forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 14 Iyun 2006, 14:40:42

Nom: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyun 2006, 14:40:42
Assalomu alaykum aziz she'riyat muxlislari!

Ushbu mavzumiz nomi BAHRI BAYT bo`lib u huddi adabiyot darsidagi bahri baytga o`xshaydi. Ya'ni bir kishi she'r aytadi. She'rning oxirgi harfiga ikkinchi kishi davom ettiradi.

Shartlari:
She'r kamida 2 qator bo`lishi kerak.
Muallifi ko'rsatilishi kerak.
Buzg'unchilikni targ'ib etadigan she'r bo'lmasligi kerak.
She'riyat talablariga javob berishi kerak.


Arxiv (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=liter&action=display&thread=1108385300&page=1)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyun 2006, 14:43:57
Forumimiz arxivida Assalom oxirgi marta yozgan ekanlar:
Iqtibos
Niyat but. Albatta yetib boraman
Bir kun xush kun kelar tong rangi bilan
Ro‘zi mashhargacha ketib boraman
Qalqon — sovutlarning jarangi bilan!

Endi men N harfidan davom ettiraman:

Nafasim — g‘animat, so‘zim g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.

Yaratganga borib aytaman seni!
Uzi hukm etsin odil va xolis.
Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz ...

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:34:39
 Zulfiqor ruh kerak,
kerak chin yog`du,
chin ishq yolqinlari bag`rimga to`lsin,
jismimni toblasin faqat chin og`riq,
chechaklar qop-qora bo`lsa-da bo`lsin.
Bag`rikeng xudoyim
kechirib qo`yar,
yiqilsam yetmay ul haqiqatimga,
ko`milsam, ko`milay o`limi go`zal —
jo`mardlar ko`milgan tariqatimga.

Shavkat Rahmon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 03 Iyul 2006, 07:54:17
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 06:52:22
Qaro yerga qo`yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Ko`zlariga to`lib yosh,
Hur qizgina uxlaydi.

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 06 Iyul 2006, 06:52:49
Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 06:53:13
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 06 Iyul 2006, 06:53:38
Qoldim kulko`rpamda
To`shagim — tuproq,
Yumalab yotaman
Ilonlar bilan.
Ularga ishondim
Bir yordan ko`proq.
Ilon chaqar,
Ammo
Gapirmas yolg`on!..
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 06:54:09
Nedan ranjidingiz jon singillarim,
Qaboqlar uyuldi, chimrildi qoshlar.
Turkman tushunmay tosh otsa, chidadim,
Ammo yomon botdi siz otgan toshlar.

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 06 Iyul 2006, 06:55:07
Rasul javob qildi: - Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.

Abdulla Oripovdan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 06:57:43
Lahza-lahza chiqdimu chekdim yolida intizor,
Keldi jon og`zimgaul sho`xi badho` kelmadi.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 06 Iyul 2006, 06:58:25
Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..

Muhammad Yusufdan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 06:58:56
Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo`yding-ku.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 06 Iyul 2006, 07:01:36
Ularni men yana
Ko`rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To`ylar boshlandi.
Yuragim pora —
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim"¦
Demak, taqdir ekan
To`y ko`rmay o`lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:03:10
Qoldim kulko`rpamda
To`shagim — tuproq,
Yumalab yotaman
Ilonlar bilan.
Ularga ishondim
Bir yordan ko`proq.
Ilon chaqar,
Ammo
Gapirmas yolg`on!..

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 06 Iyul 2006, 07:04:01
Nima qilay seni unitolmayman
Endi seni ko'rmasdan unitaman abadiy
Unitaman barini xatto seni sevsam xam
Kulganimda seni eslab yig'layman
So'zlaringni aytib qalbim tig'layman.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:04:33
Nasib etmay yor vasli,
Endi hajri qiynasin!..
Kimda kimning ko'ngli bor,
Qo'yavering, o'ynasin...

Muhammad Yusufdan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 06 Iyul 2006, 07:05:04
Nafasim — g‘animat, so‘zim g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:05:28
Zarragina rahm etgali
Sabring menga yo`qmidi?
Onajonim, bundan o`zga
Jabring menga yo`qmidi?

Abdulla Oripov "Onajon" she'ridan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 06 Iyul 2006, 07:05:48
Ibodating, savobing ham,
Ziyorating, tavofing ham.
Sen aldagan o‘sha qizning
Qarg‘ishiga arzirmidi?

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:06:23
Ismingni ayirib kechdi asrlar,
Xonlikni beklikka bo`lgan ne sirlar...
Kentlarga sochilgan o`rda, qasrlar...
Qumdan qorilganmi loylaring, o`zbek.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:11:12
Kulib turib, kulib ko`zin opqochgan,
O`rgatvolib, keyin o`zin opqochgan.
Quchoqlasam, titrab yuzin opqochgan
Tugunchagin tugib qo`ygan tayyor qiz,
Yolg`on yig`lab erga borar ayyor qiz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:11:26
zo'ravon qaxriga berolsin bardosh
ko'zini ochiq tut raqibi nogox
hilvatta oyog'in chalib ketmasin
ezgulik ufqiga tekkanda nigox,
shirin so'z nomardlar yo'lin to'smasin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:11:39
Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:11:47
 Armonli yuraging og'rimasin xech
O'zingni chorlagin baxtli bo'lmoqqa
Anduxlarni unut g'am baxridan kech
sening xam xaqqing bor o'nab kulmoqqa
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:11:56
Axir o`zing der eding-ku,
Silab o`ksuk boshimni:
- Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:12:03
Ikki asr yarim dunyoni
Zir qaqshatdi Buyuk jahongir.
Aytgum, bu kun, u manim, manim.
O'zbekiston, Vatanim manim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:12:10
Mana, bugun navro'zi olam,
Do'stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam...
Qo'limda gul, seni kutarman,
Umrim bo'yi chorlab o'tarman,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:12:17
Iqbolingni ko'roldim ayon
Istiqlolning ufqlari osha.
Iqboli hur, sho'x-shanim manim.
O'zbekiston, Vatanim manim.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:12:24
Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon.
Lek Navoiydek bobom bor
Ko'ksim osmon, o'zbegim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:12:32
Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:12:38
Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:12:45
Nokerak bo‘lma jahonda doimo darkor bo‘l,
Bag‘rida yayratgan eldan shod-minnatdor bo‘l,
Gul kabi chehrang ochib yur, xalq uchun gulzor bo‘l,
Qo‘lga sanchilma tikandek, balki beozor bo‘l,
Keksa ham hurmatlagay odobli bo‘lgan yoshni,
Kerma manmanlik bilan o‘rnida turgan boshni.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:12:52
Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko`ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:13:08
Qay yoshdan yurakda ishq o'ti yonar
So'rog'in salomdek so'raydi alik.
Birinchi bo'sadan yoshlik boshlanur
Ungacha bo'lgani bari bolalik.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:13:43
Kechagina, xuv elas-elas
Yulduz mening deya uylardim.
Titroq emas, qaltiroq emas,
Men qaldiroq bo‘lib kuylardim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:13:52
Men yer bo'lsam osmon bo'lsangda,
O'zga yorga jonon bo'lsangda.
Yuragimda armon bo'lsangda,
Men baribir sevib bo'lganman...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:13:59
Necha ming musulmon tunu kun uyg‘oq,
Ka’ba atrofini tinmay aylanar,
Murodi tabarruk maskanni o‘pmoq
Sajdaga har biri har zum shaylanar.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:14:07
Ruhsorlari oyim onam,
Armonlarga boyim onam,
Sog`ingandur debon bolam,
Onajonim kelmadingiz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:14:13
Zohido, ishqu muhabbat ahlini ma’zur tut,
Yor ko’yida na bo’ldi shayx San’on oqibat.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:14:23
Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo —
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u"¦
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:14:35
Unut meni arzimasman, sening toza izhorlaringga,
Men o‘zimni kechirolmasman, zarra ozor yetsa qalbingga,
Qo‘ygin meni arzimasman, senga dilim tutolmasman,
Bir bevafo tilgan qalbimni senga ravo ko‘rolmasman.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:14:49
Nahot, she’rlar aytdim
bo`shliqqa qarab,
nahotki, sovrildi olov so`zlarim,
nahotki haq bo`lsa, el-u yurt asli,
quruq so`zlar degan gumroh do`stlarim?!

Shavkat Rahmonning "œOvozim" she’ridan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:14:57
Menga minbar emas,
unvonlar emas,
latta chechaklaru
ehsonlar emas,
olov bir sahroni,
yurtim xayoli
nurga gurkiragan sahro bering, bas.

Shavkat Rahmonning "œOvozim" she’ridan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 06:15:11
Seni deb yashaydi toabad ko'nglim,
Ishqingni yo'lida mayli qon yutay!
Ochilmasdan qoldi dilimdagi gul,
Ox sening qalbingga sig'masam netay?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: maknuna 12 Iyul 2006, 06:33:13
Yodingdamu yoshligimiz,
Beqaror beboshligimiz,
To‘ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 13 Iyul 2006, 06:59:30
Zavqim endi cheksiz bir muddat.
Ko'lim yorga bo'lganda maftun,
Chamanlarga bahor qaytganda.
Go'yo faqat ikkimiz uchun
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: maknuna 17 Iyul 2006, 05:49:44
Nozaninlar bazmida aytilar mastona so‘z,
Termulib joningni olg‘ay surmali mastona ko‘z,
Kelgil ey jonimki sendan tinglayin do‘stona so‘z,
Qo‘llarim tutsin belingdin, surtayin poyingga yuz,
Bazmi dildoshlarni tuz, do‘st bo‘sang yonimda tur,
Do‘st bo‘sang yonimda tur, do‘st bo‘sang yonimda tur.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:53:02
Eski forumdan ko'chirvomman:

Raqibning boshiga mushtlagan qo'llar,
Uning yelkasidan quchsa bo'lmasmu?
Nafrat sahrosiga boshlagan yo'llar,
Mehr vodiysiga uchsa bo'lmasmu?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:53:12
Umidim ko'p edi orzuim osmon,
Yuragim yig'laydi qalbimchi vayron.
Endi yashash menga qanchalar gumon,
Yig'lab ketayapman sezdirmay kulib
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:53:19
Borliq olam ko`zimga ming-ming
Go`zallikka to`lib ko`rindi.
Gullar menga oshiq bulbulning
She'r daftari bo`lib ko`rindi...
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:53:25
Imkon qo'ldan ketdi - tugadi fursat,
Yaqinlar yiroqdan qaraydi dilgir.
Ko'zani sindirib jo'nadi ulfat,
Do'stlar unutdilar bizlarni bir-bir.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:53:36
Rizo mulkidaman, halqumni tuttum tig'i Akbarga,
Bu yo'lda siynai poki Zabunullog'a sig'mamdur
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:53:42
Rasululloh dedi: - Umid qil, banda,
Ko‘chmasin dunyodan insof, diyonat.
Nopok odamlarga kuning qolganda,
Bilgilki, o‘sha kun kelgay Qiyomat!
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:53:57
Tilak qadrin bilar odamlar,
Yaxshi niyat qilar odamlar.
Do`stga tungi orom oldidan
Xayrli kech tilar odamlar.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:54:04
Rangim sariq, ko`zlarim yosh,
Bag`rim pora, jigarim tosh.
Holim bilgan dardli qardosh,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Yunus Emro
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:54:14
Ibodat ne?
Yaratganga itoat ham ibodatdur
Haqiqiy bandalik birlan
Sadoqat ham ibodatdur.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:54:23
Raqiblarim ko`pu, shukr omonman,
Xalqim xizmatida shayman, hamonman.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:54:31
Nido bergil qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko‘ribman, bor dunyoni unutdim,
Tongda turib nomingga ushbu sherimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg‘iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:54:38
Muhabbating dillarimda,
Noming yangrar tillarimda,
Qalbimga o`t tashlading,
Navqiron, yosh yillarimda.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:54:45
Aybing shuki, uchrab qolding qornim ochganda,
Shunday qilib qo'zichoqni bo'ri yedi o'rmonda. ;D
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:54:53
Avval kelib, quchog`ingga to`l, balq dedilar,
Unamading ayol asli ters xalq dedilar,
Yetolmagach yuz o`girib, sho`r taxt dedilar,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:55:01
Labimg‘a keldi oning vaslini eslab jonim
Balo o‘ti ekanimni tushimda ko‘rsam edi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:55:09
Iztirob onlari seni izlayman,
Sarxush xislarimga bo'l deyman sherik.
Baribir kelasan umid izlayman,
Topaman qalbimda sevgim bo'lsa tirik....
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:55:19
Kim yor anga ilm tolibi, ilm kerak,
O'rgang'ali ilm tolibi, ilm kerak.
Men tolibi ilmu tolibi ilme yo'q,
Men bormen, ilm tolibi, ilm kerak.
(Zahiriddin Muxammad Bobur)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:55:26
Kerma manmanlik bilan o‘rnida turgan qoshni,
El sevar odamda bo‘lgan sabr ila bardoshni,
Yo‘lda joningdin aziz tut senga chin yo‘ldoshni.
Yo‘lga sol kelsa qo‘lingdin aqli past beboshni.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:55:33
Insonga bir vodiy mol-dunyo berdi,
Ikkinchi vodiyni istadi inson.
Bunisin ham oldi,to'rt yon alanglab,
Yana uchinchisin qistadi inson.
Uning ko'zin faqat tuproq to'ydirar,
Ortib ketolmas-ku so'ng dam barini...
Vaqtni o'tkazmayin tavba qilinglar,
Xudo kechirgaydir bandalarini.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:55:40
Ikki nargiz, ikki kon`gul, ikki tan ikki jon birla,
Birin bir-bir qamal aylab, qilaylik anjuman, nozik.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:55:48
Ko`ngil ichra nechuk olam, nechuk sulton bilmassan,
Tanam sarg`aydi, poyim ustivor, chandon bilmassan.

Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:56:00
Nastarin gul qo'limda,
Qo'limdamas, ko'nglimda... ;D ;D
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:56:07
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Forob avlodidan,
Asli-nasli balki o'zluq, balki tarxon, o'zbegim. (Erkin Vohidov)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:56:16
Muxabbat sharbati siz uchun taxir,
Men Zuxro bo'larman, bo'larsiz Toxir.
Sabrning kosasi to'lganda axir,
Sog'inib bir kuni qaytib kelasiz.....
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:56:26
Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma'yuslik, sokinlik uyg`otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim.
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:56:33
Muhabbat bahrining g‘avvosi bo‘ldim,
Kerakmas Jayhuna cho‘mmasman ortiq.

Yunus Emro
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:56:41
Qaytadan yaraldi navolar.
Shabnamga to'yganda havolar
Muhabbat ortiga qaytmadi,
Qaerda qolganin aytmadi... ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:56:49
Ichganim qasam ekan,
Quchganim tizzam ekan.
Qizlarxonning ko‘nglini
Koshki, bilmasam ekan.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:57:11
Nomingni aytishga o'rtanar tilim
Bugun sen yo'qsan men vayronadirman.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim ;)
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:57:19
Milyon yilda meni yaratdi hayot,
Meni so‘rab, tog‘lar qator cho‘kdi tiz.
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:57:33
Zamona kulfatidin bu ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi,
Bu charxi bemuruvvatdin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:57:40
Istasang, shu falakdan oyni olib beraman,
Yulduzlardan bo'yningga marjon taqib qo'yaman. ;D ;D
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:57:49
 Ne bo'lar inson yig'lamasa
Bu dunyoda hech qayg'urmasa
Qo'llari etsa osmonga
Hayot omadni ayamasa ;D ;D ;D
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:57:56
Armon, afsus ko`chasida bo`zlab ketding,
Ko`zlaringda qotgan qanday savol singlim,
Hayot haqda devonavash xayol, singlim.
Sen so`ragan hayajonu hayrat qayda,
;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:58:03
Assalom, bizlarni kutganlar,
Assalom, bizga gul tutganlar.
O`lmaymiz yuragimiz bilan,
O`ynaymiz, kuylaymiz siz bilan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:58:12
Nega bevafo sen tark etding meni,
Jonimdan ortiq sevgandim seni...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:58:30
Iltimosim: ortingizga boqmay keting,
Baxtli kunda men telbani bir yod eting.
So`ngi so`zim: baxtingizni mahkam tuting,
Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:58:37
Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attangb ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim
Bitta qizingga
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:58:44
Quvonchli damlarim g'urbatla to'ldi,
Ilk sevgim ko'p o'tmay xazonday so'ldi.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim. ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:58:51
Men xam yashayapman o'z zamonimda,
Davrimdan qayga xam tushardim yiroq.
Va lekin bilmadim mening qonimda,
Qaysi bir bobomning xislati ko'proq...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:58:58
Qoshlaring kamon deymi,
Yuragim nishon deymi,
Kipriging paykon deymi,
Jigar-bag‘rim qon deymi,
Ko‘zlaring cho‘lpon deymi,
Ko‘zlarim giryon deymi,
Munis, mehribon deymi,
Rostimni yolg‘on deymi?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:59:08
Ikkimiz uchun xam yolg'iz shu oftob,
Ikkimiz uchun xam yagona zamin.
Men xam sening uchun bitmadim kitob,
Sen xam shuxratimni etmassan ta'min.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:59:15
nega yatgin nega aytgin
so'zlaringga seni men ishondim
sevgideb yuragimga
azoblarni soldim
(qo'shiqdan)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:59:32
Mendan xotira bu — titragan yulduz,
Mendan xotira bu — yashinli osmon,
Mendan xotira bu — qor bosgan ildiz,
Mendan xotira bu—yaproq za’faron.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:59:44
Nega, nega meni tashlab ketavermading,
Mendan nafisroqning husniga oshiq.
Mendan yoniqrog`i tortmadi sani,
Edi nigohinga bor jannat ochiq! ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:59:51
Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz.
Qilur qatlima qasd qayrab ¡ª
Qilich qotil qaroshing, qiz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 05:59:59
Zeroki, oy mening yolg'izim- yakkam
Men esa oy uchun minglardan biri...
Falaklarda tanho porlagil, erkam
Xayr, endi mening yolg’on farishtam. ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:00:06
Mayda mayda mayda
Nastarin guli mayda
Maylda mayda mayda
Bunday gul bordir qayda ;D ;D ;D
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:00:13
Ajib so'qmoqlarda qoqindi yurak
Muhabbat bog'ida yolg'onchi tilak
Bo'lganda men emas, u menga kerak
Muhabbat ortiga qaytmadi.
Qaytsa ham, manzilin aytmadi... ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:00:34
Ishq bizga yordir,
Boshqasi bekordir. ;D ;D ;D
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:00:43
Ranjitdi yoring,
Yo o`zgadan rashk etdi yoring.
Nolishingga quloq solmadi,
Izhoringdan ko`ngli qonmadi.
Ketdi boqmay hatto qayrilib...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:00:51
Bulbullar ichinda tinmas zabonman,
Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa
Bilgilki alarning sardori menman.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:01:03
Necha kunki yuq oromim,
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga:)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:01:12
Ajal bukar belimizni,
So‘ylatmayin tilimizni,
Bemor edik, holimizni
So‘rganlarga salom o‘lsin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:01:23
Nurab tushdi iroda-zindon,
Erkka chiqdi bu suz-"Sevaman!"
Men junatdim uni sen tomon,
Simyogochlar karvoni bilan.

Simyogochlar karvoni ketdi,
Tun bag'rini sekin oralab...
U su'z tongda shahringga yetdi,
Eshigingni bordi qoralab.

Shitirladi hovling tu'la kuz,
Shitirladi xazonlar - jonli.
Ostonada kichkina bir su'z-
Sen seskanib yig'lading, jonim.

Ru'parangda u bosh egdi jim,
Horib keldi- uzoq edi yu'l...
Sen yoshingni arta bilmading.
"Salom" deb ham uzatmading qu'l.

Men kutaman... Kuz bu'lar abas,
Qor, izg'irin bilan bu'zlashib-
Senchi nega tentiraysan mast?,
Xotiralar bilan su'zlashib. :)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:01:32
Bu dunyo arzimas fido bo'lishga,
Bandasan, urinma xudo bo'lishga.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:01:41
Azim dunyo, sehrli dunyo,
Halim dunyo, mehrli dunyo,
Zolim dunyo, qahrli dunyo,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:01:57
Навога айланган хар нигох-
Нурлари силайдир куксимни.
Силайдир... Титрайдир у ногох...
Пардалар коплайдир кузимни.
Узиккан юрагим бетокат.
Айрилик вахмидан рух бежой
Хаёл-бор умиддан бахраманд...
Багримга отилиб кирган ой.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:02:04
Yotar qurib darmoni,
Mangu uxlar gul yanoq.
Ko`ngli to`la armoni,
Qo`yni to`la qizg`aldoq.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:02:17
Qoshlar, kipriklar qirov,
Yuraman hushsiz, hayron.
Qornim och, esga kelmas
Xaltamdagi g'ishtdek non.

Kuygan uylarda uvlar
Qish quyuni betinim.
Tanho kezaman.Yig'lar
Yuragimda Vatanim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:02:49
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim"¦
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:03:04
Men esa
Oshig`ing sening —
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:03:10
Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko`ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:03:19
Qaro yerga qo`yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Ko`zlariga to`lib yosh,
Hur qizgina uxlaydi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:03:27
Intizor har uy dilovar,
Dilkusholar bazmiga.
Gar oyoq qo'ysa qabohat,
Yig'lagay ostona ham.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:03:34
Meni unut deb so`rashingdan jonim
Nelarni anglashim kerak?
Sendan kechmoq uchun avval yorim men
Jonimdan kechmog`im kerak.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:03:41
Ko`zimga qatra yosh ilingan chog`lar,
Ko`ksim tikanlarga tilingan chog`lar,
Ayriliq azobi bilingan chog`lar,
Suyanchim sen bo`lding, aziz san'atim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:03:51
Mana, bugun navro'zi olam,
Do'stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam...
Qo'limda gul, seni kutarman,
Umrim bo'yi chorlab o'tarman,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:04:09
Izlab, izlaringiz ahtarib,
Ortingizda qoldim sarg`arib,
Endi men ham, dunyo ham g`arib,
Sizni qaydan topay, onajon.
Sizsiz qandoq qilay onajon.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:04:20
Nechun falak menga bag’ri tosh keldi?,
Ishonganim g’animga yo’ldosh keldi.
Omad ketsa hamma kuldi ustimdan,
Faqat sizni ko’zingizga yosh keldi.
Oshno topdim va lekin do’st topmadim,
Oq ko’ngilli bir qora ko’z topmadim.
Shamollarga sovurdim gul so’zlarni,
Lekin sizga bir shirin so’z topmadim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:04:34
Mehringizga bir to`yay desam,
Erkalanib bir suyay desam,
Ko`ksingizga bosh qo`yay desam,
Sizni qaydan topay, onajon.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:04:44
«Ne uchun oy ma’yus sochar nur?»
Chechaklarni tutdim so`roqqa:
Ular dedi: guldan so`rab ko`r
Sahar payti kirganda boqqa.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:04:53
Adoqsiz g'orlardan adoqsiz o'tgan
Bilgisiz kitobning changini yutgan
Hurlar shodlanganda gulobdan totgan
Sho'rligim dilimdir,bechora dilim...

Behush oyog'imga buyurmang yur deb,
Holsiz barmog'imga aytmangiz ko'r deb
Titragan tanamdan kulmangiz g'o'r deb.
Ularda gunoh yo'q, gunohkor dilim
Bechora dilimdir,Sho'rligim dilim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:05:01
Ma`naviy tark etding men uchcun endi
Jismoniy ayriliq - ayriliq emas
Hayolimda sevdim hayoliy qizni
Unga isminggina uxshaydi holos!
Xayolimda bir malak bulib qol, erkam
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:05:13
Muhabbat, unut meni,
Va men ham... unutmayman.
Tushlaringda kut meni,
Tushlaringga kirgayman...

Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go`zalsan.
Kel, ko`rishib turaylik,
Salomlashmay, uyalsang.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:05:27
Go'yoki, sarobday jonlandi bir bor.
Sevganim tark etdi, yuragim tilim,
Telbadek jovdirab qoldi vujudim.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim. ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:05:37
Meni kutgil va men qaytarman,
Faqat kutgil juda intizor.
Kutgil yomg‘ir zeriktirganda,
Meni kutgil yoqqanida qor.

Xat kelmasdan uzoq yerlardan,
Yuragingni qilganida qon.
Sening bilan birga kutganlar,
Zerikkandan qilganda fig‘on.

Meni kutgil va men qaytarman,
Faqat kutgil juda intizor.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:05:48
Rasululloh dedi: - Umid qil, banda,
Ko‘chmasin dunyodan insof, diyonat.
Nopok odamlarga kuning qolganda,
Bilgilki, o‘sha kun kelgay Qiyomat!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:05:57
Tinglang bu abadiy sado bo`ladi,
Gadoning dushmani gado bo`ladi,
Ikkisi bir-birin topishguncha to,
O`rtada bu dunyo ado bo`ladi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:06:04
Ishqing hasratidan,
Ko`ngling davlatidan
Ma'yusman hayrona
May ichmay mastona :D
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:06:15
Atamagin sevgimizni armon deb,
Ushal utgan muhabbatga zorman deb,
Eng esa o`zga yorga yorman deb,
Mendan ketib yig`lama, mendan ketib "¦ ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:06:22
Bugun u bizlarga peshvoz chiqadi,
O’, bechora yurak, bardam bo’l endi.
Ko’ziga o’zingni baxtlidek ko’rsat,
Bir kun yig’lamagin, bir kun kul endi.

O’zingni shundayin beparvo tutki,
"œSiz kimsiz, biz sizni tanimadik", de.
"œHamma sinfdoshlar yodimizda bor,
Biz sizni sinfdosh sanamadik", de
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:06:37
Eh, nima qilay bir dalliyu devonaman,
Oyog‘ingda xor etganing — ostonaman,
Dilimda sen, lekin senga begonaman,
Yuragimda armon yig‘lar sen bilmading.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:06:44
Guldan buloqlardan meni izlaysiz.
Olislarga eltgan ilohiy taqdir,
Yurgan yo'llarimdan yig'lab bo'zlaysiz.
Taqdirga tan bermay yo'q ilojingiz. ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:07:10
Zolim dunyo qahri qattiq shafqati yo`q
Yuragimga solib qo`ydi bir siqim cho`q...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:07:17
Qayg`ulardan charchasa yurak,
Yaqinlaring bo`lmasa turgak.
Bo`lmay qolsang hech kimga kerak,
Umidingni uzma dunyodan. ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:07:25
Nahri zilol, bag`ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal"¦
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:07:47
Lol qolardim goho so`zlaringizdan,
Ma`nolar uqirdim ko`zlaringizdan,
Lekin sizchi buni bilarmidingiz?
Muhabbatim nafasin sezarmidingiz....
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:07:55
Zor bo'lib yig'ladim, osmon ho'l bo'ldi,
Kiprigim havoga chizdi ariqlar.
Oyu kun ko'zimni olgan - ko'l bo'ldi,
Oylarni tangadek tortdi baliqlar.
Man rasan istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:08:01
Soginchim sochimga insa ham qirov,
Men sabrim kosasin tutaveraman.
Sabrim Yetgunicha ,Yetguncha umrim,
O'shal tasodifni kutaveraman!!!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:08:09
Ruhlaring shod bo`lsin iloyim,
Jannatdan joy bersin xudoyim,
Tushimga bir kirib qo`ysang, bas
Uchrashtirsin qodir xudoyim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:08:42
May ichsang, oqilu dono bilan ich,
Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich.
Oz-oz ich, goh-goh ich ham yashirin ich,
Ezma, rasvo bo'lma, hayo bilan ich.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:08:55
Hayolimda sevdim hayoliy qizni
Unga isminggina uxshaydi holos!
Xayolimda bir malak bulib qol, erkam
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:09:01
Mening haqimdagi g`iybatlar yolg`on,
Ixtiyor o`zimda bo`lsa qaniydi.
Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan,
Ichmasam ul zotning ko`ngli ranjiydi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:09:08
Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:09:17
Ajib so'qmoqlarda qoqindi yurak
Muhabbat bog'ida yolg'onchi tilak
Bo'lganda men emas, u menga kerak
Muhabbat ortiga qaytmadi.
Qaytsa ham, manzilin aytmadi... ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:09:33
Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir,
Oq-qaro bo'yoqlar bizning bog'larda...
Men million bo'yoqni bilardim, axir,
Ikkimiz baxtiyor bo'lgan chog'larda.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:09:49
Atamagin sevgimizni armon deb,
Ushal utgan muhabbatga zorman deb,
Eng esa o`zga yorga yorman deb,
Mendan ketib yig`lama, mendan ketib "¦ ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:09:57
Bir juft oqqush jonon qo`llari
Sho`ng`ir oltin sochlarim aro.
Bu dunyoda odamlar bari
Ishqni kuylar takror va takror.

Kuylaganman men ham bir mahal,
Bukun yana takrorlar ko`ngil.
Otash so`zim boisi o`shal,
Nafis she’rim sababi ham ul.

Jon-joningga singsa muhabbat,
Qalb ko`ksingda oltin tosh bo`lur,
Baxsh etolmay kuyga harorat,
Tehron uzra oy ham fosh bo`lur.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:10:08
Rayhon hidlarini yollrimga sep,
Kut meni har oqshom ko`kka oy chiqqan.
Faqat yig`lamagin aybim nima deb,
Aybing onang seni chiroyli tuqqan... ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:10:23
Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.

Qo`llarida oq elpig`ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:10:30
Rasul javob qildi: - Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.

Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq,
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tug‘ilgan payg‘ambarlar ham.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:10:37
Menga bir so`z aytgin demayman,
Bir umrga qaytgin demayman.
Bir ko`rmoqqa zor-zor yig`layman,
Xudo haqqi juda sog`indim... ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:10:45
Ma'yus kuzlarimdan yoshlar oqar
Suymaganim suykalib boqar
Oh zorlarim eshigingiz qoqar
Hudo haqi, sizni sog'indim... ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:10:54
Men esa
Oshig`ing sening —
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.

Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..

Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:11:03
Ketding, ketding, sen ketding,
Orqangda qoldim hayron.
To'xtamay oqmoqda umr,
Yuragim tilka, vayron.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:11:11
Nahot, bekor o`tdi
gulday umrimning
ming yilga tatirlik oltin choqlari,
nahot biror ruhni uyg`otolmadi
shoir yuragimning qaldiroqlari?!
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:11:18
Ichkilik kekkaygan boshni qilur xam,
Maydan yechilmagan biror tugun kam.
Bir qultum may ichgan bo'lsaydi shayton,
Ming sajda qilardi odamga ul ham.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:11:25
Men yo'qsil na bo'lub uni suyibmen?!
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
Boshimni zo'r ishga berib qo'yubmen,
Men suyub"¦men suyub"¦kimni suyubmen?
Men suygan "suyukli" shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!!!"
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:11:31
Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yo'lida intizor,
Keldi jon og'zimg'ayu ul sho'xi badxo' kelmadi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:11:38
Ikkimiz uchun ham yolg'iz shu oftob,
Ikkimiz uchun ham yagona zamin.
Men ham sening uchun bitmadim kitob,
Sen ham shuhratimni etmassan ta'min.

Kimga nima kerak? Nechun soxta shon?
Nechun mangulikdan behuda talab?
Axir ikkimiz ham so'ng manzil tomon
Ketmasmiz dunyoning yukin orqalab.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:11:44
Bizni uchrashtirar bir kun tasodif,
O'shal tasodifni kutib yashayman.
Umrimning eng go'zal hush lahzalarin,
Og`rinib ichimga yutib yashayman.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:11:51
Nechuk toqat qilay, do'stlar, bu dard ila bo'lub hayron,
G'amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig'on o'rtar.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:11:57
Rishtakim, muhlik yaram og'zig'a tiktim angladim,
Kim kafan jinsi qirog'idin suvurgan tor emish.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:12:04
Shishadek ko'nglumdadur gulzori husnung yodidin,
Tobdonning aksidek alvon qizil, sorig', yashil.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:12:10
Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila,
Sindirur yuz qand bozorini shakkar xand ila.

Toki hayronmen senga nomus ila itmish ko'ngul,
Telba yanglig'kim, qochar el g'ofil o'lg'ach band ila.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:12:17
Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz,
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.
Chun gardishi charx bu durur, tengri uchun,
Bir-birini necha kuni g'animat tutungiz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:12:25
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo’lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:13:02
Kimdir savol berdi:-Aytgil, Muhammad,
Yolg'iz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga ko'p yaxshilik aylay, o'zing ayt,
Ota-onamgami? Yoxud bolamga?

Rasul javob qildi: - Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.

Bu hikmat sharhini o'yladim uzoq,
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tug'ilgan payg'ambarlar ham.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:13:12
May ichsa gado ham sulton bo'ladi,
Tulki ichsa sheru g'oron bo'ladi.
Yosh ichsa keksalik sharafin quchar,
Keksa ichsa yoshu chaqqon bo'ladi.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:13:22
Iltimosim: ortingizga boqmay keting,
Baxtli kunda men telbani bir yod eting.
So`ngi so`zim: baxtingizni mahkam tuting,
Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:13:36
Sen bo'lsangu, men bo'lsamu, may bo'lsa,
O'rtada bir qizil gul ham nay bo'lsa.
Nayni chalib navo qilsang, nozanin,
Jon bermoqqa yurakkinam shay bo'lsa.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:13:48
Anglamasa dardingni yillar,
Olib qochsa xayoling yillar.
Ishon, baxtli kunlaring kelar,
Umidingni uzma dunyodan...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:13:56
Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog'lig' o'qin sham'i anjuman qilg'il.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:14:02
Lekin Temur saltanatin poydevori sog‘,
Dilni poklab poydevorga g‘isht qo‘ying oppoq,
Shunday buyuk davlati bor sohibqironning.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:14:20
Gulbadan, gul ham o‘zing noz ham o‘zing,
Kuy-qo‘shiq, ohang o‘zing so‘z ham o‘zing,
Tanda darmonim saningsiz yo‘qday
Na bo‘lar, na bo‘lar jondek kelib
ketsang o‘zing, Gulbadan. :D
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:14:27
Namangondin ketar bo'lsam, meni yo'qlar kishim bormu?
G'ariblik shahrida o'lsam, meni yo'qlar kishim bormu?
(Mashrab)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:14:33
Ul na gumbazdur: eshigi, tuynugidin yo’q nishon,
Necha gulgunpo’sh qizlar manzil aylabdur makon.
Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,
Yuzlarida parda tortig’liq, turarlar bag’ri qon.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:14:40
Nima deding? Aslo, hech ham
Ko'zimdagi yosh emas.
Yosh bo'lsa ham sening uchun
To'kmayapman... Bo'ldi... Bas...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:14:48
Soginchim sochimga insa ham qirov,
Men sabrim kosasin tutaveraman.
Sabrim Yetgunicha ,Yetguncha umrim,
O'shal tasodifni kutaveraman!!! ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:14:54
Nahot, ishq qismati buncha berahm,
Bunchalar buyuksan vafo shevasi.
Sengadir hurmatim, senga sharafim,
Qahramon jangchining sodiq bevasi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:15:02
Ikkimizni hech kimasa,
Ajratolmas derding-ku,
O`ndan og`il boladan
O`zing yaxshi derding-ku... :D
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:15:12
Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o`lturur,
G`oyati nozikligidin suv ila yutsa bo`lur :D
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:15:21
Roziman ortingga boqmay ketsang ham,
Ko`narman menga so`z aytmay ketsang ham.
Lekin eng so`ngi o`tinchim tingla bir bora,
Azoblarga tashlab ketmagin meni... ;)
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:15:38
Ishqning osmonida oyga qo¡¯shilib,
Aylangan boshingga bulutlar qaytar.
Mening quchog¡¯imda kuyday eshilib,
Asta shivirlaysan:
- Joningiz qayda?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:15:44
Ajib so'qmoqlarda qoqindi yurak
Muhabbat bog'ida yolg'onchi tilak
Bo'lganda men emas, u menga kerak
Muhabbat ortiga qaytmadi.
Qaytsa ham, manzilin aytmadi...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:15:51
Ilmu she'rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul,
O`z elida chekdi g`urbat,
Zoru nolon, o`zbegim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:15:57
Meni men istag'an o'z suhbatig'a arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglim pisand etmas.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:16:04
So'zlashardim sen bilan to'lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Ba'zan faqat xayolga tolib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:16:11
Nochor furqati bilan xo'y etmisham, netay,
Chun vaslig'a o'zimni sazovor topmadim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:16:18
Man yururman eldan elga,
Do`st so`rarman tildan tilga.
G`urbatda holim kim bilar,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Majnun bo`lubon yururman,
U yorni tushda ko`rurman.
Uyg`onib malul bo`lurman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Rangim sariq, ko`zlarim yosh,
Bag`rim pora, jigarim tosh.
Holim bilgan dardli qardosh,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:16:34
Ikki buyuk hikmat, ikki xush zabon,
Ikki buyuk dildan yo’qdir sado bir.
Biz g’animga bejang topshirgan qo’rg’on —
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:16:42
Rustamning akasi urushdan qaytdi,
Qo`ltiqtayog`i bor, bir oyog`i yo`q,
Rustam aytib berdi: ataka payti
Tizzasidan olib ketgan emish o`q.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:16:48
Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo`ymaysan.
Qarab qo`ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:17:00
Zulfing seni bu jonima yuz domi balodur,
Jonim qushi sayd o'ldi chu sayyod eshigingda.
(Mashrab)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:17:09
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:17:44
Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.
(Alisher Navoiy)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:17:51
Makoning bo'libdi tog'lar orasi,
Sensan go'zallikning asli, sarasi.
Ma'yus yuragingda ishqning yarasi,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.

Daralar qo'ynida neni istarsan,
Nechun doim g'amgin, doim mustarsan.
Latif shijoating qayga qistarsan,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:18:40
Necha ming musulmon tunu kun uyg'oq,
Ka'ba atrofini tinmay aylanar,
Murodi tabarruk maskanni o'pmoq
Sajdaga har biri har zum shaylanar.

Shunchalik mukammal Alloh dargohi,
Mag'firat qil, deya dilni tig'ladim.
Har yonda taralar mo'minlar ohi,
To tongga qadarli yum-yum yig'ladim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:18:50
Mastni ta'na qilma, ichmasang sog'ar,
G'iybat doston qilma, bo'lma xiylagar.
Kekkaya ko'rma hech may ichmayman, deb,
Sening qilmishlaring bundan beshbattar.
(Umar Xayyom)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:18:58
Rubbi maskun ichra sayyod, o'zim sayd,
Ortiq madorim yo'q, voqifsan ahir.
Manglayda yozilgan farmoningni ayt,
Da'vat qil, gunohkor bandangni chaqir.

Iymon ber ruhimga, jismimga jon ber,
Loyimni qorishtir, poklab ber menga.
Ojiz tomirimga pokiza qon ber,
Ravshan qil, qoramni oqlab ber menga.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:19:05
Afsun bilan tarqat o'ylarim,
Toki chiqsin ko'nglimdan g'armon.
Toki o'sha shimol dilbarin
O'ylamayin, qilmayin armon.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:19:11
Nafis chayqaladi bir to`p namatak,
Yuksakda shamolning belanchagida,
Quyoshga ko`tarib bir savat oq gul,
VIqor-la, ushshaygan qoya labida.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:19:18
Ayb etmangiz,
Do'stlar, bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?
Kimni etmas bu ko'ngil shaydo,
Kim she'r yozmas mening yoshimda?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:19:33
Alqissa juda qadim,
Jaholatli zamonda,
Bir donishmand, ulug' hakim,
O'tgan ekan jahonda.

U kun bo'yi giyoh terib,
Kezib bog'u biyobon,
Odamlarga shifo berib,
Yashar ekan shodumon.

Unga ming bir mushkul dardning,
Ayon bo'lib shifosi,
Odamlarning bora-bora
Ortaverdi ixlosi.

Tabobatga qalban, ruhan,
Fido qilib o'zini,
Oxir bir kun nashtar bilan
Ochdi ko'rning ko'zini.

Rivoj topmish sohib xislat,
Donishmandga madadkor,
Lekin qayda bo'lsa shuhrat,
Yonboshida hasad bor.

Davoxonlar, parixonlar,
O'quvchilar chilyosin,
Xullas yurtda bor nodonlar,
Boshladilar ig'vosin.

"Bandasiga bermoq doru,
Yaratganga isyondir
Demak tabib ishi makr-u,
O'zi esa shaytondir".

Bu so'zlarni chin deb bildi
Nodon, johil olomon,
Donishmandni sazo qildi,
Kaltakladi beomon.

Cho'g¡Â® temirda ko'ksin dog'lab,
Dorga osmoq bo'ldilar,
So'ng bo'yniga xarsang bog'lab,
Suvga bosmoq bo'ldilar.

So'ng suvni ham, xarsangni ham
Xayf bilib "shayton" ga,
"Yoqing" - dedi eng bosh hakam,
-"Olib chiqib maydonga"

Keng maydonga ustun ko'mib,
Bog'ladilar hakimni.
So'ng temirni o'tga qo'yib,
Dog'ladilar hakimni.

Buyurdilar: "Yoqing shitob,
Azroilning oshnasin"
Dedi : "kimga kerak savob,
Cho'p keltirib tashlasin"

"Savob" uchun kimdir o'tin,
Kimdir tashlar dona xas.
Hakim boshin mag'rur tutib,
Johil elga qaramas.

Shu payt tabib sari bir chol,
Asta kela boshladi,
Quchog'ida bir bog' poxol,
G'aram uzra tashladi.

Dedi: "Asl tug'ilganda,
Basir edim men o'zi,
Sen duoning kuchi birla
Ochib qo'yding ko'r ko'zim.

Tangri bilib yaratgan ko'r,
Davo qilding ne uchun?
So'roqda men manglayi sho'r,
Nima deyman Mahshar kun.

Haq yo'lidan ozgan odam,
Davo qilib ne berding,
Meni bir yo'la u dunyo ham,
Bu dunyomdan ayirding.

Ko'rligimda bu dunyoni
Tasavvurda ko'rardim.
Dunyodagi bor odamni
Mushfiq bilib yurardim.

Shafqat ila kim nonu, kim
Chaqa tashlab ketardi,
Men ham shunga to'ygan edim,
Shu ham menga yetardi.

Qornim to'ysa saodatim,
Yo'q tuman xil tilaklar,
Ham ulfatim, hamsuhbatim,
Jajji shirin go'daklar.

O'ylar edim dunyoda bor
Musaffolik, soddalik,
Ko'zim ochib ilk bor ko'rdim,
Berahmlik, soxtalik.

O'g'irligu, fahshni ko`rib,
Jim yurarkan odamlar.
O'z do'stiga kulib turib,
Tig' urarkan odamlar.

Bir yonga boq: Ayshu-ishrat.
Bir yonga boq: Ohu-voh,
Bu kun mening ko'nglimda g'ash,
Imonimda ishtiboh.

Derdim, yurtni bir bor ko'rsam,
Ko'rdim: ko'nglim to'q endi,
Yo'lda yotgan ko'rchalik ham,
E'tiborim yo'q endi.

Ado bo'ldim, to'yib ketdim,
Ado bo'lsam mayliga,
Yo qaytadan o`sha g'arib,
Gado bo'lsam mayliga.
Ko'r bo'lsam ham mayliga...

Bu so'zlarni eshitdi-yu,
Faryod urdi donishmand,
"Yoqing"- deya so'radi u,
"Olov bo'lsin sarbaland.

To'yib ketdim bu dunyodan,
Hech toqatim qolmadi,
Mendan shifo oldi olam,
Odam shifo olmadi.

Jaholatning zahri tekkan
Nodon, johil, gumrohlar,
Davosiga ojiz ekan,
Men kashf etgan giyohlar.

Ko'r ko'zlarga nur bahsh etdi,
Men kashf etgan giyohlar,
Qalb ko`zini ochmoqqa lek
Kamlik qildi hunarim.

Odamlarga men yaxshilik,
Qilmoq bo'ldim, netayin?
Manglayda shu ekan bitik,
Yoqing kuyib ketayin."

O't yoqdilar yondi gulxan,
Qaro bo'ldi samovot,
Jaholatning hukmi bilan
Ado bo'ldi buyuk zot.

Gulhan yondi ko'kka o'ralib,
Cho'gi har yon sochildi,
Shu olovdan elning, ajab,
Aql ko'zi ochildi.

Yigladilar aza tutib,
O'kindilar, kuydilar,
Yillar o'tib donishmandga
Oltin haykal qo'ydilar.

E, voh, hakim ko'zi bilan
Ko'rsaydi bu hurmatni,
Lekin olim o'zi bilan
Olib ketdi hikmatni...

Qo'y, ey, ko'nglim, sen bu qadar
Dahshatni kam o'ylagin,
Senga nasib bo'lgan davron,
Sozin chalib kuylagin.

Shukronalik, mayni ichib,
Yayrab qolgin har nafas,
Bu dunyodan bir kun kechib,
Ketguvchi bir biz emas.

Qo'y, ey, ko'nglim, Haq muhabbat,
She'r zavqiga qo'naylik.
O'tda yonish bo'lsa mayli,
She'r o'tida yonaylik.

Faqat bizga g'am u qadar,
Qayg'u hasrat yot bo'lsin,
To biz uchun jon berganlar,
Ruhi doim shod bo'lsin!
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:19:44
Nolishim yo'q o'tgan umrimdan,
Ammo horg'in dil izlar orom.
Dilbar, menga quvnoq yurtingdan
Biror narsa so'yla bu oqshom.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:19:50
Men qachon dedim:"Vafo qilg'il manga", zulm aylading,
Sen qachon deding:"Fido bo'lg'il manga", bo'ldim sanga.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:19:57
Mana, bugun navro'zi olam,
Do'stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam...
Qo'limda gul, seni kutarman,
Umrim bo'yi chorlab o'tarman,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:20:04
Ilmu she'rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul.
O'z elida chekdi g'urbat,
Zoru nolon, o'zbegim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:21:17
Men ham avvallar edim dardi junundin bexabar,
Qo`ydi domin yo`llarimga kokili hindularing.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:21:25
Gulim, seni gulday asray olmadim,
Suyib siylolmagan sultoning bo'ldim.
(Muxammad Yusuf)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:21:32
Men keldimu, dunyo ko'rdimi foyda?
Ketsam martabasi osharmi? Qayda!
Hech kim tushuntirib bera olmadi:
Kelishim - ketishim sababi qayda
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:21:39
Agar ba’zi birlar seni ranjitsa,
Azob otashida o‘rtanma butkul!
O‘zing bilasanki, hammani esa
Ko‘nglini bir hilda olmoqlik mushkul.
Ba’zida joningni jabborga berib,
Asl haqiqatni so‘zlaganing dam,
Ba’zi birlar sendan butunlay ranjib
Mumkin seni nodon deyishlari ham.
Bordi-yu, yaxshini desang ham yomon,
Aminman topilur senga tarafdor.
Dunyoda bor ekan haqiqat, yolg‘on,
Hammaga teng yoqish mumkinmas zinhor.
Demak, shunday ekan, yolg‘on gap sotib,
Nopoklar ko‘ngliga bo‘lgandan ma’qul.
Do‘stim, haqiqatu rostini aytib,
Faqat, vijdoningni buyurganin qil!

Shukrullo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:21:53
La’ling ayo, ne ajab rangindur,
So`zi oning ne balo shirindur.

Ham qoshing taqvou toatga balo
Ham ko`zing ofatu aqli udingdur,
Hulla ichra badaning ko`rinur
Go`yo gulbarq aro nasrindur.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:22:03
Roziman yonimda bo`lolmasang ham,
Ming dardim birini ololmasang ham.
Maylga menchalik sevolmasang ham,
Qoldirma yolg`iz meni, qoldirma yolg`iz...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:22:09
Za'far yurtga nur to'kar oqshom,
Bog'da gullar javlon urgan payt.
Kel, jonginam, qo'shiq ayt, Hayyom
Kuylab o'tgan qo'shiqlardan ayt
Bog'da gullar javlon urgan payt.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:22:18
Tong chog`ida turgil, nozanin go`zal,
Maydalab ichaylik, rubbobingni chal,
Dunyoda bor odam uzoq turmaydi,
Ketganlari qaytib kelmas hech mahal.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:22:25
La’ling g’amidin ko’nglum erur g’uncha kibi qon,
Gulbargi tarim, xohi inon, xohi inonma.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:22:33
Alamdan yuragim g`ashlandi netay,
Muhabbat azoblari boshlandi netay,
Ko`zim qarog`lari yoshlandi netay,
Dilimdasan doim, ilk muhabbatim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:22:40
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon, O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim"¦
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:22:46
Mayli kulib boqsin senga omad-baxt,
Mayli o`zga yor-la bo`lgin to abad,
Lekin bir savolimga javob ber faqat,
Menga nima qoldi sendan azizam....
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:22:53
Mayli kulib boqsin senga omad-baxt,
Mayli o`zga yor-la bo`lgin to abad,
Lekin bir savolimga javob ber faqat,
Menga nima qoldi sendan azizim....
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:23:00
Mirzo Bobur - sen fig'oning
Soldi olam uzra o't.
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug'yon, o'zbegim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:23:16
Muhabbat borasida
Biz hanuz norasida.
Bulutlar orasidan
Saboqlar to'kiladi.

Loylar qordim yoshimdan,
Somon qildim sochimdan.
Uyga kirsam, boshimdan
Tuproqlar to'kiladi..

Senga tegmadi nafim,
Ichimda qoldi gapim.
Tegib-tegmasdan labim
Qadahlar to'kiladi.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:23:25
Izlaridan ibo ergashib yurgan
Hayoning o`zidan hatto hayoli.
Har safar oftobni uyg`otib turgan,
O`zbek ayolisan, o`zbek ayoli!...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:23:32
Ichkilik kekkaygan boshni qilur xam
Maydan yechilmagan biror tugun kam.
Bir qultum may ichgan bo`lsaydi shayton,
Ming sajda qilardi odamga ul ham.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:23:38
Mayli sendan hech narsa etmayman talab,
Hatto xayol bilan bermayman ozor.
Senga faqat ezgu niyatlar tilab,
Balki arzimasman qilishga bedor...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:23:47
Rossiyada gulday qizlarni
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar busa bizlarni
Bexanjaru, bemakru bezar.

Bu tong yuzli dildor qoshimda
Bir bor xirom etsa noz bilan,
Shohi ro`mol solgum boshiga,
Yo`llariga sheroziy gilam.

Yesenin
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:23:54
Menga bir so`z aytgin demayman,
Bir umrga qaytgin demayman.
Bir ko`rmoqqa zor-zor yig`layman,
Xudo haqqi juda sog`indim...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:24:01
Makoning bo'libdi tog'lar orasi,
Sensan go'zallikning asli, sarasi.
Ma'yus yuragingda ishqning yarasi,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon. :D
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:24:07
Nima qilay bir dalliyu devonaman,
Oyog‘ingda xor etganing — ostonaman,
Dilimda sen, lekin senga begonaman,
Yuragimda armon yig‘lar sen bilmading.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:24:33
Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:24:41
Kamtarin bo`l, hatto bir qadam
O`tma g`urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:24:53
Nazokat paytimas,yaqinroq keling
Buyuk zot qoshida aylangiz salom
Shu sodiq bevaga sajdalar qiling
Shu sodiq bevaga aylang ehtirom

Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda
Haykal ham qo'yingiz bamisli hayol
Shundaylar bo'lmasa agar dunyoda
Bu qadar muhtaram bo'lmasdi ayol.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:25:05
Lekin ajratolmas ayriliq sendan,
Axir xayollarim to abad sen-la.
Mayliga sen voz kechgin mendan,
Lek qalbimdan hecham voz kecholmassan...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:25:19
нимани истадинг билмадим,
кулингни кулимга куймадинг.
-кут дединг,кутишдан толмадим.
куникмок азобин боемон
бу азиз бошимга тушарму?
уйлари тугамай дил хайрон.
-юрагим ярмини топарму?!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:25:25
U kun chetda oh chekardim
G`ussalarning dastidan.
Sen otamga pul beribsan
Yostig`ingning ostidan.

Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech o`yiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
Abdullaning to`yiga.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:25:33
Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Farob avlodidan,
Asli nasli balki O`zluq,
Balki Tarxon, o`zbegim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:25:40
Minoda Shaytonni qildik toshbo‘ron,
La’natga ko‘mildi badbaxt u lain.
Dedik, shuncha yukning ostidan Shayton
Ming yillar chiqolmay yotmog‘i tayin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:25:47
Nahotki, birorta dilga yetolmay,
behuda sarflanib qancha kuch-chidam,
kelib ketaverar yorug` dunyoga,
kelib ketaverar menday kuychilar?!

Shavkat Rahmon
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:25:53
Rubobiy she'r yozsam...
qaytsam bir nafas...
hamisha musaffo chashmani ko`rsam,
qoraygan cho`qqilar qoriga qarab,
bir nafas xayolchan o`snirga do`nsam.

Yana Shavkat Rahmondan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:26:02
Майли сура бутун борлигим,
Нени десанг бергумдир албат
Узга калбга банддур юрагим,
Юрагимни сурама факат
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:26:09
Турибман кулимда кадах шу палла,
Демак дил сузимни айтмасам булмас.
Сизга бахт тилашим мумкин баралла
Лекин бахтли килиш кулимдан келмас
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:26:17
Sevgilim,
Dilsizlar dillarimizni
Toshbo'ron qilsalar, vayron qilsalar.
Tikanlar qoplasa yo'llarimizni,
Sen achchiq yig'lasang,
ular kulsalar.

Sevgilim,
Sevgini sevmagan zotlar
Qaro aylasalar oq asotirni.
(darg'azab pishqirsa quturgan otlar)
Go'rdan chiqorsalar
Qorabotirni.

Sevgilim,
Men jangga kiraman, jangga,
Qarog'ingdan tiyra jola uchun ham.
Osmonni bo'yayman qirmizi rangga,
Chap ko'ksingda majruh lola uchun ham!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:26:34
Mayli, menga muhabbating bo`lmasa agar,
Qarama yuzimga mayli men rozi.
Ko`ngil qo`ygan bo`lsang o`zga bir qizga,
Mayli uzilmasin muhabbat sozing.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:26:56
Goh esarman yellar kabi,
Goh to`zarman yerlar kabi,
Goh oqarman sellar kabi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Oqar suvlardek oqarman,
Dardli yuragim yoqarman.
Yorimni o`ylab yig`larman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:27:04
Ilm-u hunar topdim va yana dildor,
Orzu og`ushida bir muddat.
Vaqt tulporidan tushmayin chopdim.
Hamroh bo`ldi hamdard yetmadi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:27:14
Ikkimiz uchun ham yolg'iz shu oftob,
Ikkimiz uchun ham yagona zamin.
Men ham sening uchun bitmadim kitob,
Sen ham shuhratimni etmassan ta'min.

Kimga nima kerak? Nechun soxta shon?
Nechun mangulikdan behuda talab?
Axir ikkimiz ham so'ng manzil tomon
Ketmasmiz dunyoning yukin orqalab.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:27:22
Boshimni qaylarga olib men ketay,
Yuragim yig`lsa qandoq ovutay,
Dardimni kimlarga, oh kimga aytay?
Sevib-sevilmayin yashadim netay?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:27:32
Yodingdamu yoshligimiz,
Beqaror beboshligimiz,
To‘ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz.

Qo‘l teksa titrab qo‘ling,
Balog‘at to‘sgach yo‘ling,
Aylanmay so‘zga tiling
Qayrilma qoshligimiz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:27:40
Zorlanadi yalinchoq nigoh
— Kel yonimga, birga teramiz.
Unamaydi tortinchoq nigoh:
— Odamlarga kulgi bo’lamiz"¦
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:27:46
Zeroki, oy mening yolg'izim- yakkam
Men esa oy uchun minglardan biri...
Falaklarda tanho porlagil, erkam
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:27:54
Moziyga urilib sinar ovozim,
Umr o'tib borar benaf , benavo-
Nahotki bu-qo'lim? Bu mening sozim?
Allohdan so'rajman: - Nechun bu jafo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:28:00
Olamni buzsa ham bu nolalarim,
Senga zarracha ham etmadi ta`sir,
O`lsam ham seni deb o`lgum baribir,
Sevib sevilmayin yashadim netay?
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:28:07
Yuragimni tamom qildim,
Yig`layverib.
Huzurimda ajal turar,
Qoshin kerib.

Men hayotda o`limga tik
Boqib o`sdim"¦
Qani menga atalgan joy,
Ketdik, do`stim!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:28:15
Mastu alast, beg’am do’sti yor,
Toliqtirar qalbimni manim.
Shunda birdan bo’ladi oshkor,
Yolg’izlardan yolg’iz ekanim.

Derazaga ho’l bag’rin bosib,
Kuzak tuni surganda xayol —
Men eng go’zal she’rimni yozib,
Sizni eslab yig’lashim ayon.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:28:22
Necha ming yillarkim
hindu qizlari
tangrilar tug`ilgan hind tuprog`ida
bir qo`shiq aytadi,
ishonib faqat
qo`shiqlar dunyoni asramog`iga...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:28:29
Agar dunyoda borligim bilib,
|Hayot mazmunin neligin sezib,
His etgan bo`lsam bir zum baxtim,
BU ham seni uchratgan kunim...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:29:07
Mayli muslimlar mendan yuz ogirib ketsinlar
Iymon keltirib boldim sevgilimning qalbiga
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:29:13
Andisha degan bir bog' bo'lar vayron,
Go'yo bu chamandan yalmog'iz o'tgan.
Onalar qizlarin tanimay hayron,
Qizlar onalarin ismin unutgan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:29:19
Naqadar go`zalsan, ey gulixandon,
Sanga qurbon o`lsin hur ila g`ilmon,
Yuz Zulayho, yuz ming Yusufi Kan’on,
Qul bo`lay deb maydoningga to`kilmish.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:29:25
Shavkat Rahmon degan
bir o`jar shoir,
bir kuni qaytadan yaraladimi?
Hayotim ma'nisin juda ko`p o`ylab,
sayladim so`zlarning
saralarini.
Har bir so`z
yuz so`zning o`rnini bosar —
Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik.
Har bir so`z yetajak yuzta umrimga,
har biri baxy etar
ruhimga shodlik.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:29:35
Kalimani ayta olmay musulmonman deysiz, ey voh,
Amalingiz g`ayridiniy, dilda bo¡Â®lsin deysiz Olloh,
Javon to`la qator kitob QUR`ON bormi uyingizda?
Ertak o`qib o`sayapsiz, Muhammadning ummatlari.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:29:42
Ishqing mani mast ayladi,
Oldi ko`nglum, xast ayladi.
O`ldirmakka qasd ayladi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:29:48
Ikkimiz uchun ham yolg'iz shu oftob,
Ikkimiz uchun ham yagona zamin.
Men ham sening uchun bitmadim kitob,
Sen ham shuhratimni etmassan ta'min.

Kimga nima kerak? Nechun soxta shon?
Nechun mangulikdan behuda talab?
Axir ikkimiz ham so'ng manzil tomon
Ketmasmiz dunyoning yukin orqalab.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:29:55
Bolalik kunlarimada.
Uyqusiz tunlarimda...
Ko`p ertak eshitardim.
So`ylab berardi buvim...:)))
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:30:22
Men o`lib yotibman, kimsasiz, unut,
Hech kimga qayg`urmas va chekmas yohu.
Faqat cho`qqilarda qurqurar burgut,
Faqat vodiylarda ingraydi ohu.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:30:28
Uni o`zimga ham ko`rgim kelmas ep,
Uni bergim kelmas, hatto she`r, gulga.
Aql yalinadi, nuqta qo`ygin deb,
Qalb bo`lsa, o`rganib qolgan vergulga.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:30:35
Axir o`zing der eding-ku,
Silab o`ksuk boshimni:
- Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.

Afsus, o`zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag`rim ezar,
Ajradik deb onamdan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:30:52
Nigohida oftoblari bor,
Nolishlarin javoblari bor,
So'ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:30:59
Ammo-osmon buncha chiroyli bu tun!
Qarayman, qarayman ko`zim to`ymaydi.
Jimir-jimir qilgan yulduzning bari-
Hammasi singlimga o`xshaydi!
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:31:09
Ikki nargiz, ikki kon`gul, ikki tan ikki jon birla,
Birin bir-bir qamal aylab, qilaylik anjuman, nozik.

Uvaysiy, o`z-o`zingcha so`zlama tiyg`il zaboningni
Mabodo ketmasin nozi diliga so`ylagan nozik.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:31:27
Ko`ngil mulkini toroj —
Aylagan ishq istilosidir.
Na bo`lg`ay oxiri, bu
Istiloning ibtidosidir.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:31:33
Rossiyada gulday qizlarni
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar busa bizlarni
Bexanjaru, bemakru bezar.

Bu tong yuzli dildor qoshimda
Bir bor xirom etsa noz bilan,
Shohi ro`mol solgum boshiga,
Yo`llariga sheroziy gilam.

Yesenin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:31:41
Mayli, qashshoq bo`lsin, mayli, behasham,
Lekin mening uchun aziz va suyuk.
Jahon minbaridan yangramasa ham,
Ona tilim, menga muqaddas, buyuk
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:31:48
Kel yonimga go`zal yor, sensiz hayot hayotmas,
Sensiz menga bu dunyo,misoli bor tor qafas.
O`rtar yurak armoni, umrim o`tar yor sensiz,
Oshiq yurak armoni, yurkada hargiz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:31:55
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo’lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:32:04
Kutdim... hatto to`yim kuni ham,
Sevmagan yor taqqincha uzuk.
Oh, bilsayding dilga qo`nib g`am,
Umidimni ketgandim uzib.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:32:17
Bulbullar ichinda tinmas zabonman,
Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa
Bilgilki alarning sardori menman.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:32:29
Nega suvga chiqmagan,
Ayon bo`ldi bizga ham,
Sovchi bor deb aytmagan,
Erinchak qiz, kelinchak"¦ ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:32:40
Ko’rib-ko’rmaslikka
Olmoqlar oson.
Siz-ku ko’rsangiz ham
Olmaysizu tan,
Meni tanib, hatto
Har kun ko’chamdan,
Sochingiz qo’l silkib
O’tar yorijon.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:32:56
Nelardandir ko`ngil bo`lib g`ash,
Ham egilib, bu egilmas bosh,
Ko`zlarimda qalqib tursa yosh,
Bu holimga berolmay bardosh,
Bir mushtipar onam yig`laydir,
Qolganlari yolg`on yig`laydir.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:33:03
Raqib bilganlarim qo'rqoq, deb aytsa,
Do'stim dushman undan behroq, deb aytsa,
G'ururi osmonmas, tuproq, deb aytsa,
Ko'zim, yoshlaringni yurakka yashir.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:33:10
Ruhim qilich bo`lib qolsa-yu,
O`z tanamni chopib tashlasam.
Tilka-tilka qilib bag`rimni,
Ming bo`lakka chopib tashlasam.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:33:17
Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O`zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun —
Kokillaridan?..
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:33:27
Nechun seni ko`rsam, g`amlarim ketar,
Ko`zlari g`ussaga to`lgan guloyim.
G`am nedur, ortig`u kamlarim ketar,
Bor-yo`g`im zer-zabar qilgan guloyim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:33:33
Men esa
Oshig`ing sening —
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:33:40
Ista, tiz cho`kaman hozri oldingda,
SEvdim-sevganimdan uyalmoq nechun.
Barcha garishtalar sening qalbingda,
Ijarada turgan qizlar men uchun! ;)
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:33:47
Na bir shirin kalom ming zahmatingga,
Na bir salomingga alik oladi.
Muhabbating nima Muhammadingga?..
Qalamni quchoqlab uxlab qoladi.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:33:57
Inonki, gar seni sevmasam jondan,
Sen bosgan har toshni bir o`parmidim!
Men seni ardoqlab, g`ubordan, changdan
Yo`lingga har kuni suv separmidim!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:34:12
Meni kutgil va men qaytarman,
Faqat kutgil juda intizor.
Kutgil yomg‘ir zeriktirganda,
Meni kutgil yoqqanida qor.

Xat kelmasdan uzoq yerlardan,
Yuragingni qilganida qon.
Sening bilan birga kutganlar,
Zerikkandan qilganda fig‘on.

Meni kutgil va men qaytarman,
Faqat kutgil juda intizor.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:34:19
Rozimisan, yoningda qolib
Tongga qadar ertak so`ylasam?
Rozimisan mehringga qonib
O`lgunimcha baxting kuylasam?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:34:26
Manga Pushkin bir jahonu
Manga Bayron bir jahon,
Lek Novoyidek bobom bor,
Ko`ksim osmooon, o`zbegim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:34:35
Muhabbatning saroyi keng ekan, yo'lni yo'qotdim-ku,
Asrlik tosh yanglig' bu xatarli yo'lda qotdim-ku.

Karashma dengizin ko'rdim, na nozlik to'lqini bordir,
Halokat bo'lg'usin bilmay, qulochni katta otdim-ku.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:34:44
Uxlab qolgan tunlarning haqqi,
Mening o‘rnim boshqa — bo‘lakman.
Yig‘lab qolgan tunlarning haqqi,
Men, bari bir, senga kerakman ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:34:50
Nafasim — g‘animat, so‘zim g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:34:57
Zarra qadar, ishon, gina qilmasman,
Bu ginani o`zimga ep bilmasman.
Sengga mehrim birday bo`lur hamisha,
Garchand ko`nglim noziklikda bir shisha.
;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:35:03
Alvido, ey, xushxayollarim,
Sizni changday puflab uchirdim.
Hayot, sizga yo‘q savollarim,
Hayot, hammasiga tushundim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:35:10
Muhabbatim yuksalmasdi aslo sizsiz,
Qanot bo`la olmas edi ko`kni quchsam.
Siz ummondan oshgan yo`lchi yulduzimsiz,
Zavqli erur, bedor tunlar nomin bitsam.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:35:18
Mir Alisher na'rasiga
Aks-sadooo berdi johon,
She'riyat mulkida bo`ldi
Shohu sultooon, o`zbegim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:35:26
Men boshimni urmagan bir tosh qolmadi,
Rostin aytsam, yuragimda dosh qolmadi.
Qurib qolgan kiprigimda yosh qolmadi,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay :'( :'( :'(
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:35:37
Yuraklar bittadur, yo`llar o`zgacha,
Taqdir ko`rolmadi, bizni munosib.
Sen o`zgasan, men ham o`zgacha,
SEnga men, menga sen etmadik nasib.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:35:44
Borliq olam ko`zimga ming-ming
Go`zallikka to`lib ko`rindi.
Gullar menga oshiq bulbulning
She'r daftari bo`lib ko`rindi...
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:35:51
Injiqliklar o‘rniga nozlar,
Bolalikning rishtasin uzdi.
Kundan-kunga nozik pardozlar...
O‘yinimiz balog‘at buzdi.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:35:57
Ilinju iltijo, iltimos dardi.
Sevgidan yig`lamoq nolamas albat,
Sevgiga yarashmas arazu g`iybat,
Ochiq dil bo`ladi odamning mardi!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:36:03
Izg‘irdim sargardon men sizni izlab,
Tovonimning teshdi srabon, yomg‘ir.
O‘zimni la’natlab, sizimni sizlab
O‘lmay turib o‘ldim, siz uchun oxir.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:36:10
Rostin aytsam arzimaysan,
Na she’rim, na sevgimga.
Men balandman! Qo’ling yetmas!
Ketavergin tenging-la...

Nima deding! Aslo, hech ham
Ko’zimdagi yosh emas.
Yosh bo’lsa ham sening uchun,
To’kmayapman... Bo’ldi... Bas...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:36:31
Sizni mendek sevolmaydi biror inson,
Sizni mendik kutmas hech kim qalbi qahrab.
Mendan olis ketsangiz ham odil osmon,
Yuragimiz bog`lab qo`ygan ishqni asrab. ;)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:36:38
Bug‘lanib, qaytadan to‘kiladi suv,
Quyoshdan ishorat — ko‘z yorar ildiz.
Men, axir ularga o‘xshamayman-ku,
Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:36:45
Zamin tegrasiga
Oltin kamalak
O`raydi yetti xil
Nurdan chambarak.
Siz uning bag`rini
Pora qilmaysiz,
Otalar hokini
Saqlab muborak.
Sen shunday davronda
Yashaysan qo`zim.
Hozircha orom ol,
Ko`zlaringni yum...
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:36:52
Muborak ayyomning tiniq tongiday,
Musaffo ranglarga to’lganda borliq,
Xushbo’y tabiatning yetti rangidan,
Osmon gardishida qolganda yorliq,
Eng porloq tuyg’ular tilayman senga,
Eng shirin orzular tilayman senga!
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:36:58
Archaning qorlarga qarshi isyoni,
Yashil bahor bo’lib kuldi oqibat.
Ajoyib ranglarga intiq vijdoning,
Yam-yashil hislarga to’ldi oqibat...
Gul, bulbul, gulzorlar tilayman senga,
Hech so’lmas bahorlar tilayman senga!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:37:06
Ayb etmangiz,
Do`stlar, bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?
Kimni etmas bu ko`ngil shaydo,
Kim she'r yozmas mening yoshimda?!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:37:14
Agar taqdir shunday bo`lsa, ne kelardi qo`limdan,
Sog`inchlarim dilga bitib, qolmas edim yo`limdan.
Lekin hamon intiq yurak, ayrilyapman, ketyapman,
Balki uchrashmasak kerak, armonni yor etyapman.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:37:21
Nodirajon, Shoirajon,
tanam qimir etmaydi,
olis-olis vohalardan
tog'larimni chaqiring,
osmon to'la havolar
faqat menga yetmaydi.
(Shavkat Rahmon)
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:37:27
Ibodat ne?
Yaratganga itoat ham ibodatdur
Haqiqiy bandalik birlan
Sadoqat ham ibodatdur.

Otang birla onang qalbi
O‘tar ka’ba tavofidin
Alar ko‘nglini shod etsang
Bu xizmat ham ibodatdur.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:37:33
Rozimisan, yoningda qolib
Tongga qadar ertak so`ylasam?
Rozimisan mehringga qonib
O`lgunimcha baxting kuylasam?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:37:40
Men senga bahorni keltirdim, sevgim,
Yomg’irlari bilan, sellari bilan,
Gullarni uyg’otgan yellari bilan —
Men senga bahorni keltirdim, sevgim.

Men senga saodat keltirdim, sevgim,
Ko’ngling ravshan bo’lsin — Chirog’i bilan,
Bedorligi bilan, charchog’i bilan —
Men senga saodat keltirdim, sevgim.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:37:47
Muhabbatim yuksalmasdi aslo sizsiz,
Qanot bo`la olmas edi ko`kni quchsam.
Siz ummondan oshgan yo`lchi yulduzimsiz,
Zavqli erur, bedor tunlar nomin bitsam.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:37:53
Men endi oylarga ketaman porlab,
Endi boshqa go'zal ovutsin sizni.
Iltijolar qilmasman,keling deb chorlab,
Maysalar,xayollar ob ketsin sizni.
Osmonlardan boqib kulaman,
Meni unutgansiz bilaman.

Men endi oydaman,olis oydaman,
Uzoqlardan sizga tikilaman jim.
Yo'qlab kelmang,qo'l yetmas joydaman,
Yo'lingizga ming-ming yulduzlar ekdim.
Ajib xayollarla o'yga tolaman,
Meni unutgansiz bilaman...
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:38:02
Nega seni sevdim men,
Sevmasam bo`lar ekan.
Yuragimni g`amlarga bermasam bo`lar ekan.
Ketding, qo`ling siltab..
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:38:10
Bu dunyo - ruhimning azobi,
Ezgulik — umrimning savobi,
Qo‘y, endi yig‘lama ko‘ngiljon,
Bor, axir, barchasin hisobi.
Qo‘lni ber, pok joyga ketamiz,
Yomoni yo‘q joyga ketamiz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:38:19
Zaminda chaqnagan guldirak bo'lib,
Bir kun osmonlarga ko'chadi ruhing!
Kapalak-kamonlar tilayman senga,
Eng go'zal osmonlar tilayman senga! ;)
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:38:26
Axir, yonayotgan yuraklaringni,
Qismatim yuziga qarab otsang-chi!
Boshingni xam qilgan gunohlarimni,
O’zimning bo’ynimga ossang-chi!

Nega jim yashaysan, sokin yashaysan?!
Sezmaysan, qo’llarim ketsa ham tegib.
Olamda men yo’qdek, hech payqamaysan,
Yashaysan jimgina boshingni egib.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:38:40
Balki seni o`ldirmas qotil,
Maydon aro, qilichlar aro.
Barnoliging ko`rgan Azroil
Yubormagay bemahal qazo.

Bir narsadan qo`rqaman faqat:
Oshno bo`lib jangda beboklik,
Senda qolmas dilbar nazokat,
Bu mayinlik, go`zallik, poklik.

Aleksandr Pushkin
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:38:47
Kutarman, kelaqol najot o`limim,
Kutarman bag`rimdan tig`lar o`tkazib.
So`nggi nafasimda eng so`nggi so`zim,
Nechun yor latfiga etmading nasib?!
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:38:53
Bu dunyoda tug'yonlarim mo'l,
Borar yo'lim yo'qotgan darvish.
Umrim o'tdi,orzularim tul,
Sodda dilim faqirlarga esh..
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:38:59
Shomu sahar sani izlab,
Goh o'kirib, gohi bo'zlab,
Visolingdan umid ko'zlab,
Kel, ko'r mani ishq nayladi!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:39:06
Ishda qo`ldosh bo`lurman,
Og`ir yuking bir tomonin olurman!
Qo`zg`almasman yaxshi kuning kelguncha,
Yaxshiligin amin bo`lib bilguncha!
Lekin...
Yaxshi kunlar eslamasang mayliga,
Oydin tunlar eslamasang mayliga.
Mayli, aytma, hatto orzu to`yingga,
Oyda bir bor kelmay esu o`yingga,
Zarra qadar, ishon, gina qilmasman,
Bu ginani o`zimga ep bilmasman.
Sengga mehrim birday bo`lur hamisha,
Garchand ko`nglim noziklikda bir shisha.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:39:14
Ariq bo'yida nish urgan maysalar,
Shabnam visoliga bo'ldi zor sensiz.
Nafis nilufarning g'unchalariga
Oq-oydin tunlar bo'ldi tor sensiz...
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:39:20
Zarra qadar, ishon, gina qilmasman,
Bu ginani o`zimga ep bilmasman.
Sengga mehrim birday bo`lur hamisha,
Garchand ko`nglim noziklikda bir shisha.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:39:38
Afsun bilan tarqat o'ylarim,
Toki chiqsin ko'nglimdan garmon,
Toki o'sha shimol dilbarin
O'ylamayin, qilmayin armon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:39:46
Nahotki?..Oh, meni haydayapsizmi?"
Bilmayman, ne bo`ldi siz bilan menga,
Yo shunday dil rozin aytayapsizmi?
::) :D
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:40:01
Ishq azobi ezdi qalbimni cheksiz
Bilsangda holimni bir bor so'rdingmi?
Shuncha kunim o'tdi azizam sensiz
Kerak ekanligim endi bildingmi?
Ha,haydayapman,ket endi yorim,
Va faqat ketguncha olib ket jonim...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:40:09
Men senga olamning chiroyin beray,
Falakning yulduzin va oyin beray.
Shu ulkan koinot saroyin beray,
Jahondagi yetti mo`jizani ham...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:40:16
Men seni izladim tunlardan,
Beraxm,tonglar-ku otmagach.
Men seni izladim kunlardan,
Hayoling yodimdan ketmagach...
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:40:27
Chiqmagan jondan umid,
Vaqti vijdondan umid,
Nomi insondan umid,
Do`st chiqmas ekan sizdan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:40:36
Ne uchun ayblaysan etiblar jafo,
Yuzlarim bosasan tuproqqa.
Ne qilay bu dunyo bo'lsa bevafo,
Makridan aylandim sariq yaproqqa.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:40:43
Ayt, ey, xasta bulbulim,
O`shga qachon yetamiz?
Yashil bog`lar sarg`ardi,
Mag`iz bo`ldi g`ujumlar.
Oh, voy, muncha yo`l og`ir,
Bulbulim...
Ulkan soat o`rtasida
Madorim yo`q yurmoqqa,
Qashqirlar davrasida
Sudralaman turmoqqa.
Shunda qolib ketsam gar
netamiz?
Abadiyat oralab
O`shga qachon yetamiz?

Shavkat Rahmon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:40:50
Zolim dunyo, qahrli dunyo,
Azim dunyo, sehrli dunyo,
Halim dunyo, mehrli dunyo,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:40:58
Ne uchun bunchalar yig'laysan yurak?
Unutish shunchalar og'irmikan ayt?
Choram yo'q,bilasan yana ne kerak?
Yig'lab bag'rim ezib,yolvorasan-qayt!.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:41:06
Talpinasan va egasan astagina bosh
Ming yillikdur ko'zlaringda joldiragan yosh...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:41:12
Shul otash visol-chun kuyaman,yana,
Umidvor,yig'layman yonib,nachora.
Unitding,bilaman,ammo tan olmay,
Majolsiz,kutaverar,qalbim bechora...
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:41:19
Agar dunyoda borligim bilib,
Hayot mazmunin neliginsezib.
His etgan bo`lsam bir zum baxtim.
Bu ham seni uchratgan kunim!!!
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:41:27
Men nechun sevaman Uzbekistonni,
Tuprogin kuzimga aylab tutiyo...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:41:34
O,vatanim,otam makoni,
Qalbim senda kezib yuradi.
Men bo'lmasam,otajonimga,
Daryolar choy damlab beradi...
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:41:40
"Ishq salbiy tuyg`umi yoki ijobiy?"
Bu savol men uchun qoldi javobsiz.
Chunki u tufayli qancha oshqilar
Jo`nadi rihlatga gunoh, savobsiz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:41:50
Zuhro edim,ammo sening hajringda bir qul edim,
Sarson edim yo'llaringda,.ishqda yongan gul edim.
Yo'llaringa sarg'ayib,g'amga cho'kkan qalbimga,
Qalbim,endi qo'y yig'lama,armonni unut dedim!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:41:57
Men hanuz bilmasman, nimada siring,
Nazokat bobida yo`qdir naziring?!
Beta`ma bir yigit sening asiring,
Sen esa chin ishqqa qilursan gumon.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:42:08
Nima deding! Aslo, hech ham
Ko’zimdagi yosh emas.
Yosh bo’lsa ham sening uchun,
To’kmayapman... Bo’ldi... Bas...

Ketgin endi. Sevmayman-ku,
Meni qoldirgin yolg’iz!
Tugayapti sabrim... Tag’in —
Oyog’ingga cho’kmay tiz...

Usmon Azim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:42:15
 Zor bo`lib, bahorga alvido aytib
Dilingiz xazoni qo`msadi chog`i
Ketdingiz, bilaman kelmaysiz qaytib,
Anda zor yig`ladi ishqimiz bog`i.
Ketdingiz...
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:42:31
Ibodat ne
Yaratganga itoat ham ibodatdir.
Agar Alloh uchun sevsang
Muhabbat ham ibodatdur.

Mirzo Kenjabek
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:42:38
Romeo-Juletta, Layli va Majnun,
Ruslan va Lyudmila, Farxod va Shirin
Sevgisi tarixin kop o`qidim-u,
Uqmadim baribir muhabbat sirin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:42:44
Nur izlab kelgandim dunyoingizga,
Zulmatlar darchasin yopolmadim hech.
Ayriliq ranglari to‘lgan dunyoda,
Men yashil rangimni topolmadim hech.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:42:50
Chanqog`ingni qondirsa buloq,
Bag`rin ochib, bil, o`sha menman.
Tunlar yo`ling yoritsa chiroq
Shu`la sochib, bil, o`sha menman.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:42:56
Nodirajon, shoirajon,
Tanam qimir etmaydi,
Osmon to'la havolar
faqat menga yetmaydi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:43:03
Insonni gohida jinni qiladi.
Sevgi katta kuchdir, bungga shubha yo`q,
Gadoni shoh aylab, qo`rqoqni botir,
Zog` bulbul bo`lishin qaydan biladi?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:43:10
Ibodatdur biror johil
Jafokorga desang haq so‘z
Va nodonga sukut qilsang
Sukunat ham ibodatdur
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:43:18
Rasululloh dedi: - Umid qil, banda,
Ko‘chmasin dunyodan insof, diyonat.
Nopok odamlarga kuning qolganda,
Bilgilki, o‘sha kun kelgay Qiyomat!
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:43:25
To'rtburchak dunyoni devorga osdim.
Daraza...Tashqari....-suratdan kammi?
Va seni sog'indim...Nimadir yozdim....
Evoh, Dilga yaqin keltirdim gamni...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:43:38
Izlab, izlaringiz ahtarib,
Ortingizda qoldim sarg`arib,
Endi men ham, dunyo ham g`arib,
Sizni qaydan topay, onajon.

Sizsiz qandoq qilay onajon.
Oh, yo`q ekan ajalga omon,
Endi bag`rim tindalar armon,
Yo`qligingiz bilindi yomon,

Sizni qaydan topay onajon.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:43:45
Nafasim — g‘animat, so‘zim g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.

Yaratganga borib aytaman seni!
Uzi hukm etsin odil va xolis.
Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz ...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:43:52
Zolimsan bunchalar ey, qalam-qoshim,
Umidim, yulduzim, mohim, quyoshim,
Rahming hech kelmaydi men oshig‘ingga,
Axir tugadi-ku sabr-bardoshim.

Halovat qolmadi jonu tanimda,
Rashking olov bo‘lib bag‘rim kuydirdi,
Alami bor ekan taqdirni menda,
Sendek bag‘ritoshni nega suydirdi.

Maqsading nima deb qilasan g‘azab,
Tilagim vaslingdir bu senga ayon.
Yo‘q, degan tilingdan bir bora o‘pib,
So‘ng oyoq ostingda qolib ketsin jon.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:44:02
Nechun?!deya berilgan savollar bisyor,
Deyman,visolingdan menga o'zga ne kerak?
Menku,kuyib bo'ldim,sen bo'l baxtiyor!,
Jonim!Ayriliqqa chidolmas yurak...
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:44:10
Kim malham, kim bo'ldi yuragim dardi,
Dunyoda uchradi yovi ham mardi,
Yovni-ku bir o'zim yengsam bo'lardi,
Mendan qaytmagani xudodan qaytsin!

Yo'q do'stga ishondim, so'zga ishondim,
Bahorga aldanib, kuzga ishondim,
Mehrimni yuragi muzga ishondim,
Mendan qaytmagani xudodan qaytsin!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:44:19
Nogahon o`q otildi,
O`t chaqnadi ketma-ket.
Dushman sezdi,
Razvedka
Jangga kirdi betma-bet.
Granata portladi,
Tilga kirdi avtomat.
Bir yonda butun bir polk,
Bir yonda to`rtta soldat.
Ikki yondan o`q yog`ar,
Olov yog`ar beshafqat,
Bir tomonda tahlika,
Bir tomonda jasorat.
O`rtada tekis kenglik,
O`rtada quyuq zulmat.
Bir tomonda yovuzlik,
Bir tomonda adolat.
Qancha davom etdi jang
Bilar faqat qaro tun,
Bilar faqat tepalik,
Ammo bular lol va gung.

Erkin Vohidov, "Nido" dostonidan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:44:27
Garchi bisotingda "bayram" so`zi yo`q,
Bilaman, kutasan sandal to`la cho`g`,
Menda yurak deganlarin o`zi yo`q:
Men sovg`a bermagan qiz yo`q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o`g`ilmi, onam?..
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:44:33
Mana oxir sen-da namoyon,
Muhabbatim, ko'zim, ismatim.
O'ngmi, tushmi, yo shirin armon?
Birdan yaraqladi qismatim.

Sen o'sha-ku xayolda ko'rgan,
O'sha nigoh, oshno tabassum.
O'sha ohu ko'zlar tig' urgan
Va yurakka boshlagan hujum.

Senga juda g'alat tuyular
Balki sevging bilan yonganim,
Menga og'u kabi quyular
Shunday buyuk ishqdan tonganing...

Oylar o'tdi va yillar o'tdi,
Yurak esa ishonch va g'amda.
Qanchadirki, o'tgan vaqt kutdim,
Seni kutdim kuyib otashda.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:44:40
Ahli ayol, qarindosh,
Hech kim bo'lmaydi yo'ldosh,
Mardona bo'l g'arib bosh,
Umring yeldek o'taro.

Qul Hoja Ahmad toat qil,
Umring bilmam necha yil,
Asling bilsang qaro gil,
Yana gilga ketaro.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:44:46
Oy desam, tunda bor, kunduzi yo`qdir.
Chechak ham sal kunda yashnab so`nadi.
Ohu ham demayman, makoni tog`dir,
Oramiz baland-past, olis bo`ladi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:44:54
Ishq dardini talab qildim darmoni yo'q,
Ishq yo'lida jon berganni armoni yo'q,
Bu yo'llarda jon bermasang imkoni yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:45:00
Rauf Parfi degan bir odam -
Ko'zoynakli, sochi oq darvish.
Og'ir-og'ir bosadi qadam,
Yelkasida uxlab qolgan qish.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:45:07
Shoir bo`lmoq — bu-ku tayin gap —
O`z joningni o`rtamoq, faqat.
Xanjar urib nozik taningga,
O`zgalarga baxsh etmoq lazzat.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:45:15
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

:) :) :)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:45:22
Ilinju iltijo, iltimos dardi.
Sevgidan yig`lamoq nolamas albat,
Sevgiga yarashmas arazu g`iybat,
Ochiq dil bo`ladi odamning mardi!:)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:45:29
Ishonganim qani o‘zing,
Tolpinganim shodon so‘zing,
Qozonganim qolur to‘zib,
Oh, netayin umrim seni.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:45:38
Ishqing ila oshiqlar
Yonsin, yo Rasulalloh.
Ichib ishqing sharobin,
Qonsin, yo Rasulalloh!

Shul seni sevgan kishi
Tikmish yo‘lingda boshin,
Ikki jahon quyoshi
Sensan, yo Rasulalloh!

Shul seni sevganlarga,
Qil shafoat onlarga,
Mo‘min bo‘lgan tanlarga
Jonsan, yo Rasulalloh!

Darvish Yunusning joni,
Olam shafoat koni,
Ikki jahon sultoni
Sensan, yo Rasulalloh!..
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:45:44
Haq jahonga to‘ladir,
Kim o‘zi hakni bilmas,
Uni sen o‘zingdan so‘r,
U sendan ayri bo‘lmas.

Dunyoga ishongaysan,
Rizqni meniki deysan,
Nega yolg‘on so‘zlaysan,
Hech aytganing bo‘lmas.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:45:51
Sochilgan sochingday sochilsa siring,
Anor yuzlaringni kimga tutasan?
O'zing-ku: 'Alarda vafo yo'q!' - deding,
Nimaga ularni tag'in kutasan?

Cho'lpon
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:45:59
Nahot kelar yo‘ling kutsa birovlar,
Nahot qo‘llaringdan tutsa birovlar.
Nahot ko‘zlaringdan o‘psa birovlar,
Taqdir qon yig‘latdi, yig‘latgin sen ham.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:46:08
Mayda mish-mishlardan bitta bezgan — men,
Zanglagan hanjardek o`tdi u jondan,
Tanihib qo`yaylik: she’rni yozgan men —
Muhammad Yusufman
O`ZBEKISTONdan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:46:21
Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo`yding-ku.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:46:28
Uyda yotibman-u,
Sezib turipman,
Ko`kda kelayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog`dirib
Qanotlaridan,
Xasta shoiriga
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham
Ularga qo`l qoq —
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:46:34
Qancha ko`zlar menga zor edi,
Na g`am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so`kib qo`yding-ku.

:) :) :)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:46:41
Ularni men yana
Ko`rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To`ylar boshlandi.
Yuragim pora —
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim"¦
Demak, taqdir ekan
To`y ko`rmay o`lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

;) :D
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:46:47
Qanday yuzsiz do`stimsan,
Ohlar to`la ko`ksimdan
Oh urib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:46:54
Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat,
Seli g’amdin bu imorat bo’ldi vayron oqibat.

Qildi choki piroqan dog’I dilimni oshkor,
Qolmadi ko’nglumda zaxmi ishq pinhon oqibat.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:47:01
Topmoq - yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq — topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim —
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:47:08
Qarang, ming bir bargda kuzak uchadir,
Qizil-sarig’ida — yurak uchadir,
So’ngaklar uchadir, suyak uchadir —
Bu to’fon — xazonlig‘ menman, azizim,
Sizsiz ming kuzakka tengman, azizim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:47:14
Men senga osmonni keltirdim, sevgim,
Anov ikki to’zg’in buluti bilan,
Nimta oyi bilan, hududi bilan —
Men senga osmonni keltirdim, sevgim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:47:21
Usmon Azimdanmi?

Men senga bahorni keltirdim, sevgim,
Yomg’irlari bilan, sellari bilan,
Gullarni uyg’otgan yellari bilan —
Men senga bahorni keltirdim, sevgim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:47:29
Men senga saodat keltirdim, sevgim,
Ko’ngling ravshan bo’lsin — Chirog’i bilan,
Bedorligi bilan, charchog’i bilan —
Men senga saodat keltirdim, sevgim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:47:43
Men bora olmayman. Yurak to’la tosh.
Ayt, qachon vaznsiz bo’lmoqlik mumkin?
Qanday oy nuriga aylansa bo’lar
Va qachon oy nuriday sarg’aygan qo’llarim
Qaro sochlaringni silab titragay?

Dunyodagi Eng Go’zal Ayol,
nahot, bir umr kerak bo’lsa,
oy nuriga aylanmoq uchun?..

Usmon Azim
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:47:50
Nodirajon, Shoirajon,
tanam qimir etmaydi,
olis-olis vohalardan
tog`larimni chaqiring,
osmon to`la havolar
faqat menga yetmaydi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:48:04
Ishongan tog‘ing ketdimi?
Yo nomu oring bitdimi?
G‘urbatda yoring qoldimi?
Nechun yig‘larsan bulbul, hey"¦

Gulistonlarda yayrarding,
Toza gullarni bo‘ylarding,
Ajib xonishlar aylarding,
Nechun yig‘larsan bulbul, hey"¦

Uyqudan ko‘zim uyg‘ondi,
Uyg‘ondi, qonga bo‘yondi,
Yondi, bu yuragim yondi,
Nechun yig‘larsan bulbul, hey"¦

Ne bo‘ldi, Yunusga ne bo‘ldi?
Daryoi ishqqa g‘arq bo‘ldi,
Yana bahoriston bo‘ldi,
Nechun yig‘larsan bulbul, hey"¦
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:48:12
Yodingdamu yoshligimiz,
Beqaror beboshligimiz,
To‘ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:48:18
Zolimsan bunchalar ey, qalam-qoshim,
Umidim, yulduzim, mohim, quyoshim,
Rahming hech kelmaydi men oshig‘ingga,
Axir tugadi-ku sabr-bardoshim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:48:24
Men boshimni urmagan bir tosh qolmadi,
Rostin aytsam, yuragimda dosh qolmadi.
Qurib qolgan kiprigimda yosh qolmadi,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:48:31
Yosh edim yoshligim o`tmaydi depman,
Bu masrur lahzalar bitmaydi depman,
Ota-onam aslo o`tmaydi depman,
Adashdim, eyvoh, adashdim.

To abad qalbimni g`ashlab ketdilar,
Chorasiz ko`zlarim yoshlab ketdilar,
Bir-birin baqoga boshlab ketdilar,
Adashdim, eyvoh, adashdim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:48:42
Men boraman. Bu jonim,
Senikidir... O'ksima.
Tunda qo'rqma. Oq tongning
Bir parchasi ko'ksimda...

Bek
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:49:02
Axtarurlar hamisha illat,
Etti pushting go'rin titarlar.
Faqat unma, ulg'ayma faqat,
Xato qilishingni kutarlar.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:49:21
Rostin aytsam arzimaysan,
Na she’rim, na sevgimga.
Men balandman! Qo’ling yetmas!
Ketavergin tenging-la...

Nima deding! Aslo, hech ham
Ko’zimdagi yosh emas.
Yosh bo’lsa ham sening uchun,
To’kmayapman... Bo’ldi... Bas...

Ketgin endi. Sevmayman-ku,
Meni qoldirgin yolg’iz!
Tugayapti sabrim... Tag’in —
Oyog’ingga cho’kmay tiz...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:49:28
Zolim qo‘lidagi qo‘g‘irchoq arra,
Hamma-hammasini oldimi qirqib?!
Oh kunda, voh kunda, yoningga qara,
Novdacha turibdi, mo‘ltirab, qo‘rqib...

Hali tomirlaring ko‘chmagan ekan,
Ona tuproq sendan kechmagan ekan,
Dunyoga ko‘z ochgan kuning singari,
G‘aribim, boshqatdan boshlanar bari...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:49:34
Iymon ber ruhimga, jismimga jon ber,
Loyimni qorishtir, poklab ber menga.
Ojiz tomirimga pokiza qon ber,
Ravshan qil, qoramni oqlab ber menga.

Oxirat ilmidan qil meni ogoh,
Murodim shamini so'ndirma, Alloh.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:49:41
Har kishining jahonda ko'nglidagi yor bo'lsin.
Sevgida saodati doim barqaror bo'lsin.

Yorning har takallumi, mo'miyodir, asaldir
Bir jon emas yuz jon ham yo'lida nisor bo'lsin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:49:48
Nigohida oftoblari bor,
Ko'z yoshlarin javoblari bor,
So'ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Muhabbat yo'q ekan dunyoda!

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:49:55
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o'tlar bosgan o'rmonim bor.
Qizg'aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o'tmagan otajonim bor.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:50:07
Rangim somon azizim,
Bu ne zamon azizim?
Holim yomon azizim
Sizga qolgan kunim bor.

Tig‘lar zanglar ko‘ksimda,
G‘ubor changlar ko‘ksimda.
Mudom janglar ko‘ksimda
Sizga qolgan kunim bor.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:50:17
Raqib bilganlarim qo'rqoq, deb aytsa,
Do'stim dushman undan behroq, deb aytsa,
G'ururi osmonmas, tuproq, deb aytsa,
Ko'zim, yoshlaringni yurakka yashir.

Bevafo atasa ortimdan sanam,
Bebosh deb qarg'asa, tuqqanim onam,
Aybsiz ayblovlardan titrama, tanam,
Tanam, titrog'ingni yurakka yashir.

Lekin vijdon meni inkor etgan kun,
Iymon, e'tiqodni inkor etgan kun,
Ruhim, soqiy bo'lib ajal mayin sun,
Azasiz, ko'zyoshsiz tuproqqa topshir.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:50:24
Rostin ayt, men ozlik qildimmi senga?!
Ayt, bir yurak ozmi? Mana! To'ydim-ku!
O'jar sevgim bilan tegdim joningga,
Kechir, rashkim bilan qiynab qo'ydim-ku.

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:50:31
U kun chetda oh chekardim
G`ussalarning dastidan.
Sen otamga pul beribsan
Yostig`ingning ostidan.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:50:39
Nahot shuncha ma`sum, shuncha pok,
Sevishmoqda alam bor shuncha,
Bardosh bermsa iroda, idrok,
Tamoman lol aql tushuncha...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:50:51
Ayriliqni o‘ylasam,
Tomirimda muzlar qon.
Ko‘zlaring haqqi qasam,
Sensiz kun yo‘q, Qizlarxon.

Ichganim qasam ekan,
Quchganim tizzam ekan.
Qizlarxonning ko‘nglini
Koshki, bilmasam ekan.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:50:58
Nokaslarni bor qiladursan,
Kimki haqso'z xor qiladursan,
Egrilarga eshmisan, so'zla
Nechun g'alat kor qiladursan.

Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:51:04
Ne qilsa otamen, meros hissiyot...
Jondan sog'inishga uning haqqi bor,
Kutaman uzoqdan ko'rinsa bir ot,
Kelayapti, deyman k'rinsa g'ubor.

Bahor novdasida bo'rtgan har kurtak
Sog'ingan ko'ngilga berar tasalli.
Ko'chatlar qomatin eslatganidek,
Nafasin ufurar tong otar eli.

G'afur G'ulom
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:51:14
Ikki yorti bosh uzra
Porlasin ishq quyoshi.
Qizga hayo, yigitning
G'urur bo'lsin yo'ldoshi.

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:51:20
Istaganlar, bizni sahroi baloda istangiz,
Vodiyi hijron ila dashti fanoda istangiz.

Vomiqu, Farhodu Majnundeklar ul vodiy aro
Bo'lsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:51:27
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo’lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:51:33
Ko'rgali husnungni zoru mubtalo bo'ldum sanga,
Ne balolig' kun edikim, oshno bo'ldum sanga.

Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko'ngul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo'ldum sanga.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:51:40
Ayb etmangiz,
Do'stlar, bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?
Kimni etmas bu ko'ngil shaydo,
Kim she'r yozmas mening yoshimda?!

Sevgi ilk bor tushdi-yu qalbga
Hayotimning bo'ldi mazmuni.
U qo'limga tutqazib qalam,
Ko'zlarimdan oldi uyquni...

Erkin Vohidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:51:47
Ishqing bilan ado bo'lsam,
Kishishi yo'q gado bo'lsam,
Bir so'zingga fido bo'lsam,
Nega meni qiynarsan, yor...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:52:16
Rangpar chorbog‘. Daraxtlar
Donishmandday tek qotgan.
Tillo to‘shak— yaproqlar,
Dilda g‘ashlik uyg‘otgan.

Kechagina ko‘zimni
Quvnatgan yaproq qani?
Quchog‘ida ko‘klamlar
Soch yoygan chorbog‘ qani?

Qani, gullagan daraxt—
Oq libosli kelinchak?
Orzumday qanot qoqqan
Oppoqqina kapalak?!

Onamday sochlarimni
Silagan sabo qayda?!
Sabolarni quvlagan,
Bokira havo qayda?!

Zumda bari ta’birsiz
Shirin tushga aylandi.
Orzum — jufti tuzoqqa
Tushgan qushga aylandi.

Rangpar chorbog‘. Bittalab
Jonday uziladi barg.
Balki erta ertalab
Oqtuproq tortar falak.

Tamom, hammasi tamom,
Alvido, bahor endi —
Qara, yuzimda xazon,
Sochlarimga qor indi.

Abdulaziz Muborak
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:52:23
Ishoning, ko'zimni to tuproq bosib -
Qolguncha Sizniki bo'lmayman desam.
Ammo Siz hech kimga qilmaysiz nasib,
Hech kimga bermayman, ichganman qasam...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:52:31
Men kimman, bir ko‘ngil quliman xolos,
Dardini she’r qilgan shoirman, shoir.
Nahotki siz menga qilasiz havas,
Nigohi og‘ir qiz, nigohi og‘ir?..

Bir kuni uchrashmoq bordir qaytadan,
Qachondir yo‘limiz bog‘laydi taqdir.
Qolgan gaplarimni keyin aytaman,
Nigohi og‘ir qiz, nigohi og‘ir...
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:52:38
Rashk — ishqim ko‘kini qoplagan tuman,
Visol — men boshini topolmagan yo‘l.
Hijron — oramizni buzgan yosuman,
Sevgi — men rangini anglolmagan gul.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:52:44
Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila,
Sindirur yuz qand bozorini shakkar xand ila.

Toki hayronmen senga nomus ila itmish ko'ngul,
Telba yanglig'kim, qochar el g'ofil o'lg'ach band ila.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:52:52
Ay, ko‘nglimni qitiqlagan, erka gul!
Ay, olamni ko‘mgan orzu-sirga, gul!
Qayga desang, men ketaman birga, gul
Sen ham mendek dardga xaridormisan?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:53:01
Necha kunki yorning firog'indaman,
Parvonadek husni charog’indaman,
Bir olov ko‘zlining so‘rog’indaman,
Ko‘rinurmu qarang ko‘zga, turnalar.
Bir xabar bersangiz bizga, turnalar...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:53:07
Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing —
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..

Muhammad Yusuf.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:53:14
Nargis,
nigohlarim sarg‘ayib borar,
kelar yo‘llaringga cho‘kkanicha tiz,
hijron yomg‘irlari boshimni yorar,
Sensiz.

Sensiz
nigoron dil yig‘idan tinmas,
mungli qo‘shig‘ini kuylaydi unsiz
u desam ovunmas, bu desam ko‘nmas
hargiz.

Hargiz
hasratlarim yetmas poyonga,
Ko‘zingni eslatib termular yulduz.
Meniyam olib ket... osmonga,
Nargis.

Nargis,
iqbolimiz nechun hayallar?
ayt, visol onlari bunchalar olis?!
meni mendan judo aylar xayollar
Sensiz.

Sensiz...
gapirgim ham kelmaydi, aytsam,
hayot ham ko‘zimga g‘alati, hissiz,
senga baribirmi, nahot mensiz ham?
Esiz!...

Abdulaziz Muborak
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:53:20
Zor qoldi ko`nglimning bu ko`chalari,
Sog`inganda yo`qlab kelmading bir bor.
Tor bo`ldi ko`zimga bu keng olam xam,
Dardrli hasratimni sezmading bir bor.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:53:27
Rivoyatni ko'rub Haq-la, so'zlashtim men,
Yuz ming turluk maloyikg'a yuzlashtim men,
Ul sababdin Haqni so'zlab, izlashtim men,
Jonu dilim anga fido qildim mano.

Ahmad Yassaviy
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:53:36
Oqshom yulduzlarga boqib yig'ladim,
Daryo to'lqinida oqib yig'ladim...
Menam daryo bo'ldim, sel-selob bo'ldim,
Yuragim olmaday qalqib yig'ladim...

Iqbol Mizro
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:53:45
Mana oqshom cho‘kdi.
Xazonli bog‘da
Tillorang yaproqlar unsiz yig‘laydi.
Sezdim— ming yillarcha mendan yiroqda
Sevgisi xo‘rlangan bir qiz yig‘laydi.

Yig‘laydi
Gullar ham ovuta olmas,
Ko‘z yoshi oldida daryolar tomchi
Kimdan alamini olishin bilmas,
Ki o‘zi bevafo, o‘zi aldamchi...

Yig‘laydi
Dunyoni unutib butkul,
Unga sho‘x sabolar begona endi,
Dunyoga aldanib kuygandir ko‘ngil,
Devorga urilgan peshona endi.

Yig‘laydi
Goh behush, gohi hushida
Baxtini taqdirdan qiladi ta’na.
Sevgani opqochib ketar tushida...
Cho‘chib uyg‘onadi, yig‘laydi yana.

... Yana oqshom cho‘kdi.
Kuz cho‘kkan chorbog‘.
Turibman xazonning holini so‘rab.
Yuzimda xazonday tabassum, biroq
Yig‘layman soydagi baliqqa o‘xshab...

Abdulaziz Muborak
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:53:52
Bir qiz yig'lar buloq boshida,
Ma'yus majnuntollar qoshida,
Ko'ngi ohi ko'zin yoshida:
Bevafo ko'p ekan dunyoda...

Nigohida oftoblari bor,
Nolishlarin javoblari bor,
So'ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...

Tovoniga tushgan kokillar,
Qizginaga qo'shilib yig'lar,
Bir so'z dilga sanchadi tig'lar -
Bevafo ko'p ekan dunyoda...

Dildan ko'chib ketsa xayollar,
Yomonga yo'q ekan jazolar,
Yolg'on dunyo ekan dunyolar,
Bevafo ko'p ekan dunyoda.

Ermak ekan endi Laylolar,
Majnun g'arib kezgan sahrolar,
Ertak ekan Tohir-Zuhrolar,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...

Bir qiz yig'lar buloq boshida,
Ma'yus majnuntollar qoshida.
Ko'ngil zori ko'zin yoshida:
Bevafo ko'p ekan dunyoda.

Qo'y yig'lama mening jon singlim,
Men ham sendek bag'ri qon singlim.
Menga ham yo'q mehribon singlim,
Bevafo ko'p ekan dunyoda,
Muhabbat yo'q ekan dunyoda!

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:54:00
Azoblaring dilim tilar, sen bilmading,
Kulay desam, ko‘zim yig‘lar, sen bilmading,
Eslamadi bir bor dema, go‘zalginam,
Eslaganim xudo bilar, sen bilmading.

Eh, nima qilay bir dalliyu devonaman,
Oyog‘ingda xor etganing — ostonaman,
Dilimda sen, lekin senga begonaman,
Yuragimda armon yig‘lar sen bilmading.

Tohir Mahkamov qo'shig'i muqaddimasidan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:54:07
Garchi o’rtamizda sog’inchu hijron,
Garchi visol yo’li vayrondir, vayron,
Ammo azobingiz ko’ksimda har on —
Muqaddas olovday qoldi, yorijon,
Shukurkim, siz bilan yondim, yorijon.

Yashardim o’zimga muz kabi boqib,
Ishq keldi, jo’nadim, daryoday oqib,
Menga habib bo’ldi hatto shum raqib —
Ko’rib — to’lqin-to’lqin qonim, yorijon,
Siz mening jonimsiz, jonim, yorijon.

Hech qachon demasman boshni yo’qotdim,
Eridim, vujuddan toshni yo’qotdim.
Yillarni yo’qotdim — yoshni yo’qotdim,
Mendan ayro tushdi yolg’on, yorijon,
Shundanmi tillarim ravon, yorijon.

Nodon der "žSen borni yo’qqa almashding,
Quyoshni bir g’arib cho’qqa almashding..."œ
Kulaman: "œXalqobni ko’kka almashdim..."œ
Endi yurar yo’lim falak, yorijon,
Qanotga aylandi yurak, yorijon!

Usmon Azim
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:54:20
Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko`rib men bor dunyoni unutdim.
Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg`iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:54:27
Men seni sevaman deyolmagan qiz,
Yuzingda uyatmi, ko‘zingda afsus?
Meni eslaysanmi olisligingda?
Qo‘msab yig‘laysanmi yolg‘izligingda?

Men seni sevaman deyolmagan qiz,
Olisda yolg‘izlik etmasmi ma’yus?
Ma’yuslik ro‘yingni kuz etmaydimi?
Kuz senga holimni eslatmaydimi?

Men seni sevaman deyolmagan qiz,
O‘, kimlar poyingda tiz cho‘kmadi, tiz.
Haliyam g‘ururing osmondami ayt,
Haliyam men senga yomonmanmi, ayt?

Men seni sevaman deyolmagan qiz,
Nahotki, olamda qoldirmading iz?!
Ismingni eslasam... eslasam edi!
Eng ko‘hna so‘zimni so‘zlasam edi:
-Men seni sevaman!
-Men seni sevaman,
Men seni sevaman deyolmagan qiz...

Abdulaziz Muborak
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:54:41
Zamin aylanadi, chiqadi quyosh
Hargiz kibr bilan ko‘tarmagin bosh.
Oyoq ostingdagi xarsangni tepma,
Balki haykal bo‘lar senga o‘sha tosh.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:54:48
Shu kun do‘stdan keldi xat:
«Sizga katta ta’ziya —
Aza emas, to‘y bo‘ldi,
Erga tegdi Roziya...»

Ko‘z oldimda bir chaqmoq,
Chaqnaganday tuyuldi.
Ishim chappa aylanib,
Tushim o‘ngidan keldi.

Endi menga baribir,
Butkul boshqa bolaman.
Alamimni birgina
She’riyatdan olaman.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:55:01
Ne ajabkim, mast bo`libman
Ko`zlaringga termilib,
Yetti iqlimda bu yanglig`
May yo`gu mayxona yo`q.

Ishq g`amin aytsam qalamga
Ich-etin kuydirdi ul,
Sevgidek o`t yo`q jahonda,
Men kabi so`zona yo`q.

Oq qog`ozim, senga Erkin
Ochdi pinhon ishqini,
Sen boru men bor, qalam bor
O`rtada begona yo`q

Erkin Vohidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:55:08
Qaydasan, sen, bu kun behuda
Hasrat bilan kuyingda yondim.
Sening o'tli mehringdan judo
Sap-sarg'aygan sahroda qoldim...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:55:19
Maylimi, mohchehra malagim,
Bir lahza yodingda yashasam?
Maylimi, aqalli allakim,
Eng olis kishingga o‘xshasam?

Maylimi, oydanam olisim,
Zamindan ko‘shkingni ko‘zlasam?
Maylimi, men—daydi bir nasim,
Mehringni mozorin izlasam?

Maylimi, tegrangda kun ko‘rib,
Eng og‘ir kuningga yarasam?
Mayliga, maylimni sindirib,
Maylimi, maylingga qarasam?

...So‘rab ham o‘tirma
sen bo‘lsang...

Abdulaziz Muborak
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:55:26
Gul yig’ladi,go’yo qildi tilovat,
Tun yig’ladi,so’zlab dardli hikoyat
Jonu tanda boshlama-da, qiyomat,
Azobingni bas qil endi, muhabbat.

Topolmasdan,izlagan ko’z ne qilsin?,
Dildan tomib yig’lagan so’z ne qilsin?
Yuragingga sig’magan qiz ne qilsin?
Azobingni bas qil endi, muhabbat...
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:55:33
Tog`larni tun chulg`ar. Yotaman behol,
U darcham oldida paydo bo`ladi.
Gohida mo`ysafid, ko`pni ko`rgan chol,
Gohi lashkarboshi bo`lib keladi.

Rasul Hamzotov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:55:45
Ishq iplari-ko'k toladir,
Kuylarim dardli noladir.
Ko'zda yoshlarim joladir,
Kel,ko'r,mani ishq nayladu.

Tugab borar sabr-bardosh,
Visolning qo'llarida tosh.
Otashingga berolmay dosh,
Kel,ko'r,mani ishq nayladi.

Kumushbibi :)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:55:52
Ichganim qasam ekan,
Quchganim tizzam ekan.
Qizlarxonning ko‘nglini
Koshki, bilmasam ekan.

Sovg‘a qilgan ro‘molin
O‘ramayman, debdi u.
Ko‘rishganda ahvolin
So‘ramayman, debdi u.

Iqbol Mizro
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:56:08
Ularni men yana
Ko`rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To`ylar boshlandi.
Yuragim pora —
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim"¦
Demak, taqdir ekan
To`y ko`rmay o`lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Muhammad Yusuf
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:56:17
Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib,
Eng yorug' yulduzdan seni so'raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir:"Men uni tushda ko'ramen.
Tushimda ko'ramen, shunchalar go'zal,
Bizdan-da go'zaldir, oydan-da go'zal!.."

Cho'lpon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:56:23
Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila,
Sindirur yuz qand bozorini shakkar xand ila.

Toki hayronmen senga nomus ila itmish ko'ngul,
Telba yanglig'kim, qochar el g'ofil o'lg'ach band ila.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:56:32
Asli turkman qiz bir bahona xolos,
Izlaganim edi sizlar kabilar,
Qo`msaganim hayo — momomlarga xos,
Sog`inganim edi Kumushbibilar"¦

Yonsam hajringizda mening yonishim,
Kuysam siz tufayli ko`nglimdagi cho`g`,
Turkman qizlarda yo`q mening tanishim,
Qalinga tuyam ham tushib qolgan yo`q!

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:56:43
Qizim hali yosh-ku, deb,
Otasi qo‘ymas ekan.
Balog‘atni, yaxshilar,
Yashirib bo‘lmas ekan.

Har bir bosgan iziga
Ta’na qilib o‘tadi.
Ro‘molini yuziga
Pana qilib o‘tadi.

Ayriliqni o‘ylasam,
Yuragimda muzlar qon.
Xudo haqqiga qasam,
Sensiz kun yo‘q, Qizlarxon.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:56:50
Nafasim — g‘animat, so‘zim g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.

Yaratganga borib aytaman seni!
Uzi hukm etsin odil va xolis.
Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz ...

Iqbol Mirzo
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:56:56
Zangor o`rmon bag`rida
Mag`rur o`sgan, oqqayin.
Senga keldim atayin,
Kel, qo`shig`im aytayin

Seni ko`rdim, esladim,
Oqbilak malagimni
Yoshlikning tor yo`lida
Yo`qotgan tilagimni.

Zangor o`rmon bag`rida
Mag`rur o`sgan, oqqayin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:57:03
Nahot kelar yo‘ling kutsa birovlar,
Nahot qo‘llaringdan tutsa birovlar.
Nahot ko‘zlaringdan o‘psa birovlar,
Taqdir qon yig‘latdi, yig‘latgin sen ham.

Ketsang meni qarg‘ab, mendan bezib ket,
Ko‘ksimga majnun deb, o‘yib chizib ket.
Jismimni bosib o‘t, yanchib ezib ket,
Taqdir qon yig‘latdi, yig‘latgin sen ham.

Bu zolim dunyoning jafosi degil,
Yo taqdir azalning xatosi degil.
Bemahal sevgining jazosi degil,
Taqdir qon yig‘latdi, yig‘latgin sen ham.

Seni yeru ko‘kka ishonmas ko‘nglim,
Kulmasang bir lahza quvonmas ko‘nglim.
Ey, Karim, bir so‘z ham deyolmas ko‘nglim,
Taqdir qon yig‘latdi, yig‘latgin sen ham.

Abdukarim Jumaboyev
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:57:11
Men senga osmonni keltirdim, sevgim,
Anov ikki to’zg’in buluti bilan,
Nimta oyi bilan, hududi bilan —
Men senga osmonni keltirdim, sevgim.

Men senga bahorni keltirdim, sevgim,
Yomg’irlari bilan, sellari bilan,
Gullarni uyg’otgan yellari bilan —
Men senga bahorni keltirdim, sevgim.

Men senga saodat keltirdim, sevgim,
Ko’ngling ravshan bo’lsin — Chirog’i bilan,
Bedorligi bilan, charchog’i bilan —
Men senga saodat keltirdim, sevgim.

Senga bir tinch dunyo keltirdim, sevgim,
"žMana, olgin, dedim, hamma narsa taxt —
Mana bu mehrdir, mana bu-chi — baxt..."œ
Senga bir tinch dunyo keltirdim, sevgim.

Usmon Azim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:57:29
Men seni haliyam yaxshi ko'raman,
Tovushing eshitgim keladi juda.
Telefon gardishin aylantiraman,
Qo'ng'iroq chorlaydi. Ammo behuda.

Ko'hi Qofga qadar ketardim, Laylim,
Ko'zingni bir bora ko'rmoqlik uchun.
Na chora?
Bu charxga qurbim kelmaydi,
Afsus, bu gardishga yetmaydi kuchim.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:57:36
Meni yondir dedim — olovga tutding,
Zarra-zarramgacha yoniblar ketdim.
Har bir qadamimda sinovga tutding,
Qoqilib yashashga ko‘niblar ketdim.

Boshimni toshlarda yordim necha bor,
Nega uyg‘onmayman, mudrayman doim?!
O‘zing xohlamasang, barchasi bekor.
Odam qiladigan dard ber, Xudoyim!

Behzod Fazliddin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:57:43
Men bora olmayman. Yurak to’la tosh.
Ayt, qachon vaznsiz bo’lmoqlik mumkin?
Qanday oy nuriga aylansa bo’lar
Va qachon oy nuriday sarg’aygan qo’llarim
Qaro sochlaringni silab titragay?

Dunyodagi Eng Go’zal Ayol,
nahot, bir umr kerak bo’lsa,
oy nuriga aylanmoq uchun?..

Usmon Azim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:57:50
Navro‘zgulim, boychechagim bormisan,
Men senga zor, sen ham menga zormisan?
Muz ichida asradim men ko‘nglimni
Sen o‘zingni asrab, baxtiyormisan?

Omonliqsan, to‘tiyosan ko‘zlarga,
Sevgi maktubisan ma’sum qizlarga.
Suykalasan dudoqlarga, yuzlarga,
Bitta o‘zing bir butun gulzormisan?

Iqbol Mirzo
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:57:56
Nechun o'g'irlading o'yu fikrimni,
Nechun xayolimni aylading sarson.
Endi men bilmasman borar yerimni,
Endi tuyg'ularim qoldi sargardon...

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:58:03
Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman.

Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:58:10
Necha kunlar o'tdi, lekin so'rmading holimni bir,
Oxirida hol so'rab kelsang magar, ketmoqdaman.

Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar,
Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.

Bilmadim, hech bormikin asli dardimga shifo,
Xasta bu Abdulladan olgin xabar, ketmoqdaman.

:) Abdulla Oripov
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:58:17
Ninachining qanotidek barging bor,
Asal va sut bo‘yi kelar atring bor.
Qadrim bilib yo‘qladingmi, qadring bor,
Yolg‘izginam, yolg‘izlarga yormisan?

Ay, ko‘nglimni qitiqlagan, erka gul!
Ay, olamni ko‘mgan orzu-sirga, gul!
Qayga desang, men ketaman birga, gul
Sen ham mendek dardga xaridormisan?

Iqbol Mirzo
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:58:27
Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo`yding-ku.

Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding,
Jon kerakmi — mana ol endi,
Qiynar bo`lsang qiynab to`yding-ku.

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:58:38
Umr o'tar,vaqt o'tar,
Xonlar o'tar,taxt o'tar,
Omad o'tar,baxt o'tar,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sening yurishlaring,sening kulishlaring.

Bahorda bog' na go'zal,
Qor tushsa tog' na go'zal,
Bu yoshlik chog' na go'zal,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
So'zsiz qarashlaring,holim so'rashlaring.

Oy chiqar goh zaholi,
Do'stlar ko'pdir vafoli,
Hayot shundan safoli,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sokin so'zlashlaring, pinhon izlashlaring.

Umr - yo'l, qayrilish ko'p,
Uchrashish, ayriliq ko'p,
Unutish, aytilish ko'p,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
O'sha kulishlaring, o'sha kelishlaring...

Omon Matjon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:58:46
Ginam yo`qdir kuzda ketgan oqqushdan,
Iymanmasin qayta eshik qoqishdan.
Qumri bilan birga chiqdik bu qishdan,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Jon ustiga asrab yuray ko`kni men,
To`yib-to`yib ko`zga suray ko`kni men.
Yana senga yetamanmi-yo`qmi men,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:58:53
Mana, bir umrni yashadim sensiz,
Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib,
Tobuting boshida cho’kkanimda tiz,
Farzandlar ko’tardi qo’limdan tutib.

Zulfiya
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:58:59
Bildim bugun hayotimda nimadir kam,
Bilolmadim qaydan uni daraklayman.
Yig‘lamayman, faqat menga qilar alam
Endi faqat armonlarga kerakdayman...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:59:05
Nahot, qachonlardir chiqadi quyosh,
Nurga yo’g’riladi bu sovuq dunyo?
Endi bu hayotim ketguncha bardosh,
Endi bu hayotim meniki tanho...

Usmon Azim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:59:19
Oylar o'tdi va yillar o'tdi,
Lekin sendan bo'lmadi xabar.
Yolg'iz seni men yolg'iz kutdim,
Kuta berib xun bo'ldi jigar.

Mana oxir sen-da namoyon,
Muhabbatim, ko'zim, ismatim.
O'ngmi, tushmi, yo shirin armon?
Birdan yaraqladi qismatim.

Sen o'sha-ku xayolda ko'rgan,
O'sha nigoh, oshno tabassum.
O'sha ohu ko'zlar tig' urgan
Va yurakka boshlagan hujum.

Senga juda g'alat tuyular
Balki sevging bilan yonganim,
Menga og'u kabi quyular
Shunday buyuk ishqdan tonganing...

Oylar o'tdi va yillar o'tdi,
Yurak esa ishonch va g'amda.
Qanchadirki, o'tgan vaqt kutdim,
Seni kutdim kuyib otashda.

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:59:27
Asta pichirlaysiz,-"kechir bechoram",
Men noshudni sevgan xasta devonam.
Ko'rsayding holimni,ko'r bir parvonam,
Lahzalik diydorni istab qolasiz,
Men ketgandan so'ng meni izlab qolasiz...
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:59:35
Zamon holim so‘rmadi,
Makon holim so‘rmadi,
Menam tomchi edimku,
Ummon holim so‘rmadi,
Ummon holim
So‘rmadi!

Qachon gul ocharkinman,
Qachon nur socharkinman.
Xudoyim-a, xudoyim,
Aytgil o‘zi man KIMMAN?
Aytgil o‘zi man KIMMAN?

Guljamol Asqarova
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:59:43
Noqisu nojins avlodin kishi bo'lsun debon
Chekma zahmat yaxshi bo'lmas kasofat olami
Kim ho'tik birlan kuchukka qancha qilsang tarbiyat
It bo'lur, eshak bo'lurkim, bo'lmaslar aslo odamiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 06:59:49
Yo'llar armonlarga boshlasalar ham,
Armonlar ko'zlarim yoshlasalar ham,
Neki azoblarga tashlasalar ham,
Mayli, men seni deb yashayman, jonim,
Sensiz azoblarda netay men, jonim.

Bulbullar sayragan bog'larim tinsa,
Ko'nglim sokinlikka chidolmay sinsa,
Do'stim bilmaganni dushmanim bilsa,
Mayli, men seni deb yashayman, jonim,
Sensiz azoblarda netay men, jonim.

G'iyos Boytoyev qo'shig'idan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:00:02
Meni unutishga tutinma bugun,
Ko`ksimda qalbingning bor harorati.
Muhabbat - bo`g`lansa yechilmas tugun,
Uni yecholganning yo`q halovati.

Meni unutishga urinma aslo,
Bardoshing yetarmu ketgani kechib?
Ko`zlaring ko`rmaydi ko`zlarim go`yo,
Mensiz qolmasmikin qalbing ichikib?

Meni unutib sen toparmisan Baxt?
Men yolg`iz o`zingni Baxt deb bilardim.
Sensiz umrim bo`lar abadiy karaxt,
Sendan boshqa Baxtni ko`rmas nigohim

Ko`zlarim ko`rmikan aslida meni?
Sendan o`zgasiga tortmaydi dilim.
Ko`zlaring ko`rmikan aslida seni?
Seni sevaman, deb aytolmas tiling.

Meni unutishni oson bilmagin,
Ko`ksingda hali ham yonar tuyg`ular.
Mendan ayri ketib xato qilmagin,
Bir kun kech bo`lganda jisming uyg`onar.

Meni unutishga tutinma boshqa,
Labimda nafasing harorati bor.
Sensiz yasholmasman, ko`zlarim yoshda,
Orada sevgi bor, qolgani bekor...
Shahnoza Matnazarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:00:08
Rahm ichra paydo bo'ldum, nido keldi,
Zikr ayt, deb, badanlarim junbush qildi,
Farzandim, deb haq Mustafo ulush berdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:00:16
Alanga chaqnaydi ko'zimda,
O'tlar meni tashladi tilib.
Sevgi, sevgi mening bo'g'zimda,
Kalimaga kelmaydi tilim.

Shunday ajib tushlar koribman,
Tushlarimda uni ko'rdim men.
Shunday ajib tushlar ko'ribman,
Huzurida yonib turdim men.

Yana sevgim qoldi yurakda,
Ul qiynaydi meni beomon.
Tushlarim ham tugab bormoqda,
Bir so'z ayta olmasman hamon.

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:00:33
Neniki sharob deb o'ylab yugurdim,
Sarob bo'lib chiqib, qoqildim yo'lda.
Qaerdaki ko'm-ko'k jannatni ko'rdim,
Uchib etgach hayron, tentidim cho'lda.

Neni oy deb o'ylab, ko'zimni tikib,
Zarrin shu’lasiga yuz tutdimki zor,
Oy deb o'ylaganim yoy bo'lib chiqib,
U otgan o'qlardan ko'ksim yarador.

Neniki mangu deb ushlagan paytim,
Baliqday sirg'alib chiqdi qo'limdan.
Ortiq oldi, ammo bermadi qaytim,
Savdogarlar chiqib ba’zan yo'limdan.

Qay bog' qorovulin g'aflatki oldi,
Bog'ni talon etar o'g'riyu kazzob.
Bu kun darmon ketib tizlarim toldi,
Sizki yonimdasiz, yonimda azob.

Kim men qushcha misol talpingan damim,
Qarg'aday xo'mrayib tashladi nazar.
Bu kun ularda bor o'chim, alamim,
Bu kun men ulardan qilarman hazar.

Ishqingizdan qoldi yuragimda dog',
Angladim ishqingiz o'tsiz ekanin.
Porlab ko'ringan gul bo'ldi-yu yantoq,
Ko'nglimni qon qildi uning tikani.

Agar ishqingizda bo'lsa edi o't,
Bu qora quyunlar qilmas edi kor
Va mening qalbim ham qolarmidi but,
Ming bitta baloga bo'lmay giriftor.

Bu chigal xatolar to'ydirdi juda,
Tilagim oq, sizga duch kelsin baxt, shon.
Ammo menga ayting bir og'iz vido
Va uzilsin bizni bog'lagan arqon.

Siz bilan minnatdor xayrlashaman...

Halima Xudoyberdiyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:00:43
Nahot, she’rlar aytdim
bo`shliqqa qarab,
nahotki, sovrildi olov so`zlarim,
nahotki haq bo`lsa, el-u yurt asli,
quruq so`zlar degan gumroh do`stlarim?!
Nahot, bekor o`tdi
gulday umrimning
ming yilga tatirlik oltin choqlari,
nahot biror ruhni uyg`otolmadi
shoir yuragimning qaldiroqlari?!
Nahotki, birorta dilga yetolmay,
behuda sarflanib qancha kuch-chidam,
kelib ketaverar yorug` dunyoga,
kelib ketaverar menday kuychilar?!

Shavkat Rahmon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:00:50
Rostin ayt, men ozlik qildimmi senga?!
Ayt, bir yurak ozmi? Mana! To'ydim-ku!
O'jar sevgim bilan tegdim joningga,
Kechir, rashkim bilan qiynab qo'ydim-ku.

Kechir, endi mening quyoshim botdi.
Senga ishonmadim. Sen mendan tonding.
Bir tuban nomingni loylarga otdi,
Razil kimsalarga nechun inonding?!

Menga og'ir ichmoq sening ko'zyoshing,
Boshingda g'amlarning toshlari sindi.
Ko'rib turibsan-ku, tosh bo'lsin boshing,
Kel, jimgina vidolashaylik endi.

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:00:57
Izg‘irdim sargardon men sizni izlab,
Tovonimni teshdi saraton, yomg‘ir.
O‘zimni la’natlab, sizimni sizlab
O‘lmay turib o‘ldim, siz uchun oxir...

Rauf Parfi
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:01:09
Raqib bilganlarim qo'rqoq, deb aytsa,
Do'stim dushman undan behroq, deb aytsa,
G'ururi osmonmas, tuproq, deb aytsa,
Ko'zim, yoshlaringni yurakka yashir...

Islom Hamro
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:01:15
Rubbi maskun ichra sayyod, o'zim sayd,
Ortiq madorim yo'q, voqifsan ahir.
Manglayda yozilgan farmoningni ayt,
Da'vat qil, gunohkor bandangni chaqir.

Iymon ber ruhimga, jismimga jon ber,
Loyimni qorishtir, poklab ber menga.
Ojiz tomirimga pokiza qon ber,
Ravshan qil, qoramni oqlab ber menga.

Oxirat ilmidan qil meni ogoh,
Murodim shamini so'ndirma, Alloh.

Rauf Parfi
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:01:22
Hayajonu zavqdan begona,
Tinch daryoday jim oqdi umrim.
U zamonlar sen bir afsona,
U payt hali yo'q eding, qumrim.

Vahimali, cheki yo'q olam,
Bag'rida har sharpadan cho'chib
Yashadim men - eng mitti odam,
Goh miltirab, gohida o'chib.

So'ng sen kelding sevib, o'rtanib,
Panohimga, mehrimga mushtoq.
Yoningdaman, qo'rqma, sevgilim,
Men naqadar qudratliman, boq!

Usmon Azim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:01:30
Qo'ling... sening qo'llaring,
Muloyimdir ehtimol.
Ayri tushdi yo'limiz,
Sevar yorim, yaxshi qol.

Muhabbat, unut meni,
Va men ham... unutmayman.
Tushlaringda kut meni,
Tushlaringga kirgayman...

Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go'zalsan.
Kel, ko'rishib turaylik,
Salomlashmay, uyalsang.

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:01:37
Go'yo bo'ston ichra ochilgan chechak -
Bu harir oq libos poklik timsoli.
Umr go'zal bo'lur: baxtli kelinchak,
Guvohlik beradir ko'zgu misoli.

Bu kun to'y kechasi, sevgi ayyomi,
Bu kun to'y kechasi, shodlik toshadi.
Bu ikki baxtiyor - dunyo salomi,
Ikki dil hayotga qadam tashladi.

Bu, barcha ko'rgulik ko'rgan hayotdir,
Hayot barchasiga qilgaydir toqat.
Umr deganlari zahmat, sabotdir,
Umr deganlari ishonch, sadoqat.

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:01:43
Tong chog’i tun bilan kunduz uchrashdi,
Tunda armon bilan yulduz uchrashdi,
Bahor bilan kuzak — baxtxush uchrashdi,
Toshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Bulut zamin bilan yig’lab uchrashdi,
Shamol kurtaklarni ilg’ab uchrashdi.
Visol hijron bilan minglab uchrashdi,
Yoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Usmon Azim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:01:50
Ko’zing qaro sening, qoshlaring qaro,
Yuzlaring oq sening, kulishlaring oq.
Qo’lingdagi ta’na toshlaring qaro,
Menga g’amgin boqib turishlaring oq.

Unutishing - qaro, hijroning qaro,
Sog’inching oppoqdir, xatlaring — oppoq.
Qarodir yurganing o’ch-mehr aro,
Menga tashlab ketgan dardlaring — oppoq.

Usmon Azim
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:01:57
Qaltirarsan ajib sezgidan,
Har bir so'zim - oshkor jahonim.
Judo bo'lding buyuk sevgidan-
Men olamdan o'tganda, jonim.

Sen qoshimdan keta olmassan,
Ko'zlaringda turarman yonib.
Sevgimni rad eta olmassan
Men olamdan o'tganda, jonim.

Rauf Parfi
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:02:04
Mumkin emas, ey oily janob,
Necha yurakni aylab xarob,
Shohona toj kiygan muhabbat,
Mumkin emas! Qanday qabohat,

Ki, odamning o'zinginamas,
Hissini ham xarob qilsa davr!
Qiynalaman!.. Yuragimda havr -
Bu qarshilik! Yon! Gina emas.

Usmon Nosir
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:02:16
Sevgimiz o’ldimi? - libosingiz ko’k,
Ko’nglingiz — begulxan, ko’zingiz — becho’g‘.
Bizdan borish yo’qdir, sizdan — kelish yo’q —
Kelishsiz dunyoda beg’am, azizim,
Nega ko’zlaringiz benam, azizim.

O’t yetdi — qaqshatdi band-bandlarimni,
Tuproqqa sochdingiz balandlarimni,
Aqlimni, dilimni — bebaxtlarimni —
Borishsiz dunyoga otgan, azizim,
Olisda oy kabi botgan, azizim.

Usmon Azim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:02:25
Menga oson tutma, sevgilim,
Hijron sira bo'lmadi sirdosh.
Kunlar mag'rur yashadim, biroq -
Tunlar Armon bo'ldi yostiqdosh.

Islom Hamro
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:02:33
Shafaqqa ingansan sayyor qush kabi,
Go'yo tuproq bo'ldi yo'qotgan tangam.
Seni eslash mumkin bir tovush kabi,
Seni unutganman. Unutganman.

Biz suygan majnuntol kesilib ketgan,
Keyin o'tin bo'lgan, keyin alanga.
Kesilgan yurakning yarasi bitgan,
Seni unutganman. Unutganman.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:02:40
Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.

Qo`llarida oq elpig`ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.

Keltirarlar goho beshik
Ko`zlarida hayajon.
Yotar payting bo`ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:02:51
Nahot, she’rlar aytdim
bo`shliqqa qarab,
nahotki, sovrildi olov so`zlarim,
nahotki haq bo`lsa, el-u yurt asli,
quruq so`zlar degan gumroh do`stlarim?!
Nahot, bekor o`tdi
gulday umrimning
ming yilga tatirlik oltin choqlari,
nahot biror ruhni uyg`otolmadi
shoir yuragimning qaldiroqlari?!

Shavkat Rahmon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:02:58
Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.

Men esa
Oshig`ing sening -
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:03:06
Imon bormi, derdim yonib, sig'inib,
Porloq timsolingga, sevgilim, biroq,
Tashlab ketmoqlikni o'rgandik ko'proq,
Kel, vidolashaylik endi, soginib.

Menga og'ir ichmoq sening ko'zyoshing,
Boshingda g'amlarning toshlari sindi.
Ko'rib turibsan-ku, tosh bo'lsin boshing,
Kel, jimgina vidolashaylik endi.

Bu yorug' dunyoda vafo qani? Kel.
Senga inonmadim- men telba, g'arib.
Qayga olib borib ko'mayin, aytgil,
Yuragimning jasadini ko'tarib.

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:03:20
Bulbullar ichinda tinmas zabonman,
Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa
Bilgilki alarning sardori menman.

Qo‘llarim istagi tutmoqlik qo‘ldan,
Istagim totmoqlik labdagi boldan,
Oshiqlaring kelsa gar mingta yo‘ldan
Bilgilki eng avval kelgani menman.

Sevgiga sodiqlik shartini qo‘ysang,
Shartni bajarmas deb, yoningdan quvsang,
Agar o‘n mingtadan yuzta qoldirsang
Bilgilki yuztadan bittasi menman.

Rasul Hamzatov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:03:27
Nahot xafa kunlaring o'tgan,
O'zing berdingmi beboshlikni?
Lekin meni otmading o'tga,
Naqadar yaxshisan, yoshligim!

Bir dard bo'lib, bir sevinch bo'lib.
Va bir donishmand bo'lib goh,
Ko'zlaringa qarab yurgin deb,
Etganing bor yoshligim, ogoh.

Faqat sen uchgil nafasimdan,
Sendan bahra topsin bu olam.
Aytilmagan so'zlarim sendan,
Qilinmagan zahmatlarim ham.

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:03:34
Muncha g'amgin bo'lmasa o'ylar,
Hijron muncha bo'lmasa uzoq,
Meni o'yla, sog'inib o'yla,
Yo'lg'iz meni o'yla intizor,
Muncha g'amgin bo'lmasa o'ylar.

Hijron muncha bo'lmasa uzoq,
Holbuki, bir qadam o'rtada.
Oramizni kim buzdi, o'zi,
Inonkim, behuda o'rtadi.
Hijron muncha bo'lmasa uzoq.

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:03:41
Qismat mayin ichdim - achchiq va taxir,
Tuydim ehtirosning samoviy kuchin.
Dunyoda odamzod yashamas, axir,
Faqat irodasin sinamoq uchun.

Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l.
Barch tashvishlarni unutib, shodon,
Qayta olsam edi qoshingga butkul...

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:04:08
laylim sado bergin izlaring qayda,
Oromim yo'qotgan ko'zlaring qayda,
Hayolim sendayu, qo'llarim mayda,
Sog'indim, sen-chi yor kutasanmi hech...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:04:15
Cho‘qqilardan cho‘qqilarga uchar burgut,
To‘rga tushgan qushday — jonihalakdayman.
Yerda kun yo‘q endi menga, yuzim shuvut,
Endi faqat osmonlarga kerakdayman.

Bildim bugun hayotimda nimadir kam,
Bilolmadim qaydan uni daraklayman.
Yig‘lamayman, faqat menga qilar alam
Endi faqat armonlarga kerakdayman.

Abdulaziz Muborak
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:04:22
Nima qilay bir dalliyu devonaman,
Oyog‘ingda xor etganing — ostonaman,
Dilimda sen, lekin senga begonaman,
Yuragimda armon yig‘lar sen bilmading.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:04:29
Gulmi eding, bog‘dan o‘zim yulganmidim,
Qulmi eding, seni sotib olganmidim.
Bir kun yolg‘iz qolishimni bilganmidim...
Nechun menga hayrat ila qarar eding,
Meni desa joningni ham berar eding.

Yaproqlarga shodon-shodon so‘ylardim men,
Gulbog‘larga pinhon-pinhon bo‘ylardim men,
Seni o‘pib, begonani o‘ylardim men,
Asli menga sen hammadan kerak eding,
Meni desa joningni ham berar eding.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:04:36
Giyohlar buloqday qaynadi,
Osmonday tozardi xotiram.
Gulladi siyratim, tiynatim,
Man sani esladim, bokiram!

Man sani esladim, qo'msadim
Yuzingni, ko'zingni, so'zingni.
Izingni topsaydim, o'psaydim,
Tuysaydim sochlaring isini.

Topsaydim axtarib, axtarib,
Kaftlarim kuysaydi, kuysaydi.
Hech qursa, xatlaring kaptarim
Keltirsa kun sayin, kun sayin.

Yetkursa bir mayin mujdalar,
Diydalar tinmayin yoshlansa.
Sani deb uyg'onsam har safar,
Har sahar shundayin boshlansa...

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:04:43
Afsus, o`zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag`rim ezar,
Ajradik deb onamdan.

Bevaqt xazon bo`lmay har kim
Yoshab o`tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o`tsin dunyoda.

Abdulla Oripov
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:04:51
Alvido, ey, xushxayollarim,
Sizni changday puflab uchirdim.
Hayot, sizga yo‘q savollarim,
Hayot, hammasiga tushundim.

Yengim bilan artdim yoshimni,
Kuo‘ oldimdan tarqadi tuman.
Endi yurtning gulu toshini
Aql ko‘zi bilan ko‘raman.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:05:00
Nadur, nadur, voy nadur
Oshiqlik o'zi nadur?
Saning joning mandadur,
Manim jonim sandadur.

Bir savol bor ko'nadur,
Jismu jonim yonadur.
Oshiqlik o'zi nadur?
Ma'shuqlik o'zi nadur?

Oshiq - yerning bulbuli,
Ma'shuqa - osmon guli.
Ikkisi ham aslida
Bilsang, Allohning quli!

Yulduz Usmonova qo'shig'idan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:05:10
Ibodat bor edi, u etgay davom,
Qirq bilan yopmasmiz bu uyning tomin.
Bizni tinglaganga hamisha salom,
Yana ko‘rishguncha sog‘ bo‘ling! Omin!

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:05:17
Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.

Qo`llarida oq elpig`ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.

Keltirarlar goho beshik
Ko`zlarida hayajon.
Yotar payting bo`ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.

Abdulla Oripov
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:05:23
Nahot, diydam shunchalar qattiq,
Beshafqatsan, Hayot, beshafqat.
Hech kimim yo‘q o‘zimdan ortiq,
Onam uchun topolmayman vaqt.

Behzod Fazliddin
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:05:30
To'satdan ko'zimga tushdi cho'p,
Yo'qotdim xushbo'y gul isini.
Sevgilim, o'rtanma, yonma ko'p,
Qaytadan topmasman men seni.

To'satdan ko'zimdan ayrildim,
Ko'zsiz ham yashar-ku odamzot.
Agar-chi yo'llarda tayrildim,
Avvalgi shiddatda surmam ot.

Atrofda sukunat, bir sovuq,
Jimlik... yo'q, to'polon, to'polon.
Sen kelma, bo'lmagin chirmovuq,
Usiz ham bu dardlar olarjon.

Endi men
Dilimga "žtosh bo'l"œ,- deb aytaman.
Senga ham tilayman to'zimni.
Axir kim ko'rgan ko'r qaytadan
Topganin yo'qotgan ko'zini. ..
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:05:39
Ishq yo‘linda g‘am cheksang,
Hajringda cho‘ksang, cho‘ksang.
Ko‘z yoshlaring yuzingda
Ravon bo‘lar deydilar.

Ikki dunyo yo‘q visol,
Visoling menga zavol.
Yorni ko‘rsa Guljamol,
Tamom bo‘lar deydilar.

Guljamol Asqarova
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:05:47
Raqibga tig' bilan chiqmoq -
Dahshat!
Nima qilamiz?!
Axir bizlar aqllimiz,
Makr bilan yanchamiz.

Xurshid Davron
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:05:53
Zulfiqor ruh kerak,
kerak chin yog`du,
chin ishq yolqinlari bag`rimga to`lsin,
jismimni toblasin faqat chin og`riq,
chechaklar qop-qora bo`lsa-da bo`lsin.
Bag`rikeng xudoyim
kechirib qo`yar,
yiqilsam yetmay ul haqiqatimga,
ko`milsam, ko`milay o`limi go`zal —
jo`mardlar ko`milgan tariqatimga.

Shavkat Rahmon
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:06:00
Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech o`yiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
Abdullaning to`yiga.

O, o`g`lingga sen shafqatni
Bilarding-ku, onajon.
Bundan ko`ra bag`rim o`ysang
Bo`lardi-ku, onajon.

Zarragina rahm etgali
Sabring menga yo`qmidi?
Onajonim, bundan o`zga
Jabring menga yo`qmidi?

Yo`qmidi hech o`zga gaping, -
Nola qilib so`ylasang.
Nahot, axir so`nggi dam ham
Farzandingni o`ylasang.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:06:07
Garchand Biru Borga somedir Inson,
Iblis qutqusi ham har qayda bordir,
Kimningdir dilida sobitdir iymon,
Kimgadir shaytoniy vasvasa yordir.

Rasululloh dedi: - Umid qil, banda,
Ko‘chmasin dunyodan insof, diyonat.
Nopok odamlarga kuning qolganda,
Bilgilki, o‘sha kun kelgay Qiyomat!

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:06:13
Tunlarim yonadi: Seni bir ko‘rsam,
Kunlarim yonadi: Seni bir ko‘rsam.
Yorni ko‘rganida vasl zavqida
Yulduzdek porlamas ko‘zni topmadim.

Kecha yuragimga nurdek to‘lgan do‘st,
Bugun qarg‘alarga oshno bo‘lgan do‘st.
Bag‘rimni ming bora paypaslab ko‘rdim,
Negadir...negadir... Sizni topmadim.

Guljamol Asqarova
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:06:26
Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
So'nmaydi yuzida yorqin tabassum,
Yanoqlarni tutib oltin bo'sa-chun
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!

Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum...
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...
Shamol injularini separ chashmadak,
Boshida bir savat oq yulduz-chechak,
Nozik salomlari naqadar ma'sum.

Oybek
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:06:33
Men ham avvallar edim dardi junundin bexabar,
Qo`ydi domin yo`llarimga kokili hindularing.

Tugmalarni yechgil-u dil mushkulin ayla kushod,
Kim, yechilmog`imga bois dilkusho kulgularing.

Kel vafo aylab, qadam qo`y Hofizingning xokiga,
Kim bu olamdan olib ketmish meni orzularing.

Hofiz Sheroziy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:06:40
Goh esarman yellar kabi,
Goh to`zarman yerlar kabi,
Goh oqarman sellar kabi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Oqar suvlardek oqarman,
Dardli yuragim yoqarman.
Yorimni o`ylab yig`larman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Yunus Emro
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:06:51
Izlaringni izlar edi ko‘chalarim,
Hayoling-la kechar edi kechalarim,
Oh, ismingni necha minglab hijjaladim,
Ko‘nglim yig‘lar edi, rangim samon edi,
Sevgimni tan olmasliging yomon edi.

Shaffof nurlar o‘ynar edi. tirnog‘ingda,
Qaroqlarim kuyar edi firog‘ingda.
Seni menday kim sevardi qishlog‘ingda?
Oshiqligim elu yurtda doston edi,
Sevgimni tan olmasliging yomon edi.

Kimdir g‘iybat qilar edi, kimdir hasrat,
Kimlar havas qilar senga, kimlar hasad.
Mag‘rurliging xushyoqardi menga faqat,
Do‘stu dushman hammasi men tomon edi,
Sevgimni tan olmasliging yomon edi.

Sochlaridan tortardim sho‘x, sabolarning,
Erkatoyi edim yeru samolarning.
Rangi qayga ketdi endi dunyolarning,
O‘, u kunlar qanday go‘zal zamon edi?!
Sevgimni tan olmasliging yomon edi...

Abdulaziz Muborak
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:06:59
Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko`ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:07:10
Qayda kamol topding, jononam o'zing,
Oyni uyaltirar tunda yulduzing.
Bazm uchun yuzlarim bezar go'zallar,
Jahon bazmin bezar bir sening yuzing.

Umar Xayyom
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:07:18
Gapirchi ne uchun mening raqibim,
Menu sen ikkovni ko'rarkan xilvat,
Senga nechun sirli qiladi ta'zim?..
Ayt-chi, kim beribdi bunga ijozat?

So'yla-chi! Ne uchun to'lg'anar rashkda,
Ne uchun oqarar jamoling ko'rib?
Ne uchun kun va tun o'rtasi paytda
Onangsiz, sen tanho olasan kutib?!

Aleksandr Pushkin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:07:25
Boqibda topmaysiz , bo'lmang ovora
Ko'zlar so'zlashishlar...barisi tamom,
Achinmang yig'lasa ko'ngil bechora .
Sog'inasiz hali so'roqlab bir-bir,
Guldan buloqlardan meni izlaysiz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:07:32
Zoru hayron tentirayman toshlar aro,
Ko'zlarimda qalqib turgan yoshlar aro,
Senga yetib borolmayman tushlar aro,
Marg'ilon, ayt sen ham meni sog'indingmi?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:08:01
Ikki ko'zim,malak yuzim,sevdigim,
Jonlar sening yuzginangdan aylansun.
Qizil gulim,qora ko'zim, tilagim,
Dunyo sening boqishingdan o'rgulsun.

Yovuz yorim,yuzingga hech boqolmam,
Ko'ngil dardin oyog'ingga to'kolmam.
Tuproq kabi yiqilmisham yo'lingda, deya olmam,
Istar esang menga kelib gapirma,
yonimda hech o'tirma:
Yolg'uz yig'lab turganimni uzoqdan
Ko'rganingda marhamat et,bir oz kul!

Abdurauf Fitrat
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:08:07
Lutf etsang tosh ham jonona bo'lg'ay,
O'shal dam shevasi mastona bo'lg'ay.
Zulfingning zanjiri gar bo'lsa zohir,
Luqmoni Hakim ham devona bo'lg'ay.

Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:08:13
Yo`ling kesib o`tsam — o`zim hijolat,
Uzoqdan bir seni ko`rsam kifoyat,
Bir nigohing o`zi menga inoyat,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Joningga jon bo`lmayman-u, sevaman,
Yoningga bir kelmayman-u, sevaman,
Ismingni ham bilmayman-u, sevaman,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:08:20
Ketsang meni qarg‘ab, mendan bezib ket,
Ko‘ksimga majnun deb, o‘yib chizib ket.
Jismimni bosib o‘t, yanchib ezib ket,
Taqdir qon yig‘latdi, yig‘latgin sen ham.

Bu zolim dunyoning jafosi degil,
Yo taqdir azalning xatosi degil.
Bemahal sevgining jazosi degil,
Taqdir qon yig‘latdi, yig‘latgin sen ham.

Seni yeru ko‘kka ishonmas ko‘nglim,
Kulmasang bir lahza quvonmas ko‘nglim.
Ey, Karim, bir so‘z ham deyolmas ko‘nglim,
Taqdir qon yig‘latdi, yig‘latgin sen ham.

Abdukarim Jumaboyev
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:08:27
Muhabbating dillarimda,
Noming yangrar tillarimda,
Qalbimga o`t tashlading,
Navqiron, yosh yillarimda.

Bu hayotda baxt shirin,
Yoring bergan ahd shirin,
Sevgilim, sening sevging,
Ko`zlaringda yashirin.
Yillar ortingdan yurib,
Bilolmadim ishqing sirin.

Izladim navolardan,
Yorim seni sadolardan,
Qay biri mehr topgan
Oshiqu gadolardan,
O`zing asragim, tangrim,
Ayrilig`u balolardan.

Tohirbek Mahkamov qo'shig'i
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:08:34
Nechun singlim, ko'zlaringda yosh,
G'am qo'shig'in kuylaysan, ma'yus.
Qalbing tilar qaysi bevafo?
Nechun tinmay qilasan, afsus...

Ayriliqdan ado bo'ldingmi?
Ishq yo'lida gado bo'ldingmi?
O'zdan kechib, orzudan kechib,
Armonlarga fido bo'ldingmi?

Qo'y, bag'ringni tig'lama, singlim,
Ohu ko'zing namlanmasin hech.
Baxtdan kulsin oydin yuzlaring
Guldek ko'ngling g'amlanmasin hech.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:08:43
Charxning men ko'rmagan jabru jafosi qoldimu?!
Xasta ko'nglim chekmagan dardu balosi qoldimu?!

Meni xor etti-yu qildi muddaini parvarish,
Dahri dunparvarning o'zga muddaosi qoldimu?!

Meni o'lturdu jafoi javr birla ul quyosh,
Emdi turguzmak uchun mehru vafosi qoldimu?!

Oshiq o'lg'och ko'rdim o'limni o'zimga, ey rafiq,
O'zga ko'nglimning bu olamda harosi qoldimu?!

Ey ko'ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!

Mirzo Bobur
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:08:50
Umidning ko'zi ko'r, achchiqdir firoq,
Axir men alamman - chinqirar alam.
Bu g'olib turkuda bo'lmish edi jam,
Ona yurtim,elim,toptalgan tuproq.

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:08:57
Qaro yerga qo`yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Ko`zlariga to`lib yosh,
Hur qizgina uxlaydi.

Yotar qurib darmoni,
Mangu uxlar gul yanoq.
Ko`ngli to`la armoni,
Qo`yni to`la qizg`aldoq.

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:09:04
Qulog'imda yangrar doim bir nido,
Xo'rsinaman,ko'z yoshimni silaman.
Shu nidoga ne sababdan jon fido -
Bitta o'zim bilaman.

Yuragimda yonar bir o't betutun,
Go'yoki der: qovuraman, tilaman.
Dosh beraman nechun hanuz men beun -
Bitta o'zim bilaman.

Mirtemir
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:09:16
Na bo'ldi qarshingda tosh kabi qotdim,
O'zim seni kech topib, erta yo'qotdim.
Orzularim bog'ida unmas bo'ldi lolalar,
Sevgimizni kuylasam alam to'la nolalar...

Meni kechir, meni kechir sevganim uchun,
Hayotingga bemahal kelganim uchun.
Ayriliqdan o'zga choram qolmadi nechun,
Meni kechir, meni kechir sevganim uchun...

Ko'nglingdagin bilmasdan ozor berdim qanchalar,
Yolg'izlikka ko'nmasdan ayrilarmiz ko'zda nam.
Termulsang yuragimda hasratim qavat-qavat,
Ko'z yoshlarim ostida yig'lar bo'ldi muhabbat.

Yurak bag'rim ezilar ko'nmay taqdir shartiga,
Kunlar o'tar dard qo'shib, Kumushbibi dardiga.

Na bo'ldi qarshingda tosh kabi qotdim,
O'zim seni kech topib, erta yo'qotdim.
Orzularim bog'ida unmas bo'ldi lolalar,
Sevgimizni kuylasam alam to'la nolalar...

Meni kechir, meni kechir sevganim uchun,
Hayotingga bemahal kelganim uchun.
ALVIDOdan o'zga choram qolmadi nechun,
Meni kechir, meni kechir sevganim uchun...

Alisher Turdiyev
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:09:23
Ne ajabkim, mast bo`libman
Ko`zlaringga termilib,
Yetti iqlimda bu yanglig`
May yo`gu mayxona yo`q.

Ishq g`amin aytsam qalamga
Ich-etin kuydirdi ul,
Sevgidek o`t yo`q jahonda,
Men kabi so`zona yo`q.

Oq qog`ozim, senga Erkin
Ochdi pinhon ishqini,
Sen boru men bor, qalam bor
O`rtada begona yo`q

Erkin Vohidov
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:09:31
Qush bo'lib ko'klarga ayladim parvoz,
Olamni to'ldirdi armonli ovoz,
Tog'u toshlarni ham uchib o'tdimmu
Uzoq ketolmasman sendan muhabbat.

Shaxlo Rustamova qo'shig'idan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:09:38
To yiroq bilmam, nadandir zora hayronliq sanga,
Ne sababdan bo'ldi, bilmam, chashmi giryonlik sanga,
Bilsangki, endi yaqin bu bandi farmonlik sanga,
Dunyoda yetmasmi endi ushbu sultonlik sanga,
Har zamon yodimda hayu jovudonim bor maning.

Qo'shiqdan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:09:45
Gulmanmi haliham hayolingizda,
Yoki momiq gulday to'zib bitdimmi ?
Ko'nglingizni sirli devorlaridan,
Bir hovuch tuproqdek ko'chib tushdimmi?
Muhabbat na ekan o'rgandinggizmi,
Qandayin ko'zlarga botishni.
Yoki o'zga ko'ngil ayvonlarida,
Beg'ubor tong bo'lip otishni.
Halittan to'kilib to'zgidi demak,
Bu nim pushti gulning bahori.
Vafosizliginggiz ko'rmasin olam,
Yoki qahratonning sovuq shamoli.
Hali gullashim bor ado bo'lmasman,
Hali dunyolarni hayron etguvlik.
Endi firoqlarga aslo ko'nmasman,
Na gunohim bordir to'zib ketgulik?

Ozoda To'raqulova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:09:53
Kuzning mahzunli kunlari o`tdi,
Yo`qotdim men seni xazonlarida.
Shamollar uchirib olib ketdimi
Qo`zg`olib qolganda azonlarida?

Kuz seni axtarib o`tib ketibdi,
Daraxtlardan tillarang nishona oldim.
Qolib ketgan ko`saklardan birma-bir so`rab
Seni topaman deb sovqotib qoldim.

Nodira Usmonova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:09:59
Mard bilan nomardni farqiga bormay,
Yaxshi-yomonni ham ajrata olmay,
Sevgan yorlarimiz qadriga yetmay,
Umr o‘tmoqdadir, umr o‘tmoqda.

O‘lmas sozdan so‘ylab tugatolmasman,
O‘chmas izdan so‘ylab tugatolmasman,
Mangulikdan so‘ylab tugatolmasman,
Umr o‘tmoqdadir, daryo misoli.
Umr o‘tmoqdadir, umr o‘tmoqda.

To'ra Sulaymon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:10:06
Ajdodlar Vatan deb jon fido qilgan,
Behuda gap sotib yurmagan ular.
Mana, ming yillarni opichlab kelgan
Bitiktosh ona - Yer haqida kuylar.

Vaqt quyunida ne davru davron,
Bu - toshga aylangan erkdir, bardoshdir,
Bu Vatan atalgan muqaddas armon.

Unga qaraymany bir his tuyaman,
Bu yurtim timsoli mangulik toshdir...
Yuragim toshiga she'rim o'yaman.

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:10:12
Ne umr bo'ldi umr?
Oyu yillarim ko'mir.
Endi so'nik dunyoda
Mushkul erur yonorim.

Sen shundayin xomush qol,
Misli ko'rilgan tush qol.
Gullagaydir mening ham
Bir kun sabru qarorim.

Sog'inchim chinor bo'lgay,
Dardim bekanor bo'lgay.
Dilim shoxingga ilsam,
Bir go'zal anor bo'gay.

Sirojiddin Sayyid
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:10:20
Yaxshilik yig‘lab, so‘ng kulganin ko‘rdik,
Yomonning jazosin olg‘anin ko‘rdik,
Sotqinning sarmisor bo‘lg‘onin ko‘rdik,
Haqning haqligini bilib qo‘ydik biz.

Ey do‘st, bu dunyoning poyoni yo‘qdur,
Kim shohu kim gado kim och, kim to‘qdur,
Bunda kelganning hech ketgisi yo‘qdur,
Ajib bir dunyog‘a kelib qoldik biz.

Sherali Jo'rayev
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:10:27
Zulfiqor ruh kerak,
kerak chin yog`du,
chin ishq yolqinlari bag`rimga to`lsin,
jismimni toblasin faqat chin og`riq,
chechaklar qop-qora bo`lsa-da bo`lsin.
Bag`rikeng xudoyim
kechirib qo`yar,
yiqilsam yetmay ul haqiqatimga,
ko`milsam, ko`milay o`limi go`zal —
jo`mardlar ko`milgan tariqatimga.

Shavkat Rahmon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:10:35
Axir, yonayotgan yuraklaringni,
Qismatim yuziga qarab otsang-chi!
Boshingni xam qilgan gunohlarimni,
O’zimning bo’ynimga ossang-chi!

Nega jim yashaysan, sokin yashaysan?!
Sezmaysan, qo’llarim ketsa ham tegib.
Olamda men yo’qdek, hech payqamaysan,
Yashaysan jimgina boshingni egib.

Men esa tirikman hayot bag’rida,
Tirik o’kinchlardan yongan qalbim bor.
Lekin men bilaman, sening qalbingda,
O’zimning... qarovsiz qolgan... qabrim bor!

Mirzo Kenjabek
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:10:42
Rabbim, sokin uxlat meni,
Bag‘rim o‘yib tig‘lat meni
Ne qilsang ham yig‘lat meni...

Hayrulla Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:11:03
Ishqli ko'ngillar-ku pardan engilday,
Ishqsiz qalbga qancha tosh to'ldi, ayting.
Lahza...ishq tug'ildi qancha ko'ngilda,
Lahza...qancha dilda ishq o'ldi, ayting.
Hisobin chiqarib bering-chi, qani,
O'lgani ortiqmi yo tug'ilgani?!

Halima Xudoyberdiyeva
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:11:11
Ishqing ila oshiqlar
Yonsin, yo Rasulalloh.
Ichib ishqing sharobin,
Qonsin, yo Rasulalloh!

Shul seni sevgan kishi
Tikmish yo‘lingda boshin,
Ikki jahon quyoshi
Sensan, yo Rasulalloh!

Yunus Emro
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:11:25
Hijron muncha bo'lmasa uzoq,
Holbuki, bir qadam o'rtada.
Oramizni kim buzdi, o'zi,
Inonkim, behuda o'rtadi.
Hijron muncha bo'lmasa uzoq.

Meni o'yla, sog'inib o'yla,
Aytsalar-da sevgi uzilgan,
Shunday ishonchsizlik tufayli,
Xafa bo'lma mendan - o'zingdan,
Meni o'yla, sog'inib o'yla.

Yo'lg'iz meni o'yla intizor,
O'ylaringda men yashay yakka,
Chunki sevgi atalgan azob
Qodir emas toq yashamakka.
Yo'lg'iz meni o'yla intizor.
Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:11:42
Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalong‘och turgan holiga
Ko‘taramiz xatto boshimiz arang.

Tuyaning o‘rkachin tasvirlab go‘yo
Jannatning hididan voz kechgan ayol
Nahot umri bo‘yi vaqt topib bir tun
O’ziga bir bora bermagan savol:

"Xoy, men kim o‘zi, jinsim ne erur,
Yarasharmi menga shu yovuz xilqat?
Ayollik libosin bir chetga otib
Asl go‘zallikdan ayrildim faqat,

Bolamning nigohi menga yovqarash,
Erimning ko‘nglida yo‘qolgan xohish.
Men qancha urinmay, aslimdan shuncha
Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush...

Ovozim erkakcha, yurishim g‘alat,
Shimning o‘rtasida yig‘laydi hayo.
Ajabo, shunchalar xorlik bo‘lurmi,
Tubanlik bo‘lurmi, do‘stlar, ajabo???"

Hayrulla Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:11:58
Og’ular qo’shasan hamma oshimga,
Har qanday qasoslar tuyilar mayda.
Yalinib turasan yana qoshimda:
- Nega o’lmayapsiz?
Joningiz qayda?

Jonim senda deyman — aylanmas tilim,
Jonim sensan deyman — yuragim to’nar...
Mening omonatim...
Jonim!
Sevgilim!
Endi seni qanday asrasam bo’lar?...

Usmon Azim
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:12:05
"Rasululloh tuyasiga taqlid qilgan
Tuyam mening markabimdir, bilsang", degan
Abdullohlar o‘tdi bosib ming bir tikan,
Lek oyoqqa yetmay zahmat, sahobalar.

Abu Sufyon, Hamzaga bosh egmoq zarur.
Un-da sharaf, un-da faxr, un-da g‘urur.
Olam sizga bosh egsa ham, qalbi mag‘rur
Boqmadingiz biror soat, sahobalar.

Xayrulla Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:12:12
Rossiyada gulday qizlarni
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar busa bizlarni
Bexanjaru, bemakru bezar.

Bu tong yuzli dildor qoshimda
Bir bor xirom etsa noz bilan,
Shohi ro`mol solgum boshiga,
Yo`llariga sheroziy gilam.

Sergey Yesenin
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:12:18
Men dunyoga aslida
sevmoq uchun kelganman,
Ishqsiz o‘tgan har lahza
tushdir menga, Xudoyim.
Sevilmasam, sevmasam,
evoh, nechun kelganman,
Jon kirsin bu yurakka,
ishq ber menga, Xudoyim.

Yaqinlarim yiroqdan
tinmay meni yomonlar,
Ko‘ngil tashna, to‘lg‘onar,
tushunmaydi nodonlar,
Ishqsiz holimni xarob
ko‘rdim allaqachonlar,
Rahm et, joni halakka,
ishq ber menga, Xudoyim.

Abdulaziz Muborak
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:12:24
Men kuylasam she’rlarim yig`lar,
Ko`nglimdagi sirlarim yig`lar,
O`tgan umrim yillarim yig`lar,
Faqat buni birov bilmaydi.

Aytolmasam qo`shiq sanamlar,
Ranjimangiz qoshi qalamlar,
Kuylay desam qiymas alamlar,
Faqat buni birov bilmaydi.

Kamoliddin Rahmatov ashulasidan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:12:38
Ikki yorti bosh uzra
Porlasin ishq quyoshi.
Qizga hayo, yigitning
G'urur bo'lsin yo'ldoshi.

Diydoriga bir-birin
Termulishib to'ymasin.
Kimda kimning ko'ngli bor,
Qo'yavering, o'ynasin..

Muhammad Yusuf
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:12:46
Nigohida oftoblari bor,
Nolishlarin javoblari bor,
So'ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...

Tovoniga tushgan kokillar,
Qizginaga qo'shilib yig'lar,
Bir so'z dilga sanchadi tig'lar -
Bevafo ko'p ekan dunyoda...

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:12:54
Agar odam bo'lsang, gapimga tushin,
Agar Xudo bo'lsang, menga yo'l ko'rsat.
"Sevaman" so'zini eshitmoq uchun,
Chorak umrim o'tdi hijronga ulfat...

Usmon Azim
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:13:00
Tun bo'yi ko'zimdan achchiq yosh sizib,
Bezabon armondan o'qisam ham dars,
Tongda u kelganda "Uyqumni buzib...
Tag'in Siz!.." yuziga eshikni yopdim qars.

"Baribir eshikni ocholmas birov
Kelaman", - jimlik... so'ng yillarki mushkul.
Endi u kelguncha sochimga qirov -
Qor yog'ar, so'ng taniy olarmikin ul...

Qoplagani uchun bir zum ko'zni xob -
Balki umrim bo'yi berurman javob.

Halima Hudoyberdiyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:13:21
Borligimni payqama, mayli,
Burchaklarda,mayli, qayrilma,
Meni deb tinchingdan ayrilma,
Borligimni payqama, mayli.

Ko'zlaringni yashirgin mendan,
O'tib ketay yoningdan befarq,
O'tib ketay yoningdan bedard,
Ko'zlaringni yashirgin mendan.

Omon Matjon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:13:28
Nokaslarni bor qiladursan,
Kimki haqso'z xor qiladursan,
Egrilarga eshmisan, so'zla
Nechun g'alat kor qiladursan.

Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Torozingni qanday qo'yasan, yorug' dunyosan!
Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Kimni xo'rlab, kimni suyasan, achchiq dunyosan!
Dunyo! Dunyo! Haqsiz dunyosan
Qadamingni qandoq 1qo'yasan, nohaq dunyosan!

Ohunjon Hakimov
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:13:35
Nega jim yashaysan, sokin yashaysan?!
Sezmaysan, qo’llarim ketsa ham tegib.
Olamda men yo’qdek, hech payqamaysan,
Yashaysan jimgina boshingni egib.

Mirzo Kenjabek
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:13:43
Bo’sh o’rningda pok yostiq,
Go’yo, kelgin, qani, deb.
Chorlar safarga tayyor,
Kemaning yelkanidek.

Mana, bo’sh uy, bo’sh stol,
Oppoq qog’oz, men yakka.
Sen shubhangni qo’y, aqlim,
Izn bergin yurakka.

Yurak, tovushga aylan,
Yurak, ishon, chorla, jo’sh.
Bu dunyoda bir qiz bor —
Yostig’ining yarmi bo’sh.

Mirzo Kenjabek
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:13:57
Shaytonning hunari chindan rang-barang,
Sallani paytava qilib o‘ratgay.
Agar sidqidildan ko‘rsatsa nayrang
Nodonni shoh qilib, yurtni so‘ratgay.

Minoda Shaytonni qildik toshbo‘ron,
La’natga ko‘mildi badbaxt u lain.
Dedik, shuncha yukning ostidan Shayton
Ming yillar chiqolmay yotmog‘i tayin.

Shodumon yo‘l oldik Vatanga qarab,
Shayton qoldi, deya chuqurda-choxda.
Manzilga qaytgandik, Shayton, voajab,
Bizni kutib oldi tayyoragohda.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:14:04
Azim dunyo, sehrli dunyo,
Halim dunyo, mehrli dunyo,
Zolim dunyo, qahrli dunyo,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.

Kenglarga keng, torlarga torsan,
Yo`qsilga yo`q, borlarga borsan,
Bog`larda gul, tog`larda qorsan,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.

G`ami ado bo`lmas dunyosan,
Kami ado bo`lmas dunyosan,
Ketgan qaytib kelmas dumyosan,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.

Koshonasan, kimga vayrona,
Kimga oshno, kimga begona,
Chin dunyoga o`zing ostona,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.

Abdukarim Jumaboyev
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:14:11
Nahot shuncha ma`sum, shuncha pok?
Sevishmoqda alam bor shuncha...
Bardosh bermas, iroda, idrok,
Tamoman lol aql-tushuncha...
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:14:18
Alqissa juda qadim,
Jaholatli zamonda,
Bir donishmand, ulug' hakim,
O'tgan ekan jahonda.

U kun bo'yi giyoh terib,
Kezib bog'u biyobon,
Odamlarga shifo berib,
Yashar ekan shodumon.

Erkin Vohidov
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:14:32
Ne qilayin chorasizman bag‘rim tig‘lab,
Alamlarim, sitamlarim ichga yutdim.
Sizga dildan shirin-shirin baxtlar tilab,
Aziz yorim to‘yingizdan yig‘lab qaytdim.

Tohir mahkamov qo'shig'idan
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:14:40
Mayli yor ishqingizda bo'layin bemor,
Sevgilim sizni qo'msab o'tsin kunlarim,
Men sizni eslagayman tunlarim bedor,
Ammo hech aytolmayman yurak sirlarim.

Shahlo Rustamova ashulasidan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:14:48
Mayli, kunduzlarni ko‘rmasin ko‘zim,
Mayli, yulduzlarni ko‘rmasin ko‘zim.
O‘zing izlaganim, o‘zing yolg‘izim,
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi.

Menga bahorlarning rangi kerakmas,
Sensiz, kechalarning tongi kerakmas.
Qalbimda bir tilak boshqa tilakmas,
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi.

Diling aytmaganni bilib olardim,
Tiling aytmaganni bilib olardim,
O‘zingga termulib mangu qolardim,
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi.

Bosh urib boraymu ostonasiga,
Bag‘ritosh taqdirning peshonasiga.
Jonimni berardim shukronasiga,
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi.

Taqdir jahonimni, borimni olsin,
Boshimga ming turfa savdolar solsin.
Faqat seni ko‘rmoq, imkoni qolsin,
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi.

Abdukarim Jumaboyev
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:14:54
Ishqing ishratidan,
Vasling davlatidan,
Ma'yusman hayrona,
May ichmay mastona...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:15:00
Alvido, ey, xushxayollarim,
Sizni changday puflab uchirdim.
Hayot, sizga yo‘q savollarim,
Hayot, hammasiga tushundim.

Yengim bilan artdim yoshimni,
Kuo‘ oldimdan tarqadi tuman.
Endi yurtning gulu toshini
Aql ko‘zi bilan ko‘raman.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:15:07
Nedan ranjidingiz jon singillarim,
Qaboqlar uyuldi, chimrildi qoshlar.
Turkman tushunmay tosh otsa, chidadim,
Ammo yomon botdi siz otgan toshlar.

Yorug` dunyoda-ku bari qiz go`zal,
Millat tanlamas-ku husn degani,
Nigohim Jayhundan sakrab o`tsa sal,
Qaydan bilay sizga malol kelganin.

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:15:13
Nahot tilab bo'lmas hayot ne'matin
Unga halovatu orom va shodlik?
Hattoki barnoning qalbiga yaqin
Rafiqa atovchi kimsaga tole?

Pushkin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:15:21
Egilib mag‘rur qaddim,
Otdan tushsa omadim,
Unutma muhabbatim,
Meni doim eslab yur.

Xushroq edi ko‘nglimiz,
Gulbog‘ edi ko‘nglimiz
Begonamiz endi biz,
Meni doim eslab yur.

Baxtni olisdan kutdim,
Orzularga gul tutdim,
Goho seni unutdim,
Meni doim eslab yur.

Sevdim gul yuzni degan
Dilga jabr ko‘p ekan,
Chap ko‘ksim to‘la tikan,
Meni doim eslab yur.

Ko‘nglim kuz, o‘zim xazon
Ishq uvol, tole yolg‘on,
Ko‘rishmasak qadrdon,
Meni doim eslab yur.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:15:29
Ruhsorlari oyim onam,
Armonlarga boyim onam,
Sog`ingandur debon bolam,
Onajonim kelmadingiz.

Sizsiz koshonalar vayron,
Yuragim sanchar beomon,
Sog`indim ko`p bugun yomon,
Onajonim kelmadingiz.

Tohir Mahkamov qo'shig'idan.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:15:36
Zangor o`rmon bag`rida
Mag`rur o`sgan, oqqayin.
Senga keldim atayin,
Kel, qo`shig`im aytayin

Seni ko`rdim, esladim,
Oqbilak malagimni
Yoshlikning tor yo`lida
Yo`qotgan tilagimni.

Sherali Jo'rayev qo'shig'idan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:15:44
Izlab-izlab topganlarim dard,
Insonlaring shaytonga ulfat,
Topolmasam bitta do`stu mard,
Tikka turib o`lganim bo`lsin.

Yig`layverma yig`loqi ko`ngil,
Bizni dardni anglamas hech kim,
Mard bo`l kulib kelsa ham o`lim,
Tikka turib o`lganim bo`lsin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:16:07
Nopok do'stlarimdan yana kuyayin,
Malomatlar otsin, yana ko'rayin,
Hasratingda umrim o'zing suyayin,
Panohingga olgin, meni Xudoyim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:16:16
Muhabbat, ey go'zal iztirob,
Ey ko'hna dard, ey ko'hna tuyg'u.
Ko'kragimga qo'lingni tirab,
Yuragimni to'kib qo'yding-ku.

Qancha ko'zlar menga zor edi,
Na g'am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so'kib qo'yding-ku.

Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo'yding-ku.

Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding,
Jon kerakmi — mana ol endi,
Qiynar bo'lsang qiynab to'yding-ku.

Bilmam, nima edi maqsading:
Menga bir juft guling asrading,
Birin otin Kumush atading,
Birin ismin Zaynab qo'yding-ku!

Muhabbat, ey go'zal iztirob,
Ko'chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab,
Ko'zlarimni boylab qo'yding-ku!

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:16:24
Ul parivash hajridinkim yig'ladim devonavor,
Kimsa bormukim anga ko'rganda kulgu kelmadi.

Ko'zlarindin necha suv kelgay deb o'lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan bu kecha suv kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo'qsakim qo'ydi qadam,
Yo'lg'akim avval qadam ma'shuqa o'tro' kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg'u kelmadi.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:16:31
Ikki yil biz uchun xuddi bir dunyo
Kezgandik falakni xayollar bilan
Endi-chi azobda qolib bu dunyo
Kim ham istar dardni shirin hayotdan?

Yo'q endi undayin sevgi kelmaydi,
Qiynalib o'tarman sevolmay chindan
Buni hech kim aslo aslo bilmaydi
Qog'ozga to'kaman dardimni dildan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:16:37
Niqob bilan do`st bo`lma, gulro`,
Yoz so`zimni yoding lavhiga,
Umr o`zi g`oyat qisqa-ku,
To`ymoq qiyin tole shavqiga,
Yoz so`zimni yoding lavhiga.

Qismatlarda ne qaroliq bor,
Qolmas bir zum baxsh etsang rohat.
Gunoh bo`lur shu sabab, dildor,
Bu dunyoda yashirsang tal’at,
Bergach uni ona tabiat.

Sergey Yesenin
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:16:44
Tunlar ko’kka boqib o’ylaysan kimni,
Gul kabi jamoling kimga fidodir?
Samodan izlayver, mayli, baxtingni,
Sevgingni arsh bilgan oshiq — xudodir:
Baxt sari ibtido tilayman senga,
Eng sodiq bir xudo tilayman senga!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:16:56
Armonlarga zorlanadi jonsiz vujudim,
Ko'z yoshlari qum bag'riga singmagan daryo.
Tushunmaydi, yolg'izlikdan ko'r bo'lgan qalbim,
Muhabbatning orzulari armonli dunyo.

Alisher Bek
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:17:03
Oshiqlarni dargohig'a olib borg'ay,
Bari Haqdin qo’rqub yana yig'lab turgay,
Ug'on Izim tuhfang bo’lsa keltur degay,
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.

Oshiq aytur: "Tuhfamiz yo’q g'ayr az gunoh,
Qilg'onimiz doim erur jurmu xato,
Lutfung bilan afv etmasang holim taboh,
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.

Ahmad Yassaviy
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:17:10
Qiynadi bu ishq meni tun kechalar zor yig`latur,
Ayta olmayman netay ham nomusu or yig`latur.

Ushshog`u segoh mening ruhimni sel qilgay yana,
Bo`ldi, bas deyman quloq solmay yana tor yig`latur.

Ba’zida aylab tavoze qilsalarku muhtaram,
Bu ulug` jonimni shum qilmay biror kor yig`latur.

Gul desam yonishi yo`q, bulbul desam honishi yo`q,
Bu latif ruhimni aylab bunchalar xor yig`latur.

Ko`zlarimda shashqatordur yoshlarim yo`lga qarab
O`ylamayman telbani aqlu hushim bor yig`latur.

Qiynadi bu ishq meni tun kechalar zor yig`latur,
Ayta olmayman netay ham nomusu or yig`latur.

Hajr o`tida kuydirib, ishqing o`tida yondirib,
Ne sababdin bilmadim ko`nglimni Ra’no yig`latur.

Ra'no Aliyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:17:17
Raqiblar sezsalar jonon kuyib kul bo‘lg’usi shu dam,
Alardin ajratib bizni suyib-saylab qarashlarga.

Tig’ing yetganda ko‘ksimga ki ko‘zlar to‘qnashib olgay
Nishonga tegdimu yo‘qmi deya o‘ylab qarashlarga.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:17:24
Atirgulim, atringni soch,
Mayli tikan xoring bo‘lay,
Ko‘z tegmasin bo‘yingga deb
Tilovchi zor-zoring bo‘lay.

Mayli bo‘lay ko‘zmunchog‘ing,
Bo‘yningda tumoring bo‘lay,
Yiroq ketma, ketsang agar
Yo‘lingda sardoring bo‘lay.

Boring bo‘lay, yo‘g‘ing bo‘lay,
Yoningdagi yoring bo‘lay.

Sherali Jo'rayev
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:17:30
Yulduzsan sirlaring yecha olmadim,
Armonsan bir to‘yib qucha olmadim,
Ketdim deb, kechdim deb kecha olmadim,
Sen meni armonim, birinchi sevgim.

Yengildim to‘kildim qiynoqlaringdan,
Shoirlar bo‘ldimey firoqlaringdan,
Endi ne foyda bor titroqlaringdan,
Sen meni armonim, birinchi sevgim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:17:37
Malohatda tengsiz ekan ul qalamqosh,
Go'zallikda oylar bilan husn talosh,
Dugonasin ta'rif etar tilida bol
Voh, bilmas-ey o'zini der, yurak bebosh.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:17:44
Shohimardon tog'lariga chiqdim, bolajon,
Zilol-zilol suvlaridan ichdim bolajon.

Ohunjon Madaliyev
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:17:52
Nasib etmay yor vasli,
Endi hajri qiynasin!..
Kimda kimning ko'ngli bor,
Qo'yavering, o'ynasin...

Ikki yorti bosh uzra
Porlasin ishq quyoshi.
Qizga hayo, yigitning
G'urur bo'lsin yo'ldoshi.

Diydoriga bir-birin
Termulishib to'ymasin.
Kimda kimning ko'ngli bor,
Qo'yavering, o'ynasin...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:18:04
Nodirajon, Shoirajon,
Tanam qimir etmaydi.
Osmon to'la havolar
Faqat menga yetmaydi...

Shavkat Rahmondan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:18:15
Ishongandim, ko‘zlar meni sotib ketdi.
Ayamadi — so‘zlar meni otib ketdi.
Dardim bor-ku, nega buncha duduqlandim,
Zabonimni to‘tiqushlar yutib ketdi.

Yuzlarimda muhabbatning so‘qmoqlari,
Dunyolarni yoqmaydimi chaqmoqlarim?
Tuproq edim, tuproqlarga botib ketdim,
Gunohlarim o‘sayapti, gunohlarim.

Tutab-tutab ko‘k bag‘rini tig‘layapman,
Yuragimdan boshqa joyga sig‘mayapman.
Ko‘ksimdagi og‘riqlarim yolg‘onmidi,
Osmonlarni yig‘latolmay yig‘layapman.

Behzod Fazliddin
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:18:25
Nelardandir ko`ngil bo`lib g`ash,
Ham egilib, bu egilmas bosh.
Ko`zlarimda qalqib tursa yosh,
Bir mushtipar onam yig`laydir,
Qolganlari yolg`on yig`laydir!
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:18:32
Roziydim bir nafas qoshingda,
Cho'kkalab, oyog'ing ostiga,
Yuzingga termulib yuzingga,
Eng ajib so'zimni so'zlolsam.
Va o'lsam mayliga shu holda...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:18:39
Azoblaring — muhtaram,
Men dardingga xaridor.
Tovonimni o‘psa ham,
Tikanlarning haqqi bor.

Yuragimni uyg‘otgan
G‘amlaringga ming shukur.
Gardlarimni yo‘qotgan
Dardlaringga tashakkur!

Endi Senda parvoyim,
Dunyoni yutib ketdim.
Suyunchi ber, Xudoyim,
O‘zimdan o‘tib ketdim.

Behzod Fazliddin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:18:46
Men seni sog’ingach bedor tunlar,
O’rtanib yulduzlarga suyandim.
Tong otib, bag’ritosh kunlar,
Sevgiling yo’q bunda, ket dedilar"¦

Men seni sog’ingach, yomg’irdek,
Yuzlarimni yuvdim ko’z yoshim ila.
Xayollarim sekin to’zib ketdiy-u
Men unga begona,ket dedilar..
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:18:53
Rostin aytsam, yuragimda dosh qolmadi,
Men boshimni urmagan bir tosh qolmadi,
Qurib qolgan kiprigimda yosh qolmadi,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.

Uzun-uzun armonlarim chiqib ketsin,
Zardoblarim ko‘z yosh bo‘lib oqib ketsin.
Qalbimga bir qizg‘aldoqlar boqib ketsin,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.

Behzod Fazliddin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:19:00
Yog`dularga ko`milgan shahar
Betonlari biqinni chaqar.
Uyim qasr bo`lsa ham agar,
Guvalakka almashaman men.

Shoirlikni suymaydi jinim,
Menga havas qilmagin inim.
Shuhratimni totli bir tilim,
Handalakka almashaman men.

Muhammad Yusuf
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:19:07
«Ne uchun oy ma’yus sochar nur?»
Chechaklarni tutdim so`roqqa:
Ular dedi: guldan so`rab ko`r
Sahar payti kirganda boqqa.

Yesenin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:19:13
Aytdimmi kimlarning asl do`stligin,
kimlarning haqiqiy yog`iyligini?!
Kun keldi,
boshingni egadigan kun,
hattoki o`zgalar gunohi uchun
yuzingni bosgancha yerning yuziga,
silkinib-silkinib yig`laydigan kun.
Mendan nima qolur,
abadiy nurlar
barq urib yashnagan dunyo tomonda?
Urinib-surinib, sira to`lmagan
bir ko`ngil qoladi
qolsa ham mendan.

Shavkat Rahmon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:19:21
Naqadar kechikib angladim seni,
chaqinlar yo`q qilsa meni daf'atan,
ayt, qandoq chidayman bunday xo`rlikka,
ayt, qandoq yotaman qa'ringda, Vatan!

Shavkat Rahmon
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:19:28
Necha ming musulmon tunu kun uyg‘oq,
Ka’ba atrofini tinmay aylanar,
Murodi tabarruk maskanni o‘pmoq
Sajdaga har biri har zum shaylanar.

Olam ummon bo‘lsa, girdobi shu joy,
Olam osmon bo‘lsa, mehvari bunda
Milliard martabali jahon haynahoy
Kemadek qalqadi bitta to‘lqinda.

Abdull Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:19:35
Arazingiz ko'zlarimga jola qilay,
Ko'ngil gul deb bir bor o'lib bir tirilay,
Sizga yorim, men alamli qo'shiq aytay,
Arazlarda jonim qolib ketsin, mening.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:19:42
Gohi shodlik, gohi g`am,
Ko`ngil hech to`lolmaydi.
Bu dunyoda hech bir zot,
Onamdek bo`lolmaydi!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:19:52
Ilk sevgidan iymanib,
So'ng pushaymon yonsa ham,
Sepli qizga suykanib,
Epli qizdan tonsa ham.

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:26:22
Mushtoqdurman doimo mehringga man,
Har yurakka tushirgan muhrinnga man,
Lol qolganman ko`rsatgan sehringga man,
Ey muhabbat, yoki sen sehrgarsan.

O`ylamagan yurakni o`ylatasan,
O`ynamagan yurakni o`ynatasan,
Yig`lamagan dillarni yig`latasan,
Ey, muhabbat, yoki sen hukmdorsan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:26:29
Nega jim yashaysan, sokin yashaysan?!
Sezmaysan, qo’llarim ketsa ham tegib.
Olamda men yo’qdek, hech payqamaysan,
Yashaysan jimgina boshingni egib.

Mirzo Kenjabek
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:26:35
Balki seni o`ldirmas qotil,
Maydon aro, qilichlar aro.
Barnoliging ko`rgan Azroil
Yubormagay bemahal qazo.

Bir narsadan qo`rqaman faqat:
Oshno bo`lib jangda beboklik,
Senda qolmas dilbar nazokat,
Bu mayinlik, go`zallik, poklik.

Aleksandr Pushkin
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:26:42
Kechir seni asray olmadim,
Balolardan, zimistonlardan.
Hayotingga farishta bo‘lib
Kirolmadim meni kechirgil!

Kechir seni sevdimu lekin,
Bir tumordek asray olmadim.
«To o‘lguncha sevasanmi» deb,
So‘rolmadim meni kechirgil.

Sengacha yo‘l bir qadam edi,
Seni izlab kezdim dunyoni.
Lekin o‘sha bitta qadamni,
Yurolmadim meni kechirgil.

Qo‘llaringni qo‘llarim topdi,
Ko‘zlaringni ko‘rdi ko‘zlarim.
Ammo qalbing yaralarini
Ko‘rolmadim... meni kechirgil...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:26:49
Laylim, sado bergin, izlaring qayda?
Oromim berkingan ko'zlaring qayda?
Yuragim olovda, qo'llarim mayda,
Sog'indim, sen-chi yor, etasanmi hech.

Ko'zimdan yosh bo'lib oqmoqda sog'inch,
Bag'rimga tosh bo'lib botmoqda sog'inch,
O'tdan olib suvga otmoqda sog'inch.
Sog'indim, sen-chi yor, etasanmi hech.

Ozodbek Nazarbekov qo'shig'idan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:26:55
Chorig'imni kiydi dashtning toshlari,
Ko'ylagimni esa tikonlar yuldi.
Man Adam istarman, qarindoshlarim, -
Desam, bosh tebratib ilonlar kuldi.
Man adan istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:27:01
Roman yozmoqchiman o`zim,
Kattakon!
Kitobining birinchi betidan boshlab,
Hunar o`rganadi
Har bir qahramon,
Men xam o`rganaman g`aflatni tashlab.
Ruhiy azoblarga bo`lsayu taslim,
Qahramon zerikib qolsa biror kech.
Parovoz ostiga
Tashlayman o`zim,
Ammo qahramonim tashlamaymav xech.

Svetlov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:27:07
Chidaymiz nozingizga,
Nozu arozingizga,
Qishlardan omon chiqsak
Yetarmiz yozingizga.

Abdukarim Jumaboyev
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:27:13
Ana ko`zing ko`zimga tushdi,
Yuragingda titrar hayajon.
Axir menga hayot baxsh etgan
Sen ozingsan, sen o`zing faqat,,
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:27:20
Tunlar ko’kka boqib o’ylaysan kimni,
Gul kabi jamoling kimga fidodir?
Samodan izlayver, mayli, baxtingni,
Sevgingni arsh bilgan oshiq — xudodir:
Baxt sari ibtido tilayman senga,
Eng sodiq bir xudo tilayman senga!

Mirzo Kenjabek!
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:27:27
Ana, ko‘zim ko‘zingdan o‘tdi,
Qo‘y, yashirma titroqlaringni,
Xato qilding, o‘zingdan o‘tdi,
Tishlayapsan barmoqlaringni.

Behzod Fazliddin
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:27:34
Ishqingizdan qoldi yuragimda dog',
Angladim ishqingiz o'tsiz ekanin.
Porlab ko'ringan gul bo'ldi-yu yantoq,
Ko'nglimni qon qildi uning tikani.

Agar ishqingizda bo'lsa edi o't,
Bu qora quyunlar qilmas edi kor
Va mening qalbim ham qolarmidi but,
Ming bitta baloga bo'lmay giriftor.

Bu chigal xatolar to'ydirdi juda,
Tilagim oq, sizga duch kelsin baxt, shon.
Ammo menga ayting bir og'iz vido
Va uzilsin bizni bog'lagan arqon.

Halima Xudoyberdiyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:27:40
Niyat but. Albatta yetib boraman
Bir kun xush kun kelar tong rangi bilan
Ro‘zi mashhargacha ketib boraman
Qalqon — sovutlarning jarangi bilan!

Halima Xudoyberdiyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Iyul 2006, 07:31:00
Assalomu alaykum!

Eski manzildagi "bahri bayt" (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=liter&action=display&thread=1108385300&page=1) hammasi ko'chirib bo'lindi.

Endi bahri naytni yangitdan boshlaymiz!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdusalom 18 Iyul 2006, 14:52:12
Eski manzildagi "bahri bayt" (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=liter&action=display&thread=1108385300&page=1) hammasi ko'chirib bo'lindi.

Endi bahri naytni yangitdan boshlaymiz!

AbdulAzsiz, manimcha eski forumdagi "Bahri bayt" g'oliblarini aniqlash kerak.
Kim eng ko'p post qilganini.

Nima dedingiz?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdusalom 18 Iyul 2006, 14:56:59
Niyat but. Albatta yetib boraman
Bir kun xush kun kelar tong rangi bilan
Ro‘zi mashhargacha ketib boraman
Qalqon — sovutlarning jarangi bilan!

Halima Xudoyberdiyeva

Yangi Bahri baytni boshlab berayotganimdan xursandman!

Nechun o`zgalarning shandir xayoli —
nastarin ochilgan,
sayrar qumrilar?!
Nechun yetimlarning o`tkir faryodi
shajarday chayqalur tasavvurimda?!

To`rt fasl —
osilgan kulfat arshiga,
go`yoki mudhish bir manzilga keldim.
Kuygan kechalarning qaltis avjida
chirqirab yig`laydi bir to`da yetim.

Shavkat Rahmon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: maknuna 19 Iyul 2006, 05:33:48
Men sendan nima deb gina qilayin?
"Qul edik" desam ham boshing silkiysan,
"Kul edik" desam ham silkiysan boshing,
"Ozodmiz" desam ham boshing silkiysan,
"Bunyodmiz" desam ham silkiysan boshing
Men sendan nima deb gina qilayin?

"Taxtlimiz" desam-da,
"Baxtlimiz" desam-da,
"Jasorat" desam-da,
"Matonat" desam-da
"Xiyonat" desam-da
Boshing silkiysan.

Qutlibeka Rahimboyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mas'ud 02 Avgust 2006, 11:12:40
Nechun, jonim, ko'zlaringda nam?
Nechun yillar qiynading o'zing?
Dadrlaringni ko'ramiz baham,
Haqiqatdan yummagin ko'zing.

Qancha kutdim gohida chidab,
Gohi sendan qilib andisha.
Majbur bo'ldim o'zimni aldab,
Yashab yurdim kulib hamisha.

Qalbim-chi, u yig'lar edi jim,
Qayg'ularin etmasdi oshkor.
Faqat rozing kutdi yuragim,
Qadamingga bo'lib intizor.

Ko'zlaringni yashirma mendan,
So'zing tinglab, qarab to'ymayman.
Menikisan. Endi hech qachon,
Hech kimsaga berib qo'ymayman.

hurmat ila...JaruleUZB
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 02 Avgust 2006, 16:36:17
AbdulAziz, manimcha eski forumdagi "Bahri bayt" g'oliblarini aniqlash kerak.
Kim eng ko'p post qilganini.

Nima dedingiz?
Taklifingizga ko'ra eski forumdagi bahri bayt natijalarini e'lon qilayapman:

AbdulAziz   151
Farzonochka   93
Maknuna      93
Kumushbibi   67
Mohinur      53
Shoir      51
Assalom      46
Otabek      41
Shahina      21
Nargiza85   19
Muxbir      10
Margilanets   9
Muhabbatli kongil   4
Quvonchbek    3
Nodi      3
Bekmirzo      3
Mansur      2
Karima      2
Shoiru sheru shuur   2
kamol      2
Pitnak      2
Mansur Xusanov   1
Tolib      1
Kamolbey      1
Abu Muslim   1
ISTANBUL   1
Bonu      1
Komron      1
Nodirbek      1
Behzodbek   1
Adashgan it   1
begi      1
Akbarxon      1
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 02 Avgust 2006, 16:43:53
Nechun meni sababsizcha unutdingiz, aytingiz?
O'tunamen, yalinamen, qochmangiz, qaytingiz!
Yana butun borlig'imning negizlari yemrildi,
Umidimning ko'p chidamli teraklari yiqildi.

Abdurauf Fitrat
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:27:55
Il gado jonig'a o't tushkaykim,
Olg'ali sham'i mazorim kelgay.

Ko'yida itti ko'ngul, vah, qachon ul
Masti devonashiorim kelgay.

Qani maykim, chu ichib mast o'lsam,
Ko'kka tuz boqqali orim kelgay.

Ey Navoiy, tilamon huru pari,
Shoyad ul bazmda yorim kelgay.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdusalom 03 Avgust 2006, 14:02:18
Yo'lda adashib yurgan bola kabidir holim,
Majnun dilidan chiqqan nola kabidir holim,
Arqonga madad bo'lmas tola kabidir holim,
Ohu ko'zida bitgan bola kabidir holim,
Umidi saodat yo'q,sen bo'lmasang yonimda.

Tunni uladim tongga vaslingga to'yarman deb,
G'am lashkarini sabrim tig'i-la so'yarman deb,
So'ng qatli g'amim qonin ko'z yoshla yuvarman deb,
G'urbatdagi boshimni tizzangga qo'yarman deb,
Umrimda farog'at yo'q,sen bo'lmasang yonimda.

Ma'ruf Jalil
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:33:12
Avfilillohkim, sabo keltirmasa sendan xabar,
Hech nasib bo`lmasdi ko`rmak bizga ko`cha-ko`laring.

Bexabar erdi jahon avvalda ishq oshubidin,
Qoldi g`avg`oga u ko`rgach g`amzai jodularing.

Hofiz Sheroziy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdusalom 05 Avgust 2006, 11:57:21
Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin bo`l, hatto bir qadam
O`tma g`urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan.

Erkin Vohidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:57:35
Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman.

Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: maknuna 11 Avgust 2006, 13:56:22
Niqob bilan do`st bo`lma, gulro`,
Yoz so`zimni yoding lavhiga,
Umr o`zi g`oyat qisqa-ku,
To`ymoq qiyin tole shavqiga,
Yoz so`zimni yoding lavhiga.

Qismatlarda ne qaroliq bor,
Qolmas bir zum baxsh etsang rohat.
Gunoh bo`lur shu sabab, dildor,
Bu dunyoda yashirsang tal’at,
Bergach uni ona tabiat.

Segey Yesenin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mas'ud 13 Avgust 2006, 07:18:16
Tong saharda, bugun, quyosh chiqishin,
Hayolimda sening birla kuzatdim.
Nedandir yoshlangan ko'zing yoshini,
Artmoqlik uchun so'ng qo'lim uzatdim.

Ko'zing tubidagi qayg'u ne uchun?
Nimaga qalbing ham unsiz yig'laydi?
Nimadan hafasan singiljon bu kun?
Javobsiz savollar jonim tig'laydi.

Qarashingda yo'q hech umid uchquni,
Xissiz nigohingda nelar mujassam?
Qalbing tuyg'ularingnimi tutquni?
Armonlar tinchliging bermas, kuzatsam.

Dardlaring to'kib sol boshdan mufassal,
Ayt  menga: nimadan chekding iztirob?
O'zimga olayin dardimni tugal,
Osmon etay ko'ngling, orzuing so'rab.

Qalbing yig'lab zabun, titraysan nechun,
Hech qovushmas dildan aytgan so'zlaring.
Javobsiz ishq nahot qiynarmi bugun?
So'yla nedan mayus, mahzun ko'zlaring???

hurmat ila...JaruleUZB
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 13 Avgust 2006, 20:31:04
Garchand, ba’zi joyda topdim e’tibor,
Ko‘ksimda nelardir taratur ziyo.
Dashnom eshitdim-u umrimda ko‘p bor,
Qarsak tinglamadim nechundir aslo.

Dunyoning ishlari chindan notugal,
Siz uning xatosin bir bor tuzating,
Do‘stlar, o‘lgan chog‘im, rahm eting bir gal,
Meni qarsak chalib go‘rga uzating.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 22:52:11
Goh esarman yellar kabi,
Goh to`zarman yerlar kabi,
Goh oqarman sellar kabi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Oqar suvlardek oqarman,
Dardli yuragim yoqarman.
Yorimni o`ylab yig`larman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Yunus Emro
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mas'ud 14 Avgust 2006, 11:36:59
Irodasizman debsan...Yo'q, so'zing yolg'on,
Senda bor matonat xislar mujassam.
ko'zlaring chin ishqni qilur namoyon,
Ha, o'sha sen eding, men adashmasam.

Ko'z yoshing daryosin kechganim ro'yo,
Gavharing yurakda saqlaganim rost.
Uzoqda porlagan yulduzdek go'yo,
O'sha sen eding... Qo'llaringda soz.

Sen eding... Men-chi, yoningda,
Erkalab sochingga taqqandim gullar.
Bir umr ortingdan poylab men yo'llar,
Yashayapman mana, dardim komida.

Esingdami? suv bo'yida tunlar osuda
O'tkazgandik...Kuzatgandik tongning otishin...
Bugun esa sensiz o'tgan har on behuda,
She'r ham yozolmayapman qalbdan otashin...

Sen yolg'iz muhabbatim,hayolim, borim,
Peshonamda yaraqlagan quyoshim, yorim,
Borlig'imsan, hayotimda.. Kuzim,. bahorim,
O'sha men edim, sen eding o'sha...

hurmat ila...JaruleUZB
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mashhura 21 Avgust 2006, 16:12:51
Aql qalbga solmaydi quloq,
Aqlga ham muhtojmas yurak.
Men bo'lsamchi ikkisin mutlaq,
Bahamjihat ushlashim kerak.

Muallifi yodimda yo'q.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mashhura 21 Avgust 2006, 16:36:19
Ko'zlaringning vafosi so'nmish,
Xazon bo'lmish sevgi gulimiz.
Taqdirimiz to'qnashmas emish,
Tutashmasmish bosgan yo'limiz.

Eshitdim sen unutganmishsan,
Meni ogoh etdi quv sabo.
Yot sanamni yor etganmishsan,
Yurak bag'rim qilibsan ado.

Vafo tashlab ketmish maskanin,
Ko'zlaringda ne qoldi yana.
Mitti nihol endi o'sgandi,
Yulqib hijron qildi tantana.

Tag'in uning aytgani bo'ldi,
Nasiyami yana bir visol,
Oramizda bor bo'lsa neki
Hijron, firoq qildi olu ol.

Taladilar parvo qilmayin
Daryo yuvdi to'kkan yoshimni,
O'zi egik sabr-bardoshimni
Sindirib ham qo'ymog' tayin.

Taladilar qilmasdan shafqat,
Tog'lar menga tiladi sabr.
Tindi seni o'ldirib faqat,
Paydo bo'ldi dilda bir qabr.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 24 Avgust 2006, 07:59:08
Rivoj topmish sohib xislat,
Donishmandga madadkor,
Lekin qayda bo'lsa shuhrat,
Yonboshida hasad bor.

Davoxonlar, parixonlar,
O'quvchilar chilyosin,
Xullas yurtda bor nodonlar,
Boshladilar ig'vosin.

Erkin Vohidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mas'ud 25 Avgust 2006, 01:08:47
Nechun homush tortasan bugun?
Kiprigingda ikki tomchi yosh?
Hayoling ham parishon, zabun,
Bunda nega balqmagay quyosh?

Egningga sen kiyibsan qora,
Kimga yana motam tutasan?
Farzandingni o'ylab sen zor-a,
Qachongacha uni kutasan?

Otabeging qaydadir yonib,
Haqiqatni izlab yuribdi,
Toshkentga lek o'tmagay qo'nib,
Chunki Kumush qabri turibdi.

Garchi Senga botsa-da og'ir,
Aytish mening burchi halolim,
O'glingni sen ko'rmaysan yillar,
Ko'ringuncha ko'kda hilolim.

"Zaynabbegim" har kun qoshingda,
Telbaligin qiladi ko'z-ko'z.
Shartmi ahir Sening yoshingda,
Dushmaningga gapirmoq bir so'z.

Qora kiyib, azador bo'lib,
Dog'larmiding shu ulug' dilni?!
Farzandlaring bir- birlariga,
Bermaganda zahri qotilni??!!!

...O'zbek oyimga

2004 yil.JaruleUZb
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mohinur 29 Avgust 2006, 07:49:38
Ishq ila men xastaman,bu dardima davo yo'qdur,
Qora qismat bitilmishdir,visoldan hech vido yo'qdur.

Vasl yo'qdur,faqat bordur alam,hasrat ila kulfat,
Tovushingni kutarman zor,biroq sandan sado yo'qdur.

Asir qushman - go'dak panji g'ijimlaydi berib ozor,
O'lim yordur vujudima,xudoyimdan panoh yo'qdur.

Majnun, arab shoiri
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdusalom 31 Avgust 2006, 08:15:35
Ruhimni hilolga belagim keldi,
Oyog'ingni quchib yig'lagim keldi.

Sochparak daraxtlar dardim bilmadi,
Muzlagan kurtaklar bag'rim tiladi,
Ko'ngil bir gullagan fasl tiladi,
Ko'ngilni Quyoshga bog'lagim keldi,
Oyog'ingni quchib yig'lagim keldi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 31 Avgust 2006, 21:53:38
Ibodatdur biror johil
Jafokorga desang haq so‘z
Va nodonga sukut qilsang
Sukunat ham ibodatdur

Agar juftihalol birla
Ko‘ngilxushlik qilar bo‘lsang
Falak shohid Malak hozir
Bu suhbat ham ibodatdur.

Mirzo Kenjabek
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Sentyabr 2006, 02:55:52
Ruhlar mozoridan o'tayotgandim,
Qulog'imga bir ingroq indi.
Soqiy yuragimning qonkosasiga,
To'ldirib hayratning mayini sundi.

Qayrildim,
Qaradim,
Jon talash yotgan,
Ruhning o'limini tomosho qildim.
O, qanday chiroyli o'larkan ular.

Islom Hamro
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 01 Sentyabr 2006, 23:08:35
Rohatdamiz goho Urganchning,
Goh Toshkеntning Do'rmonlarida.

...Bir-bir uziladi yaproqlar
Sharq va g'arbning o'rmonlarida.

Matnazar Abdulhakim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:36:03
Afzal ko’rganingni qarg’ab o’tardim,
Izingdan yurmasdim soyaday g’amnok,
Hayotda men uchun qolarding tirik,
Qalaming mujdasin kutardim mushtoq.

Zulfiya
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 02 Sentyabr 2006, 11:01:12
Qoshingni qarolig'i,
Yuzingni zebolig'i,
Jonga jafo qiladi
Shu qizning balolig'i.

Qaro-qaro qoshligim,
Uzun-uzun sochligim,
Qaro qoshingni deb yurib,
O'tib ketmasin yoshligim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: zulayxo 02 Sentyabr 2006, 20:56:48
 BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM               

Qur'on oyatlarga she'riy tafsir.

Musulmon bekorga urmas va so’kmas,
Kimsani ezmoqqa qidirmas aybin.
Shubha yo’qki, Alloh zolimni suymas:
Vallohu la yuhibbuz-zolimiyn...

Sabr etgan doimo murodga yetar,
Ey mo’minlar, siz ham murodga yeting.
Alloh ham sabrli qullarni sevar
Vallohu yuxibbus-sobiriyn...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 03 Sentyabr 2006, 08:02:26
Ne tong edi izg'irinlar zahrini totding,
Dasturxonda muztar qoldi qandu novvoting,
Shahidlarning munglaridir har bir ravoting,
Abadiyot erur asli adabiyoting,
Cho'lpon, Fitrat, Qodiriy ham Usmonim Vatan.

Sirojiddin Sayyid
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mas'ud 03 Sentyabr 2006, 22:58:31
Nechun, jonim, ko'zlaringda nam?
Nechun yillar qiynading o'zing?
Dadrlaringni ko'ramiz baham,
Haqiqatdan yummagin ko'zing.

Qancha kutdim gohida chidab,
Gohi sendan qilib andisha.
Majbur bo'ldim o'zimni aldab,
Yashab yurdim kulib hamisha.

Qalbim-chi, u yig'lar edi jim,
Qayg'ularin etmasdi oshkor.
Faqat rozing kutdi yuragim,
Qadamingga bo'lib intizor.

Ko'zlaringni yashirma mendan,
So'zing tinglab, qarab to'ymayman.
Menikisan. Endi hech qachon,
Hech kimsaga berib qo'ymayman.

Toshkent...2005

Hurmat ila, JaruleUZB
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:56:37
Nahotki mendek farzandni
Uvoli tutmasmikan seni?
So'ngra esa tirnog'imga zor bo'lib,
Axtarib yurmasmisan meni.

Yulduz Usmonova qo'shig'idan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 05 Sentyabr 2006, 19:05:41
Izlasam toparman, do'stu birodar,
Yo davlat toparman, yo'qotsam agar.
Dildordan ayrilsam, yor bo'lar dilbar,
Sizni hech yo'qotmay onajon, sizni,
Hech biri berolmas mehringizni.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shoxjahon12 06 Sentyabr 2006, 10:47:50
Izlasam toparman, do'stu birodar,
Yo davlat toparman, yo'qotsam agar.
Dildordan ayrilsam, yor bo'lar dilbar,
Sizni hech yo'qotmay onajon, sizni,
Hech biri berolmas mehringizni.
Iymanib yashama
Xayol pinjida.
Yoyil, yayra jonim,
O'rtanma g'amda.
G'iybatlarga chida,
Tuhmatga chida.
Sen ahir bittasan
Yorug' olamda.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 06 Sentyabr 2006, 11:43:52
Armon bo’lib qoldi o’sha qiz,
Dardlarimni bilmaysan, yomg’ir.
Bevafoga uchratib qo’yib
Yuiragimni tig’laysan, yomg’ir"¦

Chaqmoq chaqar, chaqmoq chaqar"¦
Yomg’ir yog’ar, yog’ar yomg’ir"¦
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shoxjahon12 07 Sentyabr 2006, 13:10:03
Armon bo’lib qoldi o’sha qiz,
Dardlarimni bilmaysan, yomg’ir.
Bevafoga uchratib qo’yib
Yuiragimni tig’laysan, yomg’ir"¦

Chaqmoq chaqar, chaqmoq chaqar"¦
Yomg’ir yog’ar, yog’ar yomg’ir"¦
Ruxsat eting menga,yaxshi qiz, biroz,
Dilimni ochmoqchi bo'lyapman sizga.
Tunov kun bir do'stim meni dab-durust,
Aybladi sevgisizlikda...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 07 Sentyabr 2006, 13:39:40
Azal kunda asar etgandi sirri may qulog’img’a,
Bugun, vah, dil bulog’I jo’sh urmoqliqda toshibdur.

Visoling orzusi shiddati hijronni yiqmoqda,
Bu ikki pahlavon maydoni dil uzra kuroshibdur.

Uvaysiy, olma boshing zikru fikri yor yodidin,
Suluki ishq aro be yodi haq yo’ldin odoshibdur.

Uvaysiy

PS. uzr Shoxjahon, sizning yozganingiz she'rmi? Qofiya, turoqlari qani?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shoxjahon12 07 Sentyabr 2006, 18:04:23
Azal kunda asar etgandi sirri may qulog’img’a,
Bugun, vah, dil bulog’I jo’sh urmoqliqda toshibdur.

Visoling orzusi shiddati hijronni yiqmoqda,
Bu ikki pahlavon maydoni dil uzra kuroshibdur.

Uvaysiy, olma boshing zikru fikri yor yodidin,
Suluki ishq aro be yodi haq yo’ldin odoshibdur.

Uvaysiy

PS. uzr Shoxjahon, sizning yozganingiz she'rmi? Qofiya, turoqlari qani?

PS: Uzr, saal aralashtirb yuboribman. Boshqa qaytarilmaydi. Qani, davom etamiz...

Rossiyada gulday qizlarni
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar busa bizlarni
Bexanjaru, bemakru bezar.


Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 21:28:05
Rassom bo‘lishlikka toqatim hech yo‘q,
Chunki zaril bunda g‘alat iste’dod.
Masalan, xo‘tikka o‘xshasin xo‘tik,
Sharmanda qiladi bundaqa ijod.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Margilanets 08 Sentyabr 2006, 07:30:15
Dunyoning durisan,
Qalbimning qo'risan.
Begimsan, bekangman,
Erkamsan, erkangman.

Kuyimdagi hush sado,
Dilimdagi bir nido,
Dunyoda men uchun, men uchun
Bir sen-u, bir xudo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 08 Sentyabr 2006, 07:49:35
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam,
Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga farzand bo`ldimmi!..

Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo`qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim qo`shiqmas faqat,
Men mashhur hofizmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga farzandmanmi, ayt?...

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shoxjahon12 08 Sentyabr 2006, 09:42:43
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam,
Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga farzand bo`ldimmi!..

Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo`qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim qo`shiqmas faqat,
Men mashhur hofizmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga farzandmanmi, ayt?...

Muhammad Yusuf

Talpinma ko`p, devona ko`ngil,
Barchamizdan yuz o`girmish baxt.
Shafqat tilar gadolar faqat...
Talpinma ko`p, devona ko`ngil.

Sergey Yesenin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:58:48
Lekin Layli boshiga kelgan
Qora kunlar bizga yot bugun;
Bizga yotdir shirin baxtini
Poymol etgan u qop-qora tun.

Hamid Olimjon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 09 Sentyabr 2006, 23:47:51
Nahot shuncha mas’um, shuncha pok
Sevishmoqda alam bor shuncha?
Bardosh bermas iroda, idrok,
Tamoman lol aql, tushuncha.

Zulfiya
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 10 Sentyabr 2006, 12:09:31
Alvido, ey, xushxayollarim,
Sizni changday puflab uchirdim.
Hayot, sizga yo‘q savollarim,
Hayot, hammasiga tushundim.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 11 Sentyabr 2006, 08:18:42
Minoralar temuriylar savlatidandur,
Madrasalar pok iymonlik sarhadidandur,
Alisher ham temuriylar avlodidandur,
Sherali ham uning buyuk davlatidandur,
Tugab-bitmas san’ati bor sohibqironning.
Azal buyuk davlati bor sohibqironning.

Sherali Jo'rayev
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shoxjahon12 11 Sentyabr 2006, 10:34:56
Minoralar temuriylar savlatidandur,
Madrasalar pok iymonlik sarhadidandur,
Alisher ham temuriylar avlodidandur,
Sherali ham uning buyuk davlatidandur,
Tugab-bitmas san’ati bor sohibqironning.
Azal buyuk davlati bor sohibqironning.

Sherali Jo'rayev


Gar qizlardan bo`lsa ziyoda,
Men gullarni qirqardim butkul,
To ko`rmayin yorug` dunyoda
Shahinamdan suluvroq bir gul.


Sergey Yesenin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 11 Sentyabr 2006, 20:09:28
Lablarimga tabassum ko’chdi,
Seni o’ylab, hayratim cheksiz.
Shoir so’zi yodimga tushdi:
Buncha sodda, buncha o’zbeksiz!"œ

Mirzo Kenjabek
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 12 Sentyabr 2006, 07:56:38
Zulfi halqa-halqau ko'zi qaro bu yerdadir,
Boqishi shafqatli-yu,nozikado bu yerdadir.

Kiprigi - xanjar, karashma - tig'u ko'z tashlash yashin,
Gar shahid bo'lmoqchi ersang, Karbalo bu yerdadir.

Zebunniso
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdusalom 12 Sentyabr 2006, 09:14:26
Raqiblar sezsalar jonon kuyib kul bo‘lg’usi shu dam,
Alardin ajratib bizni suyib-saylab qarashlarga.

Tig’ing yetganda ko‘ksimga ki ko‘zlar to‘qnashib olgay
Nishonga tegdimu yo‘qmi deya o‘ylab qarashlarga.

Sherali Jo'rayev
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mohinur 12 Sentyabr 2006, 10:32:08
Arazingiz ko‘zlarimga jola qilay,
Ko‘ngil ber deb ming bor o‘lib, ming tirilay,
Sizga yolg‘iz men alamli qo‘shiq aytay,
Arazlarda jonim qolib ketsin mening.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 13 Sentyabr 2006, 19:05:39
Garchi meni sevolmasang,
Sevgimga hech ko`nolmasang,
Birga-birga yurolmasang,
Sevaman deb aldab qo`ygin,
Sevaman deb aldab qo`ygin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: yabancicek 14 Sentyabr 2006, 00:46:52
Nahotki siz ketdingiz sevgimizdan voz kechib,
Ortingizdan qarab qoldim so'z deyolmay men hayron.
Endi tanho qolaman hijron sharobin ichib,
Endi bo'lar muhabbat ikkimiz uchun armon.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 14 Sentyabr 2006, 06:48:55
Nafsim meni yo’ldun urub, xor ayladi,
Termulturub xaloyiqg’a zor ayladi,
Zikr ayturmay, shayton birla yor ayladi,
Hozirsen, deb nafs boshini sonchtim mano.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 14 Sentyabr 2006, 19:52:39
Oydinim oy bo'lmadi,
Ko'z yoshim soy bo'lmadi,
Mehridaryo qalbingda
Bir menga joy bo'lmadi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 15 Sentyabr 2006, 04:42:44
Ikkimizni qoralab,
Raqiblar ham to'ymadi.
Sevib yondik norizo
Ota-onang qo'ymadi.

Sevgan yorim yig'lama,
Shirin jonim, yig'lama,
Yurak bag'rim tig'lama,
Men senga begonaman...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:12:34
Nahot tilab bo'lmas hayot ne'matin
Unga halovatu orom va shodlik?
Hattoki barnoning qalbiga yaqin
Rafiqa atovchi kimsaga tole?

Pushkin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: yabancicek 16 Sentyabr 2006, 02:51:09
Eh, buncha bag'ritosh bo'lmasa yillar,
Xayr demoqlikka bormaydi tilim.
Endi hayot bizni qaylarga yo'llar
Nahot ortda qoldi o'quvchiligim?!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:13:07
Men sendan nima deb gina qilayin?
"Qul edik" desam ham boshing silkiysan,
"Kul edik" desam ham silkiysan boshing,
"Ozodmiz" desam ham boshing silkiysan,
"Bunyodmiz" desam ham silkiysan boshing
Men sendan nima deb gina qilayin?

Qutlibeka
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shoxjahon12 18 Sentyabr 2006, 15:30:44
Men sendan nima deb gina qilayin?
"Qul edik" desam ham boshing silkiysan,
"Kul edik" desam ham silkiysan boshing,
"Ozodmiz" desam ham boshing silkiysan,
"Bunyodmiz" desam ham silkiysan boshing
Men sendan nima deb gina qilayin?

Qutlibeka
Nahot, ishq qismati buncha berahim,
Bunchalar buyuksan, vafo shevasi.
Sengadir hurmatim,senga sharafim,
Qahramon jangchining sodiq bevasi.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 19 Sentyabr 2006, 12:20:05
Ishq bog'imda bahor bo'lib yashnaganim,
Izlab-izlab chamanlardan tanlaganim,
Go'zallikda tanho go'zal ataganim,
Yot quchoqda baxting kulsin, yig'lamagin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 21 Sentyabr 2006, 13:33:35
Nigohida oftoblari bor,
Ko'z yoshlarin javoblari bor,
So'ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Muhabbat yo'q ekan dunyoda!

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mas'ud 21 Sentyabr 2006, 15:21:19
Aytar edi bir zamon onam,
O'sib katta bo'lursan o'g'lon.
Oqil bo'l-u, mard bo'l chinakam,
Bu ikki ish emasdir oson...

Erkin Vohidovdan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shokirbek 21 Sentyabr 2006, 20:06:17
Aytar edi bir zamon onam,
O'sib katta bo'lursan o'g'lon.
Oqil bo'l-u, mard bo'l chinakam,
Bu ikki ish emasdir oson...

Erkin Vohidovdan


Nadur qulliq? Aning mushtoqi bo'lmoq,
O'zidin foniy, Haqqa boqiy bo'lmoq.


So'fi Ollohyor.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mas'ud 21 Sentyabr 2006, 22:03:03
Qaro qoshing qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing qiz.
Qilur qatlimga qosh qayrab,
Qilich qotil qaroshing qiz.

Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo'ymaysan.
qarab qo'ygin qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.

yana Erkin Vohidovdan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 22 Sentyabr 2006, 09:52:49
Zavol ko'rma hech qachon, o'lkam,
Zavol bilmas shu yoshing bilan.
Muzaffar bo'l, g'olib bo'l, o'ktam,
Do'stu yoring, qardoshing bilan.
Asrlarning silsilasida
Boqiy turgay koshonang sening.
Ulug' bashar oilasida
Mangu yorug' peshonang sening.
Mangu yorug' maskanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 23 Sentyabr 2006, 11:01:28
Malhamingman doim hamdam bo'laman derding,
Turna bo'lib har bahorda kelaman, derding,
Aytchi unda nechun menga sevaman derding,
Turna bo'lib har bahorda kelaman, derding.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdusalom 23 Sentyabr 2006, 22:17:01
Garchi qurutmas ko'zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti,
Ne qurug'in qo'yg'usi,ne yoshini.

Lutfiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 24 Sentyabr 2006, 07:06:27
Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,
Tufroq qilib, hozir bo’l, deb bo’ynum egdi,
Boron sifat malomatni o’qi tegdi,
Paykon olib, yurak-bag’rim teshtim mano.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 24 Sentyabr 2006, 17:35:00
Olam bozor emish, barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa, sotishga tayyor.
Kimdir do‘stin sotar, kim tashna, kim zor,
Bu yo‘lda iymonin asragan kim bor?!

Sherali Jo'rayev
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 07:48:31
Rishtakim, muhlik yaram og'zig'a tiktim angladim,
Kim kafan jinsi qirog'idin suvurgan tor emish.

Ko'yi devoridin og'riq tang'a tushgan soyadek,
Sel g'amidin emdi soya o'rnig'a dildor emish.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mas'ud 28 Sentyabr 2006, 13:08:10
Shu kecha yolg’izlik meni qiynaydi,
Sog’inish dardiga bo’ldim mubtalo.
Hukmron jimjitlik bag’rim tirnaydi,
Qalbim huvillaydi misli karbalo.

Ko’nglim torlarining mungli nolasi,
Haydalish kuyini chalar tinmayin.
Yuragim ko’z yoshin sho’x shalolasi,
Bardoshim sinaydi balki atayin?

Balki rutubatning tubsiz qa’riga,
Tashlab sinamoqni istaydimi, u?
Mushkulot dunyosin sirli bag’riga,
Taklif etib meni ulashar qayg’u?

Bilmayman, nima u — bag’rim tig’lagan,
Bevafo sevgining makkor malagi.
Men yolg’iz emasman, mening ortimda,
Umid bor, ishonch bor, so’ngsiz tilagim!

2004...JaruleUZB

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 28 Sentyabr 2006, 15:45:30
Mayli men ne bo’lsam ham omon bo’l sen!
Onang orzu qilgandek o’g’lon bo’l sen!
Otangni qayg’urmay yashasang ham,
Yurti uchun qayg’urgan inson bo’l sen!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mas'ud 28 Sentyabr 2006, 23:15:49
Нечун жоним кўзларингда нам?
Нечун йиллар қийнадинг ўзинг?
Дардларингни кўрамиз барҳам,
Ҳақиқатдан юммагин кўзинг.

Қанча кутдим: гоҳида чидаб,
Гоҳи сендан қилиб андиша.
Мажбур бўлдим ўзимни алдаб,
Яшаб юрдим кулиб ҳамиша.

Қалбим-чи, у йиғлар эди жим,
Қайғуларин этмасди ошкор.
Фақат розинг кутди юрагим,
Қадамингга бўлиб интизор.

Кўзларингни яширма мендан,
Сўзинг тинглаб, қараб тўймайман.
Меникисан.Энди ҳеч қачон,
Ҳеч кимсага бериб қўймайман.

hurmat ila...JaruleUZB
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:32:36
Na ko`rgilik tushmish mening boshima,
Qon yig`ladim, dunyo cho`mdi yoshima.
Yor, yuraging Sangijumon toshima,
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi?

faxriyor
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 30 Sentyabr 2006, 07:48:35
Istalgan hur dillarni kuydirmasang,
Hijronlarga aslo yo`l qo`ydirmasang,
Oshiqni ham jonidan to`ydirmasang,
Ey, muhabbat, malhamu shifokorsan.
Ey, muhabbat, Mo`minga madadkorsan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Oktyabr 2006, 06:39:15
Netayin,darmonda bo'ldum men bu ko'nglum ilkida,
Sensizin hech yerda bir lahza qaror etmas,begim.

Garchi sen dashnom etarsen,men duochiman senga,
Oshiqi sodiq jafodin elini chetmas,begim.

Atoyi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 04 Oktyabr 2006, 20:01:15
Men kimman, bir ko‘ngil quliman xolos,
Dardini she’r qilgan shoirman, shoir.
Nahotki siz menga qilasiz havas,
Nigohi og‘ir qiz, nigohi og‘ir?..

Abdulaziz Muborak
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:47:32
Rangim sariq, ko'zlarim yosh,
Bag'rim pora, jigarim tosh,
Holim bilan dardli qardosh,
Kel ko'r mani ishq nayladi.

Yunus Emro
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 07 Oktyabr 2006, 07:19:03
Ishqimdin pokroq obi zilol yo'qdur,
Ishqimdek g'amu dardi halol yo'qdur.
O'zgalar ishqi faqat hol bo'lsa gar,
Manim ishqi nigorimga zavol yo'qdur.

Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 11 Oktyabr 2006, 19:25:37
Rahm ichra paydo bo'ldum, nido keldi,
Zikr ayt, dedi, badanlarim junbush qildi,
Farzandim, deb haq Mustafo ulush berdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 11 Oktyabr 2006, 21:48:50
Aziz, xor qilg'uvchi sulton sanuqsan,
Saning lutfing qamug' alvondin ortuq.

Na xush bu dunyoda Iymonu Qur'on,
Ne bo'lg'ay bu dunyoda Iymondan ortuq.

Sulaymon Boqirg'oniy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 08:01:43
Qon yoshim erur yux uza yulduz kabi sonsiz,
Ul ko'zlari cho'lpon,mahi tobonima ayting.

Lutfiyi dilafkor tilar hajr eliding dod,
Ahvolini ul begimau xonima ayting.

Mavlono Lutfiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 12 Oktyabr 2006, 17:12:54
Garchi osmon qadar afg'on etdilar,
Ular Vatan nomin osmon etdilar.

Uzilmas bu yurtdan iymon torlari,
Toki hikmat so'ylar Olloyorlari.

Ey, boshidin oyog'i ruh va yod, Vatan,
Ulug' siymolari barhayot, Vatan.

Sening dovrig'ingu shoning o'chmagay,
Abadiyat qadar noming o'chmagay!

Sirojiddin Sayyid
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 14 Oktyabr 2006, 06:35:54
Yig'ladim,
Kuldim,
Yolindim.
Tushundim -
Bittasi ham mizojig'a yoqmadi.
Yig'la biroz, o'ksuzlangan tilagim,
Men ham senday baxtsizlikka tutundim,
Umidsizlik ora tushub, yo'qsul jonim o'rtandi.

Abdurauf Fitrat
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 16 Oktyabr 2006, 07:48:38
Ishqing ila oshiqlar
Yonsin, yo Rasulalloh.
Ichib ishqing sharobin,
Qonsin, yo Rasulalloh!

Shul seni sevgan kishi
Tikmish yo‘lingda boshin,
Ikki jahon quyoshi
Sensan, yo Rasulalloh!

Yunus Emro
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 21 Oktyabr 2006, 07:32:51
... Huv, ana tandirdan non uzar ayol,
Issiq non yuzida yaltiraydi nam,
yaltiraydi nam.
Yuzlarim lovullab shirmoy non misol
Banogoh labimda sezaman sho‘r ta’m,
sezaman sho‘r ta’m.

Sa'dulla Hakim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 22 Oktyabr 2006, 07:56:52
Mеn nеcha bor dеdimu, bo'lding yo'q,
Sеn nеcha yo'q dеdingu, bor bo'ldim.

Ayriliq - bu nе g'arib yuksaklik,
Ham aziz bo'ldimu, ham xor bo'ldim.

Matnazar Abdulhakim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 24 Noyabr 2006, 07:30:18
Nega hech kim davom ettirmayapti. O'zim davom ettirishga manburman:

Mayli deyman va qilmayman g'ash,
Xayolimni gulga o'rayman;
Har bahorga chiqqanda yakkash
Baxtim bormi,deya so'rayman.

Yuzlarimni silab, siypalab,
Baxting bor deb esadi yellar,
Etgan kabi go'yo bir talab,
Baxting bor,deb qushlar chiyillar...

Hamma narsa meni qarshilar,
Har bir kurtak menga so'ylar roz,
Men yurganda bog'larga to'lar
Faqat baxtni kuylagan ovoz.

Hamid Olimjon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 04 Dekabr 2006, 23:37:54
Zax hidlari kelib qoldi tandirdan.
G'amga to'ldim nogoh noxush tasvirdan,
To'yxonaga o'xshagan katta hovli,
Ko'z oldimda jimjidi-qoldi birdan.

Sirojiddin Sayyid
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mas'ud 14 Dekabr 2006, 09:50:43
Ўзбeк Ойимгa...
"Киярмиди Ўзбeк ойим эгнигa қорa?
Гaр фaрзaндлaр бир-бирлaрин зaҳaрлaмaсaлaр"
                                                   ТоҳирМaлик
Нeчун ҳомуш тортaсaн бугун?
Кипригингдa икки томчи ёш?
Ҳaёлинг ҳaм пaришон, зaбун,
Бундa нeгa бaлқмaгaй қуёш?
Эгнинггa сeн кийибсaн қорa,
Кимгa янa мотaм тутaсaн?
Фaрзaндингни ўйлaб сeн зор-a,
Қaчонгaчa уни кутaсaн?
Отaбeгинг қaйдaдир ёниб,
Ҳaқиқaтни излaб юрибди,
Тошкeнтгa лeк ўтмaгaй қўниб,
Чунки Кумуш қaбри турибди.
Гaрчи Сeнгa ботсa-дa оғир,
Aйтиш мeнинг бурчи ҳaлолим,
Ўғлингни сeн кўрмaйсaн йиллaр,
Кўрингунчa кўкдa ҳилолим.
"Зaйнaббeгим" ҳaр кун қошингдa,
Тeлбaлигин қилaди кўз-кўз.
Шaртми, aхир, Сeнинг ёшингдa,
Душмaнинггa гaпирмоқ бир сўз.
Қорa кийиб, aзaдор бўлиб,
Доғлaрмидинг шу улуғ дилни?!
Фaрзaндлaринг бир- бирлaригa,
Бeрмaгaндa зaҳри қотилни??!!!

hurmat ila...JaruleUZB...2003

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 15 Dekabr 2006, 07:46:11
Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,
Tufroq qilib, hozir bo’l, deb bo’ynum egdi,
Boron sifat malomatni o’qi tegdi,
Paykon olib, yurak-bag’rim teshtim mano.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 18 Dekabr 2006, 08:06:12
Oyoq-qo‘li beshikka
Bog‘liq bolam, turgaysan.
Hali sening izmingda
Yurgay olam, turgaysan.

Sen yo‘lga ketarsen deb
Hozirlik ko‘rar karvon.
Osmonning peshtoqiga
Sen deb qo‘yilar narvon.

Halima Hudoyberdiyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Burxon 26 Dekabr 2006, 15:54:44
 Hayotimning so'ngi kunlari
 O'tayapti ming azob ila
 Ezayapti yurak bag'rimni 
 Taqdirimning achchiq qismati
 Axir olloh men ham bandangman
 Haqqim yo'qmi baxtli yashashga
 Yoki yashash jazomi menga
 Balki shudir taqdir sinovi
 Xayolimda go'yoki mendan
 Baxtsiz odam yo'qdek dunyoda
   
                                          Burxon
]
 
 
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 03 Yanvar 2007, 17:23:10
Menimcha Burxon "Bahri bayt"qoidasiga amal qilmaganlar ko'rinadi.
Burxon "N" harfiga davom ettirishlari kerak edi.
Men davom ettiraman:

Navosiz yurakning navobaxshi bo'l,
Navoiy yomon bo'lsa, sen yaxshi bo'l.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 07 Yanvar 2007, 02:27:32
La'ling istab emdi jondin kechamen.
Bodasiz betobmen bu kecha men,
Sohili maqsadg'a yetgaymanmu deb,
Ko'z yoshim daryosida suv kechamen.

Yusuf Amiriy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 10 Fevral 2007, 13:16:33
Nahot shuncha mukammal bo'lsa
Farishtamas, oddiy bir odam.
So'zing yoniq  bulbullarniki,
O'zing boshdan-oyoq tillodan.

Matnazar Abdulhakim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: ikbaljohn 10 Fevral 2007, 15:05:08
Namuncha cho'zilib ketibdi,ayting bu mavzu,
Har yerni qilma orzu,har yerda bor toshu tarozu!
Xalq og'zaki ijodidan!!!
Undov bilan tugadi,qani kim davom ettirarkin?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 10 Fevral 2007, 19:31:17
Assalomu alaykum Iqboljon!
Bu yerga post qilishdan avval mavzuning shartlarini yaxshilab o'qib oling:
Assalomu alaykum aziz she'riyat muxlislari!

Ushbu mavzumiz nomi BAHRI BAYT bo`lib u huddi adabiyot darsidagi bahri baytga o`xshaydi. Ya'ni bir kishi she'r aytadi. She'rning oxirgi harfiga ikkinchi kishi davom ettiradi.

Shartlari:
She'r kamida 2 qator bo`lishi kerak.
Muallifi ko'rsatilishi kerak.
Buzg'unchilikni targ'ib etadigan she'r bo'lmasligi kerak.
She'riyat talablariga javob berishi kerak.

N harfidan men davom ettiraman:

Nega jim yashaysan, sokin yashaysan?!
Sezmaysan, qo’llarim ketsa ham tegib.
Olamda men yo’qdek, hech payqamaysan,
Yashaysan jimgina boshingni egib.

Mirzo Kenjabek
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Sufermen_oka 11 Fevral 2007, 09:05:19
Bo'ynungda qonim, ki bizni, ey ko'z,
Xo'blar bilan oshno qilursan.

Jondin ilikingni,Lutfiy, yuvg'il,
Chun ishq bila marhabo qilursan.

Lutfiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Sufermen_oka 11 Fevral 2007, 09:18:08
Nechun kutib vayron bo'ladi ko'ngil,
Seni unutmoqqa men ahd qilaman.
Sen ham meni kutib,men kabi so'ngil,
Senga ham bir azob-xijron tilayman.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 12 Fevral 2007, 13:56:09
Nigohlarim unsiz so‘zlaydi,
Orzularga yetib bo‘lmaydi.
Kechdim hatto dunyo dardidan
Nega sizdan kechib bo‘lmaydi.

Sog‘intirib sevdirganim o‘zingiz,
Sizga bir so‘z aytib bo‘lmaydi.
Sevish mumkin o‘zgani lekin,
Nega sizdan kechib bo‘lmaydi.

Muyassar Lutfullayeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shamsiddin 14 Fevral 2007, 14:45:49
I:Ishqim yursa, o‘zimdek g‘arib,
Tosh ko‘ksingdan mexr axtarib.
Muruvvat xam tutilsa darig‘,
Seni jondan suyganim nechuk?
Tosh ham erib ketardiku.
Sen erimadig.Xech qachon erima......
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 15 Fevral 2007, 02:52:50
Azal abad shu tuproqning qiziman men,
To‘marisning qonda qolgan iziman men.
Garchi bugun osmon chorlar, lek baribir,
Men tuproqqa ko‘ksim berib yuksalaman.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 15 Fevral 2007, 03:25:52
Nafasim — g‘animat, so‘zim g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.

Yaratganga borib aytaman seni!
Uzi hukm etsin odil va xolis.
Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz ...

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdusalom 17 Fevral 2007, 09:40:33
Zamin tegrasiga
Oltin kamalak
O`raydi yetti xil
Nurdan chambarak.
Siz uning bag`rini
Pora qilmaysiz,
Otalar hokini
Saqlab muborak.

Erkin Vohidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: nodirjan 18 Fevral 2007, 15:19:36
Ko'rgali husnungni zoru mubtalo bo'ldum sanga,
Ne balolig' kun edikim, oshno bo'ldum sanga.

Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko'ngul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo'ldum sanga.

Men qachon dedim: "Vafo qilg'il manga" zulm aylading,
Sen qachon deding: "Fido bo'lg'il manga" bo'ldim sanga.

Qay pari paykarga dersen telba bo'ldung bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, bo'ldum sanga.

Ey ko'ngul, tarki nasihat aylading ovora bo'l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo'ldum sanga.

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo'ldum sanga.

G'ussa changidin Navoiy topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo'ldum sanga.
Alisher Navoiy..
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shahina 21 Fevral 2007, 16:47:47
Allohga atalgay haqiqiy sevgi,
O’zni oshiqlikka asir qilamiz.
Ikki yo’lning biri sabrdir, biri-
Faqat jannatlarda birga bo’lamiz.

Malika
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 26 Fevral 2007, 01:33:33
Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma'yuslik, sokinlik uyg`otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim.
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nodi 27 Fevral 2007, 11:41:18
Madinaga Rasul borib, bo’ldi g’arib,
G’ariblig’da mehnat tortib, bo’ldi habib,
Jafo tortib, yaratqang’a bo’ldi qarib,
G’arib bo’lub, uqbolardin oshtim mano.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mohinur 19 Mart 2007, 21:19:54
Orzu bilan otadi har tong,
Qayg'um bilan cho'kadi har shom.
Orzularim suronidan,
Qayg'ularim bo'ronidan.

Ona Yerning ostonasiga
Osmon bo'lib yorildim.
Kеlajakning nеshonasiga
Imon bo'lib yozildim...

Orzu bilan otadi har tong,
Qayg'um bilan cho'kadi har shom.

Tilak Jo'ra
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Salsabiyla 21 Mart 2007, 18:46:50
Mehr ko'p ko'rguzdum ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido jonajone topmadim.
 M harfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdusalom 22 Mart 2007, 09:49:13
Men yo'qsil na bo'lub uni suyibmen?!
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
Boshimni zo'r ishga berib qo'yubmen,
Men suyub"¦men suyub"¦kimni suyubmen?
Men suygan "suyukli" shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!!!"

Cho'lpon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: action 01 Aprel 2007, 16:47:11
Lablarining bodasi hargiz labimdan ketmasin
Kimga so‘z bermish vafodor, ishq to‘la poymonasi.

Bu saodat sham’ining azmi erur kimga nasib,
Siz go‘zal yuzdan so‘rang, kimdur uning parvonasi
(Sh.Jo`raev)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 01 Aprel 2007, 16:58:45
Inson zoti, sening nedan kaming bor edi?
Senga tangri bergandi-ku tafakkur, imon.
Zamin, havo, - bari senda barqaror edi,
Nechun dildan insof hissin aylading gumdon?
Axir sen it emasding-ku, belanib loyga
Bir-biringni g'ajisang to suyak talashib.
Samimiyat qayda edi, tafakkur qayda.
Lug'atingda gar bu so'zlar yotdi qalashib,
Hasad, ig'vo qaydan kirdi sho'rlik kallangga,
Qaydan seni chulg'ab oldi xudbinlik, kufr.

(Abdulla Oripov)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: action 02 Aprel 2007, 21:07:34
Raqibingdin o’lmas ayon yaxshilik,
Ki, qavli-yu fe’li yomondur, yomon.

Hayotimg’a zikri labingdur sabab,
Yo’q ersa, tiriklik gumondur, gumon
(Munis)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdusalom 03 Aprel 2007, 07:22:21
Nomu nishon hech qolmadi, lo-lo bo’ldum,
Alloh yodin oyta-oyta illo bo’ldum,
Xolis bo’lub, muxlis bo’lub, lilloh bo’ldum,
"œFano filloh" maqomig’a oshtim mano.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: action 03 Aprel 2007, 17:01:17
Ochsang davronlarning kitoblarini,
Qancha karvonlarning ertagi bordur.
Tingla, donolarning xitoblarini
Egasi bor yurtning ertasi bordur.
(Sh.Jo`raev)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 03 Aprel 2007, 22:12:39
Rahmon Egam, sabr bergin, bardosh bergin,
Sidq birlan yig’lamoqqa ko’z yosh bergin.
Sajdagohdan ko’tarilmas bir bosh bergil!
O’lim sori ketmoqdaman tuproq saroy"¦

Gulbahor Abdulloh qizi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Laylo 05 Aprel 2007, 07:18:28
Yaxshi-yomon — bari taqdir,
Jannat-do’zax bari haqdir.
Kutmoqdadir bizni qabr,
Mahshar tomon ketmoqdaman.

Shahzoda Azizova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 08 Aprel 2007, 17:08:27
Nadomad birla boqgayman
Vatansizlarga xar doim
Egib boshini zor yiglar
Agarki davlati xoin
O.Otajonov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 09 Aprel 2007, 23:49:03
Nadomat tulporin yeldek uchirib,
Yozuqlar yurtidan qaytmoqlik - tavba.
Najot dengizining qirg'oqlarida,
Allohga munojot aytmoqlik - tavba.

Muhammad Bobur Mo'min
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 15 Aprel 2007, 16:31:04
Agar do`stlar erur sodiq,bir-birin qayratib bo`lmas
Agar qilgil necha fitna,alarni ajratib bo`lmas
Demishlar molu qushni,bir qafasda asir atib bo`lmas
Vatandin ayru ko`ngilni,bilingki yayratib bo`lmas
Baayni bandi bulbulni,chamansiz sayratib bo`lmas

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Salsabiyla 19 Aprel 2007, 02:09:02
Seni tushlarimda hamon koraman,
Uyg'ongan ko'zimda armon kor'aman,
U dunyo bu dunyo sevib o'zingi
Sen sevgan insonni yomon ko'ramannnnnnnn
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 19 Aprel 2007, 09:15:51
Ne vafo umrimda ul jonu jahondin ko’rgaymen,
Kim vafo jondin ko’rubdurkim, men ondin ko’rgaymen.

Ko’z yo’lidin ul sari husnun nazar aylar edim,
Qon yoshim ul yo’lni tutti, emdi qondin ko’rgaymen.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Salohiddin 19 Aprel 2007, 20:45:07
Ne g'urbatlarni chektim charx bebunyod dastingdin,
Mudom motamda qoldim, bo'lmadim dilshod dastingdin,
Tamomi xonumonim bo'ldi chun barbod dastingdin,
Qafasdin bo'lmadimki qumridek ozod dastingdin,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 20 Aprel 2007, 12:47:39
Ne sulular yo'lim to'sib zorlandilar,
Sevgim aytsam sendek go'zal nozlandilar.
Tan olmadi hech birini oshiq dilim,
Ko'nglim qoldi senda meni ko'nglim mening.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Salohiddin 21 Aprel 2007, 11:29:20
Gunohimni bayon qilsam, yerga sig'mas,
Sandin o’zga kimga boroy, qo’lum olmas,
Hodiy o’zung, sansiz hech kim yo’lg'a solmas,
Gunohimdin yig'lab sanga keldim mano.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 21 Aprel 2007, 11:59:00
Oqar suvlardek oqarman,
Dardli yuragim yoqarman.
Yorimni o`ylab yig`larman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Yo qo`lim ol qoldir mani
Yo vaslingga qondir mani
Ko`p yig`latding, kuldir mani
Kel, ko`r mani ishq nayladi.

Man yururman eldan elga,
Do`st so`rarman tildan tilga.
G`urbatda holim kim bilar,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Yunus Emro
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 21 Aprel 2007, 12:46:06
Istaganlar, bizni sahroi baloda istangiz,
Vodiyi hijron ila dashti fanoda istangiz.

Vomiqu, Farhodu Majnundeklar ul vodiy aro
Bo'lsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz.

Yuz alarning ishqicha dardu, balou g'ussag'a
Tolib el boshig'a kelgan mojaroda istangiz.

Eyki, istarsiz savodul vajh fiddorayidin,
Boxabar bo'lmoq meni yuzi qaroda istangiz.

Ko'nglim ul zulf ichradur, zinhor ishqim sharhini
Istamang men telbada, ul mubtaloda istangiz.

Nuqta yanglig'kim, vafo uzra qilur kotib raqam,
Ishq o'tining dog'ini ahli vafoda istangiz.

Og'zi shavqidin Navoiy itti, oni istar el,
Yo adab dashtida, yo mulki fanoda istangiz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Salohiddin 21 Aprel 2007, 13:00:53
Zindagi omad baroyi bandagi,
 Zindagi bebandagi sharmandagi

Mavlono Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 21 Aprel 2007, 13:05:53
Ishq ahli firog'imda fig'on etsa agar, men
Yonida yurib, yonida hijronida kuydim.

Dunyoyu azalning g'azali matlai uldur
Boshlab hama ishni oni poyonida kuydim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Asal 21 Aprel 2007, 14:43:45
Meni esla meni esla quyosh botib tong otganda meni esla
Meni esla endi faqat  sog'inchimni yomg'ir bo'lib bildiraman senga
Meni eslaaaaaaaaaaaaa
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 21 Aprel 2007, 14:47:46
Afsus hamma aytgan sozlaring, so'zlangancha qoldi umrbod
Aldab meni, shahlo ko'zlaring, hayotimni qildilar barbod
Shildiragan tiniq buloqdan men seni deb chanqoq bosmadim
Aldanmagin, desalar yonib, qaramadim quloq solmadim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mohinur 23 Aprel 2007, 01:52:31
Men bilur erdimki, yo'qtur intiho ishqimda hech,
To guli vasling bila qildim muhabbat ibtido.

Loladek may jomini tutgil g'animat,gul chog'i.
Xosaikim,ishrat urdi bulbuli bedil sado.

Husayniy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 23 Aprel 2007, 10:27:20
Olis yulduzlar, tungi osmon uzra porlar.
Qaygadir ular, sevgan ko'ngillarni chorlar.
Lekin jonginam, yoningga men borolmayman.
Dil zorimni, ayta olmayman
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Salohiddin 28 Aprel 2007, 17:56:57
Rostin ayt, men ozlik qildimmi senga?!
Ayt, bir yurak ozmi? Mana! To'ydim-ku!
O'jar sevgim bilan tegdim joningga,
Kechir, rashkim bilan qiynab qo'ydim-ku.

Kechir, endi mening quyoshim botdi.
Senga ishonmadim. Sen mendan tonding.
Bir tuban nomingni loylarga otdi,
Razil kimsalarga nechun inonding?!

Imon bormi, derdim yonib, sig'inib,
Porloq timsolingga, sevgilim, biroq,
Tashlab ketmoqlikni o'rgandik ko'proq,
Kel, vidolashaylik endi, soginib.

Menga og'ir ichmoq sening ko'zyoshing,
Boshingda g'amlarning toshlari sindi.
Ko'rib turibsan-ku, tosh bo'lsin boshing,
Kel, jimgina vidolashaylik endi.

Bu yorug' dunyoda vafo qani? Kel.
Senga inonmadim- men telba, g'arib.
Qayga olib borib ko'mayin, aytgil,
Yuragimning jasadini ko'tarib.

To vola yuragim shan libos kiysin,
Toki so'nggi bor yayrasin so'nggi bor bu jon.
Sening ko'ksing uzra bir uxlab to'ysin...
Yo'q, o'zgacha sevolmasman hech qachon.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 06 May 2007, 16:44:29
Nega jonima jafo qilursan?
Vaqti o'ldi agar vafo qilursan.

Jonim chiqadur firoq o'tindin
Dardimg'a qachon davo qilursan?

Ul zulfni solma yuzung uzra,
Kim yuz bila ming balo qilursan.

Bo'ynungda qonim, ki bizni, ey ko'z,
Xo'blar bilan oshno qilursan.

Jondin ilikingni,Lutfiy, yuvg'il,
Chun ishq bila marhabo qilursan

Lutfiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 06 May 2007, 16:50:16
Necha dedim:"Ul sanamg'a bormog'in!"
Qilmadi ul tark oxir bormog'in.
Munchakim, xudraylig' ko'rguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab bormog'in.

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 06 May 2007, 16:52:57
Nogoh ko'rubon mahvi jamoling bo'la qoldim,
Oydek yuzingga boqdimu hayron bo'la qoldim.

O't tutashib kuydi yuragim birla jonim,
Parvona bo'lub o'tga yuzimni ura qoldim.

Yuz g'amza bila chiqdi sanam maykasidin,
Zunnor uzub, din bila imon sota qoldi.

Ko'rdumki,ajib ishvagaru dilbari tannoz,
Devona bo'lub ishqida o'tdek yona qoldim.

Diydori jamolini ko'rub ishq yo'lida,
Gulgun yonubon mavhi tomosho bo'la qoldim.

Hojat emas ul Ka'bai jononag'a bormoq,
Men gavhari maqsud bo'loyin deb yona qoldim.

Mashrab boshig'a tushdi o'shal kun g'ami dildor,
Shaydoyi bo'lub jumla havasdin qola qoldim.

Boborahim Mashrab.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 06 May 2007, 17:04:07
Muhabbatga tulgan bu dilim,
Sizni izlab bilmaydi tinim.
Sizdan uzga kimim bor kimim,
Jonim sizni juda sogindim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Hayothon 06 May 2007, 18:43:14
Meni sevaman deb ayta olmading,
Qalbimga yaqinim sen erkaginam.
Men uchun armonga aylanding endi,
Qo‘llarim yetmagan muhabbatginam.

Nigohlarim izlaydi qaro ko‘zlaring,
Ezilar sensiz bu tor yurakkginam.
Men uchun sen aziz bo‘lding-ku ammo,
Qo‘llarim etmagan muhabbatginam
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Hayothon 06 May 2007, 18:45:40
Meni shaydo etgan go‘zal qiz,
Hazonlar hukmida sevgim yig‘laydi.
Menga bundan og‘ir jazo yo‘q,
Ko‘zlaring tunlari qalbim tig‘laydi.

Mayus bo'lgan kunlaringni ko'rsam endi
Sog'inchdan entikib ketar yuragim.
Meni ham yodga olarmisan hech,
Ayt o`zi bormi senga keragim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 07 May 2007, 11:26:56
Meni shaydo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul,
Xoru rasvo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

O'qdayin qomatimizni qora qoshlig'lar uchun,
Muttasil yo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Meni yozg'urma "sevar" deb,ki mening haddim emas,
Ul tamanno qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Borma derlar eshiki sori damo-dam,netayin,
Ko'p taqozo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Qora mo'yin havasi birla qorong'u kechada,
Jonni savdo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Dushmanu do'st orasinda meni g'ofilni mudom
Be saru po qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

O'zgadin ko'rma,ki ko'zung yoshini, ey Lutfiy,
Ayni daryo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Lutfiy.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 07 May 2007, 11:31:15
Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila,
Sindirur yuz qand bozorini shakkar xand ila.

Toki hayronmen senga nomus ila itmish ko'ngul,
Telba yanglig'kim, qochar el g'ofil o'lg'ach band ila.

Odam ul soatki jannat ichra avlodin ko'rar,
Ne quvong'ay dam-badam sen nozanin farzand ila.

Qo'y nasihat, zohido, o'tlug' damimdin vahm qil,
Telba it imkoni yo'qturkim, sog'alg'ay pand ila.

Hojatingni elga arz etmakka hojat bo'lmasun,
Xush chiqishsang lahzani bu zori hojatmand ila.

Lablaring hajrinda yur parkandkim bo'lmish ko'ngul,
La'l erur mahlul qon o'rnig'a har parkand ila.

Chun Navoiy ko'ngli sindi, emdi lutfing ne asig'?
Kim ushatsa shishani bitmas yana payvand ila.

Alisher Navoiy.


Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 07 May 2007, 11:32:54
Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz,
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.
Chun gardishi charx bu durur, tengri uchun,
Bir - birini necha kuni g'animat tutungiz.

Zahriddin Muhammad Bobur.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 09 May 2007, 15:50:01
Zerikib,osmonga uflagan shamol,
Uynab,qoqigulni puflagan shamol,
Tolning kovagida uhlagan shamol,
Meni unutmagin,qaytar kunim bor.

Uqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 12 May 2007, 16:41:19
Rahm ichra paydo bo'ldum, nido keldi,
Zikr ayt, dedi, badanlarim junbush qildi,
Farzandim, deb haq Mustafo ulush berdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Xoja Ahmad Yassaviy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 12 May 2007, 16:45:56
Ashk xun, ruxsor zardu dil hazing, tole’ qaro,
Dard gunogun, falak dun, ahli davron bevafo.

Jon ga’min, xotir mushavvash, aql majqudul — asar,
Hajr qotil, yor g’ofil, ishq g’olib borho.

Zaxm muhlik, tiri g’am parron erur, romi falak,
Za’f mustavli, badan majruh erur, marham fano.

Do’st beparvo, ko’ngul oshuftavu dushman qaviy,
Muddaiy ko’p, ta’na bisyoru jafokor oshno.

Ham havo bordur samumi ohu ham har so’z ashk,
Mazra’ ofat, shohi naxli umr benash’u namo.

Yor hamsuhbatligidin toki ayrildim, erur
Hamdamim ranju ano, hamroz g’am, mahram balo.

Kishvari mehnat shahimenkim, manga bordur mudom,
Boshg’a sochqan xok toju taxt-eski bo’ryo.

Maskanim xoki mazallat, bistarim xori taab,
To’mam anduhi nadomat, ishratim tutmoq azo.

Majlisim qayg’u, mayim xuni jigar, jomim firoq,
Lekin, ey Munis, bu hangom ichradur soqiy qazo.

Shermuhammad Munis.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 12 May 2007, 16:47:48
Orazin yopqach ko'zumdin sochilur har lahza yosh,
O'ylakim paydo bo'lur yulduz, nihon bo'lg'ach quyosh.

Qut bir bodomu yerim go'shan mehrob edi,
G'orati din etti nogah bir baloliq ko'zu qosh.

Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhnung bot-bot dami andog'ki aylar mehr fosh.

Bo'sae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam og'zi ichra aytur la'l ham bor nav' tosh.

Novaking ko'nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko'nglum bila jonim talosh.

Umri jovid istasang fard o'lki, bo'ston Xizridur,
Sarvkim da'b ayladi ozodaliq birla maosh.

Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qo'ygusidir barcha bosh.

Alisher Navoiy.

PS: eng kop yoqtiradigan g'azallarimdan biri.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 12 May 2007, 16:53:48
Sharh aylasam ishq daftarini, jon chidayolmas,
Ham jonu jahon, odamu hayvon chidayolmas.

Avrodi muhabbat o’qubon masjida kirsam,
Masjid kuyaru toqi farozon chidayolmas.

Mayxona kirib, vasli sanamdin xabar olsa,
Zohid kuyaru oqilu nodon chidayolmas.

Mahshar kuni gar barq urubon chiqsa nigorim,
Do’zax kuyaru jannatu rizvon chidayolmas.

Ishq daftaridin gar o’qusam sura bayakbor,
Beshubha, biling, oyati qur’on chidayolmas.

Gar nar’a urub tavsani himmat mina qolsam,
Olamg’a tushub sho’rishi afg’on chidayolmas.

Mashrab, sen agar da’viye ishqi sanam etsang,
Billohki, anga jisming ila jon chidayolmas.

Boborahim Mashrab.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 12 May 2007, 16:55:49
Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.

Bu shaklu shamoyil bila xud huru pariy sen
Kim, jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.

Ag’yor ko’z ollidaku ul yor ayon yo’q,
G’amxore ko’ngul ichrayu g’amxor topilmas.

Ey gul, meni zor etmaki, husnung chamanida
Ko’zni yumub ochquncha bu gulzor topilmas.

Bobur, seni chun yor dedi, yorlig’ etgil,
Olamda kishiga yo’q esa yor topilmas.

Zahriddin Muhammad Bobur.

PS:eng kop yoqtiradigan g'azallarimdan biri. ;)


Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 12 May 2007, 16:57:35
Sen gulsenu men haqir bulbuldirmen,
Sen shu'lasen, ul shu'laga men kuldirmen.
Nisbat yo'qdur, deb ijtinob aylamakim,
Shohmen elga, vale senga quldurmen.

Zahriddin Muhammad Bobur.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 12 May 2007, 16:58:57
Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech, xayoli vasli yor et.

Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et.

Uzoru qaddu raftoringni ko’rsat,
Chaman sarvu gulini sharmisor et.

Labi maxmurdadurmen, jomi may tut,
Karam qil, soqiyo, daf’i humor et.

"œAnalhaq" mojarosin aylading fosh,
kel, ey Mansur, istiqboli dor et.

Duru ashku aqiqi xuni dilni
Kelu yoring ayog’ig’a nisor et.

Kuyib, ey Nodira, olam elig’a
Muhabbat shevasini oshkor et.

Nodira.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 12 May 2007, 17:00:28
Taqdir yuki boshimga balolig' bo'ldi,
Har neniki ayladim hatolig' bo'ldi,
Oz yurtni qo'yib Hind sori yuzlandim,
Yo Rab netayin, bu ne yuz qarolig' bo'ldi.

Zahriddin Muhammad Bobur.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 12 May 2007, 18:25:10
Izladim zamonlardan,
So'radim daryolardan,
Topa olmadim lekin,
Seni jonginam...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 13 May 2007, 10:26:07
Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar,
Bu ishq sirrin bayot etsam, taqi ul xonumon o’rtar.

Kishiga ishq o’tidin zarraye yetsa, bo’lur giryon,
Bo’lub besabru betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar.

Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.

Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
"œNigoro!" deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar.

Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar.

Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’lmoq,
Mening ohim o’tig’a bul zaminu osmon o’rtar.

Yurakda dardu g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar.

Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan,
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o’rtar.

Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig’a solma,
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar.

Boborahim Mashrab.


Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 14 May 2007, 13:02:46
Ruhimda yuqoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim,
Bizlarni bir yuqlab kelibsan,
Vafo qilurmisan bahorim.

Yoz utti,kuz utti,qish utti,
Boshlardan sinovli ish utti,
Yurakka izgirin nish utti,
Vafo qilurmisan bahorim.

Yam-yashil qirlarni sogindim,
Chechakzor yerlarni sogindim,
U inja sirlarni sogindim,
Vafo qilurmisan bahorim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 14 May 2007, 17:25:02
Menga bir bor berilgan umrim,
Faqat senga atalgan edi.
Sening sevging bilan hayotim,
Bor edi yorug' edi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 14 May 2007, 19:46:04
Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.

Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.

Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a,
Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu no'shxand etmas.

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.

Kerak o'z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,
Buzug' ko'nglumdin o'zga yerga javloni samand etmas.

Ko'ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin o'zga bo'ynungg'a kamand etmas.

Ul oy o'tlug' yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb ko'z,
Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas.

Alisher Navoiy.


Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 14 May 2007, 19:48:29
Sensan sevarim, xohi inon, xohi inonma,
Qondur jigarim, xohi inon, xohi inonma.

G’am shomi firoqingda kabob etti falakni
Ohi saharim, xohi inon, xohi inonma.

Nogah sari zulfung sori bo’ldum sanga moyil,
Ey toji sarim, xohi inon, xohi inonma.

La’ling g’amidin ko’nglum erur g’uncha kibi qon,
Gulbargi tarim, xohi inon, xohi inonma.

Zahri g’ami hajring meni o’ldurg’ali yetti,
Ey labshakarim, xohi inon, xohi inonma.

Mashrab, bo’lubon ko’yinga chun barqi tajalli,
Qolmay asarim, xohi inon, xohi inonma.

Boborahim Mashrab (Lutfiy g'azaliga tazmin.)

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 14 May 2007, 20:28:46
Muhabbatning saroyi keng ekan,yulni yuqotdim-ku,
Asrlik tosh yanglig bu hatarli yulda qotdim-ku.

Karashma dengizin kurdim,na nozlik tulqini bordir,
Halokat bulgusin bilmay,qulochni katta otdim-ku.

Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi,ayo dustlar,
Bu dunyo deb u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku.

Uning gulzorida bulbul uqib qon ayladi bagrim,
Kuzimdan yoshni jo aylab,alamlar ichra botdim-ku.

Qlandardek yurib dunyoni kezdim topmayin yorni,
Yana kulbamga qaygular,almlar birla qaytdim-ku.

Muhabbat osmonida guzal Chulpon edim,dustlar,
Quyoshning nuriga toqat qilolmay,yerga botdim-ku.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 May 2007, 11:37:13
Ulki menga yori dilnavoz ko’rundi,
Javrin ko’rsatti ko’pu oz ko’rundi.

Bo’ldi boshim past poybo’sida oxir,
Garchi burun asru sarafroz ko’rundi.

Sening uchun ulki boshin o’ynamadi hech,
Senga ajoyibki ishqboz ko’rundi.

Ishq borinda salohu tavbayu taqvo
Barchasi tahqiq bil majoz ko’rundi.

Dushmano jon o’ldi, ne qilay, sanga, Bobur,
Ulki menga yori dilnavoz ko’rundi.

Zahriddin Mummad Bobur.


Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 May 2007, 13:05:04
Ishq dardini talab qildim darmoni yo'q,
Ishq yo'lida jon berganni armoni yo'q,
Bu yo'llarda jon bermasang imkoni yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Qaydin topay ishqing tushdi qarorim yo'q,
Ishq sadosin tunu kunu qo'yorim yo'q,
Dargohingdan o'zga yerga bororim yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Ishq bozori ulug' bozor, savdo harom,
Oshiqlarga sendin o'zga g'avg'o harom,
Ishq yo'lig'a kirganlarga dunyo harom,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Oshiqlikni davo qilib yurolmadim,
Nafsdin kechib Haq amrini bilolmadim,
Nodonlikda Haq amrini bilolmadim,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Xoja Ahmad Yassaviy.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 May 2007, 13:18:52
Rahm aylasang-chi dеvonalarg'a,
Ishqingda bo'lg'an afsonalarg'a.

Aylab judoliq, ey hamnishinim,
Qilding jafolar g'amxonalarg'a.

Kuydurma jonim rashk o'ti birla,
Ochib yuzungni bеgonalarg'a.

Sajda qilay dеb, shirin, butimg'a,
Bordim so'roqlab butxonalarg'a.

Maygun labingdin bir bo'sa bеrgin,
Sinsun xumori mastonalarg'a.

Har dam tilarman husni kamoling,
Urub boshimni ostonalarg'a.

Yondur, kuyoyin xilvat ichinda,
Sham'i jamoling parvonalarg'a.

Ishqingni ganji vayron ko'ngulda,
Qo'ysang turarmu koshonalarg'a.

Xo'janazar Huvaydo.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 May 2007, 13:21:06
Ashkima gar kanora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay,
Ohima hech shumora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Hardam ulusg'a lutf ila boqg'usi qahr ila, vale
Man sori bir nazora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Ishq eli ko'ngli dardig'a chora qilur,vale mening
Dardi dilimga chora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Hajrida za'fim o'ylakim, ohi hazinim o'tig'a,
Shu'la bila sharora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Jon labidin chu bermadi jismima,vahki qoshidin
Qatlima bir ishora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Ko'yiga borsam etgusi vaslig'a va'da, ul dog'i
Bo'lg'usi bora-bora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Toleyi ravshan o'zganing lutfi quyoshi nuridin,
Men kibi baxti qora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun,netay.

Bo'ldi sitorasi isiq xulqga mehr yor karam,
Manda isig' sitora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Dedim: o'lubtur Ogahiy ashki kanorasiz, dedi:
Ashkima gar kanora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun,netay.

Ogahiy.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 May 2007, 13:23:09
Yorning vasli emas ozorsiz,
Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.

Ul parivash vaslidin bo’ldim judo,
Rohati dil qolmadi dildorsiz.

Yor uchun ag’yor dardin tortaman,
Ko’rmadim bir yorni ag’yorsiz.

Tan buzuldi, endi rohat qolmadi,
Soya paydo bo’lmadi devorsiz.

Berma nisbat qaddiga, ey bog’bon,
Sarvdur bu bog’ aro raftorsiz.

Nodira ahvolidin ogoh bo’ling,
Ey musohiblarki, qolmish yorsiz.

Nodira.


Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 May 2007, 13:27:07
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo’lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.

Alisher Navoiy.



Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 16 May 2007, 08:38:57
Kursat jamoling mastonalarga,
Ishqingda kuygan parvonalarga.

Mendin duodir,sendin ijobat,
Jonim tasadduq jononalarga.

Ey kungli qattiq,rahm aylamaysan,
Qilgil nazar sen bechoralarga.

Mashrab seni deb kechdi jahondan,
Boshini quyib ostonalarga.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 16 May 2007, 08:44:34
Afsus,umr behuda bulmishdir barbod,
Bulmadim haromdan bir nafas ozod,
Buyurganin qilmay yuzim qarodir.
Amringdan tashqari ishlaringdan dod!

Umar Hayyom.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 16 May 2007, 08:56:27
Deydilar:muhabbat bilmas masofa,
Ayriliqni pisand qilmas masofa.
Kelursan uzing deb bir kun insofa-
Gohi Toshkent gohi Urgutdadirman.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 16 May 2007, 10:04:57
Ne ko’ray to’bini qaddi xushxiroming borida,
Ne qilay sunbulni xatti mushfoming borida.

Kim Xizr suyin og’izlag’ay labingning qoshida,
Kim Masih alfozidin degay kaloming borida.

Oshiqingni davlatin vasling bila qil muhtaram,
Husn ahli ichra muncha ehtiroming borida.

Bizdin ayru doim el birla icharsen bodani,
Bizni ham gohe sog’in shurbi mudoming borida.

Ey ko’ngul, gar g’ayr so’zi zahri qotildur, ne g’am,
Lablaridin sharbati yuhi-il izoming borida.

Tarki nomus aylabon badnom bo’lg’il ishq aro,
Kim seni oshiq degay nomusu noming borida.

Bobur ul gul ko’yida bulbul kibi topting maqom,
Bir navoye rost qil mundoq maqoming borida.

Zahriddin Muhammad Bobur.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 16 May 2007, 11:24:02
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada utlar bosgan urmonim bor.
Qizgaldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab utmagan otajonim bor.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 16 May 2007, 13:24:58
Ravshan aylarman chirogi ohni,
Kuzlarimdur gavharafshon marhabo
Bu kecha hijron shabistonidadur,
Anjumi ashkim charogon marhabo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 16 May 2007, 14:25:27
Oshiq o'lding,ey ko'ngul,joning kerakmasmu sanga?
O'tg'a kirding jismi uryoning kerakmasmu sanga?

Istabon ul yuz tamoshasini ko'zdin damba-dam,
Qon to'karsan chashmi giryoning kerakmasmu sanga?

Hardam etkung orzu kofir ko'zi nazzorasin,
Qil hazarkim naqdi imoning kerakmasmu sanga?

Lutfung etding xasta ko'nglimdin darig', ey shohi husn,
Bu gadoyi zori hayroning kerakmasmu sanga?

O'zgalarga iltifoting aylading maxsus, bu
Mustahiq lutfu ehsoning kerakmasmu sanga?

Sel g'amdin xonavayron o'ldimu yod etmading,
Aytkim bu xonavayrining kerakmasmu sanga?

Ogahiy holin ko'rub doim tag'ofil qilg'osan,
Shoiri donoyi davroning kerakmasmu sanga?

Muhammadrizo Ogahiy.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 16 May 2007, 18:17:11
Kel-keley, mohiliqo, husningga qurbon o`lam,
Xalqayi zulfi parishoningga qurbon o`lam,
Chashmi masti labi xandoningga qurbon o`lam,
Oftobi ruyi toboningga qurbon o`lam,
Qadi navrastayi larzoningga qurbon o`lam,
Man sana qurbon o`lam.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 16 May 2007, 19:31:45
Mening shodligimsan,bolaligimsan,
Mening gussam uzing, mening armonim.
Seni osmonimga olib ketaman,
Yerda bizga kun yuq,kun yuqdir jonim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Salohiddin 16 May 2007, 19:54:48
Mayli, ostonangda yotsam,
Mayli, quvsang tosh otib,
Bor dilozorlik senga-yu,
Bor dilafgorlik menga.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 16 May 2007, 20:02:06
Al Beruniy,Al Xorazmiy,
Al Farob avlodidan,
Asli nasli balki Uzluq,
Balki Tarxon uzbegim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Salohiddin 16 May 2007, 20:18:06
Muhabatda mazmun erur erk,
Bir armonga har kim egadir.
Sizsiz menga barcha yo'llar berk,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 16 May 2007, 22:36:51
Rasululloh dedi: - Umid qil, banda,
Ko‘chmasin dunyodan insof, diyonat.
Nopok odamlarga kuning qolganda,
Bilgilki, o‘sha kun kelgay Qiyomat!

Abdulla Oripov.


Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 17 May 2007, 10:12:09
To'qquz oyu, to'qquz kunda yerga tushtum,
To'qquz soat turolmadim, ko'kka uchtum,
Arshu Kursi poyasini borib quchtum,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 17 May 2007, 11:03:35
Azaldan to abad ko’nglum qutulmas ishq balosidin,
Yurokim rahnalar bo’ldi, bu ishqning mojarosidin.

Xayolimda sening vasling, topolmasman, meni hayron,
Magar vaslingga yetsam piri komilning duosidin.

Eshit arzimni, ey dilbar, yurak-bag’rim kabob o’ldi,
Raqiblar shodmon bo’ldi nigorimning jafosidin.

Sanam, sensiz bu dunyoda tiriklik qilmog’im mushkul,
Kel, ey ko’ngul, kecholi bu tiriklikning baqosidin.

Sanam, ishqing o’ti oxir meni bexonumon etti,
Kuyarman dam-badam tinmay bu dardi bedavosidin.

Xarob o’ldi mening ko’nglum, kishim yo’qturki, roz aytsam,
So’ngoklar raxnalar bo’ldi dilimning ohi bosidin.

Seni ishqing bila yig’lab, agar mahsharda oh ursam,
Kuyarlar mo’minu kofir bu Mashrabning navosidin.

Boborahim Mashrab.


Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 17 May 2007, 11:11:09
Na bo'lg'ay bir nafas men ham yonog'ing uzra xol bo'lsam,
Labing yaprog'idan tomganki go'yo qatra bol bo'lsam.

Butog'ingga qo'nib bulbul kabi xonish qilib tunlar,
O'pib g'unchangni ochmoqliqqa tong chog'i shamol bo'lsam.

Bo'yingni tarqatib olamni qilsam mastu mustag'riq,
O'zimning san'atimga so'ng o'zim hayratda lol bo'lsam.

Sening birla qolib bu mastu lol olamda men yolg'iz,
O'zimni ham topolmay,mayliga,oxir xayol bo'lsam.

Agar bog'ingda gul bo'lmoq mening-chun noravo bo'lsa -
Ki, ming bor roziman qasringga hattokim duvol bo'lsam.

Boshim hech chiqmasa mayli malomat birla bo'htondin,
Raqiblar rashkiga ko'krak keray,mayli,qamol bo'lsam.

Kezib sahroyu vodiylar yetishsam bir visolingga,
Fido jonimni qildim yo'lingga,mayli,uvol bo'lsam.

Hamid Olimjon.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 17 May 2007, 15:09:57
Marhabo, ey payki sulton, marhabo,
Hudhudi mulki Sulaymon, marhabo.

Tal’ating farrux, muborak maqdaming
Qildi kulbamni guliston, marhabo.

Xo’b kelding, yaxshi keltirding xabar,
Aylading dardimga darmon, marhabo.

Bo’ldi mavzun qomatingdin munfail,
Sarvi nozi bog’i rizvon, marhabo.

Qilg’asen ul moh mehrin oshkor,
Subh yanglig’ pokdomon, marhabo.

Mujda keltirding visoli yordin,
Topti taskin dardi hijron, marhabo.

Kel beri, to xoki poyingni qilay
To’tiyoyi chashmi giryon, marhabo.

Ravshan aylarman chirog’i ohni,
Ko’zlarimdur gavharafshon, marhabo.

Bu kecha hijron shabistonidadur
Anjumi ashkim charog’on, marhabo.

Qo’y kafi poyingni diydam ustina
Bir dam, ey sarvi xiromon, marhabo.

Nodira, har so’zki insho ayladim,
Aydi anga ahli davron: "œMarhabo!"

Nodira.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 17 May 2007, 15:32:14
Olamning ziynati yorug`lik debon
Tutmayin dildagi ishqini pinhon
E`tiqod yo`lida ayamay hech jon
Parvona ziyoga urdi o`zini

Gullarga roz aytib aylanib bog`da
Xushovoz bulbulni qoldirib dog`da
Tunlari dard chekib qovrilib yog`da
Oshiqlar navoga urdi o`zini


                        O.Odilxonov




Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 17 May 2007, 16:04:06
Ixtiyorim qo'lda bo'lganda agar,
Shodlikka yuz tutib yashardim xurram.

Nimadir yetishmas o'ksik dilimga,
Gulu chechaklar ham tortmas nigohim.

Dil ochib shikoyat qilaymi kimga
Tubsiz samolarga o'rlasa ohim?     
 
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 17 May 2007, 16:55:36
Muhabbatim rad ettingiz,garchi suzlar mayin buldi,
Shu mayin suz ohangida taqdirimiz tayin buldi.
Sizga oson buldi balki,ammo bizga qiyin buldi,
Bagringiz tosh ekan garchi suzlaringiz shirin buldi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 18 May 2007, 12:38:02
Men sening ishqingdin,ey dil, bandaman,
Vah,qachon eytkayman ul dilbanda man.
Bevafolarg'a meni qilding asir,
Sen menga sultonsan,ey dil, bandaman.
 
Lutfiy
 
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 18 May 2007, 13:59:23
Ammo nazarda "œRoshidon",
Firdavs bog’idin nishon,
O’ynab oqar obi ravon,
Sahni gulu gulzor ekan.

Muqimiy "Sayohatnoma"dan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 18 May 2007, 14:04:07
Necha dard izhor etsam,ul sanamdin chora yo'q,
Ne uchun qon to'kmasun ul ko'zki namdin chora yo'q,
Ranj ila mu'tod o'lanlarg'a sitamdin chora yo'q,
Ishq tushsa har ko'ngulg'a dardu g'amdin chora yo'q,
Yetsa chun nishtar jarohatg'a alamdin chora yo'q.

Amiriy. Lutfiy g'azaliga yozgan muxammasidan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 18 May 2007, 14:04:51
Qaro ko'zum, kelu mardumlug' emdi fan qilg'il,
Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il.

Yuzung guliga ko'ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig'a jon gulshanin chaman qilg'il.

Takovaringg'a bag'ir qonidin hino bog'la,
Itingg'a g'amzada jon rishtasin rasan qilg'il.

Firoq tog'ida topilsa tufrog'im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog'da ko'hkan qilg'il.

Yuzung visolig'a yetsun desang ko'ngullarni,
Sochingni boshdin-ayog' chin ila shikan qilg'il.

Xazon sipohiga, ey bog'bon, emas mone'
Bu bog' tomida gar ignadin tikan qilg'il.

Yuzida terni ko'rub o'lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg'il.

Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog'lig' o'qin sham'i anjuman qilg'il.

Alisher Navoiy.


Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 18 May 2007, 16:56:50
Lutfung etding xasta ko'nglimdin darig', ey shohi husn,
Bu gadoyi zori hayroning kerakmasmu sanga?

O'zgalarga iltifoting aylading maxsus, bu
Mustahiq lutfu ehsoning kerakmasmu sanga?
(Muhammadrizo Ogahiy)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ashiq Garib 18 May 2007, 17:15:29
Afsus, umr behuda bo'lmishdir barbod,
Bo'lmadim haromdan bir nafas ozod,
Buyurganin qilmay yuzim qarodir.
Amringdan tashqari ishlaringdan dod!


umar Hayyom
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2007, 11:30:37
Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda bo;lib o'tgan xunuk ishlarni ko'rib biroz ranjidim.
Forum bir-birimizni hurmat qilishimiz, radoqlashimiz, o'zaro tushunishimiz uchun tashkil etilgan.
Arzimagan narsaga bir-biringizni xafa qilishingiz yaxshimas.

Bahri bayt shartlarini yana bir marta o'qib chiqing:

Ushbu mavzumiz nomi BAHRI BAYT bo`lib u huddi adabiyot darsidagi bahri baytga o`xshaydi. Ya'ni bir kishi she'r aytadi. She'rning oxirgi harfiga ikkinchi kishi davom ettiradi.

Shartlari:
She'r kamida 2 qator bo`lishi kerak.
Muallifi ko'rsatilishi kerak.
Buzg'unchilikni targ'ib etadigan she'r bo'lmasligi kerak.
She'riyat talablariga javob berishi kerak.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2007, 11:33:19
Dedikim: kuymakingni ayla ma'lum!
Dedi: andin erur joh ahli mahrum!

Dedi: qay chog'din o'ldung ishq aro mast?
Dedi: ruh ermas erdi tang'a payvast.

Alisher Navoiy. "Farhod va Xisrav" aytishuvidan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 19 May 2007, 13:24:51
Tig'i ishqing yorasidur butmagan,
Dardini har kimga aytib butmagan.
Hajr sahrosidir ohim o'tidin
Anda gul yoxud giyohe butmagan.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 19 May 2007, 14:44:36
Rostin aytsam arzimaysan,
Na she’rim, na sevgimga.
Men balandman! Qo’ling yetmas!
Ketavergin tenging-la...

Nima deding! Aslo, hech ham
Ko’zimdagi yosh emas.
Yosh bo’lsa ham sening uchun,
To’kmayapman... Bo’ldi... Bas...

Usmon Azim "Alamli qo'shiq"she'ridan.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 19 May 2007, 14:58:27
Sokingina yashar edi u, na shodligi ayon, na dardi,
Tongda to'gri ishga borar u, oqshom to'gri uyga qaytardi.
Ulfati yo'q, ko'cha kezmagan, maishat ne bilmagan odam.
Birov sezib, birov sezmagan, borligi-yu, yo'qligini ham.
Bir mo'minga doir bir qotil, esh bo'lganday yorug' dunyoda,
Manglayiga bitgandi hotin, azozildan ming bor ziyoda.
Cho'ntagiga erning to'r halta, qulog'iga solib olam gap,
Ro'yhat qog'oz bilan albatta, kuzatardi har kun ertalab.

Erkin Vohidov. "Tushlik tanaffus"dan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Munira xonim 19 May 2007, 19:07:10
Banda bo'lsang manmanlikni zinhor tashla,
Saharlarda joning qiynab tinmay ishla,
Yo'ldan ozgan gumrohlarni yo'lga boshla,
Bir nazarda dillarini safo qildim.

Hoja Ahmad Yassaviy hikmatlaridan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ashiq Garib 20 May 2007, 02:30:26
Musofirman, g’aribman, bekasu ham benavodurman,
Vujudim darda to’ldi, emdi darmonimni sog’indim.

 Uvaysiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Salohiddin 20 May 2007, 04:04:52
Mening bu xasta jonimg'a sening darding erur marham,
Qiyomatga tekin hargiz bu dardimg'a davo qilma.

SAKKOKIY
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 20 May 2007, 12:53:25
Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz,
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.
Chun gardishi charx bu durur, tangri uchun,
Bir - birini necha kuni g'animat tutungiz.
Zahiriddin Muhammad Bobur
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Munira xonim 20 May 2007, 22:22:30
Zakariyodek bu boshimg'a arra qo'ysam,
Ayyubdek ham bu tanamg'a qurtni solsam,
Musodek ham Tur tog'ida toat qilsam,
Bu ish birla, yoRab, Seni topg'aymumen?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 21 May 2007, 12:15:47
Navruzguli,boychechagim,bormisan,
Men senga zor,sen ham menga zormisan.
Muz ichida asradim men kunglimni,
Sen uzingni asrab bahtiyormisan?

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 21 May 2007, 14:50:13
Nolishim yo'q o'tgan umrimdan,
Ammo horg'in dil izlar orom.
Dilbar, menga quvnoq yurtingdan,
Biror narsa so'yla bu oqshom.

Erkin Vohidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 21 May 2007, 14:52:14
Muruvvat-barcha bermakdur, yemak yo'q
Futuvvat-barcha qilmakdur, demak yo'q.

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 21 May 2007, 14:53:20
Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz.
Qilur qatlima qasd qayrab —
Qilich qotil qaroshing, qiz.

Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo'ymaysan.
Qarab qo'ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.

Erkin Vohidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Munira xonim 21 May 2007, 14:57:17
Zor ingrabon zokir bo'lib, Rabbim desam,
Tinmayin men hasratingda Alloh desam,
Quli bo'lib, qullig'ingda bo'yin sunsam,
Bu ish birla, Yo Rab, Seni topg'aymumen?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 24 May 2007, 09:39:44
Nadomat tulporin yeldek uchirib,
Yozuqlar yurtidan qaytmoqlik - tavba.
Najot dengizining qirg'oqlarida,
Allohga munojot aytmoqlik - tavba.

Muhammad Bobur Mo'min
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 24 May 2007, 11:43:39
Ne tong kamolingdan kuymish yomonlar,
Nomingni yomonga yo`ymish yomonlar,
Oxir malomatga qo`ymish yomonlar,
Bilgil, ig`vo umri abadiy emas.

                       Habib Sa`dulla
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 24 May 2007, 14:29:09
Sen yiroqda,
Yoring yiroqda,
O'rtanadi joning firoqda,
Tugab borar bardosh — saboting,
Uchay desang, yo'qdir qanoting.
Sevar yoring vasliga mushtoq
Kechalaring o'tadi uyg'oq...
Ammo g'amdan boshingni bukma,
Shahlo ko'zdan yoshingni to'kma.
Dilbar, buni firoq dema hech,
Yorim mendan yiroq dema hech.
Chunki oro kirib joningga,
Bag'ring bir kun kelar yoningga.

Erkin Vohidov.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: DilyaD 25 May 2007, 01:22:51
Agar oshiqligim aytsam kuyib jonu jahon o'rtar
Bu ishq sirin bayon etsam, taqi ul honumon o'rtaR....
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nozli 25 May 2007, 13:28:43
Rozimasman ketsangiz agar,
Mandan surmay bir bora holim,
Siz bor uchun yuribman ahir,
Uzoq yutda qiynalib jonim.
                         (kaminadan)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 25 May 2007, 13:54:15
Men hayolga tolsam agar, seni o`ylayman,
Iztirobda qolsam agar seni o`ylayman.
Yuragimni to`qmoq bo`lib, qog`oz betiga
Qo`lga qalam olsam agar seni o`ylayman.

Ogoh qilay do`stlar bir sirdan sizni
Do`stlardan ayamang hech vaqtingizni
O`ziga rom aylab, shoshirib, qistab
Supurib borar vaqt xazonday  bizni.

         O.Odilxonov     
 
                       
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 25 May 2007, 14:51:40
Nahot shunday beozor odam, nahot bo'lsa boshqa hotini,
Qani endi shundan keyin ham, oqlab ko'ring erkak zotini.
Qani endi go'rni ochsa-yu, bevafoni tutsa so'roqqa,
So'ng eriga qo'shib mana bu, megajinni ko'msa tuproqqa.

Erkin Vohidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 25 May 2007, 21:48:12
Nega jim yashaysan,sokin yashaysan?
Sezmaysan qullarim ketsa ham tegib,
Olamda men yuqdek hech payqamaysan,
Yashaysan jimgina boshingni egib.

Mirzo Kenjabek.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 26 May 2007, 13:36:28
Boshga kulfat tushsa bilingay do`stlar
Beadad hikmatin ilingay do`stlar
Do`stiga tig` tegsa tilingay do`stlar
Do`stlikka fidolik eng oliy havas

 Habib Sa`dulla
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ashiq Garib 26 May 2007, 17:15:06
Rahm ayla manga, ey bag’ri qattiq,
Diydam to’la qon, ey sho’xi zolim.

Lab tashnalarga ayla nazora,
Qaddi chu shamshod qoshi hilolim.

Olding ko’ngulni bir-ikki so’zlab,
Devona bo’ldim, to’ti maqolim.

Har dam kuyarman, yodimga tushsang,
Bir ko’rmaguncha yo’qdur majolim
MUQIMIY
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 26 May 2007, 19:39:31
Nimadir u, ko'zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig'lab turib hattoki kulding,
Nimadir u, ko'zingga kelgan?

Menga juda o'xshaydi, ona,
Ko'zlaringda yaltiragan yosh.
Menda o'sha ko'zu, o'sha qosh,
Menga juda o'xshaydi, ona.

Ona, uni to'kma, iltimos?
Ko'zlaringdan to'kilay agar.
Sevinchingdan bermasam xabar,
Ona, uni to'kma iltimos.

Rauf Parfi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 26 May 2007, 19:45:49
Sevasizmi?"œ — degil, savollar yog’dir,
Bor gapni sug’urib olgin ko’nglimdan.
Jim qovushtirilgan qo’llarim oxir,
Ohista sirg’alib tushar qo’ynimdan.

"žSevasizmi?"œ — degil, savol ber qiyna,
Nursiz kunlarimning bitsin hisobi.
Tug’yonli onlarga chorlasin yana,
Sovuq bo’salarning qaynoq azobi.

"žSevasizmi?"œ — degil, so’rayver, so’ra,
Nigohim titrasin oppoq ko’ksingda.
Parishon aksimni bir nafas ko’ray,
Parishon o’tinib turgan ko’zingda!..

Yolg’iz sening sevging yetmaydi, netay,
Umrimiz bog’lari qoladi g’arib.
Sen sevgi so’rayver, men chiqib ketay,
Muhabbat axtarib, mehr axtarib.

Mirzo Kenjabek.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 26 May 2007, 20:07:22
Bozorda bir kulol ko'rsatib hunar,
Bir bo'lak xom loyni tepib pishitar,
Loy ingrab aytadi: Hoy, sekinroq tep,
Men ham kulol edim, sendek, birodar.

Umar Hayyom.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 29 May 2007, 13:23:59
Rahmat yog`sa, quvonch yog`sa
O`zgalarning boshiga,
Muncha boshing nishon bo`lar
Malomatlar toshiga.

O`zgalarning yuzi yorug`
Qo`li baland bir umr
Nega sening tiling qisiq
Boshing egik, beg`ubor

Yuk ko`targan yutib chiqar
Bir kelar deb omad
Nahot umring so`ngigacha
Qilsang xo`rlikka toqat.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 29 May 2007, 13:28:16
Tushsa boshingizga tirnoqcha tashvish,
Dovdirab qolasiz hayotdan to`yib,
O`zgadan noliysiz  tinmay erta-kech
Kulfat sababchisin bir yoqqa qo`yib.

 M. Jalil

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 29 May 2007, 14:04:46
Bir qo'lda Qur'onu bittasida jom,
Ba'zida halolmiz, ba'zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.

Umar Hayyom.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 29 May 2007, 14:05:30
May ichsa gado ham sulton bo'ladi,
Tulki ichsa, sheri g'oron bo'ladi,
Yosh ichsa keksalik sharafin quchar,
Keksa ichsa yoshu chaqqon bo'ladi.

Umar Hayyom.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 29 May 2007, 14:06:10
Ichkilik kekkaygan boshni qilur xam
Maydan yechilmagan biror tugun kam.
Bir qultum may ichgan bo'lsaydi shayton,
Ming sajda qilardi odamga ul ham.

Umar Hayyom.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 29 May 2007, 14:18:34
Marifatning shulasiga
Talpinib zulmat aro,
Kuzlaringdan oqditunlar
Kavkabiston, uzbegim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 29 May 2007, 17:07:37
Malaksan yo bashar, yo huru g’ilmonsan, bilib bo’lmas,
Bu lutfu bu nazokat birla sendin ayrilib bo’lmas.

Ajab berahm dilbarsan, ajab sho’xi sitamgarsan,
Charog’I husni ro’yingdin ko’ngulni ham uzub bo’lmas.
(Boborahim Mashrab)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 30 May 2007, 14:03:38
Sevdim netay sevganimdan begonadurman
O`rtanibon o`tda kuygan parvonadurman
O`z ishimdan o`zim do`stlar, hayronadurman
U beparvo yurar ammo men yonadurman.
              O Odilxonov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 01 Iyun 2007, 11:10:57
Ne vafo umrimda ul jonu jahondin ko’rgaymen,
Kim vafo jondin ko’rubdurkim, men ondin ko’rgaymen.

Ko’z yo’lidin ul sari husnun nazar aylar edim,
Qon yoshim ul yo’lni tutti, emdi qondin ko’rgaymen.
(Zahiriddin Muhammad Bobur)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 01 Iyun 2007, 12:51:51
Nechun o'g'irlading o'yu fikrimni,
Nechun hayolimni aylading sarson.
Endi men bilmasman borar erimni,
Endi tuyg'ularim qoldi sargardon.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 01 Iyun 2007, 18:37:28
Nigorim oldida shohu,gado barcha barobardur,
Tamomi zoti pokidan,hama olam muattardur,
O`zi dono o`zi soniy,o`zi xurshidi anvardur,
Sifati zoti poki,jumlagar ma`rumi mazhardur,
Hama dono hama notiq,najum qadding guzor bo`lmas.
Boshing gar osmonga etsa monandi surayyodek,
Kirarsan oxiri er ostiga jamshidi Dorodek,
Bu molu, joningga mag`rur bo`lma, ahli dunyodek,
Hovoga uchma ey ko`nglim,qushi monandi anqodek,
Baland uchgan bilan zogi-zavon, olamda boz bo`lmas.
Haqiqat pesha qil mahzun,ko`ngullar mubtakosi bo`l,
G`azabni barham et, orzuda dillar mubtakosi bo`l,
Ulug` ganji muazzamdur,jahon shirinliqosi bo`l,
Fuzuliy ikki olamda,muhabbat oshnosi bo`l,
Muhabbatsiz kishining ko`ngli qishdur,aslo yoz bo`lmas.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 02 Iyun 2007, 10:05:42

Simobday qalqimasa bag`ritosh suluvlar ham,
Yurakdan balqimasa eng buyuk orzular ham,
Sarhush bo`lib yurmasa tinglagan ohular ham,
Qo`shig`im bor demagil qo`shiq emas u.
(O.Madaliev)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 02 Iyun 2007, 12:35:09
U menga so`zlamoq istar ehtimol
Ehtimol u meni gapga solmoqchi
Ammo ma`yus bo`lib turadi behol
Bu kecha shoirdan qasos istaydi

 M.Jalil
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 02 Iyun 2007, 12:37:58
Iztirobga to`la hayotim
Tuyuladi g`arib, mazmunsiz
Havas qilar kimdir sabotim
Sen bularni bilmaysan, Yulduz
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 04 Iyun 2007, 12:05:40
Seni hech kim sevolmaydi meningdek,
Vaslingga zor bu oshiqlar ehtimol.
Poyingga tiz chukib yiglar ehtimol,
Lekin sodiq bulolmaydi uzimdek

Muhammad Yusuf.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 04 Iyun 2007, 12:15:53
Ko`zlarim nogahon tushsa ko`zinga
Qalbim ham talpinar shirin so`zingga
Hozir sen qaydasan qaysi makonda
Mening bo`m-bo`sh ko`nglim to`lgan xazonga.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 04 Iyun 2007, 12:22:31
Alda meni alda meni, alda meni to`yguningcha
Ishonaman yolg`iz senga o`lgunimcha
Yolg`onchi yor kechir meni yolg`onlarim
Aldasam ham senga chin yor o`lgunimcha

           (SR)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 04 Iyun 2007, 13:03:13
Alamdan egilsa yigitning boshi
Ortidan otilsa malomat toshi
Yo`ling yoritmasa aql chirog`i
Nomardning har so`zi chayondek chaqar
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mashhura 06 Iyun 2007, 16:51:46
Rad etdim-ku o'zimni qarg’ab
Senga qolsin jonbaxsh dalalar.
Aql bebosh yurakni tergab
Muhabbatdan, ishqdan saralar.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 08 Iyun 2007, 16:49:46
Rahm aylasan-chi devonalarga,
Ishqingda bulgan afsonalarga.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Salohiddin 08 Iyun 2007, 18:50:14
Aylay hayotim naqdini har dam nisoru sadqasi,
Yoshurmag'il man zoridin aylab hayo qoshu ko'zing.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Replikantka 09 Iyun 2007, 14:59:54

G'amga mubtalo bo'ldim
Ishqingda ado bo'ldim
Bir ko'rmayin o'zingni
Ado bo'ldim ado bo'ldim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: p2p 13 Iyun 2007, 22:02:40
Mehrga limmo lim ko'zlaringizni
Sog'inib eslaydi bechora qalbim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Replikantka 14 Iyun 2007, 15:03:18
Мени ссла егганда емгир
Мен сса егганида кор
Мени ссла кувончга тулиб
Келганида фасли навбахор
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: p2p 16 Iyun 2007, 16:12:12
Rivoyatni ko'rub Haq-la, so'zlashtim men,
Yuz ming turluk maloyikg'a yuzlashtim men,
Ul sababdin Haqni so'zlab, izlashtim men,
Jonu dilim anga fido qildim mano.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyun 2007, 18:18:26
Ostonaga boshim qo‘yib zori qilsam,
G‘arib-etim boshin silab duo olsam,
Haqdin qo‘rqib dunyo uchun ortga olsam,
Hojam meni holi dilim so‘rarmikin?

Saxarlarda zori qilib yig‘lasam men,
Jon berarda belim mahkam bog‘lasam men,
Ishqi birlan yurak bag‘rim dog‘lasam men,
Haq chirog‘i qabrim ichra yonarmikin?

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhammad 19 Iyun 2007, 10:38:00
Ne jafolar ko’rmadi Rasul,
Haqoratu masxara, tahdid.
Lekin har dam uqtirgani shul —
Biru Birga ibodat — tavhid.

Yillar kechdi. Haq Rasul bilan
Balqdi Islom — nur aro Ka’ba.
Iqror, tasdiq, taslim dil bilan
Ahli imon topdi martaba.

Abdul Jalil
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Laylo 23 Iyun 2007, 14:27:22
Ayt, nechun oshiq mudom dildan judo?
Yorining zulfini deb bo'lg'ay ado.
Jo erur oshiq dili rubob aro,
Pardasida yoshirun munglig' sado.

Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: p2p 23 Iyun 2007, 17:08:41
Og’zida o’t-kishan kim, desang, tongla,
Elga pand aytmagan olimdir, angla.

Qalb — bir parcha go’sht, u sog’-jismning sog’,
Buzilsa u, tan-jon vayron, siynang dog’.
Fozil Zohid,
Xorazm
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdusalom 25 Iyun 2007, 08:46:12
G'ayrating sarf etsang kiymoq, ichmoqqa,
Arziydi bu ishni ma'zur tutmoqqa.
Hushyor bo'l, qolganin bari arzimas
Umringni sarf etib, o'tib ketmoqqa.

Umar Xayyom
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 02 Iyul 2007, 10:43:25
Alloh  demish: Ey, farxunda dil,     
Rahmatim-la jannatga kirgil!

Obid aytmish: Bo‘lsam, ey Xoliq,
Amalim-la jannatga loyiq"¦ 

- Amallarin o‘lchangiz darhol!
Deya buyruq qildi Zuljalol.

Farishtalar shu on bo‘lib shay 
Ul obidning bitta qoldirmay

Amallarin chiqarkan tortib
Keltirishdi shundayin tartib:

«Besh yuz yillik banda toatin
Bosib tushmish bir ko‘z ne’mati!»

Χissa: rahmat bandaga tortiq,
Amal aslo bo‘lolmas ortiq!

A'zam Obidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 02 Iyul 2007, 19:14:42
Qurib qoldi ko`zda yoshim
Yurak to`lsa yig`lolmayman
Hijronga yetmas bardoshim
Shodlikka dil bog`lolmayman

Qafasdagi qushcha misol
Yoningga hech borolmayman
Suvdek oqib o`tdi visol
Tushimda ham ko`rolmayman
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 02 Iyul 2007, 21:01:31
Ne ko’ray to’bini qaddi xushxiroming borida,
Ne qilay sunbulni xatti mushfoming borida.

Kim Xizr suyin og’izlag’ay labingning qoshida,
Kim Masih alfozidin degay kaloming borida.

(Zahiriddin Muhammad Bobur)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 03 Iyul 2007, 12:54:42
Aqli karomatga mohir keksalar
Mishona izlardi hazondan, yeldan
Qarg`alar qag`illab faryod cheksalar
Ne gap o`tmas ko`pni ko`rgan ko`ngildan

Marhabo laylak qor, yo`ling keng bo`lsin
Yuzi yorug` bo`lsin xalqimning mudom
Omborlar g`alla-yu, paxtaga to`lsin
Yangi zafarlarni qilaver in`om

  Ma`ruf Jalil

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Salohiddin 06 Iyul 2007, 20:19:40
Mehmonsanu dunyoga, Mezbon bilan ishing yo’q,
Senga bu jonni bergan Hoqon bilan ishing yo’q.

Abdusalom Ibrohimov

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Amina 09 Iyul 2007, 10:21:04
Lekijn qolganimda qalbim-la tanho,
Tuyg`ular zoriga solganda quloq.
O`zni zaif , chanqoq sezaman goho.
Alamdan beraman javobsiz so`roq
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 09 Iyul 2007, 12:10:38
Qismat ekan aslida bu ishq,
Ro`yo bo`lib ko`ringan xolos.
Yuragimga tig`day sanchildi,
Go`zal qasos, shafqatsiz hayot

         (Qor alangasi filmidan)

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 12 Iyul 2007, 17:50:39
To`y hasham orzusida,o`z baxtini etgan ijod.
G`ayratu kuch sohibi,insonga loyiq to`y bugun.
Davramiz qanday go`zal,maqtansak arzir faxr etib.
Toshsa dillar aks etib ummonga loyiq to`y bugun.
(O.Otajonov)

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 17 Iyul 2007, 14:48:44
Nima deysan, ey, g`ayur inson?
G`iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o`tursan, inon.
Mehr qolur muhabat qolur.

 (M. Yusuf)

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Amina 19 Iyul 2007, 10:36:26
Rashk qilib gohida o`zimdan g`ashman,
zimdan kulib boqqan ko`zimdan g`ashman.
Hatto sizga oshiq, ko`nglimdan g`ashman.
Siz faqat meniki, o`zimnikisiz....
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 19 Iyul 2007, 12:35:43
Zebi derdim, Zebona
Ishqingda men devona.
Bolalikda do`st qizlar,
Bo`yga yetgach begona...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 19 Iyul 2007, 14:43:35
Anglaguvchi bo'lsa yaxshi ko'ngil sirin,
Hayo yongan nigohlarda dil yashirin.
Ayriliqdan bezib ketgan oshiq yurak sado berar
Duydor shirin...

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 19 Iyul 2007, 16:37:46
Ne tariqa bo'lg'ay ul bechora oshiq holikim,
Bulbuli oshufta yanglig' guluzore topmasa.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 20 Iyul 2007, 09:28:43
Rozimisan bir yosh tomsa ko’zimdan,
Rozimisan sal rang ketsa yuzimdan,
Yol oshsam-u, sal yashashdan adshsam,
Rozimisan unda tamom o’zimdan.

Bog’im bor-u, gulzorimda gulim ko’p,
Har yoqda gul, shohlarda bulbulim ko’p,
Men ko’rmagan gulzor qolmas jahonda
Gulzorlarga baxtim bergan yo’lim ko’p.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 20 Iyul 2007, 18:00:07
Pardadin ko'rsatdi yuz olamg`a ul shohi jahon,
Tushdi oshiqlarg`a yuz ming dod ila ohu fig'on,
Zulf ochib man dalini oshifta qildi har zamon,
Pardavi husnin solib jonlarni kuydirdi ravon,
Bir ajoyib mahliqo soxibqironim bor mani !

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Laylo 21 Iyul 2007, 07:45:03
... Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar —
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.
Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O‘lim oldida ham
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.
She’rim bitdi,
Xayir,
Do‘stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko‘nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O‘rtanmang menday.

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 21 Iyul 2007, 17:21:25
Yuragim, so'zlarim, tinglamas bu dunyo.
Qalbimga bir najot, berolmas bu dunyo.
Hayolim har tomon etar sarson,
Hayotim yo'lida kezar armon.
Faryodim anglamas, bu osmon...

Abadiy kulmadi, biz kutgan bahtimiz.
Davosin topmadi dardimiz...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 23 Iyul 2007, 18:12:20
Zulfinin har tolasin bir joni bor,
Zulfinin dardida man bo'ldim xumor.
San dema: 'Voh,muncha ko'p g'am-hasrating?'
Hasratim huriliqo nozicha bor.

Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 23 Iyul 2007, 23:39:58
Ruhing tepib tebranuvchi og'ushida,
Quyilmoqni istaguvchi nolishiga
Tutilgandik, qutilmadik.
Bo'lsangda sen birovning kirtayib ko'z tikkani
Bo'lsamda men birovning suygani, suyangani.
So'ng qaramog'ida oldi qaltiroq
So'ng xiyonat keldi tap tortmay.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 24 Iyul 2007, 11:52:39
Yigitlik davrining gashti bo`lakcha,
Azobi o`zga-yu, rohati o`zga.
Lag`cha cho`x tushganday jonga yurakka.
Dunyo tor ko`rinib ba`zida ko`zga.

Kimnidir izlaysan kecha-yu kunduz
Kimdir, yuragingni sekin aylar rom
Izlaysan, izlaysan uni tinimsiz
Kunlar betoqat-u, tunlar beorom.

 H. Sa`dulla
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 24 Iyul 2007, 16:52:19
Muhabbatning saroyi keng ekan, yo'lni yo'qotdim-ku,
Asrlik tosh yanglig' bu xatarli yo'lda qotdim-ku.

Karashma dengizin ko'rdim, na nozlik to'lqini bordir,
Halokat bo'lg'usin bilmay, qulochni katta otdim-ku.

Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi,ayo do'stlar,
Bu dunyo deb, u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku.

Uning gulzorida bulbul o'qib qon ayladi bag'rim,
Ko'zimdan yoshni jo' aylab, alamlar ichra botdim-ku.

Qalandardek yurib dunyoni kezdim,topmayin yorni,
Yana kulbamga qayg'ular, alamlar birla qaytdim-ku.

Muhabbat osmonida go'zal Cho'lpon edim, do'stlar,
Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku.

Cho'lpon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: p2p 24 Iyul 2007, 18:00:33
Unutishing - qaro, hijroning qaro,
Sog’inching oppoqdir, xatlaring — oppoq.
Qarodir yurganing o’ch-mehr aro,
Menga tashlab ketgan dardlaring — oppoq.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 24 Iyul 2007, 19:27:37
Qayda edim tiriklik mahal,
Vujudimni bosadi toshqin.
Oxiratga bir ezgu amal
Taqdim etgan bo‘lsaydim koshki!
Koshki!

A'zam Obidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 27 Iyul 2007, 14:03:32
Ikki buyuk hikmat, ikki xush zabon
Ikki buyuk dildan yo`qdir sado bir.
Biz g`animga bejang topshirgan qo`rg`on-
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.

Uchrashmaganda ular hayotda
Yoturlar yonma-yon ikki lahatda
Nima deysiz endi, hayot-hayot-da-
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur

M. Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 29 Iyul 2007, 17:24:23
Raqibingdin o’lmas ayon yaxshilik,
Ki, qavli-yu fe’li yomondur, yomon.

Hayotimg’a zikri labingdur sabab,
Yo’q ersa, tiriklik gumondur, gumon.
(Shermuhammad Munis)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 30 Iyul 2007, 14:15:04
Noming tutgan tuzing totmay ketmasin,
Uyingda har kuni yostiq yetmasin.
To`rtta mayizingni qush ham yeb ketar,
Uying chetlab odam zoti o`tmasin.
Berk saroymas -ochiq ayvon qutqarar,
Mezbonni bir kuni mehmon qutqarar.

M. Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 31 Iyul 2007, 05:49:56
Rubobiy sabolar ruhimdan esing,
qaytadan uyg`onsin ilohiy tug`yon.
Voh, yalang shoxlarim qilichday keskir,
bir yaproq qolmaptir shivirlayturg`on.

Shaykat Rahmon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 31 Iyul 2007, 13:49:00
Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.

Abdulla Oripov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 31 Iyul 2007, 14:37:56
Alp o`g`lonlar o`lkasidir O`zbekiston,
Erkli elning qanotlari ilm istang
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari ilm istang.

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 31 Iyul 2007, 16:32:33
Gahi sahro uzoring lola sha'nidin erur gulgun,
Gahi sahni chaman gul chehrasidin arguvonidur.

Yana sahni chaman bo'ldi munaqqashrang gullardan.
Magarkim sunnini naqqoshig'a rang imtihonidur.
(Sh .Jo`raev)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 31 Iyul 2007, 18:29:49
Ruhlari nur sochar yo‘limga,
So‘ng Qur’on tutqazar qo‘limga
«O‘g‘lim, bu xudoning qismati
Yo‘q, la’nat o‘qima o‘limga»!
Onamning dili ham boshqacha...

Abdulaziz Muborak
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 01 Avgust 2007, 08:01:23
Alloh elchilari o‘ldilar, shuning
O’zi yetarli bir hikmatdir bizga.
Kuniga qabrga kirayotganlar
Eng katta ma’ruza, ibratdir bizga.

Agar biz o‘limdan ibrat ololsak,
Boshqa bir da’vatning bo‘lmas keragi.
O’limdan nasihat olmaganidan
To‘xtasa yaxshidir inson yuragi...

Hayrlilla Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 17:42:53
Iqbol deb behuda chekasan yohu,
Ohing bu - folbinning daraklaridir.
Asrim, asrim deysan, asring nima u!
U to‘zg‘oq kalendar varaqlaridir.

Bog‘ingda bir nihol gullabdi bu kech,
Erta qiyg‘os bo‘lar olma noparmon.
Ilk bahor zahrini o‘yladingmi hech,
Zaminda ne armon, senda ne armon.

Bir vaqtlar ilhomning o‘tli tig‘ida,
Falakni ko‘zlardi mening ham sozim.
Lekin ikki daryo oralig‘ida,
Qolib ketdi mening o‘sha ovozim.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 17:44:29
Men endi begona, meni qo’yingiz,
Boqsam ko’zlarimga sig’mas bo’yingiz,
Bir kun o’ldirmasa edi ko’yingiz,
Diydor uchun jonin to’larmi odam?

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 17:45:31
Million yillik so‘z erur
Paxta bizning lug‘atda,
Jo‘yaklarda boshlangan
Onalar to‘lg‘oq dardi.
Mabodo o‘simlikka
Zabon bitsa, albatta,
Paxta navi eng avval
O’zbekcha gapirardi.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 17:46:39
Ishq yo’linda g’am cheksang,
Hajrinda cho’ksang, cho’ksang.
Ko’z yoshlaring yuzingda
Ravon bo’lar, deydilar.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 17:47:28
Rassom bo‘lishlikka toqatim hech yo‘q,
Chunki zaril bunda g‘alat iste’dod.
Masalan, xo‘tikka o‘xshasin xo‘tik,
Sharmanda qiladi bundaqa ijod.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 17:48:32
Derlar: chin ishq nuramas,
Oshiq qadr so’ramas.
Lekn beqadr dunyongda,
Dilni g’am bosdi, jonim.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 17:49:15
Meni nazariga ilmaydi birov,
Sizga shu gaplarni aytayin tikka.
Kecha bir davrada o‘ynadim garov,
Meni qabul qiling, yozg‘uvchilikka.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 17:49:36
Ayvoningiz peshtoqiga qo’nib o’tdik,
Biz sham edik,Siz deb yonib-so’nib o’tdik,
Neki jafo ayladingiz ko’nib o’tdik,
Mendan ko’ngil uzgan yorim omon bo’ling.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 17:50:23
Garchand, ba’zi joyda topdim e’tibor,
Ko‘ksimda nelardir taratur ziyo.
Dashnom eshitdim-u umrimda ko‘p bor,
Qarsak tinglamadim nechundir aslo.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 17:51:15
O, nega ketdingiz, beshafqat, beruh,
Hajrga to’ldirib qaroqlarimni.
Mana, bugun hech kim terib bermadi,
Jonimdan to’kilgan titroqlarimni.

O, nega ketdingiz beshafqat, beruh?...

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 17:52:13
Hali qay dillarda yashar tangri ham,
Hali afsonalar o‘lib ketmagan.
Hali sof tuyg‘ular topmagan barham,
Inson orzusiga hali yetmagan.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 17:52:51
Nega beun, besas bu sevgi,
Vidosiga o’xshab ko’zlarning.
Yoki ayting yoki tark eting,
Otashida qolim ko’zlarning.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 17:54:04
Goho sendan aziz ostingda oting,
Goh bir g‘alamisga bog‘liq hayoting,
Yaxshiyam qatorda bordir bayoting,
Boqib bu savdoga, hayron o‘tdik biz.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 17:54:26
Zarra hijroni ham yurak yorgudek,
"œKel" desa yetmishta tomiring o’zib,
Xayoldan ham oldin o’zing borgudek,
Bir yor topsak edik jondan kechgulik.

"œBor-ey" deb shu to’rtta yondan kechgulik.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 17:54:56
Ko‘rdik inson fe’lin o‘ru qirini,
Baham ko‘risharlar avval sirini.
So‘ngra nimta qilar biri birini,
Boqib bu savdoga, hayron o‘tdik biz.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 17:55:41
Zog`lar orasida sayrar ataylab,
bu bulbul o`ziyam juda g`ajir-da.
Hoy, bulbul,
O`zingga bir oz rahm qil,
bo`lmasmi damingni chiqarmay tursang.
Axir qayta qurish...
bo`lmasmi bir yil
zog`lar orasida zog` kabi yursang...

Shavkat Rahmon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 17:56:22
Go‘zal bu dunyoga kelib ketmoqlik
Nahotki shuncha jo‘n, shunchalar oson?!
Yulduzlar shivirlar, dillari dog‘lik:
Yo o‘zga sir bormi? Aytgil, qadrdon!

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 17:56:41
Nedin axir ruhimdagi xavotirlar,
Siz qaydasiz ertakdagi bahodirlar?
Necha yilki, dunyo dilim ma’yus qildi,
Endi baxtdan xushnud kulgali ketsaydim.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 17:57:36
Men ko‘rar endigi bu go‘zal olam,
Sirli u damlarning mavhum soyasi.
Shul sabab qalbimni o‘rtaydi alam,
Shul sabab g‘amimning yo‘q nihoyasi.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 17:58:32
Izlaringga to’kildimi,
Marjon-marjon yoshim manim.
Ostonangga qo’yildimi
Shundoq aziz boshim manim.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:00:01
Men kichkina uvoqdirman, dunyo tomidan
So‘zlagayman o‘tgan-ketgan shoir nomidan.
Har kim ichgay sho‘r qismatning achchiq jomidan
Lekin degum bu davronning xush ayyomidan,
Bizni pisand qilganlarga ming bora qulluq.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:01:04
Qachon sizni sevmadim, qachon sog’inmadim dil,
Qachon chashmingizga men abro’ naysondek to’ldim.
Sadolar bermagaysiz, chorlab sog’inmagaysiz,
O‘zim yaratgan ishqning o’zim sadosi bo’ldim.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:02:03
Magar kelganda ham qiyomat qoyim,
Yor bo‘lsin yigitga niyati doim.

Tabarruk keksaning gapin eshitdim,
Boshing toshdan bo‘lsin, derdi, iloyim.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:02:28
Mana qo’limdadir betaft xotira,
Va mana ko’ksimda ishq kukunlari,
Meni bir kun qatl aylasa kerak,
Beqaror, beqadr beishq kunlarim.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:03:02
Men-ku, oddiy odam,
Shundoq bo‘lsa ham
Shukr, bas, degancha g‘animlarim bor.
Shart emas ularga ta’rif chinakam,
Biri jununsifat, birovi hushyor.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:03:55
Rangim somon, azizim,
Bu ne zamon, azizim?
Holim yomon, azizim,
Sizga qolgan kunim bor.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:04:33
Ravo ko‘r, yuzingda bir xol bo‘layin,
Ko‘rsat ag‘yoringni, zavol bo‘layin.
Kattakon to‘y qilib nog‘ora chalgin,
To‘yingda suv tashib hammol bo‘layin.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:05:17
Ne g’amlarni ko’rdim-ku,
Alamlarni ko’rdim-ku,
Chikora endi dunning,
Balandu pasti, jonim.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:05:40
Meni ma’zur tutgin, muhtaram Inson,
Suvrating chizolmay turibman hayron.

Bir kun fazilating olsam qalamga,
Bir kun qabihliging yoygum olamga.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:06:11
Ammo qo’lim qani? g'ururga bandi,
Yillar yurak-bag’rim ketdilar tilib.
Qaniydi shu damda munchoqlarimdek,
Yurak-bag’irlarim ketdi sitilib.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:07:08
Bir kun ko‘z yoshlaring qog‘ozimdadir,
Bir kun zaharxandang ovozimdadir.

Bir kun o‘tmishingdan faryod solurman,
Bir kun iqbolingdan o‘yga tolurman.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:07:48
Nodo’st chiqdi bizga bu dunyo,
Yo kech keldik, yo erta keldik.
Kuzgi gulshan gullari kabi
Kech gulladik, erta ekildik.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:08:25
Ko‘ngling sovimasin qilar ishingdan,
Hafsalang so‘nmasin hech qachon.
Ma’no topolmaysan o‘z turmushingdan,
Tussiz, zerikarli ko‘rinar jahon.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:09:27
Nega keta turib sevgi so’radim,
Qarang ishqimizday alvon ko’ylagim.
Qachon ko’ksingizga borib sanchilar
Xanjarga aylanib qolgan yuragim?...

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:10:00
Men qo‘rqaman Yangi yilga
She’rlar bitmoqdan
Qquvchimga yo‘q narsani
Va’da etmoqdan.
Aytildimi - bajarilsa
Va’da va tilak,
Yo‘qsa, bir yil ko‘zdan yiroq
Yurmoqlik kerak.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:10:46
Kechir seni asray olmadim,
Balolardan, zimistonlardan.
Hayotingga farishta bo’lib
Kirolmadim, meni kechirgil!

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:13:02
Lekin riyo bir burchakda
Poylab turadi.
U ham endi kimlarnidir
Yo‘ldan uradi.
Shuhratparast, lo‘ttibozga
O’rin yo‘q sira!
Har birimiz bo‘lajakmiz
Sof va bokira!

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:14:23
Ayriliqning rangida ko’nglim!
Mahzun yana yomg’irlar singgan.
O‘lganimda sariq gullarmas,
Qizil gullar keltiring menga.

Guljamol Asqarovа
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:16:33
Aytildimi - bajarilsa
Va’da va tilak,
Yo‘qsa, bir yil ko‘zdan yiroq
Yurmoqlik kerak.
Va’da berib aytamiz biz:
Yo‘qolgay nifoq,
Mehnat qilgan katta-kichik
Bo‘lib ittifoq.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:17:57
Qo’shim soting o’sha gullarga,
Mening kabi ishqi arzonni.
Axir meni yoqqan sevgingiz,
Bu bir gulning umrichalikmas.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:19:09
So‘ng yil bo‘yi begonadir
Kimlarga diydor.
Yangi yil-chi, barchasiga
Qaragay kulib,
Kela berar, keta berar
Ishonchga to‘lib.
Qarimayman, mangu yoshman
Deganning, biroq,
Qasamiga bovar qilmas,
Solmagay quloq,
Undaylarning ko‘zin jindek
Yoshlab o‘tar u,
Sochlariga bir tola oq
Tashlab o‘tar u.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:20:12
Umidlandim, ko’p umidlandim:
Manglayda baxt dastxati bordir.
Sendan ayrildim-ku bunda ham
Xudoyimning hikmati bordir.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:22:13
Rosa pardoz qildi tabiat to‘lib,
To oydin ranglari tortguncha xira.
Barcha rang ustidan qo‘riqchi qilib
Qora Otelloni yaratdi so‘ngra.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:22:40
...Ana ko’nglim poyingga tushdi-
Yaproqlari uzilgan bir gul.
Tangrim!
Ketay menga topib ber,
Turnalarning yo’liday bir  yo’l.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:23:13
Lekin ogoh etay seni bir sirdan,
Balki, tanish senga bu holning foli.
Ayt-chi, qay ahvolga tusharding, birdan
Yelkangda o‘rmalab qolsa chumoli.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:23:40
Ismlarin aytasiz takror,
Nilufargul...Dilbar... Barnogul...
Poyingizda to’kilaverar,
Har ismdan qon bo’lgan ko’ngil.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:24:52
Lekin o‘rtadagi umr-chi, umr...
O’chmas tamg‘a bo‘lib qolgay to abad.
Balki yog‘ar unga rahmat degan nur,
Balki ko‘mar uni malomat, nafrat.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:25:44
Tig’lar zanglar ko’ksimda,
G'ubor, changlar ko’ksimda,
Mudom janglar ko’ksimda,
Sizga qolgan kunim bor.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:26:19
Ranjima toleing kulmasa agar,
Inson borin ko‘rar, o‘lmasa agar.
Shoir ham ijoddan qolmagay aslo,
Nogoh paymonasi to‘lmasa agar.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:27:36
Ruhim bor nur, ziyoda,
Bugun qayg’um ziyoda.
Hech narsam yo’q dunyoda,
Sizga qolgan kunim bor.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:28:15
Ruhimda yo‘qoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim.
Bizlarni bir yo‘qlab kelibsan,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:28:50
Men dunyoni ishqim bilan zabt etsaydim,
Oshiqlarning oyoq gardiga yetsaydim.
Dunyosiga xayr-hushlar aytib keyin
Tuproq bilan oshno bo’lgali ketsaydim.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:30:43
Magar bo‘ri ekan odamga odam,
Bir-birin boshini yegay damodam
Haqiqat yo‘q joyda yashnagay yolg‘on,
Keldim, madad bergil, yo Ka’batulloh.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:31:29
Har kim muhabbatga har yo’ldan borar,
Kim arqondan borar, kim qildan borar.
Ishqni o’yin bilgan yigit ko’rdimu,
Ishq deb yig’lamagan qizni topmadim.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:33:38
Majruh boladan to munkillagan chol,
Labbayka, Alloh, deb qilar iltijo.
Kimdir tashnalikdan ingraydi behol,
Kimningdir hayoti shul yerda ado.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:34:19
Oydek poyloqchiman-ku,
Joningga soqchiman-ku,
Sen deb o’lmoqchiman-ku,
Nega sevmaysan meni?

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:34:56
Ibodat Majnunning navbati edi,
U ham oshkor etdi ko‘ngil maylini.
Ka’baga bosh urib turarkan, dedi:
Men sendan so‘rayman faqat Laylini.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:35:24
Izingizdan haydamang, o’zingizdan haydangiz,
O‘zim yaratgan ishqning o’zim gadosi bo’ldim,
O‘zim xatosi bo’ldim,
O‘zim adosi bo’ldim,
O‘zim gadosi bo’ldim.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:36:31
Mening ham tilagim ol inobatga,
Qovushtir orzular olami bilan.
Rasululloh demish: Kishi jannatga
Kirgaydir sevikli odami bilan.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:37:16
Netay yorim gul bilan gul topishmadim,
Taqdir ekan: yo’l bilan yo’l topishmadi,
Azal shundoq: o’ng so’l bilan topishmadi,
Mendan ko’ngil uzgan yorim omon bo’ling.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:40:12
Garchi doim ungandir gulchechaklar bog‘imda,
Temur va Navoiyni eslaymiz takror-takror.
Men-ku uzoq yasharman, lekin ketar chog‘imda
Tepamda egilajak o‘z tug‘im - bayrog‘im bor!

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:44:14
Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalong‘och turgan holiga
Ko‘taramiz xatto boshimiz arang.

Xayrulla Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 01 Avgust 2007, 18:45:36
Garchi kamim yo‘qdir molu dunyodan,
Oshyoni omonat qushman aslida.
Yiroqman yurt degan mehrigiyodan,
G‘aribman umrimning qaynoq faslida.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 02 Avgust 2007, 13:52:17
Alvido,
Yolg'iz bir Egam bor issiq jonimga,
Manimday yarim jon, ko'ngli adoga.
Men ketsam, ketarman Mehribonimga-
Suydirgan, kuydirgan Qodir Hudoga...

Oydin Hojieva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 02 Avgust 2007, 13:59:00
Ayolning ko‘nglida insofi bo‘lsa,
Ushbu savollarni berardi bir tun,
Hech qursa o‘zidan qochib boryotgan
O’g‘illari uchun, qizlari uchun...

Xayrulla Hamidov

PS. Ehhe, bahri-bayt Shoir va Faridaning munozarai mushoirasiga aylanibdi-ku! :)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 02 Avgust 2007, 14:09:02
Nima bo'ldi ahir halqqa, ommaga,
Hayqirmoq soati keldi hammaga:
Yig'lash kerak bunga. kulmoqlik emas,
Oddiy tomoshabin bo'lmoqlik emas.

Ovozi boricha hayqirmoq kerak,
Haqning kalomiga chaqirmoq kerak:
Ogohlantirish kerak bu avom halqni,
To qadriga yetsin muqaddas Sharqni.

Hayrulla Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 02 Avgust 2007, 17:16:54
Ishqi jonimdan o’tganning hajri jonimdan o’tmasmi?
Hajri jonimdan o’tganning vasli yonimdan o’tmasmi?
Nechun bu ayriliqlar deb manga iddaolar qilmang,
Ishqi komimga yetganlar, hajr to’fonimdan o’tmasmi?

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 02 Avgust 2007, 17:24:28
Ilohi, har kimga bersinu to‘zim,
But bo‘lsin Vatanning metin qo‘rg‘oni.
Sizni qo‘llab turar O’zbegim - o‘zim,
Va, yurtning posboni - jasur o‘g‘loni!

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 02 Avgust 2007, 17:25:21
Ishqimizga qachon yetdi kuz,
Qahratonning sovuq qo’liday.
Meni eslab qon-qon yig’laysiz,
Yuragimning atirguliday.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 02 Avgust 2007, 17:25:50
Yoy o‘qi kamondan qochadi yiroq.
Tog‘lardan qochadi daryo va buloq.

Bulutlar bag‘ridan qochadi yomg‘ir,
Sukunatdan qochib shamollar sang‘ir.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 02 Avgust 2007, 17:26:29
"Rosululloh, siz zaminda yotibsiz!"
Deya kirgan Madinaga ulovsiz
Molik o‘tdi so‘nggi onda qarovsiz...
Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar!

Xayrulla Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 02 Avgust 2007, 17:27:03
Rahmdil Insonsiz, bag‘ri keng Rasul,
Barchaga yaxshilik tilaysiz nuqul,
Lekin kufr bilan kimlardir mashg‘ul
Assalomu alayka, yo Muhammad,
Assalomu alayka, yo Ahmad.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 02 Avgust 2007, 17:28:00
Dil berganlar xor bo’ladi til bilganlar diyorinda,
Gul berganlar kul oladi yo’l bilganlar diyorinda.
Ma’yus o’ldim, mustar o’ldim, anda jonim, bunda jonim,
Sevilmagan kun ko’rarmi sevilganlar diyorinda...

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 02 Avgust 2007, 17:28:58
Arofat tog‘ining etaklarida
Ko‘rdim qiyomatning alomatlarin.
Hamma bir xil libos - ehrom sarida,
Qaytadan varaqlar umr daftarin.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 02 Avgust 2007, 17:30:08
Nur izlab kelgandim dunyoingizga,
Zulmatlar darchasin yopolmadim hech.
Ayriliq ranglari to’lgan dunyoda,
Men yashil rangimni topolmadim hech.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 02 Avgust 2007, 17:30:30
Chinor bo‘lib ildiz oting, qoya bo‘lib tiklangiz qad,
Ulug‘-ulug‘ ajdodlarning xavotiri Sizdan behad.

Soyangizda panoh topsin horib tolgan qondoshingiz,
Unutmangki, bul chamanda har bir yaproq jondoshingiz.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 02 Avgust 2007, 17:31:12
Zanjirlar ovozidan seskanmagan xilqati
Aro yo‘lda yig‘lagay ozgina sof fitrati...
Buxoriy-yu, Termiziy, Zamaxshariy hurmati
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Xayrulla Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 02 Avgust 2007, 17:31:49
Nazaringiz tushar avval zebi-ziynat dasturxonga,
Hanuz ta’zim qilmoqdasiz mol-dunyosi bor insonga.

Bo‘y-bastini ko‘rsatguvchi urfoni zo‘r millat qani,
Sizning uchun obro‘ - oltin, arzongarov shuhrat - ma’ni.

Yuragida javhari bor kimsalarni ko‘rmagaysiz,
Karnayi yo‘q bechoraning to‘yiga yo‘l burmagaysiz.

Har qadamga xushomadni o‘z o‘rniga qo‘yolsaydim,
Peshvolarning poylariga haftada qo‘y so‘yolsaydim.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 02 Avgust 2007, 17:32:24
Men ishq kutdim, iltifot emas,
Gulim yuvdim so’ng qonim bilan.
Endi sizni chorlarmikanman   
Qirq yoshimda qirq jonim bilan?

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 02 Avgust 2007, 17:33:42
Nechun o‘g‘irlading o‘yu fikrimni,
Nechun xayolimni aylading sarson.
Endi men bilmasman borar yerimni,
Endi tuyg‘ularim qoldi sargardon.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 02 Avgust 2007, 17:34:27
Nima bo’ldi, nimalar bo’ldi,
Ikki yonga ketdik ayrilib.
Ketarkanman qaragim keldi,
So’ng bora ortimga qayrilib.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 02 Avgust 2007, 17:35:17
Bog‘imda mushuklar qoldirgan edim,
Daydib ketibdilar bechoralarim.
Barglarin to‘kmoqda daraxtlar qadim,
U bilan to‘kilar ezgu dardlarim.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 02 Avgust 2007, 17:36:04
Ma’yuslanib qolasiz, nogoh,
Nafratmidir ko’ksimda o’sgan?
Zor bo’lasiz bir kun, baribir,
Jannatlarda topilmas qisga.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 02 Avgust 2007, 17:36:37
Arg‘uvon gullardi bu yerda abad,
Bu yerda kuylardi azal bulbullar.
Qushlarim, siz bizni tark etmang minut
Tag‘in ochilingiz bizning ey, gullar.

Sira ko‘z tegmasin qizg‘in ulfatga,
Qishda ham yashnaylik samoviy oydek.
Sizni taklif etar she’riy suhbatga
Mirtemir, Shayxzoda, albatta, Oybek.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 02 Avgust 2007, 17:37:46
Kimdan xato o’tdi-bilmadim,
Siz hanuz jim, men hamon jimman.
Qahratonli bir sovuq kunda,
Xudo bir o’t olar ko’ksimdan.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 02 Avgust 2007, 17:38:35
Nahot o‘tgan umr butkul havoyi,
Nahot ko‘rganlarin barchasi sarob.
Nahot yetmish to‘rt yil sig‘ingan joyi
Manfur manzil bo‘lsa, jirkanch va xarob.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 02 Avgust 2007, 17:39:32
Bir hikmatni angladim, yetdim,
Bejizga hech kirmamish tikan.
Topganim bu — yo’qotganimdir,
Yo’qotganim topganim ekan.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 02 Avgust 2007, 17:41:02
Necha ming musulmon tunu kun bedor,
Ka’ba atrofini tinmay aylanar,
Barchasin murodi ilohiy diydor,
Sajdaga har biri har zum shaylanar.

Olam ummon bo‘lsa - girdobi shu joy
Olam osmon bo‘lsa - mehvari bunda.
Milyard martabali jahon, hoynahoy,
Kemadek qalqadi bitta to‘lqinda.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 02 Avgust 2007, 17:41:44
Alanga chaqnaydi ko'zimda,
O'tlar meni tashladi tilib.
Sevgi, sevgi mening bo'g'zimda,
Kalimaga kelmaydi tilim.

Shunday ajib tushlar koribman,
Tushlarimda uni ko'rdim men.
Shunday ajib tushlar ko'ribman,
Huzurida yonib turdim men.

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 02 Avgust 2007, 17:43:01
Nasib etmish bu kunlar, taralsin yangroq unlar,
Do‘stlar bilar yonma-yon qutlaylik bu ayyomni.
Iloyo, boshimizga kelmasin qaro kunlar,
O’zbegim, deb ko‘taring, do‘stlarim, oltin jomni.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 03 Avgust 2007, 11:22:03
Ishqing deb misoli, baloyi-ofat.
O’chimni bir kuni olishlarim bor.
Mendan o’zingni qo’yvording ustun.
Qalbimga sevgimas, to’ldirding tutun.
Armonim, baxtimni ko’rmog’ing butun
Chamanda gul misol, yonishlarim bor.
Dedingki ishqimda o’tsa telbona
Yengdim tahqirlashing kulib, mardona.
Mening tegramda ham, kimdur parvona
Yoningdan g’oz yurib qolishlarim bor.
O’chimni bir kuni olishlarim bor.
Bevafo"¦ ishqimdan tonishlarim bor.

Dilfuza Hotamova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 03 Avgust 2007, 15:47:14
Ruhlar mozoridan o'tayotgandim,
Qulog'imga bir ingroq indi.
Soqiy yuragimning qonkosasiga,
To'ldirib hayratning mayini sundi.

Qayrildim,
Qaradim,
Jon talash yotgan,
Ruhning o'limini tomosho qildim.
O, qanday chiroyli o'larkan ular.

islom Hamro
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 03 Avgust 2007, 15:59:29
Ramazonning ravshan kunlari o'tdi,
Laylatul Qadrday tunlari o'tdi.
Duolar ijobat bo'ldimi, yo yo'q,
Ko'ngilning iltijo unlari o'tdi.

Sahar sajda qildim peshonamda - nur,
Oqshom tilga kirdim, ostinamda - nur.
Hayol urchuqlari ko'xi Kofgacha,
Zumda borib kelgan afsonamda - nur.

Ayo, tarozungda qay sanoq og'ir:
Savobu gunohmi, sabru to'zimmi?
Afu et, panohim, men lolu basir
Ellik yil ahtarib topdim o'zimni.

Oydin Hojieva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 03 Avgust 2007, 17:00:48
Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.
(Muhammad Yusuf)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 07 Avgust 2007, 16:52:16
Aytayin ishqimni dostonim tinglang, do`stlar,
Bu ko`ngil asrorini ko`ngildan anglang, do`stlar.

Ishq to`ldirdi hayotim mazmunin yog`du bilan
Ham umr gulzoriga baxsh etdi ishq rang, do`stlar.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 13 Avgust 2007, 16:33:25
Insonlarga mehridan ato qilar harorat,
Mehrli nigohlari paydo qilar jasorat.
Sevgisida mujassam mehnat ila matonat,
Hayot sinovlarida mehri beradi toqat,
Baxt nurini yog`dirar onalar muhabbati.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdusalom 14 Avgust 2007, 17:55:00
Istaysizmi-yo‘qmi, gardun aylana,
Istaysizmi-yo‘qmi, qaytib kelaman.
Sog‘inmagan ko‘zingizdan aylanay,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 16 Avgust 2007, 12:04:07
Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko`rib men bor dunyoni unutdim.
Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg`iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.

Abdulla Oripov!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 16 Avgust 2007, 12:37:57
Muhabbat... Har dilga oshno topilgay,
Muhabbatla dilga o`tlar yoqilgay,
Kimki agar sevsa chin dildan yorin
Ul oshiq ham so`zsiz, mangu sevilgay.

Sevgi dilni pora-pora qilarmish
Oshiqlar telba, majnun bo`larmish.
Pari-paykar boqsa noz-la vo darig`
Yuragingga ishq otashin solarmish

     Sirojiddin Qobilov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 16 Avgust 2007, 12:44:56
She'rim, yana o'zing yaxshisan,
Boqqa kirsang gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan tanda.

Usmon Nosir.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 17 Avgust 2007, 08:00:26
Alamim tog‘cha bor, mayda dard emas,
Garchi qasd olmagan yigit - mard emas,
Lekin Xudoyimga yordam shart emas,
Barini Xudoga soldim-da qo‘ydim.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mashhura 20 Avgust 2007, 12:28:43
Menga o'xshab ketayaptimi?
Men - keraksiz-keragingizga.
O'zni qanday ataysiz baxtli-
Bir qiz yig'lar yuragingizda.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 20 Avgust 2007, 13:13:17
Muhabbat-la keldim dunyoga,
Muhabbat-la yashayman mangu.
Muhabbatim muhrlab qalbga,
Muhabbat-la o'larman bir kun.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 21 Avgust 2007, 07:08:34
Nega she’r yozmayin, etmayin ijod?!
Nega qalbimdagin sochib to‘kmayin?!
Axir shu yosh yurak etganda faryod,
Satr kelaverar yozganim sayin.

Ijodim — ishonchim — sirim ishongan,
Hayotga umidim, ham toju taxtim.
Yoshlik sururini in’om etolgan,
Hech qachon tark etmas yagona baxtim.

Mas'ud
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 21 Avgust 2007, 20:50:29
Nakim ko`rdim jahon ichra, na soniydur-la san`atsiz,
Na bir ag`yoru-ashyobi,na ashyodurki qudratsiz.
Ki ul mahbubi ra`noni,na mavjidin inoyatsiz,
Kima davlat qushi qo`nsa,uchar har yona qanotsiz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ashiq Garib 26 Avgust 2007, 13:43:30
Rostin ayt, men ozlik qildimmi senga?!
Ayt, bir yurak ozmi? Mana! To’ydim-ku!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ashiq Garib 27 Avgust 2007, 07:10:59
Rad etma meni sen iltimos
SHu azob uqubat menga kammidi.
O'z sevgimni tutkazib o'zgaga ,
Endi alamga botgan Garibingman


Sevmading sen, dilabgorim
Dilimga cho‘kdi qo‘rg‘oshin.
Ko‘zimdan toshdi ko‘zyoshim,
G‘amkash buloq sevmish mani.

Sevmading san, etolmasdan
Sanga termuldim olisdan.
Haddan ziyoda yolg‘izman,
Netay, tuproq sevmish mani.

Sevmading san. Ay, yuragim!
Xazon tushgan may — yuragim.
Qandoq ovutay, yuragim,
Keksa yaproq sevmish mani.

Sevmading san, atirgulim,
Sevgi asli nadir, gulim?
U singan ignadir, gulim,
Singan chaqmoq sevmish mani.

Sevmading san! Sevmading san!
Har odimda xatar bergan,
Har yutimda zahar bergan,
Suyganiga dardlar bergan,
Tangri ko‘proq sevmish mani
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ashiq Garib 27 Avgust 2007, 07:16:01

Irodamdan qilaman nafrat
Nima qilay? Unutolmayman,

Gunohim ko‘pmidi shunchalar,
Mahkummanmi, hijronga abad?

Nima qilay? Unutolmayman,
Yetolmayman manziling yiroq.
Taqdirga tan bera qolmayman,
Bu qanday kuch? Bilmayman biroq.

Nima qilay? Unutolmasam,
Hasratlarni qilolmasam bas.
Axir qanday unitib yashay,
Yoding bilan olaman nafas,
Yurak seni so‘rar xar nafas.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nozli 27 Avgust 2007, 12:53:51
Sizsiz yashamoqlik ko'p dushvor, o'lim,
Qalbingizni nogoh tirnab qo'ydimmi?
Garchand, ishq-hayotdir, gohida zolim,
O'zimni pichoqsiz o'zim so'ydimmi?

Suyaksiz til derlar, avf eting jonim,
O'ylamay aytilgan bitta so'zimni.
Yo'qsa kuyib ketar qalb-honumonim,
Sizga insof bersin, menga to'zimni.

Yomon so'z aytmadim, aytganim aytay,
Sizdan o'rganganim edi-ku so'zlar.
Sevgimiz hurmati qalbga men qaytay,
Yo'qsa yolg'izlikdan bu yurak bo'zlar.

Toptang, haqoratlang, roziman yorim,
Shu bilan humordan chiqsangiz shodman,
Sizsiz hayot yo'qdir, siz yo'g'u borim,
Sizsiz qalbi kemtik, bahtsiz noshodman.

Faqat ketmang jonim, meni yig'latib,
Qalbim ko'zgusini sindirib chil-chil.
Olib keting meni, qo'ymang bo'zlatib.
Sizsiz yashamoqlik o'lim-ku ahir!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2007, 14:16:29
                    Muhabbat
Rahmi yo'q dunyoda yashagim kelmas
Hayotda alamga, hasratga to’lib
Taqdiri azaldan hech ko’ngil to’lmas
Vujudim hijronda yonar cho’g’ bo’lib

Sevgi vafo qilmas deganlari rost
Oshiqni firoq-la qiladi abgor
Muhabbatdan qalblarga to’lar ehtiros
Lekin u misoli lahzalik g’ubor
                                    (18.05.04)

AbdulAziz: Bahri bayt shartiga ko'ra siz oldingi ihtirokchi she'rining oxirgi harfiga she'r boshlashingiz kerak.
Shuning uchun she'ringizning birinchi so'zini o'zgartirdim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 30 Avgust 2007, 12:06:19
Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing -
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..

Muhammad Yusuf.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 30 Avgust 2007, 17:30:03
Yo qoshingdin necha bir o'q ko'z tutay,
Otki, o'trusiga oning ko'z tutay.
Necha ko'rgach o'zga mahvashlar qoshi,
Yangi oy ko'rgan kishidek ko'z tutay.

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 30 Avgust 2007, 17:35:59
Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,
Shod etmas emish ko'ngulni g'urbatda kishi.
Ko'nglum g'aribliqta shod o'lmadi hech,
G'urbatda sevunmas emish, albatta, kishi.

Zahriddin Muhammad Bobur.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ashiq Garib 31 Avgust 2007, 04:22:53
Ilohim bilar mening kuyganim
Goh zolimga kunim qoladi
Dunyolardan ko'nglim qoladi
Nargiz kutib dilim toladi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 31 Avgust 2007, 10:49:01
Ishqqa maskan yuragim,
Topib ber deb qistaydi.
Nima qilay, berahm-
Ruhim seni istaydi
 
Zulfiya.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 31 Avgust 2007, 21:40:18
Yuragim qonidan yuz xona vayron,
Uvvos tortuvimdan qo'rqinch yuz chandon,
Har bir kiprigimda qon daryosi bor,
Kipriklar yumulsa boshlanur to'fon.

Umar Xayyom.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 01 Sentyabr 2007, 07:57:20
Nuh to‘foni, demak, qismat shamoli,
Kimningdir kamoli, kimning zavoli.
Sargashta kun ko‘rding ohu misoli,
Shundan hamon mungli kuylaring, o‘zbek.

Dili qonga to‘lib, ko‘zlari — yoshga,
Alp Tegin bir hikmat chegirdi toshga:
«Bizning qayg‘umiz yo‘q boladan boshqa"¦»
Bolangga bog‘lidir o‘ylaring, o‘zbek.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 01 Sentyabr 2007, 18:02:11
Kishi aybing desa, dam urmag'ilki, ul erur ko'zgu,
Chu ko'zgu tiyra bo'ldi, o'zga aybing zohir aylarmu?!

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 03 Sentyabr 2007, 11:41:50
Umringning eng go`zal hush lahzalarin
Og`rinib ichimga yutib yashayman
Sog`inchim sochimga insa ham qirov
Men sabrim kosasin tutaveraman.
Sabrim yetgunicha, yetguncha umrim,
O`shal tasodifni kutaveraman.

Rasul Hamzat
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 03 Sentyabr 2007, 11:50:07
Nega jim yashaysan, sokin yashaysan?!
Sezmaysan, qo’llarim ketsa ham tegib.
Olamda men yo’qdek, hech payqamaysan,
Yashaysan jimgina boshingni egib.

Mirzo Kenjabek.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 03 Sentyabr 2007, 12:04:09
Bu dunyo- ruhimning azobi
Ezgulik- umrimning savobi.
Qo`y, endi yig`lama ko`ngiljon,
Bor, axir, barchasin hisobi.
Qo`lni ber, pok joyga ketamiz.
Yomoni yo`q joyga ketamiz.

Behzod Fazliddin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 03 Sentyabr 2007, 12:06:08
Za'far yurtga nur to'kar oqshom,
Bog`da gullar javlon urgan payt,
Kel, jonginam , qo'shiq ayt, Hayyom-
Kuylab o'tgan qo'shiqlardan ayt
Bog'da gullar javlon urgan payt.

Erkin Vohidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 03 Sentyabr 2007, 12:19:45
Titrab ketajakman bir nafas olsam
Orom ol, oromingni buzmasman
Xalos qil, sen meni avval o`zimdan
Jami gunohlarning sababkori man.

Tutdek to`kilaman hozir qarshingda,
G`uborsiz nigohing menga qadasang
Uyg`onma, hozircha, orom ol
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 03 Sentyabr 2007, 12:32:03
Labimdagi kulgularni quzg`unlar yulib ketdi,
men hasrtada kuyunsam odamlar kulib ketdi.
Bag`rimga bosganimda bagrimni tilib ketdi
Endi meni o`ldirsa darding o`ldirsin Alloh.

Shamshir.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 03 Sentyabr 2007, 12:40:32
Hech kimga u seni ishonmas edi
Chaqnardi rashkidan bag`rida chaqmoq
Jonin o`z yog`ida qovurib yedi
Endi diydoriga mushtoqsan mushtoq

U ketdi...
Qaytmaydi hech qachon, sanam
Qaldiroq o`rnida yangrar mungli nay
Otashin ishq ila shubhalarni ham
O`zi bilan olib ketdi butunlay

Orif Odilxonov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 03 Sentyabr 2007, 12:47:01
Yaqin nima?
Yaqin qiyomat.
Yaqinroq-chi?
O’limdir albat.
Ajab nima?
Tug’ilgan go’dak.
Ajabliroq?
Foniyni sevmoq.
Shirin nima?
Farzand, arjumand.
Shirinroq-chi?
Tanda issiq jon.
Mehribon kim?
Otam, volidam.
Mehribonroq?
Yaratgan Egam.
Go’zal nima?
Odamzot shakli.
Go’zalroq-chi?
Allohning vasli.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 03 Sentyabr 2007, 12:54:24
Inson afzal bo’lolmas mol-davlati-la,
Inson afzal bo’lolmas irq-millati-la.
Allohning nazdida farq qilur inson
Qalbning pokligiyu taqvosi ila.

Ismoil Abdulloh
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 03 Sentyabr 2007, 13:09:11
Allohning sevgan quli,
Va tanlagan Rasuli,
Yo'li - haqiqat yo'li,
Haq payg'ambar Muhammad.

Fozil Zohid.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2007, 17:25:48
Diydoringdan ko'zlarimga surma sursam,
Hijron g'ishti,ko'z qoni-la ko'shklar qursam.
Mashrab kabi mahshargohda ohlar ursam,
Qiyomat kun diydoringni ko'rarmanmu?(Robiya Turob qizi)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 04 Sentyabr 2007, 12:21:01
Mening ko'nglumki, gulning g'unchasidek tah-batah qondur,
Agar yuz ming bahor o'lsa, ochilmog'i ne imkondur.

Agar ul qoshi yosiz bog' gashtin orzu qilsam,
Ko'zumga o'qdurur sarvu ko'ngulga g'uncha paykondur.

Bahoru bog' sayrin ne qilaykim, dilistonimning,
Yuzi gul, zulfi sunbul, qomati savri xirmondur.

Visoli lazzatidin zavq topmog'liq erur dushvor,
Firoqi shiddatidin yo'qsa jon bermaklik osondur.

Boshidin evrulur armon birla o'ldum, ey Bobur,
Mening na'shimni bori ul pari ko'yidin aylondur.

Zahriddin Muhammad Bobur.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 04 Sentyabr 2007, 18:36:08
Ruhimda yo‘qoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim.
Bizlarni bir yo‘qlab kelibsan,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Abdulla Oripov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 05 Sentyabr 2007, 13:19:04
Men bir ajib holda keldim,
Kimsa holim bilmas mening.
Men so'ylayman, men tinglayman
Kimsa tilim bilmas mening.

Mening tilim qush tilidur,
Mening qo'lim Do'st qo'lidur,
Men bulbulman, Do'st gulimdur,
Biling, gulim so'lmas mening.

Ul Do'st menga kelsin demish,
Sundim qadah, olsin demish,
Oldim qadah ichdim sharob,
Endi ko'nglim o'lmas mening.

Ne Turim bor, ne turorim,
Hech yerda yo'qdir qarorim,
Haqqa munojot qilmoqqa
Tayin yerim bo'lmas mening.

So'r, turganim yerni mendan,
Ko'rsaturman, kelsang, senga.
Bir zarracha hakdan ayru
Ko'zim hech ne ko'rmas mening.

Tur tog'ida bir tajalliy
Boq, Musoni nelar qildi!
Yunus aytar: Haq nazdida
So'zim yerda qolmas mening!..

Mirzo Kenjabek.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nozli 05 Sentyabr 2007, 15:20:57
Gunohim ko‘pmidi shunchalar,
Mahkummanmi, hijronga abad?
Nima qilay? Unutolmayman,
Yetolmayman manziling yiroq.
Taqdirga tan bera qolmayman,
Bu qanday kuch? Bilmayman biroq.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 05 Sentyabr 2007, 16:09:54
Qay fursat men sizni ko‘rdim banogoh
Endi zarra hijron dilimni g‘ashlar.
Buncha yarashmasa o‘zingizga, oh,
Munis tabassumu ma’yus qarashlar.

Hech kimni hayratga solmas hech qachon
Mening yoningizda yo‘g‘im yo borim.
Yo falak, shuncha yil kezibman sarson
Sizni uchratguncha, erka dilbarim...

Abdulla Oripov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 05 Sentyabr 2007, 16:20:36
Milyon yilda meni yaratdi hayot,
Meni so‘rab, tog‘lar qator cho‘kdi tiz.
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 05 Sentyabr 2007, 16:28:41
Zumurrad tonglarim senga armug'on,
Quyoshni puf-puflab tutib edimmi?
Uchqur xayollarim bo'lsin arg'umoq,
Uchib kel, uchib kel, uchib... dedimmi?

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 05 Sentyabr 2007, 17:32:15
Ishqing ila oshiqlar
Yonsin, yo Rasulalloh.
Ichib ishqing sharobin,
Qonsin, yo Rasulalloh!

Shul seni sevgan kishi
Tikmish yo'lingda boshin,
Ikki jahon quyoshi
Sensan, yo Rasulalloh!

Shul seni sevganlarga,
Qil shafoat onlarga,
Mo'min bo'lgan tanlarga
Jonsan, yo Rasulalloh!

Darvish Yunusning joni,
Olam shafoat koni,
Ikki jahon sultoni
Sensan, yo Rasulalloh!..

Mirzo Kenjabek.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2007, 09:33:37
Hurlar bormish u yonda marvarid marjondek,
Pokiza ermish nihoyat, pokiza iymondek,
Vasliga yetmakka oning bu umr yetmas emish
Lek anga yetmakka bordur rahnamo Qur’ondek.

Olloh-Olloh shundayin izzat nasib etgin menga,
Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga.

Sherali Jo'rayev.

B-Boy:milanelly, iltimos qoidaga amal qilib post qoldiring. sizni postizni o'zgartirishga majbur bo'ldim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 06 Sentyabr 2007, 15:28:08
Marhabo, ey payki sulton, marhabo,
Hudhuki mulki Sulton, marhabo.

Tal`ating farrux, muborak maqdaming
Qildi kulbamni guliston, marhabo.

Xo`b kelding, yaxshi keltirding xabar,
Aylading dardimga darmon, marhabo.

Nodira
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 06 Sentyabr 2007, 16:29:12
Orazi gul, husni hilol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦

Arsh arkida sulton o'zi,
Beaybu benuqson o'zi.
Poyiga cho'k, ul Zuljalol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦

Diydori bir shirin umid,
Azal vujud, abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦

Nahri zilol, bag'ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦

Tuproqqa jon etmish ato
Momo havo, Odam Ato,
Loydan odam yasar kulol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦

Shoir tilak-ta’bim o'shal,
Ruhim o'shal, Rabbim o'shal,
Allohu akbar, ey Bilol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal!

Muhammad Yusuf.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 07 Sentyabr 2007, 16:09:46
Lekin qolganimda qalbim-la tanho,
Tuyg`ula zoriga solganda quloq.
O`zni zaif, chanqoq sezganda goho
Alamdan beraman, javobsiz so`roq?
Tirik ekan nega tashlab ketmading,
Mendan nafisroqning husniga oshiq,
Mendan yoniqrog`i tortmadi seni,
Edi nigohingha bor jannat ochiq.
Seni maftun etib bir yer go`zali
Nega meni tashlab ketavermading,
Tirik ayrilishning dog`I og`irmish,
Xo`rlik kemirarmish umrni chaynab"¦

Shohista Nortojiyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 07 Sentyabr 2007, 16:35:48
Butun borliq nabotot ham
Yaratganga etar tasbeh
Bobodehqon ekib yursa
Ziroat ham ibodatdur.

Mirzo Kenjabek.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 07 Sentyabr 2007, 17:55:50
Rivoyatni ko'rub Haq-la, so'zlashtim men,
Yuz ming turluk maloyikg'a yuzlashtim men,
Ul sababdin Haqni so'zlab, izlashtim men,
Jonu dilim anga fido qildim mano.

Ahmad Yassaviy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 07 Sentyabr 2007, 18:32:18
Garchi qurutmas ko'zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti,
Ne qurug'in qo'yg'usi,ne yoshini.

Lutfiy.
Nom: Re:Bahri bayt
Yuborildi: quvonchbek 08 Sentyabr 2007, 02:07:06
Ishq vodisidin bir kecha men "œhay-ha"lab o’ttum,
Monandi nayiston gulig’a o’t qalab o’ttum.

Ofoqni bir lahzada kezdim, na ajabdur,
Mino tog’idin akkasifat hakkalab o’ttum.

Ottim fashi-dostorini devonalig’ aylab,
Parvonasifat jonimi o’tqa qalab o’ttum.

Bildimki, vafosi yo’q ekan ushbu jahonni,
Mardona bo’lub, balki, etak siltalab o’ttum.

Dunyo yasanib, jilva qilib oldima keldi,
"œBorg’il nari!" deb (ketig’a) bir shattalab o’ttum.

Bildimki oni, dushmani makkorayi ayyor,
"œLo" tirnog’I birla yuzini tirmalab o’ttum.

Mardoni xudo dediki: "œDunyo mayi achchig’",
Achchig’ligini bilmak uchun bir yalab o’ttum.

Nafs kofiri birla tunu kun qildim urushni,
Tanho qilichi birla urub, qiymalab o’ttum.

Xomush pichog’in har dam oning bo’g’ziga qo’ydum,
Cho’g’ nayzasi birla ko’zini nayzalabb o’ttum.

Devonayi Mashrab, bu so’zung dardga davodur,
Oshiq elining ko’nglig’a bir o’t qalab o’ttum.

Boborahim Mashrab.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Xolms 08 Sentyabr 2007, 09:13:36
Mayli, yoqmaganim, mayli yoqqanim,
Mayli, xoh do`st bo`lsin, mayli xoh g`anim.
Dilida dard borki, boshida g`avg`o,
Taniganlarim-u, tanimaganim,
Men bugun barini bir-bir qucharman,
Yuragi suyuklar uchun icharman!..

 Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 08 Sentyabr 2007, 13:22:43
Muncha g'amgin bo'lmasa o'ylar,
Hijron muncha bo'lmasa uzoq,
Meni o'yla, sog'inib o'yla,
Yo'lg'iz meni o'yla intizor,
Muncha g'amgin bo'lmasa o'ylar.

Rauf Parfi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 08 Sentyabr 2007, 13:30:26
Ma'no o'qi ko'zimdan,
Men yonib muhabbatda
Gar adashsam so'zimdan,
Qoshingda xijolatda.
Ma'no o'qi ko'zimdan.

Sen jabrga ustasan,
Ammo men ortiq mohir.
Sevaman va istasam
Tark etmoqqa ham qodir.
Men-muhabbat, men-sitam.

Changal yasab boshimda,
Seni olib qolg'ayman.
G'amgin bir qaroshimda
O'z nahrimga solg'ayman,
Suzarsan ko'z yoshimda...

Rauf Parfi.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nozli 08 Sentyabr 2007, 13:36:05
Aytolmadim bu sirni oshkor,
Avvalari pinhon tutardim.
Rostin aytsam takror va takror,
Faqat sizni, sizni kutardim....

Yulduzlardan sizni so’rardim!
Qarolmasdim o’zgaga aslo.
Sizdan jonim ayamasam ham,
Ko’ngliz kimda bilmasdim ammo..

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 08 Sentyabr 2007, 13:43:54
Og'ir tun, qurir tinka,
Qanday izg'irin kecha.
Bu yomg'ir tinar qachon,
Yerga botadi tovon,
Loy yopishar etikka.

Lekin hamon kutasan
U tanish tol ostida.
Arazing bo'lar tamom,
Qari to'nka ustida
O'ltiramiz yonma-yon.

His va xayol kechasi,
Haroratli bir sovuq.
Gulxan yoqaman va sen,
Obbo, tamaki ham yo'q,
Meni asta quchasan.

Yomg'ir qorga aylanar,
Ko'zingda kular alam.
Ohista bosh aylanar,
Qayga qochib borar g'am?
Qanday go'zal bu olam?!

Rauf Parfi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nozli 08 Sentyabr 2007, 13:48:55
Men Begim deganman, sizni degayman!
Zolim ekannigiz fosh etmang Begim
Yetar yuragimni gash qilmang Begim
O`tinib so`rayman rashk qilmang Begim
Bilasiz, boshqaga yotman, o`gayman
Men sizni degan man, sizni degayman
 
Sogi`nchdan sargayib kunim o`tadi
Aslo kiprik qoqmay tunim o`tadi
Bir yurakda ikki sevgi netadi
Bilasiz, boshqaga yotman, o`gayman
Men sizni deganman Sizni degayman

Aldamchi dunyoga k`onmoq yaxshimi
O`zgalar dardida yonmoq yaxshimi
Aytingchi sevgidan tonmoq yaxshimi
Pok sevgi qoshida boshim eggayman
Men sizni deganman, sizni degayman

Tinglang bir narsadan ogoh etgayman
Ko`zim yo`lingizga nigoh qadayman
Gar gumon qilsangiz, qanday chidayman
Bilasiz, o`zgaga yotman, o`gayman
Men sizni deganman, sizni degayman

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 08 Sentyabr 2007, 13:56:15
Nomim bo'lsa qalbingda agar,
Otib tashla, mayli, tuproqqa.
...Har kuni o't shu yo'lni toptab,
Nomim bo'lsa qalbingda agar.

Omon Matjon.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 09 Sentyabr 2007, 20:22:29
Agar-chi tashnasan, bir kosa suv bas,
Qilmag’il daryoni yutmoqni havas.

Fozil Zohid.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: watson 09 Sentyabr 2007, 21:26:09
Zohid, senga - hur, manga - jonona kerak,
Jannat - sanga bo'lsun, manga - mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo'lsa to'la yona kerak.

Alisher Navoiy.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 09 Sentyabr 2007, 21:52:11
Ko'z birla qoshing yaxshi, qabog'ing yaxshi,
Yuz birla so'zing yaxshi, dudog'ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshdin-ayog'ing yaxshi.

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 09 Sentyabr 2007, 22:34:57
Ishqing o'tig'a kuygoli keldim,
Oydek yuzungni ko'rgoli keldim.

Savdoi zulfing tushdi boshimg'a,
Sendin savollar so'rgoli keldim.

Bahringga kirdim g'avvos bo'lay deb,
Bir durri maqsud olgoli keldim.

Mani so'rasang, ey gul'uzorim,
Mahvi jamoling bo'lg'oli keldim.

Qofila ketti,manzilga etti,
Men ham boray deb ketgoli keldim.

Soqiy, qadahni qilg'il muhayyo,
Vahdat mayidin ichgoli keldim.

Rahmat eshigin Mashrabga ochg'il,
Ishqing ko'yida o'lgoli keldim.


Boborahim Mashrab.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 09 Sentyabr 2007, 22:50:19
Muborak ayyomning tiniq tongiday,
Musaffo ranglarga to’lganda borliq,
Xushbo’y tabiatning yetti rangidan,
Osmon gardishida qolganda yorliq,
Eng porloq tuyg’ular tilayman senga,
Eng shirin orzular tilayman senga!

Mirzo Kenjabek.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 10 Sentyabr 2007, 17:21:50
Ayt, nechun oshiq mudom dildan judo?
Yorining zulfini deb bo'lg'ay ado.
Jo erur oshiq dili rubob aro,
Pardasida yoshirun munglig' sado.

Jaloliddin Rumiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 10 Sentyabr 2007, 17:33:29
Olma sardaftari ishqning imlosi,
Yoshlik qasidasin jilva ziyosi.
Ey, ishq olamidan xabarsiz, bilg'il,
Ishq emasmi asli hayot ma'nosi.

Umar Xayyom.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 10 Sentyabr 2007, 17:40:37
Ibodat ne?
Yaratganga itoat ham ibodatdur
Haqiqiy bandalik birlan
Sadoqat ham ibodatdur.

Otang birla onang qalbi
O‘tar ka’ba tavofidin
Alar ko‘nglini shod etsang
Bu xizmat ham ibodatdur.

Umrni etmayin isrof
O‘zing ro‘za vujuding sof
Agar pok holda uxlarsan
Bu rohat ham ibodatdur.

Butun borliq nabotot ham
Yaratganga etar tasbeh
Bobodehqon ekib yursa
Ziroat ham ibodatdur.

Ibodatdur biror johil
Jafokorga desang haq so‘z
Va nodonga sukut qilsang
Sukunat ham ibodatdur

Agar juftihalol birla
Ko‘ngilxushlik qilar bo‘lsang
Falak shohid Malak hozir
Bu suhbat ham ibodatdur.

Tamal imoni ixlosdur
Bu qullik bandaga xosdur
Xudo deb qilganing har ish
Va niyat ham ibodatdur.

Sevib Mirzo aziz do‘stlar,
Ko‘nglini shod ayla
Agar Olloh uchun sevsang
Muhabbat ham ibodatdur.

Mirzo Kenjabek
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 10 Sentyabr 2007, 17:51:04
Ruhim bor nur, ziyoda,
Bugun qayg‘um ziyoda.
Hech narsam yo‘q dunyoda
Sizga qolgan kunim bor.

Guljamol Asqarova.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 10 Sentyabr 2007, 17:53:35
Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalong‘och turgan holiga
Ko‘taramiz xatto boshimiz arang.

Xayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 10 Sentyabr 2007, 18:12:29
Gar falak o'ltursa yuz qatla meni,hech bok emas,
Bu o'lumdurkim,o'ladurmen nigorimdin yiroq.

Ketmagay o'lsam Atoiydek bo'yung sarvi uchun,
To qiyomat sayayi rahmat mozorimdin yiroq.

  Atoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 10 Sentyabr 2007, 18:14:15
Qiyomat yaqinlab qolgani ayon,
Ayollar erlarning libosin kiymish,
Avrat-u, xayoning ko‘chasin toptab
Xatto mayin bo‘lib so‘zlamay qo‘ymish.

Xayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 10 Sentyabr 2007, 18:17:46
Shayx Shibliy oshiq bo'lub bilmay o'tti,
Shayx Boyazid yetmish yo'li o'zin sotti,
Bu dunyoni izzatlarin tashlab otti,
O'tgan ishqqa nadomat deb afg'on qilur.

Ahmad Yassaviy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 10 Sentyabr 2007, 18:25:42
"Rasululloh tuyasiga taqlid qilgan
Tuyam mening markabimdir, bilsang", degan
Abdullohlar o‘tdi bosib ming bir tikan,
Lek oyoqqa yetmay zahmat, sahobalar.

Xayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 10 Sentyabr 2007, 18:32:06
Rahm ichra paydo bo'ldum, nido keldi,
Zikr ayt, dedi, badanlarim junbush qildi,
Farzandim, deb haq Mustafo ulush berdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Ahmad Yassaviy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 10 Sentyabr 2007, 18:33:37
"Allohdan boshqa iloh
Yo‘q!" degan ovoz bilan
Qulog‘i ochilganda
Chaqaloq kulgan ekan.

Xayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 10 Sentyabr 2007, 18:36:38
Nomu nishon hech qolmadi, lo-lo bo’ldum,
Alloh yodin oyta-oyta illo bo’ldum,
Xolis bo’lub, muxlis bo’lub, lilloh bo’ldum,
"œFano filloh" maqomig’a oshtim mano.

Ahmad Yassaviy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 10 Sentyabr 2007, 18:39:39
Oyoqqa turib oxir
Ko‘cha xatlagan kuni
Bobosining ko‘zida
Ko‘rsang edi orzuni...

Xayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 10 Sentyabr 2007, 18:42:19
Ishq dardini talab qildim darmoni yo'q,
Ishq yo'lida jon berganni armoni yo'q,
Bu yo'llarda jon bermasang imkoni yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor

Ahmad Yassaviy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 10 Sentyabr 2007, 18:47:13
Ruhim, bunday ketmaklik og'ir,
Meni yechib tashia, shoshil, bo'l.
Cho'ksang baland ko'kka cho'k, axir,
O'lsang yulduz bo'g'izida o'l!

Qutlibeka Rahimboyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 12 Sentyabr 2007, 13:42:00
La'li jonbaxshindin ayru obi hayvonni netay?
Hardam ar yuz jon berur, jononasiz jonni netay?
Gar emas manzur yuzing, huru g'ilmonni netay?
Gulshani ko'yungdin ayru bog'i rizvonni netay?
Boshima gar gul sochar, sensiz gul afshonni netay?

Husayniy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 13 Sentyabr 2007, 19:50:25
Yuragim qonidan yuz xona vayron,
Uvvos tortuvimdan qo'rqinch yuz chandon,
Har bir kiprigimda qon daryosi bor,
Kipriklar yumulsa boshlanur to'fon.

Umar Xayyom.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 13 Sentyabr 2007, 20:15:35
Nurga qoldirmaysan yurakda o‘rin,
O‘zingni shoh bilib, o‘zni o‘ylaysan,
Aslo uzolmaysan Iblisning to‘rin,
Qobildek Hobilni qonga bo‘yaysan.

Nafsing ajdahosi katta og‘izlik,
Ko‘ksingda yuraging qattiqdir toshdan.
Ilondan ilonga yetmas yovuzlik —
Kim bo‘lding Yusufni quduqqa tashlab?!

Baxtiyor Genjamurod.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 13 Sentyabr 2007, 20:21:07
Bormi ekin hech nima olamda hijrondin yamon,
Har nenikim ondin yamonroqdur, budur ondin yamon.

Zahriddin Muhammad Bobur.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 13 Sentyabr 2007, 20:44:17
Nеga kеrak edi shu chiroy, shu o't,
Shu yoniq yulduzni ko'zga yashirmoq?
Nеga lablaringdan husn oldi yoqut,
Nеga siynang bo'ldi qor tog'iday oq?

Hamid Olimjon.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 13 Sentyabr 2007, 20:47:04
Qalb bo’lganda yiroqda
Iroda ekan ojiz.
Do’stlar ham ko’p atrofda,
Ammo men yakka-yolg’iz...

Birdan qalbim keksarib,
Qon ham qochdi yuzimdan.
Sen, sirdoshni axtarib,
Xayol ketar izingdan.

Qayga ketding, yuragim,
Bitdi bardosh va toqat.
Suhbatingdir tilagim,
Tilda hasratim qat-qat.

Ko’pdir aytajak so’zim,
O’gitlaringga zormen,
Yig’laysan deb do’stlarim
Ta’na qilar. Netay men?

Sovush bermaydi menga
Yoqib ketganing olov.
Netay, yetmayman senga,
O’rtaga tashlangan g’ov.

Ishqqa maskan yuragim,
Topib ber deb qistaydi.
Nima qilay, berahm-
Ruhim seni istaydi.

Zulfiya.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 13 Sentyabr 2007, 22:04:17
Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..

Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!

Muhammad Yusuf.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 13 Sentyabr 2007, 22:09:25
Kimdir savol berdi:-Aytgil, Muhammad,
Yolg‘iz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga ko‘p yaxshilik aylay, o‘zing ayt,
Ota-onamgami? Yoxud bolamga?

Rasul javob qildi: - Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.

Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq,
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tug‘ilgan payg‘ambarlar ham.

Abdulla Oripov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 13 Sentyabr 2007, 22:10:44
Makoning bo'libdi tog'lar orasi,
Sensan go'zallikning asli, sarasi.
Ma'yus yuragingda ishqning yarasi,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.

Daralar qo'ynida neni istarsan,
Nechun doim g'amgin, doim mustarsan.
Latif shijoating qayga qistarsan,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.

Yo'q, sen axtarmassan tog'lardan makon,
Va na go'zalliging uchun shuhrat-shon.
Sayyod jabri senga bermaydi imkon,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.

Qo'y, jonim, ko'zlaring to'lmasin yoshga,
Tongda oyog'ing qo'y baland bir toshga.
Seni quyosh o'zi ko'targay boshga,
Sen ham oshiqmisan yoki ohujon.

Abdulla Oripov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 13 Sentyabr 2007, 22:12:40
Necha ming musulmon tunu kun uyg‘oq,
Ka’ba atrofini tinmay aylanar,
Murodi tabarruk maskanni o‘pmoq
Sajdaga har biri har zum shaylanar.

Olam ummon bo‘lsa, girdobi shu joy,
Olam osmon bo‘lsa, mehvari bunda
Milliard martabali jahon haynahoy
Kemadek qalqadi bitta to‘lqinda.

Yer bo‘ylab tariqday sochilgan inson,
Bir qushning oldiga kelib tizilmish.
Abasdir bu joyda millat, irq, lison
Zamin yo‘riqlari bunda buzilmish.

Bu joyning bor erur na Qorabog‘i,
Na O‘zgan, na O‘shu Farg‘onasi bor
Allohning o‘zidir yolg‘iz charog‘i,
Charog‘ning hisobsiz parvonasi bor.

Hatto nafrat mushti bunda tugilgay,
Axir yagonadir bu yerda maqsad.
Sig‘insang gunohing duv-duv to‘kilgay,
Iymonsiz bandaga yo‘q lekin shafqat.

Shunchalik mukammal Alloh dargohi,
Mag‘firat qil, deya dilni tig‘ladim.
Har yonda taralar mo‘minlar ohi,
To tongga qadarli yum-yum yig‘ladim.

Abdulla Oripov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 13 Sentyabr 2007, 22:25:24
Meni qiynash shuncha rohatmi?
Labingning chetida turadi mudom
Sovuq tig'ing - nim tabassuming.

Xurshid Davron.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: watson 14 Sentyabr 2007, 00:36:39
Gulga gu bergan oshiq,
qayda jazoga loyiq.
men senga gunohkorman,
gul tutib dasta-dasta

Sherali Jurayev
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nozli 14 Sentyabr 2007, 00:52:44
Armonning domiga tashlab,
Begim, hajringizda rangim sarg'aydi.
Menga begonasiz bugundan boshlab,
Xo'rlangan muhabbat bizni qarg'aydi.
Ketdingiz...

Bahorga alvido aytib
Dilingiz xazonni qo'msadi chog'i
Ketdingiz, bilaman kelmaysiz qaytib,
Anda zor yig'ladi ishqimiz bog`i.
Ketdingiz...

Kechalar bedor to'lg'ondim,
Sevgim beva kabi mung'ayib qoldi.
Ko'zim kech ochildi endi uyg'ondim.
Siz aytgan qizaloq ulg'ayib qoldi.
Ketdingiz...

Taqdirga oxiri berdim tan
Meni suymaganni suyib netaman,
Yaxshisi dunyodan yolg'iz o'taman,
Ketdingiz, qolmayman, men ham ketaman...

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: mutaallimah 14 Sentyabr 2007, 03:59:41
Assalomu-alaykum bahru-bayt qoidasiga munosib bo'lmog'i uchun sherni avvalgi ikki misrasini qoldirishga majbur bo'ldim,bu uchun uzr so'rayman.


   Аамозлар бефойда рузалар бекор
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Охири куринмас бехол дайдишинг
Кутилар неча йил хакни айтишинг
Иложи булмаган фахшдан кайтишинг
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Узингча жонингни хакка тикурсан
Бунга хужжат дебон сртак тукурсан
Сувсиз сахроларда кучат скурсан
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Бомдодни  укибон ухлаб довдираб
Юрарсан кундузи кизларга караб
Сендан устун срур бадавий араб
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Остлар ёдлайсан кузларда нам йук
ИСЛОМ оёк ости булсада гам йук
Жаннатга тушиш йук кунглинг булсин тук
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Минг ракат намоз кил тунда ухлама
Калбингни тирнама бежиз тиглама
Лайгамбар тушингга кирмас чиглама
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Одамлар сенида десинлар муъмин
Курсатсинлар гузал зур схтиромин
Бошингдан нарига силжимас омин
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Дуолар киласан хаёл паришон
Бу асли нифокдан риёдан нишон
Аамозинг кабул смас куркмасдан ишон
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Тавхидни англамок зур ибодатдир
У бир пойдевори зур бир иморатдир
Килган хажинг сенинг бир саёхатдир
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Зохирий ибодат сенга не берур
Агарчи ботинни сичкон кемирур
Закотинг осмонга учган ер срур
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Мен сени танийман булди куп йиллар
Биламан не килди оёклар, куллар
Бир кун хам хотиржам булмас кунгиллар
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Шу боис умидим йиглаб толмасдан
АЛЛОХнинг зикридан асло колмассан!
Билгин-ки  узингни таний олмассан
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!


  Hayrulla  Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 14 Sentyabr 2007, 10:57:19
Allohning rahmatin, nusratin kuting
Barcha ko‘z uyquga cho‘mgan tunlarda.
Asriy zanjirlarni yelkadan oting
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!

Bizki, ko‘ngillarni ayladik vayron,
Bugun o‘zimizga o‘zimiz hayron.
Endi qo‘limizda muqaddas Qur’on
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!

Bizga dars o‘qitmang falsafalardan,
Dunyo bezib bo‘lgan vasvasalardan.
Holimiz telbaviy talvasalardan
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!

Iymon yo‘lindadir ko‘zimiz nuri,
Allohning so‘ziga qalbimiz to‘ri!
Portladi dunyoning sohta g‘ururi
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!

Allohga shukrki, Uni bir bildik,
Baytullohga iymon to‘la qalb keldik.
Zino-yu, faxshni zanjirband qildik
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!

Allohim, qo‘limiz Sengadir ochiq:
Garchi ramazondan ko‘nglimizdir to‘q,
Tuzalib olmasak boshqa fursat yo‘q
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!

Hayrulla Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 14 Sentyabr 2007, 13:59:01
Azaldin to abad ko'nglum qutulmas ishq balosidin,
Yurokim raxnalar bo'ldi, bu ishqning mojarosidin.

Xayolimda sening vasling, topolmasman, meni hayron,
Magar vaslingga yetsam piri komilning duosidin.

Eshit arzimni, ey dilbar, yurak-bag'rim kabob o'ldi,
Raqiblar shodmon bo'ldi nigorimning jafosidin,

Sanam, sensiz bu dunyoda tiriklik qilmog'im mushkul,
Kel, ey ko'ngul, kecholi bu tiriklikning baqosidin.

Sanam, ishqing o'ti oxir meni bexonumon etti,
Kuyarman dam-badam tinmay bu dardi bedavosidin.

Xarob o'ldi mening ko'nglum, kishim yo'qturki, roz aytsam,
So'ngoklar raxnalar bo'ldi dilimning ohu vosidin.

Seni ishqing bila yig'lab, agar mashharda oh ursam,
Kuyarlar mo'minu kofir bu Mashrabning navosidin.

Boborahim Mashrab.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 14 Sentyabr 2007, 14:01:52
Ne-ne tuzumni ko‘rdik,
Parokandasi chiqqan,
Eng aqlli zotlarin
Zulmat qa’riga tiqqan,
Zolimlar ham oxiri
Bu zulmdan toliqqan
Ahvolida dunyoga
Hayqirganmish: "Oh nahot
Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot?!"

Xayrulla Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 14 Sentyabr 2007, 14:14:25
Tug‘ilgan bor unga o‘lim bo‘ldi nasya.
Hayot o‘n besh daqiqalik go‘zal hadya.
Oramizda birortamiz qolmadi-ya
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga.

Kecha tirik edik, bugun saf-saf o‘lgan
Odamlardan koshki bitta suyak qolgan.
Kim bor yana o‘zni xudo da’vo qilgan?!
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga.

Xayrulla Hamidov.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 14 Sentyabr 2007, 14:17:01
Allohim, O’zingga bosh eggan banda
Boshqalar nazdida eng kuchli odam.
Allohim, islom-la ulg‘aygan tanda
Kibru-u riyo bo‘lmas zarra bo‘lsa ham.

Allohim, Sen uchun boshin egmagan
Har kim qarshisida yotganin ko‘rdik.
Allohim, lahzalik rohatni debon
Oqibat alamlar totganin ko‘rdik

Allohim, Qur’onga bo‘ysungan inson
Aziz-u mukarram yashadi, o‘ldi.
Allohim, eng so‘nggi nafas bermish on
Tug‘ilgan sof fitrat unga yor bo‘ldi.

Allohim, kaloming bilmagan banda
Oddiy sinovlarda yo‘lidan qaytmish.
Allohim, unga ham o‘lim kelganda
Otasin, bolasin ismini aytmish...

Allohim, iloh yo‘q Sendan bo‘lak, deb
O’tganning hayoti bo‘lmish mazmunli.
Allohim, eng so‘nggi go‘zal tilak deb,
Umrini o‘tkazmish g‘amli, mahzunli.

Allohim, Seni bir, demayin o‘tgan
O’ziga ilohlar yaratib olmish.
Allohim, tog‘lar ham uchib yurgan on
Ul bandang do‘zaxda abadiy qolmish.

Allohim, bu ikki bandang hikmati
Butun bir dunyoga o‘xshaydi bugun.
Allohim, Senga qo‘l cho‘zilgan payti
So‘rayman: hidoyat ber bizlar uchun.

Xayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 14 Sentyabr 2007, 14:24:33
Nega nolib yashaysan, berganiga shukr qil,
Ko'zing yorug' dunyoni ko'rganinga shukur qil.

Shivirlagan maysalar qilam bo'ldi yo'lingga,
Oqar suvlar uyinga kelganiga shukr qil.

Boshin egib daraxtlar, yuz ming nozu ne'matlar,
Dasturxonni to'ldirib turganiga shukr qil.

Bahor bilan qo'shilib, darvozangga urilib,
Ayvoningga qaldirg'och kirganiga shukr qil.

Jajjigina qo'lida yurt tuprog'i bolangning,
Ohista qadam tashlab, yurganiga shukr qil.

Ahtamquli ogoh bo'l, olamda yoq bunday yurt,
Qalam qog'ozga ko'ngling yozganiga shukur qil.

Ahtam Karim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 14 Sentyabr 2007, 16:16:57
Lahzaga tengma-teng o‘chib boraman,
O‘zimdan, so‘zimdan cho‘chib boraman,
Zavol bilmaydigan manzilni ko‘rsat,
Tomirlarim bilan ko‘chib boraman.

Behzod Fazliddin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 14 Sentyabr 2007, 16:19:29
Nafas olishga ham xohishingiz yo‘q,
Tirikka o‘xshamas tuyg‘ularingiz.
Bilmasdan, ko‘zimga otayapsiz cho‘g‘:
Meni uyg‘otmoqda uyqularingiz.

Uchib ketgan qushlar qaytib kelmaydi,
Yashashga kunlardan shartlar so‘radim.
Mayda dardlar meni Odam qilmaydi,
Umrimga eng buyuk dardlar so‘radim.

Behzod Fazliddin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 14 Sentyabr 2007, 16:39:04
Maning xor bo'lmishim o'z g'aflatimdin,
Magar qilsang nazar, ehsondin ortuq.

Aziz, xor qilg'uvchi sulton sanuqsan,
Saning lutfing qamug' alvondin ortuq.

Sulaymon Boqirg'oniy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 14 Sentyabr 2007, 16:41:28
Qara, shundoqqina yoningda bahor,
Osmon gullab bo‘ldi, gulladi Zamin.
Hozir yuragingda qorga nima bor,
Sen qachon gullaysan, Behzod Fazliddin?!

Behzod Fazliddin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 14 Sentyabr 2007, 16:42:20
Na xush bu dunyoda Iymonu Qur'on,
Ne bo'lg'ay bu dunyoda Iymondan ortuq.

Maning bu dardimi hech kimsa bilmas,
Agar bilsa Hakim Luqmondin ortuq.

Sulaymon Boqirg'oniy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 14 Sentyabr 2007, 16:44:24
Qachongacha armonlar kulbasiga qo‘noqman,
Men dunyoning ortidan chopayotgan cho‘loqman.
Yillar aro so‘zlarim manziliga yetmaydi,
Yuragimni tilimga ko‘chirgani no‘noqman
Endi ko‘nglimga qara.

Behzod Fazliddin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 14 Sentyabr 2007, 21:36:30
Ana, ko‘zim ko‘zingdan o‘tdi,
Qo‘y, yashirma titroqlaringni,
Xato qilding, o‘zingdan o‘tdi,
Tishlayapsan barmoqlaringni.

Endi nurga begona yuzing,
Quyoshingning ranglari qani?
Sig‘mayapsan o‘zingga o‘zing,
Hayotingning tonglari qani?

Yuragingning yarmi yo‘q endi,
Mening bilan butun ekansan.
Kech tushunding. Dimog‘ing sindi,
Yongan g‘amga o‘tin ekansan.

Kechalaring o‘zingdan g‘arib,
Armonlaring osmondan katta.
Yuragingga termilib turib,
Yig‘layapsan birinchi marta.

Uxlab qolgan tunlarning haqqi,
Mening o‘rnim boshqa — bo‘lakman.
Yig‘lab qolgan tunlarning hag‘g‘i,
Men, bari bir, senga kerakman!

Behzod Fazliddin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 14 Sentyabr 2007, 21:39:41
Nurlarimni tunlar uchun zarba qildim,
Ko‘nglim uyin kimlar uchun Ka’ba qildim.
Suyaklarim zirqiradi — lazzatlanib
Tavba qildim, tavba qildim, tavba qildim.

Yana cho‘llab yotganimni bilarmikin,
Daryolarim ko‘kdan qaytib kelarmikin?
She’rlarimni elchi qilsam, dargohida
Eng odil Shoh meni qabul qilarmikin?

Tirikmasman, o‘lganga ham o‘xshamayman...

Behzod Fazliddin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: watson 14 Sentyabr 2007, 23:11:21
nursiz yuragimni kundek yoritib,
dildagi dardlarni, zimdan aritib,
qalbni iymon suvi ila qoritib,
hush kelding! Ramazon! magfirat oyi

dr. Watson!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 15 Sentyabr 2007, 10:35:12
Aniq maqsad etagini tutmay yugurdim
Goho ayri ketdim hamroh yo`lovchilardan
Chigal qismat aro to`g`ri yo`lga ham kirdim
Dilda ajab xotiralar qoldi ulardan.

Atrofimda ochilmoqda alvon lolalar
Ko`k olamdan to`kilmoqda sirli bir ohang
Osongina ulanganday uziq tolalar
Tag`in rangsiz ufqlarga yoyilmoqda rang

Ma`ruf Jalil
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 Sentyabr 2007, 13:35:39
Garchi yig‘lab har kecha
Tunlarimni qon qildim,
Tongda toshdan xasgacha(guldan toshgacha)
Tabassum ehson qildim.

Azoblaring — muhtaram,
Men dardingga xaridor.
Tovonimni o‘psa ham,
Tikanlarning haqqi bor.

Yuragimni uyg‘otgan
G‘amlaringga ming shukur.
Gardlarimni yo‘qotgan
Dardlaringga tashakkur!

Endi Senda parvoyim,
Dunyoni yutib ketdim.
Suyunchi ber, Xudoyim,
O‘zimdan o‘tib ketdim.

Behzod Fazliddin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 Sentyabr 2007, 13:41:17
Mayli, jonim azob so‘rsin,
Qilgin ado, qilgan ado,
O‘lar bo‘lsam, ishq o‘ldirsin,
Ishq ber, Xudo! Ishq ber, Xudo!

Behzod Fazliddin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 Sentyabr 2007, 13:43:10
Osmon — olamlarga sig‘mas vujudim,
Quyosh - yonib turgan yuragim mening.
Imon — olam aro mening bor-budim,
Bardosh — yerga tegmas kuragim mening.

She’rim — nafasimning yuragi - havo,
Qalam — oq qog‘ozda titragan ko‘nglim.
Adolat — suvlari qurimas daryo,
Haqiqat — yuragi qonalgan singlim.

Orzu — osmonlarga sig‘magan oqqush,
Armon — orzularning singan qanoti.
Baxt — men ko‘rolmagan go‘zal-go‘zal tush,
Dard — shoir odamning yana bir oti.

Shodlik — tor kulbamning erka mehmoni,
Alam — yuragimni zabt etgan mezbon.
Poklik — umrimning goh ojiz tomoni,
Shuhrat — tomirimda oqolmagan qon.

Hijron — oramizni buzgan yosuman,
Sevgi — men rangini anglolmagan gul.
Rashk — ishqim ko‘kini qoplagan tuman,
Visol — men boshini topolmagan yo‘l.

Behzod Fazliddin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 15 Sentyabr 2007, 14:50:07
Labingiz gezarmas vo ajab aslo
Qabr azobining tasvirlariga,
Bir soniya bo‘lsin oxirat demay,
Tayyorsiz dunyoning tahqirlariga...

Payg‘ambar kimligin bilish istamay,
Bir umr yuzingiz buradirsiz siz.
Odamlar bir taraf bo‘lsalar agar,
Dunyoni boshqacha ko‘radirsiz siz.

Fisq-u fujur desa, yugurasiz-u,
Azon aytilganda yotib olasiz.
Shaytonlar majlisin boshlaganida
Anjuman avjida paydo bo‘lasiz

Hayrulla Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 Sentyabr 2007, 14:57:56
Zanjirlar ovozidan seskanmagan xilqati
Aro yo‘lda yig‘lagay ozgina sof fitrati...
Buxoriy-yu, Termiziy, Zamaxshariy hurmati
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Har qanday yovni ko‘rdik, bizni toptar kim qoldi?!
Toptay-toptay ne millat oxir kuchdan ham toldi.
Endi boshqa najot yo‘q, bugun hamma tan oldi:
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Xayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 15 Sentyabr 2007, 15:20:35
Nimadir u, ko'zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig'lab turib hattoki kulding,
Nimadir u, ko'zingga kelgan?

Menga juda o'xshaydi, ona,
Ko'zlaringda yaltiragan yosh.
Menda o'sha ko'zu, o'sha qosh,
Menga juda o'xshaydi, ona.

Ona, uni to'kma, iltimos?
Ko'zlaringdan to'kilay agar.
Sevinchingdan bermasam xabar,
Ona, uni to'kma iltimos.

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 Sentyabr 2007, 15:27:24
So‘zingni manzilga yetkazganim yo‘q,
Qachon ko‘ngillarni she’rga o‘rayman?
Tunlarimni halol o‘tkazganim yo‘q,
Tonglarning yuziga qanday qarayman?

Poklanib olgani Nur kerak menga,
Shaytonning qo‘lida chirmanda qilma.
Xudoyim, eng go‘zal she’r kerak menga,
Tonglarning oldida sharmanda qilma!

Behzod Fazliddin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 15 Sentyabr 2007, 15:37:02
Azizim. So'ramang oydan holimni,
Tunlari ko'rmaydi iztiroblarim,
Azizim, so'ramang, quyosh ham bilmas,
Xijronda o'tkazgan kun azoblarim.

Azizim, so'ramang saboni aldab,
Hayolim isiga qilmaydi sirdosh,
Yomg'irni so'ramang, yuvgan g'uborim,
Shabnamlar ichida ko'rinmas ko'z yosh.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 Sentyabr 2007, 21:21:48
Shodmonlik izlama, ohir boshinga g'am kelur,
Odamining boshiga andishayi motam kelur.

Osmonga etsa boshing misli Muso homush o'l,
Sar daraht nurmeva bolgan songra boshi ham kelur.

Odamiyning asli birdur, bir-biridin farqi bor,
Necha qari o'tgan soghun dunyoga bir odam kelur.

Vahmi mahshardin gapurmang norasoni oldida,
Goshi kargha haq sozi albatta noforam kelur.

Yighlamoq oson emasdur, ey jigarbandim, eshit,
Mulki dil sadpora bolghan song kozingdan nam kelur.

Olimi ilmiga maghrur, johili isyonga gharq,
Kas ne bilsun, rozi mahshar kimni toshi kam kelur.

Yoshligingda yolga kirghil, toki topqaysan kamol,
Gar jarohat kohna bolghan songra bemalham kelur.

Mashrabo, siynamdagi dardimni aytsam, arsh kuyar,
Yol hatadur, qorqaman, majlisga nomahram kelur.


Boborahim Mashrab.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 Sentyabr 2007, 22:27:27
Rustam bahodirlar, To‘ra polvonlar,
O‘ktam bahodirlar, Jo‘ra polvonlar"¦
Ko‘zimga mo‘ltirar g‘o‘ra polvonlar,
Men esa ularga boqib vayronman.

Ichidan zil ketib, mag‘rur sirtida,
Qoshiga qor qo‘nib, qirov — murtida
Ish izlab yurgandir o‘ris yurtida"¦
Men bunda do‘st izlab zoru nolonman.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 Sentyabr 2007, 22:29:00
Nahot otashgohlar orzu qilganim?
Nahot olov ichra qolarman mangu?
Ajab, huzur topdi ruh ila tanim:
Alhamdu... Alhamdu... Alhamdu...

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 Sentyabr 2007, 22:30:37
Uning qovog‘idan boshimga yoqqan
Qorini Xudoga soldim-da qo‘ydim.
Qonimni qaynatib, jonimni yoqqan
Korini Xudoga soldim-da qo‘ydim.


Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 Sentyabr 2007, 22:34:26
Meni yomon ranjitding,
Sendan qattiq xafaman.
Lekin sendek kuydirgi
Qizni qaydan topaman.

Sevgi, sevgi, der ekan,
Sevgi dilni yer ekan.
Qizga mehring berguncha
Muzga bag‘ring ber ekan.  ( =)) Qoyil)

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 Sentyabr 2007, 22:44:35
Nahot, qachonlardir chiqadi quyosh,
Nurga yo’g’riladi bu sovuq dunyo?
Endi bu hayotim ketguncha bardosh,
Endi bu hayotim meniki tanho...

Usmon Azim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 16 Sentyabr 2007, 12:22:44
Onqadar nurga to’libman osmonga sig’madim,
Toqi arshu kursiyu lavhu jinonga sig’madim.

Kimga soyam tushsa, bir nuri yaqin bo’ldi u ham,
Daftari ruhi qudsdurman, zabonga sig’madim.

Jannatu kavsar manam, ham do’zaxu saqar manam,
Bir o’zumdurman bu dam, haft osmonga sig’madim.

Soyayi odamg’a keldim, nuri ma’ni izladim,
Jannatul firdavsdek oliy makonga sig’madim.

Bor edim Nuh vaqtida, g’arq etmadi to’foni ham,
Hamrahi Muso bo’lub Turi Sinong’a sig’madim.

Ellik yil Iso bilan yurdum o’lukni tirguzub,
Boisi bir nuqtadin Mashrab zamonga sig’madim.

Boborahim Mashrab.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 16 Sentyabr 2007, 12:23:45
Malaksan yo bashar, yo huru g'ilmonsan, bilib bo'lmas,
Bu lutfu bu nazokat birla sendin ayrilib bo'lmas.

Ajab berahm dilbarsan, ajab sho'xi sitamgarsan,
Charog'i husni to'yingdin ko'ngulni ham uzub bo'lmas.

Yuzungni oftobini ko'rub hayron bo'lub qoldim,
Falakka qo'l uzotib, shamsi anvarni olib bo'lmas.

Yuzung misli qizil guldur, ko'ngul chun bulbuli shaydo,
Bu gulning ishqidin bulbul chamandin ayrilib bo'lmas.

Kel, ey Mashrab, agar oshiq bo'libsan, bo'lmag'il g'ofil,
Bu g'aflat uyqusidin, ey yoronlar, uyg'onib bo'lmas.

Boborahim Mashrab.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 16 Sentyabr 2007, 12:25:39
Sabo yеtkur salomimni qaddi sarvi ravonimg'a,
Qaro ko'zluk, qaro kokul o'shal shirin zabonimg'a.

Yotibdir bir g'aribi zor o'lib og'ishtai tufroq,
Bu holimni borib aytg'il mani oromijonimg'a.

Mani boshim ani yo'li arog'a har balo kеlsa,
Boqarman, ey birodarlar, qachon sudu ziyonimg'a?

Falak charxi uzildi-yu, yiroq soldi mani andin,
Qachon qo'shg'ay xudovandim aningdеk mеhribonimg'a?

Ani dardu firoqi o'lgucha mandin judo bo'lmas,
Taralmish jismima jondеk tamomi ustixonimg'a.

Huvaydoni firoqiga oni hеch kеlmadi rahmi,
Qaro toshlar su bo'ldi rahm etib oxu fig'onimg'a.

Xo'janazar Huvaydo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 16 Sentyabr 2007, 14:17:27
Afsus, umr behuda bo'lmishdir barbod,
Bo'lmadim haromdan bir nafas ozod,
Buyurganin qilmay yuzim qarodir.
Amringdan tashqari ishlaringdan dod!

Umar Xayyom.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 16 Sentyabr 2007, 14:28:16
Dunyo sorig’a bir kelibon, g’amzada kettim,
Bir lahza dam olmay turubon, lahzada kettim.

Bir mushfiqi hamroz jahon ichra topolmay,
Hasrat o’tidin kuydimu motamzada kettim.

Surtmay bu qaro yuzni borib ravzalarig’a,
Armonda yurub lek buzug’ kulbada kettim.

Har jon kelaru ketgusidur, bilsam oni ham,
Ketmascha yurubon yana g’urbatzada, kettim.

Horis bo’lubon dunyoda yurdi necha gumroh,
Uryon kelibon munda, yana arbada kettim.

G’ofil kishilar kechayu kunduz tilagay mol,
Dunyo ila dinni sotibon g’amzada kettim.

To yorni xayol ayladi Mashrab, ko’zni ochti,
Yuz dardu alam birlaki, mehnatzada kettim.

Boborahim Mashrab.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mohinur 17 Sentyabr 2007, 07:08:36
Madinaga Rasul borib, bo’ldi g’arib,
G’ariblig’da mehnat tortib, bo’ldi habib,
Jafo tortib, yaratqang’a bo’ldi qarib,
G’arib bo’lub, uqbolardin oshtim mano.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 17 Sentyabr 2007, 13:57:29
Oy botadi — yulduzlarning habibi,
Tong otadi, ta’nasi yo‘q samimiy.
Tabiatning qonunidek tabiiy —
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Quchog‘iga yashirmaydi xiyobon,
O‘rtamizda udum otlig‘ biyobon.
Sizga nima, kuysam o‘zim kuyaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Chaqmoq kalit bo‘ldi qulfi dilimga,
Tegmagan bir qizning zulfi dilimga.
Sizdan o‘zga xon yo‘q mulki dilimga,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman

Boshingizda yaproq bo‘lib aytaman,
Poyingizda tuproq bo‘lib aytaman.
Tuproqdayam mushtoq bo‘lib aytaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 17 Sentyabr 2007, 14:30:13
Na g‘am bunda manga ming bor o‘lsam
Onda o‘lim bo‘lmas, o‘lmasman ortiq.

Yonsin jonim, yonsin ishqing o‘tina,
Oqsin qoili yoshim, bilmasman ortiq.

Mani irshod etgan murshidi komil,
Yetar, bir qo‘lni ham olmasman ortiq.

Borligim yo‘qlig‘a tenglashmish manim,
Bugun jona bunda qolmasman ortiq.

Yunus Emro
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 17 Sentyabr 2007, 20:51:19
Qorako‘z qaldirg‘ochoyimsan o‘zing,
Ko‘ksim ayvon bo‘ldi seni sog‘inib.
Ko‘zimdan bir lahza ketmadi ko‘zing,
Ko‘zim giryon bo‘ldi seni sog‘inib.

Ko‘changdan kechalar o‘tganim pinhon,
Kelmasingni bilib kutganim pinhon,
Oyu yulduzlardan tutganim pinhon,
Ishqim doston bo‘ldi seni sog‘inib.
   
Jonimga tig‘ urib qiynaydi sog‘inch,
Keyin tig‘ sug‘urib qiynaydi sog‘inch.
Xayrlashmay turib qiynaydi sog‘inch,
Yuragim qon bo‘ldi seni sog‘inib.

Belgisiz xilxona, ko‘hna mozorni —
Mozorki, qarovsiz xarobazorni
Eshitganing bormi, ko‘rganing bormi?
Dilim vayron bo‘ldi seni sog‘inib.

Sargardonlik majnun-layliga edi,
Bizniki faqat gul sayliga edi.
Olisda bo‘lsang ham mayliga edi,
Bog‘im xazon bo‘ldi seni sog‘inib.

Netay, peshonamda shu dard bor bo‘lsa!
Qaniydi bu dardga xaridor bo‘lsa...
Seni tanlarmidim, ixtiyor bo‘lsa!
Holim yomon bo‘ldi seni sog‘inib.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 17 Sentyabr 2007, 21:05:26
Bu hayot ekanda, ko‘ngil ekan-da,
Gulning ixtiyori xoru tikanda.
Men yorni xor bo‘lib sevdim, netayin,
Suv teskari ketdi menga kelganda.

Taqdir deyin desam, tahqirga o‘xshar.
Tug‘yonim — ko‘z yoshi, isyonim — xanda.
Ummon asov bo‘lsa, to‘fon ham o‘jar.
Inon-imkon bormi yurak — yelkanda?

Boshim egildimi, sindimi qaddim,
Qalamdek mo‘rt bo‘lar suyanchsiz banda.
Ehtimol, osmonni tutib qolardim,
Yorimning qo‘llari tursa yelkamda.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 17 Sentyabr 2007, 21:16:48
Atrofingda aylanadi to‘rt fasl,
Gul aylanar, o‘rgiladi qor sendan.
Oy aylanar, yer aylanar muttasil,
Endi o‘zim aylanayin, yor, sendan.

Tomirida gulob oqqan guloyim,
Guldek yashnab tur baxtimga, iloyim.
Meni yaxshi ko‘rarkanda xudoyim,
Endi o‘zim aylanayin, yor, sendan.

O‘n oltida oqqush bo‘lding shaylanding,
Yigirmada taqdirimga boylanding.
O‘ttizingda alangaga aylanding,
Endi o‘zim aylanayin, yor, sendan.

Qul podshoga borsa shohning izzati,
Podsho qulga kelsayam shoh himmati.
Neki qilsang o‘zgarmaydi qiymati,
Endi o‘zim aylanayin, yor, sendan.

Hamma oshiq bugun menda jam bo‘ldi,
Ko‘zlaringni o‘psam ko‘zing nam bo‘ldi.
Qancha o‘psam yana shuncha kam bo‘ldi,
Endi o‘zim aylanayin, yor, sendan.

Atrofingda aylanadi to‘rt fasl,
Gul aylanar, o‘rgiladi qor sendan.
Oy aylanar, yer aylanar muttasil,
Endi o‘zim aylanayin, yor, sendan.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 17 Sentyabr 2007, 21:19:36
Na qildim sanga man, yorim, jamolingdin judo qilding,
Boshimda gardi g'amni chun charog'i osiyo qolding.

Hamisha kuydurub sham'i firoqing birla jonimni,
Meni parvonani xokistarini zeri po qolding.

Judoliq aylar ekansan, ayo laylivashi shirin,
Ne deb avval o'zungg'a men g'aribni oshno qilding.

Nigoro, bori g'am birla faqiri notavon aylab,
"Alif"dek qomatimni "lom-alif" yanglig' duto qilding.

Firoqing osmonidin solib bir barqi olamso'z,
Vujudim xirmanin o'rtab ado qilding, ado qilding!

O'shal ro'ze:"Bilurmisan meni?" deb ayding, ey yorim,
"Bale",-dedim, seni suydum, balog'a mubtalo qilding.

Ayo dilbar, Huvaydodek balokashni eshiklarda
Solib ko'zdin asiru benavo, zoru gado qilding.

Xo'janazar Huvaydo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 17 Sentyabr 2007, 21:27:45
Gardun kamaridir farsuda oning
Jayxun samaridir ko'z suvda oning.
Do'zax shararidir behuda oning
Firdavs damidur osuda oning.

Umar Xayyom.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 17 Sentyabr 2007, 21:30:47
Goho yomon qarab, goh qaramasdan,
Goho yolg‘on kulib, goh kulib rostdan,
Goho erkalanmay, erkalamasdan,
Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.

Kimning qo‘lini sal uzoq tutdingiz,
Qaygadir ketdingiz, shoshib ketdingiz.
Yonimdan ko‘rmagan bo‘lib o‘tdingiz,
Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.

Yosh bola emasdim, ko‘pni ko‘rgandim,
Hammaning ustidan kulib yurgandim.
Lek sizga boladek qattiq o‘rgandim"¦
Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.

Xohlasang olasan, agar shoh bersa,
Qayoqqa borasan, tangri — haq bersa.
Nima ham der edim, sizga zavq bersa"¦
Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 18 Sentyabr 2007, 14:29:37
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo’lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 18 Sentyabr 2007, 20:52:14
Kel, deganda, noz qilmasdan kelsang edi,
Gul berganda, qayrilmasdan olsang edi.
O‘zing qandoq yaxshiliging bilasan-u,
Seni qanday sevishimni bilsang edi!

Bu dunyoga ozib-yozib bir bor kelib,
Nahot o‘tsam hijronlarda bag‘rim tilib?
Sen yurasan dardim bilmay, qadring bilib,
Seni qanday sevishimni bilsang edi!

Muzni qanday kuydirishni bilasan-a,
Suymaganni suydirishni bilasan-a,
Laylolardan qolgan ishqni bilasan-a,
Seni qanday sevishimni bilsang edi!

Chora istab bechoraman men chorasiz,
Fe’ling sabab ikkimiz ham ovoramiz.
Ichi qora qiz ekansan, e qora qiz!
Seni qanday sevishimni bilsang edi!

Etti iqlim, suv-havoni bilasan-u,
Beshta qit’a, yer-samoni bilasan-u,
Menga qara, har baloni bilasan-u,
Seni qanday sevishimni bilsang edi!

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 18 Sentyabr 2007, 21:04:14
Izsiz ketdi sharqiragan anhorlarim,
Esiz ketdi gurkiragan bahorlarim,
Ko‘zlarimdan kiprik kabi to‘kildilar
Sevganlarim, dilbarlarim, dildorlarim.

Sevdim yurtning shamshodiyu archasini,
Suydim soyning sokinligi, sachrashini.
O‘nta qizni sevgan bo‘lsam, o‘rni boshqa,
Qirqta bo‘lsa, qilig‘i xush barchasining!

Men daraxtman, yaprog‘i bor, ildizi yo‘q,
Xazon quchgan tuproqdirman, gul isi yo‘q.
Osmon to‘la yulduzlarni kashf aylagan
Munajjimman — manglayida yulduzi yo‘q.

Goho gullar sochdi menga kuz-qishlarim,
Goho kullar sochdi tanish-bilishlarim.
Bugun yolg‘iz o‘ylanaman, o‘rtanaman:
Urmadimi go‘zallarning qarg‘ishlari?

Bu yo‘l menga sayr edi, sayil edi,
Sevgisiz kun — hafta edi, oy — yil edi.
Men qizlarni aldashni ko‘p istamasdim,
Qizlar o‘zi aldanishga moyil edi.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 18 Sentyabr 2007, 21:10:13
Istagim shu — qolsam edi shamol bo‘lib,
Boshginangda aylanardim savol bo‘lib.
Boshdan oyoq gulbargiga o‘rar edim,
"œNega meni sevmading?" deb so‘rar edim.

Dardu g‘amim, iztirobim, kulfatlarim —
Bosh ustimda charx uradi kalxatlarim.
Osmonlarda qolib ketgan oyqiz o‘zing,
Baxtsizligim sabachisi yolg‘iz o‘zing.

To‘yib nafas ololmayman ko‘ksim to‘lib,
Hech bo‘lmasa qolsam edi yomg‘ir bo‘lib.
Derazangga yuzlarimni urar edim.
"œNega meni sevmading?" deb so‘rar edim.

Tuzalmayman, endi odam bo‘lolmayman,
Maktub yozib sabolardan yo‘llolmayman.
Jondan yaxshi ko‘ramanu ko‘rolmayman,
"œNega meni sevmading?" deb so‘rolmayman.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 19 Sentyabr 2007, 21:35:59
Nima qilay, bargdan gul ko‘p chamanzorda
O‘xshashingni topolmasam nima qilay?
Gulbargicha dil bo‘lmasa sen dildorda,
Yuragingni o‘polmasam nima qilay?

Nima qilay, qorako‘zim, nima qilay?
Ikki olom ora o‘zim, nima qilay?
Qoshlaringdan pora ko‘ksim, nima qilay?
Ko‘zlaringni tutolmasam, nima qilay?

Dard berarda saxiy, baxtga xasis menga!
Zardalaring, achchiqlaring laziz menga.
Sen turgan joy poytaxt menga, aziz menga,
Farg‘onamga ketolmasam, nima qilay?

Ne sayyodsan, ne jallodsan, ne zolimsan!
Tig‘ida nur yarqiragan hilolimsan!
Umidimsan, orzuimsan, xayolimsan...
O‘ylab, o‘yga etolmasam, nima qilay?

Bir bandiman, senki hursan, nima qilay?
Ko‘kda bo‘lsang, yerda yursam, nima qilay?
Shu holimga yaxshi ko‘rsam, nima qilay?
O‘xshashingni topolmasam, nima qilay?

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: watson 19 Sentyabr 2007, 22:53:05
yurak mahzun urdi yilning sungida
bilmam nimang bilan sehrlading qor.
mana kuppa kunduz kuzim oldida
yana bir yoshimni ugirlading qor.
quloginga bir gap aytaymi endi
ke4agi yoshligim ertakmi endi?

muhammad yusuf!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 19 Sentyabr 2007, 22:57:44
Istaysizmi-yo‘qmi, gardun aylana,
Istaysizmi-yo‘qmi, qaytib kelaman.
Sog‘inmagan ko‘zingizdan aylanay,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Iqbol Mirzo.




Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 20 Sentyabr 2007, 03:33:16
Negadir istardim qiynalishingni,
Yuragingga kamand solmoqchi edim.
Onangga aytolmay qolsang tushingni...
Men sening yodingda qolmoqchi edim.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 20 Sentyabr 2007, 13:26:55
Men bilan tonggacha suhbat quradi
Derazam oldidan oqayotgan suv.
O`zni qirg`oqlarga kelib uradi,
Kumush ko`pik sochib, tegachak va quv

Men ijod qilaman tun bo`yi tolmay
Osmonda oy suzar, chamanzor yoriq
Shabboda kuyiga hech quloq solmay,
Hikoya so`zlardi to`xtamay ariq

Uyg`un
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 20 Sentyabr 2007, 20:06:37
Qayu ishga qadam qo'ysam, manga andin ziyon bo'ldi,
Mani betoleim, ey do'stlar, ko'p imtihon bo'ldi.

Yuzum sho'ru yo'lim qattig', erurman turfa betole',
Kima man mehribon bo'lsam, manga nemehribon bo'ldi.

Suyub jonu dilimdin kimga qildim oshnoliqni,
Uzub ul oshnoliq, oqibat, manga yomon bo'ldi.

Hama el baxtidin ilgiga olsa xok zar bo'ldi,
Mani ilgimdagi zar shul zamon tufroq hamon bo'ldi.

Gulistonlar aro kirdim, ilik sundim olay deb gul,
Ko'rung betoleim: gul xori siynamga sinon bo'ldi.

Huvaydo ayladi zolim falakni zulmidin ming dod,
Manga qolg'onda ul zolim charx kajravon bo'ldi.

Xo'janazar Huvaydo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 20 Sentyabr 2007, 20:13:44
Icharg'a boda shar mavsimi chaman yaxshi,
Navoyi mutribu xuch majlis, anjuman yaxshi.

Suzub piyolayi mayni, yig'ilsa ishrat eli,
Sunarg'a mug'bacha may kosayi Xo'tan yaxshi.

Xush o'tkar umri azizing jahon g'amini yemay,
May ich, tiriklik aro sihhati badan yaxshi.

Kishikim ichmasa mayni tirik emas, o'lgan,
Aningdek odamg'a go'r ila kafan yaxshi...

Xo'janazar Huvaydo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 20 Sentyabr 2007, 21:01:46
Ishqiy tug'yonlarga qaynab, yurakdan
Chiqolmas bir tovush, bir sazo, bir un,
Etmishdir yеrdagi oddiy azoblar
Allaqachonlarkim Hamlеtni majnun.

Hosil bo'lmas murod, hеch narsa nasib,
Qancha yig'lasang-u qancha chеksang oh;
Sеvguvchi yigitni solmishdir yo'lga
Tunda ertak aytgan bir mudhish arvoh.

Jannat, farishtalar, toza malaklar,
Bir puldir eng ma'sum va eng pok o'pish,
Do'zax ichra Hamlеt yonib alaklar,
Butun olam ko'rinadi go'yo tush.

Hamid Olimjon.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 20 Sentyabr 2007, 21:02:47
Shiddati ohim o'tidin gunbazi axzaring kuyar,
Shamsu qamar birla yana jumlayi axtaring kuyar.

Chiqsa tanimni uchquni, tushsa jahonni mulkiga,
Vahshu tayuru devu jin, mo'minu kofaring kuyar.

G'arqayu o'tdurur tanim, kelma, tabib, qoshima,
NOzuru g'amni yorg'oli qo'ldaki nishtaring kuyar.

Kushtayi tig'i ishqman, kelma qoshima, qotilo,
Chiqsa sharorayi nafas, sayf ila xanjaring kuyar.

Kiy demang, ey junun eli, manga kulohu jandani,
Otash erur tanim maning, dalqi qalandaring kuyar.

Kelmading ey humoyi baxt, boshima soya solg'oli,
Birgah otarman oh o'qin, bol ila ham paring kuyar.

Qumriyi xastadil, bu kun sarv uza nola qilmog'il,
NOlayi ohi so'zima sarvu sanavbaring kuyar.

Bo'lsa qiyomat, ul kuni darding aytibon sani,
Yig'lasam el arosida, do'zaxu mahsharing kuyar.

Xur ila jannating netay, anda yuzingni ko'rmasam,
Xasta Huvaydo ohiga havz ila kavsaring kuyar.

Xo'janazar Huvaydo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 20 Sentyabr 2007, 21:07:23
Rahm aylasang-chi dеvonalarg'a,
Ishqingda bo'lg'an afsonalarg'a.

Aylab judoliq, ey hamnishinim,
Qilding jafolar g'amxonalarg'a.

Kuydurma jonim rashk o'ti birla,
Ochib yuzungni bеgonalarg'a.

Sajda qilay dеb, shirin, butimg'a,
Bordim so'roqlab butxonalarg'a.

Maygun labingdin bir bo'sa bеrgin,
Sinsun xumori mastonalarg'a.

Har dam tilarman husni kamoling,
Urub boshimni ostonalarg'a.

Yondur, kuyoyin xilvat ichinda,
Sham'i jamoling parvonalarg'a.

Ishqingni ganji vayron ko'ngulda,
Qo'ysang turarmu koshonalarg'a

Ho'janazar Huvaydo
         
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 20 Sentyabr 2007, 21:10:03
Arzimni aydim bodi sabog'a,
Yetkursa holim ul dilrabog'a.

Qilsa Xudoyim ko'nglin muloyim,
Rahm aylag'aymu man mubtalog'a?!

Qilg'aymu xayrin o'z qo'li birla,
Borsam ko'yiga, miskin gadog'a?

Dedi raqiblar yorga yomonlab,
Soldi judolig', naylay, arog'a.

Ko'nglumda yo'qtur zarra gumonim,
Kimki yomondur, soldim Xudog'a.

Holimni aytsam yorim inonmas,
Emdi qo'yubman yavmuljazog'a.

Yorsiz kishini firdavsi yo'qtur,
Suydim sanamni, qoldim balog'a.

Dushmanlarni nozu niamda
Parvarish aylab, soldi g'inog'a.

Do'stini yorim ranju alamda
Qo'ydi el ichra javru jafog'a.

Miskin Huvaydo sabru tahammaul
Aylab, hamisha yig'lar Xudog'a.

Xo'janazar Huvaydo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: watson 21 Sentyabr 2007, 01:47:37
azoblaydi qaro kuzlaring,
hasta qalbim nozik qulingda.
oyga havas guldek yuzlaring,
termuladi tunda yulingga.

kamon qoshlar ohhh yuragimni
nimtalaydi kipriging birla.
guncha labing, dona holingni
uylab dilda hasratim tula.

DR. Watson
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 22 Sentyabr 2007, 06:20:25
Ariqda iliq suv bo’lsa shuni ich,
Dag’al kishi yaxna sharbatidan kech.

Serzarda kishining manglayi tirish,
Haromdir undaylar nonini yeyish.

Badxulq qiyinlikka uchrar aksari,
Badxulqning doimo baxti teskari.

Bo’lmasa ham mayli mol, dunyo, puling,
Sa'diy kabi bo’lsin asaldek tiling.

Sa'diy Sheroziy

PS. Qoil Watsonbek! Juda zo'r chiqibdi. Forumdoshlar ijodi mavzusiga ham qo'ysangiz bo'larkan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 22 Sentyabr 2007, 13:53:35
Garov berib jonimni qattiq kuydim,
Oxir chirkin dunyolardan ham to‘ydim,
Ko‘z yoshima arzimas ekan dunyo...
Parvardigor, sajdangdaman, bosh qo‘ydim,
Rohatlanib Saning uchun yosh quydim...

Odamlarin ko‘rdim insof qilmagan,
Saning uyinga bir marta kelmagan,
Hech bo‘lmasa Haq kalimang bilmagan...
Parvardigor, sajdang uchun bosh qo‘ydim,
Rohatlanib Saning uchun yosh quydim...

Bu shundayin huzur erur, xush xuzur,
Hech kimsaga bu yo‘llarda yo‘q uzr,
Qalbim bugun hotirjamlik istayur,
Parvardigor, sajdang uchun bosh qo‘ydim,
Rohatlanib Saning uchun yosh quydim...

Hayrulla Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 22 Sentyabr 2007, 14:01:57
Mo‘min dini haqdir, Alloh kalomi haq,
Usiz sharqning ahvoli xor, tuban erur.
Taraqqiyot osmoniga bizni faqat
Bizni tashlab ketgan ilm eltib berur.

Shuning uchun farzandlarga ilm berib,
Olimlarni chiqaraylik o‘lkamizdan.
Shundagina insha Alloh katta yukni
Tashlagaymiz gunoh bosgan yelkamizdan.

Xayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 22 Sentyabr 2007, 14:09:12
Nodon asli kibr bilan ko‘krak kerur,
Iymonini puch dunyoga sotib berur...
O’lmaysan, deb aldayotgan shayton erur
Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga!

Harob aylab gulbo‘stonda gul hayotni
Alloh turib, do‘st tutmagin o‘zga yotni.
Unutmagin eng azaliy tartibotni:
Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga!

Hayrulla Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 22 Sentyabr 2007, 14:13:49
Angladim oddiy bir haqiqatni men
Shu oddiy haqiqat ostida o‘sdim.
Ne desangiz deng sadoqatni chin,
Iymonni ilindim sizga, ey do‘stim!

Oila muqaddas dargoh har mahal,
Har qanday holatda sizga bor dahlim!
Dunyo taomini tutishdan avval
Iymonni ilindim sizga, ey ahlim!

Qalbim alamzada fitna dunyodan
Odamlar bir-birin qutlagan zamon.
Lazzatliroq bo‘lmish shirin halvodan
Iymonni ilindim sizga otajon!

Sarhil liboslardan tog‘liklar yasab
Akalik mehrini ko‘z-ko‘z etmish jon.
Taqvo-yu, hayodan dasturxon tusab,
Iymonni ilindim sizga singiljon!

Xayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 22 Sentyabr 2007, 15:25:40
...Nihoyat, dunyodan burildi yuzim,
Nihoyat, hayotim — xayolimga xos.
Bor uchsang uchaver endi, yulduzim
Tilimga bitta so‘z keladi, xolos...

Abdulaziz Muborak.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 22 Sentyabr 2007, 15:34:26
Sog'inch sirtmog'iga osdim yurakni,
Yurak tan olmaydi sendan bo'lakni,
Izlayman sen qadam qo'ygan yo'lakni,
Ayrilmoq bor ekan uchrashdik nechun?

Mayli bugun senga kelmasin ilhom,
Bugun mening oshiq yurakkinam qon,
Bizni ayirdimu berahm hijron,
Ayrilmoq bor ekan uchrashdik nechun?

Bugun o'tli qalbing muzga aylandi,
Sensiz bahorlarim kuzga aylandi,
Dardim bir sog'inchim yuzga aylandi,
Ayrilmoq bor ekan uchrashdik nechun?

So'zsiz ayladingmi ishqingdan judo,
Bevaqt tuyg'ularga aytdingmi vido,
Nahotki, so'nggi so'z bo'lsa - alvido,
Ayrilmoq bor ekan uchrashdik nechun?

Nasiba Qurbonova.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 22 Sentyabr 2007, 16:45:58
Na bo’lg’ay yashashni sal oson ko’rsang,
Qil sig’magan ko’ngling shul’aga to’lsin.
Har namoz orasin ramazon bilsang,
Bir kunda besh hayit muborak bo’lsin!

 A'zam O'ktam
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 22 Sentyabr 2007, 16:48:25
Nechun yuzda hayoying yo'q, nechun so'zda iboying yo'q,
Dilingda zarra qo'rquv yo'q,tilingda zikri Alloh yo'q,
Bu dunyoga berilgansan ibodatni unitgansan,
Shaytoningga sig'ingansan,dilingda zarra iymon yo'q.

Savob ish yodinga kelmas hayolngda mudom ishrat,
Yesam,olsam degan fikring, ko'lingda hayri ehson yo'q.
Kelib dunyoga ey odam,boshingni egmading haqga,
Uyin lim lim matolarga namozga joynamozing yo'q.

Bobom eshon edi dersan,ho'ja farzandiman dersan
Javoningda kitob liq liq Kalomullohga joying yo'q
Valaqlab ertayu to kech kerakmas so'zga tiling burro,
tiling kelmas shahodatga so'zingda asli ma'no yo'q.

O'lim hech yodinga kelmas,balo hech yodinga kelmas,
Hayot birday hecham o'tmas,bu ishlarda farosat yo'q.
Gohi sog'lom bo'lur inson gohi dardman bo'lur inson,
Kelib qolganida dardlar ibodatga madoring yoq.

O'zingda tarbiyat bo'lmay bolang hulqi buzuq bo'ldi,
Alloh o'znig insof ber ded padar senda duoyin yo'q.
Boshinga g'am alam kelsa,yalingaysan birovlarga,
Madad bergin Ilohim dep Hudoyimga duoying yo'q.

Senga ikki og'iz so'zdir quloq solgin Foziljonga.
Bu dunyoda aziz do'stim Hudodin o'zga yoring yo'q"¦

Fozil qori ."Duoying Yo'q" she'ri
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 22 Sentyabr 2007, 16:49:32

 Qilma ig'vo hamda g'iybat, go'rda tinch yotay desang,
 Pokla tanni ham libosni, go'rda azob ko'rmay desang.
 So'z tashib chaqma birovni, go'rda alam tortmay desang,
 Qilma haqlarga hiyonat, go'rda ilon ko'rmay desang.
 Qo'y muhabbat sen namozga, Alloh rizo bo'lsin desang,
 Ko'p o'qi Alloh Kalomin, go'rim yorug' bo'lsin desang.
 Bo'l saxiy, bo'lma baxil, go'rim vase' bo'lsin desang,
 Qil hazar hamma haromdin, do'zohga sen kirmay desang.
 Kechalar bedor bo'l, do'zohni sen ko'rmay desang,
 Hech qachon ketma g'uluga, mahsharda xor bo'lmay desang.
 Ey Odam, bo'lma munofiq, yuz qaro bo'lmay desang...

Fozil qori, "JANNAT NASIB BO'LSIN DESANG" she'ri.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 22 Sentyabr 2007, 16:54:42
Garchi ravshan menga kundek
Noumid shayton erur,
Lek ko'ringay har saharda
Bu zamon oxir bo'lib.
Dil qolib bir chetda, ohkim,
Yo'lga kirdim, deydi til.
Bilganim shul, bilmasim ham
Senga qolmas sir bo'lib.
Bir kishi holidan, Olloh,
Saqlagil, bergil amon -
Uxlgay mo'min bo'lib ul,
Uyg'onur kofir bo'lib!

A'zam O'ktam
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 22 Sentyabr 2007, 16:55:40

Bu hayot gulshaniga mehmon ekanmiz barchamiz,
Bu go'zal dunyoga do'stlar, oshiq ekanmiz barchamiz.

Qo'sh imoratlar solay deb jonimiz bo'ldi halak,
Bu imoratlarga do'stlar mehmon ekanmiz barchamiz.

Molu dunyolar topay deb har qayon chopdik mudom,
To'plagan mollarni tashlab oxir ketarmiz barchamiz.

Bir-birimizga hasad aylab, ko'rolmay dunyoda,
Bir kun navbat bilan bir-bir ketarmiz barchamiz.

Men Falon ibni Falon deb hech kimga qilmay nazar,
Kim bo'lsak-da dunyoda, oxir mayitmiz barchamiz.

Yer talashib qo'shnilar Allohni hargiz o'ylamay,
Oxirida ikki gaz joyga borurmiz barchamiz.

Pul topay deb boshimizni qo'ymadik hech sajdaga,
Ul qorong'u go'rda armonu nadomatda barchamiz.

Arzimas pullarga sotdik gavhari imonni biz,
So'rg'ali kelsa maloik lolu hayron barchamiz.

Kel, Fozil, to'xtat so'zing, toati Allohni qil,
Tavba aylab yig'lasak, biz ahli jannat barchamiz.

Fozil qori, "MEHMON EKANMIZ BARCHAMIZ" she'ri
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 23 Sentyabr 2007, 15:02:28
Zarrabin nigohli qadimshunoslar
Qatlama toshlarni avaylab kesib,
Topdilar bus-butun saqlangan bir barg —
Aftidan, ibtido davriga mansub.

Balki, bu shunchaki to‘kilgan yaproq,
Nomsiz daraxtlarning iltijosidir.
Balki, ibtidoiy dildagi titroq —
Boqiy muhabbatning ibtidosidir.

Ehtimol, toshyigit toshqizni suyib,
Yurak shaklidagi yaproqni tutgan.
Balki, qiz yig‘lagan lablarin qo‘yib,
Keyin toshlar aro berkitib ketgan...

Qadimshunoslarning topgani — taxmin,
Mohiyat haqida jiddiy gapim bor:
Faqat muhabbatda mo‘jiza mumkin,
Mangulikka faqat sevgi daxldor!

Toshdek dumalaydi hali asrlar,
Davrlar o‘tadi kiyikdek chopib,
Hali yechiladi chuvalgan sirlar,
Falak asrorin ham olarlar topib.

Qadimshunoslarmi, odamshunoslar,
Toshkent toshlarini kesarkan bir kun
Hayratdan barchasi esidan ozar —
Mening yuragimni topib bus-butun!

Goho ishq yo‘lida bo‘lar qurbonlik,
Lekin o‘zga olam sevgi va ilm.
Hozir bir so‘zingga kelajak bog‘liq,
Toshbag‘ir sevgilim, toshdil sevgilim!

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 23 Sentyabr 2007, 17:30:30
Men boshimni urmagan bir tosh qolmadi,
Rostin aytsam, yuragimda dosh qolmadi.
Qurib qolgan kiprigimda yosh qolmadi,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.

Uzun-uzun armonlarim chiqib ketsin,
Zardoblarim ko‘z yosh bo‘lib oqib ketsin.
Qalbimga bir qizg‘aldoqlar boqib ketsin,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.

Behzod Fazliddin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 24 Sentyabr 2007, 11:57:06
Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan chekanda ohu,
Uning ham dilbandi qaytmadi jangdan,
O'n to'qqiz yoshida beva qoldi u.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 24 Sentyabr 2007, 12:08:18
Ulki, sanga eldin erur aybgo',
Elga dog'i sendin o'lur aybjo'.

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 24 Sentyabr 2007, 12:11:00
O‘t ichida yashash osonmi, Jonim,
Nechuksiz? Joningiz omonmi, Jonim?
Ayirib qo‘yishdi yo‘llarimizni,
Odamlar shunchalik yomonmi, Jonim?

Ko‘ngilning yurtidan ketib bo‘lmaydi.
Sinovsiz manzilga yetib bo‘lmaydi.
Axir, muhabbatning ko‘chalaridan
Yurakka tosh solib o‘tib bo‘lmaydi.

Yer, Samo biz bilan, qisinmaydilar,
O‘tkinchi kuchlarga bo‘ysunmaydilar.
Tushunib turibdi Xudoyim bizni,
Nega bandalari tushunmaydilar?!

Odamlar shunchalik yomonmi, Jonim...

Behzod Fazliddin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 25 Sentyabr 2007, 12:05:12
Manzilim yirog'u,vaqtim qisqadir,
Yeta olarmanmi,unga sog'-omon.
Balki baxtsizdirman,baxtim qisqadir,
Bug'doy bo'larmanmi,yo bo'lgum somon.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 25 Sentyabr 2007, 12:18:44
Ne ajabkim, mast bo`libman
Ko`zlaringga termilib,
Yetti iqlimda bu yanglig`
May yo`gu mayxona yo`q.

Ishq g`amin aytsam qalamga
Ich-etin kuydirdi ul,
Sevgidek o`t yo`q jahonda,
Men kabi so`zona yo`q.

Oq qog`ozim, senga Erkin
Ochdi pinhon ishqini,
Sen boru men bor, qalam bor
O`rtada begona yo`q

Erkin Vohidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 25 Sentyabr 2007, 12:25:36
Qalbim osmonida qora bulutlar,
Quyoshini bergin yoritib tursin.
Uni qoplamasin quzg'un-burgutlar,
Bulbullari g'amin aritib tursin.

Ojiza bandangman qo'limni tutgin,
Sabru-tavakkalni ato et o'zing.
Xato qadam qo'ysam yo'limni tutgin,
Vujudimga jo qil har bitta so'zing.

Seni sevganlarni sevganim haqqi,
Gunohlarim kechgin bo'lsa kabira.
Robiyangday oshiq bo'lsaydim qani,
Maryamdek yo'lingda bo'lsam nazira
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 25 Sentyabr 2007, 12:56:16
Allohim, O’zingga bosh eggan banda
Boshqalar nazdida eng kuchli odam.
Allohim, islom-la ulg‘aygan tanda
Kibru-u riyo bo‘lmas zarra bo‘lsa ham.

Allohim, Sen uchun boshin egmagan
Har kim qarshisida yotganin ko‘rdik.
Allohim, lahzalik rohatni debon
Oqibat alamlar totganin ko‘rdik

Allohim, Qur’onga bo‘ysungan inson
Aziz-u mukarram yashadi, o‘ldi.
Allohim, eng so‘nggi nafas bermish on
Tug‘ilgan sof fitrat unga yor bo‘ldi.

Allohim, kaloming bilmagan banda
Oddiy sinovlarda yo‘lidan qaytmish.
Allohim, unga ham o‘lim kelganda
Otasin, bolasin ismini aytmish...

Hayrulla Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 25 Sentyabr 2007, 13:10:30
Shamollari uyimda kezgan Olloh,
Xayolimdan ne kechsa,sezgan Olloh.
Oxirati bag'rimni ezgan Olloh,
Oxirat kun mening holim ne bo'lur?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 25 Sentyabr 2007, 13:16:20
Rauf Parfi degan bir osmon -
Og'riq -yulduz charaqlab turar.
Kahkashonmas,dardli bir doston
Ko'kda tig'dek yaraqlab turar.

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 25 Sentyabr 2007, 13:20:10
Rahmon deya qo'ysam bir qadam,
Shayton yo'li bo'lar yuz odim.
Azozildan yiroq qil Olloh,
Shudir mening yolg'iz murodim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 25 Sentyabr 2007, 13:26:02
Ma’siyat, gunohlar shu qadar zo‘rki
Alar bilan ko‘ksim o‘yiblar tildim.
Jonim chiqar chog‘da behad shukrki,
Tavba eshigingga emaklab keldim.

Hayrulla Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 25 Sentyabr 2007, 18:13:23
Ma'raka-kuylarda o'qilar Qur'on,
Bir so'zning ma'nosin bilmay o'zlari.
Savoblar oshkora gunohlar pinhon,
G'iybatdan boshqa yo'q aytar so'zlari.

Bid'at botqog'iga botib qolganlar,
Ilm anglamoqqa yo'qdir ehtiyoj.
O'z so'zida turib qotib qolganlar,
Oqni qora derlar yo'qdir hech iloj.

O'zlari adashsa mayliga edi,
Butun bir xalqni ham boshlab ketarlar.
oloh ta'ziyani uch kundir dedi,
Bir yillab ko'zlarni yoshlab ketarlar.

Bugun uni qilmang ertaga buni,
Deya chalg'itarlar bermay omonlik.
Har qandayin kun ham Ollohning kuni,
Faqat hech bir kunda qilmang yomonlik.

Ollohning nomiga bo'lmasa ehson,
Qabul etmas uni istamas sherik.
Bandaning nomiga yozib dasturxon,
Hojatni so'rarlar go'yo u tirik.

Robiya Turob qizi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 25 Sentyabr 2007, 18:25:28
Ko'z birla qoshing yaxshi, qabog'ing yaxshi,
Yuz birla so'zing yaxshi, dudog'ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshdin-ayog'ing yaxshi.

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 26 Sentyabr 2007, 13:24:22
Ishqing o'tig'a kuygoli keldim,
Oydek yuzungni ko'rgoli keldim.

Savdoi zulfing tushdi boshimg'a,
Sendin savollar so'rgoli keldim.

Bahringga kirdim g'avvos bo'lay deb,
Bir durri maqsud olgoli keldim.

Mani so'rasang, ey gul'uzorim,
Mahvi jamoling bo'lg'oli keldim.

Qofila ketti,manzilga etti,
Men ham boray deb ketgoli keldim.

Soqiy, qadahni qilg'il muhayyo,
Vahdat mayidin ichgoli keldim.

Rahmat eshigin Mashrabga ochg'il,
Ishqing ko'yida o'lgoli keldim.

Boborahim Mashrab.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 26 Sentyabr 2007, 14:31:42
Men ham ayol yashamoqdaman
O'zni Olloh bandasi deya
Parvardigorni sevmoqdaman ham
O'zligimni men ko'proq suya

Jannatingni orzu qilarman
O'z nomimni asramoq uchun
Do'zaxingdan qo'rqib yig'larman
O'z jonimni asramoq uchun (Robiya Turob qizi)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 26 Sentyabr 2007, 16:37:54
Nola aylab Semurg' dedi: - Ey bedor,
Chorlar seni Biruborim. Bor. Ishon.
Sen fano vodiysi, haq qoshiga bor,
Yeru osmon cho'kmakdadir benishon.

Vahshiy dunyo, qonho'r dunyo quturdi,
Inson faryodiga to'ldi koinot,
Nabiylar, dohiylar, shoirlar turdi,
'Chora, chora!', - deya so'rdilar najot...

Allohim, bilursen qay sori ketdim,
llohim... Men o'ldim... Men senga yetdim...

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 27 Sentyabr 2007, 11:25:37
Mening go'zal makonim Buxorodirsan,
Ham jonimu,jahonim Buxorodirsan.
Onadek mehribonim Buxorodirsan,
Tomirda urar qonim Buxorodirsan.

Sen gullab-yashnayversang,qalbimda bahor,
Sening ishqingla o'tar har kech har nahor,
Ikki dunyosi obod,foxira shahar,
Dilda toshgan ummonim Buxorodirsan.

Senga arzir qancha kuy,dostonu,she'rlar,
Sening bag'ringda o'sar pahlavon sherlar.
Vatanni sevmoqlik iymondan derlar,
Or-nomusim,iymonim Buxorodirsan.(Robiya Turob qizi)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 27 Sentyabr 2007, 19:42:55
Nafsing seni qattig' balo, albatta, urgil poy ango,
Har dam seni o'tqa solur, zinhor berma poy ango.

Aytur snega yuklab yukin:"Ul ishni qil, bul ishni qil!"
Aksini aylab so'zni, hech qilmag'il parvoy ango.

Izzatig'a ul farbeh bo'lub, isyon sari bo'lg'ay daler,
Aylab oyog' ostida xor, cho'g' nayzasini soy ango.

O'z royiga qo'ysang oni, bir damda ajdarho bo'lub,
Boshing yutarg'a o'g'rag'ay, erkingni berma boy ango.

Uzgil havasni xorini dil bog'idin aylab shitob,
Resha olib mahkam bo'lur, bersang zamone joy ango.

Miskin Huvaydo, senoni nogoh ko'tarsa boshini,
Taqvi tayog'i birla chop, hargiz dedurma voy ango.

Xo'janazar Huvaydo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 28 Sentyabr 2007, 09:24:25
Ovoziga qarab chorlanar mulla,
Qabulini hech kim o'ylamay qo'ygan.
Zarhalli duolar - bersang gar tilla,
Pulsiz duolardan mullolar to'ygan.

Folbinu - dindorni bir deb o'ylar xalq,
Olloh nomi ila fol ocharlar bor.
Kufr girdobiga o'zni g'arq etib,
Ham o'zgani eltib so'ng qocharlar bor. (Robiya Turob qizi)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: watson 28 Sentyabr 2007, 15:28:39
raftoriyu qaddiga ravonim sadga
bir boqishiga ikki jahonim sadga
ogziyu beliga budu nobudim sarf
kuziyu labiga ikki jahonim sadga

z.m. bobur
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 28 Sentyabr 2007, 17:05:49
Azob chekkin, ataylab
Qo‘lingdan suv ichmayman.
Ko‘ylagimning tugmasi
Botmasin, deb quchmayman.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 29 Sentyabr 2007, 13:22:34
Nima bo`lsa toleimdan ko`rdim, ammo
E`tiqodim seni pulga sotganim yo`q
Mening bitta Vatanim bor yer yuzida
Undan go`zal Vatan izlab chopganim yo`q

M. Jalil
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 29 Sentyabr 2007, 13:29:54
Qilurlar bir-birining suhbatin garchi havas ahbob,
Emaslar lek davron gardishidin dastras ahbob.

Falak mundog’ki dushmankomlig’ zohir qilur har dam,
Emaslar hech forig’ g’am chekardin bir nafas ahbob.

Muhabbat rasmidin ogoh etib, minnat tutub bergil,
Agar jon naqdini sendin qilurlar multamas ahbob.

Zamona ahlining manzuridur chun moli jam’iyat,
Qachon topg’ay meningdek bir g’arib be hechkas ahbob.

Erurmen o’yla bekaskim, borurg’a bog’lasam mahmil,
Topilmas aylamakka nola andoqkim jaras, ahbob.

Tutay kimdin umidi marhamatkim, yoqg’ali jonim —
Urarlar otash a’dovu solurlar xoru xas ahbob.

Desang, a’do shikasti davlatimg’a topmasunlar dast,
Yig’ atrofingg’a, ey shoh, adl birla peshu pas ahbob.

Shakar yanglig’ jahon ahlig’a shirinkomliq yetkur,
Hujum etsun desang ustingda andoqkim magas ahbob.

Erur bir gul havosi bilra Munis ko’ngli bolafshon,
Nechuk saqlarlar aylab oni mahbusi qafas ahbob.

Shermuhammad Munis.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 29 Sentyabr 2007, 13:42:10
Bilmam na deb do`st bo`lgan ular
Og`ir kunda ustimdan kulsa
Shaytonlar ham yuzin o`girar
Do`stman degan dushmanlarimdan

Poymol bo`lib orzu va armon
Pushaymonman, o`ta pushaymon
O`rtab borar umrbod hijron
Do`stman degan dushmanlarimdan

O. Odilxonov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 29 Sentyabr 2007, 13:47:22
Netay, peshonamda shu dard bor bo‘lsa!
Qaniydi bu dardga xaridor bo‘lsa...
Seni tanlarmidim, ixtiyor bo‘lsa!
Holim yomon bo‘ldi seni sog‘inib.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 29 Sentyabr 2007, 13:54:15
Bermang ozor unga zinhor
Ko`tarolmas qo`nsa g`ubor
Iliq so`zdan misli bahor
Yashnagan bog` ekan ko`ngil

Orzusi mo`l, aslo bitmas
o`limni ham pisand etmas
Qor yog`sa gar erib ketmas
Ham baland tog` ekan ko`ngil

O. Odilxonov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 29 Sentyabr 2007, 20:27:50
Lahzalik sevinch bor, lahzalik visol
Bosh-oyoq soz o‘tgan kunni bilmadim.
Ertaga yuragim tinar, ehtimol,
Qachon qayg‘u do‘li tindi, bilmadim.

Suvloq kechgan kabi izim belgisiz,
Izim ko‘zyoshgami, cho‘mdi, bilmadim.
Umr sovurmoqqa ruhsiz, sevgisiz —
Asov dil qaysi kun ko‘ndi, bilmadim.

Bahorda quvonchgul ekkandim, chog‘i,
Ne bois qayg‘ugul undi, bilmadim.
Qaerda adashdim, qayda gunohim?
Qaerga bosh uray endi, bilmadim.

Hur-hur shabadalar, moviy chechaklar,
Zangor oy eridi, tomdi... bilmadim.
Sertutun kunduzlar, oysiz kechalar,
Sharpalar... Bir shaffof tongni bilmadim.

Sizdan o‘tinchim shu — bir nafas tegmang,
Gina saqlamadim, kinni bilmadim.
Bir go‘zal insonni sog‘ingandekman,
Lekin sog‘inganman kimni? Bilmadim.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 01 Oktyabr 2007, 10:02:34
Men keldimu,dunyo ko'rdimi foyda?
Ketsam,martabasi osharmi?Qayda!
Hech kim tushuntirib bera olmadi:
Kelishim-ketishim sababi qayda.(Umar Xayyom)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 01 Oktyabr 2007, 11:12:25
Atirgulim manim, nozlik atirgul,
Tikonlari yumshoq, nozik atirgul,
Umri yarim bahor — yozlik atirgul,
O‘z husnidan boshi xam ko‘rinadi.

Besamar arzlarda umri hazonlar,
Befoyda bahslarda umri hazonlar,
Behuda darslarda umri hazonlar
Qoshida ming yillik sham ko‘rinadi.

Quyoshing shundadir, oying shundadir,
Zuvalang — qorilgan loying shundadir,
Shunda qolajaksan — joying shundadir,
Yonginangda Iqbol ham ko‘rinadi.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 03 Oktyabr 2007, 11:11:22
Ishqdir abadiylik avjida oftob,
Hayot chamanida toledan xitob.
Bulbul kabi nola qilmoq ishq emas,
Ishq - nola qilmaslik bo'lsang yuz xarob.(U.Xayyom)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 03 Oktyabr 2007, 18:41:36
Balo ko'hsorining farhodi men-men,
Junun tasvirining behzodi men-men.

Jahonda har qachonkim bo'lsa paydo
Agar sho're, aning bunyodi men-men.

G'amu mehnatga bor ersa aro'se,
Bilinglarkim, aning domodi men-men.

Netong Majnun mening shogirdim o'lsa,
Ki, ishq atfolining ustodi men-men.

Ko'ngulda zaxmlardurkim, falakning
NIshoni novaki bedodi men-men.

Mening nolamg'a xud sho'xe sababdur,
Vale el boisi faryodi men-men.

qurub hijron tuzoqini hamisha,
Balolar saydining sayyodi men-men.

Vafoda muddaiylardur mutei,
Jafo aylar chog'i munqodi men-men.

Jununda, Muniso, murshidlig' etsang,
Aning shoyistai irshodi men-men.

Shermuhammad Munis.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 05 Oktyabr 2007, 15:20:01
Ne Turim bor, ne turorim,
Hech yerda yo‘qdir qarorim,
Haqqa munojot qilmoqqa
Tayin yerim bo‘lmas mening.

So‘r, turganim yerni mendan,
Ko‘rsaturman, kelsang, senga.
Bir zarracha hakdan ayru
Ko‘zim hech ne ko‘rmas mening.

Tur tog‘ida bir tajalliy
Boq, Musoni nelar qildi!
Yunus aytar: Haq nazdida
So‘zim yerda qolmas mening!..

Yunus Emro
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 06 Oktyabr 2007, 12:22:05
Garchi avval bor edi mahbubi gulruxsora so’z,
Lek erur holo base mankubu baxti qora so’z.

Shoiri sho’ridaga diljam’liq qaydin yetar,
Daxli bejodin avom olllidadur yuz pora so’z.

Dema, so’z atrofiga chekmish livoyi ishtihor,
Qadrdone topmay o’lmish dahrda ovora so’z.

Shoir o’z ahvolig’a darmondavu fazl ahli xor,
Ohkim topmas bu davron ichra bir g’amxora so’z.

Qilma izhori suxanvarlik farog’e istasang,
Siymu zar o’rniga yer boshig’a sangi xora so’z.

Xoh nazmu xoh nasr o’lsun fazilat ahlidek
Xorlig’ domonig’a chekmish oyoq yakbora so’z.

So’z chu mundoq xor esa, so’z ahli mundoq xoksor,
Vah ne til birla deolg’ay Munisi bechora so’z.

Shermuhammad Munis.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 08 Oktyabr 2007, 10:28:20
Zarurat hayotdan yaxshimi yomon
Ozmi ko`pmi yashab o`tar har inson
Kelajak ellarga esdalik bo`lib
Uyat, qolsa undan quruq qabriston

Odif Odilxonov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 08 Oktyabr 2007, 11:10:55
Nahot shuncha mas’um, shuncha pok
Sevishmoqda alam bor shuncha?
Bardosh bermas iroda, idrok,
Tamoman lol aql, tushuncha.

Tog’day bor deb bilgan yuragim
Qush boshicha qolmadi chog’i?
G’amni yengarman deganim sarim
Yana ortar alami, dog’i.

Erib ketmagandim sevgingdan,
Bo’lmaslik-chun baxtingdan judo,
Birga qolish uchun sen bilan
Kuyaman-u, bo’lmayman ado

Zulfiya
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 08 Oktyabr 2007, 11:12:33
Oh, qachon aldashga o'rganasan sen,
Yuzingda kulgiyu, labingda titroq.
Men uchun o'rtanmay, o'rtanasan sen...
Qo'rqma! Tillarimda qolmadi so'roq.

Ne qilay? Yurakdan bo'shadi tanim,
Najot - ko'nishdami, najot - o'lishda?..
Azizim, azizim, azizim manim,
Ayt, qachon ulgurding jonim bo'lishga?

Usmon Azim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 08 Oktyabr 2007, 15:36:45
Afsuski,bekordan-bekor so'ldik biz,
Falakning dastidan kukun bo'ldik biz.
Ko'z ochib yumguncha ko'rgan alamdan,
Tilakka yetolmay, oxir o'ldik biz. (Umar Xayyom)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 08 Oktyabr 2007, 16:59:27
"Zaynabbegim" har kun qoshingda,
Telbaligin qiladi ko‘z-ko‘z.
Shartmi, axir, Sening yoshingda,
Dushmaningga gapirmoq bir so‘z.
Qora kiyib, azador bo‘lib,
Dog‘larmiding shu ulug‘ dilni?!
Farzandlaring bir- birlariga,
Bermaganda zahri qotilni??!!!

Mas'ud
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 09 Oktyabr 2007, 10:12:59
Ishqing g'amida diydayyi giryonima rahm et,
Hajring tunida nolayi afg'onima rahm et.

Javring chekibon joni hazin chiqqoli yetdi,
Ey jonu jahon, joning uchun jonima rahm et.

Toroji firoqing yalang etti tani zorim,
Ber jomayi vasling, tani uryonima rahm et.

Darding chekaram go'shayi vayronada umre,
Tashrif ketur, kulbayi ahzonima rahm et.

Holimni parishon yuz uza ayladi zulfing,
Jam' et oniyu halo parishonima rahm et.

Ey gul, g'ami hajringda ko'ngul bulbuli nola
Tokay qiladur, bulbuli nolonima rahm et.

Davron sitami, ishq g'ami, hajr balosi
Qasd etti hazin xotiri vayronima, rahm et.

Bejurm mani yozg'urubon tiyg'i jafoni
Jonimg'a surub, qolma maning qonima, rahm et.

Hayratdadur Ogahiy to ko'rdi jamoling,
Ey hurliqo, diydayi hayronima rahm et.

Muhammadrizo Ogahiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 09 Oktyabr 2007, 12:08:56
Tirik, o`lik, fido bilan birgaman,
Tiriltirar nido bilan birgaman.
Mening yorim bo`lolmaydi yolg`izlik
Men hamisha Alloh bilan birgaman


(Muallifi esimda yo`q, keyinchalik yozib qo`yaman)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 09 Oktyabr 2007, 16:22:53
Nе qilayin, tor bo`lsa olam.
Barchasiga chidaydi odam.
O`tdi qancha baxtsiz kunlarim,
O`tar mеning bu kunlarim ham.

Bolaligim, xayr dеb kеtdi.
Ishqdan qalbim tashvishlar chеkdi.
Qancha baxtsiz kunlarim o`tdi,
O`tar mеning bu kunlarim ham.

Doniyor Sobirov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 10 Oktyabr 2007, 17:13:05
Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u.
Ko`kragimga qo`lingni tirab,
Yuragimni to`kib qo`yding-ku.

Qancha ko`zlar menga zor edi,
Na g`am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so`kib qo`yding-ku.

Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo`yding-ku.

Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding,
Jon kerakmi — mana ol endi,
Qiynar bo`lsang qiynab to`yding-ku.

Bilmam, nima edi maqsading:
Menga bir juft guling asrading,
Birin otin Kumush atading,
Birin ismin Zaynab qo`yding-ku!

Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ko`chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab,
Ko`zlarimni boylab qo`yding-ku!..

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 10 Oktyabr 2007, 17:28:54
Ul malaksiymoki, borcha ilm yod bo'lmish ango,
Ro'zi shab darsu saboq takroridin mo'tod ango.

Ilm tahsili suluki ichra solik bo'lg'oli,
Aql piridin damo-dam yetkusi irshod ango.

Sarfu nahvu mantiq ichra toki sa'y etti ayon,
Sebvayh ruhi qilur tahsinu ham imdod ango.

Qilg'oli ilmi kalomu hikmat ashqolini hal,
Haddin afzunroq berubdur tangri iste'dod ango.

Nasb etarga xaymani ilm andoq etti jiddu jahd
Kim, madad yetkurdilar aqtob ila avtod ango.

Go'yoyi ilmi ladunnidin topibdur bahrakim,
Har kalomi ramzidin hayratdadur ustod ango.

Ilm ila, yo rab, qil oning rutbasin andoq baland
Kim, bori olimlar o'lsun tabe'u minqod ango.

Ilm andoq ganji nofi'dur bani odamg'akim,
Kimda ul bo'lsa, iki olam bo'lur odob ango.

Kasbi ilm etmay kishi gar qolsa mahzi jahl ila,
Ikki olam obro'si bo'lg'usi barbod ango.

Olim uldurkim, shariatdin tajovuz qilmasa,
Gar tajovuz qilsa, bildil, peshadur ilhod ango.

Ilmdin bebahra el holini bilmak istasang,
Ogahiyning zor holin bilgil istishhod ango.

Muhammadrizo Ogahiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 11 Oktyabr 2007, 11:41:57
Orazi gul, husni hilol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦

Muhammad Yusuf

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 11 Oktyabr 2007, 12:17:08
Lablarimni yondirgan olov,
Sochlarimga qo`ndirgan qirov,
Tuyg`ularim tutmagan jilov,
Ko`zlarimda qalqigan yoshim,
Muhabbat, bo`l mening quyoshim!

Laylo Abdiyeva.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 11 Oktyabr 2007, 12:56:42
               Meni yomonlarga o`xshatdingizmi?

Meni yomonlarga o`xshatdingizmi?
Netay yolvormoqqa yetmas jur`atim
Mendayin bir gulni qaqshatdingizmi
Shu dam taqdirimni ming bor qarg`adim

Meni yomonlarga o`xshatdingizmi?
Nafrat ko`zlarila boqib ketdingiz
Aytingchi bir to`kis baxt topdingizmi
Armon gullarini taqib ketdingiz

Meni yomonlarga o`xshatdingizmi?
Mendek vafodorga shumidi qismat?
Endi armonlarga egmoqmi boshni
Meni yomonlarga o`xshatdingizmi?

Vaqtning yo`llari ham ekan-ku qimmat
Endi bolishlarga to`kmoqmi yoshni

Nozigul
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 11 Oktyabr 2007, 13:08:07
Ishqing o'tidin o'rtanadur joni nizorim,
                                   ul nav'ki, mash'al,
Xokistar o'lub yelga borur gardi g'uborim,
                                   jismim bo'lubon hal.
Boshingdin agar evrulibon o'psa ayoqing,
                                   ko'nglumga ajab yo'q,
Bu martabaga yetkaradur oni nigorim,
                                   gesuyi musalsal.
Dard ahli chekar har necha ojizroq o'lub oh,
                                   ta'siri fuzundur,
Sog'inma agar pas esa nolavu zorim,
                                   zinhorki, ashal.
Ey sho'x, meni solma inoyat nazaridin,
                                   har hol ila bo'lsam,
Sen-sen mening ummidimu maqsudimu yorim,
                                   ham so'ngra, ham avval.
La'ling mayi birla meni sarshori hayot et,
                                   xayvon suyi yanglig'
Kim, jonima qasd aylabon andugi xumorim,
                                   qildi meni mahtal.
Lu'luyi xushob o'ldi tishing vasfini qilg'och,
                                   har nuktaki surdum,
Hay-hay, na balo yaxshi xayol o'ldi shiorim,
                                   har fikrdin afzal.
Har yon yugurib dasht uza sargashtalik etsam,
                                   man' aylama zinhor,
Kim, keldi g'aming olg'ali oromu qarorim,
                                   bir oyati munzal.
Erdim guli vasling bila shod o'ylaki bulbul,
                                   hajr ayladi mahzun,
Ey voy, xazon mavsumig'a fasli bahorim,
                                   charx etti mubaddal!
Ne o't edi husningdaki, kul bo'ldi sarosar,
                                   bo'lg'on anga nozir,
Qaysi ko'ngul erkan anga, ey shu'lauzorim
                                   bo'lg'usi sijanjal?
Behudadurur sarzanish etmak menga Munis,
                                   rasvolig' ishidin,
Odobi muhabbatda agar ketmasa orim,
                                   bo'lg'aymuman akmal?


Shermuhammad Munis
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 17 Oktyabr 2007, 12:00:12
Lekin Layli boshiga kelgan
Qora kunlar bizga yot bugun;
Bizga yotdir shirin baxtini
Poymol etgan u qop-qora tun.

Hamid Olimjon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 17 Oktyabr 2007, 13:44:59
Nechun ko'zlaringda xalqalandi yosh,
Nechun yuzlaringda aks etar qayg'u.
Seni qiynayotgan qandayin bebosh,
Qandayin berahm xayol edi u.(Robiya Turob qizi)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 17 Oktyabr 2007, 14:03:19
Ul gul yuzi sahbodin gul, gulmu ekan oyo,
Ko'nglum anga zor o'lg'on bulbulmu ekan oyo.

Xolimi ziyod etkan shirin labig'a lazzat,
Yo xoni malohatda fulfulmu ekan oyo.

Ko'nglumda hujum etkan fikri lebi erkanmu,
Sog'ar aro yo rangin mul-mulmu ekan oyo.

Raxshimu qilur javlon chobukvashim ostida,
Yo'q ersa, Ali mingan Duldulmu ekan oyo.

Faryodmu ko'nglumdin ko'yi aro fosh o'lg'on,
Yo bog' aro bulbuldin g'ul-g'ulmu ekan oyo.

Majlisda Masihomu takrori kalom aylar,
Yo shisha ayon etkan qul-qulmu ekan oyo.

Ey Ogahiy, olingda bulbulmu navo tortar,
Bulbul qoshida yoxud chul-chulmi ekan oyo.

Muhammadrizo Ogahiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 19 Oktyabr 2007, 12:44:54
Otam huzurimni ko`rmoqchi edi
Onam ham kerilib yurmoqchi edi
Ular yo`q. Hasratda so`rayman endi
Ne yomonlik qildim senga, tabiat

Barcha dardmanlarni darmonli ko`rdim
Ammo sog` odamni armonli ko`rdim
Yaxshilik izladim yomonlik ko`rdim
Ne yomonlik qildim senga, tabiat

M. Jalil
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 19 Oktyabr 2007, 12:59:00
Tabiat yoshlikdan ayirding meni
Sh`oxlik, quvnoqlikdan qayirding meni
Nega to`kis yo`lda toyirding meni
Ne yomonlik qildim senga, tabiat

Meni ham chorladi visolga sohil
Yor sevdim vasliga bo`lmadim dohil
Javob ber bo`lmasang soqov yo baxil
Ne yomonlik qildim senga, tabiat

M. Jalil
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 20 Oktyabr 2007, 14:17:43
Tabassumda ko’rub rangin labingni nogahon g’uncha,
Qilib diltanglik zohir, ichidin bo’ldi qon g’uncha.

Sabo tahrikidin, yo’q, balki og’zing sharmidin boshin
Quyi solmoqqa moyil bo’lg’usidur har zamon g’uncha.

Ochiq chehrangni to ko’rdi dema, ey, gul ochilmishdur,
Xijolat g’oyatidin aylamish kulgu ayon g’uncha.

Ko’ngul tor og’zinga bir handada oldurdim, ey gulrux,
Kishi ko’rganmu erkan bu sifat bir dilsiton g’uncha?

Omonlik istasang bu bog’ aro, xomush bo’l doim
Ki, ofatdin omondur sirrin aytar to nihon g’uncha.

Sening og’zing xayolidin qilur ko’nglum qushi nola,
Erur bois chu bulbul qilsa faryodu fig’on g’uncha.

Ko’ngul jam’iyati topsa xalal ermas, taajjubkim,
Emas bu bog’ aro oshufta bo’lmoqdin omon g’uncha.

Nedur bu razmgoh ichra boshingga istamaklik xud
Ki, el xayli o’qig’a bordur avvalroq nishon g’uncha.

Shitobon bo’lma, rif’at qullasig’a to kun ermassen,
Kamin aylab yotibdur yo’lda sheri osmon, g’uncha.

Fig’onkim, barcha bu gulshan vidoidin emas emin
Ki, gah gul uzmak etmish da’b, gohi, bog’bon g’uncha.

Aning ruhsoru la’li o’yla rangindurki, ey Munis,
Agar ko’rsa, bo’lur afsurda gul ham notavon g’uncha.

Shermuhammad Munis.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 20 Oktyabr 2007, 19:15:31
Zaminda charx urar ruhingiz bedor,
Qolgan tiriklarning tinchini o‘ylab.
Charx urar, Chotqolga termulgancha zor,
Qarshining bepoyon dashtlari bo‘ylab.

Abdulla Oripov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nozli 20 Oktyabr 2007, 19:37:20
БЕГИМ

Согинч сикувлари сзса юрагим
Хижрон оловида куйса тилагим
Сиз смас узгалар тутса билагим
Шунга хам рашкингиз келмасму
БЕГИМ

Узга хонадонда уйнаб кулсам
Узга ёр дардини дардим деб билсам
Сизни хаёлимдан буткул унутсам
Шунга хам рашкингиз келмасму
БЕГИМ

Узгага чой сузиб пиёла тутсам
Узгани йулини интизор кутсам
Ушал ёр бахтини бахтим деб билсам
Шунга хам рашкингиз келмасму Бегим
Афсуслар калбингиз уймасму
БЕГИМ
(muallifi kim bilmayman)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 20 Oktyabr 2007, 19:42:29
Mana, oxir senda namoyon
Muhabbatim, ko'zim, ismatim.
O'ngmi, tushmi yo shirin armon?
Birdan yaraqladi qismatim.

Rauf Parfi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: JaviK 20 Oktyabr 2007, 23:58:49
M aylida kimgadir yoqsa yoqmasa
ularga qo`shilib yig`lasharmidik.
Biz bahtli bo`lamiz hudo hohlasa
Hudo hohlamasa uchrasharmidik.
  Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 21 Oktyabr 2007, 00:25:22
Kim ko’rar xurshidni, ul mohsiymo bo’lmasa,
Kim so’rar shakkarni, ul la’li shakarxo bo’lmasa.

Gul tikandur ko’zlarimga ul yuzi guldin yiroq,
Sarv o’qdur bag’rima ul sarv bolo bo’lmasa.

Jannatu-l-ma’voni, ey zohid, netay men zorkim,
Istaram ko’yidin o’zga manga ma’vo bo’lmasa.

Tiymag’il devona ko’nglumniki, rasvo bo’lma deb,
Oshiq o’lg’aymu edi ul telba rasvo bo’lmasa.

Gar boshingni kessalar ishqida, ey Bobur, sening,
Yordin ko’nglung kerakkim o’zga qat’o bo’lmasa.

Zahiriddin Muhammad Bobur.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 21 Oktyabr 2007, 10:40:32
Avval bag‘rin ochdi u,
Keyin zahrin sochdi u.
Bergan atirgulimni
Yuragimga sanchdi u.
Bunaqasi ketmaydi —
Gul yarasi bitmaydi.

Bilak tashlab bo‘ynimga
Kulib, kirdi qo‘ynimga
Keyin dedi: «Baribir —
Boshqa birov o‘yimda...»
Bunaqasi ketmaydi —
Til yarasi bitmaydi.

Shirin kulgan shumasmi?
Bog‘lab olgan shumasmi?
Soch silkitib, jonimga —
Tuzoq solgan shumasmi?
Bunaqasi ketmaydi —
Qil yarasi bitmaydi.

O‘psa, netar dedilar,
Yuvsa, ketar dedilar,
Har qandayin jarohat —
Bir kun bitar, dedilar.
Bunaqasi ketmaydi —
Dil yarasi bitmaydi!

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 22 Oktyabr 2007, 13:38:43
Ishqqa maskan yuragim,

Topib ber deb qistaydi.

Nima qilay, berahm-

Ruhim seni istaydi

Zulfiya
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 22 Oktyabr 2007, 13:59:15
Iqbolingni ko'roldim ayon
Istiqlolning ufqlari osha.
Iqboli hur, sho'x-shonim manim.
O'zbekiston, Vatanim manim.

Abdulla Oripov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 22 Oktyabr 2007, 18:52:44
Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.

Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.

Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a,
Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu no'shxand etmas.

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.

Kerak o'z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,
Buzug' ko'nglumdin o'zga yerga javloni samand etmas.

Ko'ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin o'zga bo'ynungg'a kamand etmas.

Ul oy o'tlug' yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb ko'z,
Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas.

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:41:41
Sen tog'larim qaraygan chaqinimsan,
Do'mbirasi guldurak oqinimsan.
Aytishlaring bu olamga yoqadi,
Yeru osmon sel bo'ladi,oqadi.

Kuyga to'lib ketdi toshu devorlar,
So'lg'in-so'lg'in sog'ayadi bemorlar.
Faqat bir barg, chirigan bir barg faqat
Aylar menga mungligina nasihat.

Sirojiddin Sayyid
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 23 Oktyabr 2007, 14:59:54
Tunda qo‘ling axtargan
Qo‘limdan so‘zlasammi,
Ko‘zyoshlarim quritgan
Gulimdan so‘zlasammi,
Faqat senga eltuvchi
Yo‘limdan so‘zlasammi,
Nigohing qaratgani
O‘limdan so‘zlasammi,
Jon deymi, jonon deymi,
Bu nechuk hijron deymi,
Munis, mehribon deymi,
Rostimni yolg‘on deymi?

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 23 Oktyabr 2007, 17:20:59
Istaysizmi-yo‘qmi, gardun aylana,
Istaysizmi-yo‘qmi, qaytib kelaman.
Sog‘inmagan ko‘zingizdan aylanay,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Oy botadi — yulduzlarning habibi,
Tong otadi, ta’nasi yo‘q samimiy.
Tabiatning qonunidek tabiiy —
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Quchog‘iga yashirmaydi xiyobon,
O‘rtamizda udum otlig‘ biyobon.
Sizga nima, kuysam o‘zim kuyaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Chaqmoq kalit bo‘ldi qulfi dilimga,
Tegmagan bir qizning zulfi dilimga.
Sizdan o‘zga xon yo‘q mulki dilimga,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman

Boshingizda yaproq bo‘lib aytaman,
Poyingizda tuproq bo‘lib aytaman.
Tuproqdayam mushtoq bo‘lib aytaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 24 Oktyabr 2007, 13:31:51
Nafasim — g‘animat, so‘zim — g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.

Yaratganga borib aytaman seni!
O‘zi hukm etsin odil va xolis.
Men qatib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz...

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 24 Oktyabr 2007, 15:06:07
Zeru zabar — zabar bilan zer bo‘ldi,
Yer osmonga chiqdi, osmon yer bo‘ldi.
Bog‘ni izlab chohni toptim oqibat,
Tog‘ deb borgan joyim yaydoq qir bo‘ldi.

Ochiq ko‘ngil — ochiq sandiq — elniki,
Atirgulning sarin bo‘yi — elniki.
Yelga, elga, selga ketdi meniki,
Sizning saqlab qolganingiz sir bo‘ldi.

Ko‘ngil so‘rab, ko‘ngil buzdi do‘stlarim,
Ko‘nglim so‘rab, ko‘ngil uzdi do‘stlarim,
Ko‘ngillarin engil uzdi do‘stlarim,
Barin mendan hafsalasi pir bo‘ldi.

Parilarki, dil qonidan pardozi,
Joning kuysa hamki, kelmas parvosi,
Kulim ko‘kka sochar har gal parvozi,
Ko‘zlariga boqsam, ko‘zim kir bo‘ldi.

Orziqaman eslab tandir, savatni,
O‘zim tashlab keldim shunday jannatni.
Oldim shoir degan tavqi la’natni,
Endi menga ikki dunyo bir bo‘ldi.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 25 Oktyabr 2007, 11:43:28
Inonaman va`dalarning rostligiga
Hamma yaxshi odamlarning do`stligiga
Orzularing zinhor sarob emasligi
Shodlik ta`min achchiq emasligiga

Ko`zlaringga qarab kulib gapirgan
Odamning riyokor emasligiga
Do`stingman deb yurgan har bir odamning
Rostdan do`stligiga ishonaman men

M. Jalil
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 25 Oktyabr 2007, 11:53:12
Nega xayolimga hech narsa kelmas
barcha ko`rganlarim nahot beta`sir
Nega ko`z yoshlarim duv-duv to`kilmas
Kulgim ham jaranglab chiqmas negadir

Uy oldim. Shumidi yashashdan maqsad
Shumidi o`ylagan so`nggi davonim?
chekkan zaxmatlarim shungami faqat
Shugina edimi faqat armonim

M. Jalil
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 27 Oktyabr 2007, 15:49:03
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega o'ldirmading-da, tark etding.
Kel, gulim, kel, ayog'ingga yiqilay,
Bir zamon qo'y: to'lib-toshib yig'lay.
Qo'y, biroz qo'yki, xoki poyingni
Surmadek yoshli ko'zima surtay.
Ketma, tur, tingla arzi holimni,
Arz etay holi purmalolimni.
Qani u damki, sen eding yorim,
Munisim, hamdamim, madadkorim,
Sening og'ushing, iltifotingda
Rohat etmishdi jismi bemorim.
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega o'ldirmading-da, tark etding.
Kel, ayog'ingga qon bo'lib to'kulay,
Bir nafas dard-hajrdan qutulay,
Kel, go'zal dilbarim, kel, sochingni
Bir taray, bir o'pay-da, o'lay.
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega o'ldirmading-da, tark etding.

Abdurauf Fitrat
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 28 Oktyabr 2007, 11:36:04
Gulday nozik, toshday og`ir
Saqlanar ming xazina sir
Oliy maqsad yo`lida bir
Ravshan charog` ekan ko`ngil

O. Odilxonov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:35:24
Laylim, sado bergin, izlaring qayda?
Oromim berkingan ko'zlaring qayda?
Yuragim olovda, qo'llarim mayda,
Sog'indim, sen-chi yor, etasanmi hech.

Ozodbek Nazarbekov qo'shig'idan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 28 Oktyabr 2007, 15:34:37
Charxning men ko'rmagan jabru jafosi qoldimu?!
Xasta ko'nglum chekamgan dardu balosi qoldimu?!

Meni xor ettiyu qildi muddaini parvarish,
Dahri dunparvarning o'zga muddaosi qoldimu?!

Meni o'lturdi jafou javr birla ul quyosh,
Emdi tirguzmak uchun mehru vafosi qoldimu?!

Oshiq o'lg'och ko'rdim o'lumni o'zimga, ey rafiq,
O'zga ko'nglumning bu olamda harosi qoldimu?!

Ey ko'ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!

Zahriddin Muhammad Bobur.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 17:11:44
Umidlandim,ko’p umidlandim:
Manglayda baxt dastxati bordir.
Sendan ayrildim-ku bunda ham,
Xudoyimning hikmati bordir.

Topganim ham bejizga emas,
Hikmat tuydim yo’qotganim dam.
Men sendan o’zimni topibman,
Ey o’zini yo’qotgan odam.

Seni topib, topdim o’zimni,
Garchi bag’rim, yuragim yaro.
Axir umrim yig’layotibdi,
Yo’qotishlar — topishlar aro.

Bir hikmatni angladim, yetdim,
Bejizga hech kirmamish tikan.
Topganim bu — yo’qotganimdir,
Yo’qotganim topganim ekan.

"œDiydor endi qiyomatgami?"
dilga shunday qayg’ular keldi.
Topganimda yig’layman ma’yus,
Jilmayaman yo’qotsam endi.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 17:14:05
Ikkimizning ikki yonda zorimiz bor,
Aytolmaymiz, aytmoqlikdan orimiz bor,
Umrimizda bir baxtsizlik kezib yurar,
Shu baxtsizlik menmasmikan, senmasmikan?

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 28 Oktyabr 2007, 17:14:48
Nur izlab kelgandim dunyoingizga,
Zulmatlar darchasin yopolmadim hech,
Ayriliq ranglari to’lgan dunyoda,
Men yashil rangimni toplolmadim hech.

Hayr, men — o’ziga begona odam,
Sizga ham qadrdon bo’lmog’im qiyin.
Mabodo sog’inib qolsangiz agar,
Qo’ng’iroq qilarman"¦
MING YILDAN KEYIN.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 29 Oktyabr 2007, 11:56:53
Nahot bo'lsang shunchalar shafqatsiz,
Nahot yashasak biz mehr-oqibatsiz?!
Balki yashaging kelar, jonim, sen mensiz,
Lekin yasholmasman, jonginam, sensiz!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 29 Oktyabr 2007, 14:55:30
Zahmatkash, mehnatkash shu qalam bilan,
Buyuk asrimizning siz ham naqlisiz.
Davrga goh quvonch, goh alam bilan,
Baho bermoqlikka siz ham haqlisiz.

Tabarruk bir yoshga yetibsiz omon,
Allohim kun bersa adog‘i bo‘lmas.
Agar yuraklarni zabt etsa inson,
Undayin umrning sanog‘i bo‘lmas.

Abdulla Oripov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Nozli 29 Oktyabr 2007, 14:59:17
Sen mehr bersangu, kungli bulsa tor,
Yuraging alamdan bo'shatmoq qiyin,
Dunyoda o'limdan og'ir narsa bor,
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin...

Shum taqdir boshingni bog'lab qo'yarkan,
Gul berib dimog'ing chog'lab kuyarkan,
Tikoni qalbingni dog'lab kuyarkan,
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin...

Eng yuksak cho'qqiga etsa bo'ladi,
Shamolni qo'lidan tutsa bo'ladi,
Taxtdan xam voz kechib ketsa bo'ladi,
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin...

Tog'ni talqon qildi sevgi deb Farxod,
Bir Layli tufayli cho'l bo'ldi obod,
Xech kimning boshiga tushmasin hayxot,
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin...

Suvga g'arq bo'lmoq soz yo o'tda yonmoq,
Balki dor ostida mumkin quvonmoq,
Bu qanday azobdir, bu qanday qiynoq,
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin...

(muallifni bilmayman kim)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 29 Oktyabr 2007, 15:10:15
Na shahdu na shiddat, na jur’at qoldi,
Na ahdu na rag‘bat, na sur’at qoldi.
Tushda ko‘rgan kabi shul suvrat qoldi,
Bizdan suvrat qoldi xolos, sevgilim.

Hech qachon hech kimga yetmas-ku dodim,
Yetsa, inobatga o‘tmas-ku dodim.
Armon shu — suvratda qotsa hayotim,
Bizdan suvrat qoldi xolos, sevgilim.

Suvratdek sarg‘ayib o‘char izimiz,
Mazmunin yo‘qotib borar ismimiz.
Jismimiz yuribdi, faqat jismimiz...
Bizdan suvrat qoldi xolos, sevgilim.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Amina 29 Oktyabr 2007, 15:14:57
Mana bir umrni yashadim sensiz,
Qaytmas sgodliklarning qaytishin kutib.
Tobuting boshiga cho`kkanimda tiz,
Farzandlar ko`tardi qo`limdan tutib...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 29 Oktyabr 2007, 15:20:54
Boshim bukib qo‘yib o‘lim-azasiz,
To‘yga borgan o‘yinchidek shod hijron.
Yorsiz mazmunsizman, yorsiz mazasiz...
Balki unga begona va yot hijron.

Yer yuzida yulduzdan ko‘p bandalar,
Hammasining lablarida xandalar.
Nega hadeb bitta odam tanlanar?
Nega faqat meni aylar yod hijron?

Meni xazon qilgudayin shashding bor,
Imkonimdan ming bor uzun dasting bor,
Nima qildim, menda nima qasding bor!
Sen ham go‘yo bir odamiy zot, hijron!

Hiyla qilib chiqib bo‘lmas yo‘lingdan,
Urib qochib ketolmayman qo‘lingdan.
Tutquningman, mahkumingman, qulingman,
Osgil meni, otgil meni, sot, hijron!

Toleimga yozilgani qarg‘ishday,
Boshqalarga visol oddiy bir ishday...
Men zamondan ortda qolgan darvishday...
Dod dastingdan, dod dastingdan, dod, hijron!

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 29 Oktyabr 2007, 16:59:39
Atrofimda ko'nglim suygan do'stlarim bor, ko'nglimda g'am
Ta'svirlangan yuzda quvonch, yashiringan ko'zimda nam
Afsusdaman endi o'zim senga aytgan so'zlarimdan
Yuragimni ezib-ezib ko'z uzmading ko'zlarimdan
Qaramagin ko'zlarimga ko'zlaring begona endi
Begona bo'ldi bu dunyo senday yagonam yo'q endi
So'ramagin ahvolimni yuragim g'amhona endi
Seni sevgan oshiq yigit hofiziy devona endi.

Oydan oydin guldan go'zal, oy jamoling g'am ko'rmasin
Yarashibdi oppoq libos bahtingga hech ko'z tegmasin
Afsusdaman endi o'zim senga aytgan so'zlarimdan
Yuragimni ezib-ezib ko'z uzmading ko'zlarimdan
Qaramagin ko'zlarimga ko'zlaring begona endi
Begona bo'ldi bu dunyo senday yagonam yo'q endi
So'ramagin ahvolimni yuragim g'amxona endi
Seni sevgan oshiq yigit hofiziy devona endi.

Qo'shiqdan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 29 Oktyabr 2007, 22:57:34
Istama sevguvchi dil, sen istagan yor mandadur,
Ishq uyida avliyo etgan qizil xor mandadur.

O'ynashur jon shu'lasida umrimi margi xazon,
Ul xazon kaftida yotgan do'zzaxiy zor mandadur.

Dayri mug' savdosida may bo'lsa gar ko'ngil qoni,
Ich, g'amim sarxush bo'larsan mayxona bozor mandadur.

Haq agar oshuftadur, oshuftadur jonim mening,
Mansuri Xallojda ketgan sohiri zor mandadur.

Qayg'uning ehsonida yeldagi oshiq oy kabi,
Bemurod baxtni yopingan qayg'uchan attor mandadur.

Befasl o`tgan umr darvozasi dard zangidir,
So'ngagimi ichida yotgan beqalov qor mandadur.

Bu ko'ngil vayron etilgan chorasiz ishq shahridir,
Sen xiyonat toshin otgan Kabai-g`or mandadur.

O'ldimu ikki ko'zim qabrim bo'lib qoldi mening,
Ruhlar orzusida bezovta mozor mandadur.

Garchi jannat qayg'usi etmas meni devonahol,
Bir yorug' qayg'u o'zim arosat devor mandadur.

Sen G'ulomsan qismati Shayxi Sa'non sandadur,
Hur balo dashtidagi ul zulfi zunnor mandadur.

Halima Ahmedova.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 30 Oktyabr 2007, 14:21:39
Ravo ko‘r, yuzingda bir xol bo‘layin,
Ko‘rsat ag‘yoringni, zavol bo‘layin.
Kattakon to‘y qilib nog‘ora chalgin,
To‘yingda suv tashib hammol bo‘layin.

Abdulla Oripov.
   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 31 Oktyabr 2007, 08:10:21
Na osiyman, itoatdin adashmadim man,
Na gumrohman, bor toatdin adashmadim man.
Nega ko’rdim, nega kirding yuragimga
Sani ko’rib — ibodatdin adashdim man.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 31 Oktyabr 2007, 08:11:23
Ne naf mudom alam chekmoqdin,
Dil sindirib, daraxt ekmoqdin,
Bir zum tinmam seni sevmoqdin,
Ko’ksimda ishq buloqlarim bor.
Tangrim, kechir, gunohlarim bor.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 31 Oktyabr 2007, 12:08:34
Ruhingizni toptab tashladi sog`inch
Endi sog`insangiz osmonga qarang
Ketdim ko`zlarimdan qidirmang ovunch
Axir ketyapman o`zim ham arang
Meni sog`inasiz...
Hech kimga aytmay...

Mehribon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 31 Oktyabr 2007, 12:14:06
Yomon urug` ekkan bo`lsam nosoz yerga
Zinhor-zinhor yaxshi hosil kutganim yo`q
Nima bo`lsa toleimdan ko`rdim ammo
E`toqodim seni pulga sotganim yo`q

M. Jalil
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 31 Oktyabr 2007, 12:41:03
Qadaming poylayman, yo'lingda ko'zim,
Dardimni eshitar tunda yulduzim.
Sendan so'rar yagona so'zim,
Sensiz yasholmayman, senchi, azizim?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 31 Oktyabr 2007, 13:24:09
Men endi anglasam: sof sevgining ham
O`z dardi, tashvishi, g`ami bo`larkan
Bir dasta gul bo`lib boqsa ham olam
Ba`zida kaftingga botarkan tikan

Shuhrat
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 31 Oktyabr 2007, 14:37:34
Bugun yana g‘amlarimni boshlab keldim,
Men abadiy dardlar bilan kelsam kerak.
Yuragimni osmonlarga tashlab keldim,
O‘zim endi tuproq bo‘lib qolsam kerak.

O‘zgalarning baxti deb ham yig‘lab turing,
O‘lmaydigan navo olib keling menga.
Dardlarimning davosini qo‘yavering,
Hozir esa Havo olib keling menga.

Og‘riqlarim Xudoyimning bergani-da,
Ko‘ksim endi ikki dunyo bo‘sh turmaydi.
Peshonamga Quyosh tegib turganida,
Uyg‘onmasam, tonglar meni kechirmaydi,
Gar yonmasam, kunlar meni kechirmaydi...

Behzod Fazliddin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: ZAFAR_UZ 01 Noyabr 2007, 11:14:24
Ishlari ig‘vo-yu tuhmat va riyo,
Aldamchi, haromxo‘r, iymonsiz balo.
Agar ularni ham yaratgan bo‘lsang
Kimdan gina qilay endi, ey Xudo.

Abdulla Oripov.

Ali Rizo Bek: ZAFAR_UZ, Bahri baytda post qoldirishdan oldin, qoidalarini o'qib chiqing!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shukurulloh 01 Noyabr 2007, 18:06:48
                  Benamozlik
Ogir kunda tag'in aytar panoh BER deb,
Shuni aytsa kerakda, haqq gunoh bir deb
Muhirlanmush qalbi mangu Benamozlik,
Namozshomda guyo uyqu Benamozlik.

Bobolari sajdadan bosh kutarmagan,
Yaratgandan uzga Iloh ahtarmagan,
Oh bu farzand, nechun desang kukarmagan,
Daryo qurib, urnida cho'l Benamozlik
Duzah sari eng QULAY yul Benamozlik.

Tahtdan tushib besh vaqt namoz qilgan el bu,
Har kunini Allohdan deb bilgan el bu,
Dini bois bu dunyoga kelgan el bu,
Elkasida uning bugun Benamozlik
Hech echilmas jirkanch tugun Benamozlik.

Buhoriylar, Termiziylar, Naqshbandlar,
Shu o'lkadan chiqqan edi jigarbandlar,
Ularni odam qilgan labbahandlar,
Ular uchun eng katta OR bu Benamozlik
Bugun biz aylagan HOR Benamozlik

Sinolarin NAMOZ uqib tabib bulgan,
Navoiysi sajda chog'i habib bulgan,
Qodiriysi tergovda ham namoz qilgan,
Bu millatga katta UYAT Benamozlik
Tarih uchun katta g'orat Benamozlik.

Dunyo uchun nima qilsang qilavergin,
Uzingni kim bilsang shunday bilavergin,
Ammo sungi hitobimga quloq bergin,
JAHANNAMGA ZIYORATDIR Benamozlik,
Insoniylikka hiyonatdir Benamozlik...                   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 01 Noyabr 2007, 18:26:36
Kimnidir qo'liga termulaman zor,
Kimnidir qalbiga berganman ozor.
Kimnidir esidan chiqqanman, balki
Kimnidir qalbida yashayman hamon!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 02 Noyabr 2007, 14:52:17
Nolon bulbullarga qilgancha havas
Suysam sukunatga aylanib suydim
Kuysam ayriliqning gulxanidamas
O`tli nigohlaring taftidan kuydim

Qutqarmoqchi edim toqatni hatlab
Ruhingni qaqshatib  yotganmuzlardan
Faqat avayladim bag`rimda chatnab
Bo`g`zimni kuydirib qaytgan so`zlardan

Har tong sochlaringni siypalab o`tgan
Bir daydi shamolcha bo`la olmadim
Ko`z yoshing namlagan, kipriging o`pgan
Bir shohi ro`molcha bo`la olmadim

Rustam Jabborov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 02 Noyabr 2007, 14:55:09
Mayli yodimga ham bo`lmasang sodiq
Ismim xotirangdan mayli yo`qolsin
Orzuim... Kim bo`lsa mehringga loyiq
Seni hech bo`lmasa menek sevolsin

Rustam Jabborov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 03 Noyabr 2007, 15:28:19
Nega keta turib sevgi so’radim,
Qarang ishqimizday alvon ko’ylagim.
Qachon ko’ksingizga borib sanchilar
Xanjarga aylanib qolgan yuragim?...

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Osiyocha 03 Noyabr 2007, 19:32:13
Ma'rifatning shulasiga
Tolpinib zulmat aro,
Ko`zlaringdan oqdi tunlar
Kavkabiston, o`zbegim.

Tuzdiyu Mirzo Ulug`bek
Ko`ragoniy jadvalin,
Sirli osmon toqiga ilk -
Qo`ydi Narvon, o`zbegim.

Mir Alisher na'rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She'riyat mulkida bo`ldi
Shohu sulton, o`zbegim.

Erkin Vohidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 03 Noyabr 2007, 19:49:54
Meni eslaysanmi, oy tilib-tilib,
Qiyqimlagan baxmalim — yalpiz?
Kimni izlayapsan, chuvalchang bo‘lib
O‘rmalab ketgan ildiz?

Ninachi qanotin urgan anhorim,
Sog‘inchingdan so‘zlab ber!
Ayt, seniyam bir sog‘inganing bormi,
Sopoldek darz ketgan yer?

Dadam ekkan terak, qishning chillasida
Bag‘ring tilinmadimi?
Qishlog‘im, ko‘klamning ilk pallasida
O‘rnim bilinmadimi?

Sevgilim, hammasi tamom bo‘lgan. Goho —
Meni qiynaydi bir so‘z.
Sendan bir narsa bilmoqchiydim, ammo
Yodimdan chiqdi, afsus...

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 03 Noyabr 2007, 20:15:07
Sariq yaproq yuzingizning rangimidi?
Hasratingiz yuragimning zangimidi?
Mozoringiz men sho'rlikning bag'rimidi?
YIg'layotgan, yig'layotgan orzularim

Bermagayman sizni armon qo'lllariga
Kuy bo'lasiz baxtning biyron tillariga
Yo'llagayman sizni jannat yo'llariga
YIg'layotgan, yig'layotgan orzularim

Qo'shiqdan.
 
 
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 04 Noyabr 2007, 14:36:05
Men xayolga tolsam agar seni o`ylayman
Iztirobda qolsam agar seni o`ylayman
Yuragimni to`qmoq bo`lib qog`oz betiga
Qo`lga qalam olsam agar seni o`ylayman

O. Odilxonov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 04 Noyabr 2007, 14:49:32
Nahri zilol, bag'ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦

Tuproqqa jon etmish ato
Momo havo, Odam Ato,
Loydan odam yasar kulol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦

Shoir tilak-ta’bim o'shal,
Ruhim o'shal, Rabbim o'shal,
Allohu akbar, ey Bilol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 04 Noyabr 2007, 15:09:43
Laylakqor, azizim, g'alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig'lab kuzatsam...
Dardim jim ichimga yutsammi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

So'rsang, sevinchimdan o'kinchim ko'proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko'zda tabassum - u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

Yangi yil,
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo'ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo'qlab kelganingni o'zi bir bayram.
Qulog'ingga bir aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi...

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 04 Noyabr 2007, 15:41:59
Imoni sof, yuzga kirib yorug` yuz,
To`ylar ko`rib yelkasidan tog` tushsin.
Jismiga so`nggi safar oldidan
O`z bolasin qo`lidan tuproq tushsin...

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 04 Noyabr 2007, 15:48:56
Na bir shirin kalom ming zahmatingga,
Na bir salomingga alik oladi.
Muhabbating nima Muhammadingga?..
Qalamni quchoqlab uxlab qoladi

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 04 Noyabr 2007, 19:05:23
Izzati nafs degan yovni yo'q etib,
Ul yolgon maqtovni qilasizmi mot?
Va haqsiz berilgan tojni ham otib,
Kibr ila havoga bo'lasizmi yot?

Realist.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 04 Noyabr 2007, 22:45:39
Tomoqlarim qurib ketdi — cho‘llayapman,
O‘zi dilni qay ko‘lmakda ho‘llayapman.
Men bu galgi bahorni lol etmoqchiydim,
Ona, bugun sochingizda gullayapman.

Ishongandim, ko‘zlar meni sotib ketdi.
Ayamadi — so‘zlar meni otib ketdi.
Dardim bor-ku, nega buncha duduqlandim,
Zabonimni to‘tiqushlar yutib ketdi.

Yuzlarimda muhabbatning so‘qmoqlari,
Dunyolarni yoqmaydimi chaqmoqlarim?
Tuproq edim, tuproqlarga botib ketdim,
Gunohlarim o‘sayapti, gunohlarim.

Tutab-tutab ko‘k bag‘rini tig‘layapman,
Yuragimdan boshqa joyga sig‘mayapman.
Ko‘ksimdagi og‘riqlarim yolg‘onmidi,
Osmonlarni yig‘latolmay yig‘layapman.

Behzod Fazliddin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 05 Noyabr 2007, 00:25:00
Nuqta ayla dilga aqiq tugmadin,
So'yla menga, ko'zlardagi mung nadin?
Qosh-qaboqlar arosida ne sir bor?
Andin menga na osmon bor, na yer bor.

Mujgonlar ham tuzmish maxfiy guruhlar,
Alar ham bir fitnagamu sheriklar?
Sirg'alarning titrog'ida na holat,
Nadin yig'lar zulflardagi girihlar?

Sirojiddin Sayyid.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 06 Noyabr 2007, 09:56:39
Rostdan ham bu qushlar buncha baxtiyor?
Bahorni ulashib chiqar zaminga
Umrini yo'llarga sochsa ham bedor,
Dardlarni sir tutar, aytmas hech kimga

Zamira Egamberdiyeva.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: zuzu 06 Noyabr 2007, 11:08:39
Afsus, umr behuda bo'lmishdir barbod,
Bo'lmadim haromdan bir nafas ozod,
Buyurganin qilmay yuzim qarodir.
Amringdan tashqari ishlaringdan dod!

Umar Xayyom.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 07 Noyabr 2007, 17:07:03
Davri falak etti ishq aro zor meni,
Davron eli ta'nasi dilafgor meni,
Mazlumg'a marhamat agar ersa savob,
Mashmuli inoyot qil, ey yor, meni.

Shermuhammad Munis.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 08 Noyabr 2007, 08:59:00
Isyonlarim ko’pdi qonimda,
Qiyomatlar bo’ldi jonimda,
Har narsani bilguvchi Sensan,
Aytgil menga ne bo’ldi Tangrim?

Guljamol Asqarova.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 08 Noyabr 2007, 10:50:09
Men sizni o`ylayman shomu saharda
Ona, sog`insam ham bora olmayman
Tunlari charog`on shunday shaharda
Hech kimga ko`nglimni yora olmayman

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 08 Noyabr 2007, 11:29:06
Nеga kеrak edi shu chiroy, shu o't,
Shu yoniq yulduzni ko'zga yashirmoq?
Nеga lablaringdan husn oldi yoqut,
Nеga siynang bo'ldi qor tog'iday oq?

Husn balosiga kim etdi duchor?
Holbuki, busiz ham qanchalar alam,
Holbuki, busiz ham qizning boshida
So'ngsiz musibatlar,dunyo-dunyo g'am.

Holbuki, busiz ham qiynalardi jon,
Busiz ham yеtardi falokat, azob,
Faqat go'zal emas, hatto xunuk qiz
Ko'z ochib ko'rardi yolg'iz iztirob.

Orzung bor kuylashga, lеkin qalbingdan
Tarqalar bir ma'yus va g'amgin sazo.
Qo'yningda bir quchoq oq va nafis gul,
Lеkin ruhing to'la motam va azo.

Hamid Olimjon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 08 Noyabr 2007, 11:33:41
Orzung bor kuylashga, lеkin qalbingdan
Tarqalar bir ma'yus va g'amgin sazo.
Qo'yningda bir quchoq oq va nafis gul,
Lеkin ruhing to'la motam va azo.

Shundayin latofat, shu oq ko'krakka
Nahot munosibdir shu g'amgin libos.
Onang shuning uchun suyunganmidi -
Nahotki, shu sifat go'zallikna xos.

Javob bеrib ko'r-chi, nomard tabiat,
Bunchalik go'zalni nеchun yaratding?!
O'zing gunohkorsan,osiysan bеhad,
Nеchun yaratding-u o'tlarga otding?

Hali sеvishmoqdan shumidir ma'no?
Faqat azob bordir qismatda, nahot?
Nahotki, sеvgiga shudir tamanno?
Nahot go'zal uchun faqat, faqat dod!

Hamid Olimjon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 08 Noyabr 2007, 11:51:20
Dil berganlar xor bo’ladi, til bilganlar diyorinda,
Gul berganlar kul oladi, yo’l bilganlar diyorinda.
Ma’yus o’ldim, mustar o’ldim, anda jonim, bunda jonim,
Sevilmagan kun ko’rarmi, sevilganlar diyorinda

Guljamol Asqarova.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 08 Noyabr 2007, 12:04:04
Ajdodlar Vatan deb jon fido qilgan,
Behuda gap sotib yurmagan ular.
Mana,ming yillarni opichlab kelgan
Bitiktosh ona - Yer haqida kuylar.

Vaqt quyunida ne davru davron,
Bu - toshga aylangan erkdir, bardoshdir,
Bu Vatan atalgan muqaddas armon.

Unga qaraymany bir his tuyaman,
Bu yurtim timsoli mangulik toshdir...
Yuragim toshiga she'rim o'yaman.

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 08 Noyabr 2007, 12:15:30
KO'Z YOSH TO'KMA, ONA

Nimadir u, ko'zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig'lab turib hattoki kulding,
Nimadir u, ko'zingga kelgan?

Menga juda o'xshaydi, ona,
Ko'zlaringda yaltiragan yosh.
Menda o'sha ko'zu, o'sha qosh,
Menga juda o'xshaydi, ona.

Ona, uni to'kma, iltimos?
Ko'zlaringdan to'kilay agar.
Sevinchingdan bermasam xabar,
Ona, uni to'kma iltimos.

Rauf Parfi

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 08 Noyabr 2007, 13:39:47
Sizni ko’rdim. Olovni ko’rgan parvonadayman,
Azal devona edim, battar devonadayman,
Jonu ko’nglim bog’liq-ku, nega begonadayman,
O’zim yaratgan ishqning o’zim hatosi bo’ldim.

Guljamol Asqarova.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 10 Noyabr 2007, 09:54:46
Men ishqingda ne bo’lsam bo’ldim
Holim xarob adolar bo’ldim.
Faqat senga bitta ko’zmunchoq,
Bo’lolmadim, meni kechirgil!

Mana bugun keldim, qoshingga,
Sahrolarni kezib sarsari.
Eng so’nggi dam seni bir ko’rmay,
O‘lolmadim... Meni kechirgil!

Guljamol Asqarova.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 11 Noyabr 2007, 21:33:28
Lablaringdan olsam bo'sa
Qizarasan yomon bolasan
Yomon bo'lsam unarmiding
sen qalbimda ungan lolasan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 12 Noyabr 2007, 11:27:58
Ne naf mudom alam chekmoqdin,
Dil sindirib, daraxt ekmoqdin,
Bir zum tinmam seni sevmoqdin,
Ko’ksimda ishq buloqlarim bor.

Tangrim, kechir, gunohlarim bor...

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 12 Noyabr 2007, 12:07:19
Rejami? Oldindan gapirish qiyin,
Hayot ham, ijod ham nozikdir qildek.
Ta’na toshlarini otmay turasiz,
Hakim bilan bir oz hamkorlik qildik.

Abdulla Oripov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 12 Noyabr 2007, 13:40:23
Kechir, ozor berib mehrim-la,
Zeriktirdim, men — soda, men — go’l.
Bu dunyoda seni borsan deb,
Boshqalardan kechibman butkul.

Shunin-chun ham omon bo’l endi,
Men bariga silkib qo’ydim qo’l.
Angladimki, seni yo’qotsam,
Xudoyimni topaman butkul!

Endi hayr, endi alvido!
Bari ro’yo, bari sarob, kul.
Dargohingga sig’maganimday,
Yuragimga sig’massan butkul.

Men mehrmand, telba go’dakdek,
Ko’z yoshimga yomon toyrildim.
Yaxshi edi"¦seni topganim,
Yaxshi bo’ldi"¦ SENDAN AYRILDIM.

Guljamol Asqarova.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 12 Noyabr 2007, 13:54:07
Menday g`aribni ham ko`rolmaslar bor
Nurab borarmanu o`zim  shunday ham
Tugab borarmanu o`zim  shunday ham
Ko`ksimga tosh otmay yurolmaslar bor

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 12 Noyabr 2007, 14:27:48
Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalong‘och turgan holiga
Ko‘taramiz xatto boshimiz arang.

Tuyaning o‘rkachin tasvirlab go‘yo
Jannatning hididan voz kechgan ayol
Nahot umri bo‘yi vaqt topib bir tun
O’ziga bir bora bermagan savol:

"Xoy, men kim o‘zi, jinsim ne erur,
Yarasharmi menga shu yovuz xilqat?
Ayollik libosin bir chetga otib
Asl go‘zallikdan ayrildim faqat,

Bolamning nigohi menga yovqarash,
Erimning ko‘nglida yo‘qolgan xohish.
Men qancha urinmay, aslimdan shuncha
Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush...

Ovozim erkakcha, yurishim g‘alat,
Shimning o‘rtasida yig‘laydi hayo.
Ajabo, shunchalar xorlik bo‘lurmi,
Tubanlik bo‘lurmi, do‘stlar, ajabo???"

Ayolning ko‘nglida insofi bo‘lsa,
Ushbu savollarni berardi bir tun,
Hech qursa o‘zidan qochib boryotgan
O’g‘illari uchun, qizlari uchun...

Afsus, ushbu holga faqat ayolmas,
Balki erlarning ham ayblari mavjud.
Rashk o‘tin o‘chirgach zino-yu faxsh-la,
Dayuslik kasbiga ko‘rar taraddud.

Nardadan boshini ko‘tara olmay,
Ayollarga turmush yuklagan qopin
Odamdan yaxshilik ko‘rmoqchilarga
Ayturmiz olimlar qilgan xitobin:

"Ular o‘zlarini erkak desalar,
Dunyoda eng katta bo‘lurlar kazzob,
Chunki nikoh kuni bergan ahdiga
Qilmishlar hiyonat, berolmay javob.

Ularda mag‘rurlik asli yo‘q xislat,
Ularni iymon ham aylamish xalos.
Ularning egnidan joy olgan ko‘ylak
Faqatgina tashqi ko‘rinish, xolos.

Hayxot, bu dunyoning ishi ters bo‘ldi,
Yaxshilar ko‘ngildan yig‘lab o‘tmishlar
Ayolin ko‘chaga qo‘yganlar bugun
Ertaga bolaga ko‘krak tutmishlar,

Hali bu ketishda vazifalar ham
O’zgararmi ayol, er nasli uchun,
Go‘yoki quyoshning tunda chiqishi,
Oyning otishi-la ochiladi kun...

Yo‘q, do‘stlar, iymon bor, ishonch bor ekan,
Bunga yo‘l qo‘yilmas hech qachon, hech vaqt.
Har kim o‘z fitrati, o‘z tabiati
Amriga binoan yashamoqlik - baxt".

Hadisdan oddiy bir xulosam shulki,
Ko‘r qilar bu ko‘zni qamashtirganlar
Aslida qiyomat kunin tezlatar
Ana o‘shanday jins almashtirganlar.

Hayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 12 Noyabr 2007, 14:42:02
Ro'mol birlan tun sochlarni turmaklab,
Siz guruchdan tergaysiz tosh, kurmaklar.
Bir chiroyli qaynayotir oshingiz,
Muslimahon, g'am ko'rmasin boshingiz.
  (Sirojiddin Sayyid)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 12 Noyabr 2007, 14:54:39
Zanjirlar ovozidan seskanmagan xilqati
Aro yo‘lda yig‘lagay ozgina sof fitrati...
Buxoriy-yu, Termiziy, Zamaxshariy hurmati
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Hayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 12 Noyabr 2007, 15:04:09
Nechuk xirmon bo'ldi uygan bu xirmonim,
Na bug'doyim ayondiru na somonim?

Yulduzlarga boqsam sovuq yel keladi,
Yuzlarimdan shu on qaynoq sel keladi.

Tutgan yanglig' xoru xasning uvollari
Joy so'raydi mendan kuzak shamollari.
Sirojiddin Sayyid.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 12 Noyabr 2007, 15:08:37
Isyonlarim ko’pdi qonimda,
Qiyomatlar bo’ldi jonimda,
Har narsani bilguvchi Sensan,
Aytgil menga ne bo’ldi Tangrim?

Guljamol Asqarova.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 12 Noyabr 2007, 15:13:06
Mujgonlar ham tuzmish maxfiy guruhlar,
Alar ham bir fitnagamu sheriklar?
Sirg'alarning titrog'ida na holat,
Nadin yig'lar zulflardagi girihlar?
S.Sayyid
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 12 Noyabr 2007, 15:17:56
Rabbimo, tilovatni xato qilma
Sado keldi: "œSalovatni xato qilma!"
Ko’nglimga bir nurlar tushdi: manam pokman!
Tangrim, shu bir halovatni xato qilma!

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 12 Noyabr 2007, 15:28:35
Agar izlaganing Yerda bor bo'lsa,
Yerdan topmasang gar, oydan toparsan.

Avval faqirlarga ochgil ko'nglingni,
Faqirda yo'g'ini boydan toparsan.

Insonning avvalu oxiri nadir?
Ma'nisin suv bilan loydan toparsan.

Neki yo'qotmishding, kutmishding uni
Bir kun bir qoshlari yoydan toparsan.

Unda ham topmasang, mard bo'l, kuyinma,
Bir soz va yokim bir naydan toparsan.

Shunda ham topmasang, ayt, men ne qilay?
Bobur topmaganni qaydan toparsan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 12 Noyabr 2007, 15:33:58
Nahot bizni ayrdi yillar,
Ayirmadi o’lim yo qadar.
Onamdayin mung’aydi yo’llar,
Qo’qondan to Samarqand qadar.

O’ynab-o’ynab borardim kecha,
Bugun ruhim, jismim, darbadar.
Qadamlarim yig’lab borarmi,
Qo’qondan to Samarqand qadar.

Suvga oqdi o’n yilim mening,
Na ko’ngilda, na dilda samar.
Yig’lab yotar ko’zlaring sening,
Qo’qondan to Samarqand qadar.

Mayli do’stim, men ham ne qilay,
Peshonamda shu zebu zar,
Xayr degan so’z yozilganmi,
Qo’qondan to Samarqand qadar.

Garchi ketding, hush bor, omon bo’l,
Yillar o’tib sen qaytsang agar.
Men mehrlar ekib qo’yganman,
Samarqanddan Qo’qonga qadar.

Guljamol Asqarova.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 12 Noyabr 2007, 15:56:25
А айхон хидларингни йулларимга сеп
Кут мени хар окшом
Кукка ой чиккач
Факат йигламагин айбиб нима деб
Айибинг онанг сени чиройли туккан.
Мен сса ошигинг
сени сй гариб
Тун суз карз олиб,
Тонга тутувчи,
Сенинг ёнингда хам сени ахтариб
Сенинг ёнингда хам сени кутгувчи
Иста тиз чукаман хозир олдингда
Севдим. Севилмаганимдан
Услмок нечун
Барча фаришталар
сенинг калбингда
Ижарада турган кизлар мен учун
Биз бахтли буламиз
Худа хохласа
Худа хохламаса учрашармидик
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 13 Noyabr 2007, 10:30:23
Kuzataman, dilgir bo’lib kuymoqdasiz,
Siz bilmaysiz, ko’zlarimni suymoqdasiz,
Faqat mendan yashnagaydir ko’zlaringiz,
Men, baribir bahoringiz bo’lsam kerak.

Ishqingizni osmonida o’lsam kerak

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: zuzu 13 Noyabr 2007, 10:53:11
Kecha kelgumdir, debon, ul sarvi gulro' kelmadi,
Ko'zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqtim-u, chektim yo'lida intizor,
Keldi jon og'zimga-vu, ul sho'xi badxo' kelmadi.

Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro'zg'orimdek ham o'lg'anda qarong'u kelmadi.

Ul parivash hajridinkim, yig'ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko'rganda kulgu kelmadi.

Ko'zlaringdin necha su kelgay, deb o'lturmang meni
Kim, bor qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo'qsakim qo'ydi qadam
Yo'lg'akim, avvalqadam ma'shuqu o'tru kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelga uyga qayg'u kelmadi.

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 14 Noyabr 2007, 18:01:41
Ishqim fojiasin unutmoq uchun,
Muhabbat bog’ida yolg’iz kezardim.
Atrofni aylanib, ko’nglim g’ash nechun,
O’zimni eng baxtsiz qiz deb sezardim.

Har tomonda hamma bahtidan sarhush,
Hatto shivirlashar gul bilan bulbul.
Ularga jilmayib boqdim-u, lekin
Mening sevgim esa muzlagan butkul.

Bu bog’da bahorning tashrifin ko’rib,
Yana yolg’iz ko’nglim yig’laydi shu tob.
Men ham istay qalbim kulmog’in, ammo
Hammasi tugadi, hammasi sarob.

Ishq bog’ida ishqim izlab topmadim,
Yuragimni chulg’ab oldi tahlika.
Endi men do’stlarim, umrbod, mangu,
Baxtsizlar yurtida baxtsiz malika.

muallifi kimligini bilmiman.


Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 14 Noyabr 2007, 18:17:31
Axir nega anglamayapsiz,
Dunyolar ketsalar qaytadi bir kun,
Daryolar ketsa ham qaytadi bir kun,
Ammo manim ko’nglim qaytmaydi.

Ko’zlarimni yumsam keta olmaysiz,
Ko’zlarimni ochib demasman: "œQayting".
G’urbatlar bezagan dunyolarinda
Meni ham sog’inish mumkinmi, ayting?!

Ko’zim qaro edi ayriliqdan ham
Manglayday qarodir mening xorligim.
Xudoyimning keng bu olamlarida
Sizga malolmasmi mening borligim,
Va yana hech qachon qaytmasligim ham.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 14 Noyabr 2007, 21:40:02
Mendan nima qolar
Ikki misra she'r
Ikki sandiq kitob
Bir uyum tuproq
Odamlar ortimdan
Nima desa der
Men seni o'ylayman-
o'zimdan ko'proq
Lolajon, lolajonim
Lolaqizg'aldoq
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 15 Noyabr 2007, 11:35:48
Qizil gullar mast qilgan garchi,
Ular sevmas yuragingizni.
Men oq gulman! Eng so’nggi damda,
Bitta oq gul ko’madi sizni.

Guljamol Asqarova.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 15 Noyabr 2007, 15:01:12
Ishqingizda hamon shirin jonim kuygay,
Sizni ko’rsam tomirdagi qonim kuygay,
O‘zga bilan ishq qasrin qurgan saringiz,
Manim uyim, borim, xonumonim kuygay.

Tomirimda gul oqadi, gul oqadi.

Guljamol Asqarova.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fantomas 15 Noyabr 2007, 15:50:50
Inson bo'lib bu dunyoning bozorini ko'rdingmi?
Zarlari ham zorlariyu ozorini ko'rdingmi?
Sahar turib o'z otagning mozoriga bordingmi?
Borganlaring o'zingniki, bormaganing gumondir.

Kelib ketmoq o'yin ermas, sayohat yo ziyorat,
Umr yo'li zahmatlaru mehnatlardan iborat.
Ko'ngillarga qurdingmi bir ko'prikmi yo imorat?
Qurganlaring o'zingniki, qurmaganing gumondir.

Atrofingga qarab borgil, anglab borgil yo'lingni,
Ko'z bo'lsang gar,qarog' deb bil ona yurting,elingni.
Bergil unga e'tiqoting, mehring,jonu dilingni,
Berganlaring o'zingniki, bermaganing gumondir.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 16 Noyabr 2007, 03:22:08
Rixqu rozi sochib aylanar falak
Sen esa dalangdan topolmay xalak
Bolanga bergani bitta xandalak
Nega yiglamaysan axli Andijon

Qiri yil cholra, go'rdan chiqmqydi Bobur
Chiqsa xam bag'ringa sig'maydi Bobur
Xindu quchog'ida uxlaydi Bobur
Ntga yig'lamaysan axli Andijon

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 16 Noyabr 2007, 13:41:41
Nuh to‘foni, demak, qismat shamoli,
Kimningdir kamoli, kimning zavoli.
Sargashta kun ko‘rding ohu misoli,
Shundan hamon mungli kuylaring, o‘zbek.

Dili qonga to‘lib, ko‘zlari — yoshga,
Alp Tegin bir hikmat chegirdi toshga:
«Bizning qayg‘umiz yo‘q boladan boshqa"¦»
Bolangga bog‘lidir o‘ylaring, o‘zbek

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 16 Noyabr 2007, 14:02:27
HAR SO‘ZIM MONAND TUZAY

Ko‘ngil uzgandan manam ko‘ngil uzay,
Mehr ko‘rgazganga chandon ko‘rguzay.

O‘tdi yolg‘on ichra umrim qanchasi,
Har qadamni Haq yo‘lida yurguzay.

She’ru borim egniga zarbof chopon,
Ham yalang boshiga qalpoq kiyguzay.

Yurt sobit. Do‘st beqaror. Yor ming navo,
Fikratim har qaysiga monand tuzay.

Patqalam — oftob nuri, Chorvoq —  davot,
Hur Vatan vasfini gul birla yozay.

Bosh qo‘yib tuprog‘ini aylay tavof
Besh mahal, ruhimga quvvat kirguzay.

Joiz o‘lsa, nomusim aylab kamon,
Har so‘zim paykon kabi shay turguzay!

Sa`dulla Hakim

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 16 Noyabr 2007, 14:16:45
Yo’lga boqib toldi ko’z qirim,
Suyagimni ezdi izg’irin,
Xush gap bilan dilni yoz qiling
Samarqandga qachon boramiz?

Unda ungan har bir giyohi,
Handalakbo’y qizlar nigohi
Tushlarimga kiradi gohi —
Samarqandga qachon boramiz?

Gulxan bo’ldi lablarimda so’z,
Dardlarimga yig’lar bunda kuz,
O’z ko’ksiga xanjar urgan do’st
Samarqandga qachon boramiz?

Nurullo Oston
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 16 Noyabr 2007, 14:22:39
AYOL BOR BO’LSIN

Zamin tinchi barqaror bo’lsin,
Chechaklari beg’ubor bo’lsin,
O’n sakkiz ming olam aylansa
Mehvarida ayol bor bo’lsin.

Jildirasa jilg’alar shoshib,
Vijirlasa qaldirg’och toshib,
Toqqa chiqsa bir ohu qochib
Ko’zlarida ayol bor bo’lsin.

Ishi olchi bo’lar erkakning,
Beshiklari to’lsa ertakning,
Bir Alpomish kelbat go’dakning
So’zlarida ayol bor bo’lsin.

Ishq nasimi tug’yona solsa,
Oshiq G’arib uyg’ona qolsa,
Bir qamishni nay qilib cholsa,
Bo’zlarida ayol bor bo’lsin"¦

Lolalar rang olsa ro’yidan.
Yor libosi bo’lsa shoyidan,
Sarxush bo’lsa yalpiz bo’yidan
Rozlarida ayol bor bo’lsin.

Dehqon chiqsa ketmonni qayrab,
Yuragida chirildoq sayrab,
Bolasini beshikka boylab
Ro’zlarida ayol bor bo’lsin.

Nurullo Oston
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 17 Noyabr 2007, 03:28:36
Nokas o'zi toysa xam
Ko'zi to'mas diydilar.
Ta'magirni tortqilab
Nafsi qo'ymas diydilar.

Yolg'on dunyo -bu dunyo
Arzon dunyo -bu dunyo
Ne-ne xokim beklardan
Qolgan dunyo-bu dunyo

Kiprikdan xam qisqadir
Molu dunyo yo'llari
Ibrat bo'lsin iskandar
ochiq ketgan yo'llari
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Amina 17 Noyabr 2007, 13:53:36
Iltimosim ortingizga boqmay keting,
Baxtli kunda men telbani bir yod eting.
So`ngi so`zim baxtingizni mahkam tuting,
Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 17 Noyabr 2007, 17:49:24
Sensiz ma’nosizman, sensiz kimman, kim?
Yarim oy bulutga berkinadi jim.
Yuragim nimtadir, ey go‘zal yarmim,
Ikki vujuddagi bitta odammiz.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: topsync 17 Noyabr 2007, 18:20:44
Zerikib, ozmonga uflagan shamol,
O'ynab, qoqigulni puflagan shamol,
Tolning kovagida uhlagan shamol,
Meni unutmagin, qaytar kunim bor.

Mening ota yurtim, ey ona qishloq,
Toshloq ko'chalaring ko'rpaday yumshoq!
Mendan ayamagin bir chimdim tuproq,
Meni unutmagin, qaytar kunim bor.
Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 18 Noyabr 2007, 19:46:15
Rasul javob qildi: - Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.

Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq,
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tug‘ilgan payg‘ambarlar ham.

Abdulla Oripov.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahbubaxon 19 Noyabr 2007, 05:48:52
Magar ketar bo‘lsa vijdon bosh olib,
Iymon ham u bilan birga ko‘chgaydir.
Butkul mardu nomard tayanchsiz qolib,
Choh uzra chirpirak bo‘lib uchgaydir.

Devlar qutulgandek Sulaymon o‘lib,
Betizgin tuyg‘ular har yon yugurgay.
Qalb degan istehkom posbonsiz bo‘lib,
Eng avval nafs unga o‘zini urgay.

Haqiqat atalmish ravshan quyoshni,
Ochiq diydalarki, ilg‘amas ko‘rib.
Avliyo degaylar so‘qir avboshni,
Adolat o‘rnini egallar firib.

Ilojin topsalar har qanday onda
El-yurtni chalg‘itib qo‘yarlar oson.
Gar hakam bo‘lsalar biror maydonda,
Mag‘lubni g‘olib deb etarlar e’lon.

Kuppa-kunduz kuni kiprik qoqmasdan
Yolg‘on so‘zlay boshlar daholar hatto.
Kimlardir umrida bir sham yoqmasdan,
Mash’al bo‘lmoqlikni qilgaylar da’vo.

Abdulla Oripov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muslimа 19 Noyabr 2007, 10:53:51
Ozodmiz garchi kishanlar bilan birgamiz,
Ruhimiz biz ko’r-eykir tanlar bila
                                            ham birgamiz.
Ozorimiz ko’rib ranjib ketmang bizdin,
                                                     ey do’st,
Gulmizki, demak tikanlar bila ham birgamiz.

Guljamol Asqarova.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 20 Noyabr 2007, 08:38:49
Zebi zebi zebona
ishqingda men begona
Bolalikdagi qizlar
Bo'yi yetgach begona
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 20 Noyabr 2007, 16:33:23
Azizim, payt keldi, ko‘nglim yoraman,
Insonman, sen horsang, men ham horaman.
Oting qamchilama o‘zg‘irman deya,
Sen borgan u joyga men ham boraman.

Abdulla Oripov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 21 Noyabr 2007, 08:19:22
Nimadan ranjidingiz jon singillarim
Qaboqlar uyuldi, chimirilda qoshlar
Turkman tushunmay tosh otsa chidadim,
Ammo yomon botdi siz otgan toshlar

Muxammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 22 Noyabr 2007, 03:38:13
Rayxon aylanay rayxonlaringdan
Oyqaboq go'zalim, joningdan sening
Kulib ko'klaringdan tushmaysan, qara
Oy o'tsa uyalar yoningdan sening.

Muxammad Yusuf                                                   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: JaviK 22 Noyabr 2007, 05:16:01
Gohida ko'ksin tog' qilib,
Goh mavhum bo'shliqqa uranda o'zin.
Cheksiz xayolingning chuqur izlari,
Mendan ayrilolmay aytsin bu so'zni.

Ikkimizga bitta raqib-ul hijron,
Horib-horib uzun yo'ldan qaytsin.
Garchand bag'ri yara, garchand egni qon
Bo'lsa-da, umidning tillari aytsin.

Sen aytma, yiqilay degan chog'imda,
Seni unutolmay unusam o'zni.
Meni yashamoqqa chorlab va suyab,
Ishonchning qo'llari aytsin bu so'zni.


Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: JaviK 22 Noyabr 2007, 05:26:02
Ishqingda bo’ldim ado,
Qaysarlikdan qayta qolmading.
Hech bo’lmasa bir marta,
Sevaman deb ayta qolmading.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 23 Noyabr 2007, 17:27:28
Guldan bino bo’lgandim,
Gildan bino bo’lgandim,
Dildan bino bo’lgandim,
Nega sevmaysan meni?

Qoshim qaro emasmi?
Bag’rim yaro emasmi?
Dil ishq aro emasmi?
Nega sevmaysan meni?

G’amdan uy qilib oldim,
Darddan kuy qilib oldim,
Guldan bo’y qilib oldim,
Nega sevmaysan meni?

Gulzorlarning naqshiman,
Bo’g’zi kuygan baxshiman,
Hurlardanam yaxshiman,
Nega sevmaysan meni?

Oydek poyloqchiman-ku,
Joningga soqchiman-ku,
Sen deb o’lmoqchiman-ku,
Nega sevmaysan meni?

Gullar uxlar qo’yningda,
Tushingda ham o’ngingda,
Gunoh qolar bo’yningda,
Nega sevmaysan meni?

Boshimda ridosan-ku,
Ko’ksimda nidosan-ku,
Sen axir...Xudosan-mi,
Nega sevmaysan meni?

Guljamol Aqarova.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 24 Noyabr 2007, 11:48:09
Ishqdan aylansa bu boshim
Tinmasa ko'zda yoshim
O'tsa xam yuzdan yoshim
Sevaman baribir sevaman
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 24 Noyabr 2007, 17:39:46
- Nega qadding egik, nega boshing xam
Nega nigohingni tortadi tuproq?
- Mening yer ustida tanishlarim kam
Mening yer ostida do‘stlarim ko‘proq.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 25 Noyabr 2007, 08:23:43
Qalbga zardob bo'lib to'lganing alam
Goxi ochilmasdan so'lganing alam
Muxabbat muxabbat xammasidan xam
Sochga oq tushganda kelganing alam
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 25 Noyabr 2007, 13:36:22
Menga afsonalar so‘ylama, uka,
Rosa charchaganman yolg‘onni yozib.
Qirq yil ko‘taribman Insonni ko‘kka
Ishonib, hazrat deb, yo‘limdan ozib.

O’zingiz kim deya so‘rarsan axir,
O’sha nokomilning men ham biriman.
Tangrining yaratgan bandasi - faqir
Boshqalar osmonu, men-chi, yeriman.

Balki koinotning biror burjida,
Bizdek nochorlarga bordir mos makon
Lekin unga yetish qiyindir juda,
Buni tark etmoq ham emasdir oson.

Nachora, Insonni ko‘tarib ko‘kka,
U kabi yashashni bila bilmadim.
Yovuzlik qo‘limdan kelmadi, uka,
Birovga yomonlik qila bilmadim.

Abdulla Oripov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 27 Noyabr 2007, 09:07:06
Mayli osmond uchsin qushlar
Mayli daryoda oqsin suvlar
Mayli odamlar unitsin bizni
Lek unutmaylik bir-birimzni.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 27 Noyabr 2007, 16:38:35
Исмимни хам унутгин снди
Хотирангдан чикариб ташла
Бевафолик килишингни хам
Майли снди бошкатдан бошла

Унутаман умр буйи мен
Азоблардан ёниб утасан
Менинг кадр кимматимни хам
Жудасм кеч англаб етасанг......
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Irodaxon 28 Noyabr 2007, 12:45:13
Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo'shiq.
Bu qo'shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to'liq.

Bahorgi burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo'shqin zabardast.
O'lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas

Zulfiya
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Irodaxon 28 Noyabr 2007, 12:51:18
Suv oqadi allalab tunni,
Hamma uxlar, uyda men uyg’oq,
Parcha qog’oz, kichik bir qalam
Boshim uzra porlaydi chiroq.

Tunda qancha xayol, qancha kuy,
Men berilib quloq solaman.
So’z topolmay ifodasiga,
Rang axtarib shoshib qolaman.

Sof yel esar... Parvona uchar,
Chiroq atrofida o’rgilib,
O’zin urib part bo’ladi-yu,
Stolimga tushadi kelib.

Men yozaman, yulduzlar o’tar,
Har birisi so’ylar bir ertak.
Mana, Hulkar qarshimda chaqnar,
Yorqin tongdan keltirib darak.

Tun o’tadi, yana chorbog’dan
Ko’tarilar sahargi tuman.
Men-chi, asta chiroq so’ndirib,
Otayotgan tongni kutaman.

Zulfiya
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Irodaxon 28 Noyabr 2007, 12:55:14
Nahot shuncha mas’um, shuncha pok
Sevishmoqda alam bor shuncha?
Bardosh bermas iroda, idrok,
Tamoman lol aql, tushuncha.

Tog’day bor deb bilgan yuragim
Qush boshicha qolmadi chog’i?
G’amni yengarman deganim sarim
Yana ortar alami, dog’i.

Erib ketmagandim sevgingdan,
Bo’lmaslik-chun baxtingdan judo,
Birga qolish uchun sen bilan
Kuyaman-u, bo’lmayman ado.

zULFIYA
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Irodaxon 28 Noyabr 2007, 12:59:39
YO‘L

Ostonamdan taralgan yo‘llar
Eslatadi quyosh nurini.
Uzoq-uzoqlarga ketib, uzayib,
Uzaytadi mening umrimni.

Yurganlarni daryo deydilar,
Daryo — cheksiz umr ertagi.
Bir kun uyda o‘ltirib qolsam,
Hayot go‘yo chetlab o‘tadi.

Ko‘rganing — seniki, der edi bobom,
Ellarni, dillarni kerak ko‘rishim.
Ochilmagan qo‘riq, noma’lum yulduz
Bari-bari — mening ulushim.

Ijod dardi — yo‘l azobidir,
Mayli, bo‘lsin tumanlar quyuq.
Ruhim bilan yo‘lda ekanman,
Umrimning ham nihoyasi yo‘q.

Asqad Muxtor
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 28 Noyabr 2007, 13:13:36
Qiyin, senga, qiyin,
Juda ham qiyin,
Salomingga birov alik olmasa.
Vaqt-soating yetib, o‘lganingdan keyin.
Boshingda bir kimsa faryod solmasa.
Chindan ham sevmasang yorug‘ olamni,
Dildagi arzingni kimga ochursan.
Balki shu sababdan, jami odamni,
Ozurda qilishga shoshursan...

Abdulla Oripov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 30 Noyabr 2007, 01:47:55
Nigoxida oftoblari bor
Nolishlarin javoblari bor
So'ngan sevgi azoblari bir
Bevafo ko'p ekan dunyoda.

Ermak ekan endi Laylolar
Majnun g'arib kezgan saxrolar
Ertak ekan Toxit Zuxrolar
Bevafo ko'p ekan dunyoda
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 30 Noyabr 2007, 01:59:00
Azoblaring dilm tilar sen bilmading
Kulay desam ko'zim yiglar sen bilmading
Eslamadi dema go'zalginam
Eslaganim xudo bilar sen bilmading
EX! nima qilay bir dalli-yu devonaman
Oyog'ingda xor etganing ostonaman
Dilimda sen lekin senga begonaman
Yuragimda armon yig'lar sen bilmading!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: ZAFAR_UZ 01 Dekabr 2007, 10:32:16
Guvala o‘choqda habashday qumg‘on
Tomog‘ini yirib qilar g‘arg‘ara.
Hijolat aralash kamsuqum mezbon
Belbog‘in to‘shaydi: noni qop-qora.

Adabiy gaplarni tushunmaydi u,
Faqatgina, rahmat, ota, deyoldim.
Dilimda uyg‘ondi tug‘ishgan tuyg‘u:
Olifta she’rlarim uchun uyaldim.

Qishloqda qo‘shqo‘llab ko‘rishar bari,
Begona hurmat bor nigohlarida.
Toraygan bo‘tanasuv ariqlari,
Ajriqlar hurpaygan qirg‘oqlarida.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: JaviK 02 Dekabr 2007, 07:57:19
Agar bog'ingda gul bo'lmoq mening-chun noravo bo'lsa -
Ki, ming bor roziman qasringga hattokim duvol bo'lsam.
Boshim hech chiqmasa mayli malomat birla bo'htondin,
Raqiblar rashkiga ko'krak keray,mayli,qamol bo'lsam.

Kezib sahroyu vodiylar yetishsam bir visolingga,
Fido jonimni qildim yo'lingga,mayli,uvol bo'lsam

Hamid Olimjon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: JaviK 02 Dekabr 2007, 08:01:11
Mayli deyman va qilmayman g'ash,
Xayolimni gulga o'rayman;
Har bahorga chiqqanda yakkash
Baxtim bormi,deya so'rayman.

Yuzlarimni silab, siypalab,
Baxting bor deb esadi yellar,
Etgan kabi go'yo bir talab,
Baxting bor,deb qushlar chiyillar...

Hamma narsa meni qarshilar,
Har bir kurtak menga so'ylar roz,
Men yurganda bog'larga to'lar
Faqat baxtni kuylagan ovoz.

'Mana senga olam-olam gul,
Etagingga siqqanich ol,
Bunda tole' har narsadan mo'l,
To o'lguncha shu o'lkada qol.

Umrida hech gul ko'rmay, yig'lab
O'tganlarning haqqi ham senda,
Har bahorni yig'lab qarshilab
Ketganlarning haqqi ham senda...'

Terazamning oldida bir tup
O'rik oppoq bo'lib gulladi...

Hamid Olimjon.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: JaviK 02 Dekabr 2007, 08:10:06
Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..

Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!

Muhammad Yusuf.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 02 Dekabr 2007, 18:25:43
Kaftlaringga bir qara
Kular shayton suvoriy,
Shayton aroba chopar.
Yormozorga borganda

Tillo tangalar topar.
Tillo tanga sirtida
Yuragimning zarbi bor.
Jarohat chandig'idek
Ismimiz bosh harfi bor.

Bu imloni mullo ham,
Tulki ham o'qiy olmas.
Tavorihu hiylodan
Hikmatlar to'qiy olmas.

Tillo tanga qalbaki,
Chunki asl qalbniki.
Hamma undan qo'rqadi,
Qamab qo'yishar balki.

Seni qalbga qamasam,
Qushdek qochib ketibsan.
Yayov shoirni tashlab,
Suvoriyga tegibsan.

Kaftlaringni ko'rsatgil,
Kipriklarim zarbi bor.
Xanjar izidek chuqur
Ismimiz bosh harfi bor.

Ammo ko'zing o'tmaydi,
Oqlar tushgan ko'zingga,
Ko'tarilib dilingdan
Dog'lar ko'chgan yuzingga.

Farzand ko'rsang, husniga
Hech taraf bo'lmasin, yor.
Ism qo'ysang ismida
Bosh harf bo'lmasin, yor.

Tillo tanga yaltu yult,
Kaftlarimda siqarman.
Yuzing dog'li bo'lsa ham
Oy, sochingga taqarman.

Kular shayton suvoriy,
Shayton aroba chopar.
Yormozorga borganda
Mening ko'nglimni topar.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 04 Dekabr 2007, 05:29:20
Rizqu ro'zing sochib aylanar falak
Sen esa dalangdan topolmay xalak
Bolanga bergani bitta xandalak
Nega yig'lamasan axli Andijon

Qayinzor qari'dan uzuldi bir o'q
Yurakda dog' qoldi yurakda bir cho'g'
CHo'lponing bor edi CHo'lpon endi yo'q
Nega yig'lamaysan axli Andijon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 05 Dekabr 2007, 01:49:42
Nima diysan ey ga'rir inson
Giybatlaring qildi meni qon
Sen xam bir kun o'tarsan, inon,
Mexr qolur muxabbat qolur

Oqib ketdi suvlarda Toxir
Zuxro yig'lab qoldi qon bag'ir
Kelganda xam qiyomat oxir
Mexr qolur muxabbat qolur
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: JaviK 06 Dekabr 2007, 03:00:58
Rohatdamiz goho Urganchning,
Goh Toshkеntning Do'rmonlarida.

...Bir-bir uziladi yaproqlar
Sharq va g'arbning o'rmonlarida.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: JaviK 06 Dekabr 2007, 03:10:39
Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Farob avlodidan,
Asli nasli balki O`zluq,
Balki Tarxon, o`zbegim.

O`tdilar sho`rlik boshingdan
O`ynatib shamshirlarin
Necha qon, necha sulton,
Necha ming xon, o`zbegim.

Tog`laring tegrangda go`yo
Bo`g`ma ajdar bo`ldi-yu,
Ikki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon, o`zbegim.

Qaysari Rum nayzasidan
Bag`rida dog` uzra dog`,
Chingizu Botu tig`iga
Ko`ksi qalqon, o`zbegim.

Yog`di to`rt yondin asrlar
Boshingga tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki toroj,
Yurti vayron, o`zbegim.

Erkin Vohidov "O`zbegim"
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: JaviK 06 Dekabr 2007, 03:14:17
Mehribon qo`llari
Otash boshimda:
— Nega yig`layapsan,
Yolg`izim, qo`zim?
Tun uzoq, uxlay qol,
Ko`zlaringni yum.
Orom ol, men senga
Allalar aytay.
Tongda peshonangdan
O`pib uyg`otay.
Ana, derazangga
Qo`nibdi hilol.
Boshingga egilib
So`rmoqchi savol.
Sening kiprigingga
Sochmoq bo`lib zar,
Hilol tegrasida
O`ynar yulduzlar.
Men sening baxtingman
Deganday go`yo
Imlab chorlamoqda
Yoqut surayyo.
Senikidir bular,
Seniki bari.
Seniki osmonning
Zar qandillari.
Somonchining yo`li —
Sening yo`llaring,
Uzatsang Zuhroga,
Yetar qo`llaring
Ulg`ay bolajonim,
Ulg`aygin tezroq.
Sening yo`llaringga
Yulduzlar mushtoq.
Hozircha orom ol,
Yolg`izim, qo`zim.
Tun uzoq, uxlayqol,
Ko`zlaringni yum.

Erkin Vohidov "Nido''
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 06 Dekabr 2007, 03:58:25
Muhabbat chiroyli kapalak
Qo'rqaman sho'rlikni tutgani.
Kapalak quvganim yodimda,
Yodimda yo'q ammo yetganim.

Yuragim ranjigan boladay
Na ermak, taskinga ko'nadi.
Muhabbat chiroyli kapalak
Hali ham gullarga qo'nadi.

Ortidan halloslab chopaman,
Xijolat bo'laman g'o'rlikdan
Qanchalik urinmay baribir
Orqada qolardim sho'rlikdan.

Avtori kimligini bilmiman
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: JaviK 06 Dekabr 2007, 04:22:23
Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman.

Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.

Necha kunlar o'tdi, lekin so'rmading holimni bir,
Oxirida hol so'rab kelsang magar, ketmoqdaman.

Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar,
Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.

Bilmadim, hech bormikin asli dardimga shifo,
Xasta bu Abdulladan olgin xabar, ketmoqdaman.



Abdulla oripov Ketmoqdaman
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Dekabr 2007, 17:52:39
Ninachi qanotin urgan anhorim,
Sog‘inchingdan so‘zlab ber!
Ayt, seniyam bir sog‘inganing bormi,
Sopoldek darz ketgan yer?

Dadam ekkan terak, qishning chillasida
Bag‘ring tilinmadimi?
Qishlog‘im, ko‘klamning ilk pallasida
O‘rnim bilinmadimi?

Sevgilim, hammasi tamom bo‘lgan. Goho —
Meni qiynaydi bir so‘z.
Sendan bir narsa bilmoqchiydim, ammo
Yodimdan chiqdi, afsus...

Iqbol Mirzo.

Ali Rizo Bek:Akbar iltimos Bahri bayt qoidalarini buzmang. sizdan oldingi qoida buzganlani ogohlantirganimni o'qimadizmi?!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 07 Dekabr 2007, 13:00:25
Sodiq ul-va'd atanibon va'dasin qildi vafo,
Tepti yerga ikki azoqin, topti yerda bir quzug',
Buldi zamzamning suvini, bo'ldi illatg'a shifo.
Ka'baning toshin tashib qurbon qilg'an ul Zabih,
Tegrasinda tog' tanuqlar Marva erdi ham Safo.
Xalq aro ortuq bag'irsoq erdi mavlog'a muti'
O'zgalarga vofiy erkan, o'ziga tegdi jafo.
Tug'maduq erdi onadin tug'di yolg'iz bir o'g'ul
Tug'madi andin yalavoch yolg'iz erdi Mustafo.

Burhoniddin Rabg'uziy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 07 Dekabr 2007, 14:11:38
Orzularim bo'ldi armon
Muxabbatim bo'ldi xazon
Xayot yo'li davom-davom
Sen ul tamon men bu tamon

Senda xam yor menda xam yor
Sevgimiz sarson-u zor
Sen yoringa bo'l vafodor
Va bo'l gulim sevikli yor
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 07 Dekabr 2007, 14:55:04
Rostin ayt, men ozlik qildimmi senga?!
Ayt, bir yurak ozmi? Mana! To'ydim-ku!
O'jar sevgim bilan tegdim joningga,
Kechir, rashkim bilan qiynab qo'ydim-ku.

Kechir, endi mening quyoshim botdi.
Senga ishonmadim. Sen mendan tonding.
Bir tuban nomingni loylarga otdi,
Razil kimsalarga nechun inonding?!

Imon bormi, derdim yonib, sig'inib,
Porloq timsolingga, sevgilim, biroq,
Tashlab ketmoqlikni o'rgandik ko'proq,
Kel, vidolashaylik endi, soginib.

Rauf Parfi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 07 Dekabr 2007, 23:50:02
Bugun xavo naqadar sokin
Yomg'ir yog'ar maydalab sekin
Xursandmanu nechogli lekin
Sizni juda ko'rgim keladi
Ko'rganimda aytaman diyman
Siz siz yashay olmasligimni
Siz xam meni sog'inganmisiz
Sizni juda ko'rgim keladi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: JaviK 08 Dekabr 2007, 07:05:57
Inson yuz bor tugulsa agar
Men dunyoga kelsam har safar
Yana qaytib sizni "SEVARDIM"
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: JaviK 08 Dekabr 2007, 07:08:11
M inut sayin soatga qarab
U chrashuvni kutaman faqat
X amon seni ko'rganda jonim
A ytolmayman yurak so'zimni
B orib aytay deymanu faqat
B orolmayman sening yoningga
A ytay endi yurak so'zimni
T o o'lguncha sevaman seni.
M ening sevgilim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 08 Dekabr 2007, 20:12:16
Mayli, yurtim, kezsang ham dunyo,
Fazolarga qo'ysang ham qadam,
O'zligingni unutma aslo,
Unutma hech, onajon o'lkam.
Bir o'g'lingdek men ham bu zamon
Kechmishingni qildim tomosha.
Iqbolingni ko'roldim ayon
Istiqlolning ufqlari osha.
Iqboli hur, sho'x-shanim manim.
O'zbekiston, Vatanim manim.

Abdulla Oripov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 11 Dekabr 2007, 17:07:58
Men yo'qsil na bo'lub uni suyibmen?!
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
Boshimni zo'r ishga berib qo'yubmen,
Men suyub"¦men suyub"¦kimni suyubmen?
Men suygan "suyukli" shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!!!"

Cho`lpon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 14 Dekabr 2007, 21:45:58
Lekin men sevimli... Men-la qolganda
Shu qadar munissan, shu qadar dildor1!
Bo'sang o't! sen ishqdan suhbat ochganda
Samimiy yuraging etilar izhor1!

Senga kulgilidir mendagi azob
Va lekin sevasan yetadi aqlim.
Azizim, qiynama, hech qolmadi tob.
Bilmaysan, naqadar kuchlidir ishqim,
Bilmaysan, qanday zo'r menda iztirob.

muallifini bilmiman

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Amina 15 Dekabr 2007, 09:48:21
Biz baxtag intilib, armonga yetdik,
Yillarda xazondek uchdi orzular.
Qullarda gul tutib armonga yetdik,
Baxtli kunlarimiz kopmas, oz ular...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 18 Dekabr 2007, 17:09:45
Rangim sariq, ko`zlarim yosh,
Bag`rim pora, jigarim tosh.
Holim bilgan dardli qardosh,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Ishqing mani mast ayladi,
Oldi ko`nglum, xast ayladi.
O`ldirmakka qasd ayladi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Miskin Yunus bechoraman,
Boshdin oyog`i yoraman,
Do`st ko`yida ovoraman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Yunus Emro.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Irodaxon 24 Dekabr 2007, 16:16:11
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo'lsa,
Yoril,chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o'lsam!

Usmon Nosir
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Irodaxon 24 Dekabr 2007, 16:21:01
Mеni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib oy ham to'ladi.

Kеcha jimjit, yolg'iz to'lqinlar
Pishqiradi bilmay tinimni.
Hiylagar oy, sеhrgar dilbar,
Solib qo'yding yodimga kimni?..

Hamid Olimjon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Irodaxon 24 Dekabr 2007, 16:29:50
Ishon bunda, sеni doimo
Esga solar chiroyli tunlar,
Sho'x yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solur baxtiyor kunlar.

Tolеimning oshinosi sеn,
Sеn sеvgimning ko'kargan bog'i.
Sеning bilan birga iqbolim,
Ishonchimning sеn vafo tog'i.

Hamid Olimjon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Irodaxon 24 Dekabr 2007, 17:05:47
Iymon ber ruhimga, jismimga jon ber,
Loyimni qorishtir, poklab ber menga.
Ojiz tomirimga pokiza qon ber,
Ravshan qil, qoramni oqlab ber menga.

Oxirat ilmidan qil meni ogoh,
Murodim shamini so'ndirma, Alloh.

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Irodaxon 24 Dekabr 2007, 17:09:03
Huvillagan qishloq uzra quyuq tuman cho'kmoqda,
Yiroqlarda nay ko'nglini so'nggi bora to'kmoqda.

Dala bo'm-bo'sh, ko'milgandek unga ko'hna savollar,
Faqatgina kezib yurar, izg'zib yurar shamollar.

Faqatgina ko'rinadir kuygan daraxt mung'ayib,
Qayda qoldi mangu bahor, qayga bo'lding sen g'oyib?

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 25 Dekabr 2007, 17:38:23
Ba'zi;ar do'st bo'lar shirin so'z uchun
Ba'zilar do'st bo'lar go'zallik uchun
Ba'zilar do'st bo'lar boylik pul uchun
Lekin men do'st bo'laman toza qalb uchun
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 26 Dekabr 2007, 02:10:39
Hигохларим калбимдек махзун
Туб-тубига мунг котган кунглим
Айтолмайман кийнама мени
Аега хадеб сурайсан синглим?
Калбим чекди канча озорлар
Чил-чил синган бу менинг кунглим
Унутмокчи булспман лекин
Сенчи хадеб кийнайсан синглим

Юрагимда канча сралар
Унутмай туриб сна тирналар
Гулдай нозик ох нозик кунглим
Кунглим сураб кийнама синглим

muallifni bilmiman
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 27 Dekabr 2007, 15:00:01
Mangu tunmas. Oftob. Bir onlig‘ bo‘lsam
Armonim yo‘q xarob, yo shonlig‘ bo‘lsam.
Hazrat Rumiyday bir jon do‘st topsaydim
Mayli unga Shamsday qurbonlig‘ bo‘lsam.

Halima Xudoyberdiyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 27 Dekabr 2007, 15:15:34
AVJ

Men, shubhasiz, parchalanaman, —
shunday tugar buyuk xizmatim.
Kimga, ko`zim, kimga peshonam,
kimga tegar qiziq qismatim.

G`alayonga to`la vujuddan
oxir dunyo bo`ladir xalos.
Yer ostiga kirib ketarman
barcha mo`min bandalarga xos...

Biroq yerda mangu yashaydir
ko`hna yuzim, o`ychan ko`zlarim, —
demak, o`lmas bu dunyoda hech
xudo bergan ezgu so`zlarim.

Ular yangrab tinmay aylanar
razolatning tevaragida.
Men-chi, mangu kulib yotarman
quloq solib yerning tagida.

Shavkat Rahmon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 28 Dekabr 2007, 07:44:14
Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar,
Bu ishq sirrin bayot etsam, taqi ul xonumon o’rtar.

Kishiga ishq o’tidin zarraye yetsa, bo’lur giryon,
Bo’lub besabru betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar.

Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.

Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
"œNigoro!" deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar.

Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar.

Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’lmoq,
Mening ohim o’tig’a bul zaminu osmon o’rtar.

Yurakda dardu g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar.

Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan,
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o’rtar.

Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig’a solma,
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: JaviK 02 Yanvar 2008, 07:20:54
Rashq qilmang meni har kimga,
Goho sizni kutirip qo`ysam.
Sizni tashlap ketishim mumkin,
Qachon sizdan oldin o`lsam.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 05 Yanvar 2008, 11:01:48
MUHABBAT

Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u.
Ko`kragimga qo`lingni tirab,
Yuragimni to`kib qo`yding-ku.

Qancha ko`zlar menga zor edi,
Na g`am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so`kib qo`yding-ku.

Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo`yding-ku.

Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding,
Jon kerakmi — mana ol endi,
Qiynar bo`lsang qiynab to`yding-ku.

Bilmam, nima edi maqsading:
Menga bir juft guling asrading,
Birin otin Kumush atading,
Birin ismin Zaynab qo`yding-ku!

Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ko`chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab,
Ko`zlarimni boylab qo`yding-ku!..

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 05 Yanvar 2008, 11:15:26
Ungan joyimga-ku, qullug`im bisyor,
Sog`inch to`la dilim aylar ming faxr.
Ammo boshim silar bitta Vatan bor,
Men ham uning bitta o`g`liman, axir.

O`yim uzaymoqda ulg`aygan sarim,
Kengroq bo`lsak, deyman bu keng dunyoda.
Farg`onada bo`lsa yarim jigarim,
Jigarimning yarmi Surxondaryoda.

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 05 Yanvar 2008, 11:44:22
Archaning qorlarga qarshi isyoni,
Yashil bahor bo’lib kuldi oqibat.
Ajoyib ranglarga intiq vijdoning,
Yam-yashil hislarga to’ldi oqibat...
Gul, bulbul, gulzorlar tilayman senga,
Hech so’lmas bahorlar tilayman senga!

Mirzo Kenjabek
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 05 Yanvar 2008, 12:07:44
Armonday ich-ichdan kеlar xo'rsiniq:
Bunchalar yuksaksiz, buncha munavvar.
Yulduzlar, mеn sizga bir so'z aytardim
Hayratimnnng tili bo'lsaydi agar.

To'lg'anar o'zanda jodu bir ohang,
Oqar mangulikday, bo'lmas hеch tamom.
Hofiz daryolarim, mеni qiynamang,
Kеzmay sohillarda bеso'z, bеkalom,

Oymisan, tun aro bokira, latif,
Kunmisan, qarolmay qamashar ko'zim.
Gulim, na taraf bor sеnga, na ta'rif,
Topib aytar edim unch mеn o'zim
Hayratimning tili bo'lsaydi agar.

Malulman, borurman sig'inib takror,
Bilmas bu go'zallik hеch intihoni
Va mеn baxtiyorman: har kunimda bor
O'rtanish, zavqlanish, sеvish imkoni!

Muhammad Rahmon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 05 Yanvar 2008, 12:24:36
Istiqlol bongidan uyg‘ondi,
Zamon shiddatida asrlar shashti.
So‘z aytsang, so‘zingni tinglasa jahon
Naqadar ulug‘dir ro‘shnolik gashti.
Tirikligim, tayanchim Vatan,
Suyukligim, suyanchim Vatan.

Sa'dulla Hakim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 05 Yanvar 2008, 23:58:08
Nuqta ayla dilga aqiq tugmadin,
So'yla menga, ko'zlardagi mung nadin?
Qosh-qaboqlar arosida ne sir bor?
Andin menga na osmon bor, na yer bor.

Mujgonlar ham tuzmish maxfiy guruhlar,
Alar ham bir fitnagamu sheriklar?
Sirg'alarning titrog'ida na holat,
Nadin yig'lar zulflardagi girihlar?

Sirojiddin Sayid.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mas'ud 15 Yanvar 2008, 10:40:14
Ro‘molni bozorda sotmay qo‘yishdi,
Izlayman sovg‘aga zarur kezlari.
Yo balki narximi shunchalik oshdi?
Nega taqmay qo‘ydi o‘zbek qizlari?

Kattalar hurmatin aytmayin mayli,
Yerga qarashni ham bilmas ko‘zlari
Saqichin erinmay chaynaydi kulib,
Qayoqqa ketyapti o‘zbek qizlari?

Qaerda yurmasin xayolda serial,
"œUpa-elik, kiyim...."- shuldir so‘zlari.
Bilimga, ziyoga xattogina sal,
Qiziqmay qo‘yishdi o‘zbek qizlari.

Ters javob qaytarar, neni so‘rsangiz,
Uyatdan qizarmas gulgun yuzlari.
Tarbiya so‘zidan yo‘q biron bir iz
Shaddodroq chiqdimi o‘zbek qizlari?

Saharlar qo‘ymaydi o‘sma qoshiga,
Hovlidan kelmaydi rayhon islari.
Kalomi mos emas aslo yoshiga,
Moziyni eslamas o‘zbek qizlari...

Balki tanqidlarim , ranjitdi biroz,
Hurmat etgum, albat qalbning xislarin.
Gaplarim barisin etmang e’tiroz,
Chini ham bor jindek, o‘zbek qizlari.

Yo‘q, avvali Olloh insofni bersin,
Ko‘zimga surtaman bosgan izlarin
Hayo, ibo, iffat, odob dunyosin,
Qaytadan zabt etsa o‘zbek qizlari.

...Ro‘molni bahona qildim, aslida,
Achchiqroq tuyular do‘stning so‘zlari
Millatning sha’nini tutmoq vaslida
Uni qalbga o‘rang, o‘zbek qizlari!

Kamina
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 15 Yanvar 2008, 13:52:01
Ishqdan aylansa bu boshim
Tinmasa ko'zda yoshim
O'tsa xam yuzdan yoshim
Sevaman baribir sevaman
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 16 Yanvar 2008, 17:10:40
Shahodatga tiling kelmay,
Namozu ro’zani bilmay,
Zakotu hajni ham anglamay,
Menam "œmuslim" deyursanmu?

Boshingni sajdaga qo’ymay,
Haromu shubhadan qo’rqmay,
Xudoni yodingga olmay,
Menam "œmo’min" deyursanmu?

Birovga yordaming tegmay,
G’ariblar ko’nglini olmay,
Yetimlar holini so’rmay,
Menam "œummat" deyursanmu?

Otangni hurmatin qilmay,
Dilingdan himmatin qilmay,
Padarxondan duo olmay,
Menam "œfarzand" deyursanmu?

Ilmning zahmatin chekmay,
Azizlar xizmatin qilmay,
O’z ustozing rizo qilmay,
Menam "œolim" deyursanmi? 

Kishiga oqibat qilmay,
Mehr-shafqat nima bilmay,
Farosat fahmini bilmay
Menam "œodam" deyursanmu?

Hamiyat, rashk, nima bilmay,
Ayolingga nazar qilmay,
Bolangga tarbiya bermay,
Menam "œerman" deyursanmu?


Eringni hurmatin qilmay,
So’ziga e’tibor bermay,
Uyat — andishani bilmay,
Menam "œxotin" deyursanmu?

Ona til so’zini bilmay,
Vatan tarixini bilmay
O’zingning millating sevmay,
Menam "œo’zbek" deyursanmu?

Biror soat tinim bilmay,
Qilib da’vatlarin topmay,
O’zining aybini ko’rmay,
Menam "œFozil" deyursanmu?

FOZIL qori Yosin qori o’g’li

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 17 Yanvar 2008, 14:57:22
Yolg‘izginam, farishtaga tenglikkinam,
Jon rishtasin joningizga bog‘lab olay.
Ikkimizning dardimiz bir, munglikkinam,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.

Men boshimni urmagan bir tosh qolmadi,
Rostin aytsam, yuragimda dosh qolmadi.
Qurib qolgan kiprigimda yosh qolmadi,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.

Behzod Fazliddin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 17 Yanvar 2008, 15:09:28
Zamon holim so‘rmadi,
Makon holim so‘rmadi,
Menam tomchi edimku,
Ummon holim so‘rmadi,
Ummon holim
So‘rmadi!

Qachon gul ocharkinman,
Qachon nur socharkinman.
Xudoyim-a, xudoyim,
Aytgil o‘zi man KIMMAN?
Aytgil o‘zi man KIMMAN?

Guljamol Asqarova.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 17 Yanvar 2008, 15:26:52
Zanjirlar ovozidan seskanmagan xilqati
Aro yo‘lda yig‘lagay ozgina sof fitrati...
Buxoriy-yu, Termiziy, Zamaxshariy hurmati
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Har qanday yovni ko‘rdik, bizni toptar kim qoldi?!
Toptay-toptay ne millat oxir kuchdan ham toldi.
Endi boshqa najot yo‘q, bugun hamma tan oldi:
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Xayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 17 Yanvar 2008, 15:40:00
Mo‘minlikka da’vo bo‘lmas benamozlik,
Bir kunga ham ravo bo‘lmas benamozlik,
Bu dunyo-ku besh mahaldek o‘tar - ketar,
Lek qabrda xavo bo‘lmas benamozlik,
Jazolarga davo bo‘lmas benamozlik.

Qur’onda ham uning misli kelgan qavm bu,
G’iybat-la o‘z do‘sti go‘shtin yegan qavm bu,
Rosululloh "Bizdan emas" degan qavm bu,
Peshonasin qoraytirmish - benamozlik,
Qabrini ham toraytirmish - benamozlik!

Bu gunohki, ko‘ngillarni mast qilguvchi,
Inson degan sharafni-da past qilguvchi,
Boshga balo kunni haqqi rost qilguvchi
Gunohlarning kabirasi - benamozlik,
Asli shirkning nabirasi - benamozlik!

Joynamozlar sarpolarga joylanadi,
Ayting, qo‘llar qachon Haqqa boylanadi,
Nahot inson do‘zax sari shaylanadi?!
Shayton tuhfa etgan tug‘yon - benamozlik,
Yaratganga eng zo‘r isyon - benamozlik,

Besh mahalga beparvodir "Alloh - bir!" deb,
Og‘ir kunda tag‘in aytar "panoh ber!" deb,
Shuni aytsa kerak-da, "haq, gunoh bir", deb
Muhrlanmish qalbi mangu - benamozlik,
Namozshomda go‘yo uyqu - benamozlik!

Bobolari sajdadan bosh ko‘tarmagan,
Yaratgandan o‘zga iloh axtarmagan,
Ox bu farzand, nechun desang ko‘karmagan -
Daryo qurib o‘rnida cho‘l - benamozlik!
Do‘zax sari eng qulay yo‘l - benamozlik!

Taxtdan tushib besh vaqt namoz qilgan el bu,
Har kunini Allohdan deb bilgan el bu,
Dini bois bu dunyoga kelgan el bu,
Yelkasida uning bugun benamozlik,
Hech yechilmas jirkanch tugun - benamozlik!

Payg‘ambari kelib-da, bir o‘rnak olmas
Bu millatning buguniga qilmang havas.
Saroylari qulab, o‘rnin topsa abas
Biling, asl sabab erur benamozlik,
Haq sizlarga javob berur benamozlik!

Buxoriylar, Termiziylar, Naqshbandlar
Shu o‘lkadan chiqqan edi, jigarbandlar,
Ularni-da odam qilgan labda hamdlar,
Ular uchun eng katta or - benamozlik,
Bugun bizni aylagan xor - benamozlik,

Sinolari namoz o‘qib tabib bo‘lgan,
Navoyisi sajda chog‘i habib bo‘lgan,
Qodiriysi tergovda ham namoz qilgan,
Bu millatga katta uyat - benamozlik,
Tarix uchun katta g‘orat - benamozlik!

... Dunyo uchun nima qilsang qilavergin,
O’zingni kim bilsang, shunday bilavergin,
Ammo so‘nggi xitobimga quloq bergin:
Jahannamga ziyoratdir - benamozlik,
Insonlikka hiyonatdir - benamozlik!

Xayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 17 Yanvar 2008, 18:07:24
Zim-ziyo kechada ko'kka ko'z tikib,
Eng yorug' yulduzdan seni so'raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir:"Men uni tushda ko'ramen.

Chulpon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 21 Yanvar 2008, 17:22:51
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mas'ud 22 Yanvar 2008, 10:06:58
Qalbim vujudimga tutmaydi quloq,
Vujud esa kuzning mudroq parchasi.
Sovuq tun yolg‘izlik hissidan saboq,
Yelvizak hayollar chiqish darchasi.

O’ylarim yulduzlar qo‘ynida xorg‘in,
Zulmat darpardasi to‘sgan ko‘zimni.
Yorug‘lik, qanisan, men bilan yurgin.
Kelmasang unutgum butkul o‘zimni.

Yarq etgan nur - yo‘lim yorutguvchi sham,
Rutubat zulmidan hasta yuragim.
Muhabbatga tashna kipriklarda nam,
Go‘yoki hech kimga yo‘qdir keragim...

Vaslingni kutgandim asrlar, yillar,
Azobu qiynoqlar odatiy ishim.
Chidamu bardoshdan supurgi qo‘llar,
Sening nafasingdan iborat hushim.

Qorong‘ulik ichra mash’ala bo‘lib,
O’tli nigohlaring ming kuyga soldi.
Va keyin tanam ham nurlarga to‘lib,
Umrim ham quyoshga aylanib qoldi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 24 Yanvar 2008, 15:11:03
Izlaringga to’kildimi,
Marjon-marjon yoshim manim.
Ostonangga qo’yildimi
Shundoq aziz boshim manim.

Bir borarda yuz bororim,
Yuz borarda bir ko’rorim.
To’proq bo’lsam sani topgay,
Labim, ko’zim, qoshim manim.

Ey diydorsiz, ey bedorlig’,
Bu na xorlig’, na abgorlig’.
Hajrlaring kelgan sari,
Ketdi sabr-bardoshim manim.

Ey mahsharim, yorijonim,
Bu dunyoim, u dunyoim.
Qayda o’lsang, shunda o’lgum,
Sensan... Qabrdoshim manim.

Guljamol Asqarova.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2008, 12:09:30
Ma’zur tuting, qabul aylab hurmat — ta’zimini,
Sizga jindak gaplarim bor, mavlono Hofiz:
Ulug’ yurtim — shundoq go’zal shahri azimni
Baxsh etgansiz bir go’zalning xoliga, afsus"¦

Endi bo’lsa zamon boshqa, zamona boshqa,
O’xshashi yo’q shahrimni men ko’targum boshga.
Samarqand — chun bersalar ham bir olam dunyo,
Bermagayman, bermagayman, bermasman, aslo!

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mas'ud 25 Yanvar 2008, 17:53:26
Oshiqlik ko'ngilda, zohirda tilsim -
Qandayin sirlarga qalbing o'ralgan?
Guncha lab so'z juftlab ochiladi nim,
Menimcha, diling ham guldan yaralgan...

Shabnam tomchisiga intiqib sahar,
Kutmoqlik ishqida yashaydi g'uncha.
Umid-chi gulzorda tinmayin kezar,
Baxti topilguncha - gul ochilguncha.

Har bitta gul bargi - orzungmi sening?
Har bitta tikoning - ishvang, nozingmi?
Muattar islaring piyolasiz may -
Yo bog'da taratgan sho'x ovozingmi?

Buncha chiroylisan - nafissan, buyuk,
Bir zumda insonning aqlin olasan...
Faqat bitta tilak - faqat bir istak:
Muzga talpinmagin - muzlab qolasan!

Kamina
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 25 Yanvar 2008, 18:07:39
Nur izlab kelgandim dunyoingizga,
Zulmatlar darchasin yopolmadim hech.
Ayriliq ranglari to’lgan dunyoda,
Men yashil rangimni topolmadim hech.

Xayr, men - o’ziga begona odam,
Sizga ham qadrdon bo’lmog’im qiyin.
Mabodo sog’inib qolsangiz agar,
Qo’ng’iroq qilarman...
Ming yildan keyin.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Husravbuxoriy 25 Yanvar 2008, 23:30:51
              Siz uni odam demang!
Siz uni odam demang, ko'nglida himmat bo'lmasa,
Balki iymoni xatardir, unda g'ayrat bo'lmasa.

Xotami Tay kofir erdi, kuymadi do'zaxda ul,
Kuydurur erdi Egam, unda saxovat bo'lmasa.

Foniy dunyodan laxatga, dast xoli bormagin,
Ne qilur Egam seni, tavbang ijobat bo'lmasa.

El aro rasvo bo'lmasa, deb Xaziniy g'am yema,
Kim qolur kelgan saodatga, malomat bo'lmasa.
       Muallifi  Xaziniy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 26 Yanvar 2008, 04:27:17
Aylanaman sharqni kezib aylanaman
Iboli bir yor topolmay qiynalaman
O'z yurtimning sulivlari gap uqmqsa
Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman

Ko'zim tushsa yuzlari lob lob yonadi
Elkasida qirqta chaman tovlanadi
Kesilmagan kokillari to'lg'onadi
Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 26 Yanvar 2008, 13:54:56
Nogahon dilingni o’rtab qolsa g’am,
Suyanchiq maslakdosh topmasang hamdam.
Bunday paytda do’stim, iymondan o’zga
Hech bir narsa qalbga bo’lolmas malham.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 26 Yanvar 2008, 13:56:04
Mazmunli umr bu-mangu hikmatdir,
Har o’tgan kun qo’ldan ketgan fursatdir.
Qisqa yoki uzoq umr ko’rishing,
Taqdiringda yozilgan bir qismatdir.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 26 Yanvar 2008, 14:07:06
Rabbi tanlab kim Quronga voris erur,
Quron necha ne'matlarga bois erur,
Haq diydori mo'minlarga joiz erur,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 26 Yanvar 2008, 14:21:42
Agar kosib musofirlikka chiqsa,
Qiyinlik betini ko’rmaydi aslo.
Kechin och uxlamoqqa majbur o’lg’ay,
Gar o’z yurtinda taxtdan tushsa podsho
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 26 Yanvar 2008, 17:31:23
Orzularim bo'ldi armon
Muxabbatim bo'ldi vayron
Xayot yo'li davom -davom
Sen ul tamon Men bu tamon
Senda xam yor Menda xam yor
Sevgimiz sarsonu zor
Sen yoringa bo'l vafodor
Va bo'l Gulim sevikli yor
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Husravbuxoriy 26 Yanvar 2008, 21:37:02
Ey huja! Charo az in jahon bexabari,
Shaboni ruzon dar talabi simu zari.
Sarmoyayi tu az in jahon yak gaz kafan hast,
On bagumon hastki bari yo na bari.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 27 Yanvar 2008, 14:13:35
Ishonmagil maddoh, so’zamollarga,
Zarracha naf uchun seni madh etar.
Bir kuni murodin hosil etmasang,
Ikki yuzdan ortiq ayb sanab ketar.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 29 Yanvar 2008, 14:32:49
Ruhimning yagona yopingan to`ni
Vujudimni kuydirar ayovsiz gulxan
Alanga, o`t chatnar, qolgan tanimni
Azoblar anovmas, o`zga bir sitam
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 29 Yanvar 2008, 14:43:01
Mexring menga qomatdir
Ishqing menga xayotdit
Ne g'ussalar boshimda
Sen bo'lmasang yonimda
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 29 Yanvar 2008, 14:52:34
Amir xizmatida sokin va afgor,
Qo’llaring ko’ksingga qo’yguncha har gal.
Kuysa ham qo’llaring mayli, birodar,
Kaftingda tosh ohak ochganing afzal.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 30 Yanvar 2008, 16:53:14
Layloying xam men degan
Kecha kunduz kuttirgan
Bu xam kam deb kuydirgan
O'zingmasmu o'zingmasmu
Aldamchi yor.....
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 31 Yanvar 2008, 10:50:09
Rizq agar har kimga kelur begumon,
Aql der: "œQidirgil uni sen o’zing"
Hech kishi ajalsiz o’lmaydi, ammo —
Kim ajdar og’ziga uradi o’zin?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 02 Fevral 2008, 05:58:56
Nekechmadi boshimdan
Charchoq nima bilmadim
Yovlarni go'rga tiqdim
Ammo o'zim bilmadim
Sen kulmagan baxtimni
Kuldirdinku Muxabbat
Omon qayitdim yurtimga
O qancha g'am yutmadim
Bundan ko'ra janglarda
Nechun o'lib ketmadim
E vox meni ko'nglimni
So'ndirdinku muxabbat
Axir netaman yurtimni
O'tlar bosib yotibdi
Oy yuzum deb suyganib
Erga tegib ketibdi
O'lmay qaytgan jangchini
O'ldirdinku muxabbat

Askarlar she'riyatidan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 02 Fevral 2008, 15:04:26
Tahammul aylagil, jonim, Xudo bergan bu dardlarga,
Esingga ol mudom Ayyubni, sabr etgil bu dardlarga,
Nechun dard bermadi Alloh na Namrudu Fir’avnga
Hamma dardu alamlarni beribdur anbiyolarga.

Suyukli bandasin Alloh sinar har turli kulfat — la,
Sinovlardan o’tib yetgay murodu ajru — ne’matga.
Tafakkur ayla, ne kulfatlarni kechdi Yusufi barno,
Sinovlardan o’tib qul bo’ldi Podshoh, qara.

Berib Xorunga Alloh molu — davlat, behisob tilloni,
Anga loyiq ko’rmadi bir zarracha imonni,
Valiylarga berib mehru — muhabbat, nuri imonni,
Yiroq — qildi alardin molu mulku, ishqi dunyoni.

Fozilo, boqsam zamonga yaxshilarda dard, alam,
Johilu nodonlarda na alam bor, na sitam.
Shul sababdin shukr etarman kelsa boshga dard, alam,
Ayla kafforat ularni qilgan gunohimga, Egam.

          FOZIL qori Yosin qori o’g’li

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Golibbek 05 Fevral 2008, 11:06:56
Menga azob bersa sog'inch va hijron,
Ismingiz takrorlab charchadim yomon.
Sizni ko'rmoq menga bo'lsa ham gumon,
Nima qilsin qalbim sizni o'ylasa
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 06 Fevral 2008, 12:01:11
Avvalda vafo bilan meni aylab shod,
Mast etdiyu javru jafo ayladi bunyod.
Har ikki ko‘zimda yoshu dilda to‘la o‘t,
Bo‘ldim yo‘lida tuproq, u etdi barbod.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 06 Fevral 2008, 12:31:54
Dunyo topdim lekin dunyo yig'madim
Men el uchun ot ustida uxladim
Noxat endi o'z go'rimga sig'madim
Amur Temur ruxi meni azoblar
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 06 Fevral 2008, 12:48:09
Rizqingdan ortiqni yeb bo’lmasa ham,
Talabda bo’lmag’il dangasa, beg’am.
G’avvos nahang og’zini o’ylasa agar,
Qo’lga kiritolmas hech durru gavhar.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Fevral 2008, 15:02:34
Rayhon xidlarini yo'llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqan,
Faqat yig'lamagin aybim nima deb,
Aybing onang seni chiroyli tuqqan!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 07 Fevral 2008, 21:48:05
Nechun o‘g‘irlading o‘yu fikrimni,
Nechun xayolimni aylading sarson.
Endi men bilmasman borar yerimni,
Endi tuyg‘ularim qoldi sargardon.

Seni ko‘rgandayman tushimda faqat,
Uchib o‘tgandaysan misoli yulduz.
Samoviy mo’jiza, ilohiy tal’at,
Tengi yo‘q bir malak, qoshlari qunduz.

Nasib etarmikan biror kun visol,
Nasib etarmikan tutmoq qo‘lingni.
Va yo noshud qolgan munajjim misol,
Poylab o‘tarmanmi qaytar yo‘lingni...

Abdulla Oripov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 08 Fevral 2008, 18:10:04
Ikki dunyo borligi rostdir, rostdir mudom,
Bu tomon aldoqchi derlar, u tomon rostdir mudom,
Bunda kim och, kimsa to‘q, kimlarga ko‘p sozdir mudom,
Kimni yozi qish esa, kimlarga qish yozdir mudom,
Har kimni bosgan izi niyatiga mosdir mudom.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 09 Fevral 2008, 17:10:09
Men bugun tirigu ro’yxatda yo’qman
Mozorda yotmagan o’likman bugun
Kimningdir rizqiga otilgan o’qman
Olloh nazaridan qolgan bir tugun

Ollohning quliman deya va’z o’qib
Shaytonga qul bo’ldim tunlar,saharlar
Ilmni o’qidim,olmadim uqib
Riyoni g’isht qilib qurdim shaharlar

Niyatim ko’p,undan bahonam bisyor
Bugun ulgrmadim,erta boshlayman
Yasha degan do’stu,koyigan ag’yor
Dunyo etagini zichroq ushlayman

Jangga chiqmoq lozim birga uch bo’lib,
Shaytonu,ham nafsu,ham dunyo bilan
Yengilsam yonarman mangu o’t bo’lib
Yengsam,ketajakman yuz ro’yo bilan

Ojizgina tanam,ham ojiz qalbim
Hech narsaga o’zim qodir emasman
Gar madad bermasang sen o’zing Tangrim
Ertamdan bir umid bordir demasman

Tunlar uyg’onmagan oshiq emasdir
Saharni boy bergan o’tar g’aflatda
Uni hech kimsa chin mo’min demasdir
Undan yeru-zamin bo’lar nafratda

Bugun duolarim bo’lmas ijobat
Gar yosh o’rniga qon to’kib aytsam-da
Toat-ibodatim bo’lmas ibodat
Gar samoga ming bor chiqib qaytsamda

Senga iltijoyim yaratgan Egam
Tun-sahar ko’zimni uyquga qo’yma
Solih bandalardan bo’layin men ham
Qiyomatda meni qayg’uga qo’yma
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 09 Fevral 2008, 22:04:29
Aytib ber-chi, shuncha sevganlar
Bo’lganmikin mencha baxtiyor?
Aytib ber-chi, qaysi qiz burun
Sevib bo’lgan umid bilan yor?

Zulfiya
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 12 Fevral 2008, 16:23:23
Rizq agar har kimga kelur begumon,
Aql der: "œQidirgil uni sen o’zing"
Hech kishi ajalsiz o’lmaydi, ammo —
Kim ajdar og’ziga uradi o’zin?

 
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Kumushbibi 13 Fevral 2008, 11:22:27
Rizq agar har kimga kelur begumon,
Aql der: "œQidirgil uni sen o’zing"
Hech kishi ajalsiz o’lmaydi, ammo —
Kim ajdar og’ziga uradi o’zin?

 
Necha bahorim o'tdi gul atriga begona,
Shamoldayin shoshgani-yo'l qadriga begona.
Qaysi oshiq,axir,ayt, ishq dardiga begona?
Oqqushginam o'zingni so'roqlardan izladim.

Payqarmiding,bilmadim,suvlarda oqqim keldi,
Baliqlarga aylanib ortingdan chopgim keldi.
Eh,bilsayding,shunchalar o'zingga yoqqim keldi,
Oqqushginam o'zingni qirg'oqlardan izladim...

Qaylarga uray boshim,dog'larga yetolmasman,
Qadginamni dol qilgan tog'larga yetolmasman.
Shunchalar sog'intirgan yoqlarga yetolmasman,
Oqqushginam o'zingni yiroqlardan izladim...

To'zib ketdi xayolim,to'zon bo'lib qoldim men,
O'z qalbimga sig'mayin zindon bo'lib qoldim men.
Hasratlarga ko'milgan armon bo'lib qoldim men,
Oqqushginam o'zingni firoqlardan izladim...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 13 Fevral 2008, 11:28:42
Maysalarning ishi yo’qmi ildiz bilan,
Osmonning hech ishi yo’qmi yulduz bilan.
Ey Xudoyim, meni nega unutgansan
Yolg’izning hech ishi yo’qmi yolg’iz bilan?

Meni sev, deb bo’ylarida o’ltiribman,
Telba bo’lib ko’ylarida o’ltiribman.
Tashnasiga bir qultum suv bermaydi u
Ariqning hech ishi yo’qmi yalpiz bilan?

Uni sevdim, tomirga qon sig’may sevdim,
Uni sevdim, jismimga jon sig’may sevdim.
Ey Xudoyim, buncha ozdir uning ishqi,
Jilg’alarni tenglashtirma dengiz bilan.

O‘n beshi tun, o’n beshi kuning yorug’ bo’lar,
Aytdilarki:
-Endi darding forig’ bo’lar.
O‘n byoshidan o’n besh mingi o’tib ketdi,
Ko’zlarim hech uchrashmadi kunduz bilan.

G’arib dunyo g’arib shonin qig’zonadi,
Qizg’anch dunyo burda nonin qizg’onadi.
Ey Xudoyim, dunyoingga aytib qo’ygil
Mehmonman-ku, siylasin-da non-tuz bilan.

Kuylab-kuylab yuragimni yaro qildim,
Yashab-yashab yuzlarimni qaro qildim,
Ey Xudoyim, bosh ko’tarmay ketarman men
Axir senga yuzlasharman qay yuz bilan?

Maysalarning ishi yo’qmi ildiz bilan,
Osmonning hech ishi yo’qmi yulduz bilan.
Ey Xudoyim, nahot meni  unutgansan
Yolg’izning hech ishi yo’qmi yolg’iz bilan?

Guljamol Asqarova.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 13 Fevral 2008, 11:58:01
Nazar sol behamiyat ul kishiga,
Ki hargiz ko’rmagay baxtu saodat.
Tunu kun o’ylar o’z tan rohatini,
Jafo oilaga soatba-soat.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 14 Fevral 2008, 09:55:00
Tangrim tanlab seni menga ravo ko‘rgan,
Xastaligin bilmas dilga davo ko‘rgan.
Nelar ko‘rding men o‘n to‘rt yil anglamadim -
Men ko‘rmadim, ammo, jonim, Xudo ko‘rgan.

Peshonamga kinlar chiziq tortib qo‘ydi,
Yuragimni ko‘rpa kabi yopib yurdim.
Qovog‘imga yillar yukin ortib qo‘ydi,
Bilmam nima izlab, nima topib yurdim.

Vohid Luqmon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Kumushbibi 14 Fevral 2008, 11:17:49
Men g'aribman,devonaman,
Sen Laylimsan deyaverding.
Dard kammidi peshonangda,
Suyaverding,kuyaverding.

Bilmay senga yaqin yurdim,
Majnunliging yuqib qoldi.
Sevgi degan yomon ekan,
Meni mendan yutib oldi.

Sevgimiz bor endi ikkov,
Boy-badavlat devonamiz.
Laylim dema,bizlar hali,
Bitilmagan afsonamiz.

G'iybatlarda Kumush bo'ldim,
Zog'lar bilan ishim yo'q.
Faqat og'ir olma jonim,
Zaynablarga hushim yo'q.

So'ylayversin begonalar,
Ishqdan nechun tonamiz?
Sevgisiz biz nafas olsak,
Birga o'lib qolamiz...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 14 Fevral 2008, 12:35:23
Zang bosgan temirni qancha ishqama,
Zang ketib ko’zgudek sayqal topmas, bil.
Qaro dilga o’git etmoq befoyda,
Toshga mix kirmaydi qancha qoqmagil
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdusalom 14 Fevral 2008, 15:05:11
La'ling istab emdi jondin kechamen.
Bodasiz betobmen bu kecha men,
Sohili maqsadg'a yetgaymanmu deb,
Ko'z yoshim daryosida suv kechamen.

Amiriy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 15 Fevral 2008, 09:37:13
Nahot sen bir hovuch zarni deb,
Dilingni gulxanni unutding.
Suydirgan baxt ta’min tuydirgan.
Ishq degan gulshanni unutding.

Seni deb o‘tkazgan onini,
Sen desa berajak jonini.
Qahringdan ushoqdek mo‘’jazu,
Mehringdan ulkanni unutding.

Nigohing devona aylagan
Visoling parvona aylagan,
Baxtim deb bir seni tanlagan,
Sevgingla to‘lganni unutding.

Amirqul Karimov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Kumushbibi 15 Fevral 2008, 12:16:49
Garchand yuragimga qo'nsa ham xazon,
Baxtiyor kunlarim ketsa qayrilib.
Muhabbating bilan qalbim charog'on,
Bizni ajratolmas hatto ayriliq!...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 15 Fevral 2008, 14:04:10
Qaro tunda men yog‘duni oydan olay,
Dil og‘risa oromni ayt, qaydan olay,
Qay bir g‘anim ko‘ngliga vax, ko‘zgu solay,
Yonib turgan ko‘zlarda kul qo‘rib bo‘lmas,
Kulib turgan yuzlarga ham urib bo‘lmas.

Tilga chiqqan shikoyatmi, bu nolami,
Tubsiz ekan, yetib bo‘lmas dil olami,
Kimlar uzdi, qon qaqshagan bu lolani,
Bu bog‘larda bosh ko‘tarib yurib bo‘lmas,
Nahot uni quzg‘unlardan qo‘rib bo‘lmas.

Mahmud Toir
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 15 Fevral 2008, 14:28:02
Сен нени талашасан, таланган бу дунёда?
Ширин-аччиғи — бари сланган бу дунёда.
Ҳийлаю найранг билан дунёни олмоқ бслдинг,
Алданиб стажаксан алданган бу дунёда.
Умринг ёниб кетмоқда, ёнмоқда ҳар нафасинг,
Алангага айланган аланга бу дунёда.
Садриддин, ибрат ксзин очганлар демоқдадир:
"Сен нени талашасан таланган бу дунёда?"

           Садриддин Салим БУХОА ИЙ
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdusalom 15 Fevral 2008, 19:22:56
Avaz sukunatning bolasi edi,
Singilday suyardi musichalarni...
Tengdoshlari - odam bolalaridan
Itdan qo'rqqan kabi bezib yurardi.

Takabbur tengdoshlar goho ermakka
Ovlab o'ldirardi musichalarni...
Singillar o'ligin ko'rganda Avaz
Ovozsiz-ovozsiz hayqirar edi.

Eshqobil Shukur
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Kumushbibi 15 Fevral 2008, 19:28:02
Ana qara, yonmoqda gulxan,
Unga o'tin bo'lmish visol daraxti.
Yurak qadaxidan tomchilagan qon,
Mening ma'sumgina sevgimning bahti....
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdusalom 15 Fevral 2008, 19:35:19
Manimcha I dan davom ettirishiz kere edi.

Ishq nima?
Bilganim bordir,
Bag`rida kulganim bordir,
Lеk hajrdеk g`anim bordir,
Sеvib yashash kеrak ekan.

Sеvgisiz, hissiz kunlarim -
Bеsamar, izsiz kunlarim,
Dеgayman, esiz kunlarim,
Sеvib yashash kеrak ekan!

Orif To'xtash
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mohinur 16 Fevral 2008, 09:43:21
Naq taqimda sochini sochib,
Boyovutning shamoli sang‘ir.
Vafo qildi birgina sochi
Eplayolmay ro‘molda tang‘ir.

Borar baland bo‘yli, kulcha yuz,
Bo‘y-bo‘y juvon, sirli siyoqda.
Suyolmadik uni qilcha biz
Xudo suysin endi u yoqda.

Halima Hudoyberdiyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 16 Fevral 2008, 17:45:53
Ақли расо одамсан, аҳмоқ билан талашма,
Сувда олов ёқса жин, унга стин қалашма.
А аҳматдан бсл умидвор, паноҳ берсин Биру Бор,
Тсғри йслда собит бсл, шайтон билан "срашма".
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 17 Fevral 2008, 17:29:21
Asli turkman qiz bir bahona xolos,
Izlaganim edi sizlar kabilar,
Qo`msaganim hayo — momomlarga xos,
Sog`inganim edi Kumushbibilar"¦
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdusalom 18 Fevral 2008, 08:37:57
Rubobiy she'r yozsam...
qaytsam bir nafas...
hamisha musaffo chashmani ko`rsam,
qoraygan cho`qqilar qoriga qarab,
bir nafas xayolchan o`snirga do`nsam.
Voh, o`shal lahzalar...
o`tdimi butkul
gunafsha atirli tansiq tuyg`ular,
sahargi bog`larni uyg`otgan bulbul,
oylarning nurlarin elagan suvlar.
Yashil shajar edim...
Qandoq sog`indim...
ko`zimni yashnatsa rubobiy ranglar.
Qaysi bir dunyoga buncha og`rindim,
dilimni qaritdi besamar janglar.

Shavkat Rahmon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 21 Fevral 2008, 15:49:22
...Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing —
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 21 Fevral 2008, 17:48:00
Ne tong edi — izg‘irinlar zahrini totding,
Dasturxonda muztar qoldi qandu naboting.
Shahidlaring nomlaridir har bir raboting,
Abadiy yod erur asli adabiyoting,
Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriy ham Usmonim, Vatan.

Sirojiddin Sayyid
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 23 Fevral 2008, 21:16:54
Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech, xayoli vasli yor et.

Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et.

Uzoru qaddu raftoringni ko’rsat,
Chaman sarvu gulini sharmisor et.

Labi maxmurdadurmen, jomi may tut,
Karam qil, soqiyo, daf’i humor et.

"œAnalhaq" mojarosin aylading fosh,
kel, ey Mansur, istiqboli dor et.

Duru ashku aqiqi xuni dilni
Kelu yoring ayog’ig’a nisor et.

Kuyib, ey Nodira, olam elig’a
Muhabbat shevasini oshkor et.

Nodirabegim.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 25 Fevral 2008, 14:19:30
Tillarimda har ko'klamning qo'shig'i,
Yuragimda har go'zalning sevgisi,
Ko'zlarimda har qayg'idan bir yig'i,
Yuzlarimda aldanishning belgisi.

Yolg'iz menmi ko'klam chog'i yig'lagan?
Yolg'iz menmi har umidda aldangan?
Yolg'iz menmi ko'kragimni tig'lagan?
Yolg'iz menmi sevinch bilan bo'lmagan?
Ey ko'klamning ko'z tortg'uvchi kelini,
Nima uchun yig'latasan bir meni? ...

Cho`lpon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 25 Fevral 2008, 14:37:45
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo'lsa,
Yoril,chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o'lsam!

Usmon Nosir
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 25 Fevral 2008, 14:52:29
Mеni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib oy ham to'ladi.

Kеcha jimjit, yolg'iz to'lqinlar
Pishqiradi bilmay tinimni.
Hiylagar oy, sеhrgar dilbar,
Solib qo'yding yodimga kimni?..

Hamid Olimjon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 25 Fevral 2008, 14:59:53
Iymanibroq turar ota poygakda,
Ko‘ksida yulduzi, bir qo‘li mayib.
Ichkarida esa, oppoq choyshabda
Jahonning umidi yotar jilmayib.

Asqad Muxtor
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 25 Fevral 2008, 15:06:06
SEN BO'LMASANG YONIMDA

Bog'larda tarovat yo'q, sеn bo'lmasang yonimda,
Tog'larda salobat yo'q, sеn bo'lmasang yonimda,
Olamda nafosat yo'q, sеn bo'lmasang yonimda,
Ko'nglimda halovat yo'q, sеn bo'lmasang yonimda.
Jonimda itoat yo'q, sеn bo'lmasang yonimda.

Qaysi kuni, ey dilbar, qayda mеnga so'z bеrding,
Aqlimni olib qanday, ko'nglimga qachon kirding?
Sеn lafzi karomatmi yo subhi sabo erding?
Kеl, o'zni namoyon qil, pinhona mеni ko'rding,
Bir lahza qanoat yo'q, sеn bo'lmasang yonimda.

Kunduz kuni oftobim ko'nglimga qadam qo'ymas,
Tunda to'lin oyimni abr otli sitam  qo'ymas.
Gohi ezilib yomg'ir egnimni shinam qo'ymas,
Erkin nafas olmoqqa yo'llarda alam qo'ymas,
O'yimda halovat yo'q,sen bo'lmasang yonimda.

Yo'lda adashib yurgan bola kabidir holim,
Majnun dilidan chiqqan nola kabidir holim,
Arqonga madad bo'lmas tola kabidir holim,
Ohu ko'zida bitgan bola kabidir holim,
Umidi saodat yo'q,sen bo'lmasang yonimda.

Tunni uladim tongga vaslingga to'yarman deb,
G'am lashkarini sabrim tig'i-la so'yarman deb,
So'ng qatli g'amim qonin ko'z yoshla yuvarman deb,
G'urbatdagi boshimni tizzangga qo'yarman deb,
Umrimda farog'at yo'q,sen bo'lmasang yonimda.

Balki toparman yozda,ehtimol qish topmasam,
Ko'nglim o'rniga tushmas erta yo kech topmasam.
Ostin-ustin qilurman dunyoni hech topmasam,
Qalamim qilich bo'lar agar qilich topmasam,
Umrimda davomat yo'q,sen bo'lmasang yonimda.

O'lkamga bahor yanglig' uyg'onish olib kelgan,
Hikmat to'la daryoday hayratga solib kеlgan,
Iqbol yo'li ko'p og'ir, mayliga, tolib kеlgan,
Ma'ruf kabi to'ylarga nog'ora chalib kеlgan,
Shе'rimda  harorat yo'q, sen bo'lmasang yonimda.

Ma`ruf Jalil
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 25 Fevral 2008, 15:15:31
Ajdodlar Vatan deb jon fido qilgan,
Behuda gap sotib yurmagan ular.
Mana,ming yillarni opichlab kelgan
Bitiktosh ona - Yer haqida kuylar.

Vaqt quyunida ne davru davron,
Bu - toshga aylangan erkdir, bardoshdir,
Bu Vatan atalgan muqaddas armon.

Unga qaraymany bir his tuyaman,
Bu yurtim timsoli mangulik toshdir...
Yuragim toshiga she'rim o'yaman.

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 25 Fevral 2008, 15:18:58
KO'Z YOSH TO'KMA, ONA

Nimadir u, ko'zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig'lab turib hattoki kulding,
Nimadir u, ko'zingga kelgan?

Menga juda o'xshaydi, ona,
Ko'zlaringda yaltiragan yosh.
Menda o'sha ko'zu, o'sha qosh,
Menga juda o'xshaydi, ona.

Ona, uni to'kma, iltimos?
Ko'zlaringdan to'kilay agar.
Sevinchingdan bermasam xabar,
Ona, uni to'kma iltimos.

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 25 Fevral 2008, 16:45:27
So’zing garchi dilkash va shirin bo’lur,
Mukofoti tasdiqu, tahsin bo’lur.
Bir aytdingmi, aytma uni o’zga dam,
To’yib bir yedingmi yetar holva ham.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 26 Fevral 2008, 01:03:37
Meni halok etmish g'amu hijroning,
Etagingni tutdim ketgan zamoning.
Ketding-u g'amingdan ming ko'ngil o'ldi,
Qaytding, yana ming jon bo'ldi qurboning.

Umar Hayyom
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 26 Fevral 2008, 01:06:04
Garchi qurutmas ko'zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti,
Ne qurug'in qo'yg'usi,ne yoshini.

Lutfiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 26 Fevral 2008, 01:06:55
Ishq vodisidin bir kecha men "hay-ha"lab o'ttum,
Monandi nayiston gulig'a o't qalab o'ttum.

Ofoqni bir lahzada kezdim, na ajabdur,
Mino tog'idin akkasifat hakkalab o'ttum.

Ottim fashi-dostorini devonalig' aylab,
Parvonasifat jonimi o'tqa qalab o'ttum.

Bildimki, vafosi yo'q ekan ushbu jahonni,
Mardona bo'lub, balki, etak siltalab o'ttum.

Dunyo yasanib, jilva qilib oldima keldi,
"Borg'il nari!" deb (ketig'a) bir shattalab o'ttum.

Bildimki oni, dushmani makkorayi ayyor,
"Lo" tirnog'I birla yuzini tirmalab o'ttum.

Mardoni xudo dediki: "Dunyo mayi achchig'",
Achchig'ligini bilmak uchun bir yalab o'ttum.

Nafs kofiri birla tunu kun qildim urushni,
Tanho qilichi birla urub, qiymalab o'ttum.

Xomush pichog'in har dam oning bo'g'ziga qo'ydum,
Cho'g' nayzasi birla ko'zini nayzalabb o'ttum.

Devonayi Mashrab, bu so'zung dardga davodur,
Oshiq elining ko'nglig'a bir o't qalab o'ttum.

Mashrab
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 26 Fevral 2008, 01:07:52
Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo’lsa, oshno Uvaysiyman,

Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,
Barchadin yumub ko’zni muddao Uvaysiyman.

Uz diling taalluqdin, band qil xudo sori,
To degil kecha-kunduz: "žMosivo Uvaysiyman!"œ

Kechalar fig’onimdin tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.

To ko’rib xarobotin ta’na etma, ey zohid,
Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman.

Faqr borgohiga qo’ysa gar qadam har kim,
Bosh agar kerak bo’lsa, jonfido Uvaysiyman.

Vaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,
Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman.

Uvaysiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 26 Fevral 2008, 01:09:02
Nuhda kezin Hud yalovoch bo'ldi uch yuz yil kechib,
Yurir erdi ko'p xaloyiqdin,sha'riatdin qochib.
Tunla-kunduz Hud tegurdi tengrimizning yorlug'in,
"Sakkiz ujmoqqa keeling",teb haqni botildan sijib.
Rabqa yozib,yo'ldan ozib,sunmadin ding'a bo'yun,
Haqg'a tonib,xalqg'a yonib,butg'a sig'inib,xamr ichib.

Rabg'uziy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 26 Fevral 2008, 01:11:16
Binafsha senmisan, binafsha senmi,
Ko'chada aqchaga sotilgan.
Binafsha menmanmi? binafsha menmi,
Sevgingga, qayg'ungga tutilgan?

Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay,
Bir erkin kulmasdan uzilding?
Binafsha, nimaga hidlaring sochilmay,
Yerlarga egilding, cho'zilding?

Binafsha,
Ayt menga,
Kimlardir ularkim,
Ignani bag'ringga sanchalar?
Binafsha,
Bir so'yla,
U qanday qo'llarkim,
Uzalar, hidlaylar, yancharlar?
Binafsha, shunchalik chiroyli yuzing bor,
Nimaga uzoqroq kulmaysan?
Binafsha, shunchalik tortg'uvchi tusing bor,
Ko'nglimga isriqlik to'kmaysan?
Binafsha, yig'lama, binafsha, kel beri,
Qayg'ingni qayg'umga qo'shgil.
Binafsha, sen uchun ko'kragim erk eri,
Bu erdan ko'klarga uchgil.

Binafsha, go'zalim, qayg'ulim, kelmaysan,
Qayg'ung zo'r, qayg'umni bilmaysan,
Menga bir kulmaysan.

Cho'lpon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 26 Fevral 2008, 01:12:45
Nigori gulbadanimni tushumda ko'rsam edi,
Labi shakarshikanimni tushumda ko'rsam edi.

Ko'z ochmayin g'amida ro'zg'orim o'tquchidur,
Ki yori siymtanimni tushumda ko'rsam edi.

Chu davri rohatim o'tti zihi saodat edi,
Murodi jonu tanimni tushumda ko'rsam edi.

G'amida shona kabi chok-chokdur ko'nglim,
Ki, kokili Xo'tanimni tushumda ko'rsam edi.

Yuzi gulu qadi shamshod, ko'zlari nargis,
Bahori yosumanimni tushumda ko'rsam edi.

Jafoi hajr bila ko'ksumi nigor qilay,
Nigohi sehr fanimni tushumda ko'rsam edi.

Labimg'a keldi aning vaslini tilab jonim,
Balo o'ti figanimni tushumda ko'rsam edi.

Hamisha bulbuli tab'im fig'onu zor etar,
Ki,orazi chamanimni tushumda ko'rsam edi.

Firoqi Nodira ko'nglumg'a dog'lar qo'ydi,
Amiri safshikanimni tushumda ko'rsam edi.

Nodirabegim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:43:51
Ilohi sayyidi Qul Xoja Ahmad,
Aningdek yaxshilardin bo’lsa behad.

Ilohi hurmati ul Xoja Hofiz,
Menam bo’lsam ruboiy ichra mahfuz.

Ilohi hurmati Amir Alisher,
Bahaqqi So’fi Olloyordek er.

Ilohi hurmati u Shamsi Tabriz
Meni bu yerda rasvo qilmag’aysiz.

Ilohi rohati dildur Huvaydo,
Bobom nisbatlari qilg’aymu shaydo.

Tasadduq men bo’lay, sultoni olam,
Chimiyon xalqiga sizdur mukarram.

Meros dedim bobomlardan ruboiy,
Qolib meros bu so’zlarning matoi.

So’nggi bobom O’shda Sarmazori,
Tasadduq ruhingizdin qil madori.

Bahaqqi ruhingizni ayladim yod,
Rubo’ aytib ko’ngulni ayladim shod.

Otamlar Mavlaviy Yorkentda hazrat,
Rubo’ ayttim qilib onlarni hurmat.

Mening haddimmudi so’z so’zlamoqqa
Ruboiyg’a boqib men ko’zlamoqqa.

Otamlar hurmatidin so’zladim so’z,
Ruboi mashg’ulidurman shabu ro’z.

G’aribu pur alam bir soddadurman
Rubo’ aytib bu dunyodin yengilman.  Samarbonu
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:44:49
Ne balolig’ kun ekandur oshno bo’ldum senga,
Yuz o’lub, har kun kuyub ming bir ado bo’ldum senga.

Qoshimda bir dam turmading, bemor dardim so’rmading,
Olding yuzungni pardaga bir xokipo bo’ldim senga.

To ertadin oqshomgacha ko’zim yo’lingda xun to’kar,
Bag’rim ezib, tinglab turib, misli gado bo’ldim senga.

Ohim o’qidin bir sharer teksa raqibning ko’ksiga,
Vayron etar koshonani, bir dodxoh bo’ldum senga.

Mustahkam o’lmush dil senga bog’lab ko’ngulni rishtasi,
Hech chorayoi tadbir yo’q bir mubtalo bo’ldim senga.

Qomatlaring naxlin ko’rib qon bog’ladi dil g’unchasi,
Guldek jamolingga qarab bir xushnavo bo’ldum senga.

Yo’l topmadim bir borg’ali, sendin savole so’rg’ali,
Ash’ori ishqing yozg’ali sohib sado bo’ldum senga.

Ko’ngul tilaydur vaslini, topmam muhabbat aslini,
Dardim to’la, darmoni yo’q, bir bedavo bo’ldim senga.

Bonu tilaydur yorini, to’ysam ko’rib diydorini,
Men sendin ayrulg’on kuni sohib azo bo’ldum senga.

Samarbonu
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 27 Fevral 2008, 20:29:07
Alvido deng, alvidolar ayting so'nggi bor,
Ko'zingizni yumib, keyin mendan buring yuz.
Toqatim toq, bog'ingizdan uchayapman, yor,
Qarg'amangiz, bog'ingizga kelar bo'ldi kuz.

Men bilmayman, tushgan yo'lim xatomi, xayrli,
Rostin yozay tun zulmati o'rab kelgan choq.
Garchand tushmagan bo'lsam ham bir lahza ayru,
Bir lahza ham yashamadim siz bilan biroq.

Sabab bo'ldim bag'ringizga qo'ngan dog'larga,
Bekor bo'ldi menga ko'ngil qo'yganlaringiz.
Bog'ingizda meni ko'rib, o'zga bog'larga
Bitta-bitta uchib ketdi suyganlaringiz.

O'sha paytlar bu hol menga tuyulgandi shon,
Sarob ekan, tutar-tutmay izlab qoldim men.
Bu satrlar quyilarkan oshga urar qon,
Sizdan soviy-soviy bugun muzlab qoldim men!

Alvido, yor, to'kilmoqda toqat degan jom,
Ketmoq ishqi kuydirmoqda o't bo'lib mani.
Alvido, yor, ko'ksingizdan o'chiring tamom,
Bog'ingizga yanglish qo'nib uchgan qushchani

Halima Xudoyberdiyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 28 Fevral 2008, 15:17:32
Inson aslan buyuk, aslan bechora...
Ohim dilingizga yo'l topsa zora.
Qo'lingizdan kelsa qilmang ovora,
Shul yolg'iz insonni tuhmatga bermang!

Bir-birini selu, toshqin qo'llaydi,
Qayda bo'lsa etib, shoshqin qo'llaydi.
Bir-birini bo'ri, qashqir qo'llaydi,
Siz uni sinovga, muhlatga bermang!

Ko'pdir zamonlarning qimor o'yini,
Qirqadir odamning eni-bo'yini-
Qo'lingizdan kelsa ko'ring to'yini,
Uni har qanday dor, xilqatga bermang!

O'chmas deb ishoning bosgan iziga,
Panoh deb ishoning o'g'il, qiziga.
O'ziga ishoning, faqat O'ziga,
Tushuntirish xati, tilxatga bermang!

Nopok dunyosidan ketmasin to'yib,
Desangiz yuragin g'ijimlab, o'yib.
Yillar bo'yi o'tmas pichoqda so'yib,
Qadrsizlik degan kalxatga bermang!
Inson aslan buyuk, aslan bechora...

Halima Xudoyberdiyeva.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 28 Fevral 2008, 15:34:56
Allaqachon unutganman bari-barini,
"žAllaqachon"œ aldayman men o'zimni-o'zim.
Ortda qolgan muhabbatning qo'shiqlarini,
Eslama, deb o'z-o'zimga tilayman to'zim.

Eslab qolsam, toqatlarim- to'zigan bir pat,
Egilgan yoyga aylanar bo'y-bo'y qomatim.
Eslasam, bu yorug' dunyo-bo'm-bo'sh bir xilqat,
Bir pul bo'lar e’tiqodim, baxtim, omadim.

Kulgularim kinoyasi zarra sezilmas,
"žAllaqachon unutganman"œ... qah-qah uraman.
Hijronning talx sharobidan ortiq sarxush, mast,
Baxtlilardan baxtiyorroq yashnab yuraman.

Allaqachon unutganman, unutgan ma’qul.

Halima Xudoyberdiyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 28 Fevral 2008, 16:06:42
Lahzaga tengma-teng o‘chib boraman,
O‘zimdan, so‘zimdan cho‘chib boraman,
Zavol bilmaydigan manzilni ko‘rsat,
Tomirlarim bilan ko‘chib boraman.

Behzod Fazliddin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 28 Fevral 2008, 17:01:58
Nahot, qachonlardir chiqadi quyosh,
Nurga yo’g’riladi bu sovuq dunyo?
Endi bu hayotim ketguncha bardosh,
Endi bu hayotim meniki tanho...


Usmon Azim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 28 Fevral 2008, 17:09:24
Oshiq uldur to diliga saqlasa asrorini,
Barham ursa yo’lig’a olamda yo’qu borni.

To o’zungga dard tegmay, aylanib kelmas davo,
Bas, bu ma’nodin hakimlar ko’p so’rar bemorni.

Garchi osiyman, aning dargohidin navmid emam,
Bir gul uchun suv berurlar sad hazoron xorni.

Oxiri manzilga yetmasdur kuduratlik ko’ngul,
Dilga jo bermoq na hojat dushmani g’addorni.

To dilingga ma’rifatdin nuri imon bo’lmasa,
So’filar, bir hug’a almashlang ani — dastorni.

Xotiri pokingni mashg’ul qilma hargiz dunyog’a,
Dil g’uboroluda bo’ldi, ul ko’rolmas yorni.

Avliyolardek muazzam bo’layin desang, vale
Mashrabo, hech kanda qilma dildin istig’forni.

Boborahim Mashrab.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 28 Fevral 2008, 17:13:39
Ishqning osmonida oyga qo’shilib,
Aylangan boshingga bulutlar qaytar.
Mening quchog’imda kuyday eshilib,
Asta shivirlaysan:
- Joningiz qayda?

O’g’irlaysan barcha kalitlarimni,
Sandiqlar ochilar — senga sir aytar.
Izlaysan Qo’ng’irot, Yovmudlarimni,
Horib shivirlaysan:
- Joningiz qayda?

- Shumi? — Qilichimni ko’lga tashlaysan.
- Balki bu? — qo’lingni cho’zasan yoyga.
So’ngra yig’lab-yig’lab so’roq boshlaysan:
- Bir marta ayting-chi,
Joningiz qayda?

O‘zingni qadringni suvga otasan,
Mening izzatimni qotasan loyga.
Bolang o’lgan kabi fig’on tortasan:
- Hamon tirikmisiz —
Joningiz qayda?

Og’ular qo’shasan hamma oshimga,
Har qanday qasoslar tuyilar mayda.
Yalinib turasan yana qoshimda:
- Nega o’lmayapsiz?
Joningiz qayda?

Jonim senda deyman — aylanmas tilim,
Jonim sensan deyman — yuragim to’nar...
Mening omonatim...
Jonim!
Sevgilim!
Endi snei qanday asrasam bo’lar?...

Usmon Azim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 28 Fevral 2008, 17:21:27
Rivoyat qilurlarki: bir tabib charxlab pichoq,
Zog' ko'ksini tilarkan ko'rib qolibdi bir dog'.

Voh, ko'ksi dog'lik erkan, bul zog'ni qo'yibdi ul,
Darhol tutib keltirib boshqa zog' so'yibdi ul.

Yorab, bunda ham bir dog', yaqosini tutibdi,
Hayrat bilan uchinchi zog' ko'ksini titibdi.

Dog' ustiga dog' emish, uchinchi zog' ko'kragi,
Hayhot, shuncha dard cheksa, qushlar hatto ko'kdagi!

Va junbushga kelib ul ko'ksin ochmish ming zog'ni-
Oh urib har birida ko'rganida bir dog'ni...

Behol tabib yozibdi "žbu dunyo ko'p qadim"œ, deb
"žUnda birorta zog'i bedog' uchratmadim"œ, deb.

...Odamlarda bedog' dil, egilmagan qad uchrar,
Ko'kragida bir dog' yo'q, bedard, bo'yi bad uchrar.

Ammo mening sharafim ko'krakning dog'lariga,
Ko'ksi dog'lini oldim ko'zim qaroqlariga.

Yo'q, yo'q, behudaga hech ko'kraklarga dog' tushmas,
Bizning lablar soxta so'z, maqtovlarga qovushmas.

Haq so'zimiz ro'yoni albat o'tajak yanchib,
Shu haq so'zni aytgach goh qolar ko'ksimiz sanchib.

Bizning yurak dog'lidir, kim uchundir kuydik biz,
Kim uchundir ko'krakda og'riq, dardni to'ydik biz.

Sog'lom, bo'm-bo'sh qalb bilan yashamadik bekorga,
Yaralanib bo'lsa ham malham bo'ldik bemorga!

So'nggi yo'lga ketarmiz, shafqatni tishda tishlab,
Dog'li, yarador, lekin toza yurakni ushlab...

Halima Xudoyberdiyeva.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 28 Fevral 2008, 17:29:32
Bir maktub singari xotiramni men,
O'chirib-o'chirib yashayotibman.
Dilimni o'rtagan armon, g'amni men,
Qog'ozga ko'chirib yashayotibman.

...Sirimni yashirmay to'kdim men tunga,
Tun bo'yi yig'lagan bo'lsa ham baytim.
Kunduz yonib-izlab kelganda unga,
"žVaqtida ayrildik, yaxshi"œ, deb aytdim.

Tun bo'yi ko'zimdan achchiq yosh sizib,
Bezabon armondan o'qisam ham dars,
Tongda u kelganda "Uyqumni buzib...
Tag'in Siz!.." yuziga eshik yopdim qars.

"žBaribir eshikni ocholmas birov,
Kelaman"œ,-jimlik....so'ng yillarki mushkul.
Endi u kelguncha sochimga qirov-
Qor yog'ar, so'ng taniy olarmikin ul...

Qoplagani uchun bir zum ko'zni xob-
Balki umrim bo'yi berurman javob.

Halima Xudoyberdiyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 28 Fevral 2008, 23:43:08
Bir qarab qo'ysang nadur
Bizga goxo sanam
Menga sensiz beqadr
Dunyo, sanam, dunyo, sanam

Sen o'zing shamsu xilol
Kuydirgi yor soxibjamol
Sensiz ul osmonda yo'q
Ma'no, sanam, ma'no, sanam
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 29 Fevral 2008, 05:07:09
Мунтазирдир тилло кошона, 
Сен бош уриб кирар остона, 
Булайин деб сенга парвона, 
Йулларингга бокар интизор, 
Ойдин булсин ой юзинг дилдор


Amira
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mahzunabonu 02 Mart 2008, 15:10:37
Rivoyat qilurlarki: bir tabib charxlab pichoq,
Zog' ko'ksini tilarkan ko'rib qolibdi bir dog'.

Voh, ko'ksi dog'lik erkan, bul zog'ni qo'yibdi ul,
Darhol tutib keltirib boshqa zog' so'yibdi ul.

Yorab, bunda ham bir dog', yaqosini tutibdi,
Hayrat bilan uchinchi zog' ko'ksini titibdi.

Dog' ustiga dog' emish, uchinchi zog' ko'kragi,
Hayhot, shuncha dard cheksa, qushlar hatto ko'kdagi!

Va junbushga kelib ul ko'ksin ochmish ming zog'ni-
Oh urib har birida ko'rganida bir dog'ni...

Behol tabib yozibdi "žbu dunyo ko'p qadim"œ, deb
"žUnda birorta zog'i bedog' uchratmadim"œ, deb.

...Odamlarda bedog' dil, egilmagan qad uchrar,
Ko'kragida bir dog' yo'q, bedard, bo'yi bad uchrar.

Ammo mening sharafim ko'krakning dog'lariga,
Ko'ksi dog'lini oldim ko'zim qaroqlariga.

Yo'q, yo'q, behudaga hech ko'kraklarga dog' tushmas,
Bizning lablar soxta so'z, maqtovlarga qovushmas.

Haq so'zimiz ro'yoni albat o'tajak yanchib,
Shu haq so'zni aytgach goh qolar ko'ksimiz sanchib.

Bizning yurak dog'lidir, kim uchundir kuydik biz,
Kim uchundir ko'krakda og'riq, dardni to'ydik biz.

Sog'lom, bo'm-bo'sh qalb bilan yashamadik bekorga,
Yaralanib bo'lsa ham malham bo'ldik bemorga!

So'nggi yo'lga ketarmiz, shafqatni tishda tishlab,
Dog'li, yarador, lekin toza yurakni ushlab...

Halima Xudoyberdiyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 02 Mart 2008, 17:08:46
  Бир каср курсанг садафдин кафтима кетгай сриб,
Тулди кон кул косасига, лолалар келсанг териб,
Мен умр догида куйдим сен нетурсен ургулиб,
Хар юракдин терганинг калбимда зур армон булур.

Айблама килдинг увол деб, кайси калб топмиш карор,
Хукмида огриб сшармен, кахрига булмай дучор,
Мен гурур бирла улурмен, лек сшарман хокисор,
Сол назар тафтиш кунида бир буюк иймон булур.

Бул кунгилнинг бори гавхар, кадрига етган етар,
Балки кимдир кулда ушлаб кимматин билмай утар,
Хар на мушкул, лек иложсиз кори борми алхазар,
Гар Амира утса нолон, буй кадар достон булур...

Amira
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 19 Mart 2008, 11:19:24
SEVGI BU"¦

Sevmoq bu
Kechirmoq degani asli,
Toki bu dunyoda quyosh bor, gul bor.
Yalpizlar gullagan shu bahor fasli,
Sodiq hamdam bo`lgin sen menga, dilbar.

G`iybatlar tingladim, aylandi boshim,
Ho`l tuproq kuydirdi tovonlarimni,
Va mana men uyda ko`nglimni yulqib
Ko`mdim beor do`stdek gumonlarimni.

O`ylar suraverdim kechalar tanho,
Goho, jiqqa yoshga to`lganda ko`zim.
Va seni sevmoqdan oldin bir kuni
Dildan sevib qoldim o`zimni o`zim"¦

Sevmoq bu o`zingni anglamoq asli,
Toki zamin aro quyosh bor, gul bor.
Rayhonga ko`milgan shu bahor fasli,
Sadoqatli yor bo`l sen menga, dilbar.

Sevgilim, men seni sevaman, tamom,
G`amgin ko`zing, hadik to`la ko`zingni.
Sevmoq, bu kunda bir ko`rmoq baxtidir
Ozg`in qo`llaringni, sepkil yuzingni

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 19 Mart 2008, 11:33:51
IBODAT

Ibodat ne?
Yaratganga itoat ham ibodatdur
Haqiqiy bandalik birlan
Sadoqat ham ibodatdur.

Otang birla onang qalbi
O‘tar ka’ba tavofidin
Alar ko‘nglini shod etsang
Bu xizmat ham ibodatdur.

Umrni etmayin isrof
O‘zing ro‘za vujuding sof
Agar pok holda uxlarsan
Bu rohat ham ibodatdur.

Butun borliq nabotot ham
Yaratganga etar tasbeh
Bobodehqon ekib yursa
Ziroat ham ibodatdur.

Mirzo Kenjabek
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 20 Mart 2008, 12:30:09
Rejami? Oldindan gapirish qiyin,
Hayot ham, ijod ham nozikdir qildek.
Ta’na toshlarini otmay turasiz,
Hakim bilan bir oz hamkorlik qildik.  Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shirinqiz 20 Mart 2008, 16:21:42

Kecha oqshom falakda oy bo`zarib botganda,
Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma'yuslik, sokinlik uyg`otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim.
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

O`tdi yoshlik zavq bilan, gohi to`polon bilan,
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayri ham tushdim ba'zan qalb bilan, imon bilan,
Lekin seni yo`qotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu g`aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.

Dunyo degan shundayin anglab bo`lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan.
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan...
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.

Holbuki orzulardan judo ham bo`lganim yo'q,
yulduzday kulganim yo`q, oy kabi to`lganim yo'q.
Erta xazon gul kabi sarg`ayib so`lganim yo'q,
Seni eslab yig`layman, birinchi muhabbatim,
Eslab bag`rim tig`layman, birinchi muhabbatim.

Yo`lin yo`qotsa odam - muhabbatga suyangay,
G`ussaga botsa odam - muhabbatga suyangay.
Chorasiz qotsa odam - muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim.
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.

Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko`rib men bor dunyoni unutdim.
Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg`iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.


Abdullo Oripov.

PS: Uzr, bu she'r juda kup bor qayta yozilgan bulsa ham yozganim chun
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhyiddin 20 Mart 2008, 18:05:09
Ошуфта қизга

uzmus

Мажнунтол толим-толим,
Бир қиз куйлар мулойим,
Олар ногоҳ хаёлим,
Исми, балки, Гулойим.

Гулойимнинг сочлари,
Офтобда слтирайди,
Гулдан нозик қсллари,
Бехосдан қалтирайди.

Бул санамнинг юзлари,
Бирам нурли, гсзалдир,
Лорлаб турган ксзлари,
Шаҳло, маҳзун, ғазалдир.

Дардларинг шунча кспми,
Мана осмон йиғлади,
Тунлари ноланг тинглаб,
Ой юзини доғлади.

Ситамлардан дунёда,
Бир сенмидинг сзилган,
Ошуфтажон инсонинг,
Кскси қийқим, кесилган.

Бир кун келар, ссади —
Гулгун ишқнинг сабоси,
Кутгин шаксиз, келади —
Ксклам, булбул навоси...

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shirinqiz 28 Mart 2008, 14:43:57
İnsan bu, su misali, kıvrım kıvrım akar ya;
Bir yanda akan benim, öbür yanda Sakarya.
Su iner yokuşlardan, hep basamak basamak;
Benimse alın yazım, yokuşlarda susamak.
Her şey akar, su, tarih, yıldız, insan ve fikir
Oluklar çift; birinden nur akar, birinden kir.
Akışta demetlenmiş, büyük, küçük, kâinat;
Şu çıkan buluta bak, bu inen suya inat!
Fakat Sakarya başka, yokuş mu çıkıyor ne,
Kurşundan bir yük binmiş, köpükten gövdesine;
Çatlıyor, yırtınıyor yokuşu sökmek için.
Hey Sakarya, kim demiş suya vurulmaz perçin?
Rabbim isterse, sular büklüm büklüm burulur,
Sırtına Sakarya'nın, Türk tarihi vurulur.
Eyvah, eyvah, Sakaryam, sana mı düştü bu yük?
Bu dava hor, bu dava öksüz, bu dava büyük!..

Ne ağır imtihandır, başındaki, Sakarya!
Binbir başlı kartalı nasıl taşır kanarya?

İnsandır sanıyordum mukaddes yüke hamal;
Hamallık ki, sonunda, ne rütbe var, ne de mal.
Yalnız acı bir lokma, zehirle pişmiş aştan;
Ve ayrılık, anneden, vatandan, arkadaştan;
Şimdi dövün Sakarya, dövünmek vakti bu an;
Kehkeşanlara kaçmış eski güneşleri an!
Hani Yunus Emre ki, kıyında geziyordu;
Hani ardına çil çil kubbeler serpen ordu?
Nerede kardeşlerin, cömert Nil, yeşil Tuna;
Giden şanlı akıncı, ne gün döner yurduna?
Mermerlerin nabzında halâ çarpar mı tekbir?
Bulur mu deli rüzgar o sedayı: Allah bir!
Bütün bunlar sendedir, bu girift bilmeceler;
Sakarya, kandillere katran döktü geceler.

Vicdan azabına eş, kayna kayna Sakarya,
Öz yurdunda garipsin, öz vatanında parya!

İnsan üç beş damla kan, ırmak üç beş damla su;
Bir hayata çattık ki, hayata kurmuş pusu.
Geldi ölümlü yalan, gitti ölümsüz gerçek;
Siz, hayat süren leşler, sizi kim diriltecek?
Kafdağını assalar, belki çeker de bir kıl!
Bu ifritten sualin, kılını çekmez akıl!
Sakarya, saf çocuğu, masum Anadolu'nun,
Divanesi ikimiz kaldık Allah yolunun!
Sen ve ben, gözyaşıyla ıslanmış hamurdanız;
Rengimize baksınlar, kandan ve çamurdanız!
Akrebin kıskacında yoğurmuş bizi kader;
Aldırma, böyle gelmiş, bu dünya böyle gider!
Bana kefendir yatak, sana tabuttur havuz;
Sen kıvrıl, ben gideyim, son Peygamber kılavuz!

Yol onun, varlık onun, gerisi hep angarya;
Yüzüstü çok süründün, ayağa kalk, Sakarya!..
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Rukhiya 28 Mart 2008, 14:51:10
      "Rasululloh Yig`lagan Kecha!"



 Azon aytib yig`lar Bilolim,
Rasululloh yig`lagan kecha!
Tong ottirding qanday, hilolim,
Rasululloh yig`lagan kecha?!

Eng mukammal azal qoida
Rayhon isi turar poyida,
Qanday turar osmon joyida
 Rasululloh yig`lagan kecha?!

Anga hamroh haqiqiy erlar,
Ta`zim aylar eng vahshiy sherlar
Yulduzlar ham to`kilay derlar
Rasululloh yig`lagan kecha!

Kulganida oq dur sochilgan
Gulharirdan bir nur sochilgan,
Ammo qalblar beun ochilgan
Rasululloh yig`lagan kecha!

Kiyik bilan bo`ri do`stlashmish,
Osmon ila zamin yuzlashmish,
Etim ko`ngli g`amgin bo`zlamish
Rasululloh yig`lagan kecha!

Ey jamiki hilqat, tinglangiz,
Bir haqiqat mavjud, bilsangiz,
Kulmang, ahir bo`lmas kulsangiz
Rasululloh yig`lagan kecha!

Kulgisiga oftob ham shaydo,
Shafoat, deb yig`lar Xuvaydo,
Oy yuzida dog` bo`lmish paydo
Rasululloh yig`lagan kecha!

Umar yerga yotmish yuztuban,
Usmon tikar o`ziga kafan,
Aliy quchib yig`lar daf`atan
Rasululloh yig`lagan kecha!

Kulgichdan nur ufurgan sayin,
Zavjalarning so`zlari mayin.
Xafsa, Oisha ahvoli tayin
Rasululloh yig`lagan kecha!

So`zim tugar, sen ham insonsan
Yo`ling egri, ne hol-nodonsan?!
Ey Xayrulloh, nechun shodonsan
Rasululloh yig`lagan kecha?!   
                                                (muallifini bilmayman)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shirinqiz 28 Mart 2008, 15:00:25
Artık demir almak günü gelmişse zamandan,

Meçhûle giden bir gemi kalkar bu limandan.

Hiç yolcusu yokmuş gibi sessizce alır yol;

Sallanmaz o kalkışta ne mendil ne de bir kol.

Rıhtımda kalanlar bu seyâhatten elemli,

Günlerce siyâh ufka bakar gözleri nemli.

Bîçâre gönüller! Ne giden son gemidir bu!

Hicranlı hayâtın ne de son mâtemidir bu!

Dünyâda sevilmiş ve seven nâfile bekler;

Bilmez ki giden sevgililer dönmiyecekler.

Bir çok gidenin her biri memnun ki yerinden,

Bir çok seneler geçti; dönen yok seferinden.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 15:13:39
Neniki sharob deb o'ylab yugurdim,
Sarob bo'lib chiqib, qoqildim yo'lda.
Qaerdaki ko'm-ko'k jannatni ko'rdim,
Uchib etgach hayron, tentidim cho'lda.

Neni oy deb o'ylab, ko'zimni tikib,
Zarrin shu’lasiga yuz tutdimki zor,
Oy deb o'ylaganim yoy bo'lib chiqib,
U otgan o'qlardan ko'ksim yarador.

Neniki mangu deb ushlagan paytim,
Baliqday sirg'alib chiqdi qo'limdan.
Ortiq oldi, ammo bermadi qaytim,
Savdogarlar chiqib ba’zan yo'limdan.

Qay bog' qorovulin g'aflatki oldi,
Bog'ni talon etar o'g'riyu kazzob.
Bu kun darmon ketib tizlarim toldi,
Sizki yonimdasiz, yonimda azob.

Kim men qushcha misol talpingan damim,
Qarg'aday xo'mrayib tashladi nazar.
Bu kun ularda bor o'chim, alamim,
Bu kun men ulardan qilarman hazar.

Ishqingizdan qoldi yuragimda dog',
Angladim ishqingiz o'tsiz ekanin.
Porlab ko'ringan gul bo'ldi-yu yantoq,
Ko'nglimni qon qildi uning tikani.

Agar ishqingizda bo'lsa edi o't,
Bu qora quyunlar qilmas edi kor
Va mening qalbim ham qolarmidi but,
Ming bitta baloga bo'lmay giriftor.

Bu chigal xatolar to'ydirdi juda,
Tilagim oq, sizga duch kelsin baxt, shon.
Ammo menga ayting bir og'iz vido
Va uzilsin bizni bog'lagan arqon.

Siz bilan minnatdor xayrlashaman...

   
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shirinqiz 28 Mart 2008, 15:23:26
Ne hasta bekler sabahı,
Ne taze ölüyü mezar,
Ne de şeytan bir günahı,
Seni beklediğim kadar.

Geçti istemem gelmeni,
Yokluğunda buldum seni;
Bırak vehmimde gölgeni,
Gelme, artık neye yarar?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 15:46:36
Ravo ko‘r, yuzingda bir xol bo‘layin,
Ko‘rsat ag‘yoringni, zavol bo‘layin.
Kattakon to‘y qilib nog‘ora chalgin,
To‘yingda suv tashib hammol bo‘layin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Shirinqiz 28 Mart 2008, 15:58:15
N'oldu bu gönlüm n'oldu bu gönlüm
Derd-u gam ile doldu bu gönlüm

Yandı bu gönlüm yandı bu gönlüm
Yanmada derman buldu bu gönlüm

Yan ey gönül yan yan ey gönül yan
Yanmadan oldu derdine derman

Pervane gibi pervane gibi
Şem'ine aşkın yandı bu gönlüm

Gerçi ki kandı gerçeğe yandı
Rengine aşkın cümle boyandı

Kendide buldu kendide buldu
Matlabını hoş buldu gönlüm

Sevad-ı a'zam sevad-ı a'zam
Belki oluptur Arş-ı muazzam

Matlab-ı canan matlab-ı canan
Olsa acep mi şimdi bu gönlüm

Seyr-i billahtır seyr-i billahtır
Li maallahtır fena fillahtır

Ayinesinde ayinesinde
Gird-i sivayı buldu bu gönlüm

El fakru fahrı el fakru fahri
Demedi mi ol alemler fahri

Fahrini zikrin fahrini zikrin
Mahv-u fenada buldu bu gönlüm

Bayramı imdi Bayramı imdi
Bayram edersin yar ile şimdi

Hamd-ü senalar hamd-ü senalar
Yar ile bayram kıldı bu gönlüm
Hacı Bayram Veli
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 28 Mart 2008, 20:05:20
Мангумас томирда кон ёнишлари,
Бокиймас бир кизнинг уртонишлари,
Гам кунга сратинг дил уришларим,
Сизнинг садокатни илгамок душвор.

 
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 29 Mart 2008, 18:01:22
Rayhon xidlarini yo'llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqan,
Faqat yig'lamagin aybim nima deb,
Aybing onang seni chiroyli tuqqan.

Muhammad Yusuf.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 30 Mart 2008, 15:55:08
Аихолга нур зарур тикланмок учун,
Баликка сув зарур сирпанмок учун,
Ошикка ишк зарур уртанмок учун,
Сизнинг заруратни илгамок душвор.
 


      Amira
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 30 Mart 2008, 16:12:34
А уҳингни ксксимга тумордек осиб

Адолат юлдузин излаб кетибман,

Ае қилай стмаган бслса у насиб...

Билмам, қайдан кетиб, қайга етибман...
 
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 30 Mart 2008, 16:22:22
Na qilay rohatim yo'q,
Ishimda bir unum yo'q,
Sog'inaman vaslingni,
O'ylamagan kunim yo'q.
She'r aytmagan kunim yo'q,
She'r bitmagan tunim yo'q.
Ko'zim - ko'zingga tushdi,
Men yonaman shekilli,
Devonaman shekilli,
To'lg'onaman shekilli.

Shul bois yuzim sariq,
Bog'larga keldi xazon,
Dil kuyar , iymon kuyar,
O'tlarga tushdi zabon,
Navoiy o'qib erdim,
Majnunga bo'lib hayron.
Ko'zim - ko'zingga tushdi,
Men yonaman shekilli,
Devonaman shekilli,
To'lg'onaman shekilli.

Gul ko'tarib o'tarman,
Bu sevgi ko'chasidan,
Sadoqatda muqimman,
Oshiqlar nechasidan,
Etmasam uchib chiqur,
Yurak o'z go'shasidan,
Ko'zim - ko'zingga tushdi,
Men yonaman shekilli,
Devonaman shekilli,
To'lg'onaman shekilli.

Chirog'ingga urilgan,
Parvonaman shekilli,
Ishqingda tuproq o'ldim,
Uyg'onaman shekilli.
Shoirligim ne bo'ldi,
Men tonaman shekilli.
Ko'zim - ko'zingga tushdi,
Men yonaman shekilli,
Devonaman shekilli,
To'lg'onaman shekilli.


Na qilay rohatim yo'q,
Ishimda bir unum yo'q,
Sog'inaman vaslingni,
O'ylamagan kunim yo'q.
She'r aytmagan kunim yo'q,
She'r bitmagan tunim yo'q.
Ko'zim - ko'zingga tushdi,
Men yonaman shekilli,
Devonaman shekilli,
To'lg'onaman shekilli.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 30 Mart 2008, 16:26:48
Икки булмас битта куйлаги,
Кийинтирар срим дунёни,
Мехнат учун битган билаги,
Дурлар сочар ширин забони.
Лардозига етмаган холи,
Гулдан дилбар узбек аёли.

Amira
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 30 Mart 2008, 16:28:46
Инсон ксз ёшининг йсқдир салмоғи...
 

Ўтлоқлар сшнайди ёмғир ёққан дам,

Тсғонлар қулайди сел урган чоғи.

Аммо ксз ёшлари қанча оқса ҳам-

Ҳечқачон сзгариб қолмайди олам
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 30 Mart 2008, 16:33:05
Майли тошлар отгин, нишондир,
Куксим калкон килавераман.
Сенингсиз хам бу жигар кондир,
Конаб олдга юравераман.

Хеч булмаса сен отган тошлар,
Сезсин багрим жарохатини.
Тош булса хам тукадир ёшлар,
Каргаб кафтинг жахолатини

Омон булсин шу азиз бошинг,
Бир кун илгар сзгулик кучин.
Уксиб сшар сен отган тошинг,
Куксимни кон стгани учун.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 30 Mart 2008, 16:39:06
Аозик калбга санчилдими мохир нигох, 
Дард слитди, гуссаларда куйдим ногох, 
Бир гунчани шунч утда ёкмок гунох, 
Аигохларинг юрагимни аср стди 
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 30 Mart 2008, 16:42:49
Ilonlar misoli to'lg'anar yurak,
Sevgisiz yurak kimga ham kerak
Yuragim aytadi bir orzu tilak,
Sevilmagan qizni sevishim kerak.
Qo'lidan o'zga qo'l tutmagan bo'lsin,
Sochidan o'zgalar tutmagan bo'lsin,
Labidan bo'salar olmagan bo'lsin,
Sevilmagan qizni sevishim kerak.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 30 Mart 2008, 19:54:41
Kunlar o`tar shoshib-shoshib,
Tashvishlari boshdan oshib.
Kеch angladim, eh, mеn noshud -
Sеvib yashash kеrak ekan!

Hayotiga izlab mazmun,
Muhabbatni topdi Majnun,
Kulfatidan Layli mamnun,
Sеvib yashash kеrak ekan!

Orif To'xtash
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Rumi 30 Mart 2008, 19:57:39
*   *   *
Аихон ишкин аён стса гар санга, ул ишк смас,
Мажнунлигин баён стса ким, санга ошик смас.

(Хоксор)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 01 Aprel 2008, 12:53:40
Сиғмарам боғу-баҳорим гул очиб дил овласа,
Тош деворлар тирқишидин бахту иқбол пойласа,
Мен ғариб девонаман йслимни имкон бойласа,
Изтиробдин хун ютиб қалб ичра иймон сртагай
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 01 Aprel 2008, 13:55:54
Yuragim sal telbaroq
Qo'y deganni bilmaydi.
Sendan o'zga yurakni
Nazariga ilmaydi.

Senga sobiq qul emish,
Menga quloq tutmaydi.
Qaysar xuddi o'zingdek
Unga gapim o'tmaydi.

Tunda rosa urushdim,
Tong otguncha og'rindi.
Sho'rlik mendan arazlab,
Seni rosa sog'indi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 01 Aprel 2008, 16:27:46
Ishonmagil maddoh, so’zamollarga,
Zarracha naf uchun seni madh etar.
Bir kuni murodin hosil etmasang,
Ikki yuzdan ortiq ayb sanab ketar.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: BaÑ…tiyor 02 Aprel 2008, 02:05:06
Rizqingdan ortiqni yeb bo’lmasa ham,
Talabda bo’lmag’il dangasa, beg’am.
G’avvos nahang og’zini o’ylasa agar,
Qo’lga kiritolmas hech durru gavhar.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 02 Aprel 2008, 09:35:27
Rubobiy she'r yozsam...
qaytsam bir nafas...
hamisha musaffo chashmani ko'rsam,
qoraygan cho'qqilar qoriga qarab,
bir nafas xayolchan o'snirga do'nsam.
Voh, o'shal lahzalar...
o'tdimi butkul
gunafsha atirli tansiq tuyg'ular,
sahargi bog'larni uyg'otgan bulbul,
oylarning nurlarin elagan suvlar.
Yashil shajar edim...
Qandoq sog'indim...
ko'zimni yashnatsa rubobiy ranglar.
Qaysi bir dunyoga buncha og'rindim,
dilimni qaritdi besamar janglar.
Men jangchi emasdim,
men shoir edim,
nihoyat shoirdan ko'ra zobitman,
har nafas musulmon millatim dedim.
nafsiga kuyganlar keldi oqibat.
Haromni xush ko'rgan malakfurushlar
zig'irday himmatin qilganda minnat,
yaproqday sarg'ordim buyuk urushda
musulmon yo'q edi,
yo'q edi millat.
Bas, qushlar sayroqi,
yaproqlari mo'l
yashil shajar kabi turay mushakkal,
ilhomim haqida so'ylasinlar xo'b,
zaharli tilimdan to'kilsin shakkar.
Rubobiy sabolar ruhimdan esing,
qaytadan uyg'onsin ilohiy tug'yon.
Voh, yalang shoxlarim qilichday keskir,
bir yaproq qolmaptir shivirlayturg'on.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 03 Aprel 2008, 17:23:45
Nuh to‘foni, demak, qismat shamoli,
Kimningdir kamoli, kimning zavoli.
Sargashta kun ko‘rding ohu misoli,
Shundan hamon mungli kuylaring, o‘zbek.

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhyiddin 03 Aprel 2008, 20:35:14
Ким бслмайин бир кун мен ҳам, бу дунёдан старман,
Билмам қачон манзилга ҳам, тақдирда бор етарман,
Гар савобим ксп бслса, тинчман ғамим йсқ, бироқ,
Акси бслса раҳм айлагин, айлмасанг нетарман?

Камина
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Amina 07 Aprel 2008, 17:24:49
NAXOT SHUNCHA MA`SUM SHUNCHA POK,
SEVISHMOQDA ALAM BOR SHUNCHA.
BARDOSH BERMAS IRODA, IDROK,
TAMOMAN LOL AQL, TUSHUNCHA!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 07 Aprel 2008, 20:14:21
Allaqachon unutganman bari-barini,
"žAllaqachon"œ aldayman men o'zimni-o'zim.
Ortda qolgan muhabbatning qo'shiqlarini,
Eslama, deb o'z-o'zimga tilayman to'zim.

Eslab qolsam, toqatlarim- to'zigan bir pat,
Egilgan yoyga aylanar bo'y-bo'y qomatim.
Eslasam, bu yorug' dunyo-bo'm-bo'sh bir xilqat,
Bir pul bo'lar e’tiqodim, baxtim, omadim.

Kulgularim kinoyasi zarra sezilmas,
"žAllaqachon unutganman"œ... qah-qah uraman.
Hijronning talx sharobidan ortiq sarxush, mast,
Baxtlilardan baxtiyorroq yashnab yuraman.

Allaqachon unutganman, unutgan ma’qul.

Halima Xudoyberdiyeva.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 09 Aprel 2008, 16:42:00
Lola rangim za’faron bo’ldi hajrdin, ko’rmading,
Bir nigoh tashla, dilim qasrini qil ostin-ustun.
 
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhyiddin 09 Aprel 2008, 17:26:32
Ае истакда дунё ҳаваси уни тарк ст,
Ае истакда Аллоҳ ризоси унга жаҳд ст.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhyiddin 09 Aprel 2008, 17:29:15

Тонгда ссган майин шамол сочинг сйнасин,
Гулдан учган юмшоқ шабнам юзинг силасин,
Боғ сайрига чиққанингда неча булбуллар,
Аигоҳларинг тутолмайин юрак доғласин.

uzmus
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 10 Aprel 2008, 06:45:45
Ne jafolar ko’rmadi Rasul,
Haqoratu masxara, tahdid.
Lekin har dam uqtirgani shul —
Biru Birga ibodat — tavhid.

Yillar kechdi. Haq Rasul bilan
Balqdi Islom — nur aro Ka’ba.
Iqror, tasdiq, taslim dil bilan
Ahli imon topdi martaba.

Yuraklar pok, xulq go’zal bo’ldi,
Elni baxtga boshladi irfon.
Ming shukrkim, mukammal bo’ldi
Mo’jizalar onasi — Qur’on!

Arabchadan Abdul Jalil tarjimasi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Amina 10 Aprel 2008, 14:46:48
Nelaradandir kungil bulib g`ash,
Ham egilib bu egilmas bosh.
kuzlarimda qalqib tursa yosh,
Bir mushtipar onam yig`laydir,
Qolganlari yolg`on yig`laydir!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 11 Aprel 2008, 14:13:43
А изқ излаб кетди бут сл,
Юраги қон ва пора.
Уйда қолди оналар,
Болам қайтсин, деб зора
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 11 Aprel 2008, 15:21:26
Agar meni aldasa hayot,
Orzularim qilsalar barbod,
Yuz o'girsa mendan do'stlarim,
Sevasizmi shunda ham ayting?

Zaiflashsa ruhi hayotim,
Alloh olsa yoki zabonim,
Topilmasa bir mehribonim,
Sevasizmi shunda ham meni?

Fojiaga duch kelib qolsam,
Ko'zlarimdan ayrilib qolsam,
Nogironlik nomini olsam,
Sevasizmi shunda ham meni??
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 11 Aprel 2008, 15:38:04
Ishq, armon gul ochib, so'lsa jonimda,
Yillar olib ketsa berkitib, o'rab,
Jilg'a dardin bermang qahratonimda,
Umrimning so'ngida kelmangiz so'rab.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Umayyah 11 Aprel 2008, 15:57:28
Bu Mandan Sanga bag`ishlanadi.
Hech Narsa Arzimas Sening Qadringdek.
Hech Narsa Iliqmas Sening Qalbingdek.
Hech Narsa Porlamas Sening Ko`zingdek.
Hech Narsa Shirinmas Sening So`zingdek.
Sevaman Deyman Sev Deyolmayman.
Majburiy Sevgini Tan Ololmayman.
Agar Meni Emas O`zgani Sevsang.
Bahtli Bo`l Deyman Unutolmayman.
Mening Birinchi Muhabbatim?
Dil Kuyar Til Kuyar Jonim Sizga Talpinib.
Sul Nazar Zulfirar Holim Endi Ne Bo`lar?
Sevgini Sevgan Bilar.
Sevgida Kuygan Bilar.
Men Seni Sevaman?
Agar Sevish Gunoh Bo`lsa Unda Menda Gunoh Bor.
Bu Gunohdan Habardor Yana Bitta Guvoh Bor.
U Guvohim O`zgaga Hech Sirim Yetmaydi.
Chunki Uni O`zi Ham Huddi Mendek Gunohkor.
Istardim Dunyoda Sevgi Sof Bo`lsa.
Istardim Sevganing Seni Ham Sevsa.
Istardim Doimo Bahtiyor Qilsa.
Istardim Senga U, Vafodor Bo`lsa???
Ko`zim Kulib Turar Yig`laydi Qalbim.
Muhabbat Yo`lida Qiynalar Dilim.
Ishq Degani Bir Narsa Tirnaydi Qalbim.
Ne Qilay Sevgilim SENI SOG`INDIM,
O`tsa Ham Necha Yil Oylar.
Noming Qo`ymay Takrorlar Tilim.
Orziqadi Vaslingga Dilim.
Sog`inganim Sog`inmadingmi?
Men Seni Har Kuni Ko`rgim Kelar.
Ko`rmagan Kunim O`lgim Kelar.
Ko`zlaringga Tikilib Turgim Kelar.
Seni Bor Yo`g`i Bir Umr Sevgim Kelar.
Mayli Essin Mayin Shaboda.
Mayli Suvlar Oqsin Teskari.
Mayli Hamma Unitsin Bizni.
Biz Unitmaylik Bir Birimizni Jonim.
Seni Sevaman Asalim.
Yolg`izlikga Chidash Mumkin.
Ayriliqga Chidab Bo`lmas.
Sevgisiz Yashash Mumkin.
Faqat Sensiz Yashab Bo`lmas.
Bahtli Bo`l Mening Birinchi Muhabbatim??
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 11 Aprel 2008, 16:07:51
Men ketib boraman, qoramtir samo,
Quvlashib o'ynoqi shamollar bilan.
Taqdirimda mingi aralash, ammo,
Biri yechilmagan savollar bilan.

Men ketib boraman, yorishadi ko'k,
Nogahonda ovoz... nega bo'shashdim.
Chaqirmang, ortimga qaytolmayman, yo'q,
Chaqirmang, yo'q esa qaytguday shashdim.

Men Siz chorlagan payt ojizman, aytdim,
Ketsam ham qulog'im, ko'zim berkitib,
Qaytmasam, yurganim yo'lim unmaydi.
Qaytsam, kelolmayman Sizga ham etib.

Garchand Siz sig'ingan shohman, pirman men,
Aro yo'lda qolib adodirman men.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mubashshir Muhammad 11 Aprel 2008, 18:33:01
So’nggi so’zim hayotingga erur ibrat,
Majoz tugab haqiqatga yetdi navbat,
Ilk otamiz tashlab ketgan o’shal jannat,
Vatanni sev, bul muhabbat iymondandir.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mubashshir Muhammad 11 Aprel 2008, 18:34:49
So’nggi so’zim hayotingga erur ibrat,
Majoz tugab haqiqatga yetdi navbat,
Ilk otamiz tashlab ketgan o’shal jannat,
Vatanni sev, bul muhabbat iymondandir.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mubashshir Muhammad 11 Aprel 2008, 18:39:56
Gar qalbingdan da’vatdan g’urur,
Yo’llaringni yoritmagay nur,
Ey Hayrulloh, shodlanmayin tur,
Yig’la, fosiq bo’lib qoldim,deb
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mubashshir Muhammad 11 Aprel 2008, 18:41:06
Unga vaqting sarfla misoli g’aniy,
Sajdaga aylangan ko’ngil malhamiy.
Yo jannatiy qilar, yo jahannamiy,
Alloh huzurida farz bo’lgan namoz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mubashshir Muhammad 11 Aprel 2008, 18:43:53
Garchi yo’llarimda yo’ldoshdir gunoh,
Allohni yagona sanadim iloh.
Har holda duoda, baxtli bo’lay,deb,
Allohdan hamisha tilarman panoh,
Sen meni baxtsiz,deb xursand bo’lmagin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mubashshir Muhammad 11 Aprel 2008, 18:45:43
"¢   Дунё дермиш: кимки менга қулоқ солса,
"¢   Унга айтар сирларим бор, агар олса.
"¢   
"¢   - Аеча-неча дунёсига берилганни,
"¢   Даврим келди, деб сзича керилганни,
"¢   
"¢   Алдаб-сулдаб, тубсиз жарга йиқдим мано,
"¢   Олиб бориб қаро гсрга тиқдим мано.
"¢   
"¢   Бойликларни тахладилар саржин-саржин
"¢   Мен айладим ҳаммасини парчин-парчин!
"¢    "œБахт изласанг"¦"
"¢   
"¢   Ақл сргатиб, айтар бугун ким кимгадир:
"¢   "œБахт-саодат сукутдадир, "œжим-жим!" дадир.
"¢   
"¢   Ўз уйингда тинч сшасанг, маза ҳар кун,
"¢   Муҳожиру қувилганга аза ҳар кун.
"¢   
"¢   Бахтинг шулдир - сен ҳаммадан кейин юрсанг,
"¢   Қадамингни аста босиб, "œхсп!" деб турсанг.
"¢   
"¢   Бахт изласанг, йсқ қил барча сътирозинг,
"¢   Ҳайдаб юбор ғазабинггу сҳтиросинг!
"¢   
"¢   Ана шунда топарсан сен бахт қушингни
"¢   Ҳушёр бслгин, йсқотмагин сс-ҳушингни!"
"¢   
"¢   Бу ссзларга жавоб шулки, бу ҳаётмас!
"¢   Тирик инсон сен айтгандай музлаб ётмас.
"¢   
"¢   Ҳаёт деган машаққатдир, сснгра роҳат.
"¢   Сенга қолса, слик уйқу - истироҳат.
"¢   
"¢   Тирик инсон дину юртга бслур қалқон!
"¢   Ҳур кишилар душманларни қилур толқон!
"¢   
"¢   Билгил, мағлуб косасидан оқар йиринг.
"¢   Бсйин сгма, ҳимос ст ватан, еринг,
"¢   
"¢   Таслим бслма, майли кетсин йсғу боринг
"¢   Лек кетмасин дину иймон, номус-оринг
 Дин - адолат!
"¢   
"¢   "œДин — узлат", дедилар, мисоли роҳиб,
"¢   "œБслсанг бас, дуою зикрга соҳиб".
"¢   
"¢   Диннинг бир қисмига келтириб иймон,
"¢   Ажабким, бир қисмин ксрурлар ёмон.
"¢   
"¢   Дин асли фарзу нафл, тавба, истиғфор,
"¢   Ҳақдан неки бслса, бунда срин бор.
"¢   
"¢   Дин - қудрат, матонат, маърака, майдон!
"¢   Даф бслур ёмонлик, қувилур шайтон!
"¢   
"¢   Дин - А аббинг номи-ла ҳукм юритмоқ.
"¢   Ўрнатиб адолат, зулмни қуритмоқ!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mubashshir Muhammad 11 Aprel 2008, 18:51:12
Ey, Muslima, erring sening tulking emas,
Yig’ing emas, vaqti bekor kluging emas,
Qiyomatda Qur’on senga yov bo’lmasin.
Er — Allohning mulki erur, mulking emas.
Oyat seni to’xtatmasa jazo neki?!
O’g’il va u to’plagan mulk otaniki.
Bu dunyoda hamma narsa Xudoniki
Er — Allohning mulki erur, mulking emas.
"œErkaklar"mas "œAyollar" deb sura tegmish,
Unda senga, ekakaka ham hukm tengmish.
Jannatiylar ul oyatga bo’ying egmish,
Er — Allohning mulki erur, mulking emas.
Ayoldirsan, hududingni asra oqil,
Alloh uchun qalbingni och bo’lma baxil.
Qiyomatda baxtli bo’lmoq istasang, bil,
Er-Allohning mulki erur, mulki emas.
Vazifangni bajariblar manzil yetib,
Farzandlaring tarbiyala solih etib,
Dod ko’tarma chegaradan o’tib ketib,
Er-Allohning mulki erur, mulking emas.
Haddingni bil, hadding asli juda go’zal,
Bu hududga bitmak arzir ming bir g’azal,
Nachoradir, Rahmon xoxlab bo’lgan azal,
Er — Allohning mulki erur, mulking emas.
Ingragandek yoz tongida qish qarg’asi,
Dod yig’lading Titrab ketdi dil dahasi,
Bittadan ko’p yaralgandir qovurg’asi,
Er — Allohning mulki erur, mulking emas.
Sen ayolsan, o’zing urma gumrohlikka,
Yakka qolsang noming yetmas guvohlikka,
Xoliq bilan talashmagin ilohlikka,
Er- Allohning mulki erur, mulking emas.
Kel, payg’ambar uyini ham qil ziyorat,
To’qqiz ayol bir turmushdan olar rohat.
Mo’minlarning onalari senga ibrat.
Er — Allohning mulki erur, mulking emas.
Ey muslima singlim,endi yo’lga otlan,
Haq yuborgan hukmlarga qanoatlan.
Senga ering javob berar, shunga shodlan,
Er-Allohning mulki erur, mulking emas.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mubashshir Muhammad 11 Aprel 2008, 18:52:09
Bugun ta’sir uchun behold so’zimiz,
Qaysardan ham battar o’g’il qizimiz.
Bariga aybor asli o’zimiz,
Ajab zamon bo’ldi, qayga qocharmiz?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mubashshir Muhammad 12 Aprel 2008, 13:18:05
Tushuning, men asli, bir sof musulmon,
Aroqni xarom deb so’ylagan Qur’on.
Iymonda ketishga beringiz imkon,
Men o’zbekman, qadah tutmnag, iltimos.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Farida 12 Aprel 2008, 15:25:40
Men ketib boraman, qoramtir samo,
Quvlashib o'ynoqi shamollar bilan.
Taqdirimda mingi aralash, ammo,
Biri yechilmagan savollar bilan.

Men ketib boraman, yorishadi ko'k,
Nogahonda ovoz... nega bo'shashdim.
Chaqirmang, ortimga qaytolmayman, yo'q,
Chaqirmang, yo'q esa qaytguday shashdim.

Men Siz chorlagan payt ojizman, aytdim,
Ketsam ham qulog'im, ko'zim berkitib,
Qaytmasam, yurganim yo'lim unmaydi.
Qaytsam, kelolmayman Sizga ham etib.

Garchand Siz sig'ingan shohman, pirman men,
Aro yo'lda qolib adodirman men.

Mubashshir Muhammad, siz mavzu qoidasini o'qimabsiz shekilli.
Bu yerda so'nggi user yozgan she'rning so'nggi harfiga siz she'r yozishingiz kerak.
masalan, so'nggi yuser Robiya she'rlarini N harfidan tugatgan ekanlar. Siz ham N harfiga boshlashingiz kerak edi.

Novaking ko'nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko'nglum bila jonim talosh.

Umri jovid istasang fard o'lki, bo'ston Xizridur,
Sarvkim da'b ayladi ozodaliq birla maosh.

Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qo'ygusidir barcha bosh.

Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 12 Aprel 2008, 16:41:31
Shu qaroqlar bo'ldi menga ko'z,
Shu qaroqlar til.
Qarzdormiz ulardan beso'z,
Ey mastona dil!
Otlarining quloqlari orasidan sho'x
Behisht shamoli
Esgan shamol misol chavandozlarim,
Sizdan bir nafas ham ayrilganim yo'q,
Qahratonda ham
Ko'ngli yozlarim!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 13 Aprel 2008, 17:51:39
Mayliga o‘zingni girdobga otgil,
Mayliga olovga chirmashib yotgil,
Har neki ma’dan bor - qalbingga qotgil,
Bot gil bo‘lajaksan, bilib qo‘y, bot gil,
Undan o‘zga seni seva olmaydi!
 
Axir, yal-yal senga ko‘zgu tutar u,
Kuysang, sendan oldin kuyib-tutar u,
Xavfsirab nafasin ichga yutar u,
Kutar u, to mahshar seni kutar u,
Undan o‘zga seni seva olmaydi!

Nodir Jonuzoq
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 14 Aprel 2008, 15:32:45
Ibtidodan so‘z ochib, o‘y sursam agar,
Mening shu ketishim intiho ekan.
Umrimiz bolalar aylaydi takror,
Buncha ham shoshqaloq bu inson degan.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Amina 14 Aprel 2008, 16:51:20
Nimaga arziydi mening sevganim,
Nimaga arziydi yonib-kuyganim.
Mehr bu-sunnatdir, mehr bu-farzdir,
Sizni Olloh suysin mening sevganim!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhyiddin 14 Aprel 2008, 17:33:12

Майсадек нозик бсл сув каби зилол,
Сутдек оппоқ бслсин ҳам кснгил уйинг,
Тунлари юзингга термулсин ҳилол,
Беҳиштни сслатсин ҳар лаҳза бсйинг...

uzmus
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: zuzu 17 Aprel 2008, 15:07:04
Garchi shuncha mag'rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan manmanlik nechun...?
Kibr-u havo nimaga kerak?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Olimxon 17 Aprel 2008, 23:28:08
Kimdir o'lar, kimdir nafas olmoq ekan anglab yetdik,
O'zni mangu da'vo qila go'ristonni manzil etdik,
Oling, mana dunyo sizga, biz habib la birga ketdik,
Endi bizga na go'zallik va na sokin halovat bor.
Rosululloh vafot etdi yana qanday musibat bor?!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 22 Aprel 2008, 17:25:17
Rishtakim, muhlik yaram og'zig'a tiktim angladim,
Kim kafan jinsi qirog'idin suvurgan tor emish.

Ko'yi devoridin og'riq tang'a tushgan soyadek,
Sel g'amidin emdi soya o'rnig'a dildor emish.

Jong'a taxvif ayladim tig'i halokidin aning,
Bilmadim bu ishdin ul o'lguncha minnatdor emish.

Ey Navoiy, xo'blarni ko'rma osonlig' bilan,
Kim biravkim soldi ko'z, uzmak ko'ngul dushvor emish.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhyiddin 23 Aprel 2008, 10:28:12
Тush

Шу қаро ксзларни деб,
Мен дунёга келибман,
Ой жамолинг стиб мафтун,
Сенга ошиқ бслибман.

Шу қаро ксзларни деб,
Дунёлардан кечибман,
Камлик қилиб дунёлар ҳам,
Ўзимдан ҳам кечибман.

Шу қаро ксзларни деб,
Яшаш менга арз бслди,
Омонатни сақламоқлик,
Зиммамда бурч, фарз бслди.

Шу қаро ксзларни деб,
Сен - Лайлию, мен - Қайсдир,
Аасиб стса сснг манзилим,
Сенинг бирла Фирдавсдир.

uzmus
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 23 Aprel 2008, 10:41:03
Raufdan yigirib olingan
Lojuvard nurlarning kalavasi oy.
Xoy, sovuqdan tovoni yorilgan Rauf,
Bankrotga uchragan merosxo‘r kunda,
Kundamas, kundada Quyoshning o‘tkir,
Olmos nuri ila kesilgan oyna.
Yo‘llaringda bahor jarchisi bo‘lib,
Erib yotgan mahal ko‘lmaklar,
Eshkaksiz qayiqda yolg‘iz bir o‘zing,
Sevinch ko‘z yoshlaring kafanga artib,
Begona tunlarga ko‘chib ketibsan.
Shig‘alab yog‘armi endi yomg‘irlar?

Xoldor Vulqon
http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2376&Itemid=217
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 24 Aprel 2008, 18:17:11
Ro’zi Mahshar orazin kor’ishlik asli muddaom
Shul sababdan yod eturman, qo’limdan qo’ymay kalom,
Foniy dunyo o’tkinchidir, etmag’ay ming yil davom
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo'ldum sanga.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 25 Aprel 2008, 15:20:43
Azim dunyo, sehrli dunyo,
Halim dunyo, mehrli dunyo,
Zolim dunyo, qahrli dunyo,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.

Kenglarga keng, torlarga torsan,
Yo`qsilga yo`q, borlarga borsan,
Bog`larda gul, tog`larda qorsan,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.

Abdukarim Jumaboyev
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 25 Aprel 2008, 19:05:07

Do'stimga

NIMA DESANG MAYLI ESHITAY
LEKIN IZHOR ETMA MUHABBAT,
MAYLI SENI DO'STIM DEB ATAY,
SEVIB QOLDIM DEMAGIN FAQAT
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Irodaxon 27 Aprel 2008, 12:01:37
Tinmasdan g‘iybatga ruj’u qo‘yganda,
Birov indamabdi, tinch bo‘lgin deya.
Mish-mishlar ustuni to‘ldirilganda
Shaytonlar tuslamish turli qofiya.

Biz payqay olmadik Allohning iznin,
O’lish farishtasi kelgach, bo‘ldi kech.
Ozgina iymondan taxsil olgandik,
Bugun o‘shal kunlar biz uchun sog‘inch.

Yodimda, qur’ondan bir harf o‘qib,
O’zimni baxtiyor bilgandim tengsiz.
Qaniydi o‘shal kun aylansa tinmay,
Aylansa, aylansa, aylansa so‘ngsiz.

Qur’on o‘qib tinmay, yig‘layversam-u,
Ko‘zimning yoshiga cho‘milsa dunyo.
Umrimning alamli yillari kelib,
Joy topolmay ketsa go‘yoki ro‘yo.

Qaniydi, dunyoda faqat ibodat
Va faqat toatga belim bog‘lasam,
Islom deb boshimni kundaga qo‘yib,
Iymon deb qalbimni o‘tda dog‘lasam.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Irodaxon 27 Aprel 2008, 12:08:03
Mangu qolsa deyman, qalblarda do'stlik,
Do'slik ulug' ne'mat, qadrini topsin!
Do'stlar davrasida biz unib o'sdik,
Ilohim do'stlarim omadi chopsin!
Saflari kengaysin, topmasin zavol,
Samimiy bo'laylik, bo'laylik halol,
Avlodlar biz kabi unib-ulg'ayib,
Do'st bo'lib, albatta, topg'usi kamol!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 28 Aprel 2008, 14:54:45
Lahza-lahza chiqtimu chekdim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘au ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.

Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro‘zg‘orimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.

Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.

Ko‘zlaringdin necha su kelgay, deb o‘lturmang meni
Kim, bori qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 13 May 2008, 14:16:09
Ixtiyor ettim ul oyni ikki dunyodin, vale
Netayin soldi falak o'z ixtiyorimdin yiroq.

Sa'y etar zohid meni jannatning eski bog'ina,
Men borurmenmu yuzungdek navbahorimdin yiroq.

Menda ham sabru qaroru aqlu hushe bor edi,
Ne baloliq ishq edikim,soldi yorimdin yiroq.

Gar falak o'ltursa yuz qatla meni,hech bok emas,
Bu o'lumdurkim,o'ladurmen nigorimdin yiroq.

Ketmagay o'lsam Atoiydek bo'yung sarvi uchun,
To qiyomat sayayi rahmat mozorimdin yiroq.

Atoyi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 13 May 2008, 14:34:42
Qilg'il tomosho qomati, zebosi birlan orazin,
Gar ko'rmasang gul bo'lg'onin payvand shamshod ustina.

Nozu ado-yu g'amzasi qasdim qilurlar dam-badam,
Vah, muncha ofatmu bo'lur bir odamizod ustina.

Man xastag'a jon asramoq emdi erur dushvorkim,
Qotil ko'zi bedod etar har lahza bedod ustina.

Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko'ngul shomu sahar,
Bulbuldek aylar yuz navo ming nav'i faryod ustina.

Boshimg'a yog'g'on g'am toshi mingdin biricha bo'lmag'ay,
Gardun agar ming besutun yog'dursa Farhod ustina.

Ey shah, karam aylar chog'i teng tut yamonu yaxshini -
Kim,mehr nuri teng tushar vayronu obod ustina.

Xoki taning barbod o'lur oxir jahonda necha yil,
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina.

Ne jur'at ila Ogahiy ochg'ay og'iz so'z dergakim,
Yuz xayli g'am qilmish hujum ul zor noshod ustina.

Muhammad Rizo Ogahiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 13 May 2008, 15:05:00
ESHIT ARZIMNI, EY DILBAR

Azaldan to abad ko’nglum qutulmas ishq balosidin,
Yurokim rahnalar bo’ldi, bu ishqning mojarosidin.

Xayolimda sening vasling, topolmasman, meni hayron,
Magar vaslingga yetsam piri komilning duosidin.

Eshit arzimni, ey dilbar, yurak-bag’rim kabob o’ldi,
Raqiblar shodmon bo’ldi nigorimning jafosidin.

Sanam, sensiz bu dunyoda tiriklik qilmog’im mushkul,
Kel, ey ko’ngul, kecholi bu tiriklikning baqosidin.

Sanam, ishqing o’ti oxir meni bexonumon etti,
Kuyarman dam-badam tinmay bu dardi bedavosidin.

Xarob o’ldi mening ko’nglum, kishim yo’qturki, roz aytsam,
So’ngoklar raxnalar bo’ldi dilimning ohi bosidin.

Seni ishqing bila yig’lab, agar mahsharda oh ursam,
Kuyarlar mo’minu kofir bu Mashrabning navosidin.

Boborahim Mashrab
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 22 May 2008, 19:18:40
Ааздимда узгармас дунёнинг ранги,
Узгармас шодлигу, кувонч оханги,
Узгармас умрнинг шошкин жаранги,
Аозик калб талпинган куйлар бошкадир
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 28 May 2008, 12:33:30
Robbimo, ruhi bastim qil muzayyan, hil’ating
Etsa shoyad qarzimni dargohingga eltmak oson.

Yo‘lingda Intizoring, garchi Sen ko‘nglidasan,
Ko‘nglina yetguncha ming bor Ka’baga yetmak oson.

Abdunabi Boyqo'ziyev
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 29 May 2008, 16:29:26
Nogahon dilingni o’rtab qolsa g’am,
Suyanchiq maslakdosh topmasang hamdam.
Bunday paytda do’stim, iymondan o’zga
Hech bir narsa qalbga bo’lolmas malham.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 29 May 2008, 16:31:37
Mazmunli umr bu-mangu hikmatdir,
Har o’tgan kun qo’ldan ketgan fursatdir.
Qisqa yoki uzoq umr ko’rishing,
Taqdiringda yozilgan bir qismatdir.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 29 May 2008, 16:39:17
Rozi dil ichga sig'may ozordaman,
Demasni deb, yozmasni yozardaman,
Ey, to'g'rilar, tutinglar men o'g'rini,
O'g'irlab o'zimdan sir bozordaman.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 29 May 2008, 16:54:49
Ne ajabkim, mast bo`libman
Ko`zlaringga termilib,
Yetti iqlimda bu yanglig`
May yo`gu mayxona yo`q.

Ishq g`amin aytsam qalamga
Ich-etin kuydirdi ul,
Sevgidek o`t yo`q jahonda,
Men kabi so`zona yo`q.

Oq qog`ozim, senga Erkin
Ochdi pinhon ishqini,
Sen boru men bor, qalam bor
O`rtada begona yo`q

Erkin Vohidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 29 May 2008, 17:17:49
Qalb gavhari, do’stim, iymon bo’ladi,
Iymonning dushmani shayton bo’ladi.
Kimda kim qalbidan shaytonni quvsa,
Shunda u Hazrati inson bo’ladi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 02 Iyun 2008, 18:25:37
Интизор кут дединг, юрагим огир
Йукликка тиз чукдим, йукдир жавоби.
Ширин ёлгонларга айламай сабр,
Ютиб кетди жонни ростлик гирдоби.

Кутдим, суснгани тогларни кутдим
Амгирлар тиладим ёшим ювсин деб.
Мен факат кечирдим, факат унутдим
Бурилар кетдилар юрагимни еб...

Бир камдир бу олам, дардкаш одамзот,
Куз ёшлар иймонли кузларга безак,
Аммо чин дусту - ёр тополмай хайхот,
Борми пешонамда скка уртанмак...
 
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 02 Iyun 2008, 18:27:50
Кузим юмсам тунда тушлар сени кумсар,
Кунглим юмсам юзларингни кулим излар,
Аолишларим, согинчларим сендан сузлар,
Жондан кечмок осон, сендан осон смас.

Дард тугулса остонангда узим борман.
Узим хорман, узим зорман, узим ёрман,
Куксимдаги йиглаб ётган уксик торман,
Жондан кечмок осон, сендан осон смас.
 
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 03 Iyun 2008, 16:05:45
Sevgi nimaligin bildim o‘shanda,
Sabrsizlik ekan unga kushanda.
Yillar o‘tdi, o‘nta farzand ham ko‘rdik,
Goho och, gohida badavlat bo‘ldik.
Yoshlar so‘rashadi, nima deb vafo?
Javobga o‘ylanib qolaman goho.
Axir uylanganda aqling bor edi,
Yetti o‘lcha, degan naql bor edi.
Yoring kimligini ko‘rganda ko‘zing!
Sevgim abadiy, deb aytganding o‘zing!
Endi chiqqan bo‘lsa o‘rtada janjal,
Er-xotindan boshqa qilolmaydi hal.
Bunga ko‘rsatolmas hech kim yo‘l-yo‘riq,
Qo‘sha qarimoqdan boshqa chora yo‘q.

Shukrullo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhyiddin 03 Iyun 2008, 17:06:51

Қаро нафс баҳридан стмоқ истайман,
Ишқнинг қизил жомин тутмоқ истайман,
Кунларим стмоқда дарбадар, бесар,
Ҳақнинг арқонини тутмоқ истайман.

uzmus
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: NafisaBonu 04 Iyun 2008, 18:46:16
NEGA  SHE'R  BITGANIMNI   BILMAYMAN.
NEGA  MAN  SIZNI  SEVAMAN  BILMAYMAN,
  SIZ  HAM  MENI  SEVASMI   BILMAYMAN.
JONIM,  QAYERDASIZ BUNI HAM BILMAYMAN,

 NafisaBonu
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhyiddin 05 Iyun 2008, 14:28:06
Аасиб стса сзбегимнинг,
Гул юзлигин топгим бор,
Шеъру ғазал, куй суйган,
Аур юзлигин топгим бор. :)

uzmus
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Irodaxon 06 Iyun 2008, 18:13:29
Ruhimda uyg‘onar hayot shovqini,
Vaslingga to‘yadi intizor ilhom.
Umrimning sen bilan o‘tgan har kuni —
Men uchun eng totli, nash’ali ayyom.

Shodliksan, sevgisan, qo‘shiqsan, kuysan,
Vafosan, hayotsan, toza husnsan.
Yoshliksan, orzusan, mast qilgan o‘ysan,
Tong chog‘i bitilgan she’rim o‘zingsan!..

Hamid G`ulom
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 09 Iyun 2008, 18:01:47
Nogoh ko‘zim tushib ko‘m-ko‘k osmonga,
Izingizdan boqib turdim bir nafas.
Ey masrur bulutlar, mening qalbimda.
Sizdagi oqlikdan qolgan bo‘lsa, bas!

Mirpo'lat Mirzo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 09 Iyun 2008, 18:08:09
Sevgidan so'z ochib qarmoq tashlaydi,
Gohida bie bo'sa jarga boshlaydi.
Sensiz yasholmayman, desa ishonma,
Sensiz yashab kelgan, yana yashaydi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: NafisaBonu 10 Iyun 2008, 09:04:12
Men  to'rt  yilga  mahkum avditoriya  derazasidan  ko'chaga  boqgum,
Ko'z  oldimga  kelar  otam  pullari, bu  leksiya  onamning  mungli  allasi,
Uyqum  kelayotgan  ayni  pallasi,  qornim  g'uldiraydi  obed  chamasi
Tushimga  kirar  oshning  mazasi,  men  haliyam  hayolga  mahkum,
Oxirgi  partadan  domlaga  boqgum,  uning  nazarida  darsga  qiziqgum,
Afsus  shpargalkaga  asirman  butkul   :)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 11 Iyun 2008, 14:41:48
Sevgidan so'z ochib qarmoq tashlaydi,
Gohida bie bo'sa jarga boshlaydi.
Sensiz yasholmayman, desa ishonma,
Sensiz yashab kelgan, yana yashaydi.


Ilohiy nur singgan azalda,
Unda mavjud hidoyat, dalda.
Qo‘lga olsam ilhaq mahalda,
Sabru to‘zim bo‘lar she’riyat.
Najot izlab hijron baloga,
Nochor boqdim foniy dunyoga,
Dardim aytsam Arshi a’loga,
O‘tinch so‘zim bo‘lar she’riyat.
Daraxt kuysa qolar ildizi,
Qalbda bitmas ayriliq izi.
Porlab chiqsa ilhom yulduzi,
Ko‘rar ko‘zim bo‘lar she’riyat.
Torim bevaqt uzmasa firoq,
Kuylar edim balki yaxshiroq.
Yozmishimdan tushmaydi yiroq,
Mening o‘zim bo‘lar she’riyat.

Asror Mo'min
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 13 Iyun 2008, 10:12:16
Топталишдан куйла, фирокдан куйла,
Озорларим олсин огрикли хилкат,
Юртдан айроликдан, иймондан суйла,
Сен менга снг мунгли кушингни айт...

Комати ёй булган слимиз бирдир,
Товонни куйдирган йулимиз бирдир,
Булбуллар рашк килган тилимиз бирдир,
Сен менга снг мунгли кушингни айт.

Карвон йулларида йиглаган келин,
А ухимда сшайди изтироб булиб,
Охим бориб сенга етмади нечун,
Тингласа кетмади тошлар хам сриб...

Интизор кут дединг, юрагим огир
Йукликка тиз чукдим, йукдир жавоби.
Ширин ёлгонларга айламай сабр,
Ютиб кетди жонни ростлик гирдоби
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Ulugbek-Uz 13 Iyun 2008, 12:48:03
Топталишдан куйла, фирокдан куйла,
Озорларим олсин огрикли хилкат,
Юртдан айроликдан, иймондан суйла,
Сен менга снг мунгли кушингни айт...

Комати ёй булган слимиз бирдир,
Товонни куйдирган йулимиз бирдир,
Булбуллар рашк килган тилимиз бирдир,
Сен менга снг мунгли кушингни айт.

Карвон йулларида йиглаган келин,
А ухимда сшайди изтироб булиб,
Охим бориб сенга етмади нечун,
Тингласа кетмади тошлар хам сриб...

Интизор кут дединг, юрагим огир
Йукликка тиз чукдим, йукдир жавоби.
Ширин ёлгонларга айламай сабр,
Ютиб кетди жонни ростлик гирдоби


Интизор, Тасанно! Агар бу сзингизни ижодингиз бслса унча-мунча шоирлар ҳавас қиладиган шеър бслипти! Ижодингизга ривож берсин!

узр...ОффТОп учун :)

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 17 Iyun 2008, 11:53:12
Ишк надир - кайгу куни сар сори келган кул смас,
Аки ночор кунда пойимда окарган йул смас.
Ишк надир - оташга номзод улки срка дил смас,
Ишк - у кудрат ишкка кодир, ишкка имконимда кол.

Ким сани бозор деди ишк, ким деди ёрла висол,
Ишкда скто бевафо дун кибридин безган хаёл,
Бир хак излаб бул синоат оламин бузган савол,
А Амира топки имкон ишкининг ёнинда кол.
 


SHerlar maning sevimli adibam Amira ijodiga mansub
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 18 Iyun 2008, 16:12:27
Loy mushtlab turgan anavi kulol,
Qilsaydi aql ila chuqurroq hayol.
Hech qachon bunchalar tepkilamasdi,
Ota tuprog'idan yasarkan sopol.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 16:48:31
Lekin oftob poymol o'lmas,
Kavaklarda qolmas oy nuri,
Odil hakam - haq bor, beg'araz,
Mazlumlarning buyuk g'amxo'ri.
Qilich serpab tole tongida
O'zligingni tanib qolding sen.
O'g'lonlarning qatra qonida
O'zbekiston nomin olding sen.
Nomi qutlug' gulshanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

Abdulla Oripov

PS. She'rlar muallifini yozishni unutmang.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 18 Iyun 2008, 17:07:08
Misoli bir oltin ko'za bu dnyo
Suvi goho shirin, achchiqdir goho,
Shuncha umrim bor deb kerilma aslo.
Egarloqdir ajal oti doimo.

Umar Xayyom
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 18 Iyun 2008, 17:08:37
Og'ir yigit, sening go'zal, nurli ko'zingda
Bu millatning saodatin, baxtin o'qudim.
O'ylashingda, turishingda hamda o'zingda
Bu yurt uchun qutulishning borligin ko'rdim.
Turma - yugur, tinma - tirish, bukilma - yuksal,
Hurkma - kurash, qo'rqma - yopish, yo'rilma* - qo'zg'al.
El yo'lini to'sib turgan eski bulutlarni
Yondirib qo'y, yirtib tashla, barchasin yo'q et!
Qilolmasang shu ishlarni,
Sening uchun xo'rlikdir bu!..
Yiqil, yo'qol, ket!

Abdurauf Fitrat

www.jadid.my1.ru
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 18 Iyun 2008, 17:13:39
Tiriksan,o'lmagansan
Sen-la odam, sen-la insonsan.
Kishan kiyma, bo'yin egma,
Ki sen ham hur tug'ilgansan!

Cho'lpon
www.jadid.my1.ru
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 18 Iyun 2008, 17:17:33
Аажотимсан қийноқ қийнар чоғида,
Шодлик сани сғирлайди ёнимдан.
Алғизликнинг булут йиртар тоғида,
Ирмоқчалар сизиб чиқар жонимдан


J.Muhammad.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 18 Iyun 2008, 17:21:07
Аечун қувлар ортимдан нолам,
Аечун қувлар ортимдан алам,
Аечун синар қслимда қалам,
Қаердасиз мададкор онам?

Қуёш ботар тскилар мотам,
Дунё сочим бслди бир тутам,
А оҳат кунлар истайман мен ҳам,
Қаердасиз интизор отам?

 


J.Muhammad
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 18 Iyun 2008, 17:24:10
Миллат деган кимса суймас дунёни,
Мол ила, жон ила бслур қурбони,
Аш срнига оқар ксзидан қони,
Миллат йслида кетар бслса боши,
Миллат тараққийси слгай талоши,
Миллат деган кимса сзгани суймас,
Миллат стидан бошқа стга куймас,
Хар дамда бинг жафо келса-да туймас,
Миллат йслида кетар бслса боши,
Миллат тараққийси слгай талоши.


Xamza Hakimzoda Niyoziy

www.jadid.my1.ru

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 19 Iyun 2008, 15:48:59
Inson daftaridan varaq bu jahon,
Odam kabobining tutuni osmon.
Ikki jahon ungan urug‘ni bilsak,
Kishi xayolidan yetishgan bir don.

Bedil
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 19 Iyun 2008, 17:52:27
Notavon g‘ubormen, misoli nafas,
Faqat lofga bormen, misoli nafas.
Badu nek zahmati yag‘rinimda yuk,
Sitamdan abgormen, misoli nafas.

Bedil
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 20 Iyun 2008, 09:58:35
Санамнинг сийрату софин сарафроз суйламай суйдим,
Садолар солди созимга, сени соз сайламай суйдим,
Сенингдек сохиби сиймо ситамдин совга созлабсен,
Сахарлар субхи-саносин, сувига сойламай суйдим.

Самодинму сурайёни сурарсен суврати сокин,
Сазодурмен саройидин силолмай сойдайин сочин,
Сарвинозим сухан солди, садокат сахроси сори,
Саболардин ситам согдим, согиниб сузлари софин.

Сеней султони савдойим саховатга ситор солма,
Сархисоби савобимдин сайёрадек сафар солма,
Сари-согимдин сокитмен, сени севги сафойингда
Саволимга садо сайла сазовору самар солма.
 

         Amira
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 20 Iyun 2008, 10:06:19
Ayt, ey, xasta bulbulim,
O'shga qachon yetamiz?
Yashil bog'lar sarg'ardi,
Mag'iz bo'ldi g'ujumlar.
Oh, voy, muncha yo'l og'ir,
Bulbulim...
Ulkan soat o'rtasida
Madorim yo'q yurmoqqa,
Qashqirlar davrasida
Sudralaman turmoqqa.
Shunda qolib ketsam gar
netamiz?
Abadiyat oralab
O'shga qachon yetamiz?
Qorli tog'lar bag'rida
Begim — O'shim ko'rindi,
Sulton — O'shim ko'rindi


SH. Rahmon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 20 Iyun 2008, 10:09:53
Ig'vo chechaklari...
fitna bog'lari...
saltanat poyidan oqqan bazmlar,
tuhmatni shopirgan kunlar novlari,
raqqos libosini kiygan nazmlar,
vaqtning milyonta kar kar go'rkovlari
ezilib kimlarga lahad qazdilar.

Umr ham o'tganday...
nahot bir kunda
nastarin guliday ochilib so'ldik?
Bir nafis gul ko'rdik yovuz jununda,
orzulab ismni armona qo'ydik,
ismi jismiga mos armona bo'ldi,
bu gulga tikilib vayrona bo'ldik.

 


SH.Rahmon.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 20 Iyun 2008, 10:15:55
Kel, yashirib qo`yayin seni
yurakning eng chuqur yeriga.
Keyin sen ham yashirgin meni
yurakning eng chuqur yeriga.

Topolmasin bizlarni birov!

 
       SH.Rahmon.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 21 Iyun 2008, 06:38:15
Аафас олишга ҳам хоҳишингиз йсқ,
Тирикка схшамас туйғуларингиз.
Билмасдан, ксзимга отаспсиз чсғ:
Мени уйғотмоқда уйқуларингиз.

Учиб кетган қушлар қайтиб келмайди,
Яшашга кунлардан шартлар ссрадим.
Майда дардлар мени одам қилмайди,
Умримни снг буюк ғамга срадим.

Ўткинчи шамоллар қсрқитмай қсйди,
Дарахтлар бағрида гувиллайвердим.
Юрагимга тегиб қуёшлар куйди,
Қишларга тан бермай ловуллайвердим.

Юмуқ ксзларингиз очиқ келмоқда,
Мен ҳозир сзимни топиб оламан.
Бир куни сачраб сиз уйғонган чоғда,
Ксзларимни аста юмиб оламан...

Беҳзод Фазлиддин
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 21 Iyun 2008, 09:06:02
Аомингни сшитса, шавқидан дил тирилар,
Бахтингни ксриб, ксксим шукуҳга тслар.
Сендан сзга мавзуда суҳбат борса—
Ҳар қайда, дилим ғамда пароканда бслар.

Rudakiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 21 Iyun 2008, 13:48:12
Ko'kragi dog'lilarga

Rivoyat qilurlarki: bir tabib charxlab pichoq,
Zog' ko'ksini tilarkan ko'rib qolibdi bir dog'.

Voh, ko'ksi dog'lik erkan, bul zog'ni qo'yibdi ul,
Darhol tutib keltirib boshqa zog' so'yibdi ul.

Yorab, bunda ham bir dog', yaqosini tutibdi,
Hayrat bilan uchinchi zog' ko'ksini titibdi.

Dog' ustiga dog' emish, uchinchi zog' ko'kragi,
Hayhot, shuncha dard cheksa, qushlar hatto ko'kdagi!

Va junbushga kelib ul ko'ksin ochmish ming zog'ni-
Oh urib har birida ko'rganida bir dog'ni...

Behol tabib yozibdi "žbu dunyo ko'p qadim"œ, deb
"žUnda birorta zog'i bedog' uchratmadim"œ, deb.

...Odamlarda bedog' dil, egilmagan qad uchrar,
Ko'kragida bir dog' yo'q, bedard, bo'yi bad uchrar.

Ammo mening sharafim ko'krakning dog'lariga,
Ko'ksi dog'lini oldim ko'zim qaroqlariga.

Yo'q, yo'q, behudaga hech ko'kraklarga dog' tushmas,
Bizning lablar soxta so'z, maqtovlarga qovushmas.

Haq so'zimiz ro'yoni albat o'tajak yanchib,
Shu haq so'zni aytgach goh qolar ko'ksimiz sanchib.

Bizning yurak dog'lidir, kim uchundir kuydik biz,
Kim uchundir ko'krakda og'riq, dardni to'ydik biz.

Sog'lom, bo'm-bo'sh qalb bilan yashamadik bekorga,
Yaralanib bo'lsa ham malham bo'ldik bemorga!

So'nggi yo'lga ketarmiz, shafqatni tishda tishlab,
Dog'li, yarador, lekin toza yurakni ushlab...

Halima Xudoyberdiyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 22 Iyun 2008, 09:15:28
Бор дардим-у, ундан юрагим бирён-ей,
Бор ишқим-у, ҳар лаҳза ксзим гирён-ей.
Бир ишқки, дил тугул жаҳон тоб бермас,
Бир дардки, йсқ унга сира дармон-ей.

Abusaid Abulxayr
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 22 Iyun 2008, 18:14:10
Yod etmas emish kishini g'urbatda kishi,
Shod etmas emish ko'ngulni mehnatda kishi.
Ko'nglim bu g'ariblikda shod o'lmadi, oh,
G'urbatda sevinmas emish, albatta, kishi


Z.M.Bobur.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 24 Iyun 2008, 17:09:59
"œИймону — дин бу ёт тушунча,
Хали кспдир вақтимиз шунча"
Тавбангни қил ажал тушгунча!
Қилолмайсан, нега тилим лол.

Akbarjon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 26 Iyun 2008, 10:22:55
Лозим ҳидост йслига юз тутмоқ,
Ишқида кснгилни зору ёлғиз тутмоқ.
Ўз тоату хайришта умид қилма сира,
Ҳақ раҳмату фазлига керак ксз тутмоқ.

Абусаид Абулхайр
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 26 Iyun 2008, 11:18:21
Qo'y, biroz qo'yki, xoki poyingni
Surmadek yoshli ko'zima surtay.
Ketma, tur, tingla arzi holimni,
Arz etay holi purmalolimni.
Qani u damki, sen eding yorim,
Munisim, hamdamim, madadkorim,
Sening og'ushing, iltifotingda
Rohat etmishdi jismi bemorim.
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega o'ldirmading-da, tark etding.
Kel, ayog'ingga qon bo'lib to'kulay,
Bir nafas dard-hajrdan qutulay,
Kel, go'zal dilbarim, kel, sochingni
Bir taray, bir o'pay-da, o'lay.
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega o'ldirmading-da, tark etding.

   Abdurauf Fitrat
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 26 Iyun 2008, 11:24:01
SUYGAN CHOQLARDA

Go'zallarning malikasi ekansan,
Buni sening ko'zlaringdan o'qidim.
O'qidim-da istiqbolim qushiga
Xayolimdan oltin qafas to'qidim.

Gunafshalar qulog'imga madhingni
So'zlab-so'zlab charchadilar, bitmadi...
Alamzada bulbul yig'lab, kechalar
Alamingning so'ngin tamom etmadi

Ko'zingdagi hikoyaning mazmunin,
Shoir bo'lsam, aytib-aytib yig'lardim.
O'shal, eski jarohatli qalbimni
Satrlarning nashtari-la tilardim.

Xayolimning qip-qizildan kiyingan
Parilari, hurlarini ko'rdingmi?
Alamimdan gullar ekkan yo'llardan
Koinotga hayot sochib yurdingmi?

Yo'llaringda she'r aytsa so'lgan barg,
Qulog'imga musiqalar keltirur.
Qachon sening musiqali ovozing
Sening meni suyganingni bildirur?

    Abdulhamid Cho`lpon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 27 Iyun 2008, 11:28:15
Rizqingni berganga shukr qil, odam,
Yaxshi, yomonni ko’r, fikr qil, odam,
Ollohga toat qil, Ollohga sig’in!
Haqni ulug’ bilu zikr qil, odam!  Ra'no Yarasheva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 28 Iyun 2008, 20:56:19
Misoli bir oltin ko'za bu dunyo
Suvi goho shirin, achchiqdir goho,
Shuncha umrim bor deb kerilma aslo.
Egarloqdir ajal oti doimo.

Umar Xayyom
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 30 Iyun 2008, 15:29:06
Олибди қизил гулдан сша ранг ила бсй,
А анг юзни безайди, бсй сса қиммати мсй*,
Гулранг бслади ювса юзини хама жсй*,
Хушбсй бслади ёзса сочини ҳама ксй.
___________
* Мсй — соч.
* Жсй — ариқ, оқар сув.

Rudakiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: zuzu 30 Iyun 2008, 16:44:48
Men seni sevaman.
Men seni sevaman,g'uncha labida o'pichdek titragan shabnam misoli,
Men seni sevaman,tunnong qo'ynida kundek yonayotgan bir sham misoli,
Men seni sevaman,cho'qqini quchib jarlikda osilib turga qoyadek,
Men seni sevaman,o'zidan cho'chib ortida yashirinib olgan soyadek ,
Men seni sevaman,
men seni sevaman
oh,
Bundan otiq sevishimni talab etmagin JONIM,
Bundan ortiq sevgi etolmam tortiq,
Bundan ortiq sevgi bo'ladi
O'LIM!!!!!!!!!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 30 Iyun 2008, 17:34:13
Мен дард срурам, дард — тамоман жисмим,
Шамъ срса юзинг, парвона — менинг исмим.
Гар давлати васлинг мусссар слса,
Суртай заъфарон юзимни пойингга жим...

Лаҳлавон Маҳмуд
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 03 Iyul 2008, 18:59:41
Miskin Yunus so‘zlar so‘zi,
Qonli yoshga to‘lmish ko‘zi,
Bilmaslar ne bilsin bizi
Bilganlarga salom o‘lsin!

Yunus Emro

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 03 Iyul 2008, 19:08:14
Nokasdan sir berkit, dilingni bog'la,
Ablahdan yashirin bo'lmoqni chog'la,
Kishilar joniga o'z qilimishing ko'r,
Sen ham shunga ko'z tut, shuni so'roqla.

Umar Xayyom
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 03 Iyul 2008, 19:09:09
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.


Umar Xayyom
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 08 Iyul 2008, 15:22:39
Nomu nishon hech qolmadi, lo-lo bo’ldum,
Alloh yodin oyta-oyta illo bo’ldum,
Xolis bo’lub, muxlis bo’lub, lilloh bo’ldum,
"œFano filloh" maqomig’a oshtim mano.

Sunnat ermish, kofir bo’lsa, berma ozor,
Ko’ngli qottig’, dil ozordin Xudo bezor,
Alloh haqi, ondog’ qulg’a sijjin tayyor,
Donolardin eshitib, bu so’z aydim mano.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 08 Iyul 2008, 15:24:17
Oqil ersang, eranlarg'a xizmat qilg'il,
"Amri ma'ruf" qilg'anlarni izzat qilg'il,
"Nahi munkar" qilg'anlarni hurmat qilg'il,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Sekkizimda sekiz yondin yo'l ochildi,
Hikmat ayt, deb boshlarimg'a nur sochildi,
Bihamdulloh, piri mug'on may ichurdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 08 Iyul 2008, 15:48:09
Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so‘raydi qadrin.
Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq chog‘idir umr daftarin.

Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek
Diana ma’badin yoqmoq shart emas.
Ko‘plarning baxtiga o‘zlikni jamlab,
Shu ulug‘ binoga bir g‘isht qo‘ysak bas.

Har lahza zamonlar umridek uzun,
Asrlar taqdiri lahzalarda hal,
Umrdan o‘tajak har lahza uchun
Qudratli qo‘l bilan qo‘yaylik haykal.

Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar g‘animatdir, umrzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.

G`afur G`ulom
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 08 Iyul 2008, 16:16:11
ERTA-KECH

Yuzu zulfingni xayoli birla dildor erta-kech,
Goh yorug‘dir, goh qorong‘idir fusunkor erta-kech.

Gohi lutfingdan erur subh, goh qahringdan bu shom,
Vasl ummidi salomat, hajri bemor erta-kech.

Aylanib boshingda xurshid, bo‘ldi sadqang ko‘kda oy,
Oh, yo‘l bermas menga bu ikki ag‘yor erta-kech.

Bir ko‘rish shavqida husning tunlarim qildim sahar,
Kokiling o‘ylab saharlar tun bo‘lur yor erta-kech.

Ey sumanbar, iltifot etgilki, o‘tgan yillarim
Mushki anbar axtarib kezmoqtsa bozor erta-kech.

Kunduzi - gul yuz g‘ami, tun bo‘lsa zulfing qayg‘usi,
O’tkazib, ne chorakim, takror-takror erta-kech.

Bo‘lmadi ko‘rmoq muyassar, Sobiro, yuzu zulf,
Yoshururdan pardai sir ichra makkor erta-kech.

Sobir Abdulla
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 09 Iyul 2008, 15:14:07
Chunonchi shuncha go‘zallik aziz mehmon ekan,
Qaytmagay yana. Besh-olti kunga mehmon edi.

Ikki ko‘zimga talay nozanin edi hayron,
Mening ko‘zim ham ularning yuziga hayron edi.

Utibdir endi zamonlar qayg‘usiz edim xurram,
Qayu shahargaki borsam, bir o‘zga jonon edi.

Talaycha tatti kanizak mening dilim ovlab,
Tong otguncha yashirin uyda yaxshi mehmon edi.

Rudakiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 09 Iyul 2008, 15:56:00
Ishqing imtihoni afsundir, afsun,
Telbalik g‘uborin taratar Majnun.
Kulda o‘t yallig‘i sezilmas, ammo,
Suv ursang undan ham chiqadir tutun.

Bedil
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 09 Iyul 2008, 16:09:21
Nomingni eshitsa, shavqidan dil tirilar,
Baxtingni ko‘rib, ko‘ksim shukuhga to‘lar.
Sendan o‘zga mavzuda suhbat borsa—
Har qayda, dilim g‘amda parokanda bo‘lar.

Rudakiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 17 Iyul 2008, 20:25:38
  Rivoyat qilurlarki: bir tabib charxlab pichoq,
Zog' ko'ksini tilarkan ko'rib qolibdi bir dog'.

Voh, ko'ksi dog'lik erkan, bul zog'ni qo'yibdi ul,
Darhol tutib keltirib boshqa zog' so'yibdi ul.


H.Hudoyberdiyeva.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 17 Iyul 2008, 20:29:00
Lolazor bo'ldi alarning qonlari,
Sen bu yanglig' lolazor o'tganmiding?

Yuzlaringda na alam bordir, na yosh,
Yoki sen ham qo'shilib sotganmiding?

Shunchalar achchiq bu shirin hurriyat,
Sen aning ta'mini hech totganmiding?
 


S. Sayyid
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 18 Iyul 2008, 13:56:35
Ganj kerakmi? Izla vayronalarda,
Shodlikmi? Topg’aysan g’amxonalarda.
Dur kerakmi? Toshlar orasida u,
Haqiqatmi? Ertak, afsonalarda"¦  Fozil Zohid
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 19 Iyul 2008, 11:57:19
Alloh, Alloh, Eranlarning
So‘zi qolgan Vatandir bu —
Bo‘zlab o‘tgan to‘rg‘aylarning
Bo‘zi qolgan Vatandir bu.

Yurt deb otga qamchi urgan
O‘qqa uchgan ne ruhu, tan
Ko‘zimga tik qarab turgan
Ko‘zi qolgan Vatandir bu.

Kechib sarhad, ummonlarni
Ko‘rsam-da tik iymonlarni
Kishan uzgan arslonlarni
Izi qolgan Vatandir bu.

Garchand jarang, garchand sukut...
Qon, shon bilan olingan yurt
Tishlarida kurashning o‘t,
Muzi qolgan Vatandir bu.

Bu yer kimning, bu ko‘k kimning
Egasi bor har o‘t, chimning
O‘z yerida O‘zbegimning
O‘zi qolgan Vatandir bu.

Halima Xudoyberdiyeva she'ri.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 19 Iyul 2008, 12:06:09
Umrim qiymoqdadir, dardim be iloj,
Rohat qisqa, zahmat topmoqda rivoj.
Xudoga ming bora shukrki, balo
Va kulfatga meni etmadi muhtoj.

Umar Xayyom
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 19 Iyul 2008, 12:11:28
Жумардлар қирилган Туронзаминда
дсзахий тажриба палласин ксрдим,
сш-шак суврати бор қай бир қавмда,
қай бирида тснғиз калласин ксрдим.     
Бу холдан буваклар бсғилиб слар,
қул Билол сзилиб йиғлар фалакда...     
Узларин ёндирар борлиқдан тсйган
бадахшон лаълидай асл малаклар.
Мсминлар беш бора Аллохни сслар   
саждага бош қсйиб жаллод тошига,
сгрилиб сал ортга қарайин деса,
бошига урарлар,                               
фақат бошига.                                   
Борми ср йигитлар,
борми ср қизлар,
борми гул бағрингда жумард нолалар,
борми бул туфроқда сзлигин излаб,
осмону фалакка етган болалар.
Бор бслса,
аларга еткариб қсйинг,
бир бошга бир слим демаган срмас,
шахидлар слмайди,
бир қараб тсйинг,
ёвга терс қараган мусулмон смас,
ёвга терс қараган мусулмон смас,
ёвга терс қараган мусулмон смас,
ёвга терс қараган мусулмон смас,
ёвга терс қараган мусулмон смас!!!

(Шавкат А ахмон)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 19 Iyul 2008, 12:13:28
Senga ko'rsatsalar,yasog'lik olam
Sen sevma, sevmaydi aqlli odam.
Sendeklar bir talay keldiyu ketdi,
Seni olmay turib, olib qol sen ham...

Umar Xayyom
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 19 Iyul 2008, 12:15:28
Мен Ватандан кетмаганман,
                     Айри тушганман холос,
Ажрагандек сув кечарда
                     Бир нафас тандин либос.
Юрт у енда, мен бу ёнда,
                     Уртада хижрон сели,
Анга ксприк ташламакка
                     Байтларим бслди асос.
Уксиб-сксиб йиғладим мен,
                     Мисли тил билмас гсдак,
Онаизор кскрагидан
Айрилиб қолган бехос.
                     Мен Ватанда Холмухаммад
Уғли Зокиржон сдим,
                     Фуркатий деб ном қозондим,
Бунга хижрон иқтибос.
                     Сснмаган ишқ, слмаган қалб,
Бир уюм тупроқ бслиб
                     Сарзаминдан бош кстарди,
Ушбуга қабрим яиёс.
                      Ким Ватан деб ёна-ёна
Кул бслиб битмиш магар,
                     Ут-оловни мендан олсин,
Ут-олов мендан мерос.
                     Шоирингни ёд старда сзбегим,
Сендан стинч:
Бир-бирингга қил мурувват,
                     Бир-биринг бағрингга бос!

Абдулла Oрипов
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 21 Iyul 2008, 16:05:55
Sochlarini o'ynab turib eshitdi
Va dedikim: "Afsonalar behuda".
Bul so'zlari qulog'imga yetishdi:
"Oqdim,-dedi,-qonli, zardobli suvda..."

Oq-oq,-dedi afsonalar sultoni, -
Sening taxting, baxting unda kutadir.
Ul zardobli, qonli suvlar ostida
Qora kiygan joning jilva etadir.

Chho`lpon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 21 Iyul 2008, 16:12:19
Rahm ichra paydo bo'ldum, nido keldi,
Zikr ayt, dedi, badanlarim junbush qildi,
Farzandim, deb haq Mustafo ulush berdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

To'rt yuz yildin keyin chiqib, ummat bo'lg'ay,
Necha yillar yurub, xalqqa yo'l ko'rguzgay,
O'n to'rt ming mujtahidlar xizmat qilg'ay,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 21 Iyul 2008, 16:14:29
Ayo do'stlar, yoshim yetti yigirma uch,
Yolg'on da'vo toatlarim, borchasi puch,
Qiyomat kun na qilg'aymen barahna luch,
Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano.

Man yigirma to'rtqa kirdim Haqdin yiroq,
Oxiratqa borur bo'lsam, qoni yaroq,
O'lganimda yig'lib urung yuz ming tayoq,
Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano.

Ahmad  Yassaviy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 21 Iyul 2008, 16:15:49
Oshiq qullar bu dunyoni ko'zga ilmas,
Dunyo ishqin zohid qullar tilga olmas,
Kecha-kunduz mastu hayron - o'zga kelmas,
Diydor tilab, ko'ksin teshib nolon qilur.

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 21 Iyul 2008, 17:07:00
Ruhim yana uyg'ondi bu dam,
Yana unda tirildi najot;
Yana dilda xudo va ilhom,
Ko'z yoshi-yu muhabbat, hayot.

Pushkin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 16:26:25
Тил бердинг зикрингни қилмадим дилдан,
Икки ксзим тиёлмадим зинодан.
Ксксга уриб: "œМусулмонман!" дейману,
"œКалима"ни айтолмадим юракдан.

Гсзал Аҳлиддин қизи
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 23 Iyul 2008, 16:48:32
Аеча доноларни нодон айлади ишқи мажоз,
Арни ксйида сарсон айлади ишқи мажоз.

Ҳар киши Мажнун бслуб, Лайлини гар қилса талаб,
Масканин дашту биёбон айлади ишқи мажоз.

Теша урди Қсҳкан Ширинни ҳажрида мудом,
Ваъдайи васлида бежон айлади ишқи мажоз.

Тоҳири ғурбаткашида слди Зуҳро ксйида,
Ари рухсорин қизил қон айлади ишқи мажоз.

Haziniy

Тил бердинг зикрингни қилмадим дилдан,
Икки ксзим тиёлмадим зинодан.
Ксксга уриб: "œМусулмонман!" дейману,
"œКалима"ни айтолмадим юракдан.

Гсзал Аҳлиддин қизи

PS. Mabodo bu o'zingizning she'ringiz emasmi?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 17:07:16
Zang bosgan temirni qancha ishqama,
Zang ketib ko’zgudek sayqal topmas, bil.
Qaro dilga o’git etmoq befoyda,
Toshga mix kirmaydi qancha qoqmagil

Sa'diy


PS. Mabodo bu o'zingizning she'ringiz emasmi?

PS.: ha, menman, ilhom kelganda yozib turaman.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 23 Iyul 2008, 17:24:33
Лаҳаддин бош кстарганда ҳама воҳасрато дерлар,
Қиёмат шиддатидинким ҳама вовайлато, дерлар,
Ҳама умматларинг йиғлаб сна ё Мустафо, дерлар,
Муҳаммад саждага бошин қсйиб, воуммато, дерлар,
Қолур уммат хижолатга, тасаддуқ, ё расулуллоҳ.

Haziniy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2008, 17:34:37
Hozir kimdir xursand,shodumon,
Qayerdadir yoshlangan ko'zlar.
Kim yetdiyu, kimgadir armon,
Bo'lib qoldi bir dunyo ishlar.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 26 Iyul 2008, 15:36:43
А асул ҳадисига кетиб минг хаёл
Қалбимга кирмабди бир зоти аёл.
Шунча меҳнатларим топмайин завол
Мени ҳузурингга чорла, А аҳмоним!

Тириклар ҳар куни ёқамдан тутар,
Кснглимдан ҳар кеча ҳасрат, дард стар.
А ивостда келган асҳоблар кутар
Мени ҳузурингга чорла, А аҳмоним!

Дунёга срашар куй-қсшиқ, бахши,
А­хтимол уларга фоний ишқ схши.
Тахирлаб бормоқда ҳаётнинг мағзи
Мени ҳузурингга чорла, А аҳмоним!

Етар, сен томонга юргим келспти,
Отамнинг ёнида тургим келспти,
Абу Ҳурайрани ксргим келспти,
Мени ҳузурингга чорла, А аҳмоним!

Олтмиш учга кирдим — ортиғи мушкул!
Ўнгимни қоплаюр ваҳший бир довул
Ҳар куни тушимни банд стди А асул
Мени ҳузурингга чорла, А аҳмоним!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 26 Iyul 2008, 15:37:58
Мсмин ксрса, қалби билан ксради,
Шу боис, юрак ҳам сокин уради.
Севсак гар, сртада Аллоҳ туради
Биз каби севолмас сизларни ҳеч ким!

Yuqoridagi she'rlar muallifi Hayrulloh Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 26 Iyul 2008, 15:38:54
Men ayblik emas, ey Vatanim, tog‘larim,
Bevaqt tashlab ketdim oy, bog‘larim.
Hijron qilodur meni judolig‘,
Do‘ndi g‘ama ro‘zu, shabu chog‘larim.

Vatan, vatan deya jonim tanimdan o‘lsa ravon,
Banga na g‘am qolur avlodima uyu vatanim.
G‘ubora do‘nsa g‘anim, yo‘q vujud asri vahm,
Charoki o‘z vatanim xokidur go‘ru kafanim,
Tug‘ub o‘san yerim ushbu Vatan vujudim xok,
O‘lursa aslina roje' bo‘lurmu man g‘amnok.
 
Abdulla Avloniy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Said Nosir 26 Iyul 2008, 15:41:00
Куни кеча сокин юртим
Ихтилофларга тслди,
Бу ҳолатнинг аччиғиндан
Ўзгалар хандон кулди,
Очилиши керак бслган
Аавниҳоллар тез сслди,
Сиз танлаган йсл аввалда
Асл бардошдан бслди,
Қанча тошлар отилса-да
Бошингиз тошдан бслди!



Вақти келди туҳматларнинг
Зарбидан титрадингиз,
Мусулмоннинг афъолидан
Тунларда инградингиз,
Индамасдан шогирдлардан
"œЛанд-сгит" тингладингиз,
Бул зарбалар, ҳам таъналар
Ўзбек, қардошдан бслди,
Қанча тошлар отилса-да
Бошингиз тошдан бслди!

Ўзни тикламак йслинда
Бизга берилди имкон,
Оддий мустаҳаб амалга
Талашилган ул замон,
Сулҳ истабон срта йслни
Тутсангиз ҳам беомон,
Ул мажлислар поёни йсқ
Мотам, ксз ёшдан бслди,
Қанча тошлар отилса-да
Бошингиз тошдан бслди!

Икки томон бир-бирига
Тошлар отди жон тикиб...
Иккисининг отган тоши
Ўтарди сизга тегиб,
Икки томон тарсагига
Хотиржам бошни сгиб
Сабрингиз тошга айланган
Мустаҳкам бошдан бслди,
Қанча тошлар отилса-да
Бошингиз тошдан бслди!

Ссфийлар-у, салафийлар
сртасида хотиржам
Турмакликнинг сзи срур
Катта жиҳодий олам.
Ҳиссиётин жиловлаган
То вазифа битар дам,
Ҳис қилдингиз — снг буюк ёв
Баъзан сирдошдан бслди...
Қанча тошлар отилса-да
Бошингиз тошдан бслди!

Жами айбу нуқсонимиз
Душманларга билдириб,
Бир суннатни тиклаймиз деб
Ихтилофлар келтириб,
Қоронғулик ичра кездик,
Машъалалар қидириб,
Зиё иши барбир келиб
Ойю, қуёшдан бслди,
Қанча тошлар отилса-да
Бошингиз тошдан бслди!

Инша Аллоҳ жамоатлар
Бир саф тузсалар тезда,
Тсхтаб қолган асрий карвон
Йслга тушгай бир изда!
Ўрта йслнинг намунасин
Фақат ксрдим мен сизда,
Шу боисдан ёзганингиз
Яқин дилдошдан бслди,
Қанча тошлар отилса-да
Бошингиз тошдан бслди!

... Бугун сзбек заминида
Ихтилоф камаймоқда,
"œМсминлар қардошдир!" деган
Шиор қулоч ёймоқда,
Васатийдан воз кечганлар
Турли ёнга тоймоқда,
А­нди бошқа йсналишга
А­ҳтиёж тамом сслди!
Қанча тошлар отилса-да
Бошингиз тошдан бслди!

ЗАЛВОА ЛИ ЮК
(Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуфга)
Хайрулло Ҳамидов
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 11:37:36
Ишонма боғу роғинг, молу мулку тахту бахтингга,
Қуёшдин ибрат олғил, турмайин охир ботар бордур.

Агар минг йил умр ксрсанг, жаҳонға подшо бслсанг,
Бслуб хоки мазаллат, гср аросида ётар бордур.

Ибодат айлағил тангриға доим, ухламай тунлар,
Имонингни саломат слтгали неча хатар бордур.

Йигитлик даврини сургил, қариб тоат қилурсан деб,
Савобингға худо муҳтож смас, деб сргатар бордур.

Ҳазиний, бандаликда, бас юрурсан бехабар, ғофил,
«Кироман котибайн»ким хайру шаррингни битар бордур.

Ҳазиний
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 02 Avgust 2008, 11:37:10
Roziman boshimga tushsa tog‘ qulab,
«Xayr endi» so‘zini eshitish og‘ir.
Sen ketsang kiprikka achchiq yosh ulab,
Qolaman, yuragim yonar bir umr.

«Xayr endi» so‘zini aytar begona,
Sen axir mehribon, yaqin, munissan.
Ishq o‘tin ardoqlab bo‘ldim parvona,
Qalbimni yoritgan otash bir hissan.

Roziman sha’nimga aytsang har xil gap,
Sog‘intir, qiynagil, qilgin malomat.
Ko‘rganda yuzingni mayli burgil chap,
Zinhor xayr demagil, ey pok muhabbat.

«Xayr endi» so‘ziga bormasin tiling,
Nahotki chidasa qiynashga ko‘ngling?!

G`ayratiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: NafisaBonu 02 Avgust 2008, 12:47:21
G harfiga  she'r  to'qolmadim,
lekin  rosa qildim  harakat.
mandan  keyingi  odam
qilar bunga harakat!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 02 Avgust 2008, 12:58:13
Toleimning oshinosi sen,
Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i.
Sening bilan birga iqbolim,
Ishonchimning sen vafo tog‘i.

Meni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib oy ham to‘ladi.

Kecha jim-jit, yolg‘iz to‘lqinlar
Pishqiradi bilmay tinimni.
Hiylagar oy, sehrgar dilbar,
Solib qo‘yding yodimga kimni?..

Hamid Olimjon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 02 Avgust 2008, 13:03:46
Ishon, bunda seni doimo
Esga solar chiroyli tunlar,
Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solar baxtiyor kunlar.

Hamid Olimjon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 02 Avgust 2008, 16:46:19
Ruhimda uyg‘onar hayot shovqini,
Vaslingga to‘yadi intizor ilhom.
Umrimning sen bilan o‘tgan har kuni —
Men uchun eng totli, nash’ali ayyom.

Shodliksan, sevgisan, qo‘shiqsan, kuysan,
Vafosan, hayotsan, toza husnsan.
Yoshliksan, orzusan, mast qilgan o‘ysan,
Tong chog‘i bitilgan she’rim o‘zingsan!..

Hamid G'ulom
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: NafisaBonu 04 Avgust 2008, 15:36:38
Na  bo'lg'ay bir  nafas men  ham yanog'ing  uzra  xol  bo'lsam,
Labing  dudog'idantomganki go'yo  bir qatra bol  bo'lsam.
Dudog'a  qo'yib bulbul kabi  xonishqilib  tunlar,
G'unchangni  ochmoqlikka tun  chog'i  shamol  bo'lsam.

<M> harfiga  navbatni  beramiz :)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 04 Avgust 2008, 15:43:31
Моли дунёни йиғуштурган билан бир кун қолур,
Жон амонатдур кишига, охири бир кун олур,
Ксп халойиқ мол учун сзини кулфатга солур,
Ҳар киши дунёга келди, билсангиз, охир слур,
Ҳасрато, вовайлато бирлан кетарни сйласун,
Ҳар киши ер остида слғуз ётарни сйласун.

Haziniy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 11 Avgust 2008, 12:14:08
Novdalarni bezab g‘unchalar,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.

Hamid Olimjin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 11 Avgust 2008, 12:16:25
Ishon, bunda seni doimo
Esga solar chiroyli tunlar,
Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solar baxtiyor kunlar.

Hamid Olimjon
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 13 Avgust 2008, 15:21:45
Rizo mulkidaman, halqumni tuttum tig’I Akbarga,
Bu yo’lda siynai poki Zabunullog’a sig’mamdur.

Agarchande ziyorat qilmadim men Ka’bayi zohir,
Tariqat hojisidurmanki, Baytulloga sig’mamdur.

Gahi bo’ldum faqiru, gohi shohu, gah gadodurman,
Ajab devonaman, fardoki mahshargohg’a sig’mamdur.

Maqomi hayrat ichra gohi xudman, gohi bexudman,
Junun bozorida mastmanki, istig’nog’a sig’mamdur.

Gah o’rus, gohi cherkas, gohi mo’min, gohi tarsoman,
Ne kavnayni miyoni lou illollog’a sig’mamdur.

Mudom miskin erurman chun g’uloming — Mashrabingdurman,
Meni bechora bu dunyo bilan uqbog’a sig’mamdur.

Boborahim Mashrab
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 24 Oktyabr 2008, 05:45:10
А амазон келса,
"œМазза", дейдилар.
Тонгда тийилиб,
Шомда ейдилар.

Мечкай кимсанинг
Лақаби — ксза.
Ундай одам ҳеч
Тутолмас А ЎЗА
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Intizor 24 Oktyabr 2008, 05:46:44
Ақл сргатиб, айтар бугун ким кимгадир:
"œБахт-саодат сукутдадир, "œжим-жим!" дадир.

Ўз уйингда тинч сшасанг, маза ҳар кун,
Муҳожиру қувилганга аза ҳар кун.

Бахтинг шулдир - сен ҳаммадан кейин юрсанг,
Қадамингни аста босиб, "œхсп!" деб турсанг.

Бахт изласанг, йсқ қил барча сътирозинг,
Ҳайдаб юбор ғазабинггу сҳтиросинг!

Ана шунда топарсан сен бахт қушингни
Ҳушёр бслгин, йсқотмагин сс-ҳушингни!"

Бу ссзларга жавоб шулки, бу ҳаётмас!
Тирик инсон сен айтгандай музлаб ётмас.

Ҳаёт деган машаққатдир, сснгра роҳат.
Сенга қолса, слик уйқу - истироҳат.

Тирик инсон дину юртга бслур қалқон!
Ҳур кишилар душманларни қилур толқон!

Билгил, мағлуб косасидан оқар йиринг.
Бсйин сгма, ҳимос ст ватан, еринг,

Таслим бслма, майли кетсин йсғу боринг
Лек кетмасин дину иймон, номус-оринг!

 
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhyiddin 01 Noyabr 2008, 12:13:06
Гунбази даввор ичинда сргулур бошим менинг,
Ар васлига етолмай, тскулур ёшим менинг.

Юраман гирёну нолон дарбадар девонадек,
Ҳеч ҳолим ссрмади ёри қаро қошим менинг.

Барча билди ҳоли дардим, билмадинг ҳолимни ҳеч,
Ссрмадинг: «Оё нечуксан», деб бағир тошим менинг.

Садқаи дардинг қилурман дунёни айшу ҳушин,
Айш срур хобу хаёлу дард йслдошим менинг.

Бу ғариблик шаҳрида муҳтож смасман хешга,
Кулфатинг бслди ағо, дардинг қариндошим менинг.

Қай куни берди кснгил санга Ҳувайдо, сй пари,
Ҳеч фориғ бслмади ғамдин ғариб бошим менинг.

Ҳувайдо

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 01 Noyabr 2008, 12:48:48
GAR OSHIQ ESANG

Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,
Dard istayu daf'ig'a davo qilma havas.
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdan g'ayri rizo qilma havas.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 01 Noyabr 2008, 12:53:45
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,
Tiyra bo’ldi ro’zgorim ul qaro qoshdin yana.

Men hud ul tifli pariyvashg’a ko’ngul berdim, vale
Xonumonim nogahon buzulmag’ay boshdin yana.

Yuz yamonlig’ ko’rub andin telba bo’ldung, ey ko’ngul,
Yaxshilig’ni ko’z tutarsen ul parivashdin yana.

Tosh urar atfol meni, uyda forig’ ul pariy,
Telbalardek qichqirurmen har zamon toshdin yana.

Oyog’im yetguncha Boburdek ketar erdim netay,
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana.

Zahiriddin Muhammad Bobur
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 01 Noyabr 2008, 12:58:08
Ay gul chehralik sarvi ravonim,
Fido bo'lsun senga jonu ravonim.

Sulaymon mulkudur ham Nuh umri
Saning bila kechurgan bir zamonim.

Agar zulfung uchun chopsang boshimni,
Yuz evursam maning bo'ynumg'a qonim.

Belingda garchi bir qilcha gumon bor,
Vale og'zingda yo'qtur hech gumonim.

Jamoling oyatidur husn ichinda,
Ne hojat bu mening sharhu bayonim.

Bu dog'e kim,qo'yar jonimg'a hajring,
Ajab qolg'ay mening nomu nishonim.

Yuzung mehrinda jon berdi Atoiy,
Demading bir kun: 'O'ldi mehribonim"

Atoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AL_laziz87 24 Dekabr 2008, 00:04:05
  Mayliga raqibing bo'lsin xar nima
  Xech zamon sen uning g'amini yema
  Unga xar baloni ravo ko'rsang xam
  Tilingni sug'urib olaman dema
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Mashhura 03 Fevral 2009, 16:00:25
Ajralishdik... ko`tar boshing,
Ko`zlaringda nega nam.
Mardim to`kma ko`zing yoshing
Tomchisiga arzimam.

Ne kun solding sen boshimga
Bu qanday ishq, qay firoq.
Arzimaysan ko`z yoshimga
Men ham yig`layman biroq.

H.Xudoyberdiyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 04 Fevral 2009, 06:46:44
qayg'urgan ko'nglimga taskin darkormas ,
hasta yuzginamni tutaman kunga ,
onajon ,dunyo -dunyo boylik kerakmas,
iffat ro'molimni uzating menga .
                                               
                                                   Foniya ....
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 04 Fevral 2009, 15:58:20
Gohida ezsa gar meni g’am,
Qiynasa goh ich o’rtar alam.
Topilmasa biror-bir hamdam,
Allohdan o’zga yor topmadim"¦
 
Holim tushunmasa do’stlarim,
Yolg’on desalar rost so’zlarim.
Yig’idan tinmasa ko’zlarim,
Allohdan o’zga yor topmadim"¦
 
Zulmat ichra chiqmsa ziyo,
Gar sig’masam olamga go’yo.
Izlaganim bo’lsa bir ro’yo,
Allohdan o’zga yor topmadim

Alisher Isomiddin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdulhafiz 04 Fevral 2009, 23:08:50
Munofiqlar fisq etibon o'zni bilmas,
Oning uchun yaxshilarni ko'zga ilmas.
Ko'ngli qattig', yaxshi so'zga quloq tutmas,
Qiyomatda Haq qoshida rasvo bo'lur.
Xoja Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 05 Fevral 2009, 07:33:20
Rabbim  qaytayapman , bo'l guvoh ,
Va'dang bor kechgaysan tog'gunoh ,
bundan buyog'iga bo'l panoh .
Men seni unutib qo'ygandim .     
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdulhafiz 07 Fevral 2009, 11:21:16
Men shodonman namoz qilsangiz.
Shariatda o'ynab kulsangiz.
Hidoyatga kirmas bo'lsangiz.
Sizga Alloh kifoya qilsin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 17 Mart 2009, 15:10:35
Йиғлайди
 

Аелардандир юрак бслиб ғаш
ҳам сгилиб, бу сгилмас бош
Ксзларимда қалқиб турса ёш
Бу ҳолимга беролмай бардош
Далда бериб отам йиғлайди
Муштипарим онам йиғлайди
Қолганлари ёлғон йиғлайди.
 

Қайтар бслсам қуруқ қсл овдан
Қора қозон қолса қайновдан
ҳам айрилиб отдан уловдан
Қарзга ботар бслсам бировдан.
Таскин бериб отам йиғлайди,
ҳам волидам онам йиғлайди
Қолганлари ёлғон йиғлайди.
 

Синалмоқнинг гали келганда
Аоҳақ мағлуб бслсам майдонда
Аомим қолмас бслса жаҳонда
Дсст — душманлар билинар онда
Аҳволимга отам йиғлайди
Бағрин тилиб онам йиғлайди
Қолганлари ёлғон йиғлайди.
 

Ғаним бир ён, мен бир ён бслсам
У устивор мен урён бслсам
Вужудимга солмасдан ваҳм
Қабул айлаб тавалло - оним
Дариғ тутма меҳринг Илоҳим
Кароматинг ксрсат Аллоҳим
Йиғлатмагин ёлғизларимни
Қондошларим азизларимни.

 Шамсуддин Ҳакимзода
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 17 Mart 2009, 15:18:48
IBODAT

Ibodat ne?
Yaratganga itoat ham ibodatdur
Haqiqiy bandalik birlan
Sadoqat ham ibodatdur.

Otang birla onang qalbi
O`tar ka'ba tavofidin
Alar ko`nglini shod etsang
Bu xizmat ham ibodatdur.

Umrni etmayin isrof
O`zing ro`za vujuding sof
Agar pok holda uxlarsan
Bu rohat ham ibodatdur.

Butun borliq nabotot ham
Yaratganga etar tasbeh
Bobodehqon ekib yursa
Ziroat ham ibodatdur.

Ibodatdur biror johil
Jafokorga desang haq so z
Va nodonga sukut qilsang
Sukunat ham ibodatdur

Agar juftihalol birla
Ko ngilxushlik qilar bo lsang
Falak shohid Malak hozir
Bu suhbat ham ibodatdur.

Tamal imoni ixlosdur
Bu qullik bandaga xosdur
Xudo deb qilganing har ish
Va niyat ham ibodatdur.

Sevib Mirzo aziz do stlar,
Ko nglini shod ayla
Agar Olloh uchun sevsang
Muhabbat ham ibodatdur.

(Mirzo Kenjabek)

She'rlar uzislam.com saytidan olindi.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: saltanat 17 Mart 2009, 17:54:10
    Yolg'z ayol qismati.
Yolg'onchi dunyonig yolg'onlariga
Aldanib yashaydi bu singan ko'ngil.
Ko'zlar ma'yus boqar , yuzda tabassum
qon bilan to'lgandur yaralangan dil.

Yaratgandan o'zga suyanchig'i yo'q,
bandaga ishonsa qolar aldanib.
baxtsiz ayolning qismatidur bu,
bu yorug' dunyoda yashaydi yonib.

xasadning dastidan yonib yashadi
do'zax neligini shundayoq bildi.
bu yorug' dunyodan voz kechdida u,
Robbidan jannatning umidin qildi.

xayoti mazmuni gul farzandiga
ikki dunyo raxmatin tilab qoldi u.
"Alloh rizoligin olarmanmi?" deb
joynomoz ustida yig'lab toldi u.

juftining bag'riga bosh qo'ib
erkalasa baxtli ayollar
Xayolan robbiga erkalandi u.
qanoti qayrilgan baxtdan ayrilgan
yolg'iz ayolning bu yorug' dunyoda shum taqdiri bu.

tanda joni bordur ko'zda nami bor
yaratgan yo'lida to'kar yoshini.
Robbim bandam desun, mag'firat qilsun
qabrga qo'yganda yolg'iz boshini.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: saltanat 17 Mart 2009, 17:59:13
uzr bahri baytni qoidasiga amal qilmapman, ming bor uzr.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 17 Mart 2009, 19:24:11
Roziman sha’nimga aytsang har xil gap,
Sog‘intir, qiynagil, qilgin malomat.
Ko‘rganda yuzingni mayli burgil chap,
Zinhor xayr demagil, ey pok muhabbat.

«Xayr endi» so‘ziga bormasin tiling,
Nahotki chidasa qiynashga ko‘ngling?!

G'ayratiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdulhafiz 18 Mart 2009, 01:17:53
Gunohim ko'p men ham bir banda.
Ammo quyosh sharqqa botganda.
Qiyomatning tongi otganda.
Ummatim eng yo RosululloH.
Xayrulloh Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: BaÑ…tiyor 18 Mart 2009, 12:46:57
Hijrning yuragimga, qiladi tasir.
Sansiz budunyoda yashashim qiyin.
Ko.rsam nigohimga, quvonch to.ladi.
Qalbimdagi gam, anduh, armon o.ladi.
San bilan bu olam go.zal bo.ladi.
Sansiz bu dunyoda yashashim qiyin...
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Zamiraxon 18 Mart 2009, 12:53:25
   Nega sen ishonding shirin so'zlarga,
   Ohu ko'zliginam, nur yuzliginam.
   Nega sen ishonding yolg'on hislarga,
   Baxti qaroginam, baxti torginam.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: BaÑ…tiyor 18 Mart 2009, 13:04:40
Ma'rifat daryosinda g'avvos bo'lub,
Muhabbat gavharlarin olg'um kelur.
Tariqat maydoninda parvoz qilib,
Ul tubo daraxtiga qo'ng'im kelur.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: shoir 18 Mart 2009, 14:18:25
Ravon, qobil, nurli bir og‘iz,
Yashirincha hujrani keltirar butunicha
Va aqlga kelgan telegraf simidagi
O’pishayotgan ikki kabutar,
Tozargan, yumshagan tumshug‘i bilan.

Bu o‘tgan nayza shiddatli qalin
Ajdodlarning qadri baland oti bilan
(Bu) shubhasiz yo‘lda kerak (da),
Nayza o‘tar nurdan,
Yorib borar kechani to‘ldirgan qorong‘uni ham...

Johid Zarifo'g'li

Abdulatif Abdullayev tarjimasi

PS. Baraka topkurlar she'rlarning muallifiniyam yozinglar!
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: BaÑ…tiyor 18 Mart 2009, 20:22:41
Majlislarda endi u
Fursat poylab turadi.
Ur, desa bas, Urg‘unboy
Duch kelganni uradi.
1987

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:12:29
istar edim dunyoda faqat ,
bahtli hayot sizga yor bo'lsin ,
boqib turgan shahlo ko'zlariz
yana ming -ming bahorni ko'rsin.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Zamiraxon 21 Mart 2009, 10:13:11
Nahri zilol, bag`ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal"¦
                                       Muhammad Yusuf
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: BaÑ…tiyor 21 Mart 2009, 23:27:13
Lekin yoq bizda tinchlik
Teng kelar bizga zolimlar
Tushunmas bizni xattoki sevganlar
Biz sevdik endi qachon bo'larmiz birga
Xudo xoxlasa bu dunyodamas u dunyoda
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: saltanat 22 Mart 2009, 06:05:29
Alloh peshonamga bitgan taqdir bu.
bu kunlar ajrini o'zi bergusi.
Robbim rizoligin ololsam albat
Umidim Jannatdan nasib qilgusi! Omiyn.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: BaÑ…tiyor 22 Mart 2009, 15:13:20
Ае учун сен бугун жуда ғамгинсан,
Дардингни сен биз айтмайсан,
Қафасга солинган жонсарак қушсан.


shoir
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Dilbar Mirzo 22 Mart 2009, 19:16:31
Namangondin ketar bo'lsam mani yo'qlar kishim bormu,
G'ariblik shahrida o'lsam, mani yo'qlar kishim bormu?
Qani qavmu qarindoshim, bu yo'lda bo'lsa yo'ldoshim,
Ko'zimdin oqizib yoshim, mani yo'qlar kishim bormu?
                                                          Mashrab
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: BaÑ…tiyor 22 Mart 2009, 21:01:39
U tomon talpinganda tanamdagi jon
Baxtim bo`lganda yakson
Unga berganimda salom
U esa bari bir jim
No iloj unga didim xayr
U esa jim baribir
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 23 Mart 2009, 07:27:38
Ruhsat eting o'pay qo'lingiz
onam kabi mehribon ustoz ,
hushnud aylab sahiy ko'nglingiz ,
bir umrga etardim e'zoz.

(muallifi esimda yo'q )
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 23 Mart 2009, 08:18:20
Залолат йслларга кирганлар қайтсин,
Умр узоқ дебон юрганлар қайтсин,
Етмишга, саксонга кирганлар айтсин:
Беш кунлик дунё бу, беш кунлик дунё!

Hayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: saltanat 25 Mart 2009, 17:43:06
Yora yurgan ko'chalaring
             supuray sochim bilan.
Changi chiqsa suv sepay
             ko'zlardagi yoshim bilan.
          (folklor qo'shiqlardan)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 26 Mart 2009, 07:01:21
Necha yigit ko‘z yosh to‘kar firoqingda,
Senga oshiq insonni sev, meni sevma.
Ko‘rinadi olam go‘zal qarog‘ingda,
Ko‘rkam, obod jahonni sev, meni sevma.

Javlon Abdullo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 30 Mart 2009, 00:24:14
Alining hikmatli so'zlarin tinglab,
O'zimning kimligim topolsam anglab,
Ilm darvozasin  ostida ho'ngrab ,
Asri saodatni qattiq sog'indim.

                   H.Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 30 Mart 2009, 07:17:15
Майли, дунё бизга айтмасин таҳсин
Жарангдор овозлар туюлсин беоҳ,
Лабимиздан смас, кснгилдан чиқсин
Ассаламу алайкум ва роҳматуллоҳ!

Hayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 30 Mart 2009, 08:08:15
Haq jahonga to‘ladir,
Kim o‘zi hakni bilmas,
Uni sen o‘zingdan so‘r,
U sendan ayri bo‘lmas.

Kelinglar, do‘st bo‘laylik,
Ishni oson qilaylik,
Sevaylik, sevilaylik
Dunyo hech kimga qolmas.

Yunus so‘zin tinglagin,
O‘z ma’nosin anglagin,
Amal qil Haqqa doim,
Bunda hech kimsa qolmas.

Yunus Emro
Fayzi Shohismoil tarjimasi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 30 Mart 2009, 08:12:47
Савдогарлик қиламан бозор,
Камбағалнинг ҳаққидан ҳазар
Сал бсшроғи кеп қолса агар,
Тарозудан қисман дейди.

Ўнгга боқиб, қушман дейди
Сслга боқиб, тусман дейди.
А­ркин Вохидов
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 30 Mart 2009, 08:37:00
Ishongan tog‘ing ketdimi?
Yo nomu oring bitdimi?
G‘urbatda yoring qoldimi?
Nechun yig‘larsan bulbul, hey"¦

Uyqudan ko‘zim uyg‘ondi,
Uyg‘ondi, qonga bo‘yondi,
Yondi, bu yuragim yondi,
Nechun yig‘larsan bulbul, hey"¦

Yunus Emro
Davronbek Tojialiyev tarjimasi.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 30 Mart 2009, 08:51:07
Yoshlarning qalbini tutgan qafaslar -
bugun chollarni ham ezar havaslar !
yuzga kirib aqli butun Anaslar
Asriu saodatni qattiq sog'indim .
H.Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 30 Mart 2009, 09:03:23
Muhabbat bahrining g‘avvosi bo‘ldim,
Kerakmas Jayhuna cho‘mmasman ortiq.

Tilarman fazlingdan ayrilmasimni,
Tangrim sandin o‘zga sevmasman ortiq.

So‘ylar oshiq tilindan buni Yunus,
Qachon oshiq esam, o‘lmasman ortiq.

Yunus Emro,
Nasriddin Muhammad tarjimasi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 30 Mart 2009, 09:10:52
Qayg'uda ham, shodlikda ham seni dedim
Ko'zlarimda yoshlar ila seni sevdim
To tirikman, yurak doim sen deb ursin
ALLOH seni, RABBIM seni, seni sevdim
(Muallifi yodimda yo`q, uzr)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 30 Mart 2009, 09:16:39
Man yururman yona-yona,
Ishq bo`yadi mani qona,
Na oqilman, na devona,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Goh esarman yellar kabi,
Goh to`zarman yerlar kabi,
Goh oqarman sellar kabi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Miskin Yunus bechoraman,
Boshdin oyog`i yoraman,
Do`st ko`yida ovoraman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Yunus Emro
Davronbek Tojialiyev tarjimasi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 31 Mart 2009, 06:31:10
Ishqi dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?!

Zulfi dominmu deyin, la`li kalominmu deyin,
Birining qaydi, yana birning adosinmu deyin?!

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 31 Mart 2009, 06:40:56
Nuqta yanglig'kim, vafo uzra qilur kotib raqam,
Ishq o'tining dog'ini ahli vafoda istangiz.

Og'zi shavqidin Navoiy itti, oni istar el,
Yo adam dashtida, yo mulki fanoda istangiz.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 31 Mart 2009, 07:11:12
Zulmni tark aylavu dod aylagil,
Marg kunidin dog`i yod aylagil.

Zulmung erur kunduzi, fisqing kecha,
Zulm ila fisqing necha bo`lg`ay,necha?

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 31 Mart 2009, 07:20:25
Abu Dardolarni quvgan bu dunyo,
Ibn Avf qalbini yuvgan bu dunyo,
Abu Zar ostida yugan bu dunyo ,
Asri saodatni qattiq sog'indim .
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 31 Mart 2009, 07:24:59
Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.

Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 31 Mart 2009, 07:41:15
Sabr qilsam ishq dardi beqaror aylar meni,
Kasbi hush etsam junun beixtiyor aylar meni,
Dam-badam faryodim eldin sharmisor aylar meni,
Hajr dog`i dardmand-u dilfigor aylar meni,
O`ylakim javri falak zor-u nizor aylar meni,
Yorsiz hijron balosig`a duchor aylar meni,
Charxi dun tokay firoq ilgida zor aylar meni,
Oqibat bu dard-u g`am Majnunshior aylar meni,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.

Nodira.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 31 Mart 2009, 07:54:23
Necha kunki yo'q oromim kelolmayman hushimga
onajonim kechalari kirib chiqar tushimga ,
qo'llarida oq yelpig'ich ,oy nurida yaltirar ,
onajonim imlab meni qoshlariga chaqirar.

A.Oripov
(tezroq "R"harfiga yoziylar ) :D
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 31 Mart 2009, 08:02:06
Rovisqincha g`azal, shah go`sh tutti,
Manga xil`at kiyurib, qo`sh tutti.

Biroz kechti dag`i majlis isindi,
Qadah chavruldi-yu may boshqa mindi.

Yana fursat bila bo`ldum mahalni,
O`qudum xizmatinda bu g`azalni.

Xorazmiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 31 Mart 2009, 08:04:29
Istaganlar, bizni sahroi baloda istangiz,
Vodiyi hijron ila dashti fanoda istangiz.

Vomiqu, Farhodu Majnundeklar ul vodiy aro
Bo'lsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 31 Mart 2009, 08:27:09
Zar qadrin biladi haqiqiy zargar ,
Solihlar dunyodan qildilar hazar ,
o'rgating taqvo ne asli ,Abu Zar ,
ko'rgim kelayapti sizni tushimda .

H.Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 31 Mart 2009, 08:34:39
Arsh arkida sulton o`zi,
Beaybu benuqson o`zi.
Poyiga cho`k, ul Zuljalol,
Alloh go`zal, Alloh   go`zal"¦

Muhammad Yusuf 
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 31 Mart 2009, 08:47:22
La’lgun may tutqil oltun jom birla sabzada
Kim, bulardin yaxshi yo’q imkon qizil, sorig’, yashil.

Faqr aro berangliq dushvor erur behad, valek
Xirqada tikmak erur oson qizil, sorig’, yashil.

Ey Navoiy, oltinu shingarfu zangor istama,
Bo’ldi naming rangidin devon qizil, sorig’, yashil.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 31 Mart 2009, 08:51:57
Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo`lida intizor,
Keldi jon og`zimg`a-yu, ul sho`xi badxo` kelmadi.

Alisher Navoiy.

Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 31 Mart 2009, 08:55:45
Il gado jonig'a o't tushkaykim,
Olg'ali sham'i mazorim kelgay.

Ko'yida itti ko'ngul, vah, qachon ul
Masti devonashiorim kelgay.

Qani maykim, chu ichib mast o'lsam,
Ko'kka tuz boqqali orim kelgay.

Ey Navoiy, tilamon huru pari,
Shoyad ul bazmda yorim kelgay.

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 31 Mart 2009, 09:06:59
Yuzung visolig`a yetsun desang ko`ngullarni,
Sochingni boshtin-ayoq chin ila shikan qilg`il.

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 31 Mart 2009, 09:13:18
La'lidin jonimg'a o'tlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur;
Men vafosi,va'dasidin shodmen,
Ul vafo, bilmanki, qilmas, yo qilur.

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 31 Mart 2009, 09:16:46
Roy ila  zulmatni munir aylamak,
Lutf ila olamni asir aylamak.

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 01 Aprel 2009, 06:54:36
Карам дастгоҳи ки хон атоси мудом омода меҳмон юзига
Анинг резаи базм бахшойишидин бслур ҳар гадоға навола пайдо.

Сиришким саҳобини имдодидин дилкушодур муҳаббатни дашти,
Кснгул доғини айтсам биёбон бслур, ул биёбонда лола пайдо.

Солиб ҳижратни мулкина зилзила, деди қилма даври фалакдин гила
Аадур чораи дардим, сй Аодира, фироқ слди ногоҳ, висола пайдо.

Аодира
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 01 Aprel 2009, 07:04:28
ota ulug' duosi bilan ,
er basavlat vafosi bilan ,
azallardan qutlug' elimda
Ayol go'zal hayosi bilan

H.Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 01 Aprel 2009, 07:20:38
Niyozim bu turur sendin, nigoro,
Unutma bandani bahri Xudoro.

Xorazmiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 01 Aprel 2009, 07:27:37
Олди кснгул қушларни ҳар лаҳза мушкин турраси,
Бола шоҳиндурки, сайд айларда таррори ажаб.

Баски мажнундир анинг ҳусниға гулшан гуллари,
Ғунчалардиндур чаман бсйнида тумори ажаб.

Аодира
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 01 Aprel 2009, 07:32:10
Bo`loli aysh-u ishratpeshalardin,
Qutulsin ko`nglumiz andeshalardin.

Saburdin yaxshi yo`qtur pesha qilsam,
Bu yo`lda sabr yo`q, andesha qilsam.

Xorazmiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 01 Aprel 2009, 07:34:24
Моҳи тобон юзлигим, ҳар лаҳза ёд стсам сени,
Дуди бағримдин чиқар ст ичра тушгандек кабоб.

Банд стиб зулфинг аро кснглимни озод стганинг
Қуш учургандек срур боғлаб аёғига таноб.

Аодира
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 01 Aprel 2009, 07:46:22
Bir kelib holimni sultonim tamosho qilmadi,
Bedavo dardimga rahm aylab, mudovo qilmadi,
Ayrilib andin ko`ngul tarki tamanno qilmadi,
Toshbag`irlik yor faryodimg`a parvo qilmadi,
Yusuf ishqida bu ishlarni Zulayxo qilmadi,
O`tti Vomiq dahridin yodini Uzro qilmadi,
Motami Farhodni Shirin taqozo qilmadi,
Layli hijronida Majnun men kabi yoqilmadi,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.

Nodira.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 01 Aprel 2009, 07:52:27
Аазар аҳли савдоларидин хатинг қилди лавҳи жамола пайдо,
Аетонг айласа дуди оҳим қамар даврида ҳола пайдо.

Сочинг сунбулидин гириҳлар тушубдур кснгул риштасиға,
Ки юздин бирин зоҳир стсам қилур жаъд мушкин кулола пайдо.

Аодира
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 01 Aprel 2009, 08:08:52
Orazi gul, husni hilol,
Alloh  go`zal, Alloh go`zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go`zal,  Alloh go`zal"¦

Muhammad Yusuf 
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 01 Aprel 2009, 08:12:22
Лутф стиб ссрса мени холимни ул номеҳрибон,
Улди ҳижронингда деб ёри вафодоримға айт.

Сендин айру талхиком стди дебон заҳри фироқ
Ашурун дардимни ул лаъли шакарборимға айт.

Аодира
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhseena 01 Aprel 2009, 08:17:31
Tong otdi...
Ochiq darvozadan kirdi baraka.
Chinnidek yarqirar ayvonim,xonam.
Sahargi tilaklar baxtning daragi,
Duoga qo'l ochar Nuroniy onam...
                          Muqaddas Salomova
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 01 Aprel 2009, 08:25:26
Мени(нг) жунунима Мажнунни бермангиз нисбат,
Қилурму хору хашак тоби шуълаи ғайрат.

Чекарда жов менга тақлид қилмасин Фарҳод,
Фироқ тоғида беҳуда чекмасун кулфат.

Аодира
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 01 Aprel 2009, 08:30:38
Turfa holinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Movi(y) ko`nglak uzra gulrangi qabosinmu deyin?!

Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?!

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhseena 01 Aprel 2009, 08:36:58
Namozim chilgan qizil gul bo'lsa,
Tahorat tohir suv unga quyilgan
Oyatlar bexato ravon o'qilsa
Savobi ham ko'pdir tog'dek uyilgan
                      Sulton Ergash
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 01 Aprel 2009, 08:39:01
Аеча муддатки кснгул ғайр ила тутти улфат,
Мени саргаштани доғ айлади фавти фурсат.

Бормоғим амр ила ул, ерга зарурат срди,
Йсқса шойиста стмас бандаға тарки хизмат.

Аодира
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhseena 01 Aprel 2009, 08:40:19
Toping'aymen faqat Unga,hamon jonon yoshurg'ay yuz,
Netay Majnuni shaydodek haloyiqg'a bo'libman so'z,
nasib et zikr-u yoding-la yashay men har nafas,har so'z,
Ul oy o'tlug' yuzin ochsa,Navoiy,tegmasin deb ko'z,
Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra pisand etmas.
                           Muhammad Ma'ruf Nishonov.
                           
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 01 Aprel 2009, 08:44:28
Сели саҳрода қилур шавқ ила жавлон, лекин
Чуғзни душманидур айласа вайронага баҳс.

Дардлиғ қиссаи ишқим не смишди Фарҳод,
Телба Мажнундек ани қилса бу афсонага баҳс.

Айладинг жаҳд ила таъмири муҳаббат обод.
Ким қилур, Аодира, бу ҳиммати мардонага баҳс.

Аодира
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 01 Aprel 2009, 08:45:33
Сен дунёга теран боқмоқни
Қуръон ҳамда суннат-ла изла
Дунё майда-чуйда деб куйса
Сен снг катта савдони ксзла.


Hayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 01 Aprel 2009, 08:49:59
Анга сзлук била етиб бслмас,
Истасанг ёр васли жондин кеч.

Олам аҳлида чун вафо йсқтур,
Бир йсли схшию, ёмондин кеч.

Аодира
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 01 Aprel 2009, 08:56:11
Charxi kajraftor elidin yozamen,
Chiqmadim hijron qishidin yoza men.
Bir meni yorliq bila yod etmas ul,
Har necha ul shahg`a qulluq yozamen.

Lutfiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 01 Aprel 2009, 09:00:18
Аиҳоли қомати сарви хиромон,
Юзи гул, лаъли шакарбори фаррух.

Бслубдур Аодира мумтози маъни,
Каломи равшану ашъори фаррух.

Аодира
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 01 Aprel 2009, 09:11:43
Xazon sipohig`a, ey bog`bon, emas mone`,
Bu bog` tomida gar ignadin tikan qilg`il.

Yuzida terni ko`rub, o`lsam, ey rafiq, meni,
Gulob ila yuv-u, gul bargidin kafan qilg`il.

Alisher Navoiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 01 Aprel 2009, 09:16:02
Лутф стиб ссрса мени холимни ул номеҳрибон,
Ўлди ҳижронингда деб ёри вафодоримға айт.

Сендин айру талхиком стди дебон заҳри фироқ
Ашурун дардимни ул лаъли шакарборимға айт.

Аодира
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhseena 01 Aprel 2009, 09:22:10
Tamanno ul qalamdinkim,yozib sahvimni pand etmas,
Aritmay manglayim sho'rin,agarchi bol-u qand etmas,
Havodin qo'rqamenki zinhor mayli sarbaland etmas,
Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglim pisand etmas.
                                      Muhammad Ma'ruf Nishonov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhyiddin 01 Aprel 2009, 13:40:02
Salom yo‘llay dedim senga sabolardan, sabolar yo‘q,
Ko‘ngil arzimni aytmoqqa azm etsam, navolar yo‘q.

Sabosiz bog‘da gul xomush, navosiz gul esa vayron,
Sukunat tosh kabi bag‘rim ezar, sirli sadolar yo‘q.

Fido qilmoqqa jonimdan kechib erdim o‘shal fursat,
Xayol to‘xtatdi: ey, to‘xta, go‘zallarda vafolar yo‘q.

Qadrdon do‘st xayolim birla kezdim ko‘cha-ko‘ylarda,
Bu ne hol, ko‘cha-ko‘ylar ichra chin do‘st-oshnolar yo‘q...

Farid USMON
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdulAziz 01 Aprel 2009, 13:44:57
Qildi choki piroqan dog’I dilimni oshkor,
Qolmadi ko’nglumda zaxmi ishq pinhon oqibat.

Ahdu paymonlar qilib erdi, vafo qilg’um debon,
Ayladi tarki vafo ul ahdi yalg’on oqibat.

Nodira
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhseena 01 Aprel 2009, 13:50:23
Taqdirim ne erur,bilmasman,e voh,
Boshimga ajaldin kelurmi sipoh?
Bir kecha bo'lsa ham, ona vodiyim
Qo'ynida yotsaydim, mehribon Alloh!
Qonib ichsam  erdim, shaffof suvlarin,
Qaniydi tashlasam unga bir nigoh!
              Hidoyat jurnalidan,2006,3-son
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 02 Aprel 2009, 01:58:07
Haq talab aytilgan har bitta so’zim,
Haqning visoliga mushtoqman o’zim.
Buyuk visol uchun Haq jamoliga,
Qarab turishga lek chidarmi yuzim.
 
kimdir
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhseena 02 Aprel 2009, 07:06:15
Menga ul kunkim vafog'a ahd-u paymon ayladi,
No'shdoruyi labi dardimg'a darmon ayladi,
So'ngra qilg'on va'dalarni barcha yolg'on ayladi.
Yo magar ul ahd-u paymondin pushaymon ayladi.
                                            Nodira
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 02 Aprel 2009, 08:55:56
Ishq o`tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi,
Ey, siymbarim, xoh inon, xoh inonma.

Lutfiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 03 Aprel 2009, 07:09:34
Ajal bukar belimizni,
So'ylatmayin tilimizni,
Bemor edik, holimizni
So'rganlarga salom o'lsin

yunus Emro (M.Kenjabek tarjimasi)
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 03 Aprel 2009, 07:39:28
Necha kim bo`lsalar ko`k ichra jovid,
Atorid bitqachi, barbatchi Nohid.

Quyoshdek davlatning tobanda bo`lsun,
Eshikingda yeti ko`k banda bo`lsin.

Xorazmiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 04 Aprel 2009, 06:51:58
Neni oy deb o'ylab, ko'zimni tikib,
Zarrin shu’lasiga yuz tutdimki zor,
Oy deb o'ylaganim yoy bo'lib chiqib,
U otgan o'qlardan ko'ksim yarador
       
                  Halima Xudoyberdiyeva
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 05 Aprel 2009, 07:38:32
Raftor ila bir yo`li muningdek dog`i o`xshash,
Ey sarvi sihi, kabki dariyg`a ne bo`lursan?

Lutfiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Fatima 05 Aprel 2009, 09:59:48
Nematin isrof qilmaginki,
Javobi qattiq erur.
Achiq zahring sochmaginki,
Birov dili ozor ko`rur.
Asaldek totli qilginki,
Egang sendan rozi bo`lur.
Ranjitish doim bilginki,
Baxtsizlikka oborur.
Diningda mahkam turginki,
Diling baxtdan quvonur.
         
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 06 Aprel 2009, 07:37:01
А асул буйруғига бслиб бетоқат,
Зафар майдонини тарк стмиш нусрат...
Англатмоқлик учун нелигин суннат
Уҳуд керак бслди Бадрдан ксра.

Hayrulla Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Zamiraxon 06 Aprel 2009, 12:15:46
Avf etib, yuz bursak ezgulik tomon,
Urush unutilsa yo'qolsa yomon.
                                     Abulqosim Firdavsiy
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 08 Aprel 2009, 08:18:40
Namoz o'qiysiz-u, egningizda shim,
Tandagi terimi yoki tor kiyim,
Sababin so'rashsa jim qolasiz, jim,
O'zini osmon deb o'ylagan qizlar,
Asli e'tiborga arzimassizlar.

Manba: forum.muslimaat.uz
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Zamiraxon 08 Aprel 2009, 10:35:49
Rosa pardoz qildi tabiat to‘lib,
To oydin ranglari tortguncha xira.
Barcha rang ustidan qo‘riqchi qilib
Qora Otelloni yaratdi so‘ngra.
               A. Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: AbdurRohman 08 Aprel 2009, 12:34:13
Alloh rizosidan ortiqroq ne bor,
Nima bor ortiqroq el duosidan?
Qahhor qarshisida qatorlashganda,
Ne naf bo’lg’usidir mol-dunyosidan?
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 08 Aprel 2009, 15:58:55
Na qattig' kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo'lmoq,
Mening ohim o'tig'a bul zaminu osmon o'rtar.

Yurakda dardu g'am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o'rtar.

Mashrab
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 10 Aprel 2009, 08:55:36
Rizo mulkidaman halqumni tuttim tig`i Akbarga,
Bu yo`lda siynayi poki Zabihullog`a sig`mamdur.

Agarchandki ziyorat qilmadim men Ka`bai zohir,
Tariqat hojisidurmanki, Baytullog`a sig`mamdur.

Mashrab.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Varzikiy 11 Aprel 2009, 21:07:05
Rayhon gullaringni yo`llarimga sep,
Kutgin meni har oqshom ko`kka oy chiqqan.
Faqat yig`lamagin aybim nima deb,
Aybing onang seni chiroyli tuqqan
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Smartella 11 Aprel 2009, 21:38:01
Namoz vaqti kelar, tumonat muslim
Sajdaga egilar, ko'zda jiqqa yosh.
Men ham safim bilan tiz cho'kaman jim,
Balki men ham qayta ko'tarmasman bosh....
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Vаrzikiy 12 Aprel 2009, 23:52:49
Shoirlik - bu shirin jondan kechmakdir,
Limmo-lim fidolik mayin ichmakdir.
Shoirlik - jigarni ming pora etmak,
Bag`ir qoni bilan satrlarbitmak.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:18:23
Ko'rsamu yig'lasam sahoba zotin ,
o'rganib hayotga tutsam hayotin ,
Siypalab Jafarning qonli qanotin ,
Asri saodatni qattiq sog'indim .
                     
             H.Hamidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 13 Aprel 2009, 06:44:27
Миллат-у, динини ксплар унутиб
Гуноҳлар қаърида топаркан завол,
Тақвоси тимсоли, либоси бслиб
Динига қувватдир хижобли аёл.

Hayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 06:59:19
Lablarimga tabassum ko’chdi,
Seni o’ylab, hayratim cheksiz.
Shoir so’zi yodimga tushdi:
"žBuncha sodda, buncha o’zbeksiz!"œ

Quyosh botgach, jonim, atirgul,
Ma’yusgina o’yga tolasan.
Shundan ketdi, shundan kelar deb,
Mag’rib tomon qarab qolasan.

To tonggacha boshing eggansan,
Jim poylaysan quyoshing yo’lin.
Sen ham juda sodda ekansan,
Sen ham o’zbek ekansan, Gulim!


1984   Mirzo Kenjabek
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 13 Aprel 2009, 07:12:30
Мен иқрор бслспман ғофиллигимга
Ислом келгунича жоҳиллигимга.
Билмай қайси жойга доҳиллигимга
Букун ксринг қандай юрорим маним!

Hayrulla Hamidov.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Vаrzikiy 13 Aprel 2009, 23:19:28
Meni yolg`iz qo`ying, do`stlarim,
Charchaganman,
                     orom olayin.
Bugun menga kerakmas hech kim,
O`zim bilan o`zim yolg`iz qolayin
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 14 Aprel 2009, 06:54:05
Nima deding! Aslo, hech ham
Ko’zimdagi yosh emas.
Yosh bo’lsa ham sening uchun,
To’kmayapman... Bo’ldi... Bas...
 
Usmon Azim
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 14 Aprel 2009, 07:37:38
Sanamning ishqida tinmay yurub, ovvora Mashrabman,
Ko`zi yoshlig`, qadi xamlig`, dili sadpora Mashrabman.

Ko`ngulda zarracha dunyoni mehri bo`lmayin menda,
Seni deb ikki olamdin kechib, bezora Mashrabman.

Mashrab.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhyiddin 14 Aprel 2009, 09:35:59

Nechun o‘g‘irlading o‘yu fikrimni,
Nechun xayolimni aylading sarson.
Endi men bilmasman borar yerimni,
Endi tuyg‘ularim qoldi sargardon.

Seni ko‘rgandayman tushimda faqat,
Uchib o‘tgandaysan misoli yulduz.
Samoviy mo’jiza, ilohiy tal’at,
Tengi yo‘q bir malak, qoshlari qunduz.

Nasib etarmikan biror kun visol,
Nasib etarmikan tutmoq qo‘lingni.
Va yo noshud qolgan munajjim misol,
Poylab o‘tarmanmi qaytar yo‘lingni...

Abdulla Oripov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Vаrzikiy 14 Aprel 2009, 21:21:07
Ikki oshiq o`xshar yulduzlar aro
Uchib yurgan yondosh sayyoralarga.
Sevgi fazosida ular bor tanho,
Ne parvo yerdagi ovvoralarga.

Erkin Vohidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Abdulhafiz 14 Aprel 2009, 21:44:23
Afsus, yuz afsuski, umrim abas o'tti,
Nodonlig' ila darpayi hoyu havas o'tti.
Na kor qilib, naqdi hayotimni tugatti,
Bilmam, na ani bir kecha yo bir nafas o'tti.
Huvaydo
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Zamiraxon 15 Aprel 2009, 09:08:42
In'omu vazifa bori buyrulg'usidir,
Muhmalga bo'yu g'allaga uy to'lg'usidir
                                        Z.M.Bobur
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:37:38
Rostan yig'layapman qara ko'zimga ,
bag'ritosh derdin ,bag'ritosh sen qiz ,
hamma dardni ko'mib ko'nglimga ,
O'zga dunyolarga  ketdin sen yolg'iz .
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhseena 16 Aprel 2009, 06:56:01
Zulayho mushtaridur ganju gavhar birla vaslingg'a,
Jahon ahlini Yusufdek jamolingg'a xaridor et.
                                          Nodira
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: G_u_l_i 16 Aprel 2009, 07:47:16
Tan-u jonim hadaf aylab, o`q-u tosh otsang, ey chobuk,
Biri o`qingdin evrulsun, biri toshingdin aylansun.

Ogahiy.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Vаrzikiy 18 Aprel 2009, 16:13:08
Nega hadeb menga tanbeh berasan,
Nega o`z holimga qo`ymaysan, axir!
Nega har so`zimdan ayb qidirasan,
Beomon, noinsof, qattol muharrir.

1980 Erkin Vohidov
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhseena 18 Aprel 2009, 16:51:33
Rashkdin yuz fitna barpo ayladi davri falak,
Ko'zlarim oyinasin yor oldida hayron ko'rub.
                                          Nodira
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhyiddin 18 Aprel 2009, 17:54:13
Balki o'chgan edim yodingdan,
Shirin xayolingni buzdimmi?
Laylo, Laylo, sening yoningda
Yaproq kabi ko'rdim o'zimni,
Shirin xayolingni buzdimmi?

Seni o'ylab kelmaydir uyqu -
Qora tunning o'zga sehri bor.
Tushlarimda topay deb gulro'
Man uxlarman mangu ehtimol.
Go'zal tushlar tilayman, Laylo...

Yana paydo bo'lding yo'limda,
Yana yo'llaringda bo'zladim.
Bechora qalb sening qo'lingda,
Ko'zlaringda mening ko'zlarim.
Nechun paydo bo'lding yo'limda?..

Rauf Parfi
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: Muhseena 18 Aprel 2009, 18:04:35
Agar gulshanga kelsa sarvi gulro'yim xirom aylab,
Yugurgay sarvi gul yuz marhabo birla salom aylab.
                            &nb