forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 26 Dekabr 2007, 12:38:21

Nom: Da'yuslik...
Yuborildi: AbdulAziz 26 Dekabr 2007, 12:38:21
Kecha televizordan bir ko'rsatuvni ko'rib qoldim: bu tok-shou bo'lib, nomini "Taqdir" deb qo'yishibdi.

Ikkita jurnalist va ishtirokchilar oila hayoti haqida o'z mulohazalarini bildirishdi. 2 ta oila ham mehmon sifatida chaqirildi. Birinchi oila hammaga mashhur san'atkor oilasi (Zokirovlar), ikkinchisi militsioner er va xotin oilasi.

Shundagi ba'zi mulohazalar meni judayam hayron qoldirdi:
Jurnalist savol berdi: Sizlarning oilada kim ko'p zarda qiladi? Ikkala oilada ham ayol eng ko'p zarda qilishini, eri esa uni ko'tarishini aytdi...

Jurnalist san'atkorlar oilasiga shunday savol bilan murojaat qildi: Masalan, spektakl, kinolarda ba'zida ayolingiz boshqa erkak bilan rol ijro etishi mumkin yoki aksincha, eringiz boshqa ayol bilan rol ijro etishi mumkin. Har xil oilaviy holatlarni yoritish kerak... Rashk qilmaysizmi?
Eru xotin bir xil javobni berishdi: Yo'q, biz bunga o'rganib qolganmiz. Erning gapi: "Rashk degani qayerdadir uzooqda bordir, lekin ishga buning ahamiyati yo'q... Hayot boshqa, ish boshqa..."

Aynan shu javobni bergan san'atkorimiz "Xotiningizdan qo'rqasizmi?" degan savolga ham "Xotinidan qo'rqmaydigan erkak bormi?" deya javob bergani yana-da achinarli edi...

Menimcha, izohga o'rin yo'q.

Bundan bir yilcha avval birga ishlaydigan jurnalist akamiz, "Davron, buni qarang, mana buni bir o'qing-da", deb "Darakchi" gazetasining bir sahifasini bergandi. O'shanda ham bir teatr-kino san'atkoriga "Xotiningiz teatr, kinoda boshqa erkak bilan quchoqlashsa rash qilmaysizmi?" degan savolga "Yo'q, bu kino, hayot emas, rashk qilmayman" degan javobini o'qib hayratdan yoqa ushlagandim...

Endi esa odamlar mana shu da'yusligini bemalol necha millionlik tomoshabin oldida uyalmay-netmay zihor qilayapti...

Siz bu haqda nima deysiz?
Rashkning yo'qolishiga sabab nima?
Da'yuslarga munosabatingiz?
Nom: Re: Da'yuslik...
Yuborildi: Muslimа 26 Dekabr 2007, 14:23:50
Kecha televizordan bir ko'rsatuvni ko'rib qoldim: bu tok-shou bo'lib, nomini "Taqdir" deb qo'yishibdi.

Ikkita jurnalist va ishtirokchilar oila hayoti haqida o'z mulohazalarini bildirishdi. 2 ta oila ham mehmon sifatida chaqirildi. Birinchi oila hammaga mashhur san'atkor oilasi (Zokirovlar), ikkinchisi militsioner er va xotin oilasi.

Shundagi ba'zi mulohazalar meni judayam hayron qoldirdi:
Jurnalist savol berdi: Sizlarning oilada kim ko'p zarda qiladi? Ikkala oilada ham ayol eng ko'p zarda qilishini, eri esa uni ko'tarishini aytdi...

Jurnalist san'atkorlar oilasiga shunday savol bilan murojaat qildi: Masalan, spektakl, kinolarda ba'zida ayolingiz boshqa erkak bilan rol ijro etishi mumkin yoki aksincha, eringiz boshqa ayol bilan rol ijro etishi mumkin. Har xil oilaviy holatlarni yoritish kerak... Rashk qilmaysizmi?
Eru xotin bir xil javobni berishdi: Yo'q, biz bunga o'rganib qolganmiz. Erning gapi: "Rashk degani qayerdadir uzooqda bordir, lekin ishga buning ahamiyati yo'q... Hayot boshqa, ish boshqa..."

Aynan shu javobni bergan san'atkorimiz "Xotiningizdan qo'rqasizmi?" degan savolga ham "Xotinidan qo'rqmaydigan erkak bormi?" deya javob bergani yana-da achinarli edi...

Menimcha, izohga o'rin yo'q.

Endi esa odamlar mana shu da'yusligini bemalol necha millionlik tomoshabin oldida uyalmay-netmay zihor qilayapti...

Siz bu haqda nima deysiz?
Rashkning yo'qolishiga sabab nima?
Da'yuslarga munosabatingiz?


Assalomu alaykum!
Man ham shu ko'rsatuvni ko'rgandim. U yerda bildirilgan ko'p fikrlardan lol qoldim. Ikkala "erkak" ga ham qoyil qolmadim.
Manimcha bu erkaklar rashkni umuman boshqacha tusunishadi. Ularni nazarida rashk qilish bu ishonchsizlik belgisi, ishonchsizlik esa yomon narsa, hozirgi zamonga to'g'ri kelmaydi. Ular o'z lug'atlaridagi "rashk" so'zini - "ishonchsizlik" so'zi bilan almashtirganlar va "ishonchsizlik" so'zidan O'lim farishtasidan qo'rqqandek qo'rqadilar.

Rashk tushunchasini yo'qolishiga sabab erkaklardagi iymon, or nomus, hayoni yo'qolishida. Qur'oni karim va hadislarni o'qimasliklarida, Rasululloh salallohu alayhi vassallamning aytganlari va sunnatlariga amal qilmasliklarida. Payg'ambarimiz da'yuslikdan qaytarganlar, bu hususida u zot salallohu alayhi vassallamning ko'pgina hadislari bor.

Dayuslarga munosabatingiz?

Afsuski atrofimga nazar tashlab 80% "erkak" degan nomni ko'tarib yurganlarda da'yuslik alomatlarini ko'raman.
Hatto, ayoli yoki qizlari iymonga kirib, Allohni tanib, Uning buyrug'ini bajarish va o'zlarini nomahramlarning ko'zlaridan omonda saqlash niyatida bo'lgan ayollarga aynan o'z uyidagi "erkak" lardan tayziq o'tkazilishini ham guvohi bo'lganman.
Bunaqa "erkaklar" haqida gapiraman desak gap juda ham ko'p.
InshaAlloh kun kelib Jannatni hidini totmaslikdek horlikdan qo'rqadiganlar soni ortadi. Allohdan iymonimiz mustahkam bo'lishini va Haq yo'lida bardavom qilishini so'rab qolamiz!
Nom: Re: Da'yuslik...
Yuborildi: Muslimа 26 Dekabr 2007, 14:28:30
Hotini bozorda be ibo so`zlar,
Singlisi Dubayda jazmanin ko`zlar,
Kelini shim kiygan qalbingiz muzlar,
Qizg`anish neligin bilmas be yuzlar,
Qiyomatga beor qalbi ma`yuslar,
Ahli Ayolini sotgan dayuslar....

Namoz o`qimaydi hatto Momosi,
Massifda qo`shmachi katta holasi,
Yarim yalong`ochdir kichik bolasi,
Faqat dunyoga hos dardi nolasi,
Past qiymatli bozor qalbi ma`yuslar,
O`zin jahannamga otgan dayuslar...

Hotini yomon yursa parvosi yo`qdir,
Lug`atida faxsh va zinosi yo`qdir,
Iffat dep atalmish ziyosi yo`qdir,
Ahli mo`minlardek hayosi yo`qdir,
Sarg`aygan bir mozor qalbi ma`yuslar,
Do`zah sharpasini totgan dayuslar....

Nomi er atalgan bilan er emas,
Haqiqiy erkaklar ani er demas,
Amirlikga qatnar qizi basma bas,
Unga choyhonayu dollar bo`lsa bas,
Ko`z yoshi shoshqator qalbi ma`yuslar,
G`aflat komida dong qotgan dayuslar...

Yana choyxonada gapni dondirar,
Emish xotinchasi yo`qni yo`ndirar,
Xatto nalogchini gapga ko`ndirar,
Gah desa erini qo`lga qo`ndirar,
Asli yo`q zohir bor qalbi mayuslar,
Goxo erlikdan so`z qotgan dayuslar...

Qizi to`yda raqsga tushsa buralib,
Hatto kampirlar ham ketar uyalib,
U esa qistirar pulni suykalib,
Nigohlar hayvoniy qarashlar jolib,
Ahliga tikilsa begona ko`zlar,
Boshqa honimga gap otgan dayuslar...

Kelini engashib hovli supurar,
U esa so`rida nosin tupurar,
Mol dunyo, uyu-joy desa gupurar,
Ibodat mahali uyqun ep ko`rar,
Hijobdan qilar or qalbi ma`yuslar,
G`aflat dunyosiga botgan dayuslar....

Singil bog`da yursa yigitlar ila,
Ko`rib ko`rmaganga olar bir yo`la,
Tugab bitganida dahshat voqea,
Uyalmay qechqurun so`rar kim deya?..
Izlang arqon va dor qalbi ma`yuslar,
Ey voh pochchasirab? ketgan dayuslar...

Hotinni nexia eldek uchirar,
Ochiq elka uzra sochlar hilpirar,
Militciya tohtatsa tushar honimi,
Orqa o`rindiqda o`zi o`tirar,
Ish bitgach qosh qoqib, suziblar ko`zlar,
Bopladin hotin dep aytgan dayuslar...

Iymonsiz ishlarni yozib falak,
Ayollar ko`chada sochi chambarak,
Pul topish dardida jonlari halak,
Erkakmisan o`zi yoki hezalak,
Asli u bekadir sizchi raislar,
Hotinlar pulini eb yotgan dayuslar...

Hali qiyomat bor kelgaydur elib,
Bag`ringiz o`yibon, qalbingiz tilib,
Jannat darvozasi oldiga kelib,
Asli nomingizni olasiz bilib,
Eg`lagaysiz zor-zor qalbi ma`yuslar,
Jannatiy nomini sotgan DAYUSLAR!

P.S. Bu sh'er muallifini bilmayman, lekin Hayrulla Hamidov juda ham go'zal qilib o'qiganlar. Alloh ulardan rozi bo'lsin! She'r juda ibratga loyiq. Hamma hulosani o'zi chiqaradi, inshaAlloh!
Nom: Re: Da'yuslik...
Yuborildi: Salmoni Forsiy 27 Dekabr 2007, 00:37:07
Quyidagi linkdan yuqoridagi mavzuga juda ham mos videoni online ko'rishingiz mumkin:

http://youtube.com/watch?v=2nstMUyAOjY
Nom: Re: Da'yuslik...
Yuborildi: Munira xonim 27 Dekabr 2007, 22:07:27

Siz bu haqda nima deysiz?
Rashkning yo'qolishiga sabab nima?
Da'yuslarga munosabatingiz?



Assalamu alaykum.
Abdulaziz avvalo dolzarb muammoni ko'tarin chiqqanigiz uchun tashakkur!!! Alloh sizdan rozi bo'lsin.

Bundaylarga juda achinaman. Ularga ALloh hidoyat bersin. Ularning nomi musulmon, xolos. Rashkni ishonchsizlik, belgisi deguvchi insonlar, aqlini juda ham past hisoblayman. Ular o'z ishlarida qanday yutularga erishgan bo'lsalar ham....

Bunga sabab esa, iymonning zaifligi yoki umuman yo'qligi. Ayol ham, erkak ham o'z o'rnini bilmaganligi....

Ulardan nafratlanaman va shu bilan birga ALloh hidoyat berishiga umid qilaman....
Nom: Re: Da'yuslik...
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2008, 08:23:15
Alloh taolo aytadi:

«Zinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur. Zinokor ayolga faqat zinokor erkak yoki mushrik uylanur. Va bu (ya'ni, zinokor ayollarga uylanish) mo‘minlarga harom qilingandir» (Nur surasi, 3).

Mazkur oyati karimada ifodalanishicha, zinokor, fosiq kimsa soliha ayollarga uylanishga rag‘bat ko‘rsatmaydi. Bil'aks, u o‘ziga o‘xshagan nopok, fosiqa ayolga yoki mushrikaga uylanishni xohlaydi. Shuningdek, fosiqa, nopok ayolga uylanishga solih kishilar rag‘bat bildirilmaydilar. Ularga fosiq va mushriklar rag‘bat-xohish bildiradilar.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch toifa odamlar jannatga kirmaydilar: ota-onasiga oq bo‘lganlar, dayuslar, erkakshoda ayollar» (Nasoiy, Bazzor, Hokim rivoyati).

Ammor ibn Yosir roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamlar hech qachon jannatga kirmaydilar: dayuslar, erkakshoda ayollar, xamr (mast qiluvchi narsa)ga mukkasidan ketganlar», dedilar. «Yo Rasululloh, xamrga mukkasidan ketganni, bilamiz. Dayus kim?» deb so‘rashgan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Ahlining huzuriga kim kirayotganiga parvo qilmaydigan kimsa», deb javob berdilar. «Erkakshoda ayol kim?» deb so‘rashgan edi: «O‘zini erkaklarga o‘xshatadigan ayol», dedilar (Tabaroniy rivoyati).

http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1732&Itemid=87
Nom: Re: Da'yuslik...
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 15:22:50
                                           Erkaklar haqida ballada.

   Bir kirakash tanishim hikoya qiladi: "œMoshinaga har xil toifadagi, turli dunyoqarashdagi odamlar chiqadi. Ba’zilarning gap-so’zini eshitib, hayotga muhabbating ortadi, ruhlanasan. Ba’zilarining so’ziga istig’for aytasan. Yana ba’zilari bilan gaplashib, boru yo’g’ingga shukr deb yuborasan.
   Bir kuni o’rta yoshlardagi ajabtovur kishini olib ketib borardir. Yo’l chetida qo’l ko’tarib turgan er-xotinni ko’rib, "œyo’limiz bo’lsa, olib ketarmiz", deya to’xtatdim. Er o’g’ilchasining qo’lidan ushlagancha orqaroqda turar, xotini esa, men bilan "œsavdolashardi". Ammo "œsavdo" pishmadi, men moshinani yurgizdim. Ketaturib hamrohimga: "œHozirgi erkaklarga ham hayronsan, xotinini begona kishi bilan gaplashtirib, o’zi chetda qarab turaveradiya?!" dedim. Ammo hamrohim gapimga javoban nima dedi deng?! Uning fikridagi buzuqlik bu ko’rganim holatdan ham ortiqroq hayratlantirdi meni: "œNima qipti, men ham shunday qilaman. Chunki xotinlar gaplashsa, ko’p taksistlar arzon narxga ham xo’p deyishadi" dedi. Nima deyishimni bilmay qoldim"¦"
   Bu voqeaga izoh berishning hecham hojati yo’q. Ozgina iymon-insofi va hamiyati bor odam ham nega erkaklarimiz dayuslashib borayotgani, buning sabablari, nimalarning ta’sirida bu holat oddiy sanalib borayotgani haqida tegishli xulosa borligi tayin. Ammo momam rahmatlikning bir gapini aytib o’tmasam, dilimning tuguni yozilmaydigan. "œIt yalog’ini qizg’anadi, bizlar odammizku!" derdilar momajonim. Ha, hatto it o’ziga tegishli narsani qizg’anadi, biroq erkaklar"¦  Hilol taqvimi, III chorak
Nom: Re: Da'yuslik...
Yuborildi: Robiya 03 Iyul 2010, 13:14:17
 :as:

ДАЮС

Бир даврада болалар сзаро баҳслашишаётган скан.

-Бизнинг уйимизда ҳамма масалани отам ҳал қилади,-дебди бир бола.

-Бизнинг уйимизда сса отам кимлигини онам ҳал қилади,-дермиш иккинчи бола мақтаниб. Ливерпуль университетининг тиббиёт маркази олимлари профессор Марк Беллис бошчилигида Англис ва Усльсда кейинги 50 йил мобайнида туғилган болаларда стказилган ДАК таҳлилини ксриб ҳангу-манг бслиб қолишди. Уларнинг 600 минг нафаридан 24 минг нафари генетик норасмий оталардан дунёга келган скан. "Дейли телеграф" газетасининг ёзишича, бу мамлакатда ҳар 25 та оиладан биттасида генетик отаси кимлиги фақат онасига маълум бслган фарзандлар тарбисланаспти. Бу болаларнинг ҳар бешинчиси сзига тсқ кибор оилада дунёга келган. Ҳар уч хонадондан бирининг бекаси тасодифий учрашувда ёки сри сафарда бслган пайтида бола орттириб олган. Бу ҳолатда қандай иш тутиш кераклиги ҳақида Англис қонунларида бирор қслланма бслмаганлиги туфайли ҳукумат расмийлари ҳам гаранг смиш.

Ҳозир "глобализм" ссзи кун тартибидан шундай срин олганки, унинг маъносини тушунган ҳам, тушунмаган ҳам сз ссзини "Дунёда глобализм тобора чуқурлашиб бораётган бир шароитда...",-деб бошлайди. Оббо, сзи глобализм бслса, нега у сна чуқурлашиб бораётган скан, деб ҳайрон бслади киши. Бир мутахассис унинг маъносини шундай изоҳлади: "Глобализм-дунё зсравонларининг иқтисодиёт жиловини тутиб туриш ва бошқариш сиёсатига асосланган найрангидан бошқа нарса смас. Улар шу ниқоб билан барча халқларни сз маданисти, урф-одатидан мосуво қилишга ҳаракат қиладилар. Бунда слат, миллат, қабила деган гаплар бслмайди, сунъий равишда бир андозага қолипланган сгона маданист тан олинади. Жснроқ тушунтирилса, болалар туғилаверади-ю, отаси кимлигини билмайди". Демак, глобализм Чингиз Айтматов таъбири билан айтганда, одамзотни манқуртликка бошлашдан бслак нарса смас. Ягона маданистга асосланган жамистда даюслик ҳолати юз беради. Оила счейкаси инқирозга учрайди, насл бузилади.

ХХ аср бошларида "Шсро давлатида ҳамма бир ксрпада ётармиш, аёл-сркакнинг фарқи бслмасмиш",-деган гаплар срмалаб юрарди. А­нди маълум бслдики, бу гаплар глобализмга тааллуқли скан. Орадан бир аср стиб, бу "маданист" бизга ҳам етиб келди, қаерга қарасанг, корсондай думбасини диркиллатиб шим кийган, кскрагию-киндигини сланғочлаган ойимчаларга ксзинг тушади. А­ркаклар ксз таҳорати бузилмаслиги учун ерга қараб юрадиган бслиб қолишган. Бир зиёли сқитувчи талабаларга дарс стиш учун аудиторисга кирса, ҳамма қизларнинг майкаси киндигигача очиқ смиш. "Сизларга тескари сгирилиб дарс стишга тсғри келади",-депти домла талабаларга. "Аега?"-ҳайрон бслишипти қизлар кинидикларини ғурур билан намойиш қилишиб. "Чунки мусулмончиликда киндик оврат, овратни очиб юриш гуноҳ саналади. Сизларга қараб дарс стсам, ксз таҳоратим синади",-депти домла. Хуллас, ғарбга тақлид, беҳаё сериаллар глобализм меваси бсладиган бслса, киндигини сланғочлаб юрадиган ойимчаларда ҳали инсоф бор скан. Худо ксрсатмасин, улар бошқа кийимларини ечиб ташлаганида нима бсларди?

Ҳозир кспчилик "швед столи"га қизиқади. "Фалончи тсйида швед столи қилибди", деса, ҳамма "сҳс, зср-ку!"-дес ҳасжонга тушади, тсйида меҳмонларга шундай дастурхон ёзишни орзу қилади. Аслида "швед столи" дегани сунъий таъсир ксрсатиш йсли билан етиштирилган турли мева ва озиқ-овқатлар, консервантлар билан безатилган дастурхон. Табиий егуликка срганган одам уни еса, ошқозон касаллигини орттиради.

1965 йилда Швеяис парламенти мамлакатда бола туғилишини кспайтириш мақсадида "швед оиласи"ни тарғиб қила бошлади. А­ркин муҳаббат шиори остида сротик маҳсулотлар ишлаб чиқариш легализаяис қилинди. Аатижада сланғоч қизлар сурати туширилган журналлар, турли сротик фильмлар кспайиб кетди. А­ркин муҳаббат тарафдори бслган "швед оиласи"да даюс сркак шериги билан хотинини алмаштириб жимо қилишни сзига шараф деб билади. Ғарб хиппилари сртасида бу даюслик свингерство, съни чсчқабозлик деб номланган ва жуда тсғри топиб номланган. Чунки ҳайвонот оламида фақат чсчқаларда рашк йсқ, улар дуч келган чсчқахоним билан жимо қилиб кетаверади. Хиппи ксз снгида бошқа киши унинг хотини билан сйнашса, даюс ср бундан фахр ҳиссини тусди.

Федор Достоевский "Одамзот сз ҳаёти давомида бола туғишдан ақллироқ нарса сйлаб топгани йсқ",-деган сди. А оссисда кейинги пайтда бола туғилишини кспайтириш мақсадида турли усуллар ишга солинаспти. Ўзбекка маззамат, қозоққа азамат керак, дегандай, у ерга иш излаб борган гастарбайталлар ҳам пул ишлайди, ҳам айғирлик қилади. Қарабсизки, насл снгиланади, оилада қоши-ксзи попукдек бола туғилади, унинг номини Абдурайим ёки Александр деб атаса ҳам бславеради. Ҳар икки ҳолатда ҳам расмий ота фарзанди билан ғурурланиб, сна ичишни давом сттиради. А оссис шаҳарларидан бирида тиббий саломатлик маркази ишбилармонлари расмий оталарни безовта қилиб стирмаслик учун Калифорнисдан одам уруғини сотиб олишаспти. А асмий оталар нақ 20 минг долларни қуртдай қилиб санаб бергач, уларнинг хотинлари битта укол билан америкаваччаларни пақиллатиб туғаверади. Даюс ср бу америкаваччага Макс, ёки Максим деб ном қсйиб, унинг шарафига сна қадаҳ кстаради.

Глобализм даврида даюсликнинг турли ксринишлари авж олади, хотин катта пул излаб хорижга кетади, даюс ср бола боқади, хотини топган пулдан мошина минади, данғиллатиб иморат солади. Хотин у ёқда "швед оиласи"ни қуриб сллони суради, ср бу ёқда даюс бслиб тиллони санайди. Глобализм чуқурлашуви шу даражага етдики, перулик 18 ёшли Граяиела Ятако интернетдан қизлик иффатини 3 минг долларга сотиш учун сълон берди. Ҳозир унга 1,5 миллион долларлик харидор чиқиб турибди. Аью-Хсмпшир штатида сшовчи сқитувчи Ламелла Смарт 15 ёшли сқувчиси Билли Флинни сйнаш тутиб, срини слдиртирди. Ксзбойлоғич Игор Кио Галина Брежнева билан бор-йсғи 9 кун никоҳда турди. Сиёсий бюро бу схшилик нишонаси смас, бизга сртоқ Брежневнинг қилган масхарабозликлари ҳам етарли, дес никоҳни бекор қилди.

Билл Клинтон Америка пошшоси бслган даврда кенислик Годвин Кипкемон Чепкаргар интернет орқали ундан қизи Челсининг қслини ссради. Лекин ссров жавобсиз қолди. Илгари замон бслганида бу беодоблилиги учун Годвиннинг шсри қурирди, схшисм Америкада демократис бор. Ҳозир Челси 25 ёшда, ҳали турмуш қурмаган. Оптимист ошиқ агар Клинтон розилик берса, сз удумлари бсйича қизнинг қалини учун 20 та сигир, 40 та счки беришни ва тсйида Жанубий Африка архиепископи, Аобел мукофоти совриндори Десмонд Туту раислик қилишини билдирди. Лекин Клинтон долғали бир шароитда унинг авлоди америкалик бслгани схшими, ёки африкаликми, деган хаёл билан бир қарорга келолмаспти.

ТАТ телеканали директори А оман Летренко "Дом-2" ксрсатувида сланғоч аёллар тарғиботи билан кифосланмай, навбатдаги реалити-шоуни "Хотин алмаштириш" деб номлади. Бу бемаза ксрсатувни миллионлаб даюс сркаклар мириқиб томоша қилишди.

-Европада стказилган бесоқолбозлар шоуси олдида бу ҳали ҳолва,-деди телеканал раҳбари.-Биз ҳозир ана шу мақомот даражасига кстарилишга ҳаракат қиласпмиз.

Аеапол штати сқинида жойлашган Ачерра шаҳридаги Муқаддас Летр бутхонасида ибодат қилаётган диндорлар ксз снгида тссатдан Мадонна ҳайкали жонланиб, олдинга бир қадам силжиган смиш. Глобализм туфайли даюс сркаклар кспайиб кетганидан кейин ҳайкалнинг юриб кетганига смас, охир замон бслишини кутиб ётган Исрофил алайҳиссалом жанобларининг ҳадемай сурини қслтиқлаб келиб қолишига ҳам ишонса бслади!

Оч.ЖЎЛМОА
Nom: Re: Da'yuslik...
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 03 Iyul 2010, 14:09:40
http://www.youtube.com/watch?v=zr9LN72uJNY
Nom: Re: Da'yuslik...
Yuborildi: Chustiy 09 Iyul 2010, 02:02:03


Bu she'rni muallifi.
Xayrulla Xamidov...

Bu she'r H.Hamidovga tegishli emas...

Biz ko'rish istagida yurgan, ammo armon bo'lib qolgan, diydorni Alloh mahshar kuniga qoldirgan, rahmatli forumdosh biodarimiz otaxonning postlari....

Iqtibos
Bu she'r qo'qonda yozilgan. Uning muallifini ismini bilmaymiz. anig'i bir pedagogika institutida o'qituvchi.

Nom: Re: Da'yuslik...
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 14 Sentyabr 2010, 16:04:44
10-15 kun oldin  Yorqinjon qori akamizni ma'ruzalarini eshtib tursam bir ajoyib, misrani o'qidilar:

Jamii jonivorlar tushsa ko'zga
Hamiyatli o'lur to'ng'izdan o'zga

                                                  deydi So'fi Olloyor...

P/S:Eshitgan kunimdan beri esimdan chiqmay qoldi.
Menimcha izohga hojat yo'q...
Nom: Re: Da'yuslik...
Yuborildi: UzMuslim 22 Sentyabr 2010, 12:56:33
HA BU Mavzuni Oqib turib Hayolimga har xil narsalar kelib Ketdi/..
Haqiqatdan Ham Oxiratga YAqin dyuslar Ko'paydai deyilgani Haqiqat ekan..To'risi Bozorda Savoda Tursangiz Har Xil odamlarni Ko'rasiz,Xotinlar eriga yurin ey Tezroq Muncha lallayasiz Degna So'zlar qulg'izga chalinadi...Nahot Erkelar Shu darajada Bo'lib Ketishgan..Yana  BIr Tanishim,Hotini bozorga Savdoga Qo'yib Qo'yganda O'zi Uyda Bollariga Qarab O'tiardai Bunga nima Deysiz?Aslida Erkrk zotida Rash degan Narsa Bo'lish keregku..Yo' uni Ko'ngli hotirjam Hotinim Bozorni Eplayaptiku deydi..Hatto Chochqalar ham O'z Yorini O'zga Cho'chqalardan rash qilib Ularni yaqiniga yo'latmas ekan..Insonlarchi.?.Insonlar Hayvonlardan aqli bilan Ajralatdi deyishardiku,Nahot hayvonni aqili yetgan narsaga Insonni aqili yetmaydi endi..Aytishganku Ahir Hadisda "Dayuslarga Jannatning hidini ham Hidlay olishmeydi Deb.."..
Nom: Re: Da'yuslik...
Yuborildi: Hadija 07 Oktyabr 2010, 10:40:11
DAYUSLAR!
Dod, to’ng’izda rashk bo’lmaydi
"œGo’shti harom" —deydilar.
Rashki yo’q ammo to’ng’iz,
Yorin yodga qo’shmaydi.

Bir ... bor erkaklar,
G’urur-orni toptaydi,
Xotinin-qizin sotib,
Davlat-yemak g’amlaydi.

Qo’shni qiz chetga ketsa,
O’qishga deb o’yladik.
Xotin-chi yo’lga yursa,
Tiriklik deb so’yladik.

Ularning nomi dayuslar,
Dunyo bundan mayuslar,
Nahot, hazar qilmaydi,
Kimligini bilmaydi.

Ularning nomi dayuslar,
Dunyo bundan mayuslar,
Nahot, hazar qilmaydi,
Or-nomusni toptaydi,
Ularning nomi dayuslar"¦

Peshona taqdir debon,
So’ylar bizga ertaklar.
Insonmas hayvondan-da
Jirkganch DAYUS erkaklar!

Xotin anda, er bunda
Ko’kragi to’la g’ururlar.
Ohh, Qiyomatning belgisi,
Xabar o’sha dayuslar"¦

Bolalik to’ylar ko’rib,
Ho’p o’zlari yayradi.
Lekin o’z qizlariga
Baxtni ravo ko’rmadi.

Ularning nomi dayuslar,
Dunyo bundan mayuslar,
Nahot, hazar qilmaydi,
Kimligini bilmaydi.

Ularning nomi dayuslar,
Dunyo bundan mayuslar,
Nahot, hazar qilmaydi,
Or-nomusni toptaydi,
Ularning nomi dayuslar"¦
Yu.Usmonova

Yaqinda onamdan bir ayol haqida eshitib qolib yoqa ushladim. Rus millatidagi bir ayol, yaxshi mansabdor joyda ishlab turib, pensya vaqti yetishi bilan tezda pensyaga chiqib qarz qilib, chet davlatga ishlashga ketibdila. Chet davlatda ishlab 2 o'g'ilni o'qitib, uylantirib, uy-joyli qilibdilar. Qizlarini esa o'zlarini yonlariga chaqirib olib Garvord unvda o'qitayotgan ekan. Eri yo'g'akanmi deb so'rasam, nega endi eri bor faqat hich qayerda ishlamiydi, hech bir ish qimiydi, shu ayol 60dan oshgan bo'lsa ham oilasini oyoqqa turg'azdi dedilar...
Ochig'i hayron qoldim...
To'g'ri bu insonlar boshqa millat boshqa din vakili bo'lsa ham, bunday voqealar bizlarning oramizda kam emas... Alloh o'zi har bir bandasiga inson bersin!...
Nom: Re: Da'yuslik...
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 31 Oktyabr 2010, 07:01:45
http://www.youtube.com/watch?v=XdhpwUTfSeE