forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Rasululloh SAV va sahobalar => Mavzu boshlandi: Mahdiyah 08 Fevral 2008, 13:52:54

Nom: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 08 Fevral 2008, 13:52:54
Bir kuni Hazrati Umar roziyallohu anhu xirqasini yamar edi. Umarning yelkasi ochiq qolganidan quyosh qattiq qizdirdi. Bu issiqdan Hazrat Umarning muborak qalbi siqildi. Umar quyoshga birdan qaragan edi, Alloh amri ila quyosh harorati, nuri so'nib pasaydi. Jabroil alayhissalom Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamga kelib:
- Yo Rasululloh! Umarga buyuring, quyoshga shafqat nazari ila boqsin. Bo'lmasa quyosh to qiyomatgacha shunday qoladi, quyoshsiz hammayoq zulmat bo'ladi, - dedi.
Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam:
- Yo, Umar! Janobi Haq senga quyoshga shafqat ila qarashingni buyurdi, - deb amr etdi. Hazrat Umar quyoshga shafqat ila boqqan edi, quyosh yorishdi, avvalgi holiga keldi.
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 22 Fevral 2008, 09:15:39
Kamtarlik haqida

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu xalifalik davrida shomga safar qildi. Shom ulamolari va amirlari xalifaning tuyada kelganini ko’rib, shaharga yastig’liq tulporda kirib borishini xohlashdi va tulpor keltirishdi. Shunda Hazrati Umar roziyallohu anhu: "œSizlar ulug’likni yasatig’lq tulporda deb o’ylaysizlar, holbuki ulug’lik u yoqdan", deb osmonga ishora qildi va tuyasini yetaklab yo’lida davom etdi.
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 22 Fevral 2008, 09:16:22
Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Shomga ketayotganida xizmatkori bilan navbatma-navbat minib bordi. Xalifa tuyadalik payti xizmatkor jilovbardorlik qilardi, xizmatkor tuyaga minganda jilovni xalifa qo’lga olardi. Tuyani yetaklash navbati Hazrati Umar roziyallohu anhuda ekanida qarshidan suv chiqib qoldi. Xalifa darhol kovushini yechib qo’ltig’iga qistirdi-da, tuyaning jilovidan tortib suvga kirdi. Shu hol ustiga Shom hokimi Abu Ubayda ibn Jarroh roziyallohu anhu kelib qoldi. Xalifani bunday vaziyatda ko’rib boshi tang qotdi.
- Shomning ulug’lari istiqbolingizga chiqishgan, sizni bu holda ko’rishsa, yaxshi bo’lmaydi, - dedi.
Shunda Hazrati Umar roziyallohu anhu:
- Alloh bizni Islom bilan aziz qilgan, odamlarning gaplariga parvo qilmaymiz, - deb javob berdi.
Musulmonlar taqvimi 1999 yil II chorak
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 22 Fevral 2008, 09:19:01
Hazrati Umar ibn Xattob (r.a.) yo’l bo’yida o’ynayotgan bolalar yonidan o’tib ketayotgan edilar. Bolalar mo’minlar amirining salobatidan qo’rquvga tushishdi. Shu bois yo’lidan chetlashishdi. Lekin bir bolakay o’z joyida sobit turaverdi. Undan boshqa hech kim qolmadi. Mo’minlar amiri uning oldiga keldilar-da, tabassum qilib:
-Nima uchun sen qochmading?-deb so’radilar.
Bola Hazrati Umarga (r.a.):
-Yo’l tor emas, sizga bo’shatay desam, gunohkor ham emasman, sizdan qo’rqay desam,- deya mag’rur javob qildi.
Bolaning shijoatidan Hazrati Umar (r.a.) xursand bo’ldilar. Kelajakda ulug’ inson bo’lishiga umid bo’gladilar.
Yillar o’tib bu umid haqiqatga aylandi. Bola ulg’ayib, zamonaning ulug’laridan biri-Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) nomi bilan tanilgan sarkarda bo’lib yetishdi.
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 22 Fevral 2008, 10:17:27
Kunlarning birida Madinaga Tag’lib qabilasidan bo’lgan odam keldi. Ust-boshidan uning musulmon emasligi ko’rinib turardi. U xalifni qayerdan topishini so’radi va odamlar aytgan joyga yo’l oldi. Hazrati Umar badaviyni ko’rib:
- Gapir dardingni, - dedi.
- Men tag’lib qabilasidanman. Otimga soliq to’lash uchun Ziyod ibn Xuzayrga uchradim. Otimni yigirma ming dirhamga baholadi. Keyin: "œIstasang, ming dirhamni to’la, istasang, senga o’n to’qqizming dirham beraylik-da, otni bizga qoldir", dedi. Men otimni adolat bilan yigarma ming dirhamga baholaganlari uchun ming dirham soliqni to’lab u yerdan ketdim. Lekin ishlarimni bitirib, o’sha shaharga borsam, yana soliq to’lashni talab qilishdi. Ularga otimning solig’ini to’lab bo’lganimni aytsam ham, unashmadi. Vaziyatni o’zingizga tushuntirib berish uchun bu yoqqa keldim.
Hazrati Umar badaviyning gaplarini eshitib hafa bo’ldi:
- Bitta otdan ikki marta soliq olinmaydi-ku! — dedi.
Haligi odam u zotning: "œDarhol buyruq yoz. Bu odamning haqqiga hiyonat qilinmasin", deyishini kutdi. Lekin Hazrati Umar indamay, yana o’z ishlari bilan mashg’ul bo’ldi. Tag’liblik kishi xalifa huzuridan chiqarkan, kelganiga afsuslandi. Buyog’I boradigan joyi, shikoyat qiladigan odami yo’q edi. U endi shuncha yo’l bosib kelganiga kuysinmi yoki nohaklik tufayli to’laydigan ming dirhamigami? Yo’lda ketarkan, o’ziga o’zi "œOdil xalifa deganlari shu bo’lsa, zolimi qanday bo’larkan?" dedi.
Ikkinchi marta soliq to’lash uchun Ziyodning oldiga bordi. Ziyod esa javoban shunday dedi:
- Ol pulingni. Sen avvalroq, soliq to’lagan eding.
Badaviy sevinib ketdi.
- O’zingiz ikki marta olmoqchi edingiz-ku!
- To’g’ri, lekin xalifadan kelgan buyruqqa ko’ra, yil o’tmay turib, ikkinchi marta soliq olish mumkin emas. Undan keyin sendan uzr so’raymiz.
Tag’liblik hammasini tushundi. "œXalifa ko’p gapirgandan ko’ra, amalda qilishni afzal ko’rar ekan".
Hazrati Umar vaqtni boy bermasdan yuqoridagi amrni yuborib, bu odam yetib kelmasdan Ziyodni ogohlantirgan edi. Holbuki, o’sha payt Hazrati Umar: "œSen nasroniymisan? To’layver", deyishi mumkin edi.
Badaviy qisqa fursatda bir qarorga keldi:
- Men xalifaning diniga kirish uchun nima qilishim kerak?
U aytilganidek avval g’usl qildi, keyin shahodat kalimalarini aytib, ikki rak’at namoz o’qidi.

"œHazrati Umar" kitobidan Ahmad Lutfiy
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 22 Fevral 2008, 10:18:05
Hazrati Umar odatiga ko’ra Madinani aylanarkan, bir tilanchini uchratdi. Bechora qarib, ko’zlari ko’r bo’lib qolgan edi. Hazrati Umar chaqqon borib, uning bilagidan oldi:
- To’xta-chi, birodar, qaysi dindasa?
- Yahudiyman. O’zing kimsan, nega so’rayapsan?
- Men Umar ibn Xattobman. Qani ayt-chi ne sababdan tilanchilik qilib yuribsan?
- Shunga majburman. Aks holda, gardanimdagi jizyani to’lashga qurbim yetmaydi.
- Men bilan yur!
Hazrati Umar tilanchilik oldiga solib, uyiga olib keldi. Uning qornini to’yg’azdi va qo’liga sadaqa qilib, ozgina pul ham tutqazdi. Tilanchini kuzatib qo’yarkan, Hazrati Umar uning yoniga bir odamni qo’shib, Baytulmolga yuborib va:
- Bu odam va shu kabilardan xabar olib turinglar. Ularni o’z hollariga tashlab qo’ysak, insofdan bo’lmaydi, - deb tayinlaydi. Bundan buyon qariya faqirlardan soliq olmaslikni buyurdi.

"œHazrati Umar" kitobidan Ahmad Lutfiy
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 05 Mart 2008, 11:02:11
Hazrati Umar roziyallohu anhuning Allohdan qo’rqishi

Bir kuni Hazrati Umar roziyallohu anhu ot minib ketar ekan:
- Yo Umar, Allohdan qo’rq, - dedilar.
Hazrati Umar roziyallohu anhu sur’at bilan ot ustidan tushib sajda qilib, boshini yerga qo’ydi, yuzini tuproqqa surdi, rangi sarg’ayib, ovozi xirillab:
- Umar kimki, Allohdan qo’rqmasin! — deb boshini sajdadan ko’tardi va: "œAllohdan qo’rqish hikmatning, hidoyatning, saodatning yorug’ yulduzidir. O’zining insonligini bilgan odam faqat Allohning buyukligi oldida sajdaga egiladi. O’zining insonligini bilmagan Allohning buyukligini qayerdan bilsin?" dedi.

"œHikmatlar xazinasi"
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 05 Mart 2008, 11:04:39
Hazrati Umar roziyallohu anhu bir kishining kimligini bilishni istadi. Odamlardan:
-Bu kishi xususida nimalar bilasizlar?! — deb so’radi.
-Ey mo’minlarning amiri! Men uni taniyman.
U yaxshi odam, - deb javob berdi birlari.
Shunda Umar roziyallohu anhu unga bir necha savol berdi:
-Uni yaxshi taniysanmi?
-Ha, yaxshi taniyman.
-Nima, uning qo’shnisimisan?
-Yo’q, qo’shnisi emasman.
-Unda u bilan safarda birga bo’lib, go’zal axloqli ekanini o’shanda payqadingmi?
-Yoq, u bilan birga safarga chiqmaganman.
-Yo u bilan oldi-berdi qildingmi? Kishining kimligi savdo-sotiq ustida yaxshi bilani.
-Yoq, ey Umar, savdo-sotiq ham qilmadim.
-Sen uning masjidda namoz o’qiganini ko’rib, yaxshi deyapsan shekilli?!
-Ha!
Shunda Umar roziyallohu anhu bunday dedi:
Ketaver yo’lingdan qolma. Sen bu odamni tanimas ekansan.
Bu hodisa ikkinchi xalifa Hazrati Umar roziyallohu anhuning qiyomatgacha musulmonlarga qoldirgan go’zal sabog’idir.
Inchunin, bir hadisda: "œKishining namozi va ro’zasi sizni aldab qo’ymasin. Uning pul ustidagi muomilasiga qarang", deyilgan.
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 05 Mart 2008, 11:05:16
Xalifa Hazrati Umar roziyallohu anhu zamonida bir ming to’rt yuz shahar fath etilgan edi. Eronning butun xazinalari va ga’nimat mollari suv kabi Madinai munavvaraga oqardi. Ammo Islom halifasi Hazrati Umar roziyallohu anhuning bayramda o’g’liga libos olib berish uchun ouli yo’q edi. Bir kuni Hazrati Umarning o’g’li otasiga:
- Otajonim, ust-boshim juda to’zib ketdi. Do’stlarim ustimdan kulishyapti. Men uchun bayramga kiyim olaylik, - dedi.
Xalifa Umar:
- Bo’lmaydi, o’g’lim, yangi kiyim olgani pulimiz yo’q — deb javob berdi.
O’g’il:
- Otajon, kelayotgan oyning maoshi ustidan pul olib turing. O’sha pulga yangi kiyim olamiz, - deb aytdi.
Xalifa Baytul molning xazinaboniga bir maktub yozdi. Unda, "œkelajak oyning maoshidan biroz pul berib tur, o’g’limga bayramlik libos olib bermoqchiman", dedi. Maktubni o’g’lidan jo’natdi. O’g’li uni moliya noziriga olib bordi. Nozir maktubni o’qib, so’ng xalifaning o’g’liga:
- Bo’lmaydi, bermayman, - dedi.
O’g’il:
- Nega bermaysiz. Bu maktubga ishonmaysizmi? — dedi.
Xazinabon:
- Bilaman, maktub xalifadan. Ammo bir kamchiligi bor. Xalifa yanagi oyga qadar yashashi haqida bir vasiqa bermapti, - deb aytdi.
Xalifaning o’g’li bu so’zlarni eshitib, shoshilinch otasi oldiga keldi.
Xalifa o’g’lidan so’radi:
- O’g’lim nima bo’ldi, pulni oldingmi?
- Yo’q, otajon, olmadim, xohlamayman. Siz shu qadar halol millatning raisi — xalifasi bo’lganingizga qanchalar iftixor qilsangiz arziydi. Siz bilan faxrlanaman, otajon, - deb javob berdi o’g’il.
Hazrati Umar:
- Xazinabon Umarni biladi. Agar pul berganida, dunyoga kelganiga pushaymon qilardim, - degan ekan.

"œHikmatlat xazinasi"
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 16:13:54
XALIFA HAZRATI UMAR ROZIYALLOHU ANHUNING HIRQALARIDAGI O’N IKKI YAMOQ.

Islom lashkarlarining g’alabalari natijasida mamlakatlardan harbiy o’ljalar daryo kabi Madinai Munavvaraga oqib keladi. Shunday bo’lsa ham Islomning buyuk Xalifasi Hazrati Umar roziyallohu anhuning hirqasida o’n ikki yamoq bor edi.
Bir kuni Hazrati Umar roziyallohu anhuning qizi Hafsa otasi ziyoratiga keldi. Hazrati Hafsa Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjai tohirasidir. Hazrati Umarning qizi Hazrati Hafsa volidamiz, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oilasidir"¦
Hazrai Hafsa:
- Otajon, hirqangizda o’n ikkita yamoq sanadim. Bu eski kiyimni biror bir faqirga berib, yangisini olib kiysangiz bo’lmaydimi? Siz Xalifasiz, huzuringizga turli mehmonlar kelishadi, - dedi.
Hazrati Umar roziyallohu anhu:
- Ey, mening sevikli qizim! Sen Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamning oilasi bo’lishga musharraf bo’lding. Unga bizdan ancha yaqin eding. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamning bu o’tkinchi dunyoga qanchalik qiymat berganini, bu foniy dunyoni ne darajada xor-haqir ko’rganlarini bilasan. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam vafotiga yaqin kunlar menga: "œYo Umar! Mahshar kuni men va Abu Bakr bilan bo’lishni istasang, yo’limizdan ayrilma!", deb buyurganini tushunasanmi? Oxiratda Allohga hisob berish kerakligi uchun ushbu yamoqli kiyimni kiyganim ma’qul, - deb javob berdi.

Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 16:14:59
BIR SHAMNI O’CHIRIB BOSHQASINI YOQDI.

Bir kuni Abdurahmon ibn Avf, mo’minlarning Xalifasi Hazrati Umar roziyallohu anhuning ziyoratiga keldi. Salom berdi-da kutib turdi.
Xalifa Hazrati Umar roziyallohu anhu yonib turgan shamni o’chirib, keyin boshqasini yoqdi.
Bu ahvol mehmon diqatini tortdi, u Hazrati Umarga:
- Ey Amiral-mo’minin! Oldingizda sham yonib turardi, uni o’chirdingiz. Yana unga o’xshash boshqa shamni yoqdingiz, buning bir hikmati border? — dedi.
Amiral-mo’minin Hazrati Umar tabassum qilib:
- Yo, Abdurahmon! O’chirganim davlatning shami (moli). Yoqqanim esa o’zimning shaxsiy shamim, o’z pulimga olganman. Davlat ishlarini qilganimda, davlatning shamini yoqaman. Hozir sen bilan suhbat qurib o’tirganimda, davlat shamini yoqshim halollik bo’lmaydi., shuning uchun uni o’chirdim, o’z shamimni yoqdim. Shunday qilmasam, Allohga qanday hisob beraman, - dedi.
Abdurahmon ibn Avf:
- Yo Rabbiy! Hattob o’g’li Umarni boshimizdan nari qilmagin, deb duo qildi.

Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 16:15:54
Hazrati Umar roziyallohu anhuning qarz so’raganlari

Hazrati Umar roziyallohu anhu mo’minlarning Xalifasi. Uning zamonida bir ming to’rt yuz shahar fath etilgan. Eronnnig barcha xazinalari va boyliklari suv kabi Madinaga oqqan paytlar"¦
Hazrati Umar roziyallohu anhuning bola-chaqasi va uy xarajatlariga puli yo’q. Abdurahmon bin Avfga xizmatchisini yuboradi va qarzga yuz dirham pul so’raydi. "œUyga — oilam, bolalarim uchun ovqat olaman", deydi.
Abdurahmon bin Avf roziyallohu anhu buning hikmatini bilish uchun so’raydi:
- Yo, Amiral-mo’minin! Pulni mendan so’raysanmi? Sen Xalifasan. Baytul-mol (Davlat xazinasi) sening qo’lingda. Bu pulni o’sha yerdan ol, keyin qaytarasan. Nega mendan qarz olmoqchisan? Buning bir hikmati bo’lsa, uni aytib ber, bilib olay, - deydi. Hazrati Umar roziyallohu anhu Hazrati Abdurahmon bin Avf roziyallohu anhuga ushbu javobni beradi:
- Yo, Abdurahmon! Menga zarur bo’lgan qarz pulni sendan olishni istayman. Sababini so’ramoqdasan. Sababi, senga qarz bo’lsam, ajalim yetib o’lsam va qarzimni bera olmasam merosimdan berishim va halollashmoq mumkin bo’ladi. Baytul-moldan qarz olsam, shunday bir vaziyatda barcha musulmonlar bilan halollashmoq qiyin bo’ladi. Bunga na boyligim va na olgan savobim chidash beradi, - dedi.
Abdurahmon bin Avf roziyallohu anhu:
- Shuni bilmoqchi edim, - dedi.

Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:57:08
Alloh ko‘rib turibdi

Hazrati Umar, roziyallohu anhu, xalifalik davrida sutga suv qo‘shishdek yomon odatni qat’iy taqiqladilar.
Shahar osoyishtaligini nazorat qilish uchun bir kecha Madina ko‘chalarida kezib yurgan xalifa charchab, bir uy yaqinidagi tosh ustiga o‘tirdi. Kutilmaganda uy ichida ona bilan qizi o‘rtasidagi shu gaplarni eshitib qoldi:
— Qani, qizim, turgin-da, sutlarga bir oz suv qo‘shib yubor!
— Xalifa sutga suv qo‘shishni taqiqlaganini bilmaysizmi, onajon!
— Bilaman.
— Axir xalifa taqiqlagan ishni qanday bajaraman?
— E-e, qo‘shaversang-chi, Umar seni ko‘rib turgani yo‘q!
— Umar ko‘rmasa ko‘rmas, ammo Alloh ko‘rib turibdi-ku...
Hazrati Umar shundan  so‘ng uyga qaytdilar. O‘g’illari Osimni imon-e’tiqodli, go‘zal axloqli bu faqir qizga uylantirdilar.
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:58:25
Hazrati Umar va nafsni tarbiya etib yo’lga solish

Bir kun Hazrai Umar roziyallohu anhu suv to’ldirilgan meshni orqalab kelardi. O’g’li otasini bu ahvolda ko’rib:
- Nega bunday qildingiz, otajon? Biz olib kelar edik, - dedi.
Hazrati Umar roziyallohu anhu:
- Nafsim haddan oshib ketganday bo’ldi. Ich-ichimdan, o’zimni haddimdan oshib ketayotganday his etdim. Nafsimni zalil etmoq, qiynamoq uchun shunday qildim, - dedi.
Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:59:07
Dard bu darddir

Hofiz Abu Bakr Abud Dunyo rivoyat qiladi: "œBir kechasida Hazrati Umar roziyallohu anhu odatlariga ko’ra Madinai Munavvara ko’chalarini aylanib yurar edilar. Musulmonlardan birining hovlisi yonidan o’tib ketayotib, uy egasining namoz o’qiyotganini eshitdilar. To’xtab, qiroatiga quloq solsalar, u odam Vat-Tur surasini o’qiyotgan ekan. Hazrati Umar roziyallohu anhu bir oz eshitib turdilar. Qori "œAlbatta, Parvardigoringizning azobi voqe’ bo’lguvchidir. Uning daf’ qilguvchisi yo’qdir", oyatiga yetganida, u zot; "œKa’baning Robbi ila qasamki, bu haq qasamdir", dedilar va eshaklaridan tushib, devorga suyanib qoldilar. Bir muddat shu holatda turib, so’ng uylariga qaytdilar. Shundan keyin bir oy kasal bo’lib yotdilar. Yo’qlab kelganlar u zotning nima bilan og’riganlarini bilmay, hayron bo’lishardi".
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1420) IV chorak
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 28 Mart 2008, 11:09:36
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œOtam (ya’ni Hazrati Umar, Alloh ulardan rozi bo’lsin) bir kuni hovliga chiqib ketdilar. Qaytganlarida jamoat asr namozini o’qib bo’lgan edi. Shunda: "œInna lillahi va inna ilayhi roji’un — biz Allohnikimiz va Unga qaytajakmiz. Asr namozidagi jamoatni o’tkazib yubordim. Shohid bo’lingizkim, Umarning qilmishiga kafforat bo’lsin uchun hovlim miskinlarga sadaqa qilindi", dedilar. Hovlimiz xurmozor bog’ edi."
Imom Zahabiy rivoyati
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 28 Mart 2008, 11:11:22
Umar o’sha Umar

Hazrati Umar roziallohu anhu vafot etganlaridan keyin bir kuni Hazrati Usmon roziallohu anhu u zotni tush ko’rdilar.
Tushlarida: "œEy Umar, Alloh huzurida ahvolingiz qanday? Qabrda ikki farishta — Munkar va Nakir "œRobbing kim?" deb so’roq qilganida, siz ularga nima deb javob qildingiz" deb so’rabdilar.
Hazrati Umar roziallohu anhu: "œMen u ikki farishtadan: "œSizning Robbingiz kim?" deb so’radim", debdilar.
Musulmonlar taqvim kitobidan
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:38:37
Doimo g’olib edilar

Qari kampirning hayoti bir muncha og’ir kechar edi. Chunki uning na yaqinlari, na bollari — hech kimi yo’q edi. Buning ustiga, ko’zi ham ojiz edi. Bundan xabar topgan Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu zudlik bilan uning yoniga kelib:
- Ey onajon, men sizning holingizdan har kuni habar olib turaman. Uyingizni supurib-sidirib qo’yaman. O’zingizga qarayman. Taomingizni pishirib beraman. Siz endi hech bezovta bo’lmaysiz. Mashaqqat ham chekmaysiz, - dedilar. — Faqat bir iltimosim bor. Meni hech kimga aytmaysiz. Sizga ko’rsatayotgan xizmatimni ham biron kimsaga bildirmaysiz? Xo’pmi?
Kampir xursandlik bilan bunga rozi bo’ldi. Ona-boladek hayot kechira boshlashdi. Kunlar o’tdi. Hazrati Umar roziyallohu anhu olihimmat ishlarini davom ettiraverdilar. Kunlarning birida kampirning holidan xabar olay deb kirdilaru hayratdan yoqa ushlab qoldilar. Uy supurilgan, atrof chinnidek top-toza. Kampirning oldiga taom ham qo’yilgan.
Hazrati Umar roziyallohu anhu taajjublanib:
- Ey onajon! Men sizga, hech kimga aytmang, men o’zim sizga qarab turaman degan edim-ku, - dedilar.
- Men hech kimga hech narsa aytganim yo’q, - deb javob qildi kampir.
Hazrati Umar roziyallohu anhu "œSavobli ishni mendan oldin qilayotgan inson kim ekan", deb turgan vaqtlarida, ne ko’z bilan qarasalarki ichkaridan Amirul-mo’minin Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu chiqib kelmoqda edilar.
- Siz"¦ sizmisiz, ey amirul mo’minin, jonu-tanim sizga fido bo’lsin, - dedilar-u, boshqa so’z aytishga tillari aylanmay qoldi.
O’sha vaqtlarda Hazrati Umar roziyallohu anhu adliya ishlariga ams’ul edilar. Ul zot: "œQanday ishda bo’lmasin, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bilan musobaqalashmay, u kishi g’olib chiqar edilar", deb tan olgan ekanlar.

"œSaodat quchganlar ibrati"
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:46:52
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "œAlbatta, menga Alloh taolo to’rt vazirni tayinladi. Ikkitasi osmon ahlidan bo’lib, ular Jabroil va Mikoildir, ikkitasi yer ahlidandir. Bular mening do’stlarim Abu Bakr va Umardir"
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:47:27
Duosi mustajob bola

Bir kuni Amirul-mo’minin Hazrati Umar roziyallohu anhu Madina ko’chalarining birida chopqillab yurgan yosh bolani ko’rib qoldilar. Shu ondayoq unga o’girilib:
- Ey bola! Haqqimizga bir duo qilgin, Alloh taolo bizga rahm etsin!, - dedilar. Shunda sahobalar:
- Ey mo’minlar amiri, Alloh taolo rahm qilsin deb, go’dakdan duo so’rayapsizmi? Axir siz jannat bashorat qilingan o’n kishidan birisiz-ku! — deya ajablanishdi. Shunda Hazrati Umar:
- Ha, men undan duo qilishni so’rayabman, chunki г balog’at yoshiga yetmagan. Hali uning a’mol kitobiga qalam yurgizilmagan. Shuning uchun duosi mustajob. Ammo biz mukallaf yoshdamiz, bizning ustimizdan qalamlar yurgizilgan, - deb javob qildilar.

"œSaodat quchganlar ibrati"
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:48:08
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Foruqning oppoq ko’ylak kiyib yurganini ko’rib so’radilar:
- Kiyiming yuvilganmi yoki yangimi?
- Yuvilgan, - deb javob berdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
- Yangisini kiy, maqtovli holda yasha va shahid holda vafot qil.
Yangi ko’ylak kiyganda Umar: "œMenga avratimni berkitadigan kiyim kiygizgan va xilqatimni chiroyli qilgan Allohga hamdlar bo’lsin", der edi.

"œRasulullohning izdoshlari" kitobidan
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:48:52
Umar Xandaq kuni va Hudaybiya sulhini tuzishda Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga edi.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir kuni Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida Quraysh ayollarining ko’p savol so’rab ovozlarini baland qilib gapirayotganini ko’rib qoldi. Ular Umarning ovozini eshitib, o’zlarini panaga olib jim qolishdi. Bu holni ko’rib Hotamul anbuiyo  sollallohu alayhi vasallam tabassum qildilar.
Umar:
- Ey nafsining dushmanlari, Rasulullohdan qo’rqmay, mendan qo’rqyapsizlarmi? — dedi.
Allohning elchisi sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
- Ey Umar, agar yo’lda shayton senga duch kelib qolsa, yo’lini o’zgartirib boshqa yo’ldan ketgan bo’lardi.

"œRasulullohning izdoshlari" kitobidan
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 30 Aprel 2008, 12:53:09
Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalom bilan suhbat qurib o’tirganlarida Foruq masjidga kirib keldi. Jabroil alayhissalom aytdilar:
- Bu sening birodaring Umar ibn Xattob emasmi?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
- Ha, mening birodarim. Yerda bo’lganidk osmonda ham ismi bormi?
Jabroil alayhissalom:
- Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, uning ismi osmonda yerdagidan mashhurroqdir. Uning ismi osmonda Foruq, yerda Umardir.
"œRasulullohning izdoshlari" kitobidan
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 30 Aprel 2008, 12:58:57
Bir kuni choshgohda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda ba’zi sahobalar bilan o’tirganlarida shunday dedilar:
- Tushimda jannatda yurganimni ko’ribman, bir ayol shu yerdagi qasr yonida tahorat olardi. Men undan: "œBu qasr kimniki", deb so’radim. "œUmarniki", deb javob berdi. Shunda men seni rashkchi ekaningni eslab, darrov ortimga burildim.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu yig’lab dedi:
- Sizdan ham rashk qilamanmi, ey Allohning rasuli?
"œRasulullohning izdoshlari" kitobidan
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 30 Aprel 2008, 13:01:26
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
- Men bir kuni tush ko’rdim. Tushimda menga bir qadah sut berildi. Undan ichganimda tirnoqlarimga qadar oqib borganini sezdim. Shundan so’ng o’zimdan ortib qolganini Umarga berdim.
Rasulullohdan so’rashdi.
- Buni nimaga yo’ydingiz?
- Ilmga yo’ydim, - dedilar Nabiyulloh.
"œRasulullohning izdoshlari" kitobidan
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 30 Aprel 2008, 13:02:39
Bir kuni peshin payti Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga xursand holda kirib keldilar. U yerda sahobalar o’tirishgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Umarga qarab dedilar:
- Men bugun tushimda ko’ylak kiygan kishilarni ko’rdim. Ularning kiyib olgan kiyimlari ko’kraklariga ham yetmas, ba’zilariniki esa undan ham teparoqda edi. Keyin Umarni ko’rdim. Uning ko’ylagi yergacha yetib turardi.
Sahobalar so’rashdi:
- Uni qanday ta’vil qilasiz, yo Rasululloh!
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
- Dinga yo’ydim.
"œRasulullohning izdoshlari" kitobidan
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 29 May 2008, 18:27:08
UMAR IBN ALХATTOB RAZIYALLOHU ANHUNING MANOQIBLARI (MAQTOVGA SAZOVOR SIFATLARI VA AMALI SOLIHLARI) XUSUSIDA

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men tushimda jannatga kirganimni kurdim. Qarasam, qarshimda Abu Тalhaning xotini Rumayso’ («Rumayso’» ushal xotinning laqabi bulib, uning mijjalarida doimo yirishta uxshash modda tuplanib turgan) turibdi. Shu asnoda ohista qadam tovushi qulog’imga chalindi. «Kim bu?» — dedim. (Farishta): «Bu Biloldur», — dedi. (Balvsi, Hazrat Bilolning uzlari: «Bu men, Bilolman»— deb aytgan bo’lishlari ham mumkin). Keyin, men (jannatda) bir (muhtasham) qasrni kurdim, uning hovlisida bir yesh qiz turgan erdi. «Bu (qasr) kimniki?» — dedim. (Farishta): «Umarniki», — dedi. Keyin, men qasrga kirib, uni tamosho qilmoqchi buldimu, ammo sening (ya’ni, Umarning) rashkchi erkanligingni eslab, (kirmadim)», — dedilar. Shunda Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, otaonam sizga fido bulsinlar, sizdan rashk qilamanmi?!» — dedilar».    Bu yerda Abu Hurayra raziyallohu anhu shu mazmundagi bir hadisni rivoyat qilganlar. Hamza otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men uxlab yetganimda (ya’ni, tushimda) sut ichdim, hatto uning tirnoqlarim atroflaridan oqib chiqayetganini ko’rdim. Sung, ortib qolganini Umar ibn alХattobga berdim», — dedilar. Shunda (sahobalar): «Buni nimaga yo’ydingiz, ye Rasulalloh?» — deyishdi. Ul zot: «Ilmga», — dedilar». Bu yerda Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu Janob Rasulullohning Hazrat Abu Bakr va Umar birlan birga qudukdan suv tortib olishgani xususidagi tushlarini takroran rivoyat qilganlar.   
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 29 May 2008, 18:28:19
    Muhammad ibn Sa’d ibn Abu Vaqqos otalaridan naql qiladilar: «Umar ibn alХattob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirmoqqa ijozat suradilar. Shunda Janob Rasulullohning huzurlarida bir guruh Quraysh ayollari bulib, ular birbirlariga navbat bermay, bor ovozlari birlan ul zotga suzlashayetgan erdilar. Hazrat Umar ichkariga kirmoqqa ruxsat suraganlarida ular urinlaridan turishib, shoshapisha rumollarini yepinib olishdi. Sung, Janob Rasululloh Hazrat Umarga ruxsat berdilar. Ul kishi ichkariga kirib, Janob Rasulullohning kulib turganlarini kurgach: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo sizni umringiz buyi kuldirsin!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Huzurimdagi ayellarning ichkariga kirmoqqa izn suraganingai eshitishib, shoshapisha rumollarini yshnib olishganidan taajjub qildingmi?» — dedilar. Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, siz ularning haye qilmoqlariga haqliroqsiz!» — dedilar. Sung, abllarga ugirilib: «Ey uziga uzi dushmanlar, mendan uyalib, Janob Rasulullohdan uyalmaysizlarmi?» — deb aytdilar. Aellar: «Ha, shunday, chunki siz Janob Rasulullohga nisbatan dag’alsuz va qupolroqsiz!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Ey Ibn alХattob! Jonim qulida bulgan zot haqi, agar shayton yulingdan chiqib qolsa, (qupolligingdan) boshqa yulga burilib ketgay», — dedilar».
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 29 May 2008, 18:28:56
Abdulloh: «Hazrat Umar Islomga kirganlaridan buyen tobora izzatli (qudratli) bulib bormoqdamiz», — deydilar.
Bu yerda Hazrat Alining Hazrat Umarni: «Olloh taolo sizni ikki dustingiz birlan birga qilsin!» — deb duo qilganlari xususidagi hadis takroran keltirilgan.
Bu yerda Janob Rasulullohning Abu Bakr, Umar va Usmon raziyallohu anhum birlan birga Uhud tog’iga chiqqanlari haqidagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Wild Flower 20 Oktyabr 2009, 12:00:25
Hazrati Umar Raziyallohu Anhuning muborak odatlaridan biri erta sahardan masjidga borish edi. Hazrati Umar masjidga azon aytilmasdan oldin borar va namoz vaqtini jome'da kutar edi. Bir kuni tong otmay turib masjidga borar ekan bir bolani shoshilib masjidga ketayotganini ko'rdi. Bola Hazrati Umar Raziyallohu anhuning nazari oliylariga tushdi. Hazrati Umar bolaning bunday shoshilib ketayotganini ko'rib unga:
- Bolajonim, nega shoshilib ketayotibsan, qaerga yugurib boryapsan dedi?
- Namozga ketmoqdaman, hazrat. Namoz vaqti yaqinlashdi, mening esa tahoratim yuq, tahorat olishim kerak. Azon o'qilmasdan oldin tahorat olib namoz vaqtini kutaman. Shuning uchun yugurib ketyapman. - dedi.
hazrati Umar bolaga:
- Bolam, sen juda yosh ko'rinasan, senga namoz hali farz emas,- dedi.
bola:
- Hazrat, Bu ish uchun katta kichiklik bo'ladimi. kecha mahallamizda  yosh bir bola vafot etdi. u mendan ancha yosh edi. demak bu ish uchun katta kichik bo'lmaydi,-dedi.
Hazrati Umar bolaning bu so'zlaridan juda to'lqinlanib ketdi. Shunday mutaasir bo'ldiki, shunday quvondiki muborak ko'zlaridan inju donalaridek yoshlar oqa boshladi. Yo, rabbiy bu bola qanday ajoyib, qanday aqqli. Bu go'zal so'zlar ulug'larning og'zidan chiqadigan so'zlardir deb shunday yig'ladiki muborak hilqasi ho'l bo'lib ketdi.
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 31 Oktyabr 2009, 19:39:00
Tarix kitoblarida hazrati Umarning (r.a.) fath etilgan Quddus shahriga kirib borishlari shunday tasvirlangan: Quddusliklar «xalifangiz kelsagina shaharni sizlarga topshiramiz», deyishadi. Hazrati Umar (r.a.) bir tuya, bir xizmatkor bilan Madinadan Quddusga ravona bo‘ladilar. Kamtarlikni qarang. Dunyoning yarmini boshqarib turgan amir xohlaganida arkoni davlat bilan, as’asayu dabdaba bilan yo‘lga chiqqan bo‘lardi. Ammo uning xizmatkordan boshqa kuzatuvchi yo‘q, qo‘riqchisi yo‘q, qilich-qalqon, o‘q-yoy yo‘q.

Adolatli Umar (r.a.) xizmatkor va o‘zlari navbat bilan tuyaga minib borishaverdi. Quddusga yaqinlashganlarida shahar ahli «xalifa kelyapti», deb darvoza kalitlarini topshirish uchun uning istiqboliga chiqadi. Shunda tuyaga minish navbati xizmatkorda edi. U tuyada, xalifa esa piyoda kelyapti. Bir joyda xalifa Umar (r.a.) suvdan kechish uchun pochalarini shimarib oladi. Endi bir tasavvur qilib ko‘ring: «Islom oliy davlatining bosh rahbari yalang oyoq, bosh yalang, pochalari shimarilgan holda mag‘lub shaharga kirib borayotir... Quddusni qamal qilgan Islom lashkarining bosh qo‘mondoni bu ko‘rinishdan xijolat bo‘lib, xalifaga ta’na qiladi:

— Ey Umar (r.a.), ayb bo‘ldi, bu holdan biz uyalamiz.

Hazrati Umar uning ko‘ksiga bir urib:

— Yo‘qol ko‘zimdan! Agar shu so‘zingni oldinroq aytsayding, vazifangdan olib tashlardim. Izzat — Islomdadir, qiliq-qiyofada emasdir! — dedilar.

Baridan voqif Umar (r.a.) xalqqa e’tiborli, zaiflarga yaxshilik qiluvchi, haqiqat borasida qattiqqo‘l va odamlarning barini barobar ko‘radigan xalifa edilar. Umar (r.a.) odamlarga berish uchun o‘zlarini mahrum qilar va ular to‘yishlari uchun och qolar edilar. Odamlarning uylaridan, manzillaridan xabardor bo‘lib turardilar.

Bir kuni bozorda sadaqa so‘rayotgan qariyani ko‘rdilar va: «Ey shayx, nima qilayapsan?» deb so‘radilar. Qariya: «Men yoshi ulug‘ qariyaman, yordam va nafaqa so‘rayapman», dedi. U Madina axolisidan bo‘lgan yahudiy edi. Umar (r.a.) buyuk insoniy xislat egasi edilar. Shundan unga: «Ey shayx, biz senga insof qilmadik. O’shligingda sendan jizya olib qariganingda tashlab qo‘ydik», dedilar-da, uning qo‘lidan ushlab uyiga olib bordilar. Unga zarur miqdorda oziq-ovqat tayin etdilar va Baytulmol xazinachisiga: «Bu va bunga o‘xshashlarning o‘zi va ahliga yetarli miqdorda mablag‘ ajrat», deb odam yubordilar.

Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 31 Oktyabr 2009, 19:39:40
Bir marta Umar (r.a.) Madina ko‘chalarida yurgandilar, ozg‘inlikdan to‘zib ketgan qizchani ko‘rib qoldilar. Qiz bir turar, bir yig‘ilardi. Shunda Umar (r.a.): «Bu qizaloqning aybi nima?! Gunohi ne?! Qaysi biringiz bu qizchani taniysiz?» dedilar. O’g‘illari Abdulloh:

«Tanimadingizmi, ey mo‘minlarning amiri?» deganda, u kishi: «Yo‘q», dedilar. Abdulloh aytdilar: «Bu — qizlaringizdan biri!».

— Bu qaysi qizim?
— Umarning o‘g‘li Abdullohning qizi Falona.
— Essiz, uning bu holga tushishida nima sabab bo‘ldi?
— Sizdagi narsa bundan to‘sib qo‘ydi.
— Allohga qasamki, menda musulmonlarnikichalik haqqingdan boshqa narsa yo‘q. Bu men va sizning o‘rtangizdagi Allohning kitobi (farzi)dir.
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 31 Oktyabr 2009, 19:40:11
Madinaga tijoratchilar karvoni keldi. Unda ayollar va bolalar ham bor edi. Umar (r.a.) Abdurahmon ibn Avfga (r.a.): «Bu kecha ularga qo‘riqchilik qilamizmi?» dedilar. Ularni qo‘riqlab kech kiritishdi. Alloh farz etgan namozlarini o‘qishdi. Shunda Umar (r.a.) bir go‘dakning yig‘isini eshitdilar va u tomon yurdilar. Uning onasiga: «Allohdan qo‘rq, bolangga yaxshi qara», dedilar, so‘ng o‘z o‘rinlariga qaytdilar.shunda yana yig‘i ovozini eshitib, onasiga: «Allohdan qo‘rq, bolangga yaxshi qara», dedilar-da , joylariga qaytdilar. Vaqtiki, tun oxirlagandi, yana uning yig‘isini eshitdilar. Onasiga borib: «Hayf senga, yaxshi ona emas ekansan! O’g‘lingga nima bo‘ldi, kechadan beri tinchimaydi?» dedilar. Onasi u kishini mo‘minlarning amiri ekanliklarini bilmay: «Ey Allohning bandasi, u kechadan beri meni bezor qilib yubordi, men uni ko‘krakdan chiqarishga majburlayman, u esa ko‘nmaydi», dedi. Umar (r.a.): «Nima uchun?» deb so‘radilar. U aytdi: «Chunki Umar ko‘krakdan chiqqan bolalargagina nafaqa belgilaydi (ya’ni, farzandlari ko‘krakdan chiqqan otalargagina haq beradi). Umar (r.a.): «Buning yoshi nechada?» dedilar. U: «Mana shuncha oylik», deb aytdi. Umar (r.a.) esa: «Essiz unaqa shoshmagin», dedilar-da bomdod namozini o‘qidilar. Yig‘ining kuchliligidan qiroatlari odamlarga eshitilmadi. Shunda salom berib dedilar: «Ey baxtsiz Umar, qancha musulmon farzandlari halok bo‘ldi...» So‘ng bir munadiyga: «Go‘daklaringizni ko‘krakdan chiqarishga shoshilmanglar. Biz Islomda tug‘ilgan har bir go‘dak uchun (haq) belgilaymiz», deb nido qilishga buyurdilar. Bu bilan hamma tomonga chopar yuborildi.
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 31 Oktyabr 2009, 19:46:15
Hazrati Umar (r.a.) erta tongda masjidga borishni odat qilgandilar. U kishi hali azon aytilmasdan masjidga kirib, namoz vaqti bo‘lishini kutib o‘tirardilar.

O’sha kuni ham tong otmay, masjidga otlanib, yo‘lga chiqdilar. Ko‘chada shoshilinch ketib borarkanlar, bir bolaga ko‘zlari tushdi. U ham qayoqqadir shoshilib ketayotgandi. Hazrati Umar (r.a.) qiziqsinib bolakaydan so‘radilar:

— Ey bolam, erta tongda bunchalik shoshilib qayoqqa ketyapsan?
— Namoz o‘qish uchun masjidga boryapman, — burro javob qildi o‘sha bola, — namoz vaqti yaqinlashib qoldi. Mening esa tahoratim yo‘q edi, shuning uchun azon aytilmay turib, tahorat olishim va namoz vaqtini kutishim kerak. Shuning uchun shoshilyapman.

Hazrati Umar (r.a.) bolaning javobidan suyundi, ammo uni bir sinab ko‘rish uchun yana savolga tutdi:

— Bolam, hali juda yosh ko‘rinasan, hatto namoz ham farz bo‘lmagan, senga qiyin bo‘lmayaptimi?

Ammo bola savolga dovdirab qolmadi, aksincha, bir hayajon ichida qizg‘in javob qildi:

— Hazratim, nahotki, bu ishda yoshning ahamiyati bo‘lsa? Kecha mahallamizda mendan ham yoshroq bir bola vafot etdi. Demak, menga ham shuncha yil yashaysan, deb kafolatlab qo‘yilmagan. Shuning uchun ibodat qilishga oshiqaman.

Hazrati Umar (r.a.) bolaning bu qadar zukkolik bilan aytgan javobidan hangu-mang bo‘ldi, ikki qarama-qarshi tuyg‘u oQushida qoldi. Bir tomondan bolaning kichik yoshdayoq Allohdan qo‘rqib, uning ibodatiga shoshganidan quvongan bo‘lsa, ikkinchi tomondan aqlini tanigan kap-katta odamlarning g‘aflatda, jaholatda yurganidan mutaassir bo‘lib, qayg‘u chekdi.

Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 31 Oktyabr 2009, 19:47:00
Allohning qadaridan...

Umar (r.a.) bir necha mulozimlar bilan Shom safariga chiqdi. Maqsad — u yerdagi musulmonlarning ahvolini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, holidan xabar olish, Shom voliysi, mashhur sahobiy Abu Ubayda ibn Al-Jarrohning arzi-iltimoslariga quloq osish edi. O’nlab otlar karvoni kechga yaqin Hijozdan keladigan yo‘lda birinchi bo‘lib to‘qnashiladigan Shom qishlog‘i — Sirg‘ga yetib keldi. Bu yerda xalifa Umar va uning yo‘ldoshlarini Ajnod (Falastin, O’rdun, Damashq, Xims, Qunsurayn) amirlari Shom voliysi boshchiligida kutib olgani chiqqan ekanlar.

Abu Ubayda hazrati Umar otining jilovidan ushlab, xalifaning egardan tushishiga yordamlashdi. Ikkovlon quchoqlashib ko‘rishishdi. Hol-ahvol so‘rashildi. Xalifa Umar Rasulullohning mashhur sahobalaridan dono va jasur Abu Ubaydani juda hurmatlar, uning dilini ranjitmaslikka tirishardi. Abu Ubayda gap orasida Shomda vabo tarqaganini aytib qoldi. Hazrati Umar bir sapchib tushdilar. Vabo davosi mushkul, o‘ta yuqumli kasallik bo‘lganidan biror tadorikini topish lozim edi. Hazrati Umar ibn Abbosga yuzlanib buyurdilar:

— Ey Abbosning o‘g‘li, menga birinchi muhojirlarni chaqirib kel.
Ibn Abbos hamsafarlaridan bir necha kishini boshlab keldi. Hazrati Umar ularga maslahat soldilar: «Shomda vabo tarqalibdi. Nima qilamiz — kirib boraveramizmi yoki ortga qaytamizmi?» Muhojirlar tortishib qolishdi. Birlari Shomga boraverishni maslahat berishsa, boshg‘alari behuda halok bo‘lmaslik uchun Hijozga qaytmoqni maqbul ko‘rishardi. Har ikkovi tomonning gaplari ham jo‘yaliga o‘xshab ko‘rinardi:

— Shomlik musulmon birodarlarimizning holidan xabar olgani chiqqan edik. Bu xabarni hamma eshitgan, do‘st-dushman qarab turibdi. Do‘stlarimizni hafa qilib, dushmanlarimizni shod qilib, ortga qaytsak, qandoq bo‘larkin?

— Sen bilan shuncha odam Shomga ketyapti. Ular orasida Rasulullohning sahobalari, Yasribning mashhur a’yonlari ham bor. Shuncha odamni vabo tarqagan joyga olib borish ularni o‘limga mahkum qilmoq ila barobar emasmi?

— Jo‘nanglar oldimdan, — dedi hazrati Umar ularning ixtilofga borayotganlaridan tutog‘ib. So‘ng Abbosga buyurdilar:
— Menga ansoriylarni chaqirib kel!

Ular ham muhojirlar kabi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vabo haqidagi ko‘rsatmalaridan bexabar ekanlar. Ansorlar ham ikkilanib qolishdi. Umar noiloj hamsafarlaridan boshqa bir guruhni chorlashga jazm etdi:

— Menga huv anavi yerdagi Quraysh shayxlaridan fath muhojirlarini chaqirib kel!

Fath muhojirlaridan ikkovining ham gapi bir joydan chiqdi: «Odamlar bilan orqaga qaytishni, vabo tarqagan joyga bormaslikni maslahat beramiz!»

Nihoyat, hazrati Umarning ko‘ngli taskin topdi. U odamlar orasiga jarchi yubordi: «Hammaga ma’lum qil, erta tong chog‘i ulovimga minurman, orqaga qayturmiz!»

Shunda Abu Ubayda shunday deb qoldi:

— Allohning qadaridan qochibmi?

Shom voliysining bu gapi hazrati Umarga malol keldi, og‘ir botdi. Ammo sirtiga chiqarmadi. Chunki xalifa shunday mashhur sahobiyni xafa qilib qo‘yishdan qo‘rqardi. Buni Rasuli Akramga (s.a.v.) xiyonat deb tushunardi. Lekin baribir biroz og‘ringanlarini izhor qilib qo‘ydi:
— Bu gapni sendan kutmagandim, ey Abu Ubayda. Ha, Allohning qadaridan Allohning qadariga qochyapmiz. Mana sening bir qancha tuyang bo‘lsa-yu ularni ikkiga bo‘lingan vodiyda o‘tlatayotgan bo‘lsang. Bo‘laklarning birinchisida o‘t-o‘lan mo‘l-ko‘l, ikkinchisi esa qup-quruq, qovjiragan. Tuyalarni u o‘tloqda ham Allohning qadari bilan boqasan, bunisida ham Allohning qadari bilan boqasan...

Shu payt allaqayoqqa hojati bilan ketib qolgan Abdurahmon ibn Avf kelib qoldi-yu tortishuvga nuqta qo‘yildi. Hazrati Umar tortishuvga sabab bo‘lgan vabo haqida so‘radi. Abdurahmon ibn Avf shunday dedi:
— Bu haqda menda ilm bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Qachon biror yerda vabo chiqqanini eshitsangiz, u yerga bormang, qachon siz turgan yerga vabo tarqasa, undan qochib chiqmang», deganlarini eshitganman.

Hazrati Umarning yuzlariga tabassum qalqdi: «Allohning Rasuli, Payg‘ambarlarning sayyidi shunday deb ko‘rsatma bergan ekanlar-u boyadan beri nega behuda tortishib o‘tiribmiz». U kishi hamrohlariga buyurdilar:

— Qani otlarga mining! Hijozga keturmiz. Shomga esa keyinroq kelurmiz. Xush qol, ey Abu Ubayda! Xush qoling, Ajnod amirlari!

"Haq hamisha g‘olib"
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 31 Oktyabr 2009, 19:48:14
Madina ko‘chalarini kezib, ra’iyat ahvolotidan doimo xabardor bo‘lish xalifa Umar ibn Xattobning (r.a.) eng suygan mashg‘ulotlaridan edi. Bu gal ham hazrati Umar (r.a.) ana shu poytaxt ko‘chalarini aylanib yurgandilar. Bir hovli yonidan o‘tib ketayotib, erkak va ayolning g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir gaplashayotganini eshitib qoldilar. Devorga chiqib qarasalarki, ularning o‘rtasida ichkilik to‘la idish turibdi. Shunda Umar (r.a.) tutog‘ib ketib, erkakka ta’na qildilar:

— Ey Allohning dushmani, sen qilayotgan bu gunoh ishlar Allohdan pinhon qoladi, deb o‘ylaysanmi?

U odam esa xotirjam turib, xalifaga javob qildi:

— Ey amiral mo‘minin, men Allohga bir gunoh qilgan bo‘lsam, siz birato‘la uchta gunohga yo‘l qo‘ydingiz. Alloh taolo: «Josuslik qilmanglar!» degan. Siz bizning gapimizni poylab, josuslik qildingiz. Alloh yana aytganki: «Uylarga eshiklardan kiringlar!» Siz esa devor oshib tushdingiz. Va yana Alloh taolo: «O’zlaringizning uylaringizdan boshqa uylarga uning ahlidan izn so‘ramasdan, salom bermasdan kirmanglar», deydi. Siz buni ham qilmadingiz.

Umar (r.a.) bu kishining zukkoligiga tan berib, bo‘shashib qoldi va undan shunday deb so‘radi:

— Birorta xayrli ishing bo‘lsa, ayt, seni avf qilaman.
— Xudo haqqi, qaytib bu ishni hech qachon qilmaslikka so‘z beraman, - deya uzr so‘radi boyagi kishi.
— Boraqol, seni kechirdim, - dedilar hazrati Umar xotirjam bo‘lib.

Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 31 Oktyabr 2009, 19:48:54
Sotilgan shikoyat

Payg‘ambar alayhissalomning amakilari Abbos ibn Abdulmuttalib qorong‘u kechalarning birida mo‘minlar amiri Umar ibn Xattobning (r.a.) uyiga borish uchun yo‘lga chiqdilar. Ketayotsalar, yo‘lda sahroyi odamlarning yirtiq kiyimlarini kiyib olgan bir kishi yo‘llarini to‘sib chiqdi va yenglaridan tortib: «Yur men bilan, ey Abbos», dedi.
Abbos (r.a.) diqqat bilan qarasalar, u kishi amiral-mo‘mininning o‘zlari ekanlar. Ko‘pincha birov tanib qolmasligi uchun kiyimlarini o‘zgartirib, Madina ko‘chalarini aylanish, musulmonlarning holi-hayotidan, turmushidan xabardor bo‘lish u kishining odatlaridan edi. Chunki amiral-mo‘minin Rasuli akramning (s.a.v.) «Sizlarning har biringiz bamisoli cho‘pondirsizlar va o‘z qo‘l ostingizdagilarga mas’uldirsizlar», degan gaplarini mahkam tutgan edilar.

Abbos ibn Abdulmuttalib xalifaga salom bergach, so‘radilar:

— Yo‘l bo‘lsin, ey mo‘minlar amiri?
— Bu zulmatli tunda arab mahallalarini aylanib chiqmoqchiman, - dedilar hazrati Umar (r.a.).

Kecha salqin edi. Hamma kechki yumushlarini tugatib, uyquga hozirlik ko‘rayotgandi. Hazrati Umar chodirlar va kulbalar oralab borarkanlar, ularning har birini diqqat bilan kuzatar, nimanidir axtarayotganidek ba’zan to‘xtab ham qolardilar. Aylanishni tamomlab, endi orqaga qaytishmoqchi ham ediki, to‘satdan bir chodirdan kelayotgan ovoz xalifani sergaklantirib qo‘ydi. Sekin chodirga yaqinlashishdi. Unda bir ayol qozon oldida kuymalanib o‘tirar, atrofida bir necha bola chirqillab yig‘lardi. Ayol tinmay bolalarni ovutmoqchi bo‘lar, «Sabr qilinglar, ozgina qoldi, hozir ovqatim pishsa, yeysizlar», deb aldardi. Hazrati Umar (r.a.) bu holatni ko‘rib, kayfiyatlari buzildi. O’rinlaridan jilolmay qoldilar. Shu alfoz ancha turib qolishdi. Nihoyat, Abbos tilga kirdi:

— Ey amiral-mo‘minin! Nega bu yerda turibmiz, yuring ketaylik?!
— Alloh nomi bilan qasam ichamanki, toki bu ayol ovqatini suzib bolalariga yedirmaguncha hech qayoqqa ketmayman! — dedilar hazrati Umar.

Vaqt o‘tib borardi. Bolalar hamon yig‘idan to‘xtamas, ayol esa «Sabr qilinglar, hozir ovqatni suzaman, ozgina qoldi», deb takrorlashdan charchamasdi. Hazrati Umar chidab turolmadilar va Abbosga:

— Yur, ichkariga kiraylik-chi, nima gap ekan? — dedilar. Ikkovlon orqama-orqa chodirga kirishdi. Hazrati Umar ayolga salom berdilar.
— Assalomu alaykum!
— Va alaykum assalomu va rohmatullohu va barokatuh, — deb go‘zal javob qaytardi boyagi ayol.
— Bolalarga nima bo‘lgan, nega ular yig‘idan to‘xtashmayapti? — so‘radilar hazrati Umar (r.a.).
— Qorinlari och.
— Nega qozondagi ovqatdan bermayapsan?
— Ovqat bo‘lganda, bermasmidim. Ularni aldab, ovuntirib o‘tiribman, xolos. Zora, yig‘idan charchab uxlab qolishsa. Ularga yediradigan hech narsa yo‘q! — dedi ayol bo‘shashib. Hazrati Umar (r.a.) qozonni kavlab ko‘rdilar. Ozgina suv ichiga bir necha mayda tosh tashlab kavlab o‘tirgan ekan.
— Nega bunday nochor ahvolda qolding? — so‘radilar amiral-mo‘minin.
— Mening hech kimim yo‘q, na aka-ukam, na otam, na erim... Birortayam qarindoshim yo‘q, yolg‘iz ayolman.
— Unda nega mo‘minlar amiriga borib, ahvolingni tushuntirmading? Baytul-moldan biror narsa berardi-ku!
— Vallohi, Umar menga zulm qildi, — dedi ayol. Ayolning bu gapidan hazrati Umar (r.a.) dahshatga tushdi, vujudlari qalt-qalt titray boshladi, peshonalaridan sovuq ter chiqib ketdi.
— Ey xola, Umar senga nima zulm qildi? — deb so‘radi xalifa arang tilga kirib.
— Ha, Xudo haqqi, Umar bizga zulm qildi. U boshlig‘imiz edi, qo‘l ostidagi har bir odamning hol-ahvolidan ogoh bo‘lib turishi mumkin edi. Axir musulmonlar orasida mendaqa serbola, nochor, yordam va shafqatga muhtoj oilalar bor-ku!
— Umar sening ahvolingni qaerdan bilsin? Sen unga arz bilan borib, ahvolingni ma’lum qilib qo‘yishing kerak edi., — dedi hazrati Umar (r.a.).
— Yo‘q, vallohi, haqiqiy boshliqlar qaramoqlaridagi odamlarning nimaga muhtojligidan doimo xabardor bo‘lishlari kerak. Ehtimol, mendaqa kambag‘alning hayosi yo‘l qo‘ymay, boshliq oldiga borishga iymanar...
— Haq gapni aytding! — dedi hazrati Umar (r.a.). — Bolalarni ozgina tinchitib tur, men hozir kelaman!

Hazrati Umar (r.a.) Abbosni yetaklab chiqib ketdi. Xazinaga borib, ichkariga kirishdi. Hazrati Umar (r.a.) bitta qopga unni to‘ldirib, Abbos yordamida yelkaga oldilar. Ko‘zada turgan yog‘ni Abbosga ko‘tartirib, ikkovlon boyagi ayolning chodiriga jo‘nashdi. Yo‘l xiyla olis edi, qopdagi un hazrati Umarning (r.a.) peshonasiga, ko‘z-yuziga to‘kilib borar, terga qorishib qotib qolardi. Xalifaning charchagani va qiynalayotganini ko‘rgan Abbos yordamlashmoqchi bo‘ldi.

— Ota-onam sizga fido bo‘lsin, amiral-mo‘minin. Charchab ketdingiz, qopni men ko‘tarib olay!
— Yo‘q. Xudo haqqi, sen qiyomat kuni bo‘lganda, mening gunoh va zulmimni ko‘tara olmaysan. Ey Abbos, shuni bilib qo‘yki, zil-zambil tog‘larning og‘irligini ko‘tarish oxiratda katta-kichik jinoyatlar azobini ko‘tarishdan osonroq. Yuraqol, Abbos, bolalar charchab uxlab qolmaslaridan yetib boraylik!

Hazrati Umar (r.a.) va Abbos qadamlarini tezlatishdi. Chodirga yetib kelganlarida ikkovi ham holdan toyib, madordan ketib bo‘lishgandi. Qop yelkadan tushdi. Hazrati Umar (r.a.) o‘choq boshiga borib, qozon ichidagi toshlarni to‘kib tashlab, tozaladi. Unga yog‘ solib, o‘t g‘aladi. O’tin ho‘l ekan, anchagacha tutab yonmadi. Xalifa engashib, o‘tinga puflay boshladi. Bu yumushlarni Abbos qilmoqchi edi, xalifa ko‘nmadi. Qozonga o‘zi yog‘ solib, un bilan aralashtirib, taom tayyorlay boshladi. Ovqat pishgach, o‘zi uni sovutib bolalarga yedirdi. Ularning qorni to‘yib, o‘ynay boshlaganlaridan keyingina ko‘ngli tasalli topdi. Bu ishlarni hayron bo‘lib kuzatib turgan ayol hazrati Umarga (r.a.) shunday dedi:
— Hoy yaxshi odam, aslida Umarning o‘rniga sen loyiq odam ekansan!
Shunda hazrati Umar o‘ng‘aysizlanib:

— Men amiral-mo‘mininning yaqinlaridan bo‘laman. Men ahvolingni unga tushuntirib qo‘yaman. Ertaga uning huzuriga borgin, men ham o‘sha yerda bo‘laman. Inshaalloh, hammasi yaxshi bo‘ladi, — dedi.

Ikkovlon ayol bilan xayrlashib tashqariga chiqdi. Shundagina xalifa yengil tin olib, chuqur xo‘rsindi:

— Bugun g‘alati tun bo‘ldi, ey Abbos! Vallohi, o‘sha ayolning bolalarini tosh qaynatib aldayotganini ko‘rganimda, go‘yo tog‘lar silkinib, yelkamga ag‘darilganday bo‘ldi. Masalliqni keltirib, ovqatni pishirib ularga yedirganimdan keyingina o‘sha zil-zambil tog‘ yelkamdan tushdi.

Alhamdulillahki, bir haqsizlikning oldi olib qolindi.

Xalifa va Abbos o‘sha tun birga qolishdi. Hazrati Umar (r.a.) tong otguncha to‘lg‘onib uxlolmay chiqdi. Ertasiga tong otgach, o‘sha ayol xalifa huzuriga kirib keldi. Hazrati Umarni (r.a.) boshqa kiyim, boshqa maqomda ko‘rib qolib, qo‘rqqanidan dag‘-dag‘ titray boshladi. Ammo xalifa unga dalda berdi:

— Qo‘rqmang, sizni bu yerga taklif etishdan murod, kecha siz mendan Allohga shikoyat qilgan edingiz. Shu shikoyatingizni men sotib olmoqchiman, qanchaga sotasiz?

Ayol ham qo‘rquv, ham taajjubdan tili kalimaga kelmasdi.

— Ey Abbos, siz guvoh bo‘ling, — dedi xalifa o‘rnidan turib, o‘sha shikoyatni o‘z pulimdan 500 dinorga sotib oldim.

Hazrati Umar (r.a.) pulni sanab, ayolga uzatdi. Undan yetkazilgan ozor uchun qayta-qayta uzr so‘radi. Unga va bolalariga Baytul-moldan har oyga yetguday miqdorda nafaqa tayinladi va uning ijrosini doimo nazorat qilib yurdi.

"Haq hamisha g‘olib"
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 31 Oktyabr 2009, 19:53:09
Ittifoqo bir kuni mo‘minlar amiri Umar ibn Xattobning (r.a.) huzurlariga uch yigit kirib kelishdi. Ular otalarini o‘ldirgan qotilni tutib kelishgandi, undan qanday qasos olish masalasini aniqlashni xalifaga topshirmoqchi edilar. Qotil hazrati Umarni aldab bo‘lmasligini tushunib, aybini bo‘yniga oldi, har qanday jazoga roziligini izhor qildi. Faqat mol-mulkini farzandlariga bildirib qo‘yish uchun uch kunga muhlat so‘radi. O’sha yerda hozir bo‘lgan sahobiylardan Abu Zarr g‘iforiy qotilning kafolatini oldi.

Uch kun o‘tdi, qotildan darak yo‘q edi. Xalifa uning kafolatini olgan Abu Zarrni toptirib keldi. U yetib kelib, qatl etilishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Shu paytda o‘sha qotil halloslaganicha yetib keldi. Xalifaning yuzi yorishdi. Qotildan taajjubda so‘radi:

— Qochib ketishga imkoning bo‘laturib, nega qaytib kelding?
— Xalifalikda va’dasining uddasidan chiqadigan qolmabdi, deyishlaridan qo‘rqib keldim, - dedi qotil.

Shunda xalifa sahobiy Abu Zarrga yuzlanib so‘radilar:

— Sen nega tanimagan odamingning kafolatini olding, axir u kelmaganda, uning o‘rniga qatl etilgan bo‘larding-ku?!
— Xalifalikda himmatli kishilar yo‘q ekan-da, deyishmasligi uchun shunday qildim, - dedi sahobiy.

Bu manzarani ko‘rib turgan jabrdiyda uch yigit Xalifaga shunday deb murojaat qilishdi:

— Biz ham otamizning qotilini kechirdik, undan qasos ham olmaymiz, tag‘in bu dunyoda afv etguvchilar qolmabdi-da, deb yurishmasin.

Masalaning bu yangliq chiroyli adolat bilan xotima topganini ko‘rgan amirning yuzlarida mamnunlik alomatlari jilva eta boshladi.
«Umar eshitmasinmi?»

Hazrati Umarning xalifalik yillari. U kishi o‘z odatlariga ko‘ra, bir guruh kishilar bilan Madina ko‘chalaridan ketib borardilar. Shunda bir ayol xalifani to‘xtatib, qattiq ovozda nasihat qilishga tushdi: «Ey Umar, yaqindagina Umarcha deb atalarding, ulg‘ayganingdan so‘ng «Ey Umar» deb murojaat qiladigan bo‘lishdi. Endi esa «Ey amiral-mo‘minin» deb atalmoqdasan. Allohdan qo‘rqqin, ey Umar! Kim o‘limga ishonsa, umrini bekor o‘tkazishdan qo‘rqadi, kim hisob-kitobga ishonsa, azobdan qo‘rqadi», deya ta’na-dashnom qilaveribdi boyagi ayol.
Butun Islom olamining xalifasi, dunyoning yarmini turg‘izib-o‘tqizayotgan hukmdor yupun kiyingan, ko‘rimsizgina bu ayolning malomatlarini xuddi talaba boladay odob bilan, jimgina tinglayapti, hatto e’tiroz bildira olmayapti. Bu ne hol? Xalifaning hamrohlari taajjub ichra u kishidan: «Ey mo‘minlarning amiri, bu kampirga ham shunchalik to‘xtab, achchiq-tiziq gaplarini eshitib o‘tirasizmi?» deb so‘rashdi. Bunga javoban hazrati Umar: «Allohga qasamki, agar u ertalabdan kechgacha ham yo‘limdan to‘xtatib ushlab tursa ham, farz namozlari vaqtidan boshqa paytda turaveraman. Bu kampirning kimligini bilasizlarmi o‘zi?! Bu — Havla binti Sa’laba. Uning so‘zini Alloh taolo yetti osmonning ustidan eshitgan. Olamlarning Parvardigori bu ayolning so‘zlarini eshitadi-yu oddiy banda Umar eshitmasinmi?» - dedilar.

Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 31 Oktyabr 2009, 19:53:52
Xalifaning kelini

Hazrati Umar xalifalik yo‘llarida ko‘pincha Madina ko‘chalarini tunda yolg‘iz aylanar, musulmonlarning holi-hayotidan, turmushidan shu tariqa xabardor bo‘lib olardi. O’sha kuni ham oddiy kiyimdagi xalifani Madina ko‘chalarida ko‘rganlar taniy olishmadi, e’tibor ham berishmadi. U katta-katta qadam tashlab borarkan, chor atrofga sinchkovlik bilan nazar tashlar, nigohidan mayda-chuyda narsalar ham qochib kutula olmasdi. Shu payt xonadonlarning biridan ikki ayolning g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir gaplashayotgani qulog‘iga chalindi. Qiziqsinib devorga yaqin bordi. Devor ortidan bir xotinning qiziga aytayotgan gaplari baralla eshitilib turardi:

— Qizim, bugun soqqan sutimiz negadir ko‘zimga oz ko‘rinyapti, shunga bir oz suv qo‘shib ko‘paytirmasak, bo‘lmaydi, shekilli. Shunga suv olib kelib bergin.

Qizi hayratlanib: «Voy onajon, nimalar deyapsiz? Amiral-mo‘minin sutga suv qo‘shmanglar, deb buyurgan edi-ku, - dedi. Onasi unga javoban:

— Qizim, bilasanki, tirikchiligimiz sut bilan o‘tadi. Men bir beva ayolman, boshqa daromadimiz yo‘q. Sutga biroz suv qo‘shsak, ko‘payadi, ehtiyojimizga ishlatamiz, - dedi. Allohdan qo‘rqish qalbiga jo bo‘lgan odobli qiz:

— Onajonim, bugun sizga nima bo‘ldi? Sizning bunday deganingizni xalifa eshitsa, nima bo‘ladi? - dedi.
— Qizim, kechasi bu vaqtda xalifa uxlab yotibdi. Bizning bu yerda sutga suv qo‘shganimizni qanday biladi, qanday ko‘radi?! - dedi.

Ul muborak qiz onasini gunohdan qaytarishga harakat qilib:

— Onajon! Bugun sizga bir narsa bo‘libdi! Siz shunday nomaqbul so‘zlarni aytmoqdasiz! Siz aytgan hiylani agar xalifa ko‘rmasa, hamma narsani biluvchi Alloh biladi va ko‘radi! Sutga suv qo‘shish — gunohdir! — deb onasini gunohdan saqlab qoldi.

Hazrat Umar bu suhbatni oxirigacha eshitdi. Ertasiga ertalab bu yerga kelib, Allohdan qo‘rquvchi, go‘zal axloqli, yaxshi fazilatli, iffatli va tarbiyali qizni o‘g‘liga so‘radi. Hazrat Umar o‘g‘lini shu faqir qizga uylantirdi. Hazrat Umarning o‘sha muborak kelinidan shunday avlodlar — farzandlar dunyoga keldiki, ulardan biri hazrat Umar kabi adolatli bo‘lib, tarixda ikkinchi Umar ismini oldi. Bu zot Umar ibn Abdulazizdir. Umar ibn Abdulaziz bobosi kabi adolatni sevuvchi, Allohdan qo‘rqib yashaydigan muhtaram bir zotdir.
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 31 Oktyabr 2009, 20:00:27
«Men ham kechirdim»

Hazrati Umar roziyallohu anhuning xalifalik yillarida adolat bilan ish tutganlari, ayniqsa, faqir, nochor, mazlum kishilarga jon fido qilganliklari tillarda doston bo‘lib ketgan. U kishining xalifalik yillarida bir odam janjalkash, shaddod xotinining janjallariyu baqir-chaqirlaridan to‘yib, xalifaga shikoyatga keldi. U Umarning (r.a) eshiklari oldiga kelib, endi chaqirmoqchi bo‘lib tursa, ichkaridan ayol kishining qattiq-qattiq gapirgani eshitildi. Boyagi kishi hayron bo‘lib qoldi, quloqlariga ishonmadi. Nahotki, xalifaning xotini baqir-chaqir qilayotgan bo‘lsa? Astoydil quloq solsa, xalifaning xonimi Ummu Gulsum eri hazrati Umarga qattiq gapirmoqda. Xalifadan esa sado chiqmasdi.

Xotinidan shikoyatga kelgan odam o‘ziga- o‘zi shunday dedi:
— Men xotinimning janjallaridan, uning yomon fe’lidan, menga nisbatan hurmatsizligidan xalifaga arz-dod qilib kelgandim. Bu qanday bedodlikki, mening boshimdagi g‘am-alam xalifaning boshida ham bor ekan. Yaxshisi, bu yerdan tinchgina ketaqolay!

U qaytib ketayotgan edi, Umar (r.a.) uni ko‘rib qoldilar:

— Nega kelding-u endi nega ketyapsan? — dedilar.
— Sizga xotinimdan shikoyat qilib kelgandim. Qarasam, bu dard, bu tashvish sizning boshingizda ham bor ekan. Shuning uchun shikoyat qilishdan kechib, qaytib ketayotgan edim, - dedi arzga kelgan kishi.
— Agar gap shundoq bo‘lsa, endi menga yaxshilab quloq sol, - dedilar xalifa. — Oiladagi ayollarimizning bizga sabr-qanoat, tog‘at bilan qilgan xizmatlari ham, ayni paytda erning zimmasida uning haqlari ham bor. Xotinim jahannam otashi bilan mening o‘rtamda bir parda-to‘siqdir. Ko‘nglim u bilan rohat topadi, haromga boqmayman, chunki u menga xotinlik vazifasini qiladi. U uyim va mulkimning qo‘riqlovchi muhofizidir, uydan chiqsam, u uydagi mol-mulkimni saqlab, bekalik vazifasini bajaradi. Kiyimlarimni yuvib-tozalaydi, uyning boshqa yumushlarini bajaradi, hamma yoqni orasta tutadi, bolalarni yuvib-tarab, yedirib-ichiradi, tarbiya qiladi. U mening ovqatimni pishirib, oldimga qo‘yadi, boshqa yumushlarimni qiladi. Shuncha xizmatlarni o‘rniga qo‘yib bajarib, biror marta ham minnat qilmaydi, zorlanmaydi.

Boyagi odam hazrati Umarning bu nasihatlarini eshitgach:

— Sizga qilinadigan bu xizmatlar menga ham qilinadi. Sizki ayolingizni xush ko‘rib, ba’zi qusur-kamchiliklarini kechirganingizdan keyin men ham xotinimning qusurlarini kechirdim, - dedi.
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 31 Oktyabr 2009, 20:00:56
Tundagi hodisa

Musulmonlarning xalifasi Umar (r.a.) doimiy odatlariga ko‘ra, bir kun kechasi Madina ko‘chalarini aylangani chiqdilar. U ana shunday «sayr» paytida aholining holidan xabar olar, adolat buzilmasligini nazorat qilar, beva-bechoralarning arz-shikoyatlarini tinglar edilar.
Bu gal ham tungi ko‘chalarni aylanib yurarkan, oldinda bir sharpa ko‘rindi. Yaqinlashib qarasa, bir odam hadeb chodir ichiga qarayapti. Hazrati Umar undan so‘radilar:

— Bu yerda nima qilib turibsan?
— Sayohatga chiqqan edik. Ichkarida o‘tirgan mening oilam, homilador edi, shu yerda to‘lg‘oq tutib qoldi. Majburan biz shu yerda qoldik, biz bilan kelgan karvon yo‘lida davom etib ketdi, - deb javob berdi musofir.
— Unda nega bu yerda turibsan, kirib xotiningga yordam bermaysanmi? — dedilar Umar (r.a.).
— Yordam beray, desam, bu ishga aqlim yetmaydi.
— Unda sen shu yerda tur, men hozir doya olib kelaman.

Umar (r.a.) shunday deb, uylariga jo‘nadilar va uxlab yotgan xotinlarini uyg‘otdilar.

— Yo Ummu Gulsum. Tur o‘rningdan, hozir sening yordaming kerak bo‘lib qoldi. Agar urush maydonida jang bo‘lsa, bezovta qilmas edim. Bugun sen keraksan, bu ish sening qo‘lingdan keladi.

Ummu Gulsum chodirdagi ayolga yordam qildi va bir ozdan so‘ng chodir ichidan chaqaloqning yig‘isi eshitildi. Yumushlarini tugatib chiqqan Ummu Gulsum musofirni o‘g‘illi bo‘lgani bilan qutladi. So‘zlashuv asnosida xotinining tug‘ishiga kimlar yordam berganini sezib qolgan musofir tamoman dovdirab qolgandi:

— Yo amiral-mo‘minin, sizni bezovta qildimmi?

Bunga javoban hazrati Umar xiyol jilmayib qo‘ydilar va musofirga qattiq tayinladilar:

— Tongda huzurimga kel. Baytul-moldan kerakli yordam beriladi.
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 01 Noyabr 2009, 11:48:32


Umar ko‘chadan kelib, endigina istirohat uchun yonboshlamoqchi edi, qo‘shni ayol kirib keldi:

— Menga qara, Ibn Xattob, sendan yordam so‘rab chiqdim. Ikki joriyam sarkashlik qilib, jonimga tegyapti. Ota-bobolarimizning dinini tashlab, anavi Muhammad deganlariga ergashayotgan emish. Yo‘lga solishga kuchim yetmayapti, bilasan, boshimda erkagim yo‘q. Sen bir ta’zirini berib qo‘yarmikansan, deb chiquvdim.

Umarga jon kirdi. Uning vujudida yovvoyi bir kuch, shafqatsiz bir telba tuyg‘u aslo tinchlik bermas, fitratidagi badjahllik, qaysarlik, urishqoqlik hamisha uni gij-gijlab turar, qaerda janjal-to‘polon bo‘lsa, o‘sha yerda Umar hoziru nozir edi. Hozir ham endigina qoziqqa ilgan qamchisini olib, bevanikiga qarab yurdi. Kira-solib, ona-bola Nahdiyya va Lubaynani ayamay, boshi-ko‘zi demay savalay ketdi. U «dindan chiqqan» ona-bolani uzoq qamchiladi, ularning yuz-ko‘zi qip-qizil qonga belandi. Umar ora-sira urishdan to‘xtab, ayollarning «insof»ga kirib, uzr so‘rashini kutar, ammo ularning shuncha kaltakka ham parvo qilmay, «iymon», «iymon», deyaverishlari battar g‘azablantirardi. U yana jazavaga tushganicha, qamchi ustiga qamchi yog‘dirardi.

Oxiri Umar holdan toydi, peshonasidagi reza-reza terlarni qomiysining etagi bilan artib, ona-bolaga ko‘zlarini qahr bilan tikdi:

— Xo‘sh, Lubayna, kaltakka to‘ygandirsan? Senga rahmim kelganidan emas, charchaganimdan to‘xtadim. Oxirgi marta so‘rayman, bekangning aytganiga ko‘nasanmi-yo‘qmi?

Lubayna og‘zidagi qonni tupurib tashladi, indamay Umarga qarab, «yo‘q» deganday bosh chayqadi:

— Yana savashimni xohlayapsan, shekilli?
— Sen-ku kaltaklab charchaysan, Umar, ammo men kaltak yeyishdan charchamayman. Sening qamchilaring mening qalbimdagi iymonni mustahkamlayapti, xolos!..

Ayol gapini tugata olmadi. Umarning a’zoi badani qaltirab, jazavaga tushdi, ilojsizlikdan, gapiga ko‘ndirolmaganidan alamga kirdi va «uv» deya qichqirganicha, holdan toygan Lubaynaga tashlanib, uni bo‘g‘a boshladi. Bu ikki cho‘ri kim bo‘libdiki, hech kim gapini ikki qilolmaydigan Umarga tik boqsa, gapiga rad javobi bersa?! Ularning ishongani kim o‘zi, suyangani nima o‘zi?!

Umar go‘yoki quturgan bir maxluq holatiga tushgandi, ko‘ziga hech narsa ko‘rinmasdi. U baquvvat va dag‘al qo‘llari bilan Lubaynani bo‘g‘arkan, ayol bor kuchini to‘plab, uning qo‘llarini ajratib tashlamoqchi bo‘ldi, ammo kaltaklar zarbidan holsizlangan tananing bunga majoli yetmadi. Lablari «Alloh, Alloh», deya pichirladi-yu boshi shilq etib shalvirab tushdi. Umar uni o‘ldi, deb o‘ylab qo‘lini bo‘shatdi. Endi u boyadan beri qiziga azob berayotgan Umarga qo‘rquv, dahshat va g‘azab bilan termulib turgan Nahdiyya tomon yurdi. Uni ham rosa kaltakladi, keyin tomog‘idan olib bo‘g‘di. Bechora ona ham hushidan ketdi. Umarning shunda ham g‘azabi so‘nmagan, jahli pasaymagan edi.

Oradan bir necha kun o‘tib, beva ayol yana cho‘rilarini xo‘rlab, kaltaklayotganida bir voqea sodir bo‘lganini Umar eshitib qoldi. Beva ayol: «Yo ota-bobolarimiz diniga qaytasizlar, yo o‘lib qutilasizlar», deb xo‘rlayotganida, yaqindagina Islomga kirgan Makka kiborlaridan Abu Bakr shu yerdan o‘tib qolibdi va ikki cho‘rini sotib olib, Alloh roziligi yo‘lida ozod qilib yuboribdi. Bu xabardan Umarning hayronligi oshdi, Abu Bakr bilan urishmoqchi ham bo‘ldi. Nimadir uni bu yo‘ldan qaytarib qoldi... Nimadir uning qalbini bezovta qilayotgandi...

Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 01 Noyabr 2009, 11:49:08
Quturgan sel

Makka mushriklari shaharda Islom diniga kirib, Muhammad alayhissalomga ergashganlarga aslo tinchlik bermay qo‘yishdi. Ko‘cha-ko‘yda uchratib qolishsa, haqoratlashar, goho kaltaklashar, itga talatishardi. Boshlaridan xamr quyib yuborishardi. Axlat va mag‘zavalarni sochib ketishardi. Bolalarini musulmonlarning bolalariga qarshi gij-gijlashardi. Xullas, mushriklar Islomga kirganlarning boshiga it kunini solayotgan alamli, xo‘rlik kunlar edi. Bu ishda, ayniqsa, Makkaning obro‘li, gapi butun akobirlaridan Abu Sufyon, Amr ibn Hishom, Umar ibn Xattob kabilar rosa quturib, alamini uchragandan olayotgan, zahrini xohlaganga sochayotgan fojiali kunlar edi.

Amr ibn Robia ham xotini Laylo bilan ko‘p musibat, xo‘rlik-kamsitishlarga duchor bo‘lishdi. Oxiri ko‘ch-ko‘lonlarini yig‘ishtirib, qancha yillar yashagan hovli-joylar, xesh-aqrobalarini tashlab, Habash yurtiga hijrat qilishga qaror qilishdi. Ularning yo‘l tadorigiga tushib qolganini ko‘rgan Umar Layloning yo‘lini to‘sib chiqdi:

— Yo‘l bo‘lsin, Abdullohning onasi, Makkani tark etib, safarga ketmoqchimisizlar?

Laylo Umar bilan gap talashish befoydaligini his etib, o‘zini qo‘lga oldi-da, hayajonini yashirib ohista dedi:

— Ha, Umar, bu yurtdan bosh olib ketmoqchimiz. Allohning dargohi keng, shuncha xo‘rlanganimiz, azob-sitamlarga qolganimiz yetar! Axir sizlar kun bermay qo‘ydingizlar-ku, ayovsiz xo‘rlab, kamsitib, azoblab tashladingizlar-ku! Ha, Umar, Allohning yeri bepoyon, karami keng, biror joydan tinchroq, erkinroq yashash imkoni chiqib qolar?

— Yaxshi o‘ylabsizlar, xudoyingiz sizlarga yo‘ldosh bo‘lsin!

Er-xotin gapni chuvalatmaslik uchun eshaklarini niqtashdi. Umar ularning ortidan ma’yus tikilganicha qoldi. Laylo buni sezdi. Hatto Umarning tovushida allaqanday siniqlik, achinish ohanglarini ilg‘aganday bo‘ldi. Yo o‘zining hozirgi holati juda g‘amgin bo‘lgani, yig‘lab yubormaslik uchun lablarini qattiq qimtib olgani uchunmi, unga shunday tuyulgan bo‘lishi mumkin edi. Har qalay, tug‘ilib o‘sgan joyingni, vataningni, qavmu-qarindoshlaringni tashlab ketish oson ish emasdi. Ammo bunday qilmaslikning iloji ham yo‘q edi. Chunki tarozining narigi pallasiga er-xotinning dini-iymoni qo‘yilgan edi.
Biroz yurishgach, Laylo eri Amirga qalbini kemirayotgan shubhalarini so‘zlab berdi. Ammo u xotinining kuzatishlariga uncha ahamiyat bermadi:

— Nima, Umar ham musulmon bo‘ladi, deb o‘ylayapsanmi?
— Aniq aytolmayman-u, ammo shunaqaga o‘xshaydi. Gaplaridan qilgan zulmlariga pushaymon bo‘layotgani sezilganday tuyuldi.
— E, bunga aslo aqlim yetmaydi. Xattobning eshagi musulmon bo‘lishiga ishonish mumkindir, ammo Umarning Islomga kirishiga ishonish qiyin.

Hijratga otlanib, vatanini tark etayotgan Amir va Laylo zolim va toshbag‘ir Umarning qalbida hozir nelar kechayotganini, nimalar tug‘yon urayotganini qayoqdan bilsinlar? Go‘yoki jilovsiz sel kabi kuch-shijoati vujudiga sig‘mayotgan Umar, kechagina uchraganga zahrini sochib yoki tekkanga tegib, tegmaganga tosh otib, dilini og‘ritib yurgan Umar, ayniqsa Muhammad alayhissalomga ergashib, iymon va Islom ne’matiga musharraf bo‘lgan musulmonlarni qon qaqshatayotgan Umar bugun sal boshqacharoq bo‘lib qolayotgandi. Quturgan, vahshatli, dahshatli, yo‘lida uchragan hamma narsani, jonzot va jonsizni surib, yig‘itib, yanchib borayotgan sel oqimini to‘g‘ri to‘g‘onga yo‘llab qo‘yilsa, sokin bo‘lib, tinchlanib qolgani kabi jaholat va g‘azab, qaysarlik va shafqatsizlik uya qurgan Umarning qalbiga bugun iymon nurlari, Allohning nuri tajalliysi o‘ziga yo‘l axtarayotgandi.

"Haq hamisha g‘olib"
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: ossiyobinti 03 Noyabr 2009, 21:15:33
Amr ibn Maymun raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhuni shahid bo‘lishlaridan bir necha kun ilgari Madinada ko‘rdim. Ul kishi Huzayfa ibn Al-Yamon birlan Usmon ibn Hunayfni to‘xtatib: «Qanday qarorga keldingizlarmi (yoki) sizlar Yerdek ko‘tarib bo‘lmaydirgan bir og‘ir yumushni o‘z zimmalaringizga olib quymog‘ingizdan cho‘chiyotirsizlarmi?!» — dedilar. Ular: «Biz (bu og‘ir) yumushni (shunday) bir (muhim) ish uchun o‘z zimmamizga oldikkim, u ulug‘ fazilatga molik bo‘lganidan toqat qilarlidur», — deyishdi. Hazrat Umar: «O’ylab ko‘ringizlar, tag‘in Yerdek ko‘tarib bo‘lmaydirgan bir og‘ir yumushni zimmangizga olib qo‘ygan bo‘lmangizlar!» — dedilar. Ular: «Yo‘q, unday emas», — deyishdi. Hazrat Umar: «Agar Olloh taolo meni salomat saqlasa, Iroq ahli bevalarini (Islomni qabul qilib, musulmonlarga turmushga chiqmoqqa) da’vat qilurmankim, mendan keyin sira erkakka (erga) muhtoj bo‘lmagaylar», — dedilar. Ammo, shul voqeadan to‘rt kun o‘tmay, ul kishi shahid bo‘ldilar.
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Wild Flower 06 Noyabr 2009, 14:21:57
Hazrati Umar Raziyallohu Anhuning muborak odatlaridan biri erta sahardan masjidga borish edi. Hazrati Umar masjidga azon aytilmasdan oldin borar va namoz vaqtini jome'da kutar edi. Bir kuni tong otmay turib masjidga borar ekan bir bolani shoshilib masjidga ketayotganini ko'rdi. Bola Hazrati Umar Raziyallohu anhuning nazari oliylariga tushdi. Hazrati Umar bolaning bunday shoshilib ketayotganini ko'rib unga:
- Bolajonim, nega shoshilib ketayotibsan, qaerga yugurib boryapsan dedi?
- Namozga ketmoqdaman, hazrat. Namoz vaqti yaqinlashdi, mening esa tahoratim yuq, tahorat olishim kerak. Azon o'qilmasdan oldin tahorat olib namoz vaqtini kutaman. Shuning uchun yugurib ketyapman. - dedi.
hazrati Umar bolaga:
- Bolam, sen juda yosh ko'rinasan, senga namoz hali farz emas,- dedi.
bola:
- Hazrat, Bu ish uchun katta kichiklik bo'ladimi. kecha mahallamizda  yosh bir bola vafot etdi. u mendan ancha yosh edi. demak bu ish uchun katta kichik bo'lmaydi,-dedi.
Hazrati Umar bolaning bu so'zlaridan juda to'lqinlanib ketdi. Shunday mutaasir bo'ldiki, shunday quvondiki muborak ko'zlaridan inju donalaridek yoshlar oqa boshladi. Yo, rabbiy bu bola qanday ajoyib, qanday aqqli. Bu go'zal so'zlar ulug'larning og'zidan chiqadigan so'zlardir deb shunday yig'ladiki muborak hilqasi ho'l bo'lib ketdi.

EY Haq yo'lchisi bu kichik hikoyada qanday o'gitlar bor. agar inson tushunib bilsa bu jajji hikoyachada umrining saodat sarchashmasini topa oladi. Ota-bobolarimiz aql yoshda emas boshda deganlar. O'ziga namoz farz bo'lmagan go'dak o'zlariga farz bo'lganlarga qaraganda hushyorroq ekanligi aqlining barkamolligidandir. O'zlariga namoz albatta farz bo'lgan yoshi ulug' bo'lib qolgan qanchalar musulmonlar borki namozdan behabarlar. Holbuki, bu kimsalar namozlarini hech qoldirmasliklari  kerak edi. bugun Namoz o'qiyman, ertaga namoz o'qiyman deb tanballik qilishlari oqillik emasdir. Ba'zi yanglish tushunchali johil kimsalardan sovuq, totsiz, tuzsiz so'zlar eshitamiz. "hali juma yoshman, sal yoshim ulug' bo'lsin, shunda namoz o'qiyman. hech bo'lmasa 30-40 ga kiray 50 yoshni nishonlay keyin namoz o'qiyman. Unda hech namozni kanda qilmayman." deydilar. Omonlik ber Ollohim, omonlik ber. Bular shunday sovuq yanglish so'zlarni aytadilarmi? bu odamlar aql taqsim qilinayotganda qayerda edilar, ajabo? ey, bunday so'zlarni so'zlagan g'aflatdagi odam: necha yoshga chiqish sening qo'lingdami? Bir kun, 10 kun, 1 yil va yoki 10 yil hatto 10 soniya, 10 daqiqa yashashingni ko'rsatuvchi biror ahding bormi? biror shartnomang bormi? bu so'zlaringni aql tarozusida tortib ko'rdingmi?
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 13 Fevral 2010, 01:05:19
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "œNafslaringni bir xisob-kitob qilib qo’yinglar" dedilar.
"œAllohni xuzurida borib xisob-kitob qilinmasingizdan avval, o’zlaringni bir xisob-kitob qilib qo’yinglar".
Bu gapni eshitib Hazrati Umar r.a.ning qalblari g’ash bo’lib qoldi. Darxol ikki odamni chaqirib, qo’llariga daftar qalam berib aytdilarki: "œSanga gunoh amalllarimni aytaman, sanga savob amallarimni aytaman, yozasizlar. Qani tortib ko’raychi qaysi biri og’ir keladi".
Kotiblar yozib bo’lganlaridan keyin shundoq qarasalar, haligi gunoh amallar yozilgan amallar daftar og’ir kelibdi. Hazrati Umar r.a. yig’lab yubordilar.
Hizmatchini qo’liga qamchi berib "œHar bir savob amalimdan o’tib ketgan gunoh amalimni har bir varag’i uchun orqamda 1 tadan qamchi urasan" dedilar.
Hizmatchi "œYa Hazrati Umar! Bundoq qilolmaymiz" deya e’tiroz bildirdilar.
Hazrati Umar r.a. so’zlarida turib oldilar!
Har bir savob amalidan o’tib ketgan gunoh amali varag’iga 1 tadan qamchi urishdi.
Hazrati Umar r.a. behush bo’lib yiqilib qoldilar. Ertalab turib ko’zlarini ochdilaru, yig’lab yubordilar va "œSubhanalloh! Qiyomat bo’lmabdi. Agar bu hisob-kitob qiyomatniki bo’lganida nima qilardim? Orqamga tekkan qamchi azob farishtasiniki bo’lsa nima qilardim? Allohga shukr, hayriyatki hali o’lmabman, qiyomat bo’lmabdi, savob amalimni to’ldirib olishimga Alloh menga imkoniyat beribdi" deb shu kundan boshlab kechasi uxlamay qo’ygan ekanlar.

Ma'ruzadan
Nom: Re: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: MASTURA 1 01 Avgust 2010, 00:26:33
Umar roziyallohu anhu juda adolatli halifa bolgallar Alloh u kishidan rozi bolsin!
Nom: Javob: Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar
Yuborildi: MirzoMuhammad 24 Iyul 2018, 15:10:31
Қиёматли шартнома
Ҳазрат Умарнинг адолатини ким ҳам эшитмаган дейси. Бутун дунёга камтарлиги, ўта адолапарварлиги билан нафақат мусулмонлар орасида, балки номусулмонлар орасида ҳам машҳур бўлганлар. Машҳурлик эса шунчаки эмас, ёки бизлар каби одамлар ичида мартаба бўлишлиги учун эмас, балки ҳақиқатан ҳам Умар разияллоҳу анҳу тақводор, камтар ва олийжаноб инсон бўлганлигидандир.
“Қабасот” китобидан баён қилинишича Умар ибн Хаттоб разияллоҳу анҳу Шомдан Мадинага қайтар экан, одамларнинг аҳволларини билиш учун ўзи ёлғиз айланиб юрар экан чодрадаги бир кампирга йўлиқди. Кампир сўради:
-   Ҳой йўловчи! Умар нималар қиляпти?
-   Шомдан Мадинага қайтди, – жавоб берди Умар разияллоҳу анҳу.
-   Аллоҳ унга яхшилик кўрсатмасин!
-   Нега?
-   Аллоҳга қасамки, у мўминларга раҳбар бўлганидан бери менга ундан бирор тухфа етиб келмади.
-   Сен ундан олисда бўлсанг, у сенинг ҳолингни қаёқдан билсин?
-   Субҳоналлоҳ! Аллоҳга қасамки, мўминларга раҳбар бўлган инсон уларнинг машриқидан мағрибигача билмайди деб ўйламайман!
Умар разияллоҳу анҳу йиғлаб юборди ва ўзига айтди: “Шўринг қурғур Умар! Ҳар бир инсон, ҳатто мана шу кампиргача, сендан кўра фаҳмлироқ экан-а!”
Сўнг кампирга айтди:
-   Эй Аллоҳнинг канизаги! Умардан қилган шикоятингни қанчага сотасан, шоядки мен уни дўзахдан сақлаб қолсам?
-   Мени масхара қилма! – деди кампир.
-   Мен сени масхара қилмаяпман!
Шундай деб Умар разияллоҳу анҳу ундан шикоятини йигирма беш дирҳамга сотиб олди. Шу маҳал Али ибн Абу Толиб билан Абдуллоҳ ибн Масъуд разияллоҳу анҳумо келиб қолишди ва салом беришди:
-   Ассалому алайкум, мўминларнинг амири!
Кампир бошини чангаллаб қолди:
-   Вой шўрим қурсин! Мўминларнинг амирини ўзининг олдида сўкиб юборибман-ку!
-   Аллоҳ сенга раҳм қилсин, ҳеч қиси йўқ, – деди ҳазрат Умар ва хат ёзиб бергани варақ сўради. Топилмаган эди кийимининг ямоғидан қирқиб олиб ёзди: “Бисмиллаҳир роҳманир роҳим. Ушбу хат Умар раҳбарлик қилганидан бери шу кунгача фалон кампирнинг шикоятларини йигирма беш дирҳамга сотиб олиш шартномасидир. Шу миқдор эвазига фалон аёл Маҳшар кунида Аллоҳ таолонинг ҳузурида Умарга даъво қилмайди. Гувоҳлар - Али ибн Абу Толиб ва Абдуллоҳ ибн Масъуд”.
Умар разияллоҳу анҳу ўша хатни ўғлига топшириб тайинлади: “Қачон мен вафот этсам шу хатни кафанимга қўшиб кўм. Токи Раббимга шу хат билан йўлиқай”.

Анваржон Холиқов. Асака туманидаги “Пастки Қурама” жоме масжиди имом хатиби