ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: intirest 09 Yanvar 2008, 16:13:12

Nom: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 09 Yanvar 2008, 16:13:12
   Muxabbat bog'iga kirmadim bir bor,
   Suyib bir gulga qo'l urmadim bir bor.
   Endi tunlar yig'lar menga qo'shilib,
   Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.


Biri biroviga o'xshamas , yo rab,
Ko'zimning yoshlari to'xtamas, yo rab.
Kuyarman bir unga, bir bunga qarab...
Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.


   Birin erkalayman dudog'im bilan,
   Birisin erkalab nigohim bilan.
   Yasharman savobu gunohim bilan,
   Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.


Birin hur deyinmi, birin guloyim,
Suymaganim suy6ganimdan muloyim.
Bu qanday ko'rgilik ekan xudoyim,
Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.


   Daryoman, ikkita qirg'oqda ko'zim,
   Tovonimda bo'zim, tomoqda bo'zim.
   Ikki o't ichida qiynoqda o'zim,
   Qo'ynimda bir yoru ko'nglimda bir yor.
Nom: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 09 Yanvar 2008, 16:22:51
To'kma ko'z yoshingni, yig'lama go'zal,
Majnuntol singari yoyma sochingni,
Mening gunoximni kechergil bir gal,
Bir dam qoyaga boq, ko'tar boshingni.

Tomchi tomib turar qoyadan chak-chak,
Bir tomchi toshlarga solibdi ajin.
Axir tosh emas-ku, mendagi yurak...
Ko'z yoshingni to'kma, menga xam achin.
Nom: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 09 Yanvar 2008, 16:27:12
Kipriklar yoshlanarkan ko'zni sog'inib,
Dudoqlar g'ashlanarkan so'zni sog'inib.
Suxbatni sog'inib yashaydi ko'ngil,
Men-ku yashayapman sizni sog'inib.
Nom: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 09 Yanvar 2008, 16:36:51
Meni esla sevgan yoringni
Quchog'ida to'lg'onma jonim,
Menga bergan va'dalaringni
Unutolmay qiynalma jonim.

Jonu dildan sevdirib sevib
Nozli-nozli boqqan xam o'zing,
Lablarimga labingni qo'yib
Qalbimga o't yoqqan xam o'zing.

Yig'lama jonim,qiynama jonim.

Meni esla sevgan yoringni
Quchog'ida to'lg'onma jonim.
Menga bergan va'dalaringni
Unutolmay qiynalma jonim.

Endi boshqa bizni yo'limiz,
Qo'ygil yolg'on va'dalaringni,
Uzatsak xam yetmas qo'limiz
O'z yoringdan kutgil baxtingni.

Yig'lama jonim,qiynama jonim.
Nom: Men sen uchun, sen men uchun yaralganmiz.
Yuborildi: intirest 09 Yanvar 2008, 16:57:13
Oydin tunda oy nurida cho'milgan qiz,
Yuzlab nigox girdobiga ko'milgan qiz.
Nozlar qilsa qoroqlari yumilgan qiz,
Men sen uchun, sen men uchun yaralganmiz.

Oshiq sanab adshdingmi sanog'ingdan,
Qo'ygil endi qor yog'masin qabog'ingdan.
Izn bergil labim kuysin yanog'ingdan,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.

Aytgil  tokay uyalasan xayoligim,
Qalbi sirli sevgisidan sadoligim,
Butun olam sezib qo'ydi shaydoligim,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.

Extirosdan entikasan xayot go'zal,
Bandidirsan muxabbatga naxot go'zal,
Ko'ngling menda yashirmagil xayxot go'zal,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.


Xaqlidirsan bo'lmoqlikka sen g'ururli,
Xurkak o'tli nigoxingdan dunyo nurli,
Sexrli bir tuyg'u borki u shuurli,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.
Nom: sh'er
Yuborildi: intirest 09 Yanvar 2008, 17:01:25
Armon qaro tun bo'lsa,
Visol ishqi tong.
Xijron ayozli qish bo'lsa,
Diydor so'lim baxor.
Nom: INTIZOR
Yuborildi: intirest 09 Yanvar 2008, 17:14:40
Seni kutib yashayman jonu-jaxonim,
Xayolimda sensan tunlarim bedor,
Vaslingga yetsam gar qolmas armonim,
Yo'lingga bunchalar qilma intizor.

Yashayman chin dildan seni sog'inib,
Ishqingda to'kilar ko'zlarim yoshi,
Sen borsan qalbimda porlaydi doim,
Sira so'nmas bo'lib SEVGI quyoshi.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 09 Yanvar 2008, 17:22:04
Sokin yuragimga solib g'alayon,
Maxzun nigox bilan kulib turibsan,
Ey mening qalbimga aylangan inson,
Bilmadim shu damda qayda yuribsan!
Nom: do'stimga
Yuborildi: intirest 09 Yanvar 2008, 19:17:09
Azoblanma do'stim o'rtanma,
Shubxalaring barchasi bekor,
Seni maftun qilgan go'zalning,
O'zi maftun, beqaror.

Asl sevgi tilda bo'lmaydi,
Qiz demaydi "Sevdim, oshiqman !"
Bilmak bo'lsang ishqin, sevgisin,
Qalbin tingla, shoshma, oshiqma...

Boqishidan anglamoq mumkin,
Niyat, ishqin aytmasdan bir so'z,
Chunki ba'zan qalbning sirini,
Oshkor qilar bir tabassum, ko'z.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 11 Yanvar 2008, 15:03:26
Sendan yiroq ketdim ko'ngil uzilmaydi,
Muxabbatim imorati buzilamydi.
Buni kimdir bildi,kimdir bilmadi,
Armon bo'lgan asl yorim yodimdasan.

Ming so'moqqa yetaklaydi ishning zayli,
Bizdan ortiq emas ekan Majnun-Layli,
Xofiz bo'lib ketdim mana sen tufayli,
Armon bo'lgan asl yorim yodimdasan.

Endi qayta uchrashmaymiz alvido yor,
Yuragimning eng tubida bir nido bor.
U dunyoda uchrashtirgin parvardigor,
Armon bo'lgan asl yorim yodimdasan.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 12 Yanvar 2008, 09:46:40
Sen hali qizlarning shohi bo'lasan,
Sonsiz yulduzlarning yagona mohi.
Sen hali qalbimning ohi bo'lasan,
Ne kuyuk dillarning o'chmas faryodi.

Hurkak tabassumlar ko'chadi hali,
G'uncha lablaringga, guldek chehrangga.
Yuzlarimni tilib, sochimni yulib,
Zikrga tushaman xali tegrangda.

Ruhimda uyg'onib tuyqusdan bir tong,
Sibizg'a chaladi hali taajjub.
Ko'nglim och chumchuqday chirqirab nolon,
Shoxlardan-shoxlarga yuradi ko'chib.

Hayrat telbalanib do'mbira chalar,
Gupurlab, dupurlab o'ynaydi yurak.
Men esa, hapqirib o'lmaslik uchun,
Qaygadir bosh olib ketmog'im kerak.

Omad hali seni qaydadir kutar,
Hali falaklardan kelgaydir yorliq.
Changlarga belanib hali elanar,
Go'zallik poyida to'kilgan borliq.

Yulduzday porlagay chashmi timlaring,
Izlaringdan hali ungusi chechak.
She'r bo'ladi, gulim, tabassumlaring,
Kulgularing buyuk doston bo'lajak.

Men g'amga to'lgandek baxtga to'larsan,
Hali manglayingni silagay taqdir.
Sen hali, farishtam, yakto bo'larsan,
Men esa bo'laman nomsiz bir shoir...
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: AL_laziz87 13 Yanvar 2008, 16:51:43
Egilib mag'rur qatdim
Otdan tushsa omadim
Unitma muxabbatim
Meni doim eslab yur
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 15 Yanvar 2008, 10:18:47
Ba'zilar baxt ne deb mendan so'raydi,
Baxt degan-oson gap-orzuga yetish!
Yetish yo'lin ayt deb yana qo'ymaydi,
Buning uchun kerak mashaqqat chekish.

Ba'zilar so'raydi sevinch nima deb,
Bu xam oson narsa-betashvish bo'lish.
Tashvishdan qutulish yo'lin so'rarsiz,
Ha, buning chorasi-halol mehnat, ish.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 15 Yanvar 2008, 10:57:26
To'kma ko'z yoshingni, yig'lama go'zal!
Majnuntol singari yoyma sochingni.
Mening gunohimni kechirgil bir gal.

   Tomchi tomib turar qoyadan chak-chak,
   Bir tomchi toshlarga solibdi ajin.
   Axir tosh emas-ku, mendagi yurak...
   Ko'z yoshingni to'kma, menga haw achin.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: AL_laziz87 21 Yanvar 2008, 19:21:38
Ko'ngil bo'lib ochilding-u kulmading
Ko'ngil bo'lib bir ko'ngilda qolmading
Ilxom chekkanda jon xazrati kelmading
Muxabbatim faqat sen san armonim

Gox ming qotim yugurdimku izingdan
Ketma dedim g'uncha yuzing olib ko'zimdan
Xazar etdim nomart turgan pasimdan
Muxabbatim faqat sensan armonim

Seni eslab oqaverdi kunlarim
Yodga oldim eng baxtiyor kunlarni
Sen men qolib baxtli qilding kimlarni
Muxabbatim faqat sensan armoni
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: AL_laziz87 02 Fevral 2008, 06:29:47
Sevman deb aldading meni
Yaralading yuraklarimni
Oxirida aylading jafo
Xursandmisan endi bevafo


Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Kumushbibi 13 Fevral 2008, 11:30:21
Shafqatsizman tuyg'ularimga,
Balki bir kun aqlim ham kirar.
Lekin doim sizni eslasam,
Nimagadir:Yig'lagim kelar!!!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Kumushbibi 13 Fevral 2008, 11:37:35
Sevman deb aldading meni
Yaralading yuraklarimni
Oxirida aylading jafo
Xursandmisan endi bevafo



Qo'lim bordi...Ko'nglim chopmadi,
Parcha-parcha qildim suratni.
Anglolmadim,qayerdan oldim,
Jasoratga tengdosh jur'atni...

Qo'llarimdan to'kildi hislar,
Men esa jim kuzatib turdim.
Qancha sevmay o'zimga o'zim,
Unut! Unut!-deya buyurdim...

Men kechmoqni istadim sizdan,
O'n daqiqa sizsiz yashadim!
Jonni tikib soat miliga,
Olti yuz soniya sanadim...

Asli o'zi tushunmoq mushkul,
Dil deganning tilaklarini.
So'ng yuzimga bosib yig'ladim,
Suratingiz bo'laklarini...

Ishqingizni bo'laklarini...




Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Kumushbibi 13 Fevral 2008, 11:40:30
Garchi mendan olislayotgan bo'lsang-da,senga yeta olmayotgan bo'lsam-da,baribir sening izlaringdan borardim...
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Muzayyana 13 Fevral 2008, 12:01:13
Sizni sog'inib boshlanar tongim,
Sizni sog'inib o'tar kunduzim,
Sizni sog'inib bedordir tunim,
Balki shunday sog'inib tugaydi umrim!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Muzayyana 13 Fevral 2008, 12:03:29
Shubxalanmang mendan azizim,
Goho sizni unutib qo'ysam.
Sizni tashlab ketishim umkin,
Faqat sizdan oldinroq O'LSAM!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Kumushbibi 14 Fevral 2008, 11:09:10
Shubxalanmang mendan azizim,
Goho sizni unutib qo'ysam.
Sizni tashlab ketishim umkin,
Faqat sizdan oldinroq O'LSAM!

Men quvonar bo'lsam-sen sabab,
O'yga tolar bo'lsam-sen sabab.
Men o'lishni istamayman,yo'q!
Nogoh o'lar bo'lsam-sen sabab...
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Kumushbibi 15 Fevral 2008, 12:19:04
Munavvar orazing girdida parvoz,
Etarman toledan bo'lib sarafroz.
Bexos nomim tilga olguday bo'lsang-
"Men o'sha" degancha berurman ovoz...
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Kumushbibi 22 Aprel 2008, 08:34:34
Qarshi  borib bo’lmas yurakka,
Umr bo’yi tutar so’roqqa…
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Amina 06 May 2008, 11:10:57
Yaxshiyam sen borsan yorug` dunyoda,
Yuqsa shodliklarni qaydan olardim?
Yuragim kim uchun bedor bo`lardi,
Kimlarning yo`liga ko`z tikar edim?

Yaxshiyam sen borsan yorug` olamda,
Yuqsa "qayg`ular"ni qaydan olardmi?
Sen tufayli bildim rashk iztirobin.
Yuqsa bu "azob" dan mahrum bo`lardim.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Dilyora_UZ 05 Iyul 2008, 19:47:59
Yuragimda hamon yonar chog' eslasam sening ko'zlaringni
Topolmayman men o'zimga joy sog'inib mayin ovozingni
Sog'inaman lekin yuragim charchagan bu cheksiz azobdan
Qani edi unutsam seni isming uchirib yuragimdan
Qani unutsam men eslamasam o'sha kunlarimni seni sog'inib
Men achinmasam o'tgan kunlarimga yolg'izligimga asta ko'nikib
Ishontirib sen so'zlaringga berar eding sevgimga najot
Bahtli edim sen  bilan birga jonim unitding meni nahot
Tushintirmay hatto sababi sen ketding aylanib orzuga
Mayli o'tsin sensiz kunlarim lekin men bormayman yoninga
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Amina 16 Sentyabr 2008, 10:13:52
Ko`zimga mil tortar, savob-gunohim,
Har gul titrog`ida qaltirar ohim,
Ey ishq deb topngan buyuk panoxim,
Sendan tilaganim armonlarmidi???
Mahzun ko`zlarimga to`kilgan dunyo,
Kuylagi dardlardan tikilgan dunyo,
Bag`riga stamlar ekilgan dunyo,
Sendan tilaganim yolg`onlarmidi???
Itlar galasidan talanib o`tib,
Ming bor qonlar yutib, zardoblar yutib,
Pajmurda yuragim hovuchlab tutib,
Yaxshi deb topganim yomonlarmidi???
Men yig`lay yoshlarim toshlarga tomsin,
Jon tig`lay ohimdan yo`llaring yonsin,
Men tondim bas, dunyo mendan ham tonsin,
Ayt, sendanm topganim hijronlarmidi/??
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 01 Noyabr 2008, 16:00:43
Men seni sevaman, sevaman seni,
Bag'rimga bosaman avaylab gulday.
Koshkiydi tasavvur etolsang meni,
Malika poyiga yiqilgan qulday...

Men seni kuylayman, kuylayman seni,
Satrlar safiga qo'shib olganday...
Men seni o'ylayman, o'ylayman seni,
Sen ketib, go'yo men yolg'iz qolganday...

Men seni sevaman, sevgim sir emas,
Sevgim tiniqligi xuddi kunduzday...
Seni bir boqishing o'zi ming havas,
Ko'zlaring ko'zimga qo'ngan yulduzday...

Men seni kuylayman qo'rim boricha,
Qalamim nuqtada sinmasa basdir!
Men seni sevaman umrim boricha,
Yuragim bemahal tinmasa basdir!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 01 Noyabr 2008, 16:52:35
Sevgilim, men hamon qoshingda qulday...
Koshkiydi, tan, olsang, tanisang meni?
Oq oydin kechalar ko'raman seni,
Xayolot bog'ida tashna bir gulday...

Sening ko'zlaringmi yoki yulduzlar...
Shu'lalar soyasi kipriklaringmi,
Qosh bo'lib ko'ringan bitiklaringmi?
Yuragim o'q yegan ohuday bo'zlar!...

...Xokipoy emasman, o'sha isyonkor,
Xokisor oshiqman, o'sha kamolim,
Balki o'zgargandir husni jamolim,
Lekin o'sha sevgi, o'sha dard, viqor...

Yuz yillar yuzini ko'rgim keladi,
Shox qalam izidan yurgim keladi.
Orzuga ayb yo'qdir! Orzuli dunyo!
Dunyo turgungacha turgim keladi.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 01 Noyabr 2008, 17:02:02
Muhabbat undaydi kelajak sari,
O'ylab ko'r, ishonchni oqlolasanmi?
Sen uchun azizim, ko'zim gavhari,
Gavharni gavharday saqlolasanmi?

Mening sevgim senga beqiyos, tengsiz,
Yuragim to'xtasa, yuraksan go'yo...
Demak, yasholmayman bir umr sensiz,
Yuraksiz yashamoq mumkinmi? Aslo!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 03 Noyabr 2008, 17:19:26
Mendan so’rasinlar sening yoshingni,
Bilmaganlar, mayli, bilmasdan o’tsin!
Hamisha ko’ksimda ko’ray boshingni,
Ko’rolmagan nomard qon yutsa, yutsin!
O’zgalarga aytma, ayta ko’rma hech,
Mendan so’rasinlar sening yoshingni…
Mabodo, adashsam, gunohimdan kech!
O’zing ham gunohga qo’yma boshingni!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 03 Noyabr 2008, 17:21:05
Sevaman desam gar ta’na qilma hech,
Muhabbat charog’bon oshiq yo’lida.
Xayol, chalg’itganda shak-shubhadan kech,
G’ariblikdan o’lmay sevgi cho’lida…

Men seni bugunmas, kecha topganman,
Bir gul tanlaganday gulzor orlab.
Balki, topganimda quvnab chopganman,
Urinib-surinib, qalbni yaralab…

O’ylasam, nehca yil, necha kun o’tdi,
Qancha yellar esdi o’shandan buyon.
Ne ne olovlarni vaqt komi yutdi,
Lekin, ishq yong’ini ko’ngilda hamon…

Mendan o’zga seni sevaman desa,
Ishonma, azizim, degilki, yolg’on!
Degilki, shunday deb aytdi bir keksa,
O’sha keksa uchun saqlagil imon!...

Deydilar, sochimda, saqolim ham oq…
Taajjub! Negadir, o’zim ko’rmayman?
Hali, yuragimda muhabbat uyg’oq,
Naylay! Uxlatgali uni qo’ymayman.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 03 Noyabr 2008, 17:22:53
Sevdimu sevgimni goh etdim oshkor,
Goh sirday saqladim hasadgo’ylardan.
Ba’zan vazmin bo’ldim, ba’zan beqaror,
Tikanday tiklangan harommo’ylardan…

Kimning yuragi, bu, bezovta betinch,
Senikimi, jonim beraman ista!
Hol buki, ko’nglimda daf’atan sevinch,
Baxtimga salomat, borsan, Shohista.

Men seni sevardim, sevaman hamon,
Jonginam, hech qachon ikkilanish yo’q!
Oshiq dil chekmaydi ne dard, ne afg’on,
Nafaqat yetmaydi hasadgo’yga oq…

Dardimni yutdimu, chiqmadi sado,
Naqilay, ey ko’ngil, gunohimdan kech!
Ezildim, qiynaldim, entikdim, ammo,
Ahmoqning oldida egilmadim hech…
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 03 Noyabr 2008, 17:23:46
Xiyobon bog’iga otilgan gulday,
Va o’zing nogahon gul bo’lib qolding.
Bahor sehrlagan oshiq ko’ngilday,
Entikib-entikib, chuqur tin olding.

Balki, bir quchoqsan, bir bog’ning o’zi…
Balki, o’xshashi yo’q ilohiy gulsan.
Sendadir, sevgilim, qalbimning ko’zi,
Men senga, sen esa sevgiga qulsan.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 03 Noyabr 2008, 17:24:35
Sevdimmi, sevildim? So’rama mendan!
So’rama,o’zingga oydinday ayon…
Mabodo, birovlar so’rasa sendan,
O’yla, so’rog’ida balki, border jon…

Kimdir havas qilar, kimdir hasadgo’y,
Hasadgo’y oldida tiygin tilingni.
Havas qilsa, kimdir yaxshilikka yo’y,
Unga baxshida et, hatto dilingni!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 03 Noyabr 2008, 17:26:01
Nechun ko’zlaringda qora ko’zoynak,
Ko’zing qoroligi yetmasmi o’zi?
Ko’z qorang g’oliblik qildimi, malak,
Qoraga muhtojmi yo tong yulduzi?

Qoraga shunchalik o’chmi ko’zlaring,
Balki, sir bermaslik uchun urinar.
Qora ko’zoynakdan tiniq ko’zlaring,
Bulut qirg’oqlagan oydan ko’rinar…

Senga yarashadi qora ko’zoynak,
Menga ham yoqadi, taqsang, taqaver!
Parpiragan nurning oshig’i yurak,
Dilni ish o’tida yoqsang, yoqaver!

Qora ko’zoynaging aylansin sendan,
Bari bir qalbingni ko’raman aniq…
Shuncha yashirsang ham ko’zingni mendan,
Tun yashirolmagan yulduzday yoniq!
Nom: Kaminadan: Sog’inch
Yuborildi: intirest 03 Noyabr 2008, 17:27:54
Yodimdasan, hamon yodimdsa,
Xayolimda, har on yonimda.
Vujudimda, oqar qonimda…
Sog’inganim shumi, Shohista!

Seni ko’rmoq istar yuragim,
Ne kelmaysan, ayt, ne gunohim,
Sensiz kimga yetardi ohim,
Sog’inganim shumi, Shohista!

Qani o’shal uchrashgan kunlar,
Termulishib o’tkazgan tunlar.
Ko’z oldimdan ketmaydi ular,
Sog’inganim shumi, Shohista!

O’shal chehrang, tabassumlaring,
Menga aytgan shirin so’zlaring.
Yana…boqsin qaro ko’zlaring,
Sog’inganim shumi, Shohista!

So’nggi nafas,  so’nggi damda ham,
Bir seni deb jonli…, bu tanam.
Malikamsan, malak, yo sanam,
Sog’inganim shumi, Shohista!
Nom: Kaminadan: ADOLATGA…
Yuborildi: intirest 03 Noyabr 2008, 17:29:45
A yol bo’lsa, sizdek bo’lsa,
D ono, oqila qizdek bo’lsa.
O rasta va jozibador,
L utfda yulduzdek bo’lsa.
A yol bo’lsa,  sizdek bo’lsa,
T amanno,Qunduzdek bo’lsa.
Nom: Kaminadan:
Yuborildi: intirest 03 Noyabr 2008, 17:30:58
Mening sevgim senga yetmaydi,
Sadoqatda, chin vafolikda.
Soxta chipta kabi o’tmaydi,
“Sevgi bog’i”ga kirishlikda.

Ishonaman har aytgan so’zing,
Chinmi, yolg’on guvohi o’zing,
Aldolmaydi qaro ko’zlaring,
Aldov bo’lsa yonar gul yuzing.
Nom: Kaminadan:
Yuborildi: intirest 03 Noyabr 2008, 17:31:52
Yana jimirlab yog’moqda yomg’ir,
Qaro ko’zdan oqayotgan yosh.
Sog’inganing men uchun shudir,
Bas, yig’lama yetar qalamqosh.

Erta, indin balki keyinroq,
Ko’z  o’ngingda paydo bo’laman,
Sog’inch qonar, qonar dil, biroq,
Men ungacha ado bo’laman.

Menga visol, uchrashmoq nedir,
Gul chehrangni ko’rsam yetar, bas…
Ovozingni eshitdim hozir,
Tabassuming ko’rmoqlik havas.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:40:29
Sizni shuncha eslasam ham, gapirsam ham baribir nimadandir ko`lim to`lmaydi. Negaki endi avvalgidek siz bilan gaplasholmayman hammasi go`yoki tushdek. Hatto tush ko`rmay qo`ydim. Sog`inchimni aytolmay to`lib ketaman gohi........ Ishonmassiza sog`inganimga ammo baribir sog`indim..........
Yurak xo`rsinar yurak,
Sizdan ayrilgan kun, og`rindim.
Sizsiz yurak menga ne kerak,
Xudo haqqi sizni "SOG`INDIM"

Bu sizni menga yozgan so`ngi she'ringiz edi.........

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:40:55
Кимдир кутган киш келди. Совуккина, ёкимли, кулиб турадиган, бегубор, ёлгиз ва жим. Кутганим кор хам ёгди. Бир йил ўтганини нишонлаш учун кор ёгди. 1 йил ўтибди. Сизни кўрган куниму ўтган энг ширин вактимга хам 1 йил ўтибди. 18 декабр шунчалик тез етиб келдики. Гўё мен хам хаммасини жуда тез йўкотдим. Вактни сониялаб ўтказсанг худди камдек туюлади. Аслида хар бир сония аср билан баробар
18 декабр 31.622.400 сониялар....................................................
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:41:43
Узок йўл юрсам, нимадандир узок чарчасам, йиглагим келганда, хеч ким мени тушунишни истамаса, ёлгиз колсам хуллас хаммаси эслатиб туради сизни борлигингизни.
Чунки энг узок йўлни мен сизни ёнингизга бориш учун босиб ўтгандим.
Чарчаганимда сиз билан гаплашсам хамма чарчокларим унут бўлиб кетарди.
Йиглагим келса вактида сиздан аламимни олиб йиглаганим эслатади.
Хатто мени тушунмасангизда ха саники тўгри дея мани овутган ёки кўнглимни кўтаришга уринганингиз учун.
Сизсиз узок ёлгиз колганим учун.
Хаммаси учун.
Токи сиздан мени айирган ёлгон келмагунича сиз билан шундай яшаётган эдим.
Кейин-чи?
Нима бўлди. Худди кузги япрокдай тўкилдим. Ўз танамдан узилдим. Ёлгон саргайтирди йўлларингизда. У мени зор килди бир лахзалик гапингиз учун. Куз хам эслата бошлади сизни кайтадан.
Кетаётиб худди ўзимга ўхшаш кузги япроклар билан сўзлаша бошладим. Гўёки мен уларни тушуна оладигандек.

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:42:25
Тонг отиб кун ботади. Хаммаси рисоладагидай худди хеч нарса узгармаган. Узгартиришга хеч ким кодир эмас, факат ёлгиз Оллохгина бунга кодир. Аммо нега биз хаммасини ўзгартирмокчи бўлдик. Нега сиз ўзгартирдингиз. Нега сиз унутдингиз........ унутмай туриб нега кўксингиздаги юракка бунчалар озор килдингиз. Умид билан яшаётган бир жонни нега кайтиб олдингиза. Кеч бўлгандачи йигламокчисиз!. Хайронман нега халигача мен кўника олмаётган бу туйгулар сизни кўксингизга кандай килиб сигиб колди. Балки кучингиз етгандир юракка карши чикишга, нега унда айриликдан кочиб кетишга кучингиз етмади.
Канча яшайман билмайман, аммо сизни хеч он айбдор килмайман.
Агар билсангиз борлигингизни ўзи бир умрга етади, факат билиб турсам бўлгани. Ўзим хохламасамда гохида сизни ёдимга туширадиган, беихтиёр кўз ёш тўкишга мажбур киладиган туйгуларим бор. Улар бир умр мен билан яшаб колишса хам майли......................
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:42:53
Сиз якинсиз аммо масофа олис. Икки юрак биттаю аммо макони бошка. Хозир табиат гамгин, унга сал гапирсанг йиглаб юборадигандек. Атрофдан сизни излайман, гарчи бўлмасангиз хам. Тополмаслигим аник. Чунки энди сиз хам масофа хам канчалар якин бўлмасин ўзим сиздан узокман. Ўзга маконда..... ўзга юрак касрида МАЛИКАМАН. Ахир хамма нарса кайтди, аммо нега сиз кайтмадингиз.
Шу кунгача тушунмабман ахир энди сиз мани ўйламайсиз, ахир ман бошкаман. Ёки хали хам алам билан, мани ўйлаяпсизми? Ўзингизни кийнаб, рухингизни озорларга ташлаб излаяпсизми ўзга ерлардан.
Ўйламаяпман десангизда ишонмасдим барибир. Сансиз бахтлиман десангизда ишонмасдим барибир.
Бир зумга вакт тўхтасайди, майлийди сизни узокдан кўрсам хам...................................
Ёзолмайман кўлларим ёзгиси йўк, аммо юрак факат айтиб йиглаяпти, тан олмай ўзини унутиб согиниб йиглаяпти. Хаммасини ёзсаму ХИЁНАТ бўлади дея ўзига келиб яна йиглаяпти.
13.169.320
28 июн 2008
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:43:16
Ayriliq yomon. Xijron yomon. Sog`inch yomon.
Ammo nega to`lib qoldi barining paymonasi. Nega endi ayriliq ham yig`ladi ahvolimdan kuyinib. Xijron ketmoq uchun yo`l topolmay tiz cho`kib qoldi ilinch poylariga. Sog`inch yuragimni quchib panoh izladi ko`zlaringizdan. Ammo sizchi ketdingiz. Barini menga qoldirib. Ulardan zarra bo`lsada olib ketolmadingiz. Ular sizdan qolgan xotiraga aylanishdi. Ularni unutib ham, qo`yib yuborib ham, tashlab ketib ham bo`lmaydi. Ularsiz meh hechkimman xuddi siz men bilan ham hechkim bo`lmaganingizdek.
Ular ba’zan sizni izlab qolishadi. Meni savollar bilan ko`mib tashlashadi. Lekin qani edi javob berolsam sizni topib berolsam. O`zim qiynalaman ammo ular tana qilishmaydi go`yo meni tushungandek. Hayot ham nolish uchun sabab bermaydi. Baxt uyim ostonasidan har tong meni kuzatib, har kech quvonch bilan qarshi oladi.
Bilasizmi bularni bari sizsiz ammo menda bor.
Balki bularni barini menga tilagandirsiz.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:43:44
Osmonda oy ko'targanda bosh.
Topolmayman birorta sirdosh.
Ko'z yoshimdan sizni izlayman.
Kuz xam keldi xamon men sarson.
seni izlab bo'laman giryon.
Barglar kabi sevgimiz xazon.
Xar xazondan seni izlayman.
Qurib ketsin xayot zormanda.
Sevgimizni sizlab asrayman.
Ikkimiz xam qoldik armonda.
Armonlardan seni izlayman.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:44:04
Umidvor tikilmang ko'zimga.
Ketsam zor qaramang izimga.
O'zingiz izlamang izimdan.
O'zga bir ishq yashar dilimda.
Bu qiz bir dunyo deb o'ylamang.
Sevgisi ro'yo deb o'ylamang.
qalbi daryo deb o'ylamang.
O'zga bir ish yashar dilimda.
Men sizga sevgimni berolmasman.
Muxabbat yo'limni ocholmasman.
Tushuning!!!
O'zga bir ishq yashar dilimda.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:44:22
Bir kun kelib, yodga olasan.
Mening otash sevgimni qaytib.
Yuraginga, ismimni aytib.
Tig'laysan sen, Tig'layverasan.
Bir kun kelib, Izlab qolasan.
Izlarimni, Bo'lsa xamki kech.
Mensiz eru osmonlarga xech.
Sig'maysan sen, Sig'mayverasan.
Bir kun kelib, Faryod solasan.
G'ururingdan qolmaydi asar.
Ko'z yoshingdan qilmaysan xazar.
Yig'larsan sen. Yig'layverasan.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:44:39
Sevgi nima? G'azab, Xijronmi?
Yoki dilni mast etuvchi may.
Sevgi nima? Bir imtixonmi?
Yo tong chog'i yig'latuvchi nay.
Sevgi nima? Axdu, vafomi?
Sevgi nima? Orzu, Xatomi.
Sevgi nima? O'tli qarashmi?
Yurakda G'am, Otashli rashqmi?
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:45:17
Unutdimmi???? Yo'q unutdingiz.
Qizg'ondingiz zarra mexrni.
Oyni sovchi qilib yubordim.
Ilinj ila kutib mexrni.
Unutdimmi???? Yo'q unutdingiz.
Xatto tushga kirmay qo'ydingiz.
Zerikdingiz sevishdan yoki.
Ishqdan , Balki mendan to'ydingiz.
Unutdimmi???? Yo'q unutdingiz.
Dillar g'amga to'lgani qoldi.
Ko'zlarida yoshlari jovdirab.
Sevgi sag'ir bo'lgani qoldi.
UnuTDiMMi???? Yo'Q UnuTDiNGiZ....
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:45:40
Sevging firoqida kuygan ko'ngillar.
Dastingdan dard chiqqan qayg'uli dillar.
Sevgisin aytolmay o'tadi tillar.
Bu go'zal tuyg'uni qilmangiz o'yin.
Sevilgan quvnoqdir sevganga qiyin.
Umidvor ko'zlarda Sevgi oshkora.
Xajringda o'rtangan ko'ngillar pora.
Sevganing dardingni tushunsa zora.
Yurakdan kuylangiz bu sevgi kuyin.
Sevilgan go'zaldir sevganga qiyin.
Uning xam qalbiga tashlangiz nazar.
U xam inson axir, qilmangiz xazar.
Sevgisidan kuyib, yonib she'r yozar.
Bir marta poyiga egingiz bo'yin.
Sevilgan baxtlidir, sevganga qiyin.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:45:55
Ichgim kelar achchiq sharobni.
Yurakni kuydirar, dardimni yuvsa.
Mendyin noshud-u, xoli xarobni.
Armonlar tinmayin ortidan quvsa.
Yig'aldim, Yig'laymn ko'ksimni mushtlab.
Achchiq yolg'onlarning girdobidaman.
O'tiribman mag'lub, tilimni tishlab.
Omadlar soyining sarobidaman.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:46:13
Ketar bo'ldim sendan yiroq.
Qalbimni Qiymalaydi sog'inch firoq.
Vujudimni chulg'amoqda og'ir titroq.
Senga aytar so'ngi so'zim alvido yor.
Endi oshno etar bo'ldim armonlarni.
Visol dedim kelayotgan xijronlarni.
Kulib qarshi oldim qayg'u ozozrlarni.
Senga aytar so'nggi so'zim alvido yor.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:46:27
Sizga bo'lgan sevgim cheksiz ummon edi.
O'zgalarga dil bermog'im gumon edi.
Sevar edim yeru ko'kka ishonmayin.
Menday qizni ko'zlaringiz qanday qiydi.
Suyib turib uzatdingiz yot qo'llarga.
Kuyib turib kuzatdingiz yot ellarga.
Bevafolig' ko'rdim-u nogaxon sizdan.
Taqdir meni solib qo'ydi ne kuylarga.
Jonfidosin topdingizmi tashlab ketib.
Sarmast bo'ldingizmi ko'zim yoshlab ketib.
Unutmoq oson bo'lsa yurak uchun.
Yasharmidim sizni necha yillar kutib.
Og'ir oldim birovlarga keragimni.
Endi izlab so'roqlamang daragimni.
Farishtaday uchib ketib dunyoyingizdan.
Armonlarga ko'mib qo'ydim yuragimni.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:46:53
Yurak bag'rim ezib ketga so'zlar bu.
Imkon bo'lib bosilmagan izlar bu.
Kechir meni ozor berdim ko'nglingga.
Sevgi nigoxi ila boqqan ko'zlar bu.
Yuragimdan oqqan qonli yoshlar bu.
Man tomonga otilgan toshlar bu.
Kechir mani, sani deya olmadim.
Haligacha yuragimni g'ashlar bu.
Uzilmagan jonimga to'lgan alam.
Sevolmagan yuragimga yo'q malham.
Endi mening ko'zlartimga tor olam.
Kechirolsang kechir meni so'nggi so'zlar bu...!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:47:05
Muxabbat, muxabbat, muxabbat deyman.
Shirinmisan achchiq aslo bilmayman.
Birovlar tilida shirinsan-shirin.
Birovlar tilida zaxring yashirin.
Kimlardir mexringdan shodir yuz bora.
Kimlardir qaxringdan dilxun ming bor.
Axir sen ne uchun burkanib gulga.
Baxt olib kirmaysan barcha ko'ngilga.

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:47:32
Yolg'izlikdan emas gavjumlikdan qo'rqaman.
Dunyolardan emas o'z-o'zimdan qo'rqaman.
Yo'qotishdanku cho'chimay qo'yganman.
Ammo nega sendan ayrilishdan qo'rqaman.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:47:46
Ёстигимни махкам кучиб йеглайман,
Мени ташлаб кетган инсонни эслаб.
Кимдир мен учун хам шундай холатда,
Менинг нигохим бир бора куриб.
***
Аммо кунглим хамон ушанда,
Вужудларим уни согинар.
Эх канчалар кийналиб кеттим,
Хотиралар мени кийнокка солар.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:48:00
Сени Тинч куйишимни истайди само,
Сенга нигох богламасликни истайди руё.
Аммо мен истардим курмоклик сени.
Мен энди кетаман ишон коракош.
***
Сендан мен кетаман, сени тарк этаман.
Сени бошка уйламасликни юрагимга битаман.
Билгин шуни албатта дилдан билгин сен,
Хали мен бахтли буламан кузинг куйдириб.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:48:17
Дилимда эдингиз сизни согиндим,
Жуда хам согиндим менинг ягонам.
СОГИНИБ МАХБУБИМ УКСИБ ОГРИНДИМ..
КАЁКЛАРДА КОЛДИ ФИГОНИМ-НОЛАМ?
Сизни согиндим факат узизни,
Калбимга аталган менинг бахонам.
КАРО КУЗИНГИЗУ... ШИРИН СУЗИЗНИ..
ЮРАГИМ ЧИРОГИ ТАНХО ДУРДОНАМ!!!
Борликка атадим мухаббатимни,
Чин юракдан севган менинг бир донам!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:48:37
Чекинаман баъзида билмай ортимга.
Интиламан мен сенга тикиламан васлинга.
Сен мени хатто эсламайсан вислимни хам.
Мен булсамчи соатлаб тикиламан хажринга.
Халигача гумрохман севолмадим хеч кимни
Алдангани, алданган бетобгина юрагим.
Дардим!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:48:56
Ko'zlarim sog'insang, yulduzlarga boq.
Orzularing aytib, xayol ichra oq.
Xijronlar yo'lingga qo'yganda tuzoq.
Meni ko'p sog'inib yulduzlarga boq.
Esla, so'zlarimni ko'zlaring yumib.
Lablaring titrasin sharobdan simib.
Mayus xayollarim shodlikka ko'mib.
Entikib orziqib yulduzlarga boq.
Men o'sha qoshlari kunduz bo'laman.
Xox kecha,xox yana kunduz bo'laman.
Ishongin, baribir, yulduz bo'laman.
Meni sog'inganda yulduzlarga boq.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:49:12
Seni qattiq sevdim, telbalarcha bas!!!
Telbalar ko'p, ammo pulingga xavas.
Seni ko'p sevganman sanamay nafas.
Endi kutolmayman to'xtadi soat.
Kuzatib yurdim men izingdan faqat.
Xatlarim yirtding sen, o'qimay tashlab.
Bir nazar ilmading, ming bora qarab.
Kechir!!! Kutolmayman, tugadi faqat.
Men kuchsiz parivash, kozi ojizman.
Muxabbat quvlagan bir jinni qizman.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:49:28
Oshshiqlaring poyingga gul otib xam bo'ldi.
Xilvatlarda labingdan bol totib xam bo'ldi.
Va bu xaqda kimlargadir sotib xam bo'ldi.
Sen baribir muqaddassan, muqaddassan ayol.
Xarir xushboy badaningdan toshlar izi bor.
Ko'kragingda ne ezilgan boshlar izi bor.
Quyosh o'ti qizdirganne quyoshlar izi bor.
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:49:43
Sovuq Hijron solsada Azob,
Yolg’izim deb eslab yashnadim,
Guldek umrim bo’lsada Xarob,
Sizni kutib yig’lab yashadim…
O’tar umri menga ko’z tikib,
Olizlardan meni sevgan qiz,
Bor bardoshi qolsada to’lib,
Kutaverar meni qorako’z

Agar tun yarimida oy shula sochganda
Yomg'ir tomchilab mayin shamol esganda
Qaydandir ovoz eshitib bedor bo'lsangiz
Bilingki sizni cheksiz sog'inch ila kutguvchi bor.

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:49:59
Шоир уйлаб ёзишдан толди,
Чин хакикатни когозга солди.
Мухаббат ошиги узи буб колди,
Шу севги бобида бир умир ёнди.
Шундан кегин чин севгига узи ишонди.
Юрагим эгалладинг менинг севгилим! .
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:50:15
Yuraginga kirish istasam.
Yo'lim to'sdi begona bir ishq.
Men borman-ku deganday u,
Yo'l bermadi qilgandayin rashq.
Men esa cho'g' yuragimda.
sening ishqing mujassam faqat.
Lekin bu ishq so'ndi va sendan.
Iz qoldirdi armon va nafrat.
O'z yuraging o'zgaga berib.
Yuragimda yashaysan nechun?
Borlig'imga aylanib olib,
Borlig'ingdan xaydaysan nechun?
Seni so'rab olloxdan xar kun.
Sog'inchlarga bo'ldim asira.
O'zga sevging yoningda xar kun.
Mening yorim- shirin xotira.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:50:40
Azizim, dunyoning barcha zarlari.
Siz uchun atalsin, atalsin mayli.
Dunyoning tashvishi barcha g'amlari.
Mening yuragimga qadalsin, mayli.
Mayli, meni qarg'ang baxtsiz bo'l deya.
Mayli, menga ming bora la'natlar ayting.
Faqat sizdan bitta, bitta iltimos.
Bir bora, bir bora yonimga qayting.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:50:57
Maylimmi, siz uchun yashasam.
Sizga bag'ishlasam xayotim.
Yuragimga ismingiz yozsam.
Sizga bag'ishlasam bayotim?
Maylimmi, bir bora bo'lsa-da.
Ko'zingizda ko'rsam o'zimni.
Yuragingiz band etib bir bor.
Baxsh aylasam sizga sevgimni?
Maylimmi,xar bosgan izingiz.
Ko'zlarimga qilsam to'tiyo?
Dunyoda mendan-da baxtliroq.
Bo'lolmagay o'shanda go'yo.
Berarmisiz bir bor ijozat.
Yuragimni to'kib solmoqqa!
Xayotingiz munavvar etib.
qalbingizda mangu qolmoqqa.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:51:15
Mendan ayb izlamang, gunohimni bilaman,
To'rt tomonga dor osib, g'amlarimni ilaman.
Bilib qo'ying, ertaga ketishim bor uzoqqa,
Ayriliqdan qo'rqmayman, sog'inganda kulaman.
Tosh yurakka muhabbat rasmin chizib ketyapman,
Siz achinmang, men har kun baxt yonidan o'tyapman.
Ko'zlarimdan dumalab umid, ilinj to'kildi,
Suvga tashna sahrodek alamlarni yutyapman.

Endi ishonch gullari bog'larimda gullamas,
Umrimda kuz hukmron, qaytib bahor yo'qlamas.
Balki ko'zga ko'rinmas baxt qadriga yetmadim,
Lek ko'ksimda ishq o'ti yonib sira tugamas.

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:51:32
Jimgina sevaman,yonib sevaman,
Bo'ldi,ishkim-zorim aytmayman sizga!
Ko'nglim azobidan tonib sevaman,
Dardlarim aytmayman endi yulduzga...
Jimgina sevaman,yonib sevaman,
Dengiz, daryolarga itqitib g'amni.
Yolg'izlikda yolg'iz ishqqa kuyaman,
Men sukutdan olib bor-yo'q alamni.

Jimgina sevaman, yonib sevaman,
O'rin qoldirmayman achinish so'zga.
Odamlar borligin sezmay sevaman,
Yo yolg'iz ohshamayin sira yolg'izga.

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:53:11
Yigit bo'lmas qizga ko'ngil qo'ymagan,
Oshiq bo'lmas ishq o'tida kuymagan.
Gul yuzingga qarab ko'zim to'ymagan,
Seni hech kim mendayin sevmagan,
Sog'inmagan,qizg'onmagan suymagan.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:53:24
Muhabbat bir guldir,yashnab turadi,
Mehr ko'rsatmasang so'lib qoladi.
Muhabbat nozik qush,bilsang agarda,
Etiborsiz qolsa o'lib qoladi.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:53:36
Ko'changizga suvlar sepib kutib turing,
Bugun sizning uyingizga sovchi borar.
Sizga bo'lgan muhabbatim qurol qilib,
Qalbingizni ovlagani <ovchi> borar.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:53:56
INSONLAR YIG`LAYDI MENB O`LSAM BIR KUN,
DO`STLARIM BOSH EGIB QOLISHAR MAHZUN.
UMUDIN UZADI MENDAN BU DUNYO,
MEN HAYOT BO`LAMAN FAQAT SIZ UCHUN.
QABRIM UZRA GULLAR S`OLMOG`I MUMKIN,
CHIN DO`STLAR HAM UNUTAR SEKIN.
QARDOSHLAR KO`NIKAR DOG`IMGA LEKIN,
MEN HAYOT BO`LAMAN FAQAT SIZ UCHUN.

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:54:27
Gar hayotdan koz yumar bolsam,
Nomimni bir eslarmikansan?
Motamsaro uyim yonidan,
Bir qayrilib otarmikansan?
Tobutimni kotarib yerdan,
Yursalar gar qabriston tomon,
Pok sevgimnin haqqi hurmati,
Yelkangga bir olarmikansan?
Agar seni sevaman desang,
Jonimni ham qilaman fido,
Gar sevgimni sen yolg'on desang,
Unda deyman mayli Alvido!!!..
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:54:52
Sevgi bu - quvonch, kulgi, kotarinki ruh... Xullas bahor!
Sevgi bu - sog'inch, alam, iztirob...
Xullas boron.
Lekin shuni bilaturib ham inson bu tuyg'uga asir boladi.
Ammo u buni sevgi ekanligini tuwunmaydi.
Agar sizga wunday hislar taniw tuyulsa - demak siz SEVIB QOLGANSIZ
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:55:12
XAPA BO`LMANG SIZ MENDA
AGAR SIZNI UNITIB QO`YSAM
SIZNI TASHLAB KETISHIM MUMKIN
AGAR SIZNI UNITIB QO`YSAM
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:55:24
HAR BITTA BARGIDA MING SARG`AYIB JON
MANA QARSHILADIM HAZONDAY KUZNI
YURAGI YAPROG`I SHITIRLAB HAMON
SEVAMAN AZIZIM........
SEVAMAN SIZNI.............
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:55:39
BIROVLARGA ISHONMA ASLO
MEHRIBON YOQ ALLOHDAN BO`LAK
GOHO DO`STING ALDAYDI PINHON
ALDAB QO`YAR GOHIDA YURAK
QADRDONIM SO`ZIMGA ISHON
MEHRIBON YO`Q ALLOHDAN BO`LAK
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:55:52
SENSIZ O`TGAN KUNLARIM,
YUPATGUVCHIM XAYOL BO`LSA.
SENSIZ BEDOR TUNLARIM,
YOSTIQDOSHIM HIJRON BO`LSA.
EY BEVAFO , AYTGIL,
MUHABBTSIZ HAYOT BORMU.
SENGA BO`LGAN SEVGIM MENI,
NAHOT ENDI ZAVOL BO`LSA.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:56:37
Siz uzgani sizlagan kecha!
Dushmanlarim utdi iljayib,
Dustlar esa koldilar koyib.
Jismu jonim koldi m ungayib,
Siz uzgani sizlagan kecha.
Yurakkinam yig'lagan kecha.
Orzularim buldilar xazon,
Yuragimda in kurdi armon.
Ox, bunchalar pastladi osmon,
Siz uzgani sizlagan kecha.
Kunglim uksib yiglagan kecha.
Yulduzlar xam bokdilar xayron,
Kungil kasri buldiku vayron,
Ogriganda - ogridi bu jon,
Siz uzgani sizlagan kecha.
Men tun buyi yiglagan kecha.
Bulutlarga buyim yetmadi,
Kattik ekan, yer xam yutmadi.
Xatto ajal bir pas kutmadi.
Siz uzgani sizlagan kecha.
Men tongacha yiglagan kecha.
Yuragimda izlaring koldi.
Orzularim okdan ok edi,
Xayollarim nurdan pok edi,
Sevgimizga oy guvox edi,
Sarmast edik baxtdan va lekin,
Xudo seni kup kurdi menga.
Topgan edim seni nurlardan
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:56:50
SHovullab bahorda yomg'ir esganda
Anhorlarda to'lib suvlar oqqanda,
Mayin shamol doim esib turganda
Sog'inganim aytardim sizni ko'rganda.
Immillamay oylar o'ta qolsaydi
Dardlarim kamayib tugab qolsaydi,
Dunyo baxtga to'lib sizni ko'rsaydim
Ichimdagi dardim oshkor etsaydim,
bir umr yonizda bo'lib qolsaydim…
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:57:20
MENSIZ BAXTLI YASHA XAYOLDA MAMNUN
LEK TAQDIR YO`LIDA TO`QNASH KELGAN PAYT
BU CHO`KKAN KO`NGLIMNI KO`TARMOQ UCHUN
"SENSIZ HOLIM YOMON, KERAKSAN"DEB AYT
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:57:55
Ko’nglim firoqlarda nola qilsada
Xijron yurakka olov solsada
Olloxim omonat jonim olsada
Men baribir seni sevib yashayman!!!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:58:07
Xayolga berilsam o’zni unutib
Chiqib qolgandekman osmon falakka
Bilmayman yashayman kimnidir kutib
Dunyo joylanadi mushtdek yurakka!!!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:58:19
Deydilarki insonni qayg’u yig’latar
Deydilarki insonni alam yig’latar
Qayg’u bilan alamni qilmang gunoxkor
Aslida insonni sevgi yig’latar!!!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:59:02
Ko’zlarimda suratingiz
Dardlarimni bilmaysiz
Yig’lamasin yuragingiz
Siz mendayin sevmaysiz
Yo termulib ko’zingizga
Jon beray bir so’zingizga
Jon olar xar nigixingiz
Dardim og’ir bilmaysiz
Siz mendayin sevmaysiz!!!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 19:59:28
Bilmadim siz meni sevarmikansiz
Men kabi sog’inib yasharmikansiz
Sizga deb atalgan murg’ak qalbimni
Jonginam qadriga yetarmikansiz!!!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:00:11
Sevgilim, yuragim, keragim, xayotim, xayolim, muxabbatim, baxtim, taxtim, yolg’izim, yulduzim, kecha kunduzim, shirin so’zim, yagonam, birdonam, xayotim, borim, baxtu ozorim, jonim, armonim, mexribonim, qo’limdagi qalamim, yurakdagi alamim, ko’zimdagi yoshim, azobga bardoshim, yagona sirdoshim, qayg’u quvonchim, dildagi ishonchim, umrim davomi, qalbim oromi, baxorim, beg’uborim!!!!!!!!!!!!!............
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:00:47
Bedor o’tgan tunlaring xaqqi
Xazon bo’lgan gullaring xaqqi
Unut bo’lgan o’ylaring xaqqi
sevganingni sezmadim kechir
yo’lim poylab kutib tursang xam
alam ila kulib tursang xam
ichingda qon yutib tursang xam
sevganingni sezmadim kechir…
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:01:18
___KAMOLA___
Taqdir sendan o’kinchim bor
Yolvoraman quloq sol
Mayli bergin tashvishlar
Sevgi degan dardni ol….
Просмотров: 15 | Дата: 30.11.2008 | Рейтинг: 0.0/0 | Комментарии (0) 


___KAMOLA___
Bu extimol jonim telbalik
Bu extimol tuyg’udan mastlik
Deyman boqib ko’zlaringa tik
Mumkin emas seni sevmaslik…
Просмотров: 12 | Дата: 30.11.2008 | Рейтинг: 0.0/0 | Комментарии (0) 


___KAMOLA___
Ko’zlarim ko’r bo’lsa ko’rmasdim sizni
Yuragim tosh bo’lsa sevmasdim sizni
Mayli jo’shqin xayot qiynasin meni
Baribir o’lsam xam sevaman sizni,,,
Просмотров: 11 | Дата: 30.11.2008 | Рейтинг: 0.0/0 | Комментарии (0) 


___KAMOLA___
Muxabbat azobi qiynaydi meni
Yuragim ezilar eslasam sizni
Ey jonim bu dartdan xalos et meni
Chin so’zim o’lguncha sevaman sizni…
Просмотров: 12 | Дата: 30.11.2008 | Рейтинг: 0.0/0 | Комментарии (0) 


___KAMOLA___
Kipriklar yasharkan ko’zni sog’inib
Lablar yasharkan so’zni sog’inib
Daryoni sog’inib yasharkan qirg’oq
Men esa yashayman sizni sog’inib….
 
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:02:05
Yuragimni tubida bir nimadir yotadi
Yo qorong’u yo zulmat ich ichimni tirnaydi
Balki armon yo alam bag’ri dilim qon qilar
Balki dardmi yo g’aflat yoki achchiq xaqiqat…
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:02:20
Sevishgan ikki qalb topishgan zamon
Qalblarga muxabbat uradi javlon
Sevmoq va sevishmoq ayb emas zinxor
Sevgini lazzatin topmagan kim bor…
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:02:37
Yo’lizga intizor ko’zim tikaman
Majnuntoldek sizga boshim egaman
Axir yolg’on bo’lsa aytay nega men
Menga ishoning jonim sizni sevaman…
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:02:51
Sen ketib borarsan termular xayol
Ortingdan dod solib yig’laydi ko’nglim
Xayot shunday achchiq taqdir beshavqat
Yashashga majburmiz baziga ko’nib….
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:03:05
Dunyoda yor toping shunday bo’lsin
O’zinga shu qadar mexribon bo’lsin
Topgan yoring yuragi qoni
Tiniq oqqan suvdek musaffo bo’lsin….
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:03:19
Meni ko’rib kulib qarashiz
Qalesan deb axvol so’rashiz
Sezmaysizmi dilim o’rtashiz
Ko’rsam ko’zlarizni sog’indim
Uchrashganda qo’l berishingiz
To’qnash kelsak yo’l berishingiz
Salom deya nim kulishingiz
Ko’rsam ko’zlarizni sog’indim!!!
Azizm men yolg’iz sizni sevaman
Sherm baxsh etaman sizga kerakcha
Va ostiga mexrla avaylab chizaman
O’rtasida yoy bor bitta yurakcha!!!

men sizni sevaman ko’zimda yoshim
ne qilay bu dardga yetmas bardoshim
bu xayot sinaydi sinaydi sevgim
ox bu yurak sevgilim sizni sog’indi
mayli bu xayot sinasin sevgim
balki yetib qolar dardga bardoshim
mayli oqaversin ko’zimdan yoshim
bir bora aytsangiz sevaman jonim!!!

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:03:36
Bugun seni yana ko`rdim ko`zlaringa termulgancha xayotligimni unutdim.
O`tli nigoxing nega meni telba qiladi, nega meni sevishga majbur qiladi.
Xar kuni seni sening ko`zlaringni minglap insonlar ichra qidiraman,
Chunki seni sevaman lekin qanday aytaman uyalamanku?
Senchi? Sen meni sevasanmi? Meni sevishingni o`tli nigoxingdan anglasam bo`ladimi?
Ko`zlarimga qara faqat ko`zlarim sevgimni aytishga qodir.
Bilaman biz birga bo`la olmaymiz, lekin xech kim meni seni sevishdan maxrum eta olmaydi.
Qalbimda olov misoli senga bo`lgan sevgim gurkurap yonadiki?
Uni o`limdan boshqa xech narsa so`ndira olmaydi?
Xayolda bo`lsa xam sen bilan qilgan orzularim cheksiz.
Men ketaman maxzun yuragimni esa faqatgina senga ishonib topshiraman.
Meni tabassum ila yod et
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:04:18
Seni sog’inib boshlanar kunim
Sog’inib o’tadi butun kunduzim
Seni sog’inib bedordir tunim
Yana sog’inib tugaydi umrim!!!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:04:32
dunyolarga jar solgim keldi
sendan bitta so`z olgim keldi
oshkorlikni yurak or bildi
netay zimdan sevib qolibman
olislardan seni kuzatib
yuragim ham seni ko`rsatdi
oshkoramas pinhon so`z otib
netay seni sevib qolibman

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:04:55
Sendan bugun judo bo'ldim,
Aqlimdan ham ayrildim,
Lekin jonim unutmagin,
Baribir seni sevaman!
Hayot juda qiziqda,
Kimdir sevilsa,kimdir sevadi
Sevilgan sevmayi,Sevgam sevilmaydi?
Nega?
Chunki buni hayot deb qo'yibdilar

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:05:26
Siz mening hayotim, Siz mening jonim, hayotim mazmuni, ko`zlarim nuri. Siz mening borlig`im, siz mening sevgilimsiz, hayolimsiz, qalbimsiz-degan ekan Farhod Shiringa.
--_--_---_---_--

Taqdir ekan gaplashdik, sirlashdik va dillashdik.
Bir birimizni ko`rib mehrimizni ulashdik.
Ko`zlarimga tikilding, titroqlarimni sezding.
Sevgingni izhor qilib qalbimga tez erishding.

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:05:47
Nima qilay oshiqman senga,
Balki senga yo'qdir keragim.
Ko'nglimga mayli ozorlar bergin,
Ammo buncha ezma yuragim.
Tunlar bedor o`ylayman seni,
Qalbimda qoldi-ku orzu tilagim.
Menga mayli sevaman dema,
Ammo buncha ezma yuragim.
Men seni sog'inib borsam yonigga,
Holingni ko'rib kelar so'ragim.
Menga beparvo bo'lasan nechun,
Faqat buncha ezma yuragim.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:06:03
Seni men juda sog'indim
Netayin jonim ko'rgim keladi
Sen xam meni o'ylarmisan ox?
Shularni xam sendan bilgim keladi
 
Qalbim qotib qoldiku endi,
Seni aldovli so'zlaringdan
Sen meni endi ,tark etarsan
Shunda ham men seni ko'rgim keladi.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:06:23
Ox meni sevaolmagan sevgilim
do`stim bo`l deb og`ritding sen dilim
shu kundan boshlab o`zgardi meni hayot yo`lim
ko`rsatmadim senga ko`z yoshim
sen siz bir kunga ham etmaydi bardoshim
nahot o`zga yoring bo`lsa mendan afzal
tashlab ketding meni hutdi poyabzal
bilaman yuragin tubida bo`laman
meni unutolmaysan buni sezaman
seningdagini topaolmay dunyoni kezaman
seni unutolmasdan bag`ri dilim ezaman
dardkashim yo`q dardimni qog`ozga yozaman
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:06:39
Ko'ngil berib o'zingga yanglishishdan qo'rqaman,
Ozor solib dilingga ranjitishdan qo'rqaman.
Quvnab turgan ko'zingni yig'latishdan qo'rqaman,
Yolg'izgina joningni tig'latishdan qo'rqaman.

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:06:53
Sevgilim sevgilim og`riydi dilim
sizni ko`masam
eziladi qalbim sizni eslasam
g`uncha labingizdan o`par endi kim
savol bersam meni qiynab
turasiz siz jim
nahod sevgi bo`lsa o`tkinchi tuyg`u
nahod unutdingiz meni bunchalar tez
do`stlik bilan adashtirdiz sevgini
mayli majburiy sevgi kerakmas menga
gullar eslatar sizning hushro`y isingiz
musiqa ham bosaolmas shirin so`zingiz
yulduzlar ham sharmanda kulib tursa ko`zingiz
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_ 30 Yanvar 2009, 20:07:09
Sevdim seni xatto ko`rmay turib,
ko`zlaringa boqmay turib,
lablaringdan o`pmay turib,
sevgim izhor qilganimda
eshitarding kulib turib,
o`zga qizlarga tushsa nigohim
arazlarding labing burib,
ertalabdan kechgacha faqat seni o`ylayman
tushlarimda faqat sen o`ngimda ham o`zingsan
hayrlashib ulgurmasdan sog`inch qiynar qalbimni
yiroqlashmagin mendan iltimosim tilagim
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Qosimxon 24 Fevral 2009, 17:34:45
BARCHA SHODLIK SENGA BO`LSIN
Barcha shodlik senga bo`lsin,
Bor sitam zorlik, menga.
Barcha dildorlik senga-yu,
Barcha xushtorlik menga.
Sen mening jonimni olgin,
Men sening darding olay,
Barcha sog`lik senga bo`lsin,
Barcha bemorlik menga.
Senga bo`lsin barcha husnu
Menga bo`lsin barcha ishq,
Kori xunxorlik senga-yu,
Mehru poydorlik menga.
Bu jahonning rohatin ol,
Bor azobin menga ber,
Senga bo`lsin barcha orom,
Barcha bemorlik menga.
Ol o`zing koshonlarni,
Menga qo`y mayxonani,
Barcha xushyorlik senga-yu,
Barcha hummorlik menga.
Senga bo`lsin nurli kunduz,
Menga qolsin qora tun,
Barcha gulshan senga bo`lsin,
Bor tikanzorlik manga.
Sen shahanshohlikni olgin,
Menga qullik bo`lsa bas,
Bor jafokorlik senga-yu,
Bor vafodorlik menga.
Mayli, ostonangda yotsam,
Mayli, quvsang tosh otib,
Bor dilozorlik senga-yu,
Bor dilafgorlik menga.
Senga she'rni bitsin Erkin,
Yirtib otmoq o`z ishing,
Kasbi inkorlik senga-yu,
Aybga iqrorlik menga
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Qosimxon 24 Fevral 2009, 17:35:51
RASHKIM
Seni yotlar tugul hatto —
Qilurman rashk o`zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam
Bo`lurman g`ash ko`zimdan ham.
Ko`zim yongay senga nargis —
Ko`zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo`lgay yuzimdan ham.
Degaylarki, charosu
Ol gilos olmish labingdan rang,
Labing tegsa hasad qilgum
Gilos birlan uzumdan ham.
Seni jonim dedim yolg`iz,
Seni qalbim dedim tanho,
Chimirding qosh, pushaymonman
Qo`pol aytgan so`zimdan ham.
Visol onida ko`z ochsa,
Ne tong, tongdan ko`ngilda ranj,
Judo qilgay meni oy yuz,
Xumor ko`z yulduzimdan ham.
Senga o`n to`rtda bog`landim,
Hanuz erkin bo`lolmas dil,
O`zim dog`man, aql kirmas,
To`zimsiz o`ttizimdan ham
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Qosimxon 24 Fevral 2009, 17:37:15
UMR O'TAR
Umr o'tar,vaqt o'tar,
Xonlar o'tar,taxt o'tar,
Omad o'tar,baxt o'tar,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sening yurishlaring,sening kulishlaring.
Bahorda bog' na go'zal,
Qor tushsa tog' na go'zal,
Bu yoshlik chog' na go'zal,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
So'zsiz qarashlaring,holim so'rashlaring.
Oy chiqar goh zaholi,
Do'stlar ko'pdir vafoli,
Hayot shundan safoli,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sokin so'zlashlaring, pinhon izlashlaring.
Umr - yo'l, qayrilish ko'p,
Uchrashish, ayriliq ko'p,
Unutish, aytilish ko'p,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
O'sha kulishlaring, o'sha kelishlaring           
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Qosimxon 24 Fevral 2009, 17:38:12
SUVPARI
Seni hech kim sevolmaydi meningdek:
Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol,
Poyingga tiz cho`kib yig`lar, ehtimol,
Lekin sodiq bo`lolmaydi meningdek!..
Aldanma yor, aldamchilar makriga,
Malak bo`lma bevafo ishq shahriga,
Ular seni bir bossa bas bag`riga,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.
Yo`ling kesib o`tsam — o`zim hijolat,
Uzoqdan bir seni ko`rsam kifoyat,
Bir nigohing o`zi menga inoyat,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.
Joningga jon bo`lmayman-u, sevaman,
Yoningga bir kelmayman-u, sevaman,
Ismingni ham bilmayman-u, sevaman,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.
Sen ko`kdagi harir ko`ylak, hur-pari,
Ko`k ko`ldagi tinib qolgan suvpari.
Muhammadning ko`nglidagi dilbari,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Qosimxon 24 Fevral 2009, 17:38:52
SEVGI SADOSI
Gulim, mehr ko`zda degani yolg`on,
Mening dilimda hech o`chmas yolqinsiz,
Qancha ko`rishmasak shuncha qadrdon,
Qancha olis bo`lsak, shuncha yaqinsiz.
Devona oshiqman, men bir devona,
Ayting sizdan bo`lak kimim bor yana?..
Siz yo`q chog`imdagi dunyom begona,
Siz yo`q bog`imdagi gullar yoqimsiz.
Siz achchiq qismatim, siz iztirobim,
Siz shirin dardimsiz, shurin azobim,
Siz mening ko`klardan topgan oftobim,
Yerlarda yo`qotgan ko`zmunchog`imsiz.
Yodimda kechagi sho`xliklaringiz,
Ko`ksimni kuydirgan kipriklaringiz,
Siz o`sha — Orzusi oydan oydin qiz,
Siz o`sha — kulgusi qo`ng`irog`imsiz.
Siz o`sha ko`zimning kiftida turgan,
Siz o`sha ko`nglimga ko`ngli in qurgan.
To`kilay deb tilim uchida turgan
She'rimsiz, bir umr bitmas ohimsiz
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Qosimxon 24 Fevral 2009, 17:39:22
MAKTUB
Sevgilim,
Sevgilim,
Og`riydi dilim.
Jonim og`riyverar sizni o`ylasam.
Gulday yuzinggizni silar endi kim,
Meni eslarmisiz — yo`qmi o`shal dam...
Bulutlar ko`k kezar kunda piyoda
Ufqqa oftob botar qizil gulxanday.
Armonim ekansiz yorug` dunyoda,
Sizni o`ylamasdan yasharman qanday?
Ko`nglim ayvonida kuz hushtak chalar,
Ko`zimdan yosh bo`lib yog`adi yaproq.
Do`stlarim — takabbur shoirvachchalar
O`zlarin sevishar yoridan ko`proq.
Kunlarning kaftida sevgi xanjari,
Bag`rimda begunoh bir gul so`ladi.
Toychoqqa aylanib goh kechalari,
Tuproqqa ag`anab yotgim keladi!..
Sevgilim,
Sevgilim,
Og`riydi dilim.
Jonim yomon og`rir sizni o`ylasam.
Sunbul sochingizni silar endi kim,
Meni eslaysizmi-yo`qmi o`shal dam.
Bilmayman,
Bilishni istamayman ham,
Bilganim — menga baxt nasib etmadi.
Yillar o`taverdi, ko`zim o`ngidan,
Sizning oydek ruxsoringiz ketmadi...
Dunyo omon bo`lsin,
Siz bo`ling omon,
Omadli bo`ling siz.
Baxtli bo`ling siz.
Lekin,
Bilib qo`ying,
bilib qo`ying hamon
Sizni unutolmas Muhammadingiz
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Qosimxon 24 Fevral 2009, 17:40:40
MUHABBATIM

Muhabbatim, qaydasan qalb ardog`im,
Jayronko`zim, qirlarda qolgan ohum.
Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im,
Endi seni izlab qaydan toparman...
Kelar bo`lsang, yo`lingga gul to`shardim,
Sen Layliga, men Majnunga o`xshardim,
Bu dunyoda hijron yo`q deb yashardim,
Endi seni izlab qaydan toparman...
Tushlarimda yig`larsan goh bag`ri qon,
Ohlaringdan dud chiqib osmon-osmon,
Menga senu senga men bo`ldik armon,
Endi seni izlab qaydan toparman...
Muhabbatim, qaydasan, qalb ardog`im,
Jayronko`zim, qirlarda qolgan ohum,
Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im,
Endi seni izlab qaydan toparman
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Qosimxon 24 Fevral 2009, 17:42:30
MENING ERTAGIMSAN

Mening shodligimsan, bolaligimsan,
Mening g`ussam o`zing, mening armonim.
Seni osmonimga olib ketaman,
Yerda bizga kun yo`q, kun yo`qdir, jonim!..
Xato qildimmikan men erta kelib,
Yo sen adashdingmi kelib keyinmi?
Goho kimliging ham bo`lmaydi bilib,
Inim deymi seni, sevgilim deymi?
Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman...
O`ylamay deymanu o`ylamay bo`lmas,
O`tsang sen tomon bir bo`ylamay bo`lmas.
Sen mening hammadan yashirgan sirim,
Mening ertagimsan, so`ylamay bo`lmas.
Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Qosimxon 24 Fevral 2009, 17:45:53
O`ZBEK QIZLARI

Bu Momo Havodan ularga odat:
Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin
O`psa faqat shamol o`par yuzlarin.
Bu Momo Havodan ularga odat:
Nozik belda qirqta kokili qavat,
Silasa yomg`irlar silaydi faqat,
Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin —
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.
Jilmaysa nur yog`ar gul yanoqlardan,
Sir yashirar hatto qizg`aldoqlardan.
Oftob botgandan so`ng xilvat bog`lardan,
Behuda izlamang sira izlarin —
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.
Ko`ngli daryoday keng, mehri ulug`vor,
Dugonasi Hayo, dugonasi Or.
Ayting, farishtadan nima farqi bor,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin?..
Bardoshi oldida tog` — oddiy tuproq,
Ular etagidan jannat bir qadam.
Beayb Parvardigor, degandek biroq,
Yoq emas kichkina kamchiligi ham.
Sevadi,
Kuyadi,
Qiladi alam,
Dorga osing, ammo aytmas birovga.
Aytmay sevishini sevganiga ham,
Tegib ketaverar boshqa kuyovga!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Qosimxon 24 Fevral 2009, 18:04:58
YODINGDA QOLMOQCHI EDIM

Fuzuliy lutf etib ketgan bir zamon,
Go‘zallar vafosiz, aldoqchi dedim.
Yoningda qolishga yo‘q edi imkon,
Men sening yodingda qolmoqchi edim.

Negadir istardim qiynalishingni,
Yuragingga kamand solmoqchi edim.
Onangga aytolmay qolsang tushingni...
Men sening yodingda qolmoqchi edim.

Do‘stlar kechib qo‘ygan edi bahrimdan,
Kimlardandir qasos olmoqchi edim.
Haydab chiqardilar hayotlaridan,
Men sening yodingda qolmoqchi edim.

Alamim, hasadim, ginam tufayli,
Ehtimol ustingdan kulmoqchi edim.
Sog‘insang, o‘rtansang, yig‘lasang mayli,
Men sening yodingda qolmoqchi edim.

Ko‘zingni ko‘zimga bermading sira,
Ishondingmi, yo‘qmi, bilmoqchi edim.
Seni ko‘p o‘yladim. She’r yozdim qara,
Men sening yodingda qolmoqchi edim
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Qosimxon 24 Fevral 2009, 18:11:34
AYYOR QIZ

Kulib qarab, kulib ko‘zin obqochgan,
O‘rgatvolib, keyin o‘zin obqochgan,
Quchoqlasam, titrab yuzin obqochgan,
Tugunchagin tugib qo‘ygan tayyor qiz,
Yolg‘on yig‘lab, erga borar ayyor qiz.

Huv, deydi-yu, o‘ylar yostiq-ko‘rpasin,
Ko‘zda yosh yo‘q – ayaydi-da surmasin,
Eshitsinu lekin birov ko‘rmasin…
Tugunchagin tugib qo‘ygan tayyor qiz,
Yolg‘on yig‘lab, erga borar ayyor qiz.

Kuydirmajon edi, qurg‘ur, sho‘x edi,
Ko‘nglim unda edi, ko‘nglim to‘q edi.
Qosh terganda yig‘lagani yo‘q edi…
Tugunchagin tugib qo‘ygan tayyor qiz,
Yolg‘on yig‘lab, erga borar ayyor qiz.

Erta pishar edi qo‘qon gilosi,
Yuragimdek qop-qora qon gilosi.
Allaqachon bo‘lgan talon gilosi…
Tugunchagin tugib qo‘ygan tayyor qiz,
Yolg‘on yig‘lab, erga borar ayyor qiz.

Tengdoshini sevgan bo‘lar teng tentak,
To‘yda bildim, ancha ekan deng tentak.
O‘sha kuni sal yig‘labman men tentak…
Tugunchagin tugib qo‘ygan tayyor qiz,
Yolg‘on yig‘lab, erga borar ayyor qiz.

To‘y buzishga etarmidi jur’atim?
Un tortgani tegirmonga jo‘nadim.
Tuguniga sig‘magandir suratim…
Tugunchagin tugib qo‘ygan tayyor qiz,
Yolg‘on yig‘lab, erga borar ayyor qiz.

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Qosimxon 24 Fevral 2009, 18:14:06
ENTIKARDI…

Entikardi adirlaru dalalar,
Qizil kiygan qizdek qirmiz lolalar.
Qizil kiygan qizni yaxshi ko‘rardim,
Bilar edi tog‘alaru xolalar.

Dirillardi mendan qochib varraklar,
Varragimdan cho‘chib uchgan laylaklar.
Hurkak-hurkak titrab tunda yuraklar,
To‘lqin-to‘lqin tortar edi nolalar.

Bola edim bo‘shanggina, ko‘ngilchan,
To‘shak bo‘ldi go‘shanggaga ko‘ngilchang.
Mana, bugun bo‘yga etib o‘g‘ilchang
Senga yozgan she’rlarimni yod olar.

Mening esa qonim qaynab jo‘sh urar,
To‘lqin-to‘lqin tortib, gup-gup musht urar.
Qaytib-qaytib yuragimga bosh urar,
Sen tug‘ishing kerak bo‘lgan bolalar
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Qosimxon 24 Fevral 2009, 18:18:49
TILLO ZANJIR

Bo‘yningizga tillo zanjir solgan kim?
Tillo zanjir solib bog‘lab olgan kim?
Qaysi baland qo‘rg‘onlarning gulisiz?
Kulsangiz ham bunchalar qayg‘ulisiz?

Mohitobonmisiz bulutga tutqun?
Yoki jayronmisiz burgutga tutqun?
Yoki soyning ermagi – sumbulisiz?
Kulsangiz ham bunchalar qayg‘ulisiz?

Yo jilg‘asiz o‘zanidan adashgan,
Yo yulduzsi nogoh erlarga tushgan,
Yoki qora qismatning bir qulisiz?
Kulsangiz ham bunchalar qayg‘ulisiz.

Men-ku hasrat, qayg‘ularga ko‘nganman,
Hammasini she’rlarimga ko‘mganman.
Qaysi shoirning ezilgan dilisiz?
Kulsangiz  ham bunchalar qayg‘ulisiz?
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Qosimxon 24 Fevral 2009, 18:20:05
KUYGANYORDA YOZILGAN SHE’R

Meni yomon ranjitding,
Sendan qattiq xafaman.
Lekin sendek kuydirgi
Qizni qaydan topaman.

Sevgi, sevgi, der ekan,
Sevgi dilni er ekan.
Qizga mehring berguncha
Muzga bag‘ring ber ekan.

Buloqdek qaynab yotsam,
Sochingni o‘ynab yotsam,
Hech kim xalal bermasa,
Ko‘zingni o‘ylab yotsam.

Yuragingni kuydirgan
Sevgi – qizilcho‘g‘ ekan.
Yashnar ekan uf tortsang.
Puf deganda yo‘q ekan.

Azob chekkin, ataylab
Qo‘lingdan suv ichmayman.
Ko‘ylagimning tugmasi
Botmasin, deb quchmayman.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 22 Aprel 2009, 12:27:52
qalbim g'unchasin sizga baxshida
yuragim parchasi sizning ixtiyorizda
nogoh kechalari bo'lurman bedor
sizsiz bu hayotning oromi bekor

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 22 Aprel 2009, 12:28:06
mana sizsiz o'tmoqda kunim
hatokechalari bedordir tunim
qalbim yonmoqdadir yonmoqda ko'nglim
shirn so'zlaringizni sog'indiM

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 22 Aprel 2009, 12:28:19
bugun nigohlarim izladi sizni
xunob bo'ldi ko'zlarim ko'rmay ko'zingizni
xayolim sizni deb tinch qo'ymas meni
butun borlig'im bilan sog'indim sizni
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 22 Aprel 2009, 12:28:31
Intizor  qalb qachon  yetar  bahtga
unutaman  deya tayanib  ahdga
qalb yolg'izdir  chekadi u nido
mayli bo'lsin  sizdek  do'stimga  jonim  fido.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: braupov 22 Aprel 2009, 15:51:11
Muhabbat o’tida yonmasa ko’ngil,
Holiga voy, degil bemoru zahil,
Muhabbatsiz o’tgan har bir kuning, bil
Umringda behuda ketmish behosil.

Umar Xayom
http://[color=red] :bs1:[/color]
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: braupov 22 Aprel 2009, 16:17:31
Kimda yo`qdir qalbda otash, kimda yo`qdir ehtiros,
Men uni suvsiz, quruq daryoga qilgayman qiyos.
Barcha daryolar shoshar, ummonni ko`zlab, har qachon,
U qochar ummon qolib, go`yoki sahrolar tomon.
Mirza Shafiy
http://[b][/b]
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 25 Aprel 2009, 09:28:55
Sevdim, sevganim o'tkinchi emas
Bir kelib keyin ketguvchi emas
Sevdim sizni vaqtincha emas
Yuragim hech qachon o'zgani demas
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 25 Aprel 2009, 09:29:11

Nurli kechalarning tonglari uzun,
Dilga o't yoquvchi onlari uzun.
Bir umr qizg'onib yashashim uchun
Menga asrab qo'ygin tuyg'ularing
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 25 Aprel 2009, 09:29:30
MEN SENI SEVAMAN SEVGANIM UCHUN,
JONIM KO'ZLARINGGA TIK BOQOLMAYMAN.
MEN SENI SEVAMAN SEVGANIM UCHUN,
QANCHA URUNSAM HAM LEK YOQOLMAYMAN.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 25 Aprel 2009, 09:29:44
Seni hech kim sevolmaydi meningdek:
Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol,
Poyingga tiz chokib yiglar, ehtimol,
Lekin sodiq bololmaydi meningdek!..
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 25 Aprel 2009, 09:30:06
Sizni sog'inaman yulduzga qarab,
Siz ham yulduzlarga qarab turganday
Sizni sog'inaman osmonga qarab
Oyga tikilaman xabar kutganday,
Shamollar menga gox sirli gap aytar
Tushuna olmasdan qolaman yonib,
Sog'inchimni olib ortiga qaytar
Balki o'rtar sizni azobga qorib
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 25 Aprel 2009, 09:30:33
birgasan shodligim, qayg'ularimda,
Uxlasam tushlarim, hayollarimda.
Eshitgin sevgilim, aytar so'zimni,
Sen doim yashaysan mening qalbimda.

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 25 Aprel 2009, 09:30:48
Deydilar insonni alam yig'latar,
Deydilar insonni g'amlar yig'latar.
G'am bilan alamni qilmang gunohkor,
Aslida insonni inson yig'latar.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 25 Aprel 2009, 09:31:04
Sevgan bandani xudo sevarkan
Pok insonlarni farishta derkan
Ishoning: so'rasang xudodan baxting
O'zing orzu qilgandek yorni berarkan.

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 25 Aprel 2009, 09:31:16
Azizim yagonam mening yolg'izim
Qayga boqmay sizni izlaydi ko'zim,
Ishoning yolg'onmas mening bu so'zim
Nechun sizni sevaman bilmayman o'zim

Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 25 Aprel 2009, 09:31:29
Afsus chekaman sog'inib jim-jitlik uzra
O'zimni qo'yarga joy yo'q bo'sh xona ichra
G'am alamdan qutulolmay bo'laman ovora
Seni uchratmaganimda bo'lmasmidim shunchalik sarsona.


Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 25 Aprel 2009, 09:31:42
Kelasizmi meni ko'rgani
Shirin shirin suhbat qurgani
Qulog'imga asta shivirlab
Men seni juda juda sog'indim degani?
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 25 Aprel 2009, 09:31:53

Kimnidir yo'liga termulaman zor,
Kimnidir qalbiga berganman ozor.
Kimnidir esidan chiqqanman balki,
Kimnidir qalbida yashayman hamon.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 25 Aprel 2009, 09:32:06
Maylimi sizni yolg'izim desam,
Tunlari yoritgan chirog'im desam.
Maylimi sizni sevaman desam,
Maylimi sizni umrbod sevsam
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: zuhrahon 25 Aprel 2009, 09:54:44
hamma XON lar shu yerda ekanu :)


sevgi sevgi der ekan
sevgi dilni yer ekan
qizga mehring berguncha
molga xashak  ber ekan :D
(CHEXMIKxon)



BIZGACHA HAM OLOV BO'LGAN SUV BO'LGAN,
SIZGACHA HAM NE-NE PAHLAVONLLAR  BO'LGAN
O'ZINGIZGA BINO QO'YMANG YAXSHI YIGIT,
O'LMAS  KASHEY HAM YOSHLIGIDA YIGIT BULGAN


(HAZIL) :D ;D
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: saltanat 25 Aprel 2009, 10:51:21
  Bag'ringda jismu-jonim bir nafas sarhush ko'rsam,
  Kulgung lazzatidan o'zimni behush ko'rsam,
  Quvnab-quvnab o'lardim agarda shundoq o'lsam.
  Mendek o'lmoq baxtiga qandoq etsin boshqalar?
  Armonlar olovida kuyib ketsin boshqalar!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: siddiqa 02 Iyun 2009, 05:52:08
Men senga qo'shilib yig'lay olmasman ,
faqat bosh egaman qayg'ungga so'zsiz,
men  senga talpinib aslo tolmasman ,
men seni sevaman yig'layotgan qiz .
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Kumush 02 Iyun 2009, 06:55:18
Umrimni o‘tkinchi saboga berdim,
Eng so‘nggi chaqamni gadoga berdim,
Bu telba ruhimni Xudoga berdim...

Sabo olib bordi, gadoga berdi,
Gado yig‘lab bordi, Xudoga berdi.
Xudo meni senga xatoga berdi,

Sen meni kimlarga berding, Azizim?
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Kumush 03 Iyun 2009, 10:41:11
BIZ BAXTLI BO`LAMIZ

Mayli-da, kimgadir
Yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo`shilib
Yig`lasharmidik.
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik…

Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing –
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..

Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O`zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun –
Kokillaridan?..

Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.

Men esa
Oshig`ing sening –
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.

Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..

Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: lolo 14 Mart 2010, 17:09:31
Mana muhabbat:

(http://i078.radikal.ru/1003/ce/398836db9f29.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Ansora 08 Aprel 2010, 17:31:09
КЎНГЛИМ СЕВГИНГИЗГА...

Кўнглим севгингизга бутунлай кўнди,
Гўё унут бўлди кўҳна андуҳим.
Қайноқ қалбингиздан бўшатинг энди,
Совуқ шамолларга ўргансин руҳим.

Нозик қўлларингиз оҳиста тутиб,
Ушлашни унутдим қилич дастини.
Ғийбатчи, ғирромлар қулай вақÑ‚ кутиб
Турибди олмоққа мендан қасдини.

Мени висол билан сийламанг ортиқ,
Ҳижрон оташида тоблансин юрак.
Ширин сўз, табассум айламанг тортиқ,
Менга алам керак, изтироб керак.

Токи дил денгиздай жунбушга келсин,
Тошларни емирсин асов тўлқиним.
Бағримда қуюнлар югуриб елсин,
Довуллар, тўфонлар бўлсин бетиним.

Гўзалим, сўзларим ботмасин оғир,
Ҳозир қўйнингизда ухлаш пайтимас.
Ўзимни уйғота олмасам ахир,
Ғафлатдан кўз оч, деб ҳеч кимса айтмас!

Азизбек Анвар

2010 йил
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Ansora 08 Aprel 2010, 17:32:30
КЎНГЛИМ СИНИҚЛАРИ

Кўнглим синиқлари шишадек эриб,
Кўзимда қалқиди икки томчиси.
Ётибман тупроққа кўксимни бериб,
Елкамни эзади айрилиқ ҳиси.

Бир онда рангини йўқотди дунё,
Билмадим кўрганим ўнгим ё тушим.
Еттинчи осмонда юргандим гўё,
Лаҳзада чақмоқдек заминга тушдим.

Зулматни ёритди қалбимдаги нур,
Ошкора кўринди не бўлса ниҳон –
Барини рўйи рост англади шуур,
Ўзини кўрсатди маккора ҳижрон.

Юрак деб, керак деб, асраб юрардим,
Кўксимга худойим таққан туморни.
Нега тушунмайди ҳеч кимса дардим –
Севгисиз ҳаётнинг маъниси борми?

Йўқ, асло, кўнмайман бундай тақдирга,
Севгилим, кетавер майли ёнимдан.
Муҳаббат кетмайди сен билан бирга,
Муҳаббат жой олар менинг жонимдан.


Азизбек Анвар

2009
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: BelleQizcha 10 Aprel 2010, 09:03:18
Muhabbat fasli bu Bahorr....
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Ansora 10 Aprel 2010, 13:11:19
Билмадим, қаердан келар бу овоз,
Гўё тун қўйнидан талпиниб нурга,
Ярадор кабутар қилади парвоз —
"Севгилим, бир умр бўламиз бирга!"

Эрингнинг куйлагин дорга осасан,
Ечглари шалвираб чўзилар ерга.
Нимани ўйлайсан? Нега қотасан?—
"Севгилим, бир умр бўламиз бирга!"

Бегона бу сочлар қоп-қора гулхан,
Силасам, куйдириб отар хотирга.
Мен ҳам эшитяпман, мен ўтдаман —
"Севгилим, бир умр бўламиз бирга!"

Бешикни қучоқлаб енгил ухлайсан,
Тушингда бир ҳаёт — менгзайди шеърга.
Кулиб такрорлайсан, кулиб тинглайсан:
— Севгилим, бир умр бўламиз бирга!

Умрдан гапирма. Унда айб йўқдир.
Ўтган умр асов — кўнмас таҳрирга,
Сен ҳозир чорлагин, ёшимни тўкдир:
— Севшлим, бир умр бўламиз бирга!

Айвон устунига суяниб оғир
Боқасан: фалакда ёлгаз бир турна...
Турна йиғладими, Ñ‘ғдими ёмғир —
"Севгилим, бир умр бўламиз бирга!...

Бизни таъқиб қилар бу савдо мангу,
Умримизни абад ўрайди нурга.
Учрашсак, наҳотки, етим қолар у —
"Севгилим, бир умр бўламиз бирга..."

Usmon Azim
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Ansora 10 Aprel 2010, 13:15:03
ҲАЁТ ҚЎШИҒИ

Боғ қўйнида икки дарахт —
Бир-бирига интизор.
Сен — бир дарахт,
Мен — бир дарахт,
Куйиб-куйиб ўтдик, ёр.
Аммо бахрр келганида
Очилиш керак экан.
Гулу мева, хазон бўлиб,
Сочилиш керак экан.
Шамолларга дилим ёрдим,
Гул-япроқлар тилида.
Ел кафтида олиб келган
Ҳар шивиринг дилимда.
Аммо баҳор келганида
Очилиш керак экан.
Гулу мева, хазон тўкиб,
Сочилиш керак экан.
Ерга боғлаб қўйилганман,
Илдизим ер остида.
Кечалари шовуллайман,
Боқиб бўйи бастингта.
Аммо, яшаш керак экан,
Очилмоқ керак экан.
Гулу мева, хазон тўкиб,
Сочилмоқ керак экан.
Бог қўйнида икки дарахт —
Бир-бирига интизор.
Сен — бир дарахт,
Мен — бир дарахт,
Куйиб-куйиб ўтдик, ёр!

Usmon Azim
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: UzMuslim 11 Aprel 2010, 20:32:08
Armon tula bu dunyo deganlari rost ekan
Sevgi asli bevafo deganlari rost ekan
Ne qilayin taqdirin shunday ekan bilmadim
Men sevganing sevgani o`zga ekan sezmadim

Armonlarim tog`dayin botib keddi qalbimga
Sevgan yorim netayin sotib ketdi g`animga
Shunday bevafo dunyo baxtim meni shu midi
Shuncha chekkan dardlarim azoblarim kammidi

Dunyo dunyo ey dunyo alamlarim bir dunyo
Dunyo dunyo ey dunyo baxt menga ruyo dunyo

Armonlarim ortida qolar bo`ldi yaragim
Sog`inchlarnini ostida yotar bo`ldi yaragim
Mening bu dardlarimga bir kun davo bormikan
Bundayin bevafoga birkun jazo bormikan
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: albatros 26 Sentyabr 2011, 13:26:01
Har bir kiritilayotgan she'rning muallifi ham qayt etilsa yaxshi bo'lardi.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Lu`lu` 24 Oktyabr 2011, 01:24:42


БИР САВОЛ

Куламан дейман-у, йиғлайман нега,
Қалбим дарзларига бормикан чега,
Дардли бир армонга наҳот мен эга,
Бир савол ёдимдан бўлмас фаромуш –
“Севаман” демаган нимага Кумуш?
 
Ҳижрон ойларини алмашиб йилга,
Ҳавасга берилмай, қулф уриб дилга,
“Чидолмайман” демай, эрк бермай тилга,
Ориятни асраш – бу қандай юмуш,
“Севаман” демаган нимага Кумуш?

Қолоқ бўлганми Ñ‘ – четга юрмаган,
Сериал кўрмаган, “чат”га кирмаган,
Интернет, “сотка”да кўнгил бермаган,
Кийиб жинси шим Ñ‘ “мини”, қўйиб “тушь” –
“Севаман” демаган нимага Кумуш?

Шаддод неварага Ñ‘қармиш “бири”,
Буни ҳамма билар, йўқ эмиш сири.
Не дейишин билмас чолга кампири...
Дунёнинг ҳолига боқаман хомуш –
“Севаман” демаган нимага Кумуш?
 
“Ўткан кунлар” – орга тикланган бино,
Такрор китоб қараб, кўраман кино,
Қанча назокату, қанча истиғно,
Қанча одоб билан дилни айлаб хуш –
“Севаман” демаган нимага Кумуш?

Бобур Бобомурод
" Ешлик" журнали 2011 йил
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Sadulla 24 Oktyabr 2011, 08:14:00
 :asl3:



БИР САВОЛ

Куламан дейман-у, йиғлайман нега,
Қалбим дарзларига бормикан чега,
Дардли бир армонга наҳот мен эга,
Бир савол ёдимдан бўлмас фаромуш –
“Севаман” демаган нимага Кумуш?
 
Ҳижрон ойларини алмашиб йилга,
Ҳавасга берилмай, қулф уриб дилга,
“Чидолмайман” демай, эрк бермай тилга,
Ориятни асраш – бу қандай юмуш,
“Севаман” демаган нимага Кумуш?

Қолоқ бўлганми Ñ‘ – четга юрмаган,
Сериал кўрмаган, “чат”га кирмаган,
Интернет, “сотка”да кўнгил бермаган,
Кийиб жинси шим Ñ‘ “мини”, қўйиб “тушь” –
“Севаман” демаган нимага Кумуш?

Шаддод неварага Ñ‘қармиш “бири”,
Буни ҳамма билар, йўқ эмиш сири.
Не дейишин билмас чолга кампири...
Дунёнинг ҳолига боқаман хомуш –
“Севаман” демаган нимага Кумуш?
 
“Ўткан кунлар” – орга тикланган бино,
Такрор китоб қараб, кўраман кино,
Қанча назокату, қанча истиғно,
Қанча одоб билан дилни айлаб хуш –
“Севаман” демаган нимага Кумуш?

Бобур Бобомурод
" Ешлик" журнали 2011 йил

Aynan hozirgi kungi achinarli ahvol yoritilgan she'r bo'libti.Rostdan ham Otabek-u,Kumushlar kitoblarda qolib ketdimikan ?!
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Музаффар 24 Oktyabr 2011, 08:52:58
Албатта Хаё иймоннинг энг катта бўлагидир!

(қани имконият бўлса-ÑŽ шу Луъ-луъ опанинг шу постларига двойной эмас, тройной "рахмат" қўйсам. Бугунги кунимизнинг энг катта проблемаларидан бирини ёзибдилар...)
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: albatros 24 Oktyabr 2011, 14:35:25
Muhabbat eng oliy tuyg’u.

Muhabbat – bu eng go’zal tuyg’u,
Uning og’ishida sarmast ko’ngillar.
Muhabbat yurakdan taralgan yog’du,
Uning yorishadi qorong’u  dillar.

Muhabbat sevgingdan to’kilgan ko’z yosh,
Go’yo tosh ustiga ochilgan lola.
Muhabbat quyoshdek so’nmas bir otash,
Bahorga sochilgan misli shalola.

Muhabbat qalbdagi armon iztirob,
Otabek sevgisin yerlarga ko’mgan.
Laylini ko’zidan shosh qator oqib,
Cho’l-u biyobonga bosh olib ketgan.

O, muhabbat gar shunday bo’lsang,
Qayta tilga olmam yetar,bo’ldi bas.
Shunday deyman lekin o’zim qalbimda,
Menga quloq tutmay shivirlar bir sas –

Muhabbat – bu eng go’zal tuyg’u,
                       
Xumoyun Mirzo.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: albatros 24 Oktyabr 2011, 14:36:57
Shunchalar qiyinmi?

Shunchalar qiyinmi birgina imo,
Nahotki bir lutf shunchalar qiyin.
“Kel” deb aytaman-u o’zim ketolmay,
“Sevaman”dan o’zga yana ne deyin?

Shunchalar osonmi yetdim deganda,
Ishqingizga kuyish,qovrilish yonish.
Jonidan sevdirib jonini olmoq,
Shunchalar osonmi sevgidan tonish?

Shunchalar qiyinmi sizdan kehmoqlik,
Bariga qo’l siltab ketaverish jim.
Yoningizdan ketdim,quvildim ammo,
Sizdan kechmog’imga yo’l bermas sevgim.

Shunchalar qiyinmi nigohingizga,
Ortingizdan hatto armonmi yetish?
Vidolashmoq shuncha,shuncha qiyin-u,
Osonmi dunyodan jimgina ketish?

Sayyora Qilicheva.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Humayro 24 Oktyabr 2011, 14:57:09
- Bolalar, Muhabbat bu 99% ximya va ximik reakziyalardir, ximiyani kim yaxshi bilsa o'sha aldanmaydi muhabbatdayam ))), - derdi ximiya domlamiz

o'shanda kulardik, bugun esa man uni nima demoqchi ekanini tushunyapman
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: albatros 25 Oktyabr 2011, 16:22:26
Ҳаётим - сеники

Мен сенга дунёлар бермадим,
Ёрим деб кўксимни кермадим.
Сен учун боғдан гул термадим,
Олавер, ҳаётим - сеники.

Ошиқ дил мисоли девона,
Унга бу дунёлар бегона.
Ҳаёлим бошингда парвона,
Олавер, ҳаётим - сеники.

Осмоним булутли гоҳида,
Лек нур бор кўнглимнинг тоқида.
Кўрайин вужудим соғида,
Олавер, ҳаётим - сеники.

Эрта-кеч гул кутиб, ўксима,
Ҳаётим олдида гул нима,
Келиб бош қўйсанг бас, кўксима,
Олавер, ҳаётим - сеники.*

Ботиржон Эргашев
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Muhammad Sanjar 01 Dekabr 2011, 00:49:23
Kel, yashirib qo'yayin seni
yurakning eng chuqur yeriga.
Keyin sen ham yashirgin meni
yurakning eng chuqur yeriga.

Topolmasin bizlarni birov.

(Shavkat Rahmon)
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Solihatun 01 Dekabr 2011, 18:06:09
- Bolalar, Muhabbat bu 99% ximya va ximik reakziyalardir, ximiyani kim yaxshi bilsa o'sha aldanmaydi muhabbatdayam ))), - derdi ximiya domlamiz

o'shanda kulardik, bugun esa man uni nima demoqchi ekanini tushunyapman

Ustozingiz nima demoqchi bo`lgan ekanlar?
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Muhammad Sanjar 01 Dekabr 2011, 22:19:17
Ko'p yig'lama,
og'riydi boshing,
axir baxtli bo'lmog'imiz shart.
Yomon bo'lar agar ko'zyoshing
tugab qolsa, kelgunicha Baxt.

Ko'zyoshingni sochma tunlarga,
Asrab qo'ygin yaxshi kunlarga.

(Shavkat Rahmon)
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Humayro 05 Dekabr 2011, 13:12:08
- Bolalar, Muhabbat bu 99% ximya va ximik reakziyalardir, ximiyani kim yaxshi bilsa o'sha aldanmaydi muhabbatdayam ))), - derdi ximiya domlamiz

o'shanda kulardik, bugun esa man uni nima demoqchi ekanini tushunyapman

Ustozingiz nima demoqchi bo`lgan ekanlar?

Iqtibos
...синус икки оксиднинг бош келишикдаги саккизинчи даражали илдизининг гравитацион доимийсининг тангенсиал синхрон эга ва кесимидан ДНК хужайраларига намуна олишни амалда ва назарий жихатдан исботлаган...

shunga o'xshash bir qoida aytvudi esimda qolmabdi.

mavzudagi bazi postlarni o'qib shu qoida esimga tushib ketdi )))  
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: albatros 05 Dekabr 2011, 13:42:28
Oltmish yil sevgiga ta’rif izladim,
Izladim, bir mezon topmadim aslo.
Balki, ikki dilning qovushmog‘idir,
Ikki dilda o‘chmas tug‘ilgan vafo?!

Ayriliq, rashk, riyo sevgining yo‘li,
Men faqat vafoni bildim muqaddas.
Mening qo‘shiqlarim bitta oshiqni
Vafo saroyiga boshlay olsa, bas!

Shukrullo.
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: albatros 05 Dekabr 2011, 13:43:30
TO’KMA KO’Z YOSHINGNI

To‘kma ko‘z yoshingni, yig‘lama, go‘zal!
Majnuntol singari yoyma sochingni.
Mening gunohimni kechirgil bir gal,
Bir dam qoyaga boq, ko‘tar boshingni.

Tomchi tomib turar qoyadan chak-chak,
Bir tomchi toshlarga solibdi ajin.
Axir tosh emas-ku mendagi yurak...
Ko‘z yoshingni to‘kma, menga ham achin.

Shukrullo
Nom: Re: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Sitora Sayfullayeva 16 Yanvar 2012, 12:07:24
Unutmoq istadim unutolmay lek
Dardli qoshigimni aytolmay sizga
Sogindim sogindim lek aytolmadim
Birinchi muhabbatim seni qomsadim

Bo`zlar endi yuragim qiynalar dilim
Saqlolmay oshkora aytmoqda qalbim
Otinaman Muhabbat ko`rsatgin kuching
Birinchi muhabbatim seni sogindim

Majruh yuragimda otildi bir soz
Sevardim kutardim soginardim men
Essiz yuragimda qolib ketdi koz
Birinchi muhabbatim SENI SEVARDIM
 



Mana bugun oshkora aytolaman men
Mana sensiz ham yasholaman men
Kunlarim otayapti befayz beun jim
Birinchi Muahbbatim seni sogindim

Yana koz yoshlarim daryo bolyapti
Yana soginchalrim  qalbim ezayapti
Sitoraning kongli vayroni loldir
Birinchi muhabbatim baxtli bo`l endi!!!


manba Sitora Sayfullayeva
Nom: Javob: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: Muxsiya 14 Mart 2013, 10:24:36
Kecha yomgir yogdi mana yanaEsingdamiTanishgandik yomgirlar bolib sababSeni ilk bor korganimdaKiyimlaring hol ediBilmadim negadir kayfiyating yoq ediYoningga borib soyabonimni berdimOzgina bolsa ham konglinni ola bilgan edimXazil huzul qilib uyingga yetgan edikEndi xayrlashib uyimga ketgan edimMeni sevishga orgatding Ayb mendamiXammasi yaxshi ediLekin ketasanAqlimga sigmayapti Sani yoqotdimAqlimga sigmayaptiQanday sensiz yashashimQandayin aytNahotki unutdingNahotki oramizdagi aloqalarni uzdingNimalar berildingKimlar bilan ovundingMenga ham orgatQanday  qilib unutdingQanday unutdingNega jimsan ayt Nega jimsan aytMenga ham orgat bu qanaqa she'r o'zi na qofiya bor na mazmun
Nom: Javob: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: intirest 14 Aprel 2014, 14:43:50
Яна жимирлаб ёғмоқда ёмғир,
Қаро кўздан оқаётган ёш.
Соғинганинг мен учун шудир,
Бас.... йиғлама, етар қаламқош !!!

Эрта, индин, балки....кейинроқ,
Кўз ўнгингда пайдо бўламан.
Соғинч қонар, қонар дил, бирок...
Мен унгача адо бўламан !!!

Менга висол, учрашмоқ недир,
Гул чеҳрангни кўрсам етар бас.
Овозингни эшитдим ҳозир,
Табассуминг кўрмоқлик ҳавас !!!

Масофалар айро йўлларда,
Туташ келиш тақдирга аён,
Тақдир деган ўшал қўлларда,
Ўйинчоқмиз, мудом ва ҳамон !!!
Nom: Javob: MUXABBAT FASLI
Yuborildi: IRFON-2012 14 Aprel 2014, 16:30:59
Negadur sevgi haqidagi she'rlarni yoqtirmayman. Ilohiy ishq haqida bo'lsaku yaxshi. Lekin, bitta ojiz bandani ishqida bunchalik yonib kul bo'lish yaxshi emas))