forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Foniy 31 Yanvar 2008, 11:44:42

Nom: Hasad nima?
Yuborildi: Foniy 31 Yanvar 2008, 11:44:42
Assalomu alaykum!
Forumdoshlarimizdan hasad, uning ko'rinish(tur)lari, oqibatlari va h.o.lar haqidagi fikrlarini kutamiz!

Hasad emas, havas-la boqing!
Nom: Re: Hasad nima?
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:31:46
Har oning baxtlarga to’ladi,
G’amlaring, ayo, do’st o’ladi,
Nafasing muborak bo’ladi,
Dilingdan hasadni yo’qotsang.

Qabuldir etajak toating,
Behuda o’tmagay soating,
Gunohdan bukilmas qomating,
Dilingdan hasadni yo’qotsang.

Yurakda qolmagay hech armon,
Seni tark aylamas nur — imon,
Jannatga kirursan begumon,
Dilingdan hasadni yo’qotsang.

Sadriddin Salim Buxoriy
Nom: Re: Hasad nima?
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 12:56:31
                                                        Hasad haqida

   O’zingda hasad tuyg’usi bormi yo yo’q ekanini bilish uchun birodaringning bir fazilatini esla. Bu fazilat unga g’oyibdan ato etilgan ne’mat. Mana shu ne’mati bilan u men bilan sendan afzal.  Endi haqqi rost yet: bu ne’matga munosabating qanday? Shu ne’mat sabab do’stingni yoqtirmay qolmayapsanmi, uning zavolini xohlamayapsanmi? Agar shu holatni his qilsang, bu aniq hasaddir. Demak, hasadning chegarasi — birovdagi ne’matni o’zida bo’lmagani uchun yoqtirmaslik va ne’matlangan kishining o’sha ne’matdan mahrum bo’lishini xohlash.

   Quyidagi oyat bunga misoldir: "œAhli kitoblarning ko’pchiligi o’z hasadgo’yliklari bilan sizlarni iymonli bo’lganingizdan keyin yana kufrga qaytarishni xohlaydi" (Baqara, 109).

   Olloh taolo mazkur oyatda ahli kitoblarning iymon ne’matining zavolini xohlashlarini hasad deb xabar beryapti.

   Agar birodaringga ato etilgan ne’matni ko’rib, ko’zlaring quvonsa va uning davomli bo’lishini istagan holda, bu ne’matning o’zingga ham bo’lishini xohlasang, bu endi hasad emas, havasdir. Ko’pchilik bu ikkisini aralashtiradi. Kimgadir havas qilar ekansan, unga o’xshashni, undagi afzalliklarni o’zingda hosil bo’lishini istab qolasan. Bunda sen havas qilayotgan kishiga biror ziyon yetkazishni xayolingga ham keltirmaysan. Bu sof havasdir.

   Payg’ambar alayhissalom hasad va havasni iymon va nifoq bilan chegaralaganlar: "œAlbatta, mo’min havas qiladi, munofiq esa hasad" (Ibn Abu Dunyo rivoyati).

   Hasadning haromligiga shubha yo’q. Ammo fojir yoki kofir qo’lidagi ne’matning zavolini xohlash bundan mustasno. Negaki, fojir o’ziga berilgan ne’matni fisqu fujur yo’lida ishlatib, odamlar orasiga fitna solish, ko’pchilikka ozor berish payida bo’ladi. Shunday ekan, kimdir unga berilgan ne’matning zavolini xohlasa, bu bilan ne’matni emas, balki buzg’unchilikka vosita bo’layotgan narsani yoqtirmayotgan va uning tezroq zavol topishini xohlayotgan bo’ladi.  "Hilol" taqvimi, III chorak
Nom: Re: Hasad nima?
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 12:57:21
                                               Mazlumga o’xshagan zolim

  Samoda sodir etilgan avvalgi gunohning sababi hasaddir. Iblis Odam alayhissalomga hasad qilib, Ollohga osiy bo’ldi, la’nat tavqi bo’yniga ilindi. Yerda sodir etilgan avvalgi gunoh ham hasad tufayli ro’y berdi. Odam farzandi Qobil ukasi Hobilni hasad tufayli o’ldirdi.

  Adiblardan biri aytgan ekan: "œHasadgo’ydan ko’ra mazlumga o’xshaganroq zolimni ko’rmaganman". Ajib! O’zi zolim bo’lsayu, yana mazlumga o’xshasa, buni qanday tushunish mumkin?! Hasadgo’yning zolimligi aniq. Ollohning taqdiriga rozi bo’lmaydi, berganiga qanoat qilmaydi. Birodari yoki qo’shnisi yo hamkasbidagi fazilatni tortib olish ilinjida bor kuchini sarflaydi. Bundan ortiq zulm bo’lmasa kerak. Ammo ayni paytda hech narsaga erisholmaydi. Mana shu nuqtada uning mazlumligini kuzatish mumkin. Birodariga nisbatan g’iybat-bo’htonlar uyushtiryapti, qo’shnisining eshigiga "œmag’zava"lar to’kyapti, hamkasbining muvaffaqiyatini ko’rolmasdan, yo’lini to’syapti. Natija esa nuqul o’zining obro’sizlanishi, sog’lom doirada mavqeining keskin pasayishi, raqiblarining ishi yurishishi bilan tugayapti. Albatta, bu teskari ta’sirlar hasadgo’yning qalbida iz qoldirmasligi mumkin edi. Bas, u qattiq siqiladi, qon bosimi oshadi, oxir-oqibat, yuragini changallab qoladi. Endi aytingchi, qay biri "œmazlum"roq: hasadgo’y qo’shnisining g’iybat-bo’htonlariga parvo qilmasdan bamaylixotir yashayotgan kishimi yoki tinimsiz kurashib, izzat o’rniga yurak xurujini orttirgan "œxasta"mi? "Hilol" taqvimi, III chorak
Nom: Re: Hasad nima?
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 12:59:54
                                                    Ajr va gunohda barobar

   Rasuli akram solallohu alayhi vasallam ikki kishiga hasad qilish mumkinligini aytdilar. Biri — Olloh unga mol dunyo bergan va o’sha mol-dunyoni haq yo’lida sarflayotgan kishi. Yana biri — Olloh unga ilm bergan va o’sha ilmiga amal qiladigan, ilmini odamlarga o’rgatadigan kishi.

   Rasuli akramning bu so’zlari Abu Kabsha Anmoriydan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda shunday izohlanadi: "œBu ummatning misoli (quyidagi) to’rt kishining misoliga o’xshaydi. Olloh bir kishiga mol va ilm berdi. U mol "œoldi-berdi"sida ilmiga amal qiladi. Olloh yana bittasiga ilm berdiyu, mol bermadi. U: "œRabbim, agar falonchiga berganingdek menga ham mol berganingda, men ham unga o’xshab mol "œoldi-berdi"sida ilmimga amal qilar edim", deydi. Bas, bu ikkisi ajrda barobardir. Yana bir kishiga Olloh mol berdi, lekin ilm bermadi. U mol-dunyoni gunoh-ma’siyat yo’lida sarfladi. To’rtinchi kishiga Olloh ilm ham bermadi, mol ham bermadi. U Parvardigoriga yalindi: Koshki menga ham falonchiga berganingdek mol-dunyo berganingda, men bu mol-dunyoni unga o’xshab sarflagan bo’lardim". Bas, bu ikkisi gunohda barobardir. (Ibn Moja va Termiziy rivoyati).

   Avvalgi ikkisining ajrda tengligiga sabab, ilm berilganu, mol berilmagan kishi ilm va mol berilgan kishiga havas qildi, hasad emas. Xuddi u singari molni ishlatish ilmiga amal qilib, savob topishni xohladi, kimningdir moli kasod topishini emas.

  Shuningdek,keyingi ikkisining qoralanishiga sabab, na ilm, na mol berilgan kishi mol berilib, ilm berilmagan kishidek ne’matni ma’siyat ishlarga sarflashni orxu qildi. Rasuli akram to’rtinchi kishini ne’matli bo’lishni xohlagani uchun emas, balki gunohni orzu qilgani uchun qoraladilar.
   
   Kishining sobit iymoni, xushu’li namozi, muntazam zakoti kabi namunali darajadagi diniy holati bilan bog’liq jihatlarga havas qilish vojibdir. Chunki bularga havas qilmaslik ma’siyatga rozi bo’lish bo’ladi. Gunohga rozi bo’lish esa haromdir.  " Hilol" taqvimi, III chorak
Nom: Re: Hasad nima?
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 15:13:10
                                                      Hasad sabablari

   Hasad qo’zg’aydigan sabablarning ashaddiyi adovatdir. O’zaro adovat bir-biridan o’ch olish bosqichiga o’tganidan so’ng cho’g’lanib turgan hasad lovillagan olovga aylanadi. Endi bunisining muvaffaqiyati unisini kuydiradi, unisining kulfati buni xursand qiladi.

   Oshiqcha izzattalablik ham hasadga sabab bo’ladi. Bu dardga mubtalo kimsa yonidagi kishining yo mavqeda, yo ilmda, yo molda o’zidan ziyodaroq bo’lishiga toqat qilolmaydi. Uning maqsadi takabburlik ham emas, ya’ni, birovdan ustunlik talab qilmaydi. Ammo izzatini shu darajada baland tutadiki, suhbat asnosida hamsuhbatining toshi og’irroq kelib, posangini sal bossa, tamom! Shu soniyadan boshlab unda suhbatdoshiga nisbatan hasad uyg’onadi.

   Kibr ham hasadga sabab bo’lguvchi illatdir. Takabbur kimsa doimo o’zini ulug’ sanab, kimnidir kamsitadi, tahqirlaydi. Kamsitilayotgan kishi uni tan olishini, unga bo’ysunishini istaydi. Agar kamsitayotgan kishisi bir ne’matni qo’lga kiritsa, endi ulug’ligimni tan olmay qo’yadi, men bilan tenglashishga harakat qiladi, degan xavfda darhol uning o’sha ne’matdan mahrum bo’lishini kutadi.

   Intilgan narsasini yo’qotib qo’yishdan xavfsirash ham hasadga sabab bo’lishi mumkin. Ayniqsa, bitta maqsad yo’lida raqobatlashayotganlarda bu holat ko’p uchraydi. Masalan, kundoshlarning eri uchun bir-birini hasad qilishlari yoki ota-onasining e’tiboriga tushib, ko’proq mol-mulkka ega bo’lish qasdida raqobatlashayotgan aka-ukalarning hasadi. Shuningdek, ustozning hurmatini qozonish uchun intilayotgan ikki shogirdning hasadi yoxud boshlig’ining nazariga tushib, martabayu boylik ilinjida yelib-yugurayotgan ikki o’rinbosarning hasadi va hokazo.

   Obro’-e’tiborga muhabbat qo’yish ham hasad sari yetaklaydi. Tasavvur qiling, sizning yashashdan maqsadingiz — dong taratish, o’z ishining peshvosi, degan nom olish. Siz bunga qaysidir darajada erishdingiz hatto, muxlislaringizdan: "œSiz yaktoyi jahon, tengingiz yo’q, zamon sizga o’xshaganini hali ko’rmagan", deya maqtovlar yog’ilyapti. Siz yakkayu yagonalik izzatini badaningizda chinakam his qilayotganingizda, qo’qqisdan, dunyoning qaysidir chekkasida obro’-e’tibor siznikidan kam bo’lmagan yana bir mutaxassi borligini eshitib qoldingiz. Qanday holga tushasiz? Tabiiyki, bu xabar sizni xursand qilmaydi. Hatto uning o’limini istab qolasiz. Chunki u shijoatda, yo ilmda, yo ibodatda, yo mahoratda, yo hunarda, yo boylikda sizga sherik bo’lyapti, sizni yakkayu yagonalik mastligidan mahrum qilyapti. Bu holatda sizning vujudingizda hasaddan boshqa narsa bo’lmaydi.

   Adovatni hasadning ashaddiy sabalaridan degan edik. Undan ham yomonrog’I ichqoralikdir. Ichqora kimsa yaxshilikni odamlardasn qizg’anib, hasad qiladi. Uni na martaba, na mol-dunyo qiziqtiradi. U takabbur ham emas. Ammo uning yonida Olloh bandalaridan birining yaxshi xislati tilga olinsa, qiynaladi, kuyadi. Qachonki, odamlarning tashvishli holatlari, ishlari orqaga ketib, tang ahvolga tushib qolganlari haqida eshitsa, shodlanib, yayrab ketadi. U doimo o’zgalarni baxtsiz ko’rishni istaydi. Ollohning bandalarida Ollohning ne’matini qizg’anadi. Go’yoki odamlar bu ne’matlarni uning xazinasidan olayotgandek. Aytishadi-ku, baxil o’z molini qizg’angan kishi. Xasis esa o’zining molini qizg’angani yetmaganday, o’zganing molini ham qizg’anadi.
 
  Bu shunday kimsaki, Olloh taolo ne’matini Olloh taoloning bandalaridan qizg’anadi. Koshki bu kimsaning u bandalar bilan o’rtasida bir adovati yoki yaqinligi bo’lsa, ularni ko’rmagan, tanimaydi ham. Yo’q, bu kimsaning hasadi adovat, izzattalablik, kibr kabi o’tkinchi sabablarga bog’liq emas, bu hasadning ularga aloqasi yo’q. Aslida bunday hasad egasining ivchida bir qoralik bor. Bu kir, razillik uning tabiatiga mahkam o’rnashib olgan. Shuning uchun ham bu hasadning muolajasi og’ir.

Nom: Re: Hasad nima?
Yuborildi: Foniy 23 Yanvar 2010, 14:55:24
 :as:
Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Gumondan saqlaninglar! Zero, u yolg`on gapdan iboratdir. Bir-birlaringizni tekshirib josuslik qilmanglar. Mol-dunyo uchun musobaqa qilmanglar. O`rtalaringda hasad, adovat va arazlash bo`lmasin. Ollohning o`zaro birodar bandalari bo`linglar. Birov qo`ygan sovchi ustiga, to ular o`zaro bitishguncha yoki tark qilishguncha, sovchi yubormanglar.

- Achchiq sabir (aloy) asalni buzgani kabi, hasad imonni buzadi.

- Oldingi ummatlarimdan sizlarga yetib kelgan kasallik — bu hasadgo`ylik va o`zaro yomon munosabatdir. Vaholonki, bu sifat sochning emas, dinning qiruvchisidir. Muhammadning ruhiga molik zot bilan qasamyod etamanki, to mo`min bo`lmagunlaringizcha jannatga kirmaysizlar. To bir-birlaringga o`zaro muhabbatli bo`lmagunlaringcha mo`min bo`lmaysizlar. Nima qilsalaringiz do`stlashib ketishlaringizni aytaymi? Bir-birlaring bilan salomlashib yuringlar.

- Yonayotgan o`t o`tinni qanday kemirsa, birovlarni ko`rolmaslik va hasadgo`ylik savoblarni ham shunday qiyratadi.

- Hasadgo`ylik, chaqimchilik va folbinlik qiluvchilar mendan emaslar, men ham ulardan emasman.
Nom: Re: Hasad nima?
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2010, 03:29:27
 :as:
- Har dushmanlikning sababi, agar hasaddan boshqa narsa bo`lsa, undoq dushmanlik do`stlikka aylanishi mumkindur. Ammo hasaddin chiqqan dushmanlik bo`lsa, buning do`st bo`lishi mumkin emasdur. Misoli, otamiz Odam bilan Iblis alayhil la'naning dushmanligidur. Bu dushmanlik hasad sababidin boshlangani uchun avlodlari orasida dushmanchilik qiyomatgacha davom etmoqdadur.
Shunga o`xshash dunyodagi boylar va chog`oylar (kambag`allar) o`rtalarida uzluksiz dushmanlikning davom etmagi shu hasad qo`zg`alishining ayrilmas natijasidur. Bu hasad o`tini iymon suvidan boshqa narsa bilan hech qachon o`chirolmaydilar. Shuning uchun insoniyat olamining islohiga haqiqiy islomiyatdan o`zga hech chora yo`qdur. Bu haqiqat qachon yuzaga chiqar ekan, uni Alloh bilur.

Manba: Tarixi MUHAMMADIYA.
Nom: Ҳасад ақлни кесар
Yuborildi: Rabella 29 Iyul 2011, 20:55:24
Ҳасад ақлни кесар

Аллоҳ таоло инсонни икки мураккаб унсур - руҳ ва жисмдан сратди. Унга турли хулқ - атвор, шакл-шамойилни ризқ қилиб берди.

Лок фитратда туғилган гсдак шу икки асоснинг тарбис стилишига муҳтождир. Ўтган салафларимиз снг аввало рухий тарбисга стибор қилганлар. Чунки бу дунёда ҳам, охиратда ҳам жисмнинг роҳатда бслиши учун, аввало ана шу рухнинг тозалиги катта аҳамистга сгадир.

Маънавий дунёнинг хазиналаридан бслган олий сифатлар билан бирга, инсонинг таназзулига сабаб бслувчи ёмонлик, ёлғон, ғийбат, адоват каби разил хулқлар дунё сратилгандан бери Одам фарзандлари орасида сшаб, ҳар бир жараёнда сз таъсирини ксрсатиб келмоқда. Шу сифатлар қаторида сз срнига сга бслган, ксплаб ёмон ишларнинг онабошиларидан бири - ҳасаддир.


Ҳасад - бировда бор бслган неъматнинг зойил бслишини исташ, ҳатто йсқотишга ҳаракат қилишдир. Ҳасад - бу сширин рақобатдир. А ақобат бслганда ҳам зарари умумий, натижаси надомат билан тугайдиган хили.


Ҳасад иблис алайхиллаънадан бошланиб, инсонист орасида кспайди. Бу иллат аввало, сзи жой олган инсон танасини захарлаб, кейин зарарларини у орқали атрофга тарқатади. Аатижада, турли ижтимоий парокандалик вужудга келади.

 
Аллоҳ таоло ҳасаддан, ҳасадчидан узоқ юриш, уларнинг ёмонлигидан панох ссраш учун остлар нозил қилди ва:

"Ва ҳасад қилган ҳасадчининг ёмонлигидан (панох ссрайман) деб айт" дес марҳамат қилди.

Қуръони Карим қайтараётган, айтилиши осон, оқибати азобли бслган бу ссз бора - бора мустаҳкам ришталарнинг узилиши, бақувват таналарнинг йиқилиши, интизомли давлатларнинг тарқаб кетишига сабаб бслади.


Ҳасад инсоннинг ҳам, замон ва маконнинг ҳам фарқига бормайди. Чунки у нодонликнинг аломатидир. У бор жойда ақл анча сиқилади, баъзан аразлаб кетиб қолиши ҳам мумкин. Агар ҳасаднинг ксзлари кср, қулоқлари кар бслмаганида, агар ақлни сзига дсст тутганида Абдуллатиф падаркушга айланармиди? Қобил ва Юсуф алайхиссаломнинг биродарлари сз жигарларининг жонига қасд қилармидилар у бслмаганида?! У ақл четга сурилган, нодонлик бутун жисмни ишғол стиб, жилов шайтонир - ражимнинг қслида бошқарилаётган, ксзлар фақат битта мақсадга қаратилиб, қулоқлар ҳар қандай қувватли қайтариқни сшитишдан ожиз бслган ҳолат сди.


Ана шу жараёнда ҳасад сз вазифасини тскис адо стди: У номига монанд, инсондан ақл ва тафаккур неъматларини арчиб, шилиб олди. Ақли бслмаган киши сса, оқиллар қилиши лозим бслган амаллардан четлатилади. Булар шунчаки ёзилиб, қоғозда қолиб кетадиган баландпарвоз гаплар смас, бу Одам болалари сйлаб, танасига сингдириши лозим бслган амалга чақириқдир. Биз, бир ота - онанинг фарзандлари нима учун сзаро муносабатларимизни Аллох буюрган тартиботлар асосида смас, шайтон алайхиллаънанинг қабиҳ хулқи, Отамизга қилган адоватининг ҳосилалари устида бино қилишимиз керак? Иблиснинг измида, унинг буйруқларига ксниб сшаш, Қиёматда дунё аҳлининг олдида музтар бслиб туришу, жаҳаннамга стин бслишга арзийдими?!


Ҳасад ақлни чеклаб қсйиши фанда ҳам сз тасдиғини топган масаладир. А­ллина Владимировнанинг аниқлашича, ҳасад - чекланишдир. Бу ҳолатда инсон фақат битта мақсад учун ҳаракат қилади. Мотиваяиснинг бу тарзда чекланиши сса фикр доирасининг торайишига олиб келади. Оқибатда шахс шаклланиши бузилиб, ақлий жараён сусасди. Литер Куттернинг аниқлашича, ҳасад натижасида қон томирлари торайиб, одам оқаради, артериал босим ошади.


Ксрдингизми, Одам Ато ва унинг болаларининг азалий душмани иблис алайхиллаъна шу ерда ҳам сз душманлигини билдириб стди. "Шайтон қон томирларидадир", у ана шу жойдан туриб, инсоннинг соғлиғига ҳам таъсир стади. Бу хиссий жунбушга келиш босқичи - алам хисси, сз ҳолатидан норозилик, ғазабланиш ёки изтироб, тслиқсизлик, тақдирнинг адолатсизлиги деган хисни вужудга келтиради. Тақдирдан норозилик сса...

 
Уламоларимиз ҳасадни келтириб чиқарувчи 6 омилнинг бири деб, мақсадга сришолмасликдан қсрқишни ҳам ксрсатиб, уни кундошлар сртасидаги муносабатга қиёслайдилар. Чунки улар бир инсонинг сътиборини қозониш учун ҳар қандай ишни амалга ошира оладилар.

Муслималарга наъмуна нубувват ҳонадонининг шарафли ҳонимлари бслган оналаримиз ҳам таъбир жоиз бслса, кундошлар сдилар. Улар бир - бирларидан оддий инсонни смас, Ҳазрати Муҳаммад Мустафо соллалоҳу алайхи васалламни қизғанар сдилар. Улар ҳам рақибалар бслиб, рақобатлари схшилик йслида мусобақалашиш сди, холос.

 Оддий мисол: Оиша ва Зайнаб бинти Жаҳш оналаримиз. Улар ҳам кундош сдилар. Бир - бирларидан Аллоҳнинг дсстини қизғанар сдилар.

Оиша онамизга тухмат тошлари отилган, нафакат муслималар, балки бутун Ислом умматининг шаъни ксндаланг турган сша машъум "Ифк" ҳодисаси бслганда сса бу рақобат четга улоқтирилди, сз таъсирини йсқотди. А асулуллох С.А.В. Зайнаб онамиздан Ойша ҳақида фикрларини ссраганларида, у зоти мутоҳҳаро ҳеч бир ёмон ссз айтмадилар, ҳатто шунга сқин кинос қилиб, унинг обрссини туширишни сйлаб ҳам ксрмадилар. Чунки у зотда ҳасад деган қора туйғунинг асари ҳам йсқ сди.

Тасаввур қилиб ксрайлик, агар Зайнаб онамизда ана шу иллат бор бслиб, пайтдан фойдаланганларида, ёки Аабий алайхиссаломнинг бошқа аёллари ҳам тил бириктириб, Оиша онамизни ёмонлаганларида нима бслар сди? Инсонист саййидининг суюклиси шу ишни қилибди-да, мусулмон аёлларнинг аҳволи шу сканда, Ислом дегани шундоқ бслса... деган бслмағур гаплар кспайиб, А асулуллоҳ С.А.В.нинг қаддилари букилиб, юзлари қизармасмиди. У зотни бу ҳолатда ксришдан ксра сз жонидан кечиш минг бора осон бслиб қолмасмиди саҳобалар учун?

 
Ҳасад инсонни занг темирни емиргани каби емиради. Бундаги зангдан мақсад -касалликлардир. Улар ёпишган ҳар қандай бақувват инсон ҳам аста - секин еқила бошлайди.


Касалликларнинг кспи феъл-атворга боғлиқ бслади. Яъни, психологисда маълум бслган феъл-атворларга ҳасад туйғусининг қсшилиши турли касалликларга олиб келади.

Инсонларга айниқса сз душманига зарар келтириш истаги билан кечувчи агрессив феъл атвор - холерикларда томир торайиши, юрак тез уриши, асаб гипертонисси узатилади. Улар сз ғазабига чидай олмай, уни амалга оширишга ҳаракат қилишади. Бу Абу Лаҳабнинг Исломга, Лайғамбаримизга қилган қабиҳликликларини сслатмайдими? Улуғ Ларвардигорга ибодатдаги бир карамли кишини ундан тссиш учун йслларга тиканлар сочди, сажда қилаётганларида бошларидан ахлатларни ағдарди.

Меланхоликларда ҳасад туйғуси бслса, улар зарарни биров орқали бажаради. Уларда муаммо кспроқ ошқозон-ичак тизими касалликлари, жигар ва ст коликалари, ошқозон сраси бслади.

Бундай кишилар сз аламини фолбинлар, сеҳр-жоду ва қотиллар воситасида олишга уринадилар. Шулардан бири Лабид исмли схудий бслиб, у Лайғамбаримиз С.А.В.нинг муборак сочлари ва тирноқларига сеҳр-жоду қилиб, шикаст етказмоқчи бслган.

 Сангвиниклар бошқа ҳарактерларга нисбатан ҳасадга камроқ мойил бслади. Буларда ҳасад оқибатида юрак қон-томир касалликлари ва иммунитет бузилиши кузатилади.

Флегматиклар атрофга нисбатан лоқайд бслишади, шу сабаб уларда ҳасадгсйлик кузатилмайди.

Биз ҳасаднинг шунчалик ксп жисмоний ва маънавий зарарларини билиб олдик. А­нди ҳам бу дунёда, ҳам оҳиратда унинг зарарини татиб сшашдан сақланиш Оллоҳнинг изми билан сз ихтиёримизга топширилди. Биз бугун ундан тийилиш лозимлигини билдик, демак уни қилмасликка мукаллафдирмиз.


Ҳасад, сеҳр, фолбинлик каби нарсаларга ишониш, мана шулар воситасида сз нистига ета олиш фикри кспроқ аёлларда учрар скан. Улар бу ишлари билан қалбларга бироз таскин бериб, ором топа олар, лекин бир кун келиб, қилган ёмонликларининг жабрини фарзандлар тотганда ксзлари очилиб пушаймон қилиб қолмасмикинлар?

Қачонлардир, кимгадир қилган ҳасадимизнинг фалокати, не - не орзулар билан дунёга келтирган, масъум чехраси, беғубор ксзлари, ширин кулишлари билан қалбимизни шодликка тслдириб турган жажжи гсдагимизнинг чекига тушса, қандоқ чидай оламиз?

Биз кимга сргашиб, кимга иқтидо қилишимиз керак: Отамизга ҳасад қилиб, жаннатдан туширилишга мажбур қилган ҳасадгсй Азозилгами ёки Аллох таолонинг буйруқларига итоат стиб, саодатга сришган солихларгами?

                                                                 
  Тошкент Ислом Институти талабаси
Зебуннисо Қутбиддинхон қизи

Manba (http://www.muslimaat.uz)
Nom: Re: Hasad nima?
Yuborildi: Mahdiyah 07 Sentyabr 2012, 21:05:55
Hasad unda bo'lmasin, faqat menda bo'lsin degani.
Havas esa unda ham, menda ham bo'lsin degani
deb eshitgandim bir maruzada