forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Rukhiya 06 Yanvar 2008, 18:22:38

Nom: Tahorat duolari..........
Yuborildi: Rukhiya 06 Yanvar 2008, 18:22:38
Tahorat duolari

-­ Tahorat boshlanib, ikki qo’l yuvilayotganda  o'qiladidgan duo.
­
Ushbu duo o’qiladi:

«Alhamdu lillahillazi ja’alal maa tahuran val islama nuran».
Ma’nosi: «Suvni ham, Islom dinini ham poklik manbai qilib yaratgan Allohga hamd bo’lsin».
Nom: Re: Tahorat duolari..........
Yuborildi: Rukhiya 06 Yanvar 2008, 18:23:07
Og’iz chayilayotganda ushbu duo o’qiladi:

«Allohumma tahhir nakhati va asqini min havzi nabiyika».
Ma’nosi: «Ilohim, og’zimni pok qil, Payg’ambar ichgan «Havzi kavsar» suvidan ichishni nasib et».

Nom: Re: Tahorat duolari..........
Yuborildi: Rukhiya 06 Yanvar 2008, 18:24:10
Burunga suv tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:

«Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari».
Ma’nosi: «Ilohim, jannat hididan bahramand et, do’zax isidan nari tut».



Yuz yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:


«Allohumma bayyiz vajhi bi nurika yavma tabyazzu vujuhu ulaika va la tusavvid vajhi yavma tasvaddu vujuhu a’doik».
Ma’nosi: «Ilohim, sevimli bandalaring yuzlari pok holatda turuvchi kuni mening yuzimni ham yorug’ qil. Gunohkorlar yuzi qora bo’lguvchi kundan asragil".

Nom: Re: Tahorat duolari..........
Yuborildi: Rukhiya 06 Yanvar 2008, 18:26:33
O’ng qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma a’tini kitabi biyamini va hosibni hisaban yasiron».
Ma’nosi: «Ilohim, qiyomat kuni amallarim yozilgan daftarni o’ng tarafimdan berib, hisobimni yengillatgin».

Chap qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma la tu’tini kitabi bishimali va la min varoi zohri va la tuhosibni hisaban shadidan».
Ma’nosi: «Ilohim, amallar yozilgan daftarni chapimdan ham, ortimdan ham bermagil, qattiq hisob-kitob qilmagil».
Nom: Re: Tahorat duolari..........
Yuborildi: Rukhiya 06 Yanvar 2008, 18:27:20

Boshga mash tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma g’ashshini birohmatika va anzil ‘alayya min barokatika".
Ma’nosi: «Ilohim, O’z rahmating bilan boshimni silagin, ustimga barakotlaringni yog’dirgin».

Quloqqa mash tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’alni minallazina yastami’unal qovla fayattabi’una ahsanahu».
Ma’nosi: «Ilohim, meni yaxshi so’zlarga tobe’ qilgil va ergashtirgil».

Bo’yinga mash tortilganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma a’tiq raqobati minannari vahfazni minassalosili val ag’lali».
Ma’nosi: «Ilohim, meni do’zax azobidan asragil va zanjirlarda sudramagil».
Nom: Re: Tahorat duolari..........
Yuborildi: Rukhiya 06 Yanvar 2008, 18:27:51

O’ng oyoq yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma sabbit qodamayya ‘alas siroti yavma tazillu fihil aqdamu».
Ma’nosi: «Ilohim, qiyomatda — oyoqlar toyguvchi kunda oyoqlarimni toydirmagil».

Chap oyoq yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’al sa’yi mashkuron va zanbi mag’furon».
Ma’nosi: «Ilohim, qilgan ishlarimni savob yo’liga burgil va gunohlarimni avf etgil».

Tahorat yakunida ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’alni minat-tavvobinal mutatohhirina vaj’alni min ‘ibodikas-solihinallazina la xovfun alayhim va la hum yaxzanun».
Ma’nosi: «Ilohim, meni O’z tarafingga yuzlanuvchi pokiza insonlar safiga sol, qiyomat kuni yaxshi bandalaring qatorida qo’llagil, azoblardan asragil».