forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumdoshlar hayoti => Mavzu boshlandi: shoir 29 Yanvar 2008, 19:00:29

Nom: Imzolar
Yuborildi: shoir 29 Yanvar 2008, 19:00:29
Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda userlarimizning imzolari haqida fikr almashamiz.

Menga eng yoqqan imzo, AbdulAzizniki (menimcha, 2-3 yildan beri o'zgarmagan):

Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: shoir 29 Yanvar 2008, 19:01:44
Shuningdek, Ali Rizo Bekning yangi imzolari ham juda yoqdi:

Ko'p do'stlarni uchratdim, lekin tilni tiyishdan afzalroq do'stni ko'rmadim.
Ko'p kiyimlarni ko'rdim, ammo tavodan afzalroq libosni uchratmadim.
Ko'p mol ko'rdim, biroq qanoatdan ortiqroq mol topolmadim.
Ko'p yaxshiliklar ko'rdim, lekin nasihatdan ko'ra chiroyliroq yaxshilikni bilmadim.
Ko'p taomlarni ko'rdim, ammo sabrdan lazzatli taomni uchratmadim.
Kimki insonlarni xor qilib kamsitsa, o'zi ham xor bo'lganini ko'rdim.
So'zi ko'paygan kishining xatosiyu gunohi ko'payganiga shohid bo'ldim.

Hazrat Umar roziyallohu anhu!

(http://i003.radikal.ru/0801/4a/4e5712c17e8d.jpg)


Usmonning ham yangi imzolari juda yoqdi. Ko'p narsalarni odamga eslatib turarkan. Biroq uni qanday joylashni bilmadim.

PS. Usmon, o'zingiz joylab bersangiz.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Abdusalom 30 Yanvar 2008, 13:37:15
Robiyaning imzolariga gap yo'q:

Hozir kimdir xursand,shodumon,
Qayerdadir yoshlangan ko'zlar
Kim yetdiyu, kimgadir armon
Bo'lib qoldi bir dunyo ishlar

Dunyo mo'minlarning bozori:kecha va kunduz - sarmoyalari,go'zal amallar tijorat mollari, jannat foydalari,jahannam esa zararlaridir.



Malikahonni imzolari ham chiroyli:

(http://s.foto.radikal.ru/0704/7e/213e278a4d5a.gif)


Negadir Murodbekning imzolariga tushunmadim:

<img src="http://www.danasoft.com/citysign.jpg" border="0"> (http://www.danasoft.com)<p><div style="font-family:Arial,sans-serif;font-size:11px;">Sign by Dealighted - Coupons and Deals (http://www.dealighted.com)</p></div>
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: ikbaljohn 30 Yanvar 2008, 13:40:39
Maniyam imzom haqida biror narsa divorila?
Silarga qiyin bo'masligi uchun imzomni qoldirib ketyapman!
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Abdusalom 30 Yanvar 2008, 13:51:55
Bir ko'r borar tunda, qo'lida chiroq,
Yo'lovchi hayrondan beribdi savol:
-Tunu kun sen uchun birdek aslida,
Chiroqqa ne hojat,men hayronu lol!?
-To'g'ri,kecha-kunduz men-chun zim-ziyo,
Qalbimdan anglayman yaqin-yiroqni.
Biroq ko'zi ojiz urilmasin deb,
Ko'tarib yuribman ushbu chiroqni!


Zo'r she'r ekan. Muallifi o'zingizmi?
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: ikbaljohn 30 Yanvar 2008, 14:41:11
Bekajon (c) gazetasidan vaqtinchalik olib turilibdi :) Muallifi esimda yo'q!
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Murod_bek 30 Yanvar 2008, 14:43:15

Negadir Murodbekning imzolariga tushunmadim:

<img src="http://www.danasoft.com/citysign.jpg" border="0"> (http://www.danasoft.com)<p><div style="font-family:Arial,sans-serif;font-size:11px;">Sign by Dealighted - Coupons and Deals (http://www.dealighted.com)</p></div>
Assalomu ALaykum! Kamina bitta "opriditel" qo'ymoqchi edim! Lekin o'xshata olmadim... :)
Almashtirib qo'yaman inshaalloh...
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Usmon 30 Yanvar 2008, 15:46:42

Negadir Murodbekning imzolariga tushunmadim:

<img src="http://www.danasoft.com/citysign.jpg" border="0"> (http://www.danasoft.com)<p><div style="font-family:Arial,sans-serif;font-size:11px;">Sign by Dealighted - Coupons and Deals (http://www.dealighted.com)</p></div>
Assalomu ALaykum! Kamina bitta "opriditel" qo'ymoqchi edim! Lekin o'xshata olmadim... :)
Almashtirib qo'yaman inshaalloh...

(http://www.danasoft.com/sig/Aniqlovchi.jpg)
Murod_bek shunaqa qo'ymoqchi bo'ganakanladeee :) Sal pastroda custom sign ssylkasiyam borakan o'shanda forumga link berisharkan.... Shoir - Rahmat! Joyladim :)
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Murod_bek 31 Yanvar 2008, 14:37:43
Ming rahmat Usmon! Ilmingiz ziyoda bo'lsin...
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: shoir 31 Yanvar 2008, 17:19:52
Muslimaxonning imzolari ham juda go'zal:

ALLOHIM biz SENDAN SENI SEVMOQNI, SENI sevganlarni SEVMOQNI VA SENI MUHABBATINGGA YAQINLASHTIRADIGAN AMALLARNI biz UCHUN SEVIMLI QILMOG’INGNI SO’RAYMIZ!


Shoxjahon12ning imzosi - koreys maqoli ham insonni o'ylashga chorlaydi:

Hayot omadsizlikka uchraganda emas, hamma narsadan voz kechilganda tugaydi. (Koreys xalq maqoli)
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: shoir 31 Yanvar 2008, 17:20:30
Mahzunabonuning imzolari chiroyli, lekin juda ham teran ma'no anglatmaydi:

(http://rx.foto.radikal.ru/0710/c4/c3a8acf1a741.gif)(http://rx.foto.radikal.ru/0710/c4/c3a8acf1a741.gif)(http://rx.foto.radikal.ru/0710/c4/c3a8acf1a741.gif)(http://rx.foto.radikal.ru/0710/c4/c3a8acf1a741.gif)(http://rx.foto.radikal.ru/0710/c4/c3a8acf1a741.gif)


Negadir Mastura singlimiz imzolarini olib tashlabdilar.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: BaÑ…tiyor 02 Fevral 2008, 14:44:05
Hammani imzosi bir-biridan chiroyli va ma'noli !
Nom: Imzolar uchun
Yuborildi: Shirinqiz 04 Fevral 2008, 03:43:38

(http://i041.radikal.ru/0802/df/54607b4cdc87.gif)

(http://i034.radikal.ru/0802/62/4e239888a148.gif)

(http://i049.radikal.ru/0802/c2/27315c65851e.gif)

(http://i029.radikal.ru/0802/55/e1835a87d0ab.gif)

(http://i043.radikal.ru/0802/1e/3d3f392227d0.gif)

(http://i007.radikal.ru/0802/54/3008af83bf7f.gif)

Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2008, 02:27:07
Assalomu alaykum!

Chindan ham Usmonning imzolari judayam chiroyli va insonni o'ylashga majbur etadi:

http://file.uz/direct/43b88abfaf9e5cf24bbed51b8b3975c9/1.swf

Diydor opamizning imzolari ham juda go'zal:

Aloqa qilsang, hulqi chiroyli odam bilan aloqa qil, chunki u faqat yaxshilikka chorlaydi, do'sti undan faqat rohat ko'radi. Hulqi yomon odam bilan aloqa qilma, chunki u faqat yomonlikka chorlaydi, do'sti undan faqat mashaqqat ko'radi.

Rukhiyaning Iymon kalimasi ham juda chiroyli:

(http://www.ahmeds.orcon.net.nz/images/kalma.gif)
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Miss Shaxrizoda 16 Fevral 2008, 00:02:22
Maniyam imzom haqida biror narsa divorila?
Silarga qiyin bo'masligi uchun imzomni qoldirib ketyapman!
Imzoyingizga gap yo'q! Falsafiy gaplar!
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Muzayyana 19 Fevral 2008, 13:08:19
Maniyam imzom haqida biror narsa divorila?
Silarga qiyin bo'masligi uchun imzomni qoldirib ketyapman!

Imzoyiz juda ajoyib. Dugonam aytganlaride falsafiy, chuqur manoga ega gaplar! Shaxsan manga yoqadi.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 21 Fevral 2008, 18:20:47
Mening yangi imzom qalay. Ancha izladim buni.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Abdusalom 21 Fevral 2008, 19:28:22
Mening yangi imzom qalay. Ancha izladim buni.

Juda yaxshi imzo. Umar Xayyomdanmidi?
Muallifini ham yozib qo'ysez yaxshi bo'lardi...
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 21 Fevral 2008, 19:34:49
Mening yangi imzom qalay. Ancha izladim buni.

Juda yaxshi imzo. Umar Xayyomdanmidi?
Muallifini ham yozib qo'ysez yaxshi bo'lardi...

Yozishga yozardimu, lekin men olgan joyda muallifi ko'rsatilmagan ekan. Afsus...
Kimdir bilsa aytsin (faqat anig'ini) Albatta muallifini ko'rsatib qo'yaman
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Abdusalom 21 Fevral 2008, 19:48:47
Yozishga yozardimu, lekin men olgan joyda muallifi ko'rsatilmagan ekan. Afsus...
Kimdir bilsa aytsin (faqat anig'ini) Albatta muallifini ko'rsatib qo'yaman

Man ham anig'ini topolmadim. Stilidan Umar Xayyomni eslatyapti.
Uzr, sal tanqidni yaxshi ko'raman.

Qabr axlin so'zida ahlda H yumshoq bo'ladi.
na xojat so'zida ham hojatda H yumshoq.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 21 Fevral 2008, 19:54:24
Yozishga yozardimu, lekin men olgan joyda muallifi ko'rsatilmagan ekan. Afsus...
Kimdir bilsa aytsin (faqat anig'ini) Albatta muallifini ko'rsatib qo'yaman

Man ham anig'ini topolmadim. Stilidan Umar Xayyomni eslatyapti.
Uzr, sal tanqidni yaxshi ko'raman.

Qabr axlin so'zida ahlda H yumshoq bo'ladi.
na xojat so'zida ham hojatda H yumshoq.

Katta rahmat. To'g'irlab qo'ydim. Men ham tanqidni juda va juda yoqtiraman. O'zi aslida atayin xato qilgan edim. Qani boshqalar sezarmikin deb :7
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Miss Shaxrizoda 25 Fevral 2008, 20:27:49
Mening yangi imzom qalay. Ancha izladim buni.
Salom Forumdosh! Yangi imzoyiz juda ajoyib! Bir olam ma'no mujassam ekan!
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 25 Fevral 2008, 20:34:22
Mening yangi imzom qalay. Ancha izladim buni.
Salom Forumdosh! Yangi imzoyiz juda ajoyib! Bir olam ma'no mujassam ekan!


Rahmat. O'zingizni ham qolishmaydi
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Muzayyana 11 Mart 2008, 15:44:46
Assalomu alekum musulmon va muslima forumdoshlarim! Imzo xaida gap ketayotgan ekan, mani xammaga bir savolim bor.....Mana forumda ko'rib turganlarinde ko'pchili tez-tez imzoni o'zgartirib turishadi. Aksincha bazilar umuman o'zgartirishmaydi. Nima deb o'ylisizlar qaysi biri maqul? Imzo xar doim bir xil turganimi, yoki o'zgarib turganimi? Javoblaring uchun oldindan tashakkur! Allox barchamizdan rozi bo'lsin!
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 11 Mart 2008, 16:06:24
Assalomu alekum musulmon va muslima forumdoshlarim! Imzo xaida gap ketayotgan ekan, mani xammaga bir savolim bor.....Mana forumda ko'rib turganlarinde ko'pchili tez-tez imzoni o'zgartirib turishadi. Aksincha bazilar umuman o'zgartirishmaydi. Nima deb o'ylisizlar qaysi biri maqul? Imzo xar doim bir xil turganimi, yoki o'zgarib turganimi? Javoblaring uchun oldindan tashakkur! Allox barchamizdan rozi bo'lsin!

Assalomu alakum musulmon va muslima forumdoshlarim! Imzo haqida gap ketayotgan ekan, meni hammaga bir savolim bor.....Mana forumda ko'rib turganlaringdek ko'pchilik tez-tez imzoni o'zgartirib turishadi. Aksincha ba'zilar umuman o'zgartirishmaydi. Nima deb o'ylaysizlar qaysi biri ma'qul? Imzo har doim bir xil turganimi, yoki o'zgarib turganimi? Javoblaring uchun oldindan tashakkur! Alloh barchamizdan rozi bo'lsin!




P/S: Quyidagi mavzuga rioya qilish uchun xatolarni to'g'irladim.
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2273.0

Mendan xafamassiz deb o'ylayman.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Robiya 15 Mart 2008, 14:30:59
Murod_bek, yangi imzongizni izohlab bersangiz:  "Albatta inson husrondadir"
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Murod_bek 15 Mart 2008, 15:34:03
Assalomu Alaykum!
Bu "Asr" surasining 2 oyatini mazmunidir.Sharhini inshaalloh erta indin post qilaman...

إِنَّ الْإِنسَانَ لَفِي خُسْرٍ   

103.2 . Албатта, инсон хусрондадир. (Хусрон-мағлубист, ютқизиқ ва нуқсон маъноларини англатади.)
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Robiya 15 Mart 2008, 16:01:44
Assalomu Alaykum!
Bu "Asr" surasining 2 oyatini mazmunidir.Sharhini inshaalloh erta indin post qilaman...

إِنَّ الْإِنسَانَ لَفِي خُسْرٍ   

103.2 . Албатта, инсон хусрондадир. (Хусрон-мағлубист, ютқизиқ ва нуқсон маъноларини англатади.)


Assalomu alaykum! Kutamiz...
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Jakonda 11 Aprel 2008, 21:22:52
Mani imozim - hayotdigi shiorim. Silaga yoqmasayam kere, silanikidaka originalmas. Hayotimga mos kegani u-n tanlaganman. Ko'pincha "gain"ga "pain" b-n erishaman va bundan faxrlanman. 
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Muzayyana 15 Aprel 2008, 15:25:53
"Jakonda" nimaga unde diysiz, albatta yoqdi. Sizni imzoyiz boshqalarnikiga o'xshamasa nima? Sizniki boshqacha uslubda ekan, buni nimasi yomon, qolaversa shioringiz....Juda ajoyib, Allox ziyoda qilsin!
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Muzayyana 01 May 2008, 15:45:08
Assalomu alekum!
Etibor bermagan ekanman, "lolo"ni imzolari manga juda yoqdi!
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Fatima 04 May 2008, 12:32:30
Assalomu alekum!
Etibor bermagan ekanman, "lolo"ni imzolari manga juda yoqdi!

Va alaykum assalom, Muzayyana opajon!
Forumda ko`pchilikning imzolari manga yoqadi. Hammasini o`ziga yarasha ma`nosi bor.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Ulugbek-Uz 15 May 2008, 18:01:31
Albatta forumdoshlarning deyarli barshalarining imzolari ma'noga boy. Bu esa forum a'zolarining ilmli, imon-e'tiqodli, salohiyatli ekanligidan bir darakdir.

           Imzolarda ezgu tilaklarga har doim amal qilishlikni nasib etsin O'zi!
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: ZUBAIR 24 Avgust 2008, 01:21:14
Assalamu Alaykum. Men Baxtiyorni imzosini tushunmadim: Insonni qidiryapman.

Diogen
. Tushunganlar tushuntirib bersangizlar yahshi bo'lardi :)
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 02:10:14
Baxtiyor mashhur yunon faylasufi, umrini bochkada o'tkazgan Diogen ning shiorini o'zlariga imzo qilb tanlaganlar.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: AbdulAziz 24 Avgust 2008, 03:15:08
Baxtiyor mashhur yunon faylasufi, umrini bochkada o'tkazgan Diogen ning shiorini o'zlariga imzo qilb tanlaganlar.

Yana shu Diogen kunduz kuni olov (chiroq) ko'tarib yurarkan-da, keyin odamlar so'rasharkan:
- Kunduz kuni chiroq yoqib nimani qidiryapsan?
- Insonni qidiryapman.

Bilmadim, Diogen nimani nazarda tutgan ideal insonnimi yoki boshqacha insonnimi, lekin o'zi devonaroq bo'lgan.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: ZUBAIR 25 Avgust 2008, 02:34:45
Rahmat, jazakumullohu xoyron. Lekin baribir tushunmadim ???
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 17:01:39
Assalamu alaykum!

  Musannif Adham, bunaqa chiroyli imzoni qayerdan topdiz? Menga judayam yoqdi, ko'rgan kishini kayfiyati ko'triladi, Alloh rozi bo'lsin.

PS.: Agar eng chiroyi imzo tanlovi o'tkazilsa, gap-so'zsiz sizni imzoingiz 1- o'rinni oladi.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Mr.Twister 09 Sentyabr 2008, 18:34:51
Mening ushbu imzoni tanlaganim (avatar osti) bu namozda yoki umuman olganda duo qilayotganimda eng ko`p ishlatadigan iboram "Alloh o`zidan begona qilmasin". "Don't worry be happy" esa "Xavotirlanma. xursand bo`l" "Bu kunlar ham `tib ketadi" degan ma'nolarda
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: mutaallimah 01 Oktyabr 2008, 07:00:22
Assalamu alaykum.
Forumda menga eng oqqan imzo mana bu
________________________________

Nasabi past nomardga o'rgatsang agar
 O'rgatganingdan keyin ko'zingni o'yar
Sidqidildan hizmatin qilsang agarda
Seni nodon deb ustingdan kular
Bunchalar razillik qilmasa ham u
Yahshilab ostingga sovuq suv quyar..
__________________________
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Munavvara 01 Oktyabr 2008, 21:30:05
Mastura bu imzo manga ham judayam yoqadi judayam ma'noli Lekin eng man uchun eng yaxshi imzo Ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil... Ulugbek_uz akamizning imzolari judayam bir boshqacha ma'nolarga ega biz imzo manimcha  :D ;)
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Kvartet 27 Oktyabr 2008, 14:41:17
Hozir4a Lol qoldiradigan darajada imzoni ko'rmadim..Lekin yuqoridagi bitta imzo (Insoni qidiryapman)..bu manga yoqani..
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: BaÑ…tiyor 30 Noyabr 2008, 17:56:30
Baxtiyor mashhur yunon faylasufi, umrini bochkada o'tkazgan Diogen ning shiorini o'zlariga imzo qilb tanlaganlar.

Yana shu Diogen kunduz kuni olov (chiroq) ko'tarib yurarkan-da, keyin odamlar so'rasharkan:
- Kunduz kuni chiroq yoqib nimani qidiryapsan?
- Insonni qidiryapman.

Bilmadim, Diogen nimani nazarda tutgan ideal insonnimi yoki boshqacha insonnimi, lekin o'zi devonaroq bo'lgan.

Avvalo imzoim ko'pchilikka yoqanidan va o'ylantirganidan hursandman, savolingizga javob beradigan bo'lsam AbdulAziz o'zlari to'liq javob beribdilar !
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Zamiraxon 07 Dekabr 2008, 19:04:03
Men imzoimni "Saodat asri qissalari" kitobidan olganman :)
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 30 Yanvar 2009, 20:20:14
Assalomu alaykum.

Menga Baхtiyorning oxirgi o'zgartirgan imzolari yoqmadi. Menimcha imzo ostiga turli xildagi telefon raqamlarini reklama qilish yaxshimas. To'g'ri men ham o'z imzoyim bilan boshqa bir saytni reklama qilaman. Lekin bu boshqa masala deb o'ylayman.

Baхtiyor birodar, yaxshisi siz reklama qilmoqchi bo'lgan xizmatingizni bannerinimi yoki boshqa bir elektron manzildagi saytnimi kiritsangiz yaxshi bo'lardi. Imkon bo'lsa telefon raqamni olib qo'ying. Meni to'g'ri tushundingiz deb o'ylayman.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: ZUBAIR 12 Fevral 2009, 23:43:46
Diqqat...E'lon...
GIFdan imzolar yasab sotamiz  :D Murojaat uchun telefonlar......

PS: Rosa mayda ish ekan lekin. Shu imzoimni yasaguncha zerikib ketdim.

(http://img410.imageshack.us/img410/3777/senganagv2.gif)
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Ulugbek-Uz 13 Fevral 2009, 12:00:07
Diqqat...E'lon...
GIFdan imzolar yasab sotamiz  :D Murojaat uchun telefonlar......

PS: Rosa mayda ish ekan lekin. Shu imzoimni yasaguncha zerikib ketdim.

(http://img410.imageshack.us/img410/3777/senganagv2.gif)

Ofarin! Adobe Image Readyni o'rganvobsizda :))
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: ZUBAIR 14 Fevral 2009, 18:02:45
Easy gif animator degan narsa bor ekan. Shu prog.da ishladim.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Salohiddin 14 Fevral 2009, 18:30:56

________________________________

Nasabi past nomardga o'rgatsang agar
 O'rgatganingdan keyin ko'zingni o'yar
Sidqidildan hizmatin qilsang agarda
Seni nodon deb ustingdan kular
Bunchalar razillik qilmasa ham u
Yahshilab ostingga sovuq suv quyar..
__________________________
Assalomu alaykum

manga ham manashu imzo  yoqdi
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Mr.Twister 15 Fevral 2009, 14:43:14
Men ham imzoyimni o`zgartirdim. Nima deysizlar yaxshi chiqqanmi?
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: ZUBAIR 19 Fevral 2009, 21:22:49
O`zing yona turib, boshqalarga yorug`lik ber!

Ajoyib.... : )
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: BaÑ…tiyor 19 Fevral 2009, 23:09:28
Assalomu alaykum.

Menga Baхtiyorning oxirgi o'zgartirgan imzolari yoqmadi. Menimcha imzo ostiga turli xildagi telefon raqamlarini reklama qilish yaxshimas. To'g'ri men ham o'z imzoyim bilan boshqa bir saytni reklama qilaman. Lekin bu boshqa masala deb o'ylayman.

Baхtiyor birodar, yaxshisi siz reklama qilmoqchi bo'lgan xizmatingizni bannerinimi yoki boshqa bir elektron manzildagi saytnimi kiritsangiz yaxshi bo'lardi. Imkon bo'lsa telefon raqamni olib qo'ying. Meni to'g'ri tushundingiz deb o'ylayman.

Man bu borada imzoimni o'zgartirdim, xatolikka yo'l qo'yibman, shu ma'qul bo'lsa kerak !
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: shoir 11 Mart 2009, 16:28:36
Baxtiyor, hozirgi imzoingiz ham biroz g'alati.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: BaÑ…tiyor 11 Mart 2009, 19:45:53
Baxtiyor, hozirgi imzoingiz ham biroz g'alati.

 :as:

Masalan ?
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: shoir 12 Mart 2009, 16:01:10
Masalan, tasavvur qiling, bir joyda ilm majlisi bo'lyapti, hamma shu mavzuda gapiryapti, bahslashyapti. siz ham kirdingiz-da, Evro remont qilaman. Kelishilgan narxda! desangiz g'alati bo'ladimi?
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: BaÑ…tiyor 13 Mart 2009, 21:20:48
Masalan, tasavvur qiling, bir joyda ilm majlisi bo'lyapti, hamma shu mavzuda gapiryapti, bahslashyapti. siz ham kirdingiz-da, Evro remont qilaman. Kelishilgan narxda! desangiz g'alati bo'ladimi?

Agar imzoim shunga to'sqinlik qilsa olib tashlayman !
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 31 Mart 2009, 09:28:34
Umar ibn Abdul-Aziz, sizning imoyingizda xatolik bo'lmoqda. Forumda HTML kodlar ishlamaydi. BB-kodlardan foydalanishingiz kerak.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2009, 12:04:26
Robiya, imzoingizdagi ushbu yozuv juda ulug' bo'lsa-da, uning tasviridagi hayvon noto'g'ri tasavvur uyg'onishiga sabab bo'lmoqda.

(http://i020.radikal.ru/0911/8e/83809ce94fa7.gif)

Boshqa go'zalroq giflardan foydalansangiz ham bo'ladi.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: JaviK 01 Dekabr 2009, 17:47:12
meni yangi imzoyimga baho berilarchi. ma`nosi yahshimi yoki o`zgartiremi
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: lolo 01 Dekabr 2009, 19:10:13
meni yangi imzoyimga baho berilarchi. ma`nosi yahshimi yoki o`zgartiremi
aha o'zgartirin tezda
bilmadim unaqalani qayerda ko'rgansiz, lekin ko'rganizzi hammaga yoyishiz shartamas...
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: siddiqa 02 Dekabr 2009, 06:10:58
 Jalol Ahmad degan userning imzolari yahshiykan .

Rasululloh    Abdulloh Ibn Umarga dedilar: Saharda uyg'onar ekansan, Oqshom orzusini qilma! Oqshomga etganingda, Sahar orzusini qilma! Hayotingdan o'lim uchun, sog'ligindan hastaligin uchun ulush ajrat. Chunki Ey Abdulloh, ertaga qanday nom olishingni bilmaysan..(Imom Buhoriy)
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: JaviK 02 Dekabr 2009, 20:22:24
meni yangi imzoyimga baho berilarchi. ma`nosi yahshimi yoki o`zgartiremi
aha o'zgartirin tezda
bilmadim unaqalani qayerda ko'rgansiz, lekin ko'rganizzi hammaga yoyishiz shartamas...
siz tarvuzi qo`ltig`idan tushdi iborasi ishlatilgan insonga qarab tarvuziz qayerda tushib qoldi deb so`resiz ekande -a
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Abdusalom 03 Dekabr 2009, 08:43:20
Bilmagan odam Chehmik bilan Yuristni bitta odam degan tasavvurga borib qoladi.
Ikkalasining ham imzo, avatari bir xil bo'pqopti.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Robiya 03 Dekabr 2009, 16:52:24
Robiya, imzoingizdagi ushbu yozuv juda ulug' bo'lsa-da, uning tasviridagi hayvon noto'g'ri tasavvur uyg'onishiga sabab bo'lmoqda.

(http://i020.radikal.ru/0911/8e/83809ce94fa7.gif)

Boshqa go'zalroq giflardan foydalansangiz ham bo'ladi.

 :as:

AbdulAziz aka, imzomni o'zgartirdim, ogohlantirganingiz uchun rahmat...
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: JaviK 08 Dekabr 2009, 18:33:36
men imzoiy ostiga rasm qo`ya olmayapman bu qande amalga oshirsa bo`ladi
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: JaviK 10 Dekabr 2009, 23:07:28
javik_0770_lito, qo'yin shu ishni qilmay qo'yaqoling, sizzi imzoizga mos rasmni ko'rmay qo'ya qolilik...  yaxshi yuribmiz yashab. Alhamdulillah.

Endi ijobiy baho berarsiz opajon
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Jamila 01 Iyun 2010, 00:01:20
Menha Mahdiyah opani imzosi manga juda yoqadi.
Yaxshi ma'noli...
(http://s03.radikal.ru/i176/1005/47/defbb1c6b051.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: BelleQizcha 01 Iyun 2010, 01:59:06
Mani Imzoyim eng zor.. bittelayam yetomisila.
Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Jamila 01 Iyun 2010, 07:43:07
BelleQizcha opasi hafa bo'lyapsimi hech kim yozmaganiga man men yozmaan  :D ...

Kulsalarda men oshiq zorga, Ko'ngil qo'ymoq gunohmi yorga, Ossalarda ming marta dorga, Yana qaytib seni sevardim!!!!!!!!!!!!

BelleQizchani imzosiga gap bo'lishi shartmas  :5 , bir narsasini yo'qotib qo'ygandek, qo'yibdi Opam  bechora  ::) ....
(Hzl BelleQizcha bir hursand qiliy dedimda hafa bo'lgan bo'lsez pm ochiq  ;D ).

Nom: Re: Imzolar
Yuborildi: Zulfina 03 Iyun 2010, 22:32:32
Manga shokir digan userriyam imzolari yoqdi

Dost, mayli, tuhmat qil, haqorat qilgin,
Tangrim, sen sabrga ishorat qilgin.
Qalbimga urilgan har bir ozorni
Biror gunohimga kafforat qilgin.