forum.ziyouz.com
Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 08 Aprel 2008, 16:43:14
-
Bog’bon amaki
Bog’bon amaki, bog’bon amaki,
Mevalar nega buncha hilma-hil?
Shakli, hidi, rangi, mazasi
O’xshamas biriga boshqasi?
Olma, anor, nok, tarvuz, gilos
Berarmisiz bizga ham biroz?
Bolajon, gapimga quloq sol.
Mevalardan to’yguningcha ol.
Hammasini Alloh yaratgan,
Ichlariga to’ldirgandir bol.
Bularni yeb sen kuchga to’lgin,
Va Alloh ga shukrda bo’lgin
-
Mevalar tilidan
Olma
Men olmaman tanib oling,
Gaplarimga quloq soling.
Rangim yashil, qizil, sariq,
Bismilloh deb tishlab oling.
Pishsam shirin va hushbo’yman,
Xomligimda ta’mim nordon.
Temir moddasiga boyman,
Alloh berar qonga darmon.
-
Shaftoli
Shaftoliman shaftoli,
O’zim bog’larning boli.
Rangim pushti, zarg’aldoq,
Tukli, tuksiz, bo’rsildoq.
Yeb qorning to’yganida,
Degin alhamdulilloh.
-
Uzum
Ismim kelgan Qur’onda,
Har makonu har onda,
Yemaganlar armonda,
Yegan esa darmonda.
Dona dona dumaloq,
Qora, qizil, sariq, oq.
Uzib uzib yeganlar,
Bo’lar doim vaqti choq.
-
Qulupnay
Yaratganning san’atiga boq,
Rangim tiniq, kelar havasing.
Bitta tishlab ta’mim biliboq,
Unga ko’proq ortar ihlosing.
Bilsang ichim to’la vitamin,
Shirin hidim qitiqlar dimog’.
Yana ko’rib bo’larsan amin,
Mehribondir naqadar Alloh.
-
Gilos
Men gilos,
Uyatchangman biroz.
Shuning uchunmi,
Qizilman halos.
Meni yesang,
Va shukr qilsang,
Allohga yoqib,
Bo’lar juda soz.
-
Tarvuz
Dum dumaloq yashilman,
Qora yo’l-yo’l to’nim bor.
Yozda rohat tashirman,
Ichim qizil sharbat, bol.
Dadangiz keltirsalar,
Alloh rozi bo’lsin deng.
Haqlariga duo qilib,
Mazza qilib meni yeng.
-
Hamma mevalar
Biz olma, qulupnay, uzum,
Gilos, shaftoli, tarvuz
Bismilloh deb yeganlardan
Juda juda mamnunmiz.
Har birimizni Alloh
O’ziga hos yaratgan.
Barchamizga ayri ta’m,
Ayri shakl, rang bergan.
Bu ne’matlarni yegach,
Albatta qiling shukr.
Mehribon Allohimga
Son sanog’siz tashakkur!