariga yalang’och badan, qaynoq qon oqib turuvchi vujud bilan kirar edi».
     Savol: Asarda tasvirlangan joy qayer?
Javob: Qamoqxona.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:28:07
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 11-20

Kino
11. Jeki Chan so‘zining ma’nosi nima?
Javob: Gong-Konglik degan ma'noni bildiradi.

Adabiyot
12. "œGo‘ro‘g‘li" turkumiga kiruvchi oxirgi doston qaysi?
Javob: "Ero'gli" dostoni

Islom tarixi
13. Abu Bakr raziyallohu anhuning "Siddiq"dan tashqari yana qanday kunyalari bor edi?
Javob: Abu Bakrni "Atiq" (saqlangan) degan nom bilan ham chaqirishgan. Oisha r.a. rivoyat qiladilar: "Rasululloh s.a.v.: "Abu Bakr Allohning do’zaxdan saqlagan bandasidir" - dedilar. Ana shu kundan boshlab u "Atiq" nomini oldi. (Termiziy rivoyati) Bu hususda yana: "Nasabida aybsitadigan kamchlik bo’lmagani uchun uni "Atiq" deyishadi", degan qavl ham bor. Lekin ulug’ imomlar u zotni "Siddiq" deb nomlashga qaror qilishgan. Alloh rozi bo’lsin.
Ali ibn Abu Tolib deydi: "Alloh taolo Abu Bakrni O’zining rasuli tilida "Siddiq" deb nomladi".

Islom tarixi
14. Abu Bakr raziyallohu anhudan jami nechta hadis rivoyat qilingan?
Javob: Abu Bakr Siddiq r.a. nihoyatda kamgap, ko’p sukutli inson edilar. Shuning uchun ham u zotndan atiga 42 ta hadis rivoyat qilingan.

Islom tarixi
15. Sulaymon a.s. vafotlaridan keyin jinlar U Zotni sehrgar deyishgan. Bunga sabab nima edi? Va buni rad qilib Qur'oni Karimni qaysi surasidagi, qaysi oyatlar nozil bo'lgan?
Javob: Sulaymon a.s. davrida jinlar odamlarga sehr o'rgatib, qog'ozga yozib tarqatganlar. Sulaymon a.s. buni bilgach, hamma qog'ozlarni yig'ib tahtlari ostiga ko'mdirib qo'yadilar. U Zotning vafotlaridan keyin, jinlar uni kavlab olib:" Mana Sulaymon a.s. o'z tahtini sehr bilan boshqargan deyishadi. Shuning sababida yahudiylar u kishini payg'ambar deb tan olmaganlar. Muhammad s.a.v. Sulaymon a.s.ni payg'ambarlar qatorida tilga olganliklaridan keyin:"Agar Muhammad s.a.v. haq payg'ambar bo'lganida Sulaymonni payg'ambar demas edi. Sulaymon a.s. sehrgar, uni payg'ambar degan Muhammad s.a.v. ham sehrgar deyishadi. Shunda keyin  Qur'oni Karimning ushbu go'zal oyatlari nozil bo'ladi:
Bas, qachonki, Biz (Sulaymonga) o'limni hukm qilganimizda, uning o'limiga faqat asosini yeyayotgan kemiruvchi qurtgina dalolat qildi. Bas, qachonki, u qulab tushgach, jinlarga aniq bo'ldiki, agar ular g'aybni biluvchi bo'lganlarida bu xor qiluvchi azobda (mehnatda) qolmagan bo'lur edilar. (Saba' surasi, 14-oyat)
Shundan keyin esa ular Sulaymon payg'ambarni sehrgarga chiqardilar.
Buni rad qilib Qur'oni karimning ushbu oyati nozil bo'lgan:
Va Sulaymon davridagi shaytonlar (jinlar) aytgan narsalarga ergashadilar. Sulaymon kofir emas edi, balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar. Va Bobildagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan narsalarga ergashadilar.— Holbuki, u farishtalar: «Biz faqatgina fitnamiz (ya’ni odamlarni aldab imtihon qilish uchun yuborilganmiz), bas, (biz aytgan narsalarni qilib) kofir bo‘lib qolma», demasdan turib hech kimga hech narsa o‘rgatmas edilar.— Va o‘shalardan (Horut va Morutdan) er-xotinning o‘rtasini buzadigan narsalar o‘rganadilar. (Lekin) ular (yahudiylar) Allohning iznisiz hech kimga zarar yetkaza olmaydilar. Va hech foydasiz, bil’aks zararli narsalarni o‘rganadilar. Axir (Allohning kitobi o‘rniga sehrni) almashgan kimsalarga oxiratda hech qanday nasiba yo‘q ekanini bilgan edilar-ku. Jonlarini naqadar yomon narsaga (ya’ni oxiratdagi mahrumlikka) sotganlarini bilsalar edi. (Baqara, 102-oyat)

Islom tarixi
16. Rasululloh s.a.v: "Sening oxirgi nasibang sut bo'ladi", - deya bashorat bergan sahobiy kim edi?
Javob: Ammor ibn Yosirga Rasululloh SAV "Seni yo'ldan adashgan bir guruh o'ldiradi. Oxirgi nasibang sut bo'ladi" deya marhamat qilganlar.

Islom
17. Qur'oni Karimning eng mashhur va oyatlarda ko'p kelgan sakkiz sifati va uning ma'nolarini keltiring.
Javob: Alloh taolo Qur'oni karimni bir necha sifatlar bilan zikr etgan. Jumladan:
1. Arabiy. Arab tilida, arabcha.
2. Mubin. Aniq. Bu sifat sifatlanuvchining sifatini yanada ta'kidlash uchun keladi.
3. Ajab. Odamlarni taajjubga soluvchi.
4. Muborak. Barakotli, tabarruk.
5. Zu zikr. Zikr qilinadigan, sharafli.
6. Musaddiq. O'zidan oldin nozil etilgan ilohiy kitoblarni ham tasdiqlovchi.
7. Hakim. Hikmatli.
8. Aziz. G'olib, quvvat va qudratli.
9. Karim. Karamli, karomatli, mukarram.
10. Majid. Ulug'.
11. Shifo. Hissiy va ruhiy shifobaxsh.
12. Rahmat. Qur'on Allohning rahmatidir.
13. Mav'iza. Nasihat.
14. Bushro. Xushxabar.
15. Bashir. Bashorat beruvchi.
16. Nazir. Ogohlantiruvchi.
17. Furqon. Haq bilan botilni ajratuvchi.
18. Burxon. Qiyomat kuni hujjat bo'luvchi. (Foydamizga yoki zararimizga)
19. Mushaf. Sahifalangan.
20. Tanzil. Nozil qilingan.

Islom
18. Qur'oni Karimda Qiyomat kunida qabrdan turguvchi kofirlar chigirtkalarga o'hshatilgan. Bu oyat qaysi suraning nechanchi oyati? Va ular nima uchun chigirtkalarga o'hshatilgan?
Javob: Bu xabar "Qamar" surasining 7-oyatida kelgan:
6-7. (Ey Muhammad), endi siz ulardan yuz o‘giring! Chorlaguvchi (Isrofil farishta) notanish bo‘lgan bir narsaga (ya’ni Qiyomatdagi kofirlar uchun dahshatli hisob-kitobga) chorlaydigan Kunda ular (kofirlar) ko‘zlari (qo‘rquvdan) quyiga boqqan hollarida go‘yo yoyilgan chigirtkalar kabi, qabrlaridan chiqib kelurlar!
Bu oyati karimaning mo'jizakorligini olimlar yana bir tasdiqlashdi. Aniqlanishicha, chigirtkalar bir joydan bir joyga kochishda juda ko'p sonli, gala-gala bo'lib borishar ekan. Ular hatto bir nech milliardlab yurishar ekan. Ularning uzunligi 38km, balandligi bir necha metrgacha yetar ekan. Bunadan tashqari chigirtkalar o'z tuhumlarini tuproq orasiga urug' singari joylashtiradilar va  vaqti yetgach, bir vaqtni o'zida tuproq orasidan millionlab chigirtkalar chiqishar ekan. Huddi, Ulug' Kunda insonlarning qabrdan birdaniga ko'tarilgani kabi.

Islom tarixi
19. Ashobi Badr 313 kishidan iborat edi. Ularning qanchasi muhojir va qanchasi ansoriy edi? Abu Jahl lashkari necha kishidan iborat edi?
Javob: Musulmonlarning ikki yuz o'ttiz oltitasi ansorlar, yetmish yettitasi muhojirlar edi. Abu Jahl qo‘shinida to‘qqiz yuz ellik kishi bo‘lib, yetti yuz tuya, yuztacha sovutlangan yugurik otlari bor edi.

Islom tarixi
20. Dajjol haqidagi sahih hadislarda uning qaysi sahobiyga o'xshab ketishi aytilgan?
Javob: Ibn Qatan r.a. Bu zot payg'ambarimizdan so'radilar:
- Dajjolning menga o'xshashi zarar qilmaydimi?
Rasululloh:
- Yo'q, sen musulmonsan, Dajjol esa kofirdir, dedilar.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:28:27
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 21-30

Qur'oni karim
21. Ikkinchisi yo'q ne bor?
Javob: Alloh taolo. "Ayting,"U - Alloh bittadir". (Ixlos,1)

Qur'oni karim
22. Uchinchisi yo'q ikki narsa ne?
Javob: Kecha va kunduz. "Biz kecha va kunduzni ikki belgi alomat qildik". (Isro,12)

Qur'oni karim
23. To'rtinchisi yo'q uch narsa ne?
Javob: Muso a.s.ning Hizrga aytgan uchta uzri.

Islom
24. Beshinchisi yo'q to'rt narsa ne?
Javob: Zabur, Tavrot, Injil va Qur'on.

Islom
25. Oltinchisi yo'q besh narsa nima?
Javob: Mo'minlarga farz qilingan besh vaqt namoz.

Qur'oni karim
26. Yetinchisi yo'q olti narsa nima?
Javob: Alloh taolo yeru osmonlarni yaratgan olti kun. "Biz osmonlar va yerni hamda ularning o'rtasidagi bor narsani olti kunda yaratdik". (Qof,38)

Qur'oni karim
27. Sakkizinchisi yo'q yetti narsa nima?
Javob: Yetti qavat osmon. "(Alloh)Yetti qavat osmonni ustma-ust qilib yaratgan Zotdir". (Mulk,3)

Islom
28.To'qqizinchisi yo'q sakkiz narsa nima?
Javob: Qiyomatda Alloh taoloning Arshini ko'tarib turuvchi sakkiz farishta.

Qur'oni karim
29. To'qqiz mo'jiza sohibi kim va bu mo'jizalar nima?
Javob: Muso a.s. ning to'qqiz mo'jizasi. (qo'l, aso, sahro, qadirg'och, to'fon, chigirtka, bit, qurbaqa va qon)

Qur'oni karim
30. O'ntaga ziyoda qilingan narsa nima?
Javob: Bir yaxshilikka qaytariladiga o'n yaxshilik. "Kim bir yaxshilik qilsa, unga o'nta qilib qaytarilur". (An'om,160)
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:28:38
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 31-40

Qur'oni karim
31. O'n bir kishi kim?
Javob: Yusuf a.s. o'n bir aka - ukasi.

Qur'oni karim
32. O'n ikkita mo'jiza nima?
Javob: Muso a.s.ning qavmi uchun otilib chiqqan o'n ikki chashma. "Eslang, Muso qavmi uchun suv tilaganida: "Asoyingni toshga urgin", dedik. Bas, unda o'n ikki chashma otilib chiqdi". (Baqara,60)

Qur'oni karim
33. O'n uch nafar kishi kim?
Javob: Yusuf a.s. ota-onasi va o'n bir aka-ukasi. "Men tushimda o'n bir yulduzni, yana quyosh va oyni ko'ribman". (Yusuf,4)

Qur'oni karim
34. Nafas oladi, lekin joni yo'q. U nima?
Javob: Tong. "Va nafas olayotgan tongga qasam ichurmanki... (Takvir, 18.)

Qur'oni karim
35. O'z sohibini olib yurgan qabr?
Javob: Yunus a.s.ning "qabrlari" baliq.

Qur'oni karim
36. Yolg'on gapirib jannatga kirgan kim?
Javob: Yusuf a.s.ning aka-ukalari.

Qur'oni karim
37. Ota-onasiz yaratilganlar?
Javob: Farishtalar, Odam a.s. Iyso a.s. Ismoil a.s.ning qo'chqorlari va Solih a.s.ning tuyalari.

Islom
38. Bir daraxt, o'n ikki shohi bor, Har shohida o'ttizta barg, har birida behsta meva, uchtasi soyada, ikkitasi oftobda. U nima?
Javob: Bir daraxt - bir yil.
O'n ikki shohi - o'n ikki oy.
O'ttizta barg - o'ttiz kun.(oy kunlari)
Har birida beshta meva - har kungi besh vaqt namoz.
Uchtasi soyada - bomdod, shom va hufton.
Ikkitasi oftobda - peshin va asr.

Islom tarixi
Javob: 39. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning nechta qiz va o'g'illari bo'lgan? Ularni yoshiga qarab ketma-ket sanang.
Rasululloh s.a.v.ning to'rt o'g'il va to'rt qizlari bo'lgan,
Qizlari: 1. Ruqiya. 2. Zaynab. 3. Ummu Gulsum. 4. Fotima (r.a.)
O'g'illari: 1. Qosim. 2. Tohir. 3. Tayyib. 4. Ibrohim.(Ibrohim cho'rilari Moriyadan tug'ilgan.)

Geografiya
40. Qaysi davlatning 3 ta poytaxti bor?
Javob: Janubiy Afrika Respublikasi.
Pretoria (administrative); Cape Town (legislative); Bloemfontein (judicial)
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:29:02
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 41-50

Islom tarixi
41. Umar ibn Hattob r.a. Fil voqeasidan necha yil keyin tug'ilganlar?
Javob: Hazrati Umar r.a. fil yilidan 13 yil keyin tug'ilganlar. Ya'ni payg'ambarimiz SAVdan 13 yosh kichiklar.

Islom tarixi
42. Umar ibn Hattob r.a. Rasululloh s.a.v.dan necha yil keyin vafot etganlar?
Javob: Rasululloh SAV favotlaridan 13 yil keyin 63 yoshlarida vafot qilganlar.

Islom tarixi
43. Umar ibn Hattob r.a.ning to'qqiz otalarini sanang.
Javob: Hattob - Nufayl - Abduluzzo - Riyoh - Qurt - Raziy - Adiy - Ka'b

Islom tarixi
44. Umar ibn Hattob r.a. qaysi qabiladan edilar?
Javob: Umar ibn Hattob r.a. Quraysh qabilasidan bo'lganlar. Onalari tomonidan esa Bani Mahzum naslidan.

Islom tarixi
45. Umar ibn Hattob r.a.ning onalrini ismi nima, qaysi qabilaning qaysi naslidan bolganlar?
Javob: Onalari Hontama binti Hoshim. Quraysh qabilasining Bani Mahzum naslidan.

Islom tarixi
46. Umar ibn Hattob r.a.ning kunyalari va laqablari nima edi?
Javob: Kunyalari Abu Hafsa, laqablari Al-Foruq.

Islom tarixi
47. Umar ibn Hattob r.a.ning nechanchi otalarida ularning sulolasi Rasululloh s.a.v.ning sulolalari bilan birlashadi?
Javob: To'qqizinchi otalari - Ka'bda Payg'ambarimiz SAVning sulolalariga birlashadi.

Tarix
48. Gitler qaysi shaharda tug'ilgan?
Javob: Avstriyaning Branau shaharchasida.

Futbol
49. Futbol bo'yicha so'nggi jahon chempionatida "eng yaxshi yosh o'yinchi" kim bo'ldi?
Javob: 2006 yilgi Jahon Chempionatida Germaniya terma jamoasi xujumchisi, kelib chiqishi polyak bo'lgan Lukas Podolski "eng yaxshi yosh o'yinchi" bo'ldi.

Islom tarixi
50. Rasululloh SAVning vahiy kotiblari kim edi?
Javob: Muoviya va Zayd ibn Sobir r.a.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:29:35
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 51-60

Geografiya
51. AQSH bilan Rossiya o'rtasidagi eng qisqa masofa necha km tashkil qiladi? Va bu masofa AQSHning qaysi shahridan hisoblanadi?
Javob: AQSH va Rossiyaning o'rtasidagi eng yaqin masofa 4km tashkil qiladi. Bu masofa Alyaskadan hisoblanadi.

Islom tarixi
52. Azonning hozirgi tartibda aytilishi birinchi bo'lib qaysi sahobiyga bashorat qilingan? Va bu qay tarzda bashorat qilingan?
Javob: Bu tushda bashorat qilingan,lekin buni birinchi bo'lib Madinalik sahoba Abdulloh ibn Zayd r.a. ko'rganlar. Keyinchalik esa Hazrati Umar r.a. ham bu tushni ko'rganlarini aytadilar.

Futbol
53. O'zbek tiliga "Yuraklar" deb tarjima qilinadigan ("Hearts") futbol klubi qaysi davlat ligasida ishtirok etadi?
Javob: "Hearts" futbol klubi  Shotlandiya primer-ligasida ishtirok etadi.

Futbol
54. Kelib chiqishi ganalik bo'lgan, lekin AQSH terma jamoasi a'zosi bo'lgan vunderkind?
Javob: Kelib chiqishi ganalik bo'lgan, lekin AQSH sharafini himoya qilayotgan futbolchi Freddi Adu

Islom tarixi
55. "Diningizni yarmini bu ...dan o'rganinglar". Rasululloh s.a.v. bu hadislarida kim haqida aytganlar?
Javob: "Diningizni yarmini bu Humayrodan o'rganinglar" (Hadisi sharif). Bu savolning javobi Humayro, ya'ni Oisha r.a.

Futbol
56. "Ko'zoynakli kobra" laqabli futbolchi kim?
Javob: Edgar Davids

Islom tarixi
57. Hazrati Umar r.a: "Ayollar buningdek pahalavonni tug'ishdan ojizdirlar", - deganlarida qaysi sahobiyni nazarda tutganlar?
Javob: Xolid ibn Valid r.a.

Islom
58. Namozning eng afzal rukni qaysi?
Javob: Qiyom. Chunki unda ikkita farz bor: 1.Qiyom. 2.Qiroat.

Islom
59. Muborak Qur'oni Karimning to'rtdan biriga qaysi suralar tenglashtirilgan? Uchdan birigachi?
Javob: Qur'oni Karimni uchdan biriga "Ixlos" surasi tenglashtirilgan. To'rtdan biriga esa "Zalzala" va "Nasr" suralari tenglashtirilgan.

Islom
60. Rasululloh s.a.v. qaysi oyatni "oyatlar sayyidasi",- deganlar? Bu oyat qaysi surada va  nechanchi oyat?
Javob: Oyatal kursiy. Bu oyat "Baqara"surasining 255-oyati.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:29:51
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 61-70

Islom
61. Qur'oni Karimda "Bismillahir rohmanir rohiym" kalimasi necha marta kelgan?
Javob: Sura boshlarida 113 marta va "Naml" surasining ichida yana bir marta.

Islom
62. Rasululloh s.a.v. qaysi sahobiyning boldirlari qiyomat kunida Uhud tog'idan ham og'irroq tosh bosishini aytganlar?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud

Islom
63. "Sihohi sitta" hadis kitoblari sohiblari kimlar?
Javob: Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom Abu Dovud, Imom Muslim, Ibn Moja, Imom Nasaiy.

Islom
64. Qur'oni Karimda eng katta so'z, ya'ni eng ko'p harf ishtirok etgan so'z qaysi?
Javob: Bu so'z Hijr surasining 22-oyatidagi "Faasqoynakumuhu" so'zidir.

Islom
65. Ikki oyatda arab alifbosining hamma harflari ishtirok etgan. Bu oyatlar qaysi surada va nechanchi oyatlari?
Javob: 1. Oli-Imron, 154-oyat. 2. Fath, 29-oyat.

Futbol
66. Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarkibida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi kim?
Javob: Muhammad Al-Deaya

Islom tarixi
67. Hadisi sharifda:
"... Dajjol chiqishidan uch yil oldin qahatchilik bo'ladi... Birorta ko'kat unib chiqmaydi. Birorta uy hayvoni ham, yovvoyi hayvon ham qolmaydi. Alloh hohlagani bundan mustasno."
"Odamlar uz zamonda nimani iste'mol qilishadi?" deb so'rashdi.
Nabiy sallollohu alayhi vasallam nima deb javob berganlar?
Javob: Bu paytda tahlil, takbir, tahmid ovqat o'rniga o'tadi, deganlar Rasululloh SAV.

Islom
68. Shar'iy hukmlarning 4/1 qismi u zotning rivoyatlariga tayangan, Rasululloh SAVdan 2210 ta hadis rivoyat qilgan sahoba kim?
Javob: Payg'ambarimiz Muhammad SAVning suyukli ayollari Oyisha raziyallohu anho.

Islom
69. Qaysi hijriy oy Allohning oyi deb ta'riflanadi?
Javob: Hadis: Ramazon oyidan keyingi eng afzal ro'za Allohning oyi - Muharramdadir. (Imom Muslim rivoyati)

Islom
70. Hijriyda harom oylar qaysilar?
Javob: Harom oylar (urush harom qilingan oylar): zulqa'da, zulhijja, muharram va rajab.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:30:05
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 71-80

Adabiyot
71. "œQisqalik — iste’dodning singlisi" (Краткость - сестра таланта).
Ushbu so’zlar kimga tegishli?
Javob: Anton Pavlovich Chexov

Tarix
72. Shayboniyxonning ismi "Boburnoma" da nima deb berilgan va uning ma'nosi nima?
Javob: Shayboqxon

Tarix
73. Qaysi hukmdor XIX asrda Xiva shahrini devor bilan o'ratgan?
Javob: Ollohqulixon (1825-1842)

Islom
74. Imom al-Buxoriyning "Al-adab al-mufrad" kitoblarida Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilingan hadisga ko'ra, Alloh taolo huzuridagi eng uyatli ismlar qaysilar?
Javob: Malikul - amlok". Bu ismning ma'nosi  "Shahanshoh - shohlar shohi".

Islom
75. Rasulullohning s.a.v. eng yovuz dushmanlaridan biri,lekin u yilda bir marta do'zax azobidan ozod qilinadi. Bu dushmanlari kim, qaysi kuni va nima uchun azobdan halos etiladi?
Javob: Rasulullohning s.a.v. yovuz dushmanlaridan biri Abu Lahab (o'z amakilari). Muhammad s.a.v. tug'ilganlarida bu amakilari bu hushhabarni eshitib, hursandligidan bir cho'rini ozod qiladi. Shu sababdan Alloh taolo Rasululloh s.a.v. tug'ilgan kunlarida uni do'zax azobidan ozod qiladi.

Islom
76. Savol: Qur'oni Karimdagi oyatlar, harflar va so'zlar soni nechtani tashkil qiladi?
Javob: Oyatlar - 6236. Harflar - 340740. So'zlar - 77277 . Manba: Solih Jabriy

Islom
77. Savol: Mushafda "Dunyo" va "Ohirat" so'zi nechchi joyda zikr qilingan?
Javob: Dunyo so`zi 115 marta, Oxirat so`zi ham 115 marta

Islom
78. Islom diniga 7 chi bo'lib kirgan sahobiyning ismlari nima?
Javob: Utva ibn G'azvon

Islom
79. Taqdir suronlari olam sahrolarini ostin - ustun qildi. Vujudlar to'lg'onib qalblar o'zgardi. Bo'ron tindi. Abu Tolib halokat girdobida halok bo'ldi. ....... omonlik sohilida najot topdi. Abu Tolibdan ismi so'ralganda, ota-bobolari ila fahr etib,"Abdu mannof"dedi. Mol-dunyo tilga olinganida tuyalar sanaldi. .......dan ismi so'ralganida "Abdulloh"(Allohning quli) dedi. Nasabi so'ralganida, "Ibnul Islam" (Islom farzandi) dedi. Mol-dunyosi so'ralganida "Muhtojlik", do'koni so'ralganida "masjid",  kasbi so'ralganida "Sabr",  Libosini "Taqvo va tavoze'",  bolishini "Bedorlik", - dedi. "Nimangdan fahrlanasan?"degan savolga esa: "....... bizdan, ahli Islomdan..."degan so'zlardan, deya javob berdi.
Gap qaysi sahoba haqida ketayapti?
Javob: Salmon Forsiy r.a.

Adabiyot
80. Alisher Navoiygacha qaysi adiblar "Xamsa" bitishgan?
Javob: Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:30:21
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 81-90

Adabiyot
81. Fransuz adibi Lui Aragon: "Muhabbat haqida yozilgan dunyodagi eng ajoyib qissa" deya ta'riflagan asar qaysi va uning muallifi kim?
Javob: Chingiz Aytmatovning "Jamila" qissasi

Adabiyot
82. Mashhur ozarbayjon shoiri Muhammad Fuzuliy qayerda tug'ilgan?
Javob: Iroqning Karbalo shahrida

Islom:
83. Ilk marta "Arba'in hadis" kitobini kim yozgan?
Javob: Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy

Islom:
84. "Habral umma" ("jamoa donishmandi") laqabiga sazovor bo'lgan buyuk sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Abbos r.a.

Islom:
85. Hijrat chog'ida Payg'ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallam va Abu Bakr Siddiq tunagan g'orning nomi nima?
Javob: Savr g'ori.

Islom:
86. Abu Abdurahmon kunyasi qaysi buyuk sahobiylarga tegishli?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud va Abdulloh ibn Umar r.a.

Islom
87. Anas ibn Molikning ukalari va shahidlik maqomini olgan sahobiy kim bo‘lgan?
Javob: Baro' ibn Molik

Islom
88. Payg‘ambarimiz (S.A.V.) nechta muazzinlari bo‘lgan va ular qaysi sahobiylar?
Javob: Bilol ibn Ravoh, Abdulloh ibn Ummi Maktum

Islom
89. Abu Hurayra raziyallohu anhudan so'ng eng ko'p hadis rivoyat qilgan sahoba kim? Va qancha hadis rivoyat qilgan?
Javob: Abdulloh ibn Umar r.a. 2630 ta hadis rivoyat qilganlar.

Islom
90. Hazrati Umar r.a.dan so'ng xalifa bo'lishni istamagan istamagan, hakamlik qilgan, Usmon (ra)ni xalifa etib saylagan va hammadan oldin unga bay’at qilgan sahoba kim?
Javob: Abdurahmon ibn Avf r.a.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:30:33
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 91-100

Islom
91. Abu Bakr Siddiqning Islomdan avvalgi ismlari nima edi?
Javob: AbdulKa'ba

Islom
92. Abu Dardo r.a.ning asl ismlari nima edi?
Javob: Uvaymir

Islom
93. Hazrat Ali r.a.ning qotili kim edi?
Javob: Abdurahmon ibn Muljim Murodiy.

Islom
94. Islomda birinchi bo'lib masjid qurgan sahobiy kim?
Javob: Ammor ibn Yosir  "Masjidul-Qabo"ni qurganlar.

Islom
95. Hazrati Qusam ibn Abbos r.a.ning qabrlari qayerda?
Javob: Samarqand shahrida, Shohizinda qabristonida

Islom
96. Misrni fath etgan Islom sarkardasi kim?
Javob: Amr ibn al-Os

Islom
97. Hazrati Bilolning qabrlari qayerda?
Javob: Damashqda.

Islom
98. Xalifa Usmon ibn Affon (ra) davrida 4 shaxsga Qur’onning rasmiy yozma matnini tuzish topshirilgan edi. O'sha 4 sahobiy kim edi?
Javob: Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn az-Zubayr, Sa’d ibn al-Asom, Abdurahmon ibn al-Horis.

Islom
99. Rasuli Akram SAVning bojalari kim edi? (Abu Bakr r.a.ning qizini nikohiga olgan)
Javob: Rasulullohning s.a.v. bojalari Asharayi Mubashsharadan bo'lgan, buyuk sahobiy Zubayr ibn Avvom r.a. Bu zot Abu Bakr Siddiqning  r.a. qizlari Asmo Binti Abu Bakrga uylanganlar.

Islom
100. Hazrati Oisha r.a.ning laqablari nima edi?
Javob: Humayro
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:30:46
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 101-110

Islom
101. Kufa shahrini qurgan sahobiy kim?
Javob: Sa'd ibn Abu Vaqqos

Islom
102. Bir ulug' sahobiy shahodat kalimasini keltirganlarida Rasululloh s.a.v: "Sening aqlingni ko'rib ,buaql faqat yahshilikka olib boradi, deb umid qilgan edim", deganlar. Rasululloh s.a.v. bu muborak lafzlarini qaysi sahobiyga qarata aytganlar?
Javob: Xolid ibn Valid

Islom
103. Rasulullohning s.a.v. onalari vafot etganlarida bir dodaklarini(cho'rilarini)qo'lida qolganlar. Bu cho'rilarini ismi nima edi?
Javob: Ummu Ayman r.a.

Islom
104. Rasulullohni s.a.v. emizgan ayol(Halima) qaysi qabiladan edilar?
Javob: Bani Sa'd.

Islom
105.Rasululloh s.a.v. Shom safariga kelganlarida muborak oyoq izlari bir toshga tushib qolgan ekan. Bu tosh bir masjidda saqlanadi. Bu masjid joylashgan qishloqni nomi nima?
Javob: Qadamun Nabiy

Islom
106. Tarix kitoblarida keltirilishicha Baytulloh juda ko'p marta buzib qayta qurilgan. Baytullohni 7-marta qayta qurilishini Rasulullohning  s.a.v. qaysi bobolari amalga oshirgan?
Javob: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning beshinchi bobolari Qusay ibn Kilob

Islom
107. Baytullohni 8-marta qayta qurilishini qaysi qabila amalga oshirgan va bunda Rasululloh s.a.v. necha yoshda bo'lganlar?
Javob: Quraysh qabilasi, 35 yoshda edilar.

Islom
108. Islom nuri yer yuzini charog'on qilganidan keyin ilk marta to'kilgan qon qaysi sahobiy tomonidan to'kilgan?(Musulmonlar va mushriklar o'rtasida chiqqan birinchi va kichik urush)
Javob: Bu kichik urush qurolsiz bo'lgan. Bunda ilk qon Hazrati Sa'd ibn Vaqqos tomonidan to'kilgan.

Islom
109. Yahyoning (a.s.) qabrlari qaysi shaharning qaysi jome'ida joylashgan?(Shaharning eski nomini keltirishnigiz mumkin)
Javob: Damashq, Shomi sharif shahrining Bani Umayya jome'sida

Islom
110. Alloh taoloning qudrati bois ikki dunyoda va yer osmon oralig'idagi jamiki narsa paydo bo'ldi. Bir narsa borki Alloh taolo bilmaydi. Bu nima?
Javob: Alloh taolo O'ziga o'hshash narsani bilmaydi!
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:31:05
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 111-120

Islom
111. Yana bir narsa borki, bu narsa faqat Alloh taoloda yo'q. Bu narsa nima?
Javob: Alloh taoloda uyqu yo'q.

Islom
112. Joni va boshi yo'q,lekin yemish yeydi. Bu narsa nima edi?
Javob: Hazrati Muso a.s.ning asolari.

Islom
113. Bu dunyoda asosiy hisoblangan ikkiliklar bor(Isnayn) Bular nechta va qaysilar?
Javob: Erkak va ayol, yer va osmon, tun va kun, quyosh va oy, jannat va do'zah, Iymon va kufr, hayot va o'lim, yahshilik va yomonlik, Arsh va Kursi, Lavh va Qalam, ilm va amal, Husn va ishq.

Islom
114. Namozi Vitrni birinchi bo'lib kim va qayerda o'qigan?
Javob: Namozi Vitrni birinchi bo'lib Rasululloh s.a.v. Me'rojga chiqqanlarida o'qiganlar. (Rasululloh s.a.v. Me'rojga chiqqanlarida jamki farishtalar u kishiga:"Yo,Rasululloh s.a.v. siz jami payg'ambarlarni Hotamidirsiz",-deyishgan. Shunda Rasululloh s.a.v. buning shukronasiga Uch rakat namoz o'qidilar.Bu namoz barcha ummatlariga Vojib bo'lib qoldi).

Islom
115. Bu dunyoda ikki narsa bor. To qiyomatgacha biri qochadi, biri esa quvadi. Bu narsa nima?
Javob: Tun va Kun.

Islom
116. Bir kecha kunduzda necha rakat namoz bor?Necha rakat Farz,sunnta va vitr ekanligini aniqlang?
Javob: 32 rakaat: 17 rakaat farz, 12 rakaat sunnat, 3 rakaat vitr.

Islom
117. Bu namozlarda esa nechta ruku', sujud, takbir va tasbeh bor?
Javob: 32 ta ruku, 64 ta sajda, 160 ta takbir, 165 ta tasbeh bor.

Islom
118. Mayyitga o'qiladigan janoza namozida nima uchun azon va takbir aytilmaydi?
Javob: Inson dunyoga kelganida sunnatga muvofiq o'ng qulog'iga azon va chap qulog'iga takbir aytiladi.Shu azon va takbir o'lim namozinikidir.

Islom
119. Boshqa namozlarda ruku' va sujud bor? Nima uchun janoza namozida yo'q?
Javob: Alloh taolo Qiyomatda kofirlarga: "Nima uchun mendan boshqaga sajda qildinglar?" deya so'raydi. Shuning uchun murdaga sajda qilishlikni man qilishgan.

Tarix
120. Tarixdagi Bobil imperiyasi qaysi hududda joylashgan edi?
Javob: Mesopatamiya
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:31:20
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 121-130

Adabiyot
121. Qadimgi grek xalqlarining "Illiada" va "Odissey" dostonlarini kim yozgan?
Javob: Gomer

Tilshunoslik
122. "Muxosara" so'zining ma'nosi nima?
Javob: Qamal

Islom
123. Samud qavmining Payg'ambari Solih a.s. Quroni Karimning necha joyida zikr qilingan?
Javob: To'qqiz joyida zikr qilingan.

Islom
124. Bu dunyoda Alloh taolo yaratgan ikki narsa bor. Ular hech qachon dam olmay yurishadi. Bu ikki narsa nima?
Javob: Bu ikki narsa - Oy ila Kundir.

Islom
125. Bu dunyoda bir daraxt bor. Bu daraxtni mevasini Jannatda ham payg'ambarlar yeb do'st tutishadi. Bu daraxt nima?
Javob: Bu daraxt - Xurmo.

Islom
126. Alloh taolo tomonidan payg'ambarlarga necha noma tushgan? Va bu nomalar qaysi payg'ambarlarga tushgan?
Javob: Alloh taolo tomonidan nomalar Hazrati Odam a.s. Hazrati Shis a.s. Ibrohim a.s. va Hazrati Idris a.s. larga tushgan.

Islom
127. Qur'oni Karimni nima uchun "Furqon" deya atashadi?
Javob: Bu muqaddas kirobning "Furqon" deb atalishiga uning bo'lim-bo'lim, ajralib - ajralib nozil bo'lgani sabab bo'lgan. Chunki boshqa Ilohiy kitoblar birdaniga nozil qilingan.

Islom
128. So'fiylik qaysi payg'ambardan qolgan? Shokirlik qaysi payg'ambardan qolgan? Zokirlik qaysi payg'ambardan qolgan? Oriflik-chi?
Javob: So'fiylik - Odam Safiyullohdan. Shokirlik(Shukr qilish) Nuh a.s.dan. Zokirlik Zakariyo a.s. dan. Oriflik esa - Hazrati Ayyub a.s.dan qolgan.

Islom
129. Nechta payg'ambar podshohlik qildilar? Mag'ribdan mashriqqacha necha kishi podshohlik qilgan? Ulardan nechasi mo'min, nechasi kofur bo'lgan?
Javob: To'rtta payg'ambar podshohlik qildi: 1. Sulaymon a.s. 2.Hazrati Yusuf a.s. 3. Hazrati Iskandar Zulqarnayn. 4. Hazrati Muhammad s.a.v. Mag'ribdan Mashriqqacha to'rt kishi podshohlik qilgan. Ikki mo'min, ikkisi kofir. Mo'min: 1. Hazrati Sulaymon a.s. 2. Hazrati Iskandar. Kofir: 1. Shaddod. 2. Namrud.

Islom
130. Fil voqeasida Paygambarimizning bobolari Abdulmuttolib bilan Abrahaning urtasida bir ajoyib suhbat bulgan. Bu suhbatda Abdulmuttolib Abrahadan uz ehtiyojini suragan.  Abraha...  seninig dek viqorli insondan buning dek mayda narsani surashingni kutmagan edim dedi shunda Abdulmuttolib Abrahaga qanday javob bergan edi?
Javob: Tuyalarini so'ragan. Nega Ka'bani so'ramaysan deganda, Ka'ba Allohniki, uni o'zi saqlab oladi degan.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:31:31
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 131-140

Islom
131. Paygambarimizning (s.a.v) azvoji muhtaramalari orasida bir ayol bulganki doimiy bir sifati bilan boshqalari orasida maqtangan u ayolning ismi nima? Va maqtanishiga sabab bulgan sifatlari nima edi?
Javob: Zaynab onamiz hammangizning nikohingizni insonlar o'qigan. Mening nikohimni Alloh o'qigan deb maqtanar edilar.

Islom
132. Dunyodagi eng katta zulm nima?
Javob: Bizni yaratgan va rizqlantirgan ALLOHga shirk keltirishdan kattaroq zulm yo'q.

Islom
133. Eng katta omonatni bilasizmi?
Javob: Eng katta omonat ahdga vafo qilmoqlik.

Islom
134. Kechirilmas xiyonat qaysi?
Javob: Omonatga qilingan xiyonat eng katta hamda kechirilmas  xiyonat.

Islom
135. Oilada farzand tugildi ... ota-onaning dunyo va ohiratda qarzdor bulishiga sabab bulgan birinchi ish? U nima?
Javob: Qulog'iga azon aytib, ism berish.

Tarix
136. Sud zalida ulimga hukm qilingan bir mahkum: "Men harbiy bulganman umrimning songgi daqiqasida ojiz gunohkorga uhshab osilishimni istamayman balki harbiylarga hos tarzda otib o'ldirilishimni surayman" degan. Bu so'zlar qaysi taniqli shaxsga tegishli?
Javob: Saddam Husayn

Adabiyot
137. "Hech birovga xolis hizmat qilganmisiz" bu sozlar qaysi mashhur ozbek yozuvchisining mashhur asaridan olingan?
Javob: G'afur G'ulomning "Yodgor" qissasidan olingan.

Islom
138. Paygambarimiz (s.a.v) ning davrlarida paygambarlik da'vo qilgan kishi kim? Va uning da'vosiga nima sabab bulgan?
Javob: Musaylama kazzob

Islom
139. U 7 yoshida qur'onni komil yod oldi, 8 yoshida odamlarga imomlik qildi, 9 yoshidan boshlab hadis yig'di. Kunlardan bir kun otasi tushida uni payg'ambar alayhissalomning qo'llari orasida qo'lidagi idishdan toshchalar olib payg'ambar qo'llariga tashlayotganini ko'rdi. Shunda payg'ambarimiz unga qarab o'g'ling tez orada islomdan ko'p narsalarni o'rganadi islom shariatidan dars beradi dedilar. U qaysi olim?
Javob: Abu Ja'far Muhammad ibn Jariyr At-Tobariy

Islom
140. Hajjul mabrurning jazosi nima?
Javob: Paygambarimiz sollaallohu alayhi vasallam: {va hajjul mabrur laysa lahu jazaun illa aljannah} ya'ni qabul bo'lgan hajning jannatdan uzga jazosi yo'qdir, deb marhamat qildilar.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:31:42
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 141-150

Islom
141. Imom Muslim tug'ilgan shaharning nomi?
Javob: Nishopur

Islom
142. Olam yaralganidan beri payg'ambarlardan boshqa uch insonga siddiqlik sifati berilgan ular kimlar?
Javob: Abu Bakr Siddiq, Oisha siddiqa, Maryam binti Imron

Tarix
143. O'zbekistonda 1993 yil qanday nom bilan atalgan edi?
Javob: Ahmad Yassaviy yili

Tarix
144. YUNESKO tomonidan butun dunyoda 2007 yil qanday yil deb e'lon qilindi?
Javob: Jaloliddin Rumiy yili

Tarix
145. Turkmanboshi Saparmurod Niyozov qaysi shaharga dafn etildi?
Javob: O'zi tug'ilib o'sgan Qipchoq shahrida qurdirgan masjid yaqiniga dafn etildi.

Atamashunoslik
146. Gazeta so'zining asl ma'nosi nima? Qaysi tildan olingan?
Javob: Tanga, italyan tilidan.

Adabiyot
147. Gomerning "Illiada" dostonida Sparta va Troya urushiga sababchi bo'lgan go'zal kim edi?
Javob: Yelena

Islom
148. Ma'lumki Payg'ambarimiz ayollarni uyda o'qilgan namozlarini afzal deb marhamat qilganlar lekin bir namozda ayollarni erkaklar orqasida turib o'qishlikka buyurganlar. Bu qaysi namoz?
Javob: Hayit namozlari.

Tarix
149. O'zbekiston BMTga qachon a'zo bo'lgan?
Javob: 1992 yil 2-mart

Adabiyot
150. «Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon» dostoni muallifi kim?
Javob: Shota Rustaveli
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:31:53
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 151-160

Tarix
151. Konstantinopol (Istanbul)ni fath qilgan musulmon fotihi kim?
Javob: Turk sultoni Fotih Mehmet Ikkinchi

Texnologiya
152. Eng birinchi SMS qaysi davlatdan jo'natilgan?
Javob: Finlandiya

Islom
153. Rasululloh SAVni ilk daf’a emizgan ayol kim edi?
Javob: Rasululloh s.a.v.ni birinchi bo'lib uch kun onalari Omina, keyin esa amakilari Abu Lahabning joriyasi Suvayba ismlik ayol emizgan.

Islom
154. Rasulullohga Abu Tolibning uyida enagalik qilgan ayol kim edi?
Javob: Ummu Ayman.

Islom
155. Imom Buxoriyning "Sahihul Buxoriy" kitobidagi bir hadisda bayon etilishicha, payg‘ambarlarning hammalari qaysi hunar(kasb) bilan shug'ullanishgan?
Javob: Cho'ponlik.

Islom
156. Qalam surasining 10-16-oyatlarida ta'riflangan qasamxo‘r, past, tuhmatchi, g‘iybatchi, baxil, haddidan oshgan, gumroh, qo‘pol, ustiga-ustak otasi noma’lum odam kim edi?
Javob: Holid ibni Validning otasi mushrik Valid ibni Mug'ira

Islom
157. Asadulloh (Allohniung sheri) laqabli paxlavon sahobiy kim edi?
Javob: Amir Hamza

Islom
158. Madinaga birinchi bo'lib hijrat qilishga chiqqan sahoba kim?
Javob: Abu Salama

Islom
159. Muhojirlar orasida Madinada tug'ilgan birinchi chaqaloq kim?
Javob: Abdulloh ibn Zubayr r.a.

Islom
160. Badr g'azotida muslmonlar bayrog'ini kim ko'targan edi?
Javob: Mus’ab ibn Umayr
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:32:03
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 161-170

Islom
161. Badr g'azotida musulmonlardan necha kishi shahid bo'lgan edi?
Javob: 14 kishi

Islom
162. Badr g'azoti qaysi oyda bo'lgan edi?
Javob: Ramazon

Islom
163. Sahoba Abdulloh ibn Mas'ud "Men payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomninig ashoblari orasida dunyoga mehr qo'ygan inson yo'q deb o'ylardim hattoki uhud jangidagi bir oyat tushgunicha degan ekanlar. U qaysi suraning qaysi oyati?
Javob: Oli-Imron surasining 152-oyati, vallohi a'lam:
152. Alloh o‘z va’dasining ustidan chiqdi — sizlar Uning izni bilan kofirlarni qira boshladingiz. To sustkashlik qilib, (payg‘ambar alayhis-salomning) amru farmonlari borasida talashib-tortishgan va Alloh sizlar yaxshi ko‘rgan narsani (ya’ni g‘alabani) ko‘zingizga ko‘rsatib qo‘yganidan keyin payg‘ambarning amridan bosh tortgan paytingizgacha (bu ustunliklaringiz davom etdi). Orangizda dunyo istagan kishilar ham, oxirat istagan kishilar ham bor edi. So‘ngra sizlarni imtihon qilish uchun ularning (ustidan g‘alaba qilish o‘rniga mag‘lubiyat tomonta) burib yubordi. Endi gunohlaringizni afv qildi. Alloh iymon egalariga fazlu marhamat sohibi bo‘lgan zotdir.

Islom
164. Rasululloh s.a.v. bir sahobiyga: "Ummatim orasida halol va haromni eng yahshi biluvchi inson',-deya ta'rif berganlar. Bu sahobiy kim edi?
Javob: Muoz ibn Jabal

Islom
165. Rasululloh s.a.v:"... qiyomat kuni ulamolarning imomi bo'ladi', deganlar. Bu sahobiy kim?
Javob: Muoz ibn Jabal

Islom
166. Birinchi hijriy yilning ilk kuni nechanchi melodiy yil,oy va kuniga to'g'ri keladi?
Javob: Milodiy 622 yilning 16 iyul juma kuniga to'g'ri keladi.

Islom
167. Oyisha r.a. ta'rifi bilan "o‘z qavmi uchun g‘oyat sharofatli ayol" bo'lgan, Rasulullohga turmnushga chiqqanidan keyin butun qavmi musulmon bo'lgan mo'minlar onasi kim edi?
Javob: Juvayriya binti Horis

Islom
168. Habashistonga hijrat qilgan, biroq ko‘p o‘tmay gumrohlashib nasroniy diniga kirgan murtad kim edi?
Javob: Ubaydulloh ibn Jahsh

Islom
169. Xaybar g'zaotida Rasululloh SAV: "Ertaga bayroqni shunday bir odamga tutqazamanki, u xudo bilan payg‘ambarni jon-dildan sevadi. Bunday odamni Olloh bilan payg‘ambar ham yaxshi ko‘radi", dedilar. Muhojirlar bilan ansorlar o‘sha suyukli kishi o‘zlari bo‘lib chiqishini orzu qildilar. Ertasi kuni Rasululloh bayroqni kimga topshiradilar?
Javob: Ali ibn Abu Tolib

Islom
170. Payg'ambar alayhissalom: "Sening aqlli odamligingni bilardim, fahmu farosating seni hidoyatga yetaklashidan umidvor edim", deb kimga marhamat qilganlar?
Javob: Xolid ibn Valid r.a.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 13 Mart 2007, 19:32:19
Islom
171. Payg'ambar alayhissalomga bag'ishlangan mashhur "Qasidai burda"ning muallifi kim?
Javob: Ka'b ibn Zuhayr

Islom
172. Rasululloh s.a.v.ga farz hisoblangan, biz ummatlariga esa sunnat hisoblangan namoz qaysi?
Javob: Tahajjud namozi

Islom
173. Rasululloh s.a.v.ga farz bo'lgan, ummatlariga esa sunnat bo'lgan amal qaysi?
Javob: Misvok ishlatish.

Islom
174. Rasululloh SAV qatnashgan eng so'nggi g'azot qaysi edi?
Javob: Tabuk g'azoti.
 
Islom
175. Rasululloh SAV qatnashgan eng so'nggi g'azotda bayroqni kimga tutkazgan edilar?
Javob: Rasululloh SAV qatnashgan eng so'nggi Tabuk g'azotida bayroqni Abu Bakr Siddiq r.a.ga topshirgan edilar. Bu xalifalikni Abu Bakrga o'tkazilishiga dalolat edi.

Islom
176. Rasululloh SAV mol-mulki ko'payishjini duo qilib, bashorat bergan, vafot etganda, to‘rt xotinining har biriga sakson ming dinordan meros tekkan sahoba kim edi?
Javob: Abdurahmon ibn Avf

Islom
177. Payg'ambarimizning sirlari deb nom olgan sahoba kim nima uchun shunday nom olgan?
Javob: Huzayfa ibn Yamon - "Sirrun nabiy" (ya'ni payg'ambarimiz u zotga bir sirni aytganlar)

Islom
178. Avval juda faqir bo'lib, keyin badavlat bo'lib ketgan, bir kunda 30ta qulni ozod qilgan sahobiy kim?
Javob: Abdurahmon ibn Avf

Islom
179. O'z ta'limoti bilan shialik imomatiga asos solgan, halifalik faqat Ali r.a. avlodlariga tegishli, degan g'oyani ilgari surgan sahobiy kim?
Javob: Abu Zarr G'iforiy

Islom
180. Malumki, musulmon kishi uchun eng kerakli ilmlardan biri bu aqoid ilmidir. Agar insoning aqidasi to'g'ri bo'lsa u hech qachon adashmaydi, inshaalloh. "Aqida" so'zining manosi nima?
Javob: Bu so'z arabcha "aqd" - bir narsani ikkinchisiga mahkam bog‘lash degan ma'noni bildiradi.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:23:00
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 181-190

181. Qur'oni Karim tafsiri bo'yicha katta bilimga ega bo'lganliklari uchun "tarjimanul Qur'on" laqabini olgan sahobiy kim?
Javob: Abdulloh ibn Abbos

182. Rasululloh s.a.v: "Kim jang qilmoqchi bo'lsa ... kabi jang qilsin", deganlar. Bu sahobiy kim?
Javob: Osim ibn Sobit

183. Rasululloh s.a.v. bir sahobiyga "Muborak honadonni muborak kishisi" deya tarif berganlar. Bu sahobiy kim?
Javob: Sobit ibn Qays al-Ansoriy

184. Qur'onda har bir surani o'qishdan avval Allohni ismi zikr qilinadi lekin bir sura bor uni o'qishdan avval Allohning Rahmon va Rahimlik sifatlari tilga olinmaslik kerak bu qaysi sura?
Javob: Tavba surasi.

185. Alloh bizni nima uchun yaratdi? Bunga Quroni Karimdan dalil keltiring.
Javob: Bismillahir rohmanir rohiym. "Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim" (Vaz-zoriyot, 56).

186. Rasululloh SAV "Olloh senga najot bersin, badaningdagi soch va tuklaringni barokatli qilsin", deya duo qilgan, duoning sharofati bilan yetmish yil umr ko‘rib, dunyodan xuddi o‘n besh yashar boladek navqiron bo‘lib o‘tgan sahoba kim edi?
Javob: Abu Qatoda

187. Muhammadning  s.a.v. eng sevimli nabiralari, Hazrati Ali va Hazrati Fotimalarning  r.a. farzandi arjumandlari Imom Hasaning qotili kim? Va bu qotil qaysi sahobiy tomonidan yollangan?
Javob: Tarixiy asarlarda kelishicha, Imom Hasanning r.a. qotili o'zining ayoli Qays ibn Eshyos qizi Jiyda bo'lgan. Va buni Muoviya ibn Abu So'fyon yollagan.

188. Imom Husayn r.a. va u zotning qarindoshlarini qatl qilish uchun yuborilgan lashkar orasidan Imom Husayn tomonga bir ksihi o'tadi. Bu kishi ushbu fojeada birinchi shahidlikka erishadi. Bu kishini ismi nima?
Javob: Bu zot Riyoh o'g'li Huyur.

189. Islom olamida pochtani tashkil qilgan sahobiy kim?
Javob: Hazrati Umar.

190. Bizga ma'lumki inson avvali tuproqdan yaratilgan va yana tuproqqa aylanadi. "Tuproq" so'zi bilan tugaydigan sura qaysi???
Javob: Bu sura "Naba'" surasi bo'lib, uning so'nggi oyati shunday: 40. (Ey Makka kofirlari), darhaqiqat, Biz sizlarni yaqin(da voqe’ bo‘ladigan) azobdan ogohlantirdik. U Kunda (har bir) kishi o‘zi qilib o‘tgan narsani (ya’ni barcha yaxshi-yomon amallarini) ko‘rur va kofir kimsa: «Eh, koshki edi (qaytadan) tuproqqa aylanib ketsam-(u muhaqqaq boshimga tushadigan azobdan qutulsam)», deb qolur.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:23:21
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 191-200

191. Rasululloh s.a.v. shunday deganlar:"Bu surani avvalgi o'n oyatiga, kimda kim to'la holda rioya qilib umr o'tkazsa, u shubhasiz jannatning eng ulug'i sanalgan Jannatul Firdavs merosh'ori bo'ladi....". Bu sura qaysi?
Javob: Mo'minun surasi.

192. Qaysi sura "Ummul qur'on" deya sharaflanadi?
Javob: "Fotiha" surasi.

193. Yahudiylar kim birinchi bo'lib Islom dinini qabul qilgan?
Javob: Abdulloh ibn Salom.

194. Uhud jangida ko'pgina ashoblar shahid bo'lganlar.Uhud jangidan keyin makkalik Sulofa sahobiylardan birining boshi uchun yuzta tuya va'da qilgan bu sahobiy kim edi?
Javob: Osim ibn Sobit.

195. Boshi uchun yuzta tuya va'da qilingan sahobiyni Alloh o'z fazlu marhamati bilan go'zal tarzda boshini mushriklar qo'liga tushishdan saqlaydi bu "muhofza" sababi bo'lgan jonzotlar qaysi jonzotlar?
Javob: Osim ibn Sobit.

196. Maqomi Ibrohimda Rahmon surasini ochiq-oshkor o‘qigan, Qur'oni karimni Makkada qurayshlar orasida eng avval yoygan buyuk sahobiy kim edi?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud.

197. Rasululloh SAV hayotlarida oxirgi marta uylangan mo'minlar onasi kim?
Javob: Hazrati Maymuna.

198. Rasululloh SAV:"Meni Yaratgan Rabbimga qasamki, undan  boshqa hech birlarining yotoqlarida menga vahiy kelmaydi', dedilar. Rasululloh s.a.v. bu muborak so'zlarida qaysi mo'minlar onasini nazarda tutganlar?
Javob: Payg'ambarimiz bu so'zlarida ummul mu'minin Oishani (Roziyallohu anho) nazarda tutganlar.

199. Fir'avnning ayoli, hazrati Osiyo r.a.ni Allohga bo'lgan iymonlari uchun Fir'avn juda og'ir jazolar bilan jazolaydi. Shunda Osiyo onamiz Allohga bir ulug' duo qilib yolboradilar. Alloh taolo u zotning duolarini ijobat qiladi. Bu muborak duo Qur'oni Karimning qaysi surasining nechanchi oyatida kelgan?
Javob: Bu muborak duo Tahrim surasining 11 oyatida kelgan. 11. Alloh iymon keltirgan zotlar (va ular o‘zlari haqiqiy mo‘min bo‘lsalar, yaqin odamlarining kofir holda bo‘lishi ularga ziyon qilmasligi) haqida Fir’avnning ayolini misol keltirdi. O’shanda (ya’ni, Fir’avn u ayolning Muso payg‘ambarga iymon keltirganini bilib qolgach, azoblagan chog‘ida) u: «Parvardigorim, O’zing men uchun huzuringda — jannatda bir uy bino qilgin, menga Fir’avn va uning qilmishidan najot bergin va menga bu zolim qavmdan najot bergin», dedi.

200. Birinchi shohlardan bo'lgan sahoba?
Javob: Muoviya r.a.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:24:21
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 201-210

201. Mo'minlar onalarining eng yoshi ulug'i kim edi?
Javob: Savda onamiz.

202. Shunday amal borki insonlar uchun juda qiyin ko'rinadi lekin Ibn Sirriyn uni juda oson deb tariflagan osonligi shundaki shubhani tark etish bilan u amalga erishish mumkin u qanday amal?
Javob: Taqvo.

203. "Harsanglarni toshlarni ko'tardim lekin.....ko'ra og'irroq narsani ko'rmadim" Ali ibn abu Tolib. Ali raziyallohuga ogirlik qilgan narsa nima?
Javob: Qarz.

204. Bir g'azotdan qaytishayotganida Mo'minlar onasi Oyisha r.a.ni badnom qilish va Rasululloh s.a.v.ga g'amginlik yetkazish uchun munofiqlar Oyisha r.a.ga tuhmat qiladilar. Allohning sinovi tugagach, Oyisha r.a. Qur'oni Karim, Allohning ulug' kalomlarining guvohligida oqlanadilar. Bu oyatlar qaysi suraning nechanchi oyatlari?
Javob: Nur surasining 11-21-oyatlari.

205. Rasululloh S.A.V vafot etganlariga Oysha r.a necha yoshda bo'lganlar?
Javob: Hijratning ikkinchi yili Hz. Oyisha 9 yoshlarida Rasulullohga nikohlangan bo'lsalar, demak, Rasululloh SAV vafotlarida 17-18 yosh bo'ladilar.

206. Rasululloh s.a.v.ning eng sevikli farzandlari, Ali r.a. zavjalari, Imom Hasan va Shahidlar Sultoni deb ta'riflangan Imom Husaynning onasi bo'lgan Forima r.a. necha yoshlarida vafot etganlar?
Javob: 29 yosh.

207. Bizga ma'lumki Qiyomatda barcha bandalardan birinchi so'raladigan narsa bu amallarning eng buyugi NAMOZ dir. Savol shunday:Qiyomatda insonlarning (birinchi inson bilan ikkinchi inson) o'rtasidagi birinchi bo'lib ajrim qilinadigan narsa nima?
Javob: Qiyomat kunida bir inson bilan ikkinchi inson o'rtasidagi birinchi ajrim qilinadigan narsa, bu - QONdir,ya'ni nohaq to'kilgan qonlardir.

208. Payg'ambarimiz Muhammad SAV hadislarida ta'kidlangan "O’zi halol-u, lekin Allohga eng yomon ko‘rilgan narsa" nima?
Javob: Taloq.

209. Rasululloh davrlarida yashab u zotni umuman ko'rmagan inson kim deb ataladi?
Javob: Tobein.

210. Nuh payg'ambar kemasi to'xtagan tog' nomi nima?
Javob: Ju'di.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:24:47
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 211-220

211. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning o'gillari Abdullohning yana qanday ismlari bo'lgan?
Javob: Tohir, Toyyib.

212. Islom olamida Andalusiya deb qayerni aytishadi?
Javob: Portugaliya va Ispaniya.

213. Islomiy ramz sifatida hiloldan foydalanish kimdan va qachondan boshlangan?
Javob: Usmoniy imperiyasidan boshlangan.

214. Abdulloh ismi bilan ataluvchi mashhur 5 ta sahobani sanang.
Javob: 1. Abdulloh ibn Umar.r.a. 2. Abdulloh ibn Abu Bakr. r.a. 3. Abdulloh ibn Mas'ud r.a. 4. Abdulloh ibn Abbos.r.a. 5. Abdulloh ibn Amr ibn Os r.a.

215. Masjidul haromni ilk bor kengaytirib ta'mirlagan shaxs kim?
Javob: Masjid ul-Haromni ilk bor ikkinchi xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Ka'batulloh atrofidagi uylarni sotib olib, buzdirib kengaytirganlar. Ka'baga sahn qoldirib, atrofidan devor oldirganlar. Shundan keyin ham u bir necha marta ta'mirlanib, kengaytirildi. Hozirgi kunda masjidning to‘qqizta mezonasi (minorasi), to‘rtta bosh darvozasi, qirq bitta eshigi bor.

216, Hazrati Umar ibn Hattob r.a. bir kishi haqida so'z ketganda doimo shunday deganlar:"Bizning sayyidimiz va sayyidimizni ozod qilgan inson". Savol: Bu so'zlarda kelgan ikki sayyid - sahobiyni toping?
Javob: Bilol Habashiy.

217. "Mukotaba" so'zining ma'nosi nima?
Javob: Fiqhda o‘zini o‘zi sotib olishi haqida yozma bitim tuzgan qul (cho‘ri).

218. Islomda birinchi kamon otgan sahobiy kim?
Javob: Sa'd ibn Abu Vaqqos ra.

219. Usmon ibn Affon r.a. shahid ketganlaridan keyin, musulmonlar halifa bo'lishni taklif qilishgan, u rad qilgandan keyin:"Agar sen halifa bo'lishga rozi bo'lmasang, seni qatl qilamiz",deyishganida ham halifalikka rozi bo'lmagan sahobiy kim?
Javob: Abdulloh ibn Umar.

220. Sahobalar bir sahobiyga:"Changalida arslonni tutgan inson", deya ta'rif berishgan. Bu ta'rif sohibi bo'lgan sahobiy kim?
Javob: Sa'd ibn Abu Vaqqos.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:25:07
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 221-230

221. Salaflarning eng so'nggi vakili kim?
Javob: Ahmad ibn Hanbal

222. Turkiya hukumati muslima qizlarga hijob bilan darslarga kirishlik huquqini nechanchi yil qaysi kundan boshlab qonuniy tarzda tasdiqlagan?
Javob: 1990 yil 25 oktabr.

223. Hozirgi paytda Masjidul haramda bir vaqtning o'zida qancha musulmon namoz o'qiy oladi?
Javob: Hozirgi paytda Masjidul haramda bir vaqtning o'zida 1 milyon 120 mingga yaqin namozxon ibodat qila oladi.

224. Islom olamining mashhur dorilfununi Al-azhar qachon va kim tomonidan tashkil etilgan?
Javob: Islom olamining mashhur dorilfununi Al-azhar fotimiylar sarkardasi Javhar Saqaliy tomonidan hijriy 358 (milodiy 969) yili Qohira bilan baravar qurila boshlangan.

225. Islom konferensiyasi tashkiloti qachon va qayerda tuzilgan?
Javob: Islom Konferensasi tashkiloti (IKT) - hukumatlararo xalqaro Islom tashkiloti hisoblanadi. Unga 1969 yili Islom mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining Rabot (Marokash) shahrida bo‘lgan birinchi uchrashuvida asos solingan.

226. Amir Temur Misrga yurish qilgan paytda uning eng yaqin insonlaridan biri xiyonat qilib, dushman tomonga o'tib ketadi. U kim edi?
Javob: Sarkardaning nevarasi Amir Husayn.

227. Islom olamida ushbu insonning janozasiga eng ko'p odam yig'ilgan(1.000.000 dan ziyod).Ushbu buyuk inson kim?
Javob: Ahmad ibn Hanbal.
 
228. Bir g'azotda bu sahobiy 7 ta qilichni sindirgan. U kim?
Javob: Abu Dujona.

229. Braziliya terma jamoasi va "Barselona" yarimhimoyachisi Ronaldinoning asl ismi nima?
Javob: Ronaldinoning asl ismi Ronaldo de Assis Moreira dir va u vatanida Ronaldinho Gaucho ismi bilan mashxurdir.

230. Duo qilganda Omiyn qaysi payg'ambardan qolgan?
Javob: Muso a.s. duo qilganlarida Horun a.s. Amiyyn deb turganlar.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:25:22
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 231-240

231. Tohir Malik o'ziga ustoz deb bilgan buyuk o'zbek yozuvchisi u kishining yaqin qarindoshlari bo'lgan. Bu ustoz adib kim?
Javob: Mirzakalon Ismoiliy.

232. Jamoat namozi kishilar uchun yolg'iz o'qilgan namozdan necha barobar darajada ustun?
Javob: 27 baravar.

233. Qaysi daryo qadimgi mashhur ayollar qabilasi nomi bilan ataladi?
Javob: Amazonka.

234. Alloh taolo Lutning (alayhis salom) qavmini azoblash uchun ikki farishtani yosh yigitlar shaklida tushirdi ular qavmning hamma erkaklari bilan qo'shib Lut alayhis salomning ayolini ham jazolashdi. Bunga sabab nima edi?
Javob: Lut payg’ambarlik darajasiga erishgach, o'z aholisini turli yo’llar bilan, pand-nasihat qilib, Allohning birligiga iymon keltirishga chaqirdi. Ular mubtalo bo’lgan yaramas odatlarini tark etishga buyurdi. Lekin qavm Lutning nasihatlarini qabul qilismadi. Bu qavmning hidoyat yo’liga yurmasligi aniq bo’lgach, Alloh taolo o’z farishtalari orqali munosib jazo yubordi. Farishtalar Allohning amri bilan, Lut xonadoniga mehmon bo’lib kelishdi, shahar aholisi Lutning xotinidan uylariga chiroyli yigitlar kelishganini eshitib, unikiga bostirib boradilar. Chunki, ular bachchabozlik kasaliga mubtalo bo’lganlar, o’z maqsadlarini amalgam oshirmoq uchun xonadonga bostirib kiradilar. Lut uyida o’tirgan farishtalar Allohning amri bilan ularning badniyatlarini o’zlariga daf etdi. Kuchli shamol turib, ularni tashqariga uloqtirdi. Lut darhol o’z oilasi va o’ziga iymon keltirgan kishilar bilan (xotinidan tashqari, chunki xotini farishtalar habarini dinsiz qavmga yetkazganligi uchun Allohning azobiga uchradi) shahardan chiqib ketdi. Lut ma’lum masofaga yetgach, shahar aholisiga Allohning muqarrar azobi keldi. "œHijr" surasidagi 74-oyatda bu haqida habar berilib: "œBas, Biz u shaharni ostin-ustun qilib yubodik va ularning ustiga sopoldan bo’lgan tosh yog’dirdik", deyiladi.

235. Rasululloh s.a.v. faqat bir sahobiyga ota-onam senga fido bo'lsin, deganlar. Bu sahobiy kim va Rasululloh s.a.v. unga buni qaysi g'azotda aytganlar?
Javob: Sa'd ibn Abu Vaqqos, Uhud g'azotida.

236. Islomning eng birinchi elchisi kim? Va bu sahobiy qaysi shaharga elchi bo'lib borgan?
Javob: Mus'ab ibn Umayr. Bu zot birinchi elchi bo'lib, dastlab, Madinaga va madinaliklarga Islomni yoyish va yetkazish uchun madinaga elchi bo'lib borganlar.

237. "Agar qodir bo'lsang, tuproqni yeyishga majbur bo'lsang ham ikki kishiga amir bo'lma". Bu so'zlarni aytgan sahobiy kim?
Javob: Salmon Forsiy.

238. Salmon Forsiy r.a. qaysi halifa davrida vafot etganlar?
Javob: Usmon (r.a) davrida.

239. Rasululloh s.a.v.ning duolari sabab o'qi hech qahcon hato ketmagan va duosi doimo ijobat bo'lgan sahobiy kim?
Javob: Sa'd ibn Abu Vaqqos.

240. Islomning birinchi chavandozi, Alloh yo'lida ot choptirgan sahobiylarning birinchisi kim?
Javob: Miqdod ibn Amr.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:25:45
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 241-250

241. Usmon r.a. halifalik davrida bir sahobiyga qozi bo'lishni taklif qilganlar, lekin u sahobiy o'zining kuchli taqvosi tufayli bu amaldan voz kechgan. Bu sahobiy kim?
Javob: Abdulloh inb Umar.

242. Har qanday insonni rozi qilishga qurbim yetadi, biroq ...ni rozi qila olmayman. Chunki , uni ne'matning zavoligina rozi qiladi. Muoviya qanday insonni rozi qila olmaydi?
Javob: Hasadchi.

243. ... sherdir. Sher o'limtik yemaydi. U tojdir, tojni ishchi kiymaydi. U qilichdirki uni qo'rqoq ko'tarmaydi. U minbardir, unga tili ojizlar chiqmaydi. Gap nima haqida ketayapti?
Javob: Kulfat.

244. Ikki qulog'ing va og'zingga bo'lgan munosabatda ehtiyot insof qil. Gapirmog'ingdan k'ra tinglamog'ing ko'p bo'lishi lozimligi uchun ham senga quloqni ikkita , og'izni esa bitta qilib berildi. Bu so'zlar qaysi sahobaga tegishli?
Javob: Abu Dardo.

245. Rasululloh s.a.v.dedilar: "Bu yigit menga tog'a bo'ladi, yana kim menga o'z tog'asini ko'rsatadi?" Rasululloh s.a.v.ga "tog'a" bo'lgan sahobiy kim?
Javob: Sa'd Ibn Abu Vaqqos.

246. Umar r.a.ga suyiqasd qilishgandan keyin, halifa to o'zlarini o'rnilariga yangi halifa tayin qilingunicha musulmonlarga namozda imomlik qilishni qaysi sahobiyga topshirganlar?
Javob: Suhayb ibn Sinon r.a.ga.

247. Umar r.a. halifalik davrilarida bir sahobiyning rayi va fiqh ilmidan juda ko'p foydalanganlar. Hatto Umar r.a. bu sahobiy haqida:"Agar .... bo'lmganida men shubhasiz halok bo'lgan bo'lardim", deganlar. Umar r.a. nazarda tutgan sahobiy kim?
Javob: Umar r.a. bu gapni Muoz ibn Jabal r.a. haqlarida aytganlar.

248. Abu Bakr siddiqning birinchi zavjalari kim? Undan qaysi farzandlari tug'ilgan?
Javob: Abu Bakr Siddiqning birinchi ayollari Qutayla bo'lib, ul zotdan Abdulloh va Asmolar tug'ilishgan.

249. Abu Bakr siddiq hayotlari davomida nechta zavjalari bo'lgan. Nechta farzandlari bo'lgan? Nechtasi o'g'il, nechtasi qiz farzand bo'lgan?
Javob: To'rtta zavjalari (Qutayla, Ummu Rumon, Habiba, Asmo); 6 farzandlari: 3 o'g'il (Abdurrahmon, Abdulloh, Muhammad) va 3 qizlari (Asmo, Oyisha, Ummu Kulsum) bo'lgan.

250. Abu Bakr siddiqning otalari laqabi Abu Quhofa bo'lgan, haqiqiy ismlari nima edi?
Javob: Usmon.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:26:21
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 251-260

251. Abu Bakr Siddiqning onalari ismi nima edi?
Javob: Ummul Xayr Salmo binti Saxr ibn Omir.

252. Abu Bakr r.a. tomonidan da'vat qilinib, islomga kirgan 10 ta buyuk sahobiyni sanang.
Javob: Usmon ibn Affon, Talha ibn Ubaydulloh, Sa'd ibn Abu Vaqqos, Zubayr ibn Avvom, Abdurahmon ibn Avf, Abu Ubayda, Abdulloh ibn Abdul Asad, Abu Salama, Xolid ibn Said, Abu Huzayfa.

253. Abu Bakr r.a. ozod qilgan qilgan musulmon qul va asiralarni sanang.
Javob: Bilol ibn Raboh, Ammor ibn Yosir, Abu Faqih, Abu Fuhayra, Lubayya, Nabdiya (Hazrati Umar r.a. asiralari bo'lishgan), Ummu Ubays, Zinnura.

254. Abu Bakr siddiq Rumning g'alabasi haqida kim bilan garov boylashganlar?
Javob: Ubay ibn Xalaf.

255. Bu ayol avval Allohning buyrug'i bilan Zayd ibn Horisa r.a.ga nikohlangan. Keyin qaysidir hikmatlar yuzasidan Zayd r.a. uni taloq qiladilar. Alloh taoloni amri bilan Rasululloh s.a.v. uni o'z nikohlariga oladilar. Bu ayol qaysi mo'minlar onasi?
Javob: Zaynab binti Jahsh.

256. Bir ayol g'azotda asir tushdi. Rasululloh s.a.v. uni ozod qilib o'z nikohlariga oldilar. Buni ko'rgan ayolning qavmining hammasi Islomni qabul qilishdi. Bu ayol qaysi mo'minlar onasi? Va shu sabab bo'lib Islomni qabul qilgan qavm qaysi qavm???
Javob: Juvayriya binti-al Horis. Otalari Bani Mustaliq qabilasini raisi bo'lganlar va bu onamiz hazrati payg'ambarimiz S.A.V.ga nikohlanganlaridan keyin qabilalari islomni qabul qilgan ekanligi haqida hadis rivoyat qilingan.

257. Qaysi sahobiyni "Tasavvuf otasi" deb atashadi?
Javob: Abu Bakr Siddiq.

258. Rasululloh s.a.v. sahobiylariga bir so'zni aytishni ma'n qilganlar. Va bu so'zga ojizlik belgisi deya ta'rif berganlar. Bu so'z qaysi?
Javob: Agar.

259. Hazrat Umarning shajaralari qaysi bobolariga kelganda Payg'ambar SAV shajaralari bilan bog'lanadi?
Javob: Adiy ibn Ka'b.

260. Islom tarixida birinchi Armiyani tuzgan va harbiy xizmatdagilarga maosh belgilagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:26:41
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 261-270

261. Islom tarixida aholini birinchi marta ro'yxatga olgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

262. Islom tarixida birinchi pul zarb qilgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

263. Islom tarixida birinchi kanal qurgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

264. Islom tarixida birinchi shahar qurgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

265. Islom tarixida birinchi marta mamlakatni uluslarga, viloyatlarga bo'lgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

266. Islom tarixida birinchi bojxonani tashkil etgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

267. Islom tarixida birinchi mirshablik bo'limini tashkil qilgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

268. Islom tarixida birinchi tarovih namozini boshlab bergan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

269. Islom tarixida birinchi marta Qiyos ilmini boshlab bergan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

270. Islom tarixida birinchi marta masjidlarda tunlari chiroq yoqishni joriy qilgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:27:06
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 271-280

271. Islom tarixida birinchi marta imom va muazzinlarga maosh belgilagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

272. Islom tarixida birinchi marta qattiq hajviya yozganlarni jazolagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

273. Islom tarixida birinchi marta ayollar ismini she'rlarda madh etishni ta'qiqlagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

274. Islom tarixida birinchi marta "Nikohi mu'ta"ni ta'qiqlagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

275. Islom tarixida birinchi ayol qullarni sotishni ta'qiqlagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

276. Islom tarixida birinchi marta Madinadagi Rasululloh masjidlarini kengaytirgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

277. Halifalar ichida eng ko'p halifalik qilgani kim?
Javob: Hazrati Usmon ra.

278. Halifalar ichida eng boyi kim edi?
Javob: Hazrati Usmon r.a.

279. Islom tarixida birinchi marta Alloh yo'lida hijrat qilgan sahoba kim?
Javob: Hazrati Usmon r.a.

280. Islom tarixida birinchi bo'lib "Amiral-muslimiyn" nomiga sazovor bo'lgan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Jahsh r.a.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:27:26
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 281-290

281. Yaqinda sport statistikasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar antiqa ma’lumotlarga ko‘ra, shu bugunga qadar o‘tkazilgan barcha qishki Olimpiada o‘yinlarida qaysi qit’a davlatlaridan hech bir sportchi g‘olib bo‘lmagan?
Javob: Afrika.

282. Ushbu mamlakatda 706 million ishchi kuchi mavjud. Bu esa butun Yevropa ahlidan uch, Shimoliy va Janubiy Amerika qit’alari aholisidan ikki barobar ko‘p demakdir. Gap qaysi mamlakat haqida ketyapti?
Javob: Xitoy.

283. Aholi soniga hisoblaganda, jahondagi eng boy odamlar qaysi davlatda yashaydilar?
Javob: Olimlar lyuksemburgliklarni, aholi soniga hisoblaganda, jahondagi eng boy odamlar deb topishdi. Qiziqarlisi, sayyoramizdagi eng saxiy kishilar ham mazkur davlat fuqarolari sanalarkan.

284. Dunyodagi eng iste’dodli kishilar  qaysi yurt fuqarolari? Bu yurtning har million fuqarosiga uch nafar Nobel mukofoti sovrindori to‘g‘ri kelishi bunga yaqqol misol bo‘la olar ekan.
Javob: Irlandiya.

285. Tili eng uzun hayvon qaysi?
Javob: Jirafa nafaqat bo‘yi, balki tili ham eng uzun hayvonlardan biri bo‘lib, tilining uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o‘z quloqlarini tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat - ko‘pchilikning naz­dida tuya suvsiz eng ko‘p vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar jirafaning tuyaga nisbatan ko‘proq muddat suvsiz yura olishi mumkinligini isbotlashdi.

286. Qish va yoz chillalari qaysi oydan boshlanadi va qancha davom etadi?
Javob: Qish chillasi 25 dekabrdan 6 fevralgacha. Yoz chillasi 25 iyundan 6 avgustgacha.

287. Abu Nasr Forobiy Arastuning qaysi mashhur asariga sharh yozgan?
Javob: Metafizika. Ma'lumotlarga ko'ra, Ibn Sino bu asarni 11 marta o'qib tushunmagan, keyinchalik esa Forobiyning sharhidan so'ng hammasiga tushungan.

288. Dunyo tarixida birinchi bosh vazir ayol kim?
Javob: Sirimavo Bandrananke 1960 yilda Shri Lankada bosh vazir bo'lgan.

289. Yilning eng uzun va qisqa kunlari qaysi kunga to'g'ri keladi?
Javob: Eng uzun kun 21-22 mart. Eng qisqa kun 22 dekabr.

290. Ularning har ikkisi ham hokimiyat tepasiga 44 yoshda kelgan. 52 yoshida Rossiyaga hujum qilgan. Ularning tug'ilishi va hokimiyat tepasiga kelishida 129 yil farq bor. Har ikkalasi ham Rossiyadan mag'lub bo'lgan. Gap kimlar haqida ketyapti?
Javob: Napoleon va Gitler.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:27:37
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 291-300

291. Hijriy-qamariy yil hisobining birinchi oyi qaysi?
Javob: Muharram.

292. Islom konferensiyasi tashkilotining ta'lim, fan va madaniyat masalalari qo'mitasi (ISESCO) tomonidan 2007 yilda jahonning 4 ta shahri Islom madaniyati poytaxti deb e'lon qilindi. Bular orasida Toshkent ham bor. Qolgan 3 ta shahar qaysi?
Javob: Liviya poytahti Tripoli shahri, Senegal poytahti Dakar va Marokashning uchunchi yirik shahri bo'lgan Fez shaharlari bu nomga sazovor bo'lishdi.

293. Yurtimizning 3 ta shahrida Ulug'bek madrasasi mavjud. Ular qaysilar?
Javob: Samarqand, G'ijduvon, Buxoro.

294. Yurtimizning 2 ta shahrida Ko'kaldosh madrasasi mavjud. Ular qaysilar?
Javob: Toshkent va Buxoroda.

295. Samarqanddagi Registon maydoniga kim asos solgan?
Javob: Mirzo Ulug'bek.

296. Alisher Navoiy qaysi shaharda dunyoga kelgan?
Javob: Hirotda.

297. Toshkent metrosining nechta stansiyasi mavjud va qaysilar?
Javob: Hozirda 3 liniyada 29 ta stansiya ishlayapti.

298. Dunyodagi eng baland teleminora qaysi?
Javob: Kanadadagi CN Tower teleminorasi. Balandligi 553 metr.

299. Angliyada kutubxonalardan eng ko'p o'g'irlanadigan kitob qaysi?
Javob: Ginnessning rekordlar kitobi.

300. BMT tomonidan yashash uchun eng qulay mamlakat deya tan olingan davlat qaysi?
Javob: Kanada.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:27:54
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 301-310

301. Adolf Gitler yozgan mashhur kitob qaysi?
Javob: Mein kampf (Mening kurashim).

302. "Junglidan kelgan odam" degan ma'noni anglatuvchi hayvon nomi?
Javob: Orangutan.

303. Qaysi AQSh prezidenti o'zini mudofaa qilishlaridan (ohrana) voz kechgan edi?
Javob: Richard Nikson.

304. Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell nima uchun o'z onasi va xotiniga biron marta ham telefon qilmagan?
Javob: Bellning onasi va xotini tug'ma kar bo'lishgan.

305. Dastlab o'z onasini, ona o'limidan 3 yil so'ng o'z xotini o'ldirishga buyurgan, Rimga o't qo'ygan va oxir-oqibat o'zini o'ldirgan Rim imperatori kim edi?
Javob: Neron.

306. Abort qilishga va fohishaxonalarga rasman ruxsat berilgan yagona musulmon davlati qaysi?
Javob: Tunis.

307. 1983 yilda bironta ham odam tug'ilmagan dunyodagi yagona davlat qaysi?
Javob: Vatikan.

308. Leonardo da Vinchi aslida hayotda qaysi kasb bilan shug'ullangan?
Javob: Harbiy-injener.

309. 1979 yil 18 fevralda Sahroi kabir tarixida bo'lmagan voqea yuz berdi. O'shanda qanday hodisa yuz bergandi?
Javob: Qor yoqqan.

310. Bu sayyoraning ekvatorial diametri 143884 km ni tashkil etadi. Uning massasi Yernikidan 318 baravar og'ir. Gap qaysi sayyora haqida ketyapti?
Javob: Yupiter.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:28:06
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 311-320

311. 1799 yili Napoleon Bonapart tomonidan 10 kunlik motam e'lon qilingan va butun Fransiya motam tutgan edi. O'shanda qaysi mashhur shaxs vafot etgan edi?
Javob: Jorj Vashington.

312. Undan foydalanishni arablar 7 asrning ikkinchi yarmida boshladilar. Yevropaliklarga bu g'aroyib mahsulot 13-14 asrlarda ma'lum bo'ldi. 17 asrda Yevropada uni keng iste'mol qila boshlashdi. Gap nima haqda ketayapti?   
Javob: Kofe.

313. "Liliput" so'zi qayerdan kelib chiqqan?
Javob: Jonatan Sviftning Gulliverning sayoxatlari asarida asar qahramoni Liliputiya mamlakatiga borib qoladi. U yerning aholisi mitti odamlar bo'ladi.

314. AQSh prezidentlari ichida eng kam muddat hokimiyatni boshqargani kim?
Javob: Villiam Garrison. U innaguratsiyadan 1 oy o'tib, pnevmaniyadan vafot etadi.

315. Bu hayvonni yevropaliklar birinchi marta ko'rganda "tuyapard" deyishgan, ya'ni tuya va leopardning gibridi. Aslida bu hayvon qaysi edi?
Javob: Jirafa.

316. 4 yoshida Qur'oni karimni to'la yod olgan olim kim?
Javob: Ibn Sino.

317. Yaponlar bu ichmlikni zaharga tenglashtirishgan. Bu ichimlik qaysi?
Javob: Sovuq choy, yaponlarni tekshiruvlariga ko'ra, issiq choydagi foydali moddalar, sovib qolganida inson uchun zararli bo'lgan moddaga aylanarkan.

318. Bu rus adibi 6 yoshida fransuz, nemis, ingliz tillarida gaplashgan. Bu kim?
Javob: Tolstoy.

319. "œOliv'ye" salati qaerdan kelib chiqqan?
Javob: "œOlive" salatini XIX asrning 60-yillarida frantsuz oshpazi Lyusen Olive kashf qilgan. Lyusen Parijdagi eng obro‘li restoranlardan birining xo‘jayini edi. Restoranning eng mashhur taomi ham aynan "œOlive" salati edi. Salat retseptini Lyusen Olive to o‘limiga qadar sir saqladi. Shunga qaramasdan, 1904 yili salatning retsepti qayta kashf etildi. Salatning tarkibi quyidagicha edi: 2 ta bulduruq qushi, buzoq tili, tuzlangan qora ikra, salat bargi, 25 ta qaynatilgan qisqichbaqa, yarim banka pikuli sabzavoti, yarim banka soya, 2 ta bodring, kavar, 5 ta tuxum.

320. "œNapoleon" torti tarixini bilasizmi?
Javob: 1912 yili Moskvada Napoleon Bonapartning Rossiyadan quvilishi katta tantana bilan nishonlandi. Bu yubiley munosabati bilan turli pishiriqlar dasturxonga taqdim etildi. Bu yerda yangi pishiriq ham paydo bo‘lgandi. Krem bilan bezatilgan, Napoleonning mashhur shlyapasini eslatuvchi, uchburchak ko‘rinishli tort ko‘pchilikning e’tiborini tortgandi. O‘shanda hamma bu tortni Napoleon nomi bilan atagandi. Garchi hozirda bu pishiriq to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishiga ega bo‘lsa-da, hamon "œNapoleon" nomi bilan ataladi.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:28:18
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 321-330

321. Birinchi marta Umid burnini kim aylanib o‘tgan?
Javob: Bartolomeo Dias.

322. Nima uchun AQSh prezidenti Vilyam Taftni "œKatta Bill" deb atashgan?
Javob: AQSh prezidentlari ichida eng og‘ir vaznlisi Shtatlarning 27-prezidenti V.Taft edi. Uning og‘irligi 352 funt bo‘lganligi bois uni "œKatta Bill" deb atashardi. Shuning uchun ham prezident uchun Oq Uyga katta narsalar buyurtma qilingandi: katta vanna, katta kreslo, avtomobil uchun mazsus eshik, og‘ir yuk tashishga mo‘ljallangan ot va h. Shunga qaramasdan Taft yaxshigina tennis o‘ynardi va qoyilmaqom tarzda raqsga tushardi. Va yana: V. Taft so‘nggi prezident sigirining va birinchi prezident avtomobilining egasi sifatida tarixga kirgan.

323. Birinchi marta "œQahramon ona" ordenini kimga berishgan?
Javob: "œQahramon ona" fahriy unvoni SSSR Oliy Sovetining prezidiumi tomonidan 1944 yilning 27 oktyabrida tasdiqlangan. 14 nafar "œQahramon ona"lar ichida 1-raqamli orden Moskva viloyatining Mamontoka qishlog‘ida yashovchi, 12 farzandni tarbiyalagan Anna Aleksaxinaga topshirilgan. Urush paytida uning 8 farzandi fronga ketib, 4 nafari halok bo‘lishgan. 1-raqamli orden 1944 yil 1 noyabr kuni Kremlda topshirilgan. Aslida 1-raqamli orden kommunist ayolga topshirilishi kerak bo‘lgan. Ammo nomzodlar ichida kommunistik partiya a’zolari topilmagan. Shundan keyingina ordenni partiyasiz Anna Aleksaxinaga topshirishga majbur bo‘lishgan. Anna ona qishloqdagi xarob kulba (barak)lardan birida yashagan. Ko‘pfarzandli onani Moskvadan qutlash uchun hukumat vakillari kelishi munosabati bilan kulbaga raykomdan mebel keltirilgan. Yuqoridan kelgan mehmonlar ketishi bilan esa mebel yana raykomga olib ketilgan.

324. Pomidorning vatani qayer?
Javob: Braziliya.

325. Kofening vatani qayer?
Javob: Efiopiya.

326. Qaysi golland dengizchisi Avstraliya va Okeaniyani, Tasmaniyaning janubiy va sharqiy qirg‘oqlarini kashf qilgan va Yangi Zelandiyaga yetib borgan?
Javob: Abel Tasman.

327. Prezidentligi vaqtida jinoiy jazoga tortilgan yagona AQSh prezidenti kim?
Javob: Prezidendlik muddati paytida jinoiy jazoga tortilgan yagona AQSh prezidenti Uliss Grantdir. AQShning 17-prezidenti o‘z otida tezlikni oshirgani uchun 20 dollar miqdorida jarimaga tortilgan.

328. 1913 yili avtomobilsozlikda konveyerlar paydo bo‘ldi. Uning kashfiyotchisi kim?
Javob: Genry Ford.

329. Asl ismi Lesli Lanch King bo‘lgan AQSh prezidenti kim?
Javob: AQShning 38-prezidenti Gerald R. Ford.

330. Eng uzun mo'ylov, eng uzun tirnoq kabi bema'ni rekordlar mualliflari qaysi davlat fuqarolaridir?
Javob: Hindiston.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:28:39
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 331-340

331. Eng uzoq umr ko’rish bo’yicha qaysi davlat aholisi birinchi o’rinda turadi?
Javob: Andorra.

332. O’zbekistonda aholini ro’yxatga olish birinchi marta qaysi yili amalga oshirilgan?
Javob: 1865 yili.

333. Grekchadan "œbinafsha" degan ma’noni anglatuvchi modda?
Javob: Yod.

334. Birinchi Nobel mukofoti sovrindori kim?
Javob: Rentgen nurini kashf qilgan olim - Rentgen.

335. Professor unvonini olgan birinchi o’zbek olimi kim?
Javob: Abdurauf Fitrat.

336. Pashshada 19 ta, olmaxonda 22 ta, bo’rida 42 ta, kitda 60, quyonda 28ta, shilliqqurtda 25 000 ta. Bu nima?
Javob: Tish.

337. Dunyoda eng birinchi tramvay qaerda paydo bo’lgan?
Javob: 1832 yili Nyu yorkda ot qo'sgilgan tramvaylar paydo bo'lgan.

338. Interpolga kim asos solgan?
Javob: Monako shahzodasi Albert.

339. O’tgan asrlarda bolta Rossiyada qaysi kasb egalarini ramzi hisoblangan?
Javob: O't o'chiruvchilar.

340. Norma Jin Bekker qaysi mashhur aktrisaning haqiqiy ismi?
Javob: Merilin Monro.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:28:52
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 341-350

341. Odam organizmidagi eng kuchli muskul qaysi muskil hisoblanadi?
Javob: Til.

342. O’zbek maqomchilar ansamblining asoshisci kim?
Javob: Yunus Rajabiy.

343. Komila taxallusi bilan ijod qilgan shoira kim?
Javob: Nodirabegim.

344. 22 yoshida "œO’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artist", 27 yoshida "œXalq artisti" nomini olgan buyuk o’zbek sana’tkori kim?
Javob: Botir Zokirov.

345. Yagona saksafon chala oladigan AQSH prezidenti kim?
Javob: Bill Klinton.

346. "œHijron" tahallusi bilan ijod qilgan shoir kim?
Javob: Abdulla Avloniy.

347. Spartada bu turdagi erkaklar eng past toifa erkak sifatida qaralgan. Bular qanday erkaklar edi?
Javob: Bo'ydoqlar.

348. Eng uzoq vaqt suvsiz yashay  oladigan jonzot?
Javob: Kalamush.

349. Yura olmaydigan qush qaysi?
Javob: Kolibri.

350. Injilda faqatgina bitta uy hayvoni haqida aytilmagan, bu qaysi hayvon?
Javob: Mushuk.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:29:06
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 351-360

351. Kenguru — qanday qilib bu nomni olganini tarixini bilasizmi?
Javob: Avstraliyaga kelgan yevropaliklar mahalliy qabilalardan "œMana bu sakrab-sakrab yuruvchi g‘alati hayvon nima?" deb so‘rashgan, ular esa "œKenguru" deya javob berishgan. Bu so‘z "œTushunmaymiz", degan ma’noni anglatadi.

352. Boshqa davlatlar bilan eng ko'p chegaradosh mamlakat  qaysi?
Javob: Xitoy.

353. Dunyodagi barcha mamlakatlar orasida reklama uchun mablag' sarflaydigan davlat qaysi?
Javob: AQSh.

354. Xitoyda 90 millionta kishini bog’lab turuvchi narsa bor. Bu narsa nima?
Javob: Li familiya egalari.

355. AQSh prezidentlari orasida eng bo’yi pasi va eng novchasi kim bo’lgan?
Javob: Eng bo'yi uzuni Linkoln, pasti Medison.

356. Servantes bilan Shekspirni hayotida bir kunda bir yilda bir hil voqea bo’lib o’tgan. Bu qanday voqea?
Javob: Ikkalasi ham bir kunda — 1616 yil 23 aprelda vafot etishgan.

357. Nobel mukofoti har yili qaysi kuni topshiriladi va marosimning aynan shu kuni o’tkazilishining sababi bilasizmi?
Javob: 10 dekabr, Nobel vafot etgan kun.

358. Dunyodagi 1-chi afisha qartda paydo bo’lgan?
Javob: Fransiya.

359. Billiard o’yini qaerda kashf  etilgan?
Javob: Xitoy.

360. Futbol bo’yicha I-chi Jahon chemoionati qachon va qaerda bo’lib o’tgan?
Javob: 1930 yil 13-30 iyulda Urugvayda.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:29:20
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 361-370

361. Silvio Gazzani  jahon futboliga bir ish qilib katta hissa qo’shgan. U nima ish qilgan?
Javob: Italiyalik zargar jaxon chempionati kubogi oltin mabudani yaratgan.

362. Eng mitti davlat qaysi?
Javob: Vatikan.

363. Dunyodagi eng tez (minutiga 350 ta so`z) gapiradigan millat qaysi?
Javob: Fransuzlar.

364. Suvdan qo'rqish kasalligi qanday nomlanadi?
Javob: Gidrofobiya.

365. Dunyoda eng ko'p tarqalgan ism qaysi?
Javob: Muhammad.

366. Koala ayig'i kuniga necha soat uxlaydi?
Javob: 22 soat.

367. Oyga inson qadami nechanchi yilda qo'yildi?
Javob: 1969 yil, Nil Armstrong.

368. Insondan tashqari boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchi hayvon qaysi?
Javob: Fil.

369. Qondagi zararli moddalarni tozalaydigan inson a'zosi qaysi?
Javob: Jigar.

370. Qadimgi Rimda agar bemor operatsiya paytida o'lsa, shifokorga qanday jazo berilgan?
Javob: Qo'lini kesib tashlashgan.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:29:39
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 371-380

371. Pivo ichish bo'yicha qaysi davlat birinchi o'rinda turadi?
Javob: Chexiya.

372. Fransiyada qanday tasvirli qo'g'irchoqlar sotilishi taqiqlangan?
Javob: O'zga sayyoraliklar tasvirli qo'g'irchoqlar.

373. Qaysi shaharda Pinokkioga haykal o'rnatilgan?
Javob: Italiyaning Kollodi shahrida.

374. Qaysi hayvonlar ko'zi ochiq holda uxlaydilar?
Javob: Bo'ri va delfinlar.

375. Dunyo davlatlari bayroqlarida eng ko'p tasvirlangan hayvon qaysi?
Javob: Sher.

376. Italiya milliy bayrog'i kim tomonidan yaratilgan?
Javob: Napoleon.

377. Birinchi bo'lib qaysi davlatda jamoat joylarida sigaret chekish taqiqlangan?
Javob: Irlandiyada.

378. Samo jismlarining ellips orbita bo’ylab harakat qilishini  Keplerdan ancha oldin kim aytgan?
Javob: Beruniy.

379. "œQonun" asari olti asr mobaynida Fransiya va Italiya universitetlari tibbiyot fakultetlarida asosiy darslik bo’lib hizmat qilgan. Bu asar muallifi kim?
Javob: Abu Ali ibn Sino.

380. Bluetooth moslamasi qayerda ilk bor ishlab chiqarilgan?
Javob: Daniyada.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:29:51
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 381-390

381. Inson yuragi bir yilda necha marta uradi?
Javob: 42 000 000 marta uradi.

382. Inson terisi har yili necha marta yangilanadi?
Javob: 3 marta.

383. Qaysi fransuz qiroli Quyoshli qirol nomi bilan mashhur bo'lgan?
Javob: Lyudovik 14.

384. Albert Eyshteynning vafoti paytida aytgan so'zlari u bilan birga qabrga ketgan. Nima uchun uning so'nggi so'zlarin saqlanib qolmagan?
Javob: Chunki Enshteyn nemis bo'lgan. Uni gapini tushunishmagan.

385. AQShning qaysi mashhur kishisi mamlakatning milliy ramzi sifatida kurka tovuq tayinlanishifa tarafdor bo'lgan?
Javob: Benjamin Franklin.

386. Insonning qaysi a'zosi kuniga 2 tonnaga yaqin qonni haydaydi?
Javob: Yurak.

387. Dunyodagi eng birinchi dorixona qachon va qayerda ochilgan?
Javob: Bag'dodda. 1000 yilda.

388. Rus knyazlari orasida birinchi bo'lib podshoh (А¦арь) unvoniga ega bo'lgan shaxs kim?
Javob: Ivan Grozniy.

389. U Italiyada - qirol, Ispaniyada - qirolning akasi, Germaniyada - protektor (homiy, himoyachi), Shveytsariyada - mediator (vositachi) va Frantsiyada imperator bo’lgan. gap kim haqida ketayapti?
Javob: Napoleon.

390. Viktor Gyugoning fikricha, qaroqchi va halol inson o'rtasida tinchlik o'rnatishning buyuk vositasi bor. Bu nima?
Javob: Pul.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:30:07
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 391-400

391. Kishi boshiga hisoblanganda, eng ko'p qahva iste'mol qiladiganlar kimlar?
Javob: Shvedlar.

392. Kembrij universiteti talabalari dastlab bu o'yinni o'ynash uchun sigar qutisi va shampan vinasi qopqoqlaridan foydalanishgan. Bunday antiqa usulda paydo bo'lgan o'yin qaysi?
Javob: Stol tennisi.

393. Samuraylarning o'zini tutish kodeksi (qonun-qoidasi) nima deb ataladi?
Javob: Busido.

394. Yer sayyorasidan 330 marotaba katta. Gap nima haqida ketayapti?
Javob: Quyosh.

395. Mendeleyev oilada nechanchi farzand bo'lgan?
Javob: 17-chi.

396. Dunyoda bolalar salmog'i eng kam va eng ko'p bo'lgan mamlakatlar qaysi?
Javob: Germaniya-Keniya.

397. Dunyoda qariyalar salmog'i eng kam va eng ko'p bo'lgan mamlakatlar qaysi?
Javob: Qariyalar soni Shvesiyada esa eng ko'p (24 foiz) va Quvaytda eng kam (2 foiz) dir.

398. Dunyoning qaysi davlatlarida aholini ro'yxatga olish o'tkazilmagan?
Javob: Yaman va Qatar

399. 1918-1919 yildagi bu epidemiyadan AQSH va Yevropada 20 mln odam nobud bo’lgan. Gap qaysi kasallik haqida ketayapti?
Javob: Gripp.

400. Ma’muriy markazi Littl york bo’lgan bu AQSH shtati 1836-yil 15-iyunda 25-shtat deb e’lon qilindi?
Javob: Arkanzas
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:30:21
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 401-410

401. 1945-yil 15-iyunda ingliz xarbiylari ushbu xind siyosatchisini ozod qilishdi?
Javob: Javaharla'l Neru.

402. 1999-yil 15-iyun Belgiyada kimyoviy moddalari ko’pligi uchun bu salqin ichimlikni sotish taqiqlab qo’yildi?
Javob: Coca-cola.

403. San-fransiskodagi "œOltin darvozalar" ko’pigini o’lim ko’prigi deb xam atashadi. Buning sababi nimada?
Javob: Ko'prikdan ko'pchilik o'zini tashlab vafot etadi.

404. 1885-yil 17-iyulda Fransiya sovg’asi sifatida AQSHga uni olib kelishdi?
Javob: Ozodlik haykali.

405. Yunon mifologiyasida aks sado ma’budasi?
Javob: Exo.

406. Yer shari iqlimlari tavsifini o’rganuvchi fan?
Javob: Klimatologiya.

407. Teador Ruzveltning xotini va onasi o’lgan kuni biz qaysi avliyoni yodga olamiz?
Javob: Avliyo Valentin.

408. "œO’zbekfilm" kinostuditosi oldin qanday nomlangan?
Javob: 1925 yili "Sharq Yulduzi" nomi bilan tashkil etilgan.

409. Titanik filmida eng ko’p ishlatilgan so’z qaysi?
Javob: Rouz (Rose) so'zi.

410. Vashingtonda joylashgan bu bino 1800-yil 4-iyunda qurib bitkazildi?
Javob: Oq Uy.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:30:46
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 411-420

411. 2007-yil 7-oyning 7-kunida ularning yangi talqini aniqlandi?
Javob: Dunyoning yangi yetti mo'jizasi.

412. Marakaybo ko’li qaysi davlat xududida joylashgan?
Javob: Venesuelada.

413. Asl isni Abu Muhammad Ilyos ibn Yusuf Ibn Zakiy Muayyad bo'lgan xamsanavis shoir kim?
Javob: Nizomiy Ganjaviy.

414. 1703-yil 27-mayda u Sankt-Peterburgga asos soldi?
Javob: Pyotr I.

415. Mashxurligi bo'yicha Pepsi va Koladan keyin 3-o'rinda turuvchi salqin ichimlik qaysi?
Javob: Fanta.

416. Bu so'z lotincha "vita" so'zidan olingan bo'lib, hayot degan ma'noni bildiradi?
Javob: Vitamin.

417. Bu so'zni lotinchadan tarjima qilsak "zaxar" degan ma'noni bildiradi?
Javob: Virus.

418. Hozirgacha eng ko'p saxnalashtirilgan  personaj kim?
Javob: Sherlok Xolms.

419. U olimpiada chempioni va olimpiadaning eri bo'lgan?
Javob: Filipp II.

420. Amerikaliklar xazillashib krestdan ko'ra sariq rangdagi bir xarfni ko'proq ko'rganmiz deyishadi. Bu lotin alifbosidagi qaysi xarf va u nimani bildiradi?
Javob: M (MacDonalds).
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:31:13
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 421-430

421. Ispaniya La-ligasining 1-chempioni qaysi jamoa bo'lgan?
Javob: Barselona.

422. Dunyodagi rangli dengizlarning soni nechta?
Javob: 4 ta: Qizil dengiz, Oq dengiz, Sariq dengiz, Qora dengiz.

423. Serra-Leone davlati bilan O'zbekiston bayrog'i deyarli bir xil. Bu bayroqlarni qaysi rang ajratib turadi?
Javob: Syerra Leone bayrog'ida ko'k rang tepada, qizil chiqiq, Oy, yulduzlar yo'q.

424. Daltoniklar asosan qaysi 2ta rangni ajrata olishmaydi?
Javob: Yashil va Qizil.

425. Quruqlikda yashovchi eng yirik yirtqich xayvon qaysi?
Javob: Oq ayiq.

426. AQSHning ushbu prezidenti "Derringer"  rusumli to'pponchadan otib o'ldirilgan. Bu qaysi president?
Javob: Avraam Linkoln.

427. AQSHning Nebraska shtatining  markaziga qaysi prezidentning  nomi berilgan?
Javob: Linkoln.

428. Qaysi osmon jismi "adashib qo'lgan yulduz" degan ma'noni bildiradi?
Javob: Planeta.

429. Yangi yilni 1-bo'lib, qaysi arxipelagda kutib olishadi?
Javob: Fiji.

430. Bu so'zni arabchadan tarjima qilsak "shirinlik" degan ma'no kelib chiqadi?
Javob: Holva.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:31:26
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 431-440

431. Qaysi oyga Rim imperatori Oktavianning nomi berilgan?
Javob: Avgust.

432. Sezar  boshiga Lavr gulchambarini taqib yurishining sababi nimada?
Javob: Sochi to'kilayotganini yashirish uchun.

433. Bu davlatda sportga juda katta e'tibor beriladi. Mamlakatda148ta stadion, 4700ta sport zali, 128ta suv kompleksi,1842ta TIR, 21000ta o'yin maydoni mavjud. Bu davlatning poytaxti qaysi shaxar?
Javob: Toshkent.

434. Dunyodagi eng keng sharshara Kon sharsharasi xisoblanadi. Ushbu sharshara Osiyo qit'asidagi qaysi davlatda joylashgan?
Javob: Laos.

435. Rasululloh s.a.v. uch xil narsadan bosh tortmaslikni buyurganlar. Ya'ni sizlarga taqdim yoki hadya qilingan uch narsadan. Bular nima?
Javob: Sut, mushk, yostiq.

436. Rasululloh s.a.v. insonning tanasini nimaga va uning boshini nimaga o'xshatganlar?
Javob: nsonning tanasini Iymonga, uning boshini esa sabrga o'hshatganlar.

437. Irlandiyada asosan pivo ishlab chiqaruvchi korhona direktori bo'lgan H'yu Biveru dunyoga mashhur kitobga asos solgan bu qaysi kitob?
Javob: Ginnesning rekordlar kitobi.

438. Musulmonlar orasidan eng birinchi ko'tariladigan narsa va oxiri qoladigan narsa nima?
Javob: Qiyomat yaqinlashgan sari mo'minlar orasida hush'u yo'qoladi namozni esa surati qoladi.Hushusiz namoz faqat suratdagina namoz bo'ladi.

439. Allohning yakkaligiga va Muhammad s.a.v. Allohning rasuli ekanliklariga maxfiy ravishda iymon keltirgan inson kim edi?
Javob: Najoshiy.

440. Qur'oni karimning bir surasining har bir oyati arab alifbosidagi "Yo"(Y) harfi bilan tugagan. Bu surani nomini toping.
Javob: "Al-Layl" surasi.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:31:38
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 441-450

441. Qur'oni karimning bir surasining har bir oyatida "Alloh" lafzi kelgan. Bu sura qaysi?
Javob: Mujodala surasi.

442. Manbalardan bizga ma'lumki, Umar ibn Xattob r.a. halifalik davrilarida va keyingi halifalar zamonida Ko'fa shahri fuqorolari noroziliklar va shikoyatlar qilishda birinchi o'rinda bo'lishgan. Umar ibn Xattob r.a. davrlarida shikoyat va norozilikar bo'yicha "Ikkinchi Ko'fa" degan nomni olgan shahar qaysi?
Javob: Shom viloyatining Xims shahri.

443. "Tirik shahid" laqabini olgan sahobiy kim? Bu sahobiy ushbu laqabni qaysi g'azotda olganlar?
Javob: "œKim o‘lganidan keayin xam yerda yurgan kishini ko‘rmoqligi xursand qilsa, bas u Talha ibn Ubaydullohga qarasin." (Muhammad Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)dan. "Tirik shahid "qissasi esa Uhud jangida bo'lgan.

444. Abu Hurayra r.a.ning johiliyat davrida ismlari nima bo'lgan?
Javob: Abdurahmon ibn Sahr al-Davsiy.

445. Rasululloh s.a.v.ning ham amakilari, ham emikdoshlari bo'lgan sahobiy kim?
Javob: Hamza ibn Abdulmuttalib.

446. Rasululloh s.a.v. kimga, u iymon keltirganidan keyin ham,"meni ko'zimga ko'rinma",deganlar. Va o'zlari vafot etgunlaricha uning yuziga qaramaganlar. Bu kishi kim?
Javob: Hamza ibn Abdulmuttalibni qotili Vahshiy.

447. Shuhadolarning sayyidi, nomini olgan sahobiy kim?
Javob: Hamza ibn Abdulmuttalib.

448. Hamza ibn Abdumutallibning r.a. qotili kim bo'lgan? U kimning quli bo'lgan?
Javob: Hamza ibn Abdulmuttolibni qotillari ismi Vaxshiy bo'lib u Quraysh raislaridan biri Jubayr ibn Mut'imning quli edi.

449. Umar ibn Xattob r.a:"Ilmga liq to'la ko'zacha", degan ta'rifni qaysi sahobiyga nisbatan aytganlar?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud.

450. Abu Bakr Siddiq r.a.ning qizlari Ummu Gulsum qaysi sahobiyning zavjasi bo'lgan?
Javob: Talha ibn Ubaydullohning.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:31:51
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 451-460

451. Rasululloh s.a.v. bir sahobiy shahid bo'lganida, unga 70 marta janoza o'qiganlar. Bu sahobiy kim?
Javob: Hamza ibn Abdulmuttalib.

452. Hamza ibn Abdumutallibning r.a. kunyalari nima bo'lgan?
Javob: Abu Umora.

453. Rasululloh s.a.v.ning ashoblari orasidagi Qur'on hofizlari, bir hofizi Qur'onga:"Ichimizda Allohga eng yaqin bo'lgan hofizi Qur'on", deya ta'rif berishgan. Bu ulug' baxtning sohibi qaysi sahobiy bo'lgan?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud.

454. "Uning Islomi fath, hijrati nusrat va amirligi rahmat bo'ldi". Bu so'zlarni bir sahobiy boshqa bir sahobiyga nisbatan aytganlar. Bu ikki sahobiyni toping.
Javob: Bu so'zlar Umar r.a.ga nisbatan aytilgan.

455. Abu Hurayra r.a. kimni qo'llarida Islomni qabul qilganlar?
Javob: Tufayl ibn Amr.

456. AQShning 16- va 25-prezidentlari orasida qanday sirli bog‘liqlik bor?
Javob: AQShning 16-prezidenti Avraam Linkoln 1860 yili prezident bo‘ldi. 25-prezident Jon Kennedi esa 1960 yili prezidentlik vakolatini oldi. Bular orasi 100 yil, ularni o‘ldirgan qotillarning ham tug‘ilishi orasi 100 yildir. Ikala prezident ham juma kuni xotinlari ko‘z o‘ngida o‘ldirilgan. Kennedi va Linkolnning kotiblari ismi ham bir xil edi: Jonson. Qiziqarlisi ikala Jonsonning tug‘ilishi orasi ham 100 yil edi. Ikala kotib ham prezidentga o‘limi oldidan shu tadbirni qoldirishni maslahat bo‘rgan edi.

457. U katta plantator va quldor bo‘lgan edi. Filadelfiya Assambleyasi vaqtida (1787 yil) uning qo‘lida 216 nafar qul mavjud edi. Gap qaysi mashhur shaxs haqida ketayapti?
Javob: Jorj Vashington.

458. Qaysi Respublika 11ta  davlat tilliga ega?
Javob: Janubiy Afrika Respublikasi davlat tillarining soni roppa-rosa 11 ta! Bular: ingliz, afrikaans, zulu, kosa, sesoto, setsvana, sepedi, ksisonga, svati, ndebele va chivenda tillari.

459. Sayyoramizda "œeng ko’p mehnat qiluvchi halq" kimlar?
Javob: Ma'lum bo'lishicha yaponliklar sayyoramizda eng ko'p mexnat qiluvchi xalqdir. Statistik ma'lumotlarga ko'ra har bir yaponlik yiliga o'rtacha 2096 soat ishlab chiqarishda band bo'lar ekan. Ikkinchi o'rinda - Shveysariya - 1966 soat, amerikalialar esa yiliga o'rtacha - 1909 soat ish bilan shug'illanib, dunyoda uchinchi o'rinni egallab turibdi.

460. Dunyoda eng ko’p ijro qilinadigan qo’shiq qaysi?
Javob: Haррy birthday to you.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:32:04
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 461-470

461. Qaysi Respublika 11ta  davlat tilliga ega?
Javob: Janubiy Afrika Respublikasi davlat tillarining soni roppa-rosa 11 ta! Bular: ingliz, afrikaans, zulu, kosa, sesoto, setsvana, sepedi, ksisonga, svati, ndebele va chivenda tillari.

462. Togo davlatida ayol kishiga qap otgan erkakka qanday jazo beriladi?
Javob: Togo davlatida ayol kishiga qap otgan erkak  unga uylanishga majbur bo’ladi.

463. Grek tilidan "œaqlsizlikni yomon ko’raman" degan ma’noni anglatuvchi soz?
Javob: Filosof (Faylasuf) so'zi.

464. Dunyodagi birinchi ovozli badiy film qaerda yaratilgan?
Javob: 1893 yil Amerikada "œDon Juan" filmi.

465. Dunyodagi birinchi kinoteatr qaerda ochilgan?
Javob: 1895 yil Parijda Konutsinov hiyobonidagi "œGrankafe" erto’lasida.

466. Ilk bor velopoygalar musobaqasi qaerda o’tkazilgan?
Javob: 1868 yil Parijda.

467. Mashhur yozuvchi Tohir Malikning "Murdalar gapirmaydilar" asarida keltirilgan futbolsevar insonning ismi nima?
Javob: Sarvar.

468. Bolalar adibi Hudoyberdi To'htaboyevni avtobiografik asari qaysi?
Javob: Besh bolali yigitcha.

469. Otasidan qolgan singillarini kelajagini o'ylab turmush ko'rgan ayolga uylangan sahobiy kim?
Javob: Jobir ibn Abdulloh.
   
470. Dunyoda Islom dinnidan so'ng ko'p insonlarni o'ziga ergashtirgan ikki din bor ular Nasoro dini hamda yahud dini bu ikki din vakillarining ham o'ziga hos musulmonlarnikidan ajralib turadigan salomlashish odatlari bor shu ularning o'zaro salomlashish odatlari qanday ekanligini bilasizmi?
Javob: Amr ibn Shuayb otasi orqali bobosidan rivoyat qiladi: Rosulullah sollallohu alayhi va sallam dedilar" "Bizdan boshqalarga o'zini o'xshatga bizdan emasdir. Yahud va nasoro(hristian)larga o'xshamanglar, yahudiylarning salomlashishi barmoqlar bilan ishora qilish, nasorolarning salomlashishi kaftlar bilan ishora qilish."
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:32:19
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 471-480

471. Dunyoda shunday davlat borki aholisi spirtli ichimliklarni isitib ichishadi. bu qaysi davlat?
Javob: Sake.

472. Lotin alifbosi xarflari: A,K,Q,J... Bu harflarni qayerda ko'rganingiz esingizga tushsa, yana 5ta yoki 9tasini yozing?
Javob: Bu xarflarni karta o'yinida ko'rgansiz. Qolgan 9 tasi 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10.

473. AQSh gazetalaridan birida shunday maqola chiqadi: "œMarsga uchib kelgan fazogirlar yerga qaytib kelishdi". Gazeta qaysi sanada chiqarilgan?
Javob: Bu gazeta 1-aprel kunida chiqarilgandi. Jurnalistlar hazillashib yozishgan.

474. Bu yunon olimi ilk bor yerning radiusini hisoblagan?
Javob: Eratosfen Kirenskiy.

475. Bu orollarning yarmi AQSHga, yarmi esa Buyuk Britaniyaga tegishli?
Javob: Virginiya orollari.

476. AQSHda 14-mart kuni qaysi bayram nishonlanadi? 
Javob: AQSHda shu kun PI(3.14) kuni deb e'lon qilingan.

477. Jon Lennonga Politsiyachilar sirenasi qaysi qo'shig'ini yaratishiga ilxom bergan?
Javob: Qo'shiqning nomi "Men Morjman" deb nomlanadi.

478. Bu mashxur yozuvchi 56-yoshida o'zining tu'g'ilgan kunida vafot etgan?
Javob: Uilyam Shekspir.

479. 1995-yil Yaponiya tarixida bu maxsulot guruchdan ko'ra ko'proq iste'mol qilingan?
Javob: Go'sht.

480. Oddiy askar Finipid  qaysi sport turiga asos solgan?
Javob: Marafon.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Sentyabr 2007, 02:32:34
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 481-490

481. Dunyodagi eng sovuq poytaxt shaxar qaysi?
Javob: Mo'g'iliston poytaxti Ulan-Bator.

482. Ulan-Batorda-Chingizxon, Varshavada-Shopen, Parijda-Sharl de Goll, Vashingtonda-Ronald Reygan. Gap nima xaqida ketayotganini bolgan bo'lsangiz RIMda kim ekanligini toping?
Javob: Bu shahardagi aeroportlarga mana shu insonlarning nomi berilgan. Rimda Leonardo Da Vinchi nomidagi aeroport mavjud.

483. Islomda eng birinchi tug'ilgan chaqaloq kim?
Javob: Ja'far ibn Abu Tolibning o'g'li.

484. AQSh prezidentlari qanday hayvonlarni boqishgan?
Jorj Vashington ...
Jon Adams ...
Abraxam Linkoln ...
V.Garrison ...
Teodor Ruzvelt ...
Franklin Ruzveltdan keyingi prezidentlar ...?
Javob: AQShning ko‘p prezidentlari hayvonlarni boqishgan. Jorj Vashington — to‘tiqush, Jon Adams — alligator, Abraxam Linkoln — kurka, V.Garrison — echki, Teodor Ruzvelt — suvilon, Franklin Ruzveltdan keyingi prezidentlar esa — zotdor itlar boqishgan.

485. AQSh tarixidagi yagona xorijlik birinchi xonim kim?
Javob: AQSh prezidentligi tarixida muxojirlardan ilk marta prezident Jon Adamsning xotini, asli angliyalik Luiza Jonson AQShning birinchi xonimi unvoniga sazovor bo‘lgan.

486. Dunyoda birinchi terish mashinkasini kim yasagan?
Javob: Peter Mitterxofer.

487. Elektr batareyasini kim kashf qilgan?
Javob: Alessandro Volta.

488. AQSh milliy bayramlaridan qaysi biri mamlakat tarixida «qora kun» bo‘lib saqlanib qolgan va nima uchun?
Javob: Amerikadagi eng katta milliy bayram — 4 iyul - Mustaqillik kunida mamlakatning ikkinchi, uchinchi va beshinchi prezidentlari (J.Adams, T.Jefferson, J.Monro) vafot etgan.

489. Birinchi marta qaerda plastik operatsiya o‘tkazilgan?
Javob: Qadimiy Misrda fir’avn chap oyog‘i barmog‘ini ulash uchun mo‘miyodan foydalanishgani haqida arxeologik ma’lumotlar mavjud. Ushbu plastik operatsiyada suyak va yog‘och bir-biriga ulangan. Fir’avn o‘limidan so‘ng uning sun’iy barmog‘i bilan birgalikda mo‘miyolangan va bu bizning davrimizgacha yaxshi saqlangan. Bu topilma jahon ilm maydonida katta sensatsiya bo‘ldi. Olimlar qadimiy Misrda hatto kosmetik operatsiyalyaar ham o‘tkazilmagan, deb hisoblardilar.

490. 13 yoshli Juletta Sara Berner necha yoshida o‘ynagandi?
Javob: 13 yashar Juletta rolini aktrisa Sara Berner 70 yoshida ijro etgandi.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:04:20
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 491-500

491. AQSh prezidentlari ro‘yxatida yagona katolik kim edi?
Javob: AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi AQSh prezidentlari ichida yagona katolikdir. AQShning boshqa prezidentlari protestantdir. Yana Jon Kennedi eng yosh AQSh prezidentlaridan biri sifatida ham mashhurdir. U 42 yoshida Qo‘shma Shtatlarni boshqargan.

492. O'zbekiston Respublikasining 3 so'mlik pulida qaysi obidaning rasmi bor?
Javob: Buxorodagi Chashmai Ayub maqbarasi.

493. Rasululloh s.a.v. faqat bir sahobiyga:"Kunu tun, hohlagan vaqtingda mening xuzurimga kirishga senga ruxsat beraman", deb marhamat qilganlar. Bu gapni qaysi sahobiyga aytganlar?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud.

494. Rasululloh s.a.v.ning vafotlaridan payg'ambarlikni da'vo qilgan Musaylama kazzobni kim o'ldirgan?
Javob: Musaylama kazzobni Hamza ibn Abdumutallibni qotili Vahshiy o'ldirgan.

495. Futbol chempionati Italiyada "A" seriya,Angliyada -primer-liga,Ispaniyada - primero, Germaniyada - bundesliga, Gollandiyada - eredivizion, O'zbekistonda - oliy liga deb ataladi. Futbol chempionati Belgiyada qanday nomlanadi?
Javob: Jupiler League.

496. Futbol bo'yicha 1996 yilgi Osiyo Kubogi qaysi davlatda o'tkazilgan va finalda qaysi jamoalar to'qnash kelishgan?
Javob: BAA davlatida.F inalda Saudiya Arabistoni ve mezbonlar o'ynashgan. S.Arabistoni g'alaba qozongan.

497. Hozirda Angliyaning "Fulxem" klbida o'ynayotgan Rossiya terma jamoasi yarimhimoyachisi?
Javob: Aleksey Smertin.

498. Terek" futbol klubi qaysi davlat chempionatida qatnashadi?
Javob: Rossiya 1-ligasi.

499. Lui Xennepen qaysi sharsharani kashf qilgan?
Javob: Niagara.

500. AQShning eng kichik va eng katta shtatlari qaysi?
Javob: Eng kichik shtat - Rod Aylend. Eng katta shtat - Alyaska.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:41:39
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 500-510

501. Tizza bo'g'imlari 4 ta bo'lgan yagona sut emizuvchi hayvon qaysi?
Javob: Fil.

502. Tomas Edison kolleksiyasida qaysi qushlardan 5000tasi bo'lgan?
Javob: To'tiqush.

503. Ekvador davlatinnig eng g'arbiy provinsiyasi qaysi hayvon nomi bilan ataladi?
Javob: Galapagos, toshbaqa.

504. Bulemiya qanday kasallik?
Javob: Ochofatlik kasalligi.

505. Futbol bo'yicha 2002 yilgi JCHda eng tezkor gol gol muallifi?
Javob: Bu gol Hakan Shukur tomonidan jahon chempionatida Koreya-Turkiya uchrashuvida Koreya darvozasiga 11 sekundda kiritilgan.

506. Tanasiga nisbatan eng katta miya qaysi jonivorga tegishli?
Javob: Chumoli.

507. Qaysi jonivorda rakka nisbatan immunitet mavjud?
Javob: Akula.

508. Ucha oladigan yagona sut emizuvchi hayvon qaysi?
Javob: Ko'rshapalak.

509. Oynada o'zini taniy oladigan yagona hayvon qaysi?
Javob: Shimpanze.

510. Miyaning 80 foizi nimadan tashkil topgan?
Javob: Suv.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:42:02
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 511-520

511. Janoza namozi necha rakaat?
Javob: Janoza namozi tikka turib o'qiladi. 4 takbirlidir.

512. Islomning shartlari nechta?
Javob: 5 ta: Kalimai shahodat, namoz, ro'za, haj va zakot.

513. Tahoratning farzlari qaysilar?
Javob: 4 ta: Qo'lini tirsaklarigacha yuvish, yuzini yuvish, boshning to'rtdan biriga mash tortish, oyoqni topuqlarigacha yuvish.

514. G'uslning farzlari nimalar?
Javob: 3 ta: Mazmaza (o'g'izga suv olib chayish), istinshoq (burunga suv olib chayish), badanning hamma joyiga suv tegizish.

515. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning ikkita qizlariga uylangan kim?
Javob: Hazrati usmon r.a.

516. Rasululloh SAVga hijrat payti cho'lda yo'l ko'rsatuvchi bo'lgan shaxs kim?
Javob: Suroqa ibn Molik.

517. Me'roj nima va bu kechada Payg'ambarimiz SAVning markablari nima edi?
Javob: Payg'ambarimiznng bir kechada uylaridan Masjidul aqsoga, so'ng samoga chiqqan kunlari. Markablari Buroq otidir.

518. Azonni tushida o'rgangan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Zayd.

519. Badr g'azotida musulmonlar qo'shini nechta edi va necha kishi shahid bo'lgan?
Javob: Musulmonlar qo'shini 300 ta edi, 14 kishi shahid bo'lgan.

520. Badr g'azotida mushriklar qo'shini qancha edi va qancha kofir o'ldirilgan?
Javob: Mushriklar qo'shini 1000 nafar edi, 70 kofir o'ldirilgan.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:44:50
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 521-530

521. Islomda nechta mazhab bor va qaysilar?
Javob: 2 ta: E'tiqodda va amalda mazhab.

522. E'tiqodda mazhab imomlari kimlar?
Javob: Imom Abu Mansur Moturidiy va Imom Abul Hasanil Ashariy.

523. Amalda mazhab nechta va ular qaysilar?
Javob: 4 ta: Hanafiy, Shofeiy, Molikiy, Hanbaliy.

524. E'tiqodda mazhabi nima?
Javob: Ahli sunna val jamoa mazhablari.

525. Amalda mazhab imomlari ismlari nima?
Javob: Imomi A'zam Abu Hanifa, Imom Molik, Imom Shofeiy, Imom Ahmad ibn Hanbal.

526. Ilk juma namozi qayerda o'qilgan?
Javob: Raruna vodiysida o'qilgan.

527. Musofirlik paytida va undan tashqari mashning muddati qancha?
Javob: Musofir holida uch kun, boshqa paytda bir kun.

528. Imomi A'zam Abu Hanifaning asl ismlari nima?
Javob: No'mon ibn Sobit.

529. Sahoba va tobeinlar kimlar?
Javob: Sahobalar Rasululloh SAVni ko'rib, suhbatda bo'lgan mo'minlar. Tabeinlar sahobalarni ko'rgan va ularning suhbatlaridan bo'lganlar.

530. Rasululloh SAV davrlarida chiqqan yolg'onchi payg'ambar kim?
Javob: Musaylama kazzob.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:45:49
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 531-540

531. "Daloili shariyya" (shar'iy dalillar) nechta?
Javob: 4 ta: Kitob, sunnat, ijmo' va qiyos.

532. Rasul deb kimga aytiladi?
Javob: Alloh huzuridan yangi bir din keltirgan zotga rasul deyiladi.

533. Payg'ambarlarning vasflari qaysilar?
Javob: Sidq (to'g'rilik), omonat (ishonch), fatonat (zako va yuksak aql), ismat (gunohsizlik), tablig'.

534. Qaysi kitoblar qaysi payg'ambarlarga tushgan?
Javob: Muso a.s.ga Tavrot, Dovud a.s.ga Zabur, Iso a.s.ga Injil, Muhammad a.s.ga Qur'oni karim nozil bo'lgan.

535. Hazrati Osiyo kimning xotini edi?
Javob: Kofir Fir'avnning xotini.

536. O'zi ilk rasul bo'lgan va og'illaridan biri iymonga kelmagan payg'ambar kim? Bu payg'ambar qavmini necha yil da'vat qilgan?
Javob: Nuh a.s. Qavmini 950 yil da'vat qilgan.

537. Qaysi payg'ambarlarning xotinlari iymonga kelmay halok bo'ladi?
Javob: Lut va Nuh a.s.ning xotinlari.

538. Tug'iliboq gapirgan va ko'rlarning ko'zini ochish mo'jizasi berilgan payg'ambar kim?
Javob: Iso a.s.

539. Tupuklaridan zamzam otilib chiqqan, o'zini pichoq kesmagan bola kim?
Javob: Ismoil a.s.

540. Fir'avn saroyida o'sgan Payg'ambar kim va u kim bilan musofir bo'lgan?
Javob: Muso a.s. Hizr a.s. bilan safarga chiqqanlar.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:46:50
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 541-550

541. Umri davomida bir kun ro'za tutib, bir kun iftor qilgan payg'ambar kim va bu payg'ambarning kasbi nima edi?
Javob: Dovud a.s. kasblari temirchilik edi.

542. Nuh alayhissalomning qavmi qanday halok bo'lgan?
Javob: To'fondan halok bo'lgan.

543. Jannatdan kelgan toshning nomi nima?
Javob: Hajarul asvad.

544. Yer yuzidagi ilk masjid qaysi va u kim tomonidan qurilgan?
Javob: Ka'ba. Allohning amri bilan Ibrohim va Ismoil a.s.lar qurganlar.

545. Yer yuzidagi ikkinchi masjid qaysi, uni kim qurgan va u qayerda?
Javob: Masjidul Aqso. Ya'qub alayhissalom qurganlar. Quddusda joylashgan.

546. Qaysi tepalar rasida hojilar say qiladilar. Ilk bor bu tepada kim say qilgan?
Javob: Safo va Marva orasida. Ilk bor hazrati Hojar onamiz say qilganlar.

547. Ulul-azm deyilgan payg'ambarlar kim?
Javob: Nuh, Ibrohim, Muso, Iso, Muhammad alayhissalomlar.

548. Ashobi kahf necha yil uxlashgan?
Javob: 309 yil.

549. Abbosiylar davlati qachon tashkil topdi, qachon barham topdi. Bu davlatni kim yiqitdi?
Javob: Hijriy 132 yili tashkil topdi. Hijriy 656 yili barham topdi. Bu davlatni mo'g'ullar yiqitdi.

550. Ispaniyada qurilgan musulmon davlatining nomi nima edi?
Javob: Andalus ummaviy davlati.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:49:43
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 551-560

551. Tarixdagi ilk musulmon turk davlati qaysi, qayerda va qachon tashkil topgan?
Javob: Qoraxoniylar davlati. Melodiy 840 yili Turkistonda tashkil topgan.

552. Rasululloh SAVning shoiri va muazzini kim?
Javob: Shoirlari: Hasan ibn Sobit. Muazzinlari: Hazrati Bilol.

553. Hazrati Abu Bakr (r.a.) necha yil halifalik qildilar?
Javob: 2 yil, 3 oy, sakkiz kun.

554. G'azotga qatnashmagani uchun ular haqda oyat tushgan uch sahoba kim?
Javob: Ka'b ibn Molik, Murora ibn Robi', Hilol ibn Umayya.

555. Madinada ilk qurilgan masjid qaysi?
Javob: Qubo masjidi.

556. Qur'oni karim necha yilda nozil bo'ldi? Qur'oni karimda necha juz' va sura bor?
Javob: 23 yilda nozil bo'ldi. Qur'oni karimda 30 ju'z va 114 sura bor.

557. Qur'onda eng ko'p zikr etilgan kalima qaysi? Bu kalima qaysi suraning har oyatida kelgan? Bu kalima Qur'oni karimda necha marta zikr etilgan?
Javob: Alloh kalimasi "Mujodala" surasining har oyatida keladi, 2697 marta zikr etilgan.

558. Qur'oni karimning necha joyida tilovat sajdasi bor?
Javob: 14 joyida bor.

559. Makkada qur'oni karimni ilk marta oshkora o'qigan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud.

560. Qaysi oyatlar makkiy va qaysilari madaniy deyiladi? Hukm oyatlari makkiymi yo madaniymi?
Javob: Hijratdan oldin nozil bo'lgan oyatlar makkiy, keyingilari madaniy deyiladi. Hukm oyatlari Madinada nozil bo'lgani uchun madaniy oyatlardir.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:50:03
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 561-570

561. Qur'oni karimga ko'ra insonlar va jinlar nima uchun yaratildi? Yer yuzida inson Allohning nimasidir?
Javob: Insonlar va jinlar yolg'iz Allohga qulliq qilmoq uchun yaratilgan va inson Allohning yerdagi halifasidir.

562. Qaysi suraning boshida basmala yo'q va qaysi surada ikkita basmala bor?
Javob: Tavba surasida yo'q, Naml surasida 2 ta.

563. Sanad va matiniya nima?
Javob: Hadis rivoyat etgan kishilar zanjiri sanad deyiladi, sanaddan keyingi payg'ambarimizning so'zlarini matin deyiladi.

564. Roviy kimdir?
Javob: Payg'ambarimiz s.a.v.ning so'zlari yoki fe'llarini rivoyat etgan kishilar roviy deyiladi.

565. Sahobalardan eng ko'p hadis rivoyat qilgan erkak va ayol sahoba kim?
Javob: Ayol sahoba Hazrati Oyisha, erkak sahoba Abu Hurayra r.a.

566. Muttafaqun alayh nima degani. Ikki buyuk hadis kitobi qaysilar?
Javob: Buxoriy va Muslimning bir hadisdagi ittifoqi. Ikki buyuk hadis kitobi, Sahihi Buxoriy va Sahihi Muslimdir.

567. Mavzu hadis nima degani?
Javob: Payg'ambarimiz tillaridan deb to'qilgan va haqiqat bo'lmagan hadislar.

568. Muhammad SAV necha yoshda uylandilar va necha yoshda payg'ambar bo'ldilar?
Javob: 25 yoshlarida uylandilar, 40 yoshlarida payg'ambar bo'ldilar.

569. Payg'ambarimiz SAVga ilk vahiy qayerda kelgan? Muhammad alayhissalom da'vatni necha yil yashirin olib bordilar va ilk marta qachon va qayerda payg'ambarliklarini ochiqcha aytdilar?
Javob: Ilk vahiy Hiro tog'ida kelgan. 3 yil islomni yashirin da'vat qildilar va Safo tepasida payg'ambarliklarini e'lon qildilar.

570. Hazrati Bilolni dindan qaytarish uchun qizigan tosh bilan bosgan kim? Uni kim, qayerda o'ldirdi?
Javob: Umayya ibn Halaf. Uni Badr g'azotida Hazrati Bilol o'ldirgan.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:50:37
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 571-580

571. Ko'rgan qiyinchiliklari sabab musulmonlar qayerlarga hijrat qilganlar?
Javob: Habashiston va Madinaga.

572. Madinaga hijrat qachon amalga oshirildi? Ilk hijrat qilgan sahoba kim?
Javob: 622 yili. Ilk hijrat qilgan Abu Salama ibn Abdul Asad.

573. Payg'ambarimiz Muhammad SAV Madinaga kim bilan birga hijrat etdilar? Ular yashiringan g'orning nomi nima edi? Ularga yashirincha taom tashigan va kofirlarning harakatlari haqida xabar bergan kim edi?
Javob: Abu Bakr siddiq bilan birgalikda hijrat etdilar. Ular yashiringan g'orning nomi Savr g'otidir. Ularga taom keltirgan shu yerda qo'ylarini o'tlatadigan Amir ibn Fyhayra edi. Abu Bakr siddiqning o'g'li Abdulloh xabar yetkazar edi.

574. Rasululloh SAV Madinada ilk marta kimning uyida mehmon bo'ldilar va u yerda qancha qoldilar?
Javob: Abu Ayyub al-Ansoriyning uyida mehmon bo'ldilar va u yerda 7 oyga yaqin qoldilar.

575. Payg'ambarimiz SAVning so'nggi g'azotlari qaysi edi va u qachon bo'lgan?
Javob: Tabuk g'azoti. Milodiy 630 yili bo'lgan.

576. Hazrati Payg'ambarimizning nechta farzandlari bo'lgan? Ularning ismlari nima edi?
Javob: 7 ta: Qosim, Ibrohim, Ruqiya, Zaynab, Ummu Gulsum, Fotima, Abdulloh.

577. Payg'ambarimiz SAV ning sut onalari va sut qardoshlarining ismi nima edi?
Javob: Sut onalari ismi - Halima. Sut qardoshlari ismi - Shayma.

578. Payg'ambarimiz SAV tomonidan jannatga necha kishi bashorat qilindi? Ularni kimlar deyiladi? Ular kimlar?
Javob: 10 kishi. Ash'arai mubashshara deb nom;anadi. Ular: Abu Bakr siddiq, Umar ibn Hattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Zubayr ibn Avvom, Abdurahmon ibn Avf, Sa'd ibn Abu Vaqqos, Sa'd ibn Zayd, Abu Ubayda, Talha ibn Ubaydulloh raziyallohu anhular.

579. Aqoba bay'ati nima? 1- va 2-Aqoba bay'atida necha kishi bo'lgan?
Javob: Payg'ambarimiz bilan madinaliklarning hijratdan avval qilgan kelishuvlari. 1-sida 12 kishi, 2-chisida 75 kishi bay'at qilgan.

580. G'azot va sariyya nima?
Javob: G'azot - payg'ambarimiz o'zlari ishtirok etgan urush, sariyya - Rasululloh s.a.v. amri bilan,lekin payg'ambarimiz o'zlari ishtorok etmagan urush.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:50:47
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 581-590

581. Handaq g'azoti qachon bo'lgan va bu g'azotda handaq qazishni kim taklif qilgan?
Javob: Hijriy 5-yili bo'lgan. Handaq qazishni Salmon Forsiy taklif qilgan.

582. Ahli suffa kimlar?
Javob: Hijratdan so'ng rasululloh SAVning hovlisda qolib, ilm o'rgangan kambag'al musulmonlar.

583. Ravzai mutahhara qayer?
Javob: Payg'ambarimizning qabrlari va minbarlari orasidagi joy.

584. Saodat asri nima degani?
Javob: Rasulullog SAV yashagan davr, ya'ni saodat, baxtiyorlik davri.

585. Mehrob va minbar nima?
Javob: Mehrob - masjidda imom namoz o'qiydigan joy, Minbar - jome' masjidda xutba o'qiladigan joy.

586. Yahudiylarga qarshi eng katta g'azot qaysi edi va bu qachon bo'lgan?
Javob: Haybar g'azoti. Hijratning 7-yilida bo'lgan.

587. Bu dunyoga kelib ketgan eng xayrli 4 ayol kim?
Javob: Hazrati Maryam, Hazrati Osiyo, Hazrati Hadicha, Hazrati Fotima.

588. Islomda muqaddas sanalgan uch masjid qaysi?
Javob: Masjidul haram, Masjidun nabaviy, Masjidul aqso.

589. Xulafoi roshidiyn kimlar va bulardan qaysilari vahiy kotibi bo'lganlar?
Javob: Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali r.a.lar. Ularning hammasi vahiy kotibligi qilganlar.

590. Ummaviy davlati qachon tashkil topgan va qachon barham topgan? Musulmonlarning 5-halifasi nomini olgan ummaviy halifasi kim?
Javob: Hijriy 41 yilda tashkil topdi, 132 yili barham topdi. Ummaviy halifasi Umar ibn Abdulaziz.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:50:59
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 591-600

591. Fotiha surasida bayon qilingan g'azabga uchragan va adashganlar kimlar?
Javob: G'azabga uchraganlar - yahudiylar, adashganlar - xristianlardir.

592. Lut alayhissalom payg'ambar qilib yuborilgan shahar qaysi?
Javob: Sadum.

593. Nechta muqaddas kecha bor va ular qaysilar?
Javob: 5 ta: Qadr kechasi, Mavlud kechasi, Rajab kechasi, Meroj kechasi,  Baroat kechasi.

594. Qadr kechasida nima bo'lgan?
Javob: Qur'oni karim Alloh dargohidan Payg'ambarimiz SAVga tushirila boshlangan kecha.

595. Mavlud kechasi nima?
Javob: Payg'ambarimiz SAV  tug'ilgan kecha.

596. Rajab kechasi nima va u qachon?
Javob: Omina onamizning payg'ambarimizga homilador bo'lgan kecha. Rajab oyining ilk juma kechasi.

597. Me'roj nima? Me'roj kechasi qachon bo'ladi?
Javob: Payg'ambarimiznng bir kechada uylaridan Masjidul aqsoga, so'ng samoga chiqqan kecha. Rajab oyining 27-kechasi.

598. Baroat nima va bu kecha qachon?
Javob: Qur'oni karimning Lavhul mahfuzdan dunyo samosiga tushirilgan kecha. Bu kecha sh'abon oyining 14-chidan 15-chisiga o'tar kechasidir.

599. Mukallaf nima degani?
Javob: Bolalikdan o'tib, erkaklik va ayollik davriga o'tgan har bir musulmon mukallafdir.

600. Af'oli mukallafiyn nechta va qaysilar?
Javob: 8 ta: Farz, vojib, sunnat, mustahab, muboh, harom, makruh, mufsid.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:51:11
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 601-610

601. Farz nima degani va necha qismdir?
Javob: Qat'iy dalillar bilan sobit bo'lgan ilohiy amrlar farz deyiladi. Farz ikki xil bo'ladi: farzi ayn va farzi kifoya.

602. Farzi ayn va farzi kifoya qanday ishlardir?
Javob: Farzi ayn: har oqil va bolig' bo'lgan musulmon qilishi shart bo'lgan farzlar - 5 vaqt namoz o'qish, ramazon oyida ro'za tutish, muhtojlarga zakot berish, qudrati bo'lganda Hajga borish. Farzi kifoya: ba'zi musulmonlarning bajarishi boshqa musulmonlarga bog'liq bo'lgan ishlar - janoza namozi, salom berish va olish kabi.

603. Vojib nima degani?
Javob: Alloh taolo amr etgan, olimlarning dalillarida shubhali ishlardir. Hanafiy mazhabida shubhali dalil bilan sobit bo'lgan ishlar. Bular: vitr namozini o'qish, Ramazonda Fitr sadaqasini berish, qurbonlik qilish, hayit namozlarini o'qish.

604. Sunnat nima?
Javob: Farz va vojib bo'lmay, Payg'ambar alayhissalom har doim tark etmagan amallardir. Bular - misvok ishlatish, Tarovih namozini o'qish, jamoat bilan namoz o'qish, yosh bolallarni sunnat qilish kabilardir.

605. Sunnat necha qism va qaysilar?
Javob: Sunnat 2 qismdir: 1. Sunnati muakkada. 2. Sunnati g'ayri muakkada. Sunnati muakkada Payg'ambarimiz SAV har doim amal qilgan va ba'zi uzrli sabablarga ko'ra bajarolmay qolgan amallar. Bular: bomdod, peshin, xufton namozlarining sunnatlari, juma namozining avvalgi va so'nggi sunnatlari kabilar. Sunnati g'ayri muakkada Payg'ambarimiz SAV ba'zan qilib, ba'zan tark etgan amallardir. Bular: asr namozining sunnatini o'qish, muborak kunlarda ro'za tutish kabilardir.

606. Mustahab nima?
Javob: Qilinsa savob, tark etilsa gunoh bo'lmaydigan amallar. Bular: nafl sadaqa berish, nafl namoz o'qish va hok.

607. Muboh nima degani?
Javob: Qilinishi savob, tark etilishi gunoh bo'lmaydigan amallar. Masalan: o'tisrish, turish, yeyish, ichish, uxlash kabilar.

608. Harom nima degani?
Javob: Qat'iy dalil bilan qilinishi ma'n etilgan amallar. Bular: odam o'ldirish, aroq ichish, nomusga tajovuz qilish, yer yuzida fasod ishlarni qilish kabilardir.

609. Makruh nima?
Javob: Amalning savobini ketgazadigan amallar. Masalan, quyosh chiqish va botishida namoz o'qish, namozda ko'zini yumish kabilar.

610. Necha xil makruh bor? Har birini ta'rif eting.
Javob: 2 xil: 1. Tahriman makruh - haromga juda yaqin bo'lgan makruh (Quyosh botishida namoz o'qish kabi). 2. Tanzihan makruh - halolga yaqin bo'lgan makruh (o'ng qo'l bilan burun tortish) kabi.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:51:23
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 611-620

611. O'z-o'zini qayta tiklay olmaydigan yagona inson organizmi qaysi?
Javob: Tish.

612. Umar ibn Xattob xalifalik davrlarida Ko'faga baytulmolga bir sahobiyni boshliq qilib yuboradilar. Bizga ma'lumki, Ko'fa xalqi juda sarkash va besabr bo'lgan, lekin bu sahobiyga hech kimga ko'rtishmagan mehr-muhabbatni ko'rsatishadi. Ularni muhabbatiga erishga sahobiy kim?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud r.a.

613. Rasululloh s.a.v. Madinaga hijrat qilganlaridan keyin qaysi sahobiyni o'zlariga hitobchi qilib olganlar. Va bir sahobiyni o'zlarining shoirlari deb ataganlar. Bu ikki sahobiy kim?
Javob: Xitobchilari - Sobit ibn Qays r.a. Shoirlari - Hasson ibn Sobit r.a.

614. Shunday mamlakat borki o'zining er maydonining uchdan bir qismini suniy holda o'zlari yaratgan. Bu qaysi mamlakat?
Javob: Niderlandiya.

615. U yerda o'zlari uchun yig'lashmas,
U yerda yig'latar birovning g'ami.
U yerda birovning g'ami muqaddas,
U yerda tabarruk o'zganing qadri.
(U.Azim)
Shoir ta'kidlagan joy qayer?
Javob: Teatr.

616. Qaysi mamlakat nomi o'zbekchaga tarjima qilinsa,"Buzoqlar mamlakati" deyiladi?
Javob: Italiya (Apennin yarim oroli)

617. Antarktidadan boshqa hamma materikni birinchi bo'lib kezib chiqqan sayyoh kim?
Javob: Jeyms Kuk.

618. Tokio hayvonot bog'i har yili 2 oyga yopib qo'yladi. Bunga sabab nima?
Javob: Shu ikki oyda hayvonlar dam oladi.

619. Bir kechada 76 metrli tunnel qaziy oladigan hayvon qaysi?
Javob: Krot.

620. Inson organizmidagi eng kichik hujayra qaysi?
Javob: Spermatazoid.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:51:33
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 621-630

621. "Muqaddas kishi" unvoniga ega bo'lgan qadimgi Rim imperatori?
Javob: Oktavian Avgust

622. 1998 yilgi futbol bo'yicha JCHda Shotlandiya terma jamoasi sardori bo'lgan futbolchi va uning klubi?
Javob: Colin Hendry, Blackpool Clyde

623. Rasululloh aytdilar: Har bir din o'ziga xos xususiyatga ega. Islomning o'ziga xos hususiyati ...dir dedilar. Payg'ambarimiz islomning hususiyati deb nimaga aytganlar?
Javob: Hayo

624. Alloh taolo Qur'oni Karimda uning jazosi odam o'ldirgan kishining jazosidan ham og'irroq deb zikr qilgan narsa nima?
Javob: Fitnaga sabab bo'lguvchi insonni jazosi qotilni jasodidan qattiq.

625. Turk futboli afsonasi Hoqon Shukur ayni paytda qaysi jamoa sharafini himoya qilmoqda? (2007)
Javob: Galatasaray

626. Bir necha yil Ispaniyaning 'Real Sosiedad' klubida o'ynagan va bu mavsum 'Villyareal'ga o'tgan turkiyalik xujumchi?
Javob: Nihat Kahveci.

627. "Navoiy" romanini kim yozgan?
Javob: Oybek.

628. Bobur necha yoshida taxtga o'tirgan?
Javob: 12.

629. Kryeg Bellami qaysi terma jamoa sharafini himoya qiladi?
Javob: Kreyg Bellami Angliyani "West ham United" klubi va Uels terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

630. G.G.Markesning "Oshkora qotillik qissasi" asariga qaysi hikmat epigraf qilib olingan?
Javob: «Takabburlik bilan ham mehr-muhabbat qozonish mumkin». Jil Visenti.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:51:43
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 631-640

631. Lui Aragon qaysi asarni "Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa" deb atagan?
Javob: Chingiz Aytmatovning "Jamila" qissasi.

632. Pablo Nerudaning asl ismi nima?
Javob: Neftali Rikardo Reyes.

633. T.Murod qaysi asari haqida "Men o'zbek xalqiga haykal qo'yaman!" degan?
Javob: "Otamdan qolgan dalalar".

634. T.Malik "Falak" qissasida kimni "Batlimusi davron" deb atagan?
Javob: Ali Qushchini.

635. U nimadir, darvozasiz qal'adir
U nimadir, derazasiz binodir
U nimadir, odamlarga ko'rinmas
U nimadir, yemadilar to'ydilar
U nimadir, ulug' kunga qo'ydilar
Shoir bo'lsang,shundan bizga ber xabar.
Javob: U ko‘ngildir - darvozasiz qal’adir,
U qabrdir - derazasiz binodir,
Ubalodir - kelsa ko‘zga ko‘rinmas,
U diydordir - yemadilar, to‘ydilar,
U namozdir - qiyomatga qo‘ydilar.
Bizdan salom bo‘lsin, javobimiz shu.

636. "œTarjimanul Qur’on"(Qur’on tarjimoni) nomiga sazovor bo’lgan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Abbos

637. Internet kashfiyotchisi kim?
Javob: Tim Berners - Li.

638. Uyali telefonni kim kashf etgan?
Javob: Martin Kuper.

639. Rasuli-Akram S.A.V.ning hadislari bilan ogohlantirilganimiz 7 halok qilguvchi narsalar qaysilar ?
Javob: Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halok qiluvchi gunohdan saqlaninglar», dedilar. «Yo Rasululloh, ular qaysilar?» deb so‘rashgan edi, «Allohga shirk keltirish, sehr, Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonni nohaq o‘ldirish, yetim molini yeyish, dushman bostirib kelgan kunda (jangdan) qochish va pokdomon mo‘mina ayollarni badnom qilish», deya javob berdilar» (Mutaffaqun alayh).

640. Islom jihodlarida jangdan avval eng kop tilovat qilinadigan qur'oniy sura qaysi?
Javob: Anfol surasi.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:52:01
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 641-650

641. Har bir jon o'lim sharbatini tortguvchidir. Allohni huzurida go'zal o'lim bor u qanaday o'lim?
Javob: Shahidning o'limi.

642. Allohning huzurida maqbul bo'lgan olimga erishgan insonni barcha gunohi kechiriladi,ammo bir ishi kechirilmaydi deyilgan bu Alloh kechirmas bo'lgan ish qaysi ish?
Javob: Alloh huzurida eng maqbul o'lim shahidlikdur,shahidni barcha gunohlari kechiriladi lekin birovdan qarzi kechirilmaydi zero qarz bergan kishi kechmagunicha.

643. Orqaga qarab yura olmaydigan jonivor qaysi?
Javob: Kenguru.

644. Qaysi davlatning bayrog'ida 22 marta "Allohu akbar" deb yozilgan?
Javob: Eron.

645. Kishi boshiga hisoblanganda, eng ko'p qahva iste'mol qiladigan xali qaysi?
Javob: Shevdlar.

646. 1980 yillarning ohirlarigacha ham Butan davlatida shu narsa bo'lmagan, bunga ishonish qiyin, lekin bu haqiqat. Bu narsa nima?
Javob: Telefon bo'lmagan.

647. Bu ko’lga 336 ta daryo kelib quyiladi va faqat bir daryo- Angara bu ko’ldan oqib chiqadi? Bu qaysi ko'l?
Javob: Baykal ko'li.

648. Italiyada- qirol, Ispaniyada- qirolning akasi, Germaniyada- protektor (homiy, himoyachi), Shveytsariyada- mediator (vositachi) va Frantsiyada imperator bo’lgan mashxur shaxs kim?
Javob: Napoleon Bonopart.

649. Kembrij universiteti talabalari dastlab bu o'yinni o'ynash uchun sigar qutisi va shampan vinasi qopqoqlaridan foydalanishgan. Bunday antiqa usulda paydo bo'lgan o'yin nomini toping?
Javob: Stol tennisi.

650. Ipak qurtida 4000 dan ziyod, odamda esa 639 ta? Bu nima?
Javob: Mushak.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:52:35
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 651-660

651. Yerdan eng uzoq sayyora qaysi?
Javob: Pluton.

652. Rasululohning sav ismlari bir nechta. Buni hammamiz bilamiz. Lekin ularni eng birinchisi va eng mashhuri Muhammad. "Muhammad"ning ma'nosi nima?
Javob: "Muhammad" so'zi arab tilidagi "Hammada" (to'xtovsiz maqtadi) fe'lidan olingan. "Muhammad" - To'xtovsiz maqtaladigan ma'noni anglatadi.

653. Ulamolar Rasulullohning sav amakilari nechta ekanligiga ijmo' qilishgan?
Javob: Ularmolar Rasulullohning sav amakilari 9 ta ekanligiga ijmo' qilishgan. "Ar-Rohiyqul maxtum" kitobidan.
Rasulullohning sav bobolari Abdumutallibning 10ta o'g'li bo'lgan.
1.Horis.
2. Zubayr.
3.Abu Tolib.
4. Abdulloh.
5.Hamza.
6.Abu Lahab.
7.G'aydoq.
8. Miqvam yoki Muqavvim.
9. Safor.
10. Abbos.

654. Rasulullohning sav ammalari nechta bo'lgan?
Javob: 6 ta: Ummu Hakim Bayzo, Barra, Otika, Safiya, Arvo, Umayma.

655. Rasululloh sav yilning qaysi faslida tug'ilganlar?
Javob: Bahor faslida.

656. Ispaniyaning "Barselona" klubi qachon tashkil etilgan?
Javob: 1899 yilda tashkil etilgan.

657. YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan qaysi shahar 2007 yilning dunyo kitob poytaxti sifatida e'tirof etildi?
Javob: Kolumbiya poytaxsti - Bogota.

658. Alloh taolo "Ahzob" surasining 56-oyatida Rasulullohga sav salovat aytishni buyurgan. Rasulullohga sav salovat aytishning ma'nosi nima?
Javob: Bunga ko'chilik ulamolar har xil ta'rif berishgan. Ularning ulamolar ijmo' qilishgan ta'rif,  ulug' tobe'in Abul Oliya aytgan ta'rif: "Sollallohu alauhi vasallam" degani "ALloh taolo O'z payg'ambarini farishtalari huzurida maqtasin va salom yuborsin" deganidir. Imom Buxoriy "Al-jome'us sahih".

659. Rasulullohning sav ismlari Qur'oni karimning necha joyida zikr qilingan? Va qaysi ismlari necha martdan zikr qilingan?
Javob: Rasulullohning sav muborak ismlari Qur'oni Karimda besh marta zikr qilingan. To'rt marta "Muhammad" va bir marta "Ahmad".

660. Bizga ma'lumki, Qur'on oyatlari ikkiga bo'linadi. Madaniy va Makkiy. Rasulullohning sav ismlari qaysi suralarda kelgan? Suralarning nomini ham toping.
Javob: Rasulullohning sav ismlari Madaniy suralarda kelgan. "Oli - Imron", "Ahzob", "Muhammad", "Fath" va "Saf".
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Noyabr 2007, 21:52:52
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 661-670

661. Ulamolar sahihligiga ijmo' qilishgan va "mutavotir" darajasiga yetgan shajaradan Rasulullohning sav nechta ota-bobolari joy olgan?
Javob: Yigirma bitta ota - bobolari joy olgan: Abdulloh, Abdumutallib,Hoshim, Abdumannof,Qusay, Kilob, Murra, Ka'b, Luay, G'olib, Fihr, Molik, Nazr, Kinona, Xuzayma, Mudrika, Ilayos, Muzar, Nizor, Ma'add, Adnon.

662. Muhaqqiq olimlarni tadqiqlariga ko'ra Rasulullohning sav bobolari Adnon bilan Ismoil a.s. ortasida nechta avlod o'tgan?
Javob: O'ttiz to'qqizta.

663. Rasulullohning sav otalari Abdulloh Abdulmutallibning nechanchi o'g'li bo'lgan?
Javob: To'rtinchi.

664. 1996 yili qaysi futbolchi "Ozbekistonning eng yaxshi futbolchisi" deya topilgan?
Javob: Pavel Bugalo.

665. 15-16 asrlardan boshlab qaysi davlatda "Odamlar qo'ylarga yem bo'lyapti" degan gap tarqala boshlagan?
Javob: Angliya.

666. Tekshiruv natijasida dunyoda eng ko'p va baland gapiradiganlar Italiyaliklar hisoblanarkan. Eng kam gapiradiganlar qaysi millat vakillari?
Javob: Finlar.

667. Yer yuzida qaysi orolning atigi 1% da odam yashaydi?
Javob: Karib oroli.

668. Dunyodagi yagona tishlamaydigan it turi qaysi?
Javob: Basenji.

669. Qaysi qushning ko'zlari miyasidan kattaroq bo'ladi?
Javob: Tuyaqush.

670. Qaysi davlatning davlat madhiyasi 158 xil ko'rinishga ega?
Javob: Gretsiya.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:37:42
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 671-680

671. Erkak kishi hayoti davomida, o'zi bilmagan holda bu mahsulotdan o'rtacha 5 kg iste'mol qilar ekan. Bu qaysi mahsulot?
Javob: Lab bo'yog'i.

672. «Aflotuni zamon» kim?
Javob: Qozizoda Rumiy.

673. Sharq Arastusi kim?
Javob: Forobiy.

674. Sharq Rafeli kim?
Javob: Kamoliddin Behzod.

675. Otasi, onasi, bobosi, buvisi, tog'asi va xolasi tomonidan insonlarning eng sharaflisi bo'lgan ikki aka-uka kim?
Javob: Imom Hasan va Imom Husayn. Otalari - Ali r.a., onalari - Fotima r.a., bobolari - Hazrati Muhammad SAV, buvilari - Hazrati Hadicha r.a., xolallari esa Payg'ambar SAVning qizlari Zaynab r.a.

676. Islomiy tablig' uchun Rasululloh SAV qaysi o'lkalarga elchi jo'natganlar?
Javob: Eron, Rum, Habashiston, Misr, Bahrayn, Ummon.

677. Kitob nozil bo'lmay, sahifa tushirilgan payg'ambarlar qaysi? Ularga necha sahifa tushirilgan?
Javob: Odam a.s.ga 10 sahifa, Shis a.s.ga 50 sahifa, Idris a.s.ga 30 sahifa, Ibrohim a.s.ga 10 sahifa.

678. Uhud jangida payg'ambarimiz S.A.V.ni himoya qilib orqalariga sanchilgan nayza o'qlari tipratikan tikani singari bo'lgan sahobiyni ismi shariflari kim?
Javob: Anas ibn Nazr roziyallohu anhu.

679. Sahobalar tomonidan jihodlarda kamonni o'qidek uchib yurardi degan guvohlik qaysi sahobaga berilgan?
Javob: Qa'qo roziyallohu anhu haqida shunday guvohlik berishgan sahobalar.

680. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.dan rivoyat qilingan hadisda 70 ming  kishi soroq savolsiz jannatga kiradilar deyilgan.Bu jannat sohiblari ikki kasallikda davolanmak vaqtlarida parhezkor bolganlari sabab soroqsiz jannatga kiradilar.Bu qanday kasalliklar?
Javob: Bu ikki toifa insonlar kasallik vaqtlarida dam soldirmagan va kuydirib davolatmagan insonlardir.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:38:13
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 681-690

681. Jihod maydonida eng birinchi shahid bo'lgan sahoba kim?
Javob: Mihja r.a.

682. Uhud g'azotida ilk shahid bo'lgan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Amr r.a.

683. Alloh yo'lida ilk qilich ko'targan sahoba kim?
Javob: Abu Zarr G'iforiy

684. Alloh yo'lida ilk o'q otgan sahoba kim?
Javob: Sa'd ibn Abu Vaqqos r.a.

685. Ansorlardan ilk shahid bo'lgan sahoba kim?
Javob: Horis ibn Suroqa r.a.

686. Rasululloh sav Makkada Bani Hoshim mahallasida tug'ilganlar. Ammo kimning uyida tug'ilganlar?
Javob: Muhammad (saw) Abutolib  xonadonida dunyoga keldilar.

687. Rasululloh sav tug'ilayotganlarida kim doyalik qilgan?
Javob: Abdurahmon ibn Avfning onasi Shaffo  doyalik qildi.

688. Rasulullohga sav kim "Muhammad" deb ism qo'ygan?
Javob: Payg'ambarimiz(saw)ning Bobolari Abdul Muttolib "Muhammad" deb nom qo'ygan.

689. "Shaqqi sadr" voqeasi Rasulullohning sav hayotlari davomida necha marotaba sodir bo'lgan?
Javob: 2 marta: 1-chisi 4 yoshlarida, 2-chisi merojda.

690. Rasululloh sav yetim bo'lib qolganlari u kishiga ulkan mehribonlik ko'rsatgan bobolari Abdumutallib vafot etganlarida bu ulug' zot sav necha yoshda bo'lganlar?
Javob: 8 yoshga kirgandilar.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:38:42
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 691-700

691. Rasululloh sav necha yoshlarigacha amakilari Abu Tolibning qaramog'ida bo'lganlar? Va necha yoshlarigacha amakilarini  himoyalarida bo'lganlar?
Javob: Rasululloh sav 25 yoshlarigach amakilari Abu Tolbni qaramog'ida, 50 yoshlarigach himoyalarida bo'ldilar.

692. Rasululloh sav Hadichaga r.a. uylanganlarida mahriga nima berganlar?
Javob: 20 ta urg'ochi bo'taloq. Manba: "Ar-Rahiyqul maxtum', As-Siyratun nabaviya" (Ibn Hishom), "Nurul basar".

693. Rasululloh sav uzukni aynan qaysi barmoqlariga taqar edilar?
Javob: Imom Muslim va Nasoiy rivoyatlariga ko'ra va "Shamoili Muhammadiya" da kelishicha, Rasululloh sav uzukni jimjiloqlariga taqqan ekanlar.

694. Rasululloh sav tashqi ko'rinishda qaysi payg'ambarga o'hshardilar?
Javob: Ibrohim alayhissalomga.

695. Rasulullohga sav ilk vahiy nozil bo'lgan, Hiro g'ori joylashgan tog' kechinchalik qanday nomlangan?
Javob: Nur tog'i deb nomlangan.

696. Ilk vahiy nozil bo'lganida Jabroil a.s. Rasulullohga sav qanday suratda ko'ringanlar?
Javob: Odam suratida.

697. Bizga ma'lumki birinchi vahiy bilan ikkinchi vahiy orasida bir oz uzilish bo'lgan. Ikkinchi vahiyda qaysi suraning, qaysi oyatlari nozil bo'lgan?
Javob: "Mudassir" surasining 1-7-oyatlari.

698. Qullardan kim birinchi bo'lib Islomni qabul qilgan?
Javob: Zayd ibn Horisa r.a.

699. Bizga ma'lumki namoz farz bo'lgunicha musulmonlar ertalab va kechqurun namoz o'qishgan. Rasululloh sav bilan birinchi bo'lib namoz o'qigan inson kim?
Javob: Hadicha r.a.

700. Rasululloh sav oshkor da'vat qilish uchun Alloh taolodan buyruq olganlaridan keyin Safo tepaligida da'vatni boshlaganlar. SHunda amakilari Abu Lahab u kishini qattiq haoqat qiladi va hatto urish uchun qo'liga tosh ham oladi. Shundan keyin "Masad" surasi nozil bo'lgan. Bu hodisa Nubuvvatning nechanchi yili sodir bo'lgan?
Javob: 4-yili.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:39:29
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 701-710

701. Muhammad (SAW) Hadicha r.a ga  kimni sovchi qilib yuborgan? Va Hadicha binti Xuvaylid r.a  o'sha  paytda  nech yosh bo'lganlar?
Javob: Bu nikohni barpo bo'lishida birinchi bo'lib Hadicha r.a. dugonalari Nafisa ishtirok etgan va sababchi bo'lgan. Rasululloh sav Hadicha r.a. amakilari Abu Tolibni sovchilikka yuboradilar. U payt Hadicha r.a. 40yoshda bo'lganlar.

702. Rasululloh sav qo'shnilarining aziyatlaridan uzoq bo'lish uchun Arqam r.a. uyiga Nubuvvatning nechanchi yili ko'chib o'tganlar?
Javob: Nubuvvatning 5-yili.

703. "Ey Muhammad sav! Biz seni kimligingni, doimo rost so'zlashing, hech qachon yolg'oz gapirmasligingni bilamiz. Biz seni emas, balki sen keltirgan dinni yolg'oz deb hisoblaymiz..." Bu soz'larni Rasulullohga sav Allohning g'azabiga uchragan qaysi shaxs aytgan?
Javob: Abu Jahl

704. Rasulullohga sav juda ko'p ozor bergan qo'shnilaridan qaysi biri keyinchalik Islomni qabul qilgan?
Javob: Hakam ibn Abul Os.

705. Rasululloh sav oshkor da'vat boshlaganlari keyin, har xil bozorlarda, odam gavjum joylarda buni amalga oshirishni boshlaganlar. Shunda u zotni orqalaridan yurib:"Unga quloq solmanglar, u ota-bobolarining yolidan voz kechgan, yolg'onchi der edi. Bu badbaxt kishi kim?
Javob: Abu Lahab

706. Rasululloh sav nubuvvatning 4-yili oshkor da'vatni boshlaganlaridan keyin, quraysh xalqi haj mavsumi kelyotganidan tashvishga tushadilar. Hajga keluvchilarni Islom da'vatiga quloq solishdan to'sish uchun "Dorun-Nadva" maslahatchilari u zot to'g'risida bir bo'xton so'zni tarqatishga kelishib oladilar. U so'z qaysi edi?
Javob: Ular u Zotni sehrgar, deb gap tarqatamiz, deb kelishib olishgan.

707. Rasululloh SAVni boshqa payg'ambarlardan ustun qilgan uchta jihat bor. Bular qaysilar?
Javob: 1. Eng oxirgi payg'ambar bo'lganliklari.
2. Jinlarga ham payg'ambar bo'lganliklari.
3. Shariat va keltirgan yo'lllarining dunyoning so'nggiga qadar davom etmog'i.

708. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytgan Alloh taolo Arshning soyasida soyalantiradigan 7 toifa kimlar?
Javob: 1. Odil boshliqni;(podsho).
2. Yoshlikdan Allohning ibodati bilan o'tgan kishini;
3. Yolg'iz holida Allohni eslab ko'z yosh to'kkan kishini;
4. Qalbi doim masjid bilan bog'langan kishini;
5. O'ng qo'li bilan bergan sadaqani chap qo'li bilmagan (ya'ni, maxfiy sadaqa qilgan) kishini;
6. Alloh yo'lida do'stlashgan ikki kishini;
7. Chiroyli ayol fahshga chorlaganda "œAlloh taolodan qo'rqaman", deb bosh tortgan kishini".

709. Otasi, bobosi va katta bososi payg'ambar bo'lgan poayg'ambar kim?
Javob: Ibrohim A.S-Ismoil A.S-Ishoq A.S-Yaqub A.S-Yusuf A.S

710. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu qancha vaqt halifalik qilganlar?
Javob: 2 yil 3 oyu 8 kun.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:44:08
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 711-720

711. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu hijratning nechanchi yili vafot etganlar?
Javob: Hijratning 12 yili Yamanda vafot etganlar.

712. Hazrati Umar roziyallohu anhu hijratning nechanchi yili vafot etganlar?
Javob: Hijratning 23 yilida shahid bo’lganlar.

713. Hazrati Usmon roziyallohu anhu hijratning nechanchi yili vafot etganlar?
Javob: Hijratning 35 yili shahid bo’lganlar.

714. Hazrat Ali karamullohu vajhahu qancha vaqt halifalik qilganlar?
Javob: 5 yil halifa bo’lganlar.

715. Ali karamullohu vajhahuning ikki tig’li, yani ayri qilichlari islom tarixida qanday nom olgan?
Javob: Zulfiqor

716. O'z ichida  eng ibratli qissalardan uchtasini  jamlagan Qur'oni karimdagi sura qaysi? Bu sura mushrikalrni payg'ambarimizni tang holga solish uchun topgan savollariga javob o'laroq nozil bo'lgan. Va bu sura nubuvvatning nechanchi yili nozil bo'lgan.
Javob: Kahf surasi, bu sura ham Makkiy suralardan va 110 oyatdan iborat. «Ashobul-Kahf» qissasi, Muso bilan Xizr (a.s.)larning ibratli qissalari va Zulqarnayn qissalari ham o'z ifodasini topgan. 

717. Islom tarixidagi birinchi shahidlikka erishga Sumayya r.a. kim o'ldirgan?
Javob: Abu Jahl

718. Habashistonga qilingan birinchi hijratda nechta sahobiy, nechta ayol va nechta erkak ishtirok etgan?
Javob: 12 ta erkak va 4 ta ayol hijrat qilishgan. Ularga Usmon r.a. rais bo'lganlar. Manba: "Ar-Rahiyqul maxtum", Ibn Qayyim Javziya, "Zodul ma'od", "Rahmatun lil-olamiyn" 1-kitob.

719. Mushriklarning rahbarlari Abu tolibni oldiga kelib:"Ey Abu Tolib! Yo Muhammadning faoliyatini to'xtatasan yoki uni bizga topshirasan", deb tahdid solishgan. Bu voqea Makka davrining, ya'ni nubuvvatning nechanchi yili sodir bo'lgan?
Javob: Bu voqea nubuvvatning 6-yili bo'lgan.

720. Rasululloh sav oldilariga bir mushrik kelib:"Men Qur'oningga ham, Jaroil farishtangga ham ishonmayman", deb U muborak Zotga qo'l ko'taradi. Ko'ylaklarini yirtadi va yuzlariga tupuradi. Lekin tupuk u Zotning muborak yulariga tegmaydi. Shunda Rasululloh sav:"Ey Alloh! Uning ustiga itlaringdan birini yuborgin", deb uni duoyibad qiladilar. O'sha mal'un kim edi? Va u qanday o'lim topgan?
Javob: Bi mal'un Utayba ibn Abu Lahab. Bu duoyibaddan keyin bu inson bir guruh qurayshlar bilan Shom safariga boradi. U yerda "Zarqo" degan joyga qo'nadi. O'sha kecha ularning atrofida sher aylanib yuradi. Buni ko'rgan Utayba:"Allohga qasamki,Muhammad meni duoyibad qilgandi,shuning uchun shu sher meni yeydi. Men Shomda bo'lsam ham, Muhammad Makkada turib meni o'ldirdi-ya", dedyi....Ertalabga yaqin sher odamlar orasidan aynan unga tashlanib boshini g'ajib tashlaydi.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:44:57
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 721-730

721. Vafot etganda Rahmonning Arshi titragan sahobiy kim?
Javob: Sa'd ibn Muoz. r.a.

722. Shahid bo'lgandang so'ng farishtalar yuvgan sahobiy kim?
Javob: Hanzala r.a.

723. Payg'ambarimiz SAV qaysi sahobalarning orqasida namoz o'qiganlar?
Javob: Abu-Bakr Siddiq. Yana Abdurahmon ibn Avf r.a.ning ham orqalarida namoz o'qigan ekanlar.

724. Sahobalar bir-birlari bilan ko'rishganlarida va hayrlashayotganlarida qaysi surani o'qirdilar? Yordam: Imom Shofeiy bu sura haqida shunday degandilar: "Insonlarga dunyo va oxirat baxti uchun faqatgina ... surasi nozil etilganida ham yetardi."
Javob: Asr surasi.

725. Qubo masjidining Qur'ondagi nomi nima? Qaysi surada bu haqda bahs etiladi?
Javob: Munofiqlardan o‘n ikki kishi Abu Omir degan bir kofir kimsaning buyrug‘i bilan mo‘minlar orasini buzish niyatida masjid quradilar va musulmonlarga qarshi urushish uchun boshqa davlatlardan lashkar olib kelishga ketgan Abu Omirning yo‘liga ko‘z tutadilar. Ularning bu maqsadlari musulmonlarga ma’lum bo‘lib qolganidan keyin esa o‘z qilmishlaridan tonib, qasam ichadilar. Quyidagi oyatda Alloh payg‘ambariga bunday amr qiladi: 108. (Ey Muhammad), hech qachon u masjidda namozga turmang! Birinchi kundan taqvo asosiga qurilgan masjid borki, siz o‘shanda turishingiz loyiqroq. Unda poklikni sevadigan kishilar bordir. Alloh esa o‘zlarini mudom pok tutguvchi zotlarni sevar.
Taqvo asosiga qurilgan masjiddan murod Qubo masjidi ekan. Bu masjidni shuning uchun taqvo masjidi deyilar ekan.

726. Rasululloh SAV qaysi sahobiyga sir sifatida baz'i kimlarning munofiq ekanini bildirganlar?
Javob: Huzayfa ibn Yamoniy

727. Payg'amabarimiz salollohu alayhi vasallam tomonlaridan bizlarga qoldirilgan ikki omonat nima?
Javob: Qur'on va sunnat.

728. Yo hayot yo mamot, yo sharafli o'lim. Ushbu gapni qaysi tariqat asoschisi janga kirish oldidan aytgan?
Javob: Najmiddin Kubro, mo'g'ullarga qarshi jang oldidan.

729. Makkadan Madinaga eng birinchi hijrat qilgan sahobiy kim?
Javob: Abu Salama ibn Abdulasad r.a.

730. Qaysi tariqat asoschisi 63 yoshga to'lganda payg'ambar yoshiga yetdim, endi menga yashash gunoh deb er tagiga ya'ni g'orga kirib ketgan va aytishlaricha er tagida ham 30 yildan ortiq yashagan?
Javob: Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:48:14
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 731-740

731. Hazrati Hamza bilan Hazrati Umar r.a.lar nubuvvatning nechanchi yili, qaysi oyda Islomni qabul qilishgan? Va ularning Islomni qabul qilishlari orasida qancha vaqt o'tgan?
Javob: Bu ikki ulug' sahobiy Nubuvvatning oltinchi yili, Zulhijja oyida Islomni qabul qilganlar. Va ularning Islomga kirishlari orasida uch kun vaqt o'tgan.

732. Rasululloh sav arablar ichida yelkasi yerga tegmagan tengi yo'q pahlavonni ketma-ket uch marta yengganlar. Bu pahlavonni ismi nima edi?
Javob: Rukona ibn Abu Yazid.

733. Rasululloh sav,ning himoyalari uchun Abu Tolib Bani Hoshim va Bani Mutallib urug'larini yig'ib jiyanlari Muhammad sav himoya qilishga chaqirganida, ularni orasidagi mushriki ham, musulmoni ham jonu dillari bilan rozi bo'lishadi. Faqat bir kishi rozi bo'lmay Quraysh tomonga o'tib ketadi. Bu kim?
Javob: Abu Lahab.

734. Musulmonlarning Habashistonga ikkinchi hijratlari nubuvvatning nechanchi yili bo'lgan?
Javob: 7-yili.

735. Habashistonga qilingan ikkinchi hijratda necha sahobiylar ishtirok etgan?
Javob: 83 ta erkak va 18 ta ayol sahbiylar ishtirok etishgan. Jami 101 ta sahobiy. Manba: "Ar-rahiyqul maxtum', "Nurul yaqin", "Nurul basar".

736. Habashistonga ikkinchi marta hijrat qilgan musulmonlarni orqaga qaytarib olib kelish uchun qurayshiylar sovg'a salomlar bilan ikki kishini Najoshiy huzuriga jo'natishadi. Bu ikki kishi kim edi?
Javob: Abdulloh ibn Robi'a va Amr ibn Os.

737. "Shaqqul qamar", ya'ni oy bo'linishi hodisasi nubuvvatning nechanchi yili bo'lgan?
Javob: 8-yili.

738. Bizga ma'lumki, Rasululloh savga va sahobiylarga ozor berish uchun ularni mushriklar uch yil qamal qilishgan. Amakilari Abu Tolib shu qamaldan qutulganlaridan keyin qancha vaqt o'tib vafot etgan?
Javob: Olti oy o'tgandan keyin.

739. Hazrati Hadicha r.a. bu qamaldan qutlganlaridan keyin qancha vaqt o'tib vafot etganlar?
Javob: Hazrati Hadicha r.a. uch yillik qamal tugagandan so'ng, 8 oy o'tib vafot etganlar.

740. Rasululloh sav Hazrati Hadicha r.a. vafotlaridan so'ng qancha vaqt o'tiganidan keyin, nubuvvatning nechanchi yili, qaysi oyida va kimga uylanganlar?
Javob: 1 oydan keyin, Nubuvvatning 10-yili, Shavvol oyida, Savda binti Zam'aga r.a. uylanganlar.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:48:40
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 741-750

741. Do'zah necha qavatdan va har bir qavatning nomlari?
Javob: Hoviya, Jahm, Saqar, Lazo, Xutama, Sair, Jahannam

742. Jannat nechta va ularning nomlari?
Javob: 8 ta: Dorus - salom, Dorul - xuld, Jannat un -na'im, Jannat ul - a'din, Jannat ul - ma'vo, Jannat - Dorul Jalol, Jannat ul - Firdavs, Bog'i Eram.

743. "Marakana" stadionida to'p surgan birinchi o'zbek futbolchisi kim?
Javob: Birodar Abduraimov

744. Ashobi kirom orasida fiqhdagi ilm va darajalari bilan shuhrat topgan yetti sahobiy kim edi?
Javob: Hazrati Umar raziyallohu anhu, Ali raziyallohu anhu, Ibn Mas'ud raziyallohu anhu, Hazrati Oyisha raziyallohu anho, Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu, Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu, Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu.

745. U avvaliga Rasululloh SAV haqida hajviyalar yozdi. Keyin pushaymon bo'lib, Madinaga avf umidida keldi. Rasululloh s.a.v. huzurida musulmonlikni qabul etdi va Payg'ambar alayhissalomga atalgan mashhur "Burda" qasidasini o'qidi. Rasululloh s.a.v. mamnun bo'lib, egnilaridagi hirqani unga kiydirdilar. Bu mashhur shoir sahobiy kim?
Javob:  Shoir Ka’b ibn Zuhayr

746. U hasta onasining yonidan jilmagani sababli Payg'ambar alayhissalom bilan ko'risha olmadi. Shunday bo'lsa-da, Rasululloh SAV unga o'z hirqai saodatlarini vasiyat etdilar. Keyinroq hazrati Umar va hazrati Ali r.a. bu vasiyatni amalga oshirdilar. Hayotini zuhd va ibodat bilan o'tkazgan bu muborak zot kim?
Javob: Uvays  Al Qaroniy

747. Katta Badr g'azotida jang boshlanishida yakkama-yakka olishuvga mushriklardan Utba ibn Robia,  Shayba hamda o‘g‘li Validlar maydonga chiqishadi. Mahammad (SAV) ularga qarshi kimlarni maydonga chiqaradila?
Javob: Bu sahobiylar: Ubayda, Hamza va Ali rodiyallohu anhumlar edi

748. Ahli bayt deb kimlarga aytiladi?
Javob: Payg'ambarimiz SAVning oila a'zolariga nisbatan aytiladi.

749. Muallafai qulub deb kimlarga aytiladi?
Javob: Musulmon bo'lmasdan, qalblari islomga moil kimsalarga aytiladi.

750. Fosiq deb kimga aytiladi?
Javob: Kabira gunohni qilgan va sag'ira gunohlarni qilishda davom etayotgan kishiga.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:49:06
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 751-760

751. Karomat nima?
Javob: Alloh taoloning payg'ambaralardan boshqa valiy qullariga bergan marhamati, ularning qo'llari bilan amalga oshirilgan ishlar.

752. Dunyoda xalqi musulmon bo'lgan nechta davlat bor? Dunyodagi musulmonlarning soni qancha?
Javob: 46 ta davlat bor. Musulmonlar soni 1,5 milliarddan ortiqdir.

753. Zakot nima?
Javob: Boy bo'lgan musulmonning har yil o'z molidan 40/1 ini musuulmon yo'qsillarga berishi.

754. Zakot qachon farz bo'ldi? Zakot kimlarga berilmaydi?
Javob: Hijratning ikkijnchi yili (ro'zadan so'ng) farz qilindi. Zakot, ota, ona, bobo, buvilarga; o'g'il, qiz va nevaralarga, er va xotinga; zakot berishi shart bo'lgan kimsalarga, musulmon bo'lmagan faqirlarga, masjid, madrasa va shunga o'xsahagan inshootlar qurdirish va ta'mirtlash uchun zakot berilmaydi.

755. Necha gram oltin va kumushga zakot beriladi?
Javob: 80,18 gram oltinga va 661 gram kumushga zakot beriladi.

756. Dinimizga ko'ra musofir deb kimga aytiladi va musofirlikda farz namozlari qanday o'qiladi?
Javob: 15 kundan kop'roq kunga niyat qilib 90 kmdan ortiq joyga ketgan kishiga musofir deyiladi. Musofirlikda 4 rakaatlik farz namozlari ikki rakaat o'qiladi.

757. Qazo namozlari nima? Qaysi vaqtda qazo namozlari o'qilmaydi?
Javob: Vatida o'qilmagan besh vaqt namozni boshqa paytda o'qimoq. Qusyosh chiqishi, quyosh tikkaga kelishi, quyosh botishi paytida qazo namoz o'qilmaydi.

758. Janoza namozi kimlarga o'qilmaydi?
Javob: Chala va o'lik tug'ilgan chaqaloqlarga, bilib turib ota va onasini o'ldirgan qotillarga, qaroqchilarga, Allohga, Hazrati Payg'ambar SAVga, Qur'onga, Islomga qarshi chiqqanlarga janoza nakozi o'qilmaydi.

759. Tavakkul nima degani?
Javob: Bir ishni qilish uchun kerak bo'lgan moddiy va ma'naviy vasilalarning hammasini Allohga ishonib, unga topshirishdir.

760. Qarzi hasana nima?
Javob: Alloh rizosi uchun qarz berish.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:49:27
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 761-770

761. Ma'lum vaqt ichida sunnati ham qazo bo'ladigan namoz qaysi?
Javob: Bomdod namozi kun chiqishi bilan sunnati bilan birgalikda qazo bo'ladi.

762. Makka bilan Madina o'rtasidagi vodiyga nima deyiladi? Yasrib qaysi shaharning eski nomidir?
Javob: Makka bilan Madina o'rtasidagi vodiyga Hijoz deyiladi. Yasrib Madinaning avvalgi nomidir.

763. Tayyamum nima va u qachon buziladi?
Javob: Suv topilmagan paytda tahorat va g'usl uchun payg'ambara alayhissalom o'rgatgan tarzda tuproq bilan mash qilish tayammum deyiladi. Tayammum tahorat buzilganda, suv topilganda buziladi.

764. Rasuluoh SAV va u zotning do'stlari Makkada kimning uyida yashirincha to'planardilar?
Javob: Arqam r.a.ning uyida.

765. Qur'oni karim qaysi halifa davrida Mushaf holida to'plandi va qaysi halifa davrida ko'paytirilib taqatildi?
Javob: Hazrati Abu Bakr zamonida Mushaf holida to'plandi va hazrati Usmon davrida ko'paytirilib taqatildi.

766. Hijriy birinchi yil melodiydagi qaysi yilga to'g'ri keladi? Hijriy yil qaysi oydan boshlanadai va u necha kun?
Javob: Hijriy birinchi yil milodiy yil hisobida 622 yilga to'g'ri keladi. Hijriy yil Muharram oyidan boshlanadi, 354 kun.

767. Amali solih nima degani?
Javob: Allohning rizosi uchun qilingan hayrli amal, gunohlardan uzoq bo'lgan ish.

768. Jihod nima?
Javob: Musulmonlarning holati va imkoniyatiga ko'ra, Alloh yo'lida joni, moli, ilmi va kalomi bilan qilinadigan g'ayrat.

769. Makkadagi o'rtasida Ka'bai muazzama joylashgan jome' qaysi? Madinadagi rasulullohning qabri saodati joylashgan jomei sharifning nomi nima?
Javob: Makkadagi Masjidul Haramdir, Harami Sharif ham deyiladi. Madinadagi Masjidunn nabiydir. Harami Sharif va Masjidi Saodat ham deyiladi.

770. Payga'mbar SAV ilk bino etgan masjid qaysi?
Javob: Qubo masjidi.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:49:54
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 771-780

771. Farishtalarning Allohga eng yaqin va buyuklari qaysilar?
Javob: Jabroil alayhissalom, Azroil alayhissalom, Mikoil alayhissalom, Isrofil alayhissalom.

772. Kiromin kotibin, Munkar va Nakir farishtalarining maqomi nima?
Javob: Kiromin kotibin farishtalari insonlarning savob va gunohlarini yozadilar. Munkar va Nakir qabrda savol-javob qiladigan farishtalardir.

773. Munofiq deb kimga aytiladi? Munofiqning alomatlari qaysi?
Javob: Musulmon ko'ringani holda kufrini va dushmanligini yashirgan kimsaga munofiq deyiladi. Alomatlari: so'zlasa yolg'on so'zlaydi, va'dasida turmaydi, omonatga xiyonat qiladi.

774. Madinada munofiqlarning boshlig'i kim edi?
Javob: Madina munofiqlarining boshlig'i Abdulloh ibn Ubay ibn Salul edi.

775. Islom va shariat nima degani? 
Javob: Islom Allohning hukmiga va irodasiga taslim bo'lish degani. Shariat Haq yo'lidir, Islom nizomidir. Islom dinining bir-biridan ayrilmas qonunlari va prinsiplari shariat deyiladi.

776. Payg'ambarimiz SAV madinaga hijrat qilganlarida kimning uyiga tushdilar va u yerda qancha qoldilar?
Javob: Abu Ayyub Ansoriyning uyida 7 oyga yaqin qoldilar.

777. Rasululloh SAVga payg'ambarlik kelganining o'ninchi yili nima uchun huzun yili deb ataladi?
Javob: Chunki bu yili payg'ambarimiz SAVni himoya qilgan amakilari Abu Tolib vafot etdi. Uch kundan so'ng esa hazrati Hadicha oxirat diyoriga rixlat qildilar. Ikkalarining vafoti payg'ambarimiz SAVni qayg'uga soldi. Shuning uchun bu yil huzun (qayg'u) yili deb ataldi.

778. Fiqh nima degani?
Javob: Islom dini hukmlarini dalillar bilan o'rganadigan ilmdir.

779. Ka'ba atrofida yetti marta aylanib, ibodat qilishga nima deyiladi?
Javob: Tavof.

780. Matof va Maso deb nimaga aytiladi?
Javob: Matof: tavof etiladigan yer. Maso: Safo bilan Marva orasidagi say etiladigan yer.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:50:34
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 781-790

781. Istilom nima degani?
Javob: Hajarul Asvadga har kelishda qo'lni quloq barobarida ko'tarib, Allohu akbar deya salom berish.

782. Tilovat sajdasi qachon va qanday qilinadi?
Javob: Sajda o'yati o'qilganida yoki eshitilganida tilovat sajdasi qilinadi. Turib, takbir aytilib, sajdaga ketiladi, sajdada 3 marta subhana robbiyal a'lo deyilganidan so'ng, yana Allohu akbar deyilib, turiladi.

783. Bir musulmon boshqa bir musulmonning vafotini bilgan zamon nima deyishi kerak?
Javob: Inna lillahi va inna ilayhi rojiuun. (Albatta, biz Allohnikimiz va unga qaytajakmiz)

784. Musulmonning boshqa bir musulmondagi 5 ta haqi qaysilar?
Javob: 1. Salomga alik olish. 2. Bemor bo'lsa, ziyoratiga borish. 3. Aksirsa, yarhamukalloh deyish. 4. Shar'iy bo'lgan da'vatiga quloq solish. 5. Vafot etganda janozasida qatnashish.

785. Aksirgan musulmon "Alhamdulillah" deyishi kerak. Yonidagi kimsa, bunga qanday javob beradi?
Javob: Yarhamukalloh (Alloh senga rahmati bilan muomala qilsin).

786. Hazrati Odam va Hazrati Havvo jannatdan haydalganlaridan so'ng Yer yuzida uchrashgan joylari qayer?
Javob: Arafotdagi Rahmat tog'i.

787. Yoqub alayhissalomning laqabi nima edi? Payg'ambarlarga qarshi eng katta zulmni qaysi qavm qilgan edi?
Javob: Yoqub alayhissalomning laqabi Isroil edi. Shu tufayli uz otning avlodlari "Bani Isroil" (Isroil o'g'illari) deyildi. payg'ambarlarga qarshi eng katta zulmni shu qavm qilgan edilar.

788. Hud payg'ambar qaysi qavmga yuborilgan va janobi Haq bu qavmni qanday jazolagan?
Javob: Hud alayhissalom Od qavmiga yuborilgan. Bu qavm shunday jazolangan: Avval qora bulut ko'rindi, so'ngra shiddatli bo'ron bo'ldi. Daraxtlarni ildizidan qo'porib, devorlarni yiqitib, qumlarni havoda uchirib, kofirlarni ko'ziga qum kirib ko'r qilib, hammasini yo'q qilgan edi. Ular qurgan ustunlar Irem shahrida bir tush bo'lib yo'q bo'ldi. 

789. Rasululloh s.a.v. Ka'b ibn Zuhayr r.a. ga sovg'a qilgan hirqa hozirda qayerda saqlanadi?
Javob: Istambulning To'pqopi saroyida muhofaza qilinadi.

790. Rasulluoh SAV Uvays al-Qaroniyga hadiya etgan hirqai saodat hozirda qayerda saqlanadi?
Javob: Istambuldagi Hirqai sharif jomesida.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:51:20
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 791-800

791. Musulmonnning boshqa musulmon oldida 5 ta haqi bor. Shular qaysilar?
Javob: 1. Salomga alik olish. 2. Bemor bo'lsa, ziyoratiga borish. 3. Aksirsa, yarhamukalloh deyish. 4. Shar'iy bo'lgan da'vatiga quloq solish. 5. Vafot etganda janozasida qatnashish.

792. Qaysi payg'ambar payg'ambar bo'lmasidan avval Shuayb alayhissalomning qizlariga uylangan?
Javob: Muso a.s.

793. Nuh alayhissalomning iymon keltirib, kemasiga mingan o'g'illarining ismlari nima?
Javob: Som, Xom, Yofas.

794. Samud qavmini qaysi payg'ambar hidoyatga chaqirgan. Bu qavmning oqibati nima bo'lgan?
Javob: Solih alayhissalom Samud qavmiga yuborilgan edi. Shahar xalqi mudhish bir sayha (ovoz) bilan sarosimaga tushdi. Qo'rquv va dahshat ichida hammalari o'ldilar. Faqatgina ularning tog'larni o'yib ishlagan uylari qoldi, xolos.

795. Madyan va Ayka xalqiga qaysi payg'ambar jo'natildi? Bu qavmning oxiri nima bo'ldi?
Javob: Shuayba alayhissalom yuborildi. Havoning issiqligidan nafas ololmay qoldilar. So'ngra quyoshga parda bo'lgan bir tuman ko'rindi, orqasidan qo'rqinchli zilzila bo'ldi. Binolari boshqalriga yiqildi. Yiqilgan joylarida hammalari o'ldilar. Ayka ahlining ustiga esa bu qora tumandan chaqmoqlar chaqdi va ular yonib kul bo'lib ketdilar.

796. Shis alayhissalomdan so'ng u zotga payg'ambarlik keldi. Ilm marta kalom bilan maktub yozgan va kiyim tikkan shu zotdir. So'nggida Janobi Haq tomonidan osmonda qoldirilgan bu payga'mbar kim?
Javob: Idris alayhissalom.

797. Islom odatiga ko'ra chaqaloq tug'ilganida nima ish qilinadi?
Javob: Chaqaloqning o'ng qulog'iga azon va chap qulog'iga qomat aytiladi va duo qilinadi.

798. Sadaqai Fitr nima?
Javob: Musulmonlarning o'zlari, bolalari va xizmatchilari uchun yo'qsillarga yordam qilish maqsadida, ramazon hayitidan avval beradigan sadaqadir. 

799. Qurbonlik qachon va qanday qilinadi?
Javob: Qurbonlikni so'yish Qurbon hayiti namozidan so'ng boshlanib, hayitning uchinchi kuni quyosh botishiga qadar davom etadi (Shofeiy mazhabiga ko'ra, 4-kuni ham so'yilsa bo'ladi). Qurbonlik qibla tomonga yotkilzilib, niyat qilinadi, takbir aytiladi va "Bismillahi. Allohu akbar" deb so'yiladi. Qasddan "bismillah"ni tark etilsa, bu qurbonlik go'shti yeyilmaydi.

800. Bid'at nima? U necha xil bo'ladi?
Javob: Payg'ambarimizdan so'ng qo'llanilgan odat bo'lib, yaxshi va yomon bid'at bo'ladi.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:51:56
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 801-810

801. Dinimiz ilm o'rganishni musulmonlarga nima uchun farz qilgan?
Javob: Chunki Islomning martabasi ilm yuksakligi bilan namoyon bo'ladi.

802. "Zamon o'tishi bilan Qur'on yosharaveradi" so'zlari kimga tegishli?
Javob: Badiuzzamon Said Nursiy.

803. Payg'ambar SAV tug'ilgan kechada qanday tarxiy voqealar yuz bergan?
Javob: Rasuli akram SAV tug'ilgan kechda Kisroning saroyidagi 14 ta ustun yiqilgan, ma'jusiylrning otashlari so'ngan va Savo ko'li qurigan.

804. Qamariy oylarni tartib bilan sanang.
Javob: Muharram, Safar, Rabiul-avval, Rabiul-ohir, Jumodul-avval, Jumodul-oxir, Rajab, Sha'bon, Ramazon, Shavvol, Zulqa'da. Zulhijja.

805. "Hasbunalloh va ni'mal vakil" nima degani?
Javob: Alloh bizga yetar. U naqadar go'zal vakildir.

806. Rasululloh SAVning hadislariga ko'ra, kimlarning duoasi Alloh huzurida rad etilmaydi?
Javob: Ota va onaning farzadi haqiga qilgan duosi, bir musulmonning boshqa birodariga qilgan duosi, iftor qilgunga qadar ro'zadorning duosi, adolatli hukmdorning duosi.

807. Ulamolar unga bog'liq masalalarda eng ko'p ixtilof qilgan fan qaysi?
Javob: Fiqh

808. Sutra nima?
Javob: Sutra - bu namozhonning oldidan biror narsa o'tmasligi uchun qo'yilgan to'siqdir.Sutrani Hanafiy va Molikiy mazhablari mandub, Shofe'iy va Hanbaliy mazhabalari mustahab deganlar.

809. «Men o‘n olti yildan beri to‘yib ovqatlanmadim. Zero, to‘yib ovqatlanish badanni og‘irlashtiradi, qalbni qoraytiradi, zakovatni ketkazadi, uyquni jalb etadi va kishini ibodatga zaif qiladi». Bu ibratli so'zlar kim tamonidan aytilgan?
Javob: Imom Shofeiy rahmatullohi alayh.

810. Fiqh ilmining peshvolari va odob-axloq namoyondalari, tobe’lari ko‘p bo‘lgan zotlar beshta deyiladi. Bular kimlar, nomlarini sanab o'ting.
Javob: Imom Abu Hanifa, Imom Shofeiy, Ahmad ibn Hanbal, Imom Molik, Sufyon Savriy.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:52:16
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 811-820

811. Zardusht so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
Javob: "Sariq tuya mingan kishi" degan ma'noni bildiradi.

812. Hadislarni ilk bor yozib olgan sahobiy kim?
Javob: Abu Hurayra r.a.

813. Madinaliklardan birinchi bo'lib kim musulmon bo'lgan?
Javob: As'ad ibn Zurora r.a.

814. Siroti Mustaqim nima degani?
Javob: Eng to'g'ri yo'l - Islomiyat yo'li.

815. Hasanot va shayyiot nima degani?
Javob: Hasanot: yaxshi amallar, yaxshiliklar; shayyiot: yomonliklar, gunohlar, jinoyatlar. 

816. G'animat nima?
Javob: Jangda dushmandan olingan mol.

817. Islomda ilk g'animat va asir qachon olingan?
Javob: Ilk g'animat Abdulloh ibn Jahsh tomonidan olingan.

818. "Adolat davlatning tamal toshidir" so'zi kimga tegishli?
Javob: Hazrati Umar.

819. Qur'oni karimning boshqa ismlari qaysilar?
Javob: Kitob, Furqon, Mushaf, Burhon, Hablulloh, Hablul matin, Kalomulloh, Zikr, Hudo, Nur, Shifo.

820. Hadisi qudsiy deb nimaga aytiladi?
Javob: Rasululloh SAVning Qur'oni karimdan boshqa Allohdan rivoyat etgan so'zlari. Ma'nosi, so'z va ifoda Rasulullohga tegishlidir.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:53:02
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 821-830

821. Hazrati Odam a.s.ning 10-o'g'li va ikkinchi payg'ambar kim?
Javob: Shis alayhissalom.

822. Qaysi sunnatni bajarish bilan qaysi farzni ado etishdan ko'p savob olinadi?
Javob: salom berish sunnat, javob berish farz bo'lgani holda, salom berishning savobi katta bo'ladi.

823. Imom Abu Mansur Muhammad Moturidiy qayerlik va qachon vafot etgan?
Javob: Samarqandning Moturid degan qishlog'idan, turkiy edi. Hijriy 333 yili vafot etgan.

824. Abul Hasanil Ashariy hazratlari qayerlik va qachon vafot etgan?
Javob: Basralik bo'lib, hijriy 324 yili vafot etgan.

825. Namozning qazo qilinishiga shar'iy sabablar qaysidir?
Javob: Uyqu, urush paytida dushman hujumidan biron fursat topa olmaslik, unutish.

826. Ko'p qabilalar payg'ambarimizga elchilar jo'natib, o'zlarining Islomga kirganliklarini e'lon qilardilar. Shu sababdan bu yil Elchilar yili deyildi. Bu yil hijratning nechanchi yili edi?
Javob: Hijratning 9-yili.

827. Badr g'azoti ramazon oyining nechanchi va haftaning qaysi kuni boshlandi?
Javob: Ramazonning 17-chisida, seshanba kuni boshlandi.

828. Badr g'azotida ansorlardan necha kishi qatnashdi?
Javob: 231 kishi.

829. Payg'ambarimiz SAVning amrlari bilan 10 kun ichida Madinani tark etishlari, aks holda o'ldirilishlari hukm qilingan yahudiy qabilasi qaysi?
Javob: Banu Nazr.

830. Yahudiylarning yordami bilan Makka musriklari madinaga hujum qilish maqsadida 10000 kishilik qo'shin hozirladilar. Bu qo'shinning qo'mondoni kim edi?
Javob: Abu Sufyon.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:54:13
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 831-840

831. Qaysi butning olib kelinishi natijasida Saudiya Arabistonida butparastlik boshlandi?
Javob: Hubal.

832. Handaq g'azotining boshqa ismi nima? Bu ga'zot qaysi hijriy yilda bo'lgan?
Javob: Ahzob g'azoti. Hijratning 5-yilida bo'lgan.

833. Makka mushriklari Qusay tarafidan hukumat qarorgohi bo'lib qurilgan binoda to'planib, masalalarni hal etishardi. Bu binoni qanday ism bilan atalardi?
Javob: Dorun-nadva.

834. Quddusning rimliklar tomonidan bosib olinishidan so'ng Madinaga kelgan yahudiy qabilalarining nomi nima?
Javob: Nadr, Qurayza, Qaynuqo'.

835. Islomda bandaning amali necha qismga bo’linadi?
Javob: Ular sakkiz  qismga bo'linadi: Farz, Vojib, Sunnat, Mustahab, muboh, xarom, makruh va mustakrah.

836. Mustakrah qanday amal?
Javob: Islomda mustakrah amalini qilishlik bilan banda gunohkor bo'lmasa ham u odobsizlikka kiradi.

837. Mustakrahga qanday amallar kiradi?
Javob: unga asosan taomni kotta kotta yeyish, baland ovoz bilan kekirish, esnash bundan tashqari ko'chada ovqatlanish kabilar.

838. Qiblamizning Masjidul Aqsodan Ka'baga o'zgartirilishini amr etgan oyat Qur'oni karimning qaysi surasida?
Javob: Baqara surasi, 144-oyat.

839. Aqoba bay'atini qilgan musulmonlar qayerlik edi?
Javob: Madinalik.

840. Madinada qurilgan va chegaralari belgilangan va boshqaruviga Payg'ambarimiz SAV kelgan davlatga qanday nom berilgan?
Javob: Madina shahar davlati.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:54:34
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 841-850

841. Islomiyat davrida ilk mustaqil masjidning nomi nima?
Javob: Qubo masjidi.

842. Payg'ambarimiz SAV yozishmalarida yahudiylarga ishonmaganliklari uchun ashoblardan birini yahudiy tilini o'rganish vazifasini berdilar. Bu sahoba kim?
Javob: Zayd ibn Sobit.

843. Payg'ambarimiz SAV Madinaga kelganlarida bu shaharda ikkita katta qabila bor edi. Bu ikki katta qabilaning nomlari nima?
Javob: Avs va Hazraj qabilalari.

844. Hazrati Abu Bakr, Usmon, Zubayr, Abdurahmon ibn Avf kabi insonlar ilk musulmon bo'lganlardandir. Bularning hammasiga nima deb nom berilgan?
Javob: As-sabiqul-avvaliyn.

845. Hazrati Oyisha onamizga munofiqlar tomonidan qilingan tuhmat voqeasi qaysi jang paytida bo'lgan edi?
Javob: Muraysa jangida

846. Suv topilmagani bois tayammumning farz qilinishi qaysi g'azot paytida bo'lgan edi?
Javob: Muraysi g'azotida.

847. Makkaning fath etilishiga nima sabab bo'lgan edi?
Javob: Hudaybiya sulhining buzilishi.

848. E'tikof nima?
Javob: E'tikof - ma'lum muddatni niyat qilib mazjid yoki uydan chiqmay ro'za tutib, ibodat qilish.

849. Imronning qizi Maryamga kim kafil qilingan?
Javob: Qur'oni Karimning "Oli - Imron" surasida shunday yozilgan ekan. Kafil menimcha, kafolatchi degani. Ya'ni Maryamni Zakariyo o'z himoyasiga olgan ma'nosida.

850. Al - masihning ma'nosi nima?
Javob: Tiriltiruvchi.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:54:56
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 851-860

851. Havoriylar kimlar?
Javob: Iso alayhissalomga ergashganlar.

852. An'omning ma'nosi nima?
Javob: «Chorvalar». Makkada nozil qilingan va bir yuz oltmish besh oyatdan iborat Qur'oni karim surasi An'om deb nomlanadi.

853. Nyu-yorkda o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra AQSH axolisi telefonda gaplashayotganda eng ko'p ishlatiladigan so'zni toping ?
Javob: "I" yani "Men"

854. 1891-yil Kanadalik jismoniy tarbiya o'qituvchisi Neysmit qaysi sport turiga asos solgan?
Javob: Basketbol

855. 1499-yil Ispanlar ummon osha Janubiy Amerika qirg'og'iga yaqinlashgach, ushbu makonning tabiatini Venetsiyaga qiyoslaydilar. Va uni erkalab kichik Venetsiya deb atashadi. BU davlat xozirda qanday nomlanadi?
Javob: Venesuela

856. Uganda, Ekvador, Kolumbiya, Indoneziya, Somali, Keniya, Braziliya, Kongo, Zair. Bu davlatlarni bir narsa birlashtirib turadi. U nima?
Javob: Barcha mamlakatlar ekvatorda joylashgan.

857. 2006 yil Angliyada maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada "Kimni Buyuk Britaniya Bosh vaziri bo'lishini xoxlaysiz degan savolga eng ko'p javob manchester Yunayted jamoasi o'yinchisi Ueyn Rooney oladi. Ikkinchi o'rinni egallagan inson real shaxs bo'lmasa u kim?
Javob: Garri Potter

858. Angliyada "œS", AQShda "œU". Xo’sh Toshkentdachi?
Javob: M (metro). S - Subway U - Underground

859. O’zbekiston, Urugvay, BAA, AQSh, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini ishlatgan xolda bog’kiqligini toping.
Javob: Barchasi U harfidan boshlanadi.

860. U dunyoda 3996 ta. Har yili ularning 14 tasi yo’qolib ketmoqda. Savol gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Til
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:55:30
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 861-870

861. Beloruslar uni qadimda Lelya, Syotsya, Jiten va Zyuzya deb atashgan. Ular hech qachon birga yig’ilishmagan va o’z navbatini o’zgartirishmagan. Biz xozir ularni o’zbekchada njima deb ataymiz?
Javob: 4 fasl: Bahor, yoz, kuz va qish

862. Mashhur Encarta-98 ensiklopediyasida "œMashhur juftliklar" katalogi mavjud. Bu katalogdan Romeo va Julyetta, Pi’er va Mariya Kyuri, Aka-uka Raytlar, Ishoq Rabin va Yosir Arofat kabi maqolalar o’rin olgan. Savol, bu katalogdagi eng birinchi maqola qaysi juftlik haqida?
Javob: Odam Ato va Momo Havo

863. Uni qora, yashil, qizil, sariq turlari bor. U deyarli barcha xonadonda mavjud. O’zbekistonda uni qora va yashil turlarini ko’p iste’mol qilishadi.
Javob: Choy

864. U qush o’z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig’i u qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. U qaysi qush?
Javob: Pingvin

865. O’zbekiston Respublikasining 1 so’mlik pulida nechta "œbir so’m" degan yozuv bor?
Javob: 2 ta

866. Sizga ma'lumki qadimda qo'shinlarda o'nboshi, yuzboshi, mingboshi degan unvonlar bo'lgan. Yunon tilida o'nboshi degan so'z bor. U so'z xozir ham ishlatiladi. Faqat harbiy sohada emas, ta'lim sohasida. U qaysi so'z?
Javob: Dekan

867. Qadimda ko'p davlatlarni shohlar boshqargan. Hozir ular yo'q. Lekin Osiyodagi 1 shaharda biz tirik shohni uchratamiz.Albatta bu so'zni tarjima qiling va qaysi shaharligini ayting.
Javob: Shohi Zinda - Samarqand

868. Yunonchaga "Kiyimlarni qo'riqlayman" so'zini tarjima qiling.
Javob: Garderop

869. Qaysi fanning ma'nosi "Donolikni sevaman" degani?
Javob: Donolikni sevaman - Filosofiya - Falsafa

870. Lotinchada bir mamlakatning ma'nosi "Janubiy yer" degani. U davlat haqiqatan ancha janub tomonda joylashgan. Bu qaysi katta davlat?
Javob: Avstraliya
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:55:57
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 871-880

871. Menga 2 ta qit'a nomini ayting, qaysiki 1-ma'nosi quyoshning chiqishi; 2-ma'nosi quyoshning botishi bo'lsin.
Javob: Osiyo va Yevropa

872. Suaxili tilini bilmaysiz. Lekin u tildagi 1 so'zni mashhur multfilmdan ko'p eshitganmiz va ishlatganmiz. U so'zning ma'nosi "xavotirsiz yaxshi yashash" degani. Qaysi so'z?
Javob: Akuna matata

873. Bu sport turi rus tilidan "o'z o'zini himoya qilish" degan ma'noni beradi. Bu qaysi sport?
Javob: Sambo - samooborona bez orujiya

874. Koreys tiliga "poytaxt" so'zini tarjima qiling.
Javob: Seul

875. Bu poytaxt 2 ta shahar qo'shilishidan tashkil topgan. Uning nomi ana shu 2 ta shahar nomi qo'shilgandan so'ng paydo bo'lgan. Bu qaysi shahar?
Javob: Budapesht

876. Bu shaharga mo'gullar asos solishgan. Uning ma'nosi "Saroy" degani. Siz menga bu qaysi shahar ekanligini emas, u qaysi viloyat poytaxti ekanligini ayting.
Javob: Qarshi - Qashqadaryo viloyati markazi

877. Bu poytaxt shaharga o'sha davlatning 1 Prezidentining nomi berilgan. Bu qaysi poytaxt shahar?
Javob: AQSH poytaxti Washington

878. Nauru davlatini ko'pchilik eshitmagan bo'lsa kerak. U davlatning aytarli tomoni ham yo'q. Lekin 1 sababga ko'ra u dunyodagi yagona davlat xisoblanadi. O'sha sababni aniq ayting.
Javob: Bu mitti davlatning poytaxti yo'q

879. Aynan mana shu poytaxt shaharning ichida boshqa bir davlat joylashagan. Bu qaysi shahar va davlat?
Javob: Italiya poytaxti Rim va unda joylashgan Vatikan

880. Mersedes kompaniyasi yangi rusumdagi jamoat avtobuslarni chiqara boshladi. Uning salonida maxsus tablo o’rnatilgan bo’lib, unda 3 raqam yo’lovchilarga ko’rsatilib turadi.
1. Aniq vaqt — ya’ni soat
2. Salondagi harorat — ya’ni temperatura.
Xo’sh 3-raqam nimani ko’rsatib turadi?
Javob: Spidometr tezligi
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:56:20
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 881-890

881. Yevropa Ittifoqiga kirib keladigan qalbaki maxsulotlarning foiz ko'rsatkichi bo'yicha
1-o'rin:  Segareta maxsulotlari
2-o'rin:  Kiyim-kechak
Xo'sh 3-o'rinda qaysi maxsulot turadi?
Javob: Qalbaki CD va DVD disklar

882. Filipp Morris kompaniyasi o’z xodimlarining 40% iga  aynan bir oyda mehnat ta’tili berar ekan. Sabab bu oyda savdo hajmi keskin kamayarkan. Qaysi oyda?
Javob: Ramazonda. Bu oyda sigaret km sotiladi.

883. Tailand qonunlariga ko’ra pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday ishni qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o’ziga xos chuqur ma’noga ega. Savol nima uchun Tailandda pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas?
Javob: Imperator tasviri tushirilganligi uchun.

884. 2002 yil Angola hayvonot bog’idan Botsvanaga 200 ta fil, tuyaqush, maymun, sher, antilopa, zebra, jirafa, to’tiqush, timsoh kabi hayvonlar kemada olib kelindi. Sizga savol, bu operatsiya qanday nomlanagan?
Javob: Nuh kemasi

885. Eng birinchi uning yorug’ligi ko’rinadi. So’ng ovozi eshitiladi. So’ng shamolini xis  qilasiz. Ana undan keyingina o’zi kirib keladi. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Metrodagi poyezdning kelishi.

886. Undan qancha olsangiz kattalashadi, qancha qo’shsangiz kichrayadi. Nima u?
Javob: Chuqur

887. Bir podshoh qadimda oshpazlar tanlovini o’tkazgan. U oshpazlarga quyidagicha shart qo’ygan: "œSiz shunday bir ovqat pishiringki, boshida 1 chelak tuz soling, pishayotganda 1 chelak tuz soling, va men yana unga tuz sepib yey." U qaysi ovqatni nazarda tutgan?
Javob: Tuxum

888. Karate Yaponiyada paydo bo'lganini bilasiz. Uning ma'nosi "Bo'sh qo'l" degani. Xo'sh unda yaponchasiga "Bo'sh ovoz" nima ekanligini toping.
Javob: Karaoke

889. Yunon tiliga "Sakkizinchi oy" degan so'zni tarjima qiling.
Javob: Oktyabr - "okta" - sakkiz

890. Bu ro'yxatdan faqat 3 ta Yevropa davlatlari poytaxti o'rin olgan. Shveytsiya poytaxti 67-o'rinda, Fransiyaniki 71-o'rinda, Daniya poytaxti 72-o'rinda. Yordam sifatida aytishim mumkin bu ro'yxatda insonlar nomi ham uchraydi.Bu qaysi ro'yxat?
Javob: Mendeleyev davriy jadvali. Unda 3 davlat poytaxtining eski nomiga qo'yilgan elementlar bor: Golmiy(Stokgolm), Lyutetsiy(Parij), Gafniy(Kopengagen)
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:56:34
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 891-900

891. Bu poytaxt shaharda San-Fernando akademiyasi joylashgan. Bu akademiyada 1924-1926 yillarda mashhur rassom Salvador Dali o'qigan. Gap qaysi poytaxt haqida bormoqda?
Javob: Madrid

892. 1896 yil bu shahar poytaxt deb e'lon qilindi va uning nomi ham o'zgardi. Uning nomini ma'nosi "Sharq poytaxti". BU qaysi shahar?
Javob: Tokio

893. Bu poytaxt dunyoga ancha mashhur va yirik shahar hisoblanadi. Qizig'i bu shaharga qo'li uzun inson asos solgan deyishadi. Menga Poytaxtni emas, asos solgan insonni ayting. poytaxtni aytsangiz xisob emas.
Javob: Yuriy Dolgorukiy. Bu shahar Moskva edi.

894. 1 daraxt, daraxtda 12 shox, 12 shoxda 30 ta barg. Siz esa menga bu narsalar nima ekanligini aytishingizni xojati yo'q. Faqat menga o'sha daraxtdagi 5 meva nima ekanligini ayting. U 5 mevaning 3 tasi quyoshda, 2 tasi soyada turibdi.
Javob: 5 vaqt namoz.

895. Islom taraqqiyotiga oid so'ngi statistikaga ko'ra so'ngi vaqtlarda Muhammad ismi borgan sari ko'payotgan emish. Siz albatta bunga sabab musulmonlarning o'z farzandiga ixlos qilib shunday ism qo'ysa kerak deb o'ylayotgandirsiz. Yo'q. Bunga aniq boshqa sabab bor. Siz menga o'sha sababni ayting.
Javob: Islom dinini qabul qilgan boshqa din vakillari o'zlariga ko'proq shu ismni qo'yishmoqda.

896. AQSHlik stomatolog Djozef Berkovskining fikricha bu ayolning yuz tuzilishi insonlar uchun eng tipik ko’rinishi ekan. Bunday fikrga kelishiga unga u ayolning oldingi tishlari sabab bo’lgan ekan. Savol, bu dunyoga mashhur ayol kim?
Javob: Jakonda

897. Donetsklik shifokor Andrey Mazur o’zining Kesha laqabli to’tiqushiga 3 xil tilda bir necha so’z va raqmdan iborat bo’lgan bir jumlani yodlatgan. U har doim bu jumlani takrorlashga o’zining to’tiqushini o’rgatgan. Bir kun kelib buni foydasi tegib qolishiga Mazur ishonadi. Savol quyidagicha, u to’tiqushiga bir necha so’z va raqamdan iborat bo’lgan qanday jumlani yodlatgan?
Javob: Uy manzili (mabodo yo'qolib qolsa).

898. 1898 yili Ispaniya AQShdan mag’lubiyatga uchragandan so’ng Kubaga bo’lgan xukmronligidan voz kechishi va orolni tark etishi kerak edi. Lekin ular Kubani tark etishdan oldin o’zlari bilan ispaniya-amerika madaniyatiga taaluqli katta qimmatga ega (balki uncha katta emasdir) bo’lgan tarixiy yodgorlikni, ya’ni bir shaxsning tobutini Sevilyadagi soborga ko’chirib ketishini aytishadi. Bu kim edi?
Javob: Xristofor Kolumb

899. Dunyoga mashhur Metro Golden Mayer kinokompaniyasining emblemasi o'kirayotgan sher ekanligidan xabaringiz bor. Buning ma'nosi nima? Nega aynan o'kirayotgan sher?
Javob: 1-ovozli kinoga va rangli lentaga ishora edi

890. "Ko'zlarim yo'lingda" filmining bosh qaxramonini kim o'ynagan va uning filmdagi kasbi nima edi?
Javob: Mirzabek Holmedov, kinochi
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:56:48
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 901-910

901. Men sizdan qanday adabiy qahramonr kinoekranlarda eng ko'p paydo bo'lganini so'ramayman, faqat uning mashhur muallifini ayting.
Javob: Artur Konan Doyl. Gap Sherlok Xolms haqida ketayotgan edi. Uni 1200 dan ortiq aktyorlar o'ynagan.

902. 2007 yilda eng ko'p foyda olgan 5 ta  film ro'yxatida bu multfilm ham o'rin olgan. Qaysi multfilmligini aniq ayting.
Javob: Shrek 3 (to'rtinchi o'rinda)

903. Savol qisqa. Bu kinokompaniya emblemasi Pegas oti.
Javob: Tristar Pictures

904. Gulchehra Jamilova, "Quruvchi" Futbol klubi, 40 soni, fasllardan biri va Rossiya estrada guruhi. Bularni qaysi so'z birlashtirib turibdi?
Javob: Kumush. Izoh: Gulchehra Jamilova Kumush rolini o'ynagan, Quruvchi kumush medallarni qo'lga kiritgan, Fasl-kumush qish, Estrada guruhi Serebro

905. Dominikana Respublikas aholisning 15 5izni oq tanlilar va yana 15 %ini qora tanlilar tashkil etadi. Qolgan 70 foizinichi?
Javob: Mulatlar

906. Tulin, Petrov, Karpov, Ivanov, Silin...  Bu ro’yxatda yana kim yetishmayapti?
Javob: Lenin (Bu Leninning taxalluslari...)

907. Polinezida, Maorida, Azorida, Oxotiya, Nipponida, Sunda, Lemuriya. Yetishmayotgan so’zni toping.
Javob: Atlantida

908. U 21-bobosi bilan Aleksandr Nevskiyga ulanadi. Uning qarindoshlari orasida Yaroslav Mudriy, Yuriy Dolgorukiy, Dmitriy Pojarskiy, Mixail Kutuzov, Modest Musorgskiy, Sergey Raxmaninov ham bor. Bu mashhur kishi kim?
Javob: Pushkin

909. Eynshteynga ko’ra bilimdan yuqori turuvchi narsa nima?
Javob: Fantaziya

910. Grek yong'og'ining mazasini ko'pchilik yaxshi biladi. Brazil yong'og'i ham mashhur. Qiziq, amerikaliklar rus yong'og'ini nima deb atashadi?
Javob: Semichka
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:57:13
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 911-920

911. Qachonlardir ular Yevropada juda ko'p bo'lgan. Hozirda esa faqatgina Buyuk Britaniya, Irlandiya va AQShdagina saqlanib qolingan. Gap nima haqida ketyapti?
Javob: Grafliklar

912. Ularning nechta bo'lgani - noaniq. Ular qanday halok bo'lgani ham aniq emas, lekin ularni yeb qo'yishgan degan gaplar ham yuradi. Ular qayerni saqlab qolishgan edi?
Javob: Rim

913. Bu inson 1646 yili tug'ilgan. U diplomat, tarixchi, faylasuf, kimyogar, tibbiyotchi, mexanik va lingvist bo'lgan. U matematikada differensial hisoblash taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan. Norbert Viner u haqda yozarkan, agar kibernetikaning otasi kim deb atash mumkin bo'lsa, aynan uni shunday atash kerak, degan. Bu kim?
Javob: Leybnits.

914. Bu hayvonning tili eng uzun hisoblanadi. Uning bu a'zosi og'izga ham emas, tomoqqa ham emas, ko'krak suyagiga yopishgan. Bu qaysi hayvon?
Javob: Chumolixo'r.

915. Bu inson Filippinda general-gubernator, AQShda mudofaa vaziri bo'lgan va soprtga judayam qiziqqan. Bu kim?
Javob: Duayt Filipp Devis.

916. XVIII asrgacha bu narsa faqatgina boylar xonadonida bo'lgan. Karnidal Reshelye undan saroyning aziz narsasi sifatida foydalangan. Hatto Parijdan tashqariga chiqsa ham uni o'zi bilan birga olib yurgan. Amerikada esa bu narsaga haykal qo'yilgan. Bu narsa ko'pchiliginizning uyimizda bor va inson hayotining ko'p qismi shunda o'tadi. Bu nima?
Javob: Karavot

917. Fransiyaning yirik reklama agentligi mutaxassisi Jak Segal shunday degan edi: "œBundan bir necha o’n yil oldin o’rtamiyona xavaskor rassom va yetuk reklama agentining uchrashganligini unutib bo’lmaydi. Ular birgalikda butun dunyoni egallashga bir bahya qolgan". Menga ularning ikkalasini ham ayting.
Javob: Gitler va Gibbels. Izoh: Gitler havaskor rassom, Gibbels esa reklama agenti bo'lgan

918. Qoraqalpog'istondan Toshkent viloyatini ayirsak qaysi viloyat qoladi? Izohini ham ayting.
Javob: Sirdaryo. Izoh: Bunda viloyatlarning avtomobil davlat raqamiga e'tibor berish kerak edi. Qoraqalpog'istonniki 23,  Toshkent viloyatiniki 11. Ularni ayirsak 11 ya'ni Toshkent viloyati qoladi.

919. Gruzinlarda "ore" - ikki, "ture" - qalb degan ma'noni beradi. Xo'sh unda "oreturat" nima degani?
Javob: Oreturat - ikki qalb degani. Bu so'z homilador ayollarga nisbatn ishlatiladi.

920. "Taqdir hazili" va "O'tgan kunlar". Bular safiga yana bir necha filmni qo'shsa bo'ladi. Xo'sh, ularda qanday bog'liqlik bor.
Javob: Bu filmlarning zamonaviy nusxalari ham suratga olingan.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2008, 07:57:44
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 921-930

921. Bu tarixiy shaxs hayoti haqida eng ko'p film ishlangan ekan. Bu kim?
Javob: Napaleon Bonapart

922. Men sizdan qaysi syujet eng ko'p ekranlashtirilganini so'ramayman, faqatgina unda mavjud bo'lgan poliz ekinini ayting.
Javob: Bu syujet Zolushka ertagidan olingan ekan. Ya'ni yigit qizning tuflisi yoki biror kiyimidan o'z sevgilisini topishi("Zumrad va Qimmat" filmini ham eslang). Undagi poliz ekini esa qovoq. U Zolushkaga foytun vazifasini bajargan.

923. Uning qabriga "Sening o'liming bizga ilhom bag'ishlaydi" deb yozilgan. Savol, bu kim?
Javob: Bryus Li.

924. Uning haqiqiy ismi Kong Sung. 6 yoshida Avstraliyaga ko'chib ketadi. Uning menga qora tanli sherigini ayting.
Javob: Kris Takker. Gap Jeki CHAN  haqida ketmoqda edi. Uning "Tig'iz payt" filmidagi sherigi esa Kris Takker

925. Xitoyliklarning bir gapi bor - Har bir qishloqda knyaz bor. Bu nimaga ishora?
Javob: Ism tanlash

926. 250 yil avval Yekaterina II bu narsani qidirib topishga buyruq bergan. Rossiya hududidan esa ulardan 180 tasi topilgan. Ulardan so'nggisi 1990 yilda topilgan bo'lib, "Sterlitamak" deb nomlangan. Bu narsa O'zbekistondan ham topilgan. Bu nima?
Javob: Meteorit

927. Qaysi davlatga birinchi avtomobil 1965 yili 40 ta odam tomonidan bambukdan yasalgan tashigichda olib kirilgan?
Javob: Nepal

928. Xitoylar har bir inson farzandi tug'ilarkan, bu san'atdan foydalanishi mumkin, deyishadi. Bu qaysi san'at bo'lishi mumkin?
Javob: Xiyoychasiga knyaz so'zi - "Von" bo'ladi. Har bir qishloqda Von degan ism uchrashiga ishora.

929. Ion dengizidagi kichik bir orol shohi, Jyul Vernning mashhur qahramoni, Alisher Navoiy, yozuvchi Innokentiy Annenskiy. Bularni bitta so'z bog'lab turibdi. Shu so'zni toping va izohlang.
Javob: Odissey, kapitan Nemo, Foniy, Nik TO (Annenskiy taxallusi) - ularning hammasi nomi "hech kim, yo'qlik" ma'nosini beradi.

930. Dunyoda qaysi millat eng ko'p baliq va baliq mahsulotlarini iste'mol qiladi?
Javob: Yaponiya
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 07 Iyul 2008, 18:37:56
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 931-940

931. Quro'ni Karimga 6000 betlik katta tafsir yozga bo'lishiga qaramay, o'z zamonasi ulamolari u haqida:"Uning tafsirida Qir'on tafsiridan boshqa hamma narsa bor" deyishgan.BU tafsir muallifi kim?
Javob: Farididdin Attor

932. Kim islom tarixida "islomni bid'atlardan qutqaruvchi" degan nom olgan?
Javob: Ahmad ibn Hanbal

933. Toshkent shahrining qadimiy nomlaridan biri Choch va Shosh. Nima sababdan Choch nomi 7-8 asrlarda Shosh nomiga o'zgargan?
Javob: Sababi arablar egallagandan so'ng, ularning alifbosiga monand ravishda "Ch" harfi "Sh" ga o'zgargan.

934. IX asrgacha Grenladiyada makon topgan vikinglar nima uchun XIV asrda u yerni tark etganlar.
Javob: Iqlimning keskin o'zgarishi sababidan (sovuqlashishi).

935. Qadimgi yunon mifologiyasida Quyosh bilan bog'liq bir necha qahramonlar mavjud. Ular Gelios, Apollon, Faeton. Yana bir qahramon borki, u avval quyosh aylanasini harakatga keltiruvchi iloh bo'lgan. U bizga hozir qaysi ism bilan ma'lum va Quyosh doirasi nima bilan almashgan?
Javob: Sizif va uning toshi.

936. Indoneziya 1945 yili mustaqillikni qo'lga kiritgan. Bu tarixiy voqeadan bir necha kun keyin bu yosh davlat hali u paytda davlat deb e'lon qilinmagan Monako knyazligidan rasmiy norozilik maktubi oldi. Bu norozilik sababi nima edi?
Javob: Bayrog'i aynan bir xil bo'lgan.

937. Bu fransuz rassomi 1822 yili bitta kartinada ko'p rasm ko'rsa bo'ladigan dioramani ixtiro qildi. Bu fransuz 17 yil keyin nimani ixtiro qilgan?
Javob: 1836 yili Lui Dagerr fotografiyani kashf etdi.

938. Antonio Xose Sukre Amerikadagi ispan koloniyalarining mustaqillikka uchun kurashi qahramonlaridan biri edi. Boliviya poytaxti, Venesuelada shtat uning sharafiga qo'yildi. Ekvadorda uning sharafiga nima nomlandi?
Javob: Pul birligini

939. 1781 yili parij operasi yong'in ichida qoladi. Arxitektor Lenuar yangi opera binosini barcha xavfsizlik choralarini qo'llab qurib bitkazadi. Lekin avvalgi yong'indan qo'rqib qolgan parijliklar yangi binodagi birinchi operaga borishni istamaydilar. Qanday qilib qirol Lyudovik XVI muxlislarni spektaklga yig'a olgan?
Javob: Bepul spektakl namoyish etgan.

940. Nitssa shahrida eng ko'p sigaret chekish bo'yicha konkurs o'tkzildi. Bir ishtirokchi yangi rekordni o'rnatib, birdaniga 60 ta sigaretni chekib yubordi. Lekin unga sovrini berishmadi. Nima uchun?
Javob: U o'lib qolgan.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 07 Iyul 2008, 18:38:20
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 941-950

941. Akatsiya barglari tanin zaharli moddasini ishlab chiqaradi. Odatda barglarda uning miqdori juda kam bo’ladi, lekin agar bu yoki xatto qo’shni daraxt barglarining soni me’yordan kamayib ketsa, barglardagi tanin miqdori keskin oshib ketadi. Nima uchun bunday bo’ladi?
Javob: Ushbu barglarni yeyayotgan antilopalarni zaharlash uchun
Izoh: Shundan keyin ular barglarni yemay qo’yishadi va tabiiyki, akatsiya o’z barglarining sonini me’yorigacha tiklab oladi

942. Odatda qadimgi yunonlar bosh kiyimsiz yurishgan. Lekin ba’zida ular boshlariga atayin qalpoq kiyib yurishgan. Qanday holatlarda ular bu ishni qilishgan?
Javob: Agarda ular kasal bo’lsalar
Izoh: Shunday yo’l bilan ular o’zlarini betobliklarini atrofdagilarga ko’rsatishgan

943. U har safar boshini pastga tushirganda qon bosimining keskin tushib ketishi xisobiga u hushini yo’qotishi kerak edi. Lekin bunday bo’lmaydi: maxsus mayda qon tomirlari to’ri yordam beradi. Uni ayting.
Javob: Jirafa

944. Armaniston va Eronda yashovchi yazidlar — o’ziga xos dinning tarafdorlari hisoblanishadi. Ularning dini zardo’shtiylik diniga borib taqaladi, biroq nasroniylik va islomning ta’siriga uchragan. Yazidlar turmushida ta’qiqlar ko’p. Ular xo’roz, g’azol, baliq go’shti, qovoqni yeya olmaydilar. Ularga yo’talish, tupurish, xushtak chalish, chanqovuz va tor chalish, ko’k rangdagi kiyimlarni kiyish mumkin emas. Yazidlar birinchi bo’g’inida "œsh", ikkinchi bo’g’inida esa "œt" tovushlari bo’lgan so’zlarni aytish mumkin emas. Nima uchun ular bunday so’zlardan qo’rqadilar?
Javob: Ular "œshayton" so’ziga o’xshagani uchun

945. 1853 yil tashkil etilgan ushbu kompaniyaning eng oxirgi ishlab chiqarilgan mahsulotida balandlikni o’lchash qurilmasi, kompas, barometr, termometr kabi qo’shimcha qurilmalari bor. Uning asosiy qurilmasining vazifasi nima?
Javob: Vaqtni ko’rsatish
Izoh: Gap "œTISSOT" kompaniyasi soatlari haqida bormoqda

946. Britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli cho’yandan inson figuralarini yasash bilan shug’ullanadi. Uning eng yaxshi haykallari Britaniyaning ko’pgina shahrlarini bezab turibdi. U o’zining cho’yan figuralarini ko’pincha bir insonga o’xshatib yasaydi. Siz menga u insonning kim ekanligini emas, balki uning kasbini ayting.
Javob: Haykaltarosh
Izoh: U o’z haykallarini o’zidan olib yasaydi

947. Unga anchadan buyon haykal o’rnatish niyatida edilar, lekin buning hech uddasidan chiqa olmayotgan edilar. Lekin 1999 yil Yekaterinburgda nihoyat unga dunyodagi birinchi haykal yodgorlik o’rnatildi. Bronzadan quyilgan unchalik katta bo’lmagan postamentda faqatgina bir juft yalang oyoq izi turibdi. Bu haykal kimga o’rnatilgan?
Javob: G.Uelsning "œKo’rinmas odam"iga

948. Dastlab Napaleon I o’z jasoratini abadiylashtirish uchun Triumfal arkasini qurdirmoqchi emas edi. U o’sha yerda bir hayvonning haykalini o’rnatmoqchi bo’lgan. Chunki bu hayvonlarni ko’rganida u hayratga tushar edi. Lekin ushbu maqsad amalga oshmadi. Baribir Triumfal arka qurildi. U qaysi hayvonning haykalini o’rnatmoqchi edi?
Javob: Fil

949. Frantsuz adabiyotining klassigi Onore de Balzak o’zining bir qo’llanmasida "œErkak kishi o’zining o’sha narsasiga qarab hurmat topadi — bu uning o’zi, buning yordamida u o’zining asl ko’rinishini berkitadi, bu narsada uning aqli namoyon bo’ladi" degan. Agar "œZakovat" bilimdonlari bir necha yil avval u narsadan voz kechgan bo’lsa, u nima bo’lishi mumkin?
Javob: Galstuk
Izoh: "œZakovat" bilimdonlari o’yinlarda anchadan buyon galstuk emas kapalaknusxa (babochka) taqishmoqda.

950. Ushbu mahsulotning reklamalaridan birida unga shunday ta’rif berilgan: Unga musiqiy asarlar bag’ishlangan, uni to’lov vositasi sifatida ishlatilgan, uning yordamida sevgi izhori qilishgan, u turli dindagi insonlarni yaqinlashtirishga yordam bergan, uni ko’pgina illatlarga qarshi dori sifatida yozib berishgan". Bu qaysi mahsulotning reklamasi?
Javob: Kofe
Izoh: Gap NESCAFE kofesi haqida bormoqda
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 07 Iyul 2008, 18:38:51
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 951-960

951. Malayziyada "œSen qayerga ketyapsan?" deyishadi, bu savolga "œAylangani" deb javob berishadi. Yevrey "œSizga tinchlik" desa, fors "œQuvnoq bo’l" deydi, Grenlandiyaliklar esa "œYaxshi ob-havo" deyishadi. Biz bunday holatda nima deymiz?
Javob: Assalomu Alaykum-Vaalaykum Assalom

952. Kalamushlar bilasiz har doim insonga zarar yetkazib kelgan. Lekin yaqinda Tanzaniyada ushbu  hayvonlarga yangi bir vazifani o’rgatishdi va ular o’z ishlarini juda yaxshi bajara olishlari mumkinligini isbotlashmoqda va inson kasbdoshlaridan farqli o’laroq hattoki bir marta ham xato qilishmayapti. Ularni qaysi kasbga o’rgatishgan?
Javob: Sapyor

953. XVI asr ispan yozuvchisi Fransisko Kavedo-i-Vilegos o’z asarlaridan birida quyidagicha fikrni aytadi:
"œSinor Dinero shubhasiz o’ta qudratlidir"
Kavedo "œSinor Dinero" deganda kimni nazarda tutgan?
Javob: Pul (Dinor)

954. Rivoyatlarga ko’ra, Alloh Odamatoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib kelishga yuboradi. Yer qarshilik ko’rsatadi va farishtalar undan tuproq olishmaydi. Bu ishni faqat ugina bajarganligi sababli, u ustun turuvchi deb hisoblanadi. Savol, nimadan ustun turuvchi?
Javob: O’limdan
Izoh: Bu Azroil farishta edi

955. Bu xalq o’zini inuit deb ataydilar, hammasi bo’lib ularning soni 115 ming kishini tashkil etadi. Bizda bu xalqning nomini xatto yosh bolalar ham yaxshi bilishadi. Savol bu qaysi xalq?
Javob: Eskimoslar

956. Ushbu mashxur qo‘shiq 1992 yil dunyo yuzini ko‘rdi, kompozitori Toni Britten ismli shaxs bo‘lgan  bu qo‘shiq Londondagi avliyo Martin cherkovi xori tomonidan kuylangan. Qo‘shiq matni 3 xil tilda (ingliz, nemis ,frantsuz) yozilgan. Mazkur qo‘shiqda siz "œeng kuchlilar", "œbuyuk voqea", "œhammasi erkaklar" kabi so‘zlarni eshitishingiz mumkin. Gap qaysi qo‘shiq haqida ketmoqda?
Javob: Yevropa Chempionlar Ligasi gimni

957. Frantsiyada Stendal davrida ushbu protsess boshlanishidan oldin 3ta sham yoqib qo‘yilgan va bu jarayon ushbu shamlar o‘chguncha davom etgan.Hozirda bizda ham ushbu jarayonning nihoyasiga yetishi 3 soni bilan bog‘liq. Gap qanday jarayon to‘g‘risida ketmoqda?
Javob: Auktsion (bolg‘achani 3 marotaba zarb bilan urish orqali tugatiladi)

958. O’zbekiston Respublikasida u ko‘pi bilan 45 gradus burchak ostida va  yerdan kamida 2,5 metr balandlikda turishi kerak. U nima?
Javob: O’zbekiston bayrog‘i.(Bayroq to‘g‘risidagi qonunga muvofiq)

959. Yangi Gvineyaning papuas qabilasi aholisida yaqin qarindoshining o‘lganligiga motam ishorasi sifatida  o‘z qo‘l barmoqlaridan birini kesib tashlanganliklarini eshitgansiz.Yigirmanchi asrning 50-yillarigacha papuaslar orasida barcha barmoqlari yo‘q insonlarni ko‘plab topish mumkin edi.(ko‘pgina qarindoshlari o‘lganligi sababli).50-yillardan keyin papuaslar orasida 6-7 ta barmog‘i kesilganlarini uchratishimiz mumkin ediyu lekin barcha barmoqlari yo‘qlari deyarli uchramay qoldi. Bunga sabab nima bo‘lgan edi?
Javob: 50-yy dan keyin papuaslar xristian dinini qabul qila boshladi va tabiiyki cho‘qinish ritualini ijro etish uchun kamida 3 ta barmoq bo‘lishi talab etilardi.

960. Zurab Seritelining  Ulug‘ vatan urishiga (1941-45yy) bag‘ishlab qurgan Moskvadagi monumentining balandligi rosa 142 metr chiqadi. Nimaga Seriteli aynan shuncha balandlikni tanlagan?
Javob: Monumentning har 10 sm urushning bir kunini timsoli.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 07 Iyul 2008, 18:40:08
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 961-970

961. Nima uchun vino, shampanlarni uzoq vaqt saqlash uchun tik holatda emas balki yotiq holatda saqlashlarini aniq sababibini ayting?
Javob: yog‘och tiqinlar qurib qoladi va ichiga havo kirib vino buziladi.

962. Bill Xyulett va Deyv Pakkard o‘zlarining elektoritexnika sohasidagi kompaniyalariga asos solishgach, bir masala bo‘yicha qur’a tashlashgan. Qur’ada kim yutgan?
Javob: Xyulett
Izoh: Shundan so‘ng kompaniya nomida Xyulett nomi birinchi ishlatiladi

963. Qo‘shiqqa ko‘ra bir rassom bir aktrisani sevib qoladi va o‘z uyini, kartinalarini sotib, unga atab juda ko‘p miqdorda bir narsa sotib oladi.Endi siz o‘sha rassom nima sotib olganligini aniq qilib ayting?
Javob: Million million pushti atirgul

964. Yoz oylardan birida Moskva yaqinidagi pivo do‘konining tomiga osmondan katta bir jism qulab tushgan.Hozirgi kunda ushbu katta shov-shuvga sabab bo‘lgan jism muzeyda saqlanmoqda.Endi siz ushbu jismni toping?
Javob: Olimpiada 80 ayig‘i.
Izoh: Katta ayiq shaklidagi havo shari osmonga uchirilgan edi

965. U 19 asrda paydo bo‘lgan va 20 asrdan yevropaga tarqalgan.Uning "œandalus", "œkreol", "œargentina" kabi turlari mashhur.Yaxshilab o‘ylab uning arabchasini kim mashhur qilganini toping?
Javob: B.Zokirov. (tango)

966. Piterdagi dastlabki ajraluvchi mostlardan biri A.D.Menshikov tomonidan qurilgan bo‘lib,undan o‘tish pullik  edi.Piyodalardan 1 tanga, otliqlardan 2 tanga, aravalardan 5 tanga olingan.Eng baland narx bir rubl nimalardan olingan?
Javob: Kemalardan

967. «Argumenti i fakti» gazetasida bir cherepitsa ishlab chiqaruvchi firma reklamasi chiqqan.Ushbu reklamada cherepitsalar surati bilan birgalikda bir mult qaxramonning xam rasmi bor. Qaysi qaxramon?
Javob: Karlson

968. 1888 yili AQShning Jeynsvill maktabi o‘qituvchisi o‘zining ishonchsiz va noqulay ish qurolidan voz kechib, uning yangi turini yaratadi. Endi ushbu insonnig familiyasini ayting?
Javob: Parker

969. 1760-y Strasburgda Mari ismli qizcha tug‘iladi.Yoshligidan haykaltaroshlikka qiziqqan Mari, keyinchalik Angliyaga ko‘chib ketadi va u yerda bir mashxur muassaga asos soladi.Endi manga ushbu frantsuz xonimining familiyasini ayting?
Javob: Madam Tyusso (Londagi mashxur muzeyga asos solgan)

970. 1940 y.y.da Shvetsiyada yangi metall qotishmali relsga ega bo‘lgan o‘sha davrda dunyodagi eng tez yurar poezd liniyasi ishga tushadi.Ko‘p o‘tmay bir mashhur inson shunday relslardan 3-4 km. uzunlikdagisiga buyurtma berib, sotib oladi. Yaxshilab o‘ylab ko‘ringda ushbu insonning familiyasini ayting?
Javob: Uold Disney (Disneylend uchun)
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 07 Iyul 2008, 18:41:39
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 971-980

971. Chester Karlson o‘zining nusxa ko‘chiruvchi ixtirosini nima uchun XEROX, ya’ni o‘zbekchasiga "œquruq" deb nomlagan?
Javob: O’sha davrda faqat namlik orqali nusxa ko‘chiruvchi apparatlar bo‘lgan xolos.

972. Har yili Gannibal shahrida bir festival bo‘lib o‘tadi,u yerda o‘tadigan devor bo‘yash bo‘yicha musobaqa ayniqsa qatnashchilar o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘ladi.Endi o‘ylab ko‘rib aytingchi bu festival kimning nomi bilan ataladi?
Javob: Mark Tven

973. 1ta Yaguar, 2ta it, 1ta qunduz, 4ta ayiq, 1ta burgut, 4ta boyqush, 1ta o‘rdak, 1ta o‘rdakburun, 1ta yexidna, 1ta yenot,  bir bola va bir qiz, 1ta quyon,1ta koyot 1ta bo‘ri hamda 2ta yunon ma’budi. Ushbu qatordagi bog‘liqlikni toping?
Javob: Olimpiada talismanlari.

974. Aynan shu sport inventarining mustahkamligi 120 mil/soat tezlikda yadro otish qudratiga ega bo‘lgan pnevmatik pushka orqali sinaladi.Qaysi inventar?
Javob: Xokkey darvozaboni shlemi.

975. Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernni yozishicha oroldagi juda yog‘li bir qushning o‘ligidan tayyor ro‘zg‘orda kerakli bir narsa sifatida foydalanishgan.Nima sifatida?
Javob: Sham sifatida.

976. Nepalliklar tilida u "Samarmatxa" - "Olamlar onasi" degan ma'noni anglatadi. Ular nimani shunday nomlashadi?
Javob: Jamalungma cho'qqisi

977. Qadimgi yunon faylasufi Diogen savollarga antiqa javob bergani bilan mashhurdir. Unda sen qaysi davlatga tegishlisan deya so'raganlarida, u o'zidan keyin ko'pchilik foydalangan mashhur javobni beradi. U javob qanday edi?
Javob: "Men - tinchlik fuqarosiman".

978. Qadimgi Rusda bir g'aroyib odat bo'lgan ekan. O'z qarzini to'lamagan odamni katta maydonga odamlarni chaqirib, bog'lab qo'yib, uni yaxshilab chirmashar ekan. Nima uchun qarz egalari uning bu azoblardan qattiqroq baqirishini xohlashgan?
Javob: Uning yaqinlari yoki qarindoshlaridan biri bu hayqiriqni eshitib uning qarzini to'lashi uchun.

979. XVIII asrda bu mahsulot saroyda desert sifatida dasturxonga tortilardi. Uni iste'mol qilishdan avval qaynatib, so'ng shakar qo'shib yeyishardi. Hozirda esa uni biz juda ko'p iste'mol qilamiz. Bu qaysi mahsulot?
Javob: Kartoshka

980. Nikolay Lobachevskiy, Konstantin Siolkovskiy, Lev Tolstoy, Bulat Okudjava, Aleksandr Soljenitsin, Yuliy Kim, Stiven King. Ularni qanday qilib hamkasb deb atashimiz mumkin?
Javob: Ular hammasi maktab o'qituvchisi bo'lishgan.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 07 Iyul 2008, 18:42:10
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 981-990

981. Aleksandr Pushkinga graf Zavadovskiy o'zining doimiy daromadlari haqida gapirganda, shoir: "Men sizdan boyroqman, menda 36 ta doimiy daromad manbai mavjud". Ulardan birinchisini ayting.
Javob: "A". U harflarni aytgan

982. Mashhur angliyalik yozuvchi Grem Grin "dunyoning eng yaxshi turistik tashkiloti" deya nimani nomlagandi?
Javob: MI-6 Britaniya razvedka xizmatini.

983. Rasululloh SAVning uzuklarida qaysi yozuv bor edi?
Javob: Alloh, Rosul, Muhammad

984. To'rt xalifaning kumush uzuklarida qanday yozuv bor edi?
Javob: Hazrati Abu Bakrning uzuklarida "Alloh naqadar go'zal qudrat sohibidir",
Hazrati Umarning uzuklarida "Yo Umar, senga voiz va nasihatchi bo'lgan o'lim bordir",
Hazrati Usmonning uzuklarida "Yo balo va musibatlarga sabr etasan va yo nadomat etasan",
Hazrati Alining uzuklarida "Mulk Allohnikidir" degan yozuv bor edi.

985. Yevropaliklardan uch asr avval kichik qon aylanish sistemasini kashf etgan musulmon olimi kim?
Javob: Ibnun Nafis

986. Astronom, matematik, fizik, geograf, botanik; dunyoning shar shaklida ekanligini va Quyosh atrofida aylanishini Kopernikdan 500 yil avval isbot etgan buyuk musulmon turkiy olimi kim?
Javob: Abu Rayhon Beruniy

987. Dunyoning eng mashhur 20 ta astronomidan biri, trigonometriyaning asoschisi, sinus va kosinusni ilk marta qo'llagan musulmon olimi kim?
Javob: Battoniy (858-929)

988. Nyutondan ancha avval differensial hisobni kashf etgan, algebraik geometriyaga asos solib, Yerning diametri va ikki meridian orasini aniq hisoblab chiqqan musulmon olimi kim?
Javob: Sobit ibn Kurra

989. 88 yil Franklarning qo'lida qolgan Quddusni ishg'ol etib, saliblarga qarshi eng katta zarbani bergan musulmon hukmdori kim?
Javob: Salohiddin Ayyubiy

990. Qodisiya jangi qaysi xalifa zamonida bo'lgan? Bu jangda musulmonlarning qo'mondoni kim bo'lgan? Bu jangda musulmonlar kimlarga qarshi urush qilganlar.
Javob: Hazrati Umar zamonida, hazrati Payg'ambarimiz SAVning tog'alari Sa'd ibn Abu Vaqqos qo'mondonligida, Rustam qo'l ostidagi Eronga qarshi urush qilganlar.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 07 Iyul 2008, 18:42:44
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 991-1000

991. Qur’oni karimda 114 ta sura, 6236 ta oyat borligi ma’lum. Suralarning ba’zilari Makkai mukarramada va ba’zilari Madinai munavvarada nozil qilingan Makkada nechta sura va nechta oyat va Madinada nechta sura va nechta oyat nozil qilingan?
Javob: Makkada 91 ta sura, 478 ta oyat; Madinada 23 ta sura, 1456 ta oyt nozil qilingan.

992. Janob Rasululloh sallallohu alayhi vassallam nozil bo’lgan oyatlarni o’z vaqtida yozib borib, kelgusida bir mukammal Mushafi Sharif sifatiga keltirish uchun sahobai kiromlardan to’rt kishini kotib qilib olgan ekanlar. Bu ulug’ ishni bajarish bahtiga muyassar bo’lgan sahobalar kimlar?
Javob: Ali ibn Abu Tolib; Muoviya ibn Abu Sufyon; Ubay ibn Kayb; Zayd ibn Sobit (Alloh ul zotlardan rozi bo’lsin).

993. Hazrati Umar roziyallohu anhu qancha vaqt halifalik qilganlar?
Javob: O’n yarim yil

994. Hazrati Usmon roziyallohu anhu qancha vaqt halifalik qilganlar?
Javob: 12 yil

995. Hazrat Ali karamullohu vajhahu hijratning nechanchi yili vafot etganlar?
Javob:  hijratning 45 yili shahid bo’ganlar

996. Shekspirning "Antoniy va Kleopatra" degan dramasi borligini bilamiz. Antoniyning ismi nima edi va Kleopatra nechanchi edi?
Javob: Mark, Kleopatra VII

997. 3 mlrd 100 mln. funtsterling turadigan "Qirol Xolid" 1983 yili Ar-Riyod yaqinida ochilgan. 221 kv.km joy egallagan "Qirol Xolid" nimaning nomi?
Javob: Aeroport

998. Bu orolni ingliz kapitani Metyu Flinders 1802 yili ochib, uni bir jonivor nomi bilan ataydi. Bu jonivor mashhur bir davlat gerbida ham tasvirlangan. orol nomi nima?
Javob: Kenguru oroli (Avstraliya gerbida rasmi bor)

999. 1936 yili jahonda 3 ta milliarder mavjud edi. Ular: Endryu Uilyam Mellon, Genri Ford... Uchinchisi kim?
Javob: Rokfeller

1000. 387 yilning 18 iyul kuni rimliklar qo'shini Alliya daryosi bo'yida keltlardan mag'lub bo'ladi. Shundan keyin bu kunni ular nima deb nomlashgan?
Javob: Qora kun
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 07 Iyul 2008, 18:43:23
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1001-1010

1001. 17.987.547 - bu yorug'likning vakuumdagi tezligi. Uning o'lchovini belgilang.
Javob: Km/min.

1002. Vay Ale-Ale tog'i, Kauai oroli, Gavai, 350 kun. Mana shu faktlarni bir-biriga qo'shsa nima hosil bo'ladi?
Javob: Vay Ale-Ale tog'i, Kauai oroli, Gavaida yiliga 350 kun yomg'ir yog'adi.

1003. Qadimgi skandinavlarda agar shoh yoki harbiy qo'mondon o'lsa, uning hamma boyliklari va ... si bilan birgalikda dahmalarga ko'mishgan. Nuqta o'rnini to'ldiring.
Javob: Kema

1004. AQShlik Don Badj, Morin Konnoli, Avstraliyalik Rod Leyver, Margaret Smit Kort, Germaniyalik Shteffi Graff. Yuqoridagi insonlarni nima birlashtirib turadi?
Javob: Bu tennischilar "Grand Slam" unvoni sazovorlari bo'lishgan.

1005. Mashhur sport kiyimlari va buyumlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi emblemalarisi bu "Uch barg" hisoblanadi. Bu uch bargli emblema nimani ifodalaydi?
Javob: Uch barg ma'nosi, "Adidas"ning uch qit'ada o'z kompaniyalari borligini aks ettiradi.

1006. Autfild, Bol, Ketcher, Pitcher, Xoum-ran atamalari qaysi sport turida ishlatiladi?
Javob: Baseball sportida bu atamalar keng ishlatiladi

1007. Rossiyalik "Tarzan" laqabli sportchi kim?
Javob: A. Popov

1008. 1974 yil Kuba poytaxti Gavanada bo'lib o'tgan boks bo'yicha Jahon Chempionati finalida hamyurtimiz Rufat Risqiyev kimni mag'lub mag'lub etgan?
Javob: Bunda vatandoshimiz Luis Felipe Martinez ni mag'lubiyatga uchratib jaxon chempionligini qo'lga kiritgan

1009. Boksni hamma yaxshi bladi. Lekin boks tushunchasi nafaqat sport turi, balki bir sport turidagi shu sport jihozlari turuvchi joyni ham anglatadi.  Bu qaysi sport turi?
Javob: Formula 1

1010. Futbolda "La-ola" degan atama bor. Bu qanday tushuncha?
Javob: La ola -  To'lqin degan ma'noda keladi. Bu muxlisalarning o'ziga xos to'lqinsimon ko'rinish xosil qilishi
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 07 Iyul 2008, 18:43:41
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1011-1020

1011. 2008 - yil MDHda qanaqa yil deb e'lon qilindi?
Javob: "Adabiyot va kitobxonlik yili"

1012. Qubbatul ilm va adab nomi bilan mashhur bo'lgan shahar?
Javob: Shahrisabz

1013. "Chog'ir va Bang munozarasi", "Dahnoma" asarlari muallifi kim?
Javob: Yusuf Amiriy

1014. Rossiyada 2008 yil qanday yil deb e'lon qilindi?
Javob: Oila yili

1015. Qadimda Balx, Vahsh nomlari bilan atalgan daryo?
Javob: Amudaryo.

1016. Salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohini yo'q qilgan sarkarda kim?
Javob: Amir Temur. Izmir (Turkiya) shahrini egallashi bilan, Yaqin Sharqdagi eng so'nngi salib qarorgohini yo'q qilgan.

1017. Andijon davlat Universiteti kimning nomida?
Javob: Zahiriddin Muhammad Bobur

1018. Bu narsani biz deyarli har kuni o'z uyimizda, balki o'zimizga tegishli buyumda ham ko'rishimiz mumkin. Bu narsani lotinchadan tarjima qilsa, "hasharot mo'ylovi" degan ma'noni bildiradi. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Antenna

1019. Chingizxon va Xorazmshohlar urushiga turtki bo'lgan qabix ishni  amalga oshirgan shoxning ismi.
Javob: Dаstlаb 1216-yildа Chingizхоn huzurigа Хоrаzmshоh Bаhоuddin Rоziy bоshchiligidа o`z elchilаrini yubоrаdi. Bungа jаvоbаn Chingizхоn o`z elchilаrini хоrаzmlik sаvdоgаr Mаhmud Yalоvоcl bоshchiligidа Хоrаzmgа yubоrаdi.
1218-yili Chingizхоn sаvdо vа elchi kаrvоnlаrini tаyyorlаb Хоrаzmshоhgа yubоrаdi, lеkin O‘trоr shаhrigа yеtgаndа Muhаmmаdning rоziligi bilаn, O‘trоr shаhrining nоibi Inаlхоn fаrmоnigа binоаn kаrvоn tаlаnаdi vа оdаmlаri qirib tаshlаnаdi. Chingizхоn Sultоn Muhаmmаddаn аybdоrlаrni jаzоlаshni vа Inаlхоnni tuttirib, uning iхtiyorigа jo‘nаtishni tаlаb qilib, Ibn Kаfrоj Bug‘rоni ikki ishоnchli mulоzimi kuzаtuvchilаri bilаn Хоrаzmshoh huzurigа elchi qilib yubоrаdi. Хоrаzmshоh Chingizхоn tаlаbigа jаvоbаn elchini o‘ldirishni vа u bilаn kеlgаn ikkitа mulоzimning sоqоl-mo‘ylоvlаrini qirib, shаrmаndа qilib qаytаrib yubоrishni buyurаdi. Bu vоqеаlаr Chingizхоn vа Хоrаzmshоh dаvlаtlаri o‘rtаsidа sаvdо аlоqаlаri vа elchilik munоsаblаri tаmоmilа uzilgаnini bildirаr edi.

1020. Bular Qadimgi Bobilda 6 ta, Misrda 10 ta, Mayyalarda 5 ta, bizda esa 7 ta bo'lsa, ko'pchilikka yoqadigan oxirgisini toping.
Javob: Hafta kunlari, oxirgisi Yakshanba.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 07 Iyul 2008, 18:44:33
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1021-1030

1021. 1950-1955 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo'lgan Uinston Cherchil nomiga taniqli dramaturg Bernard Shou nomidan o'zining yangi spektakliga taklifnoma bordi. Taklifnomalar 2 ta bo'lib, Shou "Do'stingiz bilan premyeraga keling, agar bo'lsa" deb xat yozib yubordi. Shunda Cherchil javob qaytardi: "Hozir vaqtim yo'q. Spektaklga bora olmayman. Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar......."
Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
Javob: Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar yana pyesangiz bo'lsa. (Ya'ni yana premera bo'lsa)
Izoh: Uinston Cherchil ancha kibrli inson bo'lib, yaqin do'stlari bo'lmagan. Bernard Shou esa uning ustidan kulish uchun shu gaplarni yozgan. Cherchill ham gapga usta bo'lib, unga ajoyib javob qaytargan. Shouning pyesalari soni kam bo'lgani uchun shunday javob qaytargan.

1022. 1821 yili Taleyranga bu haqida aytishganida, "Bu endi e'tiborga molik voqea emas, shunchaki bir xabar" deb, nimani nazarda tutgan edi?
Javob: Napaleonning vafot etgani haqidagi xabar

1023. 1978 yil noyabrda Tokiodagi ko'p qavatli binolardan birining yuqori qavatidan bir dona tuxum tashlab yuborildi. Ko'pchilik guvohi bo'lgan bu voqeadagi tuxumning oddiy tuxumlardan qanday farqi bo'lgan?
Javob: U pastga tushganda sinib ketmagan

1024. Andijon davlat Tillar pedagogika instituti kimning nomida?
Javob: Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon.

1025. Shtutgartda noodatiy antiqa darslik chop etildi. Bu darslikni o’qish vaqtida o’quvchilar o’zlarini o’qituvchi o’rniga qo’yib ko’rishlari va hatto darslik chop etuvchilarga baho qo’yishlari ham mumkin. Siz menga 1 daqiqadan keyin, ushbu darslikning boshqalaridan farqli jixatini ayting.
Javob: U atayin xatolar bilan chop etilgan

1026. Mallarang bo’yoq, ya’ni sepiya, xozir asosan sintetik(sun’iy) yo’l bilan olinadi. Ammo tabiiy bo’yoq ancha taniqroq va sifatliroq. Bu bo’yoq tabiiy usulda bir jonzotdan olinadi. Siz uni topishingiz uchun mashhur bir musobaqani esga olishingiz kifoya. Menga o’sha bo’yoqning tabiiy manbasini yozib bering.
Javob: Karakatitsa. Izoh: "Kapitan Vrungel sarguzashtlari"da Vrangelning raqibini kemasi "Qora Karakatitsa" bo'lgan

1027. Fiat, Pejo, Reno va Shevrole. Bu so’zlarni avtomobil markalari ekanligidan tashqari ham bir umumiylik birlashtirib turibdi. Siz menga bu so’zlardagi o’sha umumiylikni topib aytasiz.
Javob: Oxirgi xarfi "T" bilan tugaydi: FIAT, PEGOUT, RENAULT, CHEVROLET

1028. Dunyoda juda ko’plab dori xillari mavjud. Ularning funksiyasi ham xar xil. Xususan, Bir qancha dorilar qon ta’minotini yaxshilashga xizmat qilar ekan. Ya’ni ular qon bilan yaxshi to’yingan hujayra va to’qimalardan qon donachalarini olib, ularni kamqon bo’lgan hujayra va to’qimalarga yetkazib berar ekan. Endi savol quyidagicha, shifokorlar bunday funksiyali dorilar turkumini hazillashib qanday nomlashadi?
Javob: Robin Gud

1029. Hududi kattaligi jihatidan — 110 o’rin, aholi soni bo’yicha — 73-o’rin, Xalqaro savdo hajmi bo’yicha — 15-o’rin, Valyuta zahirasi bo’yicha — 6-o’rin, aholisining kishi boshiga daromadi bo’yicha — 4-o’rin. Va faqatgina travmatizm darajasiga ko’ra dunyoda 1-o’rin. Siz bu qaysi davlat ekanligini yozib bering.
Javob: Shveytsariya

1030. Qaysi qurol o’z nomini inglizcha "œaylantirmoq" so’zidan olgan?
Javob: Revolver
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 07 Iyul 2008, 18:46:36
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1031-1040

1031. Vatikanda joylashgan mashhur Avliyo Pyotr sobori ajoyib arxitektura mo’jizasi bilan qurilgan ekan. Uning gumbazi o’rtasida dumaloq teshik bor.Bu joydan soborga quyosh nuri tushib turadi. Ammo, qanchalik g’alati tuyilmasin, u yerdan bironta ham yomg’ir yoki qor tomchisi ichkariga tushmas ekan. Bunga sabab nima?
Javob: Sababi o'sha teshikdan doimiy ravishda issiq xavo chiqib turadi. Shuning uchun u yomg'ir va qor tomchilarini qaytaradi va bug'lantirib yuboradi.

1032. Uni tekshirish natijasida har xil diagnozlar qo’yilgan:
Mikroxirurglar Kurte va Grippo tananing o’ng qismi atrofeyasi deb tashxis qo’ygan. Doktor Bent Kristianson faqat yuzi falaj bo’lgan deb hisoblaydi. Doktor Nakamura esa unda astma borligini aniqlagan. 1961 yil Leo Valla kuchli texnologiyalar asosida tekshirib, uni — mongoloid irqiga mansub degan xulosaga kelgan. 1 daqiqadan keyin, siz menga ushbu olimlarning "œmijozini" yozib bering.
Javob: Mona Liza - Jakonda

1033. Yaqinda TNT kanali orqali efirga uzatilgan "œTaksi" ko’rsatuvining 1 sonida "œQiyin savollar" toifasi bo’yicha berilgan savoldan na’muna:
Savol quyidagicha: "œIshonish qiyin bo’lsa ham uning ko’zi ko’rmas bo’lgan ekan. Bu to’g’rimi?"
Yo’lovchilar esa uzoq o’ylab "œHa" deb javob berishdi. Shunda boshlovchi ham "œU qanaqasiga ko’r bo’lishi mumkin?" deb javob noto’g’riligini e’tirof etdi. Agar savolda aytilgan shaxsning millati yapon bo’lsa, unda menga uning to’liq ismini va kasbini ayting.
Javob: Akiro Kurasava, rejissyor. ("Dersu Uzala" filmini eslang)

1034. Shveytsariyada nodir va eski kitoblar sotiluvchi magazin mavjud.(bukinistlar magazini) Uning boshqalaridan farqli tomoni kitoblar og’irligiga qarab sotiladi va narxlanadi. Siz endi menga aytingchi, xaridorlar qanday mahsulotlarni bu magazindan chegirma asosida xarid qilishi mumkin?
Javob: Poetik va she'riy dostonlarni. Sababi ular katta hajmda bo'ladi.

1035. Qilingan ixtirolarning asosiy amaliy maqsadi ko’pincha tor doirada bo’ladi. Masalan: Xronometr ixtiro qilinganda dengizchilar faqat aniq uzoqlikni bilish uchun foydalanishgan. Xuddi shunga o’xshab qanday maqsad uchun ingliz shifokori Jon Flouer sekundni ko’rsatuvchi strelka ixtiro qilgan?
Javob: Yurak pulsni o'lchash uchun

1036. Xitoyda u boylik ramzi, Misrda o’lim va ruh ramzi sifatida qarashgan. Gretsiyada esa uni o’lchov asboblariga tasvirlashgan va u savdoda halollik belgisi bo’lgan. U xozir bir o’yinning ramzi. Xo’sh bu qaysi o’yin?
Javob: "Nima? Qayerda? Qachon?" o'yinining ramzi. Gap Boyo'g'li haqida ketmoqda.

1037. Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark  shunday gap aytgan: Odamlar ovdan keyin, sayr vaqtida va undan oldin ko’proq yolg’on gapirishga moyil bo’ladilar. Savol, nimadan oldin?
Javob: Saylovdan oldin

1038. O O T T F F S S ........
Bu xarflar ro’yxatida qaysi xarf ortiqcha va nima uchun?
Javob: Birinchi O harfi ortiqcha. Sababi bu ro'yxat ingliz raqamlarining bosh harflari edi. One, Two,Thre, Four, Fife......

1039. Olimpiyada tarixida 100 metrga yugurish bo’yicha chempionlar ko’p. Lekin ular orasida 1900 yili chempion bo’lgan Tomas Berk nomi alohida qayd etilgan. U boshqa sportchilardan farqli o’laroq u narsani birinchi bo’lib qo’llagan va chempion bo’lgan. Aytingchi Tomas Berkning alohida qayd etilishiga sabab nima?
Javob: U ilk bor quyi startni boshlab bergan, ya'ni tizzalab yugurgan

1040. 1970 yillari SSSRda ishlab chiqarilayotgan konservalarning ustiga ma’lum bir harflar yozim qo’yilgan. Masalan: "œA", "œБ" va h.k. Mantiqiy o’ylagan holda bu harflarning eng oxirgisi qaysi va bu qanday ma’noni bildirishini ayting
Javob: "Л" harfi. Bu harflar u konservaning qaysi oyda chiqqanligini bildirgan. 12 harf esa bu "Л" harfi.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 07 Iyul 2008, 18:47:36
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1041-1050

1041. Bu narsa 1895 yili Syurixlik bir kishi tomonidan ixtiro qilingan. Lekin uning ommaviylashishi sekin davom etgan. Faqatgina  I jahon urushiga kelib uning targ’iboti keng ko’lamda bo’lgan va uning qulayligi urushda o’z isbotini topgan. Menga gap nima haqida ketayotganligini emas, balki o’sha ixtirochining ismini ayting.
Javob: King Kemp Jillet. Xavfsiz ustara ixtirochisi

1042. Ularning soni hozirgi zamon olimlari tomonidan 54-58 deb aytiladi. Gap shundaki ularning ko’rinishlari har xil, hatto ba’zilarining chegarasi yo’q. Ulug’ bobomiz Abu Rayxon Beruniy ularning nechtasini bilganini bilmadiku, lekin qadimgi yunonlarga ularning 7 tasi ma’lum bo’lgan. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Dengizlar. Sargossa dengizining chegarasi yo'q.

1043. Yaponlarda "œbe" o’tirmoq degani. Xo’sh unda "œteribe"  qanday tarjima qilinadi?
Javob: Televizor

1044. Sovet haykaltaroshi Kuratov 1 kishining yubileyi uchun uning haykalini yasaydi. Unda o’sha inson yoniga kuchuk, mushuk, maymun, g’oz kabi bir necha hayvonlarning ham haykallarini joylashtiradi. Diqqat savol, u kimning haykalini yasagan edi?
Javob: Mashhur masalchi Krilovning haykali

1045. Shimoliy Amerika hindulari uchun u uy, idish-tovoq, qurol, oziq-ovqat, kiyim-kechak vazifani o’tagan. Savol, u nima?
Javob: Bizon.

1046. 25 litr suvni atigi bir tomchi u bilan bulg’ash mumkin. U nima?
Javob: Neft

1047. AQShda u  o.k.y., Yaponiyada  y.o.k., bizda esa  k.o.y. ko’rinishida. Savol, gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Sanalarning yozilishi edi. Bizda kun, oy, yil yoziladi. Ularda esa aksincha

1048. 1958 yili Shvetsiyada bo’lgan futbol bo’yicha Jahon chempionatida 16 jamoani guruhlarga bo’lish uchun qur’a tortish marosimi bo’lgan. Unda barcha jamoalar hududiy yaqinligidan kelib chiqib 4 guruhga bo’lingan. Bunda 1-guruh "œG’arbiy Yevropa", 2-guruh "œSharqiy Yevropa", 3-guruh  "œAmerika" deb nomlangan. Xo’sh unda oxirgi 4-guruhga qanday nom berilgan edi?
Javob: Buyuk Britaniya. Sababi o'sha yili B.Britaniyaning 4 ta davlati ham chiqishgan edi.

1049. Yunon faylasufi Demokritning bir gapi bor: Agarda kimga yaxshi kuyov uchrasa unda u o’g’illi bo’ladi. Agar yomon kuyov uchrasa"¦  Jumlani to’diring.
Javob: Qizingdan ayrilasan

1050. Sigir - 4, cho’chqa - 8, tipratikan — 10, yaguar — 11, ko’rshapalak — 20. Xo’sh, bu ko’rsatkich insonda o’rtacha nechaga teng?
Javob: 7-8 soat. Gap uxlash haqida ketmoqda
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 07 Iyul 2008, 18:48:36
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1051-1060

1051. Bu ro’yxat boshida  Indoneziya turadi. 2-o’rinda Yaponiya. 3-o’rinda 2000 yilgacha Buyuk Britaniya turgan. Xozir Filippin 3-o’ringa ko’tarilib olgan. Savol, bu ro’yxat nimaga qarab tuzilgan?
Javob: Orollar soni bo'yicha

1052. Narshaxiyning ma’lumotiga ko’ra arablar istilo qilgan hudud aholisi arablardan moddiy manfaatdor bo’lishgan. Arablar mazkur hudud aholisiga bir ishlari uchun 2 dirxamdan berishgan. Qanday ish evaziga?
Javob: Namoz o'qigani kelgani uchun.

1053. Turklar uni "œshayton ovozi", nemis dengizchilari "œmusson shamoli", inglizlar "œeng baxtsiz kishilar ovozi" deya ta’riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida bor. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Hushtak

1054. Ularning birinchisi yevrey, keyingilari yunon, italyan, fransuz, ingliz, portugal, ispan. Menga bularning xozirgisi va undan oldingisini nomma-nom ayting.
Javob: Gap Rim Papalari haqida edi. Xozirgisi Benidikt XVI, oldingisi Ioan Pavel II

1055.  1751 yili Angliyadagi bir reformadan ko’chilik norozi bo’lgan. Ular mazkur islohat tashkilotchisi bo’lgan lordning uyiga borib "œBizning 2,5 "¦mizni qaytaring" deya aytishgan. Ular nimasini qaytarishni talab qilishgan va bu qanday islohat edi?
Javob: Ular Grigoriy kalendariga o'tgan va o'shanda sana 17 fevraldan 1 mayga o'tgan.

1056. AQShda har bir shtatning o’z "œTayms"i bor. Masal, "œNew York Tayms", "œLos-Angeles Tayms" va h.k. Unda aytingchi "œTundra Tayms" gazetasi qayerdan chiqadi?
Javob: Alyaska

1057. Yevropa politsiyasi bronjeletni ekstremestik harakatlarda, ish tashlashlar vaqtida va har hafta bir joyga borganda kiyishadi. Savol, yana qayerga borganda ular bronjelet kiyib olishadi?
Javob: Futbol uchrashuvlariga

1058. XV asrda Parij shahri 3 qismga bo’lingan. 1 — Sobor, 2 — Luvr. 3 — qism    qanday nomlangan?
Javob: Sarbonna

1059. 85 yoshdagi mashhur Akademik uylanmoqda. U o’z to’yida qadah so’zi aytmoqda: "œSevgi misoli ummon. Men uningsiz yasholmayman. Uni sevdim va bundan uyalmayman". Bu kimning to’yi edi?
Javob: Jak Iv Kusto

1060. Amerika shifokorlari televizorning insonlarga salbiy ta’siri to’g’risida tajribalar o’tkazdi. Ularning aniqlashicha televizor yonida ko’p o’tirish ko’z kasalliklarini keltirib chiqara ekan. Ular bu holat yana bir mintaqaga xos bo’lgan kasallikni keltirib chiqarmoqda deya ma’lumot berishdi. Bu qanday kasallik?
Javob: Semizlik
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 10 Iyul 2008, 09:59:36
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1061-1070

1061. 1996-yilning Fevral oyida "USA Today" degan gazeta bir insonni portretini "Insoniyat uchun turib bera oladimi?"  degan sarlavha bilan bosib chiqardi. Savol, kimning portreti chop etilgan edi?
Javob: Garri Kasparov. U o'sha yili kompyuterga qarshi o'ynagan

1062. Bu kompaniya Tayota, Adidas, Microsoft kabi uzoq tarihga ega bo'lmasada dunyo bozorining 70% ini egalladi. U faoliyatini 15000 dan ortiq ishchi yordamida 115 tilda va hozirga kelib 8 mlrd. hamkor bilan olib boradi. Uning mahsuloti butun sayyorani ko'rishga yordam beradi. Qaysi kompaniya to'g'risida gap ketayapti?
Javob: Google

1063. Stiven Frayning bir hazili bor, 50 yoshda vafot etgan Gabriel, o'zini 122 yoshda deb hisoblagan, :-)) savol, Gabrielning familiyasi nima edi?
Javob: Farengeyt. Sababi Farengeyt shkalasi bo'yicha 50 Selsiy daraja (C) 122 ga teng.

1064. Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo, bir kitob yozdi va ingliz tiliga tarjima qildirib Britaniyaga sotuvga qo'ydi, biroz vaqt o’tgach, sotuv qanday ketayotganini tekshirish maqsadida kitob sotuvchiga xat yozdi va o'z xatida sotuvchining intellektual salohiyatini ham tekshirib ko’rmoqchi bo'ldi, xatni kod orqali yozdi, shundan keyin kitob sotuvchi ham Viktor Gyugodan qolishmagan holda, kitobning juda yaxshi sotilayotganini aytib javobini kodli tarzda qaytardi, uning xati birgina "!" belgisidan iborat edi. Viktor Gyugoning xati qanday bo’lgan?
Javob: "?"

1065. Dunyoning turli shaharlarida har xil adabiy qahramonlarga o‘rnatilgan haykallarni uchratish mumkin. Mamlakatimizdagi bir shaharda esa Alisher Navoiyning "œHamsa" sidagi qahramonlardan biriga o‘rnatilgan haykalni ko‘rish mumkin. Men sizdan u qaysi shahar ekanligini so‘ramayman, siz menga o‘sha adabiy qahramonning ismini ayting.
Javob: Farhod.

1066. Dunyoda hech qaysi "œbotqoqlik" uchalik mashhur bo‘lmagan. Uning uzunligi 74 km, 1300 m gacha, havzasining maydoni 5 ming km2. Ushbu "œbotqoqlik"dagi 42 ta orolda dunyodagi eng go‘zal shaharlardan biri joylashgan. Qaysi shahar?
Javob: Sankt-Peterburg. Neva-fincha botqoqlik degani.

1067. O’zbek tilida turli boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar ko‘p ishlatiladi. Shulardan biri frantsuz tilidagi abonner ya’ni yozilmoq so‘zidan olingan. Bu so‘zni yilda bir marta eslanishini nazarda tutgan holda u nimaga nisbatan amalga oshirilishini ayting.
Javob: Gazeta va jurnallarga.

1068. 1921 yilgacha ishonchli bo‘lgan shahar birdaniga nomini o‘zgartiradi. 1997 yilga kelib o‘z o‘rnini oq qabrga bo‘shatib berdi. Bu voqealarning barchasi qaysi davlatda sodir bo‘ldi?
Javob: Qozog‘iston.

1069. Diqqat savolda tushirib qoldirilgan so‘z bor. 19 asrlarda yashagan qozi Abdunabi Hotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonida: "œAsar yozishdan maqsadim uning oqila, fahmli, ilm va so‘zning qadriga yetadigan donishmand ayol ekanligini ko‘rsatishdir... Tushirib qoldirilgan so‘z vafotidan so‘ng bu iffat sadafining injusi kunlarni hasratu firoq bilan shu tariqa o‘tishini noshukurlik deb bildi.". Tushirib qoldirilgan so‘zni bitta so‘z bilan yozib bering. 
Javob: Umarxon.   

1070. Odatda biror narsaning sinishi yoki sindirilishi baxtsizlikka yo‘yiladi. Lekin uni sindirish albatta rozilikka, yaxshilikka olib keladi. Nimaning sinishi yaxshi belgi hisoblanadi?
Javob: Non. 
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 10 Iyul 2008, 09:59:55
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1071-1080

1071. Frantsiyaning Bezanson shahrida fotografiya bilan qiziquvchi rassomning oilasida 1862 yili birinchi o‘g‘il tug‘ilganida unga Ogyust deb ism berishadi, oradan ikki yil o‘tib ikkinchi o‘g‘il Lui dunyoga keladi. Ular ulg‘aygach o‘z otalarining familiyasini butun dunyoga mashhur qilishadi. Siz menga o‘sha rassomning familiyasi qanday bo‘lganini ayting.
Javob: Lyumer.

1072. O’zining san’atdagi ilk qadamlarini u kabutarlarni tasvirlashdan boshlagan, aniqrog‘i o‘z otasi chizgan kabutarlarga oyoqchalar chizib qo‘yishdan boshlagan. Keyinchalik esa mashhur rassom bo‘lib yetishgach, u o‘zining bu qushga bo‘lgan muhabbatini yana bir bor namoyish qildi. Siz gap kim haqida ketayotganini anglagan bo‘lsangiz, u asosan rassomchilikning qaysi yo‘nalishida ijod qilganini yozib bering.
Javob: Kubizm. 

1073. Mashhur yunon haykaltaroshining ismiga hukmdorlik titullaridan birining nomini qo‘shadigan bo‘lsak, mashhur hukmdorning uchinchi o‘g‘lining nomi kelib chiqadi. Siz menga o‘sha mashhur hukmdorning kim ekanligini ayting.
Javob: Amir Temur.  (Miron - shoh)

1074. Balxning janubiy tarafidagi shahar yonida joylashgan otashparastlarning qadimiy butxonasi, 1972 yilda mamlakatimizda vujudga kelgan shaharcha, 1980 yilda tashkil etilgan tuman,  Farg‘ona viloyati Furqat qishlog‘idagi qishloq va oliy liga futbol jamoasi aynan bir hil ataladi. Qanday ataladi?
Javob: Navbahor.

1075. O’z mahsulotini jahon bozoriga chiqarib sotish oson ish emas va bu ishni hamma ham eplayvermaydi. Lekin bir shaharning aholisi hohlagan paytida o‘z mahsulotini u sifatli bo‘ladimi, sifatsiz bo‘ladimi, jahon standartlariga javob beradimi yo‘qmi baribir jahon bozoriga olib chiqib sotaveradi. Bu qaysi shahar?
Javob: Namangan.

1076. Abumuhammad Ilyos ibn Yusuf ibn Zakiy Muyyad boshlab bergani an’anani keyinchalik boshqalar ham davom ettirganlar. Siz menga uning boshlab bergan an’anasi bilan bog‘liq sonni ayting.
Javob: 5. Yuqoridagi shaxs Nizomiy Ganjaviy.

1077. Mashhur sayyoh D. Livingston uni to‘ntarib qo‘yilgan ulkan sabziga o‘xshatgan. Afrikaliklardagi bir rivoyatda: «Kunlardan birida qudratli tangri undan g‘azablanib, uni sug‘urib olganu, ildizini yuqoriga, shoxini pastga qaratib to‘ntarib yana yerga tiqib qo‘ygan» deyiladi. Bu nima?
Javob: Baobab daraxti.

1078. «Deyli telegraf» gazetasining 1976 yil 29 iyul sonida «Qanday qilib omadsiz bo‘lib, xech narsa qilmaganlik uchun pul olinadi?» sarlavxasi ostida material chop etilgan. Bu maqola kimlar xaqida edi?
Javob: Tilanchilar xaqida.

1079. Hindistonda xar oyda ularga ma’lum miqdorda pul to‘lab boriladi. Bundan tashqari, ular bepul tibbiy xizmatdan foydalanishlari mumkin. Ular qarigan paytida ham davlat qaramog‘ida bo‘lishadi. Ular buning uchun davlat bilan shartnoma tuzishadi. Agar ular shartnomani buzishsa,ularni qamoq va jarima jazosi kutadi. Ular kimlar?
Javob: Hech qachon turmush qurmaslikka qaror qilgan insonlar.

1080. Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Z. Tursunxo‘jaevning yozishicha, agar ushbu maqolga amal qilinsa, xosildorlik gektariga 3 tsentnerdan 6 tsentnergacha yuqori bo‘ladi. Bir daqiqadan keyin shu maqolni aytib bering.
Javob: «Yer xaydasang kuz xayda, kuz xaydamasang yuz xayda».
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 10 Iyul 2008, 10:01:38
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1081-1090

1081. Kongoda aholi uning 500 tasidan, Indoneziyada 250 tasidan, Sudanda esa 117 tasidan foydalanishadi. U nima?
Javob: Til.

1082. Tijortda raqobatga qarshi uchta qudratli qurol bor: 1. Sifat. 2. Narx. 3-nima?
Javob: Reklama.

1083. U daraxt Markaziy Osiyoda hosiyatli daraxt hisoblangan. Ocharchilik yillarida ham uning pishig‘iga yetganlar tirik qolishgan. U daraxtni kesish baxtsizlik sanalgan. U qanday daraxt?
Javob: Tut daraxti.

1084. O’tkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» ida shunday yozilgan: «Ikkita eng holis hakam sinovidan o‘tgan asar haqiqiy asardir. Birinchisi tabiiyki, kitobxon. Ikkinchisi nima?
Javob: Vaqt.

1085. Ozod Sharofiddinov aytgan: «Tanqidchi ijod bog‘iga bolta emas, uni ko‘tarib kirishi kerak». Nimani?
Javob: Tokqaychi.                                   

1086. Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bu so‘zning har bir harfiga bir ma’no berganlar. Bu so‘zda ittifoqlik, saodat, latofat, oqibat va muhabbat mujassamlashgandir. Bu qaysi so‘z?
Javob: Islom.

1087. Islandiya poytahti Reykyavikdan 112 km janubi-sharqda Surtsey degan vulkan bor. Bu vulkanning boshqa vulkanlardan farqi bor. Bu farq nimada?
Javob: Bu vulkan dengiz ostidan otilib chiqadi.

1088. Bu daraxt Afrika shimolida shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga, qisqasi, kun ko‘rish uchun zarur narsalarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Sahroi kabirning ayrim viloyatlarida uning mevasi hamon pul vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu qaysi meva?
Javob: Xurmo.

1089. Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to‘xtaydi, maymunlar ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashin tezligida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, podada ma’rayotgan qo‘y, echkilarning ovozi o‘chadi, tuyalar arqonini uzib qochadi, otlar oldinig ikki oyog‘ini tik ko‘tarib, og‘ir hansirab, kishnay boshlaydi va zo‘r berib orqasiga tisariladi, itlar dumini qisib egasining pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitganda hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi. Bu qanday ovoz?
Javob: Sher na’rasi.

1090. Polineziya orollarida ularga cho‘chqa va toshbaqa go‘shti, tunets balig‘i, tovuq kabi lazzatli taomlar iste’mol qilish man etiladi. Kimlarga nisbatan bunday ta’qiq qo‘llaniladi?
Javob: Ayollarga.
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 10 Iyul 2008, 10:01:59
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1091-1100

1091. Bu hayvon nomining tarjimasi mahalliy qabilalardan birining tilida «ichmaydi» degan ma’noni bildiradi. Bu hayvon haqiqatdan ham suv ichmaydi. Evkalipt barglari tarkibidagi suv uning uchun kifoya. Bu qaysi hayvon?
Javob: Koala.

1092. Indoneziyaning Bali orolida yashovchi har bir inson umrida uch marotaba ibodatxonaga zambilda keltiriladi: birinchi marta-yigit yoki qiz balog‘atga yetganida, ikkinchi marta-nikoh to‘yida. Uchinchi marta qachon?
Javob: Birinchi o‘g‘il ko‘rganda.       

1093. Vengriyada yangi yilda bayram dasturxoniga turli-tuman taomlar, tamaddilar, ko‘katlar, ko‘p hil noz-ne’matlar tortiladi. Mehmonlar oldiga cho‘chqa bolasi butunligicha keltirib qo‘yiladi. Lekin dasturxonga bir turkum taomlargina qo‘yilmaydi. Qanday taomlar?
Javob: Parranda go‘shti.

1094. Bu moslamani  ilk bor 1670 yilda nemis ustasi Erxard Veygel Ienada turar joy binosida qurgan edi. Keyinchalik uni rivojlantirishda amerikalik muhandis Elishey Otis o‘z hissasini qo‘shdi. Mana salkam 340 yilki u insoniyatga beminnat xizmat qilib kelmoqda. U nima?
Javob: Lift.

1095. Bu daho yaratgan ixtirosini stol ustiga qo’yib o’rinbosari Jon Kruezining diqqatini jalb qiladi va ixtirosining "œshoxchasi"ga qarab "œMerining qo’zichoqlari bor edi" deb qichqiradi. Keyin nima ro’y berganini bilgan bo’lsangiz, menga kashfiyotchini emas, uning ixtirosi nima ekanligini ayting.
Javob: Fonograf (Tomas Edison ovozini yozib olgach apparat uni qaytaradi)

1096. 1912 yil 13 noyabr Namanganning Chuqur ko’cha dahasida yashovchi Mamatxo’ja va Xolambibilarning oilasida dunyoga kelgan o’gil farzandga tegishli Kemerova viloyati ichki ishlar boshqarmasida saqlanayotgan "œdelo"ning 91-betini o’qiyman:
"œMaxbus 1944 yil 9 mart kuni soat 14:00 da o’pka sili 2-darajali pellogra va yurak quvvatsizligi natijasida 3-statsionarda vafot etdi."
Bu kim edi?
Javob: Usmon Nosir

1097. Rossiya, Qozog’iston, Mug’uliston, Qirg’iziston, Shimoliy Koreya, Tojikiston, Vetnam, Afg’oniston, Makao, Pokiston, Laos, Nepal, Myanma, Butan. Agar bu davlatlarni nima birlashtirib turganini aniqlagan bo’lsangiz men aytmagan yana bir davlatni topishingiz kerak.
Javob: Hindiston (Barchasi Xitoy bilan chegaradosh)

1098. Qo’l yozmadan na’muna keltiraman:
"œAgar kraxmallangan matodan tikilgan vintli qurilma ish bersa v tez aylansa, u havoda tirgak xosil qiladi hamda bulutlar orasiga  ko’tariladi."
Menga qo’l yozma muallifini va ta’riflangan chizma nimaning ajdodi ekanligini ayting.
Javob: Leonardo Da Vinchi, vertalyot

1099. Dunyoda uning 600 dan ortiq turi mavjud. Nima uchundir uni ishlab chiqaruvchi dastlabki fabrika Italiyada emas, balki 1848 yili Nyu-Yorkdagi Bruklin shahrida Antoini Segera tomonidan ochilgan. Gap nima haqida ketayotganligini topgan bo’lsangiz, u sifatli bo’lishi uchun tarkibida nima kamida 5.5% ni tashkil etishi kerak?
Javob: Tuxum (Gap Makaron haqida bormoqda)

1100. Qo’lsiz oyoqsiz eshik ochar. Bu shamol ekanligi hammamizga yoshlikdan ma’lum. Ammo Ginnesning Rekordlar kitobiga kirgan Litvalik Antanas Kontrimas 2001 yili 11 martida 59 kg.li qizchani 10,93 soniya qo’l-oyoqsiz qanday qilib ko’tarib turganligini aytinchi?
Javob: Soqoli bilan
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 10 Iyul 2008, 10:02:13
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1101-1110

1101. Ma’lumki sport o’yinlarida muhim rolni hakamlar emas, balki sportchilarning o’zlari bajarishadi. Ammo qaysi sport turida bitta o’yinchiga naq 6,5 hakam to’g’ri keladi. Bu qaysi sport?
Javob: 2-kishilik Kort Tennisi

1102. U og’ir tanazzul vaqtida tug’ilgan. Oilasini erta tark etishga to’g’ri kelgan. Tirik qolish uchun konsertlar qo’ya boshlagan. So’ngi konserti u uchun fojiali yakunlangan. Menga bosh qahramon va uning qotilini ayting.
Javob: Bo’g’irsoq va Tulki

1103. Har birimiz yoshligimizda juda ko’p ertaklar eshitganmiz. Yalmog’iz kampir, ko’rinmas odam va h.k. Siz esa menga olti oyoqli, bir boshli, ikki ko’zli va dumi bor mavjudod muallifini ayting.
Javob: Mayn Rid ("œBoshsiz chavandoz")

1104. Ma’lumki urushlar hech qaysi bir davlat yoki mamalakatga yaxshilik olib kelmagan. Umuman insoniyat uchun katta zarar. Ammo XX asrda Yevropadagi bir davlatda bo’lib o’tgan urush Yevropadagi boshqa bir davlatga quvonchli damlarni hadya etgan. Sizlar esa menga o’sha ikkita davlatni ham ayting.
Javob: Daniya — Yugoslaviya. Daniya 1992 yil Futbol bo’yicha Yevropa Chempioni bo’lgan.

1105. Miloddan avvalgi 47 yilda Rim Senatiga bir insondan xat keladi. Qani bir yaxshilab o’ylab ko’ringchi o’sha xatda qaysi 3 ta so’z yozilgan bo’lishi mumkin.
Javob: Vini Vidi Vichi (Keldim, ko’rdim, g’alaba qildim)

1106. Antik zamonlarda Hind va Ganga daryolari faunalari o’rganilgach Nil daryosining manbasi Hindistondan boshlanadi degan fikrga kelishgan. Nimalar bu fikrni vujudga kelishiga sabab bo’lgan?
Javob: Timsohlar

1107. Rim imperatori Filipp Arab milodiy 248 yil 6 aprel kuni juda dabdabali bayramlar o’tkazadi. Savol u nimani nishonlagan edi?
Javob: Rimning  1000 yilligini

1108. Uning asarlari nomida besh, o’n besh, sakson, yigirma ming va hatto besh yuz million raqamlarini uchratish mumkin. U kim?
Javob: J.Vern

1109. AQSH Indiana Shtati Universitetining asosiy kutubxonasi har yili 1 dyumga (2.54 sm.ga) yer ostiga kirib ketmoqda. Sababi esa arxitektoe va quruvchilar qilgan xatodir. Diqqat savol: loyihalashtirilayotganda ular nimani hisobga olishmagan?
Javob: Kitoblar og’irligini

1110. Bu "œmashina" umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo agar biz yil  bo’yi butun dunyodagi ularning yurgan "œyo’li"ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bu "œmashina" nima ekanligini toping.
Javob: Soat
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 10 Iyul 2008, 10:02:30
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1111-1120

1111. Kastor va Polidevk, Gerakl va Meleagr, Orfey, Peley va Telamon. Ularning boshqaruvchisi kim?
Javob: Yason

1112. Nima uchun oshxonamizdagi rakvina tagidagi truba "œS" shaklida bo’ladi? Bu holatni biz hammom vannasi tagida ham kuzatishimiz mumkin.
Javob: Kanalizatsiyadagi yoqimsiz hidlarni xonaga kirishdan saqlaydi

1113. Stalin, Brejnev, Andropov, Chernenko va Gorbachyov u mansab egasi bo’lishgan. Lenin va Xrushyov esa bo’lmagan. Bu qaysi mansab?
Javob: Bosh kotib (Gen. Sekretar)

1114. A, K, Q, J, ..... qatorni davom ettiring.
Javob: 10, 9, 8, .....(O’yin kartalari A — Tuz(Ace), K-Qirol (King), Q-Dama (Queen), J-Valet (Jack))

1115. Ma’lumki 19 asrda dunyodagi ko’pgina kuchli kapitalistik davlatlar singari Rossiyada ham temir rudasi qazib olish va temir quyish juda rivojlangan. Rossiyada ishlab chiqarilgan temirning 4 dan 3 qismi bitta narsa uchun ishlatilgan. Nima uchun?
Javob: Temir yo’l qurishga

1116. "œTransamerikan ekspress" da sayohat qilayotgan bir fransuz shunday eslaydi, ya’ni vagon restoranida u qo’shni stolda o’tirgan kishi bilan bir xil ovqat buyurgan bo’lsada, u sal keyinroq ovqatlanib bo’lgani uchun arzonroq to’laydi. Buni sababini so’raganda ofitsiant tushuntirib beradi. Xo’sh ofitsiant qanday javob bergan?
Javob: Biz xozir boshqa shtatga kirib keldik, bu yerda soliqlar arzonroq. Shuning uchun sizning ovqatingiz arzon bo’ldi.

1117. Ba’zi fransuzlar xitoyliklar haqida shunday xazillashishadi. Xitoyliklarda: 3 ta armon bor: ular poroxni ixtiro qilishgan, ammo pushkani emas, ular yozuvni chop qilishni(pechat) ochishgan, ammo gazetani emas, ular komposni ixtiro qilishgan, ammo .....ni emas. Xo’sh Xitoyliklar nima qilishmagan?
Javob: Amerikani ochishmagan

1118. Stokgolmdagi moliyaviy Boshqarmada ishlaydigan Elfrid Karlson 20 dan ortiq kuchukcha hurushni biladi. Bu nimaga kerak?
Javob: U kuchuklarga soliq soladi.

1119. Buni qarangki sizni chalmoqchi bo’lgan shaxs sizga qurbonlik ham bermoqchi. Lekin siz uni qabul qilmasligingiz ham mumkin. Aytingchi sizni chalmoqchi bo’lgan shaxs kim?
Javob: shaxmatchi (Gambit — bu "œchalmoq" degani. Bunda bir sipoh qurbon qilib yakunda g’alabaga erishiladi)
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 13 Yanvar 2010, 18:31:26
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1121-1130


1121. Hech nimaga hayron qolmaydigan odamdan Olim chiqadi,
Hamma narsaga hayratlanadigan odamdan ........
davomini to‘ldiring.
Javob: Hamma narsaga hayratlanadigan odamdan ........ shoir chiqadi.

1122. Dunyodagi eng aqlli jonivor - baliq. Birinchidan - soqov, ikkinchidan....
davomini to‘ldiring.
Javob: doimo dumini likkillatadi

1123. Odam qancha ko‘p qiziqsa, shuncha ko‘p o‘qiydi. Qancha ko‘p o‘qisa, shuncha ko‘p biladi. Qancha ko‘p bilsa, ..................
davomini to‘ldiring.
Javob: Shuncha yashashi qiyin bo'ladi

1124. 1 Nyu York, AQSh 468
2 Parij, Fransiya 368
3 London, Buyuk Britaniya 270
4 Tokio Yaponiya 217
5 Moskva, Rossiya 171
Bu qator qanday qator?
Javob: Metropolitenlar bekatlari soni

1125. U haqda nomdor mashshoqlar shunday derdilar: "œBu bolakay hammamizning shuhrat yulduzlarimizni xiralashtiradi". Uning tinimsiz mehnati tufayli dunyo san'at olami 700 ga yaqin betakror san’at namunalari bilan boyidi. U kim?
Javob: Motsart

1126. Bu hayvon tilining uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o‘z quloqlarini tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat - ko‘pchilikning nazdida tuya suvsiz eng ko‘p vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar uning tuyaga nisbatan ko‘proq muddat suvsiz yura olishi mumkinligini isbotlashdi. Bu qaysi hayvon?
Javob: Buqalamun

1127. Vena qon tomirlarini emlash XVII asr o‘rtalaridan boshlangan bo‘lishiga qaramasdan, U Charlz Gabriel Pravaz va Aleksandr Vud tomonidan 1853 yilda, ya’ni ikki asr keyin ixtiro qilingan. U nima?
Javob: Shprits

1128. Aleksandr Makedonskiyning onasining ismi?
Javob: Olimpiyada

1129. Dunyodagi tillarning aksariyatida bu so`zi "œM" harfi bilan boshlanadi. Bu qaysi so'z bo'lishi mumkin?
Javob: Ona

1130. Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell onasi va xotiniga biron marta ham qo‘ng‘iroq qilmagan — Nima uchun?
Javob: Ular kar bo'ishgan
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 13 Yanvar 2010, 18:37:13
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1131-1140

1131. Uning nomi ixtirochisi nomidan kelib chiqqan ekan. 1841 yil Belgiyalik Entoni ____ yaratgan bu cholg'u asbobi keyinchalik ___ning ovozi-______ deyila boshlangan. Bu nima?
Javob: Entoni Saks - Saksofon.

1132. Jeyms Naysmit tomonidan u 2 ta olma savatini tepaga ilib qo'yish natijasida paydo bo'lgan. U nimani ixtiro qilgan?
Javob: Basketbol

1133. Uni 1839 yil Shotlandiyalik Kirkpatrik Makmillan yaratgan. U bu qilgan ishi uchun ruhoniylar tomonidan tanqidga uchrab 1 hafta qamoqqa ham tushib chiqqan. U nimani yaratgan?
Javob: Velosiped

1134. Bu mashina 1846 yil AQShlik Elias Xou tomonidan ixtiro qilingan. Bu qanday "mashina" ?
Javob: Ayollar yaxshi ko'radigan mashina - tikuv mashinasi.

1135. Gvadelupa, Gibraltar, Monako, Nauri, Singapur va Bermud. Bu maskanlar 100 foiz _____ talabiga javob beradigan dunyodagi sanoqli joylardir. Qaysi talabga?
Javob: 100 % shahar talabiga javob beradi

1136. Inson tarqatishi mumkin bo'lgan eng baland tovush qichqiriq emas, balki u ekan. U ayrimlarda naq 69 detsibelga yetar ekan. U nima?
Javob: Xurrak

1137. Har yili bir paytda Yerning bu qismi 10 trillion tonnaga og‘irlashadi. Nima uchun, qachon  va bu yerning qaysi qismi?
Javob: Antarktida muzlaganda

1138. Aniqlanishicha, bu ro'yxatning ikkinchi o'rinida burgutlar, undan keyin otlar, sigir va fillar tasvirlanar ekan. Birinchi o'rinda nima tasvirlanadi va bu qanday ro'yxat?
Javob: Birinchi o'rinda sher. Bu gerbda tasvirlangan hayvonlar

1139. Bir rivoyatga ko'ra, xoqon ovga chiqdi va odamlarga vahshiy hayvonlarni Ila daryosi tomon quvishni buyurdi, bu juda katta suv. Odamlar ov qilib hayvonlarni suv tomon hayday boshladilar, shunda .... nechta hayvon suvdan o‘tdi va ular nimani atab berishdi?
Javob: Ular shaharga nom bergan

1140. Eng keng tarqalgan yuqadigan kasallik shamollash, eng keng tarqalgan yuqmaydigan kasallik-chi?
Javob: Karies
Nom: Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 13 Yanvar 2010, 18:51:31
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1141-1150

1141. Asosan kompyuter mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bu kompaniya butun dunyoda yuqori sifat ramzi deb tan olingan. 2007 yili kompaniya nomidan «computer» (kompyuter) atamasi olib tashlandi. Buni muassasa faoliyat ko‘lamini kengaytirib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishgani bilan izohlash mumkin. Bu qaysi kompaniya?
Javob: IBM

1142. Bir rivoyatga ko'ra, xoqon ovga chiqdi va odamlarga vahshiy hayvonlarni Ila daryosi tomon quvishni buyurdi, bu juda katta suv. Odamlar ov qilib hayvonlarni suv tomon hayday boshladilar, shunda .... nechta hayvon suvdan o‘tdi va ular nimani atab berishdi?
Javob: Muchal, 12 ta hayvon suvdan o'tgan.

1143. Sahroi Kabir cho‘llarida yiliga 160 ming muqim, vertikal va gorizontal nimalar kuzatiladi?
Javob: Sarob

1144. Uylarni raqamlash ilk marta XVIII asrda Londonla paydo bo‘lgan. Ungacha nima bilan aniqlanardi?
Javob: Ungacha uy egasining ismi bilan atalgan. Masalan, Janob Smit xonadoni....

1145. Benjamin Franklin uni shunday ta’riflagan: "œU — o‘choqqa o‘tin, qozonga - go‘sht, dasturxonga — non, davlatga — daromad, hamyonga — pul, tanaga — kuch, ustga — kiyim-bosh, miyaga — aql, oilaga — farovonlik baxsh etadi". Bu ta’rif insonning irodasiga bog‘liq qaysi xislatga tegishli?
Izoh: buni zamonaviy muammolarning oldini olishdagi eng yaxshi xislat deb atash ham mumkin. Yana bir yordam: musulmonlarga bu xislatning keragi yo‘q.
Javob: Hushyorlik (mast emaslik)

1146. XVIII asrda yashagan Rossiya malikasi Yekaterina II o‘zini tanqid qilgani uchun o‘sha davrdagi mashhur rus tarixchisi Nikolay Novikovni 1792 yil 1 avgustda 15 yilga qamoqqa hukm qildi. Ammo bir tabiiy sababga ko‘ra, Novikov 4 yildan keyin ozodlikka chiqdi. Bu qanday sabab edi?
Javob: Yekaterina II 1796 yil vafot etgan. O’rniga imperator Pavel I kelgan. Keyin u Novikovni ozod qilgan.

1147. Gi de Mopassan, Aleksandr Dyuma, Sharl Gunolar unga qarshi edi. Hattoki Mopassan uning "œbadbashara" qomatini ko‘rmaslik uchun Eyfel minorasining doimiy mijoziga aylandi. Chunki u Eyfel minorasidan ko‘rinmas edi. U nima?
Javob: Eyfel

1148. "œU ahmoq uchun og‘ir yuk, johil uchun qish, ilm ahli uchun ayni hosil davridir". Fransua Volter inson hayotining qaysi davrini shunday ta’riflagan?
Javob: Keksalik  davrini

1149. 1856-1860 yillarda AQShning 15-prezidenti bo‘lgan Jeyms Byukenen shu kungacha bo‘lgan barcha 44 prezident ichida nimasi bilan farq qilgan? Ushbu farq uning shaxsiy hayotiga tegishli bo‘lgan.
Izoh: Shaxsiy hayotiga tegishli farq uning oilaviy holati bilan bog‘liq bo‘lgan.
Javob: Bu  yerda gap  shundaki,  u  bir  umr  bo'ydoq  o'tgan  yagona  prezident  sanaladi, ya'ni  uylanmagan.

1150. Qur'oni karimni tafsir qilishni qaysi sahoba boshlab berganlar?
Javob: Abdulloh ibn Abbos