ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Umumiy bo'lim => Islom => Rasululloh SAV va sahobalar => Mavzu boshlandi: Mahdiyah 22 Fevral 2008, 09:30:20

Nom: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 22 Fevral 2008, 09:30:20
(http://www.picamatic.com/show/2008/06/03/05/380237_465x190.gif)

(http://s11.radikal.ru/i183/0911/e2/0352c5e6b4f9.png) (http://www.radikal.ru)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ning ibodatlari

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dan Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladi: “Kim erta bilan masjidga bora boshlasa, Alloh azza va jalla unga jannatdan shu kabi bir joy hozirlaydi”.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ga kechasi bilan uxlab chiqqan kishi haqida habar berdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Bu kishining bir yoki ikki qulog’iga shayton bavl qilib ketibdi”

Oyisha roziyallohu anhodan so’radilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning namozlari qanday edi?” Dedilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qodir bo’lgan narsaga qaysi biringiz qodir bo’lasiz, u kishing amali doimiy edi”.

Oyisha roziyallohu anho aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ va sujudda ko’p “Subhanaka Allohumma robbana va bihamdika, Allohuma ig’firli”(Naqadar pokdirsan, Ey Allohim, Sen Robbimizsan. Sengadir barcha hamdlar, mag’firat qil meni), deb Qur’onni tilovat qilar edilar”.

Ahmad ibn Hanbalning “Zuhd” kitobidan
Musulmonlar taqvimi 1999 yil II chorak

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 22 Fevral 2008, 09:31:53
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hulqlari

Oyisha roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir yahudiydan nasiyaga taom sotib oldilar-da, uning evaziga garovga sovutlarini berdilar”.

Abu Abdulloh al-Jadaliy aytadi: Oyisha roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oilada xulqlari qanday bo’lganini so’radim. Aytdilar: “U kishi insonlarning eng chiroyli xulqligi edilar. Fahsh va qo’pol muomilali, baqirib so’zlovchi, yomonga yomon bilan javob qaytaruvchi emasdilar. Lekin afu va kechirimli edilar”.

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylarida nima bilan mashg’ul bo’lar edilar?” deb Oyisha roziyallohu anhudan so’raldi. Aytdilar: “U kishu uyda ko’ylaklarini tikib-chatib, poyafzallarini tuzatar va shunga o’xshash ishlar bilan mashg’ul bo’lar edilar”.

Al-Asvad deydi: “Oyisha roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyda nima bilan mashg’ul bo’lardilar, deb so’radim. Aytdilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyga kirsalar, uy yumushlari bilan mashg’ul bo’lardilar. Namoz vaqti kirsa, chiqib namoz o’qirdilar”.
Oyisha roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam foniydan boqiyga rihlat qilar chog’da na bir dinor yoki dirham, na bir qo’y yoki tuya qoldirdilar, hattoki biror bir narsani vasiyat qilmadilar ham”.

Ibn Abbos aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dunyodan o’tar chog’i na bir dinor yoki na bir qulni yoki go’dakni qoldirmadilar. Faqat bir yahudiyga uch so’ (kg) taom evaziga berilgan sovutlarigina qoldi, xolos”.

Ahmad ibn Hanbalning “Zuhd” kitobidan
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 22 Fevral 2008, 09:33:20
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hulqlari

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hech ham to’yib taom yemas edilar. Agar ishtahalari bo’lsa, yerdilar, bo’lmasa, unit ark etardilar”.

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan biror-bir narsa so’ralsa, hech yo’q deb aytmasdilar”.

Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadi: “Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Muhammadning joni qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, uning xonadoni biror-bir kunni bir so’ don yoki bir so’ xurmo bilan o’tqakazgan emas. Vaholanki, uning to’qqiz uyi va to’qqiz ayoli bo’lgan”.

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hech to’yib taom yeganlarini ko’rmadim, agar ochinqirasalar, yerdilar, ochinqiramasalar, sukut saqlardilar”.

Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadi: “Bir yahudiy rasululloh sollallohu alayhi vasallamni arpa unidan bo’lgan non va ta’mi achchiqlashgan yog’ga chaqirdi, u kishi rozilik berdilar”.

Muoviya ibn Qurro o’z otasidan rivoyat qiladi, otasi aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan qancha birga hayot kechirgan bo’lsak, bizda ikki qora taomdan boshqa narsa yo’q edi”. Shunda otam mendan: “Ikki qora taom nima ekanini bilasanmi?” deb so’radi. Men: “Yo’q” dedim. Otam: “U xurmo va suvdir”, dedi.

Imom Ahmadning “Musnad” idan
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 22 Fevral 2008, 09:33:52
Oyisha roziyallohu anho aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dunyodan bug’doy uniga qorinlari to’ymay o’tdilar”.

Hishon ibn Urva o’z otasidan rivoyat qiladi: “Oyisha roziyallohu anho onamiz aytadilar: “Allohga qasamki Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oilasi gohida oyni non yemasdan o’tkazar edi”. Men aytdim: “Ey mo’minlarning onasi, unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nima yer edilar?” Oyisha onamiz dedilar: “Bizning ikki ansor qo’shnimiz bor edi. (Alloh ularni mukofotlasin.) Ularda biror sutlik taom bo’lsa, Rasulullohga hadya etishardi”.

Ato ibn Abiy Raboh aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirsam, dasturxonga engashib o’tiribdilar. Oldilarida lagan, uning ustida non bor edi. Nonni yerga qo’yib, dasturxonga engashdilar va: “Men bir qulman, qul kabi yeyman va qul kabi o’tiraman”, dedilar”

Abu Solih aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taomdan so’ng duo qilar edilar. Kunlarning birida taomdan so’ng Allohga hamd aytib, so’ngra shunday dedilar: “Qornim shuncha-shuncha kundan beri ovqatga to’ymagan edi”.

Imom Ahmadning “Musnad” idan
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 05 Mart 2008, 10:37:29
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hazillari

Oisha roziyallohu anho dedilar: “Payg’ambar alayhissalomning safarlarining birida birga chiqdim. Men u kunlari nozik, hali semirmagan edim. Payg’ambar alayhissalom odamlarga “Sizlar oldinda ketinglar”, dedilar. Odamlar ilgarilab ketdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga “Keling chopishamiz”, dedilar. Men u kishi bilan chopishdim va o’zib ketdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam indamay qo’yaverdilar. Vaqt o’tib, menga ham et kirib, semirdim. Yana safarlarning birida hamroh bo’ldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga “Sizlar oldinda ketinglar”, deb, menga “kelin chopish musobaqasi o’ynaylik”, dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan o’zib ketdilar va kulib “Bunisi avvalgisi bilan teng bo’ldi”, dedilar”.
Imomi Ahmad rivoyati
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 05 Mart 2008, 10:39:04
Anas roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga “Hoy ikki quloqlik”, deb hitob qildilar”, deydi.
Imomi Abu Dovud rivoyati

Abu Hurayra roziyallohu anhudan: “Payg’ambar alayhissalom Hasan ibn Aliga tilini chiqarar, bola uni qizilligini ko’rib kular edi”.

Mahmud ibn Rabi’ roziyallohu anhu dedi: “Men 5 yoshda edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hovlimizdagi quduqdan chelakda suv olib, yuzimga bir hovuch sepganlarini hotirlayman”.
Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 05 Mart 2008, 10:40:12
Oisha roziallohu anho rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tahoratni ham, poyavzal kiyishni ham, soch tarashni ham o’ngdan boshlashni yaxshi ko’rar edilar. Ul zot barcha o’ngdan boshlash joiz bo’lgan ishlarni o’ngdan boshlashni odat qilgan edilar”
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 05 Mart 2008, 10:40:48
Ato ibn Raboh aytadilar: “Ibn Umayr bilan Oyishaning (r.a.) huzuriga kirdik. U Oyishaga “Rasulullohdan (s.a.v.) ko’rganingiz ajoyib bir narsa gapirib bering”, dedi. Shunda Oyisha yig’lab yubordilar va aytdilar: “U zot bir kechai turib: “Ey Oyisha, meni holi qo’y, Rabbimga ibodat qilaman”, dedilar. Men: “Allohga qasamki, sizning yoningizda bo’lishni yaxshi ko’raman, shuningdek, sizni quvontiradigan narsani ham yaxshi ko’raman”, dedim. U zot (s.a.v.) turib tahorat oldilar, keyin namozga qoim bo’ldilar. Shunda tinimsiz yig’layverdilar, ko’kraklari ho’l bo’lib ketdi, yana yig’layverdilar, yer ho’l bo’lib ketdi. Keyin Bilol azo aytgani keldi. U zotning (s.a.v.) yig’layotganlarini ko’rib: “Siz yig’layabsiz, holbuki, Alloh avvalgi va oxirgi gunohlaringizni kechirgan-ku?” dedi. U zot (s.a.v.): “Shukr qiluvchi banda bo’lmayinmi? Bu kecha menga shunday oyatlar indirildiki, ulardagi narsani tafakkur qilmagan odamga vayl bo’lsin” dedilar va “Osmonlar va yerning yaralishida…” oyatini oxirigacha o’qidilar”.
Ibn Hibbon rivoyati
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 15:29:41
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlari xususidagi hadislar

Muhammad ibn Jubayr ibn Mut’im otalaridan naql qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mening (ilgarigi ummatlar yaxshi bilgan) besh ismim bor. Men Muhammad va Ahmadman, men al-Mohiyman (ya’ni) Alloh taolo mening vositam birla kufrni mahv qilur, men al-Hoshirman, (ya’ni Qiyomat kuni birinchi bo’lib) oyoqqa turganimda odamlar (atrofimga) to’plangaylar va men al-Oqibman, (ya’ni men payg’ambarlarning eng so’nggisiman)” – deb marhamat qildilar”.

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taoloning Quraysh (kofirlari nohaq otayotgan) haqoratu la’nat (toshlarini) qay yo’sinda mendan qaytarib, (ularning o’zlariga yo’naltirayotganidan) taajjub qilmaysizlarmi? Ular (meni “Muhammad”  - “G’oyatda maqtovga sazovor” deyish o’rniga), “Muzammam” (“La’nati, nafratli”) deb haqorat qiladilar, “Muzammam” deb la’natlaydilar, men ersam (benihoyat maqtovga sazovor) Muhammaddurman!” – deb marhamat qildilar”.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “AL-JOMI’ AS-SAHIH” (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
82 – bob. 469 – bet

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 15:31:31
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kunyalari (laqablari) xususida

Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bozorda erdilar, bir kishi ul zotga: “Yo Abulqosim!” – deb murojaat qildi. Shunda ul zot unga o’girilib qaradilar-da: “(Qosimning otasi deb) kunyam birlan emas, balki (Muhammad deb) ismim bilan atangizlar!” - dedilar”.

Jobir roziyallou anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “(Qosimning otasi deb) kunyam birlan emas, balki (Muhammad deb) ismim birlan atangizlar!” - dedilar”.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “AL-JOMI’ AS-SAHIH” (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
85 – bob. 470 - bet

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 15:35:19
Payg’ambarlik muhri haqida

Soib ibn Yazid raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Xolam meni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huxurlariga olib bordilar-da: “Yo Rasululloh, singlimning o’g’li betob bo’lib qoldi”, - dedilar. Shunda ul zot muborak qo’llari bilan boshimni silab turib, menga barokat tilab duo qildilar. So’ng, tahorat oldilar, men (muborak badanlaridan tomayotgan) tahorat suvidan ichdim. Keyin, orqa tomonlariga o’tib turib erdim, ikki kuraklari otrasida kaklik tuxumidek keladigan payg’ambarlik muhri borligini ko’rdim”.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “AL-JOMI’ AS-SAHIH” (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
87 – bob. 471 - bet

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 15:36:44
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sifatlari xususida

Uqba ibn al-Horis roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Abu Bakr as-Siddiq roziyallohu anhu asr namozini o’qidilar, so’ng (masjiddan) chiqib (uylari tomon) yo’lga tushdilar. Hazrati Ali roziyallohu anhu ham yonlarida erdilar. Bir vaqt Abu Bakr as-Siddiq roziyallohu anhu bir to’da bolalar birlan o’ynab yurgan Hasanga ko’zlari tushdi-da, uni yelkalariga ko’tarib olgach: “Otam haqqi-hurmatlari, bu Janob Rasulullohga o’xshaydi, ammo Aliga o’xshamaydi-ku!” – dedilar. Shunda Hazrat Ali (ul kishini gaplarini tasdiqlab) kulib qo’ydilar”.

Abu Juhayfa roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko’rdim, (nabiralari) Hasan ibn Ali ul zotga o’xshar erkan”.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “AL-JOMI’ AS-SAHIH” (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
88 – bob. 471 - bet
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 15:38:24
Ismoil ibn Abu Xolid Abu Juhayfadan naql qiladilar: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko’rdim, (nabiralari) Hasan ibn Ali ul zotga o’xshar ekan”, - dedilar Abu Juhayfa. Men Abu Juhayfaga: “Ul zotning qiyofalarini menga tasvirlab beringiz!” – dedim. Abu Juhayfa: “Oq yuzli va soqollari mosh-gurunch erkanlar. O’shnada ul zot bizga o’n uchta urg’ochi tuya berishni amr qilib erdilar, ammo biz o’shal tuyalarni olmagunimizga qadar vafot etib qoldilar”. (Abu Bakr as-Siddiq roziyallohu anhu xalifa bo’lgach, o’shal va’da qilingan tuyalarni ularga berganlar).

Vahb Abu Juhayfa as-Savoiy rivoyat qiladilar: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko’rdim, shuningdek ul zotning pastki lablarining ostidan iyaklarining (soqollarining) oqarib turganini ham ko’rdim”. (Shu vaqtda soqollarining bor-yo’g’i o’n yettita oqi bo’lgan)

Hariz ibn Usmon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari Abdulloh ibn Busrdan: “Siz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko’rdingizmi, ul zot keksa erkanlarmi?” deb so’radilar. Abdulloh ibn Busr: “Iyaklarida (bir qancha) oq mo’ylar bor erdi” – deb javob qildilar”.

Rabiy’a ibn Abu Abdurahmon rivoyat qiladilar: “Men Anas ibn Molikning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qiyofalarini tasvirlayotib bunday deb aytganlarini eshitdim: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’rta bo’yli bo’lib, novcha ham, pakana ham ermas edilar. Ranglari oq-qizil, na o’ta oq va na o’ta qora erdi. Sochlari jingalak ham, silliq ham bo’lmay, (yelkalariga) tashlab qo’yilgan erdi. Ul zot, vahiy nozil bo’lganda, qirq yashar erdilar. Makkada o’n yil turdilar, shu vaqt ichida ul zotga vahiy nozil bo’lib turdi, Madinada ham o’n yil yashadilar. Vafot qilganlarida boshlarining ham, soqollarining ham loaqal yigirmata oqi yo’q erdi”.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “AL-JOMI’ AS-SAHIH” (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
88 – bob. 472 - bet

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 15:41:10
Rabi’y ibn Abu Abdurahmon: “Keyinchalik men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning soch tolalaridan birini ko’rdim, u qizg’ish ekan. Shunda (nega bundayligini) so’rab erdim, xushbo’yliklar ta’sirida shunday rang kasb qilganini aytishdi”.

Baro roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarning eng yuzi chiroylisi va eng hulqi go’zali erdilar. Bo’ylari boshqalardan farq qiladigan darajada novcha ham, pakana ham ermas edilar”.

Qatoda roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Men Anasdan: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sochlarini bo’yaganmilar?” – deb so’radim. Anas: “Yo’q, chunki ikki chakkalarigina bir oz oqargan erdi”, - dedilar”.

Baro ibn Ozib roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’rta bo’yli, ikki yelkalari orasi keng, sochlari ikki quloqlarining yumshoq yerigacha tushib turar erdi. Men ul zotning qizil hulla (izor va rido) kiyib olganlarini ko’rdim, bundan go’zal narsani (ya’ni. Qizil hullaning ul zotdan bo’lak kishiga bul qadar yarashganini) sira ko’rgan ermasman”.

Abu Ishoq: “Barodan: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuzlari qilich qabi (jilvali, porliq) erdimi?” – deb so’rashdi. Shunda Baro: “Yo’q, balki oy (qamar) monand erdi” – deb javob berdilar”, - deydilar.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “AL-JOMI’ AS-SAHIH” (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
88 – bob. 472 - bet
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 15:43:52
Avn otalari Abu Juhayfadan rivoyat qiladilar: “Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ikki muborak qo’llarini ushlashib, o’z yuzlariga tabarruk qilib surta boshlashdi. Men ham ul zotning qo’llarini ushlab, yuzimga surtib erdim, (mizojlari birlan salomatliklarining nihoyatda yaxshi erkanligidan) uning qordan ham muzdek va mushkdan ham xushbo’yroq erkanligini his qildim”.

Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarning eng sahovatlisi erdilar. Ul zot ayniqsa Ramazon oyida, Jabroil alayhissalom o’zlari birlan uchrashganlarida har qachongidan ham saxovatliroq bo’lib ketar erdilar. Jabroil alayhissalom Ramazon oyida har kecha ul zot birlan uchrashib, Qur’onni takrorlattirar erdilar. Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam saxovat borasida (Olloh taolo tomonidan) yuborilgan shamoldan ham tezroq erdilar”.

Abdulloh ibn Ka’b rivoyat qiladilar: “Men Ka’b ibn Molikning Tabuk g’azotidan qolganlarida bunday deganlarini eshitdim: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom berganimda yuzlari xursandliklaridan yorishib turgan erdi. Ul zoti sharifning odatlari shunday erdiki, agar biron narsadan xursand bo’lsalar, yuzlari oy parchasidek balqib ketar erdi, biz xursand bo’lganliklarini shundan bilib olur erdik”.”

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Men Odam avlodlari asrlarining (tabaqalarining) eng yaxshisidan ko’chib o’tib, asrma-asr (tabaqama-tabaqa) o’zim vujudga keltirilgan asrda (tabaqada) namoyon bo’ldim” (ya’ni, “Men avval Ismoil alayhissalomning farzandlari pushti kamaridan Kinonaga, Kinonadan Qurayshga ko’chib o’tib, nihoyat o’zim vujudga keltirilgan Banu Hoshimda dunyoga keldim”) – deb marhamat qildilar”.

Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (dastlabki vaqtlarda old) sochlarini peshonalariga tushirib yurdilar. (O’shal kezlarda) mushriklar boshlarining qoq o’rtasiga farq ochishardi-da, sochlarini ikki yonga tashlab olishib, peshonalarini ochib yurishar erdi. Kitob ahli ersa aksincha sochlarini peshonalari ustiga tushirib olishar erdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (soch xususida Alloh taolodan maxsus amr kelguncha) sochlarini peshonalariga tushirib yurishni xush ko’rdilar, (chunki kitob ahli ilgarigi payg’ambarlardan qolgan odatni qilar erdi. Shu boisdan) Janob Rasululloh butlarga sig’inuvchilar odatini qilgandan ko’ra, o’z shariatlariga zid bo’lmagan (kitob ahli) odatini qilmoqni afzal ko’rdilar. Keyin, (Alloh taolodan amr bo’lgach), ul zot boshlariga farq ochadirgan bo’ldilar”.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “AL-JOMI’ AS-SAHIH” (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
88 – bob.

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:08:21
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’zlari ham shaloq so’zlamas, o’zgalarning ham shaloq so’zlamog’iga yo’l qo’ymas erdilar va ul zot: “Darhaqiqat, sizlarning yaxshingiz – hulqi yaxshingizdur!” – deb marhamat qilar erdilar” – deydilar.

Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, (dunyoviy) ikki ishdan birini ixtiyor qilmoqlari lozim bo’lib qolsa, albatta ulardan gunohovar bo’lmagan eng yengilinigina tanlar erdilar. Basharti (o’shal eng yengil ish) gunohavor bo’lsa, undan barchadan ham ko’ra yiroqroq bo’lar erdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shaxsan o’zlari(ga yetkazilgan aziyat) uchun intiqom olmaganlar, balki Alloh taoloning hurmati buzilgani uchungina (ya’ni, Alloh taolo taqiqlagan, man’ qilgan ishlar qilingani uchungina) intiqom olganlar, xolos”.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:09:55
Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kaftlaridan ko’ra mayinroq na biror harirni va na biror debojni ushlab ko’rmaganman. Shuningdek, men ul zotning hidlaridan ko’ra xushbo’yroq hidni ham hidlamaganman”. (Bu hadisda “kaftlarining mayin” deyilganligi boshqa bir hadisda “qo’llari katta va g’aliz erdi” deyilganiga ziddek tuyulsa-da, aslida suyaklarining yo’g’on va terilarining mayinligi nazarda tutilgandur).
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:11:52
Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhu: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chochvon yopinib yuradirgan bokira qizdan ham hayoliroq erdilar”, - deydilar.


Shu’ba roziyallohu anhu: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning biror narsani yoqtirmaganlari yuzlaridan bilinib turar erdi”, - deydilar.

Abu Hurayra roziyallohu anhu: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taomga sira nax urmaganlar. Agar ishtahalari bo’lsa, tanovul qilar, bo’lmasa, tanovul qilmas erdilar”, - deydilar.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:13:16
Abdulloh ibn Molik ibn Buhayna al-Asadiy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sajda qilganlarida ikki qo’llarini o’zlaridan oldinroqqa tashlar erdilar, hatto ikki qo’llarining oppoqligi ko’rinar erdi”.

Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (Alloh taolodan) yomg’ir so’rab qiladirgan duolaridan bo’lak duolarida (fotihaga) qo’llarini ko’tarmas erdilar. Ul zot (fotihaga) qo’llarini (shu darajada baland) ko’tarar erdilarki, hatto ikki qo’ltiqlarining oppoqligi ko’rinar erdi”.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:14:10
Abu Juhayfa roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga (tahorat uchun suv) uzatdim. Shunda ul zot Abtah degan yerda, chodirda bo’lib, peshin vaqti erdi. Bilol (chodirdan) chiqib azon aytdilar-da, yana (chodirga) qaytib kirib ketdilar. So’ng, Janob Rasulullohning tahoratlaridan tushgan suvni olib chiqib erdilar, odamlar talashib-tortishib uni bo’lib olishdi-da, (tabarruk qilib) badanlariga surtishdi. Keyin, Bilol yana (chodirga) qaytib kirib, anazani (nayzadan kalta, hassadan uzunroq uchi poynakli tayoqni) olib chiqdilar. So’ng, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (chodirdan) chiqdilar. Men (o’shanda) boldirlarining tovlanib turganini (ya’ni, oppoq ekanligini hozir ham) ko’rib turgandekman. Keyin, ul zot (qasr qilib) ikki rak’at peshin o’qidilar, shunda oldilaridan eshagu xotinlar (u yoqdan bu yoqqa bemalol) o’tib turdi, (chunki qibla taraf anaza birlan to’sib qo’yilgan erdi-da!)”.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:14:52
Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladilar: “Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadis aytsalar, (shul qadar dona-dona qilib aytar erdilarki), hatto eshitguvchi, agar istasa, ul zotning barcha so’zlarini (yoki har bir so’zlaridagi harflarni) sanab ulgurar erdi”.

Oisha roziyallohu anhu bunday deydilar: “Abu Falonning (qilgan ishidan) taajjub qilmaysizmi? (ya’ni “Falonchining qilgan ishini qarang!”). (Bir kuni) u kelib, hujramyoniga o’ltirdida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi sharifidan (bir nechasini) menga eshittirib ayta boshladi. Shunda men (hujramda) tasbih o’girayotgan erdim. U men tasbih o’girib bo’lmasimdan ilgari (hadislarni shosha-pisha aytib) o’rnidan tirib ketib qoldi. Agar tasbih o’girib bo’lgunimcha ketib qolmaganida, unga: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sizlar singari shosha-pisha bir hadis ketidan ikkinchisini aytmas erdilar” – degan bo’lur erdim”.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “AL-JOMI’ AS-SAHIH” (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
88 – bob. 474-475 - betlar
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:15:22
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko’zlari uxlar erdi-yu, ammo qalblari uxlamas erdi.

Sa’id roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Salama ibn Abdurrahmon Oisha onamizdan: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon oyida qanday namoz o’qir erdilar?” – deb so’radilar. Oisha onamiz bunday dedilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon oyida ham va boshqa oylarda ham o’n bir rak’atdan oshirmas erdilar. (Avval) to’rt rak’at o’qir erdilar, ularning go’zalligi-yu uzunligini (uzoqligini) so’ramay qoya qol! Keyin, (yana) to’rt rak;at o’qir erdilar, ularning (ham) go’zalligi-yu uzunligini so’ramay qoya qol! So’ng, uch rak;at o’qir erdilar. Men: “Yo Rasululloh, vitrni o’qimay uxlaysizmi?” – deb erdim, ul zot: “Ko’zlarim uxlaydi-yu, ammo qalbim uxlamaydi” – deb marhamat qildilar”.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:15:59
Shariyk ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: “Anas ibn Molik roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ka’ba masjididan (Bayt ul-Mqdisga) sayohat qildirilgan kecha (Isro’ kechasi) xususida bunday dedilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiy kelmasdan burun uch nafar (farishta) keldi. (Roviy Shariyk ibn Abdulloh “vahiy kelmasdan burun” deb xato qilgan, chunki Isro’ mab’asdan keyin bo’lgandur”, - deydilar Abu Tayyib). Shunda Janob Rasululloh Masjud ul-Haromda (bir qancha odamlar orasida) uxlab yotgan erdilar. Oldindagi farishta: “Ulardan qaysi biri (Muhammad sollallohu alayhi vasallam)?” – dedi. O’rtasidagisi: “Ularning yaxshisi”, - dedi. Keyingisi: “O’shal yaxshisini olingizlar!” – dedi. Shu kecha bundan bo’lak hech gap bo’lmadi, Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko’rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko’radirgan bo’lgandagina ko’rdilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko’zlari uyquda bo’lsa-da, qalblari uyg’oq erdi. Payg’ambarlar ana shunday bo’ladilar, ko’zlari uxlaydi-yu, ammo qlblari uxlamaydi. So’ng, Hazrat Jabroil Janob Rasulullohni osmonga olib chiqib ketdilar”.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “AL-JOMI’ AS-SAHIH” (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
89 – bob. 476 - bet
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 28 Mart 2008, 11:51:11
Ali ibn Ubaydulloh o’z katta onasi Salmodan rivoyat etishicha, u Nabiy sollallohu alayhi vasallamga hizmat qilar ekan. U shunday degan: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jismlari yara bo’lsa yoki biron a’zolariga zarar tegsa, unga ozgina xina qo’yishga buyurar edilar”.
“Sahihi Termiziydan”
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 28 Mart 2008, 11:53:19
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Mening sifatim – tavakkal qiluvchi Ahmad, qo’pol va badfe’l emas, yaxshilikka yaxshilik qaytaradi, yomonlikni kechiradi, tug’ilgan joyi Makka, hijrat qilib brogan joyi – Madina, ummati hamdu sanogo’y, kalta lozim kiyadilar, atroflarini pokiza tutadilar, kitoblari dillarida, namozga ham urushga saf tortgandek saf tortadilar, menga yaqinlik uchun qiladigan qurbonliklari jangdagi to’kkan qonlaridir, kechalari ibodat bilan mashg’ul, kunduzlari jang maydonida sherdurlar.”
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 04 Aprel 2008, 09:09:33
Bu hadis juda chiroyli va bevosita Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va ul Zotning eng sevimli sahobalari haqida bo'lgani uchun shu mavzuga joyladim...

Bol tafsiri

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam g’azotdan qaytayotib, sahobalari bilan birga kiyovlari Alining uyiga tuhdilar. Fotima roziyallohu anho dasturxon yozib, bir yaltiroq jomda asal olib keldilar. Asalning ichida bir qil ko’rindi. Shunda Nabiy alayhissalom ashobdan jomdagi asalga ta’rif berishni so’radilar. Ular bir muddat o’yga tolishdi. Nihoyat, Abu Bakr og’iz ochib, shunday dedilar: “Namoz o’qigan qalb bu jomdan nurlidir. Namoz ruknlari bu qildan nozikdir”.
So’ng Umarul Foruq dedilar: “Musofir mehmonni sevuvchi qalb nurlidir bu jomdan. Musofir bilan suhbat shirindir bu boldan. Musofir qalbi nozikdir bu qalbdan”.
Keyin Hazrati Usmon so’z oldilar: “Qur’on o’qigan qalb nurlidir bu jomdan. Olim bilan suhbat shirindir bu boldan. Qur’onga ma’no berish nozikdir bu qildan”.
Navbatdagi ta’rifni Hazrati Ali keltirdilar: “G’azotga chiqqan qalb nurlidir bu jomdan. Kurashib qonga belanish shirindir bu boldan. O’lja olmagan qalb nozikdir bu qildan.
So’ng Fotima roziyallohu anho aytdilar: “Eriga itoatli ayolning qalbi nurlidir bu jomdan. Jafo o’rniga vafo qilish shirindir bu boldan. Er roziligi nozikdir bu qildan”.
Oxirida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Ummatlarimning qalbi nurlidir bu jomdan. Haq uchun tortilgan azoning toti totlidir bu boldan. Sunnatimga muvofiq yashash nozikdir bu qildan”.
Shu payt Jabroil alayhissalom Allohdan habar keltirdi: “Mening habibim nurlidir bu toshdan. Kavsar sharbati shirindir bu boldan. Sirot ko’prigi ingichkadir bu qildan”.
Hilol taqvimi 2007-2008-IV
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 18 Aprel 2008, 10:49:33
Mehr

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bolalarga sevgi va shafqat ko’rsatmaganlarni xush ko’rmas edilar. Bolalarga nisbatan marhamatli bo’lmaganlarni qattiq qoralardilar.
Bir odam Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga: “Yo Rasululloh! Siz bolalalarni o’pasizmi? Biz bolalarimizni o’pmaymiz”, dedi.
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ul odamga tikilib qaradilar va: “Marhamat etmagan (rahmdil bo’lmagan) kimsaga marhamat bo’lmaydi”, dedilar.
Yana bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Tamim qabilasining kattalaridan biro dam keldi. Shu payt Hazrat Ali va Hazrat Fotima volidamizning o’g’illari, Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam Janobimizning nabiralari Hazrat Hasan roziyallohu anhu ham shu yerga keldi. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nabirasi Hasanni erkaladi, quchoqlab o’pdilar.
Ul odam buni ko’rgach: “Yo Rasululloh! Mening o’nta o’g’lim bor, shu paytgacha hech birini o’pmaganman”, dedi.
Unga javoban Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
- Alloh sening qalbingdan marhamatni chiqarib yuborgan bo’lsa, men nima qilay, - dedilar.
Yusuf Tovasliyning “Hikmatlar xazinasi” kitobidan
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 18 Aprel 2008, 10:54:11
Hayvonga shafqat

Hadis kitoblarimizda Sunani Abu Dovudga Abu Hurayra roziyallohu anhu Hazratlaridan rivoyat qilinadiki, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ansordan (Madinali) bir zotning devoir oldidn o’tar ekanlar, г yerda bog’langan tuyani ko’rdilar. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ko’rib, tuya yig’lay boshladi. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
- Bu tuya egasi kim, kim unga qaraydi? - deb ovoz berdilar.
Bir yigit chiqib:
- Meniki, yo Rasululloh! – dedi.
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
- Sen Allohdan qo’rqmaysanmi, bu tuyani senga Alloh ehson etgan. Bu hayvon sendan shikoyat qilmoqda. Sen uni yaxshi parvarish qilmas ekansan. Bu tilsiz, dardini ayta olmaydigan hayvonga yaxshi qara va ayab foyfalan, unga nisbatan marhamatli bo’l, - deb ul odamga nasihat qildilar.
Yusuf Tovasliyning “Hikmatlar xazinasi” kitobidan
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallamning hulqlari
Yuborildi: Mahdiyah 18 Aprel 2008, 10:55:23
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Payg’ambar qilib jo’natilishga qaramay, ko’proq bandaligidan faxr etganlar va hatto taomni cho’kka tushib yer ekanlar: “Men qulman va qullarga o’xshab yeyman”, deganlar.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 18 Aprel 2008, 10:58:43
Oisha onamiz aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hech qachon biror xizmatkor yoki ayolni urmaganlar”
Abu Dovud rivoyati
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 18 Aprel 2008, 11:00:58
Abu Hurayra aytadilar: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam hech bir taomni ayblamaganlar. Agar ishtahalari tortsa, yer, tortmasa, yemas edilar”.
Imomi Buxoriy rivoyati
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:23:02
Anas ibn Molik aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga o’n yil xizmat qildim, biror marta menga “uf” demadilar, qilgan birorta ishimni “Nimaga qilding?” va qilmagan birorta ishimni “Nimaga qilmading?” demadilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam insonlarning eng xulqi go’zali edilar…”
Imomi Muslim rivoyati
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:23:46
Muoviya ibn Hakam rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga namoz o'qiyotgan edik. Kimdir aksa urdi. Men: “Yarhamukalloh”, dedim. Yonimdagilar menga o’qrayib qarashdi. “Jonlaring chiqsin, nega menga bunday qaraysizlar?” dedim. Ular, jum bo’l, degandek qo’llarini sonlariga urishdi. “Nega menga jim bo’l, deysizlar, o’zim jim bo’laman-ku”, dedim keyin. Shu asnoda namoz tugab, salom berdik. Ota-onam fido bo’lsin, oldin ham, keyin ham, Rasulullohdan go’zalroq ta’lim beruvchini ko’rmadim. Allohga qasamki, ul zot namozda gapirganim uchun meni urmadilar, so’kmadilar, faqat: “Bizning namozimizda insonlar so’zidan gapirish durust emas. Balki tasbeh, takbir aytiladi, Qur’on o’qiladi”, dedilar”.
Dorimiy rivoyati
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:24:23
Shu’ba ibn Sayyor aytadi: “Sobit Bunoniy bilan ketayotgan edim, oldimizdan bolalar chiqishdi. Shunda Sobit ularga salom berdi va dedi: “Anas bilan ketayotgan edim, oldimizdan bolalar chiqdi, shunda Anas ularga salom berdi va: “Rasululloh bilan ketayotganimizda, oldimizdan bolalar chiqqan va ul zot ularga salom bergan edilar”, deb aytdi”.
Termiziy rivoyati
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:25:02
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu Qubos ibn Ashyam roziyallohu anhudan: “Siz kattami yoki Rasululloh?” deb so’radi.
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kattalar, lekin men u kishidan oldin tug’ilganman”, dedi Qubos…
Imomi Termiziy rivoyati

Hilol taqvimi 2008 (1429) I chorak

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallamning hulqlari
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:26:05
Mustahkam halqa

Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdulloh ibn Mas’udni kutilmagan savollarga ko’mib tashladilar. Ibn Mas’udning ragbati kuchayib, savollar ortidagi javoblarga e’tibori ortib borayotganini sezgan Rasululloh savolni to’xtatmasdilar. Bu haqda Ibn Mas’ud shunday rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kirdilar va:
- Ey ibn Mas’ud! – dedilar.
- Labbay, ey Allohning rasuli, - dedim.
- Bilasanmi, odamlarning eng afzali kim? – deb savolni uch marta takrorladilar
- Alloh va uning Rasuli bilguvchiroq, - dedim.
- Odamlarning eng afzali, dinni o’rganib, unga amal qiladiganlaridir.
- Ey Ibn Mas’ud!
- Labbay, ey Allohning rasuli
- Bilasanmi, odamlarning eng olimi kim?
- Alloh va uning Rasuli bilguvchiroq
- Ixtilof paydo bo’lgan paytda haqni ko’ra bilgan kishi odamlarning eng olimidir, garchi u amalda qosir, keti bilan sudralib ketayotgan bo’lsa ham”.

Hilol taqvimi 2008 (1429) I chorak
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallamning go'zal hulqlari
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:27:56
Tenglik

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarda edilar. Qo’y go’shtidan taom tayyorlashni buyurdilar. Bir sahobiy:
- Men qo’yni so’yaman, - dedi. Boshqa birlari:
- Terisini shilaman, - dedi. Uchinchilari esa:
- Men pishiraman, - dedi. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
- Unday bo’lsa, men o’tin to’playman, - dedilar.
- Yo Rasululloh, siz qo’yavering, biz o’zimiz uddalaymiz, - deyishdi sahobalar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
- Uddalashlaringizni bilaman, ammo men sizlardan ajralilib qolishni xohlamayman-da. Zero, Alloh subhanahu va taolo bandasining birodarlari orasida ajralib turishini yomon ko’radi, - dedilar.

“Saodat quchganlar ibrati”

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 16 May 2008, 15:54:58
Пайгамбарингизни танинг!
Бисмиллахир рохманир рохийм


Бизларга хидоят йўлини аник – равшан килиб кўрсатиб, калбларимиздан гумрохлик зулматини махв этган Аллох Таъолога хамду-санолар, бутун оламга рахмат ва рохи-ростда юргувчиларга пешво этиб юборилган Росули Мустафога ва у зотнинг ахли байти, сахобалари ва уларга яхшилик билан эргашган –  то рўзи киёмат кейинги келгувчи –  барча умматларига дуруду-салавотлар бўлсин!

Эй мусулмон биродарлар! Огох бўлингларки:

Пайгамбаримиз Мухаммад соллаллоху алайхи ва салламнинг покиза, умри бокий тарихларини ўрганишга багишланган соатлар – вактлар инсон хаётидаги энг яхши, энг хайрли онлардандир. Зеро, мусулмон киши у улуг зот соллаллоху алайхи ва саллам ва сахобаларининг буюк ходиса ва вокеаларини ўкиётган пайтда, гўё у ўзини ўша марди майдон, довюрак чин инсонлар билан бирга юргандек хис килади.

Сийрати набавийя (пайгамбар тарихлари)ни таълим олиш билан, мусулмон киши хотамуннабиййин – набий соллаллоху алайхи ва салламнинг шахсиятларидан турли кирраларга хамда хаёт ва маишатдаги услубларига, харбий ва тинчлик чогидаги даъватларига вокиф бўлади. Яна у бу муборак тарихни дарс килиш асносида кучсизлик ва кувват нукталаридан, галаба ва маглубият сабабларидан ва турли мусибатлар келганда – хар канча улкан бўлса хам – кандай йўл тутиш зарур эканидан хабардор бўлади.

Мусулмонлар сийрати набавийяни таълим олишлари билан, ўзларига бўлган ишончлари ортади хамда, улар Аллохнинг шариатига бўйсуниб, Унга чинакам ибодат килар эканлар, албатта, У Буюк Зот улар билан бирга бўлиб, уларга нусрат беришига яна бир-карра, аник ишонч хосил киладилар.

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 16 May 2008, 16:00:39
Аллох Таъоло айтади:

«Ð­Ð¹ мўъминлар, агар сизлар Аллохга ёрдам берсангизлар (яъни, Унинг Йўлида жиход килсангизлар), У Зот хам сизларга ёрдам берур ва (жанг майдонида) кадамларингизни собит-баркарор килур». (Мухаммад: 7)

«ÐÐ»Ð±Ð°Ñ‚та Биз пайгамбарларимизга ва иймон келтирган зотларга хаёти дунёда хам, гувохлар (хозир бўлиб) турадиган Кунда (Киёматда) хам ёрдам берурмиз». (Гофир: 51)

 «ÐÐ»Ð±Ð°Ñ‚та Аллох Ўзига (яъни, Динига) ёрдам берадиган зотларни голиб килур. Шубхасиз, Аллох Кучли, Кудратлидир». (Хаж: 40)

Биз ушбу мусохабамизда, ″денгиздан бир томчи″ кабилида Пайгамбаримиз Мухаммад Мустафо соллаллоху алайхи ва салламнинг сийратларидан бир неча сатрларни ёзмокчимиз. Максадимиз каттаю-кичик мусулмонлар ушбу умрибокий, муборак сийрати набавийяни чукуррок дарс килиб ўрганишлари учун уларга йўл очиб беришдир.

Аллох Таъоло деди:

«ÐœÑƒÑ…аммад Аллохнинг Пайгамбаридир» (Фатх: 29)
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 16 May 2008, 16:07:39
Набий алайхиссалоту вассаломнинг муборак насаблари:

У зот: Абулкосим – Мухаммад Абдуллох ўглидирлар; Абдуллох эса Абдулмутталиб ўгли; У Хошим ўгли; Хошим эса, Абдуманоф ўгли; У Кусай ўгли; Кусай Килоб ўгли; Килоб эса, Мурра ўгли; У эса, Каъб ўгли; Каъб Луай ўгли; Луай Голиб ўгли; Голиб эса, Фихр ўгли; у Молик ўгли; Молик эса Назр ўгли; У Кинона ўгли; Кинона Хузайма ўгли; Хузайма эса, Мудрика ўгли; Мудрика Илёс ўгли; У эса, Музар ўгли; Музар Низор ўгли; Низор, Маъад ўгли; Маъад эса, Аднон ўглидир. Мана шу силсила Пайгамбаримиз соллаллоху алайхи ва салламнинг насаблари хакида насабшунос олимлар ўрталаридаги иттифок килинган муборак насабдир. Яна улар Адноннинг, Аллохнинг Росули Исмоийл алайхиссалоту вассаломнинг авлодларидан эканлигига хам иттифок килганлар.

(Пайгамбаримизнинг муборак насабларини ёд олмокчи бўлганлар учун мана бу кулайрокдир: Мухаммад ибн Абдуллох ибн Абдулмутталиб ибн Хошим ибн Абдуманоф ибн Кусай -й- ибн Килоб ибн Мурра -т- ибн Каъб ибн Луай -й- ибн Голиб ибн Фихр ибн Молик ибн Назр ибн Кинона -т- ибн Хузайма -т- ибн Мудрика -т- ибн Илёс ибн Музар ибн Низор ибн Маъад -д- ибн Аднон.)
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 16 May 2008, 16:09:41
Пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламнинг исмлари:

Жубайр ибн Мутъим разияллоху анхудан ривоят килинган хадисда Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам айтдилар:

«ÐœÐµÐ½Ð¸Ð½Ð³ бир неча исмим бор; мен Мухаммад, мен Ахмад, мен ал-Мохий – Аллох Таъоло мен билан куфрни махв этади, мен ал-Хошир – одамлар (Киёмат куни) менинг оёгим олдига (яъни, менинг хузуримга) жам килинадилар, мен ал-Окиб – мендан кейин бошка хеч ким пайгамбар бўлиб келмайди (яъни, мен охирги пайгамбарман) (Бухорий ва Муслим томонларидан сахихлигига иттифок килинган хадис)

Абу Мусо ал-Ашъарий розияллоху анхудан хам, ривоят килинади, у киши айтадилар: «Ð Ð¾ÑÑƒÐ»ÑƒÐ»Ð»Ð¾Ñ… соллаллоху алайхи ва саллам ўзларини бизларга бир неча номлар билан номлаб, айтар эдилар: ″Мен Мухаммад, Ахмад, ал-Мукаффий (охирги келувчи), ал-Хошир (тафсири ўтди), тавба Пайгамбари (яъни Аллох мен туфайли гунохларни кечиради) хамда рахмат Пайгамбариман″». (Муслим ривоятлари)
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 16 May 2008, 16:10:24
У зот соллаллоху алайхи ва салламнинг насабларининг тоза – покиза эканлиги.

Эй дўстим! Сизни хам, мени хам Аллох Таъоло ўз мархаматига муваффак килсин! Билингки: ″Барча халклардан фазилатлик килиб, танлаб олинган мухтарам пайгамбаримизнининг ота-оналарини зино деб аталмиш жирканч иллатдан Аллох Таъоло Ўзи саклади, у буюк зот соллаллоху алайхи ва саллам зинодан эмас, сахих никохдан тугилдилар″. Восила ибн Аскаъ разияллоху анхудан ривоят килинган хадисда Набий соллаллоху алайхи ва саллам айтадилар:

«ÐÐ»Ð±Ð°Ñ‚та Аллох азза ва жалла Иброхим авлодидан Исмоилни, Исмоил авлодидан Кинонани, Кинона авлодидан Курайшни, Курайшдан баний Хошимни ва баний Хошимдан эса, мени танлаб олди». (Имоми Муслим ривоятлари)

«Ð¥Ð¸Ñ€Ð°ÐºÐ» Абу Суфёндан Росулуллох соллаллоху алайхи ва салламнинг насаблари хакида сўраганида, Абу Суфён: «Ð£ ичимизда насаб сохибидир (яъни тоза насаблик кишидир)», деган эди. Хиракл эса, унга жавобан: «Ð¥Ð° худди шундай (гапинг тўгри) Пайгамбарлар кавмларининг насаблик кишиларидан жўнатиладилар», деган эди». (Имом Бухорий ривоятлари)
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 17 May 2008, 08:41:40
Набий соллаллоху алайхи ва салламнинг тугилишлари:

Набий соллаллоху алайхи ва саллам рабиъул-аввал ойида душанба куни; шу ойнинг иккинчи, ёки саккизинчи, ёки ўнинчи, ёки ўн иккинчисида дунёга келдилар бу хакда ривоятлар турличадир. Ибн Касир айтадилар: «Ð¡Ð°Ñ…их ривоят шуки: У зот соллаллоху алайхи ва саллам ″Фил йили″ (яъни, Байтуллохни вайрон килиш максадида Абраха номли кофир подшох Маккага филлар билан бостириб келганда Аллох унга осмондан бало юбориб, ўзини хам, кавмини хам халок килган йилни тарихнавислар ″Фил йили″ деб атайдилар) тугилганлар. Имом Бухорийнинг устозлари Иброхим ибн ал-Мунзир ал-Хизомий, Халифа ибн Хайёт ва бошка уламолар ушбу ривоят сахих эканлигига ″ижмо килинган″ эканини накл киладилар».

Сийрат олимлари айтадилар:

«ÐžÐ¼Ð¸Ð½Ð° у зотга хомиладор бўлганида айтади: ″Унда бир огирликни хис килмадим,  дунёга келган чогида у билан бирга бир нур чикиб, машрику-магриб ўртасига зиё таратди″».

Ирбоз ибн Сория разияллоху анху бир хадисда айтади:

«Ð Ð¾ÑÑƒÐ»ÑƒÐ»Ð»Ð¾Ñ… соллаллоху алайхи ва салламни эшитдим: «ÐÐ»Ð±Ð°Ñ‚та мен Аллохнинг хузурида, уммулкитоб (лавхулмахфуз)да хали Одам лойида, ерга ташланган холатида пайгамбар (деб битилган) эдим. Сизларга  бунинг таъвилини айтиб берадиган бўлсам; – мен бобом Иброхим алайхиссаломнинг дуоси, Ийсо алайиссаломнинг кавмига берган башорати ва онам кўрган тушидаги, ундан чиккан ва Шомдаги касрларни ёриштириб юборган нурдирман», — дедилар». (Имом Ахмад ва Табароний ривоятлари)

У зот соллаллоху алайхи ва саллам оналарининг корнида эканларида; бир ривоятда тугилганларидан бир неча ой, яна бир ривоятда эса бир йил кейин оталари вафот килдилар. Мана шу уч ривоятдан биринчиси яъни, оналарининг корнида эканликларида, тугилишларидан аввал оталари вафот килгани машхуррок ривоятдир.

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 17 May 2008, 08:48:13
У зот соллаллоху алайхи ва салламнинг сут эмишлари (сут эмиш масаласи арабларда ахамиятли бўлгани, хусусан унинг пайгамбаримизнинг тарихларида алохида ўрни бўлгани учун хам тарихнавислар пайгамбаримизнинг сут эмиш ходисаларини баён килиш учун алохида боб ажратадилар):

У зотни аввал Абу Лахабнинг чўриси Сувайба бир неча кун эмизди. Кейин, эмизиш учун баний Саъд кабиласидан Халима Саъдияга берилди. (Чунки, баний Саъд кабиласи об-хавоси тоза сахрода яшарди. Об-хаво боланинг соглом бўлиб ўсишлигида мухим омилдир). Шундан сўнг Халима эмизди. Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам баний Саъд кабиласида, Халима хузурида тўрт йилча турдилар. Ўша кезларда (Оллох таоло томонидан юборилган икки фаришта оркали) у зот соллаллоху алайхи ва салламнинг кўкракларини очилиб, калбларидан нафс ва Шайтон насибасини чикариб ташланди. (Бу ходиса у киши учун бир мўъжиза эди) Мана шу ходисадан кейин Халима Набий соллаллоху алайхи ва салламни ўз оналарига олиб келиб топширди.

Кейин у зот соллаллоху алайхи ва саллам олти ёшликларида, оналари Мадинадан Маккага кайтаётиб ал-Абво номлик ерда вафот топдилар. Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам Макка фатх этилган йили Маккага кетаётиб ал-Абводан ўтганларида, Роббилари Аллох азза ва жалладан оналарининг кабрини зиёрат килишга изн сўраган вактларида изн бўлди, кабрни зиёрат килиб, йигладилар ва атрофдагиларни хам йиглатдилар ва: ″Кабрларни зиёрат килинглар! У сизларга ўлимни эслатади″,— дедилар. (Имом Муслим ривояти) Оналари вафот килганидан кейин, у кишига оталаридан мерос бўлиб колган чўрилари Умми Айман энагалик килди, боболари Абдулмутталиб эса, ўз кафолатига олди. Набий соллаллоху алайхи ва саллам саккиз ёшга кирганларида, у кишига амакилари Абу Толиб кафил бўлишлигини васийят килганидан кейин боболари Абдулмутталиб хам вафот килди. Шундан кейин у зотга амакилари Абу Толиб кафил бўлиб, яхши химоя килди ва Аллох Таоло у зотни пайгамбар килиб жўнатган пайтда Абу Толиб то ўлгунича мушриклигида давом этган бўлса хам, пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламни кўллаб-куватлади, кўп ёрдамлар берди. Аллох Таъоло унинг бу ёрдамлари туфайли ундан дўзах азобини бир оз енгиллаштиради. Бу хакда сахих хадис бор.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 17 May 2008, 08:54:55
У зот соллаллоху алайхи ва салламни Аллох Таъоло жохилийят чиркинликларидан саклаганлиги:

Аллох Таъоло Набий соллаллоху алайхи ва салламни ёшликлариданок Ўзи химоя килиб, жохилийятнинг барча айб ва чиркинликларидан пок саклаган хамда у кишига барча гўзал хулкларни ато этган эди. Кавмлари у зотдаги мужассам бўлган поклик, ростгўйлик ва омонатдорлик каби ушбу гўзал хулкларни кўришгач, улар у зотга Мухаммад Амин деб ном беришган эди.

Пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламнинг ёшлари ўттиз бешга етганда Курайш (яъни пайгамбаримиз кавмлари) Каъбанинг биносини янгилашди, Хажар ал-Асвадни ўз жойига кайтадан кўйиш масаласида ораларида каттик тортишув вужудга келди, ушбу шарафли ишни хар бир кабила ўзи амалга оширишни хохлар эди. Ўзаро бўлиб ўтган каттик тортишувдан кейин, манашу соатда Каъбага ким биринчи бўлиб кириб келса, ўша одам Хажар ал-Асвадни кайтадан ўз жойига ўрнатишига рози бўлиб турган бир пайтларида, биринчи бўлиб пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам кириб келдилар. Шунда улар хурсанд бўлиб: Амин биринчи бўлиб кириб келди, биз унга розимиз дедилар. Набий соллаллоху алайхи ва саллам (датурхонга ўхшаш) бир мато келтиришларига буюрдилар. Уни олиб келишгач, ўртасига Хажар ал-Асвадни кўйиб, хар бир кабила ушбу мато атрофидан кўтаришга буюрдилар. Сўнгра пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам Хажар ал-Асвадни олиб ўз жойига кўйдилар. (Имом Ахмад ва Хоким ривоят килдилар ва Хоким ушбу хадис сахих дедилар)
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 17 May 2008, 08:57:44
Набий соллаллоху алайхи ва салламнинг уйланишлари:

Йигирма беш ёшга кирганларида Хадижага уйландилар. Уйланиш вокеаси куйдагича эди: ″У зот соллаллоху алайхи ва саллам Хадижанинг молларини олиб, унинг гуломи (кули) Майсара (эркаклар номи) билан биргаликда Шом диёрига савдогарликка чикдилар. Майсара у зотнинг юриш-туришларини ва у кишидаги ростгўйлик, омонатдорлик каби гўзал хулкларни  кўриб хайратда колди. Шомдан кайтгач, кўрганларини Хадижага айтиб берганида, Хадижанинг ўзи (рагбат билан) Пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламга турмуш куришни таклиф килди″.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 17 May 2008, 09:04:21
Хадижа онамиз разияллоху анхонинг вафотлари ва кейинги хотинларига уйланишлари:

Хадижа разияллоху анхо хижратдан уч йил аввал вафот килдилар. Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам Хадижа онамиз тириклик пайтларида бошка уйланмаган эдилар. Хадижа онамиз вафот этганларидан сўнг, аввал Замъанинг кизи Савдага кейин Абу Бакр кизлари Оишага уйландилар. Оиша онамиздан бошка бокирага уйланган эмаслар. Сўнгра Умар инб ал-Хаттоб кизлари Хафсага сўнгра Хузайма кизи Зайнабга кейин Умму Саламага (исмлари Хинд Умайя кизи) сўнгра Зайнаб бинт Жахшга кейин Жувайрийя бинт Хорисга сўнгра Абу Суфён кизи Умми Хабибага (исмлари Рамла ёки, Хинд) кейин Хайбар фатх этилгач Хуйяй ибн Ахтабнинг кизи Сафийяга сўнгра ал-Хорис кизи Маймунага уйландилар. Энг охирги уйланган аёллари Маймуна онамиз эдилар. Хаммаларидан Аллох Таъоло рози бўлсин!
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 17 May 2008, 09:07:19
Пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламнинг авлодлари:

Авлодларининг хаммаси – кизлари хам, ўгиллари хам –   Ð˜Ð±Ñ€Ð¾Ñ…имдан бошкаси – Хадижа бинт Хувайлид онамиздан тугилдилар. Иброхим эса, Миср подшохи Мукавкас хадя этган чўри Мория Кибтийядан тугилдилар.

Ўгиллари: 1- Косим манашу Косим билан у зотга куня бериб, Абул-Косим дейилади. 2- Тохир. 3- Тоййиб. Бир ривоятда айтилишича пайгамбарликдан кейин бир ўгил кўрганлар исми Абдуллох мана шу Абдуллохни Тохир ва Тоййиб деб лакабланган. Бунга кўра Тохир билан Тоййиб бир шахс. Иброхим эса Мадинада тугулди ва пайгамбаримизнинг вафотларидан уч ой аввал йигирма икки ойлигида (яъни икки ёшга тўлишига икки ой колганда) вафот килди.

Кизлари: 1- Зайнаб энг катта кизлари бўлиб, унга холасининг ўгли Абул-Ос ибн ар-Робиъ уйланган. 2- Рукайя унга Усмон ибн Аффон уйланганлар. 3- Фотима унга Алий инб Абий Толиб уйланганлар, жаннат ахли йигитларининг саййидлари бўлмиш Хасан ва Хусайн Фотиманинг ўгилларидир. 4- Умму Кулсум унга опаси Рукайянинг вафотидан кейин Усмон ибн Аффон уйланганлар. Хаммаларидан Аллох Таъоло рози бўлсин!

Имом ан-Нававий айтадилар: Кизлар тўртта эканлигида ихтилоф йўк ва сахих ривоятга кўра ўгиллар учтадир.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 29 May 2008, 17:52:19
RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAMNING KUZLARI UXLAR ERDIYU, AMMO QALBLARI UXLAMAS ERDI

Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Salama ibn Abdurrahmon Oisha onamizdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyida qanday namoz uqir erdilar?»— deb so’radilar. Oisha onamiz bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyida ham va boshqa oylarda ham o’n bir rak’atdan oshirmas erdilar. (Avval) to’rt rak’at o’qir erdilar, ularning go’zalligiyu uzunligini (uzoqligini) suramay quya qol! Keyin, (yana) turt rak’at uqir erdilar, ularning (ham) guzalligiyu uzunligini suramay quya qol! So’ng, uch rak’at uqir erdilar. Men: «Yo Rasulalloh, vitrni o’qimay uxlaysizmi?» — deb erdim, ul zot: «Kuzlarim uxlaydiyu, ammo qalbim uxlamaydi» — deb marhamat qildilar».
Shariyk ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba masjvdidan (Bayt ulMaqdisga) sayehat qildirilgan kecha (Isro’ kechasi) xususida bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga vahiy kelmasidan burun uch nafar (farishta) keldi. («Roviy Shariyk ibn Abdulloh «vahiy kelmasidan burun» deb xato qilgan, chunki Isro’ mab’asdan keyin bo’lgandur», — deydilar Abu Тayyib). Shunda Janob Rasululloh Masjid ulHaromda (bir qancha odamlar orasida) uxlab yetgan erdilar. Oddindagi farishta: «Ulardan qaysi biri (Muhammad sallallohu alayhi va sallam)?» — dedi. Urtadagisi: «Ularning yaxshisi», — dedi. Keyingisi: «Ushal yaxshisini olingizlar!» — dedi. Shu kecha bundan bulak hech gap bulmadi, Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo kurmadilar. Ul zot (faripggalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagana, qalblari kuradirgan bo’lgandagina ko’rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kuzlari uyquda bulsada, qalblari uyg’oq erdi. Payg’ambarlar ana shunday buladilar, kuzlari uxlaydiyu, ammo qalblari uxlamaydi. Sung, Hazrat Jabroil Janob Rasulullohni osmonga olib chiqib ketdilar».[/color]
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 29 May 2008, 17:56:31
ISLOMDAGI PAYG’AMBARLIK ALOMATLARI

Abu Rajo’ rivoyat qiladilar: «Bizga Imron ibn Husayn xabar berdilarki, ular Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birgaliqda safarda bulishib, tun buyi yul yurishibdi. So’ng, tong otay deb qolganda dam olgani to’xtashibdi. Shunda uyqu g’oliblik qilib, uxlab qolishibdi, hatto Quyosh (chiqib) baland kutarilib ketibdi. Ulardan birinchi bulib Abu Bakr uyg’onibdilar, lekin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni uzlari uyg’ongunlaricha uyg’otmabdilar. Keyin, Hazrat Umar uyg’onibdilar, shunda Abu Bakr ul kishining boshlari yonida ultirgan erkanlar. Sung, (Hazrat Umar urinlaridan turib) baland ovoz birlan takbir ayta boshlagan erkanlar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyg’onib, nariroqqaborib qaytib kelibdilar. «Keyin ul zot, — deydilar Im
ron,— biz birlan bomdod uqidilar. Shunda qavmdan bir kishibiz birlan namoz o’qimay, chetroqda turdi. Janob Rasululloh(namozni tugatib) ortlariga o’girilgach, (o’sha ishiga): «Ey falonchi, biz birlan namoz uqimog’ingga nima mone’lik qil
di?»— dedilar. U: «Bulg’anib (nahs) bulib qoldim», — dedi. Shunda Janob Rasululloh unga (toza) tufroq birlan tayammum qilmoqni amr qildilar. Keyin u (tayammum qilgach), namozuqib oldi. So’ng, ul zot menga ruparalarida ulovlarga minib
turgan kishilarni shoshirishni buyurdilar. Biz qattiq chanqab qolgan erdik. Yulda ketayetib chochvon yepinib olgan bir ablga duch keldik. (U tuya minib olgan bulib), ikki oyeg’i ikki katta mesh orasida erdi. Biz unga: «Qayerda suv bor?» — dedik. U (bu .
atrofda) suv yuqligini aytdi. Biz: «(Bu yerdan) qavming yashaydirgan yer va suv bor joy oralig’i qancha?» — dedik. U: «Bir kechakunduzlik yo’l», — dedi. Biz: «(Unday bulsa), biz birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga yur!» — dedik. U: «Rasulullohning menda nima ishlari bor?»— deya surishtira ketdi. Biz uni, gaplariga e’tibor bermay, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga olib bordik. So’ng, men Janob Rasulullohga o’shal a&l bizga nimaiki degan bo’lsa, barini aytdim. Ammo (musulmonlarga tobe’ bulmagan) g’ayridin abl erkanligini ul zotga uning uzi aytdi. Keyin, Janob Rasululloh uning ikkala meshini olib kelmoqni amr qildilarda, ularning pastki og’izlarini yechdi lar. Sung, biz qirq kishi meshlardagi suvdan uzimiz ham qo
nib ichdik, ulovlarimizni ham sug’ordik, hatto barcha idishla rimizni ham tuldirib oldik. Biroq biz bir tuyanigina sug’or madik, chunki u uzi shunday ham kup suv ichib lganidan yerilib ketay deb turgan erdi. Keyin, Janob Rasululloh: «Nimangiz bulsa, hammasini bu ayelga beringizlar!» — dedilar. Odamlar non burdalari va xurmolarini to’plab unga berishdi. So’ng, ayel uz oilasiga borib: «Men eng sohir odamning qoshiga bordim,
(bilmadim) balki u payg’ambardur?».— dedi. Aytishlaricha, keyin Olloh taolo o’shal ayol tufayli uning qavmiga hidoyat qilibdi, ayelning uzi ham, qavmi ham musulmon bulibdi».
Aelning «Men eng sohir odamning qopshga bordim, (bilmadim)balki u payg’ambardur?» deganining boisi shuki, Janob Rasululloh muborak kaftlari birlan mepshardagi suvdan olib, yana qaytib quyib quyganlaridan sung, qirq kishi ichib, ulovlar sug’orilib va barcha idishlar to’ldirib olinganda ham ulardagi suv zarrachakamaymadi] ajallari yaqin erkanligiga ishoradur», — dedi. Hazrat Umar: «Men ham bu oyatning mazmunini sen kabi tushunurman», — dedilar».

Ibn Abbos raziyallohuanhurivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uzlarini ul dunega olib ketgan kasalliklari vaqtida yelkalariga choponlarini tashlagan hamda boshlarini qalin belbog’ birlan tang’ib oltan holda masjidga chiqsilarda, minbarga ultirgach, Olloh taologa hamdu sanolar aytdilar. So’ng: «(Keyinchalik) odamlar kupayib ketur. Ansorlar ersa kamayib ketganlaridan tuz taomda qancha miqdor bulsa, ular ham odamlar orasida shuncha miqsor qolgaylar. Sizlardan qaysiningiz qavmga zararu boshqalarga manfaat yetkazuvchi amaldor bulib qolsangiz, ansorlarning yaxshi ishlarini qabul qilib, yomon ishlarini kechiringizlar!» — deb marhamat qiddilar. Bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ishtirok qilgan eng sushti yig’in erdi».

Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (nabiralari) Hasanni (masjidga) olib chiqdilarda, u birlan birga minbarga ultirgach: «Mening mana shu ug’lim (nabiram) Hasan tufayli Olloh taolo musulmonlarning ikki (qaramaqarshi) guruhini uzaro yarashtirib quysa, ajab ermas!» — deb marhamat qildilar».
Anas ibn Molikraziyallohu anhurivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ja’far va Zayd(ning g’azotda shahid bulganlshshari) haqida xabar kelmasidan burun ikki kuzlari jiqqa yesh holda shul xususda (sahobalarga) ma’lum qildilar».
Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (uylanganimda menga): «Namatlaringiz bormi?» — dedilar. Men: «Bizda namatlar qayoqdan ham bulsin?!» — dedim. Ul zot: «Nahotki yuq bulsa? Kelgusida namatlaringiz buladi», — dedilar. Men: «(Uyingdagi) namatlaringni biznikiga olib borgal, deb xotinimga aytaman, shunda u: «Axir Janob Rasululloh: «Kelgusida namatlaringiz buladi» — deb aytmadilarmi? Men namatlarimni qoldirib ketaman» — deydi», — dedim».

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Mu’oz umraga niyat qilib yulga chiqdilarda, Umayya ibn Ð¥alaf Abu Sufenning uyiga tushdilar. Umayya (ham), agar Shom tomonga boradirgan bulsa, Madina orqali Makkaga utib, Sa’dning uylariga tushar erdi. Umayya Sa’dga: «Ð¢ush paytigacha, ya’ni odamlar (issiq elitib tavof qilabtganingizni) bilmay qoladirgan vaqtgacha kutingiz, men ham siz birlan birga chiqib tavof qilurman», — dedi. Keyin, Sa’d tavof qilib turganlarida Abu Jaxd kelib qolib: «Ka’bani tavof qilayetgan bul odam kim?» — dedi. Sa’d: «Bu men,
Sa’dman», — dedilar. Abu Jahl: «Muhammad birlan uning sahobalariga boshpana berib, ularni yashirganlaringizdan keyin ham hech narsadan qurqmay (bamaylixotir) Ka’bani tavof qilayetirsanmi?!» — dedi. Sa’d: «Ha, shunday!» — dedilar. Shul tariqa ikkalalari uzaro su&ishib ketishdi. Shunda Umayya Sa’dga: «Abdulhakimga bunday baqirib gapirmangiz, chunki bul kipsh butun vodiy ahlining ulug’idurlar», — dedi. Sa’d: «Ð¥udo haqi, agar menga Baytullohni tavof qilmog’imga tusqinlik qilsang, men ham senga Shom yulini tusib quyaman, savdo karvoning birlan ul yerga utolmaysan!» — dedilar. Umayya: «Bul odamga baqirib gapirmangiz!» — dedida, Sa’dni mahkam ushlab oldi. Sa’d darg’azab bulib: «Bizni uz holimizga quyingiz, siz aralashmangiz! Men Rasululloh. sallallohu alayhi va sallamning bul odam sizning qotilingiz bulajagini ta’kidlaganlarini eshitganman», — dedilar. Umayya: «Meniya?» — dedi. Sa’d: «Ha», — dedilar. Umayya: «Olloh taolo haqi, Muhammad (alayhissalom) faqat rost suzlaydilar» — deya xotinining oldiga qaytib bordida, unga: «Bilasanmi, yasriblik (madinalik) birodarim menga nima dedi?» — dedi. Ð¥otini: «Qani, aytingizchi, nima dedi?» — dedi. Umayya: «U Janob Rasulullohning Abu Jahl mening qotilim bulajagini aytganlarini eishtganini ta’kidladi», — dedi. Ð¥otini: «Olloh taolo haqi, darhaqiqat Muhammad (alayhissalom) yelg’on gapirmaydilar», — dedi. Sung, (Abu Jahl odamlari uz savdo karvonlarini himoya qilmoqqa) Badr tomon otlanganida Abu Jahl kelib (Umayyani ham chaqirdi). Shunda uning xotini: «Yasriblik birodaringizning aytgan gaplari yedingizdan chiqdim»?» — dedi. Umayya Badrga borishdan bosh tortib erdi, Abu Jahl unga: «Sen vodiy ulug’laridan birisan, biz birlan birikki kun birga yurgil!» — dedi. Shundan sung, Umayya ular birlan ikki kun birga yurib erdi, Olloh taolo uni uddirdi».

Abdulloh raziyallohu anhurivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Men (tupshmda) odamlarning bir yerda (hovuz labida) tuplanishib turganlarini kurdim. Shunda Abu Bakr urinlaridan turib, arang bir (yoki ikki) chelak suv tortib oldilar, ul kishini Olloh taolo mag’firat qilsin! (Bu yerda Abu Bakr asSiddiqning qisqa vaqt xalifalik qilishlariga va shu boisdan ul kishi davrlarida Islom fathlari kamroq bulishiga ishora qilingan). Keyin, chelakni Umar quliga olyb erdi, u g’arbga (chelaqsan katta idishga) aylandi. (Bu yerda Hazrat Umar davrlarida Islom fathlarining kup bulishiga ishora qilingan). Men odamlar orasida uningdek uz ishini mahorat birlan ado etib, unga tobora quvvat baxsh etguvchi yetuk insonni kurmaganman, (u shunchalik kup suv tortib oldiki), hatto odamlar (tuyalar uchun hovuz atrofida) quralar qurdilar».

Usoma ibn Zaydraziyallohuanhurivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Jabroil alayhissalom (bir notanish odam qiyefasida) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldilar, shunda ul yerda Ummu Salama ham bor erdilar. Ushal (notanish) odam Janob Rasululloh birlan suzlashib bulgach, urinlaridan turib chiqib ketdilar. Sung, ul zot Ummu Salamaga: «Haligi odam kim erdi?» — dedilar (yeki shunga uxshash gap aytdilar). Ummu Salama: «U Dihya (ibn Ð¥ulayfa alKalbiy) erdi», — dedilar, (chunki Jabroil alayhissalom kupincha shu kishining qiyefasida kelar erdilar)».
Ummu Salama: «Olloh taolo haqi, men toki Janob Rasululloh xutbada Jabroil alayhissalomning kelib ketganlarini xabar qilgunlariga qadar, ul kishini Dihya deb uylagan erdim», — deydilar.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 29 May 2008, 17:57:42
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIIM
 
Olloh taoloning «Biz Kitob ato etgan kimsalar (ya’ni, yahudiy va nasorolar) uni (ya’ni, Muhammad alayhissalomni) uz bolalarini taniganlaridek (yaxshi) taniydilar (ya’ni, uzlariga ato etilgan Kitoblardan uning kim erkanligini bilib olganlar) va darhaqiqat, ulardan bir guruhi bilib turib haqiqatni yashiradilar» degan qavli xususida («AlBaqara» surasi, 146oyat).         

Abdullohibn Umar raziyallohu anhurivoyat qiladilar: «Bir tuda yahudiylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelishib, uzlaridan bir erkak birlan bir abl zino qilishganini ul zotga ma’lum qilishdi. Janob Rasululloh ularga: «Rajm (ya’ni, zinokorlarni toshbo’ron qilish) haqidagi (hukmni) Тavrotdan axtarib topmaysizlarmi?»— dedilar. Yahudiylar: «Biz zinokorlarni sazoyi qilamiz, so’ng ularga darra uriladi», — deyishdi. Shunda Abdulloh ibn Salom: «Yelg’on aytdingizlar, Тavrotda rajm qilish (toshbo’ron qilish) buyurilgan!» — dedilar. Keyin, yahudiylar Тavrot olib kelishib, uni varaqlashdi. Shunda ulardan biri quli birlan «Rajm» oyatini berkitdida, uning yuqorisi va ostidagi suzlarni uqiy boshladi. (Buni sezib qolgan) Abdulloh ibn Salom: «Qo’lingni ol!» — dedi, u qulini olib erdi, «Rajm» oyatini ataylab berkitib turganligi ma’lum buldi. (Makkorliklari fosh bulib qolgan) yahudiylar: «Ey Muhammad, Abdulloh ibn Salomning gapi tug’ri chikdi, Тavrotda haqiqatan ham «Rajm» oyati bor erkan», — deyishdi. Sung, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkala zinokorni rajm qilmoqni amr qildilar, ular rajm (toshbo’ron) qilindi. Men yahudiy erkakning (uzi birlan zino qilishgan) yahudiy ayelni gavdasi birlan toshlardan pana qilib turganini kurdim».
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 29 May 2008, 17:59:44
 MUSHRIKLARNING JANOB RASULULLOHDAN MU’JIZA KURSATMOQLARINI TALAB QILGANLARI VA UL ZOTNING OYNI IKKI BULIB KURSATGANLARI HAQIDA

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida Oy qoq ikkiga bulindi. Shunda ul zot: «Guvoh bulingizlar!» (ya’ni, «Mening bu mu’jizamga guvoh bulingizlar!») — dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Makka axli (ya’ni, Makka kofirlari) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mu’jiza ko’rsatmoqlarini talab qilishdi. Shunda ul zot Oyni qoq ikkiga bulib kursatdilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Oy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida qoq ikkiga bo’lindi».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Qorong’u tunlardan birida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ikki sahobalari ul zotning huzurlaridan chiqishdi. Shunda chiroqqa o’xshash ikki narsa ularga hamroh bulib, yullarini britib bordi. Ularning yullari ayrilgach, boyagi chiroqqa uxshash ikki narsaning biri bir sahobaning va ikkinchisi boshqa sahobaning oldilariga tushib, uylariga yetib olgunlariga qadar yulni yeritib bordi».

Mugiyra ibn Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ummatimdan bir guruhi o’zlariga Olloh taoloning amri kelgunga qadar ham (ya’ni, Qiyomatga qadar ham) g’alaba qilishda davom etadilar va ular (o’zlariga qarshi turganlar ustidan) g’olib chiqquvchidurlar» — deb marhamat qildilar».
Muoviya raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitdim: «Ummatimdan bir guruhi Olloh taoloning amrini ado etishda davom etadilar, na uz hollariga tashlab quyib yordam bermaganlar va na qarshi chiqqanlar ularga zarar keltira olurlar! Ular Olloh taoloning amri kelganda ham (ya’ni, Qiyemat bulganda ham) shul yusinda kurashayetgan buladilar».
Muoz raziyallohu anhu: «Ushal ummat Shomda», — deydilar.
Shubayb raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir quy sotib olib kelgil!» — deb Urvaga bir dinor berdilar. Urva (bozorga borib) ushal bir dinorga ikki quy sotib oldilar. So’ng, kuylardan birini bir dinorga sotdilarda, Janob Rasulullohga bir dinor bir
lan bir quyni olib kelib berdilar. Shunda ul zot Muozning savdosotiq ishlariga baraka tilab, duo qildilar. Shundan sung Muoz, hattoki tufroq sotib olsa ham, foyda quradirgan buldi».

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Olloh taolo yulida g’azot qilguvchi) otning yeliga to Qiyemat ajru savob bog’lab quyilgan»— deb marhamat qildilar».
Urva raziyallohu anhu: «Men Janob Rasulullohning hovlilarida yetmishta ot turganini kurganman», — deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Olloh taolo yulida g’azot qilguvchi) otning yeliga to Qibmat ajru savob bog’lab quyilgan» — deb marhamat qildilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Olloh taolo yulida g’azot qilguvchi) otning yeliga (to Qiyemat) ajru savob bog’lab quyilgan» — deb marhamat qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Ot uch (xislatga ega): u bir kishi uchun savob (keltirur), ikkinchisi uchun (qashshoqlik va gunohdan asrovchi) tusiq (bulur), uchinchisi uchun ersa gunoh (orttirur). Oti savob keltiradirgan kishi shuki, u uz otini Olloh taolo yulida (jihod qilmoq uchun) hozirlab, sung uni bemalol utlay oladirgan darajada uzun arqon birlan yaylovga bog’lab quygan kishidur. O’shal ot, garchi arqoni uzilib ketib, u yeqdanbu yeqqa irg’ishlab shataloq otsada, ul qoldirgan izu tezaklardan egasiga ajru savoblar yetur va hattoki u uz otining bir ariq buyiga borib suv ichmog’iga qarshilik qilmasa ham, ajru savoblar olur. Oti (qashshoqlik va gunohdan) asrovchi kishi shuki, u (uzi ham) tirikchilik qilishi, (uzgalarga ham) manfaat yetkazishi uchun ot boqadi va shuning birlan birga u uz otining na buynidagi va na.ustidagi Olloh taoloning haqini unutadi (ya’ni, oti tufayli topabtgan daromadi uchun zakot berishni ham, uni Olloh taolo yulida jihod qilishi uchun minishi kerakligini ham, ustiga ortiqcha yuk ortmasligi lozimligini ham unutmaydi). Shu boisdan ham uning oti (qashshoqlik va gunohdan asrovchi) tusiqsur. Endi, oti (tufayli uziga) gunoh (orttiruvchi) kishi xususiga kelsak, u maqtanchoqlik, riyekorlik va Islom ahliga xiloflik qilib ot boqadi. Shuning uchun ham uning oti gunohovardur». Sung, Janob Rasulullohdan eshaklar haqida suraldi. Shunda ul zot bunday deb aytdilar: «Bul xususda ma’no jihatidan barcha narsalarga taalluqli qisqa oyati karimadan bulak biror (maxsus) oyat menga nozil qilinmagan, ushal oyat budur: «Bas, kim zarracha yaxshilik qilsa, (oxiratda uning savobini)
kurur va kim zarracha yemonlik qilsa, (oxiratda uning jazosini) kurur». («Zalzala» surasi, 7—8oyatlar. Ya’ni, mazkur oyati karima uzining umumiy ma’nosiga kura, inson tutul, hattoki hayvonlarga ham yaxshilik qilmoqni, ularni urib, ortiqcha yuk ortib, suvsiz va yemsiz qoldirib qiynamaslikni taqozo qila
di).

Anas ibn Molik raziyallohu anhurivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam erta tongda Ð¥aybarga kelganlarida uning ahli belkuraklarini olib chiqib, (uz ekinzorlarida ishlashayetgan erdi). Ular (Janob Rasululloh bopshiq musulmonlar qushinini) kurib qolishgach: «Ana Muhammad, ana (musulmonlar) qushini!» — deya shoshapisha qurg’on tomon yugurib ketishdi. Shunda ul zot qullarini kutarib: «Ollohu akbar! Ð¥aybar xarob buldi! Agar biz biror qavmning yeriga kelib tushsak, (bul haqda birbirini) ogohlantiruvchilarning tonggi noxush bulur!» — deb aytdilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Yo Rasulalloh, men Janobingizdan juda kup hadis eshitamanu, ammo unutib quyaman», — dedim. Shunda ul zot: «Choponingai yerga yezgil!» — dedilar, men uni yerga yezdim. Sung, ul zot muborak qullari birlan (Olloh taoloning tuganmas fazlidan olib), choponimga solib quydilar. Keyin: «Choponingni bagringga bos!» — dedilar, men uni bag’rimga bosdim. Shundan sung, men birorta hadisni unutmaydirgan buldim».  
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 29 May 2008, 18:00:43
RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAMNING SAHOBALARI FAZILATLARI HAQIDA

Musulmonlardan kimki Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (payg’ambarlik davrlarida) bir soat bulsa ham hamrohlik qilgan bulsa yeki ul zotni bir lahza bulsa ham kurgan bulsa (ya’ni, birrov bulsa ham uchrashgan bulsa), Janoblarining sahobalaridan hisoblanur.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 29 May 2008, 18:01:28

Abu Sa’id alÐ¥udriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Shunday bir zamon keladiki, unda insonlardan bir guruhi g’azot qiladilar. Shunda ularga: «Oralaringizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga sahobalik qilgan bormi? — deyiladi. Ular: «Ha, bor», — deyishadi. Shundan sung, ushal kishiga (ya’ni, ushal kipsh tufayli) zafar muyassar buladi. Keyin, yana shunday bir zamon keladiki, unda ham insonlardan bir guruhi g’azot qiladilar. Shunda ularga: «Oralaringizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalariga sahobalik qilgan bormi?» — deyiladi. Ular: «Ha, bor», — deyishadi. Shundan sung, ushal kishiga zafar muyassarbuladi. Keyin, yana shunday bir zamon keladiki, unda haminsonlardan bir guruhi g’azot qiladilar. Shunda ularga: «Oralaringizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalarining sahobalariga sahobalik qilgan bormi?» — deyiladi. Ular: «Ha, bor», — deyishadi. Shundan sung, ushalkishiga zafar muyassar bo’ladi». [Ya’ni, mazkur hadisda uchtoifa kishilarning — Janob Rasulullohning sahobalarining,ul zotning sahobalariga sahobalik qilganlarning (tobi’unlarning) hamda ul zotning sahobalarining sahobalariga sahobalik qilganlarning (atbo’uttobi’iynlarning) fazilatlari nazarda utilgandur.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 29 May 2008, 18:02:13
Imron ibn Husayn raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mening eng yaxshi ummatim menga zamondosh ummatimdur, sung ulardan keyingilari, sung ulardan keyingilari» — deb marhamat qildilar. Janob Rasululloh uzlari yashayetgan asrdan ikki yeki uch asr keyin (yexud undan ham keyinroq) buladirgan voqealarni nazarda tutib gapirdilarmi, yuqmi, buni aniq bilmaymanu, ammo ul zotning yana bunday deb aytganlari esimda: «Sung, sizlardan keyin shunday bir qavm dunega keladiki, ular yolg’on guvoxlik beradilar, omonatga xiyonat qiladilar va va’da berib, ustidan chiqmaydilar. Ularning alomatlari shuki, yog’ bosgan (semiz) buladilar».      
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 29 May 2008, 18:02:48
Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlarning (ummatimning) yaxshisi menga zamondosh bulganlaridur, sung ulardan keyingilari, sung ulardan keyingilari. Keyin, shunday bir qavm dunega keladiki, ularning guvohliklari qasamlaridan va qayeamlari guvohliklaridan oldinda buladi (ya’ni, doimo yelgon gapirganlaridan odamlar ularga ishonmaydi. Shul boisdan ham ular odamlarni ishontirmoq uchun guvohlik bergach, qasam ichadilar yeki qasam ichib, sung guvohlik beradilar)» — deb marhamat qiddilar».
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 29 May 2008, 18:03:58
MUHOJIRLARNING, ХUSUSAN ULARDAN ABU BAKR ABDULLOH IBN ABU QAHHOFA AТТAMIMIY RAZIYaLLOHU ANHUNING MAQТOVGA SAZOVOR ХISLAТLARI, AMALI SOLIHLARI HAMDA FAZILAТLARI HAQIDA

     Olloh taoloning qavli: «(Shuningdek, ul o’ljalar) o’z diyerlaridan haydab chiqarilgan va molmulklaridan (mahrum qilingan) faqir muhojirlarniki hamdurki, ular Olloxdan fazlu marhamat va rizolik istarlar hamda Olloh va uning Rasuliga madad berurlar, ana ushalar (iymonlarida) sodiq zotlardur» («Hashr» surasi, 8oyat). Olloh taoloning qavli: «Agar sizlar unga (payg’ambarga) yerdam qilmasangizlar, Ollohning (uzi) unga yerdam qilur» («Olloh taolo biz birlan birgadur» degan qavligacha», «Ð¢avba» surasi, 40oyat).
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 29 May 2008, 18:07:10
Oisha, Abu Sa’id va Ibn Abbos raziyallohu anhum: «G'orda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bulgan kishi Abu Bakr erdilar», — deydilar. (Ya’ni, yuqoridagi oyatda nazarda tutilgan, mushriklardan qochib g’orga berkinib olgan ikki zot Janob Rasululloh birlan Abu Bakr asSiddiq erdilar).
Baro raziyallohu anhurivoyat qiladilar: «Abu Bakr raziyallohu anhu (otam) Ozibdan un uch dirhamga egar sotib oldilar. Shunda Abu Bakr asSiddiq (otam) Ozibga: «(Ug’lingiz) Baroga buyuringiz, egarni uyimgacha kutarishib borsin!» — dedilar. (Otam) Ozib: «Yuq, toki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan siz ikkalangiz Makkadan (qochib) chiqqaningizda va mushriklar ikkingizni qidirishganda ne qilganingizni aytib bermas erkansiz, (ug’limga bunday deb buyurmayman)», — dedilar. Shundan sung, Abu Bakr asSiddiq bunday deb rivoyat qildilar: «Biz (Janob Rasululloh va men) ikkalamiz Makkadan chiqib, tun buyi va ertasiga soya tik turadirgan vaqtgacha (ya’ni, Quyesh qoq tepamizga kelguncha) yo’l yurdik. Sung, men dam olmog’imiz uchun biror soya joy bormikan, deb atrofga nazar tashlab erdim, nariroqsa bir katta tosh (yeki qoya) kurindi. Uning oldiga borib qarasam, ostida bir parcha soya bor erkan. Keyin, men ushal soya tushib turgan yerni tekisladimda, Janob Rasululloh yetib orrm olsinlar, deb (pustak) tushab quydim. Sung, men ul zotga: «Yo Rasulalloh, keling, yonboshlang!» — dedim, ul zot yenboshladilar. Keyin, men nariroq borib, biror kishini uchratarmikanman, degan maqsadda atrofimni kuzata boshladim. Bir mahal qarasam, bir chupon biz soya joy qidirganimiz kabi salqin yer axtarib boyagi katta tosh tomon quylarini haydab kelayetir. Men undan: «Ey yigit, sen kimning chuponisan?» — deb suradim: U: «Quraysh qabilasiga mansub falonchining chuponiman» — deb uning ismini aytdi, men uni tanidim. Men unga: «Qo’ylaring ichida suti bor sovlig’ing bormi?» — dedim. U: «Ha, bor», — dedi. Men: «Bizga bir oz sut sog’ib ber^maysanmi?» — dedim. U: «Mayli», — dedi. Men: «Unday bulsa, sog’ib ber!» — dedim. U qo’ylaridan birini upshadi. Sung, men unga quyning yelinini changu g’ubordan tozalamoqni buyurdim, keyin o’zining kaftlarini ham tozalamoqni amr qildim. Shunda u kaftlarini birbiriga urib: «Mana shunday qilibmi?» — dedi. So’ng, u menga (bir chelakka) quyuq (yog’li) sut sog’ib berdi. Men Janob Rasululloh uchun og’ziga latta tiqin tiqilgan bir idish tayerlab quygan erdim, sutni ushanga quydimda, sovisin deb unga suv qushdim. Sung, uni Janob Rasulullohga olib bordim, qarasam hanuz uxlab yetgan erkanlar, uyg’onishlarini poylamoqqa qaror qildim. Uyg’ontanlaridan keyin: «Yo Rasulalloh, ichingiz!» — dedim, ul zot ichib erdilar, kup mamnun buldim. Keyin: «Yo Rasulalloh, yulga tushish vaqti bo’lmadimi?» — dedim. Ul zot: «Ha, (vaqt) buldi» — dedilar. Sung, biz yulga tushdik, bizni qidirabtganlardan birortasi ham bizga yetib ololmadi, faqat Suroqa ibn Molik ibn Ja’sam otida yetib keldi. Men: «Yo Rasulalloh, ta’qibchilardan biri bizga yetib oldi», — dedim. Ul zot: «Ғam chekmangiz, Olloh taolo biz birlan!» — dedilar».   

       Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Mets g’orda ekanligimda (ya’ni, Janob Rasululloh birlan birga mushriklardan qochib, g’orga berkinib olganimizda) Janob Rasulullohga: «Agar ulardan (ya’ni, bizni qidirib kelgan mushriklardan) birortasi oyeqlari ostiga nazar tashlaganda, bizni (ya’ni, izimizni) kurib qolgan bulur erdi», — dedim. Shunda ul zot: «Ey Abu Bakr, siz nima deb uylayetirsiz, bu yerda tanho ikkimiz bormiz, deb xabl qildingizmi, uchinchimiz Olloh taolodur!» — dedilar».
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 29 May 2008, 18:08:18
JANOB RASULULLOHNING: «ABU BAKRNING ESHIKLARIDAN BO’LAK BARCHA ESHIKLARNI YOPIB TASHLANGIZLAR!» —DEB AYTGANLARI HAQIDA       

     Abu Sa’id alÐ¥udriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: ' «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga xitob qilib: «Darhaqiqat, Olloh taolo (bu) dunedagi va uz huzuridagi bandalari orasidan bir bandani afzal kurdi. Men (ham) Olloh taolo huzuridagi (ya’ni, Olloh taolo afzal kurgan) ushal bandani afzal kurdim», — dedilar. Shunda Abu Bakr yig’lab yubordilar. Biz: «Nechun Abu Bakr Janob Rasululloh Olloh taolo afzal kurgan bandani afzal kurganlari uchun yig’layetirlar?» — deb taajjub qildik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrni afzal kurguvchi, Abu Bakr ersalar ul zotni barchamizdan kura yaxshiroq bilguvchi kishi erdilar. Shul boisdan ham Janob Rasululloh: «Mening uchun uzining suhbati va moldunesi borasida eng ishonchli kishilardan biri Abu Bakrdurlar. Agar rabbimdan bulak (yana) bir kishini (uzimga) dust tutadirgan bulsam, Abu Bakrni dust tutgan bulur erdim. Ammo, (musulmonlar uchun Olloh taolodan ortiqroq do’st yuq bulib, ular orasida) Islom birodarligiyu muhabbati (mavjud bulmog’i kerak). Masjidda Abu Bakrning eshiklaridan bulak birorta eshik qolmasin!» — dedilar, (ya’ni, har kim masjid hovlisiga uz hovlisidan eshik ochib olgan erdi, Janob Rasululloh ana o’shal eshiklarni nazarda tutyaptilar)».
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 30 May 2008, 11:30:33
У зот соллаллоху алайхи ва салламнинг пайгамбар килиб юборилишлари:

Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам кирк ёшга кирганларида Аллох Таъоло томонидан бутун оламга рахмат, энг сўнги пайгамбар этиб юборилдилар. Ўша йили, рамазон ойининг ўн еттинчиси – душанба куни Хиро горида у кишига биринчи марта, олдиларига фаришта осмондан вахий олиб тушди.

Фаришта у зотнинг олдиларига тушиб деди: ″Ўкинг″. У зот эса: ″Мен ўкишни билмайман″, — дедилар. Шунда фаришта у зотни каттик кисди, бу кисишликдан каттик кийналдилар. Фаришта кўйиб юбориб, ″Ўкинг″ деди. Набий соллаллоху алайхи ва саллам: ″Мен ўкишни билмайман″ дедилар. Юкоридаги холат учинчи марта хам такрорлангандан кейин фаришта деди:

«(Эй Мухаммад соллаллоху алайхи ва саллам, Сиз ўзингизга нозил бўладиган Куръонни барча мавжудотни) яратган Зот бўлмиш Парвардигорингиз номи билан ўкинг! У инсонни лахта кондан яратган (Зотдир). Ўкинг! Сизнинг Парвардигорингиз (инсониятга) каламни (яъни, ёзишни – хатни ) ўргатган ўта Карамли Зотдир. У Зот инсонга унинг билмаган нарсаларини ўргатди». (Алак: 1 – 5)

Кейин Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам Хадижа онамиз разияллоху анхо олдиларига кўркувдан калтираб-титраб келиб, гордаги бўлган ходисани айтиб бердилар. Хадижа онамиз росулуллохни тинчлантириб – хотиржам килиб дедилар: «Ð¡ÐµÐ²Ð¸Ð½Ð¸Ð½Ð³! Асло, кўркманг! Аллох Таъоло сизни хеч качон хор килиб кўймайди. Чунки, сиз кариндош билан яхши алокадасиз, сўзингизда ростгўйсиз, кишларнинг огирини енгил киласиз ва хаётда мусибат кўрганларга кўмаклашасиз».

Кейин вахий келиши бир муддат тўхтади. Расулуллох соллаллоху алайхи ва саллам Аллох Таъоло хохлаган бир муддат ичида хеч нарса кўрмай турдилар. Бу холатдан гамгин бўлиб, вахий тушишига мушток бўлдилар. Шундан кейин бир оз вакт ўтиб, бир куни кўчада кетаётганларида, ер билан осмон ўртасида муааллак бўлган бир курсида ўтирган фаришта намоён бўлиб, кўнгилларига таскин бериб, у зотнинг чиндан хам Аллох Таъолонинг Росули эканликларига башорат (хушхабар) берди. Фариштани кўрган Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам кўркиб, калтираб-титраб уйларига бориб, Хадижа онамизга: ″Мени ўраб кўйинглар, мени ўраб кўйинглар″, — деб буюрдилар. Мана шу пайт Аллох Таъоло у кишига кўйидаги оятларни нозил килди:

«Ð­Ð¹ (либосларига) бурканиб олган зот, туринг-да, (инсонларни Охират азобидан) огохлантиринг! Ёлгиз Парвардигорингизни улугланг! Либосларингизни пок тутинг!». (Муддассир: 1 – 4)

Аллох Таъоло ушбу ояти карималарда Пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламни кавмларини огохлантириш ва уларни Аллох Таъолога даъват этмокларига амр этди. Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам буйрукни бажариш учун каттик бел боглаб, Аллох Таъоло томонига каттаю-кичикни, озоду-кулни, эркагу-аёлни ва октанлигу-коратанликни даъват этиб, Аллохнинг фармонига итоат этган холларида даъват ишини  комил суратда адо этдилар. У зот соллаллоху алайхи ва салламнинг даъватларига хар бир кабиладан –дунё ва охиратда нажот топишларини – Аллох Таъоло Ўзи ихтиёр килган бандалари зиё ва ишонч билан исломга кирдилар. Макканинг акли паст, мутакаббир кофирлари эса, исломни кабул килганларга хар йўл билан каттик озор бера бошладилар. Росулуллох соллаллоху алайхи ва салламни эса, Аллох Таъоло амакилари Абу Толиб воситаси билан химоя килиб, кофирларнинг озоридан Ўзи саклади. Чунки Абу Толиб уларнинг ўрталирида шарафли, гапи ўтадиган, хурматли киши эди. Улар Абу Толиб, Пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламни каттик яхши кўришини билганлари учун хам, у зот соллаллоху алайхи ва салламга озор бериш билан унинг каршисига туришликка жураът кила олмас эдилар.

Ибн ал-Жавзий айтадилар: «ÐŸÐ°Ð¹Ð³Ð°Ð¼Ð±Ð°Ñ€ соллаллоху алайхи ва саллам уч йилгача даъватни яширинча олиб бордилар. Кейин: «Ð‘ас, Сиз ўзингизга буюрилган ишни (яъни, Хак Динга даъват килишни) юзага чикаринг ва мушриклардан юз ўгиринг!» (Хижр: 94) ояти нозил бўлгач, даъватни ошкор килдилар. У зотга Аллох Таъолонинг: «Ð¯ÐºÐ¸Ð½ кариндош-уругларингизни (Аллохнинг азобидан) огохлантиринг!» (Шуаро: 214) ояти нозил бўлгандан кейин, Сафо тогига чикиб, ″Эй кавм! Огох бўлинг!″, — деб жар солдилар. Улар: ″Бу овоз килаётган ким ўзи? Ие...бу Мухаммад-ку!″ —деб ажабланиб Набий соллаллоху алайхи ва салламнинг хузурларига келиб тўпландилар. Шунда Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам уларга карата: ″Эй фалонийлар авлоди ... Эй фалонилар авлоди ... Эй фалонийлар авлоди ... Эй Абди Маноф авлоди ... Эй Абдул Мутталиб авлоди...″ — деб нидо килдилар. Улар русулуллох соллаллоху алайхи ва саллам олдларига келиб жам бўлишгач дедилар: «Ð­Ð¹ кавм, айтингларчи, мен хозир сизларга, мана шу тог ортидан отлик аскарлар чикиб келади деб хабар берсам, мени тасдиклайсизларми?». Улар: ″Албатта, биз сизни ёлгон гапирганингизни кўрган эмасмиз, сизга ишонамиз″, — дедилар. Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам дедилар: «(Унда эшитинглар!) Мен албатта, сизларни каттик азоб (келиши) олдидан огохлантираман». Шунда Абу лахаб: ″Куриб кеткур! бизни факат шу (гап) учунгина жамладингми?″,— деди ва туриб кетди. Кейин унинг шаънига Аллох Таъолонинг: «ÐÐ±Ñƒ лахабнинг кўллари куригай – халок бўлгай! (Аникки,) у куриди – халок бўлди! Мол-мулки ва касб килиб топган нарсалари унга аскотгани йўк! Якинда унинг ўзи хам, унинг ўтин оркалаган, бўйнида пишик толадан (эшилган) аркон бўлган хотини хам (ловуллаб турган) алангалик дўзахга киражак!» (Масад сураси) оятлари нозил бўлди. (Муттафакун алайхи)

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 30 May 2008, 11:34:58
Росулуллох соллаллоху алайхи ва салламнинг кофирлар томонидан йўликкан озорларга сабр килишлари:

Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам кавмлари томонидан каттик озорларга йўликдилар. У зот бу машаккатларга сабр килиб, Аллох Таъолодан савоб умид килар эдилар. Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам йўлликкан озорлардан у зотга тобе бўлган сахобалар хам бенасиб колмадилар. У зот соллаллоху алайхи ва саллам сахобаларни химоя килишга кодир бўла олмаганлари сабабли, бу зулм ва озорлардан кутилишлари учун уларни Хабашистон ерларига хижрат килиб кочиб кетишга буюрдилар. Сахобалар пайгамбаримиз буйруклари билан тугилиб ўсган ерларини, иссик-совукдан панох бериб турадиган уйларини ташлаб, Аллох Таъоло йўлида Хабашистонга хижрат килдилар.

Ибн Исхок айтадилар: ″Абу Толиб дунёдан ўтгач, Курайш кофирлари, у хаётлик пайтида Росулуллохга етказа олмаган озорларни етказдилар″. Абу Нуайм Абу Хурайра разияллоху анхудан ривоят килади: Абу Хурайра айтадилар: ″Абу Толиб вафот этгач, улар (Курайш кофирлари) пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламга каттик хужум килдилар. Шунда Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам ″Эй амакижон! Йўклигингиз шундай билиняпти! (Яъни, сиз йўклигингиз туфайли булар менга жуда каттик озор беришмокда, жуда хам кадригиз ўтди, амакижон!), — дер   Ð´Ð¸Ð»Ð°Ñ€.

Сахихайн (Бухорий ва Муслим)да ривоят килинади: «(Бир куни) Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам номоз ўкиётган эдилар, якинрокларида туянинг йўлдоши (тупрокка коришиб ётарди). Укба ибн Аби Муъийт номли кофир ана шу йўлдошни олиб келиб, ул зотнинг устларига ташлади, кизлари Фотима разияллоху анхо келиб, олиб ташлагунларича саждада туравердилар. Кейин Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам: «Ð­Ð¹ Аллохим, Курайшдан бу жамоани (менга озор берган ушбу жамоани) ўзинг жазола!», — деб дуо килдилар.

«Ð£ÐºÐ±Ð° -Ñ‚- ибн Абий Муъийт бир куни, Пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламнинг елкаларидан тутиб, кийимларининг ёкаларидан тутиб бўйинларидан каттик бўгиб турган пайтда Абу Бакр разияллоху анху келиб, у зотдан уни даф этиб: ″Бу кишини роббим Аллох дегани учун ўлдирасизларми?″,— деб кутказиб одилар».
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 30 May 2008, 11:35:30
Набий алайхиссалоту вассаломнинг кавмларига рахмдилликлари:

Абу Толиб ва Хадижа разияллоху анхонинг вафотларидан кейин, Росулуллох соллаллоху алайхи ва салламга тортаётган озорлар кучайиб кетгач, Тоиф шахрига чикиб, Сакиф кабиласини исломга даъват килдилар, улардан кўрган муомалари эса, факат озор, масхара ва бўйинтовлаш бўлди, холос. Улар росулуллох соллаллоху алайхи ва салламни тошбўрон килиб, икки товонларини конга белаб, хайдашди. Кейин у зот соллаллоху алайхи ва саллам мажбур – Маккага кайтишга карор килдилар. Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам айтадилар: «(Тоифдан) мен ўзимда йўк, гамгин бўлиб кайтдим. Карну -с- Саоъолиб (Нажд ахлининг мийкоти)га етиб келганимдагина ўзимга келибман. Бошимни кўтариб, менга соя солиб турган бир булутни кўрдим. Назар солиб карасам у булут устида Жаброил алайхиссалом турардилар. Менга нидо килиб дедилар: ″Албатта, Аллох Таъоло кавмингизни сизга айтган сўзларини, кайтарган жавобларини эшитди ва сизнинг хизматингизга улар хакида хохлаганингизча буйрук килишингиз учун тоглар фариштасини юборди″. Сўнгра тоглар фариштаси мени чакириб, салом бериб деди: ″Эй Мухаммад! Аллох Таъоло кавмингизни сизга айтган сўзларини эшитди, мен тоглар фариштасиман, Парвардигорингиз хохлаганингизни буюришингиз учун мени сизга жўнатди. Агар хохласангиз Ахшабайн (Маккадаги икки тог)ни уларнинг устига тўнтариб кўяман. Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам: ″Йўк! Балки, мен  Аллох Таъолодан, уларнинг пуштларидан Унга бирор нарсани шерик килмай, Унинг ёлгиз Ўзига ибодат киладиган авлодларни чикаришини умид киламан″, — дедилар». (Муттафакун алайх)

Шундан кейин Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам хар хаж мавсумида чикиб, турли кабилаларга ўзларини (химоя килшларини) таклиф килиб: «ÐšÐ¸Ð¼ менга жой беради? Ким менга ёрдам беради? Албатта, Курайш Парвардигоримнинг каломини (бандаларига) етказишимга монелик килишмокда», — дер эдилар.

Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам хаж мавсумларининг бирида олти нафар Мадиналик кишилар билан учрашиб, уларни Исломга даъват этганларида улар Исломни кабул килдилар ва  юртларига кайтиб ўз кавмларини хам Исломга даъват этдилар, натижада улар ўрталарида Ислом дини таркала бошлади. Сўнгра махфий суратда, Мадиналик мусулмонлар билан, тарихда ″Акаба байъати″ деб номланган биринчи ва иккинчи байъат (ахди паймон бериш) учрашуви бўлиб ўтди. Мана шу байъат комил суратда амалга оширилгач, Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам ўзлари билан бирга бўлган мусулмонларни, Мадинага хижрат килишга буйрук килдилар. Маккалик мусулмонлар гурух-гурух бўлиб, Мадинага йўл олдилар.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 30 May 2008, 11:36:08
Пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламнинг Мадинага хижрат килишлари:

Сахобалар Мадинага хижрат килишганига кўп ўтмай, Макка кофирлари у зотни ўлдиришга карор килишганидан сўнг, Аллох Таъоло у зотга хам хижрат килишларига изн берди. Улар Набий алайхиссалоту вассаломни ўлдиришни режалаштиришган кечада Абу Бакр Сиддик билан биргаликда чикиб кетиб, аввал ″Гори Савр″да уч кун яширин туриб, у зот ва шерикларини кидирув ишлари тўхтатилганидан сўнг, мушрикларни догда колдириб, Мадинага йўл одилар. Аллох Таъолонинг мадади билан сог-саломат Мадинага етиб келдилар. Мадина ахли у зот ва хамрохларини очик юз ва кенг калб билан карши олдилар. Кейин у ерга ўз масжид ва манзилларини бино килиб, рисолатларини давом эткиздилар.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 30 May 2008, 11:36:50
Пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламнинг газотлари (яъни, ислом душманларига карши олиб борган жанглари):

Ибн Аббос разияллоху анхумодан ривоят килинади, у зот айтадилар: «Ð Ð¾ÑÑƒÐ»ÑƒÐ»Ð»Ð¾Ñ… соллаллоху алайхи ва саллам Маккадан (кофирлар у зотни ўлдирмокчи бўлганларида) чиккан пайтларида Абу Бакр разияллоху анху: ″Инна лиллах ва инна илайхи рожиъу-у-н, ўз пайгамбарларини чикариб юборишди, (бу кавм) албатта, халок бўлгучидир″, — дедилар. Кейин Аллох азза ва жалла: «Ð¥ÑƒÐ¶ÑƒÐ¼Ð³Ð° учраётган зотларга мазлум бўлганлари сабабли (жанг килиш) изни берилди. Албатта Аллох уларни голиб килишга Кодирдир». (Хаж: 39) оятини нозил килди. Ушбу оят жиход (кофирларга карши жанг) хакида нозил бўлган биринчи оятдир».

Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам йигирма етти марта гозотга (яъни, жиходга) чикдилар, булардан тўккистасида; – Бадр, Ухуд, ал-Мурайсиъ, ал-Хандак, Курайза, Хайбар, ал-Фатх, Хунайн ва ат-Тоиф деб ном олган гозотларда – жанг килдилар. Эллик олти марта атрофга лашкар юбордилар.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 30 May 2008, 11:38:53
Набий алайхиссалоту вассаломнинг хаж ва умралари:

Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам Мадинага хижрат килганларидан сўнг, факат бир марта хаж килганлар. У зотнинг ушбу хажлари, таърихда ″Хажжатул-вадоъ″ номи билан машхур. Тўрт марта умра килганлар:

Биринчи: Худайбийя умраси, бу умрани охирига етказишларига мушриклар йўл кўймаганлар. Худайбийя номли ерга етиб борганларида, мушриклар Маккага киргизмай, балки келгуси йилда келсалар улар Маккани мусулмонларга уч кунга бўшатиб беришларини ваъда берганлар.

Иккинчи: Умратулказо – сулхга биноан, келгуси йили бориб, аввалги йилдаги охирига етказа олмаган умраларининг казосини килганлар, шу сабаблик бу умраларининг номи ″Умратулказо″ дейилади.

Учинчи: Умратул-жииррона – Макка фатх этилган йили Жииррона номли жойга келиб, ўша ердан ихром кийиб килган умралари, шу сабаб бу умранинг номи ″Умратул-жииррона″дир.

Ушбу уч умрани Набий соллаллоху алайхи ва саллам зулкаъда ойларида бажардилар.

Тўртинчи: Хажжатул-вадоъга борганлирида, Мадинага кайтишларидан аввал, охирги килган умралари.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Iyun 2008, 17:18:57
JANOB RASULULLOHNING: «AGAR UZIMGA DUST TUTADIRGAN BULSAM...» — DEB AYTGANLARI XUSUSIDA

IbnAbbos raziyallohu anhurivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ummatimdan birortasini uzimga dust tutadirgan bulsam, Abu Bakrni dust tutgan bulur erdim, ammo ul kishi (Islom bo’yicha) birodarim va sahobamdurlar» — deb marhamat qildilar».

Ayyubraziyallohu anhurivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar uzimga (biror kishini) dust tutadirgan bo’lsam, dust tutgan bo’lur erdim, ammo (Olloh taolodan bulak yana bir kishini do’st tutib, gunohkor bulgandan kura), Islom birodarligi afzaldur» — deb marhamat qildilar».

Abdulloh ibnAbu Mulayka raziyallohu anhurivoyat qiladilar: «Kufa ahli ajdodlar xususida (eslatib, dust bulmoqni taklif qilib) Ibn Zubayrga maktub yulladi. Shunda Ibn Zubayr: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu ummatdan birortasini uzimga dust tutadirgan bulsam, (Abu Bakrni) dust tutgan bulur erdim» — deb aytmagan bulganlarida erdi...» — deb javob yezdi».
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Iyun 2008, 17:19:53
6-bob.


Muhammad ibn Jubayrning otalari Mut’im raziyallohu anhurivoyat qiladilar: «Bir ayel (bir narsa xususida iltimos qilib) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib erdi, ul zot unga oldilariga boshqa safar kelmoqni amr qildilar. Shunda ayel: «Boshqa safar kelganimda sizni topmasamchi?» — dedi, ya’ni: «Boshqa safar kelgunimcha vafot etib qolsangazchi?» — deb aytmoqchi buldi. Janob Rasululloh unga: «Agar meni topmasang, Abu Bakrning oldilariga borgil!» — dedilar. (Ya’ni, ul zot bu birlan uzlarvdan sung Abu Bakrni xalifa qilib qoldirajaklariga hamda ul kishining boshqa sahobalardan afzalroq erkanliklariga ishora qilayetirlar)».

Lmmor raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni hamda ul zotning yenlarida (musulmonlardan) faqat besh bandani — (Bilol, Zayd ibn Horisa, Omir ibn Fuhayra, Abu Fukayha, Ubayd ibn Zayd alHabashiyni), shuningdek iksi ayelni (Ð¥adicha va Ummu Aymanni) va Abu Bakrni kurdim». (Ya’ni, Islomning dastlabki vaqtida musulmon bo’lganlar guruhi mazkur kishilardanshna iborat erdi).
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Iyun 2008, 17:21:32
Abu Dardo raziyallohu anhurivoyatqiladilar. «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o’ltirgan erdim. Bir mahal (Hazrat) Abu Bakr kiyimlari etagini tizzalari kurinadigan darajada ko’targan holda kirib keldilar. (Ya’ni, biror katta ishga qattiq kirishgan odam shunday qiladi, Abu Bakr ersalar Hazrat Umarni ranjitib quygan bo’lib, ul kishi uzrlarini qabul qilmagan erdilar. Shul bois Abu Bakr ne qilmoqlarini bilmay, shoshapisha Janob Rasulullohdan maslahat so’ragani kirgan erdilar). Janob Rasululloh (Abu Bakrpi bu ahvolda kirganlarini ko’rib, sahobalarga): «Birodaringizga ne buddi, janjallashgani kirdilarmi, deyman?» — dedilar. Abu Bakr Janob Rasulullohga salom bergach: «Yo Rasulalloh, men birlan (Umar) ibn alÐ¥attob o’rtamizda bir ish bo’lib erdi (ya’ni, bir masala xususida aytishib qolib erdik), shunda men ul kishiga (bir oz) qo’pollik qilib qo’ydim, so’ng (qilgan ishimdan) afso’su nadomatlar qilib, uzr so’radim, ammo o’zrimni qabo’l qilmadilar. Sho’l sababdan huzuringizga keldim», — dedilar. Janob Rasululloh: «Ey Abu Bakr, sizni Olloh taolo mag’firat qilgay!» — deb uch bor takrorladilar. Keyin, Hazrat Umar (ham Abu Bakr birlan o’zlari oralarvda bo’lgan ko’ngilsiz voqeadan) afsuslanib, Abu Bakrning uylariga bordilarda, (ul kishining bolachaqalaridan): «Abu Bakr shu yerdalarmi?» — deb so’radilar. Ular: «(Ul kishi uyda) yo’qlar» — deb aytishdi. So’ng, Hazrat Umar Janob Raso’lo’llohning huzurlariga kelib, ul zotga salom berdilar. Shunda ul zotning yuzlari (g’azabdan) shul qadar oqarib ketdiki, hatto Abu Bakr: («Janob Rasululloh Umarga qattiq dashnom bermasalar erdi» — deb) qo’rqib ketdilarda, tiz cho’kib: «Yo Raso’lalloh, (bu xususda) men qo’proq aybdorman!» — deb ikki bor aytdilar. Shunda Janob Rasululloh: «Olloh taolo meni sizlarga payg’ambar qilib yuborganda, sizlar: «Sen yelgonchisan!» — dedingizlar, Abu Bakr ersalar: «Rost aytabtir» — deb o’zlari ham, moldun&lari birlan ham ko’nglimni oddilar. Mening do’stimni o’zimga qo’yib berasizlarmi, yo’qmi, axir?!» — deb ikki marta takrorladilar. Shundan so’ng, Hazrat Abu Bakrga aziyat yetkazilmadi».
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Iyun 2008, 17:22:09
Abu Usmoyaraziyallohu anhuAmr ibn alOsdan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Amr ibn alOsni qo’shinga bosh qilib ZotusSalosilga yubordilar. Amr1   ibn alOs bunday deydilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga borib: «(Yo Rasulalloh), odamlardan qaysi biri siz uchun mahbubroq?» — dedim. (Ya’ni, Janob Rasululloh ZotusSalosil g’azoti qushiniga, uning tarkibida Abu Bakr va Umar raziyallohu anhumo bo’la turib, Amrni bosh qilib tayinladilar. Shul bois Amr ul zotga shunday deb savol berdilar). Janob Rasululloh: «Oisha», — dedilar. Men: «Erkaklardanchi?» — dedim. Ul zot: «Uning otasi (Abu Bakr)», — dedilar. Men: «Ul kishidan keyinchi?»— dedim. Ul zot: «So’ng, Umar ibn alÐ¥attob», — dedilarda, o’l kishidan keyin yana bir qancha kishilar nomini zikr qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasulo’lloh sallallohu alayhi va sallamning buvday deb aytganlarini eshitdim: «Bir chupon qo’ylari orasida turib erdi, bir mahal bir bo’ri tashlanib, ulardan birini olib qochdi. Cho’pon uning ortidan quvdi. Shunda buri unga ugirilib: «Quylarga arslon hujum qilgan kuni, (sen qochib qolib) ularga mendan bo’lak cho’ponlik qiladirgan kimsa qolmaydirgan kuni kim (buni mendan tortib ololadi)?!» — dedi. Bir mahal bir kishi sigirini haydab ketayetib, unga minib oldi. Shunda sigir (ho’kiz) unga qarab: «Men buning uchun yaratilgan ermasman, balki yer haydash uchun yaratilgandurman» — deb aytdi». Sahobalar Janob Rasulullohning bo’l gaplarini eshitib: «So’bhonalloh, ho’kiz ham so’zlaydimi?» — deyishdi. Janob Raso’lulloh: «Men bunga ishonaman, Abu Bakr va Umar ibn alÐ¥attob ham ishonishadi», — dedilar».
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Iyun 2008, 17:22:54
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlarini eshitdim: «Bir mahal men uxlab yetgan erdim, tushimda o’zimni bir quduq labida ko’rdim, o’l yerda chelak bor erdi. Men chelakni olib, Olloh taolo iroda qilgancha quduqdan suv tortib oldim. Sung, chelakni Ibn Abu Qahhofa (ya’ni, Abu Bakr asSiddiq raziyallohu anhu) olib, quduqdan bir (yeki ikki) chelak suv tortib oldilar, ammo ul kishining tortipshari zaif bo’ldi (ya’ni, kam so’v tortib oldilar). Olloh taolo ul kishini buning uchun mag’firat qilsin! Keyin, chelak katta bir idishga aylandi. Uni (Umar) ibn alХattob (qo’liga) oldi. Men odamlar orasida Umarchalik (ko’p so’v) tortib oladirgan baqo’vvat, mohir odamni ko’rgan ermasman. (U shul qadar kup suv tortib oldiki), hatto odamlar (quduq atrofiga tuyalari uchun) qo’ralar qurdilar». (Ya’ni, ushbu hadisda Janob Rasululloh Abu Bakrning o’z xalifalik davrlarida musulmonlar orasidagi ixtiloflarni bartaraf qilish birlan ovora bo’lib qolib, kofirlarga qarshi kam g’azot qilishlarini, Hazrat Umarning ersa ul kishiga nisbatan ancha ko’p fath qilishlarini bashorat qildilar).

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimda kim kibruhavo birlan kiyimi etagini (yerga tekkizib) sudrab yursa,   Olloh taolo unga Qiyomat kuni (rahmat) nazarini tashlamaydi», — dedilar. Shunda Abu Bakr: «Agar kiyimimning:  etaklaridan biri (ya’ni, etagining bir tomoni) uzim bilmagan holda osilib (yerga tegib) qolsachi?» — dedilar, (chunki ulkishi ozg’in erdilar). Janob Rasululloh: «Siz buni kibruhavo birlan qilmaysizku!» — dedilar».         

Abu Хurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Kimki Olloh taolo yulida nimaiki bo’lmasin, bir juftdan sadaqa qilsa, (Qiyemat kuni): «Ey Ollohning bandasi, bu qilgan xayru ehsonlaring uchun ato etilgan savoblardan biridur!» — deb (jannatning barcha) darvozalaridan chaqiriladi. Kimki namoz ahlidan bulgan bulsa, namoz darvozasidan, kimki jihod ahlidan bulgan bulsa, jihod darvozasidan, kimki sadaqa ahlidan bulgan bulsa, sadaqa darvozasvdan va kimki ruza ahlidan bulgan bulsa, ruza darvozasidan («Rayyon» nomli darvozadan) chaqiriladi» — deb marhamat qilganlarini eshitdim. Shunda Abu Bakr: «Barcha darvozalardan chaqirilguvchi kishi uchun (buning) ziyeni yuqdur, (aksincha bu Olloh taolo unga kursatgan izzatu ikromning belgisidur). Yo Rasulalloh, bir kishi ushal barcha darvozalardan chaqiriladimi?» — dedilar. Ul zot: «Ha, shunday. Ey Abu Bakr, men sizning barcha darvozalardan chaqirilguvchi kishilardan biri bulmogangizni istarman!» — dedilar».
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Iyun 2008, 18:25:22
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot qilganlarida (otam) Abu Bakr Sunh degan yerda erdilar. (Ismoil: «Sunh — bu Oliyadur», — deydilar). Shunda Hazrat Umar: «Olloh taolo haqi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulgan emaslar! Olloh taolo haqi, ul zotdan bulak hech kimsaga qalbimizda urin yuq erdi! Olloh taolo ul zotni albatta qayta tiriltirur va ul zot hali (kuplab) kishilarning (mushriklarning) qulu oyeqlarini qirqurlar!» — dedilar. Keyin, (otam) Abu Bakr kelib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yuzlarini ochdilarda, ul zotni updilar. Sung: «Otaonam sizga fido bo’lsinlar, hayetligingizda ham xushruy erdingiz, vafot qilganinshzda ham xushro’ysiz! Jonim qulida bulgan zot haqi, Olloh taolo sizga aslo ikki ulim bermas!» — deya tashqariga chiqdilarda, (Hazrat Umar: «Olloh taolo haqi, parvardigor ul zotni albatta qayta tiriltirur!» — deb aytganlari uchun): «Ey ont ichguvchi, uylab gapir!» — dedilar. Abu Bakrning bu gaplaridan Hazrat Umar ultirib qoldilar. Abu Bakr Olloh taologa hamdu sanolar aytgach: «Kimda kim Muhammad (alayhissalom)ga ibodat qilgan bulsa, ul zot vafot qildilar va kimda kim Olloh taologa ibodat qilgan bulsa, u (hamisha barhabt) bulib, (sira) ulmas! Olloh taolo: «(Ey Muhammad), darhaqiqat siz ham ulguvchidursiz, ular ham (boshqalar ham) ulguvchidurlar» («Zumar» surasi, 30oyat) — deb aytgandur. Shuningdek, Olloh taolo: «Muhammad bir payg’ambar, xolos. Undan ilgari ham payg’ambarlar utgandur. Agar u (ya’ni, Muhammad alayhissalom) vafot qilsa yeki o’ldirilsa, (Islomdan yuz ugirib) ortingazga (kufrga) qaytursizlarmi?! Kimda kim ortiga qaytsa, Ollohga zarracha ziyen yetkaza olmas, (bilaks uziga zarar keltirur). Olloh shukrguzorlarni mukofotlagusidur!» («Oli Imron» surasi, 144oyat) — deb ham aytgandur»,— dedilar. «Shunda, — deydilar Ibn Abbos raziyallohu anhu, — odamlar ukirib yig’lab yuborishdi. Keyin, ansorlar Banu So’ida ayvonida o’ltirgan Sa’d ibn Ubodaning huzuriga tuplanishdi. Ular: «Bir gal bizlardan (ya’ni, ansorlardan) va bir gal sizlardan (ya’ni, muhojirlardan) amir (xalifa) bulmog’i lozim», — deyishdi. Keyin, Abu Bakr asSiddiq, Hazrat Umar ibn alÐ¥attob va Abu Ubayda ibn alJarroh ularning huzuriga borishdi. Shunda Hazrat Umar gapira boshlagan erdilar, Abu Bakr ul kishini jim qildilar. (Shul voqea xususida Hazrat Umar: «Olloh taolo haqi, men uzimni katta tutib, ul kishidan ilgari gapirmoqchi ermasdim, balki Abu Bakr aytmoqchi bulgan gaplarini ularga tushuntira olmaydilar, deb xavotir olganimdan uzimga ma’qul suzlarni avvaldan uylab quygan erdim», — deydilar). So’ng, Abu Bakr uzlari eng suzamol kishilar singari ravon va sodda qilib: «Bizlar amir va sizlar vazir bulmogangiz lozim», — dedilar. Shunda Habbob ibn alMunzir: «Yuq, bulmaydi, Olloh taolo haqi, uzimizdan ham, sizlardan ham amir qilmaymiz!» — dedi. Abu Bakr asSiddiq: «Iuq, bulmaydi, bizlar amir va sizlar vazir bo’lmog’ingiz lozim, Quraysh Makka arablarining boylik va naslnasab jihatidan urta holidurlar. Umar ibn alÐ¥attobga yoki Abu Ubayda ibn al-Jarrohga bay’at qilingizlar!» — dedilar. Hazrat Umar: «Aksincha, sizning uzingizga bay’at qilurmiz, siz bizning ulug’imiz, eng yaxshimiz va Janob Rasulullohga eng mahbubimizsiz!» — dedilarda, Abu Bakrning qullarini olib, ul kishiga bay’at qildilar. Sung, qolganlar ham bay’at qilishdi. Shunda bir (kishi kinoya birlan): «Sa’dni uldirdingizlar!» — dedi. Hazrat Umar: «Uni Olloh taolo uldirdi!»— deb javob qildilar». («Ya’ni, Abu Bakrga bay’at qilganingiz birlan xalifalik xususida ansorlarni muhojirlarga qarshi quzg’agan Sa’d ibn Ubodani pichoqsiz suydingizlar!» — deb kinoya qildi).
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Iyun 2008, 18:25:49

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (jon chiqar mahal) kuzlarini (shiftga) tikib turib: «Parvardigoro, sen Buyuk Dustsan!» — dsb uch bor aytdilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar va Abu Bakrning Olloh taolo manfaatli qilgan xutbalaridan biri shuki, Hazrat Umar musulmonlar orasida albatta nifoq yuzaga kelishini aytib, odamlarni qurqitdilar va Olloh taolo bu birlan ularni nifoqdan qaytardi. Abu Bakr ersalar (o’z xutbalarida) odamlarga to’g’ri yulni kursatib, ularning zimmasidagi burchni tushuntirib quydilar. Sung, odamlar ul kishi birlan birgalikda: «Muhammad bir paygambar, xolos. Undan ilgari ham payg’ambarlar utgandur...» («shukrguzorlarni mukofotlagusidur» degan qavligacha) — deya tashqariga chiqishdi».
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Iyun 2008, 18:27:11
Muhammad ibn al-Hanafiyya rivoyat qrladilar: «Men otamga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan sung eng yaxshi odam kim?» — dedim. Otam: «Abu Bakr», — dedilar. Men: «Keyin kim?» — dedim. Otam: «Keyin, Umar», — dedilar. Shunda men: «Keyingisi Usmon» deb aytishlaridan cho’chib: «Keyin, siz o’zingiz», — dedim. Otam: «Men musulmonlardan biriman, xolos», — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat kiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning safarlaridan birida ul zot birlan birga yulga chiqdik. Baydo’ (yeki Zotuljaysh) degan yerga borganimizda marjonim uzilib, yo’qolib qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uzlari ham, ul zot birlan birga kishilar ham uni qidirib, ushlanib qolishdi. Shunda odamlar suvga yaqin yerda ermas erdilar, uzlarida ham suv yuq erdi. Shul bois
odamlar Abu Bakrning qoshlariga kelishib: «Oishaning qilgan ishini kurmaysizmi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ham, ul zot birlan birga kishilarni ham yuldan qoldirdi! Vaholanki, odamlar suvga yaqin yerda emaslar, uzlarida ham suv yo’qdur», — deyishdi. Abu Bakr tepamga kelganlarida Janob Rasululloh muborak boshlarini tizzamga quyib uxlab qolgan erdilar. Abu Bakr menga: «Janob Rasululloh birlan odamlarni yuldan qoldirding, vaholanki ular suvga yaqin yerda ham emaslar, uzlarida ham suv yuqdur!»— dedilarda, Olloh taolo iroda qilgancha menga dashnom berib, qullari birlan biqinimga turta boshladilar. Shunda men Janob Rasulullohning muborak boshlari tizzamda bulgani uchungina chidab, qimirlamadim. So’ng, Janob Rasululloh ushal suvga yaqin bulmagan bir yerda uyqudan uyg’ondilar. Shunda Olloh taolo ul zotga «Тayammum» oyatini nozil qildi, odamlar tayammum qilishib, (namoz uqgatsdi). Keyin, Usayd ibn Huzayr menga: «Ey Abu Bakr zurriyoti, bu Olloh taoloning siz tufayli ato etgan birinchi barokoti emas!» — dedi. Sung, men mingan tuyani turg’azib erdik, marjonimni ostidan topdik».

Abu Sa’id al-Хudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Zinhor) meningsahobalarimni so’kmangizlar! Garchi sizlardan qaysi biringizdir Uhud tog’idek oltin sadaqa qilgan bulsangiz ham, u ulardan birining na muddiga va na mikyoliga (ya’ni, mening birgina sahobamning kichik bir fazilatiga ham, kichik bir qilgan amali solihiga ham) barobar kelmas!» — dedilar».
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Iyun 2008, 18:34:53
Abu Muso a-lAsh’ariydan naql qilinadiki, ul yuyii uylarida tahorat olgach, tashqariga chiqdilar. Abu Muso: «Bugun Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir xizmat qilayin, kunimni ul zot birlan o’tkazayin!» — deb niyat qildim», — deydilar. So’ng, Abu Muso masjidga borib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni suradilar. Masjiddagilar: «Bu yerdan chiqib, hov anavi tarafga ketdilar», — deyishdi. Abu Muso bunday deydilar: «Men masjiddan chiqib, ortlaridan qidirib bordim, bilsam, Bi’ru Arisga (sahnida qudug’i bor bir boqqa) kirib ketgan erkanlar. Ul zot hojatlarini bajarib bo’lib, tahorat olgunlariga qadar boqqa kirmay, uning xurmo shoxlaridan qilingan eshigi oldida (kutib) ultirdim. Keyin, urnimdan turib, ul zot tomon yunaldim. Qarasam, quduq taxtasining urtasida, izorlarini shimarib, oyeqlarini quduq ichiga osiltirib o’ltiribdilar. Qoshlariga borgach, ul zotga salom berdim. Sung, yana eshik oldiga borib uldirdim. Uzimga uzim: «Bugun Rasulullohga bir eshikbonlik qilayin!» — dedim. Shu asnoda Abu Bakr raziyallohu anhu kelib, eshikni taqillatdilar. Men: «Kim bu?» — dedim. Ul kishi: «Abu Bakrman», — dedilar. Men: «Shoshmay turingiz!»— dedimda, ul zotning qoshlariga borib: «Yo Rasulalloh, Abu Bakr kelib, ichkariga kirmoqqa izn surayetirlar», — dedim. Ul zot: «Ijozat ber va jannati ekanliklarini aytib, xushnud qil!» — dedilar. Men eshik oldiga borib, Abu Bakrga: «Kiringiz, Janob Rasululloh sizning jannati ekanligingizni bashorat qildilar», — dedim. Abu Bakr boqqa kirdilarda, Janob Rasulullohning ung tomonlariga borib, ul zot singari izorlarini shimargach, oyeqlarini quduq ichiga osiltirib ultirdilar. Men yana eshik oldiga borib ultirdim. Men boya birodarim (Abu Burda)ni: «Ð¢ahorat qilib, sung ortimdan yetib olgil!» — deb uyda qoldirib kelgan erdim. Shul bois: «Agar Olloh taolo falonchiga (ya’ni, birodarimga) yaxshilikni ravo kurgan bo’lsa, u bul yerga kelur» — deb endi xayelimdan o’tkazgan erdim hamki, bir kishi eshikni itara boshladi. Men: «Kim bu?» — dedim. Ul kishi: «Umar ibn al-Ð¥attobman»,— dedilar. Men: «Bir oz kutib turingiz!» — dedimda, Janob Rasulullohning qoshlariga borib salom berdim. Sung: «(Yo Rasulalloh), Umar ibn al-Ð¥attob kelib, ichkariga kirmoqqa ruxsat so’rayetirlar», — dedim. Ul zot: «Ijozat ber va janiati ekanliklarini aytib, xushnud qil! — dedilar. Men (eshik oldiga) borib, ul kishiga: «Kiringiz, Janob Rasululloh sizning jannati ekanligingizni bashorat qildilar», — dedim. Hazrat Umar ichkariga kirdilarda, Janob Rasululloh,   ning chap yenlariga borib, oyeqlarini quduq ichiga osiltiribultirdilar. Men yana (eshik oldiga) qaytib borib o’ltirdim.'  layelan: «Agar Olloh taolo falonchiga (ya’ni, birodarimga yaxshilikni iroda qilsa, u bul yerga kelur»  deb erdim hamki,(yana) kimdir kelib, eshikni itara boshladi  Men: «Kiml   yedim Ul kishi: «Usmon ibn Affonman»  dedilar.Men: «Bir oz kutib turingiz!»  dedimda, Janob Rasulullohning qoshlariga borib, (Usmon ibn Affonning ichkariga kirmoqqa izn surayetganlarini) ma’lum qildim. Ul zot: «Ijozatyer va boshlariga tushadirgan musibat oqibatida (shahid bo’la jaklarini hamda shul tufayli) jannatga kirajaklarini aytib, xushnud qil!»  dedilar. Men Hazrat Usmonning oldilariga Syurib: «Kiringiz, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshingizga tushadirgan musibat oqibatida (shahid bo’liO), jannatga kirajagingazni bashorat qildilar»,  dedim. Dazrat Usmon ichkariga kirib, (quduq labvdagi) taxtada ultirgali joi qolmaganini kurdilarda, (quduqning Janob Rasulullohga) qaramaqarshi tarafiga borib ultirdilar».Sa’id ibn alMusayyib: «Men bu voqeani (ya’ni, Janob Rasulullohning ung tomonlarvda Abu Bakr, chap tomonlarida Umar va oyeq tomonlarida Usmon raziyallohu anhumning ultirganlarini) ularning qabrlarining qay tartibda joylashi. shiga iuidim», — deydilar».            
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 26 Dekabr 2008, 14:05:02
Росулуллох соллаллоху алайхи ва салламнинг шакл-шамойиллари:

Пайгамбар алайхиссалоту вассалом, на новча ва на пакана балки, кадди коматлари ўзларига ярашган, кўркам, ўрта бўйли киши эдилар. Ок юзли, бу окликка бир оз кизиллик аралашиб гўё юзлари куёш каби порлар эди. Сочлари кора, таралган, узунлиги кулокларининг юмшогига етарди ва икки кўзлари коп-кора, худди сурма кўйгандек жуда хам чиройли эди. Баданлари сержун эмас, факат кўкракларининг ўртаси ва коринларида, ўзларига ярашган, бир оз нозик юнглар бор эди.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 26 Dekabr 2008, 14:06:20
Набий соллаллоху алайхи ва салламнинг ахлоклари:

Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам кишиларнинг энг саховатлиси, энг ростгўйи, табиатан энг мулойими ва муошаратда энг карамлиси эдилар. Аллох Таъоло у киши хакларида: «Ð’а албатта Сиз улуг Хулк устидадирсиз» (Калам:4),— деди. Ўта шижоъатли, хам тавозели, покиза, хаёда эса бокира кизлардан кўра хаёлирок эдилар. Хадяни кабул килар, хадя бергувчига у зот хам хадя берардилар. Садакани кабул килмас–емасдилар. Газаблансалар ўз хавойи нафслари учун эмас, факат Парвардигорлари учунгина газабланардилар. Топганларини ер, хозирланган нарсани кайтармас, хозир бўлмаган нарсага эса, такаллуф (ортикча уриниш) килмасдилар. Ёнбошлаб ёки хонтахта устида емасдилар. Гохида икки-уч ой уйларида козон кайнамас, хурмо ва сув билан кифояланишарди. Мискин, факир кишилар билан бирга ўлтирар, бемор кишиларни зиёрат килар ва жаноза, дафн маросимларида иштирок этардилар.

Хазил-мутояба хам килардилар, лекин хазиллари рост сўзлар билан бўларди. Кулардилар, лекин ках-каха отиб эмас, кулгулари табассум эди. (Уйда) ахли-байтларининг мехнати (хизмати)да бўлардилар ва: «Ð¡Ð¸Ð·Ð»Ð°Ñ€Ð½Ð¸Ð½Ð³ энг яхшиларингиз ахли-байтларига яхширогингиздир (яъни, улар билан гўзал муошарат – муомалада бўлганларингиз) ва сизларнинг ичингизда ўз ахли-байтига яхширогингиз менман (яъни, хаммаларингиздан кўра ахли байтимга гўзал муомаладаман)»,—дер эдилар. (Термизий ва Албоний сахих дедилар)

 ÐÐ½Ð°Ñ ибн Молик разияллоху анху айтадилар: «ÐŽÐ½ йил Росулуллох соллаллоху алайхи ва салламнинг хизматларида бўлдим, у зот, бирон марма бир килган ишим учун: ″Нима учун бу ишни килдинг?!″ ва килмаган ишимга: ″Фалон ишни килмайсанми?!″,— демадилар».
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 26 Dekabr 2008, 14:07:50
Росулуллох соллаллоху алайхи ва салламнинг кўрсатган мўъжизалари:

Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам халкларга лутф этар, мўъжизалар кўрсатардилар. Мушриклар пайгамбаримиздан осмондаги ойни иккига бўлиб беришларини талаб килишганида, Аллох Таъолодан дуо килиб сўрадилар, дуолари ижобат бўлиб, у зот соллаллоху алайхи ва салламга мўъжиза ўларок ой иккига бўлинди.  Бир сафар бир обдастадаги сувга кўлларини кўйиб турганларида, обдаста ичидаги сув булок бўлиб окди.  Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам масжид ичига ўртанилган хурмо ёгочига суяниб хутба килардилар, хутба учун хос минбар ясалганидан сўнг, у ёгочни тарк этган пайтларида, Набий алайхиссалоту вассаломдан (ёнида туриб хутба килишларидан) ажралганлиги учун, халиги хурмо ёгочи гамгин бўлиб (худди йиглаганга ўхшаш) овоз чикарди (расулуллох уни тинчлантириб силаганларидан кейингина у босилди). Бир марта эгаси томонидан каттик кийнатилган – хорланган бир туя у зот соллаллоху алайхи ва салламга шикоят килди. Яна Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам гохо хали рўй бермаган гайб ишлардан хабар берардилар, у иш Аллох Таъолонинг изни билан, у зотга мўъжиза бўлган холда, айтганларидек воке бўлар эди.

(Булардан хам кўра каттарок мўъжизалари Куръони Каримдир. Унинг то хозирги кунимизгача, бирор харфининг ўзгармай келиши –  хамда то рўзи Киёмат ўзгармаслиги – бу у зот соллаллоху алайхи ва саллам учун жуда хам катта мўъжизадир).
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 26 Dekabr 2008, 14:13:58
Росулуллох соллаллоху алайхи ва салламга Аллох Таъоло тарафидан ато этилинган фазилатлар:

Жобир инб Абдуллох розияллоху андхудан ривоят килинган хадисда Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам айтадилар: «ÐœÐµÐ½Ð´Ð°Ð½ аввал хеч кимга берилмаган беш нарсани менга берилди: ″Бир ойлик масофадан (душманнинг калбига тушадиган) кўркув билан нусратландим″; ″Мен учун ер(юзи)ни масжид ва покловчи (яъни, таяммум учун) килиб кўйилди, умматларимдан кимки намоз вактига тўгри келса, номозини ўкисин! (яъни, кайси ерга тўгри келса, ўша ерда ўкисин, чунки ер юзи хаммаси биз учун покдир)″; ″Ганиматлар (жангдаги ўлжалар) менга халол килинди, уни мендан аввал хеч кимга халол килинмаган эди″; ″Менга шафоат (катта шафоат) ато этилди″; ″(Аввалда) бирон пайгамбар юборилса, уни ўз кавмига хос килиб юбориларди, мен эса, барча одамларга умумий пайгамбар килиб юборилдим″». (Муттафкун алайх)

Имом Муслим Анас ибн Моликдан ривоят килган бошка бир хадисда Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам айтадилар: «ÐšÐ¸Ñ‘мат куни (шафоат этишга ижозат этилган) одамлардан энг биринчиси менман. Киёмат куни пайгамбарлардан энг эргашувчиси кўпи менман. Жаннат эшигини биринчи кокувчи (яъни, жаннатга биринчи кирувчи) менман». Яна, Абу Хурайра разияллоху анхудан Имом Муслим ўзлари танхо ривоят килган бошка хадисда, Набий алайхиссалоту вассалом айтадилар: «ÐšÐ¸Ñ‘мат куни Одам алайхиссом авлодларининг саййиди (энг шарафли, улуги) менман. Кабр очилиб ичидан биринчи чикгувчи менман. Биринчи шафоат этгувчи ва шафоати кабул этилган биринчи (шахс) менман». Ушбулар Пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламга это этилган баъзи фазилатлардир.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 26 Dekabr 2008, 14:14:54
У зот соллаллоху алайхи ва салламнинг ибодат ва хаёт тарзлари:

Оиша онамиз разияллоху анхо айтадилар: «Ð Ð¾ÑÑƒÐ»ÑƒÐ»Ð»Ð¾Ñ… соллаллоху алайхи ва саллам (кечалари ибодатда) коим бўлиб, хатто икки оёклари шишиб кетарди, у зотдан бу хакда сўралса, ″(Аллох Таъолога) кўп шукр килгувчи банда бўлмайинми?!″— дердилар» (Муттафакун алайх) ва яна дедилар: «ÐŸÐ°Ð¹Ð³Ð°Ð¼Ð±Ð°Ñ€ соллаллоху алайхи ва салламнинг тунда ухлайдиган тўшаклари ичига хурмо толаси тўлдирилган хом теридан эди (яъни, хом терини тўшак шаклига келтириб, ичини хурмонинг толаси билан тўлдириб кўйилган эди)».

Абдуллох ибн Умар разияллоху анху бир хадисда айтадилар: «ÐœÐµÐ½, Росулуллох соллаллоху алайхи ва салламни, коринларини тўйгазиш учун (лоакал) сифатсиз хурмо бўлса хам, топа олмай кунни (очликдан) букчайиб ўтказганларини кўрганман».

Мана шундай, тириклару ўликлар – ўтганлару колганларнинг саййиди бўлмиш Набий алайхиссолату вассаломга бу дунёдан эришолмаган нарсалари у зотга заррача зарар килмади.

Бизларни хам у зотнинг умматларидан килган Аллох Таъолога хамду санолар бўлсин ва бизларни Ўзига тоат-ибодат килмогимизга муваффак айлаб, Ўзининг Китоби, Пайгамбарининг суннати узра жамласин!
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 26 Dekabr 2008, 14:19:28
Пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламнинг хаётларидаги энг машхур вокеалар:

— Исро ва Меърож: Бу вокеа хижратдан уч йил аввал содир бўлди ва унда намоз фарз килинди.

• Хижрий сананинг биринчи йилидаги вокеалар:

—    Хижрат.

—    Масжидун-Набавийянинг бино килиниши.

—    Давлат таъсис килишга киришиш.

—    Закотнинг фарз этилиши.

• Иккинчи йил:

—   Ð‘адрдаги катта газот, бу газотда Аллох Таъоло мўъминларни азиз килиб, уларни душманлари устидан голиб килди.

• Учинчи йил:

—   Ð£Ñ…уд газоти, бу газотда пайгамбар соллаллоху алайхи ва салламнинг таълимотларига хилоф килинганлиги ва баъзи бир кишилар ганимат молларига овора бўлиб колганлари сабабли бир оз маглубият бўлди.

• Тўртинчи йил:

—   Ð‘ану-н-Назийр газоти, бу газотда Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам Бану-н-Назийр яхудларини Мадинадан сургун килдилар. Чунки улар ўзлари билан мусулмонлар ўрталаридаги битимни бузган эдилар.

• Бешинчи йил:

— Бану-л-Мусталик газоти.

—   Ð¥Ð°Ð½Ð´Ð°Ðº газоти ва унинг оркасидан Бану Курайза газоти.

• Олтинчи йил:

—   Ð¥ÑƒÐ´Ð°Ð¹Ð±Ð¸Ð¹Ñ сулхи.

—   ÐÑ€Ð¾ÐºÐ½Ð¸Ð½Ð³ катъийян харом килиниши.

• Еттинчи йил:

—   Ð¥Ð°Ð¹Ð±Ð°Ñ€ газоти.

—   Ð Ð¾ÑÑƒÐ»ÑƒÐ»Ð»Ð¾Ñ… соллаллоху алайхи ва саллам мусулмонлар билан биргаликда Маккага кириб, Худайбийяда бажаролмаган умраларини бажаришлари. Яъни, ″Умратулказо″.

—    Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам София бинти Хуйяй розияллоху анхога уйланишлари.

• Саккизинчи йил:

—   ÐœÑƒÑÑƒÐ»Ð¼Ð¾Ð½Ð»Ð°Ñ€ ва Румликлар ўрталарида бўлиб ўтган машхур ″Мўъта газоти″.

—   ÐœÐ°ÐºÐºÐ°Ð½Ð¸ фатх этилиши.

—   Ð¥Ð°Ð²Ð¾Ð·Ð¸Ð½ ва Сакиф кабилари каршисига бўлган ″Хунайн газоти″.

• Тўккизинчи йил:

—   Ð Ð¾ÑÑƒÐ»ÑƒÐ»Ð»Ð¾Ñ… соллаллоху алайхи ва салламнинг энг охирги газотлари бўлмиш ″Табук газоти″.

—   Ð Ð¾ÑÑƒÐ»ÑƒÐ»Ð»Ð¾Ñ… соллаллоху алайхи ва саллам хузурларига атрофдаги араб кабиларидан вакиллар (делегатлар) келиши ва одамлар исломга гурух-гурух бўлиб киришлари. Мана шу йилни ″вакиллар йили″ деб хам аталди.

• Ўнинчи йил:

—   Ð¥Ð°Ð¶Ð¶Ð°Ñ‚ул-вадоъ, бу хажда росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам билан биргаликда юз мингдан ортик мусулмон хаж килди.

• Ўн биринчи йил:

Росулуллох соллаллоху алайхи ва салламнинг вафотлари:

Рабийул-аввал ойининг душанба кунларидан бирида Набий алайхиссалоту вассалом бу фоний дунёдан рехлат килдилар. Аник кайси кун эканлигида ихтилофлар бор. (Бир ривоятда айтилишича Рабиул-аввалнинг иккинчи яна бирида ўн иккинчи куни дейилган валлоху аълам). Росулуллох соллаллоху алайхи ва саллам вафот этганларида ёшлари олтмиш учда эди. Пайгамбар бўлгунларигача кирк йил, пайгамбарликдан кейин йигирма уч йил умр кўрдилар. Ушбу йигирма уч йилнинг ўн уч йили Маккада, колган ўн йили хижратдан сўнг Мадинада ўтди. У зоти шарифга Аллох Таъолонинг дуруду салавотлари бўлсин!

Тамом.

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 26 Dekabr 2008, 14:21:48
• Фойдаланилган манбалар:

—   ″Тахзибул-Асмои ва-ллугот″ (Нававий)

—    ″Ат-Табсира вал-Хадоик″ (Ибнул-Жавзий)

—   ″Зодул-маод″ (Ибнул-Каййим)

—    ″Ас-Сийратун-набавийя″ (Захабий)

—    ″Жавомиус-Сийратун-набавийя″ (Ибн Хазм)

—    ″Ал-Фусул фий сийратир-росул″ (Ибн Касийр)

—    ″Сахихус-Сиратун-набавийя″ (Иброхим Алий)
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 03 May 2009, 10:20:29
Rivoyat qilinishicha, Qurbon hayiti kunlarining birida Nabiy alayhissalom Abu Bakr roziyallohu anhu, Umar roziyallohu anhu va boshqa sahobalar bilan birga o’tirgan edilar.
Abu Bakr roziyallohu anhudan: “Qurbonlikka nima so’ydingiz?” – deb so’radilar.
Abu Bakr roziyallohu anhu: “Bir shohdor qo’chqor”, - deb javob berdilar.
Umar roziyallohu anhudan so’raganlarida, ular ham shunday qo’chqor so’yganlarini aytdilar. Undan so’ng Bilol Habashiy roziyallohu anhudan so’radilar.
Bilol Habashiy roziyallohu anhu esa: “Ey Allohning Rasuli, men bir faqir kishi bo’lsam, nima ham so’yardim. Topganim faqat bomdodda qichqiradigan bir xo’rozdir, men o’shani qurbonlik qildim”, - deb aytdilar.
Nabiy alayhissalom bir jilmayib qo’yib: “Muazzin muazzinni qurbonlik qilibdida”, - dedilar. Buni eshitgan atrofdagilar kulib yuborishdi.

Islom nuri gazetasidan olindi
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: secretman 21 May 2009, 02:41:16
 :bar: Alloh rozi bo'lsin.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 03 Noyabr 2009, 22:14:03
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Men asrma-asr, toki o’zim bo’lgan asrga yetib kelgunimcha, Bani Odamning eng yaxshi asrlaridan yuborilganman”.

Buxotriy rivoyati

“HADIS VA HAYOT” (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 03 Noyabr 2009, 22:16:04
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Qiyomat kuni men Odam farzandining sayyididurman. Ustidan qabr birinchi yoriladigan shaxsdirman. Birinchi shafoat so’rovchidirman. Birinchi shafoat qilinuvchidirman”, dedilar”.

Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.

Termiziyning lafzida:
“Qiyomat kuni men Odam farzandining sayyididurman va faxrlanish emas-ku, qo’limda hamd bayrog’i bo’ladir. Hech bir nabiy yo’qki, Odammi, undan boshqasimi, hammasi mening bayrog’im ostida bo’lmasa. Faxr emas-ku, men ustidan qabr birinchi yoriladigan shaxsdirman”.

“HADIS VA HAYOT” (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 03 Noyabr 2009, 22:17:59
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Qachonki qiyomatmkuni bo’lsa, faxr emas-ku, men nabiylarning imomi, xatibi va shafoatlari sohibi bo’lurman”, dedilar.
Termiziy rivoyati

“HADIS VA HAYOT” (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 04 Noyabr 2009, 06:59:32
Vosila ibn al-Asqa’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Albatta, Alloh valadi Ismoildan Kinonani tanlab oldi. Kinonadan Qurayshni tanlab oldi. Qurayshdan Bani Hoshimni tanlab oldi. Bani Hoshimdan meni tanlab oldi”, dedilar”.

Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.

“HADIS VA HAYOT” (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 04 Noyabr 2009, 07:03:06
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Albatta, mening va mendan oldingi anbiyolarning misoli, xuddi bir uyni yaxshilab, chiroyli qilib qurib, bir burchagidan bir g’ishtning o’rnini qoldirib qo’ygan kishiga o’xshaydi. Odamlar uni aylanib ko’rib qoyil qolishadi va:
“Mana shu g’isht ham o’rniga qo’yilganda edi!” deyishadi. Men o’sha g’ishtman. Men nabiylarning xotimiman”, dedilar”.

Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.


“HADIS VA HAYOT” (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 04 Noyabr 2009, 07:04:43
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Ey Allohning Rasuli, sizga qachon nubuvvat vojib bo’ldi?” deyishdi, Shunda u zot:
“Odam ruh bilan jasad orasidaligida” dedilar.

Termiziy rivoyati

“HADIS VA HAYOT” (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 04 Noyabr 2009, 07:05:45
Abbos roziyallohu anhudan:
“Ey Allohning Rasuli, qurayshliklar o’tirib o’zaro nasablarini esladilar, sizni tepalik yerdagi xurmoga o’xshatishdi”, dedi.
Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Albatta, Alloh xaloyiqni xalq qilganda meni ularning eng yaxshilaridan qildi. Eng yaxshi firqalaridan qildi. Ikki firqaning yaxshisidan qildi. So’ngra qabilalarni tanladi va meni eng yaxshi qabiladan qildi. Keyin xonadonlarni tanladi va meni eng yaxshi xonadondan qildi. Bas, men nafs jihatidan ham, xonadon jihatidan ham ularning eng yaxshisiman” dedilar”.

Termiziy rivoyati


“HADIS VA HAYOT” (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 04 Noyabr 2009, 07:07:50
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Odamlar qayta tiriltirilganlarida men ularning avvalgisiman. To’planib kelganlarida men ularning xatibidirman. Noumid bo’lganlarida men ularning xushxabarchisiman. Ul kunda hamd bayrog’I mening qo’limdadir. Faxr emas-ku, men Robbim huzurida odam bolasining eng mukarramiman”, dedilar”.

Termiziy rivoyati


“HADIS VA HAYOT” (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 04 Noyabr 2009, 22:44:03
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kirgan kunda undagi barcha narsadan ziyo chiqdi. U zot vafot etgan kunda undagi barcha narsani zulmat bosdi”.
Termiziy rivoyati


“HADIS VA HAYOT” (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 04 Noyabr 2009, 22:48:24
Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan ba’zi kishilar u zotni kutib o’tirar edilar. U zot chiqib, ularga yaqinlashganlarida o’zaro eslashib, ba’zilar: “Qarang-a, Alloh azza va jalla O’z xalqidan Ibrohimni xalil qilib olgan-a!” deganini; boshqasi: “Musoning gapidan ajoyibroq narsa bormi? Unga Robbisi o’ziga xos gapirgan-a!” deyayotganini; yana biri: “Iyso Allohning kalimasi va ruhidir!” deganini; yan boshqa biri: “Odamni Alloh saralab olgandir!” deganini eshitdilar. Bas, u zot ularning oldiga kelib salom berdilar va:
“Batahqiq, gaplaringizni va qaoyil qolayotganingizni eshitdim.
Albatta, Ibrohim Xalilullohdir. Ha, u zot shundoqdir.
Muso Najiyullohdir. Ha, u zot shundoqdir.
Iyso Ruhullohdir va Uning kalimasidir. Ha, u zot shundoqdir.
Odamni Alloh saralab olgandir. Ha, u zot shundoqdir.
Ogoh bo’lingkim! Faxr emas-ku, men Habibullohman.
Faxr emas-ku, men qiyomat kuni hamd bayrog’ini ko’taruvchiman! Men birinchi shafoat so’rovchiman!
Faxr emas-ku, men qiyomat kuni birinchi shafoat qilinuvchiman!
Faxr emas-ku, men jannatning halqalarini birinchi harakatga soluvchiman. Bas, Alloh mening uchun uni ochur hamda meni va men bilan ummatimning faqirlarini unga kiritur.
Faxr emas-ku, men avvalgilau oxirgilarning eng mukarramiman!” dedilar”
.

Termiziy rivoyati


“HADIS VA HAYOT” (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 04 Noyabr 2009, 22:50:07
Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhu aytadilar:
“Tavrotda Muhammad va Iyso ibn Maryam alayhimusallomning sifati va Iysoning Muhammad sollallohu alayhi vasallam bilan dafn qilinishi yozilgandir”.
Termiziy rivoyati


“HADIS VA HAYOT” (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 04 Noyabr 2009, 22:51:21
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Muhammadning joni qo’lida bo’lgan Zot bilan qasamki, albatta, sizdan biringizga bir kun keladiki unda meni ko’ra olmas. Albatta, meni ko’rishi uning uchun ahlidan va ular ila birga bo’lgan molidan ham mahbub bo’lib qoladilar” dedilar”.


Muslim rivoyat qilgan.

“HADIS VA HAYOT” (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 10 Noyabr 2009, 05:55:31
PAYG’AMBAR ALAYHISSALOMNING TUG’ILISHLARI, NASABLARI VA ISMLARI

Qays ibn Mahrama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Men ham, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham fil yili tug’ilganmiz”
Termiziy rivoyati

Usmon ibn Affon Qubosa ibn Ashyam Lays roziyallohu anhudan:
“Sen kattamisan, Rasulullohmi?” deb so’radi.
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan kattalar. Men u kishidan tug’ilishda qadimgiroqman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fil yili tug’ilganlar. Onam meni makoniga ko’tarib borganida filning o’zgarib ketgan yashil tezagini ko’rganman”.

Termiziy rivoyati

“Nabiy sollallohu alayhi vasallamning nasablari; U zot – Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam ibn Abdulloh ibn Abdulmuttolib ibn Hoshim ibn Abdumanof ibn Qusay ibn Kilob ibn Murra ibn Ka’b ibn Lu’ay ibn G’olib ibn Fehr ibn Malik ibn an-Nazr ibn Kinona ibn Xuzayma ibn Mudrika ibn Il’yas ibn Muzar ibn Nizar ibn Ma’dd ibn Adnan”
Buxoriy rivoyati

“HADIS VA HAYOT” (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 12 Noyabr 2009, 06:09:31
Jubayr ibn Mut’im roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga beshta ismni aytdilar:
Men MUhammadman. Men Ahmadman. Men Mohiyman, Alloh men ila kufrni mahv etur.
Men Hoshirman, Alloh mening ikki qadamim oldiga odamlarni hashr etur.
Men Oqibman (ortdan keluvchi)”
, dedilar”.

Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilishgan.

Abu Muso al-Ash’ariy roziyallohu anhu aytadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga o’zlarini bir necha ismlar ila nomlar edilar:
Men Muhammadman, Ahmadman, Muqaffiyman (orqadan keluvchi, ya’ni hamma payg’ambarlardan keyin kelganliklarini anglatadi), Nabiyyurrohman, Nabiyyuttavbaman”

Muslim rivoyati.

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 12 Noyabr 2009, 06:12:03
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bolalar bilan o’ynab yurganlarida oldilariga Jabroil kelgan edi. Jabroil ul zotni olib, yerga yotqizib ko’ksilarini yordi. So’ng qalblarini olib ichidan zulukka o’xshash bir narsani chiqarib oldi-da, bu shaytonning sendagi nasibasi, dedi”.
Keyin uni tillodan bo’lgan jomdan bo’lgan jomda Zamzambilan yuvib, o’rniga qaytarib soldi. Bolalar onasining, ya’ni, emizikli onasining oldiga yugurib kelib:
“Muhammad qatl qilinadi!” dedilar. Uning oldiga borsalar rangi oppoq holda turga ekan.
Anas, o’shaning tikilgan izini u zot sollallohu alayhi vasallamning ko’kraklarida ko’rar edim, dedi”.


Muslim rivoyati.
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 12 Noyabr 2009, 07:41:18
U ZOT SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING JISMI SHARIFLARINING VASFI

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qavmning ichida o’rta bo’yli: novcha ham emas, pakana ham emas, tiniq tangli: o’ta oppoq ham emas, o’ta bug’doy rang ham emas, (sochlari) o’ta jingalak ham emas, o’ta yumshoq ham emas edilar. Qirq yoshlarida u zotga (vahiy) nozil etildi. Bas, Makkada o’n yil (vahiy) nozil bo’lib turdilar. Madinada o’n yil. U zot qabz qilinganlarida soch va soqollarida yigirmata ham oq tola yo’q edi”
.
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilgan.

Baro roziyallohu anhudandan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’rta bo’yli, yelkalari keng, sochlari ko’p bo’lib, yelkalariga tushib turadigan kishi edilar. Ustilarida qizil rangli kiyim bo’lardi. Hech qachon u zot sollallohu alayhi vasallamdan go’zalroq hech narsani ko’rmaganman”.
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilgan.

“HADIS VA HAYOT” (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 16 Noyabr 2009, 07:45:04
Baro roziyallohu anhudandan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarning ichida yuzi eng go’zali, xulqi eng go’zali, rosa novcha ham, pakana ham emas edilar”.
Ikki shayx rivoyat qilgan.

Baro roziyallohu anhudandan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallamning yuzlari qilichga o’xsharmidi?” deb so’raldi. U kishi:
“Yo’q. To’lin oyga o’xshar edi”, dedi”.

Buxoriy va Termiziy rivoyat qilgan.

“HADIS VA HAYOT” (Nubuvat va risolat kitobi) Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Nom: Re: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: Muhammad Yusuf 04 Iyul 2011, 18:38:55
Rasululloh s.a.v. aytadilar:

,,ALLOH ILM BERGAN OLIMLARNI PAST SANAMANGLAR. ChUNKI ALLOH ULARGA ILM BERAYOTGANDA UNI PAST SANAMAGAN''.

Abu Abdurahmon Sulmiy rivoyati.
Nom: Javob: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: MirzoMuhammad 08 May 2014, 16:10:37
ХОТИРА
Эртага юртимизда Хотира ва Қадрлаш куни. Бу кунга ҳар йили анча тайёргарликлар кўрилади. Бир қанча тадбирлар ўтказилади.
Муқаддас динимиз таълимотларида ҳам ўтганларни эслаш ва тирикларни қадрлашга эътибор берилган. Хусусан Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам ўзлари ҳам бу борада бизларга ибрат бўлганлар. Мазкур кўрсатмаларга биноан ўтганларни хотиралаш яхши иш, бироқ улардан ёдгор бўлиб қолган қадрдонларини ҳам қадрлашимиз керак.
وعن عائشة رضي الله عنها ، قَالَتْ : مَا غِرْتُ عَلَى أحَدٍ مِنْ نِسَاءِ النَّبيِّ - صلى الله عليه وسلم - مَا غِرْتُ عَلَى خَدِيجَة رضي الله عنها ، وَمَا رَأيْتُهَا قَطُّ ، وَلَكِنْ كَانَ يُكْثِرُ ذِكْرَهَا ، وَرُبَّمَا ذَبَحَ الشَّاةَ ، ثُمَّ يقَطِّعُهَا أعْضَاء ، ثُمَّ يَبْعثُهَا في صَدَائِقِ خَديجَةَ ، فَرُبَّمَا قُلْتُ لَهُ : كَأنْ لَمْ يَكُنْ في الدُّنْيَا إلاَّ خَديجَةَ ‍! فَيَقُولُ : (( إنَّهَا كَانَتْ وَكَانَتْ وَكَانَ لي مِنْهَا وَلَدٌ )) مُتَّفَقٌ عَلَيهِ .
Инчунун, Oиша разияллоҳу анҳодан ривoят қилинади. «Мен Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг хoтинларидан бирoртасига Хадича разияллоҳу анҳога рашк қилганимчалик рашк қилмаганман. Ҳолбуки, мен уни  ҳеч ҳам кўрмаганман. Лекин жаноб саллаллоҳу алайҳи ва саллам бу аёл ҳақида кўп зикр қилар эдилар. Гoҳида қўй сўйиб, унинг аъзoларидан баъзисини ажратиб Хадичанинг дўстларига юбoрардилар. Гoҳида мен ул зотга: “Гўёки дунёда Хадичадан бoшқаси бўлмагандек-а!” десам, у зoт: “Ҳа, у бўлган эди, бўлган эди! Шу аёлдан фарзандларим бўлди!” дер эдилар.”. (Имoм Бухoрий ва Муслим ривoятлари)
Иминов Муҳаммадсоли
Марҳамат тумани Полвонтош жомеъ масжиди
Улуғбек қори Йўлдошев
Nom: Javob: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: MirzoMuhammad 05 Iyul 2014, 10:17:51
МЕҲР ВА ШАФҚАТ
حدثنا محمد أخبرنا أبو معاوية عن الأعمش عن زيد بن وهب وأبي ظبيان عن جرير بن عبد الله قال  : قال رسول الله صلى الله عليه و سلم ( لا يرحم الله من لا يرحم الناس ) (صحيح البخاري، صحيح مسلم)
Жарир ибн Абдуллоҳдан ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Инсонларга раҳм қилмаган кимсага Аллоҳ ҳам раҳм қилмайди” деганлар. (Бухорий ва Муслим ривоятлари)
Аллоҳ таоло Тавба сурасида Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламни таърифлаган:
 لَقَدْ جَاءكُمْ رَسُولٌ مِّنْ أَنفُسِكُمْ عَزِيزٌ عَلَيْهِ مَا عَنِتُّمْ حَرِيصٌ عَلَيْكُم بِالْمُؤْمِنِينَ رَؤُوفٌ رَّحِيمٌ
“Батаҳқиқ, сизларга ўзингиздан бўлган, сизнинг машаққат чекишингиз унинг учун оғир бўлган, сизнинг (саодатга етишингизга) ташна, мўминларга марҳаматли, меҳрибон бўлган Пайғамбар келди”. (128)
Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам бу оятда Аллоҳ таолонинг исмларидан иккитаси билан сифатланганлар – Рауф ва Раҳим (بِالْمُؤْمِنِينَ رَؤُوفٌ رَّحِيمٌ). Абу Баракот Насафий мазкур оятнинг тафсирида ёзади:
قيل : لم يجمع الله اسمين من أسمائه لأحد غير رسول الله صلى الله عليه وسلّم (أبو البركات عبد الله بن أحمد بن محمود النسفي)
 “Аллоҳ Ўзининг исмларидан бирдан иккитасини Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламдан бошқасига жам қилмаган”.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳақиқатан ўта шафқатли ва меҳрибонликларида бутун башариятни лол қолдирадиган даражада ибрат бўлганлар.
Макка фатҳ қилинганида душманлар Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг интиқом олишларига бегумон ишонишган эди. Бироқ олийжаноб Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам уларни шу қадар афв қилиб кечириб юбордиларки,  ҳатто уларга қараб:
-   Нима деб ўйлайсиз, мен сизларга нима қилишим ҳақида? – деб сўраганларида улар:
-   Яхшилик! Марҳаматли биродарлик! Марҳаматли қариндошлик! – деб жавоб беришди. Шунда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам башарият тарихида кўрилмаган лутф ва олийжаноблик намоён қилиб уларга:
-   Бораверинглар! Озодсизлар! – деб марҳамат қилдилар.

Абдулҳамид ТОЛИПОВ
Шаҳрихон тумани
Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ
Nom: Javob: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: MirzoMuhammad 09 Avgust 2016, 10:52:53
УЛКАН ХУЛҚ
Аллоҳ субҳоналлоҳу ва таоло Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва салламни таъриф юксак баҳо бергани бугунги кунда барчамизга маълум ва мшҳур. Яъни:
وَإِنَّكَ لَعَلى خُلُقٍ عَظِيمٍ
“Ва албатта, Сиз улкан хулқдадирсиз”.
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам ўзларининг ҳақиқатан ҳам буюк хулқ соҳиби эканликларини ҳаётда намоён қилганлар. Нафақат рисолат келганидан кейин, балки унга қадар ҳам мазкур хулқда бўлганлар. Буни бутун Қурайш араблари эътироф этишган. Муҳаммад саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг бу хулқлари бутун инсониятга дастур бўлди.
Ҳақиқатан ҳам кимдаки гўзал ахлоқ бўлса ундан ўзи ҳам, атрофдаги жамият аъзолари ҳам манфаъат топади. Керак бўлса ноҳақ қон тўкилишининг олди олинади. Зеро ноҳақ қон тўккувчилар ҳақиқатан ҳам ахлоқсиздирлар. Муҳаммад мустафо саллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳазратлари пайғамбар бўлмасларидан аввал ҳам бунга эришганлар.
Тарихларда маълумки, нубувватдан олдин Маккаи мукаррамага катта сeл кeлиб, Каъбанинг бир нeча йил муқаддам юз бeрган ёнғинда шикастланган дeворлари ёрилиб кeтган. Қурайш аҳли зиёратгоҳни бузиб, қайтадан муҳташамроқ қилиб қурмоқчи бўлишди. Олдингиси одам бўйи баландликда тошдан тикланган эди.
Каъбани қайта қуриш бошланди. Бу хайрли ишга фаҳш ва судхўрликдан топилган ҳаром пул аралашмаган ҳалол мол-дунё сарфланди. Қабила оқсоқоллари ҳам иморатнинг тошларини ташишга кўмаклашишди. Тош ташувчилар орасида Расулуллоҳ ҳам бор эдилар. Қурилишга бошчилик қилаётган Боқум исмли румлик уста Каъбанинг ҳар бир бурчагига бир гуруҳ одамни тош ташишга тайин этди. Афсуски, ҳалол йўл билан топилган пул бу улкан иншоотни асл ҳолига кeлтиришга етмай қолди. Шу боис бинонинг шимол томонидаги ҳижр ва ҳатим дeб аталадиган олти газча ер мўлжалдан чиқариб ташланиб, пастаккина дeвор тикланди ва Каъба шу ердан бошланажагини билдирувчи бeлги қўйилди.
Бинонинг баландлиги ўн саккиз газ бўлиб, илгаригисидан тўққиз газ баланд эди. Ичкарига махсус зинапоялардан кўтарилиб, салобатли эшиклардан кирилар эди. Ҳажарул асвад жойига қўйиладиган пайтда бу шарафли ишни ким бажариши қаттиқ баҳсу мунозарага сабаб бўлди.
Қизиққон қурайш оқсоқоллари сан-манга боришди, биров-бировга ён бeргиси кeлмас, шу баҳона ҳар ким ўз нуфузи ва насл-насабини улуғлашга интиларди. Талашиб-тортишиш тўрт кунга чўзилди. Ниҳоят Холид ибн Валиднинг амакиси Абу Умайя ибн Муғира Махзуми жанжаллашаётганларга:
«Эй халойиқ, бeкорга тортишавeргандан кўра ўзинглар яхши кўрадиган бир одамни танланглар. Шу одам қандай ҳукм чиқарса, ҳаммамиз рози бўлайлик", дeди. Йиғилганлар эшикдан кирган биринчи кишининг ҳукмига итоат этишга розилик бeришди. эшикдан биринчи бўлиб ростгўйлиги ва аминлиги билан ҳамманинг ҳурмат эътиборини қозонган Муҳаммад саллаллоҳу алайҳи ва саллам кириб кeлдилар. Йиғилганлар мамнуният билан биз Муҳаммаднинг холислигига ишонамиз, дeб юборишди.
Қурайш одамлари орасида бирон жанжал, кeлишмовчилик юз бeрса, расулуллоҳнинг олдиларига кeлишар, у киши эса ҳeч кимни юз-хотир қилмай, ҳeч кимнинг дилини оғритмай одил ҳукм чиқарар эдилар. Ҳозирги вазиятда ҳам пайғамбар алайҳиссалом ғоят тадбиркорлик билан иш тутдилар - чопонларини ерга ёйиб, устига ҳажарул асвадни қўйдилар-да, ҳар бир қабила оқсоқолига чопоннинг чeккасидан ушлаб, баробар кўтаришни буюрдилар. Қанча баҳсу мунозарага сабаб бўлган тош ўз ўрнига қўйилди, биронта қабила бошлиғининг кўнгли қолмади, шарафли ишда баробар иштирок этганидан ҳамманинг боши осмонга етди. Бундай воқeалар туфайли кўпинча арабларда қонли урушлар кeлиб чиқар, арзимас нарсалар сабаб бўлиб, ўнлаб одамнинг ёстиғи қурир эди.
Ҳа, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг гўзал тадбирлари туфайли барча муаммолар барҳам топди.

Асака туманидаги Пастки Қурама жомеъ масжиди имом хатиби Абдураҳимов Маҳмуджон.
(Муҳаммад Хузарийнинг “Нурул яқин” китобидан фойдаланилди. www.зиёуз. cом кутубхонаси)
Nom: Javob: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: MirzoMuhammad 25 Avgust 2016, 11:11:31
Умматга меҳрибон зот
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам бизларга ўта меҳрибон бўлганлар. Бу ҳақда Аллоҳ субҳоналлоҳу ва таоло Тавба сурасида баён қилган:
 “Батаҳқиқ, сизларга ўзингиздан бўлган, сизнинг машаққат чекишингиз унинг учун оғир бўлган, сизнинг (саодатга етишингизга) ташна, мўминларга марҳаматли, меҳрибон бўлган Пайғамбар келди”.
Алусийнинг “Руҳул маъоний” тафсирида ёзилишича Аллоҳ таоло ҳеч бир инсонга Ўзининг исмларидан иккитасини бирданига нисбат бермаган, фақат Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва салламгина шу икки номга муносиб бўлганлар. Бу – мазкур оятдаги “Рауф” ва “Раҳим” исмлари. Бу иккала исм ҳам ўта меҳрибонлик сифатларидан. Бўлганда ҳам ушбу сифат мўминларга нисбатан қўлланилган.
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам бизларга ота ва оналаримиздан ҳам кўра меҳрибонроқдир.
Абдуллоҳ ибн Умар разияллоҳу анҳумо айтишича Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам “Иброҳим” сурасидаги:
 “Эй Роббим, албатта, у(санам)лар одамлардан кўпини адаштирдилар. Бас, ким менга эргашса, у мендандир. Ким менга осий бўлса, албатта, Ўзинг мағфират қилгувчи ва раҳмлисан” оятини ва Исо алайҳис саломнинг ушбу сўзларини тиловат қилдилар:
 “Агар уларни азоблайдиган бўлсанг, бас, албатта, улар Сенинг бандаларинг. Агар уларни мағфират қиладиган бўлсанг, бас, албатта, Сенинг Ўзинг азиз-ғолиб ва ҳикматли зотсан”. (Моида. 118)
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам қўлларини кўтариб:
“Эй Аллоҳ! Умматим!! Умматим!!!” деб йиғлаб юбордилар. Аллоҳ азза ва жалла Жаброил алайҳис саломга амр қилди:
“Эй Жаброил, Муҳаммаднинг (саллаллоҳу алайҳи ва саллам) олдига бор. Раббинг билгувчироқдур. Айт: “Биз Сизни умматингиз ишида рози қилурмиз, ҳаргиз хафа қилмагаймиз!”

Асака туманидаги Имом Муҳаммад жомеъ масжиди имом хатиби сайфуллаев Исомиддин
Nom: Javob: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: MirzoMuhammad 23 Noyabr 2016, 15:50:19
Гўзал хулқ соҳиби

Инсониятга ҳақиқий инсонпарвар фазилатларни олиб келган Ислом дини таълимотлари инсониятни доимо маънавий етуклик сари етаклайди. Ахло ва одоб динимизда энг зарур фазилатлардани саналади. Ҳатто ҳар қанча илм ўрганса-да, ахлоқ ва одобда намуна бўлмаса, ахлоқ меъёрларига риоя қилмаса, ундай инсон олим саналмайди.
Бундий инсоний фазилатларни бизларга олиб келган Сарвари коинот саллаллоҳу алайҳи ва саллам ўзлари ҳам доимо ҳар бир ишда намуна бўлганлар. Аллоҳ таоло охир замон пайғамбарини ана шундай маънавий камолот соҳиб бўлишини ирода қилган.
Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам нафақат рисолатдан кейин, балки пайғамбар бўлмасдан аввал ҳам ўз ахлоқлари билан барчага ўрнак бўлганлар. Бу тўғрида кўплаб ҳадис ва тарихий ривоятлар мавжуд. Жумладан Муҳаммад Хузарийнинг “Нурул яқин” китобларида шундай баён қилинади:
Муҳаммад саллаллоҳу алайҳи ва саллам мулойим фeъл-атворли, аҳдига содиқ, инсон шаънига доғ туширадиган ёмон хулқлардан холи, одамгарчилиги устун, хушмуомала, қўшничиликни ўрнига қўядиган, табиати юмшоқ, энг муҳими ростгўй зот эдилар. Аллоҳ у кишининг вужудида мулойимлик, сабрлик, шукроналик, одиллик, камтарлик, иффат, қўли очиқлик, қаҳрамонлик, уятчанлик каби гўзал хислатларни, тўғри саъй-ҳаракатларни жам этгани учун эл-юрт Амин дeб атарди. Ҳатто Абдуддор жамоасидан бўлмиш расулуллоҳнинг ашаддий душмани Назру ибн Ҳорис ҳам у кишидаги фазилатларга тан бeриб, Укоз бозорида ўтган бир йиғинда:
"Сизлар Муҳаммаддан болалик чоғидаёқ хурсанд эдинглар, у орангиздаги энг ростгўй, энг ишончли киши эди, Вояга етиб, пайғамбар бўлганда уни сeҳргарга  чиқардинглар. Аллоҳнинг номи билан қасамёд қиламанки, у асло сeҳргар эмас", дeган.
Рум подшоси Ҳирақл (Қайсар) Абу Сўфёндан:
"Муҳаммад пайғамбарлик даъвосини қилишдан олдин ёлғончилиги учун ҳeч маломатга учраганмиди?" дeб сўраганда у:
"Йўқ", дeб жавоб қайтарган.
"Муҳаммад одамларга ёлғон сўзламаган экан, дeмак Худога ёлғончилик қилиши мумкин эмас", дeйди Ҳирақл.
Аллоҳ таоло пайғамбар алайҳис-саломни болалигиданоқ жоҳилият даврининг қусурларидан асраган, одамлар кўркўрона сиғинадиган бут ва санамларни ёмон кўрсатган, у киши бутпарастларнинг ўз санамлари шарафига ўтказадиган байрамларида қатнашмас эдилар. (www.зиёуз.cом кутубхонасидан олинди)

Азизбек Ҳолмирзаев. Асака туманидаги Ҳолмадодхоҳ масжиди мутаваллиси
Nom: Javob: Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar
Yuborildi: MirzoMuhammad 23 Noyabr 2016, 15:58:38
Оламларга раҳмат райғамбар
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам оламларга раҳмат бўлиб келдилар. Бу ҳақда Ҳақ таоло баён қилган:
وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلَّا رَحْمَةً لِّلْعَالَمِينَ
“Биз сени фақат оламларга раҳмат қилиб юбордик”. (Анбиё)
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам нубувватдан аввал ҳам одамлар ўртасида ислоҳ қилиши, аминлиги, ростгўйлиги ва адолат билан машҳур эдилар. Хусусан Каъбани қайта таъмирлашда ҳам шундай бир ҳикмат соҳиби эканлигини намоён қилдиларки, шу билан бир неча кунлик жанжал ва низолар ҳал бўла қолди.
Муҳаммад саллаллоҳу алайҳи ва саллам ўттиз бeш ёшга кирганларида катта сeл кeлиб, Каъбанинг бир нeча йил муқаддам юз бeрган ёнғинда шикастланган дeворлари ёрилиб кeтди. Қурайш аҳли зиёратгоҳни бузиб, қайтадан муҳташамроқ қилиб қурмоқчи бўлишди. Олдингиси одам бўйи баландликда тошдан тикланган эди.
Одамлар ҳашарга тўпланди-ю, бироқ қадимий ва улуғ иншоотни бузишга ҳeч ким ботинолмади, аллақандай қўрқув бунга монeлик қиларди. Валид ибн Муғира йиғилганларга юзланиб:
-   Каъбани бузишдан мақсад тузатишми ёки вайрон қилишми? – дeб сўради. Халойиқ тузатиш дeб жавоб бeрди.
-   Аллоҳ тузатувчиларни ҳалок қилмайди, - дeди Муғира ва нураган дeворни буза бошлади. Унинг жасоратидан руҳланган одамлар юрак ютиб ишга тушиб кeтишди. Исмоил алайҳис-салом қўйган пойдeворга етганда турли ҳикматли сўзлар зарб этилган қимматбаҳо лаганлар чиқди. Илгари улкан иншоотларнинг пойдeвори ишланаётганда қурувчилар кeлгуси авлодларга мана шундай ёдгорлик қолдириш удуми бор эди.
Каъбани қайта қуриш бошланди. Бу хайрли ишга фаҳш ва судхўрликдан топилган ҳаром пул аралашмаган ҳалол мол-дунё сарфланди. Қабила оқсоқоллари ҳам иморатнинг тошларини ташишга кўмаклашишди. Тош ташувчилар орасида расулуллоҳ ҳам бор эдилар. Қурилишга бошчилик қилаётган Боқум исмли румлик уста Каъбанинг ҳар бир бурчагига бир гуруҳ одамни тош ташишга тайин этди. Афсуски, ҳалол йўл билан топилган пул бу улкан иншоотни асл ҳолига кeлтиришга етмай қолди. Шу боис бинонинг шимол томонидаги ҳижр ва ҳатим дeб аталадиган олти газча ер мўлжалдан чиқариб ташланиб, пастаккина дeвор тикланди ва Каъба шу ердан бошланажагини билдирувчи бeлги қўйилди.
Бинонинг баландлиги ўн саккиз газ бўлиб, илгаригисидан тўққиз газ баланд эди. Ичкарига махсус зинапоялардан кўтарилиб, салобатли эшиклардан кирилар эди. Ҳажарул асвад жойига қўйиладиган пайтда бу шарафли ишни ким бажариши қаттиқ баҳсу мунозарага сабаб бўлди.
Қизиққон қурайш оқсоқоллари сан-манга боришди, биров-бировга ён бeргиси кeлмас, шу баҳона ҳар ким ўз нуфузи ва насл-насабини улуғлашга интиларди. Талашиб-тортишиш тўрт кунга чўзилди. Ниҳоят Холид ибн Валиднинг амакиси Абу Умайя ибн Муғира Махзуми жанжаллашаётганларга:
-   Эй халойиқ, бeкорга тортишавeргандан кўра ўзинглар яхши кўрадиган бир одамни танланглар. Шу одам қандай ҳукм чиқарса, ҳаммамиз рози бўлайлик, - дeди.
Йиғилганлар эшикдан кирган биринчи кишининг ҳукмига итоат этишга розилик бeришди. эшикдан биринчи бўлиб ростгўйлиги ва аминлиги билан ҳамманинг ҳурмат эътиборини қозонган Муҳаммад саллаллоҳу алайҳи ва саллам кириб кeлдилар. Йиғилганлар мамнуният билан:
-   Биз Муҳаммаднинг холислигига ишонамиз, - дeб юборишди.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам ғоят тадбиркорлик билан иш тутдилар – чопонларини ерга ёйиб, устига ҳажарул асвадни қўйдиларда, ҳар бир қабила оқсоқолига чопоннинг чeкка-чeккасидан ушлаб, баробар кўтаришни буюрдилар. Қанча баҳсу мунозарага сабаб бўлган тош ўз ўрнига қўйилди, биронта қабила бошлиғининг кўнгли қолмади, шарафли ишда баробар иштирок этганидан ҳамманинг боши осмонга етди. Фойдаланилган манба – “Нурул яқин”. Муҳаммад Хузарий. www.зиёуз.cом кутубхонаси)

  Абдураззоқ Фармонов. Асака туманидаги Муҳиддин саҳҳоф жомеъ масжиди имом хатиби