ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Jamiyat va inson => Pazandalik => Mavzu boshlandi: Rukhiya 16 Mart 2008, 18:50:53

Nom: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Rukhiya 16 Mart 2008, 18:50:53
                                   (http://bulakbashi10.connect.uz/yulduzcha/images/tepa.gif)


بسم الله الرحمن الرحيم
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 18 Mart 2008, 18:39:31
Yong`oqli pirog

Kerakli masalliqlar:

200 gr. sariyog` yoki margarin, 1 ta tuxum, 200 gr. un.

Qorishma uchun:

 6 ta tuxum, 2/3 st. shakar, 150 gr. yong`oq.

Tayyorlanishi:

Muzlatkichdan olingan margarin qirg`ichdan o`tkaziladi. Tuxum va un solib, xamir qoriladi. 1 soat muzlatgichda tindiriladi. Tingan xamirning 3/2 qismini yoyib, yog`langan patnisga joylashtiramiz. Ustiga qorishmani bir tekisda surib chiqamiz. Qolgan xamirni yupqa yoyib, tasmachalar shaklida kesib chiqamiz. Tasmachalarni qorishma ustidan katakchalar hosil qilib joylashtiramiz. Chiroyli qizarib pishishi uchun ustidan tuxum sarig`ini suramiz.
Oldindan yoqib qizitilgan gaz pechida 30-40 daqiqa davomida pishiriladi. Tayyor va sovutilgan pirogni bo`lakchalarga kesib, yuziga qand upasi sepiladi.
Qorishmani tayyorlash uchun tuxum sarig`ini shakar bilan yaxshilab ko`pirtiriladi va ko`pirtirilgan tuxum oqi, maydalangan yong`oq bilan yaxshilab aralashtiriladi.
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 18 Mart 2008, 18:43:31
Kremli pirog

Kerakli masalliqlar:

1,5 st. un, 4 osh qoshiq shakar, 100 gr. sariyog`, 2 ta tuxum, 0,5 st. smetana, ichimlik sodasi.

Krem uchun:

1 banka (400gr.) quyultirilgan sut, 150 gr. sariyog`, 3 osh qoshiq kakao.


Tayyorlanishi:

Sariyog`, shakar, tuxum, smetana aralashmasi shakar eriguncha yaxshilab aralashtiriladi, un bilan ichimlik sodasi solib, xamir qoriladi.
Xamir beshta bo`lakchaga bo`linadi. So`ngra har biri alohida-alohida pishirib olinadi. Har bir bo`lak yuzasiga krem surib, ustma-ust joylashtiramiz. Eng ustki qismi krem va yong`oq bo`lakchalari bilan bezatiladi.
Krem uchun: quyultirilgan sut qozoncha yoki kastryulkada 3 soat davomida suvda qaynatiladi. Sovigandan keyin uy haroratida yumshatilgan sariyog`ga bir qoshiqdan aralashtiriladi, so`ng kakao solib bir xil qorishma hosil bo`lguncha aralashtiriladi.
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 18 Mart 2008, 18:52:48
Qulupnayli pirog

(http://img181.imageshack.us/img181/8488/img04681ke3.jpg)

Kerakli masalliqlar:

2 st. un, 1/3 st. shakar, 150 gr. sariyog` yoki margarin, 2 ta tuxum sarig`i, 2 osh q. smetana, bir chimdim tuz, 500-700 gr. qulupnay.

Biskvit xamirga:

3 ta tuxum, 1/3 st. shakar, 1/3 st. un.

Tayyorlanishi:

Shakar, tuz aralashtirilgan unga uy haroratida yumshatilgan margarin, tuxum sarig`i, smetana aralashtirib xamir qoriladi.
Xamir 2 soatga issiqroq joyga qo`yiladi. Keyin uni yog`langan gaz patnisiga yoyib, chala pishirib olinadi. Sal sovugach, yuziga tozalangan qulupnay teriladi va ustidan biskvit xamiri quyiladi.
(http://www.good-cook.ru/foto/visitor/tort/083-2.jpg)

Pirogni pishirib olib, sovigandan keyin qand upasi sepiladi.
Biskvit xamirni tayyorlash uchun tuxum sarig`ini shakar bilan aralashtirib, ustiga ko`pirtirilgan tuxum oqini qo`shamiz va un solib aralashtiramiz.
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Sakina 11 Aprel 2008, 20:06:53
"Rulet"


Hamiriga.

3-4 ta tuhum.
200gr shakar
200gr un.
1 qoshiq soda
3-4 qoshiq sut.

Tayyorlanishi:


Tuhum sarig'i va oqi birgalikda yaxshilab ko'pirtiriladi. So'ng shakar solinadi ya'na bir hil massa hosil bo'lguncha ko'pirtiriladi.Sutga soda solib aralashtiriladi va  un bilan  birga solinadi,aralashtiriladi.
(Hamir suyuqroq bo'lishi kk)


(http://i020.radikal.ru/0804/db/59ed71e8a3f6.jpg)




Listga противень qog'ozini qo'yiladi.
Hamir listga qo'yiladi, ham baland bast bo'lib qolmasligi uchun hamir  qoshiq bn tekislab olinadi.
5-uzog'i 10 minur davomida pishiriladi.
Issig'ida murobbo surtib qattiq qilib o'raladi.So'ng sochiq bn tarang qilib o'rab qo'yiladi.
Agar smetanali krem bo'lsa hamirni o'zini o'raladi,sovugandan sung ihtiyotkorlik bn ochib krek surtasiz.Ya'na qaytadan o'rab qo'yasiz. Bir oz holadilnikga qo'yiladi. Muzlatadigan joyiga qo'ymilar ta'g'in muzlab qoladi.  ;)




Krem:

Istagan (ta'bga qarab) murobbo suriladi.
Yoki smetana va shakar ko'pirtiriladi.


(http://i038.radikal.ru/0804/a7/32a6c4f8fc27.jpg)




Yoqimli ishtaha!




Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Hanifa 18 May 2008, 00:03:33
Assalomu alaykum!Sakina opa siz yozhan risept buyicha rulet kilirdim,juda zur chikdi,olloh rozi bulsin sizdan
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Rukhiya 27 May 2008, 19:23:50
Kärleksmums

##################################################
                                                                                                                                       
(http://kryddburken.files.wordpress.com/2007/09/kryddburken0000154.jpg)                                                                                                                                       
##################################################

Masalliqlar:
150 g saryog'
2 ta tuhum
3 dl shakar
11⁄2 dl sut
4 dl un
3 osh qq kakao
1 osh qq soda
1 osh qq vanil socker

Shokolad krem:
100 g sarog'
2 dl smetana yoki qaymoq
4 osh qq shakar
2 choy qq un
2 osh qq kakao
kokos kukuni (bo'lmasa shart emas)

Tayyorlanishi:

 
Kastrullda saryog' eritiladi.  Tuhum va shakar ko'pirtiriladi. Sut va saryog' aralashtiriladi. Un kakao, soda va vanil socker birga aralashtiriladi.  So'ng ihtiyotkorlik bn tuhumni ham qo'shamiz.  Mahsus qog'ozga hamirimizni tahminan 30X40 cm balandlikda qo'yiladi.

Pishirish: 225*, 15-20 min.

Krem:
Saryog' kastrullda eritiladi , so'ng  qaymoq, shakar, un va kakao qo'shiladi.5 daqiqa quyulguncha qaynatiladi. Tayyor pishirib olgan beskvitga surtiladi. Ustidan kakos ushoqlari sepiladi.

Taxminan 30 bo'lak bo'ladi:

Maslahatim: iste'mol qilishdan oldin, biroz krem shimgincha kutish kk. Krem qancha ko'p tursa shunchalik mazzalik bo'ladi.
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Rukhiya 06 Iyun 2008, 18:13:08
двойной пирог с шоколадом

СОСТАВ
150г шоколада, при желании 1~2 горсти изюма и орехов
ПЕСОЧНОЕ ТЕСТО
80~100г сливочного масла, 0,5 стакана сахара, 3 желтка, 1 стакан муки
БИСКВИТНОЕ ТЕСТО
3 белка, 0,5 стакана сахара, ~2/3 стакана муки


Песочное тесто
Масло комнатной температуры растереть с сахаром.
Втереть желтки.


(http://www.good-cook.ru/foto/tort/230-2.jpg)

Добавить муку.
Должно получиться мягкое, липкое, тающее в руках тесто.
Тесто выложить в форму (d=22~24см), припорошить мукой и руками разровнять по дну и бокам.
Шоколад мелко нарезать или натереть на крупной терке.
Выложить слоем на тесто.
При желании в шоколадный слой можно добавить одну-две горсти крупно молотых орехов или изюма.
Бисквитное тесто
Белки взбить миксером, постепенно добавляя сахар. (Белки не должны взбиться до "жестких пиков", а стать льющейся пенистой массой).
Всыпать муку (сначала всыпать 0,5 стакана муки, а потом, если получается жидкая консистенция, добавить еще от 1/6 до 1/4 стакана муки).
Массу аккуратно перемешать ложкой плавными движениями снизу вверх.



Бисквитное тесто равномерно выложить поверх шоколада так, чтобы не было прогалин. Если бортики из песочного теста слишком высокие, загнуть их на пирог.


(http://www.good-cook.ru/foto/tort/230-4.jpg)


Поставить в разогретую до t=180~200°C духовку на 20 минут. Духовку осторожно приоткрыть, форму затянуть фольгой и оставить допекаться на 5~7 минут.


(http://www.good-cook.ru/foto/tort/230-1.jpg)
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Ansora 04 Iyun 2010, 01:43:32
(http://s61.radikal.ru/i174/1006/dd/b42699d6bd6f.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://i014.radikal.ru/1006/96/cee2b7a2046d.jpg) (http://www.radikal.ru)

Olmali tart yoki Elmalı turta

Masalliqlar:

Hamiri uchun:

1 paket margarin 250 gr (xona issiqligida erigan)

4 qoshiq shakar

1 paket 8 gr karbonat- pishevaya soda

Olganichalik un

Turtani ichi uchun:

3 dona olma

4 qoshiq shakar

0.5 qoshiq tarchın (O’zbekchasi nima bilmadim, İnglizchasi- Cinnamomum)

Tayyorlanishi:

Hamir masalliqlarini aralashtirib yumshoqqina hamir qoring. Hamirni ikkiga bo’lib, bir qismini muzlatgichga solib yarim soat kuting.
3 dona olmani qirg’ichdan o’tkazib, shakar va tarchinni aralashtiring. Tashqarida qolgan hamirni dumaloq duxovka idishini yog’lab idishga yoying. Ustiga qirilgan olmani suvini biroz suzib yoying. Muzlatgichdagi hamirni olib, uzun uzun qilib yoyib, olmani ustidan katakchalar shaklida terib chiqing. 180 daraja duxovkada usti qizarguncha (35-40 daqiqa) pishiring. Tart sovugandan keyin shakar pudrasi seping. Yoqimli ishtaha. 
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Salmoni Forsiy 05 Iyun 2010, 11:06:53

0.5 qoshiq tarchın (O’zbekchasi nima bilmadim, İnglizchasi- Cinnamomum)

:as:
Adashmasam,долчин.
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Ansora 05 Iyun 2010, 11:41:21

0.5 qoshiq tarchın (O’zbekchasi nima bilmadim, İnglizchasi- Cinnamomum)

:as:
Adashmasam,долчин.

Ruschasi: http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%BE%D1%80%D0%B8%D1%86%D0%B0

(http://s50.radikal.ru/i128/1006/97/0fd673484171.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Gulmiraxon 04 Iyul 2010, 16:06:40
Assalomu aleykum man shu saytdagi ma'lumotalarni Wordga ko'chirish uchun nima qilishim kerak..?
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: _Risolat_ 08 Iyul 2010, 04:13:41
Kärleksmums


                                                                                                                                       
(http://kryddburken.files.wordpress.com/2007/09/kryddburken0000154.jpg)                                                                                                                                       
##################################################

Masalliqlar:
150 g saryog'
2 ta tuhum
3 dl shakar
11⁄2 dl sut
4 dl un
3 osh qq kakao
1 osh qq soda
1 osh qq vanil socker

Shokolad krem:
100 g sarog'
2 dl smetana yoki qaymoq
4 osh qq shakar
2 choy qq un
2 osh qq kakao
kokos kukuni (bo'lmasa shart emas)

Tayyorlanishi:

 
Kastrullda saryog' eritiladi.  Tuhum va shakar ko'pirtiriladi. Sut va saryog' aralashtiriladi. Un kakao, soda va vanil socker birga aralashtiriladi.  So'ng ihtiyotkorlik bn tuhumni ham qo'shamiz.  Mahsus qog'ozga hamirimizni tahminan 30X40 cm balandlikda qo'yiladi.

Pishirish: 225*, 15-20 min.

Krem:
Saryog' kastrullda eritiladi , so'ng  qaymoq, shakar, un va kakao qo'shiladi.5 daqiqa quyulguncha qaynatiladi. Tayyor pishirib olgan beskvitga surtiladi. Ustidan kakos ushoqlari sepiladi.

Taxminan 30 bo'lak bo'ladi:

Maslahatim: iste'mol qilishdan oldin, biroz krem shimgincha kutish kk. Krem qancha ko'p tursa shunchalik mazzalik bo'ladi.

 :bsm:


Assalomu Aleykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuh! raxmat Allah rozi bo`lsin amiyn.
dl deb yozibsiz shunga tushinmadim uzr toliq yozib yuboring iltimos
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: _Risolat_ 08 Iyul 2010, 04:40:25
 :bsm:
Assalomu Aleykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuh!

"Mazurka pirog`i"

Masalliq:
1 chini mayiz, 1chini yong`oq, 1 piyola un , 5 ta tuxum.

Mazurka pirog`ini tayyorlanishi

5 ta tuxumni oqini bn birgalikda 1 piyola shakar solib ko`pirb olamiz yarim choy qoshiq chayni soda bn uqsus, 1  chini  mayiz, 1 chini yong`oq solib 1 piyola un qo`shib aralashtiramiz.
Yog`langan qolibga solib  ustini 1 osh qoshiq suv bn tekkizlab o`rta olovda 25-30 minut yoki 150-gr da pishirib olamiz.
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Ansora 10 Iyul 2010, 20:37:18
Assalomu aleykum man shu saytdagi ma'lumotalarni Wordga ko'chirish uchun nima qilishim kerak..?


Xohlagan matningizni belgilab kopyalang va wordga tashlang...
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Oyshanur 10 Iyul 2010, 22:03:30
Assalomu alaykum.
Googledan izlagandim, 1dl=100ml. ekan.
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: _IYMONA_ 30 Sentyabr 2010, 16:43:36
pirojniy

[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: _IYMONA_ 30 Sentyabr 2010, 16:51:40
Toshbaqajondan bir tatib ko'ring....

[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: _IYMONA_ 19 Oktyabr 2010, 16:37:09
O'zimch uyda bekorchilikdan yakshnba kunimda Maxroviy nima ekan deb pishirib ko'rdim.

[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: _IYMONA_ 19 Oktyabr 2010, 16:39:54
Aybga buyurmaysizlar anchadan beri narsa pishirmay qo'lim chiqiq ketibdi pishir-kuydirdan. Juda xunuk bo'lsa ham rasm qilib joylayveribman,,,
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Ummu Muslima 19 Oktyabr 2010, 16:47:41
qo'liz chiqqani shu bo'lsa  demak yahshigina  ....

juda chiroylik chiqibdi mazasi ham zo'r bo'lsa kerak,
toshbaqangizni tayyorlanishini  bilsak bo'ladimi ;)
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: _IYMONA_ 19 Oktyabr 2010, 16:58:12
voy ustimdan kulmanglar???? ::) tort pishirmaganimga necha yillar bo'ldiyov... Uyda dieta tutayotganlar bo'lgani uchun marmarin, sariyog'li pishiriqlarni pishirmasdi. Shu nafs qurgur qo'ymadida???? :1
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Ansora 19 Oktyabr 2010, 17:14:31
İymonaxon, qo'llaringiz dard ko'rmasin..
Mavzu sharti bo'yicha bu yerda rasm bilan birga tayyorlanishini ham joylashingiz kerak. Kutamiz ho'p:)
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: yoqutxon 21 Oktyabr 2010, 05:57:50
Assalom aleykum.
Vaflilar
Kerak boladigan masaliqlar:
1) 0,5 l qatiq
2) 4 dona tuhum
3) 0,5 stakan shakar.
4) 2 osh qoshiq yog'
5) un.
6) quyiltirilgan sut.
7) tuz
Idishga qatiq, tuhum, shakar, yog', unni solib quymoqning hamiridan biroz quyuqroq bo'lgan hamir qorib olamiz.So'ngra vafli pishirish uchun mo'ljallangan moslamani qizdirib, unga 1,5 qoshiqdan hamir solib, bir bir pishirib olamiz. Har bitta vaflini pishirgningizdan so'ng uni ustiga 1 qoshiq quyiltirilgan sut surtishni  ham unutmang . Vaflilarni pishirib bo'lganingizdan so'ng ularni o'rab chiqasiz. Ushbu vaflilar judayam tez pishadi va ta'mi ham juda shirin. Marhamat.

(http://i068.radikal.ru/1010/85/689157b60bb2.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: yoqutxon 21 Oktyabr 2010, 06:02:54
Iymonahon qo'liz dard ko'rmasin. Ko'rinishidan rosa chiroyli, ta'mi ham shunga yarasha bo'lsa kerak. Retseptini kutib qolamiz. Biz ham tayyorlab ko'rilik :)
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Hadija 30 Oktyabr 2010, 13:07:46
Птичье молоко

"Птичье молоко" (ўзбек тилида "Қуш сути" ёки "Анқонинг уруғи") Совет Иттифоқи даврида энг машҳур тортлардан ҳисобланиб уни рецепти 1978 йилда Москва шаҳридаги "Прага" ресторани уста-қандолатчиси Ð’. Ðœ. Гуральник тарафидан иҳтиро қилинган. Ўзбекистонда ўша даврларда бу тортни Зарафшон ресторани қандолатчилик цехидан навбатга туриб ҳарид қилса бўлар эди. Торт бисквит ва уни устига қуйилган оппоқ ва майин суфледан иборат. Суфле устига шоколад қуйилиб безатилади.

МАСАЛЛИҚЛАР:

(http://s011.radikal.ru/i317/1010/b0/c9b1d512633e.jpg) (http://www.radikal.ru)

1. Хамир:
80 гр шакар
80 гр сариёғ
2 та тухум
120 гр ун
0.5 чой қошиқ разрыхлитель
ванилин 

2. Суфле:
450 гр шакар
270 мл  сув
1 чой қошиқ агар-агар
200 гр сариёғ
100 гр қуюлтирилган сут (сгущ. молоко)
3 та тухум оқи
пичоқ учида лимон кислотаси

3. Шоколадли глазурь:
100 гр қора шоколад 
100 мл қаймоқ
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Hadija 30 Oktyabr 2010, 13:16:53
ТАЙЁРЛАНИШИ:
___________________________________

1. Бисквит

(http://s008.radikal.ru/i304/1010/f2/07f54ff42cae.jpg) (http://www.radikal.ru)

1. Сариёғ билан шакарни идишги солиб...

2.кўпиртириб оламиз.

(http://s008.radikal.ru/i304/1010/79/44aa73b388bb.jpg) (http://www.radikal.ru)
3. Тухум қўшиб яхшилаб аралаштиришда давом этамиз.

4. Ун, разрыхлитель ва ванильни аралаштириб туриб уни ҳам тухумли аралашмага соламиз.

5. Пишириқ қоғозига қолипни қўйиб туриб айлана чизиб оламиз.

(http://s012.radikal.ru/i321/1010/6b/953e532c1120.jpg) (http://www.radikal.ru)
______________________________________________________________________
2. Суфле

(http://s008.radikal.ru/i305/1010/cc/59c6e404f221.jpg) (http://www.radikal.ru)
1. Сариёғ ва қуюлтирилган сутни идишга солиб...

2. яхшилаб аралаштириб оламиз.

3. Алоҳида идишда қиёмни тайёрлашни бошлаймиз.

Бунинг учун шакар, сув ва агар-агарни яхшилаб аралаштириб олиб овловга қўямиз.

Қиёмни 20 дақиқа ичида паст оловда аралаштириб туриб қайнатилади.

(http://s015.radikal.ru/i332/1010/24/b66ba2c8569e.jpg) (http://www.radikal.ru)

4. Қиём қайнаётган вақтда алоҳида идишда тухум оқига лимон кислотасини қўшиб кўпиртиришни бошлаймиз.

Тухум оқи яхшилаб кўпиргач тайёр қиёмни ингичка қилиб унинг устидан қуймиз. Шунда тухум оқини тўхтамастан аралаштириб туриш керак.

Муҳим: Қиём 10 дақиқача қайнаб чиққач тухумни оқини  кўпиртиришни бошласангиз иккалови ҳам бир вақтнинг ўзида тайёр бўлади.

5. Қиём солиб бўлгач яна 3 дақиқа кўпиртилади.

(http://s009.radikal.ru/i308/1010/8a/9b70b707bf18.jpg) (http://www.radikal.ru)

6. Тайёрлаб қўйилган сариёғ ва қуюлтирилган сут аралашмасини кўпиртирилган тухум оқига солиб қўлда яхшилаб аралаштирамиз.

7. Тайёр бўлган суфлени қолипдаги бисквит устига қуйиб совутгичга бир неча соатга қўямиз.

3. Шоколадли глазур:
Қаймоқни илитиб туриб майдаланган шоколадни солиб эритиб олинади.
Музлаган тортни қолипдан чиқариб, унинг устидан тайёр бўлган шоколадли глазурни  қуямиз.
Қуйилган глазурни пичоқ ёрдамида текислаб оламиз.

Торт тайёр. Ёқимли иштаҳа!

(http://s008.radikal.ru/i305/1010/b0/daf2f5889b32.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: oysha10 05 Noyabr 2010, 10:17:08
 :as: judayam chiroyli chiqibdi
Nom: Javob: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 14:08:16
MUZ QULUPNAY

Kerakli masalliqlar:

Bezesi uchun: 3 dona tuxum oqi,
100 g shakar, 50 g maydalangan
yong`oq, 50 g un kerak bo`ladi.
Shuningdek, 3 dona tuxum sarig`i,
225 g shakar, 1 paket vanilin, 400
ml qaymoq, 250 g qulupnay,
kokos qirindilari.
Tayyorlanishi:
Gaz pechini 120 darajagacha
qizitiladi. Tuxum oqini shakar
bilan ko`pirtirib, keyin yong`oq
bilan unni qo`shib, yog`lab, qog`oz
to`shalgan qolipga ushbu
aralashmani solib, past olovda 2
soat davomida gaz pechida
pishirib olinadi.
Tuxum sarig`i bilan 150 g shakarni
suv bug`ida aralashtirib, olovdan
olib, ko`pirtirib urilgan qaymoq
ham aralashtiriladi. Qulupnayni
esa 75 g shakar bilan pyure holiga
keltiriladi. Bezeni idishga qo`yib,
ustidan qaymoqli krem bilan
qulupnayli pyureni quying. Tortni
4 soatga muzlatkichga qo`ying va
dasturxonga tortishdan avval
qulupnaylar va kokos qirindilari
bilan bezang.
Nom: Javob: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 14:11:05
< OYDIN > pechen'esi.
Kerakli mahsulotlar:
Xamir uchun:
250 gm margarin
4 stakan un
300 gm smetana yoki qatiq.
Yarim choy qoshiq istemol sodasi
2-3 tomchi uksus
Nachinkasi uchun:
1 stakan yong'oq mag'izi
1 st. Shakar
Bezak uchun:
1,5 st. Shakar upasi.
Tayyorlanishi:

un va margarindan urvoq
tayyorlab olib, ustiga qolgan
mahsulotlarni solib xamir
tayyorlanadi.
Xamirni 4 ta zuvalaga bo'lib, 20
daqiqa tindiriladi. Tingan xamir
zuvalachalarni 0,5 sm qilib yoyib,
bir tekisda nachinka solib , rulet
singari o'rab chiqiladi. O'ralgan
xamirni pichoq yordamida 5-6 sm
qilib kesiladi. Listga teriladi. 200
gradus issiqlikda 30-35 daqida
pishirib olinadi. Pishgandan k.n
issiqligida shakar upasiga
belanadi.
Nom: Javob: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 14:12:29
< QORAVOY > pechen'esi.

Kerakli masaliqlar:

3 st un.
200 gm margarin.
1 st smetana.
3 oshqoshiq kakao.
0,5 choyqoshiq istemol sodasi.
2 st shakar upasi.
1 st maydalangan eryong'oq yoki
yong'oq mag'zi.
1 plitka shokolad.
2 tomchi uksus.
Tayyorlanishi:
idishga un solib margarinni
qirg'ichdan o'tkazib urvoq
tayyorlab olamiz.
Keyin kakao, soda, uksus, 1 st
shakar upasi solib xamir qoriladi.
K.n yong'oq yoki eryong'oqni solib
yana xamirga ishlov beramiz.
Xamir 10-15 daqiqa tingach,
yong'oqdan sal kattaroq qilib
zuvalachalarga bo'lib olamiz.
Shokoladni no'xotdan sal kattaroq
bo'laklarga bo'lib, zuvalacha
ichiga solib yumaloq qilib, listga
teriladi va 200 darajada 40 daqiqa
davomida pishirib olamiz va
issiqligida shakar upasiga belab
olamiz. Qoravoy tayyor.:)
Nom: Javob: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 14:14:50
Malinali pirog
Kerak mahsulotlar:
8 osh qoshiq un, 1 st. shakar, 250
gr. margarin, 1 ta tuxum, bir
chimdim tuz va ichimlik
sodasi.
Ustiga: 2 st. malina, 1 st.
smetana, 2 ta tuxum, 2 osh q.
shakar.
Tayyorlanishi:
Yumshoq pechenye xamiri
yog`langan tovaga yoyiladi, ustiga
malina terib chiqiladi. Qorishma
tayyorlash uchun smetana, tuxum
va shakar ko`pirtirilib, ustidan
quyiladi. Qizdirilgan gaz pechida,
o`rta olovda 20-25 minut
davomida pishiriladi.
Nom: Javob: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 14:16:47
Uzumzor pirogi
Zarur masalliqlar:

xamiriga:
200 gr un, 100 gr
margarin, 50 gr shakar, 1 dona
tuxum, yarimta limon qirindisi va
sharbati, tuz.

ichiga solishga: 300 gr uzum, 150
gr shakar, 100 gr maydalangan
yong'oq, 50 gr pechenye uvog'i, 1
osh qoshiq kraxmal, dolchin.

Tayyorlanishi:
1. Margarinni to'rtburchak
shaklda to'g'rang. Un, margarin,
shakar, limon sharbati va
qirindisini aralashtiring. Tuz sepib,
tuxumni ham qo'shing. Xamirni
aylana shaklda yoyib, 40 daqiqaga
muzlatkichga qo'ying.
2. Uzumga shakar sepib, 20
daqiqaga qo'ying. Maydalangan
yong'oq, qolgan shakar, pechenye
uvog'i va dolchinni aralashtiring.
3. Xamirni aylana shaklda yoyib,
yog'langan qolipga soling. 180
darajada qizdirilgan gaz pechiga
qo'ying. 20 daqiqa o'tgach, pirogni
gaz pechidan olib, yong'oqli
aralashmaning yarmini va ustidan
uzumni soling. Keyin qolgan
yong'oqli aralashmani solib, yana
20 daqiqa gaz pechiga qo'ying.
Pishgach, bo'laklarga bo'lib, uzum
mevalari bilan bezatib,
dasturxonga torting.:)
Nom: Javob: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 14:18:00
"Limonzor" shirinligi

Zarur masalliqlar:
500 gr yog'li
tvorog, 80 gr un, 130 gr shakar,
50 gr sariyog', 2 dona tuxum, 1
chimdim tuz, yarimta limonning
sharbati va qirindisi, 1 osh qoshiq
kraxmal.
Tayyorlanishi:

1. Sariyog'ni to'rtburchak shaklda
to'g'rang. Un, 30 gr shakar va
sariyog'ni qo'shib, xamir qoring.
So'ng sellofanga o'rab, yarim soat
muzlatkichda tindiring. Gaz
pechini 200 darajagacha qizdiring.
2. Xamirni yoyib, har birining
diametri 6 sm bo'lgan 4 dona
aylanacha kesib oling. Ularni
sariyog' surtilgan qolipchalarga
soling.
3. Tuxum oqini tuz bilan
ko'pirtiring. Sarig'ini 100 gr
shakar bilan oppoq bo'lguncha
ko'pirtirib, tvorog, limon sharbati
va qirindisi hamda ko'pirtirilgan
tuxum oqini qo'shib aralashtiring.
Tayyor massani xamir ustiga
joylang. Gaz pechida 35-40 daqiqa
pishadi. Tayyor bo'lgach, pechdan
chiqarib sovuting.
Nom: Javob: Piroglar va pishiriqlar.
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 14:19:51
Apelsinli desert

Zarur masalliqllar:

300 gr un, 225 grdan
maydalangan bodom va sariyog',
200 gr shakar, 4 dona apelsin, 2
dona tuxum, 3 choy qoshiq
yumshatgich (razrixlitel).
Tayyorlanishi:

1. 4 ta 300 ml.lik chuqur
qolipchani yog'lang. Apelsinlarni
ustidan qaynoq suv quyib,
quriting. 2 donasini archib,
sharbatini chiqaring. Qolganini
ingichka aylana shaklida kesib,
idishlarni chetiga joylashtiring.
2. Bodom, sariyog' va shakarni
yaxshilab aralashtiring. Tuxumni
ko'pirtirib, uni ham qo'shing. Un,
yumshatgich, apelsin po'chog'i va
100 ml. apelsin sharbatini ham
solib, krem holiga kelguncha
aralashtiring.
3. Idishlarga masalliqlarni solib
200 darajada qizdirilgan gaz
pechiga yarim soatga qo'ying.
Kuymasligi uchun 20 daqiqadan
so'ng idishlarni alyumin folga
bilan yoping. Desertni yupqa
stakanlarga solib, dasturxonga
torting.