Qizamiq(davolanishi va parvarishlanishi)
Qizamiqda toza havodan ko'proq bahramand bo'lish (xonani tez-tez shamollatib turish), vaqtida ovqatlanish (hamisha bir vaqtda) katta ahamiyatga ega. Ovqat yengil singiydigan, A, VI, S vitaminlarga boyitilgan bo'lishi, hayotining birinchi yilini yashab kelayotgan bolalarni imkon qadar ko'krak berib boqish, ularga meva va sabzavot suvlari berib turish lozim.
Qizamiqning o'tkir davrida ko'z va og'iz bo'shlig'iga diqqat bilan qarab borish kerak. Ko'zga kuniga 1 - 4 mahal 1 - 2 tomchidan steril baliq moyi yoki vazelin moyi tomizib turish, ertalab va kechqurun ko'zni furatsillin eritmasi yoki moychechak damlamasi bilan yuvib turish kerak. Ovqatdan keyin har safar og'izni chayqash yoki bolaga suv ichirib yuborish tavsiya etiladi. Og'iz va burunni artish mumkin emas. Burunga dog' qilinib, sovutib qo'yilgan o'simlik moyi yoki vazelin moyi, ko'p shilimshiq kelganida esa sanorin, naftizin eritmasi tomizib turiladi.
Kasallikning boshidan oxirigacha askorbinat kislotasi 0, 1 0, 2 g dan kuniga 2 -3 mahal, 0, 005 g dan kuniga 2 mahal vitamin VI (ichish uchun), kuniga 1 -2- 3 tomchidan vitamin A berib boriladi. -
Badan terisini toza tutish maqsadida gigienik vannalar, sochiq ho'llab badanni artib turish, yuvinib turish tavsiya etiladi.