forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Intellekt => Mavzu boshlandi: Farida 17 Mart 2008, 14:34:38

Nom: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:34:38
FUTBOL TARIXIDAGI ENG YIRIK HISOBLAR

1885 yilda Shotlandiya kubogida "Arbroth" va "Bon Accord" jamoalari orasidagi o‘yinda qayd etilgan hisob endi qaytarilmasa kerak. O’shanda jamoalar orasidagi hisob 36:0 bilan yakunlangandi.

Ikki terma jamoa orasidagi eng yirik hisob 1951 yilda Angliya Avstraliya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonganida 17:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda qayd qilingan. Bu kabi rekordlarning ikkinchi o‘rnini 1912 yilda Germaniya Rossiya terma jamoasi ustidan 16:0 hisobida ustunlikka erishganida qayd etilgan.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:35:14
ENG UZUN CHEGARA

Dunyodagi eng uzun chegara AQSh va Kanada o‘rtasidagi chiziqdir. Buyuk ko‘llar bo‘ylab o‘tgan, ammo Alyaska bilan chegarani hisobga olmaganida 6416 kilometr. Alyaska shtati bilan Kanada orasidagi chegara esa 2457 kilometrga cho‘zilgan. Shu masofani ham inobatga olinadigan bo‘lsa, AQSh va Kanada oralig‘idagi chegara 8963 kilometrga yetadi.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:35:24
TANADAGI ENG OG’IR YUK

2001 yilning 18 oktyabrida Ispaniya poytaxti Madrid shahrida Eduardo Armalo Lasaga og‘irligi 1399,8 kilogrammga teng beton plitani tanasida ko‘tarib turgan.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:35:47
QULOQDA KO’TARILGAN ENG OG’IR YUK

li Chjan Xua ismli kimsa bir qulog‘ida jami og‘irligi 50 kilogramm keladigan g‘ishtlarni ko‘tara olgan. G’ishtlar Lining qulog‘iga osilgan metall idishga solingandi.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:36:42
PIVO BOCHKALARINI ENG YUQORIGA OTISH

2001 yil 21 sentyabrda Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tkazilgan "Rekordlar shousi"da finlyandiyalik Yuxa Rasanen pivo bochkasini 6,93 metr balandlikka irg‘itgan.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:37:56
PIVO BOCHKALARINI ENG YUQORIGA OTISH

2001 yil 21 sentyabrda Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tkazilgan "Rekordlar shousi"da finlyandiyalik Yuxa Rasanen pivo bochkasini 6,93 metr balandlikka irg‘itgan.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:38:16
ENG YIRIK QIDIRUV TIZIMI

Internetdan foydalanuvchilarga juda yaxshi tanish bo‘lgan "Google" qidiruv tizimi uch milliarddan ortiq elektron sahifalarni o‘z ichiga olgan eng katta domiy yangilanib turuvchi veb-sahifalar mundarijasi hisoblanadi. Kompaniyani 1998 yil sentyabrda AQShlik Larri Peyj va Sergey Brinlar tashkil etgan. Ularning birinchi ofisi Amerikaning Kaliforniya shtatidagi Menlo-Parkdagi garaj bo‘lgan, umumiy ishchilar shtati to‘rttagina edi.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:38:36
ENG YIRIK BEPUL ELEKTRON POCHTA

Dunyodagi eng yirik bepul elektron pochta "Maykrosoft" kompaniyasining "Xotmeyl" tizimida 2003 yilning sentyabrida 200 milliondan ortiq kishi foydalangan.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:38:56
INTERNETDAGI ENG KATTA JARIMA

Internetdagi huquqbuzarlik uchun solingan eng yirik miqdordagi jarima qancha, bilasizmi? Amerikadagi abortlarga qarshi "Nyurnberg fayllari" nomli sayt ochganlar va unda abortlarni amalga oshiruvchi shifokorlarning ismi-sharifi va manzili ko‘rsatilgan "Qidirilmoqda!" mazmunidagi yorliqlarni qo‘yganlar.

Sayt xo‘jayinlari 1999 yilning 3 fevralida yetkazilgan ma’naviy ziyon uchun 107,7 million AQSh dollari miqdorida kompensatsiya to‘lashga majbur bo‘lganlar.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:39:11
FAZODAGI ILK TIRIK JONZOT TAQDIRI NIMA BO’LGAN?

1957 yil 3 noyabrida sobiq SSSRning ikkinchi sun’iy yo‘ldoshida Yer orbitasiga ko‘tarilgan Layka iti fazoga parvoz qilgan birinchi tirik jonzot edi. Layka kislorod tugagach, bo‘g‘ilib-qiynalib o‘lgan.

Faqatgina "Sputnik-5" o‘z yo‘lovchilarini Yerga tirik holda olib tushgan.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:40:08
ENG KATTA SHAXMAT TOSHI QAYSI?

Dunyodagi eng katta shaxmat donasi shvetsiyalik Mats Allans tomonidan yasalgan "qirol" ekan. Uning balandligi - 4 metr, asosining diametri - 1,4 metrni tashkil etadi.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:40:28
ENG KO’P FARZANDLI ONANING BOLALARI NECHTA?

200 yildan ziyodroq vaqt ilgari rus ayoli 27 tug‘riq bilan jami 69 farzandni dunyoga keltirgan.

U to‘rt marta to‘rttadan, yetti marta uchtadan va 16 marta ikkitadan bola tuqqan. Eng ajablanarlisi u biron marta yakka farzand ko‘rmagan.

Farzandlari soni ko‘pligi jihatidan ikkinchi o‘rinni bundan 500 yil avval dunyodan ko‘z yumgan nemis ayoli band etgan. Uning Beniggeymdagi qabrtoshida 38 nafar o‘g‘il va 15 nafar qizning onasi bo‘lgani qayd etilgan.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:40:46
TISHLARIMDA TORTAMAN?!

Belgiyalik polvon Valter Arfol tishlari va jag‘i nelarga qodir ekanini isbotlab qo‘ydi. U umumiy vazni 223,8 tonna keladigan relsdagi sakkizta yo‘lovchi vagonlarini 3,2 metrga tishlari bilan tortishga muvaffaq bo‘lgan.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:41:17
"INTERNET-KAFE"MI YOKI "INTERNET-RESTORAN"?

2000 yilning 28 noyabrida Nyu-York (Amerika Qo‘shma Shtatlari)dagi Tayms-Skverda ochilgan "Izi Evrising" internet-kafe 648 kompyuter terminallari bilan jihozlangan.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:41:53
QAYSI SAYYORA TEZ AYLANADI?

Hamma sayyoralar ichida Yupiter o‘z o‘qi atrofida eng tez aylanishi aniqlangan. Yupiter yuzasidagi nuqta yer hisobi bilan soatiga 500 kilometr tezlikda harakatlanar ekan. Yupiterda sutka atigi o‘n soatcha davom etadi.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:42:09
ENG BOY XONANDA KIM?

Qo‘shiqchilik tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak Enriko Karuzoning eng ko‘p haq to‘langan xonanda bo‘lganiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. Karuzoning davlati 8 million oltin markaga teng bo‘lgan. Buncha miqdordagi pulni u kontsertlarida gonorar va plastinkalar savdosidan ulush sifatida ishlab topgan.

1988 yilda Maykl Jekson "Pepsi-Kola"ning atigi to‘rttagina reklama roligida 21 million dollar ishlagan.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:42:32
XITOY DEVORI UZRA YUGURISH...

Buyuk Xitoy devori uzra eng uzoq muddat yugurish 80 kun davom etgan. Xitoylik Yan Genxua oyoqlariga krossovka kiyib olib kuniga 30 kilometr yugurib, jami 2400 kilometr masofani bosib o‘tgan.

Boshqa bir xitoylik chopqir o‘z vatani shimolidan janubigacha kuniga 56 kilometrdan masofani yugurib o‘tgan. Xitoylik bu marafonchi 6200 kilometrni 110 kunda bosib o‘tgan.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:42:54
SHAHARMISAN SHAHAR!!!

Osiyodagi eng katta megapolis shahar va dunyoning eng axolisi zich shihri sifatida Yaponiya poytaxti Tokio e’tirof etilgan. BMT ma’lumotlariga qaraganda, 2000 yil mart oyida bu joyda 26,4 million kishi istiqomat qilgan.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:43:22
ENG ZILZILALI YIL

1964 yil eng ko‘p yer silkinishlari qayd etilgan yil sifatida tarixga kiritilgan. Xuddi shu yilda Xitoy, Gvatemala, Indoneziya, Turkiya, Italiya, Filippin va sobiq SSSRda zilzilalar ro‘y bergan.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:43:39
DUNYONING ENG UZUN ILONI

Janubiy Amerikada uchraydigan anakonda odatda o‘rtacha sakkiz metr uzunlikka ega bo‘ladi. Ammo kunlarning birida uzunligi 14 metr, kesimi diametri esa 82 santimetr keladigan anakonda qo‘lga tushirilgan.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:44:04
ENG KATTA CHOY PAKETCHASI...

Dunyodagi eng katta choy paketchasi 2002 yil 22 iyulda "Lipton Yellou leybl" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Uning uzunligi 3,18 metr, eni 2,21 metrni, og‘irligi esa 8,9 kilogrammni tashkil etgan. Uning ichida yetti kilogramm, ya’ni 3500 chashkaga yetarli choy bo‘lgan. Ushbu ulkan choy paketchasi Pokistonning Karachi shahrida namoyish qilingan.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:44:23
TUYAQUSH - JIRAFA BAHSI

Ko‘hna dunyo rekordlari ham o‘ziga hosligi bilan ajralib turadi. Misol uchun eng baland qush sifatida Katta Moa aytib o‘tilgan. Dinozavrlar zamondoshi bo‘lgan bu qushning boshi hozirgi jirafalar kallasi balandligida turgan. Yuguruvchi bu qushning balandligi 4,5 metr bo‘lib, og‘irligi 250 kilogrammga yetgan. Ular bundan 2 million yil muqaddam hozirgi Yangi Zelandiya hududlarida kun kechirgan.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Farida 17 Mart 2008, 14:44:41
KIMNING SOCHI QALINROQ?

Malla sochlilarning boshida o‘rtacha 140 ming soch tuki bo‘larkan. Sariq sochlilarda esa nisbatan siyrakroq, ya’ni tahminan 90 mingtagacha soch tolasi bo‘lar ekan. Qora va qo‘ng‘ir sochlilarning boshida chamasi 100 mingdan 110 mingtagacha soch tolasi bo‘ladi.
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Shoxjahon12 26 Avgust 2011, 03:30:52
 ;D
Nom: Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
Yuborildi: Secret 26 Avgust 2011, 03:51:45

ENG QATTIQ QO‘RIQLANADIGAN QAMOQXONA

Bu — AQShdagi «Supermaks» qamoqxonasidir. U Kolorado shtatining Pueblo shahri yaqinidagi o‘rmonda joylashgan. Eng zamonaviy kuzatuv moslamalari bilan to‘liq jihozlangan ushbu qamoqxonaning po‘latdan yasalgan 1400 ta eshigi bo‘lib, ularning har biri masofadan turib boshqariladi. U yerda mahbuslar sutkasiga 23 soat o‘z kameralarida yotadilar. Faqatgina 1 soat vaqt ularga tikanli sim va qo‘riqlash minoralari bilan o‘ralgan qamoqxona ichida «sayr» qilish uchun beriladi. Shunda ham ular qo‘llari kishanlangan holda, qattiq kuzatuv ostida bo‘ladilar.