forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: zaynulabidiyn 25 Iyun 2006, 16:51:29

Nom: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: zaynulabidiyn 25 Iyun 2006, 16:51:29
Bismillahir rohmanir rohiym

ALLOH
 
Alloh,  Senga yuz ming yulduz Quyosh bo'lib topinar,
Alloh, Senga daryo-dengiz ko'z yosh bo'lib topinar,
Mening sevgim olam aro garchi zarra, qabul et,
Alloh, Senga ne-ne ulus bir bosh bo'lib topinar!

davomi... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=234.msg10149#msg10149)
Nom: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:05:46
Muslimasubh yozadilar:
 As-Salomu Alaykum forum a'zolari, Alloh taoloning muborak ismlarini yodlash insonlarga bu dunyoda U tomonidan beriladigan yaxshilik, u dunyoda esa ajr-savob ekanligi uchun Allohning ismlarini yozishni niyat qildik.Kelinglar, bu ismlarni oz-ozdan yodlab boraylik!!!

ALLOH ISMLARI.
(Al-Asmo al-Husno—Go’zal ismlar)
   
     Qur’onda Alloh ismlari haqida shunday deyiladi: "Allohning go’zal ismlari bordir. Bas, uni o’sha ismlar bilan chorlangiz(yod etingiz),Uning ismlarida haqdan og’ib(noo’rin joylarda ularni qo’llaydigan mushrik) kimsalarni tark qilingiz"("œA’rof" surasi,180-oyat );"Alloh deb chorlangiz yoki Rahmon—Mehribon, deb chorlanhiz. Qanday chorlasangizda(joizdir).Zero, U zotning go’zal ismlari bordir" ("œAl-isro" surasi,110-oyat). Bu ismlar 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida mihim o’rin tutadi. Alloh ismlari ko’p duolarda qo’shib aytiladi. Sufiylar o’z zikrlarida ham bu ismlarni kamolotga erishishning timsoli sifatida ishlatadilar. Allohni va uning ismlarini iloji boricha koproq eslab turish taqvodorlik namunasi hisoblanadi. Odatda tasbih donalari soni Alloh ismlari soni bilan tengdir. Alloh ismalridan duoxonlar tumorlar sifatida foydalanishadi.

      Qur’oni Karimning "œHashr" surasida (22-24 oyatlar) "œAlloh go’zal ismlari" ning qisqa ro’yxati bor: ar Rahmon, ar-Rahim, al-Malik, al-Quddus, as-Salom, al-MO’min, al-Muhaymin,al-Aziz, al-Jabbor, al-Mutakabbir, al-Xoliq, al-Bori’, al-Musavvir. Boshqa hamma ismlar Qur’onning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chiqadi va ular bilan bog’langan fe’llardan hosil bo’lgan. 99 ta ism ro’yhati Abu Hurayra (601-679) rivoyat qilgan hadisda bor. Ana shu hadisga ko’ra, Muhammad sallolohu alayhi va sallam 99 raqamini keltirganlar va har kim Alloh taoloning mazkur ismlarini birma-bir aytib chiqsa, albatta jannatdan joy ato qilinadi deganlar. Boshqa Hadis to’plamalrida ham Alloh ismlari ro’yhati keltiriladi.(Vallohu a’lam).
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:08:39
Alloh ----- Tangri, Ma’budi — bar haq.

1. ar-Rahmon ----- O’ta mehribon.

2. ar-Rahim ----- Juda rahmli.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:10:28
3. al-Malik ----- podshoh.

4. al-Quddus ----- nuqsonlardan holi.

5. as-Salom ----- ofat va balolardan solomat.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:15:52
6. al-Mu’min ----- omonli va omon beruvchi.

7. al-Muhaymin ----- egallab,qoplab oluvchi.

8. al-Aziz ----- izzat va qudrat sohibi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:16:49
9. al-Jabbor ----- bandalarini ishlarini isloh etuvchi.

10. al-Mutakabbir ----- kattalik yarashuvchi zot.

11. al-Xoliq -----yaratuvchi, vujudga keltiruvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:17:42
12. al-Bori’ ----- yaratuvchi.

13. al-Musavvir ----- maxluqot va mavjudotlarga suvrat va shakl beruvchi.

14. al-G’affor ----- bandalarning aybu nuqsonlari va gunohu ma’siyatlarini fosh qilmay yopib turuvchi, kechituvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:19:05
15. al-Qahhor ----- barchani bo’ysindiruvchi, g’olib.

16. al-Vahhob ----- o’z ne’matlarini tekin ato etuvchi.

17. ar-Razzoq ----- barcha tirik mavjudot rizqini yetkazib beruvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:20:09
18. al-Fattoh ---- hukm etuvchi, rahmat hazinalarini ochuvchi.

19. al-Aliym ---- biluvchi, dono, ilm sohibi.

20. al-Qobiz ---- kimlarningdir rizqini qiyuvchi, ruhlarni qabz etuvchi (oluvchi).
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:21:02
21. al-Bosit ---- kimlargadir keng rizq beruvchi, ruh baxsh etuvchi.

22. al-Xofiz ---- kofirlar martabasini tushiruvchi.

23. ar-Rofi' ---- mo'minlar martabasini ko'taruvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:22:09
24. al-Muizz ---- kimlarnidir aziz, qadrli etuvchi.

25. al-Muzill ---- kimlarnidur xoru zalil qiluvchi.

26. as-Sami’ ---- maxfiy va oshkora gap va sharpalarni, xatto dildan o’tganini ham, eshituvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:24:52
27. al-Basir ---- hamma maxfiy va oshkora narsalarni ko’ruvchi.

28. al-Hakam ---- qat’iy hukm etuvchi.

29. al-Adl ---- o’ta adolatli.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:27:20
30. al-Latif ---- bandalariga sezdirmay o’z lutfu ehsonini yetkasizb beruvchi

31. al-Xabir ---- hamma maxfiy va oshkora ishlardan habardor.

32. al-Halim ---- jazolashga shoshmaydigan, hilm bilan yaxshilik qilib turuvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:28:34
33. al-'Aziym ---- Azamatli va ulug' zot.

34. al-G'ofur ---- Ko'p mag'firat qiluvchi.

35. ash-Shakur ---- Oz amalga ko'p savob beruvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:29:19
36. al-'Aliy ---- Martabasi oliylikda benihoya.

37. al-Kabiyr ---- Hammadan ulug'.

38. al-Hafiyz ---- Har bir narsani komil muhofaza qiluvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:31:13
39. al-Muqiyt ---- Barcha moddiy va ruhiy rizqlarni yaratuvchi.

40. al-Hasiyb ---- Hisob qiluvchi, kifoya qiluvchi.

41. al-Jaliyl ---- Sifatlarida ulug'likka ega.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:32:52
42. al-Kariym ---- Saxovatli va karami keng.

43. ar-Raqiyb ---- Doimo kuzatib turuvchi.

44. al-Mujiyb ---- Duolarni ijobat qiluvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:34:57
45. al-Vosi' ---- Barchani keng rahmati bilan qamrab oluvchi.

46. al-Hakiym ---- Hikmat sohibi. Har bir narsani hikmat ila qiluvchi.

47. al-Vadud ---- Yaxshilikni ravo ko'ruvchi, do'st.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:35:59
48. al-Majiyd ---- Sharafi behad, yuksak.

49. al-Bo'is ---- Payg'ambarlar yuboruvchi. O'liklarni qayta tiriltiruvchi.

50. ash-Shahiyd ---- Har doim hoziru nozir. Barchaga shohislik beruvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:36:49
51. al-Haq ---- Doimo sobit, haqni yuzaga chiqaruvchi.

52. al-Vakiyl ---- Barchaning ishi unga topshirilgan zot. Hamma narsaga kafil.

53. al-Qaviy ---- Juda qudratli zot.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:38:05
54. al-Matiyn ---- Matonatli zot.

55. al-Valiy ---- Mo'minlarning do'sti, muhabbat qiluvchi.

56. al-Hamiyd ---- Barcha maqtovlar bilan maqtalgan zot.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:40:29
57. al-Muhsiy ---- Barcha narsaning hisobini oluvchi zot.

58. al-Mubdi' ---- Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot.

59. al-Mu'iyd ---- Qaytadan bor qiluvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:41:16
60. al-Muhyiy ---- Tiriltiruvchi, o'lgandan so'ng qayta jon ato etuvchi.

61. al-Mumiyt ---- O'ldiruvchi, barcha jonzotlarning jonini oluvchi.

62. al-Hayy ---- Hamisha tirik.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:42:19
63. al-Qayyum ---- Hamisha qoim. har bir narsaning ustidan qoim turuvchi.

64. al-Vojid ---- Har bir narsani topuvchi.

65. al-Mojid ---- Ulug'lik va sharaf sohibi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:43:51
66. al-Vohid ---- Yagona, bir.

67. al-Ahad ---- Yolg'iz, yagona.

68. as-Somad ---- Ulug', hamma unga muhtoj. U hech kimga muhtoj emas.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:45:00
69. al-Qodir ---- Cheksiz qudrat sohibi.

70. al-Muqtadir ---- Juda ham qudratli.

71. al-Muqaddim ---- Oldinga suruvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:46:51
72. al-Muahhir ------ o'zidan uzoq etuvchi.

73. al-Avval ------ hamma narsadan avval, boshlanishi chegarasiz.

74. al-Oxir ------ hamma narsadan boqiy, oxiri cheksiz.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:47:34
75. az-Zohir ----- borligi hamma tomonlama ayon bo'lmish zot

76. al-Botin ----- o'zi mavjud, lekin sezgi vositalarimizdan maxfiy zot

77. al-Voliy ----- barcha ishlarni tasarruf etuvchi hokim
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:48:43
78. al-Mutaaliy ------ ulug', oliy martabali

79. al-Barr ------ yaxshilik va ehson sohibi

80. at-Tavvob ------ tavbalarni qabul etguchi
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:50:25
81. al-Muntaqim ---- Zolimlardan intiqom oluvchi.

82. al-'Afuvv ---- Afv qiluvchi.

83. ar-Rauf ---- O'ta shavqatli, mehribon.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:52:00
84. Malikul-mulk ---- Barcha mulk egasi.

85. Zul-jaloli val ikrom ---- Sharaf va kamol egasi. Karam va ikrom sohibi.

86. al-Muqsit ---- Adolatli jazo beruvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:52:52
87. al-Jomi' ---- Jamlovchi. Odamlarni qiyomat kunida yig'uvchi.

88. al-G'aniy ---- Behojat, badavlat.

89. al-Mug'niy ---- Badavlat qiluvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:53:42
90. al-Moni' ---- Istamaganini man qiluvchi.

91. az-Zorr ---- Xohlaganiga zarar beruvchi.

92. an-Nofi' ---- Manfaat beruvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:54:35
93. an-Nur ---- Borliqni munavvar etuvchi. Borligi ayon.

94. al-Hodiy ---- Hidoyat ko'rsatuvchi, hidoyat qiluvchi.

95. al-Badi' ---- O'xshashi yo'q narsalarni keltiruvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:55:53
96. al-Boqiy ---- Doimo bor, boqiy qoluvchi.

97. al-Voris ---- Barcha mavjudotlarning haqiqiy egasi.

98. ar-Rashiyd ---- To'g'ri yo'lga yo'naltiruvchi, irshod qiluvchi.

99. as-Sabur ---- Jazolashga shoshilmaydigan o'ta sabrli zot.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:58:07
Muslimasubh:

Forum ahli, bir kun mani qo'limga bitta duo tushib qoldi, u Ganjul Arsh deb nomlanib, Arshga yozilgan ekan, va unda Alloh subhanahu va taoloning ismlari ila yozilgan, shuni taqdim qilsam sizlarga ham!

Rivoyat qiluvchilar aytdilar, bir kuni Rasulloh salolohu alayhi vasallam masjidda o’ltirar ekanlar. Oldilariga Jabroil a.s. kelib bu duoni Arshni hosiyatini bayon qildilar. Rasulloh salolohu alayhi vasallam so’radilar.YoJabroil a.s., bu duoni kimdan o’rgandilar. Ul zot Mekoil a.s.dan o’rgandilar. Ul zot kimdan o’rgandilar. Ul zot Isrofil a.s.dan o’rgandilar. Ul zot kimdan o’rgandilar. Ul zot Azroil a.s.dan. Azroil a.s. kimdan o’rgandilar. Robbil olAminning taxti Arshda yozilgan ekan, o’shandan o’qidilar. Yana aytdilarki,, bu duoni o’qigan bandaga Aloh taolo kasbi-koriga baraka va g’aybdan rizq ato qiladi va dushmanlari zarracha ziyon yetkaza olmaydi. Qanchalar ko’p bo’lsa ham bu duoni sharofatidan Alloh taolo kechirib yuboradi. Yo birodarim Muhammad salolohu alayhi vasallam har kim bu duoni 1marta o’qisa, yo 1 oyda 1marta o’qisa, yo yilda 1 bor o’qisa yo o’qitib eshitsa go’yoki Qur’onni 1000 marta hatmi qilganni savobini topibdi. 1000 miskinga taom beribdi.Alloh taolo yo’lida jangda shahid bo’lganni 1000 tasini savobini, 10000 yalong’ochga libos kiydirganni, 10000ta qulni ozod qilganni, 10000ta quduq kovlab suv chiqarganni, 10000ta masjid solganini savobini nomai a’moliga yozilgay. Yana 7 qat yer, 7 qat osmon qog’oz bo’lsa jamiki mahluqot kitob bo’lsa ro’zi qiyomatgacha yozsalar ham bu duoga ganjul Arshni savobini yozib tugata olmas.
Yo birodarim Muhammad salolohu alayhi vasallam, har kim bu duoni o’qib dam ursa Alloh taolo fazli karami birla sehrlangan bo’lsa sehri botil bo’ladi. Devu shayton parilarning dahlidan omonda bo’ladi. Biron og’ir bemor kishi yozib bu duoni o’qisa, yo dam ursa Alloh fazli bilan shifo topadi. Farzand ko’rishni istasa, 20 kun zafar bilan yozib ichsa, InshaAlloh farzand ko’radi, bu duoni o’qigan-eshitgan odamni Alloh taolo ro’zi qiyomatda yuzini oydek ravshan qiladi va beg’ubor qiladi va yana 10000ta farishta o’ng tarafda, 10000tasi chap tarafda, 10000tasi orqasida jannat sari boshlab borgaylar, jannat ahli bu qaysi Pyg’ambar yoki Valiy ekan deb so’rar ekanlar. Shunda farishta bu odam payg’ambar ham emas, valiy ham emas. Bu odam ganjul Arshni o’qigan odam deb javob bergay. Omin hammamizga ko’p o’qishni nasib qilsin.

Yo Alloh, ganjul Arsh duosini ko’chirgan va yozgan bandangni sarishta jannat tariqai rahmatda qilgin, yozishda xato va kamchiliklari bo’lsa O’zing kechirgin, Omin Allohu Akbar!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 02:59:09
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM

GANJUL ARSH

Lo iloha illallohu subhonal malikul quddus
Lo iloha illallohu subhonal azizil jabbor
Lo iloha illallohu subhonal raufur rohiym
Lo iloha illallohu subhonal g’ofurur rohiym
Lo iloha illallohu subhonal karimil hakim
Lo iloha illallohu subhonal qaviyul va’fi
Lo iloha illallohu subhonal latifil xobir
Lo iloha illallohu subhonas samadul ma’bud
Lo iloha illallohu subhonal g’ofirul vadud
Lo iloha illallohu subhonal vakilil kafil
Lo iloha illallohu subhonar raqibil hofiz
Lo iloha illallohu subhonad doimil qoim
Lo iloha illallohu subhonal muhyil mumit
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 03:00:12
Lo iloha illallohu subhonal hayyul qayyum
Lo iloha illallohu subhonal holiqul borii
Lo iloha illallohu subhonal alliyyul a’zim
Lo iloha illallohu subhonal vihidul ahad
Lo iloha illallohu subhonal mo’minil muhayimin
Lo iloha illallohu subhonal hasibish shahid
Lo iloha illallohu subhonal halimil karim
Lo iloha illallohu subhonal avvalil qadim
Lo iloha illallohu subhonal avvalil oxir
Lo iloha illallohu subhonal zohiril botin
Lo iloha illallohu subhonal kabiril mutaol
Lo iloha illallohu subhonal qoziyal hojot
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 03:00:29
Lo iloha illallohu subhonar rohmanir rohiym
Lo iloha illallohu subhonal robbil arshil a’zim
Lo iloha illallohu subhonal robbiyal a’lo
Lo iloha illallohu subhonal burhonis sulton
Lo iloha illallohu subhonal sami’il basir
Lo iloha illallohu subhonal vohidil qaxxor
Lo iloha illallohu subhonal a’limil hakim
Lo iloha illallohu subhonas sattoril g’affor
Lo iloha illallohu subhonal rahmonid dayyon
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 03:00:53
Lo iloha illallohu subhonal kabiril akbar
Lo iloha illallohu subhonal alimil allom
Lo iloha illallohu subhonash shafiil kofil
Lo iloha illallohu subhonal a’zimil boqi
Lo iloha illallohu subhonas samadil Ahad
Lo iloha illallohu subhonal rabbil arzi vassamavat
Lo iloha illallohu subhonal xoliqil maxluqot
Lo iloha illallohu subhonal man xolaqol layla vannahar
Lo iloha illallohu subhonal xoliqir razzoq
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 03:04:56
Lo iloha illallohu subhonal fattohil a’lim
Lo iloha illallohu subhonal azizil g’aniyn
Lo iloha illallohu subhonal g’ofurush shakur
Lo iloha illallohu subhonal a’zimil a’lim
Lo iloha illallohu subhonazil mulki valialakut
Lo iloha illallohu subhonazil izzati valazamiti
Lo iloha illallohu subhonazil haybati val qudrati
Lo iloha illallohu subhonazil kibriyoi val jabarut
Lo iloha illallohu subhonas sattoril a’zim
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 03:05:26
Lo iloha illallohu subhonal a’limil g’aybi
Lo iloha illallohu subhonal hamidil makid
Lo iloha illallohu subhonal hakimil qadim
Lo iloha illallohu subhonal qodiris sattor
Lo iloha illallohu subhonas sami’il a’lim
Lo iloha illallohu subhonal g’aniyir rahmon
Lo iloha illallohu subhonal qaribil hasanot
Lo iloha illallohu subhonal valiyyil hasanot
Lo iloha illallohu subhonas saburis sattor
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 03:05:57
Lo iloha illallohu subhonal xoliqun nur
Lo iloha illallohu subhonal g’aniyil mu’jid
Lo iloha illallohu subhonal fozlish shakur
Lo iloha illallohu subhonal g’aniyil qadim
Lo iloha illallohu subhonazil jalolil mubin
Lo iloha illallohu subhonal xolisil muxlis
Lo iloha illallohu subhonal sodiqil va’d
Lo iloha illallohu subhonal haqiqil mubin
Lo iloha illallohu subhonazil quvvatil matin
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 03:06:27
Lo iloha illallohu subhonal qavayyil aziz
Lo iloha illallohu subhonal allomul g’uyub
Lo iloha illallohu subhonal hayillaziy loyamut
Lo iloha illallohu subhonas sattoril uyub
Lo iloha illallohu subhonal mustaonil g’ofur
Lo iloha illallohu subhona rabbil olamiyn
Lo iloha illallohu subhonar rahmonis sattor
Lo iloha illallohu subhonar rahimil g’affor
Lo iloha illallohu subhonal azizil vahhob
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 03:06:50
Lo iloha illallohu subhonal qodiril muqtadir
Lo iloha illallohu subhonazil g’ufronil halim
Lo iloha illallohu subhonal bori’il musavvir
Lo iloha illallohu subhonal azizil jabbor
Lo iloha illallohu subhonal jabroil mutakabbir
Lo iloha illallohu subhonahi ammo yasifun
Lo iloha illallohu subhonal quddusus subbh
Lo iloha illallohu subhona rabbul maloikati varruh
Lo iloha illallohu subhonazil a’loi vannamoi
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 03:08:09
Lo iloha illallohu subhonal malikul maqsud
Lo iloha illallohu subhonal hannonil mannon
Lo iloha illallohu Odamu safiyulloh
Lo iloha illallohu Nuhu nabiyulloh
Lo iloha illallohu Ibrohimu xalililloh
Lo iloha illallohu Ismoilu zabihulloh
Lo iloha illallohu Musoyi karimulloh
Lo iloha illallohu Dovudu halifatulloh
Lo iloha illallohu Isoyi ruhulloh
Lo iloha illallohu Muhammadur Rasululloh
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 03:08:35
DURUDU TOJ

Allohumma salli a’lo sayyidino va mavlono Muhammadin sohibit toji val meroji val buroqi val a’lam dofiil baloi val vaboi val qahti val marazi val alami ismuhu maktubum marfuum mashfuum manqushun fillavhi val qalam sayyidil arabi val ajam jismuhu muqaddasun muattarum mutahharum munavvarun fil bayti val haram shamsiz-zuho badril-dujo sadril-ulo nuril-xudo qahfil-varo misbohiz-zulam. Jamshid-shiyam shafiil-umam sohibil judi val karam vallohu osimuhu va jabrilu xodimuhu vaol buroqu markabuhu val me’roju safaruhuva sidratil muntaho maqomuhu va qoba qavsiyni matlibuhu val matlubu maqsuduhu val maqsudu mavjuduhu sayyidil muosaliyna xotamin nabiyyina shafi’il muznabiyni onsil g’aribiyna rahmatal lil olamiyna rohatil oshiqiyna murodil mushtoqiyna shamsil orifina sirojis soliqiyna misbohil muqarra biyna muhibbil fuqaroi val g’uraboi val masoqiyna sayyidis saqlayni nabiyyil haramiyni imomil qiblatayni vasiylatino fiddorayni sohibi qoba-qovsayni mahbubi robbil-mashriqayni varrobil mag’ribayni jaddil hasani val husani movlono va mavlis saqalayni abil Qosimi Muhammad ibni Abdullohi yo ayyuhal mushtoqiyna bi nuri olihi va olihi va ashobihi vasallimu taslimo.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:32:09
ALLOH
 
Alloh,  Senga yuz ming yulduz Quyosh bo'lib topinar,
Alloh, Senga daryo-dengiz ko'z yosh bo'lib topinar,
Mening sevgim olam aro garchi zarra, qabul et,
Alloh, Senga ne-ne ulus bir bosh bo'lib topinar!
 
AR-RAHMON
 
O'zing asra do'st ko'ringan mubtalodan, yo, Rahmon!
O'zing asra yuzi tiniq ich balodan, yo, Rahmon!
Marhamating qudratiga sig'indim men, yo, Rahmon!
O'zing asra har qazoyu har balodan, yo, Rahmon!
 
AL-MALIK
 
Taxti oliy hukmdori, arsh-mohlarim, yo, Malik!
Senga ayon osiyligm, dil ohlarim, yo, Malik!
Banda bandasi bo'lmay bandangdurman, yo, Malik!
O'zing kechir mahkamada gunohlarim, yo, Malik!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:32:46
AL- QUDDUS
 
Sevgi Sening kamolingdir , yo, Quddus!
Nafas Sening shamolingdir, yo, Quddus!
Muhabbatim izhoriga so'z loldir,
Jannat Sening jamolingdir, yo, Quddus!
 
AS-SALOM
 
Haqsizlikdan qonim muzlar, yo, Salom!
Kimdir bunga malham izlar, yo, Salom!
Yer yuzida darmon yo’qdir bu dardga,
Shifo bergin xasta bizlar, yo, Salom!
 
AL-MO’MIN
 
Netayki men vafosi yo’q bu jahonni, yo, Mo’min!
Yuraklardan sug’urib ol bu kamonni, yo, Mo’min!
Bir qulingman, faryodimga quloq sol.
Qalb bog’ida boqiy ayla gul- iymonni, yo, Mo’min!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:33:02
Al-MUHAYMIN
 
Yo, Muhaymin, qalbi poklar sultoni Sen!
Yo, Muhaymin, dorul baqo imkoni Sen!
Yo, Muhaymin, osoyishning arkoni Sen!
Yo, Muhaymin, xayru ehson makoni Sen!
 
AL-AZIZ
 
Yo, Aziz,  Senga tavakkul ayladim,
Yo, Aziz, ravshan yo’lingni tanladim,
Yo, Aziz, ruhni sinovga shayladim,
Yo, Aziz, Sensiz hayotda nayladim!
 
AL-JABBOR
 
Vatanimni obod ko’rish murodimdir, Yo, Jabbor!
Ulus dardi bo’g’zimdagi faryodimdir, Yo, Jabbor!
Men borman-mi, men yo’qman-mi, bilinmas,
Lek millatim baxti kulsa, ruh shodimdir, Yo, Jabbor!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:33:16
AL-MUTAKABBIR
 
Tuproq edim, xoki sorman, yo, Mutakabbir!
Sen oldingda xoru zorman, yo, Mutakabbir!
Nedan o’zni unutayin, bosh ustimda nigohing,
Qarzni olsang xobi yorman, yo, Mutakabbir!
 
AL-XOLIQ
 
Umid Sendan, bir farishta yuboraqol, yo, Xoliq,
Insofsizlar qilmishini daftarga sol, yo, Xoliq,
Tili boshqa, dili boshqa mullati-mushriklarni,
Tilin kesib, qiyomatda qozonga sol, yo, Xoliq!
 
AL-BORI
 
Onam meni kutganida ko’ngil zori Sen eding!
Yorim bola kutganida dilda Bori, Sen eding!
Bolam bola kutganida madadkori bo’l O’zing,
Nevaramning nevarasin Xudo yori, bo’l O’zing!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:33:33
AL-MUSAVVIR
 
Ko’zni chizding qosh ostidan ko’k osmonni ko’rsin deb,
Labni chizding qo’lga olgach, nur Qur’onni o’psin, deb,
Umr berding bu dunyoda farosatga to’lsin, deb,
Zuryod berding o’lganida rohat bilan o’lsin deb!
 
AL-G’AFFOR
 
O’zing tingla dil ohimni, yo, G’affor,
Kechir qilgan gunohimni, yo, G’affor,
Saqla do’zax azobidan, yo, G’affor,
Jannatdan ber dargohimni, yo, G’affor!
 
AL-QAHHOR
 
Bo’ynimda ilon ekan, orzularim, yo, Qahhor,
Qalbimda nolon ekan, orzularim, yo, Qahhor,
Bu dunyo orzularin tark ayladim, yo, Qahhor,
Seningla shodmon ekan, orzularim, yo, Qahhor!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:33:42
AL-VAHHOB
 
Haq yo’lida xastalarga xastaman, yo, Vahhob,
Zulm qo’lida yonganlarga bastaman, yo, Vahhob,
Johil bo’lsak, ilmu ehson bag’ishla, yo, Vahhob,
Jihod izlab faqat Senga sasdaman, yo, Vahhob!
 
AR-RAZZOQ
 
Sen yaratgan dunyo bog’dir, yo, Razzoq,
Saxovating yuksak tog’dir, yo, Razzoq,
Dushmanga xor, do’stlarga zor aylama,
Dasturxonga ne’mat yog’dir, yo, Razzoq!
 
AL-FATTOH
 
Gulni sevdim, tikanidan qon yutdim, yo, Fattoh,
Elni suydim, jimligidan o’h, kuydim, yo, Fattoh,
Haq yo’lida haqlarimdan ajralib, yo, Fattoh,
Senu sevdim, dardlarimni unutdim, yo, Fattoh!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:33:56
AL-OLIM
 
Johil ahli ish boshida zolim bo’ldi, yo, Olim,
Qo’llarida o’g’irlangan molim bo’ldi, yo, Olim,
Adolatning shamchirog’in so’ndirmagil, yo, Olim,
Oxiratning ahkomida olim bo’ldi, yo, Olim!
 
 Al-KOBUD
 
Rizqu ro’zni Sendan oldim, yo, Kobud,
Tortib olsang nochor qoldim, yo, Kobud,
Buyrig’ingdan chiqmay aslo, yo, Kobud,
Qalbga faqat Seni soldim, yo, Kobud!
 
AL-BOSIT
 
Osmon oyoq ostida Sen uchun, yo, Bosit,
Zamin oyoq ostida Biz uchun, yo, Bosit,
Sen istasang osmonni param-parcha etasan,
Bizni esa bu zamin yutar bir kun, yo, Bosit!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:34:06
AL-HOFID
 
Men g’aribning holiga kular kimlar, yo, Hofid,
Ammo kiprik ostida nurlar imlar, yo, Hofid,
Qo’l siltayman dunyoga, sendan madad olaman,
Garchi atrof aylana tikan simlar, yo, Hofid!
 
AR-ROFI
 
Qulingga bir mansab ato qil, yo, Rofi,
Taxtinga irfonni mato qil, yo, Rofi,
Ehsonning yo’lida gado qil, yo, Rofi,
Iymondan toyganda ado qil, yo, Rofi!
 
AL-MU’IZ
 
Yo, Mu’iz! Bu ne’mat, bu sharaf daryosi O’zing,
Yo, Mu’iz! Ko’ngil gulshanining rizosi O’zing,
Yo, Mu’iz! Borliq uxlaganda ro’yosi O’zing,
Yo, Mu’iz! Olam uyg’onganda ziyosi O’zing!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:34:16
AL-MUZIL
 
Yo, Muzil! Iymonni otganlar ko’payib ketdi.
Yo, Muzil! Zillatga botganlar ko’payib ketdi.
Yo, Muzil! Ishlamay yotganlar ko’payib ketdi.
Yo, Muzil! Ismingni sotganlar ko’payib ketdi.
 
AS-SAMIY
 
Yo, Samiy! Saslar dolg’asida yaraqlagan dur,
Yo, Samiy! Sukunat sathida kezguvchi huzur,
Yo, Samiy! Fikr osmonini qurshab olganlar,
Yo, Samiy! Qalbim urishini o’zing tinglab ko’r!
 
AL-BASHIR
 
Yo, Basir! Savobu gunohim o’zingga ayon,
Yo, Basir! Yashirib yozsam-da sen uchun bayon,
Yo, Basir! Dunyolar mulkida g’olibsan-shoyon,
Yo, Basir! Sendan qocha-qocha ketarman qayon!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:34:24
AL-HAKAM
 
Yo, Hakam! Haqiqat izladim dorul fanoda,
Yo, Hakam! Ko’zlarim bog’lanib guli ra’noda,
Yo, Hakam! Bilmadim adolat asli ma’noda,
Yo, Hakam! Sening amringdaman, boqiy samoda!
 
AL-ODIL
 
Yo, Odil! Qayga borsam ko’rdim yuraklar yaro,
Yo, Odil! Yona-yona qirmizi qonim qaro,
Yo, Odil! O’zing shavqat farmonini o’qigil,
Yo, Odil! Bosh tutaylik odilsizliklar aro!
 
AL-LATIF
 
Umri daroz, rizqu farog’ ber, yo, Latif,
Zulmat aro yo’lda charog’ ber, yo, Latif,
Nasibamni mayda-mayda tergali,
O’zing qadoq qo’lga yaroq ber, yo, Latif!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:34:32
AL-XABAR
 
Gunoh qildik kunduzlari, qaro parda- devor qilding, yo, Xabar,
Gunoh qildik biz tunlari, Xurshid ila oshkor qilding, yo, Xabar,
Qahring Sening rahming ekan, rahming ogoh etguvchi sas,
Bilmaganni oxiratda tilim-tilim, abgor  qilding, yo, Xabar!
 
 AL-HALIM
 
Yo, Halim, ko’nglima shavqatni sol,
Yo, Halim, yo’lima hurqatni sol,
Guhoh etsam marhamating ayama,
Yo, Halim, umrima shavkatni sol!
 
AL-AZIM
 
Ummon zarra, Sen azimsan, yo, Azim,
Osmon zarra, Sen azimsan, yo, Azim,
Men milt etgan uchqundirman, yo, Azim,
Jahon zarra, Sen azimsan, yo, Azim!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:34:41
AL-G’AFUR
 
Bu dunyoning har kuni nur-yoz emas, yo, G’afur,
Adolatsiz shotilari xo’p soz emas, yo, G’afur,
Sinovingda bilib-bilmay yiqildim,
Maxfirat qil, gunohlarim ko’p,  oz emas, yo, G’afur!
 
ASH-SHOKIR
 
Shukr Senga, bandaga qul bo’lmadim, yo, Shokir,
Shukr Senga, nihol ekan so’lmadim, yo, Shokir,
Ne’matingni har lahzada his etdim, yo, Shokir,
Shukr Senga, o’lib turib, o’lmadim, yo, Shokir!
 
AL-OLI
 
Arking arkida yo’qdirki adad, yo, Oli,
Qo’lni ochsak o’zing madad, yo, Oli,
Qiyos izlab qiyosingni topmadim,
Oliy Sensan, oliy abad, yo, Oli!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:34:50
AL-KABIR
 
Yo, Kabir, azmingda ilmu murvat bo’lolsaydim,
Yo, Kabir, nazmingda she’ru-shuhrat bo’lolsaydim,
Yo’q, ojizman, munavvarlik Senga xos,
Yo, Kabir, nasdingda quli ibrat bo’lolsaydim!
 
AL-HAFIZ
 
 
Otam-onam qabrin nurla obod qil, yo, Hafiz,
Ruhlarini jannatingda dilshod qil, yo, Hafiz,
Osiy dunyo o’tganlarni unutar, yo, Hafiz,
Boqiy elda ular nomin Sen yod qil, yo, Hafiz!
 
AL- MUKIT
 
Oriyatni baland tuttim, xorlandim, yo, Mukit,
Xosiyatni baland tuttim, zorlandim, yo, Mukit,
Hiyla-nayrang tuzog’ini sevmadim, yo, Mukit,
Oqibatda jannatingga chorlandim, yo, Mukit!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:35:00
AL- HOSIB
 
Suv balosi, olov balosidan qo’rqdim, yo, Hosib,
Chuv balosi, aldov balosidan qo’rqdim, yo, Hosib,
Habiyalloh-ul-Hosib, o’zing asra,
Quv balosi, hiyla balosidan yo, Hosib!
 
AL-JALIL
 
Maskanimga shamol keldi, yo, Jalil,
Mashrabimga kamol keldi, yo, Jalil,
Sening noming zikr etsam, qay mahal,
Mansabimga jamol keldi, yo, Jalil!
 
 AL-KARIM
 
Tunlar tongga ulanar, "œ Yo, Karim!" desang,
Mazlum shuur hurlanar, "œ Yo, Karim!" desang,
Yo’ling yetib Dorulbaqoga,
Ruhing qayta nurlanar, "œ Yo, Karim!" desang!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:35:11
AR- ROQIB
 
Olam aro be raqibsan, yo, Roqib,
Biz ta’zimda, be ta’qibsan, yo, Roqib,
Gunohimiz haddan oshib ketgan kun,
Azob uchun o’t yoqibsan, yo, Roqib!
 
AL-MO’JIP
 
Sabr bizdan, qadr Sendan, yo, Mo’jip,
Sadr bizdan, adr Sendan, yo, Mo’jip,
Xiyonatga quling muhtoj qolganda,
Qabr bizdan, jabr Sendan, yo, Mo’jip!
 
AL-VOSI
 
Men ishonsam, ishonganim sotdi, yo, Vosi,
Dostim poylab yuragimdan otdi, yo, Vosi,
Faqat Senga inondim so’ng, yo, Vosi,
Qalbim  hayot ta’min totdi, yo, Vosi!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:35:19
AL-HAKIM
 
Hikmat izlab umr kechdi, yo, Hakim,
Xotiradan izlar o’chdi , yo, Hakim,
Va bilmadim, himkat Senda, yo, Hakim,
Ko’zbog’imni ajal yechdi, yo, Hakim!
 
AL-VADUD
 
Qalam qolib, qilich tushdi qo’lima, yo, Vadud,
Dushnam emas, do’stlar chiqdi yo’lima, yo, Vadud,
Iymon suvi kelgach ko’ngil cho’lima, yo, Vadud,
Hayot nadir, boshni urdim o’lima, yo, Vadud!
 
AL-MAJID
 
Yo, Majid, Sen azamatlar azamati,
Yo, Majid, Sen karomatlar karomati,
Magar Sening ulug’liging ko’rolmasam,
Yo, Majid, Men malomatlar malomati.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:35:29
AL-BOIS
 
Ne-ne zo'rlar, zo'ravonlarni ko'rdim, yo, Bois,
Ne-ne cho'llar, yo'l-ravonlarni ko'rdim, yo, Bois,
Kuchsizu zarradirlar puli sirotning oldida,
Sendan qo'rqqan qalb-shodonlarni ko'rdim, yo, Bois!
 
ASH- SHOHID
 
Bo'htondan chiqmadi boshim, yo, Shohid,
Anduhdan so'nmoqda Quyoshim, yo, Shohid,
Farzandlar dog'ida yondirma, faqat,
Arshinga yetganda yoshim, yo Shohid!
 
YO, HAQ
 
Haq yolida nohaq bo'lganlar qancha, yo, Haq,
Haq yo'lida barhaq bo'lganlar qancha, yo, Haq,
O'zlarini Quyosh deb oqibatda bir kuni, yo, Haq,
Qonga botib shafaq bo'lganlar qancha, yo, Haq!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:35:37
AL-VAKIL
 
Og'och bo'ldim, dor bo'lmadim, yo, Vakil,
Sudraldim goh, mor bo'lmadim, yo, Vakil,
Tavakkalni Senga qildim, yo, Vakil,
G'arib edim, xor bo'lmadim, yo Vakil!
 
AL-QOVIY
 
Ko'kka boqdim tilsim ko'rdim, yo, Qoviy,
O'zni omiy qil sim ko'rdim, yo Qoviy,
Ta'limoting chashma yamglig' simirgach,
Sir kalitin gulsum ko'rdim, yo, Qoviy!
 
AL-METIN
 
Sen metinsan, men turg'unman, yo, Metin,
Sen inoyat, men tuyg'unman, yo, Metin,
Tuynigingdan kirib bordim qasringga,
Sen lutfsan, men uyg'unman, yo, Metin!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:35:46
AL-VALIY
 
Odamlar orasidan do'st izlabman befoyda, yo, Valiy,
Umidlarim suv bo'lib oqib ketdilar soyda, yo Valiy,
Haqiqiy do'st Sen kirding huvillagan qalbimda, yo, Valiy,
Orzularim chinma-chin yuksaldilar bir joyda, yo Valiy!
 
AL-HAMID
 
Al-hamidullohu Rabbil a'lamin, yo, Hamid,
Sen pokiza, Sen hafizau  a'lamin, yo, Hamid,
Senga sano aytmoq qarzu muborak, yo, Hamid,
Hamd yozmasa sinsin qo'lda qalamim, yo, Hamid!
 
AL-MUHSIY
 
Tongda turdim, bosh ustida Sen eding, yo, Muhsiy,
Xayol surdim, bosh ustida Sen eding, yo, Muhsiy,
Xox tun edi, xih kun edi- dunyo kezdim-
Qayda yurdim, bosh ustida Sen eding, yo, Muhsiy!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:35:54
AL-MUBDIY
 
Bilmam loymidim, paxsazanning oyog'ida, yo, Mubdiy,
Bilmam oymidim, cho'ponlarning tayog'ida, yo, Mubdiy,
Odam bo'ldim Sening karomatingdan, yo, Mubdiy,
Bilmam  ne xat bor peshonamning naryog'ida, yo, Mubdiy!
 
AL-MO'BID
 
Asl so'roq huzuringda turishdir, yo, Mo'bid,
Asl yurish ko'prigingda yurishdir, yo, Mo'bid,
Jannatingdan benasib qolganlarga, yo, Mo'bid,
Asl azob do'zaxingda kuyishdir, yo, Mo'bid!
 
AL-MUHYI
 
Ayro tushdim sokin qishloq- onamdan, yo, Muhyi,
Ayro tushdin jo'shqin shahar-otamdan, yo, Muhyi,
Azoblarim zardob bo'lib oqdilar, yo, Muhyi,
Ayro tushdim foniy dunyo-olamdan, yo, Muhyi!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:36:03
AL-MO'MIYT
 
O'lim nadir, o'lim Sening qarzingdir, yo, Mo'miyt,
Hayot nadir, hayot Sening darsingdir, yo, Mo'miyt,
Farishtalar xizmatida muntazir, yo Mo'miyt,
Odam nadir, odam Sening farzingdir, yo, Mo'miyt!
 
AL-HAYY
 
Bilmadim bu dunyoda netkinchimiz, yo, Hayy,
Dunyo o'rmon, balki biz o'tinchimiz, yo, Hayy,
Abadiyat mulkining sohibisan, yo, Hayy,
Sen yashaysan, biz esa o'tkinchimiz, yo, Hayy!
 
AL-QAYYUM
 
Sadaf tishni terganingday dunyo tizding, yo, Qayyum,
Savob gunoh orasida bizni tuzding, yo, Qayyum,
Istaganda bor ayalding, yor aylading, yo, Qayyum,
Istaganda barchasini qayta buzding, yo, Qayyum!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:36:11
AL-VOJID
 
Qocha-qocha qayga qochib boraman, yo, Vojid,
Odil yo'lda urug' sochib boraman, yo, Vojid,
Yuragimga cho'g' olovni soldimg Sen, yo, Vojid,
Yona-yona eshik ochib boraman, yo, Vojid!
 
AL-MOJID
 
Boyliklardan uzoqda boy edim, yo, Mojid,
Yo'limga raqib chiqsa yoy edim, yo, Mojid,
Davlatim bo'lmasada sharafimni saqlading,
Daryo loyqa, men-tiniq soy edim, yo, Mojid!
 
AL-VOHID
 
Biz na olovu na tutun, yo, Vohid,
Sen vohidsan-bir butun, yo, Vohid,
Birlashtirgin qullaringni yo, Vohid,
Biz tarqoqmiz, zor-yupun, yo, Vohid!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:36:20
AS-SAMAD
 
Sen muhtoj emassan. men muhtojman, yo, Samad,
Men gultoj emasman, sen gultojsan, yo, Samad,
Sen menga gultoju men Senga muhtoju
Bu dardim gar shoh esa, man xirojman, yo, Samad!
 
AL-QODIR
 
Yuragimda hasratim bor, sodiri Sen, yo Qodir,
Shuurimda nusratim bor, nodiri Sen, yo, Qodir,
Millatimga o'g'il bo'lib, xizmat aylamoq uchun,
Bu dunyoda fursatim bor, qodiri Sen, yo, Qodir!
 
AL-MUQTADIR
 
 
Taxtu Sulaymonni netay, taxting oldida, yo, Muqtadir,
Bosh olib qayga ketay, shahding oldida, yo, Muqtadir,
Yeru ko'kda qudrat Sensan, O'zing qo'lla, yo, Muqtadir,
Men murodimga yetay, ahding oldida, yo, Muqtadir!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:36:29
AL-MUQADDIM
 
Yo, Muqaddim, mansab berding ho'l bo'ldi dudoqlarim,
Yo, Muqaddim, sasing tinglab, lov yondi quloqlarim,
Yo, Muqaddim, siroti mustaqiymda Seni yodlab,
Yo, Muqaddim, og'madim- tutib turdi oyoqlarim!
 
AL-MO'OHHIR
 
Nur Ka'bai mukarramim osmondir, yo, Mo'ohhir,
Madinai Munavvarim dostondir, yo, Mo'ohhir,
Tepib turar ko'kragimning ichida, yo, Mo'ohhir,
Samarqandu mo'tabarim sarsondir, yo, Mo'ohhir!
 
AL-AVVAL
 
"Yo, Avval!",  degandi bobomning bobosi,
"Yo, Avval!", otamning  qalb urish sadosi,
"Yo, Avval!",umrimning ibtido, adosi,
"Yo, Avval!", qul bor-ki, bu so'zning gadosi!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:36:37
AL-OXIR
 
Qaydan kelib yana keturmiz qayon, yo, Oxir,
Soati yetganda qilasan ayon, yo, Oxir,
Boqiylik yarashar zotingga tanho,
Avvalu Oxirdan O'zingsan shayon, yo, Oxir!
 
AZ-ZOHIR
 
Yetti mulkim o'z o'rnida, Sen mohirsan, yo, Zohir,
Tafakkurim daryosida, Sen hozirsan, yo, Zohir,
Muhabbat ne, bilmoq istagan banda, yo, Zohir,
Seni sevsin, ko'ngul Zuhra, Sen Tohirsan, yo, Zohir!
 
AL-BOTIN
 
Aql chashma, Sen tubida ko'zisan, yo, Botin,
Dilim bulbul Sen tilida so'zisan, yo, Botin,
Ruhim Sensiz yashay olmas bir lahza, yo, Botin,
Ruhim iymon, Sen ilmida O'zisan, yo, Botin!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:36:59
AL-VOLIY
 
Yo, Voliy, yoshga sihat, keksalarga umr ber,
Yo, Voliy, bohsga aql, yuraklarga sabr ber,
Yo, Voliy, g'ariblarning burda nonin oldilar,
Yo, Voliy, razolatga botganlarga jabr ber!
 
AL-MO'TAOLI
 
Shubha dilni kemiradi, yo, Mo'taoli,
Gumon elni yemiradi, yo, Mo'taoli,
Sendan qaytgan nobakorlar nobakori,
Dinsizlikdan semiradi, yo, Mo'taoli!
 
AL-BARR
 
Yaxshilikni xayru ehsoningdan oldim, yo, Barr,
Muruvvatni mehru osmoningdan oldim, yo, Barr,
Yomonlikni ma'lun shaytondan oldi kum,
Omonlikni ilmu urfoningdan oldim, yo, Barr!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:37:07
AT-TAVVOB
 
Tavba chog'i hilu hildim, yo, Tavvob,
Gunohimni aqqol bildim, yo, Tavvob,
O'zing kechir, ostonangda tiz cho'kdim,
Tavba qildim, tavba qildim, yo, Tavvob!
 
AL-MO'NTAQIYM
 
Darra azoblari ne emish, yo, Mo'ntaqiym,
Arra azoblari ne emish, yo, Mo'ntaqiym,
Boshiga kelganlar angladi, yo, Mo'ntaqiym,
Zarra azoblaring ne emish, yo, Mo'ntaqiym!
 
AL-AVFUV
 
Xo'p gunohga to'ldim man, avf etarmisan, yo, Avfuv,
Ming pushayamon bo'ldim man, avf etarmisan,
Igna yashar yuragimning ostida, zardob yig'ib, yo, Avfuv,
Oh, qiynalib o'ldim man, avf etarmisan, yo, Avfuv!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:37:17
AR-RAUF
 
Yo, Rauf, daryolar qurib bitardi dardim tegirmonida,
Yo, Rauf, qoyalar nurab ketardi dardim selimonida,
Xayriyat, Sen, bardoshdan tomirimga qon quyding,
Yo, Rauf, bilmam dunyo netardi dardimning to'fonida!
 
MOLIKUL-MULK
 
Molikul-Mulk, Sen badavlat, men molsiz,
Molikul-Mulk, Sen basavlat, men holsiz,
Molikul-Mulk, Sen ne'matingdan ulush berding,
Molikul-Mulk, Sen saxiysan, men xasis!
 
ZUL-JALOLI VAL-IKROM
 
Yo, Zul-Jaloli val-Ikrom,
Dardli borki, Sen akrom,
Og'ir kunda Senga sig'indik,
Sihat yashahs qil  in'om!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:37:29
AL-MO'QSIT
 
Sahar uyg'onaman dilimda noming, yo, Mo'qsit,
Sajdaga borganda yo'limda noming, yo, Mo'qsit,
Vaqt ila savashib keladi oqshom, yo, Mo'qsit,
Uyquga ketaman tilimda noming, yo, Mo'qsit!
 
 AL-JOMIY
 
Bor aylading osmonni, yo, Jomiy,
Bor aylading insonni, yo, Jomiy,
Osmon uchun Quyoshni, Inson uchun, yo, Jomiy,
Yor aylading Qur'onni, yo, Jomiy!
 
AL-G'ANIY
 
Yo'qdan borman-Sening ulking, yo, G'aniy,
Nafas olsam, Sening mulking, yo, G'aniy,
Kitobingni ko'zga surib, labga bosdim, yo, G'aniy,
Komil ruhim-Sening xulqing, yo, G'aniy!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:37:38
AL-MO'G'NIY
 
Kim kanbag'al, kim boydir, yo, Mo'g'niy,
Kim yulduzu kim oydir, yo, Mo'g'niy,
Farmon Sendan keladur, yo, Mo'g'niy,
Kim kamonu kim yoydir, yo, Mo'g'niy!
 
AL-MONIY
 
Murodiga yetmasa qazosi o'zidadir, yo, Moniy,
Aybi muqarrar bo'lsa jazosi O'zingdandir, yo, Moniy,
Tavbasiga tayansa, niyati sahih ekan, yo, Moniy,
Murodi hosil bo'lar, sazosi o'zidadir, yo, Moniy!
 
AD-DORR
 
Ham foniyda, ham boqiyda noring bor, yo, Door,
Ham zaminda, ham osmonda yoring bor, yo, Dorr,
Sen istasang g'azabingdan kimsa qochib qutulmas,
Ham beshikda, ham tobutda doring bor, yo, Door!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:37:46
AN-NOFI
 
Yaxshi istab, yomon bo'ldim, yo, Nofi!
Rangi-ro'yi somon bo'ldim, yo, Nofi!
Qo'llarimni ko'kka ochib, yo, Nofi!
Hukming ila omon bo'ldim,  yo, Nofi!
 
AN-NUR
 
Og'ochmidim, yona-yona kul bo'ldim, yo, Nur,
Oltinmidim, so'na-so'na pul bo'lay, yo, Nur,
Munavvar nur quchog'ida yaraldim, yo, Nur,
Inson bo'lay, Senga sodiq qul bo'lay, yo Nur!
 
AL-HODIY
 
Hidoyatsiz ko'cha-kuyda dol edim. yo. Hodi,
Qomat alif aslida bir zol edim, yo Hodi,
Lutfing ila shaytonlardan qutuldim, yo, Hodi,
Bugun inson, kecha asli loy  edim, yo, Hodi!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:37:55
AL-BADIY
 
Bir tomchidan mukammal jon yaratding, yo, Badiy,
Bir donadan nasiba-non yaratding, yo, Badiy,
Qullaringga ishonch seli yog'dirib, yo Badiy,
Har birini xalifa-xon yaratding, yo, Badiy!
 
 AL-BOQIY
 
Yomondan dog', yaxshidan bog' qoldirding, yo, Boqiy,
Guldan tikan, ummondan tog' qoldirding, yo, Boqiy,
Sen buyursang foniy baqo bo'lg'uvsi, yo, Boqiy,
Insondan nur, shaytondan zog' qoldirding, yo, Boqiy!
 
AL-VORIS
 
O'tmishim Sen, kelajagim ham O'zing, yo, Voris,
Hadaf olib yelajagim ham o'zing, yo, Voris,
Kimsa mendan hisob so'rab tolmasin, yo, Voris,
Men hisobni berajagim ham O'zing, yo, Voris!
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:38:04
AR-RASHID
 
Zamin tunga bo'yalganda, Sen kelasan, yo, Rashid,
Ko'zim kunga bo'yalganda, Sen kelasan, yo, Rashid,
Yo'l yo'qotib singanimda chil-chil bo'lib,
Qalbim xunga bo'yalganda, Sen kelasan, yo, Rashid!
 
AS-SABUR
 
Sabr tagi oltin, deydi bobolar, yo, Sabur,
Sabr so'ngdan oldin, deydi bobolar, yo, Sabur,
Sening sabr saltanating ummondir, yo, Sabr,
Sabr haqdin olgin, deydi bobolar, yo, Sabur!
 
AL-AHAD
 
Seni ikki, degan tilllar lol bo'lar, yo, Ahad,
Seni yo'qdir, degan ilm fol bo'lar, yo, Ahad,
Sen Vohidsan, lam yalid valam yulad,
Seni xayol degan kimsa  mol bo'lar, yo, Ahad!

ALLOH
 
Alloh, Seni sevoldim, go'zal tano kerakmas,
Alloh, Senga sig'indim, mansab mano kerakmas,
Alloh, Seni kuyladim, o'zga ma'no kerakmas,
Alloh, Senga intildim, dorulfano kerakmas
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:50:34
"Al-Azkor" kitobidan

69-bob. Allohning go’zal ismlari

A’rof surasining 180-oyatida:
«Allohning chiroyli ismlari bor. U bilan duo qilinglar», deb aytilgan.

269/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taoloning to’qson to’qqizta — bir kam yuzta ismi bor. Kim uni sanasa, jannatga kiradi. Alloh toqdir, toqni yaxshi ko’radi», dedilar.

Bu hadisni shu yergacha Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilishgan. Davomida Imom Termiziy va boshqalar Alloh taoloning ismlarini keltirishgan:
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:51:06
Alloh taoloning ismlari:

1.  Alloh.
Alloh lafzi «alaha» fe’lidan olingan «iloh» masdariga mansub bo’lib ma’bud-ibodat qilingan zot ma’nosini anglatadi. Arablarda «iloh»ning alif va lom harflari kiritilgan va «alilohu» hosil bo’lgan. So’ngra hamzaning harakatini lomi ta’rifga naql qilingan va bir jinsdagi ikki harfni idg’om qilingandan keyin «Alloh» lafzi hosil bo’lgan. Alloh lafzi yakkayu yagona ma’budi haqqa ism bo’lib qolgan. U zotdan boshqaga bu ism ishlatilmagan.

2. Rahmon.
Ulug’ ne’matlarni beruvchi. Bu sifat faqat Allohga xos bo’lib, barchaga kofirga ham, mo’minga ham mehribon va ne’mat beruvchi ma’nosini anglatadi. Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib bo’lmaydi.

3. Rahiym.
«Rahiym» latif ne’matlarni beruvchi. Bu sifat xosroq bo’lib, qiyomat kuni faqat mo’minlarga rahm qiluvchi ma’nosini anglatadi. Va Allohdan o’zgalarga, jumladan Payg’ambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:54:19
4.  Malik.
Barcha narsani egasi. «Malik» haqiqiy egadir. Undan o’zga ega yo’qdir. Shuning uchun bandalar faqat unga qul bo’ladilar.  Hech vaqtda bir qulga ikki xo’jayin bo’lmaydi. Shuning uchun insonlar o’zlariga o’xshagan insonlarga emas, balki yagona yaratganga, haqiqiy Malikka qul bo’lishlari lozim.

5. Quddus.
«Quddus»-barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan munazzah, mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning o’zigagina xosdir.

6.  Salom.
«Salom»-barcha nuqsonlardan salomat. Shuningdek, tinchlik, xotirjamlik va rohat beruvchi degani. Alloh «Salom» sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:54:55
7.  Mo’min.
Mo’min-iymon va omonlikni beruvchi.

8.  Muhaymin.
Hamma narsani qamrab oluvchi. Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh bo’lib turadi. Undan hech narsa maxfiy qolmaydi.

9. Aziz.
Barchaning ustidan g’olib. Undan biror narsa g’olib kelolmaydi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:55:41
10.  Jabbor.
«Jabbor» oliy qadar ulug’, Uning oldida hamma o’zini xor tutadi.

11.  Mutakabbir.
«Mutakabbir»- kibriyosi va ulug’ligi behad. Uning oldida boshqalar qul bo’lib turadi.

12.  Xoliq.
Asli va o’xshashi yo’q narsaning o’lchovini mos qilib yaratuvchi. Alloh maxluqlarni yaratishdan oldin ham Xoliq degan vasfga ega edi. U xaloyiqni xalq qilganidan keyin Xoliq ismini olgani yo’q. Xoliq mutlaq vujudga keltiruvchidir.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:56:17
13.  Bori’.
Yo’qdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi. Bori’ning  vujudga keltirishida tafovut yo’qdir.

14.  Musavvir.
Musavvir mahluqotlarning suvratini shakllantiruvchi, har bir narsaga o’ziga xos suvrat beruvchi.

15.  G‘affor.
Ko’plab mag’firat qilib, bandalarning aybini o’z fazli ila kechib yuboruvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:56:43
16.  Qahhor.
Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni o’z hukmiga yuritib va qudrati ila bo’ysundirib turuvchi.

17.  Vahhob.
Ne’matlarni behisob beruvchi.

18.   Razzoq.
Ko’plab rizq beruvchi. Rizqlarni va ularning vositalarini yaratuvchi. Razzoq maxluqotlariga hech bir og’irliksiz, qiyinchiliksiz, yordam so’ramasdan rizq beruvchidir.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:57:23
19.  Fattoh.
Ko’plab narsalarni ochuvchi. O’z rahmati xazinasini bandalarga ochuvchi

20. Aliym.
Har bir narsani biluvchi. Bo’lgan va bo’ladigan, avvlgi va oxirgi zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi.   

21. Qobiz.
Ruhlarni qabz qiluvchi. Xohlagan kishisining rizqini qabz qiluvchi. Qalblarni qabz qiluvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:57:46
22. Bosit.
Ruhlarni kenglikka qo’yib yuboruvchi. Xohlagan kishisining rizqini keng qilib qo’yuvchi. Qalblarni keng qiluvchi.

23. Xofiz.
Pasaytiruvchi. Misol uchun, kofir va fosiqlarning martabasini ularni xoru zor qilib pasaytiradi.

24.  Rofe’.
Ko’taruvchi. Misol uchun, mo’min va taqvodorlarning martabasini azizu mukarram qilib ko’taradi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:58:21
25.  Mu’izz.
Aziz qiluvchi. Kimni xohlasa, to’g’ri yo’lga solib aziz qiladi.

26.  Muzill.
Xor qiluvchi. Kimni xohlasa, egri yo’lga yurgani uchun xor qiladi.

27. Samiy’.
Har bir narsani eshituvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:58:49
28. Basiyr.
Har bir narsani ko’ruvchi.

29. Hakam.
Hukm qiluvchi.

30. Adl.
Mutlaq adolat qiluvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:59:35
31. Latiyf.
O’ta lutf ko’rsatuvchi. Barcha narsalarning nozik va daqiq joylarigacha biluvchi.

32. Xabiyr.
Hamma narsadan o’ta xabardor.

33. Haliym.
o‘azabi qo’zimaydigan va iqob qilishga shoshilmaydigan.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:00:01
34. Aziym.
Aql tasavvur qila olmaydigan darajada azamatli va ulug’.

35.  G‘afur.
Ko’p mag’firat qiluvchi.

36.  Shakur.
Oz amal uchun ko’p savob beruvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:00:48
37. Aliy.
Martabasi oliylikda benihoya.

38. Kabiyr.
Har bir narsadan katta.

39. Hafiyz.
Har bir narsani komil muhofaza qiluvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:01:15
40. Muqiyt.
Barcha moddiy va ruhiy rizqlarni yaratuvchi

41. Hasiyb.
Kifoya qiluvchi. Qiyomatda bandalarning hisobini qiluvchi.

42.  Jaliyl.
Sifatlarida ulug’likka ega.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:01:52
43.  Kariym.
Birov so’ramasa ham, hech bir evaz olmasdan, narsalarni ko’plab ato qiluvchi. Qarama-qarshiliklardan pok. Karamli ishlar va xislatlar sohibi.

44. Raqiyb.
Hech bir zarrani ham qo’ymay tekshirib turuvchi.

45. Mujiyb.
Duolarni ijobat qiluvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:02:14
46. Vose’.
Keng-Hamma narsani keng ilmi ila ihota qilgan. Barchani keng rahmati ila qamrab olgan.

47. Hakiym.
Har bir narsani hikmat ila qiluvchi.

48. Vadud.
Barchaga yaxshilikni ravo ko’ruvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:02:41
49.  Majiyd.
Shon-sharafi va qadri behad yuksak.

50.  Bo’is.
Xalqlarga payg’ambarlar yuboruvchi. Kishilarga himmat yuboruvchi. O’liklarni qayta tiriltiruvchi.

51.  Shahiyd.
Har bir narsaga hoziru nozir. Barchaga shohidlik beruvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:04:26
52. Haq.
O’zgarmas, sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi.

53.  Vakiyl.
Barchaning ishi unga topshirilgan zot.

54.  Qaviy.
Quvvatli zot.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:04:58
55.  Matiyn.
Matonatli zot.

56.  Valiy.
Muhabbat qiluvchi, nusrat beruvchi va xalqining ishini yurituvchi zot.

57.  Hamiyd.
Barchaga maqtovlar ila maqtalgan zot.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:05:21
58. Muhsiy.
Barcha narsaning hisobini oluvchi zot.

59.  Mubdi’.
Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot.

60.  Mu’iyd.
Yo’q bo’lgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:06:35
61.  Muhyi.
Tiriltiruvchi. U zot o’liklarni tiriltiruvchidir. Bu ismga maxluqlarni qayta tiriltirishdan oldin ham sazovordir. Alloh o’liklarga jon kiritib, tiriltirganidan keyin tiriltiruvchi, deb atalganidek, ularni xalq qilishdan oldin, hayot berishidan oldin ham tiriltiruvchi deyilaveradi. Xuddi xaloyiqni xalq qilishdan oldin Xoliq bo’lganidek. Alloh qiyomat kuni o’liklarni tiriltiradi, shuning uchun, tiriltiruvchi nomi berildi. Bas, tiriltirish sifati Alloh taoloda maxluqlarni tiriltirishdan oldin ham sobit .

62.  Mumiyt.
O’ldiruvchi. Barcha jonzotlarning jonini oluvchi.

63.  Hayy.
Tirik. U hamisha tirikdir, U o’lmaydi. Ya’ni, Allohning hayoti abadiydir, o’lim ila yo’q bo’lmas. Shuningdek, Allohning hayoti azaliy, oldin yo’q bo’lgan emas. Yagona Allohning tirikligi o’zigagina xos alohida hayot bo’lib, bandalar hayotiga o’xshash boshqa masdardan berilgan emas. Bu hayot azaliy va abadiydir. Ibtidosi ham, intihosi ham yo’q. Allohning tirikligi hech bir jihatda bandalarning hayotiga o’xshamaydi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:06:49
64. Qayyum.
O’zi qoyim bo’lgan va boshqalarni qoyim qilgan zot. Allohning «qayyum»lik sifati ma’nosi Alloh taboraka va taoloning har bir narsa ustida turuvchi ekani va har bir turuvchi narsa Uning sababidangina turishini anglatadi. Shu bilan Allohning qoyimligi boshqanikiga o’xshamaydi va doimiydir.

65. Vojid.
Topuvchi. Xohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni to’sa olmaydi.

66. Mojid.
Ulug’lik va sharaf sohibi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:07:29
67.  Vohid.
Yagona, bitta. U zot zotida ham, sifatlarida, ishlarida ham yagonadir.

68. Somad.
Somad sifati ko’p ma’nolarni o’z ichiga oladi:
itoat qilingan, ulug’, Usiz hech bir ish bitmaydi;
hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga
tushadi;
butun maxluqot bitib tugasa ham, o’zi doim boqiydir va
hokazo.

69. Qodir.
Cheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. Har bir ish unga osondir. Alloh taolo azaldan har bir narsaga qodirdir. Agar azaldan qodir bo’lmasa, qachon va qandoq qilib, har bir narsaga qodir bo’la oladi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:08:09
70.  Muqtadir.
Juda ham qudratli.

71.  Muqaddim.
Oldinga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlagan shaxs va narsasidan oldinga suradi.

72.  Muaxxir.
Orqaga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani, xohlagan shaxs va narsasidan orqaga suradi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:08:32
73.  Avval.
U hamma narsadan avval, ya’ni, barcha mavjudotlar yo’qligida Alloh bor edi. Mavjudotlarni «Avval» sifatiga ega bo’lgan Alloh yaratdi. Ya’ni, Allohning vujudga kelishining boshlanishi yo’qdir.

74.  Oxir.
Hamma narsa yo’q bo’lib ketganda ham, Uning o’zi qoladi.

75.  Zohir.
Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir-ustundir.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:09:05
76.  Botin.
U ko’zga ko’rinmaydi. Hammadan pinhon-maxfiy narsalarni bilib turuvchidir.

77. Voliy.
Har bir narsaga voliy-ega.

78.  Muta’oliy.
Nuqsonlardan yuqori turuvchi zot.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:09:27
79.  Barr.
Ulug’ yaxshilik qiluvchi.

80.  Tavvob.
Bandalarni tavbaga yo’llovchi va ularning tavbasini ko’plab qabul qiluvchi zot.

81.  Muntaqim.
Zolim va osiylardan intiqom oluvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:10:00
82.  Afuvv.
Afv qiluvchi.

83.  Ra`uf.
O’ta shafqatli va mehribon.

84.   Molikul mulk.
Mulk egasi. Bu dunyodagi ishlarni o’zi xohlaganicha qiladi. Uning qazosini qaytaradigan va hukmini o’zgartiradigan yo’q.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:10:23
85.  Zul jalol val ikrom.
Sharaf va kamol egasi. Karam va ikrom egasi.

86.  Muqsit.
Adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi.

87.  Jome’.
Jamlovchi. Barcha haqiqatlarni jamlovchi. Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:11:13
88.  G‘aniy.
Behojat. Uning hech kimga va hech narsaga hojati tushmaydi.

89.  Mug’niy.
Behojat qiluvchi. U zot o’z bandalaridan xohlaganini behojat qilib qo’yadi.

90.  Mone’.
Man’ qiluvchi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:11:45
91.  Zorr.
Xohlaganiga zarar qiluvchi.

92.  Nofe’.
Manfaat beruvchi.

93.   Nur.
O’zi o’zi ila zohir bo’lgan va o’zgalarni zohir qilgan.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:12:29
94. Hodiy.
Hidoyat qiluvchi. U zot o’z fazli ila xohlagan kimsani hidoyat qiladi. Ya’ni, Alloh kimni to’g’ri yo’lga hidoyat qilsa, albatta, o’z xohishi va fazli ila hidoyat qiladi.

95. Badiy’.
O’xshashi yo’q narsalarni keltiruvchi.

96. Boqiy.
Boqiy qoluvchi. U doimiy bordir, unga foniylik yetmaydi.
Nom: Re: ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:13:05
97. Voris.
Mavjudotlar yo’q bo’lganda ham boqiy qoluvchi zot.

98. Rashiyd.
To’g’ri yo’lga irshod qiluvchi.

99. Sabur.
O’ta sabrli. Osiylarni azoblashga shoshilmaydi.