ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:28:49

Nom: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:28:49
IBODAT

Ibodat ne?
Yaratganga itoat ham ibodatdur
Haqiqiy bandalik birlan
Sadoqat ham ibodatdur.

Otang birla onang qalbi
O‘tar ka’ba tavofidin
Alar ko‘nglini shod etsang
Bu xizmat ham ibodatdur.

Umrni etmayin isrof
O‘zing ro‘za vujuding sof
Agar pok holda uxlarsan
Bu rohat ham ibodatdur.

Butun borliq nabotot ham
Yaratganga etar tasbeh
Bobodehqon ekib yursa
Ziroat ham ibodatdur.

Ibodatdur biror johil
Jafokorga desang haq so‘z
Va nodonga sukut qilsang
Sukunat ham ibodatdur

Agar juftihalol birla
Ko‘ngilxushlik qilar bo‘lsang
Falak shohid Malak hozir
Bu suhbat ham ibodatdur.

Tamal imoni ixlosdur
Bu qullik bandaga xosdur
Xudo deb qilganing har ish
Va niyat ham ibodatdur.

Sevib Mirzo aziz do‘stlar,
Ko‘nglini shod ayla
Agar Olloh uchun sevsang
Muhabbat ham ibodatdur.

Mirzo Kenjabek
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:29:13
ALLOH GO`ZAL

Orazi gul, husni hilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Arsh arkida sulton o`zi,
Beaybu benuqson o`zi.
Poyiga cho`k, ul Zuljalol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Diydori bir shirin umid,
Azal vujud, abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Nahri zilol, bag`ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Tuproqqa jon etmish ato
Momo havo, Odam Ato,
Loydan odam yasar kulol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Shoir tilak-ta’bim o`shal,
Ruhim o`shal, Rabbim o`shal,
Allohu akbar, ey Bilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal!..

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:29:35
QOLGANLARGA SALOM O`LSIN

Biz dunyodan ketar bo‘ldik,
Qolganlarga salom o‘lsin.
Bizning uchun ezgu duo
Qilganlarga salom o‘lsin.

Ajal bukar belimizni,
So‘ylatmayin tilimizni,
Bemor edik, holimizni
So‘rganlarga salom o‘lsin.

Tanim oshkor ochilgaydir,
Yoqasiz to‘n bichilgaydir,
Bizni o‘pgay bir vajh ila
Yuvganlarga salom o‘lsin.

Azroil olgaydir jonimiz,
Qurir tomirda qonimiz,
Yoyib, tanga kafanimiz
Urganlarga salom o‘lsin.

Ketar bo‘ldik Do‘stimizga,
Yetolmadik qasdimizga,
Namoz uchun ustimizda
Turganlarga salom o‘lsin.

Bunda har kim ketmay netar
Borsa kelmas yo‘lga ketar,
Bizning holimizdan xabar
Olganlarga salom o‘lsin.

Miskin Yunus so‘zlar so‘zi,
Qonli yoshga to‘lmnsh ko‘zi,
Bilmaslar ne bilsin bizi
Bilganlarga salom o‘lsin!

Yunus Emro
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:30:00
MUNOJOT

Xoliqo!
Qoyilman o'z nuqsonima,
Ko'b jafo qildim o'zumni jonima.
Zoti pokingdan inoyat bo'lmasa,
Hech ishonchim yo'q amal qilg'onima.

Xoliqo!
Qildim faoli kundani,
Qilmog'il rasvo mani - sharmandani.
Sen agar rahmat niqobin yopmasang
Aybi ko'b,nuqsoni ko'bdur bandani.

Xoliqo!
To'ktum ibodat tosini,
San tuzarsan bandani kam-ko'sini.
Qo'llaring bulg'onsa isyon loyig'a
Oqizursan mag'firat daryosini.

Xoliqo!
Qildim gunohi beadad,
Jon berar holatda san bergil madad.
Nafsi shayton ilkidin qutqormasang,
Bo'ldi mushkul holimizg'a,yo ahad!

Xoliqo!
Yo avvalo,yo oxiro,
Nafsi shayton jonima bo'ldi balo.
Garchi Olloyor O'tarchidur yomon,
Qo'ymog'il dushman qo'lida mubtalo.

Xoliqo!
Tutdim farog'at xobini,
Istadim doyim jahon asbobini.
Garchi Olloyor erur g'arqi gunoh,
Och ango o'lganda rahmat bobini.

Xoliqo!
Umr ayladim foniy bilan,
Endi bandang zor yilor joni bilan.
Garchi Olloyor erur zoru zabun,
Jonin ol niri imoni bilan.

Xoliqo!
Poishlarim bosh aylasang,
Xirmani rahmat mango chosh aylasang.
Munda tavfiqim,chirog'im qo'lga ber,
Onda imonimni yo'ldosh aylasang.

Xoliqo!
Afv ayla o'tgan yoshima,
Yaxshi qullarni ato qil qoshima.
Go'r ichinda kelsa ikki so'rg'uvchi
Onda sen rahm ayla yolg'uz boshima.

Xoliqo!
Diydamg'a ashki zori ber,
Ko'ngluma doim muhabbat yori ber,
Obi kavsardin mani serob etib,
Ham mang'a ko'pruk o'tarda yori* ber.

Xoliqo!
Lutf et gadoyi zoring'a,
Bandadurman,zorman har bir koring'a.
Mag'firat daryosig'a g'arqob etib,
Ko'zlarim shoyasta qil diydoring'a.

Xoliqo!
Tuz aylagaysan rohimiz,
Mustajob etgil duoi ohimiz.
Tongla hayron bo'lsa xalq o'z holig'a,
Mustafoni qil shifoatxohimiz.

So'fi Ollohyor
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:30:16
Alloh yodi oshiqlardin xoli bo'lmas,
Haqiqat er bu dunyog'a mayl qilmas.
Hayron bo'lub bu dunyoni ko'zga olmas,
Man taqi bu dunyoni qo'ygum kelur.

Ma'rifat daryosinda g'avvos bo'lub,
Muhabbat gavharlarin olg'um kelur.
Tariqat maydoninda parvoz qilib,
Ul tubo daraxtiga qo'ng'im kelur.

Sulaymon Boqirg'oniy
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:30:49
Duo qiling,duo ayt demang,
Menda yo`qdir e`tiqot-iymon.
Duo qiling,duo ayt demang,
tangrim meni bilmog`i gumon.

Duo qiling,duo ayt demang,
kaftlarimdan gunoh to`kilar.
Shayton bo`lgan yo`lda hamrohom
ulfatlarim shaytonvachchalar.

Duo qiling,duo ayt demang,
Bismillohga aylanmas tilim.
Tangrim meni qanday eshitsin,
bir ibodat bilmagan umrim.

Duo qiling,duo ayt demang,
Joynomozga qadamim harom.
men bir osiy,men bir gunohkor
topmaganim bir hovuch iymon.

Duo qiling,duo ayt demang,
Duolarim asli kerakmas.
Duo qilsam,omin deguvchi,
Farishtam ham islomdan emas.

Duo qiling,duo ayt demang,
men bir osiy,men bir gunohkor...

Shamshir (26.11.05)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:31:06
Men dunyoga dunyoman....
Men dunyoga ozorman,
Dunyosidan bezorman.
O`zim baqqol va xaridor,
to`zg`igan bir bozorman.

Men dunyoga tashvishman,
Dunyosidan sarxushman.
O`zim tuproq, o`zim mayit,
unitilgan mozorman.

Men dunyoga karvonman
Dunyosidan sarbonman.
O`zim matoh,o`zim kuloh,
uxlab qolgan bedorman.

Men dunyoga omonman,
Dunyosidan yomonman.
O`zim malham,o`zim tabib,
dardi yo`q bir bemorman.

Men dunyoga zamonman,
Dunyosidan tamomman.
O`zim shayton,o`zim Rahmon,
arosatda devorman.

men dunyoga dunyoman...
Shamshir (27.11.05)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:31:24
Bir kosa mayidan mast bo`lib qolsam,
O`zimni bilmasam ,o`zimdan tonsam.
iymonim sustlashib seni unutsam,
Meni ziyofatdan saqla Ollohim.

Bandangning olqishi man uchun nadur,
tamagirlik yohud riyo turadur.
Kibr havosidan yurak uradur,
Meni shavkatlardan saqla Ollohim.

Bizlar kim aslida mo`min-mushriklar,
ozimizdan o`tganda namli kipriklar.
Biz o`tsak qulaydi temir ko`priklar
Meni jaholatdan saqla Ollohim.

,,Adashgan dili yoq dilsiz bandaman,
tilovat qilolmagan tilsiz bandaman.
Tangrisini unutgan ruhsiz tandaman,,
meni g`aflatlardan saqla Ollohim

Ish farzim,qoladi nomozlar qazo,
bilaman,kutajak eng og`ir jazo.
Bir kuni o`qishsa menga janozo,
Meni nafratlardan saqla Ollohim...

Shamshir
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:31:54
UYG‘ONISH

G‘aflatlarga berib qadr tonglarini,
Tinglamabman muazzinlar bonglarini.
Yig‘lolmadim, ko‘zim shuncha zangladimi?
Qanday yuvay osiy dilning changlarini?!

(Ko‘zlarimni yulib otsam, shart,
Kirlaridan og‘irlashar yer...
Osmon, menga yig‘lashni o‘rgat,
Osmon, menga ko‘z yoshingdan ber!...)

Vo, darig‘o, ko‘zim qiymay ishratlardan,
Kecholmabman shaytonnusxa ulfatlardan.
Yuz o‘girib ulamoi ummatlardan
Sazo bo‘ldim nurdan qochib zulmatlarda.

(Mador ketdi, ingradim faqat,
Vujudimni bosdi sovuq ter...
Chaqmoq, menga yonishni o‘rgat,
Chaqmoq, menga shiddatingdan ber!...)

Abdulaziz Muborak
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:32:09
Ey, do‘st, unut g‘amingni,
In’om bil har damingni.
O‘lchab bos qadamingni,
Guvohingni unutma!

Ey, do‘st, qo‘rqma yomondan,
Yo hiylagar shaytondan,
Shart shuki, har zamonda
Panohingni unutma!

Ey, do‘st, andak ko‘kdan tush,
Kelmagay Tangrimga xush.
Savobingni qilmay pesh
Gunohingni unutma!

Ey, do‘st ber bir qultum may,
Ko‘ngling yig‘laydi tinmay.
Kimsam yo‘q deb xo‘rsinmay
Hamrohingni unutma!

Ey, do‘st, xushlaring qayda?
Izg‘ivermay har joyda,
Otangdan qolgan uyda
Chirog‘ingni unutma!...

Ey, do‘st, sezmaysan, esiz!
Ortingda yo‘q bitta iz...
Kim bo‘pti Abdulaziz,
Ollohingni unutma!...

Abdulaziz Muborak
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:32:25
Bir kun savol berdi yoshgina o‘g‘lon:
- Nechun Allohim deb yig‘laysiz nolon.
Dedim, javobimdan bo‘lmagin hayron,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Tinimsiz aldasa muhit, makoning,
Tortsa oyog‘ingdan do‘stu yoroning.
Shunday o‘tar bo‘lsa har zum, har oning,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Noshukur emasman dunyoda garchand,
Qaydadir menga ham bor balki dilband
Va lekin tiriklay kuydirsa farzand,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Insofu ishonch ham shirin so‘z bari,
Tiriklik toshqindir yoki ko‘pkari.
To hayot ekansan qochgaydir nari,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Shunchalar kaj erur dunyoi gardun,
Undan diyonatni axtarmoq nechun,
Padar shod o‘z o‘g‘lin bag‘rin etsa xun,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mingta ko‘z poylaydi bitta joningni,
Joningmas, martabang, balki shoningni,
O’t qo‘ymay yoqarlar xonumoningni,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Bu ko‘hna dunyoda yashadim nega,
Yaydoq ot misoli bo‘ldim beega.
Malomat qilurman, olomon, senga:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mendan ranjimasin bo‘lsa do‘st agar,
Balki ularning ham dilida kadar,
Hoynahoy mendaylar degay muqarrar:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Umr ham oxirlab bormoqda sekin,
Endi sarg‘aymoqda men ekkan ekin.
Mayli, sen o‘zingga suyangil, lekin,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:32:45
Irfon nedur?anglab o`zni tanimoqdir Rabbimizni.
Yo`lida qilmoq jon fido,bog`lab unga qalbimizni.

Orif kim?bil orif uldir:ochil desa handon guldir,
Xojasi ,,yon,, desa kuldir,gar elga shoh, unga quldir.

nafasida irfoniy hush,Haq yodin qilmas faromush.
Ruhi talpinur Arsh sari,midli qafasdan qochgan qush.

Irfonki,rahmat shajari,rohatdir zahmat ranjlari.
Kim qoyim taqvo,toatda, nasib ul shajar samari.

Orif so`zi durri nobdir, dandigida ganj serobdir
chashmadir u,ehsondan tashna dillar fayziyobdir.

Irfondan bebahra inson, yashab o`tar huddi hayvon.
Tanimay ketsa oh yomon.Ne yuz-la borar U tomon.

Ey g`ofil,poklanib dogdan, marifat ahliga bog`lan.
Qo`rq, bo`lmasin joying tandir, agar qolsang tanimogdan.

Zulmatdan qoldirmay noshon ,tig`dy tilsin nuri Irfon,
sarksh boshlar Qiyomat kunin solsin suri Irfon .

Qurondan ziyo olibon,ko`paysin ,,Qasri Orifon,,
Yo Rabb, na hushdir davrimiz, bo`lsa gar asri Orifon.

Fozil Zohid
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:33:09
Oftobdan nur tilagandim,qayerga botib ketdi,
Oltin degan do`stlarim oltinga sotib ketdi.
,,dardkashlarim,, dastidan siydam ham qotib ketdi
Endi meni o`ldirsa ishqing o`ldirsin Alloh.

Labimdagi kulgularni quzg`unlar yulib ketdi,
men hasrtada kuyunsam odamlar kulib ketdi.
Bag`rimga bosganimda bagrimni tilib ketdi
Endi meni o`ldirsa darding o`ldirsin Alloh.

Men bahorga yukundim, hazon sochdi yo`limga
Bulbulga yukungandim tikon tutdi qo`limga.
Yuraverib bu yo`ldan yo`l topmadim o`limga,
Endi meni o`ldirsa hajring o`ldirsin Alloh.

Dog`i borga o`xshayman to`lin oydek to`lishgan,
Yulduzlarninh yuzini bulutlaring tosishgan.
Meni shunday ko`zi ochiq tirigimda ko`mishgan,
Endi meni o`ldirsa vasling o`ldirsin Alloh.

Shamshir (15.01.06)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:33:33
Hurlar bormish u yonda marvarid marjondek,
Pokiza ermish nihoyat, pokiza iymondek,
Vasliga yetmakka oning bu umr yetmas emish
Lek anga yetmakka bordur rahnamo Qur’ondek.

Olloh-Olloh shundayin izzat nasib etgin menga,
Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga.

Ikki dunyo borligi rostdir, rostdir mudom,
Bu tomon aldoqchi derlar, u tomon rostdir mudom,
Bunda kim och, kimsa to‘q, kimlarga ko‘p sozdir mudom,
Kimni yozi qish esa, kimlarga qish yozdir mudom,
Har kimni bosgan izi niyatiga mosdir mudom.

Hurlar bormish u yonda marvarid marjondek,
Pokiza ermish nihoyat, pokiza iymondek,
Vasliga yetmakka oning bu umr yetmas emish
Lek anga yetmakka bordur rahnamo Qur’ondek.

Olloh-Olloh shundayin izzat nasib etgin menga,
Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga.

Pok yursang bu jahonda senga shuldir toj-taxt,
Kelganing haq, ketmaging haq, oxirat ham barhaq,
Jannatu do‘zaxni Tangrim qilmishing-chun qildi taxt,
Haq taoloning yo‘li ikki dunyoyingga baxt,
Ushbu yo‘lda kimki o‘tdi hurlar tutgay qadah.

Olloh-Olloh shundayin izzat nasib etgin menga,
Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga.

Sherali Jo'rayev
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:33:56
Iltijo

Mendan ibodatu Sendan ijobat,
Mendan itoatu Sendan hidoyat,
Mendan qanoatu Sendan baroat –
Yojg’iz madadkorim, Parvardigorim.

Savobu gunohim bilguvchi O’zing,
Umrimni, rizqimni berguvchi O’zing,
Imonimni butun etkuvchi O’zing –
Yolg’iz xaloskorim, Parvardigorim.

Qilgan gunohlarim kechir, Xudoyim,
Obi Kavsaringdan ichir, Xudoyim,
Borar yerimni keng bichir, Xudoyim –
Sensan najotkoim, Parvardigorim.

Isajon Topilov,
Farg’ona viloyati, Rapqon.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:34:22
Hayit g’azali

Hayotni sen hayot etgan umidlarda muborak et,
O’g’il-qiz, onalar ham mo’ysafidlarda muborak et.

Sano et tillarini ham Salovat et, Taborak et,
Azizu avliyo azmin muridlarda muborak et.

Munavvar et Jaloliddin jaloli-la ko’ngillarni,
Farididdin kabi fazli faridlarda muborak et.

Duolar aylagan bir el, duo tole kalitidir,
Bu el mushkullarin shunday kalitlarda muborak et.

Saodatli bu kunlarda sabohatlik, saodatlik
Satrlarni Sirojiddin sayyidlarda muborak et.

Sinovlar, ranju zahmatlararo bergan shu umringni
Ilohi, barchamizga uyd – hayitlarda muborak et!

Sirojiddin Sayyid
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:34:58
Tilaging bo’lsa gar Allohdan tila,
Bil’aks har amal so’ngidir vahim.
Har ishni boshlagin Alloh nomi-la:
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM…

Hamd bo’lsin Allohga, hamd bo’lsin har on,
Uning hukmidadir samo va zamin,
Maqtovga loyiq zot Udir har zamon:
ALHAMDULILLAHI ROBBIL ‘ALAMIYN…

Eng buyuk va so’ngsiz qudrat Allohda,
Hamma narsa Unga tobe va asir
Va o’zi har ishni qudrat-la qilar:
VALLOHU A’LA KULLI SHAY’IN QODIYR…

Anvar Tunjalb
Turkshadan Abdulloh Murod tarjimasi.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:35:14
Xudo bordir, hozirdur,
Har bir ishga qodirdur,
Kimki ishonmas ekan
Har mazhabda kofirdur.
Banda biz ul Xudoga,
Ummatimiz Mustafoga,
Shukr etaylik hamisha,
Ochib qo’llar duoga.

H.H.Niyoziy
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:35:28
Kalimani ayta olmay musulmonman deysiz, ey voh,
Amalingiz g`ayridiniy, dilda bo‘lsin deysiz Olloh,
Javon to`la qator kitob QUR`ON bormi uyingizda?
Ertak o`qib o`sayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Dasturxonga non qo`yasiz, fotihadan ham qochasiz,
Ta'rifini ko‘p keltirib qimmat aroqlar ochasiz.
Gazak deysiz harom-harish, cho`chqa go`shti hamisha bor,
Halol luqma yemayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Farzandlarga pul tutqazib, yoshlik deysiz sursin davron,
Erta kunda boshingizda o`qirlarmi bitta QUR`ON,
Qiyomatda bir savobin sizga berishi begumon
Din o`rgatib o`tmayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Mayxonalar qo`nog`ingiz, sarxush qaytasiz kechada,
Borgansizmi, bilasizmi masjidingiz qay ko`chada.
Taxlam-taxlam turar gilam, topilgaymi bir joynamoz
Namoz bilmay o`tayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Tavba uchun kech bo`lmasin kechirgay Ollohingiz
Joyingizni jahannamdan qilmasin gunohingiz.
Qiyomatdan payg`ambarlar hatto qo`rqib turibdi
Sizlar qanday ummatsiz, Muhammadning ummatlari

Nodira Usmonova
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:35:51
Na kerak?

Bir gulga bir dildan dunyo kerakdir,
Bir dilga bitta gul tanho kerakdir,
Bir elga mehrdan daryo kerakdir,
Mehr gar bo’lmasa, itob na kerak?

Tiriklik bir aziz ne’matdir azal,
O’tkarmoq joizdir pokiza, go’zal,
Nasimlar navodir, yaproqlar – g’azal,
Balog’at bazmida sharob na kerak?

Siymu zar havosi ranglaringdadir,
Ne hasrat tomog’ing, tanglayingdadir?
Ey inson, hisobing manglayingdadir,
Bunchalar hisobu kitob na kerak?

Siymu zar havosi ranglaringdadir,
Ne hasrat tomog’ing, tanglayingdadir?
Ey inson, hisobing manglayingdadir,
Bunchalar hisobu kitob na kerak?

Sadoqat darsidan xabar bo’lmasa,
Farosat ahlidan nazar bo’lmasa,
Ko’ngilda hayodan asar bo’lmasa,
Ul husnu jamolga hijob na kerak?

Suv uza yarq etgan shu’ladir umring,
Osilgan omonat tugmadir umring,
Magar Haq yo’lida o’tmadi umring,
Sen bu cho’lg’agan sarob na kerak?

Ilg’agin dunyodin munglug’ kuyingni,
Eng avval supurgil ko’ngil uyingni,
Savolu javob et har bir kuningni,
Savoling bo’lmasa, javob na kerak?

Sirojiddin Sayyid
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:36:16
Mahshar yaqin…

Mahshar yaqin, taqdir – o’q,
Zumda eltar hammani.
Tahorat yoq, tahsin yoq,
Niyat qani – ahd qani?

Yetmasmu bu shaytonning
Shunchalar avragani?
Tarovati imoning-
Ruku, qomat – shahd qani?

Mudom istarsan parvoz,
Nedur qanoting sani?
Allohga eng yaqin roz-
Qa’da, sajda – taxt qani?

Tilovat yoq, takbir yo’q,
Namoz qani – baxt qani?
Bundan o’zga tadbir yoq
Asl Yorni ko’rgani…

Abdul Jalil
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:36:40
Ilm hosil etmakning olti sharti

Ey do’st, murod o’lsa ilm etmak hosil,
Unga olti shart-la bo’lursan vosil.

Men faqat ayturman bir-bir otini,
O’zing axtargaysan tafsilotini:

Aqling ko’zgusiga g’ubor qo’nmasin,
Dilda hirs-ishtiyoq o’ti so’nmasin.

Ijtihod aylagil, chunki yo’l yiroq,
Imkonu qanoat qo’lingda chiroq.

Ustoz suhbatidan dur-ganj ola bil,
To tiriksan, mudom mutolaa qil.

Arabchadan Abduqayum Hikmat,
Abdul Jalil tarjimasi.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:37:01
Alloh rizosi

Alloh rizosidan ortiqroq ne bor,
Nima bor ortiqroq el duosidan?
Qahhor qarshisida qatorlashganda,
Ne naf bo’lg’usidir mol-dunyosidan?

Qalbim-a, nafasiga qul bo’lib qolgan,
Shom-sahar yod-o’yi pul bo’lib qolgan.
Eslaylik namozu ro’za, zakotni,
Razzoqdan kutaylik rizq-barokatni.

Parvardigor, O’zing bilguvchi zotsan,
Adashganlarga ham ato imon.
Har qanday nuqsondan o’zing ozodsan,
Mo’min bandalarga rahm ayla, rahmon.

Shukurjon Muhammadiso qizi
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:37:17
Bugun Haqdin najot keldi, menga sen yor, namozimsan,
Riyozatni tilab ko’nglim bo’lur bedor, namozimsan.

Yaratganga ibodatning ajib sehrin bilib oldim,
Azon, sajda va ruku’ga bugun men zor, namozimsan.

Go’zal oyat qiroat-la bo’lur malham bu qalblarga,
Senga oshufta bo’lgan bo’lmagay hech xor, namozimsan.

Iqomat, tasbehu niyat yarashgay xo’p musilmonga,
Egam farz aylagan tole’ abad poydor - namozimsan.

Asl imon musulmonga haqiqiy farz ekan, do’stlar,
Ibodatlar ichinda ko’p o’zing sardor – namozimsan.

Dilim Parvardigor zikrin qilib tolmaydir, albatta,
Va besh bora burib qibla tomon diydor, namozimsan.

Muazzinlar nidosiga quloq tutgim sahar to kech,
Seni yetkazgan Allohga shukr ming bor, namozimsan.

Asosing asli Qur’ondir, yurakka nuri darmondir,
Bihisht – jannatga imkondir safo bisyor, namozimsan.

Darig’o, kech bilibsan bul salot qadrin, Jalol banda,
Judo qilma meni endi, Egam, zinhor namozimdan.

Umarov Jalolxon.
Qo’qon shahri.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:37:33
Hayot binosinig bir g’ishti ko’chdi,
Kech tushdi, bir kunning quyoshi o’chdi.
Bir kuningni bir umrga qiyos qil,
Tongni kelish, shomni ketish vaqtin bil.
-Qanday kechdi kunim? Qildim ne savob?
Qalgan qaysi ishim vijdonga azob?
Ne kor etdim Xudo rozi bo’lgudek?
Qarzim yoqmi o’lsam hozir o’lgudek?
Kimni mamnun aylab, ranjitdim kimni?
Ustimdan o’qirlar qanday hukmni?
Har kech shu savolga izlamak javob
Ahli imonga xos hikmatdan bir bob.
Shunga qilib amal bo’l odil hakam,
Bu yo’lda ayama o’zingni hecham!
Kunduz sodir qilgan gunohing uchun
Kechda do’zahda yon, yug’la jigarxun!
Xayolan o’lib ko’r va kir qabrga,
Javob qil savoli Munkar-Nakirga.
So’ng tarozuga bor, pallasiga boq,
Savob izla, gunoh kelsa og’irroq.
Qadam qo’y qildan-da nozik bo’lsa ham,
Tushib ketma, ko’prik osti jahannam.
Safar haqdir, har kun esla ketarni,
Dilingdan faromush qilma xatarni.
O’lmay o’tkaz o’limni o’z nafsingdan
Yetsa ajal, hech ish kelmas dastingdan.
Bas, har kuning, har nafasing g’animat,
Sharrdan tiyil, xayrotga qil azimat!

Fozil Zohid, Xorazm
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:37:50
Osmonlar oftob yo’li, zamin-chi, sinov yo’li,
Biovga gunoh yo’li, birovga savob yo’li.
Kimgadir rohat yo’li, kimgadir azob yo’li,
Asragin, bor Xudoyim, azob yo’ldan asragin.

Qanchalar bu dunyoda azob yo’lga yurganlar,
Gohi bilib, gohi bilmay sarob yo’lga kirganlar.
Xaqni topmast hech qachon nafsi yo’ldan urganlar,
Asragin, bor Xudoyim, sarob yo’ldan asragin.

Manzilida olovli chohlari bor yo’l – dunyo,
Alam, afsus, nadomat, ohlari bor yo’l – dunyo,
Kimki topsa hidoyat, bog’lari bor yo’l – dunyo,
Asragin, bor Xudoyim, xarob yo’ldan asragin.

Sabr tagi zar-oltin, sabr tagi rahmondir,
Shoshqaloqda samara yoq, kibr lain shaytondir,
Bir o’tkinchi yo’l – dunyo, bir o’tkinchi zamondir,
Boshlagin, bor Xudoyim, to’g’ri yo’lga boshlagin.

Nurmuhammad Shoyoqub
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:38:28
Bir vujudda ikki unsur,
Biri mardud, biri manzur.
Talashgani talashgandur,
Subhonalloh, subhanalloh!

Biri nafsdur, biri imon,
Nafs zolimdir va beomon,
Jilovida ayyor shayton,
Subhanolloh, subhanolloh!

Nafs: to’ymasman, yuhoman, der,
Ne duch kelsa, yutaman, der.
Imon: bo’g’zing tutaman, der,
Subhanalloh, subhanalloh!

Imon qushi qo’sh qanotin
Xavfu rajo derlar otin.
Qo’rqit! Tottir umid otin,
Subhanalloh, subhanalloh!

Harki bunyod – oxir nobud,
Otdan, taxtdan so’ng bor tobut!
Saqlay olmas qalqon, sovut,
Subhanalloh, subhanalloh!

Hisrga moyil har tirik tan,
Saqla hirsdan, subha-shirkdan!
Kelur sado yeru ko’kdan:
Subhanalloh, subhanalloh!

Fozil Zohid, Xorazm
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:38:55
Fardlar

Dema nafsim, u yaxshi yo bu yaxshi,
Neni ravo ko’rsa Razzoq, shu yaxshi.

Berganin oz dema, Xaq holing bilar,
Demak, shundan ortig’i ko’plik qilar.

Ko’p yemak odamu molni ne qilar:
Biri orttirdi dard, biri so’yilaydi.

Agar-chi tashnasan, bir kosa suv bas,
Qilmag’il daryoni yutmoqni havas.

Tomosha ham, cho’kma ham, bo’lg’il mo’tadil,
Omonlik – o’rtada, o’zing tuta bil!

Fozil Zohid, Xorazm
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:39:20
Beshak biling, bu dunyo barcha xalqdan o’taro,
Inonmagil molingga, bir kun qo’ldan ketaro.

Ota-ona, qarindosh qayon ketti, fikr qil,
To’rt oyog’lig’ cho’bin ot bir kun senga yetaro.

Dunyo uchun g’am yema, Haqdin o’zgani dema,
Kishi molini yema, sirot uzra tutaro.

Ahli ayol, qarindosh – hech kim bo’lmaydur yo’ldosh,
Mardona bo’l, g’arib bosh, umring eldek o’taro.

Qul xoja Ahmad, toat qil, umring bilmam necha yil,
Asling bilsang, obu gil, yana gilga ketaro!

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:39:37
Qardoshim, bir so’yla, nedur bu ahvol?
Atrofingdan xabaring bormi? Sen kimsan?..
Vaqting bo’sh kechayotir, ozmi bu gunoh,
Kuningdan habaring bormi? Sen kimsan?...

O’yla, ne anglading quruq g’avg’odan?
Ajal birdir uyg’otadi ro’yodan,
Mana, kelding va ketyapsan dunyodan,
So’ngingdan habaring bormi? Sen kimsan?..

Sen kimsan, qardoshim, qaysi chog’lisan?
Kimning nabirasi, kimning o’g’lisan?..
Sen kimga mansubsan, kimga bog’lisan?..
Diningdan xabaring bormi? Sen kimsan?..

Mukammal har davr ustida Islom,
Najot topish istasang, bo’lgin unga rom.
O’zgarmas, eskirmas Ilohiy Ahkom-
Qonundan habaring bormi? Sen kimsan?..

Qoralama shavkatli otalaringni,
Tuhmat yopmas sening xatolaringni,
Bir o’yla tarixning o’tganlarini!
Ertangdan xabaring bormi? Sen kimsan?..

Bo’shliqda qarorsiz inson bo’lurmi?
Hadaf axtarmagan manzil olurmi?
G’oyasiz bir ko’ngil huzur topurmi?
Joningdan xabaring bormi? Sen kimsan?..

Yusuf Po’lat o’g’li. Olmoniya.
Nurulloh Muhammad Raufxon tarjimasi
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:40:01
Muallifi noma’lum bitiklar

Yaqin nima?
Yaqin qiyomat.
Yaqinroq-chi?
O’limdir albat.
Ajab nima?
Tug’ilgan go’dak.
Ajabliroq?
Foniyni sevmoq.
Shirin nima?
Farzand, arjumand.
Shirinroq-chi?
Tanda issiq jon.
Mehribon kim?
Otam, volidam.
Mehribonroq?
Yaratgan Egam.
Go’zal nima?
Odamzot shakli.
Go’zalroq-chi?
Allohning vasli.
Lazzat nima?
Nafsni qondirmoq.
Lazzatliroq?
Jannatga kirmoq.
Hayrli ish?
Alloh nazdida ibodat-la halol kasb qilmoq
Hayrliroq?
Birov baxtiga hasad qilmay, dildan sevinmoq.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:40:39
Haqqa qarab

Bu bir sinov dunyosidir,
Kеl, yuraylik haqqa qarab.
U – ko’ngillar ko’zgusidir.
Kеl, yuraylik haqqa qarab..

Dunyo moli, sеvmam sеni,
O’zingga qul etma mеni.
Istasang olgin soyangni,
Kеl, yuraylik haqqa qarab..

Oydin yo’ldir Islom yo’li,
Iymon etar Olloh quli,
Xazinalar undan to’la,
Kеl, yuraylik haqqa qarab..
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:41:01
Muallifi noma'lum satrlar!

Yoqub kabi o'g'lin yo'qotgon,
Sumyyadek yov o'qin yutgon,
Yusuf kabi zindonband bo'lgon,
Solihlarga sabringni to'kkin.

Ayyub dardin his etib bilgon,
Og'riqlari jonini tilgon,
Hastalikka duchor yo'liqgon,
Bemorlarga sabringni to'kkin.

Nuh payg'ambar kabi yongon,
Din-diyonat yo'lida chopgon,
Noqobil farzandidan kuygon,
Otalarga sabringni to'kkin.

Ko'z yoshlari sel bo'lib oqgon,
Ne hasratu mehnatla boqgon,
Farzand dog'i kuydirib yoqgon,
Onalarga sabringni to'kkin.

Ota deya zor yig'lagonlar,
Ona deya zor bo'zlagonlar,
Payg'ambardek yetim qolgonlar,
Yetimlarga sabringni to'kkin.

Xojar kabi dashtlada qolgon,
Zolim zulmi haddidan oshgon,
Qarovsizu muallaq qolgon,
Mazlumlarga sabringni to'kkin.

Mevasi yo'q daraxtlar kabi,
Tosh otmaslar unga hech sari,
Murg'ak go'dak nolasi qani,
Befarzandga sabringni to'kkin.

Juft bog'ida ko'ngli kemtik,
Hech tortmagan yoridan etik,
Taqdirida yolg'izlik bitik,
Yolg'izlarga sabringni to'kkin.

AS-SOBRINGDAN sabrlar to'kkin,
ROBBIM o'zing sabrlar bergin.....
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:41:38
Muhabbat

Muhabbatning ko’zlari so’qir,
Quloqlari tosh qotgan garang.
Unda yurak, mehr ham yoqdir,
Asablari doimo tarang.
Bo’lmas ekan unda ham vafo,
Hijron, firoq unga bir ermak.
Bas, suyganing bo’lmasa Xudo,
Muhabbat cho’ng armondir demak.

His

Bu lo’ppi yuzlarda lo’nda gunohlar,
Hayodanmas bo’yoqdan qizil yonoqlar.
E, voh, kunduzi-yu tunda gunohlar,
Bu nedan darakdir, bu nedan darak?!
Bosgan qadamlardan unsa haromlar,
Avval tanib, so’ngra bo’lsa salomlar,
Bo’g’izda o’qilsa nurli kalomlar,
Bu nedan darakdir, bu nedan darak?!
Ishlar deb qilinsa bandasi rozi,
Vijdonni ham yutsa insonning og’zi,
Nafs toshlaridan og’zi tarozi,
Bu nedan darakdir, bu nedan darak?!
Qalblarda qiynasa qora jaholat,
Har taraf mo’minga qilsa malomat,
Bu nening xabari, nedan alomat-
Qiyomat yaqindir, yaqin-qiyomat!

Hasan Abdiev, Parkent.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:42:08
Sabr qilgin, ey do’st, saodatlar asta, asta.
Sabr birla visol yaqin, saxovatlar asta, asta.
Mangu ermasdur zulmatlar, umid etgilki tong oydin.
Oxir bir kun yorishgaydir samovotlar asta, asta.

Foydasi yoq ko’p ishlarning, o’ylama hech, foydasi yoq.
Tuzilgaydir, buzilgaydir mahobatlar asta, asta.
Bu dunyoda tugab bbeiz ketmaydi hech narsa.
Ayon bo’lgay oxir ul kun karomatlar asta, asta.

Umr o’tar asta, asta, afsus chekma so’ng nafasda.
Balog’atlar, farog’atlar salobatlar asta, asta.
Bir bora o’lgan yaxshidir, har kuni o’lgan ko’p yomon.
Ijobatlar, inoyatlar, malomatlar asta, asta.

Hamroqul Asqar
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:42:31
ILTIJO
Oltmish yoshida Qur’on o’qishni o’rgana boshlagan kishining dil so’zi


Hofizi Qur’onlar etsa tilovat
Qalbimda bir narsa erib ketardi.
Har oyatda ming bir hikmat, tarovat,
O’rganmoq orzui kurtak otardi.
Muqaddas Qur’onga intilar yurak,
Ojiz bir bandangman, madad ber, Alloh.
Shunchaki gap bo’lib qolmasin tilak,
Qur’onini bilmaslik-bu ahir gunoh.
Turli harakatlar bezar saflarni,
Buncha turli-tuman urg’ular siri.
Qo’shilib, qo’shilmay turgan harflarning
Biri yozilsa ham, o’qilar biri.
Tajvid tarozusi shay turar doim,
Uning o’lchovidan chiqib ko’ring-chi.
Maxraj nosoz bo’lsa kechirgin, Tangrim,
Yolg’iz O’zingdirsan madad berguvchi.
Shukrlar bo’lsinki, uchrab ustozlar,
Keksaygan chog’imda talaba men ham.
Ilmda zabardast, sara-mumtozlar
Sabog’I dillarga bo’lmoqda malham.
O’rganay kaloming, madad ber O’zing,
Yo Rabbim, yolvoray O’zingga har on.
Ko’zlarimga surtay har nurli so’zing,
Dilimga jo bo’lsin muqaddas Qur’on.

To’lqin Lutfullayev
Mehnat faxriysi
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:42:48
Tun bag’rida yiltillar nadir,
Umidimga umid qo’shilgay,
Arshi a’lo. Yeti qat osmon.
Yulduzlar ham bir yon surilgay.

Jismim og’ir, ko’tarolmayman,
Qo’rg’oshinday erir borlig’im.
Taraladi muattar bo’ylar.
Qaylargadir uchadir ruhim.

Oyatlarda zirillar yurak,
Ko’chib ketar g’amlarim birpas.
Vujudimda titroq uyg’onar,
Olislardan kelganiday sas.

Ko’z oldimda ulug’ manzara,
Ko’rinadi tobora yaqin.
Kuydirgancha butun dunyoni,
Osmon uzra porillar chaqin.

Tush ko’rganday barisi o’tar,
Terga botib, o’zni unutib.
Uzoqlashar tobora mendan,
Nelargadir ishora etib.
Qiynar hatto yodga o’rnashib,
O’sha tunda kechgan nolalar.
…Mahshargohga to’planishardi,
Sochi oppoq bo’lgan bolalar.

Bobomurod Erali
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:43:04
Oshiqlar hech qachon noumid bo’lmas,
Nurli umidlarga yetmoqlik tayin.
Men Seni ko’rmasam ko’zimga emas
Qalbimga qiyindir, qalbimga qiyin.

Abdiev Hasan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:43:40
IBODAT

Nafsning shashti bosilgay ro’za bilan,
Qaddi-basti bosilgay ro’za bilan,
Tez-tez ro’zador bo’l, nobakor hirsning
Morday qasdi bosilgay ro’za bilay.

Ro’za-tan zakoti, holing salomat,
Zakot-kafforatdir, moling salomat,
Beva-bechorayu yetim yesirga,
Haqdorga ato et, joning salomat!

Haqni ihtiyor qil qodirsan agar,
Ota-onangni haj qildir muqarrar,
Topgan moling halol bo’lsin, avvalo,
Harom bo’lsa, yo’llaringda bor ajdar!

Namoz-ibodating podshosi erur,
Barcha yaxshilikning peshvosi erur,
Unda haj,savm, me’roj, jannat kaliti,
Dilning tahorati, ifshosi erur!

Yo’ldosh Eshbek
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:43:57
-Boshingda nima bor?
-Toji davlat.
-Ko’zingda nima bor?
-Nuri Muhammad.
-Tilingda nima bor?
-Kalomi shahodat.
-Qulog’ingda nima bor?
-Azon-u qomat.
-Burningda nima bor?
-Bo’yi Muhammad.
-Qo’lingda nima bor?
-Hayr-u sahovat.
-Belingda nima bor?
-Kamari xizmat.
-Tizzangda nima bor?
-Hurmat-u izzat.
Qalbingda nima bor?
-Allohga muhabbat.

Fazil Zohid,
Xorazm
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:44:14
Na sharaf, na shon istadim,
Na sadaf, na kon istadim,
Bari o’tkinchi, shu bois
Gavhari imon istadim.

***
Gulob bilan chaygandan
Halol bo’lmas yolg’on so’z.
Savun bilan yuvgandan
Nuroniy bo’lmaydi yuz.

***
Dard kelsa, g’am kelsa yutdik biz,
Kutdik biz, kutdik biz, kutdik biz.
Qabr deb atamang bu joyni
U uydan bu uyga o’tdik biz…

Hoji Sadriddin Salim Buxoriy
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:44:36
Chin do’st

Zulmatlarda yurar edim,
Gandiraklab turar edim,
Bir rahnamo tilar edim,
Chin do’stimni topdim, shukr…

Savdolanib eng xos qulga,
Yunusdek ergashdim izina,
Jon unga qurbon bo’lsin-a,
Chin do’stimni topdim, shukr…

Unda vafo, unda safo,
Usiz hayot – jabru jafo,
Oti – Muhammad Mustafo,
Chin do’stimni topdim, shukr…

Ramazon Do’nmas
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:44:59
Qatralar

Allohning bebaho ikki duri bor:
Yerda – barakasi, ko’kda - nuri bor.

Mingdan topmaganni birdan toparsan,
Yerdan topmaganni ko’kdan toparsan.

O’lim ham imtihon, bilrodar, bilsang,
Yaxshidir bir umr hozirlik qalsang.

Yoshlikda ne qilish keragin odam
Bilib olar ekan qarigan dam.

To’yganning bo’g’ziga tiqqandan ko’ra,
Yaxshimasmi ochni to’ydirgan, jo’ra?!

O’liklarga otsang tosh,
Yoriladi tirik bosh.

Otangning so’ziga bo’laverma xun,
Otasiz kunlar ham keb qolar bir kun!

Yaxshiga yaxshilik qilganing oni,
Kelar hiqildoqqa yomonning joni.

G’iyos Komilov
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:45:16
Hayot sharob yanglig’ quyulgan,
Qalb taloshi kechmish jununda.
Oy nurini qo’limga o’rab,
Pillapoya to’qimayman tunda.

O, bu ezgin o’ylarni netay,
Mayxonada bir o’zim yolg’iz.
Kema yasab Nuh kabi suzsam,
Ro’paramda bepoyon dengiz.

Hislarimni sovurar shamol,
Orom bilmas tungi parvona.
Yorishgaymi porlab yeti yil
Yusuf tushgan ul hibshona…

Yaqinlashgay yer bilan osmon,
Hayrat o’rar. Deyman bu nehol?
Loppillaydi yuksaklik uzra
Pillapoya. Munkillagan chol.

Hayot sharob yanglig’ quyulgan,
Qalb taloshi kechmish jununda.
Oy nurini qo’limga o’rab,
Pillapoya to’qimayman tunda.

Bobomurod Erali
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:45:38
Nohaqlikni loqayd kuzatmoq – xato,
Xatogina emas, gunoh ham hatto.

Mehnat halovati g’amdan aritgay,
Halovatsiz mehnat erta qaritgay.

Tirikligu mehnat – eguzak birga,
Ishsiz yurish – egov umrga.

Ko’za ham sindirar suv tashib yurgan,
Qilinmagan ishda kim nuqson ko’rgan.

O’lganning ko’zini yumish – tirikning ishi,
Tiriklarnin ko’zin ochar har o’lgan kishi.

Jahl kelganda ko’z qizaradi,
Jahl ketgach, yuz qizaradi.

Yomonlikni o’ylab firib yeganlar,
Yaxshi niyat-yarim davlat, deganlar.

Rizqimiz ko’kdan,
So’ng oqqan terdan.

Nurbekning “Ming bir ta’bir” kitobidan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:46:03
Yolg'onchi dunyoga aldanma yohu,
Bu saroy buzulur devor aylanmas,
ikki eshikli vayronadir bu,
Kelgan albat ko'char mehmon aylabmas.

To'g'risiga borib ko'r bu yo'llarning,
Yurib ko'r ortidan mo'min qullarning,
Zindonidir dunyo mo'min qullarning,
Zindonda bo'lgan qul oson aylanmas.

Umr tamom bo'lib daftar yopilur,
Sirot ko'prigiyu,mezon ko'rinur,
Haqning dargohiga qullar tizilur,
Marhamat qilinur farmon aylanmas.

Hudoyi,ne bo'ldi qani Payg'ambar,
Abu Bakr,Umar,Usmonu Haydar,
Qani Habibulloh Siddiqu Akbar,
Bunda kelgan ketar bir jon aylanmas.

"Aziz Mahmud Hudoyi yo'li" nomliu turk filmidan.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:46:21
Tirikmasman, o‘lganga ham o‘xshamayman,
Najot so‘rab kelganga ham o‘xshamayman.
Yuragimni ajin bosdi — qarib ketdim,
Yigirmaga to‘lganga ham o‘xshamayman.

O‘zim uchun qo‘ygan bari shartim og‘ir,
Tushgan joyin quritadi — gardim og‘ir.
Men ertaga qayta tura olamanmi,
Jon olmasa ketmaydigan Dardim og‘ir.

Nurlarimni tunlar uchun zarba qildim,
Ko‘nglim uyin kimlar uchun Ka’ba qildim.
Suyaklarim zirqiradi — lazzatlanib
Tavba qildim, tavba qildim, tavba qildim.

Yana cho‘llab yotganimni bilarmikin,
Daryolarim ko‘kdan qaytib kelarmikin?
She’rlarimni elchi qilsam, dargohida
Eng odil Shoh meni qabul qilarmikin?

Tirikmasman, o‘lganga ham o‘xshamayman...

Behzod Fazliddin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:47:11
Mubashshir:

Dunyo nega bir kam...

Ko'nglim qoldi dildordan ham,yordan ham,
O'tkinchi bu dunyodan ham zardan ham,
Qo'msayman-u topolmayman hech yerdan,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Gunohlarim dunyochadir boshim ham,
Vujudimni poklagan - dir anduh - g'am,
Sog'inaman yig'lab mudom ko'zda nam,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Ma'siyatlar yuz bermoqda har qadam,
Gunohsiz-u,beozormas hech odam,
Izlab-izlab sabablarin so'rasam,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Dunyo yolg'onlarga to'ldi ushbu dam,
Zulmatlarni yoritguvchi yo'qdir sham
Ummatlari qoldi bo'zlab ko'zda nam
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Siz bo'lganda bir kam dunyo to'lardi,
Ummatingiz hulqingizni ko'rardi,
Hech shubhasiz yo'lingizdan yurardi,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Vorislarni saflaridan izlayman,
Hech olimni sizga o'hshatolmayman,
Hatto gardingizni topa olmayman,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Sog'ich ila, firoq ila yig'layman,
Chunki oramizda Rasululloh kam...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:47:33
Mubashshir:

Sog'inmadingmi?...

Maqom berdi Hazrati inson,
Zikr uchun shirin bir lison,
Qani endi bizdagi vijdon,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Qalb tubiga bir bor nazar sol,
Iymon yig'lar,g'arib bemajol,
Sabr ila kutar Zuljalol,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Nafsing gunoh dashtida kezar,
Jannatni Haq bizlarga bezar,
Buni qachon yuraging sezar,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Ko'zing nurin kim ato etdi,
Loydek jisming kim aziz etdi,
Nahot aqling boshingdan ketdi,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Sog'inarsan jufting, onangni,
Eslaysanmi, ahdli sanangni,
Robbim Alloh degan va'dangni,
Sen Robbingni so'ginmadingmi.

Qolmoqchisan dunyoda qancha,
Man-man degan o'tdilar ancha,
Insof bormi senda zarracha,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Almisoqda ahdni bergandik,
Biz shaytonni dushman bilgandik,
Muhammadga ummat bo'lgandik,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Tuproqdan yaraldik, asli tuproqmiz,
Haqni Qudrat qo'lida ojiz yaproqmiz,
Ibodatga butun,loyiq, yaroqmiz,
Sen Robbingni sog'inmadingmi...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:47:54
«MA’RIFATNOMA»DAN

Ne davlatdirki, dildorim Sen o‘lding,
Anisu mu’nisu yorim Sen o‘lding.

Dili purdariming darmoni Sensan,
Shifoyi joni bemorim Sen o‘lding.

Menga xasm o‘lsa olam xalqi, g‘am yo‘q...
Ne qo‘rquv! Chun nigohdorim Sen o‘lding!

Safolar, gar jafolar topsa jonim,
Rafiqi jumla atvorim Sen o‘lding.

Sanga dil bermisham, ey joni olam!
Azaldan chunki dildorim Sen o‘lding.

Desam ismi sharifing yo demasman,
Dilimda jumla guftorim Sen o‘lding.

Senga ta’zim etar dillarda Haqqiy,
Der: inkorim yo‘q, iqrorim Sen o‘lding!..
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:48:16
To’rtliklar

Davlat deb bilganing bir siqim tuproq,
Umr yo’llaring ham bir xazon yaproq.
Shoshasan, chopasan dunyo moli deb,
Oxiri topganing kafandir, biroq.

***
Dunyoga men qachon keldim, bilmasman,
Ne amal, ne savob qildim, bilmasman.
Allohim, bo’ynimga yuklagan farzin,
Qay birin go’zalroq etdi, bilmasman

***
Ey inson, o’zliging hamisha angla,
Allohning kalomin qalbing-la tingla.
O’tkinchi dunyoda o’tmasdan umring,
Hayoting yo’lini poklik-la o’ngla.

***
Dunyoga keldikmi, ketish bor bir kun,
Barisin hisobin berish bor bir kun.
Mahshar kunida yig’ilib basher,
Sirot ko’prigidan o’tish bor bir kun.

Lola Azimova
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 05:48:40
Hojatim uldur, xudoyo, po ishim bosh aylasang,
Munda tavfiq, onda imonimni yo'ldosh aylasang.

Ilkima bersang asoyi himmat, og'zima sano,
Ko'ngluma ishq otashin solsang, ko'zum yosh aylasang.

Bor umidim: gardi isyonimni yuvg'ay obi afv,
Varna yo'qdur chorasi qora tosh aylasang.

Chehrai jurmimni yopg'il pardai ismat bilan,
Onda mushkuldur gunohim xalq aro fosh aylasang.

Garchi Olloyor erur noqobilu nomustaqim,
Lutf etib bir murshidi komilg'a yo'ldosh aylasang.

So'fi Allohyor
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 28 Iyun 2006, 19:59:30
Sog'inchlar nurlanar,sog'inchlar gullar,
Iymondadir naqshi Visol ishonchi.
Ya,Rabbiy ato et, zor qullaringga,
"Berkitib qo'yilgan ko'zlar quvonchin".*
*Sajda surasi,17-oyatga ishora.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 28 Iyun 2006, 20:02:43
Visol, Vatan deya taqvoda sobit,
Qo'msab o'rtanurlar qalbi adolar.
Ya Rabbiy, Ya Rabbiy buncha ko'p ekan,
Sog'inchdan benasib vatangadolar...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 28 Iyun 2006, 20:17:50
Taraddud-la yashamoq kerak,
Umrim manim yeldek yelguvchim.
Dog'da qo'yma, aylama giryon,
Hayolimdan ketma kelguvchim.

Sen-la uyg'oq bu dahri dunda,
Mangulikka dahldor o'yim.
Sen og'amsan, birodarimsan,
Sen eng sodiq nasihatgo'yim.

Kelguvchi do'st, yo'liqquvchi do'st,
Arit zanji g'uborlarimni.
G'aflatimga yag'molar solgil, 
Ko'shkida bo'l alyorlarimning.

Sen fanodan saboq berguvchim,
Kelajakdan nurli hotirot.
Maddohlaring ko'p ekan dunyo,
O'gaymisan bizga ohirot?!

Sallamnolar senga habibim,
Ochgil uqbo eshiklarini,
Boqiy ma'vo habarin keltir,
Keltir umid beshiklarini.

Seni eslab fano yo'lida,
Hijron o'lanlarin aytgayman.
Tashrifingdan mujdalar berding,
Qaytguvchiman,beshak qaytgayman.

Taraddud-la yashamoq kerak,
Umrim manim yeldek yelguvchim.
Dog'da qo'yma, aylama giryon
Hayolimdan ketma, kelguvchim...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 30 Iyun 2006, 08:48:51
Bismillah...
Bu kalom yo'lingni yoritgay - mayoq,
Nazar sol, dalil mo'l,sonsiz-beadoq,
Takrorlar tog'u tosh,shivirlar giyoh,
Ibrat ol ey nafsim, botini siyoh.
To osiy o'lmasdan,to o'lmay gumroh,
Balolarga duchor bo'lmay banogoh,
Rahmon nomi ila degil:"Bismillah!"

O'z sakkiz ming olam harakatdadir,
Ki Haqning fazlidan barakotdadir,
Kim iblis ilkida,kim g'aflatdadir,
Kim fasod ilkida - chin ofatdadir,
To osiy o'lmasdan,to o'lmay gumroh,
Arshi Azamatda holingdan ogoh,
Rahmon nomi ila degil:"Bismillah!"

Allohi Karimg'a aylab murojaat,
So'rguvchi doimo dardingga hojat,
Dili bedor zotlar - ahli munojot,
Barhaqki,oqibat topgaylar najot,
Sen-da najot ista,to o'lmay gumroh,
Azozil qasrinda o'lmasdan maddoh,
Rahmon nomi ila degil:"Bismillah!"

Ayo,bani odam,yo ibodulloh,
Ayo ahli fano ma xolaq Alloh,
Sizga Al-Fattohning kalomi bo'lsin,
Sizga Ar-Rozzaqning salomi bo'lsin.

Muhammad Bobur Mo'min.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 30 Iyun 2006, 09:01:01
Ihlos,
Qul huvallohu ahad...
Tiz cho'kar malaklar - huri saminlar,
Iblis tuyoqlarin yerga sanchadir,
Bosh egib yig'lashar sahoba jinlar,
Mushrik odamiyzot esa anchadir.

Qul huvallohu ahad...
Avroqi illiyin ziyo-la ta'min,
Avroqi sijjiynning rangi aftoda,
Iymon belbog'ila chirmalgan zamin,
Hatti ustivoda,hatti ustivoda.

Qul huvallohu ahad...
Ming yilki arvohlar toliqqan hobdin,
Chrlashur osuda makon - uqboni
Buyuk kun qo'pgaymiz zeri turobdan,
Kelajak kutilgan tavajju oni.

Ayo ahli vahdat, ahli illiyin,
Ayo ahli tavhid,ahli hudobiyn,
Sizga Al-Ahadning kalomi bo'lsin,
Sizga As-Somadning salomi bo'lsin.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 30 Iyun 2006, 14:24:26
Sadriddin Salim Buhoriy. To'rtliklar.
Kibring boshga balo bo'ladi bir kun,
Qalbing bo'zlab yaro bo'ladi bir kun,
Oltin zanglamaydi balchiqda,lekin,
Misning yuzi qaro bo'ladi bir kun.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 30 Iyun 2006, 14:27:37
Badbahtlikni baht deb bilibman,
Naq do'zahni taht deb bilibman,
Kechir Rabbim! Gunohli damni -
Saodatli dam deb bilibman.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 30 Iyun 2006, 14:29:44
Seni izlab edim har nafas har dam,
Har bir so'zing qalbim dardiga malham,
Yaktaging barini surtaman ko'zga,
Sen anqo urug'i - samimiy odam.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 30 Iyun 2006, 15:36:01
Ayo do'stim,nechun g'aming bozor bo'ldi,
Har nafasing, har bir daming bozor bo'ldi,
Ohirotni bozorini unutdingmi?
Azalaring, ham bayraming bozor bo'ldi.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 30 Iyun 2006, 15:41:59
Buzilgan odamning har oni buzuq,
Orzuyi,havasi,armoni buzuq,
Ayo dil!Haq yo'ldan chekinma aslo,
Buzilgan odamni qalb joni buzuq.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 30 Iyun 2006, 15:47:06
Barcha yo'llar berk bo'lar agar Sen tugun etsang,
Kecha bugun bo'ladi agar Sen bugun etsang,
Banda yahshi niyatda tartib-qonun tuzadi,
Qonun qonun bo'ladi agar Sen qonun etsang.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 30 Iyun 2006, 15:49:17
Har on, har daqiqa bilsang hatardir,
Tiriklik o'limga qarab safardir,
Qo'shnim o'ldi deya bo'lma hotirjam,
Qo'shningni o'limi senga habardir.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 30 Iyun 2006, 15:52:14
Pir izlama dunyodan - dunyoda pir juda ko'p,                                             
Sir izlama dunyodan - dunyoda sir juda ko'p,
Bilki umring omonat, bir Haqni izla faqat,
Kir izlama dunyodan - dunyoda kir juda ko'p.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 30 Iyun 2006, 18:35:34
Sen neni talashasan talangan bu dunyoda?
Shirin - achchig'i - bari yalangan bu dunyoda,
Hiyla-yu nayrang bilan dunyoni olmoq bo'lding,
Aldanib o'tajaksan aldangan bu dunyoda.

Umrin yonib ketmoqda, yonmoqda har nafasing,
Alangaga aylangan alanga bu dunyoda,
Sadriddin, ibrat ko'zin ochganlar demoqdadir:
"Sen neni talashasan talangan bu dunyoda".
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 01 Iyul 2006, 11:22:09
Tavba.
Nadomat tulporin yeldek uchirib,
Yozuqlar yurtidan qaytmoqlik - tavba.
Najot dengizining qirg'oqlarida,
Allohga munojot aytmoqlik - tavba.

Tavba - fojirlikdan qutulgan, ozod,
Miskinning fig'onli zorlari betin.
Ozurda ruhlarga sokin harorat,
Tavba - o't-alanga, gunohlar o'tin.

Tavba - taqiq meva bo'g'zida qolgan,
Odam Atomizning o'tli faryodi.
Tavba - Momo Havvo tizzalarini,
Nam qilgan Vatanning feruza yodi.

Tavba - ummonlarni titroqqa solgan,
Hazrati Zunnundak dog'da yotmoqdir.
Tavba - shafaqlarning rangini olgan,
Sadpora Nasuxdek qonga botmoqdir.

Tavba - peshonasin sajdaga qo'ygan,
Bani Havozinning egik boshlari.
Tavba - soqolini yomg'irday yuvgan,
Hazrati Umarning marjon yoshlari.

Tavba - ellik kunlik iztirobdagi,
Ka'b ibn Molikning giryonlaridir.
Tavba - yetmish kasga tatigan anduh -
Juhayna ayolin sel qonlaridir.

Toki quyosh chiqar ekan mashriqdan,
Tavbaning qopqasi lang ochiq turgay.
Poklanmoq,chiqmoqlik iblis izmidan,
Mujrim bandalarga hidoyat surur.

Ogoh bo'ling! Olam mehrga ilhaq,
Muhsin qullariga Alloh madadkor,
Uqboda ummatim deya chorlagan,
Maqomi Mahmudning sohibi ham bor...

Ayo ahli giryon - yozuqlarga dor,
Ayo ahli taqvo, ahli istig'for,
Ayo ahli majid, ahli toyyiblar,
Ayo ahli sojid, ahli soyiblar.

Sizga Al- G'offarning kalomi bo'lsin,
Sizga At-Tavvabning salomi bo'lsin.
Muhammad Bobur Mo'min.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Laylo 01 Iyul 2006, 19:02:03
Assalomu alaykum Nargiza opa!
Juda ham go'zal she'rlarni joylayapsiz.
O'zingiz ham yozib turasizmi?
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 02 Iyul 2006, 07:58:53
Va alaykum assalam,Laylo!
Salomatligingiz va ishlaringiz yahshimi?
Bu she'rlar  o'zimga ham juda yoqadi.
Afsuski, o'zim she'r yozmayman.
O'quvchiligimda juda hohlardim she'r yozishni,lekin qo'limdan kelmadi.
Lekin she'r jonu-dilim, juda sevaman.
Ayniqsa Islomiy,Hayrulla aka Hamidov she'ralrini juda sevib o'qiyman.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 02 Iyul 2006, 09:30:09
Mo'min mo'minga ko'zgu.
Hayot degan maktabda,
Ham ahloq, ham adabda,
Go'zal suhbatda,ta'bda,
Mo'min mo'minga ko'zgu.

Yuzlarda nur porlasa,
Yahshilikka chorlasa,
Ko'ngilni bahorlasa,
Mo'min mo'minga ko'zgu.

Ham kuchda,adolatda,
Har kungi ibodatda,
Jon chiqar bir holatda,
Mo'min mo'minga ko'zgu.

Taqvoda,olimlikda,
Poklikda,salimlikda,
Rasulday halimlikda,
Mo'min mo'minga ko'zgu.

Dadajon Abdurahmonov,Farg'ona.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 02 Iyul 2006, 09:37:16
Ostonada kuz.
Fursat g'animatdir,shitobing qolar,
Bu yo'lda adashma,javobing qolar.

Umr ustunlari qulagan kunda,
Ortingda zor yig'lab ahbobing qolar.

Ko'ngilkulbasida parvona bo'lib,
Misqollab yiqqaning savobing qolar.

Istig'foring qo'yma,gunohlaring yuv,
Sajda qilib qurgan mehrobing qolar.

Libossiz kelgansan yorug' olamga,
Kulolga bir siqim turobing qolar.

Sarlavha izlagil - ostonada kuz,
Yozgil,nuri iymon - kitobing qolar.
Bahodir Qiron,Farg'ona.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 02 Iyul 2006, 09:50:03
Payg'ambar yo'li.
Oddiy bola bo'lgan Rasululloh ham,
yetim qalbi goho zardobga to'lgan.
...Bir oylik yo'ldanoq g'animlarga g'am,
qo'rquv tushib, dili sarg'ayib so'lgan.
Unga salom aytgan hatto toshlar ham,
Alloh quvvat bersa,inson qudratli,
shijoat bergadir Yaratgan Egam,
Yo'qsa qaydan olmish bunday shiddatni?!
Mo'minga ham berar sunnati sabab,
hurmati sababdir me'roji iqbol,
mo'minga ham berar keskirlik,shiddat,
o'zga yo'lga sarflab goh aylar uvol.
Darralar tagida sabr atdi Imom,
Belini bog'ladi karomat qo'li,
"Misli yulduzlardir Ashobi Kirom,
Ergashgan topadi Haqiqat yo'lin".

Yo'ldosh Eshbek.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 04 Iyul 2006, 15:48:29
Saqlagin.
Qiyomat Kun oftobidan saqlagin,
bu dunyoda dil hobidan saqlagin,
ikki dunyo yahshiligin ato qil,
ikki dunyo azobidan saqlagin.
Amal qildir O'zing rizo bo'lgulik,
Qiyomat Kun yahshi jazo bo'lgulik,
ko'ksimizni yumshat,Egam, muloyim,
tirilganda uzviy a'zo bo'lgulik.
Qanoatga muvaffaq qil - munosib,
shafoatga musharraf qil - munosib,
bu dunyoda miskinlarning g'amin yeb,
u dunyoda musharraf qil - munosib.
Va'dang haqdir,Odildirsan muqarrar,
bandang ojiz,amallari ko'p zarar,
Senga oson - bizga oson qil Egam,
jon berarda bilingaymish amallar.
Ikki dunyo halolingdan ayurma,
nuru ziyo-zilolingdan ayurma,
mo'minlarga, Yo'ldoshga ham rahm qil,
Mehribonsan,Visolingdan ayurma,
Jamil, Baqo, jamolingdan ayurma!

Yo'ldosh Eshbek.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 12 Iyul 2006, 08:33:02
Sen...
Bir havo o'ylabman nvoday sizgin,
tor yo'lda hor ekanman Senga zor,
ammo qayoqdadir ko'rinmas tizgin,
ammo Sendan boshqa mening kimim bor?
Bir navo o'ylabman havoday mayin,
gul atri misoli muattar ifor,
ko'ngilning qay tori tortilgan sayin,
kuydim - Sendan boshqa mening kimim bor?
Yo'l istab yuribman, yo'lda ekanman,
chiqajak joyi bo'lsa hamki g'or,
qorong'u... gul debman, tilsa tikonlar,
suydim - SEndan boshqa meninh kimim bor?
Bir qultum suv istab, bir qultum najot,
meni qurshaganday ulkan bir g'ubor,
ammo tushlarimda topilmas hayot,
ayo, Sendan boshqa mening kimim bor?
Qadrdon turtadi, turtadi bir yot...
g'alati hazilga o'hshagan asror,
turinib-surtinib o'tgummi ozod,
ozod Sendan boshqa mening kimim bor?
Men qanday yashadim, bungacha omon,
shu'laga suyangan ulkan tun bedor,
ko'ksimda hayqiriq uhlaydi hamon,
hamon Sendan boshqa mening kimim bor?!
Yo'ldosh Eshbek.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 12 Iyul 2006, 08:38:20
Baht...
Nimadir baht - anglarmanmi men,
balki omad, balki shodlikdir,
baht ma'nisin qirg'oqlari ko'p,
qirrasi ko'p, turli otliqdir.
Tashbish desang... bahtiyorman ho'p,
bardosh desang, ko'pmas bardoshim,
musibatim... bahrlarim to'p-to'p,
bari o'tar - ko'zdagi yoshim -
bahtmi, o'tar,u sevinch,g'ammi?
O'zing va'da qilgan baht Bahtdir,
Diydor uchun ikki olamni,
vasila qil shu baht abaddir.
Yo'ldosh Eshbek.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 14 Iyul 2006, 09:05:55
Foniy dunyodan.
Men o'tib ketaman izim yashagay,
hayotim samari, sezim yashagay,
nohaqlik bo'roni aro yalangto'sh,
jafokash bir sulton, to'zim yashagay.
Vatandosh jigarim bahti ham kulsin,
baht o'zi g'amgindir,inson shod qilsin,
insonni - Egasi shod etar har vaqt,
baht - Boriyni bilmoq,har kim yod qilsin.
Har kun yod qilsin-u, o'zin shod qilsin,
va shaksiz do'st dilin u obod qilsin,
yahshi amal bilan aylasin qamal,
yomonlik qo'rg'inin shunday mot qilsin.
Ibodat hartidir tilni uyg'otmoq,
mardlarnind qadridir elni uyg'otmoq,
toatning bosh sharti g'ofillik emas,
ko'ngilning dardidir dilni uyg'otmoq.
Ey,ko'ngil, uyg'ongin,nahor o'tmoqda,
yoz o'tdi, qish o'tdi, bahor o'tmoqda,
sajada qil, bir nazar bo'lsa ajabmas,
mehrni bo'g'olmay ne dor o'tmoqda!
Yo'ldosh Eshbek.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: azizaxon 14 Iyul 2006, 14:04:03
Assalomu alaykum .


KATTALARGA NASIHAT.

Yaraqlagan  uylaring chang bo'lsa ham siqilma ,
Ro'zg'oringda bir narsa kam bo'lsa ham siqilma.
Yo'qchilikdan kunda bir jang bo'lsa ham siqilma ,
O'g'ling yeb o'rga ketar qizing yeb qirga  ketar.

Chaynayotgan noningni bolamga deb o'lasan ,
Katta bo'lgach gap bilan bir siltasa  so'lasan .
Bino  qo'yma , siylama ,pupalama ko'rasan ,
O'g'ling yeb o'rga ketar qizing yeb qirga  ketar.

Qariganda  g'alvani ko'tarolmas yuraging ,
Qani ota -onalar suyanchig'ing tiraging.
Yotib qolsang og'risang  kimga bo'lar keraging ,
O'g'ling yeb o'rga ketar  qizing yeb qirga .


Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: mubashshir 15 Iyul 2006, 10:47:06
Dinu diyonatdan bo'lmagin yiroq,
Yo'lingni yoritar u mangu chiroq,
Amallaring uchun jannatni olsang,
Ne'mat bormi yana undan yahshiroq.
Abduvali Abduqayyum o'g'li, Andijon.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 19 Iyul 2006, 07:38:19
Ibodat.
Nafsning shashti bosilgay ro'za bilan,
Qaddi basti bosilgay ro'za bilan,
tez-tez ro'zador bo'l,nobakor nafsning,
morday qadi bosilgay ro'za bilan.
Roza - tan zakoti, holing salomat,
Zakot - kafforotdir, moling salomat,
beva - bechorayu, yetim- yesirga,
haqdorga ato et, joning salomat.
Hajni ihtiyor qil, qodirsan agar,
Ota-onangni haj qildir muqarrar,
topgan moling halol bo'lsin har qachon,
harom bo'lsa yo'llaringda bor ajdar!
Namoz ibodatning podshosi erur,
barcha yahshilikni peshvosi erur,
unda haj, savm, me'roj, jannat kaliti,
dilning tahorati, ifshosi erur.

Yo'ldosh Eshbek.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Abu Muslim 22 Iyul 2006, 03:56:47
Hayrullah Hamidovning serlarini (yangilari bilan) va sherlariga ishlangan klipni yuklab olish uchun ma'rifat markaziga o'tinglar

http://www.islom.uz

undan tashqari boshqalarning sherlari ham, bor
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Avgust 2006, 11:30:57
To'rtliklar

Garchi piyodamiz, garchi otliqmiz,
Kim yaxshi, kim esa yomon otliqmiz.
Qanchalar fursatni o'tkazdik zoe,
Xudoning oldida ko'p uyotliqmiz.

***

O'limga baribir: gulday dudoqlar,
Halol yurganlaru harom tamoqlar.
Ust-boshi butlardan choponni yechgay,
Kovush kiyib ketmas yalangoyoqlar.

***

Olis yulduzlarda qanday habar bor?
Oyning gardishida qanday xatar bor?
Mangu xavotirday aylanar falak,
Bir kun hammamizga katta safar bor.

***

O'zincha tijorat qilgani kelding,
Uy qurib imorat qilgani kelding.
Bu dunyo besh kunlik ziyoratgohdir,
Aslida ziyorat qilgani kelding.

Sirojiddin Sayyid
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Avgust 2006, 11:40:05
Shukur qil

Nega nolib yashaysan, berganiga shukr qil,
Ko'zing yorug' dunyoni ko'rganinga shukur qil.

Shivirlagan maysalar qilam bo'ldi yo'lingga,
Oqar suvlar uyinga kelganiga shukr qil.

Boshin egib daraxtlar, yuz ming nozu ne'matlar,
Dasturxonni to'ldirib turganiga shukr qil.

Bahor bilan qo'shilib, darvozangga urilib,
Ayvoningga qaldirg'och kirganiga shukr qil.

Jajjigina qo'lida yurt tuprog'i bolangning,
Ohista qadam tashlab, yurganiga shukr qil.

Ahtamquli ogoh bo'l, olamda yoq bunday yurt,
Qalam qog'ozga ko'ngling yozganiga shukur qil

Ahtam Karim
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Avgust 2006, 11:48:07
Badgumon bo'lma

Ey, aziz zot, arzim bor,
Ijozat bersang, aytay.
Birodarlik qarzim bor,
Sen qaytmasang, men qaytay.

Aytchi, arazing umri,
Ketmadimi uzayib?
Kaminaning chin uzri:
Kechir, bo'lsa menda ayb.

Sen balandda, men pastda,
Lek, zarra yoq hasadim.
Huquq, erk toki dastda,
Adolat qil - maqsadim.

Turtib - siltamasang bas,
Qo'ysang o'z qavmim bilan.
Bas erkin olsam nafas,
Qo'y solat-sovmim bilan.

Qo'rqma, qilma vohima.
Senga g'anim emasman.
So'ramasman bir nima,
Mulkingdan ber, demasman.

Ko'nglim g'arazdan holi,
Do'stim, badgumon bo'lma.
Gumon - iymon zavoli,
Nogoh beiymon bo'lma!

Ne hojat bezovtalik,
Yetar, dilni g'ashlama.
Ha, mendan qilma hadik,
Qo'y, dushman tarashlama!

Arazni chetga surib,
Ber qo'ling, yarashaylik.
Haqiqiy mo'min bo'lib,
Ahillikda yashaylik!

Fozil Zohid
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Avgust 2006, 11:51:52
Yaratganga yaqin bo'lin!

Jonsiz toshga sig'inarmish odamlar!
Alloh buyuk! Kim bo'libda sanamlar.
Jonimizdan aziz bilib iymonni,
Yaratganga yaqin bo'lin odamlar!

Siz aslida kimligingiz unutmang,
Yolg'iz zotga qulligingiz unutmang,
Iymoningiz - boyligingiz unutmang,
Yaratganga yaqin bo'ling odamlar!

Elmurod Nishonov
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Avgust 2006, 11:55:39
Allohdan o'zga yor topmadim...

Gohida ezsa gar meni g'am,
Qiynasa goh ich o'rtar alam.
Topilmasa biror-bir hamdam,
Allohdan o'zga yor topmadim...

Holim tushunmasa do'stlarim,
Yolg'on desalar rost so'zlarim.
Yig'idan tinmasa ko'zlarim,
Allohdan o'zga yor topmadim...

Zulmat ichra chiqmasa ziyo,
Gar sig'masam olamga go'yo.
Izlaganim bo'lsa bir ro'yo,
Allohdan o'zga yor topmadim...

Alisher Isomiddin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Umarbek 14 Avgust 2006, 21:47:20
  Bu bebaho satrlar, Alloh rozi bo'lsin sizdan!!!
Tarifga qalam ojiz ushbu satrlarni tariflagani, chunki Alloh
buyukdir!!!!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 11:32:41
Haqiqatdan ham juda bebaho, go'zal
va qalbni larzaga soluvchi satrlar.
Noza, Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: azizaxon 17 Avgust 2006, 15:22:20
                        Qilinganda tilovat.


Erir ekan tosh yurak ham qilinganda tilovat,
To'kilarkan qalbdagi g'am qilinganda tilovat.

Tinglasang gar, ko'zing yumib, bo ajabo, vo ajab-
Tebrangandek bo'lar olam qilinganda tilovat.

Ko'z oldingdan ruhi o'tar o'tganlarning birma-bir
Go'yo diling topar malham qilinganda tilovat.

Ohangida qorilarning neki sir bor bilmadim
Butun jonzot bo'lar hurram qilinganda tilovat.

Bahra olar emish hatto tog'lardagi giyohlar
Boshlarini qilishib xam qilinganda tilovat.

O'tir, do'stim, o'qilganda, yaratganning kalomi
Har so'zini qil muhtaram qilinganda tilovat.

Ey, Rahimiy, "Qur'on" so'zi-Olloh so'zi, shu bois
Mehring berib tingla doim qilinganda tilovat.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 17 Avgust 2006, 16:02:20
Assalamu alaykum,Azizahon.
Juda go'zal she'r ekan.
Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Har birimizga O'zining Kalomini
behato o'qishlikni nasib qilsin.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 24 Avgust 2006, 20:57:48
Nadomat

Halolni haromdan farqlay olmasam,
Qorani qora deb ayta olmasam,
Gunohligin bilib, qayta olmasam,
Mendayin baxtsizni kechirgin, Rabbim.
Yordam so’rasalar, qovog’im uysam,
Muhtoj kimsalardan nariroq yursam,
Shayton xizmatiga “labbay” deb tursam,
Mendayin osiyni kechirgin, Rabbim.
Qurbim yetsa hamki Hajga bormasam,
Ro’zador bandangni xushnud qilmasam,
Mo’minlar dardiga darmon bo’lmasam,
Mendayin noshudni kechirgin, Rabbim.
Sirotni unutdim, dunyoni-chi yoq,
Oxirat g’amini yenganim ham yoq.
Ochni siylamadim, qornim doim toq,
Mendayin ojizni kechirgin, Rabbim.
Solihlar suhbatin izlamadim ham,
Qur’on o’qimadim, tinglamadim ham,
Kechalari turib, yig’lamadim ham,
Mendayin johilni kechirgin, Rabbim.
Dunyo-yu boylikka hirsim zo’raydi,
Birov qarz so’rasa, ko’zim olaydi.
Hisobni unutib, qalbim toraydi,
Mendayin gumrohni kechirgin, Rabbim.
Goho musibatga sabr qilmadim,
O’ylamay so’z berib, so’zda turmadim,
Faqirlarni to’rga taklif qilmadim,
Mendayin baxtsizni kechirgin, Rabbim.
Ko’zim ochiq, ammo ko’rmaydi ko’zim,
To’g’ri so’zdan ko’ra ko’p yolg’on so’zim,
Bariga aybdor yolg’iz men o’zim,
Mendayin so’qirni kechirgin, Rabbim.
Gunohlardan qalbim qorayib ketdi,
Savob ishlar meni tark etib ketdi,
Kibru havo oxir boshimga yetdi,
Mendayin gumrohni kechirgin, Rabbim.
Qiyomat dahshatin yodga solib tur,
Umid so’nmasin, umid berib tur.
Shayton yo’llaridan meni Haqqa bur,
Mendayin gumrohni kechirgin, Rabbim.

Ra’no Hakimova, Andijon shahri
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 24 Avgust 2006, 21:01:46
Ayirib qo’yma!

Allohim, bir qutlug’ yo’lga chiqdik biz,
Ulug’ karvoningdan ayirib qo’yma!
Bu karvon ketmasin yo’llarda izsiz,
Dadil sarboningdan ayirib qo’yma!

Baland minoralar tashlansa ko’zga,
Osilib chiqishdan iloj yoq o’zga.
Tushdek to’kilganda odamlar pastga,
Mahkam arqoningdan ayirib qo’yma!

Turli kitoblarni jamladi olam,
E]zozga arziguv garchi kitob kam…
Sandiqlar, javonlar bo’shab qolsa ham,
Qalbni Qur’oningdan ayirib qo’yma!

Harob aylama bas, bizdek qullarni,
Ma’rifatga boshla barcha yo’llarni…
Qalbimizda ungan turfa gullarni
Halim bag’boningdan ayirib qo’yma!

Bir tuyg’u tufayli jannat biz uchun,
Ul tuyg’u qalblarni aylagan butun,
Amalni unutib qo’ysak ham bir kun,
Illo, iymoningdan ayirib qo’yma!

Hayrulloh Hamidov
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 24 Avgust 2006, 21:04:01
Rabbim, O’zing asragin!

Qalbi, fe’li torlikdan,
Shirin so’zga zorlikdan
Ikki dunyo xorlikdan,
Rabbim, O’zing asragin!
Ig’vo, fitna, tuhmatdan,
G’iybat, turli kulfatdan,
Qalbi qaro ulfatdan,
Rabbim, O’zing asragin!
Manmanlik ham riyodan,
Qabul bo’lmas duodan,
Of’ir damda jazodan,
Rabbim, O’zing asragin!
Yomon fe’l, yomon amal,
Yomon nafsdan asragin.
Yaxshilarga yaqin qil,
Har nokasdan asragin!
Yomon tilning zahridan.
Shayton la’in sharridan,
Qahhor oting qahridan,
Rabbim, O’zing asragin!
Molu dunyo faxridan,
Azobga duchorlikdan,
Rahmatingga zorlikdan,
Rabbim, O’zing asragin!
Omonating ol oson,
Iymon bilan chiqsin jon,
Jannatda uray javlon,
Do’zaxingdan asragin.
Tilim anda lollikdan,
Holim parishonlikdan,
Yomonlikka yorlikdan,
Rabbim, O’zing asragin!
Ojiz banding Muyassar,
Yig’laydi shomu sahar,
Nomam yozilgan daftar,
Qarolikdan asragin.

Muyassar
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 24 Avgust 2006, 21:06:12
Hayot bir sinovdir har bir insonga,
Goho yo’qotarkan, goho toparkan.
O’kinmang “hech nima qolmadi”, deya,
Siz bilan yagona Alloh qolarkan.
Yo’qolgan ishonchni, orzu-umidni,
Yo’qolgan davlatni yo’qolgan baxtni,
Yo’qolgan ilinjni Allohdan so’rang,
Alloh Berguvchidir, Alloh Mehribon.
Undan siz hidoyat bermoqni so’rang,
Iymonda mustahkam bo’lmoqni so’rang.
Barcha gunohlarni avf etmoqni tilab,
Undan siz mag’firat etmoqni so’rang.
Yo’qolgan orzuni, yo’qolgan baxtni,
Yo’qolgan ishonchni topgaysiz shunda,
Davlat ham topilgay, umid ham kelgay,
Ilinjning o’zi topgaydir sizni.

Hamidjon Tohirjonov
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 24 Avgust 2006, 21:15:32
O’rgatay

Ey, umr ohista yur, jismimga odat o’rgatay,
Hamchunon oils yo’ling, sabrimga rag’bat o’rgatay.
Ne muammolar kelur qatlimga jumboq birma-bir,
Har birin yechmoq uchun fkrimga quvvat o’rgatay.

Sen umr karvoni toki, tashlasang asta qadam,
Yo’lni ozig’in olib, dastgiri mehnat o’rgatay.
Ne kelar sirli umrning hodisotlar zimnida,
Har kelar ishga sobit, tanga g’ayrat o’rgatay

Goh nurafshon bo’lsa yo’l, gohi tikonli uchragay,
Shay turib, mushkulot qoshida himmat o’rgatay.
Hirsi dunyo zanjirida qolmasun also umr,
Parchalab zanjirni ham, qalbga shafqat o’rgatay.

Jismi vahshat ne kerak, cho’g’u harorat bo’lmasa,
Yo’lchi yulduz bo’lg’usi yolqin muhabbat o’rgatay.
Ey Olim, oils yo’ling dastgiri ozug’ bo’lsa soz,
Bardavom etsun umr tanga sadoqat o’rgatay.

Olimjon Rahimov, Qo’qon
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 24 Avgust 2006, 21:16:34
Sen boqiyda nimalar topding?

Dunyo deb tinimsiz to’rt tomon chopding,
Ne topsang nazardan panaga yopding.
Neki sen g’amlading, foniyda qoldi,
Ayt-chi, sen boqiyda nimalar topding?

Bola-chaqa qilding dunyoga kelib,
Molu dunyo yig’ding yugurib-yelib.
Mulohaza qil-chi, bir o’ylab ko’rib,
Ayt-chi, sen boqiyda nimalar topding?

avlodlaring o’zin yo’lidan ketar,
balki sening xizmatlaring unutar.
Hisob-kitob kuni senga ham yetar,
Ayt-chi, sen boqiyda nimalar topding?

Sen ham bobolaring yo’lidan yurgin,
Islomning yo’lining haqligin bilgin.
Umringning har damin ga’nimat ko’rgin,
Ayt-chi, sen boqiyda nimalar topding?


To’g’ri yo’lda bo’lsang shodlan, quvongin,
Shaytoniy hislardan voz kechgin, uyg’ongin.
Biror kas yuzinga ayta olmasin –
Ayt-chi, sen boqiyda nimalar topding?

N.Rustamov
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2006, 09:43:42
Dil hasrati.

Bandaning ishlaridan shaytonlar ham lol bo'ldi,
Osmonda oy hayodan egilib hilol bo'ldi,
Tavbayu, nahiy munkar nafslarga malol bo'ldi,
Ko'ra-ko'ra konikdi ko'zlarimiz gunohga.

Alloh yodi yot bo'ldi fanoni suyganlarga,
O'zligini kibrdan unutib qo'yganlarga,
So'z demadik pand berib mast - alast yurganlarga,
Ko'ra-ko'ra ko'nikdi ko'zlarimiz gunohga.

Buyuk bir ibodatdan orom topmay ko'nglimiz,
Shukr yo'q, hech charchams shikoyatdan tilimiz,
Koyimadik kiygin deb,ochiq yursa singlimiz,
Ko'ra-ko'ra ko'nikdi ko'zlarimiz gunohga.

"Bismilloh"dan boshlashga o'rganmadi bolamiz,
Aqroboyu hesh bilan ulanmadi oramiz,
Hasta qondosh qoshida ko'rinmadi "qoramiz",
Ko'ra - ko'ra ko'nikdi ko'zlarimiz gunohga.

Osiyligu isyondan qon yig'lasa samolar,
Oshkor bo'lsa tubanlik, oshkor bo'lsa zinolar,
Unutilsa or-nomus,unutilsa hayolar,
Ko'ra - ko'ra ko'nikdi ko'zlarimiz gunohga.

Topinarlar tumorga, toat uchun toqat yo'q,
 Allohdan yiroqlashgan nokas jonga shafqat yo'q,
Haqni tanimas nafsga ikki dunyo rohat yo'q,
Ko'ra - ko'ra ko'nikdi ko'zlarimiz gunohga.

Ko'ra - ko'ra gunohga ko'nikkan ko'zlarimiz,
Yosh aro qon yig'lasin, yuviulsin yuzlarimiz,
Hardalning urug'icha iymonlik dillarimiz,
Qaddin rostlasin endi!
Ko'zni poklasin endi!
So'zni oqlasin endi!
Allohning huzuriga, o'zni chog'lasin endi!!!

Nurmuhammad Shoyoqub.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 12:25:38
Mavlom Sani rozi etsam....

O'lim haqdir, kibr nehun?O'zdan kechsam,
Toating sharobidan qonib ichsam,
Safar yaqin - hatar yaqin, kafan bichsam,
Shum nafsimga iymonimni qozi etsam,
Amalim-la, Mavlom Sani rozi etsam...

Zikr aytib qalbim toshsa qirg'og'idan,
Omon o'tsam munkar-nakir so'rog'idan,
Qabrim rohat tuysa manim turobimdan,
Shum nafsimga iymonimni qozi etsam,
Amalim-la,Mavlom Sani rozi etsam.

Holim nadir - bilolmayman,bilolmayman!
Vasling qayda! Man o'zimga kelolmayman,
O'lmay turib, o'lmay turib,o'lolmayman,
Shum nafsimga iymonimni qozi etsam,
Amalim-la, Mavlom Sani rozi etsam.

Ishqing yoqsa - yonib - yonib kul bo'lsam-a!
Bandam desang - bir hokisor qul bo'lsam-a!
Madinagni sahrosida qum bo'lsam-a!
Shum nafsimga iymonimni qozi etsam,
Amalim-la, Mavol Sani rozi etsam.

Haqqa eltgan oyoq osti yo'l bo'lay man,
Kalomindan so'zlaguvchi til bo'lay man,
Hushimni ol - telba oshiq dil bo'lay man,
Shum nafsimga iymonimni qozi etsam,
Amalim-la Mavlom Sani rozi etsam.

Ko'z yoshlarim tinmay oqsin - sel bo'layin,
Tong-la Mahshar aro pechvo el bo'layin,
Habibingni poyidagi gul bo'layin.
Shum nafsimga iymonimni qozi etsam,
Amalim-la, Mavlom Sani rozi etsam...

Gulbahor Abdulloh qizi.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 12:28:54
Ziyorat.

Men chirib ketishdan qo'rqdim ko'milsam,
Dardim aytolmadim biror insonga.
Oh urib, dod dedim ichim yongan dam,
Ovozim jon berdi yetmay osmonga.

Endi har kech ko'kka temulaman jim,
Tiyolmay ko'zdan yosh jolalarimni.
Ziyorat qilganim - ko'kka boqqanim,
Yulduzlar qabridir nolalarimning.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 12:33:02
G'azal.

Tangrim, huzuringda cho'kadirman tiz,
Ummatim dermisiz payg'ambarim, siz?

Loyiqmanmi, sizga ey aziz otam,
Sig'dirarmi,meni siz qoldirgan iz?

O'hshamak istarmi o'g'ilcham menga,
Suyib onam derman, quvnarmi bu qiz?

Alanglab boqurmiz atrofimizga:
Kim erdik, kim bo'ldik, kim bo'lurmiz biz?

Ko'ngil poshsho bu dam, men unga mirzo,
Sevmak, sevmak erur farmonlarimiz.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 12:37:21
Qanoat.

Asl aybim -
Tekis yo'lda qoqinmoqdir.
Asl bahtim-
O'zing ko'rmay sog'imoqdir.
Yeru ko'kdan mudom izlab
Hato qildim.
Seni topmoq yo'li-
Senga topinmoqdir.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2006, 12:45:07
Uxlagay mo'min bo'lib....

Har baloga shayga chidarman,voh  demay sobir bo'lib,
Norizolik ortar o'zdan, ichdagi zohir bo'lib.

Tingladim:alqar baliq ham tama' qilmas kimsani,
Olqish aytar qurtu qushlar, chirqirab sohir bo'lib.

Bir qiyin kunga qolibman, yozig'im nedir menim,
Ishga lanju so'zlamakka, beadad mohir bo'lib.

Garchi ravshan menga kundek,noumid shayton erur,
Lek ko'ringay har saharda, bu zamon ohir bo'lib.

Dil qolib bir chetda ohkim, yo'lga kirdim deydi, til,
Bilganim shul, bilmasim ham senga qolmas sir bo'lib.

Bir kihsi holidan Alloh, saqlagil bergil omon,
Uxlagay mo'min bo'lib ul, uyg'onur kofir bo'lib.

A'zam O'ktam.
Alloh rahmatiga olgan bo'lsin.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2006, 11:26:52
Balo qazolardan asraguvchisan,
Barchamizni birdek eshitguvchisan,
Dunyoni bor etding, bizni yaratding,
Hammamizga O'zing rizq berguvchisan.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2006, 11:31:37
Fozil Zohid. To'rtliklar.

Rozi dil ichga sig'may ozordaman,
Demasni deb, yozmasni yozardaman,
Ey, to'g'rilar, tutinglar men o'g'rini,
O'g'irlab o'zimdan sir bozordaman.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2006, 11:34:32
Itlar hurar, karvon o'tar deydilar,
Ular ichra bor qopag'on daydilar,
Avvalgilarga o'hshamas itlari ham
Tishlab eting, uzib olib yeydilar.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2006, 11:37:58
Nima yomon - g'aflat yomon, ogoh bo'l,
Ogohsan - yurt dorulomon, ogoh bo'l,
Yovuz qo'lda gul ko'rib, borma yaqin,
Qo'ltig'ida hanjar nihon, ogoh bo'l.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2006, 11:39:12
Olamda neki mavjud hikmatga yor,
Kimga bol, kimga shifo zaharda bor.
Ey, zargar,muqarrar sen zarga oshiq,
Kulol deydi:tuproqqa men haridor.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2006, 11:43:19
- Saqlasang ,sir senga asir,
Saqlamasang, sen sirga asir.
- Bir oqil aytarmish:tingla, qarindosh,
Siringni fosh etma,kerak bo'lsa bosh.
- Odamga sabr gar ko'ringay zahar,
Sabr nihoyasi jonga bo'lar shakar.

Mirziyod.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Laylo 11 Sentyabr 2006, 19:09:07
Assalamu alaykum!
She'rlarni o'qib maza qilyapmiz.
Nargiza, opa Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Yana shunaqa she'rlardan kutib qolamiz.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 12 Sentyabr 2006, 07:58:09
Assalamu alaykum!
She'rlarni o'qib maza qilyapmiz.
Nargiza, opa Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Yana shunaqa she'rlardan kutib qolamiz.

Va alaykumussalam.
Laylo,Alloh sizdan ham rozi bo'lsin.
Tashakkur.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 23 Sentyabr 2006, 11:17:53
Durud.

Allohning sevgan quli,
Va tanlagan Rasuli,
Yo'li - haqiqat yo'li,
Haq payg'ambar Muhammad.

Zulmatda boqqan ziyo,
Hoki poyi to'tiyo,
Iftihori anbiyo,
Elga sarvar Muhammad.

Mo'jizasi,bil:Qur'on,
Ummatga dastur, burhon,
Olam,desak,gar irfon,
Shamsu qamar Muhammad.

Ruhul - amin birodar,
Eltdi unga vahiylar,
Yetib amru nahiylar,
Berdi habar Muhammad.

Me'rojga chorlab Alloh,
Qildi sirlardan ogoh,
Qariybi Oliy dargoh,
Sohib nazar Muhammad.

Hadislar - koni hikmat,
Azizlik yo'li sunnat,
Sardori, fahri ummat,
Elga sarvar Muhammad.

Hulqi Qur'oni Karim,
Nuqsonlardan pok, salim,
Karamli,kamtar,halim,
Insonparvar Muhammad.

Ey,Allohning qariybi,
Elchisi ham habibi,
Qil shafoat nasibi -
Ro'zi mahshar Muhammad.

Fozil Zohid.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 02 Oktyabr 2006, 13:42:17
Zahri qotil

Bo’ldi u sharabning asir-tutquni,
Olib aqlu hushin, buzdi xulqini.
Topgan-tutganidan ketdi baraka,
Qo’li qing’ir, haromlandi xalqumi.

Qiyshiq afti aks etar jomi alayda,
Yorga vafo, farzandga shavqat qayda,
Goh jirkanch hayvon yanglig’ yotib loyda,
Ko’rgan hazar qilar sovuq turqini.

“sog’liq uchun” deya og’u ichdi u,
Dard ortttirib, zaharladi ichni u,
Xonumondan, yor-do’stlardan kechdi u,
Qoldi na xesh-aqrabo, na yaqini.

Dining poklikda bunyod, bo’l ozoda,
Xirmoning berma bodga, ichib boda,
Iymondan ham ajralib, so’ng mabodo,
Qa’riga tortmasin do’zax yolqini!

Ma’rifat ziyosi joy olsa dildan.
Yurtimiz poklanur harom botildan,
Shunda qutilgaymiz zahru qotildan,
Chetga sursa uni hayot to’lqini!
Fozil Zohid
(Musulmonlar taqvim kitobi 2004(1425)/IV)

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 02 Oktyabr 2006, 13:43:17
Yolg’on so’z imon zavoli

Demak yolg’on – mo’minlar fe’li emas,
Yolg’onchini Payg’amvar ummat demas.

Barcha jonzot bezabon g’ayri inson,
Qildi aziz insonni, berib lison.

Tilni pok asrash aqli taqvoga xos,
Asray olmagan tilni tilsin olmos!

Derlarki: tilga yog’on kelgan zamon,
Hazar qilib ketgusi dildan imon.

So’zlanur yolg’on imonsiz holatda,
O’zing zalolatda, dining g’oratda.

Oh! Kechar beimon qancha vaqtimiz,
Chunki rost – nasiya, yolg’on – naqdimiz.

O’tkir qotilmag’an sof gap bormikan?
G’iybatsiz ochilgan bir lab bormikan?

“Aldangani bola yaxshi” deganlar,
Ozmi ekkanin o’rib, pand yegablar.

Tilni kim bulg’asa yolg’on-najasga,
Tanbeh joiz albatta ul nokasga:

-Tiling pokla! Botdi harom – og’uga,
Poklamasang, sudrar seni tamug’ga!

Tobakay yasharsan aldab-aldanib?
So’zing rostla, mo’min, o’zing ol tanib!
Fozil Zohis
(Musulmonlar taqvim kitobi 2004(1425)/IV)

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 02 Oktyabr 2006, 13:44:12
Taqvoga kel

Kel, ozoda, tinglag’il so’z taqvodan,
So’zki, bergay xabar xayri baqodan.
Ey til “taqvo” demakka bormi hadding?
Qachon tiygaysan o’zing lafzi boddin?
Suhbat aro g’iybat bo’lib demishing,
Birodaring go’shti go’yo yemishing.
Omixtadir rost bilan yolg’on-yashiq.
Qayon boqsang, halol-haromqorishiq.
Qo’yga to’ng’iz yonma-yon, yoq e’tibor,
Qozonlarda murdor hayvon e’tibor.
Goh olib ehson qallob ham yonidan,
Tuz yeb zakotsiz boy dasturxonidan,
Halolga sa’y, haromdan hazar qani?
Farqlashga foruqi pok nazar qani?
Ne sud har yon chopmoq istab taqvoni,
Qayda imkon topmoq izlab anqoni.
Qodirsan Xudoyim, yoqni bor ayla.
Qil hidoyat, bizni taqvodor ayla.
Haq kitob va Rasul sunnati haqqi,
Ey mo’min, tavbaga kel, bo’l muttaqiy.
Fozil Zohis
(Musulmonlar taqvim kitobi 2004(1425)/IV)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 02 Oktyabr 2006, 13:45:03
Vaqtinchadir

Har kalom qadriga yetgil, biyronliging vaqtinchadir.
Etma miskinlarga dahshat, arslonligin vaqtinchadir.
Oyning o’n beshi qorong’u – ham o’n beshi yorug’ bo’lgay.
G’am selidan ranjima hech, giryonliging vaqtinchadir.
Avji shodon qahqahangdan o’zga ozor topmasin.
Extiyot bo’l, past tushursan, shodmonliging vaqtinchadir.
Yaxshilik otin minib sen, dil bog’larin sayr aylagin,
Bu makon bo’lmas mudom, sayronliging vaqtinchadir.
Ayla minnatdor elingni, yurtni esa dilfushon.
Ezgulikning haykalin qo’y, sultonliging vaqtinchadir.
Berma erk ko’ngil uyiga, eldan also chiqmagil.
Bul saltanat og’ushida mezbonliging vaqtinchadir.
Bo’lsang Iskandarcha yoxud Bahrom, Faxriddinga yaqin,
Baribir tuproq bo’lursan, arkonliging vaqtinchadir.
Dunyoda bil, neki borki barchasi hisoblidir,
G’ofil o’lma dam ga’nimat, imkonliging vaqtinchadir.
Haqla mahshar uyg’onurg’a senda iymon bo’lsa gar,
Hatto lahad ichra sening mehmonliging vaqtinchadir.
Foniy dunyo mevalari – barchasi vaqtinchadir,
Shul sabab ham bo’lma g’amnok, armonliging vaqtinchadir.
Adham hoji bisotidan, Marg’ilon
(Musulmonlar taqvim kitobi 2006(1427)/IV)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 02 Oktyabr 2006, 13:45:54
Xush kelibsan, ey Ramazon!..

Xush kelibsan, ey Ramazon,
Davlat bo’lib kelgan oy!
Ummat uchun mag’firatu
Rahmat bo’lib kelgan oy!

Ruhga shifo, tanga davo,
Qur’on nozil bo’lgan oy!
Har mo’minga sevinch bo’lib,
Shafqat bo’lib kelgan oy!

Bu kun ma’no olaminda
O’zgarishlar boshqadir;
Xush kelibsan, zafar bo’lib,
Nusrat bo’lib kelgan oy!
Mirzo Kenjabek
(Musulmonlar taqvim kitobi 2004(1425)/IV)

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 02 Oktyabr 2006, 13:46:39
Assalom, mohi muborak

Assalom, ey mohi oily, qadru qiymat, assalom,
Bizni shod etding kelib, ey mohi bahjot, assalom.
Intizor erdik yo’lingda, ey mohi rahmatnamo,
Sen kelib olamni qilding g’arqi rahmat, assalom.
Yil ichinda garchi Oysan, hurmating Kundin ziyod.
Yer yuzin pok aylading, bilgil salomat, assalom.
Kelganingdan shukri lilloh, shod bo’ldi xosu om,
Qaysi mohda bor muncha hayru barokat, assalom.
Kim seni izzat qilur, izzat topar yavma nushur,
Bu masaldir: “Yaxshidin yetgay sharofat”, assalom.
Avvaling rahmat erur, beshak miyoning mag’firat,
Oxiring ozodi do’zax lutfu inoyat, assalom.
Muxlis (XIX asr)
(Musulmonlar taqvim kitobi 2006(1427)/IV)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Laylo 02 Oktyabr 2006, 14:06:37
Assalomu alaykum Noza!
Tashakkur sizga!
Alloh roz bo'lsin!

Yana shunaqa ibratli she'rlardan kutib qolamiz.
Nom: Re: Bahri bayt
Yuborildi: UmmatiY_MuhammadiY 07 Oktyabr 2006, 07:27:08
Тўртлик

Ла илаҳа иллаллоҳни тилимиз айтар осон
Аммо ушбу калимани дунёни қилган ҳайрон
Саҳобалар даврига олтин қаср қурдирган
Талстойдек зотларни черковдан юз бурдирган

Гётени ҳайрат ила Исломга қилган мойил
Айни шу калимадир биродар бизга қойил
Эртадан кечга томон унитилмай айтамиз
Аммо қачон гуноҳдан маъсиятдан қайтамиз

"Fazilatli Ramazon kunlari" dan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 13:04:53
Fikru yoding panohim...

Goh yaramay, goh yarab-
Ko'nglim to'lmas ishimdan.
Ming bora shukr, yo,Rab,
Ayirmading hushimdan.

Qalbimning mehvarida,
Zikring asli kamolim.
Ko'zlarim gavhariga -
Muhrlansin jamoling.

Fikr yoding panohim,
Ko'zimda yoshlar mening.
Chin ihlosu namozim,
Vaslingga boshlar Sening...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 13:08:03
Taskin.

Kelganiga bo'lmay ko'p shod,
Ketganiga solmagin dod.
Taqdir hukmi turgan joyda,
Fig'oningdan, ayt, ne foyda.
Qarab takror so'l-o'ngingga,
Quyib,ol har qulog'ingga:
To dunyoga qo'yding qadam,
Qadamlaring qutlug' bo'lsin.
Iqomating mulki adam,
Mozoring nur bilan to'lsin...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 13:10:17
To'rtliklar.

Haqqat, yaqinsan gohi jon qadar,
Goh yiroqsan ne zamon qadar.
Qalbimning tubiga etgum Seni jo,
Misli dehqon - suyib yerga don qadar.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 13:11:43
Boshimga yog'masin desang ming balo,
Qilmishing sir bo'lib qolgani a'lo.
Har ishda atrofdan ibrat ol, ibrat,
Eng buyuk sinoat O'zi avvalo.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 13:13:36
Har bitta qismatning tarhi bo'ladi,
Qismatdan qismatning farqi bo'ladi.
Gunohu savobim besamar dema,
Har amal-qilmishning narhi bo'ladi.

Abdulhamid Pardayev.
Toshkent.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Foniy 10 Oktyabr 2006, 13:55:26
Muallifi noma'lum

Deyursanmu??
Shahodatga tiling kelmay,
Namozu, ro'zani bilmay,
Zakotu, hajni ham anglamay,
Men ham muslim deyursanmu?

Boshingni sajdaga qo'ymay,
Haromu shubhadan qo'rqmay,
Xudoni yodinga olmay,
Men ham mo'min deyursanmu??

Birovga yordaming tegmay,
G'ariblar ko'nglini olmay,
Yetimlar holini so'rmay,
Men ham ummat deyursanmu?

Otangning hurmatin qilmay,
Dilingdan himmatin qilmay,
Padarxondan duo olmay,
Men ham farzand deyursanmu??

Ilmning zahmatin chekmay,
Azizlar xizmatin qilmay,
O'z ustozing rizo qilmay,
Men ham olim deyursanmu??

Kishiga oqibat qilmay,
Mehr-shafqat nima, bilmay,
Farosat- fahmini bilmay,
Men ham Odam deyursanmu??

Hamiyat, rashk nima bilmay,
Ayolingga nazar qilmay,
Bolangga tarbiya bermay,
Men ham Erkak deyursanmu??

Erinigni hurmatin qilmay,
So'ziga e'tibor qilmay,
Uyat-andishani bilmay,
Men ham ayol deyursanmu??

Ona til so'zini bilmay,
Vatan tarixini bilmay,
O'zingning millating sevmay,
Men ham O'zbek deyursanmu???

Biror soat tinim bilmay,
Qilib da'vatlaring tolmay,
O'zini aybini ko'rmay,
Men ham Fozil deyursanmu???
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Foniy 10 Oktyabr 2006, 13:56:48
Xayrulla Hamidov

Dunyo bir seskandi, dunyo bir to'zdi,
Iymon har tomonga sochilgan kuni.
Hilqat ummonida vajohat suzdi,
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Qahrdan tug'ilgan bu yovuz dillar,
Faqat ma'siyatga cho'zmishlar qo'llar.
Hamma gunohlarga ochildi yo'llar,
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Allohga har qancha to'kmasin ko'z ashk,
Erlarning qalbidan ko'tarildi rashk.
Kufr, shirk yo'lida boshlandi kurash,
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Saltanatlar ketdi, quladi yurtlar,
Bo'y ko'rsatdi ko'ngli chirkin beburdlar.
Ordlar yig'ladilar chinqirdi ordlar,
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Qushlar parvozidan halovat qoldi,
Baliqlar ovozsiz faryodlar soldi.
Ko'zimiz o'ngida g'urur toptaldi,
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Silkindi og'riqdan go'dak beshigi,
Yopildi mehrning so'nggi teshigi.
Yopildi iymonning so'nggi eshigi,
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Bugun fisq yurmaydi unda bor qanot,
G'urabo, fahshga berildi hayot.
Ming yillik qonunga darz ketdi hayhot,
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Boshqa amallarni qilsakda tinmay,
Endi gunohlardan ketdik og'rinmay.
Eng so'nggi fitnaning oldi olinmay,
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Bu katta gunohning avvali qani?
Bu jirkanch gumrohning avvali qani?
Savollar javobsiz qolgan hamisha,
Javob izlab hamma tolgan hamisha.

Chunki bu savolning javobi yo'qdir,
Erkaklarning ko'ngli gunohla to'qdir.
Islomga ilk daf'a otilgan o'qdir,
Ayollar avrati ochilgan kuni.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Foniy 10 Oktyabr 2006, 13:58:11
Muallifi noma'lum

Yo Rab, qandoq kunga qoldik, bu nechuk savdo?
Odamlarda na shafqat bor, na mehru vafo?
Yigitlarda odob yo'qdir, qizlar hayosiz,
Xotin zoti kun o'tkazmas bir mojarosiz.
Qo'yib bersa, el bir-birin o'yar ko'zini,
Ovboshlar esa faqat o'ylar o'zini.
Dunyo oxir birodarlar yo'q endi hayot,
Kun kecha tamom bo'lgandi oxirgi mamot,
Qadim ajdod o'kinch bilan cho'kib soyada,
Bu so'zlarni cho'kich bilan yozdi qoyaga!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 10 Oktyabr 2006, 15:31:46
Bir shoir sherida quyidagilarni yozadi:
    â€œ Turli so’zlar ila qilib munojot,
   Salom hovlisidan kutasan najot.
   Ammo tazarru’ga shoshmaysan nega ,
   Nafsingga insof qildingmi, hayhot?!
   G’ofil bo’lma, kuning o’tsin soim – la,
   Kechalari ihyo qilgin qoimla.
   Suv – ta’omning oziga ko’n, ey inson,
   Sharaf maqomining zinasi – iymon.
   Rabbing karamiga bo’lgin musharraf,
   Zuljalol rizosin sen bilgin sharaf!”

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 10 Oktyabr 2006, 15:33:06
Ey dunyoga mashg’ul bo’lgan zot,
Cheksiz orzu aldar har mahal.
G’ofillikda yurasan nahot –
Hatto senga etganda ajal.
O’lim kelar bir kun nogahon,
Amallarning sandigidir – qabr.
O’lim ajal bilan yonma – yon,
Qil dunyoning azobiga sabr.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 10 Oktyabr 2006, 15:34:03
Tavba qilmoq odamlarga farzdir, bil,
Gunohlarni tark aylash vojibroq bundan.
Mashaqqatga sabr qilmoq anchayin mushkul,
Lek savobni yoqotish qiyinroq undan.
Voh, ajabo, umr o’tar, o’zgarar zamon,
Bundan ajib odamlarni g’aflat bosgani.
Kelayotgan hamma narsa yaqinlashgan on,
Bilmaysanki, undan yaqin ajal bosqini.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 10 Oktyabr 2006, 15:38:02
Uzun orzu qilish aldadi meni,
Halok qildi mol – dunyoga havasim.
Shayton adashtirdi haq yo’ldan meni,
Yomon amallarga buyurdi nafsim.
                 
                                  “Ohirat kuniga tayyorgarlik” kitobidan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 10 Oktyabr 2006, 15:52:33
Ibodat ucholmay qanotin izlar,
Sabr esa pymol, oyoq ostida …
Sadoqatlar qadriga yig’lar,
Riyo hokim Ihlos ustida.

Fasod g’olib, urar qahqaha,
Nafs adashgan, yo’llari egri…
Halol ojiz, harom hukumron,
Oydek yuzlar Haqqa teskari…

         Kubro
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 14 Oktyabr 2006, 11:17:13
* * *
Berganin oz dema, Haq holing bilar,
Demak, shundan ortig'i ko'plik qilar.
Agarchi tashnasan, bir kosa suv bas,
Qilmag'il daryoni yutmoqni havas.

Ko'p yemak odam-u molni ne qildi,
Odam orttirdi dard, ho'kiz so'yildi.
Dema nafsim:U yahshi yo bu yahshi,
Neni ravo ko'rsa Razzoq - shu yahshi.

Fozil Zohid.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 14 Oktyabr 2006, 11:28:06
Pand...

Nafsni jilovingga olmoq bo'lsang gar,
Qorning to'ymasidan taomga to'ygil.
Gullarni hidlashdan to'hta, birodar,
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygil.

Ajal o'qi aniq, bir kun yetgusi,
Shoshmasdan, hotirjam halok etgusi,
Otang, onang bor - erta ketgusi...
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygil!

Bitgan gulzorlaring so'lar ertaga,,
Umr kosasi ham to'lar ertaga,
Baland minoralar qular ertaga,
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygil.

Birov horma demas, tolsang yugurib,
Yordam ham berolmas ahvoling ko'rib,
Mard bo'l-da o'rningdan bir sapchib turib,
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygil.

Mayli, ko'chat ekkin ertani o'ylab,
Mayli, hosilni ham totgil yolg'izlab,
Lek qolmayin desang qabrda bo'zlab,
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygil.

Ko'rding, dosh berolmas ming-minglab tuzum,
Bir shamol uchirdi barisin yuzin,
Elga suv chiqargan mahaling bir zum,
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygil.

Duolar tilagan qo'llaring ila,
Elaklar elagan qo'llaring ila,
Ayoling silagan qo'llaring ila,
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygil.

Otang yer chopganda qarashib yubor,
Uning yuragidan yo'qolsin g'ubor,
Shunda ham birodar, aytaman takror,
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygil!!!

Hayrulloh.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 14 Oktyabr 2006, 11:31:40
Hamma mehmon.

Bu dunyoga hamma mehmon, yo'qdir aning mezboni,
Mo'minlarga dunyo qafas. bo'lmasrohat makoni.
Ozuqa ol Ohiratga, ishlat aql va ongni,
Har bosgan qadaming hatar, yaqin ajal o'pqoni.

Bu dunyoga hamma mehmon sinalmoqqa kelganmiz,
Savob-gunoh ilinjida, "tijoratga" kelganmiz.
Mo'minlarga dunyo qafas, bo'lmas rohat makoni,
Bu dunyoga hamma mehmon sinalmoqqa kelganmiz.

Zuhra.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 14 Oktyabr 2006, 11:34:49
Bilmam...

Yer bag'rida ul tanlar qolgan,
Aqlga ne hikmatlar solgan,
O'ylab o'yga yetolmay tolgan,
Ul tan qayon ketarin bilmam.

Fir'avnu Namrudlar berin,
Tanlar uchun bichmishlar zarin,
Ko'rib, solgin ibrat nazarin,
Kafanli tan qolarin bilmam.

Sahiy qo'lli Hotamitoy bo'l,
Obi Rahmat chashmasiga to'l,
Hech bo'lmasa to'lin oyday bo'l,
Netay, qay kun ketarin bilmam.

Lola Azimova.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 14 Oktyabr 2006, 11:41:59
* * *

Besh illat bor qalbni aylagay barbod,
O'zni asramasang duch kelgay balo.
Ko'p yeyish, ko'pdeyish, hamda yalqovlik,
Behuda kulmoqqa bo'lmoq mubtalo.

Yana noshukrlik ko'p og'ir illat,
Yuzni qilgay haloyiq aro qora.
Iloho, bulardan asra bandangni,
Ojizlar dardiga aylagin chora.

A'molim mezonga qo'yar chog'ingda,
Gunohlarim kechir, etma oshkora,
Qalbni yoritguvchi besh fazilat bor,
Kim unga muyassar, Alloh bo'lur yur.

Oz yemoq, tafakkur aylamoq ko'proq,
"Ixlos"ni ixlosa-la o'qimoq bisyor.
Olimlar suhbatin mudom istamoq,
Istig'for aytmqolik yana har sahar.

Iloho, bularga esh et qalbimni,
Zikringda saharlar aylagil bedor.
Mosuvo etmagil ma'rifatingdan,
Toki jamolingga bo'lay muyassar.

Abdug'ani hoji Sulaymon.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 14 Oktyabr 2006, 11:46:15
Vaqt g'animat.
12yoshli Go'zlahonning ijodi...


G'animatdir yoru do'stlaring,
G'animatdir ota ham onang,
Omonatdir molu davlating,
Vaqt g'animat inson shuni bil...

Qashshoq bo'lib qolar ekan boy,
Yomonlarning holi bo'lar voy,
Ibodating kechiktirmay qil,
Vaqt g'animat inson shuni bil...

Bu yoshgina singlimizni haqqiga duoda bo'ling.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 15:07:57
Uyg'onur...

Uyg'onur har inson irqi, millati,
Jinsi uning qanday bo'lsa ham.
Zero,Alloh bergan aql ne'matin,
Qo'l narsani topar,ko'z ko'rmasa ham.

Iymon -  bu ishonish ko'rib turgandek,
Mukammal idrokla aniq his qilish.
Yorqin fikr bialn Alloh aytgandek,
Oyat-alomatlar egasini tanish.

Osmonlar va yerning yaratilishi,
Almashib turishi kecha kunduzning.
Hokazo borliq- bu Allohning ishi,
Dalili isboti Iymonimizning.

Muqarrar bo'lgandek o'lim har jonga,
Qiyomat muqarrar erur shubhasiz.
Bunday ishonch hosdir ahli iymonga,
Muqarrar qaytadan tirilmoqlik ham.

Shunga binoan ey, aziz birodar,
Atrofga boqaylik, tafakkur bilan.
Ko'rasiz zarrayu koinot qadar,
Barpo qilinganin tadabbur bilan.

Abdulhakim.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 15:12:46
Ibodat qil...

Mol-dunyoga ko'ngil berma, omonat,
Umring bo'yi quraverma imorat.
Barchasining hisobi bor, qiyomat,
G'animatsan, ibodat qil,ibodat.

Davlat bersa, miskinlarga nazar qil,
Harom harish kelsa, undan hazar qil.
Umring tugar, borar joying mozor, bil,
G'animatsan, ibodat qil, ibodat.

Musofirsan, joning tanda omonat,
Ohiratda yashay desang farog'at.
Bu damalrni g'animat bil, g'animat,
G'animatsan, ibodat qil, ibodat.

Jannat yuzin ko'raydesang kamtar bo'l,
Takabburlar ALloh sari topmas yo'l.
Najot senga ibodatdan qilgil mo'l,
G'animatsan,ibodat qil, ibodat.

Mohidil.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 15:15:30
Panjara.

Maboda ochiqda duch kelib qolsa,
Sherga musht ko'tarib o'ynay olar kim?
Panjara ichida turgan holida,
U qarab turadi odamlarga jim.

G'iybatchi dastidan jahli chiqsa-da,
Sherdayin g'azabga berlmas inson.
Buzmay, deb o'zgalar tinchin u boqar,
Iymon panjarasin ortidan shu on.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 15 Oktyabr 2006, 15:18:27
Davra...

Tugilgan mushdayin ahil ko'ringan,
Davraning men ham bir mehmoni edim.
Avval bu yig'indan dil bo'ldi ravshan,
Keyin borganimga pushaymon yedim.

Ichkilik boshlanib, betayin so'zlar,
Ko'plarni badnomu yuz qaro etdi,
Go'yoki mushtdayin jamul jam do'stlar,
Bir siqim tuproqday sochilib ketdi.

Erkin. Andijon.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 15 Oktyabr 2006, 19:21:38
Ko’ngil ro’zasi

Ey ko’ngil, sen ham muslimsan,
Menga oxsharsan – muslimsan!
Kel ramazonni kutayli,
Ro’zani birga tutayli!
Sening ro’zang emas oson,
Haq yo’lida mosuvosan!
Yodingda undan o’zga yoq,
Gar o’zga bo’lsa – ro’za yoq!
Bu shart og’ir, base dushvor,
Andisha qil, bo’lib xushyor.
Rabbing faromush etsang bas,
Tushgan ro’zang ro’za emas.
Chalg’itar seni xayollar,
Xayollarga yo’q poyonlar.
Zalolat yo’liga boshlar,
Isyonlar cho’liga tashlar.
Ichga kirib zillat, kibr,
Xotirga kelsa shum fikr.
Qo’rq, ko’ngil, ro’zang ochilgay,
Men nechuk bunga achinmay?
Til biyron, degay: men soyim,
Riyodan saqla, Xudoyim!
Vasvasalar kirib goh-goh,
Ohkim, ko’ngil, holing taboh!
Biru borga iqroring bor,
Ayt, nega sen ag’yorga yor!
Gar ergashib ahli radga,
Ikkilik qilsang Ahadga,
Ko’nglim, seni demak ko’ngil,
Ko’ngil bo’lmay, toshga do’ngil!
Qayt! Qayt! Keldi qaytar chog’ing,
Xolis tavba yuvar dog’ing.
Sarkashlik bas, Haqqa egil,
Qora bo’lsang, oqqa evril.
Desangki, poklansin bu ich,
Ma’rifat bahridan suv ich.
Soim ko’ngil, nurha to’lgil,
Muhabbat oshyoni bo’lgil!
Fozil Zohid
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 17 Oktyabr 2006, 10:30:35
So’rdi: Qaysi insondir xavfdan omon?
Dedi: Xavfdan omon – xavfdagi inson.
Hasan Basriy javobidir bu javob,
Ma’nosin anglasang, hikmatdan bir bob.
Qo’rqsa kim, yod aylab Allohni doim,
Taqvo bo’lib odat, toatda qoim,
Xavfdan omonligi – xavfi tufayli,
Najot – karamli Zot avfi tufayli.
Qo’rqmasa Qahhordan – tug’yon ichida,
Tong – la qolur yuz pushaymon ichida.
Qildan quyi ketsang – choh, o’tsang – iydgoh,
Qo’rqinchingga umidni qilgin hamroh.
Chetga chiqma, chalg’ima, nozikdir yo’l,
Xavf ila rajoning o’rtasida bo’l.
Shu yo’l seni elitar nurli manzilga,
Ko’rkam, saodatli, hurli manzilga.
            
         Fozil Ibrohim
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 17 Oktyabr 2006, 10:32:18
 Dunyo bizdan o’tar…

Dunyolar moviydir, nasmlar moviy,
Biz bilgan bilmagan ismlar moviy,
Bu rangin dunyoda qancha chalg’ima,
Takrorlar bir so’zni beshafqat roviy,
Dunyo bizdan o’tar, bizlar dunyodan…

Olam – ulkan daraht, turlanadi dil,
Uzilgan har yaproq hayotning oti,
G’animat umrdan, g’animat dildan
Hali ketmay turib tiriklik toti,
Dunyo bizdan o’tar, bizlar dunyodan…

Kumush kuylagida to’lg’onar ma’vo,
Ey, gul kechalarning vobasta tani,
Mahbub nafasidan esgan hur sabo.
Seni tilab bersa bir ko’ngli G’ani,
Dunyo bizdan o’tar, bizlar dunyodan…

Mezonlar qush kabi uchdi havoda,
Kimsasiz, xazonrez bog’larga bordim,
Bahaybat chinorlar poyida kezib,
Bir jajji niholga ko’nglimni yordim.
Dunyo bizdan o’tar, bizlar dunyodan…

To’rt fasl na go’zal, omonat, Robbim!
O’chgaydir bir kuni mening ham nomim,
Bu inja umrdan ne qolur unda,
Ne bilan o’lchanur mening a’molim,
Dunyo bizdan o’tar, bizlar dunyodan…


Orzular moviydir, tuyg’ular moviy,
Biz bilgan bilmagan qayg’ularlar moviy,
Bu rangin dunyoda qancha chalg’ima,
Takrorlar bir so’zni beshafqat roviy,
Dunyo bizdan o’tar, bizlar dunyodan…

         Zebo Rahimova
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 17 Oktyabr 2006, 10:33:26
          Tuproq saroy

Bormoqdaman bir – bir bosib senga tomon,
Har qadamda nechta gunoh – savob kechib.
Goh shod bo’lib, gohi mahzun qayg’u ichib,
Bir kun etgum eshigingga tuproq saroy…

Qalb javharim asrolmadim – dog’lar tushdi,
Elkam uzra gunohlarim tog’day tushdi.
Ruhim qushi, qanday uchdi qayga uchdi?
G’aflat aro o’tmoqdaman, tuproq saroy…

Rahmon Egam, sabr bergin, bardosh bergin,
Sidq bilan yig’lamoqqa ko’z yosh bergin.
Sajdagohdan ko’tarilmas bir bosh bergin!
O’lim sari ketmoqdaman tuproq saroy…

Bu dunyoning ishlaridan xun bo’lurman,
Gunohlarim eslab – yig’lab qon bo’lurman.
Imonimda sobit o’lsam – XON bo’lurman,
Senga kirib… TUPROQ SAROY,
         TUPROQ SAROY…

            Gulbahor Abdulloh qizi
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 02 Noyabr 2006, 12:21:03
KECHIRGIN YO RABBIM DUNYO UCHUN YIG’LASAM…

Ibodatda bo’lsamu, mazasini totmasam.
Yaxshi hulqni bilsamu, unga amal qilmasam
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

Non topsamu, shukrla kun ko’rmasam.
Dard bersangu, sabrni ham unutsam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

Bandangni ham sevsamu, javobini olmasam.
Do’stim mo’l bo’lsayu, borligini sezmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

Hayit kirib kelsayu, hursand bo’lib kutmasam.
Yangi yilni bayram deb, dasturxonim bezatsam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

Hijob go’zal bo’lsa ham, uni tanlay olmasam.
O’rnak bo’lsa muslima, unga havas qilmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

O’n besh kunlik dunyoda qanimatni bilmasam,
Tirik bo’lsa ham onam, otam, xizmatini qilmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

O’tkinchi bu dunyoda orzu-xavaslar qilsam,
Oxiratni bilsamu, xavotirla qo’rqmasam.
KECHIRGIN YO RABBIM DUNYO UCHUN YIG’LASAM…

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Nodi 02 Noyabr 2006, 13:26:02
Assalomu alaykum!
Noza, Alloh rozi bo'lsin!
she'ringiz judayam chiroyli chiqibdi.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2006, 15:15:41
Assalomu alaykum!
Noza, Alloh rozi bo'lsin!
she'ringiz judayam chiroyli chiqibdi.

Assalamu alaykum,Noza.
Haqiqatan she'ringiz juda ham yahshi chiqibdi.
Alloh sizdan rozi bo'lsin!!!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Laylo 03 Noyabr 2006, 07:01:04
Subhanalloh!
Judayam go'zal qalamingiz bor ekanu, bilmay yurgan ekanmiz.
Mana shunday chiroyli she'rlardan kutib qolamiz.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2006, 07:59:44
Jahoni bevafo.

Jahoni bevafodin ohiri bir kun ketar bordur,
Bu dunyo bir rabot,har kim qo'nib bir-bir o'tar bordur.

Ishonma bog'u rog'ing,molu mulking,tahtu bahtingga,
Quyoshdan ibrat olgil,turmayin oxir botar bordur.

Agar ming umr ko'rsang,jahonga podshoh bo'lsang,
Bo'lib hoki mazallat,go'r arosida yotar bordur.

Yigitlik davrini surgil,g'arib toat qilursan,deb,
Savobinga Hudo muhtoj emas,deb o'rgatur bordur.

Haziniy, bandalikda, bas yurursan behabar,g'ofil,
"Kiromayn kotibayn"kim hayru sharringni bitar bordur.

Haziniy.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 09 Dekabr 2006, 08:09:55
Ona ketmaydi.
(Onalarini "berib qo'ygan" do'stlarimizga)


Ey, do'st,deding:"Umrim oboddir ammo,
Uyimning to'rida onam yetishmas".
Yo'q-yo'q, bunday dema, onalar hatto
O'tsalar ham bizni tashlab ketishmas.

Shaftoli gullaydi - nimrang va behol,
Kulib qaraganda onang beozor,
Tilovat qilarkan musicha bedor,
Volidang ovozin eshitmog'ing bor.

Boshingni quyoshni nuri silasa,
Bilgilki,nurlarga qo'shilib keldi,
Yangi kun senga baht, omad tilasa,
- Amiyn,Parvardigor! - deb duo qildi.

Oqshom qizing qo'ysa boshingga yostiq,
Choyu non keltirib bo'lsa parvonang,
- Qizim, otang har davlatdan ortiq,
-deb o'rgatib turgan mehribon onang!

Chumchuqday chirqillab aylanar ruhi,
Kelsa hayotingga qaysi mashaqqat,
Topmas shabistonning to yorug' ufqin
Tilar sabru bardosh, bergay maslahat.

Obod aylagaysan ko'ngillar bog'in,
Yashagaysan Robbing hukmini tutib,
Jannat bog'larida ochib quchog'in
Onang Inshaalloh olgaydir kutib.

Ona hargiz kechmas,
Ona ketmaydi...

Lutfullo Mahmud.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: abdulhamid 28 Yanvar 2007, 18:42:48
Bidat halkimizni botirdi loyga
Bidat kilmaganlar,uchmokda oyga
Kizlar ham organdi zinoga,mayga
Aytin men boshimni urayin kayga.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 07 Fevral 2007, 10:32:37
HAYRAT

Mukammal etmish bino bu olamni Me’mori,
Zuhaldan zarragacha bor tartibi, me’yori.

Behadu benihoya fazolar silsilasi,
Koinotlar tufadir, yo’q o’xshashi, takrori.

Nazar slogan osmonga qudratin ko’rar beshak,
Chamanzor bo’lib tunlar, kavokibdan gulzori.

Bejiz emas hech nuqta, border unda bir yumush,
Topilmas hech mavjudot bo’lmagan biror kori.

Nihon etmish zarraga ming-ming fillar quvvatin,
Behiobdir, behisob uning siri, asrori.

Yulduzi sayyoralar hamdu sanolar qilar,
Xonishlar ila bulbul keltirib gulbahori.

G’ofil bo’lma sen, Urfon, zikridan qolma also,
Tasadduq Unga jonim, jonim Uning nisori.

Urfon Otajon
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 07 Fevral 2007, 10:34:55
MISRALAR

Qur’onu hadisga nazar qil,
Bid’at-xurofotdan hazar qil.

Ahli mo’min bo’lsa bir karvon,
E’tiqod, taqvodor karvonga sarbon.

Qutbiddin Muhammadiy, Andijon
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 07 Fevral 2007, 10:37:28
JAZO TILDAN

Buyuk hikmat ato qilgan, kishi bilsa, Xudo tildan,
Bani Odamga xos etmish, ki hayvonlar judo tildan.
Bu olam shohi bo’lsang ham, zahar so’zdan tushar qadring,
Shirin so’zlab topar izzat, agar bo’lsa gado, tildan.
Tabiblar dorisi balki shifo bo’lgaydir jismingga,
Vale ko’ngil yarosiga faqat bo’lgay davo tildan.
Berar har kim qiyomatda Yaratganga hisob bir-bir,
Xudoyim oldida ul kun bo’lar yuzlar qaro tildan.
Kamoning o’qidan o’tkir, qilichning tig’idan keskir,
Shu bois ehtiyot aylang, ulug’ qudrat ato tildan.
So’zingni o’ylabon so’yla, agar Furqat, ki so’ylarsan,
Joying do’zaxmi, jannatdir, berur Tangri jazo tildan.

Furqat Niyoz o’g’li, Buxoro
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 07 Fevral 2007, 10:39:08
Osmon yuksak yaralgan, ammo
Sajdaga egilgan, ruku’ga ketgan.
Tog’lar baland tiklangan, biroq
G’ururga ketmagan, fikrga ketgan.

Yaralgandan buyon shoshgani bilan
Soy vasliga yetib borolmagaydir.
Zimiston kechani yoritgan oy ham
G’ofil dilga shul’a berolmagaydir.

Taqdir hukmi bo’lmasa, shamol
Xazon bo’lgan bargni uzolmagaydir.
Haqni zikr etmasa, baliq
Dengizning tubinda so’zolmagaydir.

Base, ojiz banda, jurmu isyon na,
Najot faqat itoatdadir.
Shabnam tomchisida tahorat qilgan
Hatto maysalar ham ibodatdadir…

Gulzebo Ibrohimova
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 07 Fevral 2007, 10:40:43
SHU SHE'R MANGA JUDAYAM MANZUR BO'LDI SIZ HAM BIR O'QIB KO'RINGl:

O’ZIMNI SOG’INDIM

Xayollar parishon, o’y daydi,
Nigohim ko’klarni alqaydi,
Tanda jon sog’inchdan sarg’aydi,
Ko’zimni sog’indim, ko’zimni.

So’zlardan so’ndi-ku ishtiyoq,
Ro’yodan charchadim, dil siyoh,
Berganim va’damni al-miysoq-
So’zimni sog’indim, so’zimni.

Go’daklik chog’imda ufurgan,
Onamga ifordek tuyulgan,
Balog’at ofida yuvilgan-
Isimni so’gindim, isimni.

Nafs otda, ruhim-chi, piyoda,
Savobdan gunohim ziyoda,
Unitib qo’yganim dunyoda-
O’zimni so’gindim, o’zimni…

Nurmuhammad Shoyoqub
Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 14 Fevral 2007, 08:56:49
yetim otalar ham bor...

Keksayganda hor bo'lgan,
Tutgan uyi dor bo'lgan,
Chin mehrga zor bo'lgan,
Yetim otalar ham bor.

Ayoli ko'p dimog'dor,
Qovog'idan yog'ar qor,
O'g'il qizda yurak tor,
Yetim otalar ham bor.

Ro'zg'orda yolg'iz qolgan,
Yo'l qarab ko'zi tolgan,
Armonli so'zi qolgan,
Yetim otalar ham bor.

Uyquda orom topgan,
Uyg'onib o'yga tolgan,
g'urbatda g'arib yotgan,
Yetim otalar ham bor.

Taqdirdan bevaqt kuygan,
Panohi Iloh bo'lgan,
Qarg'ishni gunoh bilgan,
Yetim otalar ham bor...

Abdug'ani hoji Sulaymon.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 14 Fevral 2007, 09:01:00
Ketmoqdaman.

Yahshi yomon bari taqdir,
Jannat-do'zah baro haqdir.
Kutmoqdadir bizni qabr,
Mahshar tomon ketmoqdaman.

O'tdi qancha bobolarim,
Ketdi ancha momolarim,
Ketur otam onalarim,
Mahshar tomon ketmoqdaman.

Va lek bordir bil, haqiqat
Hisob kitob bo'lur albat,
Allohdan deb, umid rahmat,
Mahshar tomon ketmoqdaman.

Asl madad Allohdandir,
Shafoatdir ul Rasuldan,
Adashtirma ushbu yo'ldan
Mahshar tomon ketmoqdaman.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 17 Fevral 2007, 10:54:26
TAVBA

Nigohim oyga botdi,
Yuragim soyga botdi,
Mehrim gunohga botdi,
La ilaha illalloh,
Tavba, astag’firulloh.

O’g’il uchdi uyadan,
Qiz ham ketdi qiyadan,
Qoshingga ro’ysiyoman,
La ilaha illalloh,
Tavba, astag’firulloh.

Sezdirmay o’tdi umr,
Qani, qayda qush-qumur,
Xiralashdi ko’zda nur,
La ilaha illalloh,
Tavba, astag’firulloh.

Baland desam, past keldi,
Faqat olar dast keldi,
Oyat, hadis rost keldi,
La ilaha illalloh,
Tavba, astag’firulloh.

Namoz, ro’zam kam bugun,
Bosh egik, ko’z nam bugun,
Rahmating malham bugun,
La ilaha illalloh,
Tavba, astag’firulloh.
Ra’no Rahmonberdi qizi
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 17 Fevral 2007, 10:56:45
TO’RTLIKLAR

Inson afzal bo’lolmas mol-davlati-la,
Inson afzal bo’lolmas irq-millati-la.
Allohning nazdida farq qilur inson
Qalbning pokligiyu taqvosi ila.

***

Nazar sol, ibrat ol, insonlarni ko’r,
Telba bor, oqil bor, border ko’zi ko’r.
Har biri taqdirning bir oyinasi,
Sog’misan shukr qil, bemor holing so’r.

***

Mol dunyoni tashlab ketarsan elga,
Yolg’iz kafan ila kirarsan elga.
Faqat savob hamroh, fursat g’animat,
Yaxshilik qil xoh ayolga, xoh erga.

***

Qanday ishlar tushar boshimga,
Aqlim sira bovar qilmaydi.
Qaysi inson bilar taqdirin?
Javob bitta: hech kim bilmadi!

Ismoil Abdulloh
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 17 Fevral 2007, 10:57:55
MIRRIX YULDUZIGA

Go’zal yulduz, yerimizning eng qadrli tuqg’oni
Nega bizdan qochib muncha uzoqlarga tushibsan?
Tuvg’oningga nechun sira gapurmasdan turibsan,
So’yla, yulduz, holing nadir, nechuk topding dunyoni?
Bizning yerda bo’lib turgan tubanliklar, ho’rliklar.,
So’yla, yulduz, sening dag’I quchog’ingda bo’lurmi?
Bormi senda bizim kabi insonlar,
Ikki yuizli ishbuzarlar, shaytonlar,
O’rtoq qonin qo’ymay ichkan zuluklar,
Qardosh etin qo’ymay yegan qoplonlar?
Bormi senda o’ksiz yo’qsilning qonin
Gurunglashib, chog’ir kabi ichkanlar?
Bormi senda butun dunyo tuzugin
O’z qopchig’in to’ldirgan buzganlar?
Bormi senda bir o’lkani yondirib,
O’z qozonin qaynatguvchi hoqonlar?
Bormi senda qorin, qursoq yo’lida
Elin, yurtin, borin-yo’g’in sotqonlar?

Abdurauf Fitrat “Chin sevish” kitobidan.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 17 Fevral 2007, 10:59:03
FARDLAR

Isrofil sur chalsa, qarab turma lol,
Ekib ket, qolmasin qo’lingda nihol.

Balki ikki mo’min urishgan mahal,
Yarashtirmoq barcha toatdan afzal.

Kechir agar o’tsa birovdan gunoh,
Avf qilguvchini do’st tutar Alloh.

Ulamo – kavokib, tunlar charog’on,
So’nsalar, yo’lchilar gumroh, sargardon…

Yuzingga qora dog’ cheksa bir gunoh,
So’ng bir savob qilki, ketsin ul siyoh.

Kimki qilsa elning hojatin ravo,
Ul solih bandadan Alloh ham rizo.

Shukrli bo’lsangiz, ne’mat ziyoda,
Noshkurlar rizqi ortmas dunyoda.

G’am yema saloming qolsa bealik,
Salomingga alik olg’ay maloik.

Bir soat ilm uchun riyozat chekmak,
Bir kechalik bedor toatdan behrak.

Fozil Zohid

Musulmonlar taqvim kitobi 2001 (1421) I chorak
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 17 Fevral 2007, 11:00:22
AYLAMA

To tanamda jon omonat muhtoji yoron aylama,
Soch-soqol oqarganda yori jonon aylama.
Harna kelsa boshima taqdirda bitgansan O’zing,
El aro xor aylabon dunyoni zindon aylama.
Erta-kech so’rgim o’zingdan elu yurt tinchligini,
Tinch vatan – oydin vatan, hargiz zimiston aylama.
Kimda insof bo’lmasa, hargiz adolat qilmagay,
Bu kabi insonlarni elga sulton aylama.
Kim elim, yurtim, debon qalbdan yonar,
Maqsadin porloq etib hargiz shabiston aylama.
Kimki marhumalarni eslab ruhini shod aylagay,
Omadu baxtin berib, hargiz parishon aylama.
Qodiro, insonlarning qalblari Senga ayon,
San buzuq qalblarga also hojat imkon aylama.
Kimda bo’lsa pok niyat, yetuk ani maqsadiga,
Yaxshi niyat yaxshi insonlarni sarson aylama.
Fozilo, hukmi Xudodin o’zgasi bo’lmas aniq.
Dilni sof qilgum hamisha, dilni vayron aylama.

Fozil qori Yosin qori o’g’li
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 17 Fevral 2007, 11:01:47
JOYNAMOZ

O’qiganmiz uchar gilam haqida,
Sirli-sirli ertak kitoblarida,
Oshiqni ma’shuqi sari eltarmish,
Bir zumda, ko’z yumib ochgunlaricha.

Savol tug’iladi, hayol chulg’aydi,
Hayotda shu gilam asli bormikan?
Qaysi mamlakatda, qay saltanatda,
Bor bo’lsa, mendagi dardga kormikan?

Muhabbat dardi bor dilim qo’rida,
Sevganim jamiki olamlar Rabbi.
Pok nomi muqaddas qalbim to’rida,
U bor maxluqotning yolg’iz Ilohi.

Uchsaydim ko’klarga, qolib yer shari,
Ko’rardim, yulduzlar unga bezakdir.
Men uchun Allohning huzuri sari
Zumda yo’l olguvchi gilam kerakdir.

Qarangki, bu gilam – uyim to’rida
Menga muntazir bir poyondoz ekan
Allohdan marhamat topdi kamina,
U gilam e’zozli joynamoz ekan.

Ustida tik turib, niyat qilsangiz,
Quloq qoqib “Alloh Akbar” desangiz.
Soniya o’tmasdan yo’l olib Haqqa,
Yaqin aylar ekan sajda etsangiz.

Alloh huzurida turmoq istasang,
Rahmon ila roz aytishmoq istasang,
Yuzlangin qiblaga solib joynamoz,
O’qigin namozing, uchmoq istasang…

Ismoil Abdulloh
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 17 Fevral 2007, 11:02:57
FARDLAR

Obidlar ichra maqbul, eng basavob
Uldirki, haromdan qilsa ijtinob.

Me’yoridan oshsa qahqaha, kulgu,
Dilni o’ldurgusi, monandi og’u.

Sen to’q bo’lib, qo’shning qolsa och-nahor,
Mo’minlik da’vosini qilganing bekor.

Uchtadir munofiq belgisi, tani:
Xiyonat, yolg’on so’z, buzmoq va’dani.

Ma’siyat dog’ini poklay olmas suv,
Poklar uni faqat tavba-tazarru.

Og’zida o’t-kishan kim, desang, tongla,
Elga pand aytmagan olimdir, angla.

Qalb – bir parcha go’sht, u sog’-jismning sog’,
Buzilsa u, tan-jon vayron, siynang dog’.

Fozil Zohid
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 17 Fevral 2007, 11:03:36
ENAMNING HIKMATLARI

Bandaning bergani ko’rgulik,
Xudoning bergani to’ygulik.

Namoz ishni bitirar,
Benamoz ishni yitirar.

Tinmasang-tinarsan,
Tinsang-tinmassan.

“O’laman” deb g’am yema,
Sendan burungilar qani?

Onasini ko’rib qizini ol,
Chetini ko’rib bo’zini ol.

“Bismilloh”ni qattiq ayt,
Demaganlar ham desin.
Taom yesang asta ye,
Yemaganlar ham yesin.

Kasallik norni cho’ktirar.

Hormas-tolmasday,
Bola yig’lamasday,
Qorin och bo’lmasday
Ishlayveringlay.

Oybek Karim
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 17 Fevral 2007, 11:04:30
GYOTENING “G’ARBU SHARQ”IDAN

Isoning yuragi sof edi,
Bir derdi olamning ilohi.
O’zini iloh deb bilsalar
Kuyinib ketardi u gohi.

Bu zamon – Muhammad singari
Ziyoga chulg’anish zamoni.
Alloh bir, tanho! – deb, oxiri
Imon-la fath etdi dunyoni.

***

Nodon har hodisani o’zicha sharhlashga shay,
Har hodisa sababin bilgum, degan avom-da!
Allohga itoatdur islom degan so’z asli,
Islomda yashab hamma, o’lajakmiz islomda.

“Jahon adabiyoti” jurnali, 1998 yil, 8-son.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 17 Fevral 2007, 11:05:23
FARDLAR

Dil uyini bezar hayo gul yasab,
Bu uy barbodiga fahsh erur sabab.

Ziyorat pasha qil va angla sirni,
Go’riston eslatur yavmul oxirni.

Avlodga mol yig’ib chekma ko’p azob,
Meroslar yaxshisi – go’zal xulq, odob.

Eshitgan har so’zni olsang zabonga,
O’zing aylab osiy, jabr etgung jonga.

Zaif ololmasa kuchlidan haqin,
Tangri ulug’lamas bunday el, xalqni.

Murdani botirma g’iybat loyiga,
U ketgandir ajr-u jazo joyiga.

Dinni saqlash cho’g’ni tutgandek og’ir,
Bir vaqtlar kelarki, bo’l sobit, sobir!

Fozil Zohid

Musulmonlar taqvim kitobi 2001 (1422) II chorak

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 19 Fevral 2007, 11:15:07
Ishratga o’chligim jabr jonimga –
Mubtalo bo’ldim – ku men to’rt, zolimga.

Bular: shayton, nafs, hoyu-havas –
Hammasi ham dushman, qanday kelay bas?

Sahvoniy, yov o’ylar zulmati aro
Havoyi yo’llarga ketaman go’yo.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 19 Fevral 2007, 11:16:35
Nasiba taqsimlab berguvchi – Alloh,
Allohga suyangan topg’usi farah.

Kimki sof nomiga yuqtirmasa gard,
Ta’na qila olmas unga hech nomard.

Agar qanoatli bo’lsang har qachon,
Bera olmas senga hech kimsa ziyon.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 19 Fevral 2007, 11:18:58
Ey qarindosh, bilib qo’yki, insonlar bor hayvonday,
Nazar solsang: ko’zi ochiq, esli – xushli insonday…

Mol-dunyosi zarar ko’rsa o’ylab yotar beado,
Ammo dini yo’q qilinsa yuraverar beparvo.

Xasislik bir xastalikdir, insonga hech yarashmas,
Iymoni but aqllilar xasislarga qarashmas.

Xasis odam boyman, deya chuchvarani sanar xom.
Qasam ichib aytamanki, aldanadi u mudom.

U dunyoni bir lahza ham o’ylamaydi kasofat,
Oxiratga ikki qo’li quruq borar oqibat.

Do’stlar! Moldan naf ko’rmasa bir g’aribu notavon,
“Mol manim!” deb o’ylamasin, unga qolmas hech qachon.

O’tib ketar vorislarga u mol oxir – oqibat,
Xasis uchun oxiratda ajralmas do’st – nadomat.

"Mukoshifat ul qulub" ("Qalblar kashfiyoti")kitobidan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 20 Fevral 2007, 20:29:56
DO’RMONDA KUZ

“Birov bilan oshno bo’lay desangiz,
Marakada o’tirib turishini ko’ring”.
Mahtumquli

Sharbatga limmo-lim Do’rmon bog’lari,
Bir-birini suyab hosil shoxlari,
Saxovatdan to’kilib gunohlari,
Saflarning rukuda turishing ko’ring.

Sanoga so’z, rang talashib olmalar,
Kundan kunga oltinlashib tovlanar,
Xaste behi zafarondek sarg’ayar,
Yo Rabb, sajdaga bosh urishin ko’ring.

Ilhomtalab shoirlaru oqinlar,
Takbirdagi toklarga bir boqinglar,
Xushu’ mayidan bir qultum totinglar,
So’ng dilning qalamdam oqishin ko’ring.

Zikr aytib shovillagan chinorlar,
Egni boshi sonming oyat-tumorlar.
Egasining jamoliga xumorlar,
Hayratdan qiyomd qotishin ko’ring.

Archalarki, farishtalar misoli,
Qishin-yozin yashil hijob, qaboli.
O’tgan-ketgan nigohlardan uyolib,
Ignasin taniga botishin ko’ring.

Bog’iston bazmida ruhimda bir hol,
Yoroni dil desang, behi bilan qol.
Piyr, ustoz istasang. Chinor qo’lin ol,
So’ng o’zing o’zlikka qaytishin ko’ring.

Har giyohi, rahmat nuriga botib,
Yurakning qaymog’u bolidan totib,
Ra’no Rahmonni g’aflatdan uyg’otib,
Hikmat dunyosiga tortishin ko’ring.

Ra’no Rahmonberdi qizi
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 20 Fevral 2007, 20:31:23
HAYRAT

Mukammal etmish bino bu olamni Me’mori,
Zuhaldan zarragacha bor tartibi, me’yori.

Behadu benihoya fazolar silsilasi,
Koinotlar tufadir, yo’q o’xshashi, takrori.

Nazar slogan osmonga qudratin ko’rar beshak,
Chamanzor bo’lib tunlar, kavokibdan gulzori.

Bejiz emas hech nuqta, border unda bir yumush,
Topilmas hech mavjudot bo’lmagan biror kori.

Nihon etmish zarraga ming-ming fillar quvvatin,
Behiobdir, behisob uning siri, asrori.

Yulduzi sayyoralar hamdu sanolar qilar,
Xonishlar ila bulbul keltirib gulbahori.

G’ofil bo’lma sen, Urfon, zikridan qolma also,
Tasadduq Unga jonim, jonim Uning nisori.

Urfon Otajon

Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 20 Fevral 2007, 20:34:00
O’ZIMNI SOG’INDIM

Xayollar parishon, o’y daydi,
Nigohim ko’klarni alqaydi,
Tanda jon sog’inchdan sarg’aydi,
Ko’zimni sog’indim, ko’zimni.

So’zlardan so’ndi-ku ishtiyoq,
Ro’yodan charchadim, dil siyoh,
Berganim va’damni al-miysoq-
So’zimni sog’indim, so’zimni.

Go’daklik chog’imda ufurgan,
Onamga ifordek tuyulgan,
Balog’at ofida yuvilgan-
Isimni so’gindim, isimni.

Nafs otda, ruhim-chi, piyoda,
Savobdan gunohim ziyoda,
Unitib qo’yganim dunyoda-
O’zimni so’gindim, o’zimni…

Nurmuhammad Shoyoqub

Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 20 Fevral 2007, 20:37:52
MISRALAR

Qur’onu hadisga nazar qil,
Bid’at-xurofotdan hazar qil.

Ahli mo’min bo’lsa bir karvon,
E’tiqod, taqvodor karvonga sarbon.

Qutbiddin Muhammadiy, Andijon

Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 20 Fevral 2007, 20:39:43
JAZO TILDAN

Buyuk hikmat ato qilgan, kishi bilsa, Xudo tildan,
Bani Odamga xos etmish, ki hayvonlar judo tildan.
Bu olam shohi bo’lsang ham, zahar so’zdan tushar qadring,
Shirin so’zlab topar izzat, agar bo’lsa gado, tildan.
Tabiblar dorisi balki shifo bo’lgaydir jismingga,
Vale ko’ngil yarosiga faqat bo’lgay davo tildan.
Berar har kim qiyomatda Yaratganga hisob bir-bir,
Xudoyim oldida ul kun bo’lar yuzlar qaro tildan.
Kamoning o’qidan o’tkir, qilichning tig’idan keskir,
Shu bois ehtiyot aylang, ulug’ qudrat ato tildan.
So’zingni o’ylabon so’yla, agar Furqat, ki so’ylarsan,
Joying do’zaxmi, jannatdir, berur Tangri jazo tildan.

Furqat Niyoz o’g’li, Buxoro
Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 20 Fevral 2007, 20:43:16

Osmon yuksak yaralgan, ammo
Sajdaga egilgan, ruku’ga ketgan.
Tog’lar baland tiklangan, biroq
G’ururga ketmagan, fikrga ketgan.

Yaralgandan buyon shoshgani bilan
Soy vasliga yetib borolmagaydir.
Zimiston kechani yoritgan oy ham
G’ofil dilga shul’a berolmagaydir.

Taqdir hukmi bo’lmasa, shamol
Xazon bo’lgan bargni uzolmagaydir.
Haqni zikr etmasa, baliq
Dengizning tubinda so’zolmagaydir.

Base, ojiz banda, jurmu isyon na,
Najot faqat itoatdadir.
Shabnam tomchisida tahorat qilgan
Hatto maysalar ham ibodatdadir…

Gulzebo Ibrohimova
Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 21:23:14
                              МУСУЛЬМАНКА
В тебе мы видим идеал
Прекрасной женщины востока.
Всего, что Запад потерял
В своем падении глубоком.
Ты настоящая жена-
 Ð¡Ð°Ð¼Ð¾Ð¾Ñ‚верженна, покорна,
 Ð˜ мужу своему верна
 Ð˜ участью своей довольна 
Семья и дети, дом и труд,
Родной закон, родные стены
Тебя от скверны берегут
Удерживают от измены.
 Ð за окном ужасный вид:
Грызня, распущенность и свинство…
О, пусть никто не осквернит
Твое святое материнство
 Ð’ зените душный смрадный день
 Ð˜ всюду вьются злые сплетни…
 Ðž, пусть никто не бросит тень
На честь твою, не пустит сплетни!
 ÐŸÑƒÑÑ‚ÑŒ защитит Аллах тебя
 ÐŸÑƒÑÑ‚ÑŒ пресечет Он слово злое
Ведь на тебе земля стоит
Людские держатся устои.
Пусть тот, кто про тебя солжет
, Умрет и сгинет без остатка,
 Ð’едь на тебе стоит народ,
О женщина, о мусульманка!

                                                                                                                    ...avtor neizvesten...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslima_subh 22 Fevral 2007, 21:32:33
                                           "ЕСЛИ ДУХОМ ТЫ СЛАБ"

Если духом ты слаб и безмерно собою гордишься,
Если славы добиться любыми путями стремишься,
Знай, в беде и в нужде ты с обманом и с ложью смиришься,
И под натиском силы ты воле чужой покоришься.
Если верой ты слаб и моля к небесам не взываешь,
Если, искренне каясь, пред Господом стан не склоняешь,
Знай, бесценные годы свои ты напрасно теряешь,
И в мирской суете смысл жизни своей не познаешь.
В жизни путь лишь один, срок земной незаметно промчится.
Каждый должен оставить свой след и чего-то добиться.
Жизнь достойно прожить и во всем от греха удалится,
И к деяньям благим должен искренне каждый стремиться.
Если судишь других и грехи сосчитать их берешься,
Со своих же начни, до чужих ты едва доберешься.
Если деньги и роскошь к тебе притекут, вознесешься.
Знай, богатства уйдут, на круги ты своя все ж вернешься.
Если громко живешь для себя и в делах малодушен.
Ты собой дорожишь, ты сомнения гласу послушен.
Если к тяжким страданьям, к несчастьям других равнодушен,
Знай, огонь благородства добра в твоем сердце потушен.
В час суровой беды испытав, цену друга познаешь.
Цену друга познаешь, когда насовсем потеряешь.
Не всегда говори и везде разглашай все что знаешь,
Но всегда будь уверен и знай что устами ты скажешь.
Тот, кто скажет, тот сеет, кто слушает, тот собирает.
Сильный гнев - мудреца и война храбреца испытает.
Доброта и деянья святых - и оно не меньшает.
Все приходит для, тех кто с терпеньем судьбы ожидает.

                                                                                                             Ð¢ÐµÐ¼ÑƒÑ€ Мусараев
Nom: Islomiy sh'eriyat
Yuborildi: Asir 26 Fevral 2007, 15:16:39
Tarjima qilganim mana bu she'rni siz bilan o'rtoqlashgim keldi:

Жамила  Бадр

ТААЖЖУБ

Мабодо ҳазрати Муҳаммад
Уйингизга келса ногаҳон,
Ķизиķ, бир Ñ‘ икки кун турса,
Ķандай ҳолга тушарсиз шу он?

Шубҳа йўķки, энг гўзал уйни
Ажратасиз азиз меҳмонга,
Тотли овķат, сархил мевадан
Тортажаксиз мўл дастурхонга.

Бу ташрифдан шодлигингизни
Меҳмонга бот ķилгайсиз изҳор.
Уйингизнинг тўри уники,
Хизматдан-да беҳад бахтиёр.

Бироķ унинг сиз томон аста
Келишини кўраркан, дарҳол
Чиķармисиз ķўл ķовуштириб
«Ð¥ÑƒÑˆ келибиз!» дебон бемалол?

Ёки уйга бошлашдан аввал
Ўзгартириб усти бошингиз,
Турли-туман журнал ўрнига
Ķуръон ķўйиб ķўясизми тез?

Томошалар кўрмоķ ķасдида
Ёķасизми ойна жаҳонни?
Ё зудликда ўчирасизми
Чиķмай туриб кўкка фиғони?

Балки бориб радио симин
Шиддат билан узиб ташларсиз?
Шукур, бир сўз эшитмади, деб
Шартта олиб бузиб ташларсиз?

Мусиķани кўздан беркитиб,
Оласизми ҳадис китобин?
Ичкарига ķўймайсизми Ñ‘
Эшитмайин дея хитобин?






Ķизиķ, агар ўшал пайғамбар
Сиз-ла турса бир ё икки кун,
Ҳар галгидай ўз ишингизда
Давом этгайдирмисиз мамнун?

Кунда айтар сўзларингизни
Сўзлайсизми ўшал дамда ҳам?
Ҳаётингиз давом этарми
Аввалгидай кунба-кун илдам?

Ķандай бўлса оилада урф
Шундайича этарми давом?
Дуо ķилмоķ оғир келмасми
Егандан сўнг ҳар сафар таом?

Ҳар намозга айни ваķтида
Ķовоķ уймай турасизми шай?
Тонг отмасдан уйғонасизми
Ибодатга дилдан, оғринмай?

Куйлармисиз эски ķўшиķ Ñ‘
Эски китоб олинар ķўлга?
Кўрсатарсиз ул зотга балки
Нелар Ñ‘ķишини кўнгулга?

Пайғамбарни олиб кетарсиз
Борар жойингизга ҳар галги?
Режангиз ҳам тамом ўзгарар
Бир ё икки кунгина балки?

Истармисиз дўстларингизнинг
Ул ҳазратни кўришларини?
Ёхуд ķайтиб кетгунча токи
Сал четроķда юришларини?

Не дерсиз гар бутун умрга
Сизнинг билан ķолсалар ул зот?
Ёки ķайтиб кетсалар охир
Енгил тортиб бўлармисиз шод?

Ķизиķ, ўзни тутарсиз ķандоķ?
Не аҳволга тушиб ул замон,
Уйингизда ҳазрат Муҳаммад
Бир-икки кун бўлсалар меҳмон.

Assalamu alaykum.
Juda go'zal sh'er bo'libdi. Lekin buni siz qoldirgan joyingizdan boshqa joyga oldik. Ya'ni islomiy sh'eriyat bo'limiga qo'shdik. Rozi bo'lasiz... Bundan keyin shunday islomiy go'zal she'rlaringiz bo'lsa shu bo'limga joylaysiz, degan umiddaman. Sizdan yana yangi she'rlar kutib qolamiz. Alloh sizdan rozi bo'lsin...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 02 Mart 2007, 10:32:32


YASSAVIYONA

Nafsim meni mag’lub etdi, yo Rabbano,
Imonim sust, shayton g’olib, yuzim qaro,
Qomatimni isyon yuki qildi duto,
Rohi rostga boshla o’zing, Xudovando.
Nafsim devin yiqmoqlikka jahd ayladim,
Haq yo’lindin ozmayin deb ahd ayladim,
Boshim egib, joynamozni taxt ayladim,
Rohi rostga boshla o’zing, Xudovando.
Malomatning toshlarig’a bo’ldim nishon,
Hamsuhbatim, ulfatlarim do’sti nodon,
Jaholatning botqog’ida qoldim nolon,
Rohi rostga boshla o’zing, Xudovando.
Vaqti sahar turib seni yod etmadim,
Gunohimg’a tavba aylab, dod etmadim,
Zikring aytib xasta ko’nglim shod etmadim,
Rohi rostga boshla o’zing, Xudovando.
Foniy dunyo jilva qildi, mast ayladi,
Shayton g’olib, iymonimga qasd ayladi,
Oqibatda e’tiqodim past ayladi,
Rohi rostga boshla o’zing, Xudovando.
Nadomatda ko’z yoshimni jola qilsam,
Ham Rahmonu Rahimsan deb nola qilsam,
Afg’on chekib yuragimni lola qilsam,
Rohi rostga boshla o’zing, Xudovando.
Nosir Zohid, xo’b aylading kayfu safo,
Mard bo’l endi, degil yo Rab, yo Rabbano,
Ko’hna olam hech kimsag’a qilmas vafo,
Rohi rostga boshla o’zing, Xudovando.

Nosir Zohid, Dang’ara
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1419) II chorak

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 02 Mart 2007, 10:33:29
YASSAVIYONA

Tong-la mahshar muqarrardur ro’zi jazo,
Ahli ummat aytadurlar vo hasrato,
Men noumid turg’onimda be dastu po,
Shafoatdin nasib etgin, yo Mustafo.
Gunohlarim Ko’hi Qofdek, savobim yoq,
Qoshingizda zabonim lol, javobim yoq.
Sidqidildan aylagan bir tavofim yoq,
Shafoatdin nasib etgin, yo Mustafo.
Hirsu havas band ayladi, tobe’ bo’ldim,
Nafsu havo ummonida xo’b cho’mildim,
Sahfu xato kafan bo’ldi, bag’rim tildim,
Shafoatdin nasib etgin, yo Mustafo.
Ahli taqvo qarshisinda xoru xasman,
Alar joyi Arshda bo’lsa, men-chi pastman,
Jaholatning sharobidin ichg’on mastman,
Shafoatdin nasib etgin, yo Mustafo.
Bahri rahmat jo’sh aylasa, oson erur,
Bir qatrasi vujudimg’a darmon erur,
Umidvorman, noumid bir shayton erur,
Shafoatdin nasib etgin, yo Mustafo.

Nosir Zohid, Dang’ara
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1419) II chorak

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 02 Mart 2007, 10:34:28
YODINGDA TUT

Ey odam kelding hayotga ketmog’ni ham yodingda tut
Necha yil ko’rsang umr bir kun o’lim yodingda tut
Barchamiz keldik hayotga imtion topshirgani
Toating bo’lsa o’tarsan san buni yodingda tut.
Nokasu nojins bilan do’stu ulfat bo’lmagin
Bir umr afsus chekarsan san buni yodingda tut.
Bo’l yiroq fitna fasoddan hamda g’iybat qilmagin
Go’rda bor qattiq azoblar san buni yodingda tut.
Kirma ko’ngling ko’chasiga xor etib tashlar seni
Oxiri bor burda nonga zor etar yodingda tut.
Har balo ishlarga boshlar to’ymagan nafsing sani
Ming balolar keltirar boshingga sen yodingda tut.
Ichkilik ichgan kishida qolmagay sharmu hayo
Ichkilikdan ming jafo kelgay buni yodingda tut
Kim mukammal inson o’ldi, bo’ldi el ichra aziz
Betayin mujmal odam xordur abad yodingda tut.
Ol qo’lingga san irodangni Foziljon doimo
Egma boshing nafs uchun nomardga sen yodingda tut.

Fozil qori Yosin o’g’li
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1419) II chorak
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 02 Mart 2007, 10:35:23
O’RGANING

Keldi bir qutlug’ zamon, ahli islom, o’rganing,
Bilmayin qilgan gunohga tavbalarni o’rganing,
Necha yil yotdik jaholat loyig’a botgancha biz,
Siz jaholatdan chiqib, yaxshi yamonni o’rganing.
Na halolu na haromning, farqiga bormay hanuz
Yamlamay yutdik haromni, chin halolni o’rganing.
Yoshimiz bir joyga yetdi, qalbda yo’qdir hech nima,
Bir savob ish qilmadik, endi savobni o’rganing.
Na tahoratni bilurmiz, na namozu ro’zani,
Qo’ymadik jsajdaga bosh, endi namozni o’rganing.
Yaxshi o’ylar qayga ketdi, oqibat birla vafo,
Chunki bizda qolmadi ul nuri imon, o’rganing.
Ertayu kech da’vati Islomni qilgin, Fozilo,
Ta’nalar kelsa boshingga, ayla bardosh, o’rganing.


Fozil qori Yosin qori o’g’li
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1419) II chorak
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 02 Mart 2007, 10:36:14
QALBGA QULOQ TUTING

Qalbing to’la o’kinchga,
Seni tinglar bir zot yo’q.
Yo’l qidirding sevinchga,
Hech bir joydan najot yo’q.
Nola qilmagin also
Hayot sinovlaridan.
Sabr do’st bo’lar tanho,
Qo’rqma qirovlaridan.
Oldinda ming bir so’qmoq
Qay birin bossang, o’yla,
Boshingga tegsa to’qmoq,
Faqat haqiqat so’yla.
Qalbing ko’z yoshga cho’msa,
Namlanmasin ko’zlaring,
Diling qayg’uga to’lsa,
Titramasin so’zlaring.
O’tma dunyodan gumroh,
Yoru do’st tashvishin qil.
Ortingdan bo’lgin ogoh,
Yaxshi nom qoldira bil.
Gardish aylanaverar
Soniya, asr bo’lib,
Dunyo go’yo tuyular
Tuynuksiz qasr bo’lib.
Ota-ona ko’ngliga
Gard yuqtirma, shodon et.
Poyiga ta’zim ayla,
Qalbini charog’on et.
Vaqtida ado etg’il
Haq buyurgan farzlarni,
Fursatni boy bermagin
Kechikmay uz qarzlarni.
Yo’lni bosib o’tishda
Hamrohing bo’lsin Islom,
Dilingning eng to’rida
Mustahkam tursin imon.

Dilorom Afzalova,
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1419) II chorak
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 02 Mart 2007, 20:06:18
USTI BOR DUNYONING OSTI HAM BOR

Dunyo ustun deganlar
Ostini ham ko’rarlar.
Qilko’prikning boshida
Bo’yin egib turarlar

“Og’am” deganing qayda?
“Onam” deganing qayda?
Soyasiga sig’inib,
“Otam” deganing qayda?

Barisi ham ko’zda yosh
Biri-biridan yuvvosh?
Yer bag’irlab turarlar,
Yurakda qoyadek tosh:

“Evoh, qalbi ko’r bo’ldim,
Peshonasi sho’r bo’ldim.
Yaratganni bilmadim,
Shakkok bo’ldim – xo’r bo’ldim”.

Badanlaring yuvishar,
Oyoqlaring chalishar.
Sening kabi bandalar
Bir-bir pastga qulashar.

Oz bo’lsa-da vaqting bor,
Imon keltir, Alloh yor!
Oxirating ko’pmasin,
Keyin yig’lamagin zor.

…Dunyo ustun deganlar
Ostini ham ko’rarlar.
Qilko’prikning boshida
Bo’yin egib turarlar.

Azimbek Usmon
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1420) III chorak

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 02 Mart 2007, 20:09:49
CHORRAHADA

Chorrahada turibsan hayron.
To’rt tomon yo’l. Bilmassan ammo:
Tole yo’li qaysi bir tomon?
Xayolingda bir zo’r muammo.

Muammomas qay tomon yurmoq,
bo’lsa hamki yo’llar toru tang.
Muammomas va emas jumboq,
Qiblaga yur, tole istasang.

Aziz Abdurazzoq
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1420) III chorak

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 02 Mart 2007, 20:13:13
RUBOIY
Islom uchun ovorai yozi bo’ldum,
Kufforu hunud harbsozi bo’ldum.
Jazm aylab edim o’zni shahid o’lmoqqa,
Al-minnatu lillahki, g’oziy bo’ldum

Zahiriddin Muhammad Bobur

***

Ibrat oling, ey xalq, jahondan hamma ketdi,
Kim olamga keldi, hamma armon bila ketdi,
Chin bandalari oxirat asbobini etdi,
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.

Jahd ayla, qazo alamagin ro’za namozing,
Tur erta sahar, Tangriga arz ayla niyozing,
O’tkarma abas kechayu kunduz, qishu yozing,
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.

Otayu ona, qavm-qarindoshingni qil yod,
Ham yor, birodaring qani, ul pir ila ustod,
G’ofillik ila berma aziz umringni barbod,
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.

Yo Rab, qil ani ravzoyi rizvon bila ulfat,
Fazling bila ahvoliga boq, ayla inoyat,
Turg’uzgali ham ravzosida ro’zi qiyomat,
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.

Ey Andalibo,o’tdi jahondan necha shahboz,
Bu umr baqosiz, qiladir bir kuni parvoz,
Muso Kalim erdi Xudoga qilibon roz.
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.

Nurmuhammad Andalib
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1420) III chorak
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 02 Mart 2007, 20:15:39
ESKI CHOPONLIK AZIZ

Insonlarga eski choponda
Ko’rinsam ham ko’rimsiz, xunuk,
Faqat Senga har bir zamonda
Bo’lib qolay aziz va suyuk,
Mehribonim, Allohim mening,
Boshim uzra panohim mening.

Bundan ortiq bormi saodat?..
O’zing bandam, qulim de meni.
Seni sevmoq eng baxtli odat,
Tikan ichra gulim de meni.
Mehribonim, Allohim mening,
Boshim uzra panohim mening.

Aziz Abdurazzoq
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1420) III chorak
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 05 Mart 2007, 16:19:13
Ismi go'zal, o'zi go'zal Muhammad.

Jonim qurbon bo'lsin sening yo'lingga,
Ismi go'zal, o'zi go'zal Muhammad.
Shafoat aylagin kamtar qulingga,
Ismi go'zal,o'zi go'zal Muhammad.

Mo'min bo'lganlarning ko'pdir jafosi,
Oxiratda bo'lur zavqu safosi,
O'n sakkiz olamning Mustafosi,
Ismi go'zal,o'zi go'zal Muhammad.

Yetti qavat ko'ni sayron aylagan,
Samo minbarida javlon aylagan,
Me'rojida ummatini tilagan,
Ismi go'zal o'zi go'zal Muhammad.

To'rt choriyor uning sodiq yoridir,
Uni sevgan gunohlardan beridir,
O'n sakkiz olamni9ng sultonidir,
Ismi go'zal, o'zi go'zal Muhammad.

Sen haq payg'ambarsan, shaksiz, gumonsiz,
Yo'lingdan yurmagan ketar iymonsiz,
Oshiq Yunus naylar, dunyoni sensiz,
Ismi go'zla, O'zi go'zal Muhammad.

Yunus Emro.
Nosir Muhammad tarjimasi.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 05 Mart 2007, 19:52:37
* * *
Tog'larila, toshlar ila chaqirayin Mavlom seni,
Saharlarda qushlar ila chaqirayin Mavlom seni.

Suv tagida mohi ila, sahrolarda ohu ila,
Devonadek "Yo, hu!" ila chaqirayin Mavlom seni.

Samolarda Iyso ila, Tur tog'ida Muso ila,
Qo'limdagi aso ila, chaqirayin Mavlom seni.

Hamdu shukru Iloh ila, vasfi Qulhuvalloh ila,
Doimo zikrulloh ila, chaqirayin Mavlom seni.

Abgladim dunyo holini, tark etdim qiylu qolini,
Bosh ochiq oyoq yolini, chaqirayin Mavlom seni.

Yunus o'qir tillar ila,ul qumri bulbullar ila,
Haqqa ochiq qo'llar ila, chaqirayin Mavlom seni.


Yunus Emro
Nosir Muhammad tarjimasi.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 05 Mart 2007, 20:08:59
So'radim boychechakdan
"Nega ranging sariqdur?"
Chechak aytur:- Ey darvesh,
O'lmoqligim aniqdir.

So'rdim sariq chechakdan:
-Sizga o'lim bormidur?
Chechak aytur:- Ey, darvesh,
O'limsiz yer bormidur?

Yana so'radim guldan:
- Otang onang bormidur?
Chechak aytur:- Ey, darvesh,
Otam-onam tuproqdur!

So'radim boychechakdan:
- Nedan bo'ying egridur?
Chechak aytur:- Ey, darvesh,
Ko'nglim Haqqa to'g'ridur!

Yunus Emro.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 07 Mart 2007, 07:22:13
O'tinch.

Oshiqlk tumorin bo'ynima ildim,
Dilni so'z atalmish yarog'da tildim,
Ishq solgan imorat saro yo'l oldim,
Meni bedardlarga berma, Hudoyim.

Ko'ngulning chokini sitdim, sitildim,
Tavba surasiga yor-a, yukindim,
Dunyo libosini yechdim qutuldim,
Meni rahmsizlarga berma, Hudoyim.

Malaklar burjidan kelar tovush, sas,
Vujudim yonadi hajringda payvast,
Ruhim, sen o'zingni tavbalarga os,
Meni ishqsizlarga berma, Hudoyim.

Arshning ayvoniga tutashgan yo'lim,
Takror-takror qutlar qadrdon o'lim,
Nuri ilohiy-la bezanar yo'lim,
Meni bedardlarga berma, Hudoyim.

Oygul Ubaydulla qizi.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2007, 15:32:49
SARSON JON

Imonsiz hech baxt bolidan tatib bo’lmas,
Fazilatsiz elda qadr topib bo’lmas,
Etak bilan oyning yuzin yopib bo’lmas,
Hidoyatga kelmagan jon arzon-arzon.

Ko’ngil sandiq, ichi to’la asror-sirdir,
Xayol sahro, poyoni yo’q dala-qirdir,
Jon berarda shohu gado bari birdir,
Hidoyatga kelmagan jon arzon-arzon.

Mehmoni ko’p dunyo ekan, mezboni yo’q,
Nasibangdan ortiq senga osh-noni yo’q,
Nafsni bandi qilay desang, zindoni yo’q,
Hidoyatga kelmagan jon arzon-arzon.

Ketay desang, ruhing asir, osmon uzoq,
Bilolmassan g’anim qayga qo’ygan tuzoq,
Alloh, rahim, rahmondirsan, bergin panoh,
Hidoyatga kelmagan jon arzon-arzon.

Imon nuri kirmagan jon sarson-sarson…

Nurmuhammad Shoyoqub
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1420) IV chorak
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2007, 15:34:19
SHE’RGA TUSHGAN HADISLAR

“Alloh taolodan bandalarining qiyinchiliklariga yarasha madad ato qilinur…” (Ibn Hibbon rivoyati).

Har kim o’zi ma’suldir o’z orzu-niyatiga,
Ular qandoq? Nechog’lik  pokdir – o’zi biladi.
Bandaning ehtiyoji, sarf-xarajatiga
Qarab Parvardigordan yordam keladi.

“Kechirilmaydigan, kechiriladigan va unitilmaydigan gunohlar bor. Kechirilmaydigan gunoh Allohga shirk keltirishdir. Kechiriladigani esa, Alloh bilan bandaning o’rtasidagi ma’siyat ishlar. Gunohning unitilmaydigani bandalarning bir-birlariga qilgan zulm va xiyonatlaridir” (Tabariy rivoyati).

Bir gunoh bor – qutulib bo’lmas itobsiz,
Gunoh bor – kechirilmas tavba-tavofsiz.
Lekin bandalarning bir-biroviga
Qilgan zulmi qolmas hisob-kitobsiz.

“Hojatning bitmay qolaverishi birovdan so’rab o’zni xor qilgandan yaxshidir”.

Hojatning chiqmasa-chiqmasin, mayli,
Kun o’tar bir navi busiz ham, biroq
Hojat chiqmasligi hojat tufayli
Xorlanishdan ko’ra yaxshiroq.

Shukur Qurbon
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1420) IV chorak
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2007, 15:35:36
SHE’RGA TUSHGAN HADISLAR

“Jihod to’rt xildir: 1. Amri ma’ruf. 2. Nahyi munkar. 3. O’zining zarariga bo’lsa ham rost so’zlash. 4. Fosiq kishining masxara qilishiga chidab turish”
(Abu Na’im rivoyati).


Jihodning turi ko’p, ular ichida
Shunday bir jihod bor ajib, ibratli.
Fosiqlar masxara qilsalar, chidash
Mo’min-musulmon aylar jannati

***

“…Jihodning afzali Alloh yo’lida o’z nafsi va xohishiga qarshi qilinadigan jangdir” (Tabariy rivoyati).

Boshlardan sochilmay turib to tuproq,
Jihod qiling Alloh yo’lida ko’proq.
Lekin jihodlarning orasida o’z
Nafsingizga qarshi jihod xo’broq.

***

“Yaxshi gumon qilish ham yaxshi ibodat qilish bilan barobardir” (Abu Dovud rivoyati).

Qalbning to’ridagi ishonch, ishtiboh
Odamning kimligin ko’rsatar albat.
“Yaxshilik qiladi bizlatga Alloh”
Deyish ham, aslida, yaxshi ibodat.

Shukur Qurbon
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1420) IV chorak
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2007, 15:37:54
MUNOJOT

Tomchi suvdan paydo qilgan Allohim,
Ne ixtiyor qilsang, kelar qo’lingdan.
To’g’ri yo’ldanozdirmagin, ilohim
Yo bor Alloh, adashtirma O’zingdan.

Mahbubingga yubording Qur’oni Karim,
Isming bilan boshlanur Rahmonir Rahim,
O’zing saqla saqaru ham noru jahim
Qodir Alloh, adashtirma O’zingdan.

Ming bir isming ming bir xislat ayoni,
Qur’on ichra yozilmishdir bayoni,
E’tiqodu imon. ixlos, hayoni
Shior qildim, adashtirma O’zingdan.

Qadim – isming, avvalingning boshi yoq,
Boqiydirsan, oxirinhgning so’ngi yo’q,
Vohid O’zing, Sendan o’zing tangri yo’q,
Yo bor Alloh, adashtirma O’zingdan.

Tog’u toshga larzon kirgay qahringdan,
Chidolmayin suvlar toshar nahringdan,
titrar tanam oxiratd vahmingdan,
Qahhor egam, adashtirma O’zingdan.

Ahad isming ayon qilar birliging,
Samad isming tengsizliging borliging,
Faqir, miskin, shaydolarga yorilging
Yo Ahadim, adashtirma O’zingdan.

G’aniydursan, boyligingga qiyos yoq,
Muruvvatda sahiydursan, tenging yo’q.
Marhamating darig’ tutsang, iloj yo’q.
Umidvorman, adashtirma O’zingdan.

Azimsan, Jamilsan, Xoliqu Muxtor,
Quddussan, Shokirsan, Hamdu G’affor,
Odilu Olimu Sobir ham Sattor,
Razzoq egam, adashtirma O’zingdan.


Payg’ambarim hadislarin tinglagin,
Ma’nisin yech, to’g’ri yo’lni tanglagin,
Ey Muslima, tunlar turib yig’lagin,
Subhon egam, adashtirma o’zingdan.

Shahriniso Ergasheva Abdug’ani qizi
Musulmonlar taqvim kitobi 2000 (1420-1421) I chorak
 
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robbim_Rahmon 07 Mart 2007, 16:12:56
LA ILAHA ILLALLAH

Sizu bizni yaratgan,
Bulbul qilib sayratgan.
Yakka yagona Alloh,
Laa ilaha illalloh.

Bizga Qur'onni bergan,
Qaymog'u nonni bergan,
Mehribonimiz Alloh,
Laa ilaha illalloh.

Kim o’qisa Qur'onni,
Gapirmasa yolg’onni,
Yaxshi ko’radi Alloh,
Laa ilaha illalloh.

Qo’lda Qur'onimiz bor,
Dilda iymonimiz bor,
Bizni asraydi Alloh,
Laa ilaha illalloh.

Bolalar kelaqoling,
Qur'onni yodlab oling.
Qachon Qur’on o’qilsa,
O’tirib quloq soling.


Iymonsiz qo'yma!!

Atrofim gavjum odam,
Asta kelib bo’g’ar dambadam.
Shaytoniy yo’llarga boshlaydi har dam,
Iymonim shivirlar-“BO’LGIN SEN BARDAM”
Bo’ldi bas. Tinch qo’ying meni ey sizlar,
Bunchalar yovuzsiz, qabih orsizlar.
Shaytonning makridan hozir ko’rsizlar,
Bu holingiz uchun ming bor essizlar.

Iymonim sen meni aslo tark etma,
Nafsim sen bunchalar tug’yonga ketma.
Vijdonim hech qachon toshdayin qotma,
Allohim sen meni iymonsiz qo’yma.

Hayotim, vujudim, borlig’im tilka.
Rukuda, sajdada bo’laman senga.
Horsamda, tolsamda ayturman yana…
Allohim sen meni iymonsiz qo’yma.


Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 09 Mart 2007, 08:45:20
O'rtanur.

Nola qilgach gulga bulbul, dilda afg'on o'rtanur,
Temulib dildor yo'liga,chashmi giryon o'rtanur.

Bu jahon savdolaridan dard chekar har ahli dil,
Qayga boqsang nokas ermas, yahshi inson o'rtanur.

Otashi ishq sehrida, devona bo'lgan ul ko'ngul,
Nolasidin ne ajab, tahti Sulaymon o'rtanur.

Davlatim borida ne tong, yoru do'st etdi tavof,
Endi ta'na nayzasidin dilda paykon o'rtanur.

Bir yorug' nur izladim, zulmat zimiston ichrakim,
Go'yoki oyni topolmay, yetti osmon o'rtanur.

Charhidun g'avg'sidin g'am chekma ko'p Abdulg'ani,
Jon talashur vaqtida, bilgilki Iymon o'rtanur.

Abdulg'ani Sulaymon.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 11 Mart 2007, 09:33:42
ҚАСИДА

Аршнинг қуббаларига номи нурла ёзилган,
Исми самода Аҳмад, ерда Муҳаммад бўлган,
Етти қават осмонда Ҳақ жамолини кўрган
Аввал-охир йўлбошчи, Ñ‘ ҳазрати Муҳаммад!

Сизга нур ёмғирлари Ñ‘ғаркан, етти қатдан
У тунда сиз, дин келган азал қадар узоқдан.
Малаклар ҳар заррага мужда бераркан, Ҳақдан
У тунда сиз туғилган, Ñ‘ ҳазрати Муҳаммад!

Қуёш ҳам у кечанинг нурига сажда қилди!
Юлдузлар беҳуд бўлиб, коинот важда қилди!
Ҳамду санолар бари Яратганга Ñžқилди,
У тунда сиз туфайли, Ñ‘ ҳазрати Муҳаммад!

Каъбада ширк тошлари – бутлар ерга қуларкан,
Жаҳолат байроқлари бари бир-бир синаркан,
Минг йиллик куфр олови абадиян сўнаркан
Қутлуғ қадамингиздан, Ñ‘ ҳазрати Муҳаммад!

Шу тунда Саъва кўли мўъжизайла йўқ бўлди!
Кисро саройларининг устунлари йиқилди!
Арздан Аршгача олам раҳматингизга тўлди!
- У кеча сиз, дин келган, Ñ‘ ҳазрати Муҳаммад!

Гўдаклик йўргагингиз оқ булутдан ўралган,
Туғилиб-туғилмасдан, сажда амри берилган,
Бошингизда оламга раҳмат тожи кўрилган!
Коинотнинг сарвари, Ñ‘ ҳазрати Муҳаммад!

Сизнинг гўзал хулқингиз, ахлоқнинг намунаси,
Гўзал сабр бобида башарнинг энг аълоси!
Ул Жаннат маконингиз, фақирларнинг хонаси!
Кўнгиллар хазинаси, Ñ‘ ҳазрати Муҳаммад!

Сизга шоҳид ҳақ сўзлар азалдан бери ҳар он,
Сизга шоҳид оятлар ҳар заррада битилган!
Сиздан айро қолмоққа қандай чидасин, бу жон?!
Сиз ҳар жонда жононсиз, Ñ‘ ҳазрати Муҳаммад!!!

Меърож тунида бир-бир, очилди сизга кўклар,
Салом билан қаршилаб, ҳар қават пайғамбарлар!
Шундай бир он келди-ки, тўхтаб барча малаклар!
Ҳаққа ёлғиз бордингиз, Ñ‘ ҳазрати Муҳаммад!

Кўнгил кўзи кўр инсон, жон кўзини найласин!
Дунёда дўнмаган тил, Маҳшарда не сўйласин?!
Мавло бутун башарни умматингиз айласин!
Байроғингиз остида, Ñ‘ ҳазрати Муҳаммад!!!

Ҳақ билан қул висоли, у илоҳий бир тўйда,
Ҳеч кимдан ҳеч кимсага фойда бўлмаган кунда
Хайру-шаррни хос тортган, у тарозу ўнггида
Сиз шафоатчим бўлинг, Ñ‘ ҳазрати Муҳаммад!

Биламизки, ҳукми йўқ, бу дунё неъматининг,
Кўнгилдир сармояси, охират сарватининг
Сизга саловот-салом йўллаган ҳар умматнинг
Жаннат шоҳиди бўлинг, Ñ‘ ҳазрати Муҳаммад!!!

Жаннат сари етакланг, Ñ‘ ҳазрати Муҳаммад!
Жаннатларга етакланг, Ñ‘ ҳазрати Муҳаммад!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: akmal? 12 Mart 2007, 10:34:33
parvardigor sizdan rozi busin i uzizam mehnatizga rozi bulin.hammamizdan uzi rozi busin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: mutaallimah 21 Mart 2007, 03:49:19
Dinga boqdim, husni hulqdir ustuni
Yaxshi hulqdan o'zga yo'qdir unga posbon
Xulqi badningdini yo'qdir bil buni
Maqtamaslar sa'yutaqvo qilsa har on
(Izzuddin Alamuddin Tanuxiy)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 05 Aprel 2007, 08:58:43
Bunda uni topmast also
qo’rqitguvchi o’chli o’q.
Bunda hayot bordir, ammo
qutqarguvchi najot yo’q.

Bunda hayot bordir, ammo
bo’ls undan ko’ngli to’q.
Shu hayotni sevsa, also
qutqarguvchi najot yo’q.

Tun yarmida turadi u
tashlab ketar o’yini.
Tark etmaydi ammo qayg’u,
tinmas ko’ngil quyuni.

Imkon bordir yashamoqqa,
yo’qdir o’lmoq imkoni.
Chunki yo’qdir, imkoni yo’q
asrash uchun iymonni.

Iymon uchun yengib qo’ymas,
Iymon bukun – g’am faqat.
Hayot esa – ketib bo’lmas
to’rt yog’i berk mamlakat.

Bu kufrga to’la chohning
qazosi qachon kelur.
“Zero faqat Ollohning
guruhi g’olib erur”.

Dunyo – kufrlar chohi.
Olloh, saqla, ber qadr.
Iymon bo’lmasa, zero,
Dunyo sariq chaqadir.

Muhammad Ismoil
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 05 Aprel 2007, 08:59:29
ILTIJO

Talashadur mehrob me’rojin
Choh ustida har turli g’oya.
O’zing mening taxt ila tojim,
Menga sening so’zing kifoya.

Ko’zimdagi nuri hidoyat
Sen lutf etgan oily inoyat.
Mardumimdur muqaddas oyat,
Yo’ldan og’sam, ko’zing kifoya.

Bir don ko’rsam, qo’shshallab terdim,
Ul birini qumriga berdim.,
Hashamlarga sotmasman erkim,
Sochgan rizqu ro’zing kifoya.

O’zni netib ipakka o’ray?
O’zdan ketib ipakka o’ray,
Elga yetib ipakka o’ray, -
To aksi hol bo’zing kifoya.

Sendan – amr, mendan – itoat,
Sendan – vahiy, mendan – ibodat.
O’zing – niyat, o’zing – mohiyat,
O’zing – xilqat, o’zing kifoya!

Sa’dulla Hakim
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 05 Aprel 2007, 09:00:09
SHAYTON

Qaysi bir el aro men kirsam
Aldanganlar yoqamdan olar.
Nima qilar qatorda yursam,
Meniki emas-ku, barcha xatolar.

Hayotda ham bordir, ehtimol,
Shogirdlarim, ko’ray qidirib.
Yoriltoshni izlab topay-da,
Kuzatay-chi, ichiga kirib…

Ilhom Ahror
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 05 Aprel 2007, 09:01:14
SHAYTONNING ARZI

Oliy dargohingdan quvlading mani
Tuproqdan yaratgan Odaming uchun.
Sapchib tushar eding dahshatdan, balki,
Qora qilmishlarin ko’rsayding bu kun.

G’aflatda qolmishdir Isrofiling ham,
Yo’qsa chalmasmidi surnayin, yonib.
Garchi daraxtlarga to’rg’ay qo’nmagan,
Lekin bo’layotir qiyomat qoyim.

Sen berib qo’yganing bu ulug’ Zamin
Uning qadamidan zir-zir qaqshaydi.
Ming bir bo’laklarga bo’lingan tani,
Ming xil zahri zaqqum yutib yashaydi.

Dastidan nabotot, hayvonot zordir.
Sof qoldi va havo, na obi hayot.
Oliy jinoyatchi, oily aybdordir
O’sha sen siylagan Odam Mavjudot.

Bir-birin ko’rarga ko’zi yo’q hatto,
Aldaydi, sotadi, qirqadi payin.
Yuragi to’la kir, xusumat, riyo,
Tubanlashib borar ulg’aygan sayin.

Kimlarga sen beib qo’yding Zaminni,
Ularga hattoki do’zaxing ham hayf!
“Dod” deb qochgim kelar bu yerdan mening,
Ketay boshqa joyga, qayga boray, ayt?

Dilshod Rajabov
"Yoshlik" jurnalidan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 13 Aprel 2007, 19:02:05
МУСЛИМА АЁЛ.

Амал билан қўлга киради қадр
Қуръон «қимматингиз тақводадир» дер
Фурсатда баробар аёл билан эр
Сураси Қуръонда муслима аёл

Хадича, Фотима, Ойша Сумайя
Нусайба, Робия, неча валийя
Бокира Марям ҳам шонли Осиё
Илм ва ирфонда муслима аёл

Инсон бир бутундир, аёл ёриси
Удир оиланинг она ариси
Аёлу эркакнинг ҳар бир ютуғи
Қаттиқ имтиҳонда муслима аёл

Оила таълими аёлсиз бўлмас
Аёл ўрни асло эркакла тўлмас
Эркак аёлини сурувга солмас
Уйида чўпондир, муслима аёл

Меъросни оз олар, фойдали чиқар
Ўранур, виқорла олдинга боқар
Аёл очилса гар, кўп жонни Ñ‘қар
Севги-шафқат унда муслима аёл

Яратувчи икки жинсга ҳам хослик
Берди - бутунланди тенгсиз гўзаллик
Бузилмасин Раббим, бу нозик тенглик
Ўзинг уйғоқ бўлгин, муслима аёл.

Итоатнинг номи Исломда амал
Динимизда будир иккинчи тамал
Қул учун ибодат энг юксак аъмол
Амал ва имонда муслима аёл

Аёлга ишлагил, ҳур бўл, дедилар.
Ҳаққинг олмоқликка бир йўл дедилар
Очилсин вужудинг, бош-қўл дедилар
Бунда тақво қилар, муслима аёл

Бизнинг аёлимиз амалда доим
Ҳақ учун халқига хизматда қоим
Агёрга қарши терс, ёрга мулойим
Ўрнакдир жаҳонга муслима аёл.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 17 Aprel 2007, 06:34:00
CHOY BANGILARI

Ey Rabbimiz! Yaratmishsan dunyoni yana ikki,
Ularning maqsadi Islomdan boshqa neki?
Orqamizdan baqirsalar, bular telbami toki
Ularga gul otar-otmas, Xizmatga ketajakmiz.

Zakariyo quling kabi arralar-la kessalar,
Munodiymiz Bilol kabi xarsang tosh-la ezsalar,
Devorlar  va tog’larni to’siq deya tizsalar,
Bir tepmakda buzar-buzmas, Xizmatga ketajakmiz.

Biz asoyi Muso bo’lib, dengizlarni yoramiz,
Bir Hiraqlit zarbasidek zanjirlarni uzamiz,
Biz Ibrohim do’sting kabi ka’balarni quramiz,
Ibodatni  qilar-qilmas, Xizmatga ketajakmiz.

Qo’shmoq uchun buz xizmatga pok ko’ngilli boylarni,
Davra qurib xonasida ichajakmiz choylarni,
Oltmish kunlik yashayapmiz o’ttiz kunlik oylarni,
Choynakda choy bitar-bitmas, Xizmatga ketajakmiz.

Dunyo bizni bog’layolmas, na mol-mulku na bozor
Desalarki otang o’lmish, bu kunlar senga ozor,
Ko’z yoshi va duolar-la, so’ng manzil erur mozor,
Uzarini yopar-yopmas, Xizmatga ketajakmiz.

Kechalari necha yerda choy suhbati quraroq,
Iymon to’la hurjunlarni orqamizga osaroq,
Yana nega ketayapsan ota, deya so’raroq,
Yuzlaridan o’par-o’pmas, Xizmatga ketajakmiz.

Bu kun turmak kuni emas, terlar oqsa ensadan,
Bir teri bir suyak qolsa ichimizda har badab,
Charchoqniyu, horg’inlikni ko’targancha turkchadan,
Uch-besh luqma yutar-yutmas, Xizmatga ketajakmiz.

To’xtatajak sababmidir to’fon va yo zilzila?
Ne yo’llarning yozilmasi, ne g’ofildan harhasha,
Shartlar omon bermasa-da, aytdikmi bir basmala,
Qo’llar qanot tutar-tutmas, Xizmatga ketajakmiz.

To’kub-to’kib sochajakmiz kimning bor bo’lsa nesi,
Ammo bunday baholanur bir umr sarmoyasi
Yugurishda kesilsa-da birimizning nafasi,
Sirtimizga otar-otmas, Xizmatga ketajakmiz.

Dengizlardan nari joyda qolsa-da birovlari,
U yergacha, olib borib iymon degan javharni,
Azonlar-la chaqirilib dunyomizning har yeri,
Osmonga ko’z tikar-tikmas, Xizmatga ketajakmiz.

Ey Rabbimiz! Biz qullarning bo’lsa xizmatda poyi,
Huzuringga kelajakmiz, kutamiz aziz joyni,
Zotan, bizning murodimiz yoningda ichmak choyni,
Bir piyola tutar-tutmas, ortiq ketmayajamiz.

Shahit Namzeli.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 21 Aprel 2007, 17:31:12
Barcha yo'llar berk bo'lar, agar Sen tugun etsang,
Kecha bugun bo'ladi, agar Sen bugun etsang.
Banda yahshi niyatda, tartib qoida tuzadi,
Qonun qonun bo'ladi, agar Sen qonun etsang.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 21 Aprel 2007, 17:32:41
Har on, haq daqiqa bilsang xatardir,
Tiriklik o'limga qarab safardir.
Qo'shnim o'ldi deya bo'lma xotirjam,
Qo'shningni o'limi senga xabardir.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 21 Aprel 2007, 17:34:28
Badbaxtlikni baxt deb bilibman,
Naq do'zaxni taht deb bilibman.
Kechir Robbim! Gunohli damni,
Saodatli vaqt deb bilibman.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 19 May 2007, 12:46:04
Umr ajoyibdir Islomla o'tsa,
O'lin ajoyibdir Iymonla o'tsa.
Yanada go'zal bo'lur jumang agar,
Toatla, xayrla, duola o'tsa!!!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 21 May 2007, 10:40:34
Assalamu alaykum. Bu she'rni bir birodarimiz yozgan. Bu ba'zi shoirlarimizni she'rlariga o'hshab juda go'zal emasdir,lekin bir farzandning onasiga bo'lgan mehri va armonlari tarannum qilingan. Zero bu she'r muallifi shoirlikni da'vo qilmaydi. SHuning uchun ba'zi qofiyalari kelishmagan joylari uchun uzr so'raymiz. Buni o'qigan har bir birodarimiz bizga g'animat bo'lgan ota-onalarimizni qadriga yanada ko'proq yetadi, degan umiddaman.

Armon.

Mehr beray onaman deb,
O'g'il qizga parvonaman deb,
Tunlar mijja qoqmadim,
Hatto erimga yoqmadim.
Uyqusiz o'tgan tunlaim qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Onamga sarfladim necha kun,
Onam uchun uxlamadim necha tun,
Ne-ne bahonalar aytganman,
Shoshib borib, shoshib qaytganman,
Onajon sizni o'yladim qancha,
O'ylasam armonim ancha.

O'g'lim suyuk farzandim,
To'ng'ich qiz asal qandim,
Kichiklarim arzandam,
Deb erkalab to'ymadim,
Erkalay oldim sizni qancha,
O'ylasam armonim ancha.

O'ylab ko'rsam tanamga,
Bahosi yo'q onamga,
Munisim, parvonamga,
Topoldimmi loyiq so'z,
Arzirdi she'r yozsam qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Zeb barmasam ham o'zimga,
Mehrim jo qilib har so'zimga,
Asl taom o'g'lim yolg'izimga,
Asl kiyim asal qizimga,
Deb yugurdim yeldim qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Rango - rang atlas qizimga,
Top-top kimzob adras qizimga,
Eng asili kelin yolg'izimga,
Savol beray avval o'zimga,
Sizga ravo ko'rganim qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Hashamatli to'ylar qilganda,
O'g'il qizga shoyi shirmoy deganda,
Yuzni kiyib, yuzni yeganda,
Har kuni hayr ehson berganda,
Ko'nglingiz ololgan kunim qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Koshonalar qurdim bolamga deb,
Jonim sadqa gulu lolamga deb,
Umrim fido jondan aziz bolamga deb,
Nima qildim shu g'animat onamga deb,
Mehringiz qaytardim qancha,
O'ylasam armonim ancha...


Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 21 May 2007, 10:50:12
...Dasta gullar kelin bilan kuyovga,
Izzat ikrom quda bo'lmish birovga.
Duo qilsin avval qaynonam,
Hafa bo'lmas ahir o'z onam,
Deya sizni unutdim ancha,
O'ylasam armonim ancha.

O'zi qolib bolasin boqdim,
Xizmat bilan kelinga yoqdim,
Dil porayu jilmayib boqdim,
Pushaymonman behad tutoqdim,
Xizmatingiz qiloldim qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Xolim aytib, xolingizni so'rdimmi,
Kunu tun hizmatingizda turdimmi,
Nabiramdan sizni ortiq ko'rdimmi,
Yo,Rab, shunday noshud bo'ldimmi,
Onajon qadringiz bilmadim ancha,
O'ylasam armonim ancha.

Qizlargaku duru marjonim,
O'g'il uchun bog'u bo'stonim,
Yorga deya ko'ngil gulistonim,
Fido bo'ldi ming bitta jonim,
Rozi bo'ling mendan jannatmakonim,
Sizga fido qilganim qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Azaldan birov brib birov olarkan,
Faqat ona mehr bera olarkan,
Bola faqat mehr olarkan,
Mehr berdim onamga qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Kim qancha suysa suysin bolasin,
Avval suyib rozi qilsin onasin,
Onadan afzal bilsa kim bolasin,
Qiyomat Kun Haq eshitmas nolasin,
Onajon sizni suyoldim qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Hayolimda yuring onajon,
Tushlarimga kiring onajon,
Sizni rozi qilmoq uchun,
Mahshar oq yuz bo'lmoq uchun,
Savob ish qilay qancha,
O'ylasam armonim ancha...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 21 May 2007, 10:56:16
*  *  *

Qaniydi qo'rqmasam sovuq o'limdan,
Balolar chiqmasa goho yo'limdan,
Qur'onni qo'ymasam aslo qo'limdan,
Mendayin bahtiyor bo'lmasdi hech kim.

Yashasam hayotdan ko'nglim to'lsaydi,
To'g'ri deb yurganim to'g'ri bo'lsaydi,
O'zim o'lmay turib nafsim o'lsaydi,
Mendayin bahtiyor bo'lmasdi hech kim.

Namozni o'qiyman lek ko'ngil xira,
Orzuda goh uzuk goh tilla zira,
Berilmasam hoyu hashamga sira,
Mendayin bahtiyor bo'lmasdi hech kim.

Hamisha Allohning halili bo'lsam,
Ilohiy ilmdan nurlarga to'lsam,
Haqning jamolini bir bora ko'rsam,
Mendayin bahtiyor bo'lmasdi hech kim.

Qaniydi qo'rqmasam sovuq o'limdan,
Faqat ezgu ishlar kelsa qo'limdan,
Yahshilar qo'llasa o'ngu so'limdan,
Mendayin bahtiyor bo'lmasdi hech kim.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 21 May 2007, 11:02:51
*  *  *

Oldimda hayotdek ulkan imtihon,
Aslida bu jismim tuproq bir siqim,
Qaniydi mukammal bo'lolsa iymon,
Jannatni sog'inib yashaydi ruhim.

Ikki dunyosi ham obod begumon,
Allohning rizosin topsa kimda kim,
Menga sinovlaring O'zing qil oson,
Rahmatni sog;inib yashaydi ruhim.

Diydoring ko'rishni istasam har on,
Tiqilar bog'zimga sog'inch ham yig'im,
Kavsarga yetkazgin chanqadim chunon,
Sharbatni sog'inib yashaydi ruhim.

To'g'ri so'z Payg'ambar Muhammad s.a.v. bilan,
Suhbatni sog'inib yashaydi ruhim...

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 21 May 2007, 14:24:07
Ollox seni bandam dedi,
Labbayka deb bergil javob.
Tong saxarda sevinch ila,
Namozga tur bergay savob!!!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 24 May 2007, 09:11:44
Anglash

Dilimga xush kalom solding: “La ilaha illalloh”,
Ham tanidim o‘z qulingni: “Muhammadur rasululloh”.

Yo‘q edim-ku, bunyod etding, mehring ila paydo qilding,
Shukur, deyman, yana menga pok lafzlar berding Alloh: 

Yo‘lda edim, ko‘rishganlar, so‘rdilarkim asling nedur?
Javob berdim: onam Havvo, padarimdir Odam ATO!

Shundoq deya asta-asta anglayapman vujudimni,
Yana bildim ilk payg‘ambar ¬ Odam ul Safiyulloh.

“Faqat Uni bilinglar, adolatda yuringlar” ¬
Deya payg‘om keltirdi, duoguy Nuh Nabiyulloh.

Ummati ilhaq doim, orzu bitmas to Qoyim,
Habib pok iymonliga Xizru Ilyos ¬ Hikmatulloh.

Farzandingdan bo‘lgil judo, deya amr etdi Xudo,
Faqat Haqqa talpinmoqqa o‘rgatdi ul Xalilulloh.

To‘rt tomonga boqib nolon, Sarvariga bo‘ldi hayron,
Bu holatdan ko‘ngli shodon, ay, Muso, ay, Kalimulloh.

Jafo ko‘rgan, jabr ko‘rgan, Iso edi sabr qilgan,
Oqibatda ko‘r qavmidan ko‘kka ketdi ul Ruhulloh.

Yigirmayu yana uch yil, g‘amlar yutgan bul kishi bil:
Haqqa yetib do‘st tutingan yo Muhammad Habibulloh.

Havas qilar sizga bugun, jami dunyo, ahli mo‘min,
Payg‘ambarim avaylagan yuz sahoba ¬ yuzta ogoh!

Qora edi ko‘rinishi, toat bo‘ldi har yumushi,
Yeru osmon zir titradi, Bilol aytgach: “Ulug‘ ALLOH:”

Ham diliga, ham diniga Hamza edi mudom sodiq,
Shahid ketgan jigariga dedi, Rasul: “oh, Sayfulloh!”

Hazrat Ali, Hazrat Usmon, xalifatur ar-Rahmon,
Abu Bakr Siddiqiga Umar yo‘ldosh ¬ Asadulloh.

Sanayversak xislatlarin, adosi yo‘q bu zotlarning,
Fazilati qo‘llar bizni, gar adashsak, Yo‘lda nogoh.

Ulug‘larning ruhi poki, ko‘rgil endi aziz xoki,
Shu tufayli bir ilinj, qalbga ko‘chdi banogoh:

“Har bandangning dilida, har kunida tunida,
Ezgu ishiga hamroh, bo‘lsa agar “Bismilloh!”

Balki Ro‘zi qiyomat, kafil bo‘lib ibodat,
Barchamizdan shafqatin darig‘ tutmagay Alloh.

Yana shuni so‘rayman, ijobatin ko‘ray man,
Vido chog‘i nasib et: “La ilaha illalloh!..”

Maqsud JONIXONOV
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 25 May 2007, 15:06:52
* * *

Odam o'g'li, gar o'zingga ikki jahon,
Dorul-omon bo'lsin desang, Qur'on o'qi.
Tirik joning nafas olgan har bir zamon,
Nurli zamon bo'lsin desang Qur'on o'qi.

Qur'on nurdir, zamiringni yoritgaydir,
Rahmat, shifo, dardlaringni aritgaydir,
Rabbim Alloh O'zin go'zal tanitgaydir,
Umrim irfon bo'lsin desang, Qur'on o'qi.

Halol-harom, haq va botil unda ayon,
Va'da - va'id - xabarlardir yahshi yomon,
Ikki jahon farqin ravon etmish bayon,
Qalbim furqon bo'lsin desang, Qur'on o'qi.

Qiyomat kun jonlar titraganda,
Iymonsizlar najot topmay qaqshaganda,
Iymon ahli qo'rg'on ichra yashaganda,
Tegram qo'rg'on bo'lsin desang Qur'on o'qi.

Ey, olamga ko'ngli ochiq manzurlarim,
Dardu g'ami rahmatlarga arzirlarim,
Dunyom obod, ham oxirat manzillarim,
Ravhu rayhon bo'lsin, desang Qur'on o'qi.

Kimki Qur'on o'quvchidir, azob bo'lmas,
Yana Qur'on o'rgatganga hisob bo'lmas,
Ma'no bilgan zotga parda hijob bo'lmas,
Vasli ayon bo'lsin desang, Qur'on o'qi.

O'tdi necha Haq kalomin ho'rlaganlar,
Qur'on istab, ohi ko'kka o'rlaganlar,
Ey, siz mudhish zulmlarni ko'rmaganlar,
Yurtim omon bo'lsin desang Qur'on o'qi.

Qur'on, hikmat - Haqning fazlu atosidir,
Ka'ba bunyod etgan Halil duosidir,
To Qiyomat Haq Rasulni nidosidir,
Iymon omon bo'lsin desang, Qur'on o'qi.

Mirzo, besh kun bu dunyoning zahmati bor,
Rabbim Alloh, shafoatgoh Ahmadi bor,
Baski, Haqning g'azabi ham Rahmati bor,
Ma'vom rizvon bo'lsin, desang Qur'on o'qi...

Mirzo Kenjabek.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 29 May 2007, 14:43:18
Tilaging bo'lsa gar Olloxdan tila,
Yo'qsa ishing so'nggi bo'ladi vaxim.
Xar ishni boshlagin Ollox nomila:
"BISMILLAXIR ROXMANIR ROXIYIM!"
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Iyun 2007, 18:32:24
Yomondir kundan kun holim, bag’oyat, yo Rasululloh!
Tuzalsin endi afholim, inoyat, yo Rasululloh!

Ozdirdi bu osiy nafsim, meni shaytonga yor qildi,
Yasholmam buncha isyonda, madad ber, yo Rasululloh!

Ajab, mumkinmi qutilmoq havoiy nafsi shaytondan?
Eshitmasa agar sizdan hidoyat, yo Rasululloh!

Kelsa gar fayzi ehsoning gunohkor kimsaga bir on,
Bo’lgay ul ikki dunyoda salaomat, yo Rasululloh!

Amrlariga bo’yin egdim, haromni demadim halol,
Har gunohning so’ngi bo’ldi nadomat yo Rasululloh!

Ey, insu jinning Rasuli, insonlarning eng afzali,
Ixlosim haqqi chun qil shafoat, yo Rasululloh!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 12 Iyun 2007, 17:45:46
D U O

Ko'zimdan yoshlarim tomchilar
Ruhimni afsunlar qamchilar
Har yerda iblislar qarshilar
Qo'llagin, kuch bergin Allohim
Qalbimga nur begin Allohim

Besamar orzular yurakda
Ziyonkor havaslar tilakda
Ne bo'lar ahvolim falakda?-
Pokiza dil bergin Allohim
Dilimga nur bergin Allohim

Ba'zida unutib Rahmonni
Ko'nglini shod etib shaytonni
Rost, deya so'zlarman yolg'onni
Bir rostgo'y til bergin Allohim
Tilimga nur bergin Allohim

Bu yo'llar barisi o'tkinchi
Hammasi so'ngiga yetguvchi
Oxiri jannatga eltguvchi
Ziyoli yo'l bergin Allohim
Yo'limga nur bergin Allohim

Abdulloh
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Malikahon 12 Iyun 2007, 19:49:38
Har kishining ota-onasi agar rozi emas,
Hazratim ummat demaslar ham xudo bandan demas.
Ham yana ul chori yorlar barchasi dustim demas,
Pir muridim demas, Halilulloh ham millat demas,
Ul qiyomat kun imomi A'sam yana mazhab demas,
Qop-qaro bulg'ay yuzi, bil tavbasi maqbul emas.

Ka'bani yuz martaba borib ziyorat aylasa,
Kechala qoyim turib toat-ibodat aylasa,
Kunduzi ruza tutib qur'on tilovat aylasa,
Dunyoning borin yana hayru-sahovat aylasa,

Har kishini ota-onasi agar rozi emas,
Hazratim ummat demaslar, ham xudo bandam demas.

Yer yuzida ancha masjid binolar qilsa ul,
Ham yana ko'rigu, ravot,uy, madrasa ko'p qilsa ul,
Kunda yuz ming ochu-yalong'ochga libosu-non bersa ul,
Ilmi holu ilmi qol kashfu karomat qilsa ul,

Har kishini ota-onasi agar rozi emas,
Hazratim ummat demaslar, ham xudo banda demas.

Kunda yuzming haj qilay desang onangni rozi qil,
Hashti jannat sayrqilay desang onangni rozi qil,
Tongla huru.g'ilmon bilan borib bozi qil,
Oxirat dunyo topay desang otangni rozi qil.

Har kishini ota-onasi agar rozi emas,
Hazratim ummat demaslar, ham xudo bandam demas.

Ota-onangni ko'tarib hajni ziyorat aylasang,
Kabatullohga agar borib imorot aylasang,
Misli Adham Robiyodek ko'p munojot aylasang,
Har qadam qo'ysang namoz aylab ziyorat aylasang,

Har kishini ota-otasi agar rozi emas,
Hazratim ummat demaslr,ham xudo bandam demas.

Mashrabo ko'p so'zlama, oqillara bir so'z yetar,
Kar quloq bulsa agar ming suzlagin bekor ketar,
To tirikman suz ado bulmas yetar,
Har kishini ota-onasi agar rozi emas,
Hazratim ummat demaslar, ham xudo bandam demas.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Iyun 2007, 11:02:54
XARFDAN OMON ODAM

So’rdi: Qaysi insondir havfdan omon?
Dedi: Xavfdan omon – xavfdagi inson.
Hasan Basriy javobidir bu javob,
Ma’nosini anglasan hikmatdan bir bor.
Qo’rqsa kim, yod aylab Allohni doim,
Taqvo bo’lib odat, toatda qoim,
Xavfdan omonligi – xavfi tufayli,
Najot – karamli Zot avfi tufayli,
Qo’rqmasa Qahhordan – tug’yon ichida,
Tong-la qolur yuz pushaymon ichida.
Qildan quyi ketsang – choh, o’tsang – iydgoh,
Qo’rqinchingga umidni qilg’il hamroh.
Chetga chiqma, chalg’ima, nozikdir yo’l,
Xavf ila rajoning o’rtasida bo’l.
Shu yo’l seni eltar nurli manzilga,
Ko’rkam, saodatli, hurli manzilga.

Fozil Ibrohim
Hilol taqvimi, 2. Safar oyi, 1425

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Iyun 2007, 11:04:45
NECHUK JONMAN

Nechuk jonman, parishonman, sar to po aybu nuqsonman,
Yomonman, yo’ldan ozg’onman, na insonman, na hayvonman.
Abas umrimni o’tkazdim, gunohlar daftarin yozdim,
Maosiy dashtida ozdim, topolmay yo’lni hayronman.
Amolimdan uyotqonman, gunah loyig’a botqonman,
Xudoyimni unutqonman, nechuk derman musulmonman?
Olib kasbi halolim deb, haqi mardumni molim deb,
Yesin ahli ayolim deb yugurgan qavli yolg’onman.
Amal uqboni darkori, bu dunyodir ekinzori,
Husulum ma’siyat bori, gunah dashtiga dehqonman.
Bo’ynimda ishqi tavqi yo’q, dilimda haqni shavqi yo’q.
Tilimda tavba zavqi yo’q, g’ariqi bahri isyonman.
Netarman go’r azobig’a, maloyikni javobig’a,
Qiyomatni hisobig’a, yomon oluda domonman.
Turar Mahsharda g’ovg’olar, boshimda qancha savdolar,
Bo’lurman anda rasvolar, na qilg’um ahli tug’yonman.
Qani Jamshid taxtida, Skandar bormu baxtida,
Manam o’tkinchi vaqtida gadoman, garchi sultonman.
Qulingdirman manam, yo Rab, gunohimdin na g’am, yo Rab,
Agar qilsang karam, yo Rab, zihi mamnuni ehsonman.
Inoyatlik ilohimsan, panohim, takyagohimsan,
Na qilsang podshohimsan, sanga bo’ynumni sungonman.
Gunahim haddin oshti, lek g’ufroningga Rojiyman,
Qiyomat shiddati vahmi bilan tarsonu larzonman.

Rojiy Marg’inoniy
Hilol taqvimi, 2. Safar oyi, 1425

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Iyun 2007, 11:06:20
Ibodat ucholmay qanotin izlar,
Sabr esa poymol, oyoq ostida…
Sadoqatlar qadriga yig’lar,
Riyo hokim Ixlos ustida…

Fasod g’olib, urar qahqaha,
Nafs adashgan, yo’llari egri…
Halol ojiz, harom hukmron,
Oydek yuzlar Haqqa teskari…

Kubro
Hilol taqvimi, 2. Safar oyi, 1425

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 22 Iyun 2007, 07:08:35
KARVONLAR O’SHA-YU, CHO’LLAR O’ZGARDI

Yuz minglab yulduzlar bag’riga siqqan
Osmonlar o’sha-yu, yillar o’zgardi,
Rizo izlab uzoq safarga chiqqan
Karvonlar o’sha-yu, cho’llar o’zgardi.

Cho’llar obod bo’ldi, karvonlar o’tgach,
Obod bo’ldi zamin, zamonlar o’tgach,
Qo’llari zar, oltin bog’bonlar o’tgach,
Bo’stonlar o’sha-yu, gullar o’zgardi.

Allohning arqoni uzilmas arqon,
Ushlagan qo’llardan oqar qutlug’ qon,
To’kilgan bu qonlar misoli ummon,
Arqonlar o’sha-yu, qo’llar o’zgardi.

Haqning kalomiga oshino tillar,
Haqning salomiga tashnadir dillar,
Yashnamas shaytonga oshyon ko’ngillar,
Zabonlar o’sha-yu, dillar o’zgardi.

Iymonli sarbonlar davondan o’tar,
Iymonsiz sarbonlar toyilib ketar,
Pok niyatda chiqqan murodga yetar,
Dovonlar o’sha-yu, yillar o’zgardi.

Boshimiz ko’yingda, ey sultonimiz,
Senga qul bo’lmoqlik bizning shonimiz,
Fidoiy qullikka bor imkonimiz,
Imkonlar o’sha-yu, qullar o’zgardi.

Baxtiyor Fidoiy
Hilol taqvimi, 3. Rabi’ul avval oyi, 1425
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 22 Iyun 2007, 07:10:30
YO’L

Kimga keng, kimlarga tor erur dunyo,
Kamga yaxshiligu, kimga yomonlik.
Yaxshilar bor joyda hayot ham zebo,
Yomonlar bor joyda anqo omonlik.
Razillar o’rmalab yurar tilida,
Labida – tabassum, ko’ngli – qorong’u.
Ilonlar o’rmalar ular qalbida,
Shu bois dahandan sochilar og’u.
Bir karra berilar dunyoda hayot,
Qarshingda ikki yo’l turar begumon.
Ortingda qolajak yomon-yaxshi ot,
Yo’ling tanlamoqda adashma, inson.
Yaxshilik bobida Jomiy so’zi bor:
Tug’ilding: El xandon, sen esa giryon.
Shu so’zni yodingdan chiqarma zinhor:
Halqing qolsin giryon, sen borgil xandon.

Xayrulloh Turg’unov
Hilol taqvimi, 3. Rabi’ul avval oyi, 1425

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 22 Iyun 2007, 07:11:44
Odam o’g’li o’lgusi, yer ostiga kirgusi,
Kim yaxshidur kim yomon, anda ma’lum bo’lg’usi.
Munda o’zin bilgonlar, Haqqa qulluq qilgonlar,
Haq yo’lig’a kirgonlar yorug’ yuzluq bo’lg’usi.
Manman, qulman degonlar, yer yuziga kelgonlar,
Harom-harish yegonlar bir-bir javob berg’usi.
Munda o’zin bilmagon, nasihatni olmagon,
Besh vaqt namoz qilmag’on anda rasvo bo’lg’usi.
Agar oqil bo’lsangiz, nasihatni olsangiz,
Besh vaqt namoz qilsangiz, anda foyda bo’lg’usi.
Qullig’ qilg’il qulig’a, kirgil Haqni yo’lig’a,
Yorilog’on qulig’a hurler qorshu kelgusi.
Haqdin farmon bo’lg’onda, Azroil jon olg’onda,
So’roq-savol qilg’onda, anda hayron qolg’usi.
Hayron bo’lmas ul kishi, oqsa ko’zini yoshi,
Haq bilan bo’lsa ishi, javon oson bo’lg’usi.
Toat qilg’il qishu yoz, qul Xoja Ahmad, bo’l gudoz,
Yuzi qaro benamoz anda rasvo bo’lg’usi.

Hilol taqvimi, 3. Rabi’ul avval oyi, 1425
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 16 Iyul 2007, 09:28:50
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
NAMOZ XAQIDA MARSIYA.

To’kilar badandan jumla gunoh,
Namoz dеya abdastaga qo’l urgan zamon.
Ikki malak ikki yoningda turar
Sеn bomdod namoz o’qigan zamon.

Yana ibodatda sеn bo’lgin doim,
Har IBODAT qilgay IYMONni butun.
Haq Alloh qulim dеsa, Rasul ummatim,
Sеn pеshin namoz o’qigan zamon.

Ko’kdan tushar saf-saf maloikalar,
Maloikalarga mushtoq turar falak.
Qabul bo’lur barcha tilaklar,
Sеn asr namozini o’qigan zamon.

Jannat bog’larini Haq O’zi bеzar,
Shod bo’lib mo’minlar anda kеzar.
Karim sifatida savoblar yozar,
Sеn shom namozini o’qigan zamon.

Bu namoz mo’minga otkim Buroqiy,
Haq taolo yaqin etar yoshrog’ing.
Jannatlar aro qilgay sеning turmog’ing,
Sеn xufton namozin o’qigan zamon.

Ajal yostig’iga qo’yguncha boshing,
Alloh dеya to’ksang ko’zingdan yoshing.
Qur'on bilan iymon yo’ldoshing,
Jonni azroilga bеrmog’ing zamon
Jannatda bo’lursan abadul-omon.


P.S. Muallifni nomini topa olmadim! Kim yo'zgan bo'lsa ham Alloh rozi bo'lsin!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 16 Iyul 2007, 09:30:30
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM

NAMOZ XAQIDA

Assalomu alaykum ilm ahliga,
Imonli ishonchli namoz ahliga.
Do’stlarim ozgina vaqtingiz olay,
Allohning farzini xotirga solay.

Namozni vaqtidan aslo kеchikmang,
Dunyoviy ishlarga ko’p ham bеrilmang.
Shoshilmang qiyomda, ruku, sajdada,
Qiroatda salovatda, hamda salomda.

Iqtido qilganda imomdan o’tmang,
Namozda hayolni shaytonga bеrmang.
Qiyomda chayqalmang bеlanchak kabi,
Alanglamang namozda bеnomoz kabi.

Allohdan qo’rqingiz bеparvo bo’lmang,
Duyoviy ishni kasb qilib g’aflatda qolmang.
Allohning rahmidan bеnasib bo’lmang,
Yengillik bo’ldi dеb farzidan kеchmang.

Jannatga kirguncha ibodatda bo’ling,
Namozni doimo vaqtida o’qing.
Ibodatdan so’z ochsang bеnamoz bandaga,
So’zingni olmaydi tanga-chaqaga.

Nasihat aylasang bo’yin tovlaydi
«Insof bеrsa, kеyin o’qiyman» - dеydi.
Aql bеrdi Alloh insof emasmu?
Bеrgan rizqi uning isboti emasmi?

Allohim zor emas ibodatingga!
Sinov uchun bеrgandur hayotni sеnga.
Umringni bahsh etma dunyo moliga,
Vaqti kеlib shayton kular holingga.

Gar umring sarf etsang Alloh yo’liga,
Barobar bo’lmaydi ko’zning nuriga.
Ey banda ko’zing och, g’aflatda qolma,
Adashgan yo’lingga ikkinchi qaytma.

Aqling bor o’ylagan shukrona qilgin,
Umringni g’animat bil, ibodat qilgin.
Muhammad (sallallohu alayhi vassallam) yo’lini davom ettirgin,
MUHAMMAD SALLALOHU ALAYHI VASSALLAM bilan JANNATDA BIRGA BO’LGIN!!!

P.S. Muallifni nomini topa olmadim! Kim yo'zgan bo'lsa ham Alloh rozi bo'lsin!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 12 Sentyabr 2007, 08:10:07
Bismillahir rohmanir rohiym

Assalamu alaykum!
Yaqinda bir kitobcha qo’limga tushdi.
Islomiy she’rlarga bo’lgan muhabbatim tufayli shu kitobchani aynan boshqalarga ham ulashishni niyat qildim.

1992 yilda chop etilgan ushbu - “Ollohim madadkorim” she’riy toplamlar kitobchasi Mahmud Jo’shqin tomonidan yozilgan.
Mahmud Jo’shqin 1985 yilda Xo’jand tumanida (Tojikiston) tug’ilgan. O’rta maktabni tugatish arafasida dardga chalinib, bir joyda yotib qolgan. Shoir 14 yoshidan boshlab sh’erlar mashq qilgan. Uning bobolari, momosi, bobokalonlari arab tilini mukammal bilgan ziyolilar edi. Yoshligidanoq arab imlosini o’rgangan shoir ko’pgina eski kitoblarni motolaa qildi.
Ushbu kitobchada diniy-falsafiy sh’erlar to’plangan.

Inshaolloh shu kitobchadagi she'rlarni birin ketin joylab chiqaman...

Nido keldi u kuni chor tarafdan,
Maloiklar xabar eltdi dunyoga.
Vahiy chiqdi bir sahroyi arabdan,
Bani odam intildilar ziyoga.
Forig’ bo’lmish gunohidan odamlar,
Payg’ambarni etagini tutsa kim.
Chekindilar o’sha yovuz qadamlar.
Rabbim O’zi yubordi bizga hokim.
Tongda aytdi azon u habash Bilol
Barchani chaqirdi hamdu-sanoga.
Nasibasi bo’lgay jannatiy zilol,
Ishonmang dedi u “Dunyo-fanoga”.
Jo’shqin azon aytib g’aflatdan uyg’on,
Qiyomat kunida ko’targaysan qad.
Tavba, deb yig’lagil, tavba deb to’lg’on,
Shunda gunohingga qo’yilgay sarhad.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 12 Sentyabr 2007, 08:11:09
Osmonni yaratdi, yulduzlarni ham,
Dunyoni yaratdi, dengizlarni ham,
Yigitni yaratdi, hur qizlarni ham,
Barchasi Ollohning karami deb bil.

Tog’lar bunyod qildi, o’tu maysalar,
Yozu-qish, kuz-bahor, abru naysonlar,
Savobingni o’lchar paysa-paysalar.
Barchasi Ollohning karami deb bil.

Borni yo’q qilmoqqa qodirdir xudo,
Yo’qni bor etmoqqa qodirdir xudo,
Hamma yerda xoziru nozirdir xudo,
Barchasi Ollohning karami deb bil.

Vatanni muqaddas bil doim so’roq,
Tuproqdan yaratdi seni, ey mudroq.
Bir kuni baribir bo’lgaysan tuproq,
Barchasi Ollohning karami deb bil.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 12 Sentyabr 2007, 08:12:17
Bu kun hafa bo’ldi shaytoni la’in,
Yuz o’girib ketdi yerning yuzidan.
Yoki o’zi shunday qildi atayin,
Qaytganlar ko’paydi aytgan so’zidan.

Ollohga shakkoklik etgan ko’paydi,
Ko’paydi shaytonga dars berguvchilar.
Bolalari o’z otasin tergaydi,
O’zga bug’doyzordan don terguvchilar.

Jo’shqin, insofli bo’l, bo’lgin muloyim,
Savob uchun har dam sen qo’ygil qadam.
Ammo ehtiyot bo’l, har kuni, har doim,
Shayton niqobini kiygan u odam.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 12 Sentyabr 2007, 08:13:51
Qayta tirilgayman alhamdulillah,
Mahsharda qoshingga yig’lab borgayman,
Faqat menga makon bo’lsin baytulloh,
Ostonangga tuproq bo’lib qolgayman.
Ixlos surasini yod olib takror,
Tonglari poyingga sajdalar qilay.
Mo’min-musulmonman, men o’zim iqror,
Sening nurlaringga bu dam yiqilay.
Hijrat etay u kun Makkatullohni,
Ruhimni gunohdan forig’ etgali,
Jamoliga to’yayin men Ollohni,
Borayin yoningga sano aytgali,
Jo’shqin shafqat tilaahli iymondin,
So’zlagin mehribon Olloh nomidan.
Diling holi bo’lar shubha-gumondin,
Chunki sen musulmon-mo’min qavmidan.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 12 Sentyabr 2007, 08:15:36
Ezgulikka olib borar qarorim,
Xudo O’zi bergay menga madorim,
O’ngdan kelar doim koru-barorim,
Ayo ummatingman, seni Muhammad.

Rahm etdim yetimlarga ushbu kun,
Sadaqadir topgan noni bir butun,
Zikr etmoq niyatimdir kunu-tun,
Ayo ummatingman, seni Muhammad.

Do’stga sodiq bo’lib qolgum har qachon,
Mehmoningga saxiy bo’lgum begumon,
Dilimni tark etmas u nuri iymon.
Ayo ummatingman, seni Muhammad.

Jo’shqin tonganlardan yiroq bo’l bekas,
Dinidan qaytganlar shubhasiz nokas,
Ruhim takrorlaydi jon qushi qafas,
Ayo ummatingman, seni Muhammad.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 12 Sentyabr 2007, 08:16:20
OQ TUYA

Oq tuya tiz cho’kdi, tiz cho’kdi nogoh,
Rasululloh Muhammadni poyiga.
Bu ahli musulmon bo’ldiyu ogoh,
Masjid barpo etdi o’sha joyiga.
Madina muqaddas, Ka’ba muqaddas,
Shaylan ziyoratga Makkatullohni.
Hajning safariga bel bog’la besas,
Jamolin ko’rursan yolg’iz Ollohni.
Dunyo bir poklandi azon aytganda,
Sajdaga bosh qo’ydi ahli musulmon,
Mukarram zot hoji bo’lib qaytganda,
Yuziga nur to’ldi, qalbiga iymon.
Ju’shqin Olloh amri bilsang rasulni,
Asradi kaptaru o’rgimchak uya,
Sen hech shak keltirma ahli qabulni,
Roz etib ko’rsatdi bitta oq uya.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 12 Sentyabr 2007, 08:16:48
BOG’LANISH

Hiron nomli g’orda ilk bora vahiy,
Keldi payg’ambarning quloqlariga.
Ilk bora poklanish keldiyu sa’iy,
Gunohkor arablar so’qmoqlariga.
Ilk bora qaytadan osmon bilan yer,
Bog’landi basharni taqdiri uchun.
“Iqro” deb shivirlar manglayida ter,
Butun insoniyatni poklanmog’i chun.
Falakdin tushdilar hasti Jabroil,
“Iqro”, o’qing bunda bilsinlar shoyad.
Ollohni nomi-la boshlagayman bil,
Ilk bora o’qildi birinchi oyat.
Jo’shqin osmon bilan yer bog’langan kun,
Hiron nomli g’ordan tarqalmoqda nur.
Doim ezgulikka qo’l ursang butun,
“Olloh nomi ila” boshlagin mag’rur.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 12 Sentyabr 2007, 08:17:32
Bir kun seni lahad ichra kuyurlar,
Munkar-nakir huzuringga kelurlar,
Sening bilan savol-javob qilurlar,
Sen Ollohning buyurganin qildingmu?
Mangu azob, olov daryo borligin,
Yomonlarni bu dunyoda xorligin,
Bilar eding savobingni yorlig’in,
Sen Ollohning buyurganin qildinmu?
E’tiqoding musulmonlik qonuni,
Unutdingmi, ey gunohkor yo uni,
Noma bergay bilsang qiyomat kuni,
Sen Ollohning buyurganin qildinmu?
Jo’shqin o’yla, kopdir siru-sinoat,
Tangri o’zi bersin senga qanoat,
So’ragaylar sendan ro’zi qiyomat,
Sen Ollohning buyurganin qildinmu?

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Sentyabr 2007, 11:51:24
Abu Bakr, Umar, Usmonu Haydar,
Nishinan chohor burchi havzi Kavsar,
Muhammadning ishonch so’zini oqlab,
Oyatlarin takrorlashib sarosar.
Jannat bulog’ini suvin hovuchlab,
Chor darvish o’ltirib qilurlar suhbat,
Bu ahli basharni iymonin tilab,
Dinga e’tiqodu, mehru-muhabbat.
Ollohning zikrini aytib mutassil,
Qur’oni karimdan so’z boshlaydilar.
Jamoliga to’yib bo’ldilar vosil,
Chahoryorlar jannatda yashaydilar.
Jo’shqin tingla, bunda so’zlar chahoryor,
Dilingga jo bo’lsin so’zlar qo’nog’I,
Sen yaxshi niyat qil, Tangri bo’lsin yor,
Nasib etsin senga Kavsar bulog’i.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Sentyabr 2007, 11:52:58
Abu Bakr, Umar, Usmonu Haydar,
Nishinan chohor burchi havzi Kavsar,
Muhammadning ishonch so’zini oqlab,
Oyatlarin takrorlashib sarosar.
Jannat bulog’ini suvin hovuchlab,
Chor darvish o’ltirib qilurlar suhbat,
Bu ahli basharni iymonin tilab,
Dinga e’tiqodu, mehru-muhabbat.
Ollohning zikrini aytib mutassil,
Qur’oni karimdan so’z boshlaydilar.
Jamoliga to’yib bo’ldilar vosil,
Chahoryorlar jannatda yashaydilar.
Jo’shqin tingla, bunda so’zlar chahoryor,
Dilingga jo bo’lsin so’zlar qo’nog’I,
Sen yaxshi niyat qil, Tangri bo’lsin yor,
Nasib etsin senga Kavsar bulog’i.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Sentyabr 2007, 11:53:33
O’N HADISI MUKARRAM

Otaga itoat qilmoq ey farzand,
Ollohga itoat yozilgay bu band,
Otaga – Ollohga ulug’ bir payvand,
Buni sen hadisdan o’qib o’rgangil.
Tangri O’zi senga rizqing ulashgay,
Mo’minlar o’z halol nonin izlashgay.
Iymonsizlar faqat harom talashgay,
Buni sen hadisdan o’qib o’rgangil.
Jo’shqin, yoring uchun rashk iymondandir,
Nodonlikni zo’ri bu gumondandir,
Buni sen hadisdan o’qib o’rgangil.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Sentyabr 2007, 11:54:57
Kimnidir xo’rlasa yo etsa bandi,
Jallod bo’lib o’ssa uning farzandi,
Tik qarasa agar o’z jigarbandi,
U mo’min-musulmon qavmidan emas.
Otasin hor etsa kuygay dunyosi,
Yo’qolsa yuzidan sharmu hayosi,
Qurisa foydasiz oqqan daryosi,
U mo’min-musulmon qavmidan emas.
Onasin sutini oqlamasa gar,
Inson, deb atamoq bo’lurmi magar,
Hatto chumoliga ozori yetar,
U mo’min-musulmon qavmidan emas.
Jo’shqin hadisdan bil turfa olamni,
Faqat ezgulik-chun ushla qalamni,
Kek saqlab tursa gar eski alamni,
U mo’min-musulmon qavmidan emas.
Bilingkim, u axir, bizlardan emas.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Sentyabr 2007, 11:56:08
Mo’minu musulmon Olloh bandasi,
Qalbi pok, pokiza kiygan jandasi.
Takror aytadurlar ul Rasululloh,
Haqni so’zlaganni sevguvchi olloh,
G’ofillar bo’lmangiz ahli diyonat,
Birovning moliga etmang xiyonat,
Haromning jomiga bormangiz zotan,
Haromxo’r o’tguvchi asli bevatan.
Jo’shqin, hadisdagi o’qi har bobni,
Qo’lingdan qo’ymagil ushbu kitobni,
Islomning yo’lidir, Ollohning yo’li,
Doimo bo’lgin sen, sen haqning quli.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Sentyabr 2007, 11:57:11
Payg’ambar hadisda ayturlar iffat,
Hayo yuzidin ketsa bosadir g’aflat,
Barcha ayollarga mehribonlik qil,
Qoshingda burma alarga uzlat.
Odil bo’l, shafqat qil onang kabidir,
Ayollar farishta ro’yi ta’bidir,
Rasul e’zozladi Oyisha onani,
E’zozla, deb aytgan ul zot nabidir.
Muomala aylagil onangu-singling,
Yomon xulqlar ila fikr etma ko’ngling,
Gar najot so’rasa begona ayol,
Unga g’araz bilan cho’zmagin qo’ling.
Jo’shqin hadisdadir fikru xayoling,
Ona tuqqay shoir, sardor, ziyoling,
Bu yolg’iz Ollohni karomati-la,
Payg’ambarni bergan axir ayoling.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 18 Sentyabr 2007, 05:48:32
Assalomu alaykum!
Nodirjon degan birodarimiz menga o'z she'rlarini jo'natgan ekanlar. Juda ta'sirli yozibdilar.
Sizlarga ham taqdim etaman.

Farzandlarga o‘rnak otalar

Bugun ba’zilarga boqsak har zamon
Achinamiz insonga, yig‘labon asta.
Ota qo‘ynida yarim AROQ quchganda,
Kamolni kimda ko‘rsin farzandlar...

Uyida azonsiz tonglar ham otsa
Saxardan ulfat paydolar bo‘lsa
Ichvolib oilasin so‘ksa va ursa,
Hush xulqni kimdan o‘rgansin farzanlar...

Yashashda na maqsad, bor na intilish
Ishlari  zluksiz seriallar ko‘rish.
Dinda qanday yurish va qanday bo‘lish,
Islomni kimdan o‘rgansin farzandlar....

Ota farqlamasa gar halol-xaromni
Lafzsiz, aldab topsa yegulik nonni
O’rganmasa namozni  asrni, shomni
Vijdonni kimda ko‘rsin farzandlar...

Unitilsa gar jigarlarga mehr-oqibat
Xonadondan uzoqlashsa hayr-saxovat
Qizlarga qilinmasa hayo, ibodan nasihat
Hadisni kimdan o‘rgansin farzandlar...

Bugun Yaratganga bor na shukr, na ibodat
Sizni kutib qoldi poklanish, xajga ziyorat
Axir yaqin va aniqki kelar oxir kun Qiyomat,
Iymonni kimda ko‘rsin farzandlar,
Xaqiqiy Insonni kimda ko‘rsin farzandalar...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Sentyabr 2007, 12:09:39
Assalamu alaykum.

Nodirjonni she'rlari mangajuda yoqdi.

Ayni hozirgi oilalar muammosi bu!
Alloh rozibo'lsin!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Sentyabr 2007, 12:10:10
Senga halol bo’lsin jufti haloling,
Loyqalanmay tursin tiniq ziloling,
Jannatdin umiding bo’lsa, ey mo’min,
Pok ruh’ing osmonda uchsin, kamoling.
Qo’shningni qarindosh kabi sen bilgil,
Har kuni holidan bir habar so’rgil,
Mahsharda qo’shningla, yorug’ yuz ila,
Jannatning eshigin tagida turgil.
Jo’shqin, rasul aytdi qo’shningdan so’rar,
Adolatda bo’lsang qo’shning-la doim,
Jannatga kir endi, deya buyurar.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Sentyabr 2007, 12:10:34
Ummatim sen uchta narsadan saqlan,
O’g’irlik, g’iybatu va yana manman.
Kasofat eliga bog’lasang agar,
Qop-qora ko’rinur gulda yosuman.

Ummatim sen uchta zikirin ayla,
Xudoning, Qur’onning, iymonga boyla.
Yuzini o’girmas hech qachon omad,
Doimo halolning yo’lini poyla.

Jo’shqin uch narsadir sen uchun qimmat,
Ollohga bandasan, rasulga ummat.
Xhahoryor farzandi unutma shoir,
Savob ishingni sen etmagin minnat.

Mahmud Jo'shqin

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Sentyabr 2007, 12:11:44
Musulmon rahm eting faqiringizga,
Mehr qo’ying Vatani kabiringizga,
Xabarlashib turing ey mo’mnlarim,
Doimo suyaning bir-biringizga.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Sentyabr 2007, 12:12:31
Hayron bo’lma dunyo kam-ko’stlaridan,
Yerning osti birla va ustlaridan.
Faqat yodingda tut otangdan keyin,
Xabar olib turgin sen do’stlaridan.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Sentyabr 2007, 12:13:07
Kimki bir yetimni boshni silasa,
Ustini but aylab, taom siylasa,
Tangrini rahmati unga yog’ilgay,
Barchaga dilidan iymon tilasa.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Sentyabr 2007, 12:13:39
Yaratganning hukmi har xil irq kelur,
Ollohning qoshida barcha teng bo’lur,
Bunda eng oldinroq kim salom bersa,
Yaratgan o’ziga yaqin deb bilur.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Sentyabr 2007, 12:14:08
Olloh berding dard, dardmand,
Sig’inguchi senga beadad.
Tong saharlar yig’lar xiradmand,
Xudo o’zing, o’zing ber madad.
Gumroh etma orzularimni,
Parchin qilma ko’zgularimni,
Kim bilmaydi ezgularimni,
Xudo o’zing, o’zing ber madad.
Qismatida borlari aytsin,
O’z davroni davriga qaytsin,
Dil qushini mayli sayratsin,
Xudo o’zing, o’zing ber madad.
Jo’shqin necha yildirki, bemor,
Yo’llarini tutadi xumor,
Yig’lab-yig’lab senga aytar zor,
Xudo o’zing, o’zing ber madad.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Sentyabr 2007, 12:14:42
SO’FI OLLOYOR

Yo Rabbim, o’zingsan sarvari olam,
Senga sajda etay, yetsin bu nolam,
Sig’ingum men senga kiprikda jolam,
Umiddan ayirma hech bir bandangni.
Haqni nohaqlikka burgan beimon,
Uning bu dunyoda turmog’i gumon.
Hatto u dunyoda qolmaydi omon,
Umiddan ayirma hech bir bandangni.
So’fi Olloyorni Jo’shqin o’qigil,
Uning ta’rifiga qo’shiq to’qigil.
Umiddan ayirma hech bir bandangni.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Sentyabr 2007, 12:15:14
Nechun yaxshilikka yashamas dunyo,
Nechun loyqalanar gohida daryo,
Shunday yaratdingmi ayt menga sen yo,
Ularning tuprog’I nimadan tangrim?
O’g’rilar, qalloblar shafqatsiz banda,
Biror pokizalik yo’qdir badanda,
Sotqinlar yashaydi har bir Vatanda,
Ularning tuprog’i nimadan tangrim?
Ey Jo’shqin, ulardan qaytar ixloslar,
Qaerdan axtaray ayt-chi xaloslar,
Xo’p yaxshi yashaydi o’sha ifloslar,
Ularning tuprog’i nimadan tangrim?

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 23 Sentyabr 2007, 22:17:16
*  *  *

Bir gavharkim sh'lasidan
ko'zlar nur olar,
Bir haqiqat mazmunidan
aql lol qolar.
Borliq ichra barkamoldir
Hazrati inson,
Alloh so'zi, bu Qur'ondir
dilga nur sochar.

To'g'ri yo'ldan yurolmasdan
adashgan banda
Johiliyat zamonida
xato qilganda.
Lotu manot butlariga
sajda qilganda,
Tayin etdi Muahmmadni
"Rasul", deb ALloh.

O'shal kundan e'tiboran,
Har kun har soat,
Zamin uzra taralmoqda,
Nuri Hidoyat.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 23 Sentyabr 2007, 22:19:20
*  *  *

Ko'zimdan yoshlari tomchilar,
Ruhimni afsuslar qamchilar.
Har yerda iblislar qarshilar,
Qo'llagin, kuch bergin Allohim,
Qalbimga nur bergin Allohim.

Bu yo'llar barisi o'tkinchi,
Hammasi so'nggiga yetguvchi,
Oxiri jannatga eltguvchi,
Ziyoli yo'l bergin Allohim,
Yo'limga nur bergin Allohim.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 24 Sentyabr 2007, 10:49:22
* * *
Ka'ba eshigida turgan ey posbon,
Avval onalarning ochgin yo'llarin.
Onalar poyiga tiz cho'k o'shal on,
Tavof qil, ko'zga sur, o'pgin qo'llarin.

Hojar onamizning nidosi sabab,
Ka'bada ko'z ochgan obi zamzam ham.
Bir umr talpinmish onaga qarab,
Ne-ne payg'ambarlar ko'zlarida nam.

Qavmimni ranjitib qo'ymayin, ammo,
Tobut tutib kelgan er zoti doim,
Onalar bag'riga faqat beshik jo,
Hayotbaxsh allalar aytgan muloyim.

Sho'rlik odamzotning tole'si uchun,
Eng avval onalar qilsin ibodat.
Zora, gunohlardan pok bo'lgan on chin,
Onalar duosi bo'lib ijobat.
Eng avval onalar qilsin ibodat...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Farida 24 Sentyabr 2007, 10:53:39
Dunyoga kelganlar utirmadi hech.
Meng tashvish uyida bitirmadi hech
Bir lahza boshini qotirmadi hichitnalar
Sen using yorlaqa,Parvordigorim.

Dunyoni elkaga ortib yashadik
Zuriqib-bukchaydik ,horib-charchadik,
Kuzlarda qancha dard havotir, hadik.
Sen using yorlaqa Parvordigorim

Dengizga kirdilar kukga uchdilar,
Dunyo sharobidan tuyib ichdilar
Oqibat shu qaro yerni quchdilar,
Sen using yorlaqa Parvordigorim.

Fitnalar avj olur ,bijgiydi fasod ,
Ohirat savdosin yetgay u kasod,
Bizni tashlab quyma ,ayla Uzing yod,
Sen yzing yorlaqa ,Parvordigorim

Dunyoni quvlaymiz tutqich birmas u,
Bunchalar lazzatli, rohat bu ogu,
Sen bizga Rasulniaylagil kuzgu,
Sen using yorlaqa ,Parvordigorim

Dunyo olov erur parvonadirmiz,
Oshiqu-beqaror devonadurmiz,
Ey dustim –biz nechun begonadurmiz/
Sen using yorlaqa ,Parvordigorim

Bobomurod Erali.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 24 Sentyabr 2007, 11:05:23
Omonat...

Tanamda chivindek jonim omonat,
Tomirda oqayotgan qonim omonat.
Bu dunyo o'tkinchi, uyim omonat,
Qo'ldagi qalamim, ko'stim omonat.
Allohim mushkulim oson aylagin,
Sen meni bandam deb, O'zing siylagin.

Boshimda bosh egam yorim omonat,
Og'zimda luqmam ham, nonim omonat.
Quchog'im to'ldirgan gullar omonat,
Tabassum aylagan chehram omonat.
ALlohim mushkulim oson aylagin,
Sen meni bandam deb, O'zing siylagin.

Hoyu havaslarga oshno bo'lmadim,
Yolg'on va'dalarga tashna bo'lmadim.
Bu dunyo zariga oshino bo'lmadim,
Mol-dunyo bevafo bari omonat.
Allohim mushkulim oson aylagin,
Sen meni bandam deb, O'zing siylagin.

Do'stlarga qilmadim hech ham xiyonat,
Qalbda saqlamadim gina razolat.
G'alaba qilgaydir bir kun adolat,
Ko'zdagi yoshim ham menga omonat.
Allohim, mushkulim oson aylagin,
Sen meni bandam deb, O'zing siylagin.

Yurgan yo'llarimda shukr aylayman,
Nomingni dilimda zikr aylayman,
Bu shirin johimni qanday bergayman,
Allohim, bu jon ham menga omonat.
ALlohim mushkulim oson aylagin,
Sen meni abndam deb, O'zing siylagin.

Qarzingni olarda meni qiynama,
Vujudim do'zaxga tashlab qiynama,
Bu biyron tilimni hech ham boylama,
Bu biyron tilim ham menga omonat,
Allohim mushkulim oson aylagin,
Sen meni bandam deb, O'zing siylagin.

Nomingga tong sahar sajda qilayin,
Omonat qarzingni meyli berayin,
O'zingni qalbimda mudom ko'rayin,
Ehtimol kelar tong menga omonat,
ALlohim, mushkulim oson aylagin,
Sen meni bandam deb, O'zing siylagin...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 27 Sentyabr 2007, 11:40:52
“Аллоҳ” де...

Кундан кун кўпайиб кетар давлатинг,
Кундан кун шайтонинг улғайиб борар.
Кундан кун озайиб қолар шафқатинг,
Кундан кун ҳимматинг мунғайиб борар.

Кундан кун ортиқдир ичингда алам,
Кундан кунга заҳру заққумдир ошинг.
Кундан кун лошингга интиқ жаҳаннам,
Кундан кун яқинроқ кундага бошинг...

“Аллоҳ” де — шайтонинг дарров беркинар,
“Аллоҳ” де — ўлажак ичингда ҳасад.
“Аллоҳ” де — қайгадир ҳасрат чекинар,
“Аллоҳ” де — тўлади оғзингга асал.

“Аллоҳ” деганларнинг бол бор оғзида,
Уларни қидиргин, уларни топгин.
“Аллоҳ” деганларнинг чопгин изидан,
“Аллоҳ” деганларнинг изини ўпгин...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 27 Sentyabr 2007, 11:41:20
Топдим

Умрнинг лаззатин тоат-ибодатлар қилиб топдим,
Кўнгил сокинлигин Ҳаққа итоатлар қилиб топдим.

Ичи чиркин, таши тилло ажиб васвас экан очун,
Қутулмоқлик йўлин нафсни маломатлар қилиб топдим.

Ибодат этгали дилдан риё исёнини қувдим,
Қироат лаззатин Қуръон тиловатлар қилиб топдим.

Магар рўзғор ғами бирла эландим халққамас, Ҳаққа
Ҳалол ризқни ҳалол касбу тижоратлар қилиб топдим.

Бу кенг дунё кўзимга тор кўринган кезлари минг бор
Кўнгил юмшоқлигин хайру саховатлар қилиб топдим.

Ҳидоятсиз ҳақиқатни тан олмоқ ҳеч иложсиздир,
Ҳидоятни Худога чин муножотлар қилиб топдим.

Бу дунё молидин кўнгил узиб, ухро тожин кийдим,
Ғанийликнинг сирин сабру қаноатлар қилиб топдим.

Работи эски бу дунё қолар биздан-да тез кунда,
Мана исбот — мозорларни зиёратлар қилиб топдим.

Муғанний, кел бу дунёнинг ўйин-кулгусидан кечгин,
Йўқотган фурсатим қадрин фаросатлар қилиб топдим.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 27 Sentyabr 2007, 11:41:53
Имон

Барибир тўхтамасман, кўтар кўзимни,
Мўминлик даъвосида неча кун бедор.
Маъносини очгин дардли сўзимни,
У жуда ҳам салим, мен эса бемор...
Худойим! Юрагимга тикла туғимни!

Тавба қилиб, гуноҳ қилдим неча бор,
Бу банданг неча марта ўлмасдан ўлди.
Қайта ҳаёт берар бетимсол Ғаффор,
Фақат Сенинг васлинг экан жон йўли.
Худойим! Юрагимга тикла туғимни!

Чувалчангдай бўлмай тонглардан ошдим,
Субҳ исида Сенинг ёдинг бор эди.
Дунё севгисидан айланди бошим,
Менга ўшанда ҳам меҳринг Ñ‘Ñ€ эди!
Худойим! Юрагимга тикла туғимни!

Нима қилдим энди? Имдод эт, Ҳабиб!
Нафсим ҳар лаҳзада ясайди тузоқ,
Менга ундан ортиқ йўқ жоҳил рақиб...
Иблисни этгин дерман жуда ҳам узоқ,
Худойим! Юрагимга тикла туғимни!

Абдулазиз қори ота хотиралари
Ямоқ кийимимни яхши кўраман,
Ўткан кунларимни айлар қадрли.
Энг оғир юк — Қуръонни кўтараман,
Икки дунё саодатманд, сабрли.

Синовлар солди бошга даҳрий тузум,
Вайрона Андижону Хўжаобод.
Бухоро ер устимас, ер остида
Тириклай қори кўмди даштлар, ҳайҳот.

Ҳижратим бўлди менинг уйғур юрти,
Ёшлигим ҳисобчиси кўҳна Қашқар.
Одамни енгиб бўлмас — имон бутун,
Юрагим нурга тўлди жисмим қақшаб.

Ҳасрату надоматлар қилманг, дўстлар,
Мўминнинг кўнгил уйи обод бўлсин!
Ўзгани маломатлар қилманг, дўстлар,
Гўзал хулқ ҳар лаҳзада ҳаёт бўлсин!

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 27 Sentyabr 2007, 11:42:24
Дуо

Жаҳаннамдан тўсгувчи қил!
Жаннатларда ўсгувчи қил!
Жоҳилларга хор айлама!
Жоҳилларга Ñ‘Ñ€ айлама!
Ҳусни хулқдан давлат бергин!
Тақво отлиқ савлат бергин!
Нолакор эт, тавбакор эт!
Энг аввало, хокисор эт!
Жонга эссин тоза ҳаво,
Қалбга, қалбга етказ даво!
Нафсга бандаликдан сақла!
Лаънатлама! Ёқла! Оқла!
На саодат ўлдирмоқ дев,
Севдир Ўзинг! Ҳам Ўзинг сев!
Ўзинг Тоҳир, Ўзинг Собур!
Ўзинг Раҳмон, Ўзинг Ғафур!
Ўзинг Ботин! Ўзинг Зоҳир!
Ўзинг Аввал! Ўзинг Охир!
Жаҳаннамдан тўсгувчи қил!
Жаннатларда ўсгувчи қил!

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 27 Sentyabr 2007, 11:42:49
Кўнгил боғлама
Хосиятсиз теккан ул имконга кўнгил боғлама,
Сохта шуҳрат бирла келган шонга кўнгил боғлама.

Билки тўрт кунлик умр мазмуни чин қулликдадир,
Наф тегар деб жон чекиб, тўрт ёнга кўнгил боғлама.

Бу замин саҳни бозор деб зар-қадр ахтарма кўп,
Ким келар, кимлар кетар, майдонга кўнгил боғлама.

Риштаси мўртдир, заифдир қанча юксалган билан,
Хоҳ гадодир, хоҳи бек — жонга кўнгил боғлама.

Воҳ, сени бор айлаган Ҳаққа тазарру қил абад,
Амрига айла итоат, исёнга кўнгил боғлама.

Истагил ҳар дам саодат ёлғиз Аллоҳдан фақат,
Қил ибодат бериё, нуқсонга кўнгил боғлама.

Ҳақ йўлига дил бериб, бўзладинг, Маҳмуд, сени
Мағфират этсин Ўзи, шайтонга кўнгил боғлама.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 27 Sentyabr 2007, 11:43:31
Эй кўнгил, “ман-ман” дема, “ман”лик Худонинг нисбати,
Шоҳ эрур мутлақ, ки борлиқ ичра тенгсиз қудрати.

“Бўл” деди, дунё яралди зумда бир ҳукми била,
Жо эрур ҳар заррада Тангри таоло талъати.

Не улуғ зотлар Яратган измида топди самар,
Тут аларнинг изларин, бу саодат ҳикмати.

Ўзни йўқлик ичра кўрди авлиёлар, воажаб,
Куймасин ҳеч банданинг охири-охирати.

Тавбалар бирла кўнгилни боғлагил, Маҳмуд, абад,
Ажрини олгайсан охир, сўнмаса дил ҳиммати.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 27 Sentyabr 2007, 11:44:11
Гумон бандалари

Гумон бандалари — имондан йироқ,
Гумон бандалари — шайтонга ўртоқ.
Зада қилган улар набийларни ҳам
Мўъжиза кўрсатинг, дейишиб ҳар чоқ.

Мўъжизани кўрар, ишонмас зинҳор —
Гумон бандалари ҳамон гумондор,
Ой икки бўлинган, икки ўртада
Кўкрагида машъум чандиқ барқарор.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 27 Sentyabr 2007, 11:44:49
* * *
Ҳар кўнгилда Аллоҳ яшар,
Кўнгил тахти ҳақиқат.
Ҳар вужудда армон қишлар,
Ҳар юракда бир хилқат.

Бир уммонки тубсиз эрур,
Моҳи бор, юлдузи бор.
Осмони бор, номи — сурур,
Оқшоми, кундузи бор.

Унда ранглар жилва қилар,
Камалакрўй гуллари.
Унда кўзлар меҳÑ€ сўрар,
Олми, сиёҳ йўллари?

Руҳи сарсон аросатда,
Юпун, қора сурати.
Учай дейди зил ғурбатда,
Бироқ етмас журъати!

Ошно руҳлар қаён кетди?
Вужуд оғир хастадир.
Улар шошиб кўкка етди,
Излагани пастдадир!..
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 27 Sentyabr 2007, 11:45:23
Ёр дедим...
Ёр дедим, моҳтоб ҳам ёрдек туюлди,
Ёр дедим, ҳар ошиқ хордек туюлди.
Ҳар касга дардимни сўзладим такрор,
Сенга борар йўлим мордек туюлди.

Ёр дедим, Ñ‘Ñ€ деган ғафлатда ўлмас,
Уйқусиз тунларим дордек туюлди.
Ёндим, бу дунёни ёндириб бўлмас!
Жисмимда офтоб ҳам бордек туюлди.

Ёр дедим, васфингда куйдим кечалар,
Ҳижронинг бағримда холдек туюлди.
Мендек руҳи сарсон ўтди нечалар,
Тушимда висолинг болдек туюлди.

Ёр дедим, ҳайратим сайрон туюлди,
Жамолинг пардаси осмон туюлди.
Борлиқ санъатингни кўрдим-у Ерда,
Фақат мадҳинг менга армон туюлди.

«Ҳидоят», 2006, 9-сон
Nom: Xalol va xarom kitobidan
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:07:30
RAMAZON.

Marhabo, xush keldingiz, bizlarga mohi ramazon
Sog’inib kutgan edik Ahli imon, ramazon
Sizda jo’sh urgay Xudoning maxfirat daryolari
Siz tufayli maxfirat bo’lgay gunohlar, ramazon

Ro’za tutgay Ahli Islom kundizi nafsin tiyib
Ham ziyoda aylagaylarimonlarin ro’za tutib
Poklanur qalblar bu oyda xatmi Qur’on eshitib
Marhabo xush keldingiz bizlarga, mohi ramazon

Sizda nozil bo’ldi Qur’on mo’minlari rahmat bo’lib
Bandalarga haq yo’lin anglatgani hikmat bo’lib
Bu ulug’ Qur’on tushibdi siz-bizga ne’mat bo’lib
Marhabo xush keldingiz bizlarga, mohi ramazon

Avvali rahmat bahsi, so’ngra kelgay maxfirat
Oxirida Rabbano qilgay jahannamdan ozod
Siz tufayli miskinu etimga bo’lg’ay oqibat
Marhabo xush keldingiz bizlarga, mohi ramazon

Sizda kim ehson qilsa, birga ming bergay Xudo
Qo’l ochib qilsa duosin mustajob qilgay Xudo
Kimki ixlos ayladi tutmoqqa sabr bergay Xudo
Marhabo xush keldingiz bizlarga, mohi ramazon

Sizda bor bir kecha qadri, mingta oudin yaxshidur
Kimki uyg’oq bo’lsa bu kecha Xudoni do’stidur
Fozilo, bu oyda qancha toat etsang yaxshidur
Marhabo xush keldingiz bizlarga, mohi ramazon.
Nom: Re: Xalol va xarom kitobidan
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:08:33
XADIS.

Dedilar ul Muhammad Mustafoyi bo safo:
“Gunoh borki, ani hech kechmagay Alloh
Gunoh borki, etiborsiz qolmagay
Gunoh borki, ani Rabbim kechirgay”

Agar kimsa sig’indi toshu butga
Va hargiz qilmadi toat Xudoga
Buni otin degaylar ash-shirku billoh
Kechirmas bu gunohni hargiz Alloh

Gunoh qildi yaratganga musilmon
Dedi Rabbim, kechirgin, qaytdi imon
Yo nafsim yo’liga man kiribman
Gunoh loyiga bilmasdan botibman

Kechirgay Rabbano ul bandasin
Va ham sharmanda qilmas o’z quluni

Gunoh bordirki, zulmin o’tkazar insonga inson
Egay haqqin, ochar aybin, qilur ig’vo yana insonni inson

Dil ozorlik qilib hatto so’karlar
Uzur aytmay, adovatda yurarlar

Qiyomatda degay Alloh ey bandam
Gunohni qilmading sen menga hech dam
Gunohni aylading boshqa birovga
Uzur aytgin guno qilgan kishingga

Agar kechsa anga qilgan gunohing
Kechirgayman saning olgan gunohing
Kechirgaymu dili ozor topgan
Hayotlik chog’ida ko’p zulmini ko’rgan

Degay manga bersin qilgan savobin
Yana olsin mani qilgan gunohim
Ki bundan boshqa qolmasdur iloji
Nadomatdan vujudi titraguvhi.
Nom: Re: Xalol va xarom kitobidan
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:10:57
AROQ

Ey odam ichma aroqni, ul najosatdir aniq
Ketkizib imonni dildan, beimon qilgay anir
Aylabon aqling judo, sharmandalar qilgay sani
Bori yo’g’ing mosuvo aylabki, xor qilgay aniq
Olam ichra bebahobo’lgan salomatlikni bil
Yo’q qilib sog’liqni tandin xasta hol qilg’ay aniq
Avvalida kayf-safo deb, ichganing bo’lgay balo
Kayf-safoning hammasi boshga balo bo’lg’ay aniq
Qolmag’ay ma’no so’zingda, ham farosat zarracha
Elu yurtning hurmatidan ham judo qilg’ay aniq
Oilangda fayz bo’lmas, ham totuvlikdan nishon
Bu yo’lingdan qaytmasang, Alloh sani urgay aniq
Sen padarsan, bu ulug’ nom, shunga xos hurmatda tur
Doimo mast bo’lganingdan hurmating ketgay aniq
Noumid bo’lma Xudodin, tavba qilg’il san anga
Ichmasang tavfiq berur Alloh taoloyim aniq
Ahli solihlar qatoriga qo’shilmoqlik qarz erur
Ichmasang ota-onangning, ruhi shod bo’lg’ay aniq
Bilganicha sharhladi aroqni senga Fozilo
Ichmasang sog’liqqa foyda ham cho’ntaging to’lg’ay aniq.

Nom: Re: Xalol va xarom kitobidan
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:12:52
JANNAT NASIB BO”LSIN DESANG.
[/color]

Qilma ig’vo hamda g’iybat, go’rda tinch yotay desang
Pokli tanni ham libosni, go’rda azob ko’rmay desang
So’z tashib chaqma birovni, go’rda alam tortmay desang
Qilma haqlarga xiyonat, go’rda ilon ko’rmay desang
Qo’y muhabbat sen namozga, Alloh rozi bo’lsin desang
Ko’p o’qi Alloh kalomin, go’rim yorug’ bo’lsin desang
Bo’l saxiy, bo’lma baxl, go’rim vase’ bo’lsin desang
Qil hazar hamma xaromdin, do’zaxga sen kirmay desang
Kechalar bedor bo’l, do’zaxni sen ko’rmay desang
Hech qachon ketma g’ulg’uga, mahsharda xor bo’lmay desang
Ey odam bo’lma munofiq, yuz qaro bo’lmay desang…
Nom: Re: Xalol va xarom kitobidan
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:13:33
***
Saxiy odam ikki dunyoda aziz bo’lsa,
Xasis odam ikkovida ham xor bo’ladi.

***
Nom: Re: Xalol va xarom kitobidan
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:14:05
DUO.

Chin qalbimdan o’zingga ishonaman, yo Alloh   
Qildim senga ibodat chin ixlosdan, yo Alloh
Mendek faqir bandangdan qabul etgin, yo Alloh
Bergan ne’matlaringga toatlarim oz, yo Alloh
Lutfing bilan rahma aylab qabul etgil, yo Alloh
Muslimlardan qil mani, g’ayri qilma, yo Alloh
Mo’minlardan qil mani, kofir qilma, yo Alloh
Solihlardan qil mani, yomon qilma, yo Alloh
Abrorlardan qil mani, fosiq qilma, yo Alloh
Sobirlardan qil mani, sabrsiz qilma, yo Alloh
Saxovatli qil mani, xasis qilma, yo Alloh
Man bir g’arib bandangga rahim qilg’il, yo Alloh
Gunohim ko’pdir Rabbim, o’zing kechir, yo Alloh
Adashtirmagin mani, hidoyat ber, yo Alloh
Boshim egib yig’layman, murodim ber, yo Alloh
O’zingdan boshqa yo’qdur mehribonim, yo Alloh
O’zingga yalingayman, xor qilmagin, yo Alloh
Sharmanda qilma mani, aziz etgin, yo Alloh
Insofu tavfiq doim dilimda bo’lsin, yo Alloh
O’lar vaqdimda noming tilimda bo’lsin, yo Alloh
Qorong’u go’rda menga imonni qilg’il hamroh
Do’zaxingdan saqlabon jannatda qilgil, yo Alloh
Kavsaringga, hurlaringga munosib et, yo Alloh
Fozil diydor talabdur, diydor nasib et, yo Alloh

Nom: Re: Xalol va xarom kitobidan
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:14:51
IMON KELUR.

Ey odam imonni bil, qalbingga imonlar kelur
Eslagin goh-goh o’limni, dilga insoflar kelur
Pokla qalbingni xasaddan ham, xaromu shubhadan
Yaxshi bo’lsang hamda pok senga hidoyatlat kelur
Kamtarin bo’lgin jahonda, el nazar qilsin desang
Og’ritib ojiz ko’ngilni, men bahodirman dema
Senga ham Alloh tomondin katta ozorlar kelur
Ber qo’lingdan kelsa yordam ojizu bechoraga
Ming balo sendan ketib, o’rniga omadlar kelur
Ol duosin otaning, ham rozi qilgin onani
Ikkisi bo’lsa rizo,  baxtu saodatlar kelur
Zikri Alloh birla doim qalbni sen quvvatlagin
Jon berar vaqtingda tilga chin shahodatlar kelur
Bo’lma beparvo namozga, ham zakotu ro’zaga
Yakka yotmasang go’ringda, go’rga hamrohlar kelur
To’xtama so’zdan Foziljon, ma’rifatga san chaqir
Bir kuni Qodir Egamdan, ajru in’omlar kelur.

Nom: Re: Xalol va xarom kitobidan
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:16:26
BO”LMASIN

Ikki ko’z ko’r bo’lsa bo’lsin
Qalb ko’zi ko’r bo’lmasin
Tilda boling bo’lmasa ham
Tilda zaxring bo’lmasin
Ko’zda nuqson bo’lsa aybmas
Ko’z hayosiz bo’lmasin
Molu mulk yo’q bo’lsa bo’lsin
Tanda darding bo’lmasin
Yorsiz o’tsa o’tsin umring
Bevafo yordan ko’ra
Dushmaning dono bo’lsin
Do’sti nodondan ko’ra
Ko’zi to’q miskin g’anidur
Ko’zi och boydan ko’ra
Qo’li kalta bo’lsa bo’lsin
Aqli kalta bo’lmasin
Tinchi bor bir kulba yaxshi
G’alvali koshonadan
Burda noning yaxshiroqdir
Minnati bor oshdan
Etti yot begona yaxshi
Oqibatsiz xeshdan
Yuzda dog’ing bo’lsa bo’lsin
Dilda dog’ing bo’lmasin
Dini bor g’ayridan foyda
Dini yo’q odam yomon
Avvaling xor bo’lsa bo’lsin
Oxiring xor bo’lmasin
Mevali bo’lgan daraxtga
Doimo tosh otilur
Mevasiz bo’lgan daraxtni
Ishqibozi kam bo’lur
Ilmi bor odamga doim
Do’stu dushman ko’p bo’lur
Fozilo, do’st ko’p bo’lsa bo’lsin
Dushmaning ko’p bo’lmasin
Nom: Re: Xalol va xarom kitobidan
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:17:54
 ***             
Oqil bilan talashma, engilasan
Ahmoq bilan talashma, sharmanda bo’lasan.

XADIS
Bir kun aytdi Muhammad Mustafo:
“Ul qiyomat dashtida etti turlik
Ummatimga soya solgaydir Xudo
Birisi odil podishoh, xalq g’amin doim egan
E’tiborlik birla diomxalq hayotin o’ylagan
Ikkinchisi shunday odamki, yosh ibodat aylagan
Yosh yigitlik chog’ida Alloh rozisin izlagan
Uchinchisi shundog’ kishikim, qalbin masjidgabog’lagan
Tong sahardan e’tiqod birla, masjidga yo’l olgan
To’rtinchisi, ikki birodar, Haq yo’lida do’st bo’lgan
Yaxshi-yu yomon kunda bir-birin tashlamagan
Beshinchisi shunday yigitkim, nafsini qo’lga olgan
Gar chiroyli navjuvon chorlasa inkor qilgan
U degay qo’rqarman Allohdan zino qilmoqqa bil
Chin yurak bardosh berolmasdo’zaxga tushmoqlikka bil
Oltinchisi shunday saxiykim, ko’p saxovat aylagay
O’ng qo’li bergan zakotni chap qo’li ham bilmagay
Ettinchisi, doim Xudoga zorlanib ko’p yig’lagay
Doim tun kechalar Allohga nola aylagay”.
Ettisidan biri bo’lsak ajab ermas biza
Shul umidkim, ul yaratgan soya solsa biza.

Nom: Re: Xalol va xarom kitobidan
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:18:57
SAKKIZ SO’Z.

Aytdilar biga Muhammad Mustafo
Haq taoloning Rasuli bo Safo:
“Sakkiz so’zni men tayin qildim, ayoummat, eshit
Gar amal qilsang anga, bo’lgay sanga sakkiz behisht
Sen namozda dilni saqla, maqbuli dargoh bo’lur
Xalquming saqla xaromdin, muddao hosil bo’lur
So’zlaganda tilni  saqla, bu ishing a’lo bo’lur
Saqla ko’zni behayo ishtonki, imoning samo bo’lur
Yaxshilik qilsang birovga, san uni darhol unut
Gar yomonlik ko’rsang undan, ko’nglingga olma, unut   
Hamma ishda hamma vaqt Alloh nomin yodda tut
Qancha yil ko’rsang umr, oxir o’lim yodingda tut”.

Nom: Re: Xalol va xarom kitobidan
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Sentyabr 2007, 19:00:22
Oziga qilmas qanot
Ko’piga to’ymas odam
Har kuni noz-ne’mat ichra
Shukrini aytmas odam
Tansihatlik qadriniyu
Tinchlikda o’tgan bir damin
Bu saodatmand hayotin
Qadriga etmas odam
Omadu davlat so’rar
Alloh taolodan mudom
Bersa davlat birla baxtin
To’yganin bilmas odam
O’ziga qo’ygay bino
Hech kimsani qilmas pisand
Bu sinov dunyo erurkim
Aqliga kelmas odam
Na qarindosh, na qadrdon
Holidan hol so’rmagay
Oqibat birla vafoni
Qimmatin bilmas odam
Ota-ona ruhini
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 10 Oktyabr 2007, 14:31:48
                   Iltijo(Robiya Turob qizi)
Men bugun tirigu ro’yxatda yo’qman
Mozorda yotmagan o’likman bugun
Kimningdir rizqiga otilgan o’qman
Olloh nazaridan qolgan bir tugun

Ollohning quliman deya va’z o’qib
Shaytonga qul bo’ldim tunlar,saharlar
Ilmni o’qidim,olmadim uqib
Riyoni g’isht qilib qurdim shaharlar

Niyatim ko’p,undan bahonam bisyor
Bugun ulgrmadim,erta boshlayman
Yasha degan do’stu,koyigan ag’yor
Dunyo etagini zichroq ushlayman

Jangga chiqmoq lozim birga uch bo’lib,
Shaytonu,ham nafsu,ham dunyo bilan
Yengilsam yonarman mangu o’t bo’lib
Yengsam,ketajakman yuz ro’yo bilan

Ojizgina tanam,ham ojiz qalbim
Hech narsaga o’zim qodir emasman
Gar madad bermasang sen o’zing Tangrim
Ertamdan bir umid bordir demasman

Tunlar uyg’onmagan oshiq emasdir
Saharni boy bergan o’tar g’aflatda
Uni hech kimsa chin mo’min demasdir
Undan yeru-zamin bo’lar nafratda

Bugun duolarim bo’lmas ijobat
Gar yosh o’rniga qon to’kib aytsam-da
Toat-ibodatim bo’lmas ibodat
Gar samoga ming bor chiqib qaytsamda

Senga iltijoyim yaratgan Egam
Tun-sahar ko’zimni uyquga qo’yma
Solih bandalardan bo’layin men ham
Qiyomatda meni qayg’uga qo’yma

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2007, 22:34:52
Дилимда дуойим бор...

* * *
Эй дўст!
Сераёз томонларнинг узумидир Сўз,
Саҳро-дашт, чўлларнинг гужумидир Сўз.
Сўз инсофдан улуғ, исрофдан хордир,
Турналарнинг тилло тизимидир Сўз.

* * *
Эй дўст!
Учиб чиқар бир қуш ўз уясидан,
Унга қайтиб кирмас, қандай қушдир у?
— Нақд яхши ҳамиша насиясидан,
Уни “Сўз” дейдилар, жавобимиз шу!

* * *
Эй дўст!
Тарозига солиб айтдим ҳар бир сўзни,
Унутмадим, кескир нигоҳ, ўткир кўзни.
Қуюнларнинг ниятидан хабарим бор,
Тиконларнинг нишларида кўрдим ўзни.

* * *
Эй дўст!
Аллоҳга таваккул қилдик жонимизни,
Ҳалоллаб едик бир бурда нонимизни.
Даламизда деҳқон мисол бедормиз,
Пахта, буғдой ўраган ҳар ёнимизни.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2007, 22:35:18
* * *
Эй дўст!
Менинг наслим билар бўлса сўзимга боқсин,
Менинг бирла бир дарёда чўмилсин, оқсин.
Шаҳар либосимни ғийбат қилиб ўтирмай,
Қалбим билан тоққа чиқсин, гулханлар Ñ‘қсин.

* * *
Эй дўст!
Ўз уйинг ичида бўй берган низо
Ташларга чиқару берар акс-садо.
Боғда кўтарилар бехосдан тўзон,
Йўлларга сочилиб кетади хазон.

* * *
Эй дўст!
Чўлдаги чўпонга учради Хизр:
“Тила тилагингни, чўпон, не зарур?”
Чўпон дер: “Соғиндим бола-бақрамни,
Тонггача сурувга, бобо, қараб тур”.

* * *
Эй дўст!
Бу гўша, шу макон, шу юрт, шу Ватан,
Майли, юрагимга қадасин тикан.
Хокига айланай, ўша тиканлар
Тиллашох гулларга дўнар дафъатан!

* * *
Эй дўст!
Қамишзор қушлари чуғурлар бетин,
Уларнинг сасларин эшитдим секин:
— Бугун икки қушча нобуд бўлибди
Тузоқдаги донни ўйлашиб текин...

* * *
Эй дўст!
Сиртимдан сипою ичдан бедорман,
Кундуз хуррамману тунда абгорман.
Жийда гули гўзал — кўзим оладир,
Кўп ҳидлаб юбордим, дили беморман.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2007, 22:35:48
Эй дўст!
Қашқир ваҳшийлигин сўзламаган ким,
Эшитдим турфа хил баҳоларини.
Лекин чин қашқирни кўринглар дедим
Эмизаётган кез болаларини...

* * *
Эй дўст!
Куч бир ён чорлайди, ақл-чи, бир ён,
Бир ён гулхонаю бир ён гўристон.
Билак кучи билан тутмадим сичқон,
Билак кучи билан ўйнатдим арслон.

* * *
Эй дўст!
Оламда не мавжуд турар турланиб,
Бирда янгиланиб, бирда кирланиб.
Ёз-қиш лаш-лушларга тўлди сой бўйи,
Лекин ювиб кетди кўклам сел келиб.

* * *
Эй дўст!
Эр-аёл бир умр эрур ёнма-ён,
Улар айролиғин қилма намоён.
Бири Ғарбга кетса, бири Шарқ томон,
Ўртада тугайди жаннати даврон.

* * *
Эй дўст!
Аёл боши эркак бўлди,
Қора сочи телпак бўлди.
Болаларин улғайтиргач,
Неварага эрмак бўлди.

* * *
Эй дўст!
“Аёлга сир айтма!” деганди отам,
Аёлга сир айтиб... синаб кўрдим ҳам.
Боламга не дейин? Дейманки: “Ақлим
Отамнинг ақлидан эмасдир ўктам!”

* * *
Эй дўст!
Сен қанча жим юрсанг, бу шунча яхши,
Сўзламоқ эмасдир бу даврон нақши.
Ихтиёрсиз куйлаб юборгум, нетай,
Тоғдан тушиб келган мен — далли бахши.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2007, 22:36:09
* * *
Эй дўст!
Сичқон тирик. Қопқон ўлик.
Тирик ўликдан луқма тилар.
Ўлик тирилар. Тирик
Ўликка айланар.

* * *
Эй дўст!
Қора сел бақани оқизиб борар,
У деди: — Дарёни орзу қилгандим.
Лайлак этакларда ризқ териб юрар.
У дер: — Келишингни кутиб тургандим.

* * *
Эй дўст!
Ёқаверсанг тош ҳам ёнар,
Тошдан қаттиқ бош ҳам ёнар.
Ёр ишқида аравамни
Ўтин қилдим, Шош ҳам ёнар.

* * *
Эй дўст!
Баланд тоғлар ортида гўзал водий бор,
Унга кетмоқни мен қилдим ихтиёр.
Бир йўловчи чиқиб олдимдан, деди:
— Сенинг водийингга келмоқдаман зор...

* * *
Эй дўст!
Бугунга буғдойим бор, эртамга Худойим бор,
Худойимга ҳар куни дилимда дуойим бор.
Молу мулк деб кеча-кундуз чопмадим,
Чопганларнинг ҳолини кўп кўрган дунёйим бор.


Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2007, 22:36:32
Омонлик бўлсин

Ҳали тарк этмаган шуҳрат балоси,
кибр кириб олган, кўнгил оласи.
Одамдан дунёда нима қоласи?
Кетган омон бўлсин, қолган ҳам омон.

Кетганни билмасмиз не бўлди ҳоли,
фойда бердимикин шуҳрату моли?
Барчага хуш эссин тақдир шамоли,
Кетган омон бўлсин, қолган ҳам омон!

Турли кемаларга тўлмоқда кўк ҳам,
Ерда уруш кетар, кўнгилда мубҳам,
Яқиндир қиёмат, йироқмас кўп ҳам,
Кетган омон бўлсин, қолган ҳам омон!

Қолганда имкон бор, сабр имкони,
Ҳақ бирла биргалик – бу бахт уммони,
Дуо бирла ўнгдир қабр имкони,
кетган омон бўлсин, қолган ҳам омон.

Қолганда имкон бор. Ўзгадан кўра –
ўзингни тафтиш қил, Ўзидан сўра –
сенга инсоф берсин, эй баднафс тўра,
Кетган омон бўлсин, қолган ҳам омон!

Тўқлар Ñ‚Ñžқ, муҳтожга бергин нонингни,
эҳсон эт, ниҳон эт шуҳрат-шонингни,
Ўзбекистон дегин, майли, номингни,
Кетган омон бўлсин, қолган хам омон!..
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2007, 22:37:19
Эй нонкўр бадбахт нафсим,
Нега қалбинг мунча тош?
Чиқмай қолди кўзимдан
Ҳаттоки бир томчи ёш.

Йиғланажак ҳолингга
Қаҳ-қаҳ отиб куласан.
Давом этса шу феълинг,
Минг пушаймон бўласан.

Роббим Қуръонда айтмиш:
“Кам кулиб, кўп йиғлангиз”
Буни уққан мўминнинг
Кўзи ёшлиғ бўлмасми?

Ҳақ Набий: “Мен билганни
Билганингизда эди,
Кўп йиғлаб, озроқ кулган
Бўлар эдингиз”, деди.

Тавба қилмай, кибр этган
Шайтонга бўлди лаънат.
Йиғлаб надомат қилган
Одам топди мағфират.

Паноҳ тилади Расул
Ул Раҳмати чексиздан
Асра дея қўрқувсиз
Дилу йиғламас кўздан.

Яна панд айлади ул
Роҳматан лил-ъаламин,
Икки кўз борки, кўрмас
Дўзах азобин-ғамин:

Бири юрт сарҳадида
Душманни пойлаган кўз.
Бири эса хилватда
“Аллоҳ” деб йиғлаган кўз.

Бир томчи кўз ёш тўкмоқ
Афзал кунлаб кулишдан.
Кўп кулги зўр қуролдир
Қалбларни ўлдиришда.

Фараз қил, сен йўлингда
Учратдинг икки бола.
Бири кулиб турса-ю,
Бириси қилса нола.

Кулганга парво қилмай,
Йиғлаганга боқасан.
Дардин сўраб, меҳÑ€-ла
Ўрдамга ошиқасан.

Ибрат билан қарагин,
Қандай бу йиғлаган қалб
Кўздаги ёши билан
Шафқатингни қилди жалб.

Худди шундай банда ҳам
Агар йиғласа чиндан,
Раҳмати Илоҳийни
Кўрар ўзига ҳамдам.

Фақат йиғламоқ лозим
Доду фарёд қилмасдан.
Чин дилдан сокингина,
Ҳеч кимга билдирмасдан.

Оҳингни инсонларга
Шикоят тарзидамас,
“Вой гуноҳим на эди”,
“Энди тамом”, деб эмас.

Балки дарду ғамингни
Аллоҳга изҳор этиб,
Қўрқув ва умид билан
Ўзни жуда хор тутиб,

Уни Султон билгину
Ўзингни эса гадо.
Дуо этиб ёлворгин,
Фарзларни қилиб адо.

Зеро, Султонга лойиқ
Тилакни этмоқ бажо.
Ожиз гадога эса,
Кўз ёш, нола-илтижо.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2007, 22:38:01
Рамазон ойида кимки рўзадор
Бўлса гар, ғаройиб ҳикматлари бор.
Аввало тун-саҳар ким бўлса бедор,
Имони барқ урар, Аллоҳ унга Ñ‘Ñ€.
Саҳарликнинг ҳар бир луқмаси шифо,
Ифтордаги таом ундан-да аъло.
Саҳардан шомгача вужуд оромда,
Фасод хилтлар битар бўлса гар танда.
Тақвоси, ихлоси доим ортади,
Вужуди қуш каби енгил тортади.
Ҳаётдан завқланиб, кайфияти чоғ,
Тобланган ирода, тани соппа-соғ.
ўарибу мискинга бўлур меҳрибон,
Асаблар мулойим, ширинсўз забон.
Ўтмиш гуноҳларин эсласа бир бор,
Тавба дер Аллоҳга такрор ва такрор.
Рўзанинг хислатин кўрингиз, ҳай-ҳай,
Рўзадор Ҳақ учун гуноҳдан қайтгай.
Абдуллоҳ сўзини мухтасар қилур,
Сойимлик сиррини рўзадор билур.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2007, 22:38:26
Мунаввар бўлди жаҳон

Келиб моҳи Рамазон бугун дунё ўзгача,
Мунаввар бўлди жаҳон, нури зиё ўзгача.
Фазилати чексиздир Рамазоннинг, дўстларим,
Шодликдан кўп айтурмиз ҳамду сано ўзгача.
Кимки қилса саҳарлик Ҳақнинг ризоси учун,
Аллоҳ таоло бўлгай ундан ризо ўзгача.
Катта-кичик, ёш-қари бир-бирига меҳрибон,
Эр-аёллар иттифоқ, аҳду вафо ўзгача.
Масжидларда ибодат: намоз, тасбеҳ, тиловат,
Юртимизда эсмоқда ажиб сабо ўзгача.
Бу ойда бир кеча бор, истаганлар топади,
Топган олур минг ойлик савоб-аъло ўзгача.
Саховатли кимсалар ҳақнинг ризоси учун
Элга дастурхон ёзиб, қилур дуо ўзгача.
Умид қилур Абдуллоҳ тилаб доим Аллоҳдан
Юртимизда баракот бўлсин бақо ўзгача.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 15 Oktyabr 2007, 14:49:32
                   Hayf
Qandayin pok osmon ostida,
Shunday nopok insonlar yashar
To’g’ri yo’ldan kechmoq qasdida,
Shunday oson imkonlar yashar

Hayotlari faqat kuy-qo’shiq,
Menga tegma,senga ishim yo’q.
Yemishlari harom o’lgan qo’y,
Ham qorin,ham ko’ngillari to’q

Qahqahalar osmonni tutar,
Kuy-qo’shiqlar jo’r bo’lar unga.
Balo-ofat ularni kutar,
Qalqoni yo’q u –kelar kunga

Tilni bergan u – Xoliq qolib,
Maxluqlarni kuylab o’tarlar.
Dunyo deya yugurib – tolib,
Shu dunyoni o’ylab o’tarlar.

Undaylarga insonlik esiz,
Xayfi aql,xayfi ochiq ko’z.
Shayton bilan ulardir egiz,
Qilmishlari birga,birdir so’z.

Har bir lahza hisobli kunda,
Hech a’molsiz oqib borarlar.
Sham-chiroqsiz qorong’u tunda,
Qay chiroqni yoqib borarlar.

Shundaylardan asragin,Olloh,
Ular bizmasin hech bir inni.
Shaytonlardan o’zing ber panih,
Mustahkam qil yurtga haq dinni. (Robiya Turob qizi)                     
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Chustiy 15 Oktyabr 2007, 16:04:03
Barzah.

Barzah nadir?-desangiz, ey ahli iymon,
Qabrdagi holat-barzah hayotidir.
Er ostida iymon ahli g'amdan omon,
O'lim-mo'min qulning o'lja bisotidir.

Barzah-ikki o'rtaliqda tang bir hudud,
O'lim bilan mahshar aro bo'lur mavjud,
Ohirat va dunyo aro-sirli sukut,
Barzah-mo'min bandaning ilk najotidir.

Mo'min uchun o'lim-tuhfa,tortiq go'zal,
Odamzodga titnalardan o'lim afzal,
O'lim unga ozodlikdir,chunki azal,
Dunyo uning hibshona-rabotidir.

Iymonsizga -tor bir hayot,zulmat,azob,
Barzah ichra gunohkorga mushkul hisob,
Rabbim Alloh,bandam degil,etma harob,
Sadoqati-har bandaning sabotidir.

Ikki qo'rquv jamlanmagay ayro bo'lur,
Ikki rohat birlashmagay judo bo'lur,
Banda zahmat,unda rohat,safo bo'lur,
Havfu rajo-iymonning qush qanotidir.

G'ayb olami bizga nihon,bepayondir,
Qabrda ham Quron ,namoz namoyondir,
Tuproq aziz ona kabi mehribondirm,
Haq do'stiga Haqning bu ilk barotidir.

G'amgin bo'lma bu dunyoning zahmati mo'l,
G'ayrat ayla,Rahiyim Haqning rahmati mo'l,
Yovga qattiq,bir biriga shafqati mo'l,
Mehribonlik-mo'minlarninh sifotidir.

Haq lutf etsa,haqning mahkam tutib olsak,
O'limni ham hodu hurram kutib olsak,
Sog'-salomat bu dunyodan o'tib olsak,
Asl hayot- ohiratning hayotidir.

Rabbim Alloh hayrli qil barzahni Sen,
Bizdan butkul yiroq etigil do'zahni Sen,
Mirzoga ham sevdir faqat shul Haqni Sen,
Haq jamoli-mo'minlarning murodidir.     (Mirzo Kenjabek 1.12.2005)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Chustiy 15 Oktyabr 2007, 16:04:54
 Hushhabar.

Aziz do'stim,iymon bizga Haqdan ato,
Qara qanday hushhabar bor mo'minlarga!
Ikki jahon mo'min topar bahtu safo,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.
 
  Mo'min o'lsa o'lmaganlar motam tutar,
  Holbuki u ozod bo'lib, bayram tutar,
Ko'p sirlarni Alloh bizdan mubham tutar,
Ana shunday hush habar bor mo'minlarga.

Haq do'stlari o'lmas,dundan kechar faqat,
Bitta uydan boshqasiga ko'char faqat,
Er ham uni qovonch ila quchar faqat,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.

Rabbi tanlab kim Quronga voris erur,
Quron necha ne'matlarga bois erur,
Haq diydori mo'minlarga joiz erur,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.

Mo'min qullar yaralmadi fano uchun,
Yaralgandir abadiyat-baqo uchun,
Tor hayotdan mangu diyor avlo uchun.
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.

Mo'min uchun qabrlar ham topur ziynat,
Munkar-Nakir ovozida rahmu shavqat,
Er onadek mehribonlik qilur albatt,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.

Go'r kengayar,yashillanar shodlik ta'min,
Ahliga shod habar bermoq bo'lar mo'min,
Lekin "Tinchlan!" deya unga yetar taskin,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.

Mo'min banda g'orga kirgach bir omonlik,
Buyuk Alloh qilur buyuk mehribonlik,
Yam-Yashil bog' ichra oy simonlik,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.

Olim bir zot vafot etsa iltifotdan-
Ilmin Alloh bir shaklga solur, zotan,
Muhofaza etar go'rda mahluqotdan,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.

Kimki ozor bermoqdan gar o'zin tiymish,
Alloh qabr qiynog'idan saqlab qo'ymish,
Mozorda Haq rahmatidan libos kiymish-
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.

Bir qabrda azon aytur muazzin soz,
Bir qabrda javob berur unga ovoz,
Haq do'stlari qabrda ham o'qir namoz,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.

Yer ostida necha-necha sirlar pinhon,
Tilovatlar eshitilur unda har on,
Mo'min kishi o'z qabrida o'qir Quron,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.

Kim Quronni yodlayman deb topmish vafot,
Farishtalar unga Quron aylatur yod,
Qoriy bo'lib Rabbisiga borgay u zot,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.

Har mujdada Haq rahmati bo'lgay asos,
Kafanim deb qayg'urma,ey ahli qiyos,
Mo'min zotlar go'rda kiyar go'zal libos,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.

Haq meribon,bo'l mujdalar beshak bo'lur,
Mo'minlarga qabri yumshoq to'shak bo'lur
Masrur yotib,qiyomatga ilhaq bo'lur,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.

Yer ostida bordir go'zal karomatlar,
Mo'min qullar topur lutfu himoyatlar,
Bir-birini etar go'rda ziyoratlar,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.

Kim mayyitni ziyoratlab berur salom,
Mayyit uni tanib alik olgay tamom,
Bu muloqot sirri nihon,pinhon klalom,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.

Shahidlarning ruhi-yashil bog' ichinda,
Yashil gumbaz-jannat ichra daryo unda,
Oltin qandil,soya solgan Arsh taginda,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.

Mo'minlarni hibs aylagan dunyosidir,
Unda jannat:Sut va asal daryosidir,
Haq jamoli ne'matlarning a'losidir,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.

Rabbim Alloh mujdalarga biz ishondik,
Sendan boshqa kimimiz bor Senga yondik,
Senga yig'lab,Sendan faqat biz quvondik,
Yana shunday hushhabar bor mo'minlarga.?..

Rabbim Alloh rahm aylagin qul zoriga,
Yetkaz bizni Habibingni diydoriga,
Jannat,jamol birla siylab,asroriga,
Degil:shudnay hushhabar bor mo'minlarga,

Mirzo,duyo ishlaridan g'amgirdirsan,
G'amgin bo'lma,agar ahli tamkindirsan,
Naurga talpin,qara nechog' zangindirsan,
Qara qanday hushhabar bor mo'minlarga   (Mirzo Kenjabek 16-17.01.2006)
Nom: Туяқуш
Yuborildi: Sunnah 01 Noyabr 2007, 05:50:11
Туяқуш

«ÐŽÐ½Ð³Ð³Ð° боқиб «қушман» дейди у,
Сўлга боқиб «Ñ‚уяман» дейди.»
(Эркин Воҳидов)
Ўнгга боқиб қушман дейди у,
Сўлга боқиб туяман дейди.
Мусулмонман ва лекин, бир оз,
Ароқ ичиб қўяман дейди.

Савдогарлик қиламан бозор,
(Камбағалнинг ҳаққидан ҳазар)
Сал бўшроғи кеп қолса агар,
Тарозудан қияман дейди.

Ўнгга боқиб, қушман дейди у,
Сўлга боқиб, туяман дейди.

Тақводорман, қўлимда тасбеҳ,
Ёш-ялангга айтамиз танбеҳ.
Баъзан хилват хоналарда, эҳҳ,
Жононларни суяман дейди.

Ўнгга боқиб, қушман дейди у,
Сўлга боқиб, туяман дейди.

Мусулмонлар, эшит ваъдамни,
Динда собит қилдим қадамни.
«Ð£Ñ‡», «ÐµÑ‚ти», «қирқ» қилган одамни
Гуноҳкорга йўйаман дейди.

Бошда салла, эгнимда тўним,
Саодатли ўтмоқда куним.
Бир куни тўй, бир куни ўлим
Шўрвасига тўяман дейди.

Ўнгга боқиб, қушман дейди у,
Сўлга боқиб, туяман дейди.

…Исломимиз не учун абгор?
Чунки, шундай мунофиқлар бор.
Улар ҳеч бир уялмай, беор:
«Ð”ин ғамида куяман» дейди.

Ўнгга боқиб, қушман дейди у,
Сўлга боқиб, туяман дейди.

Манба: www.islamhouse.com
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 06 Noyabr 2007, 16:24:31
So’radim boychechakdan
Nega ranging sariqdur?
Chehcak aytur: - Ey darvesh,
O’lmoqligim aniqdur!

So’rdim sariq chechakdan:
-Sizga o’lim bormidur?
Chechak aytur: - Ey darvesh,
O’limsiz yer bormidur?!

Yana so’radim guldan:
-Otang-onang bormidur?
Chechak aytur: - Ey darvesh,
Otam-onam tuproqdur!

So’radim boychechakdan:
-Nedan bo’ying egridur?
Chechak aytur: - Ey darvesh,
Ko’nglim Haqqa to’g’ridur (Yunus Emro)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 07 Noyabr 2007, 20:45:04
* * *

Ka'ba eshigida turgan ey, posbon,
Avval onalarning ochgin yo'llarin.
Onalar poyiga tiz cho'k o'shal on,
Tavof qil, ko'zga sur, o'pgin qo'llarin.

Hojar onamizning nidosi ila,
Ka'bada ko'z ochgan obi zam-zam ham.
Bir umar talpinmish onaga qarab,
Ne-ne payg'ambar ko'zlarida nam.

Qavmimni ranjitib qo'ymayin,ammo,
Tobut tutib kelgan er zoti doim.
Onalar bag'riga faqat beshik jo,
Hayotbaxsh allalar aytgan muloyim.

Sho'rlik odamzodning tole'si uchun,
Eng avval onalar qilsin ibodat,
Zora, gunohlardan pok bo'lgan, on chin,
Onalar duosi bo'lsa ijobat.
Ang avval onalar qilsin ibodat...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 08 Noyabr 2007, 13:52:50
Haq so’z aro

Haqiqatni izlab-izlab topolmadim,
Topganimda qo’l uzatib yetolmadim.
Ko’rdim, axir! Haqiqatning qadlari yoy,
O’shal yoyga poykonlikka o’tolmadim.

Chor atrofdan yolg’on chiqdi otga minib,
Yollariga raddu balo, nafs ilinib.
ROSTga borar yo’llar aro sarson bo’ldim,
Oxir ketdi tovonlarim “tars!” yorilib.

Tovonimdan oqqan qora qonni ichdim,
So’ngaklarim zirqiradi! O’zdan kettim.
Kecholmadim ROSTga borar yo’llarimdan,
Qaqragan Dil sahrosida qumlar kechdim.

Yig’lamadim. Nechun yig’lay? Dil yonadi,
Axir Haq so’z qarshisida kim tonadi?
Tillarimni sug’urmoqqa shaylangan
Quvrab bir kun ROST poyida “lov!” yonadi.

Shunday kunni to tirikman, kutaman men,
Egilsam-da, haqiqat deb o’taman men.
Tongla Mashhar Pulsirotning qillarida
Haqiqatni langar etib tutaman men.

Tangrim bergan fe’lim shudir. O’zgarmadim.
O’zgarganda…Balki shohday o’tarmidim?
Bo’lolmadim ikki tig’li keskir pichoq,
Ezgulikni hayotimdan itarmadim.

Yolg’onlarning qurshovida shohlik nechun?
Ming qirrali nayrang aro poklik nechun?
Bunday atvor har kishini mahv etadi.
Garchi dil tun. Bu tun aro mohlik nechun?

Ming bor shukur! Top-toza dil ayvonim bor,
Haq amridan so’zlaguvchi zabonim bor
Sinmagayman! Podshohdurman Ezgu So’zga,
Haqiqatga tikka turgan IYMONIM bor!


Robiya Yo’ldosheva.
“Hilol taqvimi” 3/2007/1428
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:16:13
Iltijo
Mendan ibodatu Sendan ijobat,
Mendan itoatu Sendan hidoyat,
Mendan qanoatu Sendan baroat –
Yojg’iz madadkorim, Parvardigorim.
Savobu gunohim bilguvchi O’zing,
Umrimni, rizqimni berguvchi O’zing,
Imonimni butun etkuvchi O’zing –
Yolg’iz xaloskorim, Parvardigorim.

Qilgan gunohlarim kechir, Xudoyim,
Obi Kavsaringdan ichir, Xudoyim,
Borar yerimni keng bichir, Xudoyim –
Sensan najotkoim, Parvardigorim.
 
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:16:48
Alloh dedi: namoz o'qi zakot ber.
Shayton dedi: mahshargacha imkon ber.
Bizlar dedik: qiyomatda visol ber.
Rasul(s.a.v) dedi: ummatimga iymon ber.

Hammamizga Allohning rizosida yurishlik nasib etsin omin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:17:34
Hoji Akbar 

Iltijo


Mendan ibodatu Sendan ijobat,
Mendan itoatu Sendan hidoyat,
Mendan qanoatu Sendan baroat –
Yojg’iz madadkorim, Parvardigorim.
Savobu gunohim bilguvchi O’zing,
Umrimni, rizqimni berguvchi O’zing,
Imonimni butun etkuvchi O’zing –
Yolg’iz xaloskorim, Parvardigorim.
Qilgan gunohlarim kechir, Xudoyim,
Obi Kavsaringdan ichir, Xudoyim,
Borar yerimni keng bichir, Xudoyim –
Sensan najotkorim, Parvardigorim.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:18:14
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Bir kun savol berdi yoshgina o‘g‘lon:
-Nechun Allohim deb yig‘laysiz nolon.
Dedim, javobimdan bo‘lmagin hayron,

Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Tinimsiz aldasa muhit, makoning,
Tortsa oyog‘ingdan do‘stu yoroning.
Shunday o‘tar bo‘lsa har zum, har oning,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Noshukur emasman dunyoda garchand,
Qaydadir menga ham bor balki dilband
Va lekin tiriklay kuydirsa farzand,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Insofu ishonch ham shirin so‘z bari,
Tiriklik toshqindir yoki ko‘pkari.
To hayot ekansan qochgaydir nari,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Shunchalar kaj erur dunyoi gardun,
Undan diyonatni axtarmoq nechun,
Padar shod o‘z o‘g‘lin bag‘rin etsa xun,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mingta ko‘z poylaydi bitta joningni,
Joningmas, martabang, balki shoningni,
O’t qo‘ymay yoqarlar xonumoningni,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Bu ko‘hna dunyoda yashadim nega,
Yaydoq ot misoli bo‘ldim beega.
Malomat qilurman, olomon, senga:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mendan ranjimasin bo‘lsa do‘st agar,
Balki ularning ham dilida kadar,
Hoynahoy mendaylar degay muqarrar:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Umr ham oxirlab bormoqda sekin,
Endi sarg‘aymoqda men ekkan ekin.
Mayli, sen o‘zingga suyangil, lekin,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
 
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:18:47
Lek anga yetmakka bordur rahnamo Qur’ondek.
Hurlar bormish u yonda marvarid marjondek,
Pokiza ermish nihoyat, pokiza iymondek,
Vasliga yetmakka oning bu umr yetmas emish
Lek anga yetmakka bordur rahnamo Qur’ondek.
Olloh-Olloh shundayin izzat nasib etgin menga,
Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga.

Ikki dunyo borligi rostdir, rostdir mudom,
Bu tomon aldoqchi derlar, u tomon rostdir mudom,
Bunda kim och, kimsa to‘q, kimlarga ko‘p sozdir mudom,
Kimni yozi qish esa, kimlarga qish yozdir mudom,
Har kimni bosgan izi niyatiga mosdir mudom.

Hurlar bormish u yonda marvarid marjondek,
Pokiza ermish nihoyat, pokiza iymondek,
Vasliga yetmakka oning bu umr yetmas emish
Lek anga yetmakka bordur rahnamo Qur’ondek.

Olloh-Olloh shundayin izzat nasib etgin menga,
Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga.

Pok yursang bu jahonda senga shuldir toj-taxt,
Kelganing haq, ketmaging haq, oxirat ham barhaq,
Jannatu do‘zaxni Tangrim qilmishing-chun qildi taxt,
Haq taoloning yo‘li ikki dunyoyingga baxt,
Ushbu yo‘lda kimki o‘tdi hurlar tutgay qadah.

Olloh-Olloh shundayin izzat nasib etgin menga,
Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga.

Sherali Jo'rayev
 
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 23 Noyabr 2007, 09:29:13
Kelar chog' faryoding tutdi olamni,
Odamlar aksincha xurramu shodon.
Shunday yashaki, do'stim, ketganingdan so'ng,
Ular yig'lashsinu, sen mamnun, xandon.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 23 Noyabr 2007, 09:30:36
Toki ko'zlaring ochiq, shoshil yaxshi bo'lishga,
Iymon bilan nafas ol, ixlos-la ur qo'l ishga.
Har lahza bir imtihon, javobingni puxta qil,
Aslo o'rin qolmasin, armon bilan o'lishga.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 23 Noyabr 2007, 09:32:55
Allohdan tilayman sizga doimo,
Mustahkam iymonu mazmunli umr.
Hayot gulshanida gul bo'ling a'lo,
Nozik qalbingizga yetmasin zulm.

Dunyoda yuring-u, dunyo bo'lmang siz,
Bir umr yashang siz saodat izlab.
Duoga qo'l ochar birodaringiz,
Hamisha Allohdan haq ishni so'rab.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 27 Noyabr 2007, 15:10:01
Kalima

Tong saharlar senga deyman
La ilaha illalloh!
U dunyoning g’amin yeyman
La ilaha illalloh!

Kafti to’ladur simu-zar,
Haromlardan qilmay hazar.
Tushib qolar goho nazar,
La ilaha illalloh!

Axir pishti panohimsan,
Ko’rar ko’zim nigohimsan.
Yakka-yolg’iz Allohimsan,
La ilaha illalloh!

Yetti qavat osmon uzra,
Hukmingdadur zamin, kurra.
Dilimda shu takror sura,
La ilaha illalloh!

Sig’inganlar qushday yengil,
Bu Allohning qudrati bil.
Sen ham doim shunday degil
La ilaha illalloh!

Dili poklar omon axir,
Bismillohir Rahmon axir,
Jo’shqin sen ham mehmon axir,
La ilaha illalloh!
Muhammadur rasululloh.


Mahmud Jo’shqinning “Allohim madatkorim” she’riy to’plamidan.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 27 Noyabr 2007, 15:11:21
Haqiqat

Bir siqim tuproqdan yaralgan odam,
Ruhni bag’ishladi Tangrim o’sha dam,
Jannatu do’zaxga ana bir qadam,
Bu esa mo’minga oddiy haqiqat.
Yashash joying tuproq, emish tuproqdan,
Nega chiqolmaysan ayt bu so’roqdan,
Kel endi qaltirab yurma titroqdan,
Bu esa mo’minga oddiy haqiqat.
Jo’shqin bir siqim tuproqdan inson,
Umringni qanchalik bezama oson,
Yashab o’tgandan so’ng tuproqsan inson,
Bu esa mo’minga oddiy haqiqat.
***
Kimki osmon bo’lsa bir kun yer bo’lgay,
Manglayida dona qaro yer bo’lgay,
Sher bo’lmagan joyda eshshak she’r bo’lgay,
Bu yo’llarda ko’pni hali ko’rar ko’zim.
Birov borki, tuyani ham ko’rmay yutgan,
Butun umr qo’llarida ko’za tutgan,
Nom-nishonsiz iz qoldirmay o’tib ketgan,
Bu yo’llarda ko’pni hali ko’rar ko’zim.
Dono dema, Jo’shqin sendan donolar bor,
O’zni sotib kun ko’rguvchi barnolar bor,
Odam yashar it yo’qlamas binolar bor,
Bu yo’llarda ko’pni hali ko’rar ko’zim.


Mahmud Jo’shqinning “Allohim madatkorim” she’riy to’plamidan.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 27 Noyabr 2007, 15:34:29

Ka’baga iltijo

Alloh-Alloh, deb boshladim so’zimni,
Yig’lab turib senga tikdim ko’zimni.
Ikki dunyo shuvut qilma yuzimni,
Meni kechir, yurtdoshlarim gunohin kech.

Qismatiga shukur etgan bobolar,
Boru yo’qqa shukur etgan momolar.
Sabr-toqatdan ayrilibdi bolalar,
Meni kechir, yurtdoshlarim gunohin kech.

Qibla boqib Jo’shqin duolar aytar
Bir-birini g’ajimasin saman toylar,
Yaxshi kunlar ko’rsin, bolam erkatoylar,
Meni kechir, yurtdoshlarim gunohin kech.

Mahmud Jo’shqinning “Allohim madatkorim” she’riy to’plamidan.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 27 Noyabr 2007, 15:35:27
Bormikin?

Maschidu ko’prik qurib bergan odam,
Barchaga teng muomala, mushfiq, hamdam,
So’zlayin, tingla meni zohir odam,
Bormikin, chin dildan Alloh degan?!

Nomusu ordan kechib bekor yashar,
Vahima uyasiga tomdan tashar,
So’zlasa senga bugun ahli bashar,
Bormikin, chin dildan Alloh degan?!

Yer yuzida bilsang Jo’shqin qabr ko’pdir,
Qarindoshlar ichida beqadr ko’pdir,
Netay ro’yi zaminda besabr ko’pdir,
Bormikin, chin dildan Alloh degan?!

Mahmud Jo’shqinning “Allohim madatkorim” she’riy to’plamidan.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 27 Noyabr 2007, 15:37:23
Unutma

Boylikni vahmini quvsang qachonkim,
Uyqing qachib qolsa tunda chunonkim,
Bir dam hayoling bo’lsang insonkim,
Do’stim qiyomat bor, buni unutma.

Bir savobni sen sakkizga bo’lmasang,
Gadoylarga hech sadaqa bermasang,
Odamiylik bog’idan gul termasang,
Do’stim qiyomat bor, buni unutma.

Bemorlardan so’ramasang hol-ahvol,
Yordaming ham, minnating ham gar malol,
Umrim hech ko’rmasin desang-ku zavol,
Do’stim qiyomat bor, buni unutma.

Jo’shqin, deydi bir bandai nodonsan,
Alloh uchun yo’g’u borga osonsan.
Sen dahriymas, axir chin musulmonsan,
Do’stim qiyomat bor, buni unutma.

Mahmud Jo’shqinning “Allohim madatkorim” she’riy to’plamidan.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 14 Dekabr 2007, 07:41:35
Bir birodarimiz ushbu she'rni yozib bizga jo'natibdilar.
Baho berarsizlar:

So'roq

Bu dunyoga kelib neni ham ko'rdim,
Ba'zan to'g'ri, bazan egriga burdim,
Ko'rmadim dedim-a, aslida ko'rdim,
Shuncha yomon, tulkidan ham ayyormanmi?!
Ajal kelsa, men o'lishga tayyormanmi?!

Umrim mening aslida bir onchalikdir,
Gunohlarim to'plasa, bir tomchalikdir,
Eshigimni so'nggi qoqqich - bandalikdir,
Bandalikning tashrifiga men zormanmi?!
Ajal kelsa, men o'lishga tayyormanmi?!

Onajon, qo'rqmagin bu so'zlarimdan,
Qara, hayot chaqnayapti ko'zlarimdan,
Rohatimni ko'rib o'g'il-qizlarimdan,
Onajonim, duongsiz men, nochormanmi?!
Ajal kelsa, men o'lishga tayyormanmi?!

Shayton urdi, dedim, gunoh qilaverdim,
Havasga qul bo'lib,nafsga ko'ngil berdim,
Til uchida tavba, dedim, kechir dedim,
Shaytondan ham battar yomon shaytonmanmi?!
Ajal kelsa, men o'lishga tayyormanmi?!

Balki yoqdir havotirga hojatim ham,
Savobni ham olarman, chindan urinsam,
Armonim yoq jannatiga gar ilinsam,
Ey Ollohim, rohatingda men bormanmi?
Ajal kelsa, men o'lishga tayyormanmi?!

So'rayverib balki sizni qildim bezor,
Dersiz balki, "bo'lmasa bu buncha beor",
Faqat bir savoldan qalbim chekar zor,
Axir, tayyormasman javob berishga ham,
Hatto ajal kelib qolsa, o'lishga ham!

Jamshid Esanov
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 14 Dekabr 2007, 08:59:21
Assalamu alaykum.
ABdulaziz, juda yaxshi chiqibdi she'rlari.
Alloh u kishidan rozi bo'lsin!!!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: shoir 14 Dekabr 2007, 21:02:12
Assalomu alaykum!
She'r juda ajoyib chiqibdi.
Do'stimizga bundan-da chiroyli ilhomlar tilaymiz.
Biroz qofiyani kuchaytirib, vaznni ham moslasalar, xudo hohlasa juda yaxshi she'r chiqadi.
yana ijod namunalaridan kutib qolamiz.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:28:20
  Deyursanmu?

FOZIL qori Yosin qori o’g’li

Shahodatga tiling kelmay,
Namozu ro’zani bilmay,
Zakotu hajni ham anglamay,
Menam “muslim” deyursanmu?

Boshingni sajdaga qo’ymay,
Haromu shubhadan qo’rqmay,
Xudoni yodingga olmay,
Menam “mo’min” deyursanmu?

Birovga yordaming tegmay,
G’ariblar ko’nglini olmay,
Yetimlar holini so’rmay,
Menam “ummat” deyursanmu?

Otangni hurmatin qilmay,
Dilingdan himmatin qilmay,
Padarxondan duo olmay,
Menam “farzand” deyursanmu?

Ilmning zahmatin chekmay,
Azizlar xizmatin qilmay,
O’z ustozing rizo qilmay,
Menam “olim” deyursanmi? 

Kishiga oqibat qilmay,
Mehr-shafqat nima bilmay,
Farosat fahmini bilmay
Menam “odam” deyursanmu?

Hamiyat, rashk, nima bilmay,
Ayolingga nazar qilmay,
Bolangga tarbiya bermay,
Menam “erman” deyursanmu?


Eringni hurmatin qilmay,
So’ziga e’tibor bermay,
Uyat – andishani bilmay,
Menam “xotin” deyursanmu?

Ona til so’zini bilmay,
Vatan tarixini bilmay
O’zingning millating sevmay,
Menam “o’zbek” deyursanmu?

Biror soat tinim bilmay,
Qilib da’vatlarin topmay,
O’zining aybini ko’rmay,
Menam “Fozil” deyursanmu?

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:31:32
        FOZIL qori Yosin qori o’g’li

Tahammul aylagil, jonim, Xudo bergan bu dardlarga,
Esingga ol mudom Ayyubni, sabr etgil bu dardlarga,
Nechun dard bermadi Alloh na Namrudu Fir’avnga
Hamma dardu alamlarni beribdur anbiyolarga.

Suyukli bandasin Alloh sinar har turli kulfat – la,
Sinovlardan o’tib yetgay murodu ajru – ne’matga.
Tafakkur ayla, ne kulfatlarni kechdi Yusufi barno,
Sinovlardan o’tib qul bo’ldi Podshoh, qara.

Berib Xorunga Alloh molu – davlat, behisob tilloni,
Anga loyiq ko’rmadi bir zarracha imonni,
Valiylarga berib mehru – muhabbat, nuri imonni,
Yiroq – qildi alardin molu mulku, ishqi dunyoni.

Fozilo, boqsam zamonga yaxshilarda dard, alam,
Johilu nodonlarda na alam bor, na sitam.
Shul sababdin shukr etarman kelsa boshga dard, alam,
Ayla kafforat ularni qilgan gunohimga, Egam.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 24 Dekabr 2007, 15:41:08
Sarson jon.

Iymonsiz hech baxt bolidan totib bo’lmas,
Fazilatsiz elda qadr topib bo’lmas.
Etak bilan oyning yuzin yopib bo’lmas,
Hidoyatga kelmagan jon arzon-arzon.

Ko’ngil sandiq, ichi to’la asror-sirdir,
Hayol sahro, poyoni yo’q dala-qirdir.
Jon berarda shohu gado bari birdir,
Hidoyatga kelmagan jon arzon-arzon.

Mehmoni ko’p dunyo ekan, mezboni yo’q,
Nasibangdan ortiq senga osh-noni yo’q.
Nafsni bandi qilay desang, zindoni yo’q,
Hidoyatga kelmagan jon arzon-arzon.

Ketay desang, ruhing asir, osmon uzoq,
Bilolmassan g’anim qayga qo’ygan tuzoq,
Alloh, rahim, rahmondirsan, bergin panoh,
Hidoyatga kelmagan jon arzon-arzon.

Iymon nuri kirmadan jon sarson-sarson…

Nurmuhammad Shoyoqub.
(Musulmonlar taqvim kitobi, 1999 yil IV chorak)



Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Dekabr 2007, 17:13:21
Qissasi Odam Safiy Alayhis-salom

Haq yaratdi tangsuq Odamni tafiz yer ko'rkidin,
O'zga surat tuzdi andog' ajun ichra ilkidin.
Taxtini ko'turub farishta ujmoh ichra kivurub,
Tezginurda chiqmadilar hargiz aning erkidin.
Chiqdi havvo birla bo'lub xush tana'um qildilar,
Ichtilar ujmoq sharobin,yedilar et erkidin.
Bildi asmo ilmini ul etu berdi belguluk,
Barcha tillar birla so'zlar tozi forsiy turkidin.
O'rkadi besh yuz yil anda jufti birla ovunub,
Ichti sharbat sig'raqinda yedi ne'mat tarkidin.
Mundi ujmohning buroqin kezdi aning tegrasin,
Hulla kizdi egniga ham boshg'a urdi bo'rkidin.
Ozdi Iblis makri birla biruk erdi yolg'uzin,
Ikki bug'doy yedi chiqti sekkiz ujmoh mulkidin.


*Lug'at va izoh*

Tangsuq - ajoyib,tansiq
Ujmoh - jannat
O'rkamoq - qolmoq,bo'lmoq,ixtiyor etmoq
Buroq - afsonaviy uchar ot

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Dekabr 2007, 17:15:27
Qissasi Nuh Nabiy Alayhis-Salom

Kun tug'ardin kun botarg'a Nuh yalovoch da'vati,
Ellik o'ksuk ming yil erdi ul risolat muddati.
Kecha -kunduz o'zi yolg'izqazg'u, emgak yuklanib
So'z eshitmaz kofir aro kunda ortdi zahmati.
Haqqa "Rabbi lotazar" deb yalborib qildi duo,
Bu ijobatda duodin qirq yil erdi muhlati.
Din uchun ko'p qin tortib yuritu haq yorliqni,
Bizga so'kunch emgak ichra qolmadi hech toqati.
"Vasna' al-fulka" amri birla yo'ndi uch kat bir kemi
Ani mundi etdi ersa xalqqa to'fon haybati.
Yagdi yamg'ur,esdi yellar,ostun-ustun olti oy,
Ko'rsa mundog' mundinortuq mavlomizning qudrati,
O'zi qoldi uch o'g'il ham uch kelinlar etagu,
Barcha o'ldi yub tugandi kufru zulmat bid'ati.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Dekabr 2007, 17:21:40
Qissasi Hud Alayhis-Salom

Nuhda kezin Hud yalovoch bo'ldi uch yuz yil kechib,
Yurir erdi ko'p xaloyiqdin,sha'riatdin qochib.
Tunla-kunduz Hud tegurdi tengrimizning yorlug'in,
"Sakkiz ujmoqqa keeling",teb haqni botildan sijib.
Rabqa yozib,yo'ldan ozib,sunmadin ding'a bo'yun,
Haqg'a tonib,xalqg'a yonib,butg'a sig'inib,xamr ichib.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Dekabr 2007, 17:34:55
Qissasi Solih Yalovoch Alayhis-Salom

Aql anub kelgil,eshit,Solih yalovoch qissasin,
Bulguluk boshdin oyoqg'a aytayin men jumlasin.
Haq risolat berdi ersa tuz tegurdi qavmig'a,
Yuridi tun,kunduzin oldi Samudning zumrasin.
Qildi imon da'vatini,qo'ldilar bir mo'jiza,
Qo'ldi haqdin,chiqdi ingan yordi tog'ning sahrosin.
Bo'ta tug'ildi barcha tuzin ani tingla ko'rdilar,
Kun keziklab suv ulashdi ichti kendu hissasin.
Tondilar haqdin qamug'I,qildilar ko'p ma'siyat
Uqmadin Solih so'zinso'zin ham ushbu ingan qissasin.
Keldi yugurib ikki bo'zchi bir azoqin kestilar,
Bo'tasi ingrab qayitti ostilar uch sahbasin,
Uch kun ichra bo'ldilar sarig' qizil ham qop-qaro
Qudrati birla ug'on qodir emurdi barchasin.

Rabg'o'ziy
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Dekabr 2007, 17:38:26
Qissasi Ibrohim Alayhis-Salom Maa Namrud Alayhil-La'na

Evda tug'g'an, ernak emgan, tog'da turg'an Ibrohim,
Yulduz anglab, oyni tonglab, ko'kka ing'an Ibrohim.
Aydi bir kun:"Ey ona, aytg'il maning tengrim kim ul",
Aydi:"Manman"kul "sening kim?" teyu so'rg'an Ibrohim.
"O'sh otang ul",tedi. Aytur:"Kim otamning tengrisi",
Aydi:"Namurd tengrisi kim", teyu so'rg'an Ibrohim.
Yetti yeru ko'kning hijobin ochdimavlomiz, anga,
Ostun-ustun Arsh, Sarog'a tegru ko'rgan Ibrohim.
Uy,teva,qo'ylar bo'g'uzlab to qiypmatg'a tegi,
Bu qo'nuq tutmoq to'rasin xalqqa qo'zg'an Ibrohim.
O'g'lini qurbon qilurda ko'kda o'tlab semirgan,
Quch fidosin Jabroildan yerda bulg'an Ibrohim.

 Re: Islomiy she'riyat
« Javob berish #320 : Bugun 17:34:55 »     

--------------------------------------------------------------------------------

Qissasi Solih Yalovoch Alayhis-Salom

Aql anub kelgil,eshit,Solih yalovoch qissasin,
Bulguluk boshdin oyoqg'a aytayin men jumlasin.
Haq risolat berdi ersa tuz tegurdi qavmig'a,
Yuridi tun,kunduzin oldi Samudning zumrasin.
Qildi imon da'vatini,qo'ldilar bir mo'jiza,
Qo'ldi haqdin,chiqdi ingan yordi tog'ning sahrosin.
Bo'ta tug'ildi barcha tuzin ani tingla ko'rdilar,
Kun keziklab suv ulashdi ichti kendu hissasin.
Tondilar haqdin qamug'I,qildilar ko'p ma'siyat
Uqmadin Solih so'zinso'zin ham ushbu ingan qissasin.
Keldi yugurib ikki bo'zchi bir azoqin kestilar,
Bo'tasi ingrab qayitti ostilar uch sahbasin,
Uch kun ichra bo'ldilar sarig' qizil ham qop-qaro
Qudrati birla ug'on qodir emurdi barchasin.

Rabg'o'ziy
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Dekabr 2007, 17:44:06
Qissasi Lut An-Nabiy Alayhis-Salom

Ibrohimning haq qardoshi Hozar o'g'li erdi Lut,
Yorlig' ko'p telim yillar quvonib o'zi birla turdi Lut.
Jabroil keldi yalavochliq tegurdi mavlodin,
Yorlig' eshitib kuch keturdi ev tarkak bordi Lut.
Tab qiling,butg'a tabunmang, bot keeling imong'a teb,
Qirq yil emgab to'ng, arig'siz kofir aro turdi Lut.
Ancha tenglik bo'ynag'uning biri yo'lg'a kirmadi,
Qazg'uluq bo'lub umid kesdi ulardin erdi Lut.
Bir yaratg'an haqg'a yondi yolborib, qildi duo,
Jabroil qanit to'qindi, qirdi Olloh, ko'rdi Lut.

Rabg'o'ziy
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:25:02
Qissasi Ya'qub Alayhis-Salom
Sovchi Ishoq o'g'li teb bu otni olg'an Ya'qub ul,
Olti xotundan o'n ikki o'g'lon bo'lg'an Ya'qub ul.
Muncha o'g'lon orasinda ongsizin ul o'niqa,
O'n birinchi o'g'lin o'lturub o'lyu turg'an Ya'qub ul.
Kech ayoling kech o'g'urda yig'ilu kirib yig'lashu,
Bo'ri edi, teas o'zin yerga chalg'an Ya'qub ul.
Bayt ul-ahzon ichra kirib tunla kunduz ingrayu,
Yuzi ko'rkluk Yusufni haqdan qo'lg'an Ya'qub ul.
Toshg'a chiqg'an, kuni tug'g'an, ko'rk uchun ko'z oldurub,
Ko'ksi kuygan o'tda yong'an, bag'ri o'lg'an Ya'qib ul.
O'zi munglug', kez yurakli mavloning mursal quli,
Ul chechaktak engg'I ko'sab, mengzi so'lg'an Ya'qub ul.
Yetti yashab yosh o'g'ulni yirtubon yoshi oqib,
Ani sekson yilda kezin qayra bo'lg'an Ya'qub ul.


Rabg'o'ziy

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:25:58
Qissasi Yusuf Siddiq Alayhis-Salom

Chin o'n ikki erdi Ya'qub sovchining bolalari,
Ko'rsa aning birtak erdi bo'ylari, bololari.
O'n birinchi Yusuf erdi suvrati yavloq badiz,
La'l ichinda gulchilar ko'p lu'lu'I lolalari.
Ko'rk qiliq ziynat malohat ham nubuvvat, ham karam.
Ota sevgan,otasing'a tush ko'rub yo'rdirg'uchi,
Ne hasad qildi, ko'r anga ul o'gay og'alari.
Ul Misr mulki ichinda maliklar xotunlarin,
Qul qilg'an ul qamug'ni zulfining lolalari.
Qul sotildi el ichinda qayra oldi qul qilib
Voliy bo'ldi Misr ichinda bo'ldilar mavlolari.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:27:08
 Qissasi Yunus Yalovoch Alayhis-Salom

Ninvag'a haq yalovoch Yunus erdi yolg'uzun,
Yuz ming evlik el taba yorlig' eturdi yolg'uzin.
Muncha sonlig' xalq ichinda biri yo'lg'a ko'nmadi,
Haqqa yozib, yo'ldin ozib yurudilar yo'lsuzun.
Chiqdi eldin o'fka birla o'tru keldi bir tengiz,
Yeti suv qobti baliq qornig'a tushdi yuzun.
Ikki o'g'li birla erdi, bo'ri yedi birisin,
Birini baliq eltdi ko'rdi ani o'zi o'z ko'zin.
Ich qorong'uluqda baliq qornini mehrob etib,
Haqg'a yonib qildi toat, tasbih aydi tun uzun.
Xalqdin ozorlandi, chiqdi, kirdi baliq qornig'a,
Tun-kun anda ingrabon qoldi kecha kunduzun.
Rabbi Ug'on qutqardi andin qavmi imon kelturub,
Keldi yuz ming er qamug' beshin o'nun o'ttuzun.



Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:28:00
Bayt va she'rlar

Bahodiriyyot Mavlono Nosuriddin Rabg'uziy:

Qad ja'at al-azharu ba'da favtiha,
Va g'annat at-tayru bi a'lo savtiho.

Fa unzur ila aassari rahmati-llahi,
Kayfa yuhyi al-arza ba'da mavtiha.

Kun hamalga kirdi ersa keldi olam navro'zi,
Kechdi bahman zamharir qish qolmadi qori buzi.

Kun kelu ming ko'rki ortib tirilur o'lmish jahon,
Tong badizlab naqshi birla bezanur bu yer yuzi.

Tong otardi esnayur to'rt bulungdin shamol,ziyo,
Kin tuzar kindik yipor yizlanur yobon yozi.

Yorligi yepgun-bag'ridin obug'i yoshil, qizil,
Orasi butoq, yaburg'oq, tol chechaklar tub tuzi.

O'rlasa bulutlari gulchirar bog'u bo'ston,
Tol yig'ochlar yeng solishur o'ynayurtek ko'y-qo'zi.

Kirshani qor qani englik boqsa tog'lar surati,
To'nliqi tangsuq yipordin Rum xitoy, atlas,chuzi.

Lola sag'roqin icharda sayrar usub sanduvoch.
Turna un tortib o'tarda sakrashur baqlan qo'zi.

Ko'kda o'ynar qo'l solishur qug'u qoz qil qarg'uloch,
Yerda yugurub juft olishur os, tiying, kish, qunduzi.

Tol yig'ochlar minbarinda to'ti qush majlis tutar,
Qumri, bulbul muqri bo'lub un tuzar tun kunduzi.

Yag'iz yer, ko'k mengizlik yashnayur maydon bo'lub,
Og'rushim oytak chechaklar tegrasinda yulduzi.

Huri in ujmoh ichinda yeng solib tahsin qilur,
Yoz uza mundog' g'azallar aymishda Nosir Rabg'uziy.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:28:18
Bayt

Bu ko'nglum murodg'a tekinmak tilar,
Telim xalqlar aro o'kunmak tilar.
Kun,oy sajda qilg'ay arig' yuzga man,
Bu kun otdin inib yukunmak tilar.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:28:49
She'r

Yo subh al-vajhi yo zu' an-nahor-mushtahar,
Anta ruhi vajhuk al-maymunu shams av al-qamar.

Elingiz chin to'linoytek qinayur qirg'u qaroq,
Yuzunguz kundin yoruqroq ko'rkunguz kun yo qamar.

Talat al-axzon va dahran fa-l-habibu qad jafo,
Abduhu lam yat bil-kufran yavman bal shaker.

La'lin ochsa yinjulardin to'klunur turluk latif,
Ul erinning totig'inda qayda yetsun bol shaker.

Ruxuk er-rayxon nashran qad ya'uju bi-r-rajo,
Lafzuk al-mamzuju shaxdan sora al-ahl va-l-amr.

Ko'rkunguzni kusayurmen erta goh bir kun bo'lur,
Emgakim yavloq telim bor emgagan oxir emaz.

Quntu fi-d-da;va muhiqqan lo bal ant al-xokim,
Yo habibi hokazo abd al-hazini qad aqtar.

Ko'rkunga munglug' bo'lubon ko'rkini men kusayur,
O'rtanur bag'rim yoqildi yoshginam yo'ltek oqar.

Zoka zabyun mustatilun fa-l-asvadu sinvuhu
Qad ag'ora al-qalbu minni summa aynohu asar

Qush bulunglarni tararda tekma bir er zulfidin,
Kin borar kindik yipor rihus-sabo bo'lub esar.

Layluno sorat nahoran vajhahi an yankashif,
Va-n-nahoru mustaniru sora laylan an basar.

Ki yuraklik bek er erdim man eltib bulnadi,
Ko'o cherikni bosti xonlar ishq cherikin kim bosar.

Kullamo tolabtu minhi bi-intiholin qublatan,
Lam yuhib illo sabab soqa qalbi va-n-kasar.

Rabg'uziy Nosir qo'rursa yuz o'ruvmas ishqidin,
Bek necha bushub so'karsa qul qachon ko'nglin kesar.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:30:17
Ushbu bitiklar muallifi:


 Rabg'uziy

Qissasi Odam Safiy Alayhis-salom
Qissasi Nuh Nabiy Alayhis-Salom
Qissasi Hud Alayhis-Salom
Qissasi Solih Yalovoch Alayhis-Salom
Qissasi Ibrohim Alayhis-Salom Maa Namrud Alayhil-La'na
Qissasi Ismoil Alayhis-Salom
Qissasi Lut An-Nabiy Alayhis-Salom
Qissasi Ya'qub Alayhis-Salom
Qissasi Yusuf Siddiq Alayhis-Salom
Qissasi Yunus Yalovoch Alayhis-Salom
Bayt va she'rlar
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 27 Dekabr 2007, 15:24:20
Sevmoq kerak Robbim Alloxni,
Semoq kerak Rasululloxni,
Yana sevmoq kerak Iymonni,
Va Robbim Allox buyurgan besh vaqt Namozni.

Sevmoq kerak yana Ro'za tutmoqni,
Va boy bo'lsa agar Zakot bermoqni,
Sevmoq kerak sog'-omon bo'lsa,
Sharoitga qarab Xajga bormoqni.

Ey, Alloxning ojiz bandasi,
Sukut saqla, bir oz sabr qil,
Mumkinmikan sevmoq dunyoni?
Yoki go'zal yuzli biror insonni?
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 28 Dekabr 2007, 11:31:18
Bir Qabrdan AZON aytur muazzin soz,
Bir qabrda javob berur unga ovoz,
Haq do'stlari qabrida ham o'qir Namoz,
Ana shunday xushxabar bor mo'minlarga!

Yer ostida necha-necha sirlar pinhon,
Tilovatlar eshitilur unda har on,
Mo'min qullar o'z qabrida o'qir Qur'on,
Ana shunday xushxabar bor mo'minlarga!

Kim Qur'onni yodlayman deb topmish vafot,
Farishtalar unga QUR'ON o'rgatar yod,
Qoriy bo'lib RABBISIGA borgay u zot,
Ana shunday xushxabar bor mo'minlarga!

RABBIM ALLOH,rahm aylagil qul zoriga,
Yetkaz bizni Habibingning Diydoriga,
JANNAT JAMOL birla siylab asroriga,
Degil XUSHXABAR BOR MO'MINLARGA!


SHER MUALLIFI : Mirzo Kenjabek
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 29 Dekabr 2007, 13:57:20
Bir nafs bandasiga

Mehmonsanu dunyoga, Mezbon bilan ishing yo’q,
Senga bu jonni bergan Hoqon bilan ishing yo’q.

Agarki pok emas ruh, ko’ngil bo’lgay zimiston,
Uni zimiston etgan o’pqon bilan ishing yo’q.

Kim do’stu kim dushmaning ajratolmaysan hamon,
Shaytonga do’st bo’libsan, Rahmon bilan ishing yo’q.

O’ylamaysan bu dunyoni kim aylagan ihtiro,
Mevasi yeb tubu kun, Bog’bon bilan ishing yo’q.

Bu molu davlatingdan foyda yo’q oxiratda,
Inson uchun eng muhim – IYMON bilan ishing yo’q.

Nafsigga qul bo’libsan, ko’rmas aql ko’zlaring,
Qalbingda qon yig’lagan vijdon bilan ishing yo’q.

Adog’i bor umrning so’rog’i ham bor, albat,
Yiqqan-terganlaring ko’p, ehson bilan ishing yo’q.

Jisming tushar tuproqqa, ruhing uchar samoga,
Tuproq ila mashg’ulsan, osmon bilan ishing yo’q.

Boylik, amal va shuxrat – bular dunyo g’aflati,
Bundan ham bexabarsan, Qur’on bilan ishing yo’q.

Millat bugun mustaqil, o’zbek dunyoga mashxur,
Bobolaring etmagan zamon bilan ishing yo’q.

Ko’zingni och, ey odam, bandaliging unutma,
Nechun ushbu g’animat imkon bilan ishing yo’q.

Abdusalom Ibrohimov.
“Musulmonlar taqvimi kitobi” (2002/III)

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 03 Yanvar 2008, 12:43:46
                           Duo

Faxr etib, manmansirab yurmoqdin Olloh saqlagin,
Oqibatli, mehribon, ko’ngli shikasta aylagin.

Zohiri silliq bo’lib, qalbi qora dildordan,
Ikki tillik bevafo, oshnoyu yordan saqlagin.

Lutfi haqdin doimo, qalbimda bor katta umid,
Jannatul ma’voda qilgin, do’zaxingdan saqlagin.

Olimu donolarning suhbatida qil mudom,
Nokasu nodonlarning suhbatidan saqlagin.

Yo ilohim, mustajob ayla hamisha da’vatim,
San o’zing tanho Egamsan har balodan saqlagin.

Ikki dunyoni yaratgan qodir Ollohim manim,
Ne’mating sonsiz biza, kufronalikdan saqlagin.

O’zbekiston ahliga hech bermagin dard alam,
G’ayrilarning o’zbegimga bosh bo’lishdan saqlagin.

“La ilaha illa anta” zoti pokdursan o’zing,
Foziliyni ikki dunyo azobu g’amlardan saqlagin.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 12 Yanvar 2008, 12:10:00
Ko'nglimizni bu dunyodan sovutdik,
Ertak to'qib ko'nglimizni ovutdik.
Ertaklar ham bo'lmaganda kifoya,
Namoz o'qib ko'nglimizni ovutdik!

Do'stlar kulib bog'zimizga sanchdi tig'.
Kengayaverdi dushman bilan oraliq.
Topolmadik yupanch undanda ortiq,
Namoz o'qib ko'nglizmini ovutdik.!

Ko'chalarda tentiradik subhidam,
Saharlardan tilabon ming  bir malham.
Hayollar ham berolmaganda yordam,
Namoz o'qib ko'nglimizni ovutdik.
Qalb olifta murosaga kelmayin,
O'z o'rnida turar o'rnidan aslo jilmayin
Ko'ngil muncha dod solasan demayin,
Namoz o'qib ko'nglimizni ovutdik.

Qalbdan ketmas zinhor ichki zilzila
Ortga qaytar yetganida manzila
Ovutganda kim ko'nglini faxsh ila
Namoz o'qib ko'nglimizni ovutdik.
Hadis bizga yupanch bo'ldi har safar
Ko'zim nuri der ediku payg'ambar
Dunyo asli manzil yaqin poygadir
Xotirjamlik yo'qolganda qaygadir
Namoz o'qib ko'nglimizni ovutdik.

Do'stlar botib qolsak ming bir gunohga
Ayting qocha olardik qay dargohga
Me'roj uchun  hamdlar bo'lsin Allohga
Namoz o'qib ko'nglimizni ovutdik.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 12 Yanvar 2008, 12:10:33
Men sizni ko'raman har kuni har kun
Ko'cha kuyda va hatto ishda o'qishda
Siz kezib yurasiz yilning har fasli
Yozda ham o'shasiz, qishda ham o'sha
Nikohlab olgansiz go'yo dunyoni
Uning lablaridan bo'sa olasiz
Zarracha dunyoingiz ketsa gar tashlab
Shaytonlab qolasiz, yig'lab qolasiz.
Biz bildik angladik dunyo bevafo
Siz muncha dunyoga xaris bo'lasiz.
Hech kimsa sanoda qolmas bevaqo
Axir siz ham bir kun yig'lab o'lasiz.
Ayting yashab, yashab topdingiz nima?
Qanday mavqeylarga erishdingiz siz?
Qiziq, mana kun kelgan kechada
Xayotdan ko'p rizo kelishdizgiz siz
Siz o'zi qandayin odamsiz ayting?
Nimaga munchalar xotirjamdirsiz?
Go'yoki do'zaxdan ozod etilgan,
Qiyomat kuniga nomaxramdirsiz.
Yuzingizda kulgu-tabassum bilan
Dunyoni tinmasdan talab qilasiz.
O'lim haqidagi ma'ruzalarga.
Ertak eshitganday tinmay kulasiz.
Jahannam azobi tasvirlanganda
Nahot qalbingizni tirnamas hech dard
Siz yo bir telbasiz, yoki bir daxriy
Va yoki jin chalib, o'zin bilgan mard
Labingiz gezarmas vo ajab aslo
Qabr azobining tasvirlariga
Bir soniya bo'lsin oxirat demay
Tayyorsiz dunyoning tahqirlariga
Payg'ambar kimligin bilish istamay,
Bir umr yuzingiz buradirsiz siz
Odamlar bir taraf bo'lsalar agar
Dunyoni boshqacha ko'rardingiz siz
Fisqu-fujur desa yugurasizu
Azon aytilganda yotib olasiz
Shaytonlar majlisin boshlanganida
Anjuman avjida paydo bo'lasiz.
Foxishalar haqida tinmay o'qiysiz
Ularning rang-barang surati yoqar
Dilingiz tubida extimol bir zum
Iymonning eshigin nimadir qoqar
Siz mahrumdirsizki uni ochishdan
Hatto e'tibor ham qilib qo'ymaysiz.
Siz shunchalar maraz, shunchalar palit.
Tinmasdan yeysizu also to'ymaysiz.
Necha yil hovlingiz masjid oldida
Azonlar ketidan azonlar  yangrar
Extimol o'sha payt qalbingiz uchun
Shaytonlar balandroq eshshakday xangrara
Sizga shu xayrashlar qadrdon erur
Sizga shu aslida mos erur balki
Endi bu yo'g'iga umid qolmadi
Ta'sir etmadiku ming bir tarsaki
Siz haqda birovga aytsam ishonmas
"Bunday odam yo'q!" degay shubxasiz
Sizday bo'loqlikdan so'raymiz panoh
Siz o'zi topilmas noyob  nusxasiz!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Shirinqiz 18 Yanvar 2008, 19:26:59
Умидсизлар

Во ажабким, умидсизлар менга дерлар:
- Не ҳожатдир тўкишингга бунча терлар?!

Етиб бўлмас чўққи сари уриндинг кўп,
Қаттиқ ерга дон сепарсан, унмас бир чўп!

Дедим: менга ноумидлик бегонадир,
Уруғ мендан, ундирувчи Ягонадир!


Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Abu Muslim 18 Yanvar 2008, 21:48:06
Кўпдир аёллик шаънига
Бефарқ боққан аёллар,
Оқибатда кўз ёшлари
Сойдек оққан аёллар.

Гулдай аёлларинг кириб
Гўзаллик деган уйга,
Гўзал бўлдим деб чиқсалар
Тушиб кулгили кўйга.

Узун сочлар калта бўлиб,
Айланар сап-сариққа,
Ярим очиқ кўкрагида
Кўзинг тушар «Ð°Ñ€Ð¸қ»қа.

Қалин қаро қошлар гўё
Игна мисол терилган,
Қошлар териб ташлашгамас,
Ҳусн учун берилган!

Кўз-қовоқлар кўм-кўк, худди
Эри уч кун ургандай,
Лабга турли бўёқ берган
«Ҳалиги»Ð½Ð¸ сургандай.

Гулдай юзга уч-тўрт қават
Сунъий сувоқ сувалган,
Бўйнида-чи, шода симлар
Чувалчангдай чувалган.

Бул «ÑÑÐ°Ð¼Ð° қÑžғирчоқ»қа
Қалбинг қандай очасан,
Тирноқларин кўргандаёқ
Жонинг сақлаб қочасан.

Енг, Ñ‘қасиз калта кўйлак
Худди тарс ёрилгудек,
Шуми чирой, бўлсаким ул
Тупроққа қорилгудек?!

Зиён-заҳмат тегмасин, айт,
Аллоҳ берган чиройга,
Ахир пардоз бермаслар-ку,
Доғли саналган ойга.

Бундай «ÑžÐ·Ð´Ð°Ð½ кетиш»Ð»Ð°Ñ€Ð¸
Бўлди ўзидан кетсин,
Босит билиб берган борки,
Чиройга нима етсин!

Баъзи хотин хонадонда
Эрга ташланар тикка,
Хонадонда хўжайиндай
Даъво қилар эрликка.

Эр додини бериб бу «ÑÑ€»,
Бул иши камдай тағин,
Кўча-кўйда ҳам «Ð·ÑžÑ€» эрур,
Жиловламасдир жағин.

Эр ўрнида кўрмай эрни
Бигиздай бармоқ санча,
Эрни ҳайдаб, боши «Ð¾Ñ‡Ð¸қ»
Юрганлар сони қанча.

Қилар иши шаробхўрлик,
Тортиб турли тамаки,
Тунларда-чи, турли меҳмон,
Турли-туман «Ð°Ð¼Ð°ÐºÐ¸»...

Чала ярим пардоз қилиб,
Қўлга қўйиб хинолар,
Қилар очиқ-ойдин гуноҳ,
Очиқ-ойдин зинолар.

Буни гўё гўзал ҳаёт
Билиб кайфин суришар,
Ё, алҳазар, бу не билсанг,
Башаралар буришар.

Дегинг келар «ÐÑ‘л бўлиб
Бурчинг билганинг қани?!,
Эрга аёл итоати –
Бу Ҳаққа бош эггани!

Унутмагин аёллигинг
Ҳар кеч, ҳар тонг эрталаб,
Ҳақ асрасин бўлишингдан
Ҳар кун ҳар хил эр талаб!».

Ҳар аёлда иффат, иймон
Бўлмасин ҳеч мосуво,*
Ҳар аёлга инсоф истаб
Қўл очиб қилгум дуо...

Нима бўлди кўп эрларга,
Балки жинлар чалишган?!
Назаримда, кийимлари
Хотин билан алишган.

Бозор, кўча айланарлар
Кийиб ич кийимини,
Чунки хотин тортиб олган
Устга кияр шимини.

Шим деб кийган калта шими
Аранг ёпар сонини,
Балки кўз-кўз қилмоқ бўлар
Эркаклик нишонини?!

Ахир Ñ‚Ñžғри киймайсанми,
Ота-бобонг не кийган,
Алар кофирча кийимдан
Ҳар дам ўзларин тийган.

Сочлар сал кам белда, тайёр
Пилик солиб ўргудай,
Чин инсоннинг бу ҳолатни
Кўзи йўқдир кўргудай.

Ҳужжатида эркак бўлиб,
Қулоққа тақса балдоқ,
Ўз эркаклик вазифасин
Бажараркан ул қандоқ?!

Яна қизиқ, қўл-бўйинга
Турли тақин тақишлар,
Тутиб турли тамакини,
Чапиллатар сақичлар.

Отилгайдир оғизлардан
Ҳар турли шалоқ сўзлар,
Бир маъно йўқ жаланглаган
Кўзлар фойдани «ÐºÑžÐ·Ð»Ð°Ñ€».

Бундай ҳол бор барча юртда,
Ҳар бир қишлоқ, овулда,
Чунки хаёл Ҳақда эмас,
Хаёллар бари пулда!

Хаёлларда ҳар беҳаё
Харом ишни ўйлашлар,
Ўйламасдир оиласин,
Хаёлида «ÑžÐ¹Ð½Ð°Ñˆ»Ð»Ð°Ñ€.

Яна не деб таъриф қилай
Зотингнинг бундай касин?
Таъриф тамом... Тез айт унга,
Тезроқ қилсин тавбасин!

Гўзал бўлсин ҳар ҳолатинг,
Сўзларинг бўлсин болдай,
Эркак эркак бўлиб қолсин,
Аёл қолсин аёлдай!

Сўзларим ноўрин бўлса
Мендан қилмагил араз,
Истарамки, сендан кетсин
Ҳар турли иллат, мараз!

Ширин бўлсин сўзинг, бўлсин
Қалб гўзал, иймон гўзал,
Барча дил бир гўзал бўлса
Бўлгайдур ҳар ён гўзал!

Гўзал сўзи недур ўзи? –
Аввал Ҳаққа Ñ‘қишдир,
Барча бирдай ул нарсага
Ҳавас билан боқишдир!

http://muslimaat.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=478&Itemid=103
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: otabek80 19 Yanvar 2008, 08:03:08
Ahli jannat

Rasul bilan birga bo’lmoq qanday bahtdir yoronlar
Chidaymizda bu yolda bo’lsa ne malomatlar
Rahmat sizga jannat sari talpingan muslimalar
Qur’on yodlab o’rnak bo’lgan birodarlar muslimlar

Jannat sari yo’l izlaymiz o’rganamiz ilmlar
O’zgalarga o’rgatamiz sof islomiy bilimlar
Najot yo’lin ko’rsatdingiz farzandga mo’minalar
Ahlingizga o’rnak bo’ldiz alloh suygan mo’minlar

O’tdik lekin qaytmadik qancha bo’lsa sinovlar
Allohga hamdlar aytdib ko’rsatdikku bardoshlar
Qancha  ta’ma qilindilar o’rangan solihalar
Ko’zni yumdi qaramadi sabr qildi solihlar

Masiyatga botdi ahir ochiq avrat bu yo’llar
Bizga ta’sir qilmadi bo’lsin cheksiz shukrlar
Haq yo’l uchun ko’rsatdik biz qanch-qanch taqvolar
Insha alloh nasib bo’lar bizga jannat naimlar

Har bir inson ko’nglida qilar bizga havaslar
Bu yo’l uchun nafs qullari qila olmas jur’atlar
Takrorlaymiz har vaqt allohga bo’lsin hamdlar
 Borar joyi jannat bo’lgan taqvodor muslmonlar

Jannat vasfin eshitganmiz zo’r ekanin qanchalar
Kerak emas bizlarga butun dunyo boyliklar
Bu yo’llarda intilamiz qiynalsak ham nechalar
Intizormiz uchratishga payg’ambarni shunchalar

Qur’on o’qib to’kamiz biz jiqqa-jiqqa ko’z yoshlar
Bilmagaydir bu rohatni qancha ihlossiz boshlar
Ilinamiz bu rohatni bizga tegsa ham toshlar
Og’riqlarni sezmaymiz biz beramiz unga doshlar

Havzi Kavsar bo’yida yig’ilamiz biz bir kun
Hursandlikdan tinmasdan yig’lagaymiz biz u kun
 Bu kun uchun tinmasdan qo’yamiz qadam uzun
Alloh rozi bo’lsin deymiz jannat insonlar uchun
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 19 Yanvar 2008, 09:24:18
O’rganing

Keldi bir qutlug’ zamona, ahli islom, o’rganing,
Bilmayin qilgan gunohga tavbalarni o’rganing.

Necha yil yotdik jaholat loyiga botgancha biz,
Siz jaholatdan chiqib, yaxshi yamonni o’rganing.

Na halolu, na haromning, farqiga bormay hanuz,
Yamlamay yutdik haromni, chin halolni o’rganing.

Yoshimiz bir joyga yetdi, qalbda yo’qdur hech nima,
Bir savob ish qilmadik, endi savobni o’rganing.

Na tahoratni bilurmiz, na namozu ro’zani,
Qo’ymadik sajdaga bosh, endi namozni o’rganing.

Yaxshi o’ylar qayga ketdi, oqibat birla vafo,
Chunki bizda qolmadi ul nuri imon, o’rganing.

Ertayu kech da’vatni Islomni qilgin, Fozilo,
Ta’nalar kelsa boshingga, ayla bardosh, o’rganing.

Fozil qori Yosin qori o’gli.
“Musulmonlar taqvim kitobi” II chorak, 1999/(1419-1420)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Shirinqiz 19 Yanvar 2008, 16:26:38
Iltijo

Mendan ibodatu Sendan ijobat,
Mendan itoatu Sendan hidoyat,
Mendan qanoatu Sendan baroat –
Yolg’iz madadkorim, Parvardigorim.

Savobu gunohim bilguvchi O’zing,
Umrimni, rizqimni berguvchi O’zing,
Imonimni butun etkuvchi O’zing –
Yolg’iz xaloskorim, Parvardigorim.

Qilgan gunohlarim kechir, Xudoyim,
Obi Kavsaringdan ichir, Xudoyim,
Borar yerimni keng bichir, Xudoyim –
Sensan najotkorim, Parvardigorim.
 
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 11:34:42
Яхшилик қадри *
Одам Ñžғлин яхши дерлар ёки ёмон,
Бироқ ким бор, ёмон хулқдан мутлақ омон?!

Бу дунёда ҳеч айби йўқ - яхши, деган
Қани айт-чи, фариштадек ким бор экан?!

Кимнинг агар санай олсанг нуқсонини,
Айбин ёпиб, олгин унинг сен ёнини.


http://sardormirzo.com/publ/1-1-0-20 (http://sardormirzo.com/publ/1-1-0-20)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 11:35:27
Дунёнинг сири

Дунё дермиш: кимки менга қулоқ солса,
Унга айтар сирларим бор, агар олса.

- Неча-неча дунёсига берилганни,
Даврим келди, деб ўзича керилганни,

Алдаб-сулдаб, тубсиз жарга йиқдим мано,
Олиб бориб қаро гўрга тиқдим мано.

Бойликларни тахладилар саржин-саржин
Мен айладим ҳаммасини парчин-парчин!

http://sardormirzo.com/publ/1-1-0-20 (http://sardormirzo.com/publ/1-1-0-20)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 11:36:16
Ҳасадгўйлар

Ибн Занжи Бағдодий айтади:

Халқ ичра кезарлар кирлар қидириб,
Жами ёмонликни йиғиб, сидириб.

Айбингни билсалар, ёярлар фақат,
Хислатинг кўмарлар, қилолмай тоқат.

Нуқсонинг топсалар, сайраб, чўқирлар,
Тополмай қолсалар, ёлғон Ñ‚Ñžқирлар.

(“Оқиллар гулшани”, 178)

http://sardormirzo.com/publ/1-1-0-20
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 11:39:24
“Бахт изласанг…”

Ақл ўргатиб, айтар бугун ким кимгадир:
“Бахт-саодат сукутдадир, “жим-жим!” дадир.

Ўз уйингда тинч яшасанг, маза ҳар кун,
Муҳожиру қувилганга аза ҳар кун.

Бахтинг шулдир - сен ҳаммадан кейин юрсанг,
Қадамингни аста босиб, “хўп!” деб турсанг.

Бахт изласанг, йўқ қил барча эътирозинг,
Ҳайдаб юбор ғазабинггу эҳтиросинг!

Ана шунда топарсан сен бахт қушингни
Ҳушёр бўлгин, йўқотмагин эс-ҳушингни!”

Бу сўзларга жавоб шулки, бу ҳаётмас!
Тирик инсон сен айтгандай музлаб ётмас.

Ҳаёт деган машаққатдир, сўнгра роҳат.
Сенга қолса, ўлик уйқу - истироҳат.

Тирик инсон дину юртга бўлур қалқон!
Ҳур кишилар душманларни қилур толқон!

Билгил, мағлуб косасидан оқар йиринг.
Бўйин эгма, ҳимоя эт ватан, еринг,

Таслим бўлма, майли кетсин йўғу боринг
Лек кетмасин дину иймон, номус-оринг!

http://sardormirzo.com/publ/1-1-0-20
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 11:40:31
Дин - адолат!

“Дин – узлат”, дедилар, мисоли роҳиб,
“Бўлсанг бас, дуою зикрга соҳиб”.

Диннинг бир қисмига келтириб иймон,
Ажабким, бир қисмин кўрурлар ёмон.

Дин асли фарзу нафл, тавба, истиғфор,
Ҳақдан неки бўлса, бунда ўрин бор.

Дин - қудрат, матонат, маърака, майдон!
Даф бўлур ёмонлик, қувилур шайтон!

Дин - Раббинг номи-ла ҳукм юритмоқ.
Ўрнатиб адолат, зулмни қуритмоқ!

http://sardormirzo.com/publ/1-1-0-20
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 13 Fevral 2008, 17:58:03
Жаҳаннамдан тўсгувчи қил!
Жаннатларда ўсгувчи қил!
Жоҳилларга хор айлама!
Жоҳилларга Ñ‘Ñ€ айлама!

...

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 13 Fevral 2008, 17:58:53
Gurbat izlaganga gurbatdir dunyo,
Illat izlaganga illatdir dunyo.
Kim neni izlasa topgay be gumon,
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo!
...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 13 Fevral 2008, 17:59:47
Menga husni bekor, chiroyi bekor,
Kunduz quyosh bekor, tun oyi bekor.
Shahzodasi bekor, saroyi bekor,
Otam qurgan o`yning toshi bir armon.
...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 15 Fevral 2008, 13:58:06
[   b]Исмоил Маҳмуд МАРҒИЛОНИЙ
          ФАЙЗИЁБ БЎЛГАЙ КЎНГИЛ[/b]

                  Кўнгил боғлама

Хосиятсиз теккан ул имконга кўнгил боғлама,
Сохта шуҳрат бирла келган шонга кўнгил боғлама.
Билки тўрт кунлик умр мазмуни чин қулликдадир,
Наф тегар деб жон чекиб, тўрт ёнга кўнгил боғлама.
Бу замин саҳни бозор деб зар-қадр ахтарма кўп,
Ким келар, кимлар кетар, майдонга кўнгил боғлама.
Риштаси мўртдир, заифдир қанча юксалган билан,
Хоҳ гадодир, хоҳи бек — жонга кўнгил боғлама.
Воҳ, сени бор айлаган Ҳаққа тазарру қил абад,
Амрига айла итоат, исёнга кўнгил боғлама.
Истагил ҳар дам саодат ёлғиз Аллоҳдан фақат,
Қил ибодат бериё, нуқсонга кўнгил боғлама.
Ҳақ йўлига дил бериб, бўзладинг, Маҳмуд, сени
Мағфират этсин Ўзи, шайтонга кўнгил боғлама.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 15 Fevral 2008, 13:59:25
Энг кўнгил
Эй кўнгил, “ман-ман” дема, “ман”лик Худонинг нисбати,
Шоҳ эрур мутлақ, ки борлиқ ичра тенгсиз қудрати.
“Бўл” деди, дунё яралди зумда бир ҳукми била,
Жо эрур ҳар заррада Тангри таоло талъати.
Не улуғ зотлар Яратган измида топди самар,
Тут аларнинг изларин, бу саодат ҳикмати.
Ўзни йўқлик ичра кўрди авлиёлар, воажаб,
Куймасин ҳеч банданинг охири-охирати.
Тавбалар бирла кўнгилни боғлагил, Маҳмуд, абад,
Ажрини олгайсан охир, сўнмаса дил ҳиммати.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 15 Fevral 2008, 14:00:44
     Ғулом ЭГАМШУКУР

 ÐœÑƒҳаббат илоҳий малҳамдир

* * *
Ҳар кўнгилда Аллоҳ яшар,
Кўнгил тахти ҳақиқат.
Ҳар вужудда армон қишлар,
Ҳар юракда бир хилқат.
Бир уммонки тубсиз эрур,
Моҳи бор, юлдузи бор.
Осмони бор, номи — сурур,
Оқшоми, кундузи бор.
Унда ранглар жилва қилар,
Камалакрўй гуллари.
Унда кўзлар меҳÑ€ сўрар,
Олми, сиёҳ йўллари?
Руҳи сарсон аросатда,
Юпун, қора сурати.
Учай дейди зил ғурбатда,
Бироқ етмас журъати!
Ошно руҳлар қаён кетди?
Вужуд оғир хастадир.
Улар шошиб кўкка етди,
Излагани пастдадир!..
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 15 Fevral 2008, 14:02:34
     ÐÐ±Ð´ÑƒÐ»Ð»Ð¾ҳ ҳожи АБДУЛҚОДИР,
   Ð£Ñ‡ÐºÑžÐ¿Ñ€Ð¸Ðº туман бош имом-хатиби
                      Тасбеҳ айтур

Худойимдан хабар келди — буюк фармон!
ÐŽқинг: “Ваннажму вашшажару ясжудан...”
Шул сабабли дов-дарахту ўт-ўлан
Тасбеҳ айтиб чиқар ердан, бўлманг ҳайрон.
Бир чаманзор ичра кирсак, турфа гуллар
Тасбеҳ айтар, аммо биздан эрур пинҳон.
Олма, ўрик, гилос, анжир барчалари
Қандай тасбеҳ айтганини билмас инсон.
Пахтазору ғаллазорлар қир-адирда
Холиқ учун тасбеҳ айтур уриб жавлон.
Кўз илғамас митти-нафис гиёҳлар ҳам,
Осмонўпар дарахтлар ҳам дегай Раҳмон.
Тоғу тошда, яйловларда печак, бута
Бўйинсунган Холиқ учун, қилманг пайҳон.
Арчазору Ñ‚Ñžқайлар ҳам катта бойлик,
Болта урманг, парваришланг, қилманг хазон.
Қовун-тарвуз, ҳандалаклар унган пайкал
Ҳаққа бўйинсуниб бўлди шаккаристон.
Болдан тотли чилги, чарос, ҳусайнилар
Ҳақ зикрини кеча-кундуз қилгай баён.
Бу наботот оламида ибрат-сир кўп,
Одамзоднинг ақли етмас, Ҳаққа аён.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 15 Fevral 2008, 14:10:13
    Самандар Вохидов
Муродим восили васлинг...
Менинг сендан бўлак, Ñ‘ Раб, суянчим йўқ, паноҳим йўқ,
Муродим восили васлинг, бўлак бир муддоим йўқ.
Мени йўқлик жаҳонидан бу борлиқ ичра бор этдинг,
Сенинг амринг менга вожиб, қулингман, ўзга шоҳим йўқ.
Гуноҳлар кони бу олам, менам бир саргашта жон бунда,
Адаштирса риё йўлдан, сенингсиз Ñ‚Ñžғри роҳим йўқ.
Гоҳи ошкор, гоҳи пинҳон туширгай домига шайтон,
Нетай, мен бандаи ожиз, демасман ҳеч: “Гуноҳим йўқ”.
Чопиб нафс ортидан доим урилгай манглайим тошга,
Халос эт, даргоҳингдан бўлак бир саждагоҳим йўқ.
Висолинг кўзгуси бўлсин — кўнгил кўзини кўр этма,
Ики дунё муродим шу, ўзга ҳеч илтижоим йўқ.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 15 Fevral 2008, 14:11:49
Машъал ХУШВАҚТ
“Аллоҳ” деганларнинг чопгин изидан
Имкон
Ейишга супрада нону ошинг бор,
Нафсингни тийишга бор ҳали онинг.
Гуноҳинг ювишга ҳали ёшинг бор,
Ҳали ёлворишга қодир забонинг.
То фано элчиси бўлмай намоён,
Ханжардай ҳалқумга ботмай Хайробод.
Наъзнинг* чангалида чинқирамай жон.
Наъзнинг чангалида тирқирамай дод —
Тавба қил!
Шунда вужудингни ювгайдир кўзинг,
Ажаб эмас тавбанг қабул бўлса гар.
Шунда куладирсан ўзингдан ўзинг,
Шунда қиладирсан ичингга сафар...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 15 Fevral 2008, 14:14:14
Аллоҳ” де...
Кундан кун кўпайиб кетар давлатинг,
Кундан кун шайтонинг улғайиб борар.
Кундан кун озайиб қолар шафқатинг,
Кундан кун ҳимматинг мунғайиб борар.
Кундан кун ортиқдир ичингда алам,
Кундан кунга заҳру заққумдир ошинг.
Кундан кун лошингга интиқ жаҳаннам,
Кундан кун яқинроқ кундага бошинг...
“Аллоҳ” де — шайтонинг дарров беркинар,
“Аллоҳ” де — ўлажак ичингда ҳасад.
“Аллоҳ” де — қайгадир ҳасрат чекинар,
“Аллоҳ” де — тўлади оғзингга асал.
“Аллоҳ” деганларнинг бол бор оғзида,
Уларни қидиргин, уларни топгин.
“Аллоҳ” деганларнинг чопгин изидан,
“Аллоҳ” деганларнинг изини ўпгин...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 15 Fevral 2008, 14:16:12
Маҳмуд АЛИМОВ
Топдим
Умрнинг лаззатин тоат-ибодатлар қилиб топдим,
Кўнгил сокинлигин Ҳаққа итоатлар қилиб топдим.
Ичи чиркин, таши тилло ажиб васвас экан очун,
Қутулмоқлик йўлин нафсни маломатлар қилиб топдим.
Ибодат этгали дилдан риё исёнини қувдим,
Қироат лаззатин Қуръон тиловатлар қилиб топдим.
Магар рўзғор ғами бирла эландим халққамас, Ҳаққа
Ҳалол ризқни ҳалол касбу тижоратлар қилиб топдим.
Бу кенг дунё кўзимга тор кўринган кезлари минг бор
Кўнгил юмшоқлигин хайру саховатлар қилиб топдим.
Ҳидоятсиз ҳақиқатни тан олмоқ ҳеч иложсиздир,
Ҳидоятни Худога чин муножотлар қилиб топдим.
Бу дунё молидин кўнгил узиб, ухро тожин кийдим,
Ғанийликнинг сирин сабру қаноатлар қилиб топдим.
Работи эски бу дунё қолар биздан-да тез кунда,
Мана исбот — мозорларни зиёратлар қилиб топдим.
Муғанний, кел бу дунёнинг ўйин-кулгусидан кечгин,
Йўқотган фурсатим қадрин фаросатлар қилиб топдим.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 15 Fevral 2008, 14:18:38
Вафо ФАЙЗУЛЛОҲ
 
Худойим, юрагимга тикла туғимни!
Имон
Барибир тўхтамасман, кўтар кўзимни,
Мўминлик даъвосида неча кун бедор.
Маъносини очгин дардли сўзимни,
У жуда ҳам салим, мен эса бемор...
Худойим! Юрагимга тикла туғимни!
Тавба қилиб, гуноҳ қилдим неча бор,
Бу банданг неча марта ўлмасдан ўлди.
Қайта ҳаёт берар бетимсол Ғаффор,
Фақат Сенинг васлинг экан жон йўли.
Худойим! Юрагимга тикла туғимни!
Чувалчангдай бўлмай тонглардан ошдим,
Субҳ исида Сенинг ёдинг бор эди.
Дунё севгисидан айланди бошим,
Менга ўшанда ҳам меҳринг Ñ‘Ñ€ эди!
Худойим! Юрагимга тикла туғимни!
Нима қилдим энди? Имдод эт, Ҳабиб!
Нафсим ҳар лаҳзада ясайди тузоқ,
Менга ундан ортиқ йўқ жоҳил рақиб...
Иблисни этгин дерман жуда ҳам узоқ,
Худойим! Юрагимга тикла туғимни!
Абдулазиз қори ота хотиралари
Ямоқ кийимимни яхши кўраман,
Ўткан кунларимни айлар қадрли.
Энг оғир юк — Қуръонни кўтараман,
Икки дунё саодатманд, сабрли.
Синовлар солди бошга даҳрий тузум,
Вайрона Андижону Хўжаобод.
Бухоро ер устимас, ер остида
Тириклай қори кўмди даштлар, ҳайҳот.
Ҳижратим бўлди менинг уйғур юрти,
Ёшлигим ҳисобчиси кўҳна Қашқар.
Одамни енгиб бўлмас — имон бутун,
Юрагим нурга тўлди жисмим қақшаб.
Ҳасрату надоматлар қилманг, дўстлар,
Мўминнинг кўнгил уйи обод бўлсин!
Ўзгани маломатлар қилманг, дўстлар,
Гўзал хулқ ҳар лаҳзада ҳаёт бўлсин!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:11:28
Demakki..

Nogahon qoqilib ketdimmi toshga,
Ketma – ket savdolar tushdimi boshga,
Aybdor yo’q o’zimdan, o’zimdan boshqa,
Demakki, gunohim, xatolarim bor.

Ishlarim yurishmay oqsab qoldimmi,
Hayotdan hadyamas zarba oldimmi,
Qayg’uga ko’milib, o’yga toldimmi,
Demakki, gunohim, xatolarim bor.

Bu dunyo ming bitta savdoli bozor,
Kim pulga, kim gulga, kim bir dilga zor,
Baxt qolib bo’ldimmi dardga haridor,
Demakki, gunohim, xatolarim bor.

Allohim hech kimdan shikoyatim yo’q,
O’zingdan o’zga bir himoyatim yo’q,
Ehtimol, yetarli ibodatim yo’q,
Ming afsus, gunohim, xatolarim bor.

Dilshod Rajab
“Hilol” taqvimi 2008/1429 (1)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 16 Fevral 2008, 17:36:26
ҚАДРИНГНИ БИЛ

(Лайлатул қадр кечаси битилган)

Бўлай десанг ҳазрати инсон, қадрингни бил,

Чин инсонлик эмас осон, қадрингни бил.


Паноҳида сақлагайдир парвардигор,

Тавоф этгил, қилма армон, қадрингни бил.


Пасткашлару риёкорлар обрў топмас,

Таъмагирлар юрар сарсон, қадрингни бил.

Она сутин оқламоқ-чун минг умр кам,

Гувоҳ бунга Еру осмон, қадрингни бил.


Соф виждонли кам бўлмағай бу ҳаётда,

Ибрат олгил сен ҳам чандон, қадрингни бил.


Яхшилик боғида яйраб, сайр айлагил,

Тарк этмасин адлу иймон, қадрингни бил.


МеҳÑ€-қадр, иззат-қадр, ҳурмат-қадр,

Ки умримиз ўтар карвон, қадрингни бил.


Дил каломин баён этмиш Баҳодир ҳам,

Аллоҳ мезбон, бизлар меҳмон, қадрингни бил.

Хуршид НУРУЛЛАЕВ
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 16 Fevral 2008, 17:40:00
ХИЁНАТДАН САҚЛАГИН

Имону эътиқод фаришта каби,

Бизни ёмонликдан қилар ҳимоят.

Дўстликнинг муқаддас қонунлари бор -

Уларни бузишдир оғир жиноят.


Минг йилки аслида жиноят эмас,

Хиёнат кемирар инсон бағрини.

Энг оғир жиноят ишонч қозониб,

Сўнгра топтасалар инсон қадрини.


Кимнингдир дилига бердингми озор,

Жазойинг тайиндир, энди ҳушёр бўл.

Бир гўдак жилмайиб талпинса сенга,

Энг оғир жиноят узатмасанг қўл.

Севгилинг умид-ла жавдираб қарар,

Эсингдами, ўшал ваъданглар дея.

Аслида жиноят дамин кесмоққа,

Бир оғиз ширин сўз эрур кифоя.


Жиноят қилмоқчун ўткир тиғ олиб,

Шарт эмас бировнинг кўксига санчиш.

Минглаб зарбалардан даҳшатлироқдир,

Инсонлар кўнглини ноҳақ ранжитиш.


Қонун китоблари семирар ҳар кун,

Инсонлар кашф этган жиноятлардан.

Соғ-омон сақлагин бизни ёй Тангрим,

Қонунга бўйсунмас хиёнатлардан.

Исматулла ЙЎлдошев

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Shukurulloh 17 Fevral 2008, 20:34:06

Haq rizosin tilab hijob tutgan qizlar
Halqning emas holiq lutfin kutgan qizlar
Haq ishqida nozin ichga yutgan qizlar
Pok qalbingiz chin ilohiy hislar tuysin
O'rangan oy yuzingizni Olloh suysin

YOd nazardan qochib parda tutub yuzga
Ibrat bo'lib behayoyu qaro yuzga
Endi hatto tosh otsalar tegmas sizga
Sizga zulm istaganlar o'zin tiysin
O'rangan oy yuzingizni Olloh suysin

Bu ne fayzu karomatkim sirlarga boy
Misli bulut arosida kulganday oy
Or hayoga burkanibdi oydey chiroy
Kiyim kiygan yalong'ochlar rashkda kuysin
O'rangan oy yuzingizni Olloh suysin

Oriyatli oy yuzlarni to'sgan parda
Bir chiroyni tovlatti ming bir chiroyda
Yomon ko'zdan asrasin Olloh har joyda
Betovfiqlar mayli nima desa desin
O'rangan oy yuzingizni Olloh suysin

Muhofaza etib o'zni yod nazardan
Besh mahramni qutqardingiz aHli nardan
Haq lutfiga sazovorsiz tong sagardan
Ochiq sochiq yurganlar ham esin yig'sin
O'rangan oy yuzingizni Olloh suysin

Dunyo sinov haq yolida sobit qolin
Hatarlardan eson omon o'tib olin
Jannat uzra bunda poyondozlar solin
Olloh sizga o'zi chin baht ato qilsin
O'rangan oy yuzingizni Olloh suysin

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 18 Fevral 2008, 16:33:26
Беш иллат бор, қалбни айлагай қаро,
Ўзни асрамасанг, дуч келгай бало:
Кўп ейиш, кўп дейиш, яна ялқовлик,
Беҳуда кулгуга бўлмоқ мубтало.
Ношукрлик бундан ҳам оғир иллат,
Юзни қаро қилгай халойиқ аро.
Илоҳи, булардан асра бандангни,
Охират даштида этма ғамсоро.
Абдулҳамид ПАРДАЕВ
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 18 Fevral 2008, 16:37:29
Қалбни ёритгувчи беш фазилат бор,
Ким уларга соҳиб, Аллоҳ бўлур Ñ‘Ñ€:
Оз емоқ, самимий тафаккур этмоқ,
"Ихлос"ни ихлос-ла Ñžқимоқ бисёр.
Олимлар суҳбатин қадрига етмоқ,
Саҳарларда туриб айтмоқ истиғфор.
Илоҳи, тавбага эш эт қалбимни,
Зикрингда саҳарлар айлагин бедор.
Мосуво этмагин маърифатингдан.
Абдулҳамид ПАРДАЕВ
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 18 Fevral 2008, 16:57:08
YARATGANGA YAQIN BO’LING!

Jonsiz toshga sig’inarmish odamlar,

Alloh buyuk! Kim bo’libdi sanamlar.

Jonimizdan aziz bilib iymonni,

Yaratganga yaqin bo’ling, odamlar!

 

Siz aslida kimligingiz unutmang,

Yolg’iz zotga qulligingiz unutmang,

Iymoningiz – boyligingiz unutmang,

Yaratganga yaqin bo’ling odamlar!


Elmurod NISHONOV
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 18 Fevral 2008, 16:57:44
ALLOHDAN O’ZGA YOR TOPMADIM…

Gohida ezsa gar meni g’am,

Qiynasa goh ich o’rtar alam.

Topilmasa biror-bir hamdam,

Allohdan o’zga yor topmadim…

 

Holim tushunmasa do’stlarim,

Yolg’on desalar rost so’zlarim.

Yig’idan tinmasa ko’zlarim,

Allohdan o’zga yor topmadim…

 

Zulmat ichra chiqmsa ziyo,

Gar sig’masam olamga go’yo.

Izlaganim bo’lsa bir ro’yo,

Allohdan o’zga yor topmadim…


Alisher ISOMIDDIN
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 18 Fevral 2008, 16:58:26
YOPMAGIN YUZIMGA TAVBA ESHIGIN

Olamlarning Rabbi, go’zal Allohim,

So’ng nafasda imonimdan ayirma.

Sening rahmating mo’l, mening gunohim,

So’ng nafasda imonimdan ayirma.

 

G’aflatimda yedim bir ming bitta pand,

Tugadi majolim, qolmadi toqat,

Bir umr ko’zyoshim tinmasin, faqat,

So’ng nafasda imonimdan ayirma.

 

Besh yuz xayol bitta haqqa yetmaydi,

Dunyo ishqi xarjlamoq-la bitmaydi,

Ohh… aqlim yetmaydi, kuchim yetmaydi,

So’ng nafasda imonimdan ayirma.

 

Bilursan, kimlarga kinim-g’arazim,

Sengadir iltijom, Senga niyozim,

Bu davlatu sarvat menga ne lozim,

So’ng nafasda imonimdan ayirma.


GULJAMOL

 
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 18 Fevral 2008, 16:59:13
UYG’ONGANING YO’Q

Olama chiqdi quyosh, uyg’onganing yo’q,

Qilsa ham nurini posh, uyg’onganing yo’q.

 

Lashkari g’aflat xushing tiyra qilubdir,

Bo’lsa ham jisming talosh, uyg’onganing yo’q.

 

Tong mahal qushlar turib zikrida bo’lsa,

Bemajol go’yoki tosh, uyg’onganing yo’q.

 

Besamar o’tsa umr, holing na bo’lg’ay,

Na kerak elkangda bosh, uyg’onganing yo’q.

 

Mubtalo uyqudasan, ibrat ko’zini och,

Bil, mudom bo’lmas maosh, uyg’onganing yo’q.

 

Toatu tasbehda chin sobit qadam bo’l,

Bo’lmasin jurming qalosh, uyg’onganing yo’q.

 

Xilqati odamni xo’b komil yaratmish,

Ko’rki chiroy ko’zu qosh, uyg’onganing yo’q.

 

Ey Olim, tavba bilan solih amal qil,

Tangri bilan qil yarosh, uyg’onganing yo’q.


Olim RAHMONOV

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 18 Fevral 2008, 17:00:08
ABU BAKR SIDDIQ ROZIYALLOHU ANHU QASIDASI

Yo Iloh, lutfing ila kamqutga qut rizq alagil,

Dargohingga sidq ila keldi bu muflis, yo Jalil!

 

Bor ulug’ aybu gunohi, Sen ulug’ aybin kechir,

Chunki bul banding g’aribdur, bir gunohkor, bir zalil.

 

Andin – isyonu utunmoq, ham xato uzra xato,

Sandin – ehsonu karamdur, so’ng atolar xilma-xil.

 

Derki: Yo Rabbim, gunohim qum kabi ko’pdir, O’zing

Bor gunohim avf etib, xush ko’r, chiroyli chora qil!

 

Oh, nadir holim, Ilohim, menda yo’q yaxshi amal,

Ko’p yomon a’molim, ozdir toatim ozug’i, bil.

 

Barcha dardlardan amon et, hojatimni qil ravo,

Chunki bir bemor dilim, Sendan shifo topgay bu dil!

 

Robbim-o, aytgil olovga, menga ham bo’lsin sarin,

“Ey olov, salqinlik o’l!..” deb saqlagan yanglig’ Xalil!

 

Sen-ku Shofiy, Sen-ku Kofiy, barcha ishda, yo Egam,

Sen-ku Rabbim, Sen kifoyat, Sen menga yaxshi vakil!

 

Sen – karamli bir saxiy Zot, ber fazl ganjin manga,

Qil ato qalbim so’rovin, ko’rguzib xayri dalil!

 

Qayda Muso, qayda Iyso, qayda Yahyo, qayda Nuh!?

Sen ham, ey Siddiqi osiy, tavba qil, Mavlong Jalil!


Mirzo KENJABEK tarjimasi
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 22 Fevral 2008, 09:43:24
Tavba deng yo alhazar, ko’rib g’ariblar holini,
Ruxsatsiz olmang also siz o’zgalarning molini,
Bu zamonlar yaratgaydir o’z Rustami Zolini,
Bilib turing har qadamda dushmanu do’st ahvolini.
Olloh-Olloh berdi tole bunda bari g’animat,
Chahoryorga farzandmizu Muhammadga biz ummat,
Dilda Qur’on bo’lsin faqat, tilingizda kalimat,
Gunohkor, ko’ngli qattiq eldin nishondir qiyomat,
Jo’shqin sen harna kelsa barchasin Ollodan bilgil,
Garchi dardmand erursanne’matiga shukur qilgil,
Tarki dunyo etmoqni ko’nglingga tutmagil also,
Hamdu-sanoga bosh qo’shib bag’ringni pora tilgil.

Mahmud Jo'shqin


Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 22 Fevral 2008, 09:43:56
Yaratganga shukur ayla, ey odam,
Yerga jo bo’lgaydir hamma damo-dam,
Ezgu niyat bo’lsin har bosgan qadam,
Kechir meni, kechir tangrim, Ollohim,
Men sendan so’rayman, sendan gunohim.
Yo’lga solsa seni shaytoni la’in,
Yo o’zing bosh qo’ysang unga atayin,
Axir seni borar joying ham tayin,
Kechir meni, kechir tangrim, Ollohim,
Men sendan so’rayman, sendan gunohim.
Oxir mahshar kuni nomalar bitgay,
Sahobalar senga qo’llarin tutgay,
Kim do’zax, kim jannat tomonga ketgay,
Kechir meni, kechir tangrim, Ollohim,
Men sendan so’rayman, sendan gunohim.
Jo’shqin yaratganga doim faryod qil,
Bacha ham mehmondir dilingda yod qil,
Oxir borar joying bog’in obod qil,
Kechir meni, kechir tangrim, Ollohim,
Men sendan so’rayman, sendan gunohim.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 22 Fevral 2008, 09:44:34
Kelding bu hayotga umid bilan gar,
Orzularning senda yo’qmidi magar,
Seni odam demay qo’ysalar agar,
Bundan ham yomonroq xo’rlik bormikan?
Farzanding davomching ko’rnamak bo’lsa,
Kishi bilmas bag’ring qonlarga to’lsa,
Do’sting ham dushmaning ustingdan kulsa,
Bundan ham yomonroq xo’rlik bormikan?
Xiyonatga yuzin bursa ayoling,
Doimo sinsa gar shirin xayoling,
Zaqqumga aylansa tomchi ziloling,
Bundan ham yomonroq xo’rlik bormikan?
Jo’shqin tengbarchaga seni himmating,
Qilgan ishing uchun yo’qdir minnating,
Lekin qolib ketsa barcha mehnating,
Bundan ham yomonroq xo’rlik bormikin?

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 22 Fevral 2008, 09:45:12
Menga oltin bilan kumush kerakmas,
Ma’nosi bo’lmagan turmush kerakmas,
Oxiri foydasiz ish kerakmas,
Yonimda ishongan bir do’st bo’lmasa.
Adam sahrosida sulton bo’lmayman,
Qudratim yetsa gar xiroj to’layman,
Kimga ham men yig’lab, kimga kulayman,
Yonimda ishongan bir do’st bo’lmasa.
Jo’shqin hayotingdan nolima also,
Do’stingni yaratgay Tangri taolo,
Xudodan boshqa do’st yo’q sengaki illo,
Yonimda ishongan bir do’st bo’lmasa.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 22 Fevral 2008, 09:46:23
Taqdirga tosh berding o’zing Xudoyim,
Ko’zimga yosh berding o’zing Xudoyim,
Dard berding sabrimu toqatim birla,
Menga bardosh berding o’zing Xudoyim.
O’n sakkiz ming olamni Parvardigoti,
Qo’lingda qishu yoz, kuzu bahori,
Yaxshi-yu yomonni bordir gunohi,
Barchaning yagona quvvat madori.
Yulduzlar izmingda, izmingda osmon,
Bu ahli basharu, bu ahli jahon,
Kimning ko’ngli yarim, kimdur bus-butun,
Senga bosh egadi mo’min-musulmon.
Jo’shqin, senga doim madhiya bitar,
Yaxshiyu-yomon ham bir kuni ketar,
Shukur aylab aytsa har kuni tavba,
Shubhasiz oxir u murodga yetar.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:25:53
Savqi Safo
Jannatdan so’zlasa sodiq musulmon,
Jannatdan kezganday tasvirlar, beshak.
Ishonar – ne va’da aylagan Qur’on,
Bu esa mustahkam iymondan darak.

“Bandalar gunohdin avf ayla, Xudo!”
Deb mahshar kunida so’rar payg’ambar.
U bizga qalqondir mahsharda, ammo,
Dilimizda shubha in qurmish magar.

Abadiy makondan yangicha hayot,
Tarzini bildirdi, bilib bu sirni.
Men yakka navjavon bo’lib shu zahot,
Bo’ynimga bog’ladim ushbu zanjirni.

Bag’rimni to’ldirib, dilimga orom,
Baxsh aylab turibdi samoviy lazzat.
Qo’limda kavsarning suvi to’la jom,
Ro’paramda esa abadiy jannat.
 
Gyote “G’arb-Sharq” devonidan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:26:31
Har balo – dardga chidarman
Voh, demay sobir bo’lib,
Norizolik ortar o’zdan,
Dildagi zohir bo’lib.
Tingladim, alqar baliq ham
Ta’ma qilmas kimsani,
Olqish aytar qurtu qushlar
Chiriqirab, sohir bo’lib.
Bir qiyin kunga qolibman,
Yolg’izim nedur manim,
Ishga lanju so’zlamakka
Beadad mohir bo’lib?
Garchi ravshan menga kundek
Noumid – shayton erur.
Lek ko’ringay har saharda
Bu zamon oxir bo’lib.
Dil qolib bir chetda, ohkim,
Yo’lga kirdim, deydi til,
Bilganim shu, bilmasim ham
Senga qolmas sir bo’lib.
Ul kishi holidan, Alloh,
Saqlagil, bergil amon –
Uxlagay muslim bo’lib gar,
Uyg’onar kofir bo’lib!

A’zam O’ktam

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:26:52
Tongda erkin, hur keturman,
Quldek kelurman shomda.
O’zni ne deb oqlagayman
So’rsa ulug’ ayyomda.

Bosh egarman necha dinsiz
Hukmiga men, bo’ylakim,
Uyda qilgayman ibodat,
To’ng’iz turibdur tomda.

Kecha bezsam men ulusdan,
Bezdim o’zimdan ham bugun,
Endi aslo qolmadi farq,
Ozor ila oromdan.

Bo’ynini bir hidlaganga
Aylanur bosh shunchalar.
Oxiri ne bo’lsa – bo’lsin,
Ko’z birla dil ul jomda.

Bas qil emdi, har so’zingda
Bitta ta’na, iddao,
Hatto minnat aylamak ham,
Noravodir islomda.

A’zam O’ktam

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:27:48
Iltijo

“Agar odamlar sizga xiyonat qilgan bo’lsalar, bas, ular ilgari Ollohga ham xiyonat qilgan edilar”. “Qur’on”ning “Anfal” surasi, 71-oyat.

Jonga tegdi bundayin yashash:
Atrof to’la o’g’ri, riyokor.
Ko’pi fosiq, ko’pi fohisha,
Nechun qilding bularga duchor?
Xotin erga xiyonat qilar,
Axlat ichra ingraydi go’dak.
Birovlarga keltirar davlat,
Yetimlarning haqini yemak.
O’g’il boqmas ota gapiga,
Qizlar tegar so’ramay nasab.
Aylantirar ko’kni chapiga
Qo’yib bersang sohibi mansab.
Qonunlarni toptar akamlar,
Xalq mulkiga bo’g’zi- tegirmon.
Qora atab oqni hakamlar,
Pora olib chiqarar farmon …
Olloh!Bugun qiblaga boqib,
Sendan imdod tilayman, mana:
Zaminni pok ko’rayin desang,
Muhammadni qaytargin yana!

O’roq Said.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:28:07
BIR SHE’R BITSAM …

“Qanday yaxshilik qilsngiz ota-onaga, qarindosh-urug’ga, yetim-miskinlarga va yo’lovchi musofirlarga qilingiz”.         
(“Qur’on suralaridan 215 -oyat)

Navoiyga taqlid qilmay men,
Boburdan ham iqtisbod etmay.
Shu qarorga kelsam-da, lekin
O’zga yo’lni topmasam netay?
Qayga boqmay:shohu gadolik,
Nohaq yashar jannat arkida .
Yuzlab kitob varaqlab chiqib,
Ko’rmadim haqni erkida.
Loflar urdik:tenglik,kommuna
Asrimizda biznikidir deb.
Ammo,mana,ko’zim o’ngida
Yashar puldor xor -zorlarni “yeb”.
Boshim guvlab o’ylayman bu kun:
Bir she’r bitsam soflikka chorlab.
O’sha she’rim xuddi bayroqday
El ko’nglida chaqnasa porlab.
Unda bo’lsa imon,e’tiqod,
Haramlardan jirkanish bo’lsa.
O’qiganlar yuragi faqat
Ezgulikka limmo-lim to’lsa.
Buning uchun Aflotundan ham
Bo’lmoq lozim ilmga boyroq.
Bir bayroq she’r bita olmasak,
Qilmoq lozim “Qur’on”ni bayroq!    O’roq Said.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:28:41
“Agar Olloh huzurida oxirat diyori – jannat – boshqa odamlarsiz, faqat sizlarniki bo’lsa, u holda rostgo’y bo’lsangiz yuz o’lishni orzu qiling”. “Qur’on”ning “Fotiha’ surasi, 94-oyat.


Iymonimiz bozorda pullab,
Ollohni ham chiqarib yoddan.
Munofiqlar amrini qo’llab,
Parvo qilmay do’zaxu o’tdan,
Yolg’on-yashiq so’zlab har kuni,
Boylik deya urib o’zimiz,
Ayyorlikda aldab tulkini,
Dunyo yig’ib to’ymas ko’zimiz.
Oxiratni o’ylab ko’rishga,
Bizda yo’qdir fursatu toqat.
Hatto ilm durin terishga
Sabrimiz yoq, chopamiz faqat.
Harom luqma, o’g’rilik ila
Semiramiz tanimiz shishib.
Sezmaymizki, nafsimiz sabab,
Ketayapmiz yuz tuban tushib.
Bir kun ajal yoqamiz tutsa,
O’shanda ham qarg’ab Xudoni,
Gunohimiz tog’dek bo’lsa ham,
“Qaytar – deymiz, - ushbu baloni!”
Bitib oxir nomai a’mol,
Lahad uzra enamiz bir kun.
Jonimizga yetkazib jafo,
Do’zax ichra yonamiz har kun!
Oxirat bor, jon bermak haqdir,
Bundan qochib qutulmas hech kim.
Bu dunyodan ketadi axir
Har shohu har Luqmoni Hakim!
Me’roj kunin orzu qilib yur,
Doim shay tur ajal oniga.
Haq yo’lidan yurganga – huzur,
Toygan – tushar do’zax domiga! 

O’roq Said.


Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahzunabonu 27 Fevral 2008, 18:48:09
YO RASULALLOH!
Odam Ato boshlab bergan manhajni
Aylagan qabulsiz, yo Rasulalloh.
Tasdiqlab shahodat kalimasini,
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Me`rojga "marhaba" deb ko`tarilgan,
Yig`lagan Musoni ovutib ketgan,
Iysoni eng yaqin birodar tutgan
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Halilulloh bo`lmish Ibrohimga ham
Salovat aytishga undagan odam,
"Namoz - ko`zim nuri" degan so`nggi dam
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Og`ir yo`llarda ham bosib ming tikan
Har lahza ummatning qayg`usin egan,
So`nggi lahzada ham "Ummatim" degan
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Ba`zilar sunnatdan voz kechib ketmish,
Siz aytgan firqalar bo`ldilar etmish...
Bashar garchi turli yo`llar kashf etmish,
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Bilaman, dahshatdir tirilguvsi Kun!
Sizga izn bo`lgay shafoat uchun,
Tavhidni tutganlar salomat butun...
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Tinmagay ummatning tilovatlari
Qur`on taratmish hush tarovatlarin.
Allohning salomi, salovatlari
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahzunabonu 27 Fevral 2008, 18:49:10
 
PAYG`AMBARNI TANIMAGANLAR

Kimda ong bor, shul hitobni tinglasin,
Garchi yuzin turfa niqob to`sganlar:
Alloh yo`lin qaerdan ham anglasin
Payg`ambarin tanimayin o`sganlar?!

Kashf etganin bilar kim yupiterni,
Zardusht o`ylab topgan ming asortirni,
Elka qisgan bilmay Abu Bakrni
Payg`ambarin tanimayin o`sganlar?!

Odillikda "Pyotr bir"ni o`rnak der,
Ul tarihni yig`lab-yig`lab ko`rmak der,
Umar haqda aytilganni ertak der
Payg`ambarin tanimayin o`sganlar?!

Kimning qaysi shajaradan chiqishi
Unga hushdir, bor erur qiziqishi,
Usmon bilan bir chaqalik yo`q ishi
Payg`ambarin tanimayin o`sganlar?!

"Alloh bir", deb tavhid uchun yig`lamas,
Eng haqiqat yo`lni ko`ngli hohlamas,
YO Ali, deb shirk keltirar har nafas
Payg`ambarin tanimayin o`sganlar?!

Otasiga bemehr-u, toshbag`ir,
Onasiga bergan joyi hujradir,
Oyisha onam, desang, hayrat ichradir
Payg`ambarin tanimayin o`sganlar?!

Qiyomatni ertak deb urgan ham,
Majlislarda Alloh yo`q deb yurgan ham,
Botil yo`lni qalbga oshno ko`rgan ham
Payg`ambarin tanimayin o`sganlar?!

Ularga haq so`zni aytma, bo`lmas naf,
Barbir istab ketarlar boshqa taraf,
Ko`ngling buzar, dinga qarshi tortib saf
Payg`ambarin tanimayin o`sganlar?!

Tinglama bas, yolg`onga g`arq so`zini,
Istama eng og`ir payt ham yuzini,
Mushkul erur tanishi ham o`zini
Payg`ambarin tanimayin o`sganlar?!

Orzulari bir kun eldir, tutundir,
Istaklari bir tomoqqa yutumdir,
Qiyomatda jahannamga o`tindir
Payg`ambarin tanimayin o`sganlar?!
 
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahzunabonu 27 Fevral 2008, 18:50:45
Акл берди Оллох, инсоф эмас - му?
Берган риски унинг исбот эмас - му?
Оллохим зор эмаса ибодатингга,
Синов учун бергандир хаётни сенга.

Умрингни бахш этма дунё молига,
Вакти келиб шайтон кулар холингга,
Гар умринг сарф этсанг Оллох йулига,
Баробар булмайди кузнинг нурига.

Эй банда кузинг оч, гафлатда колма,
Адашган йулингга иккинчи кайтма.
Аклинг бор, уйлагин шукурона килгин,
Халолни - харомдан айиргин, билгин.

Ганимат умрингдан ибодат килгин,
Мухаммад йулини давом эттиргин
Шеръят бобидан суз очсам агар,
Юрагимга санчилар бир огир ханжар.

Куфр не, мумин не, килганда баён,
Тангрим рахмонлиги булади аён.
Гар калам тебратмас ислом динидан,
Илхом бергай тангрим илм конидан.

Динимиз илмидан берайин хабар,
Куфр бандалар - чи, бундан бехабар.
Оллохнинг каломи конуни биз учун,
Адашганлар тугри йул топмоги учун.

Расулнинг хулкидур хаммага ибрат,
Ояту - хадисда туликдир хаммага ибрат.
Хар кимнинг коидасини билингиз дустлар,
Тажвийд билан куръонни укингиз дустлар.

Оллохнинг каломин хурмат килингиз,
Илм олиб доимо амал килингиз.
Куръонни севингиз калбингиз билан,
Оламга нур сочинг илимингиз билан.

Куръон бир неъматдур бахоси йукдур,
Унинг бахосини Оллохим билур.
Куръон бир неъматдир бахоси йукдир,
Унинг бахосини Оллохим билур.

Куръон укиб кирку йилда тугун олдилар,
Мунофиклар Оллох сузини пулга сотдилар.
Куръоннинг кадрига жохиллар етмас,
Бир харифига бутун умри баробар булмас.

Олимлар йигилса хато тополмас,
Шу каби бирорта оят ёзолмас.
Кадрин билинг дустларим куръон аълодур,
Бошдан оёк Оллохга хамду-санодур.

Фарзандинсевгувчи ота-оналар,
Омонат берилган бу угил - кизлар.
Туккан билан хар ким она булолмас,
Омонатга хиёнат инсофдан эмас.

Фарзандга куёшдек мехрни беринг,
Одобу ахлокдан тарбият килинг.
Куръону хадиснинг таълимини беринг,
Оллоху - расулнинг хабарин беринг.

Гулдай фарзанд берган Оллох парво килмайсиз,
Бир кун жавоб берганингиз уйлаб курмайсиз.
Отаману-онаману деб магрур буласиз,
Фарзандингиз богчада, бегам юрасиз.

Богчадаги тарбиячи диндор буларму?
Халолу харомнинг фаркин биларму?
Киёматда тарбиячи бирга буларму!
Фарзанд учунурнингизга жавоб берарму?
Омонатга хиёнат хеч хам кечилмас,
Фарзанд учун хисоб бермай хеч ким кутилмас.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 28 Fevral 2008, 15:27:45
Ey, dunyoga mashg'ul bo'lgan zot,
Cheksiz orzu aldar xar maxal.
G'ofillikda yurarsan naxot-
Xatto senga yetganda ajal.
O'lim kelar bir kun nogaxon,
Amallarnig sandig'idir-qabr.
O'lim ajal bilan yonma-yon,
Qil dunyonig azobiga sabr.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahzunabonu 28 Fevral 2008, 15:44:24
Ollohim ko`rsatgin, olov azobin,
Badanim gulhanda qizdirgin bir dam
Suvsiz qoldirgin, qiynagin sokin
Suvsizlik dahshatin bilayin men ham

Shunchalr qiynaki, tushunayin ohir: -
Gunohning ajrini, qahringni Olloh.
Do`zahning taftini aylagin zohir
Iymonga kelsin deb notavon, gumroh

Sinoving oson qil, qiynama meni
Yaqinlar umrini etmasdan hazon
O`zimga ber azob, ko`rmayin uni
Judolik qayg`usi emas (e)kan oson

Yoki, ber aqil topmoqqa Iymon
Birovlar ibratin ko`rgan mahal
Kitobing anglayin o`qigan zamon
Badbaht qavmidan bo`lmasdan amal

Imtihon tongida kuydirma Olloh
Shaytondan asragin qalbu iymonim
Qo`ymagin bandangni qilmoqqa gunoh
Quvvat ber nafsimga, o`zing panohim.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahzunabonu 29 Fevral 2008, 01:36:45

ISLOM

Iskandarlar o‘tdilar
Ustunmiz deb dunyoga,
Dorolarning toj-taxti
Sig‘may qolmish sarpoga.
Oqibat-chi, hech kimsa
Yuz tutolmay riyoga,
Baralla jar solmishlar
Tugayotganda hayot:
Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot!

Chingizlarning yalong‘och
Qilichlari ostida
Ne-ne yaloq shoirlar
Aytib o‘tmish qasida,
Insof bo‘lsa qaniydi
Hech qursa bittasida,
O’layotgan chog‘ida
Yozardi haq bir bayot:
"Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot!"

Ne-ne tuzumni ko‘rdik,
Parokandasi chiqqan,
Eng aqlli zotlarin
Zulmat qa’riga tiqqan,
Zolimlar ham oxiri
Bu zulmdan toliqqan
Ahvolida dunyoga
Hayqirganmish: "Oh nahot
Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot?!"

Ha, shundan boshqa yo‘lni
Axtarganlar nodondir,
Ularning buguni bor,
Ertasi pushaymondir,
Ular uchun mahsharda
Manzil o‘zga tomondir,
O’ng tomondan kelgani
Nodonlarga erur yot,
Chunki inson uchun yo‘q
islomdan boshqa najot!"

Basriyni dor ostiga
Olib kelgan ummat bu,
Hanbalni sudray-sudray
Holdan tolgan ummat bu,
So‘nggi lahzada aniq
Haqni bilgan ummat bu:
Tugadi jami ozor,
Bundan katta yo‘q sabot:
"Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot!"

G’arb dunyoga hukmron
Uxlaganda mo‘minlar,
Dunyo tinmay zavqlandi
Yig‘laganda mo‘minlar,
Ozgina din deb qalbin
Tig‘laganda mo‘minlar
Bir shior dunyo uzra
Tinmay qoqqandi qanot:
"Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot!"

Kim qanday yo‘l o‘ylasin,
Barchasi botil bo‘lgay,
Insoniyat umriga
Aniqki qotil bo‘lgay,
Islom ketsa zamindan
Zulm muqobil bo‘lgay,
Yer ustini egallar
Bid’atlar-u xurofot,
Chunki inson uchun yo‘q
Islomdan boshqa najot!!!

Aqlin pesh qilib chiqqan
Daholar ham kazzobdir,
Ular tutgan botil yo‘l
Ko‘z o‘ynatgan sarobdir,
Bu g‘o‘r maslakka taqlid
Qilgan odam harobdir,
Garchi uning oldida
Mingdan ziyodroq sirot,
Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot!"

Alloh kalomi tinsa,
Demak, hayot bitgaydir,
Dunyoni olib keling,
Undan fayz ham ketgaydir,
Bir manzilga ming yo‘lmas,
Bir to‘g‘ri yo‘l eltgaydir
Xulosam shu, azizlar,
O’zni aylamang barbod,
Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 04 Mart 2008, 11:01:52
Эй нонкўр бадбахт нафсим,
Нега қалбинг мунча тош?
Чиқмай қолди кўзимдан
Ҳаттоки бир томчи ёш.

Йиғланажак ҳолингга
Қаҳ-қаҳ отиб куласан.
Давом этса шу феълинг,
Минг пушаймон бўласан.

Роббим Қуръонда айтмиш:
“Кам кулиб, кўп йиғлангиз”
Буни уққан мўминнинг
Кўзи ёшлиғ бўлмасми?

Ҳақ Набий: “Мен билганни
Билганингизда эди,
Кўп йиғлаб, озроқ кулган
Бўлар эдингиз”, деди.

Тавба қилмай, кибр этган
Шайтонга бўлди лаънат.
Йиғлаб надомат қилган
Одам топди мағфират.

Паноҳ тилади Расул
Ул Раҳмати чексиздан
Асра дея қўрқувсиз
Дилу йиғламас кўздан.

Яна панд айлади ул
Роҳматан лил-ъаламин,
Икки кўз борки, кўрмас
Дўзах азобин-ғамин:

Бири юрт сарҳадида
Душманни пойлаган кўз.
Бири эса хилватда
“Аллоҳ” деб йиғлаган кўз.

Бир томчи кўз ёш тўкмоқ
Афзал кунлаб кулишдан.
Кўп кулги зўр қуролдир
Қалбларни ўлдиришда.

Фараз қил, сен йўлингда
Учратдинг икки бола.
Бири кулиб турса-ю,
Бириси қилса нола.

Кулганга парво қилмай,
Йиғлаганга боқасан.
Дардин сўраб, меҳÑ€-ла
Ўрдамга ошиқасан.

Ибрат билан қарагин,
Қандай бу йиғлаган қалб
Кўздаги ёши билан
Шафқатингни қилди жалб.

Худди шундай банда ҳам
Агар йиғласа чиндан,
Раҳмати Илоҳийни
Кўрар ўзига ҳамдам.

Фақат йиғламоқ лозим
Доду фарёд қилмасдан.
Чин дилдан сокингина,
Ҳеч кимга билдирмасдан.

Оҳингни инсонларга
Шикоят тарзидамас,
“Вой гуноҳим на эди”,
“Энди тамом”, деб эмас.

Балки дарду ғамингни
Аллоҳга изҳор этиб,
Қўрқув ва умид билан
Ўзни жуда хор тутиб,

Уни Султон билгину
Ўзингни эса гадо.
Дуо этиб ёлворгин,
Фарзларни қилиб адо.

Зеро, Султонга лойиқ
Тилакни этмоқ бажо.
Ожиз гадога эса,
Кўз ёш, нола-илтижо.

Даврон ҚОБИЛ
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 04 Mart 2008, 11:04:28
Тонг

Саҳар ўтиб кетмасин дейман,
кўксимда урилиб туради –
бир қўрқув, ғамини хуб ейман,
кўксимдан кўзимга юради.

Очаман, шарпамас, улкандир,
одамдан, оламдан, жаннатдан.
Покиза кўнгилдан ул камдир,
ул камдир ризою раҳматдан.

Уйқуда ўтмасин бу саҳар, -
ғафлат заҳарида тўлғониб,
Бу тонгда донг қотган бесамар
қуёшни кўрмасам уйғониб!


Йўлдош ЭШБЕК
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:29:08
Sahar vaqti yotmang, tilak chog’idir,
Umr yeldek kelib-kechar, yoronlar,
Ajal-soqiy yurar, qo’linda jomi,
Ul maydan xaloyiq ichar, yoronlar.

Umr kelib-kechar, besh kun davrondir,
Besh vaqt namoz Haqdan bizga farmondir,
Jon qushi bu tanda besh kun mehmondir,
Parvoz etib, bir kun uchar, yoronlar.

Odamning aslini so’rsangiz, loydir,
Yuz ming yil yashasang, bir kuni voydir,
Bu dunyo bilsangiz, ko’hna saroydir,
Xaloyiq karvondir, ko’char, yoronlar.

Doimo Haq yodi bo’lsin so’rog’ing,
Safar qilmoq kerak, tutgil yarog’ing,
Bu dunyoda qancha yonsa chirog’ing,
Ajal yeli tegib, o’char, yoronlar.

Bu dunyo, bilsangiz, hoyu havasdir,
O’larsiz, oqibat barcha abasdir,
Bu dunyo mo’minga zindon-qafasdir,
Qaro yer barchani quchar, yoronlar.

Sen o’lgandan keyin qolgan zuryotlar,
O’g’il-qizing, barcha qilar “hayhot!”lar,
Kafaning bo’ynigga bichar hayotlar,
Oxirat uyini ochar, yoronlar.

Maxtumquli, tahqiq, bilgil o’larni,
Chunki ko’rgan yo’qdir o’lmay qolarni,
Tangrining haqiqat sevar qullari,
Dunyoni ko’rganda qochar, yoronlar

Maxtumquli
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:29:58
Ey yoronlar, musulmonlar,
Omonatdir, jon aylanmas,
Sog’likka yo’qdir e’tibor,
Tut misol, mehmon aylanmas.

Kimdir sahar turar birdan,
Kimdir bosh ko’tarmas yerdan,
Shaydo dilli go’zallardan,
Tish ketar, zabon aylanmas.

Baland tog’dan haybat ketar,
Yerlardan barokat ketar,
Rum shahrindan quvvat ketar,
Ustoda do’kon aylanmas.

Azroyil yo’l ochar bir kun,
Jon sharbatdan ichar bir kun,
Erdan davron kechar bir kun,
Ot o’lar, maydon aylanmas.

Shariatdan ayri qolmang,
Haq ishiga sustkash bo’lmang,
Odam o’g’li, g’ofil yurmang,
Ko’ch ketar, karvon aylanmas.

Benamoz, uchrarsan g’amga,
Unda doding yetar kimga?
Unda zo’r bersang chilimga,
Jasadda iymon aylanmas.

Maxtumquli, budur iqror,
Haq yo’linda turar chin yor,
Kimning izinda o’g’il bor,
Kimdadir nishon aylanmas.

Maxtumquli
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:38:43
Shodon demang, labim kular, dilim vayron,
Ziyosi kam siyratimdan xavotirim.
Jayron kabi jonim uchun hushim hayron,
Sayyod ila suhbatimdan xavotirim.

Tinim bilmay zulm qilar makkora nafs,
Otash sari yetaklaydi hoyu havas,
Savoblarim gunohimga kelgaymi bas,
Kecha-tunlar g’aflatimdan xavotirim.

Umr shamdek yonib-yonib tugar oxir,
Ikki malak yelkam uzra mudom hozir,
Neki amal qilgan bo’lsam, bari zohir,
Menga hukm-hujjatimdan xavotirim.

Fano ichra intihosin topsa yo’lim,
Shahodatni aytarmikan sarkash tilim,
Borar joyim bo’larmikan sokin, so’lim,
Qabr tomon hijratimdan xavotirim.  Nurmuhammad Shoyoqub.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:39:31
Poklanmoqqa suv eltar ariq,
Qaldirg’ochlar tushirar takbir,
Sajdadan bosh ko’tarmas poliz,
Tandir – yuvosh duogo’y kampir.
Teraklar – saf tortgan yigitlar,
Makkajo’xorilar – bir maydon ayol,
Yo’rgaklangan bola quchoqlab,
Shukr namoziga saflangan.

A’zam O’ktam
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:41:11
Seskanmay shum nafsning xohishlaridan,
Mast bo’lib shaytonning olqishlaridan,
Qo’rqmasdan mazlumning qarg’ishlaridan,
Kechamiz o’tdi…

Ruhimiz xastayu qo’ymasdan malham,
Dunyo deb erta-kech chekaverdik g’am,
Hayot-chun uyg’ongan xavotirlar ham,
Bugun o’tmoqda…

Imon yaproqlari to’karmi shamol,
Qalbdagi ishonchlar toparmi zavol,
Jaholat botqog’iga botib bemalol,
Erta ham o’tarmi?!

Nurmuhammad Shoyoqub.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:42:01
So’zlar sehri sehrlabdi yuragimni,
Do’stlar mehri muhrlabdi tilagimni,
Havoi nafs o’g’irlabdi keragimni,
Bo’m-bo’sh qolgan tanim bilan avvoraman.

Bahor husni quvontirib ko’zlarimni,
Dunyo uchun sarf etibman so’zlarimni,
Asray olmay hurliqoday hislarimni,
Shayton otlig’ g’anim birla avvoraman.

Yo Rabb, manim ilinjlarim toatingdan,
So’ragumdir fazlu karak, izzatingdan,
Shafe qilgil, umidvorman rahmatingdan,
Tog’day ulug’ g’amim birla avvoraman…

Nurmuhammad Shoyoqub.



Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:42:51
Allohim, amringga bo’yin eggan dam,
Tanimni chulg’aydi shirin titroqlar,
Uyg’ongan bahorday ruh bo’lar ko’rkam,
Qalbimni tark etar uyqu, mudroqlar.

Allohim, amringga bo’yinsungan on,
Go’yoki barg yozar dilim kurtagi,
Behisht bo’yin tuyib rohatlan ey, jon,
Bunchalar maftunkor zikrin bezagi.

Nurmuhammad Shoyoqub.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 05 Mart 2008, 10:47:29
Jahonda noshukur ulfat ko’p bo’lar,
Bergan oshing ba’zan tala-to’p bo’lar,
Devqomat chinorlar bir kun cho’p bo’lar,
Tilida boshqayu, dilida boshqa,
Qo’lin senga cho’zgan insonlar yashar,
Yalmog’iz dunyoni etagin tutgan,
Hattoki o’zining nomin unutgan,
Tirik, ammo qachondir dunyodan o’tgan,
Tilida boshqayu, dilida boshqa,
Qo’lin senga cho’zgan insonlar yashar.
Jo;shqin, ehtiyot bo’l, bu qavmu qomga,
Zahar ham qo’sharlar qo’lingda jomga,
Yo’lingda boqmagil halol-haromga,
Tilida boshqayu, dilida boshqa,
Qo’lin senga cho’zgan insonlar yashar.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 05 Mart 2008, 10:48:38
Duoga qo’l ochsa bir kuni otang,
Senga yurak bergan munisa onang,
Kam bo’lmaysan also ikki dunyoda,
Mubork bo’lgusi senga zamonang.
Doimo yoningda Xudo yor bo’lgay,
Imomu Payg’ambar, madadkor bo’lgay.
Ochilgay sen uchun jannat eshigi,
Hatto yopilgaydir do’zax teshigi.
Sen oson o’tgaysan Pulisirotdan,
Muruvvat aylagay osmon beshigi.
Doimo yoningda Xudo yor bo’lgay,
Imomu Payg’ambar, madadkor bo’lgay.
Jo’shqin, sen doimo Qur’onni yod qil,
Junun sahrosida mayli faryod qil,
Xudoning oshog’I bo’lgin umrbod,
Mo’minu-musulmon holi zuryod qil.
Doimo yoningda Xudo yor bo’lgay,
Imomu Payg’ambar, madadkor bo’lgay.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 05 Mart 2008, 10:49:48
Kezib sahrolarni sarson-sargardon,
Ollohim bo’lsam ham men nuri zindon,
Javob izlab borurman oxir-oqibat,
Zabon berdi Xudo she’rim suhandon
Go’yo olovingga bo’lib parvona,
So’ylab bormoqdadir Mshrab devona.
Yig’lab-yig’lab ikki jahon dardini,
Aytib borar izlab o’zin qadrini,
Bosib ketdi dunyoni ko’p nomardlar,
Axtarib boryapti o’z hamdardini.
Tangri faqat noming aytib so’zona,
Izlab bormoqdadir Mashrab devona.
Shayton la’inga ming o’qib la’nat,
Xudoga bandaman, Rasulga ummat,
Yaratgandan so’rab qadriga shona,
Bu foniy dunyoda ishq o’zi qimmat,
Vafo qilmagay deb oxir zamona,
Yig’lab borayotir Mahrab devona.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 05 Mart 2008, 10:50:57
Farishtalar uchgay osmon qar’ida,
Kimlarni ruhlari so’raydi madad,
Sakkizta jannatu kavsar bag’rida,
Do’zax olovida kimdur beadad.
Nomamni sen qaysi qo’ldan berursan,
Ne bilay taqdirni toshdan terursan,
Iymondin kechgandan emasman Tangrim,
Ro’zi mahshar gunohimdan kechursan?!
Sahobalar qo’llarimdan tutganlar,
Karomating o’ngu-tushda kutganman,
Sajdagohim, qiblagohim bosh egib,
Men o’zimni bu dunyoda unutganman.
Do’zaxiylar meni dahriy etmangiz,
Chap qo’limdan nomalarni bitmangiz,
Men ham jannat eshigiga kelganman,
Kech gunohim, menga azob bitmangiz.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 05 Mart 2008, 10:51:44
Bevafo dunyoni dunyoligi bor,
Ko’ksimda qolmasun armon yig’layman,
Qurigan daryoni daryoligi bor,
Ko’z yoshim bo’larmu darmon yig’layman.
Yaratganning o’zi shohid bo’lgaydir,
U kunni ohingga joma to’lgaydir,
Tug’ilgan baribir bir kun o’lgaydir,
Umrimni yemasin gumon yig’layman.
Choriyor suhbatim quvvat-madorim,
Sog’inganim Olloh mangu qarorim,
Tongda yetib borsin senga oh-zorim,
Hech qachon ayirma iymon yig’layman.
Jo’shqin ro’za, namoz ham ayla zakot,
O’ti bu dunyodan necha ulug’ zot,
Barcha lazzatlardan bo’lgaysan ozod,
Bo’lg’usi barchaga farmon yig’layman.

Mahmud Jo'shqin

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 05 Mart 2008, 10:52:50
Dunyoni yaratdi Tangri taolo,
Basharni yaratdi nur himmatlari,
Go’yo behabarday yurmagin illo,
O’zingdursan Muhammad ummatlari.
Barhaq erur yolg’iz olamda Xudo,
Savobu gunohing o’zingda paydo,
Istig’for aylagil tong bilan nido,
O’zingdursan Muhammad ummatlari.
Jo’shqin, bu dunyoni yaxshila xulqing,
Bundan seni olib ketarga mulking,
Savobdir-savobdir, takrora bilgil,
O’zingdursan Muhammad ummatlari.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 05 Mart 2008, 10:53:29
Roviy so’zlar bir vaqt bani odamzod,
Harom bilan yashar edi bu hayot,
Gunoh bilan to’lgan edi yer yuzi,
Qolmagandi na nomusu or-uyot.
Yer yuzini suv bosdiyu, tog’ bosdi,
Yulduzlarga hatto gunohin osdi,
Oshib ketdi bandalaring qilmishi,
Gunoh bilan to’ldi hatto yer osti.
Yorildi yer, Alloh dardin tingladi,
Bashariyat o’z gunohin angladi.
Vahiy keldi, rasul bo’ldi Muhammad,
Odamzod to’g’ri yo’lni tanladi,
Dedilarki, biz ummatmiz, qolurmiz,
Doimo biz Qur’onni yod olurmiz,
Qilgan gunohimiz tavba-tavbada,
Yaratganga yorug’ yuzda borurmiz.
Jo’shqin, Roviy so’zlariga quloq os,
O’ylab-o’ylab ostonangga qadam bos,
Roviy so’zi haqiqatning negizi,
Ikki dunyong, obodiga shu asos.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 05 Mart 2008, 10:54:20
Siz Ollohdan qo’rqingiz, siz Ollohdan,
O’zingizni asrangiz har gunohdan,
Tangri o’zi sizga rizqu-ro’z berdi,
Joy izlamang nogoh yolg’on panohdan.
Yaxshilikni bilmasangiz dunyoda,
Hech bo’lmasa niyat qiling yaxshilik,
Siz Ka’baga bormoqlikni piyoda.
Jo’shqin yaxshilik qil, umringda illo,
Bemor bo’lsang hamki, g’am yema also,
G’amxo’ring Xudodir, dard berar ekan,
Yaxshi ko’rgan bandasiga Taolo.

Mahmud Jo'shqin

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 15:55:01
Nola qilayotir bir mo’min bandang,
G’ariblik devonin kechgan bu ummat,
Haqgo’y Olloh o’zing bergan chin va’dang,
Umrimda oyatu hadising qimmat.
Men qanday odamman agar umrida,
Takya qilibon yolbormasam gar,
Nomingni tutmasam yurak qo’rimda,
Borliging his etib bilmasam agar.
Besabr, noshukur bandalaring ko’p,
Alarni diliga sen bergil nido,
Bardoshin yo’qotgan qahri qala-to’p,
Shunday olamondan saqla ey Xudo.
Jo’shqin, oqar daryo umring besamar,
O’tmasin, so’zlama gohida kufr,
Dilingda Qur’oning Shams bilan Qamar,
O’tgan kun Xudoga shukur qil shukur.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 15:57:22
Kuningda qolmasin afsus-nadomat,
Uning borligiga shubhang gunohkor
Ishon ro’zi mahshar, ro’zi qiyomat,
Uning haqligini etmagin inkor.
Firdavsning mangulik rohatin o’yla,
Norning azobi ham dilingda bo’lsin.
Jannatga bormoq-chun sen haqni so’yla,
Karomat-la yo’ling nurlarga to’lsin.
Tunlar o’taverar, kun o’taverar,
Savobning ishqida bo’lsin hitobing.
Shohlaru-gadolar jim ketaverar,
Tayyorla ishingni hison-kitobin.
Jo’shqin yiqilganga madad tilagin,
Adahganni oxirati kuymasin,
Asra doim iymonlilar yuragin,
Iymonsizlar yuraklarni tilmasin.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 15:58:06
Allohu akbar, Allohu akbar,
Namozga kelinglar ey musulmonlar.
Allohu akbar, Allohu akbar,
Najotga kelinglar, ey musulmonlar.
Moziydan taralar yoqimli ovoz,
Butun vujudimni solib titroqqa.
Jo’shqin ko’zingni och, atrofga qara,
Namozga, deb senga berdilar habar.
Har tongda biru yuz, yana ming karra,
Najot so’ra, najot, Allohu akbar.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 16:01:27
Ziyorat aylagil ulug’lar qabrin,
Mozorlarga borib ruhlarni yod et,
Odamlarga bersin Ayubning sabrin,
Bargashta umringda bir dam faryod et.
Mangu qarorgohdir bashariyatga,
To mahshar uyquda yotgusi inson.
Yetkazsin doimo yaxshi niyatga,
Ruhlarni shod etib yashamoq oson.
Tarki dunyo etgin bu kun bir lahza,
Mung’aygan qabrlar saqlaydi sukut.
Pokiza taningni tutgay bir larza,
Bir lahza tashvishing bo’lgaydir unut.
Jo’shqin, ziyorat et bu mozorlarni,
Otangni ruhi ham shod bo’lar kelsang.
Haqqiga duo et beozorlarni,
Bunda umidvorlar yotibdi bilsang.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 16:03:55
O’ZLIKNI ANGLASH

Dedilar: Boshingda ayt nima bordir?
Dedilar: Boshimda toji davlat,
Dedi: Qulog’ingda ayt nima bordir?
Dedi: Qulog’imda azoni qomat.
Dedi: Ayt burningda qanday bo’yi bor?
Dediki: Bor erur bo’yi Muhammad.
Dedilar: Aytingchi ko’zda nima bor?
Dediki: Ko’zimda nuri Muhammad.
Dedilar: Rost so’zla, neb or dilingda?
Ollohni zikr etmoq dilimda oyat,
Dedilar: So’zlagin, neb or tilingda?
Tilimda bor Kalimai shahodat.
Qo’lingda nima, ayt-chi odamzod?
Qo’limda savobu hayru sahovat.
Belingda nima bor so’zlagin ozod?
Belimda xalqim-chun kamari xizmat.
Intiqom aylagil, yana bir savol,
Pokiza bo’lsin bu aziz imorat.
Oyog’ingda nima bor so’zla bemalol?
Oyog’imda bordir poyi tahorat.
Hur bo’lib tug’ilding, hur bo’lib yasha,
Yaratdi iymonu, pokiza vujud,
Bir necha yillar, asrlar osha,
Shunday bir ilohiy qonunlar mavjud.
Jo’shqin ilmlarni sarasi bunda,
Ruhing pokizayu, iymon bo’lsin but.
Sig’in yaratganga har tunu kunda,
Seni pok yaratgan doim yodda tut.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 16:06:34
HIKMAT

“Ko’ngli qattiq xaloyiqdan qochdim mano”.
Xo’ja Ahmad Yassaviy.


Yuz o’girmang endi bizdan Xo’ja Ahmad,
Turkistonni shohi bo’ling qaytadan.
Sizga noma yuboribdi Muhammad,
Ziyoratga keldi xoji Makkadan.
Ko’ngli qattiq xaloyiq biz bo’ldik, biz,
Jazolarga loyiq ham biz bo’ldik, biz,
Tavbamizni qabul qilsin Xudoyim,
Yetmish yilda mashoyiq biz bo’ldik, biz.
Hikmatingiz o’qib zikrin aytaylik,
Bering bu kun shukur ila sabringizdan,
Biz musulmon Turkistonga qaytaylik,
Nur yog’ilib tursin xoki qabringizdan.
Jo’shqin o’qi ma’naviyat qobig’in,
O’qig’onlar dadil qadam tashlaydi,
Unutmagin Xo’ja Ahmad sabog’in,
Unutganlar beburd bo’lib yashaydi.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 16:09:25
G’iybatdan yiroq yur yaqin yo’lama,
Badkirdor davralar senga joy emas,
Qo’shilib sen so’ngra tovon to’lama,
Nodonlar u dunyo g’amini yemas.
Qur’oni Karimni dilingga jo et,
Ko’z nurida ko’rgaysan Tangri jamolin,
Faqat ezgulikda maqsadingga yet,
Ko’rursan kelajak farzand kamolin.
Jo’shqin, f’iybatchiga la’natlar aytgin,
Tangri yuz o’girgay unday bezotdin,
Ular yo’ldosh bo’lsa yo’lingdan qaytgil,
Ular yo’ldosh bo’lsa kech bu hayotdin.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2008, 16:11:35
Shafqatli, mehribon Alloh nomidan,
Boshlanur Qur’onni har bir surasi.
Tortib olgay seni gunoh komidan,
Gunohdan pok bo’lur zamin kurrasi.
Yuz yilda bitganmish qalam bu so’zni,
Ozod farishtalar senga ergashur,
Doimo takrorla sen yumib ko’zni,
Chunki sahobalar senga birlashur.
Shafqatli, mehribon Alloh nomila,
Qadam qo’y doimo yo’lin bo’lsin pok.
Deganing, ekkaning shudir hosila,
Yo’ling ravon bo’lur muqaddas bu xok.
Har yerda bitilgan shudir so’z boshi,
O’n sakkiz ming olamni sarvar quyoshi.
Bismillahir rohmanir rohiym durur
Mana shu so’z bilan nur yo’l boshlanur.
Jo’shqin, mehriboning Allohdin so’zla,
Jandapo’sh kiysng ham, kiysang ham kuloh.
Pokiza tanangga yaxshilab o’yla,
Hatto suyagingga yozilgan Alloh.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahzunabonu 07 Mart 2008, 21:12:02
Davlat deb bilganing bir siqim tuproq,

Umr yo’llaring ham bir xazon yaproq.

Shoshasan, chopasan dunyo moli deb,

Oxiri topganing kafandir, biroq.

 

Dunyogamen qachon keldim, bilmasman,

Ne amal, ne savob qildim bilmasman.

Allohim, bo’ynimga yuklagan farzin,

Qay birin go’zalroq etdim, bilmasman.

 

Ey inson, o’zliging hamisha angla,

Allohning kalomin qalbing-la tingla.

O’tkinchi dunyoda o’tmasdan umring,

Hayoting yo’lini poklik-la o’ngla.

 

Dunyoga keldikmi, ketish bor bir kun,

Barisin hisobin berish bor bir kun.

Mahshar kunida yig’ilib bashar,

Sirot ko’prigidan o’tish bor bir kun.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:22:17
Kel, ozoda, tinglag’il so’z taqvodan,
So’zki, bergay xabar xayri baqodan.
Ey til “taqvo” demakka bormi hadding?
Qachon tiygaysan o’zing lafzi boddin?

Suhbat aro g’iybat bo’lib demishing,
Birodaring go’shti go’yo yemishing.
Omixtadir rost bilan yolg’on-yashiq,
Qayon boqsang, halol-harom qorishiq.

Qo’yga to’ng’iz yonma-yon, yo’q e’tibor,
Qozonlarda murdor hayvon e’tibor.
Goh olib ehson qallob ham yonidan,
Tuz yeb zakotsiz boy dasturxonidan,

Halolga sa’y, haromdan hazar qani?
Farqlashga foruqi pok nazar qani?
Ne sud har yon chopmoq istab taqvoni,
Qayda imkon topmoq izlab anqoni.

Qodirsan Xudoyim, yo’qni bor ayla.
Qil hidoyat, bizni taqvodor ayla.
Haq kitob va Rasul sunnati haqqi,
Ey mo’min, tavbaga kel, bo’l muttaqiy.  Fozil Zohid
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: shoir 13 Mart 2008, 10:29:22
Z I K R

Bizlar bu zamonda nelar qilmadik,
Bir parcha luqma deb sochlar yulmadik,
Kechirgin, Ollohim, Tangri, Xudoyim,
Nomingni ming bora zikr qiloyin.

Haqni izlab yo haq, haqni sotdik biz,
Yoz yotib qish qotib, kuzga yetdik biz,
Kechirgin, Ollohim, Tangri, Xudoyim,
Nomingni ming bora zikr qiloyin.

Quddusda qon yalab, Makkaga chopdik,
Haq izlab falsafa — mujmala topdik,
Kechirgin, Ollohim, Tangri, Xudoyim,
Nomingni ming bora zikr qiloyin.

Rumu qum, Sorbonda ilm izlamadik,
Mayparast darveshday jim bo‘zlamadik,
Kechirgin, Ollohim, Tangri, Xudoyim,
Nomingni ming bora zikr qiloyin.

Zikrga tushsang gar, jazava derlar,
Kofir bo‘b qopti, deb g‘amingni yerlar.
Kechirgin, Ollohim, Tangri, Xudoyim,
Nomingni ming bora zikr qiloyin.

Hayotda yashashlik shakkoklik azal,
Shakkoklik madhida yozgaymiz g‘azal,
Kechirgin, Tabiat, Tangri - mukammal,
Nomingni ming bora zikr qiloyin.

Zikr — bu jannatning g‘amini yemoq,
Aslida hayotdan zir qochib ketmoq.
Kechirgin, Ollohim, Tangri, Xudoyim,
Dardimni ming bora takror qiloyin.

Zikr, bu — Yaratgan nomiga bir madh,
Zikr, bu — Insonning Ollohiga ahd.
Ming zikr qilganlar — jannatga ilhaq.

Mahmud Yo'ldoshev
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:25:06
IXLOS SURASI

Iymoning but bo’lsin, e’tiqoding kuch,
Bu ikki dunyoda xor bo’lmaysan hech.
Boshingni kesolmas u o’tkir qilich,
Ixlos surasini takrorlab yursang.
Allohdan senga kuch-quvvat barqaror,
Azizlar ruhi bo’lgay madadkor,
Dushmaning so’zi ham bo’lg’usi bekor,
Ixlos surasini takrorlab yursang.
Hadik bermas senga, yetmagay ziyon,
Poklikka shaylanur har taraf har yon,
Nashtarin urmaydi hattoki chayon,
Ixlos surasini takrorlab yursang.
Iymon e’tiqoding saqla, ey Jo’shqin,
Kimlar gunohidan daryolar toshqin,
Umringga baraka berar, vaqt shoshqin,
Ixlos surasini takrorlab yursang.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:29:09
OYATAL KURSI

Sirli bir mo’jiza, sirli biro hang,
Bu sirli olamda asror rangba-rang.
Zaminni ko’tarib turarmish nahang,
Ko’zidan yozilgan oyatal kursi.
Xudoning amri-la teskari oqqay,
Yod etsang, farishta yuzlanur, boqqay,
So’zidan yozilgan oyatal kursi.
Jo’shqin, yozilgaydir haqni to’g’risi,
Yo’lidan qaytgusi iymon o’g’risi,
O’zidan yozilgan oyatal kursi.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:30:59
Alloh rahmat qilsin ajdodlaringni,
Baxsh ayla sig’inib faryodlaringni,
Tangri rahm etsin zuryodlaringni,
Tangriga yolborgin, tangriga ishon.
Rizqingni tilagin ham umr uzoq,
Kufr so’zlaganlar qo’ygusi tuzoq,
Sen ham bunda kufr so’zlama biroq,
Tangriga yolborgin, tangriga ishon.
Yetimu g’aribni urma, talama,
Urug’lar ichiga nizo qalama,
Battolni yuzini, qo’lin yalama,
Tangriga yolborgin, tangriga ishon.
Jo’shqin, yog’ilgusi senga malomat,
Diningni e’zozla, bo’lgin salomat,
Qiyomat haq turur, bu bir alomat,
Tangriga yolborgin, tangriga ishon.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:32:57
Aqlingni taniding bu dam ko’zing och,
Doimo yaxshilik urug’ini soch,
Fisqu-fasod yana ifloslardan qoch,
Oxirating kuyib ketmasin tag’in.
Xudo bexabarga also birlashma,
Dindan qaytganlarga yo’q-yo’q ergashma,
Zino, fohishaga hech bir ilashma,
Oxirating kuyib ketmasin tag’in.
Hazar qil haromga yuz tutganlardan,
Nodondan aqlli so’z kutganlardan,
Do’st tutinma Xudoni unutganlardan,
Oxirating kuyib ketmasin tag’in.
Jo’shqin, bir kuni ruh tandan bo’shaydi,
Pok bo’lsa yo’lingga jannat to’shaydi.
Qo’l berma insofsiz, g’addor yashaydi,
Oxirating kuyib ketmasin tag’in.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:33:55
Yerdan giyosh ungay rizqu-ro’z turur,
Tundan keyin albat oppoq tong bo’lur,
To’rt fasildir yol oyida almashur,
Qudratingga tahsin o’qir shoh-gado.
Yeti kunda barpo etdi yeti tog’,
Yeti daryo, yeti dengiz, yeti bog’,
Marvariddan tomchi suv buyurgan chog’,
Qudratingga tahsin o’qir shoh-gado.
Tilsimotlar, mo’jizotlar O’zingda,
Sirli olam kalitlari so’zingda,
Zamin-zamon hukmingdadir, ko’zingda,
Qudratingga tahsin o’qir shoh-gado.
Jo’shqin hayron bo’lma bani odamzot,
Jumboqlarni O’zi bilgay buyuk Zot,
Bir tomchidan yaratgaydir jon kushod,
Qudratingga tahsin o’qir shoh-gado.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:36:17
Aqlsiz bo’lsa gar telba qadamlar,
Bosar tusarini bilmas odamlar,
Ma’nisiz o’tadi onlar, bu dmlar,
Aql bergin tangrim aqlsizlarga.
Sevob agar bu dunyoda bo’lmagay,
Hech bandani baxti also kulmagay,
O’sha yurtning rizq jomasi to’lmagay,
Saxiylikni ato etgin baxllarga.
Insof ketsa bandalarni ko’nglidan,
Nomahramlar ketgay nopok yo’lidan,
Omad ahir ketib borgay qo’lidan,
Insof bergil ul insofsiz o’g’illarga.
Ikki dunyong Jo’shqin iymon but bo’lsin,
Iymon bor ki ko’ngillarga nur to’lsin.
Har bandani omadiyu, baxti kulsin,
Iymon bergil ul iymonsiz ko’ngillarga.

Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:38:18
TURKISTONLIK HOJILAR

Dilingizda yoddir Xasti taborak,
Nurga to’ldi yana eski imorat,
Qadamingiz qutlug’ bo’lsin muborak,
Qutlug’ bo’lsin Turkistonlik hojilar.
Yetmish yillik armon bilan uchdingiz,
Alloh uyin yig’lab-yig’lab quchdingiz,
Turkistonim siz Makkaga ko’chdingiz,
Qutlug’ bo’lsin Turkistonlik hojilar.
Jo’shqin sizni etagingiz tutgaydir,
Duo o’qib, sizga doston bitgaydir,
Yaratgandan najot so’rab kutgaydir,
Qutlug’ bo’lsin Turkistonlik hojilar.
Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:39:09
Moziyga ko’z tikib qo’l cho’zganlarni,
Ko’z yosh to’kib gunohini uzganlarni,
Yaxshilik deb ham jamoat tuzganlarni,
Qo’llarini quruq qo’yma Xudoyim.
Sendan o’g’il tilab yig’lab turganlar,
Yosh chog’ida ne mashaqqat ko’rganlar,
Chin dunyoga ohista yuz burganlar,
Qo’llarini quruq qo’yma Xudoyim.
O’n sakkiz yildirki Jo’shqining bemor,
Dilda tug’ilgan nomingdir tumor,
Senga umid qilgan qancha dardmand bor,
Qo’llarini quruq qo’yma Xudoyim.
Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 14 Mart 2008, 08:40:06
IMTIHON
(she’riy doston)

Tangri aytdi: Men bandalarimni imtihon qilaman. Ularni boshiga qayg’u-alam, tashvish-nadomat, armon solaman, Men ularni farzandlaridan, boylik-bisotidan ayiraman, e’tiqodi-iymoni but bo’lganlar Mening irodamga bo’ysunadilar…

G’ariblikda odamzot hur bo’lur,
Marvaridlar ichinda u dur bo’lur.

(Turkiynomadan).

Kufr so’zlagan ham, shukur aytgan ham,
Dunyo asroriga yetolmay ketgan,
So’zidan qaytgan ham va qaytmagan ham,
U dorulbaqoni etagin tutgan.
Bundan o’tib ketdi shohu gadolar,
Dardini aytolmay, aytolmay hasrat.
Bag’ri butun bo’lmay, bag’ri adolar,
Poku nopok birla, donoyu hazrat,
Bu bir sinoatdir, bu bir qanoat,
Yo’lingda tangrini intiholari.
Allohni qoshida hamma omonat,
Bardoshda erurlar imtiholari.
Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 15 Mart 2008, 12:51:15
O’tmoqda xiyonat urchigan kunlar,
Gunoh ko’pik ko’pchigan kunlar.
Shayton yordamchiga yolchigan kunlar –
“Oxir zamon, og’ir zamon”.

Ayolda sharm yo’q, erlarda g’urur,
Er ayol, ayol er libosin kiyur,
Onalar o’zining xojasin tug’ur –
“Oxir zamon, og’ir zamon”.



Yetimlar yemaydi to’yib oshu non,
Miskinlar mung’ayib yutaverar qon,
To’qlarning qornini to’yg’azar “ehson” –
“Oxir zamon, og’ir zamon”.


Shariat begona, zinolar oshkor,
Beto’siq, bemalol yomonlik, qimor,
Balodan asrar deb taqarlar tumor –
“Oxir zamon, og’ir zamon”.



Umrimiz o’tmoqda, qaytmas bu damlar,
Qabrga eltmoqda tinmay qadamlar,
Ko’zingiz vaqtida oching odamlar –
“Oxir zamon, og’ir zamon”.


Xo’rozning tomog’i ketdi qirilib,
Bo’zardi, qizardi tong ham g’azabdan.
Ma’radi, hangradi jonivorlar turib,
Bir qimirlab qo’ydi chirik xazon ham.
“Oxir zamon, og’ir zamon”.

Makka taraflardan keldi bir nido,
Istehzoli kulib ko’rindi quyosh.
Neki mavjudot bor, uyg’ondi, ammo,
Odamlar uyqudan ko’tarmadi bosh…   A’zam O’ktam

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Mart 2008, 10:31:21
HAZRATI YUSUF PAYG’AMBAR

Xudo berdi unga dunyo chiroyin,
Yuzlariga joylab yulduzu-oyin,
Bandalari derdi to’yib boqayin,
Payg’ambarni g’ulom etib sotdilar.
Misr bozorida qullar bozori,
Quvvatladi bobolarni mozori,
Har qadami bu olamni gulzori,
Payg’ambarni g’ulom etib sotdilar.
Quduq ichi bo’ldi bunda bir daryo,
Mangu bo’lib qoldi oxir bir ziyo,
To’fon edi aslida bu hur dunyo,
Payg’ambarni g’ulom etib sotdilar.
Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Mart 2008, 10:38:11
HAZRATI YOQUB PAYG’AMBAR

Rang zaridan yiroq edi ko’zlari,
Lekin nurga to’la edi yuzlari,
Ma’no bilan to’liq edi so’zlari,
Ko’zlari ko’rmasdi Hazrati Yoqubni.
Ko’ngillari bilan ko’rar edilar,
Va Allohdan bardosh so’rar edilar,
Tongda shukur aytib turar edilar,
Ko’zlari ko’rmasdi Hazrati Yoqubni.
Xudoni zikrini takrorlar edi,
Xudoga shukr deb takrorlar edi,
Undan meros qolgan u zorlar edi,
Ko’zlari ko’rmasdi Hazrati Yoqubni.
Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Mart 2008, 10:40:03
HAZRATI YUNUS PAYG’AMBAR

Baliqlar jim so’zlamaydi gunohini,
Eshitmaydi ular hech kim ohini,
Suvda so’rar faqat pushtu-panohini,
Nahang yutgan edi Hazrat Yunusni.
Daryolar ko’tardi ko’ngli siniqni,
Yaqin yutgay o’ziga pok tiniqni,
Amr etdi daryodagi baliqni,
Nahang yutgan edi Hazrat Yunusni.
Bliqni qornida edi payg’ambar,
Kimningdir qo’lida o’tkir bir tabar,
Ogoh bo’ling u dunyodan berdi habar,
Nahang yutgan edi Hazrat Yunusni.
Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Mart 2008, 10:44:54
HAZRATI IBROHIM PAYG’AMBAR

Ummatim deb ko’zni ochdi Ibrohim,
Payg’ambarlik nurin sochdi Ibrohim,
Duru-gavhar bunda terdi Ibrohim,
Qurbonlikka o’g’lin berdi Ibrohim.
Ko’zin yoshin artdi. Bo’ldi qattiq qo’l,
Shudir balki Xudoyimga, Haqqa yo’l,
Na’ra tortdi Sahro Kabir niliy cho’l,
Qurbonlikka o’g’lin berdi Ibrohim.
Men ummatim deyman umrim oxiri,
Qorachig’I, o’g’lim nuri oxiri,
Zorim boru yo’qdir zo’rim oxiri,
Qurbonlikka o’g’lin berdi Ibrohim.
Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Mart 2008, 10:45:42
HAZRATI ISO PAYG’AMBAR

Nozik qalbing tushunmadi odamlar,
Yuzlaringga qadam bosdi qadamlar,
Yo’qlik uzra nido keldi adamlar,
Mixladilar xochga Hazrat Isoni.
Analhaqman demadiku bir bora,
Yuzlariga surtib qo’yib ham qora,
Sevmadilar qancha qildi u zora,
Mixladilar xochga Hazrat Isoni.
Koj yog’ochga gulmix bilan qoqqanlar,
O’z davrida haddan oshgan hoqqonlar,
Gunohlari daryo bo’lib oqqanlar,
Mixladilar xochga Hazrat Isoni.
Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Mart 2008, 10:47:36
HAZRATI MUSO PAYG’AMBAR

Vatan nima bilmadilar umrbod,
Shukr qildi lek qilmadi u faryod,
Qoldirmadi u o’zidan hech zuryod,
Quvg’indida yurdi Hazrati Muso.
Qayda bo’lsa iymonini so’zladi,
Faqat haqni, haqni aytmoq ko’zladi,
Bu dunyoni bevafo deb bo’zladi,
Quvg’indida yurdi Hazrati Muso.
Panoh bo’ldi unga Alloh qanotidan,
Rizo bo’ldi u kun Muso hayotidan,
Shunday buyuk payg’ambarlar zotidan,
Quvg’indida yurdi Hazrati Muso.
Mahmud Jo'shqin

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Mart 2008, 10:55:02
HAZRATI ZIKRIYO PAYG’AMBAR

Qismatiga rizo bo’lar buyuklar,
O’tar bunda necha bag’ri kuyuklar,
Bardosh bersa ul Xudoga suyuklar,
Cho’ktirdilar suvga Hazrat Zikriyoni.
Adashganni yo’lga soling degan edi,
Bu dunyoga shuning uchun kelgan edi,
Ne bo’lmog’in ammo o’zi bilgan edi,
Cho’ktirdilar suvga Hazrat Zikriyoni.
Qiyomat kun bosh ko’targay inshaolloh,
Janda kiygan boshlarida ajib kuloh.
Bandalarni O’zing kechir, O’zing Alloh.
Cho’ktirdilar suvga Hazrat Zikriyoni.
Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Mart 2008, 10:57:24
HAZRTAI AYUB PAYG’AMBAR

Ne mashaqqat, ne azoblar chekdi u,
Shukr qilib qiynoqlarni bukdi u,
Oqibatda duru-gavhar to’kdi u,
Qurtlar edi qirq yil Hazrat Ayubni.
Yuragiga tugib oldi sabr-bardosh,
Ko’zlaridan oqizmadi tomchi yosh,
Xabar olmay qo’ydi biror qarindosh,
Qurtlar edi qirq yil Hazrat Ayubni.
Bu dunyoning lazzatidan kechganlar,
G’am sharobin shukr qilib ichganlar,
Aytilmagan tilsimotni yechganlar,
Qurtlar edi qirq yil Hazrat Ayubni.
Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 21 Mart 2008, 10:59:18
HAZRATI MUHAMMAD SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM

O’g’il ko’rmoq edi Sarvar tilagi,
Bo’shab qoldi Payg’ambarni yuragi,
Ko’zin yumdi ikki o’g’il go’dagi,
Go’daklardan ayrildiyo Muhammad.
Suyuklari ketsa hamki dunyodan,
O’girmadi yuzini ul ziyodan,
Olib toqat u kuni Anbiyodan,
Go’daklardan ayrildiyo Muhammad.
Berganiga shukr qiling dedi u,
Barchasiga shukr qilgan edi u,
Axir bizga Rasul bo’lib keldi u,
Go’daklardan ayrildiyo Muhammad.


XOTIMA

Men so’zladim payg’ambarlar hayotin,
Alloh O’zi kechirsin gar xatosin,
Uzr so’rar Jo’shqin sizdan bu kuni,
Men so’zladim kitoblar intihosin.
Sabr-toqat irodaga shoh bo’ling,
Payg’ambarlar hayotidan ogoh bo’ling,
Xonadonga o’sha kuni nur to’lgay,
Hayot yo’li sizga albat yorug’ bo’lgay.
Mahmud Jo'shqin
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:25:56
АЛЛОҲ
Аллоҳ, Сенга юз минг юлдуз қуёш бўлиб топинар,
Аллоҳ, Сенга дарё-денгиз кўз ёш бўлиб топинар,
Менинг севгим олам аро гарчи зарра, қабул эт,
Аллоҳ, Сенга не-не улус бир бош бўлиб топинар!

АР-РАҲМОН
Ўзинг асра дўст кўринган мубталодан, Ñ‘, Раҳмон!
Ўзинг асра юзи тиниқ, ич балодан, Ñ‘, Раҳмон!
Марҳаматинг, қудратига сиғиндим мен, Ñ‘, Раҳмон!
Ўзинг асра ҳар қазою ҳар балодан, Ñ‘, Раҳмон!

АЛ-МАЛИК
Тахти олий ҳукмдори, арш-моҳларим, Ñ‘, Малик!
Сенга аён осийлигим, дил оҳларим, Ñ‘, Малик!
Банда бандаси бўлмай, бандангдурман, ё, Малик!
Ўзинг кечир маҳкамада гуноҳларим, Ñ‘, Малик!

АЛ- ҚУДДУС
Севги Сенинг камолингдир, Ñ‘, Қуддус!
Нафас Сенинг шамолингдир, Ñ‘, Қуддус!
Муҳаббатим изҳорига сўз лолдир,
Жаннат Сенинг жамолингдир, Ñ‘, Қуддус!

АС-САЛОМ
Ҳақсизликдан қоним музлар, Ñ‘, Салом!
Кимдир бунга малҳам излар, Ñ‘, Салом!
Ер юзида дармон йўқдир бу дардга,
Шифо бергин хаста бизлар, ё, Салом!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:27:03
АЛ-МУЪМИН
Нетайки мен вафоси йўқ бу жаҳонни, Ñ‘, Муъмин!
Юраклардан суғуриб ол бу камонни, Ñ‘, Муъмин!
Бир қулингман, фарёдимга қулоқ сол.
Қалб боғида боқий айла гул – иймонни, Ñ‘, Муъмин!

АЛ-МУҲАЙМИН
Ё, Муҳаймин, қалби поклар султони Сен!
Ё, Муҳаймин, дорул бақо имкони Сен!
Ё, Муҳаймин, осойишнинг аркони Сен!
Ё, Муҳаймин, хайру эҳсон макони Сен!

АЛ-АЗИЗ
Ё, Азиз, Сенга таваккул айладим,
Ё, Азиз, равшан йўлингни танладим,
Ё, Азиз, руҳни синовга шайладим,
Ё, Азиз, Сенсиз ҳаётда найладим!

АЛ-ЖАББОР
Ватанимни обод кўриш муродимдир, Ё, Жаббор!
Улус дарди бўғзимдаги фарёдимдир, Ё, Жаббор!
Мен борман-ми, мен йўқман-ми, билинмас,
Лек миллатим бахти кулса, руҳ шодимдир, Ё, Жаббор!

АЛ-МУТАКАББИР
Тупроқ эдим, хоки сорман, Ñ‘, Мутакаббир!
Сен олдингда хору зорман, ё, Мутакаббир!
Недан ўзни унутайин, бош устимда нигоҳинг,
Қарзни олсанг хоби ёрман, Ñ‘, Мутакаббир!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:28:36
АЛ-ХОЛИҚ
Умид Сендан, бир фаришта юборақол, Ñ‘, Холиқ,
Инсофсизлар қилмишини дафтарга сол, Ñ‘, Холиқ,
Тили бошқа, дили бошқа муллати-мушрикларни,
Тилин кесиб, қиёматда қозонга сол, Ñ‘, Холиқ!

АЛ-БОРИЙ
Онам мени кутганида кўнгил зори Сен эдинг!
Ёрим бола кутганида дилда Борий, Сен эдинг!
Болам бола кутганида мададкори бўл Ўзинг,
Неварамнинг неварасин Худо ёри, бўл Ўзинг!

АЛ-МУСАВВИР
Кўзни чиздинг қош остидан кўк осмонни кўрсин деб,
Лабни чиздинг қўлга олгач, нур Қуръонни ўпсин, деб,
Умр бердинг бу дунёда фаросатга тўлсин, деб,
Зурёд бердинг ўлганида роҳат билан ўлсин деб!

АЛ-ҒАФФОР
Ўзинг тингла дил оҳимни, Ñ‘, Ғаффор,
Кечир қилган гуноҳимни, Ñ‘, Ғаффор,
Сақла дўзах азобидан, Ñ‘, Ғаффор,
Жаннатдан бер даргоҳимни, Ñ‘, Ғаффор!

АЛ-ҚАҲҲОР
Бўйнимда илон экан, орзуларим, Ñ‘, Қаҳҳор,
Қалбимда нолон экан, орзуларим, Ñ‘, Қаҳҳор,
Бу дунё орзуларин тарк айладим, Ñ‘, Қаҳҳор,
Сенингла шодмон экан, орзуларим, Ñ‘, Қаҳҳор!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:29:12
АЛ-ВАҲҲОБ
Ҳақ йўлида хасталарга хастаман, Ñ‘, Ваҳҳоб,
Зулм қўлида ёнганларга бастаман, Ñ‘, Ваҳҳоб,
Жоҳил бўлсак, илму эҳсон бағишла, Ñ‘, Ваҳҳоб,
Жиҳод излаб фақат Сенга сасдаман, Ñ‘, Ваҳҳоб!

АР-РАЗЗОҚ
Сен яратган дунё боғдир, Ñ‘, Раззоқ,
Саховатинг юксак тоғдир, Ñ‘, Раззоқ,
Душманга хор, дўстларга зор айлама,
Дастурхонга неъмат Ñ‘ғдир, Ñ‘, Раззоқ!

АЛ-ФАТТОҲ
Гулни севдим, тиканидан қон ютдим, Ñ‘, Фаттоҳ,
Элни суйдим, жимлигидан Ñžҳ, куйдим, Ñ‘, Фаттоҳ,
Ҳақ йўлида ҳақларимдан ажралиб, Ñ‘, Фаттоҳ,
Сени севдим, дардларимни унутдим, Ñ‘, Фаттоҳ!

АЛ-АЛИЙМ
Жоҳил аҳли иш бошида золим бўлди, Ñ‘, Алийм,
Қўлларида Ñžғирланган молим бўлди, Ñ‘, Алийм,
Адолатнинг шамчироғин сўндирмагил, Ñ‘, Алийм,
Охиратнинг аҳкомида олим бўлди, Ñ‘, Алийм!

АЛ-ҚОБИЗ
Ризқу рўзни Сендан олдим, Ñ‘, Қобиз,
Тортиб олсанг ночор қолдим, Ñ‘, Қобиз,
Буйруғингдан чиқмай асло, Ñ‘, Қобиз,
Қалбга фақат Сени солдим, Ñ‘, Қобиз!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:29:54
АЛ-БОСИТ
Осмон оёқ остида Сен учун, Ñ‘, Босит,
Замин оёқ остида Биз учун, Ñ‘, Босит,
Сен истасанг осмонни парча-парча этасан,
Бизни эса бу замин ютар бир кун, ё, Босит!

АЛ-ҲОФИЗ

Мен ғарибнинг ҳолига кулар кимлар, Ñ‘, Ҳофиз,
Аммо киприк остида нурлар имлар, Ñ‘, Ҳофиз,
Қўл силтайман дунёга, сендан мадад оламан,
Гарчи атроф айлана тикан симлар, Ñ‘, Ҳофиз!

АР-РОФИЪ
Қулингга бир мансаб ато қил, Ñ‘, Рофиъ,
Тахтинга ирфонни мато қил, Ñ‘, Рофиъ,
Эҳсоннинг йўлида гадо қил, Ñ‘, Рофиъ,
Иймондан тойганда адо қил, Ñ‘, Рофиъ!

АЛ-МУЪИЗ
Ё, Муъиз! Бу неъмат, бу шараф дарёси Ўзинг,
Ё, Муъиз! Кўнгил гулшанининг ризоси Ўзинг,
Ё, Муъиз! Борлиқ ухлаганда рўёси Ўзинг,
Ё, Муъиз! Олам уйғонганда зиёси Ўзинг!

АЛ-МУЗИЛ
Ё, Музил! Иймонни отганлар кўпайиб кетди.
Ё, Музил! Зиллатга ботганлар кўпайиб кетди.
Ё, Музил! Ишламай ётганлар кўпайиб кетди.
Ё, Музил! Исмингни сотганлар кўпайиб кетди.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:30:48
АС-САМИЙЪ
Ё, Самийъ! Саслар долғасида ярақлаган дур,
Ё, Самийъ! Сукунат сатҳида кезгувчи ҳузур,
Ё, Самийъ! Фикр осмонини қуршаб олганлар,
Ё, Самийъ! Қалбим уришини ўзинг тинглаб кўр!

АЛ-БАСИЙР
Ё, Басийр! Савобу гуноҳим ўзингга аён,
Ё, Басийр! Яшириб ёзсам-да сен учун баён,
Ё, Басийр! Дунёлар мулкида ғолибсан – шоён,
Ё, Басийр! Сендан қоча-қоча кетарман қаён!

АЛ-ҲАКАМ
Ё, Ҳакам! Ҳақиқат изладим дорул фанода,
Ё, Ҳакам! Кўзларим боғланиб гули раънода,
Ё, Ҳакам! Билмадим адолат асли маънода,
Ё, Ҳакам! Сенинг амрингдаман, боқий самода!

АЛ-ОДИЛ
Ё, Одил! Қайга борсам кўрдим юраклар яро,
Ё, Одил! Ёна-ёна қирмизи қоним қаро,
Ё, Одил! Ўзинг шавқат фармонини Ñžқигил,
Ё, Одил! Бош тутайлик одилсизликлар аро!

АЛ-ЛАТИФ

Умри дароз, ризқу фароғ бер, Ñ‘, Латиф,
Зулмат аро йўлда чароғ бер, Ñ‘, Латиф,
Насибамни майда-майда тергали,
Ўзинг қадоқ қўлга яроқ бер, Ñ‘, Латиф!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:32:00
АЛ-ХАБИР
Гуноҳ қилдик кундузлари, қаро парда – девор қилдинг, Ñ‘, Хабир,
Гуноҳ қилдик биз тунлари, Хуршид ила ошкор қилдинг, Ñ‘, Хабир,
Қаҳринг Сенинг раҳминг экан, раҳминг огоҳ этгувчи сас,
Билмаганни охиратда тилим-тилим, абгор қилдинг, Ñ‘, Хабир!

АЛ-ҲАЛИМ
Ё, Ҳалим, кўнглима шавқатни сол,
Ё, Ҳалим, йўлима ҳурқатни сол,
Гуҳоҳ этсам марҳаматинг аяма,
Ё, Ҳалим, умрима шавкатни сол!

АЛ-АЗИМ
Уммон зарра, Сен азимсан, ё, Азим,
Осмон зарра, Сен азимсан, ё, Азим,
Мен милт этган учқундирман, Ñ‘, Азим,
Жаҳон зарра, Сен азимсан, Ñ‘, Азим!

АЛ-ҒАФУР
Бу дунёнинг ҳар куни нур – ёз эмас, Ñ‘, Ғафур,
Адолатсиз шотилари хўп соз эмас, Ñ‘, Ғафур,
Синовингда билиб-билмай йиқилдим,
Махфират қил, гуноҳларим кўп, оз эмас, Ñ‘, Ғафур!

АШ-ШОКИР
Шукр Сенга, бандага қул бўлмадим, Ñ‘, Шокир,
Шукр Сенга, ниҳол экан сўлмадим, Ñ‘, Шокир,
Неъматингни ҳар лаҳзада ҳис этдим, Ñ‘, Шокир,
Шукр Сенга, ўлиб туриб, ўлмадим, ё, Шокир!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:33:17
АЛ-ОЛИЙ
Аркинг аркида йўқдирки адад, Ñ‘, Олий,
Қўлни очсак ўзинг мадад, Ñ‘, Олий,
Қиёс излаб қиёсингни топмадим,
Олий Сенсан, олий абад, ё, Олий!

АЛ-КАБИЙР
Ё, Кабийр, азмингда илму мурват бўлолсайдим,
Ё, Кабийр, назмингда шеъру-шуҳрат бўлолсайдим,
Йўқ, ожизман, мунавварлик Сенга хос,
Ё, Кабийр, наздингда қули ибрат бўлолсайдим!

АЛ-ҲАФИЗ
Отам-онам қабрин нур-ла обод қил, Ñ‘, Ҳафиз,
Руҳларини жаннатингда дилшод қил, Ñ‘, Ҳафиз,
Осий дунё ўтганларни унутар, Ñ‘, Ҳафиз,
Боқий элда улар номин Сен ёд қил, Ñ‘, Ҳафиз!

АЛ- МУҚИТ
Ориятни баланд тутдим, хорландим, Ñ‘, Муқит,
Хосиятни баланд тутдим, зорландим, Ñ‘, Муқит,
Ҳийла-найранг тузоғини севмадим, Ñ‘, Муқит,
Оқибатда жаннатингга чорландим, Ñ‘, Муқит!

АЛ-ҲАСИБ
Сув балоси, олов балосидан қўрқдим, Ñ‘, Ҳасиб,
Чув балоси, алдов балосидан қўрқдим, Ñ‘, Ҳасиб,
Ҳабияллоҳ-ул-Ҳасиб, ўзинг асра,
Қув балоси, ҳийла балосидан Ñ‘, Ҳасиб!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:33:54
АЛ-ЖАЛИЛ
Масканимга шамол келди, ё, Жалил,
Машрабимга камол келди, ё, Жалил,
Сенинг номинг зикр этсам, қай маҳал,
Мансабимга жамол келди, ё, Жалил!

АЛ-КАРИМ
Тунлар тонгга уланар, “Ё, Карим!” десанг,
Мазлум шуур ҳурланар, “Ё, Карим!” десанг,
Йўлинг етиб Дорулбақога,
Руҳинг қайта нурланар, “Ё, Карим!” десанг!


АР- РОҚИБ
Олам аро бе рақибсан, Ñ‘, Роқиб,
Биз таъзимда, бе таъқибсан, Ñ‘, Роқиб,
Гуноҳимиз ҳаддан ошиб кетган кун,
Азоб учун ўт Ñ‘қибсан, Ñ‘, Роқиб!

АЛ-МУЖИБ
Сабр биздан, қадр Сендан, Ñ‘, Мужиб,
Садр биздан, адр Сендан, ё, Мужиб,
Хиёнатга қулинг муҳтож қолганда,
Қабр биздан, жабр Сендан, Ñ‘, Мужиб!

АЛ-ВОСИЪ
Мен ишонсам, ишонганим сотди, ё, Восиъ,
Дўстим пойлаб юрагимдан отди, ё, Восиъ,
Фақат Сенга инондим сўнг, Ñ‘, Восиъ,
Қалбим ҳаёт таъмин тотди, Ñ‘, Восиъ!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:34:43
АЛ-ҲАКИМ
Ҳикмат излаб умр кечди, Ñ‘, Ҳаким,
Хотирадан излар ўчди , Ñ‘, Ҳаким,
Ва билмадим, ҳимкат Сенда, Ñ‘, Ҳаким,
Кўзбоғимни ажал ечди, Ñ‘, Ҳаким!

АЛ-ВАДУД
Қалам қолиб, қилич тушди қўлима, Ñ‘, Вадуд,
Душман эмас, дўстлар чиқди йўлима, Ñ‘, Вадуд,
Иймон суви келгач кўнгил чўлима, ё, Вадуд,
Ҳаёт надир, бошни урдим ўлима, Ñ‘, Вадуд!

АЛ-МАЖИД
Ё, Мажид, Сен азаматлар азамати,
Ё, Мажид, Сен кароматлар каромати,
Магар Сенинг улуғлигинг кўролмасам,
Ё, Мажид, Мен маломатлар маломати.

АЛ-БОЪИС
Не-не зўрлар, зўравонларни кўрдим, ё, Боъис,
Не-не чўллар, йўл-равонларни кўрдим, ё, Боъис,
Кучсизу заррадирлар пули сиротнинг олдида,
Сендан қўрққан қалб-шодонларни кўрдим, Ñ‘, Боъис!

АШ- ШАҲИД
Бўҳтондан чиқмади бошим, Ñ‘, Шаҳид,
Андуҳдан сўнмоқда қуёшим, Ñ‘, Шаҳид,
Фарзандлар доғида ёндирма, фақат,
Аршинга етганда ёшим, Ñ‘ Шаҳид!

АЛ-ҲАҚ
Ҳақ йўлида ноҳақ бўлганлар қанча, Ñ‘, Ҳақ,
Ҳақ йўлида барҳақ бўлганлар қанча, Ñ‘, Ҳақ,
Ўзларини қуёш деб оқибатда бир куни, Ñ‘, Ҳақ,
Қонга ботиб шафақ бўлганлар қанча, Ñ‘, Ҳақ!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:35:56
АЛ-ВАКИЛ
Оғоч бўлдим, дор бўлмадим, Ñ‘, Вакил,
Судралдим гоҳ, мор бўлмадим, Ñ‘, Вакил,
Таваккални Сенга қилдим, Ñ‘, Вакил,
Ғариб эдим, хор бўлмадим, Ñ‘ Вакил!

АЛ-ҚОВИЙ
Кўкка боқдим тилсим кўрдим, Ñ‘, Қовий,
Ўзни омий қил сим кўрдим, Ñ‘ Қовий,
Таълимотинг чашма янглиғ симиргач,
Сир калитин гулсум кўрдим, Ñ‘, Қовий!

АЛ-МАТИЙН
Сен метинсан, мен турғунман, Ñ‘, Матийн,
Сен иноят, мен туйғунман, Ñ‘, Матийн,
Туйнигингдан кириб бордим қасрингга,
Сен лутфсан, мен уйғунман, Ñ‘, Матийн!

АЛ-ВАЛИЙ
Одамлар орасидан дўст излабман бефойда, ё, Валий,
Умидларим сув бўлиб оқиб кетдилар сойда, Ñ‘ Валий,
Ҳақиқий дўст Сен кирдинг ҳувиллаган қалбимда, Ñ‘, Валий,
Орзуларим чинма-чин юксалдилар бир жойда, ё Валий!

АЛ-ҲАМИД
Ал-ҳамидуллоҳу Раббил-оламин, Ñ‘, Ҳамид,
Сен покиза, Сен ҳафизул-оламин, Ñ‘, Ҳамид,
Сенга сано айтмоқ қарзу муборак, Ñ‘, Ҳамид,
Ҳамд ёзмаса синсин қўлда қаламим, Ñ‘, Ҳамид!

АЛ-МУҲСИЙ
Тонгда турдим, бош устида Сен эдинг, Ñ‘, Муҳсий,
Хаёл сурдим, бош устида Сен эдинг, Ñ‘, Муҳсий,
Хох тун эди, хиҳ кун эди – дунё кездим –
Қайда юрдим, бош устида Сен эдинг, Ñ‘, Муҳсий!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:36:58
АЛ-МУБДИЙ
Билмам лоймидим, пахсазаннинг оёғида, Ñ‘, Мубдий,
Билмам оймидим, чўпонларнинг таёғида, Ñ‘, Мубдий,
Одам бўлдим Сенинг кароматингдан, ё, Мубдий,
Билмам не хат бор пешонамнинг нарёғида, Ñ‘, Мубдий!

АЛ-МУЪИЙД
Асл сўроқ ҳузурингда туришдир, Ñ‘, Муъийд,
Асл юриш кўпригингда юришдир, ё, Муъийд,
Жаннатингдан бенасиб қолганларга, Ñ‘, Муъийд,
Асл азоб дўзахингда куйишдир, ё, Муъийд!

АЛ-МУҲЙИ
Айро тушдим сокин қишлоқ – онамдан, Ñ‘, Муҳйи,
Айро тушдим жўшқин шаҳар – отамдан, Ñ‘, Муҳйи,
Азобларим зардоб бўлиб оқдилар, Ñ‘, Муҳйи,
Айро тушдим фоний дунё – оламдан, Ñ‘, Муҳйи!

АЛ-МУМИЙТ
Ўлим надир, ўлим Сенинг қарзингдир, Ñ‘, Мумийт,
Ҳаёт надир, ҳаёт Сенинг дарсингдир, Ñ‘, Мумийт,
Фаришталар хизматида мунтазир, ё Мумийт,
Одам надир, одам Сенинг фарзингдир, ё, Мумийт!

АЛ-ҲАЙЙ
Билмадим бу дунёда неткинчимиз, Ñ‘, Ҳайй,
Дунё ўрмон, балки биз ўтинчимиз, Ñ‘, Ҳайй,
Абадият мулкининг соҳибисан, Ñ‘, Ҳайй,
Сен тириксан, биз эса ўткинчимиз, Ñ‘, Ҳайй!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:38:34
АЛ-ҚАЙЮМ
Садаф тишни терганингдай дунё тиздинг, Ñ‘, Қайюм,
Савоб гуноҳ орасида бизни туздинг, Ñ‘, Қайюм,
Истаганда бор айлдинг, Ñ‘Ñ€ айладинг, Ñ‘, Қайюм,
Истаганда барчасини қайта буздинг, Ñ‘, Қайюм!

АЛ-ВОЖИД

Қоча-қоча қайга қочиб бораман, Ñ‘, Вожид,
Одил йўлда уруғ сочиб бораман, Ñ‘, Вожид,
Юрагимга чўғ оловни солдинг Сен, Ñ‘, Вожид,
Ёна-ёна эшик очиб бораман, ё, Вожид!

АЛ-МОЖИД
Бойликлардан узоқда бой эдим, Ñ‘, Можид,
Йўлимга рақиб чиқса ёй эдим, Ñ‘, Можид,
Давлатим бўлмаса-да шарафимни сақладинг,
Дарё лойқа, мен – тиниқ сой эдим, Ñ‘, Можид!

АЛ-ВОҲИД
Биз на олову на тутун, Ñ‘, Воҳид,
Сен воҳидсан – бир бутун, Ñ‘, Воҳид,
Бирлаштиргин қулларингни Ñ‘, Воҳид,
Биз тарқоқмиз, зор-юпун, Ñ‘, Воҳид!

АС-СОМАД
Сен муҳтож эмассан. мен муҳтожман, Ñ‘, Сомад,
Мен гултож эмасман, сен гултожсан, ё, Сомад,
Сен менга гултожу мен Сенга муҳтожу
Бу дардим гар шоҳ эса, ман хирожман, Ñ‘, Сомад!

АЛ-ҚОДИР
Юрагимда ҳасратим бор, содири Сен, Ñ‘ Қодир,
Шууримда нусратим бор, нодири Сен, Ñ‘, Қодир,
Миллатимга Ñžғил бўлиб, хизмат айламоқ учун,
Бу дунёда фурсатим бор, қодири Сен, Ñ‘, Қодир
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:40:40
АЛ-МУҚТАДИР
Тахту Сулаймонни нетай, тахтинг олдида, Ñ‘, Муқтадир,
Бош олиб қайга кетай, шаҳдинг олдида, Ñ‘, Муқтадир,
Еру кўкда қудрат Сенсан, Ўзинг қўлла, Ñ‘, Муқтадир,
Мен муродимга етай, аҳдинг олдида, Ñ‘, Муқтадир!

АЛ-МУҚАДДИМ
Ё, Муқаддим, мансаб бердинг ҳўл бўлди дудоқларим,
Ё, Муқаддим, сасинг тинглаб, лов ёнди қулоқларим,
Ё, Муқаддим, сироти мустақиймда Сени ёдлаб,
Ё, Муқаддим, оғмадим – тутиб турди оёқларим!

АЛ-МУАХХИР
Нур Каъбаи мукаррамим осмондир, ё, Муаххир,
Мадинаи Мунавварим достондир, ё, Муаххир,
Тепиб турар кўкрагимнинг ичида, ё, Муаххир,
Самарқанду мўтабарим сарсондир, Ñ‘, Муаххир!

АЛ-АВВАЛ
"Ё, Аввал!", деганди бобомнинг бобоси,
"Ё, Аввал!", отамнинг қалб уриш садоси,
"Ё, Аввал!", умримнинг ибтидо, адоси,
"Ё, Аввал!", қул бор-ки, бу сўзнинг гадоси!

АЛ-ОХИР
Қайдан келиб яна кетурмиз қаён, Ñ‘, Охир,
Соати етганда қиласан аён, Ñ‘, Охир,
Боқийлик ярашар зотингга танҳо,
Аввалу-охирдан Ўзингсан шаён, ё, Охир!

АЗ-ЗОҲИР
Етти мулким ўз ўрнида, Сен моҳирсан, Ñ‘, Зоҳир,
Тафаккурим дарёсида, Сен ҳозирсан, Ñ‘, Зоҳир,
Муҳаббат не, билмоқ истаган банда, Ñ‘, Зоҳир,
Сени севсин, кўнгул Зуҳра, Сен Тоҳирсан, Ñ‘, Зоҳир!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:45:46
АЛ-БОТИН
Ақл чашма, Сен тубида кўзисан, Ñ‘, Ботин,
Дилим булбул Сен тилида сўзисан, ё, Ботин,
Руҳим Сенсиз яшай олмас бир лаҳза, Ñ‘, Ботин,
Руҳим иймон, Сен илмида Ўзисан, Ñ‘, Ботин!

АЛ-ВОЛИЙ

Ё, Волий, ёшга сиҳат, кексаларга умр бер,
Ё, Волий, бошга ақл, юракларга сабр бер,
Ё, Волий, ғарибларнинг бурда нонин олдилар,
Ё, Волий, разолатга ботганларга жабр бер!

АЛ-МУТАЪОЛИ
Шубҳа дилни кемиради, Ñ‘, Мутаъоли,
Гумон элни емиради, ё, Мутаъоли,
Сендан қайтган нобакорлар нобакори,
Динсизликдан семиради, ё, Мутаъоли!

АЛ-БАРР
Яхшиликни хайру эҳсонингдан олдим, Ñ‘, Барр,
Мурувватни меҳру осмонингдан олдим, Ñ‘, Барр,
Ёмонликни малъун шайтондан олди ким,
Омонликни илму урфонингдан олдим, ё, Барр!

АТ-ТАВВОБ
Тавба чоғи ҳилу ҳилдим, Ñ‘, Таввоб,
Гуноҳимни аққол билдим, Ñ‘, Таввоб,
Ўзинг кечир, остонангда тиз чўкдим,
Тавба қилдим, тавба қилдим, Ñ‘, Таввоб!

АЛ-МЎНТАҚИЙМ
Дарра азоблари не эмиш, Ñ‘, Мунтақийм,
Арра азоблари не эмиш, Ñ‘, Мунтақийм,
Бошига келганлар англади, Ñ‘, Мунтақийм,
Зарра азобларинг не эмиш, Ñ‘, Мунтақийм!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:46:50
АЛ-АФУВ
Хўп гуноҳга тўлдим ман, авф этармисан, Ñ‘, Афув,
Минг пушаймон бўлдим ман, авф этармисан,
Игна яшар юрагимнинг остида, зардоб йиғиб, Ñ‘, Афув,
Оҳ, қийналиб ўлдим ман, авф этармисан, Ñ‘, Афув!

АР-РАУФ
Ё, Рауф, дарёлар қуриб битарди дардим тегирмонида,
Ё, Рауф, қоялар нураб кетарди дардим селимонида,
Хайрият, Сен, бардошдан томиримга қон қуйдинг,
Ё, Рауф, билмам дунё нетарди дардимнинг тўфонида!

МОЛИКУЛ-МУЛК

Моликул-Мулк, Сен бадавлат, мен молсиз,
Моликул-Мулк, Сен басавлат, мен ҳолсиз,
Моликул-Мулк, Сен неъматингдан улуш бердинг,
Моликул-Мулк, Сен сахийсан, мен хасис!

ЗУЛ-ЖАЛОЛИ ВАЛ-ИКРОМ
Ё, Зул-Жалоли вал-Икром,
Дардли борки, Сен акром,
Оғир кунда Сенга сиғиндик,
Сиҳат яшаш қил инъом!

АЛ-МУҚСИТ
Саҳар уйғонаман дилимда номинг, Ñ‘, Муқсит,
Саждага борганда йўлимда номинг, Ñ‘, Муқсит,
ВақÑ‚ ила савашиб келади оқшом, Ñ‘, Муқсит,
Уйқуга кетаман тилимда номинг, Ñ‘, Муқсит!

АЛ-ЖОМИЪ
Бор айладинг осмонни, ё, Жомиъ,
Бор айладинг инсонни, ё, Жомиъ,
Осмон учун қуёшни, Инсон учун, Ñ‘, Жомиъ,
Ёр айладинг Қуръонни, Ñ‘, Жомиъ!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:48:49
АЛ-ҒАНИЙ
Йўқдан борман – Сенинг улкинг, Ñ‘, Ғаний,
Нафас олсам, Сенинг мулкинг, Ñ‘, Ғаний,
Китобингни кўзга суриб, лабга босдим, Ñ‘, Ғаний,
Комил руҳим – Сенинг хулқинг, Ñ‘, Ғаний!

АЛ-МУҒНИЙ
Ким камбағал, ким бойдир, Ñ‘, Муғний,
Ким юлдузу ким ойдир, Ñ‘, Муғний,
Фармон Сендан келадур, Ñ‘, Муғний,
Ким камону ким ёйдир, Ñ‘, Муғний!

АЛ-МОНИЪ
Муродига етмаса қазоси ўзидадир, Ñ‘, Мониъ,
Айби муқаррар бўлса жазоси Ўзингдандир, Ñ‘, Мониъ,
Тавбасига таянса, нияти саҳиҳ экан, Ñ‘, Мониъ,
Муроди ҳосил бўлар, сазоси ўзидадир, Ñ‘, Мониъ!

АЗ-ЗОРР
Ҳам фонийда, ҳам боқийда норинг бор, Ñ‘, Зорр,
Ҳам заминда, ҳам осмонда ёринг бор, Ñ‘, Зорр,
Сен истасанг ғазабингдан кимса қочиб қутулмас,
Ҳам бешикда, ҳам тобутда доринг бор, Ñ‘, Зорр!

АН-НОФИЪ
Яхши истаб, ёмон бўлдим, ё, Нофиъ!
Ранги-рўйи сомон бўлдим, ё, Нофиъ!
Қўлларимни кўкка очиб, Ñ‘, Нофиъ!
Ҳукминг ила омон бўлдим, Ñ‘, Нофиъ!

АН-НУР
Оғочмидим, ёна-ёна кул бўлдим, Ñ‘, Нур,
Олтинмидим, сўна-сўна пул бўлай, ё, Нур,
Мунаввар нур қучоғида яралдим, Ñ‘, Нур,
Инсон бўлай, Сенга содиқ қул бўлай, Ñ‘ Нур!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:50:25
АЛ-ҲОДИЙ
Ҳидоятсиз кўча-куйда дол эдим, Ñ‘, Ҳоди,
Қомат алиф аслида бир зол эдим, Ñ‘ Ҳоди,
Лутфинг ила шайтонлардан қутулдим, Ñ‘, Ҳоди,
Бугун инсон, кеча асли лой эдим, Ñ‘, Ҳоди!

АЛ-БАДИЪ

Бир томчидан мукаммал жон яратдинг, ё, Бадиъ,
Бир донадан насиба – нон яратдинг, ё, Бадиъ,
Қулларингга ишонч сели Ñ‘ғдириб, Ñ‘ Бадиъ,
Ҳар бирини халифа – хон яратдинг, Ñ‘, Бадиъ!

АЛ-БОҚИЙ
Ёмондан доғ, яхшидан боғ қолдирдинг, Ñ‘, Боқий,
Гулдан тикан, уммондан тоғ қолдирдинг, Ñ‘, Боқий,
Сен буюрсанг фоний бақо бўлғувси, Ñ‘, Боқий,
Инсондан нур, шайтондан зоғ қолдирдинг, Ñ‘, Боқий!

АЛ-ВОРИС
Ўтмишим Сен, келажагим ҳам Ўзинг, Ñ‘, Ворис,
Ҳадаф олибелажагим ҳам ўзинг, Ñ‘, Ворис,
Кимса мендан ҳисоб сўраб толмасин, Ñ‘, Ворис,
Мен ҳисобни беражагим ҳам Ўзинг, Ñ‘, Ворис!

АР-РАШИД
Замин тунга бўялганда, Сен келасан, ё, Рашид,
Кўзим кунга бўялганда, Сен келасан, ё, Рашид,
Йўл йўқотиб синганимда чил-чил бўлиб,
Қалбим хунга бўялганда, Сен келасан, Ñ‘, Рашид!

АС-САБУР

Сабр таги олтин, дейди боболар, ё, Сабур,
Сабр сўнгдан олдин, дейди боболар, ё, Сабур,
Сенинг сабр салтанатинг уммондир, ё, Сабр,
Сабр ҳақдин олгин, дейди боболар, Ñ‘, Сабур!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 23 Mart 2008, 17:51:00
АЛ-АҲАД
Сени икки, деган тиллар лол бўлар, Ñ‘, Аҳад,
Сени йўқдир, деган илм фол бўлар, Ñ‘, Аҳад,
Сен Воҳидсан, лам ялид валам юлад,
Сени хаёл деган кимса мол бўлар, Ñ‘, Аҳад!

АЛЛОҲ
Аллоҳ, Сени севолдим, гўзал тано керакмас,
Аллоҳ, Сенга сиғиндим, мансаб мано керакмас,
Аллоҳ, Сени куйладим, ўзга маъно керакмас,
Аллоҳ, Сенга интилдим, дорулфано керакмас!

ЖАҲОНГИР МУҲАММАД
Истанбул, 1995 йил.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 03 Aprel 2008, 16:00:33
Rasul dedi: mahsharga keladi bir jamoat.
Atrofida nur yog’ar ortida nurdan taxt
Sahobalar so’radi: Ayt Rasul kim ular?
Ul zot der siz ey ashobim Ular menga habiblar
Ularning iymonlari 40 ekandir sizlardan
Shahidlari 40 bora a’lodir sizlardan
Sizlar menla jannatda bo’lmoqlikni istaysiz.
Men ularla bo’lmoqlikni orzu etdim bilsangiz.
Sahobalar so’radi ular ne ish qiladi?
Qaysi qilgan ishiga Olloh buncha sevadi.
Rasul dedi ularga zamon og’ir keladi.
O’lgan Qur’on Hadisga ular hayot beradi.
Ular barcha ta’rifdan qurshab olinadilar.
Turli azob qiynoqqa uzoq solinadilar.
Ularning shu holiga Olloh nusrat beradi.
Ular bilan Jannatda birga bo’lgim keladi.
Shunday deya, payg’ambar,
Dupga qo’lin ochdi
O’tirgan sahobalar ko’zidan yoshin sochdi.
Rasul duo qildi u jamoa haqqiga
Ey birodar sen borgin bu hadisning farqiga
Ajabmaski haqqimiz shunday kunda tug’ildi
Ashoblar orzu qilgan fursatga biz ilindik
Sen ham o’sha jamoa safida turmoq uchun
Harakating qilib ol ayni shu fursat bugun.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 03 Aprel 2008, 16:03:14
                                  Benamozlik

Mo’minlikka davo bo’lmas benamozlik
Bir kunga ham ravo bo’lmas benamozlik
Bu dunyodek besh mahaldek o’tib ketar
Lek qabrda havo bo’lmas benamozlik
Jazolarga davo bo’lmas benamozlik
Qur’onda ham uning misli kelgan qavm bu
G’iybatla o’z do’stin go’shin yegan qavm bu
Rasulluloh bizdan emas degan qavm bu
Peshonasin qoraytirmish benamozlik
Qabrni ham toraytirmish benamozlik
Bu gunohki go’ngillarni mast qiluvchi
Inson degan sharafini past qiluvchi
Boshga balo kunni haqqa rost qiluvchi
Gunohlar kabirasi benamozlik
Asli shirkning nabirasi benamozlik
Joynamozlar sarpolarga joylanadi
Ayting qachon qo’llar haqqa boylandi.
Naxon inson do’zax sari shaylandi.
Shayton tuxfa etgan tug’yon benamozlik
Besh mahalga beparvodir Alloh bir deb
Og’ir kunda aytar tag’in yana panox ber deb
Shuni aytsa kerak gunoh bir deb
Muhrlanmish qalbga mangu benamozlik
Namozshomda uyqu go’yo benamozlik
Bobolari sajdadan bosh ko’tarmagan
Yaratgandan o’zga iloh ahtarmagan
Oh bu farzand nechun desang ko’karmagan.
Daryo bo’lib o’rnida cho’l benamozlik
Do’zax sari eng qulay yo’l benamozlik
Taxti tushib 5 vaqt namoz qilgan el
Har kunini Allohdan deb bilgan el bu
Dini bois bu dunyoga kelgan el bu
Yelkasida uning bugun benamozlik
Hech yechilmas jirkanch tugun
Buhoriylar, Termiziylat, Naqshbandlar
Shu o’lkadan chiqqan edi jigarbandlar
Ularmidi odan qilgan labda hatlar
Ular uchun ene katta or benamozlik
Bugun bizni aylagan xor  benamozlik
Sinolari namoz o’qib tabib bo’lgan
Navoiysi sajda chog’i habib bo’lgan
Qodiyriysi tergovda ham namoz qilgan
Bu millatga katta uyat benamozlik
Tarix uchun katta orat benamozlik
Dunyo uchun nima qilsang qilavergin
O’zingni kim bilsang shunday bilavergin
Ammo so’nggi xitobimga quloq bergin
Jaxannamga ziyoratdir benamozlik
Insonlikka hiyonatdir benamozlik

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 03 Aprel 2008, 16:03:40
O’tmoqda xiyonat avjigan kunlar
Gunoh ko’pik kabi ko’pchigan kunlar
Shayton yordamchiga yolchigan kunlar
Oxir zamon juda ham og’ir zamon
Ayolda shrm yo’q erkakda g’urur
Ayol er, er ayol libosin kiyur
Onalar o’zining xojasin tug’ur
Oxir zamon bo’ldi oxir zamoney
Yetimlar yemaydi to’yib oshu non
Miskinlar mung’ayib yutaverar qon
To’qlarni qornini to’ydirar exson
Oxir zamon bo’ldi oxir zamoney
Shariyat begona zinolar oshkor
Beto’siq bemalol yomonlik qimor
Balodan saqlar deb taqurlar timor
Oxir zamon bo’ldi oxir zamoney
Umrimiz o’tmoqda qaytmas bu damlar
Qabrga yetmoqda tinmay qadamlar
Ko’zingiz ochinglar axir odamlar
Oxir zamon bo’ldi oxir zamoney


Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 03 Aprel 2008, 16:05:38
Endi bildim zamonaning ozganin
Yomonlar yaxshidan qocha boshladi
Qaytib badnasslar asl zotidan
Pisand etmay turib kecha boshladi
Riyo bo’ldi ko’pning qilgan namozi
Tangri xech biridan bo’lmadi rozi
Payg’ambar o’rnida o’tirgan qozi
Pora uchun qo’lin ocha boshladi.
Darxoxlar turibon yuzin sarg’aytib
Tabib rangin qizartirib
Zolimlar malzumning sirtin qavartib
Qamchisidan qonlar socha boshladi
Mushtaxid so’ziga amal bo’lmadi
Munofiqlar yaratganni bilmadi
So’filar piridan ta’lim olmadi
Dunyo uchun dindan kecha boshladi
Bir guruh so’filar so’fiman deydi
So’ramay zolimlar taomin yeydi
Bizni yaxshi kishilar desinlar deydi
Xar eshikda xalqa qura boshladi
Qariga aylandi biz ko’rgan yoshlar
Oyoqqa aylandi biz ko’rgan boshlar
Bemaxal yuk bog’lab endi qardoshlar
Oxirat azmiga ko’cha boshladi
Oqil kishi yuragini g’amda ezib
Dardining darmonini so’roqlar kezib,
Zamo9naninig pasot bo’lganin kezib
Foniydan boqiyga ko’cha boshladi
Beasl beklarning navbati o’tdi
Soxtakorga qaroqchiga so’z yetdi
Dunyoda kim qolib murodga yetdi
Muhabbat chiqog’i o’cha boshladi
Qozi bo’lgan bir javobda turmadi
Tullar mehnat tortib kitob ko’rmadi
Shariat yo’lida to’g’ri yurmadi
Nafs uchun iymonsiz o’ta boshladi
Maxtumquli aytar: Barro yo’l tani
Besh kun sinamoqa yubordi sani
Sendan burun o’tgan insonlar qani
Har kim o’z navbatinda o’ta boshladi.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 03 Aprel 2008, 16:07:12
Allohning rahmatin nusrati n kuting
Barcha ko’z uyquga cho’mgan tunlarda
Asriy zanjirlarni yelkadan oting
Shaytonlar zanjirband bo’lgan kunlarda
Bizki ko’ngillarni ayladik vayron
Bugun o’zimizga o’zimiz hayron
Endi qo’limizda muqaddas Qu’ron
Shaytonlar zanjirband bo’lgan kunlarda
Bizga dars o’qitmang falsafalardan
Dunyo bezib bo’lgan vasvasalardan
Xolimiz telbaviy talvasalardan
Shaytonlar zanjirband bo’lgan kunlarda
Iymon yo’limdadir ko’zimiz nuri
Allohning so’ziga qalbimiz to’ri
Portlandi dunyoning soxta g’ururi
Shaytonlar zanjirband bo’lgan kunlarda
Allohga shukrki uni bir bildik
Baytullohga iymon to’la qalb keldik
Zinoyu faxshni zanjirband qildik
Shaytonlar zanjirband bo’lgan kunlarda
Allohim qo’limiz sengadir ochiq
Garchi ramazondan ko’nglimiz to’q
Tuzalib olmasak boshqa fursat yo’q

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 03 Aprel 2008, 16:07:52
Hammaga quvnamoq kulmoq yoqadi
Extimol quvonchdan sakramoq mumkin
Afsus kulmoqlikni davri tugadi
Qiyomat kelmoqda oxirat yaqin
Ishonmasang qara ko’cha ko’y belgi
Oddiy xovlilardan olarsan saboq
Hammasi hoziru nozir bir tutrki
Hayot endi yerga juda ham yiroq
Har ne ish oxiri bo’lgani kabi
Tugagani misol har qanday shovqin
Inobat bo’lmagay inson talabi
Qiyomat kelmoqda oxirat yaqin
Bu inson dunyoni haroba etdi
Xudoga xudolik da’vosin qilib
Yashamasi bir kun o’zni bilib
Endi kutib olsin o’z ulushini
Qiyomat kelmoqda oxirat yaqin.


Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Shirinqiz 03 Aprel 2008, 16:10:57
TEKBİRlerle Gömün BENİ

Azrail alır her canı,
Tekbirlerle gömun beni,
Toprak çeker her canı,
Tekbirlerle gömün beni.

Canım tende ayrıldığı an,
Ruhum bende ayrıldığı an,
Cesedim kabre vardığı an,
Tekbirlerle gömün beni.

Tekbir getiren dillere kurban,
Tekbirlerle defneden ellere kurban,
Tekbirin şuuruna erenlere kurban,
Tekbirlerle gömün beni.


Üzerime toprak örtüldüğünde,
Tekbirlerle gömün beni.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 08 Aprel 2008, 16:35:01
Katta bо’lsam
 

Agar men katta bo’lsam,

Berarman dinga yordam

Bo’lib rostgo’y musulmon.

Sizga o’hshab dadajon,

 

Dinimni o’rganishga,

Va Robbimni tanishga,

Bo’ling menga yordamchi,

«Yahshi otga bir qamchi».

 

Jonim bo’lsin fidoiy

Niyatim juda oliy,

Maqsadlarim kattakon.

Ko’zlarim cho’qqi tomon.

 

Haritam—hadis, oyat,

Yo’l uzoq benihoyat.

Yo’lga ozuqam—taqvo

Ilmdir menga peshvo!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 12 Aprel 2008, 14:55:39
HAYOLI AYOLLAR HAQIDA XAYOLLAR

Ayol haqda juda ko'plab asar bor...
Asarlarda undan ham ko'p gaplar bor.

Er zotiga husn bo'lsa jasorat,
Ayollarga go'zal hulqu, nafosat.

Er deb atagaylar haq so'z aytganni,
Xushlamaslar o'z yo'lidan qaytganni.

Ammo ayol borasida bo'lak so'z
Nozik jinsni go'zal aylar ibo ko'z.

Bo'lsin desang satrlarim bayti soz,
Hayoli ayollar xayolida yoz.

Erni ustun qo'yib ota-onadan,
Ular uchun ordir chiqmoq xonadan!

Xayollari zavji uchun bo'lingay,
Tushida ham «dadasi” deb yalingay.

O'zin sabr otliq o'tda toblaydi -
Xudoga itoat deb hisoblaydi.

Eri ranjib uydan chiqib ketsa goh,
O'zin ayblar beshud deb har qanday chog'.

Uzr so'rab charchamagay ba'zi dam
Erin etmish marta tavof qilsa ham.

Zavjiga chiroyli libosin kiyar,
Er kulgusin ko'rsa taomdek to'yar.

... Hayrondirsiz, zamonamiz ayoli
O'zgani maftun aylamak xayoli.

Bormi ushbu mulohaza talqini:
Ayol degan so'ramasmi haqini?

Javobimiz oddiydir, ey birodar,
Ayol dinda erkak bilan barobar.

Ammo ayol siyratining afzali
Hulqu itoatda bekam go'zali!

Chunki shunday yashab o'tgan Fotima,
Shundan o'zingga ol go'zal xotima.

Fotimai Zahro qilmay hech irim,
Alidan yig'lablar so'rmish kechirim.

Ko'zi shishgan qizin Rosul ko'rmishlar,
Bu holatning bayonini so'rmishlar.

Tinglab kuyav tutgan og'ir mavqifni,
Qara, qanday beribdilar tavsifni:

Rosul demish: “bo'lmasaydi shul ta'zim,
Jahannamga tushardingiz, jon qizim!”

Xoy onalar, xoy ayollar, tinglangiz,
Qay ahvolda Rosululloh suygan qiz!

Siz nelarni istayapsiz, bilmadim,
Siyrat o'qib, yot xulosa qilmadim.

Erlar maqtalganin ko'rdim janggohda,
Ayollarni eri suygan dargohda!

Olam suygan olima ayollar ham
Qilmaganlar johil erlarin mulzam!

Ey ojiza, extimol, bu kulgudir,
Lek olimalik nasibasi shudir!

O'tmish guvoh, singigan qonigacha
Erin kutgan umr poyonigacha.

Erkak ona poyidan istar jannat,
Er bosgan iz ayoliga kifoyat!

Ahli oqil bu so'zlarga kulmaydi
Tarix boshqa rivoyatni bilmaydi!

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 12 Aprel 2008, 14:56:44
QIYOMAT

Qiyomat yaqinlab qolgani ayon,
Ayollar erlarning libosin kiymish,
Avrat-u, xayoning ko'chasin toptab
Xatto mayin bo'lib so'zlamay qo'ymish.

Rasululloh bir kun qo'rqib so'zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalong'och turgan holiga
Ko'taramiz xatto boshimiz arang.

Tuyaning o'rkachin tasvirlab go'yo
Jannatning hididan voz kechgan ayol
Nahot umri bo'yi vaqt topib bir tun
O'ziga bir bora bermagan savol:

Xoy, men kim o'zi, jinsim ne erur,
Yarasharmi menga shu yovuz xilqat?
Ayollik libosin bir chetga otib
Asl go'zallikdan ayrildim faqat,

Bolamning nigohi menga yovqarash,
Erimning ko'nglida yo'qolgan xohish.
Men qancha urinmay, aslimdan shuncha
Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush...

Ovozim erkakcha, yurishim g'alat,
Shimning o'rtasida yig'laydi hayo.
Ajabo, shunchalar xorlik bo'lurmi,
Tubanlik bo'lurmi, do'stlar, ajabo.

Ayolning ko'nglida insofi bo'lsa,
Ushbu savollarni berardi bir tun
O'ech qursa o'qidan qochib boryotgan
O'g'illari uchun, qizlari uchun...

Afsus, ushbu holga faqat ayolmas,
Balki erlarning ham ayblari mavjud.
Rashk o'tin o'chirgach zino-yu faxsh-la,
Dayuslik kasbiga ko'rar taraddud.

Nardadan boshini ko'tara olmay,
Ayollarga turmush yuklagan qopin
Odamdan yaxshilik ko'rmoqchilarga
Ayturmiz olimlar qilgan xitobin

Ular o'zlarini erkak desalar,
Dunyoda eng katta bo'lurlar kazzob,
Chunki nikoh kuni bergan ahdiga
Qilmishlar hiyonat, berolmay javob.

Ularda mag'rurlik asli yo'q xislat,
Ularni iymon ham aylamish xalos.
Ularning egnidan joy olgan ko'ylak
Faqatgina tashqi ko'rinish, xolos.

Hayxot, bu dunyoning ishi ters bo'ldi,
Yaxshilar ko'ngildan yig'lab o'tmishlar
Ayolin ko'chaga qo'yganlar bugun
Ertaga bolaga ko'krak tutmishlar,

Hali bu ketishda vazifalar ham
O'zgararmi ayol, er nasli uchun,
Go'yoki quyoshning tunda chiqishi,
Oyning otishi-la ochiladi kun...

Yo'q, do'stlar, iymon bor, ishonch bor ekan,
Bunga yo'l qo'yilmas hech qachon, hech vaqt.
Har kim o'z fitrati, o'z tabiati
Amriga binoan yashamoqlik - baxt.

Hadisdan oddiy bir xulosam shulki,
Ko'r qilar bu ko'zni qamashtirganlar
Aslida qiyomat kunin tezlatar
Ana o'shanday jins almashtirganlar.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 12 Aprel 2008, 14:57:28
SINGILJONLAR!

Ko'rarga ko'z quvonsin, komil bo'lsin iymonlar,
Sof qo'shig'in tinglasin asli dorulmakonlar,
Tubsiz jarlik oldida tebranib turibmiz-ku,
Xamzalarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,

Har kimga ma'lum, mashhur oyat-u, dalil, hadis.
Lek ko'ngillar negadir ma'siyatlarga haris...
Og'zi yumuq ummatga taqdim eting mudarris -
Mus'ablarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,

Sifatdan darak bering, shart emas millionta son
Daraxtdan uzilgan barg atalar barbir hazon
Qora yuzli bo'lsa ham aytolsin qo'rqmay azon
Bilollarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,

Islom ummati unga tilasin shon-sharaflar,
«Alloh ulug'» deganda titrasin to'rt taraflar
Qonidan mahzun bo'lib dod ko'tarsin Mushaflar
Usmonlarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,

Bukun shamol misoli elar farzandlar kerak,
Jonini sherigiga tilar farzandlar kerak,
Janggohlarda uyqusi kelar farzandlar kerak
Alilarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,

Umid sizgadir bukun, maydonda shay ko'rining,
Sizdan yordam bittadir xoh turtinib surining:
Tug'sangiz gar ming yillik dostonlarga urining
Umarlarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 12 Aprel 2008, 14:58:06
HIJOBLIK AYOL
Ko'zing-u, qalbingni zabt etgan to'lib
Nafosat haqida sursang gar xayol.
Nuqsonsiz go'zallik timsoli bo'lib
Yurgan bir hasratdir xijobli ayol!
Biroq oson emas yurmoq hijobda,
Bugun bu ko'plarga kelmoqda malol.
His qilar o'zini begona dunyo,
Kelgindi xilqatdir xijobli ayol.

Avj olgan buzuqlik, ma'siyatlardan,
Ne-ne qadriyatlar bo'ldi-ku uvol.
«Ey Robbim, panoh ber!» deya bulardan
Berkingan suvratdir xijobli ayol.

Ko'plar ayol nomin bo'lg'aydi tinmay,
Avratlar ochilib, bo'lishar xush-hol.
Taqvosin ko'rsatib, o'zin ko'rsatmay
Saqlangan siyratdir xijobli ayol.

Millat-u, dinini ko'plar unutib
Gunohlar qa'rida toparkan zavol,
Taqvosi timsoli, libosi bo'lib
Diniga quvvatdir xijobli ayol.

Behayo kimsalar, dinsiz johillar
Masxara qilganda uni bemalol.
«Allohim, ularga hidoyat ber», deb
Eng yaxshi niyatdir xijobli ayol.

Uning mauvjudligi ko'ngilga malham
Ko'z quvnar, qalb esa bo'lmagay behol.
Kitoblar yoqilib ketganida ham
Islomga hujjatdir xijobli ayol!

Da'vatlar to'xtagan telba diyorda
Har kimning ko'nglida katta bir savol.
Indamay ketsa ham ko'zlari erda
Katta bir da'vatdir xijobli ayol.

Unga havas qilgum, degum, «ey singlim,
Erlarga taqvoda o'rnak bo'lib qol!»
Iymondan voz kechgan erkaklar uchun
Eng yaxshi ibratdir, xijobli ayol.

 
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 15 Aprel 2008, 14:56:29
O'rangan oy yuzingizni Allox suysin.....

Xaq rizosin tilab xijob tuttgan qizlar,
Xalqning emas xoliq lufin kutgan qizlar.
Xaq ishqida nozin ichga yutgan qizlar,
Pok qalbingiz chin ilohiy hislar tuysin.
O’rangan oy yuzingizni Allox suysin.
Yot nazardan qochib parda tutib yuzga.
Ibrat bo’lib behayoyu qaro yuzga,
Endi xatto tosh otsalar teymas sizga,
Sizga zulm istaganlar o’zin tiysin
O’rangan oy yuzingizni Allox suysin.
Bu ne fayzu karomatkim sirlarga boy
Misli bulut arosinda kulganday oy
Or xayoga burkanibdi oyday chiroy
Kiyim kiygan yalang’ochlar rashkda kuysin
O’rangan oy yuzingizni Allox suysin.
Oriyatli oy yuzlarni to’sgan parda
Bir chiroyli tovlatdi ming bir chiroyda
Yomon ko’zdan asrasin Allox xar joyda
Betavfiqlar mayli nima desa desin,
O’rangan oy yuzingizni Allox suysin.
Muxofaza etib o’zni yot nazardan
Besh maxramni qutqardingiz axli nardan
Xaq lutfiga sazovorsiz tong saxardan
Ochiq sochiq yurganlar xam esin yig’sin
O’rangan oy yuzingizni Allox suysin.
Dunyo sinov Xaq yo’lida sobit qoling
Xatarlardan eson omon o’tib oling
Jannat uzra munda poyondozlar soling
Allox o’zi sizga chin baxt ato etsin
O’rangan oy yuzingizni Allox suysin!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Aprel 2008, 12:35:48
Musulmonmiz!

Go'zal islom din bizga
O'xshar porloq yulduzga
Bu din deydi to'g'ri bo'l
Bu din deydi toza bo'l
Bu dindan yana go'zal
Bormidir boshqa bir yo'l
Payg'ambarim Muhammad (sav)
Ikki dunyo quyoshi
Payg'ambarlar ichida
Yo'qdir uning hech eshi
Kitobimizdir Qur'on
O'qiymiz uni har on
Ko'p shukrlar Allohga
Musulmonmiz, musulmon
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Aprel 2008, 12:37:54
Shukr

Ushlash uchun qo’l berding,
So’zlash uchun til berding,
Hidlash uchun gul berding,
Robbim senga ko’p shukr.

Yurishga oyoq berding,
Tinglashga quloq berding,
Og’iz, tish, tomoq berding,
Robbim senga ko’p shukr.

Shu go’zal chechak uchun,
Uchgan kapalak uchun,
Osmonu falak uchun,
Robbim senga ko’p shukr.

Otam va onam uchun,
Ajoyib olam uchun,
Barcha ne’mating uchun,
Robbim senga ko’p shukr.
 
 
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Aprel 2008, 12:40:11
Bismillah

Allohdir ilk so’zimiz,
Imon to’la ko’zimiz.
Uhlagani yotiboq,
Uyg’onganda har saboh
Darhol deyman BISMILLOH.

Narsa yerkan, icharkan,
Kitobimni ocharkan,
Darsimga o’tiriboq,
O’yinimni boshlar chog’
Doim deyman BISMILLOH.

Tushurmasman tilimdan,
Aytarman jon dilimdan.
Alloh tutar qo’limdan,
Adashtirmaz yo’limdan.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Aprel 2008, 12:41:04
Ovqatdan oldingi duo

Taom  yeyishdan oldin,
Qo’l ochdim Robbim senga.
Aql, sihat, to’g’rilik,
Go’zal axloq ber menga.

Yemasam o’solmayman,
Maktabga borolmayman.
Qani tez tez yeyaylik,
Maktabga tez ketaylik.
Yaratgan Allohimga
Doim duo qilaylik.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Aprel 2008, 12:42:05
Ovqatdan keyingi duo

Alhamdulillah alhamdulillah,
Bu ne’matni bergan Alloh.
Payg’ambarim Rasululloh,
Yerkan deyman bismilloh.

Ko’paysin ozaymasin,
Toshsinu kamaymasin.
Ohiri ko’rinmasin,
Ishtaha kesilmasin.

O’tganlarning ruhi uchun,
Qolganlar sog’ligi uchun,
Dardi borga darmon uchun,
Allohim rizosi uchun
Al-Fotiha.
 
   
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Aprel 2008, 12:44:41
 Uhlash duosi

Yotdim o’ng tomonimga,
Tayandim Allohimga.
Malaklar shohid bo’lsin,
Dinimga iymonimga.


Yotdim yo Alloh
Turgizgin Inshaallah
Shu yotgancha turmasam
La ilaha ilalloh!
 
 
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Aprel 2008, 12:45:59
Allohim, qo'lim ochib
Senga duo qilaman.
Ko'zlarimdan yosh sochib
Faqat sendan so'rayman.

Yeru osmonlarni
O'zing yaratding.
Bandam, mendan so'ra,
Beraman, deding.

Robbim senga bo'lsin hamd,
Rasulingga salovat,
Barchamizga insof ber,
Dinu Islomga quvvat.

Avvalo o'zingga bo'lay qul a'lo,
Muhammad alayhissalomga ummat bebaho,
Hayotimda aslo qilmayin hato
Rizoliging topay, ey Haq Taolo.   
   
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Aprel 2008, 12:47:33
Hasta duosi

Mening bir ukajonim bor, juda asal,
Muzdek suv ichib qo’yib bo’ldi kasal.
Oyim uni doktorga ko’rsatdilar,
Dori berib bir duo o’rgatdilar.
“Dardlarga davo,
Hastaga shifo-
Sen berarsan, Allohim,
Sen ko’rarsan Allohim
Sen shifosan, Allohim
O’zing yakka panohim”
 
 
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 18 Aprel 2008, 12:48:20
Katta bо’lsam
 

Agar men katta bo’lsam,

Berarman dinga yordam

Bo’lib rostgo’y musulmon.

Sizga o’hshab dadajon,

 

Dinimni o’rganishga,

Va Robbimni tanishga,

Bo’ling menga yordamchi,

«Yahshi otga bir qamchi».

 

Jonim bo’lsin fidoiy

Niyatim juda oliy,

Maqsadlarim kattakon.

Ko’zlarim cho’qqi tomon.

 

Haritam—hadis, oyat,

Yo’l uzoq benihoyat.

Yo’lga ozuqam—taqvo

Ilmdir menga peshvo!
 
 
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Aprel 2008, 17:13:52
Ramazon fazilati

Inson ba’zan unutar

Noshukrlik kasrini

Ro’za tutarkan bilar

Ne’matining qadrini

 

Ro’za bizga o’rgatar

Sabrni va shukrni

Insonga marhamatni

Ibodatu zikrni.

 

Ramazonda shaytonlar

Bog’lanadi, bilingiz

Fursagtni boy bermanglar

Yaxshi amal qilingiz.

 

Ro’zada fayz, baraka

Doim hukm suradi

Buni his etmaganlar

Hali afsus qiladi

 

Ramazonda o’rgandik

Ko’pgina yaxshi amal

Unutmaylik ularni

Ramazondan keyin ham
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Aprel 2008, 17:14:05
O’rgandim ro’za ila

Och va suvsiz qolmoqni,

Sabr-toqat qilmoqni,

Allohga yetishmoqni,

O’rgandim ro’za ila.

 

Bandaga marhamatni,

Ro’zadagi rahmatni,

Minglab minglab hikmatni,

O’rgandim ro’za ila.

 

Yo’qsillikning ma’nosin,

Solihlarning taqvosin,

Sahovatning bahosin,

O’rgandim ro’za ila.

 

Shukr mohiyatini,

Zikr fazilatini,

Taqvodor hayotini,

O’rgandim ro’za ila.

 *******************************

 

Qabul et ro’zamizni, Allohim.

Yemadik, ichmadik

Tutdik tilimiz

Qabul et ro’zamizni, Allohim

Faqirning, yo’qsilning

Bildik holini

Qabul et ro’zamizni, Allohim

 

Qo’shnimiz och bo’lsa

Beramiz yordam

Qabul et ro’zamizni, Allohim,

Yetimning boshini

Silaymiz har dam

Qabul et ro’zamizni, Allohim.

 

Gunoh qilmaslikka

Bo’lamiz ogoh

Qabul et ro’zamizni, Allohim,

Istab rizoliging

Yashaymiz har chog’

Qabul et ro’zamizni, Allohim.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 30 Aprel 2008, 12:53:36
Qit’a

Istasang toza ko’ngilga qo’nmasin zarra g’ubor,
Pok so’zu pok ish va pok dil, pok xayol bo’lmoq kerak.
Jismu jonimga desang begona bo’lsin xastalik
Ishq zavqu dardi birlan xasta hol bo’lmoq kerak.
Qalbga gar istarsan orom, bo’l yomon so’zdan yiroq,
Karvalol ichmoq kerakmas, kar va lol bo’lmoq kerak.
Erkin Vohidov
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 30 Aprel 2008, 12:57:53
Qayu jonlik jahonga kelsa, oxir o’lmayin qolmas,
Tiriklikda xaloyiq bir-biri qadrini bilmas.

Ajab motamsaro dunyo erur, poyoni yo’q bilsam
Ki, san dunyog’a mag’rur o’lmag’il, hargiz vafo qilmas.

Ayog’ing ostig’a boqg’il, hamma yer ichra pinhondur,
Manam shundk bo’lurman, deb sani parvoyinga kelmas,

Lahad ichra yotursan, yozu qish o’tgonini bilmay,
O’g’ul-qiz, yoru do’sting bir kelib sandin xabar olmas.

San o’lgan so’ng hama farzandlaring molingni olg’aylar,
Sani holing nechuk kechgay qaro yerda, bular bilmas.

O’lim yoshu qari, shohu gadolarg’a barobardur,
Biling, jon olg’uchi elni nazarga zarracha ilmas.

Bu besh kunlik umrg’a joyu manzil ham kerakmasdur,
O’limni o’ylagan odam bu dunyoga nazar solmas.

Jahannam otashini, go’r azobin o’ylagan odam
Sirotul-mustaqimdin o’tmaguncha yig’lagay, kulmas.

Haziniy, oxiratga har kishi imon bilan borsa,
O’shal yerda ani san anglagil, o’lgan bila o’lmas.

Haziniy
Musulmonlar taqvim kitobi 1998 yil I chorak

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 30 Aprel 2008, 19:08:19
Besh illat bor qalbni aylagay barbod,
O'zni asramasang duch kelgay balo.
Ko'p yeyish, ko'pdeyish, hamda yalqovlik,
Behuda kulmoqqa bo'lmoq mubtalo.
Yana noshukrlik ko'p og'ir illat,
Yuzni qilgay haloyiq aro qora.
Iloho, bulardan asra bandangni,
Ojizlar dardiga aylagin chora.

A'molim mezonga qo'yar chog'ingda,
Gunohlarim kechir, etma oshkora,
Qalbni yoritguvchi besh fazilat bor,
Kim unga muyassar, Alloh bo'lur yur.

Oz yemoq, tafakkur aylamoq ko'proq,
"Ixlos"ni ixlosa-la o'qimoq bisyor.
Olimlar suhbatin mudom istamoq,
Istig'for aytmqolik yana har sahar.

Iloho, bularga esh et qalbimni,
Zikringda saharlar aylagil bedor.
Mosuvo etmagil ma'rifatingdan,
Toki jamolingga bo'lay muyassar.

Abdug'ani hoji Sulaymon.


Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 30 Aprel 2008, 19:08:46
Ey o’zidan g’ofil, ishlaring ajibdur.
Ey nafs-havo qurboni kasaling g’aribdur.
Ey katta orzu-havaslik, chaqirilasan javob ber,
Va bu juda ham oz, har bir keluvchi (o’lim) yaqindir.
Ko’rindiki eslading lahding-qabringni
Qanday tunaysan unda bir o’zing
Ilonlar chaqadi ikki yuzingni
Qurtlar bo’lib oladi bor jasadingni

Sevguvchi kuladi sening ortingdan
O’limni esidan chiqarib sening ortingdan



Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 30 Aprel 2008, 19:09:08
Nolidim Vaku`ga hofizam sust deb,
"Gunohni tark et", deb yo`l ko`rsatdilar.
"Ilm nur erur, Allohning nuri
Osiyga berilmas", deb o`rgatdilar.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 30 Aprel 2008, 19:10:08
Mo`minmiz, Islomga fidoyidirmiz,
Alloh ajrining bir gadoyidirmiz.
Aql, imon berdi, unutmaylik hech,
Biz Uning o`stirgan bo`g`doyidirmiz.
****

Birda bor, birda yo`q o`tadi kuning,
Borda ham, yo`qda ham chiqmaydi uning.
Yo`qda - sabr, borda - ochiq dasturxon,
Shukru sabr ila komildir imon.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 15 May 2008, 17:52:59
Indamaslar olami

Indamaslar olamin sayr ayladim,
Sayr etib men beriyo xayr ayladim,
Eng ajb olam ekan bu olami,
Sayr qilsin bo’lsa har kimning g’ami.
Unda beravzan ekan har bir bino,
Ul binolarning ichinda yo’q havo,
So’risi yo’q, sahni yo’q, ayvoni yo’q,
Aqrabolar yo’q, aziz mehmoni yo’q.
Beo’chog’u bepalosu betanur,
Betaomu belibosu qayda nur,
Tomi ham, devori ham tuprog’ erur,
Eski g’ordan ham qorong’uroq erur,
Qoru yomg’ir tomlarin qilmish xarob,
Loyga aylanmish tani oliyjanob,
Bu binolar yonma-yon, katta-kichik,
Ba’zisi kimning uyi nomi bitik.
Ba’zisin ustida naqshinkorlik,
Sangi marmarga bitik yodgorlik.
Ermi, xotinmi, qarimi, yoshmi,
Yoki jodu ko’zmi, qiyg’och qoshmi,
Kambag’almi, boymi yo olimidin,
Yoki hokim, yo hakim ul kim edi.
Yo gadomi, yo halim yoki chapan,
Kim tanib olgay suyakning rangidan.
Bir-biridan farqi yo’q hech kimsaning,
Po’sti yo’q so’ngak erur jismi aning.
Kim takabbur bo’lsa ham da’vosi yo’q,
Nozaninlar nozu istig’nosi yo’q.
Makr etishga holi yo’q makkorning,
Holi yo’q toat uchun dindorning.
Bir nafas ham og’zi badbo’y mast yo’q,
So’kkuchi til, urguchi zo’r dast yo’q.
Qo’ydi-chiqdi yo’q uning ro’zg’orida,
Urdi-yiqti yo’q uning bozorida.
Birni yuzga, yuzni mingga sotguchi,
Ajralib sarmoyadan jim yotguchi.
Elni behuda malomat aylagan,
Og’zidan gul o’rniga chiqmish tikan.
Kimsada yo’q madhu vasfu lofu qof,
Yo’q g’araz ham dag’dag’a, jangu masof.
Kim riyokoru munofiq, behayo,
Qolmish elning la’natiga doimo.
Beadab, bezoriyu xulqi yomon,
Ulfati bo’lmish ul manzilda ilon.
Bunda mansab yo’q, xushomadgo’y yo’q,
Zebu ziynat birla rangu bo’y yo’q.
Bunda yo’q hech kimga tahqiri nazar,
Xor kimdir, bilmadim kim mo’tabar.
Balki maygun labdan unmish lolalar,
Lola yuzlar qayda, yo’qdir volalar.
Jim yotur man-man degan boz-bozlar,
Betida tuprog’ erur pardozlar.
Tadbiru purkorlik qo’l kelmamish,
Hiylayu ayyorlik qo’l kelmamish.
Qo’l uzatmaydir tama’ birla gado,
Yo’q saxiy ahlida ham lutfu saxo.
Pora-pora poraxo’rlar jismi ham,
El aro butkul yo’qolmish ismi ham.
Noiloj zolim yotibdir bemajol,
Notavon mazlumda ham yo’q qiylu-hol.
Og’zida tuprog’ xasis, ochko’z, baxil,
Hammasin yeb yebti qo’ymay yilma-yil.
Aldayolmasdan yotur aldoqchilar,
Komi qum to’lgan yotur ayg’oqchilar.
Qo’ynida yo’qdir qalamkash daftari,
Yo’q erur qonxo’r qo’lida xanjari.
Yo’q ularda ixtiyoru iqtidor,
Qishmi, kuzmi, bexabar, yozmi, bahor.
Qancha ming yillar erurki kun botur,
Qancha ming yillar erurki tong otur,
Kecha kunduzdan xabarsizdir ular,
Butkul ermas bu tasavvur muxtasar.
Tek yotur, xomush yotur, jim-jim yotur,
Tuprog’in ba’zan shamol bir qo’zg’otur.
Ota-ona birla farzand bir-birin,
Chehrasiga tashlay olmas ko’z qirin.
Eru xotin, birla xeshu aqrabo,
Bir-biridan bexabardur mutlaqo.
Bu so’zim ermas xurofotdan darak,
Bu haqiqat olami – ibrat demak.
Soati bunda sayohat ayladim,
Na sayohat, ming nadomat ayladim.
Ko’zda yoshim bo’lgan erdi pardador,
Yig’ladi dil parda ichra zor-zor.
Vahmdan lekin tetik tutdim o’zim,
Bir tomonga nogahon tushdi ko’zim.
Bir makone bo’ldi menga jilvagar,
Ustidan unmishu go’yo nayshakar.
Qabr aro qo’shnay sadosin avji bor,
Bu sado lol ayladi beixtiyor.
Shu zamon ko’nglimga yetdi bir surur,
Zam-zami qalbim aro baxsh etdi nur.
Kel degandek bo’ldi menga shul zamon,
Bu nidoni tingladi jismimda jon.
Men dedim, ey mehtari qo’shnaynavoz,
Nay ramuzidan xabar bergil, biroz,
Ne sabab joyingda o’zga fayz bor,
Bu makoning nega go’yo lolazor?
Sen kim erding bunda kelmasdan burun,
Mujda bergil menga holingdan bu kun?
Deb ko’zim yumdim qilib boshimni xam,
Keldi go’yo menga bir ovoz shu dal.
Aydi: “Ey farzand, men aytay tinglagil,
Ne desam, sen, zarra shak keltirmagil,
Avvalo, men poku beozor edim,
Elni shod etguvchi parhezkor edim,
Umr o’tkazdim halol mehnat bilan,
Elni xursand ayladim san’at bilan.
Doimo qildim baxillikdan xazar,
Yaxshilikni o’yladim shomu sahar.
Ota-ona dillarin shod ayladim,
Ruhlarin har lahzada yod ayladim.
Yaxshi niyat erdi qalbimda chiroq,
Men edim kina-kuduratdan yiroq.
Hech bir insonga xiyonat qilmadim,
Hech yomon ishlarga odat qilmadim.
El uchun har ishda qildim mardlik,
Qilmadim nokasligu nomardlik.
To’g’ri yo’l birlan kechirdim men hayot,
Yurtu xalqim menga qildi iltifot.
Menda hargiz yo’q edi kibru havo,
Shu sababdan bo’ldi el mendan rizo.
Ushbu boisdan makonim fayzlik,
Qil amal senda agar bo’lsa bilik”.
Bu ramuzni nay tili birla dedi,
Indamaslar olami xomush edi.
Nogahon keldi bir ovozi hazin:
“Bir nafas tutkil quloq, men ham deyin,
bor edi sevgan qator farzandlarim,
ko’zlarimning nuriyu dilbandlarim.
Erkalatdim, mehribonlik ayladim,
Sizladim, shirinzabonlik ayladim.
Bir sovuq shabboda ham ko’rmay ravo,
Xastalansa, tinmay istardim davo.
O’stirardim ming mashaqqatlar bilan,
Qo’llarim boshida shafqatlar bilan.
Gohi ozg’in, gohi to’zg’in men o’zim,
Yangi kiysin deb, jigarbandim, qo’zim.
Gohi puldor, gohi bo’ldim qarzdor,
Yuz berardi turli tashvishlar qator.
Voyaga yetguncha ul ko’zi qoralar,
Qomatim xam bo’ldi, bag’rim poralar.
Qoldirarman deb ularga bog’u rog’,
Men olib keldim dilimda qancha dog’.
Qoldi unda zarnigor koshona ham,
Qoldi yoru oshno, begona ham.
Rizq uchun yolg’on-yashiq so’z ishlatib,
Ba’zioda bir pul uchun boshim qotib,
Do’ppayib turgan shu tuproq pastida,
Men yotibdurman oyoqlar ostida.
Kelmadi yillar ko’zimning ravshani,
Ya’ni, ul farzandi dilbandlar qani?
Bu makonim ustiga bir yo’l qara,
Bormi, ayt, hatto yog’ochdan panjara?” –
Deb, meni hayronu lol aylar edi,
Bu tasavvur poymol aylar edi.
O’zga yondan keldi shul dam bir nido,
Aydi menga: “Tut qulog’ing mutlaqo!
Bu sado jondan kelur, inson eshit!
E tirik yurgan, tirik qadriga yet!
Eslasin ruhimni avlodim desang,
O’tgan ajdodingni sen ham hurmat et!”
Men bu ma’noni eshitdim jon bilan,
Ham qabul etdim uni vijdon bilan!
Elga ham bu so’zni izhor ayladim,
Bir emas, takror-takror ayladim.
Indamaslar olamiga sol nazar,
Sen o’zingdan qil ularni bahravar.
Ota-ona ruhin esla, shod qil,
Ya’ni, yotgan maskanin obod qil.
Ko’z ochib bu o’y-y bu fikrat bilan,
Tashqari qo’ydim qadam hayrat bilan.
Men dedim kel, Chustiyo, hushyor bo’l,
Yaxshi niyat birla beozor bo’l,
To’g’ri bo’l, qilg’il yomonlikdan hazar,
El mazoring lavhiga rahmat yozar.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 16 May 2008, 15:50:18
Indamaslar olami

Indamaslar olamin sayr ayladim,
Sayr etib men beriyo xayr ayladim,
Eng ajb olam ekan bu olami,
Sayr qilsin bo’lsa har kimning g’ami.
...
To’g’ri bo’l, qilg’il yomonlikdan hazar,
El mazoring lavhiga rahmat yozar.


Alloh rozi bo'lsin
Mana shu she'rni juda yaxshi ko'raman
Ayniqsa Hayrulloh Hamidov o'qiganlarini
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 21 Iyun 2008, 06:09:20
ҚИЗИМ!

Хаёл сурма, хаёллар ёмон
Туйғуларга бермагин изн.
Қуръон ҳарфин ўрганиб обдон
Салим қалбга эга бўл, қизим!

Фисққа чорлов сериаллардан
Кимдир излар ёлғон Ҳизрни
Менинг мунис, муслима қизим,
Рўмолинг-ла ёп телевизорни.

Сен дунёга теран боқмоқни
Қуръон ҳамда суннат-ла изла
Дунё майда-чуйда деб куйса
Сен энг катта савдони кўзла.

Бу савдоки, латта-путтага
Алданмаган ҳаётий эртак.
Сен Ойишага, Фотималарга
Ёпишиб ол мисоли печак.

Ҳеч уларни қўйиб юборма,
Сен уларни чиндан бил она.
Бошингдаги рўмол ечилса,
Бошинг ила тушсин мардона

Қалбинг ила Ҳақни танигин
Берилмагин фалсафаларга
Заргар дунё аслида битмиш
Ёлғон яшиқ сафсаталарга.

Қизим, менинг муслима қизим,
Ақидангда ҳотиржам қолгин
Ҳатто онанг тобутин кўрсанг
Аллоҳданмиз, деб айта олгин.

Билиб қўйки, дунё бевафо,
Манзил олди насиҳат сўзим:
Мендан кўра Расулуллоҳни
Яхши кўрсанг, розиман, қизим!

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 26 Iyun 2008, 10:33:00
ТАСБЕҲ АЙТУР

Худойимдан хабар келди — буюк фармон!
ÐŽқинг: “Ваннажму вашшажару ясжудаан...”
Шул сабабли дов-дарахту ўт-ўлан
Тасбеҳ айтиб чиқар ердан, бўлманг ҳайрон.

Бир чаманзор ичра кирсак, турфа гуллар
Тасбеҳ айтар, аммо биздан эрур пинҳон.
Олма, ўрик, гилос, анжир барчалари
Қандай тасбеҳ айтганини билмас инсон.

Пахтазору ғаллазорлар қир-адирда
Холиқ учун тасбеҳ айтур уриб жавлон.
Кўз илғамас митти-нафис гиёҳлар ҳам,
Осмонўпар дарахтлар ҳам дегай Раҳмон.

Тоғу тошда, яйловларда печак, бута
Бўйинсунган Холиқ учун, қилманг пайҳон.
Арчазору Ñ‚Ñžқайлар ҳам катта бойлик,
Болта урманг, парваришланг, қилманг хазон.

Қовун-тарвуз, ҳандалаклар унган пайкал
Ҳаққа бўйинсуниб бўлди шаккаристон.
Болдан тотли чилги, чарос, ҳусайнилар
Ҳақ зикрини кеча-кундуз қилгай баён.

Бу наботот оламида ибрат-сир кўп,
Одамзоднинг ақли етмас, Ҳаққа аён.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 26 Iyun 2008, 10:36:10
         Ð¡ÐÐ ҲИСОБ
            -БИР КУН-

Ҳаёт биносининг бир ғишти кўчди,
Кеч тушди, бир куннинг қуёши ўчди.

Бир кунингни бир умрга қиёс қил,
Тoнгни кeлиш, шoмни кeтиш вақти бил.
-Қандай кeчди куним? Қилдим нe савoб?
Қилган қайси ишим виждoнга азoб?
Нe кoр этдим Xудo рoзи бўлгудeк?
Қарзим йўқми ўлсам ҳoзир ўлгудeк?
Кимни мамнун айлаб, ранжитдим кимни?
Устимдан Ñžқирлар қандай ҳукмни?
Ҳар кeч шу савoлга изламoқ жавoб.
Шунга қилиб амал бўл oдил ҳакам,
Бу йўлда аяма ўзингни ҳeчам!
Кундуз сoдир қилган гунoҳинг учун,
Кeча дўзаxда ён, йиғла жигарxун!
Xаёлан ўлиб кoÑ€ ва кир қабрга,
Жавoб қил савoли Мункар-Накирга.
Сўнг тарoзига бoÑ€, палласига бoқ,
Савoб изла, гунoҳ кeлса oғиррoқ.
Қадам қўй қилдан нoзик бўлса ҳам,
Тушиб кeтма кўприк oсти жаҳаннам.
Сафар ҳақдир, ҳар кун эсла кeтарни,
Дилингдан фарoмуш қилма xатарни.
Ўлмай ўтказ ўлимни ўз нафсингдан,
Етса ажал, ҳeч иш кeлмас дастингдан.
Бас ҳар кунинг, ҳар нафасинг ғанимат,
Шардан тийил, ҳайрoтга қил азимат.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 02 Iyul 2008, 14:03:24
ҲАЁЛИ АЁЛЛАР ҲАҚИДА ХАЁЛЛАР

Аёл ҳақда жуда кўплаб асар бор...
Асарларда ундан ҳам кўп гаплар бор.

Эр зотига ҳусн бўлса жасорат,
Аёлларга гўзал ҳулқу, нафосат.

Эр деб атагайлар ҳақ сўз айтганни,
Хушламаслар ўз йўлидан қайтганни.

Аммо аёл борасида бўлак сўз
Нозик жинсни гўзал айлар ибо кўз.

Бўлсин десанг сатрларим байти соз,
Ҳаёли аёллар хаёлида ёз.

Эрни устун қўйиб ота-онадан,
Улар учун ордир чиқмоқ хонадан!

Хаёллари завжи учун бўлингай,
Тушида ҳам «Ð´Ð°Ð´Ð°ÑÐ¸â€ деб ялингай.

Ўзин сабр отлиқ ўтда тоблайди -
Худога итоат деб ҳисоблайди.

Эри ранжиб уйдан чиқиб кетса гоҳ,
Ўзин айблар бешуд деб ҳар қандай чоғ.

Узр сўраб чарчамагай баъзи дам
Эрин етмиш марта тавоф қилса ҳам.

Завжига чиройли либосин кияр,
Эр кулгусин кўрса таомдек тўяр.

... Ҳайрондирсиз, замонамиз аёли
Ўзгани мафтун айламак хаёли.

Борми ушбу мулоҳаза талқини:
Аёл деган сўрамасми ҳақини?

Жавобимиз оддийдир, эй биродар,
Аёл динда эркак билан баробар.

Аммо аёл сийратининг афзали
Ҳулқу итоатда бекам гўзали!

Чунки шундай яшаб ўтган Фотима,
Шундан ўзингга ол гўзал хотима.

Фотимаи Заҳро қилмай ҳеч ирим,
Алидан йиғлаблар сўрмиш кечирим.

Кўзи шишган қизин Росул кўрмишлар,
Бу ҳолатнинг баёнини сўрмишлар.

Тинглаб куяв тутган оғир мавқифни,
Қара, қандай берибдилар тавсифни:

Росул демиш: “бўлмасайди шул таъзим,
Жаҳаннамга тушардингиз, жон қизим!”

Хой оналар, хой аёллар, тинглангиз,
Қай аҳволда Росулуллоҳ суйган қиз!

Сиз неларни истаяпсиз, билмадим,
Сийрат Ñžқиб, Ñ‘Ñ‚ хулоса қилмадим.

Эрлар мақталганин кўрдим жанггоҳда,
Аёлларни эри суйган даргоҳда!

Олам суйган олима аёллар ҳам
Қилмаганлар жоҳил эрларин мулзам!

Эй ожиза, эхтимол, бу кулгудир,
Лек олималик насибаси шудир!

Ўтмиш гувоҳ, сингиган қонигача
Эрин кутган умр поёнигача.

Эркак она пойидан истар жаннат,
Эр босган из аёлига кифоят!

Аҳли оқил бу сўзларга кулмайди
Тарих бошқа ривоятни билмайди!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 02 Iyul 2008, 14:05:59
СИНГИЛЖОНЛАР!

Кўрарга кўз қувонсин, комил бўлсин иймонлар,
Соф қўшиғин тингласин асли дорулмаконлар,
Тубсиз жарлик олдида тебраниб турибмиз-ку,
Хамзаларни дунёга келтиринг, сингилжонлар!
Саодат шамолини елдиринг, сингилжонлар,

Ҳар кимга маълум, машҳур оят-у, далил, ҳадис.
Лек кўнгиллар негадир маъсиятларга ҳарис...
Оғзи юмуқ умматга тақдим этинг мударрис -
Мусъабларни дунёга келтиринг, сингилжонлар!
Саодат шамолини елдиринг, сингилжонлар,

Сифатдан дарак беринг, шарт эмас миллионта сон
Дарахтдан узилган барг аталар барбир ҳазон
Қора юзли бўлса ҳам айтолсин қўрқмай азон
Билолларни дунёга келтиринг, сингилжонлар!
Саодат шамолини елдиринг, сингилжонлар,

Ислом уммати унга тиласин шон-шарафлар,
«ÐÐ»Ð»Ð¾ҳ улуғ» деганда титрасин тўрт тарафлар
Қонидан маҳзун бўлиб дод кўтарсин Мусҳафлар
Усмонларни дунёга келтиринг, сингилжонлар!
Саодат шамолини елдиринг, сингилжонлар,

Букун шамол мисоли елар фарзандлар керак,
Жонини шеригига тилар фарзандлар керак,
Жанггоҳларда уйқуси келар фарзандлар керак
Алиларни дунёга келтиринг, сингилжонлар!
Саодат шамолини елдиринг, сингилжонлар,

Умид сизгадир букун, майдонда шай кўрининг,
Сиздан ёрдам биттадир хоҳ туртиниб сурининг:
Туғсангиз гар минг йиллик достонларга урининг
Умарларни дунёга келтиринг, сингилжонлар!
Саодат шамолини елдиринг, сингилжонлар,
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 22 Iyul 2008, 09:49:08
* * *

Кимки ҳаққа бандадур, фармонидин айрилмасун,
Кеча-кундуз тоати субҳонидин айрилмасун,
Барча мўъмин раҳмати раҳмонидин айрилмасун,
Пайрави Аҳдам — шафоат конидин айрилмасун,
Жон берарда гавҳари имонидин айрилмасун.

Ҳақ таоло деди дўстим тун-саҳар бедорни,
Ваъда қилди онлара жаннат ила дийдорни,
Ҳақ суяр, қилса саховат банда ҳарна борин,
Раҳматидин бенасиб этгай чу дилозории,
Тонгла роҳат истаган эҳсонидин айрилмасун.

Бу жаҳонға ким келибдур, бўлмасун бахти қаро,
Ушбу иллатга кишини қилмасун ҳақ мубтало,
Бу касал ҳаргиз тузолмас, доруси йўқ, бедаво,
Суд йўқ, кўкдин тушиб Исо анго қилса дуо,
Раҳмати ҳақ доимо инсонидин айрилмасун.

Одам Ñžғлиға ажал келгунча юргай бехабар,
Охиратни ўйламас, кўнглида йўқ ҳавфу хатар,
Моли дунёни йнғуштурган билан ташлаб кетар,
То қиёмат тонги отқунча ҳамон гўрда ётар,
Ҳасрато бирла ўтуб, хандонидин айрилмасун.

Ёру дўсту ақраболардин жудо қилган фироқ,
Ҳасрату андуҳ илан қаддим дуто қилган фироқ,
Барчани хоки мазаллат ичра жо қилган фироқ,
Бир-биридин ажратиб соҳибазо қилган фироқ,
Бу Ҳазиний, доимо суйгонидин айрилмасун.

Ҳазиний
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Aisha 22 Iyul 2008, 11:38:29
Уч аломат

Ҳар кимки оқилдир юрган йўлида,
Уч аломат унга ҳамиша ҳамроҳ:
-Бу дунёни билар ўткинчи ҳавас;
-Жафони қайтарар сабр тоши-ла;
-Қийинни осонга алмашмас ҳеч вақÑ‚.

***

Ҳар кимки мулойим юрган йўлида.
Уч аломат унга ҳамиша ҳамроҳ:
-Бузилган орани шошилиб тиклар;
-Ночордан аямас хайру эҳсонни;
-Кимки зулм қилса шу  дам кечирар.

***

Ҳар кимки  сабрли юрган йўлида,
Уч аломат унга ҳамиша ҳамроҳ:
-Мусибатда суянар ҳукми Илоҳга;
-Неки иш бажарса манманлик қилмас;
-Рози, шукурлиги фақат Аллоҳга.

***

Ҳар кимки солиҳдир юрган йўлида,
Уч аломат унга ҳамиша ҳамроҳ:
-Ихлос билан тоат-ибодат қилар;
-Ҳар неки гуноҳдир, ўзини тияр;
-Ким ёмондир, унга яхшилик тилар.

Тўлаган Тўхтахўжа Ñžғли
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyul 2008, 07:15:47
* * *

Кулли ашёни эгам қудрат билан бор айлади,
Бандаларга бир неча сунъини изҳор айлади,
Баъзини гумроҳ этиб, баъзини ҳушёр айлади,
Неча мурсаллар этиб, мушрикни инкор айлади,
Кимки ким имони йўқтур, дохили нор айлади.

Одам Ñžғлин ер юзига нечасин султон этиб,
Давру даврон сурдириб, кўнгулларин хандон этиб,
Бу ўлумдин бехабар юрди алар, жавлон этиб,
Тахту бахтини ажал бир кун ани вайрон этиб,
Барчасин хоки мазаллатга гирифтор айлади.

Баъзисин қилди ғаний, бир нечани қилди ғариб,
Дасти кўтоҳлик билан доим алар ғамга қариб,
Бул жаҳондин ўттилар жавру жафоларни кўриб,
Мунда йиғлаб ўтгучи роҳат кўрар анда, бориб,
Бул жаҳонда яхшиларни барисин хор айлади.

Ким ғариб бўлса агар, кўнглида кўп андуҳу ғам,
Доимо элдин етар онларға ҳам жавру ситам
Ким, жароҳатдур юроги бариси, кўрса алам,
Бу фалакдин бошига кулфат етодур дам-бадам,
Котиби қудрат ани ғурбат билан Ñ‘Ñ€ айлади.

Аксари одамға фарзанд бермади ҳаргиз худо,
Баъзига бергонини қўймай яна олди қазо,
Она бирла отасин қон йиғлатиб, қилди жудо,
Ушбу иллатға кишини қилмасин ҳеч мубтало,
Эй Ҳазиний, баъзини фарзанд учун зор айлади.

Ҳазиний
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 25 Iyul 2008, 07:51:12
Жаҳони бевафодин охири бир кун кетар бордур,
Бу дунё бир работ, ҳар ким қўнуб бир-бир ўтар бордур.

Ишонма боғу роғинг, молу мулку тахту бахтингга,
Қуёшдин ибрат олғил, турмайин охир ботар бордур.

Агар минг йил умр кўрсанг, жаҳонға подшо бўлсанг,
Бўлуб хоки мазаллат, гўр аросида ётар бордур.

Ибодат айлағил тангриға доим, ухламай тунлар,
Имонингни саломат элтгали неча хатар бордур.

Йигитлик даврини сургил, қариб тоат қилурсан деб,
Савобингға худо муҳтож эмас, деб ўргатар бордур.

Ҳазиний, бандаликда, бас юрурсан бехабар, ғофил,
«ÐšÐ¸Ñ€Ð¾Ð¼Ð°Ð½ котибайн»ÐºÐ¸Ð¼ хайру шаррингни битар бордур.

Ҳазиний
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 25 Iyul 2008, 07:51:56
* * *

Гунаҳга тавба айлаб, эмди тоат қилмасам бўлмас,
Хатою маъсиятларга надомат қилмасам бўлмас.

Абас ўтти йигитлик, сад дариғо, бехабарликда,
Ғаниматдур, тирикликда ибодат қилмасам бўлмас.

На юз бирла борурмиз туҳфасиз ҳақ қошиға фардо,
Ҳаётим борича эмди, ибодат қилмасам бўлмас.

Сулуким — Қодирия, раҳбаримдур пири пироним,
Саҳарлар зикри оллоҳуни одат қилмасам бўлмас.

Юруб нафсим учун шул вақÑ‚қача, тоатни тарк эттим,
Қаноат шаҳриға бориб, тижорат дилмасам бўлмас.

Фужуру фисқу исёним халойиқлар аро шуҳрат,
Мадина, Маккатуллони зиёрат қилмасам бўлмас.

Эгосиз ит каби умрум ўтубдур дарбадарликда,
Ҳазиний ихтиёри эмди, ҳижрат қилмасам бўлмас.

Ҳазиний
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 25 Iyul 2008, 07:52:43
* * *

Қаю жонлик жаҳонға келса, охир ўлмайин қолмас,
Тирикликда халойиқ бир-бири қадрини билмас.

Ажаб мотамсаро дунё эрур, поёни йуқ, билсам
Ки, сан дунёға мағрур ўлмағил, ҳаргиз вафо қилмас.

Аёғинг остиға боқғил, ҳамма ер ичра пинҳондур,
Манам шундек бўлурман, деб сани парвойинга келмас.

Лаҳад ичра ётурсан, ёзу қиш ўтгонини билмай,
Уғул-қиз, ёру дўстинг бир келиб сандин хабар олмас.

Сан ўлган сўнг ҳама фарзандларинг молингни олғайлар,
Сани ҳолинг нечук кечгай қаро ерда, булар билмас.

Ўлум ёшу қари, шоҳу гадоларға баробардур,
Билинг, жон олғучи элни назарга заррача илмас.

Бу беш кунлик умрға жою манзил ҳам керакмасдур,
Ўлумни ўйлаган одам бу дунёга назар солмас.

Жаҳаннам оташини, гўр азобин ўйлаган одам
Сиротул-мустақимдин ўтмагунча йиғлагай, кулмас.

Ҳазиний, охиратга ҳар киши имон билан борса,
Ўшал ерда ани сан англагил, ўлган била ўлмас.

Ҳазиний
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 25 Iyul 2008, 07:56:38
* * *

Бу ўтар дунёга, дўстлар, боғу бўстонинг ғалат,
Барчани ташлаб кетарсан, кўшку айвонинг ғалат.

Ҳар киши дунёға келди, охири бир кун кетар,
Тоат этмай доимо беҳуда юргонинг ғалат.

Ўйлагилким, кеттилар деб жумлаи хешу табор,
Бир куни сан ҳам кетарсан, мунда тургонинг ғалат.

Англагил, шоҳу гадоларга баробардур ўлум,
Қил сафар асбобини, беҳуда юргонинғ ғалат.

Тўша олмасдин борур бўлсанг худони олдиға,
Туҳфа келтурдингму, деб сўргонда армонинг ғалат.

Эй Ҳазиний, бу насиҳатга киши солса қулоқ,
Муддаийлар санга айтур, ҳарна айғонинг ғалат.

Ҳазиний
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munavvara 25 Iyul 2008, 11:08:07
BILMAM…

Yer bag’rida ul tanlar qolgan,
Aqlga ne hikmatlar slogan,
O’ylab o’yga yetolmaymay tolgan,
Ul tan qayon ketarin bilmam.

Fir’avnu Namrudlar barin,
Tanlar uchun bichmishlar zarrin,
Ko’rib slogan ibrat nazarin,
Kafanli tan qolarin bilmam.

Saxiy qo’lli Hotamtoy bo’l,
Obi Rahmat chashmasiga to’l.
Hech bo’lmasa to’lin oyday bo’l.
Netay, qay kun ketarim bilmam.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munavvara 25 Iyul 2008, 11:13:03
TAAJJUB

Mabodo hazrati Muhammad
Uyingizga kelsa nogahon,
Qiziq, bir yo ikki kun tursa,
Qanday holga tusharsiz shu on?

Shubha yo‘qki, eng go‘zal uyni
Ajratasiz aziz mehmonga,
Totli ovqat, sarxil mevadan
Tortajaksiz mo‘l dasturxonga.

Bu tashrifdan shodligingizni
Mehmonga bot qilgaysiz izhor.
Uyingizning to‘ri uniki,
Xizmatdan-da behad baxtiyor.

Biroq uning siz tomon asta
Kelishini ko‘rarkan, darhol
Chiqarmisiz qo‘l qovushtirib
«Xush kelibiz!» debon bemalol?

Yoki uyga boshlashdan avval
O’zgartirib usti boshingiz,
Turli-tuman jurnal o‘rniga
Qur’on qo‘yib qo‘yasizmi tez?

Tomoshalar ko‘rmoq qasdida
Yoqasizmi oyna jahonni?
Yo zudlikda o‘chirasizmi
Chiqmay turib ko‘kka fig‘oni?

Balki borib radio simin
Shiddat bilan uzib tashlarsiz?
Shukur, bir so‘z eshitmadi, deb
Shartta olib buzib tashlarsiz?

Musiqani ko‘zdan berkitib,
Olasizmi hadis kitobin?
Ichkariga qo‘ymaysizmi yo
Eshitmayin deya xitobin?

Qiziq, agar o‘shal payg‘ambar
Siz-la tursa bir yo ikki kun,
Har galgiday o‘z ishingizda
Davom etgaydirmisiz mamnun?

Kunda aytar so‘zlaringizni
So‘zlaysizmi o‘shal damda ham?
Hayotingiz davom etarmi
Avvalgiday kunba-kun ildam?

Qanday bo‘lsa oilada urf
Shundayicha etarmi davom?
Duo qilmoq og‘ir kelmasmi
Yegandan so‘ng har safar taom?

Har namozga ayni vaqtida
Qovoq uymay turasizmi shay?
Tong otmasdan uyg‘onasizmi
Ibodatga dildan, og‘rinmay?

Kuylarmisiz eski qo‘shiq yo
Eski kitob olinar qo‘lga?
Ko‘rsatarsiz ul zotga balki
Nelar yoqishini ko‘ngulga?

Payg‘ambarni olib ketarsiz
Borar joyingizga har galgi?
Rejangiz ham tamom o‘zgarar
Bir yo ikki kungina balki?

Istarmisiz do‘stlaringizning
Ul hazratni ko‘rishlarini?
Yoxud qaytib ketguncha toki
Sal chetroqda yurishlarini?

Ne dersiz gar butun umrga
Sizning bilan qolsalar ul zot?
Yoki qaytib ketsalar oxir
Yengil tortib bo‘larmisiz shod?

Qiziq, o‘zni tutarsiz qandoq?
Ne ahvolga tushib ul zamon,
Uyingizda hazrat Muhammad
Bir-ikki kun bo‘lsalar mehmon.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munavvara 25 Iyul 2008, 11:34:58
MO’JIZALAR ONASI

Ramazonda bir oydin sahar
Alloh shunday qildi iroda-
Tushdi ko’kdan Nomusi Akbar,1
Uchrashdilar g’ori Hiroda.

Dedi: Gumroh qolmishdir basher,
Nihol ekkaydurmiz qoq cho’lga.
Alloh hukmi – O’qi! Payg’ambar,
Odamlarni boshla haq yo’lga!

Arshdan aziz boshingga indi
Muqaddas ishq – muborak davlat.
To qiyomat zimmangda endi
“Tur, ogoh et!” – imonga da’vat.

Titroq bosdi, qo’rqdi o’zidan,
Xadichaga so’zladi holing.
Zukko ayol uning ko’zida
Ko’rdi asrlarning kamolin.

Ibodat-la kechdi har oni,
Alloh nomi tushmay tilidan.
Varaqaning2 ojiz armoni
Qutlug’ yupanch bo’ldi dilida.

Ne jafolar ko’rmadi Rasul,
Haqoratu masxara, tahdid.
Lekin har dam uqtirgani shul –
Biru Birga ibodat – tavhid.

Yillar kechdi. Haq Rasul bilan
Balqdi Islom – nur aro Ka’ba.
Iqror, tasdiq, taslim dil bilan
Ahli imon topdi martaba.

Yuraklar pok, xulq go’zal bo’ldi,
Elni baxtga boshladi irfon.
Ming shukrkim, mukammal bo’ldi
Mo’jizalar onasi – Qur’on!

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:22:22
* * *

Қўйди ҳам кўксум аро юз минг жафоларни фироқ,
Ажратиб биздин яна кўп ошноларни фироқ.

Водариғо, ҳасрато, кетти ҳама аҳбоблар,
Ҳам жудо этти яна хеш-ақраболарни фироқ.

Лоф уруб, олам — мани мулкум, деган шаҳлар қани?
Қўймагай охир, билинг, шоҳу гадоларни фироқ.

Дардиға топмай даво, кетти Фалотундек ҳаким,
Олди ер қўйннға кўп ақли расоларни фироқ.

Аҳмади Мухтор кеттилар жаҳондин, дўстлар,
Юз йигирма тўрт минг ҳам авлиёларни фироқ.

Шоҳ бўл, хоҳи гадо, дунё вафо қилмас санго,
Барчамизни қўймағай ҳам раҳнамоларни фироқ.

Эй ёронлар, билсангиз, дунё эрур қÑžҳна работ,
Хотун, эркак қўймагай ҳам ёш балоларни фироқ.

Хонақода ўлтуруб зикр айлаган шайхлар қани?
Жонини олди, билинг, кўп авлиёларни фироқ.

Нақди умрингни дилингга олгуча тоатда бўл,
Эй Ҳазиний, айтасан зикру саноларнн фироқ.

Ҳазиний
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 28 Iyul 2008, 07:16:55
* * *

Халилдек оташи Намрудга кирсам, ўлса гулзорим,
Ҳимоят айлагай холиқ, ўзи бўлса харидорим.

Чиқибон кўҳи Турга, «Ñ€Ð°Ð±Ð±Ð°Ð½Ð¾» деб ман садо қилсам,
Нидойи «Ð»Ð°Ð½Ñ‚аро»Ð½Ð¸ÐºÐ¸Ð¼ манго еткур Сатторим.

Бошимға арра қўйса, Зикриёни зикрини айтсам,
Худоға маъқул ўлғайму мани бу феълу атворим.

Ўшал ЯҳÑ‘ каби чўллар аро оҳу наво қилсам,
Эгамни даргаҳига манзур ўлғайму мани зорим?

Вужудимға тушуб қуртлар ўшал Айюби собирдек,
Қазосиға ризо бўлсам, манго раҳм этса Ғаффорим.

Кечибон тахту бахтимдин ўшал Иброҳим Адҳамдек,
Чақиргайму гадоликка қиёмат кун талабгорим?

Фироқи Лайли бирлан йиғласам монанди Мажнундек,
Келиб ҳолимни сўрганму ўшал кун жодуваш ёрим?

Илоҳо, Мустафони ҳурматидин кеч гуноҳимни,
Ҳазиний осийман, авф эт, хатога кетса гуфторим.

Ҳазиний
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 28 Iyul 2008, 07:17:30
* * *

Сиз ани одам деманг, кўнглида ҳиммат бўлмаса,
Балки имони хатарлик, анда ғайрат бўлмаса.

Кимки жоҳилдур, билинг, ҳамду санода хордур,
Мўъмини содиқ эмас ул, танда журъат бўлмаса.

Қони бўлса қатра найсон гар, садаф дурр бўлғуси,
Бадниҳоде қолгуси, анда қаноат бўлмаса.

Ҳотами Той кофир эрди, куймади дўзахда, бил,
Куйдурур эрди эгам, анда саховат бўлмаса?

Фоний дунёдин лаҳадга дастхоли бормагил,
На қилур холиқ сани, туҳфанг ибодат бўлмаса?

Жон берар вақтида шайтондин ўзинг қил эҳтиёт,
Бандалик номинг ғалат, имон саломат бўлмаса?

Халқ аро расво бўлубман деб, Ҳазиний, ғам ема,
Етмагай ҳеч ким саломатга, маломат бўлмаса?

 Ҳазиний
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 30 Iyul 2008, 08:06:05
* * *

Эй банда, худо йўлида тоатни унутма,
Рўзу шабу ҳар лаҳза, ибодатни унутма.

Жон борича излаб, туну кун ҳақни ризосин,
Албатта, биродар, бу насиҳатни унутма.

Бу фоний жаҳон айшиға мағрур бўлубсан,
Дийдори худо бирла у жаннатни унутма.

Минг йил яшасанг, охири бир кун ўладурсан,
Охир бўласан, хоки мазаллатдга унутма.

Ҳеч кимға вафо қилмади, дунёни билурсан,
Санго келадургон у кун, навбатни унутма.

Эй одамийзод, аслингу наслинг сани туфроқ,
Ялғуз ётар бирла қиёматни унутма.

Шукр айла, Ҳазиний, сани оламға келтурди,
Инъоми худо, ризқ ила неъматни унутма.

Ҳазиний
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munavvara 01 Avgust 2008, 17:09:30
БУ ВАТАНДА КУЙЛАМАЙ БЎЛМАС...

Эзгуликка элтар ҳар бир йўл,
Тиканлари оғочлари гул,
Тилсимлардан ёрилади дил,
Бу Ватанда куйламай бўлмас.

Авлиёлар назар солган юрт,
Боғларида, тоғларида қут,
Юртин севган бўлмагай бебурд,
Бу Ватанда куйламай бўлмас.

Аждодларнинг қони шу ерда,
Буюкларнинг шони шу ерда,
Синоатлар кони шу ерда,
Бу Ватанда куйламай бўлмас.

Кўзи ортда қолар келганни,
Шохи-атлас элнинг кийгани,
Дунё танир ўзбек деганни,
Бу Ватанда куйламай бўлмас.

Қўл кўксида, калом сўзида,
МеҳÑ€-шафқат яшар кўзида,
Мўъжизалар кўрдим изида,
Бу Ватанда куйламай бўлмас.

Қайда шундай такаллуфлар бор,
Қайда шундай қадр уфрлар бор,
Эҳтиромлар, удумлар қатор,
Бу Ватанда куйламай бўлмас.

Эъзоз айлар туғилган жойин,
Муқаддасдир кексалар ройи,
Жаннатга тенг оналар пойи,
Бу Ватанда куйламай бўлмас...

РУХСОРА ОЛЛОЁРОВА
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 03 Avgust 2008, 09:32:12
* * *

Худони ёди бирла йиғлагил шому саҳарларда,
Яқонгни чок этиб, сан йиғлагил шому саҳарларда.

Фиғон айлаб, гуноҳинг ваҳмидин қўрқуб, надомат қил,
Алам ўтиға бағринг доғлагил шому саҳарларда.

Аё толиб, ўзингни ташлагил ҳақни ризосиға,
Риёзат пўтасини боғлагил шому саҳарларда.


Аё, эй бехабар одам, ўлумни ёд қилмассан,
Кетиб хешу таборинг, ўйлагил шому саҳарларда.

Сирот ул-мустақим отлиғ йўлунгда бир хатар бордур,
Ўтарни, эй биродар, кўзлагил шому саҳарларда.

Жаҳаннамни азобидин ўзингни қутқарай десанг,
Тилингни маъсиятдин сақлагил шому саҳарларда.

Ики олам муродиға етай деб орзу қилсанг,
Ҳазиний, роҳи Бағдод кўзлагил шому саҳарларда.

Ҳазиний
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munavvara 04 Avgust 2008, 15:34:30
UYG‘ONISH

G‘aflatlarga berib qadr tonglarini,
Tinglamabman muazzinlar bonglarini.
Yig‘lolmadim, ko‘zim shuncha zangladimi?
Qanday yuvay osiy dilning changlarini?!

(Ko‘zlarimni yulib otsam, shart,
Kirlaridan og‘irlashar yer...
Osmon, menga yig‘lashni o‘rgat,
Osmon, menga ko‘z yoshingdan ber!...)

Vo, darig‘o, ko‘zim qiymay ishratlardan,
Kecholmabman shaytonnusxa ulfatlardan.
Yuz o‘girib ulamoi ummatlardan
Sazo bo‘ldim nurdan qochib zulmatlarda.

(Mador ketdi, ingradim faqat,
Vujudimni bosdi sovuq ter...
Chaqmoq, menga yonishni o‘rgat,
Chaqmoq, menga shiddatingdan ber!...)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munavvara 04 Avgust 2008, 15:34:46
OLLOHINGNI UNUTMA

Ey, do‘st, unut g‘amingni,
In’om bil har damingni.
O‘lchab bos qadamingni,
Guvohingni unutma!

Ey, do‘st, qo‘rqma yomondan,
Yo hiylagar shaytondan,
Shart shuki, har zamonda
Panohingni unutma!

Ey, do‘st, andak ko‘kdan tush,
Kelmagay Tangrimga xush.
Savobingni qilmay pesh
Gunohingni unutma!

Ey, do‘st ber bir qultum may,
Ko‘ngling yig‘laydi tinmay.
Kimsam yo‘q deb xo‘rsinmay
Hamrohingni unutma!

Ey, do‘st, xushlaring qayda?
Izg‘ivermay har joyda,
Otangdan qolgan uyda
Chirog‘ingni unutma!...

Ey, do‘st, sezmaysan, esiz!
Ortingda yo‘q bitta iz...
Kim bo‘pti Abdulaziz,
Ollohingni unutma!...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: shoir 04 Avgust 2008, 15:39:46
Dilsora, she'rlarni o'zingiz yozmagan bo'ksangiz kerak-a?
U holda mualliflarini yozishni unutmang.


* * *

G’amguzore bul jahon, bir-bir ketarni o‘ylasun,
Yurmasun yalg‘uz, kishi rohi xatarni o‘ylasun,
Vaqti yetganda amonatni tutarni o‘ylasun,
Bul qaro yer barchani bir-bir yutarni o‘ylasun,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni o‘ylasun,
Har kishi yer ostida yalg‘uz yotarni o‘ylasun.

Moli dunyoni yig‘ushturgan bilan bir kun qolur,
Jon amonatdur kishiga, oxiri bir kun olur,
Ko‘p xaloyiq mol uchun o‘zini kulfatga solur,
Har kishi dunyoga keldi, bilsangiz, oxir o‘lur,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni o‘ylasun,
Har kishi yer ostida yalg‘uz yotarni o‘ylasun.

Anbiyoyu avliyolar o‘lmayin qolgoni yo‘q,
Qullu nafsin zoiqatul-mavtni bilgoni yo‘q,
Barcha ketganlar bu dunyoga taqi kelgoni yo‘q,
Qaysi soat jon berorini kishi-bilgoni yo‘q,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni o‘ylasun,
Har kishi yer ostida yalg‘uz yotarni o‘ylasun.

Bandalik qilg‘il tiriklikda, g‘animatdur nafas,
Kecha-kunduz yig‘lamoqni, ey birodar, qilma bas,
Ushbu dunyo ishlari, behudadur hoyu havas,
Jon misoli andalibdur, bu jasad misli qafas,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni o‘ylasun,
Har kishi yer ostida yalg‘uz yotarni o‘ylasun.

Ushbu dunyodin guzar qildi o‘shal Odam ato,
Shish payg‘ambar ila Nuhi nabi, vohasrato,
Ham yana Ibrohimu Ismoilu ham Zikriyo,
Mustafo ketti, Haziniy yig‘ladi «vo ummato»,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni o‘ylasun,
Har kishi yer ostida yalg‘uz yotarni o‘ylasun.

Haziniy
Nom: HAYOLI AYOLLAR HAQIDA XAYOLLAR
Yuborildi: Muslim_4101 10 Avgust 2008, 11:17:58
Ayol haqda juda ko'plab asar bor...
Asarlarda undan ham ko'p gaplar bor.

Er zotiga husn bo'lsa jasorat,
Ayollarga go'zal hulqu, nafosat.

Er deb atagaylar haq so'z aytganni,
Xushlamaslar o'z yo'lidan qaytganni.

Ammo ayol borasida bo'lak so'z
Nozik jinsni go'zal aylar ibo ko'z.

Bo'lsin desang satrlarim bayti soz,
Hayoli ayollar xayolida yoz.

Erni ustun qo'yib ota-onadan,
Ular uchun ordir chiqmoq xonadan!

Xayollari zavji uchun bo'lingay,
Tushida ham «dadasi” deb yalingay.

O'zin sabr otliq o'tda toblaydi -
Xudoga itoat deb hisoblaydi.

Eri ranjib uydan chiqib ketsa goh,
O'zin ayblar beshud deb har qanday chog'.

Uzr so'rab charchamagay ba'zi dam
Erin etmish marta tavof qilsa ham.

Zavjiga chiroyli libosin kiyar,
Er kulgusin ko'rsa taomdek to'yar.

... Hayrondirsiz, zamonamiz ayoli
O'zgani maftun aylamak xayoli.

Bormi ushbu mulohaza talqini:
Ayol degan so'ramasmi haqini?

Javobimiz oddiydir, ey birodar,
Ayol dinda erkak bilan barobar.

Ammo ayol siyratining afzali
Hulqu itoatda bekam go'zali!

Chunki shunday yashab o'tgan Fotima,
Shundan o'zingga ol go'zal xotima.

Fotimai Zahro qilmay hech irim,
Alidan yig'lablar so'rmish kechirim.

Ko'zi shishgan qizin Rosul ko'rmishlar,
Bu holatning bayonini so'rmishlar.

Tinglab kuyav tutgan og'ir mavqifni,
Qara, qanday beribdilar tavsifni:

Rosul demish: “bo'lmasaydi shul ta'zim,
Jahannamga tushardingiz, jon qizim!”

Xoy onalar, xoy ayollar, tinglangiz,
Qay ahvolda Rosululloh suygan qiz!

Siz nelarni istayapsiz, bilmadim,
Siyrat o'qib, yot xulosa qilmadim.

Erlar maqtalganin ko'rdim janggohda,
Ayollarni eri suygan dargohda!

Olam suygan olima ayollar ham
Qilmaganlar johil erlarin mulzam!

Ey ojiza, extimol, bu kulgudir,
Lek olimalik nasibasi shudir!

O'tmish guvoh, singigan qonigacha
Erin kutgan umr poyonigacha.

Erkak ona poyidan istar jannat,
Er bosgan iz ayoliga kifoyat!

Ahli oqil bu so'zlarga kulmaydi
Tarix boshqa rivoyatni bilmaydi!
Nom: SINGILJONLAR!
Yuborildi: Muslim_4101 10 Avgust 2008, 11:40:13


Ko'rarga ko'z quvonsin, komil bo'lsin iymonlar,
Sof qo'shig'in tinglasin asli dorulmakonlar,
Tubsiz jarlik oldida tebranib turibmiz-ku,
Xamzalarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,

Har kimga ma'lum, mashhur oyat-u, dalil, hadis.
Lek ko'ngillar negadir ma'siyatlarga haris...
Og'zi yumuq ummatga taqdim eting mudarris -
Mus'ablarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,

Sifatdan darak bering, shart emas millionta son
Daraxtdan uzilgan barg atalar barbir hazon
Qora yuzli bo'lsa ham aytolsin qo'rqmay azon
Bilollarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,

Islom ummati unga tilasin shon-sharaflar,
«Alloh ulug'» deganda titrasin to'rt taraflar
Qonidan mahzun bo'lib dod ko'tarsin Mushaflar
Usmonlarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,

Bukun shamol misoli elar farzandlar kerak,
Jonini sherigiga tilar farzandlar kerak,
Janggohlarda uyqusi kelar farzandlar kerak
Alilarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,

Umid sizgadir bukun, maydonda shay ko'rining,
Sizdan yordam bittadir xoh turtinib surining:
Tug'sangiz gar ming yillik dostonlarga urining
Umarlarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,
Nom: QIYOMAT
Yuborildi: Muslim_4101 10 Avgust 2008, 11:42:03


Qiyomat yaqinlab qolgani ayon,
Ayollar erlarning libosin kiymish,
Avrat-u, xayoning ko'chasin toptab
Xatto mayin bo'lib so'zlamay qo'ymish.

Rasululloh bir kun qo'rqib so'zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalong'och turgan holiga
Ko'taramiz xatto boshimiz arang.

Tuyaning o'rkachin tasvirlab go'yo
Jannatning hididan voz kechgan ayol
Nahot umri bo'yi vaqt topib bir tun
O'ziga bir bora bermagan savol:

Xoy, men kim o'zi, jinsim ne erur,
Yarasharmi menga shu yovuz xilqat?
Ayollik libosin bir chetga otib
Asl go'zallikdan ayrildim faqat,

Bolamning nigohi menga yovqarash,
Erimning ko'nglida yo'qolgan xohish.
Men qancha urinmay, aslimdan shuncha
Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush...

Ovozim erkakcha, yurishim g'alat,
Shimning o'rtasida yig'laydi hayo.
Ajabo, shunchalar xorlik bo'lurmi,
Tubanlik bo'lurmi, do'stlar, ajabo.

Ayolning ko'nglida insofi bo'lsa,
Ushbu savollarni berardi bir tun
O'ech qursa o'qidan qochib boryotgan
O'g'illari uchun, qizlari uchun...

Afsus, ushbu holga faqat ayolmas,
Balki erlarning ham ayblari mavjud.
Rashk o'tin o'chirgach zino-yu faxsh-la,
Dayuslik kasbiga ko'rar taraddud.

Nardadan boshini ko'tara olmay,
Ayollarga turmush yuklagan qopin
Odamdan yaxshilik ko'rmoqchilarga
Ayturmiz olimlar qilgan xitobin

Ular o'zlarini erkak desalar,
Dunyoda eng katta bo'lurlar kazzob,
Chunki nikoh kuni bergan ahdiga
Qilmishlar hiyonat, berolmay javob.

Ularda mag'rurlik asli yo'q xislat,
Ularni iymon ham aylamish xalos.
Ularning egnidan joy olgan ko'ylak
Faqatgina tashqi ko'rinish, xolos.

Hayxot, bu dunyoning ishi ters bo'ldi,
Yaxshilar ko'ngildan yig'lab o'tmishlar
Ayolin ko'chaga qo'yganlar bugun
Ertaga bolaga ko'krak tutmishlar,

Hali bu ketishda vazifalar ham
O'zgararmi ayol, er nasli uchun,
Go'yoki quyoshning tunda chiqishi,
Oyning otishi-la ochiladi kun...

Yo'q, do'stlar, iymon bor, ishonch bor ekan,
Bunga yo'l qo'yilmas hech qachon, hech vaqt.
Har kim o'z fitrati, o'z tabiati
Amriga binoan yashamoqlik - baxt.

Hadisdan oddiy bir xulosam shulki,
Ko'r qilar bu ko'zni qamashtirganlar
Aslida qiyomat kunin tezlatar
Ana o'shanday jins almashtirganlar
Nom: HIJOBLIK AYOL
Yuborildi: Muslim_4101 10 Avgust 2008, 11:43:58
Ko'zing-u, qalbingni zabt etgan to'lib
Nafosat haqida sursang gar xayol.
Nuqsonsiz go'zallik timsoli bo'lib
Yurgan bir hasratdir xijobli ayol!

Biroq oson emas yurmoq hijobda,
Bugun bu ko'plarga kelmoqda malol.
His qilar o'zini begona dunyo,
Kelgindi xilqatdir xijobli ayol.

Avj olgan buzuqlik, ma'siyatlardan,
Ne-ne qadriyatlar bo'ldi-ku uvol.
«Ey Robbim, panoh ber!» deya bulardan
Berkingan suvratdir xijobli ayol.

Ko'plar ayol nomin bo'lg'aydi tinmay,
Avratlar ochilib, bo'lishar xush-hol.
Taqvosin ko'rsatib, o'zin ko'rsatmay
Saqlangan siyratdir xijobli ayol.

Millat-u, dinini ko'plar unutib
Gunohlar qa'rida toparkan zavol,
Taqvosi timsoli, libosi bo'lib
Diniga quvvatdir xijobli ayol.

Behayo kimsalar, dinsiz johillar
Masxara qilganda uni bemalol.
«Allohim, ularga hidoyat ber», deb
Eng yaxshi niyatdir xijobli ayol.

Uning mauvjudligi ko'ngilga malham
Ko'z quvnar, qalb esa bo'lmagay behol.
Kitoblar yoqilib ketganida ham
Islomga hujjatdir xijobli ayol!

Da'vatlar to'xtagan telba diyorda
Har kimning ko'nglida katta bir savol.
Indamay ketsa ham ko'zlari erda
Katta bir da'vatdir xijobli ayol.

Unga havas qilgum, degum, «ey singlim,
Erlarga taqvoda o'rnak bo'lib qol!»
Iymondan voz kechgan erkaklar uchun
Eng yaxshi ibratdir, xijobli ayol.
Nom: Re: HAYOLI AYOLLAR HAQIDA XAYOLLAR
Yuborildi: Mohlaroyim 10 Avgust 2008, 11:46:53
Assalaamu alaikum
Shoxrux, bu she'rni o'ziz yozdingizmi?
Ba'zi so'zlarida tushunmadim, lekin juda zo'r yozilibdi, 1-she'rda aytilgandey bunaqa ayollar juda kam bo'lishsa kere
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: ZUBAIR 08 Sentyabr 2008, 02:04:04
Ҳар кимга турлича хизмат юклатилган. Кимдир дунё ғамида меҳнат қилади, дунё учун елиб югуради. Баъзилар ўз аёлига хизматкорлик мавқеъига тушиб қолишган. Биз эса ўзимизнинг бор иқтидоримизни, саъий ҳаракатимизнинг Аллоҳнинг хизматига бағишламоқчимиз. Фақат шу йўлда юриб заҳмат чекканлар абадий роҳат эгаси бўлишади. Фақат шу йўлга хизмат қилганларга Аллоҳнинг ҳузурида юксак даражотлар насиб этади. Фақат шу йўл учун умрини тикканларгина  тоғлар жун каби учиб юрадиган қиёмат кунида ҳотиржам туришади. Улар Аллоҳ дини – исломнинг ҳақиқий ходим кишиларидир. Илоҳо, бизни ҳам шуларнинг қаторида қил.

Эй роббимиз, яратмишсан дунёни икки қилиб,
Исломдан бошқаси недир – ҳеч ким кетмади билиб...
Орқамиздан бақирсалар, биз уларга бир кулиб,
Уларга гул отар-отмас, хизматга кетажакмиз.

Закариё қулинг каби арра билан кессалар
Ёки ҳазрат Билол каби харсангтош-ла эзсалар
Майинларни ва тоғларни тўсиқ дея терсалар
Бир туртки ҳам тегар-тегмас, хизматга кетажакмиз

Каломуллоҳ ҳассасидек денгизларни бурармиз,
Сенинг йўлинг бизга роҳат, хоҳ азобда юрармиз.
Биз Иброҳим дўстинг каби Каъбаларни қурармиз
Намозлар Ñžқиб-турилмас, хизматга кетажакмиз

Бу хизматга тортиш учун пок сийнали бойларни
Экиб қуруб хонасида ичажакмиз чойларни,
Олтмиш кунлик яшармиз биз ўттиз кунлик ойларни
Чойлар тугаб битар-битмас хизматга кетажакмиз

Дунё бизни алдай олмас, на рибо ва на пора,
Десаларки, отанг ўлди, бу кунлар сенга қора
Кўз ёши ва дуоларла элтиб қўйиб мозора
Сўнгра тупроқ тортар-тортмас, хизматга кетажакмиз

Кечалари дўстлар билан чой суҳбатин ютибон
Иймон тўла хуржунларни елкаларга ортибон,
Жужуғимиз сўраса гар: Қайга яна отажон?!
Қўлларидан ўпар-ўпмас, хизматга кетажакмиз

Бу кун маҳшар куни эмас, қочмаймиз бу заҳматдан
Аллоҳ учун Чин сорига йўл олгумиз Хиротдан...
«Ð§Ð°Ñ€Ñ‡Ð¾қ»Ð½Ð¸ ва «ÐµÑ‚ар» сўзин олиб ташлаб луғатдан
Уч-беш луқма ютар-ютмас, хизматга кетажакмиз

Инсонни ёт тутса агар тўфон ёки зилзила,
Аллоҳ учун шу йўлдамиз, тайёрдирмиз тизила...
Шартлашдикми, бас, етади, айтганмиз-ку «Ð±Ð°ÑÐ¼Ð°Ð»Ð°»
Қўллар қанот тутар-тутмас, хизматга кетажакмиз

Тўкиб-тўкиб сочажакмиз кимнинг бор эса неси
Қадрин топар фақат шунда бу умр сармояси
Олинмоқдан кесилса гар биримизнинг нафаси
Сиртимизга отар-отмас, хизматга кетажакмиз

«Ð›Ð° илаҳа ила Аллоҳ»Ð½Ð¸ айтмаган ким бор яна
Ул кимса иймон билмагай, қилолмасмиз тантана...
Пора-пора бўлса майли, бу йўлда қай бир тана,
Ул майитни ювар-ювмас хизматга кетажакмиз.

Йиғламаймиз, тақдир дея чидашга ўргатилдик,
Ҳақ каломин бошқалардан оз бўлсин эрта билдик,
Шунинг учун бу хизматга жуда тез, эрта келдик,
Нафас ростлаб олар-олмас хизматга кетажакмиз.

Одам насли қарши чиқсин парвойимиз фалакдир,
Қариндошлар, ватандошлар бу йўлларда ҳалакдир.
Қанча зуғум ошса, шунча бизда яхши тилакдир
Азобимиз ортар-ортмас хизматга кетажакмиз.

Бу муқаддас йўл эрурки, боболардан мерослар
Бул масканни обод қилур  муҳаббат ва ихлослар.
Охир кунда заҳматлардан бўлиш учун халослар
Уйқулардан турар-турмас хизматга кетажакмиз.

Денгиз орти, узоқ юртда ким билмас дин хабарин
Шу жойга ҳам етказармиз иймон деган жавҳарин
Азонлар-ла ислоҳ этиб сайёранинг ҳар ерин
Осмонга кўз тикар-тикмас, хизматга кетажакмиз

Эй Роббимиз, биз қулларга атаб қўй кўшк-саройни,
Сени кўрмоқ бор-ку ахир худди кўргандек ойни,
Бизнинг асли муродимиз ёнингда ичмоқ чойни
Ўша куни йиғлаб-йиғлаб, унутиб минг чиройни
Пиёла чой тутар-тутмас, энди кетмаяжакмиз...
Хизматимиз ҳақин кўриб тинмай йиғлаяжакмиз!!!

Hayrulla Hamidov (http://hamidov.uz/sheriyat-olami/hizmat.html)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 08 Sentyabr 2008, 07:42:42
YOG’ILMASIN YOSHLAR YOSHLARGA

Yuksaklikka yetgan sari kundan kun ahli basher,
Ne sababdan ortmoqdadir saflaringda ahli shar.
Ko’p zotdoshing zoti quruq, sur’atlari so’likdir,
Ko’plab ko’zi ochiqlaring tirik murda o’likdir.
Bul barchasin tingla holis, uyma qovoq qoshlaring.
O’yla erta, indin kuning, ehtiyot qil yoshlaring.
Ko’p yoshlaring bosmas qadam bobolar bosgan izdin.
Yaroqlisi sanoqlidir, ko’pi tugar o’ttizda.
Ho’lu quruq giyohlarni tortgan, ichiga tiqqan.
Turli sanchqi ignalardan tomirlari toliqqan.
Turli maraz illatlardan qaltirar qarichlari
Ezilgan ko’p harob bo’lgan,  tugab bo’lgan ichlari.
Tanasidan taralgaydir har turli badbo’y hidlar
Har millatda ortib borar, so’ngi vabo SPIDlar.
Giyohvandlik bozoriga bul kun oson borilar,
Har soniya iste’molda qop-qop qora dorilar.
Harob holda yotsa hamki qanchalar majruh-mayib,
Humor tutib qora yemga qo’l uzatar bukchayib.
Tomirlarga turli tuman ignalarni sanchadur,
Bilsang edi, bular soni saflaringda qanchadur.
Humor tutib hurpayadur, huruj qilar asablar,
Parvoying yo’q, qurib borar, tugar naslu nasablar.
Bul fojea sababi ham och nafsinga taqalar
Nahot afzal bo’lsa inson zotidan shu chaqalar?
Tutam o’lat o’qiga sen VAH shunchalar asirsan,
Seskan ahir, YO alhazar, bunchalar beta’sirsan.
Ozor berar ozuqalar, ortasan oshqozonga,
Barg tutatib, ichga tortib, puflaydursan har yonga.
Boshda bu hil hunarlarni o’rganasan arang san,
So’ngra bu hil hunarlardan qutilolmay garangsan.
Qizlar qirqar sochlarini qirq kokil o’rmasdan,
Qancha qizlar tayyor kelin chimildiqni ko’rmasdan
Yosh nigohlar tayyor turar bir ko’rishda yoqishga,
Ba’zi kiyov chora bilmas hatto o’zin boqishga.
Gul yuzli oy chehralarni kelinlikka so’rmaslar,
Ko’p yoshlaring kiyovlikka o’zni loyiq ko’rmaslar.
Yo to’y qilib, uch kun o’tmay turli qiliq zardalar,
Sohta sevgi, hatto sohta erur iffat pardalar.
Haqqa hiyonat emasmu bunday qiliq sohirlik,
O’z sha’ningni toptashmasmu, bunday sun’iy zohirlik.
Ko’pdir kimsa kiyim demas, kiyimlarni kiyishlar.
So’z talashar tushuntirsang yo’qdir tilni tiyishlar.
Tushungani tobi yo’qdir gap talashar basma-bas,
Yoshlaringga yozadurman bu holni qilmang havas.
Shunday yoshlar ham bor, alar to’g’ri yo’ldan toyishmas.
Duo qilib barchalarin keksalar hech koyishmas.
Yosh avloding Yaratganga sodiq bir avlod bo’lsin.
Sodiqlarning har savobli sohada safi to’lsin.
Yoshlarni deb bir kun ko’zdan yog’ilmasin yoshlaring.
Yoshlarga de “Buzilmasdan bu yoshlikdan oshlarin”.
Yoshlik barcha mahluqotning chiroyli bir gul fasli.
Bul yoshllikni bil qadrini, qurimay inson nasli.

INSONNOMA dan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 08 Sentyabr 2008, 07:44:53
MUSIQA MOHIYATI

Endi bir oz quvib yomon gapni ruhu tandan
Tanlagaymiz boshqa mavzu senga tanish fanlardan
Bu bo’limdan niyat shudir, bu bo’limning niyati
Anglatishdir neligini musiqa mohiyati.
Tabiatan tangri bermish dardga dori davoni,
Misol bulbul honishini, tabiiy kuy-navoni.
Musiqaning mazmunida sehrli sir bo’ladir
Ohang toza bo’lsa tebrab, ko’ngling zavqqa to’ladir.
E’tibor qil har usulni soz berib turishiga
Har zarbasi hamohangdir yuraging urishiga
Ikki holda tebratasan boshni tarang tomini
Tinglay turib Haq kalomin hamda halq maqomini
Ma’lum damlar mamnun bo’lib musiqaning boridan
O’rin bermishlar falsafiy fanlarning qatoridan
Ko’p zotlarga ta’sir qilib jozibali nolalar
Izlab sirli ma’nosini, bitishgan risolalar
Sezsang sof  kuy so’ylar senga makonin yetti pardan
Tutash yetti qat falakka , nolishim shundan har dam
Yetti qat yer sadosidan jo’r ovoz qil nolishing
Eplolmasang jozibamdan tayin ajrib qolishing
Qovishtirgin kuy ovozni dil tubidan kuyla kuy,
Ta’rifini til topmasdir, ta’biriga ta’jub tuy
Kuyni tinglab ushbu sirga gar e’tibor qilmassan
Demak yolg’on tinglaganing, sen tinglashni bilmassan
Ermak uchun sozni qo’lga tutma, also ushlama.
Tinglaganning g’ash dilini aldab, sohta hushlama.
Sahnalarda sonsiz bugun sohta yolg’on yonishlar
Beta’sir kuy, beta’sir dard va beta’sir honishlar
Ko’p yurtlarda yoshlar, ba’zi hunuk holga ko’z tashlar
Qiyqirishar bo’lsa agar qip yalang’och kuylashlar
Tomoshagoh ta’rifini bitar bo’lsam ba’yini
Eslatgaydir bamisoli to’ng’iz bosgan to’qayni.
Tomoshabin to’lganidan, bosib bo’lmasdir oyoq
Soatlab soz chalish qolib, taqqillar quruq tayoq.
Yo alhazar bun e holat, bu kuy atalar qanday?
Yoshlar tinglab qutirishar jazavaga tushganday
Yoq bu kuymas, san’at emas, san’atga qarshi san’at.
Agar shuni san’at desang ul san’atga ming la’nat.
Qo’ziqorin kabi bosgan ko’p kylar ta’sir qilmas
Tayinli bir muhlis topib o’ziga asir qilmas
Sozandang ko’p, sen soz deganlik sozlari soz emas.
Qichqiriqni ovoz deysan, garchi bu ovoz emas.
Eshakda ham ovoz bordir, hangrashdir uning ishi
Uning ishin eslatgaydir ko’p honandalar honishi
Chala savod ular, chunki chalasavod ustozi
Chala erur chalganlari, chala chalinur sozi.

INSONNOMA dan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 19 Sentyabr 2008, 12:38:05
Namozingni o`qi ukam namozingi!
   
Boshlagin sen har bir ishni bismillohdan
Tasbehlardan, zikrlardan, ibodatdan
Tilovatga shayla do`stim zaboningni
Namozingni o`qi ukam namozingni.

Ihlos bo`lsa ibodating mohiyati
Go`zal bo'lur insoniyat oxirati
Eng muhimi yo'qotmagin iymoningni
Namozingni oqi ukam namozingni .

Duolarda so`ragin sen Ollohimdan
Panoh bersin qaynab turgan do`zaxidan
O`rnak qilgin Sahobiylar hayotini
Namozigni o`qi ukam namozingni.

Namoz erur iymoningning ustunlari
Ibodatda bo`lgin mudom sen tunlari
Sabrsizlik bilan kutgin ramazonni
Namozingni qoldirmagin namozingni.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 19 Sentyabr 2008, 12:50:48
Ota ona nasihati...
   
Haqqa da’vat - qutlug’ da’vat,
Hoy – havasni unut, bolam.
O’lim haqdir, dunyo foniy,
Azonga quloq tutgin, Bolam!

Kunda besh bor chaqiradi,
Kirlaringni aritadi.
Jannat sari eltadi,
Namozingni o’qi, Bolam!

Boshqa chora bo’lmas aslo,
Kelmaganlar tortgay alam.
Shayton seni yengmay turib,
Sen shaytonni yenggin, Bolam!

Dilim og’rir , oyog’ingni,
Tikan tilsa bu dunyoda.
Istamayman yonmog’ingni,
Jahannamda, jonim, Bolam!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munavvara 21 Sentyabr 2008, 10:31:49
Ўзбекнинг боласи, диндош биродар,
Воажаб, на?отки динингдан ?айтсанг?!
Ишонмас ?еч кимса, ?ай-?ай, ал?азар,
Имондан воз кечиб, насроний бўлсанг!

Йўлдан оздирдими шайтони маккор
Ё нафсинг фитнаси айлади абгор -
Не сабаб бўйнингга осарсан зуннор
Черков-бутхонада сенга нима бор?!

Ўзбекнинг боласи, диндош биродар,
Бошингдан сочса ?ам ?анча сийму зар,
Эл ичра мўминлик номинг са?лагил,
Виждону имону оринг са?лагил.

Черковга борганинг рост бўлса агар,
Элу юртинг сендан ?илмасми ?азар.
Авлоду аждодинг, етти пуштингга
?иёматга ?адар дашном ё?илар.

?али ?ам сен учун битта имкон бор,
Бу йўлдан ?айтгину айтгил исти?фор.
Умид ?илиб айтар ?ожи Абдулло?:
Шоядки гуно?инг кечирса Алло?...
Uzr bu she'rni kim yozganligini bilmiyman lekin kim yozgan bo'lsayam Alloh rozi bo'lsin!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhyiddin 23 Sentyabr 2008, 17:16:42
Ўтиб кетмасин...

Билмайин не гуноҳ, Ñ‘ недир савоб,
Гўзал туйғуларга топмайин жавоб,
Кўнгил - байтуллоҳни этмайин тавоб,
Умринг сездирмайин ўтиб кетмасин.

Энтикканинг гулу, тутганинг тикон,
Талпинганинг висол, топганинг ҳижрон,
Вужудингда тутқун бу руҳинг ҳайрон,
Умринг сездирмайин ўтиб кетмасин.

Довруғи достон шоҳ, шаҳзода бўлгин,
Ҳусунда тенгсиз моҳ, хонзода бўлгин,
Бўлсанг ки инсон пок, озода бўлгин,
Умринг сездирмайин ўтиб кетмасин.

Жисмингга куч берган у нусрат қани?
Қалбингга нур сочган у ҳикмат қани?
Ғафлат ичра ётма, уйғонгин қани!
Умринг сездирмайин ўтиб кетмасин.

Умринг сездирмайин ўтиб кетмоқда...

uzmus
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 28 Sentyabr 2008, 17:28:01
Тонг

Саҳар ўтиб кетмасин дейман,
кўксимда урилиб туради –
бир қўрқув, ғамини хуб ейман,
кўксимдан кўзимга юради.

Очаман, шарпамас, улкандир,
одамдан, оламдан, жаннатдан.
Покиза кўнгилдан ул камдир,
ул камдир ризою раҳматдан.

Уйқуда ўтмасин бу саҳар, -
ғафлат заҳарида тўлғониб,
Бу тонгда донг қотган бесамар
қуёшни кўрмасам уйғониб!


Йўлдош ЭШБЕК
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 28 Sentyabr 2008, 17:30:40
Абдулҳамид ПАРДАЕВ

Фикру ёдинг паноҳим...

* * *
Гоҳ ярамай, гоҳ яраб —
Кўнглим тўлмас ишимдан.
Минг бора шукр, ё Раб,
Айирмадинг ҳушимдан.

Қалбимнинг меҳварида
Зикринг асли камолим.
Кўзларим гавҳарига —
Муҳрлансин жамолинг.

Фикру ёдинг паноҳим,
Кўзимда ёшлар менинг.
Чин ихлосу намозим
Васлингга бошлар Сенинг...

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 28 Sentyabr 2008, 17:32:01
Таскин

Келганига бўлма кўп шод,
Кетганига солмагин дод.
Тақдир ҳукми турган жойда
Фиғонингдан, айт, не фойда.
Қараб такрор сўл-соғингга,
Куйиб ол ҳар қулоғингга:
То дунёга қўйдинг қадам,
Қадамларинг қутлуғ бўлсин.
Иқоматинг мулки адам,
Мозоринг нур билан тўлсин.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 28 Sentyabr 2008, 17:35:15
Ғулом ЭГАМШУКУР

Муҳаббат илоҳий малҳамдир[/b]

* * *
Ҳар кўнгилда Аллоҳ яшар,
Кўнгил тахти ҳақиқат.
Ҳар вужудда армон қишлар,
Ҳар юракда бир хилқат.

Бир уммонки тубсиз эрур,
Моҳи бор, юлдузи бор.
Осмони бор, номи — сурур,
Оқшоми, кундузи бор.

Унда ранглар жилва қилар,
Камалакрўй гуллари.
Унда кўзлар меҳÑ€ сўрар,
Олми, сиёҳ йўллари?

Руҳи сарсон аросатда,
Юпун, қора сурати.
Учай дейди зил ғурбатда,
Бироқ етмас журъати!

Ошно руҳлар қаён кетди?
Вужуд оғир хастадир.
Улар шошиб кўкка етди,
Излагани пастдадир!..

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 28 Sentyabr 2008, 17:37:40
Шукур ҚУРБОН

Ёриб чиққанидай...
Ёриб чиққанидай тухумни жўжа,
Уруғдан ўсимлик унди навқирон,
Жонли бўлди жонсиз бир нарса.
Жон Аллоҳдан, дейилди.
Ишонмадилар,
Текширдилар уруғни роса.

Ўсимликнинг дастури мавжуд —
Уруғ ичида.
Буни топдилар,
Лекин жонни тополмадилар
Уруғ ичидан.
Жон Аллоҳдан эрур. Буни
Тан олмадилар.

Текширдилар тупроқни кейин,
Тупроқда жон йўқ.
Ўзида йўқ нарсани берсин у қандоқ!
Текширдилар сувни, ҳавони,
Уларда ҳам йўқ.
Ўзида йўқ нарсани берсинлар қандоқ!

Бу орада навниҳол ўсди,
Ғунчалади, гуллади. Жонсиз —
Уруғ пайдо бўлди
Жонли ниҳолдан,
Ўликдан тирикни чиқарган Аллоҳ
Тирикдан ўликни чиқарди шу чоқ.
Барибир ҳам ишонмадилар...
Шундоқ экан, ишонсин қандоқ
Қабрдаги ўликларнинг
Бир кун тирилишига —
Қиёматга, Ҳашр кунига?!
Кўкаргувчи ниҳоллар эса,
Яратган Эгамга ҳамд-сано айтиб,
Шукрона айтиб,
Ғунчаладилар,
Гулладилар, уруғладилар.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 28 Sentyabr 2008, 17:39:31
Абдуллоҳ ҳожи АБДУЛҚОДИР,
Учкўприк туман бош имом-хатиби

Тасбеҳ айтур

Худойимдан хабар келди — буюк фармон!
ÐŽқинг: “Ваннажму вашшажару ясжудан...”
Шул сабабли дов-дарахту ўт-ўлан
Тасбеҳ айтиб чиқар ердан, бўлманг ҳайрон.

Бир чаманзор ичра кирсак, турфа гуллар
Тасбеҳ айтар, аммо биздан эрур пинҳон.
Олма, ўрик, гилос, анжир барчалари
Қандай тасбеҳ айтганини билмас инсон.

Пахтазору ғаллазорлар қир-адирда
Холиқ учун тасбеҳ айтур уриб жавлон.
Кўз илғамас митти-нафис гиёҳлар ҳам,
Осмонўпар дарахтлар ҳам дегай Раҳмон.

Тоғу тошда, яйловларда печак, бута
Бўйинсунган Холиқ учун, қилманг пайҳон.
Арчазору Ñ‚Ñžқайлар ҳам катта бойлик,
Болта урманг, парваришланг, қилманг хазон.

Қовун-тарвуз, ҳандалаклар унган пайкал
Ҳаққа бўйинсуниб бўлди шаккаристон.
Болдан тотли чилги, чарос, ҳусайнилар
Ҳақ зикрини кеча-кундуз қилгай баён.
Бу наботот оламида ибрат-сир кўп,
Одамзоднинг ақли етмас, Ҳаққа аён.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munavvara 01 Oktyabr 2008, 21:19:04
Marvarid Marjondek


Hurlar bor emish u yonda, marvarid marjondek,
Pokiza ermish nihoyat pokiza imondek,
Vasliga yetmak uchun, oniy umr yetmas emish,
Lek anga yetmakka bormish, rahnamo Qur'ondek.

Olloh, Olloh shundayin izzat nasib etgin manga,
Hurlar qoshidagi himmat nasib etgin manga.

Ikki dunyo borligi rostdir mudom, rostdir mudom,
Bul tomon aldoqchilardir, u tomon rostdir mudom,
Bunda kim och, kimsa to'q, kimlarga ko'p hosdir mudom,
Kimning yozi qish esa, kimlarga qish yozdir mudom,
Har kimning bosgan izi miyatiga mosdir mudom.

Toj-u tax-u, saltanat mangu emas, mangu emas,
Oq yuz-u, lablarga xat mangu emas, mangu emas.
O'ylagin ushbu hayot o'zicha bo'lgan emas,
Har ishinga bor javob hech qachon jon qochib bilgan emas.

Hurlar bor emish u yonda, marvarid marjondek,
Pokiza ermish nihoyat pokiza imondek,
Olloh, Olloh shundayin izzat nasib etgin manga,
Hurlar qoshidagi himmat nasib etgin manga.

Kim yozganligi manga qorong'u  ;) :)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 20 Dekabr 2008, 09:22:31
Назар сол осий умматга, тасаддуқ, Ñ‘ Расулуллоҳ,
Ҳамиша кори ғафлатга, тасаддуқ, Ñ‘ Расулуллоҳ,
Мани бошланг ҳидоятга, тасаддуқ, Ñ‘ Расулуллоҳ,
Ўшал маҳшарда жаннатга, тасаддуқ, Ñ‘ Расулуллоҳ,
Солинг дарёйи раҳматга, тасаддуқ, Ñ‘ Расулуллоҳ.

Йиғилса аввалу охир ўшал саҳройи маҳшарга,
Халойиқ эргашурлар барчаси ҳодию раҳбарга,
Тараҳҳум қил ўшал соат бизнингдек осий, музтарга,
Борурмиз барча ташна сув тилаб соқийи кавсарга,
Берар аҳли саодатга, тасаддуқ, Ñ‘ Расулуллоҳ.

Худо қози бўлуб, тонгла гуноҳимни ҳисоб этгай,
«Ҳама бандам мани қошимға келсун!» деб хитоб этгай,
Муҳаммадга кимиким уммат эрмастур, азоб этгай,
Ўшал кунни кишиким, ўйласа доим, савоб этгай,
Етар уммат шарофатга, тасаддуқ, Ñ‘ расулуилоҳ.

Лаҳаддин бош кўтарганда ҳама воҳасрато дерлар,
Қиёмат шиддатидинким ҳама вовайлато, дерлар,
Ҳама умматларинг йиғлаб яна Ñ‘ Мустафо, дерлар,
Муҳаммад саждага бошин қўйиб, воуммато, дерлар,
Қолур уммат хижолатга, тасаддуқ, Ñ‘ Расулуллоҳ.

Тарозуға солур аъмол элини ул қиёматда,
Гуноҳидин савоби кўп эса, албатта роҳатда,
Биҳишт ичра кирар, ҳуру қусур бирлан фароғатда,
Ҳазиний осий уммат, сақлагил ҳифзу ҳимоятда,
Қилай жонимни ҳазратга тасаддуқ, Ñ‘ Расулуллоҳ.

Ҳазиний
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 04:12:52
Fikr birla aylagil shafqat o‘lumdin ilgari,
Dargohiga aylagil xizmat o‘lumdin ilgari,
Jurm etgonnngga qil hasrat o‘lumdin ilgari,
Ro‘zu shab tangriga qil toat o‘lumdnn ilgari,
Manzilingni aylagpl jannat o‘lumdin ilgari.

Jon amonatdur jasad ichra, g‘animat — zindalik,
Tangriga purgirya bo‘lgil, bo‘lmagil ko‘p xandalik,
Ro‘zi mahsharda shaqovat xalq aro sharmandalik,
Haq taologa qilinglar zindalikda bandalik,
Yelga dining bermagil — g‘aflat, o‘lumdin ilgari.

Ey birodar, har kishi vaqti sahar bedordur,
Haq taolo, bil, o‘shandog‘ bandasiga yordur,
Toatimiz dilga jannat bilan diydordur,
Haq taoloni rizosi sanga ko‘p darkordur,
Haq sani bandam desa, davlat, o‘lumdin ilgari.

Bu o‘lum haq barchamizga, o‘ylagil, ey oshno,
Bil, nazar qilg‘il, qayon keti! tamomi anbiyo,
Bir nafas qo‘ymas jahon ichra, agar yetsa qazo.
Hasrato birla ketarsan, mulku ashyo bevafo,
Ol go‘ristonga borib ibrat o‘lumdin ilgari.

Pirga qo‘l ber boriyozat, ketmaynn ostonadin,
Pir misoli sham’i ravshan, ibrat ol parvonadin,
Yodi haq birla bo‘lub, saqla tiling afsonadin,
Ket, Haziniy, ravzayi Ahmadga san Farg‘onadin,
Dam g‘animat, aylagil hijrat o‘lumdin ilgari.

Haziniy
Nom: Maxshargacha hayir onajon
Yuborildi: Muslim_4101 19 Yanvar 2009, 19:48:54
Bu yolg'onchi dunyoda insoni bor yo'g'i ikki donagina chin Do'sti bo'lar ekan, bittasi Alloh, ikkinchisi shu siz-u bizni bu yorug' dunyoga keltirgan zotlar aziz Onalarimiz. Alloh siz-u bizni ruhimizga parvona bo'ladi. Onalarimizchi, hali tug'ulmaganimizdan to o'zlari qabrga ketgunicha boshimizda parvonalar. Ilohim o'tganlatini Allohim o'z rahmatiga olgan bo'lsin, borlarini o'mirlarini ziyoda qilsin yaxshi kunlarda to'ylarda qo'llarini duoga ochib turganlarini ko'rish siz-u bizga ko'p yillar nasib etsin. Oqibat degan bir gap bor dunyoda, lekin oqibat bilan oqibatniyam farqi bo'lar ekan, ona farzandiga beminnat oqibat qilar ekan, farzandim mendan keyin qolsin unib o'ssin deb oqibat qilar ekan, lekin farzandni oqibati omonat oqibat bo'lar ekan, minnatli oqibat bo'lar ekan bugun bor ertaga ko'ramanmi yo'qmi kel shu ikki og'iz yaxshi gapimni ayamay deb oqibat qilar ekanmiz. Bugun kelib ertaga ketguvchi mehmonga qilganday oqibat qilar ekanmiz, agar so'zlarimdan dilingiz ranjigan bo'lsa, shu so'zlarni isbotini qabristonga borib ko'ring, hattoki o'sha qabr toshlariga ham jim-jimador qilib minnat bilan yozib qo'yilgan "Aziz Farzandlaringizdan estalik" qarang hatto shu qabr toshiniyam minnat bilan qo'yar ekanmiz uni Biz qo'ydik deb qo'yar ekanmiz. Dunyoni yolg'onligini, dunyoni omonatligini, dunyoni bor yo'g'i besh kunligini isbotlab ketgan insonga siz bilan meni estaligi nima keragi bor " Aziz Farzandlaringizdan estalik". Gohida shu chin do'stimizni qadriga yetamiz gohida yo'q, gohida yarim tunda uyimizga kelamiz, darvozani astagina ochib hech kimga bildirmay kirib ketamiz deymiz lekin bizni kutib o'tirgan bedor Onaizor bizni kelganimizni qadam tovushlaridan emas, yuraklari bilan sezadilar bir og'izgina, bir og'izgina so'z etadilar "Bolam Keldingmi", gohida mana shu bir og'iz so'z og'ir botib ketadi. " Ha onajon keldim, yosh bola emasman-ku uxloursayiz bo'lmaydimi' deymiz. Ey azizlar o'sha onaizor mangu uxlab qolganlaridan keyin o'sha ona yotgan g'arbgina kulbani, g'arbgina derazasidan ming marta u yoqqa o'ting, ming marta qaytib bu yoqqa o'ting, tongda o'ting, tunda o'ting qaytib o'sha nido eshitilmas ekan "Bolam keldingmi". Hovlimizni to'ldirib to'ylar qilamiz, kazo-kazolarni chaqiramiz oldiga borimizni ayamay to'kib sochamiz, Lekin ikkala ko'zimiz, ikkala qulog'imiz, qalbimiz, vujudimiz borlig'imiz o'sha derazaga tikilgan bo'ladi, o'sha tanish chexra ko'rinarmikan, o'sha nido qaytib eshitilarmikan "Bolam keldingmi". Taqdirni taqozisi bilan yillar o'tib yana o'sha darvoza oldiga yarim tunda kelamiz, berk darvoza oldida to'xtab qolamiz sababi oddiygina o'sha topganimizni qo'sh qo'llab qo'liga tutqazgan farzandlarimiz ham jonimizdan ortiq suygan suyukli yorlarimiz ham Onaizorchalik yarim tunga qadar kutib o'tirishga toqatlari yetmay uxlab qolar ekan. Ana o'shanda Qalbimiz uyg'onib qoladi, ana o'shanda vijdonimiz uyg'onib qoladi, ana o'shanda o'sha qo'llari qadoq mexribonimizni Sog'inib, Sog'inib ketamiz........

Ko'zimda yosh yelkamda tobut,
Zirqiraydi tanam uzra jon
Ona uzoq kutirmayman kut
Maxshargacha hayir onajon

Azobimga yelkangni kutding
Dardlarimga topmadim imkon
Meni o'ylab o'zni unutding
Maxshargacha hayir onajon

Sen yo'q qaro bo'ldi osmonim
Ko'nglim vayron yuragim vayron
Ko'ksimdagi buyuk armonim
Maxshargacha hayir Onajon
Toxir Maxkamov
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 03 Fevral 2009, 16:54:45
Qadrdonlarim!!!

Turoldilar uyqudan qolib,
Qiyomatni jazo bilganlar,
Yig’lasinlar dod-faryod solib,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Go’yo kesib tomirlarini,
Unutib Haq amrlarini
Yeb qo’ydilar umrlarini,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Yo’l adashgan oqil so’qirlar,
Endi qanday sabab to’qirlar,
Peshinlarin yig’lab o’riqlar,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Gar his qilsak ko’rmog’in Mavlo,
Yotolmasdik qiliblar yallo,
Tatimagay uyqusi aslo,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Oz rohatlik uyqu qurboni,
Endi Hodiy bo’lmas Qur’oni,
Havoli ne uyg’ongan oni,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Ketkazolmas ko’ngilda dog’in,
Unutolmas namoz firog’in,
Xaqir ko’rar ayol quchog’in,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Bu nafratga men ham arzimayman,
Qachon nafsim g’amini yeyman,
Shu on o’lib qolmasam deyman,
Bomdodlarin qazo qilganlar.

Xitobim shu ketar onlarim,
Hazillashmang qadrdonlarim,
To’rt mahallik namozxonlarim,
Bomdodlarin qazo qilganlar.
Nom: Jannatning irmoqlari…
Yuborildi: AbdulAziz 16 Fevral 2009, 21:14:07
Jannatning irmoqlari…

Bul jannatning irmoqlari
Oqar Alloh-Alloh deya.
Chiqmish Islom bulbullari
Kuylar Alloh-Alloh deya.

Tebranar Tubo shoxlari
Qur’on o’qiydi tillari
Jannat bog’ining gullari
Hid taratar Alloh deya.

Sof nurdandir ustunlari
Kumushdandir yaproqlari
Uzayguncha butoqlari
O’sar Alloh-Alloh deya.

Oydan oydindir yuzlari
Shakkardan totli ko’zlari
Jannatda huri qizlari
Kezar Alloh-Alloh deya.

Kimlar yeyar, kimlar ichar,
Malaklari rahmat sochar,
Idris nabiy hulla bichar
Tikar Alloh-Alloh deya.

Haqqa oshiq bo’lgan kishi
Oqar ko’zlarining yoshi,
Nurga to’lar ichu tashi
So’ylar Alloh-Alloh deya.

Yunus Emrom, bor yoriga
Qo’yma bugunni ertaga
Erta Haqning devoniga
Borarman men Alloh deya.

Yunus Emro

AbdulAziz tarjima qildi.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslim_4101 16 Fevral 2009, 21:20:05
Dostlarim Sizlarga aytar gapim bor,
Eshiting bu sizga juda ko'p darkor,
Zamon keldi do'stlar bir ajib zamon,
Ko'paydi juda ham insoni yomon,
Musulmonman deydi Allohni tanimaydi,
O'zidan kattani pisand qilmaydi,
Qizlar yigitlardan soat so'rasa,
Yigitlar ulardan narhin so'raydi.
Qizlarning kiyimi avrat berkitmas,
Yigitlar uchraydi asli yigitmas,
Bu zamon o'tkinchi Ohirat yaqin,
Sen faqat Alloh de,"Alloh"ga sig'in,
Bundayin zamonda asra iymoning,
Vijdoning pok tutgin,ulug' tut noming!!!
Nom: Haj ilohisi
Yuborildi: AbdulAziz 17 Fevral 2009, 08:14:35
HAJ ILOHISI

Ko’ngil qulog’imga kelsa bir sado,
Ey, qulim, kel ayla hajjingni ado,
Etsam, moli-mulkim jonimni fido,
Labbayka deyayin
Allohim labbayk.
Labbayka la sharika laka labbayk.

Bobus-salomingdan baytingga kirsam,
Hajarul-asvadga yuzimni sursam,
Kechib mosuvodan vaslingga yetsam,
Labbayka deyayin
Allohim labbayk.
Labbayka la sharika laka labbayk.

Solih qullaring-la tavofga tursam,
Nuring-la mast bo’lib, fayzing-la to‘ysam,
Tajallii Zoting ruhimda tuysam,
Labbayka deyayin
Allohim labbayk.
Labbayka la sharika laka labbayk.

Oqarkan ko’z yoshim Safoga tushsam,
Yalangoyoq, boshim ochiq Marvada kezsam,
Zamzami sharifdan suv ichib jo’shsam,
Labbayka deyayin
Allohim labbayk.
Labbayka la sharika laka labbayk.

Arafotga avfdan umid-la chiqsam,
Gunohim tavbaning nuri-la yoqsam,
Baqo dengizida jildirab oqsam,
Labbayka deyayin
Allohim labbayk.
Labbayka la sharika laka labbayk.

AbdulAziz tarjima qildi.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 18 Fevral 2009, 07:54:15
RASULULLOH  :sw: SOG’INCHI

Gul yuzingiz ro’yomizda,
Ko’raylik, yo Rasululloh!
Gul bog’ingizga dunyoda
Kiraylik, yo Rasululloh!  :sw:

Sizsiz ko’ngillar sultoni,
Keltirgan buyuk Qur’onni,
Siz uchun tandagi jonni,
Beraylik, yo Rasululloh!  :sw:

Ishqingiz-la, yosharar ko’z,
Hasratingiz-la, yondik biz,
Muborak ravzangizga yuz
Suraylik, yo Rasululloh!  :sw:

Vido etib mosuvoga,
Yolvorib buyuk Mavloga,
Shafoati Mustafoga,
Yetaylik, yo Rasululloh!  :sw:

Lavlaka dedi sizga Haq,
Yuzimizga boqing ul vaqt,
Huzurullohga yuzi oq
Boraylik, yo Rasululloh!  :sw:

AbdulAziz tarjima qildi.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: siddiqa 18 Fevral 2009, 14:50:46
--------------------------------------------------------------------------------
Кўзимга нам келмай қўйди,
Биродарим йиғлат бу кун,
Яратганим, Тангрим, Роббим
Неъматини эслат бу кун.
Оламларга саид бўлган,
Ул Мухаммад Мустафога,
Саловатлар айтай менга,
Дуоларни ўргат бу кун.

Сахобийлар иймонини,
Хаётини сўзлаб бергин,
Хақдан келган хушхабарла,
Нажотини сўзлаб бергин.
Тинглаб йиғлай, тинмай йиғлай
Йиғлаганим билмай йиғлай,
Гўзал яшаб яна гўзал
Вафотини сўзлаб бергин.
 
 
 
forum.islom.uz
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: siddiqa 18 Fevral 2009, 14:56:54
--------------------------------------------------------------------------------
Rabbim o'zing asragin!

Qalbi fe’li torlikdan,
Shirin so’zga zorlikdan,
Ikki dunyo xorlikdan,
Rabbim, O’zing asragin!
Ig’vo, fitna, tuhmatdan,
G’iybat, turli kulfatdan,
Qalbi qaro ulfatdan,
Rabbim, O’zing asragin!
Manmanlik ham riyodan,
Qabul bo’lmas duodan,
Og’ir damda jazodan,
Rabbim o’zing asragin!
Yomon fe’l, yomon amal,
Yomon nafsdan asragin.
Yaxshilarga yaqin qil,
Har nokasdan asragin!
Yomon tilning zahridan
Shayton la’in sharridan,
Qahhor oting qahridan,
Rabbim o’zing asragin!
Molu dunyo faxridan,
Azobga duchorlikdan.
Rahmatingga zorlikdan,
Rabbim o’zing asragin!
Omonating ol oson,
Iymon bilan chiqsin jon,
Jannatda yashay shodon,
Do’zaxingdan asragin!
 
 
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 19 Fevral 2009, 08:39:03
Marvarid Marjondek


Hurlar bor emish u yonda, marvarid marjondek,
Pokiza ermish nihoyat pokiza imondek,
Vasliga yetmak uchun, oniy umr yetmas emish,
Lek anga yetmakka bormish, rahnamo Qur'ondek.

Olloh, Olloh shundayin izzat nasib etgin manga,
Hurlar qoshidagi himmat nasib etgin manga.

Kim yozganligi manga qorong'u  ;) :)

Bu she'rni Sherali Jo'rayev yozgan.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 19 Fevral 2009, 08:45:03
GULLAR MAKONI

Bir shaharga sayir qildim,
Ko’rdim saroyi guldir – gul.
Sultonimning toju taxti
Bog’i, devori guldir – gul.

Gul olarlar, gul sotarlar,
Guldan tarozi tutarlar,
Gulni gul bilan tortarlar,
Rasta, bozori guldir – gul.

Tuprog’i – gul, toshi – gul,
Qurug’i – gul, ho’li – gul,
Xos bog’chasining ichida
Sarvi chinori guldir – gul.

Guldan tegirmon aylanar,
Uning bilan gul boylanar,
G’ildiragi suv-la yurar,
Bandi kaliti guldir – gul.

Oq gul bilan, qirmizi gul,
Juft o’sibdi bir bog’chada,
Nigohlari xorga qarshi
Xori azkori guldir – gul.

Guldan qurilgan bir chodir,
Ichida ne’mati hozir,
Eshikboni Ilyos, Hizir
Noni sharobi guldir – gul.

AbdulAziz tarjima qildi.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2009, 15:17:18
AHLAN VA SAHLAN MARHABO!

Ey anbiyolar sarvari,
Ey avliyolar rahmati,
Ey insu jon payg’ambari,
Ahlan va sahlan marhabo!

Siz jonlarning jononisiz,
Dardlilarning darmonisiz,
Olamlarning sultonisiz,
Ahlan va sahlan marhabo!

Allohu akbar shonuhu,
Sultonahu subhonahu,
Qod jaina burhonahu,
Ahlan va sahlan marhabo!

Siz erursiz mahbub xudo,
Etmang shafoatdin judo,
Ahmad Muhammad Mustafo
Ahlan va sahlan marhabo!

Darvesh Yunus so’ylar so’zni,
Ravzanginga surar yuzni,
Sevarlar mahsharda bizni,
Ahlan va sahlan marhabo!

Yunus Emro

AbdulAziz tarjima qildi.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muslim_4101 20 Fevral 2009, 16:02:48
Кўчада не аҳвол, дея сўроқлаб,
Уйдан чиқмоқ учун эшик очармиз,
Қай томон тикилсак, фахший нигоҳлар,
Ажаб замон бўлди, қайга қочармиз?!
Зинони оддий ҳол санагач башар
Валадиззино ҳам кундан–кун ошар,
Қизларнинг қараши кўзларни тешар,
Ажаб замон бўлди, қайга қочармиз?!
Фарзанднинг кўзлари жовдирар ёна,
Ота не қиларин билмай парвона,
Тарбия нелигин билмаса она,
Ажаб замон бўлди, қайга қочармиз?!
Сериал туфайли ҳамма овора,
Унда қора оқдир, оқ эса қора,
Момо, сизни севдим, деса невара
Ажаб замон бўлди, қайга қочармиз?!
Меҳмон сўролмаса мезбондан хаққин,
Гўзал сукунатни енгганда шовқин,
Етти Ñ‘Ñ‚ бегона Қардошдан яқин,
Ажаб замон бўлди, қайга қочармиз?!
Узоқдан бир кимса йўлни пайпаслар,
Қалб кўзи атрофи ўралган ҳаслар
Кўр ҳассасин тепиб шодланса каслар,
Ажаб замон бўлди, қайга қочармиз?!
Дунёнинг ишлари хўп қизиқ бўлди,
Ғариблар йиғлабон, фосиқлар кулди,
Эркакка уйланган эркаклар тўлди,
Ажаб замон бўлди, қайга қочармиз?!
Ҳақиқий бузғунчи тийилолмайин
Оламни хорлагай кун ўтган сайин,
«Ð‘из асли ислоҳчи» деёлгай кейин...
Ажаб замон бўлди, қайга қочармиз?!
Тўғри Ñžғри бўлди, чап йўл эса ўнг,
Қорилар пойгакда қалбан йиғлаб хўнг,
Уй тўри ҳофизни кутганидан сўнг,
Ажаб замон бўлди, қайга қочармиз?!
Биродар, ўтмишмас, кетмайлик узоқ,
Тожигу, қирғиз ҳам, ўзбек-у қозоқ
Қорбобо, қорқизни десалар раззоқ,
Ажаб замон бўлди, қайга қочармиз?!
Бугун таъсир учун беҳол сўзимиз,
Қайсардан ҳам баттар Ñžғил-қизимиз,
Барига айбдор асли ўзимиз,
Ажаб замон бўлди, қайга қочармиз?!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhseena 20 Fevral 2009, 18:10:14
 Mezbon bo’larsan…
Umr ganjasin sovurma elga,
Hech qachon erk berma suyaksiz tilga,
Nafsing jilovini ololsang qo’lga,
Shunda balki komil inson bo’larsan.

Kimlarni ko’rmadi bu ko’hna jahon,
Bari yer ostiga bo’ldiku nihon.
Tanangga o’ylab ko’r,ey aziz inson,
Kun kelib qurtlarga mezbon bo’larsan.

Xush yoqar ko’zingga dunyo jilvasi,
Har tarafga chorlar shayton vasvasi.
Xolis amallar qil,ruhing yayrasin,
Nasib etsa o’zing hayron bo’larsan.

Dunyoni qaytadan qura olmassan,
Sen sunyo turguncha tura olmassan.
Hamon qalb ko’zingla ko’ra olmassan-
Said Orif,sen qachon shodmon bo’larsan?...

                                        Said Orif (HIDOYAT jurnalidan)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhseena 20 Fevral 2009, 18:22:58
 Oqil har qadamda hikmat izlagay,
 Ushoqni kam ko'rmas,o'par,sizlagay.
 Hatto zulm qilganga yaxshi so'zlagay-
 Mudom oxitarning ishin ko'zlagay.
                                   Said Orif
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: siddiqa 21 Fevral 2009, 07:45:31
--------------------------------------------------------------------------------
Sizu bizni yaratgan,
Bulbul qilib sayratgan.
Yakka yagona Alloh,
Laa ilaaha illallooh.

Bizga Qur'onni bergan,
Qaymog'u nonni bergan,
Mehribonimiz Alloh,
Laa ilaaha illallooh.

Kim o’qisa Qur'onni,
Gapirmasa yolg’onni,
Yaxshi ko’radi Alloh,
Laa ilaaha illallooh.

Qo’lda Qur'onimiz bor,
Dilda iymonimiz bor,
Bizni asraydi Alloh,
Laa ilaaha illallooh.

Bolalar kelaqoling,
Qur'onni yodlab oling.
Qachon Qur’on o’qilsa,
O’tirib quloq soling
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: siddiqa 21 Fevral 2009, 07:46:28
--------------------------------------------------------------------------------
Бисмиллахир Рохманир Рохим

Бизни қўрқитмагин Ñ‘ Рабб
Итобингга яролмасмиз
Тарахумни раво кўрсанг
Азобингга чидолмасмиз

На сенга бандалик қилдик
На неъматингнинг қадрин билдик
Тамоми ғафлат билан ўтдик
Иложини қилолмасмиз

Хавас хасимин тўлғаздик
Умр вақтини ўтқаздик
Хаво боғини битқаздик
Бу юз билан қаролмасмиз

Ишондик моли – мулкимиз
Қувондик ховли – жойимиз
Балодир ушбу нафсимиз
Хирс кўзим ўйолмасмиз

Бу қўлдан хеч нима келмас
Қулайлик тавбанинг бисёр
Қабулга олмасанг Ñ‘ Рабб
Қиёматда на қилгайман

Қиёмат даштига борсак
Яланғоч бу бадан бирла
Дариғо минг алам бирла
Бериб қўлимизга китобимиз

Малоиклар савол этса
Надур қилишларинг банада
Хижолатдан чиқолмасмиз
Агар ўнгдан келар бўлса

Кўринг қандай саодатдир
Агар чапдан келар бўлса
Муназзалло қочолмасмиз
Сирот холин эшитсангиз

Анча хеч сўз дея олмасмиз
Сен осон этмасанг ё Рабб
Бу хол билан кетолмасмиз
Агар минг йил умр кўрсам

Жахонга подшох бўлсанг
Кетарсан оқибат бир кун
Ажал шарбатин ичарсан бир кун
Туфайли Сарвари олам сағиро

Ва кабиро гунохларим кечиргайсан
Шаробу антахуроингдан ичиргайсан
Дуога ёра берса хар мусулмон
Кетар вақти хаммага насиб этса нуриман.
 
forum.islom.uz
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: siddiqa 21 Fevral 2009, 07:47:18
--------------------------------------------------------------------------------
Beshak biling, bu dunyo barcha xalqdan o’taro,
Inonmagil molingga, bir kun qo’ldan ketaro.

Ota-ona, qarindosh qayon ketti, fikr qil,
To’rt oyog’lig’ cho’bin ot bir kun senga yetaro.

Dunyo uchun g’am yema, Haqdin o’zgani dema,
Kishi molini yema, sirot uzra tutaro.

Ahli ayol, qarindosh – hech kim bo’lmaydur yo’ldosh,
Mardona bo’l, g’arib bosh, umring eldek o’taro.

Qul xoja Ahmad, toat qil, umring bilmam necha yil,
Asling bilsang, obu gil, yana gilga ketaro!

Ahmad Yassaviy
 
 
 
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 21 Fevral 2009, 13:45:43
:as:

Ялтироқ давралар кўксимни тилар,
Аларнинг бошини ғийбатлар силар.
Росулинг эсланса бошин ҳам қилар
Улфатни сўрадим Сандан, илоҳим

Али ривоятин айтиб толмаган,
Усмон ҳаётига бефарқ қолмаган,
Умардан нарига ўта олмаган
Суҳбатни сўрадим Сандан, илоҳим

Дунёнинг васфи шу: отилган бир Ñžқ,
Манзилга тез етар, бунга кўнгил Ñ‚Ñžқ!
Қуръон Ñžқиганда тугатгиси йўқ
Қурбатни сўрадим Сандан, илоҳим

Шайтонни лол қилар энг олий сужуд
Эрта тонг саҳарда айласа мавжуд.
“Оятал курсий»Ð³Ð° титрар бир вужуд
Лаззатни сўрадим Сандан, илоҳим

Муваққат орзулар ҳор бўлди, етар!
Дунёнинг ишлари бир куни битар.
Ибодат онида ўздан ҳам кетар
Тоқатни сўрадим Сандан, илоҳим

Ўтмишим ўтмишни ёдингга солган,
Сўнгги икки вароқ ҳаётим қолган.
Бир кунда икки кун яшаттиролган
Ғайратни сўрадим Сандан, илоҳим

Сира вақÑ‚ қолмади оҳ-воҳларимга,
Ўзинг инсоф бергин гувоҳларимга,
Иқрорман саноқсиз гуноҳларимга,
Шафқатни сўрадим Сандан илоҳим

Бу кун ҳолис Санинг сўзингни айтсам,
Сўзингдан ўтиб-да Ўзингни айтсам,
Синовлар Ñ‘ғдиргин йўлимдан қайтсам
Кулфатни сўрадим Сандан илоҳим.

Қалбимда жой бордир битта ҳасадга,
У на мартабага, ва на фасодга!
Ўта қолай энди асл мақсадга:
Жаннатни сўрадим Сандан илоҳим!

forum.islom.uzdan


Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhseena 21 Fevral 2009, 17:16:33
  Bo'yladir ushbu jahonda qiyl-u qol,
  Och ko'zingni,boq jahonga ibrat ol.
  Sen o'zingdanku qocholmassan aniq,
  Bas,netib Haqdin qocharsan ey rafiq.
                      Jaloliddin Rumiy>
Nom: Islomiy She'riyat
Yuborildi: Abdurauf 21 Fevral 2009, 18:18:30
Bu kunga chidam yo'q, yo'q erur sabr,
Tushimda qiynoq bor, o'ngimda jabr.
Yaqinlashmoqdadir tobora qabr,
Meni fursatdan qutqarurmisiz?!
Nom: KECHIRGIN YO RABBIM DUNYO UCHUN YIG’LASAM…
Yuborildi: Muslim_4101 21 Fevral 2009, 18:46:48

Ibodatda bo’lsamu, mazasini totmasam.
Yaxshi hulqni bilsamu, unga amal qilmasam
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

Non topsamu, shukrla kun ko’rmasam.
Dard bersangu, sabrni ham unutsam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

Bandangni ham sevsamu, javobini olmasam.
Do’stim mo’l bo’lsayu, borligini sezmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

Hayit kirib kelsayu, hursand bo’lib kutmasam.
Yangi yilni bayram deb, dasturxonim bezatsam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

Hijob go’zal bo’lsa ham, uni tanlay olmasam.
O’rnak bo’lsa muslima, unga havas qilmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

O’n besh kunlik dunyoda qanimatni bilmasam,
Tirik bo’lsa ham onam, otam, xizmatini qilmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

O’tkinchi bu dunyoda orzu-xavaslar qilsam,
Oxiratni bilsamu, xavotirla qo’rqmasam.
KECHIRGIN YO RABBIM DUNYO UCHUN YIG’LASAM…
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 21 Fevral 2009, 19:59:34
Shoxrux_4101 va boshqalar.

(http://forum.ziyouz.com/Themes/default/images/post/lamp.gif) She'rlarni joylayotganingizda albatta muallifini ham yozing.

Ibodatda bo’lsamu, mazasini totmasam.
Yaxshi hulqni bilsamu, unga amal qilmasam
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

Ushbu she'rni forumdoshimiz NOZA (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1405&Itemid=82) yozganlar.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 21 Fevral 2009, 22:23:22
 :as:

HOZIRGI YIGITLAR SEVGISI

Hozirgi yoshlarda “Kuchli” Muhabbat,
Ahdu paymon kuchli, kuchli Sadoqat.
Farhodu Majnunlar Sevgi bobida,
Ip ham esholmaydi Ular oldida!!!
O’zing ayt-chi, Majnun Hech qachon,
Daraxt tanasin o’yib Beshafqat,
Barchaga qilganmi ishqini Bayon =`M+L=S`
Mana buni derlar - 'ASL' Muhabbat !!!
Yoki ayting, Farhod Shirindan boshqa,
Seva olganmikan KO’PLAB Qizlarni?
Ko’mir-la yozganmi Devoru toshga,
<< Farhod plyus Shirin >> degan so’zlarni…?
Didi Nozik, deyman yoshlarning chog’i,
Obdon tanlab, so’ng Sevgisin izhor etadi
Uchrab qolsa agar Chiroylirog’i…
… Oldingisin Darhol tashlab ketadi.

Manba: www.osiyo.uz
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 23 Fevral 2009, 18:34:24
Ustoz.  


Bir sharif tingladim yop-yorug' kunda,
Angladim Iymon ne, ne erur Ixlos.
Biron bir dunyoviy da'vo yo'q menda,
Sizni Alloh uchun suydim, ey, ustoz.

Menga ta'sir qildi jami so'zingiz,
Demak jami so'zga sobit o'zingiz.
ko'rmagan bo'lsamda bir bor yuzingiz,
Sizni Alloh uchun suydim ey, ustoz.

Hayratda qotdim men zulmat surindi,
Zimiston kechada bir nur ko'rindi.
Menga xitob bo'ldi: Do'stim yur, endi,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Amal maydonida g'arib emassiz,
Sho'rlik ahvolimni aslo sevmassiz.
Ehtimol siz mnei shogird demassiz,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Zayd ibn Sobitdek endi qalb to'htar,
Mo'minning nigohi kofirga o'qdir.
O'rtada boshqa bir robita yo'qdir,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Odamalr bir-birin mansab deb quchsa,
Yoki mol davlat deb par qushdek uchsa,
Jamiki muhabbat izidan ko'chsa,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Yovlaringizga goh yig'lab kularman,
Alarning oxirin taxmin qilarman,
Yusuf payg'ambarning sabrin tilarman,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Duoda qo'limiz, Xudoyim tengsiz,
Jannat deb atasin maskanlaringiz,
Bizga ham dushmandir dushmanlaringiz,
Sizni Alloh uchun suydim ey ustoz.

Yulinib olingach haq oramizdan,
duodan boshqa yordam yo'q bizdan,
Asli o'rganganman shuni ham sizdan,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.  
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 23 Fevral 2009, 18:35:14
" Asli siz go'zalsiz mastura qizlar"  


Dunyo ishlaridan bezigan ko'ngil der,
Sof erur xijobga o'rangan yuzlar
Dunyo jul'ettaga ko'ngil qo'yaver
Asli siz go'zalsiz mastura qizlar

Chirkin nigoxlardan go'zallik izlab
Basilar poyiga cho'kkanda tizlar
Men baland ovozda baqirgum yuzlab
Siz asli go'zalsiz mastura qizlar

Gollivud xollivud tomonlardachim
Saxnaga tovlanib chiqqanda bezlar
Oinayi jaxonni o'chirib degum
Asli siz go'zalsiz mastura qizlar

Ko'kraklar ochilgan yarim yalang'och
Og'zidan tushmagan besharm so'zlar
Ularning makridan topib bir iloj
Asli siz gho'zalsiz mastura qizlar

To'g'ri yalang'ochlar yayrabon obdon
Zinokor qavmni gunoxga tezlar
Ko'nglingiz tubida qolmasin armon
Asli siz go'zalsiz mastura qizlar

Ular go'zallika qilarlar davo
Lek erlar ulardan nelardir izlar
Suykalmako'ngilni kio'rmagan ravo
Asli siz go'zalsiz mastura qizlar

Malomat paytlari ortga qochgan dam
Nur misol dunyoga prladingizlar
Ishoning dunyoviy o'lchovlarda xam
Asli siz go'zalsiz mastura qizlar!  

Xayrulla Hamidov
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Zamiraxon 23 Fevral 2009, 19:00:06
Olloh sizdan rozi bo'lsin, judayam ajoyib, chiroyli she'r ekan.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Mart 2009, 14:15:29
Qalbingni band etsin oxirat g'ami,
Har lahza yodingdan chiqmasin o'lim.
Nadomatkim mendan chiqmadi olim,
Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Zakariyo kabi alam yutsang ham,
Ilmni cho'g' kabi qo'lda tutsang ham,
Uyi yo'q Iysodan faqir o'tsang ham,
jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Haqiqiy olimlar qasrlar qurmas,
Qasrlar ichinda bemalol yurmas,
Foniyda qalbimga taskin zarurmas,
Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Chorasiz on yo'qlab kelsang maboda,
Otangni chin dildan sevsang maboda,
Rozi bo'lsin otam desang maboda,
Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Bu yo'lda mashaqqat mehnat ko'rinar,
Zahmatning ostinda rohat ko'rinar,
Otamning hasrati ko'nglimni tirnar,
Jannatda boshimga toj kiydor o'g'lim.

Kulgingdan aylanay, o'rgilsin jonim,
Senda shiddat ila oqmoqda qonim,
Hajga olib borma qarigan onim,
Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Kimdir o'g'li sabab mag'rur kuladi,
Kimningdir ko'z yoshi jiqqa to'ladi,
Bu dunyo ishlari bir gap bo'ladi,
Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Har bir yumushimda hayrihoh o'g'lim,
Unutma qiymat manzilgoh o'g'lim,
Bugun olib beray neni istasang,
Buning evaizga bir shart chidasang,
Boshimga toj kiydir Abdulloh o'g'lim.  
* * *

X.Hamidov.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Mart 2009, 14:17:02
Allohim men Seni taniyman dedim,
Ushbu da'volarga sohtakor qilma.
Rasuling yo'liga intilgan edim,
Tikanak to'shalgan yo'lda xor qilma.

Angladim xo'p mushkul Sen birla diydor,
Bu ham yetmagandek gunohlar qator,
Ofiyat so'rgaymen, men asli nochor,
Bo'ynimga yovlarim qo'lin dor qilma.

Hayhot dunyolarni so'roqlab ketdim,
Oxirat g'amidan firoqlab ketdim,
Asri saodatdan yiroqlab ketdim,
Mahshargoh ustimda hol abgor qilma.

Gumrohman, razilman,noinsof va g'o'r,
Bo'ynimni egdi kim o'zin bilsa zo'r,
Qolmadi O'zingdan boshqa bir g'amxo'r,
Chidash yo'q noringga bizni yor qilma.

Ey, karam sohibi ne bo'lsa bo'lar,
Sen borsan shu sabab ko'nglim ham to'lar,
Umarning so'zlari bag'rimni tilar,
Chirkin davralarda sochni qor qilma.

Ma'siyat qaritdi o'ttiz bahorim,
Tungi ahvolimdan bezor nahorim,
Bularning dastidan ey, madadkorim,
Qabrim manzilimni to'la mor qilma.

Ayolim ilg'amas gumroh qalbimni,
Onam ham bilmaydi qalbiy aybimni,
Do'stlarim anglamas, saxfu aybimni,
Ul kunda yashirgin oshikor qilma.

Allohning xayrli bandasi debon,
Menga yoshligimda bermishlar bir non,
Bu kecha shrrulloh menga mos unvon,
Yig'lagum, menzilim ul kun nor qilma.

Allohim Sen meni kechirsang shu baxt,
Saxfu xatoyimni o'chirsang shu baxt,
Rasuling havzidan ichirsang shu baxt,
Mayli bu dunyoda baxtiyor qilma...

X.Hamidov
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Mart 2009, 14:17:47
Umringiz chang to'zib ketmoqda zavol,
Siz o'zi dunyoga nega keldingiz.
Choyhonadan chiqing sizga bir savol,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Palov, manti, sho'rva so'nggiga norin,
Top ichka sig'dirdi ne bo'lsa borin,
Yodingizda turdi kun bo'yi qorin,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Har hil rejalardan olib iqtibos,
Oddiy bir savoldan bo'lasiz xalos,
Ertani gapirmay turing iltimos,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Qalb Islom dardida to'lg'oq bilmasa,
Amriga shamoldek uchib yelmasa,
Muzlatgich to'lmasa uyqu kelmasa,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Jujuqlar tashvishi aylabon tobe,
Bozorlar sang'ibon izlaysiz tole,
Ayolingiz ko'nglin oldingiz vale,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Namoz chala-chulpa, duolar mubham,
Tilda oayt, qalbda foydali dirham,
Tirikchilik zo'r-u, bo'lmay xotirjam,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Yo'lingiz qarshilar gap farzandingiz,
Sovg'asiz kelmoqqa sig'mas haddingiz,
Xo'rozqand olishni unutmadingiz,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Ajabo sayrga chiqqaningizda,
Yoddan ko'tarilmas oilaviy g'am,
Ulfatu oshinolar buyurtmasi ham,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Ikkinchi uyingiz nomidir bozor,
Uning haqqin zinhor qilmaysiz poymol,
Bo'l, tez, deysiz, qolgan ishga yo'gar qor,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Jannat deysiz, biroq amallar ziddiy,
Qachon u kunga ham qaraysiz jiddiy,
She'rim oxirida oxirida savolim qat'iy,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?


X.Hamidov
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Mart 2009, 14:19:15
Hijobli AYOL!

Ko'zingu qalbingni zabt etgan to'lib,
Nafosat haqida sursang gar hayol.
Nuqsonsiz go'zallik timsoli bo'lib,
Yurgan bir hasratdir hijobli ayol.

Biroq oson emas yurmoq hijobda,
Bugun bu ko'plarga kelmoqda malol,
His qilar o'zini o'ng yot dunyoga
Kelgindi hilqatdir hijobli ayol.

Avj olgan buzuqlik ma'siyatlardan,
Ne-ne qadriyatlar bo'ldi-ku uvol,
Ey, Rabbim, panoh ber deya bulardan,
Berkingan suratdir hijobli ayol.

Ko'plar ayol nomin bulg'aydi tinmay,
Avratlar ochilib bo'lishar xushhol.
Taqvosin ko'rsatib, o'zin ko'rsatmay,
Saqlangan siyratdir hijobli ayol.

Millatu dinini ko'plar unutib,
Gunohlar qa'rida toparkan zavol,
Taqvosin timsoli libosi bo'lib,
Diniga quvvatdir hijobli ayol.

Behayo kimsalar, dinsiz johillar,
Masxara qilganda uni bemalol.
Allohim ularga hidoyat ber deb,
Eng yahshi niyatdir hijobli ayol.

Uning mavjudligi ko'ngilga malham,
Ko'z quvnar, qalb esa bo'lmagay behol.
Kitoblar yoqilib ketganida ham,
Islomga hujjatdir hijobli ayol.

Da'vatlar to'xtagan telba diyorda,
Har kimning ko'nglida katta bir savol.
Indamay ketsa ham ko'zlari yerda,
Katta bir da'vatdir hijobli ayol.

Unga havas qilgum, degum ey, singlim,
Erlarga taqvoda o'rnak bo'lib qol.
Iymondan voz kechgan erkaklar uchun,
Eng yahshi ibratdir hijobli ayol!!!
Xudoga hammasin aytib beraman.

X.Hamidov
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Mart 2009, 14:20:00
Dunyoda yashashga qo'ymasangiz gar,
Shu sizga buyursin qaytib beraman.
Ammo arimagay ko'nglimdan kadar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Fitratda tug'ildim, vale' tarbiya,
Mudhish bir holatga soldiku soya.
Sof ta'lim neligin bilmadim deya,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Yoshlikda g'am nima bilmay yurgandim,
Bog'chani eng oliy dargoh bilgandim.
Kalima o'rniga qo'shiq o'rgandim,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Quvnab yo'l tushganda maktabim tomon,
Jami' ilmlarga izladim imkon,
Ammo nimaligin bilmadim Iymon,
Xudoga hammasin aytib beraman.

So'ng oliy bilim yurt o'ziga chorlar,
Muhabbat atalmish go'zal bahorlar.
Ustozlarim dindan etgan bezorlar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Allohga hamd bo'lsin qutqardi O'zi,
Qalbimga sochildi hidoyat tuzi.
Shunda yaqinlarim burdilar yuzin,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Aroqli to'ylarga bormay qolsam gar,
Otamga la'nat der eng yaqin jigar.
Ko'zimdan yosh emas oqqanda zahar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Yodimda o'zini eng zo'r er degan,
Namozxon bo'ldingmi, deya jerkigan.
Bo'g'zimga qadalib yovuz sher kelgan,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Xaq so'z yetkazilsa mard jo'vonsherlar,
O'zingcha nelarni so'ylading derlar.
Kecha kim eding, deb yuz burgan ellar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Alloh ruhsat, degan oyatni bilib,
Hayotga tadbiq et, gar desam kulib,
Ayol zoti minar g'azabga to'lib,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Hammaga tegishli aytilgan so'zlar,
Xaqdan olib qochamng jovdirar ko'zlar.
Qiyomat kelganda ko'rasiz, do'stlar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

X.Hamidov
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 04 Mart 2009, 17:10:02
ИСЛОМ АҲЛИМАН!

Бугун миллатчилик, маҳаллийчилик,
Балоси дунёни қуршаблар олмиш.
Ўзини Муҳаммад аҳлиман деган,
Инсонлар қалбида дўстлик йўқолмиш.

Бири «ÐœÐµÐ½ фалоний мазҳабиман» дер,
Бошқасин раъйини буткул санар Ñ‘Ñ‚:
«Қуръонда бўлса ҳам сенинг сўзларинг,
Бизга ундоқ ишни айтмаган устод».

Турли жамоалар, турли фирқалар,
Очиқ кўролмаслик порлар зуҳрда.
Аниқки, дўст тутиб куфр аҳлини,
Мусулмон қавмини айблар куфрда.

Тағин тинмай Ñžқир саҳобийларни
Ҳазрати Билолга тасаннолар, деб.
Ака-ука бўлган мусулмонларнинг
Айбини эртадан то кеч ахтариб.

Салмони Форсийга шогирдмиз, дебон,
Ҳайқирганлар ҳолин кўринг халафда.
Масжидлар бегона, сўзлашувлар йўқ,
Намоз Ñžқимаслар туриб бир сафда.

Мутаассиб қалби ҳар кун жўш уриб,
Иймон ҳаловатин тепкилаб кулар.
Имомга намозин топшириб туриб,
Унинг орқасидан ғийбатлар қилар.

Ҳайҳот, бу умматнинг ҳар кун дарсида
Тахминан шундайин ривоят янграр:
«ÐÐ»Ð¸ шамолласа, Усмон ҳам касал,
Абу Убайдага йиғлаган Умар».

Аммо ҳикоятлар қолар ўтмишда,
Дарслар тугаб-битган замона ғийбат:
«Ð­ÑˆÐ¸Ñ‚дингми дўстим, фалон одамни…
Бармоқ кўтаришни демоқда суннат.


Илми ҳам йўқ эди ўзи тузукроқ
Ўзича нимани қилмоқда даъво?
Ундан кўра намоз Ñžқимасайди
Қалби пок бўларди, кўнгли мусаффо!!!»

Мана шундай гаплар бугунгиларда
Ҳар кимнинг ўзича ҳақ каломи бор.
Фалон қори агар шундай демаган,
Демак, бошқаларнинг аҳволи афгор.

Кўнглим бир сесканиб кетди бу ҳолдан,
Кўриб ғафлат ичра зор қотганларни.
Эшитганмидингиз бирор миллатда
Ака-укаман деб тош отганларни.

Бу қандай ғаразгўй уммат бўлдики,
Хуснизон қилишдан ҳар дам тонарлар.
Ҳатто бирор инсон дин етказса ҳам
Унга турли номни қўйиб оларлар.

Шу зайл ўтмоқда кунимиз, дўстлар
Ихтилофлар ила завқланиб кўнгил
Фахш амал эгаси даъватсиз қолиб
Мусулмонни ғийбат қилиш касби – тил!

Мен бунга сира ҳам чидай олмасман
Кечмагум ҳаттоки тилнинг заҳридан.
Танишиб қўяйлик, шеърни ёзган мен
Оддий бир муслимман – ислом аҳлидан!
Ҳайруллоҳ Ҳамидов
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 04 Mart 2009, 17:36:30
Эй, аҳли Ислом…

Кўзим йўлларингга қадалиб толди,
Гўзал орзуларим айладинг бадном!
Бугун мўминликдан фақат ном қолди,
Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!

Энди бу умматга отиш шартмас Ñžқ,
Дунё кофирларин тамом кўнгли Ñ‚Ñžқ,
Мўминман деганнинг намози ҳам йўқ,
Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!

Исломнинг дарди не, билмас биттамиз,
Кичигимиз ҳам шу, шудир каттамиз…
Росулуллоҳ деса, ким у деган биз
Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!

Ислом ривожланса, ўйнаб-кулмасак,
Унинг дарди учун маҳзун бўлмасак.
Бухорий авлоди - ҳадис билмасак,
Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!

Тобора кўпайиб бормоқдадир ҳавф,
Тобора торайиб кетмоқдадир саф
Қалбданмас, токчадан жой олган Мусҳаф…
Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!

Мўминлар ҳолига маймунлар йиғлар 
Иморатлар қуриб, унда тинч ухлар,
Камайиб бормоқда нафсдан фориғлар
Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!

Уммат дунёга ғарқ, ҳаловат билмас,
Намозлар Ñžқилмас, рўза тутилмас,
Оят тинглаганда кўзга ёш келмас
Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!

Айт, ахир, умматга дунё тилакми?
Муҳаммад уммати шунга керакми?
Ҳазрати Умарнинг даври эртакми?
Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!

Дунё Чин юртига отолмас бир Ñžқ,
Чунки унинг сони ҳаддан-да ортиқ…
Сенинг хитойчалик обрўйинг ҳам йўқ,
Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!

Дардинг ҳар кун янги, сира ҳам битмас,
Ташвишлар ўртоғинг, ташлаб-да кетмас
Дуоинг бошингдан нарига етмас…
Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!

Асри саодатдан қолган тузумлар
Бугун дунё учун катта тилсимлар…
Афсона туюлар Умму Кулсумлар,
Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!

Пайғамбар бугунги ҳолимиз кўрса,
Не дерди, биз ила бирга ўтирса,
Ҳар бир умматининг ҳолини сўрса
Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!

Сенга ҳайқирдим-у, аммо қаддинг ғоз,
Бир тинглай жавобинг бергил, илтимос…
Ғарбнинг қўшиғига ўйнама бир оз
Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!

Кўзим йўлларингга қадалиб толди,
Гўзал орзуларим айладинг бадном!
Бугун мўминликдан фақат ном қолди,
Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!

Ҳайруллоҳ Ҳамидов
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhseena 07 Mart 2009, 19:20:46
JOYNAMOZ BAG’RIDA


Joynamoz bag’rida gullar bir chaman,
Gulzorda kapalak kabi uchaman.
Hajarul asvadni go’yo quchaman
Qushdekman,bamisli ostimda saman.

Namozim ochilgan qizil gul bo’lsa,
Tahorat tohir suv unga quyilgan.
Oyatlar behato ravon o’qilsa,
Savobi ham ko’pdir tog’dek uyilgan.

Sajdamda ko’rinar ikki dunyo ham,
Foniyni,boqiyni qilibdi obod.
Zoyemas qilingan ixlos,rajo ham,
Koinot Zargarin etsam har kun yod.

Namozda shaytonga quloq solmayman,
Tirikman sajdadan also tolmayman.
Hidoyat yo’liga soldi poyondoz,
Bu mening manglayim o’pgan joynamoz!
                                      Sulton Ergash   ( “Hidoyat” jurnalidan)

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhseena 07 Mart 2009, 19:21:53
******
Ilohi,dilimdan dog’larni ketkaz,
Chamanimga qo’ngan zog’larni ketkaz.
Nasib et musaffo,rost lahzalarni,
Chinman degan yolg’on chog’larni ketkaz.
Yaxshiliklar ilindim,bilmadi do’st,
Yer bo’ldim,osmonlik qilmadi do’st.
Ozor berdi,ozorni tilmadi do’st,
Zo’rman degan yolg’on tog’larni ketkaz.
Termulib boqqan shu qorog’larim rost,
Ko’ksimda qonagan yarolarim rost,
Rost so’zni istadim, so’rog’larim rost
Huzurimdan yolg’on bog’larni ketkaz.
Ruhimni ogoh et biyobonlardan,
Hazonga yuz tutgan oshiyonlardan,
Ilohi,joy bergil pok osmonlardan,
Ilohim,yolg’on nigohlarni ketkaz!
                                    Sayyora Samandarova ( “Hidoyat” jurnalidan)

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhseena 07 Mart 2009, 19:22:37
                Alloh zikrida
Alloh bor desagu zikrin qilmasak,
Ne’matni yesagu shukrin qilmasak.
Oxirat safarin firkin qilmasak,
Bu foniy dunyoda adashmoq tayin.

Har bir ishda border mezon-miyonat,
Jism uyida bu jon ojiz-omonat,
Insonga chegara insof-diyonat,
Diyonatga also qilma hiyonat.

Umr g’animatdir,unutma,do’stim,
Kimga qisqa,kimga uzog’i bordir.
Kim qanday sarflaydi berdi ixtiyor,
Allohning jannati do’zaxi bordir.

Oshkora-yashirin barcha ishlarning,
Tangri dargohida hisobi border.
Kim Alloh zikrini unutsa agar,
Shaytoni la’inning tuzog’i bordir.

Ey rafiq,bir lahza o’yla,
Bu dunyo imtixon dunyosidir bil.
Huda-behudaga aylanmasin til,
Allohning zikrida bo’lsin mutassil.
                                Akbar Eshmuhammad ( “Hidoyat” jurnalidan)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 14 Mart 2009, 19:11:18
***

Rasul dedi: “Mahsharga keladi bir jamoat”
Atforidan nur yog’ar, ostida-chi nurdan Taxt
Sahobalar so’radi: Ey Rasul Ayt kim ular?!
Ul zot dersiz ashobim, ular menga habiblar

Ularning iymonlari qirq chandondir sizlardan
Shahidlari qirq bora a’lo nurdir sizlardan
Sizlar menla Jannatda bo’lmoqlikni istaysiz
Men ularla bo’lmoqlikni orzu etdim bilsangiz?!

Sahobalar so’radi: Ular ne ish qiladi?
Qaysi qilgan ishiga Alloh buncha sevadi?
Rasul dedi: Ularga Zamon og’ir keladi
O’lgan Qu’ron Hadisga ular hayot beradi

Ular barcha tarafdan qurshab olinadilar
Turli azob, qiynoqqa uzoq solinadilar.
Ularning shu holiga Alloh nusrat beradi
Ular bilan Jannatda birga bo’lgim keladi.

Shunday deya Payg’ambar duoga qo’lin ochdi
O’tirgan sahobalar ko’zidan yoshin sochdi
Rasul duo qildilar ul jamoa haqqiga
Ey Birodar! Sen borgin bul hadisning farqiga

Ajabmaski baxtimiz shunday kunda tug’uldik?!
Ashoblar orzu qilgan fursatga biz ilindik.
Sen ham o’sha jamoa safida turmoq uchun
Harakating qilib ol, ayni shu fursat bu kun…

"Xolislik sari" dasturidan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 14 Mart 2009, 19:13:07
***

Bir tun uxlayolmay chektim nadomat
O’zimga ham qildim, tinmay malomat
Tarixida har ne ko’rsam ko’rdim lek,
Umardan so’ng birlashmadi, bu Ummat!

Umar ketdi bu Ummatga ishonmayin,
Chunki Iymoni zayiflashmish kun sayin
Abu Zarlar hayqirganda tinmayin
Ne dard bor deb sirlashmadi bu Ummat!

Kengliklardan oqib keldi gumrohlar
Asta-sekin odat bo’ldi gunohlar!
Hatto Qur’on fuzuliga guvohlar
Jangga chiqib yarashmadi bu Ummat!

Qalblar so’ndi, yuzlar bo’lmish be diyda
Ko’ngil o’ldi ibodatlar paytida
Ali, Usmon bo’g’izlandi baytida
Ahli Baytga qarashmadi bu Ummat!

Buxoriyning qonga to’lmish yanog’i
O’tdi sarson topilmayin, hamrohi
Son jihaddan oshsa oshdi sanog’i
Lek, oz bo’lsin kurashmadi bu Ummat!

Tilab qoldi Iymon qalbning sabrini
Vujud esa tark etdi Qalb jabrini
Umar ibn AbdulAziz davrini
Ko’tarolmay ergashmadi bu Ummat!

Olimlari kamaydi-yu tanballar,
O’zlariga o’rnatmishlar minbarlar,
So’ralganda Axmad ibn Xanballar
Otdan tushib engashmadi bu Ummat!

La Ilaha Illolloh deb tillari
Dahriyona tug’lar urar dillari
Bir kun bo’lsin be saodat yillari
Bir manzilda tutashmadi bu Ummat!

Biri Arab, biri Turk-u, biri Fors
Millat degan tuyg’u bo’ldi endi farz
Bir yonda dars kasallikdan qolgan darz,
O’z loyiga qorishmadi bu Ummat!

Xorlar bo’ldi, mal’un G’arbning poyida…
Chidayverdi eng alamli joyida,
Hayotiga joriy bo’lmish qoyida
Ila hech hisoblashmadi bu Ummat!

Qur’on endi mozorlarda o’qilmish
Turli fasot rivoyatlar to’qilmish
Endi to’g’ri yo’llarda ham qoqilmish
Haq yo’liga unashmadi bu Ummat!

Shul so’zlarni o’ylab-o’ylab uhladim,
Faqatgina Allohimdan tiladim
Alam bilan ko’zimda yosh yig’ladim
Umardan so’ng birlashmadi bu Ummat!

"Xolislik sari" dasturidan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 17 Mart 2009, 21:56:30
Duo Olganlardan Duo Ol Bolam...

Do’stlar musibatda yoningga kelmas
Yoring azoblaring dildan his qilmas
Olami boqiyda hech tengi bo’lmas
Duo olganlardan, duo ol bolam…

Dunyoning tashvishi ado bo’lmaydi
Hech kimsa sen uchun fido bo’lmaydi
Duo olgan shoxki gado bo’lmaydi
Duo olganlardan duo ol bolam…

Fano hammamizga azaliy qismat
Kimga mansab kerak, kimgadir hurmat
Qonimiz jon emas, jondir ohirat
Duo olganlardan duo ol bolam…

Yaqinlar omonat, oshno omonat
Omonatga also etma xiyonat
Ziyoni ulashib yashash matonat
Duo olganlardan duo ol bolam…

Yaxshilik boshingda yarqiragan toj
Yomondan saqlangin, yomonlikdan qoch
Allohdan ezgulik so’rab qo’lni och
Duo olganlardan duo ol bolam…

"Xolislik sari" dasturidan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 17 Mart 2009, 21:59:12
Meni Yolg'iz Qo'ymang Aziz DO'STLARIM

Siqilib dardlardan bo’lganda mahzun,
Yo’qolib ketgandi umid hislarim,
Bo’lsa tor yo’llarim uzundan-uzun
Meni yolg’iz qo’ymang aziz Do’stlarim…

Armonlar dilimni tirnagan onda,
Dunyolar eshitmas bo’lsa so’zlarim
Mehrga tashna bu foniy jahonda
Meni yolg’iz qo’ymang aziz do’stlarim

Hayotdan go’zallik istayman holos,
Oltin tog’ni havas qilmas ko’zlarim
Har qachon, har joyda sizdan iltimos
Meni yolg’iz qo’ymang aziz Do’stlarim

Siz sabab nogohon omadim kulsa,
Offtobdek charog’on etsa yuzlarim
Mo’jaz bu yuragim quvonchga to’lsa
Meni yolg’iz qo’ymang aziz Do’stlarim

Hammamiz otlansak boqiylik tomon
Qalblarni bezasa ezgulik-iymon
Jannat go’zalligin his qilgan zamon
Meni yolg’iz qo’ymang aziz Do’stlarim…
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 19 Mart 2009, 19:30:50
 :as:

Hushxabar bor MO’MINLARGA

Aziz do’stim, Iymon bizga Haqdan ato
Qara, qanday hushxabar bor mo’minlarga
Ikki jahon mo’min topar baxt-u, safo
Ana shunday hushxabar bor mo’minlarga

Mo’min o’lsa, o’lmaganlar motam tutar
Holbuki u ozod bo’lib bayram tutar
Ko’p sirlarni Alloh bizdan mulham tutar
Ana shunday hushxabar bor Mo’minlarga

Haq do’stlari o’lmas, “dun”dan kechar faqat
Bitta uydan, boshqasiga ko’char faqat
Yer ham uni quvonch bilan quchar faqat
Ana shunday hushxabar bor mo’minlarga

Robbi tanlar kim Qur’onga voris erur,
Qur’on necha ne’matlarga bois erur
Haq diydori mo’minlarga joyiz erur
Ana shunday hushxabar bor Mo’minlarga

Mo’min qullar yaralmadi Fano uchun
Yaralgandir, abadiyat baqo uchun
Tor hayotdan, mangu diyor Avlo uchun
Ana shunday hushxabar bor mo’minlarga

Mo’min uchun qabrlar ham topur ziynat
Munkar Nakir ovozida rahm-u, shavqat
Yer onadek mehribonlik qilur albat
Ana shunday hushxabar bor mo’minlarga

Go’r kengayar yashillanar shodlik ta’bil
Ahliga shod habar bermoq bo’lar mo’min
Lekin, tinchlan deya unga yetar unga taskin
Ana shunday hushxabar bor mo’minlarga

Mo’min banda yerga kirgacha bir omonlik
Buyuk Alloh qilur, Buyun Mehribonlik
Yam-yashil bog’ ichra to’lin oysimonlik
Ana shunday hushxabar bor mo’minlarga

Olim bir zot vafot etsa, iltifotdan
Ilmin Alloh bir shakilga solur zotan,
Muhofaza etar go’rda mahluqotdan
Ana shunday hushxabar bor Mo’minlarga

Kimki ozor bermoqdan gar o’zin tiymish
Alloh qabr qiynog’idan saqlab qo’ymish
Mozorda Haq rahmatidan libos kiymish
Ana shunday hushxabar bor Mo’minlarga

Bir tomonda A’zon aytur Muazzin soz
Bir qabrda ovoz berur unga ovoz
Haq do’stlari qabrda ham o’qir namoz
Ana shunday hushxabar bor mo’minlarga

Yer ostida necha-necha sirlar pinhon
Tilovatlar eshitilur unda har on
Mo’min qullar o’z Qabrida o’qir Qur’on
Ana shunday hushxabar bor mo’minlarga

Kim Qur’onni yodlayman deb topmish vafot
Farishtalar unga Qur’onni aylatur yod
Qoriy bo’lib Robbisiga borgay u zot
Ana shunday hushxabar bor mo’minlarga

Har mujdaga Haq raxmati bo’lgay asos
Kafanim deb qayg’urma ey ahli qiyos
Mo’min zotlar go’rda kiyar go’zal libos
Ana shunday hushxabar bor mo’minlarga

Haq mehribon, bul mujdalar beshak bo’lur
Mo’minlarga qabr yumshoq to’shak bo’lur
Masrur yotib qiyomatga ilhaq bo’lur
Ana shunday hushxabar bor mo’minlarga

Yer ostida bordir go’zal karomatlar
Mo’min qullar topur lutf-u, himoyatlar
Bir-birini etar go’rda ziyoratlar
Ana shunday hushxabar bor mo’minlarga

Kim mayyitni ziyoratlab berur salom
Mayyit uni tanib olgay alik tamom
Bu moloqot sirrini hon pinhon kalon
Ana shunday hushxabar bor mo’minlarga

Mo’minlarni him saylagan dunyosidir
Unda Jannat sut va asal daryosidir
Haq jamoli ne’matlarning a’losidir
Ana shunday hushxabar bor Mo’minlarga

Robbim Alloh mujdalarga biz ishondik
Sendan boshqa kimimiz bor Senga yondik
Senga yig’lab, Sendan faqat biz quvondik
Yana qanday hushxabar bor mo’minlarga

Robbim Alloh rahm aylagil Qul zoriga
Yetkaz bizni Habibingning diydoriga
Jannat jamol birla siylab asroriga
Degil shunday hushxabar bor mo’minlarga

Mirzo, dunyo ishlaridan g’amgindirsan
G’amgin bo’lma agar ahli tankindirsan
Nurga talpin, qara nechog’ zamgindirsan
Qara, qanday hushxabar bor mo’minlarga…

“Xolislik sari” dasturidan Mirzo Kenjabek qalamiga mansub
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 19 Mart 2009, 19:32:08
Izlama...

Birodar bu yo’lda hijron alamlar
Hordiqqa bir fursat makon izlama
Suyaklar ustiga qurilgan g’amlar
Osuda va sokin davron izlama

Yo’lga tushgan bo’lsang Jannat qasdida
Bir umr yasharsan, kurash ustida
Dur-gavhar asranur ummon ostida
Ariqning labidan marjon izlama

Ozgina mehnatga, ozgina ulush
Ma’lumku rohatning avvali yumush
Mehnatsiz rohatni qidirma homush
Ichi bo’sh usti gul hamyon izlama

Jannat yo’li ravon bo’lmagan ko’ngil
Unda turli tuman jafoga ko’ngil
Qay tomon yuz burma narx navo bir xil
Yo’l og’ir sira ham oson izlama

Hurjunni yelkaga ortingmi tamom
Senga bu dunyoning tashvishi xarom
Umr poklanishga atalgan Hammom
Tez yuvin hayratga makon izlama
Bunda ajr olar chin sadoqatlar
Iymonda bardavom turgan toqatlar
Osmondan tushmaydi endi ovqatlar
Tekin tarqatilar osh, non izlama

Yaralgandan buyon Havo va Odam
Bir mashhur qoida amalda har dam
Bir kun qo’yganingda Jannatga qadam
Shunday so’ng mayliga darmon izlama

Ushbu o’gitlardan bursang agar yuz
Senga ayta qolay eng ishonchli so’z
O’zingni aldamay qo’yaqol ey do’st
Jahannam narxiga Rayyom izlama…

"Xolislik sari" dasturidan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 20 Mart 2009, 17:11:43
 :as:

Qabrdagi Ota Nidosi…

O’g’lim jigargo’sham, qalbim sururi
E’tibor berma ko’p g’amgin izlarga
Yaxshisi hayotning eng tezkor nuri
Namoz o’qib, duo yubor bizlarga

Haqqimga duo qil yig’lab hilvatda
Doyim qatnashib yur ilmiy suhbatda
Dunyoning ishlari bitar albatta
Namoz o’qib, duo yubor bizlarga

Omon bo’lsin deyman hamisha boshing
Qadrla shiddatla o’tayotgan yoshing
O’zingga buyursin yuz kilo oshing
Namoz o’qib, duo yubor bizlarga

Unut tiriklarga tegishli qoida
O’zga qoidalar biz kelgan joyda
Yig’lab eslashingdan yo’q ekan foyda
Namoz o’qib, duo yubor bizlarga

Ramazon oyida ro’zangni tutib
Zakoting kerakli manzilga yetib
Qurbing yetsa baytni ziyorat etib
Namoz o’qib, duo yubor bizlarga

Hayot qadriga yet tirik onlarda
Hali imkoniyat bordir jonlarda
Boshqa taom yo’qdir biz tomonlarda
Namoz o’qib, duo yubor bizlarga

Ayovsiz shamoldek yelmoqda fursat
Unda sen iymoniy qirrangni ko’rsat
Qasrlar qurishni bir zumga to’xtat
Namoz o’qib, duo yubor bizlarga

Yangi hayotimga keltirmagin dog’
Biz yashar maskanlar o’zgacha chorbog’
Qishda o’tin bo’lar, yozda salqin bog’
Namoz o’qib, duo yubor bizlarga

Farzanding talabin hargiz kulib ber
Ayolingga mayli, dunyo olib ber
Lekin, Qabrliklar faqat bir so’z der
Namoz o’qib, duo yubor bizlarga

Bolam, o’ynab-kulgin qalbingni urib
Biroq bir holatni his etgin yurib
Uyali aloqang o’chirib turib
Namoz o’qib, duo yubor bizlarga

Ishin o’ngla yordam kutgan homushni
Bajargil yetimdan qolgan yumushni
Va lekin unutma asosiy ishni
Namoz o’qib, duo yubor bizlarga

A’za ham o’tadi, o’tar zavqli to’y
Tugaydi bir kuni jamiy hayol-o’y
Boshqa ish foydasin bermas bilib qo’y!
Namoz o’qib duo yubor bizlarga…

"Xolislik sari" dasturidan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 20 Mart 2009, 18:32:38
Ilohim...

Juda ham ko’p bo’ldi maning gunohim,
Faqat o’zingdandir, qoldi panohim
Baridan voz kechdim, manguga ketar
Rohatni so’radim, sendan Ilohim

Ko’p bo’ldi loyimni yolg’on qoruvchi
Dilni mayyib etib, boshni yoruvchi
Diydoring vasliga olib boruvchi
Mehnatni so’radim sandan Ilohim

Qalbim necha yilki, qotgan misli tosh
Shunda ham mehringla berayapsan dosh
Ko’zimdan san uchun oqizuvchi yosh
Toatni so’radim sandan Ilohim

Ma’siyatlar uchun olinmasa hun
Adolat me’zoni chiqar miqta’un
Rohatni keltirib chiqarar bir kun
Zahmatni so’radim sandan Ilohim

Johil tuyg’ularim qotmay qolsa so’z
Besharm nigohdan qizarmasa yuz
Odamga o’hshagan to’rttagina do’st
Hilqatni so’radim sandan Ilohim

Sani yot ko’chada kutganlar boshqa
Juldur kiyimlarda o’tganlar boshqa
Rohiblik yo’lini tutganlar boshqa
Sihatni so’radim sandan Ilohim

Yaltiroq davralar ko’ksimni tilar
Alarming boshini g’iybatlar silar
Rasuling eslansa, boshin xam qilar
Ulfatni so’radim sandan Ilohim

Ali rivoyatin aytib tolmagan
Usmon hayotiga befarq qolmagan
Umardan nariga o’ta olmagan
Suhbatni so’radim sandan Ilohim

Dunyoning vasfi shu otilgan bir o’q
Manzilga tez yetar bunga ko’ngil to’q
Qur’on o’qiganda tugatgisi yo’q
Qurbatni so’radim sandan Ilohim

Shaytonni lol qilar eng oily sujut
Erta tong saharda aylasa mavjud
“Oyatal Kursiy”ga titrar bir vujud
Lazzatni so’radim sandan Ilohim

Muvaqqat orzular xor bo’ldi yetar
Dunyoning ishlari bir kuni yetar
Ibodat onida o’zdan ham ketar
Toqatni so’radim sandan Ilohim

O’tmishim, o’tmishni yodingga solgan
So’nggi ikki varroq hayotim qolgan
Bir kunda ikki kun yashattirolgan
G’ayratni so’radim sandan Ilohim

Sira vaqt qolmadi oh-vohlarimga
O’zing insof bergin guvohlarimga
Iqrorman sanoqsiz gunohlarimga
Shavqatni so’radim sandan Ilohim

Qalbimda joy bordir bitta hasadga
U na martabaga, va na fasodga
O’taqolay endi asl maqsadga
“Jannat”ni so’radim sandan Ilohim…

"Xolislik sari" dasturidan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munavvara 23 Mart 2009, 19:45:20
GUNOHLARIM MAXFIRAT QIL.

Bir boshimda mingta hayol aylanadi,
Bazan yulim xatolarla boylanadi.
Dilda faqat sening ishqing saylanadi,
Alloh mening gunohlarim maxfirat qil.
 
Yolgizlikda diydoringga izlanaman,
Bu dunyoda yolgiz isming qizgonaman.
Ammo mudom bir suz ila men yonaman,
Alloh, mening gunohlarim maxfirat qil.
 
Kimdir aytar mayxonada qalbim mening,
Oshiq yiglar ostonada qalbim mening.
 Noming aytgan devonada qalbim mening,
Alloh, mening gunohlarim maxfirat qil.
 
Mening ikki dunyo aro sarson dilim,
Goho tuproq, goho esa osmon dilim.
Sendan kelib senga ketsam , mexmon dilim,
Alloh mening gunohlarim maxfirat qil.
 
                                                    Hadichabonu.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhseena 23 Mart 2009, 20:26:35
            Allohga o’tinch
Ojiz bir qulingman,o’tdi bahorim,
Endi savob izlay yetsa madorim.
Chorasiz qolsam gar bor oh-u zorim,
O’zingga yolborgum,Parvardigorim!

Gohi shamol kabi tentirab yurdim,
Saroblar ortidan yillab yugurdim.
Oqibat qarshingda qaltirab turdim,
O’zingga yolborgum Parvardigorim!

O’tar ekan umr yeldek guvillab,
Qolar ekan inson ortidan qarab.
Kuch,chiroy va xolis xizmatlar so’rab
O’zingga yolborgum,Parvardigorim!

Dunyo aldovlarin o’ylamabman hech,
Imkonni boy berdim hotirjam va  tinch.
Endi balsam go’yo bo’lgandayin kech,
O’zingga yolborgum,Parvardigorim!

Ne qilsang ham faqat O’zing qilursan,
Ko’z ochib-yumguncha jonim olursan.
Shoyad go’zal Bihisht ichra qilursan
O’zingga yolborgum,Parvardigorim!
                     Asad Asil ( “Hidoyat” jurnalidan)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 27 Mart 2009, 10:56:03
Qorin qo'yish emas erkakning ishi,
Bu gap Payg'ambarning malomatidir.
Erkaklarning qorin qo'yib yurishi,
Oxir zamonning bir alomatidir.
Qorin osiltirib yurma birodar,
Bu ishni o'zingga aslo ko'rma ep.
Toki ko'cha-ko'yda ko'rsatmasinlar,
Seni Qiyomatning darakchisi deb!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 27 Mart 2009, 11:22:57
YODINGDA TUT

Ey odam kelding hayotga ketmog’ni ham yodingda tut
Necha yil ko’rsang umr bir kun o’lim yodingda tut
Barchamiz keldik hayotga imtion topshirgani
Toating bo’lsa o’tarsan san buni yodingda tut.
Nokasu nojins bilan do’stu ulfat bo’lmagin
Bir umr afsus chekarsan san buni yodingda tut.
Bo’l yiroq fitna fasoddan hamda g’iybat qilmagin
Go’rda bor qattiq azoblar san buni yodingda tut.
Kirma ko’ngling ko’chasiga xor etib tashlar seni
Oxiri bor burda nonga zor etar yodingda tut.
Har balo ishlarga boshlar to’ymagan nafsing sani
Ming balolar keltirar boshingga sen yodingda tut.
Ichkilik ichgan kishida qolmagay sharmu hayo
Ichkilikdan ming jafo kelgay buni yodingda tut
Kim mukammal inson o’ldi, bo’ldi el ichra aziz
Betayin mujmal odam xordur abad yodingda tut.
Ol qo’lingga san irodangni Foziljon doimo
Egma boshing nafs uchun nomardga sen yodingda tut.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 27 Mart 2009, 11:24:16
"YIG`LA"


Musulmonlik undoq ish ermas,
Munofiqlik unga berar zeb.
Gar da`vatlar quloqqa kirmas,
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Farq yo`qolsa ne harom, halol,
Yig`lar ko`kda holingga hilol.
Bomdod qazo bo`lsa bemalol
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Hayolingni shahvat band qilsa,
Bundan vujud zavq shavqqa to`lsa,
Sunnat ishga qalbing gar kulsa
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Mol-dunyo deb uhlay olmasan,
Din deb yurak tig`lay olmasang,
Qur`on o`qib yig`lay olmasang,
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Jaholatni qolsang sog`inib,
Hayolingda behol yo`g`rinib,
Zakotingni bersang og`rinib,
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Ramazonda ro`zani tutsang,
Ammo anda nadomat yutsang.
Tamaki deb Iftorni kutsang
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Chin o`rnida bilib hazilni,
Ishlatib ko`r har-hil usulni,
Ko`rolmasang tushda Rosulni,
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Osiylikka tutinsang sarmast,
Balki qadim dardinr tuzalmas.
Yolg`on so`zga yuzing qizarmas,
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Yurmasang Rob muddaosiga,
Talpinmasang ishq sadosiga.
Seskanmasang Haq nidosiga
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Do`stingga gar Islomni ravo
Ko`rmayotgan bo`lsang , bil, aslo
Mo`minlikka qilmagin da`vo
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Gar qalbingga da`vatdan g`urur,
Yo`llaringni yoritmagay nur.
Ey Xayrulloh, shodlanmayin tur
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 27 Mart 2009, 11:25:31
GO`ZAL QAVM

Odamlar bir-birin hech xafa qilmas
Do`sti go`shtini eb qornin to`yg`izmas
Dilozorlik bo`lmas, haqorat bo`lmas
Mehr-oqibat kuchli bo`lgan qavmda

Namoz unutilmas, hech qazo bo`lmas
Tahajjud vaqti bandaning uyqusi kelmas
Jum`a kuni masjidda bo`sh joy topilmas
Ibodat-amal kuchli bo`lgan qavmda

Tarozidan hech kim gumon ham qilmas
To`ng`iz go`shti va aroq also topilmas
Issiq non sovug`idan qimmat sotilmas
Bozorida halollik bo`lgan qavmda

Kindiklar ko`rinmas, tizza ko`rinmas
Ayol qaddu-qomati hech ham sezilmas
Buqa ham ipini qaerda uzishnin bilmas
Zaifalari hijobda bo`lgan qavmda

Etimlar ota-onasin yo`qligin sezmas
Norasida ko`chada tilamchi bo`lmas
Saharlab etim oshini kimsa ham yemas
Etimning haqqidan qo`rqqan qavmda

Pora olib odamlar farzandin boqmas
Qarz berganda also foiz so`ramas
Bir parcha qog`ozga hecham sig`inmas
Iymoni mustahkam bo`lgan qavmda

Farzni ado etar, haromni qilmas
Savob ishdan keyin minnati bo`lmas
Inshaalloh bundaylar do`zahga tushmas
Allohga muhabbat bo`lgan qavmlar

Ismoilzoda Qalamiga mansub .
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 27 Mart 2009, 11:39:35
ALLOHIM

Аллоҳни танирсан Раҳмон деб,
Ажратиб яхши деб, ёмон деб,
Яшарсан ўткинчи замон деб,
Бандасан, кимлигинг билдингми?

Қиларинг қилгансан, қиларсан,
Айбингни ўзинг ҳам биларсан,
Гунохинг кечишин тиларсан,
Бандасан, тавбангни қилдингми?

Ўтмишни тақдир деб айтайсан,
Келажак, умид деб яшайсан,
Савобни ортингга ташлайсан,
Бандасан, қиёмат қўйдингми?

Тўярсан, шукрона айтасан,
Кун келар, ёмондан қайтасан,
Қиларсан бир савоб, қайдасан,
Бандасан, гунохдан тўйдингми?

Ишқи деб илохий, ёнарсан,
Ибодат висолга қонарсан,
Дунёнинг ишқидан тонарсан,
Бандасан, бандасин суйдингми?

Бандаман сен каби, тинмаган,
Осийман, ажримни билмаган,
Тавбам кўп, тилимда қилмаган,
Бандасан, менга ҳам куйдингми

Оллохга илтижо, калбим пок айлаб,
Иймонга бошласа Намозга йуллаб,
Тилагим берса бас хидоят килиб,
Сабримни берса бас Рахмоним куллаб.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 27 Mart 2009, 11:52:22
ИЙСО ИБН МАРЯМГА!

Сиз аслида исломни
Одамларга илинган,
Онангиз поклиги ҳам
Сиз орқали билинган,
Бугун мўминнинг қалби
Сиз учун нақд тилинган,
Асли улардан кўра,
Сиз бизларга маҳрамсиз,
Дажжолни йўқотувчи
Ийсо ибни Марямсиз.

"Муҳаммад умматиман" -
Деб овоза қилган - сиз.
Энг охирги умматни
Саодатли билган - сиз.
Қиёмат нафасида
Шу умматда ўлган - сиз,
Асли - масиҳийларнинг
Қалбидаги аламсиз,
Қуёшни уйғотувчи
Ийсо ибн Марямсиз.

Қавм адашиб кетди
"Худонинг Ñžғли" дея,
Парвардигор шаънига
Сўзлар айтмиш ножўя.
Бугун бу - синов учун
Энг қулай йўл, воқеа.
Асли сиз ҳам Аллоҳга
Қул, банда ва қарамсиз,
Ширк йўлларни отувчи
Ийсо ибн Марямсиз.

Хоч кўтарган инсонга
Асли шубҳа қиламан.
Чунки ўзимни ундан
Сизга яқин биламан.
Аллоҳ Росули деган,
Иймон ила ўламан
Гарчи менинг қалбимдан
Отилган дард, ноламсиз,
Исломий дард тотувчи
Ийсо ибн Марямсиз.

(Хайрулла Хамидов)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 05 Aprel 2009, 12:05:52
Abu  Ali  ibn  Sino
                       
AYNIYA  QASIDASIDAN

           Seni deb osmondan tushdi kabutar,
           Uning bahosiga yetolmas gavhar.
               
                Bu kabutar senga ruhu shirin jon,
                Seni past-balandga yo’lladi ravon.

                Ziyraklar ko’zi ham ko’rmas muammo,
          Oqilga chehradon ma’lumdir, ammo,

                 Gavhardan pokroq ul, adashma zinhor,
                Hamma, hamma narsa faqat unda bor.

                Sen-la bir bo’lganda qadr qilmaysan,
          Qo’zg’alsa, na qilmoq kerak, bilmaysan.

                Tushib kelganida osmon avjidan,
          Xasta bo’lgan chog’i hayot mavjidan,

                Zindoni tangligi tegib joniga,
                Yana qaytmoq istar o’z makoniga.

                So’ng bir oz ko’nikdi, jim bo’lib qoldi,
                Ammo sog’inishdan madori toldi.

                Ul jannat makonin unuta olmas,
                Bu xarobazorda quvnoqlik abas.

                Karvon o’tgan manzil kabi sovuq, bo’sh
                Ko’rinardi inson dili, urmas jo’sh.

                Inson tani tutab yotar ohista,
          Unda ko’rinmasdi hatto farishta.

                U zindoni bo’lib, siqilib nogoh
                 Deyardi:”Gunohim afv ayla, Alloh!”
                 
                Ozodligim g’ami ezar beshafqat,
                Erkimni qaytargil, qolmadi toqat.

               Uning iltijosi yetdi xudoga,
               Va chaqirib oldi avji samoga.

             Shodlik qanotida uchib ketdi jon,
             Xoki turob bo’ldi bu tirik inson.

            Nechun kuylamasin shodlik kuyini,
            Hech kim bilmas uning sirru o’yini.

           Tana bilmas edi ne sirga ketar,
           Ruh esa abadiy manzilga ketar.

         Nechun uni tangri etib gunohkor,
         Osmondan tushirdi tuproqqa yakbor.

         Yoki dard o’tida toblamoq bo’ldi,
         Sirin anglamoqqa yo’llamoq bo’ldi?
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 07 Aprel 2009, 20:28:10
:as:

 :bs1:

YIG’LA

Musulmonlik undoq ish ermas
Munofiqlik unga berar zeb
Gar da’vatlar quloqqa kirmas,
Yig’la fosiq bo’lib qoldim deb

Farq yo’qolsa ne halol-harom
Yig’lar ko’kda holingga hilol
“Bomdod” qazo bo’lsa bemalol
Yig’la fosiq bo’lib qoldim deb

Hayolingni shahvat band qilsa,
Bundna vujud zavq shavqga to’lsa
Sunnat ishga gar qalbing kulsa
Yig’la fosiq bo’lib qoldim deb

Mol-dunyo deb uxlayolmasang
Din deb yurak tig’lay olmasang
“Qur’on” o’qib yig’lay olmasang
Yig’la fosiq bo’lib qoldim deb

Jaholatni qolsang sog’inib
Hayolingni behol yo’g’rilib
Zakotingni bersang og’rinib
Yig’la fosiq bo’lib qoldim deb

Ramazonda ro’zani tutsang
Ammo anda nadomat yutsang
Tamaki deb iftorni kutsang
Yig’la fosiq bo’lib qoldim deb

Chin o’rnida bilib hazilni
Ishlatib ko’r har-hil usulni
Ko’rolmasang tushda Rasulni
Yig’la fosiq bo’lib qoldim deb

Osiylikka tutunsang sarmast
Bilki, qadim darding tuzalmas
Yolg’on so’zga yuzing qizarmas
Yig’la fosiq bo’lib qoldim deb

Yurmasang Rob muddaosiga
Talpinmasang ishq savdosiga
Seskanmasang Haq nidosiga
Yig’la fosiq bo’lib qoldim deb

Do’stinnga gar islomni ravo
Ko’rmayotgan bo’lsang bil aslo
“Mo’min” likka qilmagin da’vo
Yig’la fosiq bo’lib qoldim deb

Gar qalbingda da’vatdan g’urur
Yo’llaringni yoritmagay nur
Ey Hayrulloh shodlanmayin tur
Yig’la fosiq bo’lib qoldim deb!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 07 Aprel 2009, 20:31:08
Tavba qil!

Keksayib yoshing bir joyga yetsa ham
O’zingni ilmda tolib kabi bil
Gunohlar yelkangdan ortib ketsa ham
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Volidang sababli kelding dunyoga
Otangning qo’lida boqding samoga
Ular uchun qo’lni ochib duoga
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Gunohlar qilgansan bilib, bilmasdan
Ehtimol, yurgansan tavba qilmasdan!
Vaqt sening orqangdan yetib kelmasdan
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Inson xatokordir, gunohi quyun
Lek bunda mahzunlik homushlik nechun?!
Bir zum bo’sh qolsang ham gunohing uchun
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Qariyman o’shanda ulgurarman deb
Birodar sarhatga kelmagin qolib
Har mavjud soniyang g’animat bilib
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Gunohlar ko’ngilni aylasa qora
Suv bilan yuvay deb bo’lma ovvora
Bundan qutulmoqqa birgina chora
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Manzilga borguncha yuklaring tashla!
Istasang hammasin boshidan boshla
Dilingni, qalbingni, ko’zingni yoshla
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Bilaman kibr bor, asli olifta
Uning hiylasiga bo’lma oshufta
Najot kemasiga faqat bir chipta
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Poyonin ko’rsatdi dunyoning sayli
Faqat bir najot bor, so’ng nafas zayli
Joynamoz ustida uxlab qol mayli
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Bir kuni yana loyga qorishing o’yla
Qora lahat ichra og’rishing o’yla
Alloh huzuriga borishing o’yla
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Kim balki ulgurar yashashga bugun
Kimgadir bugun ham bo’lmagay butun
O’lim farishtasi kelmasdan burun
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

"Xolislik sari" dasturidan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 10 Aprel 2009, 11:02:01
"La ilaha Illallah" ni
Tilimiz aytar oson.
Ammo ushbu kalima
Dunyoni qilgan hayron.
Sahobalar davriga
Oltin qasr qurdirgan.
Tolstoydek zotlarni
Cherkovdan yuz burdirgan.
Gyoteni hayrat ila
Islomga qilgan moyil.
Ayni shu kalimadir
Birpdar bizga qoyil.
Ertadan kechga tomon
Uni tinmay aytamiz.
Ammo qachon gunohdan,
Ma'siyatdan qaytamiz???



Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Fatima 10 Aprel 2009, 11:12:25
                     ÐšÑƒÐ½Ð´Ð°Ð½ кун кўпайиб кетар давлатинг,
                     ÐšÑƒÐ½Ð´Ð°Ð½ кун шайтонинг улгайиб борар.
                     ÐšÑƒÐ½Ð´Ð°Ð½ кун озайиб колар шафкатинг,
                     ÐšÑƒÐ½Ð´Ð°Ð½ кун химматинг мунгайиб борар.

                     ÐšÑƒÐ½Ð´Ð°Ð½ кун ортикдир ичингда алам,
                     ÐšÑƒÐ½Ð´Ð°Ð½ кунга захру заккумдир ошинг.
                     ÐšÑƒÐ½Ð´Ð°Ð½ кун лошингга интик жаханнам,
                     ÐšÑƒÐ½Ð´Ð°Ð½ кун якинрок кундага бошинг...

                    “Аллох” де — шайтонинг дарров беркинар,
                    “Аллох” де — ўлажак ичингда хасад.
                    “Аллох” де — кайгадир хасрат чекинар,
                    “Аллох” де — тўлади огзингга асал.

                    “Аллох” деганларнинг бол бор огзида,
                     Ð£Ð»Ð°Ñ€Ð½Ð¸ кидиргин, уларни топгин.
                    “Аллох” деганларнинг чопгин изидан,
                    “Аллох” деганларнинг изини ўпгин...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Zamiraxon 10 Aprel 2009, 13:32:47
"La ilaha Illallah" ni
Tilimiz aytar oson.
Ammo ushbu kalima
Dunyoni qilgan hayron.
Sahobalar davriga
Oltin qasr qurdirgan.
Tolstoydek zotlarni
Cherkovdan yuz burdirgan.
Gyoteni hayrat ila
Islomga qilgan moyil.
Ayni shu kalimadir
Birpdar bizga qoyil.
Ertadan kechga tomon
Uni tinmay aytamiz.
Ammo qachon gunohdan,
Ma'siyatdan qaytamiz???





Mashaallah, juda chiroyli, Olloh rozi bo'lsin :)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 14 Aprel 2009, 20:20:39
:as:

 :bsm:

RABBIM!

Qiyomat dahshati achchiq alamli
Ul kun nadomatda bo’zlatma Rabbim
Ne bo’lsa shu bukun olay alamni
Otamga o’g’lini sizlatma Rabbim

Jahannam kuydirar bir makon derlar
Tengi topilmagan saraton derlar
Gohida almashgan qahraton derlar
Ul joyda qaynat, muzlatma Rabbim

Dunyoning ortidan quvib tolmadim
Xilqat to’ydi, lek men to’yolmadim
Dininga kimlarni chorlay olmadim
Ul kun o’shalarni yuzlatma Rabbim

Ikki o’g’lim qizim bugun ho’p mayin
Ertan har yumushdan so‘rashi tayin
Solihlik to’nini kiydira olayin
Bolamni ortimdan izlatma Rabbim

Hayot tezligida unutdim so’zing
Bugun gunohlarim kechirgil o’zing
Sahvu hatoyimni o’chirgil o’zing
Jamiiy a’zolarim so’zlatma Rabbim

Solih amal qalbdan qilganda surgun
Bog’landi ko’ngilga shaytoniy tugun
Yakka ilohliging hurmati ul kun
Qilgan gunohlarim eslatma Rabbim

Ko’ngil farog’atni ayladi odat
Qullikni o’zimga xos dedim faqat
Qavm-u qarindoshga yetmadi da’vat
Mahsharda alarga ko’zlatma Rabbim

Manzilim bilmasman iymonim bir cho’g’
Bir kun tutab qolsa, bir kun ko’ngil to’q
O’ylasam ul kunga taraddudim yo’q
Qiyomat kunini tezlatma Rabbim!

"Xolislik sari" dasturidan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 16 Aprel 2009, 11:25:21
NAJOT MA'RIFATDADIR

Yaxshiyamki zulmatlarni yoritguvchi oftob bor
Kungillardan qahratonni aritgvuchi bir Tob bor
Xoliq zotni tanitguvchi Qur'on degan Kitob bor
Tanimoqchun ul Kitobda "O'qi" degan xitob bor
Taniganga visol istab hech tuganmas shitob bor

O'z Xojamga isyon qilgan osiy qulman, na qilay
O'z jonimga zulm qilgan omiy qulman, na qilay
Dushmanimning aldoviga rozi qulman na qilay
Shukrlarkim zulmatlarni yoritguvchiOftob bor
Xoliq zotni tanitguvchi Qur'on degan kitob bor

Mahshar kuni yuzlashmoq bor gunoh hadsiz yuz qayda
Namozimda xushu' yo'qdir xayol qayda o'z qayda
"Tavba" derman istigfordan bo'lak yana so'z qayda
Ming shukrkim zulmatlarni yoritguvchi oftob bor
Umid ulki qullariga mehribon ul Tovvob bor

Bir g'anim bor O'zariydan o'zib ketmoq istagi
Kungil nomli pok ka'bamni buzib ketmoq istagi
Vohid bo'lgan Haq vaslidan to'sib ketmoq istagi
Hadsiz shukr zulmatlarni yoritguvchi oftob bor
Najot uchun RAHMON Zotdan "O'qi!" degan xitob bor

Haqiqatni tanitguvchi QUR'ON degan Kitob bor!!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 16 Aprel 2009, 11:29:21
KO'ZINGNI OCH BIRODARIM!!!

MEHMONGA KELDIK BU DUNYOGA BIZ
BIR KUNI BARIBIR KETAR HAMMAMIZ
5 KUNLIK DUNYOGA E’TIBOR BERMAY
BORAR JOYIMIZNI DO’ZAX QILYAPMIZ

BOYLIK ORTTIRISHDA POYGA O’YNAYMIZ
MA’SIYTGA BOTIB JUDA QUVNAYMIZ
HALOL HAROM NIMA EKANIN BILMAY
AHIR AYTING QAYOQLARGA KETIB BORAMIZ

HAR DOIM O’YLAYMIZ FAQAT O’ZIMIZ
NIMALARNI KO’RMADI BU KO’R KO’ZIMIZ
IYMON DEGAN LAZZAT QALBGA JOYLAMAY
OXIR MANZILIMIZ BARBOD QILYAPMIZ

BILIMLAR OLYAPMIZ OLIM BOLYAPMIZ
DINGA ASLO YETMAS TAFAKKURIMIZ
BIR KUN FONIY DUNYO TUGASHIN BILMAY
TAYORGARLIK QILMAY O’TIB BORYAPMIZ

ALLOH BUYUKLIGIN KO’P TAKRORLAYMIZ
NECHUN KALOMINI HAQ DEB BILMAYMIZ
OYATLAR MA’NOSIN TO’LIQ ANGLAMAY
TOZA BO’LSA BO’LDI DEYMIZ QALBIMIZ

YOQDIR HATTO 5 VAQT FARZ NAMOZIMIZ
NECHUN OCHIQ YURAR AYOLLARIMIZ
QALB TOZA ALLOHGA ITOAT QILMAY
ANA ENDI BIZ QANDAY BANDAMIZ

BIZ UCHUN AZIZDIR QIZU-O’G’LIMIZ
ULAR UCHUN BERAMIZ JONU DILIMIZ
NAMOZ O’QIMASA E’TIBOR BERMAY
QAYOQQA ULARNI OLIB BORAMIZ

TIKAN KIRISHIDAN AXIR ASRAYMIZ
GAR KIRSA DARDIDA BIZ HAM KUYAMIZ
GULHANLARDA KUYISH OLDINI OLMAY
QIZLARGA SHIMLARNI OLIB BERAMIZ

OMON QOLISH YO’LIN KO’P ESHITAMIZ
BIROZ O’YLAYMIZU YANA QAYTAMIZ
TUZUKROQ BAHONA O’YLAB TOPOLMAY
HAMMA NE BO’LSA BIZ HAM SHU DEYMIZ

GUNOHNI O’ZGAGA YUKLAY OLAMIZ
QACHONGACHA SHUNDAY YASHAY OLAMIZ
O’ZIMIZDAN HECH-HAM AYIB TOPOLMAY
O’TINLIKKA MUNOSIB BO’LIB BORAMIZ

MANA ENDI KELDI O’LAR KUNIMIZ
PUSHAYMONGA TO’LDI JASAD HOLIMIZ
BIROZ BO’LSA HAM TINIM NE BILMAY
OLOVLAR ICHRA YASHAYAPMIZ BIZ
 
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 21 Aprel 2009, 11:26:49
Men ularni kechiray...

Zulayho Boyxonova ijrosida

Dilimni og'ritdi tilimdagilar,
Tunu kun nomlari tilimdagilar.
Oftobim, shamolim,selimdagilar,
Men ularni kechiray bir qudrat bergin,
Allohim mehringdan bir xilvat bergin.

Zaharlar keltirdi sharoblar tutdim,
G'iybatlar uydirdi, itoblar tutdim,
Qasamlar ichdilar savoblar tutdim,
Men ularni kechiray bir qudrat bergin,
Allohim mehringdan bir xilvat bergin.

Dasturxon to'rimda sharbat totdilar,
O'grildim ortimdan toshlar otdilar,
Ular buncha meni oson sotdilar,
Men ularni kechiray bir qudrat bergin,
Allohim mehringdan bir xilvat bergin.

Dushmanim ayyordir, paytlar poylaydi,
Do'stim esa nodon suvni loylaydi,
Ikkisi bir bo'lib ko'zim poylaydi,
Men ularni kechiray bir qudrat bergin,
Allohim mehringdan bir xilvat bergin.

Jonimga jazodur jonimdagilar,
Ko'zimning qabog'iqonimdagilar,
E voh begonadir yonimdagilar,
Men ularni kechiray bir qudrat bergin,
Allohim mehringdan bir xilvat bergin.

Aslida do'st ham bir dushmanning turi,
Dushmanning eng zo'ri, dushmanning sheri,
Chunki qo'lidadir ko'nglimning siri,
Men ularni kechiray bir qudrat bergin,
Allohim mehringdan bir xilvat bergin.

Boshimga balodur balodur ko'nglim,
Bir so'zning tig'idan yarodur ko'nglim,
Do'stu dushman aro adodur ko'nglim,
Men ularni kechiray bir qudrat bergin,
Allohim mehringdan bir xilvat bergin.

O'zingdan yo'q o'zga mahrami jonim,
O'zingsan Sultonim, O'zing Xoqonim,
O'tda kuydirmagin ikki jahonim,
Men ularni kechiray bir qudrat bergin,
Allohim mehringdan bir xilvat bergin.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 21 Aprel 2009, 11:40:38
Hech o'ylab ko'rdikmikin?
Mol-davlatimiz ortdi,ammo huzur halovatimiz yo'qoldi.
Qulayliklar ortdi, ammo vaqtimiz kamaydi.
Dorilar ko'paydi, kasalliklar ozaymadi.
Kech yotib, saharda charchoq bilan uyg'onamiz.
Kam kitob o'qiymiz, ko'p televizor ko'ramiz.
Ko'p gapiramiz-u, kam e'tibor beramiz.
Pul topishni o'rgandik, sarfni eplolmadik.
Oyga uchib qaytishni bilamiz,lekin qo'shnimiz holidan habar olish uchun ikki qadam bozmaymiz.
Fazoda nima bo'layotganini bilamiz,lek ichki kechinmalarimizdan behabarmiz.
Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir.
Rejalar tuzamiz, natijalar ko'rinmaydi.
Shoshilishni o'rgandik, sabrni esa yoddan chiqardik.
Tanishlarimiz ko'p, do'stlarimiz kam.
Yutuqlarimiz ko'p, quvochlarimiz kam.
Ko'p narsani bilamiz, amalimiz kam.
Doimo labimizda kulgu, lekin ko'z yoshimiz kam.
Va nihoyat: umrga yillar qo'shdik, ammo yillarga hayot bahsh qilolmadik

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 25 Aprel 2009, 14:45:34
:bsm:

ТАСАЛЛИ. (Муҳожир дўстимга).

Интилганим - орзуйимга етолмасам,
Кўнглимдагин дўстларимга айтолмасам.

Соғинганда қучолмасам фарзандларим,
Баён этгум Роббимга бу арз-додларим.

Нолиш эмас, бу сўзларим бир тасалли,
Ҳаёт асли бир заҳару, бир асалли.

Ўз юртимда бўлиб гўё мен бегона,
Ўзга юртга қадам қўйдим ғарибона.

Ғариблар ким?- деб сўраса биров шунда,
«ÐžÐ·Ñ‡Ð¸Ð»Ð¸Ðº»- денг одамлар айниган кунда.

«Ғарибларга жаннат бўлсин»- деганлар-ку,
Ғариблар - бу уммат ғамин еганлар-ку.

Хушхабардир Расулимиз ҳадислари,
Етказдилар бизга уни ҳадис аҳли.

Нечун буни мен эртароқ англамадим,
Тўғрироғи дўстлар сўзин тингламадим.

Бу дунёда Роббим айтмай ҳеч иш бўлмас!
Роббим асло бандаларга зулм қилмас!

Manba: sardormirzo.com
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Abdurauf 25 Aprel 2009, 23:40:38
ҚИЁМАТ
Қиёмат яқинлаб қолгани аён,
Аёллар эрларнинг либосин киймиш,
Аврат-у, хаёнинг кўчасин топтаб
Хатто майин бўлиб сўзламай қўймиш.
Расулуллоҳ бир кун қўрқиб сўзлаган
Кунлар бошимизда турибди қаранг.
Атрофнинг ялонғоч турган ҳолига
Кўтарамиз хатто бошимиз аранг.
Туянинг ўркачин тасвирлаб гўё
Жаннатнинг ҳидидан воз кечган аёл
Наҳот умри бўйи вақт топиб бир тун
Ўзига бир бора бермаган савол:
"Хой, мен ким ўзи, жинсим не эрур,
Ярашарми менга шу ёвуз хилқат?
Аёллик либосин бир четга отиб
Асл гўзалликдан айрилдим фақат,
Боламнинг нигоҳи менга ёвқараш,
Эримнинг кўнглида йўқолган хоҳиш.
Мен қанча уринмай, аслимдан шунча
Узоқлашиб кетдим, тингандек товуш...
Овозим эркакча, юришим ғалат,
Шимнинг ўртасида йиғлайди ҳаё.
Ажабо, шунчалар хорлик бўлурми,
Тубанлик бўлурми, дўстлар, ажабо???"

Аёлнинг кўнглида инсофи бўлса,
Ушбу саволларни берарди бир тун,
Ҳеч қурса ўзидан қочиб борётган
Ўғиллари учун, қизлари учун...
Афсус, ушбу ҳолга фақат аёлмас,
Балки эрларнинг ҳам айблари мавжуд.
Рашк ўтин ўчиргач зино-ю фахш-ла,
Даюслик касбига кўрар тараддуд.
Нардадан бошини кўтара олмай,
Аёлларга турмуш юклаган қопин
Одамдан яхшилик кўрмоқчиларга
Айтурмиз олимлар қилган хитобин:
"Улар ўзларини эркак десалар,
Дунёда энг катта бўлурлар каззоб,
Чунки никоҳ куни берган аҳдига
Қилмишлар ҳиёнат, беролмай жавоб.
Уларда мағрурлик асли йўқ хислат,
Уларни иймон ҳам айламиш халос.
Уларнинг эгнидан жой олган кўйлак
Фақатгина ташқи кўриниш, холос.
Ҳайхот, бу дунёнинг иши терс бўлди,
Яхшилар кўнгилдан йиғлаб ўтмишлар
Аёлин кўчага қўйганлар бугун
Эртага болага кўкрак тутмишлар,
Ҳали бу кетишда вазифалар ҳам
Ўзгарарми аёл, эр насли учун,
Гўёки қуёшнинг тунда чиқиши,
Ойнинг отиши-ла очилади кун...
Йўқ, дўстлар, иймон бор, ишонч бор экан,
Бунга йўл қўйилмас ҳеч қачон, ҳеч вақт.
Ҳар ким ўз фитрати, ўз табиати
Амрига биноан яшамоқлик - бахт".
Ҳадисдан оддий бир хулосам шулки,
Кўр қилар бу кўзни қамаштирганлар
Аслида қиёмат кунин тезлатар
Ана ўшандай жинс алмаштирганлар.
Xayrullo Hamidov
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Abdurauf 25 Aprel 2009, 23:48:21
ДЕРЛАР
Ҳар нимани айладим орзу,
Лекин менга ҳамроҳ бир туйғу,
Ёшлигимдан тинглаганим шу:
Олтин олма, дуо ол, дерлар,
Олтин қўлдан кетар-у, аммо
Ҳар кун сенга ҳамроҳдир дуо
Фойдалироқ истасанг савдо -
Олтин олма, дуо ол, дерлар,
Бир кун келар Қиёмат қоим,
Қутқаради мени дуойим.
Тажрибадан ўтганлар доим:
Олтин олма, дуо ол, дерлар,
Қўл очганда бобом дуога:
Илтижо айлайди самога:
"Татир сенга икки дунёга
Олтин олма, дуо ол", дерлар,
Билки, дунё бизга қафасдир,
"Ўтда куймас" дегани асли
Олтин учун таъриф эмасдир
Олтин олма, дуо ол, дерлар,
Бил, эй болам, қилма сўнг аттанг,
Аҳволинг бир кун бўлади танг
Арш остида турмоқ истасанг,
Олтин олма, дуо ол, дерлар,
Xayrullo Hamidov
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 12:58:08
Islom axliga dashnom!

Talpinding, yig’lading, yelding dunyoga
So’ylagil sen nechun kelding dunyoga
Buzildi, ayt nima qilding dunyoga
O’zingni kim deya bilding dunyoga?!

Tilingni tiymaysan besharm so’ylar
Ko’zingni tiymaysan buzuqqa bo’ylar
O’yingni tiymaysan nelarni o’ylar
Hech jazo yo’qmikan bundoq zinoga

Malomatni toshi tegmagan boshing
Mag’rur tutmoqlikdan tiymagan boshing
Hattoki Onangga egmagan boshing
Berding bu havoyi puchak safoga

Tengsiz ta’riflarni o’qigan ko’zing
Ulug’ tarixlarni o’qigan ko’zing
Qutlug’ harflarni o’qigan ko’zing
Ne uchun tikding bu yuzi qaroga

Qishda qushlarga don sochgan qo’lingni
Nopok luqmalardan qochgan qo’lingni
Alloh deb duoga ochgan qo’lingni
Uzatding yeyisha ishi haromga

To’ydirib o’t qonga to’ygan yurakni
O’ldirib Haq deya olgan yurakni
So’ldirib ishq ila urgan yurakni
Sen qandoq sig’ayabsan yorug’ dunyoga

Manba: "Xolislik sari" she'riyatidan
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 13:06:23
 
:bsm:


Агар телба десалар фақат ҳақни гапирар одамни. Дарвеш сифатида кўрсалар  болалардек самимий кишини. Ҳиёнат сўзини хатто ҳаёлидан ҳам чиқариб ташлаган одамни жиннидан фарқи йўқ десалар, билингки соғларга яшашликдан маъно йўқ экан. Бечора соғлар!



ҚЎЙМАЙСИЗЛАРМИ?!


Рўзасиз ўзимга бегона танам,
Ибодат — юрагим аллалар онам,
Ўзимни қийнасам сизларга не ғам?
Аввал ўзингизга куймайсизларми?!
Мўъмин бўлишимга қўймайсизларми?

Расулим йўлида юрганим учун,
Динимизни яхши кўрганим учун,
Нафсимга тўсиқлар қурганим учун,
Сўз билан жонимин ўймайсизларми?!
Мўъмин бўлишимга қўймайсизларми?

Куфрни ушлашга тоқатингиз бор.
Сизнинг ҳам бир куни соатингиз бор.
Азобимдан олур роҳатингиз бор.
Танамни эзғилаб тўймайсизларми?!
Мўъмин бўлишимга қўймайсизларми?

Оддий ибодатим кўзингиз ёшлар.
Фужур диёрига силтаюр бошлар.
Қизимнинг рўмоли кўнглингиз ғашлар.
Ҳар куни қовоқни уймайсизларми?!
Мўъмин бўлишимга қўймайсизларми?

Кўнглингизга ҳадис ÑŽқмас начора,
Ҳидоят бир куни йўқласа зора.
ÐŽғлим “Ёсин” билар, сизчи, бечора?
Ўзингизни нимта сўймайсизларми?!
Мўъмин бўлишимга қўймайсизларми?

Бу дунё ҳамманинг китобин битар.
Кимлардур бу йўлда индамай кетар.
Сабрим косаси кенг, сизга ҳам етар.
Унга жахл сувни қуймайсизларми?
Мўъмин бўлишимга қўймайсизларми?

Мен борман, ҳаловат сизга йўқ гўё.
Мени туш атайсиз, ўзничи рўё.
Ана, олинг сизга лаънати дунё!
Уни яна баттар сузмайсизларми?!
Мўъмин бўлишимга қўймайсизларми?

Барибир кўтармас сизларга қўлим.
Бир куни ҳаммасин кўрсатар ўлим.
Энди фарқи йўқдир, аниқдир йўлим.
Мени девонага йўймайсизларми?!
Мўъмин бўлишимга қўймайсизларми?

Пес билан тунлари топишмай ҳадеб.
Иймон эшигини қопишмай ҳадеб.
Итнинг ҳаётига ёпишмай ҳадеб.
Менинг ҳолатимни туймайсизларми?!
Мўъмин бўлишимга қўймайсизларми?

Сўз тугарда айтгум сизга бир ўгит:
Бир кун ҳосилини бергуси чигит.
Мени тинланг дўстим, қизми Ñ‘ йигит.
Бир умр дилингиз қийнайсизларми?!
Мўъмин бўлишимга қўймайсизларми?
Манба: www.islomolami.com
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 05 May 2009, 11:44:14
Asar ham qolmadi do'stlar...

Yurak sanchib tez urarga o’tdi birdan
Halovatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Alangladim yon-atrofga havotirdan,
Ibodatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ming haqqini yutib qo’ydi musulmonlar,
Qorinlari ko’proq to’ydi musulmonlar,
Riyokorlik to’nin kiydi musulmonlar,
Itoatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Tirik murda to’ldi, ammo tobut yo’qdir,
Gunoxlardan asraguvchi sovut yo’qdir,
Avom tugul peshvolarni subut yo’qdir,
Sadoqatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Tilda bolu, qilgan ishi g’irt zaxardir.
Munofiqlik bir emas ming kech sahardir,
Kim ko’p yolg’on desa, o’sha savdogardir.
Tijoratdan asar ham qolmadi do’stlar.
Bir birlarin g’ajib yetmish hatoyi deb,
Nom olmishlar bulbul honish sadoyi deb,
Tajvidlarin to’g’irlarlar xudoyi deb,
Tilovatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Hammasiga ko’niking siz, qonlar yutmang.
Foyda yo'qdir rivoyat deb kitob titmang,
Namozxonin qizlaridan hayo kutmang,
Hijolatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Lafz izlamang bir taloq ming taloq bo'ldi,
Topgan-tutgan fatvolari gunoh bo'ldi,
Tamaki-yu, nos tupurish muboh bo'ldi,
Karohatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Allohni bir degan inson qilsa riyo,
Oyat-hadis turushinda bo'lsa ro'yo,
Saharlarda bulbul zikr qilar ammo,
Tarovatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Jamoatlar firqalarga bo’lindilar,
Dum patlari ko’k tovuqdek yulindilar,
Vujudla bir qalban qatl qilindilar,
Muhabbatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Bu ummatning faqiri gar bir lof ursa,
Tog’lar qular bu kibrga qarshi tursa,
Fir’avnni hayron aylar qasr qursa,
Sahovatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Hech biri “ne bo’lar” demas qiyomatda,
Hiyonatlar ho’p ko’paymish omonatda,
Pora halol hisoblangan bu ummatda,
Diyonatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Er deganlar ertayu-kech uyda uxlar,
Ayolidan na hijolat, na qalb tig’lar,
Qiz juvonin axvoliga maymun yig’lar,
Balog’atdan asar ham qolmadi do’stlar.
Qulab kulga aylandi-ku hiyvalari,
Chorvasida qo’ydan kichik tevalari,
Don eksalar dondan kichik mevalari,
Barokatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Birontasi kechar bilmas molu jondan,
Alloh uchun boshqarmas xonadondan,
Munofiqni ajratolmam musulmondan,
Farosatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Bir tarafni aylaydilar karvon bozor,
Bir tomonda masjid bo’lar qadim mozor,
Pirga qo’lin berarlaru, Xudo bezor,
Murruvatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Mo’min bo’lib maqsadlari kayf bo’ldi,
Saxobalar siyratlari xayf bo’ldi,
Olimlarga bu diyorlar toif bo’ldi,
Muhammaddan asar ham qolmadi do’stlar.
Gapirsalar shariatdan kulgim kelar,
Ming turlanish yuzlarini yulgim kelar,
Kas jonlarin olar qotil bilgim kelar,
Dalolatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Birisida botirlik bor, farosat yoq,
Birisida qo’rqoqlik bor, jasorat yoq.
Muhammadiy ummatiga ko’p qilmang do’q.
Shijoatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Gapirdik ko’p amallardan ketdi hayot,
Uzoqlarga qochib ketmish bizdan najot.
Qiyomatda yig’lab turar bo’lsak hayxot.
Shafoatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Do’stimizni qatl etdilar, sharxlolmadik,
Mo’minlikning qiymatini narxlolmadik,
Xarom birla halol ko’rsak, farqlolmadik,
Nadomatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ming yaxshidan afzal o’tmish yomonlarim,
Xov, qaylarga qochdingiz o’ng tomonlarim,
Kitoblarga jilo bo’lgan zamonlarim,
Hilofatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Qayga boqmang g’anim o’tliq, yov g’olibdir,
Mo’min degan to’rt tarafga ho’p nolibdir,
Hamma birdek gumroxlikni tan olibdir.
Xikoyatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ey g’or nafsim hotirjamsan, tinmay uxla.
O’tmish o’tdi, sen moziyni shiftga mixla.
Ali Usmon davirlarin eslab yig’la,
Matonatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Savdo demish qutlug’ yo’lda berarlar jon,
Lek bomdodga ochilmas ko’z, topib imkon.
Topib bering Alloh deyar bitta inson.
Layoqatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Yoddan ketmish bu dunyoning xisoboti,
Xaddan ziyod moddiy bo’ldi inson zoti,
Yigirma birinchi asr kashfiyoti,
Rivoyatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Manga alam Chingizlarni so’ljaytirgan,
Botularning o’ng yo’lini so’lg’aytirgan,
Termiziyni, Buxoriyni ulg’aytirgan,
Saltanatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Dinim deya, yanoqlari namlar qani?
Odamlarni uxlatmagan g’amlar qani?
Har qishlog’i olim bergan damlar qani?
Ul shavkatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Xofizlardan tanga yiqqn shoirlar ko’p,
Pishmay turib suvin siqan shoirlar ko’p,
To’rt qatorni she’r deb chiqqan shoirlar ko’p,
She’riyatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Arab sori safar qilmang, ming yuviqsiz,
Din nomidan nom topurlar haloyiqsiz,
Mazxabiga yurmasangiz munofiqsiz,
Risolatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Bashar o’g’li muammoga ho’p yo’liqmish,
Bunda nafsi ulush qilgan dardni yig’mish,
Lek har tizim manfaatdan kelib chiqmish,
Adolatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ko’ring bunda tabiblikka da’volarni,
O’ylab chiqib turlik tuman balolarni,
So’ngra e’lon qilarlar ming davolarni,
Tabobatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Hamma bilar, yolg’onchi so’z zaxar, maydir,
Uni mo’min o’z do’stiga ichirmaydir,
Taqvodori va’da bersa, bajarmaydir,
Omonatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ilmlisi ko’p kulodir otib handa,
O’zgalarning axvoloti parokanda,
Haq so’zga joy qolmagan bu gul makonda,
Hidoyatdan asar ham qolmadi do’stlar,
Suvlari ters oqqan kunlar halak bo’ldi,
Sxobalar hodisoti ermak bo’ldi,
Valiylarni ko’rgan damlar ertak bo’ldi,
Karomatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Aytishardi jannat asli erur Vatan,
Ul manzilga to yetguncha yo’lllar tikan,
Ko’rdim mano bu dunyo xo’p sotqin ekan,
Bu rohatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ey Hayrulloh hayr seni tark etmasdan,
Xudo uchun ish qilib qol jon ketmasdan,
Qara telba dunyo seni qaritmasdan,
Farog’atdan asar ham qolmadi do’stlar

H.Hamidov
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 05 May 2009, 11:45:58
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Umringiz chang to'zib ketmoqda zavol,
Siz o'zi dunyoga nega keldingiz.
Choyhonadan chiqing sizga bir savol,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Palov, manti, sho'rva so'nggiga norin,
Top ichka sig'dirdi ne bo'lsa borin,
Yodingizda turdi kun bo'yi qorin,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Har hil rejalardan olib iqtibos,
Oddiy bir savoldan bo'lasiz xalos,
Ertani gapirmay turing iltimos,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Qalb Islom dardida to'lg'oq bilmasa,
Amriga shamoldek uchib yelmasa,
Muzlatgich to'lmasa uyqu kelmasa,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Jujuqlar tashvishi aylabon tobe,
Bozorlar sang'ibon izlaysiz tole,
Ayolingiz ko'nglin oldingiz vale,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Namoz chala-chulpa, duolar mubham,
Tilda oayt, qalbda foydali dirham,
Tirikchilik zo'r-u, bo'lmay xotirjam,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Yo'lingiz qarshilar gap farzandingiz,
Sovg'asiz kelmoqqa sig'mas haddingiz,
Xo'rozqand olishni unutmadingiz,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Ajabo sayrga chiqqaningizda,
Yoddan ko'tarilmas oilaviy g'am,
Ulfatu oshinolar buyurtmasi ham,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Ikkinchi uyingiz nomidir bozor,
Uning haqqin zinhor qilmaysiz poymol,
Bo'l, tez, deysiz, qolgan ishga yo'gar qor,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Jannat deysiz, biroq amallar ziddiy,
Qachon u kunga ham qaraysiz jiddiy,
She'rim oxirida oxirida savolim qat'iy,
Din uchun shu bugun nima qildingiz
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muzayyana 05 May 2009, 11:54:41
Uyqu shirin nomoz undan shirinroqdir,
Dunyo go'zal jannat undan go'zalroqdir.
Sabr qiling ibodatga ajri bordir,
Jannat go'zal Alloh undan go'zalroqdir!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: siddiqa 06 May 2009, 05:54:13
--------------------------------------------------------------------------------
Mu'min mu'minga ko'zgu

Hayot degan maktabda
   Ham ahloq ham adabda
   Guzal suhbatda tabda
   Mumin muminga kuzgu
   
   Yuzlarda nur porlasa
   Yahshilikka chorlasa
   Kungilni bahorlasa
   Mumin mumniga kuzgu

   Ham kuchda adolatda
   Har kungi ibodatda
  Jon chiqar bir holatda
  Mumin muminga kuzgu

,  Taqvoda olimlikda
   Poklikda salimlikda
   Rasulday halimlikda
   Mumin muminga kuzgu

forum.islom.uz
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: siddiqa 06 May 2009, 05:56:23
MADAD BERGIN

Yuraklarni bosalar zah
Noinsoflar otsa qax-qax
Dunyo oxir bo’lsa do’zax
Madad bergin menga Alloh
*   *   *
Xayot g’ami dilga botganda
Qalb olovim kul bo’p yotganda
Kulfatlardan boshim qotganda
Madad bergin menga Alloh
*   *   *
Do’stlar bir kun qilsa hiyonat
Nomard qolsa ketsa diyonat
Yolg’iz bo’lsam ro’zi qiyomat
Madad bergin menga Alloh
*   *   *
G’iybat dilni siyoh qilsa
Nihollarni tayoq qilsa
Qonlardan ul bo’yoq qilsa
Madad bergin menga Alloh
*   *   *
Taqdir bir kun aylasa xor
Keng bu dunyo qilganda tor
Sabr toqat qilmasa kor
Mada bergin menga Alloh
 
 
 
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: siddiqa 06 May 2009, 06:03:33
G'AZAL

Tangrim, huzuringda cho'kadirman tiz,
Ummatim dermisiz, payg'ambarim, siz?
Loyiqmanmi sizga, ey aziz otam,
Sig'dirarmi men siz qoldirgan iz?
O'xshamak istarmi o'g'ilcham menga,
Suyib onam derman, quvnarmi bu qiz?
Alanglab boqarmiz atrofimizga:
Kim erdim, kim bo'ldik, kim bo'lurmiz biz?
Ko'ngil poshsho bu dam, men unga mirzo,
Sevmak, sevmak erur farmonlarimiz.
 
***

Har baloga shayga chidarman
Voh, deyman, sobir bo'lib.
Norizolik ortar o'zdan,
Ichdagi zohir bo'lib.
Tingladim: alqar baliq ham
Tama' qilmas kimsani.
Olqish aytar qurtu qushlar
Chirqirab, sohir bo'lib.
Bir qiyin kunga qolibman,
Yozig'im nedir menim -
Ishga lanju, so'zlamakka
Beadad mohir bo'lib.

Garchi ravshan menga kundek
Noumid shayton erur,
Lek ko'ringay har saharda
Bu zamon oxir bo'lib.
Dil qolib bir chetda, ohkim,
Yo'lga kirdim, deydi til.
Bilganim shul, bilmasim ham
Senga qolmas sir bo'lib.
Bir kishi holidan, Olloh,
Saqlagil, bergil amon -
Uxlgay mo'min bo'lib ul,
Uyg'onur kofir bo'lib!
A'zam O'ktam
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munavvara 06 May 2009, 16:07:24
Qur'on oyatlariga she'riy tafsir

Hamd bo'lsin Allohga, hamd bo'lsin har on,
Uning hukmidadir samo va zamin.
Maqtovga loyiq zot Udir har zamon:
Alhamdulillahi Robbil a'lamiyn.

Alloh aytganiday ajralar hissang,
Shubhasiz, bu qulga buyuk mukofot.
Namoz qil, zakot ber musulmon bo'lsang:
Va aqimus-solata va atuz-zakat...

Kofir bir azobga bo'ladi asir,
Ey musulmon qullar, buni-da biling.
Allohning la'nati kofirlargadir:
Fala'natullohi 'alal kafiriyn...

Insonlar o'ylashda, harakatda hur,
Harakatingizda tamkinli bo'ling.
Alloh siz bajargan har ishni ko'rur:
Vallohu basiyrun bima ya'malun...

Uning qudratidan tuproq va samo,
Iroda Undadir, U bergay amr.
U har ishga qodir, amir doimo:
Vallohu 'ala kulli shay'in qodiyr...

Har on tilda va dilda,
Musulmon shiori shu:
Iloh yo'q Undan boshqa-
La ilaha illa hu...

Iymon nuri sizga yo'lni ko'rsatur,
Haqiqat yo'lini tanla-da, borgin.
To'g'ri yo'ldan ketgan qullarni bilur:
Va huva a'lamu bil muhtadiyn...

Robbing ne'matini sovurma, inson,
Seni isrof chohiga tortmasin kayfing.
I isrofgarlarni yoqtirmas mudom:
Innahu la yuhibbul musrifiyn...

Tilaging bo'lsa gar, Allohdan tila,
Yo'qsa ishing so'ngi albatta vahim.
Har ishni boshlagin Alloh nomi-la:
Bismillahir rohmanir rohiym...

Haqning huzurida kim u quvvatli,
Jami insonlarga hisob bor, hisob.
Allohning azobi, bil, ko'p shiddatli:
Va innalloha shadidul azab...

Musulmon bekorga urmas va so'kmas,
Kimsani ezmoqqa qidirmas aybin.
Shubha yo'qki, Alloh zolimni suymas:
Vallohu la yuhibbuz-zolimiyn...

Sabr etgan doimo murodaga yetar,
Ey mo'minlar, siz ham murodga yeting.
Alloh ham sabrli qullarni sevar:
Vallohu yuhibbus-sobiriyn...

To'g'ri yashamoqlik, ha, qiyin bir ish,
Lek shunday yashamoq senga vazifa.
Inson shunday ojiz yaratilmish:
Va xuliqol insanu zoifa...

Jahannam kofir-la butkul to'ladi,
U muflis, kofirlar, o', qanday yonar!
Ularning yotog'i olov bo'ladi:
Ula'ika ma'va human-nar...

U kundir mo'minlar ishongan bir kun,
U-qiyomat kuni teppangda Kursi.
U-butun insonlar to'planajak kun:
Yavmun majmuun lahun nasu...

Eng to'g'ri hukmni Sen berasan, Sen,
Ey buyuk Allohim, ey buyuk Robbim.
Har neni eshitib, ham ko'rasan Sen:
Innaka antas-sami'ul 'aliym...

Haq hududidan oshma,
Yiqilur so'ngra bino.
Zinoga yaqinlashma:
Vala takribuz-zina...

Bir kun albat bitgay bu xirs, bu havas,
Haqqa haqiqatga aylagil xizmat.
O'limni tortgaydir albat har bir nafs:
Kullu nafsin zoiqotul-mavt...

Uning hukmidadir samo va zamin,
Ko'ngling u Holiqqa shukron-la to'lsin.
Olamlarning Robbi, Robbga hamd bo'lsin:
Val-hamdulillahi robbil 'alamiyn...

Anvar TUNJALB
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 09 May 2009, 13:35:27
:as:

 :bsm:

Ёр жамолин кўрмагунча кўз билан

Кимим бордир, арзим Ёрга етказсин,
Ишқ ўтида куйдим-кетдим кўз билан.
Келиб, қўли билан ўтим ўчирсин,
Йўқса сўнмас борон билан, муз билан.

Келган кечди, келажакка юрт қўйди,
Ошнолиғни номард бузди, мард қўйди,
Ёр сийнамда доғ устига дард қўйди,
Дард устига мурч қўйибдир туз билан.

Маъшуқим топдирмас, топсам, қўл бермас,
Иқболим уйғонмас, бахтим ҳам кулмас,
Юрагим тинчимас, кўнгил тек турмас,
Ёр жамолин кўрмагунча кўз билан.

Бир дардга тушибман, ҳеч кимса билмас,
Ийсо уқмас, Луқмон чорасин қилмас,
Келган турмас, туман бошдан айрилмас,
Ҳар замон бир дардни чеккум сўз билан.

Минг ишқ билан молу дунё йиғарсан,
Бир нарса деб, юз кўнгилга тегарсан,
Дунё-дарё, тан бир солдир, агар сан,
Қачонгача тай кетарсен туз билан?

Бу дунё молиндан ким элтди бир зот,
Аввали – Қам-қайғу, охири – барбод,
Бўлажагинг шудир сенинг, одамзод,
Йўқ бўларсан тупроқ билан, туз билан.

Махтумқули, не манзилда турарсан,
Юрт кимнингдир, оғир ишлар қиларсан,
Қисмат бўлса, парча ерга кирарсан,
Насиб бўлса, олти қулоч бўз билан.

Махтумқули,
Туркманчадан Мирзо КЕНЖАБЕК таржимаcи
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munavvara 10 May 2009, 17:15:40
Ollohim ko`rsatgin, olov azobin,
Badanim gulhanda qizdirgin bir dam
Suvsiz qoldirgin, qiynagin sokin
Suvsizlik dahshatin bilayin men ham

Shunchalr qiynaki, tushunayin ohir: -
Gunohning ajrini, qahringni Olloh.
Do`zahning taftini aylagin zohir
Iymonga kelsin deb notavon, gumroh

Sinoving oson qil, qiynama meni
Yaqinlar umrini etmasdan hazon
O`zimga ber azob, ko`rmayin uni
Judolik qayg`usi emas (e)kan oson

Yoki, ber aqil topmoqqa Iymon
Birovlar ibratin ko`rgan mahal
Kitobing anglayin o`qigan zamon
Badbaht qavmidan bo`lmasdan amal

Imtihon tongida kuydirma Olloh
Shaytondan asragin qalbu iymonim
Qo`ymagin bandangni qilmoqqa gunoh
Quvvat ber nafsimga, o`zing panohim.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munavvara 10 May 2009, 17:23:14
Muslima tavbasi

Allohim kechirgin bor gunohimni,
Rabbim using avf etgin, menday gumrohni.
Yelkamga qo'yibsan ikki hamrohni,
Savob gunohimni yozguvchi ikki guvohni.

Boshimga o’ramay yoshlikdan hijob,
Kalomingni avvalroq qilmadim hitob.
Hech bo’lmasa o’qimadim Islomiy kitob,
Keyin bilsam bariga bor ekan hisob.

Qiyomat kunida yig’ilib barcha,
Mahshargohda navbatlarin kutarlar ancha.
Seni tanimagan bandang bor qancha,
Jahannam o’tida o’tindir parcha.

Asragin ey Robbim mushrik bo’lishdan,
Do’zahning o’tida kuyib yonishdan.
Seni bilib turib fosiq bo’lishdan,
Qabrimga kirganda azob ko’rishdan.

Qalbimga taratgin ziyo nurini,
Sifat qilib bergin hayo durini.
Hamroh qilib bergin Jannat hurini,
Adashtirmay ko’rsatgin Islom yo’lini.

Allohim gunohlarim kechirgin bu kech,
Sening zikringni aytib tildan qo’ymam hech.

Bu she'r meni rosa yig'lattida...  :2
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munavvara 10 May 2009, 17:38:50
OLLOH BOR
Ko'ringan giyohdan ifor izlama,
Shabnamga termulib g'ubor izlama,
O'ziga yukunib yig'lasang goh-goh,
Nasibang berguvchi Olloh bor ,Olloh.

Tiriksan ,tugamas sira armoning,
Mehnating,tuzingdan topgan darmoning,
Gullab ketmasa bas tilda yolg'oning,
O'zingni o'zingdan etolsang ogoh.

Seni qo'llaguvchi Olloh bor ,Olloh
Odamzod azaldan tomoshaga o'ch,
Yo'bars yo'llaringda har kun kelmas duch,
Himoyaga topsang vujudingda kuch,

O'zing o'zgalarga qazimasang choh,
Seni asraguvchi Olloh bor Olloh.
Kunduz quyosh, oqshomda oy arzanda,
Yo'lga yarashasan yursang Vatanda,

Nogoh chaqib olsa bitta gazanda,
Dod solma, axir bor boshingda panoh,
Shifoni berguvchi Olloh bor Olloh.
Kelibsan ayo do'st ,ketishdan qo'rqma,

Bobong o'tgan yo'ldan o'tishdan qo'rqma,
Mangu makoningga etishdan qo'rqma,
dildan chiqsa LA ILAHA ILLALLOH,
Bandamsan deguvchi OOLOH bor OLLOH.

She'rlar  manbasi  (http://www.sevgi.ucoz.com/news/2008-07-17-74)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 29 May 2009, 00:47:15
(Afzaliy raziyallohu anhuning «Majma’ ul-masoil» asaridan)

Barchadan avval qiyomatda so‘ror,
Ul namozu ro‘za-yu hajdinki bor.

Har kishi bersa javob anda o‘g‘ul,
Bas, gunoh gardin etakdin qoqti ul.

Bas, bajon qilg‘il ruku’u ham sujud,
Tongla qo‘ling orqag‘a bo‘lsa, ne sud.

Man masoil nazm qildim, ey habib,
Yod olib diyning imorat qil, tabib.

Banda bo‘lsang, sidq ila toatda bo‘l,
Toki qilg‘ay toatingni Haq qabul.

Bas, dedim isnodi ushbu shohvor,
«Majma’ ulmasoil» otin ixtiyor.

Har kishi ko‘rsa bu nazmi purguhar,
Ul mani qilg‘ay duo shomu sahar.

Ne tama’ tuttumki, har kim e’timod,
Tutsa, o‘qusa, mani ul qilsa yod.

To ko‘rubman barcha matni ham shuruh
Mubtadiy, nazmimdin ol javhar futuh.

Afzaliy, nodon yurub ham cho‘llara,
Nazm etib boqg‘il hama toliblara.

Aylasa tavfiq bizga ul Jalil,
Ilmi purma’no ba alfozi qalil.

Man arab lafzi bila ko‘rdum masal,
Nazm etib turkiy tila to‘ktum asal.

Toki oson bo‘lgay ul toliblara,
O’qubon qilgil amal, sohib qara.

Kimki turk bo‘lsa, so‘zum fahm aylar ul,
Forsiy turkiy so‘zumni naylar ul.
 
Forsiy aytmoq-shukrdur, ey nisar,
Turkiy nazm aytmoqdur olamda hunar.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 29 May 2009, 00:47:35
Yoziy-yobon, bog‘u bo‘ston, barchasin,
Kezdimu dur ipga tizdim, ey amin.

O’zgalardek olamunchoq sarbasar,
Tizmadim, tizdim dur, ey xo‘bguhar.

Har kishi bo‘lsa faqihi nomdor,
O’qub ul nazmimni qilg‘ay e’tibor.

Afzaliyga rahmat ayla, ey xudo,
Dar dami oxirda qil iymon ato.

Man talammuz ayladim, bil, muxtasar,
Sakkiz ustod xizmatida mu’tabar.

Homidu ahmad yana mahmud erur,
Yana sa’d ul sa’id so’id erur.

Dar shariy’at har biri Nu’mon biling.
Filmasal chun bahri bepoyon biling.

Rahmati Rahmon alarg‘a sarbasar,
Xusha chinu xon ehson, ey nisar.

Bil alar dehqonu menman xushachin,
Tolib ersang, xushachin bo‘l, xushachin.

Tosh teshib bir qon chiqordim, ey aziz,
Aylabon insof qil, yaxshi tamiz.

Kimki ul insof qilmas, ey o‘g‘ul,
Dini yo‘qtur, ul kishidin san tugul.

Manga yo‘q qadri majol, ey xushliqo.
Bori o‘z fahmimcha aydim, ey ag‘o.

Har xatoi manda bo‘lsa, ey fasih,
San qalam uchi bila qilg‘il sahih.

Yil ming-gu yuz o‘n bir, ey sohiblubob,
Kim bitildi ba’da hijrat bu kitob.

Afzaliy nodon baqadri sa’yi hol,
Nazm etibdur, qilma shakva, ziymajol.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 29 May 2009, 00:47:55
Shayton vasvasa qilmoqni bayoni

Vasvasa, bil, har namozda bo‘lmasa,
Ul namoz makbul ermas, ey kasa.

Vasvasa bo‘lg‘ay alomoti qabul,
O’qubon fahm aylagil, bo‘lma malul.

Bas, nazir aytay sayga, ey xushliko,
Kirmag‘ay o‘g‘ri bamasjid, ey axo.

Chunki yo‘qtur masjida raxtu qumosh,
Oning uchun kirmag‘ay o‘g‘ri, qudosh.

Lek o‘g‘ri doxil o‘lg‘ay, ul magar,
Har uyiki, raxt bo‘lsa, muxtasar.

Bas, biling, shayton ko‘ngulga kirmag‘ay,
Bo‘lmasa iymoni oni, ey tag‘oy.

Bo‘lsa har ko‘ngulda iymon, ey hakim
Doxil o‘lg‘ay anga shaytonur rajiym.

Bil, juhud, tarso namozinda yaqin,
Vasvasa bo‘lmasdur anda, ey amin.

Man shariy’at shahrini shomu sahar,
Kezdimu berdim sanga ushbu xabar.

Bu rivoyat dar «Siroji Zohidiy»,
Nazm etibdur Afzaliy az Zohidiy.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 29 May 2009, 00:48:15
Munkar (va) Nakirni bayoni

Har kishi yer ostina manzil qilur,
Munkaru Nakir anga beshak kelur.

Bas, ajoyib arzaq o‘lg‘ay ko‘zlarni,
Uni qattig‘, ham qarodur g‘ozlari.

Qo‘llarida gurzilar bo‘lg‘oy chunon,
Yetti ming botmon boamri musta’on.

Bas, alar degay xudoying kim, diyning,
Kim erur bizga de bu yerda nabing?
 
Gar xudo yor o‘lsa, bersa ul javob,
Qiynagay onlar azobu ham niqob.

Bas, xudo yer o‘lg‘ay anga ul zamon,
Ham alardin ul zamon qolg‘ay omon.

Ul xudo ochg‘ay go‘rina, ey nisar,
Ravzag‘a qilg‘ay hamisha ul mazar.

Ya’ni, jannatdin kelur nozu na’im,
Huru G’ilmon hizmatida ey salim.

Doimo jannat aro sayr aylagay,
Do‘zax o‘tin yuzig‘a Haq bog‘lag‘ay.

Xurramu xushvaqt bo‘lub shomu sahar,
Bo‘lg‘ay anda, hech nima qilmas zarar.

Gar javobin bermasa, ey muqtado,
Gurzi birla urg‘ay oni, ey gado.

Vaqti gurz urmoqda ovozin bori,
Eshitur illo bashar birla vari.

Odamiy birla vari eshitsalar,
Yemoqu ichmoqni qo‘yg‘aylar alar.

Oni uchun ul odamg‘a amr emas,
Muni bilgon er bo‘lur, ul ma’ni ras.

Go‘rini qilg‘ay chunon tang, ey falon,
So‘ngogin bir-birga kirguzgay hamon.

Ravzani do‘zaxni ochgay go‘rina,
To Qiyomat shu’la urg‘ay to‘rina.

To Qiyomat beshak ul kurgay azob,
Bo‘lmag‘ay anga savob illo iqob.

Afzaliy nazm ayladi, ey muqtado,
Ul aqoyid nazmidin shoxu gado.

Mavlaviyni nazmi bil shiru shakar,
Afzaliyni nazmi olamda hunar.

Man shariy’at gullaridin, ey nisar,
Bir gul uzdim, xush, ajoyib, toza, tar.

Afzaliyga ushbu ishni, e Kariym,
Ayla oson, chunki otingdur Rahim.

Afzaliyni jurmi ko‘pdir, ey xudo,
Ayla jurmin mahv, qil iymon ato.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 29 May 2009, 00:48:37
Arvohlar kelmagini bayoni

Har shabi jum’a kelur arvohlar,
Eshigingda o‘lturib maddohlar.

Ya’ni, aytur ul hazin ovoz ila, Yo
Otam der yo onam der noz ila.

Ya’ni, har bir qavmini ul yod etar,
Xayr ila yod ayla deb faryod etar.

Zikr eting, bizni xudo zikr aylasun,
Rahm eting der holimakim, anglasun.

Oni uchun bir qarong‘u go‘r aro,
Bas, uzun g‘amdamizu ham mubtalo.

Ham yomon hasratdamiz, raxm aylangiz.
Bas, duodin bizni mahrum etmangiz.

Bas, duo qilmoqg‘a tanglik qilma san,
Benavoman, ojizi darmondaman.

Xar kishi qilsa duo, bas shod erur,
Qilmasa, g‘amgin bo‘lub yuz qaytarur.

Ya’ni, qaytib manziliga, ey kirom.
Benavo, g‘amgin bo‘lub turg‘ay mudom.

Man kezib gulzori shar’i Mustafo,
Bir gul uzdum xush, ajoyib, bosafo.

Nazm etib Afzal hadisi ul Rasul,
Fahm etib qilgil quo, bo‘lg‘ay qabul.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 29 May 2009, 00:49:01
Savoli ajoyib ul - g‘aroyib

Men ajoyib ham g‘aroyibda savol,
Ayladim, bergil javobin basavol.

Ul nedurkim, yesa bo‘lmas hech ham,
Man javob aytay sanga, ey muqtaram.

Bas, erur ul gam, eshit, shohi jahon,
Necha yesang, ham emas ushbu zamon.

Bas, ikkinchi — bersa bo‘lmas ham mudom,
Man dedim insof, eshit, ey xushkalom.

Bas, uchinchi — ul nedur sohibnaram,
To‘ksa, bo‘lmas zoye’ ul dam, muhtaram.

Ul erur ko‘z yoshi bilsang, ey o‘g‘ul,
Afzaliy nazmida aydi, qil qabul.

To‘rtisi — nedurki, sindursang oni,
Qiymati bo‘lg‘ay ziyoda, ey sani.

Man dedim sanga ko‘nguldur ittixob,
Afzaliy nazm ailadi, ey shayxu shob.

Necha sindursang ko‘ngulni, muxtasar,
Qiymati bo‘lgay ziyoda, mu’tabar.

Ko‘rdi mavlono Mu’iyn tafsirina,
Afzaliy nazm aylabon aydi yana.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: AbdulAziz 29 May 2009, 00:49:50
Teshukg‘a bavl qilmoqni bayoni

Bavlu g‘oit har teshukg‘a «ilma san,
Man dedim sanga, eshit vajhi hasan.

Naql erurkim, bir kishk qildi bu ish,
Ul zamon behush bo‘lubtur beravish.

Aqrabolar, barcha ko‘rdilar oni,
Yo‘q majoli so‘zlamakka, ey sani.

Keldilar Hazrat Sulaymonga alar,
Aydilarkim, ey Rasuli mu’tabar.

Aqrabomizdii biri suroxa ban,
Qildi ersa, bo‘ldi behush, ushbu havl.

Tahqiq etdi ul Sulaymon, ey nisar,
Barcha jinlar kelturub, aydi alar.

So‘rdilarkim, siz nechun shundog‘ ravish,
Qildingiz bu odama, behush emish.
 
Aytilarkim, ey Rasuli zul-jalol,
Biz ibodat qilmish erdik bemalol.

Nogahon soldi najosat bizlara,
Chopqilab chiqtuk. yuzi bo‘ldi qora.

Bu gunoh bizdin emasdur, ey Rasul,
Bas, ibodat aylar erduq bizga ul.

Bavlu g‘oit qildi ersa, Haq oni,
Mubtalo qildi balog‘a, yo‘q mani.

Bas, adabdin ermas, ey sohibnamol,
Bu ravish aylab, balog‘a bo‘lma lol.

Har teshukka bavlu g‘oit qilmangiz.
Afzaliyni nazmini yod aylangiz!

"Al-Jome' as-sahih"ning 4-jildi (1993 yil) ilovasidan olindi.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 03 Iyun 2009, 13:57:52
KEL, KO`NGLIM, SIDQ ILA YOLBOR ALLOHGA

Kel, ko‘nglim, sidq ila yolbor Allohga,
Yaratgandan hech yashirin ish bo‘lmas.
Rizq bir muqaddardir shohu gadoga,
Qalam birdir, bunda yozgan besh bo‘lmas.

Bir nechalar yo‘rtar kecha yotmayin,
Birov yotar o‘ydan jafo tortmayin,
Taqdiri azaldan hargiz ortmayin,
Kezgan ortiq bo‘lib, yotgan bo‘sh bo‘lmas.

Bir bo‘z yigit yolg‘on dunyoga kelsa,
Qiliq, qilich, nonu dasturxon bo‘lsa,
Foniy yurtda obro‘y ham iymon bo‘lsa,
Yetmish, sakson, yuzdan ortiq yosh bo‘lmas.

Kimlardir davlatmand, kimlardir g‘arib,
Kimlar-chi, xayr etib, zakotin berib,
Kimlari umrinda non deya horib,
Kimlardadir yostiq, to‘shak, osh bo‘lmas.

Maxtumquli, bu kuningga shukr ayla,
Allohning qudratin ko‘rib, fikr ayla,
Rizq uchun g‘am yema, Haqni zikr ayla,
Azalda yozilgan sendan tash bo‘lmas.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Robiya 09 Iyun 2009, 15:39:35
Kechir, yo Rab!

Erkin Vohidov

Menga tosh otdi bir johil,
Kechir , yo Rab, kechirdim men.
U quldur, banda g’ofil,
Kechir, yo Rab, kechirdim men.

Jahonda fitnalar border,
Adolat gohi nochordir.
Adolat qil, O’zing odil,
Kechir, yo Rab, kechirdim men.

Yomon bo’ldim, yomon bo’ldim,
Xato o’qqa nishon bo’ldim.
Xato qilgan qotil emas,
Kechir yo Rab, kechirdim men.

Gunohidan o’t ul jonning,
So’ziga kirdi shaytonning.
Ko’ngil aldanmog’a moyil,
Kechir, yo Rab, kechirdim men.

Tutarman ul siniq odam,
Siniq imoniga motam.
Diliga e’tiqod jo qil,
Kechir, yo Rab, kechirdim men.

U ham, men ham qiyomatda,
Turarmiz lol xijolatda.
Bo’lib dargohingga doxil,
Kechir, yo Rab, kechirdim men.

Kechir, yanglishmagan kim bor,
Mening ham ko’p gunohim bor.
Odamzod asli nokomil,
Kechir, yo Rab, kechirdim men.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 07 Iyul 2009, 23:42:03
:as:
 :bsm:
Roziman...

Ҳолимдан кимлардир эринмай кулса,
Хор ўлсам, диллари шодликка тўлса.
Мен ҳатто киприк ҳам қоқиб қўймайман
Розиман Худойим не ёзган бўлса!

Заҳар тутса ҳамки асал деб ичгум,
Жонингни тут деса, ўйланмай кечгум,
Ранжитолмас мени бу дамда ҳеч ким
Розиман Худойим не ёзган бўлса!

Камини билдирмай ортиқ этарман,
Ризолиқ кўйини тортиқ этарман.
Тошларни бошимга ёстиқ этарман
Розиман Худойим не ёзган бўлса!

Ношукрлар каби сочларни юлмай,
Кетарман индамай эртани билмай.
Шодон дамларимга ҳижолат бўлмай
Розиман Худойим не ёзган бўлса!

Ўргандим ҳар нега тилни тийишга,
Ҳаттоки бировнинг ғамин ейишга.
Тилим бормас ёмон кунлар дейишга
Розиман Худойим не ёзган бўлса!

Не фойда билмаган ишга қон ютиб,
Ё девона мисол бепарво ўтиб...
Солиҳ Одам каби натижа кутиб
Розиман Худойим не ёзган бўлса!

Шукрки, қалбимда йўқ эрур гумон,
Тақдирга терс боқмоқ ишдир энг ёмон!
Хайр бор, ёмонлик асло йўқ дебон
Розиман Худойим не ёзган бўлса!

Бошим кўтармасман оятлар тинглаб,
Оғрисам қаршилик қилмасман инграб,
Энг гўзал онларга йиғлаб ва хўнграб
Розиман Худойим не ёзган бўлса!

Росулим ўргатган буюк бир суннат,
Қалбимга ўрнашган фақат хуш ният.
Тинмайман барибир сўраб офият
Розиман Худойим не ёзган бўлса!

Пахтадек Ñ‘ғилгай ёмғиру дўли,
Ўнг томон туюлгай улашган сўли!
Жаннатга киришнинг энг осон йўли
Розиман Худойим не ёзган бўлса!
Manbaa: moy mir "Islomiy she'rlar" soobshestvasidan :)
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Fatima 22 Iyul 2009, 12:41:44
 :bsm:

Borganimda bandam degil, Xudoyim

Bu dunyodan xayrlashib ketgim bor,
Mashaqqatli sinovingdan o`tgim bor,
Umid Sebsan, faqat O`zing madadkor,
Borganimda bandam degil, Xudoyim/

Salom berib borsam sening yoningga,
Ozor berma Alloh mening jonimga,
Kalomingni jo qilarman qonimga,
Borganimda bandam degil, Xudoyim.

Umrim o`tdi, qadrin bilmay yig`layman,
Qolgan umrim kalomingga bog`layman,
Qulingdirman visolingni chog`layman,
Borganimda bandam degil, Xudoyim.

Uyim-joyim debon jonimni berdim,
Chumoliday yer yuzidan rizq terdim,
Sen so`rasang jism-u jonimni berdim,
Borganimda bandam degil, Xudoyim.

Noming poklab nido qilsam da`vatda,
Jannat go`yo jonlanar ko`z o`ngimda,
Gunohlarim mag`firat qil so`ngimda,
Borganimda bandam degil, Xudoyim.

Yemay-ichmay o`g`il-qizga yedirdim,
O`zim kiymnay men ularga kiydirdim,
Vanihoyat iubodatni bildirdim,
Borganimda bandam degil, Xudoyim.

Bu dunyodan endi tezroq ketgum bor,
Huzuringga poklik bilan yetgum bor,
Qalb nidosin senga borib aytgim bor,
Borganimda bandam degil, Xudoyim.

Huzuringga yig`lab kirib borganda,
Bir tarafdan qabr siqib turganda,
So`roqchilar atrofimda yurganda,
Borganimda bandam degil, Xudoyim.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 22 Iyul 2009, 16:15:56
Ahmad Yassaviy hikmatlari

Bismilloh deb bayon aylay hikmat aytib,
Toliblarg’a durru gavhar sochtim mano.
Riyozatni qottig’ tortib, qonlar yutub,
Men daftari soniy so’zin ochtim mano.

So’zni aydim harkim bo’lsa diydor talab,
Jonni jong’a payvand qilib, ragni ulab,
G’arib, yetim, faqirlarni ko’nglin siylab,
Ko’ngli butun xaloyiqdin qochtim mano.

Qayda ko’rsang, ko’ngli sinuq marham bo’lg’il,
Andog’ mazlum yo’lda qolsa, hamdam bo’lg’il.
Ro’zi mahshar dargogiga mahram bo’lg’il,
Movumanlik xaloyiqdin qochtin mano.

G’arib, faqir, yetimlarni R a s u l so’rdi,
O’shal tuni Me’roj chiqib diydor ko’rdi,
Qaytib tushub g’arib, faqir holing so’rdi,
G’ariblarni izin izlab tushtum mano.

Ummat bo’lsang, g’ariblarg’a tobe’ bo’lg’il,
Oyat, hadis har kim aytsa, some’ bo’lg’il,
Rizqu ro’zi harna bersa, qone’ bo’lg’il,
Qone’ bo’lub, shavq sharobin ichtim mano.

Madinaga R a s u l borib, bo’ldi g’arib,
G’ariblig’da mehnat tortib, bo’ldi habib,
Jafo tortib, yaratqang’a bo’ldi qarib,
G’arib bo’lub, uqbolardin oshtim mano.

Oqil ersang, g’ariblarni ko’nglin ovla,
Mustafodek elni kezib, yetim kovla,
Dunyoparast, nojinslardin bo’yun tovla,
Bo’yun tovlab, daryo bo’lub toshtim mano.

Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,
Tufroq qilib, hozir bo’l, deb bo’ynum egdi,
Boron sifat malomatni o’qi tegdi,
Paykon olib, yurak-bag’rim teshtim mano.

Ko’nglum qottig’, tilim achchig’, o’zum zolim,
Qur’on o’qub amal qilmay, yolg’on olim,
G’arib jonim sarf aylayin, yo’qtur molim,
Haqdin qo’rqub, o’tga tushmay, pishtim mano.

Oltmish uchga yoshim yetti, o’ttum g’ofil,
Haq amrini mahkam tutmay, o’zum johil,
Ro’za, namoz qazo qilib, bo’ldum kohil,
Yomon izlab, yaxshilardin kechtim mano.

Vo darig’o, muhabbatni jomin ichmay,
Ahli ayol, xonumondin tugal kechmay,
Jurmu isyon girihlarin munda chechmay,
Shayton g’olib, jon berarda shoshtim mano.

Imonima changal urub, qildi g’amnok,
Piri mug’on hozir bo’l, deb sochti taryok,
Shayton la’in mendin qochib ketti bepok,
Bihamdilloh, nuri imon ochtim mano.

Piri mug’on xizmatida yugrub yurdum,
Xizmat qilib, ko’zim yummay hozir turdum,
Madad qildi, Azozilni qavlab surdum,
Ondin so’ngra qanot qoqib uchtim mano.

G’arib, faqir, yetimlarni qilgin shodmon,
Halqalar qilib aziz joning ayla qurbon,
Taom tobsang, joning birla qilgil mehmon,
Haqdin eshtib bu so’zlarni aydim mano.

G’arib, faqir, yetimlarni har kim so’rar –
Rozi bo’lur ul bandadin parvardigor,
Ey bexabar, sen bir sabab, o’zi asror,
Haq Mustafo pandin eshtib, aydim mano.

Yeti yoshda Arslonbobg’a qildim salom:
“Haq Mustafo amonatin qiling in’om”,
O’shal vaqtda ming bir zikrin qildim tamom,
Nafsim o’lub, lomakong’a oshtim mano.

Hurmo berib, boshim silab, nazar qildi,
Bir fursatda uqbo sari safar qildi,
Alvido, deb bu olamdin guzar qildi,
Maktab borib, qaynab, jo’shub-toshtim mano.

“Inno fatahno”no o’qub, ma’no so’rdum,
Partav soldi, bexud bo’lub, diydor ko’rdum,
Mullom urub, “us[tahrir]” dedi, boqib turdum,
Yoshim sochib, muztar bo’lub turdim mano.

Ayo nodon, ma’no bul, deb aydi, bildim,
Ondin so’ngra cho’llar kezib, haqni suydum,
Ro’zi qildi, Azozilni tutub mindim,
Langar tugub, belin bosib yanchtim mano.

Zikrin tamom qilib, o’ttum devonaga,
Haqdin o’zga hech so’zlamay begonaga,
Sham’in izlab, shogird kirdim parvonaga,
Axgar bo’lub, kuyub-yonib o’chtim mano.

Nomu nishon hech qolmadi, lo-lo bo’ldum,
Alloh yodin oyta-oyta illo bo’ldum,
Xolis bo’lub, muxlis bo’lub, lilloh bo’ldum,
“Fano filloh” maqomig’a oshtim mano.

Sunnat ermish, kofir bo’lsa, berma ozor,
Ko’ngli qottig’, dil ozordin Xudo bezor,
Alloh haqi, ondog’ qulg’a sijjin tayyor,
Donolardin eshitib, bu so’z aydim mano.

Sunnatlarin mahkam tutub, ummat bo’ldim,
Yer ostiga yolg’iz kirib, nurg’a to’ldum,
Haqparastlar maqomig’a mahram bo’ldum,
Botin tig’i birla nafsni yanchtim mano.

Nafsim meni yo’ldun urub, xor ayladi,
Termulturub xaloyiqg’a zor ayladi,
Zikr ayturmay, shayton birla yor ayladi,
Hozirsen, deb nafs boshini sonchtim mano.
Qul Xoja Ahmad, g’aflat bila umrung o’tti,
Vo hasrato, ko’zdin, tizdin quvvat ketti,
Vo vaylato, nadomatni vaqti yeti,
Amal qilmay, karvon bo’lub ko’chtim mano.
Manba:www.uzislam.com
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munavvara 01 Avgust 2009, 19:45:31
Istadim

Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.
 
Kimga kim jonim fido aylab sog'indim dam-badam,
Ermas erdi yorliqda chun vafodor istadim.
 
Bilmadim olam elida yo'qturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yo'qtur sog'inib yor istadim.
 
Ulki, topilmas bashar jinsida vah g'aflat ko'rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim.
 
Sirri ishqimni ko'ngul ko'z birla fosh etmak ne tong,
Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.
 
Shayx birla xonaqahdin chun yorug'luq topmadim,
Dayr piri xizmatig'a ko'yi xammor istadim.
 
Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g'ussadin,
O'zni bekaslik balosig'a giriftor istadim.

Alisher Navoiy
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: akmal? 06 Avgust 2009, 08:27:55
judayam manoli sherlar.sitega joylaganlarga rahmat-mazza qildik u'qib.albatta kiyingilariniyam u'qib fikrimizi atamiz.muallifdi joylagan sherini u'qib-oz busayam u insondi qandayin kayfiyatlik-tabiyatlik-va uni hissiy ajratishini bilib olsa bu'ladi-bu albatta manimcha-yaniy mani fikrim.as-al-va rahmatulloh.
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 11 Avgust 2009, 10:31:13
MAHSHAR YAQIN   00:41
ALBATDA BANDALAR QILAJAK GUNOH
LEK BU GUNOHLARGA BORDIR BIR SO'ROQ
BU SO'ROQ AVVALI O'LIM ONIDA
KEYINI QABRDA SO'NGGISI MAHSHAR

BILINGKI OXIRAT ALBAT KELAJAK
QACHON KELISHINI RABBI BILAJAK
O'LMASDAN O'LDIRIB MAKKOR NAFSNI
SO'ZIGA KIRMAYLIK SHAYTON LAINNI

O'TGINCHI DUNYODAN BIZ HIKMAT IZLAB
ZIKRSIZ UMR NE BUNI FIKRLAB
IBODAT UCHUNHAM TEZ SHOSHILAYLIK
ISTAMAY DO'ZAXNI BIZ SHOSHILMAYLIK

NE FOYDA O'YLAYLI JIRKANCH AMALDAN
QO'RQAYLIK MAHSHARDA BO'LAR SAVOLDAN
GAR UNDA SO'RASA RAB AMOLING NE
BIZ BANDALAR UCHUN SUKUT JAVOBMI

SUKUTHAM BO'LMAYDI UNDA HECH BIR ON
JIM TURSAK QO'L OYOQ SO'ZLAR BEGUMON
QILDIM YAXSHILIK YO KO'B YOMONLIK DER
ALBAT NE QILGANIMIZ ALLOH BILADIR

ALLOH HUZURIDA NE JAVOBIMIZ
BO'LMASA AGARDA HECH JAVOBIMIZ
O'YLAB HECH KO'RDIKMIBIZ BU DUNYONI
YIQQAN SAVOBIMIZ KO'BMI ZIYODMI

YUZ SO'M YO MING SO'MNI BERIB LO'LIGA
BAZILAR AYTADI SAVOB YAXSHIDA
SHUMI SAVOBIMIZ YOKI BIR AMAL
BANDALAR DER YANA IMON MUKAMMAL

TAGIDA MASHINA DANG'ILLAMA UY
EY INSON PUL BILAN QAYGA BORASIZ
MING YIG'ING YIG'ILING AMMO UNUTMANG
BIR KUNI ALBATTA ALBAT O'LASIZ

O'TASIZ HATTOKI SHOXLARHAM O'TGAN
BU DUNYO HECH KIMGA ABADIY EMAS
KAMBAG'AL BO'LAMAN DEB QO'RQSANGGIZLAR
RAB AYTAR SADAQA HECH QASHSHOQ QILMAS

ALBATTA SHAROIT KIMGA QANAQA
KIM O'RTA KIMKI BOY KIMDIR UNAQA
AHVOL QIYIN BO'LSA BILING UZRLI
UZRLILILARGA RAB KECHIRIMLI

LEK QALBDAN SAVOBLAR QILAMAN DEGAN
UMIDSIZ HOLATGA TUSHMANGGIZ HECHHAM
BIR BORA JILMAYISH BILING O'N SAVOB
SALOMDA SAVOB BOR SAVOBDIR ODOB

AGARDA SANASAM MEN SAVOBLARNI
MING VARAQ HATTOKI UNDAN KO'B BO'LAR
HATTO SAVOBLARNI ZICH QILIB YOZSAM
O'SHANDAXAM HATTO MING DAFTAR TO'LAR

SAVOB YO GUNOXNI SANAGANI MAS
SIZLARGA OXIRAT AYTGANI KELDIM
QALBIMGA ALLOXIM SOLGAN NARSANI
OPPOQ QOG'OZLARGA YOZIB MAN BITDIM

DO'STLARIM SIZLARGA BIR GAPNI AYTAY
OXIRAT YAQINDIR QIYOMAT YAQIN
HALIHAM KECH EMAS ERTA BIRODAR
ZAK BOSGAN QALBLARNI QILAYLIK SOKIN

SO'ZLARIM SIZLARGA SHERMI BILMADIM
YOKI BIR NASIHAT BO'LIB QOLGANDIR
NE BO'LDI BILMADIM AYTAY ROSTINI
QALBIMDA BORINI QALAM YOZGANDIR

ALVIDO DEMAYMAN SIZGA BIRODAR
SO'ZIM POYONIGA YETGANICHA YO'Q
ILHOM QALAMINI ALBAT TEBRATAR
BALKI OZ FURSATDA SHERNI BITKAZAR

ILHOM FAYZULLAYEV
Nom: Re: Islomiy she'riyat HAMMAGA TA'LUQLI!!!
Yuborildi: Mahdiyah 27 Avgust 2009, 18:45:26
Qo’y, nasihatingni,aytma bizlarga,
Bizlarga Haq yo’lni bilgan gapirsin!
Qur’onu-hadisni bilgan, o’qigan,
O’zi shunga amal qilgan, gapirsin!

Til bilan har narsa oson gapirmoq,
Har Ñ…il safsatadan bizga lof urmoq,
Sizlargamas bizni bahoni bermoq,
Buni kaltaklar yeb ko’rgan gapirsin!

Yo’limiz bor, bizlar yo’lsizlar emas,
Amal kerak, quruq gap so’zlar emas,
Imonu-Islomdan,bas sizlar emas,
Hayotinda yashab o’tgan, gapirsin!

Nodon mansabparast boshni qotirma!
Bizga kelajakdan quruq lof urma!
Amal qilolmasang,demak, gapirma!
Har shohaga qo’nmay turgan gapirsin.

Chekayapsiz go’yo, Ñ…alqning g’amini?
Haq bilur, odamni, dil alamini,
O’rnini bilmaslar, olsin damini!
Bunga farosati yetgan, gapirsin!

Sizlargamas, bizga dinni o’rgatish,
Kimni-kimligini baholash, aytish?!
Sizga qarab qolgan narsamas, bu ish,
O’qiganmas faqat, uqqan gapirsin!!

Sizlardan maslahat so’ramadik biz,
Haq bilan botilni “o’ramadik” biz,
Bu yo’llaringizga unamadik biz,
Bizga Haqni yo’lin tutgan gapirsin!!!

Bas,safsatangizni bizlarga aytmang!
O’z yo’lingizdan ham hech ortga qaytmang!
Bizga qanday yashashni ham o’rgatmang!
Buni hidoyatda yurgan, gapirsin!!!

P.S. O'zi amal qilmaganni gapi bu quloqdan kirib, u quloqdan chiqib ketadi.
Islom, din masalasida FATVO beruvchilar va bu masalda post qoldiruvchilarga mana shu she'r!
O'qib, uqib amal qilishingizni Allohdan so'riman faqat!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Ansora 27 Avgust 2009, 18:49:37
Uzr, har doimgiday yana so'rayman. She'rni muallifi kim?
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Mahdiyah 28 Avgust 2009, 11:40:51
Xozircha muallifini bilmiman.
Topsam yozib qo'yaman, InshaAlloh
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 28 Avgust 2009, 14:05:09
Assalamu alaykum.
Mahdiyah, Alloh rozi bo'lsin sizdan ham bu she'rni yozgan birodardan ham.
Juda go'zal she'r ekan.
Alloh barchamizga Haq yo'lida yurishni nasib qilsin...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Munira xonim 28 Avgust 2009, 14:20:28
QADRDONLARIM!!!

Turoldilar uyqudan qolib,
Qiyomatni jazo bilganlar.
Yig'lasinlar dod-faryod solib,
Bomdodlarin qazo qilganlar!

Go'yo kesib tomirlarini,
Unutib Haq amrlarini,
Yeb qo'ydilar umrlarini,
Bomdodlarin qazo qilganlar!

Yo'l adashgan oqil so'qirlar,
Endi qanday sabab to'qirlar,
Peshinlarin yig'lab o'qirlar,
Bomdodlarin qazo qilganlar!

Gar his qilsak ko'rmog'in Mavlo,
Yotolmasdik qiliblar yallo,
Tatimagay uyqusi aslo,
Bomdodlarin qazo qilganlar!

Oz rohatlik uyqu qurboni,
Endi Xodiy bo'lmas Qur'oni,
Ahvoli ne uyg'ongan  oni,
Bomdodlarin qazo qilganlar!

Ketkazolmas ko'ngilda dog'in,
Unutolmas namoz firog;in,
Haqir ko'rar ayol quchog'in,
Bomdodlarin qazo qilganlar!

Bu nafratga men ham arziyman,
Qachon nafsim g'amini yeyman,
Shu on o'lib qolmasam deyman,
Bomdodlarin qazo qilganlar!

Xitobim shu ketar onlarim,
Hazillashmang qadrdonlarim,
To'rt mahallik namozxonlarim,
Bomdodlarin qazo qilganlar!!!

PS: Men ham bu she'rni muallifini bilmayman.
Kim yozgani muhim emas menimcha.
Asosiysi, kimdir ibrat olsa bo'ldi....
Bu she'rni hech qaysi forumdan ko'chirmadim. Bir birodarimni daftaridan yozib olgandim.
Sizlarga ham ilindim...
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 04 Sentyabr 2009, 21:13:26
Ёмонлар яхшидан қоча бошлади

Энди билдим замонанинг озганин,
Ёмонлар яхшидан қоча бошлади.
Қайтиб баднасллар аслзодадан,
Писанд этмай, тўрга кеча бошлади.

Риё бўлди кўпнинг қилган намози,
Тангри ҳеч биридан бўлмади рози,
Пайғамбар ўрнида ўтирган қози,
Пора учун қўлин оча бошлади.

Шоҳларда қолмади ҳукми адолат,
Бир пул учун муфтий берар ривоят,
Бил, бу ишлар – нишонаи қиёмат,
Золимлар тавбасиз ўта бошлади.

Додхоҳлар турубон, юзин сарғайтиб,
Ким тўрасин топиб, рангин қизартиб,
Золимлар мазлумга, сиртин қабартиб,
Қамчисиндан қонлар соча бошлади.

Мужтаҳид сўзига амал бўлмади,
Мунофиқлар Яратганни билмади,
Сўфилар пиридан таълим олмади,
Дунё учун диндан кеча бошлади.

Бир гуруҳ сўфилар "сўфиман" дейди,
Сўрамай, золимлар таомин ейди,
"Бизни яхши киши десинлар" дейди,
Ҳар эшикда халқа қура бошлади.

Қарига айланди биз кўрган ёшлар,
Оёққа айланди биз кўрган бошлар,
Бемаҳал юк боғлаб энди қардошлар,
Охират азмига кўча бошлади.

Оқил киши ғамда юрагин эзиб,
Дардининг дармонин сўроқлаб кезиб,
Замонанинг фасод бўлганин сезиб,
Фонийдан боқийга кўча бошлади.

Не асл бекларнинг навбати ўтди,
Сохтакорга, қароқчига сўз етди,
Дунёда ким қолиб, муродга етди? –
Муҳаббат чироғи ўча бошлади.

Қози бўлган бир жавобда турмади,
Тунлар меҳнат тортиб, китоб кўрмади,
Шариат йўлинда Ñ‚Ñžғри юрмади,
Нафс учун иймонсиз ўта бошлади.

Махтумқули айтар: борҳо йўл тани,
Беш кун синамоққа юборди сани,
Сендан бурун ўтган инсонлар қани? -
Ҳар ким навбатинда ўта бошлади.

Махтумқули,
Туркманчадан Мирзо КЕНЖАБЕК таржимаcи
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 13 Sentyabr 2009, 07:32:01
ИБОДАТ

Дунёдан розиман дема ћеч ќачон,
Десанг ћам, суйлагил саћрога, тоќќа,
Чунки сени тинглаб, кимдир уша он,
Нега розисан, деб тутгай сўроќќа.

Дунёдан норизо бўлсанг ћам агар.
Сўз дема, бардош ќил азоб, фирокда.
Чунки сени тинглаб, кимлардир баттар.
Нега, деб албатта, тутгай сўроќќа.

Дуне ишларига боќма ћеч хайрон,
Жимгина назар сол кўћна бу корга,
Олис кечалари ёлгиз ќолган он,
Дилингни оч фаќат парвардигорга.[/color]

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 13 Sentyabr 2009, 07:33:38
ИНСОН

Олдига келганни ќайтармай емоќ
Аслида, aќли йўќ ћайвоннинг иши.
Оѓзига келганни ќайтармай демоќ
Ноќису бефаћм, нодоннинг иши.

Таважжућ айлади тангри таоло
Муќаддас саналдиинсон деган ном.
Инсонни эътироф этмаган асно
Иблис ћам ќувилди Аршдан батамом.

Кўзингнинг ўнгида ўсгандек экин
Раббим ћам огоћдир ћамр зум ћар ишдан.
Рўзаю-парћезда муддат бор, лекин
Ћамиша ћазар ќил ћаром-ћаришдан.

Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Abdulhafiz 15 Sentyabr 2009, 09:53:50
        Ajal bayoni




Ajal albatta birdur, o'zga bo'lmas,
O'lar har zi nafs hargiz Ul o'lmas.


Qayu qulg'a ajalning vaqti yetsa,
Qutulmas har necha kim hiyla etsa.


Keyin qolmas ajal, ey ibni Odam,
Yetushsa soate yo ilgari ham.


Kishining ilgida ham o'lsa har jon,
Ajal birla o'lubdur ushbu inson.


Qayu bois bilan har jon o'lubdur,
Ajaldindur, qazo mundog' bo'lubdur.


So'fi Allohyor
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Sentyabr 2009, 07:00:29
Сўрадим

Ўнгимми, тушимми, фарќлай олмасман,
Ёшларим ичимда, саќлай олмасман.
Ќисматим менга фаќат берди азоб,
Интилганим ћар гал бўлди-ку сароб.
Дунёда ќолмади хатто бир дўстим,
Табрия? Бефойда, нодондек ўсдим.
Кундан-кун сўниб бормоќдадир ќаддим,
Бўлиб зор, интизор кутмоќда ќабрим
Шунда…

Ќўлларим кўтариб самога,
Сўрадим сендан ћамдард.
Йўлларим ёпиѓ-у, лек,
Изларман ћамон мадад
Фалакка термулдим, кутгандай нажот,
Ўйландим…бир савоб ќилмадим, наћот?
Кетсамми, ќолсамми, кутсаммикин ё,
Азроилга жонимни тутсаммикин ё?
Танимда мадор йўќ, курашай десам,
Холим йўќ, хаёт-ла урушай десам.
Ќарайман, излайман, мећрибон ќўлни,
Кўрсатгувчи менга энг тўѓри йўлни
Энди…

Ќўлларим кўтариб самога,
Сўрадим сендан ћамдард.
Йўлларим ёпиѓ-у, лек,
Изларман ћамон мадад
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 17 Sentyabr 2009, 18:51:58
Сўрадим

Ўнгимми, тушимми, фарќлай олмасман,
Ёшларим ичимда, саќлай олмасман.
Ќисматим менга фаќат берди азоб,
Интилганим ћар гал бўлди-ку сароб.
Дунёда ќолмади хатто бир дўстим,
Табрия? Бефойда, нодондек ўсдим.
Кундан-кун сўниб бормоќдадир ќаддим,
Бўлиб зор, интизор кутмоќда ќабрим
Шунда…

Ќўлларим кўтариб самога,
Сўрадим сендан ћамдард.
Йўлларим ёпиѓ-у, лек,
Изларман ћамон мадад
Фалакка термулдим, кутгандай нажот,
Ўйландим…бир савоб ќилмадим, наћот?
Кетсамми, ќолсамми, кутсаммикин ё,
Азроилга жонимни тутсаммикин ё?
Танимда мадор йўќ, курашай десам,
Холим йўќ, хаёт-ла урушай десам.
Ќарайман, излайман, мећрибон ќўлни,
Кўрсатгувчи менга энг тўѓри йўлни
Энди…

Ќўлларим кўтариб самога,
Сўрадим сендан ћамдард.
Йўлларим ёпиѓ-у, лек,
Изларман ћамон мадад


 :ms: juda chiroyli she'r ekan, muallifi kim?
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 17 Sentyabr 2009, 18:53:13
Sarob

Har inson bu dunyoga mehmondir-mehmon,
Sahro kezib o’tguvchi – yo’lovchi karvon,
Iymon qo’lin tutsalar yo’llar farovon,
Ohirati saodatli, baxtlidir har on.

Iymonni unutsalar, cho’llarda sarson,
Jaholatga bo’tmoq ham bo’ladi oson,
Kimligini unutsa, adashsa inson,
Hayoti yaproq kabi bo’ladi hazon.

Vaqtni ortga surmoqqa berilmas imkon,
Ko’zlarda yosh o’rniga oqajakdir qon,
Jaholatdan hattoki qizarar osmon,
Sadqai odam ketgur, hazon kabi yon,

Essiz bosgan yo’llaring, kezganing tuproq,
Tuproq zarrasidan ham gunohing ko’proq,
Sarson bo’lib kezasan-kezasan biroq,
Kezgan saring manziling bo’ladi uzoq.

Sahro kezib topasan-topasan baxting,
Gohida omad kulib, bo’ladi taxting,
Islom yo’lidan ketmoq, bo’lsa gar axting,
Albat senda qolgaydir iymoning – taxting,

Yiqqan barcha davlating, savlating sarob,
Hayotdagi hurmating, taxting ham sarob,
Sarobga aldanganning ahvoli harob,
Jahannamda tayindir otashin azob.

Mayli totgin ey, inson hayot lazzatin,
Lek joyga qo’y o’zganing izzat-hurmatin,
O’qib, uqib Qur’onni, bilgin hislatin,
Rizosi uchun Haqning qilgin xizmatin.

Shunda kezgan sahroying chaman bo’lgaydur,
Shunda bosgan izlaring uzoq qolgaydur,
Avlodlar hurmat ila tilga olgaydur,
Va albatta haqqingga duo qilgaydur!
Nom: Re: Islomiy she'riyat
Yuborildi: Hadija 18 Sentyabr 2009, 15:16:23
Fikr qilgim keldi O’limni!...

Yo’q, turmayman tortmang qo’limni,
Bilasiz-ku, mani yo’limni,
Hayot haqda o’ylang men esa,
Fikr qilgim keldi o’limni…

Dunyo asli, besh kunlik hammom.
Tahoratsizlik yurmaklik harom
Yuraklarim bo’shatib tamom.
Fikr qilgim keldi o’limni...

Sukunatda sezdim hikmatni
Qalbim hohlab qoldi hilvatni
Qabrlarda ko’rdim ibratni
Fikr qilgim keldi o’limni...

Saroylarda rohat ko’rmadim
Toj-u, taxtda shavkat ko’rmadim
Bu dunyoda shavqat ko’rmadim
Fikr qilgim keldi o’limni...

Lazzatlar ham o’tkinchi ekan,
Sendan o’tib ketginchi ekan
So’nggi luqmang yutginchi ekan
Fikr qilgim keldi o’limni...

Qabrlarda yoshlarni ko’rdim
Ustlarida toshlarni ko’rdim
Tuproq bo’lgan boshlarni ko’rdim
Fikr qilgim keldi o’limni...

Birongina bolamdan qochdim
Onam, otam, xolamdan qochdim
Do’stlar butun olamdan qochdim
Fikr qilgim keldi o’limni...

Hamma joyga tegishli odat
Qabristonga kerakmas ruxsat
Faqat qila olsak bas toqat
Fikr qilgim keldi o’limni...

Singlim, ukam, ey akajonim
Sizlar mening eng qadirdonim
Ammo, aziz baribir jonim
Fikr qilgim keldi o’limni...

Qabristonning ichida yolg’iz
Yotgani