forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: qaysar 27 Iyun 2006, 14:41:34

Nom: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: qaysar 27 Iyun 2006, 14:41:34
O'zbekcha "VIAGRA"

TV Markaz kanalini ko'rib, o'zimni xuddi MTV ni ko'rayotganday his qildim. Yangi guruh chiqibdi: "Setora"! Ashulalari nomi: Sen unga ishonma!
Men avval ko'rib bu chet-elliklar kim ekan deb qiziqayotgan edim. Keyin bilsam, ular o'zimizning o'zbek! lar ekan. Ularning harakatlari, ishva-nozlari, kiyinishlari istalgan "Viagra", "slivki" qizlarinikidan oshsa oshadiki, aslo qolishmaydi. Ekranda istagan narsangizni tomosha qilishingiz mumkin...
Hayron qoldim: nahotki o'zbek qizlari shunchalik o'zligini yo'qotgan bo'lsa? Mayli, yo'qotgan o'zgalardir,
Lekin nega ularni TVga chiqarishadi? Bundan maqsad nima? Boshqa qizlarga ham "hayot lazzatlari"ni o'rgatishmi? Yoki ko'rsatib qo'yishmi qizlarimizning "nimalarga qodir"liklarini?
Tushunmadim, tushunmadim...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: qaysar 27 Iyun 2006, 14:42:24
"Ming bir kecha" va Yasmina

TV Markaz degani juda "zo'r" kanal chiqibdi-da! Har kuni yangi nom, har kuni yangi qo'shiq! Lekin bunisiga nima deyishgayam hayron bo'lib qoldim. "O Lally!" qo'shig'i ijrochisi Yasminaxon o'zlarini "Ming bir kecha" ertaklarida his qildilar shekilli.
Erkak kishi yotog'i, u ayolni chorlamoqda... Klip aynan shunday boshlanadi va klip davomida shu holat davom etadi. Haromga to'la ziyofat, klip qahramoni maroq bilan chilim tortadi. Atrofda jononlar hirom aylaydilar...
Bu bilan nimaga da'vat etishmoqchi? Zinogami? Ichkilikkami? Giyohvandlikkami? Behayolikkami?
Tushunmadim, tushunmadim...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: qaysar 27 Iyun 2006, 14:42:41
Plyajdagi "Afruz"

Bu tinib-tinchimagan "Afruz"chilar, kechagina tuxumdan chiqib nelarga qodirliklarini ko'rsata boshlashibdi. Plyaj, hamma yarim yalang'och, bu bolalar esa shular davrasida qo'shiq aytadilar.
Nima, o'zbekcha klip qilishga plyajdan boshqa joy qurib ketganmi? Yoki yalang'och erkagu ayolni namoyish qilish bilan ma'nisiz ashulalari haridorgir chiqib qoladimi?
Tushunmadim, tushunmadim...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: qaysar 27 Iyun 2006, 14:42:56
Dam ovotti mario!

Shu Davron Ergashevgayam tushunib bo'lmay qoldi. Oldinlari bir yaxshi qo'shiqlar aytardi. Endi esa allaqanday bir boshqacha ashulalar bilan odamni jig'iga tega boshladi. Avvaliga "zakonniy"ga chidadik, lekin "Mario"si o'tib tushdi. hadeb bitta qiz "mario" deb qichqiraveradi, kim o'zi mario? Qo'shiqqa nima aloqasi bor?
Qo'shiq matniga maymunlar qon yig'laydi. Shunchalik ham savodsizlik bo'ladimi? Qo'shiq ekan deb istalgan so'zni qo'yib aytaveradimi? "Uxlavotti mario, dam ovotti mario, manimcha u mario jahlimni biladiyo"
Shu ham she'rmi? Shu ham qo'shiqmi?
Tushunmadim, tushunmadim...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: qaysar 27 Iyun 2006, 14:43:15
Ozodlik ham evi bilan-da!

Shahzodbek degan repper "Ozodman" deb "barcha bevafo, jossalar, tyolkalar, chivihalar"ga murojaat qilibdilar. Murojaat ham shu darajadagi ichida yo'q gapning o'zi yo'q. Inglizchalab onasini, qizni so'kadimiyey yana allaqanday notanish iboralar...
Nega shunday ashulalar tarqab yuribdi, bemalol prokatlarga chiqarilgan? Axir qani vijdon?
Tushunmadim, tushunmadim...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: qaysar 27 Iyun 2006, 14:43:41
Shokolad qiz ham bo'ladimi?

Avvaliga qo'shiqchining nima deyayotganini tushunmadim. Ilhom Tursunov qizlarga yangi o'xshatish topibdilar. Lekin klipdagi qizlar aslo shokoladga o'xshashmasdi... Ular o'zlarning bor-budlarini namoyish qilib Ilhom akaga suykalishardi.
Qadahlar uriladi, Ilhom aka atrofida jononlar... Oq shokoladlar... Na she'rda ma'no bor, na qo'shiqda, na klipda? Nima demoqchi o'zi bu?
Tushunmadim, tushunmadim...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: qaysar 27 Iyun 2006, 14:44:04
Bema'ni "Kvartet" va DJ Rustambek

Avvaliga "Sezam" radiosini o'z bema'ni efirlari bilan egallagan jigitlar boshqa ommaviy axborot vositalariga ham siqilib kira boshladilar. Gazetada bema'ni maqolalar paydo bo'la boshladi: "Rustambek kimni yaxshi ko'radi? Sa'dalo uylanarmish"... Keyin 30 kanalda "xit-parad" boshlandi: Rustam va sa'dalolar bilan birga.
Mayli Sa'dalo ozgina jiddiyroq. Lekin nimaga Rustambek hadeb qimirlaveradi, qo'llari va oyoqlari bilan allanechuk harakatlarni nega qilaveradi? Jinni-pinnimi bu bola? dastlab uning allanechuk harakatlarini ko'rgan odam bu bola sal anaqaroq deb o'ylashi aniq.Ha, efirga chiqding, tek turib olib boraver, nimaga hadeb qimirlaverasan yoki kasalmisan? Qimirlamasang kasaling bosilmaydimi?
Radiodagi bema'niliklarini gapirmasa ham bo'laveradi. Qizlarga allaqanday savollar beradimi-yey, ba'zilariga haqoratomuz so'zlarni ham gapirganini guvohi bo'lganman. Lekin ba'zi qizlar Rustamga "o'lib qolishadi". Bilmadim, shunday bema'niliklar yoqadi, shekilli.
Shunaqa gaplardan keyin ozgina o'zini bosib oldi, shekilli, lekin baribir. Keyin o'sha "sezam"dagi to'rtovlon yangi guruh tuzishdi: "Kvartet". Ular endi ashula ayta boshlashdi. Qo'shiqlari ham bir-biridan bema'ni.
Tushunmadim, tushunmadim...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: qaysar 27 Iyun 2006, 14:44:30
Yalang'och qizlar bag'ridagi "Shahzod"

Shahzod guruhi solisti Rashid Xoliqov ham "ajoyib" ishga qo'l uribdilar. "Yonimda" nomli ashulalariga "neefirniy" klip yaratiblar, juda g'aroyib. Shuncha yalang'och qizlarni qayerdan topdilar ekan, hayronman. O'zi shu o'zbek estradasiga moda bo'lyapti shekilli, hamma klipini yo hommomda, yo plyajda yoki yana boshqa go'shalarda olyapti.
Shahzod qo'shig'idagi yarim-yalang'och holat, qizlarning allambalo harakatlari kimning ko'zini bo'yash uchun? Yoki shu yo'l bilan mashhur bo'lmoqchimi bular? Boshqa yo'li qurib ketibdimi?
Tushunmadim, tushunmadim...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: qaysar 27 Iyun 2006, 14:44:49
Post scriptum

Ushbu holatlarni ko'rib Botir aka rahmatli yaratgan o'zbek estradasi achinarli ahvolga tushib qolganligidan kuyinaman. Xalq bularga nisbatan topib gapirgan: Daraxtga borib ikki marta tepsang, bir dunyo otarchi yog'iladi. Asl san'at esa yana qadrsiz qolib ketaveradi. Yana bilmadim.
Benom -X, 2+1, Shohruh Repper, Zero, Bojalar kabi bir qator (ularni sanab adog'iga yeta olmaysiz) guruhlarning ashulalarini umuman eshitib bo'lmaydi, u yerda na ma'no bor? na tuzukroq she'r bor? Faqatgina ritmdan iborat musiqiy asarning kimga keragi bor?
Tushunmadim, tushunmadim...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: qaysar 27 Iyun 2006, 15:01:30
Jiyda gullaganda

Bilmadim bu ashulani kim aytganini. Lekin bozorga tushsangiz ham, radioni burasangiz ham, TVda ham, ko'ch-kuyda, transportda shu ashula! Ikkita bezori bolalar aytishibdi.
Bahor kelib jiyda gullaganda
Asalari qo'nar ekan gullarga.
.....
Ishlar qaley, privet jononalarga...
Shu ham qo'shiq bo'ldimi. Ilgarilari kattalar "ha, qizlar jaa o'zgarib qopti, jiyda gullabdimi?" deyishsa, hayron bo'lardik, jiyda gullasa nima bo'larkin deb...
Endi shu narsa qo'shiqlarimizga ham ko'chibdi. Qo'shiq ekan deb nimani topsa aytaverish ekande-a? Nima foyda bu qo'shiqdan?

Tushunmadim, tushunmadim...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Kwl 27 Iyun 2006, 15:08:19
 siz  bularni tanqid qivosmi endi bu postlariz  bilan a?  yaxshigina g'iybat qiladigan mavzuni ochibsiz?
Man tanqidni o'zizdan boshlashni maslahat berardim. shulani  erinmasdan  ko'rib chiqib   kamchliklarini  ko'rishga so'zlarini  yodlashga  qanaqa vaqt topdiz.Shu  TV Markaz deganini keling siz ko'rmang eshitmang .o'shanda bunaqa bekorchi gaplarni gapirishga...
man bu gapim bilan  G'iybat qilmaslikni tarafdoriman.
Hidoyt Allohdan
P.S. Oldin ozimiz amal qip qoyelik
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: maknuna 28 Iyun 2006, 07:38:23
O'zbekcha "VIAGRA"

TV Markaz kanalini ko'rib, o'zimni xuddi MTV ni ko'rayotganday his qildim. Yangi guruh chiqibdi: "Setora"! Ashulalari nomi: Sen unga ishonma!
Men avval ko'rib bu chet-elliklar kim ekan deb qiziqayotgan edim. Keyin bilsam, ular o'zimizning o'zbek! lar ekan. Ularning harakatlari, ishva-nozlari, kiyinishlari istalgan "Viagra", "slivki" qizlarinikidan oshsa oshadiki, aslo qolishmaydi. Ekranda istagan narsangizni tomosha qilishingiz mumkin...
Hayron qoldim: nahotki o'zbek qizlari shunchalik o'zligini yo'qotgan bo'lsa? Mayli, yo'qotgan o'zgalardir,
Lekin nega ularni TVga chiqarishadi? Bundan maqsad nima? Boshqa qizlarga ham "hayot lazzatlari"ni o'rgatishmi? Yoki ko'rsatib qo'yishmi qizlarimizning "nimalarga qodir"liklarini?
Tushunmadim, tushunmadim...
Assalomu alaykum!
Mangayam shu qizlani qiliqlari yoqmayopti. Lekin siz yozgan klipni hali ko'rmadim. Undan oldingi kliplari ham yaxshi emas edi.
Gaplaringizga qo'shilaman. Shundayin sharmandali holatda klipga tushishning o'zi hayosizlik!
Nima deb izohlashga ham hayron qovomman.
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: qaysar 29 Iyun 2006, 19:54:13
siz  bularni tanqid qivosmi endi bu postlariz  bilan a?  yaxshigina g'iybat qiladigan mavzuni ochibsiz?
Man tanqidni o'zizdan boshlashni maslahat berardim. shulani  erinmasdan  ko'rib chiqib   kamchliklarini  ko'rishga so'zlarini  yodlashga  qanaqa vaqt topdiz.Shu  TV Markaz deganini keling siz ko'rmang eshitmang .o'shanda bunaqa bekorchi gaplarni gapirishga...
man bu gapim bilan  G'iybat qilmaslikni tarafdoriman.
Hidoyt Allohdan
P.S. Oldin ozimiz amal qip qoyelik
Birodar, masalan, sizga savol siz umuman TV yoki PCda klip ko'rmaysizmi?
Hozirgi paytda istalgan inet cafega kiring, TV ko'ring, hatto davlat telekanallarida ham mana shu bema'ni kliplarni bemalol tomosha qilishingiz mumkin. Ming urinsangiz ham baribir ko'zingiz tushishi aniq.
Nega ularni tanqid qilmaslik kerak ekan?
Biz o'zimizni o'nglab yuraveraylik, boshqalar hohlaganini qilsin, shundaymi? Biz o'zimizni bilsak bo'ldimi...
Yo'q, birodar, agar biz hozir ularni qaytarmasak, bundanam battarini ko'radi bu ko'zlaringiz.
Bugun ko'ylaksiz chiqqan xonandalar ertaga...

Tushunmadim... Tushunmadim...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:34:04
Assalom:

Astag'firulloh!
haqiqatda Qaysarbek, umuman tushunib bo'lmaydigan holatlar haqida yozibsiz!
Nahotki o'zbek yoshlari, o'zbekona ibo, hayo bilan tarbiyalangan qizlarimiz ushbu holatdan ko'z yumishsa?
Estradamiz bir guruh yalang'ochlarning qiliqlari ostida xor bo'lmoqda!
Manam tushunmadim, tushunmadim
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:34:16
Noza:

Salom Qaysar!
MarkazTV da qo'yilayotgan bu kliplar haqidagi fikrlariz tog'ri.
Shu Mariochi ni oxirgi qo'shiqlarini baribir ko'pchilik yahshi ko'radi. Chunki ko'chada kichkina bolachalar ham shuni etib yurishibdi.
Radiolarnikuya gapirmasa ham bo'ladi. Radiolarda tinmi shu qo'shiqni aylantirishadi. Uni ustiga tinglovchilar ham so'rashadi. . Albatta hamamni o'z didi o'z hohishi bor. Lekin nega bunaqa ma'no mazmunsiz qo'shiqlarni yotvolib eshitishadi tushunmiman
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:34:52
Farzonochka:

Assalomu alaykum, yuqoridagi fikrlaga qoshilgan xolda etolamanki, hozirgi kopgina kliplada zarracha ma`no, mazmun qolmagan, negaki haqiqatdan ham qizla xuddiki bir,.... mayli , etmi qoya qoli. Muximi ula ashulasini emas, oziligini koz-koz qilishmoqchi, ashulasini ozini e`tibor bilan eshitsangiz birorta ma`no topmaysiz, nima deyishvotganlarini ozligi tushunishsa ham kotta gap, kegindan klipga tushvotganda, libosalar boyicha dizayenerlaga nima bolishgan bilmiman....
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:35:04
Mohinur:

Assalomu alaykum barchaga!
Anchadan beri forumga kirmagandim, judayam qiziqarli mavzular ketyapti ekan.
Ushbu mavzu ham hozirgi kunning muammolariga bag'ishlanibdi. Haqiqatdan ham hozirgi yoshlar aytib chiqayotgan qo'shiqlarda na ma'no bor, na saviya?
Haqiqatda shokolad qiz deb ham ashula aytadimi?
Ko'proq bunday ashulalarni FM radiolarida eshitib qolamiz. Nima, ular kim nimani olib kelsa qo'yishaveradimi?
Eshitishimcha avvallari radiolarda qo'shiqlarning saviyasini tekshiradigan komissiya bo'lgan ekan. Bilmadim, hozir bunday komissiya rolini aqchalar bajaryaptimi?
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:35:19
Noza:

Ko'pgina radiolarda ham, TV da ham hozirda farqi yoq bo'lib qolgan. Qanaqa qo'shiq, yoki qanaqa klipni aylantirish. Puli to'langan bo'lsa bo'ldi!!!

Bu Setorachalarni, "Shokolad qiz" kabilarni 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan insonlar ko'rishi u erda ishlaydiganlarni hatto 1 sekundga ham o'ylantirib qo'ymagan bo'lsa kerak.
Hadeb bitta puli to'langan qo'shiqni aylantiravergandan keyin albatta kichkinani ham kottani ham miyasida shu plastinkaga o'hshab aylanib qoladi .
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:35:31
maknuna:

Gaplaringizga 100% qo'shilaman. Radiolarimizda, TV markazda bunday qo'shiq va kliplar shunday ko'payib ketdiki, odam uni eshitishga, ko'rishga uyaladigan bo'lib qoldi.
Qo'shiqlarning matnlarida ba'zida uyatli so'zlar ham chiqib qoladi. Kliplarniku qo'yavering. Ularni ko'rib turib shular ham o'zbek qizlarimi deb hayron qolasiz.
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:35:43
farzonochka:

Ha, man yaqinda Oypopuk Eshonxonovaning bir klipini korib qoldim, bitta ham ma`no mazmun degan tushunchalar yo..... Hayronman uni qanaq qib tv ga korsatishvotti, axir uni butun xalq korib turibdiyu.....
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:35:57
Qaysar:

Hozir TVga pul bersangiz, undanam dahshatlarini ham chiqaraverishadi.
Nima balo o'zini tanasini ko'rsatib mashhhur bo'ladimi?. hayronman.

Tushunmadim... tushunmadim...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:36:14
Mehmon:

BARCHAGA SALOM!!!
MAN ANCHADAN BERI BU FO'RUMGA KIRMAYOTGANDIM . FO'RUMDA BILDIRILGAN BARCHA FIKRLARGA QO'SHILAMAN. HAYRONMAN HOZIRGI ARTISTLARGA BIROR BIR MA'NOLI QO'SHIG'I YO'Q. BUTUN BEMANI,RASVO QO'SHIQLAR AYTADI BUNISI YETMAGANDEK YARIM YALANG'OCH QIZLARSIZ KILIP CHIQARA OLMEYDI. NIMA ULARNI MAQSADLARI O'ZI BILMADIM AYOL ARTISLARNI AYTMASA HAM BO'LADI ULARNI QILADIGAN ISHLARI QO'SHIQ AYTISH EMAS BALKI O'Z LARINI BUTUN AVRATLARINI OCHIB GO'YOKI BOSHQALARNI HAM SHUNDAY YURISHGA CHAQIRISH BOLIB QOLDI.
BIR KUNI KO'KCHA MASG'IDIGA ASR NAMOZIGA KECHQOLIBROQ KIRGAN EKANMAN 2-JAMOAT NAMOZ O'QIYOTGAN EKAN QARASAM ULARNI ICHIDA OLIFTA DAVRON ERGASHEV HAM NAMOZ O'QIYAPTI. HAYRONMAN BULARGA NAMOZ O'QIYDIKU BIR TAMONDAN BEHAYO KILIPLAR CHIQARIB HALQNI BUZISHADI ....
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:36:25
Begona:

alomlar ..man ham o'z fikrimni bildirmoqchi edim . yuilduz usmonova,ozoda nursaydova umuman hamasi desam ham boladi yangi qoshiqchi bolib paydo bolgan paytida uzbekona kiyimda chiqishgan endi xozir pullari kamayib qoganmi?? bilmayman yirtiq kiym lar kalta ..qoshiqini eshitsang tanig jimirlab ketadi .farishtami deysan .o'zini tv da korsang tepa soching tikka boladi ..feruza jumaniyozova degani tv ga endi chiqgan paytida "begim bel bog'ingiz bog'lab qoyayn" degan qoshiqi b-n chiqdi uzbekcha uzuun koylakda chqidi juda yarashb turgan edi endi chi endi kambag'al bolib qolibdi>>>? kymlari kalta kulta bolypdimi ey??
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:36:39
maknuna:

Yulduz Usmonovaning konsertini Qur'on o'qib boshlashini qarang-u, keyin konsertda o'ynashini ko'ring.
Qilar ishni qilib qo'yib, Ozoda Nursaidovaning "Men 5 vaqt namoz o'qiyman, deyishiga nima deysiz?
Feruza Jumaniyozova Divanda (uzr) oyoqlarining yuqori qismigacha namoyish qilibdtushgan rasmini, "Darakchi"da chop ettirishga uyalmabdi-yu, yana "man besh vaqt namoz o'qiyman" deb yozib qo'yibdi...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:36:51
Behzodbek:

Assalamu alaykum,
Ozodaning "Darakchi" da namoz o'qiyman, deganini eshitib men ham lol qolgandim.
Feruza Jumaniyozovani faqat 1-qo'shig'i (Nihol olishdan oldin) normalniy chiqqan xolos, deb o'ylayman. Keyin esa aynigandan-aynidi.
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:37:05
Fotih:

Ha, nimasini etasiz.
Hamma qo'shuchilar boshida juda sipo, oddiy bo'lib ko'rinadilar. Keyin esa o'zlarin namoyish qila boshlaydilar. Go'yoki muvaffaqiyat shu tanadagi go'zalliklardadek.
Yulduz Usmonova ham dastavval juda oddiy bo'lib chiqqan edi. Keyingi kliplarini ko'rsangiz...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:37:18
Dilshod:

O'zbek estrada yulduzlarimizga faqatgina bu forumimizdagina emas, balki boshqa katta internet saylarida, matbuotda, TV va radio to'lqinlarida o'zlarining tutishi haqida bir qator e'tirozlar bilan chiqiliyotgan bo'lsada o'zgarish o'sha-o'sha. Zamon bilan hamnafas bo'lib rivojlanish bo'lsa kerak bu. Bu haqda ehe qancha gapirilmadi. O'zlarining bergan intervyularida esa bu holatga oddiylik bilan qarashlarini keltirib o'tishgan, "vijdon erkinligi" bilan o'z holatlarini haspo'stlashadi. shov-shuv.uz saytida primadonnamiz Yulduz Usmonovaning Muqaddas Haj safariga borib kelganlari haqida yahshi bir yangilik o'qidim. Inshaolloh ziyoratlari qabul bo'lsin! Lekin maqolaga muhlislarning bildirgan munosabtalrini ko'rib, hafsalam anchagina pir bo'ldi. Har ne bo'lganda ham barcha inson o'zining e'tiqodi, mustaqil fikri va o'zining vijdoni pokligiga ega bo'lsin ekan. Yaratgan barchamizga insof-imon bersin.
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:37:34
Assalom:

Dilshodbek,
Siz etgan saytni manam ko'rdim. Judayam achinarli holat.
Nima balo bu qo'shuqchilarga o'zligini "namoyish" etishga yaxshigina minbar chiqibdi.
Hammaligi o'zligini yalang'och suratlari bilan saytni egallab olishibdi.
Ayniqsa, ularga yozilgan commentlarni ko'ring.
Sharmanda! "Publichniy dom" bo'pqopti-yu!!!
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:37:46
Uztermbek:

Men bu yerga hech narsa qo'shimcha qilolmayman. Vaziyat shu qadar rasvoki, sira aytgulik emas. Lekin, tepada ovoz berishda butun vujudim bilan, havsala bilan, 'o'ta achinarli' degan joyni belgilab qo'ydim.
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:37:56
Assalom:

Ha, juddayam achinarli.
Kecha adashib qaysidir Uzbek MP3 saytiga kirib qoldim. Spiskani ko'rib, qanchaaa tanimagan qo'shiqchilarim borligiga amin bo'ldim.

Bemaza qovunning urug'i ko'p deganlaridek, daraxtni bir tepsang yo rapchi yo bema'ni bironta ashulachi yog'ilvotti.
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:38:54
Dilshod:

Uztermbke, Bu alatta sizning shahsiy qarashingiz. Sizga aynan qaysi qo'shiqchilarning qanday holatlari yoqmaydi. Yorqin misollaringiz bilan bizga etib bera olmaysizmi fikrlaringizni.
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:39:10
Uztermbek:

Mayli, aytsam ayta qolay.
Shahzoda. Yoqimtoygina qiz. Ba'zi qo'shiqlari yoqadi ham. Lekin uning oxirgi (va undan oldin ham) konsertidagi ochoq-sochiq liboslari-chi? Bir safar televizordan, Markaz-TV dan uning bir qo'shig'ini qo'yishayotgan edi. O'sha yerda o'tirgan ikki talaba qizning biriga qo'shiqchining orqa tomoni beligacha ochiq libosi yoqmadi, lekin boshqasiga yoqdi!
Barcha estrada yulduzlariyu yulduzchalari yosh-yosh yigit qizlarimizning ko'plari uchun salkam ideal, taqlid qilish ob'ekti. Demak, xalq oldida boyagidek hayosizlarcha chiqishlar yoshlarimiz ongida o'zining jiddiy, salbiy ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Uning akterlik qobiliyati esa maqtashayotganchalik emas. Hech qanday hissiyotni bera olmadi o'z obrazlarida, hammasi quruq, soxta. KLekin u suratga tushishda davom etyapti. Xuddi o'ziga o'xshash boshqa aktyorlik talanti yo'q qo'shiqchilar singari. Chunki ularda imkoniyat oddiy, talantli aktyorlarda farqli ravishda, ko'proq, homiylari bor. Kinochilar uchun ham ular qulay o'z mahsulotlarini sotish uchun. Axir, kinoteatrlarga majburan haydaladigan talaba va maktab o'quvchilari uchun ularni tomosha qilish juda qiziq (begona akterdan ko'ra).

Yulduz Usmonova. 'Primadonna'. Milliy yo'nalishda kuylagan qo'shiqlarini yaxshi ko'rib tinglayman. Zamonaviy qo'shiqlari va eng yozrqin yulduzimizning u kliplarda chiqishlari esa... Birgina, forsizabon kuylangan o'sha oxirgi "Biyo jonim" qo'shig'iga ishlangan klipni ko'ring. Bir yoqda raqqosalar buxorocha kiyinib muqom qilshadi, boshqa tomonda esa Yulduz kap-kalta ko'ylak kiyib olib ashula aytyapti. Yoshi nechaga boryaptiyu, buni xalq oldiga qay ko'rinishda chiqishini ko'ring. Dabdala (uzr....).

Lola. Yosh qizlarning ko'pchiligi uni juda yaxshi ko'rishadi. Gitara chalishni bilmasligi ko'rinib turibdi, shunga qaramasdan, bu asbobni go'yoki chalib qo'shiq aytishni, suratga tushishni yaxshi ko'radi. "Dadil' kiyinishi bo'yicha o'zbek (taassuflar bo'lsinkim, bu haqiqat...) qo'shiqchi qizlari safida oldingi qatorlarda turadi. To'y libosida kuyovi bilan tushgan suratini ko'rib qoldim gazetada. Yuzi to'lig'icha ochiq (bu-ku mayli), yigit uni quchoqlagan, kelin uning bag'rida (!), ko'lini kuyov ko'ksiga qo'yib turibdi. O'zi esa shirin jilmayib qay tarafgadir, balkim odamlarga qaragan. Xo'sh, deymiz, qani u yerda o'zbek qizlariga xos bo'lgan iffat, kelinlik latofati? Yo'q ular yoki men ko'rmayapman. Agarda to'yda mehmonlar ruslarday 'gor'ko' deb baqirishdi, ular hammaning ko'z o'ngida anchayin muddat o'pishib turdi deyishsa, men ishonaman.

Setora degan yangi guruh paydo bo'ldiki, behayolik bobida oldingi uchlik ip esholmay qolishdi.

Xullas, misol keltiraversa ular ko'p, ko'p gap esa... bilasiz.

Bu fikrlarimda men mavzudan ham chetlashib ketgan bo'lishim mumkin. Shunday bo'lgan taqdirda sizlardan uzr so'rayman. Va eslatib o'tamanki, bu, Dilshod aytgandek shunchaki mening 'shaxsiy fikrim' dir.

Hammasini toqat bilan o'qib chiqqanlarga, e'tiroz yoki qo'shimcha qilganlarga tashakkurimni izhor etaman.
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:39:24
Assalom:

Uztermbek!
Gaplaringizni 150 % qo'llab quvvatlayman :)
Bu ketishda hali qo'shiqchilarimiz tungi libosda ham xalq oldida ko'rinishdan ham toyishmaydi shekilli. (balki ko'rinishayotgandir ham).

Ha, bu juda dolzarb muammo.
Mani bir kichik qizbola jiyanim bor. Shu jiyanimning ideali Shahzoda!
Bir kuni oyisiga uqtirvotti: "Oyi, oyi mangayam anu Shahzodani kiyimidan olib berasiz-a"
U ko'rsatgan kiyim esa har yerlari yirtiqligidan odam uyaladigan joylari ham bemalol ko'rinib turadigan ko'ylak. Yosh bola, hali hech narsani tushunmiydi. Lekin havas qivotti.

Mana muammomiz. qaysi ashulachining klipini ko'rmang, tor shim, mana-mini-yupka, yana allambalo liboslarda hirom etayotgan qizlarga ko'zingiz tushadi. Agar yonizda kotta odamlar bo'lsa, uni ko'rish uyat.

Lekin mana shu uyat kliplani TVda rosa aylantirishvotti. Seriallada bo'lsa o'pshayotgan oshiq-ma'shuqlar bemalol ekran yuzini ko'rmoqda. Mayli bu haqda boshqa threadda gapirarman.
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:39:38
Dilshod:

Uztermbekning holis, ochiq va haqqoniy qarashlariga tan bermasdan ilojimiz yo'q. Rahmat sizga shunchalik bayon etib bera olganingiz uchun fikrlaringizni. Haqiqiy holis muhlis manimcha deyarli shunday bo'lishi kerak. Bu haqda yana kimning qanday "dard"lari bo'lsa bemalol aytinglar. Bu biz uchun juda qiziq va sizning gaplaringiz bu erda qadrli. Uztermbek shu o'rinda "nur bor joyda soya ham mavjud" degan naqlga amal qilgan holda sizga yana savol ustidan savol yo'llasam degandim. Yoqirida sanab o'tgan estrada honandalaringizning qaysi zamondosh-kasbdoshlari sizni qoniqtira oladi? Savolimni yahshi anglagandirsiz degan umiddaman. Boshqa forum ihstirokchilari, "yahshi imkoniyat"dan siz ham foydalaning.
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:40:02
Noza:

Assalomu alaykum aziz forum azolari.
Man bu mavzuga anchadan beri kirmi qo'ygan edim.

Albatta estradamizdagi ayrim (afsuski ular ko'pchilikni tashkil etadi) "YULDUZLAR" ining bu holda o'zlarini tutishlari, kiyim kechaklari kelajak yoshlarga yomon ta'sir qiladi.
Hali 6-7 sinfga bormagan qiz "Huddi Shazodaga oxshab kiyinishni hohlaydi, yoki Rayhonga oxshab bo'yanishni hohlaydi, Lolaga oxshab......"
hullas gapirsa poyoni yo'q.
Bu narsaga biz bu yerda gapirsagu, boshqalar e'tiboq bermasa, bunga o'sha hukumat e'tibor berishi kerak.
Umuman TV da bunday kliplarni qo'yish taqiqlanganida edi bunaqa sharm hayosiz kiyinishlar, klpilar ham bo'lmasidi.
Odamlar ko'rar ekan, talab bor ekan bu narsa "rivojlansa" rivojlanadiyu yoq bomidi manimcha.

Yulduz Usmonovaga kelsak. Man bu insonni haqiqiy qo'shiqchi sifatida juda hurmat qilaman. Kuylayotgan ana shu qo'shiqlari mani dunyoqarashimga ham katta ta'sir ko'rsatgan.

Masalan Lola, Shahzoda kabilar "okahonlari" bo'lmaganida estradad 1 minut ham qolmagan bo'lardi. Ularda ovoz yoq dib o'yliman man.

Eng yaxshi narsa FONOGRAMMANI YOQOTISH!!!
Shundagina estradamiz sal o'ziga keladi.   
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:40:18
Uztermbek:

TV da chiqayotgan mana bemaza kliplaru, radio orqali butun mamlakatga (butun dunyoga desak ham bo'lar?!) - boshqa bir mavzuda aytilganidek, "pornografik mazmundagi" qo'shiqlar - tarqatilayotgan qo'shiqlar oqimi kuchaysa kuchayadiki, to'xtamasa kerak. Bunday deyishimga sabab, o'sha nufuzli OAV tahririyatlarida mehnat qilayotgan kishilar uyoqqa ko'chadan to'g'ridan-to'g'ri kirib bormagandir, ular axir o'z sohasining mutaxassisi, katta yoshdagi kishilardir. Hamma qo'shiqlar ularning qo'lidan yoki maxsus tashkil etilgan komissiyalar ko'rigidan o'tadi, keyin efirga chiqadi. Lekin, aziz do'stlar, hech kim tanimagan, na bir tuzuk ovozi, na bir kuylayotgan qo'shg'ida zarracha mantiq bo'lgan yosh yulduzchalar qay yo'l bilan hammaning oldiga chiqib olib, qo'lidan kelmagan ishni qilishga urinishadi (hali shaxs sifatida shakllanib ulgurmagan yoshlarga balkim ular yoqar...)? Shunday paytlarda ularga: "Baraka topgur, boring, yaxshilab tahsil oling, yaxshi ustozlarning etagini tuting, 5-6 yildan keyin bir aylanib kelarsiz" degingiz keladi. Yo'q, ularga tez va oson shuhrat qozonish muhimroq, kattalarning esa ularga muruvvati cheksiz.
Yoshlar ayniyapti, deyishadi. Yo'q, ularni kattalar erkalatib yuborishayapti. O'sha sahnadagi, kliplardagi, suratlardagi ochiq-sochiq kiyingan qo'shiqchilarning ham ota-onlari bor (Ilohim sog'-salomat bo'lsinlar), lekin ular o'z farzandlarining shu yurishiga xotirjam munosabatda bo'lishadi...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:40:29
Maknuna:

Sayyora Qoziyeva degan yaxshi bir qo'shiqchi borlar.
Lekin shu "onaxon"ning qiliqlarini hech hazm qila olmayman. Kelini, nevarasi bor ayolning "Qizlardan ham o'taman" deya o'zlarini supermodel tasavvur ertishlari va bu rasmlarni matbuotda e';lon qilishlari...
Uyda navaralarizga yaxshi ertelar etib yursez bo'miydimi, deging keladi.

Yulduz Usmonova ham shunaqa. Man ham ularning san'atlarini hurmat qilaman. Lekin shaxs sifatida u kishiga zarracha ham hurmatim qolmagan.
Hoji ona degan nom bilan TVyu konsertlarda mana man deganlarni yiqitishga urinayotgan xonandaning holatiga ham achinasan.
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:40:44
Maknuna:

Judayam to'g'ri mulohazalar!
"Dev bilan pakana" filmini ko'rgan bo'lseylar shu yerda yangi chiqayotgan yulduzlarning asl basharasi ochib berilgan.

Ularga baribir, qanday qilib bo'lsa ham shou biznes olamida o'z joylarini egallasalar bo'ldi. Buning uchun hayvoniy his-tuyg'ulardan ham qochmaydilar. Onalari esa o'zlari qizlarini begonaga qo'shib qo'yadilar.

Sahnada yalang'och chiqsang, obro'ing oshadi, tez ko'tarilasan, deyishadi. Ularga baribir, ko'tarilsa, pullar, gullar, olqishlar, xushtorlar...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:41:01
Uztermbek:

Maknuna, balli sizga, bag'oyat to'g'ri gapirdingiz. Nima qilaylikki, shular achchiq haqiqat, jirkanch bir manzara.

"Dev bilan pakana" ni esa yana bir qarab ko'rishga to'g'ri keladi, film mazmuni yodimda qolmabdi
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:41:17
AbdulAziz:

Shu filmdan iqtibos:

- Bugungi san'at eng katta biznes. Rohatoy katta sahnaga chiqishi kerakmi? Kerak! Konsertlarga chiqshi kerakmi? Kerak! Kim uni bepul chiqaradi? Puli bo'lmasa nima qilsin? Sen chiqarsang -seniki, men chiqarsam - meniki! Uniyam tushunish kerak.
Sotiboldiyev uni albatta televizorga chiqaradi. Keyin... biror kecha birga yotadi. Balki yotishga ham ulgurmas. Bundan kattarog'i ilib ketadi. Agar omadi yurishib ketsa Rohatoy bironta prokurorga ikkinchi yo uchinchi xotin bo'ladi. Tushunaman, chiroyli qiz. Sotiboldiyevga xayf.
Gapni rosti Rohatoy sanga to'g'ri kelmaydi, Polvon. Bir umr qo'riqlab, nosqovoqday belingga tugib yurolmaysan-ku! G'ijjagini sindirsan ko'ngli og'riydi. Sindirmasang, duch kelganga o'ptirishga majbur...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:41:49
farzonochka:

Man hozirgi ashulalala 0 ball ham bermasdim torisi, endi ayrimlarini hisobga olmaganda, masalan Kvartetmi kim edi u ishqilib "SMS yubor menga" degan ashulasini atayin eshitib kordim, qanaqa ma`no bor ekan deb. topomadim... xullas, umuman hozir ashula eshitishshi hojati yo..
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:42:01
Mohinur:

Ular-ku, hech nimamas.
Shohruh Repperni eshitib ko'ring, hayratdan yoqa ushlaysiz...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:42:13
farzonochka:

ha, haqiqatdan ham juda be`mani ammo uni yigitlar emas qizla ham yoqtirishadi, man tushunmadim... u ham mayli, man radiodan bitta ashula eshitib qoldim, kimligini bilmimanu sozlari esimda qogande boldi.... "Sochini alvastiga oxshatib kochaga chiqadi, u baxtga loyiq emas.." xullas ochirib tashlagandim,,, u nima degani????Inson ashula eshitib madaniy xordiq chiqarish kere aslida... bu esa odammi charchatadi...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:42:28
Feruza:

To'g'ri aytasiz Mohinur!
Hayratdan yoqa ushlaysiz. Menga umuman yoqmaydi. Shu Shoxrux deyishardi, eshitib ko'rsam na qo'shiqda mazmun na boshsqa narsa. Bunaqa qo'shiqlarni eshitib "madaniy hordiq" olgandan ko'ra hordiqsiz ishlaganim ming marta afzal
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:42:43
Shoir:

Ha, bu janobning "qos'hiq"larini tinglab odamning ensasi qotadi. Nima deyayotganini umuman tushunib bo'lmaydi.
"Shaharda pana yo'q,
Darxonda pana yo'q,
Janna yo'q.
Qoshinimni qizi Leyli.
Ertalab birga uyg'ondik."
Bu bilan nima demoqchi?
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:42:57
Uztermbek:

Ha-a... bunaqa 'kosa tagi nimkosa' qabilidagi qo'shiqlar o'zi yangi emas... Lekin hozir rosa urchtishayapti... Tohir Sodiqovning bitta qo'shig'ini eslang(ajab, shu qo'shiqning musiqasi menga yoqadi...): "Jala quysin ertagacha... u qolsin yonimda... ertalab meniki bo'lib uyg'onsin..." Keyin shu ashulani setorachilar aytib chiqishdi ;D

Lekin, 'tan olib' aytish kerak, bu Shohrux deganlari ham: "unda-bunda.. yana bir nima.. mani baxtim ota-onada" ham deb qo'yadi :)) Buzib aytsa ham, yaxshi gaplari yo'q emas...

U kungina marshrutkada ketayotib, Manzura Yo'ldoshevaning shu paytgacha ham yoqtirmaganim bir nag'masining so'zlariga e'tibor berib qoldim. U aytdi:

Nega yonimga kelmiysan?
Axir men seni hohliyman.... :o
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:43:10
Shoir:

Kecha yana radioda bir qo'shiq eshitib qoldim. Qiz bola aytayapti. Kimligini bilmadim. Yangi chiqqanlaridan:
"Onangga ayt, menga tezroq sovchi yuborsin.
Vasling istab ortiq sabrim qolmadi..."

Astag'firulloh. Qiz bola ham shunaqa deb ashula aytadimi? O'zbek qiziya? Qani o'zbekona hayo ibo? Uyalish?
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:43:21
* * *

Bir qo‘shiqchi singlimizning telemuxbir bilan qilgan suhbatlari kishini taajjubga soldi. Singlimiz san’at cho‘qqisini ko‘zlab, shaharga kelibdilar. Erlari bilan ajralishibdilar. Uch yoshli farzandlari qishloqda, onalari tarbiyasida ekan. «Uyga borsam, bolam meni tanimaydi», deb kuldilar. (Aqlli ona bunday holda yig‘lashi kerakmasmi?)Yana dedilarki, ustoz qo‘shiqchi opalaridan «oilamni nima qilay?» deb so‘ragan ekanlar, «sen san’atni o‘yla», degan «dono» nasihatni quloqqa olibdilar.
Hech kim «avvalo ona bo‘ling», demabdi.
Hozir «uyga borsam bolam tanimaydi», deb kulyaptilar.
Keyinchi, yillar o‘tib yig‘lamaydilarmikin?
Ikki tuyaqush oila qurib, ko‘payish ilinjida tuxum qo‘yarkanlaru, og‘irliklari tufayli uni sindirib, keyin fig‘on chekarkanlar. Oxiri ular dono tuyaqushdan maslahat olmoq uchun necha kunu necha tun yo‘l bosib, sahroning narigi chetiga boribdilarda:
— Bizga yordam bering, bizdan ham nasl qolsin, — deb yalinishibdi.
Ularning iztiroblarini tinglagan dono tuyaqush:
— Nasl qoldirish uchun faqat istak-xohishning o‘zi kifoya qilmaydi. Bu oson ish emas, mashaqqatni yengishingiz lozim bo‘ladi, — debdi
— qanday mashaqqatligini ayting, biz hammasiga tayyormiz, — deyishibdi ikki tuyaqush.
— Unday bo‘lsa, diqqat bilan tinglangu, yodingizga muhrlang: nasl qoldirishning eng muhim sharti — yurak taftidir. qo‘ygan tuxumingizga faqat yuragingizning haroratigina jon bera oladi. Shuning uchun unga eng qadrli, eng aziz narsaday munosabatda bo‘ling va ehtiyotlang.
Er-xotin tuyaqush bu maslahatga amal qilishibdi. Tuxum qo‘yilgach, har qanday rohatdan voz kechib, faqat uning uchun parvona bo‘lishibdi. Ochlik, suvsizlikka ham chidashibdi. Oqibat ulug‘ mukofotga erishishibdi — tuxum yorilib, jajji tuyaqushning boshchasi ko‘rinibdi...
Ashulachi singlimizga Xudo ovoz beribdi, farzand ham beribdi-yu, yuragiga harorat bermabdi-da, attang...

Tohir Malik
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:43:38
AbdulAziz:

Ba’zi insonlar san’at, pul yo’lida insonlikni unutadilar. Oilani unutadilar.

Yangi insonlar, yangiz xushtorlar"¦, sahna, olqishlar, stadion, konsert zallari, uchrashuvlar, gazeta, jurnal, radio, TV"¦

Bularning hammasi ularga har doimgidek tuyuladi. Ertaga ham shun zaylda davom etadigandek"¦ Lekin ertaga ularni kim eshitadi, kim chorlaydi, o’ziga, shuni o’ylashmaydi. Yoshlikda o’ynab qol deyishadi, tavsiya etishadi. Yoshlari o’tib, endi pardoz vositalari ham pand bermaydigan holga kelganlarida endi ular yoshlarga ustozlik qiladilar, san’atda cho’qqiga erishish asrorlarini o’rgatadilar. Eng yomoni — dono maslahaygo’yga aylanishadi"¦
Qarib qartayganlarida esa farzandsiz"¦uysiz, joysiz, qariyalar uyidan yoki pastqam kulbalardan joy olishadi"¦
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 06:44:03
Shoir:

O'zim unchalik shou-biznesga qiziqmayman.
Lekin kecha bir narsani eshitib qoldim: Yulduz Usmonova xorazmlik qizlarning sha'niga yaxshi gap aytmaganmish.
Keyin Ozoda Nursaidova bunga javob qilganmish?
Sizlar nima deysizlar?
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: MaxCmd 18 Iyul 2006, 14:02:01
Menimcha, so`rovda yuqoridagi 3 variantni o`chirib tashlash kerak!  :D
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Abdusalom 18 Iyul 2006, 14:48:58
Menimcha, so`rovda yuqoridagi 3 variantni o`chirib tashlash kerak!  :D

Faqat bitta variant qolsa ham mayliga!  ;)
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Mas'ud 02 Avgust 2006, 11:19:37
[quote ]
Savol: O'zbek estradasining hozirgi holati haqida nima deya olasiz?  :D
[/quote]

O'ta achinarli holatda...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: _Otabek_ 18 Sentyabr 2006, 09:21:07
Булбулнинг эркаги сайрайди

Биз фақат жанг майдонларидагина жасорат кўрсатилади, деб ўйлаймиз. Аслида ҳаётнинг ўзи инсон учун жасорат майдонидир. Абдулла Қаҳҳор 61 йиллик ҳаёти давомида ноҳақликка қарши исён кўтариб ўтган жасоратли, ҳалол инсон, бетакрор адиб бўлган...

 

Темирчи Абдуқаҳҳорнинг зеҳнли ўғли Абдулла адабиётнинг сеҳрли оламига кириб келгунича бутун водий қишлоқларида оиласи билан ризқини териб юрди. ХХ асрнинг фожиаларини ҳам ўз кўзи билан кўрди. Ўша давр воқеалари ичида яшади. 1923 йили матбуотда илк асари босилди. Қўқон педтехникумида, Ўрта Осиё давлат университетида ўқиш, турли нашларда ишлаш жараёнида шўро мустамлакачилигининг қабиҳона сиёсатини англаб етди. Натижадаги атрофидаги маслакдошлари билан "œБотир гапчилар" дея аталган шўроларга қарши ташкилотга аъзо бўлди. У устозлари ва теварагидаги дўстларининг отилгани, қамалганидан хулоса чиқариб, тинчгина ёзувчилигини қилиб юрса бўларди. Аммо Қаҳҳорнинг ўзи ҳам 1935-37 йилларда нақ қамоқхона остонасидан қайтган инсон эди.

Тинч, жўшқин ва зарбдорона меҳнат авж оляпти, дейилган 1955-1968 йилларда ҳам у гоҳ пахтакорнинг оғир меҳнатини, гоҳ адабиётда, санъатда бўлаётган қинғирликларни фош этди. Газета-журналларда ёзаётган мақолалари, учрашув, тадбирларда сўзлаган оташин нутқлари "œтепадагилар"га ёқмаётганини биларди. Бироқ, Қаҳҳор "œчесть" берадиган, "œлаббай" дея эгилиб таъзим қиладиган оддий аскар эмас, балки, "œфикрлайдиган инсон" эди.

 
1965 йили Абдулла Қаҳҳор Низомий номли Тошкент давлат педагогика институтида бир мавзуни кўтариб чиққан. Ўшанда айтилган гаплар бугунги радиомаҳмадоналар ва бетайин қўшиқчилар учун яхшигина танбеҳдир:

 

"œ...Жуда бой, чиройли тилимиз бор. Бу тилда ифода этиб бўлмайдиган фикр, туйғу йўқ!.. Афсуски, Радиода кўпинча халқ билан мана шу бой, чиройли, пурқудрат тилда гаплашмайдилар. Одамлар борки, бисотидаги бир ҳовуч сўзни айлантириб, ойлигини олаверади, ўқиш, ўрганиш билан ўзбек тилининг имкониятидан тўлароқ фойдаланишни истамайди ёки бунга фаросати етишмайди. Мана шу одамларнинг дангасалиги, фаросатсизлиги, чаламулла "œолим"ларнинг илмий фаолияти оқибатида шундоқ бир тил  вужудга келганки, на муомалада, на суҳбатда, на оилада ҳеч ким бу тилда гапирмайди...

 

Бу тилни фақат микрофон кўтаради, бунга фақат микрофон тоқат қилади... Бизнинг матбуот ва радио тили нима учун кундан-кунга халқ тилидан узоқлашиб боряпти? Нима учун тилимизнинг қонун-қоидалари бузиляпти? Нима учун кўча ҳаракати қоидасини бузган кишига милиция ҳуштак чалади-ю, бутун бир тилни бузаётганларга ҳеч ким ҳуштак чалмайди?... 

 

Кейинги вақтларда ашула жанрининг ғоявий-бадиий савияси ҳам тобора пастлашиб кетяпти. Радио ва телевидениедан берилаётган кўп ашулаларнинг матни хароб, композиторлар бу матнларни қайси гўрдан топганига ҳайрон қоласан киши:

 

...Бир кўнглим олма деди,

Бир кўнглим ол деди.

Қўлим ҳеч бир қайтмаган...

 

Нима гап ўзи? Шу ҳам шеърми? Шу ҳам ашулами?...

 

Бу чаласавод одамнинг қоғоз тирнаб қилган машқи қаёқдан композиторнинг қўлига тушди-ю, бунинг нимаси мусиқа ёзишга илҳом берди экан?

 

Классикларда ҳам, халқ адабиётида ҳам, ҳаётда ҳам одатан йигитлар яхши кўрган қизларини мақташар эди: кўзинг ундоқ, ўзинг бундоқ, дейишар эди. Ҳозирги кўп ашулаларда қизлар ўзларини ўзлари мақташади: у ёғим бундоқ, бу ёғим бундоқ дейишади...

 

Ташаббус эркакдан бўлиши керак, булбулнинг ҳам эркаги сайрайди-ку, дейдиган одам йўқ!.."

 

Қаҳҳор юқоридаги гапларни пединститутда айтганида, эшитиб ўтирганлардан айримлари адибнинг овозини магнитофонга ёзиб олган. Мавзу ниҳоятда долзарб бўлганидан ўша тасма кўпайтириб тарқатилган экан. Каата шов-шувга айланган учрашув ва унда билдирилган фикрдагн сўнг Абдулла акани телерадиоқўмитага таклиф этишди. Шунда адиб дилидагини яна тилига чиқариб, бевосита у ерда ишловчиларга танбеҳ берди. Олдинги айтган гаплари мансабдорларга ёқмаганини таъкидлаб, шунда-да, ўз фикрида қолган, ҳақ сўзни айтганди.

 

"œЎзларингга маълум, мансабдор икки тоифа бўлади: бир тоифаси ўз ўрнига мувофиқ, муносиб билими, қобилияти билан ҳар ишга қодир. Бу тоифа мансабдор ишни ишонч билан олиб боради. Танқид эшитса, бунинг мағзини чақишга, танқидни чуқурроқ тушунишга ҳаракат қилади-ю, бундан хулоса чиқариб, ўзининг раҳна жойига дарров чим босади. Бундай мансабдорларнинг ўзи ҳам хурсанд, иши ҳам "œмих"дай, одамлар ҳам мамнун. Бошқа бир тоифа мансабдор ўз ўрнига мувофиқ эмас, муносиб ҳам эмас, шунинг учун сир очилиб қолишидан ҳамиша хавотирда: осмонда чумчуқ пир этса, юраги шув этади. Анчайин танқидий шабада буларга бўрон бўлиб, столини кўтариб кетаётгандай туюладию столини қучоқлаб йиғлайди: вой-дод, фалончи ака, мени ушланг, йиқиламан, дейди".

 

Раҳбарлар фаолиятига баҳо бериб ўтгач, пединститутда айтиб ўтган фикрларини бевосита ашулани "œайлантириб" ётган телерадиоқўмита ходимларига билдирди.

 

"œ...Ашула айтиш, ашула тинглаш буткул ихтиёрий нарса: хоҳлаган одам айтади, хоҳламаган айтмайди, хоҳлаган эшитади, хоҳламаган эшитмайди. Тўғри, баъзан ашулачига пул бериб, ойлик берибайттириш мумкин, лекин ўз қадрини билган киши хоҳламаган ашуласини пул берсангиз ҳам эшитмайди...

 

Радио ва телевидениеда бериладиган кўп ашулаларнинг матни ниҳоятда хароб. Хусусан, муҳаббат тўғрисидаги ашулалар муҳаббатдан одамнинг ихлосини қайтаради... Баъзи ашулаларда шоирнинг ёри бузуқ бўлади: ҳаммага ўпич берадию, шоирга ўпич бермайди..."

 

Хуллас, Қаҳҳор жим туролмасди. Негаки, 1962 йилда шов-шув бўлган ўша учрашувдан уч йил олдин у шундай ёзганди:

 

"œКўнгилга хуш келмайдиган, ёғланмаган эски араванинг ғийқиллашига ўхшаш шу ашулани эшитишга объектив равишда бўлса ҳам мажбур қилиш деган нима сўз ўзи?.. Товуши бўлмаган одам ўзича ашуа айтиб юбориши мумкин. Майли, айтсин, лекин унинг ашуласини ёзиб олиб, радиога бериш ҳеч кимнинг хаёлмга келмайди. Буни ёзиб, радиога бериш машинистгагина керакли бўлган паровознинг гудогини ёзиб олиб, радиога бершидай бемаъни иш бўлар эди".

 

Умид Бекмуҳаммад.

"œДаракчи", 07.09.2006
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Foniy 24 Sentyabr 2006, 20:58:15
Assalomu alaykum!
Afsus..., ming bor afsus, san'atimizni jar yoqasiga olib kelib qo'yishdi.., ta'riflashga til ojiz, esiz san'at qarg'alar qo'liga o'tib ketdi?!. bu albatta bulbullar uchun tegishli emas! Nachora, OAV qayerga qarashayapti?!. Zamonaviylik deymiz, zamonaviylik degani - bu o'zlikni, milliylikni yo'qotish degani emas-ku axir!?.Nega buning uchun OAV jon koyitgisi kelmaydi?Bunday holat uchun kim sababchi?..
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: shoir 01 Oktyabr 2006, 06:30:17
"œHE... BRATISHKA, QALAYSAN?"

Yoki bugungi sotilayotgan daftarlarning ahvoliga nazar
Yangi o‘quv yili arafasida zarurat tufayli Toshkentga borishga to‘g‘ri keldi. "œQo‘yliq" buyum bozori tashqarisidagi maydonchada "œMaktab bozori" tashkil etilibdi. G‘oyat aqlli tadbir bo‘libdi. Kuniga bozorga kelib ketuvchi minglab, ehtimol o‘n minglab xaridorlar maktabga boradigan bolalari uchun uyga qaytayotib shu yerning o‘zidayoq maktabga zarur narsalarni xarid qilinyapti.
Rang-barang bezatilgan kitob-daftaru qalam-ruchkalarni va boshqa yuzlab nomdagi o‘quv buyumlarini olmasangiz ham qiziqib tomosha qilasiz.
Mening e’tiborimni tortgan narsalar judayam chiroyli ishlangan umumiy daftarlar bo‘ldi. Muqovasi chet elda chiqarilgan jurnal yoki otkritkani eslatadi. Asosan o‘zimizda, Turkiya va Rossiyada ishlab chiqarilganlari ham bor ekan. "œO‘zbekistonda ishlab chiqarilgan" deb yozilgan umumiy daftarlar muqovasi asosan biz kuniga televizorda bir necha marotaba ko‘radigan yoki radiodan ovozini eshitib turuvchi estrada yulduzlarining suratlari bilan bezatilgan. Eng qizig‘i, muqovaning 4-sahifasida siz ushbu estrada qo‘shiqchisini yaxshi tasavvur qilishingiz uchun uning bitta qo‘shig‘i matni ham berilibdi. Jumladan, Sardor Rahimxon, Shohruh va Shahzoda, Sharof Muqimov, Rayxon, yana Shahzoda, Shoxrux...
Hammasi esimga kelmadi. Estrada osmonida paydo bo‘lgan, men bilgan va hali bilmagan yulduzlar ham ko‘p ekan degan fikr o‘tdi miyamdan.
Ajab emaski, bugun maktabda o‘qiyotgan talabalar orasidan 4-5 yil o‘tib, muqovadagi qo‘shiqlar ta’sirida o‘nlab, balki yuzlab yulduzlar chiqsa.
Sizga ma’lum bo‘lsa kerak, biz qo‘shiqni, ayniqsa, estrada kuyiga jo‘r bo‘lib kuylanayotgan qo‘shiqni ting­layotganimizda qo‘shiq ma’nosiga ko‘p-da e’tibor beravermaymiz. Bizni ko‘proq musiqa va kuylanayotgan qo‘shiq ohangi jalb etadi. Mana endi umumiy daftar sotib olib, uning muqovasidagi matndan qo‘shiqning nima haqdaligini bemalol o‘qib olish, o‘quvchilar esa uni yodlab olib xirgoyi (darsda emas, albatta, tanaffusda) qilishlari mumkin.
O‘sha kuni bozorda sotilayotgan umumiy daftar muqovasining so‘nggi betida yuqorida nomlari keltirilgan xonandalarning "œIshonmasman", "œKim, ayt", "œNetay",  "œYodingdami?" va boshqa qo‘shiqlari berilgan.
Ayrimlari lotin, ba’zilari kirill alifbosida chop etilgan matnlarning shriftlari shu qadar turli-tumanki, birini lupa bilan o‘qish mumkin bo‘lsa, boshqa birini ko‘zoynaksiz bemalol o‘qisa bo‘ladi.
Ko‘zoynaksiz o‘qisa bo‘ladigan matnlardan biri Rayhonaning "œYodingdami?" deb nomlangan qo‘shig‘i edi. Garchi, qo‘shiqchining nomi lotincha harflar bilan yozilgan bo‘lsa-da, qo‘shiq matni kirill alifbosida yozilgan.
Qiziqib o‘qiy boshladim:
"œMing afsus hamma aytgan
                  suzlaring
aldab meni sozligicha
                  qoldi umrbod
shahlo kuzlaring
xayotimni kildilar barbod
Shildiragan tinik
                            bulokdan men
Seni deb chankoq bosmadim
Aldamagin desalar
                      yonib karamadim
                  kuloq osmadim
Yodingdami, tunlarimda
                       oy bulib mening
Yodingdami, yularimni
                      yoritmokchi yeding
Yodingdami, kunduzinda
                          bulib kuyoshim
Yodingdami, jamolimda
                 xop tuymokchi yeding"


Men to‘rtta verguldan boshqa tinish belgisini topa olmagan, o‘zbekcha h, o‘, q, e harflarining daragi ham bo‘lmagan, imloviy va grammatik xatolar to‘lib ketgan matn bosilgan ushbu daftarni o‘zini bilgan odam maktab ostonasidan ham olib o‘tmasligi kerak deb hisoblayman. Qo‘shiqning mazmuni haqida gapirish esa ezmalik bo‘ladi, xolos.
Xonanda Shoxrux ijro etgan qo‘shiq matnini o‘qib ko‘rdim.
Siz ham bir o‘qib ko‘ring:

"œHe Sarvar bratishka qaleysan?
O baratan tinchmi?
O’y salom qani???
Sekin-sekin de oka..."


Xullas, qo‘shiqning qolgan qismida ham bundan aqlliroq (mazmunliroq) gap topa olmaysiz.
Bu umumiy daftarlarni ishlab chiqarganlar nima uchun aynan shu qo‘shiqlarni muqovada chop etishgani meni xo‘p o‘ylantirdi. Ammo biror jo‘yali sabab topolmadim.
So‘nggi yillarda ma’naviyat haqida gapiraverib, ushbu so‘zning ham siyqasini chiqarib yubordigov. Ma’naviyat tushunchasini har kim o‘zicha talqin etib, tushuntiradi, izoh beradi. Ammo, negadir hech kim ma’naviyat so‘zining o‘zagi "œma’no" so‘zi ekaniga e’tibor berganini eshitganim yoki o‘qiganim yo‘q. Ehtimol, ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qiluvchi qo‘shiqlardagi ma’nosizlik, boshqacha aytganda bema’nilikning sababi shudir.
Yuqorida umumiy daftarlarning o‘zimizdan tashqari Rossiya va Turkiyada ishlab chiqarilganini ta’kidlab o‘tgan edim. Rossiyada ishlab chiqarilgan daftarlar muqovasida tabiat manzaralari, sportchilar, texnika vositalari — asosan avtomobillar aks etgan bo‘lsa, Turkiyadan keltirilgan umumiy daftarlarda asosan artistlar — Hollivud yulduzlari va o‘zimizning estrada qo‘shiqchilarimizning suratlari bosilgan. Turkiyada tayyorlangan ana shunday umumiy daftarlardan birining muqovasida qo‘shiqchi va akrtisa Britni Spirs surati bosilganki, uni o‘quvchilar odam anatomiyasi darsida ko‘rgazmali qo‘llanma sifatida foydalanishsa ham bo‘ladi.
Maktab bozorida 12 varaqli oddiy o‘quvchilar daftarlari ham sotilayotgan edi. Negadir bu daftarlar Rossiyada, Belorus va Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan, o‘zimizda chiqarilgan 12 varaqli daftarni ko‘zim tushmadim. Chetdan keltirilgan o‘quvchilar daftarlarining muqovasi maktab nomi va raqami, sinf o‘quvchisining ismi, familiyasi fan nomi yoziladigan tarzda tayyorlangan bo‘lib, muqovaning 4-betida xal­qaro o‘lchov birliklari va karra-karra jadvali berilgan.
Bizning maktablarimizda bu ma’lumotlarga ehtiyoj yo‘qmikin?
Yaqinda bir oshxonada ovqatlanib o‘tirib, qo‘shni stoldagi to‘rtta xo‘randaning yegan ovqati haqini hisoblay olmay, 2 ta hamkasb dugonasini yordamga chaqirgan ofitsant qizning ahvoli yodimga tushdi. O‘rta maktabda o‘qib yurganida "œmen matematik bo‘larmidim" degan xayolda na ko‘paytirish jadvalini, na qo‘shish, ayirish va bo‘lish amallarini o‘rganmagan ofitsant qiz o‘shanda maktabda tuzukroq o‘qimaganiga ich-ichidan afsuslanganiga mening imonim komil edi. Ammo, so‘ngi pushaymondan foyda yo‘q-da!
Xullas, bu haqda gapiraman desam, gap keltiraman desam, misol ko‘p. Gapni qisqa qilib aytadigan bo‘lsam, qilayotgan ayrim ishlarimiz, gapirayotgan gaplarimizga har doim mos emasday, nazarimda.

Murod JO‘RA
www.hurriyat.uz
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Mahdiyah 03 Oktyabr 2006, 20:08:21
Borgan sari bemaza hopizlar ko'payib ketmoqda.
Bitta misol INDI .
Radiolardagi ta'rifni eshitib yoqamni ushliman.
"Go'zal, shirin ovoz sohibasi INDI" mish...
Bunaqa hopizlar qanchayu ularga ta'rif beruvchi paxtachilar qancha........
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Foniy 08 Oktyabr 2006, 11:28:44
Assalomu alaykum!
siz  bularni tanqid qivosmi endi bu postlariz  bilan a?  yaxshigina g'iybat qiladigan mavzuni ochibsiz?
Man tanqidni o'zizdan boshlashni maslahat berardim. shulani  erinmasdan  ko'rib chiqib   kamchliklarini  ko'rishga so'zlarini  yodlashga  qanaqa vaqt topdiz.Shu  TV Markaz deganini keling siz ko'rmang eshitmang .o'shanda bunaqa bekorchi gaplarni gapirishga...
man bu gapim bilan  G'iybat qilmaslikni tarafdoriman.
Hidoyt Allohdan
P.S. Oldin ozimiz amal qip qoyelik
Kwl janob(xonim), biz bu yerda faqat o'zimizni o'ylamasligimiz kerak-ku axir, men ko'rmayapman, nima qilishsa qilishaverishsin deb ketaverish kerakmi, axir bular yoshlarimizning ongini buzishmayapti?!. Faqat o'zimizni o'ylash... bu yaxshi emas, albatta...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Farida 07 Yanvar 2007, 02:34:00
haqiqatda ham hozirgi estradamiz juda ayanchli ahvolga kelib qoldi.
har kuni yangi qo'shiqchi chiqib o'zini reklama qiladi.
qayerdan pul olib, shuncha harajatga klip qivotti bular, chunmayapman.
bir jurnalda o'qishimcha eng arzon klip olish uchun (o'zbekistonda) 2000 $ ketar ekan.
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: kanishka 10 Mart 2007, 13:59:31
siz  bularni tanqid qivosmi endi bu postlariz  bilan a?  yaxshigina g'iybat qiladigan mavzuni ochibsiz?
Man tanqidni o'zizdan boshlashni maslahat berardim. shulani  erinmasdan  ko'rib chiqib   kamchliklarini  ko'rishga so'zlarini  yodlashga  qanaqa vaqt topdiz.Shu  TV Markaz deganini keling siz ko'rmang eshitmang .o'shanda bunaqa bekorchi gaplarni gapirishga...
man bu gapim bilan  G'iybat qilmaslikni tarafdoriman.
Hidoyt Allohdan
P.S. Oldin ozimiz amal qip qoyelik


Uhla o`zbegim !

Sovet davridan qolgan bemalollik , e`tiborsizlik bir kun boshimizga yetadi .

Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Furdavs 10 Mart 2007, 20:03:29
Ozbeklar orasidan qanday buyk insonlar chiqgan Imom al Buhoriy (u kishini bu yerda juda hurmat qilishadi) Ibn Sino- Ulugbek- Bobur -Termiziy- va yana bir qancha kishilar hozir esa qandaydir Shohruh-Setora-Radius21-Bojalar_Indi (atinga ot tepgur)-yana allambalo qoshiqchi deb bolmaydi ularni nima deyishga ham hayronman Odamchalar chiqib yaim yalangoch bolib irgishlab Ozbeklarni shanini yerga urmoqda bularni korish har bir narmalniy odamni ichini achitadi.
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Asal 16 Mart 2007, 20:28:12
Hozir ovozi yo'layam ashula etishvotti-yu faqat boyvuchchala bo'votti artis.Oldinlari qanaqa bo'ganakan hammani ovozini birinchi bo'lib tekshirinb artistlikka olishgan.A hozir bo'sa fuuu....
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Ulugbek 17 Iyul 2007, 10:48:40
Assalomu alaykum!
O'qib chiqdumu, bir savol tug'ildi:
Aytinglarchi, kim qaysi honanda(lar)ni qo'shiqlarini tinglaydi?
Kimlarni maslahat berasiz?
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Lincoln 02 Sentyabr 2007, 13:01:46
Assalomu alaykum! Bu yerdagi foydalanuvchilar fikrlarini o'qib chiqdim, odamni o'yga toldiradigan masalalar.  Gayrat Matkarimov ni eshitganmisiz?! Yana kimlar shunaqa ashulalar aytishgan?! Juda yoqimli, islomiy qo'shiqlari bor ekan! Bo'larkanku, estrada ham shunaqa kuylasa?!
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Foniy 04 Noyabr 2007, 20:04:48
Assalomu alaykum!
Sahnaga chiqib olib og'ziga kelgan so'zlarini qo'shiq qilib aytish bu haqiqiy san'atkorning ishi emas,.. aslida ularga bir tomondan achinisan, sababi ular o'zlarini aql-xushli odamlarga kulgi qilishyapti, ikkinchi tomoni bu salbiy, sababi dunyoqarashi to'liq rivojlanmaganlar haqiqiy san'at shu ekan deb maza qilib ularni eshitishyapti, ko'rishyapti, kerak bo'lsa ularga taqlid ham qilishyaptilar,.. ming afsus!.. (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=250&Itemid=250)
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Amina 17 Noyabr 2007, 13:58:05
Eng qiziqarlisi hozir qizla ham REP etib chiqishibdi. O`g`il bollaku mayli degandik, lekin bu nimasi?
Qiz bola nomiga shu ish yarashdi ekanmi? Shumi san`at deganlari????
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: AbdurRohman 20 Noyabr 2007, 18:47:16
Eng qiziqarlisi hozir qizla ham REP etib chiqishibdi. O`g`il bollaku mayli degandik, lekin bu nimasi?
Qiz bola nomiga shu ish yarashdi ekanmi? Shumi san`at deganlari????

manam eshitdim Iroda Yusupova diganini. tan olaman, etishi yomonmas. har holda yaxshi kuylagan. etish usuliyam zo'r. no harakatlari juda kam ekan, ayniqsa qo'l harakatlari.
lekin nima bo'lganda ham qiz bola sha'niga to'g'ri kelmas ekan.
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: AL_laziz87 21 Noyabr 2007, 08:28:52
Assalomu Alaykum!!
Kim bekor qolsa qo'shiq aytish bilan shug'illanyapti. Qo'shiq aytgani xam mayliydi sal yoshlar orasida tanilib qolsa kinoda o'ynamoqda. Nima diyslar bizga xozir repchilar kerakmi
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: lolo 23 Noyabr 2007, 08:33:49
yaqinda bir gazetada G'iyos Boytoyev etibdiki, agar pulim ko'p bo'ganida san'atkor bo'lmasdim, deb. Tag'inam G'iyos yaxshi qo'shiqla chiqaradi... qolgan ashulachilaniyu gapirmasayam bo'ladi...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Foniy 07 Dekabr 2007, 14:41:54
Assalomu alaykum!
Iqtibos
А­ндигина 6 синфга қадам қсйган қсшнимнинг сғли қслимга сзбек ёшларининг снг машҳур репперларидан бирига аталган хатни тутқазди. Тошкентга борганингизда албаата беринг деб тайинланди. Одобсизлик бслса-да, йслда хатни сқидим. Маъноси шуки, у реппернинг барча қсшиқларини ёд олган скан. Севган қизининг исмига атаб қсшиқ айтишни реппердан илтимос қилган. 12-13 ёшли болакайнинг бу фикрлари мени ҳайратга солди. Бу ёшда севги-мухаббатини изҳор қилишга қсрқмасдан журъат топганига қаранг. Хуллас, нима дейсиз? А А­Л ёшларни, болаларни сртароқ улғайтириб қсймасптими? Болалар тарбиссида А А­Л нинг қайси жиҳати кспроқ: салбийми ёки ижобий ?!! (http://uforum.uz/showthread.php?t=3025)
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Robiya 09 Dekabr 2007, 16:10:07
Assalomu alaykum!
 Hozirda estradamizda antiqa ismli "san'atkorlar" ko'payib ketdi: Nigilina, Indi, Kanizak, Zoda... Aytayotgan qo'shiqlarini esa aytmasa ham bo'ladi. Iste'dodi bo'lganda ham mayli edi, ammo ... Bunaqa "san'atkorlar" o'zbek estradasiga (agar shunday deb aytish mumkin bo'lsa) salbiy ta'sir qilyapti.
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: shoir 10 Dekabr 2007, 19:00:47
Eee, nimasini aytasiz, shu kimni puli bo'lsa, ashula aytuapti, kimni puli bo'lsa TVga chiqyapti...
Ashulasining mazmuni, maza-matrasi haqida hech kim qayg'urmayapti.
TVlarga ham pul kerak. Yalang'och qizlar o'yinga tushib ashula aytsa ham, pulini bersa chiqarib yuboraveradi...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Foniy 15 Yanvar 2008, 00:14:25
Assalomu alaykum!
Ko'pchilik, balki undan ham ko'proqdir, "san'at sohiblari"ning "ajoyib ijod mahsullari"dan kimlar manfaatdor ekan, umuman manfaat topuvchilar bormi, hoh moddiy hoh ma'naviy(?), shu haqda o'ylab ko'rishmas ekanmi, bechora o'sha "san'atkor"lar,.. qiziq, uni o'rniga odamlarga foydasi tegadigan ishlar bilan shug'ullanishsa, ish ko'p-u!?. "Pul"larini ham xayrli ishlarga sarf etishsa, naqadar ajoyib bo'lardi, balki buni ham bajarayotishgandir, otasiga rahmat!?.
Dunyo baribir barchaga bir xil ko'rinmas ekan, kimga yaltiroq yana kimga,..
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Robiya 29 Fevral 2008, 10:46:09
Assalomu alaykum! Yaqinda oynayi jahon orqali bir qo'shiqni eshitib qoldim. Jasur Umirov degan "san'atkor" aytgan ekan:

Yolg'iz yurma sevgilim,
Senga ko'zlar tegmasin,
Sochlaringni kes jonim,
Yuzlaringni o'pmasin...

 Hayratdan yoqamni ushladim, to'g'risi. Estradamiz ijobiy tomonga o'zgarish o'rniga tobora orqaga ketyapti...
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Foniy 29 Fevral 2008, 11:34:50
Jasur Umirov degan "san'atkor" aytgan ekan:

Yolg'iz yurma sevgilim,
Senga ko'zlar tegmasin,
Sochlaringni kes jonim,
Yuzlaringni o'pmasin...

Da'vatmi endi bu?..
Qaysidir ma'noda ha, shu "san'atkor"ga muxlis bo'lganlar uchun!
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: Robiya 29 Fevral 2008, 11:49:59
Jasur Umirov degan "san'atkor" aytgan ekan:

Yolg'iz yurma sevgilim,
Senga ko'zlar tegmasin,
Sochlaringni kes jonim,
Yuzlaringni o'pmasin...

Da'vatmi endi bu?..
Qaysidir ma'noda ha, shu "san'atkor"ga muxlis bo'lganlar uchun!

 Shunaqa ma'noda aytilgan shekilli. Bilmadim-u, bunaqa qo'shiqlar qaysi komissiyaning qo'lidan o'tar ekan. Aytganingizdek, pul hamma narsaga qodir bo'lib boryapti bugungi kunda (afsus). Bizning yoshlar esa shunaqa qo'shiqlarga da'vogar.

 Estradada bir-biridan tutruqsiz qo'shiqlar ko'payib ketdi, o'zi.
Nom: Re: O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..
Yuborildi: mutaallimah 29 Fevral 2008, 12:12:58
Jasur Umirov degan "san'atkor" aytgan ekan:

Yolg'iz yurma sevgilim,
Senga ko'zlar tegmasin,
Sochlaringni kes jonim,
Yuzlaringni o'pmasin...

Da'vatmi endi bu?..
Qaysidir ma'noda ha, shu "san'atkor"ga muxlis bo'lganlar uchun!

 Shunaqa ma'noda aytilgan shekilli. Bilmadim-u, bunaqa qo'shiqlar qaysi komissiyaning qo'lidan o'tar ekan. Aytganingizdek, pul hamma narsaga qodir bo'lib boryapti bugungi kunda (afsus). Bizning yoshlar esa shunaqa qo'shiqlarga da'vogar.

 Estradada bir-biridan tutruqsiz qo'shiqlar ko'payib ketdi, o'zi.

SHuni bilarkansiz vaqtizni ketqazib "qoshiq" eshitishga nima hojat bor opajon.. Eshitmasangiz asabingiz ham buzilmaydi, vaqtingiz ham zoye ketmaydi.Uzr...