forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Darsxona => Dasturlash => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 11 Fevral 2008, 00:43:14

Nom: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: AbdulAziz 11 Fevral 2008, 00:43:14
Assalomu alaykum!
Ko’pchilikda lotin va kirill yozuvi bilan bog’liq muammo ko’pchilikni qiynashi mumkin. Word dasturiga o’rnatiladigan ushbu macros orqali bu muammoni yetishga imkon topilsa ajab emas. Bu macros orqali kirill yozuvidagi matnlarni lotinga va aksincha lotin yozuvidagi matnlarni kirill yozuviga o’tkazish mumkin.

Makrosni o’rnatish uchun avvalo quyidagi .bas fayllarni ko’chirib oling:
Cyr3Lat.bas (http://www.ziyouz.com/downloads/Cyr3Lat.bas) – Kirillni lotinga o’tkazish (Times New Roman, Verdana, Tahoma, Arial shriftlari uchun)
Lat3Cyr.bas (http://www.ziyouz.com/downloads/Lat3Cyr.bas) - Lotinni kirillga o’tkazish (Times New Roman, Verdana, Tahoma, Arial shriftlari uchun)
Cyr2Lat.bas (http://www.ziyouz.com/downloads/Cyr2Lat.bas)  – Kirillni lotinga o’tkazish (TimesUz, BaltikaUz, PragmaticUz shriftlari uchun)
Lat2Cyr.bas (http://www.ziyouz.com/downloads/Lat2Cyr.bas)  - Lotinni kirillga o’tkazish (TimesUz, BaltikaUz, PragmaticUz shriftlari uchun)
Word macros.zip (http://www.ziyouz.com/downloads/Word macros.zip)  – To’rttala fayl arxivlangan ko’rinishda.

MAKROSNI O’RNATISH

Avvalo Microsoft Word dasturini oching. Buyruqlar qatoridan Сервис > Макрос > Редактор Visual Basic ka kiring.

(http://ziyouz.com/images/makros1.jpg)

Shunda sizda Microsoft Visual Basic oynasi ochiladi. Buyruqlar qatoridan File > Import File ga kiring.

(http://ziyouz.com/images/makros3.jpg) 

Ko’chirib olgan .bas fayllaridan mosini tanlang. Masalan: Cyr3Lat.bas. Сохранить tugmasini bosganingizdan so’ng,  siz tanlagan fayl Visual Basic modullarida paydo bo’ladi. So’ng buyruqlar qatoridan File > Close and return to Microsoft Word ni tanlab, yana Wordga qaytasiz.

Makros muvaffaqiyatli tarzda Word dasturiga o’rnadi. Endi biron kirillcha matnni ochib tekshirib ko’ring. Сервис > Макрос > Макросы дан Сyr3Lat ni tanlang va Выполнить tugmasini bosing.

Sizga oson bo’lishi bo’lishi uchun, ushbu makrosni alohida tugmacha bilan ifodalash ham mumkin. Buning uchun buyruqlar panelidan Сервис > Настройки ga kiring va Команды qatoridan Макросы ni belgilang.

(http://ziyouz.com/images/makros4.jpg)

U yerdan Normal.Cyr3lat.Cyr3Lat ni sichqoncha bilan belgilab, qo’yib yubormasdan tepadagi buyruqlar qatoriga olib chiqing. Joylashtirganingizdan so’ng sichqonchaning o’ng tomoni bosib, Makrosni o’zingizga moslab olishingiz mumkin.

(http://ziyouz.com/images/makros5.jpg)

Bunda siz unga biron nom berishingiz (masalan, Kirill>Lotin yoki Cyr>Lat), rasmcha-belgi tanlashingiz mumkin.

(http://ziyouz.com/images/makros6.jpg)   

Endi siz ushbu tugmacha yordamida istalgan kirillcha matnni lotinga aylantisrishingiz mumkin. Boshqa .bas fayllarni ham shu tarzda o’rnatishingiz mumkin.

Sizga maroqli kayfiyat tilayman.

Ushbu macroslar © Davronbek Tojialiyev tomonidan ishlab chiqilgan.
Nom: Re: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: Murod_bek 12 Fevral 2008, 13:47:14
Assalomu alaykum!
E yashang Davron aka! :) Alloh rozi bo'lsin! Ilmingiz bundanda ziyoda bo'lsin!

Lekin zo'r ish qilibsiz....
Nom: Re: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: shoir 13 Fevral 2008, 17:47:38
Assalomu alaykum!
E yashang Davron aka! :) Alloh rozi bo'lsin! Ilmingiz bundanda ziyoda bo'lsin!

Lekin zo'r ish qilibsiz....

Ha, juda zo'r bo'lghan.
Men ancha avval AbdulAzizdan bu makrosni olgan edim.
Forumga kiritgan ko'p kitoblarda shu makrosdan foydalanganman.

Avvallari juda ko'p shunga o'xshash programmalarni ishlatib ko'rgan edim.
Deyarli hammasida Q G' H O' harflari bilan bog'liq muammolar chiqadi.
AbdiulAziznikida esa bu muammo hal qilingan. Ham orfografik jihatdan to'g'ri konvert qiladi.

Omad tilayman.
Nom: Re: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 14 Mart 2008, 16:14:14
Men ko'chirib oldim. O'rnatdim ham. Lekin yuqoridagi buyruqlar safiga qo'shganimdan keyin uning nomini o'zgartirolmayapman.
Nom: Re: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: Imron 04 Aprel 2008, 00:23:08
Rahmat, juda foydali narsa yozibsiz!
Nom: Re: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: Ulugbek-Uz 03 May 2008, 12:43:10
Manda ikkita yaxshi narsa bor. bu yerga qanaqa qilib tashlasa bo'ladi?

bittasi word shablon . lotin.dot.               faqat kirillchadan lotinchaga, lekin zo'r ishlaydi.

bitta proga . word translate. wt.exe.  - universal.
Nom: Re: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: Ulugbek-Uz 03 May 2008, 12:45:46
Kimga zarur bolsa e-mailga yuborishim mumkin.
Nom: Re: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: abdu3333 07 May 2008, 23:57:09
Salom menda  2 ta   krilni - lotinga  , lotinni - krilga  aylantiradigan   programmalar  bor ammo  ularning  ikkalasi  ham  қ,ғ,ҳ,с  kabilarni  umuman  convert  qilmaydi  .  O'zbekcha  shriftlarni  o'rnatganman  , Agar  sizlarni   programmalaringizda  shunga  oxshagan muommo  bo'lmasa  iltimos  mail ga yubiringlar  . (Oldindan  rahmat)
mail:[email protected]
Nom: Re: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: Ulugbek-Uz 08 May 2008, 10:55:10
Salom menda  2 ta   krilni - lotinga  , lotinni - krilga  aylantiradigan   programmalar  bor ammo  ularning  ikkalasi  ham  қ,ғ,ҳ,с  kabilarni  umuman  convert  qilmaydi  .  O'zbekcha  shriftlarni  o'rnatganman  , Agar  sizlarni   programmalaringizda  shunga  oxshagan muommo  bo'lmasa  iltimos  mail ga yubiringlar  . (Oldindan  rahmat)
mail:[email protected]

Man hozir harakat qilaman sizga jonatishga.
Nom: Re: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 04:46:09
AbdulAziz  aka! Alloh rozi bo'lsin, juda yaxshi ish bo'libdi. Bir zumda kerakli matnlarni kirildan lotin yozuviga o'girib oldim.
Nom: Re: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: muhibb 05 Iyun 2009, 16:22:29
 :as:

Abdulaziz aka, nimagadir men bu makroslarni o'rnata olmadim :( Bir marta foydalanib bo'lmoqda xolos. Faqat mendami desam, boshqalarda ham shu muammo bor ekan.
Nom: Re: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 09 Noyabr 2009, 16:55:18
:as:

Abdulaziz aka, nimagadir men bu makroslarni o'rnata olmadim :( Bir marta foydalanib bo'lmoqda xolos. Faqat mendami desam, boshqalarda ham shu muammo bor ekan.

Microsoft Visual Basic ni ochganingizda, chap yuqori tomonda Normal va Project degan bo'limchalar bor. Siz ilk marotaba ochganingizda u Project da turadi. Shuni Normalga o'tkazishingiz kerak. Ya'ni Normalni ustiga bir marotaba sichqonchani bosib, ana undan keyin File > Import File  ga kirib fayllarni yuklang.

Inshoolloh, muammongiz yechiladi.
Nom: Re: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: Rons 22 Fevral 2010, 18:10:57
Ассалому алайкум!Аввало зие улашувчи сиз азизларга рахмат!Мен снгитдан kомпютeрни урганспман.Илтимос ердам беринг:сохранит килинган файл типини узгартиришимга.Масалан:документ Тип файл Оpеrа wеb dоkument ни файл bаs га утказиш.Олдиндан рахмат!
Nom: Re: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: FAR@SEV 03 Aprel 2011, 22:02:51
Men
bu programmani juda yaxshi o'rnatdim mengagi programma

O'=Ў, G'=Ғ, H=Ҳ, Q=Қ yo'l=йсл  :1 :1

adashmasdan tabllisani ichidagi barcha so'zlarni hatosiz tarjima qilib beradi, tartib raqamlari ham o'zgarmaydi so'z shifti ham o'z joyida va so'zlarni joylashishi ham o'zgarmaydi.
Nom: Re: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: ан-Насафий 09 Iyun 2011, 23:00:58
Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳ!

    Макросни Microsoft Word 2007га срнатиш.

     1. Кнопка «Office»ни босиб, Лараметрс‹ Wordга кирасиз.
     (http://rasm.sb.uz/pics2/089e1653aa433bb44e894e605c713102.jpg)

     2. «А азработчик»ни белгилайсиз  ва OKни босасиз.
     (http://rasm.sb.uz/pics2/33be4ba7972faf2623b4344557c2e1da.JPG)

     3. А­нди «А азработчик» асосий лентада пайдо бслди. Шу ердан Visual Basicга кириб макросни срнатасиз.
     (http://rasm.sb.uz/pics2/7f44be0a4cdf6c1815e7ab6f7667be2b.JPG)

    Microsoft Word 2007да қуйидаги макрослар схши ишлайди:
     Cyr3Lat
     Lat3Cyr

    Қолгани қуйидагича:
    Макросни срнатиш (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2182.msg102933#msg102933)
Nom: Re: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: Abdul_bosit 08 Dekabr 2011, 23:34:44
AbdulAziz oka, Alloh rozi bo'lsin! Juda kerakli narsa ekan. Men ishlatib ko'rdim. Menga yoqdi.
ан-Аасафий oka, 2003 da ham Cyr3Lat va Lat3Cyr yaxshi ishladi
Nom: Javob: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: Mamur Chimkent Sayram 19 Oktyabr 2013, 15:37:06
Assalomu alaykum!
Ko’pchilikda lotin va kirill yozuvi bilan bog’liq muammo ko’pchilikni qiynashi mumkin. Word dasturiga o’rnatiladigan ushbu macros orqali bu muammoni yetishga imkon topilsa ajab emas. Bu macros orqali kirill yozuvidagi matnlarni lotinga va aksincha lotin yozuvidagi matnlarni kirill yozuviga o’tkazish mumkin.

Makrosni o’rnatish uchun avvalo quyidagi .bas fayllarni ko’chirib oling:
Cyr3Lat.bas (http://www.ziyouz.com/downloads/Cyr3Lat.bas) – Kirillni lotinga o’tkazish (Times New Roman, Verdana, Tahoma, Arial shriftlari uchun)
Lat3Cyr.bas (http://www.ziyouz.com/downloads/Lat3Cyr.bas) - Lotinni kirillga o’tkazish (Times New Roman, Verdana, Tahoma, Arial shriftlari uchun)
Cyr2Lat.bas (http://www.ziyouz.com/downloads/Cyr2Lat.bas)  – Kirillni lotinga o’tkazish (TimesUz, BaltikaUz, PragmaticUz shriftlari uchun)
Lat2Cyr.bas (http://www.ziyouz.com/downloads/Lat2Cyr.bas)  - Lotinni kirillga o’tkazish (TimesUz, BaltikaUz, PragmaticUz shriftlari uchun)
Word macros.zip (http://www.ziyouz.com/downloads/Word macros.zip)  – To’rttala fayl arxivlangan ko’rinishda.

MAKROSNI O’RNATISH

Avvalo Microsoft Word dasturini oching. Buyruqlar qatoridan Сервис > Макрос > Редактор Visual Basic ka kiring.

(http://ziyouz.com/images/makros1.jpg)

Shunda sizda Microsoft Visual Basic oynasi ochiladi. Buyruqlar qatoridan File > Import File ga kiring.

(http://ziyouz.com/images/makros3.jpg) 

Ko’chirib olgan .bas fayllaridan mosini tanlang. Masalan: Cyr3Lat.bas. Сохранить tugmasini bosganingizdan so’ng,  siz tanlagan fayl Visual Basic modullarida paydo bo’ladi. So’ng buyruqlar qatoridan File > Close and return to Microsoft Word ni tanlab, yana Wordga qaytasiz.

Makros muvaffaqiyatli tarzda Word dasturiga o’rnadi. Endi biron kirillcha matnni ochib tekshirib ko’ring. Сервис > Макрос > Макросы дан Сyr3Lat ni tanlang va Выполнить tugmasini bosing.

Sizga oson bo’lishi bo’lishi uchun, ushbu makrosni alohida tugmacha bilan ifodalash ham mumkin. Buning uchun buyruqlar panelidan Сервис > Настройки ga kiring va Команды qatoridan Макросы ni belgilang.

(http://ziyouz.com/images/makros4.jpg)

U yerdan Normal.Cyr3lat.Cyr3Lat ni sichqoncha bilan belgilab, qo’yib yubormasdan tepadagi buyruqlar qatoriga olib chiqing. Joylashtirganingizdan so’ng sichqonchaning o’ng tomoni bosib, Makrosni o’zingizga moslab olishingiz mumkin.

(http://ziyouz.com/images/makros5.jpg)

Bunda siz unga biron nom berishingiz (masalan, Kirill>Lotin yoki Cyr>Lat), rasmcha-belgi tanlashingiz mumkin.

(http://ziyouz.com/images/makros6.jpg)   

Endi siz ushbu tugmacha yordamida istalgan kirillcha matnni lotinga aylantisrishingiz mumkin. Boshqa .bas fayllarni ham shu tarzda o’rnatishingiz mumkin.

Sizga maroqli kayfiyat tilayman.

Ushbu macroslar © Davronbek Tojialiyev tomonidan ishlab chiqilgan.
Ассалому алайкум, Абдулазиз ака! Ушбу макросларни Apache OpenOffice 4.0.0 га ўрнатиш мумкинми? Уларни қандай ўрнатиш мумкинлигини ҳам ёзинг. Илтимос. Қилган яхшиликларингиз учун Аллоҳ ўзи ажру мукофотлар берсин... [email protected]
Nom: Javob: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: Ҳанафий 19 Oktyabr 2013, 19:58:54
Iqtibos
MAKROSNI O’RNATISH[/size]Avvalo Microsoft Word dasturini oching. Buyruqlar qatoridan Сервис > Макрос > Редактор Visual Basic ka kiring.



:as:


Buyruqlar qatori deganiz qayer, aynan nomi nima?
Nom: Javob: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: azizbek_mx 20 Oktyabr 2013, 12:14:50
Biz bilgan odatdagi menyular satri, ya'ni Файл, Правка, Вид, Вставка... ва х.к
Nom: Javob: Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros
Yuborildi: sinovchi 04 Aprel 2014, 01:05:19
Assalomu alaykum.
Hozirgi lotin alifbosi bo'yicha eng oxirgi tahrirdagi rasmiy yo'riqnoma, qo'llanma yoki tartib-qoidalarni qayerdan topsa bo'ladi?