forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: shoir 27 Iyun 2006, 05:35:26

Nom: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:35:26
dilnoza:

AYOL QUDRATINGDAN BESHIGINGDA BOLA,
AYOL IFFATINGDAN QARSHINGDA LOLA
OBODLIGING HAQQI AYVONINGDA OY
GO'ZALLIGING MISLI GULLARGA CHIROY...
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:35:38
Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo`ldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo`ldi,
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo`ldi,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Avval kelib, quchog`ingga to`l, balq dedilar,
Unamading ayol asli ters xalq dedilar,
Yetolmagach yuz o`girib, sho`r taxt dedilar,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Talpinasan astagina va qo`yasan bosh,
Mingyillikdir ko`zlaringda jovdiragan yosh,
Gunihkorlar mingu bitta, senga tegar tosh,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Chorlashganda jim kelsang-da, bekor kelsang-da,
Mast davraga xor kelsang-da nomardlarga zor kelsang-da,
Xor kelsang-da nomardlarga xor kelsang-da,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Aslida bor ermaklarning borar yeri sen,
Yaxshi-yomon ertaklarning borar yeri sen,
Asov otdek erkaklarning borar yeri sen,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Harir, xushbo`y badaningda toshlar izi bor,
Ko`kragingda egilgan ne boshlar izi bor,
Quyosh o`ti kuydirgan ne quyoshlar izi bor,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Halima Hudoyberdiyeva
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:36:09
AbdulAziz:

Ayol - bu mehribon onaizor!
Ayol - bu dardkash singil!
Ayol - bu sevikli yor!
Ayol - muqaddas xilqat!
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:36:26
Kumushbibi:

Sen bir chechakmiding bogda ochilgan,
Yoki bir libosmi, bahtga bichilgan,
Dunyoga ezgulik sen-la sochilgan,
Men seni azizam deyinmi ayol?

Sen uchun yozildi qancha qo'shiqlar,
Ortingdan ovvora qancha oshiqlar,
Qoshingda eridi toshdan qattiqlar,
Men seni azizam deyinmi ayol?

Seni haq yo'lingdan toydirguchi ko'p,
So'ng esa mish-mishlar yoydirguchi ko'p,
Ba'zida joningdan to'ydirguchi ko'p,
Men seni azizam deyinmi ayol?

Erta saharlarda uyqudan kechib,
Dalaga otlanding, bolang opichib,
Tog kelsa kemirding, suv kelsa ichib,
Men seni azizam deyinmi ayol?

Ba'zi erkaklarda qolmadi imon,
Er-hotin qo'sh-ho'kiz desalar-yolgon,
Qo'shni endi yolgiz tortasan giryon,
Men seni azizam deyinmi ayol?

Joying poygak bo'ldi, doim, to'r emas,
Mehnating, zahmating oshkor, sir emas,
Joningni dedilar qirqta, bir emas,
Men seni azizam deyinmi ayol?

Yurakda qoldirding o'chmaydigan iz,
Dunyoda tushunding sen meni yolgiz,
Mayliga desinlar meni "feminist",
Men seni azizam deyinmi ayol?

Sen mening singlimsan, opam yo onam,
Yoki bir kelinchak, yoki bir sanam,
Senga qurbon bo'lsin bu jon, bu tanam!
Men seni azizam deyinmi ayol?

Ozgina yumshadi bugun tosh diydam,
Sutingiz hurmati, aziz volidam,
Ayolga bitildi ushbu qasidam,
Men sizni azizam deyinmi ayol?
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:37:12
Samo:

БИР МИЛЛАТНИ ШАКЛЛАНТИРУВЧИ ОИЛАДА, ЭНГ АХАМИЯТЛИ УНСУР - ОНАДИР. У ИСЛОМ НАЗАРИДА ШУ КАДАР МУКАДДАСДИР КИ АЛЛОХ РАСУЛИ (С.А.В): «ЖАННАТ ОНАЛАР ОЁГИ ОСТИДАДИР» ДЕБ МАРХАМАТ КИЛГАНЛАР!
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:37:26
Samo:

АСЛИДА АЁЛ АТАЛМИШ БУ НОЗИК ХИЛКАТ ШУНДАЙ ХИСЛАР БИЛАН ЖИХОЗЛАНГАН КИ, ЭРКАКЛАРНИ ОРТДА КОЛДИРАДИ. У БИР ШАФКАТ КАХРАМОНИДИР. ФАРЗАНДАЛРИНИ УЙЛАБ ШУНДАЙ ТИТРАЙДИКИ ЭРКАКЛАР МУСОБАКАЛАШСА СИНФДА КОЛИБ КЕТИШАДИ!
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:37:53
Samo:

БИР МИЛЛАТНИ ШАКЛЛАНТИРУВЧИ ОИЛАДА, ЭНГ АХАМИЯТЛИ УНСУР - ОНАДИР. У ИСЛОМ НАЗАРИДА ШУ КАДАР МУКАДДАСДИР КИ АЛЛОХ РАСУЛИ (С.А.В): «ЖАННАТ ОНАЛАР ОЁГИ ОСТИДАДИР» ДЕБ МАРХАМАТ КИЛГАНЛАР!

AbdulAziz:
Assalomu alaykum!
Islom ayolnini tiriltirdi. Islom ayolni jamiyatga olib chiqdi. Johiliyat davrida ayolning qadr-qimmati bormidi? Agar oilada qiz farzand tug`ilib qolsa, uni o`ldirilar, tiriklayin ko`milar edi. Ayollar odam qatoriga kiritilmas edi. Bi buyumchalik qadr-qimmati yo`q edi.
Olamni Islom nuri munavvar qildi. Birinchi bo`lib payg`ambarimiz Muhammad SAV ayolning sha'nini tikladilar, uni jamiyatning munosib a'zosiga aylantirdilar. Ular qizlarini tiriklayin ko`mmadilar, balki mehr bilan voyaga yetkazdilar. Ana o`shalar ayolga hurmat haqida ulug` so`zlarni aytdilar.
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:38:37
Samo:

АСЛИДА АЁЛ АТАЛМИШ БУ НОЗИК ХИЛКАТ ШУНДАЙ ХИСЛАР БИЛАН ЖИХОЗЛАНГАН КИ, ЭРКАКЛАРНИ ОРТДА КОЛДИРАДИ. У БИР ШАФКАТ КАХРАМОНИДИР. ФАРЗАНДАЛРИНИ УЙЛАБ ШУНДАЙ ТИТРАЙДИКИ ЭРКАКЛАР МУСОБАКАЛАШСА СИНФДА КОЛИБ КЕТИШАДИ!
Assalom:
Go`zal so`zlar!
Ayolning ta'rifi bunchalik yuksakligiga shk-shubha yo`q.
Agar u bunday bo`lmaganida unga intilishmas edi, uni sevishmas, qadrlashmas edi...
Ayol borki, olam munavvar,
Ayol borki hayot bor...
Hayotda maza, farog`at bor...
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:39:02
Farzonochka:

Assalomu alaykum, manga ushbu sahifa juda ham yoqdi. Ayolla haqida man ham ozimmi fikrlarimni etib otsam...

Ayol-muqaddas, ayol-buyuk zot! Ayoli bor xonadon misoli oftobi bor osmonga o`xshaydi! Ayoli bor xonadonning dasturxoni kambag`al bo`lsa ham, mazasi totli... Ayol ham farzandlar uchun, ham sevikli yori uchun, ham yaqinlari uchun va eng oxirida esa o`zi uchun qayg`uradi.
man xohlardimki, ayollarga doimo hurmatda bo`laylik. Unga doim ta`zimda bo`laylik. uning bosgan izlarini ko`zlarimizga tavof aylaylik!
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:39:23
Kumushbibi:

Tunda beshigini quchguncha ayol
Farzandiga alla aytar,ko'zda yosh.
Oh allamikan yoki ayolning dardi?,
Osmon ham yig'ladi,berolmay bardosh!

Neni kuylamoqda-bu munis ayol?
Yeru-ko'kning bag'rin solib larzaga.
Jangchi yorin kutib, surguncha hayol,
Gohida nigohin tikar derazaga.

Shu asnoda ayol kutar yorini
Tiq etgan tovushga tutgincha quloq
Birgina diydorga atab jonini,
O'z-o'ziga berar javobsiz so'roq..

-Mana bahor keldi,bodom gulladi
Necha fasllarni o'tkazdim sensiz.
Sog'inchdan!bu ko'zlar yig'lab to'ymadi
Qaydasan,holing ne kechyapti mensiz?...
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:39:39
YOLG‘IZ AYOL

Ko‘zlaringda nega nam demang,
Yuragingda buncha g‘am demang.
Davlating ko‘p nima kam demang,
Yolg‘iz ayol dardin kim bilar.

Kulsang nega kulding deydilar,
Yig‘lasang ne bo‘lding deydilar.
Ochilmasdan so‘lding deydilar,
Yolg‘iz ayol dardin kim bilar.

Yog‘ilganda malomat toshi,
G‘am-g‘ussadan egilar boshi.
Yostiqni ho‘l qilar ko‘z yoshi,
Yolgiz ayol dardin kim bilar.

Yomonlarning so‘zidan ming dod,
Yomonlarning ko‘zidan ming dod.
Yolg‘izlikning o‘zidan ming dod,
Yolg‘iz ayol dardin kim bilar.

Meni havas qilma, jon qizim,
O‘zing baxtim o‘zing yulduzim.
Yolg‘izlarga tilaylik to‘zim,
Yolg‘iz ayol dardin kim bilar.

Abdukarim Jumaboyev
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:39:54
farzonochka:

Ayol ko`zlarida mehr, so`zlarida mehr, qalbida mehr vaholanki ayolning butun vujudi mehrdan yaralgan. Shuning uchun ham bizning onalarimiz, opayu, singillarimiz biz uchun mehribon, biz ham ularga mehr ulashaylik!!
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:40:08
Kumushbibi:

Xazonlar sochilsa oyoq ostingga,
Dunyo ayamayin olsa qasdiga.
Najotsiz yonsangda tashvish dastidan
Shunga ham shukr deb yashaysan ayol.
O'zing muqaddassim,muqaddas ayol!
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:40:29
Farzonochka:

Nelardandir ko`ngil bo`lib g`ash,
Ham egilib bu egilmas bosh,
Ko`zlarimda qalqib tursa yosh,
Bu holimga berolmay bardosh,
Bir mushtipar onam yig`laydir,
Qolganlari yolg`on yig`laydir...

Birda haqdin birda nohaqdin,
Jabir ko`rsam bir betavfiqdin.
Qadrim xarob bo`lsa tuproqdin
Taskin berib onam yig`laydir,
Qolganlari yolg`on yig`laydir...

Og`a-ini o`rtasida gap,
Alxol kelib chiqsa ixtilof.
Bu oq sutim mehrimga xilof,
Deya sho`rlik onam yig`laydir,
Qolganlari yolg`on yig`laydir...


Vujudimga solmasdna vahim,
Qabul ayla tavallo ohim.
Darig` tutmay mehring iloxim,
Yigl`tmagin mushfiq onamni,
Volidayi muxtaramamni
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:40:51
Kumushbibi:

- Sendan yuksak nima bor, yulduz?
- Ona mehri.

- Sendan keskin nima bor, olmos?
- Onalar qahri.

- Qayerdan olding otashni, quyosh?
- Ona qalbidan.

- Po`lat, qayerdan senga zo`r bardosh?
- Ona zarbidan.

- Senmi, ko`klam, hayotbaxsh fasl?
- Yo`q, ona izi.

- Senmi, totli, shifibaxsh asal?
- Yo`q, ona so`zi.

- Dengiz, nedir kenglika tanho?
- Ona og`usi.

- Sendan shaffof ne, tongi ziyo?
- Ona boqishi.

- Yaratgusi senmi, tabiat?
- Yo`q, yo`q, onalar.

- Baxt bitguvchi senmisan, hayot?
- Yo`q, yo`q, onalar...
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:41:06
Usun-usun karvonlarning uzoq yo'li,
Ketib borar karvonlarim asta-asta.
Lahzalarning allasida tug'ilganim -
Yetim sevgim qalbi majruh, dili xasta.

Uchuq toshgan lablariga firog'imning,
Bevaqt kelgan qish dardimdan sochlari oq.
G'azal aytib yig'lar yurak ho'ngrab-ho'ngrab,
G'azal aytib yig'lar yurak uzoq-uzoq.

Beshigining ko'zmunchog'i yo'q ko'nglimning,
Umrim so'ngsiz bahorlari olov rangli.
Yelvizaklar qoqar g'amgin darvozamni,
Lola sevgim yonoqlari zangli-zangli.

Karvonlarim to'htamaydi, ketib borar,
Uzun-uzun izlarimni ko'mar shamol.
Nursiz ko'zi to'lib hijron qumlariga,
Mung'aygancha qarab qolar yolg'iz ayol.

Avtori noma'lum...
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: Furdavs 10 Mart 2007, 20:08:31
Ayol Muqaddas lekin hozirgi Ayollarning 95%muqaddas deb bolmaydi kiyinishlarini gapirmang yalangoch yurganlari undan afzal buzgunchilik fohishalik va yana allambalolar bilan shugulanib Muqaddas Ayol shanini bulgayotganlar qancha.Bu narsa Ozbekistonda-Qirgizistonda ham bor buni tan olmasdan ilojimiz yoq
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: islimakhanim 11 Mart 2007, 14:57:24
Ayol Muqaddas lekin hozirgi Ayollarning 95%muqaddas deb bolmaydi kiyinishlarini gapirmang yalangoch yurganlari undan afzal buzgunchilik fohishalik va yana allambalolar bilan shugulanib Muqaddas Ayol shanini bulgayotganlar qancha.Bu narsa Ozbekistonda-Qirgizistonda ham bor buni tan olmasdan ilojimiz yoq
   Assalamu alaykum!
Firdavs bey! Manimcha, sizdan keyin qoldirilgan post siz uchun yaxshi javob bo'la oladi! Ayollani muqaddaslashtirishni hech kim sizdan so'ramayapti. Lekin ulaga loy chaplashdan oldin atrofizdagi  DAYYUSLAR ga bir nazar tashlang...
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: Samo 18 Mart 2007, 03:24:59
shu mavzu posti nomaqbul shaklda berilgan
"muqaddassan Ona" ni qudsiy bayonlar yordamida qollab quvvatlash mumkin. ammo muqaddassan ayol sozini koproq yunon falsafasida korish mumkin. 
Nom: Re: Muqaddassan, Ayol!
Yuborildi: Usmon 25 Dekabr 2007, 11:50:21
Слабс‹й пол сильнее сильного, в силу слабости сильного пола к слабому...
/Аезнакомс‹ мудрея/