forum.ziyouz.com

Kutubxona => Jahon adabiyoti => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 23 Fevral 2008, 15:25:30

Nom: Nasihatlar. Abay
Yuborildi: AbdulAziz 23 Fevral 2008, 15:25:30
Nasihatlar. Abay

Oltinchi so‘z

Qozoqlarda: «Hunarning boshi birlikda, rizqning boshi tiriklikda» degan maqol bor. Ammo ular: bunday birlik qanday elda qanday qilsa bo‘ladi - buni bilishmaydi. Ular: ot o‘rtada, osh o‘rtada, kiyim o‘rtada, boylik o‘rtada bo‘lsa ekan, deb o‘ylashadi. Unday bo‘lsa - boylikdan nima foyda-yu, kambag‘allikdan nima ziyon? Unday bo‘lsa oshna-og‘ayning yo‘qolmay turib, mol topishning nima keragi bor? Shumi birlik? Yo‘q! Birlik - qo‘rangdagi molda emas, tushunchangda bo‘lishi kerak. Mol bersang otasi boshqa, onasi boshqa, dini boshqa, tirikchiligi boshqalar ham sen bilan tinch-totuv bo‘laveradi. Agar birlik mana shunday hisob bilan o‘lchansa, ya'ni molga sotib olinsa, bu birlik - birlik emas, ablahlikdir! Do‘st bo‘laman degan kishi ber demasdan do‘st do‘st bo‘lsa, tinch-totuv yashasa, tuz-nasibasini xudodan tilasa yaxshi bo‘ladi. Aks holda, tuz-nasibasini xudodan tilamaydi, mehnat qilmaydi va bir-biriga balo izlaydi, bir-birini aldashning payiga tushadi. Xo‘sh, shu ham birlik bo‘ldimi endi?

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2135&Itemid=227)