ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:26:53

Nom: Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:26:53
ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ISMOIL AL-BUXORIY
 
AL-JOMI’ AS-SAHIH
(Ishonarli to‘plam)

4
jild

Arabchadan ABDULG’ANI ABDULLOH tarjimasi
Professor NE’MATULLOH IBROHIM va shoir MIRZO KENJABEK tahriri ostida
Muharrir XOJA BAXTIYOR NABIXON O’G’LI

QOMUSLAR BOSH TAHRIRIYATI

1992 yil

Al-Jome' as-sahih. 4-jild

(http://www.ziyouz.com/images/books/sahih4.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=393)

Muallif: Imom al-Buxoriy
Hajmi: 1,15 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=393)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.0)


MUNDARIJA

Bemorlar va tib haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg119324#msg119324)
Tib kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg119346#msg119346)
Libos haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg120287;topicseen#msg120287)
Adab kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg159115;topicseen#msg159115)
Ijozat so‘ramoq kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg159618#msg159618)
Duolar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg170168;topicseen#msg170168)
Latif so‘zlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg170261;topicseen#msg170261)
Taqdir kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg170510;topicseen#msg170510)
Qasamlar va nazrlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg170584;topicseen#msg170584)
Qasamlar kafforatlari bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg170623;topicseen#msg170623)
Faroiz (meros) kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg170633;topicseen#msg170633)
Hadd urmoq va hadd urilmog‘idan asrovchi fe’lu atvor haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg170932;topicseen#msg170932)
Musulmonlarga qarshi urush olib boruvchi kofirlar va dindan qaytganlar haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg171762;topicseen#msg171762)
Tovonlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg171794;topicseen#msg171794)
Murtadu munofiqlarni tavba qildirmoq va ularga qarshi kurashmoq xususida hamda Olloh taologa shirk keltirganlarning gunohlari va ularning bul dunyo birlan oxiratda tortadirgan azoblari haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg171822;topicseen#msg171822)
Majbur qilmoq haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg171832;topicseen#msg171832)   
Hiylalar haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg171840;topicseen#msg171840)   
Tushlar haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg172588;topicseen#msg172588)
Fitnalar haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg172631;topicseen#msg172631)
Hukmlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg173047;topicseen#msg173047)
Tamanno (orzu-istak) kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg173128;topicseen#msg173128)
Kitob (Qur’on) va sunnatga qat’iy rioya qilib o‘zini gunohlardan pok tutmoq haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg173144;topicseen#msg173144)
Tavhid kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg173182;topicseen#msg173182)
Izohlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2509.msg173264#msg173264)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:27:10
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
BEMORLAR VA TIB HAQIDA KITOB

1-bob. Bemorlik kafforati va Olloh taoloning «Kimning qilmishi yomon ersa, jazo tortg‘usidir!» degan kalomi sharifi xususida


Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zavjalari Oisha onamiz raziyallohu anho bunday degan erkanlar: «Musulmon kishiga yetadirgan har bir musibat, hattoki badanining biror yeriga kirgan tikan ham, uning gunohiga kafforat bo‘lg‘usidir!».

Abu Hurayra raziyallohu anhudan bunday deb naql qiladirlar: «Musulmon kishiga yetadirgan har bir mashaqqat — Dard, tashvish, qayg‘u, aziyat yohud nochorlik, va hattoki (badaniga) kirgan tikan ham, Olloh taolo dargohida uning gunohlariga kafforat bo‘lg‘usidir!»

Abdulloh ibn Ka’bning otalaridan naql qilishlariga ko‘ra, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degan erkanlar: «Mo‘min odam shamolda goh egilib, goh qaddini tiklab olg‘uvchi sabza giyoh monanddir, munofiq ersa, mo‘rtligi sababidan bir qattiq shamoldayoq sinib ketguvchi arz (kedr) og‘oliga o‘xshaydir!»

Abu Hurayra raziyallohu anhuning rivoyat qilishlaricha, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday debdirlar: «Mo‘min odam balo-qazolarga toqat etmoqlikda sabza giyoh monanddir. Chunkim, mo‘min har tarafdin shamol esganda egilib, so‘ng yana qaddini tiklab olg‘uvchi sabza giyoh yanglig‘ balo-qazolarga chidab, yengilmag‘aydir. Fojir (osiy) odam ersa, mo‘rt arz og‘ochi kabidir, Olloh taolo uni, istasa, birdaniga sindira olur!».

Abu Hurayra raziyallohu anhuning rivoyat qilishlaricha, Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degan erkanlar: «Olloh taolo qaysi bandasiga yaxshilikni ravo ko‘rsa, o‘shanga biror musibatni yuborgaydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:28:33
2-bob. Og‘ir kasallik haqida

Oisha raziyallohu anho bunday deb aytganlar: . «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdek qattiq dardga chalingan odamni ko‘rmaganman».

Abdulloh ibn Abbos bunday deydilar: «Janob Rasulullohni betob bo‘lib qolganlarida ko‘rgani bordim. Ul zot juda og‘ir dardga chalingan erdilar. Shunda men: «Siz juda og‘ir dardga chalinmishsiz, chunkim, Olloh taolo sizga (buning uchun) ikki barobar ko‘p savob ato etg‘usidir» — deb edim. «Janob Rasululloh menga javoban: «Qaysi bir musulmonning boshiga musibat tushg‘aydir, uning gunohlari daraxt yaproqlari yanglig‘ duv to‘kilg‘usidir»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:28:44
3-bob. O’zgalardan ko‘ra ko‘proq jabr tortg‘uvchilar - payg‘ambarlar ekanligi haqida

Abdulloh (ibn Abbos) rivoyat qiladirlar «Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirdim, og‘ir betob bo‘lib yotgan edilar. Shunda menga: «To‘g‘ri, men betob bo‘lsam, juda og‘ir betob bo‘lg‘umdir, sizlardan ikki kishiga yetgulik dard bir o‘zimga yuborilg‘usidir»,— dedilar. Men: «Chunkim, sizga (buning evaziga) ikki barobar ko‘p savob ham berilg‘usidir»,— deb aytdim.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:28:54
4-bob. Bemorning holini so‘rash xususida

Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ochlarni to‘yg‘izingiz, bemorlar holini so‘rangiz va asoratga tushib qolganlarni ozod aylangiz!» — deb aytganlar.

Barro ibn Ozib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga yetti narsaga odat qilib, yetti narsadan hazar qilmakni buyurdilar. «Quyidagilarni odat qilingiz!» — dedilar:
1. Janozaga qatnashmoqni;   
2. Kasalni borib ko‘rmoqni;
3. Chaqirilgan joyga bormoqni;
4. Mazlumga yordam bermoqni;
5. Qasam ichsa, qasamida turmoqni;
6. Salomga alik olmoqni;
7. Aksa urgan kishi «Alhamdu lilloh» desa, unga «Yarhamukalloh» demoqni.
«Quyidagilardan hazar qilingiz!» — dedilar:
1. Kumush idish tutmoqdan;
2. Tilla uzuk taqmoqdan;
3. Ipakli kiyim kiymoqdan (erkaklar nazarda tutilgan);
4. Deboj (guldor ipakli kiyim) kiymoqdan;
5. Qasiy (dag‘al matodan tikilgan kiyim) kiymokdan;
6. Istabraq (atlasga o‘xshagan mato) kiymoqdan;   
7. (bu rivoyatda 7-nchisi tushirib qoldirilgan)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:29:06
5-bob. Behush (hushidan ketgan) bemorlar holidan xabar olmoq haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu bunday deydirlar: «Men kasal bo‘lib yotgan erdim, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakr Siddiq birlan birga holimdan xabar olgali kirib keldilar. Mening hushimdan ketayotganimni ko‘rib, tahorat oldilar-da, tahorat suvini ustimga sochdilar. Men hushimga kelgach, qarasam tepamda Janob Rasululloh turibdirlar. Shunda men ul zotdin: «Mol-dunyomni ne qilg‘aymen?»—deb so‘radim. Rasululloh javob bermadilar. Bu masalaning (ya’ni, meros qoldirish masalasining) hukmini meros haqidagi oyat nozil bo‘lgach, bildik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:29:15
6-bob. Qorniga yel to‘planganda hushidan ketgan bemor haqida

Ato ibn Abu Raboh rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos: «Senga bir jannati ayolni ko‘rsataymi?»— dedi. Men: «Ha»,— dedim. Ibn Abbos: «Mana shu qora tanli ayol»,— dedi. O’sha xotin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib: «Men goho hushimdan ketib, goho o‘zimga kelib turg‘aymen. Olloh taologa iltijo aylab, meni duo qilingiz, dardimga shifo bersin!»,— dedi. Janob Rasululloh: «Istasang, sabru toqat qilg‘il, jannatga kirursen, istasang, duo aylay, Olloh taolo senga shifo ato etg‘ay»,— deb javob qildilar. Ayol: «Yaxshisi, sabr qilg‘onim afzal durur, duo aylangiz, dardimdan forig‘ bo‘lmayin!» — deb aytdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duo qildilar.

Ato ibn Abu Raboh Ibn Yazidga bunday degan erkanlar: «Men Ummu Zufarni ko‘rganman, u novcha, qora tanli ayol bo‘lib, o‘shanda Ka’baning devoriga suyanib turgan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:29:27
7-bob. Ikki ko‘zi ojiz kishining fazilati haqida

Anas ibn Molik Janob Rasulullrodning bunday deganlarini eshitgan erkanlar: «Olloh taolo: «Agar men bandamning ikki mahbubasidan mahrum etsam-u, u bunga sabru toqat aylasa, buning badalig‘a unga jannatdin joy ato etg‘ayman!»—deydi. Ikki mahbubadin maqsad — ikki ko‘z demakdir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:29:37
8-bob. Erkak bemorlarni ayollarning borib ko‘rmoqlari xususida

Ummu Dardo’ masjid ahlidan bo‘lmish bir ansoriy erkakni bemorligida holin so‘rab ko‘rgali borib erdilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida Abu Bakr bilan Bilol isitmalab qolishdi. Men ularning huzuriga kirib: «Ey padari buzrukvor (ya’ni, otalari Abu Bakrga qarata aytyaptilar)! Ahvolingiz nechukdir? Ey Bilol! O’zingizni nechuk his etmakdasiz?» — deb so‘radim. Abu Bakr isitma zo‘riqqanda: «Uyimda bo‘lsaydim jon chiqar mahal, Poyabzal ipidan yaqindir ajal»,—der erdilar. Bilol ersa, isitma bir oz pasayganda, yig‘lab:
«Taqdirim ne erur, bilmasman e voh!
Boshimga ajaldin kelurmu sipoh?
Bir kecha bo‘lsa ham, ona vodiyim,
Qo‘ynida yotsaydim, mehribon Olloh!
Qonib ichsam erdim, shaffof suvlarin,
Qaniydi, tashlasam, unga bir nigoh!»—
der erdilar. Men bu haqda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib aytib erdim, ul kishi: «Yo Olloh! Bizga Madinani Makka singari, yokimli, undan ham ortiqroq mahbub etg‘il! Yo Olloh! Uning toshu tarozisiga baraka ato etg‘il, uni (ahlini) hamisha bardamu sog‘lom qil, mana bularning bezgagini ersa, Juhfaga ko‘chirg‘il!» — dedilar (Juhfa Misrda bo‘lib, aholisi mushrik edi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:29:53
9-bob. Go‘dak bemorlarning holidan xabar olmoq haqida

Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hazrat Rasulullohning qizlari Zaynab: «O’g‘lim jon taslim qilay deyapti, ota, tezroq kelingiz!» — deb Rasulullohga odam yubordilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, bunga javoban salom aytib: «Farzand beradirgan ham Olloh, uni qaytib oladirgan ham Olloh. Ollohning dargohida ularning umri aniq belgilab qo‘yilgandir. O’ziga Ollohdan sabru qanoat tilab, uning irodasiga bo‘yinsunsin!»— deb aytib yubordilar. Qizlari: «Otam albatta kelsinlar!»—deb yana odam yubordilar. Bu gapni eshitib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turdilar, ul kishi birlan birga Sa’d ibn Uboda, Maoz ibn Jabal, Ubay ibn Ka’b, Zayd ibn Sobit va bir qancha kishilar ham turib, yo‘lga tushdilar. Yetib borishgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bolani uzatishdi, bola g‘arg‘ara (jon berish vaqtidagi holatda) erdi. Nazarimda, bola suvi yo‘q meshdek qurigan-u, jon tanasidan chiqib ketayin, deb turgandek erdi. Buni ko‘rib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muborak ikki ko‘zlaridan duvullab yosh oqdi. Shunda Sa’d: «Yo Rasulalloh, bu nimasi?!» — dedi. «Bu ko‘z yoshi — Olloh taoloning bandalari qalbiga solgan rahmatidir! Olloh taolo rahmdil bandalariga rahm qilg‘aydir (ya’ni, bu dod-voy solib yig‘lagandagi ko‘z yoshi ermasdir)»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:30:04
10-bob. Badaviylar (ko‘chmanchi arablar)ning e’tiqodlari haqida

Ibn Abbosdan naql qilinishicha, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir badaviy bemorni ko‘rgani kirib: «Hechqisi yo‘q! Inshoolloh, bu dard — (gunohlarni) yuvuvchi bir vositadir»,— deb aytibdilar. Shunda bemor badaviy: «Sen dardni — (gunohlarni) yuvuvchi vosita, deb aytding. Yo‘q, unday emas, bu — isitma, bezgakdir, u mendek bir keksa odamni qabr yoqasiga yetaklab turibdi-ku, axir!» - debdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Bo‘lmasa, shundoq», - deb javob qilibdilar (ya’ni, gap uqdirib bo‘lmasligini sezib, shunday deganlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:30:25
11-bob. Mushrik bemorni borib ko‘rmoq xususida

Anas ibn Molikdan naql qiladirlar: «Bir yahudiy Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xizmat qilib yurar erdi. Bir kuni ul betob bo‘lib qolganida Janob Rasululloh ko‘rgani bordilar va uni islomga da’vat qildilar, ul islomga kirdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:30:34
12-bob. Bemorni borib ko‘rgach, uning imomligida jamoat bo‘lib namoz o‘qilgani haqida

Oisha raziyallohu anho bunday deganlar: «Janob Rasu lulloh betob bo‘lib qolganlarida odamlar (ya’ni, sahobalar) ko‘rgani kirdilar. Shunda, Rasululloh o‘tirgan hollarida ularga imomlik qilib namoz o‘qidilar, ular esa tik turgan hollarida o‘qishdi. Janob Rasululloh ularga o‘tiringlar, deb ishora qildilar. Namoz tugagach: «Imom iqtido qilmoq uchun imom qilingandir, agar ul ruku’ qilsa, siz ham ruku’ qilingiz, ruku’dan boshini ko‘tarsa, siz ham ko‘taringiz, basharti o‘tirib o‘qisa, sizlar ham o‘tirib o‘qingiz!» — dedilar.

Imom Buxoriy bunday deydirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Imom o‘tirib o‘qisa, o‘tirib o‘qingiz!» degan so‘zlarini bundan ilgarigi betoblik paytlarida aytganlar, so‘nggi kasal bo‘lganlarida ersa, Janob Rasululloh o‘tirib namoz o‘qiganlar. Odamlar tik turib o‘qishgan, ularga o‘tirmoqni buyurmaganlar. Oxirgisi hisobga oling‘aydir, zero oxirgisi Janob Rasulullohning tabiatlariga mosdir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:30:43
13-bob. Bemorning peshonasiga qo‘lni qo‘ymoq haqida

Oisha binti Sa’d rivoyat qiladirlar: «Otam (Sa’d ibn Abu Vaqqos) Makkada qattiq kasal bo‘lib qolganlarida Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘rgani keldilar. Otam shunda: «Yo Nabiyyalloh, men o‘lsam, bir qadar mol-dunyo qolg‘aydir, ammo mening bir qizimdan boshqa meros oladirgan odamim yo‘q, molimning 1/3 qismini ehson qilayinmi?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Yo‘q»,— dedilar. Otam: «Yarmini sadaqa qilayinmi?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Yo‘q»,— dedilar-da, so‘ng: «1/3... 1/3 qismi ham ancha ko‘p narsadir»,— deb muborak qo‘llarini otamning peshonalariga qo‘ydilar, keyin qo‘llari birlan mening yuzim va qornimni silab turib: «E parvardigoro, Sa’dga shifo ato etg‘aysen, sahobalarimning hijratini ersa, bexatar qilg‘aysen!» — deb qo‘ydilar. O’shandan beri jigarimda ul zotning muborak qo‘llarining tafti bordek tuyuladi».

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirdim. Ul zot betob erdilar. Qo‘limni (badanlariga) tekkizib ko‘rdim-da: «Yo Rasulalloh, siz qattiq betob bo‘lib qolibsiz-ku!»—dedim. Janob Rasululloh: «Ha, shunday, men ikki kishiga ham yetadirgan dard birlan kasallandim».— dedilar. Men: «Chunki, buning evaziga sizga ikki barobar ko‘p savob berilg‘usidir»,— dedim. Janob Rasululloh: «Ha, shunday, musulmon odam biror dardga chaling‘aydir, uning gunohlari daraxt yaproqlari yanglig‘ duv-duv to‘kilg‘usidir!» — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:30:53
14-bob. Bemorga aytiladigan va bemor aytadigan so‘zlar xususida

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kasallik vaqtlarida huzurlariga ko‘rgani kirdim va ul zotning badanlariga qo‘limni tekkizib: «Siz qattiq kasalsiz, chunki sizga ikki barobar ko‘p savob berilg‘usidir» — deb aytdim. Janob Rasululloh: «Ha, shunday. Musulmon odam biror dardga chalinsa, uning gunohlari daraxt yaproqlari yanglig‘ duv-duv to‘kilgusidir»,— deb aytdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:31:07
15-bob. Ulovda yoki piyoda yohud birovni eshakka mingashtirib kasal ko‘rgani bormoq haqida

Usoma ibn Zayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam eshaklariga Usomani mingashtirib Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani bordilar. Bu voqea Badr urushidan oldin bo‘lgan erdi. Yo‘l-yo‘lakay Abdulloh ibn Ubay ibn Salulning huzurida bo‘layotgan yig‘inga kirib o‘tdilar. Bu vaqtda u hanuz islomga kirmagan erdi. Yig‘inda musulmonlar, mushriklar hamda yahuduylar ishtirok etishayotgan bo‘lib, ularning orasida Abdulloh ibn Ravoha ham bor erdi. Abdulloh ibn Ubay hayvon tuyog‘idan ko‘tarilayotgan chang-to‘zondan ridosi birla burnini to‘sib: «Hey, changitmangizlar!»—dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (eshaklarini) to‘xtatdilar-da, pastga tushdilar, so‘ng yig‘indagi nomusulmon kishilarni Olloh taolo yo‘liga da’vat etdilar va Qur’ondan bir oyat tilovat qildilar. Abdulloh ibn Salul: «Ey falonchi, sening aytganingni qila olmayman, gar haq gapni aytayotgan ersang-da, bizning majlisimizga xalal berma, yo‘lingdan qolma, bizdan birortamiz huzuringga borsa, ana o‘shanga rivoyat qil!»—dedi. Ibn Ravoha ersa: «Yo Rasulalloh, yig‘inimizga kelaveringiz, biz shuni istagaydirmiz!» — deb aytdi. Natijada musulmonlar, mushriklar va yahudiylar o‘zaro janjallashib qoldilar. Janob Rasululloh ularni tinchlantirdilar-da, eshaklariga minib Sa’d ibn Ubodaning uyiga ravona bo‘ldilar. Yetib borganlaridan so‘ng: «Ey Sa’d, sen Abu Hubob (ya’ni, Abdullok, ibn Ubay)ning aytgan so‘zini eshitdingmi?» — dedilar. Sa’d: «Yo Rasulalloh, uni avf etingiz! Olloh taolo sizga (payg‘ambarlikni) ato etmishdir. Abdulloh ibn Ubayni ersa, bu shaharning aholisi o‘ziga podshoh etmoqni ixtiyor aylab, boshiga toj kiydirmoq niyatida erdi. Sizga Olloh taolo yo‘llagan haqiqat (hidoyat) tufayli u bundan mahrum bo‘ldi, shu boisdan ham sizga o‘zingiz shohidi bo‘lganingizcha muomalada bo‘ldi»,— dedi».

Jobir ibn Abdulloh otalaridan eshitganlarini bunday deb rivoyat qiladirlar: «Men betob bo‘lib qolganimda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘rgani keldilar, ammo xachir yokim ot minib kelganlari yo‘q erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:31:15
16-bob. Bemorning «Kasalman» yokim «Voy boshim» yohud «Dardim zo‘raydi» deb aytmog‘ining joizligi haqida va Ayyub alayhissalomning «Menga dard tegdi, ey Olloh, sen barcha rahimlilardan rahimliroqdirsan!» deb aytganlari xususida

Ka’b ibi Ujra raziyallohu anhu bunday dedilar: «Men bir kuni o‘choqqa o‘t yoqayotgan erdim, nogahon Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yonimizdan o‘tayotib: «Boshingdagi hasharotlar (bitlar) senga azob beryaptimi deyman?» — dedilar. Men: «Ha, shundoq» dedim. So‘ng, Janob Rasululloh sartaroshni chorlab, sochimni oldirdilar-da, fidya bermog‘imni amr qildilar».

Oisha onamiz raziyallohu anho: «Voy boshim!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar vaqti-soating tugab, ko‘zim ochiqligida vafot etsang, sening gunohlaringni Olloh taolodan tilab, istig‘for aytgumdir, ruhingga duo aylagumdir»,— dedilar. Oisha onamiz: «Voy sho‘rim, siz mening o‘limimni istag‘aydurmisiz?! Gar men vafot etgumdir, siz so‘nggi kunlaringizni boshqa xotinlaringiz birlan o‘tkazg‘aydurmisiz?!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Bunday deydirgan bo‘lsang, unda men voy boshim, deya qolay! Abu Bakr va ul kishining o‘g‘illariga odam yuborib, kishilar o‘rtasida gap-so‘zga sabab bo‘lmog‘iga hamda ko‘pchilikning da’vogar ekanligiga qaramay, xalifalikni shularga vasiyat qilsammikan? Chunkim, Olloh taolo ulardan o‘zgasini istamag‘aydir, o‘zgasini mo‘minlar ham rad etg‘aydirlar»,— dedilar».

Ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob yotganlarida huzurlariga kirdim. Qo‘limni badanlariga tekkazdim-da, «Yo Rasulalloh, siz qattiq betob bo‘lib qolibsiz-ku!» — dedim. Janob Rasululloh: «Ha, shundoq, men ikki kishiga ham kifoya qiladirgan dardga chalingandirmen»,— dedilar. Men: «Ammo, buning evaziga sizga ikki barobar ko‘p savob ham berilg‘usidir!» — dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ha, shundoq, musulmon odam biror dardga mubtalo bo‘lgaydir, uning gunohlari daraxt yaproqlari kabi duv-duv to‘kilg‘usidir»,— dedilar».

Amir ibn Sa’d otalaridan eshitganlarini rivoyat qiladirlar. Ul kishi bunday degan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qattiq betob bo‘lib yotganimda ko‘rgani keldilar. Bu voqea Hajjat ul-Vido’ yilida bo‘lgan erdi. Men: «Yo Rasulalloh, ko‘rib turibsizki, men og‘ir betobman. Men badavlat kishiman, mol-dunyo birgina qizimga meros bo‘lib qolg‘ay. Boyligimning 1/3 qismini sadaqa qilayinmi?»—dedim. Janob Rasululloh: «Yo‘q!»— dedilar. Men: «Yarmini ehson qilayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo‘q!» — dedilar-da, so‘ng: «1/3... 1/3 qismi ham ancha ko‘p narsadir, albatta sen bolalaringni odamlardan tilanadirgan faqir qilib qoldirganingdan ko‘ra, boyroq qilib qoldirganing yaxshiroqdir. Agar sen xayru sadaqa uchun molingni sarflaydirgan bo‘lsang, albatta buning evaziga Ollohdan savob olg‘aysan, hatto xotiningning og‘ziga solib qo‘ygan luqmang uchun ham»,— deb qo‘shib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:31:28
17-bob. Bemorning «Meni yolg‘iz qo‘yingiz» deb aytganligi haqida   

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘arg‘ara (o‘lim oldi talvasasi) holatiga tushib qolganlarida uyda bir necha kishi mavjud erdi. Janob Rasululloh ularga: «Qog‘oz-qalam keltiringiz, men sizlarga bir kitob (nasihatnoma) qoldirayki, uni o‘qib, zinhor yo‘ldan adashmag‘aysiz!» — dedilar. Hazrat Umar: «Janob Rasulullohni dard yengib qo‘ygan ko‘rinadi, sizlarning ixtiyoringizda Qur’on bordir, bizga Ollohning Kitobi kifoya qilg‘aydir»,— dedilar. Shunda u yerda mavjud kishilar orasinda ixtilof chiqib, ulardan ayrimlari: «Qog‘oz-qalam keltiringiz, Janob Rasulullohning bizga aytmoqni ixtiyor qilg‘on so‘zlarini bitib olg‘aymiz, toki ul zotdin so‘ng adashmagaysizlar» — deyishsa, ba’zilari Hazrat Umarning so‘zlarini takrorlashdi. Gap-so‘z ko‘paygach, Janob Rasululloh: «Turingizlar, ketingizlar!» — dedilar. Ubaydulloh (ibn Abdulloh)ning aytishlaricha, Ibn Abbos bunday der ekanlar: «O’shanda musibat ustiga musibat bo‘lg‘on erdi, chunkim, Janob» Rasulullohning huzurlarida bo‘lganlar o‘zlarining be’mani, bekorchi gaplari va o‘zaro tortishuvlari bilan payg‘ambarimizning aytmoqni ixtiyor qilgan nasihatlarini yozib olmoqqa mone’lik qilgan erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:31:36
18-bob. Bemor bolani (Janob Rasululloh huzurlariga) duo qilsinlar deb olib bormoq haqida

Soib ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Xolam meni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib borib: «Yo Rasulalloh, singlimning o‘g‘li kasal bo‘lib qoldi», — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshimni siladilar va meni «Baraka topg‘il!» deb duo qildilar, keyin tahorat oldilar. Tahoratdan tushgan suvdan ichdim, keyin Janob Rasulullohning orqa tomonlariga o‘tib turdim, ikki kuraklari orasida olmadek keladigan Payg‘ambarlik muhrini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:31:47
19-bob. Bemorning o‘ziga o‘lim tilamog‘ining ta’qiqlanganligi haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (sahobalarga xitob qilib): «Birontangiz uzoq xastalanib yotib qolsangiz, (bezor bo‘lganingizdan) o‘zingizga o‘lim tilamangiz! Basharti shunday qilmog‘ingiz zarur bo‘lsa, «Ey parvardigoro, agar (bundan keyingi) yashamog‘imning menga nafi bo‘lsa, meni tirik qoldirg‘il, mabodo o‘lmog‘im afzal bo‘lsa, omonatingni olg‘il, deb aytingiz!» — dedilar».

Abu Hozim al-Bajliy al-Kufiy rivoyat qiladirlar: «Xabbob (ibn al-Arat) kasal bo‘lganida, ko‘rgani kirdik. (Qarasak), qornining yetti joyiga tamg‘a bosilgan erkan. U bunday dedi: «Bizning ayrim do‘stlarimiz olamdin ko‘z yumdilar. Vale, ular qilgan amali solihlari evaziga bu dunyoda ajr olmoqqa muyassar bo‘lmadilar, chunkim Olloh taolo ularga atagan ajrlarini oxiratga olib qoldi. Biz ersak, behisob mol-dunyo jamg‘arib, uni tufroqdin o‘zga nimarsaga sarf qila bilmadik. Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ziga o‘lim tilamoqni man’ qilmaganlarida, men o‘zimga o‘lim tilagan bo‘lar erdim!». Biz Xabbobning huzuriga ikkinchi daf’a kelganimizda, u devor urayotgan erkan. Shunda bizga qarata bunday dedi: «Musulmon odam mana shu loyga sarflaganidin o‘zga barcha qilgan xayr-ehsonlari badaliga savob olg‘usidir!».

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Hech kimsa faqat toat-ibodat qilgani bilan jannatga kiravermaydi» — dedilar. Sahobalar: «Hattoki, siz hammi?»— deb so‘radilar. Janob Rasululloh: «Ha shunday, gar Olloh taolo meni o‘z fazlu rahmati og‘ushiga olmas erkan, men ham (yolg‘iz toat-ibodat birlan jannatga kira olmasmen). Shu boisdin ham to‘g‘ri yo‘ldin ozmangiz, quyushqondin chiqmangiz, o‘zingizga o‘zingiz o‘lim tilamangiz. Gar kishining qilmishi yaxshilig‘ ersa, «ajab ermaskim, yaxshilig‘lari yana ham ziyoda bo‘lsa, va gar ul yomonliqg‘a moil ersa, shoyad insofg‘a kelib, Olloh taolo rizolig‘in istab qolsa!» —dedilar.

Abbod ibn Abdulloh ibn az-Zubayrga Oisha onamiz raziyallohu anho bunday degan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga suyanib turib, «Ey parvardigoro, mening gunohlarimni afv etg‘il, mendan rahmatingni darig‘ tutmag‘il va meni rafiq ul-a’lo (maloikalar) jumlasidan qilg‘il!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:32:00
20-bob. Bemordan hol-ahvol so‘ramoq uchun kelgan odamning uning haqqiga duo qilganligi xususida

Oisha binti Sa’d: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (otam Sa’dni ko‘rgani kelganlarida), «Ey parvardigoro, Sa’dga shifo ato etg‘il!» — deb duo qildilar»,— deydilar.
Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, biror kasalni ko‘rgani borsalar, yokim biror kasalni ul kishining huzurlariga olib kelishsa, «Ey insonlarni yaratgan Olloh! Uni darddan forig‘ aylag‘il, unga shifo berg‘il, sen shifo ato etguvchidirsen, sening shifoingdin o‘zga shifo yo‘q, sen shifo bersanggina dardlar mahv o‘lg‘usidir!» —der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:32:13
21-bob. Bemordan hol-ahvol so‘ramoq uchun kelgan odamning unga tahorat suvidan sepganligi haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu aytadilar: «Men xastalanib qolganimda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘rgani keldilar. (Hol-ahvol so‘ragach), tahorat oldilar-da, qo‘llaridan tomayotgan suvni menga sepdilar («Tahorat suvidan quyinglar!» — deb aytgan bo‘lishlari ham mumkin, deydi ikkilanib roviy). Shundan so‘ng biroz o‘zimga kelgach, «Mendan meros oladirgan faqat birgina o‘g‘lim va otam bordirlar, merosni qanday taqsimlab ' beray?»—deb so‘radim. Shu asnoda Janob Rasulullohga meros haqida oyat nozil bo‘ldi».   
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:32:27
22-bob. Vaboni daf qilishni so‘rab duo o‘qigan haqida

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida Abu Bakr bilan Bilol isitmalab kplishdi. Men ularning huzuriga kirib: «Ey padari buzrukvor (ya’ni, otalari Abu Bakrga qarata aytyaptilar), ahvolingiz nechukdir, ey Bilol, o‘zingizni nechuk his etmakdasiz» - deb so‘radim. Abu Bakr isitma zo‘riqqanda:
«Uyimda bo‘lsaydim jon chiqar mahal,
Poyabzal ipidan yaqindir ajal», —
der erdilar. Bilol ersa, isitma bir oz pasayganda, yig‘lab:
«Taqdirim ne erur, bilmasman e voh,
Boshimga ajaldin kelurmu sipoh?
Bir kecha bo‘lsa ham, ona vodiyim,
Qo‘ynida yotsaydim, mehribon Olloh!
Qonib ichsam erdim, shaffof suvlarin,   
Qaniydi, tashlasam, unga bir nigoh!»—
der erdilar. Men bu haqda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib aytib erdim, ul kishi: «Yo Olloh, bizga Madinani Makka singari, yokim undan ham ortiqroq mahbub etg‘il! Yo Olloh, uning toshu tarozisiga baraka ato etg‘il, uni (ahlini) hamisha bardamu sog‘lom qil, mana bularning bezgagini ersa, Juhfaga ko‘chirg‘il!» — dedilar.   
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:32:40
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYM

TIB KITOBI

1-bob. Olloh taolo dard yuborganda uning davosini ham yuborganligi haqida


Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo har qanday dard yuborganda uning davosini ham yuborgandir»,— deganlar»,— deb rivoyat qiladirlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:32:52
2-bob. Erkakning ayolni, ayolning erkakni davolamog‘i xususida

Rubayya’ binti Muavvid ibn Afro’ bunday deydir: «Biz Rasululloh salladdohu alayhi va sallam birlan birga) g‘azavotga chiqqanimizda askarlarga suv keltirib berar, ularning yaralarini bog‘lar, o‘lganlar va yaradorlarni Madinaga tashir erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:33:06
3-bob. Uch narsada dardga davo borligi haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deb rivoyat qiladirlar: «Uch narsada dardga davo mavjuddir — asal ichmoq, qon oldirmoq hamda yaraga tamg‘a qizdirib bosmoq. (Ammo), Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men ummatimga yaraga tamg‘a qizdirib bosmoqni man’ qilg‘ayman»,— deganlar».

Mujohidning ibn Abbosdan hikoya qilishlariga ko‘ra, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Asal (ichmoq) va qon oldirmoq dardga davo bo‘lg‘usi»,— degan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:33:16
4-bob. Asal bilan davolash haqida

Olloh taolo: «Unda (asalda) odamlar (dardi)ga davo mavjuddir»,— degan.

Oisha onamiz raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam halvo bilan asalni yoqtirar erdilar»,— deganlar.   

Jobir ibn Abdulloh aytadirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dori-darmonlaringiz ichida eng nafi tegadirgani qortiqchining qortig‘i yokim asaldir! Men (jarohatga) tamg‘a qizdirib bosmoqni xush ko‘rmag‘aymen»,— deb aytganlar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Mening inim qorni (og‘riyotgani)dan shikoyat qilayotir»,— dedi. Janob Rasululloh: «Asal ichirg‘il!» — dedilar, Boyagi kishi qaytib kelib, asal ichirsa ham inisi tuzalmaganini ma’lum qildi. Janob Rasululloh bu gal ham: «Asal ichirg‘il!»—dedilar. Boyagi kishi yana qaytib kelib, inisi tuzalmaganini aytdi. Janob Rasululloh yana: «Asal ichirg‘il!» — dedilar. U yana qaytib kelib, «Inim tuzalmadi»,— degan erdi, Janob Rasululloh: «Olloh taolo (asalda odamlar dardig‘a davo mavjuddir, deb) rost aytgan, iningning qorni ersa, yolg‘on so‘zlaydir!» — deb javob qildilar. Shundan so‘ng, inisi dardig‘a shifo topdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:33:26
5-bob. Tuya suti bilan davolanish xususida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu ryvoyat qiladirlar: (Urayna qabilasiga mansub) bir guruh odamlar betob erdi. Ular: «Yo Rasulalloh, bizga shahar (Madina) havosi xush kelmadi, boshqa boshpana berib, ham taom birla ta’minlasangiz!» — deb iltimos qilishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayxi va sallam ularni Harra degan yerga joylashtirib, ixtiyorlariga bir qancha tuyalarni ham berib qo‘ydilar-da, «Bularning sutidan ichib turinglar!» — dedilar. Ular, kasallari arib, darmonga kirganlaridan so‘ng, Janob Rasulullohning tuyaboqarlarini o‘ldirib, tuyalarni haydab ketishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularning ortidan odam yubordilar, tutib kelishgach, qo‘l-oyoqlarini kesib, ko‘zlariga mil tortishdi, so‘ng oftobga tashlab qo‘yishdi, (og‘riqdan) tosh g‘ajib yotishdi».

Sallom aytadirlar: «Menga aytishlariga qaraganda. Hajjoj Janob Rasulullohning hayotlari davomida jinoyatchilarga qarshi qo‘llagan eng qattiq choralari haqida so‘zlab berishni Anasdan iltimos qilganida u mazkur voqeani rivoyat qilgan erkan. Bu gap Hasan (al-Basriy)ga yetganida, «Ushbu hadisni unga aytmagani yaxshi erdi»,— debdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:33:37
6-bob. Tuya siydigi bilan davolanish haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: (Urayna qabilasiga mansub) bir guruh odamlarga Madina havosi yoqmay, (betob bo‘lib qolishdi). Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni o‘z tuyaboqarlari huzuriga yuborib, tuya suti va siydigidan davo sifatida tanovul qilib turmoqlari lozimligini tayinladilar. Mazkur odamlar, tuya suti va siydigidan ichib badanlari sihat topgach. tuyaboqarni o‘ldirib, tuyalarni haydab ketishdi. Bu xabar Janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga yetgach, ularning ortidan odam yubordilar, ushlab kelishdi, so‘ng qo‘l-oyoqlari kesilib. ko‘zlariga mil tortildi.

Muhammad ibn Sirin: «Bu hodisa hadd urish haqidagi hukm nozil bo‘lmasidan burun sodir bo‘lgan erdi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:33:49
7-bob. Sedana haqida

Xolid ibn Sa’d aytadirlar: «Biz G’olib ibn Abjar birlan birga safarga chiqqan erdik, u yo‘lda kasallanib qoldi. Madinaga yetib kelganimizda ham hanuz tuzalmagan erdi. Shunda, Ibn Abu Atiq (Abu Bakr Siddiqning nabiralari): «Siz sedana iste’mol qiling. Besh yoki yetti dona sedanani ezib, yog‘ini dimog‘intizga tomizing, chunkim men Oisha onamizning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Sedana somdan bo‘lak barcha dardga davodir» deb aytganlar deganlarini eshitganman»,— dedi. «Som nedur?» - deb so‘raganlarida, «U o‘limdir!»—deb javob berdi».

Abu Hurayra bunday deb xabar qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sedana somdan bo‘lak barcha dardga davodir»—deganlar. Ibn Shihob: «Som — o‘limdir» — deb aytganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:33:59
8-bob. Bemorga sutli xo‘rda qilib berish xususida

Urva ibn Zubayr Oisha onamiz raziyallohu anho haqlarida rivoyat qiladirlarki, ul zot kasalga yokim biror yaqin kishisi vafot etgan kimsaga sutli xo‘rda ichirishni buyurar erkanlar, chunkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sutli xo‘rda bemorning diliga orom berib, azador kimsaning qayg‘usini yengillashtirg‘aydir»,— der erkanlar».

Hishom o‘z otalari (Urva ibn Zubayr) dan naql qilib bunday deydirlar. «Oisha onamiz raziyallohu anho bemorga sutli xo‘rda ichirmoq ko‘p manfaatli ekanligi haqida gapira turib: «Sutli xo‘rda, bemor yoqtiradimi, yo‘qmi, dardiga davodir!»—deb aytganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:34:07
9-bob. Burunga dori tomizmoq xususida

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qortiq soldirgach, qortiqchiga haq to‘ladilar, so‘ng burunlariga dori tomizdirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:34:20
10-bob. Burunga qusti tomdirish haqida

Ummu Qays Mihsan aytadirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mana shu hind yog‘ochidan foydalaningiz, chunkim unda yetti xil shifobaxsh modda bor, undan (tayyorlangan dorini) tomoq og‘riganda hamda zotiljam bo‘lganda ichmoq mumkindir»,— dedilar. (O’shanda) men emizikli o‘g‘ilchamni olib, Janob Rasulullohning huzurlariga kirgan edim, kiyimlariga siyib qo‘ydi. Shunda payg‘ambarimiz suv keltirtirib syydik tekkan joy ustidan quydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:34:28
11-bob. Qon oldiradigan vaqt xususida

Abu Muso tunda qon oldirgan erdi.

Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va salam 'ro‘zador bo‘lsalar-da, qon oldirdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:34:39
12-bob. Safarda va ehromdalik chog‘ida qon oldirmoq haqida

Ibn Buhayna buning joizligi haqida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitgan erkan.

Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehromdalik chog‘larida ham qon oldirdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:34:49
13-bob. Kasallik chog‘ida qon oldirmoq haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan qortiqchiga haq to‘lamoq borasida so‘ragan erdim, ul zot Abu Tayyibag‘a qon oldirdilar-da, haqiga ikki so’ xurmo berdilar va mavlo (ozod qilingan qul)lariga uning qabilasidan olinadirgan xirojni biroz kamaytirishni tayinladilar. So‘ng: «Hijomat qildirmoq (qortiq soldirmoq) eng yaxshi davodir, qusti bahriy iste’mol qilmoq ersa, undin ham afzaldir. Tomoq yo‘llarini zzib, bolalaringizni qiynamangiz!» — dedilar»

Jobir ibn Abdullohning rivoyat qilishlaricha, ul kishi Muqanna’ (ibn Sinon at-Tobi’iy) ni ziyorat kilmoq niyatinda huzuriga boribdirlar va: «Tokim menga qortiq solmas erkansiz, hech yerga jilmasmen, chunkim, men hijomat qildirmoqda (qortiq soldirmoqda) shifo mavjud erkanini Janob Rasulullohdin eshitgandirmen»,— deb aytibdirlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:34:56
14-bob. Boshga qortiq soldirmoq xususida

Abdulloh ibn Buhaynaning aytishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Lahyu Jamal degan joyda boshlarining qoq o‘rtasiga qortiq soldiribdilar. Ibn Abbos ham: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshlariga qortiq soldirdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:35:06
15-bob. Bosh og‘riganda yokim shaqiqa (migren) bo‘lganda qon oldirmoq haqida

Ibn Abbos aytadirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshlari og‘riganda, ehromda bo‘laturib boshlariga qortiq soldirdilar. Bu — Lahyu Jamal degan joyda bo‘lgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:35:16
16-bob. Soch (illatni yo‘qotmoqqa) xalal berganda oldirib tashlamoq xususida

Ka’b ibn Ujra bunday deydilar: «Hudaybiya (jangi) vaqtida Janob Rasululloh sallallohu alayhi va salam bizning oldimizga keldilar, men qozon tagiga o‘t yoqayotgan edim, boshimdan bitlar to‘kilib turgan edi. Janob Rasululloh buni ko‘rib, «Hasharotlaring ozor beryaptimi?» — deb so‘radilar. Men: «Ha, shunday»,— dedim. Janob Rasululloh: «Sochingni oldirib (kafforatiga) uch kun ro‘za tutg‘il, yokim olti miskinni to‘yg‘azg‘il, yohud qurbonliq qil!»—dedilar. Abu Ayyub: «(Ka’b) bularning qaysi birini ado etganligini bilolmadim»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:35:26
17-bob. Tamg‘a qizdirib bosishni yoqtirmagan kishi haqida

Jobir ibn Abdulloh aytadirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dori-darmonlaringizdan eng nafi tegadirgani, u ham bo‘lsa, qortiqchiga qortiq soldirish yoki o‘tda kuydirishdir, ammo men tamg‘a qizdirib bosishni xush ko‘rmayman»,— dedilar».   

Imron ibn Husayn: «Faqat ko‘z tekkanda yoki chayon chiqqandagina dam soldirish mumkin»,— deb aytibdirlar. Buni eshitgan Sa’id ibn Jubayr bizga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu xususda quyidagilarni aytganlar», —dedilar: «(Olloh taolo) menga barcha ummatlarni ko‘rsatdi. Ba’zi payg‘ambarlar o‘z ummatlarini ergashtirib, ayrimlari ersa, birorta ham ummatsiz yolg‘iz o‘zlari (oldimdan) o‘tdilar. Nogahon, ko‘zimga katta bir olomon ko‘rindi. Men: «Bular kim?» — deb so‘raganimda, «Bular Muso va uning ummatlaridir» —deb aytildi. So‘ng, «Ufqqa qara!» — deb amr qilindi. Bir vaqt qarasam, ufqni to‘ldirib xalqlar kelayotir. Keyin, «Endi bu yoqqa qara!» — deb buyurildi. Shunda o‘girilib, bu yoqda ham ufqni to‘ldirib tumonat odamlar kelayotganini ko‘rdim. So‘ng, «Bular sening ummating bo‘lib, yetmish minggi savol-javobsiz to‘ppa-to‘g‘ri jannatga kiradi»,— deyildi». Janob Rasululloh ana shu gaplarni aytdilar-da, hujralariga kirib ketdilar. Sahobalar: «Biz johiliya davrida tug‘ilib, so‘ng Olloh taolo va uning rasuliga iymon keltirganmiz, biz o‘shalar qatorida bo‘lamizmi yoki islom davrida tug‘ilgan avlodlarimiz bo‘ladimi?» — deya payg‘ambarimizning hujralari tomon yurdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tashqarida bo‘layotgan g‘ala-g‘ovurni eshitib, hujralaridan chiqdilar va bunday dedilar: «Ular dam soldirmaydiganlar, irim-sirimlarga ishonmaydiganlar, badanlariga tamg‘a qizdirib bosmaydiganlar hamda Olloh taologa tavakkal qilg‘uvchilardir». Shunda Ukkosha ibn Mihsan: «Yo Rasulalloh, men o‘shalardanmanmi? — deb so‘radilar. Janob Rasululloh: «O’shalardansan» — dedilar. Boshqa bir sahoba: «Menchi?»— dedi. Payg‘ambarimiz: «Ukkosha sendan oldin so‘radi»,— deb javob qildilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:35:34
18-bob. Ko‘z og‘riganda surmadan davo sifatida foydalanishning joizligi haqida

Ummu Salama rivoyat qiladirlar: «Bir ayolning eri vafot qilgan erdi, ko‘p yig‘laganidan ko‘zi og‘rib qoldi. Bu haqda Janob Rasulullohga bildirgan erdik, ayolning davo sifatida surmadan foydalanishi kerakligini, aks holda ko‘zga zarar yetishini aytdilar (aslida eri o‘lgan ayolning motam davrida o‘ziga oro berishi man’ qilinadi, ammo bu yerda surmadan davo tarzida foydalanish haqida gap borayotir).

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (ayolning motam davrida o‘ziga oro berishi xususida) bunday deganlar: «Johiliya davrida birontangizning eringiz o‘lsa, eski-tuski kiyib, eng xarob uyga kirib olib motam qilar erdingiz, agar yoningizdan it o‘tib qolsa, unga tezak otib, motamingizni tugatar erdingiz. Endi bo‘lsa, (azador ayol) to‘rt oy-u o‘n kun davomida ko‘ziga surma qo‘ymasin!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:35:42
19-bob. Juzom (moxov) haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Kasallik o‘zicha yuqmaydi, tungi qushlar, jumladan boyqush falokat keltirmaydi, Safar (oyi) bexosiyat bo‘lmay, safar (sarig‘) kasalligi unga bog‘liq emas. Juzom (moxov) dardiga mubtalo bo‘lgan kimsadan arslondan qo‘rqqandek qochingiz!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:35:50
20-bob. Qo‘ziqorin suvining ko‘zga davo ekanligi xususida

Sa’id ibn Zayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdimki, qo‘ziqorin Ollohning ne’mati bo‘lib, uning suvi ko‘zga davo erkan»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:36:02
21-bob. Bemor og‘zining bir chekkasidan dori tomdirish haqida

Ibn Abbos va Oisha raziyallohu anhumo rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etganlaridan keyin Abu Bakr (ul zotning) yuzlaridan o‘pdilar. Oisha onamiz bunday deydilar: «Janob Rasulullohning, xastalik vaqtlarida, og‘izlarining bir chekkasidan dori tomizgan erdik, ul kishi «Bunday qilmangizlar!» degan ma’noda ishora qildilar. Biz: «Bemor odam, odatda dori iste’mol qilmoqni yoqtirmaydi»,— deb o‘yladik. Hushlariga kelganlaridan so‘ng: «Men sizlarga og‘izga dori quymangizlar, demabmidim?!» — dedilar. Biz: «Kasal, odatda dori iste’mol qilmoqni yoqtirmaydi, deb o‘yladik»,— dedik. Janob Rasululloh: «Shu uyda turganlar orasida og‘ziga dori tomizilmagan birorta ham kishi qolmaydi. Ko‘rib turibmanki, Abbos sizlarning bu qilgan ishlaringizda ishtirok etmagan»,— dedilar».

Ummu Qays rivoyat qiladilar: «O’g‘ilchamni olib Janob Rasulullohning huzurlariga kirdim, tomog‘i og‘rib, (murtagi) yiringlab ketgan erdi. «Nega bolalaringizni qiynaysizlar? Qusti hindiydan iste’mol qildiringiz, chunkim unda yetti dardga davo mavjuddir. Jumladan (qusti hindiy) zotiljamga ham davo bo‘lib, uni bemorni yon boshiga yotqizib qo‘yib, og‘ziga quyiladi»,— dedilar. Az-Zuhriydan eshitdimki, Janob Rasululloh (qusti hindiy) davo bo‘ladigan yetti darddan ikkitasini aytib, beshtasini aytmabdilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, dardlari og‘irlashgach, tuzalgunlaricha mening uyimda yotmoqchi ekanliklarini aytib hamma xotinlaridan ijozat so‘radilar. Ular rozi bo‘lishdi. Keyin, Janob Rasululloh ikki kishi yordamida oyoqlarini zo‘r-bazo‘r bosib mening uyimga chiqdilar. Bir qo‘ltiqlaridan Abbos va ikkinchi qo‘ltiqlaridan yana bir kishi ushlab olib chiqishdi». «Oisha onamiz aytib bergan hadisni Ibn Abbosga hikoya qilib berdim,— deydilar Ubaydulloh,— u mendan: «Oisha onamiz tilga olmagan o‘sha kishining kim ekanligini bilurmisen?» — deb so‘radi. Men: «Yo‘q»,— dedim. Abbos: «U — Ali ibn Abu Tolib erdilar»,— dedi».

Oisha onamiz bunday deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyga kirgach, dardlari yana ham og‘irlashdi. Shunda ul zot: «Og‘zi bog‘liq yettita meshda ustimga suv quyingiz, toki men odamlarga vasiyat qilib olay!»—deb amr qildilar. Biz Janob Rasulullohni tog‘oraga o‘tqazib, to «Bo‘ldi, yetarli!» demagunlaricha ustlaridan meshlarda suv quydik. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh odamlar huzuriga (masjidga) chiqib, birgalikda namoz o‘qidilar va amr ma’ruf qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:36:17
22-bob. Murtak dardi (angina) haqida

Ummu Qays birinchi muhojirlardan bo‘lib, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bay’at qilgan erdi. (Bir kuni) u tomog‘i og‘rib qolgan o‘g‘lini ul zot huzurlariga olib keldi. Janob Rasululloh unga «Nechun bolalaringizni qiynab murtagini ip bilan bog‘lab qo‘yasizlar?! Bo‘ning o‘rniga qusti hindiy bilan davolaganingiz yaxshiroqdir, zotiljamni ham shu tariqa davolangiz!» -dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:36:27
23-bob. Qorni og‘rigan bemorni davolash hususida

Abu Sa’id (al-Xudriy) rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xuzurlariga kelib: «Inimning ichi ketmoqda»,— dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga. «Asal ichirg‘il!» — dedilar. U borib asal ichirdi. Keyin, yana qaytib kelib: «Asal ichirsam ham bo‘lmadi»,— dedi. Janob Rasululloh: «Olloh taolo rost aytgan, iningning qorni yolg‘on so‘zlaydir»,—deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:36:39
24-bob. Ichki kasallik bo‘lmish safar (sarig‘) kasalligi safar oyiga bog‘liq emas!

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat kiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taoloning irodasisiz birovning kasali birovga (o‘zicha) yuqmaydi, boyqush falokat keltirmaydi, safar (oyi) bexosiyat bo‘lmay, safar (sarig‘) kasalligi unga bog‘liq emas»,— dedilar. Bir badaviy: «Yo Rasulalloh, tuyalarimizga nima bo‘lgan o‘zi? (Avvaliga) ular ohudek soppa-sog‘ yurishadi, keyin esa oralariga bir qo‘tir tuya kelib qo‘shildi deguncha barchasi qo‘tir bo‘lib qoladi»,— dedi. Janob Rasululloh: «Dastlabki qo‘tir bo‘lgan tuyani kim qo‘tir qilgan?» - dedilar» (ya’ni, Olloh taoloning irodasi bilan kasalga chalingan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:36:47
25-bob. Zotiljamning davosi haqida

Ummu Qays binti Mihsan birinchi muxojirlardan bo‘lib, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bay’at qilgan erdi. (Bir kuni) u o‘g‘lini tomog‘idagi murtagi ip bilan bog‘langan holda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib keldi. Janob Rasululloh unga: «Nega bolalaringizni (murtagini) ip bilan (bog‘lab) qiynaysizlar?! Unga hindiy (qusti hindiy) iste’mol qildiringizlar, unda yetti xil dardga, jumladan zotiljamga ham davo bordir»,— deb aytdilar.

Hammod raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Talha va Anas ibn an-Nazr zotiljamdan davolamoq maqsadida Anasning badaniga tamg‘a qizdirib bosdilar. Bu ishni Abu Talha shaxsan o‘z qo‘li bilan qildi.

Anas ibn Molik aytadilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ansorlarga mansub xonadonlardan birining ahliga (biror narsa) chaqqanda va quloq og‘riganda dam solishga izn beribdirlar.

Anas bunday deydilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayotliklarida zotiljamdan davolamoq uchun tamg‘a qizdirib bosgan edim. Buni Abu Talha, Anas ibn an-Nazr va Zayd ibn Sobit ko‘rgan edi. Keyinchalik esa, Abu Talha (kasal bo‘lganimda) menga tamg‘a qizdirib bosdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:36:57
26-bob. Qon oqishini to‘xtatish uchun bo‘yrani kuydirib bosish lozimligi haqida

Saul ibn Sa’d as-So’idiy raziyallohu anhu rivoyat qildilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning boshlaridagi dubulg‘alari majaqlanib, yuzlariga qon oqib tushganda hamda tishlari singanda Ali raziyallohu anhu qalqonlarida suv keltirdilar. Fotima esa, payg‘ambar alayhissalomning yuzlaridagi qonni yuvib qo‘ydilar. Lekin, payg‘ambar alayhissalomning qonlari suvdan ham ziyoda oqayotganini ko‘rib, bir bo‘yrani quydirdilar-da, kulini jarohatlariga yopishtirib qo‘ydilar, shundan keyingina qon ketishi to‘xtadi».

Ibn Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Isitma jahannam alangasi yangligdir, uni suv bilan o‘chiringlar!» — dedilar».

Nofi’ raziyallohu anhu aytadilar: «Abdulloh ibn Umar isitmalaganda: «Bizni bu azobdan qutqarg‘il!» — der erdi».

Asmo binti Abu Bakr, huzurlariga isitmalab qolgan biror ayolni olib kelishsa, uning haqqiga duo qilar hamda ko‘ylagi yoqasini yechib, badaniga suv purkar erdilar va: «Rasululloh sallallohu alayxi va sallam shunday qilmoqni buyurganlar»,— der erdilar.

Oisha raziyallohu anaro rivoyat qiladirlarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Isitma — jahannam alangasi yanglig‘dir, uni suv bilan sovutinglar!»— der erkanlar.

Rofi’ ibn Hudayj: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Isitma — jahannam alangasi yanglig‘dir, uni suv bilan sovutinglar!» — deganlarini eshitganman»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:37:06
27-bob. Ob-havosi yoqmagan yerdan chiqib ketish haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Ukl va Urayna qabilasiga mansub bir necha kishilar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, biz chorvadorlarmiz, qishloq ahli emasmiz»,— dedilar va Madina ob-havosining yoqmaganligidan shikoyat qildilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir to‘da tuyalarni tuyaboni birlan ularning tasarrufiga topshirdilar-da, sahroga chiqib tuya suti va siydigidan davo tariqasida iste’mol qilmoqni buyurdilar. Ular Harrya tarafiga borgach, qayta kofir bo‘ldilar (islomdan qaytdilar) va Janob Rasulullohning tuyaboqarlarini o‘ldirib, tuyalarni haydab ketdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu haqda xabar topgach, ularning ortidan odamlarni yuborib, ko‘zlariga mil tortmoqni, qo‘llarini kesmoqni amr qildilar. Ularni Harrada o‘z hollariga tashlab kelishdi, o‘sha yerda o‘lib ketdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:37:38
28-bob. Toun (vabo, o‘lat) ga doir hadislar xususida

Usoma ibn Zayd aytadilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biror joyda vabo borligini eshitsangiz, u yerga kirmangiz va biror joyda turganingizda vabo boshlanganini eshitsangiz, u yerdan chiqmangiz!» - degan ekanlar.

Habib ibn Abu Sobit Ibrohim ibn Sa’dga «Usoma ibn Zaydning Sa’dga shu hadisni aytib berganini eshitdingmi, u inkor qilmadimi?» — deganlarida, u: «Ha» — deb javob qilgan ekan.

Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu Shomga safarga chiqqilar, Sarg‘ degan joyga yetganlarida lashkarlar amiri Abu Ubayda ibn al-Jarroh va uning hamrohlari qarshi olib, Shomda vabo tarqalganini xabar qildilar. Shunda Hazrat Umar menga (ya’ni, ibn Abbosga) avval muhojirlarni huzurlariga chaqirib kelmoqni amr qildilar. Ular to‘plangach, Shomda vabo chiqqanini aytib, maslahatlashdilar. Muhojirlar turli-tuman fikrlar bildirdilar, ba’zilari: «Muhim vazifa bilan yo‘lga chiqqanmiz, orqaga qaytmaymiz»,— desalar, ayrimlari: «Odamlarning (lashkarlarning) va Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalarining bir qismi siz bilan qoladi, ularni vaboga ro‘para qilmog‘ingizning hojati yo‘q»,— deyishdi. Hazrat Umar bu gapni eshitib, «Sizlarga ruxsat»,— dedilar, so‘ng menga ansorlarni chaqirmoqni buyurdilar. Men chaqirib keldim. Ammo, ular ham muhojirlar aytgan fikrlarni bildirishdi. Hazrat Umar ularga ham ruxsat berib yubordilar. Keyin menga: «Qurayshning shu yerdagi fath muhojirlaridan bo‘lgan oqsoqollarini chaqirib kel!» — dedilar. Men chaqirib keldim. Ular Hazrat Umarga mutlaqo e’tiroz bildirmay, bir og‘izdan: «Bizning fikrimiz shulki, odamlarni olib, ortga qaytsangiz, ularni bu mash’um vaboga giriftor qilmagaymiz!» — deyishdi. Hazrat Umar odamlarga xitob qilib: «Men erta bilan ortga qaytaman, sizlar ham qaytinglar!» — dedilar. Abu Ubayda ibn al-Jarroh: «Olloh taoloning qazo-yu taqdiridan qochyapsizmi?» — deb edi, Hazrat Umar: «Bu so‘zni sendan boshqa odam aytsa edi... Ey Abu Ubayda! Ha, Olloh taoloning taqdiridan Olloh taoloning taqdiriga qochyapmiz! Agar sening bir tuyang yo‘qolsa, u bir yog‘i yam-yashil o‘tloq va bir yogi qovjiragan vodiyda turgan bo‘lsa, tuyangning ulardan qaysi birida o‘tlashini Olloh taoloning irodasiga bog‘liq deb bilmaysanmi?» — dedilar. Shu vaqt Abdurrahmon ibn Avf kelib qoldi. U bir yumush birlan band bo‘lgani uchun bungacha bu yerda yo‘q edi. U: «Bu haqda men ham ba’zi bir narsalarni bilaman. Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Vabo chiqqan yerga kirmangiz va siz turgan joyda vabo bo‘lsa, u yerni tark etmangiz!» deganlarini eshytganman»,— deb aytdi. Shundan so‘ng, Hazrat Umar Olloh taologa hamdu sanolar aytib, ortlariga qaytib ketdilar».

Abdulloh ibn Omir rivoyat qiladirlar: «Umar ibn al-Xattob Shomga safarga chiqqan erdilar. Sarg‘ degan yerga yetganlarida Shomda vabo tarqalganligi haqida xabar keldi. Shunda Abdurrahmon ibn Avf «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar biror joyda vabo tarqalsa, u yerga kirmangiz va siz turgan joyda vabo tarqalsa, u yerdan qochib chiqmangiz!» — deb aytganlar»,— dedi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Madinaga Masih ad-Dajjol va vabo kirolmaydi»,— deganlar deb rivoyat qiladilar.

Qafsa binti Sirin rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik: «Yahyo ibn Sirin nimadan o‘ldi?»— deb so‘radi. Men: «Vabodan o‘ldi»,— deb aytdim. Shunda Anas: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Vabodan o‘lgan har bir musulmon shahid ketadi»,— deb aytganlar»,— dedi».

Abu Hurayra payg‘ambar alayhissalom odatlarida so‘zlayotib: «Ul zot aytdilarki, qorin og‘rig‘i va vabodan o‘lgan kishi shahid ketar ekan»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:37:51
29-bob. Vabo tarqaganda sabr qilganlarga tegadigan savob xususida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamniig zaifalari Oisha onamiz xabar beradilarki, ul zot payg‘ambarimizdan vabo xususida so‘raganlarida bunday deb javob qilgan erkanlar: «U (vabo) Olloh istagan bandasiga yuboradigan azob bo‘lgan. (Endilikda) esa, Olloh uni mo‘min bandalarga o‘zining bir rahmati sifatida yuboradigan bo‘ldi. Biror bandaga vabo tekkan bo‘lsa-yu, u Olloh peshonasiga yozganidan o‘zgasi bo‘lmasligiga ishonib, o‘z shahrida sabr qilib qolsa, albatta unga Olloh yo‘lida jang qilib shahid bo‘lgan bandaga qanchalik savob bo‘lsa, shunchalik savob bo‘lg‘usidir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:38:00
30-bob. Qur’on va muavvizotni o‘qib dam solish haqida

Oisha raziyallohu an.uo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etmaslaridan oldin betob bo‘lganlarida muavvizotni o‘qib o‘zlariga o‘zlari dam solar erdilar. Dardlari og‘irlashib qolganda esa, ul zotga men o‘zim dam solar, barakasi totsin deb o‘zlarining qo‘llari bilan silar erdim».

Ma’mar: «Qanday qilib dam solar erdilar?»— deb Zuhriydan so‘rasam, u: «Ikkala qo‘llariga dam solib, so‘ng yuzlarini silar erdilar»,— deb aytdi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:38:09
31-bob. «Surai Fotiha»ni o‘qib dam solmoq, bu haqda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Ibn Abbosdan naql etilgan qadislari zikr qilinadi

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu bunday deb rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan bir guruhi arab qavmlaridan birining mahallasiga kelib tushdi. Lekin ularga mehmondorchilik ko‘rsatishmadi. Shu asnoda o‘sha qavm boshlig‘ini chayon chaqib oldi. Ular sahobalarga: «Sizda dori-darmon yoki dam soluvchi shaxs bormi?» — deya murojaat qilishdi. Sahobalar: «Siz bizga mehmondorchilik ko‘rsatmadingiz, endi toki bizga biror haq to‘lashni va’da qilmas ekansiz, hech narsa qilmaymiz!» — deyishdi. Shunda ular bir to‘da qo‘y bermoqni va’da qildilar. Dam soluvchi «Qur’on onasi» (ya’ni, «Surai Fotiha») ni o‘qiy boshladi va tupugini yig‘ib turib, (chayon chaqqan joyga) tupurdi. Shundan so‘ng, qavm boshlig‘i tuzaldi. Keyin, (va’da qilingan) qo‘ylarni olib kelishdi. Lekin, sahobalar: «Toki Janob Rasulullohdan so‘rab, ijozat olmagunimizcha, olmaymiz»,— deyishdi. Ular so‘ragan erdilar, Janob Rasululloh kulib: «Surai Fotiha»ning davo ekanligini qaerdan bilding? Qo‘ylarni olaveringlar va menga ham nasiba ajratinglar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:38:20
32-bob. Dam solish uchun bir poda qo‘y berilishi shart qilib qo‘yilganligi haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bir qancha sahobalari qandaydir suv bo‘yidan o‘tib borayotgan erdilar. Bir odam, chayon chaqqan bo‘lsa kerak (balkim chaqmagandir), suvga tushib olgandi. (U yerda bir to‘da odamlar ham bo‘lib), ulardan biri sahobalarga: «Oralaringizda birorta dam soladigan shaxs bormi? Bir odam chayon chaqqanmi, bilmayman, suvga tushib olibdi»,— dedi. Shunda sahobalardan biri bir poda qo‘y evaziga «Surai Fotiha»ni o‘qib, unga dam solgan edi, tuzaldi. Keyin, dam solgan sahoba bir poda qo‘yni yetaklab sheriklari huzuriga keldi. Sheriklari uning bu qilgan ishini koralab: «Hali sen Ollohning Kitobi uchun haq oldingmi?!» — deyishdi, hatto Madinaga kelib: «Yo Rasulalloh, u Ollohning Kitobi uchun haq oldi!» — deb aytib berishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga javoban: «Olgan haqqingizga Ollohning Kitobi haqliroqdir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:38:37
33-bob. Ko‘z tekkanda dam solmoq haqida

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘z tekkanda dam solmog‘imni buyurdilar yoki ko‘p nekkanda dam solmoqni amr qildilar»,— deydilar.

Zaynab biiti Abu Salama Ummu Salama raziyallohu anldodan naql qilib, bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning (Ummu Salamaning) uyida yuziga qoramtir dog‘ tushgan bir joriyani ko‘rib: «Unga dam solinglar, ko‘z tegibdi!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:38:48
34-bob. Ko‘z tegmog‘i haqiqatan ham bor narsa ekanligi haqida

Abu Hurayra aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ko‘z tegmog‘i haqiqatan ham bor narsadir»,— dedilar, lekin vashm (tatuirovka) qilmoqni qoraladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:39:07
35-bob. Ilon va chayon chaqqanda dam solmoq haqida

Abdurrahmon ibn alsAsvadning otalari bunday dedilar: «Men Oishadan (biror narsa chaqib) zaharlanganda dam solish haqida so‘radim. Oisha: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har qanday zahar soluvchiga qarshi dam solmoqqa ruxsat berdilar»,— deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:39:20
36-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning o‘qib dam soladigan duolari xususida

Abdulaziz raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men va Sobit Anas ibn Molikning huzuriga kirdik. Shunda, Sobit Anasga: «Ey Abu Hamza, mening mazam yo‘q!»—deb aytgan edi, Anas: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘qib dam soladigan duolarini o‘qib senga dam solaymi?» — dedi. U: «Mayli»,— dedi. Anas: «Ollohumma rabb un-nos, muzhib ul-ba’s, va-shfihi antash-shofiy, lo shofiy illo anta, shifo lo yug‘odir suqman!» («Ey parvardigoro, sen insonlar parvardigorisan, dardlarni aritguvchisan, shifo ato et, sen shifo beruvchisan, sendan bo‘lak shifokor yo‘q, sen bergan shifo hech bir dardni qoldirmag‘ay»),— dedi».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ba’zi oila a’zolariga «Qul a’uzu»ni o‘qib dam solar, so‘ng o‘ng qo‘llari bilan silab: «Ollohumma rabb un-nos, azhib il-ba’s va-shfihi va antash-shofiy, lo shifo illo shifouka, shifo lo yug‘odir suqman!» («Ey parvardigoro, sen insonlar parvardigorisan, dardni aritib unga shifo berg‘il, sen shifo ato etuvchidirsan, sening shifoingdan bo‘lak shifo yo‘q, sen bergan shifo hech bir dardni qoldirmag‘ay!»),— der erdilar».

Oishf onamiz rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dam solayotganlarida: «Imsah il-ba’s rabb un-nos, bi-yadikash-shifo, lo koshifa lahu illo anta!» («Ey insonlar parvardigori, dardni ketkazg‘il. shifo sening qo‘lingdadir, dardni sendan bo‘lak hech kim ketkazolmag‘ay!»),— der erdilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar. «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bemorga «Bismillohi, turbatu arzino va riyqatu ba’zino yushfi saqiyman» («Bismillohi, yerimizning tufrog‘i va ba’zimizning tupugimiz bemorga davo bo‘lg‘ay»),— der erdilar».

Oisha onamiz aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dam solayotganlarida «Bismillohi, turbatu arzino va riyqatu ba’zino yushfi saqiyman bi-izni rabbino» («Bismillohi, yerimizning tufrog‘i va ba’zimizning tupugimiz rabbimiz izni bilan bemorga davo bo‘lg‘ay»),— der erdilar».   
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:39:34
37-bob. Dam solayotib tupurmoq xususida

Qatoda raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Aniq va yaxshi tush Ollohdan, yomon tush shaytondan sodir bo‘lg‘ay. Agar birortangiz uyqungizda o‘zingiz yoqtirmagan, noxush narsani ko‘rsangiz, erta bilan uyg‘onganingizda uch marta (chap tarafingizga qarab) tupuring va Olloh taolodan uning yomonligidan o‘zingizga panoh tilang. Shunda ko‘rgan yomon tushingiz sizga zarar qilmaydi» deganlarini eshitdim»,— dedilar. Shunda Abu Salama: «Garchi tog‘dan ham og‘ir tush ko‘rsam ham, endi sira parvo qilmayman!» — dedilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyquga yotmoqchi bo‘lsalar, «Qul huvallohu ahad»ni hamda ikkala «Qul a’uzu» ni o‘qib ikki kaftlariga suflar erdilar. So‘ng, kaftlarini yuzlariga tortar erdilar, shunda kaftlari yuzlariga tegmas erdi. Bemor bo‘lib qolganlarida esa, shunday qilmoqni menga buyurar erdilar».

Yunus: «Men ibn Shihobning uyquga yotganida shunday qilganini ko‘p ko‘rganman»,— deydilar.

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bir guruh sahobalari safarga chiqib, yo‘l-yo‘lakay arab qavmlaridan birining manzilgohiga borib qo‘ndi. Keyin, o‘sha qavmdan o‘zlarini mehmon qilishlarini iltimos qilishdi, lekin ular ko‘nishmadi. Shu asnoda mazkur qavmning oqsoqolini chayon chaqib oldi. Ular barcha choralarni ko‘rishdi, ammo foydasi bo‘lmadi. Shunda ba’zilar: «Bizning manzilgohga kelib qo‘ngan kishilarning birortasida, ehtimol, dori-darmon bordir?» — dedi. So‘ng, ular sahobalar huzuriga borishib: «Ey odamlar! Bizning oqsoqolimizni chayon chaqib oldi, barcha choralarni qildik, ammo foyda bermadi. Sizlardan birortangizda dori-darmon bormi?» — dedi. Sahobalardan biri: «Ha, xudo haqqi! Men duoxonman, lekin sizlardan bizni mehmon qilishingizni iltimos qilganimizda, ko‘nmadingizlar. Endi, toki bizga haq to‘lamas ekansizlar, dam solmayman»,— dedi. Nihoyat, har ikki tomon bir poda qo‘yga kelishishdi. Boyagi sahoba borib «Surai Fotiha»ni o‘qib dam , sola boshladi. Oqsoqol to‘lg‘anib yotgan yeridan turib, yurib ketdi. So‘ng, qavmdoshlariga kelishilgan qo‘ylarni berishni amr qildi. Oqsoqolning ba’zi qavmdoshlari: «Qo‘ylarni sizlarga taqsimlab beraylikmi?»— deyishgan edi, dam solgan sahoba: «Yo‘q, bunday qilmanglar, biz avval Rasululloh sallallohu alayhi sallamning huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani aytaylik, so‘ng ul zot nimaiki amr qilsalar, o‘shanga amal qilaylik»,—deb aytdi. Sahobalar Janob Rasulullohning huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani aytishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uning (ya’ni, «Surai Fotiha» ning) davo ekanligini qaerdan bildingizlar? To‘g‘ri ish qilibsizlar, qo‘ylarni o‘zaro taqsimlab, menga ham ulush ajratinglar!»—dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:39:45
38-bob. Dam soluvchining og‘riq joyni o‘ng qo‘li bilan silamog‘i haqida

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ba’zilarga «Qul a’uzu»ni o‘qib dam solar va o‘ng qo‘llari bilan silab: «Azhib il-ba’s rabb un-nos va-shfi, antash-shofiy, lo shifo illo shifouka, shifo lo yug‘odir suqman!» («Ey insonlar parvardigori, dardni ketkazib shifo ato etg‘il, sen shifo ato etuvchisan, sening shifoingdan bo‘lak shifo yo‘q, sen bergan shifo hech bir dardni qoldirmag‘ay!»—der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:40:09
39-bob. Ayolning erkakka dam solmog‘i xususida

Oisha onamiz raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etmaslaridan oldin betob bo‘lgan kezlarida «Qul a’uzu»ni o‘qib, o‘zlariga o‘zlari dam solar erdilar. Dardlari og‘irlashib, hollari qolmagach, ul zotga men o‘zim dam solar erdim. Shunda, barakali bo‘lsin uchun o‘z qo‘llari bilan o‘zlarini silar erdim».

Ma’mar aytadilar: «Janob Rasululloh qanday qilib dam solar erdilar?»— deb Ibn Shihobdan so‘rasam, u: «Ikkala qo‘llariga dam solib, so‘ng yuzlarini silar erdilar»,— deb aytdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:40:34
40-bob. Sira ham dam solmaganlar haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurimizga chiqib bunday deb aytdilar: «(Olloh taolo) menga barcha ummatlarni ko‘rsatdi. Bir payg‘ambar birgina ummati bilan, ikkinchi bir payg‘ambar ikkitagina ummati bilan, ba’zi payg‘ambarlar bir qancha ummatlari bilan, yana bir payg‘ambar yolg‘iz o‘zi oldimdan o‘tdi. Nogahon, ufqni to‘ldirib kelayotgan qandaydir olomonni ko‘rdim. Qaniydi, shular mening ummatim bo‘lsa, deb umid qildim, biroq «Bular Hazrat Muso va uning ummatlari» deb xabar qilishdi. So‘ng menga: «Buyoqqa qara!» — deyildi, qarasam, ufqni to‘ldirib bir olomon kelayotir. Keyin, yana: «Anavi va manavi tomonlarga ham qara!»— deyildi. Shunda, ko‘rsatilgan tomonlardan ham ufq to‘la olomon kelayotganini ko‘rdim. «Ana o‘shalar sening ummatlaring bo‘lib, ulardan yetmish minggi so‘roqsiz jannatga kiradi»,— deyildi». Keyin, odamlar tarqab ketdi, Janob Rasululloh ularga bu haqda hech narsa tushuntirmadilar. Ul zotning sahobalari: «Biz bo‘lsak, johiliyat davrida tug‘ilib, so‘ng Olloh taolo va uning rasuliga iymon keltirganmiz. Biz o‘shalar qatorida bo‘lamizmi yoki islom davrida tug‘ilgan avlodlarimiz bo‘ladimi?»— deya o‘zaro suhbatlashishdi. Janob Rasululloh ularning gapidan xabar topib, tashqariga chiqdilar-da: «Ular irim-sirimga ishonmaydiganlar, badanlariga tamg‘a qizdirib bosmaydiganlar, dam soldirmaydiganlar va Olloh taologa tavakkal qilganlardir» — deb aytdilar. Shunda Ukkosha ibn Mihsan o‘rinlaridan turib: «Yo Rasulalloh, men o‘sha jannatga so‘roqsiz kiradiganlar orasida bo‘lamanmi?»—deb so‘radilar. Janob Rasululloh «Ha»,— dedilar. Yana boshqa bir sahoba o‘rinlaridan turib: «Men ham bo‘lamanmi?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ukkosha sendan oldin so‘radi»,— deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:40:50
41-bob. Irim-sirim haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taoloning irodasisiz birorta ham kasallik o‘zicha yuqmaydi, (hech narsa o‘zicha) yomonlik keltirmaydi. Uch narsada: xotin, xonadon va ot-ulovda falokat yashiringan bo‘ladi»,— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «(Biror narsaning baxtsizlik keltirmog‘iga inonib) irim-sirim qilish yaramaydi, uning (irim-sirimning) yaxshisi — foldir» deganlarini eshitdim. Shunda odamlar: «Fol nima?» — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Birortangiz eshitadigan yaxshi so‘zdir (ya’ni, biror kishi sizga aytadigan xushxabardir)» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:41:02
42-bob. Fol haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Biror narsaning baxtsizlik keltirmog‘iga inonib) irim-sirim qilmoq yaramaydi, uning yaxshisi — foldir»,— dedilar. Shunda bir kishi: «Yo Rasulalloh, fol nima?» — deb so‘radi, Rasululloh: «Birortangiz eshitadigan yaxshi so‘zdir»,— deb aytdilar».

Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kasallikning yuqumliligi ham, irim-sirim ham yo‘q narsa. Menga yaxshi fol, ya’ni xush so‘z yoqadi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:41:13
43-bob. Boyqushning falokat keltirmasligi haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Kasallik yuqmaydi (hech qaysi kasallik Ollohning irodasisiz o‘zicha yuqmaydi), irim-sirim be’manilik, boyqush baxtsizlik keltirmaydir va safar (oyi) bexosiyat emas»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:41:30
44-bob. Kohinlik haqida

Abu Hurayra aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Huzayl qabilasiga mansub ikki ayolning janjalini muhokama qildilar. Ulardan biri ikkinchisining qorniga tosh otib, homilasini o‘ldirib qo‘ygan edi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayolning o‘lgan homilasi uchun tovon tarzida bitta eng yaxshi qul yokim cho‘ri hukm qildilar. Shunda, boyagi tovondor bo‘lib qolgan ayolning eri: «Yo Rasulalloh, qanday qilib hali yeb-ichmagan, so‘zlamagan va chirqirab yig‘lamagan (homila) uchun tovon to‘layman?» — dedi. Janob Rasululloh: «Bu — kohinlarning birodarlaridan ekan-ku!» (ya’ni, «Kelajak ilmi — ilmi g‘aybdan boxabarlikni da’vo qiluvchi kohinlardan ekan-ku!») — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Ikkita ayoldan biri ikkinchisiga tosh otib, qornidagi homilasini tushirib qo‘ydi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam buning uchun bitta eng yaxshi qul yokim cho‘ri hukm qildilar».

Sa’id ibn al-Musayyab rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam onasining qornida o‘ldirilgan homila uchun tovon tarzida bitta eng yaxshi qul yokim cho‘ri hukm qildilar. Shunda, tovon to‘lashi lozim bo‘lgan kishi (o‘ldirgan ayolning eri): «Qanday qilib hali yeb-ichmagan, tilga kirmagan, chirqirab yig‘lamagan homila uchun tovon to‘layman?» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu kohinlarning birodarlaridan ekan-ku!»— dedilar».

Abu Mas’ud rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam it sotib, fohishalik hamda kohinlik qilib topilgan puldan hazar qilmoqni amr qildilar».

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan kohinlar haqida so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Hechqisi yo‘q, so‘rayveringizlar»,— dedilar. Odamlar: «Yo Rasulalloh, kohinlarning bizga aytgan gaplari ba’zan to‘g‘ri chiqib qoladi»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «O’sha haq gaplarni jinlar (g‘oibdan) eshitib olib, o‘z xojasining (kohinning) qulog‘iga yetkazadi, u bo‘lsa yuz xil yolg‘onni qo‘shib-chatib, sizlarga aytadi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 19 May 2008, 08:41:41
45-bob. Sehr haqida

Olloh taolo o‘z oyati kariymasida bunday deydi: «Va lokinnash-shayotiyna kafaruu yu’llimuunan-nosas-sihra va mo unzila alal-malakayni bi-bobila horuta va moruta va mo yu’allimoni min ahadin hatto yaqulo innamo nahnu fitnatun falo takfur fayata’allamuuna minhumo mo yufarriquuna bihi baynal-mar’i va zavjihi va mo hum bi-zorriyna bihi min ahadin illo bi-iznillohi va yata’alla-muuna mo yazurruhum va lo yanfa’uhum va laqad alimuu lamani-shtarohu mo lah fi-l-oxirati mil xaloqin».
Mazmuni: «Va lekin shaytonlar kofir bo‘ldilar va odamlarga (o‘z) sehr-jodularidan hamda Bobildagi Horut va Morut ismli ikki farishtaga nozil qilingan sehr-jodudan ta’lim berur erdilar. Ul ikki farishta ersa, sehr-jodudan ta’lim olmoq talabida bo‘lgan har bir kishiga, ta’lim bermoqdin avval: «Bu ish iymoningga nuqson yetkazib, tag‘in kofir bo‘lib qolma!»—der erdilar va ular o‘z istaklari bilan ulardin eru xotinni bir-biridan judo qilg‘uvchi narsalarni o‘rganur erdilar. Holbuki, ular Ollohdan beizn hech kimga zarar yetkaza olmaslar, ular o‘zlariga zararli, nafi tegmaydirgan narsalarni o‘rganurlar. Ular aniq biladilarki, albatta kimki sehr-joduni sotib olsa, u oxiratda benasib bo‘lur». Olloh taoloning boshqa ko‘pgina oyati kariymalarida ham sehr-jodu haqida zikr qilinadi.

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Baniy Zurayh qabilasiga mansub Labiyd ibn al-A’sam ismli bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni sehrlab qo‘ydi. Natijada, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, aslida hech narsa qilmayotgan bo‘lsalar ham, nimadir qilayotgandek tuyuladigan bo‘lib qoldi. Kunlardan bir kuni yokim kechalarning birida, Janob Rasululloh mening huzurimda ekanliklarida uzundan-uzun duo o‘qidilar, so‘ng bunday dedilar: «Yo Oisha, sezdingmi? Olloh taolo men nima xususida iltijo qilgan bo‘lsam, o‘shanga ijobat qildi. Ikki kishi (Jabroil va Mikoil) kelib, ulardan biri bosh tomonimga, ikkinchisi oyoq tomonimga o‘tirdi. Ulardan biri sherigiga: «Bu odamning dardi qanday dard?» — dedi. Sherigi: «Sehrlangan»,— dedi. Yana avvalgisi: «Kim uni sehrladi?» — dedi. Sherigi: «Labiyd ibn al-A’sam»,— dedi. Yana avvalgisi: «Nima bilan?»—dedi. Sherigi: «Taroq, soch tolalari va xurmo gulining erkak urug‘kurtagi qobig‘i bilan»,— dedi. Yana avvalgisi: «O’sha qaerda?» — dedi. Sherigi: «Zarvon qudug‘ida»,— dedi». Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir qancha sahobalarini olib o‘sha joyga bordilar. Qaytib kelgach: «Yo Oisha, quduq suvi xuddi xina suviga, atrofidagi xurmo daraxtlarining tepasi esa shaytonning boshiga o‘xshab ketibdi»,— dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, quduqdan chiqarib olib tashladingizmi?» — desam, Janob Rasululloh: «Yo‘q, Olloh taolo menga shifo ato etdi, men odamlar orasida bu haqda shov-shuv bo‘lishini xohlamadim»,— dedilar. Keyin, quduqni ko‘mdirib yubordilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 May 2008, 09:29:40
46-bob. Olloh taologa shirk keltirish va sehr-jodu qilishning oqibati halokatli ekanligi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh: «Olloh taologa shirk keltirish va sehr-jodu qilishdek gunohi azimlardan qochingiz!»—deb aytganlar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 May 2008, 09:30:07
47-bob. Sehrni qaytarsa bo‘ladimi?

Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Sa’id ibn al-Musayyabdan: «Bir kishi sehrlangan yokim afsun ila bog‘lab qo‘yilgan-u xotini bilan qo‘shila olmay qolgan bo‘lsa, qaytariq qilishi mumkinmi?» — deb so‘radim. Sa’id ibn al-Musayyab: «Buning hech qo‘rqinchli yeri yo‘q. Chunkim, bunday odamlar qaytariq qildirish bilan faqat o‘z dardlaridan najot topmoqchi bo‘ladilar. (Janob Rasululloh) darddan xalos bo‘lmoqqa nafi tegadirgan amallarni sira ham man’ qilmaganlar»,— dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni sehrlab qo‘yishdi. Hatto, ul zot ayollari bilan yaqinlik qilmayotgan bo‘lsalar ham, shunday qilayotganlari ko‘zlariga ko‘rinadigan bo‘lib qoldi. Sufyon: «Agar (kishi) ana shunday holatga tushib qolsa, juda qattiq sehrlangan bo‘ladi»,— deydilar. «Ey Oisha,— dedilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam,— bildingmi? Olloh taolo men nima xususida iltijo qilgan bo‘lsam, o‘shanga ijobat qildi. Ikki kishi (Jabroil va Mikoil) kelib, ulardan biri bosh tomonimga, ikkinchisi oyoq tomonimga o‘tirdi. Bosh tomonimdagi oyoq tomonimdagiga: «Bu odamning dardi qanday dard?»— dedi. Oyoq tomonimdagi: «Sehrlangan»,— deb aytdi. Bosh tomonimdagi: «Uni kim sehrlagan?» — deb so‘radi. Oyoq tomonimdagi: «Baniy Zurayh qabilasiga mansub Labiyd ibn al-A’sam ismli kishi, u yahudiylar bilan til biriktirgan bo‘lib, munofiq odamdir»,— dedi. Bosh tomonimdagi: «Nima bilan sehrladi?» — deb so‘radi. Oyoq tomonimdagi: «Taroq va kanop tiviti bilan»,— dedi. Bosh tomonimdagi: «O’sha qaerda?» — deb so‘ragan edi, sherigi: «Hurmo gulining erkak urug‘kurtagi qobig‘i ichida, Zarvon qudug‘idagi tosh ostida»,— deb aytdi». «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam,— deb rivoyatlarini davom ettirdilar Oisha onamiz,— o‘sha quduq boshiga borib, sehr qilingan narsalarni chiqarib olib tashladilar-da, bunday dedilar: «Quduqning boshiga borib qarasam, uning suvi xina suviga, atrofdagi xurmo daraxtlarining tepasi esa shaytonning boshiga o‘xshab qolibdi. Sehrlangan narsalar (quduqdan) olib tashlandi». «Kushoish topdingizmi? — deb so‘radim»,— deydilar Oisha raziyallohu anho. Janob Rasululloh: «Xudo haqi, yaratgan menga shifo ato etdi, men odamlarning birortasiga zarar yetkazib qo‘ymayin, dedim»,— deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 May 2008, 09:30:33
48-bob. Sehr bobi
(Bu bob takroran keltirilgan)

49-bob. Bayonda ham sehr borligi haqida

Abdulloh ibn Umar aytadilar: «Ikki kishi Mashriqdan kelib nutq so‘zladi (xutba aytdi). Ularning (o‘z fikrini chiroyli) bayon qilishi odamlarni maftun qilib qo‘ydi. Shunda Janob Rasululloh: «Bayonda ham sehr mavjud (yoki ba’zi bayonning sehri bor)»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 May 2008, 09:30:54
50-bob. Sehrni ajva (oliy nav xurmo) bilan qaytarmoq haqida

Sa’d ibn Vaqqos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki har kuni erta bilan ajvadan yeb tursa, unga o‘sha kuni tungacha zahar ham, sehr ham ta’sir qilmaydi»,— dedilar».
 
Boshqa bir roviyning aytishiga qaraganda, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki erta bilan turib, yetti dona ajva yesa, unga (o‘sha kuni) zahar ham, sehr ham zarar qilmaydi»,— degan ekanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 May 2008, 09:31:17
51-bob. Boyqushning falokat qeltirmasligi haqida

Abu Hurayra dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kasal (o‘zicha) yuqmaydi, safaroyi bexosiyat emas, boyqush baxtsizlik keltirmaydi»,— degan edilar, bir a’robiy: «Yo Rasulalloh, tuyalarimiz cho‘llarda soppa-sog‘ yuradi. Nogoh, bir qo‘tir tuya oralariga kelib qo‘shildi deguncha, hammasi qo‘tir bo‘lib qoladi»,— dedi. Janob Rasululloh: «(O’sha oraga kelib qo‘shilgan) birinchi tuyani kim qo‘tir qilgan?» — dedilar».

Abu Salama rivoyat qiladilar: «Men, keyinchalik, Abu Hurayraning «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kasal tuyani sog‘ tuyalar orasiga kiritmangiz» — deganlar, deganini eshitdim Abu Hurayra o‘zi aytgan avvalgi hadisni inkor qildi. Shunda biz: «Sen, kasal yuqmaydi, deb rivoyat qilmaganmiding?»— desak, u habash tilida birnimalar deb g‘o‘ldiradi.

Abu Salama: «Abu Hurayraning o‘sha hadisdan boshqasini unutganini ko‘rmadim»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 May 2008, 09:31:45
52-bob. Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zaharlanganliklari haqida

Abu Hurayra raziyallohu ansdu bunday deb aytib 6erdilar: «Xay6ar fath qilingan kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (kimdir zaharlangan qo‘y go‘shti taqdim etdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shu yerda yashaydigan barcha yahudiylarni yig‘ib kelinglar! — dedilar. Ular yig‘ilgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men sizlardan bir narsa haqida so‘rasam, to‘g‘ri javob qilasizlarmi?» — dedilar. Ular: «Ha yo Abulqosim!» — deyishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarning otangiz kim?» — dedilar Ular: «Otamiz falonchi»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yolg‘on aytyapsizlar, sizlarning otangiz falonchi»,— dedilar. Ular: «Rosul juda to‘g‘ri aytdingiz»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Men sizlardan bir narsa haqida so‘rasam, to‘gri javob qilasizlarmi? — dedilar. Ular: «Ha, yo Abulqosim! Bundan avval yolg‘on gapirganimizni bilganingizdek, bu gal ham yolg‘on gapirsak bilib qolasiz»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Do‘zax ahli kim?» — dedilar. Ular: «Biz do‘zaxda ozgina vaqt bo‘lamiz, keyin sizlar bizning o‘rnimizga borasizlar»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlar u yerda qolasizlar, Olloh haqi, biz o‘rningizga bormaymiz!» — dedilar. So‘ng, ulardan: «Sizlarga bir narsa haqida savol bersam, to‘g‘ri javob qilasizlarmi? — deb so‘radilar. Ular: «Ha»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu qo‘y go‘shtiga zahar soldinglarmi?» - dedilar. Ular: «Ha»,—deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarni bunga nima majbur qildi?» — dedilar. Ular: «Biz bu bilan, agar yolg‘onchi bo‘lsangiz, sizdan qutulamiz, mabodo (haqiqatan ham) payg‘ambar bo‘lsangiz, unda sizga zarar qilmaydi, deb o‘yladik»,— deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 May 2008, 09:32:11
53-bob. Inson uchun xavfli yaramas narsalar bilan davolanish haqida

Abu Hurayra raziyallohu anzdu rieoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki tog‘dan tashlab o‘zini o‘ldirsa, jahannam o‘tida o‘zini u yoqdan bu yoqqa tashlab, abadul-abad kuyadi. Kimki zahar ichib o‘zini o‘ldirsa, jahannamda ham o‘sha zahar qo‘lida bo‘lib, undan icha-icha abadul-abad o‘tda kuyadi. Kimki o‘zini (biror) tig‘ bilan o‘ldirsa, jahannamda o‘sha tig‘ bilan unga azob berilib, abadul-abad o‘tda yonadi»,— deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 May 2008, 09:32:35
54-bob. Eshak suti haqida

Abu Sa’laba al-Xushaniy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oziq tishli hayvon go‘shtini yeyishni man’ qildilar».

Az-Zuhriy: «Shomga borgunimga qadar bu hadisni sira eshitmagandim» — dedilar. Ibn Shihob: «Men Abu Idrisdan: «Eshak sutini ichgach yoki hayvon o‘tini yegach, yokim tuya siydigini ichgach, tahorat qilishimiz lozimmi?»— deb so‘radim. Abu Idris: «Musulmonlar bu narsalardan davo sifatida foydalanar va buning hech zarari yo‘q deb hisoblar erdilar. Eshak sutiga kelsak, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning eshak go‘shtini yeyishdan qaytarganlari haqida bizga aytilgan, ammo uning sutini ichish yoki ichmaslik xususida amr qilganliklarini bilmaymiz. Ammo, hayvon o‘ti masalasiga kelsak, Abu Sa’labaning gapiga qaraganda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har qanday oziq tishli hayvon go‘shtini yeyishni man’ qilganlar»,— dedi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 22 May 2008, 09:33:05
55-bob. Idishga tushgan pashshaga nisbatan aytilgan hukm haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangizning idishingizga pashsha tushsa, uni butunlay botirib, so‘ng olib tashlang, chunkim uning bir qanotida shifo, ikkinchisida dard mavjud»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 May 2008, 07:57:11
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIM
LIBOS HAQIDA KITOB

1-bob.


Olloh taoloning shu xususdagi qavli: «Ayt! (Olloh o‘z bandalari uchun yaratgan ziynatni kim ta’qiqladi?». Nabiy sallallohu alayhi va sallam: "Isrof qilmay va kibr-havoga berilmay yenglar, ichinglar, kiyininglar va sadaqa qilinglar!»—deganlar. Ibn Abbos esa: «Ruxsat qilingan narsalardan istaganingni yeb, istaganingni kiy, isrof qilmasang va kibr-havoga berilmasang, bo‘lgani!» — deganlar. Ibn Umar: «Janob Rasululloh: «Olloh taolo ko‘ylagi etagini kibru havo birlan sudrab yuradigan bandalarga marhamat nazarini tashlamaydi»,— deganlar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 May 2008, 07:58:36
2-bob. Izorini kibrlanmay sudrab yuradiganlar haqida

Salim ibn Abdulloh otalaridan bunday deb naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki ko‘ylagini takabburona sudrab yursa, Olloh taolo qiyomat kuni unga marhamat nazari birlan qaramaydi»,— dedilar Abu Bakr: «Yo Rasulalloh, men o‘zim ataylab qilmagan holda izorimning bir tarafi osilib qolsa-chi? — deb so‘radilar. Janob Rasululloh: «Siz o‘ziga bino qo‘yadiganlardan emassiz!»—deb javob qildilar».

Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Quyosh tutilganda biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida erdik, ul zot shosha-pisha kiyimlarini sudraganlaricha masjidga chiqib ketdilar. Odamlar yig‘ilgach, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Quyosh tutilib bo‘ldi. Keyin, bizga o‘girilib: «Darhaqiqat, quyosh va oy Olloh taolo mo‘‘jizalaridan bo‘lmish ikki mo‘‘jizadir (Olloh taolo qudratini namoyon qiluvchi ikki dalildir). Basharti, ulardan qaysi birining tutilganini ko‘rsangiz, darhol namoz o‘qingiz va to tutilib bo‘lguncha duo aytib, Olloh taologa iltijo qilingiz!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 May 2008, 08:03:30
3-bob. Kiyimni shimarish haqida

Abu Juhayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Bilolning nayza olib kelib (qibla tarafga) sanchib qo‘yib namozga iqomat (takbir) aytganini ko‘rdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shimarilgan hulla kiyib chiqib, nayzaga qarab ikki rakaat namoz o‘qidilar. Shunda, odamlar va ot-ulov nayza ortidan bemalol o‘tavergandi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 May 2008, 08:04:11
4-bob. To‘pig‘idan past kiyim kiygan odamning jahannamga tushmog‘i haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki izorini to‘pig‘idan past qilib kiysa, jahannamga tushadi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 May 2008, 08:05:03
5-bob. Dimog‘dorligidan kiyimini sudrab yurgan odamlar haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilarki, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dimog‘dorligidan izorini sudrab yurganlarga Olloh taolo qiyomat kuni marhamat nazari birlan qaramaydi»,— degan erkanlar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy yoki Abulqosim sallallohu alayhi va sallam: «O’ziga yoqqan kiyim kiyib olgan bir odam sochlarini yoyib yelkasiga tashlab olib, takabburona qadam tashlab ketayotgan edi. Olloh taolo uni yer qa’riga tashladi, u qiyomatga qadar yer ostida to‘lg‘onib va dod solib azob chekadi»,— deb aytdilar» (Qalobodiy: «Bu — Fir’avn vaziri, zolim, takabbur Qorun edi»,— deydilar).

Abdulloh ibn Umar otalaridan eshitganlarini naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir odam izorini takabburona sudrab ketayotgan edi, Olloh taolo uni yer qa’riga tashladi. U qiyomatga qadar yer ostida to‘lg‘anib, dod solib azob chekadi»,—dedilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki kiyimini takabburlik birlan sudrab yursa, Olloh taolo qiyomat kuni unga marhamat nazarini tashlamaydi»,— dedilar. Men Muhoribdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam izorni nazarda tutib gapirdilarmi?» — deb so‘ragan erdim, u: «Izorni ham, qo‘ylakni ham alohida aytib ta’kidlamadilar»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 May 2008, 08:05:39
6-bob. Popukli izor kiymoq haqida

Zuhriy, Abu Bakr ibn Muhammad, Hamza ibn Abu Usayd, Muoviya ibn Abdulloh ibn Ja’far — hammalari pjpukli kiyim kiyishgan, deb zikr qilinadi.

Urva ibn Zubayr rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zaifalari — Oisha onamiz: «Men va Abu Bakr Janob Rasulullohning huzurlarida o‘tirganimizda Rifoat al-Quraziyning xotini kelib: «Yo Rasulalloh, men Rifoatning nikohida erdim, u meni taloq qildi. So‘ng, men Abdurrahmon ibn Zubayrga erga tegdim. Xudo haqqi, yo Rasulalloh, uning olati mana shu popukdek keladi, xolos»,—deb jilbobining (ko‘ylagining) popugini ko‘rsatdi. Eshik oldida turgan Xolid ibn Sa’id (unga ichkariga kirishga ruxsat berilmagan edi) xotinning gapini eshitib: «Yo Abu Bakr, bu xotinning Janob Rasululloh huzurlarida shunday gaplarni aytishiga qanday qilib yo‘l qo‘ydingiz?! — dedi. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tabassum qilib qo‘ydilar-da: «Balkim, sen yana Rifoatga tegmoqchidirsan? Yo‘q, bo‘lmaydi! Toki Abdurrahmon ibn Zubayr birlan qo‘shilmas erkansan, bu mumkin emas!» —dedilar. Shundan e’tiboran, bu ko‘rsatma sunnat bo‘lib qoldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 May 2008, 08:07:38
7-bob. Ridolar (uzun ust kiyimi) haqida

Anas: «Bir a’robiy Rasululloh. sallallohu alayhi va sallamning ridolaridan tortdi»,— deb aytgandilar.

Husayn ibn Ali otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ridolarini olib kelishni buyurdilar-da, uni kiyib olib, jo‘nab ketdilar. Men va Zayd ibn Horisa orqalaridan ergashdik. Hamzaning uyiga yetib kelgach, ichkariga kirishga ijozat so‘radilar, u ruxsat berdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 May 2008, 08:13:19
8-bob. Ko‘ylak kiyish haqida

Olloh taoloning Yusuf haqidagi hikoya xususida aytgan qavli: «Mening mana bu ko‘ylagimni olib borib, otamning yuzlariga yopinglar, ko‘r ko‘zlari ochiladi».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Bir kishi: «Yo Rasulalloh, haj va umra vaqtida ehrom bog‘lagan odam yana qanday kiyimlar kiymog‘i mumkin?» — deb so‘radi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ehrom bog‘lagan odam ko‘ylak ham, sirvol ham, burnus ham, mahsi ham kiymaydi. Agar (kavush singari to‘piqdan yuqori bo‘lmagan) choyoq kiyimi topmasa, mahsining qo‘njini to‘pig‘ining pastidan qirqib tashlab kiyaveradi»,— dedilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Ubay ibn Salul qabrga qo‘yilgandan so‘ng yetib keldilar. Keyin, mayyitni qabrdan chiqarmoqni buyurdilar. (Uning boshini) ikki tizzalariga qo‘yib, dam soldilar va unga o‘z ko‘ylaklarini kiydirib qo‘ydilar. Nega bunday qilganlarini Olloh biladi».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Ubay o‘lgach, uning o‘g‘li Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, ko‘ylagingizni menga bersangiz, men u bilan otamni kafanlasam, degandim. Keyin, u kishiga gunohlarini tilab istig‘for aytsangiz!»— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga ko‘ylaklarini berib: «Mayyit tayyor qilingach, bizga xabar ber!» — deb aytdilar. U mayyit tayyor qilingach, xabar berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam janoza o‘qigani bordilar. Hazrat Umar Janob Rasulullohni to‘xtatib: «Munofiqlarga janoza o‘qimoqni Olloh taolo sizga man’ qilmaganmidi?!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ular uchun istig‘for aytsang ham, aytmasang ham baribir, chunkim, garchi yetmish marta istig‘for aytganing birlan Olloh taolo ularning gunohlaridan o‘tmaydi»,— dedilar. Shu payt, «Ulardan (munofiqlardan) birortasi o‘lsa, sira ham janoza o‘qima, qabri tepasiga ham borma!» degan oyati kariyma nozil bo‘ldi. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga janoza o‘qimadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 May 2008, 08:13:59
9-bob. Ko‘ylak yoqasini ko‘krak oldidan boshlab ochmoq va boshqalar haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam baxil birlan saxiy (sadaqa berguvchi) ni bamisoli temir jubba (sovut) kiygan ikki kishiga o‘xshatdilar. Ular (temir jubba siqayotganidan) qo‘llari bilan ko‘kragu bo‘g‘izlarini changallab olganlar. Saxiy sadaqa bergani sari (jubbasi kengaya ) boradi va bo‘g‘zi birlan ko‘kragini changallab turgan) barmoqlari bo‘shashadi, oyoqlariga jon kiradi. Baxil esa, sadaqa berishga uringani sari jubbasining har bir xalqasi tobora siqib, torayib boradi (chunkim, u sadaqani chin yurakdan chiqarib bermaydi)».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qo‘llari bilan mana bunday qilib yoqalariga ishora qila turib: «Uni (jubbani) harchand kengaytirishga urinmasin, baribir kengaytirilmaydi!» — deyayotganlarini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 May 2008, 08:17:18
10-bob. Safarda yengi tor chopon kiygan kishi haqida

Mug‘iyra ibn Shu’ba rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hojatga borib qaytib keldilar. Men (obdastada) suv olib, u kishiga peshvoz chiqdim. Ul zot (shomiy chopon kiyib olgan edilar) tahorat oldilar: og‘iz-burun chayqadilar, yuzlarini yuvdilar. Keyin, shomiy to‘nlarining yengidan qo‘llarshsh tashqariga chiqarmoqchi bo‘lib erdilar, torlik qildi. Shunda, qo‘llarini yeng ichidan tortib chiqardilar-da, (tirsakkacha qo‘shib) yuvdilar, mahsilariga mash tortdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 May 2008, 08:10:18
11-bob. G’azotda jundan qilingan chopon kiymoq haqida

Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba rivoyat qiladilar: «Tunlardan birida men Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan safarda erdim. «Senda suv bormi?» —dedilar. Men: «Ha»,— deb edim, tuyalaridan tushib, tun qorong‘usida ko‘zimdan g‘oib bo‘ldilar. Keyin, qaytib keldilar. Idishdagi suvdan quyib turdim, yuz-qo‘llarini yuvdilar, keyin ustlaridagi jun choponning yengidan qo‘llarini tashqariga chiqarmoqchi bo‘lib erdilar, torlik qildi. Shuning uchun qo‘llarini yeng ichidai chiqarib bilaklarini (tirsak bilan qo‘shib) yuvdilar. So‘ng, boshlariga mash tortdilar. Men mahsilarini tortib, yechib qo‘ymoqchi edim: «Tegma, men mahsini tahoratli oyoqqa kiyganman — dedilar-da, mahsilariga mash tortdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 May 2008, 08:10:34
12-bob. Qabo va ipak farruj haqida

Ibn Abu Mulayka rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘lja olingan qabolarni taqsimladilar. Lekin Maxramaga undan birortasini berib yubormadilar. Shunda, Maxrama menga: «Ey o‘g‘lim, bizni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylariga olib bor!» — dedilar. Men olib bordim. Keyin, Maxrama: «Ichkariga kirib, ul kishini menga chaqirib ber!»—dedilar. Men chaqirib berdim. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha (taqsimlangan) qabolardan birini kiyib chiqib: «Buni senga olib qo‘ygan edim»,— dedilar-da, Maxramaga qarab: «Maxrama rozi bo‘ldimi?» — dedilar»

Uqba ibn Omir rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga harir farruj sovg‘a qilib erdilar, uni kiyib namoz o‘qidilar. Namoz o‘qib bo‘lganlaridan so‘ng, hazar qilgandek, tezda uni yechib tashladilar-da: «Bunday kiyim ahli taqvoga (taqvodorlarga) yarashmaydi!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 May 2008, 08:10:46
13-bob. Burnuslar haqida

Sulaymon ibn Tarxon at-Taymiy: «Men Anas ibn Molikning sarig‘ xazz (jun aralash ipak mato)dan burnus (chopon) kiyib olganini ko‘rganman»,— deydilar.

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Bir odam: «Yo Rasulalloh (haj yoki umraga) ehrom bog‘lagan kishi qanday kiyimlar kiymog‘i mumkin?»—deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ko‘ylak ham, salla ham, cholvor ham, burnus ham, mahsi ham kiymangiz, basharti biror kishi kavush topmasa, mahsisining qo‘njini to‘pig‘idan past qilib kesib tashlab, kiysa bo‘ladi. Za’faron va vars tekkan kiyim ham kiymangiz!»—deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 May 2008, 08:10:57
14-bob. Cholvorlar haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki izor topmasa, cholvor kiysin, kimki kavush topmasa, mahsi kiysin!» — dedilar».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Bir odam o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, ehrom bog‘laganimizda bizga qanday kiyimlar kiymog‘imizni amr qilasiz?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Na ko‘ylak, na cholvor, na salla, na burnus va na mahsi kiymangiz. Kavush topmagan kishi mahsisining qo‘njini to‘pig‘idan past qilib kesib tashlab kiyishi mumkin, xolos. Za’faron yokim vars tekkan kiyimlarni ham kiya ko‘rmangiz!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 May 2008, 08:13:56
15-bob. Sallalar haqida

Bu yerda Abdulloh ibn Umar rivoyat qilgan yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

16-bob. Niqoblanish haqida

Ibn Abbos: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam boshlarini mato birlan tang‘ib chiqdilar»,— deydilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir guruh musulmonlar Habashistonga jo‘nab ketdilar. Abu Bakr ham safarga hozirlik ko‘rib qo‘ydilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam ul kishiga: «Shoshmay turing, (hijrat qilmog‘im uchun) menga ijozat berilmog‘ini istab, kutib turibman»,— dedilar. Abu Bakr: «Otam haqqi, chindanam izn berilishini istab, kutib turibsizmi?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ha!» — dedilar. Abu Bakr Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga hamroh bo‘lmoq uchun ushlanib qolib, ikki tuyalarini to‘rt oy mobaynida akatsiya bargi bilan yaxshilab boqib turdilar».

Urva: «Oisha bunday deb edi»,— deydilar: «Kunlardan birida choshgoh vaqtida biz uyimizda o‘ltirib erdik, bir kkshi kelib Abu Bakrga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam niqoblanib olib biz tomon kelmoqdalar, bunday paytda sira ham tashrif buyurmas erdilar»,— deb xabar berdi. Abu Bakr: «Ota-onam ul zotga fido bo‘lsin! Olloh taolo haqqi, bunday paytda kelmoqda erkanlar, demak juda muhim ishlari bor»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yetib kelgach, izn so‘rab ichkariga kirdilar-da, Abu Bakrga: «Huzuringizdagilar tashqariga chiqib tursin!» — dedilar. Abu Bakr: «Otam fido bo‘lsin sizga, yo Rasulalloh! Ular sizga begona emas»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Menga yo‘lga chiqmog‘imga ruxsat berildi»,— dedilar. Abu Bakr: «Yo Rasulalloh, men hamrohingiz bo‘laymi?» —dedilar. Janob Rasululloh: «Ha»,— dedilar. Abu Bakr: «Anavi ikki tuyamdan birini oling, yo Rasulalloh!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Pulgami?»—, dedilar».

Oisha onamiz bunday deydilar: «Ikkala tuyani tezda yo‘lga tayyorlab, xurjunga yo‘lda yeb ketishlari uchun yeguliklar solib qo‘ydik. Asmo binti Abu Bakr belidagi kamaridan ozginasini qirqib olib, xurjunning og‘zini mahkam qilib bog‘ladi. Shu boisdan ham uni Zot un-nitoq, ya’ni kamarband deb atashardi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan Abu Bakr Savr tog‘idagi g‘orga borib, uch kecha yashirinib yotdilar. Abdulloh ibn Abu Bakr ular bilan birga bo‘lib, farosatli yigitcha edi. U (g‘ordan) chiqib ketar va Makkaga borib tong ottirar edi. Bu bilan u Makkadagi quraysh (kofirlari)ga go‘yo shaharda tunagandek bo‘lib ko‘rinar edi. So‘ng, ulardan birorta mug‘ombirona gap eshitsa, darrov uning mag‘zini chaqib qorong‘u tushgach, Janob Rasululloh bilan Abu Bakrga yetkazar edi. Abu Bakrning g‘ulomlari — Omir ibn Fuhayra esa, o‘ziga boqish uchun berib  qo‘yilgan qo‘ylarni shomdan keyin sog‘ib, sutini ularga berib kelar edi. Janob Rasululloh va Abu Bakr, Omir ibn Fuhayra ertalab g‘ira-shira paytda kelib ovoz qilmagunicha, g‘orda tinchgina yotishar edi. Omir ibn Fuhayra o‘sha uch tunning har birida mana shu tariqa ularning oldiga kelib ketib turdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Iyun 2008, 08:25:02
17-bob. Dubulg‘a haqida

Anas raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Makka fath qilingan yili, boshlariga dubulg‘a kiyib Makkaga kirdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Iyul 2008, 16:18:05
18-bob. Burdalar, habaralar va shamla haqida

Ð¥abbob: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga shikoyat qilganimizda ul zot burdalari (yo’l-yo’l choponlari) ustida yonboshlab yotgan erdilar»,— deydilar.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga ketayotgan erdim, ul zot jiyagi qattiq najroniy (Najron — Yamandagi shahar) chopon kiyib olgan erdilar. Bir badaviy orqalaridan yetib kelib, choponlaridan shunchalik qattiq tortdiki, men hatto choponlarining jiyagi botib, bo’yinlariga iz tushib qolganini ko’rdim. Badaviy: «Yo Muhammad, o’zingdagi (ya’ni, Baytulmol deb atalmish o’sha davrdagi davlat xazinasidagi) Ollohning molidan menga bermoqlarini buyur!» — dedi. Janob Rasululloh qayrilib qaradilarda, tabassum qildilar va unga biror narsa berib yuborishni amr qildilar».

Abu Hozim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ayol burda olib keldi. Sahl: «Burdaning nimaligini bilasanmi?» —deb (o’sha yerdagi bir kishidan) so’radi. U: «Ha, bilaman, burda — chetiga popuk to’qilgan shamladir»,— dedi. Ayol: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, buni sizga kiydiraman deb o’z qo’lim bilan to’qiganman»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o’zlariga kerak bo’lgani uchun ham uni oldilar, so’ng (ichkariga kirib), izor o’rnida kiyib bizning oldimizga chiqdilar. Shunda, qavmdosh kishilardan biri burdani qo’l bilan siyvalab turib: «Yo Rasulalloh, shuni menga kiydiring!» — dedi. Janob Rasululloh: «Bo’pti!» — dedilar. O’sha kishi Olloh taolo istagancha majlisda o’ltirib, so’ng qaytib ketdi. Janob Rasululloh burdani o’rab, ketidan unga berib yubordilar. Keyinchalik qavmdoshlari unga: «Yaxshi ish qilmading, ul  zotning bkror narsa so’ragan kishiga «yo’q» demaslarini yaxshi bilar eding-ku!» — deyishdi. U: «Olloh taolo haqi, men burdani o’lganimda o’zimga qafanlik bo’lsin, degan niyatdagina so’ragan edim!» — dedi. Sahl: «Darhaqiqat, o’sha burda unga kafan bo’ldi»,— degan edi».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Mening ummatlarimdan bir guruhi jannatga (so’roqsiz) kiradi, ularning soni yetmish ming bo’lib, yuzlari oy singari balqib turadi»,— deganlarini eshitdim. Shunda, Ukkptya ibn Mihgyach al-Agadiy lgnidagi shamlasini tuzata turib «Yo Rasulalloh, meni o’shalar toifasidan bo’lsin, deb duo qiling!» — dedi. Janob Rasululloh «Ollohummaj’alhu minhum» (Parvardigoro, uni o’shalar toifasidan qilg’aysen!) — deb duo qildilar. So’ng, ansorlardan biri o’rnidan turib: «Yo Rasulalloh, Olloh taolodyan MRNI ham o’shalar toifasidan qilmog’ini so’rab duo qiling!»—deb edi, Janob Rasululloh: «Ukkosha sendan oldin aytdi»,— dedilar».

Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Anasdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi kiyimni yoqtiradilar?» — deb so’radim. U: «Habarani»,— deb aytdi».

Anas ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning eng sevgan kiyimlari — habara edi»,— deydilar.

Oisha onamiz raziyallohu anho: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etganlarida ustlariga habara yonishgan erdi»,— deydilar (habara yoki hibara — yamaniy burda turi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Iyul 2008, 16:19:23
19-bob. Kiso va xamisalar haqida

Oisha va Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhumo rivoyat qilishadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob yotganlarida yuzlarini xamisa birlan yonib olardilar, nafaslari qaytsa, ochib tashlar edilar. Shu ahvolda bo’la turib «Yahudiylarga Ollohning la’nati bo’lsin! Ular o’z payg’ambarlarining qabrlarini ibodatxonalarga aylantirib yubordilar»,— dedilar. Bu bilan ul zot o’z ummatlarini ogohlantirmoqchi bo’ldilar».

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam turli belgilar (chiziqlar) tushirilgan xamisa kiyib namoz o’qidilar. Namoz o’qiyotib xamisalarining chiziqlariga op: nazar tashlab qo’yib, ikki yelkalariga salom berdilarda. uning chiziqlari meni namozdan chalgitdi, uni Abu Jahmga olib borib beringlar, o’rniga anbijoniya (gulsiz, sidirg’a kiyim) olib kelinglar! —dedilar».

Abu Burda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Oisha bizga bir dag’al kiso va izor olib chiqib berdilarda: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ollohga jon taslim qilganlarida mana shu kiyimda erdilar»,— deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Iyul 2008, 16:20:31
20-bob. Bir yelkasini mato birlan berkitib, ikkinchi yelkasini ochib yurmoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mulomasa va muno-baza qilmoqqan, tongdan so’ng quyosh chiqqunga qadar va asrdan so’ng quyosh botgunga qadar namoz o’qimoqdan, avrati ochilib qoladigan darajada kalta kiyim kiymoqdan hamda bir yelkasini mato birlan o’rab, ikkinchisini ochib yurmoqdan qaytardilar».

Abu Sa’id al-Ð¥udriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki ko’rinishdagi kiyinmoqdan, ikki tarzdagi savdo-sotiq — mulomasa va munobazadan qaytardilar. Mulomasa-bir kishining boshqa bir kishining ko’ylagini, xoh kechasi va xoh kunduzi bo’lsin, qo’li bilan ushlab ko’rgandan keyin: «Ko’ylagingni ushlab ko’rdimm bo’ldi, uni menga sotasan yoki ko’ylagimni ushlab ko’rdingmy, bo’ldi, uni sotib olasan!» deb turib olmoqligidir. Munobaza esa, ikki kishining bir-biriga(arab o’z ko’ylakla rini otib yubormog’i va shu tariqa (molni) ko’rmay va avvaldan kelishmay turib savdo-sotiq qilmog’idir (bunday savdo-sotiq islomdan avvalgi johiliya davrida bo’lgan). Ikki ko’rinishda kiyinmoq xususiga kelsak ulardan biri-ko’ylak kiymagan holda bir yelkasini mato birlan o’rab, ikkinchi yelkasini ochib yurmoqlikdir. Ikkinchisi-birgina ko’ylagiga o’ranib olib, avratini ochib o’ltirmoqdir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Iyul 2008, 16:21:48
21-bob. Qora xamisa xususida

Ummu Ð¥olid binti Ð¥olid rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir necha kiyim keltirishdi. Ularning ichida bitta kichkina qora xamisa ham bor erdi. Janob Rasululloh: «Buni kimga kiydiramiz!» — dedilar. Qavm javob bermay sukut sakladi. Janob Rasululloh: «Ummu Ð¥olidni mening huzurimga olib kelinglar!» — dedilar. Olib kelishgach, Janob Rasululloh uni ko’tarib, ko’ylakni o’z muborak qo’llari birlan kiydirib qo’ydilarda: «Ey Ummu Ð¥olid, yirtib-yirtib kiyaver!»—dedilar. Ð¥amisaning yashil (yoki sarig’) yo’llari bor erdi. Janob Rasululloh: «Bu — sanoh, bu — sanoh!» — dedilar. «Sa— habashchasiga «yaxshi» demakdir». .
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Onam) Ummu Salama (uhamni) tug’gach, menga: «Yo Anas, bolaga qarab tur, ) biror aziyat yetmasin, uni Janob Rasulullohning huzurlariga olib bor, tanglayini ko’tarib qo’ysinlar!» — deb aytdilar. Men uni olib bordim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bog’da egnilariga harisiy xamisa kiyib olib, Makka fath qilinganda keltirilgan tuyalarni tamg’alayotgan erkanlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Iyul 2008, 16:22:54
22-bob. Yashil kiyim haqida

Ikrima bunday deydilar: «Rifoat xotinini taloq qildi. Unga Abdurrahmon ibn az-Zubayr al-Quraziy uylandi. Oisha onamiz aytadilar: «Uning boshida yashil yoninchig’i bo’lib, ko’kargan joylarini menga ko’rsatib shikoyat qildi». «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelganlarida,— deydilar Ikrima,— xotinlar bir-birlariga o’z qismatlaridan nolib so’zlashib turishgan erdi. Oisha raziyallohu anho: «Birorta mo’mina ayol badanining mana bu ayol badani singari kiyimi rangidan ham ko’proq ko’karganini ko’rmaganman!» — dedilar. Ð¥otinining Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelganini eshitgan Abdurrahmon ibn az-Zubayr al-Quraziy ham o’zining boshqa xotinidan tug’ilgan ikki bolasini yetaklab (Janob Rasulullohning huzurlariga) keldi. Shunda uning (shikoyat qilib kelgan xotini): «Erimga hech qanday da’vom yo’q, da’vom — uning olati xususida xolos»,— dedi va kiyimining etagini ko’tarib: «Uning olati mana shu lattadan ham zaifroq»,— deb qo’shib qo’ydi. Abdurrahmon: «Yo Rasulalloh, Olloh haqi, u yolg’on ganiryapti, men uning po’stagini qoqib qo’yaman hali! Ammo u, Rifoatga qaytib tegaman, deb hech qo’ymayapti»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinga: «Agar shu gap rost bo’lsa, unda toki Abdurrahmon sening asaldoningdan zavq olmas erkan, Rifoatga halol bo’lmaysan!» — dedilar (Bu yerda halola qilmoq nazarda tutilyapti). Keyin, Janob Rasululloh Abdurrahmon birlan turgan ikki bolani ko’rib: «Bular o’g’illaringmi?» — dedilar. U: «Ha»,— deb javob qildi. Janob Rasululloh xotinga qarab: «Sening ta’kidlayotganing shuni?! Olloh haqi, qarg’a qarg’aga o’xshagani yanglig’, bular ham unga naqadar o’xshaydilar-ku!»—dedilar».

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Iyul 2008, 16:28:14
23-bob. Oq kiyim haqida

Sa’d ibn Abu Vaqqos: «Men Uhud janggi kuni )» Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o’ng va chap ) tomonlarida ikki oq kiyim kiygan odamning turganiga ko’zim tushgan erdi. Ularni ilgari ham, keyin ham ko’rmaganman, ular farishtalar erdi!» — deydilar.

Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borsam, oq kiyimda uxlab yotgan erkanlar. Keyin, men yaqinroq bordim, ul zot uyg’onib: «Har banda «Lo iloha illallohu» deb vafot etsa, jannatga kiradi»,— dedilar. Men: «Zino qilgan bo’lsa hammi? O’g’irlik qilgan bo’lsa hammi?» —dedim. Janob Rasululloh: «Zino qilgan bo’lsa ham, o’g’irlik qilgan bo’lsa ham»,— dedilar. Men (yana): «Zino qilgan bo’lsa, hammi? O’g’irlik qilgan bo’lsa hammi?» — deb so’radim. Janob Rasululloh: «Zino qilgan bo’lsa ham, o’g’irlik qilgan bo’lsa ham»,— dedilar. Men: «Zino qilgan bo’lsa, hammi? O’g’irlik qilgan bo’lsa hammi?» — deb qaytarib so’radim. Janob Rasululloh: «Abu Zarrning xohishiga qaramay, zino qilgan bo’lsa ham, o’g’irlik qilgan bo’lsa ham»,— dedilar». Abu Zarr qachon shu xususda so’z ochsa: «Abu Zarrning xohishiga qaramay»,— deb qo’yardi. Abu Abdulloh: «Banda jon chiqar mahalda yokim jon chiqish arafasida astoydil tavbatazarru’ qilib «Lo iloha illallohu» desa, Olloh taolo gunohlarini mechirgaydir»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:36:57
24-bob. Erkaklarning ivak kiyim kiymog’i, ivak matoda yotmogi hamda ivak matolardan foydalanmok imkoniyati haqida

Abu Usmon an-Nazdiy rivoyat qiladilar: «Biz Utba ibn Farqad birlan Ozarbayjonda ekanligimizda Hazrat Umar ibn al-Ð¥attobdan maktub keldi. Unda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (erkak kishining) ivak kiyim kiymog’ini man’ qilganliklari va ikki muborak barmoqlari ila ishora qilib: «Mana bunday yo’l-yo’l bo’lsa, mayli» — deb aytganliklari haqida yozilgan erdi».

Osim raziyallohu anhu Abu Usmondan naql qiladilar: «Biz Ozarbayjonda ekanligimizda Hazrat Umar maktub yo’lladilar. Unda «Janob Rasululloh ivak kiyim kiymoqni man’ qildilar va bizga muborak ikki barmoqlarini saf qilib ko’rsatib: «Mana bunday (yo’l-yo’l) bo’lsa, mayli» — dedilar» deb yozilgan erdi. Shunda Zuhayr o’rta va ko’rsatkich barmoqlarini yozib ko’rsatdi».

Abdulvoris attaymiy Abu Usmondan naql qiladilar: «Utba birlan birga edik. Shunda Hazrat Umar raziyallohu anhu unga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Bu dunyoda ivak kiyim kiymangiz, aks holda oxiratda ivak kiyimlardan birortasini ham kiymassiz!» — dedilar»,— deb xat yozdi».   

Ibn Abu Laylo rivoyat qiladilar: «Huzayfa Madoinda ekanligida chanqab suv so’radi. Bir dehqon kumutp idishda ung’a suv keltirib erdi, olib otib yubordida: «Men un kumush idishdan foydalanmoqdan qaytarish yaqsadidagin rtib yubordim, bo’lmasa otmas erdim. U bunga tutttunmadi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oltin, kumush ivak va deboj bu dunyoda ular (mushrik va munofiqlar) uchug oxiratda esa sizlar (mo’min-musulmonlar) uchun»,—deganlar»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:38:03
25-bob. Ivak (kiyimni) kiymay, ushlab ko’rish xakida

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga harir kiyim hadya qilindi. Biz uni ushlab ko’rib, (nafisligidan) tvajjublandik. Nabiy sallullohu alayhi va sallam: «Undan tag.jjublandingizmi?» —"dedilar. Biz: «Ha»,— dedik. Janob Rasululloh: «Sa’d ibn Muozning jannatdagi ro’molchalarq bundan yaxshiroqdir»,— dedilar».

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:39:37
26-bob. Ivak (matoni) ko’rva-to’shak qilmoq haqida

Ubaydy: «Ivak kiyim kiymoq kabi bu ham makruhdir»,— deydilar. Huzayfa raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va Sallam oltin va kumush idishda yeb-ichmoqni, harir va deboj kiymoqni hamda bunday matolar ustida o’ltirmoqni bizga man’ qildilar»,—deydilar.

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:40:37
27-bob. Qissiy (qassiy) kiymoq haqida

Osim raziyallohu anhu Abu Burdadan naql qiladilar «Men Hazrat Alidan: «Qissiy qanday kiyim?»—deb so’radim. Hazrat Ali: «Bizga Shom yoki Mksrdan keltiriladigan kiyim bo’lib, ivak aralash, limon surati tushirilgan. Miysara esa ayollar erlari uchun to’qib beradigan duxobaga o’xshash mato bo’lib, uni sariq rangga bo’yashar erdi»,— dedilar».
Barro ibn Ozib: «Nabiy sallallohu alayhi va sallvam» qizil miysara va qassiy kiymog’imizdan qaytardilar», deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:41:59
28-bob. Qichima kasaliga mubtalo bo’lgan erkaklarga ivak kiyim kiymoqqa ruxsat qilingani haqida

Anas raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Zubayr va Abdurrahmonga qichima bo’lganida ivak kiyim kiymoqqa ijozat berdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:42:51
29-bob. Ivak kiyimlar (kiymoq) ayollarga joiz ekanligi haqida

Ali ibn Abu Тolib: «Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga yo’l-yo’l chiziqli kiyim taqdim etdilar. Men uni kiyib chiqqan erdim, Janob Rasulullohning yuzlarida g’azab vaydo bo’lganini ko’rdim. Shunda, uni qirqib, xotinlarimga ulashdim»,— deydilar.

Abdullo.u ibn Umar rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar raziyallohu anhu yo’l-yo’l chiziqli hulla (izor va rido) sotishayotganini ko’rib: «Yo Rasulalloh, agar sotib olsangiz, mehmon kelganda va jum’a kunlari kiyar zdingiz».— dedilar. Janob Rasululloh: «Bunday kiyimni oxiratdan nasibasi yo’q kishilar kiygaydir!» — dedilar. Keyinchalik Janob Rasululloh Hazrat Umarga hula tortiq qilib yubordilar. Shunda u kishi kelib : «Yo Rasulalloh, o’zingiz hulla kiymoqdan qaytargan erdingiz-ku, nechuk menga hulla yubordingiz?!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Uni (o’zing kiygin, deb emas) sotib yokim (biror ayolga) kiydirib yubormog’ing uchun taqdim qilib erdim»,— dedilar».
Anas ibn Molik: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlari — Ummu Kulsumning ustiga yo’l-yo’l chiziqli ivak burda yonib qo’yilganini ko’rganman»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:43:40
30-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bir xil kiyim bilan cheklanmaganliklari xususida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qaysarlik qilmoqqa o’zaro kelishib olgan ikki ayol xususidagi gaplarni Hazrat Umar ibn al-Хattobdan so’rashga bir yil davomida botinolmay yurdim. Chunkim, men u kishidan hayiqar erdim. Kunlardan bir kun Hazrat Umar bir yerda (ulovlaridan) tushib, chakalakzorga kirib ketdilar. U yerdan chiqqanlaridan keyin, o’sha masala xususida so’radim. Hazrat Umar: «Ular — Oisha birlan Hafsa edi»,— dedilar. Keyin. Yana bunday deb gaplarida davom etdilar: «Johiliya davrida biz ayollarni hech narsaga arzimaydi, deb hisoblar erdik. Islom kelib, Olloh taolo ayollar xususida zikr qilgach, ularni biror ishimizga aralashtiramizmi, yo’qmi, bundan qat’iy nazar, haq-huquqlarini tan olmog’imiz lozimligini tushunib yetdik. Men bilan xotinim ikkalamiz o’rtamizda bir gap o’tib, u menga qo’pollik qildi. Men: «Shu yerda turib (ya’ni, ko’zimga baqrayib turib) qo’pollik qilasanmi?!»—dedim. Хotinim: «Bu gapni menga aytyapsizmi, qizingiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ozor beryapti-ku?!» — dedi. Men qizim Hafsaning huzuriga bordimda: «Olloh va uning rasuliga osiylik qilma!»—deb qattiq koyidim. Keyin, Ummu Salamaning oldiga borib, unga ham shu gapni aytdim. U: «Ey Umar, biz ayollarning ishimizga aralashib yurganingga hayronman! Endi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan u kishining xotinlari orasiga aralashmog’ing qoldi, xolos!»—deb urishib berdi. Bir ansoriy kishi bo’lib, u Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida bo’lmagan bo’lsa, uchratganimda bor gapni unga aytib berar erdim. Men Rasulullohning huzurlarida bo’lmaganimda esa u meni tonib, ko’rgan-eshitganlarini so’zlab berar erdi. O’sha vaqtlarda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tevarak-atroflarida xavf-xatar qolmagan bo’lib, dushmanlardan faqat Shom podshosi G’asson kuch saklab turar erdi. Biz uning bostirib kelib qolishidan cho’chirdik. (Bir kuni) ansoriy (do’stim) kelib, dab durustdan: «Bir voqea sodir bo’ldi»,— deb edi, men qo’rqib ketdim. Men unga: «Nima bo’ldi, G’assoniy bostirib keldimi?» — dedim. U: «Bundan ham badtar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlarini taloq qilibdilar»,— dedi. Men borsam, barcha hujralardan yig’i ovozi kelayapti. Rasulullh sallallohu alayhi va sallam bo’lsalar, boloxonaga chiqib ketgan erkanlar. Boloxona eshigi oldida xizmatkor turardi, uning oldiga borib: «Huzurlariga kirmogimga ijozat berasanmi?»—deb edim, ruxsat berdi. Kirsam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bo’yra ustida yotibdilar, bo’yra biqinlariga botib ketibdi. Boshlari ostiga ichiga poxol tiqilgan teridan qilingan yostiq qo’yib olibdilar. Atrofda oshlanmagan terilar osig’lik, teri oshlashda qo’llanadigan giyohlar ham shu yerda. Men Hafsa va Ummu Salamaga aytgan gaplarimni hamda Ummu Salamaning menga qilgan javobini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga so’zlab berdim. Janob Rasululloh kulib qo’ydilar. O’shanda ul zot 29 kun deganda boloxonadan qaytib tushgan erdilar. (Chunkim, xotinlaridan biri ansorlar haqida bema’ni gap aytganida bir oy u aloqa qilmasliklarini ta’kidlagandilar)».

Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladilar «Тunlardan birida Rasululloh sallallohu alayhi va U sallam uyg’onib bunday dedilar: «Lo iloha illallohu! (Olloh taolo) bu kecha qanchadan-qancha fitnalaru, qanchadan-qancha (rahmat) xazinalari nozil qildi ekan?! (Anavi) hujralarda (g’aflat uyqusida) yotganlarni kim uygotadi? Bu dunyoda qanchadan-qancha kiyim kiyganlar qiyomat kuni yalang’och qolg’usidir!»

Zuuriy raziyallozru anhu: «Hind (Ummu Honi’)ning ko’ylagi yenglari uchida tugmalari bo’lib, barmoqlari orasidan o’tkazib qadab olar erdi (qo’lining barmoqlaridan yuqorisini begona k}zga ko’rsatmaslik uchun shunday qilgan»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:46:14
31-bob. Yangi kiyim kiygan shaxs haqiga duo qilmoq haqida

Ummu Ð¥olid binti Ð¥olid rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga (yangi) kiyimlar olib kelishdi. Ularning ichida qora xamisa ham bor erdi. Janob Rasululloh: «Bu xamisani kimga kiydirmog’imizni lozim tovasizlar?»—dedilar. Qavm sukut qildi. Janob Rasululloh: «Ummu Ð¥olini mening huzurimga olib kelinglar!»—deb amr qildilar. Meni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib kelishgach, muborak qo’llari bilan menga xamisani kiydirib qo’ydilarda, «Yirtib-yirtib, eskirtirib kiygin!» deb ikki bor duo qildilar. So’ng, xamisaning gullariga bir nazar tashlab qo’yib, menga muborak qo’llari birlan ishora qildilarda: «Ey Ummu Ð¥olid, bu — sanoh!» — dedilar. «Sanoh» — habashlar tilida «yaxshi» degan ma’noni anglatadi. Ishoq: «Menga qarindosh bo’lgan ayollardan biri Ummu Ð¥olidning o’sha xamisani kiyib yurganligini ko’rganligini aytgan erdi» — deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:46:58
33-bob. Za’faron birlan bo’yalgan kiyim haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehrom bog’lagan odamning vars yoki za’faron birlan bo’yalgan kiyim kiymog’ini man’ qildilar»,— deydilar.

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:47:28
 34-bob. Qizil kiyim haqida

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o’rta bo’yli kishi erdilar. Ul zotning qizil hulla (izor va rido) kiyib olganlarini ko’rdim. Undan go’zalroq narsani hanuz ko’rmagan erdim!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:48:19
35-bob. Qizil miysara xususida

Barro ibn Ozib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga yetti narsani — bemorning holidan xabar olib turmoqni, janozaga bormoqni, aksa urgan shaxsga sog’lik tilamoqni buyurdilar hamda bizni harir, deboj, qassiy, istabrak va qizil miysaralar kiymoqdan qaytardilar»,— deydilar (Yuqorida buyurilgan va man’ qilingan narsalarning umuniy soni sakkizta bo’lib, arabcha nusxada shunday. Ammo, ba’zilar: «Janob Rasululloh to’yga chaqirilganda bormoqni, salom bermoqni, mazlumga yordam qo’lini cho’zmoqni, va’daning ustidan chiqmoqni ham buyurib, oltin uzuk taqmoq va kumush idish tutmoqdan ham qaytarganlar»,— deyishadi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:49:34
36-bob. Sibtiy choriqlar va boshqalar xususida

Sa’id Abu Maslama: «Men Anasdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam choriqttrini kiyib nyampya o’qir erdshtyarmi?» —deb so’rasam, u: «Ha»,— deb aytdi»,—deydilar.

Abdulloh ibn Maslama Ubayd ibn Jurayj haqida Molikdan bunday deb naql qiladilar: «U (Ubayd ibn Jurayj) Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhuga: «Men sizning sheriklaringiz qilmaydigan to’rt narsani qilganingizni ko’rdim»,— dedi. Abdulloh ibn Umar: «Nima ekan ular, ey Ibn Jurayj?» — dedilar. Ibn Jurayj: «Men sizning Ka’baning faqat ikki yamaniy rukninigina silab tavof qilganingiyani, sibtiy choriq kiyganingizni, sariq bo’yoq (rang) bilan bo’yaganingizni va Makkada bo’lganingizda odamlar oyni (Zulhijja oyi kirganini) ko’rib talbiya aytishganda sizning tarviya kunigacha talbiya aytmaganingiyani ko’rdim»,— dedi. Abdulloh ibn Umar bunday deb javob qildilar: «Katba ruknlari xususiga kelsak Rasululloh sallyallohu alayhi va sallamning o’sha ykki yamaniy ruknnigina silab tavof qilganlarini ko’rganman. Sibtiy choriq masalasiga kelsak Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yungsiz teridan qilingan choriq kiyib olib tahorat olganlarini ko’rganman, men ham shunday choriq kiyishni yaxshi ko’raman. Sariq rangga kelsak Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sariq rangga bo’yaganlarini ko’rganman, men ham sariq rangga bo’yashni yoqtiraman. Ammo, talbiya aytish masalasiga kelsak Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tuyalariga minib (Mino yo’liga chiqib olmagunlaricha) talbiya aytganlarini ko’rmadim».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehrom bog’lagan kishining za’faron yoki vars bilan bo’yalgan kiyim kiymog’ini man’ qildilar va: «Kimki choriq topmasa, mahsisining qo’njini to’nig’idan vast qilib qirqib tashlasin»,— dedilar».

Ibn Abbos aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimning izori bo’lmasa, cholvor kiysin va kimning chorig’i bo’lmasa, mahsi (qo’njini qirqib) kiysin»,—dedilar».

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:50:38
37-bob. Choriqni avval o’ng oyoqqa kiymoq lozimligi haqida

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tahoratni ham, soch tarashni ham, choriq kiyishni ham o’ng tomondan boshlamoqni yaxshi ko’rar erdilar»,— deydilar.

38-bob. Avval chap oyoqdagi choriqni yechmoq lozimligi haqidap   

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki chorig’ini kiymoqchi bo’lsa, avval o’ng oyog’iga kiysin, kimki chorig’ini yechmoqchi bo’lsa, avval chap oyog’idagisini yechsin, toki birinchi bo’lib ularning o’ngdagisi kiyiladigan va chapdagisi yechiladigan bo’lsin!» — dedilar».


Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:51:35
39-bob. Bir poy choriq kiyib yurmaslik lozimligi xususida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz bir poy choriq kiyib yurmangiz, yoki ikkalasini kiyib, yoki ikkalasini yechib yuringiz!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:54:36
40-bob. Bir poy choriqdagi iqki tasma (bog’ich) hamda bitta keng tasmali choriqni ko’rgan kishi xususida

Mnas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning choriqlarining har bir poyida ikkitadan , tasma bo’lar erdi»,— deydilar.
Iso ibn Тaumon: «Anas ibn Molik har bir poyi bir tasmali choriQ kiyib huzurimizga chiqdi»,— deydilar. Sobit al-Bunoniy: «Bu — Nabiy sallallohu alayhi va choriqlari erdi»,— deydilar.

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:55:30
41-bob. Тeridan qilingan qizil chodir haqida

Abu Juuayfa quyidagi hadisni otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarmgq keldim. Ul zot teridan qilingan qizil chodirda erkanlar. (U yerda) Bilolni ham ko’rdim, ul Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga tahorat uchun suv quyib berayotgan erdi. Odamlar Janob Rasulullohning tahorat suvlyarmmm talashib olib, tabarruk qilyb o’zlariga surti-shar, ololmaganlar ersa, sherigining qo’lida qolgan namni surtar erdi».

Ibn Shihob: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu aytdiki, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ansorlarni chorlab, teridan qilingan chodirga yig’ibdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:57:21
42-bob. Bo’yra va shunga o’xshash narsalar ustida o’ltirmoq xususida

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechalari o’zlarini bo’yra birlan vana qilib qo’yib namoz o’qir erdilar, kunduzlari ersa, bo’yrani taglariga solib o’ltirar erdilar. Buni ko’rgan odamlar ham u yerga to’planishib, Janob Rasululloh o’qiganlaridek namoz o’qiy boshlashdi, hatto bora-bora odam juda ko’vayib ketdi. Shunda Janob Rasululloh ularga ro’baro’ bo’lib: «Ey odamlar, qurbingiz yetadirgyan ishni qilinglar, chunkim toat-ibodatingiz sizga malol kelmasa, Olloh taologa malol kelmaydi. Olloh taolo garchi qisqa bo’lsada  kandasiz toat-ibodatni xush ko’radi!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:58:08
43-bob. Тilla tugmalar qadalgan kiyimlar haqida

IbnAbu Mulayka rivoyat qiladilar: «Unga (Misvar ibn Maxramaga) otasy: «Ey o’g’lim, men eshitdimki, Janob Rasulullohga bir qancha qabo keltirishibdi, ularni odamlar ulashayotgan ermishlar. Meni huzurlariga olib bor!»—dedi. Misvar ibn Maxrama aytadi: «Biz Janob ZRasulullohning huzurlariga bordik uylarida erkanlar, Otam: «Ey o’g’lim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni menga chaqirib ber!» — dedilar. Men e’tiroz  bildirib: «Rasulullohni huzuringizga chaqirib chihamanmi?!» — dedim. Otam: «Ey o’g’lim, ul zot o’zlarini katta olmaydilar»,— dedilar. Shundan so’ng, men Janob Rasulullohni chaqirdqm. Ul zot debojdan qilingan va tilla tugmalar qadalgan qabo kiyib chiqdilar. So’ng, «Ey Maxrama, buni senga atab olib qo’ygan erdim!» deb qaboni otamga yechib berdilar».

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 14:59:15
44-bob. Тilla uzuklar xususida

Barro ibn Ozib raziyallosdu anuu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizni yettita narsadan — tilla uzuk taqmoq, harir, istabrag, deboj, qizil miysara va qassiy kiymoq hamda kumush idish tutmoqdan qaytarib, yettita narsani — kasalni borib ko’rmoq, janozaga qatnashmoq, aksa urgan kishiga sog’lik tilamoq, salomga alik olmoq, taklif qilingan joyga bormoq, qasamga vafo qilmoq va mazlumga yordam bermoqni buyurdilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladqlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (erkaklarni) tilla uzuk taqmoqdan qaytardilar».Nadr ibn Anas: «Bashir ham shu hadisni Abu Hurayradan eshitganligini aytgan edi»,—deydilar.

Abdulloh (ibn Umar) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tilla uzuk yasatib ko’zini kaft tarafga qaratib taqib oldilar. Buni ko’rib, boshqalar ham shunday uzuk yasatib olishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uzukni taqmay qo’ydilar. Keyinchalik kumush halli yokim sof kumush uzuk yasatib oldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:00:20
45-bob. Kumush uzuk haqida   

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tilla (yokim kumush) uzuk yasatib, ko’zini kaftlariga qaratib taqib oldilar. Unga «Muhammad rasululloh» degan so’zlarni o’ydirgan erdilar. Buni ko’rib boshqalar ham shunday uzuk yasatib olishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshqalarning ham shunday uzuk yasatib olishganini. ko’rgach, uzuklarini tashladilarda: «Endi buni hech qachon taqmayman!» — dedilar. So’ng, kumush uzuk yasatib oldilar, boshqalar ham kumush uzuk yasatib olishdi. Janob Rasulullohdan keyin mazkur uzukni Abu Bakr, so’ng Umar, so’ng Usmon taqdi. Usmonning qo’lidan esa uzuk Aris qudug’iga tushib ketdi».
 
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:01:00
46-bob.

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tilla uzuk taqar erdilar, keyin taqmay qo’ydilar. «Buni endi hech qachon taqmayman!» deb aytib erdilar, boshqalar ham uzuklarini â„¢kmyay qo’yishdi».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu,— deydilar Ibn Shiuob,— kunlardan bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qo’llarida kumush uzuk Ko’rganligini, keyin boshqalar ham o’zlariga ko’mush uzuk yasatib taqib olganlarinch, Rasululloh sallallohu alayhy va sallam uzuklarini taqmay qo’yganlaridan so’ng esa boshqalar ham uzuk tyakmtttni tyark tgyanttarini mrnga aytib bergyn erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:02:09
47-bob. Uzuk ko’zi haqida

Ð¥umayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Odyamlar Anasdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uzuk taqqanmidilar» —deb so’rashdi. Anas: «Kunlardan birida Rasuluplgoh sallallohu alayhi va sallam xufton namozini yarim kechagacha kechiktirdilar. So’ng, bizga muborak yuzlarini burib erdilar, nazarimda ul zotning qo’llaridagi uzuk yarqirya! dek bo’ldi. Janob Rasululloh: «Odamlar namoz o’qib bo’lib, allaqachon uyquga ketdilar, sizlar ersangiz xanuz nempg? o’qiyman deb kutib turibsizlar!» — dedilar».

Humyyd raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhudan bunday deb naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kumush uzuklari bo’lib, ko’zi ham kumutilpya erdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:03:07
48-bob. Тemir uzuk haqida

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ayol (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib «Men o’zimni sizga bag’ishlamoq uchun keldim», dedida, uzoq turib qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga bir nazar tashlab, boshlarini quyi soldilar. Ayol uzoq turib qolgach, bir kishi turib: «Basharti ungach
siznmng ehtiyojingiz bo’lmasa, menga nikohlab bera qolingiz! — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga: «Mahriga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U: «Yo’q»,— deb aytdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bor, qarab ko’r!» —dedilar. Boyagi kishi chiqib ketib. yana qaytib kelgach: «Olloh taolo haqi, biror narsa
topolgan bo’lsam, koshki edi!» — dedi. Janob Rasululloh: sallallohu alayhi va salam: «Bor, yana bir axtarib ko’rchi!» — dedilar. U axtarib qaytib kelgach: «Olloh taolo haqi, hatto temir uzuk ham yo’q!» — dedi. Uning egnida izori bo’lib, ridosi yo’q erdi. Shu boisdan: «Shuni mahrga beraymi?»— deb so’radi. Janob Rasululloh: «Izoringnimi?... agar izoringni u kiysa, senga hech narsa qolmaydi, agar sen kiysang, unga hech narsa   qolmaydi»—dedilar. Boyagi kishi (nounid bo’lib) joyiga borib o’ltirdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yuraklari achishib unga: «Beri kel!»—deb amr qildilar, so’ng: «Qur’ondan nimalarni yod bilasan?» — dedilar U: «Falon va falon suralarni»—dedi. Janob Rasululloh: «Unga mahr qilib bermog’ing uchun Qur’ondan bilgan ana shu suralaringni senga mulk qilib berdim!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:03:48
49-bob. Uzukka naqsh o’ydirmoq xususida

Anas rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ajamlardan bir guruhiga yoki ajam qavmlaridan biriga maktub yozmoqchi bo’lib erdilar. «Ular muhr bosilmagan maktubni qabul qilmaydilar»,— deb aytishdi. Shul sababdin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kumush uzuk buyurib, unga «Muhammad rasululloh» degan so’zlarni naqsh qildirdilar. Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning barmoqlaridagi (yokim kaftlaridagi) o’sha uzukning yarqirab turganini ko’rib trgandekmen».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kumush uzuk yasatib qo’llariga taqib olgan erdilar. Ul zotdan so’ng uzukni Abu Bakr, so’ng Umar, undan so’ng Usmon qo’liga taqib yurdi. Keyin u Aris qudug’iga tushib ketdi. Unga «Muhammad rasululloh» degan so’zlar naqsh qilingan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:04:43
50-bob. Jimjiloqqa taqilgan uzuk haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam o’zlariga uzuk yasatib olgach: «Biz uzuk yasatib, unga naqsh o’ydirdik hech kim uning ustiga boshqa naqsh o’ydirmasin!» — dedilar. Men o’sha uzukning ul zotning jimjiloqlarida yarqirab turganini ko’rib turgan-dekmen».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:05:18
51-bob. Biror narsaga yokim ahli kitoblar va ulardan o’zgalarga bitiladigan xatlarga muhr bosmoq uchun uzuk yasatib olmoq haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Rumga maktub bitmoqchi bo’lganlarida u kishiga: «Muhr bosilmagan xatingizni ular o’qishmaydi»,— deb aytishdi. Shunda Janob Rasululloh bir kumush uzuk yasatib, unga «Muhammad rasululloh» degan so’zlarni naqsh qildirdilar. Men o’sha uzukning qo’llarida yarqirab turganini ko’rib turgandekmen».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:06:34
52-bob. Uzukning ko’zini kaftiga qarata burib olgan shaxs xususida

Abdulloh (ibn Umar) rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam o’zlariga tilla uzuk yasatib oldilar. Uni qo’llariga taqqanlarida: ko’zini kaftlari tomon qaratib (burib) olar erdilar. Keyin, odamlar ham o’zlariga ana shunday tilla uzuk yasatib olishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarga chiqib, Olloh taologa hamdu sano aytgach: «Men o’zimga uzuk yasattirgan erdim, endi uni sira ham taqmayman!» — dedilarda, tashlab yubordilar, odamlar ham uzuklarysh tashlashdi». «U (Ibn Umar): «O’ng qo’llariga taqqanlar» — degan bo’lishi kerak deb hisoblayman»,—deydilar Juvayriya.

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:07:31
53-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Uzugimning naqshi ustidan yana naqsh o’yilmasin!» deganlary haqida   

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kumushdan uzuk yasatib olib, unga «Muhammad rasululloh» degan so’zlarni naqsh qildirdilarda: «Men kumushdan uzuk yasatib oldim va unga «Muhammad rasululloh» degan so’zlarni naqsh qildirdim. Hech kim uning naqshi ustidan yana naqsh o’ymasin!» —deb aytdilar».   
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:08:26
54-bob. Uzukka uch satr qilib naqsh o’ysa bo’ladimi?»

Sumoma Anas haqida bunday deb aytgan erkanlar: «Abu Bakr raziyallohu anhu (Anasni) noib qilib yuborganlarida unga (zakotlar miqdori) haqida yozib yubordilar. (Maktubga bosilgan muhrning) uzukning naqshi uch satr (qator) bo’lib, «Muhammad» so’zi bir satr, «Rasul» so’zi bir satr va «Olloh»! so’zi yana bir satrni egallagan erdi». Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam uzuklarini avval o’zlari, u kishidan keyin Abu Bakr, undan keyin Umar taqdilar. Usmon Aris qudug’i boshida o’ltirganlarida (o’sha) uzukni barmoqlaridan chiqarib o’ynay boshlagan erdilar, tushib ketdi. Biz Usmon birlan birga uch kungacha quduqqa tushib qidirdik suvini ham chiqarib tashladik ammo uzukni topolmadik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:09:05
55-bob. Ayollar uzugi xususida

Oisha onamizning bir necha tilla uzuklari bo’lar erdi. Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bilan birga hayit (iyd) namozida ishtirok etdim. U zot xutbadan avval namoz o’qidilar». Abu Abdulloh (Buxoriy) aytadilar-ki, Ibn Vahb Ibn Jurayjdan naql qilib, (yuqoridagi hadisga) quyidagicha qo’shimcha qilibdi: (Janob Rasululloh) ayollarning qoshiga kelib, sadaqa bermoqni amr qildilar. Shunda ular fatax (ko’zsiz, uzukka o’xshash taqinchoq) va uzuklariii Bilolning etagiga tashlay boshlashdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:09:51
56-bob. Ayollar munchog’i haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu: rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hayit (iyd) kuni chiqib, ikki rak’at namoz o’qidilar. Bunday namozni ilgari ham, keyin ham o’qimaganlar. Keyin ayollar qoshiga kelib, sadaqa bermoqni amr qilib erdilar, ular xurs (tilla yoki kumushdan qilingan .halqa) va munchoqlarini sadaqa qila boshladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:10:51
57-bob. Birovning marjonini vaqtincha olib taqmoq haqida.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Asmoning marjoni (bo’ynimdan uzilib tushib) yo’qolib qoldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam uni tonib kelish uchun odam yubordilar. Shu asnoda namoz vaqti bo’lib qOldi. Ular (odamlar) betahorat erdilar. Qidirib suv tonisha olmagach, tahoratsiz namoz o’qishdi, keyin bu haqda Nabiy sallallohu alayhi va sallamga aytishdi. Shunda, Olloh taolo tayammuy haqida o’z oyati karimasini nozil qildi».Hishom: «Oisha o’sha marjonni vaqtincha taqib turmoq uchun Asmodan so’rab olgandi»,—deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:11:53
58-bob. Ayollar sirg’asi haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ayollarga sadaqa qilmoqni amr qildilar. Men ularning quloqlariga qo’llarini uzatib. sirg’alarini olayotganlarini ko’rdim».

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:13:03
59-bob. Sochning oqi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga Madina bozorlaridan birmda erdim. Janob Rasululloh (boaordan)  qaytdilar, men ham qaytdim. Keyin: «Qaii mening kichkintoyim?!« —deb uch marotaba takrorladilarda: «Hasan ibn Alini chaqir!» — dedilar. Hasan ibn Ali bo’yniga munchoq taqqan holda o’rnidan turib kela boshladi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam quchoqlarini ochib: «Mana bunday qil!» dedilar. Hasan ibn Ali ham quchog’ini ochib Mana bunday qiling!»— dedida, ul zotning bag’rlariga o’zini tashladi. Janob Rasululloh: «Ey xudoyim, men buni juda Ham yaxshi ko’ramak buni yaxshk ko’rganni hai  yaxshi ko’raman dedilar. Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shu gapni aytganlaridan so’ng Hasan ibn Ali mening uchun eng suyukli odam bo’lib qoldi!» — deydilar

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:14:13
60-6ob. Ayolchalish erkaklar va erkakchalish ayollar

Ibn Abbos raziya-glouu apzu rivoyat kaladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayollarga taqlid qiluvchi erkaklarni hamda erkaklarga taqlid kiluvchi ayollarni la’natladilar».

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:15:36
61-bob. Ayolchalish erkaklarni uylardan haydab chiqarmoq lozimligi xususida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xotinchalish erkaklar birlan erkakchalish xo-inlarni la’natlab: «Ularni uylariigizdan xaydab chiqaringiz!—dedilar». Ibn Abbos: «Nabiy sallallohu alayhi va sallai falonchiii, Umar ersa nistonchini uydav haydab chiqarganlar»,— dedilar.

Zaymab binti Abu Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Umma Salamaning huzurida edilar, uyda xunasa bor edi. Janob Rasululloh Ummu Salamaning ukasiga: «Ey Abdulloh, agar ertagashi fath qilmoq sizlarga nasib bulsa. unda men senga G’aylonning qizini ko’rsataman. U to’rttasi bilan ayollik qilib, sakkiztasi bilan erkaklik vdladi» — dedilar. So’ng yana: «Ularni uyingizga kiritmangiz!» —deb qo’shib qo’ydilar». Abu Abdulloh (al-Buxoriy) bunday deydilar: «Ð¢o’rttasi bilan ayollik qiladi, deganlarida qizning qornidagi to’rt qavat yog’ qatlamini nazarda tutganlar. Qiz o’sha yeri bilan ayellik qilgan. Sakkiztasi bnlan erkaklik qiladi, deganlarida ersa to’rt qavat yog’ qatlamining o’zaro  yonishib hosil qilgan uchlarini nazarda tutganlar. Ammo, sakkiztasi bilan, desalarda, uning hammasi bilan demoqchi emaslar. Chunki, o’sha uchlardan faqat bittasigina zakardir. Zakar ersa sakkiz uchli bo’lmaydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:16:41
62-bob. Mo’ylabni qisqartirmoq haqida

Ibn Umar mo’ylablarini shunchalik kalta qilib olardilarki, hatto (mo’ylab ostidagi) teri oqarib ko’rinib qolardi. Ikkalasini ham, ya’ni mo’ylab birlan soqolni ham shunday kalta qilib olar erdilar.

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo’ylabni qisqartirmoq fitratdandir (ya’ni, azaldan inson yaratilgandan beri sunnatdir)»,— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Besh narsa—xatna qilmoq, avrat junini qirmoQ qo’ltiq junini yulmoq, tirnoq olmoq va mo’ylabni qisqartirmoq fitratdandir»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:17:26
63-bob. Тirnoq olmoq haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Avrat junini qirmoq, tirnoq olmoq va mo’ylabni qisqartirmoq fitratdandir (azaldan sunnatdir)»,— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men Rasulullohsallellphu alayhi va sallamning «Besh narsa  xatna qilmoq, avrat junini qirmoq, mo’ylabni qisqartirmoq, olmoq va qo’ltiq junini yulmoq fitratdandir» —deganlarini eshitdim»,—dedilar.

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Mushriklar singarm ish tutmanglar, soqolni mo’l quyib, muylabni qisqartiringlar!» — dedilar».

Ibn Umar haj yokim umra qilsalar, soqollarini tutamlab, tutamlari (qabzalari) dan ortig’ini qirqib tashlar erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:17:53
64-bob. Soqolni mo’l qo’ymoq haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo’ylabni qisqartirib, soqolni mo’l qo’yinglar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:18:30
65-bob. Sochning oqi haqida

Muhammad ibn Sirin rivoyat qiladilar: «Men Anasdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (sochlarini) bo’yaganmilar?»— deb so’radim. U: «(Sochlariga) ozgina oq tushgan, xolos»,— deb javob berdi».

Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam sochlarini bo’yaganmilar?» — deb Anasdan so’rashdi. U: «Sochlari bo’yaydirgan darajada oqarmagan. Agar istasam, soqollarining oqi qanchaligini bemalol sanay olardim»,—deb aytdi».

Usmon ibn Abdulloh ibn Mavuib rivoyat qiladilar: «Ahlim menga suv ichadigan qadahni berib Rasulullohning zavjalari — Ummu Salamaning huzuriga yubordi. Isroil Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (asrab qo’yilgan) sochlaridan uch chimdimini (qadahdagi suvga solib chayib oldi va bu bi.pyan qadyahdyagi ouvni tyabarruk qi.ttib berdi. Ko’z tekkan yokim boshqa qandaydir dardga chalingan shaxs o’zining suv idishlaridan birortasini (undagi suvni tabarruk qilib berishlari uchun) Ummu Salamaga yuborar erdi. Men idishning ichiga ko’z tashlab erdim, bir qancha qizg’ish soch tolalarining mavjudligini ko’rdim».

Usmon ibn Abdulloh ibn Mavuib: «Ummu Salamanichg Huzurlariga kirib erdim, bizgya Nyabiy yeallallohu alayhi va sallamning bo’yalgan sochlaridan olib chiqib berdilar»,— deydilar.
Nusayr ibn Abu al-Ash’as aytadilarki, Ummu Salama Ibn Mavhibga Nabiy sallallohu alayhi va sallamning qizil sochlarini ko’rsatgan erkanlar.   .   . ,
    
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:19:33
 66-bob. (Soch-soqolni) bo’yamoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yahudiy va nasorolar (soch-soqollarini) bo’yamaydilar, siz ular singari ish tutmangiz!» — dedilar».

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:20:22
67-bob. Jingalak soch haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko’zga tashlanadigan darajada novcha ham, vast bo’yli ham, o’ta oq ham, qop-qora ham ermas erdilar. Sochlari ersa, o’ta jingalak ham, sillik ham ermas erdi. Olloh taolo ul zotni qirq yoshga kirganlarida (payg’ambar) qilib yubordi. Makkada o’n yil va Madinada o’n yil istiqomat qildilar. Olloh taolo ul zotni oltmish yoshga yetganlarida vafot ettirganida soch-soqollarining yigirmata ham oqi yo’q erdi».

Abu Iszdoq rivoyat qiladilar: «Men Barroning: «Qizil ,hullaning biror kishiga Nabiy sallallohu alayhi va (sallamdan ko’ra ko’proq yarashganini ko’rmaganman!» — deyayotganini eshitdim.

Ba’zi do’stlarim Molikdan naql qilib: «Ul zotning sochlari ikki yelkalariga tegay deb turar erdi»!,— deyishadi».

Abu Ishoq: «Men (Barroning) mazkur hadisni necha martaba rivoyat qilganini eshitganman, (negadir) u har gall aytib bo’lib, kulib qo’yar erdi»,— deydilar.

Shu’ba mazkur hadisga qo’shimcha qilib: «Sochlari "quloqlarining yumshoq yerigacha tushib turar erdi»,— deydilar.

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bu kecha men Ka’ba yonida (uxlab yotganimda) tush ko’rdim. Тushimda bir bug’doyrang kishini ko’rdim. Sen bug’doyrang odamlar ichida bunday go’zal kishini ko’rmagansan. Uning yelkasiga tushib turgan sochlaridek go’zal sochni ham ko’rmagansan. Varishon sochlaridan suv tomib turibdi, o’zi esa ikki kishiga (yokim ikki kishining yelkasiga) suyangan holda Ka’bani tavof qilayotir. Men: «Bu kim?»—deb so’ragan erdim, «Maryam o’g’li Masihdir (Iso alayhissalom)»,— deb aytildi. Keyin, yana bir boshqa kishiga ko’zim tushdi, uning sochlari qo’ng’iroq-qo’ng’iroq, o’ng ko’zi esa ko’r bo’lib, kattakon uzum donasi yanglig’ bo’rtib chiqqan. Men: «Bu kim?» — deb so’ragan erdim, «Masih Dajjoldir»,— deb aytildi».

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sochlari yelkalariga tushib turar erdi»,— deydilar.

Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Anas ibn Molik raziyallohu anhudan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sochlari to’g’risida so’radim. Anas: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sochlari to’lqinsimon bo’lib, sillik ham, jingalak ham emas erdi ikki quloqlari va yelkalariga tushib turar erdi»,--deb aytdi».

Anas raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qo’li katta odam erdilar. Men bunday qo’li katta odamni keyin sira ko’rmadim. Sochlari ersa to’lqinsimon bo’lib, na jingalak va na sillik erdi»,— deydilar.

Anas raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qo’l-oyoqlari katta odam erdilar. Men ul zot singari, qo’l-oyoqlari katta odamni ilgari ham, keyin ham ko’rmaganman. Kaftlari ersa sillik erdi»,—deydilar.
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam oyoqlari katta va xushro’y kishi erdilar. Men ul zot yanglig’ kishini sira ko’rmaganman».
Anas raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam oyoqlari qo’pol (katta) va kaftlari dag’al kishi erdilar»,— deydilar.

Jobir ibn Abdulloh: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam kaftlari va oyoqlari qo’pol (katta) kishi erdilar, ul zotga o’xshash odamni sira ko’rmaganman»,— deydilar.

Mujohid raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos raziyallohu anhuning huzurida erdik Dajjol haqida gap ketdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uning ikki ko’zi oralig’iga kofir deb yozilgan»,— dedilar. Ibn Abbos: «Men bu haqda eshitmagan erkanman»,— dedi. Janob Rasululloh: «Biroq, u shunday»,— dedilar. Keyin, yana: «Ammo, Ibrohim alayhissalomning qiyofalari qanday ekanligini bilmoqchi bo’lsangiz, menga — do’stingizga qarangiz. Muso alayhissalom ersalar bug’doyrang, sochlari jingalak kishi erdilar, arqon bilan no’xtalangan qizil tuya minib yurar erdilar. Men ul kishining talbiya aytib vodiyga tushib kelayotganlarini ko’rib turgandekmen»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:21:20
 68-bob. Sochni (to’zg’imaydigan qilib) yonishtirib olmoq xususida

Abdulloh ibn Umar: «Men Hazrat Umar (al-Ð¥attob)ning (hajda): «Kimki sochini yonishtirmay, o’rib olgan bo’lsa, butunlay oldirib tashlasin!» deb aytganlarini eshitdim»,— deydilar.

Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (ehromdalik kezlarida) sochlarini yonishtirib olganlarini ko’rdim»,— der erdilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sochlarini yonishtirib olib baland ovoz bilan quyidagicha talbiya aytganlarini eshitdim: «Labbayka Ollohumma labbayka, labbayka lo shariyka laka labbayka, inna-l-hamda va-nni’mata laka va-l-mulQ lo shariyka laka!» Bu so’zlardan ortiq hech narsa demasdilar».

Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari: «Yo Rasululloh, odamlar umra qilib ehromlarini yechishdi, siz ersangiz hanuz ehromdasiz?» — dedi. Janob Rasululloh: «Men sochimni (to’zg’imaydigan qilib) yonishtirib olganman va qurbonlikqa atalgan jonlig’imga belgi osib qo’yganman, endi uni zabh qilmagunimcha ehromimni yechmagayman» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:22:40
69-bob. Farq haqida

Ibi Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam (Olloh taolo maxsus oyat nozil qilib) amr qilmagan narsalar xususida ahli kitoblarga muvofiq ish tutmoqni yaxshi ko’rar erdilar. Ahli kitoblar sochlariga farq ochmay shundayicha tashlab yurar, mushriklar ersa farq ochar erdilar. Janob Rasululloh avvaliga (axdi kitoblar singari) sochlarini shundayicha tashlab yurdilar, keyinchalik ersa farq ochadigan bo’ldilar».

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ehromdalik kezlarida farqlariga surtib olgan xushbo’ylikning yaltirab turganini (hozir ham) ko’rib turgandekmen».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:24:05
70-bob. Kokillar xususida

Ibn Abbos raziyallohu anaru rivoyat qiladilar: «Kechalardan birida xolam Maymuna binti al-Horisnikida tunab qoldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham shu yerda bo’lib, xolamnikida tunaydirgan kechalari erdi. Janob Rasululloh tunda uyg’onib namoz o’qimoqqa tindilar, men ham chap yonlariga borib turdim. Shunda ul zot meni kokilimdan ushlab o’ng yonlariga turg’izib qo’ydilar».

Abu Bashar ham shul xususda rivoyat qilganida «koki-limdan yoki boshimdan ushlab» degan iborani qo’llagan erdi.

Ibn Umarning mavlolari Nofi’ rivoyat qiladilar: «Ibn Umar Rasululloh sallallohu alayhm va sallamning qaza’ni man’ qilganlarini eshitganliklari haqida aytibdilar. Shunda Ubaydulloh: «Qaza’ o’zi nima?» — deb so’rabdilar. Ibn Umar: «Bolaning sochini olayotganda boshining duch kelgan yerida sochqoldirib ketishdir»,— deb javob qilibdilar. (Ubaydulloh peshonalariga tushib turgan bir tutam sochlari va boshlarining ikki chekkasiga ishora qildilar). Ubaydullohga: «qiz yoki o’g’il bola bo’lsachi?» — deb aytishdi. Ubaydulloh: «Buni bilmadim, menga bola, deb ganirgandilar. Ammo, qaytarib so’raganimda, Ibn Umar: «O’g’il bolaning peshonasi tevasida va boshining orqasida soch qoldirilsa, zarari yo’q. Biroq, qaza’, ya’ni peshona tevasidagina soch qoldirib, b’shqa joylarini olib tashlash yaramaydi»,— dedilar».

Abdulloh ibn Dinor: «Ibn Umar aytdilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaza’dan qaytaribdirlar»,— deydilar.   
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:25:11
71-bob. Ayolning o’z qo’li bilan eriga xushbo’yliklar sepmog’i (yokim surtmog’i) haqida   

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Men o’z qo’lim birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xushbo’ylik surtib qo’ydim. Buni Minodan junab ketish arafasida ilgan erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:26:16
72-bob. Bosh va soqolga xushbo’yliklar surtmoq xususida

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallalloho’ alayhi va sallamga o’zlari tonib kelgan eng yaxshi xushbo’yliklardan surtib qo’yar, so’ng boshlari va -so hollarqqan hidlar erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:27:38
73-bob.

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Bir kishi debor ortidan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hovlilariga qaradi. Janob Rasululloh soch to’g’nog’ich bilan boshlarini qashib turgan erdilar: «Sening qarab turganingnr bilganimda shu to’g’nog’ichni ko’zingga tiqib olar erdimim, darhaqiqat quloq ko’zdan oldin yaratilgan!» — dedalar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:29:08
74-bob. Hayz ko’rgan ayolning o’z erining sochini tarab qo’ymog’i haqida

Oysha raziyallohu anho: «Men oy ko’rgan bo’lsamda, RasuLulloh sallallohu alayhi va sallamning sochlarini tarab «o’yur erdim»,-dedilar.

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Iyul 2008, 15:30:43
75-bob. Soch tarashni o’ng tomondan boshlamoq xaqida

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (barcha ishni), hatto soch taramoq va tahorat olmoqni ham imkoni boricha o’ngdan boshlamoqni xush ko’rar erdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:49:13
76-brb. Mushk haqida zikr qilingan gaplar

Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Olloh taolo: «Odam bolasining ro’za tutmoqdin o’zga har bir amali o’zi uchundir, ro’za tutmog’i ersa mening uchun bo’lib, buning uchun men unga savob ato etg’umdir!» — deydi. Ro’zadorning og’zidan keluvchi bo’y Olloh taoloning nazdida mushkdan ham xushbo’yroqdir
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:49:36
77-bob. Qanday xushbo’yliklardan foydalanmoq afzal?   

Oisha onamiz raziyallohu anho: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, ehromdalik kezlarida, eng yaxshi xushbo’yliklardan qaysi birini topsam, o’shani surtib qo’yardim-,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:50:02
78-bob. Ð¥ushbo’ylik (ishlatmoq)ni rad qilmagan kishilar xususida

Sumoma ibn Abdulloh Anas haqida so’zlab: «U xushbo’ylik (ishlatmoq)ni rad qilmas erdi»,— dedilarda, «Nabiy sallallohch- alayhi va sallam (ham) xushbo’ylik (ishlatmoq) sh! radqilmas erdilar»,— deb ta’kidlab qo’ydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:50:22
79-bob. Zarira haqida

Oisha raziyallohu anho: «Men Hajjat ul-Vido’da Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ehromdan chiqqanlarida ham, ehrom bog’laganlarida ham o’z qo’lim birlan zarira (xushbo’ylik turi) surkab qo’ydim»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:50:47
80-bob. Husn uchun tishlar orasini kengaytirmoq haqida.

Abdulloh bunday deydilar: «Chiroyli ko’rinsin deb igna birlan alomatlar chizuvchi va chizdiruvchi hamda kipriklarini yuluvchi va tishlari orasini kengaytiruvchi (ya’nsh Olloh taolo yaratgan a’zolarni o’zgartiruvchi) ayollarga Olloh taoloning la’nati bo’lsin! Nabiy sallallohu alayhi va sallam la’natlaganlarni nechun men la’natlamayin, axir Olloh taolo ham o’z Kitobida ularni la’natlagan-ku! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sizga nimaiki keltirgan bulsalar, oarnaspni olingi(! (ya’ni, «Olloh taolo payg’ambarimiz orqali sizga nimaiki amr qilgan bo’lsa» o’shanga amal qilingiz!»)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:51:17
81-bob. Ulama soch xususida

Abdurrahmon ibn Avf raziyallohu anhu Muoviya ibn Abu So’fyonning haj vaqtida minbarga chiqib qo’llariga bir o’ram soch ushlagan holda quyidagi gaplarni aytganlarini eshitgan erkanlar: «Bu posbonimning qo’lida erkan, ulamolaringiz qayerda? Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: buni (ulama soch taqishni) man’ qilganlarini hamda: «Banu Isroil shuni (ulama soch taqishni) odat qilgani uchun ham halokatga uchragan»,— deganlarini eshitganmen».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ulama soch taqib qo’yuvchi birlan ulama soch taquvchi, shuningdek (igna birlan) alomatlar chizuvchi va chizdiruvchi ayollarga Olloh taoloning la’nati bo’lsin!» — dedilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Ansorlardan bo’lgan bir qizni erga berdilar. Keyin u kasal bo’lib, sochlari to’kilib keta boshladi. Shunda unga ulama soch taqyb qo’ymoqchi bo’ldilar. Bu haqda Janob Rasulullohga aytib erdilar, ul zot: «Ulama soch taqib qo’yuvchi va ulama soch taquvchi ayollarga Olloh taoloning la’nati bo’lsin!»- dedilar».

Asmo binti Abu Bakr rivoyat qiladilar: «Bir yyol Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Men qizimni erga berib erdim, keyin u xastalanib, sochlari to’kilib keta boshladi. Eri ersa uning ulama soch taqib olmogini xohlaydi, unga ulama soch taqib qo’ysak maylimi?» — dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulama soch taqib qo’yuvchi birlan ulama soch taquvchi ayollarni qoraladilar».

Asmo binti Abu Bakr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulama soch taqib qo’yuvchi birlad! ulama soch taquvchi ayollarni la’natladilar».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ulama soch taqib qo’yuvchi birlan ulama soch taquvchi hamda (igna birlan.) alomatlar chizuvchi va chizdiruvchi ayollarni Olloh taolo la’natlagan»,— dedilar».   .

Sa’id ibn al-Musayyab rivoyat qiladilar: «Muoviya so’nggi bor Madinaga kelib, bizga qarata xutba o’qidilar, bir o’rim sochni ko’rsatib: «Yahudiylardan bo’lak biror kishining shunday qilganini ko’rmagan erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam buni, ya’ni ulama sochni ko’z-bo’yamachilik (qalbakilik) deb ataganlar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:51:38
82-bob. Qosh terish haqida

Alhama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdulloh  husn uchun igna birlan alomatlar chizuvchi, qosh teruvchi va l tishlar orasini kengaytiruvchi ayollarni, ya’ni Olloh taolo yaratgan a’zolarni o’zgartiruvchi ayollarni la’natladilar. Shunda Ummu Ya’qub: «Bu qanday gap bo’ldi?!» — dedilar. Abdulloh: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam togmonlaridan hamda Olloh taoloning Kitobida la’natlanganlarni nechun men la’natlamayin!» — dedilar. Ummu Ya’qub: «Olloh taolo haqi, ikki lavh (yer va osmon) oralig’idagi jamiki yozuvlarni o’qib ham bunday gapni topolmadim!» — dedi. Abdulloh: «Olloh taolo haqi, agar haqiqatan ham axtarib ko’rganingda erdi, «Va mo atokumu-r-rasul fa-xuzuuhu va mo nahokum anhu fa-ntahuu!» («Rasululloh Olloh taolodan sizga nima keltirgan ersa, barchasini qabul qilingiz va nimadan qaytargan ersa, undan qaytingiz!»)ni tonib o’qigan bo’lar erding!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:51:56
83-bob. Ulama soch taqqan ayol haqida

 Bu yerda yuqoridagi hadislar takroran keltirilgan.

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:52:15
84-bob. Badanga igna birlan alomatlar chizuvchi ayollar haqida

Abu Ho’rayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ko’z tegmog’i haq narsadir» — dedilar hamda igna birlan alomatlar chizmoqdan qaytardilar».

Avn ibn Abu Juuayfa rivoyat qiladilar: «Ubayni ko’rdim, u menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (qortiq solib) qon olganlik uchun haq olmoqdan, it sotmoqdan, sudxo’rlik va poraxo’rlik qilmoqdan hamda bu ishlarda vositachi bo’lmoqdan, igna birlan alomatlar chizmoq va chizdirmsqdan qaytardilar».—dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:52:38
85-bob. Badaniga igna birlan alomatlar chizdiruvchi ayollar haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umarning huzurlariga igna birlan alomatlar chizuvchi bir ayolni olib keldilar. Hazrat Umar o’rinlaridan turib: «Olloh taologa iltijo qilib aytamanki, kimki Rasulullih sallallbhu alayhl va sallamning igna birlan alomatlar chizmoq xususidagi xadiyelarini eshitgan bo’lsa, aytib bersin!» — dedilar. Shunda men o’rnimdan turib: «Yo mo’minlar amiri, men eshitganman!» — dedim. Hazrat Umar: «Nima haqda eshitgansan?» — dedlar. Men: «Rasu-
lulloh sallallohu alayhi va sallamning «Badanga igna birlan alomatlar chizmangiz ham, chizdirmangiz ham!» deganlarini eshitganmen»,— dedim».

Ibn Umar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ulama soch taqib qo’yuvchi va ulama soch taquvchi hamda badanga igna birlan alomatlar chizuvchi va chizdiruvchi ayollarni la’natlaganlar»,— deydilar.

Abdulloh raziyallohu anhu: «Husn uchun igna birlai alomatlar chizuvchi va chizdiruvchi, qosh teruvchi, tish oralig’ini kengaytiruvchi ayollarga (ya’ni, Olloh taolo yaratgan a’zolarni o’zgartiruvchi ayollarga) Olloh taoloning la’nati bo’lsin! Nabiy sallallohu alayhi va sallam tomonlaridan hamda Olloh taoloning Kitobida la’natlanganlarni nechun men la’natlamayin?!» — dedilar.

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:52:55
86-bob. Suratlar haqida

Abo’ Тalua raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «It yokim suratlar mavjud bo’lgan uyga (xonaga) farishtalar kirmaydi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:53:24
87-bob. Surat chizuvchilarning qiyomat kuni azob chekmog’i haqida

Muslim rivoyat qiladilar: «Biz Masruq birlan birga Yasor ibn Numayrning uyida erdik. U suvasi ustidagi haykallarga qafar erkan: «Men Abdullohning: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo dargohida qiyomat kuni eng qattiq azob chekuvchilar — surat chizuvchilardir!» — deganlarini eshitganman» deganidan voqifman»,— dedi».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu suratlarni chizuvchilar qiyomat kuni azob chyokadilar. Ularga: «O’zingiz yaratgan narsalarga jon ato etingiz!»—deyiladi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:53:43
bob. Suratlarni yirtib tashlamoq (yo’q qilmoq) xususida

Oisha raziyallohu anho bunday deganlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xoch shakli tushirilgan birorta ham narsani uylarida qoldirmas, uni yo’q qilib tashlar erdilar». Abu Zur’a rivoyat qiladilar: «Men Abu Hurayra bilan birga Madinadagi uylardan biriga kirdim. Uning tomida,bir rassomning surat chizib turganini ko’rgan Abu Hurayra: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Olloh taolo: «Mening maxluqim yanglig’ maxluq yaratmoqqa uringan  bandadan ham o’ziga zulm qilg’uvchiroq banda yo’qdir! Bir: dona donni yaratib ko’rsinlarchi! Bir zarrani yaratib ko’rsinlarchi!» — deydi» deb aytayotganlarini eshitdim»,—dedilar. So’ng, bir tog’orada suv keltirmoqni buyurib, ikki: qo’llarini qo’ltiqlariga qadar yuvdilar. Men u kishiga: «Yo Abu Hurayra, chindan ham ushbu hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitganmisiz?»—dedim.

Abu Hurayra: «Mutlaqo rost aytyapman!»—deb javob
qildilar».   

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:54:02
89-bob. Suratli (choyshab) to’shamoq haqida

Abu Sufyon rivoyat t hiladilar: «Men quyidagi hadisni Abdurrahmon ibn Qospmdan eshitib erdim. Usha vaqtlarda u Madinanin eng fiail kishilaridan bo’lib, «Oisha bunday deb aytgan erdi»,— dedi: «Rasululloh sallallohu alayhiva sallam safardan qaytdilar. Men taxmonga suratlar tushirilgan bir choyshabni to’shab qo’ygan erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uni ko’rib, yirtib tashladilarda «Qiyomatda eng ko’p azob tortuvchilar — Olloh taolo yaratgan maxluqlarga o’xshash maxluqlar yaratmoqqa uri-nuvchilardir!»—dedilar. Keyin, biz boyagi chryshabdan bitta yokim ikkita yostiq tikib oldik»

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safardan qaytdilar. Men suratlar solib to’qilgan bir sholchani (eshikka) osib qo’ygan erdim, (uni ko’rib) olib
tashlashni buyurdilar, men olib tashladim. Men va Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir idishdan suv olib g’usl qilar erdik»,— deydilar.


Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:54:25
90-bob. Suratlar ustiga o’ltirmoqni makruH deb hisoblagan shaxs xususida

Qosim raziyallohu anhu Oiish raziyallohu anhodan naql qiladilar: «U suratlar solingan bir yostiq sotib olgan erdi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (ko’rib) ichkariga kirmay, eshik oldida turib qoldilar. Shunda Oisha: «Qilib qo’ygan gunohim uchun Olloh taologa tavba qildim!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu qanday yostiq?» — Deb so’radilar. Oisha: «Ko’rva yokim yostiq qilmog’ingiz uchun»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mana shu suratlarni chizgan kishilarga   qiyomat kuni azob berilg’usidir, ularga: «O’zingiz yaratgan narsalarga ton ato etingiz!» — deb aytilg’usidir. Darhaqi- qat, farishtalar suratlar mavjud uyga kirmag’aylar»,— dedilar».
 
Abu Тalha — Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning do’stlari rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Farishtalar suratlar mavjud uyga kirmaydilar»,— dedilar. Shunda Busr bunday dedi: «Zayd betob bo’lib qolganda ko’rgani bordik. Qarasak eshigiga surat solingan bir varda osib qo’yilgan erkan. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zavjai muhtaramalari bo’lmish Maymunaning boqib olgan o’g’li Ubaydullohga: «Zayd birinchi kuniyoq bizga suratlar haqida aytmaganmidi?» — dedim. Ubaydulloh: «Matoda rahamdan o’zga suratlar bo’lmasligi lozim, deganini eshitmaganmi erding? dedi».

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:54:44
91-bob. Suratlar bor joyda namoz o’qimoqning makruxligi haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Oishaning bir choyshabi bo’lib, u bilan uyining bir tarafini to’sib qo’ygan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga: «Uni ko’zimdan yo’qotg’il, namoz o’qiyotganimda suratlari ko’z oldimdan ketmayapti!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:54:59
92-bob. Farishtalar suratlar bor uyga kirmaydilar

Solim otalaridan naql qiladilar: «Jabroil alayhissalom Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelmoqlari lozim bo’lgan vaqtdan kechikdilar. Janob Rasululloh bezovta bo’lib tashqariga chiqib erdilar, Jabroil alayhissalomni uchratdilar. Shunda bezovta bo’lganliklarini aytgan erdilar, Jabroil alayhissalom: «Men suratlar va it mavjud bo’lgan uyga kirmasman»,— rdedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Sentyabr 2008, 18:55:20
93-bob. Suratlar bor uyga kirmagan kishi haqida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari bo’lmish Oisha raziyallohu anho suratlar solingan bir yostiq sotib olganliklari haqida Qosim ibn Muhammadga xabar bergan erkanlar. Alqissa, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o’sha yostiqni ko’rib ichkariga . kirmay, eshik oldida turib qolibdilar. Oisha onamiz Janob  Rasulullohning yuzlaridagi jirkanish alomatini syozib: «Yo Rasulalloh, qilib qo’ygan gunohim uchun Olloh taolo va uning rasulyga tavba qildim!»—-debdilar. Janob Rasululloh: «Bu yostiq bu yerda nima qilib turibdi?!» — deb aytibdilar. Oisha onamiz: «O’ltirasiz yokim boshingizga yostiq qilasiz, deb sotib olgan erdim»,— debdilar. Janob Rasululloh: «Mana shu suratlarni chizgan kishilarga qiyomat kuni azob berilg’usidir, ularga: «O’zingiz yaratgan narsalarga jon ato etingiz!»—deb aytilg’usidir»,— debdilar. Keyin «Farishtalar suratlar va it mavjud uyga kirmag’aylar» — deb qo’shib qo’yibdilar».

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:02:47
94-bob. Surat chizuvchilarni la’natlagan kishi haqida

Avn ibn Abu Jhodayfa rivoyat qiladilar: «Otam bir qortiqchi Qul sotib olib, bunday dedilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qortiq solgani evaziga va it uchun haq olishni, fohishalik qilib kun ko‘rmoqni man’ qilib, sudxo‘rlar va ularning vositachilarini, igna birlan alomatlar chizuvchi va chizdiruvchilarni hamda surat soluvchilarni la’natladilar».   
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:03:44
95-bob. Kimki surat chizsa, qiyomat kuni undan suratga jon kirgizish talab qilinadi, u ersa, bunga ermas!

Qatoda riyooyat qiladilar: «Men Ibn Abbosning huzurida yerdim. Odamlar unga turli masalalar xususida savol berishar erdi-yu, ammo Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haqlarida biror gap aytishmas erdi. Nihoyat, (bir kishi) «Men Muhammad sallallohu alayhi va sallamning: «Kimki bu dunyoda surat chizgan ersa, qiyomat kuni undan chizgan suratiga jon kirgizmog‘i talab qiling‘usidir, u ersa bunga qodir ermas!» — deganlarini eshitganman»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:05:21
96-bob. Ulovga mingashib olmoq haqida

Urva ryvoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam egariga baxmal (duxoba) to‘shalgan eshakka Usomani mingashtarib oldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:06:57
97-bob. O’lovga uch kishi bo‘lib mingashib olmoq haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida Banu Abdulmuttalib qavmiga mansub bolalar kutib olishdi. Shunda ulardan birini oldilariga, ikkinchisini orqalariga mingashtirib oldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:07:56
98-bob. Ulov sohibining boshqa bir kishini o‘z oldiga mingashtirib olmog‘i haqida

Ba’zilar: «Ulov sohibi oldinda o‘tirmoqqa haqliroqdir, agar o‘zi ruxsat bermasa, (biror kishining uning oldiga o‘ltirmoqqa haqqi yo‘qdir)»,— deydilar.

Ayyub rivoyat qiladilar: «Ikrima xuzurida erdik ulovga uch kishi bo‘lib minib olmoqning yomon ekanligi haqida gap ketdi. Shunda Ibn Abbos: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qusamni oldilariga, Fazlni ersa orqalariga yokim aksincha, Fazlni oldilariga, Qusamni ersa orqalariga mingashtirib keldilar. Xo‘sh, bularning qaysi biri yomonu, qaysi Biri yaxshi?!»—dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:10:10
99-bob. Bir kishining uloviga ikkinchi bir kishining mingashib olmog‘i haqida

Maoz ibn Jabal rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalarida ulovlariga. mingashib ketayotgan erdim. Bizni egarning tugallangan qismigina ajratib turar erdi. Janob Rasulullbh: «Yo Maoz!» — dedilar. Men: «Labbay, yo Rasulalloh, xizmatingizga tayyorman!»—dedim. Bir soatcha yurganimizdan so‘ng, yana: «Yo Maoz!»—dedilar. Men: «Labbay, yo Rasulalloh, xizmatingizga tayyorman!»—dedim. Yana bir soatcha yurib erdik: «Yo Maoz»— dedilar. Men: «Labbay, yo Rasulalloh, xizmatingizga tayyorman!» — dedim. Janob Rasululloh: «Bilasanmi, Olloh taoloning o‘z bandalarida qanday haqi bor?» — dedilar. Men: «Olloh va uning rasuli yaxshiroq biladi»,— dedim. Janob Raoululloh: «Olloh taoloning o‘z bandalaridagi haqi shuki, bandalar unga ibodat qilmoqlari va shirk keltirmasliklari lozim»,— dedilar. Yana bir soatcha yurilgach: «Yo Maoz!»—dedilar. Men: «Labbay, yo Rasulalloh, xizmatyngizga tayyorman!»—dedim. Janob Rasululloh: «Bandalarning Olloh taoloda qanday haqi borligini bilurmisan?»— dedilar. Men: «Olloh va uning rasuli yaxshiroq biladi»,—dedim. Janob Rasululloh: «Bandalarning Olloh taolodagi haqi — ularni azoblamaslik!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:12:01
100-bob. Ayolning erkak mingan ulovga mingashib olmog‘i haqida

Yahyo ibn Abu Ishoq rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molikdan eshitgan erdim, u menga bunday degandi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybardan qaytayotgan erdik. Men Abu Talhaning orqasiga mingashib olgan erdim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalarig‘a ersa ayollaridan biri mingashib olgan erdi. Shunda to‘satday tuyalari qoqilib ketdi. Men: Ey kotin, ehtiyot bo‘l!»—deb tuyamdan tushdim. Janob Rasululloh: «U sizning onangizdir!» — dedilar. Men tuyaning egarini mahhamlab bogladim. Janob Rasululloh yana mynib oldilar. So‘ng, Madinaga yaqinlashgach (yokim uni uzoqdan ko‘rib): «Biz kufrdan qaytib tavba qilyapmiz, rabbimizga ibodat qilib shukr qilyapmiz», dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:13:55
101-bob. Chalqancha oyoqlarni chalishtirib yotmoq haqida

Abbod ibn Tamim rivoyat qiladilarki, amakilari Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning masjidda chalqancha oyoqlarini chalishtirib yotganlarini ko‘rgan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:17:46
:bs1:

ADAB KITOBI

1-bob. Itoatkorlik va mehribonlik haqida

Inson o‘z ota-onasiga itoatkor va mehribon bo‘lsin, deb vasiyat qildik! Abu Amr ash-Shayboniy qo‘llari birlan Abdulloh (al-Ansoriy)ning hovlisiga ishora qilib: «Mana shu hovlining sohibi menga bunday deb aytgan erdi»,— dedilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Olloh taolo azza va jallaga qaysi amal mahbubroqdir?»—deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Namozni o‘z vaqtida o‘qimoqdir»,— dedilar Men: «Yana qaysi amal?»— deb so‘radim. Janob Rasulullol: «Ota-onaga itoat qilmoqdir»,— deb aytdilar. Men: «Yana qaysi amal?» — dedim. Janob Rasululloh: «Olloh taolo yo‘lida jihod qilmoqdir»,— dedilar. Janob Rasululloh mening savollarimga shu tariqa javob qildilar. Agar yana so‘raganimda, yana javob berar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:20:19
2-bob. Yaxshi muomala qilinmog‘iga kim haqliroq?

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: Yo Rasulallid, mening yaxshi muomala qilmog‘imga kim haqliroqdir?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh «Onang!» — deb aytdilar. U: «Yana kim?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Onang!» — dedilar. U: «Yana kim?» — dedi, Janob Rasululloh: «Onang!» — dedilar. U: «Yana kim?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh (bu safar): «Otang!»—deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:21:25
3-bob. Ota-onasi rizo bo‘lmasa, jihod qilmaydi

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Bir odam Nabiy sallallohu alayhi va sallamga: «Jihod qilmoqchimen»,— dedi. Janob Rasululloh: «Ota-onang bormi?» — dedilar. U «Ha» deb aytdi. Janob Rasululloh: «(Avval) ota-onangning xizmatini qilib, rizolig‘ini olgin, so‘ng jihod qilgil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:22:41
4-bob. Odam ota-onasini haqorat qilmaydi!

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odam qiladirgan gunohi azimlardan biri — ota-onasini haqorat qilmokdir!» — dedilar. Shunda: «Yo Rasulalloh, odam o‘z ota-onasini qanday qilib haqorat qilmog‘i mumkin?!»— deyishdi. Janob Rasululloh: «Birovning ota-onasini so‘kkan odam o‘z ota-onasini haqorat qilgan bo‘lur»,— deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:26:35
5-bob. Ota-onasiga itoat qilgan odamning duosi mustajob bo‘lmog‘i xususida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb erdilar: «Uch kishi yo‘lda ketmoqda erdi, yomg‘ir yog‘ib qolib, tog‘dagi bir g‘orga qochib kirdi. Nogahon, tog‘dan bir katta tosh dumalab tushib, g‘orning og‘zini to‘sib qo‘ydi. Ular bir-biriga: «Olloh taolo yo‘lida biror amali solih qilgan bo‘lsangiz, o‘shani o‘rtaga qo‘yib Ollohga iltijo qilingiz, zora u g‘orning og‘zini ochsa!» — deyishdi. Ulardan biri: «Ey parvardigoro, mening qari-qartang ota-onam hamda bir necha go‘dak bolalarim bo‘lib, ularni boqmoq uchun qo‘ychibonlik qilar erdim. Ularning huzuriga qaytgach, qo‘ylarni sog‘ib, sutini bolalarimdan avval ota-onamga berar erdim. (Kunlardan bir kun) qo‘ylarni uzoqroq yaylovga haydab ketgan erdim, qaytgunimcha ota-onam uxlab qolishibdi. Odatdagidek qo‘ylarni sog‘ib, sutini ota-onamning huzurlariga olib bordimu, uyg‘otishga botina olmay boshlarida turib qoldim. Bolalarim ersa (sut so‘rab) oyoqlarim ostida talninib yiglashar erdi. Shu ahvolda bolalarim birlan tong ottirdik. Ey parvardigoro, agar bilsang, bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim, bizga g‘orning og‘zini biroz ochg‘il, toki biz u orqali osmonni ko‘raylik!» — deb iltijo qildi. Shunda Olloh taolo g‘orning og‘zini biroz ochdi, ular osmonni ko‘rdilar. Ularning ikkinchisi: «Ey parvardigoro, amakimning bir qizi bo‘lib, uni men ayollarni yaxshi ko‘radirgan erkaklardan ham ortiqroq yaxshi ko‘rar erdim. Unga sovchi qo‘yganimda yuz dinor bermagunimcha tegishga rozi bo‘lmadi. Bir amallab yuz dinor to‘pladimda, uning oldiga bordim. O’zimni oyoqlari orasiga olganimda u menga: «Ey Abdulloh, Ollohdan qo‘rqg‘il, muhrni halollik birlan ochg‘il!» — deb erdi, men o‘rnimdan turib undan nari ketdim. Ey parvardigoro, agar bilsang, men bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim, (g‘orning) og‘zini bizga {kattaroq) ochib berg‘il!» — dedi. Olloh taolo (g‘orning) og‘zini (kattaroq qilib) ochdi. Ularning uchinchisi: «Ey parvardigoro, bir kishini bir farq (6 ratl, ratl — 449,28 gr) guruchga yollab erdim, ish tugagach: «Haqimni ber!» — dedi. Men haqini berib erdim, olmay tashlab ketdi. Keyin, men o‘sha guruchni ekib, hosilini sotdimda, puliga bir sigir va boqish uchun xizmatkor xarid qildim. (Bir kuni) u oldimga kelib: «Olloh taolodam qo‘rqg‘il, menga zulm qilmag‘il, mening (o‘shal) haqimni berg‘il!» — dedi. Men unga: «Bor, anavi sigir birlan uning boquvchisini ham ola qolg‘il!» — dedim. U menga: «Ollohdar qo‘rqg‘il, meni mazax qilmagil!»—dedi. Men ungag «Men seni mazax qilayotganim yo‘q, anavi sigir birlan uniqg boquvchisini ham olg‘il» — dedim. Shundan so‘ng u aytganlarimni olib chiqib ketdi. E parvardigoro, agar bilsang, men bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim, g‘orning og‘zini butunlay ochgIl!»—deb iltijo qildi Ollrh taolo g‘orning og‘zini butunlay ochdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:27:27
6-bob. Ota-onaga oqqlik (itoatsizlik) qilmoq gunohi azimlardandir

Ibn Amr buni Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan eshitgan erkanlar.

 Mug‘iyra riviyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alaihi va sallam: «Olloh taolo sizlarga onalaringizga oqqlik qilmoqni harom qilib, mumsik bo‘lmoqni hamda gudak qizlarni tiriklayin yerga ko‘mmoqni (islomdan avval shunday odat bo‘lgan) man’ qildi, shuningdek mish-mish gaplar tarqatmoq, ko‘p savol bermoq va mol-dunyoni behuda sarf qilmoqni makruh qildi»,— dedilar». 

Abdurrahmon Ibn Abu Bakra otalaridan niql qilidilir, ul kishi bunday degan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eng katta gunohi azimlar haqida sizlarga aytaymi?» —dedilar. Byz: «Ha, yo Rasulalloh!» — dedik. Janob Rasululloh: «Ollohga shirk keltirmoq va ota-onaga oqqlik (itoatsizlik) qilmoq»,— dedilar. So‘ng, yonboshlab yotgan erdilar, o‘rinlaridan turib o‘tirib oldilarda: «Tuhmat qilmoq va yolg‘on guvohlik bermoq eng katta gunohi azimlardan ermasmi?! Tuhmat qilmoq va yolg‘on guvohlik bermoq eng katta gunohi azimlardan ermasmi?!» — deb takrortakror ayta boshladilar, hatto men ul zot (hali-beri) jim bo‘lmasalar kerak deb o‘yladim».

Ubaydulloh ibn Abu Bakr rivoyat qiladilar: «Men Anas ibn Molikdan eshitdimki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam gunohi azimlar haqida gapiribdilar yokim odamlar o‘zlari Janob Rasulullohdan gunohi azimlar to‘g‘risida so‘rashibdi. Shunda payg‘ambarimiz alayhissalom: «Olloh taologa shirk keltirmoq, o‘z-o‘zini o‘ldirmoq va ota-onaga oqqlik (itoatsizlik) qilmoq»,— debdilar. Keyin, yana: «Eng katta gunohi azimlar haqida sizlarga aytaymi? Bu — tuhmat qilmoqdir!» — deb qo‘shib qo‘yibdilar. Ul zot: «Yolgon guvohlik bermoqdir!» —deb aytgan bo‘lishlari ham , mumkin. (Chunkim, Shu’ba: «Ul kishi: «Yolg‘on guvohlik bermoqdir!»—degan bo‘lishlari kerak deb o‘ylayman»,— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:28:34
7-bob. Mushrik ota-onaga muruvvat qilmoq haqida

Asmo binti Abu Bakr raziyallohu anho rivoyat qiladilir: Rsululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida onam meni sog‘inib kelgan erdilar, men Janob Rasulullohga: «Onamga muruvvat ko‘rsataymi?» — dedim (chunkim, onasi mushrik edi). Janob Rasululloh: «Ha, albatta!» — dedilar».

Ibn Uyayna: «Olloh taolo bu haqda «Olloh taolo din xususida siz birlan urush qilmaganlarga muruvvat qilmog‘ingizni ta’qiqlamaydi» degan oyati kariymasini nozil qildi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:28:56
8-bob. Eri bor ayolning o‘z onasiga muruvvat ko‘rsatmog‘i haqida

Asmo binti Abu Bakr rivoyat qiladilar: «Onam mushriklar birlan musulmonlar o‘rtasida sulh tuzilgan davrda U(meni ko‘rgani) keldilar. Onam mushrika bo‘lib, (hanuz islomga kirmagan erdilar).O’sha paytda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan onamning otasi (ya’ni, bobom) o‘zaro shartnoma tuzishgan erdi. Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Onam meni sog‘inib kelibdilar, muruvvat ko‘rsataymi, nima deysiz?»—dedim. Janob Rasululloh «Ha, onangga muruvvat qil!»— deb javob qildilar».

Abdulloh ibn Abbos ryvoyat qiladilar: «Abu Sufyonning menga bergan xabariga ko‘ra, Hirgal unga odam yuborib o‘z huzuriga chorlabdida: «U (ya’ni, Nabiy sallallohu alayhi va sallam) sizlarni nimalar qilmoqqa buyuradi!»—-deb so‘rabdi Shunda Abu Sufyon: «U bizni namoz o‘qimoqqa, sadaqa bermoqqa. iffatli bo‘lmoqqa va muruvvat ko‘rsatmoqqa buyuradi deb aytibdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:29:09
9-bob. Mushrik ukaga muruvvat ko‘rsatmoq haqida

Abdulloh ibn Dinor rivoyat qiladilar: «Ibn Umardan eshitdimki, Hazrat Umar yo‘l-yo‘l (ipak) matodam qilingan hulla sotishayotganini ko‘rib, Rasululloh oallallohu alayhi va sallamga uni sotib olib, jum’a kunlari va mehmon kelganda kiymoqni taklif qilibdilar. Janob Rasululloh: «Buni oxiratda nasibasi bo‘lmaganlar kiygaydir»,—deb aytibdilar. Bir kuni Janob Rasulullohga ana shunday hullalardan bir qanchasini tuhfa qilib keltiribdilar. Ul zot hullalardan birini Hazrat Umarga tortiq qilib berib yuboribdilar. Hazrat Umar kelib: «Yo Rasululloh, ilgari bu hulla haqida o‘zingiz gapirgan edingiz-ku, men buni qanday kiymog‘im mumkin?!»—debdilar. Janob Rasulullil,: «Men buni o‘zing kiy deb berganim yo‘q, sotib yokim birovga kiydirib yubor, deb bergan erdim»,— deb aytibdilar. Shundan so‘ng, Haerat Umar hullani hali islom diniga kirmagan makkalik ukalariga berib yuboribdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:29:26
10-bob. Qarindoshlarga muruvvat ko‘rsatmoqning fazilatlari xususida

Musi ibn Taloda Abu Ayyubdan naql qiladilar: «Bir odam. «Yo Rasulalloh, menga shunday bir amal o‘rgatingkim, uni qilib men jannatga kirayin!» — degan erkan».
 
Abu Ayyub al-Ansoriy rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Mening jannatga kirmog‘imga sabab bo‘ladirgan amallar haqida so‘ylab bersangiz!» — dedi. Shunda qavm: «Uning nima ishi bor erkan, uning nima ishi bor erkan?» — deya qiziqib so‘rashdi Janob Rasululloh: «Bir zarurat birlan kelibdir»,— deb qo‘ydilar. So‘ng: «(Jannatga kirmog‘ing uchun) Olloh taologa hech narsani shirk keltirmay ibodat qilmog‘ing, namoz o‘qimog‘ing zakot bermog‘ing va qarindoshlaringga muruvvat ko‘rsatmog‘ing darkor»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:29:38
11-bob. Qarindoshlariga beoqibat kishining gunohi haqida

Jubayr Ibn Mut’im Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Qarindoshlariga oqibatsiz odam jadvatga kirmag‘aydir» deganlarini eshitgan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:29:52
12-bob. Qarindoshlariga mehr-oqibatli odamning rizqi ulug bo‘lmog‘i haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Kimki rizqim ulug‘, umrim uzoq bo‘lsin desa, qarindoshurug‘lariga mehr-oqibatli bo‘lsin!» deganlarini eshitganmen»,— deydilar.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki rizqim ulug‘, umrim uzoq bo‘lsin desa, qarindosh urug‘lariga mehr-oqibatli bo‘lsin!»—deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:31:04
13-bob. Kimki qarindoshuruglariga mehr-oqibatli bo‘lsa, Olloh taolo ham unga mehr-oqibatli bo‘ladi!

Abu Ho‘rayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam burday dedilar: «Olloh taolo odamni yaratib bo‘lgach, rahm (bachadon) o‘nga: «Qon-qarindoshlik aloqalarining uzulmog‘idan asra-mog‘ingni tilaydirganning joyi hali shu bo‘ldimi?!» — dedi. Olloh taolo: «Ha, shunday! Ammo, agar men qon-qarindoshlik munosabatlarini mustahhamlaganlarni yarlaqasamu, uni uzganlardan ersa rahmatimni darig‘ tutsam, rozi bo‘lg‘aymisan?» — dedi. Rahm: «Ha, yo rabbiy, rozidurmen!» — dedi. Olloh taolo: «Seni deb shunday qilg‘umdir!» — dedi».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Rahm (so‘zi) rahmon (so‘zi). birlan uzviy bog‘likdir. Olloh taolo: «Kimki qon-qarindoshlik munosabatlarini mustahhamlag‘aydir, men uni rahmatimg‘a muyassar qilg‘aydirmen va kimki qon-qarindoshlik munosabatlarini uzg‘aydir,- men undan rahma-timni darig‘ tutg‘aydirmen» — deydi»,— deganlar».

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari bo‘lmish Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Janob Rasululloh -«Rahm (so‘zi rahmon so‘zi birlan) uzviy bog‘likdir. Kimki uni (ya’ni, qon-qarindoshlikni) mustahhamlag‘aydir, shafoatimg‘a muyassar bo‘lg‘aydir va, kimki uni uzgaydir, shafoatimdan benasib qolg‘aydir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:33:10
14-bob. Qon-qardoshlik rishtasi ila bog‘lamok haqida

Amr ibn al-Os bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ubayning ahlu ayoli menga yaqin kishilar ermas, ular Ollohga yaqin va eng solih mo‘min bandalardir Lekin, men ular o‘rtasidagi munosabatlarni qon-qarindoshlik rishtasi ila bog‘lagumdir!» — deb hech yashiomay. oshkora aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:33:38
15-bob. Qarindoshlariga oqibatsiz kishi qarindosh ermas!

Abu Sufyon rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qarindoshlariga oqibat qilmaydirgan odam qarindosh ermas, balki uzilib qolgan qarindoshlik aloqalarini tiklovchi odamgina qarindoshdir!» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:33:56
16-bob. Mushrikligida qarindoshlariga oqibatli bo‘lgan hamda keyinchalik islomni qabul qilgan odam haqida

Hakim ibn Xizom rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh mening johiliyat davrida qilg‘on xayrli ishlarim xususida ne dersiz? Men qarindoshlarimg‘a oqibat qilg‘ondirmen, qul ozod etgondirmen va sadaqalar berg‘ondirmen. Alardin menga biror savob tekg‘aymi?» — dedim. Janob Rasululloh: «O’sha qilg‘on xayrli yumushlaring ustiga musulmon ham bo‘lding» — deb javob qildilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:34:19
17-bob. O’zi bilan begona qizchaning o‘ynashmog‘iga qo‘yib bergan yokim uni o‘pgan yokim u bilan hazil-huzil qilgan kishi xususida

Umma Xolid binti Xolid ibn Sa’id rivoyat qiladilar: «Otam birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Huzurlariga keldim. Egnimga sariq ko‘ylak kiyib olgan erdim Rasululloh, sallallohu alayhi va sallam: «Sanah, — dedilar. (Abdulloh: «Bu — habashchasiga chiroyli degani», deydilar). Keyin, men borib Janob Rasulullohning (ikki kuraklari orasidagi) Payg‘ambarlik muhrini o‘ynay boshlagan erdim, otam urishib berdilar. Shunda Janob Rasululloh otamga: «Qo‘ya beringiz, o‘ynay bersin!».— dedilar. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «(Ko‘ylagingni) rosa yirtib-yirtib, eskirtirib-eskirtirib kiyg‘il!» — deb aytdilar». Abdulloh: «Keyin bu haqda uzoq vaqt eslab gapirib yurishdi».— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:35:38
18-bob. Bolaga rahmdillik qilmoq, uni o‘pib quchoqlamoq haqida

Sobit Anasdan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ibrohimni qo‘llariga olib o‘pdilar, hidladilar».

Ibn Abu Nu’m rivoyat qiladilar: «Men bir kishining Ibn Umardan chivinning xuni haqida so‘raganining guvohi bo‘ldim. Ibn Umar undan: «Qaerliksan?» — deb so‘radilar. U: «Iroqlikman»,— dedi. Ibn Umar: «Manavi odamni qaranglar, mendan chivinning xuni haqida so‘rayotir! Vaholanki, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning o‘g‘illaridan birini o‘ldirishganda, ul zotning «Ular ikkisi bu dunyodan (jannatga rihlat etgan) ikki dasta rayhonlarim erdi!» deganlarini eshitganmen»,— deb aytdilar» («Ular ikkisi» — deganlarida vafot etgan ikki o‘g‘illarini nazarda tutyaptilar).

Nabiy sallallohu alayui va sallamning jufti halollari bo‘lmish Oisha onamiz Urva ibn az-Zubayrga bunday deb aytgan erkanlar: «Bir ayol ikki qizalog‘ini yetaklagan holda huzurimga tilamchilik qilib keldi. Uyoq-buyoqni qarab bir dona xurmodam bo‘lak hech narsa topolmadim. O’sha xurmoni unga berib erdim, o‘zi yemay ikki qizalog‘iga bo‘lib berdi. So‘ng, o‘rnidan turib chiqib ketdi. Shu asnoda Nabiy sallallohu alayhi va sallam kirib kelgan erdilar, bo‘lgan voqeani aytib berdim. Janob Rasululloh: «Kimki ana shunday qizaloqlarga muruvvat qo‘lini cho‘zg‘aydir, ular uni do‘zax otashidan parda bo‘lib to‘sib turg‘aydirlar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:35:57
Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Umoma binti Abu-al-Osni yelkalariga mindirib olganlaricha bizning huzurimizga chiqib keldilarda, namoz o‘qidilar. Ruku’ qilganlarida uni yelkalaridan tushirib qo‘yar, qiyomga turganlarida ersa yana mindirib olar erdilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hazrat Alining o‘g‘illari —Hasanni o‘pdilar. Shunda o‘sha yerda o‘ltirgan Aqra’ ibn Hobis attaymiy: «Mening o‘nta bolam bor, ularning brortasini ham o‘pmagandirmen»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga bir nigoh tashlab qo‘ydilarda, so‘ng: «Kim mehribonlik qilmas erkan, mehribonlik ko‘rmag‘aydir!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:37:13
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Bir a’robiy (badaviy) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Sizlar bolalarni o‘par erkansizlar, bizlar ersak o‘pmag‘aymiz»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi za sallam unga javoban: «Olloh taolo qalbingdan rahm-shafqatni sug‘urib olgan bo‘lsa, qandayin men uni bag‘rimga olgum?!» — deb aydilar».

Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bir qancha ayollarni olib keldilar. Ularning ichida bir ayol ham bo‘lib, o‘z oralaridan biror go‘dakni topib olsa darhol uni bag‘riga bosib emizar erdi. Janob Rasululloh (buni ko‘rib) bizga. «Nima deysizlar, anavi ayol o‘z bolasini o‘tga tashlay olg‘aymi?» — dedilar. Biz: «Yo‘q, aslo, tashlay olmas!» — dedik. Shunda Janob Rasululloh: «Olloh taolo o‘z bandalariga bolasiga mehribonchilik qilayotgan manavi ayoldan ham mehribonroqdir!»— dedilar» (Insonki, o‘z bolasini o‘tga tashlay olmas erkan, Olloh taologa ham o‘z bandasini do‘zax o‘tiga tashlamoqlik mushkuldir!)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:38:45
19-bob. Olloh taolo o‘z rahmatini yuz bo‘lak qilib yaratganligi haqida

Abu Hurayra: «Rasululloh sallalloho‘ alayhi va sallamning shunday deganlariny eshitganmen»,— deydilar: «Olloh taolo o‘z rahmatini yuz bo‘lak qilib yaratib to‘qson to‘qqiz bo‘laginingzida olib qoldi. Uning bir bo‘laginigina yerga nozil qildi. Olloh taoloning yerga nozil ilgan anna shu bir bo‘lak raxmati tufayli butun borlik o‘zaro rahmdillik-qilg‘aydir. Hattoki ot ham o‘z bolasini mayib qilib qo‘yishdan o‘chib tuyoqlarini yehtiyotkorona ko‘garyb bosg‘aydir» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:40:08
20-bob. Ovqatimga sherik bo‘lmasaydi deb o‘z bolasini o‘ldirmoq xususida

Abdulloh rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, eng og‘ir gunoh qaysidir?» — deb so‘radim. Janob Rasululloh: O’zingni yaratgan Ollohga shirk keltirmoq»,— dedilar. «Keyin qaysidir»—dedim. Janob Rasululloh: «Ovqatimga sherik bo‘lmasaydi deb o‘z bolangni o‘ldirmog‘ing»,—dedilar. «Keyin qaysidir?»—dedim. Janob Rasululloh: Qo‘shningning jufti haloli birlan zino qilmog‘ing»,—dedilar. Olloh taolo Nabiy sallallohu alayhi vasallamning so‘zlarini tasdiqlab quyidagi oyati kariymasini nozil qildi: ...va-l-laziyna lo yad’uuna ma’a-llohiilohan oxara...» («...Ollohdan o‘zga tangriga ibodat qilmaydirganlar...»).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:41:49
21-bob. O’g‘il bolani tizza ustiga o‘tqizmoq haqida

Oisha onamiz bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tanglayini ko‘tarib qo‘ymoq maqsadida bir o‘g‘il bolani tizzalariga o‘tqizib erdilar, siyib qo‘ydi. Shunda suv oldirib keltirib, siydik ustidan quyib yubordilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:42:04
22-bob. O’g‘il bolani son ustiga o‘tqizmoq haqida

Usoma ibn Zayd rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni olib bir sonlariga, Hasanni ersa ikkinchi sonlariga o‘tqazib qo‘yar erdilar. So‘ng, ikkalamizni bag‘rlariga bosib: «Yo parvardigoro, ikkalasidan ham rahmatingni darig‘ tutma, men ham ularni shafoat qilg‘aymen!» —der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:44:44
23-bob. Ahdga vafo qilmoq iymondandir!

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Xadichaga rashk qilganimdek hech bir ayolga rashk qilgan ermasmen, Xadicha Janob Rasululloh menga uylanmaslaridan uch yil burun vafot etgan bo‘lib, har safar u haqda eslaganlarida rashkim kelur erdi. Olloh taolo jannatda Xadichaga atab, shakar qamish yanglig‘ gavhar naychalaridan bir muhtasham uy qurib qo‘yilgani haqida bashorat qilmoqni Janob Rasulullohga buyurdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘y so‘yib, uning xotirasiga qurbonlik qilib yuborganlarida erdi!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:45:25
24-bob. Yetim boqqan odamning fazilati

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men va yetimning kafilini olgan odam ikkimiz jannatda yonma-yon yashaymiz»—deb ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juft qilib ko‘rsatdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:46:13
25-bob. Tul xotinning xizmatini qilg‘uvchi haqida

Safvon ibn Salim rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Tul xotin birlan miskinning xizmatini ado etg‘uvchi odam Olloh taolo yo‘lida jihod qilg‘uvchi yokim kunduzlari ro‘za tutib, kechalari ibodat qilib chiqg‘uvchi odam yanglig‘dir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:46:47
26-bob. Miskinning haqida xizmatini qilg‘uvchi odam

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tul xotin birlan miskinning xizmatini ado etg‘uvchi odam Olloh taolo yo‘lida jihod qilg‘uvchi odam yanglig‘dir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:47:30
27-bob. Insonlarning hayvonlarga rahmdillik qilmog‘i haqida

Molik ibn al-Huvayris bunday deydilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldik barchamiz tengqur yigitlar erdik. Sho‘nda biz ul zotning dargohlarida yigirma kecha turib qoldik. Janob Rasululloh bizni ahlu ayolini sog‘inib qolgandir deb o‘ylab, uyimizda kimlarni qoldirib kelganimiz haqida so‘radilar. Biz kimlarni tashlab kelganimizni aytdik. Janob Rasululloh nozik ta’b, mehribon odam erdilar, bizga: «Bola-chaqalaringiz oldiga qaytingiz, ularga (islom amallarini) o‘rgatingiz, va (o‘rgatganlaringizni ado etmoqlarini) buyuringiz va men o‘qiganim kabi namoz o‘qingiz. Namoz vaqti bo‘lsa, biringiz azon aytingiz, oralaringizda yoshi kattaniz ersa imomlik qilsin!» — dedilar»

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bir odam yo‘lda ketayotgan erdi chanqab qoldi, bir quduqni topdida, ichiga tushib suv ichdi. Keyin, quduqdan chyqib erdi, bir itning chanqoqdan harsillab tufroqning namini yalayotganini ko‘rdi. Shunda u o‘ziga-o‘zi «Bu it ham mening singari chanqab qolibdi» deya quduqqa qaytib tushib, mahsisining qo‘njida suv olib chiqdida itga ichirdi. Olloh taolo (hayvonga qilgan mehribonchiligi uchun) undan minnatdor bo‘lib, gunohlarini afv qildi». Odamlar: «Yo Rasulalloh, bizga Hayvonlardan savob tegadirmi?» — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Har bir tirik jondan sizlarga savob tekkusidir!» — deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:48:16
Abu Hurayra rivoyaat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qimoqqa turdilar, biz ham turdik. Bir a’robiy namoz o‘qiyotib: «Yo parvardigoro, men birlan Muhammaddan rahmatingni darig‘ tutmag‘il, biz birlan turgan bo‘lak hech bir kishiga rahm qilmag‘il!» — deb yubordi. Janob Rasululloh ikki yelkalariga salom berganlaridan so‘ng, a’robiyga: «Barchaga barobar tilak qilmay turib, Ollohning rahmatiga erishmoqchimisen?!» — dedilar».

Nu’mon ibn Bashir bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘minlarni o‘zaro rahmdillik do‘stlik va hamdardlik qilmoqlikda bir a’zosi og‘risa, qolgan barcha a’zolari birgalikda uni himoya qilib darddan xalos bo‘lmog‘iga ko‘maklashguvchi bir tana yanglig‘ deb bilg‘il!» — dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Biror musulmon daraxt ekkan ersa-yu, uning mevasidin o‘zga odamlar yokim hayvonlar tanovul qilg‘on ersa, unga sadaqa berganlik savobi yozilg‘usidir!» — deb aytdilar». Jarir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim rahmdillik qilmas erkan, rahmdillik ko‘rmag‘ay!—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Fevral 2009, 16:49:28
28-bob. Qo‘shnisiga vasiylik qilmoq xususida

Olloh taolo: «Olloh taologa ibodat qiling, unga shirk keltirmang va ota-onaga ehson qiling...»—deydi.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Hazrat Jabroil alayhissalom qo‘shniga vasiylik qilmoq haqida shu qadar ko‘p ta’kidladilarki, hatto men qo‘shni qo‘shnidan meros olarmikan, degan xayolga bordim» — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 01:50:44
29-bob. Kimki qo‘shnisini falokatlardan himoya qilmay, halokat girdobiga tashlab qo‘yar erkan, o‘zi ham ana shunday bee’tibor qolib, halokatga uchrag‘usidir!

Abu Shurayh rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo haqi, iymonsizdir, Olloh taolo haqi, iymonsizdir, Olloh taolo haqi, iymonsizdir!» — deb erdilar, odamlar: «Yo Rasulalloh, kim iymonsizdir?». — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Qo‘shnisini falokatlardan himoya qilmaydirgan odam»,— deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 01:51:07
30-bob. Qo‘shnini qo‘shniga yomonlamangiz!

Abu Hurayra bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey muslima ayollar, garchi o‘rtangizda bir qo‘yni talashib qolgan bo‘lsangiz ham, hargiz qo‘shnini qo‘shniga yomonlamangiz!»—deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 01:51:30
31-bob. Ollohga va oxiratga ishongan inson qo‘shnisiga ozor bermaydi!

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: « Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohga va oxirat kuniga ishongan odam qo‘shnisiga ozor bermag‘aydir. Ollohga va oxirat kuniga ishongan odam mehmonini izzat-ikrom qilsin, Ollohga va oxirat kuniga ishongan odam yaxshi gaplarni aytsin yokim jim o‘ltirsin!» — dedilar».

Abu Shurayz al-Adaviy: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning quyidagi gaplarni aytayotganlarini ikki qulog‘im bilan eshitib, ikki ko‘zim ila ko‘rgandirmen»,— dedilar: «Kimki Ollohga va oxirat kuniga ishonsa, qo‘shnisini izzat-ikrom qilsin, kimki Ollohga va oxirat kuniga ishonsa, mehmonini izzat-ikrom qilib, mukofotini bersin!»—dedilar. «Yo Rasulalloh, mukofot nimadir?» —deyishdi Janob Rasululloh: «Uch kecha-kunduz izzat-ikrom ila ziyofat qilmoqdir, bundan ortig‘i uning uchun sadaqa bo‘lgaydir. Kimki Ollohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshi gaplarni aytsin yokim jim o‘ltirsin!» — deb javob qildilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 01:52:02
32-bob. Qo‘ni-qo‘shnichilik haqi eshiklarning bir-biriga yaqinligidadir!

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, Mening ikki qo‘shnim bordir, ularning qaysi biriga tuhfalar kirgizib turayin?» — dedim. Janob Rasululloh: «Eshigi eshigingga yaqiniga»,—deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 01:54:07
33-bob. Har bir ezgu amal sadaqadir!

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir ezgu amal sadaqadir!» — dedilar».

Sa’di ibn Abu Burda o‘z ota-bobolaridan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Har bir musulmon sadaqa bermog‘i lozimdir»,— deb aytdilar. Shunda qavamlar «Agar sadaqa qilgulik narsa topolmasachi?» — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: qo‘llari birlan mehnat qilib o‘zi ham manfvatlansin sadaqa ham bersin!» —dedilar. Odamlar: «Agar ishlashga qurbi kelmasa yokim ishlamasa ne qilg‘ay?»—deyishdi. Janob Rasululloh: «Nochor va hojatmand kishilarga madad bersin!» — dedilar. Odamlar «Bunga ham qodir bo‘lmasachi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Boshqalarni yaxshilikka chorlasin!»—dedlar. Odamlar: «Bunga ham qodir bo‘lmasachi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Yomonlikdan o‘zini tiysin, o‘sha uning uchud sadaqadir!»—deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 01:54:30
34-bob. Shirinso‘z odam haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shirin so‘z — sadaqadir!» — deganlar»,— deydilar.

Adiy ibn Hotim rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alalyhi va sallam do‘zax haqida eslar erkanlar, yuzlarini o‘tdan pana qilgandek harakat qilib: «A’uzu billohi» — deb qo‘ydilar. So‘ng yana do‘zax haqida gapirib, yuzlarini o‘tdan pana qilgandek harakat qildilarda: «A’uzu billohi»,— dedilar (Shu’ba: Ikki marta shunday qilganlariga shubham yo‘qdir»,— deydilar). Keyin: «Yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zax otashidan saqlangiz agar shuni ham topolmasangiz, odamlarga shirin so‘z aytinglar! —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 01:54:51
35-bob. Barcha ishda xushmuomalalik darkorligi haqida

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari.—Oisha raziyallohu anho Urva ibn az-Zubayrga bunday deb aiytib bergan erkinlar: «Bir to‘da yahudiylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirib: «As-Somu alaykum!» (ya’ni, «Sizga o‘lim!»)—dedi. Men ularning gapini anglab: «Va alaykumu-s-somu va-l-la’na!» (ya’ni, «Sizga ham o‘lim va la’nat!») — dedim. Janob Rasululloh: «Yo Oisha, shoshmay turg‘il! Olloh taolo barcha ishda xushmuomalalikka yoqtirg‘aydir»,— dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, ularning nima deganini eshitmay qolding— dedim. Janob Rasululloh: «Sizlarga ham, dedim-ku, axir!»—dedilar».

Anas ibn Molik bunday deydilar: «Bir badaviy masjidga siydi. Odamlar uni koyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qo‘yingiz, xalal bermangiz!» — dedilar. Keyin, bir chelak suv olib keltirib, siydik ustidan quydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 01:55:21
36-bob. Mo‘minlarning bir-birlariga ko‘maklashmoqlari (lozimligi) haqida

Abu Muso (al-Ash’ariy) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘min mo‘min uchun bir-birini suyab turgan ikki bino yanglig‘ (bo‘lmog‘i lozim)!» — deb barmoqlarini chalishtirib (ko‘rsatdilar)».

Nabiy sallallohu alayhi va sallam (uyda) o‘ltirgan erdilar, bir kishi kirib kelib, nimanidir so‘rab iltimos qildi. Janob Rasululloh bizga o‘girilib qaradilarda: «Ko‘mak qilingiz, savobga qolg‘aysiz! Olloh taolo o‘z rasulining tilidan uning istagan narsasini ayttirib, hojatini chiqarg‘aydir!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 01:57:29
37-bob.

Olloh taolo: «Yaxshilikka ko‘mak bergan kishi yaxshi nasiba olg‘usidir, yomonlikka ko‘mak bergan kishi yomon nasiba olg‘usidir! Olloh hamma narsaga qodirdir!» — deydi.

Abu Muso rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam, agar biror gado yokim hojatmand kishi huzurlariga kirib kelsa: «Ko‘mak qilingiz, savob topg‘aysiz! Olloh taolo o‘z rasulining tilidan uning istagan narsasini ayttirib, hojatini chiqarg‘aydir!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 02:01:12
38-bob.

Nabiy sallallohu alayhi va sallam badxulq ham, shaloqso‘z ham ermas erdilar.

Masruq bunday deydilar: «Abdulloh ibn Amr Muoviya birlan Kufaga kelganida huzuriga kirdik. Shunda u Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni eslab: «Ul zot badxulq ham, shaloqso‘z ham ermas erdilar»,— dedi. Keyin, yana «Oralaringizda eng yaxshingiz — xulqi yaxshingizdir!» — degan erdilar»,— dedi».

Abdulloh ibn Abu Mulayka Oisha raziyallohu anhodam naql qiladilar: «Bir to‘da yahudiylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xuzurlariga kelib: «As-Somu alaykum!» — dedi. Oisha: «(Va) alaykum (us-somu) va la’natullohi va g‘azab ullohi alaykum!» — deb javob qildilar (ya’ni, «Sizga ham o‘lim, va buning ustiga sizga Ollohning la’nati hamda g‘azabi bo‘lsin!»). Janob Rasululloh «Shoshmag‘il, yo Oisha, xushmuomala bo‘lg‘il, senga qo‘pollik va badxulqlik yarashmaydi!» — dedilar. Oisha: «Ularning nima deganini anglamay qoldingiz shekilli?»—dedilar. Janob Rasululloh: «Men ularga nima deb javob qilganimni eshitmadingmi? Ularning menga aytgan qarg‘ishi mustajob bo‘lmag‘ay, bilaks mening ularga aytgan qarg‘ishim mustajob bo‘lg‘ay!» — dedilar».

Anas ibn Molik bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam so‘kong‘ich ham, badxulq ham, qarg‘ovchan ham ermas erdilar. Birortamizga tanbeh bermoqchi bo‘lsalar: «Peshonang turpoqqa tekkur!» — der erdilar».

Urva ryziyallohu anho Oisha onamizdan naql qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirmoq uchun ruxsat so‘radi. Janob Rasululloh uni ko‘rgach: «Bu odam— qabilaning yomon birodari, bu odam — qabilaning yomon farzandi!» — dedilar. So‘ng, boyagi kishr kelib o‘ltirgach, Janob Rasululloh unga ochiq chehra bilan yuzlandilar. U chiqib ketgach, Oisha: «Yo Rasulalloh, uni ko‘rishingiz bilanoq qo‘pol gaplarni aytdingiz, keyin ersa ochiq chehra bilan yuzlandingiz?!»—dedilar. Janob Rasululloh: «Yo Oisha, qachon mening badxulq bo‘lganimni ko‘rgansan?! Qiyomat kuni Olloh nazdida eng yomon banda —odamlar yomonligidan hazar qilib qochadigan kishidir»,—dedilar (Mantiq: odamlar yomonligidan hazar qilib qochadigan kishilar toifasiga kirib qolmaslik uchun o‘shanday toifadagi kishiga ham yaxshi muomala qilmoq lozim bo‘ladi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 02:03:33
39-bob. Xushxulq va saxovat haqida hamda baxillikning makruhligi xususida

Ibn Abbos: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam eng saxiy odam erdilar, u kishining saxovatlari ramazon oyida bo‘ladirgan saxovatdan ham ortiq erdi»,—deydilar.

Abu Zarrga Nabiy sallallohu alayhi sallamning yo‘lga chiqadirgan joylarining qaerdaligini aytishgach, ukasiga (yokim akasiga): «Ulovga minib o‘sha vodiyga borg‘ilda, ul zotning gaplarini eshitib, bilib kel!» — dedi. U qaytib kelib: «Ul zotni ko‘rdim, odamlarga ulug‘vor axloqli bo‘lmoqni amr qilayotgan erkanlar»,— dedi».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam eng yaxshi, eng saxiy va eng shijoatli odam erdilar. Bir kuni Madina axli (dushman hujunidan) xavotir bo‘lib tovush kelayotgan tomonga qarab yo‘l oldi. Ularni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qarshi oldilar, (chunkim) hammadan oldin o‘sha tovush kelgan tomonga yetib borgan erdilar. «Qo‘rqmangizlar, qo‘rqmangizlar!»—dedilar Janob Rasululloh. Ul zot Abu Talhaning otini yaydoq minib, bo‘yinlariga qilich osib olgan erdilar, otni maqtab: «Bu bamisoli dengizdek erkan!» —deb qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 02:04:04
Jobir rivoyaat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan nimayki so‘rashmasin, hech qachon yo‘q demas erdilar».

Masruq rivoyat qiladilar: «Bir kuni biz Abdulloh ibn Amr birlan birga o‘ltirgan erdik bunday dedi: «Nabiy sallallolu alayhi va sallam badxulq ham, shaloqso‘z ham ermas erdilar, ul zot: «Oralaringizda eng yaxshingiz — xulqi yaxshingizdir!»—-der erdilar».

Abu Hozim Sahl ibn Sa’ddan naql qiladilar: «Bir ayol Nabiy sallallohu alayhi va sallamga burda (kiyim) olib keldi Sahl qavmga: «Burda qanday kiyim erkanligin bilurmisiz» — dedi. Qavm: «Bu — shamladir»,— deb javob qildi Sahl: «Bu — chetiga jiyak solib to‘qilgan shamladir»,— dedi. Boyagi ayol: «Yo Rasulalloh, buni sizga kiygizaman»,— dedi. Janob Rasululloh burdaga muhtojliklari bo‘lgani uchun olib kiydilar. Bir sahoba ko‘rib: «Yo Rasululloh biram chiroyli erkan, menga kiygiza qoling!» — dedi Janob Rasululloh «Xo‘p bo‘ladi!» — dedilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib ketgach, boyagi kishini sahobalar: «Yaxshi ish qilmading, vaholanki Janob Rasululloh burdani o‘zlariga kerak bo‘lgani uchun olib erdilar. Sen ersang, Janob Rasulullohning birov narsa so‘rasa, yo‘q demasliklarini bila turib so‘rading!»— deb koyishdi. U: «Men Janob Rasululloh burdani kiyib tabarruk qilib bersinlar deb erdim, uni o‘zimga kafanlikka olib qo‘ymoqchiman»,—dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 02:04:31
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Kelajakda) umr (vaqt) tez o‘tadirgan bo‘lib qolg‘ay, ishsizlik qo‘payg‘ay, xasislik avj olib, (saxovat o‘rtadan ko‘tarilg‘ay), harj ko‘payg‘ay»,— dedilar. Shunda: «Harj nedir?» — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh «Qotillikdir, qotillikdir»,—deb javob qildilar»

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga o‘n yil xizmat qildim. Shu davr mobaynida biror marta mendan norozi bo‘lib uf tortmaganlar, unday qilmabsan yokim bunday qilsang bo‘lmaydimi, deb aytmaganlar»—deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 02:05:02
40-bob. Erkak o‘z oilasida (uyida) qanday bo‘lmog‘i kerak?

Asvad raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Oishadan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va salam oilalarida (uylarida) ne qilg‘ay erdilar»—deb so‘radim. Oisha: «Uy-ro‘zgor yumushlari birlan band bo‘lur erdilar, namoz vaqti bo‘lsa, namozga chiqib ketur erdilar»,— deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 02:05:21
41-bob. Muhabbat Olloh taolodandir!

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo biror bandasini (qilgan amali solihlari tufayli) sevgaydir, Jabroil alayhissalomga nido qilib: «Olloh falon bandasini sevdi, sen ham uni sevgil!» — degaydir, Jabroil alayhissalom ham o‘shal bandani sevgaydirlar. So‘ng, Jabroil alayhissalom osmon ahliga nido qilib: «Olloh taolo falon bandasini sevdi, siz ham sevingiz!»— degaydirlar. Osmon ahli ham o‘shal bandani sevgaydir. Shundan so‘ng, yer ahlida unga nisbatan muhabbat paydo bo‘lg‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 02:05:40
42-bob. Ollohni deb yaxshi ko‘rmoq haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Odam toki o‘zga bir odamni faqat Ollohni deb yaxshi ko‘rmas erkan va Olloh (kufrdan) qutqargach, qayta kofir bo‘lmoqdan ko‘ra jahannam o‘tiga tashlanmoqni afzal bilmas erkan hamda Olloh va uning rasuli uning uchun barchadan mahbubroq bo‘lmas erkan, iymon halovatiga erisha olmag‘aydir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:25:51
43-bob.

Olloh taoloning «Yo ayyuho-l-laziyna omanuulo yasxar qavmun min qavmin aso an yakunuu xayran minhum...» degan qavlidan «...fauuloika humuz-zolimuuna» degan qavligacha (o‘qing!). («Ey musulmonlar, bir qavm ikkinchi bir qavmni « masxara qilmasin, ehtimol bular ulardan yaxshiroqdir...» va " «... ana shulardir zolimlar»).

Abdulloh ibn Zama riaoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odam ichidan chiqadirgan narsa(el)ga kulmoqdan qaytardilar, so‘ng: «Nechun ayrimlaringiz xotiningizni ayg‘irni urgandek urgaydir sizlar, balkim uni keyin quchoqlarsizlar ham?!»—dedilar.

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Minoda turganlarida: «Bilasizlarmi, bu kun qanday kun?»—dedilar. «Olloh va uning rasuli bilg‘aydir»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Bu kun muharram (muqaddas) kundir!»—dedilar, so‘ng: «Bilasizlarmi bu shaharning qanday shahar erkanligin?» — deb so‘radilar. «Olloh va uning rasuli bilg‘aydir»,— deb javob qilishdi. Janob Rasululloh: «Bu — muqaddas shahardir!» —dedilar, so‘ng: «Bilasizlarmi, bu oyning qanday oy erkanlig‘in?» — dyob so‘radilar. «Olloh va uning rasuli bilg‘aydir —deb javob qilishdi. Janob Rasululloh: «Bu muqaddas (muharram) oydir, chunkim Olloh taolo sizlarga mana shu oyingizdagi kuningizni va mana shu shahringizni muqaddas qilganidek bir-biringizga molu joningizni va obro‘yingizni ham muqaddas qildi»,-dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:27:02
44-bob. So‘kmoq va la’natlamoq man’ qilinganligi haqida

Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Musulmon odamning so‘kmog‘i - buzuqlik va urushmog‘i — kofirlikdir!» — dedilar».

Abu Zarr: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman»,— deydilar: «Buzuq va kofir bo‘lmagan odamni buzuq va kofir degan odamnimg o‘zi kofir va buzuqdir».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam badhulq ham, so‘kong‘ich ham ermas erdillr. Birovga tanbeh bersalar: «Peshonang tufroqqa tekkur!»—derdilar, xolos».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:27:44
Hudaybiya sulhi tuzilganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bay’at qilgan Sobit ibn Zauhok Abu Qilobaga bunday degan erkanlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki islomdan o‘zga dinni o‘rtaga qo‘yib yolg‘ondan qasam ichg‘aydir, o‘sha o‘zi aytgan dinga mansub bo‘lib qolg‘aydir. Odam bolasining o‘zi ega bo‘lmagan narsani nazr qilmog‘i durust ermas. Odam bu dunyoda o‘zini nima birlan o‘ldirgan ersa, qiyomatda unga o‘sha narsa birlan azob berilg‘aydir. Kimki mo‘minni la’natlag‘aydir yokim kofirlikda ayblag‘aydir, uni o‘ldirgan barobarida gunohga qolg‘aydir!» dedilar».

Adiy ibn Sobit Sulaymon ibn Sarddan bunday deb eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida ikki kishi o‘zaro so‘kishib qoldi. Ulardan biri shu qadar g‘azablandikim, hatto yuzlari shishib bo‘zarib ketdi. Janob Rasululloh: «Men shunday bir kalimani bilurmenkim, uni aytgan odam darhol g‘azabdin tushg‘ay»,— dedilar. Bir kishi boyagi g‘azabi ortib ketgan odamning qoshiga borib, Janob Rasulullohning «Shaytonning yomonlig‘idin Ollohdin o‘zingga panoh tila!» degan so‘zlarini yetkazgan erdi, u darrov g‘azabidin tushib: «Menga ne bo‘ldi, majnun bo‘lg‘on ko‘rinurmen?! Sen endi boraver!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:27:59
Uboda ibn as-Somit rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga Laylat ul-Qadr xususida xabar bermoq niyatida (uydan) chiqib erdilar, (yo‘lda) ikki kishi janjallashib qoldi. Shunda Janob Rasululloh «Men sizlarga Laylat ul-Qadr haqida xabar bermoq qasdida chiqib erdim, (yo‘lda) falonchi birlan pistonchining janjallashib qolg‘oni sababidin yodimdin ko‘tarilibdir. Shoyad, sizlar uchun buning oxiri baxayr bo‘lsa, Laylat ul-Qadrni 29, 2 va 25-kechalarda kutingiz!» dedilar».

Ma’rur rivoyat qiladilar: «Men Abu Zarrning ham, g‘ulomining ham burda kiyib olganini ko‘rdim. Shunda men: «Agar g‘ulomingizga boshqa kiyim berib, uning burdasini ham olib kiysangiz erdi, sizga boshdin oyoq hulla (izor va rido) bo‘lgan bo‘lur erdi»,— dedim. Abu Zarr bunday dedilar: «Men ila bir kishining o‘rtamizdan bir gap o‘tib, onasini haqorat qildim, onasi arab ermas erdi (bu ayol Hazrat Bilolning onalari bo‘lgan). U Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga shikoyat qildi. Janob Rasululloh mendan: «Falonchi birlan so‘kishib qoldingmi?» — deb so‘radilar. Men: «Ha, shunday»,— dedim. Janob Rasululloh: «Onasini haqorat qildingmi?» — dedilar. Men: «Ha, shunday»,— dedim. Janob Rasululloh: «Senda jaholatdan bor erkan!»—dedilar. Men: «Shu yoshga kirib, qarigan bo‘lsam hammi?»—dedim. Janob Rasululloh: «Ha, shunday. Ular sizlarning birodarlaringizdir, Olloh taolo ularni sizlarning qo‘lingizga topshirib qo‘yibdir. Kimniki Olloh taolo birodarining qo‘liga topshirib qo‘ygan ersa, yeganidan yedirib, kiyganidan kiydirsin, kuchi yetmagan ishga buyurmasin, gar buyurgan ersa unga o‘zi ko‘maklashsin!» deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:28:54
45-bob. Odamlar aytadigan «novcha» yokim «pakana» kabi so‘zlardan ishlatilmog‘i joiz bo‘lganlari

Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir kishini «Zulyadayn» — ikki qo‘lli yoki qo‘li uzun deganlarida uni kamsitmoqchi bo‘lmaganlar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan birga peshin namozini ikki rak’at o‘qib, salom berdilarda, o‘rinlaridan turib masjid oldidagi bir yog‘ochga borib qo‘llarini qo‘yib suyandilar. O’sha kuni namozxonlar orasida Abu Bakr va Umar ham bo‘lib, ul zotga gapirmoqqa botina olmadilar. Namozxonlar: «Namoz qisqardimi?» —deya masjiddan shoshib chiqib kela boshlashdi. Ularning orasida Janob Rasululloh «Zulyadayn» deb ataydirgan bir ko‘shto ham bor erdi. O’sha kishi: «Yo Rasulalloh, yodingizdan chiqardingizmi yohud namoz qisqardimi?»—dedi. Janob Rasululloh «Yodimdan chiqqani ham yo‘q, qisqargani :ham yo‘q!» dedilar. Zulyadayn: «Lekin, unutdingiz!» — dedi.. Janob Rasululloh: «Zulyadayn to‘g‘ri aytayotirmi?» —dedilar. (Namozxonlar: «Ha»,— deb javob berishdi). Shunda Janob Rasululloh borib ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng salom berdilar, keyin takbir aytib odatdagidek yoki undan uzoqroq sajda qildilar, so‘ng takbir aytib sajdadan boshlarini ko‘tardilar, keyin odatdagidek yokim undan uzoqroq sajda qildilar va takbir aytib sajdadan boshlarini ko‘tardilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:29:42
46-bob. G’iybatchilik haqida

Olloh taolo: «Bir-biringizni g‘iybat qilmangiz! Birortaygiz o‘lgan birodaringizning go‘shtini yeyishni xohlaysizmi? Albatta rad etasiz! Ollohdan qo‘rqingiz, Olloh, tavbalarni qabul qilg‘uvchi va rahmdildir!» — deydi.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki qabr yonidan o‘tayotib: «Ikkisi ham azoblanayotir, ammo katta gunoh uchun ermas Manavinisi siydigidan ehtiyot bo‘lmas erdi (ya’ni, tahorat ushatgach, olatining uchini poklamas erdi), bunisi ersa g‘iybatchilik birlan mashg‘ul erdi»,— dedilar. So‘ng, ho‘l novda olib keltirdilarda, uni ikkiga bo‘lib, har bir qabrga bittadan sanchib qo‘ydilar. Keyin: «Shoyad, mana shu novdalar quriguncha ularning azobi yengillashsa!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:34:08
47-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamni «Ansorlarning hovlilari ichida eng yaxshisi...» deb aytganlari haqida

Abu Usayd as-So’idiy bunday deb rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ansorlarning hovlilari ichida eng yaxshisi — Baniy Najjor hovlisidir!» deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:34:22
48-bob. Fasod va shubha ahlini g‘iybat qilmoqning joizligi haqida

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir kishi kelib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirmoqqa izn so‘rab erdi, Janob Rasululloh: «Qavmning yomon birodari (yokim, yomon o‘g‘loni)ga ruxsat beringiz!» — dedilar. U ichkariga kirgach ersa, yaxshi muomala qildilar. Men: «Yo Rasulalloh, nechun boyagi kishiga avval dag‘al so‘zlab, so‘ng yumshoq gapirdingiz?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo Oisha, kishilar kimning yomonligidan qo‘rqib qochsa, o‘shal odam eng yomon odamdir!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:36:41
49-bob. Chaqimchilik (g‘iybat) gunohi azimlardandir

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madina chorbog‘larining biridan chiqib kelayotib, qabrda azob chekayotgan ikki insonning dod-faryodini eshitib qoldilarda: «Ikkisi ham azob chekayotir, ammo katta gunoh uchun ermas. Ulardan biri siydigidan ehtiyot bo‘lmas, ikkinchisi ersa chaqimchilik qilar erdi»,— dedilar. Keyin, bir xurmo novdasini oldirib keltirdilarda, o‘rtasidan bo‘lib qabrlarga sanchib qo‘yib: «Shoyad, shu novdalar quriguncha azoblari yengillashsa!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:37:31
50-bob. Gap tashimoq makruh ekanligi xususida

Olloh taolo: «Gap tashib yurg‘uvchilarning kishilar qalbiga nashtar uruvchi, ularni tahqirlovchi va badnom qiluvchi har bir tuhmat, bo‘hton va mazaxlari uchun hollari voy bo‘lg‘ay!»—deydi.

Hammom raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Huzayfa birlan birga erdik unga: «Falonchi Usmonga gap tashiydi»,— deyishdi. Huzayfa: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «G’iybatchi jannatga kirmag‘aydir!» deb aytganlarni eshitganman»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:37:41
51-bob.

Olloh taolo: «Tuhmat qilmoqdan saqlaninglar!» — deydi.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki tuhmat qilmoq va tuhmatga ishonib ish ko‘rmoqdin tiyilmay, johillikda davom etaverar erkan, uning yeb-ichmoqdin tiyilmog‘ining (ro‘za gutmog‘ining) Olloh taologa hojati yo‘qdir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:37:55
52-bob. Ikkiyuzlamachi haqida aytilgan gaplar

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat kuni Olloh taoloning dargohida bir odamga bu yuzi birlan, ykkinchi odamga ersa boshqa yuzi birlan yuzlanuvchi eng yomon odamlarni — ikkiyuzlamachilarni uchratasan»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:38:06
53-bob. O’z do‘stiga uning xususida nimalar deyishayotganini aytib beruvchilar haqida

Ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ljalarni odamlarga taqsimlab berdilar. Shunda ansorlardan biri: «Xudo haqi, Muhammad bu borada Olloh taoloni yuz-xotir qilmadi»,— dedi. Men borib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib bergan erdim, g‘azabdan yuzlari o‘zgarib: «Musoni Olloh taolo rahmat qilsin, unga bundan ham ortiq ozor bergan erdilaru sabr qilgan erdi!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:38:16
54-bob. O’zini-o‘ziga maqtamoqning makruhligi haqida

Abu Muso rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kishining ikkinchi bir kishini o‘zini o‘ziga maqtab ko‘klarga ko‘tarayotganini eshitib qolib: «Uni o‘ldiringiz yokim belini sindiringiz!»—dedilar».

Abdurrahmon ibn Bakra otalaridan naql qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida boshqa bir kishini maqtab, ko‘klarga ko‘tardi. Shunda Janob Rasululloh: «Voy, burning yerga ishqalgur, do‘stingning bo‘ynini sindirding-ku!» — deb bir necha bor takrorladilar. So‘ng: «Agar birortangiz kimnidir haqiqatan ham maqtovga sazovor deb bilib, maqtamoqchi bo‘lsangiz, u holda: «Men uni bunday va bunday deb hisoblaymam — deb aytingiz. Chunkim, Olloh taolo uni (sizdan ko‘ra yaxshiroq) bilg‘aydir, Ollohning bandasini-Ollohning o‘ziga maqtamangiz!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:38:48
55-bob. Do‘sti haqida bilganlarini aytib maqtamoq haqida

Sa’d: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Abdulloh ibn Salomdan bo‘lak yer yuzida yuruvchi biror kimsani jannati deb aytganlarini eshitgan ermasman»,— deydilar.

Solim otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallalu alayhi va sallam izor haqida bir qancha gaplarni aytganlaridan so‘ng, Abu Bakr: «Rasulalloh, izorimning bir tarafi (doim) osilib turadi?!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Siz ular toifasidan ermassiz!»—deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:39:18
56-bob.

Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, Olloh taolo adolatli bo‘lmoqni, qarindoshlarga ehson qilmoqni buyurib, behayolik, buzuqlik va qaysarlik qilmoqdan qaytarur hamda nasihat qabul qilasizlar deb sizlarga nasihat qilur».

Urva raziyallohu anhu otalaridan, otalari ersa, Oisha onamizdan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamni bir qancha vaqt (sehr-jodu birlan) bog‘lab qo‘yishdi: o‘zlarida ayollariga yaqinlik qilmoq rag‘bati bordek his qilardilaru, ammo qo‘shila olmas erdilar. Janob Rasululloh bir kuni menga: «Yo Oisha, men bir masala xususida Olloh taolodam fatvo so‘rab erdim, menga ijobat qildi. Ikki kishi kelib, biri oyoq tomonimga, ikkinchisi bosh tomonimga o‘ltirdi. Oyoq tomonimdagi bosh tomonimdagiga: «Bu odamga nima bo‘lgan?» — dedi. Bosh tomonimdagi: «Sehrlab qo‘yilgan»,— deb aytdi. Oyoq tomonimdagi: «Kim sehrlab qo‘ygan?» — dedi. Bosh tomonimdagi: «Lubayd ibn A’sam»,—deb aytdi. Oyoq tomonimdagi: «Nima birlan?» — dedi. Bosh tomonimdagi: «Erkak xurmo gulkosasi ichida soch tolalari va taroq bor, u ersa Zarvon qudug‘i ichidagi tosh tagidadir»,— deb aytdi»,— dedilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam (o‘sha quduq boshiga) borib: «Menga ayon qilingan quduq mana shu quduq erdi, atrofdagi xurmolarning tepasi shaytonning boshiga, quduqning suvi ersa, xina suviga o‘xshab ketibdi-ya!» — dedilar. Keyin, Janob Rasululloh buyurib erdilar, sehrlangan narsalarni quduqdan olib tashlashdi. Men (ya’ni, Oisha): «Yo Rasulalloh, shu bilan Tuzalib ketdingizmi?» — deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Olloh taolo menga shifo ato etdi, endi men odamlarga ta’sir o‘tkazib, yomonlik qo‘zg‘amoqchi ermasmen. Lubayd ibn A’sam ersa, Baniy Zurayh qabilasidan bo‘lib, yahudiylar birlan til biriktirgan odamdir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:39:30
57-bob. Bir-biriga hasad qilmoq va bir-biridan arazlamoq man’ qilingani haqida

Olloh taolo: «... va min sharri hosidin izo hasada» hasadchi hasad qilganda yomonlig‘idan asra, degil!» —deydi.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Badgumon bo‘lmanglar, badgumonlik — eng yolg‘on so‘zdir (ya’ni, badgumonlik birlan aytilgan so‘z — eng yolg‘on so‘zdir). Tirnoq ostidan kir qidirmanglar, gap poylamanglar, bir-biringizga hasad qilmanglar, bir-biringizdan arazlamanglar va nafratlanmanglar. Aka-uka tutinib, Ollohning (solih) bandalari bo‘linglar!—dedilar».

Anas ibn Molik bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir-biringizni yomon ko‘rmanglar, bir-birinizga hasad qilmanglar, bir-biringizdan arazlamanglar, aka-uka tutinib, Ollohning (solih) bandalari bo‘linglar! Musulmon odam o‘z (dindosh) birodari birlan uch kundan ortiq arazlashmasin!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:40:31
58-bob.

Olloh taolo: «Ey mo‘minlar, badgumonlikdan haddan imkon nariroq qochinglar, ba’zi badgumonlik gunohdir. Gap poylamanglar — deydi».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Badgumon bo‘lmanglar, badgumonlik — eng yolg‘on so‘zdir. Gap poylamanglar, tirnoq ostidan kir qidirmanglar bir-biringiz birlan bahslashmanglar, bir-biringizga hasad qilmanglar, bir-biringizni yomon ko‘rmanglar, arazlashmanglar. Aka-uka tutinib, Ollohning (solih) bandalari bo‘linglar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:40:52
59-bob. Nimalar haqida gumon qilsa bo‘ladi?

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Falonchi birlan pistonchi dinimizga oid biror narsa biladi, deb o‘ylamayman»,-dedilar Lays: «O’sha ikkalasi munofiq kishilar erdi»,—dedilar.

Lays shu xususda gaplarini davom ettirib, «Oisha bunday, dedi»,— deydilar: «Bir kuni Nabiy sallallohu alayhi va sallam huzurimga kirib: «Ey Oisha, men falonchi birlan pistonchi biz e’tiqod qilayotgan dinimizdan biror narsa bilald, deb uylamayman»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:41:02
60-bob. Mo‘min odam o‘z aybini yashirmog‘i lozim!

Silim ibn Abdulloh Abu Hurayradan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlarini. eshitgan erkanlar: «Har bir, ummatimning gunohlari kechirilg‘aydir ammo (hayosizlarcha) o‘z gunohini o‘zi oshkora, qiluvchi ummatlarim bundan mustasnodir. Masalan: bir kishi tunda qandaydir (gunoh) ish qilsa-yu, uni Olloh yashirgan bo‘lsa, tong otgach, u: «Ey falonchi, kecha men unday qildim va bunday qildim, deb Olloh yashirgan aybini o‘zi oshkora qilsa, gunohi kechirilmag‘aydir!».

Safvon ibn Muhriz rivoyat qiladilar: «Bir odam Ibn Umardan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan najvo (dil qa’riga yashirilgan sir) haqida nimalar eshitgansiz?»—deb so‘radi. Ibn Umar: «Oralaringizdan kimdir Ollohga biqini tekkudek juda yaqin boradi. Shunda Olloh taolo: «Falon va falon ishlarni qilganmisan?» — deydi. U: «Ha»,— deb javob qiladi. Olloh taolo yana: Falon va falon ishlarni qilganmisan?»—deydi. U: Ha»,— deb javob qiladi. Olloh taolo uning qilgan ishlarini bo‘yniga qo‘ygach: «Men sening u dunyoda qilgan gunohlaringni yashirgan erdim, bugun ersa kechiraman»,—deydi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:42:14
61-bob. Kibr haqida

Horisa ibi Vahb al-Xuzo’iy rivoyat qiladilar: «Rasulullohu sallallohu alayhi va sallam: «Ahli jannat kimlar erkanligini aytaymi?»—dedilarda, odamlardan javob kutmay: «Har bir zaif va bechorahol odamdir, u gar Ollohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichg‘aydir, so‘zsiz ustidan chiqg‘aydir»,— dedilar, so‘ng: «Ahli do‘zax kimlar erkanligin (ham) aytaymi? Har bir qo‘pol, quruq, gerdaygan, beqanoat va dimog‘dor odam ahli do‘zaxdir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:42:54
62-bob. Hajr (o‘z holiga tashlab qo‘ymoq) haqida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon odamning o‘z (dindosh) birodarini uch kundan ortiq o‘z holiga tashlab qo‘ymog‘i mumkin ermas!» — deb aytganlar. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari bo‘lmish Oisha onamizning ona bir, ota boshqa ukalarining o‘g‘li Avf ibn Molik ibn at-Tufayl (Ibn al-Hars) rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho bir hovlini sotmoqni yokim in’om qilmoqni ixtiyor qilib erdilar, (jiyanlari) Abdulloh ibn Zubayr: «Bunday, qilmasinlar, aks holda ular birlan bordi-keldimni uzib qo‘yg‘umdir!» — dyob aytdilar. Oisha onamiz: «U shunday dedimi?» — deb so‘ragan erdilar: «Ha, shunday dedi»,— deyishdi. Oisha onamiz: «Men Ibn Zubayr birlan endi sira ham gaplashmasman, deb ont ichaman!» — dedilar. Shunday qilib, ikki o‘rtadagi bordi-keldi uzoq vaqt uzilib qolgach, Ibn Zubayr Oisha onamizning huzurlariga odam yuborib, kechirmoqlarini iltimos qildilar. Shunda Oisha onamiz: «Yo‘q-yo‘q, Olloh taolo haqi, uni kechirmayman ham, ontimni buzmayman ham!» — deb javob qildilar. Oralaridagi bordi-keldi hadeganda tiklanavermagach, Ibn Zubayr o‘zlarini qo‘yarga joy topolmay, Misvar ibn Maxrama birlan Abdurrahmon ibn al-Asvad ibn Abd Yag‘usga (ikkalalari - ham Baniy Zuhra qabilasidan): «Azbaroi xudo, sizlardan yolborib iltimos qilurman, meni Oisha (xolam)ning huzurlariga olib kiringiz, men birlan bunday arazlashib yurmoqlari makruhdir»,— dedilar. Misvar Birlan Abdurrahmon u kishining iltimoslarini qabul qilishdi va ridolariga o‘ranib olishib Oisha onamizning huzurlariga ravona bo‘lishdi, yetib borishgach: «Assalomu alayki va rahmatullohi va barakotuhu! Kiraveraylikmi?»—deb izn so‘rashdi. Oisha onamiz: «Kiringiz!» — dedilar. Ular: «Hammamizmi?» — deyishdi. Oisha onamiz Ibn Zubayrning ular bilan birga kelganlaridan bexabar erdilar, shu boisdan: «Ha, hammangiz kiringiz!» — deb aytdilar. Shunda Ibn Zubayr ular birlan birga ichkariga kirdilar, so‘ng parda ortiga o‘tib xolalarini quchoqlab oldilarda, yig‘lab-siqtab kechirim so‘ray boshladilar. Misvar birlan Abdurrahmon ham: «Uni avf etgaysiz, uning birlan so‘zlashing. Axir, Nabiy sallallohu alayhi va sallam siz kabi bordi-keldini uzib qo‘yib, arazlashib yurmoqni qoralaganlar-ku: Musulmon odamning o‘z birodarini uch kecha-(kunduz)dan ziyod o‘z holiga tashlab qo‘yib, arvalashib yurmog‘i mumkin ermas!» — deya yolborishdi. Nihoyat, yig‘lab-siqtab qilingan yolborishlar ta’sir qilib, Oisha onamiz ham yig‘lab yubordilar. Oisha onamiz yig‘i aralash nuqul: «Men ont ichgandurman, ontni buzmoqning oqibati yomon bo‘lg‘ay»,— der erdilar. Misvar birlan Abdurrahmon ersa, Ibn Zubayr bilan so‘zlashasiz, deb Oisha onamizni hech o‘z hoshlariga qo‘ymadi. Oisha onamiz ontlarini buzganliklari badaliga qirq qulni ozod qildilar. Ammo, ancha vaqtgacha ontlariga xilof tutganliklarini o‘ylab, yig‘lab yurdilar, yig‘laganlarida ro‘mollari jiqqa ho‘l bo‘lib ketar erdi».

Abu Ayyub al-Ansoriy bunday deb rivoyat qiladilar: «Rasululloh, sallallihu alayhi va sallam: «Hech bir inson uch kecha-(kunduz)dan ortiq o‘z birodari birlan arazlashib, bir-birini uchratganda teskari qarab ketmasin. Qaysi biri avval salom bersa, o‘shal yaxshiroqdir!» —deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:43:10
63-bob. Gunohkordan arazlamoqning joizligi haqida

Ka’b Nabiy sallallohu alayhi va sallam (da’vat qilgan g‘azot)dan kechikib qolgach, Nabiy sallallohu alayhi va sallam biz musulmonlarning u birlan gaplashmog‘imizni man’ qildilar. Shunda «Ellik kun» deb ta’kidlagan erdilar.

Hishom ibn Urva otalaridan, otalari ersa, Oisha raziyallohu anhodam naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Ey Oisha), men sening jahling chiqqanini ham, mamnun bo‘lganingni ham bila olurman»,—dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, buni qanday bilib olg‘aysiz?» — dedim. Janob Rasululloh: «Sen mamnun bo‘lgan vaqtingda: «Ha, albatta Janob Muhammad!» — deysan, jahling chiqqanda ersa: «Yo‘q, Janob Ibrohim!» — deb aytasan»,—dedilar. Men: «Ha, to‘g‘ri aytdingiz, men faqat ismingizdan arazlayman»,— dedim (Demak Oisha onamiz mamnun bo‘lganlarida payg‘ambarimizning ismlarini, jahllari chiqqanda ersa, o‘g‘illarining ismini aytib murojvat qilar erkanlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:44:51
64-bob. Do‘stini kunning istagan vaqtida borib ko‘radimi yokim undan erta bilan va kechqurun xabar oladimi?

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Men Esmni tanibmanki, ota-onamning dinga e’tiqod qilishlarini bilaman.(O’sha vaqtlarda) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning biznikiga kelmagan kunlari bo‘lmas erdi, kuni ikki mahal — ertalab va kechqurun ulardan xabar olib ketar erdilar. Bir kuni tush vaqtida biz (otam) Abu Bakrning hujralarida o‘ltirgan erdik bir kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odatdan tashqari vaqtda kelyaptilar»,— dedi. (Otam) Abu Bakr: «Bir zarur ishlari bo‘lmasa, bu vaqtda kelmas erdilar»,— dedilar. (Janob Rasululloh kelib): «Menga hijrat qilmoqqa ijozat berildi»,— deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:45:16
65-bob. Ziyorat haqida va bir qavmning borib, o‘sha yerda ovqatlangan shaxs xususida

Salmon (Forsiy) Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida Abu Dardo’ni ziyorat qilgani borib, uning uyida taom tanovul qildilar.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ansorlardan bo‘lgan bir oilani ko‘rgani borib, ular birlan birga ovqatlandilar, so‘ng qaytmoqchi bo‘lganlarida uyning bir joyini ko‘rsatib erdilar, o‘sha yerga valos (yoki bo‘yra) solib, ustiga suv sochib tozalab berishdi, namoz o‘qib ularning haqiga duo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:47:50
66-bob. Mehmonlarni deb o‘ziga oro bermoq xususida

Abu Ishoq rivoyat qiladilar: «Salim ibn Abdulloh: «Istabrak nima?» — deb so‘radi. Men: «Debojga nisbatan qalinroq va dag‘alroq to‘qilgan (atlassimon) matodir!— dedim. U: «Men Abdullohning bunday deganini eshitganman»,— dedi: «Hazrat Umar bir kishida istabrakdan tiqilgan hulla ko‘rib, uni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib keldilarda: «Yo Rasululloh, shuni sotib olsangiz, mehmonlar kelganda kiyar erdingiz»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Harir kiyimni oxirati yo‘q odam kiygaydir!» — deb aytdilar. Shu voqeadan so‘ng bir muncha vaqt o‘tgach, Nabiy sallallohu alayhi va sallam Hazrat Umarga bir hullani tortiq qilib yuborib erdilar, u kishi. Janob Rasulullohga qaytarib olib kelib: «Yo Rasulalloh, manavini menga yuboribsiz, vaholanki uning haqida boshqa gaplarni aytgan erdingiz?!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Men uni senga biror hojatingga yaratarsan, deb yuborgan erdim»,— deb javob qildilar».

Ibn Umar mana shu hadisni bilganlari uchun ham gulli kiyim kiymoqni makruh hisoblar erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:48:07
67-bob Aka-uka tutinmoq va kelishuv haqida

Abu Juhayfa rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Salmon birlan Abuddardo’ni aka-uka tutintirib qo‘ydilar. Abdurrahmon ibn Avf: «Madinaga kelganimizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam men birlan Sa’d ibn ar-Rabi’ni aka-uka tutintirib qo‘ydilar» deydilar».

Humayd raziyallohu anhu Anas ibn Molikdan naql qiladilar «Abdurrahmon bizning huzurimizga kelgach, Nabiy sallallohu alayhi va sallam u birlan Sa’d ibn ar-Rabi’ni o‘zaro aka-uka tutintirib qo‘ydilarda: «Bir Qo‘y so‘yib bo‘lsa ham buni nishonlash darkor!» — dedilar».

Osim rivoyat qiladilar: «Men Anas ibn Molikka: «Sen Rasulullih sallallohu alayhi va sallamning: «Islomda kelishuv yo‘q, (aka-uka tutinmoq bor)»—deganlarini eshitganmisan — dedim. U: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam uyimda Quraish birlan ansorlarni aka-uka tutintirib qo‘ydilar»,— deb javob qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:48:22
68-bob. Tabassum va kulgi haqida

Fotima alayhossalom: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam menga bir gap aytib erdilar, kulib yubordim»,deydilar.
 
Ibn Abbos: «Kuldiruvchi ham, yig‘latuvchi ham Olloh taolodir!» — deydilar.

Urva Oisha raziyallohu anhodam naql qiladilar: «Rifoat al-Quraziy xotinini taloq qilib, pattasini qo‘liga berdi. Keyin, unga Abdurrahmon ibn az-Zubayr uylandi. Bir kuni o‘sha xotin Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, dastlab men Rifoatga tegib erdim, u meni uch taloq qo‘ydi. Keyin, meni Abdurrahmon nikohlab oldi. Olloh taolo haqi, yo Rasululloh, uning olati nimchaning popugi yanglig‘ zaifdir!» —deb nimchasining popugiga ishora qildi. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida Abu Bakr ham o‘ltirgan erdi, hujra eshigi oldida ersa, Ibn Sa’id ibn al-Os ichkariga kirmoqqa ruxsat bermoqlarini kutib o‘ltirar erdi. Ittifoqo, Xolid: «Yo Abu Bakr, yo Abu Bakr, bu xotinning Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida shunday beparda gaplarni aytmog‘iga nega monelik qilmaysiz?» —deb nido qildi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam buni eshitib, tabassum qilib qo‘ydilar, xolos. Keyin, xotinga qarab: «Sen Rifoatga qayta turmushga chiqmoq niyatida ko‘rinasan, ammo bu, toki sen Abdurrahmonning, u ersa sening asaldoningdan tatib ko‘rmas erkan, sira mumkin bo‘lmagaydir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:48:59
Muhammad ibn Sa’d otalaridan naql qiladilar: «Umar ibn al-Xattob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirmoqqa ruxsat so‘radilar, shunda ichkarida Quraish qabilasiga mansub bir to‘da xotinlar ovozlarini boricha qo‘yib Janob Rasulullohga ezmalanib savollar bermoqda erdilar, ul zotning tovushlari ersa arang quloqqa chalinar erdi. Hazrat Umar ruxsat so‘raganlarida: o‘lar shosha-pisha yopinchig‘lariga o‘ranib olishdi. Keyin, Janob Rasulo‘lloh ruxsat berib erdilar, Hazrat Umar ichkariga kirdilar. Shunda ul zotning kulib turganlarini ko‘rib: «Yo Rasulallrh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, Olloh taolo sizni umr bo‘yi kuldirsin!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Men manavi huzurimdagi ayollardan t’ajjublandim, sening ovozingni eshitib, ular shosha-pisha yopinchig‘larini yopinib olishdi»,— dedilar. Hazrat Umar: «Siz ayollarning izzat-ehtirom qilmoqlariga hammadan ham haqliroqsiz!» —dedilar. So‘ng, ayollarga o‘girilib: «Ey o‘ziga-o‘zi dushmanlar, nechun meni hurmat qilasizlaru, Janob Rasulullohni mensimaysizlar?»—deb aytdilar. Ayollar: «Siz Janob Rasulullohga nisbatan qo‘polroq va dag‘alroq siz!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Eh, Ibn al-Xattob Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, agar sening yo‘lingdan hatto shayton chiqib qolsa, (dag‘alligingdan qochib) boshqa yo‘lga burilib ketgay!» — dedilar

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Toifda ekanliklarida: «InshoOlloh, biz ertaga qaytgaymiz!» — dedilar. Janob Rasulullohning ayrim sahobalari: «Shaharni qo‘lga kiritmagunimizcha qaytmagaymiz!»—: deb aytishdi. Janob Rasululloh: «Erta tongda jangga otlaningiz!»—deb amr qildilar. (Mushriklar) qattiq qarshilik ko‘rsatib, ko‘p kishi jarohatlandi. Janob Rasululloh yana: «InshoOlloh, ftaga qaytgaymiz!» — dedilar. (Bu gal) barcha (sahobalar) sukut saqlashdi, Janob Rasululloh kulib qo‘ydilar». Humaydiy: «Sufyon bu voqeani bizga to‘la-to‘kis aytib bergandi», deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:49:25
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: Yo Rasulalloh, endi men halok bo‘ldim, ramazonda kunduzi ayolimga yaqinlik qilib qo‘ydim!».— dedi. Janob Rasululloh: «Bir qul ozod qilg‘il!» — dedilar. U: «Mening qulim yo‘qdir»,— deb aytdi. Janob Rasululloh: «Unday bo‘lsa. ikky oy muttasil ro‘za tutg‘il!» — dedilar. U: «Buni eplay olmaymen,—deb aytdi. Janob Rasululloh: «Unday bo‘lsa, oltmish miskinning qornini to‘yg‘azgil!» —dedilar. U: «Bu ham qo‘limdan kelmag‘ay»,— deb aytdi. Shu asnoda bir zambil xurmo ko‘tarib kelib qolishdi. Janob Rasululloh: Boyagi savol bergan odam qaerdadir?»—dedilar. U: «Shu yerdaman» deb aytdi. Jaqob Rasulo‘lloh: «Buni olg‘ilda, sadaqa qil!» — dedilar. U: «Mendan ham kambag‘alroq odam bormi erkan?! Madinaning u chekkasidan bu chekkasiga qadar mendan qashshoqroq inson topilmag‘aydir»,— deb aytdi. Janob Rasululloh kulib yubordilar, hatto ozig‘ tishlari ham ko‘rinib ketdi, so‘ng: «Bunga o‘zingiz haqliroq erkansiz (ya’ni, sening oilang haqliroq erkan)»,—dedilar».
Anas ibn Molik bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga ketayotgan erdik ul zot egnilariga jiyagi qattiq bir chopon kiyib olgan erdilar. Bir badaviy orqalaridan yetib kelib, choponlaridan qattiq tortdi. Shunda choponning jiyagi botib, bo‘yinlarida iz qoldirganini ko‘rdim. Badaviy: «Yo Muhammad, qo‘lingdagi ixtiyoringdagi oldingdagi molingdan menga ham berg‘il!» — dedi. Janob Rasululloh unga qarab kulib qo‘ydilarda, biror narsa berib yuborishni amr qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:50:28
Jarir bunday deydilar: «Rasululloh sallallshhu va sallamning islomga kirganimdan buyon mendan arazlaganlarini bilmayman, doimo meni ko‘rishlari birlan tabassum qilib qo‘yar erdilar. Bir kuni Janob, Rasulullohga ulovda mahqam o‘ltira olmasligimdan nolib erdim, ko‘ksimga qo‘llari birlan urib: «Yo Olloh, uni bardam qilg‘aysan hamda to‘g‘ri yo‘ldan borg‘uvchi va to‘g‘ri yo‘l boshlag‘uvchilar toifasidan qilg‘aysan!»—dedilar».

Zaynab binti Ummu Salama rivoyat qiladilar: «(Onam) Ummu Salama: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqiqatni aytishdan uyalmagay» xotin kishi bulg‘anib qolsa, g‘usl vojib bo‘lurmi?!»—dedilar. Janob Rasululloh: «Ha, agar nam chiqqanlig‘in ko‘rsa»,— deb javob qyldilar. Ummu Salama kulib: «Xotinlar ham bulg‘angaymi?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Nechun bola onasiga o‘xshagay?!» — deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:50:43
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning halqumlaridagi tilchalari ko‘rinadirgan darajada og‘izlarini katta ochib kulganlarini sira ko‘rmagandirman, ul zot tabassum qilib qo‘yardilar, xos»,— deydilar.

Anas (Ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’a kuni Madinada xutba aytib turganlarida kelib: «Yomg‘ir yog‘may qo‘ydi, rabbingizdan yomg‘ir so‘rab bering!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam osmonga bir tashlab qo‘ydilar. Biz ham qarab, biror parcha bulut ko‘rmadik. Janob Rasululloh Olloh taolodam yomg‘ir iltijo qildilar. Nogahon, osmonda parcha-parcha bulutlar paydo bo‘lib, o‘zaro qo‘shildi. Keyin, shunday yomg‘ir berdiki, hatto Madina ko‘chalaridan ariq-ariq suv okdi. Yomg‘ir kelasi jum’agacha tinmadi. Jum’a kuni boyagi odam (yokim boshqa bir odam) Janob Rasululloh xutba turganlarida o‘rnidan turib: «G’arq bo‘layozdik-ku, rabbingizga ayting, (yomg‘irni) to‘xtatsin!»—dedi. Janob Rasu lulloh kulib qo‘ydilar, so‘ng: «Yo parvardigoro, ustimizga ermas, atrofimizga yog‘dir!» — deb ikki-uch takrorladilar! Shundan so‘ng, Madina ustidagi bulutlar o‘nggu so‘lga tarqab qetib, yomg‘ir atrofimizga yog‘a boshladi, shaharga bir tomchi ham yomg‘ir tushmadi. Olloh taolo bu bilan o‘z rasulining karomat sohibi ekanligini hamda uning duosi mustajob bo‘lajagini ko‘rsatib qo‘ydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:51:19
69-bob.

Olloh taolo: «Ey mo‘minlar, Ollohdan qo‘rqinglar va rostgo‘y (halol) kishilar birlan birga bo‘linglar hamda yolg‘onchi qilib qo‘ymaydirgan ishlarga yondoshinglar!» —deydi.

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Rostgo‘ylik (halollik) yaxshilikka olib kelg‘usidir, yaxshilik ersa jannatga yetaklag‘ay Rostgo‘y (halol) bo‘layin deydirgan kishi rostgo‘ylik (halollik) qilaversin! Yolg‘onchilik aldamchi ersa buzuqlikka (nopoklikka) olib kelg‘usidir, buzuq (nopoklik) ersa jahannamga yetaklagay. Olloh taoloning dargohida yolg‘onchi (aldamchi) degan nom olib, rasvo layin deydirgan kishi yolg‘onchilik (aldamchilik) qilaversin!»—deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:52:01
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Munofiqni quyidagi uch belgisiga ko‘ra bilib olmoq mumkin: yolg‘on gapirg‘ay, va’daga vafo qilmag‘ay va omonatga xiyonat qilg‘ay»,— dedilar».

Sumra ibn Jundub rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ikki kishining (farishtaninG) kirib kelganini ko‘rdim. Ular: «Og‘zini (lunjini) tuldirib gapirayotgan odamni ko‘rsang, bilgilki u yolg‘onchidir, u shunchalik yolg‘on gapirg‘ayki, hatto yolg‘on gaplari ufqqa qadar yetib borsa, ajab ermas! Qiyomatga qadar uning lunjiga temir changak tiqib azob berilgay»,-»-deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:52:52
70-bob.

Shaqiq raziyallohu anhu quyidagi hadisni Huzayfadai eshitgan erkanlar: «Ibn Ummu Abd (Abdulloh ibn Mas’ud) yurish-turishi, shaklu shamoili va xulq-atvorining go‘zalligi jihatidan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga o‘xshash kishilar ichida eng o‘xshashi erdi. U uyidan chiqqandan to uyiga kaytib kirgunga qadar o‘zini ana shunday tutar erdi, ammo uyiga kirib, yolg‘iz o‘zi qolgach, ne qilg‘ay, buni biz bilmag‘aymiz».

Toriq rivoyat qiladilar: «Abdulloh menga: «Eng yaxshi xabar — Olloh taoloning Kitobidir va eng yaxshi xulq-atvor — Muhammad sallallohu alayhi va sallamning xulq-atvorlaridir!» —deb aytgan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:57:27
71-bob. Aziyatga sabr qilmoq haqida

Olloh, taolo: «Sabrli bandalarga behisob savob (ajr) ato etilg‘usidir!»—deydi.

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Rasulo‘lloh sallallohu alayhi va sallam: «Hech kim yokim hech narsa o‘ziga yetadirgan aziyatga Olloh taolodek sabr qila olmag‘ay!. (Mushriklar) uning o‘g‘li bor, deb da’vo qiladilar, ammo U ularni ofiya , qilib, rizq ato qilg‘ay»,— dedilar».

Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ba’zi bir narsalarni odatdagidek qilib taqsimlab berdilar. Ansorlardan biri: «Olloh taolo haqi, (boyagi narsalar) Olloh taoloni yuz-xotir qilmay, taqsim qilindi»,— dedi. Men: «Ammo, bu gapni Janob Rasulullohga aytib qo‘yishim lozim!» — dedimda, Rasulullohning huzurlariga yo‘l oldim! Borsam, ul zot o‘z sahobalari Birlan birga o‘ltirgan erkanlar, boyagi gapni sekingina (quloqlariga) aytdim. Bu gap Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga juda og‘ir botib, g‘azabdan yuzlari o‘zgarib ketdi, hatto men aytganimga pushaymon qildim. Janob Rasululloh: «Muso alayhissalomga bundan ham qattiqroq ozor berganlarida u kishi sabr qilgan erdilar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:58:10
72-bob. Odamlarni qattiq koyimay, g‘azabini bosgan kishi haqida

Masruq rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho bunday deb erdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir ish qilib, boshqalarga ham shunday qilmoqqa ruxsat berib erdilar. Ammo, ular bosh tortdilar. Janob Rasululloh bundan xabar topgach, Olloh taologa hamdu sanolar aytib, so‘ng: «Nechun odamlar men qilayotgan narsani qilavermay, bosh tortadirlar? Olloh taolo haqi, men Ollohni ulardan ko‘ra ko‘proq bilurman va undan ulardan ko‘ra ko‘proq qurqurman!» — dedilar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ichkaridagi bokira qizdan ham hayoliroq erdilar, agar ko‘zlari biror makruh narsaga tushsa, (uyalganlarini) yuzlaridan bilib olar erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 07:59:56
73-bob. Kimki o‘z birodarini o‘ylamay-netmay kofir desa, o‘zi kofir bo‘lg‘ay!

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biror kishi o‘z birodariga: «Ey kofir! — desa, bu so‘z ikkalasidan biriga tegishli bo‘lg‘ay»,— dedilar (ya’ni, agar kofirlikda ayblovchi haq bo‘lsa, ayblanuvchi kofirligicha qoladi, basharti haq bo‘lmasa, u holda o‘zi kofir bo‘ladi)».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim bo‘lmasin, o‘z birodariga «Ey kofir!» desa, bu so‘z ikkalasidan biriga tegishli bo‘lg‘ay»,— dedilar».

Sobit ibn az-Zahhok rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki islomdan bo‘lak dinni o‘rtaga qo‘yib yolg‘ondan qasam ichg‘aydir, o‘sha dinga mansub bo‘lib qolg‘usidir. Kimky biror qurol birlan o‘zini o‘zi o‘ldirg‘aydir, jahannamda o‘shal qurol birlan unga azob berilg‘usidir. Mo‘minni la’natlamoq uni o‘ldirmoq birlan barobar. Kimki bir mo‘minni kofirlikda ayblag‘aydir, uni o‘ldirgan barobarida gunohkor bo‘lur»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:02:53
74-bob. Ataylab yokim bilmasdan kofirlikda ayblamoq haqida

Hazrat Umar Hotibga: «Sen munofiqsan!» — dedilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qaerdan bilasan, balkim Olloh taolo Badr ahlining dilidagini bilib: «Sizlarni kechirdim!» — degandir?»,— dedilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Maoz ibn Jabal raziyallohu anhu avval Janob Rasululloh birlan namoz o‘qib olib, so‘ng o‘z qavmiga borib imomlik qilur erdi. (Kunlardan bir kun) «Surai Baqara»ni zam qilib o‘qib erdi, namozxonlardan biri safdan chiqib, o‘zi (alohida) qisqaroq namoz o‘qib oldi. Bundan xabardor bo‘lgan Maoz uni: «Mo‘nofiq!» — dedi. Bu gapni unga yetkazishgan erdi, Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, biz chig‘irni qo‘limiz birlan aylantirib, (ekin) sug‘oramiz. Kecha Maoz namozda «Surai Baqara»ni o‘qidi. Men safdan chiqib o‘zim alohida o‘qib oldim. Maoz ersa meni «Munofiq» debdi»,—dedi. Janob Rasululloh Maozni chorlab, uch bor: «Sen fitnachisan!»—deb koyidilar, so‘ng: «va-sh-shamsni, va-z-zuhoni, sabbih isma rabbika-l-a’loni yokim shu kabi (qisqaroq) suralarni o‘qi!»—dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki sizga qasam ichib «Billotivaluzzb» desa, «Lo iloha illalloh» desin, kimki do‘stiga «Kel, bir qimor o‘ynaylik!» desa, sadaqa bersin!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:04:29
75-bob. Olloh azza va jallaning amriga binoan (dushmandan) g‘azablanmoq va unga nisbatan shafqatsiz bo‘lmoqning joizlygi haqida

Olloh taolo: «Kofir va munofiqlarga qarshi jixod qil va ularga nisbatan beayov bo‘l!» — deydi.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurimga kirdilar. Uyda surat solib to‘qilgan bir parda osig‘lik erdi, ko‘rib ranglari o‘zgardi, keyin uni olib yirtib-yirtib tashladilarda: «Mana shunday suratlarni chizuvchilar qiyomatda eng qattiq azobga qoluvchilardir!»—deb aytdilar».

Abu Mas’ud raziyallohu anhu bunday deydilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Falonchi (imom) namozni haddan ziyod cho‘zib yuborayotganligi sababli men bomdad namoziga kelmay qo‘ydim»,— dedi. Men Janob Rasulullohnng o‘sha kuni va’z aytayotganlaridagidek g‘azablanganlarini ko‘rmagan erdim.

Janob Rasululloh: «Ey odamlar, oralaringizda namozxonlarni bezdiruvchilar mavjud, qaysi biringiz jamoatga imomlik qilsangiz, namozni qisqaroq (engilroq) o‘qingiz, chunkim namozxonlar orasida bemorlar, keksalar va hojatmand kishilar bor!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:05:25
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiyotib, masjidning qibla tarafidagi (debordagi) balg‘amga ko‘zlari tushdi, qo‘llari birlan ishqab tushirib yubordilarda, g‘azab birlan: «Birortangiz namoz o‘qir erkansiz, qarshingizda Olloh taolo turg‘ay, shul boisdan ro‘parangizga balg‘am tashlamangiz!» — dedilar».

Zayd ibn Xolid al-Juhaniy rivoyat qiladilar: «Bir yerdan topib olingan narsa hukmi haqida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘rab erdi, Janob Rasululloh: «Bir yil davomida topib olgan narsang haqida ma’lum qil, keyyn uning bog‘ichini (echib), xaltasi (ichidagi narsalar) birlan tanishib, so‘ng undan foydalan, basharti egasi topilib qolsa, (to‘lik) qaytarib ber!» — dedilar. Boyagi odam: «Yo Rasulalloh, adashib qolgan qo‘y topib olsak ne qilg‘aymiz?» — dedi. Janob Rasululloh: «Uni olaver, sen olmasang boshqa bir odam olg‘ay yokim bo‘riniki bo‘lg‘ay»,— dedilar. Boyagi oDam yana: «Adashib qolgan tuyani ne qilgaymiz?»—dedi. Shunda Janob Rasulullohning g‘azabdan ikki yuzlari qizarib ketib, uyga: «Tuya birlan sening ne ishing bordir, unga tyogma, egasi topib olguncha uning yeb-ichguligi o‘zi birlandir!» - dedilar».

Zayd ibn Sobit rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayh va sallam bo‘yralar birlan to‘sib o‘zlariga bir joy tayyorladilarda, namoz o‘qiy boshladilar, u kishiga ergashib boshqalar ham namoz o‘qiy boshlashdi. Tunlardan birida ular namoz o‘qimoqchi bo‘lib o‘sha yerga kelib erdilar, Janob Rasululloh hadeganda chiqavermadilar. Shunda ular shovqun-suron qilishib, Janob Rasulullohning eshiklarini talillata boshlashdi! Janob Rasululloh jahl birlan chiqib «Bu ne qilganlaringdir? Men o‘qiyotgan namozimning sizlarga farz bo‘lib qolmog‘idan cho‘chib chiqmayotgan erdim, namozni uyuylaringizda o‘qingiz, chunkim farz namozlardan tashqari o‘qiladirgan namozlarning yaxshisi uyda o‘qiladirgan namozlardir!»—dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:06:34
76-bob. G’azabini bosmoq haqida 

Olloh taoloning shu xususdagi qavli: «(Olloh) gunohi azimlardai va fahsh ishlardan o‘zini olib qochuvchilarni... va g‘azablangan taqdirda ham kechira oluvchilarni... tanglikda ham, mo‘lchilikdg ham xayr-ehson qiluvchilarni, g‘azabini yutuvchilarni odamlarning gunohlaridan o‘tuvchilarni... (yaxshi ko‘rgayd!. Darhaqiqat, Olloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi».

Abu Hurayr: rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birovni (kurashib) yiqitgan polvon ermas balkim g‘azablangan vaqtida jahlini yutgan odam polvondmr — dedilar».

Sulaymon ibn Surad rivoyat qiladilschr: «Ikki kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallaming ho‘zurlarida so‘kishib qoldi, biz ham ul zot birlan birga o‘sha yerda o‘ltirgan &RDIK. Ulardan biri sherigini shu qadar g‘azab birlan so‘ka,. erdiki, hatto yuzlari qizarib ketgan erdi. Shunda Jano& Rasululloh: «Men shunday bir yo‘zni bilurmag‘t., uni aytgan kishining g‘azabi darhol bosilg‘usdir. Bu — A’uzu billohi min-ash-shayton-ir-rajimdir»,—dedilar. So‘n, boyagi g‘azabnok kishiga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning aytgan gaplarini eshitmadmngmi?» deb erdilar u: «Jahlimni yutma) jinni bo‘libmanmi deb javob qildi».

Abu Hurayug rivoyat Qiladilar: «Shir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Menga nasihat qilingiz!» — deb erdi, Janob Rasululloh: «G’azablanmag‘il!» —deb bir necha bor aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:08:47
77-bob. Hayo haqida

Imron ibn Husayn: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:U «Hayo yaxshiliksiz kelmag‘ay (ya’ni, hayo bor yerda yaxshilik bor)»,- deb aytdilar»,— deb erdi, Bashir ibn Ka’b: «Ilti dimvatd yozilganki, vor ham, vazminlik ham Hayo birlan bog‘likdir»,— dedi. Imron «Men senga Rasululloh sallallohu alayhi_va sallam haqlarida so‘zlasam. o‘zingning kitobingdan gapirursan!» — dedi».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh alayhi va sallam ukasini ortiqcha
hayolilikdvayblab, «Senga bu hatto zarar keltira boshladi!» deb turgan bir odamning yonidan o‘tayotib: «Uni o‘z holiga qo‘y, hayo yymondandir dedilar (ya’ni, iymon qanchalik kuchli bo‘lsa, hayo ham shunchalik kuchli bo‘ladi)».
Abdulloh ibn Utba: «Abu Sa’iddan eshitdimki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ichkaridagi bokira qizdan ham hayoliroq erkanlar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:11:46
78-bob. Uyalmasang, bilganingni qil!

Abu Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh Sallallohu alayhi va sallam: «Sobiq payg‘ambarlardan odamlarga yetib kelgan bir ibora mavjud, bu — «Behayo ersang, istaganingni qil!» degan iboradir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:13:00
79-bob. Dinni teran o‘rganib olmoq uchun haqiqatdan hayo qilmaslik kerak!

Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Ummu Sulaym Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqiqatni aytishdan uyalmaydir, xotin kishi bulg‘anib qolsa, g‘usl vojib bo‘ladirmi?»—dedilar. Janob Rasululloh: «Ha, albatta, agar nam chiqqanini ko‘rsa»,— deb javob qildilar».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘min odam kabi bargini to‘kmaydirgan doimo yam-yashil daraxt mavjud»,— dedilar. Sdamlar turli-tuman daraxtlarning nomini atashdi. Men: «Bu — xurmo daraxti»,—deb aytmoqchi erdimu, lekin aytmadim. Chunki yosh bola erdim, aytishga uyaldim. Janob Rasulullohning o‘zlari: «Bu — xurmo daraxtidir»,— dedilar» (Mantiq: iymon, hayo, vafo, rostgo‘ylik halollik poklik kabi fazilatlar mo‘min odamning umr bo‘yi to‘qilmaydirgan barglaridir).

Anas rivoyat qiladilar: «Bir ayol Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Mening sizga hojatim bormi?» — deya o‘zini (xotinlikka) taklif qildi. Shunda qizim: «Qanchalik behayo erkan!»—deb erdi, men: «U o‘zini sendan afzal ko‘rib, Janob Rasulullohga xotin bo‘lmoq niyatidadir!» — dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:13:57
80-bob.

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz!» — deganlar. Ul zot doimo odamlarga yengillik va qulaylik tug‘dirib bermoqni yaxshi ko‘rar erdilar.

Abu Burda otalari hamda bobolaridan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam uni (ya’ni, bobolarini) va Maoz ibn Jabalni (Yamanga) yuborayotib: «Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz, jalb qilingiz, bezdirmangiz va hamjihat bo‘ling‘iz!»—deb tayinladilar».
 
Abu Muso: «Yo Rasulalloh, biz asaldan bit’un va arvadan mizrun degan ichimliklar qilinadirgan bir yerda turibmiz dedi. Janob Rasululloh: «Har bir mast qiluvchi narsa haromdir!» — dedilar.

Anas ibn Molik: «Janob Rasululloh: osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz, xotirjam qilingiz, bezdirmangiz deb aytdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:14:41
Urvaga Oisha onamiz bunday degan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki ishdan birini tanlamoqchi bo‘lsalar, gunoh bo‘lmaydirgan osonrog‘ini tanlar erdilar. Basharti bu gunoh bo‘ladirgan bo‘lsa, bunday ishdan boshqalardan ko‘ra tezroq nari qochar erdilar. Jamob Rasululloh o‘zlari uchun hech kimdan o‘ch olmadilar, biroq Olloh taoloning hurmatini joyiga qo‘ymaganlardan (Olloh taolo uchun) o‘ch oldilar».

Al-Azrak ibn Qays rivoyat qiladilar: «Ahvoz degan yerdagi qurib qolgan bir daryo o‘zani bo‘yida turgan erdik. Abu Barza al-Aslamiy ot minib keldida, undan tushib namoz o‘qimoqqa tutindi. Shu asnoda oti yechilib uzoqqa ketib qoldi. U namozni tark etib, otini quvib tutib keldida, namozning qolganini o‘qib tugalladi. Bizning oramizda bir nufuzli kishi bo‘lib, u: «Manavi cholni qarangiz, otini deb namozini buzdi!»—dedi. Abu Barza: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ajralganimdan buyon meni hech kim bunchalik tahqirlamagan erdi!» dedi. So‘ng, yana: «Mening manzilim yiroqdir, gar eltoa deb otni qochirib yuborsam, kechgacha bolachaqam oldiga boraolmay qolurman»,— dedida, Janob Rasulullohning (namozxonlari) qanchadan-qancha qulayliklar, tug‘dirib berganliklari haqida so‘zladi».

Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba: «Abu Hurayra menga quyidagini aytib bergan erdi»,— deydilar: «Bir badaviy masjidda tahorat ushatdi, odamlar unga tanbeh bera boshladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qo‘yingiz, tegmangiz, pyoshobi ustidan bir chelak yuboringiz chunkim, sizlar osonlashtiruvchi qilib yuborilgansizlar, qiyinlashtiruvchi qilib yuborilgan ermassizlar» dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:15:24
81-bob. Odamlar birlan hazil-mutoiba ham qilib turmoq lozimligi haqida

Ibn Mas’ud: «Odamlarga aralash, hadeb diningdan gapiraverma, oilangga dinni targ‘ib qilaverma, hazil-mutoiba ham qilyb tur!» — deydilar.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizning davramizga kirib kelsalar mening kichik ukamga hazillashib: «Ey Abu Umayr, ne qildi bu Abulcha?» — der erdilar (Bu yerda Janob Rasululloh ikki bor: biri — hali farzand ko‘rmagan bolaga «Ey Umayrning otasi!» deb, ikkinchisi— «Ne qildi bu Abulcha?» deb hazil-mutoiba qildilar).

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hujralarida qo‘g‘irchoqla rymni o‘ynar erdim, men birlan birga dugonalarim ham o‘ynashar erdi. Agar Janob Rasululloh kirib kelsalar, ular darhol o‘yinni to‘xtatishar erdi. Ul zot ersalar, xursand bo‘lib ularni men birlan o‘yinni davom ettirishga undar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:16:41
82-bob. Odamlar birlan murosa-yu madora qilmoq haqida

Abuddardo’: «Biz ba’zi odamlarning yuziga jilmayib qaraymizu, ammo dilimizda ularni la’natlag‘aymiz»,— deydilar.

Abdulloh ibn Mulayka rivoyat qiladilar: «Hazrat Rasululloh, sallallohu alayhi va sallamga tilla tugmalar qadalgan har xil qabolar taqdim qilishib erdi, ularni ayrim sahobalariga taqsimlab berdilar. Shunda qabolardan birini Maxramaga atab olib qo‘ydilar. U huzurlariga kelganda: «Buni senga atab olib qo‘ygan erdim»,— dedilar. Ayyub: «Janob Rasululloh bu kiyimni unga (Maxramaga) munosib ko‘rdilar, chunkim uning xulqida bir illat bor erdi»— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:17:07
83-bob. Mo‘min odam bir kavakdan (chiqqan ilonning) ikkinchi bor chiqmog‘iga yo‘l qo‘ymas!

Muoviya: «Tajriba hosil qilmaguncha dono bo‘lmas!» — deydilar (mantiq: mo‘min odam, iymonining taqozosiga ko‘ra, bir marta aldagan aldamchiga ikkinchi bor ishonmasli-gi lozim!).

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘min odam o‘zini bir kavakdan ikki marta ilon chiqib chaqmog‘iga yo‘l qo‘ymas!» — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:18:13
84-bob. Mehmonning ham haqi bor erkanligi xususida

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Racululloh sallallohu alayhi va sallam mening huzurimga kirib eshitdimki, sen kechalari ro‘za tutar ermishsan?!» — dedilar Men: «Ha, shunday»,— dedim. «Bunday qilmagil,— dedilar Janob Rasululloh,— goho kechasi uyg‘oq bo‘l, goho uxlag‘il, goho ro‘za tut, goho tutmag‘il! Lunkim, a’zri badaningning ham, ko‘zingning ham, seni ko‘rgani keladirgan odamlarning ham, xotiningning ham senda haqqi bordir. Ajab ermaskim, umring uzoq bo‘lsa! Har oyda uch kun ro‘za tutmog‘ing- kifoya qilg‘ay. Shunda Olloh taolo senga har bir amali solihing uchun o‘n barobar ko‘p savob ato etg‘usi, bu ersa, butun umringga yetgulikdir». Biz shu xususda ancha tortishganimizga qaramay, men: «Bundan ham ko‘proq toat-ibodat qilmoqqa qudratim yetadir»,— dedim. Janob Rasululloh. «Unday bo‘lsa, har jum’adan boshlab uch kun ro‘za tutg‘il»,— dedilar. Men bunga ko‘nmadqmg, ul zot ham mening aytganimga ko‘nmadilar. Nihoyat, men: "Bundan ortig‘iUa ham chiday olurman»,— dedim. Janob Rasululloh: «Unday bo‘lsa, nabiyyulloh Dovud alayhisSalom singari ro‘za tutgil»,— dedilar Men: «Nabiyyulloh Dovud alayhissalom qanday ro‘za tutganlar» deb so‘radim. Janob Rasululloh «Yarim umrlari ro‘za tutish birlam o‘tgan»,— deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:20:42
85-bob. Mezbonning mehmonni izzat-ikrom qilmog‘i hamda unga shaxsan o‘zi xizmat ko‘rsatmog‘i darkorligi haqida

Abu Shurayh al-Ky’biy rivoyat qiladilar: «Rasulullh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Ollohga va ohiratga ishongan ersa, mehmonini izzat-ikrom qilsin. Mezbonding bir kecha-kunduz ko‘rsatgan izzat-ikromi birlan qilgan ziyofati mehmon uchun Bir mukofot tariqasyda bo‘lsin, asli mehmonning izzati uch kundir. Bundan ortig‘i mehmon uchun sadaqa bo‘lib, u mezbonning uyida to xaydab chiqarmagunlaricha qolmasin!» — deb aytdilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu riaoyat qiladilar: «Rasululloh salallohu alayhi va sallam: «Kimki Ollohga va qiyomat kuniga ishongan ersa, qo‘shnisiga ozor bermasin, kimki Olloh va qiyomat kuniga ishongan ersa, mehmonini izzat-ikrom qilsin, kimki Ollohga va qiyomat kuniga ishongan ersa, yaxshi gap gapirsin yoki jim bo‘lsin?» — deb aytdilar.

Uqba ibn Omir, rivoyat qiladilar «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va saldamga: «Yo Rasulalloh, syz bizni uyoq-buyoqlarga yuborib turasiz, shunda biz biror qavmnig manziliga borib tushsak ular bizni mehmon qilishmzydi,nima deysyz?» — dedik. Janob Rasululloh bizga: «Unda nima deysyz?» dedik. Janob Rasululloh. Agar biror qavmning manziliga borib tushsangizu sizlarga "Shu iltifotlarni qilsalar, qabul qilingiz, " basharti bunday, qilmasalar, ulardan mehmonning mezbonda bo‘ladirgan haqini undirib olingiz!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:21:42
86-bob. Taom tayyorlab mehmonga takalluf ko‘rsatmoq haqida

Abu Juhayfa rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Salmon birlan Abuddardo’ni o‘zaro aka-uka tutintirib qo‘ydilar. Shundan so‘ng, Salmon Abuddar-do’ni ko‘rgani uylariga borsalar, Abuddardo’ning xotinlari Ummuddardo’ eski kiyim kiyib olgan erkanlar. Salmon: «Sizga ne bo‘ldi, bunchalik xarob kiyim kiyib olibdirsiz?» — deb so‘radilar. Ummuddardo’: «Birodaringiz Abuddardo’ning dunyoni suv bossa, to‘niqlariga chiqmag‘aydir»,— dedilar. Abuddardo’ , uylariga. ,kelgach, Salmonga ovqat tayyorlab: «Yeng, men ro‘zaman, yemasman»,—dedilar. Salmon: «Siz yemasangiz, men ham yemasman»,—dedilar. Abuddardo’ nochor yedilar. Kechasi Abuddardo’ uyg‘onib, ibodat qilmoqchi bo‘lib erdilar, Salmon: «Yotingiz!» — dedilar, u kishi yotdilar. Bir ozdan so‘ng yana turmoqchi bo‘lib erdilar, yana: «Yotingiz!»— dedilar u kishi yana yotdilar. Tong otay deb qolganda, Salmon: «Mana endi turingiz!»—dedilarda, o‘zlari ham turib, birgalashib namoz o‘qidilar. So‘ng, Salmon Abuddardo’ga: «Sizda rabbingizning ham, o‘zingizning ham, oilangizning ham haqi bordir, sizning ulardan birortasining ham haqiga xiyonat qilmoqqa haddingiz yo‘qdir!» — dedilar. Keyin, Abuddardo’ bu voqeani Janob Rasulullohga aytib berganlarida, ul zot: «Salmon haq gapni aytibdir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:22:45
87-bob. Mehmon huzurida darg‘azab bo‘lmoq va tajanglik qilmoq makruh ekanligi haqida

Abu Usmon Abdurrahmon ibn Abu Bakrdan naql qiladilar: «Abu Bakr (Siddik) bir jamoani mehmon qilayotib, (o‘g‘illari) Abdurrahmonga: «Mehmonlarga qarab turg‘il, men bir yumush birlan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib kelgayman, kelgunimcha ularni ovqatlantirib, zeriktirmay o‘ltirg‘il!» —deb tayinladilar. Abdurrahmon tashqariga chiqib, uylarida borini olib keldida, mehmonlarga: «Olingiz, yengiz!» — dedi Mehmonlar unga: «Xonadon sohibi qaerdalar?» — deyishdi. Abdurrahmon (javob bermay) yana: «Olingiz, yengiz!»—dedi. Mehmonlar:«Xonadon sohibi kelmagunicha yemaymiz»,— deyishdi. Abdurrahmon: «Bizning mehmondorchiligimizdan yuz o‘girmangiz, olingiz! Otam kelib, sizning taom yemaganingizni ko‘rsalar, xafa bo‘ladilar»,— dedi. «Ular baribir ko‘nishmadi,— deydi Abdurrahmon,— bildimki, ular mendan xafa bo‘lganlar. Otam kelgach, men o‘zimni bir chetga oldim. Otam yehmonlarga «Ne hol yuz berdi?» —dedilar. Ular bo‘lgan gapni aytib berishdi. Otam: «Ey Abdurrahmon!» — deb ikki bor chaqirilar, men jim turaverdim. Keyin, otam: Ey nodon, men kelib, seni chaqirganimda ovozimni eshitgan bo‘lsangu, (indamay turgan bo‘dsang), qasam ichamanki...»,— dedilar. Men yashiringan joyimdan chiqib oldilariga bordimda: «Mehmonlaringizdan so‘rang!»—gdedim. Mehmonlar: «To‘g‘ri aytyapti, bizga ovqat keltirdi»,— deyishdi. Otam: «HaQiqatan ham meni kutib turdingizmi? Xudo haqi, bu kecha men taom yemayman!» — dedilar. Mehmonlar: «Siz yemasangiz, biz ham yemag‘aymiz!» — deyishdi. Otam: «Hayotimda mening uchun bunchalik baxtsiz kecha bo‘lmagan, nechun dasturxonimizga qo‘l uzatmayapsizlar, sizlarga o‘zi, nima bo‘ldi. Ovqatingni olib kel!»—dedilar. So‘ng: «Bismilloh, (g‘azablanib qasam ichganim) bu — shaytonning ishidir! —dedilarda, taomga qo‘l uzatdilar, mehmonlar ham qo‘luzatishdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:23:31
88-bob. Mehmonning mezbonga «Sen yemaguningcha men ham yemayman»,— deb aytmog‘i haqida

Bu hususda yuqorida Abu Juhayfa aytib bergan Hadis mavjud.

Abdurrahmon ibn Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «(Otam) Abu Bakr bir mehmonni (yokim meh-monlarni) uyga olib keldilar. O’zlari ersa Janob Rasulullohning huzurlariga ketib, o‘sha yerda ancha vaqt ushlanib qoldilar. Qaytib kelganlaridan so‘ng, onam: «Bu kecha mehshomingvani (yokim mehmonlaringizni) intizor qilib qo‘ydingiz-ku!» — dedlar. Otam: «Ularni ovqatlantirmadingmi?» —deb so‘radilar. Onam: «Ularning oldiga ovqat qo‘yib erdik yeyishmadi»,— deb javob berdilar. (Otam) Abu Bakr g‘azablanib so‘kindilar va aoblari tirriq bo‘lib «Men ovqat yemayman!» — deb qasam ichdilar. Shunda men bir joyga berkinib olgan erdim, otam: «Ey nodon, qaerdasan?» — deb chaqirdilar. Onam: «Siz ovqat, yemasangiz, men ham yemaymak!» — dedilar, Mehmon (yokim mehmonlar) ham otam ovqat yemagunlaricha ovqat yemasligini (emasliklarini) bildirib, qasam ichdi. Shundan so‘ng, otam: «Bizni shayton vasvasa qilayotgan ko‘rinadir» — dedilarda, ovqatni olib qelishni buyurdilar. O’zlari ham ovqat yedilar, mehmonlar ham yeyishdi. Shunda, idishdagi ovqat, ular qancha yeyishmasin, kamayish o‘rniga tobora ko‘payb borardi. Buny so‘rib otam: «Ey Baniy Firosning singlisi, nechun bunday bo‘layotir?» — dedilar. Onam: «Ko‘zlarimga ishongim kelmaydir, yemasimizdan ilgari bunchalik ermas erdi, juda ko‘payib ketibdir!» — dedilar. Hamma ovqatdan to‘ygunicha yedi, undan Janob Rasulullohga ham yuborishdi. Aytishlaricha, payg‘ambarimiz ham o‘sha ovqatdan tanovul qilibdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:25:02
89-bob. Kattalarni izzat-ikrom qilmoq haqida birinchi bo‘lib kattalar gap boshlaydi va savol beradi

Rofi’ ibn Xudayj va Sahl ibn Abu Hasma bunday deb rivoyat qilishadi: «Abdulloh, ibn Sahl va Muhayyisa ibn Mas’ud Xaybarga kelib, bir xurmozorga kirishgan erdi, u yerda Abdulloh ibn Sahlni o‘ldirishdi. Abdurrahmon ibn Sahl, Huvayyisa va Muhayyisa (Mas’udning o‘g‘illari) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borishib, o‘rtoqlarining o‘ldirilganini aytishdi. Shunda ularning ichida eng yoshi — Abdurrahmon gap boshlab erdi, Janob Rasululloh: «Kattalarni hurmat qil!»—dedilar. Yahyo: «Kattalar gap boshlamog‘i darkor!»—deb qo‘shib qo‘ydilar. So‘ng, ular o‘ldirilgan o‘rtoqlari haqida gapirishdi. Janob Rasululloh: «Elliktangiz o‘ldirilgan do‘stingiz uchun o‘ch olmoqqa qasamyod qila olurmisiz?»— dedilar. Ular: «Yo Rasulalloh, biz sira bunday qilmaganmiz!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Ellikta yahudiy o‘ldirilgan odamingiz uchun (yokim: «do‘stingiz uchun» — degan bo‘lishlari ham mumkin) xun to‘laymiz, deb qasam ichdi»,— dedilar. Ular: «Yo Rasulalloh, ular axir, kofir qavmlar-ku!»— deyishdi. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh (o‘ldirilganning) xunini o‘zlari to‘lab yubordilar». Sahl: «O’ldirilgan odam xuni uchun berilgan tuyalardan birini ushlab, og‘ilxonaga olib kirgan erdim,meni tenib yubordi»,— deydilar.

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qenga shunday bir daraxtning nomini aytingki, u musulmonga o‘xshab Olloh taoloning irodasi bilan doimo meva berib, bargini sira to‘kmaydirgav: bo‘lsin!» — dedilar. Shunda ko‘nglimta xurmo bo‘lsa kerak degan fikr keldi-yu, ammo aytmadim, chunkim u yerda Abu Bakr birlan otam Umar ham bor erdilar. Hech kim javob bermagach, Janob Rasulullohning o‘zlari: «U — xurmo daraxtidir»,— dedilar. So‘ng, otam birlan tashqariga chiqqanimizda: «Ey ota, boya men xurmo bo‘lsa kerak deb o‘ylab erdim»,— dedim. Otam: «Nechun aytmading aytganingda erdi, mening falon va falon narsalar xususida yaxshi bo‘lgan bo‘lur erdi!» — dedilar. Men: «Siz ham, Abu Bakr ham indamay turganingiz uchun gapirmoqqa jur’at qila olmadim»,—dedim»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:27:31
90-bob. She’r, rajaz va hudo’ning joiz hamda makruh tovonlari haqida

Ubay ibn Ka’b «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «She’rda hikmat mavjud»,— deb aytdilar»,— deydilar». Asvad ibn Qays: «Nabiy sallallohu alayhi va salam yo‘lda ketayotib bir toshga qoqinib ketib erdilar, barmoqlari qonadi Shunda quyidagi she’rni aytdilar»,—deydilar: «Qonini zoe oqizgan sho‘nchaki bir barmoqsan, To‘kmading qoningni Olloh yo‘lida biroq san!» Abu Hurayri rivoyat Qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Shoir Dubayd «Ollohdan o‘zga har bir narsa botil ermasmi?» deb, eng to‘g‘ri so‘zni aytganda Umayya ibn Abussaltnint islomga kirmog‘iga sal qolgan erdi»,- dedilar.

Salama ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybar tomon yo‘lga chiqdik! Tun bo‘yi yurdik. (Yo‘lda) hamsafar kishilardan biri Omir ibn al-Akva’ga: «Rajazlaringdan (rajaz vaznida bitilgan she’rlaringdan) bizga aytib bermaysanmi?» — dedi. Omir shoir erdi, tuyasidan tushib, odamlarga qarata quyidagi hudo’ni (tuyakashlar qo‘shig‘ini) ayta ketdi:

«Bo‘lmasang sen yo Iloho, to‘g‘ri yo‘lni topmas erdik
Xayru ehson ham namozki hech qachon biz bilmas yerdik.
Aybimizni mag‘firat aylab azobingdan najot berg‘il,
Adashtirmay to‘g‘ri yo‘ldan bizga doim sabot berg‘il.
Pulsirotdalol, visolingni ko‘raylik biz,
Qalbimizga Ishonch solg‘il, xotiri jam’ bo‘laylik biz.
Hoziru nozir erurmiz qilsalar gar bizni da’vat,
Chunki da’vat sohibida bizga bordur ishonch, albat».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:36:13
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu tuyabonning ismi nedir?» — deb so‘radilar. «Omir ibn al-Akva’»—deb aytishdi. Janob Rasululloh: «Unga Olloh taoloning rahmati bo‘lsin!» — dedilar. Bir kishi: «Vojib bo‘ldi. yo Rasulalloh, bizga ham Olloh taoloning rahmatini tilasangiz erdi!»- dedi. So‘ng, biz Xaybarga yetib kelib, uni qamal qildik. Xaybarliklar qattiq qarshilik ko‘rsatib, qamal cho‘zilib ketganligidan yeguliklarimiz tugab, qattiq och qoldik. Keyin, Olloh taolo inoyati birlan Xaybarni fath qilmoqqa muyassar bo‘ldik. Shahar fath qilingan kuni tunda odamlar ko‘plab gulxan yoqishdi. Janob Rasululloh buni ko‘rib: «Anavi gulxanlarni ne sababdan yoqishdi?» — deb so‘radilar. «Go‘sht pishirmoq uchun»,— deb javob qilishdi. Janob Rasululloh: «Qanday go‘shtni?» — deb so‘radilar. «Xonaki eshaklarning go‘shtini»,— deb javob qilishdi. Janob Rasululloh: «Qozonlarni ag‘darib, sindirib tashlangiz!» — dedilar. Bir odam «Qozonlarni ag‘darib, so‘ng yuvib tashlasakchi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Shunday qilsangiz ham bo‘lg‘ay»,— dedilar. Qavm saf tortib turganda Omir bir yahudiyga zarb birlan qilich solgan erdi, tig‘i kaltaligidan qaytib kelib o‘zining tizzasini kesib ketdi, shundan u vafot etdi. Xaybardan qaytgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening g‘amgin yurganligimni ko‘rib: «Senga ne bo‘ldi?»—dedilar. «Men: «Sizga ota-onam fido bo‘lsin, odamlar aytadilarki, Omirning qilgan barcha amali solihlari habata bo‘lib ketgan ermish»,— dedim. Janob Rasululloh: «Xususan kim aytdi?» — dedilar. Men: «Falonchi birlan pistonchi hamda Usayd ibn al-Huzayr al-Ansoriy»,— dedim. «Yolg‘on aytibdilar, Omirga ikki savob tegadir»,— dedilar Janob Rasululloh va barmoqlarini chalishtirib ko‘rsatdilarda: «U g‘ayratli va tirishqoq erdi, arablar orasida ana shunday xislatlarga ega bo‘lganlar ham topilgay»,— dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ba’zi bir ayollarining huzuriga kirdilar. Ummu Sulaym ham o‘shalar orasida erdi. Shunda unga «Ey Anjasha, (tuyalarni) sekinroq hayda, shishalarga ehtiyot bo‘l!» — dedilar. Abu Qiloba: «Janob Rasululloh shunday bir so‘zni aytdilarki, agar uni birortangiz aytsangiz, ustidan kulgan bo‘lur erdingiz»,— deydilar. Janob Rasulullohning Anjasha ismli bir qora tuyabonlari bo‘lib, Ummu Sulaymga o‘shaning ismi birlan murojat qilyaptilar. Qolgan ayollarni ersa, shishalarga qiyoslayaptilar. Chunkim, Ummu Sulaym qolgan ayollarga nisbatan tuyabon yanglig‘ mavqega ega bo‘lib, ularni hayot yo‘lidan bir maromda. yetaklab bormog‘i, shishalar kabi nozik ayollarni sindirmay manzilga yetkazmog‘i darkor.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:36:45
91-bob. Mushriklarni hajv qilmoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Hasson ibn Sobit Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mushryklarni hajv qilmog‘iga ijozat so‘rab erdi, Janob Rasululloh: «Mening urug‘ aymoqlarim ne bo‘lg‘ay?» — dedilar (ya’ni «Mening urug‘-aymoqlarimda ham mushriklar bor-ku, unda meni ne qilg‘aysan?!»). Hasson: «Sizni mushrik urug‘-aymoqlaring ichidan hamirdan qil sug‘urib olganim yanglig‘ ayirib olg‘umdir!» — dedi».

Hishom ibn Urva otalaridan naql qiladilar: «Men Oishaning huzurlarida Hassonni so‘ka ketdim. Oisha: So‘kma uni, chunkim u Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga madhiya yozar erdi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:37:38
Abu Hurayra o‘z rivoyatlarida Nabiy sallallohu alayhi va sallam haqlarida gapirayotib: «Janob Rasululloh: «Sizning birodaringiz (Ibn Ruvoha o‘z she’rlarida) yaramas gaplarni aytmaydi»,— deb aytdilar»,— deydilar. Ibn Ruvoha bunday deb yozgan erkan: «Doimo Olloh Kitobin o‘qir Hazrat Rasululloh, Qop-qaro tun bag‘rini yuz pora qilgan tong guvoh. Ko‘rsatib bizga xidoyat, haq yo‘lig‘a boshladi, BihamdilliH so‘qir ko‘zlar ochildi, bo‘lmadik gumroh. Mushrikiylar jismiga varqu to‘shak ham botganida, Rasululloh ostlari qotdi to‘shaksrlz tun bo‘yi, e voh!». Abu Salami ibn Abdurrahmon ibn Avf quyidagi uadisni aytib berganlar «Hasson ibn Sobit (shoir) Abu Hurayraning guvoh bo‘lmoqlarini so‘rab: «Olloh haqqi-hurmati, aytingizchi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: Ey Hasson Ilohi, Rasulullohga Ruh ul-Quddusni (Jabroil alayhisalimni! madadkor aylag‘il, deb (she’r) ayt!» deganlarini eshitganmisiz?» — dedi. Abu Hurayra: «Ha, eshitganman —dedilar».

Barro (ibn Ozib) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hassonga: «Ularni (mushriklarni) hajv qlg‘il, Jabroil senga madadkor bo‘lsin!»— dedilar» 
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:39:08
92-bob. She’r (she’riyat) insonni Olloh taoloning zikridan hamda ilmu ma’rifat va Qur’ondan chalg‘itadirgan darajada yengib qo‘ymasligi lozim!

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qorningiz she’r birlan to‘lgandan ko‘ra, yiring birlan to‘lgani afzaldir! (ya’ni, Olloh taolo va uning rasulini madh etmaydirgan she’rdan yiring afzalroq!)» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:39:27
93-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Baraka topkur!» hamda «Bizni yo‘ldan qoldiradigan bo‘libsanda!» degan qavllari haqida

Urva Oishadan naql qiladilar:. «Abulqu’aysning o‘kasi Aflah «Hijob oyati» nozil bo‘lgach, mening huzurimga kirmoqqa izn so‘radi. Men: «Xudo haqi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ijozat qilmagunlaricha, ruxsat bera olmagaymen, chunkim meni Abulqu’aysning ukasining xotini ermas, balkim Abulqu’aysning xotini emizgandir!» — dedim. Shu asnoda Janob Rasululloh huzurimga kirib kelib erdilar: «Yo Rasulalloh, meni anavi kishining xotini ermas, balki uning (akasining) xotini emizgandir»,— dedim. Janob Rasululloh: «Baraka topkur, ruxsat berg‘il, axir u senga amaki bo‘ladir! — dedilar».

Urva bunday deydilar: «Oisha shunga ko‘ra: «Tug‘ishganlar bir-biriga mahram bo‘lgani kabi, emishganlar ham o‘zaro mahram bo‘lg‘aydir»,— der erdilar» Oisha raziyallohu anho. rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam (yo‘lga chiqmoqchi bo‘lib) shoshib turgan erdilar, Safiyyaning bemavrud hayz ko‘rib qolganidan chodiri eshigi oldida g‘amgin o‘ltirganini ko‘rib: «Bizni yo‘ldan qoldiradigan bo‘libsanda!» — dedilar. So‘ng: «Nahr kuni tavof qilgan erdingmi?» — deb so‘radilar. Safiyya: «Ha» — dedi. Janob Rasululloh: «Unday bo‘lsa, yo‘lga chiqg‘il»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:40:06
94-bob. «Ta’kidladilar» degan so‘z haqida

Ummu Honi’ bunday degan ekanlar: «Makka fath qilingan yili Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bordim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘usl qilayotgan va qizlari Fotima ersa, bir narsa birlan ul zotni pana qilib turgan erkan. Janob Rasulullohga salom berdim. «Bu kim?» — dedilar. «Men Ummu Honi’man, Abu Tolib qiziman»,— dedim. «Xush kelibsan, Ummu Honi’!» — dedilar. Janob Rasululloh g‘usl qilib bo‘lganlaridan keyin turib bir kiyimga o‘ralgan holda sakkiz rak’at.namoz o‘qidilar. Namoz o‘qib bo‘lib o‘girildilar. Shunda men: «Yo Rasulalloh, u ham men panohimga olganini falonchi ibn Hubayrni o‘ldirurmen, deb ta’kidladi»,- dedim. Janob Rasululloh: «Ey Ummu Honi’, sen kimni panohingga olgan ersang, biz ham o‘shani panohimizga, oldik»,-deb aytdilar. Shu gapni aytganlarida zuho (choshgoh) namozi vaqti bo‘lgan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:40:31
95-bob. Bir kishining «Sho‘ring qursin!» degani haqyda

 Anas razyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy salallohu alayhi va sallam tuya haydab borayotgan bir kishini ko‘rib «Uni minib olsangchi!» — dedilar. U kishi: «Bu qurbonlikka atalgan-ku!» — dedi, Janob Rasululloh yana: «Minib olsangchi!»— dedilar. U kishi tag‘in «Bu qurbonlikka atalgan-ku!»— dedi. Janob Rasululloh uchinchi marta: «Sho‘ring qursin, minib olsangchi!» — dedilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kishining tuya haydab ketayotganini ko‘rib «Uni minib olg‘il!» — deb aytdilar. U kishi: «Yo Rasulalloh, axir bu qurbonlikka atalgan-ku!» — dedi. Janob Rasululluloh, «Sho‘ring qursin, minib olg‘il!» —deb ikki yoki uch bor qaytardilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:41:49
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda erdilar. Anjasha degan bir qora qul ham ul zot birlanjrga bo‘lib, tuyabonlar qo‘shig‘ini aytib ketayotgan erdi. Shunda Janob Rasululloh unga: «Sho‘ring qursin, ,ey Anjasha, (tuya ustidagk) shishalarga ehtiyot bo‘l!»-deb aytdilar». (Bu birlan Janob Rasululloh: «Tuyalar ustidagi shisha yanglig‘ nozik ayollarni ehtiyot qilgi.ya, tuyalarni tez haydamag‘il!» — demoqchilar).

Abu Bakra otalaridan naql qiladilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sadlamniqg huzurlarida boshqa bir odamni maqtadi. Shunda Janob Rasululloh: «Sho‘ring qursin, birodaringning bo‘ynini sindirib qo‘yding!» — deb uch bor takrorladilar. So‘ng: «Birortangiz kimnidir maqtamoqchi bo‘lsangiz, basharti uni yaxshi bilsangiz ham: «Olloh taolo haqi, myon uni shunday (xislatlarga ega) deb hisoblayman, lekin hech kimni Olloh taoloning oldida oqlamoqchi ermasman» — deb aytingiz!» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:42:09
Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ljalarni taqsimlab o‘ltirgan erdilar, Baniy Tamim qabilasidan bo‘lgan Zulxuvaysira degan kishi: «Yo Rasulalloh, adolat qilingiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Sho‘ring qursin, men adolat qilmasam, kim adolat qylg‘ay?!» — dedilar. Shunda Hazra Umar: «Ijozat qilingiz, kallasini tanidan judo aylayin!, — dedilar. Janob Rasululloh: «Yo‘q, aslo! Uning shunday do‘stlari borki, birortangiz ham ular birlan na namoz o‘qimoqni va na ro‘za tutmrqni o‘zingizga ravo ko‘rg‘aysiz. Ular ov qilinadirgaq biror jonzotning (oshqozonini) teshib o‘tib ketgan o‘q-yoy yanglig‘, dinga birrov kirib-chiqib ketadirgan odamlar bo‘lib, o‘q-yoy paykonidan tortib to uning patiga qadar ko‘z tashlab, oshqozon axlati-yu qon yuqidan bo‘lak hech narsa topolmagan (sayyodga) o‘xshagaydirlar. Bundaylar odamlar o‘rtasida ixtilof chiqqanda paydo bo‘ladirlar (Ayrim nusxalarda: «Bundaylar yaxshi odamlarga qarshi chiqadirlar» — deyilgan). Ularning belgisi shulki bir qo‘li ayol ko‘kragi yoki bir bo‘lak go‘sht yanglig‘ titrab turg‘aydir»,— deb aytdilar.

Abu Sa’id: «Mana shu gaplarni Janob Rasulullohdan, eshitdim deb guvohlik berurman hamda Ali ularga qarshi jang qilganda men birga erdim, o‘liklardan biri haqiqatan ham Janob Rasululloh tasvirlab berganlaridek erkan deb ham guvohlik berurman»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:43:03
Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Bir badaviy Rasudulloh sallallohu alayhi va sallamga: «Hijrat qilmoq haqida xabar beringiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Sho‘ring qursin, hijrat qilmoq mushkul ish, sening tuyalaring bormi?» — deb aytdilar. U: «Ha, bor»,— dedi. Janob Rasululloh: «Ular uchun zakot berib turursanmi?» — deb so‘radilar. U: «Ha, zakot berib tururman»,— deb javob qildi. Janob Rasululloh: «Dengizlar ortida turib ham amali solih qilaver, Olloh taolo qilgan amali solihlaringni zarracha kamsitmagaydir!» —dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar : «Bir badaviy kelib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, qiyomat qachon bo‘lgay?»—dedi. Janob Rasululloh: «Sho‘ring gursin, unga qanday tayyorgarlik ko‘rgansan?»—dedilar. Badaviy: «Olloh va uning rasulini sevishimdan bo‘lak hech qayday tayyorgarligim yo‘q»,— deb javob qildi. Janob Rasululloh: «Sen (jannatda) o‘zing sevganlar birla Bo‘lg‘aysen!» — dedilar. Biz: «Yo Rasulalloh, biz hammi?» —dedik. Janob Rasululloh: «Ha»,— dedilar. Shu kuni biz nihoyatda xursand bo‘lib ketdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:54:52
96-bob. Olloh azza va jallaga bo‘lgan muhabbatning alomatlari haqida
 
Olloh taolo bo‘ xususda: «Agar Ollohni yaxshi ko‘rsangiz, ergashingiz, Olloh sizni suyukli qilg‘ay!» — deydi.

Abdulloh rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh: Kishi (jannatda) o‘ziga suyukli odam birlan birga bo‘ladir»,— dedilar».

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, bir qavmni sevib, unga yetisha olmagan kishi haqida ne degaysiz?»—dedi. Janob Rasululloh: «Kishi (jannatda) o‘ziga suyukli odam birlan birga bo‘ladir»,— deb javob qildilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasulullo sallallohu alayhi va sallamdan: «Yo Rasulalloh, qiyomat Qachon bo‘lg‘ay?»—deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Unga qanday hozirlik ko‘rib qo‘ygansan?» — dedilar. Boyagi odam: «Ko‘p hozirlik ko‘rganim yo‘q. aytarli namoz o‘qimadim, ro‘za-tutmadim, sadaqa ham bermadim, ammo men Olloh birlan uning rasulini yaxshi ko‘rg‘ayman»—dedi. Janob Rasululloh: «Sen (jannatda) o‘zing sevganlar birla bo‘lg‘aysen!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:55:38
97-bob. Bir odamning ikkinchi bir odamga: «Daf bo‘l!» — demog‘i haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ibn Soidga: «Men senga bir gap aytmoqchiman, aytchi, u qanday gap?» — dedilar. Shunda Ibn Soid: :Tut...»—deyishi birlan Janob Rasululloh, unga: «Daf bo‘l!» — dedilar (chunkim, jinlar birlan aloasi bo‘lgan Ibn Soid Janob Rasulullohning dillaridagi gapni bilib olgan bo‘lib, «Osmon tutun birlan qoplanadirgan kunni kutg‘il!» degan oyati karimadagi «tutun so‘zini aytishga endigina og‘iz juftlagan erdi)».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bir guruh sahobalar hamrohligida Ibn Sayyod yashaydirgan tomonga bordilar. Ibn Sayyodni Baniy Mug‘ola qal’asmda bolalar birlan o‘ynab turganda uchratishdi. Ibn Sayyod balog‘atga yetib qolayozgan erdi. U, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muborak qo‘llari birlan orqasiga turtmagunlaricha, kelganlarini sezmadi. Janob Rasululloh: «Mening Ollohning elchisi ekanligimga guvohlik berg‘il!» — dedilar. Ibn Sayyod Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qarab: «Guvohlik berg‘ayman, siz, darhaqiqat, ummiylarning (savodsizlarning) payg‘ambaridirsiz, lekin siz o‘zingiz ham mening Ollohning elchisi ekanlig‘imga guvohlik bergaymisiz?» — dedi shakkoklik qilib. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning gapini rad qilib: «Men Olloh va uning payg‘ambarlarig‘a ishong‘aymen», dedilar. So‘ng, Ibn Sayyoddan: «Senga nelar ayon bo‘lg‘ay?»,— deb so‘radilar. Ibn Sayyod: «Menga (miyamga) gohi chin, gohi yolg‘on gaplar kelg‘aydir»,— deb aytdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sening miyang aynib qolgan. Men (hozir) senga ko‘nglimdagi bir gapni aytayin»,— dedilar. Ibn Sayyod: «Aytmoqchi bo‘lgan ganingiz duh..» — deb endigina og‘iz juftlab ham erdiky Janob Rasululloh uning gapini bo‘lib: «Daf bo‘lg‘il. Haddingdan oshmag‘il!» — dedilar (Darhaqiqat, Janob Rasululloh «Fa-rtaqib yavma ta’tiyu-ssamo’u bi-duxonin degan oyatni o‘qimoqchi bo‘lgan erdilar. Ibn Sayyod ana shu oyatdagi «duxon» (tutun) so‘ziga ishora qilgan erdi. Oyatning mazmuni: «Osmon tutun birlan qoplanadirgan kunni kutg‘il!»).. Shunda Hazrat Umar: «Uni menga qo‘yib beringiz, kallasini kesib tashlayin!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Agar u Dajjol bo‘lsa, unga siz hukmingizni o‘tkaza olmassiz (uninga olmassiz), bordi-yu, Dajjol bo‘lmasa, uni o‘ldirmog‘ingizdan sizga ne naf?»—dedilar». Keyinchalik— deydilar Ibn Umar,— Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ubay ibn Ka’b al-Ansoriy birlan birga Ibn Sayyod bilan uchrashishgan o‘shal xurmozorga yashirincha bordilar. Janob Rasululloh bir xurmo daraxti panasidan turib kuzata boshladilar, chunkim Ibn Sayyod: ko‘rib qolmasidan ilgari u aytadirgan biror gapni eshitib: olmoqchi erdilar. Ibn Sayyod o‘zining baxmal ko‘rpasiga (burkanib) yotar, ko‘rpa ichidan ersa, uning ming‘irlagan tovushi eshitilar erdi. Shunda Ibn Sayyodning onasi Janob Rasulullohning hurmo daraxti panasidan kuzatib turganlarini ko‘rib qolib: «Ey Sof (uning asl ismi shunday erdi), ana Muhammad!» — dedi. Ibn Sayyod so‘zlamoqdan to‘xtadi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar onasi indamay turganida, Ibn Sayyodning sirini bilib olgan bo‘lur erdik»,— dedilar».

Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlar orasida o‘ltirgan erdilar, o‘rinilaridan turib Olloh taologa munosib hamdu sanolar aytdilar, so‘ng Dajjol haqida eslab: «Men sizlarni undan (ehtiyot bo‘lingiz, deb) ogohlantiraman. Nuhdan bo‘lak biror payg‘ambar o‘z qavmini Dajjoldan ehtiyot bo‘lmoqqa chorlamagan erdi. Men ersam, hozir sizlarga uning haqida hali biror payg‘ambar aytmagan» bir gapni aytayin, bilib qo‘yinglar, uning (bir) ko‘zi ko‘rdir, Olloh taolo ersa ko‘r ermas!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:56:24
98-bob. Odamning «Marhabo!» demog‘i hususida

Oisha onamiz: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Fotima alayhossalomga: «Marhabo, ey qizim!»—dedilar»,— deydilar»: Ummu Honi’: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib erdim, «Marhabo, ey Ummu Honi’!» —deb aytdilar»,— deydilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: Abd ul-Qays (qabilasining) vakillari Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelganda ul zot: «Tortinmay va nadomat qilmay tashrif buyurgan vakillarga marhabo!»—dedilar. Ular: «Yo Rasulalloh, biz Rabi’a qabilasining bir urug‘imiz, biz birlan syzning o‘rtangizda Muzar qabilasi to‘sqinlik qilib turibdi Shul boisdan biz sizning huzuringizga muharram oyidagina kela olurmiz, xolos. Bizga shunday bir muayyan ishni buyuringki, uni bajargach, biz jannatga kiraylik va o‘zimizdan keyingilarni ham shunga da’vat etaylik!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Sizlarga to‘rt narsani buyurib, to‘rt narsani man’ qilg‘aymen: namoz o‘qingiz, zakot beringiz, ro‘za tutingiz va qo‘lga kiritgan o‘ljangizning byoshdan bir qismini ulashingiz! Sizlarga dubbo, hantam, naqiyr va muzaffat (ichimlik tayyorlanadigan idishlar nomi)da ichimlik tayyorlab ichmoqni man’ qilurmen!» — deb aytdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:57:10
99-bob. Qiyomatda odamlar otasining ismi birlan atalmog‘i haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomatda ahdiga vafo qilmagan (xoin) odam uchun (hamma uni ko‘rib, bilib qo‘ysin, degan maksadda xoinligini bildirib turadigan) bayroq tikib qo‘yilgay va: «Bu falon o‘g‘li falonning bayrog‘idir!» - deyilgay»,—dedilar».

Abdulloh ibn Dinor Ibn Umardan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomatda ahdiga vafo qilmagan (xoin) uchun bayroq tikib qo‘yilib: «Bu falon o‘g‘li falonning (xoinlik) bayrog‘idir!» — deyilgay» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:57:59
100-bob. «Qusgim kelyapti» deyilmasin!

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabiy sallollhu alayhi va sallam: «Birortangiz «Qusgim kelyapti» deb aytmangiz, «Ko‘nglim ayniyapti» deb aytingiz!» dedilar».

Abu Umoma ibn Sahl otalaridan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz «Qusgim kelyapti» deb aytmangiz, «Ko‘nglim ayniyapti» deb aytingiz!» dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:59:16
101-bob. Dahr (zamon, abadiyat, azaliyat)ni so‘kmangiz!

Abu Hurayra rivoyat qiladirlarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo: «Odam bolasi dahrni so‘kg‘aydir, dahr ersa — men erurman, tun ham, kunduz ham mening ilgimdadir!»—deydi», — deb aytgan erkanlar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uzumni karm, dahrni ersa, ishonchsiz demangiz, chunkim Ollohning o‘zi dahrdir!» —deb aytdilar» («Karm» so‘zi uzum zangini anglatish birlan birga «saxovat» va «karam» degan ma’nolarga ham egadir. Shul boisdan bo‘lsa kerak «Uzumni karm demangiz»,—deydilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 08:59:33
102-bob.

Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Uzumni karm demangiz), chunkim karm mo‘minning qalbidir!» — dedilar (ya’nq, karmsaxovat mo‘minning yuragidir. Demak saxovatsiz odam mo‘min bo‘lmaydi, mo‘min ersa karmsaxovatsiz yashay olmaydi, chunkim saxovat uning yuragidir!). Janob Rasululloh: «Haqiqiy sharmanda bu dunyoda bor-yo‘g‘idan ajrab qolgan odam ermas, balki iymonu e’tiqodini boy berib qiyomatda Olloh taologa ro‘baro‘ bo‘lgan odamdir!» va «Haqiqiy g‘olib — g‘azabi kelganda o‘zini bosa olgan odamdir!» —deb aytdilar. So‘ng, «Ollohning mulkidan boshqa mulk yo‘qdir!» — deyish birlan birga Ollohni yagona mulkdor deb tavsifladilar. Keyin, podshohlar haqida gapirayotib: «Podshohlar, agar biror qishloqqa kirsalar, uni xonavayron qilgaylar»,— deb ham aytdilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Uzumni) karm deyishadi, vaholanki karm mo‘minning yuragidir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:00:07
103-bob. «Ota-onam senga fido bo‘lsin!»—degan kishi haqida

Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Sa’ddan boshqa biror kishiga ota-onam senga fido bo‘lsin, deb aytganlarini eshitmadim. Menimcha, Uhud jangida bo‘lsa kerak Janob Rasululloh Sa’dga: «Ota-onam senga fido bo‘lsin, ot, otsangchi!»—deb aytgan erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:00:22
104-bob. «Olloh taolo meni sizga fido qilsin!» — degan kishi haqida

Abu Bakr Nabiy sallallohu alayhi va sallamga: «Ota-onalarimizni sizga fido qildik!» — deb aytganlar.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilarki, u kishi birlan Abu Talha bir tuyada, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Safiyya ersa ikkinchi bir tuyada ketib bormoqda erdilar. Safiyya Janob Rasulullohning orqalarida erdi.Shunda tuya qoqinib ketib, Safiyya birlan payg‘ambarimiz yiqilib tushishdi. Abu Talha darhol o‘zini tuyadan tashlab, janobimizning qoshlariga yetib bordida: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo meni sizga fido qilsin, lat yemadingizmi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Yo‘q, ammo ayolimning holidan xabar olg‘il!» —dedilar. Abu Talha Safiyya yotgan tomonga yugurib ketdi, borib o‘z kiyimini uning ustiga yopib qo‘ydi, Safiyya (o‘ziga kelgach) o‘rnidan turdi. So‘ng, Abu Talha tuya egar-jabdug‘ini yaxshilab bog‘lab qo‘ydi, Janob Rasululloh birlar Safiyya unga minib, yana yo‘lga ravona bo‘lishdi. Madinaga yaqin qolganda Janob Rasululloh: «(Kufrdan) qaytyapmiz, tavba qilyapmiz, rabbimizga ibodat qilib, shukr qilyapmiz»,— degan so‘zlarni takrorlay -boshladilar va shu so‘zlarni aytgan holda Madinaga kirib bordilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:01:13
105-bob. Olloh, azza va jallaga eng mahbub bo‘lgan ismlar haqida

Ibn al-Munkabir Jobirdan naql qiladilar: «Oramizdan bir kishi o‘g‘il ko‘rib, unga Qosim deb ism qo‘ydi. Biz: «Seni Abulqosim deb atay olmaymiz!»—dedik. Shunda u Janob Rasulullohga borib aytgan erdi, ul zot: «O’g‘lingga Abdurrahmon deb ism qo‘yg‘il!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:01:26
106-bob.

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Bolalaringizga ismimni qo‘yinglar, laqabimni qo‘ymanglar!» —deb aytganlar.

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Oramizdan bir kishi o‘g‘il ko‘rib, unga Qosim deb ism qo‘ydi. Shunda odamlar «Janob Rasulullohdan so‘ramagunimizcha, bolaning otasini Abulqosim deb atamaymiz»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Bolaga ismimni qo‘yinglar, laqabimni ermas!» — deb aytdilar».

Abu Hurayri rivoyat qilidilir: «Abulqosim sallallohu alayhi va sallam: «Bolaga ismimni qo‘yinglar, laqabimni ermas!»—deb aytdilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Oramizdan bir kishi o‘g‘il ko‘rib, unga Qosim deb ism qo‘ydi. Odamlar: «Biz seni yuzxqtir qilib, Abulqosim deb atay olmaymiz»,— deyishdi. Shunda u Janob Rasulullohning huzurlariga « borib bu gapni aytib erdi, ul zot: «O’g‘lingga Abdurrahmon deb ism qo‘yg‘il!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:02:04
107-bob. Huzn (g‘am) degan ism xaqida

Ibn al-Musayyab otalaridan naql qiladirlarki, otalari Janob Rasulullohning huzurlariga borganlarida, ul zot: «Isming nedur?» —deb so‘rabdilar. Otalari: «Ismim Huzn (g‘am)»—debdilar. Janob Rasululloh: «Sening isming Sahl (ya’ni, odmonbo‘lsin!)» — deb aytibdilar.Otalari: «Otam qo‘ygan ismni o‘zgartira olmasman!» — debdilar».
Ibn al-Musayyab: «Shu-shu bo‘ldi-yu, boshimizdan g‘am arimay qoldi»,—- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:02:18
108-bob. Ismni o‘zgartirib undan yaxshiroq ism qo‘ymoq haqida

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Munzir ibn Abu Usaydni tug‘ilganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib kelishdi. Janob Rasululloh uni tizzalariga o‘tqizib qo‘ydilar. Bolaning otasi Abu Usayd ham o‘sha yerda erdi. Janob Rasululloh bir narsa birlan mashg‘ul bo‘lib, xayollari qochdi. Shunda Abu Usayd ishora qilib erdi bolani Janob Rasulullohning tizzalaridan ko‘tarib olib ketishdi. Janob Rasululloh o‘zlariga kelib: «Bolaqani?» — dedilar. Abu Usayd: «Yo Rasulalloh, (uyga) berib yubordik»,— dedi. Janob Rasululloh: «Ismi nima?»-dedilar. Abu Usayd: «Ismi falon»,— dedi. Janob Rasululloh: «Va lekin uning ismi Munzirdir»,— dedilar. Shu kundan e’tiboran uning ismi Munzir bo‘lib qoldi».

Abu Rofi’ Abu Hurayradan naql qiladilar: «Zaynabning ismi aslida Varra (xudojo‘y, itoatkor) bo‘lgan. Dong taratsin, deb unga shu ismni qo‘yishgan erdi. Janob Rasululloh uning bu ismini Zaynab (xushmanzara va xushbo‘y daraxtning nomi) deb o‘zgartirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:02:34
109-bob. Bolaga payg‘ambarlar ismini qo‘ymoq xususida

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘g‘illari Ibrohimni o‘pdilar»,— deydilar.

Ismoil raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Abu Avfodam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘g‘illari Ibrohimni ko‘rganmisiz?» — deb so‘radim. U menga: «Go‘dakligida vafot etgan, basharti Janob Rasulullohdan keyin ham payg‘ambar bo‘lishi lozim bo‘lganda u yashagan bo‘lur erdi. Ammo, ul zotdan so‘ng payg‘ambar bo‘lmag‘aydir!» — dedi».

Adiy ibn Sobit bunday deydilar: «Barrodam eshitdimki, Janob Rasululloh sallallohu alayhi. va sallam o‘g‘illari Ibrohim alayhissalom vafot etganida: «Jannatda uni emizib qo‘yyuvchi ayol bordir»,— degan erkanlar». Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Bolangizga) mening ismimni qo‘yinglar, laqabimni ermas, chunkim men qosimmantaqsimlovchiman), sizlarga (Olloh taolo nimaiki yo‘llasa, o‘shani) ulashaman»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:02:46
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Bolangizga) ismimni qo‘yinglar, laqabimni ermas. Kimki meni tushida ko‘rsa, o‘zimni ko‘ribdi, chunkim shayton mening qiyofamga kirib ko‘rina olmaydi Kimki qasddan mening haqimda yolg‘on gaplarni aytsa, o‘ziga do‘zaxdan joy tayyorlayversin!» — dedilar».

Abu Muso (al-Ash’ariy) bunday deydilar: «Men o‘g‘il ko‘rganimda uni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib bordim, unga Ibrohim deb ism qo‘ydilar. Keyin, bir dona xurmoni olib, u birlan tanglayini ko‘tarib qo‘ydilarda, duo qilib qo‘limga qaytarib tutqazdilar». Bu Abu Musoning to‘ng‘ich o‘g‘li erdi».

Ziyod ibn Iloqa rivoyat qiladilar: «Mug‘yra ibn Shu’badan eshitdimki, Ibrohim (Janob Rasulullohning o‘g‘illari) vafot qilgan kuni quyosh tutilgan erkan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:02:58
110-bob. Odamni go‘dakligida qo‘yilgan ismi birlan atamoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam rak’atdan boshlarini ko‘targach: «Ey parvardigoro, Valid ibn Validga, Salama ibn Hishomga, Iyosh ibn Abu Rabi’aga va Makkadagi mo‘min g‘ariybu g‘urabolarga o‘zing najot berg‘il! Ey parvardigoro, Muzar qabilasiga nisbatan azobingni kuchaytirib, ularga Yusuf alayhissalom davrlaridagidek qahatchilik (yillarini) yuborg‘il!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:03:08
111-bob. Do‘stini chaqirganda uning ismini chala aytgan kishi xususida

Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Yo Abu Hur!» dedilar»,— deydilar.

Abu Salama ibn Abdurrahmon rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohning jufti halollari bo‘lmish Oisha raziyallohu anho aytadirlarki, Janob Rasululloh «Yo Oisha, Hazrat Jabroil senga salom aytdilar, men ersam: «Sizga uning va sal U kitob ham Ollohning salomi va rahmati bo‘lsiya!»—deb aytdim», — debdilar». «Darhaqiqat,— deydilar Oisha onaniz,— Hazrat Jabroil bizni ko‘rib turadilar, biz ersak ul zotni ko‘rmaymiz».

Anas rivoyat qiladilar: «Ummu Sulaym (tuyaga o‘rnatilgan) kajavaga o‘ltirib olgan erdi, Janob Rasulullohning gulonlari Anjasha ersa tuyani haydab borardi. Shunda Janob Rasululloh: «Ey Anjasha, sekinroq hayda, shishalarni (ya’ni, tuya ustidagi ayolni} ehtiyot qil!» dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:03:56
112-bob. Hali (uylanib) bola ko‘rmagan gudakka laqab qo‘ymoq haqida

Anas rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallalloh alayhi va sallam eng xushxulq odam erdilar. Mening Umayr ismli uham bo‘lib, u emadigan yoshdan o‘tgan erdi. Janob Rasululloh biznikiga kelganlarida unga: «Ey Abu Umayr, bu Abulcha ne qildi?»—der erdilar. Shunda u ham o‘yinchoq bu Abulchani o‘ynab o‘ltirgan bo‘lar erdi. Uyimizda bo‘lganlarida namoz vaqti bo‘lib qolsa, taglaridagi gilamchaga suv sepib supurishni buyurar erdilar, so‘ng namoz o‘qimoqda tutimganlarida biz orqalarida saf tortib turar erdik ul zot bizga imomlik qilib namoz o‘qir erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:04:13
113-bob. Garchi laqabi bo‘lsada. «Abu Turob» degan ana boshqa bir laqab olgan kishi xususida

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu mahbub ismlar ichida o‘z ismlarini xush ko‘rsalarda, o‘zlarini Abu Turob deb chaqirishlarini ko‘proq yoqtirar erdilar. Chunkim, bu lakabni u kishiga Janob Rasulullohning o‘zlari qo‘ygan erdilar. Voqea bunday bo‘lgan erdi: bir kuni Hazrat Ali xotinlari bo‘lmish Fotimadan arazlab chiqib ketdilarda, masjidga borib deborga suyanib o‘ltirdilar. Janob Rasululloh u kishini izlab masjidga kirib keldilar, qarasalar deborga suyanib o‘ltiribdilar. orqalariga tufroq tekkan. Shunda Janob Rasululloh Hazrat Alining orqalariga tekkan tufroqni qoqayotib: «Ultiraver, yo Abu Turob!» —dedilar» (Turob — tufroq demakdir).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:04:26
114-bob. Olloh taolo yoqtirmaydirgan eng xunuk isimlar haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallai: «Qiyomat kuni Olloh taolo dargohidagi xunuk ism — kishining podshoxlar podshohi (shahanshoh) degan ismidir!» — dedilar. So‘fyon: «Olloh taolo dargohidagi eng xunuk ism kishining podshohlar podshohi (shahanshoq) degan ismidir» deb bir necha bor aytdilar. 
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:04:48
115-6ob. Mushrikning laqabi haqida.

Urva ibn az-Zubyir Usoma ibn Zayddan naql qiladilar: «Rasululloh sallyllohu alayhi va sallam duxoba to‘qim yonilgan bir eshakka Usomani mingashtirib olib Baniy Horis ibn al-Xazraj qabilasidagi Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani bordilar. Bu voqea Badr urushidan ilgari bo‘lgan erdi Yo‘l-yo‘lakay bir majlis bo‘layotgan joyga kirib o‘tdilar Majlisda Abdulloh ibn Ubay ham bor bo‘lib, u hali islomga kirmagan erdi. Janob Rasululloh iajlis ahliga nazar tashlab, u yerda musulmonlar birlan butvarast mushriklar, yahudiylar borligini hamda ularning orasida Abdulloh ibn Ruvohaning han o‘ltirganini ko‘rdilar. Abdulloh ibn Ubay hayvon tuyog‘idan ko‘tarilayotgan chang-to‘zondan ridosi birla burnini to‘sib: «Hey, changitmangizlar!» dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (eshaklarini) to‘xtatdilarda, pastga tushdilar, so‘ng yig‘indagi nomusulmon kishilarni Oyaloh taolo yo‘liga da’vat etdilar va Qur’on tilovat qildilar. Abdulloh ibn Ubay ibn Salul: «Ey falonchi, sening aytganingni qilolmayman, gar haq gapni aytayotgan ersangda, bizning majlisimizga xalal berma, yo‘lingdan qolma, bizdan birortamiz huzurinva borsa, ana o‘shanga rivoyat qil!» — dedi, Ibn Ruvoxa ersa: «Ye Rasulalloq, yig‘inimizga kelaverimgiz, biz shuni istagaydirnia!» —deb aytdi. Natijada kusulnoklar, mushriklar va yahudiylar o‘zaro janjallashib qoldilar. Janob Rasululloh ularni eshaklariga minib Sa’d ibn Ubodaning uyiga ravona bo‘ldilar. Yetib borganlaridan so‘ng: «Ey Sa’d, sen Abu Hubob (ya’ni, Abdulloh ibn Ubay)ning aytgan so‘zlarini eshitdingmi?» dedilar Sa’d «Yo Rasulalloh, uni afv etingiz, Olloh taolo sizgl (payg‘ambarlikni) ato atmishdir, Abdulloh ibn Ubayni ersa, bu shaharning aholisi o‘ziga podshoh etioqni ixtiyor aylab boshiga toj kiydirmoq niyatida erdi. Sizga Olloh taolo yo‘llagan haqiqat (hidoyat) tufayli u bundan mahrum bo‘ldi, shu boisdan ham sizga o‘zingiz shohidi bo‘lganingizdek muomala bo‘ldi»,— dedi. Janob Rasululloh uning gunoxini kechirdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va ul zotning sahobalari mushriklar birlan ahli kitoblarni Olloh taoloning amriga binoan afv qilar va ular yetkazayotgan aziyatlarga sabr etar erdilar. Olloh taolo: «Ahli kitoblarga quloq solinglar...» va «Ahli kitoblar, orasida do‘stona kayfiyatdagi kishilar ko‘p...»—deydi.Janob Rasululloh Olloh taoloning yuqoridagi qavlini: Bu menga ularni afv qilmog‘imga berilgan ijozatdir»,— deb to‘g‘ri tushundilar. Janob Rasululloh Badrda g‘azot qilganlarida Olloh taolo kofirlarning pahlavonlaridan hamda Quraish zodagonlaridan ko‘nini halok qildi. Janob Rasululloh birlan ul zotning sahobalari bu urushda g‘alaba qozonib, ko‘plab o‘ljalarni qo‘lga kiritdilar hamda kofirlarning bir qancha rahnamolari birlan Quraish zodagonlarini asir olib qaytdilar. Asirga olingan Ibn Ubay ibn Salul va uning butvarast mushrik sheriklari: Hammasi tugadi, endi boshqa qiladirgan ishimiz qolmadi»,— deyishdida, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bay’at qilib, islomga kirishdi».

Abdulloh ibn al-Haras ibn Navfal rivoyat qiladilar: «Abbos ibn Abdulmuttalib: «Yo Rasulalloh, Abu Tolibga biror nafingiz tegdimi, chunkim u sizni himoya qilib, mehribonlik ko‘rsatib turar erdi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Ha, nafim tegdi, u hozir do‘zaxning eng sayoz joyida, aks holda eng chuqur yeriga tushgan bo‘lar erdi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:05:01
116-bob. (Ba’zida) oshkora aytgandan ko‘ra pardali qilib aytgan ma’qul

Anas rivoyat qiladilar: «Abu Talhaning o‘g‘li vafot etdi. U bundan bexabar, xotinidan: «Bolaning ahvoli qanday?» — deb so‘radi. Xotini Ummu Sulaym: «Tinchib qoldi, shoyadki orom olayotgan bo‘lsa» — dedi. Abu Talha u rost so‘zlayapti deb o‘yladi (Ummu Sulaymning nega bunday degani haqidagi hadis-kitobda mavjud).

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda erdilar, hudo’ (tuyabonlar qo‘shig‘i) aytuvchi hudo’ aytib borar erdi. Shunda Janob Rasululloh: «Ey Anjasha, sekinroq yurg‘il, shishalarga ehtiyot bo‘lg‘il!» — dedilar». (Bu yerda avvalgi hadislardan biri takroran keltirilgan)

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «(Bir kuni aholisi dushman hujunidan xavotirda bo‘lgan) Madinada vahima ko‘tarildi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Talhaning otiga minib (tovush kelgan tomonga qarab) jo‘nadilar. (Odamlar orqalaridan yetib borgach), ularga: «Xavotir oladirgan hech narsa ko‘rmadik ammo (manavi) ot dengizdek (elar) erkan!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:05:18
117-bob. Bir narsa xususida «Bu hech narsa ermas!» deb, keyin o‘zining nohaqligini tan olgan kishi haqida

Ibn Abbos bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki qabrga ishora qilib: «Katta (gunoh) uchun azoblanayotganlari yo‘q, darvoqe’ bu ham katta (gunohdir)» — dedilar».

Yahyo ibn Urva otalari Urvadan naql qiladilar: «Oisha raziyallohu anhoning aytishlaricha, odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan koxinlar haqida so‘rashibdi. Shunda Janob Rasululloh ularga: «Hech narsa ermas, gapirib o‘ltirishga arzimaydi!» — debdilar. Odamlar: «Yo Raulalloh, ularning ba’zi aytgan gaplari rost bo‘lib chiqadi-ku!» — deyishibdi. Janob Rasululloh: «O’sha rost bo‘lib chiqqan gaplarni jinlar hotifdan o‘g‘rincha eshitib olib, unga yana yuzlab yolg‘onni qo‘shib-chatib o‘z egalari bo‘lmish kohinlarning qulog‘iga tovuq qaqag‘lagandek qaqag‘lab yetkazadilar»,— deb javob qilibdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:05:40
118-bob. Nigohini osmonga qaratmoq haqida

Olloh taoloning qavli: «Tuyaga qaramaydilarmi, u qanday yaratilgan... Osmonga qaramaydilarmi, u qanday (baland) ko‘tarilgan...»

Ibn Abu Mulayka Oisha onamizdan naql qilib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshlarini osmonga ko‘tardilar».— deydilar.

Jobir ibn Abdulloh Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitgan erkanlar: «Keyin, menga vahiy kelmay qoldi. (Bir kuni) men ko‘chada ketayotgan erdim osmondan kelayotgan bir tovuod qulog‘imga chalindi. Shunda nigohimni osmonga qaratib erdim, Hiro’ tog‘ida menga yo‘likqan o‘sha farishta osmon birlan yer oralig‘ida kursida o‘ltirganligini ko‘rdim».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Men Maymuna (xolam)ning uylarida yotib qoldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham o‘sha yerda erkanlar. Yarim kechasi yokim tunning uchdan biri o‘tganda Janob Rasululloh o‘tirib olib yaga termulganlaricha «Osmonlar birlan yerning yaratilishida hamda tun birlan kunning almashinuvida oqil kishilar uchun ibratlar (alomatlar) mavjud» degan oyatni tilovat qildilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:05:59
119-bob. Cho‘p bilan suv va loyni qalqitgan kishi haqida

Abu Usmon rivoyat qiladilar: «Abu Muso Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Madina chor-bog‘laridan birida erdi. Janob Rasululloh {fikrga tolgan holda) qo‘llaridagi cho‘p birlan suv va loyni qalqita boshladilar. Shu asnoda kimdir eshikni ochishni iltios qildi. Janob Rasululloh: «Eshikni ochg‘il va unga jannatga kirmog‘ini aytib bashorat qilg‘il!» — dedilar. Borib qarasam, Abu Bakr erkanlar, eshikni ochib, jannatga kirmoqlarini aytib bashorat qildim. Keyin, yana kimdir eshikni ochishni iltimos qildi. Janob Rasululloh: «Eshikni ochg‘il va unga jannatga kirmog‘ini aytib bashorat qilg‘il!» — dedilar. Qarasam, Hazrat Umar erkanlar, eshikni ochib, jannatga kirmoqlarini aytib bashorat qildim. So‘ng, yana bir kishi eshikni ochmog‘imizni iltimos qildi. Janob Rasululloh yonboshlab olgan erdilar, o‘rinlaridan turib o‘tirdilarda: «Eshikni ochg‘il va garchi (kelgusida uning boshiga balo tushsa ham jannatta kirmog‘ini aytib bashorat qilgil!» — dedilar. Borib qarasam, Hazrat Usmon erkanlar, eshikni ochib, jannatg‘a kirmoqlarini aytib bashorat qildim hamda (Janob Rasulullohning balo xususida) aytgan gaplarini ham yetkazdim. Shunda u kishi: «Olloh taolo o‘z panohida asrasin!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:06:14
120-bob. Qo‘li (dagi chun) birlan yerga bir nimalarni chizgan kishi haqida

Hazrat Ali bunday deb rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bir mayyitning janozasida erdik qo‘llaridagi cho‘p birlan yerga bir nimalarni chiza turib «Birortangiz do‘zaxga tushib chiqmay jannatga kirmaysiz», dedilar, Odamlar: «Umid qilmaylikmi?»—deyishdi. Janob Rasululloh: «Amal qilinglar, barchasiga erishgaysiz! Olloh taolo: «Kimki saxiy va taqvodor ersa...,» — degan»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:06:28
121-bob. Biror nirsadan ajablangan vaqtda takbir va tasbih aytmoq haqida

Ummu Salama bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyqudan uyg‘onib: «SubhonOlloh, Olloh taolo qanday rahmat xazinalarini va qanday azoblarni nozil qyldi erkan! Hujralarda g‘aflat bosib yotganlarni (ya’ni, o‘z xotinlarini nazarda tutyaptilar) kim namozga uyg‘otadi? Bu dunyoda kiyim kiyganlar oxiratda yalang‘ochdirlar!» — dedilar».

Ibn Abbos Hazrat Umardan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Xotinlaringizni taloq qildingizmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo‘q», dedilar, Men: «Ollohu akbar!» — dedim».

Ali ibn Husayn rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohning jufti halollari bo‘lmish Safiyya binti Huyay Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ul zotni masjidda e’tikofda o‘ltirganlarida ko‘rgani bordilar. Safiyya Janob Rasulullohning huzurlariga bir oz suhbatlashib o‘ltirganlaridan so‘ng, uyga Qaytish maksadida o‘rinlaridan turdilar Janob Rasululloh ham Safiyya birlan birga turib, masjidning eshigi oldigacha birga bordilar. Shunda ansorlardan ikki kishi o‘tib ketayotib, Janob Rasulullohga salom berishdi. Janob Rasululloh ularga: «Shoshmangiz, bul Safiyya binti Huyay,— dedilar (ya’ni «Ko‘nglingizga bir narsa kelmasin, bu — mening xotinim» demoqchilar). Boyagi ikki kishiga bu gap og‘ir botib: «SubhonOlloh» — deyishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam «Shayton insonning qon tomirlarida yurib vas-vasa qilg‘aydir, shul boisdan sizlarni ham shayton vas-vasa qilib, xayolingizga bo‘lmag‘ur fikrni keltirmadimikan, deb xavotir oldim» dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:06:47
122-bob. Tosh otmoq man’ qilingani haqida

Abdulloh ibn Mug‘fal al-Muzaniy rivoyat qiladilar: aRasululloh sallallohu alayhi va sallam tosh otmoqni man’ qilib: «U ovlanadirg‘an jonzotni o‘ldirmagay, dushmanni qulatmag‘ay, ammo ko‘zni chiqarib, tishni sindirg‘ay». - dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:07:02
123-bob. Aksirgan odam Olloh taologa hamd aytmog‘i lozim!

Anas ibn Molik bunday deb aytgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirgan kishilardan iknitasi aksa urdi, ulardan biriga: «Yarhamukalloh»,— deb aytdilar, ikkinchisiga ersa, indamadilar. Shunda buning boisini so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Biri: «Alhamdulilloh»,— dedi, ikkinchisi ersa, aytmadi»,—deb javob .qildilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:07:20
124-bob. Aksa urgan kishi: «Alhamdulilloha,—desa, unga: «Yarhamukalloh, va yashfiyq» — deb aytmoq lozim!

Barro ibn Ozib raziyallohu anhu bunday deydilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga yetti narsani buyurib, yetti narsani man’ qildilar: kasalni borib ko‘rmoqni, janozada qatnashmoqni, aksa urgan odamning Olloh taologa aytgan hamdiga javob qaytarmoqni, taklif qilingan joyga bormoqni (da’vat qiluvchiga javob qilmoqni), salomga alik olmoqni, mazlumga yordam qilmoqni va qasamga vafo qilmoqni amr qildilar hamda tilla uzuk (yokim tilla halqa) taqmoqni, harir, deboj, sundus va miysara (kiyimlar) kiymoqni man’ qildilar (yana ikkita man’ qilingan narsa xaqida bu yerda aytilmagan)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:07:46
125-6o6. Aksa taqsinga, esnov nafratga sazovor erkanligi haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo aksani xush ko‘rib, esnovni yeqtirmag‘aydir. Aksirgach, Olloh taologa hamd aytgan odamga uning haidini eshitgan har bir musulmon: «Yarhamukalloh va yashfiyq» — demoqqa mustahiqdir. Ammo, esnov ersa shaytondan sodir bo‘ladirgan qilmish bo‘lib, kishi imkon qadar uni qaytarsin, agar u homuza tortsa, shayton (mazza qilib) ustidan kulg‘aydir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:09:39
126-bob. Aksa urgan kishi nima deb javob qaytarmog‘i lozim?

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz aksa ursangiz, alhamdulilloh, deb aytingiz, (yopingizda turgan) birodaringiz yokii o‘rtog‘ingiz ersa, yarhamukalloh, deb javob qaytarsin. Agar sizga yarhamukalloh, deyishsa, ularga yahdiykumulloh va yuslih bolakum, deb javob qaytaringiz! {Alhamdu lilloh — Ollohga shukr yarhamukalloh — Olloh senga rahm qilsin yahdiykumulloh va yuslih bolakum — Olloh sizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsin va dilingizni toat-ibodatga moyil qilsin)».

127-bob. Aksa urgan odam Ollohga xamd aytmasa, unga javob qilinmaydi.

Bu yerda yuqoridagi hadislar takroran keltirilgan)
 
128-6ob. Esnasa, og‘zini ko‘l birlan to‘smoq haqida!
 
(Bu yerda ham yuqoridagi hadislar takroran keltirilgan)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:11:48
:bs1:

IJOZAT SURAMOQ KITOBI

1-bob. Salom bermoq qanday boshlanganligi haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo Odam alayhissalomni o‘z suratida (ya’ni, unga o‘zida bor bo‘lgan «tiriq biluvchi, )eshituvchi ko‘ruvchi, so‘zlovchi» kabi sifatlarni ato etib yaratdi va bo‘ylarini oltmish ziro’ (gaz) qildi. Yaratib bo‘lgach ul kishiga «Anavi o‘tirgan bir nafar farishtalarning oldiga borg‘ilda, salom berg‘il, so‘ng ularnint senga qiladirgan aligini yaxshilab eshitib olg‘il. chunkim bu sengava sendan tarkaladirgan zurriyotlaringga yo‘llangan salom bo‘lg‘aydir» dedi. Odam alayhissalom borib: «Assalomu ykum (Sizlarga salom!)»,— dedilar. Farishtalar: «Assalomu alayka va raxmatullohi! (Senga ham salom va Ollohning rahmati bo‘lsin!) . —deb alik olishdi, so‘ng yana: Va rahmatullohi fa-kulli man yadxulu-l-janmata alo surati odam! (Jankatga Odam suratida kiradirgan barchansonlarga.x:- Ollohning rahmati bo‘lsin!)» — deb ko‘shib idi. £sha shqtdan boshlab hozirgacha insonning xilqati(tabiati, qiyofasi, bo‘y-basti) kaiayib bormoqda».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:12:56
2-bob.

Olloh taoloning qavli: (An-Nur» surasi): Yo ayyuhollaziyna omanuu lo tadxuluu buyuutan g‘ayra buyuutikum tasta’nisuu va tusallimuu alo ahliho zolikum xayrun lakum la’allakum tazakkaruuka fa in lam tajiduu yho axadan fa lo tadxuluuho qatto yu’zana lakum va in shla lakum urji’uu farji’uu quva vako lakun vallohu bimo ta’maluuna aliymun laysa alaykum junohun an gadxuluu buyuuish g‘ayra naskuunatin fiyho mato’un kum vallohu ya’lamu mo tubduuna va mo taktuiuuna» («Ey Mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga, xonadon ijozat olnaguningizcha va ularga salon bermaguilchya, kirmangiz, buni yodda tutsangiz o‘zingizga yaxshiroq bo‘lgay! Begona uylarda hech kiMni topmasangia, ijozat sizga berilmaguncha zinhor kira ko‘rmangiz va agar «Qaytingiz!»—deyilsa, qaytib ketingiz, bu o‘zingiz uchunyaxshiroq bo‘lgay,. Olloh barcha ishlaringizvi yaxshi bilur! Hech kimsa yashamaydirgan uylarga kirsangiz bo‘lur, bu sizlar uchun gunoq ermas, u yerdagi narsalar siznikidir. Olloh oshkora va yashirin qilgan ishlaringizni yaxshi bilur!»).

Sa’id ibn Abulhasan Hasanga: «Ajam ayollari (arab bo‘lmagan ayollar) ko‘kraklarini ochib, boshyalang yuradirlar»,— dedi. Hasan: «Ulardan nigohingni qochirg‘il, Olloh taolo azza va jalla: «Qul lil-mu’miniyna yag‘udduu min absorihim va yahfazuu furujahum» («Mo‘min erkaklarg‘a aytg‘il, nigohlarini quyi qaratib va avratlarini berkitib yursinlar!»)— deydi»,— deb aytdi. Qatoda: «Bu erkaklarga nisbatan aytilgan hukmdir, ayollarga nisbatan ersa, Olloh taolo: «Va qul lil-mu’minot yag‘dudna min absorihinna va yahfazna furuujahunna» («Mo‘mina ayollarga ham aytgil, nigohlarini quyi solib va avratlarini berkitib yursinlar!») — deydi, chunkim ayollarning Olloh taolo ko‘rmoqni makruh qilgan a’zolari erkaklar ko‘zini xoinlikka chorlaguvchidir»,— deb aytdi (yuqoridagi oyatlar ham «An-Nur» surasidan). Zuhariy pokdomon ayollarga qaramoq xususida gapirayotib: «Erkak kishining bunday ayollarning, hattoki qizaloqning ham biror uyat yeriga shahvat ko‘zi bnrlan qaramog‘i yaramaydi» —dedilar hamda Makkada sotiladirgan joriyalarga ham, sotib olish niyati bo‘lmasa, qaramoq makruh ekanligini aytdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:15:33
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbon hayiti kuni Fazl ibn Abbosni ulovlariga mingashtirib oldilar. Fazl chiroyli yigit erdi. Janob Rasululloh ulovlarini to‘xtatib, odamlarga fatvo ayta boshladilar. Shunda Xas’am qabilasidan bo‘lgan bir go‘zal ayol kelib Janob Rasulullohdan bir masala xususida fatvo so‘radi. Fazl uning husniga mahliyo bo‘lib, termulib qoldi. Janob Rasululloh o‘girilib Fazlning ayolga termulib turganini ko‘rdilarda, orqalariga qo‘llarini uzatib fazlning jag‘idan ushlab yuzini boshqa tomonga qaratib qo‘ydilar. Ayol: Yo Rasulalloh, Olloh taolo haj qilmoqni farz qilgan vaqt otamning keksayib tuya ustida mahkam o‘ltira olmaydirgan davrlariga to‘g‘ri kelib qoldi. Men otamning o‘rinlariga haj qilsam, bo‘lurmi?» —dedi. Janob Rasululloh: «Ha, bo‘lg‘ay!»— deb javob qildilar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: Ko‘chalarda (bekorchilikdan ezmalanib gaplashib o‘ltirmoqdin) qochingiz!» — dedilar. Odamlar: «Yo Rasulalloh, bundan boshqa mima ham qila deyishdi. Janob Rasululloh: «Agar o‘ltirishlaringiz lozim bo‘lsa, u holda yo‘l haqini to‘langiz!» — dedilar. Odamlar: «Yo‘l haqi nedir?»—deyishdi. Janob Rasululloh: «Ko‘chadan o‘tayotganlarga termulmay, beparvo bo‘lmoq ularga aziyat yetkazmaslik o‘tayotganlar salomiga alik olmoq amr ma’ruf qilmoq va yomonlikdan qaytarmoqdir,— deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:18:27
3-bob. As-Salom — Olloh taoloning ismlaridan biridir! Salom bersangiz, yaxshilab salom beringiz, alik olsangiz, yaxshilab alik olingiz!.

Abdulloh {ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qiganimizda: «Olloh taologa bandalaridan salom! Jabroilga salom! Mikoilga salom! Falonchi va pistonchilarga salom!»— der erdik. ,(Bir kuni) Janob Rasululloh namoz o‘qib bo‘lganlaridan so‘ng bizga o‘girilib: «Olloh taoloning o‘zi Salomdir! Qaysiningiz namozda o‘ltirgan ersangiz: «Attahiyyotu lillohi vassalavotu vattayyibot, assalomu alayka ayyuhan-nabiyyu va rahmatullohi va barakotuh, assalomu alayno va alo ibodillohis-solihiyn» («Barcha madhu olqishlarimiz, toat-ibodatu ezgu amallarimiz Olloh taolo uchundir, ey payg‘ambar alayhissalom, sizga Olloh. taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin, bizga hamda hamma solih bandalarga ersa, Olloh taoloning salomi bo‘lsin.)» —deb aytingiz. Agar shundoq (hamma solih bandalarga) desangiz, yeru ko‘kdagi hamma solih bandalarga savobi tekkaydir, keyin: «Ashhadu allo iloha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu» («Ollohdan boshqa iloh yo‘q deb guvohlik borg‘aydirmen, shuningdek Muhammad Ollohning bandasi hamda bizga yuborgan elchisidir deb ham guvohlik berg‘aydirmen»),— deb aytingiz, undan keyin ersa, xohlagan tilagingizni aytsangiz, bo‘lg‘aydir»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:19:02
4-bob. Ozchilikning ko‘pchilikka salom bermog‘i haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va salam: «Kichik kattaga o‘tkinchi o‘ltirgang‘a ozchilik ko‘pchilikka salom berg‘aydir»,dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:20:03
5-bob. Suvoriyning piyodaga salom bermog‘i haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Suvoriy piyodaga, piyoda (o‘tkinchi) o‘ltirganga va ozchilik ko‘pchilikka salom berg‘aydir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:20:32
6-bob. O’tkinchining o‘ltirgang‘a salom bermog‘i haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Suvoriy piyodaga, piyoda (o‘tkinchi) o‘ltirganga va ozchilik ko‘pchilikka salom berg‘aydir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:20:54
7-bob. Kichikning kattaga salom bermog‘i haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kichik kattaga, o‘tkinchi o‘ltirganga va ozchilik ko‘pchilikka salom berg‘aydir»,—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:21:18
8-bob. Salom-alikni ommaviylashtirmoq xususida

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga yetta narsani buyurib, yetti narsani man’ qildilar: kasalni borib ko‘rmoqni, janozada qatnashmoqni, aksa urgan odamning hamdiga javob qaytarmoqni, kuchsizga madad bermoqni, mazlumga yordam bermoqni, salom-alikni ommalashtirmoqni da qasamga vafo qilmoqni buyurdilar hamda kumush idishdan ichmoqni, oltin uzuk taqmoqni, ulovga duxoba to‘qim yopib minmoqni, harir, deboj, qissiy va istabrak kiymoqni man’ qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:21:40
9-bob. Tanigan va tanimaganga salom bermoq xususida

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Islomda eng yaxshi amal qaysidir?»—deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ochlarni to‘yg‘azmog‘ing, tanigan va tanimagan odamga salom bermog‘ing»,— deb javob qildilar».

Abu Ayyub raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon odamning o‘z birodaridan {ya’ni, musulmonning musulmondan) uch kundan ortiq arazlab, bir-birini uchratganda teskari qarab ketmog‘i yaxshi ermas. Ularning qaysi biri avval salom bersa, o‘shanisi yaxshi odamdir!» —dedilar. Sufyon: «Men bu hadisni Janob Rasulullohdan uch marta eshitib erdim»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:21:50
10-bob. Hijob oyati hususida

Ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik Janob Raflulloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida, o‘zining o‘n yashar bola bo‘lganligini menga aytib bunday degandi: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga o‘n yil xizmat qildim. Hijob oyati (ayollarni ichkariga rlmoq lozimligi haqidagi oyat) nozil bo‘lgandagi mavjud kishilar ichida uning haqida mendan yaxshiroq biladirgan yo‘q erdi. Ubay ibn Ka’b u haqda mendan ko‘p so‘rar dedi. Bu oyat Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Jahshini Zaynabga uylanganlarida noeil bo‘lgan bo‘lib, o‘shanda Janob Rasulull»h kuyov bo‘lgan erdilar. Qavm dasturxonga taklif qilingan erdi, ular noz-ne’matlardan tanovul qilishgan erdi. Keyin, qavm tarqab, bir.guruhigina Janob Rasulullbhnkng huzurlarida qolgan erdi. Ular uzoq o‘tirib {flishgach, Janob Rasululloh o‘rinlaridan turib chiqib syotdilar, men ham o‘ltirganlar chiqib ketarmikin degan maksadda ketlaridan chiqdin. Janob Rasululloh yurdilar, men ham birga gordim, hatto Oishaning Hujrasi ostonasiga qadar bordilar, Keyin, Janob Rasululloh mehmoilar chiqib ketgandir deb ortlariga qaytdilar, men ham birga qaytdim, Ul zot Zaynabning huzuriga kirib, mehmoilarning hanuz tarqalishmaganini ko‘rib yana ortlariga qaytdilar, men ham birga qaytdim, hatto Oishaning hujrasi ostonasigacha bordilar. So‘ng, mehmonlar ketgandir deb o‘ylab yana ortlariga qaytdilar, men ham birga qaytdin. Kirib qarasalar, ular chiqib vetishgan erkan. Shunda Olloh taolo Hijob oyatini nozil qildi. Janob Rasululloh men birlan o‘zlari o‘rtamizga parda tashlab qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:22:01
Abu Mijlaz Anas ibn Molikdan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Zaynabga uylanganlarida qavm kirib taom tanovul qildi, so‘ng o‘zaro suhbatlashib o‘ltiraverdi. Bir qaraganda, qavm turib chiqib ketmoqchidek ko‘rinsada o‘rnidan qo‘zg‘olmas erdi. Janob Rasululloh buni ko‘rib o‘rinlaridan turdilar, shunda qavmning bir qismi dam o‘rnidan turib chiqib ketdi, qolganlari ersa yana o‘ltiraverdi. Janob Rasululloh uyga qaytib kirmoqchi bo‘lganlarida boyagilar hanuz suhbatlashib o‘ltirar erdi. Keyin ular turib chiqib ketgach, men ul zotga bu haqda xabar berib erdim, ichkariga kirdilar. Men ham kirmoqchi erdim, o‘rtamizga parda tashlab qo‘ydilar. Shul vaqt Olloh taolo Janob Rasulullohga quyidagi Hijob oyatini nozil qildi: «Yo ayyuholla.ziyna omanuu lo tadxuluu buyuutannabiy...» . , («Ey mo‘minlar, payg‘ambarning uylariga kirmangiz...»).

Ibn az-Zubayr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamniig jufti halollari bo‘lmish Oisha raziyallohu anho bunday dedilar: «Umar ibn al-Xattob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Xotinlaringizni ichkariga olsangiz (tashqariga chiqarmasangiz) bo‘lmaydimi!»—der edilar, ammo ul zot bunday qilmas erdilar. Janob Rasulullohning xotinlari kechalari (qazoi hojat uchun) Manosi’ tarafiga chiqar erdilar. Bir kuni Savda binti Zam’a tashqariga chiqdi. Bo‘yi baland xotin erdi. Shunda majlisda o‘ltirgan Umar ibn al-Xattob Savdani ko‘rib: «Yo Savda, biz seni tanidik!»— deb xitob qildilar. Bu gapni xotinlarni parda ichiga olish to‘g‘risida oyat nozil bo‘lsaydi, deb aytib erdilar, Olloh taolo Hijob oyatini nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:22:45
11-bob. Qarash uchun ruxsat so‘ramoq haqida

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladgshar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hujralaridagi begona ko‘zdan pana qilib turadirgan to‘siq osha ichkariga qaradi. Shu payt Janob Rasululloh qo‘llarida taroq ushlab turgan erdilar, uni ko‘rib: «Agar qarab turganingni bilgaqimda erdi, mana shu taroq birlan ko‘zingni o‘yib olgan bo‘lur erdim, zero izn so‘ramok (odati) qarash uchun (ham) ta’yin qilingandir!» — dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hujralaridan birining ichkarisiga qaradi. Men Janob Rasulullohning o‘rinlaridan turib, qo‘llaridagi shamshir uchini uning ko‘ziga tiqmoqchi bo‘lgandek harakat qilganlarini hozir ham ko‘rib turgandekmen».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:23:03
12-6o6. Ayolning asaldonidan bo‘lak a’zolariga zino qilmoq haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Abu Hurayra aytgan gapdan ko‘ra noxushroq gapni eshitmaganmen»,— deydilar.

Ibn Abbos yana bunday deydilar: «Abu Hurayraning Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan naql qilib aytgan quyidagi gapidan noxushroq gapni eshitmaganmen: Olloh taolo odam bolasining peshonasiga azaldan zino qilmoqni taqdir qilgan bo‘lib, u bundan qochib qutila olmagaydir. Ko‘zning zinosi — (begona ayolga shahvat birlan) qarashdir, tilning zinosi — (begona ayolni orzulab) gapirmoqdir. Erkakning shahvoniy nafsi qo‘zib, zinoga chorlayveradi, ammo buni ro‘yobga chiqarguvchi ham, barbod qilg‘uvchi ham ayolning asaldonidir!
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:23:18
13-bob. Uch bor salom bermoq va ruxsat so‘ramoq

Sumoma ibn Abdulloh Anas ibn Molikdan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar sadoq bersalar, uch bor salom berar, biror gap aytsalar, uch bor takrorlar erdilar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Ansorlar majlislaridan birida erdik shu payt Abu Muso bir narsadan qo‘rqqandek kelib: «Hazrat Umardan huzurlariga kirmoqqa uch marta ruxsat so‘rab erdim, ruxsat bermadilar, ortimga qaytib ketdim»,— dedi. Men: «Ne sababdin bunday qildilar» — dedim. U: «Bilmadim, uch marta ruxsat so‘rasam xam ijozat bermadilar, so‘ng qaytib ketdim, chunki Janob Rasululloh: «Agar birortangiz uch bor izn so‘rasangizu, ijozat ololmasangiz, qaytib ketingiz!» — deb aytganlar»,— dedi. Men: «Olloh taolo haqi, bu ganingga isbot keltirmog‘ing lozim, birortangiz Nabiy sallallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitganmisiz?»,-dedim». Ubay ibn Ka’b bunday deydilar: «Ushanda men Abu Musoga: «Olloh taolo haqi, qavmning eng yoshi kichigigina sizning yeningizni ola oladi!» — dedimda, qavmning eng yoshi kichigi bo‘lganim uchun ham u kishining yonlarini olib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haqiqatap ham shunday, deb aytganlar, deb Hazrat Umarni xabardor qildim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:23:32
14-bob. Taklif qilingan kishi ijozat so‘rab kiradimi?

Abu Hurayra: «(Janob Rasululloh) ularga (kirmoqqa) ijozat berganlar»,— deydilar.

Abu Hurayra rivoyat iladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga (hujralariga) kirdim. Bir qadahda sut borligini ko‘rib, (olib ichdilar?). So‘ng, menga: «Yo Abu Hur, borg‘il, suvada yashovchilarni chaqirib kelg‘il!»—dedilar. Men chaqirib keldim. Ular kelib kirmoqqa izn so‘rashdi, ijozat berib erdilar, ichkariga kirishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:23:42
15-bob- Bolalarga salom bermoq haqida

Sobit al-Bunoniy Anas ibn Molik haqlarida bunday deb rivoyat qiladilar: «U (Anas ibn Molik) bolalar yonidan utib ketayotib. ularga salom berdida: «Rasululloh sallal-loqu alayhi va sallam shunday qilar erdilar» — deb aytdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:23:56
16-6ob. Erkaklarning ayollarga, ayollarning ersa erkaklarga salom bermog‘i haqida

Ibn Abu Hozim otalaridan, u kishi ersa Sahldan naql qiladilar: «Biz jum’a kunlari xursand bo‘lar erdik»,— dedi Sahl. Men Sahlga: «Qanday qilib?» — dedim. Shunda u: «Bizning bir (tanish) hamnirimiz bo‘lib, u Bizo’aga borib...»— deyishi birlanoq, Ibn Maslama: «Madinaga xurmozorga borib...»—deb uning ganiga aniqlik kiritdi. So‘ng Sahl gapida bunday deb davom etdi: «...lavlagi olib kelar erdida, uni arva birlan qozonga solib qaynatib qo‘yar erdi. Biz har safar jum’ani o‘qib qaytayotganimizda unga salom berar erdik u bizga boyagi taomni tortiq qilar, biz ersak uni yeb xursand bo‘lar erdik. O’shanda biz jum’adan keyingina qaylula va tushlik qilar erdik».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Yo Oisha, Hazrat Jabroil senga salom aytyaptilar»,— dedilar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga. Men: «U kishiga ham Ollohmning salomi va rahmati bo‘lsin! Siz biz ko‘rolmaydigan narsalarni ham ko‘ra olursiz»,— dedim» (Oisha: «Siz» — deganda Janob Rasulullohni nazarda tutyaptilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 09:24:11
17-bob. «Kim u?» deb so‘rasa, «men» deb javob qilmoq haqida

Muhammad ibn al-Munkadir rivoyat qiladilar: «Jobir raziyallohu anhuning: «Otamning qarzlari xususida gaplashmoq uchun Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bordimda, eshikni taqillatdim. Janob Rasululloh: «Kim u? — dedilar. «Men»,— dedim. Janob Rasululloh mening javobim yoqinqiramagandek «Men... men...» — deb qaytarib aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 00:50:47
18-bob. «Alaykassalom» deb alik olgan kishi xususida

Oisha: «Va alayhissalom va rahmatullohi va barako-tuhu!»—dedilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Maloikalar Odamga «Assalomu alayka va rahmatullohi!» —deb alik olishdi»,— dedilar.

Abu Hurayra raziyallou anhu rivoyat qiladilar: «Bir odam masjidga kirib namoz uqidi. So’ng, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidning bir chekkasida o’ltirgan erdilar. kelib salom berdi. Janob Rasululloh unga: «Va alaykassalom, borib boshqatdan namoz o’qig’il, chunkim sen namoz o’qimading!» — dedilar. U qayta namoz o’qigach, kelib Janob Rasulullohga salom bordi. Janob Rasululloh unga: «Va alaykassalom, borib boshqatdan namoz  o’qig’il, chunkim sen namoz o’qimading!» — dedilar. Janob Rasululloh ikkinchi yokim uchinchi bor qaytarganlarida boyagi kishi: «Yo Rasulalloh, menga o’rgating!» — dedi. Janob Rasululloh: «Namoz o’qimoqchi bo’lganingda avval yaxshilab tahorat olg’il, so’ng qiblaga yuzlanib takbir aytgil, keyin (Olloh taolo) senga neni Qur’ondan bilmoqni muyassar qilgon ersa, o’qig’il, so’ng astoydil ruku’ qilg’il, keyin astoydil qomatingni rostlag’il, so’ng astoydil sajda qilg’il, keyin astoydil boshingni sajdadin ko’tarib o’tirgil, so’ngra namozingning qolganini ham shu tariqa o’qib tugatg’il!» —dedilar».

Abu Usoma: «Janob Rasululloh namozning oxirgi harakati haqida «Keyin astoydil sajdadin boshingni ko’tarib qaddingni rostlagil» — degan bo’lishlari kerak»,—-deydilar. Abu Hurayra: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Keymn astoydil sajdadii boshingni ko’tarib o’tirg’il» — deb aytganlar»,—deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 00:51:24
19-bob. Agar: «Falonchi senga salom aytyapti»,— desa...

Abu Salama ibn Abdurrahmon Oisha onamizdan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam unga (Oishaga) "Jabroil alayhissalom senga salom aytyaptilar»,— dedilar. Oisha: «Va alayhissalom va rahmatullohi»,— deb alik oldilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 00:52:16
20-bob. Musulmonlar birlan mushriklar aralash o’ltirgan majlisda salom bermoq haqida

(Bu yerda yuqoridagi 5-bob takroran keltirilgan)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 00:53:02
21-bob. Gunohkor odamga salom bermagan va hali tavbasi qabul bo’lmagan odamga alik olmagan kishi haqida hamda gunohkorning tavbasi qachongacha qabul qilinmasligi xususida

Abdulloh ibn Umar: «Ichkilik ichuvchilarga salom bermangiz!» — deganlar.   
Abdulloh ibn Ka’b Ka’b ibn Molikdan naql qiladilar:  «Ka’b ibn Molik Тabuk urushiga kechikib kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga u birlan gaplashmog’imizni man’ qildilar. Ka’b Janab Rasulullohning qoshlariga kelib salom berdi. Shunda men ichimda: «Janob Rasululloh alik olib lablarini qimirlatdi-  larmikan, yo yo’qmi?»-deb qo’ydim. Ellik kecha (kunduz) dan so’ng Janob Rasululloh bomdod namozi vaqtida uning tavbasi Olloh taolo tomonidan qabul qilinganligini bizga ma’lum qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 00:53:52
22-bob. Ahluzzimma (zimmiylar)ning salomiga qanday alik olinadi?

Urva (ibn az-Zubayr) Oisha oiamizdan bunday deb eshitgan erkaplar «Birto’da yahudiylar Janob Rasulullohning huzurlariga kirib kelib: «Assomu alayka!» — deb aytishdi. Men ularning ganini darqol fahmlab: «Alayku-mus-somu val-la’na!» — dedim. Janob Rasululloh: «Oshiqmag’il, yo Oisha, Olloh taolo barcha ishlarda muloyimlikni xush ko’rg’aydir!»- — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, ularning nima deganini eshitmadinshzmi?»—dedim. Janob Rasululloh: «Va alaykum, deb aytdim-ku!» — dedilar» («Assomu alayka!»— «Senga o’lim!» degani).

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu bunday deb rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Basharti yahudiylar sizga salom bersa-yu, ulardan biri: «Assomu alayka!» — deb qolsa, sia ham: «Va alayka!» —deb alik olingiz!» — dedilar».
Anas ibn Molik raziyallohu aphu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ahl ul-kitob sizga salom bersa, «Va alaykum!" — deb alik olingiz!» — dedilar".

Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 00:55:27
23-bob. Kimki birovning musulmonlar uchun ehtiyotlab qo’ygan maktubini ochib ko’rsa, albatta sharmisor bo’lg’ay!

Ali (ibn Abu Тolib) raziyallohu anhu bunday deb aytgan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni. Zubayr ibn Avvom va Abu Marsad al-G’anaviyni jo’natdilar, barchamiz otlik erdik. Janob Rasululloh bizga: «Yo’lga chiqingiz, Ð¥ox degan boqqa boringiz! U yerda bir mushrik xotin bor, uning qo’lida Hotib ibn Abu Baltva mushriklarga yo’llagan maktub mavjud»,—dedilar. Biz o’sha xotinga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytgan joyda tuyasiga minib ketayetganda yetib oldik. «Ð¥at qani?» — dedik. .U «Menda hech qanday xat yo’q»,— dedi. Shunda biz uning tuyasini cho’ktirib, yuklarini titib ko’rdik ammo xatni topolmadik. Sheriklarim «Ð¥atni topolmadik— deyishdi. Men xotinga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam  rost aytganlar, men buni yaxshi bilurman. Olloh taolo haqi, ye xatni o’zing tonib berasanyoki seni yechintiri uraman!» —  dedim. Shunda u mening jiddiy ganirayotganimni bilib, qo’lini lozimining lipvasiga tiadida, xatni olib berdi. So’ng, biz xatni olib Janob Rasulullohning huzurlariga ravona bo’ldik. Janob Rasululloh xatni qo’llariga olgach, Qotibni chaqirtirib: «Ey Hotib, ne niyatda bunday qilding?»—dedilar. Hotib: «Olloh taolo va uning rasuliga iymonli bo’lmoqdin o’zga niyatim yo’q! Men (maktubni) o’zgartirmadim ham, almashtirib qo’ymadim ham. Faqat men bir narsani, u ham bo’lsa qavmda Olloh taolo inoyati birlan mening bola-chaqalarim va molu-dunyomni himoya qilib turg’uvchi bir madadkor shaxs bo’lmog’ini istadim, xolos. Axir, sizning sahobalaringizning ham u yerda bola-chaqalari-yu, molu-dunyosini Olloh taoloning inoyati birlan himoya qilib turg’uvchi madadkor kishilari bor-ku!» —dedi. Janob Rasululloh: «Rost aytdi, unga nxshi ganiringlar!»—dedilar. Umar ibn alÐ¥attob: «U Olloh taolo birlan uning rasuliga hamda mo’minlarga xiyonat qildi, ijozat bering, bo’ynini uzib tashlay!» — dedi. Janob Rasululloh: "Ey Umar, qayerdan bilasan, balkim Olloh taolo Badr ahlining holidan o’zi voqifdir?! Bilganingizni qilinglar, axir sizlar jannatisizlar-ku!» — dedilar. Shunda Hazrat Umar ko’zlariga yosh olib: «Olloh va uning rasuli yaxshiroq bilg’aydir!)» —dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 00:55:56
24-bob. Ahl ul-kitoblarga maktub qanday bitiladi?

Ibn Abbos rivoyat qiladilar «Abu Sufyon ibn Harb menga aytdiki, Shomda savdogarlik qilib turganlarida Hirakl bir nafar qurayshliklar birlan birga uni o’z huzuriga chorlabdi. Suhbatdan so’ng, Hirakl Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning maktublarini keltirishni buyuribdida, uni ochib o’qibdi. Maktubda: «Bismillohir rahmonir rahiymi, Ollohning bandasi va zlchisi bo’lmish Muhammaddan Rum podshohi Hiraklga. Hidoyat yo’liga yurganlarga salom! Ammo ba’d... (endi maksadga o’taylik...)» — deb yozilgan erkan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 00:57:50
25-bob. Maktubni kimning nomidan boshlab bitmoq lozim?

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baniy Isroilga mansub bir kishining yog’ochni o’yib ichiga ming dinor pul birlan o’zidan o’rtogigaCh bitilgan xatni ham solib qo’ygani haqida ganirgan erdilar».

Umar ibn Abu Salamaning otalari Abu Hurayradan bunday deb eshitgan erkanlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «(Bir odam) yog’ochni o’yib, ichiga pulini joylashtirdida, «Falonchidan pistonchiga» deb xat ham yozib qo’ydi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 00:58:30
26-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning: «Boshlig’ingiz kelganda o’rningizdan turingiz!» — deganlari haqida

Abu Sa’id bunday degan erkanlar: «Qurayza ahli Sa’dning hukmiga bo’ysundi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Sa’dni chaqirtirdilar, u kelgach, Qurayza ahliga: «Boshligingizni izzat qilib o’rningizdan turingiz!  — dedilar («Yaxshingizni» — deb aytgan bo’lishlari ham mum-kin). Sa’d Nabiy sallallohu alayhi va sallamning yonlariga kelib o’ltirdi. Janob Rasululloh unga: «Bular sening hukmingga itoat etishdi»,— dedilar. Sa’d: «Men ularning jangchilarini o’ldirib, bola-chaqalarini asir olmoqni buyuraman!»— dedi. Janob Rasululloh: «Sei malik (yokim malak} singari hukm qilding!» — dedilar» (malik — Olloh taolo, malak —Hazrat Jabroildir, deb sharxdashadi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 00:59:30
27-bob. Qo’l berib so’rashmoq haqida

Ibn Mas’ud: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam kaftimni ikki kaftlari orasiga oyaib turib menga tashahhudni o’rgatdilar»,— deydilar.

Ka’b ibn Molik: «Masjidga kirsam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o’sha yerda erkanlar. Birdan Тalha ibn Ubaydulloh o’rnidan turib oldimga yugurib keldida, qo’l berib so’rashib, meni tabrikladi»,— deydilar.

Qatoda buiday deydilar: «Men Anasdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari o’rtasmda qo’l berib so’rashmoQ odati bor erdimi?» — deb so’radim. U: ona» — deb javob berdi».

Abdulloh ibn Hishom: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik.
Shunda Janob Rasululloh mar ibn al-Ð¥attobning qo’lini ushlab turgan erdilar»,—
 deidilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 01:00:07
28-bob. Ikki qo’llab so’rashmoq haqida

Hammod ibn Zayd Ibn al-Muborak birlan ikki qo’llab so’rashdi.

Ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kaftimni ikki kaftlari orasiga olib turib menga Qur’ondan sura o’rgatgandek tashahhudni o’rgatdilar («Attahiyyotu lillohi vassalavotu vattay-yibot, assalomu alayka ayyuhannabiyyu va rahmatullohi va barakotux. Assalomu alayno va alo ibodillohis-solihiyn, ashhadu allo iloha illallohu vashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu»). O’shanda Janob Rasululloh barhpt erdilar, biz ul zotga vafot etganlaridan so’ng «As-sgi-om» deydirgan bo’ldik (ya’ni, tashaxdud o’qiyotganda)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 01:00:53
29-bob, Quchoqlashib so’rashmoq va «Yaxshi yotib turdingizmi?» — deb aytmoq haqida

Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Ali, ya’ni Ibn Abu Тolib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning vafot etmaslaridan burungi kasalliklari vaqtida huzurlariga kirib chikdi. Odamlar unga: «Yo Abu Hasan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yaxshi yotib turdilarmi?» — deyishdi. Ali: «Alhamdu lilloh., tuzalib qoldilar»,— dedi. Abbos uning qo’lidan ushlab: «Sen ul zotning yuzlaridagi o’lim alomatini sezmadingmi? Olloh taolo haqi, sen uch kundan so’ng asoning quli bo’lib, o’zganiig amriga itoat etg’aysen. Men mana shu dard Janob Rasulullohni olib ketsa kerak deb o’ylayman, chunkim Abdulmuttalib zurriyotining yuzida o’lim sharvasini ko’rib turibman. Bizni Rasululloh, sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib borg’il, so’raylikchi, o’z o’rinlariga kimni ta’yin qilar erkanlar?! Basharti, bizni ta’yin qilmoqchi ersalar, buni bizga ma’lum qilsinlar, mabodo bizdan boshqani ta’yinlamoqchi bo’lsalar, maslahatlashaylik biyga vasiyat qilsinlar»,— dedi. Ali: «Olloh taolo haqi, agar biz Janob Rasulullohdan xalifalik haqida so’rasak buni bizga man’ qiladilar, (boshqa) odamlarga ham ruxsat bermaydilar. Men bu haqda Janob Rasulullohdan aslo so’ramasmen!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 01:01:59
30-bob. Labbayka va sa’dayka, deb javob bergan kishi haqida

Maoz ibi Jabal rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ulovlariga mingashib ketayotgan erdim. Janob Rasululloh: «Yo Maoz!» — dedilar. «Labbayka va sa’dayka!» («Labbay, xizmatingizga tay- 4 yormen!») — dedim. So’ng, yana uch bor shunday deb murojvat qildilarda, menga: «Olloh taoloning o’z bandalarida qanday haqi borligini bilurmisen?» — dedilar. Men: «Yo’q»,— dedim. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning o’z bandalaridagi haqi — bandalarning Olloh taologa toat-ibodYat qilmoqlari hamda unga hech narsani shirk keltirmasliklari lozimligidir»,—- dedilar. Shundan so’ng, yana bir soatcha yurib: «Yo Maoz!» — dedilar. Men: "Labbayka va sa’dayka!» — dedim. Janob Rasululloh: «Bandalarning Olloh taolodash haqi nima erkanligin bilurmisen? Agar bandalar boyagi shartlarni ado etsalar, Olloh taoloning ularga azob bermasligi lozimligidir»,— dedmlar».

Abu Zarr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga xufton vaqtida Madinaning toshloq yerida ketayotgan erdim. Oldimizda Uhud togi ko’rindi. Shunda Janob Rasululloh: «Yo Abu Zarr, mening Uhud tog’idek tillam bo’lmog’ini hamda bir yokim uch kecha bo’lsada, uning bir dimorining ham menda qolmog’ini istamas erdim. Faqat qarzimga to’lamog’imga yetarlisini olib qolib, qolgakini Olloh taoloning bandalari uchun unday va bunday qilmb sarflagan bo’lar erdim»,— dedilarda, qo’llari birlan ishora qildilar. So’ng, menga: «Yo Abu Zarr!» — dedilar. Men: «Labbay, yo Ryasulalloh, xizmatingizga tayyormen!» — dedim. Janob Rasululloh: «Bu   dunyoda boyliv to’plaganlar oxiratda savobdan mahrum  bo’lg’aylar, boyligini Olloh taoloning bandalari uchun unday va bunday qilib sarflaganlar bundan mustasnodir»,— dedilar. So’ng, menga: «Qaytib kelgunimcha jo-yingdan jilma, yo Abu Zarr!» — deb ko’zdan g’oib bo’ldilar. Birozdan keyin g’alati bir tovushni eshitib, Janob Rasulullohga bir narsa bo’lmadimikan, deb xavotir oldim. Oldilariga bormoqchi bo’ldimu, ammo sJoyingdan jilma!» deganlari yodimga tushib, bormadim. Janob Rasululloh qaytib kelganlaridan so’ng: «Yo Rasulalloh, bir tovushni eshitib, sizga bir nima bo’lmadimikan, deb xavotir oldim, ortnngizdan bormoqchi erdim, biroq aytgan ganingsh yodimga tushib, joyimdan qimirlamadim»,— dedim. Janob Rasu-lulloq: «Bu — Jabroil alayhissalom erdilar, ummatlarimdan kimki Olloh taologa hech larsani shirk keltirmay o’lsa, jannatga kirmog’i haqida menga xabar keltirdilar»,—   dedilar. Men: «Yo Rasulalloq, zino va o’g’rilik qilgai bo’lsa S hammi?» — dedim. Janob Rasululloh,: «Zino sh o’g’rilik  : qilgan bo’lsaham!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 01:02:44
31-bob. Bir odam ikkinchi odamni o’ltirgan joyidan turg’izib yubormakligi lozim!

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir odam ikkinchi odamni turg’izib oborib, o’rniga o’zi o’tirib olmasligi lozim!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:36:35
32-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar sizga ko‘pchilik o‘ltirgan yerda: «Nariroq surilib joy beringiz!» — deyilsa, joy beringiz, Olloh ham sizga joy bergay! Agar sizga: «O’rningizdan turingiz!» — deyilsa, o‘rningizdan turingiz!»

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir odamning boshqa bir odamni turg‘izib yuborib, o‘rniga o‘zi o‘ltirib olmog‘ini man’ qildilar. «Ammo: «Nariroq surilib joy beringiz va biroz siqilishibroq o‘ltiringiz»,— denglar!» — dedilar Janob Rasululloh». Ibn Umar bir odam o‘rnidan turib joy bersa, unga borib o‘ltirmoqni yoqtirmas erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:36:50
33-bob. Sahobalaridan ijozat so‘ramay o‘ltirgan o‘rnidan yokim uyidan turib chiqib ketgan yoqud odamlar chiqib ketsaydi, degan o‘y bilan o‘rnidan turmoqqa chog‘langan kishi haqida

(Bu yerda 30-bobdagi hadis takroran keltqrilgan).

34-bob. Tizzasini quchoqlab o‘ltirmoq haqida

Ibi Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Ka’ba hovlisida mana bunday qilib tiazalarini quchoqlab o‘ltirganlarini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:37:01
35-bob. Sahobalari oldida yonboshlab yotgan kishi haqida

Xabbob rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelsam, yonboshlab yotgan erkanlar. «Olloh taologa iltijo qilib, mening haqimga duo qilmaysizmi?» —deb erdim, o‘rinlaridan turib o‘ltirdilar».

Abdurrahmon ibn Abu Bakra otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarga eng katta gunohi azimlar haqida aytaymi?» — dedilar. Ular: «Ha, yo Rasulalloh!» — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: "Olloh taologa shirk keltirmoq va ota-onaga oqlik qilmoq (itoat qilmaslik)»,— dedilar». 
 
Musaddad rivoyat qiladilar: «Bashir bizga yuqoridagi hadisga o‘xshash quyidagi hadisni aytdi: «Janob Rasululloh yonboshlab yotgan erdilar, so‘ng o‘rnilaridan turib o‘tirdilarda «G’iybat qilmoq ham gunohi azimlardandir» — deb Ha deb takrorlayverdilar, hatto biz: «Sukut qilsalar erdi!»— dedik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:37:12
36-bob. Biror hojat tufayli yokim biror maqsadni ko‘zlab qadamini tezlashtirmoq xususida

Uqba ibn Haras: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asrni o‘qib bo‘lgach, shoshib {tez yurib) uyga kirib ketdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:37:25
37-bob. Chorpoya haqida

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam chorpoyaning o‘rtasiga qarab namoz o‘qir erdilar. men ersam ul zot birlan qibla oralig‘ida (chorpoyada) yonboshlab yotar erdim. Shunda o‘rnimdan turib hojatga chiqmoqni makruh hisoblab, chorpoyadan sekingina sirg‘alib tushib ketar erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:37:38
38-bob. Janob Rasulullohga to‘shak solgan kishi haqida

Abu Qiloba rivoyat qiladilar: «Otang Zayd birlan birga,— dedilar Abulmulayh,— Abdulloh ibn Amrning huzuriga kirib erdik u bizga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam mening qanday ro‘za tutmog‘imdan xabar topib oldimga kirdilar»,— dedi. «Men Janob Rasulullohga to‘shak solib erdim,— deb gapida davom etdi Abdulloh ibn Amr,— yerga o‘ltirdilar, to‘shak ersa ikkalamizning o‘rtamizda qoldi. Janob Rasululloh: «Senga har oyda uch kun ro‘za tutmoq kifoya qilmag‘aymi?» — dedilar. Men: «Yo Rasululloh, bu ozdir»,— dedim. «Bo‘lmasa, besh kun»,— dedilar. Men: «Bu ham ozdir»,—dedim. «Bo‘lmasa, yetti kun»,— dedilar. Men «Bu ham ozdir»,— dedim. «Bo‘lmasa, to‘qkiz kun»,— dedilar. Men: «Bu ham ozdir»,— dedim. «Bo‘lmasa o‘n kun»,— dedilar. Men: «Bu ham ozdir»,— dedim. Shunda ul zot: «Dovud alayhissalomning tutgan ro‘zalaridan afzal ro‘za yo‘qdir, ul yarim umrga tengdir. Bir kun ro‘za tutgil, bir kun og‘zing ochiq bo‘lsin!» — dedilar».  Ibrohim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Alqama Shomga kelgach, masjidga borib ikki rak’at namoz o‘qidi,  so‘ng: «Yo parvardigoro, menga bir hamnishin do‘st ato qilg‘il!»— deb iltijo qildida, Abuddardo’ning yoniga ( borib o‘ltirdi. Keyin, undan: «Qaerliksan?» — deb so‘radi.  Abuddardo’: «Kufalikman»,— dedi. Alqama: «Hech kim bilmaydirgan sirdan voqif kishi, ya’ni Huzayfa sizlarda ermasmi?! Yokim. Olloh taolo o‘z rasuli orqali shaytonnint domidan qutqarib qolgan kishi, ya’ni Ammor sizlarda ermasmi yokim. to‘g‘rirog‘i bo‘lgan ermasmi?! Yokim, Janob Rasulullohning misvoklari birlan yostiqlarini ko‘tarib yuradirgan kishi, ya’ni Ibn Mas’ud sizlarda ermasmi?! Abdulloh (ibn Mas’ud) «Val-layli izo yag‘sho» ni qanday qiroat qilar erdi!» —dedi. Abuddardo’: «Vaz-Zakari valunso» nichi! Men talay vaqtgacha uning bularni to‘g‘ri qiroat qilayotganiga shubhalanib yurardim, ammo Janob Rasulullohdan eshitganimdan so‘ng qanoat hosil qildim».— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:37:48
39-bob. Jum’a namozidan keyingi qaylula haqida

Sahl ibn Sa’d: Biz jum’a namozidan so‘ng qaylula hamda tushlik qilar erdik»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:37:59
40-6o6. Masjidda qaylula qilmoq xususida

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali uchun Abu Turob» degan ism (laqab)dan  ko‘ra yaxshiroq ism yo‘q erdi. Agar uni shu ism birlan atab chaqirsalar, juda xursand bo‘lib ketar erdi. (Unga «Abu Turob» degan laqabning qo‘yilish tarixi quyidagicha): bir kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Fotimani ko‘rgani kelib, kuyovlari bo‘lmish Hazrat Alini uyidan topmadilar. Fotimaga: «Amakingning o‘g‘li (ya’ni, ering) qaerda?» — dedilar. U: «Oramizdan bir gap o‘tib erdi. Mendan arazlab chiqib ketdilar, uyda tunaganlari ham yo‘q»,— dedi. Janob Rasululloh bir kishiga uni izlab topmoqni amr qildilar. U qaytib kelib: «Yo Rasulalloh, Hazrat Ali masjidda erkanlar»,— dedi. Janob Rasululloh masjidga borib erdilar, Hazrat Ali yonboshlab yotgan erkanlar, ridolari yelkalaridan tushib ketgan. hammayoqlari tufroq. Janob Rasululloh tufroqni qoqib tashlayotib: «Yo Abu Turob, turg‘il o‘rningdan, yo Abu Turob, turg‘il O’rningdan!» — dedilar» («Abu Turob»— «Hammayog‘i tufroq»).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:38:15
41-bob. Bir qavmni ko‘rgani borib, o‘sha yerda qaylula qilgan kishi haqida

Anas rivoyat qiladilar: «Ummu Sulaym Janob Rasulullohga valos to‘shab berar, ul zot qaylula qilar erdilar. Janob Rasululloh uxlab qolsalar, u kishining kokillari va sochlaridan olib xushbo‘yliklarga qo‘shib bir shisha  idishga solib qo‘yar erdi».

Anas ibn Molik vafoti oldidan: «Jasadimga o‘sha xushbo‘ylikdan sepinglar!»— deb vasiyat qildi, keyin unga o‘sha xushbo‘ylikdan sepdilar»,— deydilar Sumoma raziyallohu anhu.

Abdulloh ibn Abu Talza Anasdan bunday deb eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qubo’ga (Hijozda) borsalar, Ummu Harom binti Milhonning uyiga kirar erdilar, u mehmon qilar erdi. Bu ayol Ibn Somitning xotini bo‘lib, bir kuni Janob Rasululloh uning uyiga kirib keldilar, u odatdagidek mehmon qildi. Keyin, ul zot uxlab qoldilar, so‘ng uyg‘onib kulib qo‘ydilar. Shunda ayol: «Yo Rasulalloh, kulgingizning boisi nedir?.» — dedi. Janob Rasululloh «Bir guruh ummatlarimning Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilmoq uchun kemaga chiqib olib taxtda o‘ltirgan podshoxlardek («Yokim podshahlar kabi»,— deydi Ishoq) dengizda suzib ketayotganlari xobimda menga ayon qilindi»,— dedilar. Ayol: «Duo qiling, men ham o‘shalar jumlasidan bo‘layin!» — dedi. Janob Rasululloh duo qildilarda, boshlarini yostiqqa qo‘yib, uxlab qoldilar. Keyin, uyg‘onib yana kulib qo‘ydilar. Ayol: «Yo Rasulalloh, ne boisdin kulayotirsiz!» — dedi. Janob Rasululloh yana: «Bir guruh ummatlarimning Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilmoq uchun kemaga chiqib olib taxt uzra o‘ltirgan podshoxlardek (ekim podshohlar kabi) dengizda suzib ketayotganlari xobimda menga ayon qilindi»,—dedilar. Ayol: «Duo qiling, men ham o‘shalar jumlasidan bo‘layin!" — dedi. Janob Rasululloh: «Sen birinchi bo‘lib g‘azot qilg‘uvchilardansen!» — dedilar. Keyin, o‘sha ayol Muoviya zamonida kemaga chiqib g‘azatga bordi va quruqlikka tushgach, tuyasidan yiqilib halok bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:38:31
42-6ob. Qanday xohlasa, shunday o‘ltirmoq haqida

Abu Sa’id Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki ko‘rinishda kiyinmoqni va ikki tarzda savdo-sotiq (mulomasa sh munobaza) qilmoqni man’ qildilar. Ikki ko‘rinishda kiyinmoq— bu (ko‘ylak kiymagan holda) bir yelkasini mato birlan o‘rab. Ikkinchi yelkasini ochib yurmoqlik hamda birgina ko‘ylakda avratini ochib o‘ltirmoqlikdir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:38:52
43-bob. Yuragidagi sirni ko‘pchilikka eshittirmay, astagina birovga aytgan odam haqida hamda do‘stining sirini u vafot etgandan keyingina oshkor qilgan shaxs xususida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz — Janob Rasulullohning barcha jufti halollari ul zotning huzurida erdik birortamiz ham tashqarida ermas erdik. Shul vaqt Fotima alayhossalom kelib qoldi. Olloh taolo haqi, uning qadam tashlashi birlan Janob Rasulullohning qadam tashlashlari shu qadar o‘xshash erdiki, sira farqlab bo‘lmas erdi! Janob Rasululloh uni ko‘rgach: «Marhabo, ey qizim!  — deb olqishlab qarshiladilar. So‘ng, o‘ng yokim chap yonlariga o‘tqazib, unga ohista bir sir aytib erdilar, u ho‘ngrab yig‘lab yubordi. Janob Rasululloh uning qayg‘uga tushib qolganini ko‘rib, yana bir gap aytdilar. Bu safar u kulib yubordi. Shunda men unga: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning eng sirdosh xotinlariman ul zot biz — xotinlariga aytmagan sirni senga aytdilar, sen yig‘lab yubording»,— dedim. So‘ng, Janob Rasululloh turib chiqib ketganlaridan keyin: «Senga qanday sir aytdilar?» — deb so‘radim. Fotima: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sirlarini oshkor qilmoqni Istamayman!» — dedi. Janob Rasululloh vafot qilganlaridan keyin men unga: «Senga haddim siqqani uchun yana o‘sha gapni so‘ramoqqa jazm qildim»,—dedim. «Mayli, endi aytaman,— dedi Fotima,— Janob Rasululloh dastlab: «Hazrat Jabroil menga Qur’onni har yili bir marta vahiy qilar erdilar, endi bo‘lsa yiliga ikki marta vahiy qilmoqdalar. Shu boisdan Ham ajalim yaqinlashgan, deb o‘ylayman. Olloh taolodan taqvo qilgil, sabru toqatli bo‘lg‘il, mening senga oldindan aytadirgan eng yaxshi nasihatim shudir!»—degan erdilar, shunda men o‘zingiz ko‘rganingizdek yig‘lab yuborgan erdim. Keyin ersa, mening xafa bo‘lib qolganimki ko‘rib: «Yo Fotima, mo‘mina ayollarning sayyidasi yokim mana shu ummat ayollarining sayyidasi bo‘lmoqni istaysanmi?» — deb aytgan erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:39:02
44-bo6. Chalqancha yotmoq haqida

Abbos ibn Tamim amakilaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning masjidda chalqancha oyoqlarini chalishtirib yotganlarini ko‘rdim»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:39:13
45-bob. Uch kishi bor joyda ikki kishi uchinchi kishidan berkitiqcha o‘zaro suqbatlashmasligi lozim!

Olloh taoloning qavli («Al-Mujodala» surasi): «Yo ayyuhal-laziyna omanuu, izo tanojaytum falo tatano-juu bil-ismi valudvoni va ma’siyatir-rasuuli va tanojuu bil-birri vattaqvo vattaquul-loqallaziy ilayhi tuhsha-ruun, innamon-najvo minash-shaytoni li-yahzunallaziyna omanuu va laysa bi-dorrihim shay’an illo bi-iznillohi va alallohi fal-yatavakkalil-mu’minuuna». Mazmuni: «Ey mo‘minlar, qachon o‘zaro maxfiy so‘zlashsangizlar, gunoh va xaddan oshmoq va payg‘ambarga itoatsizlik xususida maxfiy so‘zlashmanglar, balkim yaxshilik va taqvo xususida maxfiy so‘zlashingizlar, o‘zingiz huzuriga yig‘iladirgan Ollohdin ko‘rqingizlar! Darhaqiqat, maxfiy so‘zlashmoq mo‘minlarni xafa qilmoq uchun shaytondin sodir bo‘ladirgan qilmishdir Ammo u mo‘minlarga Ollohning iznisiz hech qanday zarar yetkaza olmas, mo‘minlar Ollohga tavakkal qilsinlar!» Olloh taoloning qavli («Al-Mujodala» surasi) «Yo ayyuhal-laziyna omanuu, izo nojaytumur-rasuula, fa-qaddimuu bayna yaday najvokum sadaqatan, zolika xayrun lakum va atharu, fa-in lam tajiduu, fa-innal-loxi gafuurun rahiymun, a ashfaqtum an tuqaddimuu bayn yaday najvokum sadaqotin, fa-iz lam taf’aluu va tobal lohu alaykum, fa-aqiymuussalota va otuuz-zakota va atiy’uulloha va rasuulah, vallohu xabiyrun bi-mo ta’maluun». Mazmuni: «Ey mo‘minlar, qachon sizlar payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamga maxfiy so‘z qilmoqchi bo‘lsangizlar, maxfiy so‘zlaringizdin avval sadaqa beringlar, bu narsa sizlar uchun yaxshiroq va pokizaroqdur, va agar (sadaqa qilmakka biror narsa) topmasangizlar, ul holda Olloh mag‘firatli mehribon. Basharti, maxfiy so‘zlaringizdin avval (molingizga) achinib sadaqa bera olmagan bo‘lsangizlaru, Olloh sizlarning bu qilmishingizni afv etsa, u holda namoz o‘qib, zakot beringizlar, Olloh va uning rasuliga itoat qilinglar, Olloh hamma ishlaringizdan xabardordir!»

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uch kishi bor joyda ikki kishi uchinchi kishidan berkitiqcha o‘zaro suhbatlashmasin!» — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:39:22
46-bob, Sir saqlamoq haqida

Anas ibn Molik: «Nabiy sallallohu alayhi va salam  menga bir sir aytib erdilar, uni hech kimga qilmadim, hatto Umnu Sulaym so‘raganda ham aytmadim»,—deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:39:35
47-bob. Uch kishidan ko‘p odam bor joyda ikki kishining berkntiqcha o‘zaro suhbatlashmog‘i mumkin!

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qgiadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar uch kishi turgan bo‘lsangiz, uchinchi odamni ham suhbatingizga jalb qilmaguningizcha, ikkingiz o‘zaro xufiya suhbatlashmangiz, basharti shunday qilmasangiz, suhbatingizdan chetda qolgan odam xavotir olib, xafa bo‘lib qolg‘aydir!»—dedilar».

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: "Bir kuni Janob Rasululloh o‘ljalarni taqsimladilar. Shunda odamlardan biri: «Adolat birlan taqsim qilinmadi!» — deb nolidi. Men:Olloh taolo haqi, bu gapni Janob Rasulullohga yetkazgumdir!» — dedimda, yo‘lga ravona bo‘ldim. Borsam, Janob Rasululloh bir guruh odamlar davrasida o‘ltirgan erkanlar, sekingina quloqlariga aytdim. Shunda Janob Rasululloh nihoyatda g‘azablandilar, hatto yuzlari qizarib ketdi. So‘ng: «Olloh taolo rahmat qilsin Musoni, ul kishiga bundan ham ko‘proq ozor berishganda sabr qilgan erdilar!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:39:44
48-bob. Uzundan-uzoq xufiya gap haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Namozga takbir aytildi, shu payt bir odam Janob Rasulullohga uzundan-uzoq qandaydir xufiya gapni ayta boshladi, hatto sahobalar uxlab qolishdi. Janob Rasululloh uning gapi tugagach, turib namoz o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:39:59
49-bob. Uydagi olovni o‘z holiga tashlab qo‘yib, uxlamaslik lozim!

Solim otalaridan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Uxlayotganlaringizda uylaringizdagi olovni o‘z holiga tashlab qo‘ymangiz!» — dedilar».

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Madinadagi uylardan biri odamlari birlan yopib ketdi. Bu haqda Janob Rasulullohga aytib erdilar, ul zot: «Bu—olov degan narsa, sizlarning dushmaningizdir. Uyquga yotmog‘ingizdin avval uni o‘chirib qo‘yingiz! — dedilar».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Idishlarning og‘zini yopib, eshiklarni tambalab va chiroqlarni birlan o‘chirib yotinglar, chunkim kichkina bir sabab pilikdan (boshqa narsalarga) o‘t tutashib, butun uy odamlari  birlan yopib ketmog‘i mumkindir!» —dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:40:06
50-6ob. Kechasi eshnklarni tambalab qo‘ymoq haqida

Jobir (ibn Abdulloh) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kechasi uyquga yotmoqchi bo‘lsakniz, avval chiroqlarni o‘chirib, eshiklarni tambalab, suv idishlari va ovqatlar ustini berkitib qo‘yingiz!»— dedilar».

Hamom: «(Eshiklarni) bir cho‘p birlan (tirab) bo‘lsa ham yopib ko‘yingiz, deb aytdilar shekilli»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:40:19
51-bob. Katta bo‘lgach, xatna qilmoq va qo‘ltiq junini yulmoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Byoshta sunnat mavjud: xatna qilmoq jinsiy a’zolar yungini qirmoq, ko‘ltiq yungini yulmoq, mo‘ylabni kalta qilib qirqmoq va tirnoqlarni olmoq»,— dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ibrohim alayhissalom sakson yoshga kirganlaridan so‘ng xatna qilingan erdilar, xatna qilishda yog‘och yo‘nadirgan asbobdan foydalanilgan erdi»,— dedilar».  Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Ibn Abbosdan: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam vafot ettanlarida necha yoshda erding?» — deb so‘rashdi. Ibn Abbos: «Xatna qilingan vaqtim erdi»,— deb javob qildi. O’sha vaqtlarda bola balog‘atga yetmaguncha xatna qilinmas erdi».

Ibn Idris: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam vafot yetganlarida Ibn Abbos xatna qilingan bola erdi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:40:29
52-bob, Olloh taologa toat-ibodat qilmoqqa xalal beradirgan, kishining vaqtini o‘g‘irlaydirgan har qanday ko‘ngilochar o‘yin makruhdir hamda o‘rtog‘iga: «Kel, bir qimor o‘ynaylik!» —deydirganlar yaramas odamlardir!

Olloh taoloning qavli («Luqmon» surasi): «Va minan nosi man yashtariy lahval-hadiysi li-yuzilla an sabiy lil-.ioq». Mazmuni: "Toat-ibodatdin chalg‘itadirgan behuda  narsalarni sotib olg‘uvchi odamlar Ollohning yo‘lidin  ozdirilsin!»   .
 
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan kimki aluzza va al-Lot   haqi deb qasam ichsa darhol, lo iloha illallohu deb aytsin! ,  Va kimki o‘rtog‘iga: «Kel, bir qimor o‘ynaylik!»—desa,  sadaqa bersin!» — dedilar» (Aluzza va Al-Lot — ma’budalar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 07:40:39
53-bob, Imorat qurmok haqidagi hadislar haqida

Ibn Umar Sa’idga: «Yomg‘ir va oftobdan saqlag‘ay deb rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga uy qurganimni ko‘rgansan, Olloh bandalaridan birortasi menga yordam bermagan»,— degan erkanlar.

Ibn Umar: «Olloh taolo haqi, Nabiy sallallohu alayhi va sallam vafot qilganlaridan beri bitta ham g‘isht termadim va bitta ham xurmo ekmadim»,— degan erkanlar.

Sufyon rivoyat qiladilar: «(Ibn Umarning) xonadonidagilardan ba’zilariga (Ibn Umarning) aytganini eslatib erdim. Ular Olloh haqi, u uy qurgan erdi!» —-deyishdi. Men: «Ehtimol, u bu gapni uy qurmasidan ilgari aytgandir?» — dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 08:49:22
 :bsm:

DUOLAR KITOBI

Olloh taoloning qavli («Al-Mu’min» surasi): Ud’uu-niy, astajib lakum! Innal-laziyna yastakbiruuna an ibodatiy sayadxuluuna jahanhama doxiriyna». Mazmuni: «Sizlar menga duo qilinglar, men duolaringizni qabul  qilurman! Darhaqiqat, mening ibodatimdan bosh tortuvchilar tez kunda xor bo‘lib, jahannamga tushgaylar». Har bir payg‘ambarning o‘z mustajob duosi bor. Bu haqda u Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: Har bir payg‘ambarning (aytsa, mustajob bo‘ladirgan duosi bor. Men o‘z duomni qiyomat kuni ummatimga shafoat qilmog‘im uchun asrab qo‘ymoqchiman»—deb aytdilar»,— deydilar».

Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Har bir payg‘ambarning (Olloh taologa)aytsa, mustajob bo‘ladirgan iltimosi (duosi, deb aytgan o‘lishlari ham mumkin) bo‘ladi, men o‘z duomni Qiyomat kuni Umatimga shafoat qilmog‘im uchun olib qo‘ydim»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 08:49:36
1-bob. Eng afzal istig‘for haqida

Olloh taoloning qavli («Nuh» surasi): «Istag‘firuu rabbakum, innahu kona g‘afforan yursilissamoa alaykum midrorin va yumdidkum bi-amvolin va baniyna va yaj’al-lakum jannotin va yaj’al-lakum anhoran». Mazmuni: Mag‘firat talab qilinglar rabbingizdan, albatta ul mag‘firat qilg‘uvchidir, yuborur osmondan sizlarga paydarpay yog‘inni va madad berur sizlarga mollar va o‘g‘illar ila va ato qilur sizlarga bog‘larni va oqizib berur sizlarga daryolarni».

Olloh taoloning qavli («Oli Imron» surasi) «Vallaziyna izo fa’aluu fohishatan av zalamuu anfusahum zakaruulloha fastag‘faruu li-zunuubihim va man yag‘firuz-zunuuba illa-llohu va lam yusirruu alo mo fa’aluu va hum ya’lamuuna». Mazmuni: «Va ul odamlarki, qachon biror gunohi fahsh qilsalar yokim o‘zlariga o‘zlari zulm etsalar, Olloh taoloni yod etib, undan gunohlarini mag‘firat qilmoqni so‘rarlar. Gunohlarni Olloh taolodin boshqa kim mag‘firat etgay?! Ular (ilgarigi) qilmishlarining (gunoh zrkanligii) bilib turib, endi bunday qilmaydilar».

Shaddod ibn Avs raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallam haqlarida rivoyat qiladilar: «Ul zot bunday dedilar: «Istig‘forning sayyidi (zo‘ri)—«Ollohumma anta rabbiy, lo iloha illo anta xalaqtaniy va ano abduka va ano alo ahdika va va’dika, mostata’tu a’uuzu bika min sharrin mo sana’tu, abuu’u laka bini’matika alayya va abuu’u bi-zanbiy fag‘fir liy fa-innahu lo yag‘firu-z-zunuuba illo anta». Mazmuni: Yo parvardigoro, sen rabbimdursen, meni o‘zing yaratgandursen, men sening bandangdurmen, men senga bergan ahdu va’damda turibdurmen. (Ammo) qilib ko‘ygan gunoh ishlarim yomonligidin (o‘z vaqtida) sendin panox tilay olmadim. Menga ato etgan ne’matlaringni e’tirof qilib, senga shukronalar ayturman va gunohlarimni tan olurmen. Meni mag‘firat qilg‘il, sendan bo‘lak gunohlarni mag‘firat qilg‘uvchi zot yo‘qdir!" Janob Rasululloh yana bunday dedilar: «Kimki kunduzi ixlos qilib shunday desa-yu, kech kirguncha vafot etib qolsa jannat ahlidan bo‘lg‘ay va kimki tunda ixlos qilib shunday desa-yu, tong otguncha vafot etib qolsa, u ham jannat ahlidan bulg‘ay».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 08:49:53
2-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kechayu-kunduz istig‘for aytishlari haqida   

Abu Hurayra: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Olloh taolo haqi, men Olloh taologa har kuni yetmish martadin ziyod istig‘for aytib, tavba qilurmen! deganlarini eshitdim»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 08:50:05
3-bob. Tavba haqida

Qatoda: Olloh taologa astoydil tavba qilinglar, astoydil tavba qabul bo‘lg‘usidir»—deydilar.

Horis ibn Suvayd rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Mas’ud bizga ikkita hadis aytib berdi, birini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan naql qildi, ikkivchisiki ersa o‘ziga nisbat berdi) «Mo‘min odam o‘z gunohini qulab tushay deb turgan tog‘ etagida o‘ltirgandek his qilg‘aydir, razil odam ersa, o‘z gunohini burnining ustidan uchib o‘tgan bir pashsha kabi bilg‘aydir». «Olloh taolo bandasi tavba qilganda yeb-ichguliklarini tuyasiga ortib olib, bir xatarnok yerga borganda tushib boshini qyib uxlab qolgan hamda uyg‘onganida tuyasi qochib ketib, yeb-ichguliksiz qolganini fahmlagach, yana yotib uxlagan, so‘ng uyg‘onganida tuyasining qaytib kelganini ko‘rib xursand bo‘lib ketgan odamdan ko‘ra ziyodroq mamnun bo‘lg‘aydir!».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo bandasi tavba qilganda birortangiz tuyangizni sahroda yo‘qotib qo‘yib, so‘ng topib olganingizda xursand bo‘lganingizdan ko‘ra ziyodroq mamnun bo‘lgaydir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 08:50:15
4-bob. O’ng tomoni birlan yonboshlamoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunda o‘n bir rak’at namoz o‘qir erdilar, tong otgach, yengilgina ikki rak’at namoz o‘qib, muazzin qilib azon aytguncha o‘ng tomonlarini bosib yonboshlar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 08:50:29
5-bob. Tahorat olib o‘ringa yotgach...

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallhu alayhi va sallam menga: «Agar o‘ringa yotmoqchi ersang, avval namozga olgandek tahorat olg‘il, so‘ng o‘ng qo‘lingni bosib yotg‘ilda, «Ollohumma aslamtu nafsiy ilayka na favvaetu amriy ilayka va alja’tu zahriy ilayka rahbatan va rag‘batai ilayka, lo malja’a va lo manjo minka illo ilayka. Omantu bikitobikallaziy akzalta va biiy arsalta»,— degil, agar vafot etib qolsang,  iymon birla vafot qilgan bo‘lursen. Bu duoni eng so‘nggida aytgil!» — dedilar. Men: «Bo‘pti, eslab qolaman,  bi-rasulikallaziy arsalta» — deb erdim, Janob Rasululloh: «Yo‘q, unday ermas, bi-nabiyyikallaziy arsalta»,—dedilar». Duoning mazmuni: «Ilohi, o‘zimni ham, kori-borimni ham o‘zingga topshirdim, azobingdan qo‘rqib va savobingdan umid qilib senga suyandim, sening najotingdan o‘zga najot yo‘qdir, sening panohingdan o‘zga panoh yo‘qdir. (Ilohi), nozil qilgan Kitobingga ishondim va yuborgan payg‘ambaringga iymon keltirdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 08:50:42
6-bob. Uxlamoqchi bo‘lganda ne demoq darkor?

Huzayfa bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘rinlariga yotganlarida: «Sening nomingni aytib o‘lg‘aymen va tirilg‘aymen!» — der erdilar. O’rinlaridan turganlarida ersa: «Bizni o‘ldirgandan so‘ng qayta tiriltirgan Ollohga shukr. (Qabrdan) chiqarilib, uning dargohiga qayta tirilib borg‘aymiz!» — der erdilar. (Janob Rasululloh o‘limni uyquga, uyquni o‘limga qiyoslayaptilar)».

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir odamga buyurib (yokim vasiyat qilib): «Agar uyquga ketmoqchi ersang, Ollohumma aslamtu nafsiy ilayka va favvaetu amriy ilayka va vajjahtu vajhiy ilayka va alja’tu zahriy ilayka rag‘batan va rahbatan ilayka, lo malja’a va lo manjo minka illo ilayka, omantu bi-kitobikallaziy anzalta va bi-nabiyyikallaziy arsalta, deb aytg‘il. Agar vafot etib qolsang, komil iymon birla vafot otgan bo‘lursen»,— dedilar». Duoning mazmuni: ilohi, o‘zimni ham, kori-borimni ham o‘zingga topshirdim, savobingdan umid qilib va azobingdan qo‘rqib senga yuzimni qaratdim, senga suyandim, sening najotingdan o‘zga najot yo‘qdir, sening panohingdan o‘zga panoh yo‘qdir. (Ilohi), nozil qilgan Kitobingga ishondim va yuborgan payg‘ambaringga iymon keltirdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 08:51:00
7-bob. O’ng qo‘lni o‘ng yonoq ostiga qo‘yib yotmoq haqida

Huzayfa rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam kechasi uxlamoqchi bo‘lsalar (o‘ng) qo‘llarini (o‘ng) yonoqlarining ostiga qo‘yib yotar erdilarda, «Yo parvardmgoro, sening nomingni aytib o‘lgaymen va tirilg‘aymen!» — der erdilar, uyg‘onganlarida ersa, «Bizni o‘ldirgandan so‘ng qayta tiriltirgan Ollohga shukr, uning dargohiga kayta tirilib borg‘aymiz!» — der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 08:51:12
8-bob. O’ng yoni birlan yotib uxlamoq haqida

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uxlamoqchi bo‘lsalar, o‘ng yonlari birlan yotib, so‘ng: «Ilohi, o‘zimni ham, kori-borimni ham o‘zingga topshirdim, savobingdan umid qilib va azobingdan qo‘rqib senga yuzimni qaratdim, senga suyandim,  sening najotingdan o‘zga najot yo‘qdir, sening panohingdan o‘zga panoh yo‘qdir. (Ilohi), nozil qilgan Kitobingga ishondim va yuborgan payg‘ambaringga iymon keltirdim»,— der erdilar. Janob Rasululloh: «Kimki shunday degach, o‘sha kechasi vafot etib qolsa, komil iymon birlan vafot etgay»,— deb ham aytganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:23:11
9-bob. Kechasi uyg‘onganda o‘qiladirgan duo haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xolam Maymunanikida tunab qoldim, Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib qazoi hojatga chiqdilar, so‘ng kelib yuz-qo‘llarini yuvib uyquga yotdilar. Keyin, turib meshning og‘zini yechdilarda, yengilgina tahorat olib namoz o‘qiy boshladilar. Men ham o‘rnimdan turdimda, ko‘rib kolmasinlar deb biqinib borib tahorat oldim. So‘ng, chap yonlariga kelib turgan erdim, qulog‘imdan ushlab o‘ng yonlariga o‘tkazib qo‘ydilar. Janob Rasululloh o‘n uch rak’at o‘qib namozni tugatdilar, keyin yonboshlab uxlab qoldilar, hatto xurrak ham otdilar, ul zot uxlasalar, odatda xurrak otar erdilar. So‘ng, Bilol namozga azon aytib erdilar, tahorat olmay namoz o‘qidilar. Janob Rasululloh duo o‘qib, bunday derdilar: «Ollohumma-j’al fi qalbiy nuran va fi basariy nuran va fi sam’iy nuran va an yamiyniy nuran va an yasoriy nuran va favqiy nuran va tahtiy nuran va amomiy nuran va xalfiy nuran va-j’al liy nuran». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, qalbimni munavvar qilg‘il, ko‘zu quloqlarimga nur ato qilgil, o‘ngu so‘limni, tepai pastimni oldu ortimni hamda o‘zimni ham nurafshon qilg‘il!».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunda uyg‘onsalar, tahajjud qilib: «Ollohumma lakal-hamdu, anta nuru-ssamavoti val-arzi va mak fiyqinna va laka-l-hamdu, anta qayyimu-ssamavoti va-l-arzi va man fiyhinna va laka-l-hamdu, anta-l-haqqu va va’duka haqqun va qavluka haqqun va likouka haqqun « va-l-jannatu haqqun va-n-noru haqqun va-s-so’atu haqqun van~nabiyyuuna haqqun va Muhammadun haqqun, Ollohumma laka aslamtu va alayka tavakkaltu va bika omantu va ilayka, anabtu va bika xosamtu va ilayka hohamtu, fag‘firliy mo qaddamtu va mo axxartu va mo asrartu va mo a’lantu, anta-l-muqaddamu va anta-l-muaxxaru, lo iloha illo anta av lo iloha g‘ayruka»,— deb duo o‘qir erdilar». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, jamiki maqtovlar senga xosdir! Yeru osmonlar va undagi borlikning yorug‘ligi sendandir, jamiki maqtovlar senga xosdir! Sen yeru osmonlarning va undagi borlikning yaratuvchisi va boshqarib turuvchisidirsen, jamiki maqtovlar senga xosdir! Sen haqdirsen, va’dang ham haqdir, so‘zing ham haqdir, oxiratda seni ko‘rmoq ham haqdir, jannat ham haqdir, do‘zax ham haqdir, qiyomat ham haqdir. Jamiki payg‘ambarlar ham haqdir, Muhammad ham haqdir. Yo parvardigoro, senga bo‘ysundim va senga tavakkal qildim, senga iymon keltirdim va dildan senga tavba qildim, seni deb (dushmanlaring birlan) kurashdim, ularga o‘zing jazo berg‘aysen, o‘tgan va kelgusi gunohlarimni, xufyona va oshkora xatolarimni o‘zing kechirg‘il, sen yakka-yu yagonadirsen, sendan bo‘lak iloh yo‘qdir!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:23:23
10-bob. Uyqudan oldin takbir va tasbih aytmoq haqida

Ali (ibn Abu Tolib) rivoyat qiladilar: «Fotima alayhossalom yorg‘uchoqning qo‘llarini qavartirib berayotgan azobidan shikoyat qilib hamda o‘zlariga bir xizmatkor so‘rash maqsadida Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib erdilar, ul zotni topmadilar. Keyin, shu haqda Oishaga tayinlab aytdilar. Oisha Janob Rasululloh kelganlarida Fotimaning iltimoslarini yetkazdilar. Janob Rasululloh uyimizga (ya’ni, kuyovlari Hazrat Alining uylariga) keldilar, biz uxlab yotgan erdik. Men o‘rnimdan turmoqchi bo‘lib erdim: «Qimirlama!» — dedilar. So‘ng, ikkalamizning o‘rtamizga (ko‘rpaning etak tomonidan) kirib o‘tirdilar, hatto men ko‘kragimga tegib turgan oyoqlarining sovqotib ketganini his qildim. Keyin, bizga: «Bir xizmatkorga ega bo‘lmog‘ingizdan ko‘ra yaxshiroq amalni sizlarga o‘rgataymi? O‘ringa yotganingizda o‘ttiz uch marta «Ollohu akbar», o‘ttiz uch marta «Subhonalloh» va o‘ttiz uch marta «Alhamdulilloh» deb aytingizlar, bu sizlar uchun bir xizmatkorga ega bo‘lmog‘ingizdan ko‘ra yaxshiroq bo‘lg‘aydir!» — dedilar». Shu’ba (ikkilanib): Subhonalloh — o‘ttiz to‘rt marta! - deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:23:37
11-bob. Uyqudan oldin ikki «Qul a’uuzu» ni qiroat qilmoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlariga yotganlarida ikki «Qul a’uuzu» ni qiroat qilib, qo‘llariga dam solar erdilarda, badanlariga surtar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:23:49
12-6o6.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Agar birortangiz o‘ringa yotmoqchi ersangiz, avval izoringizning ichki tarafi birlan ko‘rpa-yostig‘ingizni qoqib tashlangiz, chunkim u yerda nimalar borligini bilmaysiz. So‘ng: «Yo rabbiy, sening ismingni aytib (o‘ng) yonimni bosib yotdim, sening ismingki aytib o‘rnimdan turg‘umdir! Basharti, ruhimni (jonimni) olsang, unga rahmat qilg‘il, mobodo olmasang, barcha solih bandalaringning ruhini saqlaganingdek mening ruhimni ham himoya qilg‘il!» — deb aytingiz» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:24:01
13-bob. Yarim kechada duo o‘qimoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Rabbimiz taborak va taolo har kecha tunning uchdan bir qismi qolganda osmonning eng quyi qavatiga tushib: «Kimki duo o‘qib menga iltijo qilsa. duosini mustajob qilgayman, kimki mendan tilak tilasa, tilagini bajo etgayman, kimki menga istig‘for aytsa, kechirgayman!» — deydi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:24:24
14-bob. Hojatxonada duo o‘qimoq haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hojatxonaga kirsalar, «Ollohumma inniy a’uuzu bika mina-l-xubsi va-l-xaboisi» — der erdilar. Duoning mazmuni: «Yo parvdrdigoro, ifloslik (tubanlik) va nopok qilmishlardan sendan panoh tilayman!» (Ushbu duo kitobda boshqacharoq talqin qilingan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:24:56
15-bob. Ertalab uyqudan uyg‘ongach, nima demoq lozim?

Shaddod ibn Avs rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Istig‘forning sayyidi (zo‘ri) — «Ollohumma anta rabbiy, lo iloha illo anta xalaqtaniy va ano abduka va ano alo ahdika va va’dika, mo-stata’tu abuu’u laka bini’matika va abuu’u laka bizanbiy, fa-g‘fir liy fa-innahu lo yag‘firu-z-zunuuba illo anta, a’uuzu bika min sharrin mo sana’tu» bo‘lib, uni o‘qib yotgan odam tunda vafot etib qolsa, jannatga kirgaydir (yokim ertalab turib o‘qisa-yu, kunduzi vafot etib qolsa ham jannati bo‘lg‘aydir)»,— dedilar». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, sen rabbimdursen, meni o‘zing yaratgandursen, men sening bandangdurmen, men senga bergan ahdu va’damda turibdurmen. Ammo (o‘z vaqtida) menga ato etgan ne’matlaringni e’tirof qilib, senga shukronalar ayta olmadim va gunohlarimni bo‘ynimga ololmadim, meni mag‘firat qilg‘il, sendan bo‘lak gunohlarni mag‘firat qilg‘uvchi zot yo‘qdir, qilgan gunohlarim yomonlig‘idan o‘z panohingda asrag‘il!».

Huzayfa rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam uxlamoqchi bo‘lsalar, «Bismika Ollohumma amuutu va ahyo!» — der erdilar, uyg‘onganlarida ersa, «Al-Hamdu lillohi-l-laziy ahyono ba’da mo amotano va ilayhi-n-nushuur!» — der erdilar».

Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tunda o‘rinlariga yotsalar: «Ollohumma bismika amuutu va ahyo!»—der erdilar, uyg‘onganlarida ersa, «Al-Hamdu lillohi-l-laziy ahyono ba’da mo amotano va ilayhinnushuur!» — der erdilar». Duolarning mazmuni: Yo rabbiy, sening ismingni aytib o‘lg‘ayman va tirilg‘ayman!» va «Bizni o‘ldirgandan so‘ng qayta tiriltirgan Ollohga shukr, uning dargohiga qayta tirilib borg‘aymiz!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:25:09
16-bob. Namozda o‘qiladirgan duo haqida

Abu Bakr as siddiq raziyallohu anhu rivoyat qiladilarki, ul kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Namozimda o‘qimog‘im uchun bir duo o‘rgatingiz!» — deb iltimos qilibdilar. Shunda Janob Rasululloh: «Ollohumma inniy zalamtu nafsiy zulman kasiyran va lo yag‘firu-z-zunuuba illo anta, fa-g‘fir liy mag‘firatan min indika varhamniy, innaka antal-g‘afuuru-r-rahiymu»— deb aytg‘il!»,— debdilar. Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, darhaqiqat men (gunoh ishlar qilib) o‘zimga ko‘p zulm qildim, gunohlarni ersa sendan bo‘lak kechg‘uvchi zot yo‘qdir, meni kechirg‘il, mag‘firatingdan benasib qilmag‘il, menga rahm qilg‘il, mag‘firatli rahmdil zot o‘zing erursen!»

Oisha raziyallohu anho: «Olloh taoloning: «Va lo tajhar bisalotika va lo tuxofit biho!» — degan oyati karimasi duo haqida nozil bo‘lgandir» — deb aytgan erkanlar. Oyatning mazmuni: «Namozingni baland ovoz birlan ham, ovoz chiqarmay ham o‘qimag‘il!».

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladidar: «Biz namozda Ollohga salom, falonchiga salom, deb aytar erdik. Bir kuni Nabiy sallallohu alayhi va sallam Bizga: «Ollohning o‘zi Salomdir! Agar birortangiz namozda o‘ltirgan bo‘lsangiz, «Attahiyyot» ni «as-solihiyn» degan joyigacha o‘qingiz, shunday qilsangiz, Olloh taoloning yeru ko‘kdagi barcha solih bandalariga savobi tekkaydir. Shundan ko‘ng: «Ashhadu allo iloha illallohu va-shhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu» — deb aytingiz, keyin hamdu sanolardan istaganingizni aytsangiz, bo‘laveradi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:49:28
17-bob. Namozdan so‘ng o‘qiladirgan duo haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Yo Rasulalloh, boylar yuqori martabalarga hamda doimiy ne’matlarga ega bo‘ldilar»,— deyishdi odamlar. Janob Rasululloh: «Qanday qilib?» — dedilar. Odamlar: «Boylar biz kabi namoz o‘qishadi, biz singari jihod qilishadi va mol-dunyolaridan sadaqalar berishadi. Ammo, bizda ersa sadaqa qilg‘ulik hech vaqo yo‘qdir»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Sizlarga shunday bir ishni o‘rgatayki, uni qilib o‘zingizdan oldindagilarga yetib olingiz, ketma-ket kelayotganlardan ersa o‘zib ketingiz! Agar mening aytganimni qilsangiz, sizga hech kim tenglasha olmagay, faqat siz qilgan ishni qilganlargina tenglashmog‘i mumkindir. Har namozning so‘ngida o‘n marta «Subhonalloh», o‘n marta Alhamdulilloh» va o‘n marta «Ollohu akbar» deb aytingiz!»—dedilar». Mug‘iyra ibn Shu’baning mavlosi (ozod qilingan quli) — Varrod rivoyat qiladilar: «Mug‘iyra raziyallohu anhu Muoviya ibn Abu Sufyonga maktub yozib, unda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning har namozning so‘ngida (ikki yelkalariga) salom berganlaridan keyin: «Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu, lahu-l-mulku va lahu-l-hamdu va huva alo kulli shay’in qadiyr. Ollohumma lo moni’a limo a’tayta va lo mu’tiya limo mana’ta valo yanfa’u zo-l-jaddi minka-l-jaddu» — deb aytishlari haqida xabar berdi». Duoning mazmuni: «Ollohdan boshqa tangri yo‘qdir, uning yolg‘iz o‘zigina mavjuddir, uning Sherigi yo‘qdir, jamiki mulk unikidir, barcha maqtovlar unga xosdir va u har bir narsaga qodirdir! Yo parvardigoro, ato qilmoqni istagan narsangga mone’lik qila olarsan hamda sen ato qilmoqni istamagan narsani beraoladirgan zot yo‘qdir, sening dargohingda mol-dunyoga ega bo‘lganlar ermas, balkim senga toat-ibodat qilganlar obro‘-e’tibor qozong‘aylar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:49:44
18-6o6. Olloh taoloning «Ularga (o‘zingdan boshqalarga Ollohdin) rahmat tila!» degan qavli xususida hamda o‘zini qo‘yib, birodarining sha’niga Olloh taolodin rahmat tilab duo qilgan kishi haqida

Abu Muso rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo parvardigoro, Ubayd Abu Omirning gunohini kechirgil, yo parvardigoro, Abdulloh ibn Qaysning gunohini kechirg‘il!» —- deb duo qildilar».

Salama ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybarga bordik. Shunda odamlardan biri: «Yo Abu Omir, (rajaz vaznidagi) she’rlaringdan bizga aytib bersangchi!»— deb iltimos qildi. U tuyasidan tushib: «Olloh haqi. Olloh bo‘lmaganda biz hidoyat topmas erdik!-deb she’r aytdi. Keyin, yana bashqa she’rlar ham aytib erdi, lekin mening yodimdan ko‘tarilibdi. Janob Rasululloh: «Bu tuyabon kimdir?» — dedilar. «Omir ibn al-Akva’» — deb javob qilishdi. Janob Rasululloh: «Olloh taolo uni rahmat qilsin!» — dedilar. Odamlardan biri: «Yo Rasulalloh, bizni ham duo qilingiz!» — dedi. Keyin, qavm saf tortib, jangga kirdi. Kech kirgach, odamlar ko‘plab gulxan yoqishdi, Janob Rasululloh buni ko‘rib: «Bu qanday o‘t bo‘ldi, nega o‘t yoqmoqdalar?» — dedilar. Odamlar: «Xonaki eshakning go‘shtini pishirmoq uchun»,— deb aytishdi. Janob Rasululloh: Qozonlarni ag‘darib, so‘ng sindirib tashlangiz!» — dedilar. Bir kishi: «Yo Rasulalloh, qozonlarning ichidagini to‘kib, yuvib tashlasak bo‘lmaydimi?» —dedi. Janob Rasululloh: «Yokim shunday qilingiz!»—dedilar».

Ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Nabiy sallallohu alayhi va sallam biror kishi zakot olib kelsa «Yo parvardigoro, falonchining ajdod-avlodlarini yorlaqagaysan!» — der erdilar. Bir kuni otam ham zakot olib kelib erdilar: «Yo parvardigoro, Abu Avfoning ajdod-avlodlarini yorlaqagaysen» - dedilar .

Jarir rivoyat qilidilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Meni Zulxulaysadan qutqarmagaymisen?»—dedilar. (Zulxulaysa «Al-Ka’ba al-Yamoniy - deb ham atalib, Qora Toshni o‘rab qurilgan to‘rtburchak binodan iborat bo‘lgan. Quraish qabilasi islomdan avval o‘shanga sig‘ingan. Keyin, Nabiy sallallohu alayhi va sallam uni butparastlardan tozalaganlar). Men: «Yo Rasulalloh, men ot ustida mahkam o‘ltiraolmaydirgan bir odam bo‘lsam, qo‘limdan nima ham kelardi?!—dedim. Janob Rasululloh ko‘kragimga nuqib: «Yo parvardigoro, uni sabotli va hidoyatli qilg‘ilkim, o‘zgalarni ham hidoyatga yetaklovchilardin qilsin!»—dedilar. So‘ng, men ellik minglik eng jasur qavmdoshlarim birlan Zulxulaysaga borib, o‘t qo‘ydimda, qaytib kelib Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, Olloh talo haqi, men uni qo‘tir tuyaga o‘xshatib keldim!" — deb aytdim». Janob Rasululloh uning jasoratiga tahsinlar aytib, otliq sheriklarining ham haqqiga duo qildilar»,— deydilar Imom Buxoriy.

Anas Ibn Molik rivoyat qiladilar: «Ummu Sulaym Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Anas sizning xizmatkoringizdir (ya’ni, uni sizning xizmatingizga topshirdim)»,— dedi. Janob Rasululloh: «Yo parvardigoro, uni badavlat va serfarzand qilib, unga ato etadirgan ne’matlaringga baraka berg‘aysen!» — deb duo qildilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir odamni masjidda qiroat qilayotganini eshitib: «Olloh taolo uni yarlaqasin, u falon va falon suralardagi yodimdan chiqqan oyatlarni esimga soldi!» — dedilar».

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘ljalarni taqsimladilar. Shunda bir kishi: «Olloh taolo haqi, men bunday taqsimlanganidan noroziman!» — dedi. Men Janob Rasulullohni uning bu gapidan xabardor qilib erdim, shu qadar g‘azablandilarki, hatto buni men yuzlaridan bilib oldim. Ul zot: «Olloh taolo Musoni rahmat qilsin, unga bundan ham og‘irroq ozor berishganda, sabr qilgan erdi!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:49:59
19-bob. Duoni saj’ bilan (qofiyali qilib) aytmoq makruhdir!

Ibn Abbos bunday deydilar: «Har jum’ada odamlarga marta so‘zlag‘il, agar bu ham desang, ikki marta yokim o‘n birlan uch marta so‘zlag‘il. Odamlarni Qur’ondan bezdirib qo‘ymag‘il. Borib-borib ular zerikkanlaridan idingga kelmay qo‘yishadi. Lekin o‘zlari xohlab senga yurishsa, gapiraver, lekin duoni saj’ birlan aytishdan qochg‘il! Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan sahobalarining duoni saj’da aytmasliklarini bilurman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:50:11
20-bob. Olloh taolodin qat’iy ishonch birlan so‘rasin, u rad etmaydi!

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz duoda tilak tilasangiz, qat’iy ishonch birlan tilayveringiz, «Yo parvardigoro, istasang, menga (biror ne’mat) ato etg‘aysen!» — deb noumidlik qilmangiz, darhaqiqat, u rad etmag‘aydir!» — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz: «Yo parvardigoro, istasang, meni mag‘firat qilg‘il, yo parvardigoro, istasang, menga rahm qilg‘il!»—deb aytmangiz, undan qat’iyat birlan so‘rayveringiz, darhaqiqat, u rad etmag‘aydir!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:50:24
21-bob. Banda oshiqmasa, tilagi mustajob bo‘lg‘aydir!

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohdin duoda tilak tilab erdim, mustajob bo‘lmadi» — deb oshiqmasangiz, tilagingiz mustajob bo‘lg‘aydir!»—dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:50:38
22-6ob. Duoda ikki qo‘lni ko‘tarib (ochib) tilak qilmoq haqida

Abu Muso al-Ash’ariy: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ikki qo‘llarini ko‘tarib (ochib) duo qildilar, shunda men qo‘ltiqlarining oppoqligini ko‘rdim»,— deydilar.

Ibn Umar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ikki qo‘llarini ko‘tarib (ochib): «Yo parvardigoro, Xolidning gunohlarini kechirgaysen!» — dedilar».

Yahyo ibn Sa’id va Shariyk ikkalalari Anas ibn Molikning: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib duo qildilar, hatto men ko‘ltiqlarining oppoqligini ko‘rdim» — deb aytganini eshitgan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:50:49
23-bob. Qiblaga qaramay duo qilmoq haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va’z aytayotgan erdilar, bir odam o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, duo qilib Olloh taologa iltijo qilingiz, bizga yomg‘ir bersin!» — dedi. Janob Rasululloh duo qilib erdilar, osmonni bulut bosib, shunday yomg‘ir quyib berdiki, hatto uylarimizga arang yetib oldik. Yomg‘ir kelasi jum’agacha tinmadi. Shunda o‘sha odam yokim boshqa bir odam o‘rnidan turib: «Yo Rasululalloh, Olloh taolodin so‘rangiz, yomg‘irni to‘xtatsin, g‘arq bo‘layozdik-ku!» —dedi. Janob Rasululloh: «Yo parvardigoro, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmag‘il!» — deb duo qilib erdilar, bulutlar parchalanib Madina atrofiga tarqalib ketdi, shahar ahli ustiga yog‘madi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:51:01
24-bob. Qiblaga qarab duo qilmoq haqida

Abdulloh ibn Zayd rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolodin yomg‘ir so‘ramoq niyatida mana shu musallo (namoz o‘qiydirgan joy)ga chiqdilar, so‘ng qiblaga yuzlandilarda, ridolarini tuzatib oldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:51:12
25-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning o‘z xizmatkorlarini «Umring uzoq bo‘lsin, boy-badavlat bo‘lg‘il!» deb duo qilganlari haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Mening onam: Yo Rasulalloh, Anas sizga xizmat qilg‘ay, uning sha’niga duo qiling!» — deb erdilar, Janob Rasululloh: «Yo parvardigoro, uni boy-badavlat va serfarzand qilg‘aysen. Unga ato etadirgan ne’matlaringga baraka berg‘aysen!» — deb duo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:51:25
26-bob. G‘am-qayg‘u vaqtida qilinadirgan duo haqida

Muslim ibn Ibrohim Ibn Abbosdai naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘am-qayg‘u vaqtida: «Lo iloha illallohu-l-aziymu-l-haliymu, lo iloha illallohu rabbu-ssamavoti va-l-arzi va rabbu-l-ar-shi-l-aziymi» — der erdilar». Duoning mazmuni: «Buyuk va sabr-toqatli bo‘lmish Ollohdin bo‘lak tangri yo‘qdir, yeru osmonlar hamda buyuk arsh sohibi bo‘lmish Ollohdin bo‘lak tangri yo‘qdir!».

Musaddan Ibn Abbosdan naql qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘am-qayg‘u vaqtida: «Lo iloha illallohu-l-aziymu-l-haliymu, lo iloha illallohu rab-bu-l-arshi-l-aziymi, lo iloha illallohu rabbu-ssamavoti va rabbu-l-arzi va rabbu-l-arshi-l-kariymi», der erdilar». Duoning mazmuni: "Buyuk va sabr-toqatli bo‘lmish Ollohdin bo‘lak tangri yo‘qdir, buyuk arsh sohibi bo‘lmish Ollohdin bo‘lak tangri yo‘qdir, osmonlar sohibi, yer sohibi hamda saxovatli arsh sohibi bo‘lmish Ollohdin bo‘lak tangri mashaqqatidan panoh ber.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:51:44
27-bob. Balolar haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam balolar mashaqqatidan, boshga baxtsizlik tushmog‘idan, yomon o‘lim topmoqdan va dushmanlar ichiqoraligidan panoh tilar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:52:15
28-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Ar-rafiyq al-a’lo!» deb duo qilganlari haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sog‘ vaqtlarida: «Hech bir payg‘ambarning joni, uning jannatdagi joyi ko‘rsatilmay turib, bilinmag‘aydir, unga shunday imkoniyat berilg‘aydir»,— der erdilar. Dard kelgach, boshlari tizzam ustida erdi, bir soatcha behush bo‘lib yotdilar, so‘ng o‘zlariga kelib, shiftga tiqilgancha: «Ollohumma ar-rafiyq al-a’lo! («Parvardigoro, sen buyuk do‘stsen!»)» — dedilar. Men: «Demak bizning (huzurlarida bo‘lmog‘imizni) yoqtirmayaptilar»,—deb qo‘ydim. Bildimki, sog‘lik paytlarida bizga aytgan gaplari shu erkan (ya’ni, hozir o‘zlari aytganlaridek. jannatdagi joylari ko‘rsatilayotgan holatdalar)». Oisha onamiz: «Ollohumma ar-rafiyq al-a’lo!» ul zotning eng so‘nggi aytgan so‘zlari bo‘ldi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:52:27
29-bob. O‘lim va hayotni orzulab duo aytmoq haqida

Qays rivoyat qiladilar: «Xabbobning huzuriga borsam, qornini changallagancha: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga o‘limni orzulab duo aytmoqni man’ qilmaganlarida erdi, o‘limni orzulab duo aytgan bo‘lur erdim!» — dedi».

Ismoil Qaysdan naql qiladilar: «Men Xabbobning huzuriga borganimda qornini changallagancha: «Agar Nabiy sallallohu alayhi va sallam bizga o‘limni orzulab duo aytmoqni man’ qilmaganlarida erdi, o‘limni orzulab duo aytgan bo‘lur erdim!» — deyayotganini eshitdim».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Birortangiz boshingizga tushgan qandaydir kulfat tufayli o‘zingizga o‘lim tilamangiz, basharti o‘limni orzulamog‘ingiz zarur bo‘lib qolsa u holda: «Yo parvardigoro, agar bundan buyon yashamog‘im mening uchun xayrli ersa, tirik qoldirg‘il, mobodo o‘lmog‘im afzalroq ersa, unda dargohingga chaqirg‘il!» — deb aytsin!» — dedilar».   
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 11:52:43
30-bob. Go‘daklarga baraka tilab duo qilmoq va boshini silamoq haqida Abu Muso: «Men o‘g‘il ko‘rgan erdim, Nabiy sallallohu alayhi va sallam unga baraka tilab duo qildilar», deydilar.

Soib ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Xolam meni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib bordilar-da: «Yo Rasulalloh, singlimning o‘g‘li betob bo‘lib qoldi»,— dedilar. Janob Rasululloh boshimni siladilar va menga baraka tilab, duo qildilar. So‘ng, toharat oldilar, tahorat suvidan ichdim. Keyin, ortlariga o‘tib turdim, shunda ikki kuraklari o‘rtasida kelinchaklar chodiri tutmasidek (yokim, kaklik tuxumidek) Payg‘ambarlik muhrini ko‘rdim».

Sa’id ibn Abu Ayyub Abu Aqiyldan naql qiladilar: «Aqiylning bobosi Abdulloh ibn Hishom bozorga chiqib, taom sotib olar erdi. Yo‘lda uni Ibn Zubayr birlan Ibn Umar uchratib: «Bizni sherik qilg‘il, chunkim Nabiy sallallohu alayhi va sallam senga baraka tilab, duo qilganlar!» — deyishar erdi. U ikkalalarini sherik qilar erdi. Shunda u tuyasi barobar foyda ko‘rib, uni uyga jo‘natib yuborar erdi».

Ibn Shihob: «Menga Mahmud ibn ar-Rabi’ xabar berdi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning bolaligida quduqdan suv olib, (tabarruk qilib qo‘yish maqsadida) yuziga purkagan erdilar»,— deydilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga go‘daklarni olib kelishar erdi, ul zot ularning haqiga duo qilar erdilar. Bir kuni go‘daklardan biri etaklariga siyib qo‘ydi. Shunda suv olib keltirib, siydik tekkan joy ustidan quyib yubordilar, yuvmadilar (chunkim, bu o‘g‘il bola erdi)».

Zuhriy rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Sa’laba ibn Su’ayrning (boshini) silab, baraka tilaganlar. U Sa’d ibn Abu Vaqqosning vitr namozini bir rak’at o‘qib tugatganini ko‘rgan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:18:47
31-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamga salavot aytmoq haqida

Abdurrahmon ibn Abu Laylo rivoyat qiladilar: «Ka’b ibn Ujra meni uchratib bunday dedi: «Senga hadya beraymi? ya’ni, senga bilmagan narsangni aytaymi? Nabiy sallallohu alayhi va sallam bizning huzurimizga «Yo Rasulalloh, sizga qanday salom yo‘llab, qanday salavot aytmoqni bizga o‘rgatingiz!» — deb erdik Janob Rasululloh: «Ollohumma salli alo Muhammadin va alo oli Muhammad kamo sallayta alo oli Ibrohiym, innaka hamiydum majiyd, Ollohumma borik alo Muhammadin va alo oli Muhammad kamo borakta alo oli Ibrohiym, innaka hamiydum majiyd» — deb aytingiz»,—dedilar» (Bu yerda ahamo sallayta alo Ibrohiyma» birlan «kamo borakta alo Ibrohiyma» tushib qolgan, yokim o‘zi asli shunday). Salavotning mazmuni: «Yo parvardigaro, Hazrat Ibrohimning ajdod-avlodlariga salotu salom qilganing kabi, Janobimiz Hazrat Muhammadga va ul zotning ajdod-avlodlariga ham salatu salom ayla! Muhaqqaq, Sen hamid va majidsan! Yo parvardigoro, Hazrat Ibrohimning ajdod-avlodlariga barakotlar exson etganing kabi, Janobimnz Hazrat Muhammad va ul zotning ajdod-avlodlariga ham barakotlar ehson ayla! Muhaqqaq, Sen hamid va majidsan!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:19:52
32-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan bo‘lak payg‘ambarlarga ham salavot aytiladimi?

Olloh taolo: «Va salli alayhim, inna salotaka sakanun lahum»,—deydi. Mazmuni: «Ularga (boshqa payg‘ambarlarga) ham salavot ayt, chunkim sening salavoting ular uchun taskindir».

Ibn Abu Avfo bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga biror odam zakot olib kelsa: «Yo parvardigoro, unga salavot (rahmat) qilg‘aysen!» — der erdilar».

Abu Homid as-So’idiy aytadilarki, ular yo Rasululloh, sizga qanday salavot aytaylik?» — deyishibdi. Janob Rasululloh: «Ollohumma salli alo Muhammadin va azvojixi va zurriyyatihi, kamo sallayta alo oli Ibrohiym va borik alo Muhammadin va azvojihi va zurriyyatihi kamo borakta alo oli Ibrohiym, innaka hamiydun majiyd»,— deb aytingiz!» — debdilar. Mazmuni: «Yo parvardigoro, Hazrat Ibrohimning ajdod-avlodlariga salotu salom qilganing kabi, Janobimiz Hazrat Muhammadga va ul zotning zavjai muhtaramalariga hamda zurriyotlariga ham salotu salom ayla va Hazrat Ibrohimning ajdod-avlodlariga barakotlar ehson etganing kabi, Janobimiz Hazrat Muhammadga va ul zotning zavjai muhtaramalariga hamda zurriyotlariga ham barakotlar ehson ayla! Muhakdaq Sen hamid va majidsan!» - dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:20:18
33-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamniig «Yo parvardigoro, men kimga aziyat yetkazgan ersam, o‘shal odamni (aziyatim tufayli) zakot to‘lagan deb bilgayman va uni rahmatingga sazovor qilg‘aysan!» - deganlari haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning: «Yo parvardigoro, men qaysi bir mo‘minni so‘kkan ersam, o‘shal odamni (so‘kkanim tufayli) kiyomat kuni o‘zingga yaqin qilg‘aysan!» —deb aytganlarini eshitdim»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:20:32
34-bob. Fitnalardan o‘ziga panoh tilamoq haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga shu qadar ezmalanib savollar berishardiki, hatto ul zot g‘azablanib minbarga chiqdilarida: «Bugun mendan ilgari sizlarga aytmagan narsalarim haqidagina so‘rangiz!» —dedilar. Men o‘nggu so‘limga qarab barcha odamlarning boshlarini kiyimlari birlan o‘rab olib (yuzlarini kiyimlari birlan to‘sib olib) ho‘ng-ho‘ng yig‘lashayotganini ko‘rdim.. Nogohon, odamlar ko‘rganda otasining nomini atamay chaqiradigan bir kishi: «Yo Rasulalloh, mening otam kimdir?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Huzofadir» — deb javob qildilar. Keyin, Hazrat Umar turib, (xafa qilib qo‘ydik degan o‘y birlan): «Ollohni rabbimiz deb, islomni dinimiz deb va Muhammad sallallohu alayhi va sallamni payg‘ambarimiz deb tan oldik Olloh taolodan bizni fitnalardan asramog‘ini iltijo qilg‘aymiz!» — dedilar. Janob Rasululloh sallallhu alayhi va sallam: Birvarakayiga yaxshilik ham yomonlik ham namoyon bo‘lgan bugungidek kunni ko‘rmagandirmen! (Bugun menga) jannat ham do‘zax ham tasavvur qilindi, hatto men ularni (anavi) devor ortida ko‘rdim»,— dedilar. Qatoda ana shu hadisni aytganda «Yo ayyuhallaziyna omanuu, lo tas’aluu an ashyo’a, in tubdalakum tasu’kum» degan oyati karimani eslar erdi».

Oyatning mazmuni: («Al-Moida» surasi): «Ey mo‘minlar, ranjib qolishingizga (yomon ahvolda qolishingizga) sabab o‘lmog‘i ma’lum qilingan narsalar haqida so‘ramangizlar!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:21:09
35-bob. Odamlar qahridan (zo‘ravonligidan) panoh tilamoq xususida

Amr ibn Abu Amr — Muttalib ibn Abdullohning mavlosi (ozod qilingan quli) rivoyat qiladilar: «Men Anas ibn Molikning bunday deganlarini eshitdim: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Talhaga: «Qullaringizdan biri bizga xizmat qilsin!» — deb iltimos qildilar. So‘ng, Abu Talha meni uloviga mingashtirib Janob Rasulullohning huzurlariga olib bordi. Men Janob Rasululloh qaerda tushib dam olsalar, o‘sha yerda xizmatlarini qilar erdim. Men ul zotning: «Yo parvardigoro, meni g‘amu qayg‘udan, notavonlik va yalqovlikdan, baxillik va qo‘rqoqlikdan, qarzdorlik va odamlar qahridan o‘z panohingda asrag‘aysen!» — deb juda ko‘p marta aytganlarini eshitganman. Shu tariqa men xizmatlarini qilib yuraverdim. Keyin, Xaybardan qaytishda Janob Rasululloh Safiyya binti Huyayni kiyim birlan o‘rab chirmab tuyalariga mingashtirib oldilarda, Sahbo degan joyga kelganimizda yerga palos yozib, meni odamlarni chaqirib kelmoqqa yubordilar. Odamlar kelgach, ziyofat qildilar. Shu kuni ul zot Safiyyaga qo‘shildilar. Keyin, yo‘lga chiqib, Uhud tog‘i ko‘ringach: «Bu tog‘ bizni yaxshi ko‘rgay, biz ham uni yaxshi ko‘rg‘aymiz!»— dedilar. Madinaga yaqinlashgach: «Yo parvardigoro, Ibrohim Makkani muqaddas qilgani yanglig‘, men ham Madinaning ikki tog‘i oralig‘idagi yerlarni muqaddas qildim! Yo parvardigoro, Madina ahlining toshu tarozusiga barokot ato etg‘aysen!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:21:26
36-bob. Qabr azobidan panoh tilamoq haqida

Ummu Xolid binti Xolid: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamnimg qabr azobidan o‘zlariga panoh tilayotganlarini eshitganman»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:21:36
37-bob. Baxillikdan panoh tilamoq xususida

Mus’ab rivoyat qiladilar: «Sa’d (ibn Vaqqos) besh narsadan panoh tilamoqni buyurar erdida, Janob Rasulullohning ham shunday qilganlarini eslab: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ollohumma inniy a’uuzu bika minal-buxli va a’uuzu bika mikal-jubni va a’uuzu bika minan uradda ila arzalilumri va a’uuzu bika min fitnatiddunyo, ya’niy min fitnatiddajjol va a’uuzu bika min azobil-qabri!» — der erdilar» deb aytar erdi». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, baxillikdan, qo‘rqoqlikdan, xor-zor bo‘lmoqdan, dunyo fitnalaridan (ya’ni. Dajjol fitnalaridan) hamda qabr azobidan meni o‘z panohingda asrag‘il, deb iltijo qilg‘aymen!».

U Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Madinalik ikki yahudiy hamnir huzurimga kirib: «Qabrdagi mayyitlarga azob beriladir» — deb aytib erdi, men buni ko‘r-ko‘rona rad qildim, chunkim ularning gapiga inongim kelmadi. Keyin, ular chiqib ketdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyga kelganlarida bo‘lgan gapni aytib erdim, ul zot: «Ular to‘g‘ri aytibdilar, qabrdagi mayyitlarga shunday azob berilgaykim, ularning dod-faryodlarini butun jonzotlar eshitg‘aydir!» — dedilar. Men Janob Rasulullohning namozda qabr azobidan panoh tilab iltijo qilmay qo‘yganlarini ko‘rmaganmen».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:22:29
38-bob. Tiriklik va o‘lim fitnalaridan panoh tilamoq haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ollohumma inniy a’uuzu bika minal-ajzi val-kasali val-jubni val-harami va a’uuzu bika min azobil-qabri va a’uzu bika min fitkatilmahyo valmamoti»,— der erdilar». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, notavonlikdan, yalqovlikdan, qo‘rqoqlikdan, munkillab qolmoqdan, qabr azobidan, tiriklik va o‘lim chog‘ida bo‘ladirgan fitnalardan meni o‘z panohingda asrag‘il!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:22:45
39-bob. Gunohkor va qarzdor bo‘lmoqdan panoh tilamoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohumma inniy a’uuzu bika minal-kasali val-harami valma’sami valmag‘rami va min fitnatil-qabri va azobil-kabri va min fitnatin-nori va azobin-nori va min sharri fitnatil-g‘ino va a’uuzu bika min fitnatilfaqri va a’uuzu bika min fitnatil masiyhiddajjoli! Ollohumma ig‘sil anniy xatoyoya bi-moissalji val-baradi va naqqi qalbiy mimal-xatoyo kamo naqqaytussavbal-abyaza minaddanasi va bo’id bayniy va bayna xatoyoya hamo bo’adta baynalmashriq valmag‘rib» — der erdilar». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, yalqovlikdan, munqillaganlikdan, gunohkor va qarzdor bo‘lmoqdan, qabr fitnasi qabr azobidan, jahannam fitnasi va jahannam azobidan, boylik fitnasi yomonligidan meni o‘z panohingda asrag‘il, Shuningdek qashshoqlik fitnasidan va Masih Dajjol fitnasidan ham meni o‘z panohingda asrag‘il! Yo parvardigoro oppoq ko‘ylakka tekkan iflosni yuvib ketkazganimdek xatolarimni qor va do‘l suvi birlan yuvib tashlag‘il, qalbimni xatolardan poklag‘il va men birlan xatolarim oralig‘ini mashriq birlan mag‘rib oralig‘ini uzoq qilganing yanglig‘ uzoq qilg‘il!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:22:54
40-bob. Qo‘rqoqlik va yalqovlikdan panoh tilash haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallalohu alayhi va sallam: «Ollohumma inniy a’uuzu bi minal-hammi val-huzni val-ajzi val-kasali val-jubni va buxli va zala’-iddayni va g‘alabat-irrijoli»,— der erdlar». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, g‘amu tashvishdan, musibatdan, munqillaganlikdan, yalqovlikdan, qo‘rqoqlikdan, baxillikdan, qarzga botmoqdan hamda odamlar qahridan meni o‘z panohingda asrag‘il!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:23:22
41-bob. Baxillikdan panoh tilamoq haqida

Mus’ab ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Abu Vaqqos quyidagi besh narsadan panoh tilamoqni buyurib, buni Janob Rasulullohga nisbat berar erdilar: «Ollohumma inniy a’uuzu bika minal-buxli va a’uuzu bika miial-jubni va a’uuzu bika min an uradda ila arzalilumri va a’uuzu bika min fitnatid-dunyo va a’uuzu bika min azobil-qabri» (3-bobda tarjimasi mavjud).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:23:48
42-bob. Xor-zor bo‘lmoqdan panoh tilamoq haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohumma inniy a’uuzu bika minal-kasali va a’uuzu bika minal-jubni va a’uuzu bika minal-harami va a’uuzu bika minal-buxli»,— der erdilar». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, yalqovlikdan, qo‘rqoklikdan, munqillaganlikdan va baxillikdan meni o‘z panohingda asrag‘il!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:24:05
43-bob. Vabo va darddan xalos qilmoqni so‘rab duo o‘qimoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohumma habbib ilaynolmadiynata hamo habbabta ilayno Makkata, av ashaddu, vanqul hamoho ilal-Juhfati! Ollohumma borik lano muddino va so’ino!»—der erdilar.» Duoning muzmuni: «Yo parvardigoro, bizga Makkani qanday mahbub qilgan ersang, Madinani ham shunday yokim undan ko‘proq mahbub qilgil va undagi (Madinadagi) bezgak dardini Juhfaga ko‘chirgil! (chunki Juhfa aholisi o‘sha vaqtda mushrik erdi). Yo parvardigoro, bizning toshu tarozumizga barakot ato etg‘il!».

Omir ibn Sa’dning otalari bunday degap zrkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, men Hajjat ul-Vido’da dardga chalinib o‘lay deb yotganimda, ko‘rgani kelib erdilar: «Yo Rasulalloh mening og‘ir dardga chalinganimni ko‘rib turibsiz, men ersam badavlat odamman, birgina qizimdan bo‘lak merosxurim yo‘q. Molimning uchdan bir qismini ehson qilayinmi?»—dedim. Janob Rasululloh «yo‘q»,— dedilar. Men: «Bo‘lmasa, yarmini sadaqa qilayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Uchdan bir qismi ham ancha ko‘plik qiladir, albatta sen merosxo‘rlaringni odamlardan tilanadirgan faqir qilib qoldirganingdan ko‘ra. boyroq qilib qoldirganing yaxshiroqdir. Agar sen xayru sadaqa uchun molingni sarf qilsang, albatta buning evaziga Olloh taolodan savob olg‘aysan, hatto xotiningning og‘ziga solib qo‘ygan bir luqma taoming uchun ham»,— dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, men sahoba birodarlarim ortida qolarmikanman (ya’ni, tuzalib ketarmikanman)?» — dedim. Janob Rasululloh: (Sen bordi-yu, o‘lmay qolib, amali solihlar qilsang, buning uchun Olloh taolo dargoxida daraja va martabang ulug‘ bo‘lg‘ay, shoyadki, tuzalib ketsangu, sendan bir qancha mo‘minlar foydalansalar va bir qancha mushriklar zarar topsalar. Ilohi, sahobalarimning hijratini bexatar qilg‘il, ularni orqaga qaytarmagil» — dedilar». «Ammo, bechora Sa’d ibn Xavla Makkada vafot etib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘p qayg‘urdilar»,— deydilar Omir ibn Sa’d.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:24:49
44-bob. Xor-zor bo‘lmoqdan, dunyo fitnasidan va qabr azobidan panoh tilamoq haqida

Mus’ab ibi Sa’d otalari (Sa’d ibn Abu Vaqqos) dan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Olloh taolodam panoh tilab aytadirgan quyidagi so‘zlarni aytib o‘zingizga panoh tilangiz: «Yo parvardigoro, ho‘rqoqlikdan, baxillikdan, xor-zor bo‘lmoqdan, dunyo fitnasidan (Masih Dajjol fitnasidan) va qabr azobidan o‘z panohingda asrag‘il!».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytar erdilar: «Ollohumma inniy a’uuzu bika minal-kasali val-harami, valmag‘rami valma’sami! Ollohumma inniy a’uuzu bika : min azobin-nori va fitnatin-nori va fitnatil-qabri va azobil-qabri va sharri fitnatil-g‘ino va sharri fitnatilfaqri va min sharri fitnatil masiyhid dajjoli! Ollohumma ig‘sil xatoyoya bi-moissalji val-baradi va naqqi qalbiy minal-xatoyo hamo yunaqqossavbul-abyazu ninaddanasi va bo’id bayniy va bayna xatoyoya hamo bo’adta baynalmashriqi valmag‘ribi». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, yalqovlikdan, munqillaganlikdan, qarzdorlik va gunohkorlikdan meni o‘z panohingda asrag‘il! Yo parvardigoro, do‘zax azobi va do‘zax fitnasidan, qabr fitnasi va qabr azobidan, boylik fitnasi yomonligidan va qashshoqlik fitnasi yomonligidan hamda Masih Dajjol fitnaei yomonligidan meni o‘z panohingda asrag‘il! Yo parvardigoro, xatolarimni qor va do‘l suvi birlan yuvg‘aysan va oppoq ko‘ylakka tekkan iflos tozalangani kabi qalbimni xatolardan tozalag‘aysan hamda mag‘ribu mashriq oralig‘ini qanday uzoq qilgan ersang, men birlan xatolarim oralig‘ini ham shunday uzoq qilg‘aysan!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:25:05
45-6ob. Boylik (mol-dunyo) fitnasidan panoh tilamoq haqida

Hishom otalaridan, otalari ersa xolalaridan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday deb Olloh taolodan panoh tilar erdilar: «Ollohumma inniy a’uuzu bika min fitnatin-nori va min azobin-nori va a’uuzu bika min fitnatil-qabri va a’uuzu bika min azobil-qabri va a’uuzu bika min fitnatil-g‘ino va a’uuzu bika min fitnatilfaqri va a’uuzu bika min fitnatilmasiyhiddajjoli». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, do‘zax fitnasidan va do‘zax azobidan, kabr fitnasidan va qabr azobidan, boylik fitnasidan va qashshoqlik fitnasidan hamda Masih Dajjol fitnasidan meni o‘z panohingda asrag‘il».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:25:26
46-bob. Qashshoqlik fitnasidan panoh tilamoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabi sallallohu alayhi va sallam bunday deb panoh tilar erdilar: «Ollohumma inniy a’uuzu bika min fitnatin-nori va azobin-nori va fitnatil-qabri va azobil-qabri sharri fitnatil-g‘ino va sharri fitnatilfaqri! Ollohumma inniy a’uuzu bika min sharri fitnatilmasiyhiddajjoli! Ollohumma ig‘sil qalbiy bimoissalji val baradi va naqqi qalbiy minal-xatoyo hamo naqqaytus-savbal-abyaza minaddanasi va bo’id bayniy va bayna xatoyoya hamo bo’adta baynalmashriqi valmag‘ribi! Ollohumma inniy a’uuzu bika minal-kasali valma’sami val-iagrami!. Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, do‘zax fitnasidan va do‘zax azobidan, qabr fitnasidan va qabr azobidan, boylik fitnasi yomonligidan va qashshoqlik fitnasi yomonligidan meni o‘z panohingda asrag‘il! Yo parvardigoro, Masih Dajjol fitnasi yomonligidan meni o‘z panohingdan asrag‘il! Yo parvardigoro, qalbimni qor va do‘l suvi birlan yuvgil, oppoq ko‘ylakni iflosdan tozalaganimdek qalbimni xatolardan tozalag‘il, mag‘ribu mashriq oralig‘ini uzoq qilganingdek men birlan xatolarim oralig‘ini ham uzoq qilg‘il! Yo parvardigoro, yalqovlikdan hamda gunohkorlik va qarzdorlikdan meni o‘z panohingda asrag‘il!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:25:45
47-bob. Uni badavlat va serfarzand qilg‘aysan hamda unga beradirgan ne’matlaringga barakot ato etg‘aysan, deb duo qilmoq haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «(Xolam) Ummu Sulaym: «Yo Rasulalloh, Anas sizning xizmatingizni qilg‘ay, uni duo qilingiz!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Yo parvardigoro, uni badavlat va serfarzand qilg‘aysan, unga ato etadirgan ne’matlaringga barakot berg‘aysan!» — deb duo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:26:00
48-bob. Uni serfarzand qilg‘aysan, unga ato etadirgan ne’matlaringga barakot bergaysan, deb duo qilmoq haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Xolam) Ummu Sulaym: «Anas sizga xizmat qilg‘ay, uni duo qilingiz!» — debdilar. Janob Rasululloh: «Yo parvardigoro, uni serdavlat, serfarzand qilib, beradirgan ne’matlaringga barakot ato etgaysan!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:26:13
49-bob. Istixora (o‘zing bilgan narsadan meni ham ogoh qilg‘aysan, deb Olloh taologa iltijo qilmoq) vaqtida aytiladigan duo haqida

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga Qur’oni Kariym o‘rgatganlaridek har bir ishda istixora aytmoqni ham o‘rgatar erdilar. Janob Rasululloh bizga: bir ishga bel bog‘lasangiz, avval ikki rak’at farzsiz namoz o‘qingiz, so‘ng mana bu duoni aytingiz»,— dedilar. «Ollohumma astaxiyruka bi-ilmika va astaqdiruka bi-qudratika va as’aluka min fazlik-al-aziym, fa-innaka taqdiru va lo ahdiru va ta’lamu va lo a’lamu va anta allomu-l-g‘uyuub, Ollohumma in kunta ta’lamu anna qoza-l-amr xayrun liy fi diyniy va ma’oshiy va oqibati amriy (av qola fi ‘ojili amriy va ojilihi) fa-qdirhu liy va yassirhu liy, summa borik liy fihi va in kunta ta’lamu hozal-amr sharrun liy fi diyniy va ma’oshiy va oqibati amriy (av qola fi ‘ojili amriy va ojilihi) fa-srifhu anniy va-srifniy anhu va-qdir liyi-l-xayr haysu kona, summa razziniy bihi». «Mazkur duoni aytib bo‘lgach,— dedilar Janob Rasululloh,— Olloh taologa o‘z tilagingizni (hojatingizni) aytgaysiz». Duoning mazmuni: «Ilohi, meni ilmingdan ogoh qilg‘il, qudrating ila meni bardam qilg‘il, cheksiz fazlu karamingdan meni bahramand etg‘il! Sen qodirdursan, men ojizdurman, sen donodursan, men nodondurman sen barcha g‘aybdan voqifdursan! Ilohi, men bel bog‘lagan ish dinimga, hayotimga hamda kasbu korimga yaxshilig‘ keltiradirmi, yo‘qmi, o‘zing bilg‘aydirsen. Agar yaxshilig‘ keltiradirgan bo‘lsa, uni menga nasib aylab, oson qilg‘il va unga barakot ato etg‘il! Ilohi, men bel bog‘lagan ish dinimga, hayotimga va kasbu korimga yomonlik keltiradirmi, yo‘qmi, o‘zing bilg‘aydirsan. Agar yomonlig‘ keltiradirgan bo‘lsa, uni mendan, meni undan yiroq qilg‘il! Menga yaxshilig‘ keltiradirgan ishni ravo ko‘rib, rozi qilg‘il!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:26:30
50-bob. Tahorat qilayotganda o‘qiladigan duo haqida

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam suv keltirishni buyurib, tahorat oldilar, so‘ng qo‘llarini ko‘tarib: «Ollohummag‘fir liubayd Abi Omir! Ollohumma-j’alhu yavmal-qiyoma favqa kasiyrin min xalqika minan-nosi!»—dedilar. Men qo‘llarini duoga ko‘targanlarida qo‘ltiqlarining oppoqligini ko‘rdim». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, Ubayd Abu Omirning gunohlarini kechirg‘aysan! Yo parvardigoro, qiyomat kuni uni yaratgan bandalaringning kunidan ulug‘roq qilg‘aysan!
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:26:42
51-6ob. Dovonga ko‘tarilganda o‘qiladigan duo

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda ekanligimizda biror balandlikka ko‘tarildik deguncha, takbir aytar erdik. Shunda Janob Rasululloh bizga: «Ey odamlar, o‘zingizni ayangizlar, bu qadar ovozingizni baland qilmangizlar, chunkim sizlar biror kar yokim bu yerda g‘oib odamni da’vat qilayotganingiz yo‘q, balkim doimo eshitib va ko‘rib turg‘uvchi zotni (Olloh taoloni) da’vat qilmoqqasizlar!»—dedilar. Keyin, men ichimda: «Lo havla va lo quvvata illo billoh!» — deb turganimda, oldimga kelib: «Ey Abdulloh ibn Qays, «Lo havla va lo quvvata illo billoh!»—deb aytg‘il, chunkim bu jannat ganjinalaridandir» — dedilar, yokim: «Senga jannat ganjinalaridan biri bo‘lmish. bir so‘zni, ya’ni lo havla va lo quvvata illo billohni o‘rgataymi?» — dedilar, shekilli».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:26:59
52-bob. Vodiyga tushganda duo aytmoq haqida

Bu haqda Jobir aytgan hadis mavjud.

53-bob. Safarga chiqmoqchi bo‘lganda yokim safardan qaytganda duo aytmoq haqida

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘azot, haj yokim umra qilib qaytayotganlarida xar bir tepalikda takbir aytib, so‘ng: «Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu, lahul-mulku va lahul-hamd va huva alo kulli shay’in qadiyr. Biz qaytyapmiz, tavba qilyapmiz, Ollohga hamd aytyapmiz. Olloh va’dasiga sodiq, bandasining qo‘lini baland qilib, bir o‘zi mushriklarni yengdi»,— der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:27:23
54-bob. Uylangan odamni duo qilmoq haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Abdurrahmon ibn Avfda bir sariq narsani ko‘rib: «Bu nima?«—dedilar. U: «Men danakdek keladigan tillo sarflab bir ayolga uylandim»,— dedi. Janob Rasululloh: «Olloh taolo muborak qilsin, bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham to‘y qilgin!» —dedilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar:« Otam halok bo‘ldilar. U kishidan yettita (yokim to‘qqizta) qiz qoldi. Keyin, men bir ayolga uylandim. Janob Rasululloh: «Ey Jobir, uylandingmi?»—dedilar. Men: «Ha»,— dedim-anob Rasululloh: «Bokiragami yo ayolgami?» — dedilarmen: «Ayolga»,— dedim. Janob Rasululloh: «Bokiraga Uylanganingda erdi, o‘zaro chaqchaqlashib yashar erdingiz» — dedilar. Men: «Otam halok bo‘ldilar, uyda yettita (yokim to‘qqizta) qiz yetim qoldi, men o‘shalar tengi qizga uylangim kelmay, ularga onalik qila oladirgan yoshdagi ayolga uylandim»,—dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Olloh taolo muborak qilsin!» — deb duo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:28:18
55-bob. Ayoliga qo‘shilmoqchi bo‘lganda nima demoq lozim?

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Agar birortangiz ayolingizga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz: «Bismillohi, Ollohumma jannibnosh-shaytona va jannibish-shaytona mo razaqtano!»—deb aytingiz, shunda Olloh taolo ikkingizga farzand taqdir qilgan bo‘lsa, unga shayton mutlaqo zarar yetkaza olmagaydir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:28:31
56-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Rabbano otino fid-dunyo hasanatan!» deganlari haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ko‘pincha: «Ollohumma otino fid-dunyo hasanatan va fil-oxirati hasanatan va qino azoban-nor!« — deb duo o‘qir erdilar». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, bu dunyoda ham, oxiratda ham bizga yaxshiliklar ato qilg‘il va bizni do‘zax azobidan asrag‘il!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:28:52
57-boy. Dunyo (Dajjol) fitnasidan panoh tilamoq haqida

Sa’d ibn Vaqqos otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga xatsavod o‘rgatgan kabi quyidagi so‘zlarni o‘rgatar erdilar: «Ollohumma iniiy a’uuzu bika minal-buxli va a’uuzu bika minal-jubii va a’uuzu bika an nuradda ilo arzalilumri va a’uuzu bika min fitnatid-dunya va azobil-qabri!». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, baxillikdan, qo‘rqoqlikdan, xor-zor bo‘lmog‘imimdan, dunyo (Dajjol) fitnasidan hamda qabr azobidan o‘e panohingda asragil!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:29:12
58-bob. Duoni qaytarmoq haqida

Bu yerda Janob Rasulullohni sehrlab qo‘yishgani haqidagi hadis takroran keltirilgan.

59-bob. Mushriklarni duoi bad qilmoq haqida

Ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Yo parvardigoro, Yusuf alayhissalom qavmiga yuborganing kabi ularga ham qurg‘oqchilik yuborib, menga yerdam berg‘il!», keyin, yana: «Yo parvardigoro, Abu Jahlning ustidan o‘zing hukm chiqar!» — deb duoi bad qildilar.

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam namozda: Yo parvardigoro, falon va falonni la’natlag‘aysen!»— deb duoi bad qilib erdilar, Olloh azza va jalla: «Laysa laka minal-amri shay’un» — reb vahiy nozil qildi. Mazmuni («Oli Imron» surasi) «Bu sohada (ishda) senga ixtiyor berilmagan».

Ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mushriklarni duoi bad qilib: «Yo parvardigoro, sen Kitob nozil qilg‘uvchi hamda oxirat hisob-kitobini tez bajarg‘uvchisan! Mushriklarni tor-mor etib, kunfayakun qilgil!»—dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hufton namozining ohirgi rak’atida «Sami’allohu liman hamidahu» deganlaridan so‘ng, duoi Qunutni o‘qib: «Yo parvardigoro, Iyosh ibn Rabiy’aga najot berg‘ayean, Yo parvardigoro, Valid ibn Validga najot berg‘aysan, yo parvardigoro, Salama ibn Hishomga najot berg‘aysan, yo parvardigoro, mo‘min zaiflarga najot berg‘aysan, yo parvardigoro, Muzar qabilasiga nisbatan qahringni yanada qattiqroq qilg‘aysan, yo parvardigoro, Yusuf alayhissalom qavmiga yuborganing yanglig‘ ularga ham qahatchilik yuborg‘aysan!» — der erdilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurro’ (qorilar) deb atalmish bir guruh otliqlarni (Ra’l va Zakvon qabilalarini islomga da’vat qilmoq uchun) yuborib erdilar, Ularni o‘ldirishdi. Shunda Janob Rasululloh shunchalik qattiq kuyib ketdilarki, men ul zotning hech kimga bunchalik qayg‘urganlarini ko‘rmagan erdim. O‘shanda Janob Rasululloh bir oy davomida bomdod namozida duoi Qunutni o‘qib: «Usayya (qabilasi) Olloh, taolo va uning rasuliga qarshi bosh ko‘tardi!» — der erdilar». Bu yerda yahudiylarning Janob Rasulullohga: «Sizga o‘lim —deb salom bergani haqidagi hadis takroran keltirilgan.

Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Xandaq janggi kuni Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik. Shunda ul zot: «Olloh taolo mushriklarning qabrlari birlan uylarini, ular quyosh botib ketguncha bizni band qilib, oraliq namozdan qoldirgani uchun, otashga limmo-lim qilsin!» — dedilar. Oraliq namoz ersa — asr namozidir»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:29:58
60-bob. «Ilohi, mushriklarga hidoyat qilg‘aysan!» deya duo qilmoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Tufayl ibn Amr Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Davs qabilasi bosh ko‘tarib, islomdan yuz o‘girdi, ularni duoi bad qilingiz!» — dedi. Shunda odamlar Janob Rasululloh duoi bad qilsalar kerak deb o‘ylashdi. Ammo ul zot: «Yo parvardigoro, Davs qabilasiga hidoyat ko‘rsatib, ularni islom yo‘liga boshlag‘il!» — deb duo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:30:27
61-6ob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Yo parvardigoro, mening o‘tgan va kelgusi gunohlarimni mag‘firat qilgaysan!» deb aytganlari haqida

Abu Muso otalaridan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam quyidagi duoni aytib iltijo qilar ardilar: «Rabbi, ig‘fir liy xatiy’atiy va jahliy va-srofiy fi amriy kullihi va mo anta a’lamu bihi minniy! Ollohummag‘fir liy xatoyoya va amdiy va jahliy va hazliy va kullu zolika indiy! Ollohummag‘fir liy mo qaddamtu va mo axxartu va mo asrartu va mo a’lantu, antal-muqaddamu va antal-muaxxaru va anta alo kulli shay’in qadiyrun!». Duoning mazmuni: «Yo parvardigorim, gunohlarimni, jaholatimni, me’yordan ortiqcha qilgan barcha ishlarimni va o‘zing mendan yaxshiroq xabardor bo‘lgan qilmishlarimni mag‘firat qilg‘aysan! Yo parvardigoro, xatolarimni, bilib-bilmay qilgan gunohlarimni, juz’iy hamchiliklarimni mag‘firat qilg‘aysan, bularning hammasi menda mavjuddir! Yo parvardigoro, ilgarigi va kelgusi hamda xufiya va oshkora gunohlarimni mag‘firat qilg‘aysan, sen istagan bandangga ato-yu inoyat qilg‘uvchi hamda istamagan bandangga ato-yu inoyatingni darig‘ tutg‘uvchidursan, va sen barcha narsaga qodirdursan!».

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Yo parvardigoro, gunohlarimni, jaholatimni, me’yordan ortiqcha qilgan ishlarimni va o‘zing mendan yaxshiroq xabardor bo‘lgan qilmishlarimni mag‘firat qilgaysan! Yo parvardigoro, juz’iy va jiddiy hamchiliklarimni, bilib-bilmay qilgan gunohlarimni mag‘firat qilg‘aysan, bularning hammasi menda mavjuddir! — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:30:47
62-bob. Jum’a kuni muayyan vaqtda duo o‘qimoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Abulqosim sallallohu alayhi va sallam (ya’ni, Janob Rasululloh): «Jum’a kunida bir muayyan vaqt bordir. Musulmon bandaning namoz o‘qib turgan vaqti o‘sha vaqtga to‘g‘ri kelib qolmog‘i qiyindir, bordi-yu to‘g‘ri kelib qolg‘aydiru, banda Olloh taolodin biror narsa so‘rag‘aydir, tilagi mustajob bo‘lg‘aydir»,— dedilar. So‘ng, muborak qo‘llari birlan o‘sha vaqtning qisqa ekanligiga ishora qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:31:33
63-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Bizning yahudiylarni qilgan duoi badimiz mustajob bo‘lg‘aydir, ammo yahudiylarning bizni qilgan duoi badi ijobatsiz qolg‘aydir!» deganlari haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir to‘da yahudiylar Nabiy sallallohu alayhi va sallamning xuzurlariga kelib: «As-Somu alayka! (Senga o‘lim!)» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Sizlarga ham!» — deb javob qildilar. Oisha onamiz ersa: «Sizlarga ham o‘lim, ham Olloh taoloning la’nati va g‘azabi bo‘lsin!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ey Oisha, qo‘ysangchi, dag‘allik qilmag‘il, xushmuomala bo‘lg‘il!» — dedilar. Oisha onamiz: «Ularning gapini eshitmadingizmi? — dedilar. Janob Rasululloh: «Ularga qanday javob qaytarganimni eshitmabsanda?! Mening ularni qilgan duoi badim albatta mustajob bo‘lg‘aydir, ammo ularning meni qilgan duoi badi ijobatsiz qolgusidir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:32:19
64-bob. «Omin!» deb aytmoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: Qori «Omin!» deganda sizlar ham «Omin!» denglar, shunda maloikalar ham «Omin!» — deyishgay. Kimning «Omin!» degani maloikalarning «Omin!» deganiga to‘g‘ri kelib qolsa, Olloh taolo o‘sha odamning ilgari qilgan gunohlarini mag‘firat qilg‘aydir»,— dedi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:33:15
65-bob. Tahlil aytmoqning fazilati haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki kuni «Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu, mulku va lahul-hamdu va huva alo kulli shay’in qadiyrun, deb yuz marta aytsa, o‘nta qul ozod qilganlik savobini olgaydir va unga yuzta xayrlik ish qilganlik savobi yozilib yuzta yomonlig‘i (gunohi) o‘chirilg‘aydir. Shuningdek bu o‘sha kuni kechgacha uni shayton vasvasasidan g‘ov bo‘lib to‘sib turg‘aydir. Hech kimsa, garchi u qanchalik xayrli ishlar qilgan bo‘lmasin, kuniga yuz marta tahlil aytgan odamdan ko‘proq savob ololmag‘aydir!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:33:33
66-bob. Tasbih aytmoqning fazilati haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bir kunda yuz marta «Subhonallohi va bihamdiki» deb aytsa, uning gunohlari, garchi dengiz ko‘niktoshidan ko‘p bo‘lsa ham, kechirilg‘aydir!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Til birlan aytmoq oson, ammo o‘zi salmoqli, Rahmonga mahbub ikki so‘z mavjuddir. Bu — Subhonallohil-aziymi va subhonallohi va bihamdihi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:34:09
67-bob. Olloh azza va jallani zikr qilmoqnint fazilati haqida

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladgshar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam «Rabbini yod etadirgan odam birlan rabbini yod etmaydirgin odam tirik odam birlan o‘lik odamga monanddir! – dedilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh taoloning shunday farishtalari borkim, ular ko‘chalarni kezib, rabbini yod qilguvchilarni qidirgaylar. Agar Olloh taoloni yod etib turgan qavmni uchratib qolsalar, bir-birlarini chaqirishib: «Kelinglar, izlaganimizni topdik!» — deyishgaydir va o‘sha qavmni qanotlari birlan olqishlab, so‘ng osmonning dastlabki qavatiga uchib chiqishgaydir. Olloh azza va jalla, garchi o‘zi ulardan yaxshiroq bilsada: «Bandalarim mening haqimda nelar deyishayotir?» — deb so‘ragaydir. Farishtalar: «Shuningga tasbihu takbir, hamdu sanolar aytishib, seni ulug‘lamoqdalar» — deyishgaydir. Shunda Olloh taolo ular meni ko‘rganmilar?» — degaydir. Farishtalar: «Yo‘q, -yakka-yu yagonaliging haqi, ko‘rmaganlar!» — deyishgaydir. Olloh taolo: «Meni ko‘rsalar, ne bo‘lg‘ay?» — degaydir. farishtalar: Agar seni ko‘rsalar, senga yanada ko‘proq toat-ibodat qilib, seni ko‘proq ulug‘lab, ko‘proq tasbih aytishgan bo‘lur erdilar»,— deyishgaydir. Olloh taolo: Mendan qanday tilak qilmoqdalar?» — degaydir. Farishtalar: «Jannatni tilamoqdalar» — deyishgaydir. Olloh taolo: «Uni ko‘rganmilar?—degaydir. Farishtalar: "Agar ko‘rganlarida erdi, uni sendan yanada ko‘proq tilab, ko‘proq ishtiyoq bildirgan bo‘lur erdilar»,— deyishgaydir. Olloh taolo: «Nimadan panoh tilamokdalar?» —- deb so‘ragaydir. Farishtalar: «Do‘zax otashidan»,—deb aytgaylar. Olloh taolo: «Uni ko‘rganmilar?» — deb so‘rgaydir. Farishtalar: «Yo‘q, yakka-yu yagonaliging haqi, ko‘rmaganlar!» — deb javob qilgaylar. Olloh taolo: «Agar uni ko‘rsalar, ne bo‘lgay?» — deb so‘rag‘aydir. Farishtalar: «Agar ko‘rganlarida erdi, undan yanada nariroq qochib, yanada ko‘proq qo‘rqqan bo‘lur erdilar»,— deyishgaydir. Olloh taolo: Sizlarning guvohli-gingizda ayturmenkim, men ularning gunohlarini mag‘firat ayladim!» — degaydir. Farishtalardan biri: «Ularning orasida falonchi ham bo‘lib, boshqalar kabi seni yod etmoq niyatida ermas, balkim sendan o‘z hojatini ravo qil-mog‘ingni iltijo qilgani kelgandir»,— deyishgaydir. Olloh taolo: «Meni yod etib o‘ltirganlar birlan ularning hamnishini ham kulfat tortmagaydir!» — deb aytgaydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:37:56
68-bob. «Lo havla va lo quvvata illo billoh!» degan qavl haqida

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam dovonga ko‘tarila boshladilar. Bir kishi dovonga ko‘tarilib bo‘lgach, bor ovozini qo‘yib: «Lo iloha illallohu vallohu akbar!» — deb takbir aytdi. Shunda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xachirlarida o‘ltirgan holda «Axir, sizlar bir kar yokim bu yerda g‘oyib odamni da’vat qilayotganingiz yo‘q-ku!» — dedilar. So‘ng: «Ey Abu Muso (yokim, ey Abdulloh), senga jannat ganjinalaridan bo‘lmish bir so‘zni bashorat qilaymi?» — deb aytdilar. Men: «Ha»,— dedim. Janob Rasululloh: "Bu — Lo havla va lo quvvata illo billohdir!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:38:16
69-bob. Olloh taoloning bir ham yuz ismi bordir

Abu urayra rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning bir ham yuz, ya’ni to‘qson to‘qqizeta ismi bo‘lib, kimki uni yoddan bilsa, jannatga kirgaydir. U toq sonki yaxshi ko‘rguvchi bo‘lib, o‘zi ham toq (yagona)dir!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 15:39:57
70-bob. Vaqti-vaqti birlan va’z aytmoq haqida

Shaqiq rivoyat qiladilar: «Abdulloh (Ibn Mas’ud)ni kutib o‘ltirgan erdik shu payt Yazid ibn Muoviya kelib krldi. Biz unga: «O‘ltirmaysanmi?» — dedik. U: «Yo‘q. hozir o‘ltirmayman, avval ichkariga kirib do‘stingizni aytib chiqamam, keyin kelib o‘ltiraman»,— dedi. Birozdan so‘ng, Abdulloh ibn Mas’ud Yazidni qo‘lidan ushlab ichkaridan chiqib keldida, tepamizga kelib: «Men sizning va’z tinglaymiz deb shu yerda kutib o‘ltirganingizni Janob Rasulullohga yetkazishim mumkin erdi-yu, ammo ul zotnikg bizga malol kelib qolmasin deb vaqti-vaqti birlan va’z aytmoqlari menga mone’lik qilg‘aydir»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 16:05:05
LATIF SO‘ZLAR KITOBI
(Tansihatlik va bo‘sh vaqt oxiratdagi hayotdan o‘zga hayot yo‘qdir!)

Bismillohir rahmonir rahiymi


Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ikki ne’mat mavjud bo‘lib, ko‘pchilik odamlar uni qo‘ldan boy beradirlar. Bu — tansihatlik birlan bo‘sh vaqtdir»,— der erdilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oxiratdin yo‘q erur o‘zga hayot, parvardigor, Muhojir birla ansorlarga qil iymonni yor!» — der erdilar».

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga (Xandaq jangi vaqtida) xandaqda erdik ul zot kavlar erdilar, biz tufroq tashir erdik. Shunda yonimizdan o‘tib ketayotib: «Yo iloho, bor erur tanho hayot — ul oxirat, Muhojir birla ansorlarni qilg‘il mag‘firat!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 16:05:18
1-bob. Dunyoning oxiratdagi qadr-qiymati haqida

Olloh taoloning qavli («Al-Hadiyd mal-hayotud-dunyo la’ibun va lahvun «Inna-va ziynatun va tafoxurun baynakum va takosurun fil-amvoli val-avlodi masali g‘aysin a’jabal-kuffora nabotuh, summa yahiju (atarohu musfarran, summa yakuunu hutoman va fil-oxirati azobun shadiydun va mag‘firatun minallohi va rizvonun va mo-l-hayotud-dunyo illo mato’ul-g‘uruuri». Oyatning mazmuni: «Dunyo hayoti shunchaki bir o‘yinchoq, ermak ziynat, o‘zaro kerilib maqtanmog‘ingiz hamda boylik va bola-chaqa xususida bir-biringizdan o‘tmoqqa intilmog‘ingiz bo‘lib, ul bir yog‘in kabidurkim, (undirgan) ekin-tekini, o‘t-o‘lanlari dehqonlarni taajjubga soladir, keyin ersa, qarasang, qurib, sarg‘ayib siniq-siniq cho‘p bo‘lib yotadir. Oxiratda qattiq azob berilmogi va Olloh taoloning mag‘firat qilib, rizo bo‘lmog‘i bordir. Dunyo hayoti aldan-mokqa sabab bo‘ladirgan narsadan o‘zgasi ermas!».

Sahl rivoyat qiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Jannatdagi bir qamchi siqqudek joy butun dunyo va undagi jamiki narsalardan ham yaxshiroqdir. Olloh taoloni deb tong saharlab chiqib ketib, tun qorong‘usida qaytib kelmoq butun dunyo va undagi barcha narsalardan ham yaxshiroqdir!» deb aytganlarini eshitdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 16:05:33
2-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Sen dunyoda bir g‘aribdek yokim bir yo‘lovchidek bo‘l!» deganlari haqida

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yelkamdan ushlab turib: «Sen dunyoda bir g‘aribdek yokim bir yo‘lovchidek bo‘l! (ya’ni, sen bu dunyoda o‘zingni hech kimi yo‘q bir kimsadek yokim bir yo‘lovchidek xis qil!)» — dedilar».

Abdullo ibn Umarning o‘zlari ersa: «Kunni kech qilsang, qachon tong otarkin deb intizor bo‘lmag‘il va tong ottirsang, qachon kech bo‘larkin deb poylamagil (ya’ni, doimo ildam yuraverg‘il, bir lahza ham qadamingni susaytirmag‘il, gar susaytirsang, maksuding hosil bo‘lmag‘aydir). sog‘ligingdan kasalligingga va tirikligingdan o‘limingga chegirib olib qo‘yg‘il! (ya’ni, tirikligingni g‘animat bilg‘ilki, Qoshingga o‘lim sipohi qilich yalang‘ochlab kelgach, sarosima va g‘aflatda qolib, hech narsa qilib ulgurmag‘aysen!»,— der erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 16:05:46
3-bob. Umid va uning muddati haqida

 «Faman foza va Olloh taoloning qavli («Oli Imron» surasi): ziha anin-nori va udxilal-jannata fa-qad Mo-l-hayotud-dunyo illo mato’ul-g‘uruuri». Oyatning mazmuni: «Do‘zaxdan uzoq qilinib, jannatga kiritilgan har bir banda murodiga yetibdir va bu dune hayotiga aldanmoqqa sabab bo‘ladirgan narsadan o‘zgasi ermas!».

Olloh taoloning qavli: «Zarhum ya’kuluu va yatamatta’uu va yulhihimul-amalu fasavfa ya’lamuuna». Oyatning mazmuni: «Ularga nasihat ta’sir qilmay, g‘aflatdan uyg‘onmasalar, qo‘ya beringiz, bir necha vaqt hayvonlar kabi yeb-ichib, dunyo rohatlaridan bahra olaversinlar, dunyoviy orzu-umidlari chalg‘itaversin, tez kunda buning oqibati yomon ekanligini bilib, ko‘zlari ochilur!».

Hazrat Ali raziyallohu anhu: «Bu dunyo bizdan yuz o‘girdi, oxirat ersa chexrasini qaratdi. Har ikkalasining ham o‘ziga mansub odamlari mavjud bo‘lib, sizlar oxiratga mansub odam bo‘linglar, dunega mansub bo‘lmanglar. Bugun amal mavjud, hisob-kitob yo‘qdir, ertaga ersa hisob-kitob mavjud, amal ersa yo‘qdir!» — deb aytgan erkanlar.

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam to‘rtburchak shakl chizib, uning o‘rtasidan uchini tashqariga chiqarib yana bir chiziq o‘tkazdilar, so‘ng ana shu o‘rtadan o‘tgan chiziqning yoniga kalta chiziqlar tortdilarda: «Mana bu o‘rtadan o‘tgan chiziqning to‘rtburchak ichidagi qismi insondir, uni o‘rab turgan to‘rtburchak ersa, insonning ajalidir, o‘rtadan o‘tgan chiziqning tashqariga chiqqan qismi ersa insonning orzu-umidlaridir. Mana bu kalta chiziqlar ersa hodisotlar bo‘lib, inson unisining bo‘lmasa, bunisining jabrini tortg‘aydir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 17:39:51
4-bob. Kimki oltmish yoshga kirgan bo‘lsa, demak Olloh taolo uni shuncha vaqt kechirib kelgan!

Olloh taolo: «Avalam nu’ammirkum mo yatazakkaru fihi man tazakkara va jo’aku-mun-naziyru — deydi. Oyatning mazmuni: «Ey bandalarim, biz sizlarga esingizni yig‘ib olib, hidoyat yo‘liga kirmog‘ingizga kifoya qiladirgan umr bermadikmi va buning ustiga sizlarni ogohlantirmoK uchun payg‘ambar ham yubormadikmi?!».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo bandasining ajalini oltmish yoshga kirguniga qadar kechiktirib, insofga kelmog‘ini kutadi!» —deb aytdilar».

Abu Huriyra rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh (sallallohu alayhi va sallamning «Yoshi ulg‘aygan odamning qalbi ikki narsa xususida qarimaydi, biri — uning dunyoga bo‘lgan muhabbati, ikkinchisi — orzu-umidining nihoyatligidir!» deb aytganlarini eshitdim». Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odam bolasining yoshi birlan birga ikki narsa ham ulgayib borg‘aydir, biri — uning boylikka nisbatan bo‘lgan muhabbati, ikkinchisi — uzoq umr ko‘rmoq orzusidir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 17:40:04
5-bob. Olloh taoloni rizo qiladirgan amal haqida

Atbon ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat kuni banda Olloh taoloning rizoligi uchun "Lo iloha illallohu!» deb aytsa, Olloh taolo unga do‘zax otashini harom qilgaydir!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo: «Agar men mo‘min bandamning bu dunyodagi biror suyukli kishisidan ajratgan ersam, unga beradirgan jazoim yo‘qdir, keyin men uni jannatga ta’yin qilgumdir!» — deydi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 17:40:43
6-bob. Dunyo lazzatlariga berilmoqdan hamda ularni deb o‘zaro raqobatlashmoqdan hazar qilmoq lozimligi haqida

Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladilar: ((Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Ubayda ibn Jarrohni jizya (g‘ayridinlardan olinadirgan jon solig‘i) yig‘ib kelmoq uchun Bahraynga jo‘natdilar. Bunga qadar Janob Rasululloh Bahrayn ahli birlan sulh tuzib, Alo ibn al-Hazramiyni ularga amir qilib ta’yin etgan erdilar. Abu Ubayda Bahrayndan jizya yig‘ib keldi. Ansorlar uning qaytib kelganidan xabar topdilar. Shul vaqt Janob Rasululloh. birlan birga bomdod o‘qilayotgan erdi. Namozdan so‘ng, ansorlar Janob Rasulullohni qarshi olib erdilar, ul zot ularga qarab kulib qo‘ydilarda: «Bildimki, sizlar Abu Ubaydaning qaytib kelganini va o‘zi birlan biror narsa keltirganini eshitgansizlar!» — dedilar. Ansorlar «Shunday, yo Rasulalloh!» — deb tasdiqlashdi. Janob Rasululloh: Nimaiki sizni xursand qilsa, o‘shani umid qilib, xursand o‘laveringiz! Men sizlarning qashshoqlashib qolmog‘ingizdan qo‘rqmag‘aymen, balkim qo‘lingizga mol-dunyo tushib, o‘zingizdek ilgarigilar qo‘liga mol-dunyo tushganida unga hirs qo‘yib, o‘zaro rakobatlashganlari yanglig‘ raqobatlashmasangiz erdi hamda mol-dunyo ularni toat-ibodatan chalg‘itgani kabi sizni ham chalg‘itmasa erdi deb qo‘rqayman», dedilar. So‘ng: «(Dunyo hayotidan) mag‘rurlanib ketmangizlar!»—deb qo‘shib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 17:40:55
8-bob. Solih bandalarning bu dunyodan o‘tib ketmoqlari haqida

Mirdos al-Aslamiy rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Solih bandalar birma-bir bu dunyodan o‘tib ketgaylar. Ulardan faqat arpa yokim xurmo chiqindisi yanglig‘ chiqindi qolg‘aydir, Olloh ularga sira ham achinmag‘aydir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 17:41:11
9-bob. Mol-dunyo fitnasidan panoh tilamoq haqida

Olloh taoloning qavli: «Innamo amvolukum va avlodukum fitnatun!». Oyatning mazmuni: «Darhaqiqat, mol-dunyongiz birlan farzandlaringiz fitnadir!».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dinor va dirhamga hamda baxmal va kimhob kiyimlarga o‘zini qul qilganlar tuban tushib sendan tilanadirlar. Agar bersang, sendan rozi — bermasang, norozi bo‘ladirlar»,— dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odam bolasi, ikki vodiy to‘la mol-dunyosi bo‘lsa ham, mol-dunyo to‘la uchinchi vodiyni orzu qilg‘aydir. Uning qornini faqat tufroq to‘ydira olg‘aydir. Olloh taolo tavba qilgan bandasining tavbasini qabul qilg‘aydir!» — dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar odam bolasining bir vodiy to‘la mol-dunyosi bo‘lar erkan, u yana ana shunday boshqa bir vodiyni orzu qilg‘aydir, odam bolasining ko‘zini faqat tufroq to‘ydira olg‘aydir. Olloh taolo tavba qilgan bandasining tavbasini qabul qilg‘aydir!» — dedilar. Janob Rasululloh bu gapni Qur’oni Kariymdan olganmilar yo yo‘qmi, bilmagaydirmen».

Sahl ibi Sa’d rivoyat qiladilar: «Makkada Ibn az-Zubayr minbarda turib: «Ey odamlar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb erdilar»,— dedi: «Gar odam bolasiga bir vodiy to‘la oltin berilsada, u baribir ikkinchi bir shunday vodiyni orzu qilg‘aydir, uni ham berilsa, uchinchisini ko‘ngli tusagaydir. Inson qornini, faqat tufroq to‘ydira olg‘aydir. Olloh tavba qilgan bandasining tavbasini qabul qilg‘aydir!».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: Gar odam bolasining bir vodiy to‘la oltini bor ersada, u ikki yana shunday vodiyni orzu qilgaydir, uning og‘zini faqat tufroq to‘ydira olg‘aydir. (Olloh taolo tavba qilgan bandasining tavbasini qabul ) qilg‘aydir!» — dedilar».

Anas: «Alhokumuttakosur» surasi nozil bo‘lgunga qadar biz buni Qur’ondan deb tushunar erdik»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 17:41:26
10-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Bu mol-dunyo degan narsa (hayvonning ko‘zini o‘ynatadirgan yam-yashil va shirin o‘t-o‘lan yanglig‘) jozibadordir!» deganlari haqida

Olloh taoloning qavli («Oli Imron» surasi): «Zuyyina lin-nosi hubbush-shahavoti minannisoi val-baniyna val-qanotiyril-muqantarati minaz-zahabi val-fiddati val-xaylil-musavvamati val-an’omi val-xarsi zolika mato’ul-hayotid-dunyo». Oyatning mazmuni: "Insonlarga xotinlar, bola-chaqa, oltin va kumush xazinalari, tamg‘alangan yilqi va chorvalar hamda ekin-tekinlarning muhabbati xushnamo tuyuladigan qilindi. bu — hayot-dunyo ne’matidir».

Umar raziyallohu anhu: «Yo parvardigoro, biz o‘zimizga xushnamo tuyuladigan narsalar birlangina shodlana olurmiz, xolos! Yo parvardigoro, mening bu narsalarni halolga sarflamog‘imni nasib aylag‘il deb senga yolborurmen!» — der erdilar.

Hakim ibn Hizom rivoyat qiladilar: «Men Rasulullih sallallohu alayhi va sallamdan in’om tilab erdim, berdilar. yana tilab erdim, yana berdilar, yana tilab erdim, yana berdilar, so‘ng: «Bu mol-dunyo degan narsa (hayvon ko‘zini o‘ynatadirgan ko‘m-ko‘k shirin o‘t-o‘lan yanglig‘) fusunkor va lazzatlidir. Kimki nafsini tiyib. ehtiyojiga yarashasini olsa, barakali bo‘lg‘aydir va kimki ochko‘zlik qilib, ehtiyojidan ortig‘ini olsa, bebaraka bo‘lgaydir. Bunday odam mechkay hayvon yanglig‘dir, ko‘tarilgan qo‘l (mehnat qiladirgan qo‘l) tushirilgan qo‘ldan (tilamchi qo‘ldan) yaxshidir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 17:41:40
11-bob. Kishi boyligining qanchasini in’om (sarf) qilgan ersa, o‘sha o‘zinikidir!

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz merosxo‘ringiz molini o‘zingizning molingizdan ko‘ra yaxshiroq urg‘aydirsiz?»—dedilar. Odamlar: «Yo Rasulalloh, oramizda o‘z molidan o‘zganing molini yaxshiroq ko‘radirgan odam yo‘qdir!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Kishi molining qanchasini in’om (sarf) qilgan ersa, o‘sha o‘zinikidir, sarf qilmay ehtiyotlab olib qolgan qismi ersa, merosxo‘rinikidir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 18:11:54
12-bob. Badavlat kishilar ayni holda qashshoq kishilardir!

Olloh taoloning qavli («Hud» surasi): «Man kona yuriydul-hayotad-dunyo va ziynataho nuvaffi ilayhim a’molahum fiho va xum fiho lo yubxasuun uvloikallaziyna laysa lahum fil-oxirati illan-noru va habita mo sana’uu fiho va botilun mo konuu ya’maluun!». Oyatning mazmuni: «(Bu) dunyo hayoti birlan aning ziynatlarin orzulag‘onlarning barcha istaklarin biz anda muhayyo qilgaydurmiz va alar anda hech zoriqtirilmag‘aydurlar va alar oxiratda do‘zax otashidin o‘zga nasiba olmag‘aydurlar va anda qilgon ishlari habata o‘lib, qilib turg‘on ishlari bekor erurdur!».

Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Tunlardan birida tashqariga chiqib erdim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari tanho aylanib yurgan erkanlar, yonlarida hech kimsa yo‘q erdi. Shunda men: «Janob Rasululloh yolg‘izlikni tusagan ko‘rinadirlar»— deb oy shu’lasidan xoli bo‘lgan tarafg‘a qadam tashlab erdim, menga o‘girilib qarab: «Bul kimdir?» — dedilar. Men: «Abu Zarr erurmen, Olloh taolo meni sizga fido qilsin!»—dedim. Janob Rasululloh: «Yo Abu Zarr, bu yoqqa kelg‘il!» — dedilar. Men Janob Rasululloh birlan birga bir muncha vaqt suhbatlashib turdim, shunda ul zot: «(Bu dunyoda badavlat kishilar qiyomat kuni (savob olganlik jihatidan) qashshoq erurlar, Olloh taolo boylik ato etgan va bu boylikni chor tarafig‘a ehson qilib sochib, yaxshiliklar qilg‘an kishilar bundan mustasnodurlar»,— dedilar. Keyin, yana bir muncha vaqt birga yurdik shunda ul zot: «To qaytgunimcha mana bu yerda o‘ltira turg‘il!» — deb bir ovloqroq joyni ko‘rsatdilarda, o‘zlari meni ko‘rmasin deb bir sayhonlik tomon ketib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar. U yerda uzoq qolib ketdilar. So‘ng: «O‘g‘irlik qilsa ham, zino qilsa ham» — deb gapirib kelayotganlarini eshitdim. Ul zot yaqinlashganlaridan so‘ng, chidayolmay Yo Rasulalloh, Olloh taolo meni sizga fido qilsin, yalanglikda kim birlan so‘zlashdingiz, men biror kimsaning sizga javob qilganini eshitmadim-ku?!»—dedim. Janob Rasululloh: «Ul Hazrat Jabroil erdilar, yalanglik chekkasida menga: «Ummatingga bashorat qilg‘ilki, Olloh taologa shirk keltirmay jon taslim qilganlar jannatga kirg‘aydir!»—deb vahiy bayon qildilar. Shunda men: «Yo Hazrat Jabroil, o‘g‘irlik qilsa hammi, zino qilsa hammi?» — deb so‘rab erdim, «Ha!» — deb javob qildilar. Keyin men: «O‘g‘irlik qilsa hammi, zino qilsa hammi?» — deb qaytarib so‘raganimda, yana: «Ha!» — deb aytdilar. Men tag‘in: «O‘g‘irlik qilsa hammi, zino qilsa hammi?» — deb so‘radim. Shunda Hazrat Jabroil:- «Ha, hattoki ichkilik ichsa ham!» — deb aytdilar».

Abu Abdulloh (Imom Buxoriy): «Abu Zarrning aytgan xadisi to‘g‘ridur, ammo Abu Dardo’ning hadisiga «Lo iloqa illallohu» deb jon taslim qilsa» degan iborani qo‘shib aytmoq lozimdur",—deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 18:12:17
13-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Mening Uhud tog‘idek oltinim bo‘lmog‘ini istamag‘aymen!» deganlari haqida

Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Madinaning toshloq yerida ketayotgan erdim, qarshimizdan Uhud tog‘i chiqib qoldi. Shunda Janob Rasululloh (to‘xtab): «Yo Abu Zarr!»—dedilar. Men: «Labbay, yo Rasulalloh!»—dedim. Janob Rasululloh: «Ye Abu Zarr, mening Uhud tog‘idek oltinim bo‘lmog‘ini hamda uning bir dinorining ham bir kecha yokim uch kecha bo‘lsada, menda qolmog‘ini istamas erdim, faqat qarzimga to‘lamogim uchun yetarlisini qoldirib, qolganini Olloh taoloning bandalari uchun unday va bunday qilib sarf qilinglar, degan bo‘lur erdim»,— dedilarda, chor taraflariga ishora qildilar (ya’ni, chor tarafga ehson qilib sochardim, demoqchi bo‘ldilar, sheqilli). So‘ng, yo‘lga tushgach: «Bu dunyoda badavlat kishilar qiyomat kuni (savob olganlik jihatidan) qashshoqdirlar, ammo: «Molimni unday va bunday qilib chor atrofga ehson qilinglar!» — deganlar bundan mustasno bo‘lib, ularning kimligi aytilg‘aydir»,— dedilar. Keyin, menga: «Men qaytib kelgunimcha joyingdan jilmag‘il!» — deb tun qorong‘usida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar. Birozdan keyin, beg‘ona bir tovushni eshitib, Rasulullohga bir gap bo‘lmadimikan deb xavotir oldim. Oldilariga bormoqchi bo‘ldimu, ammo «Joyingdak jilma!» — deganlari yodimga tushib bormadim, qaytib kelganlaridan so‘ng: «Yo Rasulalloh, bir begona tovushni eshitib, xavotir oldim, lekin gapingiz yodimga tushib, joyimdan jilmadim»,— dedim. Janob Rasululloh: «Eshit dedimi?» — dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Janob Rasululloh: «Bu — Jabroil alayhissalom erdilar, menga kelib: «Ummatlaringdan qaysi biri Olloh taologa zarracha shirk keltirmay jon taslim qilg‘aydir, jannatga kirg‘aydir!» — deb aytdilar. Shunda men: «O‘g‘rilik qilgan bo‘lsa hammi, zino qilgan bo‘lsa hammi?» — deb so‘rab erdim, , «O‘g‘rilik qilgan bo‘lsa ham, zino qilgan bo‘lsa ham!» — deb javob qildilar»,— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Uhud tog‘idek oltinim bo‘lganda uning uch kecha bo‘lsada, menda qolmog‘i meni xursand qilmas erdi, men undan faqat qarzimga yetarlisini olib qolib, qolganini ehson qilgan bo‘lur erdim»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 18:12:32
14-bob. Haqiqiy boy — nafsi to‘q odamdir!

Olloh taolmning qavli («Al-Mu’minuun» surasi): Oyatlarning mazmuni «Biz alarg‘a ko‘mak qilib ato etayotgan mol-dunyo va farzandlarning, paydar-pay yetkazib turgan noz-ne’matlarning (bizning marhamatimiz erkanligin) gumon qilurmikanlar, balkim bilmaslar?! Darhaqiqat, parvardigorlarining haybatidan qo‘rquvchilar, aning oyatlariga iymon ketirguvchilar, anga shirk keltirmaydirganlar, xayr-ehson qilguvchilar hamda bir kun ermas, bir kun albatta parvardigorlarining dargohiga qaytib bormoqlaridan dillarida qo‘rqinchlari bo‘lganlargina xayrlik ishlarni qilmoqqa oshiqgaylar va o‘shalargina barchadin ilgari xayrlik ishlarga qo‘l urgaydirlar, Biz hech kimga toqatidan ortiq vazifa yuklamagaymiz va bizning dargohimizda haqiqatdin so‘zlaguvchi Kitob mavjud o‘lib, alar zulmatda qolmag‘aylar, balki alar bundin g‘aflatdadurlar va dunyoning boshqa ishlari birlan mashg‘uldurlar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mol-dunyosi ko‘p odam badavlat ermas, balki nafsi to‘q odam badavlatdir!» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 18:12:47
15-bob. Kambag‘allikning fazilati haqida

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilaridan bir kishi o‘tib ketib erdi. Ul zot huzurlarida o‘ltirgan bir kishidan: «Bu odam to‘g‘risida qanday fikrdasen?» — deb so‘radilar. U: «Bu kishi zodagonlardan bo‘lib, o‘zi istagan ayolga uylanmoqqa qodir va birovga so‘zini o‘tkaza oladirgan odamdir»,— dedi. Janob Rasululloh biroz sukut qildilar. Shunda yana bir odam o‘tib erdi: «Mana bu odam to‘g‘risida ne fikrdasen?» —dedilar. U: «Yo Rasulalloh, bu kishi kambag‘al musulmonlardan bo‘lib, o‘zi istagan ayolga uylanmoqqa qudrati yetmaydirgan, so‘zini birovga o‘tkaza olmaydirgan va so‘zlasa, hech kim quloq solmaydirgan odamdir»,— dedi. Janob Rasululloh: «Mana shu odam yer yuzilik to‘la boyagi toifadagi kishilardan ham afzaldir!» —dedilar.

Xabbob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning rizolig‘ini istab Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga hijrat qildik. Olloh taolo bizga ajru savoblar ato etmoqni oxiratga qoldirdi. Oramizdan ul dunyoga rihlat etganlardan birortasi ham bu dunyoda zarracha ajru savob ololmadi. Ulardan biri — Mus’ab ibn Umayr Uhud jangida o‘ldirildi, undan boshini yopsa oyog‘i, oyog‘ini yopsak. boshi ochilib qoladirgan birgina chopon qolgan erdi xolos. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga bosh tomonini choponi birlan, oyog‘ini ersa izxir (xushbo‘y o‘simlik) birlan o‘rab dafn qilmoqni buyurgan erdilar. Ammo, ayrimlarimizga bu dunyo o‘z mevalarini pishirib, in’om qilmoqdadir».

Imron ibn Husayn rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Jannatga boqib, uning ko‘pchilik ahli kambag‘allar erkanligin va do‘zaxga boqib, uning ko‘pchilik ahli ayollar erkanligin ko‘rdim»,— dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etgunlariga qadar xontaxtada ovqatlanmadilar va yumshoq non tanovul qilmadilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etganlarida tokchamda b   arpadan bo‘lak tirik jon yegulik hech vaqo qolmagan. Men uni anchaga yetsin deb taqsimlab qo‘yib erdim, Alloh taolo barakasini berdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Aprel 2009, 18:13:05
16-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning hamda sahobalarining hayot tarzi va ularning bu dunyo muhabbatu lazzatlaridan yuz o‘girganliklari xususida deydi.

 «Abu Hurayra bunday der erdilar: «Olloh taolodin o‘zga tangri yo‘qdir! Agar ochlikda bag‘rimni yerga berib yotsam ham, agar ochlikdan qornimga tosh bog‘lashga to‘g‘ri kelsa ham men shunday deya bergumdir! Kunlardan bir kun sahobalar o‘tadirgan yo‘l bo‘yida o‘ltirgan erdim, Abu Bakr kelib qoldilar. Biror narsa berib qornimni to‘yg‘azarmikanlar, degan maqsadda ul kishini to‘xtatib Olloh taoloning oyatlaridan qiroat qilib bermoqlarini iltimos qildim, ammo niyatimni sezmay o‘tib ketaberdilar. Keyin, Hazrat Umar kelib qoldilar. Men boyagi maqsadda ul kishini ham to‘xtatib, Qur’oni Kariym oyatlaridan o‘qib bermoqlarini iltimos qildim, biroq ul kishi ham niyatimni sezmay o‘tib ketaberdilar. So‘ng, Abulqosim sallallohu alayhi va sallam kelib qoldilar, meni ko‘rib tabassum qildilarda, ko‘nglimdagi maqsadimni va yuzimdagi ietirob alomatini uqib: «Yo Abu Hur!»— dedilar. Men: «Labbay, yo Rasulalloh!»—dedim. Janob Rasululloh: «Mening ortimdan yurg‘il!» — deb yo‘lga tushdilar, men ortlaridan ergashdim, Yurib-yurib, bir xonadon eshiga oldiga keldilarda, ichkariga kirmokqa izn so‘radilar, menga ham izn berildi. Ichkariga kirgach, qadahdagi sutni ko‘rib: «Bu qanday sut?»—dedilar. «Falonchi yuboribdi»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Yo Abu Hur!» — dedilar. Men: «Labbay, yo Rasulalloh!»— dedim. Janob Rasululloh «Borg‘il, sufa ahlini aytib kelg‘il!» — dedilar (sufa ahli masjiddagi sufada yashaydirgan islom mehmonlari bo‘lib, na bola-chaqalari, na mol-dunyolari va na bir himoyachilari bor erdi. Janob Rasululloh biror joydan sadaqa kelsa, o‘zlari yemay, shularga yuborar, hadya olib kelishganda ersa, avval o‘zlari tatib ko‘rib, so‘ng ular birlan baham ko‘rar erdilar). Bu gap menga yoqmadi, chunkim «Ozgina sut sufadagilarga yetarmidi, men uni bir o‘zim ichsam, biroz tanamga quvvat kirar erdi, sufadagilar kelsa Janob Rasululloh sutni ularga quyib berishimni buyuradilar va men nasibasiz qolg‘aymen»,— deb o‘yladim. Lekin, Olloh taologa va uning rasuliga itoat etmoqdin o‘zga ilojim yo‘q erdi, borib ularni chaqirib keldim, Ular kelib o‘ltirmoqqa ruxsat so‘rab erdilar, ruxsat berdilar. Barcha o‘ziga munosib joyga borib o‘ltirdi. So‘ng, Janob Rasululloh: «Yo Abu Hur!» — dedilar. Men: «Labbay, yo Rasululloh!» — dedim. Janob Rasululloh: «Qadahni olib, ularga uzatg‘il!» — dedilar. Men qadahni olib ulardan biriga uzatdim, ul to‘yguncha ichib, menga qaytarib berdi. Shul tariqa, qadahni birma-bir hammaga uzatib chiqdim barchalari to‘yguncha sut ichishdi. Nihoyat, Janob Rasulullohga navbat keldi, ul zot qadahni qo‘llariga olib, menga bir tabassum qilib qo‘ydilarda «Yo Abu Hur!» — dedilar. Men: Labbay, yo Rasulalloh!» — dedim. Janob Rasululloh: «Men birlan sen ikkimiz qoldik»,— dedilar. Men: «Rost aytdingiz, yo Rasulalloh!»—dedim. Janob Rasululloh: «O‘ltirg‘il, ich!»—dedilar. Men o‘ltirib, ichdim. Rasululloh: «Yana ich!» — dedilar, men yana ichdim. Rasululloh shul tariqa qayta-qayta «Ich!» deyaverdilar, nihoyat men: «Sizni payg‘ambar qilib yuborgan Olloh taolo haqi, boshqa icholmayman, vujudimda bo‘sh joy qolmadi!» — dedim. Janob Rasululloh: «Unday bo‘lsa, menga berg‘il!» — dedilar. Men qadahni uzatib erdim, Olloh taologa hamdu sanolar aytdilar, so‘ng bismilloh deb qolganini ichdilar».

Hans: «Quyidagini Sa’ddan eshitganmen, ul bunday der erdi»,— deydilar: «Men Olloh taolo yo‘lida birinchi bo‘lib o‘q otgan arabdurmen! Biz g‘azot qilib yurgan chog‘larimizda qubla va samr daraxtlarining bargidin o‘zga yemak bo‘lmay, har birimizning ichimiz qo‘y qumalog‘i yanglig‘ erdi. Keyin, Banu Asad meni islom ahkomlariga rioya qilmoqqa da’vat qila boshladi, men qaysarlik qilmay, itoat etdim».

Oisha raziyallahu anho rivoyat qiladilar: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning xonadonidagilar Madinaga kelganidan to ul zot vafot qilgunlariga qadar ham loaqal uch kecha to‘yib bug‘doy taomi yeyishmagan».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning xonadonidagilar bir kunda ikki mahal taom yemagandirlar, yegan bo‘lsalar ham uning biri xurmo bo‘lar erdi».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: "Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘rpa-to‘shaklari teridan qilingan bo‘lib, ichi poxol birlan to‘ldirilgan erdi».

Qatoda rivoyat qiladilar: «Biz Anas ibn Molikning uyiga borsak nonvoyi non yovayotib: «Nondan yenglar!» — dedi. Men ersam, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning vafot qilgunlariga qadar ham yumshoq non yeganlarini bilmag‘aydirmen va ul zot dimlama qo‘y go‘shtining ne erkanligini o‘z ko‘zlari birlan ko‘rmaganlar ham!».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz bir oyda marta bo‘lsa ham o‘choqqa o‘t yoqolmas erdik agar ahyon-hadya qilinadirgan ozroq go‘shtni hisobga olmasak nuqul xurmo, ichishimiz suv erdi».

Yazid ibn Rumon rivoyat qiladilar: «Oisha singlimning o‘g‘li Urvaga: «Biz ikki oy mobaynida uch marta yangi oy chiqqaqini ko‘rgan bo‘lsakda, hanuz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (ayollarining) uylarida o‘choqlarga o‘t qilmagan bo‘lar erdi»,— debdilar. Urva: «Umda nima hisobiga kun ko‘rar erdingizlar?» —- deb so‘rabdi. Oisha: «Juda qashshoqlik birlan kun ko‘rar erdik yeyishimiz nuqul xurmo, ichishimiz suv erdi. Lekin, ba’zida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ansorlardan bo‘lgan qo‘shnilari Janob Rasulullohga taom chiqarib turar erdilar, ul zot ersalar uni bizga berur erdilar», — deb javob qilibdilar».

Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo parvardigoro, Muhammad xonadonidagilarga o‘zing qut (rizq) ato etg‘aysen!» — der erdilar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 11:40:22
17-6ob. Mo‘tadil va muttasil toat ibodat haqida

Masruq rivoyat qiladilar: «Men Oisha raziyallohu anhodan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qanday toat-ibodatni xushlar erdilar?»—deb so‘radim. Oisha onamiz: «Uzluksiz toat-ibodatni»,— deb javob qildilar. Men: «Qay vaqt uyqudan turar erdilar?»—deb so‘radim. Oisha onamiz: «Xo‘roz qichqirganini eshitgach, uyqudan turar erdilar»,— deb javob qildilar".

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga eng yoqadirgan toat-ibodat — kishi uzluksiz bajaradirgan toat-ibodatdir!»,— dedilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Hech qaysiningizni qilgan toat-ibodatlaringiz qutqarib qololmag‘aydir!» —dedilar. «Sizni hammi, yo Rasulalloh?» — deyishdi. «Agar,— dedilar Janob Rasululloh, Olloh taolo o‘zi rahmatiga olmas erkan, menga ham qilgan toat-ibodatlarim najot bera olmag‘aydir, Toat-ibodatlaringizni to‘g‘ri, mo‘‘tadil (o‘rtacha) ado etingizlar, ertalab, kechqurun va tunning bir qismida toat-ibodat qilingizlar, toat-ibodat qilmoqda mo‘‘tadil (o‘rtacha) yo‘lni tanlasangizlar, maksudingizga yetgaydirsizlar!».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Toat-ibodatlaringizni to‘g‘ri, mo‘‘tadil ado etingizlar, bilinglarki birortangizni qilgan toat-ibodatingiz jannatga kiritmaydi, Olloh taolo xushlaydirgan toat-ibodat, qisqa bo‘lsada, uzluksiz ado etiladirgan toat-ibodatdir!».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Olloh taologa eng mahbub toat-ibodat qaysidir?» deb Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘rashdi. Shunda ul zot: «Qisqa bo‘lsada, muttasil ado etiladirgan toat-ibodatdir, toat-ibodatni qurbingiz yetgancha qilingizlar!» — dedilar».

Alqama rivoyat qiladilar: «Mo‘minlar onasi Oisha raziyallohu anhodan: «Yo mo‘minlar onasi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning toat-ibodatlari qanday erdi, toat-ibodatlaridan birortasini boshqa kunga qoldirarmi erdilar?» — deb so‘radim. Oisha onamiz «Yo‘q, sira bunday qilmas erdilar, barcha amallarni o‘z vaqtida muttasil ado etib borar erdilar, qaysi biringiz Nabiy sallallohu alayhi va sallamning qilgan ishlarini qila olursiz?!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam «Toat-ibodatlaringizni to‘g‘ri, mo‘‘tadil ado etingizlar, o‘zgalarga aytinglarki, biror kishi qilgan toat-ibodat evaziga jannatga kirmagaydir!» — dedilar. Yo Rasulalloh, hattoki siz hammi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Hatto men ham, gar Olloh, taoloning o‘zi mag‘firat qilib, rahmatig‘a olmas erkan!» — deb javob qildilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik qilib, namoz o‘qidilar, so‘ng minbarga chiqib masjidning qibla tarafiga qo‘llari birlan ishora qildilarda: «Hozirgina men sizlar birlan namoz o‘qib bo‘lishim birlanoq, anavi devor tomonda jannat va do‘zaxning namoyon qilinganini ko‘rdim, bugungidek yaxshilik birlan yomonlikni ko‘rmagandurmen, bugungidek yaxshilik birlan yomonlikni ko‘rmagandurmen!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 11:41:26
18-6ob. Xavf birlan rajo’ (umid) haqida

Sufyon: Qur’oni Karimda mening uchun quyidagi oyatdan zo‘rroq oyat yo‘qdir»,— deydilar: «Qul, yo ahlal-kitobi, lastum alo shay’in hatto tuqiymuuttavrota val-injiyla va mo unzila ilaykum min rabbikum». Oyatning mazmuni («Al-Moida» surasi): «Aytingiz, ey ahli kitob, sizlar toki Tavrot va Injilga hamda parvardigoringiz tarafidan nozil qilingan boshqa narsalarga amal qilmasangizlar, to‘g‘ri yo‘lga kirmagan bo‘lasizlar!».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Olloh taolo o‘z rahmatini yaratgan kuni yuz rahmatdan iborat qilib yaratdi va uning to‘qson to‘qqiztasini o‘zida olib qolib, bittasinigina butun maxluqlariga ato etdi. Agar kofir Olloh taoloning qanchalik ko‘p rahmatga zga ekanligin bilganda erdi, jannatdan umidini uzmagan bo‘lur erdi! Agar mo‘min Olloh taoloning barcha azoblaridan voqif bo‘lganda erdi, o‘zini do‘zaxdan qutulgan deb bunchalik ishonmas erdi!» deb aytganlarini eshitganmen».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 11:42:04
19-bob. Olloh taoloning ta’qiqlariga sabr-toqat qilmoq haqida

Olloh taoloning qavli («Az-Zumar» surasi): «Innamo yuvaffas-sobiruuna ajrahum big‘ayri hisobin». Oyatning mazmuni: «Sabrli bandalar behisob ajr olurlar». Hazrat Umar: «Yaxshi hayotimizga sabr birlan erishdik»,— deydilar.

Abu Sa’id rivoyat qiladilar: «Bir guruh ansorlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdai bir narsani so‘rashdi. Ul zot kim nima so‘rasa, yo‘q demay berar erdilar. o‘zlariga hech narsani olib qolmas erdilar. Oldilarida berishga hech narsa qolmagach: «Qo‘limda nimaiki yaxshi narsa bo‘lsa, sizlardan ayamag‘aydurmen, ammo kimki hayoli bo‘lmoqni istasa, Olloh taolo uni hayoli qilg‘aydir, kimki sabr qilsa, Olloh taolo unga sabr-qanoat berg‘aydir, kimki muqtojlikka ko‘niksa, Olloh taolo uni bemuhtoj qilg‘aydir. Sabrdan ko‘ra ulug‘roq va yaxshiroq ne’matga erisha olmag‘aydursizlar!» — dedilar».

Mug‘iyra ibn Shu’ba rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunchalik ko‘p namoz o‘qir erdilarki, hatto ikki oyoqlari shishib ketar erdi. «Nega bunday qilg‘aysiz?» — deyishganda, «Olloh taologa shukr qilg‘uvchi bandalardan bo‘lmayinmi?!» — der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 11:42:40
20-bob. Kimki Olloh taoloning o‘ziga tavakkal qilg‘aydir, Olloh taolo buni hisobga olib qo‘yg‘aydir!

Husayn ibn Abdurrahmon rivoyat qiladilar: «Sa’id ibn Jubayrning xuzurida o‘ltirgan erdnm, u Ibn Abbosdan naql qilib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar»,— dedi: «Ummatlarimdan yetmish ming kishi savol-javobsiz jannatga kirgaydir. Ular o‘zlariga dam soldirmaydirgam, irim-sirim qildirmaydirgan va Olloh taoloning o‘ziga tavakkal qiladirgan kishilardir!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 11:43:04
21-bob. Mish-mishning makruhligi haqida

Mug‘iyra ibn Shu’baning kotibi Varrod rivoyat qiladilar: «Muoviya «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitgan hadislaringdan menga yozib yuborgil!» deb Mug‘iyraga maktub yo‘lladi. Mug‘iyra unga bunday deb javob Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning namozdan forig‘ bo‘lgach, «Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu, lahul-mulku va lahul-hamdu va huva alo kulli shay’in qadiyrun» degan duoni uch bor qaytarib o‘qiganlarini eshitganmen. Ul zot mishmish tarqatmoqni, ezmalik qilmoqni, mol-dunyoni isrof qilmoqni, ochko‘zlik qilmoqni, onalarga itoatsizlik qilmoqni va qizlarni tiriklayin qo‘mib tashlamoqni (qadimgi arablarda shunday odat bo‘lgan) man’ qilganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 11:43:17
22-bob. Tilni tiymoq haqida

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Olloh taologa va qiyomat kuniga ishongaydir, faqat yaxshi gaplarni aytsin yokim sukut saqlasin!»—deganlar.

Olloh taoloning qavli: «Mo yalfiz min qavlin illo ladayhi rakiybun atiydun». Oyatning mazmuni: «Kishi noo‘rin aytilgan bir so‘z birlan o‘ziga abadiy dushman orttirg‘aydir».

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki ikki jag‘i birlan ikki oyog‘i orasidagilarni (yomonlikka ishlatmayman, deb) kafolat bersa, men ham unga jannatni (Olloh taolodam so‘rab berg‘aymen, deb) kafolat berg‘aymen!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Olloh taologa va qiyomat kuniga ishongaydir, faqat yaxshi so‘z aytgaydir, yo‘qsa sukut qilgaydir, kimki Olloh taologa va qiyomat kuniga ishongaydir, qo‘shnisiga ozor bermagaydir, kimki Olloh taologa va qiyomat kuniga ishongaydir, mehmonini hurmat qilgay dedilar»

Abu Shurayh al-Xuzo’iy rivoyat qiladilar: "Quloqlarim eshitib, qalbim o‘z ongiga jo qildikim, Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Mehmonning izzati uch kundir, mukofoti ersa bir kecha-kunduzdir»,— dedilar. Mukofoti nedir?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Dastlabki kecha-kunduzda yaxshilab mehmon qilmoqdir»,— dedilar, so‘ng «Kimki Olloh taologa va qiyomat kuniga ishongaydir, mehmonini hurmat qilgaydir, kimki Olloh taologa va qiyomat kuniga ishomgaydir, faqat yaxshi gap gapirgaydir, yo‘qsa, jim o‘ltirgaydir!» —deb qo‘shib qo‘ydilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Banda o‘ylamay-netmay bir so‘zni aytib qo‘ygaydirda, keyin do‘zaxda mashriq birlan (mag‘rib) oralig‘idek olis joyda sarsonu sargardon bo‘lib, azob chekgaydir»,— dedilar».

Abu Hurayra rivoyat iladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bir banda Olloh taolo rizo bo‘ladirgan so‘zni aytib, natijasini o‘ylamay yuravergaydir ammo Olloh taolo o‘zi bilib, uning martabasini ulug‘ qilgaydmr, yana bir banda Olloh taoloni norozi qiladirgan bir so‘zni aytib, oqibatini o‘ylamay yuravergaydir, biroq Olloh taolo buni ham o‘zi bilib jahannam qa’riga tashlagaydir»,— dedilar.   
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 11:43:44
23-bob. Olloh taolodan hayiqib yig‘lamoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo (qiyomat kuni) yetti toifa kishilarni o‘z soyasiga olgaydir, ulardan biri — (xilvatda) Olloh taoloni yod etib, xo‘ng-ho‘ng yig‘lagan odamdir», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 19:44:41
24-bob. Olloh taolodan qo‘rqmoq haqida

Huzayfa rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan ilgari yashab dunyodan rihlat etgan bir odam o‘zi qilib yurgan amallarining to‘g‘ri yokim noto‘g‘riligidan gumonsirab yurar erdi. Bir kuni ul o‘z ahliga «Basharti dunyodin ko‘z yumsam, jazirama kunlardan birida kulimni dengizga sochinglar!» — deb vasiyat qildi. Ular aytganidek qildilar. Olloh taolo uning kulini jamlab, o‘z holiga keltirgach: «Nechun bunday qilding?» —deb so‘radi. U «Sendan qo‘rqqanimdan shunday qildim», — deb erdi, Olloh taolo uni mag‘firat qildi»,— dedilar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ilgari dunyodan o‘tgan kishilardan birini eslab bunday dedilar «Olloh taolo unga mol-dunyo va farzandlar ato etgan erdi. Ular chog‘i yaqinlashgach bolalariga: «Men sizlarga qanday otalik qildim?» — dedi. Bolalari: «Yaxshi otalik qildingiz».— deyishdi. Ul: «Ammo, Olloh taolo nazdida biror xayrlnk ish qila olmadim, agar o‘lsam, tanamni kuydirib, kulimni shamolga sovuringlar!» — deb vasiyat qildi. Bolalari aytganidek qilishdi. So‘ng, Olloh taolo «Kun!» («Qayta jonlan!») deb amr qilib erdi, u tirilib, o‘rnidan turdi. Olloh taolo unga: «Ey bandam, nechun bunday qilding?» — deb so‘radi. Ul: «Sendan qo‘rqqanimdan, — dedi. Olloh taolo unga tanbih bermay o‘z rahmatiga oldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 19:45:52
25-bob. Quloq osmaslikning oqibati haqida

Abu Muso rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bir odam men singari yokim Olloh taolo meni yuborgani singari qaysi bir qavmning huzuriga keldida: «Men o‘z ko‘zim birlan qo‘shin kelayotganini ko‘rib, sizlarni ogohlantirgani oshiqdim, qochib qolingizlar, qochib qolingizlar!» — deb xabar qildi. Bir guruh odamlar unga quloq solib, qochib qoldilarda, najot topdilar, ikkinchi bir guruh ersa, uning ganiga ishonmay, joyidan jilmadi, natijada qo‘shin yetib kelib, barchasini qirib tashladi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men birlan odamlar o‘t yoqqan kishi birlan parvonalar kabidir. Chunkim, bir kishi o‘t yoqsa, atrofi yorishgach, parvonalar uchib kelib o‘zlarini o‘tga ura boshlaydilar, ul kishi harchand haydamasin, baribir o‘zlarini o‘tga uraveradilar. Men ham o‘sha kishi singari sizlarni o‘tdin qochirmoqqa hamchalik urinmayin, hanuz o‘zingizni o‘tga urmoqdasizlar!» — der erdilar».

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon — qo‘li birlan tilidan boshqa musulmonlarga ozor bermagan odamdir, muhojir — Olloh taolo ta’qiqlagan narsalardan o‘zini tiya bilgan odamdir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:26:13
26-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Men bilgan narsalarni bilganingizda erdi, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lagan bo‘lur erdingiz!» deganlari haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu bundan der erdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men bilgan narsalarni sizlar ham bilganlaringizda erdi, hamroq kulib, ko‘proq yig‘lagan bo‘lur erdingizlar!» — dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Men bilgan narsalarni sizlar ham bilganlaringizda erdi, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lagan bo‘lur erdingizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:26:57
27-bob. Jahannam shahvatlarga berilganlik oqibatida to‘lib ketganligi haqida

Hurayra rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu ayhi va sallam: «Do‘zax shahvatlarga berilganlik, jannat ersa shahvatlardan tiyilganlik natijasida to‘ldi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:27:42
28-bob. Sizga jannat poyabzalingiz inidan yaqinroqdur, do‘zax ham xuddi shunday erur!

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizga jannat poyabzalingiz inidan ham yaqinroqdur, do‘zax ham shunday erur!» —deb aytdilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Shoirning «Ollohdin o‘zga har bir narsa botil ermasmi?!» deb aytgan bayti juda to‘g‘ridur!» —  dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:28:12
29-bob. O’zidan ulug‘roqqa ermas, o‘zidan tubanroqqa nazar solsin!

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangizning nazaringiz o‘zingizdan badavlatroq hamda omadliroq odamga tushganda o‘zingizdan kambag‘alroq va omadsizroq odamga ham bir nazar tashlab qo‘yingiz!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:29:09
30-bob. Yaxshilik yokim yomonlik qilmoqni qasd qilganlar haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolo azza va jalla haqida bunday deb aytdilar: «Olloh taolo xayrli ishlar birlan yomon ishlarni bandalarining peshonasiga taqdiri azal qilib bitgach, ular haqida bunday deb birma-bir bayon qildi: «Kimdakim bir savob ish qilmoqni qasd aylagaydiru, ammo (biror sababga ko‘ra) qilolmay qolgaydir, Olloh taolo o‘sha qilinmay qolgan xayrli ishni qilingan hisoblab, unga o‘z dargohida to‘liq savob yozib qo‘ygaydir. Kimdakim bir xayrli ishga bel bog‘lagaydiru, uni amalga oshirgaydir, Olloh taolo unga o‘z dargohida o‘ndan yetti yuzgacha va bundan bir necha barobar ko‘p savob yozib qo‘ygaydir. Kimdakim bir yomon ish qilmoqni qasd aylagaydiru, ammo o‘zini tiyib qilmagaydir, Olloh taolo (yomonlikdin qaytgani uchun) unga o‘z dargohida to‘liq savob yozib qo‘ygaydir. Kimdakim bir yomonlikni ko‘zlagaydiru, uni amalga oshirgaydir, Olloh taolo unga o‘z dargohida bir yomonlik qilganlik gunohini yozib qo‘ygaydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:29:19
31-bob. Zarracha gunoh qilmoqdin ham qo‘rqmoq haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Sizlar ko‘zingizga qilchalik tuyuladirgan gunohlarni hech tap tortmay qilavergaysizlar, ammo Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zamonlariga qaytib, bir eslab ko‘rsak bunday gunohlarni halokatli gunohlardan deb hisoblaganimiz yodimizga tushgaydir!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:30:05
32-bob. Natijasiga ko‘ra baholanadirgan ishlar va ularniig xavfli tomonlari haqida

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam mushriklarga qarshi jang qilayotgan, ammo o‘zi musulmonlar orasida eng boy bo‘lgan bir kishiga ko‘zlari tushib: «Kimdakim do‘zaxiy odamni ko‘rmoq niyatida ersa, ana shu odamga qarasin!» — dedilar. Shul asnoda boyagi odam yaralanib, og‘riqqa chidamay o‘z ko‘kragiga qilich solgan erdi, ikki kuragi orasidan teshib chiqdi, Shunda Janob Rasululloh: «Bir banda jannat ahli qiladirgan ishni qilsada, do‘zaxiy bo‘lgaydir va boshqa bir banda do‘zax ahli qiladirgan ishni qilsada, jannatiy bo‘lgaydir. Zero, ishlar natijasiga ko‘ra baholangaydir!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:33:59
33-bob. Yomonlik qilmoqdin ko‘ra tarki dunyo qilmoq jonga rohatdir!

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Bir badaviy Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: "Yo Rasulalloh, odamlarning eng yaxshisi kimdur?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Nafsi birlan mol-dunyosiga qarshi jihod qilguvchi hamda odamlarga yomonligim tegmasin deb tog‘u toshlarga bosh olib chiqib ketib, rabbiga toat-ibodat etguvchi odamdir!»—deb javob qildilar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning: «Odamlar boshiga shunday bir zamon keladirki, o‘shanda musulmon dinu e’tiqodini fitnalardan asramoq uchun tog‘u toshlarga qo‘y qaydab chiqib yetmoqni afzal ko‘rgaydir!» — deb aytganlarini eshitganmen».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:34:22
34-bob. Vijdon (halollik)ning yo‘qolib ketmog‘i haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Halollik yo‘qolib ketganda qiyomat bo‘lmog‘ini kutavergil!»—dedilar. «Halollik qay tariqa yo‘qolib ketgaydir?»— deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Ish noloyiq odamlarga topshirilganda qiyomat bo‘lmog‘ini kutaverg‘il!»—deb javob qildilar».

Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga ikki hadis aytdilar, birining amalga oshganining shohidi bo‘ldim, ikkinchisining bo‘lmog‘ini kutib yuribdurmen. O’shanda Janob Rasululloh bizga vijdon (halollik)ning kishilar qalb tomirlarida nozil qilingani, so‘ng kishilar Qur’on va sunnatni o‘rganganliklari hamda vijdonning yo‘qolib ketmog‘i haqida so‘zlab bunday degan erdilar: «Kishi bir uxlab turganda qalbidagi vijdoni chiqib ketib, o‘rnida bir rangsiz narsadagi nuqtadek iz qolgaydir, so‘ng yana bir uxlab turgach, qolgani ham chiqib ketib, cho‘g‘ni yalang oyog‘ing birlan tepib yuborganingda hosil bo‘ladirgan qabariqdek nuqta qolg‘aydir, keyin ersa pufakcha paydo bo‘lganini yokim hech narsa qolmaganini ko‘rgaydursen. Keyin, odamlar o‘zaro ahdlashadirlaru, ammo birortalari bunga amal qilmaydirgan bo‘lib qoladilar. Shunda falon qavmda halolu pok kishi bor ermish, u qanchalar dono, xushnamo va matonatli ermish deb so‘zlaydirgan bo‘lishgaydir, ammo haqiqatda ersa, ul odamning qalbida xardal urug‘ichalik ham iymon bo‘lmagaydir». Hozir shunday zamonda yashamoqdadurmenkim, barchangiz birlan bay’atlashavergaymen (ahdlashavergaymen), bay’atlashguvchi islomga sodiq musulmonmi yokim o‘z voliysiga vafodor nasroniymi, buning ahamiyati yo‘qdur. Ammo, shunday ersada, bugun men falon va falon kishilar birlangina ahdlashgan bo‘lur erdim!».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Odamlar bamisoli orasida birorta ham minishga yaroqlisi yo‘q yuzta tuyaga o‘xshaydir!» — deb aytganlarini eshitganmen».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:35:00
35-bob. Riyo va shuhratparastlik haqida

Jundub raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimdakim xayrli ishlarini shuhrat topmoq niyatida ovoza qilg‘aydir, Olloh taolo ham qiyomatda uni sharmanda qilib, ovoza qilgaydir. Kimdakim xayrli ishlarini odamlar meni ko‘rib qo‘ysinlar deb ko‘z-ko‘z qilg‘aydir, Olloh taolo ham qiyomatda uni barcha bandalari o‘rtasida izza qilg‘aydir», — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:35:38
36-bob. Olloh taologa toat qilib, o‘z nafsiga qarshi jihod qilgan odam xususida

Maoz ibn Jabal rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ulovlariga mingashib ketayotgan edim, men birlan ul zotning o‘rtamizda egarning orqa qismidan bo‘lak narsa yo‘q erdi. Nogahon, Janob Rasululloh: «Yo Maoz!»—deb qoldilar. Men: «Labbay, yo Rasulalloh, xizmatinginga tayyormen!» — dedim. So‘ng, biroz yurgach, yana: «Yo Maoz!» — dedilar. Men tag‘in: «Labbay, yo Rasulalloh, xizmatingizga hozirmen!» — dedim. Keyin, yana biroz yurgach: «Yo Maoz ibn Jabal!» — dedilar. Men bu gal ham: «Labbay, yo Rasulalloh, hizmatingizga hozirmen! — deb javob qildim. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning o‘z bandalarida qanday haqi borligini bilurmisen?» - dedilar. Men: «Olloh va uning rasuli yaxshiroq bilgaydir!» — dedim. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning o‘z bandalaridagi haqi — bandalarning unga ibodat qilib, hech narsani shirk keltirmasliklari lozimligidir!» — dedilar. Keyin, yana biroz yurilgach: «Yo Maoz ibn Jabal!» — dedilar. Men: «Labbay, yo Rasulalloh, xizmatingizga tayyormen!» — dedim. Janob Rasululloh: «Agar bandalar Olloh taoloning o‘zlaridagi haqini to‘la-to‘kis bersalar, ularning Olloh taolodagi haqlari ne erkanin bilurmisen?» — dedilar. Men: «Olloh va uning rasuli yaxshiroq bilg‘aydir!» — dedim. Janob Rasululloh: «Bandalarning Olloh taolodagi haqlari — Olloh taoloning o‘z bandalariga azob bermasligi lozimligidir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:36:00
37-bob. Tavoze’ haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Al-Azbo’ degan tuyalari bo‘lib, biror marta ham poygada yengilmagan erdi. Bir a’robiy yosh bir tuya minib kelib, undan o‘zib ketdi. Bundan ranjigan musulmonlar: «Al-Azbo’ yutqazib qo‘ydi!» — deyishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu dunyodagi biror narsani obro‘sizlantirmoqqa faqat Olloh, taoloning O’zigina haqlidur!» — dedilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallhu alayhi va sallam: «Olloh taolo bunday deydi»,— dedilar: «Kimda kim menga do‘st bo‘lmish bandamga dushmanlik qilgaydir, men unga urush e’lon qilg‘aydurmen! Bandam mening uchun eng mahbub bo‘lmish men unga farz qilgan narsa menga yaqin bo‘lmadi, agar bandam nafl toat-ibodatlar birlan menga yaqin bo‘lmoqda davom etgaydir, men uni yaxshi ko‘rgaydirmen. Men agar biror bandamni yaxshi ko‘rib qolgaydirmen, uning eshitmog‘i uchun quloq, ko‘rmog‘i uchun ko‘z, ishlamog‘i uchun qo‘l, yurmog‘i uchun oyoq bo‘lgaymen, ul mendan biror narsa tilagaydir, tilagini ravo qilgaydirmen, mendan panoh tilagaydir, panoh bergaydirmen. Men o‘limni yoqtirmaydirgan mo‘minning jonini olmoqqa ikkilanmaganimdek biror narsa xususida ikkilanmagaydirmen, uni darhol bajargaydirmen, men bandamga yomonlikni ravo ko‘rmagaydirmen».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:36:38
38-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Men payg‘ambar qilib yuborilganimda qiyomatning manavi ikki barmog‘im orasini ochib yopganimchalik tez fursatda sodir bo‘lib o‘tmog‘i ayon qilindi, Olloh taolo: «Qiyomatning ishi ko‘z ochib yumgunchalik yokim shunga yaqin fursatda sodir bo‘lib o‘tgaydir, Olloh barcha narsaga qodirdur!» — deydi» deb aytganlari xususida

Sahl rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men payg‘ambar qilib yuborilganimda qiyomatning mana bunday (tez fursatda bo‘lib o‘tmog‘i ayon qilindi)» — deb ikki barmoqlarini ayri qilib ko‘rsatdilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men payg‘ambar qilib yuborilganimda qiyomatning manavi ikki (barmog‘im orasini ochib yopganimchalik tez fursatda sodir bo‘lib o‘tmogi ayon qilindi)», — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men payg‘ambar qilib yuborilganimda Qiyomatning manavi ikkitaning, ya’ni ikki barmog‘imning (orasini ochib yopganimchalik tez fursatda bo‘lib o‘tmog‘i ayon qilindi)» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:37:19
39-bob.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Quyosh botadirgan tomonidan chiqmaguncha qiyomat bo‘lmag‘aydir. Quyoshning o‘sha tomondan chiqqanini ko‘rgan barcha odamlar iymon keltira boshlagaydirlar, ammo endi, ularning iymon keltirganlaridan foyda bo‘lmagaydir, chunkim ular bundan ilgariroq iymon keltirmagandirlar va iymonli bo‘lib biror xayriyatga zrishmagandirlar. Qiyomat shul qadar tez sodir bo‘lg‘aydirkim, hatto sotmoq bo‘lib kiyimlarini bir ariga yoyib ko‘rsatib turgan ikki kishi savdolashib ham, uni o‘rab berib ham ulgurmagaydir. Qiyomat shul qadar tez sodir bo‘lg‘aydirkim, hatto kishi tuyasini sog‘ib, sutini icholmay qolgaydir. Qiyomat shul qadar tez sodir bo‘lgaydirkim, xatto kishi hovuzchasiga suv to‘ldirmoq bo‘lib ariqning suvini to‘sib ulgurmagaydir. Qiyomat shul qadar tez sodir bo‘lgaydirkim, hatto kishi qo‘liga taom olib, og‘ziga solib ulgurmagaydir!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:37:45
40-bob. Kimdakim Olloh taoloning visolini ko‘rmoq orzusida ersa, Olloh taolo ham uni ko‘rmoqni istagaydir!

Uboda ibn as-Somit rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimdakim Olloh taoloning visolini ko‘rmoq istagida ersa, Olloh taolo ham uni ko‘rmoqni xohlagaydir. Kimdakim Olloh taoloning visolini ko‘rmoqni istamagaydir, Olloh taolo ham uni ko‘rmoqni xohlamagaydir»,— dedilar. Shunda Oisha onamiz yokim ul zotning zavjai muhtaramalaridan biri: «Darhaqiqat, biz o‘lmoqni istamag‘aydirmiz»,— dedilar. Janob Rasululloh: "Yo‘q, unday ermas! Ammo, mo‘min odam uchun, qoshiga o‘lim kelib, Olloh taoloning rizoligi hamda marhamatidan bashorat qilinganda, oldida turgan o‘limdan ko‘ra suyukliroq narsa bo‘lmagaydir va ul Olloh taoloning visolini ko‘rmoqni istab qolgaydir, Olloh taolo ham uni ko‘rmoqni xohlagaydir. Kofir uchun ersa, qoshiga o‘lim kelib Olloh taoloning azob-uqubatidan bashorat qilinganda, oldida turgan o‘limdan ko‘ra yomonroq narsa bo‘lmagaydir va ul Olloh taoloning visolini ko‘rmoqni istamagaydir, Olloh taolo ham uni ko‘rmoqni xohlamagaydir»,— dedilar».

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimdakim Olloh taoloning visolini ko‘rmok istagida ersa, Olloh taolo ham uni ko‘rmoq istagida bo‘lgaydir, kimdakim Olloh taoloning visolini ko‘rmoqni xohlamagaydir, Olloh taolo ham uni ko‘rmoqni xohlamagaydir», — dedilar».

Nabiy sallallou alayui va sallamning zavjai muhtaramalari — Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sog‘-salomat yurgan chog‘larida: hech qaysi payg‘ambarning jannatdagi joyi ko‘rsatilmay turib, joni olinmagaydir»,— dor erdilar. Bemor bo‘lib qolganlarida muborak boshlari tizzamga qo‘yilgan holda muncha vaqt behush yotdilar, so‘ng o‘zlariga kelib shiftga qilgancha: Ollohumma ar-rafiyq al-a’lo»,— dedilar. undan men bildimki, bizni ko‘rmoqqa ixtiyorlari bo‘lmay, o‘sha o‘zlari bizga aytib yurgan gaplari mana shu erkan: «Mo‘min odam uchun qoshiga o‘lim kelib, Olloh taoloning rizoligi hamda marhamatidan bashorat qilinganda, oldida turgan o‘limdan ko‘ra suyukliroq narsa bo‘lmagaydir», — deb aytgan gaplari). «Ollohumma ar-rafiyq al-a’lo!» Janob Rasulullohning eng so‘nggi aytgan so‘zlari bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:38:16
41-bob. O’lim talvasasi haqida

Oisha onamizning ozod qilgan qullari — Abu Ajr Zakvon rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho bunday der erdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ro‘paralarida suvi bor bir qahvajo‘sh (yokim, «Quticha bo‘lsa kerak»,— deydilar Hazrat Umar) bo‘lib, ichiga qo‘llarini tiqib, namini yuzlariga surtar erdilarda, nuqul: «Ollohdin o‘zga tangri yo‘qdir, o‘limning talvasalari mavjuddir!»—der erdilar. So‘ng, qo‘llarini fotihaga ko‘tarib, «Ar-Rafiyq al-a’lo!» deb takror-takror aytaverdilar, hatto jon taslim qilganlarida qo‘llari fotihaga ko‘tarilgancha qoldi».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir guruh badaviylar oyoq yalang holda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, nuqul: «Qiyomat qachon bo‘lgaydir?» — deb so‘rayverdilar. Shunda Janob Rasululloh ulardan eng yoshiga qarab: «Olloh taolo mana shunga umr bersa, ul qarimay turib sizlarning qiyomatingiz bo‘lgaydir»,— dedilar. (Hishom: «Ya’ni, o‘lgaydirlar»,— deydilar)».

Qatoda ibn Ruv’iy al-Ansoriy bunday der erdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yonlaridan bir janoza o‘tib erdi, ul zot: «Mustariyh va mustaroh minhu»,— dedilar. Shunda odamlar: «Mustariyh va mustaroh minhu ne demakdir?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Mo‘min banda bu dunyo azob-uqubatlaridan qutulib, Olloh taolo azza va jallaning rahmatig‘a sazovor bo‘lgach, rohat topgaydir. Nopok (osiy) bandadin ersa boshqa bandalar, shaharlar, daraxtlar va hayvonlar qutulib, rohatlangaydir", — dedilar?..

Ibn Ka’b Abu Qatodadan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam «Mustariyh va mustaro minhu, al-mu’min yastariyh»,— dedilar (ya’ni, mo‘min banda bu dunyo azoblaridan qutulib rohat topadi, osiy bandadan ersa boshqalar qutulib, rohat topadi, mo‘min banda rohat topgaydir)».

Anas ibn Molik bunday der erdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyitga uch narsa ergashib, undan ikkisigina qaytib, birigina o‘zi birlan qolgaydir: unga bola-chaqalari, boyligi hamda qilgan ishlari ergashib borgaydir, ammo bola-chaqalari, birlan, dunyosigina ortga qaytg‘aydir, o‘zi birlan ersa birgina qilgan ishlarigina qolg‘aydir»,— dedilar».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu mayhi va sallam: «Birortangiz o‘lsangiz, qabringizda erta-yu kech jannatmi, do‘zaxmi, borar joyingiz ko‘rsatib kirilgaydir va: «Qiyomatda, qayta tirilganingdan so‘ng, borar joying ana shuldir!» — deyilgaydir», — dedilar. Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’lganlarni so‘kmangizlar, chunkim ular qilmishlariga (javob bergali) ketdilar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:38:48
42-bob. Qiyomatda sur (karnay) chalinmog‘i haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Ikki kishi, biri — musulmon, ikkinchisi — yahudiy o‘zaro so‘kishib qoldi. Musulmon: «Olloh taolo Muhammad alayhissalomni butun dunyoga mustafo (muxtor) qilib yuborgandur! — dedi. Yahudiy ersa: «Olloh taolo Musoni butun dunyoga mustafo (muxtor) qilib yuborgandur! — dedi. Shunda musulmonning g‘azabi kelib, yahudiyning yuziga bir shapaloq urdi. Yahudiy Janob Rasulullohking huzurlariga borib ikki o‘rtada bo‘lib o‘tgan gapni aytib, shikoyat qildi. Janob Rasululloh: «Meni Musodin yuqori qo‘ymangizlar! Qiyomat kuni odamlar (sur ovozidan) boxush bo‘lib yiqilgaydirlar, shunda men, Muso Arsh yonida turganida, birinchi bo‘lib o‘zimga qolgaydirmen. Balkim, ul ham barcha barobar behush bo‘lib, mendan ilgari o‘ziga kelgandir yokim ul Olloh taolo istisno qilganlardandir, buni bilmagaydirmen», — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam «(Sur chalingach), odamlar behush bo‘lib yiqilar, men ersam Muso Arsh yonida turganida birinchi bulib o‘zimg‘a kelg‘aydirmen. Balkim, ul ham barcha barobar behush bo‘lgandir, buni bilmagaydirmen»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:39:03
43-bob. (Qiyomat kuni) Olloh taolo yerni (qo‘li birlan) ezgaydir!

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Qiyomat kuni) Olloh taolo yerni ezib, osmonni o‘ng (qo‘li) birlan bukib tashlagaydirda, «Men podshohdurmen, yerning podshohlari qaerdadir?» deb so‘raydir — dedilar.

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat kuni yer bitta non zuvalasi kabi bo‘lib, safarda siz hamir qorib zuvala qilganingiz yanglig‘ Olloh taolo uni qo‘li birlay zuvala qilgaydir, so‘ng jannat ahliga taom qilib yo‘llagaydir», — dedilar (ya’ni, Olloh taolo yer tarkibini o‘z qudrati ila o‘zgartirib, yegulik holiga keltirgaydir). Shu asnoda bir yahudiy kelib «Yo Abulqosim, Olloh, taolo sizga barakot ato qilsin! Qiyomat kuni jannat ahliga yuboriladigan yegulik haqida sizga aytib berayinmi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Ha, aytgil!» — dedilar. Yahudiy: «Ha, to‘g‘ri, Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytganlaridek qiyomat kuni yer bitta non zuvalasi kabi bo‘lgaydir»,— dedi. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallam bizga bir kulib qarab qo‘ydilar, hatto muborak oziq tishlari ko‘rinib ketdi, so‘ng: «Uni xushxo‘r qilg‘uvchi xurushlari haqida senga aytib berayinmi? U lom va nun birlan xushxo‘r bo‘lg‘aydir»,— dedilar. Sahobalar: «U nedir?»— deyishdi. Janob Rasululloh: «Ho‘kiz va nahang bo‘lib, ularning jigar o‘simtasidan yetmish ming kishi yegaydir»,— dedilar».

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Qiyomat kuni odamlar toza undan qilingan nondek tufrogi oppoq joyda to‘plangaydirlar» deb aytganlarini ko‘p eshitganmen».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:39:19
44-bob. Odamlar mahsharga qay tariqa to‘plangaydir?

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Qiyomat kuni) odamlar (Olloh taoloning visolini tezroq ko‘rmoqni) ishtiyoq qilib, qo‘rqqanlaridan titrab-qaqshab bir tuyaga ikkitadan, uchtadan, to‘rttadan va o‘ntadan mingashib olgan holda uch tariqa mahsharga to‘plangaydirlar, qolganlari ersa jahannamga yig‘ilib, tunu kun yotadirgan joylari o‘t bo‘lgaydir, tong ottirsalar ham, kunni kech qilsalar ham, hamisha o‘t ichida qolgaydirlar», — dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir odam: «Yo Rasululloh, kofir qanday qilib mahsharga yuzi birlan yurib kelgaydir?» — dedi. Janob Rasululloh «Bu dunyoda insonni oyog‘i birlan yurgizmoqqa qudrati yetgan zotning qiyomat kuni uni yuzi birlan yurgizmoqqa qudrati yetmagaydirmi?» — dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat kuni sizlar yalangoyoq, yalang‘och, piyoda va xatna bo‘lmagan qolda Olloh taologa bo‘lgaydirsizlar».— dedilar.

Sa’id ibn Jubayr Ibn Abbosdan naql qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbarda turib: «Qiyomat kuni sizlar yalangoyoq, yalang‘och va xatna bo‘lmagan holda Olloh taologa ro‘baro‘ bo‘lgaydirsizlar»,—deganlarini eshitganmen».

Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu va sallam bizga va’z aytayotib bunday dedilar: qiyomat kuni sizlar yalangoyoq, yalang‘och va xatna qilinmagan mahsharga to‘plangaydirsizlar. Bu xususda Olloh taolo o‘z oyati karimasida: «Dastlab qay holda yaratgan ersa o‘sha holda tiriltirgaydurmiz», — deydi. Qiyomat kuni xaloiqdan birinchi bo‘lib Ibrohim xalilullohga kiyim kiydirilg‘aydir va ul kishi mening ummatimga mansub kishilar birlan keltirilib, chap tomonga turg‘azib qo‘yilg‘aydir. Men ularni ko‘rib: «Yo rabb bechora sahobaginalarimey!» — deydirmen. Shunda Olloh taolo: «Ularning sendan keyin ne qilgonlarin bilmassen!» — degaydir. Men bir bandai solih kabi (ularning yonini olib) gapirg‘aymen. Shunda menga javoban: «Ular ortlariga qaytishda (gunoh qilmoqda) davom etgandirlar», — deyilgaydir».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Sizlar mahsharga yalangoyoq, yalang‘och va xatna bo‘lmagan holda to‘plang‘aydursizlar»,— dedilar. Shunda men: «Yo Rasulalloh, erkaklar birlan ayollar bir-birlariga shu ahvolda ro‘baro‘ bo‘ladirlarmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «O’shal kun odamlar shunday ahvolga tushib qoladirlarki, ularning bu narsalarga e’tibor bermakka mayllari qolmag‘aydir!»—dedilar».

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga chodirda o‘ltirgan erdik. Shunda Janob Rasululloh bizga: «Ahli jannatning to‘rtdan bir qismi sizlardan iborat bo‘lmog‘iga rozi bo‘lg‘aydirsizlarmi?» — dedilar. Biz: «Ha» —dedik. Janob Rasululloh: «Ahli jannatning uchdan bir qismi sizlardan iborat bo‘lmog‘iga rozi bo‘lg‘aydirsizlarmi?» — dedilar. Biz: «Ha!»—dedik. Janob Rasululloh: «Ahli jannatning yarmi sizlardan iborat bo‘lmog‘iga rozi bo‘lg‘aydirsizlarmi?» — dedilar. Biz: «Ha!» — dedik. Janob Rasululloh: «Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zot nomi birlan qasamyod qilg‘aydirmenkim, men sizlarning jannat ahliiing yarmini tashqil qilmog‘ingizdan umidvormen, chunkim jannatga musulmon ruhdan o‘zgasi kirmagaydir. Sizlar mushriklar orasinda go‘yokim qora ho‘kiz junlari aro oppoq yokim qizil ho‘kiz junlari aro qop-qora tuklar monanddursizlar»,— dedilar».

Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Qiyomatda birinchi bo‘lib Odam alayhissalom chaqirilg‘aydirlar, shundan so‘ng ul kishidan tarqalgan zurriyotlar zohir bo‘lib, ularga «Bu — otangiz Odam alayhissalomdir»,— deyilgaydir. ul kishining zurriyotlari: «Labbay, xizmatingizga hozirdurmiz!» — degaylar. Olloh taolo Odam alayhissalomga: «Zurriyotlaringdan do‘zaxiylarini ajratib bergil!»—degaydir. Odam alayhissalom: «Yo rabb, qanchasini ajratayin?» — degaydirlar. Olloh taolo: «Har yuztasidan to‘qson to‘qqiztasini ajratgil!» — degaydir». Odamlar: «Yo Rasulalloh, agar bizning har yuz nafarimizdan to‘qson to‘qqiztasini ajratsalar, unda qanchamiz qolgaymiz?» —deyishdi. Janob Rasululloh: «Mening ummatlarim boshqa ummatlar orasinda qora ho‘kiz junlari aro oppoq tuklarga monanddir!» — deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:39:39
45-bob. Olloh taoloning «Qiyomat kunining zilzilasi buyuk ishdir!» degan qavli xususida

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo: «Yo Odam!» — deydi. Odam alayhissalom: «Labbay, hamisha men xizmatingga tayyor va ilgingdadur xayriyat bisyor!» — deydilar. Olloh taolo: «Do‘zaxiylarni ajratg‘il!» — deydi. Odam alayhissalom: «Do‘zaxiylar qanchadir?»—deydilar. Olloh taolo: «Har mingtadan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasi»,— deydi. Shunda odamlar yoshlarning sochi oqarib ketguday va har qanday homilador homilasini tashlaguday ahvolga tushg‘aydirlar, ular ichkilik ichmay turib mastu devona bo‘lg‘aydirlar, ammo-lekin Olloh taoloning azobi nihoyatda qattig‘ bo‘lg‘aydir!». Bu gaplarni eshitib ta’blari tirriq bo‘lgan sahobalar: «Yo Rasulalloh, o‘sha jannatga tushadirgan bir kishi qaysi birimizdir?»—deyishdi Janob Rasululloh: «Sizlarga ilgari bashorat qilingan kim, Ya’juj va Ma’jujdan ming kishi, sizlardan bir kishi»,— dedilar. (Ya’ni, payg‘ambarimizga zamondosh ummatning har mingtasidan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasi jannati va bittasi do‘zaxi bo‘lgan chog‘da ul zotdan ilgarigi hamda keyingi barcha ummatlarning har mingtasidan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasi do‘zaxi va bittasi jannati bo‘lg‘aydir. Yana, Olloh taoloning o‘zi yaxshiroq bilg‘aydir!). So‘ng «Jonim ilgida bo‘lmish zot nomi birlan qasamyod qilg‘aydurmenkim, men sizlarning jannat ahlining uchdan birini tashkil qilmog‘ingizdan umidvormen!» — dedilar. Shunda biz yengil tortib, Olloh taologa hamdu takbir aytdik. Keyin, Janob Rasululloh: «Jonim ilgida bo‘lgan zot nomi birlan qasamyod qilg‘aydurmenkim, men sizlarning jannat ahlining yarmini tashqil qilmog‘ingizdan umidvormen, sizlar ummatlar aro, go‘yokim, qora ho‘kiz terisidagi oppoq tuklar yokim eshak oyog‘idagi oppoq xolsizlar!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:39:55
46-bob. Olloh taoloning «Ular insonlar Olloh taoloning qat’iy hukmini eshitmoqlari uchun qabrlaridan tik turadirgan kun bo‘lmish buyuk kun tufayli qayta tiriltirilajaklari haqida o‘ylaydilarmi?!» degan qavli xususida

Ibn Abbos: «Hayot vositalari uzildi, degani — bu dunyodan nasibasi uzildi, demakdir»,— deydilar.

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Insonlar Olloh taoloning qat’iy hukmini eshitmoqlari uchun qabrlaridan tik turadirgan kuni qaysi biringizdir quloqlaringizning yarmiga qadar terga botib qabringizdan turg‘aysiz», — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat kuni insonlar shul qadar ko‘p terlaydirkim, hatto terlari yetmish gaz chuqurlikda yerga singib, quloqlariga qadar chiqg‘aydir», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:40:22
47-bob. Qiyomat kuni olinadirgan qasos haqida

Abdullo ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam «Eng birinchi bo‘lib odamlarning o‘zaro to‘kkan qonlari xususida hukm chiqarilg‘aydir»,— dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bu dunyoda birovga zulm qilg‘on ersa, oxiratga qoldirmay qilg‘on gunohidan qutilsin, aks holda keyin na dinor va na dirham berib qutilib bo‘lmaydirgan chog‘da mazlumga uning savoblaridan olib berilg‘usidir, gar savoblari bo‘lmag‘aydir, mazlumning gunohlaridan bir qismi unga yuklang‘aydir!» —dedilar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘minlar do‘zaxdan qutilg‘onlaridan so‘ng, jannat birlan do‘zax oralig‘idagi ko‘prik ustiga kelganlarida to‘xtatilg‘aydirlar. Shunda ular bu dunyoda bir-birlariga nisbatan qilg‘on zulmlari uchun o‘zaro o‘ch olib, gina-kuduratlardan forig‘ bo‘lib olg‘aylar, so‘ng ularga jannatga doxil bo‘lmoqlariga ijozat berilg‘aydir. Muhammadning joni ilgida bo‘lg‘on zot nomi birlan qasamyod qilgaydurmenkim, ular bu dunyodagi uylari qilg‘aysen!» — deb duo qildilar. So‘ng, ansorlardan bir kishi turib: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa iltijo qilingiz, meni ham ana o‘shalar toifasidan qilsin!»— dedi. Janob Rasululloh: «Ukkosha bu xususda sendan ildamlik qildi!» — dedilar».

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ummatimdan yetmish ming (yokim yetti yuz ming, deb ikkilanadi roviy) kishi bir-birlarining qo‘llarini ushlashib, birin-ketin birinchisidan to oxirgisiga qadar (so‘roqsiz) jannatga kirg‘aylar, shunda ularning yuzlari oydin kecha to‘lin oy balqigan yanglig‘ porlab turgaydir!» — dedilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannat ahli jannatga, do‘zax ahli do‘zaxga kirgach, e’lon qilg‘uvchi farishta kelib: «Ey do‘zax ahli, endi sizlarga o‘lim yo‘qdir, ey jannat ahli, endi sizlarga o‘lim yo‘qdir, bundan buyon abadiyatdir!» — deb jar solg‘aydir», — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannat ahlig‘a: «Ey jannat ahli, endi o‘lim yo‘qdir, bundan buyon abadiyatdir!» va do‘zax ahlig‘a: «Ey do‘zax ahli, endi o‘lim yo‘qdir, bundan buyon abadiyatdir!» — deb e’lon qiling‘aydir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:40:40
50-bob. Jannat va jahannam tavsifi haqida

Abu Sa’id bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannat ahli yeydirgan dastlabki taom — nahang jigarining o‘simtasidir!» — dedilar".

Imron ibn Husayn rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannatga nazar solib, uning ahlining aksariyati faqirlar erkanin ko‘rdim, do‘zaxga nazar solib, uning ahlining aksariyati ayollar erkanin ko‘rdim», — dedilar».

Usoma rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannat qopqasi ostonasig‘a kelib turdim, u yerga (birinchi bo‘lib) kirayotgan omma miskinlar bo‘lib, boylar ersa, to‘xtatib qo‘yilgan erdi. Ammo, do‘zax ahlini do‘zaxga haydamoqqa allaqachonlar amr qilingak bo‘lib, men uning qopqasi ostonasiga kelib turdim. U yerga kirayotgan omma ayollar erdi»,— dedilar».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannat ahli jannatga, do‘zax axli do‘zaxga kiritilgach, o‘limni jannat birlan do‘zax oralig‘iga olib kelib, bo‘g‘izlag‘aydirlar, so‘ng: «Ey jannat ahli, o‘lim yo‘qdur, ey do‘zax ahli, endi o‘lim yo‘qdur!» — deb nido qiling‘aydir. Jannat ahli bundan yanada shodu xurram bo‘lg‘aydur, do‘zax ahli ersa, badtarin g‘amga botg‘aydur»,— dedilar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo ahli jannatga: «Ey ahli jannat!» — deb murojaat qilgaydir. Ular: «Labbay, yo Rabbimiz, xizmatingga tayyormiz!» — deb javob qilg‘aydirlar. Olloh taolo: «Rozimidursizlar?» — degaydir. Ular: «Nechun rozi bo‘lmag‘aydurmiz, o‘zga bandalaringga qilmagan marhamatingni bizga qilding!» — degaydirlar. Olloh taolo: "Sizlarga bundan ham ortiqroq marhamat ko‘rsatg‘aydurmen!» — degaydir. Ular: «Yo Rabb, bundan ortiqroq marhamating qaysidur?» — degaylar. Olloh taolo: «Men sizlardan rozi bo‘lib, bundan buyon qahrimg‘a sira duchor qilmag‘aydurmen!» — degaydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:40:50
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Horisa Badr jangida shahid bo‘ldi, u o‘shanda yosh yigitcha erdi. Uning onasi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarig‘a kelib: «Yo Rasulalloh, Horisaning mening uchun qanchalik aziz erkanligin o‘zingiz yaxshi bilg‘aysiz. Basharti, u jannatg‘a doxil ersa, sabr-toqat qilg‘umdir, aks holda ne qilmog‘imni ko‘rursiz!» — deb dag‘dag‘a qildi. Janob Rasululloh: «Esing og‘ib qolgan ko‘rinadur, jannat bir ermas, bir nechadur. O’g‘ling hozir jannat ul-Firdavsda dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kofirning ikki yelkasi oralig‘i chopqir chavandoz uch kunda bosib o‘tadirgan masofachalik kengdur»,—dedilar» (ya’ni, jahannam otashida ko‘proq azobu alam chekmog‘i uchun, yana Olloh taolo o‘zi yaxshiroq bilg‘aydir!)

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannatda bir daraxt mavjud bo‘lib, otliq odam yuz yilda ham uning soyasining poyonig‘a yetolmag‘aydur!» — dedilar.

Abu Sa’id rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannatda bir daraxt mavjud bo‘lib, chopqir ot mingan chavandoz yuz yilda ham unimg soyasining poyoniga yetolmag‘aydur!» —dedilar».

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ummatimdan yetmish minggi (Roviy ikqilanib: «Balkim, yuz minggi, deb aytgandurlar»,— deydi) so‘roqsiz jannatga kirg‘aydir. Ular o‘zaro qo‘l ushlashib, oldinda turgani eng keyinda turgani kirmaguncha kirmag‘aydir (ya’ni, bir-birlarini izzat-ikrom qili6 baravar kirishg‘aydir). Shunda ularning yuzlari oydin, kechadagi to‘lin oy yanglig‘ mahliqo bo‘lg‘aydir! — dedilar».

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannat ahli jannatdagi ko‘shklarida osmondagi porloq yulduzlar monand charaqlab o‘ltirg‘aylar!» — dedilar».

Abu Sa’id al-Xudriy: «Sharqiy va g‘arbiy ufqqa botayotgan yulduzlarni ko‘rganingizdek (charaqlab o‘ltirgaylar)»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:41:08
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallouh alayhi va sallam bunday dedilar: «Qiyomat kuni Olloh taolo eng ham azob tortadirgan do‘zaxiylardan biriga: «Yer yuzidagi jamiqi narsalar seniki bo‘lgan taqdirda uni gunohlaring evaziga to‘larmi erding?» — deydir. Ul: «Ha!» — deb aytadir. Olloh taolo: «Men sendan, hali sen Odam alayhissalomning pushti kamarida bo‘lgan chog‘ingda bundan osonroq narsani — menga zarracha shirk keltirmaslikni talab qilg‘on erdim, sen ersang, sarkashlik qilib menga shirk keltirding!» — degaydir».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bandalar do‘zaxdan shafoat tufayli sag‘oriyr unib chiqqani yanglig‘ chiqib kelg‘aydirlar»,— dedilar. Men: «Sag‘oriyr nedur?»—dedim. Janob Rasululloh: «Zag‘obiysdur (bodringdur)»,— dedilar. Dastlab so‘zni to‘g‘ri ayta olmadilar, chunkim tishlari tushgan erdi».

Abunnu’mon: «Men Amr ibn Dinorga «Sen Jobir ibn Abdullohning «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Bandalar do‘zaxdan shafoat tufayli chiqib keladirlar»,— der erdilar» deganini eshitganmisen?» deb erdim, ul: «Ha!» — deb javob qildi»,— deydilar.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: "Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir qavm, do‘zax alangasi ularni siypalagach, tashqariga chiqib, so‘ng jannatga kirg‘aydurlar. Shunda jannat ahli ularni ko‘rib «Jahannamiylar!» deb atag‘aydir»,— dedilar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivayat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ahli jannat jannatga, ahli do‘zax do‘zaxga kiritilgach, Olloh taolo: «Qalbida xardal urug‘ichalik iymoni bo‘lg‘onlarni do‘zaxdan chiqaringizlar!» — degaydir. So‘ng, ularni badanlari kuyib ko‘mirga aylangan holda chiqarishib, xayot daryosig‘a tashlag‘aydurlar. Shunda ular seldan so‘ng qoladirgan loyqadan unib chiqadirgan urug‘ niholidek navnihol bo‘lib chiqg‘aydurlar. Urug‘ning buralib-buralib chiqayotgan sarg‘ish niholini sira ham ko‘rmagandurmisizlar?» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:41:24
Nu’mon ibn Bashir al-Ansoriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat kuni eng ham azob tortadirgan do‘zaxiyning miyasi oyoqlari ostidagi otash tufayli qozon yokim qumg‘onda qaynayotgan suv kabi qaynab turg‘aydir»,— dedilar».

Adiy ibn Hotim rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam do‘zax haqida gapirdilarda, alangadan pana qilgandek yuzlarini qo‘llari birlan to‘sib turib: «Yo parvardigoro, do‘zax otashidan o‘z panohingda asrag‘aysen!» — dedilar. So‘ng, bizga: «Yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa hamki, do‘zax otashidan o‘zingizni saqlangiz, gar shuni ham topolmassiz, bir og‘iz yaxshi gap aytingiz!» — dedilar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning amakilari Abu Tolib haqlarida eslab bunday deganlarini eshitganmen: «Shoyadki, shafoatim naf’ bersa-yu, ul kishiga do‘zax otashining to‘piqlarigagina chiqadirgan sayozroq joyidan nasib etsa! Shunda ul kishining faqat miyalarigina qaynag‘aydur».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo qiyomat kuni jamiki insonlarni (mahsharga) to‘plagach, ular: Bizni bu makonimizdan xalos qilib, o‘zga yaxshiroq joy ato etmog‘i uchun rabbimizdan shafoat tilaylik!" — deyishg‘aydir. So‘ng, Odam alayhissalomning qoshlariga borib: «Olloh taolo sizni o‘z ilgi birlan yaratib, o‘z ruhidan jon ato etgandir, sizga farishtalarning sajda qilmoqlarini amr qilgandir, rabbimizdan bizga shafoat tilab beringiz!» — deb aytishg‘aydir. Odam alayhissalom ularga: «Men sizlar o‘ylaganchalik xuquqg‘a ega ermasmen» — deb qilgon gunohlarini eslab gapirg‘aylarda: «Nuhning huzurlarig‘a boringizlar, ul kishi Olloh taolo yuborgan birinchi payg‘ambar bo‘ladilar!» — degaylar. Ular Nuhning qoshlarig‘a borg‘aylar. Ul kishi ham: "Men sizlar o‘ylaganchalik huquqga ega ermasmen» — deb qilgan gunohlari haqida eslag‘aylarda: «Ibrohimning qoshlariga boringizlar, Olloh taolo ul kishini «halilim» (do‘stim) deb atagan!»— degaylar. Ular Ibrohimning huzurlariga borganlarida, ul kishi ham: «Men sizlar o‘ylaganchalik huquqg‘a ega ermasmen»—deb qilgan gunohlarini eslagaylarda: «Musoning qoshlariga boringizlar, ul kishi birlan Olloh taolo so‘zlashgandir!» — degaylar. Ular Musoning huzurlariga borgaylar. Ul kishi ham: «Men sizlar o‘ylaganchalik huquqga ega ermasmen»—deb qilgan gunohlarini eslagaylar, so‘ng: "Isoning qoshlariga boringizlar!» — degaylar. Shunda ular Isoning huzurlariga borgaydirlar. Ul kishi ham: «Men sizlar o‘ylaganchalik huquqga ega ermasmen» — deb qilgan gunohlarini eslagaylarda: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga boringizlar, chunkim Olloh Taolo ul zotning sobiq hamda kelgusi gunohlarini mag‘firat qilgandir!» — degaylar. Shundan so‘ng, ular mening huzurimg‘a kelgaydirlar. Men rabbimdan izn so‘ragaydurmen, rabbimni ko‘rgach, unga sajda qilgaydurmen. Rabbim meni o‘zi xohlagancha sajdada qoldirgaydir. So‘ng, menga: «Boshingni ko‘targil, so‘ragil, so‘raganing berilgaydur, so‘zlagil, so‘zingga quloq solingaydur, shafoat tilagil, shafoat qilingaydur!»— deyilgaydur. Shunda men boshimni ko‘tarib, rabbimni o‘zi menga o‘rgatgan hamdlarni aytib olqishlagaydurmen. Shundan keyin, shafoat tilagaydurmen, Olloh taolo menga muayyan qavmlarga shafoat qilmoq huquqini bergaydur. So‘ng, ularni do‘zaxdin chiqarib, jannatga doxil qildirgaydurmen. Keyin, Olloh taoloning dargohiga qaytib borib, tokim Qur’on hukmi ila hibsga olinganlardan (Olloh taoloning o‘zigina shafoat qila oladirganlardan) boshqa birorta ham odam do‘zaxda qolmaguncha uzoq sajda qilib turgaydurmen».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:41:52
Imron ibn Husayn rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qavm Muhammad sallallohu alayhi va sallamning shafoati birlan do‘zaxdan chiqarilib, jannatga kiritilgaydur, ularni jahannamiylar deb atashgaydur»,— dedilar».

Anas ibi Molik rivoyat qiladilar: «Ummu Horisa Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi. (Uning o‘g‘li) Horisa Badr jangida daydi o‘q tegib shahid bo‘lgan erdi. Ul «Yo Rasulalloh, Xorisaning mening uchun qanchalar aziz erkanligin yaxshi bilg‘aysiz, basharti ul jannatg‘a doxil ersa, unga yig‘lab aza tutmag‘aydurmen, aks holda nima qilmog‘imni ko‘rg‘aydursiz!» — dedi. Janob Rasululloh «Esing bormidur o‘zi, jannat bir ermas, bir nechadur, hozir o‘g‘ling Firdavs ul-A’lodadur!» —dedilar. So‘ng, yana bunday deb qo‘shib qo‘ydilar: «Olloh taoloni deb tong saharlab yo‘lga chiqmoq yokim tun qorong‘usida qaytmoq bu dunyo va undagi jamiki narsalardan ham afzalroq erur! Bir dona o‘q-yoyingiz yokim bir oyog‘ingizning kafti siqqudek jannatdagi joy bu dunyo va undagi jamiki narsalardan ham afzalroq erur! Gar jannat ayollaridan biri (ro‘molin tortib) yer uzra o‘z jamolini namoyon qilg‘aydur, jannat ila yer arosini munavvaru muattar qilg‘aydur, uning ro‘moli bu dunyo va undagi jamiki narsalardan ham afzalroq erur!"

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birorta ham odam, ko‘proq shukr qilsin degan maqsadda, gunoh qilgan bo‘lganida bo‘lgan do‘zaxdagi o‘rni ko‘rsatilmay turib, jannatga kiritilmag‘aydir va birorta ham odam, ko‘proq hasrat nadomat cheksin degan maqsadda, savob ishlar qilgan bo‘lganida tushmog‘i lozim bo‘lgan jannatdagi o‘rni ko‘rsatilmay turib, do‘zaxga kiritilmagaydir!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, qiyomat kuni sizning shafoatingizga erishmoq baxtiga qanday odamlar sazovor bo‘lg‘aydir?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo Abu Hurayra, sening hadis tinglamoqqa ishtiyoqing baland erkanligini ko‘rib, bu hadisni sendan ilgari hech kim so‘ramasa kerak deb o‘ylab erdim! Qiyomat kuni mening shafoatimga erishmoq baxtiga muyassar bo‘ladirgan shaxs — jondilidan xolisona «Lo iloha illallohu» degan shaxsdir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2009, 20:42:09
Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Men do‘zaxdan eng keyin chiqadirgan shaxsni ham, jannatga eng keyin kiradirgan shaxsni ham bilurmen. (Qiyomatda) bir odam do‘zaxdan zo‘r-bazo‘r emaklab chiqib kelg‘aydir. Olloh taolo unga: «Borg‘il, endi jannatga kirgil!» — degaydir. Ul borib, jannat odamg‘a to‘la erkan, degan xayolda qaytib kelgaydirda: «Yo rabb, jannat to‘la erkan-ku!» —-degaydir. Olloh taolo yana: «Borgil, jannatg‘a kirgil!»—degaydir. Ul yana borib, jannat odamga to‘la erkan, degan xayolda qaytib kelgaydirda: «Yo Rabb, jannatga borib qarab erdim, to‘la erkan—degaydir. Olloh taolo uchinchi bor: «Borg‘il, jannatg‘a kirgil, senga bir dunyo va undan o‘n barobar ziyod joy mavjuddir (yokim «Senga o‘nta dunyo sig‘adirganchalik joy bordir»)!» — degaydir. Ul ersa: «Podshoh bo‘la turib meni masxara qilurmisen (yokim «Mendan kulurmisen)?!» - degaydir».

Abdulloh ibn Mas’ud: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shu gaplarni aytayotib kulib qo‘ydilar, shunda men ul zotning oziq tishlari ko‘rinib ketganining shohidi bo‘ldim. Aytadirlarki, mazkur banda jannat ahli aro eng tuban shaxs erkan».

Haras ibn Navfal aytadilarki, Ibn Abbos Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Abu Tolibga biror-bir manfaat yetkaza oldingizmi» — degan erkanlari (ya’ni, Janob Rasulullohdan: «Amakingiz Abu Tolibga Olloh taolodin rahmat tilab iltijo qilganingizning biror-bir manfaati bo‘ldimi?» — deb so‘rayaptilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:29:54
51-bob. Sirot — jahannam ko‘prigi xususida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir guruh odamlar: Yo Rasulalloh, qiyomat kuni rabbimizni ko‘ramizmi?» deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Bulutsiz kuni quyoshdan zarar ko‘rurmisizlar?!» — dedilar. Ular: «Yo‘q, aslo, yo Rasulalloh!»—deyishdi. Janob Rasululloh «Bulutsiz tunda oydan zarar ko‘rurmisizlar!» — dedilar. Ular «Yo‘q, aslo, yo Rasulalloh!» — deyishdi. Janob Rasululloh bunday dedilar: «Sizlar qiyomat kuni rabbingizni ko‘rib, ana shunday zarar ko‘rmag‘aysizlar. O’shal kun Olloh taolo insonlarni to‘plab: «Kim nega sig‘ingan ersa, o‘shanga ergashsin!» — deb amr qilgaydir. Shunda har kim o‘zi sig‘ingan narsa ortidan, birovlar quyoshning, birovlar oyning va yana birovlar but-sanamlarning (yokim shaytonning) ketidan ergashib ketg‘aydir. Faqat bu ummat (mening ummatim) joyida qolg‘aydir, ammo oralarida munofiqlari ham bo‘lg‘aydir. So‘ng, Olloh taolo (oralaridagi munofiqlar bilib qolmasin, degan maqsadda) o‘zgacha qiyofaga kirib, ularning oldig‘a kelg‘aydirda: «Men sizning rabbingizdurmen!» — degaydir. Ular: «Ollohning o‘zi sendan asrasin, biz to rabbimiz kelgunga qadar ana shu joyimizdan jilmagaymiz, kelsa, biz uni tanig‘aymiz!»— degaylar (xato qilib qo‘ymaylik deb shunday degaylar). Keyin, Olloh taolo ular tanib oladirgan qiyofada kelib: «Men sizning rabbingizdurmen!» — degaydir. Ular: «Ha, sen bizning rabbimizdursen!» — deb ortidan ergashg‘aydurlar. So‘ng, jahannam ustiga ko‘prik tashlang‘aydir». «Men birinchi bo‘lib ko‘prikdan o‘tg‘aymen, — dedilar Janob Rasululloh,— o‘sha kuni payg‘ambarlar nuqul: «Ollohumma sallim, sallim (Yo parvardigoro, o‘zing asrag‘il, o‘zing asragil)!» — deb duo o‘qig‘aydirlar. Pulsirotning yantoq tikanlari yanglig‘ ilmoqlari bo‘lg‘ay, yantoq tikanlarini ko‘rganmisizlar?». Ular: «Ha, ko‘rgandurmiz, yo Rasulalloh!«—deyishdi. Janob Rasululloh bunday dedilar: Uning ilmoqlari yantoq tikani kabi ersada, qanchalik kattaligini birgina Olloh taoloning o‘zi bilgaydir. Ana o‘shal ilmoqlar sirotdan o‘tayotgan odamlarni qilgan yomonliklariga yarasha sanchib-sanchib ilintirib olg‘aydir. ularning har biri qilmishiga muvofiq tilka-pora bo‘lib, jahamnamga qulag‘aydir. So‘ng, ular najot topg‘aydirlar. Olloh taolo barcha bandalari ustidan o‘z hukmini chiqarib bo‘lgach, lo iloha illallohu deb shahodat keltirgan bandalaridan o‘zi istaganlarini do‘zaxdan chiqarmoqni iroda qilib, farishtalarg‘a amr qilg‘aykim, ular bunday bandalarni ularning badanlaridagi Olloh taolo do‘zax o‘tiga kuydirmoqni man’ qilgan sajda izlaridan tanib olg‘aylar. Farishtalar ularni tanalari kuyib ko‘mir bo‘lgan holda do‘zaxdan chiqarib olib, ustlaridan hayot suvi deb atalmish suv quyg‘aylar, shundan so‘ng ular sel loyqasidan unib chiqqan urug‘ niholi yanglig‘ navnihol bo‘lib qolg‘aylar. (Eng oxiri) - yuzi jahannam otashiga qaratilgan bir banda qolg‘aydir, ul: «Yo rabb, meni jahannamning tutini zaharlab, alangasi kuydirayotir, yuzimni o‘tdin o‘zga tomonga qaratgil!» — deb iltijo qilaverg‘aydir. Olloh taolo: «Agar aytganingni bajo keltirsam, mendan yana bir boshqa tilak qilg‘aysen!» — degaydir. Ul: «Yo‘q, aslo, izzating haqi, boshqa tilak qilmag‘aymen!» — degaydir. Olloh taolo uning yuzini jahannamdan o‘zga tomonga qaratib qo‘ygach, ul: «Yo rabb, meni jannat qopqasiga yaqinlashtirib qo‘yg‘il!» — deb aytg‘aydir. Olloh taolo: «Sen boshqa tilak qilmag‘aymen deb ta’kidlab ermabmiding, sho‘ring qursin, ey Odam bolasi, nechog‘lik beqarorsen?» — degaydir. Ul ersa, Olloh taologa o‘zining mazkur tilagini aytib, iltijo qilmog‘ini qo‘ymag‘aydir. Olloh taolo: «Tilagingni bajo keltirsam, yana bir uzga tilak qiladirgan ko‘rinursen», — deb aytg‘aydir. Ul: «Yo‘q, aslo, izzating haqi, o‘zga tilak qilmag‘aymen!» — deb Olloh taologa va’da bergaydir. Olloh taolo uni jannat qopqasiga yaqinlashtirib qo‘yg‘aydir. Ul jannatdagi narsalarni ko‘rgach, Olloh taolo istaganicha jimib qolgaydir. So‘ng: «Yo rabbim, meni jannatg‘a kirgizgil!» — degaydir. Olloh taolo: «Sendan o‘zga narsa so‘ramag‘aymen deb ta’kidlab ermabmiding, sho‘ring qursin, ey Odam bolasi, naqadar beqarorsen!» — degaydir. Nihoyat, Olloh taolo uning: «Yo rabbim, meni eng baxtiqaro banda qilib qo‘ymagil!» — deya iltijo qilaverg‘anidan kulib yuborg‘aydir, Olloh taoloning kulib yuborgani ersa unga jannatg‘a kirmog‘iga izn berganining alomati bo‘lg‘aydir. Ul jannatga kirgach, falon narsalarni ham tilayvergil, deyilg‘aydir, ul tilag‘aydir. So‘ng, yana falon va falon narsalarni ham tilayvergil, deb aytilg‘aydir, ul jamiki tilaklarini aytib tugatmaguncha, tilak qilaverg‘aydir. Shundan so‘ng, Olloh taoloning o‘zi: «Mana bu ham senga, anavi ham senga!» — deb ne’matlar ato etg‘aydir».

Abu Hurayra: «Bu odam eng keyin jannatga kirgan jannat ahlidandir» — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:30:32
52-bob. Havzi Kavsar haqida

Olloh taoloming qavli («Al-Kavsar» surasi: «Inno a’taynokal-kavsara». Oyatning mazmuni: «Biz senga (Havzi) Kavsarni ato etdik».

 Abdulloh ibn Zayd rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Men birlan Havzi Kavsar bo‘yida uchrashguningizga qadar sabr qilingizlar!» — dedilar».

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: sallallohu alayhi va sallam: «Men Havzi Kavsar bo‘yiga sizlardan ilgari borib turgaymen»,—dedilar». Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Men Havzi Kavsar bo‘yiga sizlardan ilgari borib turg‘aymen. Shunda sizlardan bir qanchangiz qo‘rqo‘vdan titrab-qaqshab menga yo‘liqg‘aysiz, ken: «Yo rabb, bechora sahobalarim, degaymen. Olloh taolo «O’zingdan keyin ularning ne qilgonlarin bilmassen!» — degaydir»,— dedilar.

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qarshingizda Jarbo’ birlan Azruh qishloqlari oralig‘ichalik Havzi Kavsar bo‘lg‘aydir»,— dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Havzi Kavsar cheksiz xayru barakot bo‘lib, Olloh taolo uni payg‘ambarimizga ato etgandir»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:30:43
Abu Bishr rivoyat qiladilar «Men Sa’id ibn Jubayrga «Odamlarning ta’kidlashiga qaraganda, Havzi Kavsar jannatdagi bir daryo ermish», — dedim. Ul: «Havzi Kavsar jannatdagi xayru barakot daryosi bo‘lib, Olloh taolo uni payg‘ambarimizga ato etgandir»,— dedi».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Havzi Kavsarimning (bo‘yi va eni) bir oylik yo‘lchalik bo‘lib, suvi sutdan ham oqroq va hidi mushkdan ham muattarroq, ko‘zalari ersa, falakdagi yulduzlar yanglig‘dir. Undan ichgan odam sira tashna bo‘lmag‘aydir!» — dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Havzi Kavsarimning kattaligi Ayla (Qizil dengiz bo‘yida) birlan Yamandagi San’o oralig‘ichalik bo‘lib, (qirg‘og‘ida) falakdagi yulduzlar sonicha ko‘zalar mavjuddir»,— dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va salam: «Men jannatda ketayotib ikki qirg‘og‘iga ichi g‘ovak durlar yotqizilgan bir daryo bo‘yidan chiqib qoldim. Shunda Hazrat Jabroilga: «Bu nima?» — dedim. Hazrat Jabroil: «Bu — rabbing senga tortik qilgan Havzi Kavsardir, uning loyi (yokim bo‘yi) mushkdan ham xushbo‘yroqdir!»—dedilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Sahobalarimdan bir qanchasi huzurimga, Havzi Kavsar bo‘yiga keladilar, men ularning qo‘rquvdan titrab-qaqshab turganlarini ko‘rib: «Bechora sahobalarim!— degaymen. Shunda Olloh taolo: «O’zingdan keyin ularning ne qilg‘onlarin bilmassen!» degaydir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:31:10
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men Havzi Kavsar bo‘yiga sizdan ilgari borib turg‘aymen. Kimki qoshimga kelsa, uning suvidan ichg‘aydir, ichgan odam ersa, sira tashna bo‘lmag‘aydir! Huzurimg‘a qavmlar kelg‘aylar, men ularni tanib olg‘aydurmen, ular ham meni tanib olg‘aydurlar. Keyin, men birlan ularning orasi to‘sib qo‘yilg‘aydur»,— dedilar»

Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Nu’mon ibn Abu Iyosh mening aytganlarimni eshitib bo‘lgach: «Sen bu hadisni Sahldan eshitganingdek qilib rivoyat qildingmi?» — dedi. Men: «Ha!» — dedim. Ul: «Ammo, men qasamyod qilurmenkim, Abu Sa’id al-Xudriy bu hadisga qo‘shimcha qilib, «Janob Rasululloh: «Ular mening sahobalarimdur!» — degaymen, shunda menga: «O’zingdan keyin sen ularning ne qilg‘onlarin bilmassen!» — deyilg‘aydir, keyin men: «Mendan keyin yo‘ldan ozganlar ko‘zimdan daf bo‘lsinlar, daf bo‘lsinlar!» — degaymen, deb aytganlar»,— degan erdi»,— dedi.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Qiyomat kuni bir guruh sahobalarim (Havzi Kavsar suvidan ichmoq bo‘lib) qoshimg‘a kelganlarida haydab yuborilg‘aydurlar. Shunda men: «Yo rabb, bechora sahobalarim!» — degaymen. Olloh taolo: «O’zingdan keyin ularning ne qilg‘onlarin sen bilmassen, ular yo‘ldin ozib, ortlarig‘a qaytgandurlar!» — degaydir».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Men o‘zimga tanish bir guruh odamlar oldida turganimda men birlan ular o‘rtasida bir odam paydo bo‘lib, ularga: «Yuringlar, ketdik!» — degaydir. Men: «Qaerga?» — deb aytgaymen. Shunda ul: «Jahannamga!»—degaydir. Men: «Olloh taolo haqi, aytg‘il, ne gunoh qilganlar?»—degaymen. Ul: «Sendan keyin ular yo‘ldan ozib, ortlarig‘a qaytganlar!»— degaydir. Keyin, yana o‘zimga tanish bo‘lmish bir guruh odamlar oldida turganimda o‘rtamizda bir odam paydo bo‘lib, ularga: «Yuringlar, ketdik».— degaydir. Men «Qaerga?» — degaymen. Ul: «Jahannamga!» —degaydir. Men: «Olloh taolo haqi, aytgil, gunohlari nedur?» — degaymen. Ul: «Sendan keyin ular yo‘ldan ozib, ortlarig‘a qaytganlar!» — degaydir. Shunda bilgaymenkim, ularning ko‘pchiligi egasiz tuyalar yaglig‘ xalos bo‘la olmagaylar (ya’ni, mazkur guruh orasida ikki toifa kishilar — kofirlar birlan gunohkorlar mavjud bo‘lib, birinchi toifaga mansublari do‘zax o‘tidan xalos bo‘la olmagaylar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:31:23
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mening uyim birlan minbarim oralig‘ida jannat bog‘laridan biri joylashg‘aydir, minbarim ersa, Havzi Kavsarim bo‘yida bo‘lgaydir!» —dedilar».

Jundub rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Men sizlardan ilgari Havzi Kavsar buyida bo‘lg‘umdir!» deb aytganlarini eshitganmen».

Uqba ibn Omir rivoyat qiladilar: «Kunlardan bir kun Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida shahid bo‘lganlarga (oddiy) mayyitga o‘qigan yanglig‘ janoza o‘qidilar, so‘ng minbarga chiqib: «Men sizlardan ilgari (Havzi Kavsar bo‘yiga) borgaymen va sizlarga guvoh bo‘lgaymen, hozir ersam, Olloh taolo haqi, Havzi Kavsarni shundoqqina ko‘rib turibmen. Men yer xazinalari kalidlarini (yokim, yer kalidlarini sizlarga) topshirdim, Olloh taolo haqi, men sizlardan vafotimdan keyin mushrik bo‘lib ketasizlar, deb ermas, balkim (er xazinalari kalidlarini, ya’ni boylikni) o‘zaro talashib, raqobatlashmasangizlar erdi, deb xavotirdamen!» —dedilar».

Horisa ibn Vahb rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Havzi Kavsar haqida: «Ul Madina birlan San’o oralig‘ichadir!» —deganlarini eshitganmen».

Ibn Xolid bunday deydilar: «Horisa ibn Vahb Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Havzi Kavsarim Madina birlan San’o oralig‘ichadir!» deganlarini eshitganmen, deganida, Mustavrid «Sen Janob Rasulullohning uning bo‘yidagi ko‘zalar haqida gapirganlarini eshitmabmi erding?» — deb so‘rabdi. Ul: «Yo‘q»,— deb javob qilibdi. Mustavrid: «Uning bo‘yida yulduzlar adadicha ko‘zalar mavjudligini ko‘rg‘aysen!» — debdi.

Asmo binti Abu Bakr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Men Havzi Kavsar bo‘yida turib, sizlardan qaysilaringizning qoshimga kelayotganingizni kuzatib turg‘aymen, shunda huzurimga kelgan odamlarni olib ketishg‘aydir. Buni ko‘rib, men: «Yo rabb, axir ular qarindoshlarim va sahobalarim-ku!» — degaymen. Menga: «Sen ularning o‘zingdan keyin ne qilg‘anlarin bilurmisen, ular yo‘ldan ozib, ortlariga qaytishda davom etaverganlar?!» — deyilg‘aydir».

Ibn Abu Mulayka nuqul: «Yo parvardigoro, bizni yo‘ldan ozib, ortga qaytmog‘imizdan yokim dinimizdan aynimog‘imizdan o‘zing asragaysen!» — der erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:31:50
Bismillohir rahmonir rahiymi

TAQDIR KITOBI

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Bizga sodiqulmasduq bo‘lmish Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Har biringiz (otangiz pushti kamaridan) onangiz qorniga tushganingizdan so‘ng, qirq kun davomida yaxlit holatg‘a kelg‘aysiz, so‘ng shuncha vaqt ichida alaqqa (laxta qong‘a) aylang‘aysiz, keyin yana shuncha vaqt o‘tgach, bir parcha et shaklig‘a kelg‘aysiz. Shundan so‘ng. Olloh taolo farishtani yuborib, (peshonangizga) to‘rt narsani — rizqingizning qanchaligini, qachon o‘lishingizni, baxtsiz yokim xushbaxt bo‘lmog‘ingizni (taqdir qilib bitib qo‘ymoqni) amr qilg‘aydir. Olloh taolo haqi, qaysi biringizdir yokim biror boshqa odam do‘zax ahliga mansub ish qilayotganda uning birlan jahannam oralig‘ida bir quloch yokim bir necha quloch masofa qoldi deguncha, peshonasiga bitilgan taqdiri azal peshvoz chiqib, unga jannat ahlig‘a munosib ishni nasib etg‘aydir va ul jannatg‘a kirg‘aydir. Yokim, aksincha, bir odam jannat ahlig‘a mansub ish qilayotganda uning birlan jannat oralig‘ida bir quloch yokim ikki quloch masofa qoldi deguncha peshonasiga bitilgan taqdiri azal peshvoz chiqib, unga do‘zax ahlig‘a loyiq ishni iasib aylag‘aydir va ul do‘zaxg‘a tushg‘aydir».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh taolo bir farishtani bachadonga vakil qilib kiritg‘ach, ul: «Yo rabb, maniy (nutfa) bo‘ldi, laxta qon (alaq) bo‘ldi, bir parcha et bo‘ldi»,— degaydir. Olloh taolo (o‘shal bir parcha etni) odam qilib yaratmoqni iroda hilsa, farishta undan: «Yo rabb, o‘g‘il bo‘lsinmi, qiz bo‘lsinmi, baxtli bo‘lsinmi, baxti qaro bo‘lsinmi? Rizqi qancha bo‘lsin, umri qancha bo‘lsin?» — deb so‘rag‘aydir. Mana shularning barchasi ona qornida taqdir qilib bitilg‘aydir!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:32:20
1-bob. Olloh taolo bilganini taqdir qalami bitib qo‘ygandir!

Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo o‘z bilganini banda topolmaydirgan qildi».

Abu Hurayra rivoyat qiladilir: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam menga «Olloh taolo senga muyassar qilgan narsani taqdir qalami bitib qo‘ygandir!» — dedilar».

 Imron ibn Husayn rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasulalloh, jannat ahli do‘zax ahlining kimligini bilg‘aymi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Ha!» — dedilar. Ul odam: «Nega unda ular (bila turib ba’zan yomon ishlarni ham) qilib qo‘yg‘aylar?» — dedi. Janob Rasululloh: «Har kim peshonasiga bitilgan va o‘ziga muyassar qilingan ishlarni qilgaydir!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:33:34
2-bob. Olloh taolo ularga ne qilmoqlari lozimligini aytgandir!

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mushriklarning bolalari xususida so‘rashdi, shunda ul zot: «Olloh taolo (ularning ruhlarini yaratgan vaqtda) ne qilmoqlari lozimligini aytgandir!» — dedilar» degan erkanlar».

Ato ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Abu Hurayradan eshitdimki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mushriklarning zurriyotlari haqida so‘rashganda, ul zot: «Olloh taolo (ularning ruhlarini yaratgan vaqtda) ne qilmoqlari lozimligini aitgandir!»

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir bola tabiatan musulmon bo‘lib tug‘ilg‘aydir, biroq ota-onasi uni, hayvondan hayvon dunyoga kelgandek yahudiy yokim nasoro yohud majusiy qilib qo‘yg‘aydir. Aytingizchi, hayvon bolasining, agar keyin o‘zingiz kesmasangiz, biror a’zosi kesik holda tug‘ilganini ko‘rganmisizlar? Uni o‘zingiz kesib nuqsonli qilib qo‘yg‘aysizlar!» — dedilar. «Yo Rasulalloh, yosh vafot etib ketganlar haqida ne dersiz?»— deyishdi. Janob Rasululloh: «Olloh taolo (ularning ruhini yaratgan vaqtda) ne qilmoqlari lozimligini aytgandir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:34:38
3-bob. Olloh taoloning amri — taqdiri azaldir!

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birorta ham ayol ikkinchi bir ayolning taloq qilinmog‘ini hamda uning rizqiga chang solib, o‘rniga o‘zi nikohlanib olmog‘ini orzu qilmasin, chunkim unga ham ko‘z tikkan balo bordir!» —dedilar».

Usoma (ibn Zayd) rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida erdim, nogahon qizlaridan birining chopari kelib qoldi. Sa’d Ubay ibn Ka’b va Maoz ham shu yerda erdilar. Chopar: «Qizingizning o‘g‘ilchasi jon taslim qilay deyapti!» — deb xabar qildi. Janob Rasululloh bir odam orqali: «Farzand beradirgan ham, uni qaytib oladirgan ham Olloh taoloning o‘zidir, ul har kimni ajaliga muvofiq o‘z dargohida chaqirib olg‘aydir. Sabru-toqat qilib, uning irodasiga bo‘ysunsin!» — deb aytib yubordilar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirgan erdim, ansorlardan biri kelib: «Yo Rasulalloh, biz jangda asir va o‘ljalar qo‘lga kiritgaymiz, azl (jinsiy aloqa vaqtida ayolni homilador bo‘lmoqdan saqlash) haqida ne dersiz?» — dedi. Janob Rasululloh: «Sizlar shunday qilurmisizlar? Sira bunday qila ko‘rmanglar, chunkim Olloh taolo dunyoga kelmog‘ini taqdir aylagan har bir jon tug‘ilmog‘i darkordur!» — dedilar».

Huzayfa rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga xutba aytayotib qiyomatga qadar sodir bo‘ladirgan narsalarning birortasini ham qoldirmay so‘zlab berdilar. Shunda ul zotning gaplarini uqigan uqib oldi, uqimagan johilligicha qoldi. Men biror narsani unutsam, yana qaytib ko‘rganimda yodimga tushg‘aydir. Bu — go‘yokim, ilgari ko‘rib yurgan odamni ancha vaqtdan keyin yana ko‘rib, tanigan kabidir».

Ali (ibn Abu Tolib) rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘ltirgan erdik. Ul zot qo‘llaridagi cho‘p birlan yerni chizayotib: «Oralaringizda xoh jannat bo‘lsin, xoh do‘zax bo‘lsin, boradirgan joyi azaldan yozib qo‘yilmagan birorta ham odam yo‘qdir! — dedilar. Shunda qavm a’zolaridan biri: «Unday ersa, tavakkal qilib yuraveraylikda!» —dedi. Janob Rasululloh: Yo‘q, unday ermas. (islom arkonlariga) amal qilinglar, barchasi muyassar bo‘lg‘ay!» — deb, «Fa man a’to vattaqo...» («Kimdakim xayr-ehson qilib, Olloh taolodam qo‘rqsa...) degan oyatni o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:36:15
4-bob. Amallar natijasiga qarab baholanadir

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybar jangida qatnashdik. Janob Rasululloh o‘zini musulmpn deb da’vo qilib yurgan bir odamni ko‘rsatib, bu — do‘zax ahlidandur» — dedilar. So‘ng, jang boshlangach, o‘shal odam jon-jahdi birlan jang qilib, ko‘p joyidan jarohatlandi. Janob Rasulullohning sahobalaridan biri kelib: «Yo Rasulalloh, o‘zingiz do‘zax ahlidan deb aytgan odamning Olloh taolo yo‘lida qattiq jang qilib, ko‘p joyidan yaralanganini ko‘rdingizmi?!» — dedi. Janob Rasululloh: «Baribir u do‘zax ahlidandur!» — dedilar. Shunda ba’zi musulmonlarning ul zotning bu gaplariga shubha bildirishlariga oz qoldi. Shu asnoda boyagi odam tanasidagi jarohatlar og‘rig‘iga chidamay, o‘qdonidan bir o‘q olib, o‘zini o‘ldirdi. Buni ko‘rgan musulmonlar Janob Rasulullohning huzurlariga yugurib kelib: «Yo Rasulalloh. Olloh taolo ganingizni rostga chiqardi, falonchi o‘zini o‘zi o‘ldirdi!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Yo Bilol, turg‘il, jannatga faqat mo‘minlar kirmog‘ini aytib jar solg‘il, Olloh taolo islom dinini fojir (yaramas, osiy) odam vositasi birlan ham qo‘llab-quvvatlag‘aydur!» — dedilar».

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari birlan birga g‘azotga chiqqan eng badavlat musulmonlardan biriga bir nazar tashlab qo‘ydilarda: «Kimdakim do‘zax ahliga mansub odamni ko‘rmoq orzusida ersa, mana shu odamga qarasin!» — dedilar. Qavm a’zolaridan biri mushriklarning ashaddiy dushmani bo‘lmish boyagi odamni jang vaqtida kuzatib turdi. Ul (azbaroi jon-jahd birlan jang qilganidan) ko‘p joyidan jarohatlangach, (og‘riqqa chiday olmay) qilichi uchini zarb birlan o‘z ko‘kragiga sanchib erdi, ikki kuragi o‘rtasidan teshib chiqdi. Ul bu birlan o‘z ajalini tezlashtirib, (Olloh taolodin ilgari o‘zi o‘z jonini oldi). Uni kuzatib turgan mazkur odam Nabiy sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga yugurib kelib: «Sizning Olloh taoloning rasuli erkanligingizga guvohlik berg‘aymen! (ya’ni, sizning aytganingiz to‘g‘ri bo‘lib chiqdi)» — dedi. Janob Rasululloh: «Ne voqea sodir bo‘ldi.» — dedilar. Ul: «Siz boya: «Kimdakim do‘zax ahliga mansub odamni ko‘rmoq orzusida ersa, mana shu odamga qarasin!» — deb erdingiz, ul oramizda eng badavlat musulmonlardan bo‘lib, hech qachon muhtojlikdan o‘lmasligini bilar erdim. Jarohatlangach, o‘z ajalini tezlashtirib, o‘zini o‘zi o‘ldirdi»,— dedi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Bir banda jannat ahliga mansub ishlarni qilib yurib, piravardida do‘zax ahliga mansub ishni qilib qo‘ygay va bir banda do‘zax ahliga mansub ishni qilib yurib, piravardida jannat ahliga mansub ishni qilib qo‘ygay. Darhaqiqat, amallar xotimasiga ko‘ra baholangaydur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:36:38
5-bob. Banda nazrga ermas, taqdirga ishonmog‘i lozim!

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nazr qilmoqdan qaytarib: «Nazr berib taqdirdan qutilib bo‘lmag‘aydir, buning birlan faqat baxil odamdan biror narsa undirib oling‘aydir!»—dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi sallam: «Nazr Odam bolasiga hech qanday manfaat bermag‘aydur, uning peshonasiga yozilganini o‘zgartira olmag‘aydur, lekin azaldin taqdir qiling‘on narsalarni taqdirning o‘zigina unga nasib aylag‘aydir, xolos!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:37:12
6-bob. Lo havla va lo quvvata illo billoh! (Ollohdan o‘zga kuch-qudrat yo‘qdir!)

Abu Muso (al-Ash’ariy) rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bir g‘azotda bo‘lganimizda, biror tepalikka chiqsak yokim biror vodiyga tushsak bor ovozimizni qo‘yib takbir aytar erdik. Shunda Janob Rasululloh oldimizga kelib: «Ey odamlar, o‘zingizga achinsangizlarchi, axir sizlar biror kar yokim bu yerda nomavjud bo‘lgan shaxsga ermas, balkim doimo eshitib va ko‘rib turg‘uvchi zotga iltijo qilmoqdasizlar-ku!» — dedilar. So‘ng, yana: «Ey Abdulloh ibn Qays, senga jannat xazinalaridan bo‘lmish bir so‘zni o‘rgataymi, ul — «Lo havla va lo quvvata illo billoh»dur!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:37:36
7-bob. Olloh taoloning o‘zi gunohdan asragan bandasigina gunohkor bo‘lmag‘aydur!

Mujohid: «Haq yo‘ldan ozib, bora-bora zalolat botqog‘iga botib ketg‘aydurlar»,— deydilar.

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi bir xalifa bo‘lmasin, uning ikki nafsi bo‘lib, biri yaxshilik qilmoqni buyurib, yaxshilikka undasa, ikkinchisi — yomonlik qilmoqni buyurib, yomonlikka undag‘aydir. Olloh taoloning o‘zi gunohdan asragan bandasigina gunoh ishlarg‘a qo‘l urmag‘aydir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:38:06
8-bob

Olloh taoloning qavli («Al-Anbiyo» surasi): «Va haromun alo qaryatin ahlaknoho annahum lo yarji’uuna». Oyatning mazmuni: Qaysi bir qavmni halokatga duchor qilgan ersak ul qavm xargiz o‘z kufru isyonidan voz kechib va tavba qilib Olloh taolo tarafiga qaytg‘uvchi emasdurlar».

Olloh taoloning qavli («Hud» surasi): «Annahu lan yu’mina min qavmika illo man qad omana». Oyatniig mazmuni: «Endi qavmingning bungacha iymon keltirganlaridan o‘zgalari iymon keltirmaslar».

Olloh taoloning qavli («Nuh» surasi): «Va lo yaliduu illo fojiran kafforan». Oyatning mazmuni: «Va alar qabihu din buzg‘unchilaridan o‘zgalarni dunyoga keltirmaslar».
 
Ibn Abbos rivoyat qiladilar «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning quyidagi hadislarida aytilgan noxush gapdan ko‘ra noxushroq gapni bilmayman: «Olloh taolo Odam bolasi peshonasiga zino qilmoqni azaldin taqdir qilg‘ondur, ul bundan qochib qutila olmag‘aydur, Ko‘zning zinosi — (o‘zga ayolga) qaramoqdur, tilning zinosi ersa, (o‘zga ayolni orzulab) gapirmoqdur. (Erkaklar) nafsi tamanno qilib, shahvoniy rag‘bat bildiraveradi, ammo buni ro‘yobga chiqaruvchi ham, borbod qiluvchi ham ayollar asaldonidur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:38:35
9-bob.

Olloh taoloning qavli («Baniy Isroil» surasi): «Va mo ja’alnor-ru’yol-latiy araynoka illo fitnatan lin-nosi». Oyatning mazmuni: «Biz senga (me’roj kechasi) namoyon qilgon ro‘‘yoni odamlar uchun bir imtihon tariqasidagina ko‘rsatib erdik».

Ibn Abbos raziyallohu anhu yuqoridagi oyatni «Olloh taolo bu ro‘‘yoni Janob Rasulullohga Bayt ul-Muqaddasga isro’ (tungi sayohat) qildirilgan kechalari namoyon qilg‘on erdi»,— dedilar. «Qur’onda (mevasini yeganlar) la’natlangan daraxtchi?»—deyishdi. «Ul — Zaqqum daraxtidur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:38:51
10-bob. Odam va Musoning Olloh taolo dargohida o‘zaro tortishib qolganlari haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Odam alayhissalom birlan Muso alayhissalom o‘zaro tortishib qolishdi. Muso alayhissalom Odam alayhissalomga: «Ey Odam, sen otamiz bo‘la turib, bizning barcha umidlarimizni barbod qilding, bizning jannatdan quvulmog‘imizga sabab bo‘lding!» — de ta’na qildilar. Odam alayhissalom Muso alayhissalomga: «Ey Muso, Olloh taolo seni o‘ziga suhbatdosh qilib tanladi va senga o‘z qudrat qo‘li ila (Tavrot lavhlarini) yozib berdi, endi sen menga Olloh taolo meni yaratmasidan kirq yil burun taqdir qilg‘on ishni aytib ta’na qilurmisen!—dedilar. Odam alayhissalom uch bor shunday deb Muso alayhissalomga tanbih berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:39:04
11-bob. Olloh taolo ato etmoqni istagan narsaga kim mone’lik qila olmag‘aydur!

Varrod — Mug‘iyra ibn Shu’baning ozod qilingan qullari rivoyat qiladilar: «Muoviya Mug‘iyraga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning namozdan so‘ng o‘qigan duolaridan eshitganlaringni menga yozib yuborg‘il!» — deb maktub yo‘lladi. Mug‘iyra menga aytib turib quyidagicha javob xat yozdirdilar «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning namozdan so‘ng: «Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu, Ollohumma lo moni’a limo a’tayta va lo mu’tiya limo mana’ta va lo yanfa’u zol-jaddi minkal-jaddu»—deb duo o‘qiganlarini eshitganmen».

Ibn Jurayj bunday deydilar: «Yuqoridagi hadisni menga Varrod aytib bergan erdi. Keyin, Muoviyaning huzuriga borganimda uning odamlarga mazkur duoni o‘qimoqni buyurayotganini eshitdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:39:16
12-bob. Kulfatlardan, taqdir qabohatlaridan panoh tilab Olloh taologa iltijo qilmoq haqida

Olloh taoloning qavli («Al-falaq» surasi): «Kul a’uuzu birabbil falaqi min sharri mo xalaqa va min sharri g‘osiqin izo vaqaba va min sharrin-naffosoti filuqadi va min sharri hosidin izo hasada». Suraning mazmuni: «Men o‘zimni subh parvardigori bo‘lmish Olloh taoloning panohiga olgaymenkim, ul o‘zi yaratgan barcha narsalar yomonligidan, tun zim-ziyo bo‘lganda sodir bo‘ladirgan yomonlikdan, narsalarga dam solib, issiq-sovuq qiladirgan xotinlar yomonligidan va hasadchining hasad qilg‘ondagi yomonligidan meni asrasin!» degil!»

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Balolardan, qora kunlardan, taqdir qabohatlaridan va dushmanlarning hasadidan o‘zingizga panoh tilab Olloh taologa iltijo qilingizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:39:32
13-bob. Kishi birlan uning qalbi o‘rtasida mone’lik qilg‘ay!

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ko‘pincha: «Yo‘q, qalblarni o‘zgartiruvchi haqi!» — deb qasamyod qilar erdilar». Shn Umar raziyallou anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ibn Sayyodga: «Senga ko‘nglimdagi bir gapni aytayinmi?» — dedilar. Ul: «Dux (tutun so‘zining dastlabki bo‘g‘ini)» — dedi. Janob Rasululloh: «Ovozingni o‘chirg‘il, haddingdan oshmag‘il!»—dedilar. Hazrat Umar: «Uni menga qo‘yib beringiz, buynini chopib tashlayin! — dedilar. Janob Rasululloh: «Qo‘y, tegmag‘il, agar ul (Dajjol ersa), unga kuching yetmag‘aydir, basharti (Dajjol) ermasa, uning o‘limidan senga ne manfaat?!» — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:39:45
14-bob.

Olloh taoloning qavli («At-tavba» surasi): «Qul lan yusiybano illo mo kataballohu!». Oyatning mazmuni: «Olloh taolo taqdir aylagan narsagina bizga nasib bo‘lg‘aydur!».

Yahyo ibn Ya’mur rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan o‘lat (vabo) haqida so‘radilar. Shunda ul zot: «Vabo Olloh taolo istagan bandasiga yuboradigan azob erdi. Endilikda Olloh taolo uni mo‘‘min bandalarga o‘zining bir rahmati sifatida yuboradirgan bo‘ldi. Biror bandaga vabo tekkan ersa-yu, ul Olloh taolo peshonasiga yozganidan o‘zgasi bo‘lmasligiga ishonib o‘z shahrida sabr qilib qolsa, albatta unga Olloh yo‘lida jang qilib shahid bo‘lgan bandaga tegadirgan savob tekkaydur» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Aprel 2009, 15:40:00
15-bob

«Agar Olloh bizni yo‘lga solmaganda erdi...» («Al-A’rof» surasi), to‘g‘ri yo‘lni topmagan bo‘lur erdik «Agar Olloh meni hidoyat qilsa erdi, albatta taqvodorlardan bo‘lur erdim» («Az-Zumar» surasi).

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Xandaq jangi kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning biz birlan birga tufroq tashiyotib quyidagi she’rni aytganlarining shohidi bo‘ldim:
«Xudo haqqi, xudovandim qilmaganda hidoyatlar,
Ado etmas edik bizlar ro‘za birla ibodatlar!
Esonlikni ato etg‘il, mudom bizga xudovandim,
Ro‘baro‘ kelganda dushman bizga bahsh et matonatlar!
Tajovuzla chiqib bizga urush qildi necha mushrik,
Agar fitna tilar, urdik yetkazib biz jarohatlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:20:15
Bismillohir rahmonir rahiymi

QASAMLAR VA NAZRLAR KITOBI


Olloh taoloning qavli («Al-Moida» surasi): «Lo yuoxizukumullohu billag‘vi fi aymonikum valokin yuoxizukum bimo aqqadtumul-aymona, fa-kafforatuh it’omu asharati masokiyna min avsati mo tut’imuuna ahliykum avkisvatuhum av tahriyru rakabatin, fa man lam yajid, fasiyomu salosati ayyomin, zolika kafforatu ammonikum izo halaftum, vahfazuu aymonakum, kazolika yus «shinullohu lakum oyotihi la’allakum tashkuruuna». Oyatning mazmuni: «Olloh taolo sizlarni beixtiyor og‘zingizdan chiqib ketgan qasamlaringiz uchun jazolamagaydur, ammo ul astoydil aytgan qasamingiz uchun sizlarni jazolag‘aydur. (Astoydil aytgan) qasamingiz evaziga beradigan kafforatingiz shulkim, o‘nta muhtojni o‘z bola-chaqangizga yediradirgan o‘rtamiyona taom birlan to‘yg‘azg‘aysiz yokim ularni kiyintirg‘aysiz yohud bir qul yo cho‘rini ozod qilg‘aysiz. Kimniki bular qo‘lidan kelmasa, uch kun ro‘za tutmog‘i lozimdur. Bu sizga har qachon qasam ichsangiz, kafforat bo‘lg‘aydir. Qasam ichmoqdan o‘zingizni tiyingiz! Olloh shukr qilg‘aysiz deb shul tariqa sizlarga o‘z hukmlarini bayon qilur».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Abu Bakr, Olloh taolo qasam kafforati haqida o‘z oyati karimasini nozil qilgunga qadar, ichgan qasamlarini sira buzmas erdilar va ul oyat nozil bo‘lganda: «Men qasam ustiga qasamyod qilmag‘aymen, undan boshqa qasamni afzalroq ko‘rsam, (ilgari ichgan) qasamimga kafforat berg‘aymenda, o‘shal afzalroq qasam birla qasamyod qilg‘aymen»,— dedilar».

Abdurrahmon ibn Sumra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ey Abdurrahmon ibn Sumra, amirlikni talab qilmagil, gar talabingga muvofiq bu mansabga qo‘yilgaysen, unga suyang‘aysen (undan foydalang‘aysen) va gar talab qilmay (o‘z layoqating yirla) erishg‘aysen, unga madadkor bo‘lg‘aysen. Basharti, qasamyod qilg‘on ersang-u, undan boshqa qasamni afzalroq ko‘rsang (ilgari ichgan) qasamingga kafforat berib, o‘shal afzalroq qasam birla qasamyod qilg‘il!».

Abu Burda otalaridan naql qiladilar: «Men bir guruh ash’ariylar birlan birga Rasululloh salallohu alayhi va sallamning xuzurlariga kelib, minib va yuk ortib ketmog‘imiz uchun ulov so‘radim. Ul zot: «Olloh taolo haqi, menda sizlarga yaroqli birorta ham ulov yo‘qdur!»— dedilar. Shunda biz (nima qilarimizni bilmay) Olloh taolo iroda qilgancha vaqt turib qoldik. So‘ng, uchta katta tuyani yetaklab kelishib, bizni mindirib, yuklarimizni ortib qo‘yishdi. Yo‘lga tushganimizdan so‘ng, o‘zaro: «Olloh taolo haqi, yaxshi ish bo‘lmadi! Biz Janob Rasulullohning qoshlarig‘a ulov so‘rab borib erdik ul zot avval bizga yaroqli ulov yo‘q deb, so‘ng ulov topdirib berdilar. Kelinglar, ortimizga qaytaylikda, Janob Rasulullohga bu haqda qaytaylik!» — dedik-da, orqamizga qaytib, ul zotning oldilariga bordik. Janob Rasululloh: «Sizlarga ulovni men berganim yo‘q. Olloh taolo berdi. Olloh taolo haqi, inshoolloh men qasamim ustiga qasam ichmag‘aymen, biror qasamni afzalroq ko‘rsam, ilgarigi qasamimga kafforat borib, so‘ng o‘shal afzalroq qasam birla qasamyod qilg‘aymen!» — dedilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biz (bu dunyoda) oxirgilarmiz, qiyomatda ersa birinchilarmiz!» — dedilar. Janob Rasululloh yana: «Olloh taolo haqi, birortangiz xotiningizga yotmaymen deb qasam ichgach, kafforat bermay turib qasamingizni buzsangiz, buning uchun siz Olloh taolo dargohida Olloh taolo kafforat bermoqni farz qilgan qasamki ichib, gunohkor bo‘lgandin ham og‘irroq gunohkor bo‘lg‘aysiz!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kimki ayoliga yotmaymen deb qasam ichgach, kafforat bermay turib qasamini buzsa, kafforattalab qasam ichib gunohkor bo‘lgandan ham ortiqroq gunohkor bo‘lg‘aydur! — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:20:45
1-bob. Nabiy sallallohu alyhi va sallamning «Olloh taolo haqi!» deganlari haqida

Abdulloh ibn Dinor Hazrat Umardan naql qiladilar, ul kishi bunday deb aytgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi na sallam bir guruh odamlarni (bir yumush birlan) jo‘natar zrkanlar, ularga Usoma ibn Zaydni boshliq qilib tayinladilar. Ba’zi bir odamlar uning boshliq qilinganiga norozilik bildirdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va vallam o‘rinlaridan turib: «Gar uning boshliq bo‘lganiga e’tiroz bildirursiz, demak bundan ilgari uning otasi boshliq bo‘lganiga ham e’tiroz bildirursiz. Olloh taolo haqi, gar ul boshliq qilinmoqqa munosib ko‘rilgan erkan, demak ul mening uchun eng mahbub kishidur va bundan keymn ham shunday bo‘lib qolgaydur!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:22:44
2-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam qanday qasamyod qilur erdilar?

Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi!» — dedilar».

Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Abu Bakr Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida: «Lo ollohi! (Vu bo‘lmag‘urdur!)» — dedilar. «Vallohi!», «Billohi!»,  «Tallohi!» (Xudo haqi!) deb ham qasam ichiladi».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo‘q, qalblarni o‘zgartiruvchi haqi!»—deb qasam ichar erdilar».   

Jobir ibn Sumra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Qaysar halok bo‘lsa, undan keyin Qaysar bo‘lmagaydir, agar Kisro halok bo‘lsa, undan keyin Kisro bo‘lmagaydir. Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, ularning boyliklari Olloh taolo yo‘lida sarf qilingaydir!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Kisro halok bo‘lsa, undan keyin Kisro bo‘lmag‘aydir, agar Qaysar halok bo‘lsa, undan keyin Qaysar bo‘lmag‘aydir. Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, ularning boyliklari Olloh taolo yo‘lida sarf qiling‘aydir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:23:09
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Muhammad ummati, Olloh taolo haqi, agar sizlar men bilgan narsalarni bilganingizda erdi, ko‘proq yig‘lab, hamrok kulgan bo‘lur erdingizlar!» — dedilar».

Abdulloh ibn Hishom rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik ul zot Hazrat Umarning qo‘llarini ushladilar. Shunda Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, siz mening uchun jonimdan bo‘lak hamma narsadan ham mahbubroqsiz!" — dedilar. Janob Rasululloh: «Yo‘q, jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqqi, toki men sening uchun joningdan ortiqroq mahbub bo‘lmas erkanman (iymoni komil bo‘lmag‘aysen)!» — dedilar. Shundan so‘ng, Hazrat Umar: «Darhaqiqat, hozir, Olloh taolo haqi, siz mening uchun jonimdan ham mahbubroqsiz!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Mana endi, yo Umar (iymoning komil bo‘ldi)!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Ikki odam o‘zlari xusumatlashib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xuzurlariga keldi. Ulardan biri: «Yo Rasulalloh, Olloh taoloning Kitobi bo‘yicha bizga hukm chiqaringiz!» —dedi. Ikkinchisi ersa, faqihroq bo‘lib: «Ha, shunday, yo Rasulalloh, bizga Olloh taoloning Kitobi bo‘yicha xukm chiqarsangiz hamda menga so‘zlamog‘imga ijozat bersangiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «So‘zlagil!» — dedilar. Ul: «Mening o‘g‘lim bunga asiflik qilib ko‘ydi (Molik: «Asif — bu da’vogarning xotini birlan o‘ynashib qo‘ygan shaxsdir,— deydilar). Menga: «O’g‘ling toshbo‘ron qilinishi lozim!» — deb aytishdi, yuz qo‘y va bir kanizak berib, o‘g‘limni qutqarib oldim. So‘ng, men ilm ahlidan so‘rab ko‘rdim, ular: «O’g‘ling yuz darra urilib, bir yilga badarg‘a qilinmogi, da’vogarning xotini ersa toshbo‘ron qilinmog‘i lozim erdi»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, Olloh taoloning Kitobi bo‘yicha sizlarga hukm chiqarg‘aymen! Qo‘ylaring birlan kanizaging o‘zingga qaytarib berilg‘ay»,— dedilar. Keyin, uning o‘g‘liga yuz darra urib, bir yilga badarg‘a qilishdi. Unays al-Aslamiyga da’vogarning xotinini olib kelmoqni buyurib, agar ul bo‘yniga olsa, toshbo‘ron qilinmog‘ini aytdilar, xotin tan olib erdi, toshbo‘ron qilindi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:23:27
Abdurrahmon ibn Abu Bakr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar «Ko‘rdingizmi, Aslam, G’ifor, Muzayna va Juhayna qabilalari Tamim, Omir ibn Sa’sa’a, G’atafon qabilalaridan yaxshiroq bo‘lsa, umidsizlanib mag‘lub bo‘larmi erdi?» — dedilar». Sahobalar: «Ha, shundoq!»—deyishdi. Janob Rasululloh: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, bular ulardan yaxshiroqdir!» — dedilar».

Abu Humayd as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kishini zakot yig‘uvchi qilib tayinladilar, ul o‘z ishini ado etib keldida: «Yo Rasulalloh, bu — sizga, mana bu ersa, menga hadya qilindi»,—dedi. Janob Rasululloh: «Ota-onangning uyida o‘ltirib, o‘zingga hadya olib kelmoqlarini kutsang bo‘lmasmi erdi?!» — dedilar. So‘ng, kechqurun turib namozdan keyin tashahhud qildilar, Olloh taologa munosib hamdu sanolar aytdilar. Keyin, «Andin so‘ng ersa» (ammo ba’d) degach «Biz biror kishini zakot yig‘uvchi qilib ta’yin etsak nechun ul qoshimizga kelib: «Bu — sizga, mana bu ersa, menga hadya qilindi»,— deydi?! Ul, yaxshisi, ota-onasining uyida o‘ziga qadya keltiradirlarmi, yo‘qmi, kutib o‘ltirsa, bo‘lmasmi erdi?! Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, gar birortangiz (o‘zgalar haqiga) xiyonat qilur bo‘lsangiz, o‘shal nohaq olgan narsangizni qiyomat kuni yelkangizda ko‘tarib kelg‘aysiz. Basharti, ul tuya ersa o‘kirib, sigir ersa bo‘kirib. qo‘y ersa ma’rab turg‘aydir. Men sizlarni ogohlantirdim!»—deb aytdilarda, qo‘llarini baland ko‘tardilar. Shunda qo‘ltiqlarining oqligiga nazarim tushdi. Janob Rasulullohning yuqorida aytgan gaplarini men birlan birga Zayd ibn Sobit ham eshitgan erdi, undan so‘rab ko‘rsangiz bo‘lg‘aydir».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Abulqosim sallallohu alayhi va sallam: «Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zot haqi, gar sizlar men bilgan narsalarni bilg‘aysiz, ko‘proq yig‘lab, hamroq qulg‘aysiz!» — dedilar».

Abu Zarr rivoyat qiladilar: "Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Ka’baning soyasida o‘ltirgan erdilar, qoshlariga bordim. Shunda ul zot «Ka’ba rabbi haqi, ular zavol topg‘aydurlar, Ka’ba rabbi haqi, ular zavol topg‘aydurlar!» — dedilar. Men: «Bu gapni mendagi biror kamchilikni nazarda tutib aytmayaptilarmikan?» — degan xayolga bordim. So‘ng, yonlariga borib o‘ltirdimda, ko‘nglim g‘ash bo‘lib ketaverganidan, sabr qilolmay: «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, ular kimlardur?!» — dedim. Janob Rasululloh: «Ular molu dunyosi ko‘p bo‘lgan odamlardur, ammo boyligini chor tarafga ehson qilib sochganlar, bundan mustasnodurlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:23:53
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sulaymon (ibn Dovud) alayhissalom: «Men bul kecha to‘qsonta ayol birlan muloqot qilg‘aymen, ularning har biri bittadan chavandoz tug‘ib berg‘ay, ular Olloh taolo yo‘lida jihod qilg‘aylar!» — dedilar. Yonlarida turganlar: «InshoOlloh!» — deyishdi, o‘zlari ersalar: «InshoOlloh!»—demadilar. O’sha kecha Sulaymon alayhissalom ayollarning barchasi birlan muloqot qilgan bo‘lsalarda, ularning bittasigina homilador bo‘ldi, u ham bo‘lsa, maymoq bola tug‘ib berdi. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zot haqi, agar Sulaymon alayhissalom: «InshoOlloh!» — deganlarida erdi, to‘qsonta chavondozning barchasi Olloh taolo yo‘lida jihod qilgan bo‘lur erdi!».

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir kiyimlik ipak mato hadya qilindi. Odamlar uni qo‘llariga olib ko‘rib, go‘zalligi va nafisligidan ko‘p taajjub qilishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Sizlarga yoqdimi?» — dedilar. Ular: «Ha, shundoq!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, Sa’dning jannatdagi dastro‘moli bundan yaxshiroqdur!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Hind binti Utba ibn Rabiy’a: «Yo Rasulalloh, ilgarilari men yer yuzidagi chodirlarda yashovchilarning turmushi sizning chodiringizda hayot kechiruvchilarning turmushidan yomonroq bo‘lmog‘ini istamas erdim. Endi, bugun ersa yer yuzidagi chodirlarda yashovchilarning turmushi sizning chodiringizda hayot kechiruvchilarning turmushidan yaxshiroq bo‘lmog‘ini xohlamagaymen!» — dedi. Janob Rasululloh: «Yana ham!» — dedilar (ya’ni, Iymon qalbingizga mustahkam o‘rnashib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ul zotning sahobalariga muhabbatingiz ortsa, bundan ham ziyoda bo‘lg‘aysiz!). Hind: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyon mumsik odamdir, agar men uning molidan bolalarimga sarf qilsam, bo‘lgaymidur?» — dedi. Janob Rasululloh: «Yo‘q, aslo, o‘zi xayr-ehson qilmasa, senga halol bo‘lmag‘aydur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:24:13
Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam teridan qilingan yamaniy yostiqqa suyandilarda, sahobalariga qarab: «Siz o‘zingizning jannat ahlining to‘rtdan biri bo‘lmog‘ingizni istag‘aymisiz?» — dedilar. Sahobalar: «Ha, albatta!» —deyishdi. Janob Rasululloh: «Siz o‘zingizning jannat ahlining uchdan biri bo‘lmog‘ingizni istagaymisiz?» — dedilar. Sahobalar: «Ha, albatta!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zot haqi, men sizlarning jannat ahlining qoq yarmini tashukil qilmog‘ingizdan umidvormen!» — dedilar».

Abu Sa’id rivoyat qiladilar: «Bir odam boshqa bir odamning «Qul huvallohu ahad»ni o‘qib takror qilayotganini eshitib, tongda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xuzurlariga keldida, bu haqda mensimay gap qotdi. Shunda Janob Rasululloh: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, (bu sura) Qur’onning uchdan biriga barobardir!» — dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ruku’ va sajdalarni maromiga yetkazib ado etingizlar, jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, men sizlarning qanday ruku’ va sajda qilayotganingizni teskari qarab turib ham bilib turg‘aymen!»— dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat tiladilar: «Bir ansoriya ayol bolalarini yetaklab Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi. Janob Rasululloh ularga: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, sizlar mening uchun eng mahbubsizlar!» — deb uch bor takrorladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:24:36
3-bob. Otalaringiz nomini o‘rtaga qo‘yib qasam ichmangiz!

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam otalarining nomini o‘rtaga qo‘yib qasam ichayotgan bir jamoa o‘rtasida ketayotgan Hazrat Umar ibn al-Xattobga yetib oldilarda: «Olloh taolo otalaringiz nomini o‘rtaga qo‘yib qasam ichmoqni sizlarga man’ qilgan ermasmi erdi?! Kimki qasamyod qilmoq niyatida erkan, Olloh taolo nomini atab qasamyod qilsin, yokim yaxshisi, jim bo‘lsin!» — dedilar».

Ibn Umar Hazrat Umardan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo sizlarga otalaringiz ismi birla qasam ichmog‘ingizni man’ qilgandur!» — deb erdilar. Hazrat Umar: «Olloh taolo haqi, ushbuni Janob Rasulullohdan eshitganimdan buyon, aytganlari xoh esimda bo‘lsin, xoh bo‘lmasin, biror marta ham otamning nomlarini atab qasam ichmadim!» —dedilar».

Abdulloh ibn Dinor Abdulloh ibn Umardan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Otalaringiz nomini atab qasam ichmangizlar!»—dedilar».

Zahdam rivoyat qiladilar: «Jarm qabilasidan bo‘lgan mahalla ahli birlan ash’ariylar o‘rtasida do‘stlik-birodarlik munosabatlari mavjud erdi. Biz Abu Muso al-Ash’ariy huzurida erkanligimizda tovuq go‘shtidan tayyorlangan taom keltirildi. Uning huzurida Baniy Taymulloh qabilasiga mansub qizg‘ish yuzli bir odam ham o‘ltirgan bo‘lib, chamasi ozod qilingan qullardan erdi. Abu Muso uni taomga taklif qildi. Shunda boyagi odamning taom yeyishini ko‘rib, ta’bim tirriq bo‘ldi, undan jirkanganimdan: «Taom yemag‘aymen!» — deb ont ichdim. Abu Muso menga: «Turg‘il, beri kelg‘il, men senga (qasam ichmoq xususidagi) bir hadisni rivoyat qilib berayin!» — dedida, quyidagi hadisni ayta ketdi: «Bir kuni men va bir guruh ash’ariylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib, ulov so‘radik. Janob Rasululloh: «Olloh haqi, menda sizlar uchun yaroqli ulov yo‘qdir!» — dedilar. Shu asnoda Janob Rasulullohning huzurlariga o‘lja olingan tuyalarni yetaklab kelib qolishdi. Janob Rasululloh «Ash’ariylar qaerdadur?» — dedilar. So‘ng, betiga oq o‘rkachli tuyani bizga bermoqni amr qildilar. Biz yo‘lga tushganimizdan keyin: «Bu nima qilganimiz?! Axir, Janob Rasululloh avval bizga ulov yo‘qligini aytib qasam ichib, so‘ng bizni tuyalarga mindirib yubordilar-ku! Bizni deb Janob Rasululloh qasam ichganlarini unutib qo‘ydilar, endi sira ham omadimiz yurishmag‘ay!» — dedikda, ortimizga qaytdik. Janob Rasulullohga: «Biz sizdan ulov so‘rab erdik ulov yo‘qligini aytib qasam ichdingiz, (endi ne bo‘lg‘aydir?)» — dedik. Janob Rasululloh: «Ulovni sizga men berganim yo‘q, Olloh taolo ato etdi. Olloh taolo haqi, men tokim avvalgi qasamimni kafforatini berib halollab olmagunimcha, biror boshqa qasamni afzal ko‘rsam, qasam ustiga qasam ichmag‘aymen!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:25:25
4-bob. Lot, uzzo va shayton nomini atab qasam ichilmag‘ay!

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki (bilmay) lot va uzzo (ma’budalar nomi)ni atab qasam ichg‘aydir, (darxol) «La iloha illalloh» demog‘i lozim bo‘lg‘aydir va kimki birovga: «Kelg‘il, bir qimor o‘ynaylik!» — degaydir, sadaqa qilib yubormog‘i darkor bo‘lg‘aydir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:25:47
5-bob. Qasam ichmog‘i lozim bo‘lmasa ham qasam ichgan shaxs xususida

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (muhr ko‘zli) oltin uzuk yasatib, ko‘zini kaftlariga qaratib taqib yurdilar, odamlar ham shunday qilishdi. Shundan so‘ng, ul zot minbarga chiqib uzuklarini barmoqlaridan chiqarib oldilarda: «Men bu uzukning ko‘zini kaftimga qaratib taqib yurgan erdim» — deb otib yubordilar. Keyin: «Olloh taolo haqi, endi men sira ham uni taqmag‘aymen!» — dedilar. Odamlar ham uzuklarini taqmay qo‘yishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:26:03
6-bob. Islomdan o‘zga dinni atab qasam ichmoq haqida

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimdakim lot va uzzoni (bilmay) tilga olib qasam ichg‘aydir, (darhol) «Lo iloha illallohu» deb kalima keltirmog‘i lozim bo‘lg‘aydir!» — dedilar, ammo buni kufrga yo‘ymadilar».

Sobit ibn az-3ahhok rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki islomdan o‘zga dinni tilga olib qasam ichg‘aydir, o‘sha o‘zi aytgan dinga mansub bo‘lib qolg‘aydir! Kimki o‘zini biror narsa birlan o‘ldirg‘aydir, unga o‘sha narsa birlan jahannamda azob berilg‘aydir! Mo‘min odamni la’natlamoq — uni o‘ldirmoq birlan barobardir! Kimki mo‘min odamni kofirlikda ayblab tuxmat qilg‘aydir, uni o‘ldirgan hisobida bo‘lg‘aydir!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:26:19
7-bob. «Ollohning xohlagani va sening xohlaganing (bo‘lgay!)» — deyilmag‘aydir «Men faqat Ollohning, so‘ngra sening madading birlangina maqsadimga erishg‘umdur!» —deyilg‘aymi?

Abu Hurayra quyidagi hadisni «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitganmen», — deydilar «Olloh taolo Banu Isroildan uch kishiga (dard yuborib, e’tiqodlarini) sinab ko‘rmoqni iroda qildi, so‘ng ularning oldiga bir farishtani jo‘natdi. Farishta moxovning qoshiga kelgach, moxov unga: «A’zoi badanim uvalanib ketdi, endi men faqat Ollohning, so‘ngra sening madading birlangina erishg‘umdir (darddan xalos bo‘lg‘umdur)! — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:26:37
8-bob.

Olloh taoloning qavli: «Bor iymoningiz birlan Ollohga qasam ichingizlar!»

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Abu Bakr: «Olloh taolo haqi, yo Rasulalloh, tushni ta’bir qilishda yo‘l qo‘ygan xatoimni menga tushuntirib beringiz!» — dedilar. Janob rasululloh: Qasam ichmag‘il!» — dedilar».

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga qasamga vafo qilmoqni amr qildilar».

Abu Usmon Usoma ibn Zayddan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlari, ul zotning huzurlarida Usoma ibn Zayd, Sa’d va Ubay mavjud erdi, chopar yuborib, o‘g‘ilchasining vaqti-soati bitay deb qolganligini xabar qildi. Janob Rasululloh bunga javoban salom aytib: "Farzand beradirgan ham Olloh, uni qaytib oladirgan ham Olloh. Ollohning dargohida barcha bandalarning umri aniq belgilab qo‘yilgandir. O’ziga Ollohdan sabru qanoat tilab, uning irodasiga bo‘yinsunsin!» — deb aytib yubordilar. Qizlari (rost aytayotganiga) qasam ichib, choparni ortiga qaytardi. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh o‘rinlaridan turdilar, ul kishi birlan birga biz ham turdik. Yetib borgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bolani uzatib erdilar, uni olib bag‘irlariga bosdilar, bola o‘xtin-o‘xtin nafas olar erdi. Buni ko‘rib Janob Rasulullohning ikki muborak ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi. Shunda Sa’d: «Yo Rasulalloh, bu ne qilg‘oningiz?!» — dedi. Janob Rasululloh: «Bu ko‘z yoshi — Olloh taoloning bandalari qalbiga solgan rahmatidir! Olloh taolo rahmdil bandalariga raxm qilg‘aydir!» —dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: Qasamiga vafo qilg‘on musulmonning uch bolasi o‘lgan ersa, unga do‘zax otashi tegmag‘aydir!» — dedilar».

Horisa ibn Vahb rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannat ahlining qanday kishilar erkanin sizlarga aytayinmi? Barcha chor-nochor, zo‘r-bazo‘r turmush kechirg‘uvchi, Olloh taoloning nomini atab qasam ichsa, unga vafo qilg‘uvchi kishilar — jannat ahlidir! Do‘zax ahli ersa, barcha quruq, qo‘pol va kalon dimog‘ kishilardir!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:26:55
9-bob. Agar: «Olloh taoloning nomi birlan guvohlik berg‘aymen!» yokim «Olloh taoloning nomi birlan guvohlik berdim!» — desa...

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Eng yaxshi odamlar qaysidur?» — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Menga asrdosh bo‘lganlar, keyin ulardan keyingilar, so‘ngra ulardan keyingilar, undan keyin ersa avval guvohlik berib qo‘yib, so‘ng undan topib qasam ichadirgan hamda avval qasam ichib qo‘yib, so‘ng undan topib guvohlik beradirgan qavmlar dunyoga kelg‘aydir!» — dedilar. Ibrohim: «O’spirinlik vaqtimizda sahobalar bizni guvohlik hamda va’da berib qasam ichmoqdin qaytarar erdilar», — deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:27:10
10-bob. Olloh taologa ont ichmoq haqida

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bir musulmon odamning (yokim bir musulmon birodarining) molini o‘zlashtirib olmoq maqsadida yolg‘on qasam ichg‘aydir, Olloh taolo uni o‘z g‘azabiga giriftor qilg‘aydir!» — dedilar. Sulaymon: «Olloh taolo buning tasdiqi uchun: «Olloh taoloning nomini sotib ont ichg‘uvchilar...» — degan oyati karimasini nozil qilgan»,—dedilar. Ash’as ibn Qays o‘tib ketayotib: «Abdulloh sizlarga ne deyayotir?» — dedi. Odamlar o‘rtada bo‘lgan gapni aytishdi. Ash’as «Bu oyat men birlan o‘rtog‘im ikkimizga tegishli quduq haqida nozil bo‘lgan»,—dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:27:26
11-bob. Olloh taoloning izzati, sifatlari hamda qavllarini o‘rtaga qo‘yib qasam ichmoq xususida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «A’uuzu bi-izzatika!»—deb aytar erdilar. Abu Hurayra Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qiyomat haqidagi hadislarini eslab: «Bir odam jannat birlan do‘zax oralig‘ida turib qolg‘aydir, keyin ul: «Yo rabb, yuzimni jahannamdan o‘zga tarafg‘a qarattirib qo‘yg‘il, izzating haqi, sendan bundan bo‘lak tilak qilmagaymen!»—degaydir»,— dedilar. Abu Sa’id «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo: «Bu ham senga, undan o‘n barobar ko‘p mana bu narsalar ham senga!» — degaydir, — deganlar»,— dedi. Ayyub: «Izzating haqi, barakotingdan benasib qilmag‘il!» — degaydir»,— dedi».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Izzat sohibi bo‘lmish Olloh taolo barcha otashboplarni jahannamga tashlab bo‘lguniga qadar, jahannam: «Yana bormi, yana bormi?» — deyaverg‘aydir. So‘ng: «Izzating haqi, bo‘ldi-bo‘ldi, yetarli!» — deb yumilib qolg‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:27:48
12-bob. Olloh taoloning umri haqi!», ya’ni «Olloh taolining hamisha tirik va mavjudligi haqi!» deb qasam ichmoq haqida

Ibn Abbos: «Umring haqi — hayoting haqi, demakdir» — deydilar.

Ubaydulloh ibn Abdulloh Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari bo‘lmish Oisha onamizdan naql qiladilar: «Tuhmatchilar Oisha onamizni ig‘vo qilganlarida Olloh taoloning o‘zi oqladi. Shunda har kim turli gaplarni aytdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib Abdulloh ibn Ubayga: «Uzr aytg‘il!» — dedilar. Usayd ibn Huzayr o‘rnidan turib Sa’d ibn Ubodaga: «Olloh taoloning umri haqi, uni albatta o‘ldirg‘aymiz!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:28:04
13-bob.

Olloh taoloning qavli («Al-Baqara» surasi): «Lo yuoxizukumullohu billag‘vi fi aymonikum va lokin yuoxizukum bimo kasabat quluubukum va-llohu g‘afuurun haliymun!». Oyatniig mazmuni: «Olloh taolo sizlarni beixtiyor og‘zingizdan chiqib ketgan qasamlaringiz uchun jazolamag‘aydur, ammo ul sizlarni dillaringiz qasd qilg‘on qasam uchun jazolag‘aydur. Olloh taolo buyuk mag‘firat sohibi bo‘lmish bir bardoshli zotdir!»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Olloh taolo sizlarni beixtiyor og‘zingizdan chiqib ketgan qasamlaringiz uchun jazolamag‘aydur» degan oyat «Yo‘q, Olloh haqi!» va «Ha, Olloh haqi!» kabi qasamlar xususida nozil bo‘lg‘ondur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:28:25
14-bob. Bilmay qasamni buzib qo‘ysa...

«Bilmay qilg‘on ishingiz uchun gunohkor «Bilmay qilg‘on ishim uchun meni jazola. Olloh taolo: «bo‘lmag‘aysiz» va demagil! (deb aytingiz)»,— deydi.

Abu Hurayra Olloh taoloning yuqoridagi qavlini izohlab «(Nabiy sallallohu alayhi va sallam): «Olloh taolo ummatimni, ko‘ngli qilmoqni yokim aytmoqni vasvasa qilg‘on narsa uchun, gar uni qilmag‘on yoxud aytmag‘on ersa, mag‘firat qilg‘aydur!» — deganlar», — dedilar».

 Amr ibn al-Os rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbon hayiti kuni va’z qilib turg‘on erdilar, bir odam o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, men (bilmay) falon va falon narsalarni falon va falon narsalardan oldin qilmoq lozim deb hisoblar edim?!» — dedi. Yana bir odam turib: «Yo Rasulalloh, men (bilmay) falon va falon narsalarni anavi uch narsadan ilgari qilmoq kerak deb hisoblar erdim?!»— dedi. Shunda Janob Rasululloh: «(Qolgan haj amallarini) davom ettiraver, (Olloh taolo) seni gunohkor qilmag‘ay!» — dedilar. O’shal kun kim ne haqda so‘ramasin, Janob Rasululloh barchasiga: «(Qolgan haj amallarini) davom ettiraver, gunohi yo‘qdur!» — deb aytdilar».

Ibn Abbos rivolt qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Tosh otishdan oldin (bilmay) Ka’bani tavof qilib qo‘yibmen?» —dedi. Janob Rasululloh: «Gunohi yo‘qdur!» — dedilar. Yana bir odam: «Jonlig‘imni qurbon qilishdan ilgari (bilmay) soch oldirib qo‘yibmen?»—dedi. Janob Rasululloh: «Gunohi yo‘qdur!»—dedilar. Yana bir odam «Tosh otishdan oldin (bilmay) jonlig‘imni qurbon qilib ko‘yibmen?» — dedi. Janob Rasululloh unga ham: «Gunohi yo‘qdur!»—deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:28:44
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir odam namoz o‘qimoq uchun masjidga kirdi, Janob Rasululloh bir chekkada o‘ltirgan erdilar. Namoz o‘qib bo‘lgach, kelib salom berdi. Janob Rasululloh: «Qayta namoz o‘qig‘il, chunkim sen namoz o‘qimading!» — dedilar. Ul joyiga qaytib borib avvalgidek namoz o‘qidi, So‘ng, kelib, salom berdi. Janob Rasululloh yana: «Qaytg‘il, kayta boshdan namoz o‘qig‘il, chunki sen namoz o‘qimading!»—dedilar. Uch marta shunday qildilar. Ul kishi oxiri: «Menga o‘rgatingiz!?—dedi. Janob Rasululloh: «Gar namoz o‘qimoq niyatida ersang, avval yaxshilab tahorat olg‘il, so‘ng qiblaga yuzlanib takbir aytg‘il, so‘ng Qur’ondan o‘zingga bilmoq muyassar bo‘lg‘on oyatu suralarni o‘qig‘il, keyin shunday ruku’ qilg‘ilki, uning to‘la-to‘kisligiga amin bo‘lg‘il, so‘ng ruku’dan boshingni ko‘targ‘ilkim, qadding raso bo‘lsin, so‘ngra shunday sajda qilg‘ilkim, uning to‘la-to‘kisligiga amin bo‘lg‘il, keyin sajdadan boshingni ko‘tarib o‘tirg‘il, buning ham to‘la-to‘kisligiga amin bo‘lg‘il, so‘ng to‘la-to‘kisligiga amin bo‘ladirg‘on darajada sajda qilg‘il, so‘ngra qadding raso qilib qiyomg‘a turg‘il, namozingning kolganini ham xudi shundoq qilib o‘qig‘il!» —dedilar».      
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Uhud jangi) kuni mushriklar tor-mor bo‘lib mag‘lubiyatga uchragach, Iblis musulmonlarga qarata: «Ey Ollohning bandalari, ortingizda turganlardan ehtiyot bo‘lingizlar, ularni o‘ldiringizlar!» — deb qichqirdi (bu birlan ul musulmonlarni chalg‘itib, o‘zaro bir-birlarini o‘ldirishlarini xohladi). Shunda oldingi safda jang qilayotgan musulmonlar chalg‘ib qolganidan ortlaridagi o‘z birodarlariga qarshi jang qilishga kirishdi. Ibn Huzayfa o‘ziga kelib otasiga ko‘ai gushdi, shunda u: «Bu mening otam, bu mening otam, o‘ldirmangizlar!» — deb xitob qildi. Birok Olloh taolo haqi, uning otasiga qarshi jang qilayotganlarni to‘xtatib bo‘lmadi, ular uni o‘ldirib qo‘yishdi. Keyin, Huzayfa otasini o‘ldirib qo‘yganlarga: «Olloh taolo sizlarni kechirsin!» — dedi. Urva: «Olloh taolo haqi, Huzayfa bu xodisani o‘la-o‘lgunicha yuragidan chiqara olmadi!» — deydilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki ro‘za tutg‘aydiru, bilmay taom yeb qo‘ygaydir, ro‘zasini davom ettirg‘aydir, chunkim uni Olloh taolo yedirib-ichirgandir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:29:13
Abdulloh ibn Buhayna rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik qilib namoz o‘qidilar. Shunda dastlabki ikki rak’atdan so‘ng o‘ltirmay qiyomga turdilarda, namozni davom ettiraverdilar. Namozni tugatganlaridan keyin odamlar ikki yelkalariga salom bermoqlarini kutgan erdilar, biroq ul zot buning o‘rniga takbir aytib sajda qildilar. So‘ngra, boshlarini ko‘tarib yana takbir aytdilarda, sajda qildilar. Shundan keyingina boshlarini ko‘tarib ikki yelkalariga salom berdilar».

Ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin namoziga imomlik qilayotib, uning rak’atlarini yo ortiqcha yokim kam o‘qidilar. Mansurmi, Ibrohimmi yohud Alqamami, ulardan biri shubhalanib: «Yo Rasulalloh, namozni qisqartirdingizmi yokim uning biror rak’atini unutdingizmi?» — dedi. Janob Rasululloh (Ne bo‘ldi?»—dedilar, Odamlar: «Shunday va shunday qilib o‘qidingiz»,— deyishdi. So‘ng, Janob Rasululloh qavm birlan birga ikki marta sajda qilib: «Bu ikki sajda namozda unutib qoldirilgan yokim ortiqcha o‘qib qo‘yilgan rak’at uchun sajdai sahv bo‘lg‘aydur!» — dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Bizga Ubay ibn Ka’b bunday dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo parvardigoro, unutib qo‘ygan narsam uchun meni jazolamagaysen, menga toqatim yetmaydirgan ishni yuklamag‘aysen, Muso alayhissalomning dastlabki xatolari unutish oqibatida sodir bo‘lg‘on erdi!»— dedilar».

Abu Abdulloh (al-Buxoriy) bunday deydilar: «Quyidagi hadisni menga Muhammad ibn Bashshor yozib yuborgan erdi, Maoz ibn Maoz ersa rivoyat qilib bergan erdi, Ibn Avn ersa Sha’biydan naql qilib aytib bergan erdi: «Barro ibn Ozib aytdiki, bir kuni uning uyiga mehmonlar kelgan erkan. Shunda ul bola-chaqalariga: «Men bir yumush birlan ketayotirmen, qaytgunimga qadar qo‘yni so‘yib, mehmonlarga yediringlar!» — debdi. Ular qo‘yni hayit namozidan oldin so‘yib qo‘yibdilar. Janob Rasulullohga bul haqda aytishganda, ul zot qurbonlik uchun boshqa qo‘y so‘ymoqni amr qilibdilar. Shunda Barro ibn Ozib: «Yo Rasulalloh, menda ikki yoshdan kattaroq bir echki bor, hanuz sut emgaydir, go‘shti ikkita qo‘yning go‘shtidan ham afzalroqdir!» — debdi». Ibn Avj ushbu hadisni shul yeriga qadar aytib, keyin Muhammad ibn Sirindan shunga o‘xshash yana bir hadisni naql qildi-da: «Bilmadim, Janob Rasululloh o‘shanda Barrodan boshqalarga ham echkini qurbonlik qilmoqqa ijozat berdilarmi, yo‘qmi, yodimda yo‘q»,— dedi».

Jundub rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hayit namozini o‘kib, so‘ng xutba qilganlarini ko‘rdim. Shunda ul zot: «Kimki hayit namozidan ilgari qurbonlik qilgan ersa, namozdan so‘ng qurbonlik uchun boshqa jonlig‘ so‘ysin va kimki hali so‘yib ulgurmagan ersa, Olloh nomini aytib qurbonlik qilsin!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:29:37
15-bob (Bu dunyoda gunohkor qilib, oxiratda do‘zax otashiga mubtalo qiluvchi yolg‘on qasam) haqida

Olloh taoloning qavli («An-Nahl» surasi): «Va lo tattaxizuu aymonakum daxalan baynakum fatazilla qadamun ba’da subuutiho va tazuuqus-su’a bimo sadadtum an sabiylillohi va lakum azobun aziymun!» Oyatning mazmuni: «Qasamlaringizni o‘zaro makru hiyla uchun bir tadbir qilmangizlarki, (sirotg‘a) qo‘yilgach, oyoqlar toyib ketgaydir va Olloh yo‘lidan ozib qilgan ishingiz tufayli balo ta’nini totib ko‘rgaysizlar va qattiq azoblarga mubtalo bo‘lgaysizlar!»

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohga shirk keltirmoq ota-onaga oqlik qilmoq, odam o‘ldirmoq va yolg‘on qasam ichmoq — gunohi azimlardandur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:29:57
16-bob.

Olloh taoloning qavli («Oli Imron» surasi): «Innallaziyna yashtaruuna bi-ahdillohi va aymonihim samanan qaliylan uvloika lo xaloqa lahum fil-oxirati va lo yukallimuhumullohu va lo yanzuru ilayhim yavmal-qiyomati va lo yuzakkiyhim va lahum azobun aliymun!» Oyatning mazmuni: «Olloh taologa bergan va’dalari birlan qasamlarini (bu dunyodagi) arzimas bir matohga almashtirg‘uvchilar oxirat ne’matlaridan benasib qolg‘aylar va Olloh taolo qiyomat kuni ularga so‘zlamas ham, qiyo boqib qaramas ham, gunohlarini mag‘firat qilmas ham, ular dardli azobga mubtalo bo‘lg‘aylar!».

Olloh taoloning qavli («Al-Baqara» surasi): «Va lo taj’aluulloha urzatan li-aymonikum an tabarruu va tattaquu va tuslihuu baynannosi vallohu samiy’un aliymun!». Oyatning mazmuni: «Yaxshilik va taqvo qilmoq uchun hamda odamlarni yarashtirib qo‘ymoq uchun Olloh nomini qurol qilib olmangizlar. Olloh hamisha eshitib, bilib turg‘aydir!»

Olloh taoloning qavli («An-Nahl» surasi): «Va lo tashtaruu bi-ahdillohi samanan qaliylan innamo indallohi huva xayrun lakum in kuntum ta’lamuuna» va yana: «Va avfuu bi-ahdillohi izo ohadtum va lo tanquzuul-aymona ba’da tavkiydiho va qad ja’altumullohd alaykum kafiylam». Oyatlarning mazmuni: «Ollohga bergan va’dangizni (bu dunyodagi) arzimas bir matohga almashtirmangizlar, haqiqat shuldurkim, Olloh dargohida beriladirgan ne’matlar, gar bilmoqchi ersangiz, sizlar uchun yaxshiroqdur!» va yana: «Ollohga va’da berdingizmi, unga vafo qilingizlar va Ollohni o‘zingizga kafil qilib kat’iy qasam ichdingizmi, uni buzmangizlar!»

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki biror musulmonning molini yulib olmoq niyatida ataylab qasam ichg‘aydur, Olloh taolo uni g‘azab birlan qarshi olg‘aydur! Olloh taolo buning isboti uchun quyidagi oyati karimasini nozil qilg‘ondur: «Olloh taologa bergan va’dalari birlan kasamlarini (bu dunyodagi) arzimas bir matohga almashtirguvchilar oxirat ne’matlaridan benasib qolg‘aylar va Olloh qiyomat kuni ularga so‘zlamas ham, qiyo boqmas ham, gunohlarini mag‘firat qilmas ham, ular dardli azobg‘a mubtalo bo‘lg‘aylar!». Ash’as ibn Qays kirib: kAbu Abdurahmon sizlarga nelarni so‘zlab bordi?» — deb so‘radi. «Falon va falon narsalar haqida»,— deb aytildi. Ul bunday dedi: «Mazkur oyat msning haqimda nozil bo‘lg‘ondur, amakimning o‘g‘liga qarashli yerda mening bir qudug‘im bo‘lar erdi. Men Janob Rasulullohning qoshlarig‘a borib erdim, ul zot menga: «Undan talab qilg‘il yokim ul qasamyod qilsin!» —dedilar. Men: «Agar qasam ichg‘aydur, unga vafo qilg‘aymidur?» — dedim. Janob Rasululloh: «Kimki biror musulmanning molini tortib olmoq niyatida ataylab qasam ichgaydur, Olloh taolo qiyomat kuni uni darg‘azab bo‘lib qarshi olg‘aydur!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:31:06
17-bob. O’zida mavjud bo‘lmagan narsa yokim biror gunoh ish yuzasidan yohud darg‘azab bo‘lib qasam ichmoq haqida

Abu Muso (al-Ash’ariy) rivoyat qiladilar: «Sheriklarim meni ulov so‘rab olmoq uchun Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarig‘a jo‘natishdi. Janob Rasululloh «Olloh haqi, menda ulov yo‘qdur, sizlrga ulov bera olmag‘aymen!» — dedilar. Shunda men gaplariga ko‘nib, qaytib chiqib ketayotganimda ul zotning g‘azabnok erkanliklarini sezdim. Yana qaytib kirsam: «Sheriklaringga borib, Olloh taolo (yokim Rasululloh) sizlarga ulov muhayyo qilg‘aydur, deb aytg‘il!» — dedilar».

Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari bo‘lmish Oisha onamizdan eshitganlarini bunday deb rivoyat qiladilar: «Tuhmatchilar Oisha onamizni malomat qilib turli gaplarni aytishganda Olloh taoloning o‘zi ul pokdomon bandasini ig‘vo-yu bo‘htonlardan forig‘ aylab, oqladi. «O’shanda menga har qim turli gaplarni aytgan erdi,— deydilar Oisha onamiz, — keyin, Olloh taolo mening pokligim xususida «Innallaziyna jo’uu bilifki...» deb boshlanadirgan oyati karimasi singari o‘nta oyat nozil qildi». Abu Bakr Siddiq Mistah degan kishiga, o‘zlariga qarindoshligi bo‘lgani uchun, in’om-ehson qilib yordam berib yurar erdilar, u qizlari — Oisha onamizga tuhmat qilgandan so‘ng: «Olloh haqi, endi unga sira ham xayr-ehson qilib yordam bermag‘aymen!» — dedilar. Shunda Olloh taolo quyidagi oyati karimasini nozil qildi («An-Nur» surasi): «Va lo ya’tali uuluulfazli minkum vassa’ati an yu’tuu uulil-qurbo!« («Oralaringizdagi fazlu karam sohiblari qarindoshlariga xayru ehson qilmayman deb kasam ichmasinlar!»). Shunda Abu Bakr: «Ha, albatta, Olloh taolo haqi, meni parvardigorim mag‘firat qilsin!» — dedilar va Mistahga madad qilmoqda davom etib: «Endi sira ham unga madad bermoqdin to‘xtamag‘aymen!» —deb aytdilar».

 Zahdam (al-Jarmiy) rivoyat qiladilar: «Biz Abu Muso al-Ash’ariy xuzurida erdik. Ul bunday dedi: «Biz bir guruh ash’ariylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xuzurlariga ulov so‘rab borgan erdik, darg‘azab bo‘lib turgan erkanlar, qasam ichib ulov bera olmasliklarini aytdilar. So‘ng: «Olloh taolo haqi, inshoolloh, men tokim ilgari ichgan qasamimni kafforat berib halollab olmagunimga qadar, biror qasamni undan afzalroq ko‘rsam, qasam ustiga kasam ichmagaymen!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:31:32
18-bob. Agar «bugun sira ham gapirmayman!» deb qasam ichgan ersa-yu, keyin namoz o‘qisa, qiroat qilsa, tasbih, takbir, hamd va tahlil aytsa, qarorini buzmagaydir!

Rasululloa sallallohu alayhi va sallam: «So‘zlarnint afzali to‘rttadir, bular — Subhonalloh, Alhamdulilloh, Lo iloha illalloh va Ollohu akbardur!» — dedilar. Abu Sufyon: «Janob Rasululloh Hiraklga «Kelinglar, hammamizga — sizlarga ham, bizlarga ham bab-barobar ahamiyatli bo‘lgan so‘zni aytaylik!» deb maktub yo‘lladilar»,— dedilar. Mujohid: «Bu so‘z — La iloha illalloh bo‘lib, taqvo kalimasidur!» — dedilar».

Sa’id ibi Al-Musayyab otalaridan naql qil,adilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (amakilari) Abu Tolibning o‘limi yaqinlashganda uning huzuriga borib: «Men Olloh taolo dargoxida sizning yoningizni olmog‘im uchun «Lo iloha illalloh» deb kalima keltiringiz!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Aytganda tilga sira og‘irligi tushmaydirgan, ammo (oxirat) tarozusida tosh bosadirgan hamda Rahmonga mahbub bo‘lgan ikki kalima mavjuddir, bular — Subhonalloh va bihamdihi, Subhovallohil-aziym!»dedilar».

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir so‘z aytdilar, men ham bir so‘z aytdim. Janob Rasululloh: «Kimki Olloh taologa shirk keltirib o‘lg‘aydir, jahannamga kiritilg‘aydir!»— dedilar. Men ersam: «Kimki Olloh taologa shirk keltirmay o‘lgaydir, jannatga kiritilg‘aydir!»—dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:31:53
19-bob. «Oilam oldiga bir oy kirmaymen!» deb qasam ichgan kishi to‘g‘risida hamda o‘sha oyning yigirma to‘qqiz kun bo‘lib chiqqanligi haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayollaridan iylo’ qildilar (bir oy yaqinlik qilmaslikka qasam ichdilar). O’shanda (otdan yiqilib) oyoqlari chikqan erdi, boloxonada (yolg‘iz o‘zlari) yigirma to‘qqiz kun turdilar. Keyin, ayollari qoshiga kirgan erdilar, ular: «Yo Rasulalloh, bir oyga iylo’ qilmabmi erdingiz?!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Ba’zi oy yigirma to‘qqiz kun bo‘lg‘aydir!» — deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:32:29
20-bob. Kishi nabiz ichmaslikka qasamyod qilib, so‘ng uzum yokim xurmo sharbati ichg‘aydir, ba’zi odamlar «Bu birlan qasam buzulmag‘aydir»,— deydilar, chunkim ular yuqoridagi ichimliklarni musallas deb hisoblamag‘aydirlar

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning dastyorlari bo‘lmish Abu Usayd uylandi. Shunda ul Janob Raeulullohni to‘yga taklif etdi. Kelinning shaxsan o‘zi odamlarga hizmat qildi. Sahl mehmonlarga: «Bilasizlarmi, kelin sizlarga qanday ichimlik tortiq qildi? Bir tog‘ora xurmoga suv quyib ivitib qo‘yg‘on erdim, ul tuni birlan qolib erdi, hozir sizlarga o‘shani tortiq qildi»,— dedi».

Ibn Abbos Janob Rasulullohning jufti halollari bo‘lmish Savdadan naql qiladilar: «Bizning bir qo‘yimiz harom o‘lib qoldi. Biz uning terisini nabiz birlan oshlayverganimizdan yumshab meshkobga aylandi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:33:08
21-bob. Nonga xurush qo‘shib yemaslikka ont ichib, so‘ng nonga xurmo qo‘shib yesa va undan bo‘lak xurush bo‘lmasa...

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning xonadonidagilar ul zot olamdan ko‘z yumgunlariga qadar ham uch kun bo‘lsa-da, xurush qo‘shilgan bug‘doy nonni to‘yib yegan ermaslar!».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Abu Talha Ummu Sulaymga: «Menga Janob Rasulullohning muborak tovushlari chamamda biroz zaifroq eshitildi, ochlikdan toliqqan ko‘rinadirlar, biror yegulik narsang bormidur?» — dedilar. Ummu Sulaym «Ha, bordur!» — dedilarda, bir necha arva nonni olib, ro‘mollariga tugib berdilar. So‘ng, Ummu Sulaym meni (Anasni) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga jo‘natdilar, borsam, ul zot bir guruh odamlar birlan birga masjidda o‘ltirgan erkanlar, tepalariga borib turdim. Janob Rasululloh «Seni Abu Talha yubordimi?» — dedilar. Men: «Ha!»—dedim. Janob Rasululloh o‘zlari birlan birga o‘ltirgan odamlarga: «Qani, turingizlar, ketdik!» — dedilar. Hammalari yo‘lga tushishdi, men yo‘l ko‘rsatib oldinda ketdim. Yetib borgach, Abu Talhaga xabar berib erdim, ul kishi: «Yo Ummu Sulaym, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va ul zot birlan birga bir necha odamlar ham yetib kelishdi, bizda ularni mehmon qilgulik biror yegulik bormidur?»— dedilar. Ummu Sulaym: «Olloh taolo va uning rasulig‘a yaxshiroq ayondur!» — dedilar. Abu Talha tashqariga chiqib Janob Rasulullohni qarshi oldilar. Keyin, Janob Rasululloh birlan birga Abu Talha ichkariga kirishdi. Janob Rasululloh: «Yo Ummu Sulaym, boringni keltirg‘il!» — dedilar. Shunda Ummu Sulaym boyagi nonlarni dasturxonga keltirib qo‘ydilar. Keyin. Janob Rasululloh nonxurush so‘radilar. Ummu Sulaym yog‘donga meva solib, nonxurush qilib qo‘ygan erdilar, o‘shani dasturxonga keltirib qo‘ydilar. Janob Rasululloh uni maqtab-maqtab tanovul qildilar, so‘ng o‘zlari birlan kelganlardan o‘n kishini dasturxonga taklif qilmoqqa izn berdilar. Ular to‘yguncha yeb, so‘ng chiqib ketishdi. Keyin, yana o‘n kishini taklif qilmoqqa izn berdilar, ular ham to‘yguncha yeyishdi. Shul tariqa barcha mehmonlar to‘yib ovqatlanib olishdi, ular yetmish yokim sakson chog‘lik edi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:33:27
22-bob. Ne niyatda ont ichgan ersa, o‘shanga muyassar bo‘lg‘usidir!

Umar ibn al-Xattob rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qilinadirgan amallarning natijasi ne niyatda qiling‘oniga bog‘liqdur. Kimki Olloh taolo va uning rasulini deb hijrat qilg‘on ersa, Olloh taolo va uning rasuli uchun hijrat qilg‘onlik savobini olg‘aydur, kimki boylik orttirmoq yokim xotin olmoq niyatida hijrat qilg‘on ersa, o‘sha niyat qilgonig‘a erishg‘aydur, xullas, ne niyatda hijrat qiling‘on ersa, o‘sha muyassar bo‘lg‘aydur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:33:59
23-bob. Boyligini nazr uchun yokim tavba-tazarru’ qilmoq uchun ehson qilgan ersa...

Ka’b ibn Molikning kur bo‘lib qolganda yetaklab yurgan o‘g‘illaridan biri Abdurrahmon ibn Abdulloh ibn Ka’b ibn Molik rivoyat qiladilar: «Men (otam Ka’b ibn Molikning gaplashib o‘ltirib: «O’shal (Tabuk jangiga) kech qolib kelgan uch kishi (tavba qilib o‘z molidan ehson qilmog‘i) lozim!» — deb aytganlarini eshitdim. Keyin, so‘zlarining so‘nggida: «Mening tavbam shul bo‘lg‘aykim, Olloh taolo birlan uning rasuli yo‘lida molimni ehson qilib o‘zimni xalos qilg‘aymen» —dedilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ozroq molingdan olib qolsang, o‘zingga yaxshi bo‘lg‘aydir» —dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:34:20
24-bob. O’zini o‘zi taomdan mahrum qilsa...

Olloh taoloning qavli («Attahriym» surasi): «Yo ayyuhan-nabiyyu, lima tuharrimu mo ahallallohu laka tabtag‘iy marzota azvojika vallohu g‘afuurun rahiymun, qad farazallohu lakum tahillata aymonikum» Oyatning mazmuni: «Ey nabiy, ne uchun Olloh sizga tanovul qilmoqni ruxsat etgan ne’matdan xotinlaringizning ra’yiga qarab o‘zingizni mahrum qilursiz? Olloh kechiruvchan mehribon zotdur! Olloh qasamlaringizga kafforat bermoqni sizlar uchun farz qildi».

Olloh taoloning qavli («Al-Moida» surasi): «Lo tuharrimuu tayyiboti mo ahallallohu lakum». Oyatning mazmuni: «Olloh sizlarga tanovul qilmoqni ruxsat etgan pokiza ne’matlardan (o‘zingizni) mahrum etmangizlar!»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (xotinlaridan biri bo‘lmish) Zaynab binti Jahshning huzurida asal tanovul qilib, uzoq vaqt qolib ketadirgan odat chiqardilar. Shunda men va (xotinlaridan biri bo‘lmish) Hafsa ikkimiz ul zot qaysi birimizning bo‘lmasin, huzurimizga kirsalar, «Nima balo, qandaydir yelim yedingizmi, sizdan sassiq yelim hidi kelyapti deb aytamiz» deb kelishib oldik. Janob Rasululloh ikkimizdan birimizning huzurimizga kirganlarida o‘shal kelishnb olingan gapni aytdik. Janob Rasululloh: «Yo‘q ey, Men Zaynab binti Jahshning huzurida asal tanovul qilg‘on erdim, endi sira ham asal yemagaymen!»—dedilar. Shunda: «Ye ayyuhan-nabiyyu, lima tuharrimu ma ahallallohu laka... in tatuubo ilallohi...» degan oyati karimalar nozil bo‘ldi», Oyatlarning mazmuni: «Ey nabiy, nu uchun Olloh sizga tanovul qilmoqni ruxsat etgan ne’matdan o‘zingizni mahrum qilursiz?... (Ey payg‘ambarning ikki xotini), agar sizlar Ollohga tavba qilsangizlar...»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:34:45
25-bob. Nazrga vafo qilmoq haqida

Olloh taolo: «Nazrga vafo qiladilar»,—deydi.

Sa’id ibn Haras rivoyat qiladilarki, Ibn Umar raziyallohu anhu: «Yoki ular nazr qilmoqdan qaytarilmadilarmi? — der erkanlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Nazr biror narsani tezlashtirmag‘ay ham, kechiktirmag‘ay ham, uning orqali baxil odamdan biror narsa , undirib olingaydir, xolos!»—dedilar.
   
Abdulloh ibi Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nazr qilmoqdan qaytarib: «U baloning oldini ololmag‘aydir, uning orqali baxildan biror narsa undirib oling‘aydir, xolos!»—dedilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Nazr Odam bolasiga taqdir qilinmagan narsani nasib eta olmag‘aydir, balki ul azaldin taqdir qiling‘on narsanigina unga ro‘para qilg‘aydir. Olloh taolo nazr yo‘li birlan ilgari xayr-ehson qilmay yurgan baxildan xayr-ehson undirib olg‘aydir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:35:24
26-bob. Nazrga vafo qilmaydirgan odamning gunohi haqida

Zahdam ibn Muzarrib Ijrom ibn Husayndan bunday deb eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarning yaxshilaringiz (ummatlarimning yaxshisi) — menga asrdosh bo‘lgan ummatlarimdur, so‘ng undan keyingilar, so‘ng undan keyingilardur»,— dedilar. Shunda o‘zlari yashab turgan asrdan keyingi ikki-uch asrni nazarda tutdilarmi, bilmag‘aymen, ammo so‘ng aytdilarki, «Undan keyin, nazr qilmoq bo‘lib vafo qilmaydirgan, xoinlik qilib ishonchini yo‘qotadirgan, guvohlik berib guvohligidan tonadirgan qavmlar dunyog‘a kelg‘aydur. Ularning orasida semiz odamlar ko‘payg‘aydur!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:35:44
27-bob. Olloh taologa toat qilmog‘ini nazr qilmoq xususida

Olloh taoloning qavli («Al-Bakara» surasi): «Va mo anfaqtum min nafaqatin av nazartum min nazrin fa-innalloha ya’lamuhu va mo lizzolimiyna min ansorin». Oyatning mazmuni: «Olloh, sizlarning qancha xayr-ehson qilganingizni yokim qay tariqa va qay turli nazr berganligizni bilib turg‘aydur, zolimlarga oxiratda hech bir madadkor yo‘qdur!»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Olloh taologa toat qilmog‘ini nazr qilg‘aydir, nazr qila bersin va kimki Olloh taologa osiy bo‘lmog‘ini nazr qilg‘aydir, bunday qilib Olloh taologa osiy bo‘lmasin!» — dedilar («Olloh taologa osiy bo‘lmog‘ini nazr qilg‘aydir»,— ya’ni, «Olloh taologa gunohkor bo‘ladirgan g‘arazli ishni nazr qilg‘aydir»)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:35:59
28-bob. Johiliyat davrida hech kim birlan so‘zlashmaslikka (ya’ni, e’tikof qilmoqqa) ont ichib yokim birov birlan so‘zlashmaslikni (ya’ni, e’tikof qilmoqni) nazr qilib, so‘ng islom davrida musulmon bo‘lsa...

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, johiliyat davrida men bir kecha masjidda e’tikof qilmog‘imni nazr qilg‘on erdim»,— dedim. Janob Rasululloh: «Nazringga vafo qilg‘il!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:36:13
29-bob. Nazr qilmog‘i lozim bo‘la turib vafot etganlar haqida

Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Uboda al-Ansoriy Janob Rasulullohdan onasining bo‘ynida qarz bo‘lib qolgan nazr xususida so‘ragan erdi, ul zot mazkur nazrni ado etmoqni uning o‘ziga topshirdilar. Shu-shu bo‘ldi-yu, ota-ona ado etolmagan nazrni ularning farzandlari o‘tamoqligi sunnat bo‘lib qoldi».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Mening singlim haj qilmoqni nazr qilg‘on erdi, afsuski vafot etib qoldi»,— dedi. Janob Rasululloh: «Agar uning bo‘ynida karzi bo‘lganda to‘larmi erding?» — dedilar. Ul: «Ha!» —dedi. Janob Rasululloh: «Nazr — Olloh taologa to‘lanadirgan qarzdur, uni ado etg‘il, chunkim Olloh taolo qarzning uzulmog‘iga barchadan ham haqliroqdur!» — dedilar. (ya’ni, eng avvalo Olloh taologa berilmog‘i lozim bo‘lgan qarzni uzmoq darkordur!)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:36:33
30-bob. O’z ixtiyorida bo‘lmagan va gunoh ishlarni nazr qiluvchilar xususida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Olloh taologa toat qilmog‘ini nazr qilg‘aydir, nazr qila bersin va kimki Olloh taologa osiy bo‘lmog‘ini nazr qilg‘aydir, bunday qilib Olloh taologa osiy bo‘lmasin!» —dedilar».

Anas ibi Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki o‘g‘li ikki qo‘ltig‘idan ushlab yetaklab ketayotgan bir keksa odamni ko‘rib «Olloh taolo bu odamning o‘zini qiynamog‘idan manfaatdor ermas!» — dedilar».   

Ibn Abbos rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir odamni tasma birlan yetaklab Ka’bani tavof qildirayotganlarini ko‘rib, tasmani qirqib tashladilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’bani tavof qilayotib bir odamning ikkinchi bir odamni tasma birlan yetaklab ketayotganini ko‘rib qoldilarda, tasmani o‘z qo‘llari birlan qirqib tashladilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va’z aytayotganlarida ro‘paralarida bir odamning o‘ltirmay tik turganini ko‘rib: «Ul kimdur?» — dedilar. Odamlar: «Bul odam Abu Isroil bo‘lib, o‘ltirmay tik turib, soyada turmay (oftobda turib) hamda birov birlan so‘zlashmay ro‘za tutmoqni nazr qilg‘ondur»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Buyuringlar, so‘zlashsin, o‘zini soyaga olsin, o‘ltirsin va ro‘zasini tugatsin (ochsin)!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:37:14
31-bob. Bir necha kun ro‘za tutmoqni nazr qilg‘on ersa-yu, ammo o‘shal kunlar Qurbon yokim Ramazon hayitiga to‘g‘ri kelib qolsa...

Abu Harra al-Aslamiy rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Umardan ro‘za kuni kelmay turib bir necha kun ro‘za tutmoqni nazr qilib qo‘ygan va o‘shal niyat qilgan kunlari Qurbon yokim Ramazon hayitiga to‘g‘ri kelib qolgan kishi xususida so‘rashdi. Abdulloh ibn Umar: «Bul xususda Janob Rasululloh sizlarga yaxshi ibrat bo‘lg‘aylar, ul zot Qurbon hayiti birlan Ramazon hayiti kunlari sira ham ro‘za tutmas hamda o‘shal kunlarni ro‘za kunlari deb hisoblamas erdilar»,— dedi».

Ziyod ibn Jubayr rivoyat qiladilar:Men Ibn Umar birlan birga turgan erdim, bir odam undan «Men o‘la-o‘lgunimcha har seshanba yokim chorshanba kunlari ro‘za tutg‘aymen deb nazr qilib erdim, ammo o‘shal kun Qurbon hayitiga to‘g‘ri kelib qoldi, endi ne qilg‘aymen?» — deb so‘radi. Ibn Umar: «Olloh taolo nazrga vafo qilmoqni amr qilg‘on ersada, Qurbon hayiti kuni ro‘za tutmog‘imiz man’ qiling‘ondur»,— dedi. Boyagi odam o‘z savolini yana takrorlab erdi, Ibn Umar avval ne degan ersa, shunday javob qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:37:38
32-bob, Yer, qo‘y, ekin va narsalar xususida qasam ichmoq va ularni nazr qilmoq mumkinmidur?

 Ibn Umar rivoyat qiladilar: «(Otam) Umar ibn al-Xattob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Men shunday bir yer oldimki, bunday ajoyib yerga hech kim ega ermas!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Agar istasang, uni o‘zingda olib qolib, hosilini sadaqa qilmog‘ing mumkindur!»— dedilar. Abu Talha Janob Rasulullohga: «Mening mulklarim ichida bog‘i masjid qarshisida joylashgan Bayruho eng sevimlidur!» — dedi».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybar jangi kuni chiqib kiyim-kechak va latta-puttadan bo‘lak na oltin va na kumush o‘lja ololmadik. Shunda Zabib qabilasiga mansub Rifoat ibn Zayd ismli bir kishi Janob Rasulullohga Mid’am degan bir g‘ulom hadya qildi. So‘ng, Janob Rasululloh Vodiy ul-Kuroga yo‘l oldilar. U yerga yetib borganlaridan keyin Mid’am tuyalarini cho‘ktirayottan erdi, bir daydi o‘q tegib o‘ldi. Odamlar: «Unga jannat qutlug‘ bo‘lsin!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Aslo unday ermas, jonim qo‘lida bo‘lmish zot haqi, bul g‘ulom Xaybar jangi kuni o‘lja olingan kiyimlardan biri — shamlani, o‘ziga tekkan ulush ermasligiga qaramay, o‘g‘irlab olgan erdi. O’shal shamla jahannamda unga o‘t qo‘ymagaymidur!»—dedilar. Odamlar bu gapni eshitgach, bir kishi o‘g‘irlab olgan bitta (yokim bir juft) poyabzal bog‘ichini Janob Rasulullohga, olib kelib berdida: «Bu bog‘ich ham jahannamda o‘t qo‘yg‘aymidur?»— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:38:02
Bismillohir rahmonir rahiymi

QASAMLAR KAFFORATLARI BOBI

1-bob.

Olloh taoloning «Qasamning kafforati — o‘nta miskinning qornini to‘yg‘azmoqdur!» degan qavli xususida hamda Olloh, taolo qasam ichganlik gunohini yuvish uchun «Ro‘za tutib yokim sadaqa qilib yokim qurbonlik qilib fidya (tovon) berilg‘aydur» degan qavlini nozil qilganda Nabiy sallallohu alayhi va sallamning odamlarga bergan farmonlari haqida, shuningdek Ibn Abbos, Ato va Ikrimaning «Qasam ichganlik gunohini yuvish uchun beriladirgan kafforatlar xususida Qur’onda aytilgan uch kafforatdan qaysi birini ado etmoq qasam sohibining o‘z ixtiyoridadur» deganlari zikr qilinadur. Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ka’bga uch kafforatdan istaganini ado etmog‘i mumkinligini aytganlar.

Ka’b ibn Ujra rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib erdim: «Beriroq kelg‘il!» — dedilar. Men yaqinroq bordim. Shunda: «Hashoratlaring (ya’ni, boshingdagi bitlar) ozor beryaptimi» — dedilar. «Ha!» — dedim. «(Bitlab ketganingning kafforati uchun) ro‘za tutg‘il yokim sadaqa berg‘il yohud qurbonlik qilg‘il!»—dedilar. Ibn Avn menga Ayyubdan naql qilib aytdiki, kafforat uchun uch kun ro‘za tutmoqlik yokim bir qo‘y qurbonlik qilmoqlik yohud olti miskinni to‘yg‘azmoqlik darkor bo‘lur erkan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:38:18
2-bob.

Olloh taoloning qavli («Attahriym» surasi): «Qad farazallohu lakum tahillata aymonikum vallohu mavlokum va huval-aliymul-hakiymu». Oyatning mazmuni «Olloh qasamlaringizga kafforat bermoqni sizlar uchun farz qildi va Olloh sizlarning egalaringizdur va ul bilguvchi hikmatli zotdur». Boy va faqir kishilar uchun qachon kafforat vojib bo‘lg‘ay?

Abu Hurayra rivoyat qiladilar «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bir kishi kelib Ramazonda o‘z ayoli birlan jimo’ qilib qo‘yganini aytdi. Janob Rasululloh: «Qilgan gunohing badaliga bir qul ozod qilmoqqa qodirmisen?» —dedilar. Ul: «Yo‘q»,— dedi. Janob Rasululloh: «Ikki oy muttasil ro‘za tutmoqka qodirmisen?» — dedilar. Ul: «Yo‘q»,— dedi. Janob Rasululloh: «Oltmish miskinning qornini to‘yg‘aza olurmisen?» — dedilar. Ul: «Yo‘q»,— dedi. Janob Rasululloh: «O’ltirg‘il!» — dedilar, ul o‘ltirdi. Shul asnoda Janob Rasulullohga bir katta savatda liq to‘la xurmo olib kelib qolishdi. Janob Rasululloh: «Buni olib muhtojlarga yedirg‘il!» — dedilar. Ul: «Mendan ham muhtojroq odam bormidur?!» — dedi. Shunda Janob Rasululloh kulib yubordilar, hatto muborak tishlari ko‘rinib ketdi, so‘ng: «Undoq bo‘lsa, buni o‘z oilangga yedirg‘il!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:38:32
3-bob. Kambag‘alning kafforat bermog‘iga ko‘maklashgan kishi xususida

Bu yerda Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qilgan yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:38:46
4-bob. Kafforat uchun, xoh qarindoshi bo‘lsin, xoh begona bo‘lsin, oltmish miskinning qornini to‘yg‘azmog‘i lozimdur!

Bu yerda ham Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qilgan yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:39:05
5-bob. Madina so’i birlan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning muddlari va uning barakoti hamda Madina ahliga bulardan qaysilari asrlar osha meros bo‘lib kelayotgani haqida

Soib ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlaridagi bir so’ (taxm. 2,5 kg) bugungi kunda biru chorak muddga (bir mudd — biru chorak ratl) teng kelgaydur. Umar ibn Abdulaziz zamonida ersa, ul biroz ko‘paytirilgan erdi».

Molik Nofi’dan naql qiladilar: «Ibn Umar Ramazon zakotini Nabiy sallallohu alayhi va sallamning muddlari hisobida, o‘shal dastlabki mudd o‘lchovida berar erdi. Qasam kafforatini ham Nabiy sallallohu alayhi va sallamning muddlari hisobida to‘lar erdi».

Abu Qutayba bunday der erdilar: «Bizning muddimiz sizlarning muddlaringizdan ortiqroq erdi, biz Janob Rasulullohning muddlarinigina afzal ko‘rar erdik. Molik menga: «Agar sizlarga yangi amir tayinlansa-yu, ul avvalgisidan kichikroq muddni joriy qilsa, qaysi bir muddni o‘zingizga o‘lchov qilib olur erdingizlar?» — dedi. Men «(Albatta) Janob Rasulullohning muddlarini o‘lchov qilib olur erdik!» —dedim. Ul: «Ko‘rdingmi, baribir Janob Rasulullohning muddlariga qaytilyalti!» — dedi». Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo parvardigoro, bularning (Madina ahlining) toshu tarozusiga — so’u muddiga barakot ato etgaysen!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:39:19
6-bob. Olloh taoloning «...yokim bir qulni ozod qilmoq...» degan qavli xususida. Qanday qulni ozod qilmoq afzalroqdur?

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bir musulmon joriyani ozod qilg‘aydir, Olloh taolo o‘shal joriyaning ozod bo‘lgan har bir a’zosi badalig‘a uning ham har bir a’zosini, hattoki avrat a’zosi evazig‘a avrat a’zosini ham do‘zax otashida kuymoqdin xalos qilg‘aydur!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:39:34
7-bob. Sohibi vafot etgach, ozod qilmoqni va’da qilgan qulni, bolali onani narxini oqlasa, ozod qilinmog‘i o‘zi birlan shartlashilgan qulni va zinodan tug‘ilgan bolani kafforat tariqasida ozod qilmoq haqida

Hammod ibn Zayd rivoyat qiladilar: «Ansoriylardan biri o‘z mamlukini (oqbadan qulini): «Vafot etsam, ozodsen!» — deb va’da berib qo‘yg‘on erdi, lekin shul quldan o‘zga hech qanday bisoti yo‘q erdi. Bundan xabar topgan Janob rasululloh: «O’shal qulni mendan kim sotib olg‘ay?»— dedilar (Janob Rasululloh o‘shal qulni sotib olib, kafforat tariqasida ozod qilmoqchilar va pulini quldan o‘zga bisoti bo‘lmagan kambag‘al ansoriyga bermoqchilar). Shunda uni Nu’aym ibn an-Nahhom sakkiz yuz dirhamga sotib oldi. Keyin, Jobir ibn Abdullohdan eshitdimki, o‘shal qul qibtiylardan (Misrning tub xalqidan bo‘lib, burungi yil vafot etgan erkan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:39:47
8-bob. Kafforat tariqasida ozod qilingan qulning valoyati kimga o‘tadi?

Asvad rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho Barira ismli bir cho‘rini sotib olib, kafforat tariqasida ozod qilmoqchi bo‘ldilar. Ammo uning egalari valoyat huquqini (sotib olib ozod qilingan qulga xomiylik qilmoq huquqini) o‘zlarida saqlab qolinmog‘ini shart qilib qo‘ydilar. Oisha onamiz bu gapni Janob Rasulullohga aytib erdilar, ul zot: «Sotib olaverg‘il, chunkim valoyat huquqi sotib olgan shaxs ixtiyorig‘a o‘tg‘aydur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:40:03
9-bob. Qasamdagi istisno

Bu yerda Abu Muso al-Ash’ariyning bir guruh ash’ariylar birlan Janob Rasulullohdan ulov so‘rab borganliklari haqidagi hadis takroran keltirilgan. Hammod: «Ilgari ichgan qasamimga kafforat bergach, undan afzalroq qasamni ichganim ma’qulmi yokim yaxshiroq qasamni ichgach, avvalgi qasamimga kafforat berganim ma’qulmi?» — deydilar.

Bu yerda Abu Hurayra rivoyat qilib bergan Sulaymon alayhissalomning to‘qsonta o‘g‘il ko‘rmoq niyatida bo‘lganlari haqidagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:40:21
10-bob. Qasamni buzishdan ilgari va buzgandan keyingi kafforat haqida

Zahdam al-Jarmiy rivoyat qiladilar: «Biz Abu Muso huzurida erdik. Biz birlan Jarm qabilasiga mansub bo‘lgan mana shu mahalla ahli o‘rtasida do‘stlik-birodarlik munosabatlari mavjud erdi. Keyin bizga tovuq go‘shtidan tayyorlangan taom keltirildi. Mehmonlar orasida Baniy Taymulloh qabilasidan, afti-angori qizg‘ish bir kishi ham bo‘lib, chamasi mavlo (ozod qilingan qul) erdi. Ul dasturxonga yaqin kelmadi. Shunda Abu Muso unga: «Yaqinroq kelg‘il, men Janob Rasulullohning shunday taom tanovul qilg‘onlarin ko‘rganmen!» — dedi. O’shal odam ko‘ngil aynitarlik darajada xunuk ovqat yer erkan, uni ko‘rib ta’bim tirriq bo‘lg‘onidan: «Hech qachon bu taomni yemag‘aymen!» — deb ont ichdim. Abu Muso menga: «Beri kelg‘il, men senga shul haqda bir voqeani aytib berayin!» — deb quyidagini hikoya qila ketdi: «Biz — bir guruh ash’ariylar Janob Rasulullohdan ulov so‘rab borganimizda ul zot g‘azabnok holda o‘lja olingan mollarni taqsim qilayotgan erkanlar. Shunda Janob Rasululloh «Olloh taolo haqi, menda ulov yo‘q. Sizlarga ulov bera olmag‘aymen!» — dedilar. Biz huzurlaridan noiloj qaytib chiqdik. Shul asnoda Janob Rasulullohning qoshlariga ulja olingan tuyalarni haydab kelib qolishdi. Buni ko‘rib, Janob Rasululloh: «Ash’ariylar qaerda?» — deb so‘radilar. Biz huzurlariga yana qaytib kirdik. Bizga beshta oq o‘rkachli tuya bermoqlarini amr qildilar. Yo‘lga chiqqanimizdan so‘ng, men sheriklarimga: «Biz Janob Rasulullohdan ulov so‘rab borgan erdik ul zot qasam ichib ulov bera olmasliklarini aytdilar. Keyin ersa, bizni chaqirtirib ulov berdilar. Qasamlarini unutganlaridan foydalanib tuyalarni minib ketaversak omadimiz chopmag‘aydur. Kelinglar, huzurlariga qaytib borib, qasamlarini unutganlarini yodlariga solaylik!» — dedim. Biz qaytib borib, Janob Rasulullohga bor gapni aytdik. Janob Rasululloh: «Ketaveringlar, ulovni sizlarga Olloh taolo ato etdi, men ersam, inshoOlloh, ilgari ichgan qasamimga kafforat berib undan xalos bo‘lmagunimga qadar, biror qasamni afzal ko‘rib qasam ustiga qasam ichmag‘aymen!» — dedilar».

Abdurrahmon ibn Sumra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Amirlikni talab qilmagil, gar unga talabingga binoan ta’yin qiling‘aysen, undan foydalang‘aysen va gar unga o‘z layoqatingga muvofiq erishg‘aysen, unga madad berib, rivojlantirg‘aysen. Basharti qasam ichgam ersang, o‘shal qasamingga kafforat berib xalos bo‘lmaguningcha, biror boshqa qasamni afzal ko‘rib qasam ustig‘a qasam ichmag‘il!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:40:54
Bismillohir rahmonir rahiymi

FAROIZ (MEROS) KITOBI

Olloh taoloning qavli («An-Niso» surasi): Oyatlarning mazmuni: «Olloh taolo o‘zingizdan keyin qoladirganlar xususida sizlarga bunday deb buyurur: Bir erkakning ulushi ikki ayolning ulushiga tengdur. Bas, shunday erkan, ikkitadan ortiq xotini bo‘lgan mayyitning, farzandlari bo‘lmagan chog‘da, qoldirgan molining uchdan ikki hissasi xotinlariga berilur va agar uning birgina xotini bo‘lsa, unga molning yarmi berilur, ota-onalarining har biriga ersa, barcha molning oltidan bir hissasi berilur. Agar mayyitning farzandlari bo‘lmay, ota-onasidan bo‘lak merosxo‘ri yo‘q ersa, u holda onasiga molning uchdan bir hissasi berilur (qolgani otasiga) va agar mayyitning birdan ortiq aka-uka, opa-singillari bo‘lsa, uning vasiyat va qarzi ado etilgach, onasiga molining oltidan bir hissasi berilur, (qolganining hammasi otasiga, aka-uka va opa-singillariga meros berilmagay). Otalaringiz birlan o‘g‘illaringizdan qaysi biri Olloh taolo tarafidan buyurilg‘on farzlarni ado etib sizlarga manfaat yetkazg‘ay, bilmassizlar. Albatta, Olloh taolo buyuk donish va xikmat sohibidur! Va agar xotinlaringizning farzandlari bo‘lmasa, ular qoldirgan molning yarmi sizlarga berilur, basharti farzandlari bo‘lsa ularning vasiyati birlan qarzi ado etilgandan so‘ng qoldirgan molining to‘rtdan bir hissasi sizlarga berilur. Xotinlarga ersa, agar sizlarda farzand bo‘lmasa, qoldirgan molingizning to‘rtdan bir hissasi berilur, agar farzandlaringiz bo‘lsa, vasiyatingiz birlan qarzingiz ado etilgach, ularga qoldirgan molingizning sakkizdan bir hissasi berilur. Basharti, meros qoldirgan bir er yokim xotinning ota-onasi bo‘lmay, bir onadan tug‘ilgan bitta birodari yokim bitta singlisi bo‘lsa, ularning har biriga molning oltidan bir hissasi berilur, agar ular bittadan ortiq bo‘lsa, ul holda ularning hammalari, qilingan vasiyat birlan qarz ado etilgach, molning uchdan bir hissasiga sherik bo‘lur, basharti bul vasiyatda boshqa merosxo‘rlarga zarar bo‘lmasa. Bul narsalar Olloh taolo tarafidan chiqarilgan hukmdur va Olloh taolo behad bilimdon hamda nihoyatda bardoshli zotdur!».

Muhammad ibn al-Munkadir rivoyat qiladilar: «Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu bunday der erdi: «Men betob bo‘lganimda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Abu Bakr piyoda ko‘rg‘ani keldilar. Janob Rasululloh tahorat olib, suvini mening ustimdan quyib erdilar, o‘zimga kelib: «Yo Rasulalloh, mol-mulkimni ne qilgumdur, uni qanday hal qilg‘umdur?»—dedim. Janob Rasululloh menga javob qilmadilar. Shunda meroslar haqidagi oyati karima nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:41:19
1-bob. Faroiz (meros) ilmini o‘rgatmoq xususida

Uqba ibn Omir: «Shubhachilardan, ya’ni shubha birlan so‘zlovchilardan ilgari o‘rganingizlar!»—deydilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Gumonsiramangizlar, gumondin yolg‘onroq so‘z yo‘qdur, badgumonlik qilib, tirnoq ostidan kir qidirmangizlar, josuslik qilmangizlar, o‘zaro nafratlanib bir-biringizga yov qarash qilmangizlar, o‘zaro urushmangizlar va Olloh taoloning o‘zaro inoq birodar bandalari bo‘lingizlar!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Aprel 2009, 08:41:43
2-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Biz meros qoldirmagaymiz, biz qoldirgan narsa sadaqadur!» deb aytganlari haqida

Urva Oisha raziyallohu anhodan naql qiladilar: «Fotima birlan Abbos alayhu va salomu Abu Bakrning huzurlariga kelib Janob Rasulullohdan qolgan merosni talab qildilar. Ular Fadakdagi yerlar bilan Xaybardagi yer ulushlarini so‘ramoqda erdilar. Abu Bakr ularga: «Janob Rasululloh: «Biz (payg‘ambarlar) meros qoldirmagaymiz, biz qoldirgan narsa sadaqadur!»—deganlarini eshitganmen. Olloh taolo haqi, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qaysi ishni qilganlarini ko‘rgan ersam, o‘shanigina qilgaymen!» — dedilar. Shundan so‘ng, Fotima umidlarini uzib, to vafot etgunlariga qadyar ham bu haqda lom-mim demadilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biz meros qoldirmag‘aymiz, biz qoldirgan narsa sadaqadur!» — dedilar».

Molik ibn Avs ibn al-Qadasoi rivoyat qilidilar: «Muhammad ibn Jubayr ibn Mut’im menga shul haqda (meros haqida) bir vaqtlar eslatib erdi, yaxshiroq bilib olmoq uchun uning huzuriga bordim. Ul menga bunday dedi: «Men Hazrat Umarning huzurlariga borib, ichkariga kirdim. Shunda eshikbonlari qoshlariga kelib: «Usmon, Abdurrahmon, Zubayr va Sa’dni ko‘rmoqqa ra’yingiz bormidur?» — dedi. Hazrat Umar: «Ha»,— dedilar. Eshikbon ularga ichkariga kirmoqqa izn berdi. Keyin, yana kaytib kelib: «Ali va Abbosni ko‘rmoqqa ra’yingiz bormidur?»— dedi. Hazrat Umar: «Ha», — dedilar. Ichkariga kirishgach, Abbos: «Yo Amir al-Mo‘minin, men birlan mana bu kishi (ya’ni, Hazrat Ali) ikkimizning ishimizni hal qilib bersangiz!» — dedi. Hazrat Umar: «Yeru osmonlarning mavjudligi izniga bog‘liq bo‘lgan Olloh taoloning nomi birlan o‘zlardan o‘tinib so‘raydurmen, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Biz meros qoldirmag‘aymiz, biz qoldirgan narsa — sadaqadur!» — deganlarini bilurmisizlar? Janob Rasululloh bu birlan o‘zlarini nazarda tutganlar», — dedilar. Huzurlaridagilar: «Ha, shunday deb aytganlar» , — deyishdi. Hazrat Umar Ali birlan Abbosga yuzlanib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini sizlar ham bilurmisizlar?» — dedilar. Ular: «Ha, shunday deganlar»,— deyishdi. Hazrat Umar bunday dedilar: «Men sizlarga shul haqda so‘zlab berayin, Olloh taolo o‘z rasuli sallallohu alayhi va sallamga urushsiz maxsus mol ato etgan erdikim, bunday ne’matni ilgari o‘zgalarga in’om qilmagandir. Parvardigor azza va jalla «Olloh taolo o‘z rasuliga ulardan (kofirlardan) urush qildirmay olib bergan mol (er-suv) uchun sizlar na ot va na tuya choptirib (mehnatingiz singan ermas), lekin Olloh taolo o‘zi istagan bandalariga payg‘ambarlarini hukmdor qilg‘aydur, Olloh taolo har narsaga kodirdur!» — deydi. Olloh taolo bu molni (er-suvni). unga sizlar ega bo‘lib olmoqlaringiz uchun ermas, balkim Janob Rasulullohning o‘zlariga maxsus ato etgandir. Janob Rasululloh uni xolisona sizlarga bo‘lib berdilar, mana endi undan ana shul molgina qoldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam yil bo‘yi o‘shal mol orqali oilalarini boqar erdilar va ortiqchasini Olloh taolo yo‘lida sarflar erdilar. Janob Rasululloh umr bo‘yi shunday qilib yashaganlar. Olloh taolo nomi birlan sizlardan o‘tinib so‘raymen, shul aytganlarimni bilurmisizlar?». Barchalari: «Ha»,— deyishdi. So‘ng, Hazrat Umar Ali birlan Abbosga: «Olloh taolo nomi birlan sizlardan o‘tinib so‘raymen, shul aytganlarimni sizlar ham bilurmisizlar?» — dedilar. Ular: «Ha»,— deyishdi. Hazrat Umar bunday dedilar: «Olloh taolo o‘z rasulini dargohiga chaqirib olgach, Abu Bakr «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning vorislaridurmen!» deb Olloh taolo payg‘ambarimizga maxsus ato etgan molni (er-suvni) qo‘llariga oldilar va uni Janob Rasululloh qanday tasarruf qilgan ersalar shunday tasarruf qildilar. So‘ng, Olloh taolo Abu Bakrni ham o‘z dargohiga chaqirib oldi. Shunda men «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning vorislarining vorisi Mendurmen!» deb o‘shal molni o‘z qo‘limga oldim. Mana ikki yildurkim, uni Janob Rasululloh va Abu Bakr singari tasarruf qilmoqdamen. Siz ikkingizning ersa, tilingiz bir, maqsadingiz ham birdur. Sen (ya’ni, Abbos) ersang, akangning o‘g‘lidan qolgan moldan ulush bermog‘imni talab qilib oldimga kelding. Mana bul (ya’ni, Ali) ersa, xotini uchun otasidan qolgan moldan ulush bermog‘imni talab qilib kelgan. Mening qat’iy so‘zim shuldur: agar istasangiz, Rasululloh singari tasarruf qilmoq sharti birlan ulushlaringizni berg‘aymen, ammo keyinchalik boshqacha hukm chiqarib bermog‘imni talab qilsangizlar yeru osmonlarning mavjudligi izniga bog‘lik bo‘lgan zot haqqi, qiyomatga qadar ham bunga yurmag‘aymen. Basharti, shartimni eplay olmasangizlar, ularni (er-suvlarni) menga qaytarib bergaysizlar, men ersam, sizlarni bu mushqilotdin xalos qilg‘aymen».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Merosxo‘rlarim mendan qolgan narsalarning bir dinorini ham bo‘lib olmasinlar. xotinlarimning tirikchiligi hamda dastyorimning ta’minotidan ortgani ersa sadaqadur!» — dedilar».

Urva Oisha raziyallohu anhodan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (Oisha onamizdan bo‘lak) xotinlari ul zot vafot qilganlaridan so‘ng Hazrat Usmonni Abu Bakrnint huzurlariga yuborib meros talab qilmoqchi bo‘ldilar. Shunda Oisha onamiz «Janob Rasululloh «Biz meros qoldirmaymiz, biz qoldirgan narsa — sadaqadur!» deb aytgan ermasmidilar?!—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:15:33
3-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Kimki o‘zidan keyin mol qoldirgan ersa, ul bola-chaqalarinikidur!» deganlari haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men mo‘minlarga ularning o‘zlaridan ko‘ra (yaqinroqdurmen) g‘amxo‘rroqdurmen (ya’ni, mo‘minlar o‘zlari haqlarida menchalik ko‘p qayg‘urmagaylar)! Kimki vafot qilib, qarzi qolg‘on ersa, uni o‘tamoq bizning bo‘ynimizdadur va kimki o‘zidan keyin mol qoldirgan ersa, ul merosxo‘rlarinikidur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:15:57
4-bob. O’g‘il bolaning ota-onasidan qolgan merosi haqida

Zayd ibn Sobit: «Agar erkak yokim ayol vafot qilib, undan bir qiz qolgan ersa, merosning yarmini olg‘ay va agar ikki yoki undan ko‘lroq kiz qolgan ersa, uchdan ikki qismini olgay. Agar ular birlan o‘g‘il (bola) ham qolgan ersa, dastavval ota yokim onalaridan qolgan molga sherik bo‘lmish o‘shal o‘g‘ilning ulushi berilg‘aydur, o‘g‘ilga beriladirgan ulush ersa, ikki qizga beriladirgan ulushga barobardur», — dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Faroizlarni (meroslarni) o‘z sohiblarig‘a topshiringizlar, qolgani ersa, eng yaqin erkak kishinikidur! (bu yerda o‘g‘il bola ermas, tom ma’noda ulg‘aygan erkak kishi nazarda tutilyapti)»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:16:23
5-bob. Qiz bolalarning merosi haqida

Sa’d ibn Vaqqos otalaridan naql qiladilar: «Men Makkadaligimda haqqa yetishgudek darajada betob bo‘lib qoldim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va salam meni ko‘rgani keldilar. Men ul zotga: «Yo Rasulalloh, men badavlat odammen, ammo birgina qizimdan bo‘lak merosxo‘rim yo‘qdur. Mol-mulkimning uchdan ikki qismini ehson qilayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh «Yo‘q!» — dedilar. Men «Yarminichi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo‘q!» — dedilar. Men: «Uchdan birinichi?»—dedim. Janob Rasululloh: «Uchdan biri ham ko‘pdur, sen farzandingni damlardan tilanadirgan qilib qoldirganingdan ko‘ra boyroq qilib qoldirganing ma’quldir. Sen nimaiki ehson qilgaysen, albatta Olloh taolodan uning ajrini olgaysen, hattoki xotiningning og‘ziga solib qo‘ygan bir luqma taomning evaziga ham!» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, Hijrat qilolmay Makkada (o‘lib) qolgaymenmi?» — dedim Janob Rasululloh: «Mendan keyin qololmaysen, qolganingda erdi, Olloh taolo rizoligini istab xayrli ishlar qilgan va bu birlan uniig dargohida obro‘ e’tiboring ortgan bo‘lur erdi, balkim mendan keyin qolarsan va ba’zi qavmlar (musulmonlar) sendan foydalanib, qolganlar (kofirlar) zarar topgay! — dedilar. Ammo, bechora Sa’d ibn Xavla Makkada vafot etib, Janob Rasululloh unga marsiya o‘qidilar (ko‘p achindilar)».

Asvad ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Maoz ibn Jabal bizga ustozlik va amirlik qilmoq uchun Yamanga keldilar. Shunda biz o‘lganidan keyin bir qizi va bir singlisi yetim qolgan kishi xususida so‘rab erdik: «Undan qolgan merosning yarmi qiziga, yarmi singlisiga berilgaydur»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:16:39
6-bob. O’g‘il bo‘lmagan chog‘da o‘g‘ilning o‘g‘liga tegadirgan meros haqida

Zayd: «Mayyitning boshqa o‘g‘li bo‘lmagan chog‘da marhum o‘g‘lining farzandlari farzand o‘rnida bo‘lib, ular erkak ersa, o‘g‘ilga, ayol ersa qizga tegadirganchalik meros olg‘aydurlar va meros masalasida o‘g‘il hamda qizga qanday cheklovlar qo‘llansa, bularga ham shunday cheklovlar qo‘llangaydur. Mayyitning o‘g‘li tirik bo‘lgan chog‘da uning farzandiga meros berilmag‘aydur»,—dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meroslarni tegishli egalariga beringizlar, qolgani eng yaqin (qarindosh) erkak kishinikidur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:16:56
7-bob. Mayyitning qizi birlan o‘g‘lining qiziga tegadirgan meros haqida

Huzayl ibn Sharhabiyl rivoyat qiladilar: «Abu Musodan mayyitning qizi, o‘g‘lining qizi va singlisiga tegadirgan meros haqida so‘rashdi. Ul «Merosning yarmi qiziga, yarmi singlisiga berilg‘aydur. Ibn Mas’udning huzuriga borib so‘rangizlar, ul mening fikrimni tasdiqlag‘ay!» — dedi. Ibn Mas’uddan shul haqda so‘rab, uni Abu Musoning aytganlaridan voqif qilishganda, ul: «Agar men Nabiy sallallohu alayhi va sallam hukm chiqarganlaridek, merosning yarmi qiziga, oltidan biri ersa o‘g‘lining kiziga (uchdan ikki qismi qo‘shimcha), qolgani ersa singlisiga berilg‘ay deb hukm chiqarmas erkanmen, hidoyatga erishmay, to‘g‘ri yo‘ldan ozgan bo‘lurmen»,— dedi. Shundan so‘ng, Abu Musoning oldiga qaytib borib, uni Ibn Mas’udning aytganlaridan boxabar qildik. Ul bizga: Modomiki o‘zingiz bilar erkansiz, bul haqda mendan so‘rab netg‘aysiz?! — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:17:14
8-bob. Bobo birlan ota va aka-ukalar merosi haqida

Abu Bakr, Ibn Abbos va Ibn Zubayr boboni ota deyishdi. Ibn Abbos «Yo baniy Odam, men otalarim millatini Ibrohim, Ishoq va Ya’qubga bog‘ladim!» deb o‘qidi, ammo Nabiy sallallohu alayxl vd sallamning sahobalari ko‘p bo‘la turib, biror kishining o‘sha vaqtda Abu Bakrga qarshilik qilgani eslatib o‘tilmagan. Ibn Abbos: «Men aka-ukalarimga ermas, o‘g‘limning o‘g‘liga meros qoldirg‘aymen, o‘zim ersam o‘g‘limning o‘g‘lidan meros olmag‘aymen»,— dedi. Bul haqda Umar, Ali, Ibn Mas’ud va Zayddan turli rivoyatlar naql qilingan.

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meroslarni tegishli egalariga beringizlar, qolgani eng yaqin (qarindosh) erkaknikidur!» — dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar o‘zimga mana shu ummat orasidan (Olloh taolodan bo‘lak yana bir) do‘st tanlab olmog‘im mumkin bo‘lganda, Abu Bakrni tanlagan bo‘lur erdim, ammo bul mumkin bo‘lmay, islom birodarligi afzaldur!» — deganlariga qaramay, Abu Bakr boboni otaga tenglashtirdilar (yokim boboni ota deb hukm chiqardilar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:17:29
9-bob. Er birlan bola va boshqalarning merosi haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ilgarilari mayyitning mol-mulki farzandiga qolar erdi, ota-onasiga ersa vasiyatiga muvofiq meros berilar erdi. Keyin, Olloh taolo bu tartibning qaerini xohlasa, o‘sha yerini bekor qilib, erkakning ulushini ikki ayolning ulushiga teng qildi hamda ota-onaning har biriga mol-mulkning oltidan biri, xotinga sakkizdan biri va to‘rtdan biri, erga yarim va to‘rtdan biri tarzida meros ta’yin etdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:17:43
10-bob. Eru xotin birlan bolalar va boshqalarning merosi haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Banu Lihyon qabilasiga mansub bir ayolning bolasini tushirib qo‘yishgani uchun tovoniga bir yaxshi qul yokim joriya (cho‘ri) hukm qildilar. Keyin, o‘shal ayol vafot etgach, Janob Rasululloh uning mulkini farzandlari birlan eriga ta’yin qildilar. Ayolning bo‘ynidagi tovonni ersa, uning yaqin qarindoshlari to‘lag‘aydur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:18:00
11-bob. Mayyitning ona boshqa singillari birlan qizlarining merosi haqida

Asvad rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida Maoz ibn Jabal mayyitdan qolgan mulkning yarmini qiziga va yarmini singlisiga bermoqni bizga amr qilar erdilar. Keyin, Sulaymon: «Bizga ham shunday hukm qilinar erdi»,— dedi-yu, ammo Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlaridami, yo‘qmi, buni aytmadi».

Huzayl rivoyat qiladilar: «Abdulloh «Men meros xususida Janob Rasululloh singari hukm chiqargumdur!»—deb aytdi yokim: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Merosning yarmi qizga va oltidan biri o‘g‘ilning qiziga, qolgani singilga»,— deganlar»—dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:18:24
12-bob. Opa-singillar va aka-ukalar merosi haqida

Muhammad ibi al-Munkadir rivoyat qiladilar: «Jobir raziyallohu anhuning bunday deb aytganini eshitdim: «Janob Rasululloh mening huzurimga keldilar, men betob yotgan erdim. Shunda tahoratga suv keltirmoqni buyurdilar, so‘ng tahorat olib, suvini menga sepdilar. Men o‘zimga keldimda Yo Rasulalloh, mening singillarim bordur»,— dedim. Shunda «Faroiz» (meros) oyati nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:18:49
13-bob.

Olloh taoloning qavli («An-niso» surasi): Oyatning mazmuni: «Odamlar sizdan hukm so‘rarlar, siz aytingki, Olloh taolo sizlarga kimsasiz qolganlar haqida quyidagi o‘z hukmini bayon qilur: agar bir kishi o‘lsa-yu, uning farzandlari bo‘lmay, faqat bir singlisi qolgan ersa, unga barcha merosning yarmisi berilur. Farzandi bo‘lmagan singilga ersa uning birodari vorislik qilur. Agar mayyitning ikki singlisi bo‘lsa, barcha merosning uchdan ikkisi berilur va agar ularning biri erkagu biri ayol ersa, ul holda erkagiga ikki ayolning ulushiga teng ulush berilur. Olloh taolo adashmangizlar deb sizlarga bularni bayon qilur. Olloh taolo har narsani bilguvchi zotdur!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:19:17
14-bob. Amakining ikki o‘g‘li — biri onaga aka (yokim uka), ikkinchisi er

Hazrat Ali: «Merosning yarmi erga, oltidan biri onaning akasiga berilgaydur, qolgani ikkisining o‘rtasida teng ikkiga bo‘ling‘aydur»,— dedilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men mo‘minlarga ularning o‘zlaridan ham yaqinroqmen. Agar biror kishi vafot etib, o‘zidan keyin mulk qoldirgan ersa, ul o‘shal kishining farzandlari birlan ota tomondan qarindoshlarinikidir. Kimniki vafot etgach, norasida yokim qarovsiz bolasi qolg‘aydur, uni men o‘z himoyamga olib, tarbiyat qilgaymen!  dedilar»

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meroslarni tegishli egalariga beringizlar, qolgani ersa mayyitning eng yaqin erkak qarindoshinikidur!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:19:31
15-bob. Qarindoshlar haqida

Ibn Abbos Olloh taoloning «Anniso» surasi: «Va har bir odam uchun biz vorislar ta’yin qilgandurmiz uning ota-ona va qarindoshlari qoldirgan molu mulkka va ul odamlariki, alar ila sizlar ahdu vaymon qilgandursizlar...» degan qavlini o‘qidi-da: «Muhojirlar Madinaga kelganlarida, ansoriylar qarindosh bo‘lmasalar ham, ularni o‘zlariga merosxo‘r qildilar, chunkim Nabiy sallallohu alayhi va sallam ularni o‘zaro aka-uka tutintirib qo‘ygan erdilar. Olloh taoloning «Va har bir odam uchun biz vorislar ta’yin qilgandurmiz...» degan qavli nozil bo‘lgach, ketidan uning «...va ul odamlariki, alar ila sizlar ahdu paymon qilgandursizlar...» degan qavli nozil bo‘lib, avvalgisini mansux qildi,— dedi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:19:46
16-bob. Muloanat qilingan ayolning merosi haqida

Ibn Umar rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam zamonlarida bir kishi o‘z xotinini muloanat qildi (zino qilganlikda aybladi) va u tuqqan boladan tondi. Janob Rasululloh ularni ajratib qo‘yib, bolani onasi bilan birga (merosdan) mahrum qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:20:04
17-bob. Farzand, uning onasi xoh ozod va xoh joriya bo‘lsin, to‘shak sohibinikidur!

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Utba o‘z ukasi Sa’d ibn Vaqqosga o‘lar chog‘ida: «Zam’a cho‘risining bolasi mendan bo‘lgandur, uni senga topshiramen!» — deb vasiyat qildi. (Makka) fath qilingan yili Sa’d bolani o‘z karamog‘iga olib: «Bul akamning bolasi, qaramog‘imga olmog‘imni menga vasiyat qilganlar!»— dedi. Zam’aning o‘g‘li Abd ibn Zam’a o‘rnidan turib «Bul mening ukam hamda otamning joriyasining o‘g‘li, ul otamning to‘shagida dunyoga kelgan!» —dedi. Shundan so‘ng, Sa’d birlan Abd ibn Zam’a Janob Rasulullohning huzurlariga borishdi. Sa’d: «Yo Rasulalloh, bul ahamning o‘g‘li bo‘lib, uni o‘z qaramog‘imga olmog‘imni vasiyat qilganlar!» — dedi. Abd ibn Zam’a ersa: «Bul mening uham hamda otamming joriyasishshg o‘g‘li, ul otamning to‘shagida bunyod bo‘lgan!» — deb aytdi. Janob Rasululloh «Ey Abd ibn Zam’a, bul seniki, zero farzand to‘shakniki bo‘lg‘aydur, fohisha ersa, mahrum etilgay!» — dedilar. So‘ng Savda binti Zam’aning Utbaga o‘xshashligini qo‘rib: «Ey Savda, boladan qochg‘il (ya’ni, uni nomahram bilg‘il)!» —deb aytdilar. Bola Olloh taolo dargohiga ravona bo‘lgunga qadar ham Savdani ko‘rmadi».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Farzand to‘shak sohibinikidur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:20:18
18-bob. Qulg‘a homiylik qilmoq xuqo‘qi uni ozod qilgan shaxsniki ekanligi hamda tashlandik bolaning merosi haqida deydilar. Hazrat Umar: «Tashlandiq bola — ozoddur.

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Joriya Barirani sotib olib, ozod qilmoqchi bo‘lganimda Janob Rasululloh: «Uni sotib olavergil, chunkim unga homiylik qilmoq huquqi uni ozod qilgan shaxsga o‘tgaydur!» — dedilar. Bir kuni Bariraga qo‘y go‘shti in’om qilishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Bul go‘sht Bariraga sadaqadur, bizga ersa hadyadur!»— dedilar. Hakam: «Uning eri ozod erdi», — deydilar, ammo ul kishining gaplari to‘g‘ri bo‘lmay, Ibn Abbos: “Chamamda ul qul erdi»,— deganlar».

Ibn Umar Janob Rasulullohdan naql qilib: «Qulga homiylik qilmoq huquqi uni ozod qilgan shaxsga o‘tgaydur!»—deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:20:32
19-bob. Qullikdan ozod qilingan, o‘z ixtiyori o‘zida bo‘lgan shaxsning merosi haqida

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Islom ahli qullarini ozod qilgach, ularni o‘z hollariga tashlab qo‘ymaydilar, johiliyat davri aholisi ersa, ularni o‘z hollariga tashlab qo‘yar erdilar».

Ibrohim ibn al-Asvad rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho ozod qilmoq niyatida joriya Barirani sotib oldilar. Shunda uning egalari homiylik huquqini o‘zlarida qoldirmoqni shart qilib qo‘ydilar. Oisha onamiz: « Yo Rasululloh, men Barirani ozod qilmoq uchun sotib oldim, ammo uning egalari homiylik huquqini o‘zlarida qolmog‘ini shart qilib qo‘ymoqdalar!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Uni ozod qilaverg‘il, homiylik huquqi uni ozod qilgannikidur!» — dedilar. Shunda Oisha onamiz uni ozod qilib o‘z ixtiyorini o‘ziga berdilar (ya’ni, Bariraning eri qul bo‘lib, uning nikohida qolish yokim qolmaslik ixtiyori)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:20:50
20-bob. O’zining ozod qilgan qullaridan tonmoqlikning gunohi haqida

Ibrohim at-Taymiy otalaridan naql qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu: «Bizning ko‘limizda, mana bu araklarni hisobga olmaganda, Olloh taoloning Kitobidan o‘zga birorta ham o‘qigulik kitob yo‘qdur»,— deb bir qancha varaqlarni ko‘rsatdilar. Qarasak ularda turli jarohatlarning davosi va tuyalarni boqish yo‘llari haqida yozilgan bo‘lib, Madinaning Ayrdan to Savr degan yerigacha muqaddas qilinganligi xususida bunday deyilgan erkan: “Madinaning Ayr (Oir) tog‘idan to Savr tog‘iga qadar yerlari muqaddas bo‘lib, kimki o‘shal muqaddas yerda islomga xilof ishlarni qilsa yokim biror bid’atchining yonini olib joy berib hurmatlasa, unga Olloh taolo, farishtalar va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin! Qiyomatda uning tavbasi ham, fidyagi (gunohni yuvmoq uchun beriladirgan to‘lov) ham qabul qilinmag‘aydur va kimki biror qavmga uning homiylari iznidan tashqari homiylik qilsa, unga ham Olloh taolo, farishtalar va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin! Qiyomatda uning tavbasi ham, fidyasi ham qabul qilinmag‘aydur. Musulmonlarning birdan-bir zimmasi (musulmonlar g‘ayridinlarni o‘z himoyasiga olib tuzilgan shartnoma) bor, unga barcha barobar rioya qilmogi lozimdur. Kimki bul ahdnomani buzsa, unga ham Olloh taolo, farishtalar va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin! Qiyomatda uning na tavbasi va na fidyasi qabul qilinmag‘aydur».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ozod qilingan qulga homiylik qilmoq xuquqini sotmoqdan hamda undan voz kechmoqdan qaytardilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:21:06
21-bob. Qulini birovga o‘z qo‘li bilan topshirsa... Hasan Basriy bunday odamda qulga homiylik huquqi qolmaydi deb hisoblar erdilar

Rasululloh sallallohu alayi va sallam: «Qulga homiylik qilmoq huquqi uni ozod qilgan shaxsnikidur!» — deganlar. Tamim ad-Doriy: «Qulni ozod qilib, unga homiylik qilmoq huquqini qo‘lga kiritgan odam o‘shal ozod qulning eng yaqin kishisi bo‘lib qolg‘ay va ul uning hayotu mamotiga javobgardur»,— deb aytdilar va buni Janob Rasulullohga nisbat berdilar. Bul xabarning to‘g‘ri yokim to‘g‘ri emasligi xususida ulamolar o‘rtasida ixtilof mavjud».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «mo‘minlar onasi bo‘lmish Oisha raziyallohu anho bir cho‘rini sotib olib, ozod qilmokchi bo‘ldilar. Shumda uning egasi qulga valiylik huquqini o‘zida qoldirmoqni shart qilib qo‘ydi. Oisha onamiz bul haqda Janob Rasulullohga xabar berib erdilar. ul zot: «Bul narsa qulni sotib olmog‘ingga monelik qilolmag‘ay, chunkim valiylik huquqi ozod qilgan kishiga o‘tgaydur!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men joriya Barirani sotib oldim. Uning egasi valiylik huquqini o‘zida olib qolmoqni shart qilib qo‘ydi. Bul haqda Janob Rasulullohga aytgan erdim: «Uni ozod qilaver, chunkim valiylik hukuqi pul to‘lagan kishiga o‘tgaydur!» — dedilar. Men uni ozod qildim. Janob Rasululloh uni oldilariga chorlab, eri birlan qolmog‘i yokim qolmasligini o‘z ixtiyoriga topshirdilar. Shunda ul «Falon va falon narsalarni menga berganda erdi, uning huzurida tunamas erdim!» — deb o‘zi yolg‘iz yashamoqni ixtiyor qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:21:22
22-bob. Ayollarning valiylik qilmoqqa huquqlari borligi haqida

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho Barirani sotib olmoqchi bo‘ldilar. Shunda Janob Rasulullohga: «Uning egalari valiylik huquqini o‘zlarida olib qolmoqni shart qilib qo‘ymoqdalar»,— dedilar. Janob Rasululloh «Sotib olaverg‘il, chunkim qulga valiylik qilmoq huquqi uni ozod qilgan shaxsnikidur! —dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Valiylik huquqi pul to‘lab mulkka ega bo‘lgan shaxsnikidur!» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:21:37
23-bob. Qavmning ozod qilgan quli ham, singilning farzandi ham o‘shal qavmdandur!

Anis ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qavmning ozod qilgan quli o‘shal qavmdandur (ya’ni, biror qavm tomonidan ozod qilingan qul o‘shal qavmning teng hukuqli a’zosiga aylanib, meros huquqiga ega bo‘lg‘aydur)! — dedilar».

Anas (ibn Molik) riioyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qavm singlisining o‘g‘li o‘shal qavmdandur (ya’ni, biror qavmga mansub kishi singlisining o‘g‘li o‘shal qavm a’zolariga nisbatan o‘z o‘g‘lidek bo‘lib, ularning barchalari kabi meros huquqiga egadur)!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:21:52
24-bob. Asirning merosi haqida

Shurayh kofirlar qo‘liga asir tushib qolgan kishiga meros vasiyat qilar erdilarda «Ul menga barchadan ham zarurdur!» — der erdilar.

Umar ibn Abdulaziz «Asirning vasiyatini ado etingizlar, uning ozod qilgan qullariga g‘amxo‘rlik qilingizlar, mol-mulkidan xabar olib, qarzlarini to‘langizlar chunkim ul asirlikda bo‘lib, o‘z ixtiyori o‘zida ermasdur!» — der erdilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki vafot qilib, mol-mulk qoldirgan ersa, merosxo‘rlarinikidur va kimniki norasida yetim-esirlari qolgan ersa, biznikidur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:22:04
25-bob. Musulmon kofirdan va kofir musulmondan meros olmag‘aydur!

Meros taqsim qilinmasidan burun musulmon bo‘lgan shaxs ham meros olmag‘aydur (Chunkim, unga meros taqsim qilmog‘i lozim bo‘lgan shaxs kofirdur. Meros taksim qilingandan so‘ng musulmon bo‘lgan shaxs ersa, ma’lumki, kofirlik chog‘idayoq meros olib bo‘lgan bo‘lur).

Usoma ibn Zayd rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon kofirdan va kofir musulmondan meros olmag‘aydur!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:22:19
26-6o6. Nasroniy qulning va narxini oqlasa, ozod qilinmog‘i o‘zi birlan shartlashilgan nasroniy qulning merosi hamda bolasidan tongan shaxsning gunohi haqida

27-bob. «Ukam» yokim «Akamning o‘g‘li» deb da’vo qilgan shaxs haqida


Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Abu Vaqqos birlan Abd ibn Zam’a bir o‘g‘il bola xususida janjallashib qolishdi. Sa’d: «Bul bola, yo Rasulalloh, Utba ibn Abu Vaqqosning farzandi bo‘lib, akam uning o‘z o‘g‘illari ekanligini aytib menga vasiyat qilganlar, uning akamga o‘xshashligini ko‘ryapsizmi?!—dedi. Abd ibn Zam’a ersa: «Bul bola, yo Rasulalloh, mening ukam bo‘lib, otamning to‘shagida o‘z joriyalaridan bunyod bo‘lgandur!»— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bolaga qarab, uning chindan ham Utbaga o‘xshashligini ko‘rdilarda: «Bul bola senga, ey Abd, zero farzand to‘shak sohibiniki bo‘lib, fohisha undan mahrum qiling‘aydur. Ey Savda binti Zam’a, bu boladan qochg‘il (uni o‘zingga nomahram bilg‘il)!» — dedilar. Shundan so‘ng, bola Savdaning (yuzini) mutlaqo ko‘rmadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:22:32
28-bob. Otasi bo‘lmagan odamni otam deb da’vo qilsa...

Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohdan bunday deb eshitdim: «Kimki otasi emasligini bila turib, ataylab birovni otam deb da’vo qilsa, jannat unga haromdur!» — dedilar. Bu hadisni Abu Bakrga aytganimda, ul kishi: «Men buni Janob Rasulullohdan ikki qulog‘im birlan eshitib, qalbimga jo qilganmen»,— dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Otalaringizdan tonmangizlar, kimki otasidan tong‘aydur, kofir bo‘lg‘aydur!» — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:22:47
29-bob. Agar ayol begona bolani o‘g‘lim deb da’vo qilsa

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ikki ayol bo‘lib, ar biri o‘z o‘g‘ilchasini yetaklab ktayotgan erdi. Nogahon, bir bo‘ri kelib, ulardan birining o‘g‘ilchasini olib qochdi. Shuda o‘sha ayol dugonasiga: «Bo‘ri olib qochgan bola sening bolang erdi!» — dedi. Dugonasi ersa: «Yo‘q, ul sening bolang erdi!" — dedi. Keyin, ular janjallashib Dovud alayhissalomning huzurlariga borishdi, Ul kishi ayollardan yoshi kattasining foydasiga hukm chiqardilar (chunkim, omon qolgan bola o‘shaning qo‘lida bo‘lib, yoshi kichik ayolning bolasiga o‘xshamas erdi). Shundan so‘ng, ular Sulaymon ibn Dovud alayhissalomning huzurlariga borishdi. U kishi: «Pichoq keltiringizlar, bolani ikkingizga bo‘lib berg‘aymen!" — deb erdilar, yoshi kichik ayol: «Xudo xayringizni bersin, bunday qila ko‘rmangiz, bu uning bolasidur!» — deb yolbordi (chunkim, ul o‘z bolasiga achinib, hatto tirik qolmog‘i uchun undan voz kechishga tayyor erdi). Shunda Sulaymon ibi Dovud alayhissalom yoshi kichik ayol foydasiga hukm chiqardilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2009, 08:23:02
30-bob. Topqir kishi haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nechog‘lik xursandliklaridan chehralari charaqlab huzurimga kirib keldilarda: «Ko‘rmaysanmi Mujazzazning (topqirligini), ul (boshlarini kiyimlari birlan o‘rab burkanib olgan) Zayd ibn Horisa birlan Usoma ibn Zaydga qarab: «Bul oyoqlar biri ikkinchisidandur»,— deb aytdi-ya!»—dedilar (ya’ni, Zayd ibn Horisa birlan Usoma ibn Zayd ota-bola bo‘lib, johiliyat davrida odamlar otaning qop-qoraligidan, o‘g‘ilning ersa paxtadan ham oqligidan kulib, mazax qilishar erdi. Mujazzaz ularni oyoqlari rangidan tanib olib: «Bul oyoqlar biri ikkinchisidandur»,— deyish birlan ularning ota-bola ekanliklariga ishora qilganlar)».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xursand holda huzurimga kmrib keldilarda: «Ey Oisha, Mujazzaz al-Madlajiyning topqirligini qara-ya! Ul huzurimga kirib kelganda boshlarini kiyimlari birlan o‘rab burkanib olgan, faqat oyoqlarigina ko‘rinib turgan Usoma birlan Zaydki ko‘rib «Bul oyoqlar biri ikkinchisidan (bunyod bo‘lgandur»,—dedi-ya!» deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 30 Aprel 2009, 08:13:45
Bismillohir rahmonir rahiymi

HADD URMOQ VA HADD URILMOG’IDAN ASROVCHI
FE’LU ATVOR HAQIDA KITOB


1-bob. Mast qilg‘uvchi ichimliklar ichmaslik lozimligi haqida

Ibi Abbos: «Zino qilayotgan odamning (qalbidan) iymon nuri mahv qiling‘aydur!» —deydilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Zinokor ayni vaqtda mo‘min bo‘lolmaydi, chunkim ul zino qilayotganida iymonidan ajrag‘aydur, ichimlik ichg‘uvchi ayni vaqtda mo‘min bo‘lolmaydi, chunkim ul ichimlik ichayotganida iymonidan ajrag‘aydur, o‘g‘ri ayni vaqtda mo‘min bo‘lolmaydi, chunkim ul o‘g‘rilik qilayotganida iymonidan ajrag‘aydur hamda qaroqchi ayni vaqtda mo‘min bo‘lolmaydi, chunkim ul odamlarni baqraytirib qo‘yib talonchilik qilayotganida iymonidan ajrag‘aydur!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 30 Aprel 2009, 08:13:55
2-bob. Ichimlik ichg‘uvchini kaltaklab jazolamoq lozimligi xususida

Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ichkilik ichgan bir odamni xurmo novdasi hamda kovush birlan kaltakladilar. Abu Bakr ersa, qirq darra urdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 30 Aprel 2009, 08:14:05
3-bob. Uyda hadd urmoqni amr qilgan kishi haqida

Uqba ibn al-Haras rivoyat qiladilar: «Nuaymon (yokim Ibn Nuaymon)ni mast holda olib kelishdi. Shunda Janob Rasululloh uyda o‘ltirgan barcha kishilarga uni kaltaklamoqni amr qilib erdilar, ular kaltaklashdi. Men uni kovush birlan kaltaklaganlardan biri erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 30 Aprel 2009, 08:14:16
4-bob. Xipchin va kovush birlan kaltaklamoq haqida

Uqba ibn al-Haras rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga Nuaymon (yokim Ibn Nuaymon) ni mast holda yetaklab kelishdi. Shunda ul zot uyda mavjud odamlarga uni kaltaklamoqni amr qildilar, ular xipchin va kovush birlan kaltaklashdi. Men ham kaltaklaganlar orasida bor erdim».

Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam mast bir odamni xipchin va kovush birlan kaltakladilar. Abu Bakr ersa, unga qirq darra urdilar»

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga ichkilik ichgan bir odamni olib kelishgan erdi, uni kaltaklamoqni amr qildilar. Shunda uni ba’zimiz qo‘l birlan, ba’zimiz kovush birlan va ba’zimiz kiyim birlan kaltakladik. Ul hadd urilgach, chiqib ketdi. Shunda ayrimlar uning ortidan: «Olloh taolo seni sazoyi qilsin!» — deb qolishdi. Janob Rasululloh: «Unday demangizlar, (bul qarg‘ishingiz birlan) unga qarshi shaytonga madad bermangizlar!»— dedilar».

Umayr ibn Sa’d an-Nax’iy rivoyat qiladilar: «Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhuning bunday deganlarini eshitganmen: «Mastdan bo‘lak birorta ham odamning hadd urganimda o‘lib qolmog‘ini va keyin unga achinib yurmog‘imni istamasdim. Mast o‘lib qolsachi, buning uchun tovon to‘lab qo‘ya qolar erdim. Chunkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (o‘lguncha urmoqni) buyurmaganlar».

Soib ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning saodatli zamonlarida va Abu Bakrning hukmdorlik yillarida hamda Umarning dastlabki xalifalik qilgan chog‘larida mastni tutib kelib, qo‘limiz, kovushimiz va kiyimlarimiz birlan kaltaklab jazolar erdik. Umar xalifaligining so‘nggi yillariga kelib qirq darra uriladigan bo‘ldi. Odamlar orasida fisqu fasod kuchaygach ersa, sakson darraga yetkazildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 30 Aprel 2009, 08:14:29
5-bob. Ichkilik ichguvchilarni lanatlamoqning makruh jihatlari mavjud, chunkim ular dindan chiqmagaylar

Umar ibn al-Xattob rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida «eshak» laqabini olgan Abdulloh ismli bir kishi bo‘lib, Janob Rasulullohni kuldirib yurar erdi. Ul zot uni ichkilik ichganda kaltaklagan erdilar. Bir kuni uni mast holda keltirishib erdi, kaltaklab jazo berildi. Shunda qavm ahlidan biri: «Yo parvardigoro, uni la’natlag‘aysen, unga berilayotgan jazo, chamasi, kamlik qilayotgan ko‘rinadur!» — dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Uni la’natlamangizlar. Olloh taolo haqi, menga ayonki, ul Olloh taolo birlan uning rasulini yaxshi ko‘rg‘aydir!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohning huzurlariga mast bir kishini olib kelishdi. Uni kaltaklamoqni amr qildilar. Birimiz qo‘limiz birlan, birimiz kovushimiz birlan va yana birimiz kiyimimiz birlan kaltakladik. Ul chiqib ketgach, bir kishi ortidan: «Olloh taolo uni sazoyi qilsin!» — dedi. Janob Rasululloh «(Bul qarg‘ishingiz birlan) birodaringizga qarshi shaytonga madad bermangizlar!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 30 Aprel 2009, 08:14:42
6-bob. O’g‘ri o‘g‘rilik qilayotganida...

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Zinokor ayni vaqtda mo‘min bo‘lolmaydi, chunkim ul zino qilayotganida iymonidan ajrag‘aydur hamda o‘g‘ri ayni vaqtda mo‘min bo‘lolmaydi, chunkim ul o‘g‘rilik qilayotganida iymonidan ajrag‘aydur!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 30 Aprel 2009, 08:14:51
7-bob. O’zini qadrlamaydirgan (o‘g‘rilik oqibatida qo‘lidan ajraydirgan) o‘g‘riga la’nat o‘qimoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dubulg‘a o‘g‘irlab yokim qandaydir bir arqon o‘g‘irlab, piravardida qo‘li qirqib tashlanadirgan o‘g‘riga Olloh taoloning la’nati bo‘lsin!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 30 Aprel 2009, 08:15:01
8-bob. Hadd (shar’iy jazo) — kafforatdur!

Uboda ibn as-Somit rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlaridagi bir yig‘inda erdik. Shunda ul zot: «Olloh taologa zarracha shirk keltirmagaymen, o‘g‘rilik qilmagaymen va zinokor bo‘lmagaymen deb menga bay’at qilingizlar (qasamyod qilingizlar)!» — dedilar-da, quyidagi oyati karimani o‘qidilar «Sizlardan qaysi biringiz (bay’atiga) vafo qilg‘aydur, uning ajru savobi Ollohning bo‘ynidadur va kimki undan (bay’atidan) birortasini buzg‘aydur, buning uchun jazo olg‘aydur va bul jazo uning uchun kafforat bo‘lg‘aydur va kimki undan (bay’atidan) birortasini buzgan ersa-yu, Ollohning o‘zi (uning bul gunohini) yashirgan ersa, xohlasa uni mag‘firat qilg‘ay va xohlasa unga azob berg‘ay!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 30 Aprel 2009, 08:15:10
9-bob. Hadd urib jazo berilmog‘idan hamda haq talab qilinmog‘idan o‘zga hollarda mo‘min mo‘minga himoyachidur!

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul-Vido’da (Vidolashuv hajida): «Qaysi oyni eng hurmatli oy deb bilursizlar?» —dedilar. «Biz hozir yashab turgan mana shul oy ermasmudur?!» — deyishdi. «Qaysi shaharni eng hurmatli shahar deb bilursizlar?» — dedilar. «Mana shul shahrimiz ulug‘ ermasmudur?!» — deyishdi. «Qaysi kunni eng hurmatli kun , deb bilursizlar?» — dedilar. «Biya hozir yashab turgan manashul kun ermasmudur?! —deyishdi. «Darhaqiqat, Olloh taborak va taolo qoningiz, molingiz va obro‘yingizni bir-biring‘izga nisbatan ana shul muqaddas kuningiz, ana shul muqaddas shahringiz va ana shul muqaddas oyingiz yanglig‘ muqaddas ayladi. Ammo, haqlig‘ holatlar bundan mustasnodur!» — dedilar-da, «Bularni sizlarga tushuntira oldimmi?» — deb uch bor takrorlab erdilar, odamlar har gal: «Ha!» — deb javob qilishdi. So‘ng: «Mendan keyin bir-biringizning bo‘g‘zingizga tig‘ uradirgan kofir bo‘lib ketmangizlar!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 30 Aprel 2009, 08:15:19
10-bob. Hadd (jazosi) ning qo‘llanishi va Olloh taolo muharram qilgan narsalar uchun o‘ch olmoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ixtiyorlarida ikki ishdan birini qilmoq imkoni bo‘lganda ulardan gunoh bo‘lmaydirgan osonrog‘ini tanlar erdilar, agar gunoh bo‘ladirgan ersa, undan haddan imkon yiroq yurar erdilar. Olloh taolo haqi, ul zot o‘zlariga yetkazilgan ozor yokim biror zarar uchun sira ham o‘ch olmas erdilar. Olloh taolo muharram qilgan narsalarga daxl qilingandagina o‘ch olar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 30 Aprel 2009, 08:15:29
11-bob. Zodagon va bechoraholga nisbatan hadd (jazosi)ning qo‘llanishi haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Usoma Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga o‘g‘rilik qilgan bir ayol haqida so‘zladilar. Shunda Janob Rasululloh: «Sizlardan oldingi qavmlar hadd jazosini bechorahollarga nisbatan qo‘llab, zodagonlarga tegmaganliklari oqibatida halokatga yuz tutdilar. Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, agar (qizim) Fotima shul ishni qilganda qo‘lini qirqqan bo‘lur erdim!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 30 Aprel 2009, 08:15:42
12-bob. Gunohkorni avf etmoqni so‘rab kelinganda hukmdornimg shafoat qilmoqdan bosh tortganligi haqida

Oisha raziyallohu anho rivayat qiladilar: «Quraysh qabilasi axli Maxzum urug‘iga mansub o‘g‘rilik qilgan bir ayol xususida ne qilmoqlarini bilmay ko‘p o‘yga tildilar. Nihoyat, ular: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bul xususda (ul zotning) erkatoylari bo‘lmish Usomadan bo‘lak kim jur’at qilib so‘zlay olur?! — degan xulosaga keldilar. Usoma borib Janob Rasulullohdan o‘shal ayolni avf qilmoqlarini iltimos qildi. Shunda ul zot: «Olloh taoloning o‘zi joriy qilgan hadd (jazosi)ni mensimay, ul ayolni shafoat qilmog‘imni istaydurmisen?! — dedilar. So‘ng, o‘rinlaridan turdilar-da, huzurlaridagilarga qarata: «Ey odamlar, darhaqiqat, sizlardan ilgarigi qavmlar zalolatga yuz tutib, zodagon o‘g‘rilik qilsa, unga tegmay, bechorahol o‘g‘rilik qilganda hadd urdilar. Olloh taologa qasamyod qilurmenkim, Muhammadning qizi bo‘lmish Fotima o‘g‘rilik qilsa, Muhammadning o‘zi shaxsan uning qo‘lini kesgaydur!» — deb xitob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 30 Aprel 2009, 08:15:56
13-bob. Olloh, taoloning «O’g‘rilik qilgan erkakning ham, ayolning ham qo‘lini kesingizlar!» — degan qavli xususida

O’g‘rilik qilgan odam qo‘lining qaeridan kesmoq lozim bo‘ladi? Hazrat Ali kaftidan kesdilar. Qatoda o‘g‘rilik qilgan bir ayol xususida gapirayotib: «Uning chap qo‘lini kesdilar, xuddi shunday qilmoq kerak!» — dedilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Chorak dinor va undan ziyod pul uchun qo‘l kesilg‘aydur!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Chorak dinor uchun o‘g‘rining qo‘li kesilg‘aydur.

Umra binti Abdurrahmon rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bigga chorak dinor uchun qo‘l kesilmog‘i haqida aytdilar»,— dedilar».

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida o‘g‘rining qo‘li teridan yokim po‘latdan qilingan qalqon qiymatiga to‘g‘ri keladigan narsa o‘g‘irlasagina kesilar erdi»,— deydilar.

Oisha raziyallohu anho: «Toridan yokim po‘latdan yasalgan qalqon qiymatidan ham qiymatga ega bo‘lgan narsani o‘g‘irlagan o‘g‘rining qo‘li kesilmas erdi. Bu qalqonlarning har biri muayyan narxga ega bo‘lgan»,— deydilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida teridan yokim po‘latdan yasalgan qalqon qiymatidan ham qiymatga ega bo‘lgan narsani o‘g‘irlagan o‘g‘rining qo‘li kesilmas erdi. Bu qalqonlarning har biri muayyan qiymatga ega bo‘lgan. Abdulloh ibn Umar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qiymati uch dirham turadirgan teridan yasalgan qalqonni o‘g‘irlagan o‘g‘rining qo‘lini kestirgan erdilar», — deydilar.

Nofi’ Ibn Umardan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qiymati uch dirham bo‘lgan teri qalqonni o‘g‘irlagan o‘g‘rining qo‘lini kestirgan erdilar».

Ubaydulloh Nofi’dan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qiymati uch dirham bo‘lgan teri qalkonni o‘g‘irlagan o‘g‘rining qo‘lini kestirgan erdilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dubulga yokim qandaydir bir arqon o‘g‘irlab, niravardida qo‘li kesiladirgan o‘g‘riga Olloh taoloning la’nati bo‘lsin!» —dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 30 Aprel 2009, 08:16:06
14-bob. O’g‘rining tavbasi haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir o‘g‘ri ayolning qo‘lini kestirdilar. Shundan keyin o‘shal ayol tez-tez kelib turadirgan bo‘lib qoldi, men uning hojatini Janob Rasulullohga har gal yetkazib turdim. Nihoyat, ul tavba qilib, to‘g‘ri yo‘lni topib oldi».

Uboda ibn as-Somit rivoyat qiladilar: «Bir jamoa birlan birgalikda Janob Rasulullohga bay’at qildim. Shunda ul zot bunday dedilar: «Olloh taologa zarracha shirk keltirmasliklaringizga, o‘g‘rilik qilmasliklaringizga, bolalaringizni o‘ldirmasliklaringizga, irodasizlik qilib birovga bo‘hton qilmasligingizga va xayru ehson borasida mening oldimda gunohkor bo‘lib qolmasligingizga men ham sizlarni bay’at qildirgaymen (qasamyod qildirgaymen). Qaysi biringiz bay’atingizga vafo qilsangiz, ajru savobingiz Olloh taoloning bo‘ynidadur va kimki bulardan birortasini buzsa-yu, buning uchun bu dunyoda jazolansa, shul jazo unga kafforat bo‘lib, qilgan gunohi yuvilg‘aydur va kimniki gunohini Olloh taolo bu dunyoda sharmanda qilmay yashirgan ersa, bu uning ishidur, xohlasa, azoblag‘ay, xohlasa, mag‘firat qilg‘ay».

Abu Abdulloh (al-Buxoriy): «Qo‘li kesilgandan keyin astoydil tavba qilgan sobiq o‘g‘rining guvohligi qabul qiling‘aydur va hadd jazosi qo‘llanilgan har bir shaxs, agar chin yurakdan tavba qilgan bo‘lsa, guvohlikka o‘ta olgaydur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 08:59:31
Bismillohir rahmonir rahiymi

MUSULMONLARGA QARSHI URUSH OLIB BORUVCHI KOFIRLAR VA DINDAN QAYTGANLAR HAQIDA KITOB


Olloh, taoloning qavli («Al-Moida» surasi): Oyatning mazmuni: «Olloh va uning rasuliga qarshi urush olib borguvchi va mamlakatda buzg‘unchilik qilg‘uvchi odamlarning jazosi shuldurkim, ular qatl qilinsinlar yokim dorga osilsinlar yohud qo‘lu oyoqlari qarama-qarshi tarafidan (chap qo‘l, o‘ng oyoq) kesilsin yo ular mamlakatdan badarg‘a qilinsinlar».

Anas ibn Molik rivoyat iladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga Ukl qabilasidan bir guruh odamlar kelib musulmon bo‘ldilar. Ammo, ularga Madina ob-havosi yoqmay, xastalanib qoldilar. Shunda Janob Rasululloh zakotga berilgan tuyalar turgan joyga borib, ularning siydigi birlan sutidan ichib davolanmoqni ularga amr qildilar. Ular shifo topgach, ko‘rnamaklik qilib dindan qaytdilar va Janob Rasulullohning tuyabonlarini o‘ldirib, tuyalarni haydab ketdilar. Ortlaridan odam yuborilib, tutib keltirilgach, qo‘lu oyoqlari kesildi. Ko‘zlari o‘yildi, so‘ng shundayicha o‘z hollariga tashlab qo‘yildi, o‘lib ketdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:01:22
1-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning dindan qaytib musulmonlarga qarshi urush qilganlarni (qo‘l-oyoqlari kesilgach, qonini to‘xtatmay) o‘z hollariga tashlab qo‘yganliklari va ularning o‘lib ketganliklari haqida

Anas ibn Molik: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir guruh Urayna qabilasi a’zolarining qo‘l-oyoqlarini kestirib, qonini to‘xtattirmadilar, ular o‘sha ahvolda yottanlaricha o‘lib ketdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:01:35
2-bob. Dindan qaytib musulmonlarga qarshi urushganlarga suv berilmaganligi va ularning o‘lib ketganliklari haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Ukl qabilasidan bir guruh odamlar Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, supada yashab turdilar. So‘ng, Madina ob-havosi ilg‘ab xastalandilar. Shunda ular: «Yo Rasulalloh, bizga sut topdirib bersangiz!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Men sizlarga sut topdirib bermaymen, (yaxshisi) payg‘ambar alayhissalomning tuyalari qoshig‘a boringizlar!» — dedilar. Ular borib tuya suti birlan siydigidan ichishib shifo topdilar va hatto semirib ketdilar. So‘ng, tuyabonni o‘ldirib tuyalarni haydab ketdilar. Janob Rasululloh bundan xabar topgach, ularming ortidan odam yubordilar, kun yoyilmay tutib kelishdi. Keyin, ularning ko‘ziga mil tortishdi, qo‘lu oyoqlarini kesishdi, ammo qon to‘xtatish choralarini ko‘rishmadi. So‘ng, ularni Harra dashtiga olib borib tashlashdi, tashnalikdan suv so‘rasalar, suv berishmadi, shul tariqa ular azobda o‘lib ketdilar».

Abu Kiloba: «Ular o‘g‘rilik qildilar, odam o‘ldirdilar va Olloh taolo birlan uning rasuliga qarshi urush qildilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:01:46
3-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning musulmonlarga qarshi urush qilganlarning ko‘ziga mil torttirganliklari haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Ukl (yokim Urayna) qabilasidan bir guruh odamlar Madinaga kelishdi. Janob Rasululloh tuyalar turgan yerga borib, ularning siydigi, sutidan ichib davolanmoqni amr qildilar. Ular ichishib shifo topishdi, hattoki to‘lishib ketishdi. Keyin, tuyabonni o‘ldirib tuyalarni olib qochishdi. Bundan xabar topgan Janob Rasululloh ortlaridan odam yubordilar. kun yoyilmay tutib kelishdi. So‘ng, qo‘llari birlan oyoqlarini kesib, hamda ko‘zlariga mil tortib shu ahvolda cho‘lga tashlab kelishdi, tashnalikdan qiynalib o‘lib ketishdii.

Abu Kiloba: «Mazkur qavm o‘g‘rilik qildi, odam o‘ldirdi, iymom keltirgach, dindan qaytib, Olloh taolo birlan uning rasuliga urush qildi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:01:58
4-bob. Fahsh ishlardan qochgan kishining fazilati haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo o‘zining soyasidan bo‘lak soya bo‘lmaydirgan kuni, ya’ni qiyomat kuni Quyidagi yetti toifa bandasini o‘z soyasiga olur: odil imomni (odil rahbarni), Olloh taologa ibodat qilib voyaga yetgan yigitni, xilvatda Olloh taoloni yod etib ko‘zi jiqqa yosh bo‘lgan kishini, qalbi doimo masjid birlan bog‘liq bo‘lgan kishini, Olloh taoloni deb bir-biriga muhabbat qo‘ygan ikki mo‘min kishini, mansabdor go‘zal ayol zinoga da’vat qilganda, «Men Olloh taolodin qo‘rqgaymen!» deb aytgan kishini hamda sadaqa qilsa, sadaqa qilganini yashirgan, xatto o‘ng qo‘li nima ish qilganini chap qo‘liga bildirmagan kishini».

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki ikki oyog‘i orasidagi birlan mo‘ylabu soqoli orasidagini yomonlikka ishlatmag‘aymen deb menga kafolat berg‘aydur, men ham unga jannatning kafolatini berg‘aydurmen!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:02:09
5-bob. Zinokorlarning gunohi haqida

Olloh taolo: «(Solih bandalar) zino qilmaydilar. Zinoga yaqin yurmangizlar, darhaqiqat, zino fahsh va yomon yo‘ldur!» — deydi.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Men sizlarga shunday bir hadis aytib berayki, uni mendan bo‘lak kishidan eshitmagaysizlar! Janob Rasulullohdan bunday deb eshitgan erdim: «Qiyomat qoim bo‘lmog‘i arafasida sodir bo‘ladirgan shart-sharoitlar shuldurkim, o‘rtadan (din) ilmi ko‘tarilg‘ay, jaholat, ichkilikbozlik zino kuchayg‘ay hamda erkaklar kamayib, ayollar ko‘payib ketganidan hatto ellikta ayolga bir erkak to‘g‘ri kelg‘ay!».

Ibn Abbos raziyallou anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Zino qilg‘uvchi banda zino qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmag‘aydur (chunkim, o‘shal chog‘da uning iymoni tortib oling‘aydur), o‘g‘rilik qilg‘uvchi banda o‘g‘rilik qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmag‘aydur (chunkim, o‘shal chog‘da uning iymoni tortib olingaydur), ichkilik ichg‘uvchi banda ichkilik ichayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmag‘aydur (chunkim, o‘shal chog‘da uninp iymoni tortib oling‘aydur) va qotillik qilg‘uvchi banda qotillik qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmag‘aydur (chunkim, o‘shal chog‘da uning iymoni tortib oling‘aydur)».

Ikrima rivoyat qiladilar: «Men ibn Abbosdan: "Gunoh qilg‘uvchi bandaning iymoni gunoh qilayotgan chog‘ida qay tariqa sug‘urib oling‘aydur?» — deb so‘radim. Ul: «Mana bunday» — deb bir qo‘lining barmoqlarini ikkinchi ko‘lining barmoqlari orasiga suqdida, sug‘urib oldi. So‘ng: «Agar tavba qilsa, iymoni mana bunday qilib yana qayta qalbiga suqib qo‘yilgaydur»,— dedida, barmoqlarini barmoqlari orasiga suqdi».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Zino qilg‘uvchi zino qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmag‘aydur, o‘g‘ri o‘g‘rilik qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmag‘aydur va ichkilik ichg‘uvchi ichkilik ichayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmag‘aydur. Tavba ersa, qabul bo‘ladirmi, yo‘qmi, oxiratda ma’lum bo‘lg‘aydur».

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Yo Rasululloh, eng og‘ir gunoh qaysidur?» — dedim men. Ul zot: «O’zingni yaratgan Olloh taologa shirk keltirmog‘ingdur!» — dedilar. «Yana qaysidur?» — dedim men. Ul zot «Ovqatimga sherik bo‘lmasin deb o‘z bolangni o‘ldirmog‘ingdur!» — dedilar. «Yana qaysidur?» — dedim. Ul zot: «Qo‘shningning jufti haloli birlan zino qilishmog‘ingdur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:02:20
6-bob. Xotini bo‘laturib zino qilgan kishini toshbo‘ron qilmoq haqida

Hasan (Basriy): «Kimki o‘z singlisi birlan zino qilg‘aydur, unga zino uchun belgilangan hadd jazosi qo‘llanilgaydur!» —deb aytdilar».

Sha’biy rivoyat qiladilarki, Hazrat Ali ul kishiga jum’a kuni bir zinokor ayolni toshbo‘ron qildirganliklari haqida gapirayotib: «Men uni Janob Rasulullohning sunnatlariga muvofiq toshbo‘ron qildirdim!» — deb aytibdilar.

Sha’biy rivoyat qiladilar: «Men Abdulloh ibn Abu Avfodan: «Janob Rasululloh rajm (toshbo‘ron) qildirganmilar?» — deb so‘radim. Ul: «Ha», — dedi. Men: «Surai Nur» nozil bo‘lmog‘idan ilgarimi yokim keyinmi erdi?» — dedim. Ul: «Bilmasmen», — deb javob qildi».

Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy rivoyat qiladilar: Aslam qabilasidan bir kishi Janob Rasulullohning xuzurlariga keldida, o‘zining zino qilib qo‘yganligini aytib, buning isboti uchun to‘rtta dalil keltirdi. Janob Rasululloh uni olib borib toshbo‘ron qilmoqni amr qildilar. O’shal odamning xotini bor erdi!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:02:31
7-bob. Zino qilgan jinni erkak va jinni ayolning toshbo‘ron qilinmasligi haqida

Hazrat Ali Hazrat Umarga: «Jinni tuzalmaguncha va uyquda yotgan uyg‘onmaguncha unga gunoh yozilmasligini bilmasmi erding?! —dedilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidda erkanliklarida bir kishi keldida, ul zotga nido qilib: «Yo Rasulalloh, men zino qilib qo‘ydim!» — dedi. Shunda Janob Rasululloh undan nafrat qilib yuzlarini o‘girib oldilar, hattoki ul o‘z gapini to‘rt bor takrorlashga majbur bo‘ldi. Janob Rasululloh boyagi kishi o‘zining zino qilganligining) isboti uchun to‘rtta dalil keltirgandan so‘nggina unga o‘girilib qaradilarda: «Jinni ermasmisen?» — dedilar. Ul: «Yo‘q»,— dedi. Janob Rasululloh: «Uylanganmisen?» — dedilar. Ul: «Ha»,— dedi. Janob Rasululloh: «Buni olib borib, toshbo‘ron qilingizlar!» — deb amr qildilar».

Jobir ibn Abdulloh: «Toshbo‘ron qilganlar orasida men ham bor erdim. Uni namozgohga olib borib toshbo‘ron qilgan erdik. O’shanda ul birinchi tosh tegishi birlanoq qochib ketgan erdi, biz uni Harrada quvib yetib toshbo‘ron qilgan erdik»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:02:41
8-bob. Fohishaning (boladan) mahrum qilinmog‘i haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladular: «Sa’d birlan Ibn Zam’a janjallashib qolishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ey Abd ibn Zam’a, bul bola senikidur, bola to‘shak sohibiniki bo‘lg‘ay. Ey Savda, bul bolani ko‘rganingda yuzingni yashirg‘il (ul senga nomahramdur)!» — dedilar». Qutayba bunga qo‘shimcha qilib bizga: «Fohisha ersa, boladan mahrum etilg‘ay», — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar «Janob Rasululloh: «Farzand to‘shak sohibinikidur, fohisha ersa boladan mahrum etilg‘ay», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:02:50
9-bob. Sahniga tosh terilgan hovlida toshbo‘ron qilingani haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga o‘zaro zino qilishgan bir yahudiy erkak birlan yahudiy ayolni olib kelishdi. Janob Rasululloh ularga: «Kitoblaringizda bul xususda ne deyilg‘on?» — dedilar. Ular: «Kohinlarimiz sazoyi qilishar erdi»,— deyishdi. Shunda Abdulloh ibn Salom: «Ularga tavrot keltirmoqni buyuringiz!» — dedi. Tavrot olib kelindi. Ulardan biri «Rajm» oyati («Toshbo‘ron» oyati) ustiga qo‘lini qo‘yib, uning boshi birlan oxirini o‘qiy boshlagan erdi, Ibn Salom unga: «Qo‘lingni olg‘il!»—dedi. Ul qo‘lini olib erdi, «Rajm» oyatining kerakli yerini ataylab qo‘li birlan berkitib turganligi ayon bo‘ldi. Janob Rasululloh ularni toshbo‘ron qilmoqni amr qildilar, ular toshbo‘ron qilindi». Ibn Umar bunday deydilar: «Ular sahniga tosh yotqizilgan hovlida toshbo‘ron qilindi. Shunda men yahudiy erkakning yahudiy ayolni bag‘riga bosib (o‘z gavdasi birlan uni to‘sib) olganini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:03:03
10-bob. Namozgohda toshbo‘ron qilmoq haqida

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Aslam qabilasidan bir kishi Janob Rasulullohning huzurlariga kelib zino qilib qo‘yganligini e’tirof etdi. Janob Rasululloh nafratlanganlaridan yuzlarini o‘girib oldilar, hatto ul o‘ziga to‘rt bor dalil keltirishiga to‘g‘ri keldi. Shundagina Janob Rasululloh: «Jinnilik darding yo‘qmidur?» — dedilar. Ul: «Yo‘q»,— dedi. Janob Rasululloh: «Uylanganmisen?» — dedilar. Ul «Ha»,— dedi. Janob Rasululloh amr qildilar, uni namozgohga olib chiqib toshbo‘ron qilishdi. Birinchi tosh tegishi birlanoq qochib qolgan erdi, yetib olib o‘lguncha toshbo‘ron qilindi. Keyin, Janob Rasululloh oxirati baxayr bo‘lsin deb unga o‘zlari janoza o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:03:12
11-bob. Hadd jazosi berilmaydirgan gunoh ish qilib qo‘ygach, imomdan fatvo so‘rab tavba qilib kelgan kimsaga jazo chorasi qo‘llanilmasligi haqida

Ato raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh bunday kishiga jazo bermadilar»,— deydilar.

Ibn Jurayj: «Ro‘za holida o‘z ayoliga yaqinlik qilib qo‘ygan kishiga ham jazo berilmaydi. Hazrat Umar ehromda bo‘la turib kiyik ovlagan kishini ham jazolamadilar»,— deydilar (qilib qo‘ygan gunohidan imomni voqif qilib, tavba qilsa).

Abdurrahmon ibn al-Qosim Oisha raziyallohu anhodam naql qiladilar: «Bir kishi Janob Rasulullohning huzurlariga masjidda erkanliklarida kelib: «Kuyib qoldim», dedi. Janob Rasululloh: «Seni kuydirgan ne dedilar. Ul: "Ro‘za bo‘la turib xotinimga yaqinlik qo‘ydim» — dedi. Janob Rasululloh: «Sadaqa qil — dedilar. Ul: «Sadaqa qilmog‘im uchun hech vaqom yo‘q, — dedida, o‘ltirib oldi. Shul asnoda bir kishi Rasulullohning huzurlariga qandaydir yegulik ortilgan eshak yetaklab kelib qoldi. Men uning Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga ne ish birlan kelganin bilolmadim. Shunda Rasululloh: «Boyagi kuyib qolgan odam qaerda?» — dedilar. Ul: «Men shul yerdamen!» — dedi. Janob Rasululloh: «Mana buni olg‘ilda, sadaqa qilg‘il!» — dedilar. Ul: «Mendan ham muhtojroq kishi bormikan, axir bola-chaqam och-nahor o‘ltiribdi-ku?» — dedi. Janob Rasululloh: «Unday ersa, buni o‘zingiz yengizlar!» — dedilar». Abu Abdulloh (al-Buxoriy): «Ilgari (birinchi jildda) keltirilgan hadis bundan ko‘ra aniqroq bo‘lib, unda «Bola-chaqangga yedirg‘il!»—deyilgan»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:03:22
12-bob. Kishi hadd urilmog‘iga loyiq gunoh qilganiga iqror bo‘lib kelganda imom uning qanday gunoh qilganini surishtirmay pinhon qoldirmog‘i mumkinmi?

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida erdim, bir kishi qoshlariga kelib: «Yo Rasulalloh, men hadd jazosi berilmog‘iga loyiq gunoh qilib qo‘ydim, meni jazolangiz!" — dedi. Janob Rasululloh uning ne qilg‘onin surishtirmadilar. Shul vaqt namoz boshlanib qolib ul odam Janob Rasululloh birlan birga namoz o‘qidi. So‘ng, Janob Rasululloh namozni tugatishlari birlanoq qoshlariga borib: «Yo Rasulalloh, men hadd urilmog‘iga loyiq gunoh qilib qo‘ydim, menga Olloh taoloning Kitobiga muvofiq jazo beringiz!» —dedi. Janob Rasululloh: «Sen hozir biz birlan namoz o‘qimadingmi?!»—dedilar. Ul: «Ha»,— dedi. Janob Rasululloh: «Olloh taolo gunohingni mag‘firat qildi (yokim, hadd urilmog‘ini bekor qildi)!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:03:32
13-bob. Gunohiga iqror bo‘lib kelgan kishiga imom: «Balkim, sen tegishgandursen yokim ko‘z qisib qo‘ygandursen?» — deb aytadirmi?

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Moiz ibn Molik Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga (qilgan gunohiga iqror bo‘lib) kelganida, ul zot unga: ehtimol sen o‘pgandursen yokim ko‘zingni qisgandursen yohud bir nigoh tashlab qo‘ygandursen?» — dedilar. Ul: «Yo‘q, yo Rasulalloh, jimo’ qilib qo‘ydim! - dedi. Janob Rasululloh shundan keyingina uni toshbo‘ron qilmoqni amr qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:03:45
14-bob. Gunohiga iqror bo‘lib kelgan kishidan kishining: «Uylanganmisen?» — deb so‘ramog‘i haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidda o‘ltirganlarida bir kishi kelib: «Yo Rasulalloh. men zino qilib qo‘ydim!»—deb aybiga iqror bo‘ldi. Shunda Janob Rasululloh (nafratlanib) yuzlarini o‘girib oldilar. Boyagi odam: «Yo Rasulalloh, men zino qilib qo‘ydim!» — deb gapini takrorlab erdi, ul zot yana o‘girilib oldilar. Shul tariqa ul to‘rt bor aybini tan olib o‘ziga o‘zi guvohlik berdi. Nihoyat, Janob Rasululloh uni yonlariga chaqirib: «Jinnilik darding yo‘qmidur?» — dedilar. Ul: «Yo‘q, yo Rasulalloh!» — dedi. Janob Rasululloh: «Uylanganmisen?»—dedilar. Ul: «Ha, yo Rasululloh!» — dedi. Shundan so‘ng, ul zot: «Olib chiqib toshbo‘ron qilingizlar!» — deb amr qildilar». Jobir: «O’shanda toshbo‘ron qilganlar ichida men ham bor erdim. Namozgohga olib chiqib toshbo‘ron qilayotganimizda dastlabki tosh tegishi birlanoq qochib qolgan erdi, biz uni Harrada quvib yetib toshbo‘ron qilgan erdik»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:03:56
15-bob. Zino qilganlikni e’tirof qilmoq haqida

Abu Huriyra va Zayd ibn Xolid rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida erdik. Bir kishi o‘rnidan turib: «Sizdan o‘tinib so‘raymenkim, bizning ishimiz yuzasidan Olloh taoloning Kitobiga muvofiq hukm chiqarib beringiz!» —dedi. Undan shikoyat qilib kelgan kishi faqihroq bo‘lib, ul ham o‘rnidan turdida: «Bizning ishimizni Olloh taoloning Kitobiga muvofiq ajrim qilsangiz va menga gapirmoqqa ijozat bersangiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «So‘zlagil!» — dedilar. Ul: Mening o‘g‘lim bul odamning xizmatini qilib yurar erdi, bir kuni uning xotini birlan o‘ynashib qo‘ydi. Men tovoniga yuzta qo‘y va bir xizmatkor berib o‘g‘limni qutqarib oldim. Keyin, ulamolardan surishtirib erdim, ular: «O’g‘lingni yuz darra urib bir yilga badarg‘a etmoq, buning xotinini ersa toshbo‘ron qilmoq lozim erdi» — deyishdi. — dedi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, sizlarning ishingizni Olloh taolo Kitobiga muvofiq hal qilg‘umdur! Bergan yuz qo‘ying birlan bir xizmatkoring o‘zingga qaytarilg‘aydur va o‘gling-yuz darra urilib, bir yilga badarga qiling‘aydur. Ey Anis, buning xotini oldig‘a borg‘il, agar (zino qilganini) e’tirof qilsa, toshbo‘ron qilg‘il!» — dedilar. Anis o‘shal xotinning oldiga borib erdi, ul e’tirof etdi, keyin uni toshbo‘ron qilishdi».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar bunday deb aytdilar: «Men qo‘rqamenkim, zamonlar, o‘tib odamlar: «Olloh taoloning Kitobidan rajm (toshbo‘ron qilmoq) haqida hech gap topmadik» — deb zalolatga yuz tutib, Olloh taolo nozil qilgan farzni bajarmay qo‘ymasalar erdi! Rajm har bir zino qilgan odamga — xotini bo‘la turib zino qilganga ham, zino qilganligi isbotlangan shaxsga ham yokim birovdan homila orttirgan yohud zino qilganini o‘zi e’tirof qilganga ham beistisno qo‘llanmog‘i zarurdur!». Sufyon: «Men Hazrat Umarning gaplarining so‘nggida: «Axir, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam rajm qilgan ermasmi erdilar, ul zotdan keyin biz ham rajm qildik-ku?!» — deb aytganlarini shundoqqika yodlab qolganmen»,—deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:04:11
16-bob. Eri bo‘la turib zinodan homilador bo‘lib qolgan ayolni rajm qilmoq haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Men muhojirlardan bo‘lmish bir guruh kishilarga, jumladan Abdurrahmon ibn Avfga Qur’on tilovat qilmoqni o‘rgatar erdim, Bir kuni men uning Minodagi o‘yida, uning o‘zi ersa, Hazrat Umar ibn al-Xattobning so‘nggi hajlarida, birga erdi. Nogahon, Abdurrahmon mening oldimga qaytib kelib qoldida: bunday dedi «Bugun Amir al-Mu’miniynning huzurlariga kelgan kishini bir ko‘rganingda erdi, o‘shal odam: «Yo Amir al-Mu’miniyn, siz falonchiga nima yomonlik qilgan erdingiz, ul sizning haqingizda: «Agar Umar o‘lsa, men falonchiga bay’at qilgan bo‘lur erdim. Olloh taolo haqi, Abu Bakrga qilgan bay’atim ersa, umri qisqa erkan, tez fursatda tugadi!» — deb aytdi» — dedi. Shunda Hazrat Umar darg‘azab bo‘lib: «InshoOlloh, men bugun kechqurun kimlar ig‘vo qilib odamlarni chalg‘itishga urinayotganini barchaga oshkor qilg‘aymen!» — dedilar. Shunda men: «Yo Amir al-Mu’miniyn, bunday qila ko‘rmangiz, chunkim hozir haj mavsumi bo‘lib, ko‘plab johil va ig‘voga tez uchadirgan odamlar to‘plangandur, odamlarga so‘zlayotgan vaqtingizda o‘shal toifadagi kishilar sizni qurshab olishib, yengib qo‘yishmasa erdi! Men qo‘rqamenkim, biror nojo‘ya so‘z og‘zingizdan chiqsa, ular ilib olishib, darhol chor atrofga tarqatg‘aylar va odamlar bunga o‘ylab-netmay ishonib qo‘ya qolg‘aylar. Sira oshiqmangiz, avval Madinaga eson-omon qaytib boringiz, chunkim bul shahar hijrat va sunnat qarorgohi bo‘lib, ul yerda siz faqihu ashroflar birlan xolis suhbat qurib o‘zingiz aytmoqchi bo‘lgan gaplarni aytg‘aysiz, ular ersa, gapingizni aql tarozusiga solib ko‘rib, noqis yerlarini tuzatgaylar!» — dedim. Hazrat Umar «Olloh taolo haqi, inshoOlloh, Madinaga borishim birlanoq dastlab shul ishni qilg‘aymen!»— dedilar. Biz Zulhijja oyining oxirida Madinaga keldik. O’shal kun jum’a kuni bo‘lib, quyosh botib qorong‘u tushib qolmasidak yetib olmokqa oshiqdik. Men Sa’id ibn Zayd ibn Amr ibn Nufaylni minbar rukniga suyanib o‘ltirgan holda uchratdim, tizzam tizzasiga tegadirgan darajada unga yaqin borib o‘ltirdim. Gapga og‘iz juftlab ham erdimki, Hazrat Umar ibn al-Xattob ichkaridan chiqib keldilar. Ul kishining biz tomon kelayotganlarini ko‘rib Sa’id ibn Zayd ibn Amr ibn Nufaylga «Bugun kechqurun xalifa bo‘lganlaridan buyon aytmagan gaplarini aytadilar»,— dedim. Ul menga ishonmay: «Bo‘lmag‘ur gap, shul vaqtga qadar aytmay, endi aytarmi erdilar!» — dedi. Hazrat Umar minbarga chiqib o‘ltirdilar. Muazzinlar sukut qilgach, o‘rinlaridan turib Olloh taologa munosib hamdu sanolar aytdilar, so‘ng «ammo ba’d» deb maqsadga o‘tdilar: «Men bugun sizlarga aytmog‘im taqdir qilingan bir gapni aytg‘aymen. ehtimol bul ajalim arafasidagi so‘nggi nutqimdur! Gapimni fahmlab mag‘zini chaqa olganlar ulovlarining qadami yetgancha yerga borib odamlarni voqif qilsinlar, kimki idroki yetmay ganimning mag‘zini chaqa olmaganligidan xavfsirasa, mening xususimda bo‘hton qilmishga yo‘l qo‘ymagaymen. Olloh taolo Muhammad sallallohu alayhi va sallamni haqiqatni yuzaga chiqarmoq uchun yuborgandur, ul zotga Kitob nozil qilgandur. Noyil qilgan qavli karimalaridan biri «Rajm» oyati bo‘lib. biz uni o‘qib, fahmlab, mag‘zini chaqqanmiz, shul boisdan ham Janob Rasululloh rajm qildilar, ul kishidan Keyin biz ham rajm qildik (toshbo‘ron jazosini qo‘lladik). Qo‘rqamenkim, zamonlar o‘tib odamlar Olloh taoloning Kitobidan rajm haqida hech gap topolmadik deyishib zalolatga yuz tutmasalar va Olloh taolo nozil qilgan farzdan voz kechmasalar erdi! Xotini bo‘la turib zino qilgan har qanday erkakni va eri bo‘la turib zino qilganligi isbotlangan yoki nomahram birlan o‘ynashib homila orttirgan har qanday ayolni yohud zino qilganligini o‘zi e’tirof etgan har bir shaxsni rajm (toshbo‘ron) qilmoq Olloh taoloning Kitobida haqlig‘ deyilgandur. Keyin, biz Olloh taoloning Kitobidan oyati karimalarni o‘qib bilib oldikkim, otalaringizdan yuz o‘girmasligingiz lozim, chunkim otalaringizdan yuz o‘girmog‘ingiz kufrdur. Yodingizda tutingizkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni Iso ibn Maryamni maqtaganlari singari maqtamay, Ollohning bandasi va rasuli deb aytingizlar!» — deganlar. Menga aytishdikim, oralaringizdan bir kishi «Olloh taolo haqi, agar Umar o‘lsa, falonchiga bay’at qilgan bo‘lur erdim!» — degan ermish. Kishi: «Abu Bakrga qilgan bay’atim, umri qisqa erkan, tez fursatda tugadi!» —deb ham, maqtangaymi? Agar haq bo‘lganida ham bunday demasligi lozim! Hech qaysingiz Olloh taoloning yo‘lida Abu Bakrchalik mo‘l yurib ko‘plab tuya nobud qilgan ermassiz! Kimki musulmonlar birlan maslahatlashmay birovga bay’at qilsa, qatl qilinmog‘idan qo‘rqib bay’at qilganni ham, bay’at qabul qilganni ham xech kim tan olmag‘aydur. Bizga ma’lumki, Olloh taolo o‘z rasuli sallallohu alayhi va sallamni dargohiga chaqirib olgach, ansorlar bizga qarshi chiqib butun oilalari birlan Banu So’ida ayvoniga to‘planishgan erdi. Ali, Zubayr va ularning tarafdorlari ham bizga qarshi chiqishgan erdi. Muhojirlar ersa, Abu Bakrning huzurlariga yig‘ilgan erdi. Shunda men Abu Bakrga: «Yo Hazrat Abu Bakr, bizni yopingizga olib birodarlarimiz bo‘lmish ansorlarning oldiga boringiz!» —dedim. Keyin, biz yo‘lga tuvdqih Ansorlar to‘plangan yerga yaqin qolganda ikki solih kishi qarshimizga chiqdida. ularning niyatlaridan bizni voqif qilib «Ey muhojirlar, qaerga ketmoqdasizlar?»—dedi. Biz: «Birodarlarimiz bo‘lmish ansorlar xuzuriga»,— dedik. Ular: «Ularga yaqin bormangizlar, o‘zingiz bilib ishlaringizni qilaveringizlar!» —deyishdi. Men: «Olloh taolo haqi, ularning oldiga bormasak bo‘lmagay!» — dedim. Biz yo‘lda davom etib, nihoyat Banu So’ida ayvonida to‘plangan ansorlar huzuriga yetib bordik. Qarasak, ularning o‘rtasida kiyimiga o‘ranib bir kishi o‘ltiribdi, men «Bul kim?» — dedim. «Bul —Sa’d ibn Ubodadur»,— deyishdi. Men: «Unga ne qilg‘on?» —dedim. «Betobdur».— deyishdi. Biroz o‘ltirganimizdan so‘ng ularning xatibi kalimam taqodatni o‘qib Olloh taologa munosib hamdu sanolar aytdida: «Amio ba’d (endi maqsadga ko‘chaylik), biz Olloh taoloning yerdagi tayanchi hamda islom lashkarlaridurmiz! Sizlar ersangiz, birxovuch muhojirlar bo‘lib, kambag‘alligingizdan o‘z kavmingizdan ajralib bu yerga kelib qolgansizlar. O’shal qavmingiz ildizimizii qirqib. bizni hokimiyatdan chetlatmoq niyatidadur».— dedi. Ul gapidan to‘xtab sukut qilgan vaqtda men o‘zimga ma’qul ko‘ringan bir gapni miyamda chiroyli so‘zlar birlan bezab, pardali qilib tayyorlab oldimda, Abu Bakrning huzurlarida aytib olgim keldi, chunkim bir qadar ul kishiga o‘zimni ko‘rsatgim kelgan erdi. Endigina gapga og‘iz juftlab ham erdimki, Abu Bakr: «Shoshmay tursangchi!» — dedilar. Men ul kishining g‘azablarini keltirgim kelmay. jim bo‘ldim.Shunda Abu Bakrning o‘zlari gap boshladilar, ul kishi mendan ko‘ra yumshoq tabiat va xushmuomalaroq erdilar. Olloh taolo haqi, mening hozirgina o‘zimcha ma’qul ko‘rib, aytmoqchi bo‘lgan gapimni ul kishi birorta ham so‘zini, qoldirmay va mendan ham chiroyliroq qilib aytdilarda, sukut qildilar. So‘ng, Sa’dga qarab: «Siz ansoriylar haqida nimaiki yaxshi gaplar aytgan ersangiz, barisi haqlig‘ ravishda ularga munosibdur. Ammo, xalifalik mansabi Quraish qabilasining mana shul hijrat qilgan urug‘iga berilsagina e’tirof qiling‘aydur, chunkim ular arab qabilalari ichida nasab va turmush darajasi jihatidan o‘rtachadurlar. Men sizlarga mana bul ikki kishidan biriga rozi bo‘lmog‘ingizni taklif qilurmen. Ulardai o‘zingiz istaganingizga bay’at qilmog‘ingiz mumkin»,— dedilarda. Men birlan Abu Ubayda ibn al-Jarrohning qo‘limizni ushladilar. Shunda Abu Ubayda ikkalamizning o‘rtamizda o‘ltirgan erdi. Men boshqa bir kishini taklif qilganlarida inkor qilmagan bo‘lur erdim. Ammo, Olloh taolo haqi, Abu Bakr hazratlaridek zot oralarida bo‘lgan qavmga bosh bo‘lganimdan ko‘ra, bo‘ynimni choptirib tashlab gunohdan nariroq bo‘lganim afzalroqdur! Men hozir o‘limim oldida eslasam arzigulik o‘zim qilgan bundan bo‘lak yaxshi amalni qidirib sira topa olmayotirmen! Ansorlardan biri: «Oyoqlaringiz ostiga poyondoz bo‘layin, oyoqlaringiz changini ko‘zlarimga to‘tiyo qilayin, ey Quraysh jamoasi, sizlardan bir kishi va bizlardan bir kishi amir bo‘lsin!» — dedi. Shunda odamlar orasida g‘ala-g‘ovur ko‘tarilib erdi, men ixtilof chiqmasaydi deb xavotir oldimda «Yo Abu Bakr, qo‘lingizni uzatingiz!» — dedim, ul kishi qo‘llarini uzatdilar. Men qo‘llarini olib ul kishiga bay’at qildim, muxojirlar ham bay’at qilishdi. Keyin, ansorlar ham ul kishiga bay’at qilishdi. Shunday qilib, biz Sa’d ibn Uboda ustidan g‘alaba qildik. Ansorlardan biri: «Sa’d ibn Ubodami o‘ldirdingizlar (pichoqsiz so‘ydingizlar)»,— dedi. Men unga: «Sa’d ibn Ubodami Olloh taolo o‘ldirdi»,— dedim. Hazrat Umar: «Biz hozir Abu Bakrga bay’at qilib juda zo‘r ish qildik qavmning bizdan ajralib chiqib ketmog‘idan qo‘rqqan erdik. Agar ularning oralaridagi o‘zimiz rozi bo‘lmagan kishiga bay’at qilmog‘imiz to‘g‘ri kelib qolganda, qarshi chiqqan bo‘lur erdik bu ersa ikki o‘rtada fasod chiqmog‘iga sabab bo‘lur erdi. Kimki musulmonlar birlan maslahat qilmay kimgadir bay’at qilsa, qatl qilinmog‘idan qo‘rqib bay’at qilganga ham, bay’at qabul qilganga ham hech kim ergashmagaydur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:04:22
17-bob.

Zino qilgan bokira va bo‘ydoqqa darra urilg‘aydur hamda zino qilgan ayol birlan erkak badarg‘a qiling‘aydur. Ularning har biriga yuz darradan uringizlar, Olloh taolo birlan qiyomatga iymon keltirgan ersangiz, Olloh taolo dinida buyurilgan hadd jazosini beayov ularga qo‘llangizkim, ko‘pchilik mo‘minlar azoblanayotganlarini ko‘rib ibrat olsinlar. Mo‘min bo‘la turib zino qilgan erkak faqat zinokor yoki mushrik ayolgag‘ina uylanmog‘i mumkindur shuningdek mo‘min bo‘la turib zino qilgan ayol ham faqat zinokor yokim mushrik erkakkagina turmushga chiqishi mumkindur. Mo‘min bo‘la turib zino qilib qo‘ygan erkak yokim ayol mo‘minlar uchun endi butunlay haromdur!

Zayd ibn Xolid al-Juayniy: «Men Nabiy sallallohi alayhi va sallamning uylanmagan bir kishini zino qilib qo‘yganida yuz darra urdirib, bir yilga badarg‘a qilganlarini eshitganmen»,—deydilar.

Urva ibn az-Zubayr: «Hazrat Umar ibn al-Xattob zino qilgan erkaklarni badarg‘a qildilar va bu payg‘ambarimizdan qolgan sunnat sira kanda qilinmadi»,— deydilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylanmagan zinokor bir kishini hadd urilgach, bir yilga badarg‘a qilmoqni amr qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:04:33
18-bob. Osiy va xunasalarni badarg‘a qilmoq haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xotinchalish erkaklar birlan erkakchalish ayollarni la’natlab: «Ularni uylaringizdan quvib chiqaringizlar!» — dedilar va falonchini haydab yubordilar. Hazrat Umar ham falonchini quvib chiqardi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:04:45
19-bob. Imomning o‘zi bormay, hadd urib kelmoqni imom bo‘lmagan bir kishiga topshirganligi haqida

Abu Hurayra va Zayd ibn Xolid rivoyat qiladilar: «Bir badaviy Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidda o‘ltirganlarida qoshlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Olloh taoloning Kitobiga muvofiq hukm chiqarib beringiz!» —dedi. Shunda uning xasmi: «To‘g‘ri aytyapti, yo Rasulalloh, uning ishini Olloh taoloning Kitobiga muvofiq hal qilib beringiz! Mening o‘g‘lim uning xizmatini qilib yurur edi. Bir kuni uning xotini birlan o‘ynashib qo‘ydi. Odamlardan surishtirgan erdim. buning uchun o‘g‘limning rajm (toshbo‘ron) qilinmog‘i lozimligini aytishdi. Shunda men yuzta qo‘y va bir joriya tovon to‘lab o‘g‘limni qutqarib oldim. Keyinchalik ulamolardai so‘ragan erdim. ular o‘g‘limning yuz darra urilib, bir yilga badarg‘a qilinmog‘i kerakligini ta’kidlashdi»,— dedi. Janob Rasululloh: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, sizlarning mojarolaringizni Olloh taoloning Kitobiga muvofiq hal qilib bergumdur! Sen bergan yuz qo‘y birlan joriya o‘zingga qaytarilg‘ay, o‘g‘ling ersa, yuz darra urilib, bir yilga badarg‘a etilgusidur. Ey Anas, sen ersang, borib o‘shal xotinni rajm (toshbo‘ron) qilg‘il!»—dedilar. Anas borib, uni rajm qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:04:55
20-bob.

Olloh taoloning qavli («An-niso» surasi): Oyatning mazmuni: «Va oralaringizdan kimki ozod musulmon ayollarni nikohiga olmoqqa qodir bo‘lmasa, ul odam qo‘llaringizdagi musulmon cho‘rilardan biriki nikohiga olsin, Olloh taolo sizlarning qay darajada iymonli erkanligingizni barchadan ham yaxshiroq bilg‘aydur. Sizlar hammangiz bir insondursizlar, shuning uchun cho‘rilarni egalarining ijozati ila, agar ular ilgari zino qilmay pokdomon yurgan ersalar hamda xufyona o‘ynash orttirmagan ersalar, nikohingizga olib, qoidaga muvofiq mahrlarini beringizlar. Basharti, nikohingizga olganingizdan so‘ng fahsh yo‘lig‘a kirsalar, ul holda ularga zino qilgan erli ozod xotinlarga belgilangan jazoning yarmi berilur. Bu ortiqcha jazo berib qo‘yib, gunohkor bo‘lib qolmoqdan cho‘chiganlar uchundur. Bardoshli bo‘lsangizlar, o‘zingiz uchun yaxshiroq bo‘lg‘aydur, Olloh taolo gunohlarni kechuvchan va rahmdil zotdur!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:05:07
21-bob. Agar cho‘ri zino qilsa...

Abu Hurayra va Zayd ibn Xolid rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Eri yo‘q cho‘ri zino qilib qo‘ysa, ne qilg‘aymiz!» — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Agar zino qilsa, darra uringizlar, keyin yana zino qilsa, darra uringizlar, keyin yana zino qilsa, darra uringizlar, so‘ng bir kalava ip narxiga bo‘lsa ham sotib yuboringizlar!» — dedilar. Ibn Shihob: «Uchinchi yokim to‘rtinchi marta zino qilganidan so‘ng sotib yuboriladimi buni bilolmadim»,— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:05:16
22-bob. Zino qilgan cho‘ri urishib-netib o‘tirilmag‘ay hamda badarg‘a ham qilinmag‘ay

Sa’id al-mahyuriy otalaridan naql qiladilar, ul kishi ersa, Abu Hurayradan eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar cho‘ri zino qilsa-yu, gunohi isbotlansa, urishib-netib o‘tirmay, darra urib qo‘ya qolingizlar, agar yana zino qilsa, urishib-netib o‘tirmay, yana darra urib qo‘ya qolingizlar. Basharti, uchinchi marta zino qilsa, bir jun arqon bahosida bo‘lsa ham sotib yuboringizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:05:26
23-bob. Zinokor zimmiylarni jazoga hukm qilmoq hamda zino qilib ishi imomga oshirilgan ikki zimmiyni boshqa zimmiylar himoya qilganliklari haqida

Shayboniy rivoyat qiladilar: «Men Abdulloh ibn Abu Avfodan rajm (toshbo‘ron qilmoq) haqida so‘ragan erdim, ul «Nabiy sallallohu alayhi va sallam rajm qilganlar»,— deb aytdi. Keyin, men: «Nur surasi nozil bo‘lmasidan ilgarimi, keyinmi?» — desam: «Bilmaymen»,— dedi. Ba’zilar rajmga «Moida» surasi ta’lluqli deb hisoblashadi, ammo dastlabkisi to‘g‘riroqdur».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Bir to‘da yahudiylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib o‘zlaridan bir erkak birlan ayolning zino qilganligini aytishdi. Janob Rasululloh ularga: «Rajm xususida tavrotda ne deyilgan?» — dedilar. Ular: «Sazoyi qilib, darra urilmog‘i lozimligi aytilgan»,— deyishdi. Shunda Abdulloh ibn Salom: «Yolg‘on aytyapsizlar, tavrotda rajm qilmoq kerakligi aytilgan!» — dedi. Tavrot keltirilgach, yahudiylardan biri uni ochib, rajm oyati ustiga qo‘lini qo‘ydida, oyatning boshlanishi birlan oxirini o‘qiy boshladi. Abdulloh ibn Salom buni sezib, «Qo‘lingni ol!»—dedi. Ul qo‘lini olib erdi, rajm oyatining eng kerakli yerini ataylab qo‘li birlan berkitib turganligi ayon bo‘ldi. Yahudiylar o‘zlarini anqovlikka solib: «Muhammad, rost bo‘lib chiqdi, tavrotda rajm haqida yozilgan erkan!» — deyishdi. Janob Rasululloh zinokor yahudiylarni rajm qilmoqni amr qildilar, ular rajm qilindi. Shunda men (zinokor) erkak yahudiyning o‘z ma’shuqasini gavdasi birlan toshdan himoya qilib turganini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:05:35
24-bob. Bir erkak hokim va odamlar oldida o‘z xotinini yokim birovning xotinini zinokorlikda ayblasa tokim o‘shal xotinga odam yuborib, qo‘yilgan ayb haqida surishtiradimi?

Abu Hurayra va Zayd ibn Xolid rivoyat qiladilar: «Ikki kishi o‘zaro da’volashib Janob Rasulullohning huzurlariga keldi. Shunda ulardan biri: «Yo Rasulalloh, bizning ishimizni Olloh taoloning Kitobiga binoan hal qilib beringiz!» — dedi. Keyin, faqirrog‘i turib: «To‘g‘ri aytyapti yo Rasulalloh, bizning mojaromizni Olloh taoloning Kitobiga muvofiq hal qilsangiz hamda menga so‘zlamoqqa ijozat bersangiz!».— dedi. Janob Rasululloh: Mayli, gapiraverg‘il!» — dedilar. Ul: «Mening o‘g‘lim manavining xizmatkori erdi, xotini birlan o‘ynashib qo‘ydi. Odamlar o‘g‘limning rajm qilinmog‘ini aytishdi. Men yuzta qo‘y va bir cho‘ri tovon to‘lab, o‘g‘limni qutqarib oldim. Keyin, men ulamolardan surishtirib bilsam, buning uchun o‘g‘lim yuz darra urilib, bir yilga badarg‘a etilmog‘i, manavining xotini ersa, rajm qilinmog‘i darkor erkan»,— dedi. Janob Rasululloh: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, sizlarning ishingizni faqat Olloh taoloning Kitobiga muvofiq ajrim qilib bergumdur! Sen bergan yuzta qo‘y birlan joriya o‘zingga qaytarilg‘ay, o‘g‘ling ersa, yuz darra urilib, badarg‘a qiling‘ay!» — dedilar. So‘ng, Anis al-Aslamiyga: «Manavining xotinining oldiga borib surishtirg‘il, agar zino qilganini e’tirof qilsa, rajm qilg‘il!» — deb amr qildilar. Xotin e’tirof qilib erdi, rajm qilindi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:05:47
25-bob. Sulton (hukmdor) dan beruxsat o‘z bolasining yokim boshqa birovning adabini bergan kishi xususida

Abu Sa’idning aytishlariga ko‘ra, «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki namoz o‘qiyotganda biror kishi oldidan o‘tmoqchi bo‘lsa, uni qaytarsin, qaytmay qarshilik qilsa, u birlan jang qilsin!» — deb aytgan erkanlar. Shul boisdan Abu Sa’id ham shunday qilgan erkanlar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «(Otam) Abu Bakr raziyallohu anhu oldimga kelganlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muborak boshlarini tizzamga qo‘yib orom olayotgan erdilar. Otam: «Qilgan ishingni qara-yu, Janob Rasululloh birlan odamlarni yo‘ldan qoldirding, vaholanki ularning suvi yo‘q!» — deb qo‘llari birlan biqinimga nuqib-nuqib koyiy boshladilar, men ersam Janob Rasululloh uyg‘onib ketmasaydilar, deb qimirlay olmas erdim. Shu asnoda Olloh taolo «Tayammum» oyatini nozil qildi».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Otam Abu Bakr oldimga keldilarda: «Marjoningni deb odamlarni yo‘ldan qoldirding!» — deb meni qattiq nuqiy boshladilar. Men ersam, jonim og‘riganiga qaramay, Janob Rasulullohni bezovta qilib qo‘ymayin deb qimirlamas erdim. Ul zotni bezovta qilmokdin ko‘ra, mening uchun o‘lim afzalroq erdi!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:05:57
26-bob. Xotini birlan birga begona erkakni ko‘rganda uni o‘ldirmoq haqida

Mug‘iyra rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Uboda: «Basharti xotinim birlan birga begona erkakni ko‘rsam, uni qilich birlan beayov chopib tashlar erdim!» — dedi. Bu gapni Janob Rasulullohga yetkazishganda, ul zot: «Sa’dning rashkidan taajjub qildingizlarmi? Men undan ham rashkliroqmen, Olloh taolo ersa, mendan ham rashkliroqdur!» — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:06:09
27-bob. Yotig‘i birlan, kengroq tushuntirmoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: "Bir badaviy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh,, meniig xotinim qop-qora bola tug‘di!» —dedi. Janob Rasululloh: «Tuyalaring bormi?» — dedilar. Ul: «Ha, bor»,— dedi. Janob Rasululloh: «Ranglari qanday?» — dedilar. Ul: «Qizg‘ish»,— dedi. Janob Rasululloh: «Orasida kulranggi bormi?» — dedilar. Ul: «Ha, bor»,—dedi. Janob Rasululloh: «Qanday qilib ulardan kulrang tuya vujudga keldi?» — dedilar. Ul: vasli zotiga tortgan bo‘lsa kerakda» —dedi. Janob Rasululloh: «O’g‘ling ham asli zotiga tortgandur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:06:19
28-bob. Nechog‘lik ta’zir va adab bermoq darkor?

Abu Burda rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «(Ta’zir va adab tariqasida) o‘n darradan ortiq urilmag‘aydur, chunkim bul haddni (jazoni) Olloh taoloning o‘zi ta’yin qilgandur der erdilar.

Abdurrahmon ibn Jobir rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «(Ta’zir va adab tariqasida) o‘n darradan ortiq urib jazo berilmag‘aydur, chunkim bul haddni Olloh taoloning o‘zi ta’yin qilgandur!»—dedilar».

Abu Burda al-Ansoriy rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning: ta’zir va adab tariqasida) o‘n darradan ortiq urmangizlarki, bul hadd Olloh taoloning haddlaridandur!» —deb aytganlarini eshitganmen».   

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uzluksiz ro‘za tutmoqdan qaytarib erdilar, bir guruh musulmonlar: «Yo Rasulalloh, o‘zingiz uzluksiz ro‘za tutgaysiz-ku?!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Qaysi biringiz men kabi bo‘la olg‘aysiz?! Axir, meni har kecha rabbimning o‘zi yeb-ichirib turg‘aydur!» — dedilar. Ular: «Uzluksiz ro‘za tutaverg‘aymiz!»—deb ko‘nmagach, Janob Rasululloh bir ila kun birgalikda uzluksiz ro‘za to‘tdilar. Yaxshi hamki, yangi oy chiqib qoldi (ro‘za tugab qoldi), aks holda ul zot ularni bosh tortganlari uchun jazolagan bo‘lur erdilar».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar «Biror ozuqani (egulikni) o‘zlari yashaydirgan joyga olib borib sotmoq niyatida ko‘tara xarid qilgan odamlar ulovlariga minib ulgurmaslaridan kaltaklanar erdilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolo ta’qiq qilgan narsalarga qo‘l urganlardangina o‘ch olar erdilar, ammo o‘zlariga yetkazilgan ozor uchun sira o‘ch olmaganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:06:28
29-bob. Ayolning fohishalik qilganini hamda unga qo‘yilgan aybning rost ekanligini guvohu dalilsiz isbotlagan shaxs xususida

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Men bir eru xotinning o‘zaro bir-birini zinokorlikda ayblab la’natlaganligining shohidi bo‘lganmen. O’shanda o‘n besh yoshlarda erdim. Janob Rasululloh ularni ajratib qo‘ygan erdilar. Xotinning eri: «Agar uni xotin qilsam, tuhmatchi bo‘lib qolgaymen!» — deb aytgan erdi. Zuhriy o‘shal kishi haqida: «Agar xotinim qorachadan kelgan bola tug‘sa, mening gapim to‘g‘ri chiqqay, basharti sarg‘ish bola tugsa, unda aybsiz bo‘lgaydur!» — degandi, keyin xotini qorachadan kelgan bola tug‘ib qo‘ygan erdi",—deydilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: "Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida bir eru xotinning o‘zaro bir-birini zinokorlikda ayblab la’natlagani haqida gap bo‘ldi. Shunda Osim ibn Adiy shul haqda bir gap aytdida, keyin chiqib ketdi. Uyida o‘ltirganida bir kishi huzuriga kelib xotinimi bir begona erkak birlan tutib olganini aytib shikoyat qildi. Osim: «Tilimdan ilinib o‘zimga balo orttirib o‘ltiribmen!»—dedida, boyagi kishini ergashtirib Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bordi, ul zotni bor gapdan voqif qildi. Xotinidan shikoyat qilib kelgan kishi sarg‘ish, qotma, sochlari muloyim va silliq erdi. Xotinining o‘ynashi ersa, qorachadan kelgan, semiz kishi erdi. Janob Rasululloh: «Yo parvardigoro, o‘zing fosh qilg‘aysen!»—dedilar. Keyin, o‘shal xotin eri belgilarini aytgan kishiga o‘xshash bola tug‘di. Janob Rasululloh ularni ajratib yubordilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:06:39
30-bob. Pokdomon ayollarga tuhmat qilg‘uvchilar haqida

Olloh taoloning qavli: «Pokdomon ayollarga tuhmat qilib qo‘yib, so‘ng to‘rtta guvoh topolmaganlarga sakson darra uringizlar va zinhor tanho o‘zlarining guvohligini qabul qilmangizlar! Ular fosiq bo‘lib, shundan keyin tavba qilib tuzalganlari bundan mustasnodurlar. Olloh taolo mag‘firat qilg‘uvchi rahmdil zotdur!» «Begunoh, pokdomon mo‘mina ayollarga tuhmat qilg‘uvchilar ikki dunyoda la’nati bo‘lg‘aylar, qiyomatda qattiq azobga duchor qiling‘aylar!» «O’z xotinlariga tuhmat qilib, qo‘yib so‘ng (guvoh) topolmaydirganlar...».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Halokatovar yetti narsadan qochingizlar!» —dedilar. «Yo Rasulalloh, ular nimadur?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Olloh taologa shirk keltirmoq, sehr-jodu qilmoq, nohaq birovni o‘ldirmoq, sudxo‘rlik yetimning haqini yemoq, jang maydonidan qochmoq va begunoh, pokdomon mo‘mina ayollarga tuhmat qilmoqdur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:06:54
31-bob. Qulga tuhmat qilmoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Abulqosim sallallohu alayhi va sallam: «Kimki o‘z quliga ul pok bo‘lgani holda tuhmat qilg‘aydur, qiyomat kuni darralang‘aydur, basharti gapi rost ersa, unda quli aybiga yarasha jazosini tortg‘aydur!» — dedilar».

32-bob. Imom o‘zining o‘rniga darra urmoqni birovga buyura oladirmi?

Bu yerda 9-bobdagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:07:06
Bismillohir rahmonir rahiymi

TOVONLAR KITOBI


Olloh taolo: «Kimki qasddan mo‘minni o‘ldirg‘aydur, joyi jahannamdur!» — degan.

Amr ibn Sharuabiyl rivoyat qiladilar: «Bir kishi: «Yo Rasulalloh, Olloh taoloning dargohida eng katta gunoh qaysidur?» — dedi. Janob Rasululloh: «O’zingni yaratgan Olloh taologa shirk keltirmog‘ingdur!» — dedilar. Ul: «Yana qaysidur? « — dedi. Janob Rasululloh: «Rizqimga sherik bo‘lmasin deb o‘z bolangni o‘ldirmog‘ingdur!» — dedilar. Ul: «Keyinchi?» — dedi. Janob Rasululloh: Qo‘shningning jufti haloli birlan dom olishmog‘ingdur! Buning tasdiqi uchun Olloh taolo «Ollohga shirk keltirmaydirganlar, haq bo‘lgan hollardan tashqari vaqtda Olloh o‘ldirmoqni man’ qilgan insonni o‘ldirmaydirganlar va zino qilmaydirganlar... va kimki buni qilsa, azobga qolur» degan karimasini nozil qilgan», — dedilar».

Ibi Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Nohaq qon to‘kmagan mo‘min o‘z dinida doimo rohatlanib yurgaydur!» — dedilar».

Abdulloh ibn Umar: «Qutilib bo‘lmaydirgan mushkul holatlardan biri — kishining nohaq qon to‘kib qo‘ygan holatidur!» — deydilar.

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat kuni insonlardan dastavval to‘qilgan qon haqida so‘ralib, hukm chiqarilgaydur»,— dedilar».

Ubaydulloh ibn Adiy rivoyat qiladilar: «Banu Zahra tifoqchisi bo‘lmish hamda Janob Rasululloh birlan birga Badr g‘azotida qatnashgan Miqdod ibn Amr al-Kindiy: «Yo Rasulalloh, agar bir kofirga duch kelib qolsamu, o‘zaro jang boshlasak va ul qilichi birlan qo‘limni chopib tashlagach, bir daraxtning ortiga qochib o‘tib: «Olloh taologa taslim bo‘ldim!» — desa, shul ganidan keyin uni o‘ldirg‘aymenmi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Yo‘q, uni o‘ldirmagil!»— dedilar. Ul: «Yo Rasulalloh, axir ul mening bir qo‘limni chopib tashlagandan so‘ng shunday dediku, uni o‘ldirmag‘aymenmi!»—dedi. Janob Rasululloh: «yo‘q, o‘ldirmag‘il, agar uni o‘ldirsang, unda ul sening uni o‘ldirmasingdan oldingi holatingda, sen ersang uning o‘shal gapini aytmasidan ilgarigi holatida bo‘lib qolgaysen!» —dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Miqdodga: «Kofir qavmlar orasida yashaydirgan bir mo‘‘min o‘z iymonini ulardan berkitib yurgan ersa-yu, keyin oshkor qilganda uni o‘ldirsang?! O’zing ham ilgari Makkada shul tariqa iymoningni yashirib yurur erding-ku!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:07:18
1-bob.

Olloh taolo: «Unga kim jon ato qilgan?» — deydi. Ibn Abbos: «Barcha insonlarga jon ato qilgani kabi uni nohaq o‘ldirmoqni ham man’ qilgan zotdur!»—deydilar.

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki nohaq odam o‘ldirg‘aydur, Odam alayhissalomning (insoniyat tarixida birinchi bo‘lib odam o‘ldirgan) to‘ng‘ich o‘g‘illari (Qobilning) gunohini bo‘yniga olgan bo‘lur!»— dedilar».
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mendan keyin bir-biringizning bo‘g‘zingizga tig‘ uradirgan kofir bo‘lib ketmangizlar — deb aytdilar».

Abu Zur’a rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul-Vido’da odamlarni ogohlantirib: «Mendan keyin bir-biringizning bo‘g‘zingizga tig‘ uradirgan kofir bo‘lib ketmangizlar!» — dedilar».

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh taologa shirk keltirmoq va ota-onaga oqlik qilmoq (yokim «Yolg‘ondan qasam ichmoq» deb aytgan bo‘lishlari ham mumkin, deydilar Shu’ba) gunohi azimlardandur!» — dedilar».

Maoz bunday deydilar: «Bizga Shu’ba aytdiki, Janob Rasululloh: «Olloh taologa shirk keltirmoq, yolg‘ondan qasam ichmoq, ota-onaga oqqlik qilmoq (yokim odam o‘ldirmoq, degan bo‘lishlari ham mumkin) gunohi azimlardandur!» — degan erkanlar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: "Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taologa shirk keltirmoq, odam o‘ldirmoq, ota-onaga oqqlik qilmoq, yolg‘on guvohlik bermoq (tuhmat gap aytmoq) eng katta gunohi azimlardandur!» — dedilar.

Usoma ibn Zayd ibn Horisa rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizni Juhayna qabilasining al-Huraka urug‘iga qarshi urushga jo‘natdilar. Biz tong chog‘ida hujum qilib, ularni yengdik. Men va bir ansoriy ulardan qochib ulgurgan bir kishini quvib yetganimizda «Lo iloha illallohu» deb kalima keltirdi. Shunda ansoriy unga tegmadi, men ersam nayza sanchib uni o‘ldirib qo‘ydim. Ortimizga qaytgach, bul haqda Janob Rasulullohga aytib erdik ul zot: «Lo iloha illallohu deganiga qaramay o‘ldirdingmi!» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, ul jon saqlamoq niyatida kalima keltirdi!» — dedim. Janob Rasululloh: «Lo iloha illallohu» deganiga qaramay o‘ldirdingmi!» — deb takror takror aytaverdilarki, hatto men o‘shal kundan oldin musulmon bo‘lganimga pushaymonlar yedim».

Uboda ibn as-Somit raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qo‘l berib Olloh taologa zarracha shirk keltirmaslikka, zino qilmaslikka, o‘g‘rilik qilmaslikka, Olloh taolo o‘ldirmoqni man’ qilgan insonni o‘ldirmaslikka, birovlarning molini talon-taroj qilmaslikka, jannatga xilof ishlarni qilmaslikka bay’at qilgan qabila oqsoqollaridan biri erdim. Bulardan birortasiga amal qilmasak Olloh taoloning o‘zi bizni jazolasin!»

Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bizga qarshi qo‘liga qurol olgan shaxs bizdan emasdur!»—dedilar».

Ahnaf ibn Qays rivoyat qiladilar: «Bir kishining yonini olib yordam bergani ketayotgan erdim, yo‘lda Abu Bakr yo‘likib: «Qaerga ketayotirsan?» — dedilar. Men: «Bir kishining yonini olib yordam bergani ketayotirman»,— dedim. Abu Bakr bunday dedilar: «Qaytg‘il, chunkim Janob Rasululloh ikki musulmon bir-biriga qarshi qilich ko‘tarsa, o‘ldirgan ham, o‘lgan ham do‘zaxi bo‘lmog‘ini menga aytgan erdilar. Shunda men: «Yo Rasulalloh, o‘ldirgan-ku... tushunarli, ammo o‘lgan nega do‘zaxi bo‘lay?» — deb erdim, ul zot: «O’lgan ham raqibini o‘ldirmokqa qasd qilgandur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:07:29
2-bob.

Olloh taaloning qavli ("Al-Baqara» surasi): Oyatning mazmuni: «Ey mo‘minlar, o‘ldirilgan ozod odam badalig‘a ozod odamni, qul badalig‘a ulni, xotin badalig‘a xotinni o‘ldirmoq sizlarga farz qilindi. Bas, kimki o‘ldirilgan odamning vorislari tarafidan afv qilinsa, ul buning uchun qoidaga muvofiq yaxshiliklar qilsin va bul sizlarga parvardigoringiz tarafidan ato etilgan yengillik va marhamatdurkim, kimki bundan buyon ham qotillik qilmoqda davom etsa, ul alamli azob-uqubatga duchor qilingaydur!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:07:41
3-bob. Qotilni aybiga iqror bo‘lguniga qadar so‘roq qilmoq va unga hadd jazosining haqlig‘ ekanligini tan oldirmoq haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir yahudiy bir cho‘rining boshini tosh bilan urib yorib qo‘ydi. Shunda undan: «Kim seni bunday qildi, falonchimi yokim pistonchimi?» — deb so‘rashavergach, ul nihoyat o‘shal yahudiyning nomini aytdi. Uni olib kelishgach, Janob Rasululloh iqror bo‘lguniga qadar so‘roq qilaverdilar. Iqror bo‘lgach, uning boshini ham tosh bilan urib yorishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:07:54
4-bob. Tosh yokim aso birlan urib o‘ldirsa ...

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir cho‘ri kumush taqinchoq taqib Madina bo‘ylab ketayotgan erdi, bir yahudiy tosh otib boshini yorib qo‘ydi. Uni ramaqijon holatda Janob Rasulullohning huzurlariga olib kelishdi. «Seni falonchi o‘ldirdimi?» — dedilar Janob Rasululloh. Shunda cho‘ri boshini ko‘tardi, ikkinchi bor so‘rab erdilar, boshini yanada balandroq ko‘tardi, uchinchi marta so‘raganlarida ersa, boshini quyi tushirdi. Janob Rasululloh o‘shal yahudiyni chaqirtirib keltirdilarda, aybini bo‘yniga olgach, boshini ikki tosh orasiga olib o‘ldirtirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:08:03
5-bob.

Olloh taoloning qavli (Al-Moida» surasi): Oyatning mazmuni: «... jon uchun jon (oling‘ay), ko‘z uchun ko‘z (o‘yilg‘ay), burun uchun burun va quloq uchun quloq (qirqilg‘ay), tish uchun tish (sindirilg‘ay) va jarohatlarga yarasha jarohatlar (etkazilg‘ay). Kimki afv etibdur, bul uning uchun kafforatdur va Olloh taolo nozil qilgan hukmga muvofiq hukm qilmaganlar zolimlardur!».

Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohdan bo‘lak tangri yo‘qligiga hamda mening Ollohning elchisi ekanligimga guvohlik bergan musulmonning qonini uch holdagina — odam o‘ldirgan, zino qilgan va dindan qaytib o‘z jamoasini tark etgan chog‘dagina to‘kmoq mumkindur»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:08:16
6-bob. Tosh birlan qotillik qilgan shaxsdan tosh birlan qasos olgan shaxs haqida

Bu yerda 4-bobdagi hadis takroran keltirilgan.

7-bob. Biror kimsasi o‘ldirilgan odamga ikki qasos yo‘lidan birini tanlamoq ixtiyori berilg‘ay!

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Makka fath qilingan yili Xuzoa qabilasi Baniy Lays qabilasidan bir kishini o‘ldirdi, ya’ni johiliya davrida qabiladoshlaridan bir kishini o‘ldirishgani uchun qasos oldi. Bu xabar Janob Rasulullohga yetkazildi. Shunda ul zot tuyalariga minib turib va’z aytdilar: «Olloh taolo fil mingan askarlarni Makkaga qo‘ymadi, o‘z rasuli birlan mo‘minlarning qo‘lini baland aylab, ularni mag‘lub etdi. Ogoh bo‘lingiz, Makkada urush qilmoq va odam o‘ldirmoq mendan avval ham halol bo‘lmagan va mendan keyin ham hech kimga halol bo‘lmag‘ay. Menga kunduzi bir soatgina urush qilmoqqa izn berildi. Shul soatdan e’tiboran bu yerda urush qilmoq, odam o‘ldirmoq, bu yerning o‘t-o‘lanlarini yulmoq, daraxtlarini kesmoq, yo‘qotilgan (tushib qolgan) narsani egasini qidirib topishrmoqdan o‘zga niyatda olmoq haromdur. Biror kimsasi o‘ldirilgan kishi ikki qasos yo‘lidan birini tanlag‘aydur, yo xun haqini yokim qasosini olg‘aydur!». Shunda Abu Shoh ismli yamanlik bir kishi turib: «Yo Rasulalloh, ushbu gaplaringizni menga yozib beringiz!»—dedi. Janob Rasululloh: «Abu Shohga yozib beringizlar!» — deb amr qildilar. Keyin, Quraysh qabilasidan bir kishi turib «Yo Rasululloh, «O’t-o‘lanlari yulinmag‘ay, daraxtlari kesilmag‘ay»,— dedingiz, biroq izxirni o‘rib uylarimizga olib borg‘aymiz hamda qabrlarimizga qo‘yg‘aymiz!» — dedi. Ul zot: «Izxirdan boshqasini yulmangizlar!» — dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Baniy Isroilda o‘ldirilgan odam uchun qasos olinar erdi-yu, ammo xun haqi olinmas erdi. Keyin, Olloh taolo bu ummatga (musulmonlarga) quyidagi oyati karimasini nozil qildi: «Ey mo‘minlar, o‘ldirilgan ozod odam badaliga ozod odamni, qul badaliga qulni, xotin badalig‘a xotinni o‘ldirmoq sizlarga farz qilindi. Bas, kimki o‘ldirilgan odamning vorislari tarafidan afv qilinsa, ul buning uchun qoidaga muvofiq yaxshiliklar qilsin va bul sizlarga parvardigoringiz tarafidan ato etilgan yengillik va marhamatdurkim, kimki bundan buyon ham qotillik qilmoqda davom etsa, ul alamli azob-uqubatga duchor qiling‘aydur!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:08:28
8-bob. Birovning qonini nohaq to‘kmoq talabida bo‘lganlar haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo haromni (ta’qiqlangan narsalarni) tan olmaydirgan, musulmon bo‘laturib johiliyat odatlarini qo‘msaydirgan hamda birovning qonini nohaq to‘kmoq talabida bo‘lgan uch toifa bandasini haddan ziyod yomon ko‘rg‘aydur»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:08:37
9-bob. Yanglishib o‘ldirib qo‘yganni afv qilmoq xususida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Uhud jangida mushriklar mag‘lub bo‘ldilar. Shunda iblis musulmoshlarni chalg‘itmoq niyatida: «Ey Ollohning bandalari, ortingizdagilardan ehtiyot bo‘lingizlar!» — deb xitob qildi. Natijada oldingi qatorda jang qilayotgan musulmonlar chalg‘ib qolib ortlariga o‘girildilarda, o‘z musulmon birodarlari bo‘lmish Yamonni o‘ldirib qo‘ydilar. Huzayfaning ham «Otam, otam!» deganiga qaramay, otasini o‘ldirdilar. Bo‘lar ish bo‘lgach, Huzayfa ularga: «Sizlarni Olloh taolo mag‘firat qilsin!»— dedi. So‘ng, afsuslanib "Mushriklarning bir qismi mag‘lub bo‘lib Toifga ketib bo‘lgan erdi-ya!»deb qo‘ydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:08:47
10-bob.

Olloh taoloning qavli («An-niso» surasi): Oyatning mazmuni: "Va hech bir mo‘minning o‘zi kabi mo‘minni o‘ldirmog‘i durust ermaski, basharti bilmay o‘ldirib qo‘ygan bo‘lmasa va kimki bir mo‘minni bilmay o‘ldirgan ersa-yu, o‘ldirilgan shaxsning vorislari uning bul gunohini afv qilgan ersalar, ul holda qotil bir mo‘min qul yo cho‘ri ozod qilsin hamda o‘ldirilgan shaxsning vorislariga xun haqi bersin va agar o‘ldirilgan odam sizlarga dushman jamoadan bo‘lib, o‘zi mo‘min ersa, ul holda uning vorislariga xun haqi berilur shu bir mo‘min g‘ulom ham ozod qilinur va kimniki g‘ulomi bo‘lmasa, tavbasi Olloh taolo tarafidan qabul bo‘lmog‘i uchun ul ikki oy muttasil ro‘za tutg‘aydur. Olloh taolo bilguvchi va hikmatli zotdur!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:09:04
11-bob. Odam o‘ldirganiga bir marta iqror bo‘lsa bas, shu birlan o‘ldirib yuborilaverg‘aydur!

Bu yerda 4-bobdagi hadis takroran keltirilgan.

12-bob. Erkakni ayolni o‘ldirgani uchun o‘ldirmoq haqida

Bu yerda ham 4-bobdagi hadis takroran keltirilgan.

13-bob. Erkagu ayollarning o‘zaro yetkazilgan jarohatlar uchun qasos olmoqlari haqida

Ulamolar: «Erkakni o‘ldirgan ayol o‘ldirilg‘aydur!» — deydilar. Hazrat Umardan naql qilinishiga ko‘ra, erkakning joniga qasd qilgan ayol, qanday jarohat yetkazganiga qaramay, o‘ldirilmog‘i darkor erkan.

Abuzzanod aytadilarkim, Rabiy’ning singlisi bir odamga jarohat yetkazganda Janob Rasululloh: «Qasos!» — degan erkanlar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz, Nabiy sallallohu alayhi va sallam betob yotganlarida, og‘izlarining bir chekkasidan qo‘yarda-qo‘ymay dori tomizdik. Shunda ul zot: «Meni majbur qilib og‘zimga dori tomizmangizlar!» — dedilar. Biz: «Odatda kasalning doriga toqati yo‘qligidan shunday deyaptilarda!» — deb qo‘ydik. Keyin, o‘zlariga kelgach: «Shul uydagilar orasida Abbosdan bo‘lak og‘ziga dori tomizilmagan birorta ham odam qolmag‘aydur, chunkim ul sizlarning bul qilmishingizda ishtirok etgani yo‘qdur!» — dedilar (ya’ni, bu dunyo qasosli dunyodir).»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:09:17
14-bob. Hukmdorning iznisiz o‘z haqqini yokim o‘chini olgan kimsa haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biz bu dunyoda oxirgilarmiz, ammo oxiratda birinchilarmiz!» — dedilar. Shunga binoan: «Birov ruxsatingsiz uyingga mo‘ralasa-yu, tosh otib ko‘zini chiqarsang, gunohkor bo‘lmag‘aysan!»—deydilar».

Yahyo (ibn Sa’id al-Qattol) rivoyat qiladilar: «Hamid (at-tavil): "Bir kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallamning uylariga mo‘ralab erdi, ul zot qo‘llaridagi tig‘ birlan uning ko‘zini mo‘ljalladilar»,— dedi. Men: «Senga buni kim aytdi?»—deb erdim, ul: «Anas ibn Molik aytdi», - dedi».

15-bob. To‘s-to‘polonda o‘lgan yokim o‘ldirilgan bo‘lsa...

Bu yerda 9-bobdagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:09:31
6-bob. Bilmay o‘zini o‘ldirib qo‘ygan odam uchun tovon berilmaydi

Salama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybarga chiqdik. Shunda bir kishi : «Ey Omir, bizga qo‘shiqlaringdan aytib bersangchi!» — dedi. Omir tuyabonlar qo‘shig‘idan birini ayta boshladi. Janob Rasululloh: «Bu tuyabon kimdur?»— dedilar. «Omir»,— deb aytishdi. Janob Rasululloh: «Uni Olloh taolo rahmat qilsin!» — dedilar. Odamlar: «Yo Rasulalloh, (ul o‘lmay turib nega bunday degaysiz), bizga tushuntirib bermaysizmi?» — deyishdi. O’sha kecha tongida Omir (bir yahudiyga qilich uraturib) bilmay o‘zini chopib qo‘ydi. Shunda qavm: «O’zini o‘ldirib qo‘yib, butun amali solihlarini habata qildi!» — dedi. Men bu gapni eshitib Janob Rasulullohning qoshlariga bordimda: «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, odamlar Omirning butun qilgan amali solihlari habata bo‘lib ketdi, deb aytishmoqda?!» — dedim. Ul zot: «Bekor aytg‘aylar, Omirga ikki savob tekg‘aydur, biri — sidqidildan toat-ibodat qilgani evaziga, ikkinchisi — Olloh taolo yo‘lida jihod qilgani badaliga, uning uchun bundan ortiqroq o‘lim bormidur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:09:43
17-bob. Bir kishini tishlab olsa-yu, shunda ikki tishi tushib ketsa...

Imron ibn Husayn rivoyat qiladilar: «Bir kishi bir odamning qo‘lini tishlab erdi, ul qo‘lini uning og‘zidan tortib olganda ikki tishi tushib ketdi. Keyin, ikkalasi da’volashib Janob Rasulullohning huzurlariga borishdi. Ul zot: «Qaysi biringiz o‘z birodaringizni ayg‘ir kabi tishlab olsangiz, buning uchun tovon yo‘qdur!» — dedilar».

Safvin ibn Ya’lo atalaridan naql qiladilar: «G’azotga chiqib erdim, bir kishi bir odamning qo‘lini tishlab olib, ikki tishi tushib ketdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam uning da’vosini bekor qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:09:53
18-bob. Tushirilgan tish badalig‘a tish tushirilg‘ay!

Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: Nazarning qizi cho‘rini bir shapaloq urib tishini sindirib qo‘yib erdi, uni Janob Rasulullohning qoshlariga olib borishdi. Shunda ul zot qasos olmoqni buyurdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:10:03
19-bob. Barmoqlar uchun beriladigan tovon

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘rsatkich barmoqlari birlan jimjiloqlarini ko‘rsatib: «Bul va bul ikkisi tengdur!» — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:10:13
20-bob. Bir kishiga musibat yetgan ersa, butun qavmdan qasos olinadirmi?

Mutarrif Sha’biydan naql qiladilar: «Ikki kishi bir odamning o‘g‘rilik qilganiga guvohlik berib erdi, Hazrat Ali uning qo‘lini kesdilar. Keyin, o‘shal ikki kishi yana bir odamni tutib kelib: «Biz xato qilgan erkanmiz!» — dedi. Shunda Hazrat Ali ularning guvohligini bekor qilib, qo‘li qirqilgan odamning tovonini olib berdilarda: «Agar yolg‘on guvohlik berganingizni ilgariroq bilganimda erdi, o‘zingizning qo‘llaringizni kesgan bo‘lur erdim!» — dedilar».

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Bir bola ehtiyotsizlik oqibatida o‘ldirib qo‘yildi. Shunda Ibn Umar: «Bu bolaning o‘limiga San’o shahrining butun aholisi sababchi bo‘lganida ham hammasini o‘ldirgan bo‘lur erdim!»—dedilar».

Mug‘iyra ibn Hakim otalaridan naql qiladilar: «To‘rt kishi bir bolani o‘ldirib qo‘ydi. Ibn Umar o‘shanda ham xuddi shunday degan erdilar. Abu Bakr, Ibn az-Zubayr, Ali va Suvayd ibn Muqrin bir shapaloq uchun, Hazrat Umar nohaq darra urilgani uchun, Hazrat Ali uch qamchi urilgani uchun, Shurayh ersalar, qamchilagani va tirnab qonatgani uchun qasos olmoqni amr qilgan erdilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz, Nabiy sallallohu alayhi va sallam betob yotganlarida, og‘izlarining bir chekkasidan qo‘yarda-qo‘ymay dori tomizdik. Shunda ul zot: «Meni majbur qilib og‘zimga dori tomizmangizlar!» — dedilar. Biz «Odatda kasalning doriga toqati bo‘lmaganidan shunday deyaptilarda!» — deb qo‘ydik. Keyin o‘zlariga kelgach «Shul uydagilar orasida Abbosdan bo‘lak og‘ziga dori tomizilmagan birorta ham odam qolmagaydur, chunkim ul sizlarning bul qilmishingizda ishtirok etgani, yo‘qdur!» — dedilar». (ya’ni, dorini bir kishi tomizgan ersada, qolganlar qarshilik qilmagani uchun bunga bosh qo‘shgandek bo‘lib qolganlar va natijada payg‘ambarimiz ularning barchasidan xafa bo‘lib, shunday dedilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:10:26
21-bob. Qasam haqida

Ash’as ibn Qays rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Birovni aybdor qilmoqlik uchun ikki guvoh yokim qasam darkor bo‘lur!» — deb aytdilar. Umar ibn Abdulaziz yog‘furushlarga mansub uylardan birining oldidan topilgan murda haqida o‘zi Basraga amir qilib yuborgan Adiy ibn Artotga yoza turib: «Agar murdaning egalari guvohu dalil topsalar (qotilni jazolag‘il), aks holda odamlarga zulm qilmag‘il, chunkim guvohu dalili topilmay qolgan jinoyat yuzasidan qiyomatda hukm chiqarilgaydur!» — deb amr qildi».

Bushayr ibn Yasor ta’kidlaydilarki, Sahl ibn Abu Hasma degan bir ansoriyning aytganiga qaraganda, uning qavmiga mansub bo‘lgan bir necha kishi Xaybarga birga borib, har tarafga tarqalib ketishibdi. Keyin, odamlar (yahudiylar) ularning hamrohlaridan birining o‘ligini topib olishibdi. Shunda ular o‘likni topib olganlarga: «Buni sizlar o‘ldirgandursizlar!»—deyishibdi. O’likni topib olganlar: «Uni biz o‘ldirgan ermasmiz, qotilning kim erkanligini ham bilmag‘aymiz!» — deb aytishibdi. Shul tariqa ular janjallashib Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borishibdida: «Yo Rasulalloh, biz Xaybarga birga kelgan erdik keyin bilsak hamrohlarimizdan birini o‘ldirishibdi»,— deyishibdi. Shunda Janob Rasululloh: Hissiyotga berilmay oqilona gapni gapiringizlar, uning qotili xususida guvohu dalil keltira olg‘aysizlarmi?» — debdilar. Ular: «Sizning guvohu dalilimiz yo‘qdur»,— deyishibdi. Janob Rasululloh: «Bo‘lmasam, ular (yahudiylar) qasam ichsinlar!»— debdilar. Ular: "Biz yahudiylarning qasamiga ko‘nib qaytib keta olmag‘aymiz!» — deyishibdi. Janob Rasululloh o‘ldirilgan ansoriyning xun haqini bekor qilgilari kelmay zakotga keltirilgan tuyalardan yuztasini ularga berib yuboribdilar».

Abu Kiloba rivoyat qiladilar: «Bir kuni Umar ibn Abdulaziz devonga chiqib taxtiga o‘ltirgach, odamlarga izn berib erdi, ular ichkariga kirishdi. Shunda ul odamlarga: «Qasam haqida ne degaysizlar?» — dedi. Ulardan biri «Birovni gunohkor deb qasam ichsalar, undan qasos olmoqlik haqlig‘dur, chunkim xalifalar qasamga binoan qasos olganlar!» — dedi. Umar ibn Abdulaziz menga: «Ey Abu Kiloba, bul xususda sening fikring nedur?» — deb meni ham munozaraga jalb qildi. Men: «Yo Amir al-mu’miniyn huzuringizda lashkarboshilar va arab zodagonlari hozir tururlar, aytingizchi, ana shulardan elliktasi Damashqdagi bir ojiza kishini, o‘zlari ko‘rmay turib, zino qildi deb guvohlik bersalar, uni rajm (toshbo‘ron) qildirgan bo‘lurmi erdingiz?» — dedim. Umar ibn Abdulaziz: «Yo‘q»,— dedilar. Men: «Aytingizchi, ulardan elliktasi Humsdagi bir kishini, o‘zlari ko‘rmay turib, o‘g‘rilik qildi deb guvohlik bersalar, uning qo‘lini kestirgan bo‘lurmi erdingiz?» — dedim. Umar ibn Abdulaziz «Yo‘q»,— dedilar. Men: «Olloh taolo haqi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birovni nohaq o‘ldirgan yokim uylangandan keyin zino qilgan yohud islomdan yuz o‘girib Olloh taolo va uning rasuliga qarshi urushgan uch toifa kishilarnigina o‘limga mahkum qilganlar, xolos!» — dedim. Shunda odamlar: «Anas ibn Molik Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘g‘irlik qilganlarning qo‘llarini kestirib, ko‘zlarini o‘ydirib, so‘ng oftobga tashlatib qo‘yganlari haqida aytib bergan ermasmi?!—deyishdi. Men: «Anas ibn Molik menga aytib bergan o‘shal hadisni sizlarga rivoyat qilayin, ul bunday degan erdi»,— dedim: «Ukl qabilasiga mansub bo‘lmish sakkiz kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelishib, musulmon bo‘ldik deb ul zotga bay’at qilishdi. So‘ng, Madina havosi ilg‘ab betob bo‘lib qolishgach, Janob Rasulullohga bul haqda nolishdi. Shunda ul zot: «Bizning tuyabonimiz birlan birga cho‘lga chiqib, tuya suti va siydigidan ichib bir davolanmag‘aymisizlar?» — dedilar. Ular rozi bo‘lib cho‘lga chiqishdida, tuya suti va siydigidan tanovul qilishib sihat topishdi. Keyin, Janob Rasulullohning tuyabonlarini o‘ldirishib, tuyalarni haydab ketishdi. Janob Rasululloh bundan xabar topib, ularning ortidan odam yubordilar. Ularni ushlab kelishgach, qo‘lu oyoqlarini kestirib, ko‘zlariga mil torttirib, so‘ng oftobga tashlatib qo‘yib erdilar, o‘lib ketishdi». Aytingizlarchi, ularning islomdan qaytib odam o‘ldirib, o‘g‘rilik qilganlaridan ham og‘irroq gunoh bormidur?!» — dedim. Shunda Anbasa ibn Sa’id «Olloh taolo haqi, bugungidek gapni sira eshitmagan erdim!» — dedi. Men unga: «Mening gapimga z’tiroz bildirurmisen?»—dedim. Ul: «Yo‘q, aksincha, risoladagi gapni qildingiz! Olloh taolo haqi, bul lashkar, modomiki uning orasida bul shayx (meni, ya’ni Abu qilobaii nazarda tutyapti) mavjud erkan, xayriyatga erishavorg‘aydur!» — dedi. Men bunday dedim: «Qasam xususida Janob Rasulullohdan qolgan bir sunnat mavjuddur: Bir kuni bir guruh ansorlar Janob Rasulullohning kirib, suhbatlashib o‘ltirib erdi, ulardan biri tashqariga chiqib ketdi. Shunda uni kimdir o‘ldirdi. Birozdan keyin, qolgan ansorlar ham uning ortidan chiqib, do‘stlarining qonga belanib yotganini ko‘rishdi. Ular Janob Rasulullohning qoshlariga qaytib borib: «Yo Rasulalloh, do‘stimiz biz birlan suhbatlashib o‘ltirib, keyin ko‘z o‘ngiyizda tashqariga chiqib ketgan erdi. Hozir chiqib qarasak qonga belanib yotibdur!» — deb aytishdi. Janob Rasululloh: «Kimni uning qotili deb gumon qilursizlar?» — dedilar. Ular: «Biz uni yahudiylar o‘ldirgan deb hisoblag‘aymiz!»— deyishdi. Janob Rasululloh odam yuborib yahudiylarni chaqirib keltirdilarda, ularga: «Manabul odamni sizlar o‘ldirdingizlarmi?» — dedilar. Yahudiylar: «Yo‘q»,— deyishdi. Janob Rasululloh ansorlarga: Yahudiylardan elliktasi do‘stingizni o‘ldirmaganmiz deb qasam ichsa, rozi bo‘lurmisizlar?» — dedilar. Ansorlar: «Bul yahudiylar barchamizni o‘ldirib, keyin tonib bemalol qasam ichaverg‘aylar!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Unday ersa, o‘zingizdan elliktangiz xun haqi to‘laymiz deb qasam icha olgaymisizlar?» — dedilar. Ular: «Biz qasam icha olmag‘aymiz!» — deyishdi. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh o‘ldirilgan ansoriyning xun haqini o‘zlari to‘lab yubordilar. Yana bir misol: Johiliyat davrida Huzayl qabilasi bir bolani oq qilib erdi, ul borib Vathodagi bir yamanlik oilaning uyiga o‘g‘rilikka tushdi. Shunda oila a’zolaridan biri sezib qolib uni qilich birlan chopib o‘ldirdi. Keyin, Huzayl qabilasi odamlari kelib yamanlikni haj qilib turgan Hazrat Umarning huzurlariga olib borishdida: «Bul odam bizning kabiladoshimizni o‘ldirdi!», — deyishdi. Yamanlik «Bular uni allaqachon oq qilib yuborganlar!» — dedi. Hazrat Umar «Unday ersa, Huzayl qabilasidan ellik kishi uning oq qilinmaganligiga qasam ichsin!» — deb aytdilar. Ulardan qirq to‘qqiz kishi shunday deb qasam ichdi. Shul asnoda Huzayl odamlaridan biri Shomdan kelib olgan erdi, undan qasam ichmoqni iltimos qilishdi, ammo ul ming dirham berib yolg‘on qasam ichmoqdan bosh tortdi. Keyin, ular uning o‘rniga Hazrat Umarning huzurlariga boshqa bir odamii kiritishdi, ul pulni o‘ldirilganning ukasiga berib o‘zaro til biriktirdi. Aytishlariga qaraganda, o‘shal yolg‘on qasam ichgan ellik kishi yo‘lda ketayotib bir xurmozorga yaqin borganda qattiq jala quyib bergan va ular o‘shal yerdagi bir g‘orga qochib kirganda g‘or bosib qolib, o‘zaro til biriktirgan ikki kishidan bo‘lak barchasi halok bo‘lgan. Keyin, bir katta tosh dumalab tushib, ulardan biri o‘lgan, o‘ldirilgan yamanlikning ukasini ersa oyog‘i sinib, bir yildan so‘ng ul ham vafot qilgan.

Yana bir muslim Abdulmalik ibn Marvon qasamga binoan bir kishidan qasos olib,talay vaqt bul ishidan pushaymon yeb yurdi. Keyin, o‘shal qasam ichgan ellik kishining ismi devondan o‘chirilib, o‘zlari Shomga badarg‘a qilindi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:10:36
22-bob. Birovning uyiga o‘g‘rincha mo‘ralagan odamning ko‘zini o‘yib qo‘yishsa, tovon to‘lanmaydi!

Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Bir kishi Janob Rasulullohning hujralariga o‘g‘rincha mo‘ralab erdi, ul zot qo‘llaridagi tig‘ birlan uning ko‘zini nishonga oldilar».

Ibn Shihobga Sahl ibn Sa’d as-Soidiy bunday deb xabar bergan erkanlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hujralari eshigidan o‘g‘rincha mo‘raladi. Shunda ul zot: «Meni o‘g‘rincha kuzatib turganingni sezib qolganimda erdi, mana shul taroqni ko‘zingga tiqib olgan bo‘lur erdim! Birovning xonadoni ichkarisiga ko‘z tashlamoqdan oldin ruxsat so‘ramoq darkor!»—dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Abulqosim sallallohu alayhi va sallam: «Basharti, birov uyingga o‘g‘rincha mo‘ralag‘ayduru, tosh otib ko‘zini chiqarg‘aydursan, buning uchun gunohkor bo‘lmag‘aydursan!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:10:48
23-bob. Qotilning xun haqi to‘laydirgan qarindoshlari haqida

Sha’biy: «Abu Juhayfa menga bunday degandi», — deydilar: «Men Hazrat Alidan «Sizda Qur’onda aytilmagan narsalar xususida bitilgan biror risola mavjudmidur?» — deb so‘radim. Hazrat Ali: Don-dunlarni ko‘kartirib, insonlarni yaratgan zot haqi, bizda Qur’onda aytilgan narsalar xususida bitilgan, ya’ni Olloh, taoloniig Kitobini tushunmog‘imizga yordam berguvchi risola birlan mana bu varaqlardagi matndan o‘zgasi yo‘qdur!» — deb aytdilar. Men: «Bul varaqlarda nelar haqida bitilmishdur?» — dedim. Hazrat Ali: «Xun haqi, asir ozod qilmoq hamda o‘ldirilgan kofir uchun musulmonni o‘ldirmoq mumkin emasligi xususida»,— deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:10:57
24-bob. Ayolning homilasi haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Huzayl qabilasidan bo‘lmish ikki ayol bir-biriga tosh otib, biri ikkinchisiking homilasini tushirib qo‘ydi. Shunda Janob Rasululloh tushib qolgan homila tovoni uchun bitta qul yokim cho‘ri hukm qildilar».

Muso ibn Ismoil Hishomdan naql qiladilar: «Umar raziyallohu anhu ayolning tushirib qo‘yilgan homilasi xususida maslahat so‘radilar. Shunda Mug‘iyra ibn Shu’ba «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tovon uchun bitta qul yokim cho‘ri hukm qilgan erdilar», — dedi. Hazrat Umar «Bunga o‘zingdan bo‘lak yana bir guvoh keltir!» — deb aytib erdilar, ul Muhammad ibn Maslamani guvoh qildi. Muhammad ibn Maslama Nabiy sallallohu alayhi va sallamning shunday hukm chiqarganliklariga guvohlik berdi.

Ubaydulloh ibn Muso Hishomdan naql qiladilar: «Hazrat Umar: «Kimdakim Nabiy sallallohu alayhi va sallamning tushirib qo‘yilgan homila xususidagi hukmlarini eshitgan ersa, menga aytsin!» — deb odamlarga murijvat qildilar. Shunda Mug‘iyra: «Tovon uchun bitta qul yokim cho‘ri hukm qilganlar», — dedi. Hazrat Umar: «Bunga o‘zingdan bo‘lak yana bir guvoh keltir!» — dedilar. Shunda Muhammad ibn Maslama «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning shunday hukm chiqarganliklariga men guvohman!» — dedi».

Hishom ibn Urva otalari haqida rivoyat qiladilarki, ul kishi Mug‘iyra ibn Shu’baning: «Hazrat Umar ayolning (birov tomonidan) tushirib ko‘yilgan homilasi hukmi haqida odamlardan maslahat so‘radilar», — deb aytganini eshitgan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:11:15
25-bob. Ayolning tushib qolgan homilasi hamda ayol to‘lolmay qolgan tovonni uning bolasi ermas, balki qarindoshlari to‘lamog‘i lozimligi haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baniy Lihyon qabilasidan bo‘lmish bir ayolning tushirib qo‘yilgan homilasi tovoni uchun bir qul yokim cho‘ri hukm qildilar. Dugonasining homilasini tushirib qo‘ygan ayol vafot qilgach, uning merosini bolasi birlan eriga ta’yin qilib, ul to‘lolmay qolgan tovonni qarindoshlari zimmasiga yukladilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Huzayl qabilasiga mansub ikki ayol urishib qoldi. Shunda ulardan biri tosh otib ikkinchisini o‘ldirib qo‘ydi, natijada uning homilasi ham nobud bo‘ldi. Keyin, ikkala ayolning qarindoshlari janjallashib Janob Rasulullohning huzurlariga borishdi. Ul zot homilaning tovoni bir qul yokim cho‘ri deb hukm qildilar, uning onasining xun haqini ersa, qotil ayolning qarindoshlari zimmasiga yukladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:11:24
26-bob. Qul yokim bolani yordamga chorlagan kishi xususida

Naql qilinishicha, Ummu Sulaym maktabdorga odam yuborib: «Menga jun titishda yordam qilmoqlari uchun bolalardan yuborg‘il, ammo ozod bolalarni yubormag‘il!» — deb aytmoqni tayinlabdi.

Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh Madinaga kelganlarida Abu Talha meni qo‘limdan yetaklab huzurlariga olib bordilarda: «Yo Rasulalloh, Anas fahm farosatli bola, ul sizga dastyorlik qilib yursin!»—dedilar. Men ul zotning muqimliklarida ham, safarga chiqqanlarida ham xizmatlarini qildim. Olloh taolo haqi, bir ishni noto‘g‘ri qilsam, nega bunday qilding deb yokim bir ishni qilmagan bo‘lsam, nega qilmading deb biror marta ham meni koyimadilar!
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:11:34
21-bab. Kon hamda quduq (egasi, agar ularga birov tushib ketib mayib bo‘lsa yokim o‘lib qolsa), tovondor bo‘lmag‘aydur!

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tilsiz hayvon (etkazgan) jarohat uchun (uning egasi) tovondor bo‘lmag‘aydur hamda quduq va kon (egasi ham ularga tushib ketib mayib bo‘lgan yokim o‘lgan odam uchun) tovondor bo‘lmag‘aydur, ammo oltin koni (xazina)ning beshdan biri zakotga berilgaydur» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:11:43
28-bob, Tilsiz hayvon (etkazgan jarohat uchun uning egasi) tovondor bo‘lmag‘aydur!

Ibn Sirin: «Suvorisiz ulov tepib olsa, uning egasidan tovon olinmagan, ammo yuganni bo‘sh qo‘ygani oqibatida ulovi birovni tepib olgan suvoridan tovon olingay», — deydilar. Hamjad: «Agar suvori qamchilab yokim nuqib tezlatmagan bo‘lsa-yu, ulovi birovni tepib olgan ersa, undan tovon olinmag‘aydur»,— deydilar. Shurayz: «Birov hayvonni ursa-yu, ul uni tepib olsa buning uchun uning egasidan tovon olinmag‘aydur», — deydilar. Hakam va Hammod: «Kirakash, ayol mingan eshakni haydaganda, ayol yiqilib tushsa, undan tovon olinmag‘aydur»,— deyishadi. Sha’biy: «Ulovni qattiq qaydab charchatib xarob qilgan (kirakash) uning uvoliga qolgaydur, ammo ulovning qadamiga (qarab ortidan oshiqmay kelayotganda nobud bo‘lib qolsa, (joniga) zomin bo‘lmag‘aydur»,— deydilar.   

 Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tilsiz hayvon (etkazgan jarohat uchun uning egasidan) tovon olinmag‘aydur, shuningdek quduq va konga (tushib mayib yokim nobud bo‘lgan odam uchun ham ularning egasi) tovondor qilinmagaydur, ammo oltin koni (xazina)ning beshdan bir qismi zakotga berilg‘aydur»,— deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:11:54
29-bob. Aybsiz zimmiyni o‘ldirgan kishining gunohkor bo‘lmog‘i haqida

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki ahddosh kishini (zimmiyni) o‘ldirg‘aydur, jannat bo‘yini hidlamag‘aydur, jannat bo‘yi qirq yillik masofadan ham kelib turg‘aydur»! - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:12:05
30-bob. Kofirni o‘ldirib qo‘ygan musulmonning o‘ldirilmasligi haqida

Abu Juhayfa rivoyat qiladilar: «Men Hazrat Alidan: «Sizda Qur’onda aytilmagan narsalar haqida bitilgan biror risola bormidur?» — deb so‘radim, Hazrat Ali: «Urug‘larni undirguvchi va insonlarga jon ato etguvchi zot haqi, bizda Qur’on sharhi birlan mana bu sahifalardai o‘zgasi yo‘qdur» — dedilar. Men: «Bul sahifalarda nelar haqida bitilgandur?» — dedim. Hazrat Ali: «Tovon to‘lamoq, asir ozod qilmoq hamda kofirni o‘ldirib qo‘ygani uchun musulmon o‘ldirilmasligi xususida yozilgandur», — dedilar!
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:12:18
31-bob. Musulmon odam jahli chiqib yahudiyni shapaloq ursa...

Abu Sa’id rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam «Meni boshqa payg‘ambarlardan afzal ko‘rib, ulariing ummatlarini kamsitmangizlar!» — deb aytganlar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Bir yahudiy Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Muhammad, sizning sahobalaringizdan bo‘lmish bir ansoriy mening yuzimga shapaloq urdi!» — dedi. Janob Rasululloh: «O’shal ansoriyni chaqirib kelingizlar!» deb amr qildilar. Uni chaqirib kelishgach, ul zot «Nega uni urding?» — dedilar. Ansoriy ketayotgan erdim, shunda uning: «Musoni barcha insoniyatdan afzal qilib yaratgan zot haqi!» — deganini eshitib: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamdan hammi?» — dedimda, g‘azabim kelganidan uni bir shapaloq urdim», — dedi. Janob Rasululloh: «Meni boshqa payg‘ambarlardan ustun qo‘ymangizlar! Darhaqiqat, qiyomat kuni odamlar (sur ovozidan) behush bo‘lib yiqilg‘aydurlar, men birinchi bo‘lib, o‘zimga kelg‘aydurman. Shunda Muso alayhissalomning Arsh ustunlaridan birini ushlab turganlarini ko‘rg‘aydurman, ammo mendan ilgari o‘zlariga kelganmilar yokim ul kishiga sur ovozidan behush bo‘lmaslik ato qiling‘anmi, buni bilmag‘ayman»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:12:59
Bismillohir rahmonir rahiymi

MURTADU MUNOFIQLARNI TAVBA QILDIRMOQ VA ULARGA QARSHI KURASHMOQ XUSUSIDA HAMDA OLLOH TAOLOGA SHIRK KYELTIRGANLARNING GUNOHLARI VA ULARNING BUL DUNYO BIRLAN OXIRATDA TORTADIRGAN AZOBLARI HAQIDA KITOB


Olloh taolo: «Shirk (keltirmoq o‘ziga o‘zi) katta zulm (qilmoqdur) va agar shirk keltirsang, barcha solih amallaring habata bo‘lib, (oxirat savobidan) ajraganlar toifasidan bo‘lursen!» — deydi.

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning «Iymon keltirib, iymonini zulm birlan bulg‘amaganlar...» degan oyati karimasi nozil bo‘lganda Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalari: «Qaysi birimiz iymonimizni zulm birlan bulg‘amaganmiz?!» — deya iztirobga tushishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Bu yerda gap har qanday zulm to‘g‘risida ermas, Luqmonning «Shirk — katta zulmdur!» degan so‘zini eshitmaganmisizlar?» — dedilar».

Abdurrahmon ibn Abu Bakra otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ollohga shirk keltirmoq, ota-onaga oqlik qilmoq va yolg‘on guvohlik bermoq — gunohi azimlardandur!» — deb takror takror aytaverdilarki, hatto biz: «Dam olsalar erdi!» — dedik».

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: Bir badaviy Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, eng katta gunoh qaysidur?» — dedi. Janob Rasululloh: «Ollohga shirk keltirmoqdur!»— dedilar. Badaviy: «Yana qaysidur?» — dedi. Janob Rasululloh: «Ota-onaga oqqlik qilmoqdur!» — dedilar. Badaviy: «Yana qaysidur?» — dedi Janob Rasululloh: «Yolg‘on qasamdur!»— dedilar. Shunda men: «Yolg‘on qasam nedur? — dedim. Janob Rasululloh: «Yolg‘on gapirib musulmon odamning molini tortib olmoqdur!» — dedilar».

Ibi Mas’ud rivoyat qiladilar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, johiliyat davridagi qilmishlarimiz uchun ham jazolanamizmi?»—dedi. Ul zot: «Islom davrida yaxshilik qilmoqni odat qilg‘onlar johiliyat davridagi qilmishlari uchun jazolanmag‘aylar, Islom davrida yomonlik qilishda davom etgan ersa oldingi va keyingi gunohlari uchun ham jazolang‘aylar»,—dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:13:43
1-bob. Murtad erkagu ayolga nisbatan chiqarilgan hukm haqida

Ibn Umar, Zuhriy va Ibrohim: «Murtad (dindan qaytgan) erkagu ayol tavba qildiriladi, aks holda o‘ldiriladi» — deyishadi.

Olloh taoloning qavli («Oli Imron» surasi): Oyatning mazmuni: Iymon keltirgandan so‘ng qayta kofir bo‘lgan qavmni Olloh qanday hidoyat qilsin?! Axir ular rasul barhaq deb guvohlik bergan erdilar-ku, ularga ravshan dalillar keltirilgan erdi-ku? Olloh zolim qavmni hidoyat qilmag‘ay! Bundaylarning jazosi shulkim, ularga Ollohning, farishtalarning va jamiki insonlarning la’nati bo‘lgaydur! Ular doimiy la’natga qolg‘aylar va ularning azobi yengillashtirilmag‘ay va bunga umidvor ham qilinmag‘aylar. Ammo, shundan so‘ng tavba qilib to‘g‘ri yo‘lga qaytganlar mustasnodurlar, chunkim Olloh kechiruvchan va rahmdil zotdur! Iymon keltirgandan so‘ng o‘ta kofir bo‘lib ketganlarning tavbasi qabul qylinmag‘ay, ular to‘g‘ri yo‘ldan butunlay ozganlardur!".

Olloh, taoloning qavli («Oli Imron» surasi), Oyatning mazmuni: «Ey mo‘minlar, agar sizlar qitbiylardan qaysi bir jamoatga itoat qilsangizlar ular sizlarni diningizdan qaytarib qayta kofir qilurlar!».

Olloh taoloning qavli («An-niso» surasi): Oyatning mazmuni: «Darhaqiqat, iymon keltirgach, qayta kofir bo‘lgan, keyin yana iymon keltirgandan so‘ng qayta kofir bo‘lib butunlay kufr botqog‘iga botib ketgan bandalarning gunohlarini Olloh zinhor mag‘firat qilmag‘ay hamda ularni to‘g‘ri yo‘lga solib Olloh taoloning qavli («Al-Moida» surasi): Oyatning mazmuni: «... sizlardan kimiki o‘z dinidan qaytsa, tez fursatda Olloh o‘ziga mahbub shundog‘ bir qavmni paydo qilurkim, ular Ollohni o‘zlariga do‘st tutib musulmonlarga mehribonlik qilgaylar va kofir (bo‘lg‘onlar) ustidan g‘olib kelg‘aylar...».

Olloh taoloning qavli («An-Nahl» surasi): Oyatlarning mazmuni: «... va lekin kufrdan dilxush bo‘lgan odamlar Ollohning g‘azabiga duchor bo‘lg‘aylar hamda ular qiyomatda og‘ir azobga kolg‘aylar, chunkim ular bu dunyo hayotini oxiratdan afzal ko‘rgandurlar va Olloh kofirlar qavmiga hidoyat qilmag‘aydur. Olloh ana shundaylarning qalblari quloqlari va ko‘zlariga muhr urgandur va ular g‘ofil bandalardur, shubha yo‘qdurkim, ular oxiratda albatta ziyon ko‘rgaylar, (kufr) fitnasiga aldanib yurib, so‘ng hijratu jihod hamda sabru qanoat qilgan odamlarga rabbingiz mag‘firatli, rahmdil bo‘lg‘aydur».

Olloh taoloning qavli («Al-Bahara» surasi): Oyatning mazmuni: «... va ular (kofirlar) sizlarni o‘z diningizdan chiqarmoq uchun qudratlari yetgancha betinim jang qilg‘aylar va sizlardan kimki o‘z dinidan kaytsa va kofirligicha o‘lsa, uning bu dunyo birlan oxiratdagi barcha amallari habata bo‘lib ketg‘ay va bundaylar do‘zaxiy bo‘lib, unda abadiy qolg‘aylar».

Ikrima raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Alining huzurlariga bir guruh zindiqlarni (xudosizlarni) olib kelishgan erdi, ularni yoqib yubordilar. Bundan xabar topgan Ibn Abbos: «Men ularni Janob Rasululloh «Olloh taoloning azobi birlan azob bermangizlar!» deb aytganlari uchungina yondirmas erdimu, lekin «Kimki dinini o‘zgartirsa, uni o‘ldiringizlar!» deb aytganlari uchun o‘ldirgan bo‘lur erdim» — dedilar».

Abu Burda Abu Musodan naql qiladilar, ul kishi bunday degan erkanlar: «Men Janob Rasulullohning huzurlariga keldim, men birlan ikki ash’ariy ham birga bo‘lib, biri o‘ng tarafimda, ikkinchisi ersa, chap tarafimda turdi. Shunda Janob Rasululloh misvok birlan tish tozalayotgan erdilar, ular ikkalasi ul zotga o‘z iltimosini bayon qildi. Janob Rasululloh menga: «Ey, Abu Muso (yokim, ey Abdulloh ibn Qays), (bular ne deydirlar)?!» — deb murojaat qildilar. Men: «Sizni haqiqat ila yuborgan zot haqi, ular menga dillaridagi gaplarini aytishmagan erdi va men ularning amal talab qilib kelganlarini sezmagan erdim!» — dedimda, lablari birlan qisib olgan misvoklariga tiqilib turdim. Janob Rasululloh: «Biz amal istab kelgan har qanday odamni ham o‘z ishimizga ta’yyan qilavermaymiz, ammo, ey Abu Muso, sen Yamanga jo‘nag‘il!» — deb aytdilar». «Keyin, uning ortidan»—deydilar Abu Burda,— Maoz ibn Jabalni ham Yamanga jo‘natdilar. Ul yetib kelgach, Abu Muso yostiq qo‘yib o‘ltirmoqni amr qildi, Maoz o‘ltirmay atrofga alanglab yonginasida kishanband bir odamning yotganini ko‘rdi. Shunda ul: «Bu kim?» — deb so‘ragan erdi, Abu Muso: «Bul yahudiy islomni qabul qilgan erdi, so‘ng yana qayta yahudiy bo‘ldi»,— dedida, Maozga «o‘ltir!» — deb amr qildi. Maoz: «Olloh taolo va uning rasuli hukmiga binoan qatl qilinmagunicha o‘ltirmasmen!»—deb uch bor aytdi. Shunda Abu Muso amr qilib erdi, uni olib chiqib qatl qildilar. Keyin, ikkalalari bedorlik haqida so‘zlashdilar. Ulardan biri: «Ammo men tunda bedor ham bo‘lurmen, uxlag‘aymen ham, uyqumda neni tilak qilsam, uyg‘oqligimda ham shuni tilagaymen!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:13:53
2-bob. Faroizni qabul etmoqdan bosh tortganlarni o‘ldirmoq hamda dindan qaytganlikka tenglashtirilgan hatti-harakatlar haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallal-yaohu alayhi va sallam vafot etib, Abu Bakr xalifa bo‘lgach, ba’zi arab qavmlari dindan qaytdi. Shunda Hazrat Umar: Yo Abu Bakr, bularga qarshi qanday jang qilmoq niyatidamiz? Janob Rasululloh: «Odamlar «Lo iloha illallohu» demagunlaricha jang qilmoq menga amr qilindi. Kimki «Lo iloha illallohu» desa, molu joni mendan omon qolg‘ay, aks holda uni o‘ldirib, molini tortib olmoq haqlig‘dur, uning uxraviy hisob-kitobi ersa, Olloh taologa havola!» — deb aytganlar» — dedilar. Abu Bakr: «Olloh taolo haqi, namoz birlan zakotni farqlagan kishiga qarshi jang qilg‘aymen, chunkim zakot islom yo‘lida qilinadirgan xayru ehsondur! Agar Janob Rasulullohga (kambag‘allarga in’om qilmoqlari uchun) beriladigan bitta echki bolasini olib qolsalar ham, Olloh taolo haqi, jang qilg‘aydirmen!» -dedilar. Hazrat Umar: «Olloh taolo haqi, Abu Bakrning qalbiga Olloh taoloning o‘zi shijoat ato etganini ko‘rib men uning haq ekanligini tushundim!» — deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:14:06
3-bob. Zimmiy yoki boshqa bir g‘ayridin Nabiy sallallohu alayhi va sallamni kishi bilmas haqorat qilib: «As-Somu alayka!» — desa...

Hishom ibn Zayd ibn Anas bunday deb rivoyat qiladilar: Anas ibn Molikdan eshitdimki, bir yahudiy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yonlaridan o‘tib ketayotib: As-Somu alayka!" — dedi. Janob Rasululloh unga javoban: «Va alayka!» — dedilarda, so‘ng bizga: «Uning nima deganini angladingizlarmi? Ul: «Sizga o‘lim!» — deb aytdi,— dedilar. Sahobalar: Yo Rasulalloh, uni o‘ldiraylikmi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Yo‘q, agar sizlarga kitob ahli salom bersa, «Va alaykum!» («Sizga ham») deb alik olingizlar!» — dedilar».

Oishi raziyallohu anua rivoyat qiladilar: «Bir guruh yahudiylar Janob Rasulullohdan ijozat so‘rab huzurlariga kirdida, «As-Somu alayka!», — dedi. Shunda men: «Bal, alaykumus-somu val-la’na! («Aksincha, o‘zlaringizga o‘lim va la’nat!») — dedim. Janob Rasululloh menga: «Ey Oisha, Olloh taolo muloyim bo‘lib, barcha ishlarda muloyimlikni xushlagaydur!» - dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, ularning ne deganlarini eshitmadingizmi?!» — dedim. Janob Rasululloh: «Va alayka, dedimku!» - dedilar».

Ibn Dinor rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umardan eshitdimki, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Agar yahudiylar birortangizga «As-Somu alayka!» deb salom bersa, «Va alayka!» deb javob qaytaringizlar!»— deb aytibdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:14:17
4-bob.

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning, qavmi urganda yuzidan oqayotgan qonni arta turib: «Yo parvardigorim, qavmimni mag‘firat qilg‘aysan, chunkim ular (qilib qo‘ygan ishlarini) tushunib yetmaydilar!» — deb aytgan bir payg‘ambar (Nuh alayhissalom) haqida hikoya qilayotganlarni ko‘z oldimga keltirg‘aymen».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:14:29
5-bob. Dindan chiqqan va haq yo‘ldan ozib noto‘g‘ri yo‘lga qadam qo‘yganlarni, ayblari dalillar birlan isbotlangach, qatl qilmoq xususida

Olloh taolo: «Ollohning o‘zi biror qavmga hidoyat qilib nimadan taqvo qilmoqlari lozimligini bayon qilgan erkan, ularni sira haq yo‘ldan ozdirmag‘aydur!» — deydi. Ibn Umar dindan chiqqanlarni Olloh taoloning eng yomon maxluqlari deb hisoblab: «Dindan chiqqanlar kofirlar haqida nozil bo‘lgan oyatlarga xuruj qilib, ularni musulmonlarga taalluqli deb da’vo qiladilar»,—deydilar.

Suvayd ibn G’afala rivoyat qiladilar: Hazrat Ali raziyallohu anhu bunday dedilar: «Sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haqlarida yolg‘on hadis aytganimdan ko‘ra osmondan yiqilib tushganim ma’qulroqdur, ammo o‘zaro suhbatimizda mubolag‘a-yu, kinoya ishlatsam bo‘lavergaydur! Men Janob Rasulullohning bunday deb ayttanlarini eshitganman: «Oxir zamonda o‘zlari yoshu orzulari ahmoqona, so‘zamol hamda iymonlari bo‘g‘izlaridan chiqib ketay deb turgan bir qavm dunyoga kelg‘aykim, ular kamondan otilgan o‘q yanglig‘ o‘z dinlarini tark etgaylar. Ko‘rgan yeringizda ularni darhol o‘ldiringizlar, chunkim qiyomat kuni ularni o‘ldirgan odamga ajru savob ato etilg‘usidur!».

Muhammad ibn Ibrohim rivoyat qiladilar «Abu Salama birlan Ato ibn Yasor ikkalalari Abu Sa’id al-Xudriyning xuzurlariga kelib: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning haruriylar haqida gapirganlarini eshitganmisan?» — deb so‘rashdi. Shunda Abu Sa’id «Haruriylarning aynan kimlar ekanligin bilmagaymen, ammo Janob Rasulullohning bunday deganlarini eshitganmen»,—dedi: «Mana shul ummatda bir qavm chiqg‘aykim (shunda, «Mana shul ummatdan» demadilar), sizlar ular birlan namoz o‘qimoqni o‘zingizga haqorat deb bilgaysizlar, ular Qur’onni bo‘g‘izlaridan ichkariga o‘tmaydirgan qilib o‘qig‘aylar, (ya’ni, til uchida, yurakdan ermas), kamondan otilgan o‘q yanglig‘ dindan chiqg‘aylar. Ular otgan o‘qidan hayajon birla qon izini axtarayotgan ovchiga o‘xshaydirlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:14:49
6-bob. Murosa qilmoq niyatida hamda odamlarni o‘zidan bezdirib qo‘ymaslik uchun dindan qaytgan kishini o‘ldirgan shaxs haqida

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat iladilar: «Bir kuni Janob Rasululloh o‘ljalarni taqsimlab o‘ltirgan erdilar, Baniy Tamim qabilasidan bo‘lmish Zulxuvaysira degan kishi: «Yo Rasulalloh, adolat qilingiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Sho‘ring qursin, men adolat qilmasam, kim adolat qilg‘ay?! — dedilar. Shunda Hazrat Umar: «Ijozat qilingiz, bo‘ynini chopib tashlayin!» — dedilar. Janob Rasululloh «Yo‘q, aslo, uning shunday do‘stlari borki, birortangiz ham ular birlan na namoz o‘qimoqni va na ro‘za tutmoqni o‘zingizga ravo ko‘rg‘aysiz! Ular, ov qilinadirgan biror jonzotning (oshqozonini) teshib o‘tgan o‘q-yoy yanglig‘, dinga birrov kirib chiqib ketadirgan odamlar bo‘lib, o‘q-yoy paykonidan tortib to uning patiga qadar ko‘z tashlab oshqozon axlati-yu kon yuqidan bo‘lak hech narsa topolmagan sayyodga o‘xshaydirlar. Ularning belgisi shulkim, bir qo‘li ayol ko‘kragi yokim bir bo‘lak go‘sht yanglig‘ titrab turg‘aydir. Bundaylar odamlar o‘rtasida hamjihatlik yo‘qolganda paydo bo‘ladilar»,— deb aytdilar. Mana shul gaplarni Janob Rasulullohdan eshitdim deb guvohlik berg‘aymen hamda Hazrat Ali ularga qarshi jang qilganlarida men ham birga bo‘lib, o‘ldirilganlardan biri Janob Rasululloh aytganlaridek belgilarga ega erkan deb ham guvohlik bergaymen! Shul haqda «... va ular orasida seni sadaqa xususida ayblovchilar mavjud...» degan oyat nozil bo‘lgan».

Bashir ibn Amr rivoyat qiladilar: «Men Sahl ibn Hunayfga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning dindan chiqqanlar (xavorijlar) haqida biror gap aytganlarini eshitganmisen?» — dedim. Sahl: «Men Janob Rasulullohning Iroq tarafga qo‘llari birlan ishora qilib: «U yerda Qur’onni bo‘g‘zidan nariga o‘tmaydirgan qilib o‘qiydirgan va hamondan otilgan o‘qdek islomdan chiqib ketadirgan qavm paydo bo‘lg‘aydur» — deb aytganlarini eshitganmen»,— dedi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:14:58
7-bob. Nabiy sallallohu alayhi na sallamning «Da’vosi bir bo‘lgan ikki guruh insonlar o‘zaro urushmagunlariga qadar qiyomat bo‘lmag‘aydur!» deganlari haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Da’vosi bir (ya’ni, o‘z da’vosini haqlig, sherigining da’vosini ersa, nohaq deb hisoblovchi) ikki guruh insonlar o‘zaro urushmagunlariga qadar qiyomat qoim bo‘lmag‘aydur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:15:10
8-bob. Mutaavvillar (Quronni yetti usulda qiroat qiluvchilar) haqidagi hadislar

Misvar ibn Maxramo. va Abdurramon ibn Abdulhori’ rivoyat qiladiyaar: «Xazrat Umar ibn al-Xattob bunday deb aytgan erkanlar: «Men Hishom ibn Hakimning Janob Rasululloh hayotlik vaqtlarida, «Al-Furqon» surasini qiroat qilayotganini eshitib qoldim. To‘xtab quloq solsam ul Janob Rasululloh menga o‘rgatmagan bir boshqacha usulda qiroat qilayotgan erdi, shunda g‘azablanganimdan namoz o‘qib turgan yerida ustiga tashlanishimga sal qoldi. Lekin o‘zimni tutib, namozni tugatib salom bermog‘ini kutib turdim. Keyin uni ridoim (yokim o‘z ridosi) birlan bo‘g‘ib turib: «Bul suraning qiroatini senga kim o‘rgatdi?» — dedim. Ul: «Janob Rasululloh o‘rgatdilar!»— dedi. Men: «Yolg‘on so‘zlayotirsan, Olloh taolo haqi, Janob Rasululloh hozir men sendan eshitgan surani qanday qiroat qilmoqni menga o‘rgatganlar!« —dedimda, uni yetaklab, Janob Rasulullohning huzurlariga olib bordim. "Yo Rasulalloh,—dedim men, - siz menga «Furqon surasining qiroatini o‘rgatgan edingiz, manavi ersa, uni boshqa bir usulda qiroat qildi!». Janob Rasululloh: «Yo Umar, uni qo‘yib yuborgil, yo Hishom sen o‘shal surani yana qiroat qilib berg‘ilchi!» — dedilar. Shunda Hishom o‘shal surani avval men eshitgandek qilib qiroat qilib berdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shuiday nozil qilingandur!» — dedilarda, menga: «Yo Umar, sen ham qiroat qilib bergilchi!» —deb aytdilar. Men ham o‘zim bilgan usulda qiroat qilib berdim. So‘ng, Janob Rasululloh: «Bul sura shunday nozil qilingandur, darhaqiqat, Qur’on yetti usulda (harfda) qiroat qiladirgan) qilib nozil qilingandur, ulardan qaysinisi sizga oson bo‘lsa, o‘shanisi birla qiroat qilingizlar!» - dedilar».

Abdulloh rivoyat qiladilar: «Iymon keltirgach, o‘z iymonini zulm birlan bulg‘amaganlar...» degan oyat nozil bo‘lganda Janob Rasulullohning sahobalari: «Qaysi birimiz o‘z iymonimizni zulm birlan bulg‘amaganmiz?!» — deb ko‘p iztirob chekishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Yo‘q, bul sizlar o‘ylagancha bo‘lmay, Luqmonning o‘z o‘g‘liga: «Ey bolaginam, Ollohga shirk keltirmag‘il, darhakiqat, shirk — eng katta zulmdur!» — deb aytgan gapiga ta’lluqlidur»,— dedilar».

Maumud ibn ar-Rabi’ rivoyat qiladilar: «Utbon ibn Molik bunday dedi: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam erta birlan mening huzurimga keldilar. Shunda qo‘shnilarim ham kirib kelishdi. Ulardan biri: «Molik ibn ad-Duxshin qaerda?» — dedi. Boshkasi ersa: «Ul munofiqdur, Olloh taolo birlan uning rasulini yaxshi ko‘rmag‘ay!» — dedi. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning rizolig‘ini o‘ylab «Lo iloha illallohu» degan shaxs xususida bunday xayolga bormangizlar!» — dedilar. Boyagi odam: «Xo‘b!» — dedi. Keyin, Janob Rasululloh yana: «Lo iloha illallohu»ga vafo qilgan bandaga qiyomat kuni Olloh taolo do‘zax o‘tini harom qilgaydur!» — deb aytdilar».

Husayn: falonchi (ya’ni, Sa’d ibn Ubayda) bunday deb aytdi»,— deydilar: «Abu Abdurrahmon birlan Habbon ibn Atiyya tortishib qoldi. Abu Abdurrahmon Habbonga: «Do‘stingni qon to‘kmoqqa undagan narsaning nima erkanligin bilib oldim!» — dedi. Habbon «Ey bepadar, nima erkan o‘shal undagan narsa?!» — dedi. Abu Abdurrahmon: «Uning (Alining) shul haqda bir narsa deganini eshitdim»,— dedi. Habbon: "Aytib berg‘ilchi!» — dedi. Abu Abdurrahmon «Ali bunday deb aytgan erdi»,— dedi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni, Zubayr ibn Avvom va Abu Marsadni jo‘natdilar, barchamiz otlik erdik. Janob Rasululloh bizga: «Yo‘lga chiqinglar, Hoj degan boqqa boringizlar. U yerda bir xotin bor, uning qo‘lida Hotib ibn Abu Baltaa mushriklarga yo‘llagan maktub mavjud, uni menga olib kelingizlar!»—dedilar. Biz xotinga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytgan joyda tuyasiga minib ketayotganda yetib oldik. (Hotib o‘z maktubida «Janob Rasululloh sizlarning ustingizga qo‘shin tortib boradilar» deb Makka ahlini ogoxlantirgan erdi). «Xat qani?» —dedik. Xotin: «Menda hech qanday xat yo‘q»,— dedi. Shundan so‘ng, biz uning tuyasini cho‘ktirib, yuklarini titib ko‘rdik, ammo xatni topolmadik. Sheriklarim: «Xatni o‘zi birlan olmagan ko‘rinadi», — deyishdi. Men xotinga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yolg‘on gapirmaganlari turgan gap, biz buni yaxshi bilg‘aymiz, Olloh taolo haqi, yo xatni o‘zing topib berg‘aysen yokim seni yechintirib ko‘raman!» — dedim. Shunda ul mening jiddiy gapirayotganimni ko‘rib, qo‘lini lozimining lippasiga tiqdida, lattaga o‘rog‘lik xatni olib berdi. So‘ng, biz xatni Janob Rasulullohning huzurlariga olib bordik. Umar: «Yo Rasulalloh, Hotib Olloh taolo birlan uning rasuliga, barcha mo‘minlarga xiyonat qildi, ijozat beringiz, uning bo‘ynini chopib tashlayin!» — dedi. Janob Rasululloh: Ey Hotib, bunday qilmog‘ingga nima majbur qildi?» — dedilar. Hotib «Yo Rasulalloh, Olloh taolo va uning rasuliga iymonli bo‘lmoqdin o‘zga niyatim yo‘q. Ammo, men ul qavm ichida bola-chaqalarim va molu dunyomni himoya qilib turg‘uvchi o‘z kishilarim bo‘lmog‘ini istadim, xolos. Axir, sizning sahobalaringizning ham ul yerda bola-chaqalari-yu mol-dunyosini himoya qilib turg‘uvchi kishilari bor-ku!»— dedi. Janob Rasululloh: «Rost aytdi, unga yaxshi gapiringlar!» — dedilar. Umar yana: «Yo Rasulalloh, bul odam Olloh taolo va uning rasuliga, barcha mo‘minlarga xiyonat qildi, ruxsat beringiz, bo‘ynini chopib tashlayin!» — dedi. Janob Rasululloh: «Ul ahli Badrdan ermasmi?! Sen qaerdan bilg‘aysen, balkim Olloh taolo Badr ahlining ustidan o‘z hukmini chiqarib qo‘ygandir, yana o‘zingiz bilasizlar, axir sizlar jannatisizlar-ku!» — dedilar. Shunda Umar ko‘zlariga yosh olib: «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilg‘aydur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:15:21
Bismillohir rahmonig‘ rahiymi

MAJBUR QILMOQ HAQIDA KITOB


Olloh taoloning qavli («An-Nahl» surasi): Oyatning mazmuni: «... kufr so‘zlarin aytmoqqa majbur qilingan, ammo dili iymonda barqaror qolib, yolg‘ondin aytgan kufr so‘zidan ko‘ngli g‘ash bo‘lgan odam murtad deb xisoblanmagay va lekin kufr so‘zini o‘zi rozi bo‘lib chin dildan aytganlardan Olloh taolo g‘azablang‘ay va qiyomatda ularga qattiq azob berilg‘aydur!».

Olloh taoloning qavli («An-niso» surasi): Oyatning mazmuni: «Darhaqiqat, farishtalar o‘z jonlariga zulm qilganlarning jonlarini olayotib: «Sizlar qay holda erdingizlar?» — deb so‘rag‘aylar, shunda ular: «Bizlar bul mulkda nochor erdik»,— deb javob berg‘aylar,..».

Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo o‘z amrini nochor qolib bajarolmaganlarning uzrini qabul qildi, chunkim majbur qilingan odam Olloh taolo amrini bajarolmaydirgan nochor ahvolga tushib qolg‘aydur». Hasan (al-Basriy): «Chidam qiyomatga qadar!» — deydilar. Ibm Abbos: «Kimniki o‘g‘rilar majbur qilib xotinini taloq qildirsa, taloq o‘rniga o‘tmag‘ay» — deydilar. Ibn Umar, Ibn az-Zubayr, Ash-Sha’biy va Hasan al-Basriy ham shunday deb ta’kidlaydilar. Janob Rasululloh: «Barcha ishlar niyatga bog‘likdur!» — deb aytganlar.

Abu Salama ibn Abdurramon Abu Hurayradan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Qunut» duosini o‘qiganlarida: «Yo parvardigoro, Iyosh ibn Abu Rabi’a, Salama ibn Hishom va Valid ibn al-Validga najot bergaysen, yo parvardigoro, nochor mo‘minlarga najot berg‘aysen, yo parvardigoro, Muzar qabilasiga qattiq azob berg‘aysen va ularga Yusuf alayhissalom davrlaridagidek qahatchilik yuborg‘aysen!» — der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:15:31
1-bob. Kofir bo‘lmoqdan ko‘ra kaltaklanmog‘ini, o‘ldirilmog‘ini va sazoyi qilinmoqni afzal ko‘rgan shaxs xususida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki quyidagi uch xislatga ega bo‘lsa, iymon halovatiga erishg‘usidur: Olloh taolo birlan uning rasulini barchadan ham yaxshi ko‘rmoqlik birovni yaxshi ko‘rsa, faqat Olloh taoloni deb yaxshi ko‘rmoqlik hamda qayta kofir bo‘lmoqlikdan o‘tda kuymoqdan qo‘rqqandek hazar qilmoqlik»,— dedilar».

Ismoil ibn Abu Xolid Sa’id ibn Zayddan naql qiladilar: «Hazrat Umarning meni islomga jalb qilganlarini bilursizlar, ul kishi «Hazrat Usmonga nisbatan qilgan ishlaringiz uchun ustingizga Uhud tog‘i qulab tushgani ma’qul erdi!» — deb aytgan erdilar».

Xabbob ibn al-Arat rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh (allallohu alayhi va sallamga arz qilib borganimizda ul zot Ka’baning soyasida burdalariga yastanib yotgan erdilar. «Yo Rasulalloh, bizga Olloh taolodan g‘alaba tilab duo qilsangiz!» —dedik. Janob Rasululloh: «Sizlardan ilgarigi zamonda odamni tirik yerga ko‘mib, boshiga arra solib ikkiga bo‘lg‘ay va temir taroq birlan go‘shtini suyagidan ajratg‘ay erdilar, shunda ham ul dinidan qaytmas yerdi. Olloh, taolo haqi, shunday kunlar kelg‘aykim, islom kuchayib, San’odan yo‘lga chiqqan suvori Hazramavtga Olloh taolodan o‘zga xech kimdan qo‘rqmay bemalol borg‘usidur va uning qo‘ylariga bo‘ridan bo‘lak xavf-xatar bo‘lmag‘aydur, sizlar ersangiz, oshiqyapsizlar!»— deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:15:40
2-bob. (Yashayotgan yeridan ko‘chishga) majbur qilinganlarning (o‘zlariga tegishli narsalarni) sotib ketmog‘i hamda bunday kishilarning shul xususdagi haq-huquqlari haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir kuni biz masjidda o‘tirgan erdik Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurimizga kirib keldilarda: «Yahudiylar mahallasiga ketdik!» — dedilar. Biz ul zot birlan birgalashib yo‘lga tushib Bayt ulmidros (tavrotxonlik qilinadirgan bino)ga yetib bordik. Janob Rasululloh, ularning tepasiga kelib. «Ey yahudiylar jamoasi, itoat qilib islomga kiringizlar!» deb da’vat qildilar. Ular: «Yo Abulqosim (ya’ni, Janob Rasululloh), buni bizga aytgan erdingiz!»— deyishdi. Janob Rasululloh: «Istagim shuldurkim, islomni e’tirof etingizlar!» — deb ikki bor takrorladilar. Yahudiylar: yana: «Yo Abulqosim, buni bizga aytgan erdingiz!» — deyishdi. Janob Rasululloh boyagi gaplarini uchinchi marta takrorladilarda: «Bilib qo‘yingizlar, yer Olloh taolo birlan uning rasulinikidur, men sizlarni bul yerdan ko‘chirib yubormoqni istag‘aymen. Oralaringizda kimniki biror mol-mulki bo‘lsa, sotsin, illo, bilib qo‘yingizlarkim, yer Olloh taolo birlan uning rasulinikidur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:15:50
3-bob. Majburlab nikoh qilmoq nojoizdur!

Olloh taoloning qavli («An-Nur» surasi): Oyatning mazmuni: «... va dunyoviy ayshu ishratni deb cho‘rilaringizni, agar ular poklikni istasa, zinoga majbur qilmangizlar va kimki ularni majbur qilsa, majbur qilinganlari sababidan Olloh taolo ularni mag‘firat qilib rahm qilgaydur».

Ansoriy ayollardan bo‘lmish Xanso binti Xizomning rivoyat qilishlaricha, ul muxtarama turmush ko‘rgan erkanlar. Bir kuni otalari majbur qilib erga beribdilar. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib shikoyat qilgan erkanlar, ul zot nikohni bekor qilibdilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, ayollar nikoh qilinmoqlariga rozilik bildirmoqlari lozimmidur?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ha!» — dedilar. Men: «Bokiradan bul haqda so‘ralsa, ul hayo qilib indamasligi mumkin»,— dedim. Janob Rasululloh: «Sukut qilgani rozi bo‘lganidur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:16:05
4-bob. Qulni majburan in’om qilsa yokim sotib yuborsa, joiz ermas!

Abu Zarr al-G’iforiy va (hanafiy mazhabiga mansub) ayrim kishilar: "Qulni sotib olgan kishi uni nazr qilmog‘i joiz»,— deyishadi. Shuningdek quldor o‘z qulini mudabbar qilmog‘i («Vafot etganimdan so‘ng ozodsen» deb aytmog‘i) ham joizdur»—deb ta’kidlashadi.

Amr ibn Dinor rivoyat qiladilar: «Ansoriylardan biri o‘z mamlukini (oqbadan qulini) «Vafot yetsam, ozodsen» deb mudabbar qildi. Ammo, uning shul quldan o‘zga hech qanday bisoti yo‘q erdi. Bundan xabar topgan Janob Rasululloh: «O’shal qulni mendan kim sotib olg‘ay?» — dedilar. Shunda uni Nu’aym ibn an-Nahhom sakkiz yuz dirhamga sotib oldi. Keyin, Jobirdan eshitdimki, o‘shal qul qibtiylardan bo‘lib, burungi yil vafot etgan erkan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:16:29
5-bob. Majbur qilmoq — jabr qilmoqdur!

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Olloh taolo: «Anniso» surasi: «Ey mo‘minlar, xotinlarni zo‘rlik ila o‘zingizga meros qilib olmoqlaringiz halol ermas!»,— deydi. Joxiliyat davrida beva ayolga egalik qilmoqqa eng haqlig‘ kishilar — marhum erning qarindoshlari erdi. Ular beva ayolni, istasalar, o‘zlaridan biriga yokim o‘zga bir odamga erga berur erdilar yohud erga bermasliklari ham mumkin erdi. Ular beva ayolga egalik qashshoqqa uning qarindoshlaridan ko‘ra haqlig‘roq bo‘lganlar, yuqoridagi oyat shul xususdadur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:17:14
6-bob. Zinoga majbur qilingan ayolga hadd jazosi qo‘llanilmag‘ay!

Bul haqda Olloh taoloning quyidagi oyati karimasi mavjud: Oyatning muzmuni: «... va kimki ularni majbur qilsa, majbur qilinganlari sababli Olloh ularni mag‘firat aylab rahm qilgaydur».

Nofi’ rivoyat qiladilar: «Xalifaga tegishli qullardan biri imomga tegishli bir cho‘rini zo‘rlab iffat pardasini yirtib qo‘ydi. Xalifa Umar qulni darra urib, badarg‘a qildilar. Shunda zo‘rlangani uchun cho‘riga hadd urilmadi. Zuhriy bunday deydilar «Agar ozod (qul bo‘lmagan) erkak cho‘rining iffat pardasini yirtib qo‘ysa, qozi unga iffat pardasi butun bo‘lgan bir cho‘ri bermoqni jarima qilib, so‘ng darra urdirg‘ay, ammo cho‘ri juvon bo‘lsa, imomlar fikricha, jarima solinmay, faqat darra urib qo‘ya qoling‘ay».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ibrohim alayhissalom Sora birlan birga safarga chiqib, bir shaharga yetib bordilar. Ul shaharda bir zolim podshoh hukmdor bo‘lib, Ibrohim alayhissalomga «Sorani huzurimga jo‘natg‘il!» deb odam yubordi. Podshoh peshvoz chiqib Sorani kutib oldi (niyati yomon erdi). Sora tahorat qilib namoz o‘qishga kirishdilar va: «Yo parvardigoro, senga va rasulingga keltirgan iymonim hurmati, kofirning menga egalik qilmog‘iga yo‘l bermagil!»— deb iltijo qildilar. Shul onda podshoh bo‘g‘ilib, oyoqlari tipirchilab qoldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:17:25
7-bob.

Musulmon odam, dindosh birodarining boshiga o‘lim xavfi yokim boshqa biror xatar tushsa, Axir bul mening dindosh birodarimku, men uni himoya qilmog‘im lozimdur!»—deb o‘ziga o‘zi ont ichmog‘i darkor. Shuningdek har qanday majbur qiling‘uvchi shaxs qo‘rquv ostida o‘zini o‘zi himoya qilolmag‘aydur, shul boisdan uni dindosh birodari zolimdan himoya qilib jang qilmog‘i va xavfu xatardan xalos etmog‘i lozimdur. Mazlumni himoya qilib zolimni o‘ldirgan shaxsdan tovon ham qasos ham olinmag‘aydur! Agar «Ichkilik ichasen!» yokim «O’limtik yeysen!» yohud «Qulingni sotasen!» yo «Qarzdormen deb aytasen!» yokim «Hadya berasen!» yohud «Ahdingni buzasen!» deb tahdid qilinsa, (otasi yokim birodarining hayotini saqlab qolmog‘i uchun) bul shartlarni ado etmog‘i joizdur. Chunkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon musulmonga birodardur!» — deb aytganlar. Ba’zi odamlar (hanafiy ulamolar): «Agar Ichkilik ichasen!» yokim «O’limtik yeysen!, aks holda o‘g‘lingni yoki otangni yo biror yaqin qarindoshingni o‘ldirg‘aymiz» deb tahdid qilinsa, bul shartlarni bajarmoq joiz ermas, chunkim bul majburiy ermasdur!»—deyishadi. Lekin, ayrim ulamolar bu qavlni botil sanab: «Agar «Otangni yokim o‘g‘lingni o‘ldirg‘aymiz!» yoxud «Manavi qulni sotgaysen!» yo «Qarzdormen deb aytasen!» yokim «Biror narsani xadya qilasen» deb tahdid qilinsa, itoat etmoq lozim bo‘lg‘ay»,— deyishadi. Ammo, biz (avvalgi qavlni) quvvatlab, bunday holda qulni sotmoq, hadya qilmoq va har qanday ahdni buzmoq botildur deb aytamiz. Ba’zilar bul xususda na Qur’onga va na sunnatga amal qilmay, yaqin qarindoshlar birlan boshqalarni farqlaydirlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar: Ibrohim alayhissalom o‘z xotinlarini: «Bul mening singlim», ya’ni «Olloh taolo yo‘lidagi singlimdur!,— dedilar, An-Nax’iy: Agar qasam ichirg‘uvchi zolim ersa, qasam ichuvchining niyati ravo bo‘lg‘ay, basharti qasam ichuvchi zolim ersa, unda qasam ichirg‘uvchining niyati ro‘yobga chiqg‘aydur»,— deydilar.

Ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon musulmonga birodar bo‘lib, o‘zaro zulm qilmag‘ay, bir-birining tinchligini buzmag‘ay. Kimki birodarining og‘irini yengil qilg‘aydur, Olloh taolo uning mushkulini oson qilg‘aydur!»—dedilar».

Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birodaring zolimmi yo mazlummi, bundan qat’iy nazar, unga yordam qilg‘il!» — dedilar. Shunda bir odam: «Yo Rasulalloh, birodarim mazlum bo‘lsa, yordam qilgaymen, ammo ul zolim bo‘lsa, nechun yordam qilg‘um?» — dedi, Janob Rasululloh: «Shunday qilsang, uni zulmdan qaytarg‘aysen va bu sening unga qilgan yordaming bo‘lg‘aydur!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:17:52
Bismillohir rahmonir rahiymi

HIYLALAR HAQIDA KITOB

1-bob. Hiyla qilmaslik lozimligi hamda bir odamning niyat qilgan narsasiga muyassar bo‘lmog‘i va boshqalar haqida


Alqama ibn Vaqqos rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob va’z qilayotib: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganmen»,— dedilar: «Ey odamlar, darhaqiqat, barcha amallar niyatga bog‘liq bo‘lib, har bir odam o‘z niyatiga yarashasini olg‘aydur. Kimki Olloh taolo birlan uning rasulini deb hijrat qilgan ersa, Olloh taolo birlan uning rasuli uchun hijrat qilganlik savobini olg‘aydur, kimki boylik orttirmoq uchun hijrat qilgan ersa, boylikka erishg‘aydur va kimki xotinlik bo‘lib olmoq uchun hijrat qilgan ersa, hijratidan ko‘zlagan narsasiga yetishg‘aydur, (xolos)!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 08 May 2009, 09:18:02
2-bob. Namoz xususida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tahoratingiz singan ersa, tahorat qilmaguningizcha Olloh taolo birontangizning namozingizni qabul qilmagay» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 May 2009, 06:25:35
3-bob. Zakot haqida hamda zakot olinmog‘idan cho‘chib bir podani ikkiga bo‘lmoq va ikki podani birlashtirmoq joiz ermasligi xususida

Anas (ibn Molik) ning rivoyat qilishlariga qaraganda, Abu Bakr raziyallohu anhu ul kishiga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam farz qilgan sadaqalar haqida bunday deb yozib yuborgan erkanlar: «Zakot olinmog‘idan qo‘rqib ikki kishiga tegishli podani birlashtirmoq va bir kishiga tegishli podani ikkiga ajratmoq joiz ermas!».

Abu Suayl otalaridan, otalari ersa Talha ibn U6aydullohdan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bir badaviy kirib keldi, sochlari to‘zg‘igan. «Yo Rasulalloh,— dedi ul,— Olloh taolo menga qancha namoz o‘qimoqni farz qildi?». Janob Rasululloh: «Byosh vaqt namoz o‘qimoqni, biroq bunga qo‘shimcha tarzda xohlaganingcha nafl o‘qimog‘ing mumkin»,— dedilar. Vadaviy: «Xabar beringiz, Olloh taolo menga qanday ro‘za tutmoqni farz qilgan?»—dedi. Janob Rasululloh: «Ramazon oyining ro‘zasini tutmoqni, biroq bunga qo‘shimcha tarzda biroz nafl ro‘za tutmog‘ing mumkin»,— dedilar. Badaviy: «Xabar beringiz, Olloh taolo menga nimalar uchun zakot bermoqni farz qilgan?» — dedi. Janob Rasululloh unga islomda zakot beriladirgan mollar qaysilar va ular qaysi miqdorga yetganda qanchadan va kimlarga berilishi haqida xabar berdilar. Badaviy: «Sizni mukarram qilgan zot haqi, Olloh taolo menga farz qilgan amallarni ko‘paytirmasmen ham, kamaytirmasmen ham!» — dedi. Janob Rasululloh (ul ketgandan so‘ng, sahobalarga): «Agar bul odam qavlida mustahham bo‘lsa, najot tolg‘usidur (yokim jannatga kirgusidur»)!»—dedilar".

Ayrim odamlar (hanafiy ulamolar): «Bir yuz yigirmata tuyadan ikkita uch yashar tuya zakotga berilg‘ay. Agar ularni egasi qasddan halok qilsa yekim birovga tortiq qilib yuborsa yohud zakot bermoqdan bo‘yin tovlab, hiyla qilsa, unga jazo chorasi ko‘rilmagay»,—deb hisoblashadi.
 
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat kuni (zakoti berilmagan) boyligingiz ajdarga aylanib: "Men sening mol-dunyong edim-ku!» — deb tokim uni tan olib qo‘lingizni cho‘zmaguningizga qadar quva berg‘ay va qo‘lingizni uzatishingiz zahotiyoq yutib yuborg‘ay». — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tuyalari bor odam ularning zakotini bermagan ersa, qiyomat kuni ulardan biri egasini yiqitib tuyoqlari birlan yuzini tepqilagay»,— deb ham aytganlar. Ba’zi odamlar (hanafiy ulamolar): «Tuyalari bor odam zakot vojib bo‘lishidan cho‘chiganidan zakot to‘lamoqqa bir kun kolganda hiyla qilib ularni (zakoti kamroq) tuyalarga yokim qo‘ylarga yoinki qoramolga almashtirib olsa yoxud pulga sotib yuborsa, buning zarari yo‘qdur. Kishi tuyalarining zakotini yil tugamasidan bir yokim olti kun ilgari ado etsa, yaxshi bo‘lgay»,— deyishadir.

Ibn Abbos rivoyat qiladilar «Sa’d ibn Uboda al-Ansoriy Janob Rasulullohdan vafot etgan onasining bo‘ynida qarz bo‘lib qolgan nazr haqida fatvo so‘radi. Janob Rasululloh: «Uni sen ado etg‘aysen!» — dedilar. Ba’zi odamlar (hanafiy ulamolar): Agar tuyalar soni yigirmaga yetsa, ularning zakoti uchun to‘rtta qo‘y berilg‘ay. Agar tuyalarning egasi yil tugashidan avvalroq zakotdan qochib ularni in’om qilib yokim sotib yuborsa, hechqisi yo‘q. Shuningdek ularni so‘yib, keyin o‘zi vafot etib qolsa ham uning moliga zakot solinmag‘ay»,— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 May 2009, 06:25:53
4-bob. Nikohda ishlatiladigan hiyla haqida

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shig‘ordan qaytardilar (johiliyat davrida bir kishi o‘z qizi yokim singlisini ikkinchi bir kishiga xotinlikka berib, buning evaziga uning qizi yokim singlisiga uylangan va bunda ikkala tomon ham mahr bermagan, Janob Rasululloh ana shul odatni islomda qo‘llamoqni man’ qilyaptilar). Shunda men Nofi’ga: «Shig‘or nedur?»—dedim. Ul: «Shig‘or — bir kishining o‘z qizi yokim singlisini ikkinchi bir kishiga mahrsiz nikohlab bermog‘i bo‘lib, ul ham o‘z navbatida uning qizi yokim singlisiga mahrsiz uylang‘aydur",— deb aytdi. Ba’zi odamlar (hanafiy ulamolar): «Shig‘or odati bo‘yicha hiyla qilib uylangan kishining nikohi joiz, ammo uning sharti botildur»,— deydirlar. Ularning ba’zilari ersa mut’a xususida gapirib: «Bul holda nikoh fosid va uning sharti botildur»,— deyishadir. Yana ba’zilari: «Mut’a va shig‘or joiz bo‘lib, sharti botildur»,— deb aytishadur».

Hasan va Abdulloh otalari bo‘lmish Muhammad Alidan naql qilishadi: «Hazrat Ali raziyallohu anhuga: «Ibn Abbos ayol mut’asining zarari yo‘q deb hisoblaydi»,— deydiki, Hazrat Ali: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar janggi kuni buni hamda eshak go‘shti yemoqni man’ qilganlar»,— deb aytdilar. Ba’zi odamlar (hanafiy ulamolar): «Hiyla qilib mut’a qilgan ersa, nikoh fosiddur»,— deyishadir, ayrimlari ersa: «Nikoh joiz, lekin shart botildur»,— deb hisoblag‘aylar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 May 2009, 06:26:06
5-bob. Savdo-sotiqda hiylakorlik makruh ekanligi haqida: xashak tanqis bo‘lsin deb suvni tanqis qilmoq yaramaydir!

Abu Hurayra: «Xashakni tanqis qilmoq uchun suvni tanqis qilmoq makruh!»— deb aytganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 May 2009, 06:26:18
6-bob. Bozorni kasod qilmoq uchun ataylab narx-navoni oshirmoq makruhdur!

Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birovning bozorini kasod qilmoq niyatida ataylab narx-navoni oshirmoqni man’ qildilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 May 2009, 06:26:35
7-bob. Savdo-sotiqda aldamchilik qilmoqning makruhligi haqida

Ayyub (as-saxtiyoniy) rivoyat qiladilar: «Odamni avragandek Olloh taoloni ham avramoqchi bo‘ladilar. Savdo ahlida bul xususiyat bo‘lmaganda erdi, men bunday demagan bo‘lur erdim!».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga savdo-sotiqda aldanib qolajagi haqida gapirdi. Janob Rasululloh unga: «Savdolashayotganingda savdo-sotiqda avramoq makruhdur!» deb aytg‘il!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 10 May 2009, 06:27:10
8-bob. Kishi o‘z tarbiyasiga olgan yetimcha qizni yoqtirib qolsa, hiyla ishlatib nikohiga olmasin hamda unga to‘liq mahr bermaslik payida bo‘lmasin!

Urva ibn Zubayr Oisha raziyallohu anhodan «Agar yetimcha kizlarga adolatsizlik qilib qo‘ymoqdin ko‘rqsangizlar, u holda ko‘nglingiz tusagan bo‘lak ayollarga uylaningizlar!» degan oyati karima xususida so‘radi. Oisha onamiz: «Bul shul xususdakim, kishi o‘z tarbiyasiga olgan yetimcha qizni, katta bo‘lgach, mol-dunyosi va jamoliga kiziqib juda kam mahr birlan o‘z nikohiga olmoqchi bo‘ladir. Shul boisdan adolatsizlik qiling‘ay deb ularga uylanmoq man’ qilingan»,— dedilar. Keyin, odamlar shul haqda Janob Rasulullohdan fatvo so‘rab erdilar, Olloh taolo «Sendan odamlar ayollar haqida so‘rag‘aylar» degan oyati kariymasini nozil qildi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:33:46
9-bob.

Bir kishi o‘zga bir kishining cho‘risini zo‘rlik birlan tortib olib, keyin ul o‘lib qoldi deb aytsa, o‘shal cho‘rining qiymatini to‘lag‘aydir. Agar uni egasi topib olsa, o‘zinikidir, ammo ilgari olgan qiymatni qaytarib berg‘ay va bul qiymat cho‘ri tortib olingani uchun olib qolinmag‘ay. Ba’zi odamlar (ba’zi ulamolar): «Bul cho‘ri tortib olgan kishiniki bo‘lib qolg‘aydir, chunkim ul uning qiymatini to‘lagandir», — deyishadi. Bul xususda aytmoq kerakkim, o‘zganing sotmoq niyati bo‘lmagan cho‘risini yoqtirib qolib zo‘rlik birlan tortib olgan va uni o‘lib qoldi deb bahona qilgan kishi hiylakorlik qilgan hisoblanur, chunkim cho‘rining egasi ishonib uning qiymatini olg‘ay va bu birlan o‘zganing cho‘risini tortib olmoqqa imkon berilg‘aydur. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Bir-biringizning molingizni tortib olmog‘ingiz harom bo‘lib, qiyomat kuni har bir xiyonatkorning tepasiga uning xoin erkanligin anglatguvchi tug‘ o‘rnatib qo‘yilgaydur", — deganlar».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat kuni har bir xiyonatkorning tepasiga uning xoinligini anglatg‘uvchi tug‘ o‘rnatib qo‘yilgaydur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:34:07
10-bob

Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Darhaqiqat, men (sizlar kabi) insonmen (ba’zan adashishim mumkin). Agar o‘zaro xusumatlashib qolsangiz, men ba’zan yanglishib haqlig‘ kishi qolib nohaq kishining foydasiga hukm chiqarib qo‘ymog‘im ham mumkin. Basharti, men kimga birodarining haqidan biror narsani noto‘g‘ri olib bersam, zinhor qabul qilmasin, chunkim men unga do‘zax otashidan bir parcha ushatib bergan bo‘laman! — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:34:41
11-bob. Nikoh haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bokira qizni roziligini so‘ramay, juvonni ersa, o‘zi birlan maslahatlashmay erga berilmag‘ay», — dedilar. «Yo Rasulalloh, bokira qizning rozi bo‘lg‘oni qanday biling‘ay?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Sukut qilsa, rizo bo‘lg‘onidur!» — deb javob qildilar». Ba’zi odamlar (ba’zi ulamolar): «Deylik bir bokira qiz bir kishiga tegmoqqa rozilik bermadi, shunda ul kishi hiylakorlik qilib ikkita soxta guvoh topib qizning rozilig‘iga binoan uylanganini bildirsa-yu, qozi ishonib o‘rtadagi nikoqni tasdiqlasa, er bo‘lmish kishi o‘z guvohlarining botil erkanin bilsa ham, jimo’ qilmog‘i mumkin bo‘lib, nikohi ravodur", — deyishadir.

Yahyo ibn Sa’id rivoyat qiladilar: «Ja’farning ilgari turmush ko‘rgan bir qizi qarindoshlarining majburan erga berib yubormoqlaridan xavotir olib, ansorlardan bo‘lmish Abdurrahmon va Mujammi’ ismli ikki shayxga odam yubordi. Ular: «Xavotirlanmag‘il, hechqisi yo‘q, Xanso binti Hizomni ham otasi noroziligiga qaramay erga berib yuborgan!» — deb aytib yuborishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersalar, buni rad qildilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bokira qizdan (nikohga) rozilig‘ so‘ralgay», — dedilar. Men: «Bokira qiz hayo qilg‘ay», — dedim. Janob Rasululloh: «Uning rozilig‘i — sukut qilg‘onidur!» — dedilar».

Ba’zi odamlar (ba’zi ulamolar): «Agar kishi hiylakorlik birlan ikkita soxta guvoh topib o‘z himoyasidagi (qaramog‘idagi) juvonga uylanganligini bildirsa-yu, qozi nikohni tasdiqlasa, o‘shal kishi unga hali uylanmaganligini o‘zi bilsa ham, nikohi ravo bo‘laverg‘ay va ul ayol birlan yashamog‘i mumkindur», — deyishadi.

Ba’zi odamlar (ba’zi ulamolar): «Agar kishi yetim cho‘rini (yokim bokira qizni) yoqtirib qolib, unga uylanmoqchi bo‘lsa-yu, ul ko‘nmasa, hiylakorlik birlan ikkita soxta guvoh topib unga uylanganligini bildirganda qozi ishonib nikohni tasdiqlasa, o‘shal kishining, o‘rtadagi nikohning botil erkanin bilg‘oniga qaramay, qizni jimo’ qilmog‘i mumkindur», — deyishadi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:35:06
12-bob. Ayolning o‘z kundoshlariga hasad qilib eriga hiyla ishlatmog‘iniyag makruhligi hamda Janob Rasulullohga shul xususda nozil bo‘lgan oyat haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh halvo birlan asalni xush ko‘rur erdilar. Odatda ul zot asrdan so‘ng barcha xotinlarining huzuriga birma-bir kirib suhbatlashib chiqur erdilar. Keyin, Hafsaning xuzurida ko‘proq qolib ketadirgan qiliq chiqardilar, sababini surishtirsam, bir ayol unga asal tortiq qilg‘on erkan. Janob Rasululloh kirib o‘shal asaldan tanovul qilar erkanlar. Men va (kundoshlarimdan biri) Savda ikkimiz bir hiyla ishlatmoqqa til biriktirdik men unga: «Agar Janob Rasululloh huzuringga kirsalar: «Yo Rasulalloh, sizdan bir badbo‘y narsaning hidi kelayotir, ne tanovul qilg‘on erdingiz?» — deb aytg‘aysen, chunkim ul zot badbo‘y hidni yomon ko‘rg‘aylar. Shunday desang, «Hafsa menga asal ichirgon erdi», — deb aytg‘aylar. Shunda sen: «Demak asalarilar asalni urfut daraxti gullaridan olg‘on erkanda!» — deysan. Men ham sening gapingni tasdiqlagaymen», — dedim. Keyin: «Yo Safiyya, sen ham shunday degil!» — deb tayinladim. Janob Rasululloh Savdaniig huzuriga kirgan erdilar, ul men tayinlagandek qilib: «Olloh taolo haqi, yo Rasulalloh, ne tanovul qilg‘on erdingiz, sizdan yomon hid kelayotir!» — dedi. Janob Rasululloh: «Hafsa menga asal ichirg‘on erdi», — dedilar. Ul: «Urfut daraxtidan oling‘on asal erkanda!» — dedi. Keyin, mening huzurimga kirgan erdilar, men ham shunday dedim. Safiyyaning huzuriga kirganlarida ul ham shul gapni aytdi. So‘ng, Hafsaning huzuriga kirganlarida, ul: «Yo Rasulalloh, asaldan ichirib qo‘yaymi?» — deb erdi, Janob Rasululloh: Ichgim kelmayotir», — dedilar. Savda menga: «Subhonalloh, (afsus) Janob Rasulullohni asal tanovul qilmaydirgan qilib qo‘ydik-a!» — deb erdi, «Jim bo‘lg‘il!» — dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:36:35
13-bob. Vabo (o‘lat) chiqqan joydan hiyla qilib qochib qolmoqning makruhligi haqida

Abdullo ibn Omir ibn ar-Rabiy’a rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob Shomga safar qildilar. Sarg‘ degan manzilga kelganlarida Shomda vabo tarqalganligi haqida xabar keldi. Shunda Abdurrahmon ibn Avf: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Biror joyda vabo tarqalganini eshitsangiz, ul yerga kirmangiz va agar o‘zingiz turgan joyda vabo tarqalsa, ul yerdan qochib boshqa yerga ketmangiz!» — deb aytganlarini eshitgan erdim», — dedi. Hazrat Umar buni eshitib Sarg‘dan ortlariga qaytdilar».

Usoma ibn Zayd rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vabo xususida gapirayotib bunday dedilar: «Vabo (Olloh taolo gunohlar uchun yuboradirgan) azob bo‘lib, ba’zi ummatlar u birlan azoblangandurlar, so‘ng ulardan omon qolganlari yashashda davom etgandur. Insonlar ana shunday kelib-ketib turg‘aylar. Kimki biron yerdan vabo chiqqanlig‘in eshitsa, ul yerga kirmasin va kimki vabo tarqalgan yerda ersa, ul yerdan (xiylakorlik qilib) qochib qolmasin!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:37:46
14-bob. Hadya va shuf’a haqida

Ba’zi odamlar (ba’zi ulamolar): «Bir kishi ikkinchi bir kishiga ming dirham yokim undan ko‘proq pul hadya qilg‘on ersa-yu, keyin bir qancha yil o‘tgach, hiylakorlik qilib uni qaytarib olsa, har ikkalasiga ham (o‘shal pul uchun) zakot vojib bo‘lmag‘ay», — deydilar. Bu birlan ular Janob Rasulullohning hadya xususida aytgan hadislariga muxoliflik qilib, boyagi odamlar bo‘ynidan zakotni soqit qiladilar.

Ibn Abbos rivoyat qiladilarki, Janob Rasululloh: «O’z hadyasini qaytarib olgan odam o‘z qusug‘ini qayta yegan it yanglig‘dur, bizlar uchun bundan ortiq tubanlik yo‘qdur!» — degan erkanlar.

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har bir ko‘chmas mulkka shuf’a ta’yin qildilar (shuf’a — qo‘shnining sotuvga qo‘yilgan mulkini (uy va yerlarini) birovga sottirmay, pulini to‘lab o‘z mulkiga qo‘shib olmoq imtiyozini berguvchi huquq). Ammo, chegaralari belgilangan yerlarga va ko‘chalarga nisbatan shuf’a yo‘qdur».

Ba’zi odamlar (ba’zi ulamolar) «Qo‘shnining shuf’a huquqi mavjud» deb, keyin quyidagi gaplari birlan uni botil qiladilar: «Bir kishi hovli sotib olmoqchi ersa-yu, bo‘lajak qo‘shnisining shuf’aga binoan uni o‘z yeriga qo‘shib olmog‘idan cho‘chib avval yuzdan bir qismini, so‘ng qolganini sotib olsa va o‘shal dastlabki sotib olgan qismida qo‘shnisining shuf’asi bo‘lgan bo‘lsa, ul holda qo‘shnisining hovlining qolgan qismida haqi bo‘lmay, uni qo‘lga kiritmoq uchun hiyla ishlatmog‘i mumkindur».

Amr ibn Sharid rivoyat qiladilar: «Misvar ibn Maxrama kelib qo‘lini yelkamga qo‘ydi. Men ul birlan birga Sa’d (ibn Molik)ning huzuriga bordim. Janob Rasulullohning ozod qilgan qullari Abu Rofi’ Misvarga: «Sa’dga aytingiz, mening hovlimdagi bir uyni sotib olsin!» — dedi. Sa’d: «Unga to‘rt yuz misqoldan ortiq bermag‘aymen, shunda ham bo‘lib-bo‘lib yokim muayyan muddatdan so‘ng berg‘aymen», — dedi. Abu Rofi’: «Unga besh yuz misqol narx qo‘yg‘on erdilar, agar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Qo‘shni qo‘shniga boshqalardan ko‘ra haqliroqdur!» deb aytmaganlarida erdi, senga sotmas erdim!» — dedi» Ba’zi odamlar: «Shuf’ani sotmoqchi bo‘lgan kishi hiyla-tadbir qilib shuf’ani bekor qilmog‘i uchun xaridorga hovlisini in’om qilib narxini aytadir, xaridor ersa unga yashirincha ming dirham beradir, shunda shuf’a huquqiga ega bo‘lgan qo‘shnisi shuf’a huquqidan mahrum bo‘ladir», — deyishadir.

Amr ibn Sharid rivoyat qiladilar: «Abu Rofi’ Sa’d (ibn Molik) birlan uyini to‘rt yuz misqolga savdolashdida: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Qo‘shni qo‘shniga haqliroqdur!» — deb aytganlarini eshitmaganimda erdi, uyimni senga sotmas erdim!» — dedi».

Ba’zi odamlar: «Agar kishi hovli sotib olsa-yu, o‘sha yerdagi qo‘shnini shul hovliga bo‘lgan shuf’a huquqidan mahrum etmoqchi bo‘lsa, uni kichik o‘g‘liga hadya qiladir. Bu unga gunoh bo‘lmag‘ay», — deyishadir.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:38:52
15-bob. Zakotchining hiylakorlik qilib zakotga berilgan narsalardan o‘ziga olib qolmog‘i haqida

Abu Humayd as-So’idiy rivoyat qiladplar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Banu Sulaym qabilasidan zakot yig‘ish uchun bir kishini zakotchi qilib tayinladilar, ismi — Ibnullutbiyya erdi. O’shal odam zakot yig‘ib kelgach, Janob Rasululloh hisob-kitob qildilar, Shunda ul: «Mana bular zakotga berildi, mana bular ersa menga hadya qilindi», — dedi. Janob Rasululloh: «Agar gaping rost ersa (odamlar hadya qilmog‘iga arzigulik kishi ersang), unda ota-onangning uyida o‘ltirsang ham odamlar senga hadya olib kelavermas erdimi?!» — dedilar. Keyin, Olloh taologa hamdu sanolar aytdilarda, «ammo ba’d» degach, bizga bunday deb xitob qildilar: "Men oralaringizdan bir kishini Olloh taolo menga buyurgan zakotni yig‘ib kelmoqqa tayin qilsam, ul qaytib kelib: «Mana bular sizga (zakotga) berildi, mana bular ersa, menga hadya qilindi», — deydir. Agar shunday ersa, ota-onasining uyida o‘ltirib hadya olavermaydimi?! Olloh taolo haqi, o‘la-o‘lguningizcha zig‘irdak bo‘lsa ham haqqingiz bo‘lmagan narsani olmangiz, illo qiyomat kuni nohaq olgan narsangizni ko‘targan holda Olloh taologa ro‘baro‘ bo‘lg‘aysiz. Shunda hech qaysingiz bir-biringizga qiyo ham boqmag‘aysiz. Nohaq olgan tuyangizni o‘kirgan holda yokim nohaq olgan sigiringizni bo‘kirgan holda yohud nohaq olgan qo‘yingizni ma’ragan holda ko‘tarib Olloh taoloning huzurig‘a kelgaysiz!». So‘ng, Janob Rasululloh ikki qo‘llarini shul qadar baland ko‘tarib fotiha qildilarkim, hatto qo‘ltiqlarining oppoqligi ko‘rinib ketdi. «Yo parvardigoro, — dedilar Janob Rasululloh, — sening amringni (ummatlarimga) tushuntira oldimmikan? Men buni o‘z ko‘zim birlan ko‘rib, qulog‘im birlan eshitganmen».

Amr ibn ash-Shariyd rivoyat qiladilar «Abu Rofi’ aytdiki, Janob Rasululloh: «Qo‘shni qo‘shniga haqliroqdur» — deb aytgan erkanlar».

Ba’zi odamlar: «Agar shuf’a huquqi bo‘lmagan bir kishi yigirma ming dirhamga sotiladirgan hovlini olmoqchi ersa, uni sotib olmog‘idan ilgari hiyla ishlatsa bo‘laveradi. O’shal odam to‘qqiz ming to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiz dirham beradir, yigirma mingdan qolganini ersa dinor hisobida to‘laydir. Agar shuf’a huquqiga ega bo‘lgan qo‘shni yigirma ming dirhamga o‘zi sotib olmog‘ini aytib, hovlini talab qilib turib olsa, ul holda sotuvchi o‘ziga to‘langan to‘qqiz ming to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiz dirhamu dinorlarni xaridorga qaytarib beradir. Chunkim, shuf’a huquqiga ega bo‘lgan qo‘shni hovlini talab qilganda dinor ustidan kelishilgan savdo buziladir. Agar shuf’a xuquqiga ega bo‘lgan qo‘shni hovlini olgach, undan ayb topib aynisa, ul holda unga yigirma ming dirham qaytarib beriladir», — deyishadir.

Imom Buxoriy: «Shunday deb ular yuqoridagi hiylakorlikni musulmonlarga ravo qilib qo‘yadirlar. Vaholanki, Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Savdoda na illat va na xiyonat va na o‘g‘irlik bo‘lmasligi lozim!» — deb aytganlar».

Amr ibn ash-Shariyd rivoyat qiladilar: Abu Rofi’ Sa’d ibn Molik birlan o‘z uyini to‘rt yuz misqolga savdo qildida: «Agar Janob Rasululloh: «Qo‘shni qo‘shniga haqlig‘roqdur!» — demaganlarida erdi, senga sotmas erdim!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:43:24
Bismillohir rahmonir rahiymi

TUSHLAR HAQIDA

1-bob. Tush ta’biri hamda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga kelgan dastlabki vahiyning yaxshi tush tarzida nozil bo‘lgani haqida


Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Dastlabki vahiy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga uyqularida chin tush tarzida nozil bo‘lgan erdi. Ul zot tong shafag‘i yanglig‘ nurafshon tushlarnigina ko‘rar erdilar. Piravardida Hiro’ g‘origa borib bir qancha tun toat-ibodat birlan mashg‘ul bo‘ladirgan bo‘lib qoldilar. Shuning uchun o‘zlari birlan yeb-ichkulik olib ketar, yeb-ichkuliklari tugasa, Xadichaning huzuriga qaytar erdilar. Xadicha ersa har safar ul zotni yeb-ichkulik birlan ta’minlar erdilar. Nogahon, ko‘rgan tushlari ro‘yobga chiqib qoldi: ul zot Hiro’ g‘orida erkanliklarida bir farishta (Hazrat Jabroil) kelib: «Iqra’!» («O’qig‘il!») — dedi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam unga: «O’qishni bilmag‘aymen», — dedilar. «Shunda, — deydilar Janob Rasululloh, — ul meni tepamdan bosib xirillatib qo‘ydi, hatto tanamda madorim qolmadi. Keyin, qo‘yib yubordida, yana «O’qig‘il!» — dedi. Men «O’qishni bilmag‘aymen!» — dedim. Ul meni ikkinchi bor tepamdan bosib xirillatib qo‘ydi, hatto tanamda madorim qolmadi. Keyin, qo‘yib yubordida, yana: «O’qig‘il!» — dedi. Men: «O’qishni bilmag‘aymen», — dedim. Ul meni uchinchi bor tepamdan bosib xirillatib qo‘ydi, hatto tanamda madorim qolmadi. Keyin, qo‘yib yubordida: «Iqra’ bismi rabbikallaziy xalaqa...», — dedi («Yaratgan rabbingning ismi birlan o‘qig‘il...» («... bilmaganini o‘rgatdi» gacha)». Shundan so‘ng, Janob Rasululloh qo‘rquvdan a’zoyi badanlari titrab-qaqshab Xadichaning huzuriga kirib keldilarda: Meni o‘rab (yashirib) qo‘yinglar, meni o‘rab qo‘yinglar!» — dedilar. Ular Janob Rasulullohni qo‘rquvlari tarqalgunicha o‘rab qo‘yishdi. So‘ng, ul zot: «Yo Xadicha, menga nima bo‘lganini bilurmisen?» — deb bo‘lgan voqeani aytib berdilarda: «Men o‘zimdan xavotir oldim», — dedilar. Xadicha: «Aslo unday ermas, aksincha, xursand bo‘lingiz, Olloh taolo haqi, Olloh taolo sizni hech vaqt sharmanda qilmag‘ay, siz qarindoshlaringiz o‘rtasida mehru oqibat rishtalarini bog‘lag‘aysiz, ularni haqiqatdan xabardor etg‘aysiz, og‘irini yengil qilg‘aysiz, mehmonnavoz bo‘lg‘aysiz, haqiqat yo‘lidagi mushkilotlarning bartaraf bo‘lmog‘iga kushoyish berg‘aysiz!» — dedi. So‘ng, Xadicha Janob Rasulullohni o‘zlarining amakivachchalari bo‘lmish Varaqa ibn Navfal ibn Asad ibn Abdullohning huzuriga olib bordilar. Ul kishi johiliyat davrida nasroniylikni qabul qilgan erdi. Arabcha xat-savodi bo‘lib, Injildan Olloh taolo nasib etgancha arab yozuvida ko‘chirib olgan erdi. O’zi keksa, ko‘zi ojiz erdi. Xadicha unga: «Ey amakimning o‘g‘li, birodaringizning o‘g‘lining gapiga quloq osingiz!» — dedi. Baraka Janob Rasulullohga: «Ey birodarimning o‘g‘li, nimalarni ko‘rdingiz, aytingiz!» — dedi. Janob Rasululloh nimaiki ko‘rgan bo‘lsalar, birma-bir bayon ayladilar. Varaqa: «Bul Nomus (Jabroil) ismli farishta bo‘lib, uni Olloh taolo Muso alayhissalomga yuborgan erdi. Koshki, men yosh bo‘lsamu, sizning islom diniga da’vat etmog‘ingizda ishtirok etsam, sizni qavmingiz o‘z orasidan quvib chiqargan vaqtda men hayot bo‘lsam!" — dedi. Janob Rasululloh hayratomuz: «Meni qavmim o‘z orasidan haydag‘aymi?» — dedilar. Varaqa: «Ha, shunday. Sizga qadar ko‘p kishilar payg‘ambarlikni da’vo qilib kelgan, ammo ularning barchasi rad etilgan. Sizga Olloh taolo muyassar etg‘usi kunlar menga ham nasib etsa, katta yordam ko‘rsatg‘aymen!" — dedi. Lekin, ko‘p o‘tmay, Varaqa vafot etdi. Janob Rasulullohga bir muncha vaqt vahiy kelmay qo‘ydi. Ul zot bundan qattiq qayg‘ura boshladilar, shul qadar iztirob chekar erdilarki, xatto ba’zan o‘zlarini tog‘ cho‘qqisidan tashlagudek holga tushar erdilar. Har safar shunday qilmoqchi bo‘lganlarida Hazrat Jabroil hozir bo‘lib: «Ey Muhammad, siz darhaqiqat Olloh taoloning rasulisiz!" — der erdilar, shunda ul zot taskin topib tog‘dan qaytib tushar erdilar. Keyin, yana vahiy kelmay qo‘ysa, tog‘ tepasiga chiqib o‘zlarini tashlamoqchi bo‘lar erdilar, shunda yana Hazrat Jabroil paydo bo‘lib, o‘shal gaplarini takrorlar erdilar».

Ibn Abbos: «Tonglarni ottirguvchi — kunduzi quyosh nuri, kechasi oy yog‘dusidur!» — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:43:37
2-bob. Solih bandalarning tushlari haqida

Olloh taoloning qavli («Al-fath» surasi): «Laqad sadaqallohu rasuulahur-ru’yo bil-haqqi latadxulunnal masjidal-haroma inshoallohu ominiyna muhallikiyka ru’uusakum va muqassiriyna lo taxofuuna faalima mo lam ta’lamuu faja’ala min duuni zolika fathan qariyban». Oyatning mazmuni: Darhaqiqat, Olloh o‘z rasuliga rost tushni ko‘rsatdi. Agar Olloh xohlasa, bamaylixotir sochlaringizni batamom oldirib va qisqartirib hech narsadan qo‘rqmay Masjid ul-Haromga kirg‘aysizlar. Olloh sizlar bilmagan narsani bilg‘ay, ul bundan avval yaqin kunlarda bir fathni muyassar qildi».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Solih odamning ko‘rgan bitta yaxshi tushi payg‘ambarlikning qirq olti juz’idan bir juz’idur» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:43:51
3-bob. Tush Olloh taolo tarafidan ko‘rsatilg‘ay!

Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yaxshi tush — Olloh taolo tarafidan, yomon tush — shayton tarafidan sodir qiling‘aydur», — dedilar».

Ibn Xabbob Abu Sa’id al-Xudriydan eshitib naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz o‘zingizga yoqadirgan tush ko‘rsangiz, ul Olloh taolo tarafidan sizga marhamat qiling‘on bo‘lib, buning uchun darhol rabbingizga munosib hamdu sanolar aytingiz va ko‘rgan tushingizni (yaxshi odamlarga) so‘ylangiz, basharti ko‘nglingiz xushlamaydigan tushni ko‘rsangiz, demak ul shayton tarafidan sodir qiling‘on bo‘lib, uning yomonlig‘idan Olloh taolodan panoh tilangiz, shunda ko‘rgan yomon tushingiz sizga zarar keltira olmag‘aydur!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:44:09
4-bob. Yaxshi tush payg‘ambarlikning qirq olti juz’idan bir juz’idur!

Abu Salama Abu Qatodadan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yaxshi tush Olloh taolo tarafidan, yomon tush ersa shayton tarafidan sodir qiling‘aydur. Agar yomon tush ko‘rsangiz, uning yomonlig‘idan Olloh taolodan panoh tilab, chap tomoningizga tupurib qo‘yingiz, shunday qilsangiz, ko‘rgan yomom tushingiz sizga zarar keltira olmag‘ay», — dedilar».

Uboda ibn as-Somit rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘min kishining tushi payg‘ambarlikning qirq olti juz’idan bir juz’idur», — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘min kishining tushi payg‘ambarlikning qirq olti juz’idan bir juz’idur», — dedilar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yaxshi tush payg‘ambarlikning qirq olti juz’idan bir juz’idur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:44:26
5-bob. Mubashshirot (yaxshi tushlar) haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Payg‘ambarlikdan mubashshirotdan o‘zga narsa qolmadi», — dedilar. «Yo Rasulalloh, mubashshirot nedur?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Yaxshi tushlardur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:44:41
6-bob. Yusuf alayhissalomning tushlari haqida

Olloh taoloning qavli («Yusuf» surasi): Oyatlarning mazmuni: «Yusuf otasiga: «Ey otajon, tushimda o‘n bitta yulduz birlan quyosh va oyning menga sajda qilayotganlarini ko‘rdim!» — deganida, otasi: «Ey o‘g‘ilginam, tushingni birodarlaring qoshida so‘ylay ko‘rmag‘ilki, ular senga qarshi bir tadbir ko‘rmoq taraddudig‘a tushg‘aylar, shaytonning ersa, insonga dushman erkanlig‘i aniqdur, shul yo‘sinda (ko‘rgan tushing orqali) parvardigoring seni o‘z bandalari orasida mumtoz etganligini bildirur va senga tush ta’bir qilmoq ilmini o‘rgatur hamda ikki bobong bo‘lmish Ibrohim va Ishoqg‘a mo‘l in’om bergani kabi senga va Ya’qub xonadoniga ham o‘z in’omini mo‘l-ko‘l qilg‘aydur, darhaqiqat rabbing ilmli, hikmatli zotdur». «(Yusuf dedi): «Ey otajon, bul — (akalarimning menga ta’zim qilg‘onlari) ilgari ko‘rgan tushimning ta’biri bo‘lib, parvardigorim uni haqiqatga aylantirdi va shayton men birla akalarim o‘rtasiga ixtilof solganda karam qilib meni zindondan xalos qildi, sizlarni ersa sahrodan (bu yerga) keltirdi, albatta parvardigorim o‘zi xohlagan narsaga lutf qilg‘aydur, ul ilmli hikmatli zotdur. Ey rabbim, sen menga podshohlik (taxtini) ato etding va menga tush ta’bir qilmoq ilmini o‘rgatding, ey osmonlarni va yerni yaratgan zot, sen mening bul dunyoda va oxiratda homiyimsen, menga musulmon holda vafot etmog‘imni nasib aylag‘il va meni solih bandalaring qatoriga qo‘shgil».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:44:54
7-bob. Ibrohim alayhissalomning tushlari haqida

Olloh taoloning qavli («Vas-Soffoti» surasi): Oyatning mazmuni: «Ismoil Ibrohimning yonida yurib dastyorlik qila oladirgan bo‘lib qolganda, ul: «Ey o‘g‘ilginam, men tushlarimda seni qurbonlik qilayotganimni ko‘rayotirmen, bunga sen ne dersen?» — dedi. Ismoil: «Ey otajonim, sizga ne amr qiling‘on ersa, ani ado etingiz, inshoolloh, men sabr qilg‘uvchilar toifasidan bo‘lg‘aymen!» — dedi. Har ikkalalari Ollohning amrig‘a bo‘yinsunganlaridan so‘ng, ota bolasini peshonasini yerga qilib yotqizdi. Shunda biz unga nido qilib: «Ey Ibrohim, tushni chinga yo‘yding, biz ehson qilg‘uvchilarg‘a ana shundog‘ ajru savob berg‘aymiz!» — dedik» (ya’ni, «Biz solih bandalarni ana shundoq sinab ko‘rib, ajru savoblar ato etg‘aymiz!»).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:45:23
8-bob. Turli kishilar ko‘rgan tushlarning o‘zaro muvofiq kelib qolmog‘i haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Tunlardan birida sahobalarning bir guruhi Laylat ul-Qadrning ramazon oyining oxirgi yetti kunligida, yana bir guruhi ersa, uning ramazon oyining oxirgi o‘n kunligida o‘tmog‘ini tushlarida ko‘rdilar. Shunda Janob Rasululloh: «Uning o‘tmog‘ini ramazon oyining oxirgi yetti kunligida kutingizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:45:35
9-bob. Zindon ahlining tushi haqida fisqu fasod va shirk haqida

Olloh taoloning qavli («Yusuf» surasi): «Va Yusuf birlan birga ikki yigit zindonga tashlandi. Ulardan biri: «Tushimda ko‘rsam, musallas uchun uzum siqib turgan ermishmen» — dedi. Ikkinchisi ersa: «Men tushimda boshimga non ko‘tarib olgan ermishmenu, ul nonni qushlar cho‘qilayotgan ermish. Tushimizning ta’birini aytib berg‘il, biz seni tushlarni to‘g‘ri ta’bir qilg‘uvchi deb bilurmiz!» — dedi. Yusuf bunday dedi: Tushingizning ta’biri shulkim, sizlarga ato etilajak rizqning ul ato etilmasidan burun daragini berurmen, bul ilm menga rabbim o‘rgatgan ilmlardan biridur va men Olloh taologa iymon keltirmagan qavmning dinini tark etgandurmen, chunkim ular oxiratga ishonmag‘aylar. Men bobolarim bo‘lmish Ibrohim, Ishoq va Ya’qubning diniga itoat eturmen. Mazkur dinga binoan Olloh taologa zarracha shirk keltirmasligimiz lozim bo‘lib, bul Olloh taoloning bizga va insonlarga ko‘rsatgan fazlu karamidur. Ammo, ko‘pchilik odamlar bunga shukr qilmaydurlar. Ey zindondoshlarim, (o‘zlaringiz qo‘llaringiz birlan yasab olgan) turli-tuman butlarga ibodat qilganingiz yaxshimi yohud (butun jahonni yaratgan va uni tanho o‘zi idora qilib turgan) hammadan g‘olib Olloh taologa ibodat qilganingiz afzalmi? Olloh taolodan bo‘lak ibodat qilayottan narsalaringizga o‘zingiz va ajdodlaringiz «tangri» deb nom qo‘yib olgandursizlar, vaholanki Olloh taolo ularga hech qanday kuch-qudrat ato etgan ermas. Zero, Olloh taoloning tanho o‘zi hukmdor bo‘lib, ul o‘zidan bo‘lakka ibodat qilmoqni man’ qilg‘ondur. Shuldur to‘g‘ri yo‘l, ammo ko‘p odamlar buni bilmaslar. Ey zindondoshlarim, biringiz (zindondan xalos bo‘lg‘oningizdan so‘ng) o‘z mamlakatingizning podshohiga soqiy qilib tayinlangaysiz, ikkinchingiz ersa, dorga osilg‘aysiz va osilib yotganingiz holda boshingizni qushlar cho‘qib yegaydur. Sizlar tushingizda ko‘rib ta’birini so‘rayotgan voqealar Olloh taolo tarafidan allaqachon taqdir qiling‘ondur». Keyin Yusuf, podshohga soqiy qilib tayinlanib najot topg‘ay, deb gumon qilgan zindondoshiga: «Podshohning qoshida (zindonda bir begunoh musofir yotibdir deb) mening haqimda eslatg‘il!» — dedi. Ammo, shayton podshohning qoshida aytmog‘i lozim bo‘lgan gapni uning xayolidan chiqardi, Yusuf yana bir necha yil zindonda qolib ketdi. (Bir kuni Misr) podshohi: «Men tushimda yettita semiz sigirning yettita ozg‘in sigirni yeb turganini hamda yettita ho‘l va yettita quruq bug‘doy boshog‘ini ko‘rdim. Ey a’yonlar, agar bilsangiz, tushimning ta’birini aytingiz!» — dedi. Ular: «Bul chalkash tushdir, biz bunday tushlarning ta’birini bilmag‘aymiz», — deyishdi. Shunda (zindondan) xalos bo‘lgan mazkur kishi (Yusuf alayhissalom) yodiga tushib: «Meni (uning) oldig‘a yuboringizlar, bul tushning ta’birini bilib kelib sizlarg‘a aytgaymen!» — dedi. Keyin ul Yusufning oldig‘a borib: «Ey Yusuf, ey rostgo‘y odam, tushda yetti semiz sigirni yetti ozg‘in sigirning yeb turg‘oni hamda yetti ho‘l va yetti quruq bug‘doy boshog‘i na bo‘lg‘ay, menga aytg‘il, tokim men borib odamlarg‘a yetkazay, ular ham bilsinlar!» — dedya Yusuf bunday dedi: «Yetti yil muttasil bug‘doy ekingizlar, qancha hosil olsangizlar, hammasini boshoq holida xirmon qilib saqlab qo‘yingizlar, yemoq uchun biroz ajratib qo‘ysangizlar, bo‘lur. Shundan so‘ng yetti yil muttasil qahatchilik kelib avvalgi yillarda to‘plagan hosilingizni tamom yeb bitirursizlar, faqat urug‘likqa olib qo‘yg‘on doningiz qolur. Keyin, bir yil shunday ko‘p yog‘in bo‘lg‘aykim, odamlar mevalardai ichimlik tayyorlag‘aylar». Podshoh: «Yusufni mening huzurimg‘a olib kelingizlar!» — dedi. Podshohning elchisi kelgach, Yusuf unga: «Podshohing qoshig‘a qaytg‘il...», — dedi».

Abu Hurayri rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar men Yusufchalik zindonda uzoq qolib ketsamu, oldimga birov yuring deb chaqirib kelsa, darhol ko‘ngan bo‘lur erdim», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:46:11
10-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamni tushida ko‘rganlar haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning: «Kimki meni tushida ko‘rsa, o‘ngida ham ko‘rg‘aydur (ya’ni, Olloh taolo Madinaga hijrat qilmoqni nasib etmagan bo‘lsa-yu, meni tushida ko‘rgan ersa, qiyomatda qayta tirilgach, meni ko‘rg‘aydur), chunkim shayton mening qiyofamga kirolmag‘aydur!» — deb aytganlarini eshitganmen».

Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kimki meni tushida ko‘rgan ersa, o‘zimni ko‘ribdur, chunkim shayton mening qiyofamga kirolmag‘aydur hamda mo‘minning tushi payg‘ambarlikning qirq olti juz’idan bir juz’idur», — dedilar».

Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yaxshi tush Olloh taolo tarafidan, yomon tush ersa, shayton tarafidan sodir qiling‘aydur. Kimki yomon tush ko‘rsa, chap tarafiga uch bor tupirib qo‘ysinda, shaytonning yomonlig‘idan Olloh taolodan panoh tilasin! Shunda shayton unga zarar keltira olmag‘aydur. Darhaqiqat, shayton mening qiyofamga kirolmag‘ay», — dedilar».

Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki meni tushida ko‘rgan ersa, haqiqatan ko‘ribdur», — dedilar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki meni tushida ko‘rgan ersa, haqiqatan ko‘ribdur, chunkim shayton mening qiyofamga kira olmag‘aydur», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:46:23
11-bob. Tungi tush haqida

Abu Xurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh taolo menga so‘zlarning kalitlarini ato etdi va dushmanlar qalbiga dahshat solib, meni ular ustidan muzaffar qildi. O’tgan kecha uyqumda Olloh taolo menga yer xazinalari ochqichlarini ham ato etib erdi, men ularni qo‘limga oldim», — dedilar».

Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etdilar, endi ul kalitlar siz (sahobalar)ning qo‘lingizga o‘tg‘aydur», — dedilar.

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Men bul kecha Ka’ba yonida yotib tush ko‘rdim. Tushimda sen ko‘rib yurgan bug‘doyrang kishilardan ham xushro‘yroq bir bug‘doyrang kishini ko‘rdim. Uning ikki chakkasidagi silliq taralgan kokili o‘ziga yarashgan bo‘lib, ulardan suv tomib turardi. Sen bunday go‘zal kokilni ko‘rmagansen! Uni ikki kishi qo‘ltiqlab olib Ka’bani tavof qildirar erdi. Men: «Bul kimdur?» — deb so‘rasam: «Masih ibn Maryam (Iso alayhissalom)», — deyishdi. Keyin qarasam, yana bir kishi yuribdir. Sochi dag‘al, qo‘ng‘iroq-qo‘ng‘iroq, o‘ng ko‘zi ko‘r, go‘yokim uzum donasi yanglig‘ bo‘rtib turibdir. «Bul kimdur?» — desam, «Masih Dajjoldur», — deyishdi».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bir kishi kelib: «Men bul kecha tush ko‘rdim», — dedi va ko‘rganlarini bayon qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:46:45
12-bob. Kunduzgi tush haqida

Ibn Avn ibn Sirindan naql qilib: «Kunduzgi tush tungi tush kabidur», — deydilar.

Ishoq ibn Abdulloh ibn Abu Talha rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik aytdiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (xolalari bo‘lmish) Ummu Harom binti Milhomning xuzuriga kirib turar erdilar, ul Ibn as-Somitning xotini erdi. Bir kuni odatdagidek uning huzuriga kirdilar, ul mehmon qildi, keyin sochlarini taray boshlagan erdi, (rohatlanib) uxlab qoldilar. Birozdan so‘ng uyg‘onib kulib qo‘ydilar. Shunda xolalari: «Yo Rasulalloh, nega kuldingiz» — deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Bir guruh ummatim podshohlardek taxtga o‘ltirib olishib Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilgani kemada dengiz bo‘ylab suzib ketishayotgan ermish», — dedilar. Xolalari: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa iltijo qilingiz, meni ham o‘shalar toifasidan qilsin!» — dedi. Janob Rasululloh duo qildilarda, boshlarini qo‘yib yana uxlab qoldilar, so‘ng kulib uyg‘onib ketdilar. Xolalari: «Yo Rasulalloh, (bul safar) sizni kuldirgan nedur?» — dedi. Janob Rasululloh avvalgidek «Bir guruh ummatim podshohlardek taxtga o‘ltirib olishib Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilgani kemada dengiz bo‘ylab suzib ketishayotgan ermish» — dedilar. Xolalari: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa iltijo qilingiz, meni ham o‘shalar toifasidan qilsin!» — dedi. Janob Rasululloh: «Siz birinchi bo‘lib g‘azot qilganlardansiz!» — dedilar. Qarangkim, o‘shal xolalari Muoviya ibn Abu Sufyon zamonida kemaga chiqib safar qilib erdi, uloviga minib kemadan tushayotganida yiqilib vafot etdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:47:10
13-bob. Ayollar tushi haqida

Xorija (ibn-Zayd ibn Sobit)ning rivoyatlariga ko‘ra, (onalari) — Ummu al-Alo ansoriylardan birinchi bo‘lib Janob Rasulullohga bay’at qilgan ayol erkanlar. O’shal ayol bunday debdilar: «Makkadan hijrat qilib kelganlarni qur’a tashlab ansorlarning uylariga taqsimlashdi. Usmon ibn Maz’un bizning chekimizga tushdilar. Ul kishini uyimizga olib borib joylashtirdik. Keyin, kasallanib vafot etib qoldilar. Murdalarini yuvib, o‘zlarining kiyimlariga kafanladik. So‘ng, Janob Rasululloh ichkariga kirib erdilar, men mayyitga qarata: «Yo Abu as-Soib, Olloh taolo sizni rahmat qilsin, ko‘rib turibmenkim, Olloh taolo sizni o‘z karamig‘a olgandur!» — dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Qaerdan bilursen Olloh taolo uni mukarram qilg‘onin?» — dedilar. Men: «Otam haqi, yo Rasululloh, Olloh taolo shul kishini mukarram qilmasa, kimni mukarram qilg‘ay?!» — dedim. Janob Rasululloh: «Olloh taolo haqi, uni ajal olib ketg‘onidan afsuslanurmen, unga mening xayriyatdan o‘zga tilagim yo‘qdur, ammo men o‘zim payg‘ambar bo‘laturib, oxiratda Olloh taolo menga qanday muomala qilg‘ay, bilmasmen!» — dedilar, Shundan so‘ng, o‘zimga o‘zim «Endi sira ham bunday demagaymen!» — deb qo‘ydim».

Muuammad ibn Muslim az-3uhriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men o‘zim payg‘ambar bo‘la turib, oxiratda Olloh taolo menga qanday muomala qilg‘ay, bilmasmen!» — deganlaridan so‘ng, Ummu al-Alo: «Bul gap meni qayg‘uga solib qo‘ydi, o‘shal kecha tushimda Usmon ibn Maz’unning yum-yum yig‘lab turganin ko‘rdim, Janob Rasulullohga buni aytib erdim, ul zot: «Bul uning amalidur!» — dedilar (a’ni, tushdagi ko‘z yoshi xayriyatdan nishona bo‘lib, hayotlik chog‘da qiling‘on amali solihlar evaziga Olloh taolo dargohida betinim ko‘z yoshlari yanglig‘ tuganmas ajru savobga muyassar bo‘lg‘onlikni anglatgaydur)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:47:34
14-bob. Yomon tush (alg‘ov-dalg‘ov tush) shayton tarafidan sodir qiling‘aydur!

Kimki yomon tush ko‘rsa, chap tarafiga (uch bor) tupurib, so‘ng Olloh azza va jalladan panoh tilasin!

Abdurahmon ibn ibn Avf rivoyat qiladilir: «Janob Rasulullohning mashhur va jasur sahobalaridan biri bo‘lmish Abu Qatoda: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yaxshi tush Olloh taolo tarafidan, yomon tush ersa, shayton tarafidan sodir qiling‘aydur. Kimki noxush tush ko‘rsa, chap tarafiga tupursin va Olloh taolodan o‘ziga panoh tilasin!» — deb aytganlar», — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:48:30
15-bob. Tushdagi sutning ta’biri haqida

Hamza ibn Abdulloh ibn Umar otalari Abdulloh ibn Umardan natl qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tushimda menga bir qadah sut uzatishdi, uni shul qadar qonib ichdimki, hatto tirnoqlarimdan chiqdi. Keyin, qolganini Umarga uzatdim», — dedilar. Sahobalar: «Yo Rasululloh, buni nimaga yo‘ydingiz?» — deyiishdi. Ul zot «Ilmga yo‘ydim!» — deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:48:44
16-bob. Tushda qo‘l-oyoq yokim tirnoqlardan sut oqsa...

Ibn Shizob Hamza ibn Abdulloh ibn Umardan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tushimda menga bir qadah sut uzatishdi, uni shul qadar qonib ochdimki, hatto qo‘l-oyoqlarim uchidan sut oqib chiqayotganini ko‘rdim, keyin qolganini Umar ibn al-Xattobga uzatdim», — dedilar. Atroflarida o‘ltirgan kishilar: Buni nimaga yo‘ydingiz, yo Rasulalloh!» — deyishdi. Ul zot: «Ilmga yo‘ydim!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:49:07
17-bob. Tushdagi ko‘ylakning ta’biri haqida

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir payt uxlab yotgan erdim, tushimda bir guruh odamlar ko‘rindi. Ular ko‘ylak kiyib olgan bo‘lib, ba’zilarinikining etagi ko‘kraklari barobarida, ayrimlarinikining etagi ersa, bundan xiyol uzunroq. Keyin, menga Umar ibn al-Xattob namoyon bo‘ldi, uning ko‘ylagi uzun bo‘lib, yerda sudralib ketayotir», — dedilar. Sahobalar: «Yo Rasulalloh, buni nimaga yo‘ydingiz?» — deyishdi. Ul zot: «Dinga yo‘ydim!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:50:32
18-bob. Tushda ko‘ylak etagini uzunligidan yerda sudrab yursa, ta’biri ne bo‘lg‘ay?

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir payt uxlab yetgan erdim, tushimda bir gurux odamlar namoyon bo‘ldi. Ular ko‘ylak kiyib olgan bo‘lib, ba’zilarinikining etagi ko‘kraklari barobarida, ayrimlarinikining etagi ersa, bunday xiyol uzunroq. Keyin, menga Umar ibn al-Xattob namoyon bo‘ldi, uning ko‘ylagi uzun bo‘lib, yerda sudralib ketayotir», dedilar. Sahobalar: "Yo Rasulalloh, buni nimaga yo‘yding?» — deyishdi. Ul zot «Dinga yo‘ydim!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:50:44
19-bob. Tushda ko‘ringan yashil narsa birlan am-yashil chorbog‘ning ta’biri haqida

Qays ibn Abbad rivoyat qiladilar: «Men, Sa’d ibn Molik va Ibn Umar o‘zaro suhbatlashib o‘ltirgan erdik. Nogahon, Abdulloh ibn Salom o‘tib qoldi. Shunda uni ko‘rib: «Bul kishi jannat ahlidandur!» — deyishdi. Men unga: Ular seni jannati, deyishdi», — dedim. Shunda ul bunday deb aytdi «Subhonalloh, ular o‘zlari bilmagan narsa xususida so‘zlamasliklari lozim! Men tushimda ko‘rganimni aytib berayin: bir yam-yashil bog‘ ichra bir ustun o‘rnatilgan ermishu, uning uchiga bir tugun osib qo‘yilgan ermish, ustunning tagida ersa, bir xizmatkor o‘ltirgan ermish. O’shal xizmatkor menga: «Ustunga chiqgil!» — dedi, men chiqib tugunga osilib oldim. Keyin, men bul tushimni Janob Rasulullohga aytib berdim. Shunda ul zot: «Abdulloh (ibn Salom) islom dinini qalbig‘a mahkam tugib, komil e’tiqod ila jon taslim qilgaydur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:52:10
20-bob. Tushda matoga o‘rab qo‘yilgan ayolni ochib ko‘rsa, ta’biri ne bo‘lg‘ay?

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga bunday deb aytgan erdilar: «Men (uylanmasimdan ilgari) seni ikki marta tushimda ko‘rganmen. Seni bir kishi (Hazrat Jabroil) ipak matoga o‘rab ko‘tarib ketayotib: Bul sening xotining!» — deb ermish. Ochib qarasam, bul sen ermishsen. Shunda: «Agar bul (tushim) Olloh taolodan sodir bo‘lgon ersa, demak uni (senga uylanmog‘imni) albatta ro‘yobg‘a chiqargaydur!» — deb qo‘ydim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:52:38
21-bob. Tushda ko‘ringan ipak mato ta’biri haqida

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Men uylanmasimdan burun seni ikki marta tushimda ko‘rganmen, seni bir farishta ipak matoga urab ko‘tarib ketayotgan ermish. Unga men: «Matoni ochib ko‘rsatg‘il!» — degan ermishmen, ul ochib ko‘rsatgan ermish. Qarasam, bul sen ermishsen. Shunda men: «Agar bul (tushim) Olloh taolodan sodir bo‘lg‘on ersa, demak «uni (senga uylanmog‘imni) albatta ro‘yobga chiqarg‘aydur!» deb qo‘ydim
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:52:53
22-bob. Tushda qo‘lga tutqazilgan kalitlar haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men Javomi’ ul-Kalim (ya’ni, Qur’on) birlan (payg‘ambar qilib) yuborildim va (dushmanlar qalbiga) dahshat solinib g‘olib qilindim. Tushimda menga yer xazinalari kalitlari ato etilib, ularni qo‘limga oldim», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:53:59
23-bob. Tushda tugun va sirtmoqqa mahkam osilib olmoqlik haqida

Abdulloh ibn Salom rivoyat qiladilar: «Men tushimda o‘rtasiga ustun o‘rnatilgan bir bog‘ni ko‘rdim. Ustunning uchida tugun osig‘lik bo‘lib, menga: «Ustunga chiqg‘il!» — deyildi. Men: «Chiqa olmag‘aymen», — deb erdim, bir xizmatkor kelib, kiyimimdan ushlab ko‘tardi, shunda men tugunni mahkam quchoqlab oldim. Keyin, uyg‘onib ketdim. Buni Janob Rasulullohga aytgan erdim, ul zot: «O’shal bog‘ — islom bog‘i bo‘lib, undagi ustun — islom ustunidur, tugun ersa, mustaqham islom do‘stligidur. Sen islomni bag‘ringga mahkam bosganing holda dunyodan ko‘z yumg‘aysen!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:54:56
24-bob. Tushda chodir ustunini yostiq ostida ko‘rsa...

Bu yerda misolga hadis keltirilmagan bo‘lib, ulamolarning ta’biricha, yostiq ostidagi chodir ustuni — islom dinidur.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:56:43
25-bob. Tushda ipak mato ko‘rmoq va jannatga kirmoq haqida

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Tushimda ko‘rsam, qo‘limda bir ipak mato bor ermishu, o‘zim jannatda ermishman. Ipak matoni jannatning qaeriga tashlab ketmayin, ketimdan qolmay uchib kelayotgan ermish. Buni opam Hafsaga aytgan erdim, ul borib Janob Rasulullohga so‘ylab beribdi. Shunda Janob Rasulul.loh: «Abdulloh (ibn Umar) solih kishidur! — deb aytibdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:57:31
26-bob. Tushdagi kishan haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat yaqin bo‘lsa, mo‘‘minning ko‘rgan tushi yolg‘on chiqmaydi, mo‘‘minning tushi ersa, payg‘ambarlikning qirq olti juz’idan bir juz’idur va nimaiki payg‘ambarlikka xos ersa, yolg‘on bo‘lmaydi!» —  dedilar. Ibn Sirin: «Men ham shul gapni tasdiqlaymen. Aytishlaricha, tushda uch narsa sodir bo‘lar erkan: odamning o‘ngidagi voqea-hodisalar, shaytonning vasvasasi va Olloh taoloning bashorati. Kimki yomon tush ko‘rsa, birovga aytmay (ikki rak’at) namoz o‘qisin!» — deb aytdi».

Ibn Sirin bunday deydilar: «Abu Hurayra tushda bo‘yinga solinadirgan kishanni ko‘rmoqni xushlamay, oyoqqa solinadirgan kishanni ko‘rmoqni afzal deb bilar erdilar, chunkim tushda oyog‘i kishanlanganlik — dinda sobitlik deb ta’bir qilinadir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:58:18
27-bob. Tushda ko‘z yoshi to‘kmoq haqida

Xorija ibi Zayd ibn Sobit Ummu al-Alodan naql qiladilar. Ul Janob Rasulullohga birinchi bo‘lib bay’at qilgan ayollardan bo‘lib, bunday degan erkan: «Ansorlar muhojirlarni bo‘lib olib uylariga olib ketmoq uchun qur’a tashlashganda Usmon ibn Maz’un bizning chekimizga tushdilar. Keyin, ul kishi xastalanib qolib vafot etdilar. Biz murdani yuvib, o‘z kiyimiga kafanladik. Janob Rasululloh vidolashgani kirganlarida, men: «Ey Abu Soib, sizni Olloh taolo rahmat qilsin, ko‘rib turibmenkim, Olloh taolo sizni mukarram qilg‘ondur!» — dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Sen buni qaerdan bilursen?» — dedilar. Men: «Xudo haqi, bilmasmen!» — dedim. Janob Rasululloh: «Afsuski, ul vafot etdi, mening unga nisbatan xayriyatdan o‘zga tilagim yo‘qdur! Ammo, men o‘zim payg‘ambar bo‘la turib, Olloh taolo oxiratda menga qanday muomala qilg‘ay, bilmasmen!» — dedilar. Shu-shu bo‘ldi-yu, men bundan buyon hech kimni (mayyitni) maqtamaydirgan bo‘ldim. Keyin, tushimda Usmon ibn Maz’unni ko‘rdim, duv-duv ko‘z yoshi to‘kib turar erdi. Janob Rasulullohg‘a borib aytgan erdim: «Uning ko‘z yoshlari — amali solihlariga berilayotgan ajru savoblardur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 07:59:37
28-bob. Tushda quduqdan suv ichirmoqning ta’biri haqida

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Tushimda ko‘rsam, quduq tepasida turib undan suv tortib olayotgan ermishmen. Shu payt Abu Bakr birlan Umar kelib qoldi. Abu Bakr qo‘limdan chelakni olib bir-ikki suv tortib erdi, kam suv chiqdi, Olloh taolo uni mag‘firat qilsin! (ya’ni, Abu Bakrning xalifalik muddatlari qisqaligidan ko‘p g‘azot qilolmay qolganliklariga hamda ul kishi tarafidan musulmon qilingan mushriklarning kamligiga ishora qilinyapti). Keyin, Umar ibn al-Xattob Abu Bakrning ko‘lidan chelakni olgani hamonoq ul kengayib ulkan chelakka aylandi, men o‘z ishiga abjir bundayin odamni ko‘rmaganmen. Umar shunchalik ko‘p suv tortib oldikim, hatto odamlar tuyalariga ham ichirmoq uchun quduq atrofiga tarnovlar qurishga majbur bo‘ldilar!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 08:00:35
29-bob. Tushda quduqdan bir-ikki suv tortib kam suv chiqarganlik haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

30-bob. Tushda dam olmoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Men tushimda ko‘rsam, bir hovuz etagida turibmenu, humdan chelakda suv olib odamlarga ichirayotirmen. Shul asnoda Abu Bakr kelib qoldi va menga dam bermoq uchun qo‘limdan chelakni oldida, bir-ikki marta hovuzdan suv tortdi, ammo ham suv chiqdi, Olloh taolo uni mag‘firat qilsin! Keyin, Umar ibn al-Xattob uning qo‘lidan chelakni olib, hovuzdan shul qadar ko‘p suv chiqardiki, hatto odamlar suvga qonib qaytib ketishdi, hovuz suvi ersa, kamayish o‘rniga tobora ko‘payib borar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 08:01:50
31-bob. Tushda ko‘ringan qasr haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir kuni Janob Rasulullohning huzurlarida o‘ltirgan erdik bizga qarata: «Tushimda jannatni ko‘rdim, bir ayol qasr yonida o‘ziga oro berib turar erdi. Men farishtalardan: «Bul qasr kimnikidur?» — deb so‘radim. Ular: «Umar ibn al-Xattobnikidur» — deyishdi. Shunda men Umarning rashkli erkakligin eslab, qasrdan nari ketdim», — dedilar. Umar ibn al-Xattob buni eshitib yig‘lab yubordida: «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, kelib-kelib sizdan rashk qilurmenmi?» — dedi».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tushimda jannatga kirib. nogoh bir oltin qasr oldidan chiqib qoldim. «Bul kimniki?» — deb erdim, «Bir qurayshiy kishinikidur», — deyishdi. Shunda men, ey Umar ibn al-Xattob, sening rashkli erkanligingni eslab ul yerga kirmoqdan o‘zimni tiydim», dedilar. Umar: «Yo Rasulalloh, sizdan rashk qilurmenmi!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 08:03:13
32-bob. Tushda o‘ziga oro bermoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir kuni Janob Rasulullohning huzurlarida o‘ltirgan erdik bizga qarata: «Tushimda jannatni ko‘rdim, bir ayol qasr yonida o‘ziga oro berib turar erdi. Men farishtalardan: «Bul qasr kimnikidur?» — deb so‘radim. Ular: «Umar ibn al-Xattobnikidur», — deyishdi. Shunda men Umarning rashkli erkanligin eslab, qasrdan nari ketdim», — dsdilar. Umar buni eshitib yig‘lab yubordida «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, kelib-kelib sizdan rashk qilurmenmi?!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 08:03:38
33-bob. Tushda Ka’bani tavof qilmak haqida

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Tushimda ko‘rsam, Ka’bani tavof qilayotgan ermishmen. Nogoh, ikki odam bir bug‘doy rang, sochi silliq, boshidan suv tomib turgan kishini yetaklab o‘tib qoldi. Men: «Bul kim?» — dedim. «Bul — Ibn Maryam», — deyishdi. Keyin, atrofga alanglab yana bir kishini ko‘rib qoldim. Uning afti-angori qizg‘ish, sochlari jingalak va uzum donasidek bo‘rtib turgan o‘ng ko‘zi ko‘r erdi. «Bul kim?» — dedim. «Bul dajjol», — deyishdi. Ul Ibn Qatanga o‘xshab ketadir, Ibn Qatan ersa, Xuzo’adagi Banu Mustalaq qabilasidandur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 08:04:07
34-bob. Tushida o‘zidan ortgan sutni birovga bersa...

Ibn Shihob Hamza ibn Abdulloh ibn Umardan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tushimda menga bir qadah sut uzatishdi, uni shul qadar qonib ichdimki, hatto qo‘l-oyoqlarim uchidan sut oqib chiqayotganini ko‘rdim, keyin qolganini Umar ibn al-Xattobga uzatdim», — dedilar. Atroflarida o‘ltirgan kishilar: «Buni nimaga yo‘ydingiz, yo Rasulalloh!» — deyishdi. Ul zot: «Ilmga yo‘ydim!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 08:04:21
35-bob. Tushda falokati arib, tinch-xotirjam bo‘lganini ko‘rmoq haqida

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari ul zotning saodatli zamonlarida tush ko‘rsalar, darhol ta’birini so‘rar erdilar, Janob Rasululloh ersalar Olloh taolo irodasiga muvofiq ta’bir qilib berur erdilar. O’shal vaqtda men bo‘ydoq yigitcha bo‘lib, yotar joyim masjid erdi. Bir kuni o‘zimga o‘zim: «Senda boshqalardagidek yaxshi fazilatlar mavjud bo‘lg‘onida erdi, ular kabi yaxshi tushlar ko‘rib Olloh taoloning bashoratidan bahramand bo‘lur erding!» — dedimda, uyquga yotayotib: «Yo Rabbano, menda biror yaxshi fazilat mavjud ersa, tushimda ayon aylag‘aysen!» — deb iltijo qildim. Qarangkim, shul kecha tush ko‘rdim, tushimda qo‘lida temir qamchi ushlab olgan ikki farishta meni jahannamga haydab ketayotgan ermish, men ersam: «Yo parvardigoro, meni qutqarg‘il!» — deb yolvorayotgan ermishmen. Shunda qo‘lida temir qamchi ushlagan yana bir farishta kelib, menga: «Ey yaxshi odam, ko‘p namoz o‘qigan ersang, sira qo‘rqmag‘il!» — dedi. Keyin, boyagi ikki farishta meni jahannam yoqasiga olib keldi. Jahannam ham quduq yanglig‘ chuqur bo‘lib, labida quduqniki singari ikki ustuni bor erkan, ulardan har birining yonida qo‘lida temir qamchi ushlagan farishtalar turibdur. Ichiga ko‘z tashlab, zanjir birlan oyoqlaridan osib qo‘yilgan odamlarni ko‘rdim. Ularning orasida quraysh qabilasiga mansub kishilar ham mavjud erdi. So‘ng, farishtalar meni jahannamning o‘ng yonidan olib o‘tib, qo‘yib yuborishdi. Bul tushimni mo‘minlar onasi bo‘lmish Hafsaga aytib erdim, ul Janob Rasulullohga hikoya qilib beribdur. Shunda ul zot: «Abdulloh solih odamdur!» — deb aytibdirlar». Nofi’: «Shu-shu bo‘ldi-yu, Abdulloh ko‘p namoz o‘qiydirgan bo‘lib qoldi», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 08:04:39
36-bob. Tushda jahannamning o‘ng tarafidan o‘tkazib qo‘yib yuborsa...

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

37-bob. Tushda qadah (yokim piyola singari idish) ko‘rsa...

Bu yerda 34-bobdagi hadis takroran keltirilgan.

38-bob. Tushda biror narsaning uchganini ko‘rsa...

Ubaydulloh ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Abbosdan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning aytib bergan tushlari haqida so‘radim. Ul: «Janob Rasululloh «Bir kuni tushimda qo‘limga ikkita oltin bilaguzuk taqib qo‘yib erdilar, buni takabburlik deb hisoblab taqqim kelmadi. Shunda taqmaslikka ijozat berildi, men ularni puflab uchirib yubordim. Bul tushimni ikkita soxta (payg‘ambar) chiqadi, deb ta’bir qildim» — deb aytgan erdilar», — dedi. Ulardan biri al-Ansiy bo‘lib, uni Feruz Yamanda o‘ldirgan, ikkinchisi — Musaylima erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 08:05:03
39-bob. Tushda so‘yiladirgan (ya’ni, semiz) sigir ko‘rsa...

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar «Tushimda Makkadan bir xurmozorga borib qolib, Yamomaga yokim Hajarga kelib qoldimmikan, deb xayol qildim. Keyin, ayon bo‘ldiki, Yasrib, ya’ni Madinada turgan erkanmen. Ul yerda bir (semiz) sigirni ko‘rdim. Olloh taolo haqi, bul yaxshilik alomatidur (chunkim, tushdagi semiz sigir — farovonlikning, ozg‘in sigir ersa, qahatchilikning nishonasidur)! Demak bul tushim Olloh taoloning (bizga) marhamat qilg‘onidan hamda Badr jangidan so‘ng mo‘minlar qalbida paydo bo‘lg‘on ishonch uchun ato etiladirgan savobdan darak berg‘aydur!»

40-bob. Tushda puflamoq haqida

Bu yerda 36-bob takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 08:05:20
41-bob. Tushda biror narsaning joyi o‘zgartirilganini ko‘rsa...

Silim ibi Abdulloh otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Tushimda sochi to‘zg‘igan bir qora xotinni ko‘rdim, ul Madinadan chiqib Mahya’aga (Juhfaga) bordi. Men buni Madinadagi vabo Juhfaga ko‘chdi, deb ta’bir qildim».
42-bob. Tushda ko‘ringan qora xotin haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

43-bob. Tushda ko‘ringan sochi to‘ziq xotin haqida

Bu yerda ham yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 08:05:31
44-bob. Tushda qilich o‘ynatsa...

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Tushimda qilich o‘ynatgan erdim, sopi sinib tushdi. Men buni mo‘minlarning Uhud jangida shikast topganiga yo‘ydim. Keyin, tushimda yana qilich o‘ynatib erdim, sopi sinmay, qayta baquvvatroq bo‘ldi. Men buni Olloh taolo bizga Makkani fatx etmog‘imizni muyassar qilg‘oniga hamda mo‘minlarning hamjihat bo‘lg‘oniga yo‘ydim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 08:05:40
45-bob. Yolg‘on tush to‘qiydirganlar haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki yolg‘on tush to‘qisa, qiyomatda unga ikkita qilni bir-biriga bog‘lamoq amr qiling‘ay, ammo ul harchand urinmasin, eplay olmag‘aydur. Kimki o‘zgalarning gapiga o‘g‘rincha quloq solsa-yu, undan nafratlanib o‘zlarini olib qochsalar, qiyomatda bunday odamning qulog‘iga qo‘rg‘oshin eritib quyilg‘aydur. Kimki surat chizsa, azobga qolgaydur, qiyomatda unga o‘zi chizgan suratga jon ato etmoq buyurilg‘ay, ammo ul bunga qodir ermasdur!».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Eng yolg‘on gap — ikki ko‘z birlan ko‘rmagan narsani ko‘rdim, demoqdur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 08:05:53
46-bob. Tushda noxush narsani ko‘rsa, uni birovga aytmasligi va xotirlab yurmasligi lozim!

Abdurrahmon ibi Sa’id: «Abu Salamadan bunday deb eshitgan erdim», — deydilar: «Men shunday (noxush) tushlar ko‘rar erdimki, hatto undan ta’sirlanib kasal bo‘lib qolar erdim. Bir kuni Abu Qatoda: «Men ham shunday tushlar ko‘rganimda xastalang‘ay erdim, keyin Janob Rasulullohdan quyidagi gapni eshitdim», — dedi: Yaxshi tush — Olloh taolodandur, kimki yaxshi tush ko‘rsa, uni faqat o‘zi yaxshi ko‘rgan odamlarga aytsin, basharti yomon tush ko‘rsa, uning va shaytonning yomonliklaridan Olloh taolodan panoh tilab, uch bor (chap tarafiga) tupurib qo‘ysin hamda ko‘rgan tushini hech kimga aytmasin. Shunday qilsa, tushi zarar keltirmag‘aydur!».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz yaxshi tush ko‘rsangiz, ul Olloh, taolo tarafidan sizga marhamat qiling‘on bo‘lib, darhol turib rabbingizga munosib hamdu sanolar aytingiz va tushingizni (o‘zingiz sevgan kishiga), so‘ylangiz! Basharti yomon tush ko‘rsangiz, bilingkim, ul , shaytondan sodir bo‘lg‘ondur. Darhol turib shaytonning — yomonligidan Olloh taolodan panoh tilangki va uni birovga aytmangiz! Shunday qilsangiz, tushingiz zarar keltira olmag‘aydur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 08:06:04
47-bob. Dastlabki ta’birchi noto‘g‘ri tabir qilganda uning xatosini aytmagan kishi xususida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Men bugun kechasi tushimda bir bulutdan sarig‘yog‘ birlan asal tomayotganini va odamlarning unga kaftlarini tutib turganlarini ko‘rdim. Shunda ba’zilarga ko‘proq, ba’zilarga kamroq nasib etar erdi. Osmon birlan yer oralig‘ida ersa, bir arqon osilib turgan erdi. Qarasam, siz unga tirmashib yuqoriga chiqib ketdingiz, ortingizdan bir kishi, yana bir kishi va yana bir kishi yuqoriga ko‘tarildi. Keyin, yana bir kishi chiqmoqchi erdi, arqon uzilib ketdi, so‘ng yana ulanib qoldi», — dedi. Shunda Abu Bakr: «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, menga ijozat beringiz, bul tushning ta’birini aytayin!» — dedi. Janob Rasululloh: «Mayli, aytg‘il!» — dedilar. Abu Bakr: «O’shal bulut islomdur, undan tomib turgan sarig‘yog‘ birlan asal ersa, Qur’on bo‘lib, uning lazzatidan har kim Olloh taolo nasib etgancha bahramand bo‘lmoqdadur, osmon birlan yer oralig‘ida osilib turgan arqon xususiga kelsak ul siz mahkam tutgan haqiqat yo‘li bo‘lib, Olloh taolo sizni uning orqali yuksaklikka ko‘tarmoqda. Keyin, bir kishi shul yo‘ldan sizga ergashib, yuksaklikka ko‘tarilg‘ay, uning ketidan yana bir kishi, undan so‘ng yana bir kishi shul yo‘lni tutib yuksaklikka ko‘tarilg‘ay. Bulardan keyin ergashgan kishining yo‘li to‘silib, yana ravon bo‘lgach, yo‘lda davom etgay. Yo Rasulalloh, otam sizga fido bo‘lsin, to‘g‘ri ta’bir aytdimmi, yo yo‘qmi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Qisman to‘g‘ri, qisman xato aytding», — dedilar. Abu Bakr: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, qaerda xato qilganimni aytib beringiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Qasam ichmag‘il!» — dedilar (Ba’zi ulamolar arqonning uzilganini Hazrat Usmonga yetadirgan shikast deb ta’bir qildilar va Janob Rasulullohning Abu Bakrning xatosini aytmaganliklarini kelajakda sodir bo‘ladirgan fitnalar haqida oldindan tafsilot bermoqni istamaganliklariga bog‘laydilar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 May 2009, 08:06:18
48-bob. Tushning ta’birini bomdod namozidan so‘ng aytmoq haqida

Sumra ibn Jundub rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘z sahobalaridan: «Birortangiz tush ko‘rdingizmi?» — deb tez-tez so‘rab turar erdilar. Shunda xohlagan kishi Olloh taolo iroda qilgancha o‘z tushini so‘ylab berar erdi. Bir kuni erta birlan Janob Rasululloh bunday dedilar: «Bul kecha huzurimga ikki kishi(ikki farishta) kelib meni uyg‘otdida: «Yurg‘il!» — dedi, men ularga ergashdim. Bir joyga borsak bir kishi chalqancha yotibdir, ikkinchi bir kishi uning tepasida turibdir, qo‘lidagi mushtdek tosh birlan chalqancha yotg‘an kishining boshiga urmakdadir, tosh sapchib ketib nariga borib tushmakdadir. Ul toshni olib kelguncha chalqancha yotgan kishining boshi tuzalib qolayotir. Shul tariqa tik turgan kishi chalqancha yotgan kishining boshini qayta-qayta majaqlab azob berayotir. Men: «Subhonalloh, bul kimdur?» — dedim. Hamrohlarim: «yurg‘il, ketdik!» — deyishdi. Bir joyga borsak yana bir kishi cho‘zilib yotibdir, uning tepasida ham avvalgidek bir kishi tik turibdir. Tik turgan kishi qo‘lidagi temir changak birlan cho‘zilib yotgan kishining avval bir lunjini burnidan to ko‘ziga qadar shilib terisini tashqariga qilib qo‘ymoqdadur. Keyin, bul yoniga yotqizib qo‘yib, ikkinchi lunjini ham shunday qilayotir. Bir lunjini shilib bo‘lib ikkinchi lunjiga o‘tguniga qadar avval shilingan lunji tuzalib qolayotir. Tik turgan kishi cho‘zilib yotgan kishiga shul tariqa qayta-qayta azob berayotir. Men: «Subhonalloh, bul nimasi?» — dedim. Hamrohlarim: «Yurg‘il, ketdik!» — deyishdi. Bul yerdan chiqib yo‘lda tandirga o‘xshash bir chuqurlikka duch keldik uning ichidan dod-voy ovozlari quloqqa chalinar erdi. Pastga qarab ul yerda qip-yalang‘och erkak va ayollar borligini, ularning ostlaridan ersa, alanga ko‘tarilib kelayotganini ko‘rdim. Bilsam, ular har safar alanga ko‘tarilganda dod faryod qilishayotgan erkanlar. Men buni ko‘rib: «Bular kimdurlar?» — dedim. Hamrohlarim: «Yurg‘il, ketdik!» — deyishdi. Yura-yura suvi qon rangi yanglig‘ bir daryo bo‘yidan chiqib qoldik. Uning ichida bir kishi zo‘rg‘a suzib yuribdur, qirg‘oqda ersa, boshqa bir kishi oldiga tosh to‘plab o‘ltiribdur. Shunda daryodagi kishi zo‘r-bazur qirgoqqa suzib kelib og‘zini ochib erdi, qirg‘oqdagi kishi tosh solib qo‘ydi, keyin ul qaytib suzib ketdi. So‘ng, yana qaytib suzib kelib og‘zini ochib erdi, yana tosh solib qo‘ydi. Shul tariqa har gal suzib kelsa, qirg‘oqdagi kishi uning og‘ziga tosh solib qo‘yib qaytarib yuborayotir. Men hamrohlarimga: «Bul ikkisi kimdur?» — dedim. Hamrohlarim: «Yurg‘il, ketdik!" — deyishdi. So‘ng biz afti-angoridan hatto ko‘zgu ham nafrat qilgudek bir badnamo odamning oldiga borib qoldik. Ul oldidagi olovni har tarafidan puflab alangalantirayotgan erdi. Men «Bul nimasi?» — dedim. Hamrohlarim: «Yurg‘il, ketdik!» — deyishdi. Biz yo‘lda davom etib bahor nafasi ufurib turgan bir so‘lim bog‘ oldidan chiqib qoldik. Bog‘ning o‘rtasida shul qadar novcha odam turibdikim, uning boshi osmonu falakda bo‘lg‘onidan, yuzini ko‘ra olmadim. Uning atrofida ko‘plab bolalar o‘ynab yurishibdur. Men: «Bular kimdur?» — dedim. Hamrohlarim: «Yurg‘il, ketdik!» — deyishdi. Keyin, yura-yura boshqa bir bog‘ga yetib bordik men bunchalik ulkan va go‘zal bog‘ni (daraxtni) sira ko‘rmaganmen. Hamrohlarim menga: «Unga chiqgil!» — deyishdi, biz chiqib, kumush va oltin g‘ishtlardan bunyod etilgan bir shaharga yetdik. So‘ng, shahar darvozasiga kelib, ochmoqlarini so‘radik ochib erdilar, biz ichkariga kirdik. Shahar ahli qiyofasining yarmi sen ko‘rib yurgan xushnamo odamlardan ham go‘zalroq, yarmi ersa sen ko‘rib yurgan badnamo odamlardan ham xunukroq erkan. Hamrohlarim ularga: «Boringizlar, anavi daryoga tushib cho‘milib chiqingizlar!» — deyishdi, daryoning suvi sut kabi oppoq edi. Ular daryoda cho‘milib chiqqach, qiyofalaridagi badnamolik yo‘qolib, juda go‘zal surat kasb etdilar. Hamrohlarim menga: «Bul — Adn jannatidur, anavi ersa, sening manzilingdur!» — deyishdi. Men nigohimni balandga qaratib oppoq bulut yanglig‘ muhtasham qasrni ko‘rdim. Hamrohlarim «Ana o‘shal qasr senikidur!» — deyishdi. Men ularga: «Olloh taolo sizlarga barakot ato etsin, meni qo‘yib yuboringiz, ul yerga kirayin!» — dedim. Ular: «Ammo, sen hozir ul yerga kira olmag‘aysen!» — deyishdi. Men ularga: «Bul kecha d