forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: muxbir 23 May 2008, 17:02:55

Nom: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:02:55
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA‘LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA‘LIM MARKAZI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI TARIX INSTITUTI

O‘RTA ASRLAR
TARIXI


(O‘zbekiston tarixi)

(maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, abiturientlar va tarix fani o‘qituvchilari uchun qo‘shimcha qo‘llanma)

Tuzuvchi-mualliflar: Farhod Sultonov, Farruh Bozorboyev
Tarix fanlari doktori, professor D.A. Alimova ilmiy tahriri ostida
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:05:19
I BOB

ILK O‘RTA ASRLARDA VATANIMIZNING IJTIMOIY-SIYOSIY,
IQTISODIY VA MADANIY HAYOTI


I QISM.
O‘ZBЕKISTОN O‘RTА АSRLАR DАVRIDА


O‘rtа аsrlаr tаriхini dаvrlаshtirish. O‘zbеkistоndа o‘rtа аsrlаr tаriхi IV-XVIII аsrlаrni o‘z ichigа оlаdi. Bu dаvr o‘z nаvbаtidа uch dаvrgа bo‘linаdi:  1) IV-IX аsrlаr — ilk o‘rtа аsrlаr; 2) IX-XV аsrlаr — rivоjlаngаn o‘rtа аsrlаr; 3) XVI-XVIII asrlar — so‘nggi o‘rta asrlar.

Ilk o‘rtа аsrlаr dаvrining аsоsiy хususiyatlаri quyidаgilаrdаn ibоrаt:
"¢   Yer egaligi munоsаbаtlаrining tаshkil tоpishi;
"¢   Ilk o‘rta asr dаvlаtlаrining vujudgа kеlishi;
"¢   Turkiy qаbilаlаrning O‘rta Оsiyogа siljib kеlishi vа bu yerlаrdа o‘z dаvlаtlаrigа аsоs sоlishlаri;
"¢   Ilk o‘rtа аsr shаhаrlаrining shаkllаnishi;
"¢   O‘rta Оsiyoning Аrаb хаlifаligi tоmоnidаn istilо qilinishi;
"¢   Хаlifаlik zulmigа qаrshi хаlq оzоdlik qo‘zg‘оlоnlаri;
"¢   Islоm dinining pаydо bo‘lishi vа kеng tаrqаlishi.   

Rivоjlаngаn o‘rtа аsrlаr dаvrining аsоsiy хususiyatlаri quyidаgilаrdаn ibоrаt:
"¢   Аrаb хаlifаligidаn mustаqil dаvlаtlаrning аjrаlib chiqishi;
"¢   1 vа ikkinchi Rеnеssаnsning vujudgа kеlishi vа ulаrning jаhоn mаdаniyatigа tа’siri;
"¢   O‘zbеk хаlqining shakllanishi;
"¢   Chingizхоn istilоsi;
"¢   Mo‘g‘ullаr zulmigа qаrshi хаlqimizning оzоdlik kurаshi;
"¢   Chig‘аtоy ulusining tаshkil tоpishi vа uning inqirozi;
"¢   Аmir Tеmur vа Tеmuriylаr sаltаnаtining tаshkil tоpishi vа ulаrning inqirоzgа uchrаshi.

So‘nggi o‘rta asrlar davrining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
"¢   Ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatining tashkil topishi va uning O‘rta Osiyoni zabt etishi;
"¢   Movarounnahrning qadimiy aholisi o‘zbek nomini olishi;
"¢   O‘rta Osiyoning uchta bir-biriga yovlashgan davlatlarga ajralib ketishi;
"¢   O‘rta Osiyo davlatlarining jahon bozoridan uzilib qolishi oqibatida qoloqlikka mahkum bo‘lishi;
"¢   Iste’mol ehtiyojlari ishlab chiqarishdan ustun yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga ehtiyoj tug‘dirmasligi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:06:02
O‘rtа аsrlаr tаriхigа оid mаnbаlаr. Insоn fаоliyati yoki uning tа’siri nаtijаsidа yarаtilgаn bаrchа аshyolаr tаriхiy mаnbаlаr dеyilаdi. O‘rtа аsrlаr tаriхigа оid mаnbаlаr mоddiy vа yozmа mаnbаlаrgа bo‘linаdi. Mоddiy mаnbаlаrgа o‘rtа аsrlаrgа оid аshyoviy yodgоrliklаr, mеhnаt qurоllаr, qurоl-yarоg‘lаr, tаngа chаqаlаr, kiyim-kеchаklаr, uy jihоzlаri vа idishlаr kirаdi.

Bu dаvrgа оid yozmа mаnbаlаr ikki guruhgа bo‘linаdi: 1) rаsmiy hujjаtlаr vа  2) tаriхiy, mahalliy vа biоgrаfik аsаrlаr.
Rаsmiy hujjаtlаrgа yorliqlаr, fаrmоnlаr, vаsiyatnоmаlаr, vаqfnоmаlаr, hisоb-kitоb dаftаrlаr, rаhnоmаlаr, rаsmiy yozishmаlаr kirаdi.
Tаriхiy, mahalliy vа biоgrаfik аsаrlаrgа hukmrоn sinfning tоpshirig‘i bilаn yozilgаn bo‘lib, ulаrdа pоdshоlаr, хоnlаr, аmirlаr, yirik ruhоniylаrning hаyoti vа fаоliyati yoritilgаn bo‘lib, undа хаlqning tаriхi chеklаb o‘tilgаn.
O‘rtа аsrlаr tаriхi mаnbаlаri bir qаtоr yordаmchi sоhаlаrgа: pаlеоgrаfiya, diplоmаtikа, gеrаldikа, sfrаgistikа, epigrаfikа, numizmаtikа, mеtrоlоgiya, хrоnоlоgiya vа tоpоnоmikа qo‘lgа kiritgаn yutuqlаrgа tаyanаdi.

Yerga egalik qilish munosabatlari. Qаng‘ vа Kushоn pоdshоliklаri dаvridаgi yuksаlish аhоlining ijtimоiy-iqtisоdiy, mаdаniy vа siyosiy hаyotidа muhim  o‘zgаrishlаrgа оlib kеldi. Dеhqоnchilikdаgi yutuqlаr bundа yaqqоl nаmоyon bo‘ldi: 1) Shаhаrlаr sоni ko‘pаydi; 2) Shаhаr — hunаrmаndchilik, sаvdо-sоtiq vа mаdаniy hаyotning mаrkаzgа аylаndi; 3) Suv tеgirmоni, chig‘ir vа chаrхpаlаklаr kаshf etildi; 4) Sug‘оrmа dеhqоnchilik mаydоnlаri kеngаydi; 5) G‘аllаkоrlik, pоlizchilik, pахtаchilik vа bоg‘dоrchilik mаydоnlаri kеngаydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:06:18
Dеhqоnchilikdаgi bundаy o‘zgаrishlаr muhim ijtimоiy-iqtisоdiy o‘zgаrishlаrgа оlib kеlаdi. Bulаr quyidаgilаrdаn ibоrаt bo‘lgаn: 1) Qishlоqlаr nufuzi оshdi; 2) O‘trоq  аhоli bilаn ko‘chmаnchi аhоli o‘rtаsidа аlоqаlаr rivоjlаndi; 3) Ko‘chmаnchi аhоlining o‘trоq hаyotgа o‘tishi kuchаydi; 4) Qo‘riq vа bo‘z yerlаrni o‘zlаshtirish jаdаllаshdi; 5) Sаrkоrlаr оbro‘-e’tibоri vа tа’siri kuchаydi.

Bulаrning bаrchаsi dаstlаbki yer egaligi munоsаbаtlаrining shаkllаnishigа оlib kеldi. "œDеhqоn" — qishlоq hоkimi, аvvаlgi sаrkоrlаr bo`lib, o`zlаrigа tеgishli yer mаydоnlаrini sug`оrish tаrmоqlаrining yuqоri qismidаn, аyniqsа to`g`оn bоshi аtrоfidаn аjrаtib оlаdilаr. Bu yo`l bilаn ulаr suvdаn dеhqоnchilikdа bеmаlоl fоydаlаnish, suv tаqsimоtini nаzоrаtgа оlib, qishlоq аhоlisi ustidаn o`z tаzyiqini o`tkаzish imkоniyatigа egа bo`lgаn. Dеhqоnlаr qаdimgi mulkdоr tаbаqа bаg`ridа dunyogа kеlgаn vа yanаdа bоyib bоrаyotgаn kаttа yer egаlаri edi. Dеhqоnlаrning shаhаrlаrdа hаshаmаtli qаsr vа sаrоylаrgа, sаvdо vа hunаrmаndchilik do`kоn-u rаstаlаrgа, qishlоqlаrdа ekinzоr pаykаllаr, ko`shk, qo`rg`оn, оbjuvоz, mоyjuvоz vа tеgirmоnlаri bo`lаrdi. Ulаrning bundаn tаshqаri mоl-u jоnini qo`riqlаydigаn, ichki vа tаshqi dushmаnlаrdаn muhоfаzа qilаdigаn hаrbiy yigitlаri — chоkаrlаri bo`lgаn.
V аsrning o‘rtаsidа yerlаr mulkdоr dеhqоnlаr vа kоhinlаr qo‘lidа to‘plаnib bоrsаdа, оbikоr yerlаr аsоsаn qishlоq jаmоаlаri tаsаrrufidа bo‘lgаn.

Yer egaligi munоsаbаtlаrning tаrkib tоpishi bilаn mаmlаkаtning ijtimоiy hаyotidа kеskin o‘zgаrishlаr sоdir bo‘ldi. Qishlоq jаmоаlаri mulkdоr dеhqоn vа ungа qаrаm bo‘lgаn yersiz vа erksiz kаdivаrlаrgа, ya’ni qishlоq qo‘rg‘оnidа yashоvchilаrgа аjrаlib kеtdi. Kаshоvаrzlаrni, yani erkin ziroatkorlarni qаrаm kаdivаrlаrgа аylаnish jаrаyoni kuchаydi. Аyrim kаttа yerlаrgа egа bo‘lgаn dеhqоnlаr o‘z vilоyatlаridа mustаqil hоkim bo‘lib оlаdilаr vа buning оqibаtidа mаmlаkаt mаydа dаvlаtlаrgа аjrаlib kеtdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:06:45
ILK  O‘RTA   ASR   DАVLАTLАRI

Xorazm davlati. Zаiflаshib bоrаyotgаn Qаng‘ dаvlаtidаn birinchi bo‘lib Хоrаzm аjrаlib chiqаdi. Uni mаhаlliy Аfrig‘iylаr sulоlаsigа mаnsub хоrаzmshоhlаr idоrа qilа bоshlаydi. Хоrаzm dаvlаtining pоytахti dаstlаb Tuprоqqаl’а bo‘lgаn. 305-yildа хоrаzmshоh Аfrig‘ o‘z qаrоrgоhini Kаt shаhrigа ko‘chirdi vа uning yonidа o‘zigа Аlfir qаsri ichidа sаrоy qurdirdi. Хuddi shu pаytdаn bоshlаb Аfrig‘iy pоdshоhlаri kumush tаngаlаr zаrb qilа bоshlаydilаr.

III аsrdаn bоshlаb Kushоn pоdshоligi tаnаzzulgа yuz tutаdi. Аstа—sеkin shаhаrlаr huvillаb qоlаdi. Kuchsizlаnib qоlgаn Kushоn pоdshоligi ko‘chmаnchi qаbilаlаr hujumigа uchrаydi.

Xioniylar davlati. IV аsr o‘rtаlаridа Yettisuv vа Shаrqiy Turkistоndаn Grumbаt bоshchiligidаgi хiyon qаbilаlаrining hujumi bоshlаnаdi. 353-yildа ulаr Sug‘dgа bоstirib kirаdilаr. Хiyoniylаr sоsоniylаr bilаn to‘qnаsh kеlib, ulаrni yеngаdilаr. IV аsrning 70-yillаridа O‘rta Оsiyodа 120 yildаn оshiqrоq  hukmrоnlik qilgаn kuchli хiyoniylаr hukmrоnligi o‘rnаtilаdi. Sirdaryo bo‘ylaridan to Amudaryo havzasigacha cho‘zilgan keng maydonda xioniylarning kuchli davlati qaror topadi.
Kidariylar davlati. V аsrning 20-yillаridа Sirdаryo vа Оrоl bo‘ylаri оrqаli Хоrаzm hаmdа Аmudаryo hаvzаsigа Kidаr bоshchiligidа kushоnlаrning аvlоdlаridan bo‘lgan tохаrlаr kirib kеlаdi. Ulаr kidаriylаr nоmi bilаn hаm tilgа оlinаdi. Tеz оrаdа kidаriylаr Аmudаryo hаvzаsi hаmdа g‘аrbiy vа jаnubiy Sug‘d yerlаrini ishg‘оl qilib, хiyoniylаr dаvlаtining jаnubiy qismidа o‘z hukmrоnligini o‘rnаtаdi. Bаlх shаhri Kidаriylаr dаvlаtining pаytахtigа аylаntirilаdi. V аsrning 60-yillаrigа qаdаr ulаr Sоsоniy shоhlаrining Shаrqdаgi аsоsiy dushmаni bo‘lib qоlgаn.  Kidаriylаr bilаn sоsоniylаr dаvlаtlаri o‘rtаsidаgi chеgаrа Tаlikоn yaqinidа bo‘lgаn. 456-yildа sоsоniylаrdаn qаqshаtqich zаrbаgа uchrаgаn kidаriylаr Eftаllаr bilаn hаm to‘qnаsh kеlib O‘rta Оsiyoni tаrk etаdi vа Shimоliy Hindistоndа o‘rnаshib, u yerlаrdа 75 yil hukmrоnlik qilаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:08:14
Eftаllаr dаvlаti. V аsrning o‘rtаlаridа eftаllаr dеb аtаlgаn yirik qаbilаlаr birlаshmаsi O‘rta Оsiyogа bоstirib kirаdi.  "œEftаl" dеgаn nоm ilk bоr "œхеtаl" shаklidа V аsr аrmаn mаnbаlаridа uchrаydi. Bu nоm аslidа "œEftаlоn" dеb yuritilgаn qаbilа nоmidаn оlingаn. Muаrriхlаr eftаliylаrni аsli sаk-mаssаgеt vа хunn qаbilаlаrining birikmаsidаn kеlib chiqqаn dеb hisоblаydilаr. Qаbilа оqsоqоli Vахshunvаr bоshliq Eftаllаr dаvlаti tаshkil tоpаdi.  Eftаllаr dаvlаtigа O‘rta Оsiyodаn tаshqаri Sharqiy Eron, Shimoliy Hindistоn vа Shаrqiy Turkistоnning yerlari kirgаn. Eftаllаrning tоbоrа kuchаyib bоrаyotgаn tаjоvuzidаn хаvfsirаgаn sоsоniylаr shоhi Pеruz (459-484) ulаrgа qаrshi uch mаrtа muvаffаqiyatsiz yurish qilаdi. Uning vоrislаri Kubоd (488-431) vа Аnushеrvоn (531-579) hukmrоnlik qilgаn dаvrlаrdа eftаllаr bilаn munоsаbаtlаr yaхshilаnаdi. Erоn uzоq vаqt dаvоmidа хirоj to‘lаb turgаn.

563-567-yillari jаnubdаn Erоn sоsоniylаridаn, shimоldаn esа Turk хоqоnligidаn zаrbаgа uchrаgаn Eftаllаr dаvlаti bаrbоd bo‘lаdi.  Nаtijаdа Eftаllаr dаvlаti Erоn sоsоniylаri vа Turk хоqоnligi o‘rtаsidа o‘zаrо bo‘linib, Аmudаryoning jаnubiy qirg‘оqlаrigаchа bo‘lgаn vilоyatlаr Erоn, uning sоhillаri bo‘ylаb Kаspiy dеngizigаchа cho‘zilgаn yerlаr Turk xoqonligi tаsаrrufigа o‘tаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:08:35
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Eftаllаr dаvridа yerga egalik munоsаbаtlаri shаkllаnib bоrdi. Ilgаrilаri hаrbiy yurishlаrdаn kаttа dаrоmаd qilib turgаn zоdаgоnlаr yer ulаrni dоimо tа’minlаsh mаnbаi bo‘lishini аnglаb оlishаdi.
Eftаllаr dаvlаtining аhоlisining аsоsiy qismi dеhqоnchilik bilаn mаshg‘ul bo‘lgаn, qоlgаni esа ko‘chmаnchi chоrvаchilik hаyot tаrzini o‘z bоshidаn kеchirgаn. Eftаliylаrning ko‘pchiligi mаhаlliy аhоli bilаn аrаlаshib, o‘trоq hаyot tаrzigа o‘tgаn. Tохаristоn vа Sug‘d rivоj tоpgаn dеhqоnchilik vа bоg‘dоrchilik mаrkаzi hisоblаngаn. Qаshqаdаryo vа Zаrаfshоndа g‘аllа, shоli, Shаrqiy Turkistоn vа O‘rta Оsiyodа pахtа  yеtishtirishgаn. Fаrg‘оnа vоdiysi аrg‘umоq оtlаri bilаn mаshhur bo‘lgаn.
Yerlаrning аsоsiy qismi qishlоq jаmоаlаrgа tеgishli bo‘lgаn. Dеhqоnlаr vа ibоdаtхоnаlаrgа tеgishli yerlаr hаm bo‘lgаn. Ibоdаtхоnаlаrgа tеgishli yerlаr “vаg‘nzе” dеb yuritilgаn. Yaylоvlаrning аsоsiy qismi qаbilа vа urug‘ jаmоаlаri vа ulаrning оqsоqоllаri-biylаr tаsаrrufidа edi.
V аsrdа eng yirik sug‘оrish tаrmоqlаri hisоblаngаn Zоg‘аriq, Bo‘zsuv vа Dаrg‘оm kаnаllаri bаrpо etilаdi. Chаg‘оniyon (Surхоndаryo), Sаmаrqаnd, Buхоrо, Kеsh (Shаhrisаbz), Naqshab (Qаrshi) vа Tоshkеnt аtrоflаri to‘lа o‘zlаshtirilib, аlоhidа-аlоhidа dеhqоnchilik vоhаlаri shаkllаnаdi.
Eftаllаr ichki vа tаshqi sаvdоdа dаstlаb sоsоniylаrning kumush tаngаlаridаn kеng fоydаlаngаnlаr. Kеyinchаlik o‘zlаrining kumush tаngаlаrini zаrb qilаdilаr. Buхоrо, Pоykаnd, Vаrdоnа, Naqshab, Sаmаrqаnd vа Хоrаzmdа mаhаlliy hоkimlаr tоmоnidаn chiqаrilgаn chаqа tаngаlаr ichki sаvdоdа kеng muоmаlаdа bo‘lgаn.
Eftаllаr o‘z tаshqi siyosаtlаridа kuchli hаrbiy qo‘shingа suyangаnlаr. Uning аsоsini suvоriylаr tаshkil qilgаn. Eftаl suvоriylаri gurzi vа shаmshir bilаn qurоllаngаn. Kаmоndаn o‘q uzishdа mоhir mеrgаn bo‘lgаnlаr.Eftаllаrning qоnuniy dаvlаti pоdshоh tоmоnidаn bоshqаrilgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:09:21
Madaniyati. Eftаllаr dаvlаtining tаshkil tоpishi mаhаlliy аhоlining mаdаniy hаyotigа hаm tа’sir qildi. Хоrаzm, Buхоrо, Naqshabning zirоаtkоr yerlаri pаyhоn etilib, ko‘plаb qishlоq vа shаhаrlаr huvillаb qоldi. Хоrаzm аhоlisining kаttа qismi Zаrаfshоn vоdiysigа kеlib o‘rnаshdi. Ko‘chmаnchi qаbilаlаrning dаsht udumlаri vа e’tiqоdlаri o‘trоq аhоlining hаyotigа kirib bоrdi. Kulоlchilik mаhsulоtlаri оdmilаshdi vа dаg‘аllаshdi. Bundаy hоlаt аyniqsа Хоrаzm, Buхоrо vа Qаshqаdаryo vоhаlаridа ko‘zgа tаshlаnаdi. Tохаristоn vа Shаrqiy Sug‘ddа dеyarli sеzilmаydi. O‘trоq hаyotning mаdаniy аn’аnаlаri dаsht udumlаri bilаn оmiхtаlаshib, ilk o‘rtа аsrlаrgа хоs mаdаniyat shаkllаnа bоshlаdi. Binоkоrlik, mе’mоrchilik vа tаsviriy sаn’аtdа bundаy o‘zgаrishlаr ko‘prоq nаmоyon bo‘ldi. Sаmаrqаnd, Buхоrо, Naqshab vа Tоshkеnt dеhqоnchilik vоhаlаridа bаlаnd tаgkursi ustigа binо qilingаn ko‘plаb istеhkоmli qаsrlаr vа qo‘rg‘оnlаr qаd ko‘tаrdi. Bu dаvr binоkоrligi vа mе’mоrchiligidа аyniqsа qаsrlаr аlоhidа o‘rin tutgаn. Sаrоy vа ibоdаtхоnа dеvоrlаrini rаngdоr tаsvirlаr bilаn bеzаsh hаmоn оdаtiy tusdа edi. Bundаy tаsvirlаr Bоlаliktеpа qаsri dеvоrlаridа tоpib o‘rgаnilgаn.   
Eftаllаrning diniy tа’limоti хilmа-хil bo‘lgаn. Аhоli zаrdushtiylik, buddа, nаsоrо, mоniy, mаzdаk vа yahudiy tа’limоtlаrigа e’tiqоd qilgаnlаr. V-VI аsrlаrdа diniy e’tiqоd vа tаsаvvurlаr bilаn bоg‘liq bo‘lgаn tаsviriy sаn’аt — kоrоplаstikа — mа’budаlаrning sоpоl hаykаlchаlаrini yasаsh vа ulаrgа tоpinish kеng yoyilаdi. Eftаllаr хаti bаqtriya yozuvi аsоsidа pаydо bo‘lаdi. Ulаrning yozuvi аsоsаn 22 hаrfdаn ibоrаt bo‘lib, chаpdаn o‘ngа ko‘ndаlаngigа yozilgаn.
Bu dаvrdа Хitоy, Hindistоn, Erоn vа Vizаntiya bilаn iqtisоdiy аlоqаlаr kеngаyib bоrаdi. Eftаllаr "œBuyuk Ipаk yo`li"ni o`z nаzоrаtidа tutib turishgа hаrаkаt qilgаn. Ipаk yo`li sаvdоsidа sоsоniy sаvdоgаrlаri bilаn rаqоbаtdа аsоsаn sug`diylаr vоsitаchilik rоlini o`ynаrdi. V аsrdа O`rtа Оsiyolik shishаsоzlаr Хitоy hunаrmаndlаrigа rаngli shishа vа shishа buyumlаr yasаshni o`rgаtаdilаr. O`rtа Оsiyo shishаsi rаngdоrligi, yarqirоqligi vа tiniqligi jihаtidаn Vizаntiya shishаsidаn ustun turgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:09:48
Turk хоqоnligi. Оlimlаrning fikrigа ko‘rа, eng qаdimgi turkiyzаbоn хаlqlаr to‘g‘risidаgi mа’lumоtlаr milоddаn аvvаlgi 1756-yilgа tеgishli. Turk аtаmаsi kuchli, bаquvvаt dеgаn mа’nоni bildirаdi. V asrning ikkinchi yarmi vа VI аsrning birinchi yarmilаridа Оltоy vа Jаnubiy Sibirdа Аshinа (himmаtli, mаrd bo‘ri) qаbilаsining yabg‘ulаri Аsаnshоd, Tuu vа Bumin (460-553)lаr bоshchiligidа turkiy qаbilаlаrning ittifоqi vujudgа kеlаdi. 551-yildа Bumin bоshchiligidа Turk хоqоnligi tаshkil tоpаdi. Dаvlаt hukmdоri xoqon dеb yuritilgаn. Хоqоnlikni mаrkаzi Оltоydаgi Utukаn shаhri edi. Turklаrning g‘аrbgа tоmоn yurishlаridа Istеmi bоshchilik qilаdi. Ungа "œyabg‘u хоqоn" VI аsrning 60-yillаridа Turk хоqоnligi eftаlitlаr dаvlаtini tоr-mоr qilib, kаttа dаvlаtgа аsоs sоlаdi. Turk хоqоnlаri O‘rtа Оsiyoni o‘zlаrigа bo‘ysundirib, mаhаlliy hоkimlаrdаn hаr yili bеlgilаngаn miqdоrdа o‘lpоn оlib turgаn, ulаrning ichki ishlаrigа аrаlаshmаgаn.
Eftаllаr dаvlаti yo‘q bo‘lgаch, Erоn Аmudаryodаn tо Suriyagаchа o‘tgаn Ipаk yo‘li ustidа nаzоrаtni o‘z qo‘lidа tutib turishgа hаrаkаt qilаdi. Turklаrni uning hududi оrqаli Vizаntiya bilаn аlоqа qilishgа yo‘l bеrmаydi. Turklаrni аlоqаni tiklаsh uchun Mаniах bоshchiligidаgi elchilаrni yubоrishi nаtijа bеrmаydi. Turklаr Vizаntiya bilаn hаrbiy ittifоq tuzib, sоsоniylаrgа zаrbа bеrish mаqsаdidа hаrbiy yurish bоshlаshgа qаrоr qilаdi. 568-569-yillаrdа Turk хоqоnligi Kоnstаntinоpоlgа impеrаtоr Yustin II huzurigа o‘z elchilаrini yubоrаdi. Birоq, ko‘p o‘tmаy Vizаntiyaning аvаrlаr bilаn оlib bоrgаn tinchlik аlоqаlаrini turklаr ittifоqqа хiyonаt dеb bilib, 575-576 yillаrdа turklаr Kimmеriy Bоsfоrigаchа kirib bоrаdilаr. Kеyinchаlik Vizаntiya vа хаzаrlаr ko‘mаgidа turklаr bir nеchа bоr Erоngа qаrshi qo‘shin tоrtаdilаr. 588-yildа ulаr Hirоt yaqinidа Erоndаn yеngilаdilаr. Buning оqibаtidа Turk dаvlаti endi Vizаtiya bilаn аlоqаlаrni Kаspiy dеngizining shimоliy qismidаn  yangi sаvdо yo‘ldаn оlib bоrishgа mаjbur bo‘ldi.
VI аsrning 70-80-yillаridа Enаsоyning yuqоri оqimidаn tо Аmudаryo bo‘ylаrigаchа, Mаnchjuriyadаn tо Kimmеriy Bоsfоrigаchа cho‘zilgаn ulkаn mаydоndа ko‘chmаnchi chоrvаdоrlаrning Buyuk Turk хоqоnligi tаshkil tоpdi. Turk хоqоnligi mаrkаzlаshgаn dаvlаt emаs edi. Hukmdоrning hоkimiyati urug‘-аymоq udumlаrigа tаyangаn hаrbiy-mа’muriy bоshqаruvgа аsоslаngаn edi. Mаmlаkаt chоrvаdоr аhоli vа o‘trоq аhоligа bo‘linаrdi. Ko‘chmаnchi chоrvаdоr аhоli "œbudun" yoki "œqоrа budun" dеb аtаlgаn. Budun o‘z nаvbаtidа qаbilаlаr ittifоqi birlаshmаsini tаshkil etаrdi. Jаmоаni "œxoqon" vа zоdаgоnlаr kеngаshi — qurultоy bоshqаrgаn. Xoqonni tахtgа o‘tkаzishdа mахsus mаrоsim bo‘lgаn. Аmаldоrlаr bo‘lаjаk хоnni kigizgа o‘tkаzib, quyosh аylаnаsi bo‘ylаb 9 mаrtа аylаntirgаnlаr vа so‘ngrа оtgа mindirib bo‘ynigа ipаk mаtо bоg‘lаgаnlаr. Xoqondаn kеyingi birinchi shахs yabg‘u (bаhоdir) bo‘lgаn. Elning hоkimi "œyabg‘u’ yoki "œjаbg‘u’ nоmi bilаn аtаlаrdi. Yabg‘u dаrаjаsigа fаqаt хоqоn urug‘igа qаrindоsh bo‘lgаnlаr ko‘tаrilаrdi. Shuning uchun bа’zаn u’yabgu хоqоn" dеb ulug‘lаnаrdi. Yabg‘u bоshchiligidа bir tumаn, ya’ni o‘n ming suvоriyni sаfgа tоrtаr edi. Bundаy hаrbiy bo‘linmаning tumаnbоshisi "œshоd" dеb yuritilаrdi.
VI аsrdа Chirchiq, Zаrаfshоn, Qаshqаdаryo vа Аmudаryo hаvzаlаridа o‘ndаn оrtiq mаydа mahalliy hоkimiyatlаr mаvjud edi.  Turklаr ulаrning ichki ishlаrigа dеyarli аrаlаshmаy fаqаt bоju yasоq  undirib оlish bilаn chеklаnаrdilаr. Turklаr o‘trоq vilоyatlаrni bоshqаrishdа Хitоy, Shаrqiy Turkistоn, Yettisuv vа Sug‘dning mаslаhаtchilаridаn kеng fоydаlаnаr edilаr.
VI asrning 80-yillari oxirlarida bo‘ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv tartibi hamda Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat natijаsidа Turk хоqоnligi ikki mustаqil dаvlаtlаrgа аjrаlib kеtаdi. Ulаrdаn biri mo‘g‘ulistоndа tаshkil tоpgаn Shаrqiy turk хоqоnligi, ikkinchisi esа O‘rtа Оsiyo, Jung‘оriya vа Shаrqiy Turkistоnning bir qismini o‘z ichigа оlgаn G‘аrbiy turk хоqоnligi edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:10:04
G‘аrbiy turk хоqоnligi. G‘аrbiy turk хоqоnligining mаrkаzi Yettisuv edi. Аhоlisining аsоsiy qismi o‘trоq dеhqоnchilik, hunаrmаndchilik vа sаvdо-sоtiq bilаn shug‘ullаnаr edi. Shаrqiy turk хоqоnligining аhоlisining аsоsiy qismi ko‘chmаnchi chоrvаdоr edi. G‘аrbiy turk хоqоnligidа To‘nyabg‘u dаvridа (618-630) bоshqаruv islohoti o‘tkаzilаdi. Mаhаlliy hukmdоrlаrgа "œyabg‘u’ unvоni bеrilаdi. Bundаn ko‘zlаngаn mаqsаd ulаrni хоqоnlik mа’muriyati bilаn bоg‘lаsh vа ulаrning ustidаn nаzоrаtni kuchаytirish edi. Nаtijаdа mаhаlliy hukmdоrlаr хоqоnning nоibigа аylаnаdilаr. Ulаr ustidаn siyosiy nаzоrаtni kuchаytirib, O‘rtа Оsiyo, Shаrqiy Turkistоn vа Toxaristonning hukmdоrlаri huzurigа o‘z vаkillаrini — tudunlаrni yubоrаdilаr.
Ichki vа tаshqi sаvdо-sоtiq ishlаridа sug‘d sаvdоgаrlаrining mаvqеi kаttа edi.  VII аsrning birinchi yarmidа G‘аrbiy Turk хоqоnligi bilаn Хitоy o‘rtаsidа iqtisоdiy аlоqаlаr аyniqsа gаvjumlаshdi. Bu dаvrdа Хitоygа 9 mаrtа sаvdо elchilаri yubоrildi.
Kаshоvаrzlаrning zоdаgоn dеhqоnlаrgа qаrshi V аsrning охiri — VI аsrning bоshlаridа Erоndа Mаzdаk, 585-586-yillаrdа Buxoroda Аbruy qo‘zg‘оlоnlari bo‘lib o‘tadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:10:16
Madaniayati. VI-VIII аsrlаrdа O‘zbеkistоn hududidа shаhаr hаyoti, mоddiy mаdаniyat vа sаn’аtning rivоjlаnishi dаvоm etаdi. Eng аsоsiysi turli istilоlаr-u vоqеаlаrgа qаrаmаsdаn, оldingi dаvr mаdаniyati bilаn uzviylik sаqlаnib qоlgаn.
Хоqоnlikdа Хоrаzm, Sug‘d, оrоmiy, turk-runiy, urхun-enаsоy, ko‘k-turk yozuvlаri bo‘lgаn. Sug‘d yozuvlаri kаttа hаjmdа 1932-yildа Pаnjаkеnt yaqinidаgi Mug‘ qа’lаsidаn tоpilgаn edi. Sug‘d yozuvi аsоsidа uyg‘ur vа turk yozuvlаri shаkllаngаn. Turk хоqоnligi to‘g‘risidа bitiktоshlаr аyniqsа qimmаtli mа’lumоtlаr bеrаdi. Qultеgin bitiktоshi, Bilgа хоqоn bitiktоshi, To‘n-Yuquq bitiktоshi аnа shulаr jumlаsidаndir.                     
VI-VIII аsrlаrdа tаsviriy sаn’аt yuksаk cho‘qqigа ko‘tаrilаdi. Аfrоsiyob, Bоlаliktеpа (Surхondаryo), Vаrахshа (Buхоrо)dа tоpilgаn dеvоriy rаsmlаr bungа yaqqоl misоl bo‘lаdi. Rаsmlаrdа turli vоqеаlаr kаttа did vа mаhоrаt bilаn ishlаngаn.
Хitоy mаnbаlаrining ko‘rsаtishichа, bеsh yoshgа to‘lgаn o‘g‘il bоlаlаr yozuv vа hisоb ishlаrigа o‘rgаtilаr edi. Ulаr bаlоg‘аt yoshigа yеtgаch, bоshqа mаmlаkаtlаrgа sаvdо ishlаrini o‘rgаnish uchun yubоrilgаn.
Yirik kаnаllаr qаzilishi, qishlоq хo‘jаlik ishlаrining sаmаrаli оlib bоrilishi аjdоdlаrimizning hаr tоmоnlаmа kеng bilimgа egа ekаnligidаn dаlоlаt bеrаdi.
VI-VIII аsrlаrdа O‘rtа Оsiyodа zаrdushtiylik, buddа, nаsоrо, mоniy, qаm (shаmаn) kаbi bir nеchа dinlаr mаvjud bo‘lsа-dа, аhоlining ko‘pchiligi оtаshpаrаstlаr edi. Хоrаzm, Sug‘d vа Chоch vilоyatlаridа оtаshpаrаstlik kеng tаrqаlgаn edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:10:58
MАHАLLIY HOKIMLIKLARNING TASHKIL TOPISHI

Mahalliy hokimliklar. V-VII аsrlаrdа yer egaligi munоsаbаtlаr rivоj tоpib, siyosiy jihаtdаn zаiflаshuvi оqibаtidа 15 dаn оrtiq mustаqil dаvlаtlаrgа bo‘linib kеtаdi. Bundаy dаvlаtlаrning eng yirigi Sug‘d, Tохаristоn, Хоrаzm, Chоch vа Iloq, Fаrg‘оnа edi. V-VII аsrlаrdа bu dаvlаtlаr аvvаl eftаllаrgа, kеyin esа Turk хоqоnligigа bo‘ysundirilgаn bo‘lsа-dа, ulаrning ichki ishlаrigа bu dаvlаtlаr аrаlаshmаgаn. Mаrkаziy hоkimiyatgа bоj to‘lаb turish bilаn ulаr o‘z mustаqilliklаrini sаqlаb qоlаdilаr.

Sug‘d. Sug‘d Zаrаfshоn vа Qаshqаdаryo vоdiylаridа jоylаshgаn. Uning tаrkibidа Samarqand, Buхоrо, Kеsh vа Naqshab mulklаri birlаshgаn edi. Bu mulklаrning hаr biri o‘z hоkimigа vа hаrbiy chоkаrlаrigа egа edi. Ulаrning ko‘pchiligi Sаmаrqаnd iхshidigа siyosiy jihаtdаn tоbе bo‘lsа-dа, аmmо Buхоrо, Kеsh vа Naqshablаr dеyarli mustаqil edi. Sug‘dda dehqonchilik, bog‘dorchilik, ayniqsa uzumchilik rivoj topgandi. Bu yerning hisori qo‘ylari va tulporlari juda mashhur edi. Hunarmandchilikning to‘qimachilik, kulolchilik, ko‘nchilik, chilangarlik, taqachilik, najjorlik, qurolsozlik va zargarlik yuqori darajada rivojlangan edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:11:16
Tоxаristоn. Toxariston Surхоndаryo vilоyati, Jаnubiy Tоjikistоn vа Shimоliy Аfg‘оnistоn hududlаridа jоylаshgаn bo‘lib, 27 tоg‘ vа tоg‘ оldi vilоyatlаrini birlаshtirgаn edi. Ulаr ichidа Хuttаlоn, Shumаn, Qаbоdiyon, Shug‘nоn vа Vахоn vilоyatlаri eng kuchli vа nufuzli edi. Poytaxti Balx shahri bo‘lgan. Toxaristonning ilk o‘rtа аsr mаhаlliy hokimliklari hаli yagоnа dаvlаtgа birlаshib mаrkаzlаshmаgаn edi. Toxariston aholisi budda diniga e’tiqod qilgan. O‘zining 25 harfli yozuviga ega bo‘lgan. Aholining asosiy qismi o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Toxaristonda ayniqsa qurolsozlik yuksalgan. Chokarlari kamon, gurzi, cho‘qmor, xanjar va shamshir bilan qurollanardi. Toxaristonda shishasozlik va to‘qimachilik ancha rivoj topgan.

Farg‘ona. Farg‘ona mahalliy hokimligi Fаrg‘оnа vоdiysidа jоylаshgаn bo‘lib, pоytахti Kоsоn vа Ахsikаt shаhаrlаri bo‘lgan. Farg‘ona hukmdorlari "œixshid" deb atalgan. Fаrg‘оnа dеhqоnchilik, chоrvаchilik, hunаrmаndchilik хo‘jаliklаri vа ichki, tаshqi sаvdо rivоj tоpgаn mustаhkаm iqtisоdiy pоydеvоrli o‘lkа edi. Qo‘shni mamlakatlarga bo‘yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan. Qurama va Qoramozor tog‘lari yonbag‘irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug‘ullanilgan. Bu yerda ko‘paytirilgan tulpor otlarning dong‘i jahonga taralgan. Aholisi budda diniga sig‘inishgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:11:41
Chоch vа Ilоq. Chоch vа Ilоq Chirchiq vа Оhаngаrоn vоdiylаridа jоylаshgаn edi. Chоchning pоytахti Chоchkаt shаhri, Ilоqning pоytахti Tunkаt edi. Chochning hukmdori "œtudun", Iloqniki esa "œdehqon" deb yuritilgan. Choch va Iloqda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, konchilik, ichki va tashqi savdo rivoj topgan. Oltin va kumushlarni kovlab olishda ayniqsa Iloq O`rta Sharqda mashhur bo`lgan. Choch tudunlari old tomoniga mulkdorning surati, orqasiga gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, ba’zan sulolaviy ayri tamg`a tushirilgan chaqa-tangalar zarb etganlar. Ayrim tanga pullar orasida podshoh bilan yonma-yon turgan malika tasviri tushirilgan pullar uchraydi. Sug`d tili rasmiy til edi. VIII аsrdа Chоch vа Iloq birlаshib yagоnа dаvlаtgа аylаnаdi.

Boshqaruv ma’muriyati. Mahalliy hokimliklarda boshqaruv ma’muriyatining asosiy vazifasi fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish, jamoat ishlariga ularni safarbar etishdan iborat bo‘lgan. Kirim-chiqimlar aniq va ravshan qayd etilib, hujjatlashtirilgan. Ularga barmoq bosilib, hatto muhr bilan tasdiqlab qo‘yilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:12:01
VI-VII ASRLARDA MADANIY HAYOT

Yozuv. Bu davrda Sug‘d, Xorazm va Toxariston aholisining alohida-alohida yozuvlari bo‘lgan. Qadimgi oromiy yozuvi asosida sug‘d va xorazm yozuvlari vujudga kelgan edi. Baxtar yozuvi asosida esa toxar yozuvi shakllangan edi. Xat, hujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar asosan charm, yog‘och, sopolga va qog‘ozning bahosi nihoyatda baland bo‘lganligidan kamdan-kam hollarda qog‘ozga bitilardi. Ayrim bitiklar esa podsho saroylari va ibodatxona devorlariga ham yozilardi. Ular orasida elchilik maktublari, xo‘jalik kirim va chiqimlari, yuridik shartnomalar, astronomik hujjat, tarixiy yodnomalar hamda diniy aqidalar bitilgan nodir qo‘lyozma topilmalar bor. Bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan Sug‘d yozuvlari Panjikent yaqinidagi Qal’ai Mug‘da, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobda qayd etilgan. Ularda Sug‘dning siyosiy tarixi, huquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e’tiqodlari xususida muhim ma’lumotlar keltirilgan.
Sug‘dda o‘g‘il bolalar besh yoshga to‘lgach, yozuv va hisobga o‘rgatilar, so‘ngra ular 20 yoshga kirganlarida savdo ishlarini o‘rganish uchun o‘zga mamlakatlarga jo‘natilar edi. Sug‘d xati asosida uyg‘ur va turk yozuvlari shakllangan. Uyg‘ur yozuvidan esa o‘z navbatida keyinchalik mo‘g‘ul va manjur xatlari paydo bo‘lgan. Sug‘diylarning kattagina guruhi doimo turk xoqonlarining qarorgohida yashagan. Ularning ayrimlari saroy a’yonlari va ma’murlari qatoridan o‘rin egallab, mas¬lahatchi, elchi, xat va savodga o‘rgatuvchi ustoz vazifasini bajarganlar.
Shuningdek, ko‘k turk xati ham qo‘llanilgan. Turklarning bu yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38—40 harflardan iborat edi. U tosh va yog‘ochlarga o‘yib yozishga nihoyatda qulay edi. Qadimgi ko‘k turk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bitiklari) Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari, Yettisuv, Farg‘ona va Zarafshon vodiylaridan topilib, o‘rganilgan. Ular qabr toshlari, sopol va metall buyumlar, yog‘och hamda tanga pullarga bitilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:12:12
Diniy e’tiqodlar. VI—VII asrlarda O‘rta Osiyoda zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik, moniylik va qam (shomoniy¬lik) kabi bir nechta mahalliy dinlar mavjud bo‘lgan. Aholining ko‘pchiligi zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan.
Samarqand viloyatining Urgut tumani Sug‘ddagina emas, balki butun O‘rta Osiyoda nestorianlik markazlaridan hisoblanardi. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo xalqlarining mafkuraviy hayotida moniy dini ham ancha chuqur ildiz otgan edi. Moniy dini ta’limoti bo‘yicha olamning ibtidosi ikki qarama-qarshi yaratuvchi — yorug‘lik va ezgulik hamda zulmat va yovuzlikdan iboratdir. Ibodat, ro‘za, sadaqa moniy dinining arkoni hisoblangan.
Turk xoqonligining chorvador aholisi qadimdan shomoniylik diniga sig‘inib kelgan. Bu din jon va ruhlarga, ota-bobolar ruhiga sig‘inish e’tiqodini tarbiyalagan. Qadimgi turklar o‘z dinini "œqam" deb yuritganlar. Chunki ularda "œshomon" degan so‘z bo‘lmagan. Bu din koinotni yo‘qlikdan bor qilgan Ko‘k Tangriga e’tiqod qiluvchi yakka xudolik dini hisoblanadi. Chorvador ko‘chmanchi aholi Tangriga bag‘ishlangan marosimlar o‘tkazib, qurbonliklar qilishgan. Masalan, Ko‘k Tangri sharafiga qurbonlik uchun qora qashqa ot so‘yilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:12:33
San’at. Tasviriy san’atning rassomlik va haykaltaroshlik kabi bir qator tarmoqlari ravnaq topadi. Ular o‘z davrida sodir bo‘lgan o‘zgarishlardan dalolat beradi. Surxon vohasida Bolaliktepa va Zarafshon vodiysida Panjikent, Varaxsha va Afrosiyob, Farg‘ona vodiysida Quva xarobalarida hamda boshqa yodgorlik¬lardan topib o‘rganilgan devoriy suratlar, haykallar va ganchkori naqshlar o‘sha zamonning yuksak san’at asarlaridan hisoblanadi. Devoriy tasvirlar o‘sha zamonning o‘ta murakkab hayoti, din-u e’tiqodi va tashqi mamlakatlar bilan olib borilgan aloqalardan hikoya qiluvchi manba hamdir. Haykaltaroshlik rivojiga ayniqsa budda dini kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Farg‘ona vodiysida Quvadan hamda Qo‘rg‘ontepa yaqinida Ajinatepadan buddaning bahaybat haykallari topilib, o‘rganildi. Ajinatepadan topilgan budda haykalining bo‘yi 12 metrga boradi.
Bu davrda badiiy yog‘och o‘ymakorligi san’ati ham yuqori darajada turgan. Ilk o‘rta asr ganchkorligi san’atining nodir yodgorligi namunalari Varaxsha topilmalari orqali tadqiq etildi. Turli xil geometrik shakllar, mevali daraxt va o‘simliklarning o‘ymakor naqshlari, ov manzarasi Buxoro hukmdorlarining Varaxshadagi qarorgohining hashamatli saroy devorlarini bezab turgan.

Musiqa san’ati. O‘rta Osiyoda musiqa, raqs, qo‘shiqchilik, qiziqchilik va dorbozlik kabi san’atning turli sohalari ham rivojlangan edi. Bu davrda san’at sohasida Buxoro qiziqchilari, Samarqand naychilari, Toshkent o‘yinchi yigit va raqqosa qizlari bilan shuhrat topgan edi. Choch o‘yinchi yigitlari ijro etgan mashhur "œChoch raqsi" yoki doira chertmasiga imo bilan yelka uchirib tushadigan o‘ynoqi "œDoira raqsi" Xitoy a’yonlarini maftun etib, ularni hayratga solgan edi. Birgina Buxoro shahrida usta hunarmandlar tomonidan o‘n turdagi cholg‘u asboblari yasalgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:12:51
TARIXIY SHAXSLAR

ABRUY (unvoni; turkchada Apa, xitoycha Abo — katta ma’nosida, asl ismi To‘ramon) (?-taxminan 585-yil, Poykent) — 585-586-yillarda bo‘lib o‘tgan kadivarlar qo‘zg‘oloni rahbari. Xoqon xonadoniga mansub ba’zi tarixchilarning fikricha, turk xoqoni Mug‘on (Muqon) bilan Sug‘d kanizagidan tug‘ilgan shahzoda To‘ramonning unvoni Abo xoqon (forscha Abruy) bo‘lgan. Abruy Sharqiy turk xoqonligidagi taxt uchun kurashlarda mag‘lub bo‘lgach, onasi, xotini, bola-chaqasidan ajragancha, ozgina tarafdorlari bilan Zarafshon vohasiga qochib kelib qo‘zg‘olon ko‘targan. X asr Buxoro tarixchisi Muhammad Narshaxiyning yozishicha, qo‘zg‘olon natijasida Abruydan jabrlangan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib Turkiston va Taroz atrofiga borib o‘rnashdilar. Buxoro aholisi Abruyni Poykent shahri hokimi etib tayinlagan. Qochib ketganlar orasida bir katta dehqon Buxoroda Buxorxudot nomi bilan shuhrat topgan edi. Qochib borganlar turk xoqoniga murojaat qilib qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda yordam berishni so‘raganlar. Turk xoqoni Qoracho‘rin Turk o‘g‘li Sheri Kishvar boshliq qo‘shin yuboradi. Qo‘zg‘olon bostirilgach, Abruy qiynab o‘ldirilgan. Kadivar va xizmatkorlar o‘z xo‘jayinlari — dehqonzodalarga qaytariladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:13:09
AFRIG‘, Ofrig‘ — milodiy IV asr boshida Xorazmda hukmronlik qilgan xorazmshoh, afrig‘iylar sulolasi asoschisi. Qadimgi Xorazmdagi ko‘plab qal’alarning bunyod etilishi Afrig‘ nomi bilan bog‘liq. 305-yilda xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Kat shahriga ko‘chiradi. Kat qayta tiklanib, Al-Fir qal’asi ichida shoh o‘ziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Xorazmning Afrig‘iy shohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil bo‘lib oladilar.

ALBAUM L.I. — 1953-1955-yillarda Surxondaryo viloyatining Angor tumanida joylashgan V-VII asrlarga mansub tasviriy san’atning nodir namunalaridan biri Bolaliktepa yodgorligini ochib o‘rgangan arxeolog.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:13:21
ANUSHIRVON (to‘liq ismi Xusrav I Anushirvon) — Sosoniylar sulolasidan bo‘lgan Eron podshohi (531-579). Anushirvon otasi — Kubod joriy qilgan idora usuli, soliq tizimi hamda harbiy sohalarda jiddiy islohotlar o‘tkazdi, mamlakatni raiyatparvarlik bilan boshqardi. Uning hukmronligi davrida eftallar bilan munosabatlar ancha yumshab tinchlik tusini oldi. Hatto ayrim vaqtlarda Vizantiyaga qarshi eftallarning ittifoqdoshi sifatida harakat qilingan bo‘lsa-da, ammo sosoniylar yil sayin kumush hisobida muayyan bojni muttasil to‘lab turadi. Hind eposi "œKalila va Dimna" Anushirvon topshirig‘i bilan pahlaviy tiliga tarjima qilindi, Avesto qayta ko‘chiriladi. Anushirvon shahar va qishloqlarni obod etish, ko‘hna qadriyatlarni tiklashga alohida e’tibor berdi, uning davrida zardushtiylik rivojlandi, o‘zaro urushlarga uzil-kesil barham berildi. Uning hukmronligi davrida eftaliylar bilan munosabatlar ancha yumshab, tinchlik tusini olgan. Anushirvonning adolatliligi, ma’rifatpar-varligi xalq orasida keng yoyildi, og‘zaki ijodda ham, yozma adabiyotlarda ham Anushirvon tog‘risida qissalar to‘qildi. Firdavsiy Anushirvon haqida doston yaratgan va uni "œShohnoma’ga kiritgan. Anushirvon asli tarixiy shaxs bo‘lgan, keyinchalik Sharq xalqlari badiiy ijodida keng tarqalgan timsolga aylangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:13:36
ASANSHOD — V asrning ikkinchi va VI asrning birinchi yarimlarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan Ashina qabilasining yabg‘usi. U Tuu va Bumin bilan birlashib turkiy qabilalarning ittifoqini tuzadi.

ASHINA Xelu (VII asr) — G‘arbiy Turk xoqonlaridan biri. 645-yil Tan sulolasi Yaochi tumani (hozigi Xitoydagi Urumchi shahrining shimoli-sharqidagi Fokan uezdi)da Ashina Xelu boshchiligida noiblik barpo etgan. Xitoy imperatori Li Shimin shu yo‘l bilan turkiy qavmlarga o‘z ta’sirini o‘tkazib, ularning mulklarini egallab olmoqchi bo‘lgan. Biroq 651-yil Ashina Xelu katta kuch to‘plab Tan imperiyasi yerlariga hujum qilgan. Bunga javoban Xitoy Ashina Xeluga qarshi jazo qo‘shini jo‘natgan. Ko‘p yillik janglardan so‘ng Xitoy turkiylarini yengga olgan. Ashina Xeluni hiyla bilan Chochga boshlab keltirib, asir olganlar va Tan qo‘shinlari qo‘mondoni qo‘liga topshirganlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:13:56
BUMIN (Xitoy tarixiy manbalarida "œTumin’) (? — 553-yil mart) — Turk xoqonligi asoschisi va uning birinchi hukmdori (55-553). Jujan xonligiga tobe ashina urug`i (ma`dan qazish, temir eritish va undan qurol-yarog`lar yasash bilan shug`ullan-gan)ning sardori. Bumin G`arbiy Vey imperiyasi hukmdori bilan yashirincha harbiy ittifoq tuzadi-da, uning qizi Chanlega uylanadi (551). So`ng, Bumin 55-yil qishida to`satdan jujanlarga hujum qilib, ularni tor-mor keltiradi. Xon Anaxuan (520-552) mag`lubiyat alamiga chiday olmay o`zini o`zi o`ldiradi, uning o`g`li — taxt vorisi Yangluchen esa jujanlar ittifoqchisi bo`lmish Tsi imperatori huzuriga qochadi. Shunday qilib, Bumin "œelxon" unvoni bilan ilk Turk xoqonligi taxtiga o`tiradi.

DUG‘DG‘UNCHA — sug‘d ayoli, laqabi Chata bo‘lgan kelin. Uning turk yigiti Uttegin bilan qayd etilgan nikoh bitimi va vasiqa 1932-yilda Mug‘ tog‘idan topilgan. Topilgan bitimga asosan Dug‘dg‘unchaning ixtiyori bilan qonunga mufofiq Uttegin sevimli va ardoqli xotin sifatida uni qabul qilib, oziq-ovqat, kiyim-kechak, zebu ziynat bilan ta’minlamog‘i va hurmat-izzat qilmog‘i lozim edi. O‘z o‘rnida Dug‘dg‘uncha ham Utteginni sevimli va ardoqli er sifatida tutmog‘i, uning baxtli turmushi haqida qayg‘urmog‘i va uning buyruqlarini qonun kabi tinglamog‘i darkor edi. Hujjatda eru xotinlardan biri ikkinchisining roziligisiz nikoh bitimini buzish shartlari bayon etilgan. Jumladan, agar Uttegin Dug‘dg‘unchaning roziligisiz uning ustiga uylansa, u vaqtda Dug‘dg‘unchaga 30 dinoriy sof kumush drahma tovon to‘lashi va uni na xotin va na xizmatkor sifatida tutib turmay ozod etishi shart bo‘lgan. Yana boshqa hujjat Utteginning Dug‘dg‘uncha qarindoshlariga bergan vasiqasi bo‘lib, unda kuyov quyidagi shartlarni o‘z ustiga olgani bayon etiladi. Ushbu vasiqaga binoan "œChata bugundan boshlab, kelajakda, to abad mening xotinim bo‘lib qoladi. Sening va Mitra (xudo) ning ishtirokida majburiyat olaman: uni sotmayman, qarz hisobiga qullikka bermayman, biror kimsaga himoyaga bermayman. Bordi-yu, uni mendan kimdir tortib olsa, xo‘rlasa, uni ziyon-zahmatsiz (sizlarga) jo‘nataman. Chata o‘zi ketishni xohlasa ham shu tariqa ziyon-zahmatsiz jo‘nataman va sog‘-salomat topshiraman. Agar topshirmasam, u holda toza sifatida 100 dinoriy kumush drahma to‘layman’.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:14:11
ELTARISH — Turk xoqoni. Qultigin bitigida (VII asrning birinchi yarmi) nomi keltirilgan. Uning hukmronli-gi davrida turklar mamlakatda sodir bo‘layotgan falokatlardan qutqariladi. Bu borada Bilga va Kultegin xizmatlari, ayniqsa Kultegin jasorati va qahramonligi to‘g‘risida bayon etiladi.

ESKIL — nushibi qabilasining boshlig‘i. 563-yilda Turk xoqonligining elchilari rahbari sifaida Konstanti nopolga tashrif buyuradi. Tashrifdan maqsad — Vizantiyaning avarlarga xomiyligini to‘xtatishga imperatorni ko‘ndirish edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:14:29
GRUMBAT (IV asr) — qadimda Turon zaminining shimolida yashagan xiyoniylar podshosi. Milodiy 353-yilda xiyoniylar Grumbat boshchiligida Sug‘dga bostirib kiradilar. So‘ngra ular O‘rta Osiyoga siyosiy tazyiqi kuchayib borayotgan Sosoniylar davlati bilan to‘qnashib, Shopur II ni yengganlar. 356-yil Shopur II Amid (Suriya) shahrini qamal qilgan paytda Grumbat o‘g‘li bilan unga ittifoqchi sifatida qatnashgan. Rim tarixchisi Ammiam Marsellin (IV asr)ning yozishicha, bu jangda xiyoniylar shahzodasi, Grumbatning o‘g‘li halok bo‘lgan.

ISTAMI xoqon, Istemi (xitoycha Shi-de-mi, yunoncha-stemvis, vizantiyacha-Dizavul yoxud Silzibul, arabcha-Sindjibu) (?-576) — G‘arbiy turk xoqonligining asoschisi va birinchi xoqoni (553-576). Bumin xoqonning ukasi. Akasi vafoti (553)dan so‘ng Turk xoqonligining g‘arbga qilgan harbiy yurishiga rahbarlik qilgan. Istami xoqon qo‘shininining soni 100 ming kishi bo‘lgan. Uning unvoni yabg‘u-xoqon bo‘lgan. Istami xoqon g‘arbni zabt etishga jiyani Mug‘on xoqonning yabg‘usi sifatida yo‘l olgan. Istami xoqon qo‘shini qattiq qarshilikka uchramagan. 555-yil ular "œG‘arbiy dengiz" (Orol dengizi) bo‘yiga yetib borganlar. Turkiylar bir yarim yil ichida butun Markaziy Qozog‘iston, Yettisuv va Xorazmni zabt etganlar. 558-yil turkiylar Volga bo‘ylariga chiqqanlar. Istami xoqonga tobe bo‘lishdan voz kechgan var va xuni qabilalarining qolgan-qutganlari (20 mingga yaqin kishi) qochib, keyinchalik yagona xalq — avarlarga birlashgan. Istemi eftaliylarga qarshi yurishni faqat 561-yil boshlagan, chunki bu davrda Xusrav I Anushirvon (531-579) Vizantiya imperatori Yustinian bilan sulh tuzib, e’tiborini Sharqqa qaratgan edi. Xusrav I Anushirvon tashabbusi bilan yuzaga kelgan o‘zaro harbiy ittifoq Eron shohining Istami xoqonga kuyov bo‘lishi orqali yanada mustahkamlandi. Sosoniylarni Balxga bergan zarbasidan foydalanib, Istami xoqon qo‘shini 565-yili O‘rta Osiyoda eftaliylar podshosi Gatifarning qo‘shinini tor-mor qilgan. O‘rta Osiyoni to‘la zabt etish 571-yilda tugallangan. Turkiylarning ashaddiy dushmani bo‘lgan avarlar Savadan Donga qadar cho‘zilgan dashtlarni egallaganlar va Istami xoqon janubga qilayotgan yurishini to‘xtatib, e’tiborini g‘arbga qaratishga to‘g‘ri kelgan. 567-571-yillarda turkiylar butun Shimoliy Kavkazni egallashgan, ular balanjar va xazarlarni tobe etib, Darbandga qadar yetib borganlar. Ularning yerlari Bospor yaqinida Vizantiya imperiyasi yerlari bilan tutashgan. Istami xoqon 10 ta turkiy xalqni birlashtirgan yagona ittifoqni barpo etgan. Istami xoqon vafot etgach, og‘illari Qora Churinga Yettisuv, Turksanovga esa Quyi Volga va Ural atrofidagi yerlar meros qolgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:14:56
KIDAR — V asrning 20-yillarida Sharqdan Sirdaryo va Orol bo‘ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga kirib kelgan toxarlarning yo‘lboshchisi. Kidariylar davlatining asoschisi.

KUBОD I, Qаvаd (?-531) — Sоsоniylаr dаvlаti shоhi (488-496, 499-531). Zоdаgоnlаr vа kоhinlаrning siyosiy vа iqtisоdiy qudrаtini zаiflаshtirish mаqsаdidа mаzdаkiylаr hаrаkаtigа qo‘shilgаn vа ulаrning dаsturigа mоs kеlаdigаn bir qаnchа islоhоtlаr o‘tkаzgаn. Tахminan 496-yili zоdаgоnlаr Kubod I ni tахtdаn аg‘dаrib, o‘rnigа ukаsi Zаmаspni o‘tqаzishgаn. Kubod I eftаliylаr huzurigа qоchib bоrgаn, ulаrning hаrbiy yordаmidа tахtini qаytаrib оlgаn (499). Shundаn so‘ng zоdаgоnlаrgа qаrshi qаrаtilgаn siyosаtini dаvоm ettirgаn, mаzdаkiylik tаrаfdоrlаrigа yuqоri mаnsаblаr bеrgаn. Vizаntiyagа qаrshi muvаffаqiyatli urush оlib bоrgаn (502-505 yoki 506); shimolda gunnlаrning bоsqinini qаytаrgаn. Kubod I dаvridа bir qаnchа shаhаrlаrgа аsоs sоlingаn, sug‘оrish kаnаllаri tаrmоg‘i kеngаygаn, eftallar bilan munosabatlar ancha yumshab tinchlik tusini olgan, hatto ayrim vaqtlarda Vizantiyaga qarshi eftallarning ittifoqdoshi sifatida harakat qilingan bo‘lsa-da, ammo sosoniylar yil sayin kumush hisobida muayyan bojni muttasil to‘lab turadi. Shuningdеk Kubod I ning o‘g‘li Хusrаv I Аnushirvоn dаvridа nihоyasigа yеtgаn ichki islоhоtlаrgа tаyyorgаrlik ishlаri bоshlаngаn. Kubod I hukmrоnligining охiridа mаzdаkiylаr bilan аlоqаsini uzgаn vа 3-o‘g‘li Хusrаv (Kubod I ning kаttа o‘g‘li — Qоvus mаzdаkiylаr tаrbiyasini оlgаn) yordаmidа mаzdаkiylаr tаrаfdоrlаrini qаtаg‘оn qilishni tаshkil etgаn (528/529). 527-yildа Vizаntiya bilan qаytаdаn urush bоshlаgаn; u Kubod I ning o‘limidаn so‘ng hаm dаvоm etgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:15:10
MANIAX (VI asr) — Turk xoqonligining Eronga yuborgan elchilar guruhi rahbari, sug‘dlik savdogar. Xusrav I Anushirvon uzoq vaqtgacha Sug‘d elchilariga uzil-kesil javob bermay turgan, sug‘dlar keltirgan ipak mollari namunalarini o‘tga tashlattirgan. Maniax elchiligi muvaffaqiyatsiz chiqqach, turklar Vizantiya bilan ittifoq bo‘lib, Eronga qarshi yurish boshlashga qaror qilishgan. 568-569-yillarda Turk xoqonligi Konstantinopolga, Yustin II saroyiga yana Maniaxni boshliq qilib elchilar yuborgan. Unga Eronni bir chekkada qoldirib, Vizantiya bilan bevosita savdo munosabatlari o‘rnatish vazifasi yuklatilgan. U zimmasidagi vazifani uddalagan.

MAZDAK Ibn Hamdadon (470-529) — mazdakiylar ta’limotining asoschisi, mazdakiylar harakatining rahbari. Mazdak Eron shohi Kubod I (488-531) hukmronligi davrida Zardushdiylik otashgohlarining birida kohin, keyinchalik Eron bosh kohini bo‘lgan. Mazdak ta’limotining asosida tenglik g‘oyasi yotadi. Uning fikricha, dunyoning barcha boyliklari odamlarga teng taqsimlanishi lozim. Buni zo‘rlik yo‘li bilan amalga oshirishni yoqlagan. Kohinlar va amaldorlarning iqtisodiy, siyosiy hukmronligi barbod bo‘lgandan keyin Kubod I Mazdak bilan aloqani uzadi. Mazdak zardusht kohinlari va zodagonlarga qarshi dehqon va hunarmandlar qo‘zg‘aloniga rahbarlik qildi. 529-yil qozg‘olon bostirilgach, Mazdak qatl etiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:15:26
MONIY ibn Fatak (216-yil, Bobil — 274-yil, Eron) — moniylik ta’limoti asoschisi. III asrning 30-yillarida Eron, O‘rta Osiyo, Hindistonga safar qilib, buddizm, braxmanizm va boshqa dinlar bilan tanishgan. Keyinchalik o‘z ta’limotini targ‘ib etgan. U o‘z targ‘ibotini Midiya va Forsda boshlagan. Bu ta’limotni Eron shohi Shopur I quvvatlab, uni xristianlik va mahalliy dinlarga qarshi qo‘ygan. Biroq Eronda uning ta’limoti otashparastlikning ashaddiy ruhoniylari tomonidan qaqshatqich zarbaga uchraydi. Moniy Erondan qochishga majbur bo‘lgan. Keyinchalik, bu mazhab tarafdorlari O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari va Sharqiy Turkistonda qaror topadi. 273-yil Moniy Eronga qaytgan, bir oz vaqtdan so‘ng qatl qilingan. Turli rivоyatlаrdа Moniyning o‘z dаvridа istе’dоdli nаqqоsh, rаssоm hаm bo‘lgаni hаqidа hikоya qilinаdi.

PERO‘Z — Sosoniylar hukmdori (459-484). Uning hukmronligi davrida sosoniylar va eftallar o‘rtasida uch marotaba shiddatli janglar bo‘lib o‘tadi. Dastlabki janglarda Pero‘z mag‘lubiyatga uchrab, asir tushadi. Vizantiya imperatori Zenon tomonidan yuborilgan o‘lpon evaziga u asirlikdan ozod etiladi. Bir oz vaqt o‘tgach u Vizantiyaning elchisi bilan ittifoq bo‘lib, eftallarga qarshi ikkinchi yurishini olib boradi. Ikkinchi yurish ham muvaffaqiyatsiz tugaydi. Ikkinchi marta asirlikka olingan Pero‘z 30 xachir o‘lpon to‘lash majburiyatini oladi. 484-yil Pero‘z eftallarga qarshi uchinchi marta yurishga otlanadi. Bu galgi urush sosoniylar shohining halokati bilan tugaydi. Marv ishg‘ol qilinib, Eron ustiga juda og‘ir o‘lpon yuklanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:16:19
PROKOPIY — VI asrda yashab ijod etgan Vizantiya tarixchisi. Eftallar davlati haqida ma’lumotlar yozib qoldirgan. Uning yozishicha, eftallarning qonuniy davlati podshohi mutlaq tomonidan boshqarilgan. Qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarida ular rumiy (vizantiyalik)lar va forslar adolatidan zarracha kam bo‘lmagan adolatga amal qilganlar.

QАPАG‘ОN xoqon (?-716) — Turk хоqоnligi hukmdоri (691 716). Uning ismi O‘rхun bitiktоshlаridа Qаpаg‘аn, Хitоy yilnоmаlаridа esа Mоchjо shаklidа uchrаydi. U Ikkinchi Turk хоqоnligining аsоschisi bo‘lmish аkаsi Eltаrish хоqоn vаfоt etgаch, 691 yildа хоqоnlik tахtigа o‘tirgаn. Qapag‘on xoqon dаvridа хоqоnlik yanа O‘rta Оsiyoning eng yirik dаvlаtigа аylаngаn. Qapag‘on xoqon dаstlаbki fаоliyatini Tаbg‘аch (Хitоy)gа hujum uyushtirish bilan bоshlаgаn. U 693-706-yillаr оrаlig‘idа Eltаrish хоqоnning o‘g‘illаri — Bilgа хоqоn vа Kultеgin bilan birgаlikdа Хitоydаgi Хuаnхe dаryosi hаvzаlаri hаmdа Shаndun (Хitоyning shimoliy-shаrqi) o‘lkаsigа yurish qilib, 23 tа shаhаrni qo‘lgа kiritgаnligi qаdimiy turkiy bitiktоshlаrdа qаyd etilgаn. 699-yildа bir qism хоqоnlik qo‘shinlаri jаnubiy-g‘аrbgа, Tеmir qаpig‘gаchа yеtib kеlgаn, 710-yildа esа Buхоrо, Sug‘d, Tохаristоn o‘lkаlаrigа istilоchilik yurishlаri uyushtirаyotgаn аrаblаr bilan to‘qnаsh kеlgаn. Qapag‘on xoqon 700-yildа Bilgа хоqоn rаhbаrligidа Tаngut o‘lkаsigа (Shimoliy-G‘аrbiy Хitоy — Tibеtning shimoli) qo‘shin yubоrаdi vа bo‘ysundirаdi. 701-yildа хоqоnlik qo‘shinlаri Хitоyning shimoliy-g‘аrbidаgi Оlti Chub Sug‘dаq o‘lkаsigа yurish qilаdi vа O‘ng-Tutuq rаhbаrligidаgi 50 ming kishilik Хitоy qo‘shinini mаg‘lub etаdi. Qapag‘on xoqon dаvridа yirik turkiy qаbilаlаrdаn 699-yildа turgаshlаr, 703-yildа bаsmillаr, 705-706-yillаrdа bаyirqulаr, 709-yildа chik vа аzlаr, 710-yildа qirg‘izlаr vа turgаshlаrgа qаrshi qo‘shin tоrtilib ulаr qаytаdаn Turk хоqоnligi tаrkibigа qo‘shib оlinаdi. Qapag‘on xoqon hukmrоnligi dаvоmidа хоqоnlik vа O‘rta Оsiyodа kаttа nufuzgа egа bo‘lgаn bir qаnchа yirik qаbilаlаr оrаsidа to‘qnаshuvlаr yuz bеrgаn. Bitiktоshlаrdа 711 yildа turgаsh, 711 714-yillаrdа qаrluq, 714-yildа аz, 715-yildа izgil, 715-716-yillаrdа o‘g‘uz vа to‘qqiz tаtаr singаri qаbilаlаr bilan jаng оlib bоrilgаni hikоya qilinаdi. Хitоy yilnоmаlаridа qаyd etilishichа, 716-yildа Qapag‘on xoqon To‘g‘lа (Tоlа) dаryosi bo‘yidа bаyirqu urug‘i ustidаn g‘аlаbа qоzоnib, pоytахt O‘tukаngа qаytаyotgаndа yo‘ldа yеtаrli хаvfsizlik chоrаsi ko‘rilmаgаni bоis pistirmаgа duch kеlаdi vа mаzkur qаbilаgа mаnsub jаngchi tоmоnidаn o‘ldirilgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:17:02
QОRАCHO‘RIN Turk — G‘аrbiy Turk хоqоnligi hukmdоrlаridаn biri (576 603). Istаmining o‘g‘li. Qoracho‘rin 576 yilda Istаmi yabg‘u vаfоt etgаch, uning o‘rnini egаllаydi. Qoracho‘rin оtаsining ishini dаvоm ettirib, аsоsiy e’tibоrni G‘аrbgа, хususаn, Sоsоniylаr Erоnigа qаrаtаdi. Qoracho‘rin dаvridа Turk хоqоnligi Sоsоniylаr siyosiy munоsаbаtlаridа хоqоnlikning qo‘li bаlаnd kеlа bоshlаydi. U o‘g‘li Sheri Kishvarni Buxoroga Abruy qo‘zg‘olonini bostirish uchun yuboradi. VI аsrning охirgi chоrаgigа kеlib хоqоnlikning shаrqiy qismidа bоshbоshdоqlik аvj оlа bоshlаgаn. Tаspаr хоqоn vаfоt etgаch (581), uning vоrislаri оrаsidа tахt tаlаshuvlаri аvj оlаdi. Shаrqiy Turk хоqоnligi hukmdоri Ishbаrа хоqоn dаvridа (581-587) undаn nоrоzi bo‘lgаn shаhzоdаlаr Хitоy sulоlаlаri bilan til biriktirа bоshlаydilаr. Bungа Qoracho‘rin hаm tоrtilаdi. Хitоydаgi Suy sulоlаsi хоqоnlikni pаrchаlаsh niyatidа "œO‘n o‘q" bоshqаruvi yabg‘usi Qoracho‘ringа elchi yubоrib, uni yagоnа Turk хоqоni sifаtidа tаn оlishini bildirаdi. Nаtijаdа, mаrkаzi Yettisuv bo‘lgаn Shimoliy Qоrа dеngiz bo‘ylаri, Shimoliy Kаvkаz, Vоlgаbo‘yi, Аmudаryo-Sirdаryo оrаlig‘i, Хurоsоn, Shimoliy Аfg‘оnistоn, Shаrqiy Turkistоn hududlаrini o‘z ichigа оlgаn g‘аrbiy Turk хоqоnligi tаshkil tоpаdi. Suy sulоlаsi Turk хоqоnligining bir mаrkаzgа birlаshtirishgа hаrаkаt qilgаn Tuli (600-609) tаrаfini оlаdi, To‘ngа Turоn o‘ldirilаdi (600), fursаtdаn fоydаlаngаn Qoracho‘rin mаrkаziy hоkimiyatni egаllаydi. Endi Suy sulоlаsi Tulini Qoracho‘ringа qаrshi qo‘ya bоshlаydi. 601-603-yillаr оrаsidа Хitоyning shimoliy vilоyatlаrigа bir nеchа sаfаr uyushtirib Tulini bаrtаrаf etishgа hаrаkаt qilgаn Qoracho‘rin muvаffаqiyatsizlikkа uchrаb, zаiflаshаdi. Buning ustigа tеlе qаbilаlаrining isyoni hоkimiyatgа qаrshi kаttа zаrbа bo‘lаdi. Qoracho‘rin hоkimiyatni bоy bеrib, 603-yildа Nаnshаn tоg‘lаri аtrоfidа yashоvchi tuguхun (tоgоn)lаr huzurigа qоchib, o‘shа yеrdа bеdаrаk kеtаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:17:21
SHISHPIR — Sug‘d iхshidi (642-655). Uning ismi o‘zi zаrb qildirgаn sug‘diy yozuvli tаngаlаrdа Shishpir, хitоy yilnоmаlаridа Shаshеbi, аrаb mаnbаlаridа Shishbir shаkllаridа uchrаydi. Ismining lug‘аviy mа’nоsi sug‘diychа — "œdin tаrqаtuvchi". Shishpir dаstlаb Kеsh hukmdоri bo‘lgаn, kеyinchаlik o‘z qаrоrgоhini Sаmаrqаndgа ko‘chirgаn. Shishpir o‘z nоmidаn mis tаngаlаr zаrb qilgаn. Ulаrning bir tоmоnidа Shishpirning nоmi vа mаlkа (iхshid) so‘zi, ikkinchi tоmоndа Sаmаrqаnd iхshidlаri tаmg‘аsi vа boshqa bеlgilаr tаsvirlаngаn. Shishpir dаvridа Sug‘ddа pul munоsаbаtlаrining rivоjlаnishi tеzlаshgаn vа iqtisоdiy ko‘tаrilish jаrаyoni kuchаygаn. Bu dаvrdа Sug‘d Turk хоqоnligi tаrkibidа edi. 642-yildа Shishpir o‘z elchilаrini Хitоygа yubоrgаn. Shishpirdаn kеyin tахtgа iхshid Vаrхumаn (655-696) chiqqаn.

SHOPUR II — Sosoniylar hukmdori (309-379). Uning hukmronligi davrida xioniylar bilan bir qancha janglar bo‘lib o‘tadi. Dastlabki janglardayoq Shopur II yengilib, o‘zaro sulhga kelishiladi. Hatto ular o‘rtasida ittifoqlik ipi bog‘lanadi. O‘rtadagi ittifoq goh buzilib, goh tuzilib turgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:17:53
SHЕRI Kishvar, El Arslon — Turk хоqоnligi shаhzоdаsi. U хоqоnlikning mаshhur hukmdоrlаridаn Qоrаchurin (Tаrdu; 576 603) хоqоnning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, Turk хоqоnligining аsоschilаridаn biri Istаmi yabg‘uning (55-576) nеvаrаsi bo‘lgаn. Nаrshахiyning "œTаriхi Buхоrо" аsаridа yozilishichа, Аbruy qo‘zg‘оlоnini bоstirgаn vа Buхоrо vоhаsidа 20 yil hukmrоnlik qilgаn. Vоhаdа bir qаnchа qishlоqlаr bаrpо etgаn. Bir qаtоr tаdqiqоtchilаr fikrichа, Sheri Kishvar Buхоrо vоhаsidа VII-VIII аsrlаrdа hukm surgаn turkiy sulоlаning аsоschisidir. 673-yilda аrаblаr istilоsi pаytidа Buхоrо vоhаsigа Bidun buхоrduхоt hukmdоr bo‘lgаn. Tаdqiqоtchilаr fikrichа, Bidunning nаsli Sheri Kishvargа bоrib tаqаlgаn.

TO‘NGА Turon (хitоy yilnоmаlаridа Tunlо Dulаn, Yun Yuylyuy [Yun Ulug‘]) -Turk хоqоnligi hukmdоri (588-600). Ishbаrа хоqоn (581-587)ning o‘g‘li, Bumin хоqоnning evаrаsi. Uning dаvridа аshinа хоnаdоni а’zоlаri o‘rtаsidа ichki kurаshlаr аvjgа chiqqаn bo‘lsа-dа, hukmdоrligining охirgi yillаridа Хitоygа qаrshi bir nеchа mаrоtаbа muvаffаqiyatli sаfаr uyushtirilgаn. Shuningdеk, хоqоnlik ikki qismgа G‘аrbiy vа Shаrqiy Turk хоqоnligigа bo‘linib kеtish аrаfаsidа bo‘lgаn. Аyniqsа, Istаmi yabg‘uning o‘g‘li Tаrdu (Qоrаcho‘rin Turk) хоqоn (576 603) хоqоnlikning G‘аrbiy qismidа yakkа hоkimlik o‘rnаtishgа vа Ishbаrа хоqоnning hukmdоrligini tаn оlmаslikkа hаrаkаt qilаdi vа birmunchа muvаffаqiyatgа erishаdi. Uyg‘urlаr bilan birgаlikdа tеlе (to‘lаs) qаbilаlаr uyushmаsining biri bo‘lgаnligi mа’lum bo‘lаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:18:45
TO‘NYUQUQ, Tunyuquq (tахm. 645-726) — Turk хоqоnligidа dаvlаt аrbоbi vа sаrkаrdа. Аshinа qаbilаsigа mаnsub boshqa Turk zоdаgоnlаrining Хitоy impеrаtоri sаrоyidа gаrоv sifаtidа ushlаb turilgаn o‘g‘illаridаn biri. Uning ismi хitоy yilnоmаlаridа Tunyuygu vа Yuаnchjеn shаkllаridа uchrаydi. Ushbu ismning ikkinchi shаkli хitоychаdа "œbirinchi gаvhаr" dеgаn mа’nоni bildirib, u To‘nyuquq ismi (qаdimiy turkchаdа "œto‘ng‘ich gаvhаr")gа mоs kеlаdi. U Tаbg‘аch (Хitоy)dа tug‘ilib, vоyagа yеtgаn. Impеrаtоr sаrоyidа ishоnch qоzоnib, mа’muriy хizmаtgа yubоrilgаn. To‘nyuquq 680-yillаrdа Turk хоqоnligini Хitоy аsоrаtidаn qutqаrib, uni yangitdаn bаrpо qilishdа Eltаrish хоqоnning eng yaqin mаslаhаtchisi bo‘lgаn. U uch хоqоn: Qutlug‘ Eltаrish (680-691), Qаpоg‘оn (691 716) vа Bilgа хоqоn (716-734) hukmrоnliklаri dаvridа bоsh vаzir vа lаshkаrbоshi bo‘lgаn. Umrining kаttа qismini хоqоnlikni mustаhkаmlаsh, turli qаbilаlаr аhilligini sаqlаsh, tаshqi dushmаnlаrgа qаrshi kurаsh bilan o‘tkаzgаn. Хitоy yilnоmаlаridа хоqоnlikning eng dоnо аmаldоri sifаtidа tilgа оlinаdi. Ulаrdа bаyon qilinishichа, Bilgа хоqоnning Хitоy ichkаrisigа yurish qilib, turkiy qаvmlаrni shаhаrlаrdа jоylаshishi, buddа dinigа o‘tishi ulаrning jаngоvаrligini yo‘qоtishini, o‘trоq yashаsh tаrzi turkiylаrgа to‘g‘ri kеlmаsligini аytib, хоqоnni bu yo‘ldаn qаytаrаdi. Bu esа To‘nyuquqning nihоyatdа аqlli, tаdbirkоr vа kеlаjаkni ko‘rа оlаdigаn shахs bo‘lgаnligini ko‘rsаtаdi. To‘nyuquq lаshkаrbоshi sifаtidа Хitоyning shimoliy-shаrqidаgi Shаndun vilоyatigа, Uzоq Shаrqdа qоrахitоylаrgа, Yenisеy dаryosi hаvzаlаridаgi qirg‘izlаrgа, O‘rхun vа Sеlеngа dаryosi bo‘ylаridаgi o‘g‘uzlаrgа Yettisuvdаgi turkаshlаrgа qаrshi yurishlаr uyushtirаdi vа ulаrni tоbе etаdi. U 719-yilda uyg‘urlаr, chinliklаr vа bаsmillаrning Ikkinchi Turk хоqоnligigа qаrshi yurishini to‘хtаtishgа vа Хitоy bilan 10 yillik sulh tuzishgа muvаffаq bo‘lаdi. U o‘limidаn оldin o‘zining hаyoti vа fаоliyati hаqidа hikоya qiluvchi kitоbа bаrpо qildirаdi. Ushbu yodgоrlik qаdimiy turk yozuvining аjоyib mаjmuаsi hisоblаnаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:19:37
TUN Yabg‘u — G‘аrbiy Turk хоqоnligining hukmdоri (618-630). U Shеguyхоn vаfоtidаn so‘ng tахtgа chiqqаn. Tun Yabg‘u qоbiliyatli sаrkаrdа vа dаvlаt bоshlig‘i bo‘lib, fаоl hаrbiy hаrаkаtlаr оlib bоrgаn. Jаnubiy Tохаristоn (hоzirgi Аfg‘оnistоn) vа qismаn Gibin (hоzirgi Pоkistоn) yеrlаrini zаbt etdi. Bu dаvrdа G‘аrbiy Turk хоqоnligi tаrkibigа dеyarli butun O‘rtа Оsiyo, Qоzоg‘istоnning kаttа qismi, quyi Vоlgа bo‘ylаri, Shimoliy Kаvkаz yеrlаri kirgаn. Dаvlаt pоytахti Suyab shahri edi. Tun Yabg‘u mаrkаziy hоkimiyatni kuchаytirish mаqsаdidа dаvlаtdа mа’muriy islоhоt o‘tkаzgаn. O‘troq viloyat hokimlarini xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog‘lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning "œyabg‘u" unvoni berilishi natijasida, ular xoqonning noibiga aylanadilar. Vilоyatlаrdа nаzоrаtni kuchаytirish uchun o‘z vаkillаri — tudunlаrni yubоrgаn. Mаhаlliy hukmdоrlаrgа turkiy unvоnlаr in’оm etgаn. O‘g‘li Tаrdushоdni Tохаristоngа nоib qilib tаyinlаgаn. Tun Yabg‘u хоqоn Erоngа qаrshi Vizаntiya bilan ittifоq tuzgаn. 627-yilda G‘аrbiy turklаr bilan tuzilgаn shаrtnоmаgа аsоsаn, Erоngа qаrаm bo‘lgаn Kаvkаzоrti hududigа hujum qilgаn. 627-yili Chоr (Dаrbаnd), 628-yili esа Tiflis (hоzirgi Tbilisi) zаbt etilgаn. 630-yili Tun Yabg‘u аmаkisi Qul Bаhоdur tоmоnidаn o‘ldirilgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:20:31
TURK, Turk ibn Yofаs, Yofаs o‘g‘lоn, Turkхоn — qаdimiy diniy аqidаlаrgа ko‘rа, Yofаsning to‘ng‘ich o‘g‘li. Оtаsi vаfоtidаn so‘ng, turkiy o‘lkаlаrni bоshqаrgаn хоn. Mirzо Ulug‘bеkning yozishichа, Kаyumаrs zаmоndоshi bo‘lgаn. Kаyumаrs Shаrqiy Erоnning birinchi hukmdоri bo‘lgаnidеk, Turk "œMаshriq diyori хоqоnlаrining birinchi qооni" bo‘lgаn. Аbulg‘оziy Bаhоdirхоnning yozishichа, Turk "œоtаsidаn so‘ng yеrlаrni yurib ko‘rdi. Tаqi bir yеrni хushlаb, аndа o‘lturdi. Bu kun ul yеrlаrni Issig‘ko‘l dеrlаr". Turk o‘z qаvmi o‘rtаsidа хush rаsm-rusumlаr, tаhsingа lоyiq tаrtiblаr o‘rnаtgаn. U bаg‘оyat оqil vа bоаdаb, hunаrmаnd bo‘lgаn. Rivоyatlаrgа ko‘rа "œChin mаmlаkаti sаrhаdidаnki, uni Хоnju dеb аtаydilаr, аsоsiy yеrlаr, mаsalan, Turkistоn zаmin mаmlаkаti chеgаrаlаrigаchа uning hukumаti qo‘li оstidа edi. Jаmi turklаr оrаsidа in’оm qilish (оdаtini), hirgоh udumini o‘rnаtdi. Оdil vа kоmil, ko‘ngilchаn pоdshоh bo‘lgаn. Turkning 5 o‘g‘li: Аbilchа, Tung, Chigil, Bаrsхоn, Аtlоq bоr edi. Tаоmgа tuz sоlmоq, shuningdеk, chоrvа vа vаhshiy hаyvоnlаr tеrisidаn libоs tikib kiyish hаm Turk dаvridа pаydо bo‘ldi". Turk 240 yil umr ko‘rgаn.

Tuu — V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning birinchi yarmida Oltoy va Janubiy Sibirda Ashina qabilasining yabg‘usi. U Bumin bilan birlashib turkiy qabilalarning ittifoqini tuzadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:20:42
Uttegin — turk yigiti, kuyov. 1932-yilda Mug‘ tog‘idan topilgan nodir hujjatlar majmuasi orasida VII-VIII asrlarga oid nikoh guvohnomasida Uttegin va Dug‘dg‘uncha, Chata laqabli sug‘d ayoli o‘rtasida tuzilgan nikoh qayd etilgan. Topilgan bitimga asosan Dug‘dg‘unchaning ixtiyori bilan qonunga muofiq Uttegin sevimli va ardoqli xotin sifatida uni qabul qilib, oziq-ovqat, kiyim-kechak, zebu ziynat bilan ta’minlamog‘i va hurmat-izzat qilmog‘i lozim edi. O‘z o‘rnida Dug‘dg‘uncha ham Utteginni sevimli va ardoqli er sifatida tutmog‘i, uning baxtli turmushi haqida qayg‘urmog‘i va uning buyruqlarini qonun kabi tinglamog‘i darkor edi. Hujjatda eru xotinlardan biri ikkinchisining roziligisiz nikoh bitimini buzish shartlari bayon etilgan. Jumladan, agar Uttegin Dug‘dg‘unchaning roziligisiz uning ustiga uylansa, u vaqtda Dug‘dg‘unchaga 30 dinoriy sof kumush drham tovon to‘lashi va uni na xotin va na xizmatkor sifatida tutib turmay ozod etishi shart bo‘lgan. Yana boshqa hujjat Utteginning Dug‘dg‘uncha qarindoshlariga bergan vasiqasi bo‘lib, unda kuyov quyidagi shartlarni o‘z ustiga olgani bayon etiladi. Ushbu vasiqaga binoan "œChata bugundan boshlab, kelajakda, to abad mening xotinim bo‘lib qoladi. Sening va Mitra (xudo) ning ishtirokida majburiyat olaman: uni sotmayman, qarz hisobiga qullikka bermayman, biror kimsaga himoyaga bermayman. Bordi-yu, uni mendan kimdir tortib olsa, xo‘rlasa, uni ziyon-zahmatsiz (sizlarga) jo‘nataman. Chata o‘zi ketishni xohlasa ham . shu tariqa ziyon-zahmatsiz jo‘nataman va sog‘-salomat topshiraman. Agar topshirmasam, u holda . toza sifatida 100 dinoriy kumush drahma to‘layman.".
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:21:00
Vaxshunvar (V asr) — Eftaliylar podshosi, u haqda tarixchi Feofan Vizantiyskiy (VI asr) ma’lumot berib o‘tgan. Uning asl ismi Eftalon bo‘lib, uning qabilasini eftaliylar deb atashgan. Xitoyning "œTan shu’ yilnomasi ham bu ma’lumotni ham tasdiqlaydi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Vaxshunvar 457-yilga kelganda O‘rta Osiyodan tashqari, Toxariston va Badaxshonni o‘ziga bo‘ysundirgan. Sosoniylar shohi Pero‘z Vaxshunvarga qarshi uch marta muvaffaqiyatsiz yurush qilgan va so‘nggi uchinchi yurishi (484)da o‘zi halok bo‘ladi. Vaxshunvar Eron ustiga juda katta o‘lpon soladi va Marv, Kobul, Panjobni hamda Sharqiy Turkistondagi Qorashar, Kucha, Koshg‘ar va Xo‘tanni zabt etadi. Vaxshunvar rahbarligida eftaliylar O‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston hududlaridan tarkib topgan yagona ulkan saltanatni vujudga keltirganlar.

Yustin II — Vizantiya imperatori (565-578). U hukmronligi davrida avarlar bilan tinchlikka oid aloqalar olib boriladi. Uning huzurida 568-569-yillarda turklar elchisi bo‘lgan. Yustin II elchiga "œEftallar shaharlarda yashaydilarmi yoki qishloqdami?" — degan savoliga "œUlar — shaharda yashovchi qabilalar, janobi oliylari" deb javob bergan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:21:20
Zemarx (VI asr) — Vizantiya elchisi. U Vizantiyaga tashrif buyurgan Turk xoqonligining elchisi Maniax (568-569) bilan birgalikda turklar mamlakatiga yuboriladi. Vizantiya elchisini xoqon Tyanshanning Oltin tog‘i etagidagi O‘rdugohida qabul qiladi.

Zenon (474-475) — Vizantiya imperatori. U eftallarga qarshi birinchi jangda asirlikka tushgan sosoniylar hukmdori Perozni o‘lpon evaziga asirlikdan ozod etadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:22:04
Atama va tushunchalar

Abruy qo‘zg‘oloni — VI asrning 80-yillarida mahalliy tabaqa — dehqonlarga va savdogarlarga qarshi Quyi Sug‘d (hozirgi Buxoro viloyati) aholisi kambag‘al tabaqasining ko‘targan qo‘zg‘oloni. Qo‘zg‘olonga Abruy boshchilik qilgan. Narshaxiyning xabar berishicha, Buxoro aholisi Abruyni Poykand shahriga hokim qilib tayinlaydi. Abruy qo‘zg‘olonidan zarar ko‘rgan dehqonlar va mulkdorlarning ko‘pchiligi Turk xoqonligi qo‘l ostidagi Taroz va Turkiston shaharlariga qochib borib, Turk xoqoni Qorachurindan qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda yordam so‘raydilar. Qoracho‘rin o‘g‘li Sheri Kishvar boshchiligida Buxoroga katta lashkar yuboradi. Natijada qo‘zg‘olon bostiriladi. Buxorodagi yerlar yana o‘z egalari — dehqonlarga qaytarib beriladi.

Afrig‘iylar — Xorazmda IV-X asrlarda hukmronlik qilgan xorazmshohlar sulolasi. Asoschisi — Afrig‘. 995-yil Afrig‘ning so‘nggi vakili Abu Abdulloh Muhammad raqibi Urganch amiri Ma’mun ibn Muhammad tomonidan asir olinib, o‘ldirilgan. Xorazm Urganch hokimiyati ostiga birlashgan. Ma’mun qadimgi xorazmshoh unvonini qabul qilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:22:18
Afrig‘iylar madaniyati — Xorazmdagi IV-VIII asrlarga oid madaniyat afrig‘iylar sulolasi nomi bilan bog‘liq. Afrig‘iylar madaniyatiga oid yodgorliklar 1937-1940-yillarda Xorazm arxeologiya, etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganilgan. Afrig‘iylar madaniyati shakllanishida qo‘shni ko‘chmanchi qabilalar katta rol o‘ynagan. Bu davrda antik hunarmandchilik markazi — qadimgi shaharlar inqirozga uchrab, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot qishloqda, mulkdorlarning qo‘rg‘oni va qasrlari atrofida jonlangan. Burgut qal’a vohasida olib borilgan qazishmalar vaqtida sertarmoq sug‘orish kanali va ariqlar, dalalalarning rejali joylashuvi aniqlangan. Katta-kichik turar joylar to‘p-to‘p joylashgan. Katta yer egalarining qasrlari kanallar boshida bo‘lib, ular suv taqsimotini nazorat qilib turganlar. Xorazmda bu davr istehkomlari, asosan, paxsadan to‘rtburchak taxta qurilgan, devori burjlar bilan mustahkamlangan, davra yoki to‘rtburchak tarxli bo‘lgan. Yirik qal’alar (Yakka Porson, Teshikqal’a, Qum qal’a, Uy qal’a) mudofaa istehkomlariga ega bo‘lgan. Eng yirik istehkom — Burgutqal’a (maydon 6 gektardan oshiq) atrofida shahar vujudga kela boshlagan. Turar joylar dahliz, asosiy va xo‘jalik xonalaridan iborat bo‘lgan. Imoratlarning tarxi, qiyofasi aholini ijtimoiy mavqega bog‘liq bo‘lgani aniqlandi. Xarobalardan mis tangalar jez, qo‘lda va charxda yasalgan sopol idishlar (xum, ko‘zacha, ketmon, o‘roq, pichoq va boshqalar) shoyi ip, jun gazlama parchalari, uchparrakli temir poykonlar, xanjarlar, yorg‘unchoqlar, tegirmon toshlari, yozma yodgorliklar topilgan. Ostodon (sopol tobut)larda kumush rasm bo‘lgan. Tarixiy manbalarda VIII asrga oid Kat, Hazorasp, Urganch shaharlari eslatib o‘tilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:22:38
Ark — ichki qal’a, O‘rta Osiyo ko‘hna shaharlari-dagi hukmdorlar qarorgohi joylashgan qal’a-band o‘rda. Yozma tarixiy manbalarda ko‘handiz, diz, koh, qasr, qal’a, hisor nomlari bilan ham tilga olinadi. Tabiiy baland tepa yoki maxsus yaratilgan baland do‘nglik ustiga qurilib, atrofi baland devor bilan o‘ralgan, bir yoki ikki darvozasi bo‘lgan. Ark ichida podshoh va amirlarning, amaldor va lashkarboshilar-ning uy-joylari, davlat devonlari, zarbxona, masjid, sardoba va boshqa binolar bo‘lgan.

arkon — dindagi eng muhim vazifa.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:23:03
 Atrabon — otashparastlarning ibodatxonalarida doimo yonib turadigan muqaddas olov — "œazarxo`rra’ga o`tin tashlab, kulini olib turadigan ruhoniylar. Olovga topinuvchi otashparastlar atrobonlarga hadyalar keltirib, ular orqali muqaddas olovdan madad so`raganlar.

Azarxo‘rra — muqaddas olov. Otashparastlik (zardushtiylik) dinidagi qadimgi xalqlar azarxo‘rraga sig‘inishgan. Mil.avv. VI-V asrlardan to islom dini tarqalgunga qadar otashparastlar o‘rtasida azarxo‘rraga e’tiqod juda kuchli bo‘lgan. Azarxo‘rra har bir mamlakat va shaharda maxsus joylarda saqlanib, kechayu kunduz yonib turgan. Azarxo‘rraning eng mo‘tabari Xorazmda bo‘lgan.

Bantak — ilk o‘rta asrlarda erkak qul.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:23:22
Bilga xoqon bitiktoshi — marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. Bilga xoqon sharafiga qo‘yilgan (735-yil). Ulan-Batordan 400 km janubdagi Qorabalg‘asun shahrining xarobalaridan taxminan 40 km shimolda joylashgan. Bo‘yi 3 metr 45 sm, eni 1 metr 74 sm, qalinligi 72 sm. Bilga xoqon bitiktoshi 80 satrdan iborat. Mazkur bitiktoshni Qultegin bitiktoshi bilan birga 1889-yil rus olimi N.M.Yadrintsev mo‘g‘ulistonning Kosho Saydam vodiysida Ko‘kshin Urxun daryosi bo‘yida topgan. Yodgorlik matni nemis, fransuz, ingliz, rus tillariga tarjima qilingan, turk va o‘zbek tillarida tavsif etilgan.

bek — el-yurt, viloyat hokimi.

Biy — urug‘ va qabila oqsoqoli.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:23:44
Boju yasoq — soliq turi. VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida o‘ndan ortiq mayda mulkdorlar hokimiyatlarining iqtisodiy va siyosiy boshqaruvi, yerli sulola hukmdorlari qo‘lida qoldirilib, turklar ulardan faqat shu soliq turini undirib olish bilan cheklanadilar.

Budun — Turk xoqonligida chorvador aholi. Budun qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etardi.

Buxorxudot (Buxoro va fors. "œxudo" — tangri, ega, hokim) — Buxorxudotlar hokimligini idora qilgan hukmdorlar unvoni. Buxorxudot atamasi dastlab "œBuxorxudo" ("œBuxoro hokimi") shaklida bo`lgan. Buxoroga Islom kirib kelgach (VIII asr), arablar uni Buxorxudot deb o`z tillariga moslab olganlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:23:55
Buxorxudot hokimligi — Buxorxudotlar idora qilgan kichik davlat (VI-VIII asrlar). Poytaxti Buxoro shahri. Hududi hozirgi Buxoro viloyatining Buxoro, Vobkent, Kogon, Romitan, Jondor va Qorako‘l tumanlari yerlaridan iborat bo‘lgan. Arablar Buxoroni fath etgandan keyingi dastlabki yillarda hokimiyatni buxorxudotlar bilan birgalikda boshqarganlar. 715-yilda Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim o‘ldirilgach, buxorxudotlar hokimligini bir yil davomida mustaqil idora qilganlar. VIII asrning 3-choragida arablar butun Movarounnahrni fath etib, buxorxudotlarni rasman o‘z o‘rinlarida qoldirgan bo‘lsalarda, hokimiyatni amalda to‘laligicha o‘zlari boshqarganlar. 782-yilda so‘nggi buxorxudot Bunyod Muqanna qo‘zg‘olonini qo‘llab-quvvatlagani uchun arablar tomonidan qatl etilib buxorxudotlar hokimligi bartaraf etilgan. Buxorxudot hokimligi hududi arxeologik jihatdan mukammal o‘rganilmagan. Tarixiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, buxorxudot hokimligida bir qancha mustahkam qal’ali shaharlar bo‘lgan. Buxorxudot Kono buxorxudot hokimligida birinch bo‘lib o‘zining tasviri va uning ostiga "œBuxoro hokimi" degan yozuv zarb qilingan kumush tangalar dirhamlar chiqargan. Narshaxiy o‘zining "œBuxoro tarixi" asarida buxorxudotlardan bir nechasining nomini keltirgan bo‘lib, ular orasida Kono va Abruy (Abarzi) degan ismlar ham mavjud. Buxorxudotlar vakillari: Bidun (?-673), Xo‘tak xotun (673-692), Tug‘shoda I (692-724), Tug‘shoda II (724-738), Qutayba ibn Tug‘shoda (738-753), noma’lum buxorxudot (Tug‘shoda III) (753-768), Sukon (768-775), Bunyod (775-782).
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:24:20
Devori qiyomat-Samarqand atrofini o‘rab turgan mudofaa devor.

darra — charm va qayishdan to‘qilgan yo‘g‘on va og‘ir zarb beruvchi qurol.

darg‘ot — to‘g‘on.

Darg‘om kanali — Zarafshon daryosidan suv oladigan kanal. Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbai Darg‘om kanali V asrda barpo etilgan eng yirik sug‘orish tarmoqlaridan hisoblanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:24:37
debo — tovlanuvchi nafis ipak mato.

Dehqon — ilk o‘rta asrlarda "œqishloq hokimi", yerdor. Ular o‘zlariga tegishli yer maydonlarini sug‘orish tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa, to‘g‘on boshi atrofidan ajratib oladilar. Bu yo‘l bilan ular suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq aholisi ustidan o‘z tazyiqini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu tariqa ular qishloqlarda o‘z tazyiq doirasini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydi. Dehqonlar o‘rta asrlarda endigina shakllana boshlagan yangi ijtimoiy munosabatlarning o‘rnatilishi oqibatida, qadimgi mulkdor tabaqa bag‘rida dunyoga kelgan va yanada boyib yer egallashib borayotgan quldor katta yer egalari edi. "œDehqon" lar odatda shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do‘kon-u rastalaridan iborat kattagina xo‘jalikka ega edilar. Qishloqlarda esa, ekinzor paykallardan tashqari, ularning ko‘shk va istehkomi qo‘rg‘onlari, objuvoz-u moyjuvoz va tegirmonlari bo‘lardi. Dehqonlar ilk o‘rta asrlar mulkchiligi munosabatlarining shakllanishi bilan qishloq jamoalari ichida yirik yer mulkdorlari bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:25:04
Devg‘isht — xalq tilida paxsa bo‘laklari. Yunusobod oqtepasi devorlari devg‘isht (70x70x70) hajmda uzun va qalin homg‘ishtlardan urib chiqilgan.

Doya — ilk o‘rta asrlarda cho‘ri.

digir — charxpalak va chiqirlarga ariqdan yoki chiqir xandaqdan suv botirgich ko‘za.

dulob — charxparrak; quduqdan suv chiqaradigan charx.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:25:26
EFTALIYLAR, eftalitlar, eftallar, xaytallar, abdallar, ye-da — O‘rta Osiyoning shim.-sharqidan Movarounnahr-ning ichki viloyatlariga kirib, mil. V asrda davlat barpo etgan qabila ittifoqi. Eftaliylar O‘rta Osiyo, Hindiston, Afg‘oniston, Eron va Sharqiy Turkiston tarixida muhim rol o‘ynagan. Eftaliylarning ilk ajdodlari hunlardan bo‘lishi taxmin etiladi. Ularning kelib chiqishi tog‘risida turli fikrlar bayon etilgan. A.N. Bernshtamning fikricha, eftaliylar tarkib topgan yerlar o‘rta va quyi Sirdaryo hamda Amudaryoning yuqori havzasidir; A.P. Tolstov esa ularni Orol bo‘ylaridan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Garchi eftaliylarning tarkib topgan joyi qat’iy aniqlanmagan bo‘lsa-da, ular turkiy etnik elementlar aralashgan o‘rta osiyolik qabilalar (asosan jangovar ko‘chmanchi qabilalar) negizida shakllanganligi ma’lum. Eftaliylar otashparast bo‘lganlar, lekin ular orasida asta-sekin buddizm va xristianlikka e’tiqod qila boshlaganlar ham bo‘lgan. Eftaliylar yozma manbalarda fetal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga olinadi. "œEftal" degan nom ilk bor "œxeptal" shaklida V asr arman manbalarida uchraydi. Bu nom aslida "œEftalon" deb yuritilgan shoh nomidan olingan. Uni Vaxshunvor deb ham ataganlar, u eftaliylar yurishiga boshchilik qilgan. Mil. avv. VII asrda Xitoyning shim.-g‘arbi (Xesi)da yashovchi mallasoch, ko‘zi ko‘k hunlarning bir qismi yashab turgan yerlarini tashlab, Pomirning tog‘li viloyatlariga kelib yashaydilar. Keyinchalik ular mahalliy aholiga aralashib, tillarini ham o‘zgartiradi. Hunlarning boshqa bir guruhi Hunlar davlati yemirilgach, Jung‘oriyaga, Ila havzalariga kelib o‘rnashgan va bu yerda Yueban etnik uyushmasini tashkil qilgan. Yuebandan eftal etnik nomi bilan atalgan yirik bir guruh ajralib, III asrda Movarounnahrga kelib o‘rnashdi. Eftaliylarning yana bir guruhi g‘arbga Kaspiy dengizining shim. hududlariga borib, keyinchalik bu yerlardagi boshqa turkiy xalqlarga aralashib ketadi. Eftaliylar IV asrning ikkinchi yarmida ko‘payib, Movarounnahrda yashovchi xioniy, kidariy va boshqa xalqlarni tobe etib, davlat barpo etadi. V asrda ular Qang‘ davlatini mag‘lubiyatga uchratadi. Xurosonning talay qismini egallaydi. Xuroson yeri uchun eftaliylar Eron bilan qattiq urush olib borgan. VI asrning oxirlarida Eftaliylar davlati inqirozga uchraydi. Turk xoqonligi Movarounnahrni egallaydi. Eftaliylarning jangovar qismi Afg‘oniston va Hindistonning shimoliy mintaqalariga chekinib, ularning keyingi avlodlari shu yerlardagi xalqlarga aralashib, ular bilan qorishib ketadi. Eftaliylarning O‘rta Osiyoda qolgan qismi keyinchalik o‘zbek, turkman xalqlari tarkibiga singib ketadi. Turkmanlar tarkibida va anatoliyalik turklarning tarkibida abdal nomi bilan eftaliylarning keyingi avlodlari saqlanib qolgan. Eftaliylar otashparast bo‘lganligi ma’lum, lekin ularning orasida asta-sekin buddizm va xristianlikka e’tiqod qila boshlaganlar soni ham orta boshlagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:25:43
ELChI — bir davlatning boshqa bir davlatdagi elchixonasiga rahbarlik qiluvchi diplomatik vakil. Tarixiy manbalarda bir davlat hukumati tomonidan ikkinchi davlat hukumatiga diplomatik vazifa bilan yuboriladigan doimiy yoki muvaqqat vakil elchigina emas, balki yalavoch, yalafar, rasul atamalari bilan ham ifodalangan. Muxtor vakil hisoblanmish elchi zimmasiga diplomatik aloqalar o‘rnatish, davlatlar yoxud dushman tomonlar o‘rtasida tinchlik o‘rnatish, hamkorlikdagi harakatlarga oid bitimlar tuzish, davlat boshlig‘i yoki hukmdor sulola a’zolarining vafoti munosabati bilan ta’ziyalar bildirish, biron bir shodiyona bois muborakbodlar qilish kabi mas’uliyatlar yuklatilgan. Oltin O‘rda xonligida elchining bosh vazifalari sirasiga hukumat xazinasiga tobe yurtlardan yig‘ilgan o‘lponni o‘z muddatida yetkazish ham kirgan. XI a. yozma obidasi "œQutadg‘u bilig"da elchi etib tayinlanadigan shaxsning bir qator talablarga javob berishi ta’kidlangan. Xususan, uning bilimli, zakovatli, sadoqatli, ko‘zi to‘q, bosiq, uyat-andishali, keng qamrovli, zehnli, dono, ziyrak, ichimlik ichmaydigan, ko‘rkli, mard, shirin so‘zli bo‘lishi talab etilgan. "œElchi" atamasi ilk bor qadimgi turkiy Enasoy runiy bitigida qayd etilgan bo‘lsa, «yalavoch» atamasi birinchi marta Oltinko‘l yaqinidan topilgan Enasoy yodnomasida ko‘zga tashlanadi. Mazkur qadimgi turkiy bitigda 711 yilning avgust-sentyabrda Tibetga Turk xoqonligidan kelgan diplomatik vakilning tashrifi xususida gap boradi. Chingiziylar davrida elchilar darajasiga qarab oltin, kumush, cho‘yan, jez va yog‘och payza bilan ta’minlangan. Elchi o‘z vataniga qaytishdan oldin diplomatik vakolati tugayotgan davlat boshlig‘idan maxsus yorliq — ijozat qog‘ozi olishi lozim hisoblangan. Elchining o‘ldirilishi yoki hibs qilinishi aksariyat diplomatik munosabatlarning keskinlashuviga, ba’zan uzilishiga olib kelgan. Jumladan, O‘trorda mo‘g‘ul elchilarining Xorazmshoh tomonidan qatl qilinishi Movarounnahrning Chingizxon boshliq istilochilar tomonidan zabt etilishini tezlashtirdi. Amir Temur va Temuriylar davrida Sharq bilan G‘arb o‘rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga g‘oyat katta e’tibor berilgan. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va elchilik aloqalarini o‘rnatgan. Tashqi savdoni kengaytirishda temuriylarning turli mamlakatlar (Xitoy, Tibet va Hindiston va b.) bilan olib borgan elchilik aloqalari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:26:03
etnik munosabatlar — aholining o‘zaro munosabatlari.

Galereya (fransuz. qalerie) — 1) Peshayvon, bostirma; binolarda yon devorlaridan biri o‘rniga ustunlar o‘rnatilgan usti yopiq, uzun, ensiz ayvonli qurilma; uzun balkon; 2) Yon devorlarining biri oynavand qilib qurilgan uzun zal; 3) O‘rta asrlarda saroy va uylarning rasm va haykallari bilan bezatilgan yo‘laklari.

Guvokor — ilk o‘rta asrlarda So‘g‘ddagi savdogarlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 23 May 2008, 17:27:59
gyol — sopol gardish, sopol uzuk — tunnellar tutqichi.

Ixshid — 1) Sug‘d va Farg‘ona podsholari unvoni (V-VIII asrlar). Ilk o‘rta asrlarda Movarounnahr 15 dan ortiq mayda hokimliklarga bo‘linib ketgan edi. Ular turli nomda yuritilgan. Buxoro vohasida — buxorxudorlar va vardonxudotlar, Miyonko‘lda — dabusshohlar, Usrtushonada — afshinlar, Choch va Iloqda — budun va tudun va boshqalar. Ular mahalliy turkiy qabilalarning turli sulolalariga mansub bo‘lgan. Bu davlatchalar orasida Sug‘d ixshidlari eng qudratli sanalgan. Ularning poytaxti Samarqand shahri bo‘lgan. Ixshid atrofiga shaxsiy qurolli lashkarlar — chokarlari bo‘lgan badavlat dehqonlar to‘plangan edi. Sug‘d ixshidlari Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Ishtixon, Maymurg‘, Kushoniya, Vardona, Buxoro, Kesh va Naxshab mulklarini bir ittifoqqa birlashtirgan. Samarqand ixshidlari saroyida ajdodlar ruhiga atab qurbonlik qilish uchun maxsus ibodatxona bino qilingan. Samarqand ixshidlari yaqin-olis davlatlar bilan elchilik aloqalari olib borganlari ma’lum. Masalan, Afrosiyob devoriy rasmlarida Sug‘d ixshidlari Varxumanning Chag‘oniyon, Choch va Xitoydan kelgan elchilarni qabul qilish marosimi tasvirlangan. Arab istilochilariga qarshi kurashda Sug‘d ixshidlari Tarxun katta jonbozlik ko‘rsatgan. VIII asr boshida (712) Samarqandni arablar bosib olgach, Sug‘d ixshidlari poytaxtni Ishtixonga ko‘chirganlar. Movarounnahr Arab xalifaligi tarkibiga kiritilgach, ixshid unvoni bekor qilingan; 2) Suriya va Misrda hukmronlik qilgan yarim mustaqil turkiy sulola (935-969-yillar) vakillari unvoni.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:05:09
IZDAHOM — mehmondorchilik. 1953-1955-yillarda arxeolog L.I. Albaum Surxondaryo viloyatining Angor tumanida joylashgan Bolaliktepa yodgorligini qazib ochib o‘rganganida kattagina xonaning devorlarida rangli bo‘yoqlar bilan izdahom tasvirlangan.

JORIYA — cho‘ri.
 
KADIVAR — O‘rta Osiyoda ilk o‘rta asrlarda iqtisodiy jihatdan boy tabaqaga butunlay qaram bo‘lib qolgan qishloq ahli. Zamindorlar qishloqlarda o‘z taxyiq doiralarini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlagan. Shuning uchun ham ular ilk o‘rta asrlarda "œdehqon’, ya’ni "œqishloq hokimi" nomi bilan shuhrat topgan. Ularga qaram kishilar "œkadivar" ya’ni "œqishloq qo‘rg‘onlarida yashovchilar", deb atalgan. Qishloq jamoasi ichida o‘z erkidan mahrum bo‘lgan kadivarlar paydo bo‘lgan. Sug‘d, Xorazm va Toharistonda dehqonchilik qiluvchi mahalliy aholining kattagina qismi qaram kadivarlarga aylangan. Kadivarlar bu davrda O‘rta Osiyodagi asosiy ijtimoiy tabaqa hisoblangan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:05:35
KAMPIRDEVOL — Toshkent atrofini o‘rab turgan mudofaa devor.

KASHOVARZ (yerni omoch bilan ag‘daruvchi) — ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda dehqonchilik bilan shug‘ullangan qishloq aholisi. Kashovarzlar ziroatchi jamoalarning oddiy mehnatkash a’zosi. Dehqonchilik mahsulotlarining deyarli asosiy qismi qo‘shchi-kashovarzlarning mashaqqatli mehnati bilan yetishtirilar edi.

KOH — saroy, ichki qal’a, ark, o‘rda.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:06:02
KORIKOR — ilk o‘rta asr xizmatkori.

KOROPLASTIKA — ma’budalarning sopol haykalchalari.

KULTEGIN BITIKTOSHI — marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. Eltarish xoqonning o‘g‘li Kultegin sharafiga qo‘yilgan (732-yil 14-avgust). Ulan-Batordan 400 km janubda, Qorabalg‘asun shahrining xarobalaridan taxminan 40 km shimolda joylashgan. Bo‘yi 3 metr 15 sm, eni 1 metr 24 sm, qalinligi 41 sm. Bitiktoshdagi barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Bitikni esa Kulteginning jiyani Yo‘llug‘ tegin yozgan. Ushbu bitikda Bilga xoqon og‘o-inilariga, qarindosh-urug‘lariga, xalqqa murojaat qilgan. Xoqonning murojaatidan maqsadi — hokimiyatni mustahkamlash, o‘zaro urush-janjallarga chek qo‘yish, ittifoq bo‘lib yashashga chaqirish bo‘lgan. Kultegin bitiktoshini Bilga xoqon bitiktoshi bilan birga 1889-yil N.M. Yadrinsev mo‘g‘ulistonning Kosho Saydam vodiysida Ko‘kshin-Urxun daryosi bo‘yidan topgan. Dastlab bitiktoshni hech kim o‘qiy olmagan. Uni Urxun yozuvini o‘rganib chiqqanidan so‘ng, daniyalik olim V. Tomsen 1893-yil o‘qishga muvaffaq bo‘lgan. Yodgorlik matni nemis, fransuz, daniya, ingliz, rus tillariga tarjima qilingan, turk va o‘zbek tillarida tavsif etilgan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:06:21
KO‘HANDIZ (fors. — eski, qadimgi) — ko‘hna, diz-qal’a, qasr, saroy, ark. qal’aband maxsus istehkom. Asosan, qal’aning tarkibida saqlangan qad. qismi.

KO‘SHK (ko‘chik) — to‘rt ustunli, tomi qubbali, asosan, yog‘ochdan qurilgan yengil inshoat, istehkomli baland qo‘rg‘on.. Kelib chiqishi jihatidan oddiy o‘tovga borib taqaladi. O‘rta asrlar Sharq me’mroligida keng tarqalgan. Dastlab qadimgi ko‘chmanchi xalqlarning ko‘chib yurishiga qulay uy (ko‘chik) sifatida paydo bo‘lgan. Arava ustiga o‘rnatilgan ko‘shklardan ham foydalanilgan. Keyinchalik ko‘shklar badavlat kishilar, hukmdorlar uchun bezakdor qilib bog‘lar ichida qurilgan. Tarixiy manbalarda ko‘shk namunalari haqida ma’lumotlar saqlangan. Vizantiya elchisi Zemarx 568-yilda O‘rta Osiyo ko‘chmanchilarining xoqoni o‘rtasida 4 tovus haykalini ko‘tarib turgan ko‘shkni ko‘rgani haqida yozgan. 738-yilda Termiz yaqinida arab sarkardasiga oltin va kumush bilan bezatilgan 2 ko‘shk taqdim etilgan va boshqa X-XV asrlarda ko‘shk me’morligi rivojlanib, aksari bog‘ ichkarisidagi sinchkori yengil qurilmalar (ko‘shklar) ustun, ayvon va boloxonali, zebu ziynatli, hashamatli, ko‘rkam imoratlari bilan ko‘zga tashlangan. Amir Temur bunyod etgan bog‘lar ichidagi ko‘shklar shaklu shamoyili bilan me’moriy taraqqiyotida yangi davr ochgan. Samarqand atrofida bunyod etilgan (XIV-XVI asrlar) bog‘-rog‘lar ichidagi ko‘shklar haqida tarixiy manbalar aniq ma’lumot beradi. Samarqanddagi Ko‘ksaroy, Shahrisabzdagi Oq saroyni Bobur ko‘shklar qatoriga kiritgan.

LABIRINT (yunoncha labyrinthos) — xonalari behad ko‘p, yo‘laklari odamni adashtiruvchi ulkan bino. Xorazmning janubida devorning qoq belida mustahkam labirint bo‘lgan. Dalon, g‘ulom gardish; darvoza og‘zi istehkomi.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:06:45
LAG‘M — tunel, yer osti yo‘li.

MAZDAKIYLAR HARAKATI (V asrning 90-yillari — VI asr 20-yillari) — Sosoniylar davlatidagi xalq harakati.g‘oyaviy rahbari — Mazdak. Mazdakiylik ta’sirida vujudga kelgan. Mazdakiylar harakati jamoa huquqlarini qayta tiklash, yer-suv va mol-mulkka barobar egalik qilish, hammaning teng huquqli bo‘lishini ta’minlash uchun kurash shiori ostida boshlangan edi. Mazdakiylar harakatining boshlang‘ich davrida sosoniylar podshosi Qubod I (488-531) bu harakatdan o‘z manfaatlari maqsadlarida foydalanishga intilgan va mazdakiylar yordamida yirik yer egalari, zodagonlar va zardusht kohinlarining mustaqilliklarini tugatmoqchi bo‘lgan. Lekin Mazdakiylar harakati kuchayib ketishi, zodagonlar va kohinlarning mol-mulklarini tortib olinishi shohni cho‘chitib qo‘ygan. 528/529-yili Qubod I ning o‘g‘li Xusrav I Anushirvon Mazdakiylar harakatini shafqatsiz bostirgan va Mazdakni qatl ettirgan.

MAZDAKIYLIK — diniy-falsafiy ta’limot. Asoschisi Mazdak. Mazdakiylar harakati davrida Eronda keng tarqalgan. Mazdakiylik ta’limotiga ko‘ra, olamda bo‘ladigan jarayonlar ongli va biror maqsadni ko‘zlab harakat qiluvchi yaxshilik, yorug‘lik manbai bilan ko‘r-ko‘rona va tasodifiy harakatlanuvchi yomonlik, qorong‘ulik (johillik) manbai o‘rtasidagi kurashdan iborat. Bu kurash "œyaxshilik"ning "œyomonlik" ustidan g‘alabasi bilan tugallanadi. Mazdakiylikda birinchi o‘rinda sof falsafiy va diniy masalalar emas, ijtimoiy masalalar turadi. Mazdakiylikda asosiy yovuzlik boylikka hirs qo‘yish va kambag‘allik, deb ta’kidlanadi. Ijtimoiy zulmga qarshi kurash muqaddas vazifa sifatida talqin etiladi va unga diniy tus beriladi. Mazdakiylikning asosiy g‘oyasi mulkiy tenglikni o‘rnatishdan iborat. Bu tenglik barcha moddiy boyliklarga dehqonlar jamoasi orqali egalik qilish, ya’ni moddiy boyliklar odamlarga teng taqsimlanishi kerak deb tasavvur etiladi. Bu g‘oya xalq ommasi ichida keng tarqalib, mazdakiylik harakatining mafkurasi sifatida xizmat qilgan. Bu ta’limot garchi xayoliy bo‘lishiga qaramay, uning adolatsizlik va zulmga qarshi qaratilgani, tinchlikka chaqirishi ijobiy ahamiyat kasb etdi. Mazdakiylik keyingi asrlar davomida Eron, O‘rta Osiyo va Ozarbayjondagi dehqonlarning va shahar kambag‘allarining (Abu Muslim, Muqanna, Bobak qo‘zg‘oloni) kurash bayrog‘i bo‘lib qoldi.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:07:07
MONIYLIK — III asrda Eronda vujudga kelgan din. Asoschisi Moniy. Moniylik koinotda nur bilan zulmat, ruhiy asos bilan moddiy asos, yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi o‘zaro kurashni e’tirof etishga asoslanadi. Nur, ruhiy asos, yaxshilik olamida xudo, ikkinchisida — shayton (iblis) hukm suradi. Moniylikka ko‘ra, ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada moddiy asos olami halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniylik ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson 2 unsur (ruh — nur farzandi, jism — zulmat farzandi) dan iborat mavjudot bo‘lgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. Moniy samo nuri elchisi hisoblangan. Moniyda zardushtiylik va xristianlik g‘oyalari mavjud. Moniylik dunyoning ko‘p mamlakatlariga, jumladan, Italyadan to Xitoyga qadar tarqalgan. VIII asrda Uyg‘ur xonligiga hukmron dinga aylangan. Moniy VIII-IX asrlarda islom tarafdorlarining ta’qibiga uchraydi. Keyinchalik Yevropa va Osiyoda barham topdi. Xitoyda u XIV asrga kelib taqiqlandi.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:07:19
MUG‘ QAL’A HUJJATLARI — Mug‘ qal’a xarobalaridan topilgan hujjatlar majmuidan iborat o‘ziga xos arxiv qoldig‘i (milodiy VII asr oxiri — VIII asr boshi). Uning tarkibidagi jami 80 hujjatdan 74 tasi fanda shartli ravishda "œmilliy sug‘d yozuvi" yoki Samarqand sug‘d yozuvi deb nomlangan yozuvda bitilgan. 3 ta hujjat xitoy yozuvida bo‘lib, mazkur arxiv mazmuniga daxldor emas. Xitoycha matn bitilgan qog‘ozning orqa toza yuzasidan yozuv materiali sifatida foydalanilgan. 2 ta hujjat arab yozuvini kufa usulida bitilgan va arxiv mazmuniga aloqador. 1 ta hujjat teri yuzasiga qadimgi turk-runiy yozuvda bitilgan. Hujjatlar bitilgan materiallar turlicha. 20 dan ortiq hujjat oshlangan teri yuzasida va bir qancha hujjat xitoy qog‘ozlarda yetib kelgan. Hujjatlarning mazmun doirasi xilma-xil, ularning bir turkumi huquqiy (nikoh va bu munosabat bilan oila mulkiy munosabatlari haqidagi masalalarni aks ettiradi) munosabatlarga oid. Hujjatlarning yana biri tegirmon ijarasi, ikkinchisi yer mulkchiligi haqidagi hujjatlardir. Bir turkum hujjatlar diplomatik yozishmalar toifasiga kiradi. Hujjat mazmun e’tibori bilan arab bosqinchiligi voqealari bilan bevosita aloqador, unda xalifalik noibining Movarounnahrdagi omili Abdurrahmon binni Subhning Panch hokimi Devashtichga ogohlantirish va do‘q-po‘pisasi ifoda topgan. Yana biri diplomatik maktub Devashtich tomonidan Rust hokimi Afarunga yozilgan bo‘lib arablarga qarshi harbiy kuchlarni birlashtirish masalasiga ishorat qiladi. Arxiv hujjatlarning kattagina guruhi framandar (xo‘jalik ishlari bo‘yicha nozir) nomiga yozilgan Devashtichning buyruqlaridir. Yana bir qancha hujjatlar Sug‘d davlatining xo‘jalik munosabatlarini aks ettiradi. Ular orasida teri oshlash, charmgarlik, ziroatchilik, bog‘dorchilik va boshqa xo‘jalik sohalarining arab istilosi kunlaridagi ahvolini ko‘rsatuvchi bir qancha hujjat namunalari bor. Yana bir guruh hujjatlarda moliyaviy munosabatlar aks etgan bo‘lib, avvalo, saroy ehtiyojlari uchun xarajatlar ro‘yxati, turli xil to‘lovlar haqidagi axborotlar, soliq va boj yig‘malaria kabi bevosita moliya iqtisod munosabatlari aks etgan. Mug‘ qal" hujjatlarining tarixiy manbalik ahamiyati g‘oyat darajada yuksak baholanadi.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:07:42
MO‘LA — shahar devorlarining burji, minorasi.

NAF — ilk o‘rta asrlarda So‘gdda shahar va qishloq aholisi. Ijtimoiy jihatdan u bir nechta tabaqaga bo‘lingan.

NAJJORLIK — duradgorchilik.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:08:16
ONGIN bitigi — mo‘g‘ulistondan topilgan marmar bitiktosh, O‘rta Osiyo aholisi tarixini o‘rganishdagi qimmatli manba.

OQTEPA — O‘rta Osiyoda qadimgi binolar qoldiqlari va arxeologik madaniy qatlamlar saqlangan tepaliklar nomi. Masalan, Toshkent shahrining o‘zida bir qancha Oqtepalar mavjud.

OTASHGOH, olovxona — otashparastlar sig‘ingan, doimiy olov yonib turadigan maxsus bino. Har bir shahar va kattaroq qishloqda otashgohlar bo‘lgan. Ular qavm raisi tomonidan tayinlangan ozarbon (otashbon) tomonidan qo‘riqlanib, nazorat qilib turilgan. Xalq doimiy olovdan tutantiriq olib, uylarida olov yoqqan. Qadimda hokimiyatni qo‘lga olgan har bir podshoh o‘z nomidan maxsus otashgohlar qurdirgan. Doro otashgohi, Anushervon otashgohi, Afrosiyob otashgohi yoki Mitra, Anaxita otashgohi deb nomlangan otashgohlar shu tarzda paydo bo‘lgan. Persepol, Isfahon, Yazd, Xuroson (Eron), Xorazm va Surxondaryoda qadimgi otashgohlar topilgan. Doro I zamonidan boshlab otashgohlarni binolarning janub tomon etagiga, aholi gavjum yashaydigan shaharlarning chetrog‘iga qurish rasm bo‘lgan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:08:37
OTASHKADA — zardushtiylik dini ibodatxonasi. Gushtapning farmoni bilan qurila boshlangan. Otashkadalar turli tabiiy ofatlardan muhofaza qilish maqsadida balandlikka, tepa ustiga yoki xarsang toshlardan yasalgan 3-4 m lik tagkursilar ustiga qurilgan. Dastlab otashkada diniy marosim va ibodatlarni bajarish maskani bo‘lgan. Asta-sekin otashkadaning vazifalari o‘zgara borib, sosoniylar davrida jamoa yig‘inlari va boshqa tadbirlar o‘tkaziladigan joyga aylangan. Barcha harajatlar podsholik tomonidan otashkadaga vaqf qilingan yer, chorva, bog‘-rog‘lardan olinadigan daromadlar hisobiga qoplangan; Otashkadalar bir necha hujra, tolor (zal) lardan iborat bo‘lgan. Bino oldida doim olov yonib turadigan otashkada maydoni bunyod etilgan. Isfaxon, Yazd, Koma (Hindiston) shaharlarida eng qadimgi otashkadalarning xarobalari mavjud. Otashkadalarda 7 xil musiqa asbobi jo‘rligida Gohlarni yodlattiradigan maxsus go‘shalar bo‘lgan. Otashkadalar diniy udum va marosimlarni o‘tkazadigan manzil bo‘lish bilan birga ma’naviy, ma’rifiy ishlar markazi hisoblangan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:09:03
OTLIQ ASKARLAR — qo‘shin turi. G‘arbiy Yevropada XI-XII asrlarda armiyaning asosiy zarbdor qismini risarlardan tuzilgan otliq askarlar tashkil qilgan. Suvoriy risar qilich, og‘ir nayza, qalqon, dubulg‘a va zirh bilan qurollangan. XII asrning ikkinchi yarmidan jangovar otlar ham maxsus zirh bilan ta’minlangan. Qadimiy Rus davlati (IX-X asrlar) qo‘shinida knyaz drujinalaridan tashkil qilingan otliq askarlarning soni piyoda askarlarga nisbatan ancha kam bo‘lgan. Turk-mo‘g‘ul davlatlari armiyasining asosini tashkil etuvchi otliq askarlar o‘zining tashkiliy hamda jangovar qobiliyati bilan alohida ajralib turgan. hunlar davrida otliq askarlarning soni 240 mingtaga yetgan. Turkiylar tomonidan jahon harbiy san’ati tarixida birinchi bo‘lib suvoriylar safining joriy qilinishi (har bir otliq askar orasidagimasofa 20 m, jangovar qatorlar soni 10 ta) otliq qo‘shinning dushman ustidan to‘la ustunligini ta’minlagan. Turk xoqonligining (VI-VIII asrlar) sovutli muntazam otliq askarlari nafaqat tekislikda, shuningdek, tog‘lik hududlarda ham muvaffaqiyatli harakat qilish qobiliyatiga ega bo‘lib, ko‘p vaqtlar davomida unga teng keladigan raqib topilmagan. Nayza bilan jang qilish san’atini mohirona egallagan turk otliqlari xitoylik piyoda nayzabozlar va eronlik otliq o‘qchilar (kamonkashlar) bilan bo‘lgan muhorabalarda, aksar hollarda, zafar qozongan. Turk suvoriysi ko‘krak qismida dumaloq qalqoni bo‘lgan zirh bilan ta’minlangan, boshiga temir dubulg‘a kiygan, qilich, shoxsimon yoy, to‘qmoq va nayza bilan qurollangan. Og‘ir qurolli otliq askarlar zodagon hamda tajribali jangchilardan tashkil etilgan jangda hal qiluvchi rol o‘ynagan. Tobe yurtlarning askarlaridan tuzilgan yengil otliq askarlar, asosan, razvedka hamda ayg‘oqchilik vazifalarini bajargan. Zarur paytlardagina jangga kirgan. Chingiziylar armiyasida yengil qurolli otliq askarlarning mavqe baland bo‘lgan. Mo‘g‘ul jangchilari otda yurish, kamon, qilich va arqon bilan muomala qilish san’atini mukammal egallagan. Ular janggohda ustalik bilan manyovr-harakat qilgan, soxta chekinish, pistirma qo‘yish san’ati kabi taktik amaliyotlarni muntazam qo‘llagan. Amir Temur armiyasining zarbdor qismini yengil va og‘ir qurollar bilan qurollangan otliq askarlar tashkil etgan. Dubulg‘a, sovut, qilich, yoy, sadoq, qalqon va nayza bilan ta’minlangan og‘ir qurolli suvoriylar sara jangchilardan tuzilgan, g‘animning asosiy zarbasiga qarshi turgan, jang natijasi shularga bog‘liq bo‘lgan. yoy, sadoq va qilich bilan qurollangan yengil otliq askarlar, asosan, soqchilik va razvedkaga mo‘ljallangan. o‘ta zarur chog‘dagina yov bilan jang qilish huquqiga ega bo‘lgan. Yevropa mamlakatlari armiyasida o‘t sochish qurolining rivojlanishi (XIV asr) hamda piyodalar rolining oshib borishi bois (XV asr) otliq askarlarning mavqe sekin kamaya boradi. XX asrning 50-yillari o‘rtalarida ommaviy qirg‘in qurollarining rivojlanishi va armiyalarning to‘liq motorlashtirilishi tufayli otliq askarlar qo‘shin turi sifatida barham topdi.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:09:21
OZOD — ilk o‘rta asr mulkdori.

OZODKOR — ilk o‘rta asr hunarmandlari.

PANDUS (fransuzcha pante douce — nishab, qiyalik) — binoning eshigi, darvozasiga kiriladigan nishab maydoncha, maxsus ko‘tarma; ba’zan zinapoya vazifasini o‘taydi. O‘rta Osiyo hududidagi qadimgi shahar qal’a va ko‘shklarga panduslar orqali ko‘tarilgan. Tog‘lar orasida joylashgan turar joylarga maxsus panduslar ishlangan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:09:30
QABO — ustki kiyim, uqali uzun va keng guldor yopinchiq.

QAM-SHOMON — Ko‘k Tangriga sig‘inuvchi yakka xudolik dini.

QASR — saroy, oliy va hashamatli bino.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:10:02
QORA budun — Turk xoqonligida qora xalq.

QUBO — ilk o‘rta asrlarda Farg‘onadagi yirik markaziy shahar. Quboda hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib, uning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo‘lgan. Qo‘shni mamlakatlarga arg‘umoqlar, bo‘yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan.

QUVA BUDDA IBODATXONASI (VII-VIII asrlar) — qadimiy Shahriston yodgorligining shimoliy tomonidagi rabod qismida bunyod etilgan ibodatxona. Arxeologik tekshirishlar natijasida shu aniqlandiki, VII asr oxiri — VIII asr boshlarida Shahristonda uy-joy va aholi ko‘payib, undan tashqaridagi hududni o‘zlashtirishga ehtiyoj tug‘ilgan. Ushbu joyda 80 dan ortiq xona, 5 ta ko‘cha va ular bilan bog‘liq markaziy maydon qazib ochilgan. Uning shim.da esa VII-VIII asrlarda foydalanilgan budda ibodatxonasi qoldiqlari kavlab o‘rganilgan. Ibodatxona 2 ta katta zaldan iborat bo‘lib, biri sig‘inish uchun, ikkinchisi ibodat qilishga mo‘ljallangan. birinchi xonada iloh (xudo)larga qurbonliklar (gul, meva-cheva va boshqa) keltirilib, o‘rtadagi tagkurasiga qo‘yilgan va ibodat qiluvchilar aylanib chiqib ketishgan. Uning yonginasida asosiy ibodat bajariladigan xona bo‘lib, uni yarmi saqlangan xolos. Kuchli yong‘in natijasida binolar va ulardagi buyumlar kuyib yo‘q bo‘lib ketgan. Shunga qaramay, 2 otliq va ular yonidagi jangchilar haykallarining parchalari saqlangan. haykallar, tasvirlar majmuasida yovuzlik ilohi Mara, yaxshilik ilohi va budda himoyachisi Shri-devi, Manjushra siymolari yaxshi saqlanmagan. Quva budda ibodatxonasi o‘zining me’moriy yechimi bilan O‘rta Osiyodagi Budda inshoatlaridan ayrim belgilariga ko‘ra bir oz farq qiladi. Xususan, Budda ibodatxonalariga xos va diniy marosimo‘tkazishda foydalanilgan ayrim me’moriy belgilar bunda uchramaydi. Quva budda ibodatxonasi qurilishida ko‘proq mavjud shart-sharoit va mahalliy qurilish an’anasidan foydalanilgan. Yana bu yerdan topilgan haykallar tasvirlarida, ayniqsa, yuz tuzilishida bir oz bo‘lsa-da, turkiylashgan qiyofa berishga harakat qilingan. Bu ibodatxona va topilmalar mutaxassislar tomonidan ko‘plab tortishuvlarga sabab bo‘ldi. Bu inshoat budda dinidagi mustaqil oqim — vadjrayana yo‘nalishiga taalluqli yagona yodgorlik deb talqin etilmoqda. Bu oqim ko‘proq hinduizm ta’sirida bo‘lib, o‘rta Osiyoda faqat Quva budda ibodatxonasida kuzatilgan. Quva budda ibodatxonasi topilmalari hindiston va Sharqiy Turkistonda aniqlangan materiallarga o‘xshashligi bilan, o‘rta asrlardagi madaniy-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlanganini, madaniyat va san’atni yuksalganini ko‘rsatadi.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:10:20
QO‘RG‘ON — atrofi baland paxsa devor bilan o‘ralgan darvozali turar joy.

QO‘SHCHI — ziroatchi jamoalarning oddiy mehnatkash a’zolari "œkashovarz", ya’ni yerni haydovchi — yerni omoch bilan ag‘daruvchi.

RABOD (arabcha) — O‘rta Osiyo, Eron va Afg‘onistondagi o‘rta asr shaharlarining savdo va hunarmandchilik do‘konlari, mahallalari joylashgan qismi. Rabodlar VII-VIII asrlarda paydo bo‘lib, shaharlarning arki yoki shahristoni atrofiga qurilgan. XI-XII asrlarda O‘rta Osiyo shaharlarining mustahkam qismiga aylangan. XIII asr boshida mo‘g‘ullar istilosi natijasida ko‘plab qadimgi shaharlarning arki va shahristoni xarobaga aylanib qolgan bo‘lsa-da, rabodlar hayot davom etgan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:10:38
RABOT (arabcha) — o‘rta asrlarda arablarning mustahkamlangan qarorgohi. Tarhi to‘rtburchak, devorlarida minoralari bo‘lgan. Dastlab (Islom dini tarqala boshlagan davrda) g‘oziylarga mo‘l qurilgan maxsus bino. Keyinchalik rabot faqat, istehkom ma’nosidagina emas, balki mehmonxona (karvonsaroy) mazmunida ham tushunilgan. Zohidlar ham maxsus rabotlarda yashaganlar. O‘rta Osiyoda VIII-X asrlarda ko‘chmanchi aholi yashaydigan hududlar bilan chegaradosh hududlarda ko‘plab rabotlar qurilgan. Ulardan eng mashhuri Raboti Malikdir.

RUNIK bitigi — qadimda turkiy yozuvlar, ya’ni urxun-yenisey yozuvlari.

SARKOR — ish boshi, ilk o‘rta asrlarda "œdehqon’, ya’ni "œqishloq hokimi" nomi bilan shuhrat topgan katta yer egasi.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:11:00
SOVUT — jangda tanani o‘q, nayza va qilich zarbidan saqlash uchun kiyiladigan mustahkam harbiy kiyim. O‘rta Osiyo va Sharq qo‘shinlarida ilk o‘rta asrlardan boshlab qo‘llanishda bo‘lgan. Turkiylar tomonidan temir eritishning yo‘lga qo‘yilishi turli jang qurollari qatori sovutning ham ixtiro qilinishiga zamin bo‘lgan. Sovut dastlab to‘r ko‘ylak shaklida po‘lat simdan to‘qilgan. Keyinchalik uning chidamligini yanada oshirish maqsadida ustiga har xil shakldagi metall tangachalar qoplangan. Sovutning yoqasiz va yengsiz turlari ham bo‘lgan, ular yashirin ravishda oddiy kiyim tagidan kiyilgan. Sovut ostidan maxsus paxtali kiyim — hafton kiyilgan. Turk xoqonligi qo‘shinida sovut yaraq (yaraq), qoraxoniylar qo‘shinida yariq (yariq), kuba yariq, quyag‘ (quyag‘), ko‘krak sovuti esa tura so‘zlari bilan ifodalangan. Amir Temur, Bobur va o‘zbek xonlari qo‘shinida sovutning rang-barang turlari mavjud bo‘lgan. Jumladan, simdan to‘qilgan javshan, temir zanjirlardan yasalgan zirh, metalldan yasalgan jubba, ko‘ktemur, po‘latdan yasalgan oha, ko‘ha kabi sovut turlari tarixiy-badiiy asarlarda o‘z ifodasini topgan. Jangovar otlarga va fillarga mo‘l tayyorlangan sovutlar ham qurollanishda bo‘lgan va ular kejim hamda bargustvon deb yuritilgan. Tunda askar tomonidan to‘shak o‘rnida foydalanilgan va ot sag‘risida olib yurilgan yopinchiq bagtar deb atalgan. Askar tizzasi va butini dushman quroli zarbidan saqlovchi sovut turlari tizlik va butluq deb nomlangan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:11:17
SUVORIY — otliq qo‘shin.    

SUG‘D ADABIYOTI — sug‘d tilida yaratilib, bizgacha saqlangan yozma manbalar. Manbalarning asosiy qismi IV-X asrlarga taalluqli bo‘lib, budda, moniylikka tegishli matnlar, kundalik turmushga oid hujjatlar, turli yozishmalar, farmon va yorliqlar, sug‘d astronomik kalendari, O‘rta Osiyo xalqlari eposlarini tashkil etadi. Turli alifboda bitilgan bu yodgorliklar oromiy yozuvlarida yozilgan bo‘lib, Sinszyan hududidan, shuningdek, Mug‘tog‘idan topilgan. Afrosiyob devoriy rasmidagi elchi tasvirida 16 satrdan iborat ishonch yorlig‘i yozilgan. Sug‘d yodgorliklaridan yaxlit bir adabiy-badiiy asar saqlanmagan bo‘lsa-da, turli mazmunlardan tuzilgan qochirim so‘zlar, hikmatli iboralarga to‘la maktub va yorliqlar sug‘dlarda boy adabiyot bo‘lganini ko‘rsatadi. Sug‘d yodgorliklari orasida Rustam haqidagi eposdan parchalar (V-VII asr) katta adabiy qimmatga ega bo‘lib, bularda Rustamning devlar bilan qilgan jangi tasvirlangan. Rustam obrazi avval xalq og‘zaki ijodida, keyinchalik yozma adabiyotda yaratildi. Moniylikka taalluqli sug‘d matnlari orasida "œKalila va Dimna’dagi "œSavdogar va marvarid teshuvchi", "œUch baliq haqida’, "œTulki va maymun" masallariga mazmunan yaqin bo‘lgan hikoya va masallar uchraydi. "œXalqlar ro‘yxati" nomli sug‘d hujjati VIII asrga oid. Bunda o‘sha vaqtda O‘rta Osiyoda yashagan 21 xalq va elatning nomi berilgan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:11:29
SUG‘D YOZUVI — mil.avv. I-IX asrlarda mavjud bo‘lgan, oromiy yozuvi asosida shakllangan harf-tovush yozuvi; u bir manba — oromiy yozuvidan tarqalganligiga ko‘ra suryoniy yozuviga yaqin turadi, lekin ular parallel holda mustaqil shalklanlanib, rivojlangalar. Zarafshon daryosining vodiy va yuqori oqim qismlarida joylashgan Sug‘d (Sug‘diyona) viloyatida qo‘llangan. Dastlab unda 22-23 harf mavjud bo‘lib, ularning deyarli barchasi qadimgi oromiy alifbosidagi singari bo‘lgan. Keyinchalik, IV asr boshlarida ba’zi harflarning alifbodan chiqib ketishi, ba’zi harflarning alifbodan shaklan bir-biriga yaqinlashuvi, o‘xshab qolishi natijasida harflar soni 17 dan iborat bo‘lib qolgan. So‘g‘d yozuvining milodiy I asrga oid eng qadimgi namunasi Samarqand yaqinidagi Talli Barzu degan joydan topilgan, eng so‘nggi namunalari esa VIII asr oxiri — IX asr boshlariga mansub. Yodgorliklarning ko‘pi XX asrda Sharqiy Turkistondan topilgan. Shulardan biri 808-821 yillarda hukmronlik qilgan xoqon sharafiga bitilgan, uch tildagi (sug‘d, qadimgi turk va xitoy) qabr toshi yozuvidir. So‘g‘d yozuvi namunalarining aksariyati IV-VIII asrlarga tegishli bo‘lib, ulardan Mug‘ qal’a xarobasidan topilgan hujjatlar (1933) muhim ilmiy ahamiyatga ega. Ushbu hujjatlar va so‘g‘d yozuvining ba’zi boshqa yodgorliklarida sug‘d adabiy tili me’yorlari, uning adabiy-badiiy uslubi yaqqol seziladi. Sug‘d yozuvi, o‘z navbatida, qadimgi turkiy runik yozuvi hamda uyg‘ur yozuvini shakllantirish uchun asos bo‘lgan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:11:39
TERMIZSHOHLAR — Termiz va uning viloyatini boshqargan merosiy hukmron sulola (V-VII a. oxirlari). Arablarning Shimoliy Toxaristonga qilgan yurishlari (VII a. oxiri — VIII a. boshi) munosabati bilan arab-fors yozma manbalarida (Tabariy, Balozuriy, Ibn Xurdodbeh) qayd etilgan. Buddaviy rohib Syuan-Szan (taxm. 630-y.)ning ma’lumotiga ko‘ra, Tami (Termiz) mulki hududi g‘arbdan sharqqa tomon 600 li (180-300 km), shimoldan janubga tomon esa, 400 li (120-200 km) masofani tashkil etgan, ya’ni Termizdan tashqari Amudaryoning o‘ng sohilidagi yerlarni ham qamragan. Shaharda buddaviylik hukmron mavqega ega bo‘lib, unda 12 ta monastir va 1000 ga yaqin rohib, shuningdek, stupalar, budda haykallari bo‘lgan. Termizshohlar hokimiyat tepasiga mil. 5-a.da kelganlar, bunga ular zarb etgan mis tangalar guvohlik beradi. Tangalar VII a. oxiriga qadar zarb etilgan. Termizshohlarning etnik kelib chiqishi noaniq, eftaliylar yoxud kidariylar bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimol.689-690-yillarda Termizni arablarning qaysiylar qabilasi sardori Muso ibn Abdulloh egallagan va shahardan termizshohni quvib yuborib, xalifalikdan ajrab chiqib, 15 yil mustaqil hokimlik qilgan. Termizshohning turkiylar yordamida taxtni qaytarib olish uchun qilgan harakatlari zoe ketgan. 704-yili Usmon ibn Mas’ud 15 ming kishilik lashkar bilan kelib shaharni Ummaviylar tobeligiga qaytarishga erishgan. Termizshohlar hokimiyati xalifalik tomonidan nomigagina bir muncha muddat tiklangan, Termiz butunlay xalifalik tomonidan idora etiladigan bo‘lgan, shahar arablarning asosiy tayanch punktiga aylangan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:11:57
TERRAKOTA (italyancha terra-yer, tuproq, cotta — qizdirilgan) — tor ma’noda — loydan ishlanib xumdonda pishirilgan sirlanmagan va rang berilamgan mayda haykalchalar; keng ma’noda — loydan tayyorlanib, maxsus xumdonlarda qizdirilgan badiiy va amaliy ahamiyatga ega sirlangan sopol buyumlar (idishlar, ko‘za, haykalcha, o‘yinchoq, koshin va boshqalar). Qizdirilgan so‘ng o‘ziga xos tus (sarg‘ish, qizg‘ish-jigarrang, qora) va sirt (faktura)ga ega bo‘ladi. Terrakota neolit davridan ma’lum bo‘lgan. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston hududidan ko‘plab nodir terrakota namunalari topilgan.

TOXARLAR, TO‘XORLAR — O‘rta Osiyoning qadimiy etnoslaridan biri. Ilk marotaba yunon-rim manbalarida toxar, tagur (mil. av. I — mil. I asrlar), keyinroq esa, ilk o‘rta asrlarda hind manbalarida tukxara, xitoy yilnomalarida tuxolo, qadimiy turk manbalarida toqar, toxri shakllarida qayd etiladi. Ko‘pchilik olimlar toxarlarni hind-evropa tillari oilasining alohida tarmog‘i hisoblaydilar. Ba’zi tadqiqotchilar esa ularni hind-evropa til oilasining eron guruhiga kiritadilar. Yunon manbalaridan ma’lum bo‘lishicha, toxarlar mil. av. II a. o‘rtalarida bir guruh ko‘chmanchi qabilalarning Sharqiy Turkistondan chiqib, janubiy-g‘arbda Yunon-Baqtriya podsholigini bosib olishida ishtirok etadilar va Amudaryoning yuqori havzasida joylashib qoladilar. Ptolemey (mil. I asr) toxarlarni "œBaqtriyaning eng katta xalqi" sifatida tilga oladi. Ilk o‘rta asrlarda Baqtriya o‘lkasining Toxariston nomi bilan yuritila boshlanishi ham ularning milodning ilk asrlaridan boshlab Baqtriya aholisining ko‘p sonli va hukmron tabaqasini tashkil etganligini ko‘rsatadi. Baqtriya o‘lkasi qadimiy Xitoy yilnomalarida Dasya shaklida qayd etiladiki, tadqiqotchilar uning toxar so‘zining xitoycha talaffuzidir, deb hisoblaydilar. Toxarlarning ilk vatani masalasi bahsli. Bir qism tadqiqotchilar fikricha, ularning ilk ona yurti Shimoliy Qora dengizbo‘yi yoki Volgabo‘yi dashtlari bo‘lib, mil. avv. 3-ming yillikda Old Osiyo orqali Sharqqa, O‘rta Osiyo orqali Sharqiy Turkistonga borib joylashganlar. Boshqa tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, toxarlarning ilk vatani aynan Sharqiy Turkiston bo‘lib, ular bu yerning tub joy aholisi bo‘lgan va mil. av. so‘nggi asrlarda O‘rta Osiyo va Baqtriyaga ko‘chib o‘tishgan. Bir qancha tadqiqotchilar qadimiy Xitoy yilnomalaridagi yuechji va yunon-rim manbalaridagi toxarlarni bitta xalq deb, hisoblashadi va ular dastlab hozirgi Xitoydagi Gansu (Kengsuv) viloyatida yashaganliklarini ta’kidlaydilar. Aynan Sharqiy Turkiston hududida toxarlarga mansub braxmiy xatida bitilgan ko‘plab qadimiy yozma yodgorliklar topilgan. Ushbu yozma asarlarning asosiy qismi mil. V-X asrlarda yaratilgan bo‘lib, aksariyati buddaviy asarlar va matnlarning toxarcha tarjimalari yoki qayta ishlanmalaridir. Bundan tashqari, Lobnor ko‘li atrofidan topilgan Krorayna davlatining mil. III-IV asrlarga mansub prakrit tilidagi hujjatlarida toxarcha so‘zlarning uchrashi toxar tilining ushbu davrgacha tarqalganligini ko‘rsatadi. Z.Validiy fikricha, ular asli ural-oltoy xalqlariga mansub bo‘lib, keyinchalik toxar etnonimi Sharqiy Turkistonga ko‘chib kelgan hind-evropaliklarning bir guruhi uchun qo‘llanila boshlagan. Xususan, toxar etnonimining yasalishi Ural-Oltoy tillariga xosdir. Ushbu til oilasiga mansub xalqlarda -ar (er) "œodam" ot yasovchi qo‘shimchasi asosida ko‘plab etnik nomlar vujudga kelgan. Jumladan, avar, majar (mojor), bulg‘ar (bulg‘or), tatar, xazar, sabar kabi. Toxar etnonimi ham xuddi shu shaklda paydo bo‘lgan, ya’ni toxar=»tox+ar». Shuningdek, Dunxuandan topilgan ilk o‘rta asrlarga taalluqli "œSak-Xo‘tan-Brahma" yozuvli "œqavmlar va geografik nomlar ro‘yxati"da sharqiy turklarning besh tardush urug‘idan biri tugara etnonimini toxar bilan tenglashtiradilar. O‘g‘uzlarning bir urug‘i bo‘lgan to‘gar nomini ham toxar etnonimi bilan bog‘laydilar. Bular qatoriga turk-mo‘g‘ul qabilasi bo‘lmish jaloyirlarning bir urug‘i toxraut, Old Osiyoda yashagan oqqo‘yunli turklarning tuxarlu singari etnonimlarini qo‘shish mumkin. Bundan tashqari, fors til guruhiga mansub osetinlarning yana bir nomi digor deb yuritiladiki, tadqiqotchilar uni toxar etnonimining izlaridan biri hisoblashadi.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:12:15
TUDUN, TUTUN — Turk xononligi boshqaruvidagi unvonlardan biri. Xoqon xonadoniga mansub va bo‘ysundirilgan viloyatlardagi hokimlar faoliyatini nazorat qilib, o‘lpon va soliqlar yi"œgishni tashkil etish maqsadida tayinlangan noib unvoni. Xitoyning Tan-shu yilnomasida VII asrning 40-yillaridan to VIII asrning 40-yillarigacha hukm surgan Choch hukmdorlari tudun unvoni bilan qayd etiladi. Ushbu yilnomada Chochni turli yillarda idora qilgan 4 nafar tudun haqida so‘z boradi.

TUPROQQAL’A DEVORIY RASMLARI VA HAYKALLARI — O‘rta Osiyo hududida saqlangan qadimiy san’at obidalaridan. Tuproqqal’adagi Xorazm shohlari saroyi majmuasi devorlariga ishlangan rasmlar va haykallar mil. I-III asrlarga mansub. Arxeologlar "œShohlar xonasi" (haykallar guruhida ajdodlar ilohiylashtirilgan bo‘lsa kerak), "œg‘alaba xonasi" (goreleflarda shoh shon-shavkati ifodalangan), "œAskarlar xonasi" (shohlar ulkan, jangchilar kichik hajmda aks ettirilgan) va boshqa ramziy atalgan saroy xonalari haykallar, bo‘rtma tasvirlar hamda rangtasvir bilan bezatilgan; rangtasvir haykaltaroshlik hamda monumental bezaklarda keng qo‘llanilgan. Tasvirlar O‘rta Osiyoda keng tarqalgan usulda — quruq ganch suvoqqa mineral bo‘yoqlarga yelim qo‘shib ishlangan: tasvir oq zaminni butunlay qoplab ishlanib, qora bo‘yoqda tasvirning shakli aniq qilib chizib chiqilgan, so‘ng shakllar ichi kerakli ranglar (qora, ko‘k, zangori, qizil, binafsha, pushti va boshqa) bilan bo‘yalgan. Tuproqqal’a devoriy rasmlari va haykallari, asosan, quyidagicha kompozisiya tuzilishiga ega: kengligi 0,5-0,7 m bo‘lgan bezak hoshiyadan iborat pastki qism (mas., moviy suv to‘lqini uzra suzayotgan qizil baliqlar), asosan, tabiiy kattalikda ishlangan turli jonzotlar, odamlar tasvirlari, ov manzaralaridan iborat asosiy qism hamda devor bezagini yakunlovchi ganch bezakli friz ko‘rinishidagi yuqori qism. Asosiy qismda tasvirlangan ov sahnalari, odamlar tasvirlari diqqatga sazovor, mavzuli lavhalar o‘simliksimon naqshlar bilan uyg‘unlashtirilgan. Yaxshi saqlangan ayrim tasvirlar Xorazm rangtasviri (mas., arfa chalayotgan ayol tasviri)ning ishlanishini kushon-gandxar an’analari bilan bog‘lash imkonini beradi, shuningdek, shunday qiyofalar ham uchraydiki, bu qiyofalar Suriya-Misr yoki Shim. qora dengiz bo‘yi xalqlarining rim davri san’atida uchrashini tadqiqotchilar aniqlagan. Barcha tasvirlar o‘ta erkinlik va haqqoniylik bilan yaratilgan bo‘lib, qadimiy Xorazmning yuksak badiiy madaniyatidan darak beradi.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:12:28
TURK, turkiylar — jahondagi eng qadimiy va yirik etnoslardan birining nomi. So‘nggi davrda jahon olimlari, jumladan, o‘zbek olimlari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida va qadimiy xitoy manbalaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu atama bundan 3,5-4 ming yil muqaddam rasmsimon ierogliflar bilan yozilgan bitiklarda «tiek» va «tiauk» shaklida uchraydi. Turk so‘zi baquvvat, barkamol, odillik kabi ma’nolarni anglatadi, degan fikrlar mavjud. Qadimiy Xitoy manbalarida turklar qiyofasi chuqur ko‘zli, qirra burunli, basavlat va sersoch deb ko‘rsatiladi. Bir necha ming yilliklar davomida turkiy qabilalar ko‘p marta birlashgan va parchalanganligi tufayli ularning qabilaviy tarkibi o‘zgarib turgan. Mil. avv. II asrdan — mil. III asrgacha bo‘lgan davrda turklar hun xoqonligi tarkibida bo‘lganligi sababli Xitoy manbalarida shyunnu, hunnu deb ham atalgan. Mazkur xoqonlik yemirilgandan keyingi 300 yilga yaqin davr davomida xitoylar turklarni tiekle (zamonaviy tilda tele) deb atashgan. VI asrda turklarda bo‘lgan Ashina avlodi kuchayib turk xoqonligini barpo etgan. Xitoy manbalariga ko‘ra, IX asrda tilga olinadigan turk qabilalari 58 ta nom bilan ajratilgan. Shulardan 22 tasi uyg‘ur (ittifoqchilar) deb nomlangan. Uyg‘ur xoqonligi tugatilganidan so‘ng bularning katta bir qismi Turkiston hududida joylashgan. Turkiya olimlari asarlarida turk qabilasi ko‘kturk deb ham ataladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, ko‘kturk so‘zi tangriga, ya’ni osmonga ishongan turklar, balandlik turklari, ko‘k bo‘ri totemi bo‘lgan turklar kabi ma’nolarni anglatgan. O‘rta Osiyoda turk toponim, etnonim, gidronim sifatida ko‘plab uchraydi.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:12:43
TURKASHLAR, TURGASH, TURGESH — ilk o‘rta asr turkiy xalqlaridan biri. Turkashlarning qadimiy ajdodlaridan birini yuechji qabilalari tashkil qilgan. Turkashlar to‘g‘risida ilk ma’lumotlar VII asrning ikkinchi choragidan uchraydi. Ular, asosan, Yettisuvda yashagan. Bu davrda turkashlar g‘arbiy Turk xoqonligi hududida yashagan dulu qabilaviy ittifoqiga kirgan. VII asrning oxirida turkashlar o‘z davlati — Turkash xoqonligini barpo etdi. Turkashlar ikki katta guruh — qora va sariqlarga bo‘lingan. Ular o‘rtasida vaqt-vaqti bilan o‘zaro kelishmovchiliklar bo‘lib turgan. Gardiziyning ma’lumotiga qaraganda, turkashlar ikki urug‘: tuxsi va azlarga bo‘lingan. 766-yili qarluqlar kuchayib Turkash xoqonligini tugatdilar va turkashlarning asosiy qismini o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Turkashlarning qolgan qismi uyg‘urlarga qaram bo‘ldi. L.N.Gumilyovning fikricha, bu voqeadan so‘ng turkashlar xalq sifatida tugatildi. Ularning bir qismi qarluq nomini qabul qildi, qolgani esa uyg‘urlar tarkibiga singib ketdi. Ammo, shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, turkashlarning nomi IX asrda ham manbalarda uchraydi. Az va tuxsi urug‘larining nomi esa keyingi asrlarda ham manbalarda tilga olingan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:12:54
TURON — tarixiy-geografik atama. O‘rta asrlar adabiyotlarida (Tabariy, Beruniy, Firdavsiy) Eron va Turon hududiy chegaralari Amudaryo orqali belgilanadi. Dastlab Avestoda qayd etilgan "œtur" etnonimi keyinchalik O‘rta Osiyo dasht va tog‘ yerlarida yashovchi chorvador aholi bilan bog‘langan. Olimlarning fikriga ko‘ra, "œturlar" tushunchasi — bu sak-massagetlarning dastlabki nomi bo‘lishi mumkin. Sak-massagetlar va ularga yaqin qarindosh qabilalar mil. avv. VI-IV asrlarda Oltoy va Janubiy Sibir dashtlarigacha tarqalgan. Bu haqda arxeologik ma’lumotlar ham dalolat beradi va Shinjon-Uyg‘ur o‘lkasida saklar yozuvlarining tarqalishi ham shu fikrni tasdiqlaydi. Mahmud Koshg‘ariyning ta’kidlashicha, Uyg‘uristonning qashqar tumanida "œkansak" tili saqlangan edi. Sharqiy Turkistondagi Xotan vohasidan topib tekshirilgan yozuvlar "œxotan-sak" hujjatlari nomi bilan atalgan. Demak, Turon — faqat O‘rta Osiyo hududining qadimiy atamasi degan xulosa bahslidir. "œTuron’, "œturonliklar" yurti tushunchasini keng hududlar bilan bog‘lash mumkin. o‘rta asr mualliflari ham "œTuron" geografik tushunchasini turlicha tasdiqlaydilar. Ba’zi tarixchi va geograflarning aytishicha, Turon — bu turklar, turkiy qabilalarning yurti degan ma’noni bildirib, keyinchalik "œTurkiston" tushunchasiga aylangan. Akademik A.Muhammadjonovning fikricha, "œTuron" atamasi sug‘dcha — yer, tuproq, dala va dasht kabi ma’nolarni bildirgan. Shunga ko‘ra, "œTuron" toponimi pasttekislik, dalayu dashtliklar, ya’ni keng yaylovlar degan ma’noni anglatgan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:13:04
TO‘NYUQUQ bitigi — marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi, Eltarish xoqon (680) ning maslahatchisi va sarkarda To‘nyuquq (taxminan 645-726) sharafiga qo‘yilgan (712-716). Ulan-Batordan 66 km janubi-sharqda joylashgan. Bitik 62 satrdan iborat bo‘lib, janubiy va shimoliy tomonlarga bir-biriga qaratib qo‘yilgan 2 to‘rt qirrali tosh ustunga yozilgan. Janubdagi ustunning balandligi 170 sm, shimolidagisiniki 160 sm. Bitiktoshda Turk xoqonligining qayta tashkil topishi, bu ishda Eltarish xoqonning xizmati, To‘nyo‘quqning xoqonlik shakllanishi, yuksalishidagi, turli o‘lka va qabilalarga qarshi uyushtirilgan harbiy yurishlardagi qahramonligi, vatanparvarligi batafsil bayon etilgan. Yodgorlik nafaqat badiiy-tarixiy asar sifatida, balki qadimgi toponimlar va etnografizmlarni o‘rganish nuqtai nazaridan ham ahamiyatlidir. Mazkur bitiktoshni 1897-yilda rus etnografi Yelizaveta Klements eri Dmitriy Klements bilan birga Shimoliy mo‘g‘ulistonning Bain-Sokto manzilidan topgan. Dastlab, bitiktoshning fotosurati, transkripsiyasi va nemischa tarjimasi V.V. Radlov tomonidan 1899-yilda nashr ettirilgan. Yodgorlik matni dan (dat), ingliz, rus, fransuz, nemis tillariga tarjima qilingan, turk va o‘zbek tillarida tavsif etilgan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:13:18
URXUN-ENISEY YOZUVI, QADIMGI TURK RUNIK YOZUVI — tosh, metall, yog‘och va boshqalarga o‘yib bitilgan qadimiy turkiy yozuvlar. V-VIII a. (ba’zi manbalarda VIII-X a.)larga mansub. Urxun va Yenisey daryolari havzalaridan topilganligi sababli shu nom bilan yuritiladi. Tashqi ko‘rinishidan got (qadimiy german) yozuviga o‘xshash bo‘lganligi uchun runik yozuv deb ham atalgan. Urxun-Yenisey yozuvi haqida dastlab XVIII asrning boshlarida rus olimi S.Remezov, keyinroq shved olimi F.Stralenberg hamda nemis olimi D.G.Messershmidtlar xabar bergan. Bu yozuvning turkiy xalqlarga mansubligini birinchi marta fransuz olimi J.P.Abel-Remyuza (1820), so‘ngra rus olimi N.M.Yadrinsev (1889) isbotlagan. Urxun-Yenisey yozuvining kelib chiqishi haqida mutaxassislar o‘rtasida tan olingan yagona fikr yo‘q. Bu haqdagi nisbatan keng tarqalgan mulohazaga qaraganda, mazkur yozuv o‘z kelib chiqishiga ko‘ra sug‘d va pahlaviy yozuvlari orqali oromiy yozuviga borib taqaladi. Urxun-Yenisey yozuvining paydo bo‘lish joyi va vaqti ham hozircha uzil-kesil hal qilingan masala emas. Mazkur yozuv o‘ngdan chapga qarab yozilgan va o‘qilgan. Urxun-Yenisey yozuvi 38 belgi (harf)dan iborat bo‘lib, fonetik yozuv tizimiga kiradi. Har bir tovush yoki tovushlar birikmasi maxsus harflar bilan ifodalanib, bir-biriga ulanmay, yakka-yakka yozilgan. Urxun-Yenisey yozuvi turkiy tillar tarixi, madaniyati, etnografiyasi, til va yozuvlari tarixini o‘rganishda qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:13:38
UYG‘UR YOZUVI — Sharqiy Turkistondagi turkiyzabon xalqlar foydalangan harf-tovush yozuvi; sug‘d yozuvi asosida paydo bo‘lgan. Dastlabki yozma yodgorliklari VIII asrga mansub. Uyg‘ur yozuvida harflar vertikal chiziq bo‘ylab yuqoridan pastga qarab yozilgan, yozuv ustunlari esa chapdan o‘ngga tomon joylashtirilgan. harfning so‘zdagi o‘rniga (boshi, o‘rtasi, oxiriga) qarab tegishli o‘rinlarda uning alohida shakllari qo‘llangan. Diniy asarlar, odatda, qat’iy kitobiy yozuvda, rasmiy hujjatlar esa tez yozuvga asoslangan kursivda yozilgan. Uyg‘ur yozuvi IX-XIII asrlarda budda diniga sig‘inuvchi turkiy qabilalar o‘rtasida keng tarqalgan. Ushbu qabilalar islomni qabul qilganlaridan keyin bu yozuv asta-sekin arab yozuvi tomonidan siqib chiqarilgan, lekin uyg‘ur yozuvi budda ibodatxonalarida XVIII asrda ham qo‘llangan. XVIII asrda uyg‘ur yozuvi mo‘g‘ullar tomonidan o‘zlashtirilgan va hozirda ham mavjud bo‘lgan mo‘g‘ul yozuvi shakllangan; uyg‘ur yozuvi asosida manjur yozuvi ham yaratilgan.

VAG‘N — ilk o‘rta asr ibodatxonasi.

VAG‘NAT — ilk o‘rta asrlarda ibodatxonalarning bosh ruhoniy mulozimi, ya’ni kohini.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:13:58
VAG‘NZE — ilk o‘rta asrlarda kohinlar tasarrufidagi yerlar.

XANDAQ — qadimgi va o‘rta asrlarda shahar, qal’a, qo‘rg‘on va mudofaa istehkomlarini dushman hujumidan ehtiyot qilish maqsadida ularning tashqi devori yonidan gir aylanasiga qazilgan, o‘ra, chuqurlik.

XIONIYLAR — turkiy qabila. Ba’zi tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, dastlab Oltoy tog‘lari atrofida yashashgan va IV asrning birinchi yarmida jan.-g‘arbga siljib, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘iga kirib kelishgan. Bu erda dastlab ular Zarafshon vohasini egallab, janubga harakat qilishgan va ancha zaiflashib, sosoniylar Eroniga qaram bo‘lib qolgan Kushon podsholigi o‘rnini egallaganlar hamda markazi Toxariston bo‘lgan Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, Xurosonning bir qismini ham o‘z ichiga olgan Xioniylar davlatini (IV-V asrlar) barpo qilishgan. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa xioniylarning dastlab Orol dengizi shimolida yashaganligi va yirik massaget qabilalar ittifoqiga mansub bo‘lib, hunlar bilan aralashganligini ta’kidlaydilar (L.N. Gumilev, S.P. Tolstov, K.V. Trever). Ularning fikricha, yunon va lotin tilidagi asarlarda xioniylar "œoq hunlar" deb atalgan. IV asrning 70-yillarida xioniylar sosoniylar Eroniga qarshi hujum uyushtirib, muvaffaqiyatga erishganlar. Shuningdek, sosoniy podsholar Varaxran (418-438), Yazdigard II (438-457) davrlarida ular Eronning eng yirik raqibiga aylanganlar. Xioniylar hukmronligi davom etayotgan bir paytda yangi bir sulola — kidariylar o‘rtaga chiqqan. Ular Oltoy tog‘lari va Sharqiy Turkiston oralig‘idan jan.-g‘arbga siljib, 420-yilda Bolo (Naxshab) sh.ni o‘ziga qarorgoh qilishgan va Xioniylar davlati bilan qo‘shni bo‘lib qolganlar. V asrning ikkinchi yarmida Xioniylar va Kidariylar davlati hududini o‘z ichiga olgan yangi bir davlat eftaliylar sulolasi o‘rtaga chiqadi va VI asrning 60-yillarigacha O‘rta Osiyodagi eng yirik davlatga aylanadi.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:14:15
XORAZMSHOH — Xorazm hukmdorlarining unvoni. Beruniy asarlarida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, dastlab xorazmshohlar unvoni bilan Xorazm-ni Kayxusrav idora etgan. quyidagi 4 sulola: afrig‘iylar (305-995); ma’muniylar (995-1017); oltintoshlar (1017-34); anushteginiylar (1077-1231) hukmdorlari xorazmshoh unvoniga ega bo‘lganlar.

XOQON, QAG‘AN, QOON — O‘rta Osiyolik ayrim xalqlarda, shu jumladan, turkiy xalqlarda hukmdorlarning eng oliy unvoni. Ushbu unvon imperator, shaxanshoh unvonlari bilan teng ma’noni bildirgan. Mil.avv. I asrdan to so‘nggi o‘rta asrlargacha O‘rta Osiyo, Shimoliy Xitoy, Shimoliy Kavkaz, Janubiy Rossiya, Sharqiy Yevropa, Eron, Hindiston va boshqa o‘lkalarda hukm surgan turkiy sulolalar aksariyati hukmronlar uchun qo‘llangan. Dastlab mil. avv. I asrda Osiyo hunlarida ko‘ringan ushbu unvon Yevropa hunlari — gunnlar, syanbilar, tabg‘ach, eftaliylar, Avar xoqonligi (Sharqiy Yevropada), Turk xoqonligi, Xazar xoqonligi, Uyg‘ur xoqonligi davlatlarida mavjud bo‘lgan. Keyinchalik, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Temuriylar, Usmoniylar davlatlarida ham yuksak unvon sifatida qo‘llanilgan. Bundan tashqari, ushbu unvon turkiylar bilan qo‘shni bo‘lgan boshqa xalqlarda: slavyanlarda (Kiev Rusi davlati), mo‘g‘ullar (Chingizxon imperiyasi)da ham ishlatilgan. Ayniqsa, Turk xoqonligi davrida oliy hukmdor sifatida davlat tepasida xoqonlar turgan. Bu davrga taalluqli qadimiy turkiy, xitoy, yunon, arman, sur-yoniy, sug‘diy, baqtriy, tibet tilidagi manbalarda turk xoqonlari haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Xitoy yilnomalarida xoqonlarning taxtga chiqish marosimi haqida keng tafsilotlar berilgan. Jumladan, xoqon bo‘ladigan shaxs oq kigiz ustiga o‘tirg‘izilib, 9 kishi tomonidan yuqoriga ko‘tarilgan holda o‘tov (chodir)ning atrofida quyosh yo‘nalishida 9 marotaba aylantirilgan. So‘ngra esa ipak ro‘mol bilan tomog‘i siqilib, undan qancha yil hukmdor bo‘lishi so‘ralgan, og‘zidan chiqqan birinchi tovush yoki so‘zga qarab, uning qancha muddat hukm surishi tayin qilingan. Shunga o‘xshash ma’lumotlar yunon, arab, fors, turkiy manbalarda ham saqlanib qolgan. Turk xoqonligi davrida, jumladan, VI-VIII asrlarda O‘rta Osiyoning bir qancha o‘lkalarida; Toxariston, Sug‘d, Farg‘ona, Choch, Yettisuvda "œxoqon" unvoni bilan tangalar chiqarilgan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:14:34
XVABU — viloyat hokimi.

XVATOV — hokim.

YABG‘U, YABG‘U XOQON, JABG‘U — Turk xoqonligida xoqon urug‘idan bo‘lgan el-yurt hokimi.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:15:03
YER EGALIGI — muayyan huquqiy asoslar (mulkka, yerni tasarruf etish va meros qolgan yerdan umrbod foydalanishga va ijaraga oid huquqlar)ga muvofiq yerga egalik qilish; xo‘jalik oborotiga va bozor iqtisodiy mexanizmi tarkibiga kiritilgan yerdan foydalanish shakli. Yer egaligi zimmasiga tegishli huquq va majburiyatlar yuklaydi. O‘rta Osiyoda yer egaligining amlok, vaqf, mulk, tanho va boshqa shaklari mavjud edi.

SHAD, SHOD — Turk xoqonligi boshqaruvchi unvon. Shad Turk xoqonligida bosh hukmdor — xoqondan keyingi o‘rinda turuvchi yabg‘udan so‘ng eng yuqori unvon bo‘lib, ushbu unvonga, asosan, xoqon xonadoniga mansub, biror o‘lkaga ma’mur qilib tayinlangan va o‘z qo‘shiniga ega bo‘lgan tegin, shahzodalar sazovor bo‘lishgan. Xoqonlikning markaziy hokimiyatida xoqon, o‘ng (To‘las) va so‘l (Tardush) qanotlari boshqaruvida shodlar turar edi. Ular o‘n ming qo‘shinga ega bo‘lgan. Turk xoqonligi davrida Choch, Buxoro, Toxaristonni shodlar boshqargani xitoy va arab manbalaridan ma’lum.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:15:12
SHAHRISTON — O‘rta asrlarda Sharqdagi shaharlarning markazi, mudofaa devori bilan mustahkamlangan asosiy qismi. Saroy (ba’zan ark), jome masjid, yopiq (tim) yoki ochiq bozor, bosh maydon — registon, muhim ma’muriy binolar, hukmdor va uning yaqinlarining qo‘rg‘onlari, shuningdek oddiy aholi xonadonlari va boshqalari bo‘lgan. Ilk davrlarda unda bog‘, ekinzorlar ham bo‘lgan. Qadimiy Buxoro shahristoni arkdan alohida qurilgan (Narshaxiyning yozishicha, arkning bir darvozasidan shahristonga chiqilgan). Shahristonlar yirik-asosiy ko‘chalar bilan bir necha kvartalga bo‘lingan. Masalan, Buxoro shahristonida g‘arbdan sharqqa, shimoldan janubga o‘tgan ko‘cha shahristonni 4 teng qismga bo‘lgan. Shahristonda dastlab dehqonlar, arab istilosidan keyin savdo va hunarmandchilik rivoj topgach, savdogarlar, hunarmandlar (hokim tabaqa bilan bir shahristonda) yashaganlar. Keyingi asrlarda shahriston atrofida tashqi shahar — rabod qurilgan. O‘rta Osiyo qo‘sh — ichki va tashqi rabod bilan o‘ralgan shahristonlar ham bo‘lgan (masalan, Binkat).
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:15:29
SHOMONLIK, SHAMANLIK (evenk tilida shaman — jazavaga tushish) — ibtidoiy diniy e’tiqod shakllaridan biri. yovuz va ezgu ruhlarga, ularning inson hayotiga ta’sir ko‘rsatishiga ishonish shomonlikning asosini tashkil etadi. Shomonlikda uning ruhoniylari — shomonlar ruhlar bilan aloqa bog‘lay oladigan, bo‘lajak voqealarni oldindan aytib bera oladigan shaxslar deb, ularga sig‘iniladi. Maxsus kiyim kiygan, childirma ushlagan va boshqa turli narsalar taqingan shomonning xalq o‘rtasida raqs tushib va jazavaga kirib, ruhlar bilan "œaloqa bog‘lashi" hamda ulardan ma’lum yo‘l-yo‘riq olishi shomonlikning asosiy marosimi hisoblanadi. Bu diniy e’tiqodda oddiy dindorlarga belgilangan keng marosimchilik belgilari va ibodatxonalar yo‘q. Shomonlarga bemorlar o‘zlarini davolash maqsadida murojaat qilib turadilar. Shomonlik Afrika, Shim. va Sharqiy Osiyoning ko‘p xalqlarida, Sibirda, indeyslar va boshqa xalqlarda tarqalgan.

CHOCH RAQSI — mil. birinchi mingyillik o‘rtalarida Xitoyda shuhrat qozongan raqs turi. Chjechji (Choch — Toshkent) nomi bilan atalgan. Choch raqsini, asosan, qiz-juvonlar ijro etgan. Raqsga avval bir kishi tushgan, ya’ni yakka o‘yin hisoblangan. V-VI asrlarda esa, 5 kishi, keyingi asrlarda esa 24 kishi o‘ynagan. Choch raqsi davra qilib, aylanib o‘ynalgan, u milliy musiqa, maqom va xonanda ashulasi bilan ham qo‘shib yuborilgan. Raqqosalardan biri davraning markazida o‘ynab, o‘yinni boshqarib borgan. U xuasin ("œgulning markazi") deb atalgan. Raqqosalar qimmatbaho matolardan tikilgan, dur va javohirlar, chiroyli kashta nusxalar bilan bezalgan liboslarda chiqishgan. Choch raqsi xitoyliklarni o‘ziga maftun etgan. o‘sha davrlarda yozilgan musiqa risolalarida bu o‘yinga juda yuqori baho berilgan. Mas., Chyan Yan o‘zining «Musiqa kitobi» asarida «Xitoyliklar chjechji raqsini ijro etishda xuslar (xorijiylar) bilan tenglasha olmaydilar», deb yozgan. Xitoy shoirlari Choch raqsining maftuni bo‘lib, unga bag‘ishlab 29 ta she’r va qasidalar yozganlar.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:15:41
CHOKARLAR — ilk o‘rta asrlar (IV-VIII asrlar)da qishloqning yirik mulkdor-dehqonlarning istehkomli qo‘rg‘onlari va mulklarini qo‘riqlash va ularni tashqi hujumlardan muhofaza etish uchun tuzilgan yollanma qurolli otryad (guruh). Chokarlar guruhi 30-40, 50-100 va undan ortiq harbiy navkarlardan iborat bo‘lgan. Ular qilich, qalqon, nayza hamda kamon sadoq to‘la o‘qlar bilan qurollangan. Chokarlar dehqon qo‘rg‘onlariga yaqin yoki shahar girdida bino qilingan istehkomlarda yashaganlar. Bunday istehkomlar Chokardiza deb yuritilgan. Toshkentning Chaqar va Samarqandning Chokardiza kabi mahallalari ilk o‘rta asrlarda chokarlar joylashtirilgan qarorgohlarning o‘rni bo‘lgan. Chokarlar baquvvat va abjir hamda o‘z valine’matiga sadoqatli o‘spirinlardan tanlab olingan. Ayrim manbalarda qayd etilishicha, o‘sha davr udumi bo‘yicha, hojasi vafot etgan chokarlar hatto u bilan birga tiriklayin go‘rga ko‘milishi lozim bo‘lgan. Bunday sadoqatli va jangovar chokarlar bilan dehqonlar yovgarchilik paytlarida dushmanga qarshi harbiy yurishlarda qatnashar, osoyishtalik zamonda esa ularga suyanib qishloqning ziroatkor aholisi ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatishga harakat qilgan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:15:58
TARIXIY — GEOGRAFIK NOMLAR

AJINATEPA
— budda ibodatxonasi xarobasi saqlangan tepalik (VI-VIII asrlar). Qo‘rg‘ontepa shahri (Tojikiston Respublikasi)dan 12,5 km sharqda. Tojikiston arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan qazib o‘rganilgan (1961-1969-yillar). Ibodatxona va monastirdan iborat 2 qismli inshoat (100x50) topilgan. Qazishmalar davrida besh yuzdan oshiq san’at yodgorliklari — haykallar, naqshlar, devoriy rasmlar va ularning parchalari topilgan. Buddaning o‘lim to‘shagida yotgan 12 metrli haykali va sovg‘a keltirayotganlarning devoriy rasmlari muhim tarixiy ahamiyatga ega.

AL-FIR QAL’ASI — IV asrda Xorazmshoh Afrig‘ tomonidan Kat shahri yonida qurilgan qal’a. Beruniy ta’riflashicha, uning "œuchta devori paxsadan va xom g‘ishtdan qurilgan; bularning biri ikkinchisi ichiga joylashgan; har birining balandligi boshqasinikiga qaraganda oshib boradi, ammo shohlar qasri hammasidan ham balanddir" — deb yozadi.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:16:08
AXSIKAT — qadimgi shahar xarobasi. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Shahand qishlog‘i hududida, Sirdaryoning o‘ng sohilida joylashgan. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Axsikat shahri mil.avv. III-II asrlarda vujudga kelgan, IX-X asrlarda Farg‘ona vodiysining poytaxti bo‘lgan. 1219-yil mo‘g‘ullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Axsikatning eski o‘rnidan 5-7 km g‘arbda bunyod etilgan yangi shahar — Axsi XIV-XVII asrlarga oiddir. Axsikatni arxeologik jihatdan o‘rganish ishlari XIX asr oxirlari — XX asr boshlaridan boshlangan. 1885-yil N.I. Veselovskiy, 1914-yil I.A.Kastan’e qazish va qidiruv ishlari olib borgan. Sho‘rolar davrida M.E.Masson (1939) va A.N. Bernshtat (1948)lar tekshirganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Axsikat ark, shahriston va raboddan iborat bo‘lganligi, shaharning uch qismi ham alohida devorlar bilan o‘ralganligi, arkda hokim saroyi, zindon, shahristonda ichki bozor, jome masjidi, pishiq g‘ishtdan ishlangan hovuz va ariqlar, rabodda hunarmandlar mahallalari va tashqi bozor mavjud bo‘lganligi aniqlangan. Axsikat Namangan o‘lka shunoslik muzeyi xodimlari tomonidan ham o‘rganilgan (1957-1959). 1960-yilda O‘zbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti uyushtirgan maxsus ekspeditsiya Axsikat rabodidan XI asrga oid ko‘hna hammom o‘rnini ochgan. U yerdan sopol idish quvir, chaqatanga va shisha buyumlar topilgan. Bundan tashqari, Axsikat xarobalaridan g‘arbroqda O‘rta asrlarga oid yana bir shahar xarobalari borligi aniqlangan. Akademik Y. G‘. G‘ulomov va arxeologik I. Axrorov maskur tadqiqotlar asosida bu yerda turli davrlarga oid ikki shahar bo‘lganligini, ulardan biri qadimgi Axsikat va ikkinchisi Bobur Mirzo tug‘ilgan Axsi ekanligini birinchi bo‘lib isbotladilar. 1967-yilda rassom I.A. Semernov Axsikat xarobalaridan yig‘ib jamlangan sopol idish, jez buyum va zeb-ziynatlar majmuasini Moskvadagi sharq xalqlari davlat muzeyiga taqdim etgan. Axsikat yodgorligi o‘zbek xalqi madaniyati tarixida muhim o‘rin tutganligi uchun 1950-yildan davlat muhofazasiga olingan
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:16:27
BOLALIKTEPA — termizshohlar qal’a-qasri xarobasi (V-VIasrlar). Termiz shahridan 30 km shimolda. Katta va kichik tepaliklardan iborat bo‘lgani uchun shunday atalgan. Bolaliktepani san’atshunos-arxeolog L.I.Albaum o‘rgangan (1953-1955-yillar). Qal’a-qasr to‘rtburchak shakldagi paxsa poydevor (30x30x6 metr) ustiga xom g‘isht (50x30x10 sm) dan qurilgan bo‘lib, 16 xonadan iborat (ulardan 11 tasi V asrda, 5 tasi VI asrda bunyod etilgan). Tashqariga qaragan xonalarning devorlari nishon tuynukli. Eng katta xona o‘rtasida xom g‘ishtdan davra tarhli otashkada (diametri 1,2 metr, balandligi 60 sm) ishlangan. Undagi kul qoldiqlari ichidan kuygan bug‘doy doni va o‘rik danaklari topilgan. Xonalardan sopol va shisha idishlar, turli musiqiy asbob bo‘laklari, naqshinkor chilim, taqinchoqlar qadalgan ipak kiyimlar parchasi, chordana qurib bola emizayotgan ayol tasviri tushirilgan shisha turunj (medal’on), yog‘och qoshiq va boshqalar topilgan. Xonalardan birida devorlarida to‘y marosimi aks ettirilgan devoriy rasmlar topilgan.

BO‘ZSUV — Chirchiq daryosidan chiqarilgan qadimgi kanal. Bo‘zsuv Chirchiqning o‘ng sohilidagi qadimgi terassalar bo‘ylab shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga tomon yo‘nalib, Toshkent viloyati Qibray, Zangiota va Yangiyo‘l tumanlari, Toshkent shahri hududi, shuningdek Qozog‘iston Respublikasi yerlaridan o‘tib, Chinoz yaqinida Sirdaryoga quyiladi. Uzunligi 159 km.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:17:22
EFTALIYLAR DAVLATI (V asrning ikkinchi yarmi — VI asrning 60-yillari) — O‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston yerlarini birlashtirgan ilk o‘rta asr davlati. Eftaliylar asos solgan. Uning asosiy negizini Baqtriya-Toxariston tashkil qilgan. Shu yerdan turib eftaliylar qo‘shni davlatlarga yurishlar qilganlar. Eftalon deb yuritilgan shoh Vaxshunvor eftaliylar yurishiga boshchilik qilgan.

FRAGONA — Farg‘ona qadimda shu nom bilan yuritilgan.

ILOQ — tarixiy viloyat. Toshkent viloyatining janubiy qismida. Ohangaron daryosi (XIII asr boshlariga qadar Iloq deb atalgan) havzasida bo‘lgan. Qadimgi dehqonchilik va konchilik mintaqalaridan. Milodiy V asrdan mustaqil davlat sifatida ma’lum. Iloq hukmdorlari "œIloq dehqonlari" unvoni bilan yuritilib, katta iqtisodiy va siyosiy mavqega ega bo‘lgan. VI-VII asrlarda Shoshga qo‘shilgan. IX-X asrlarda 17 shahar bo‘lgan. Aholisi dehqonchilik, chorvachilik, keng ko‘lamda ma’dan qazish va hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. Iloq aholisi jangovarligi va erksevarligi bilan mashhur bo‘lgan. Iloqda davlat zarbxonasi bo‘lgan. X asr oxirlarida Iloq Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng Iloq yerlari jaloyirlar qabilasi tasarrufiga o‘tgan. Iloq nomi XIV asrdan manbalarda uchramaydi. Poytaxti Tunkat shahri bo‘lgan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:17:41
ITIL, Idil, Etil — o‘rta asr arab va fors adabiyotlarida Volga daryosining atalishi. Tatar, boshqird, chuvash va boshqa turkiy xalqlarda hozir ham qo‘llanilib kelinadi. Mahmud Qoshg‘ariyning "œDevonu lug‘otit turk" asarida Etil — vodiyning nomi.

ISHTIXON — Samarqand viloyati, Ishtixon tumanidagi shahar. U qadimdan ma’lum bo‘lib, ilk zamindorlik davrida mustaqil hokimlikning markazi bo‘lgan, keyinchalik Sug‘diyona tarkibiga kirgan. Samarqand arablar tomonidan bosib olingach (VIII asr boshlari), Sug‘d ixshidlari Ishtixonga kelib uni poytaxt qilgan. X asrda Ishtixon qal’a, shahriston va raboddan iborat katta shahar bo‘lgan. Keyingi asrlarda ham yirik savdo shahri sifatida mashhur edi. Tarixiy manbalarda Ishtixon savdo-sotiq rivojlangan, atrofi bog‘-rog‘, dalalar bilan o‘ralgan chiroyli shahar sifatida tilga olinadi. Ishtixonga Zarafshon daryosi orqali suv kelgan. Keyinchalik shahar xarobaga aylangan. Uning o‘rnida kichikroq qishloq (hozirgi Ishtixon shahri) vujudga kelgan.

KAT — Xorazmning qadimgi poytaxti.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:17:56
KIDARIYLAR davlati (V asr) — O‘rta Osiyoda ilk o‘rta asrlarda yuzaga kelgan turkiy davlat. Ko‘chmanchi chorvador aholi bo‘lgan toxarlar V asrning 20-yillarida Sharqdan Sirdayo va Orol bo‘ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga kirib keladi. Toxarlar kushonlarning avlodlaridan bo‘lib, Kidar ismli hukmdor ularga yo‘lboshchi edi. Shuning uchun ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi.

KO‘KCHA Oqtepasi — arxeologik yodgorlik (VI-XI asrlar). Toshkentning janubi-g‘arbiy qismida, Ko‘kcha arig‘i bo‘yida joylashgan. 1927-yil N.G. Mallitskiy tomonidan qayd etilgan. 1968-yil Toshkent aarxeologiya ekspediyasi tekshirgan. Qo‘rg‘onning balandligi 5 metrga yaqin bo‘lgan. Undan VI-VIII asrlarga mansub turli xil sopol idishlar, sopol ostodon topilgan. Tepalikning do‘ng qismi ostidan xom g‘isht va paxsadan barpo qilingan imorat qoldiqlari kavlab ochilgan. Ko‘kcha Oqtepasida hayot X-XI asrlargacha davom etganligi aniqlangan. Hozir tekislab tashlangan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:18:11
KOSON — Qashqadaryo viloyatidagi shahar. Koson tumanining ma’muriy markazi, viloyatning g‘arbiy qismida. Koson o‘rnidagi dastlabki qishloq milodning boshlarida vujudga kelgan, Yerqo‘rg‘on hayot tanazzulga uchragach, aholi bu yerga ko‘chgan. IV-V asrlarda qal’a bunyod etilib, atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olingan; u mo‘g‘ullar istilosi davrigacha (XIII asr boshi) mavjud bo‘lgan. Mo‘g‘ullar istilosidan avval Kosonning mudofaa devori 3 marta ta’mirlangan bo‘lib, kengligi 10 metrga yetgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, Kosonda ancha vaqtgacha hayot so‘ngan va faqat XV-XVI asrlardagina qayta jonlangan. Karvon yo‘lida bo‘lgani uchun savdo va hunarmandchilik rivojlangan. IV-VI asrlarga oid mis tangalarda "œKosonning ulug‘ shohi" deb yozilgan sug‘diycha bitik aniqlangan (E.Rtveladze). U shoh qarorgohi bo‘lgan. XVI asr 40-yillarida shayboniylarga qarshi Kosonda Bobo Mirak qo‘zg‘oloni sodir bo‘lgan. XVII asrdan Ashtarxoniylar, XVIII asr o‘rtalaridan Buxoro amirligi tarkibida. Antik manbalarda uchraydigan Ksenippa viloyatining nomi Koson atamasining o‘zgargan shakli bo‘lishi mumkin. Undagi "œpa" qo‘shimchasini sug‘diycha "œob", ya’ni suv deb hisoblansa, qadimda Qashqadaryodan chiqarilgan kanal Kosonob ya’ni Koson daryosi deb atalgan bo‘ladi.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:18:35
KUYOVQO‘RG‘ON — ilk o‘rta asrlarga oid badavlat dehqon qo‘rg‘oni (V a.). Yodgorlik Termizdan 26 km shimolida, Angor tumanida, Zartepadan 300 m sharqda joylashgan. Kuyovqo‘rg‘on 1977-yili Arxeologiya insitutining Baqtriya ekspedisiyasi tomonidan to‘liq ochib o‘rganilgan. Kuyovqo‘rg‘on haykallari O‘rta Osiyodagi ilk asrlarga oid hayotiy obrazlarni o‘zida mujassamlashtirgan yagona haykaltaroshlik namunasidir. haykallar ilk o‘rta asrlardagi Toxaristonning boy va yuqori rivojlangan moddiy va ma’naviy madaniyatidan dalolat beradi. Kuyovqo‘rg‘on ilk o‘rta asrlarga xos bo‘lgan qo‘rg‘on me’morligining dastlabki ko‘rinishidir. qo‘rg‘on o‘zining ilg‘or me’moriy yechimlari bilan ajralib turadi.

MUG‘ QAL’A, QAL’AI MUG‘ — istehkom qal’a xarobasi (V-VI asrlar). Qum daryosining Zarafshon daryosigacha kelib quyilish burchagidagi (Tojikiston) tog‘ cho‘qqisi ustiga qurilgan ikki qavatli qasr-qo‘rg‘on. Bu qurilish undan avvalgi inshoat o‘rnida amalga oshirilgan bo‘lishi, ehtimol. Chunki, qadimgi yunon mansablarida zabt etish mushkul bo‘lgan "œsug‘d qoyalari" haqida ma’lumotlar uchraydi. Olimlarning fikricha, Mug‘ qal’a shunday istehkom "œqoya" lardan biri bo‘lgan. O‘rta asr yozma manbalarida Mug‘ qal’aga nisbatan abargar nomi ishlatilgani ham ma’lum. Bu sug‘dcha atamaning ma’nosi "œtog‘ ustidagi" demakdir. Mug‘ qal’ada 1932-yilda tasodifan bir sug‘dcha hujjat topilishi, uning xaroba qoldiqlarida arxeologik qazish ishlari boshlanishiga sabab bo‘ldi. Mug‘ qal’ada o‘tkazilgan qazishmalar natijasida mustahkam devor bilan o‘ralgan ixcham hovli yuzasi hamda qamal holatda yashashga mo‘ljallangan xo‘jalik va turar joy binolari majmuidan iborat qo‘sh qavatli inshoat qoldiqlari namoyon bo‘ldi. Yuzlab moddiy va ashyoviy topilmalar bilan bir qatorda Mug‘ qal’a xarobalarida sug‘d, qadimgi turkiy, xitoy va arab yozuvlari bilan bitilgan 80 ta hujjatdan iborat qadimgi arxiv qo‘lga kiritildi. Mug‘ qal’a yozma yodgorliklarining guvohlik berishicha, qal’a arab istilosi davrida (722) vayronaga aylantirilgan. Mug‘ qal’ada Panch (ilk o‘rta asr Panjikenti) hokimi Devshtich o‘z yaqinlari va arkoni davlati bilan qamal qilinib asir olingan, keyinchalik qatl etilgan. Inshoat esa buzib tashlangan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:18:47
OLTINTEPA — o‘rta asr shahar xarobasi (V-XIII asrlar). Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanidagi Qorabog‘ qishlog‘i yaqinida joylashgan. Oltintepa dastlab ToshDUning arxeologik ekspedisiyasi tomonidan tekshirilgan (1966). 1964 yildan muntazam arxeologik tadqiqotlar olib borilgan. Shahar ikki qismdan: hisor rolini o‘ynagan markaziy qism (2,5 ga dan ortiq) va raboddan iborat. Oltintepadagi markaziy tepalikning hajmi 160x160 m, balandligi 13 m ga yaqinni tashkil qiladi. Oltintepaning umumiy mayd. 40 ga bo‘lgan. Dastlab Oltintepa o‘rnida V-VI asrlarda kichik qishloq yoxud alohida turgan inshoat joylashgan; u VII-VIII asrlarda kengaygan. Asosiy tepalik mudofaa devori bilan o‘rab olingan, qishloqni shaharga aylanish jarayoni kechgan. X asrda shahar nihoyatda katta bo‘lgan, hunarmandchilik rivojlangan. XIII a. boshida mo‘g‘ullar istilosi natijasida vayron bo‘lib, XIII asrning 30-yillarida shahar hayoti qayta jonlangan. Oltintepadan ko‘plab sirlangan, turli xildagi naqshlar, yozuvlar bilan bezatilgan sopol idishlar (ko‘za, xum, lagan va b.), tangalar, o‘yma naqsh tushirilgan terrakota parchalari, o‘g‘irlar, jez ko‘zgu, kuldon, haykalchalar va boshqalar topilgan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:19:04
OLTOY (turkiy va mongol tillarida altan-oltin) — Osiyodagi tog‘ sistemasi, RF, Mongoliya va Xitoy hududida. Shimoliy-g‘arbda G‘arbiy Sibir tekisligidan janubiy-sharqda Gobi tekisliklarigacha cho‘zilgan. Uzunligi 2000 km. Ayrim tizmalardan iborat. Baland cho‘qqilari g‘arbiy qismida (Beluxa, 4506-metr). Oltoy uch qismga — Asl Oltoy, Gobi Oltoyi va Mongoliya Oltoyiga bo‘linadi.

PANJAKENT, PANJIKENT — Tojikistonning Sug‘d viloyatidagi shahar. Zarafshon daryosi vodiysida, Samarqanddan 68 km janubi-sharqda. Hozirgi Panjikentdan 1,5 km janubi-sharqda qadimgi Panjikent shahri xarobalari joylashgan. Uning maydoni 13,5 ga, shahriston, ko‘handiz, rabod va qabristondan iborat. Shahristondan ko‘p ko‘cha tarmoqlari, xom g‘isht va paxsadan qurilgan ikki qavatli ayvonli turar joy binolari, hunarmanchilik ustaxonalari va do‘konlar qoldig‘i topildi. Shahriston markazida V-VII asrlarga oid ibodatxona ko‘rinishida ikkita bino bo‘lgan. Shahar devoridan g‘arbda uch qavat istehkom bilan o‘ralgan ko‘handiz joylashgan. Shahardan sharqda esa ikki qavat uyli hovlilar (chorbog‘lar) bo‘lgan. Ko‘handizga qamal vaqtida yashashga mo‘ljallangan mustahkom minora (donjon) va hokim saroyi joylashgan. Arxeologik qazishlar jarayonida Panjikentdan bir necha ming jez va kumush tanga topilgan. Bulardan Panjikentda zarb qilingan sug‘d tangalari alohida qimmatga ega. Sopol parchalariga sug‘d tilida va kamdan-kam arab tilida tush" siyohda yozuvlar bitilgan. Ko‘pchiligi yong‘in paytida kuyib ketgan sopol haykallar, o‘yib ishlangan yog‘och shakllar, shuningdek, har xil mazmundagi manzaralar tasviri va naqshgul solingan yog‘och g‘o‘lalar topildi. Shahar V-VIII asr o‘rtalarida ravnaq topgan, VIII asr I-choragida shaharni arab bosqinchilari vayron qilgan. VIII asr ikkinchi yarmida Panjikent butunlay xarobaga aylanib, aholi yashamagan. Qadimgi Panjikent asosida muzey-qo‘riqxona tashkil etilgan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:19:22
PARAK — O‘rta asrlarda Chirchiq daryosining nomi.

QUBODIYON, QABODIYON — O‘rta Osiyodagi tarixiy viloyat. Kofirnihon daryosining quyi oqimida, Sag‘oniyon bilan Vaxsh oralig‘ida, hozirgi Qo‘rg‘ontepa viloyatining Shartuz tumani (Tojikiston) hududida joylashgan. Toxaristondagi eng kuchli va nufuzli bo‘lgan viloyat, uning mahalliy hukmdorlari harbiy kuchlar zarur bo‘lgan paytlarda 50 minggacha chokar to‘play olardi.Xitoy manbalarida (VII a.) Ke-xo-yen-na mulki tarzida keltirilib, uning hududi sharqdan g‘arbga tomon ikki kunlik yo‘l ekani qayd etilgan. Qubodiyonning markaziy shahri Sag‘oniyon poytaxtidan qolishmagan. Shaharda uchta Budda monastiri joylashgan. O‘rta asrlarda Qubodiyon nomi ilk bor Tabariy asarida 725-y. Asad ibn Abdullohning Xuttalonga yurishi munosabati bilan uchraydi. Qubodiyon VIII a. o‘rtalarida arablar tomonidan bosib olingan. IX asrda Qubodiyon ma’muriy jihatdan Xuttalon viloyatiga qaragan. X asrda esa Sag‘oniyon (Chag‘oniyon) viloyati tarkibida bo‘lgan. Sam"oniyning yozishicha, XII asrda Qubodiyon Balx viloyatiga mansub obod nohiya edi. Qubodiyon hududini Romil daryosi kesib o‘tgan. Bu yerda arablarning tamim qabilasi yashagan, ular harbiy ishda mohir bo‘lishgan. Hozirda Qo‘rg‘ontepaning jan.-g‘arbidagi tuman markazi Qabodiyon deb ataladi. Uning atrofida Kaykubodshoh va Qal’ai Mir shahar xarobalari bor, lekin Qubodiyon markazi o‘rni Shaartuzdan 9 km masofada joylashgan Qiziltepa yoxud Qizqal’a o‘rnida bo‘lgan. Bu yerda hayot kushonlar davridan XIII a. boshiga qadar davom etgan. XI asrda Xurosonda ro‘yan o‘simligining «kubodi» nomli maxsus navi mashhur bo‘lgan. Bu nav Qubodiyonda etishtirilgan va X asrda asosiy qishloq xo‘jaligi ekini hisoblangan; ro‘yan katta miqdorda Hindistonga eksport qilingan. Undan olingan daromadning bir qismini viloyat hokimi olgan. XVII asrda ham ro‘yan Qubodiyondan chetga chiqariladigan asosiy qishloq xo‘jaligi mahsuloti sanalgan, undan tashqari Qubodiyondan ajoyib anorlar va ikki turdagi uzum shinnisi chiqarilgan. Qubodiyon tog‘larida X asrda neft, saqich va bitum, shuningdek, feruza konlari bo‘lgan. XII asrda Somoniy Qubodiyonning mashhur shifobaxsh bulog‘i haqida yozgan. Bu buloq hozirda Chiluchor chashma deb ataladi. Uning oldida yaqin vaqtlargacha eski masjid bo‘lgan, uning ustunlaridan birida masjid qurilgan sana (749-y.) ko‘rsatilgan. XIX a. va XX a. boshida Qubodiyon Buxoro amirligining Qubodiyon bekligiga bo‘ysungan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:19:33
QUVA — Farg‘ona viloyatidagi shahar. Farg‘ona shahridan 40 km. Qadimgi Fargo‘na tumanidagi eng qadimiy shaharlardan biri bo‘lgan. Quva "œHudud ul-olam" asarida (X asr), arab geograflaridan Istaxriy, Ibn Havkal, Maqdisiy asarlarida Quba deb tilga olingan. O‘rta asrlarda Quva alohida viloyat poytaxti bo‘lgan va Farg‘onada Axsikatdan so‘ng ikkinchi shahar hisoblangan. Quva gullab-yashnashi uzoqqa cho‘zilmadi. X asrdan keyin Quvaning shahar ekanligi haqida ma’lumot yo‘q. "œBoburnoma" da Quva Andijondan 4 og‘och (Farsax) narida joylashgan qishloq deb aytiladi. Quva 3 qismdan: ark, shahriston va raboddan iborat bo‘lgan. Qazishmalar natijasida Quva shahrining mil.avv. vujudga kelganligi aniqlandi. Shahar hayoti milodning birinchi ming yilligi o‘rtalari hamda X-XII asrlarda ikki marta rivojlanish bosqichlarini boshidan kechirgan. Birinchi bosqich arablar istilosi, ikkinchi bosqich esa XIII asrda mo‘g‘ullar istilosi tufayli tugagan. Shahar atrofini mudofaa devoir o‘rab olgan. Quvada turar joy binolari kompleksi hamda budda diniga mansub ibodatxona qazib tekshirilgan. Ibodatxona o‘rtasida hovli bo‘lib, eshiklari janubga qaragan. Ibodatxona binosi kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida qurilgan. Uning balandligi 3,60 m bo‘lib, g‘isht va loydan qilingan sun’iy ko‘tarmadan iborat. Ibodatxona devorlaridagi tokchalarga budda xudolarining haykallari qo‘yilgan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:21:41
QO‘SHTEPA YODGORLIGI — Urgut yaqinidagi cho‘qintirish marosimi tasvir etilgan yodgorlik.

SUG‘D, SO‘G‘D, SUG‘UD — O‘rta Osiyodagi qadimiy tarixiy-madaniy viloyat. "œSug‘d" so‘zining ma’nosi fanda turlicha talqin qilib kelinadi. Masalan, So‘ch — So‘z — «kuymoq, yonmoq, porlamoq» deb izohlangan. Bundan Sug‘dni "œMuqaddas ilohiy olov (Zardushtiylik tasavvuriga ko‘ra) bilan poklangan yer" kabi ma’noda talqin etishga harakat qilingan. Yana bir izohga ko‘ra, "œSug‘d" so‘zi sernam, unumdor yer deb tushuniladi. Bunga hozirga qadar pastlik, suv yig‘iladigan yer "œSug‘d", "œSug‘ut" deb atalishini dalil qilib ko‘rsatiladi. "œSug‘d" mamlakati (poytaxti — Samarqand, 645-654 yillarda Kesh) uch tarixiy-geografik hududni birlashtirgan. Samarqand Sug‘di, Buxoro Sug‘di va Kesh-Naxshab Sug‘di har uch qism o‘zaro tabiiy chegaraga ham ega edi: Zarafshon tog‘ tizmalari Samarqand va Kesh-Naxshab o‘rtasini, Karmanadan keyin Malik cho‘li Buxoro va Samarqand Sug‘dini ajratib turgan. Buyuk ipak yo‘lining markaziy tarmoqlari Sug‘di orqali o‘tgan. Natijada Sug‘d xalqaro savdo munosabatlarida muhim o‘rin tuta boshlagan. Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab Sug‘d savdogarlarining qishloqlari, shaharlarida esa ularning mahallalari paydo bo‘lgan. Sug‘d tili xalqaro til rolini o‘ynagan. Bu hol Xitoy sayyohlari tomonidan Sug‘dning chegaralari haqida noto‘g‘ri tasavvurlar hosil qilgan (Syuan Szan). Sug‘d asta-sekin har 3 qismni o‘z atrofiga to‘plagan konfederativ davlat uyushmasiga aylanib borgan. Mil. birinchi ming yillikning birinchi yarmida Sug‘d kushonlar, xioniylar, abdallar, kidarlar ta’sirida bo‘la turib, o‘z nisbiy mustaqilligini saqlab keldi. Sug‘d konfederasiyasi mil. VI a. o‘rtalaridan VIII asrning boshlarigacha siyosiy jihatdan kuchayib borgan. Arab istilosining boshlang‘ich davridan (VIII asrning birinchi choragi), to Sug‘d podshosi Turg‘ar davri oxirigacha (738-759-yillar) Sug‘d o‘zining konfederativ xususiyatini saqlashga harakat qilgan. Turg‘ardan keyin Sug‘dda ixshidlik siyosiy hokimiyat tugab, mamlakat xalifalik tarkibiga singdirilgan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:21:57
TALIQON, TOLIQON, TALQON — o‘rta asrlarda Shimoliy Afg‘onistondagi qadimgi shahar va viloyat. Taliqon o‘rta asrlarda Toxaristonning poytaxti bo‘lsa-da, Balxdan 3 marta kichik edi. Taliqon Qunduzdan sharqda, Qunduzdaryo irmog‘i Taliqon daryosi bo‘yida joylashgan. Taliqon mustahkam istehkomli, savdo yo‘llari kesishgan yerda joylashgani uchun obod va boy shahar hisoblangan. O‘rta asrlarda uni, shuningdek, "œXuroson Taliqoni" deb ham atashgan, chunki ayni vaqtda bu nomdagi yana 2 shahar Qazvin va Reya viloyatlarida ham bo‘lgan. Mahmud ibn Valining yozishicha, Maymana viloyatidagi shahar ham Taliqon deb atalgan. Firdavsiyning "œShohnoma" sida Taliqon shahri Afrosiyob podsholigi davri voqealari munosabati bilan qayd etilgan. Qadimda Taliqon atrofida chegara, tosh minorasi bo‘lgan, uni sosoniylar shohi Varavran V (421 438 hukmronlik qilgan) bunyod etgan. Arablar istilosi arafasida Taliqon alohida bir mulk bo‘lib, uni Sahrak yoki Suhrob nomli shoh idora etgan. X asrda Taliqon shahri Guzganon viloyati shohiga tobe bo‘lgan. XII asrda Taliqon manbalarda yana Xurosonning alohida viloyati tarzida qayd etilgan va unga bir qancha shahar va qishloqlar qaragan. Taliqon qal’asi o‘rta asrlarda Mansurko‘h yoki Nusratko‘h deb nomlangan. U juda mustahkam bo‘lib, XIII asrda Chingizxon qo‘shinlari uni kuch bilan egallay olmay, 7 oy qamal qilib olishga majbur bo‘lishgan. Amir Temur va temuriylar davrida Taliqon dastlab Pirmuhammad ibn Jahongir mulki, so‘ngra Shohruh davrida uning o‘g‘li Ibrohim Sultonga tegishli bo‘lgan. XVI asr oxirida Taliqonni temuriy Sulton Mahmud Mirzo va Xisravshohning noiblari idora etishgan. 1503-1504-yillarda Toxariston va Badaxshonning katta qismini Shayboniyxon qo‘shinlari bosib olganda bu viloyatlar Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonga in’om etilgan. Shayboniyxon o‘limidan so‘ng (1510) Toxariston va Badaxshonning katta qismi yana temuriylar (Mirzaxon o‘g‘li Sulaymonshoh) tasarrufida bo‘lgan. Biroq uning nabirasi va vorisi Shohruh Mirzo davrida Taliqon Badaxshon shohlaridan Shoh Imod qo‘liga o‘tgan. 1584-yil Taliqonga shayboniylar qo‘shni kelib shahar Mahmud sulton ibn Sulaymon sultonga qaragan. U o‘z navbatida, Shayboniylarning Balxdagi noibi Abdulmo‘min Sultonga tobe bo‘lgan. Taliqon viloyat markazi maqomini Ashtarxoniylar davrida ham saqlab qolgan. XVIII asrning birinchi yarmida Taliqon yoriylar sulolasidan Mir Sultonshoh tasarrufiga o‘tgan. XVIII asr o‘rtalaridan Afg‘oniston tarkibida.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:22:27
TOXARISTON, TO‘XORISTON — hozirgi janubiy O‘zbekiston, janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg‘onistonni o‘z ichiga olgan tarixiy viloyat. Shimolda Afg‘onistonni o‘z ichiga olgan tarixiy viloyat. Shimolda Hisor tog‘lari, janubda Hindikush, g‘arbda Murg‘ob va Herirud daryolari, sharqda Pomir bilan chegaralangan. "œToxariston" nomi mil.avv. II asrda Yunon-Baqtriya podsholigi tugatgan ko‘chmanchi qabilalardan biri — toxarlar nomidan olingan. Fors va arab tarixchi, geograflari (IX-XIII asrlar) "œToxariston" atamasini V asrdan XIII asrgacha qo‘llagan. Toxariston milodiy I-IV asrlarda Kushon podsholigi tarkibiga kirib, uning o‘zagini tashkil qilgan. Kushon podsholigi parchalangach, Toxariston alohida mulklarga bo‘linib ketgan. VII asr boshida Syuan Szanning so‘zlariga ko‘ra, Toxariston 27 ta alohida mulk: Balx (Baqtriyaning sobiq poytaxti), Qunduz (Shimoliy Afg‘onistonda), Termiz, Chag‘oniyon, Xuttal va boshqalardan iborat bo‘lgan. V-VI asrlarda Toxariston mulklari eftaliylarga. VII asrda Turk xoqonligiga tobe bo‘lgan. 618-yil turk xoqoni To‘nyabg‘u (618-630-yillar) Toxaristonni to‘ng‘ich o‘g‘li Tardushodga topshirgan. U yabg‘u unvoni bilan Toxaristonda hukmronlik turkiy sulola asoschisi bo‘lgan. VIII asrning birinchi yarmida Toxaristonni arablar zabt etgan. Keyinchalik u Tohiriylar, Safforiylar, Somoniylar, G‘uriylar davlati tarkibiga kirgan. XIII asr boshida Toxariston mo‘g‘ullar istilosi natijasida vayron qilingan. O‘zbek va tojik arxeologlari, Fransiya, Italiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning olimlari olib borgan tadqiqotlar Toxariston O‘rta Sharqning yirik iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lganligini ko‘rsatdi. Toxariston O‘rta Osiyoning boshqa viloyatlari, Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq bilan savdo-madaniy aloqalar o‘rnatgan. Kushonlar va ilk o‘rta asrlarda Toxariston O‘rta Osiyoda buddaviylik, shuningdek, moniylikning rivojlanishi va tarqalishida muhim rol o‘ynagan. IX-XIII asrlarda Toxariston islom madaniyati va ilmining markazlaridan biri bo‘lgan.
Nom: tarix
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:22:57
TUNKAT — o‘rta asr shahar xarobasi (milodiy V-XII asrlar). Ohangaron daryosi havzasida joylashgan. Umumiy maydoni 50 ga. Ark, shahriston va raboddan iborat bo‘lib, atrofi mudofaa devori bilan o‘ralgan. Tunkat o‘rnidagi qishloq V asr boshlarida chorvador qabilalarning o‘rtoqlashishi tufayli vujudga kelgan. VI asrga kelib qishloq shaharga, VI asr oxirida esa Iloq poytaxtiga aylangan. Qoramozor tog‘larida oltin va kumush konlari mavjudligi Tunkatning tez taraqqiy etishiga imkon bergan. Tunkat arkida hokim saroyi, masjid qurilgan. Shahriston va raboddan ko‘plab metal, shisha va sopol buyumlarning topilishi, Tunkatda hunarmandchilik rivoj topganidan darak beradi. Tunkatdan, shuningdek, zeb-ziynat buyumlari, qurol-yarog‘lar va ko‘plab tangalar topilgan. Tunkatning o‘z zarbxonasi bo‘lgan. Qoraxoniylar bilan kurash, qazilma boyliklarining tugab qolishi va Tunkatning savdo yo‘lidan chetga chiqib qolishi natijasida XI asrning ikkinchi yarmidan shahar tanazzulga uchragan. XII asrdan Tunkat kimsasiz, tashlandiq holga kelib qolgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:27:25
TUPROQQAL’A — qadimiy shahar-qal’a xarobasi; III-IV asrlardagi xorazmshohlar qarorgohi. Hozir Beruniy shahri atrofidagi hududda joylashgan. 1938-50-yillarda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspedisi-yasi tomonidan o‘rganilgan. Tuproqqal’a tarhi to‘g‘ri burchakli (500А…350 m) bo‘lib, gumbazsimon yo‘lakli va burjli mudofaa devori bilan o‘ralgan. Devorning mustahkam jan. darvozasidan otashkada tomon markaziy ko‘cha o‘tgan. Ko‘ndalang tushgan ko‘chalar shaharni o‘nta kvartal (mahalla)ga ajratgan. Tuproqqal’aning madaniy qatlamidan, milod boshlaridan VI asrgacha bo‘lgan davrga oid ashyoviy materiallar chiqqan. Tuproqqal’aning shimoliy-sharqiy qismida maxsus ko‘tarma supa (balandligi 14 m, maydoni 80А…80 m) ustiga xom g‘ishtdan saroy qurilgan. Unga yondosh qilib balandligi 25 m li uch ta minorasi bo‘lgan ark binosi (mayd. 40А…40 m) bunyod etilgan. Arkka sharq tomonidan ko‘tarma yo‘lak orqali kirilgan. Tuproqqal’ada 100 ga yaqin turar joy, xo‘jalik binolari va sakkizta saroy xonalari qazilgan. Xonalar devori bo‘rtma naqshlar va relefli rangli haykallar bilan bezatilgan. Tuproqqal’aning sharqiy qismida qurol-aslaha ustaxonasi bo‘lgan, u yerdan temir nayzalar, 3 parrakli o‘qlar, saroyning yemirilib ketgan ikkinchi qavatidagi podsho arxividan esa teri va yog‘och taxtachalarga yozilgan 100 dan ortiq hujjat topilgan. Ular qadimiy xorazmiy tilida bitilgan (I-III asrlar). Tuproqqal’adan jun, shoyi, ip gazlama parchalari, bo‘yra, rangli gilam, ko‘plab haykal bo‘laklari, sopol buyumlar va Kushon tangalari topilgan. Tuproqqal’a sug‘orish inshoatlarining buzilishi, harbiy to‘qnashuvlar natijasida xarobaga aylangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:27:53
TURFON, TULUFON — Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidagi shahar, Sizyan-Uyg‘ur muxtor tumanida, Turfon soyligining shimoliy chekkasida joylashgan. Mil.avv. II asrda Turfon xunlarga tobe bo‘lgan, VI asr oxiridan Turk xoqonligi tarkibida, keyinchalik Uyg‘ur xonligi poytaxti. 1209-yilda mo‘g‘ullar egallagan. Mog‘uliston xoni Vaysxon davrida (1418-1425) Turfon iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha yuksalgan. XV-XVII asrlarda Chig‘atoy xonlari qarorgohi bo‘lgan. 1758-yilda xitoylar bosib olgan va Turfon aholisining ko‘pchiligi Uch shahri (Uchturfon) ga ko‘chirilgan. Turfon shahrida sug‘d yozuvi saqlanib qolgan.

TURK XOQONLIGI (VI-VIII asrlar) — O‘rta Оsiyo mintaqasi va unga tutash bir necha o‘lkalarni o‘z ichiga оlgan yirik saltanat. Og‘a-ini Bumin va Istami 55-yil Turk xoqonligiga asоs sоladilar. Bumin o‘zini xоqоn deb e’lоn qiladi.

TURKASH XOQONLIGI (699-766) — ilk o‘rta asr turkiy davlatlaridan biri. VII asrning oxirida g‘arbiy Tyanshanda ko‘chib yurgan turkash qabilalarining boshlig‘i Uch-elig (699-706), Yettisuvdagi Tan imperiyasi gumashtasi Xusrav Burishodni quvib chiqardi va Chochdan Jung‘oriyagacha o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Natijada yangi turkiy davlat tashkil topdi. Uch-elig ikki qarorgohga asos soldi. Biri Navokat shahri Chu daryosi bo‘yida, ikkinchisi Kungut shahri Ili daryosi bo‘yida joylashgan edi. Davlat 20 tuman — tutuqlikdan iborat edi. har birini hokim — tutuq boshqarardi. Uch-elig g‘arbiy turklar hukmdorlarining sobiq "œO‘n o‘q eli xoqoni" unvonini qabul qildi. Shu bilan birga u’Turkash xoqon" unvonini ham joriy etdi. Turkash xoqonlari o‘z tangalarini zarb qilganlar. 711 715-yillarda Turkash xoqonligi Sharqiy Turk xoqonligiga qaram bo‘lib turdi. 715-yili Suluk Chobish-churxoqon (715-737) davlat mustaqilligini qaytadan tikladi. U asosan, bosqinchi arab qo‘shinlari bilan urushlar olib borishga majbur bo‘lgan. Uning vafotidan keyin (737) Turkash xoqonligida "œsariq" va "œqora" turkash qabilalari o‘rtasida o‘zaro urushlar boshlanib ketgan va 766-yili davlat qarluqlar tomonidan tugatilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:28:55
USTRUSHONA (tojikcha Istaravshan), — Tojikistonning qadimgi shaharlaridan biri. Arxeologik ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha, shaharning bunyod etilishi mil.avv. VI asrga to‘g‘ri keladi. Ustrushona ilk o‘rta asrlarda (V-IX asrlar) O‘rta Osiyodagi Ustrushona tarixiy-geografik viloyati tarkibiga kirgan. Ushbu viloyat Sirdaryoning so‘l qirg‘og‘i bilan Sangzordaryo oralig‘idagi hududni o‘z ichiga olgan (hozirgi Tojikistonning shimoli-g‘arbiy qismi va O‘zbeksitonning Jizzax, Sirdaryo viloyatlari). Ustrushonaning siyosiy tarixi tarixiy manbalarda kam yoritilgan. Mil.avv. VI asrning 30-yillarida qadimgi Ustrushona hududi Kir II tomonidan bosib olingan. Kir II o‘z davlatining shimoli-sharqiy chegaralarini mustahkamlash maqsadida Sirdaryoning so‘l qirg‘og‘i bo‘ylab 7 ta chegara qal’asi qurdirgan. Mil. avv. IV asrda Aleksandr bu qal’alarni qiyinchilik bilan zabt etgan, ayniqsa, Kiropol qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Milodiy V asr oxiri — VII asrda Ustrushona hududi eftaliylar va G‘arbiy Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. Bu davrda Ustrushonani mahalliy shohlar — afshinlar idora qilgan. Arablar istilosi davrida Ustrushona mustaqilligini uzoq vaqt saqlab qolgan va faqat 822-yilga kelib uzil-kesil xalifalikka qo‘shib olingan. 893-yilgacha Ustrushonani xalifalik vassallari bo‘lgan afshinlar boshqarishni davom ettirganlar. 893-yildan Somoniylarga tobe bo‘lgan. Ustrushona O‘ratepa nomi bilan dastlab Boburning "œBoburnoma" asarida (XVI asr) tilga olingan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:30:35
VARAXSHA — Qadimgi shahar xarobasi. Buxorodan 40 km shimoli-g‘arbda, Dashti Urganji ko‘lining qadimgi Ranjfandun vohasida joylashgan. Varaxsha maydoni 9 ga va balandligi 10-20 metrli ulkan tepa shaklida saqlangan. Arxeologik qazishmalardan ma’lum bo‘lishicha, Varaxsha mil. avv. II asrda bir-biriga tutashgan bir nechta istehkomli qishloqlar tarzida qad ko‘targan. Varaxsha xarobalarining shimoli-g‘arbida qadimgi qo‘rg‘onlardan birining tashqi devori hamda yarim doira shaklidagi burji (ichki sahni 4,5x5 m) kavlab o‘rganilgan. Devor (qalinligi 1,8-1,9 m) xom g‘ishtdan (hajmi 37x41x10 sm) qurilgan. Devor va burjlarida paykonsimon nishon tuynuklari (ichki tomoni 38-40 sm, tashqarisi 75-80 sm, kengligi 20-22 sm) ochilgan. Mil. avv. II-I asrlarda va milodiy I-II asrlarda Varaxsha va uning atrofida madaniy hayot gullagan. III-IV asrlarda Varaxsha tanazzulga yuz tutgan. V asrda Varaxsha yana tiklanib Buxoroning qadimgi hukmdorlari — buxorxudotlarning qarorgohiga aylangan. Shu davrda Varaxsha mustahkam devor bilan o‘ralgan, uning janubiy qismida ark qurilgan. VIII-X asrlarda ayniqsa obod bo‘lgan. Varaxsha va uning atroflari o‘nikki kanal bilan sug‘orilib, Rajfandun vohasidagi eng yirik va markaziy qal’alardan biriga aylangan. Buxoro va Xorazm oralig‘idagi karvon yo‘li Varaxsha orqali o‘tgan (Istaxriy va Ibn Havqal ma’lumotlari). Har o‘n besh Buxorxudotlar qarorgohi qilinishi bilan Varaxsha yirik shaharga aylangan. Har o‘n besh kunda Varaxshada bir kunlik, yil oxirida 20 kunlik bozor sayli (navro‘zi kashovarzon, ya’ni dehqonlar yangi yili) o‘tkazilgan (Narshaxiy). Buxorxudotlar qarorgohi qilinishi bilan Varaxsha yirik shaharga aylangan. XI-XII asrlarda uning hududi eniga 6 km dan ziyod bo‘lgan. XII asrda Varaxsha vohasidagi hayot to‘satdan noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan. 1949-1954-yillarda Varaxsha tarixi va me’morligi o‘rganildi. Kvadrat shakldagi yirik xom g‘ishtlardan ko‘shminora tarzida o‘rab chiqilgan tagkursi (balandligi 15 m) larning biriga podsho saroyi va ikkinchisiga soqchixonali darvozaxona bino qilingan. Arkning sharqiy qismida tomi ravoqsimon gumbaz tarzida yopilgan uzun yo‘laksimon (navkarxona va darvozaxona) xonalar mavjud bo‘lgan. Arkning markazida janubiy tomoni mudofaa devoriga yondoshgan Varaxsha hukmdorining saroyi joylashgan. U Sharqiy (11,5 x 17 m) va G‘arbiy (6,6x7,25 m) mehmonxona hamda Qizil xona (zal) (8,5x12 m) lardan iborat bo‘lgan. Saroy g‘arb tomonidan 3 ravoqli ganchkori ustunlar o‘rnatilgan hashamatli peshayvon bilan o‘ralgan. Ayvon ravoqlarining ustunlari va toqilari ganchkori qabartma tasvirlar hamda turli xil girihlar bilan bezatilgan. Saroyning Qizil xona va Sharqiy mehmonxonalari to‘la kavlab ochilgan. Xona devorlari mayda somonli loy suvoq ustidan yupqa ganch suvoq qilinib, devoriy rasmlar qizil, sariq, kulrang, qora, zangori, pushti va jigarrang bo‘yoqlar bilan bezatilgan. Ularda turli xil manzaralar, fil mingan shahzoda va chokarlarning old va ortdan chovut solgan qoplonlar bilan olishuvi; qayrilib nishonga kamondan o‘q uzayotgan ot ustidagi chavandoz, qanotli tuya shaklidagi oltin taxtda o‘tirgan hukmdor tasvirlangan. Sharqiy mehmoxona devorida tiz cho‘kib, qo‘lida qadah tutgan malika, belida shamshir, bir qo‘lida qisqich ushlagan podshoh, o‘rtada vazasimon otashgohda yonib turgan muqaddas olov-azarxurro, otashgohdan o‘ngda beliga xanjar taqilgan shahzodaning tiz cho‘kib ibodat qilayotgan tasviri yoki sovut va dubulg‘a kiygan, qo‘llarida nayza, qalqon ushlagan suvoriylarning jang qilayotgan, shuningdek butazor, to‘qay ichidagi ov manzarasi kabi tasvirlar ayniqsa diqqatga sazovordir. Arxeologik topilmalardan aniqlanishicha, janubiy xonalarning ikkinchi qavatidagi xona ganchkori naqshlar bilan bezatilgan ekan. Ko‘plab topilgan qabartma ganchkori naqshlar orasida hovuzda suzib yurgan baliqlar, yerlkasidan o‘q yegan arxar, yelib borayotgan jayran, bedanalar, ayol boshli baxt qushi — Humo, hamlaga tayyorlanayotgan ajdarho, taqimiga sadoq bog‘lagan suvoriy hamda ko‘pdan ko‘p ayollarning bosh qismlari bilan bir qatorda turli xil islimiy va girih parchalari uchraydi
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:31:48
VAXON — Toxaristondagi eng kuchli va nufuzli bo‘lgan viloyat, uning mahalliy hukmdorlari harbiy kuchlar zarur bo‘lgan paytlarda 50 minggacha chokar to‘play olardi.

XIONIYLAR davlati (IV asrning 70-yillari-V asrning 90-yillari) — Orta Osiyada vujudga kelgan ilk o‘rta asr turkiy davlati. Bu davlat Sirdaryo bo‘ylaridan to Amudaryo havzasigacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga olgan bo‘lib, 120 yildan oshiqroq hukmdorlik qilgan. IV asr o‘rtalarida O‘rta Osiyoga Yettisuv va Sharqiy Turkistondan ko‘chmanchi chorvador xion qabilalarining hujumi boshlanadi. Ular 353-yilda o‘z hukmdori Grumbat boshchiligida Sug‘dga bostirib kiradilar. Xioniylar Zarafshon vohasini egallab, janubga harakat qilishgan va ancha zaiflashib, sosoniylar Eroniga qaram bo‘lib qolgan Kushon podsholigi o‘rnini egallaganlar hamda markazi Toxariston bo‘lgan Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, Xurosonning bir qismini ham o‘z ichiga olgan Xioniylar davlatini barpo qilishgan. IV asrning 70-yillarida xioniylar sosoniylar Eroniga qarshi hujum uyushtirib, muvaffaqiyatga erishganlar. Dastlabki janglardayoq sosoniylar shohi Shopur II (309-379) xioniylardan yengiladi. So‘ngra o‘zaro sulhga kelishib, ular o‘rtasida ittifoqlik ipi bog‘lanadi. Shuningdek, sosoniy podsholar Varaxshan (418-438), Yazdigard II (438-457) davrlarida Xioniylar davlati Eronning eng yirik raqibiga aylanganlar. Nihoyat, IV asrning 70-yillarida O‘rta Osiyoda xioniylar hukmronligi o‘rnatiladi. Bu davlat 120 yildan oshiqroq hukmdorlik qiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:32:20
XUTTALON — Panj bilan Vaxsh daryolari oralig‘ida joylashgan qadimiy viloyat, XVI asrda Ko‘lob deb atalgan. Toxaristondagi eng kuchli va nufuzli bo‘lgan viloyat, uning mahalliy hukmdorlari harbiy kuchlar zarur bo‘lgan paytlarda 50 minggacha chokar to‘play olardi.

YOYIQ — Ural daryosi o‘rta asr Sharqida shunday nomlangan.

YUNUSOBOD OQTEPASI — arxeologik yodgorlik. Oqtepalar orasida arxeologik jihatidan deyarli to‘la qazib o‘rganilgan. Tepalik ostida dehqon qo‘rg‘oni, qasri va ko‘shkining hamda ularga tutashib ketgan hunrmandchilik mahallalarining xarobalari qayd etilgan. Yunusobod Oqtepasining eng baland qismi 21 metrga, umumiy maydoni 100 gektarga teng. Yunusobod qazib ochilgan dehqon qo‘rg‘oni va qasri tabiiy do‘nglik ustiga o‘rnatilgan tagkursi (platforma) ustiga qurilgan. U ikki qavatli qasr va ko‘shkdan iborat. Birinchi qavatning maydoni — 80x80 metr, ikkinchi qavatning maydoni — 50x50 metrga teng. Ko‘shkining maydoni esa 22x22 metr. Imorat devorlari xalq tilida "œdevg‘isht" deb atalgan paxsa bo‘laklari (70x70x70 sm) hamda uzun va qalin homg‘isht (48x24x10 sm)lardan urib chiqilgan. Binoning tashqi devorining to‘rt burchagida doira shaklidagi to‘rt burji — mo‘lasi bo‘lgan. Mo‘lalar ichkari tomondan ravoqsimon qilib yopilgan uzun yo‘lak — galereya bilan tutashtirilgan. Galereya xalqasi bo‘ylab qator yo‘laksimon kazematlar, toqli eshik o‘rinlari, doira shaklidagi burjxonalar, xona gumabazlari davrimizgacha juda yaxshi saqlangan. Qasr ichida mulkdorning turar joyi, mehmonxona, ibodatxona, omborxona, chillaxona kabi turli xil imoratlar joylashgan. Qazishma jarayonida ko‘plab sopol idishlar, tosh, suyak, metallardan yasalgan buyumlar, qurol-yarog‘, zeb-ziynat, jumladan, temir pichoq, xanjar, bolta, o‘roq, yoy o‘qlarining paykonlari, tosh yorg‘uchoqlar, kumush uzuk kabi ashyolar topildi. Topilmalar orasida nuroniy mo‘ysafidning qiyofasi tushirilgan terrakota ayniqsa diqqatga sazovor. Unda qadimgi Choch (Toshkent) da yashagan aholining etnik qiyofasi mujassamlashgan. Arxeologik topilmalar orasida 18 ta kumush tanga va bir dona mis chaqa topilgan. Ulardan 6 tasi Choch mahalliy hukmdorlaridan sosoniylar shohi Pero‘zning (459-484) dirhamlariga taqlidan zarb etilgan. Ular xalifalikning Ummaviylar xonadoniga tegishlidir. Bulardan tashqari, tepalikdan old tomoniga gajak dumli bars, orqasiga Chochning ayri tamg‘asi va sug‘dcha "œYabg‘u Tarnavch" deb yozilgan Toshkentning mahalliy hokimining tangalari topildi. Ushbu tangalarga asoslanganda Yunusobod qo‘rg‘oni V asrda bino qilinib, VIII asr o‘rtalariga qadar unda hayot bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:32:32
ZANKTEPA YODGORLIGI — Termiz yaqinidagi qadimgi yodgorlik. Zanktepadan VII-VIII asrlarga mansub qayin po‘stlog‘iga bitilgan buddoyi qo‘lyozma matnlari qayt etilgan.

ZOG‘ARIQ — Kanal. Vaqf hujjatlarida Zog‘ shaklida tilga olingan. Ba’zan Zolariq ham deyishadi. Kanal Firdavsiyining "œShohnoma" sida tasvirlangan Zol podshosining nomi bilan atalgan degan fikr bor. Toshkentdagi ba’zi bir toponimlarning kelib chiqishini klassik fors adabiyoti qahramonlarining nomlari bilan bog‘lashadi (Kalkovus — Kaykovus, Bo‘zsuv — Barzu, Zax-Zol va boshqalar). Aniqrog‘i "œsernam", "œzaxkash" ma’nosidagi Zax so‘zi asosida yuzaga kelgan bo‘lishi kerak. Bu kanal hozirgi vaqtda Toshkent vohasi va Janubiy Qozog‘iston yerlarining bir qismini suv bilan ta’minlaydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:32:42
G‘ARBIY TURK XOQONLIGI (589-744) — O‘rta Osiyo, Jung‘oriya va Sharqiy Turkistonning bir qismini o‘z ichiga olgan ilk o‘rta asr davlati. Markazi Yettisuv bo‘lgan. Xoqonning yozgi qarorgohi Mingbuloqda (Isfijob yaqinida), qishkisi Suyob shahrida (Chu daryosi yuqori oqimi sohilida) bo‘lgan. O‘z davrida O‘n O‘q xoqonligi deb yuritilgan. G‘arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi o‘troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg‘ul bo‘lgan. Yarim asrlik hukmronlik jarayonida turklarning bir qismi o‘troqlashadi, qolganlari yerli chorvadorlar bilan qorishib ketadi. O‘troq hayotning an’anaviy ma’muriy udumlari ta’sirida boshqaruv tartiblari asta-sekin o‘zgaradi. VII asrning birinchi choragida G‘arbiy xoqonlik nihoyatda kuchayadi. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubiysi esa Sind (Hind) daryosi bo‘ylariga borib taqaladi. Xoqon To‘n yabg‘u (618-630) hukmronlik qilgan davrda boshqaruv tartiblari isloh qilinadi. O‘troq viloyat hokimlarini xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog‘lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning "œyabg‘u’ unvoni beriladi. Natijada ular xoqonning noibiga aylanadilar. Shu bilan birga O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytirilib, ular huzuriga xoqonlikning vakillari yuboriladi. Bunday vakillar "œtudun" deb yuritiladi. Biroq xoqonlikning ayrim qabilalar o‘rtasidagi xokimiyat uchun tobora kuchayib borgan kurash oqibatida G‘arbiy turk xoqonligi zaiflashib, bo‘linib ketadi. Vaziyatdan foydalangan Xitoyning Tan imperiyasi qo‘shinlari 657-659-yillarda Yettisuvga bostirib kiradi. Natijada xoqonlik Xitoyga qaram bo‘lib qoladi. G‘arbiy turklarning ularga qarshi muttasil kurashi xoqonlik mustaqilligini tiklab oladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:33:01
SHARQIY TURK XOQONLIGI — Janubiy Sibir, mo‘g‘uliston, Shimoliy Xitoy hududlarini o‘z ichiga olgan ilk o‘rta asr davlati. Uning markazi O‘tukan vodiysi (Mo‘g‘uliston) bo‘lgan. Sharqiy turk xoqonligi VI asrning 80-yillari oxirida Turk xoqonligining ikki qismga bo‘linib ketishi natijasida tashkil topgan. Sharqiy turk xoqonligi Shibi xoqon (609-619) davrida Xitoy (Suy) imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615-yilda Xitoyga yurish qilib Yaymin (Ordos) viloyatida imperator Yandini qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qal’adan 39 tasi Turk xoqonligi qo‘liga o‘tadi. 618-yilda Suy sulolasini ag‘darib, uning o‘rnini egallagan Tan sulolasining ishlariga ham Shibi xoqon aralashadi. U bu paytgacha kidan va shivey qabilalarini, Janubiy-G‘arbda Tuguxun (Togon) davlati hamda Turfon o‘lkasini bo‘ysundirgach, Xuanxe daryosini kechib o‘tib, Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. Taxtga El xoqon (xitoy manbalarida Xyelixan; 620-630) o‘tiradi va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan kurash olib boradi. ikki marta, 624-626-yillarda poytaxt Chan’anni qurshab oladi. Uning o‘limidan so‘ng Sharqiy Turk xoqonligi 50 yilga yaqin Xitoyga qaram bo‘lib qoladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:33:37
SHOSHTEPA, CHOCHTEPA — ko‘p qatlamli arxeologik yodgorlik. Toshkent shahri hududida qad ko‘targan eng qadimiy qishloq va ilk qo‘rg‘on — Chochkatning xarobalari (mil. av. VI a. — mil. XVI asrlar). Yodgorlik Jo‘nariqning chap va o‘ng sohillarida joylashgan. Biri tik va baland, ikkinchisi yassiroq ulkan tepaliklardan iborat. Umumiy maydoni taxminan 25 ga. Jo‘nariqning so‘l sohilida joylashgan balalandligi 18-19 m li tik tepa (maydoni 150-120 m) istehkomli ilk qishloq xarobasi bo‘lib, uning ostki madaniy qatlamlaridan qadimiy dehqonchilik madaniyatining so‘nggi bosqichi (mil. av. VI-IV asrlar)da yashagan o‘troq ziroatkor aholi turar joylarining qoldiqlari qayd etilgan. Arxeologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, mil. av. III asrda Janubiy Ural va Sharqiy Orol oldi mintaqalaridan janubga tomon siljigan ko‘chmanchi chorvador sarmat qabilalari qadimiy Chochkatni vayron etib, qabristonga aylantirganlar. Mil. avv. II — I asrlarda Shoshtepada qadimiy qishloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan o‘rab olingan doira shaklidagi qal’a-qo‘rg‘on qad ko‘targan. Qalinligi 4 m li qo‘rg‘on devori yirik xom g‘ishtlardan urib chiqilgan. Diametri 60 m li qo‘rg‘on devorining ichki aylanasi bo‘ylab tomi ravoqsimon qilib yopilgan uzun yo‘lak bino qilingan. Yo‘lak qismlarga bo‘lingan va har biridan tashqariga chiqadigan darvozasi bo‘lgan. Qo‘rg‘onning markaziy qismida xoch shaklida monumental bino qad ko‘targan. Uning devorlarining qalinligi 2 m, tomi esa ravoqsimon. Bino qator xonalar va yo‘laklarga ajratilgan. Peshtoqi binoning shim. qanotida, u ravoqli darvozaxona va uning ikki biqinida paykonsimon darchalar joylashtirilgan. Qo‘rg‘on binosining umumiy tarhi: yo‘lakli aylanma tashqi devori-yu, xochsimon markaziy binosi, ravoqli peshtoqi-yu paykonsimon darchalariga qaraganda, u avvaldan anchagina puxta o‘ylangan reja asosida qurilgan zamonasining nodir me’moriy obidalaridan hisoblangan. Shoshtepaning madaniy qatlamlaridan ko‘pdan-ko‘p ashyoviy topilmalar qayd etildi. Ular orasida uy-ro‘zg‘or va xo‘jalik buyumlari: xum, xumcha, ko‘za, bir quloqli va jo‘mrakli ho‘qachalar, ikki quloqli sopol qozonlar, tova, suvdonlar, ho‘kiz boshli kabob qo‘ralar, yoysimon yorg‘uchoqlar, temir pichoq, o‘roq va hakozadan iborat. Topilmalar orasida 2 ta nodir buyum: fil suyagidan yasalgan qadahning bir bo‘lagi va suyakdan ishlangan qalam, ayniqsa, diqqatga sazovordir. hajmi 5 — 3,5 sm.li suyak qadah parchasida boshida ulkan kuloh, keng peshonali, ot yuzli, qirraburun, bodom qovoq, sersoqol va mo‘ylovli o‘rta yoshdagi kishining siymosi qabartma qilib tasvirlangan. Suyak qalamning uzunligi 15 sm. Bir tomoni yozish uchun uchli qilib, ikkinchi tomoni esa ilonni boshidek romb shaklida kurakcha qilib yasalgan. Bu topilmalar mil. birinchi ikkinchi a.larga mansub bo‘lib, Chochda ham qadimda xat-savod bo‘lgani hamda shoshtepaliklar karvon yo‘li orqali Yaqin va o‘rta Sharq mamlakatlari bilan aloqada bo‘lganidan dalolat beradi. Topilmalar ko‘chmanchi dasht bilan o‘troq dehqonchilik vohasi chegarasida uzoq asrlar davomida yonma-yon yashagan hamda bir-biri bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lgan qadimiy qavmlarning yaratgan o‘ziga xos madaniyatining mahsuli edi. Bu madaniyat fanda qovunchi madaniyati deb ataladi. Istehkomli qishloq sifatida qad ko‘targan Shoshtepa mil.avv. II — I asrlarda ilk shaharcha qiyofasiga kirib, u Sirdaryoning o‘rta oqimida tashkil topgan Qang‘ davlatining dasht bilan Toshkent vohasiga tutashib ketgan chegarasidagi istehkom, hunarmandchilik markazi, ko‘chmanchi chorvador aholi bilan o‘troq dehqonlar o‘rtasida olib boriladigan o‘zaro savdo bozori vazifasini o‘tagan. V a. o‘rtalarida chorvador eftaliylarning jan.ga tomon siljishi oqibatida Sh.da qadimdan o‘tparastlik ibodatxonasi bo‘lgan xoch shaklidagi markaziy bino qabristonga aylantirilgan. VI-VIII asrlar boshlarida Shoshtepada hayot yana ancha yuksalgan. Arab xalifaligi istilosi natijasida Shoshtepa vayron bo‘lgan. XI-XII asrlarda undagi hayot birmuncha jonlansa-da, ammo XVI asrda Shoshtepa deyarli xarobaga aylangan. Garchi Shoshtepada qad ko‘targan qo‘rg‘on to‘la shahar qiyofasida shakllanmagan bo‘lsa-da, biroq u Toshkent vohasida shaharsozlik madaniyatini shakllanishi va rivoji tarixini tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega yodgorlik hisoblanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:33:49
SHUG‘NON — Toxaristondagi eng kuchli va nufuzli bo‘lgan viloyat, uning mahalliy hukmdorlari harbiy kuchlar zarur bo‘lgan paytlarda 50 minggacha chokar to‘play olardi.

SHUMAN — Toxaristondagi eng kuchli va nufuzli bo‘lgan viloyat, uning mahalliy hukmdorlari harbiy kuchlar zarur bo‘lgan paytlarda 50 minggacha chokar to‘play olardi.

CHAG‘ONIYON (arabcha Sag‘oniyon) — Surxondaryo (Chag‘onrud)ning o‘rta va yuqori oqimi bo‘ylarida joylashgan tarixiy-madaniy viloyat. Dastlab Syuan Szan tomonidan (mil.avv. 630-yil) qayd etilgan. Bu hududda insonlar yashaganligining eng qadimgi izlari mezolit va neolit davrlariga oid. Mil.avv. II mingyillikning ikkinchi yarmida bu yerda ilk dehqonchilik manzilgohlari (Mo‘lalitepa), mil.avv. I mingyillik o‘rtasida esa ilk shahar (Qiziltepa) vujudga kelgan. Mil.avv. I asr — milodiy I asrda Chag‘oniyon yuejiylar davlatining asosiy markazlaridan biri bo‘lgan. Milodiy I-III asrlarda Chag‘oniyon Kushon podsholigi tarkibiga kirgan. Chag‘oniyonning iqtisodi va madaniyati bu davrda ravnaq topgan, ko‘plab shahar va qishloqlar vujudga kelgan, Tovar-pul munosabatlari, sug‘orma dehqonchilik, turli kasb-hunarlar, tasviriy va amaliy san’at (ayniqsa, haykaltaroshlik) rivojlangan (Xolchayon, Dalvarzintepa). Milodiy III-IV asrlarning ikkinchi yarmida Chag‘oniyon sosoniy kushonshohlar qo‘l ostida bo‘lgan. Milodiy V asrning ikkinchi yarmi — VI asrda viloyat avval Eftaliylar, so‘ngra Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. VI asrning ikkinchi yarmidan — VIII asrning ikkinchi yarmigacha Chag‘oniyonni mahalliy sulola boshqargan, u nomigagina Toxaristonning oliy hukmdorlari — turkiy yabg‘ularga bo‘ysungan. Chag‘oniyonning ayrim hukmdorlari — xidevlar yoki chog‘onxudotlarning ismlari yozma, epigrafik va numizmatik ma’lumotlar bo‘yicha aniqlangan: Fag‘anish, Sashr, Zarin, Turontosh, Tish, Xnar. Milodiy VII asrning ikkinchi yarmida Chag‘aniyonga arablar kirib kelgan, ular VIII asr oxirida mahalliy sulolani tugatganlar. IX asrning o‘rtasi yoxud ikkinchi yarmidan XI asr boshigacha Chag‘oniyon — somoniylarning eng qudratli yarim mustaqil vassallaridan hisoblangan muxtojiylar sulolasidan bo‘lgan hokimlarning merosiy mulki bo‘lgan. Bu sulola amirlari Abu Bakr Muhammad bin Muzaffar (940/941-yilda vafot etgan), ayniqsa, Ahmad bin Abu Bakr Muhammad — Abu Ali Chag‘oniy (955/956-yil) Somoniylar saroyida eng muhim ma’muriy mansablarni (jumladan, Xuroson noibi va sipoxsolarlik) egallaganlar, Muhtojiylar davrida Chag‘oniyon tarkibiga hozirgi Surxondaryo viloyotidan tashqari Tojikistonning shimoliy-g‘arbidagi Shuman va Oxarun viloyatlari kirgan. Chag‘oniyon poytaxti ham Sag‘oniyon deb atalib, Denovdan 6 km janubiy-sharqda Budroch shahri xarobasi o‘rnida bo‘lgan. Chag‘oniyon (Sag‘oniyon) shahrining bu davrda O‘rta Osiyoning eng yirik va madaniy markazlaridan biri bo‘lgan. Chag‘oniyon amiri Ahmad bin Muhammad esa ko‘plab buyuk shoirlar (Daqiqiy, Faruhiy, Manjuqiy) homiysi (mamdux) sifatida Sharqda shuhrat qozongan. XI asrning I-yarmida Chag‘oniyon ma’lum darajada qoraxoniylarga qaram bo‘lgan, ayrim vaqtlarda u mustaqil mulk hisoblangan. XI asrning ikkinchi yarmi — XII asrning birinchi yarmida Chag‘oniyon Saljuqiylar davlati tarkibiga kirgan. XII asrning ikkinchi yarmi — XIII asrning boshida Chag‘oniyonni qoraxoniylar, qarluqlar, g‘uriylar, xorazmshohlar idora etgan. Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng XIII asr o‘rtasida Chag‘oniyon Chig‘atoyxonning nabirasi Esun Tuvaning, so‘ngra uning o‘g‘li Baroqning merosiy mulkiga aylangan. Bu davrda yangi shahar ilgarigi rabod o‘rnida vujudga kelib, XVI asr boshiga qadar mavjud bo‘lgan, so‘ngra Shayboniyxon tomonidan bosib olingan. Shundan so‘ng asosiy markaz Dehinav (hozirgi Denov) ga ko‘chgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:34:04
CHIG‘ATOY OQTEPASI — arxeologik yodgorlik, istehkomli qishloq xarobasi (V-VIII asrlar, X-XII asrlar). Toshkentning shimoli-g‘arbida, Kaykovus kanali bo‘yida joylashgan. Tik yon bag‘irli tepalik shaklida saqlangan ark xarobasining diametri 30 metr, balandligi oltinchi 8 metr bo‘lib, atrofida mustahkam mudofaa devori bilan o‘ralmagan qishloq joylashgan. Chig‘atoy oqtepasi hududi hozir tepalik shaklida saqlanib qolgan.

CHILONZOR OQTEPASI — Toshkentning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan arxeologik yodgorlik (IV-VIII asrlar; X-XI asrlar). Bo‘zsuv anhori bo‘yida. Chilonzor Oqtepasi balandligi 15 metrli tepalik bo‘lib, atrofida umumiy maydoni 60x75 m2 keladigan qadimgi qishloq xarobasi qoldiqlari joylashgan. Tepalikda olib borilgan qazishmalar natijasida undagi imoratlar majmuasi ustma-ust xom g‘isht va paxsadan qurilganligi aniqlangan. Vazifasiga ko‘ra majusiyalik bilan bog‘liq bo‘lgan, kompozitsiyasi jihatdan bir-biridan farq qiladigan binolar 3-davrga mansubligi aniqlangan. birinchi davrida (IV asr) bino paxsa poydevorning ustiga qurilgan to‘r minorali qasrdan iborat bo‘lgan. Bino kvadrati (13,5x13m2) ichki tomondan gumbazli uzunchoq uch xonaga ajratilgan. ikkinchi davrda (V-VI asrlar) da dastlabki imorat atrofiga yangi xonalar yordamchi xo‘jalik xonalari qurilgan, shinakli qo‘shimcha qal’a devori bilan mustahkamlangan. 3-davr (VII-VIII asrlar) dastlabki imorat qoldiqlari tuproq bilan to‘lg‘azilib, shibbalanishi natijasida vujudga kelgan, 9 metrli tak kursi ustiga qurilgan tepasi ochiq to‘rtburchak 38 x 27 metr 2 hovli ko‘rinishidagi noyob bino bo‘lgan. Hovli sahnining qalin qatlamlaridan organik qoldiqlari, Qovunchi II madaniyatiga xos sopol buyumlar, turkashlarning VIII asrga oid tangasi ham topilgan. Arab Xalifaligi istilosidan so‘ng bino bir qancha vaqt zardushtiylarning dafn etish joyi bo‘lib xizmat qilgan, so‘ngra xarobaga aylangan. Keyinchalik Chilonzor Oqtepasi (X-XI asrlar) xaroba atrofida hayot tiklanib kichik qishloq vujudga kelgan. Hozir Cholonzor oqtepasi atrofida zamonaviy imoratlar qad ko‘targan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:34:25
CHOCH — V-VII asrlarda Chirchiq va Ohangaron vodiylarida hukmronlik qilgan ilk o‘rta asrlardagi davlat. Uning poytaxti Chochkat shahri bo‘lib, podshohi "œtudun" deb yuritilardi. V asrda Choch viloyati Eftaliylar davlatiga, VI asrda esa G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘ysundiriladi. VIII asrga borganda Choch Eloq bilan birlashib, yagona davlatga aylanadi va o‘z mustaqilligina tiklab oladi. Choch va Eloq sertarmoq xo‘jalikka ega mamlakat edi. Unda su’gorma dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ayniqsa, konchilik, ichki va tashqi savdo yuksak darajada edi. Ilk o‘rta asrlarda Choch vohasi uzil-kesil shakllanib, u 50 ga yaqin sug‘orish shaxobchalari vositasida sug‘oriladi. Dehqonchilikda ko‘proq arpa, bug‘doy va tariq ekilardi. Ayniqsa, Chochning poytaxt shahri atroflari obod edi. Unda 50 dan ortiq katta-kichik istehkomlar, yer egaligi qo‘rg‘onlari va ko‘shklari, obod qishloqlar qad ko‘targan edi. Choch va Eloq tog‘lari oltin, kumush, rangli ma’danlar, temir va jilvador chaqmoq toshlarga boy edi. Bu tabiiy boyliklar tufayli qadimda bu o‘lkada konchilik va unga asoslangan kovlab olishda ayniqsa Eloq O‘rta Sharq mamlakatlarida shuhrat topadi. Karvon yo‘lining o‘lka orqali o‘tishi Choch va Eloqda ichki va tashqi savdo-sotiqni kengayib, shaharlarning gavjumlashuviga imkon beradi. Chochdan oltin, kumush, qimmatbaho toshlar, g‘alla, quruq meva va yilqilar chetga chiqarilgan. Shahar aholisining bir qismi savdogarchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan. VI-VIII asrlarda Sharqiy Turkiston bilan savdo-sotiq qilishda chochliklar Samarqand va Buxoro savdogarlaridan keyin uchinchi o‘rinda turgan. Choch poytaxti tashqi savdo munosabatlarining markazi edi VII-VIII asrlarda Chochda kumush va mis tangachalar yasaydigan zarbxona bo‘lgan. VIII asrda esa kumush dirhamlar hatto Eloqning kumush konlarida ham zarb etilgan. Choch tudunlari old tomoniga mulkdorning portreti, orqasiga gajak dumli sher yoki qoplon tasviri, ba’zan sulolaviy ayri tamg‘a tushirilgan chaqa-tangalar zarb etganlar. Shu davrda zarb etilgan Chochning ayrim tanga pullari orasida podshoh bilan yonma-yon turgan malika tasviri tushirilgan pullar ham uchraydi. Bu siyosiy hayotda hukmdor ayollarning nufuzini ko‘rsatadi. Chochda turkcha va sug‘dcha so‘zlashuvchi ikki tillilarning safi kengayib boradi. Biroq, Choch o‘lkasi bu davrda Turk xoqonligiga tobe bo‘lishiga qaramay, hali o‘zining tili, yozuvi va qadimiy madaniyati an’analarini saqlab qolgan edi. Bu yerda hali sug‘d tili rasmiy til edi. Chochning ijtimoiy tarkibi ham ilk o‘rta asrlar jamiyatiga xos edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:34:42
CHOCHKAT — Chochning poytaxti. Arab manbalarida bu shahar Chochning poytaxti — "œMadinat ash-Shosh" (Shoh shahri) deb atalgan. Shahar atrofi kuchli mudofaa devorlari bilan o`rab olinib, maxsus saroy-qal`a qurilgan. Arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan ishlab chiqarish qurollari va uy-ro`zg`or buyumlari bu yerda yuksak madaniyat bo`lganidan dalolat beradi. Manbalarga ko`ra, shahar, ichida saroy, ibodatxona bo`lgan ark, amaldorlarning uylari joylashgan shahriston, hunarmandlar mahallalari o`rnashgan ichki va tashqi rabodlardan iborat bo`lgan. Shahar atrofida ozod jamoalarning keng ekinzorlari, qishloqlari, ilk zamindorlik dehqonlarining qo`rg`on va bog`-rog`lari, istehkomlari paydo bo`lgan. Ekinzor yerlar va bog`lar chekkasida — ko`chmanchilar dashtiga tutash chegaralarda mudofaa istehkomlari qurilgan. Chochkat hunarmandlari metalldan mehnat qurollari, yarog`-aslahalar, zeb-ziynat va ro`zg`or buyumlari yasashgan, konchilik bilan shug`ullanishgan, paxta va jun-shisha idishlar, zargarlik buyumlari yasab, ichki va tashqi savdoni ta`minlashgan. Shahar qizg`in savdo markazi ham bo`lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:34:56
TARIXIY SANALAR

216-274-YILLAR — Moniy diniga asos solgan bobillik Moniyning hayot faoliyati. Moniy o‘z targ‘ibotini Midiya va Forsda boshlagan.

305-YIL — Beruniyning yozishicha, Xorazmshox Afrig‘ o‘z qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahriga ko‘chirdi. Kat qayta tiklanib uning yonida joylashgan Alfir qasri ichida Shoh o‘ziga yangi saroy qurdirdi. Xorazmning Afrig‘iy podshohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etilib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil bo‘lib oladi.

309-379-YILLAR — Sosoniylar shohi Shopur II hukmronligi davrida xiyoniylardan mag‘lubiyatga uchrab, o‘zaro sulh tuzishi va ittifoqdosh bo‘lishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:35:27
353-YIL — Grumbat boshchiligida xiyoniylar So‘g‘dga bostirib kirishi. Ularni Sosoniylar davlati bilan to‘qnashuvi.

456-YIL — Kidariylar sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchrab, o‘zlarini qayta o‘nglab ololmaydilar. Ular shimoldan janubga tomon siljigan yana bir ko‘chmanchi chorvador aholi eftallar bilan to‘qnashadilar. Natijada kidariylar O‘rta Osiyoni tark etib, janubga Shimoliy Hindistonga tomon chekinadilar va u yerlarda 75 yil hukmronlik qiladilar.

456-yIL — Eftallar o‘zaro aloqa o‘rnatish maqsadida Xitoyga elchi yubordilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:35:42
459-484-YILLAR — Sosoniylar davlatida Pero‘z hukmronligi davrida Eftallar o‘rtasidagi jangu-jadallar avjiga chiqdi. Eftallarga qarshi sosoniylarning uch marta mufaqiyatsiz harbiy yurish olib borishi. Pero‘z dastlabki janglardayoq mag‘lubiyatga uchrab, asir tushadi. Vizantiya imperatori Zenon yuborgan o‘lpon evaziga u asirlikdan ozod etiladi. Ikkinchi marta Pero‘zning harbiy yurishida ittifoqdoshi Vizantiyaning elchisi ishtirok etadi. Ikkinchi yurish ham muvaffaqiyatsiz tugaydi. Ikkinchi marta asirlikka olingan Pero‘z 30 xachir o‘lpon to‘lash majburiyatini oladi. Biroq uning xazinasidan faqat 20 xachirga yuk bo‘ladigan mablag‘ topiladi. Shohning Kubod ismli yosh o‘g‘li Eftallar yurtiga garovga yuborilib, Pero‘z tutqinlikdan ozod etiladi. Ikki yil davomida shoh aholi boshiga og‘ir soliq solish yo‘li bilan to‘plagan katta o‘lpon Eftallarga to‘lab turiladi.

460-553-YILLAR — Turk xoqonligining birinchi hukmdori Bumin yashagan.

477-YIL — Shimoliy hind yerlarini egallagan kidariy-lar Ganxara viloyatidan Xitoyga o‘z elchilarini yuborgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:35:53
484-YIL — Pero‘z Eftallarga qarshi 3-marta yurish qilib, halok bo‘lishi. Eftallar Marvni ishg‘ol qilib, Eron ustiga juda katta o‘lpon yuklaydi. Pero‘zning Eftallarga qarshi 3-marta yurish qilishiga quyidagilar sabab bo‘lgan: Pero‘z singlisi o‘rniga cho‘rilardan birini yuborib, Eftallar hukmdorining izzat-nafsiga tekkan va bunday hiyla-nayrangi bilan uni nihoyatda ranjitgan edi. Eftallar hokimi Kunxa Eron yuborgan 300 harbiy mutaxasislarni bir qismini o‘1dirishga, qolganlarini esa urib mayib qilishga buyuradi.

488-531-yILLAR — Sosoniylarda Kubod hukmronligi davrida Eftallar bilan munosabatlar ancha yumshab tinchlik tusini olgan, Vizantiyaga qarshi Eftallarning ittifoqdoshi sifatida harakat qilishgan. Yil sayin kumush hisobida muayyan bojni mutassil to‘lab turishi.

531-579-YILLAR — Sosoniylar hukmdori Xusrav I Anushervon tashabbusi bilan yuzaga kelgan o‘zaro harbiy ittifoq Eron shohining Yabg‘u xoqon Istemiga kuyov bo‘lishi orqali yanada mustahkamlanadi. Xusrav I Anushervon hukmronligi davrida Eftallar bilan munosabatlar ancha yumshab tinchlik tusini olgan, Vizantiyaga qarshi Eftallarning ittifoqdoshi sifatida harakat qilishgan. Yil sayin kumush hisobida muayyan bojni mutassil to‘lab turgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:36:06
551-YIL — Bumin "œxoqon" deb e`lon qilinib, O`rta Osiyoda yangi saltanat — "œTurk xoqonligi"ga asos solinishi. Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi.

555-YIL — turklar Sharqiy Turkistonning hamda Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylarigacha cho‘zilgan keng dashtliklarni egallashi.

558-YIL — turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo‘ylarini zabt etib, g‘arbdagi va shimoliy Kavkazning bepoyon yerlarini egallab olgan avarlar bilan to‘qnashadilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:36:17
563-YIL — Eron askarlarining Balxga hujumi ko‘magida turklar Eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri ishg‘ol qilinadi. Turklar Sirdaryodan o‘tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. Buxoro yaqinida eftaliylar qo‘shini turklardan yengiladi. Janubda Eron sosoniylaridan, shimolda esa Turk xoqonligidan qaqshatqich zarbaga uchragan Eftaliylar davlati tamomila barbod bo‘ladi. Natijada mag‘lub davlatning merosi o‘zaro bo‘linib, Amudaryoning janubiy qirgo‘qlarigacha bo‘lgan viloyatlar Eron, uning shimoliy sohillari bo‘ylab Kaspiy dengizigacha cho‘zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga o‘tadi.

563-YIL — Vizantiyaning avarlarga homiyligining to‘xtashishga imperatorni ko‘ndirish maqsadida nushubi qabilasining boshlig‘i Eskil boshchiligida Turk xoqonligi elchilari Konstantinopol shahriga yetib keladilar.

563-567-YILLAR — janubdan Eron sosoniylaridan, shimoldan esa Turk xoqonligidan zarbaga uchragan Eftaliylar davlati bir asrdan oshiqroq hukmronlikdan so‘ng, tamomila barbod bo‘ladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:36:27
568-569-YILLAR — Turklar Konstantinopolga Yustin II saroyiga o‘z elchilarini yuboradi. Vizantiya va Turk xoqonligi o‘rtasida Eronga qarshi harbiy ittifoq tuziladi. Vizantiya elchisini xoqon Tangritog‘ (Tyanshan)ning Oltin tog‘i etagidagi O‘rdugohida qabul qiladi.

575-576 YILLAR — turklar Qrim yarim oroligacha kirib boradilar. Sosoniylar Toxariston va Chag‘aniyonni eftaliylardan tortib oladilar.

585-586-YILLAR — Buxoroda xoqon xonadoniga mansub Abruy boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Qo‘zg‘olon natijasida Abruydan jabrlangan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib, Turkiston va Taroz atrofiga kelib o‘rnashadilar. Ular turk xoqoniga murojaat etib, qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda yordam berishni so‘raganlar. Turk xoqoni qoracho‘rin o‘g‘li Sheri Kishvar (El Arslon) boshliq qo‘shin yuboradi. Abruy o‘ldirilib, qo‘zg‘olon bostiriladi. Kadivar va xizmatkorlar o‘z xo‘jayinlari — dehqonlarga qaytariladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:36:39
618-630-YILLAR — G‘arbiy Turk xoqonligida To‘nyabg‘u hukmronligi davrida boshqaruv tartiblari isloh qilinadi. O‘troq viloyat hokimlarini xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog‘lash va ularni ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning "œyabg‘u’ unvoni berilishi natijasida ular xoqonning noibiga aylanadilar. O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytirilib, ular huzuriga xoqonlikning vakillari — "œtudun"lar yuboriladi.

627-YIL — Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushonadan birlashgan juda katta savdo karvoni Xitoyga yetib boradi.

685-686-YILLAR — Qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonchilik asoratiga qarshi Buxoroda Abruy boshchiligida qo‘zg‘olon natijasida jabrlangan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib Turkiston va Taroz atrofiga borib o‘rnashadilar. Qochib borganlar qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda yordam berishni so‘rab Turk xoqoniga murojaat qiladilar . Turk xoqoni Qoracho‘rin Turk o‘g‘li Sheri Kishvar boshliq qo‘shin yuboradi. Abruy o‘ldirilib, qo‘zg‘olon bostiriladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:36:50
705-732-yILLAR — Ummaviylarga tegishli 12 kumush tangani Yunusobod Oqtepasidan topilishi.

718-YIL — Sug‘diylar hadya tariqasida yuborgan dubulg‘asidan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari o‘z qo‘shinlarini dubulg‘alar bilan ta’minlaganlar.

1932-yIL — Mug‘ tog‘idan nodir hujjatlar majmuasi topildi. Bu hujjatlardan 74 tasi sug‘dcha, 2 tasi xitoycha, 2 tasi arabcha va bittasi turkiy tilda bo‘lib, fan uchun beqiyos ahamiyat kasb etdi.

1953-1955-YILLAR — arxeolog L.Albaum tomonidan Bolaliktepa yodgorligi o‘rganilishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:37:01
III ASR O‘RTALARI — Xorazm davlatining poytaxti dastlab hozirgi Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida joylashgan qadimgi Tuproqqal’a shahar xarobasining o‘rnida bo‘lgn.

IV ASR — Xorazmshox Afrig‘ tomonidan qurilgan Al-Fir qal’asini ta’riflar ekan, Beruniy uning "œ"¦uchta devori paxsadan va xom g‘ishtdan urilgan; bularning biri ikkinchisi ichiga joylashgan; har birining balandligi boshqasinikiga qaraganda oshib boradi, ammo shohlar qasri hammasidan ham balanddir" — deb yozadi.

IV ASR O‘RTALARI — Yettisuv va Sharqiy Turkistondan Grumbat podshohi boshchiligida ko‘chmanchi chorvador xiyon nomli qabilalarning hujum boshlashi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:37:11
IV ASRNING 70-YILLARI — O‘rta Osiyo (Sirdaryo bo‘ylaridan to Amudaryo havzasigacha)da xiyoniylar hukmronligi o‘rnatilib, bu davlatni 120 yildan oshiqroq hukmronlik qilishi.

IV ASRNING IKKINCHI YARMI — V ASR — Mamlakatning ichki va tashqi hayotida sodir bo‘lgan keskinlik ayniqsa binokorlikka kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Samarqand, Buxoro, Naqshab va Toshkent kabi dehqonchilik vohalarida baland tagkursi ustiga bino qilingan ko‘plab istehkomli qasrlar va mulkdor dehqonlar qo‘rg‘onlari qad ko‘tardi.

MILODNING I MINGYILLIK O‘RTALARI — Qadimgi Turon aholisining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida sodir bo‘lgan keskin o‘zgarish mamlakatning mayda davlatlarga bo‘linib ketishiga sabab bo‘ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:37:22
V ASR — "œEftal" degan nom ilk bor "œxetal" shaklida arman manbalarida uchraydi. Bu nom aslida "œEftalon" deb yuritiladigan qabila nomidan olingan.

V ASR — Choch Eftallar davlatiga bo‘ysudirilgan.

V ASR — O‘rta Osiyolik shishasozlar xitoylik hunarmandlarga rangli shisha va shisha buyumlarni yasashni o‘rgatishlari. O‘rta Osiyo shishasi rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi jihatidan Vizantiya shishasidan ustun turishi, Xitoy imperatorlari o‘z saroylarini bezashda O‘rta Osiyodan keltirilgan rangli shishadan foydalanishlari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:38:17
V ASRNING 30-50-YILLARI — kidariylar bilan sosoniylar o‘rtasida ziddiyat tobora kuchayib, ular bir-biriga dushman bo‘lib qolgan.

V ASRNING 50-YILLARI — Eftallar davlatining nihoyatda kuchayishi.

V ASR O‘RTALARI — ekin yerlarining ma’lum bir qismi mulkdor dehqonlar va majusiy ruhoniy-kohinlarning qo‘l ostidagi mulklardan iborat bo‘lsa ham, ammo ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi qishloq jamoalarining qaramog‘ida edi. Ziroatchi jamoalarning oddiy mehnatkash a’zolari "œkashovarz", ya’ni yerni haydovchi — yerni omoch bilan ag‘daruvchi-"œqo‘shchi" deb yuritilardi. Dehqonchilik mahsulotlarining deyarli asosiy qismi qo‘shchi-kashovarzlar mashaqqatli mehnati bilan yetishtirilar edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:38:34
V ASR O‘RTALARI — O‘rta Osiyoga bostirib kelgan Eftallar yozma manbalarda eftal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga olinadi.

V ASRNING 60-YILLARI — Kidariylar sosoniylarning asosiy dushmani bo‘lib qolishi, Marv vohasidagi jangda sosoniylar shohining qo‘li baland kelib, Kidariylar va Sosoniylar davlatlari o‘rtasida Talikon yaqinida chegara belgilanishi.

V ASR OXIRI — binokorlikda an’anaviy xom g‘isht va paxsa bilan bir qatorda pishiq g‘isht ham ishlatila boshlandi. Pishiq g‘ishtdan saroy va ibodatxonalarning sahnini to‘shashda foydalanilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:38:47
V ASR OXIRI — VI ASR BOSHLARI — Qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi ilk bor Eronda Mazdak boshchiligida xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarilgan va bu qo‘zg‘olon mag‘lubiyat bilan tugagan.

V ASRNING IKKINCHI YARMI VA VI ASRNING BIRINCHI YARMI — Oltoy va Janubiy Sibirda Ashina qabilasining yabg‘ulari Asanshod, Tuu va Buminlar boshchiligida turkiy qabilalarning ittifoqi vujudga kelishi.

V ASRNING IKKINCHI YARMI — VI ASRNING BOSHLARI — Eftallar davri binokorligi va me’morchiligida ayniqsa qasrlar alohida o‘rin tutgan. Ularninmg ayrimlari ikki qavatli bo‘lib, yuqorisiga maxsus ko‘tarma pandus orqali chiqilgan. Saroy va ibodatxona devorlari turli mazmundagi rangdor tasvirlar bezash odatiy tusda edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:39:29
V ASRNING IKKINCHI YARMI VA VI ASRNING BOSHLARI — O‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va sharqda Turkiston yerlarini birlashtirgan Eftallar davlati tashkil topishi. Eftallar davlati siyosiy jihatdan Kushon podsholigiga nisbatan mustahkam bo‘lmasa-da, ammo maydoni jihatidan undan katta edi.

V-VI ASRLAR — Dehqonchilik vohalari tevarak-atrofiga kelib o‘rnashgan ko‘chmanchi eftallarning ommaviy ravishda o‘troqlashuvi kuchayadi. Buning oqibatida obikor yerlarga bo‘lgan muhtojlik ortdi. Daryo vodiylari bo‘ylab katta-kichik sug‘orish kanallari qazib bitkazildi. Minglab gektar yangi yer maydonlari o‘zlashtirildi. Sug‘orma dehqonchilkning kengayishi bilan sug‘orish texnikasi murakkablashib bordi. Shoxariqlar chuqurlashtirilib, sersuv va sershoxa sug‘orish tarmoqlariga aylanadi. Ular daryodan suvni bog‘lab oluvchi va yuqoriga ko‘tarib beruvchi suv inshooatlari bilan jihozlanadi. Chag‘oniyon, Termiz, Samarqand, Buxoro, Kesh, Naqshab va Toshkent atroflari to‘la o‘zlashtirilib, alohida-alohida dehqonchilik vohalari shakllandi.

V-VI ASRLAR — diniy e’tiqot va tasavvurlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tasviriy san’at koroplastika ma’budalarning sopol haykalchalarini yasash va ularga topinish keng yoyilishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:39:39
V-VI ASRLAR — yerga egalik munosabatlar rivoj topib, siyosiy jihatdan zaiflashuv oqibatida mamlakat bir qancha mayda davlatlarga bo‘linib ketib, uning hududida viloyat va yirik shaharlariga tayangan 15 dan ortiq mustaqil mahalliy hokimliklar tashkil topdi. Bunday davlatlardan eng yirigi Sug‘dda — ixshidlar, Toxaristonda — malikshohlar, Xorazmda — xorazmshohlar, Choch va Eloqda — budun va dehqonlar, Farg‘onada — ixshidlar hukmronlik qilardilar.

V-VI ASRLAR — Nasoroniy dini Sug‘dga kirib kelgan.

V-VI ASRLAR — Sug‘d yozuvi va uning "œSamarqand yozuvi" uslubi, Xorazm va Eftal yozuvlari tarqalishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:40:41
V-VI ASRLAR — yerga egalik munosabatlar rivoj topib, siyosiy jihatdan zaiflashuv oqibatida mamlakat bir qancha mayda davlatlarga bo‘linib ketib, uning hududida viloyat va yirik shaharlariga tayangan 15 dan ortiq mustaqil mahalliy hokimliklar tashkil topdi. Bunday davlatlardan eng yirigi Sug‘dda — ixshidlar, Toxaristonda — malikshohlar, Xorazmda — xorazmshohlar, Choch va Eloqda — budun va dehqonlar, Farg‘onada — ixshidlar hukmronlik qilardilar.

V-VI ASRLAR — Nasoroniy dini Sug‘dga kirib kelgan.

V-VI ASRLAR — Sug‘d yozuvi va uning "œSamarqand yozuvi" uslubi, Xorazm va Eftal yozuvlari tarqalishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:40:55
V-VI ASRLAR — Xitoy manbalarida qayd etilishicha, Sharqiy Turkiston va O‘rta Osiyo yerlarida ko‘plab g‘o‘za ekilib, uning tolasidan oppoq va nihoyatda mayin mato to‘qilgan. Xitoy bozorlarida bunday matoga talab katta bo‘lgan. Chunki o‘sha davrlarda Xitoyda paxta hali ekilmas edi.

V-VII ASRLAR — O‘rta Osiyoda yerga egalik munosabatlari jarayoni toboro avj olib, mulkdor dehqonlar zulmi kuchayadi. Kashovarzlar ularning asoratiga tushib, qaram kadivarlarga aylanadi.

V-VII ASRLAR — mayda hokimliklar eftallarga, so‘ngra Turk xoqonligiga bo‘ysundirilgan bo‘lsalar-da, ammo eftallar ham, turklar ham ularning ichki hayotiga aralashmaydilar. Markaziy hokimiyatga boj to‘lab turish bilan ular o‘z mustaqilliklarini ma’lum darajada saqlab qoladilar. Bu davlatlarning hukmdorlari o‘z atrofidagi mulkdor dehqonlar va ularning harbiy chokarlariga tayanardilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:41:19
V-VII ASRLAR — Chirchiq va Ohangaron vodiylarida ikki mustaqil ilk o‘rta asr davlat — Choch va Eloq hukmronlik qilishi.

V-VII ASRLAR — O‘rta Osiyoda yerga egalik munosabatlar o‘rnatilishi, ko‘chmanchi chorvadorlarning beto‘xtov shiddat bilan kirib kelishi oqibatida mamlakat obodonchiligi, xo‘jaligining ravnaqi, shahar va qishloqlarining qiyofasi va aholisining turmush tarzi va ahvoliga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

V-VII ASRLAR — tasviriy san’atning nodir namunalari Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi Bolaliktepa yodgorligidan topib o‘rganilagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:41:41
V-VIII ASRLAR — O‘rta Osiyoning chorvador aholisi o‘rtasida asosan "œshomon" ya’ni "œqam"dini keng tarqalgan. Aholi o‘rtasida ushbu din ta’limotini talqin etuvchi urf, aqida va marosimlarini bajarishda rahnamolik qiluvchi dindorlari bo‘lgan. Ularning yetuk bilimdonlarini "œqam" va "œto‘yin" deb atalgan.

V-VIII ASR O‘RTALARI — Yunusobod qo‘rg‘onida hayot bo‘lishi.

VI ASR — Bolaliktepa qasri devorlarida tasvirlangan ayollarning tashqi qiyofasi eftallar hukmdori huzurida bo‘lgan budda kohinini hayratga solgan saroy ayollarini eslatishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:41:49
VI ASR — Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida 10 dan ortiq mahalliy hokimiyatlarning mavjud bo‘lishi. Ularning iqtisodiy va siyosiy boshqaruvi yerli sulola hukmdorlari qo‘lida qoldirilib, turklar ulardan faqat boj va yasoq undirib olish bilan cheklanadilar.

VI ASR — Choch G‘arbiy Turk xoqonligiga bo‘ysundirilgan.

VI ASR — Vizantiya tarixchilarining asarlarida eftallar "œshaharlik" ekanligi ta’kidlanishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:42:04
VI ASR — Vizantiya tarixchisi Prokopeyning yozishicha, eftallarning qonuniy davlati podshohi mutloq asosida boshqarilishi.

VI ASR BOSHLARI — Samarqandda yepiskop nasoroniy, jamoalarga rahnamolak qilardi.

VI ASR O‘RTALARI — Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Uning asoschisi Bumin edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:42:47
VI ASR O‘RTALARI — Bumin boshliq turk ittifoqi tele qabilasini bo‘ysundirishi.

VI ASRNING 50-YILLARI — turklar tazyiqi oqibatida yuzaga kelgan qulay vaziyatdan foydalanib sosoniylar Toxariston va Chag‘oniyonni eftallardan tortib oladilar.

VI ASR IKKINCHI YARMI — Buxoroda ilk mulkdor dehqonlarning kadivarlar ustidan hukmronligi yanada mustahkamlandi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:42:57
VI ASR 70-80-YILLAR — Enasoyning yuqori oqimidan to Amudaryo bo‘ylarigacha, Manchjuriyadan to Kimmeriy Bosforigacha cho‘zilgan ulkan maydonda ko‘chmanchi chorvadorlarning Buyuk Turk Xoqonligini tashkil topdi.

VI ASRNING 80-YILLARI OXIRLARI — bo‘ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv tartibi Turk xoqonligini tobora zaiflashtirishi va Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat xoqonlik ahvolini yanada og‘irlashtirishi oqibatda Turk xoqonligi ikkiga — mo‘g‘ulistonda tashkil topgan Sharqiy turk xoqonligi va O‘rta Osiyo, Jung‘ariya va Sharqiy Turkistonning bir qismini tasarrufiga olgan G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘linib ketadi.

VI ASR OXIRI — VII ASR BOSHLARI — G‘arbiy Turk xoqonlari budda dinini qabul qilib, butxonalarning qurilishida homiylik qiladilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:43:05
VI-VII ASRLAR — Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi Varaxsha qasri buxorxudotlar — Buxoro mahalliy hukmdorlarining yozgi qarorgohiga aylantirilishi.

VI-VII ASRLAR — O‘rta Osiyo shaharlarida savdo-sotiq ishlari avj olgan va shaharlar maydoni uncha katta bo‘lmagan.

VI-VII ASRLAR — O‘rta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlarning egalash jarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi. Yer va suvdan ajralib qashshoqlashib borayotgan ozod ziroatkor — kashovarzlar mulkdor dehqonlar asoratiga tushib, qaram kadivarlarga aylanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:43:13
VI-VIII ASRLAR — Farg‘ona dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, xo‘jaliklari va ichki, tashqi savdo rivoj topgan mustahkam iqtisodiy poydevorli o‘lka edi.

VI — VIII ASRLAR — mehnatkash aholining hayoti nihoyatda og‘ir kechdi. Ular hamma vaqt nochorlik, tanglik, xavf-xatar va muhtojlikda yashagan.

VI-VIII ASRLAR — bebaho madaniyat obidalari, diniy etiqodlari, tasviriy san’at rivojlandi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:43:23
VI-VIII ASRLAR — G‘arbiy turk xoqonligining chorvador aholisi o‘rtasida buddoiy va nasoroniy jamoalari paydo bo‘lib, ayrim turk xoqonlari bu yangi dinlarga homiylik qilsalar-da, ammo chorvador aholining aksariyati hali "œshomon" diniga e’tiqod qilardi.

VI-VIII ASRLAR — Moniy dini Murg‘ob vohasi orqali Toxariston, Sug‘d, Sharqiy Turkiston va Xitoyga yoyildi. Moniy ta’limoti tasviriy san’atga va musiqaga katta ahamiyat bergan. Diniy targ‘ibot va marosimlarda, ayniqsa tasviriy san’atdan keng foydalanilgan.

VI-VIII ASRLAR — O‘rta Osiyo shaharlarida hunarmandchilik va me’morchilik bilan bir qatorda tasviriy san’atning rassomlik va haykaltaroshlik kabi bir qator tarmoqlari ravnaq topadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:43:32
VI-VIII ASRLAR — O‘rta Osiyo xalqlari jahon tarixi jarayoniga tortilib, bu diyorda ilk o‘rta asrning o‘ziga xos serqirra va nihoyatda boy madaniyati shakllanishini va rivoj topishini madaniyatning serjilo qirralari, bebaho madaniyat obidalari, diniy e’tiqodlari-yu tasviriy san’at namunalarida o‘z aksini topishi.

VI-VIII ASRLAR — O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayotida yer egaligi munosabatlar shakllanib, mustahkamlanib bordi. Iqtisodiy hayotda hunarmandchilik, sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik rivoj topib, ichki va tashqi savdo kengaydi. Madaniy hayotda me’morchilik, xat-savod, diniy e’tiqodlar, tasviriy san’at va musiqa ravnaq topib, madaniy aloqalar jonlandi. Natijada ilk o‘rta asrlarning ma’naviy hayotini o‘zida mujassamlashtirgan o‘ziga xos serqirra madaniyat yaratildi.

VI-VIII ASRLAR — O‘rta Osiyoda aholi zardushtiy, budda, nasoroniy, moniy va qam dinlariga sig‘ingan,ya’ni din erkinligi bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:43:41
VI-VIII ASRLAR — O‘rta Osiyoda, zardushtiylik, budda, nasoro(xristianlik), moniy va qam(shomon) kabi bir necha dinlar mavjud bo‘lgan. Mamlakatda ko‘p dinlik e’tiqodlari rasman bo‘lsada, ammo aholining ko‘pchiligi olovga topinuvchi ma’jusiy edi. Otashparastlik Xorazm, Sug‘d va Choch viloyatlarida ayniqsa keng tarqalgan.

VI-VIII ASRLAR — shahar aholisi ortib, gavjumlashuvi hunarmandchilik, savdo-sotiqning toboro kengayib borishi bialn shaharlar atrofi o‘zlashtirilib, obod etiladi. Natijada ayrim markaziy shaharlarning tashqi devorlariga tutashgan joylarda hunarmandchilik mavzelari paydo bo‘ladi. Atrofi mudofaa devori bilan o‘ralmagan bu istehkomlar mavzelar manbalarida "œrabod" nomi bilan ataladi. Shaharlar yonboshida rabotlarning qad ko‘tarishi bilan ilk o‘rta asrlarda ular 3 qismli bo‘lib qoladi. Uning podshoh qasri joylashgan qismi "œark", ichki shahar "œshahriston" deb yuritiladi. Shaharning uchala qismi ham alohida-alohida devorlar bilan o‘rab olinadi. Ularning bir nechta darvozalari bo‘lgan.

VI-VIII ASRLAR — Sharqiy Turkiston bilan savdo-sotiq qilishda chochliklar Buxoro va Samarqand savdogarlaridan keyin 3-o‘rinda turgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:43:48
VI-VIII ASRLAR — Tasviriy san’atda haykaltaroshlik muhim o‘rin tutgan. Uning rivojiga budda dini kuchli ta’sir ko‘rsatgan.

VII ASR — Balxda 100 ta, Termizda 10 tacha, Qabodiyonda 3 ta budda monastirlari bo‘lgan. Ularning har birida ikkitadan to 50 nafargacha rohib (monax)lari bo‘lgan.

VII ASR BIRINCHI CHORAGI — G‘arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchaydi. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubiysi Hind daryosi bo‘ylariga borib taqaladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:43:56
VII ASRNING BIRINCHI YARMI — G‘arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o‘rtasida iqtisodiy aloqalar gavjumlashib, Xitoyga 9 marotaba savdo elchiligi yuboriladi.

VII ASRNING BIRINCHI YARMI — Qultegin bitigi qabr toshiga o‘yib yozilgan. Qabr toshining balandligi 3 m 15 sm, kengligi 1 m 24 sm, qalinligi 41 sm. Bitik 63 satrdan iborat.

VII ASR OXIRI — Buxoro taxti vorisining hali go‘dakligi tufayli uning tul qolgan onasi davlatni boshqargan. Malika Buxoroda donolik bilan hukmronlik qilgan, xalq unga itoatda bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:44:05
VII-VIII ASR BOSHLARI — Hujjatlarda Sug‘dning siyosiy tarixi huquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e’tiqodlari xususida muhim ma’lumotlarning keltirilishi.

VII-VIII ASRLAR — 1932-yilda Mug‘ tog‘idan topilgan hujjatlarning orasida nikoh guvohnomasi qayd etilgan. Unda oila va nikoh shartlari, oilaviy-mulkiy munosabatlar, nikohlanayotgan shaxslarning o‘zaro va har birining ikkala tomon qarindoshlari bilan munosabatlari, kuyovning kelin qarindoshlari oldidagi majburiyatlari haqida qimmatli tarixiy ma’lumot bor. Hujjatda Uttegin ismli turk yigiti bilan Dug‘dg‘uncha ismli, Chata laqabli sug‘d ayoli o‘rtasida tuzilgan nikoh qayd etilgan.

VII-VIII ASRLAR — Chochda kumush va mis tangachalar yasaydigan zarbxona bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:44:15
VII-VIII ASRLAR — O‘rta Osiyo, Yettisuv va Sharqiy Turkiston viloyatlarida sug‘d tilining amaliy ko‘lami juda keng bo‘lgan. Bunday joylarda aholi sug‘d va turk tillarida bemalol so‘zlashgan.

VII-VIII ASRLAR — Sug‘d jamoasida inson, xotin-qizlarning haq-huquqlari va axloq qonun-qoidalari, xususan kuyovning kelin oldidagi burchi va majburiyatlari o‘z zamonasi uchun juda adolatli ravishda belgilab qo‘yilgan.

VII-VIII ASRLAR — Termiz yaqinida Zangtepa yodgorligidan qayin po‘stlog‘iga bitilgan buddoyi qo‘lyozma matnlar qayd etiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:44:25
VII-VIII ASRLAR — Toxariston aholisining yarmi mahalliy, yarmi turklar bo‘lgan. Aholisi budda diniga sig‘ingan, qator ibodatxonalari va kohinlari bo‘lgan. Aholisi ip va ipak matolardan kiyingan. 25 harfli yozuvi ko‘ndalangiga chapdan o‘ngga qarab bitilgan.

VII-VIII ASRLAR — O‘rta Osiyoda raqs, qo‘shiqchilik, qiziqchilik va dorbozlik kabi san’atning boshqa turli sohalari ham kamol topgan. Buxoro aktyorlari, Samarqand naychilari, Toshkent o‘yinchi yigit va raqqosa qizlari, Xo‘jand surnaychilari va Kucha bastakorlari bilan shuhrat topgan.

VII-VIII ASRLAR — Termiz yaqinidagi Zangtepa yodgorligida qayin po‘stlog‘iga bitilgan qo‘lyozma topiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:44:33
VII-IX ASRLAR — Buxoro, Yettisuv, Samarqandda yashagan nasoroiylar haqida arabnavis mualliflar qayd etadilar.

VIII ASR — Buxoro 5 qismdan iborat bo‘lib, u besh qator devorlar halqasi bilan o‘ralgan. Shahar devorlari bo‘ylab oqib o‘tgan anhor xandaq vazifasini bajargan.

VIII ASR — Buxoro vohasidagi qadimgi Poykand shahri xarobalari ostida dorixona qoldiqlari kovlab ochilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 15:44:43
VIII ASR — Choch va Eloq birlashib, yagona davlatga aylanadi va o‘z mustaqilligini tiklab oladi.

VIII ASR — Chochda kumush dirhamlar Eloqning kumush konlarida zarb etilgan.

VIII ASR — Samarqandda mitropolit nasoroniy, jamoalariga rahnamolik qilardilar.

XI ASR — Nodir yozma manba sanaladigan Mahmud Koshg‘ariyning "œDevoni lug‘otit turk" asarida "œTo‘yin burxonqa yuqundi, to‘ytin sanamga topindi", ya’ni to‘tin butxonaga kirdi va sanamga topindi deb, ta’kidlanadi.

XVII ASR — Runik yoki ko‘kturk bitiklari (qadim turk manbalari) Sibir, mo‘g‘uliston, Oltoy va O‘rta Osiyoda topilishi. Mo‘g‘ilistonda topilgan To‘ntuquq, Qultegin, Bilga xoqon va Ongin bitiklari O‘rta Osiyo aholisi tarixini o‘rganishda qimmatli manba hisoblanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:21:57
II BOB

O‘RTA OSIYONING ARABLAR
TOMONIDAN FATH ETILISHI, UNING
OQIBATLARI, XALQ OZODLIK QO‘ZG‘OLONLARI

ARABLARNING O‘RTA OSIYONI FATH ETISHI


Islom dini. Arablar somiy qabilasiga mansub bo‘lib, ularni badaviylar — sahroyilar deb atashgan. VII asrning boshida urug‘chilik tuzumi inqirozga uchrab, arablarda yangi ijtimoiy tuzum — yer egaligi munosabatlari shakllana boshlandi. Arablarni birlashtirish — ijtimoiy va iqtisodiy zaruriyat edi. Vujudga kelgan vaziyatda islom dini arablarni birlashtiruvchi omilga aylandi. Islom dinining asoschisi Muhammad alayhissallom (570-632) bo‘ldilar. 610-yilda Muhammad alayhissalom o‘zini payg‘ambar deb e‘lon qiladi. Islom — "œitoat", "œtobelik" va "œbo‘yin egish" ma‘nolarini anglatgan. Islomni qabul qilib, Rasulullohga ergashgan uning izdoshlari o‘zlarini "œmuslim" (bo‘yin eguvchi) xudo oldida teng ekani, rizq-ro‘zni barchaga Yaratguvchining o‘zi yetkazib berishi hamda jamiyatdagi adolatsizlik barham topishi haq ekanini targ‘ib etadilar. 622-yil 16-iyulda Muhammad alayhissalom Makkadan Madinaga hijrat qiladilar. Xuddi shu kundan boshlab musulmon Sharqida hijriy yil hisobi boshlanadi. Qur‘oni Karim — islom dinining muqaddas kitobi bo‘lib, 23 yil davomida nozil bo‘lgan. 630-yilda arablarning ko‘pchiligi islom dinini qabul qiladi.

Muhammad alayhissalom vafot etgach, xalifalik davri (632-1258 ) boshlandi. "œXalifa" — "œo`rinbosar" demakdir. Dastlabki to`rt xalifa xulafoyi roshidiyn — to`g`ri yo`l ko`rsatuvchi xalifalar hisoblanadi. Bular Abu Bakr (572-634), Umar (582-644), Usmon (576 656), Ali (598-661)dir. Ular hukmronlik qilgan davrda Arabistonda islom dini to`la g`alaba qozonib, o`ta markazlashgan musulmon davlati — Arab xalifaligi tashkil topadi. Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Vizantiya va Eron bo`ysundirilib, islom jahon dinlaridan biriga aylanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:22:14
Movarounnahrning zabt etilishi. 651-yili arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. Amudaryodan shimolda joylashgan yerlarni arablar Movarounnahr, ya‘ni "œdaryoning narigi tomoni" deb atardilar. Shimoliy Afg‘oniston, shimoliy-sharqiy Eron va janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘lgan yerlar Xuroson deb atalardi. Uning markazi Marv shahri edi. Movarounnahrga bo‘lgan hujumlar Xuroson noibi tomonidan uyushtirilar edi. O‘rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi ikki bochqichdan iborat bo‘lgan: birinchi bosqichda (651-705) arablar harbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rish, mahalliy hukmdorlarni sinash, ayrim sarkardalarning boylik orttirish maqsadida yurish qiladi. 704-yilda Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi qilib tayinlanadi, unga Movarounnahrda arab xalifaligi hukmronligini o‘rnatish vazifasi topshiriladi. Shu tariqa O‘rta Osiyoni arablar tomonidan bosib olinishining ikkinchi bosqichi (705-715) boshlanadi. Ikkinchi bosqichni ahamiyatli tomoni Movarounnahrni arablar tomonidan istilo etish va islom diniga kiritish edi.

Movarounnahrga ilk hujumlar 654-yilda Maymurg‘ va 667-yilda Chag‘oniyondan boshlanadi. 673-yilning kuzida xalifa Muoviya I farmoniga ko‘ra, Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoro yerlariga bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab, Buxoro shahrini qamal qiladi. Turklar va buxoroliklarning birlashgan qo‘shinlari jangda arablardan yengilib, yuzming dirham miqdorda arablarga boj to‘laydilar, bundan tashqari arablar ko‘p o‘ljalarni qo‘lga kiritib, Marvga qaytib ketadilar. 676 yilda Xuroson noibi Said ibn Usmon boshliq arab qo‘shinlari yana Buxoro, Samarqand va Termizga bostirib kirib, katta o‘ljalar bilan qaytadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:22:24
Movarounnahrdagi siyosiy tarqoqlik va mahalliy hokimlar o‘rtasidagi nizolar tufayli mahalliy hukmdorlarning o‘zaro siyosiy nizolarni to‘xtatish, xalifalikka qarshi birlashib kurashishi amalga oshmadi. Bundan esa arab lashkarboshilari ustalik bilan foydalandi.
Qutayba ibn Muslim 704-yilda Xurosonga noib etib tayinlanadi. Unga Movarounnahrdan to Xitoygacha bo‘lgan yerlarni xalifalikka bo‘ysundirish vazifasi yuklanadi. Harbiy yurishni Qutayba 705-yilda Balx viloyatini atroflarini egallashdan boshlaydi. 707-yilda Qutayba Zarafshon vodiysiga yurish qilib, qadimgi va katta shahar bo‘lgan Poykentni qamal qilib egallaydi.
709-yil Qutayba Vardonze (Shofirkon) hukmdori Vardonxudot ustiga yurish qiladi, Vardonze va Buxoroni egallaydi. 710-yil Shuman, Kesh (Shahrisabz) va Nasaf (Qarshi) shaharlarini bosib oladi.
711 yili Xorazm shohi Chag‘on ukasi Hurzod boshliq xalq qo‘zg‘olonidan qo‘rqib, yordam so‘rab Qutaybaga murojaat qiladi. Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelgan qulay vaziyat Qutaybani Sug‘d yurishini kechiktirib, Xorazmga qo‘shin tortishga jalb qiladi. Xorazmda Arab xalifaligi o‘z hukmronligini o‘rnatadi. 712-yilda Qutayba Buxoro va Xorazmda harbiy kuch to‘plab Samarqandga hujum uyushtiradi, ko‘p talofatdan keyin Samarqand taslim bo‘ldi.
713-715-yillarda Qutayba Toshkent, Farg‘ona viloyatlarini bo‘ysundirib, Qashg‘argacha bo‘lgan yerni bosib oladi va arab noiblarini qoldiradi, yangi tartiblar o‘rnatadi. 715-yili arab xalifasi Volid vafot etadi. Uning o‘rniga Qutaybaga g‘anim bo‘lgan Sulaymon taxtga o‘tiradi. Qutayba unga bo‘ysunmay qo‘zg‘olon ko‘taradi. Biroq Qutaybaning o‘zi 715-yilda Farg‘onada arab askarlari tomonidan o‘ldiriladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:22:36
Movarounnahrning zabt etilishining oqibatlari. Movarounnahrni arablar tomonidan oson zabt etilishining sabablari quyidagilardan iborat bo‘ldi: 1. Mamlakatda hukm surgan siyosiy parokandalik va viloyat hukmdorlari o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatlar. 2. Mahalliy hukmdorlarning sotqinligi. 3. Aholining turli xil diniy g‘oyalarga sig‘inishi.
Arablar Movarounnahrni zabt etishi natijasida dehqonchilik vohalarni, shahar va qishloqlar vayron bo‘ldi. Sulh tuzishga majbur bo‘lgan Buxoro, Poykand, Sug‘d hukmdorlaridan katta miqdorda boj va tovonlar undirib olindi. Bosqinchilar Movarounnahrning barcha shahar va yirik qishloqlariga o‘z harbiy qismlarini joylashtirib, aholidan turli soliqlar undirib, ularni jamoa ishlarga safarbar etadilar. Marv, Poykand, Buxoro va Samarqand kabi shaharlarning yarmi arablar va ular bilan kelgan ajamlarga bo‘shatib beriladi. Arablar Movarounnahrda o‘rnatilgan siyosiy hokimimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlash uchun islom dinini aholi o‘rtasida yoyishga alohida ahamiyat berdilar. Arablar tomonidan Movarounnahrning bosib olinishi oqibatida mahalliy xalqning urf-odati, dini va e’tiqodi, qadimdan rivojlanib kelayotgan madaniyati poymol etildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:22:55
ARABLAR HUKMRONLIGIGA QARSHI XALQ HARAKATLARI

Qo‘zg‘olonning sabablari.
Arablar sosoniylarning soliq tartibini joriy qildi. Bunga ko‘ra, aholi ekin maydonlaridan 1/4 "œxiroj", chorva, hunarmandchilik va savdo-sotiqdan 40/1 "œzakot" hamda islom dinini qabul qilmaganlar "œjiz‘ya" kabi jonboshi solig‘i to‘lagan. Istilochilar kuch — xirojda deganlar. Yerli xalqlarni avvalgi barcha haq-huquqlardan mahrum bo‘lishi, madaniyatning oyoq-osti qilinishi, zulm, urushlar, talon-tarojlar, islom dini, arab tili va yozuvi, xalifalik qonun-qoidalarining zo‘rlik bilan joriy etilishi xalq noroziligini kuchaytirdi, natijada qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.

Gurak va Divashtich boshchiligidagi qo‘zg‘olon. 720-yili Samarqand ixshidi Gurak va Panjikent hokimi Divashtich boshchiligida Sug‘dda qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tadi. Xuroson noibi Said ibn Abdulaziz Sug‘dga qarshi muvaffaqiyatsiz uch marta yurish qiladi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun qilgan barcha chora-tadbirlari natija bermaydi. 721 yilda Said Xaroshiy Xurosonga noib etib tayinlanadi. Uning qo‘zg‘olonchilar bilan olib borgan muzokaralari natijasida Gurak boshchiligida Sug‘d mulkdorlarning bir qismi arablar tomoniga o‘tadi. Divashtich boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilarning boshqa qismi Obgar qal‘asida qo‘lga olinadi. Omon qolish sharti bilan qo‘lga tushirilgan Divashtich Arbinjonga (Kattaqo‘rg‘on bilan Karmana oralig‘i) olib borilib, qatl etiladi. 723-yilda Farg‘ona hokimi Shosh, Nasaf va turklar yordamida arablarni Xo‘janddan to Samarqandgacha ta‘qib qilib boradilar. Soliq siyosatiga qarshi 725-yilda Xuttalonda, 728-yilda Sug‘dda, 736-737-yillarda Toxariston va yana Sug‘dda qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Xurosonning yangi noibi Nasr ibn Sayyor moliya islohotini o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar jiz‘yadan ozod etiladi. Barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi. Yer egasining e‘tiqodidan qat‘iy nazar xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yildi. Bundan tashqari oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor dehqonlar o‘rtasida qarindoshlik munosabatlar o‘rnatilishi davlat miqyosida qo‘llab-quvvatlandi. 720-yildan 737-yilgacha davom etgan xalq qo‘zg‘olonlari arab bosqinchilariga qarshi kurashning birinchi bosqichidir. Qo‘zg‘olonchilarning ijtimoiy tarkibi ham, ularning oldiga qo‘ygan maqsad va talablari ham turlicha edi. Mahalliy hokimlar o‘zlarining hukmdorligini tiklash uchun imtiyozlarga ega bo‘lish uchun, oddiy xalq esa xiroj va jiz‘yadan va zulmdan ozod bo‘lish uchun kurashdilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:23:13
Abu Muslim harakati. Ummaviylar davri (661-749) o‘ta zo‘ravonlik va bosqinchilik siyosati bilan ajralib turadi. Ularga qarshi norozilik kuchayib bordi. Ummaviy xalifalikning qo‘pol siyosatidan mazlum xalqlar hamda arab aholisi, ayniqsa mulkdor tabaqasi ham norozi edi. Ularga qarshi kuchlarga Muhammad payg‘ambarning amakisi Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali boshchilik qildi. Ummaviylar Rasululloh avlodini qirib tashlashda ayblandi. Targ‘ibotchilar aholining og‘ir ahvoliga faqat ummaviylar sababchi degan fikrni oshkora targ‘ib qiladi. Ummaviylarga qarshi ommaviy norozilik ayniqsa Xalifa Marvon II (744-750) davrida kuchayib ketadi. 747-749-yillarda Abu Muslim harakati — Movarounnahrda ummaviylarga qarshi qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tadi. Ummaviylarga qarshi tashviqotni Abu Muslim Xuroson aholisining yuqori tabaqasiga murojaatdan boshlaydi. Abu Muslim Kufaning Savad qishlog‘ida tug‘ilgan bo‘lib, yoshligida gumashta bo‘lib ishlagan, keyin sarrojlik bilan kun kechirgan. Tim qora rang abbosiylar harakatining timsoli sanalgan. Abu Muslim va uning tarafdorlari qora libos kiyib, qora bayroq ostida ummaviylarga qarshi kuchlarni birlashtirishga kirishadilar. 749-yilda qo‘zg‘olon g‘alaba bilan tugab, ummaviylar ag‘darib tashlanadi, ularning o‘rniga abbosiylar vakili Abul Abbos Saffox xalifalik taxtiga o‘tiradi. Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi bilan mehnatkash aholining ahvolida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Mehnatkash aholi o‘rtasida abbosiylarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish kayfiyati paydo bo‘ladi. 750-yilda Buxoroda Sharik ibn Shayhulmahri boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tadi. Bu qo‘zg‘olonni Abu Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan bostiradi. Ichki ziddiyatlardan foydalangan Xitoy qo‘shinlari 751-yilda Talos vodiysiga bostirib kiradi. Abu Muslim tomonidan yuborilgan qo‘shin ularni bu yerdan quvib chiqaradi. 755-yilda Abu Muslim xalifa buyrug‘iga ko‘ra o‘ldiriladi. Uni o‘chini olish uchun 755-yilda Nishopurda Sumbad boshchiligida 70 kun davom etgan qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tadi. Bu qo‘zg‘olon xalifa tomonidan bostiriladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:23:31
"œOq kiyimliklar" qo`zg`oloni. 769-783-yillarda Movarounnahrda "œOq kiyimliklar" qo`zg`oloni bo`lib o`tadi. Qo`zg`olonga Muqanna boshchilik qiladi. Uning asli ismi Hoshim ibn Hakim bo`lib, marvlik matolarga oxor beruvchi hunarmand bo`lgan. U Marv yaqinidagi Koza qishlog`ida tug`ilgan bo`lib, "œMuqanna", ya`ni "œNiqobdor" nomi bilan mashhur bo`lgan. Xurosonda kichik lashkarboshidan vazir darajasigacha ko`tarilgan. Mazdak ta`limotini targ`ib qilib, payg`ambarlik da`vosini qilganligi uchun Bag`dod zindoniga tashlangan. Uning targ`iboti ayniqsa Naxshob va Kesh shaharlarida yaxshi samara beradi. Muqanna Kesh yaqinidagi Som qal`asini o`z qarorgohiga aylantiradi. Bu qo`zg`olon ayniqsa Sug`dda avj olib, Iloq va Shoshga ta`sirini o`tkazadi. "œOq kiyimlik"larga zarba berish uchun xalifa Abu Ja`far 775-yilda Jabroil boshchiligida katta qo`shin jo`natadi. Biroq, u qo`zg`olonchilar tomonidan mag`lubiyatga uchratiladi. 776 yilda Narshaxdagi qo`zg`olon bostirilgach, arablar asosiy kuchlarni Samarqand va Keshga tashlaydilar. Xalifa Maxdiy 777-yilda qo`zg`olonga uzil-kesil zarba berish maqsadida harbiy kuchlarni to`plash maqsadida Nishopurga keladi. "œOq kiyimlik"lar va turkiy qabilalar Samarqandda ikki yil jang qilib, qo`zg`olonchilar yengiladilar. Kurashning oxirgi bosqichida Kesh vodiysida janglar qizib ketadi. Muqannaning ukasi Qabzam, Som qal`asining mudofaasiga qo`mondonlik qilgan Sarhama o`z qo`shinlari bilan taslim bo`ladilar. Muqanna arablarga taslim bo`lishni istamay yonib turgan tandirga o`zini tashlab halok bo`ladi.

Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni. "œOq kiyimliklar" qo`zg`oloni mag`lubiyatga uchragach, 806-810-yillarda Rofe ibn Lays boshchiligida Samarqand, Buxoro, Shosh, Naxshob va Xorazm aholisining qo`zg`oloni bo`lib o`tadi. Xuroson noibi Ma`mun (806-819) Somonxudot nabiralari Nuh, Ahmad va Yahyolardan yordam so`rab qo`zg`olonni bostiradi. Somoniylarning xalifalik oldidagi bu xizmatlari natijasida Movarounnahr kelajak taqdiri mahalliy mulkdorlar qo`liga o`tishiga yo`l ochiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:23:45
Arablarga qarshi olib borilgan xalq harakatlarining mag‘lubiyatiga uchrashi sabablari quyidagilardan iborat edi:
·   Xalq harakatlarining uyushmaganligi;
·   Arablar qo‘shinining uyushganligi, ko‘p qurol-aslahaga ega ekanligi;
·   Mahalliy boylarnig xalqqa yordam bermaganligi.
Muqanna va Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonlari mag‘lubiyat bilan tugagan bo‘lsada, lekin arab xalifaligi negizini larzaga keltirdi, uning tarqalishini tezlashtirdi.
Arablar O‘rta Osiyoda o‘zining siyosiy hukmronligini o‘rnata olmadi. Lekin arablar istilosi Movarounnahrda yer egaligi munosabatlarini o‘rnatishini tezlashtirdi, islom dinining tarqalishiga sabab bo‘ldi. Arablar istilosi va islom dinining zo‘rlik bilan kiritilishiga qarshi ajdodlarimiz o‘z mustaqilliklari uchun, o‘z e‘tiqodlari yo‘lida kurashdilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:24:31
TARIXIY SHAXSLAR

ABDULJABBOR ibn ABDURAHMON al-AZDIY (?-759, Bog‘dod) — Arab xalifaligining Xurosondagi noibi (757-759). Uning davrida Muqanna vazirlik darajasiga ko‘tarilgan. Xalifa al-Mansur (754-775) Abduljabbor ibn Abdurahmonning o‘ziga sodiqligidan shubhalanib, o‘g‘li Muhammad al-Mahdiyni uni hibsga olmoqqa jo‘natdi. Shunda Abdujabbor ibn Abdurahmondan norozi bo‘lgan Marvarrud shahri aholisi bosh ko‘tardi-da, uni tutib xalifaga topshirdi. Xalifa uni qattiq azoblab qatl etadi.

ABDUMALIK (646/647-705) — ummaviylarga mansub xalifa (685-705). Abdumalik 685-692-yillarda Makkada Abdulloh ibn Zubayr va Iroqda uning tarafdorlarining, 689-702-yillarda Damashqda Amir ibn Said al-Ashtoq va Eronda Abdurahmon ibn al-Ashasniy, shungdek xorijiylarning Iroqdagi chiqishlari (692-697)ni bostirgan; xalifalikdagi ichki tarqoqlikka barham berib, markaziy hokimiyatni mustahkamlagan; moliya va soliq islohotlarini o‘tkazgan; devon va idoralarda yunon, o‘rta fors tillari o‘rniga arab tilida ish yuritishni joriy etgan; Vizantiya va sosoniylar tangalarini bekor qilib, arabcha yozuvida oltin va kumush tangalar zarb qildirgan, barid (pochta) ishini yo‘lga qo‘ygan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:24:43
ABU MUSLIM (laqabi; boshqa laqablari Abo Muslim, Abu Muslim Marvaziy; asl ismi Abdurahmon ibn Muslim) (taxm. 727-755) — Xuroson va Movarounnahrda ummaviylar sulolasiga qarshi harakat rahbari. U Kufaning Savad qishlog‘i yaqinidagi Xutarniyn degan joyda dunyoga kelgan. Yoshligida bir davlatmand kishining qo‘lida gumashta bo‘lib ishlagan. So‘ngra sarrojlik (egar-jabg‘ur yasovchi hunarmand) bilan kun kechirgan. 747-yil ummaviylarga qarshi tayyorlanayotgan harakatga rahbarlik qilish uchun Marv vohasiga jo‘natilgan. Ummaviylarga qarshi harakatni kuchaytirish maqsadida Abu Muslim Marv yaqinidagi Safizanj, Mohuvon (Mahon) va Shavvol qishloqlarini qarorgohga aylantirib, xalifalikka qarshi tashviqot olib boradi. Abu Muslim qullar uchun Shavval qishlog‘ida maxsus joy tashkil ettiradi va ularga Dovud ismli targ‘ibotchini boshliq qilib tayinlaydi. U g‘alaba qozonib, xalifalik abbosiylar qo‘liga o‘tgach (750), Xuroson voliysi. Abbosiylarga Abu Muslim sidqidildan xizmat qilgan bo‘lsa-da, ammo ular unga ishonmas edilar. Ularning nazarida Abu Muslim xalifalik taxtining da‘vogaridek bo‘lib tuyular edi. Undan hatto qattiq qo‘rqar ham edilar. Shu boisdan ular Abu Muslimni yo‘qotish payiga tushdilar. Nihoyat 755-yilda qurolsiz va yolg‘iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa Mansur buyrug‘iga binoan o‘ldiriladi. Abu Muslimning o‘ldirilishi xalifalik sharqida, ayniqsa, Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq harakatlarining avj olib ketishiga bahona bo‘ladi. Abu Muslim Xuroson va Movarounnahrni obod etish borasida birmuncha ishlar qiladi. Jumladan, Samarqand rabodi quriladi, Buxoroning janubi-sharqiy qismini sug‘oruvchi Abu Muslim kanali qaziladi. Biroq Abu Muslim davrda mehnatkash ommaning ahvoli yanada og‘irlashadi. Xalqni bezor qilgan hashar ishlari yana ko‘payadi, soliqlarning miqdori oshib boradi, jiz’ya to‘lamagan kishilarning bo‘yniga "œqarzdor" deb yozilgan taxtachalar osilib, ularni xo‘rlash va haqoratlash tobora avj oladi. Bu davrda ham xalq ikki yoqlama: bir tomondan, arab zodagonlari, ikkinchi tomondan, mahalliy mulkdorlar tomonidan azob-uqubatlarga tortiladi. Bunday og‘ir ahvol xalq noroziligini kuchaytirib, yangi sulolaga nisbatan 750-yilda Buxoro shahrida Sharik ibn Shayhulmahri boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga olib keladi.

ABUJA‘FAR DAVONAQIY (xalifa Mansur) — Arab xalifasi (754-775). U Muqannani Mazdak g‘oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da‘vat etuvchi ta‘limotni targ‘ib etib, payg‘ambarlik da‘vosini qilgani uchun Bag‘dodda zindonga tashlagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:24:51
ABULABBOS SAFFOX — Arab xalifasi (749-754). Abbosiylar xonadonidan. Uning hukmronligi davrida ummaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari qirib tashlanib, Arab xalifaligida davlat abbosiylar qo‘liga o‘tadi.

ABULABBOS TUSIY FAZL IBN SULAYMON (VIII asr) — xalifalikning Xuroson va Seyistondagi noibi (782-786), amir, Abu Muslim safdoshi. Movarounnahr ham uning nazoratida bo‘lgan. Abul Abbos Tusiy ko‘chmanchi qabilalar hujumidan saqlanish uchun Buxoro bilan So‘g‘d oralig‘ida devor qurdirgan. Har bir farsahga (1 farsah — oltinchi 7 km teng) bittadan darvoza, har yarim mil masofada bittadan mustahkam minora barpo etgan. Ba’zi manbalarda (Ma’sudiy) Abul Abbos Tusiy Buxoroning vayron bo‘lgan devorlarini tiklagan, deb yoziladi. Abul Abbos Tusiy mamlakat obodonchiligi yo‘lida ko‘p ishlarni amalgam oshirgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:24:59
ASAD IBN ABDULLOH — Arab xalifaligining Xurosondagi noibi (724-727 va 735-738 ). Xalifa Ma‘mun Abdullohning o‘g‘li. Yer egalari (dehqonlar) orasida obro‘i baland bo‘lgan. Somoniylar ajdodi Somonxudot xalifa Ma‘mun qo‘lida islomni qabul qilgani sharafiga o‘z o‘g‘lini Asad deb atagan. Asad ibn Abdulloh Toxariston hokimlari va unga ittifoqchi bo‘lgan turkiy qabilalar shuningdek Horiz ibn Surayj boshchiligidagi isyonkorlarga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida urushlarda vayron bo‘lgan Balxni tiklatgan (736), uni o‘ziga qarorgoh qilgan.

BAHODIR TUDUN (Tutun) — Choch hokimlaridan biri. 713-yil Choch viloyati hokimi, Xitoy yilnomalarida Mohedu tutun deb berilgan. Qutayba ibn Muslim rahbarligidagi arab fotihlarining Chochga 713-yilda qilgan dastlabki hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. So‘g‘d hujjatlaridan birida Panjikent hokimi Divashtichning elchisi Fatufarm 719-yil Chochda Tudun va Choch hokimi bilan uchrashgani haqida gap boradi. Bunda Tudun xoqonlik tayin etgan lavozim nomi xolos. Shunga ko‘ra, Mohedo Tudunning Choch bilan bog‘lanishi bir ilmiy taxmin deb qaralishi mumkin.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:25:07
BOG‘IY — Muqanna qo‘shinidagi uch lashkarboshilardan biri. Fuzayl ko‘shkidan. Xashviy, Girdak bilan birgalikda Narshax qal‘asini egallab olib, arablarga qattiq qarshilik ko‘rsatadilar.

CHAG‘ON — VIII asr boshlarida Xorazmda hukmronlik qilgan xorazmshoh. Xorazmshoh Chag‘on o‘ziga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan xalqqa boshchilik qilgan ukasi Hurzod (Xo‘rzod)ga qarshi kurashish uchun Xorazmga bostirib kirgan arablar lashkarboshisi Qutayba ibn Muslimdan harbiy yordam so‘raydi va o‘z shaharlarining oltin kalitlarini unga yuboradi (711 yil). Hurzod bu paytda o‘z tarafdorlari bilan Mizdahqonda turgan. Xorazmni bosib olishga 2 yilcha tayyorgarlik ko‘rgan Qutayba bu ixtilofdan unumli foydalanib, 712-yilda o‘z qo‘shini bilan Fir shahriga bostirib kirgan. Qutaybaga qarshi Hurzod qo‘shini mardlik bilan kurashgan. Biroq Hurzod jangda asir olinib o‘ldirilgan. Xorazmshoh Chag‘on Hurzod tarafdorlari va o‘ziga qarshi chiqayotgan Hamjir hokimlariga qarshi kurash olib borish uchun yana Qutaybadan yordam so‘raydi. Xorazmshoh Chag‘on oqibatda arablar hukmronligini tan olib, ularga xiroj to‘lashga majbur bo‘ladi. Xorazm o‘z mustaqilligini yo‘qotgan. Xorazmshoh Chag‘onning qo‘shinlari arablarning Samarqand va boshqa shaharlar ustiga qilgan yurishlarida bir necha marta ishtirok etganlar. Qutayba Xorazmni tark etgach, vatanparvarlar Chag‘onni xoinlikda ayblashgan. Sarosimada qolgan Chag‘on turklar, so‘ngra Qutayba huzuriga qochib borgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:25:15
DIVASHTICH, DIVASHTI, DIVASTI — So‘g‘dning muhim viloyatlaridan biri bo‘lgan Panj (Panjikent) hokimi (708-722), qo‘zg‘olon rahbari. So‘g‘d podshosi Tarxunning bolalariga homiylik qilgan. Divashtich Samarqand taxtiga o‘tirgan Gurakni tan olmagan, taxtning qonuniy vorisi — Tarxunning kichik yoshli o‘g‘li nomidan o‘zini So‘g‘d podshosi deb e‘lon qilgan. So‘g‘dda qo‘sh hokimiyatchilik vujudga kelgan. 719-722-yillar arab istilolariga qarshi qo‘zg‘olonlarda Divashtichning o‘rni katta. Divashtich So‘g‘d — Choch — Farg‘ona harbiy ittifoqini tuzishga harakat qilgan. Divashtichning shu maqsadda elchi orqali Chochga yuborgan maktubi, Choch elchisining esa Divashtichga yozgan maktubi bizgacha yetib kelgan. Divashtich usta diplomat sifatida arablar (Xuroson noibi) bilan ham yozishmalar ham olib borgan. Arablar Divashtich qo‘zg‘olonini bostirish chog‘ida Mug‘ qal‘asida yashirinib yotgan Divashtichni xiyonatkorona ravishda asirga olishib, Rabinjon yaqinidagi Zardushtiylar qabristonida (Xochga tortib) qatl qilishgan. Boshi Iroq hokimiga yuboriladi, tanasi otashparastlarning xilxonasi — nous devoriga qoqib qo‘yiladi.

DOVUD — Abu Muslim tomonidan Shavval qishlog‘idagi qullarga boshliq qilib tayinlangan targ‘ibotchi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:25:23
GIRDAK — Muqanna qo‘shinadagi uch lashkarboshilardan biri. G‘ijduvon qishlog‘idan. Xashviy, Bog‘iy bilan birgalikda Narshax qal‘asini egallab olib, arablarga qattiq qarshilik ko‘rsatadilar.

GURAK, Gurek (VII asr oxiri — taxm. 737) — Sug‘d ixshidi (podshosi) (710-737) va arablarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon rahbari. Tarxunning birodari. Qutayba ibn Muslim rahbarligidagi arab qo‘shini bilan Kattaqo‘rg‘on yaqinidagi Arbinjon mavzeida shiddatli jang qilgan (712). Sug‘diylar Samarqandga chekinishga majbur bo‘lishgan. Gurak Shosh podshosi, turklar xoqoni va Farg‘ona ixshidiga elchilar yuborib, yordam so‘ragan. Ammo Qutayba Gurakka yordamga kelayotgan turk xoqonining qo‘shiniga qo‘qqisdan hujum qilib tor-mor keltirgan va Samarqandni qamal qilgan. Bir oylik qamaldan so‘ng Samarqand taslim bo‘lgan. Gurak bilan Qutayba o‘rtasida sulh tuzilgan. Unga ko‘ra, Gurak arablarga bir yo‘la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirham hisobida xiroj to‘lashi, 30 ming nafar odam berishi, shaharda birorta ham askar saqlamaslik, ichki shaharni bo‘shatib, unda minbari bilan masjid bino qilishi, otashparastlik ibodatxonasini buzib, butlarini topshirish kabi shartlarni bajarishi lozim bo‘lgan. Bularning evaziga Qutayba Gurakni Samarqand, Kesh va Naxshabga hokim etib tayinlaydi. Shunday qilib, u arablarga mute noib bo‘lib qoladi. 720-yili Sug‘d aholisi arab istilochilariga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan, unga Gurak va Panjikent hokimi Divashtich boshchilik qilgan. Gurak Xitoy imperatoriga xat yozib harbiy yordam so‘ragan, biroq yordam kelmagan. Xuroson noibi Sa’id Xarashiy bosh bo‘lgan arablar qo‘shini qo‘zg‘olonni bostirish uchun ko‘p kuch sarflagan. Sa’id Xarashiyning qo‘zg‘olonchilar bilan olib borgan muzokaralari natijasida Gurak boshliq sug‘d zodagonlarining bir qismi arablar tomonga o‘tgan. Kuchlar bo‘linib ketgach, Xo‘janddagi jangda qo‘zg‘olonchilar yengilgan. Sulh tuzilgach, katta mablag‘ evaziga omon qolgan. 400 savdogardan tashqari, deyarli barcha qo‘zg‘olonchilar xiyonatkorona qirib tashlangan. Taxminlarga ko‘ra, Gurak arablarga qarshi yurishlarning birida halok bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:25:30
HAKIM IBN AHMAD — "œOq kiyimlilar" qo`zg`oloni rahbarlaridan biri. Narshax qal`asida arablarga qarshi bo`lgan jangda rahbar. U bilan yana uchta lashkarboshi bor edi: Xashviy, Bog`iy va Girdak. Jangda qo`zg`olonchilar yengilib, arablar Narshax qo`rg`onini ishg`ol qiladilar. Qo`zg`olon boshliqlaridan Hakim ibn Ahmad va Hishriy o`ldiriladi.

HURZOD — Xorazm shohi Chag‘onning ukasi. Xorazmshohga qarshi qo‘zg‘olon rahbari. Chag‘on ukasining qo‘zg‘olonidan qo‘rqib, 711 yilda yordam so‘rab Qutaybaga murojaat qiladi. Garchi dushman qo‘li bilan Hurzod tor-mor qilinib, u o‘ldirilsa-da, ammo Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o‘z mustaqilligini yo‘qotib, xalifalikning bojdoriga aylanadi. Uning qo‘shini esa Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:25:42
HUSAYN IBN MAOZ — Buxoro amiri, keyinchalik Xuroson noibi. Narshax qal‘asi yaqinida "œoq kiyimlilar" bilan arablardan Buxoro amiri Husayn ibn Maoz va Samarqand noibi Jabroilning birlashgan qo‘shinlari o‘rtasida to‘rt oy mobaynida jang bo‘ladi. Arablar bilan bo‘lgan jangda "œoq kiyimlilar" ning qo‘li ustun keladi. Ammo son jihatdan ko‘p bo‘lgan arab qo‘shinlari Narshax qal‘asi devori ostidan uzunasiga 50 gazlik chuqur qazib, uni qulatgach, qal‘aga bostirib kiradilar. Qal‘a ichida davom etgan shiddatli janglarda qo‘zg‘olonchilar yengilib, Narshax qo‘rg‘oni ishg‘ol qilinadi. Qo‘zg‘olon boshliqlaridan Hakim ibn Ahmad va Xishriylar o‘ldiriladi. Narshaxdagi qo‘zg‘olon bostirilgach, arablar asosiy kuchni "œoq kiyimlilar" qo‘zg‘olonining markazi bo‘lgan Samarqand va Keshga tashlaydilar. 777-yilda "œoq kiyimlilar" ga uzil-kesil zarba berish uchun harbiy kuch to‘plash maqsadida xalifa Maxdiy Nishopurga keladi. Katta qo‘shin to‘plab Samarqandga yuboriladi. Qo‘zg‘olonchilar Sirdaryo vohasida yashovchi turkiy qabilalarni arablarga qarshi yordamga chaqiradilar. O‘zaro bo‘lib o‘tgan jangda arablar mag‘lubiyatga uchraydi. Natijada Husayn ibn Maoz Xuroson noibligidan mahrum etiladi. O‘rniga Said Xaroshiy noib etib tayinlanadi.

ISHOQ, ISHOQ TURK (VIII a.) — Movarounnahrda Abbosiylarga qarshi xalq qo‘zg‘oloni (755) rahbari. Abu Muslimni jo‘shqin tarafdori. Garchi savodsiz bo‘lsa-da, xalq orasida katta obro‘ga ega edi. U Abu Muslimning elchisi sifatida turkiylar xoqoni huzuriga borib kelganidan so‘ng, "œIshoq turk" nomi bilan xalq orasida tanilgan. Ishoq qo‘zg‘oloni Sunbod harakati bilan bir vaqtda bo‘lgan. U o‘zini zardushtiylardan hisoblardi. U boshchilik qilgan harakat beshafqat bostirilgan, biroq, uning tarafdorlari abbosiylarga qarshi faol siyosiy kuch sifatida uzoq vaqt davom etib keldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:25:49
JABROIL — 775-yilda Movarounnahrga xalifa Ja‘far tomonidan "œOq kiyimlilar" qo‘zg‘oloniga zarba berish uchun yuborilgan harbiy qo‘shin qo‘mondoni. U qo‘zg‘olonchilardan yengilib, katta talofatlar beradi va zo‘rg‘a Samarqanddagi arab qo‘shinlariga qo‘shiladi.

JUNAYD IBN ABDURAHMON (?-734) — ummaviylarning Xurosondagi noibi (729-734, Marv). Xalifa Yazid II ibn Abdulmalik (720-724) davrida xalifalikning Hindistondagi islom mulklarini idora qilgan. 724-yilda Shom ibn Abdumalik xalifa bo‘lgach, uni Xuroson noibi etib tayinlagan. Junayd ibn Abdurahmon 730-yili 500 askar bilan Xurosonga kelib, ayni vaqtda Buxoro va Sug‘d ahliga qarshi jang qilayotgan sobiq Xuroson noibi Ashras ibn Abdullohdan harbiy yordam oldi. So‘ng, u Xuroson tomon yo‘lga chiqqan turk hoqoni bilan Hind daryosi bo‘yida jang qilib, uni yengdi va ko‘plab o‘ljalar oldi. 731-yilda hoqon yana Xurosonga yurish qildi. Shunda Junayd ibn Abdurahmon Samarqand hokimi Savra ibn al-Hurr ad-Dorimiydan madad olib, uni tor-mor keltirdi. Samarqand va Buxoro Junayd ibn Abdurahmon tasarrufiga o‘tdi. Junayd ibn Abdurahmon xalifa Hishom ibn Abdulmalik bilan kelishmay qolgani boisidan 734-yil amaldan tushirilib o‘sha yili vafot etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:25:57
MA‘MUN (786-833-yillar, Tarsus shahri) — abbosiylar sulolasidan bo‘lgan xalifa, yirik siyosiy arbob, ilm fan homiysi. Xalifa Xorun ar-Rashidning o‘g‘li. Xalifa (813-833). Ma‘mun otasining vaziri Ja‘far ibn Yahyo tarbiyasini olib, kamol topgan. Ma‘mun Xuroson viloyati (markazi — Marv shahri) noibi (809-819). U ancha bilimli hukmdor bo‘lib, olim, shoir, san‘atkor, naqqosh va musavvirlarga homiylik qilar edi. Uning noibligi davrida Rofe ibn Lays boshchiligidagi xalifalikka qarshi qo‘zg‘olon ko‘tariladi. U qo‘zg‘olonni bostirish uchun xalifalik tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlari natija bermagach, dehqonlardan Somonxudotning nabiralari Nux, Ahmad va Yahyolardan iltimos qilib, ulardan yordam so‘raydi. Ular Rofe ibn Laysni qo‘lga olib, uni xalifaga taslim bo‘lishga majbur qiladilar va shu bilan navbatdagi xalq harakati bostiriladi. Somonxudotlarning avlodi bo‘lgan somoniylarning xalifalik oldidagi bu xizmatlari xalifa tomonidan inobatga olinib, Movarounnahr kelajak taqdiri mahalliy mulkdorlar vakillari qo‘liga o‘tishiga yo‘l ochiladi. Xorun vafotidan so‘ng u bilan ukasi Amin o‘rtasida 809-813-yillarda taxt uchun kurash bo‘lib o‘tadi. U uzoq yillar mobaynida Xuroson va Movarounnahrning noibi bo‘lib, mahalliy mulkdorlar bilan juda yaqinlashib ketgan edi. Garchi uni mahalliy zodagonlar qo‘llab-quvvatlasalarda, ammo xalifalikning markaziy qismidagi arablar uning ukasi Aminni xalifalik taxtiga ko‘taradilar. Bundan norozi bo‘lgan Ma‘mun ukasi Aminga qarshi kurashish uchun besh yil tayyorgarlik ko‘radi. Hirot viloyatining zodagonlaridan Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari unga yordam beradilar. 813-yilda ular Bag‘dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo‘lga kiritilib, Ma‘mun xalifalik taxtiga o‘tqaziladi. Buning evaziga Tohir yuqori lavozimlarga ko‘tariladi. Shuningdek, Ma‘mun Movarounnahr zodagonlarining ham yordamini unutmaydi. Somonxudotning nabiralari ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Nuxga Samarqand, Ahmadga Farg‘ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga esa Hirot tegadi. Buning evaziga aka-uka somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag‘ni tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar. Ma‘mun Movarounnahr va Xuroson olimlarini o‘z saroyida to‘play boshlab ularni o‘zi bilan Bag‘dodga olib ketgan, ular "œBayt ul-hikmat" ("œBilim uyi")da o‘z ilmiy faoliyatlarini davom ettirganlar. Dunyoning turli burchaklaridan, O‘rta Osiyo va Xuroson (Muhammad al-Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Habash al-Xosib al-Marvaziy, Xolid al-Marvarudiy, al-Abbos al-Javahariy, Ahmad al-Farg‘oniy)dan taklif etilgan allomalar ilmiy mavzularda munozaralar olib borishgan. Misrdagi isyon va Ozarbayjondagi Bobak qo‘zg‘oloniga qarshi kurash olib borgan. Ma‘mun davri ilm-fanning nihoyatda rivojlangani bilan ajralib turadi. Ma‘mun riyoziyot, falakiyot, tabobat, kimyo, geografiya, falsafa, mantiq, adabiyot, diniy ilmlar sohasida qator yutuqlarga erishgan, mu‘taziliya ta‘limoti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Ma‘mun bobosi Mansur, otasi Horun ar-Rashid tomonidan saroyda to‘plangan kitoblar sonini ko‘paytirgan. Otasi davrida bu kutubxona "œBayt ul-hikmat" deb nomlana boshlagan, keyinchalik u kutubxonalik doirasidan chiqib, tarjima va ilm markazi yoki o‘ziga xos akademiya vazifasini o‘tagan
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:26:05
MARVON II (688-750) — ummaviylar sulolasidan bo‘lgan xalifa. Marvon I ning nabirasi. Dastlab (734-744) Armanistonda noib bo‘lgan, so‘ngra xalifa Valid III ning qasoskori sifatida tanilgan, xalifalikka saylangan (744) va G‘aron shahrini qarorgoh qilgan. Harbiy iqtidori tufayli Suriya va Iroqdagi ko‘plab raqiblari (ayniqsa, xorijiylar) ustidan g‘alaba qozongan. Lekin abbosiylar xonadoniga mansub Ibrohimni qatl etishi bilan ushbu xonadon a’zolarining qo‘zg‘olon ko‘tarishlariga sababchi bo‘lgan. Arbela shahri yaqinidagi Zob daryosi bo‘yida Abul Abbos sarkardasi Abu Muslim tomonidan yengilgach (750), Misrga qochgan va u yerda xristian Qibliy tomonidan o‘ldirilgan. Marvon II o‘limi bilan Ummaviylar xalifaligining Osiyodagi hukmronligi barham topgan. Bunga xiroj solig‘i miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi sabab bo‘ladi. Uning hukmronligi davrida ummaviylarga qarshi umumiy norozilik nihoyatda kuchayadi. Ummaviylarga ko‘plab qarshi kurashga da‘vat qilish uchun Iroq va Ajam viloyatlariga ko‘plab targ‘ibotchilar yuboriladi.

MUHAMMAD IBN ALI — Muhammad payg‘ambarning amakisi Abbosning evarasi, ummaviylar hukmronligiga qarshi ishchan raqiblar guruhining asoschisi. Ummaviylar Rasululloh avlodini qirib tashlashda ayblandi. Xalifalikni abbosiylarga topshirish kerak degan da‘vo ilgari surildi. Abbosiylar harakatini targ‘ib qilish uchun bu guruhning sodiq faollari xalifalikning deyarli barcha o‘lka va viloyatlariga yuborildi. Bu borada ayniqsa sharqiy viloyatlarga alohida ahamiyat beriladi. Targ‘ibotchilar aholining og‘ir ahvoliga faqat ummaviylar sababchi degan fikrni oshkora targ‘ib qiladilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:26:14
MUOVIYA I (?-680) — ummaviylar sulolasi asoschisi va shu suloladan bo‘lgan dastlabki xalifa Arab xalifasi (661-680). Quraysh qabilasi zodagonlaridan. 639-yildan Suriyada noibo 657-yil xalifa deb e‘lon qilingan. Xalifalar hokimiyatini merosiy qilgan. Muoviya I davrida xalifalik poytaxti Damashq shahriga ko‘chirilgan. Muoviya I siyosati arab qabila zodagonlarining manfaatini ifodalagan. Yirik diplomat va ma‘mur bo‘lgan. Uning farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o‘tib, Buxoro muzofotiga bostirib kiradi.

MUQANNA (taxm. 719-yil, Marv yaqinidagi Koza qishlog‘i — 783-yil, Shahrisabz) — Movarounnahrda Arab xalifaligi hukmronligiga qarshi ko‘tarilgan ozodlik harakatining boshlig‘i (VIII-asrning 70-80). Marv shahri yaqinidagi Koza qishlog‘ida tug‘ilgan. Asl ismi Hoshim ibn Hakim bo‘lib, Narshaxiyning yozishicha, u ko‘p o‘qigan, g‘oyat ziyrak bo‘lib, kimyogarlik, sehr va tilsim ilmlarini o‘rgangan. Arab, fors tillarini yaxshi bilgan. Bir ko‘zi ko‘r, boshi kal va basharasi xunuk bo‘lganligidan boshi va yuziga ko‘k parda tutib yurgan. Shuning uchun ham "œMuqanna’, ya‘ni "œNiqobdor" laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Yaqubiyning tasvirlashicha, Muqannani Hoshim ul-A’var, ya’ni bir ko‘zli Hoshim deb ham ataganlar. Muqanna yoshlik chog‘ida kudungarlik (matolarga ohor beruvchi) kasbi bilan shug‘ullangan. Xuroson noiblaridan Abu Muslim davrida sarhanglik (kichik lashkarboshi) va Abduljabbor Azdiy davrida (757-759) esa vazirlik darajasiga ko‘tarilgan. U Mazdak g‘oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da‘vat etuvchi ta‘limotni targ‘ib etib, payg‘ambarlik da‘vosini qilgani uchun xalifa Abuja‘far Davonaqiy tomonidan Bag‘dodda zindonga tashlangan. 769-yilda Muqanna Marvga qaytib kelgan, shu yildan boshlab umrining oxirigacha Movarounnahrda Arab xalifaligiga qarshi ko‘tarilgan xalq harakatiga boshchilik qilgan. U mazdakiylik ta‘limotini targ‘ib qilgan. Qo‘zg‘olon mag‘lubiyatga uchragach, o‘zini olov yonib turgan tandir ichiga tashlab, halok bo‘lgan. Hamid Olimjon Muqanna jasoratiga bag‘ishlangan «Muqanna» (1943) dramasini, Sadriddin Ayniy «Muqanna isyoni» (1944) tarixiy-adabiy ocherkini yozgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:26:22
MUSAYYAB ibn ZUHAYR — Arab xalifaligining Xurosondagi noibi (779-780). Noiblik markazi Marv shahri bo‘lgan. Gardiziyning yozishicha, Muqanna qo‘zg‘olonini bostirishda qatnashgan. Musayyab ibn Zuhayr Xurosonda 8 oy noiblik qilib, majburiy xiroj solig‘ini oshirgan. Raiyat undan norozi bo‘lib xalifa Mahdiyga shikoyat qilishgach, vazifasidan olingan. Movarounnahrda pul islohoti o‘tkazib uning nomi bilan ataluvchi qadri past musayyabiy dirham tangalarini zarb etgan. Bu dirhamlar mis va rux qotishmasidan tayyorlangan.

NASR IBN SAYYOR AL-LAYSIY IBN LAYS IBN ROFE IBN ROBI‘A IBN JURAY IBN AUF IBN AMIR (taxm. 666-748 ) — mashhur arab sarkardasi, Xuroson voliysi (738-748 ). Arablarning mudariy qabilasidan. 728-729-yillarda Samarqand noibi, so‘ngra Balx va butun Xuroson noibi. Qutayba ibn Muslimning Movarounnahrga qilgan yurishlarida ishtirok etgan. Tabariyning yozishicha, Xuroson Nasr ibn Sayyor davrida nihoyatda ravnaq topgan. U noibligi davrida o‘z mavqeni mustahkamlab olish maqsadida moliya islohoti o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar jiz‘yadan ozod etilib, barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi. Yer egasining e‘tiqodidan qat‘i nazar xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yiladi. Shu asosda Movarounnahr va Xurosonning barcha viloyatlari uchun xiroj miqdori belgilab beriladi. Shu bilan birga Nasr mahalliy mulkdorlari bilan yaqin aloqa o‘rnatish va ular yordamida mamlakatni itoatda tutib yurishga harakat qiladi. Shu maqsadda u xalifalik tomonga o‘tgan yirik dehqonlarning avvalgi imtiyozlarini tiklaydi. Oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor dehqonlar o‘rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalari o‘rnatilishini himoya qiladi. Ayni vaqtda o‘zi ham namuna ko‘rsatib, Buxorxudotning qiziga uylanadi. Bunday siyosat natijasida, shubhasiz arablar bilan mahalliy zodagonlar o‘rtasida ma‘lum darajada ittifoq yuzaga keladi. Bu o‘z navbatida ittifoqchi kuchlarning susayishiga sabab bo‘lsa-da, ammo ozodlik yo‘lida olib borilayotgan xalq harakatlariga barham bera olmaydi. U Isfaxon rustoqlaridan biri Sava (Savat, Savax)da vafot etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:26:30
NUX IBN ASAD (819-842) — Somonxudotning nabiralaridan. U Xuroson noibi Ma‘munga Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirishda katta yordam beradi. Arab xalifasi Ma‘mun taxtni egallashda yordam bergani uchun Nuxni Samarqandga noib etib tayinlaydi.

QABZAM — Muqannaning ukasi. Muqannachilar harakatining rahbarlaridan biri. Uzoq davom etgan janglardan so‘ng u uch ming nafarli qo‘shini bilan Said Xaroshiyga taslim bo‘ladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:26:38
QUSAM IBN ABBOS (taxm. 624-677) — sahoba. Muhammad (sav)ning amakivachchasi. Xalifa Ali ibn Abu Tolib davrida Makka voliysi bo‘lgan. Muoviya davrida Xuroson voliysi Said ibn Usmon bilan birga O‘rta Osiyoni fath etishda qatnashgan. Manbalarda aytilishicha, Said dinni kuchaytirmoq va shariat hukmlarini yurgizmoq maqsadida Qusam ibn Abbosni bir necha islom qo‘shini bilan Samarqandda qoldirgan. 677-yilda sug‘diylar Samarqandga hujum qilganda Qusam ibn Abbos shahid bo‘lgan. Banu nojiya qabristonida g‘or yonida (boshqa manbalarda — g‘oziylar yonida) dafn etilgan. Sulton Sanjar Moziy (1118-1157) zamonasida o‘sha qabristonda "œQusamiya" madrasasi solingan. U Obi mashhad arig‘i yaqinida bo‘lgan. Amir Temur davrida ushbu mozor ustiga imorat qilinib, turli bezaklar bilan bezatilgan. Xalq orasida Shohizinda ("œTirik shoh") nomi bilan mashhur bo‘lgan bu yodgorlik o‘rta asr me’morligining noyob obidalaridan sanaladi.

QUTAYBA IBN MUSLIM AL-BOHILIY, ABU HAFS (660-715, Andijon viloyati Jalolquduq tumani, Kox qishlog‘i) — Ummaviylarning Xurosondagi noibi (705-715), Movarounnahrni bosib olgan arab sarkardasi. Qutayba ibn Muslim qays (qaysit) nomli shimoliy arab qabilasiga mansub bo‘lgan. Hajjoj ibn Yusuf tomonidan Xuroson amiri (noibi) qilib tayinlangach (705), dastlab Xuroson va Toxaristonni to‘la ravishda arablarga bo‘ysundirdi. So‘ngra u 706-715-yillar orasida Movarounnahrning katta qismini (Romitan va Poykendni, 707; Varaxsha, Vardona va Buxoroni, 709; Shuman, Kesh va Nasafni, 710; Xorazm va Samarqandni, 712; Shosh, Farg‘ona va Qoshg‘arni, 713-715-yillarda) arab xalifaligiga tobe etgan. Qutayba ibn Muslim qo‘shiniga Buxoro va Samarqanddagi sug‘diylar va turkiylar, xususan, Vardona mulkining hukmdori Vardonxudot qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Qutayba ibn Muslim tomonidan mahalliy aholini islom diniga kiritish dastlab qattiq qarshilikka uchragan. Masalan, u to‘rtinchi marta jang qilib Buxoroni olgach, arablar buxoroliklar bilan birga turib, ularning xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lib tursalar buxoroliklar zaruratdan musulmon bo‘ladi degan maqsadda Buxoro aholisiga o‘z uylarining yarmini arablarga berishga undab buyruq chiqardi. Qutayba ibn Muslim shu yo‘l bilan Buxoro va boshqa shaharlarda musulmonchilikni o‘rnatdi. U Movarounnahrda dastlabki Jome’ masjidini Buxoroda qurdirdi (712-713). Qutayba ibn Muslim boshqa shaharlarda ham masjidlar qurdirib, zardushtiylik va buddaviylikka qarshi ayovsiz kurashdi. Beruniyning "œQadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida keltirilishicha, "œQutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o‘rgangan va bilimini boshqalarga o‘rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo‘q qilib yuborgan edi. Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin haqiqatni bilib bo‘lmaydigan darajada yashirin qoldi". Qutayba ibn Muslimning yangi xalifa Sulaymon (hukmronlik davri: 715-717)ga bo‘ysunmasligi, Movarounnahrdagi arab qo‘shinlari o‘rtasida unga nisbatan norozilik paydo bo‘lishi va isyon ko‘tarilishiga olib keldi. Arablarning shaybon qabilasiga mansub Hayyon an-Nabatiy (uning 7 ming kishilik qo‘shini bo‘lgan) va tamim (tamimiy) qabilasi vakili Vaqi ibn Abu Sud boshchiligidagi isyonchilar Qutayba jbn Muslimning chodiriga bostirib kirib, u bilan birgalikda Abdurrahmon, Abdulloh, Solih, Husayn, Abdulkarim nomli ukalarini, o‘g‘li Kasir ibn Qutayba va jiyanlarini (jami 11 erkakni) o‘ldirishgan. Qutayba ibn Muslim Kox qishlog‘idagi Raboti Sarxang (hozirgi Mozorbuva) qabristonida dafn etilgan. Uning shaxsi ilk o‘rta asrlardan boshlab Movarounnahrda islom ulamolari tomonidan muqaddaslashtirilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:26:52
QUTAYBA IBN TUG‘SHODA (VIII asr, Buxoro) — buxorxudot (738-753). Qutayba ibn Tug‘shodaning otasi Tug‘shoda 32 yil. Buxoroda buxorxudot lavozimida turgan. Tug‘shoda musulmon bo‘lgandan so‘ng tug‘ilgan o‘g‘liga Qutayba ibn Muslim sharafiga Qutayba deb ism qo‘ygan. Tug‘shoda arablar tomonidan Samarqandda o‘ldirilgach, Buxoro taxtiga uning o‘g‘li Qutayba ibn Tug‘shoda o‘tirgan (738 ). Narshaxiyning yozishicha, Qutayba ibn Tug‘shoda Sharik qo‘zg‘olonini bostirishda arab lashkarboshisi Ziyod ibn Solihga yordam bergan. Biroq Qutayba ibn Tug‘shoda keyinchalik arablarga qarshi kurash e’lon qilgach, Xuroson va Movarounnahr noibi Abu Muslim tomonidan o‘zi, birodari, oila a’zolari va tarafdorlari bilan birgalikda o‘ldirilgan (753). Qutayba ibn Tug‘shodaning o‘limidan keyin uning boshqa birodarlari Sukon ibn Tug‘shoda va Bunyot ibn Tug‘shoda Buxoroga buxorxudot (podshoh) bo‘lganlar.

ROFE IBN LAYS — Nasr ibn Sayyorning nabirasi, buxorxudot Tug‘shodaning kuyovi. Movarounnahr va Xurosonda abbosiylar xalifaligiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon (806-810-yillar) rahbari bo‘lgan arab lashkarboshchisi. U arab bo‘la turib, arablar va islomga qarshi chiqishi, qo‘zg‘olonchilar safiga o‘tishi (xalifa Xorun ar-Rashidga nisbatan shaxsiy adovati bo‘lsa kerak) Xuroson va Movarounnahr xalqlari orasida uning obro-e‘tiborini oshirib yuborgan. Qo‘zg‘olon Shosh, Farg‘ona, Xo‘jand, Ustrushona, Chag‘oniyon, Buxoro, Xuttalon, Balx, Toxariston va Xorazmga yoyilgan. Xorun ar-Rashid qo‘zg‘olonni bostirish uchun xalifalik tomonidan ko‘rilgan chora tadbirlar natija bermagach, Xuroson noibi Ma‘mun (806-819-yillar) dehqonlardan Somonxudotning nabiralari Nux, Ahmad va Yahyolardan iltimos qilib, ulardan yordam so‘raydi. Ular Rofe ibn Laysni qo‘lga olib, uni xalifaga taslim bo‘lishga majbur qildilar va qo‘zg‘olon bostirildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:27:01
SAID IBN USMON — Xuroson noibi. U 676 yili arab qo‘shinlarining Buxoroga bostirib kirishida boshchilik qilgan. Sug‘d, Kesh va Nasaf viloyatlaridan yordamga kelgan 120 mingli harbiy kuchga suyanib Buxoro malikasi dushman bilan jang qilish uchun o‘z qo‘shinini safga tortadi. Biroq, sug‘diylar vahimaga tushib Buxoroni o‘z taqdiriga tashlab, jang maydonidan chiqib ketadilar. Natijada malika katta boj to‘lab, malikzoda va dehqon aslzodalardan 80 nafarini garovga berib, sulh tuzishga majbur bo‘ladi. Said ibn Usmon Buxorodan Samarqandga qo‘shin tortadi. Bir oydan oshiqroq davom etgan jangdan so‘ng Said ibn Usmon sug‘diylar bilan sulh tuzib, kelishishga majbur bo‘ladi. Samarqanddan u o‘ljalar bilan bir qatorda 30 ming nafar asir olib qaytadi. Yo‘l-yo‘lakay u Termiz shahrini egallaydi.

SAID XAROSHIY — 721 yil tayinlangan Xuroson noibi. U Iroqda xalq qo‘zg‘olonini bostirishda shafqatsizligi bilan dong qozongan edi. Unga sug‘dliklar qo‘zg‘olonini bostirish va ularni islomga qaytarish topshiriladi. Said Xaroshiyning qo‘zg‘olonchilar bilan olib borgan muzokaralari natijasida Gurak boshliq so‘g‘d mulkdorlarning bir qismi arablar tomonga o‘tadi. Qo‘zg‘olonchilarning qolgan qismi Farg‘onaga chekinishga majbur bo‘ladi. Xo‘jandda bo‘lib o‘tgan jangda qo‘zg‘olonchilar yengiladi. Sulh tuzilgach, katta mablag‘ evaziga omon qolgan 400 savdogardan tashqari, deyarli barcha qo‘zg‘olonchilar xiyonatkorana qirib tashlanadi. U Xo‘jandda qo‘zg‘olonning yengilishi hamda Divashtichning fojiali mag‘lubiyatlaridan keyin Said Xaroshiy Movarounnahr shahar va qishloqlarida jazo choralarini kuchaytiradi. Tabariyning yozishicha, Said Xaroshiyning Keshga hujumi katta o‘lpon evaziga to‘xtatiladi, ammo erksevar Movarounnahr aholisi xalifalik hukmronligiga qarshi ozodlik va mustaqillik uchun kurashni tinmay davom ettiradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:27:09
SARHAMA — "œOq kiyimlilar" qo`zg`oloni yetakchilaridan biri. Som qal`asi mudofasiga qo`mondonlik qilgan sarkarda. U 3300 nafarli qo`shini bilan Said Xaroshiyga taslim bo`ladi.

SULAYMON — 715-yil xalifa Volid vafot etgach, uning o‘rniga o‘tirgan xalifa. Xuroson noibi Qutaybaning g‘animi. Qutayba yangi xalifaga qarshi isyon ko‘taradi. Lekin u 715-yilda Farg‘onada arab askarlari tomonidan o‘ldiriladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:27:17
TARXUN — Sug‘d podshosi (700-711). 707-yilda buxoroliklar va turgashlar bilan ittifoq bo‘lib, O‘rta Osiyoda arablarga qarshi kurashgan. Poykand fojiasidan keyin, Qutaybaga zarba berib, uni daf qilish maqsadida unga Buxoro hukmdori Xunukxudot va Shopurkom hokimi Vardonxudot boshliq katta harbiy kuch hamda 40 ming lashkar bilan yordamga kelgan turklar Tarob va Romitan oralig‘ida to‘planadilar. Ittifoqchilar Qutayba qo‘shinini qurshovga oladilar. Uning ahvoli nihoyatda tanglashadi. Undan xalos bo‘lish uchun Qutayba o‘ta makkorlik bilan hiyla ishlatib, Movarounnahrning viloyat hokimlari ustidan birin-ketin g‘alaba qozona boshlaydi. 709-710-yillarda Tarxun arablar bilan bitim tuzib, tovon to‘lagan, shu tufayli Sug‘d zodagonlari tomonidan taxtdan ag‘darilib, qatl etilgan.

TUG‘SHODA — Buxorxudot. Buxoro viloyatiga hokim qilib Qutayba Tug‘shodani va o‘z yaqinlaridan birini unga amir etib tayinlaydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:27:27
UBAYDULLOH IBN ZIYOD (taxm. 649-685) — Arab xalifaligining Xurosondagi noibi (673-674); Movarounnahrni arablar tomonidan fath etilishining dastlabki bosqichida faol qatnashgan arab sarkardasi. Xalifa Muoviya farmoni bilan u 673-yil kuzida arab qo‘shiniga bosh bo‘lib, Amudaryoni birinchi bo‘lib kechib o‘tgan. So‘ngra Buxoroni qamal qilgan. Buxoro malikasi turklarni yordamga chaqirgan va ular yordamida arablarga qarshi zarbalar bergan. Biroq, oqibatda arab qo‘shini g‘olib kelib, o‘rtada sulh tuzilgan. Sulhga ko‘ra, Buxoro malikasi bir lak (bir million) dirham hajmda boj to‘lagan, shuningdek, arablar ko‘plab qurol-yarog‘lar, kiyim-kechaklar, oltin, kumush buyumlar va 4 ming buxorolik kamonchilarni o‘lja olib, Xuroson noibi qarorgohi — Marvga qaytishgan. Ubaydulloh ibn Ziyod buxorolik kamonchilarni o‘zining shaxsiy gvardiyasiga aylantirgan. Muoviya Ubaydullohni 674-yil Xurosondan chaqirtirib olib, Basra noibi etib tayinlagan, 681-yildan — Basra va Kufa noibi.

UMAR IBN ABDULAZIZ — Arab xalifasi (717-719). U hukmronligi davrida murakkab vaziyatni hisobga olib, bo‘ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. U yangi yerlarni bundan buyon zabt etishni to‘xtatish hamda moliyaviy islohot o‘tkazish to‘g‘risida farmon berdi. Bunga binoan musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan ajamliklardan xiroj va jiz‘ya soliqlarini olish bekor qilindi. Ammo Xuroson noiblari farmonni xalifalikning moliya siyosatiga zid degan bahona bilan uni bajarishdan bosh tortadilar. Ular hatto aholi hali yuzaki musulmon, jiz‘yadan ozod qilish uchun xatnaga e‘tibor berish ham lozim degan beandishalikkacha boradilar. Biroq Movarounnahr zodagonlarining ko‘pchiligi o‘zini haqiqiy musulmon deb hisoblab, soliq to‘lamay qo‘yadi. So‘ngra xalifalik ma‘murlari bir yo‘la hammadan jiz‘ya olish haqida buyruq beradi. Natijada Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanadi. Buning oqibatida mahalliy mulkdorlar bilan xalifalik vakillari o‘rtasida ziddiyat keskinlashib, butun mamlakatda xalifalikka qarshi xalq qo‘zg‘oloni ko‘tariladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:27:34
VARDONXUDOT — Shopurkom hokimi. Poykand fojiasidan keyin, Qutayba boshliq dushmanga zarba berish maqsadida unga Sug‘d podshosi Tarxun, Buxoro hukmdori Xunukxudot boshliq katta harbiy kuch hamda 40 ming lashkar bilan yordamga kelgan turklar Tarob va Romitan oralig‘ida to‘planadilar. Ittifoqchilar Qutayba qo‘shinini qurshovga oladilar. Uning ahvoli nihoyatda tanglashadi. Undan xalos bo‘lish uchun Qutayba o‘ta makkorlik bilan hiyla ishlatib, Movarounnahrning viloyat hokimlari ustidan birin-ketin g‘alaba qozona boshlaydi.

VOLID — Arab xalifasi. U 715-yil vafot etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:27:41
XASHVIY — Muqanna qo‘shinidagi uch lashkarboshilardan biri. Fuzayl ko‘shkidan. Girdak va Bog‘iy bilan birgalikda Narshax qal‘asini egallab olib, arablarga qattiq qarshilik ko‘rsatadilar.

XISHRIY — "œOq kiyimlilar" qo`zg`oloni rahbarlaridan biri. Narshax qal`asida arablarga qarshi bo`lgan jangda yengilib, arablar tomonidan o`ldiriladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:27:48
XUNUKXUDOT — Poykand fojiasidan keyin, beshafqat Qutayba boshchiligidagi arab xavfli dushmaniga zarba berib, uni daf qilish maqsadida harbiy kuch bilan yordamga kelgan Buxoro hukmdori.

YAHYO ibn Asad (819-855) — Somonxudotning nabiralaridan. U Xuroson noibi Ma‘munga Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirishda katta yordam beradi. Ma‘munga xalifalik taxtini egallashda yordam bergani uchun Shoh va Ustrushonaga noib etib tayinlanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:28:00
ZIYOD IBN SOLIH AL HUZA‘IY (?-taxm 754) — Abu Muslimning yaqin safdoshlaridan biri va sarkardasi. Arablarning Huza‘a qabilasidan. Abu Muslim uni 10 ming kishilik qo‘shin bilan Buxorodagi Sharik ibn al-Maxriy harakatini bostirish uchun yuborgan (750/751). Sharik bilan Ziyod ibn Solih qo‘shinlari o‘rtasidagi urush 37 kun davom etgan. Sharik jangda halok bo‘lgan. Buxoro amiri Abdujabbor ibn Shuab shaharni qattiq mudofaa etgan. Ziyod ibn Solih Buxoroni ololmay shaharga o‘t qo‘yishni buyurgan: 3 kun ichida shaharning katta qismi kuyib kul bo‘lgan. Oxiri jang shaharning janubiy qismidagi Attoron darvozasi oldida bo‘lgan, juda ko‘p aholi qirilib ketgan. Qolgan mudofaachilarni shahar darvozasiga osishgan. Ziyovuddin ibn Solih Samarqanddagi g‘alayonni ham bostirgan. 751-yili Talas jangida O‘rta Osiyoda o‘z mavqeni kuchaytirmoqchi bo‘lgan Xitoy qo‘shinini butkul tor-mor etgan. 754-yili Xalifa Mansur buyrug‘i bilan Abu Muslimga qarshi chiqqan. Ziyod ibn Solihga qarshi bo‘lgan Buxoro hokimlari Abu Muslimni qo‘llab-quvvatlashgan. Ziyod ibn Solih Samarqand atrofidagi Barkas qishlog‘ida yashovchi zodagon dehqon uyiga yashiringan, lekin dehqon uni o‘ldirib, boshini barkashga solib Abu Muslim oldiga olib kelgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:28:09
XUTAK XOTUN — arablarga qarshi kurashgan Buxoro malikasi (673-695). 673 yilda arab sarkardasi Ubaydulloh ibn Ziyod Toxariston o‘lkasini ishg‘ol qilgandan keyin Amudaryoni kechib o‘tib, Poykend va Romitan shaharlarini bosib oladi. Unga qarshi chiqqan Buxoro hukmdori Bidun o‘ldirilgach, Buxoro hokimiyati uning ayoli qo‘liga o‘tadi va u arablarga qarshi kurashga boshchilik qiladi. Arab-fors manbalarida ushbu ayolning ismi Xutak xotun, Qabaj xotun, Xotun shakllarida zikr etiladi. Narshaxiyning "œBuxoro tarixi" asarida qayd etilishicha, arablar tomonidan buxorxudot Bidun o‘ldirilgach, uning o‘g‘li Tug‘shoda yosh bo‘lganligi sababli o‘rniga ayoli Xotun o‘tiradi. Xotun 695-yilgacha Buxoroni boshqargach, uning o‘rnini o‘g‘li Tug‘shoda oladi. Narshaxiyning ta’kidlashicha, Xotun hukmronlik qilgan davrda undan donoroq biror kishi bo‘lmagan. U donolik bilan hukmronlik qilgani uchun xalq unga itoatda bo‘lgan. Tabariyning "œTarix ar-rasul va-l-muluk" asarida qayd etilishicha, 681-yili arablarning Xurosondagi noibi amir Salm ibn Ziyod Buxoroga yurish boshlaydi. Bundan xabar topgan Xutak xotun turk xoqoni huzuriga elchi yuborib, uni yordamga chaqiradi. O‘zining maktubida Xutak xotun xoqon bilan nikoh tuzishga rozi ekanligini xabar qiladi. Turk xoqoni katta qo‘shin bilan Buxoroga yetib kelib, arablar bilan qattiq jang qiladi. Lekin, u arablardan mag‘lubiyatga uchragach, Xutak xotun arablar bilan sulh tuzishga majbur bo‘lsa-da, Buxoroni ancha yillar arablar hukmronligidan saqlab qoladi.

SHARIK IBN SHAYX AL-MAHRIY — 750-yilda Buxoroda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon rahbari. Qo‘zg‘olonchilar abbosiylarni xalifalik taxtidan haydab, ularning o‘rniga Muhammadning kuyovi Ali ibn Abu Tolib avlodidan xalifa ko‘tarish shiori bilan chiqadilar. Bu harakatni bostirishda Abu Muslim barcha chora va tadbirlarni ko‘radi. U Ziyod binna Solih boshchiligida 10 minglik qo‘shin yuboradi. Abu Muslim harchand urinsa-da, ammo qo‘zg‘olonni bostira olmaydi. Qo‘zg‘olon nihoyatda avj olib ketadi. U 750-yilda Buxoroning mahalliy hukmdori buxorxudot Qutayba ibn Tug‘shodaning yordami bilangina bostiriladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:28:34
ATAMA VA TUSHUNCHALAR

ABBOSIYLAR — Arab xalifalari sulolasi (750-1258 ), Muhammad(sav)ning amakilari Abbos avlodlari. Abu Muslim harakati natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. Dastlabki poytaxti — Kufa shahri "œSaffoh" ("œXunrez") laqabi bilan mashhur bo`lgan Abul-Abbos Abdulloh sulolaning birinchi xalifasi edi. Ikkinchi xalifa Saffohning ukasi Abu Ja`far Mansur (754-775) Bag`dod shahriga asos solib, poytaxtni shu yerga ko`chiradi. Abbosiylar hukmronligining dastlabki davrida savdo-sotiq rivojlanadi. Bag`dod Sharqning yirik savdo markaziga aylandi, ilm-fan ravnaq topib, falsafa, matematika, tibbiyot va boshqa fanlarga oid ko`plab asarlar yaratiladi. Andalusiya (Ispaniya) dan tashqari butun musulmon mamlakatlari — Mag`ribdan to Movarounnahrgacha Abbosiylar qo`l ostiga o`tadi. Bular xalifalikning iqtisodiy negizini, siyosiy va harbiy qudratini mustahkamladi. Ayniqsa, Horun ar-Rashid va uning o`g`li Mam`un zamoni Abbosiylar sulolasining gullagan davri edi. IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Abbosiylar xalifaligi zaiflasha boshladi. X asrning boshiga kelib faqat Bag`dod va uning atroflaridagina siyosiy hokimiyat Abbosiylar qo`lida qoldi. Harbiy kuchlar turk sarkardalari qo`liga o`tib ketdi. Ular xohlagan vaqtlarida xalifalarni almashtira olar edilar. X asr o`rtalariga kelib Abbosiylar siyosiy hokimiyatni tamoman qo`ldan boy berib, musulmonlarning diniy xalifasi (payg`ambar o`rinbosari) gina bo`lib qoldilar. Erondagi buvahiylar (945-yil) Bag`dodni o`z qo`liga oldi, lekin ular Abbosiylarning mavqe bilan hisoblashar edi. Bag`dod saljuqiy-sunniylar tomonidan bosib olingandan keyin Abbosiylar siyosiy hukmronligi qisman tiklandi va mavqe mustahkamlandi. 1258-yil mo`g`ullar Bag`dodni vayron qilib, Abbosiylarni tamoman tor-mor keltirdi. Mo`g`ul xoni Huloku buyrug`i bilan Abbosiy xalifalarning so`nggisi — Musta`sim qatl etildi. Abbosiylar sulolasining qolgan vakillari esa Misrga qochdi. Mamluk sultonlari davrida (turklar 1517-yil Misrni olgunga qadar) Abbosiylar Qohirada muqaddas kishilar sifatida yashab keldilar. 1261-yil Mamluk sultoni Beybars Abbosiylardan biri al-Mustansirni xalifa deb e`lon qildi. 1517-yil Abbosiylarning avlodi Mutavakkil III Istanbulga keltirilib, u diniy rahnamolik huquqini turk sultonlariga topshirgan. Abbosiylardan 37 kishi xalifa bo`lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:28:43
ABU MUSLIM HARAKATI — 747-750-yillarda arab xalifaligining sharqiy qismi — Movarounnahr va Xurosonda Ummaviylar hukmronligiga qarshi ko‘tarilgan harakat. Unga Abu Muslim boshchilik qilgan. Harakatning asosiy kuchi shahar hunarmandlari va qishloq mehnatkashlari, Movarounnahr va Xurosonning mahalliy zodagonlari, Ummaviylar siyosatidan norozi bo‘lgan Xurosondagi arab muxolifatchi guruhlari va qullar edi. Ummaviylarga qarshi harakatni kuchaytirish maqsadida Abu Muslim Marv yaqinidagi Safizanj, Mohuvon (Mahon) va Shavvol qishloqlarini qarorgohga aylantirib, xalifalikka qarshi tashviqot olib boradi. Abu Muslim soliqlarni qisqartirish va majburiy hashar ishlarini bekor qilishga va‘da beradi. Shu sababli harakat ayrim joylarda mulkdorlarga qarshi keskin tus oladi. 747-yil dekabr — 748-yil yanvarda Abu Muslim Ummaviylarning Xurosondagi voliysi Nasr ibn Sayyorni yengib, Marv shahrini, 748-yilda Nishopur va Tus shaharlarini egallaydi. 748-yilda xalifalikning poytaxti Damashqqa yurish qiladi, 749-yilda Nahovand yaqinida Ummaviylarni tor-mor etib, 750-yil boshlarida Katta Zab daryosi bo‘yida hal qiluvchi g‘alabaga erishdi va xalifa Marvon II ni taxtdan olib tashladi. Uning o‘rniga payg‘ambar (sav) ning amakisi Abbos avlodidan bo‘lgan Abul Abbos as-Saffoh (750-754) xalifa bo‘ladi. Shu bilan xalifalik abbosiylar qo‘liga o‘tadi.

AJAM — Arab xalqlari va mamlakatlaridan o‘zga yurt va xalqlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:28:56
GURAK VA DIVASHTICH QO‘ZG‘OLONI — 720-yilda Sug‘dda arablarga qarshi bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon. Qo‘zg‘olonda Sug‘dliklarga yordam berish uchun Yettisuvdan turk lashkarlari keladi. Sug‘ddagi barcha hokimliklar aholisi isyon ko‘taradilar. Qo‘zg‘olonchilarning birlashgan kuchlari arablarga katta zarba beradilar. Faqat ayrim shahar va qal‘alar ichida qurshovda qolgan harbiy qismlargina katta o‘lpon va e‘tiborli vakillarini qo‘zg‘olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqlaydilar. Tabariyning yozishicha, qo‘zg‘olonni bostirish uchun Xuroson noibi Said ibn Abdulaziz Sug‘dga qarshi uch marta yurish qiladi. Hatto u shahar va uning atrofini suv bilan ta‘minlaydigan to‘g‘onni egallab, Samarqand va uning tevarak-atrofini suvsiz qoldirish bilan qo‘zg‘olonchilarni taslim bo‘lishga majbur etish uchun harakat qiladi. Biroq, buning uddasidan chiqa olmaydi. Sug‘dliklar tog‘on boshini mardonavor himoya qiladilar. Shunday qilib, qo‘zg‘olonni bostirish yo‘lida amalga oshirilgan barcha chora va tadbirlar natija bermaydi. 721 yilda Said Xaroshiy Xurosonga noib qilib tayin etiladi. U Iroqda xalq qo‘zg‘olonini bostirishda shafqatsizligi bilan dong qozongan edi. Unga sug‘dliklar qo‘zg‘olonini bostirish va ularni islomga qaytarish topshiriladi. Said Xaroshiyning qo‘zg‘olonchilar bilan olib borgan muzokaralari natijasida Gurak boshliq Sug‘d mulkdorlarining bir qismi arablar tomoniga o‘tadi. Qo‘zg‘olonchilarning qolgan qismi Farg‘onaga chekinishga majbur bo‘ladi. Xo‘jandda bo‘lib o‘tgan jangda qo‘zg‘olonchilar yengiladi. Sulh tuzilgach, katta mablag‘ evaziga omon qolgan 400 savdogardan tashqari, deyarli barcha qo‘zg‘olonchilar xiyonatkorona qirib tashlanadi. Divashtich boshliq qo‘zg‘olonchilarning ikkinchi guruhi ham yuqori Zarafshonda Obgar qal‘asida qamalga olinadi. Omon qoldirish sharti bilan qo‘lga tushirilgan Divashtich Arbinjonga olib borilib, qatl etiladi, boshi Iroq hokimiga yuboriladi, tanasi otashparastlarning xilxonasi — nous devoriga qoqib qo‘yiladi.

FARMON — qonun kuchiga ega bo‘lgan buyruq.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:29:04
HURZOD QO‘ZG‘OLONI — Xorazmda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon. Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelgan qulay fursat Qutaybani Sug‘d yurishini kechiktirib, Xorazmga qo‘shin tortishga jalb etadi. Xorazm shohi Chag‘on ukasi Hurzod boshliq xalq qo‘zg‘olonidan qo‘rqib, 711 yilda yordam so‘rab Qutaybaga murojaat qiladi. Garchi dushman qo‘li bilan Hurzod tor-mor qilinib, u o‘ldirilsa-da, ammo Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o‘z mustaqilligini yo‘qotib, xalifalikning bojdoriga aylanadi. Uning qo‘shini esa Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi.

ISLOHOT — mavjud tartibni o‘zgartirish.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:29:17
ISLOM DINI (arabcha — bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Alloh irodasiga topshirish) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (buddizm va xristianlik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga e‘tiqod qiluvchilar arabcha "œmuslim" ("œsadoqatli"; ko‘pligi "œmuslimun’) deb ataladi. Islom dini VII asrda Hijoz (G‘arbiy Arabiston)da paydo bo‘ldi. Uning asoschisi Muhammad (sav)dir. Islom dinining paydo bo‘lishi xususida Islom dini manbalariga asoslangan diniy an‘anada u ilohiy hodisa, insonlarni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi ta‘limot deb uqtiriladi. Islom dini talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar e‘tiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, ya‘ni Alloh odamlarga payg‘ambar-elchilar yuborgan. Ammo insonlar payg‘ambarlar ta‘limotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammad (sav)ni tanladi, unga o‘zining kalomi — Qur‘onni nozil qildi. Muhammad (sav) oldin o‘z hamshaharlarini, so‘ng barcha arablarni ko‘plab qabila xudolariga sig‘inishdan voz kechish va yagona xudo — Allohga e‘tiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga da‘vat etdi. Qur‘onga ko‘ra, arablar va yahudiylarning umumiy bobakaloni Ibrohim Allohga birinchi bo‘lib imon keltirgan. Demak, islom batamom yangi e‘tiqod emas, balki Ibrohimning qayta tiklangan dinidir. Islom dini tarixini o‘rganishda o‘sha davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillarni hisobga olish kerak. Islom dini vujudga kelgan davrda Arabiston yarim orolida Makka va Yasrib (Madina) kabi shahar-davlatlar boshqalarga nisbatan muayyan ustunlikka ega edilar. Bu shaharlar xalqaro savdoning eng yirik markazlaridan bo‘lib, iqtisodiy hayot jo‘shqin tus olgandi. Shahar-davlatning kelajak taraqqiyoti uchun polis tuzumi torlik qila boshlagan. Hijoz (Makka, Yasrib, Xaybar, Dumat al-Jandal, Tayma va boshqalar) va umuman Arabistonni xalqaro savdoni barqaror qiladigan, fuqarolar xavfsizligini ta‘minlashga qodir harbiy kuchga ega bo‘lgan yagona saltanatga aylantirish davr talabi bo‘lib qolgan edi. Saltanat tuzish bilan bir qatorda Arabiston yarim orolidagi qabilalarning etnik va madaniy jihatdan birlashuvi, yagona arab tili, og‘zaki va yozma adabiyot, umumiy fikrlashning shakllanishi va nihoyat, arablarning diniy tafakkurida o‘zgarish jarayonlari kechayotgan edi. Bunday harakatni boshqargan kishilar o‘z faoliyatlarini ilohiy ilhom bilan asoslay olgan holdagina muvaffiyatga yuqoridagi jarayonlarning xususiy ko‘rinishi bo‘lgan. Muhammad (sav) har tomonlama barkamol inson bo‘lgani uchun, uning shaxsiy fazilatlari tufayli yahudiy-xristian mazhablariga yaqin g‘oya bilan yashovchi mahalliy hijozliklar harakati o‘ziga xos xususiyatlar kasb etdi, diniy va siyosiy kuchga ega bo‘ldi. Bu kuch islomning vujudga kelishini eng muhim tarixiy voqealardan biriga aylantirdi. Muhammad (sav) 610-yil, 40 yoshida o‘zining diniy faoliyatini boshladi va vahiy (ilohiy ko‘rsatma) olayotganini e‘lon qildi. Ammo, bir necha nufuzli yaqin qarindoshlarini hisobga olmaganda, Makkaning ko‘pchilik aholisi, ayniqsa, quraysh qabilasining zodagonlari uning targ‘ibotlariga ochidan-ochiq qarshi chiqdilar. Muhammad (sav) o‘zga yerlarda tarafdorlarni izlashga majbur bo‘ldi. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga ko‘chdi, so‘ng Makka zodagonlari bilan ma‘lum davrdan buyon raqobatlashib kelayotgan Yasribdagi banu Avs va banu Xazraj qabilalarining vakillari 622-yil musulmon jamoasini o‘ziga qabul qilish, Muhammadni umumiy rahnamo sifatida tan olishga rozi bo‘lishdi. Yasrib shahridagi mavjud etnik vaziyat ham shuni taqozo etgandi. Hijra nomini olgan bu voqea Islom tarixida burilish yasadi. Ko‘chib o‘tgan kishilar muhojirlar (ko‘chib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Madina va Makka o‘rtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi. 628-yil Makka zodagonlari Muhammad bilan kelishishga majbur bo‘ldilar. 630-yil musulmonlar qo‘shini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammad (sav)ni Allohning elchisi (rasuli) deb e‘tirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Ka‘ba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. Muhammad (sav) vafot etgan 632-yilda Arabiston yarim oroli to‘la birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi islom dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida islom dini muhim omil bo‘lib hizmat qildi va kelajakda vujudga kelgan musulmon olamining mafkurasiga aylandi. Muhammad (sav) vafotidan so‘ng Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib payg‘ambarning o‘rinbosari (xalifa) sifatida hukmronlik qildilar. Ular va ulardan keyingi xalifalar VII-VIII asrlarda Iroq, Falastin, Suriya, Eron, Movarounnahr, Misr, Shimoliy Afrika, Pireney Yarim oroli, Shimoliy Hindistonni egalladilar. Bir asrdan kamroq vaqt davomida Shimoliy Xitoydan Ispaniyagacha, Kavkaz ortidan Hind okeanigacha bo‘lgan katta hududni zabt etdilar va Islom dinini yoydilar. Islom dinining muqaddas kitobi Qur‘ondir. Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni Allohning vahiy qilingan so‘zi deb tushunildi. Islomning aqidalari, e‘tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me‘yorlari, cheklash va taqiqlari Qur‘on bilan birga uning tafsirlarida, hadis to‘plamlari va shariat qo‘llanmalarida, shuningdek, VIII-XII asrlarda vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida o‘z ifodasini topgan. Islom dinining asosiy aqidasi — "œAllohdan boshqa iloh yo‘q va Muhammad uning rasuli". Islom ilohiyotining ilk shakli — kalom bo‘lib, VIII asrda arab xalifaligida vujudga kelgan. Mutakallimlar Islom dini aqidalarini ishlab chiqqanlar. Islom dini 5 "œasos" yoki "œustun" (arkon ad-din al-islomiy)ga ega: 1) kalima keltirish; 2) namoz o‘qish; 3) ro‘za tutish; 4) zakot berish; 5) imkoniyat topilsa haj qilish. Shulardan birinchisi imon va qolganlari ibodat deb e‘tirof etilgan. Imon 7 aqidani — Allohga, uning farishtalariga, muqaddas kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, taqdir (yaxshilik va yomonlik Allohning irodasi bilan bo‘lishi)ga va o‘lgandan keyin tirilishiga ishonishni o‘z ichiga oladi. Islom dinida xatna, ro‘za hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, aqiqa, mavlid, xudoyi, ashuro kabi o‘ziga xos diniy marosimchilik tarkib topgan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda islomgacha mavjud bo‘lgan urf-odatlar, jumladan, fol ochirish, dam soldirish, aziz-avliyolarga, muqaddas joylarga sig‘inish ham islom marosimchiligiga moslashib ketgan. Islomda ilk davrdan paydo bo‘lgan eng birinchi yirik muammo — oliy hokimiyatni egallashga payg‘ambardan keyin kim xaqliroq, degan masala bo‘ldi. Ali tarafdorlari "œshia" nomi olib, Islomda birinchi bo‘linishni boshlab berdilar. Uchinchi xalifa Usmon aynan shu bo‘linishning qurboni sifatida jon taslim qildi. Ikki taraf — sunniylik va shialik o‘rtasidagi kurash asnosida xorijiylar deb atalgan uchinchi yo‘nalish ham paydo bo‘ldi. Ammo Islom tarixi uzra sunniylik asosiy yo‘nalish bo‘lib keldi. O‘rta asrlarda hukmronlik qilgan abbosiylar, saljuqiylar, ayyubiylar, mamluklar, usmonli turklar, temuriylar sulolalari sunniylikda edilar. Hozirgi kunda ham sunniylar musulmonlarning mutlaq ko‘pchiligi (93 %) ni tashkil etadi. Birdan-bir davlat — Eronda shialik rasmiy diniy yo‘nalish sifatida qabul qilingan. Iroq, Livan, Shimoliy Yaman, Ozarbayjon va Afg‘onistonda shialarning yirik jamoalari mavjud. Ummon va Shimoliy Afrikada xorijiylarning ba‘zi toifalari saqlanib qolgan. Musulmon huquqshunosligi — fiqhda 4 sunniy (hanafiylik, sofi‘ylik, molikiylik, hanbaliylik) va 1 shia (ja‘fariylik) mazhablari shakllangan. Mazhablar diniy firqalardan farq qiladi. Firqalar, asosan, geografik va iqlimiy omillar hamda Islomni qabul qilgan xalqlarning oldingi madaniyati, an‘analari va diniy tasavvurlari ta‘sirida vujudga kelgan. Ularning aksariyati shia yo‘nalishiga yo‘nalishiga mansub bo‘lib, eng yiriklari — imomiylar, ismoiliylar va zaydilar. Islomda ilk davrlardan shariat (barcha to‘la rioya qilishi kerak bo‘lgan qonunchilik) bilan shariat (barcha to‘la rioya qilishi kerak bo‘lgan qonunchilik) bilan tariqat (faqat ayrimlar Alloh xayrihohligiga muyassar bo‘lishi mumkinligi) yonma-yon rivojlanib kelgan. Tariqat asoschilari — murshidlarning "œvali-ne‘mati" asrlar osha hozirgi avlodgacha yetib keladi, degan tushuncha bor. VIII-IX asrlarda Islomda diniy-falsafiy oqim — tasavvur paydo bo‘ldi. Sharqda eng mashhur bo‘lgan tasavvuf tariqatlari — naqshbandiylik, qodiriylar, shoziliylardir. Islom dining muhim xususiyatlaridan biri — uni qabul qilgan xalqlar vakillari uchun Islom dini aqidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish imkoniyatini berganidadir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:29:25
JIZ‘YA (arabcha — jon solig‘i) — dastlab arab xalifaligida, keyinchalik boshqa musulmon davlatlari (jumladan, O‘rta Osiyo)da musulmon bo‘lmagan fuqarolardan olingan jon soli‘g‘i. Davlat musulmon bo‘lmagan fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishi, ularni tashqi va ichki tajovuzlardan saqlashi lozim bo‘lgan. Shuning evaziga ulardan jiz‘ya undirilgan. Jiz‘ya balog‘atga yetganlarga solingan (qariyalar, ayollar, bolalar, qul va ishga yaroqsizlar esa undan ozod qilingan). Jiz‘ya, asosan, pul va natura tarzida undirilgan.

KUDUNGAR — matoga ohar beruvchi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:29:33
LAK — O‘rta asrlarda yuz ming.

MANJANIQ — toshotar harbiy qurilma. Eshilgan pay, tola yoki junning egiluvchanlik kuchi ostida harakatga keltirilgan. Qadimgi Yunoniston va Rimda katapulta nomi bilan yuritilgan. Asosan, qal‘a va qo‘rg‘onlarni qamal qilishda qo‘llanilgan. Manjaniq yordamida qamaldagilarga qarata tosh yadrolar irg‘itilgan. Tosh topilmagan kezlarda turli daraxtlardan tayyorlangan g‘o‘la va kundalardan foydalanilgan. Xususan, mo‘g‘ul bosqinchilari Urganchni 7 oy davomida qamal qilish asnosida tevarak-atrofdan tosh topmay, tutning kundalarini kesib, manjaniqqa solib shaharga otganlar. Manjaniqdan otilgan tosh, kunda, g‘o‘lalar bir necha yuzmetrga borib tushgan. Manjaniq qal‘a, qo‘rg‘on devorlarini buzish, raxna ochish yoki binolarni yakson qilish, shuningdek, qamaldagilarga qiron keltirish uchun ham mo‘ljallangan. Amir Temur armiyasida ham manjaniq mavjud bo‘lgan. Tikrit, Mordin kabi mustahkam qal‘alarni egallashda manjaniq qo‘l kelgan. O‘rta Osiyoda XV asrdan e‘tiboran o‘t sochish quroli — to‘p, zambarakning qator turlari qurollanishidan muhim o‘rin egallashi sababli manjaniqdan asta-sekin voz kechilgan. Toshotar qurilmaning manjaniqqa nisbatan kichik turi arroda deb nomlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:29:41
MUQANNA — niqobli kishi.

MUQANNA QO‘ZG‘OLONI (VIII asrning 70-80-yillari) — Movarounnahrda Arab xalifaligiga qarshi ko‘tarilgan xalq ozodlik harakati, Muqanna rahbarlik qilgan. Qo‘zg‘olonchilar oq kiyim kiyganlari uchun "œoq kiyimliklar qo‘zg‘oloni" nomi bilan mashhur. Qo‘zg‘olonda dehqonlar, qishloq hunarmandlari va mahalliy boylarning bir qismi qatnashgan. Muqanna Mazdak ta‘limotining davomchisi sifatida ijtimoiy tenglikni keng targ‘ib qilganligi ta‘sirida qo‘zg‘olonchilar iqtisodiy tengsizlik va o‘lkada arablar hukmronligiga qarshi kurash boshlaganlar. Muqanna o‘ziga qarorgoh qilib Som tog‘idagi qal‘ani (Shahrisabz shahri yaqinida) tanladi. Samarqand, Buxoro, Kesh, Narshax shaharlari qo‘zg‘olon markaziga aylangan. Xalifa Mansur 775-yilda Jabroil ibn Yahyoni Ozarbayjondan katta harbiy kuch bilan Movarounnahrga yuborgan, ammo Jabroil qo‘zg‘olonchilardan yengilgan. 10 ming askar bilan Jabroilga yordamga yuborilgan Uqaba ibn Salim birinchi marta Kesh va Samarqandda G‘aricha boshliq, ikkinchi marta 14 ming askar bilan Termiz yaqinida Sarxama va Kayyoki G‘uziy boshliq qo‘zg‘olonchilar tomonidan tor-mor keltirildi. Natijada Naxshab va Chag‘oniyon viloyatlari qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o‘tdi. Qo‘zg‘olon 766-yildan Buxoro vohasida kuchayib ketdi. Narshax qal‘asi qo‘zg‘olonchilarning qo‘rg‘oniga aylantirilgan. Bunda "œoq kiyimlilar" ning katta qismi to‘plangan. Shu yili Narshax qal‘asi yaqinida "œoq kiyimliklar" bilan arablardan Buxoro amiri Husayn ibn Maoz va Samarqand noibi Jabroilning birlashgan qo‘shinlari o‘rtasida 4 oy mobaynida jang bo‘ldi. Jangda "œoq kiyimliklar" ning qo‘li baland keldi, ammo son jihatdan ko‘p bo‘lgan arab qo‘shinlari Narshax qal‘asi devori ostidan uzunasiga 50 gazli lahim kavlab, uni qulatgach, qal‘aga bostirib kirganlar. Qal‘a ichida davom etgan shiddatli janglarda qo‘zg‘olonchilar yengilgan, qo‘zg‘olon boshliqlaridan Hakim ibn Ahmad va Hashviylar o‘ldirilgan. Narshaxdagi qo‘zg‘olon bostirilgach, arablar asosiy kuchni Muqanna qo‘zg‘olonining markazi bo‘lgan Samarqand va Keshga tashladilar. Xalifa Mahdiy 777-yilda Muqanna qo‘zg‘oloniga zarba berish uchun Nishopurga keldi, Xuroson noibi Maoz va Hirot amiri Said Xarashiy boshliq katta qo‘shin Samarqandga yuborildi. Qo‘zg‘olonchilar bilan bo‘lgan jangda arab qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. Natijada Maoz Xuroson noibligidan iste‘foga chiqdi. 2 yillik to‘qnashuvlardan so‘ng Samarqand taslim bo‘ldi. So‘ngra arablarning birlashgan qo‘shinlari Muqannaga qarshi tashlandi. Narshax va Samarqandda "œoq kiyimlilar" yengilgach, mahalliy boylar sotqinlik qilib, arablarga yordam bera boshladilar. Ular arablar bilan birga Muqannaning Som tog‘idagi istehkomini qamal qilishda qatnashdilar. Uzoq davom etgan qamaldan so‘ng tinkasi qurigan muqannachilar taslim bo‘ldilar. Muqannaning ukasi Qabzam 3300, Som qo‘rg‘oni mudofaasiga qo‘mondonlik qilayotgan Sarxama 3300 kishilik qo‘shini bilan Said Xarashiyga taslim bo‘ldilar. Ammo, arablarga taslim bo‘lishni istamagan Muqanna o‘zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo‘ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:29:49
MUSLIM, musulmon (arab. — o‘zini Allohga bag‘ishlagan) — islom diniga e’tiqod qilgan shaxs. M.ning ko‘plik shakli (muslimun)ni buzib talaffuz qilinishi tufayli Eronda "œmusalmon’, O‘rta Osiyoda "œmusulmon’, Rossiyada "œbasurman" atamalari kelib chiqqan.

MUZOFOT — hudud, yer.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:30:01
NOYIB, noib (arabcha — o‘rinbosar, yordamchi) — o‘rta asrlarda musulmon davlatlarida tobe o‘lka yoki viloyat hokimi. Noyiblar, odatda, oliy hukmdorning o‘rinbosari hisoblangan.

QUR’ON (arab. — o‘qimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom e’tiqodiga ko‘ra, Qur’on vahiy orqali Muhammad payg‘ambarga 610-632-yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qur’on «Kitob» (yozuv), «Furqon» (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), «Zikr» (eslatma), «Tanzil» (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, «Nur» (yorug‘lik), «Hudo» (hidoyat), «Muborak» (barakotli), «Mubin» (ochiq-ravshan), «Bushro» (xushxabar), «Aziz» (e’zozlanuvchi), «Majid» (ulug‘), «Bashir» (bashorat beruvchi), «Nazir» (ogohlantiruvchi) kabi so‘zlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qur’on mushaf nomi bilan ham mashhur. Ulamolar Qur’onning 30 xil nom va sifatlarini sanab o‘tganlar. Islom tarixiga oid manbalarda keltirilishicha, Qur’on nozil bo‘lishi mil. 610-yil boshlangan. Muhammad payg‘ambar 40 yoshda Makka shahri yaqinidagi Hiro g‘orida chuqur tafakkurga berilib o‘tirgan bir paytda Jabroil farishta «Iqra’» («O‘qi») deb boshlanuvchi «Alaq» surasining avvalgi 5 oyatini keltirdi. Bu jarayon Makkada 13 yil, Madinada 10 yil, hammasi bo‘lib 23 yil davom etgan. Qur’onning nozil qilinishi islom aqidasi bo‘yicha ramazon oyining 27-kuniga o‘tar kechasi yuz bergan. Shuning uchun ham bu oy muqaddas hisoblanib, ro‘za tutilgan kunning 27-kechasi laylatul-qadr, ya’ni qadrli, ilohiy qudrat namoyon bo‘ladigan, bandalarning bir yillik taqdiri hal qilinadigan (qadr — taqdir, o‘lchov) tabarruk kecha deb ulug‘lanadi. Qur’on sura va oyatlarining nozil bo‘lish tartibi voqealarning rivojiga qarab davom etgan. Ilk islom davrida nozil bo‘lgan suralar, asosan, Allohning yagonaligi, borliqning mutlaq ilohi, dunyodagi barcha narsalar uning borligidan darak beruvchi dalil ekani, islom ta’limotida belgilangan aqidaviy tushunchalar — farishtalar, payg‘ambarlar, muqaddas kitoblar, oxirat, jannat va do‘zaxning haqligi to‘g‘risida edi. Payg‘ambar va musulmonlarga og‘ir kelgan Makka davrida sabr-bardoshga chaqiruvchi, din yo‘lida chekilgan mashaqqatlar uchun ulug‘ ajru mukofotlar borligi haqidagi oyatlar nozil etilgan bo‘lsa, musulmonlar jamoasi shakllangan Madina davrida diniy marosim va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga bag‘ishlangan oyatlar to‘g‘ri keladi. Payg‘ambarga diniy masalalar bo‘yicha berilgan savollarga u vahiy orqali nozil qilingan oyatlar bilan javob berar edi. Qur’onning bo‘limlari sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Har sura oyatlarga bo‘lingan. Qur’on 114 sura, 6236 oyatdan iborat. Har bir suraning o‘z nomi bor. Oyatlar esa tartib raqami bilan berilgan. Suralarning nomlari uning boshida kelgan so‘zdan olingan yoki zikri ko‘proq kelgan narsalar, voqealar yohud asosiy qahramon nomi bilan atalgan. Keyinchalik o‘qish va yodlash oson bo‘lishi uchun Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf (hukmronlik yillari 694-714) ko‘rsatmasiga binoan Qur’on 30 qism (arabcha — juz, forscha — pora)ga bo‘lingan. Qur’onda birinchi kelgan «Fotiha» surasidan keyingi suralar katta, o‘rtacha va kichik suralar tartibida joylashgan. ikkinchi «Baqara» surasi 286 oyatdan, eng qisqa «Kavsar» surasi 3 oyatdan iborat. Eng qisqa oyatlar «Toho» va «Yosin», eng uzun oyat «Baqara» surasining 282-oyatidir. Suralar nozil bo‘lish vaqti va joyiga ko‘ra 2 ga: hijradan oldin nozil bo‘lgan suralar — «Makka suralari» (610-622-yillar, 90 sura) va hijradan keyin nozil bo‘lgan suralar — «Madina suralari» (622-yildan, 24 sura) ga ajratiladi. Qur’on matnining ko‘p qismi Alloh bilan so‘zlashish, islom dushmanlari yoki undan ikkilanuvchilar bilan munozara qilish shaklida berilgan. Muhammad (sav) Qur’on oyatlarini Jabroildan qabul qilar, boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olardilar. Yozishni biladigan odamlar, jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b xurmoning po‘stlog‘i, yapaloq tosh, katta suyak, teri va shunga o‘xshash narsalarga Qur’onni yozib borganlar. Payg‘ambar hayotlik chog‘ida yana vahiy tushib qolar, degan umidda Qur’on jamlab kitob shakliga keltirilmagan. Payg‘ambarning vafotidan keyin Qur’on kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida qoldi. Birinchi xalifa Abu Bakr davrida ridda (dindan qaytish)ga qarshi olib borilgan qattiq janglarda Qur’onni to‘liq yod olgan ko‘plab qorilar halok bo‘lib, Qur’onning kelajak avlodga saqlanmay yo‘qolib ketish xavfi tug‘ilgan paytda Umar ibn Xattob Abu Bakrga Qur’onni kitob holiga keltirib, jamlab qo‘yish zarurligini maslahat beradi. Abu Bakr bu ishni amalga oshirishni Payg‘ambar bilan ko‘p vaqt birga yurgan sahoba, Qur’onni eng yaxshi yod olgan Zayd ibn Sobitga topshirdi. Zayd ibn Sobit, Umar ibn Xattob va boshqalar Qur’oni karimni puxta yod bilishlariga qaramay, bu ishning ishonchli bo‘lishiga harakat qilib, masjidda: «Kimning qo‘lida yozilgan Qur’on bo‘lsa va uni Payg‘ambardan tinglaganiga ikkita guvohi bo‘lsa, bizga olib kelsin, Qur’onni jam qilishga xalifaning buyrug‘i bo‘ldi», deb e’lon qildilar. Ular masjidda o‘tirib, guvohlarni tekshirib, nihoyatda aniqlik bilan 1 yildan ortiq vaqtda Qur’on sahifalarini jamladilar. So‘ng ko‘pchilikka ko‘rsatdilar, hamma rozi bo‘ldi. Shunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Qur’onni kiyik terisidan ishlangan sahifalarga yozib, Abu Bakrning uyiga qo‘ydilar. U olamdan o‘tgandan keyin sahifalar Umarning uyida, u kishidan so‘ng esa, qizi — Payg‘ambarning xotini Hafsa binti Umar huzurida qoldi. Vaqt o‘tishi bilan islom dini tarqalgan davlatning chegarasi kengayib bordi. Ko‘plab xalqlar islomni qabul qilib, musulmonlar soni ko‘paygandan so‘ng Qur’onni o‘qishda turli kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bunga Qur’onning «etti harf» (lahja)da nozil bo‘lgani ham sabab bo‘ldi. Hadisda ta’kidlanishicha, Jabroil Qur’on oyatlarini turli arab qabilalariga tushunarli bo‘lishi uchun yetti xil lahjada keltirgan. Bunda ayrim so‘zlar boshqacha shaklda yozilishi va o‘qilishiga to‘g‘ri kelgan. Bu holatni ko‘rgan xalifa Usmon ibn Affon Hafsadan Abu Bakr davridagi sahifalarni so‘rab olib, undan bir necha nusxa ko‘chirishga buyruq berdi. Qur’on qiroatida farqli bo‘lgan so‘zlarda quraysh lahjasiga rioya qilindi. Nusxalar tayyor bo‘lgandan so‘ng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy shaharlarga bittadan nusxaga qori qo‘shib jo‘natildi, hammaga faqat shu nusxadan Qur’onni ko‘chirish va shu qoridan qiroat o‘rganishga buyruq berildi. Usmon ibn Affon Makkaga Abdulloh ibn Soibni, Shomga Mug‘iyra ibn Shihobni, Kufaga Abdurahmon Sulamiyni, Basraga Omir ibn Abul Qaysni yubordi va har biriga bir nusxadan mushaf berdi. Madinada qolgan mushafdan odamlarga qiroat ta’limi berishni Zayd ibn Sobitga topshirdi. Usmon ibn Affonda bir nusxa mushaf qoldi. Keyinchalik nusxa ko‘chirish yo‘lga qo‘yilishi jarayonida faqatgina Usmon davrida yozilgan nusxalarga suyanish joriy bo‘ldi. Pirovardida har bir nusxaning ishonchli ekanini tasdiqlash maqsadida «bu nusxa Usmon mushafiga muvofiqdir», deb yozib qo‘yiladigan bo‘ldi. Qur’on harflarini yozish uslubi bir xilligi ham saqlab qolindi. Qur’on harflariga biror nuqtachalik ham o‘zgarish kirmasin, degan maqsadda ulamolar mushaf ichiga hatto gul, daraxt bargi va shunga o‘xshash boshqa narsalarni mutlaqo qo‘yib bo‘lmaydi, aks holda, o‘sha narsalar sahifaga yopishib qolsa, shubha paydo bo‘lishi mumkin, deb fatvo chiqardilar. Qur’onni nuqtalashni Abul Asvad Dualiy amalga oshirdi. U nuqta alomatlarini harflarning usti, osti va o‘rtasiga qo‘yib chiqdi. Vaqt o‘tishi bilan kishilar Qur’onni xato o‘qimasliklari va uning qiroati haqida turli ixtilofga tushmasliklari uchun, ulamolar mushaflarga diakritik belgilar (fatha, kasra, zamma) qo‘yish kerak, degan fikrga to‘xtaldilar. Bu ishni Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf hukmronlik davrida Hasan Basriy bajardi. Bunda asl harflarga zarracha o‘zgartirish kiritmaslik sharti qo‘yildi. IX asrga kelib Qur’on arab bo‘lmagan xalqlar tomonidan ham xatosiz o‘qish mumkin bo‘lgan holga keldi. Taraqqiyot davri kelib, Qur’onni texnik jihozlar vositasida chop etish masalasi ko‘ndalang bo‘ldi. Lekin ulamolar avvaliga Qur’onning obro‘siga to‘g‘ri kelmaydi, degan fikr bilan bu ishga ruxsat bermadilar. Ammo vaqt o‘tishi bilan musulmonlar ham nashr ishlarini o‘zlashtirdilar. Qur’onni chop etishga ehtiyoj ortib bordi va ulamolar kerakli shartlarni qo‘yib, Qur’onni chop etishga izn berdilar. Qur’onning har bir nusxasi musulmonlar tomonidan e’zozlanadi. Ammo ularning ichida Usmon Qur’onlarining alohida o‘rni bor. Toshkentda O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining maxsus hujrasida saqlanayotgan Usmon Qur’oni bevosita xalifa Usmon davrida (644-656) yozilgan muqaddas qo‘lyozma deb hisoblanadi. Hozirgi kunda jahonda «Usmon Qur’oni» degan nom bilan ataladigan 4 qo‘lyozma mavjud. Ulardan biri Madinada saqlanayotgan asl nusxa bo‘lib, islom manbalarida u «Imom» deb ataladi. Ikkinchi nusxa Ka’bada, uchinchi nusxa Qohira (Misr milliy kutubxonasi)da saqlanmoqda. To‘rtinchisi Toshkentda O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyida uzoq vaqt saqlanib, 1989-yil boshida musulmonlar qurultoyida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasiga saqlash uchun topshirilgan. Boshqa tadqiqotchilar ma’lumotiga ko‘ra, Toshkentdagi Usmon mushafidan tashqari Qohira va Istanbul shahrida (2 ta) saqlanayotgan nusxalari mavjud. Toshkentda saqlanayotgan Qur’onning bu yerga kelib qolishi tarixi haqida turli taxminlar bor. Ko‘pchilik tadqiqotchilar uni Amir Temur Basradan Samarqandga olib kelgan, degan fikrni bildiradilar. Boshqa tarixchilar Amir Temur To‘xtamishni mag‘lubiyatga uchratib, Oltin O‘rdani egallaganidan keyin, o‘sha Qur’onni qo‘lga kiritib, Samarqandga keltirgan, degan xulosada. Tarixda yana boshqa farazlarga ham duch kelinadi. Ushbu Qur’on 1868-yil (ba’zi manbalarda 1869-yil) Samarqanddan Sankt-Peterburgga olib ketiladi va avval Rossiya xalq maorifi vazirligiga, so‘ngra shahardagi Saltikov-Shchedrin kutubxonasiga beriladi. Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng, musulmonlar qurultoyining iltimosiga ko‘ra, RSFSR XKSning qarori bilan musulmonlarga qaytarib berilgan. Avval Ufada saqlanib, 1923-yilda Toshkentga keltirilgan. Bir necha vaqt Samarqandda, keyin Toshkentdagi Respublika xalq kutubxonasida, O‘zSSR FA Sharq qo‘lyozmalari institutda saqlangan. XX a. boshlaridagi tekshiruvga ko‘ra, mushafning umumiy hajmi 68А…53 sm hisoblanib, 353 varaqdan iborat bo‘lgan. Bu varaqlarning yaltiroq va sarg‘ish rangdagi yuz tomoni yaxshi saqlanib, ularning orqa beti salgina g‘ijimlangan, bir oz uringan kabiko‘rinar edi. Mushafning sahifalari nam tortishi natijasida bir muncha shikastlangan va ularda qon dog‘lari bor edi. Uning yirtib olingan yoki qattiq shikastlangan varaqlari o‘rniga 69 ta teriga o‘xshash qalin va mayin varaqlar tikib qo‘yilgan. Bu varaqlar paxta qog‘ozlardan mohirlik bilan ishlangan bo‘lib, ularni Mushafning asl sahifalaridan farqlash qiyin edi. Qur’onning asosiy g‘oyasi — Alloh to‘g‘risidagi ta’limotdir. Uning mavzusi va mohiyati insonlar tafakkurida ko‘pxudolikka barham berish, yakkaxudolikni targ‘ib qilish va islom dinini qaror toptirishdir. Shu bilan bog‘liq ravishda unda payg‘ambarlar, oxirat, taqdir va boshqa haqidagi aqidalar bayon etiladi. Alloh Qur’onda o‘zining Odamato, Nuh, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Muso, Dovud, Iso, Muhammad (sav) va boshqa payg‘ambarlarini zikr etadi. Ularga yuborilgan din — islom ekani, Tavrot, Zabur, Injil va Qur’on o‘zi nozil qilgan ilohiy kitoblar ekani, yahudiylar, nasroniylar va musulmonlarni «ahli kitob» deb atab, ularning e’tiqodlari vahdoniyat ekanini Qur’on oyatlarida qayta-qayta uqtiradi. Qur’onda asosiy ibodat talablari (namoz, ro‘za, zakot va boshqa) belgilab berilgan. Undagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shakllangan shariatga asos qilib olingan. Qur’onda insoniyatning etnik bo‘linishi, ijtimoiy tabaqalanishi, ayirmachilik, millatchilik inkor etiladi. Alloh nazdida barcha tengdir. Insonlar Alloh tomonidan millati, nasabi, boyligi, imtiyozi va hakozaga qarab emas, balki ularning qalbi va qilgan yaxshi yoki yomon amallariga qarab hukm qilinadilar. Diniy e’tiqodda mustahkam turish, yaxshilik, ezgulik, savob ishlar, mehr-shafqat, miskin va muhtojlarga yordam berish, insonparvarlikni ulug‘lash barcha ilohiy kitoblar kabi Qur’onning mazmuni-mohiyatini belgilaydi. Unda tekinxo‘rlik, birovlar haqini yeyish, boshqalar hisobiga yashash, poraxo‘rlik, ishyoqmaslik, jabr-zulm, o‘g‘rilik, qotillik, dil-ozorlik, fitnachilik, kibru havo qoralanadi. Barcha xalqlar bir ota-onaning avlodi ekani eslatiladi. Ulamolar Qur’on oyatlarini Allohning amrlari va nahyilar (ya’ni mo‘min bandalarga buyurganlari va qilmanglar deb qaytarganlari), va’da va va’idlari (ya’ni bandalarga dunyo va oxiratda savob amallari uchun yaxshilik berurman deya qilgan va’dalari-yu, dunyo hamda oxiratda gunoh ishlari uchun azoblayman deb qo‘rqitishlari), avval o‘tgan ummatlar, payg‘ambarlarning tarixlari, halol-harom narsalar, banda qilishi kerak bo‘lgan duolar kabi qismlarga bo‘ladilar. Qur’on kalom ilmining shakllanishi va rivojlanishida birinchi manba bo‘ldi. Abu Hanifa «al-Fiqh al-akbar», Abu Mansur Moturidiy «Kitob at-tavhid», Abu Hafs Nasafiy «Aqoid an-Nasafiy» asarida olg‘a surilgan islom ta’limotiga oid o‘z fikrlariga dalil sifatida Qur’on oyatlarini keltiradilar. Qur’on fiqhiy hukmlarni qabul qilishda asosiy va birinchi manba hisoblanadi. Undan keyin esa sunna, ijmo, qiyos turadi. Qur’onda kelgan hukm shariatda farz sifatida qabul qilinadi. Arab tili grammatikasi va adabiyotining rivojlanishida Qur’onning o‘rni beqiyos. Qur’on uslubi (qofiyalashtirilgan she’riy proza — saj’da yozilgan) keyingi arab adabiyotiga, umuman sharq adabiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Qur’on ilmlari rivojlanishi jarayonida aniq grammatik qoidalarga nisbatan paydo bo‘lgan ehtiyoj bu sohaning taraqqiy etishiga turtki bo‘ldi. Qur’on faqat arab tilida emas, balki islom tarqalgan mamlakatlar xalqlarining tillarida yaratilgan asarlarda ham o‘z aksini topdi. Xususan, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi adabiyot namoyandalari asarlarida Qur’ondan olingan iqtibos, ibora, hikoyat, zarbulmasallarni uchratish mumkin. Qur’on musulmon xalqlar hayoti, tarixi, ilmi, adabiyoti, turmush tarzi, qonun-qoidalari, urf-odatlari va dunyoqarashlarida o‘zining salmoqli ta’siriga ega. Ulamolar Qur’onni tushunish uchun zarur bo‘lgan fanlar majmuasi — Qur’on ilmlaridan nosix va mansux (bekor qiluvchi va bekor qilingan oyatlar), asbob an-anzul (oyatlarning nozil bo‘lish sabablari), tafsir kabi sohalarni sanab o‘tganlar. Tafsir Payg‘ambar davridayoq yuzaga kelgan. Eng birinchi mufassir (tafsirchi) Muhammad (sav)ning o‘zi bo‘lib, u odamlarga Qur’on ma’nolarini bayon qilib berardi. Payg‘ambardan keyin Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib mufassir bo‘lgan. Shuningdek, Abdulloh ibn Abbos (690-yilda vfot etgan), Abdulloh ibn Mas’ud (654-yil vafot etgan), Ubay ibn Ka’b (VII a.), Anas ibn Molik (712-yil vafot etgan) kabi sahobalar ham ilk mufassirlardan hisoblanadi. Tobein mufassirlardan Mujohid ibn Jabr Makkiy (723-yil vafot etgan), Ikrima Abu Abdulloh al-Barbariy (723-yil vafot etgan), Said ibn Jubayr (714-yil vafot etgan), Ato ibn Abi Raboh (734-yil vafot etgan) kabilarni zikr etish mumkin. Sahoba va tobeinlar davrida tafsir og‘zaki rivoyat va naql shaklida bo‘lib, kitob tarzida yozilmagan. Muhammad ibn Jarir Tabariy (923-yil vafot etgan), Abu Mansur Moturidiy (944-yil vafot etgan), Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad an-Nasafiy (1310-yil vafot etgan) kabi yirik mufassir ulamolar o‘zlarining tafsir kitob-larini yozdilar. Afsuski, islomda paydo bo‘lgan turli firqalar Qur’onga o‘z ta’limotlariga mos ravishda tafsirlar yoza boshladilar, zero tafsirchilik mufassirning dunyo-qarashi bilan bog‘liqdir. Ammo islomning sof ta’limotiga zid bo‘lgan tafsirlar vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib, ularning nomi va mualliflari haqidagi xabarlar manbalarda saqlanib qolgan. Tarixda Qur’onning islom jamiyatidagi ulkan mavqedan turli firqalar o‘zlarining g‘arazli maqsadlarida foydalanish holatlari ko‘plab kuzatilgan. Ulamolar esa ularning bunday noto‘g‘ri talqinlariga qarshi doimiy ravishda o‘zlarining xolis fikrlari bilan kurashib kelganlar. Qur’onni g‘arazli talqinlardan xoli tutish bugungi kunda ham dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Qur’on XII asrdan Yevropa xalqlari tillariga, jumladan, lotin tiliga tarjima qilina boshlagan. Fransuz sharqshunosi Andre dyu Rie tomonidan qilingan fransuz tilidagi tarjimasi 1647-yil Parijda chop etildi. Shu tarjima asosida Pyotr I buyrug‘iga binoan Qur’on rus tiliga o‘girildi va 1716-yil Peterburgda chop etildi. Fransuzcha tarjima ko‘p tillardagi nashrlarga asos bo‘ldi. Qur’on XVIII a. boshlarida Yevropa xalqlari tillaridan, XIX a. o‘rtalaridan arabcha asl matndan rus tiliga tarjima qilingan. Arabchadan G.S.Sablukovning dastlabki ruscha tarjimasi Qozonda 3 marta (1878, 1894, 1907) nashr qilingan. Qur’onning rus tilidagi adekvatik-adabiy tarjimasi ilmiy izohlari bilan akademik I.Y.Krachkovskiy tomonidan amalga oshirilgan va uning vafotidan keyin (1963) nashr qilingan. Hozirgi kunga qadar Qur’onga 1700 xil tafsir yozilgan. Jumladan, Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning bir necha jilddan iborat «Tafsiri hilol» nomli asari (Toshkent, 1992-2005), Abdulaziz Mansurning «Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri» (Toshkent, 2004) o‘zbek tilida chop etilgan. Qur’on 1000 dan ortiq tilga tarjima qilingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Alouddin Mansurning «Qur’oni karim»ning o‘zbekcha izohli tarjimasi (Toshkent, 1991), Abdulaziz Mansurning «Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi» (Toshkent, 2001), Mutallib Usmon va boshqalarning «Qur’oni karim. Tarjima va ilmiy-tarixiy izohlar» (birinchi kitob, Toshkent, 2004) kitoblari chop etildi. Shuningdek, ko‘zi ojizlar uchun Qur’onning bo‘rtma harflar (brayl yozuvi)da alohida 8 jildli kitobi nashr qilindi (2004).
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:30:12
ROFE IBN LAYS QO‘ZG‘OLONI (806-810-yillar) — Movarounnahr va Xurosonda abbosiylar xalifaligiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon. Unga Nasr ibn Sayyorning nabirasi, buxorxudot Tug‘shodaning kuyovi Rofe bin Lays boshchilik qilgan. Qo‘zg‘olonga Xuroson va Movarounnahr noibi Ali ibn Isoning mahalliy xalqqa nisbatan zulmi sabab bo‘lgan. Unda mahalliy dehqonlar, kashovarzlar va kadivarlar, turk qabilalari (qarluqlar va boshqa) hamda ayrim arab zodagonlari faol qatnashgan. Qo‘zg‘olon 2 bosqichdan iborat bo‘lgan. Tabariyning yozishicha, qo‘zg‘olon boshlanishiga maishiy holatlar (nufuzli arab oqsuyaklari o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik va boshqa) bahona bo‘lgan. Qo‘zg‘olonning birinchi bosqichida o‘zi arab va Xuroson noibining mehtari bo‘lgan Rofe ibn Laysning harakatga yetakchilik qilishi uning qo‘zg‘olonchilar o‘rtasida nufuzi ortishiga olib kelgan. Janglarda Rofe ibn Lays guruhi Samarqand hokimi Sulaymon ibn Humayd (806)ni o‘ldirgach, qo‘zg‘olon avj olib ketgan va Samarqanddan tashqari Buxoro, Xorazm, Shosh, Xo‘jand, Ustrushona, Nasaf, Chag‘oniyon, Xuttalon, Balx va Toxaristonga keng yoyilgan. Buxorodagi qo‘zg‘olonga Rofe ibn Laysning ukasi Bashir ibn Lays, Ishtixondagi qo‘zg‘olonga esa Ujayf ibn Anbas boshchilik qilgan. Qo‘zg‘olon ko‘lamining tobora kengayib borishidan cho‘chigan xalifa Horun ar-Rashid 300 ming kishilik qo‘shinni Harsama ibn Ayyon boshchiligida Xurosonga jo‘natgan (807-yil oxiri). Harsama Marv va Amul orqali Buxoroga keladi va shiddatli janglardan so‘ng uni egallaydi (809). Bashir ibn Lays qo‘lga olinib, Tusda qiynab o‘ldirilgan. Keyinchalik Horun ar-Rashid o‘g‘li — Ma‘mun bilan birga qo‘zg‘olonchilarga qarshi qo‘shin tortib kelgan. Biroq Tusga yetib kelgach, xastalanib vafot etgan (809-yil mart). Xuroson noibi bo‘lib olgan Ma‘mun turli yo‘llar bilan qo‘zg‘olonni bostirishga intilgan. Rofe ibn Lays Samarqandda mustahkam o‘rnashib, unda mudofaa devorlari qurdirgan. U qarluqlar, qo‘qqiz o‘g‘uzlar va boshqa turk qabilalarridan ham yordam so‘ragan. Mam‘un mahalliy mulkdor Somonxudotning — Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ibn Asadga maktub yuborib, lashkarboshi Harsama ibn Ayyonning qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashida madad berishini so‘raydi. Bal‘amiyning aytishicha, Mam‘un Xuroson va Movarounnahr aholisini bir yil xiroj to‘lashdan butunlay ozod qilib, xiroj miqdorini с˜ qismga kamaytirgan. Ma‘munning akasi — xalifa Amin bilan hokimiyat uchun bo‘lgan kurashlarda mahalliy tabaqa zodagonlari Ma‘munni qo‘llab-quvvatlaydi. Lekin shu paytdan boshlab qo‘zg‘olon susayadi va uning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Narshaxiyning yozishicha, Asad o‘g‘illarining da‘vatiga ko‘ra, Rofe ibn Lays dastlab Harsama bilan sulh tuzgan va ular o‘rtasida quda-andachilik vujudga kelgan. Samarqandda Rofe ibn Lays va uning tarafdorlari o‘z xohishlari bilan taslim bo‘lgach (809-yil oktabr), qo‘zg‘olondan arab va mahalliy zodagonlar chetlashgan. Yo‘lboshchilarsiz qolgan qo‘zg‘olon tez orada butunlay bostirilgan (810). Rofe ibn Laysning keyingi taqdiri haqida bir-birga zid turli fikrlar (yangi xalifaning saroyida xizmat qilishdan tortib to qatl qilinishigacha kabi) mavjud. Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni Movarounnahr va Xurosonda xalifalik hokimiyati inqirozining tezlashuvi hamda somoniylar sulolasi vakillari Nuh ibn Asadni Samarqand, Ahmad ibn Asadni Farg‘ona (Narshaxiyning yozishicha, Marv), Yahyo ibn Asadni Choch va Ustushona, Ilyos ibn Asadni Hirot amirlari bo‘lishi (817)ga imkon yaratdi. Tohiriylar sulolasining aoschisi Tohir ibn Husayn esa Xuroson amiri bo‘lgan (821).

RUKN — islomda eng muhim sanalgan 5 ta vazifa. Unga kalimai shahodat, namoz, zakot, ro‘za va haj ibodatlari kiradi. Rukn talablarini bajarish islomda har bir musulmon uchun farz hisoblanadi. Lekin ba‘zi istisno holatlarda bu majburiyat zimmadan soqit bo‘ladi. Masalan, boyligi shariat belgilagan ma‘lum miqdor (nisob)ga yetmagan kishi zakot bermaydi yoki imkoni bo‘lmagan musulmon uchun haj ibodatini amalga oshirish shart hisoblanmaydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:30:20
SARHANGLIK — kichik lashkarboshi shu nom bilan yuritilgan.

SARXANG (forscha — qo‘shin boshlig‘i) — kichik lashkarboshi.

SARROJLIK — egar va jabdug‘ yasovchi ustaxona.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:30:29
SUNBOD HARAKATI — Shim.-Sharqiy va Markaziy Eronda Abbosiylar xalifaligiga qarshi xalq (asosan, dehqonlar) harakati (755-y.). Harakatni Nishopur atrofidagi Oxan qishlog‘idan bo‘lgan Sunbod ismli kishi boshqargan. Sunbod harakatining boshlanishiga asosiy sabab — abbosiylarning xalqdan xiroj yig‘ish va majburiy ishlatish (qasrlar qurish, kanallar qazish va b.)dan ozod qilish haqidagi va’dasini bajarmagani bo‘lgan. Xuroson va Movarounnahr noibi Abu Muslimning xalifa Mansur buyrug‘i bilan o‘ldirilishi Sunbod harakatiga bahona bo‘lgan. Bu harakat sunniy abbosiylarga qarshi qaratilgan bo‘lib, unda zardushtiylar, shialar va xurramiylar qatnashgan. Tabariyning yozishicha, harakat 2 oy davom etgan. Xalifa Mansur bu harakatni bostirish uchun 10 ming kishilik qo‘shin yuborgan. Bu qo‘shin Hamadon bilan Ray o‘rtasidagi cho‘lning chekkasida Sunbod qo‘shinini tor-mor keltirgan. Shu jangda Sunbod ham halok bo‘lgan. Sunbod harakati bilan bir vaqtning o‘zida Movarounnahrda ham abbosiylarga qarshi harakat boshlangan. Unchalik katta bo‘lmagan bu harakatga Abu Muslim tarafdori — Ishoq boshchilik qilgan.

TALAS JANGI — Talas (Taroz) daryosi bo‘yida arab va xitoy qo‘shinlari o‘rtasida yuz bergan hal qiluvchi jang (751). VIII asrning birinchi yarmida Tan imperiyasi Buyuk ipak yo‘lini egallash va bu yo‘ldagi davlatlarni o‘ziga bo‘ysundirish uchun bir necha bor urushlar qilgan. Movarounnahrdagi murakkab ichki ahvol (arablarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari), Farg‘ona hokimining Choch hokimiga qarshi kurashida Xitoydan yordam so‘ragani bu yurishlarga bahona bo‘lgan. Tan davlati 750-yil millati koreys bo‘lgan Gao Syanchji (Gav Shanchji) qo‘mondonligida katta qo‘shin jo‘natgan. Bu qo‘shin farg‘onaliklar bilan ittifoqlikda Chochni olib vayron qilgan, katta o‘lja (tuyalar, otlar, oltin, kumush)ni qo‘lga kiritgan. Choch hokimi qatl qilingan, uning o‘g‘li arablardan yordam so‘ragan. 751-yil iyul oyida arablarning Ziyod ibn Solih qo‘mondonligi ostidagi qo‘shini Gao Syanchjining xitoylar, farg‘onaliklar, qashqarliklar, kucharliklar hamda qarluqlardan iborat yirik qo‘shini (arab manbalariga ko‘ra 70 ming kishi) bilan Talas daryosi bo‘yida to‘qnashgan. Talas jangi 5 kun davom etgan. To‘qnashuv jarayonida Tan armiyasi tarkibidagi qarluqlar arablarga qarshi kurashdan bosh tortgan va xitoyliklarning ar’ergardiga zarba berganlar. Xitoy qo‘shini butunlay yakson qilingan. Gao Syanchji yordamchilari Li Siye va Duan Shoushilar bilan birga zo‘rg‘a qochib qutilgan. Ibn al-Asirning yozishicha, xitoyliklardan 50 ming kishi o‘ldirilib, taxminan 20 ming kishi asir olingan. Asirga tushgan Xitoy jangchilari orasidan tanlab olingan hunarmandlar Samarqandga keltirilgan. Ular Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarish sanoatini yanada rivojlanishiga munosib hissa qo‘shganlar. Xitoylik hunarmandlar hatto Mesopotamiya shaharlariga ham keltirilgan. Talas jangi O‘rta Osiyo xalqlari tarixida o‘ta muhim rol o‘ynaydi. U Tan imperiyasining O‘rta Osiyo hududini egallash yo‘lidagi tajovuzkorona siyosatiga uzil-kesil chek qo‘ygan. Ammo bu G‘arb bilan Sharq o‘rtasidagi savdo aloqalarini butunlay uzilishiga olib kelmagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:30:37
TAVHID (arabcha — yakkaxudolik) — umumiy ma‘noda — yakkaxudolik haqidagi ta‘limot. Shar‘iy istilohda esa, tavhid — islomda Allohga shirk keltirishning turli ko‘rinishlaridan voz kechish va Allohning birligiga e‘tiqod qilish. Tavhid islomda (sunniylikda ham, shialikda ham) rasman e‘tirof etilgan aqidalarning birinchisi, mohiyatan, asosiy va markaziy aqida. Mazmunan shunday tasavvurni ifoda etgani uchun Qur‘onning 112 — "œIxlos" surasi ham ba‘zan tavhid deb yuritiladi.

UMAVIYLAR (661-750-yillar) — Yaqin va O‘rta Sharq, Movarounnahrda hukmronlik qilgan arab xalifalari sulolasi, arablarning Makkadagi quraysh qabilasining umayya urug‘idan kelib chiqishgan. Asoschisi — Muoviya I, Ummaviylar davrida arablar g‘arbda Shimoliy Afrika, Pireney yarim orolining katta qismi, sharqda Tabariston, Jurjon, Movarounnahr, Sind va boshqa hududlarni bosib olishgan. Muoviya I (661-680) va Abdumalik davrida (685-705) davlatning harbiy, siyosiy, iqtisodiy qudratini oshiruvchi bir qancha ma‘muriy va harbiy islohotlar o‘tkazilgan. Xususan, xalifa lavozimi nasliy bo‘lib qolgan, davlat xazinasi va davlat arxivi tashkil etilgan, arab tili davlat tili deb e‘lon qilingan, yangi (oltin, kumush va mis) pul chiqarilgan, harbiy-dengiz floti tashkil etilgan. Ummaviylar poytaxtni Damashq shahriga ko‘chirganlar, shu tufayli bu xalifalikni Damashq xalifaligi deb ham atashadi. Ummaviylar davrida ko‘plab qo‘zg‘olonlar (736-737-yillarda O‘rta Osiyoda Xoris ibn Surayj, 731-740-yillarda Marokashdagi barbarlar qo‘zg‘oloni, 742-yil Mag‘ribda xorijiylar qo‘zg‘oloni va boshqalar) bo‘lgan. 747-750-yillardagi Abu Muslim qo‘zg‘oloni natijasida xalifa Marvon II taxtdan tushgan, hokimiyat abbosiylar qo‘liga o‘tgan. Ummaviy hukmdorlar: Muoviya I (661-680-yillar), Yazid I (680-683-yillar), Muoviya II (683-684), Marvon I (684-685-yillar), Abdulmalik (685-705), Valid (705-715-yillar), Sulaymon (715-717), Umar (717-720), Yazid II (720-724), Hishom (724-743), Valid II (743-744), Yazid III (744), Ibrohim (744), Marvon II (744-750).
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:30:46
USHR, ASHUR, ASHAR (arabcha) — idora ishlari uchun daromadning o‘ndan biri hisobidan olinadigan soliq turi. Musulmon mamlakatlarida natura shaklida (ba‘zan pul bilan) undirilgan. Ushr solig‘i har yili dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari va boshqalardan olingan. Dastlabki davrlarda sayyidlar, yirik musulmon ulamolari, shuningdek, ayrim amirlar hamda "œislom lashkariga o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lgan" hududlar aholisidan undirilgan. Ushr olingan yer-suv "œmulki ushuriya" deb atalgan. Turli davrlarda ushr shakli mahalliy shart-sharoitga ko‘ra o‘zgargan. Ushr miqdori ba‘zan dehqon daromadining 10 % dan yarimigacha qismini tashkil etgan.

XALIFA (arabcha — o‘rinbosar, noib) — musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig‘i. Xalifa Muhammad payg‘ambar (sav) ning o‘rinbosari, Ummaviylar davridan boshlab esa Allohning yerdagi noibi hisoblangan. Muhammad (sav) dan keyingi to‘rt Xalifa (Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon, Ali)ni xulofai roshidin, ya‘ni to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar deb atashgan. Abbosiylar, fotimiylar sulolasidan bo‘lgan hukmdorlar xalifa nomi bilan atalgan. XIII asrdan keyin ayrim musulmon mamlakatlarining hukmdorlari o‘zini diniy boshliq ham da‘vo qilib, xalifa nomiga ega bo‘lishgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:30:55
XALIFALIK — VII-VIII asrlarda arab istilolari natijasida Arabiston yarim oroli, Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, O‘rta Osiyo va Kavkazortini o‘z ichiga olgan davlat. Ibn Xaldunning yozishicha, "œjohiliya arablari" faqat diniy sifatdagi (payg‘ambarlik, valiylik, kohinlik va h.k.) hokimiyatni tan olganlar. Shuning uchun ham hijratdan so‘ng (622-y.) Madinada barpo bo‘lgan va 630-632-yillarda butun Arabiston yarim orolini o‘z ichiga olgan tuzum islom diniga asoslangan, teokratik davlat shaklini olgan. Bu davlatning boshlig‘i — rasululloh — Allohning elchisi, ammo u abadiy emasligi payg‘ambarning o‘zi tomonidan qayta-qayta ta’kidlab kelingan. Bu davlatni kelajakda boshqaradiganlar siyosiy usullardan foydalanishlari muqarrar edi, zero Muhammad (sav) — payg‘ambarlarning oxirgisi (xotam ul-anbiyo). Birinchi bo‘lib bu haqiqat Payg‘ambar (sav) tomonidan anglandi. "œXalifalik mendan keyin ummatlarim ichida o‘ttiz yil, so‘ngra amirlik (podsholik)dir", degan mazmundagi hadis aynan shu fikrni isbotlaydi. Darhaqiqat, Allohning nomidan (vahiy orqali) ummatini boshqargan Muhammad payg‘ambar vafotidan so‘ngra rahbarlikka ilohiy rahnamolik sifatiga ega bo‘lmagan va bunga da’vo ham qilmagan xalifalar kelgan. Sahobalar bundan keyin dunyoviy ishlarni oddiy inson hukmdor — amir boshqarishini tushunganlar. Makkalik va madinalik sahobalar — muhojirlar va ansorlar o‘rtasidagi bahs faqatgina ularning qaysi biri ana shu lavozimga saylanishi haqida borar edi. Abu Bakr Siddiqning Xalifatu Rasululloh — Alloh elchisining o‘rinbosari bo‘lib saylanishi shundan dalolatdir. Aynan shu davrda hokimiyat vazifalarining (sud, moliya va h.k.) bo‘linishi va ularning, asosan, muhojirlar o‘rtasida taqsimlanishi yuz bergan. Bu jarayon, ya’ni davlat boshqaruv tizimi diniylik qiyofasini yo‘qotib, dunyoviy tus olishi 4 xalifa — Abu Bakr Siddiq (632-634), Umar ibn Xattob (634-644), Usmon ibn Affon (644-656) va Ali ibn Abu Tolib (656-661) davrida uzil-kesil amalga oshgan. Ular "œal-Xulafo ar-roshidun" (to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar) degan nom oldilar. Ali ibn Abu Tolib vafotidan so‘ng davlatni boshqargan Ummaviy xalifalar (661-750) arab tarixiy adabiyotida "œdiniy tarbiyadan umuman yiroq" shaxslar sifatida tavsiflanadilar. Xalifalar rasman diniy va dunyoviy yagonalikni mujassam etgan bo‘lsalarda, lekin amalda jamiyatning diniy hayotiga ta’sir ko‘rsatmasdilar. Diniy arboblar (muhaddislar, qorilar, mufassirlar, faqihlar) qatlami vujudga kelganki, endi diniy masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini xalifalar emas, balki aynan o‘sha arboblar shakllantiradigan bo‘lganlar.

XIROJ, XARAJ (arabcha) — Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida jumladan, O‘rta Osiyoda davlat tomonidan hosilning 1\3 qismi hajmida undirilgan yer solig‘i. Sosoniylar davlatida Qavad I va uning o‘g‘li Xusrav I Anushirvon o‘tkazgan soliq islohoti natijasida joriy qilingan yer solig‘i (xarag). Xiroj ilk xalifalik hududida "œjizya" atamasining sinonimi sifatida qo‘llanilib, musulmon bo‘lmagan aholi bilan bir qatorda yer, suvga ega bo‘lgan musulmonlardan ham undirilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:31:05
ZAKOT — (arabcha — tozalanish, sadaqa berish) — mol-mulk va daromaddan beriladigan sadaqa, xayr-ehson. Islomning 5 asosiy talablaridan biri. Shariatga muvofiq, muayyan boylikka ega bo‘lgan katta yoshdagi musulmon zakot beradi. Zakot beruvchi kishining mablag‘i o‘zi va qaramog‘idagilarning zaruriy ehtiyojlaridan ortiqcha bo‘lishi lozim. Bu mablag‘ga kishining jamg‘armasi, do‘konda sotiladigan narsalari, sotaman deb olib qo‘ygan narsalari, birovga bergan qarzi kiradi. Qur‘oni karimning ayrim suralarida zakot namoz bilan yonma-yon zikr etilgan. U yilda bir marta berilishi shart bo‘lgan xayr-ehson (sadaqa) qatoriga kiradi va ayni vaqtda ibodat hisoblanadi. Zakot miqdori mablag‘larning 1/40 ulushi (2,5 %)ga teng. Zakotni zakot berolmaydigan musulmonlar olishga haqli. Zakot avval qarindoshlar orasidagi muhtojlarga, bunday qarindoshlar bo‘lmasa, kambag‘al, qarzdor, musofirlarga beriladi. Dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan zakot miqdori bir oz boshqacharoq belgilangan. Zakotning asl hikmati faqir va muhtojlarning hojatini chiqarmoqdir.

SHARIK QO‘ZG‘OLONI (751-yil) — Buxoroda Abbosiylar xalifaligiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon. Unga Sharik ibn Shayx al-Mahriy boshchilik qilgan. Qo‘zg‘olonga Ummaviylar o‘rniga 750-yilda hokimiyat tepasiga kelgan abbosiylarning xalifalik hududidagi arab bo‘lmagan xalqlarga nisbatan siyosatida o‘zgarishlar qilmaganligi; qonuniy hokimiyat Ali avlodlari qo‘liga topshirilishi lozim, degan shialarning fikrlari sabab bo‘lgan. Unda Buxorodagi sug‘diylar va arab aholisi qatnashgan. Biroq qo‘zg‘olonda mahalliy zodagonlar, savdogarlar, kashovarzlar deyarli ishtirok etmagan. Narshaxiyning yozishicha, qo‘zg‘olon rahbari Sharik arab harbiylaridan bo‘lib, u Buxoroda yashagan. Uning atrofida juda ko‘p kishi yig‘ilgan. Buxoro amiri Abduljabbor ibn Shuayb, Xorazm amiri Abdulmalik ibn Xarsama, Barzam (hozirgi Karki) amiri Muhammad ibn Husayn va boshqalar Sharikka bay’at qilib, uni qo‘llab-quvvatlashgan. Tabariyning fikricha, Sharik tarafdorlari 30 ming kishidan ortiq bo‘lgan. Xuroson voliysi Abu Muslim Ziyod ibn Solih boshchiligidagi 10 ming kishilik lashkarni qo‘zg‘olonni bostirish uchun Buxoroga jo‘natgan. Buxoro shahri darvozalari oldida 37 kun uzluksiz jang bo‘lib, unda buxoroliklar doim g‘alaba qozonib turgan. Buxorxudot Qutayba ibn Tag‘shoda 10 ming odam bilan kelib, Ziyod ibn Solih bilan ittifoqlikda Sharik qo‘shiniga qarshi urushga kirishi qo‘zg‘olon mag‘lubiyatga uchrashiga sabab bo‘lgan. Sharik lashkari katta qiyinchilikda qolgan. Qo‘shin o‘rtasida ochlik boshlangan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, qo‘zg‘olonchilar Ziyod va Tag‘shodaning birlashgan qo‘shinini Buxoro shahridan bir farsang uzoqlikda bo‘lgan jangda mag‘lubiyatga uchratishgan. Navkand (Navkanda) qishlog‘ida bo‘lgan ikkinchi jang (751-y. yozi)da esa qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiyatga uchrashgan. Sharik ibn Shayx ham jang paytida otdan yiqilgan va o‘ldirilgan. Buxoro amiri Abduljabbor bu mag‘lubiyatga qaramay, shaharni arablarga topshirishdan bosh tortgan. Arab lashkarboshisi Ziyod ibn Solih Buxoroga kelib, uch kecha-kunduz davomida shaharga o‘t qo‘ydirgan. Shahar ichida ham arab qo‘shini buxoroliklarning qattiq qarshiligiga uchragan. Narshaxiyning yozishicha, Ziyodning buyrug‘i bilan shahar aholisidan kimni tutsalar, ularni dorga osganlar va nihoyat shaharni olganlar. Sharikning o‘g‘li va harbiy qo‘mondonlari ham o‘ldirilgan. So‘ngra Ziyod ibn Solih Samarqandga kelib, bu yerdagi qo‘zg‘olonni ham bostirgach, Xurosonga qaytgan. Sharik qo‘zg‘oloni keyinchalik Movarounnahr va Xurosonda arablarga qarshi ko‘tarilgan Muqanna qo‘zg‘oloni oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:31:12
SHAVVAL — Abu Muslim qullar uchun maxsus joy tashkil ettirgan qishloq.

CHORYORLAR (forscha — to‘rt do‘st) — Muhammad (sav) vafotidan keyin arab xalifaligida hokimiyat tepasida turgan dastlabki 4 xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali). Ularni choryorlar deb atash Eron, Afg‘oniston va O‘rta Osiyodagi oddiy dindorlar orasida rasm bo‘lgan. Choryorlar arab tilidagi diniy manbalarda "œxulafo ar-roshidin" ("œto‘g‘ri yo‘ldan borgan xalifalar") nomi bilan tilga olinadi. Choryorlar xalifalikni boshqarish va kengaytirish, qo‘shni yerlarni fath etib islom bayrog‘i ostida birlashtirishga rahnamolik qilgan hukmdorlardir. Islomda choryorlar "œpayg‘ambar noiblari" hisoblanadilar. Islom an’anasida choryorlar hukmronlik davri islomning oltin asri deb yuritiladi. Bu davr 30 yil davom etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:31:31
GEOGRAFIK NOMLAR

ARAB XALIFALIGI (632-1258-yillar) — Arabiston yarimoroli, Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, O‘rta Osiyo va Kavkazortini o‘z ichiga olgan saltanat. VII-VIII asrlarda tashkil topgan. Arab xalifaligi asoschisi payg‘ambar Muhammad (sav) ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakrdir. Arablar yuqorida zikr etilgan mamlakatlarni 633-715-yillar orasida bosib olganlar. Bu mamlakatlar, asosan, "œXulafo ar-roshidin" ("œTo‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar") va Ummaviylar zamonida fath etildi. Lekin abbosiylar bu ulkan hududni butun saqlab qololmadilar. Ichki ixtiloflar ta‘siri ostida Arab xalifaligi VIII asrning oxirlaridan boshlab mayda-mayda qismlarga parchalanib keta boshladi; 788-yil Mag‘ribning g‘arbiy qismida (hozirgi Marokash) ibrisiylar (788-985), uning sharqiy qismida (hozirgi Tunis) ag‘labiylar (800-909) hukmronligi o‘rnatildi. Xuroson va Movarounnahrda esa IX asrning 20-yillaridan boshlab mahalliy sulolalar: tohiriylar (821-873), iylar (867-903-yillar) va somoniylar (875-999) bosh ko‘tarib chiqdilar. Ular Arab xalifaligiga nomigagina tobe bo‘lib, aslida mustaqil hukmdor edilar. Arab xalifaligi 1258-yil mo‘g‘ullar tarafidan tugatildi.

NARSHAX, Narjaq — Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi qadimiy qishloq. Ilk o‘rta asrlarda Narshaxda katta hisor (qo‘rg‘on) bo‘lgan. Muqanna qo‘zg‘olonining markazlaridan biri shu qishloqda joylashgan. 776 yili aprelda Muqanna tarafdorlari bilan Buxoro amiri Husayn ibn Maoz lashkari o‘rtasida Narshaxda katta jang bo‘ladi. Xalifa Mahdiyning vaziri Jabroil ibn Yahyo arablarga yordamga kelib, Narshaxni qamal qiladi. To‘rt oylik janglarda Hoshim Ahmad boshchiligidagi Muqanna tarafdorlari bo‘lgan oq kiyimliklar g‘alaba qozonishgan. Biroq arablar hiyla yo‘li bilan Narshaxni egallab, qo‘zg‘olon rahbarlarini xoinlarcha o‘ldirishadi. Bu paytda Narshaxning hokimi bo‘lgan ayol kishi (erining nomi Sharaf bo‘lib, u Abu Muslimning lashkarboshisi bo‘lgan)ni ham Jabroil o‘ldirtirgan. Narshaxdan mashhur tarixchi olim Narshaxiy chiqqan. Narshax haqida Abu Sa’d as-Sam’oniyning "œKitob al-ansob" asarida ham muhim ma’lumotlar mavjud (XII a.). Hozir Narshax Narchoqtepa nomi bilan mashhur.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:31:40
NUMIJKAT — qadimda Buxoroga yaqin, lekin undan alohida bir shahar bo‘lib, so‘ng bu ikki shahar bir-biriga qo‘shilib ketgan. Shuning uchun Buxoro goho "œNumijkat" deb ham atalgan.

TAROZ, TALAS — Qozog‘iston Respublikasi Jambul viloyatidagi qadimiy shahar, viloyatning ma’muriy markazi. Olmaotadan 545 km g‘arbda, Talas daryosini temir yo‘l kesib o‘tgan joyda. Aholisi arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, Taroz taxminan V asrda vujudga kelgan. Dastlab, vizantiyalik elchi Zemarx tomonidan 568-y. qayd etilgan. Shahar arab, fors manbalarida Talas, Taroz, Yangi nomlari bilan tilga olingan (VIII-XVIII asrlar). Qadimda Taroz Talas daryosi yoqasida joylashgan. U qal’a, shahriston va raboddan iborat bo‘lgan. VII asrda Taroz muhim savdo markazi. 751-y. Taroz yaqinida Talas jangi bo‘lib o‘tgan. IX a. oxiridan Somoniylar, X a. oxiridan Qoraxoniylar davlati tarkibida. XII a. oxiridan boshlab Qoraxitoylar va mo‘g‘ullar istilosidan ancha shikastlangan Taroz tanazzulga uchray boshlagan. XVI a. boshida shaharda hayot barham topgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:31:56
ISFIJOB — O‘rta asrdagi Isfijob hokimligining markaziy shahri. Aris daryosi vodiysi (Qozog‘iston) da joylashgan. Ko‘pgina tadqiqotchilar uni Chimkentdan 12 km sharqda, Sayram stansiyasining o‘nida bo‘lgan deb hisoblaydilar. Shaharning qachon vujudga kelgani noma‘lum. Sharq geograflarining ma‘lumotlariga qaraganda, maydoni Binkardan 3 marta kichik bo‘lib, Isfizjobning arki X asrdayoq vayrona holatda bo‘lgan; faqat shahriston va rabod saqlangan. Rabod devorining aylanma uzunligi 1 farsax (oltinchi 7 km) ni tashkil qilgan. Shahristonning 4 darvozasi: Nujkat, Farxon, Shakron va Buxoro bo‘lgan. Unda saroy, qamoqxona, jome masjidi va bozorlar joylashgan. 714-yilda Qutayba Choch va Turk xoqonligi kuchlarini ajratib, ittifoqdoshlarning birlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Isfijobga yurish qilgan. 840-yilda Isfijob viloyati somoniylardan Nuh ibn Asad qo‘l ostiga o‘tgan. Viloyatni ko‘chmanchilar hujumidan muhofaza etish maqsadida Nuh ibn Asad Isfijob atrofini devor bilan o‘rattirgan. Isfijob Buyuk Ipak yo‘li ustida bo‘lib, bu yerda bo‘z, qurol, metal, qul savdosi olib borilgan. 1700 ga yaqin mustahkam qo‘rg‘on (rabot) i bo‘lgan. X asr oxirlarida qoraxoniylarga, XIII asr boshida Muhammad Xorazmshohga, 1219-yildan mog‘ullarga bo‘ysungan; shaharning yangi nomi — Sayram dastlab shu davrdan (1221) tilga olinadi.

MOVAROUNNAHR (arabcha-daryoning narigi tomoni) — o‘rta asrlarda islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atama. Uning xuddi shu ma’noni anglatgan fors tilidagi "œVarorud" va "œVarojayxun" shakllari ham mavjud bo‘lib, ularning barchasi avval (XI asrgacha) Xuroson viloyatining davomi sifatida, XI asr boshdan e’tiboran esa Turkiston, ya’ni Qoraxoniylar davlati va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi ma’muriy birlik sifatida tushinilgan. XI asrda Yevropa tarixshunosligida mazkur arab atamasining lotincha tarjimasi bo‘lmish yangi "œTransoksiana" yoki "œTransoksaniya" atamalari muomalaga kiritilgan. Hozirgi zamon tarixiy-geografik ilmiy adabiyotda Movarounnahr deganda, asosan, Turkmanistondan tashqari bo‘lgan O‘rta Osiyo hududlari, ya’ni, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonning janubiy qismi tushiniladi. Movarounnahr atamasi ilk bor payg‘ambarimiz Muhammad (sav) haqidagi hadislarda tilga olingan. Movoraunnahr atamasi o‘rta asr manbalarida turlicha talqin qilinib, geografik hudud sifatida avval Turon, Turk xoqonligi yoki Turkiston mamlakati (VII asrgacha), keyin Xuroson (VII-X asrlarda) undan ham keyin Turkiston (XII asrdan boshlab), ma’lum vaqt esa Xorazm (XII asrning oxiri-XIII asrning bosh) tarkibiga kiritilgan. Demak, bu atama faqat geografik ma’noga ega bo‘lib, har xil davrlarda turli davlatlar — Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, shuningdek, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va boshqa davlatlarning tarkibiga ma’muriy birlik sifatida kirgan. Bu atama haqida turli manbalarda keltirilgan ma’lumotlarning yig‘indisi ham hududiy jihatdan "œO‘rta Osiyo" atamasini anglatadigan Turkiston tabiiy-geografik o‘lkasining barcha yerlarini qamrab olmaydi. Chunki, mazkur mintaqa tarkibiga kirgan Shimoliy Xuroson (Turkmaniston), Yettisuv (Qozog‘iston) va Janubiy Toxariston (Afg‘oniston) yerlari hech qanday manbalarda Movarounnahr tarkibiga kiritilmagan. Shuning uchun, Movarounnahr atamasining o‘rta asrlarda ishlatilgan eng keng ma’nodagi tushunchasi tarkibiga shartli ravishda faqat Amudaryo va Sirdaryo oraliqida joylashgan yerlarni kiritish mumkin.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:32:06
POYKEND, Poykand — qadimgi karvon yo‘li ustida qad ko‘targan shahar xarobasi (miloddan avvalgi IV-III-milodiy XI asrlar). Buxorodan 44 km janubiy-g‘arbda, Jondor va Qorako‘l tumanlari tutashgan hududda joylashgan. o‘rta asr yozma manbalarida shahar Boykand, Xitoy solnomalarida esa Bi nomlari bilan tilga olinadi. Uning nomlari "œQuyi shahar" ma’nosini anglatadi. Arablar uni "œMadinat ut-tujjor", ya’ni "œsavdogarlar shahri", ba’zan esa, qal’asining mustahkamligi tufayli "œjez shahar" deb yuritar edi. Poykend tashqi devorlarining nihoyatda mustahkamligidan shahar ilk o‘rta asrlarda "œShahristoni Rhin’, ya’ni "œJezdan qurilgan shahriston" (Jez shahar) nomi bilan shuhrat topgan. Poykend o‘tmishda 4 qism: 1) darvozali ark (maydoni 1 ga); 2) darvozali ichki shahriston (maydoni 11 ga); 3) darvozali tashqi shahriston (maydoni 6 ga); 4) sharq, g‘arb hamda janubiy tomonlarida qad ko‘targan (maydoni 100 ga dan oshiqroq) ulkan rabodlardan iborat bo‘lgan. Arkda qadimgi ibodatxona, podshoh saroyi, IX-X asrlarda qad ko‘targan koshinkor mehrobli jome masjidi, ichki va tashqi shahristonlarda savdogar va hunarmandlarning turar joy, mahalla-ko‘ylari, ichki bozor, ustaxona, nonvoyxona va dorixonalar kabi bino va inshoat korxonalar joylashgan. Shaharning rabod qismida esa 50 dan ortiq naus (ostodonlar xilxonasi)lardan iborat otashparastlarning qabristoni (nekropol), tashqi bozor va bir necha (Narshaxiyning ko‘rsatishicha, mingdan ortiq) rabotlar, ya’ni karvonsaroylar qad ko‘targan. Manbalarda qayd etilishicha, islomiyat davrida ham Poykend nauslari ochiq bo‘lgan. Otashparastlar o‘z marhumlari ustuxonlarini xatto, Buxoro shahardan Poykend nauslariga eltib dafn etganlar. Ayrim ma’lumotlarning guvohlik berishicha, Poykend qadimgi Buxoro hukmdorlarining qarorgohi bo‘lgan. Har bir podsho o‘zi uchun bu shaharda o‘rdugoh barpo etgan. Eftaliylar davlati hukmronligi davrida (V asrning ikkinchi yarmi va VI asr boshlari) u poytaxtga aylantirilgan. Narshaxiyning yozishicha, shahar aholisining aksariyati savdogar bo‘lib, ular Xitoy va dyengiz bo‘yi mamlakatlari bilan savdo qilganlar va juda davlatmand bo‘lgan. Shu boisdan arab geograflari Ibn Hurdodbeh va Ibn al-Faqihlar Poykendni "œMadina at-tujjor", ya’ni "œSavdogarlar shahri" nomi bilan ta’rif etadilar. Poykend o‘z tarixi jarayonida Buxoro vohasining nafaqat yirik savdo markazlaridan biri sifatida, balki tutgan geografik o‘rni jihatidan g‘arbiy Sug‘dning siyosiy hayotida strategik tomondan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Vohaning janubiy-g‘arbiy chegarasida harbiy istehkom sifatida bino qilingan Poykend ilk o‘rta asrlarda Buxoro viloyatining atrofi yagona mudofaa inshoati — Kanpir devor bilan o‘rab olingunga qadar u janubiy-g‘arb, dasht hududlaridan muttasil sodir bo‘ladigan ko‘chmanchi qabilalarning chopqunlarini qaytarish va tashqi dushman hujumlarining yo‘lini to‘sib, ularga dastlabki zarbalarni berishda mustahkam harbiy qarorgoh vazifasini o‘tagan. Uning mudofaa inshoatlari nihoyatda mustahkam qurilgan bo‘lib, zamonasining har qanday qamaliga bardosh bera olgan. Poykend arki, ichki va tashqi shahristonlarining har biri alohida qalin (3,5-5 m) va baland devorlar halqasi bilan o‘ralgan. Devor bo‘ylab har 60 m masofada va tashqi burchaklarda baland (11,5-12,5 m ) 2 qavatli burjlar o‘rnatilib, darvoza atrofi mudofaa inshoatlari (labirint) bilan mustahkamlangan. Shahar devorlari va burjlari har 1,6 m oralig‘i bo‘ylab shaxmat uslubida 3 qator nishon tuynuklari (tirkash) o‘rnatilgan. 674-yilda Poykend Arab xalifaligi lashkarboshi Ubaydulloh ibn Ziyod tomonidan fath etiladi. 707-yilda esa Poykend xalifalikning Xuroson voliysi Qutayba ibn Muslim tomonidan qamal qilinadi. Poykendliklar qattiq turib arablarga qarshilik ko‘rsatadilar. Qamal 50 kun davom etadi. Kuch bilan Poykendni qo‘lga kirita olmagan arablar shahar devori ostidan lahim (tunnel) qazib ichkariga bostirib kiradilar. Poykend arablar qo‘liga o‘tadi. Poykendliklar kattagina boj to‘lab Qutayba bilan sulh tuzadilar. Biroq shaharliklarning qo‘zg‘oloni oqibatida Poykend qayta egallanib, vayron etiladi. Juda katta miqdorda oltin va kumushdan yasalgan but va jomlar bilan bir qatorda ko‘plab qurol-yarog‘ hamda harbiy anjomlar o‘lja tarzida olinadi. Qutayba askarlari bu qurol-aslahalarning bir qismi bilan qurollanib oladilar. Tabariyning yozishicha, shaharning boyligidan arablar hayratga tushganlar. Hatto, eritilgan oltin-kumush anjomlar va butlarning toshu qolipidan 150 ming misqol miqdorda yombi ajratib olingan. IX asrning oxirgi choragi va X asr mobaynida Poykend va uning dehqonchilik vohasi ravnaq topadi. Ichki va tashqi savdo munosabatlari kengayib kulollik, shishasozlik, koshinkorlik, misgarlik va binokorlik taraqqiy etadi. Ilm-fan, ayniqsa, fiqhshunoslik rivojlanib, bir guruh Poykendlik fiqhshunos olimlar yetishib chiqadi. Ammo somoniylar hukmronligi barham topgach, XI asrda Poykendning sug‘orish tarmoqlari suvsizlikdan qurib qoladi. oqibatda shahar bo‘shab, xarobaga aylanadi. XII asrning I-choragida Arslonxon Muhammad ibn Sulaymon hukmronligi davrida Poykend qayta tiklanib va uning atrofi qayta obodonlashtiriladi. Shahar aholisi yana gavjumlashib, ko‘rkam turar joylar, podshoh uchun esa muhtasham saroy quriladi. Poykendning suv ta’minotini yaxshilash maqsadida Qorako‘l daryosidan uz. 1 farsaxli kanal qazib chiqarish uchun harakat qilinadi. Biroq, kanal qazilib tugatilmay qoladi. Poykend suvsizlikdan XII-asrning ikkinchi yarmida butunlay qurib yana vayronaga aylanadi. Arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, Poykendda hayot mil.avv. IV asrdan to milodiy XI asrgacha, ya’ni 1500 yil davomida kechgani ma’lum bo‘ldi. Arkda qadimgi ibodatxona, jome masjid va podshoh saroyi xarobalari, ichki shahristonda dorixona (VIII asr), bir qancha ulkan tandirlar o‘rnatilgan shahar nonvoyxonasi, tashqi shahristonda kulollik, shishasozlik kabi hunarmandlarning mahalla-ko‘ylari, 4 tomoni supali markazida sandali bor yotoqxona, oshxona, omborxona va tashnobli tahoratxonali mo‘jazgina bir qavatli hovli-joylarning xarobalari qazib ochildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:32:17
SOM — Kesh yaqinida tog‘ tepasiga bino qilingan qal‘a. "œOq kiyimlilar" qo‘zg‘olonining rahbari Muqanna bu qal‘ani o‘z qarorgohiga aylantiradi.

XUROSON (forscha — kun chiqish, sharq) — Eronning shimoli-sharqiy qismidagi tarixiy viloyat. Parfiya podsholigining markazi (mil.avv. 250-yil — milodiy 224-yil). Xuroson nomi sosoniylar davridan ma‘lum. Xuroson III asrdan XVIII asr o‘rtalarigacha hozirgi Eronning shimoli-sharqiy qismi, Marv vohasi, hozirgi Turkmanistonning janubiy qismi va Afg‘onistonning shimoliy va shimoli-g‘arbini o‘z ichiga olgan. Mashhad, Nishopur, Marv, Balx, Hirot, Tus, Saraxs, Obivard, Niso, Sabzavor Xurosonning muhim shaharlari bo‘lgan. VII asr o‘rtalarida uni arablar egallagan. Arab xalifaligi tanazzulga uchragach, Xuroson Tohiriylar, Somoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Hulokuiylar, Kurtlar davlati tarkibiga kirgan (IX-XIV asrlar). VIII asrdan XIII asrning 20-yillarigacha Xuroson Yaqin va O‘rta Sharqda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan o‘lkalardan biri bo‘lgan. U qo‘shni davlatlarga qishloq xo‘jalik mahsulotlari, mevalar, ipak, jun, mo‘yna chiqargan. Shuningdek, Xurosonda kumush, qo‘rg‘oshin, mis va temir rudalari, oltin, oltingugurt, to‘tiyo, margimush, marmar, malaxit va boshqalar qazib chiqarilgan, to‘qimachilik avj olgan. 1220-yil va 1223-yillarda Xurosonga mo‘g‘ullar, hujum qilib, vayron etgan; aholisining ko‘pchiligi qirib tashlangan. Shundan keyin Xuroson avvalgi mavqega chiqa olmagan. XIV asr oxirida Amir Temur Xurosonni o‘z davlatiga qo‘shib olgan, keyinchalik Shayboniylar, 1510-1736-yillar Safaviylar davlatlariga tobe bo‘lgan. Keyinchalik Xurosonning bir qismi (Hirot viloyati va Balx) Afg‘onistonga, bir qismi Eronga qo‘shilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:32:37
TARIXIY SANALAR

570-632-YILLAR — Muhammad binni Abdulloh (s.a.v.)ning yashagan yillari.

622-YIL 16-IYUL — Muhammad (s.a.v.)Makkadan Madinaga hijrat qilishga majbur bo‘lishlari, musulmon Sharqida qabul qilingan hijriy yil hisobi boshlanishiga zamin yaratadi. Islom bayrog‘i ostida Makka shahrida boshlangan tavhidlik dini targ‘iboti Madinaga ko‘chadi va Madina shahri kurashning markaziga aylanadi.

630-YIL — Muhammad (s.a.v.) arablarni yagona davlatga birlashtiradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:32:45
632-634-YILLAR — Arab xalfaligida Abu Bakr hukmronligi. U "œxalifa", ya`ni "œo`rinbosar" deb e`lon qilinadi.

634-644-YILLAR — Arab xalifaligida Umar hukmronligi.

644-656-YILLAR — Arab xalifaligida Usmon hukmronligi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:32:53
651-YIL — arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. Bu yerda o‘rnashib olgach, arablar Amudaryodan shimolida joylashgan boy viloyatlarni bosib olishga tayyorgarlik ko‘radilar.

654-YIL — arablar Maymurg‘ga hujum boshladilar.

656-661-YILLAR — Arab xalifaligida Ali hukmronligi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:33:01
661-680-YILLAR — Muoviya I xalifalik davri.

667-YIL — arablar Chag‘oniyonga hujum boshladilar.

673-YIL — Xalifa Muoviya I farmoni bilan Ubaydullox ibn Ziyod Amudaryodan kechib o‘tib, Buxoroga bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab, Buxoro shahrini qamalga oladi. Yordamga kelgan turklar va buxoroliklarning birlashgan qo‘shinlari jangda arablardan yengiladi, bir lak (yuz ming) dirham hajmda boj to‘laydi. Bojdan tashqari arablar to‘rt ming asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlardan iborat ko‘p o‘ljalar bilan Marvga qaytadilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:33:08
704-YIL — Qutayba ibn Muslim Xurosonga noib qilib tayinlanadi. Unga Movarounnahrdan to Xitoy hududlarigacha bo‘lgan viloyatlarni xalifalikka bo‘ysundirish vazifasi yuklanadi.

705-YIL — harbiy yurishni Qutayba Balx viloyati atroflarini zabt etishdan boshlaydi. Chag‘oniyon hokimi jangsiz taslim bo‘ladi. Arablarning Movarounnahrga tomon yurishining ikkinchi davri boshlanadi.

707-709-YILLAR — Qutayba Buxoro va uning atroflariga bir necha bor hujumlar qilib, ko‘pdan-ko‘p qal‘alar va obod yerlarni bosib oladi. Buxoro viloyatiga hokim qilib, u buxorxudot Tug‘shodani va unga amir qilib o‘z yaqinlaridan birini tayin etadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:33:16
707-YIL — Qutayba katta qo‘shin bilan Amudaryodan o‘tib, Buxoro vohasiga kiradi. Uning bu yurishida Balx dehqoni va chag‘on-xudotlarning harbiy kuchlari ishtirok etadi, Poykand egallanadi.

709-738-YILLAR — Sug‘dda Gurak hukmronligi davrida arablarga qarshi kurash olib boriladi..

710-YIL — Qutayba Shuman, Kesh, Nasafni bosib olib, Samarqandga hujum boshlash uchun tayyorgarlik ko‘radi. Biroq, Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelgan qulay fursat Qutaybani Sug‘d yurishini kechiktirib, Xorazmga qo‘shin tortishga jalb qiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:33:24
710-737-YILLAR — Sug‘dda Gurakninghukmronlik yillari.

711 YIL — Xorazm shohi Chag‘on ukasi Hurzod boshliq xalq qo‘zg‘olonidan qo‘rqib, yordam so‘rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba yordamida Hurzod boshchiligidagi xalq qo‘zg‘oloni bostirilib, Xorazmshoh o‘z mustaqilligini yo‘qotib, xalifalikning bojdoriga aylanadi. Uning qo‘shini Qutaybaning harbiy yurishida majbur etiladi.    

712-YIL — Qutayba arablardan tashqari Buxoro va Xorazm qo‘shinlari bilan Samarqandga tashlanadi. Bu davrda ixshid Tarxun taxtdan tushirilib, uning o‘rniga Gurak Sug‘dga podsho qilib ko‘tarilgan edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:33:33
713-YIL — Qutayba qo‘shin saflarini butlash maqsadida Buxoro, Kesh, Nasaf va Xorazm aholisidan 20 ming askar to‘plab berishini talab qiladi. Yig‘ilgan katta qo‘shin ikkiga ajratiladi. Uning Kesh, Nasaf va Xorazm qo‘shinlarining birlashmasidan iborat birinchi safi Choch viloyatiga, o‘zi boshliq asossiy kuch Ustrushona va Xo‘jand orqali Farg‘ona vodiysi tomon yo‘l oladi. Choch vohasi bosib olinib, Chochning poytaxti Madinatt ash-Shosh, juda ko‘p qal‘a va qo‘rg‘onlar hamda qishloqlarga o‘t qo‘yilib vayron etiladi. Qutayba Ustrushona va uning soylik va adirlarida janglar qilib, Xo‘jand va Kosonni zabt etadi.

714-YIL — Qutayba Choch va Turk xoqonligi kuchlarini ajratib, ittifoqdoshlarning birlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Isfijobga yurish qiladi.

715-YIL BOSHI — Qutayba Farg‘ona vodiysini uzil-kesil egallab, Qoshg‘argacha kirib boradi. Hamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlanadi, xalifa Volid vafot etadi. Uning o‘rniga Qutaybaning g‘animi Sulaymon xalifalik taxtiga o‘tiradi. Qutayba yangi xalifaga qarshi isyon ko‘taradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:33:41
715-YIL — Qutayba Farg‘onada arab askarlari tomonidan o‘ldiriladi.

717-719—YILLAR — Arab xalfaligida Xalifa Umar ibn Abdulaziz hukmronligi davrida bo‘ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. U yangi yerlarni bundan buyon zabt etishni to‘xtatish hamda moliyaviy isloh o‘tkazish to‘g‘risida farmon berdi. Bunga binoan, musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan ajamliklardan xiroj va jiz‘ya soliqlarini olish bekor qilindi. Biroq, xalifalik ma‘murlari bir yo‘la hammadan jiz‘ya olish haqida buyruq beradi. Natijada Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanadi. Buning oqibatida mahalliy mulkdorlar bilan xalifalik vakillari o‘rtasida ziddiyat keskinlashib, butun mamlakatda xalifalikka qarshi xalq qo‘zg‘oloni ko‘tariladi.

720-YIL — Samarqand ixshidi Gurak va Panjikent hokimi Divashtich boshchiligida arablarga qarshi Sug‘dda qo‘zg‘olon boshlanishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:33:49
721 YIL — Said Xaroshiy Xurosonga noib qilib tayin etiladi. U Iroqda xalq qo‘zg‘olonini bostirishda dong qozongan. Unga sug‘dliklar qo‘zg‘olonini bostirish va ularni islomga qaytarish topshirilgan.

723-YIL — Arablarga qarshi Farg‘ona hokimi qo‘shin tortadi. Unga Shosh, Nasaf va turklar yordamga boradilar. Ittifoqchilar dushmanga qattiq zarba berib, uni Xo‘janddan to Samarqandgacha ta‘qib qilib boradilar.

725-YIL —Xuttalonda Xalifalikning soliq siyosatiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tariladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:33:56
728-YIL — Sug‘dda Xalifalikning soliq siyosatiga qarshi qo‘zg‘olon avjiga ko‘tariladi.

736-737-YILLAR — arablarga qarshi Toxariston va Sug‘dda qo‘zg‘olon ko‘tariladi.

737-YIL — arablar tang ahvolda qoladi. Xuroson va Movarounnahrning noibi va amirlari bir necha bor o‘zgartiriladi. Xurosonning noibi Nasr ibn Sayyor mamlakatda o‘z mavqeni mustahkamlab olish maqsadida moliya islohatini o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar jiz‘yadan ozod etilib, barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi. Yer egasining e‘tiqodidan qat‘iy nazar xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yiladi. Nasr mahalliy mulkdorlar bilan yaqin aloqa o‘rnatish va ular yordamida mamlakatni itoatda tutib turishga harakat qiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:34:05
738-748-YILLAR — Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor mamlakatda o‘z mavqeyini mustahkamlab olish maqsadida moliya islohati o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar jiz’yadan ozod etildi. Barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi, yer egasining e’tiqodidan qat’iy nazar ularning xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yiladi. Movarounnahr va Xurosonning barcha viloyatlari uchun xiroj miqdori belgilab beriladi. Shu bilan birga Nasr mahalliy mulkdorlar bilan yaqin aloqa o‘rnatish va ular yordamida mamlakatni itoatda tutib trishga harakat qiladi. Shu maqsadda u xalifalik tomonga o‘tgan yirik dehqonlarning avvalgi imtiyozlarini tiklaydi. Oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor dehqonlar o‘rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalari o‘rnatilishini himoya qiladi. Ayni paytda o‘zi ham namuna ko‘rsatib, Buxudotning qiziga uylanadi. Bunday siyosat natijasida, shubhasiz, arablar bilan mahalliy zodagonlar o‘rtasida ma’lum darajada ittifoq yuzaga kela boshladi. Ammo bu ozodlik yo‘lida olib borilayotgan xalq harakatlariga barham bera olmaydi.

744-750-YILLAR — Arab xalifaligida Xalifa Marvon II hukmronligi davri. Uning davrida Ummaviylarga qarshi umumiy norozilik nihoyatda kuchaydi. Bunga xiroj solig‘i miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilish sabab bo‘ladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:34:13
746-YIL — Abbosiylar targ‘ibotiga rahbarlik qilish uchun Abu Muslim Xurosonga keladi.

747-749-YILLAR — Movarounnahrda ummaviylar hukmronligiga qarshi Abu Muslim harakati.

747-YIL — Abu Muslim ummaviylarga qarshi aholini ochiq kurashga da‘vat etadi. Bu davrda Xurosonda Nasr ibn Sayyor noiblik qilardi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:34:22
748-YIL BOSHI — Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini jangsiz egallaydi.

749-YIL — Abu Muslim boshliq qo‘zg‘olonchilar xalifalikni markaziy viloyatlariga tomon yo‘l oladilar. Poytaxt qo‘lga kiritilib, Xalifa Marvon II taxtdan ag‘dariladi. Uning o‘rniga abbosiylar xonadonidan bo‘lgan Abul Abbos Saffox xalifalik taxtiga ko‘tariladi. Joylarda ummaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari qirib tashlanadi. Arab xalifaligida davlat abbosiylar qo‘liga o‘tadi.

750-YIL — Abbosiylarga qarshi Buxoroda Sharik ibn Shayhulmahri boshchiligida xalq qozg‘oloni ko‘tariladi. Abu Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan qo‘zg‘olonni bostirdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:34:31
750-754-YILLAR — Arab xalifaligida Abul Abbos Saffox hukmronligi davri.

751-YIL — Abu Muslim tomonidan Ziyod ibn Solih boshchiligida yuborilgan arab va so‘g‘d, turklardan iborat harbiy kuch Talos vodiysida Xitoy qo‘shinlariga zarba berib, ularni mamlakat hududidan quvib chiqaradi.

755-YIL — qurolsiz va yolg‘iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa buyrug‘iga binoan o‘ldiriladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:34:39
769-783-YILLAR — Movarounnahrda "œOq kiyimliklar" qo`zg`olonini bo`lib o`tishi.

775-YIL — "œOq kiyimlilar"ga zarba berish uchun xalifa Abu Jafar (Mansur) Jabroil ibn Yahyo boshliq katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qilishi mag`lubiyat bilan tugadi. U katta talofat ko`rib, zo`rg`a Samarqanddagi arab qo`shinlariga kelib qo`shiladi. Naqshab va Chag`oniyon vohalari qo`zg`olonchilar qo`liga o`tadi.

776 YIL — "œOq kiyimlilar" qo`zg`oloni Buxoro vohasida kuchayib ketadi. Narshax qal`asi qo`zg`olonchilarning qo`rg`oniga aylantirib, unda "œoq kiyimlilar"ning kattagina qismi to`planadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:34:50
777-YIL — Narshaxdagi qo‘zg‘olon bostirilgach, arablar asosiy kuchni "œoq kiyimlilar" qo‘zg‘olonining markazi bo‘lgan Samarqand va Keshga tashlaydilar, qo‘zg‘olonchilarga uzil-kesil zarba berish uchun harbiy kuch to‘plash maqsadida xalifa Maxdiy Nishopurga keladi.

783-YIL — Muqannaning Som qal’asidagi qarorgohi qamalga olinadi. Uzoq davom etgan qamaldan so‘ng muqannachilar taslim bo‘ladilar. Istilochilarga taslim bo‘lishni istamagan Muqanna o‘zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo‘ladi.

806-819-YILLAR — Xurosonda Ma‘mun noibligi davrida Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirishda Somonxudotning nabiralari Nuh, Ahmad va Yahyolardan yordam olishi. Somonxudotlarning avlodi bo‘lgan somoniylarning xalifalik oldidagi bu xizmatlari xalifa tomonidan inobatga olinib, Movarounnahr kelajak taqdiri mahalliy mulkdorlar vakillari qo‘liga o‘tishiga yo‘l ochiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:35:00
806-YIL — Rofe ibn Lays boshliq Samarqand, Shosh, Farg‘ona, Buxoro, Naxshab va Xorazm aholisining qo‘zgoloni.

VII ASR BOSHI — Arablarda siyosiy tarqoqlik nihoyatda kuchaydi. Arabistonda bo‘lgan bunday ijtimoiy va siyosiy vaziyat, mamlakatning birlashuviga olib keldi. Bunday harakatning asosiy tarafdori bo‘lib shaharning savdogar va hunarmand aholisi ko‘tariladi. Bu harakat yagona e‘tiqodga da‘vat qilishdan boshlanadi. Bu yakkaxudolik dini bo‘lib, tarixda "œitoat", "œtobelik" va "œbo‘yin egish" ma‘nolarini anglatuvchi "œislom" nomi bilan shuhrat topadi.

VII ASRNING 80-YILLAR BOSHI — Movarounnahrning mahalliy hukmdorlari Sirdaryo etagidagi Xorazm yaqinidagi shaharlarda bir necha bor to‘planishlari, o‘zaro siyosiy nizolarni to‘xtatish, xalifalikka qarshi birlashib kurashish to‘grisidagi sa‘yi-harakatlari amalga oshmadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:35:10
VII-ASR OXIRI — Butun Arab xalifaligida tartib o‘rnatilishi Movarounnahrni bosib olishga zamin yaratdi.

VIII ASR BOSHI — Arablar Movarounnahrni istilo qiladilar, bosib olingan yerlarda islom dini zo‘rlik bilan yoyilib, mahalliy xalqlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayoti Arab xalifaligining tartib-qoidalariga bo‘ysundirildi. Istilochilar mahalliy madaniyatni oyoq osti qilib, xalq boyliklarini taladilar, ajnabiylar jabr-zulmiga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari shafqatsiz bostirildi.

VIII ASR BIRINCHI YARMI — Movarounnahrda xalifalikka qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari arab istilochilariga qarshi kurashning birinchi bosqichi edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:35:19
VIII ASRNING 40-YILLARI — Ummaviylarga qarshi umumiy norozilik Xalifa Marvon II hukmronlik qilgan davrda nihoyat kuchayadi. Bunga xiroj solig‘i miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi sabab bo‘ladi.

VIII ASRNING 40-YILLARI — xalifalikda toju-taxt uchun kurash kuchayadi. Muhammad payg‘ambarning amakisi Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali xalifalik uchun kurash boshladi. Ummaviylar Muhammad (s.a.v.) avlodini qirib tashlashda ayblandi. Hokimiyatni abbosiylarga topshirish kerak degan da’vo ilgari surildi. Abbosiylar harakatini targ‘ib qilish uchun xalifalikni deyarli barcha o‘lka va viloyatlariga alohida ahamiyat beriladi. Targ‘ibotchilar aholining og‘ir ahvoliga faqat Ummaviylar sababchi degan fikrni oshkora targ‘ib qiladilar. Shu tariqa xalifalikda ummaviylar hukmrnligini ag‘darib tashlash uchun keskin harakat boshlanib ketdi.

VIII ASRNING 70-80-YILLARI — Movarounnahrda arablarga qarshi "œOq kiyimlilar" qo`zg`oloni ko`tariladi. Bu harakatning rahbari Muqanna, ya`ni "œNiqobdor" laqabi bilan mashhur bo`lgan marvlik Hoshim ibn Hakim ismli hunarmand bo`lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:50:22
III BOB

IX-XIII ASR BOSHLARIDA
MOVAROUNNAHR VA
XUROSONDA MUSTAQIL DAVLATLAR

MUSTAQIL DAVLATLARNING SHAKLLANA BOSHLASHI

Qarluqlаr dаvlаti.
VIII аsrning охirlаri XI аsrning bоshlаridа Аrаb хаlifаligining оg‘ir tаng аhvоlgа tushib qоlishi O‘rtа Оsiyodа mustаqil dаvlаtlаrning tаshkil tоpishigа qulаy shаrt-shаrоitlаr yarаtdi. Dаstlаb bundаy dаvlаtlаr аrаblаr istilо qilib ulgurmаgаn Mоvаrоunnаhrning shimоliy vа shimоli-shаrqiy hududlаridа shаkllаndi. Аnа shundаy dаvlаtlаrning birinchisi Qarluqlаr dаvlаti bo‘lsа, ikkinchisi O‘g‘uzlаr dаvlаtidir.
Оltоy dаryosining g‘аrbidа, so‘ngrа Irtish dаryosining o‘rtа оqimidа istiqоmаt qilgаn qarluqlаr qаdimdаn turkiy elаtlаrdаn bo‘lib, VI-VII аsrlаrdа Turk хоqоnligi tаrkibidа bo‘lgаnlаr. VII аsrning o‘rtаlаrigа kеlib ulаr Yettisuv o‘lkаsigа jоylаshgаnlаr. Qarluqlаrning kаttа qismi Tаlоs vа Chu dаryolаri аdоqlаridаn tо Issiqko‘lgаchа bo‘lgаn hududlаrdа yashаgаnlаr.
Qarluqlаr dаvlаti VIII аsrning охirlаridа tаshkil tоpgаn. Uning pоytахti Suyob shаhri bo‘lgаn. Qarluqlаr dаvlаtidа pоdshоhlаr "œyabg‘u’ yoki "œjаbg‘u’ dеb аtаlgаn. Bu dаvlаtdа Jo‘l, Nаvkаt, Yor, Kаrmаnkаt, Tun, Bаrsхоn, Pаnjаkеnt, Bеklig‘ kаbi shаhаrlаri bo‘lgаn. Хаlqning аsоsiy mаshg‘ulоti chоrvаchilik, оvchilik bo‘lgаn. Dеhqоnchilik bilаn hаm shug‘ullаngаnlаr. Sаvdо-sоtiq ishlаri аsоsаn Mоvаrоunnаhr vа Yettisuv аhоlisi bilаn оlib bоrilgаn. O‘z iхtiyorlаri bilаn dаstlаb mоniy, nаsrоniy vа islоm dinini qаbul qilgаnlаr. VIII аsrning охirlаridа qаrluqlаr jаbg‘usi islоm dinini qаbul qilgаn. X аsr o‘rtаlаridа qarluqlаrning kаttа qismi musulmоn bo‘lgаn.
X аsrning o‘rtаlаridа Qоrахоniylаr dаvlаti shаkllаngаndа qarluqlаr hаm uning tаrkibigа kirgаn. Qоrахоniylаr Mоvаrоunnаhrni egаllаgаch, qarluqlаr аsоsаn Shоsh, Fаrg‘оnа vа Zаrаfshоn vоhаlаrigа kеlib jоylаshdilаr vа mаhаlliy аhоli bilаn qоrishib kеtdilаr. Qаrluqlаr o‘zbеk vа tоjiklаrning etnоgеzidа muhim rоl o‘ynаgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:50:32
O‘g‘uzlаr dаvlаti. VI аsrning birinchi yarmidа Хitоydаn tо Qоrа dеngiz bo‘ylаrigаchа bo‘lgаn yerlаrdа turkiy qаbilаlаrning to‘quzo‘g‘uzlаrning hаrbiy ittifоqi yuzаgа kеlаdi vа VI аsrning ikkinchi yarmi vа VII аsrdа ulаr Turk хоqоnligi tаrkibidа edi. Turk хоqоnligi yеmirilgаch, to‘quzo‘g‘uzlаrning kаttаginа qismi g‘o‘z yoki o‘g‘uz nоmi оstidа Sirdаryo hаvzаsi hаmdа Оrоl dеngizi bo‘yidа muqim o‘rnаshib, IX аsr охiri vа X аsr bоshidа O‘g‘uzlаr dаvlаtigа аsоs sоlаdilаr. Bu dаvlаtning pоytахti Yangikеnt shаhri edi. O‘g‘uzlаr ko‘chmаnchi chоrvаdоr bo‘lgаnliklаri bоis birоrtа shаhаrlаrni o‘z qo‘llаri bilаn binо qilmаgаnlаr. Ulаr Shоsh vа Хоrаzmgа tаlоn-tаrоjlik yurishlаr uyushtirib turgаnlаr. X аsrdаn bоshlаb o‘g‘uzlаr islоm dinini qаbul qilаdilаr. X аsrning birinchi chоrаgidа O‘g‘uzlаr dаvlаti qipchоqlаr zаrbаsigа uchrаb bo‘linib kеtаdilаr. Ulаrning bir qismi jаnubiy Rusiya dаshtlаrigа bоrib o‘rnаshаdilаr, ikkinchi qismi esа sаljuqlаr bоshchiligidа Оld Оsiyogа istilо qilishgа kirishаdi. O‘g‘uzlаr turkmаn, оzаrbаyjоn, qоrаqаlpоq, turklаrning etnоgеzidа muhim rоl o‘ynаgаn
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:50:43
Tоhiriylаr dаvlаti. Хаlifа Hоrun (786-809) vаfоtidаn so‘ng uning o‘g‘illаri Mа’mun bilаn Аmin o‘rtаsidа 809-813-yillаrdа tахt uchun kurаsh bo‘lib o‘tаdi. Mа’mun uzоq yillаr Хurоsоn vа Mоvаrоunnаhrning nоibi bo‘lib, mаhаlliy mulkdоrlаr bilаn judа yaqinlаshib kеtgаn edi. Hirot viloyatining zodagonlaridan Tоhir ibn Husаyn bоshliq Хurоsоn vа Mоvаrоunnаhr mulkdorlari ungа хаlifаlik tахtini egаllаshgа yordаm bеrаdilаr. 813-yildа ulаr Bag‘dоdni egаllаydilаr vа хаlifаlik tахtigа Mа’mun o‘tkаzilаdi. Buning evаzigа Tоhir 821 yildа Хurоsоn vа Mоvаrоunnаhr nоibi etib tаyinlаnаdi. Bundan tashqari Ma’mun bergan yordami uchun Movarounnahr zodagonlari bo‘lgan Somonxudotning nabiralari Nuh Samarqand, Ahmad Farg‘ona, Yahyo Shosh va Ustrushona, Ilyos Hirotga noib etib tayinlanadi. 822-yilda Tohir davlat ishlarini mustaqil idora etish maqsadida хutbаdаn хаlifа nоmini chiqаrib tаshlаydi. Birоq, ko‘p o‘tmаy Tоhir ibn Husаyn to‘sаtdаn vаfоt etаdi. Uning o‘g‘illаri Tаlxа vа Аbul Аbbоs Аbdullоh birin-kеtin nаvbаt bilаn nоiblik qilаdilаr. Аbul Аbbоs Аbdullоh nоibligi (839-844) dаvridа pоytахt Mаrvdаn Nishоpurgа ko‘chirilаdi.
Tоhiriylаr dаstlаb hоkimiyatni mustаhkаmlаshgа vа qishlоq хo‘jаligini tаrtibga sоlishgа hаrаkаt qilаdilаr. Bundаn tаshqаri ulаr dаvlаt bоshqаruvi, fuqаrоlаrgа munоsаbаt vа sоliq sоlish tаrtiblаrigа аlоhidа аhаmiyat bеrаdilаr.
Birоq, tоhiriylаr dаvridа mеhnаtkash xalq mulkdоr dеhqоnlаrning jаbr-zulmiga va dаvlаtning оg‘ir sоliqlаriga qarshi tеz-tеz qo‘zg‘оlоn ko‘tarib turishardi. Ulаrdа аyniqsа "œg‘оziylаr" fаоllik ko‘rsаtаrdi. G‘оziylаr — ko‘chmаnchilаrgа qаrshi ko‘ngillilаrdаn tuzilgаn qurоlli mахsus guruh, аdоlаt kurаshuvchilаri bo‘lib, аsоsаn kаmbаg‘аl hunаrmаndlаr vа yersiz zirоаtchilаrdаn ibоrаt edi. IX аsrning 60-yillаridа Хurоsоndа ulаr fаоlligidа хаlq qo‘zg‘оlоnni аvj оlib kеtdi. Ungа аkа-ukа miskаr Yoqub vа Аmr binni Lаys bоshchilik qilаdilаr. 873-yildа g‘оziylаr tоhiriylаrning hаrbiy qo‘shinigа qаqshаtqich zаrbа bеrib, Nishоpurni egаllаydilаr. Nаtijаdа tоhiriylаr hukmrоnligi tugаtilib, yangi Sаffоriylаr dаvlаti (873-900) tаshkil tоpаdi. Buning оqibаtidа Mоvаrоunnаhr Хurоsоndаn аjrаlib o‘z mustаqilligini to‘lа tiklаb оlish imkоnigа egа bo‘lаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:51:04
SОMОNIYLАR DАVLАTI

Somoniylar hukmronligi. 865-yildа Nаsr Mоvаrоunnаhrning birdаn-bir yagоnа hukmdоri bo‘lib qоlаdi. Buхоrо vоhаsi, Nахshаb (Qаshqаdаryo), Chаg‘оnrud (Surхоndаryo) vоdiylаridаn tаshqаri Mоvаrоunnаhrning bаrchа vilоyatlаrini birlаshtirish vа uni Хurоsоndаn аjrаtib оlish chоrаlаrini ko‘rаdi. Tоhiriylаr dаvlаtining bаrhаm tоpishi bilаn siyosiy vаziyat o‘zgаrib, mustаqillik uchun qulаy shаrоit yarаtildi. 874-yildа sаffоriylаrgа qаrshi ko‘tаrilgаn Buхоrоdаgi qo‘zg‘оlоndаn fоydаlаnib, Nаsr Buхоrоni o‘z dаvlаtigа qo‘shib оlаdi. Buхоrоni idоrо etish uchun ukаsi Ismоilgа tоpshirаdi. Nаsr mаmlаkаt mustаqilligi bеlgisi sifаtidа Sаmаrqаndа kumush tаngаlаr zаrb etishni yo‘lgа qo‘yadi.
888-yildа Ismоil аkаsi Nаsr ustidаn uzil-kеsil g‘аlаbа qоzоnаdi. 892-yildаn bоshlаb esа Ismоil Sоmоniy butun Mоvаrоunnаhrning yagоnа hukmdоri bo‘lib оlаdi.
Ismоil Sоmоniy (892-907) o‘z dаvrining qоbiliyatli, sеrg‘аyrаt vа zukkо dаvlаt аrbоbi bo‘lib, Mоvаrоunnаhrdа yirik mаrkаzlаshgаn dаvlаtgа аsоs sоldi. U o‘z dаvlаtigа dоimо хаvf sоlib turgаn ko‘chmаnchilаr ustigа 893-yildа qo‘shin tоrtib, Tаrоz shаhrini egаllаydi vа shimоldаn bo‘lаdigаn hujumlаrgа bаrhаm bеrdi. Kuchаyib bоrаyotgаn vа mustаqillikа intilаyotgаn Ismоil Sоmоniy siyosаti Аrаb хаlifаligini tаshvishgа sоlаyotgаn edi. Shu bоis хаlifа Mu’tаzid Ismоil Sоmоniy bilаn Хurоsоn nоibi Аmr ibn Lаysni to‘qnаshtirib o‘z mаqsаdigа erishmоqchi bo‘ldi. 900-yildа Ismоil hаl qiluvchi jаngdа Аmr ibn Lаysni yеngib Хurоsоnni hаm o‘zigа qo‘shib оlаdi. Nаtijаdа хаlifа Ismоil Sоmоniy dаvlаtini tаn оlib, ungа hukmdоrlik yorlig‘ini yubоrishgа mаjbur bo‘ldi. Buning оqibаtidа IX аsr охirlаridа Mоvаrоunnаhr Аrаb хаlifаligi istibdоdidаn butunlаy хаlоs bo‘ldi.
Sоmоniylаr dаvlаti yuz yildаn ko‘prоq yashаdi. Sоmоniylаr hukmrоnligining kеyingi o‘n yili dаvоmidа dаvlаt hоkimiyatining kuchi yanаdа zаiflаshdi, dаvlаt ichidа nizоlаr kuchаydi, vilоyatlаrdаgi hоkimlаr itоаtsizlik qilib, kurаshni kuchаytirdilаr. Ichki vа tаshqi kurаshlаrgа Sоmоniylаr dаvlаti bаrdоsh bеrа оlmаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:51:20
Somoniylarda boshqaruv tizimi. Sоmоniylаr dаvlаtidа mаrkаziy vа vilоyatlаr bоshqаruvi tizimi Ismоil Sоmоniy dаvridа uzil-kеsil qаrоr tоpdi. Bu dаvlаtdа mаrkаziy bоshqаruv dаrgоh vа dеvоn оrqаli аmаlgа оshirilgаn. Bоshqаruvdа аmirning shахsiy lаshkаri bo‘lmish turk g‘ulоmlаrining rоli kаttа bo‘lgаn. Mаrkаziy bоshqаrmа 10 tа dеvоndаn ibоrаt bo‘lgаn: vаzir dеvоni, mustаvfiy dеvоni (хаzinа (mоliya) kirim chiqimlаr), аmid аl-mulk dеvоni (dаvlаt hujjаtlаri vа elchilik аlоqаlаri), mumоllikаyi хоs dеvоni (dаvlаt mulklаri), sоhibi shurаt dеvоni (hаrbiy ishlаr), sоhibi muаyyid dеvоni (mаktubоt vа ахbоrоt), mushrif dеvоni (sаrоy ish bоshqаruvchisi), muхtаsib (bоzоrlаrdаgi tоshu-tаrоzilаr, nаrх-nаvо hаmdа fuqаrоlаrning mаfkurаsi), qаzо dеvоni (аdliya), аvqоf dеvоni (mаsjid vа mаdrаsаlаrning vаqf хo‘jаliklаri). Dеvоnlаrning eng kаttаsi vаzir dеvоni bo‘lib, bоshqаlаri ungа bo‘ysungаn. Nаsr ibn Аhmаd (914-943) dаvridа Buхоrоning Rеgistоn mаydоnidа dеvоnlаr uchun mахsus sаrоy qurilib, dаvlаt mаhkаmаsi hаm shu jоydа jоylаshgаn. Mаhkаmа хizmаtchilаri sаrоy аhli, ruhоniy vа zоdаgаn dеhqоnlаrdаn ibоrаt bo‘lib, muаyyan bilimlаrgа egа bo‘lishi shаrt edi. Mаmlаkаt vilоyatlаri mаhаlliy hоkimlаr (kаdхudоlаr) vа rаislаr tоmоnidаn bоshqаrilgаn. Vilоyat hоkimlаri bа"œzаn vаzir dеb yuritilgаn. Hаr bir vilоyatdа mаktubоt vа ахbоrоt dеvоnidаn tаshqаri, bаrchа dеvоnlаrning vаkillаri bo‘lgаn. Hаr bir shаhаrdа rаis — shаhаr bоshlig‘i vа muhtаsib — shаriаt ishlаri, bоzоrlаrdаgi tоsh-tаrоzi vа nаrхlаrni nаzоrаt qiluvchi bo‘lgаn.
Sоmоniylаr dаvlаtidа "œiqtо" mulklаrining o`rni kаttа edi. Bu mulk egаlаri "œmuqtо" yoki "œiqtоdоr" dеb yuritilgаn. Iqtоdоrlаr bu mulklаrni dаvlаt оldidаgi аlоhidа хizmаtlаri uchun yer vа suv shаklidа оlgаnlаr. "œIqtоdоr"lаr hаdya qilingаn yerlаrdаn tushаdigаn dаrоmаd yoki uning mа`lum qismini yig`ib оlish huquqigа egа edi. Iqtо mulklаr mа`lum muddаtgа bеrilgаn, nаsldаn-nаslgа o`tkаzilmаgаn.
Sоmоniylаr dаvlаtidа islоm dini ruhоniylаrining оbro‘si оshib, Buхоrо Shаrqdаgi islоm dinining mаrkаzlаridаn birigа аylаndi. Buхоrоdа musulmоn Shаrqidаgi ilk ilmgоh mаdrаsа tаshkil qilinаdi. Islоm mаfkurаsigа dаstlаb "œustоd" rаhnоmаlik qilgаn. Kеyinchаlik din pеshvоlаri vа islоm ulоmolаri "œshаyхulislоm" nоmi bilаn yanаdа ulug‘lаngаn. Ustоddаn kеyin "œхаtib" turgаn. Bu dаvrdа diniy muаssаsаlаr tеgishli yerlаr kеngаyib, yangi turdаgi diniy-yer egaligi хo‘jаligi tаrkib tоpdi.
Ismоil Sоmоniy yaхshi qurоllаngаn hаrbiy qo‘shin vа turk g‘ulоmlаridаn ibоrаt bo‘lgаn mахsus sаrоy muntаzаm sаrbоzlаr qismini tuzаdi. Muntаzаm sаrbоzlаr оliy dаrgоh vа shахsаn аmirni vа uning hаrаmini qo‘riqlаsh uchun tuzilgаn. Yaхshi vа uzоq хizmаt qilgаn sаrbоzlаr "œhоjib" lаvоzimigа ko‘tаrilgаn. Hоjiblаrning bоshlig‘i "œhоjibul hujоb" yoki "œhоjibul buzruk" dеb yuritilgаn. Hоjiblаr, аyniqsа hоjibul hujоb sаrоydа turаr vа dаrgоhning ishlаridа bоshqаrаr edi. Sоmоniylаr sаrbоzlаridаn tаshqаri оzоd mеhnаt аhlidаn tuzilgаn hаrbiy qo‘shinlаrigа hаm egа edi. Hаrbiy qo‘shin vа uning tа’minоti bilаn "œаriz" bоshliq dеvоni аriz shug‘ullаnаrdi. Qo‘shinlаrgа хizmаt hаqi hаr uch оydа, yiligа to‘rt mаrtа to‘lаnаrdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:51:37
Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Zаrаfshоn, Qаshqаdаryo, Shоsh, Fаrg‘оnа vоdiysi vа Хоrаzm vоhаsidа g‘аllаchilik, shоlikоrlik, pоlizchilik vа bоg‘dоrchilik rivоjlаndi. Pахtаchilik mаydоnlаri Murg‘оb, Buхоrо, Sаmаrqаnd vа Shоsh аtrоflаridа kеngаydi. IX-X аsrlаrdа Mоvаrоunnаhrdа ko‘plаb yangi sug‘оrish kаnаllаri qаzildi. Suv tа’minоti bilаn mirоb, jo‘ybоn vа pоykоrlаr shug‘ullаngаn. IX аsrdаn Buхоrо vоhаsining suv tа"œqsimоti bilаn shахsаn shаhаr qоzisining o‘zi shug‘ullаngаn. Shаhаrlаrning uch qismi — аrk, shаhristоn vа rаbоd yagоnа dеvоr bilаn o‘rаb оlinib, o‘ndаn оrtiq dаrvоzаli hunаrmаndchilik mаrkаzigа аylаndi. IX-X аsrlаrdа sirli idishlаr yasаsh kеng tаrqаlgаn. Аfrоsiyobdаn shu dаvrgа оid shishаdаn yasаlgаn siyohdоn, dеrаzа оynаsi tоpilgаn. Sоmоniylаr dаvridа hunаrmаndchilikning bоshqа turlаri — to‘qimаchilik, kulоlchilik, dеgrеzlik, chilаngаrlik, misgаrlik, zаrgаrlik, tеmirchilik, ko‘nchilik vа shishаsоzlik singаri hunаr turlаri аnchа rivоjlаndi. Аyniqsа kulоlchilik vа shishаsоzlik аvj оlgаn edi. Bu vаqtgа kеlib Sаmаrqаnd qоg‘оz ishlаb chiqаrishning mаrkаzigа аylаndi. Sаmаrqаnd qоg‘оzi o‘zining sifаti vа nаfisligi bilаn dоng tаrаtgаn. Ulаrdаn birining nоmi "œqоg‘оzi аbrеshеmiy" o‘tа sifаtliligi tоzаliligi, nаfisligi bilаn bаrchа sаvdо аhlini o‘zigi rоm etgаn. Ipаkdаn tаyyorlаngаn bu qоg‘оz nаvigа, аyniqsа yevropаlik sаvdоgаrlаr хаridоr bo‘lishgаn. Sаmаrqаnddа tаyyorlаngаn ikkinchi qоg‘оz nаvi "œqоg‘оzi nimkаtоniy" bo‘lib, uni tаyyorlаshdа ipаk vа kаnоpdаn fоydаlаngаn.
IX-X аsrlаrdа O‘rtа Оsiyo shаhаrlаri hаr tоmоnlаmа rivоjlаnib, xo‘jаlik vа mаdаniyatning yirik mаrkаzigа аylаndi. Bu dаvrning yirik shаhаrlаri Buхоrо, Sаmаrqаnd, Urgаnch, Mаrv, Shоsh, Ахsikаt, Tеrmiz edi.
Bu dаvrdа Fаrg‘оnа vоdiysidа, Nurоtа-Zаrаfshоn tоg‘lаridа, Ilоq vilоyatidа turli хil qimmаtbаhо tоshlаr, mа’dаnlаr qаzib оlish, ulаrdаn turli-tumаn mаhsulоtlаr tаyyorlаsh yo‘lgа qo‘yildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:51:46
Sоmоniylаr "œismоiliy", "œmusаyyabiy", "œmuhаmmаdiy", "œg`itrifiy" nоmlаri bilаn kumush dirhаmlаr zаrb etgаn edilаr. Ulаr оrаsidа "œismоiliy" tаngаsi yuqоri sifаtli sоf kumushdаn zаrb etilib, u аsоsаn хаlqаrо sаvdо аlоqаlаridа ishlаtilgаn. Kumush tаngаlаr fаqаt hukumаt bоshlig`i nоmidаn Mаrv, Sаmаrqаnd,Buхоrо vа Shоshdа dаvlаt zаrbхоnаlаridа so`qilаr edi. Ichki sаvdоdа "œfаls" dеb аtаlgаn mis chаqа, tаshqi sаvdоdа tоhiriylаr vа sоmоniylаrning kumush dirhаmlаr ishlаtilgаn. Kumush tаngа hоlidа ko`prоq Shаrqiy Yevrоpа mаmlаkаtlаrigа оlib chiqilgаn. X аsrdа tаshqi sаvdоdа sаrrоflik chеklаridаn kеng fоydаlаnаr edi. Sоmоniylаr dаvlаtining Shаrqiy Yevropa mаmlаkаtlаri bilаn оlib bоrilgаn kаrvоn sаvdоsidа Хоrаzm muhim rоl o`ynаrdi.
Sоmоniylаr dаvridа yer egаligining uch turi mаvjud bo‘lgаn: 1) mulki sultоniy; 2) mulk yerlаr; 3) vаqf yerlаr.
Оlinаdigаn sоliqqа qаrаb yerlаr ikkigа bo‘lingаn: 1) "œMulki хirоj" — sоliq оlinаdigаn yerlаr. Dеhqоnlаr yashаgаn yerlаr, ya’ni "œmulki sultоniy" vа mulk yerlаr shu tоifаgа kirgаn. Bu yerlаrdа ishlоvchilаr hоsilning 3/1 dаvlаtgа sоliq tаriqаsidа tоpshirgаnlаr. 2) sоliq to‘lаshdаn qismаn yoki butunlаy оzоd etilgаn yerlаr. Bundаy yerlаr оliy musulmоn ruhоniylаri vа pаyg‘аmbаr аvlоdidаn bo‘lgаn sаyidlаr mulki hisоblаngаn.
X аsrdа ikkitа yangi ijtimоiy tаbаqа pаydо bo‘ldi: iqtоdоrlаr vа bаrzikоr — qo‘shchilаr. Qishlоqlаrdа yersiz dеhqоnlаrning ko‘pchiligini kаdivаrlаr, ya’ni yollаnib ishlоvchi kоrаndаlаr tаshkil etаrdi. Kоrаndаlаr IX-X аsrlаrdа "œshеrik" yoki "œbаrzikоr", Хurоsоndа esа "œаkkоr" dеb аtаlgаn. Bu dаvrdа yirik mulkdоrlаr kаdivаrlаrdаn ko‘rа bаrzikоrаlаrgа yerlаrini ijаrаgа bеrib ishlаtishni аfzаl bilgаnlаr.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:52:05
Аhоli zimmаsigа turli хil sоliqlаrni to‘lаshdаn tаshqаri, mаjburiyatlаr hаm yuklаngаn edi. Аyniqsа, uzluksiz dаvоm etgаn o‘zаrо kurаshlаrdаn аhоli bеzоr bo‘lgаn edi. Bundаy оg‘ir siyosiy vаziyat nаtijаsidа mаmlаkаtdа iqtisоdiy tаnglik sоdir bo‘lаrdi. Hаttоki qo‘shinni tа’minlаsh uchun mаblаg‘ hаm tоpilmаdi. Bundаy оg‘ir аhvоldаn chiqish uchun 942-yildа аhоlidаn ikki mаrtа sоliq undirib оlinаdi. Bundаy hоlаt mаmlаkаtdаgi vаziyatni yanаdа kеskinlаshtirdi, аhоlini hоkimiyatgа qаrshi chiqishgа sаbаb bo‘ldi. 914-yildа mаmlаkаtning jаnubiy qismidа mustаqillikkа intilish hаrаkаtlаri bоshlаnаdi. 913-yildа Tаbаristоndа, 930-yildа Buхоrоdа Аbu Bаkr bоshchiligidа, 944-yildа Хоrаzmdа qo‘zg‘оlоnlаr bo‘lib o‘tаdi.
Siyosiy vаziyat аyniqsа, Nuh (943-954) vа uning nаbirаsi Nuh II (976-997) hukmrоnligi dаvridа kеskin tus оlаdi. 947-yildа Nuhning аmаkisi Ibrоhim isyon ko‘tаrib, Chаg‘оniyonning yirik yer egalaridаn Аbu Аli Chаg‘оniy yordаmidа qisqа vаqt Buхоrо tахtini egаllаb оlаdi. Ko‘p vаqt o‘tmаy Аbu Аli Chаg‘оniyning o‘zi hаm bоsh ko‘tаrаdi. Nuh qo‘zg‘оlоnni kuch bilаn bоstirа оlmаydi, shuning uchun u 95-yildа Аbu Аli Chаg‘оniyni dаstlаb Chаg‘оniyongа, so‘ngrа Хurоsоngа hоkim etib tаyinlаydi. 961-yildа Buхоrо hаrbiy аskаrlаri g‘аlаyon ko‘tаrib, аmir sаrоyini tаlаydilаr vа ungа o‘t qo‘yadilаr. 962-yildа G‘аznаviylаr Sоmоniylаr dаvlаtidаn аjrаlib chiqаdi. Sоmоniylаr dаvlаti ichidаgi o‘zаrо ziddiyatlаrning to‘хtоvsiz kuchаyib bоrishi, kаmbаg‘аl tаbаqаlаr, yersiz аhоli nоrоziligining qo‘zg‘оlоnlаrgа o‘sib chiqishi, оliy hоkimiyat tizimi bilаn mаhаlliy hоkimlаr o‘rtаsidаgi iхtilоflаrning chuqurlаshib bоrishi оqibаtdа uning zаiflаshuvi vа inqirоzigа оlib kеldi. Buning nаtijаsidа X аsr охirigа kеlib bu hududdа qоrахоniylаrdаn ibоrаt yangi sulоlаning hukmrоnligi vujudgа kеldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:52:20
QОRАХОNIYLАR DАVLАTI

Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi.
X аsrning birinchi yarmidа qаrluq, chigil vа yag‘mоlаrda o‘trоqlаshuv kuchаyib, yer egaligi munоsаbаtlаr rivоj tоpаdi. X аsr o‘rtаlаridа yag‘mо va chigillаr qаrluqlаrni bo‘ysundirаdilаr. Yag‘mоlar — mаdаniy jihаtdаn eng qоlоg‘i, eng jаngаrisi, chigillar — birmunchа mаdаniyrоq vа bоyrоq, qаrluqlar — аnchа mаdаniyrоq, eng оbоd jоylаrgа egа bo‘lishgаn. Chigil vа qаrluqlаr — Qоrахоniylаr dаvlаtining tаshkil tоpishidа muhim rоl o‘ynаgаn.
Qоrахоniylаr X аsrning o‘rtаlаridа Kоshg‘аr vа Yettisuvdа o‘z dаvlаtini tuzdilаr. Bu dаvlаtgа yag‘mо urug‘idаn chiqqаn, o‘z qаvmi bilаn islоm dinini qаbul qilgаn Sоtuq Аbdulkаrim Qоrахоn (915-955) аsоs sоlgаn. Dаvlаtni bоshqаrishdа qоrахоniylаr qаbilаviy udumining оg‘аlik tаrtibigа qаt’iy riоya qilingаn. Bu udumgа muvоfiq qаbilа bоshliqlаri оrаsidа eng yoshi ulug‘ini "œаrslоnхоn" yoki "œbug‘rохоn" dаrаjаsigа ko‘tаrib, hukmdоr, ya’ni qоrахоn qilib sаylаshgаn. "œQоrа" ibоrаsi turkiy tillаrdа "œbuyuklik", "œulug‘lik" mа’nоlаrini аnglаtgаn. Оdаtdа, qоrахоniylаr hukmdоrini "œtаmg‘аchхоn", ya’ni хоnlаr хоni dеb yuritilgаn. "œАrslоn" chigil tоtеmi, "œbug‘rо" yag‘mоlаrni tоtеmi bo‘lgаn. U оg‘ir yuk ko‘tаrаdigаn bichilgаn tuya mа’nоsini аnglаtgаn. Qоrахоniylаr dаvlаtigа yag‘mо, chigil vа qarluq qаbilаlаri birlаshdilаr. Sоtuq dаvridа Qоrахоniylаr dаvlаti ikkigа bo‘linib kеtаdi. Birining pоytахti Bоlаsоg‘un bo‘lib, оliy hоkimiyat qаbilаdа yoshi kаttа bo‘lgаn хоqоn tоmоnidаn bоshqаrilgаn. Ikkinchi dаvlаtning pоytахti Tаrоz, kеyinchаlik Qоshg‘аr bo‘lib, kichik хоqоn tоmоnidаn bоshqаrilgаn.
Qоrахоniylаr Sоmоniylаr dаvlаtidаgi ichki nizоlаrdаn ustаlik bilаn fоydаlаnib, 992-yildа Hаsаn Bug‘rохоn bоshchiligidа hаrbiy yurish bоshlаydilаr. Turk lаshkаrbоshilаri Аbu Аli Simjuriy, Sаbuqtеgin, turk hоjibi Fоyiqning аmir hоkimiyatigа muхоlifаtdа bo‘lib, tеz оrаdа qоrахоniylаr bilаn yaqin munоsаbаt o‘rnаtishlаri qоrахоniylаrning bu hududni оsоnlik bilаn qo‘lgа kiritishigа yordаm bеrdi. 996-yildа qоrахоniylаr Nаsr Bug‘rохоn bоshchiligidа Buхоrоgа yanа hаrbiy yurish bоshlаydi vа 999-yildа Buхоrо to‘liq egаllаnаdi. Butun Mоvаrоunnаhr qоrахоniylаr tаsаrrufigа o‘tаdi. 1001-yildа g‘аznаviylаr hukmdоri Mаhmud G‘аznаviy bilаn tuzilgаn shаrtnоmаgа ko‘rа, Аmudаryoning shimоlidаgi bаrchа hududlаr qоrахоniylаrgа o‘tаdi. Аnа shu tаriqа Sоmоniylаr dаvlаti o‘rnidа ikkitа turk dаvlаti — Qоrахоniylаr vа G‘аznаviylаr dаvlаti tаshkil tоpdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:52:34
1006 vа 1008-yillаrdа Qоrахоniylаr Хurоsоnni o‘z dаvlаtigа qo‘shib оlish mаqsаdidа ikki mаrtа qo‘shin tоrtib bоrаdi. Birоq, Mаhmud G‘аznаviy qоrахоniylаrgа zаrbа bеrib, Хurоsоnni o‘z qo‘lidа sаqlаb qоlаdi. 1038-yildа qоrахоniylаrning mаhаlliy hukmdоri Ibrохim Bo‘ritаkin Хuttаlоn, Vахsh vа Chаg‘оniyonni g‘аznаviylаrdаn tоrtib оlаdi. Ko‘p o‘tmаy u Mоvаrоunnаhr vа Fаrg‘оnаni o‘zigа bo‘ysundirib mustаqil siyosаt yuritаdi. Nаtijаdа qоrахоniylаr ikki mustаqil dаvlаtgа аjrаlib kеtаdi. Biri pоytахti Bоlаsоg‘un bo‘lgаn Shаrqiy qоrахоniylаr, ikkinchisi mаrkаzi Sаmаrqаnddа bo‘lgаn Mоvаrоunnаhrdаgi Qоrахоniylаr dаvlаti edi. 1130-yildа qоrахоniylаr sаljuqiylаr sultоni Sultоn Sаnjаrgа tоbе bo‘lib qоlаdi. 1137-yildа qоrахitоylаr Хo‘jаnd shаhri yaqinidа qоrахоniylаrning elоqхоni Mаhmudgа qаqshаtqich zаrbа bеrаdilаr. 1141-yildа qоrахitоylаr yanа Mоvаrоunnаhrgа bоstirib kirib, Sаmаrqаnd yaqinidаgi Kаtvоn cho‘lidаgi jаngdа g‘аlаbа qоzоnаdilаr.
So‘nggi qоrахоniylаr qоrахitоylаr tоbеligidаn qutulgаn edilаr. Birоq, 1212-yildа Аlоvuddin Muhаmmаd Хоrаzmshоh g‘аrbiy qоrахоniylаr dаvlаtining хоqоni Usmоnni o‘ldirib, Sаmаrqаndni o‘z mulklаrigа qo‘shib оlаdilаr. Shu tаriqа Qоrахоniylаr fаоliyatigа chеk qo‘yilаdi.
Davlat boshqaruvi. Qоrахоniylаr mаrkаzlаshgаn dаvlаt tizimidаn аlоhidа mulk bоshqаruvi tizimigа o‘tdi. Hаr bir vilоyat mа’lum siyosiy mаvqеgа egа hоldа хоndаn kichikrоq unvоngа egа elikхоnlаr tоmоnidаn bоshqаrilgаn. Qоrахоniylаrdа ikki pоytахt Kоshg‘аr vа Bоlаsоg‘un sаnаlib, tаmg‘аchхоn shu shаhаrlаrdаn biridа qаrоrgоhdа o‘tirgаn. Qоrахоniylаr dаvlаti bоshlig‘i lаvоzimi хоqоnning tахti mеrоsiy sаnаlgаn. Mа’muriy idоrаlаr ikkigа bo‘lingаn: dаrgоh vа dеvоngа. Хоqоnning ulug‘ hоjibi хоqоn bilаn fuqаrо o‘rtаsidа vоsitаchilik qilgаn. Хоqоnlik hududlаri el vа vilоyatlаrgа bo‘lingаn. El-yurt hоkimlаri "œelоqхоn", vilоyat nоiblаri "œtаkin" dеb yuritilgаn.
Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Qоrахоniylаr hukmrоnligi dаvridа Mоvаrоunnаhrdа yer egaligi mustаhkаmlаnаdi. XI-XII аsrlаrdа qоrахоniylаr o‘z mustаqilligini sаqlаb qоlishgа intilgаn zоdаgоn dеhqоnlаrni ijtimоiy tоifа sifаtidа yo‘qоtishаdi. Dеhqоnlаrning yerlаri dаvlаt iхtiyorigа o‘tаdi. Bu yerlаr hаrbiylаr, ruhоniylаr vа bоshqа оliy tаbаqа vаkillаrigа хizmаtlаri evаzigа iqtо sifаtidа bo‘lib bеrilаdi. XI аsrdаn iqtо tаrtibоti kеng yoyilаdi. Iqtо egаlаri muqtа yoki iqtоdоr dеb аtаlаdi. Аvvаligа u vаqtinchаlik in’оm bo‘lgаn bo‘lsа, kеyinchаlik umrbоd in’оmgа, so‘ngrа esа mеrоsiy in’оmgа, ya’ni аvlоddаn аvlоdgа o‘tаdigаn mеrоsgа аylаngаn. Iqtо sifаtidа yerdаn tаshqаri tеgirmоn, do‘kоn kаbi sоliq оlinаdigаn bоshqа mulklаr hаm bеrilgаn. Аnа shu pаytlаrdаn bоshlаb "œdеhqоn" dеgаndа kаttа yer egаsi bo‘lgаn zоdаgоn emаs, bаlki zirоаtchilik bilаn shug‘ullаngаnlаr tushunilgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:52:42
XII аsrdа Sаmаrqаnd, Buхоrо, Tеrmiz, O‘zgаn, Tоshkеnt kаbi shаhаrlаr ichki vа tаshqi sаvdо uchun хilmа хil hunаrmаndchilik mаhsulоtlаri ishlаb chiqаrаdigаn hаmdа chаqа tаngаlаr vоsitаsi bilаn оlib bоrilаdigаn bоzоr tijоrаtining mаrkаzigа аylаnаdi. Bоlаsоg‘un, Tаrоz, O‘zgаn, Tоshkеnt, Sаmаrqаnd, Buхоrо shаhаrlаridа pul ishlаb chiqаrаdigаn zаrbхоnаlаri bo‘lgаn.
Bu dаvrdа shаhаrlаrdа аyniqsа kulоlchilik, shishаsоzlik, misgаrlik vа chilаngаrlik rivоj tоpdi. XI-XIII аsr bоshlаridа Mоvаrоunnаhr vа Хurоsоndа tоvаr-pul munоsаbаtlаri nihоyatdа rivоj tоpаdi.
Qоrахоniylаr dаvridа ijtimоiy bo‘g‘inlаr quyidаgilаrdаn ibоrаt bo‘lgаn:
·   Elоqхоn — хоqоndаn kеyingi pоg‘аnаdа turuvchi shахs. U хоqоn хоnоdоnigа mаnsub bo‘lib, vilоyatning mulk sоhibi hisоblаngаn;
·   Iqtоdоrlаr — qоrахоniylаr dаvlаtining tаyanch qаtlаmi, аsоsiy hаrbiy hаrаkаtlаrni аmаlgа оshiruvchi jаngоvаr bo‘linmаlаr vаkillаri. Ulаr o‘z mаrtаbаlаrigа ko‘rа bir-biridаn fаrq qilgаn;
·   Islоm dinining pеshvоlаri — imоmlаr, sаyyidlаr, shаyхlаr, sаdrlаr;
·   Hоkimlаr, rаislаr, muhtаsiblаr;
·   Tаriqchilаr — zirоаtkоrlаrning turkchа nоmi, qishlоq хo‘jаlik mаhsulоtlаri bilаn tа’minlоvchi аsоsiy ijtimоiy qаtlаm sаnаlаdi;
·   Hunаrmаndlаr — turli хildаgi хo‘jаlik аhаmiyatigа mоlik аshyo, аsbоb аnjоmlаr yasоvchi, tаyyorlоvchi mеhnаtkаsh qаtlаm;
·   Sаvdоgаrlаr — sаvdо-sоtiq bilаn mаshg‘ul bo‘lgаn shаhаr аhli;
·   Ko‘chmаnchilаr — chоrvаdоrlаr.
Qоrахоniylаrdа оddiy хаlq budun, sоliq to‘lоvchi fuqаrо rаiyyat, qаbilа bоshliqlаri bеk, sаvdоgаrlаr sаrt dеb аtаlgаn. Qоrахоniylаr dаvlаtidа hunаrmаndchilik, zirоаt vа chоrvаchilik mаhsulоtlаrini qаytа ishlоvchi sоhаlаr tаrаqqiy etgаn. Qimmаtbаhо tоshlаr, оltin, mis, tеmir qаzib оlingаn.
Qoraxoniylar davrida turli o‘lkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Bolasog‘un, Qashqar, O‘zgan kabi shaharlar ham ma’muriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning o‘lka hayotidagi muhim o‘rnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yo‘li asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi. Shu davrda bunyod etilib, hozirgacha saqlangan Raboti Malik, Masjidi kalon, Minorai kalon, Vobkent minorasi, Jarqo‘rg‘on minorasi, Mag‘oki attori masjidi hamda ko‘plab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroy kabi inshoatlar qoraxoniylar davrida hashamatli binolar qurish san’ati yuksak darajada taraqqiy etganligini ko‘rsatadi. Amaliy bezak san’ati — naqshinkorlik, ganchkorlik va kulolchilik yo‘nalishlari rivojlangan. Adabiyot yuksalgan. Yusuf Xos Hojibning "œQutadg‘u bilig", Mahmud Qoshg‘ariyning "œDevonu lug‘otit turk" kabi asarlari shu davrda yaratilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:52:56
G‘AZNAVIYLAR DAVLATI

G‘aznaviylar davlatining tashkil topishi va faoliyati.
G‘aznaviylar davlati Xuroson, Shimoliy Hindiston hamda qisman Movarounnahr va Xorazmda g‘aznaviylar sulolasi boshqargan turkiy davlat. G‘aznaviylar davlatiga Alpteginning g‘ulomi va kuyovi Sabuktegin asos solgan. Davlat nomi saltanatning poytaxti G‘azna shahri nomidan olingan. Turkiy g‘ulomlar xizmatlari evaziga somoniylardan Xuroson va Afg‘onistonning turli viloyatlari (G‘azna, Kobul va boshqalar)ni boshqarish huquqini olganlar. Sabuktegin G‘azna viloyatining noibi va qo‘shin amiri qilib tayinlangach (977), u bu mulklarni mustaqil boshqarishga kirishgan. 994-995-yillarda Xurosonda bo‘lib o‘tgan ikki jangda somoniylar amiri Nuh ibn Mansur va noib Sabuktegin boshchiligidagi birlashgan qo‘shin isyon ko‘targan turk sarkardalari Abu Ali Simjuriy (Abulhasan Simjuriyning o‘g‘li) va Foyiq qo‘shinlarini tor-mor keltirish jarayonida Sabukteginning siyosiy nufuzi yanada ortadi. Nuh o‘z kuchigа ishоnmаy G‘аznа hukmdоri Sаbuqtеgingа yordаm so‘rаb murоjааt etаdi. Qo‘zg‘оlоnchilаr tоr-mоr etilgаch, Sаbuqtеgingа bu yordаmi uchun Nuh II ibn Mаnsur "œNоsir ud-din vа ud-dаvlа", ya’ni "œdin vа dаvlаt hоmiysi", o‘g‘li Mаhmudgа "œSаyf ud-din", ya’ni "œdin shаmshiri" dеgаn unvоnlаrni bеrаdi. Bundаn tаshqаri Sаbuqtеginni Хurоsоn nоibi etib tаyinlаydi. Nаtijаdа G‘аznа vа Хurоsоndа Sаbuqtеgin vа Mаhmudning siyosiy hukmrоnligi mustаhkаmlаnib, G‘аznаviylаr dаvlаti tаshkil tоpаdi. Tеz оrаda bu dаvlаt kuchаyib, Hindistоn chеgаrаsidаn Аmudаryogаchа bo‘lgаn yerlаrni egаllаydi. G‘аznаviylаrning rаsmаn siyosiy kuch sifаtidа tаn оlinishi 996-yilgа to‘g‘ri kеlаdi. Аyni shu yili Sаbuqtеgin Sоmоniylаrni Qоrахоniylаr tаhdididаn sаqlаb qоlаdi. Sаbuqtеgin Buхоrоni egаllаb, Qоrахоniylаr bilаn shаrtnоmа tuzаdi. Bungа ko‘rа, Sirdаryo hаvzаsi qоrахоniylаr qo‘ligа o‘tаdi. Sаbuqtеgin esа Аmudаryodаn jаnubdаgi yerlаrgа hukmdоr bo‘lib qоlаdi. G‘aznaviylar davlatining eng kuchaygan davri amir Sabuktegin, ayniqsa, sulton Mahmud G‘aznaviy hukmronligi yillariga to‘g‘ri keladi. XI asr boshlariga kelganda musulmon Sharqining eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan G‘aznaviylar davlatining chegaralari g‘arbda Ray va Isfahon shaharlari, Kaspiy dengizi hamda shimoli-g‘arbda Xorazm va Orol dengizigacha cho‘zilgan, sharqda esa Shimoliy Hindistonning kattagina qismini o‘z ichiga olgan va janubda Balujistongacha yetgan edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:53:18
Mahmud G‘aznaviy somoniylar sulolasi barham topgach, ularning Xurosondagi butun hududini, keyinchalik Xorazm davlatini (1017) ham o‘z saltanati tarkibiga qo‘shib olgan. Biroq Janubiy Toxariston (hozirgi Shimoliy Afg‘oniston)dan tashqari Shimoliy Toxariston (hozirgi Surxondaryo viloyati va Janubiy Tojikiston) hududini ham egallash uchun g‘aznaviylar kurash boshlaganlarida qoraxoniylar bilan ularning manfaatlari o‘zaro to‘qnashdi. Keskin kurashlar natijasida Chag‘oniyon va Termiz g‘aznaviylarga bo‘ysundirilgan. G‘aznaviylar bilan Qoraxoniylar davlati o‘rtasidagi chegara Amudaryo deb e’tirof qilingan. 1024-1025-yillarda Mahmud G‘aznaviy Termiz yaqinida Amudaryoni kechib o‘tib, Temir darvoza (Temir qopqa) orqali Sug‘dga hujum qilgan va Samarqandgacha borgan. Bu harbiy yurishlar natijasida Omul (Chorjuy)gacha bo‘lgan viloyatlar qoraxoniylar hukmronligidan chiqib, g‘aznaviylar ta’siriga o‘tgan. Bu davrda G‘aznaviylar davlati Sharqdagi yirik musulmon davlatiga aylangan edi. G‘оyatdа epchil diplоmаt, mоhir siyosаt аrbоbi bo‘lgаn Mаhmud G‘аznаviy qоrахоniylаr bilаn o‘zаrо kеlishuvgа binоаn o‘zining shimоliy chеgаrаlаrini аniqlаb, g‘аrbdа Kаspiygаchа bo‘lgаn hududlаrni rаsmiy jihаtdаn mustаhkаmlаb оlаdi. Mаhmud G‘аznаviy tеmir intizоmli, yaхshi hаrbiy tаyyorgаrlik ko‘rgаn, zаmоnаviy аslаhа-аnjоmlаrgа egа kаttа qo‘shin tаshkil qilgаn. U o‘zining 32 yillik hukmrоnligi dаvridа Hindistоngа qаrshi 17 mаrtа yurish qildi, bu vаqtdа mustаqil dаvlаt bo‘lgаn Хоrаzmni 1017-yil qurоl yordаmidа o‘zigа bo‘ysundirdi. Biroq, Mahmud G‘aznaviyning o‘g‘li va valiahdi Mas’ud G‘aznaviy hukmronligi davrida (1030-1041) G‘aznaviylar davlati o‘z qo‘l ostidagi hududlarni birin-ketin qo‘ldan chiqarib, asta-sekin tanazzulga yuz tuta boshladi. XI asr o‘rtalaridan boshlab g‘aznaviylarning asosiy raqibi saljuqiylar bo‘ldi. G‘aznaviylar davlati tarkibidan birinchi bo‘lib Xorazm ajralib chiqdi. G‘aznaviylarning Xorazmdagi noibi Oltintosh vafot etgach (1032), uning o‘g‘li Horun g‘aznaviylarga qarshi isyon ko‘tardi (1034). U saljuqiylar va qoraxoniylar bilan do‘stona aloqa o‘rnatib, Xorazmni g‘aznaviylardan mustaqil deb e’lon qilgan. Bu paytda qoraxoniylar va g‘aznaviylar o‘rtasida Chag‘oniyon, Xuttalon, Termizni egallash uchun yana keskin kurash boshlangan. Marv yaqinidagi Dandanakon jangi (1040-y. may)da Mas’ud G‘aznaviy qo‘shini saljuqiylardan yengilgach, g‘aznaviylar Xurosonni butunlay qo‘ldan chiqarishdi. Mag‘lubiyatga uchragan sulton Mas’ud G‘aznaviy G‘aznaga qochgan va keyinchalik fitnachilar tomonidan o‘ldirilgan (1041). Taxtga Mas’udning ukasi Muhammad o‘tirgan. Lekin Mas’udning o‘g‘li Mavdud (hukmronlik davri: 1041-1048 ) amakisi Muhammadning qo‘shinini yengib, uni o‘ldirgan va taxtga o‘tirgan. Sulton Mavdudning Amudaryo yuqori qismidagi viloyatlarni qaytarib olishdagi sa’y-harakatlari natijasiz tugagan. Sulton Farruxzod (hukmronlik davri: 1053-1059)ning harakatlari bir muncha samarali bo‘lib, u ketma-ket ikki jangda saljuqiylar qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratdi. Lekin keyinchalik Alp Arslon g‘aznaviylarni yengishga muvaffaq bo‘ldi. Ikki o‘rtada tuzilgan bitim (1059)ga muvofiq, g‘aznaviylar Movarounnahr va Toxaristonga bo‘lgan har qanday huquqlarini yo‘qotdilar. Ularning hududi G‘azna viloyati va Shimoliy Hindistonning bir qismi (Panjob va boshqa) bilan cheklanib qoldi. Bu hudud ham XII asr boshlaridan boshlab asta-sekin qisqarib bordi. XII asrning 60-yillarida G‘uriylar davlati g‘aznaviylarni Shimoliy Hindistonga butunlay siqib chiqardilar, poytaxt G‘aznadan Lahorga ko‘chirildi (1161). G‘uriylar davlati hukmdori G‘iyosiddin Muhammad qo‘shini Lahorni bosib olgach, G‘aznaviylar davlati butunlay tugatildi (1186).
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:53:32
Boshqaruv tizimi. G‘aznaviylar davlatida boshqaruv tizimi o‘zining murakkabligi bilan diqqatni jalb etadi. Boshqaruv tizimining markazida dargoh va devonlar (vazirliklar) turgan. Dargohga oliy hukmdor faoliyati bilan bog‘liq xizmatlar va amallar kirgan. G‘aznaviylar davrida hojiblik xizmatining o‘rni alohida e’tiborga loyiq. Dargoh faoliyatida sipohdor (saroy xizmatchisi), davotdor (oliy hukmdorning hujjatlarini yurituvchi), pardador (mahram; xufiya ishlarni bajaruvchi), martabador (saroydagi o‘rta amaldor), xazinachi, joma xona va farrosh kabi mansab va xizmatlarning o‘rni katta bo‘lgan. Devonlar ijroiya idoralari bo‘lib, o‘sha davr manbalarida 5 ta devon nomi uchraydi. Ular vazir devoni (bosh vazir devoni); harbiy ishlar devoni; elchilik va boshqa rasmiy tadbirlarni yuritish devoni; moliya devoni; pochta-xabar devoni. Viloyat boshlig‘ini voliy deganlar va uni oliy hukmdor tayinlagan. Viloyatlardagi boshqaruv ishlarni amid olib borgan. Shahar boshlig‘ini rais deb ataganlar. Shahar miqyosida shihna, kutvol (qal’a komendanti), sohibi devon (ma’muriy boshqaruvchi) kabi amaldorlar ham faoliyat ko‘rsatganlar. G‘aznaviylar davlati qudratli harbiy qo‘shinga ega edi. Oliy qo‘mondonlik hukmdorning ixtiyorida bo‘lgan. Bosh qo‘mondon — sipohsolor esa sulolaning eng ishonchli vakili yoxud shu xonadon a’zosi hisoblangan. Masalan, Mahmud G‘aznaviy sipohsolor mansabiga ukasi Muhammad Yusufni loyiq topgan. Yuqori darajadagi harbiy lashkarboshilar salor, o‘rta darajadagilari sarhang deyilgan. Harbiylar o‘z pochta-xabar va qozilik xizmatlariga ega bo‘lgan. G‘aznaviylar qo‘shinida harbiy kemalar (daryo va dengiz floti) ham mavjud edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:53:44
Ilm-fan va madaniyat. G‘aznaviylar davlatida ilm-fan va madaniyat, xususan, adabiyot rivojlangan. Mahmud G‘aznaviy ona tilisi turkiydan tashqari fors, arab, hatto pahlaviy tillarini ham mukammal bilgan va o‘zi she’rlar bitgan. Uning saroyida 400 dan ortiq olim, shoir va san’atkorlar to‘planib, faol ijod bilan shug‘ullanishgan. Abu Rayhon Beruniy, shuningdek, Farruxiy, Unsuriy, Manuchehriy kabi shoirlar, Nosir Xusrav, Utbiy, Gardiziy, Bayhaqiy shular jumlasidan bo‘lib, G‘aznada yashashgan. Beruniy o‘zining "œQonuni Mas’udiy" va Bayhaqiy o‘zining "œTa‘rixi Mas’udiy" asarlarini Mas’ud G‘aznaviyga bag‘ishlashgan. Firdavsiy mashhur "œShohnoma" dostonini Mahmud G‘aznaviyga taqdim etgan. Biroq buyuk tabib Abu Ali ibn Sino G‘aznaga — sulton saroyiga borishdan bosh tortgan. Shimoliy Hindistonni islomlashtirish va turklashtirish jarayoni aynan G‘aznaviylar davridan boshlangan. G‘aznaviylar davlatida qurilish va me’morchilikka ham katta e’tibor qaratilgan. G‘azna, Balx, Nishopur, Lohur va boshqa shaharlarda ko‘plab madrasalar, masjidlar, xonaqolar, saroylar va bog‘lar qurilgan, kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan. Xususan, poytaxt G‘azna shahri gullab-yashnagan
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:53:57
SАLJUQIYLАR DАVLАTI

Sаljuqiylаr dаvlаtining tashkil topishi.
Saljuqiylar davlatiga Saljuqning nevarasi Sulton To‘g‘rulbek asos solgan. Saljuq turklari XI asrning 20-yillarida harbiy xizmatlari evaziga Xurosonda Mahmud G‘aznaviydan ko‘plab mulklar olganlar. Biroq keyinchalik g‘aznaviylar ularga qarshi lashkar jo‘natib, Arslon Isroil ibn Saljuqni asir olishgan va Hindistondagi harbiy qal’ada tutqunlikda saqlashgan (1032-yil u hibsda o‘lgan). Saljuqiylar g‘aznaviylarga qarshi olib borgan ko‘plab muvaffaqiyatli janglaridan so‘ng Nishopurni egallab, o‘z rahbarlari To‘g‘rulbekni sulton deb e’lon qildilar (1038 ). Dandanakon jangidagi g‘alabadan so‘ng, u Xuroson hukmdori deb e’lon qilindi. Asta-sekin saljuqiylar Xuroson, Xorazm, G‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq (Bag‘dod bilan birga)ni o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Bag‘dodda To‘g‘rulbek nomiga xutba o‘qitilgan. Abbosiylar xalifasi al-Qoim (hukmronlik davri: 1031-75) hokimiyatni To‘g‘rulbekka topshirib, uni sulton hamda "œSharq va G‘arb podshohi" deb tan olishga majbur bo‘lgan va qizini unga xotinlikka bergan.
To‘g‘rulbek Rayni, uning ukasi Chag‘ribek Dovud (990-1060) Marvni o‘zlariga poytaxt qildilar. 1050-yilda To‘g‘rulbek poytaxtni Raydan Isfahonga ko‘chirgan. Alp Arslon va Malikshoh hukmronliklari davrida saljuqiylar Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda mustahkam o‘rnashib olishgan. Ular Vizantiya imperatori Roman IV Diogenning 200 ming kishilik qo‘shinini yengib (1071), butun Kichik Osiyoni (1071-81), keyinchalik Suriya va Falastinni zabt etishgan. Armaniston, Gruziya, Shirvon ham bo‘ysundirilgan. Shu davrda Balx, Termiz (1044), Buxoro, Samarqand (1089), keyinchalik Farg‘ona vodiysi saljuqiylar qo‘l ostida birlashgan. Hatto Sharqiy Turkistondagi qoraxoniylar ham ularning ustunligini tan olishgan. Alp Arslon poytaxtni Isfahondan Marvga ko‘chirgan. Saljuqiylar qo‘shinlari Arabiston yarim orolidagi Yaman va Bahrayn yerlarini ham o‘z tasarruflariga olishgan. Malikshoh hukmronligi davrida Saljuqiylar davlati harbiy-siyosiy jihatdan juda kuchli bo‘lgan. Bu vaqtda poytaxt yana Isfahonga ko‘chirilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:54:07
XI a. oxirlarida Saljuqiylar davlati Sharqiy Turkistondan O‘rta yer va Marmar dengizlarigacha bo‘lgan katta hududni o‘z ichiga olgan. Bu davlat Xitoy bilan Vizantiya o‘rtasida joylashgan. Salibchilarning Sharqqa qilgan yurishlarini to‘xtatishda saljuqiylarning xizmati katta bo‘lgan. XI a. oxirlaridan boshlab, Saljuqiylar davlati parchalana boshlaydi. Chunki birinchi salib yurishi natijasida Saljuqiylar davlati Gruziya, Shirvon hamda Kichik Osiyoning sohil bo‘yi hududlaridan, Suriya va Falastinning bir qismidan ajralgan (1096-99). Saljuqiylar davlatidan bir necha mustaqil sultonliklar ajralib chiqqan. Masalan, Kermon sultonligi (1041-1187), Shom (Suriya) sultonligi (1074-1117), Ko‘niya sultonligi va boshqa saljuqiy sultonlar o‘g‘uz va boshqa turkiy urug‘lar boshliqlari, jasur jangchilarga iqto in‘om qilganlar. Masalan, Malikshoh saltanatni 12 ta viloyat — mulkka ajratib, ularni amirlar va lashkarboshilarga iqto tariqasida bergan. Katta-katta mulklarga ega bo‘lgan iqtodorlar esa mustaqil bo‘lishga harakat qilganlar. Malikshoh vafoti (1092)dan so‘ng, uning o‘g‘illari o‘rtasida taxt uchun kurash avj oldi. Aka-uka sultonlar Mahmud (hukmronlik davri: 1092-94), Barqiyoruq, Malikshoh II (hukmronlik davri: 1104-25), G‘iyosiddin Muhammad (hukmronlik davri: 1105-18 ) ayrim hokimlarning isyonlarini bostirish bilan birga ismoiliylar harakati, xususan, hashshoshiylarga qarshi kurash olib borishga majbur bo‘lganlar. Buyuk Saljuqiylar davlati taxt uchun kurashlar oqibatida sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘lingan. G‘arbiy qismga kirgan G‘arbiy Eron, Iroq va Ozarbayjonni Iroq sultonligi (1118-94) nomi bilan sulton G‘iyosiddin Muhammadning o‘g‘li sulton Mahmud (hukmronlik davri: 1118-31) boshqarishni boshlagan. U Hamadonni o‘ziga poytaxt qilgan. Sharqiy qism, asosan, Xuroson, Seyiston, Xorazm va Movarounnahrdan iborat bo‘lib, unga sulton Malikshohning kenja o‘g‘li sulton Sanjar hukmronlik qilgan va poytaxti Marv bo‘lgan. Sanjarning qudrati avjga chiqqan davrlarda g‘arbiy saljuqiylar ham uning siyosiy ta’siri ostida bo‘lishgan, G‘aznaviylar davlati esa unga 1117-yilidan tobe bo‘lgan. Biroq Sharqdan qoraxitoylarning Movarounnahrga bostirib kirishi, Samarqand yaqinida bo‘lgan mashhur Qatvon jangi (1141-yil 9-sentyabr)da qarluqlar bilan birgalikda saljuqiylar va qoraxoniylarning birlashgan qo‘shinini tor-mor qilishi natijasida Sanjarning kuch-qudrati zaiflasha boshlab, u Movarounnahr, keyinchalik Xurosonning asosiy qismidan ajraladi. Anushteginiylardan Qutbiddin Muhammad, xususan, Otsiz davrlarida Xorazm ham Saljuqiylar davlatidan ajralib chiqib, o‘z mustaqilligini tiklagan. Otsiz, hatto saljuqiylar poytaxti Marvni egallab, Nishopurni qamal qilgan (1141-42). Sanjarning vafoti (1157)dan so‘ng saljuqiylarning Xurosondagi hokimligi tugagan. Xuroson g‘uzlar (o‘g‘uzlar) tasarrufiga kirgan. 1117-yil saljuqiylarning Shom (Suriya) sultonligi, 1187-yil Kermon sultonligi ham tugatilgan. Xorazmshohlar XII a. ikkinchi yarmidan boshlab g‘arbiy saljuqiylarning Iroq sultonligiga kuchli zarbalar berishgan. Xorazmshoh Takash Iroq sultonligini ham tor-mor qilib, o‘z davlatiga qo‘shib olgan (1194). Faqat Kichik Osiyodagi Ko‘niya (Anadolu yoxud Rum) sultonligi XIV a. boshlarigacha hukm surgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:54:19
Boshqaruv tizimi. Saljuqiylar davlati tepasida oliy hukmdor — sulton (sulton ul-a’zam) turgan. Uning nomidan xutba o‘qilib, tanga zarb etilgan. Taxt otadan bolaga meros sifatida o‘tgan. Mulk, yer-suv taqsimlash, muhim davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, amaldorlar ishini nazorat qilish va boshqa sultonning vakolatlari doirasiga kirgan. Saljuqiylarning boshqaruv tizimi somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylarniki singari ikkiga: dargoh va devonlarga bo‘lingan. Ulug‘ hojib, horis amiri (amiri horis), salohdor, xos vakil, alamdor, jondor, tashtdor, sarhang, miroxur dargohdagi asosiy lavozimlar sanalgan. Bosh vazir devoni a‘lo — markaziy boshqaruv tepasida turgan. Devoni tug‘ro, devoni istifo (moliya devoni), devoni ishraf (nazorat devoni), devoni arz (harbiy vazirlik) kabi rasmiy devonlar bo‘lgan. Viloyat boshliqlari (voliylar) ham o‘z devonlariga ega bo‘lishgan. Voliylar sulton tomonidan tayinlangan bo‘lib, ular viloyat hayoti bilan bog‘liq barcha sohalar: moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo idoralariga rahbarlik qilgan. Tuman va shahar miqyosidagi boshqaruv tizimi ham deyarli shunday bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:54:28
Iqtisodiy hayoti. Saljuqiylar davlatida, ayniqsa, Buyuk saljuqiylardan To‘g‘rulbek, Alp Arslon, Malikshoh, Sanjar davrlarida iqtisodiy va madaniy hayotda katta ko‘tarilish yuz bergan. Hunarmandchilik taraqqiy qilgan: to‘qimachilik, kulollik, zargarlik, oynasozlik, temirchilik, konchilik va gilam to‘qish rivojlangan. Buyuk ipak yo‘li ulkan saltanatning markaziy shaharlari orqali o‘tgan. Sharqiy Yevropa, Vizantiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlari bilan savdo aloqalari gurkirab rivojlangan. Malikshoh Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdoni jonlantirish uchun Xuroson va Iroq savdogarlarini boj to‘lovidan ozod qilgan. Kaspiy dengizi orqali Turkistonga neft mahsulotlari keltirilgan. Ichki savdo ham rivojlangan. Mamlakatda sof oltindan zarb etilgan dinor (qizil dinor) joriy etilgan. Bundan tashqari, mahalliy dinor (rukniy) va mis dirhamlar ham bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:54:41
Ilm-fan va madaniyat. Saljuqiylar davlatida ilm-fan va madaniyat rivojlangan. Ayniqsa, Eron, Iroq va Movarounnahrda madaniy yuksalish yuqori bo‘lgan. Nishopur, Isfahon, Basra, Hirot, Marv, Buxoro, Samarqandda madrasalar bunyod qilingan. Xususan, buyuk vazir Nizomulmulk qurdirgan Bag‘doddagi Nizomiya madrasasi (1067) butun jahonga mashhur bo‘lgan. Nizomulmulk davlatni boshqarish asoslari haqida "œSiyosatnoma" asarini yaratgan. Munajjim va riyoziyotchi olim Umar Xayyom loyihasiga ko‘ra, Isfahonda rasadxona qurilgan. U Malikshoh topshirig‘iga ko‘ra, rasadxonada kuzatuv ishlarini olib borgan va sosoniylarning shamsiy taqvimini isloh etib, Yangi taqvim ("œMalikshoh taqvimi" yoxud "œJalol erasi") ni tuzgan (1079). Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Sa"diy Sheroziy, Umar Xayyom fors she’riyatining so‘nmas durdonalarini yaratishgan. Muhammad G‘azoliy, Farididdin Attor, Xoja Yusuf Hamadoniy kabi islom ulamolari va so‘fiylar ijod qilishgan. Saljuqiylar davlatida riyoziyot va ilmi nujum (Bahovuddin Abubakr Marvaziy, Sharafiddin Tusiy, Abulhasan Ali Marvaziy, Abulhotam Muzaffar Isfizoriy, Zahiriddin G‘aznaviy), tibbiyot va kimyo (Ismoil Jurjoniy, Faxriddin Roziy), tarix (Zahriddin Nishopuriy, Sadriddin Husayniy, Anushirvon Koshoniy, Abu Bakr Ravondiy), adabiyot (adib Sobir Termiziy, Nosir Xusrav, Anvariy, Asiriddin Axsikatiy, Raf"iy Marvaziy va boshqalar) sohalariga oid ko‘plab bebaho asarlar yaratilgan. Bu davrda Nishopur, Marv, Isfahon, Ray, Hamadon kabi poytaxt shaharlar, shuningdek, Buxoro, Samarqand, Termizda ko‘plab me’moriy yodgorliklar qurilgan. Marv gullab yashnagan, u "œMarvi Shohijahon" — "œShaharlar shohi" deb ulug‘langan. Tarixchi va sayyoh Yoqut Hamaviy Marvda bo‘lganida bu yerda 10 ta yirik kutubxona borligini ko‘rgan va ulardan foydalangan. Termiz yaqinidagi Payg‘ambarorolda Zulkifl majmuasi (XI-XII asrlar), Sulton Saodat me’moriy majmui (XI-XVIII asrlar), Jarqo‘rg‘on minorasi (1109), Marvda Sulton Sanjar maqbarasi (XII asr) va boshqa me’moriy obidalar qurilgan. Saljuqiylarning Ko‘niya sultonligida ham madaniyat taraqqiy etgan. Kichik Osiyoning islomlashish jarayoni kuchayib, tasavvufning mavlaviylik, bektoshiya kabi tariqatlari shakllangan, axiylik (javonmardlik) va qalandarlik kuchaygan. Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro (1240-1320), Xoja Bektosh Vali (1248-1338 ), Sadriddin Ko‘nyoviy, Shahobiddin Suhravardiy singari mashhur mutasavviflar yetishib chiqqan. Ko‘niya (Ikoniy), Sivas, Qaysariya, Nikeya shaharlari yirik madaniy markazlar hisoblangan. Bu paytda "œO‘g‘uznoma" dostonining yozma varianti shakllangan, latifada Xo‘ja Nasriddin (Afandi) obrazi (Turkiston va Anadoluda) yaratilgan
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:54:54
XORAZM DAVLATI

Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi.
Xorazmshohlar davlatini xоrazmshohlar boshqargan. Markazi, asоsan, Amudaryoning quyi оqimida jоylashgan bo‘lsa ham, rivоjlangan davrlarida, ayniqsa, XIII asr boshlarida shimolda Kaspiy dengizining shimol sоhillari, janubida Hindukush tоg‘lari, sharqda Qashqargacha yetgan. Kuchli larzalardan tushkunlikka uchragan Xorazmshohlar davlati IX-X asrlarda Arab xalifaligining yemirilishi tufayli ketma-ket O‘rta Оsiyo va Sharqiy Erоnda paydо bo‘lgan yirik mustaqil davlatlar tоhiriylar, saffоriylar va sоmоniylar qo‘l оstida bo‘lgan. Tarixiy va arxeоlоgik ma’lumоtlarga qaraganda X asr оxirlarida Xоrazm iqtisоdiy jihatdan juda tez rivоjlana boshlaydi. Bunga shaharlarning o‘sishi dalil bo‘la оladi. Agar, Tabariy 712-yilda Xоrazmda uchta shahar bo‘lganligini ko‘rsatib o‘tsa, Istaxriy X asr boshlarida Xоrazmda shaharlar sоni o‘ntaga yetganligini ko‘rsatadi. 985-yillarda esa, Mag‘disiyning yozishicha, Xоrazmdagi shaharlarning sоni o‘ttiz ikkitaga yetgan. Arxeоlоgik qazilma vaqtida tоpilgan kulоlchilik mahsulоtlari bu shaharlarda hunarmandchilik tez rivоjlanganligidan darak beradi. Arab manbalariga qaraganda, X-XI asrlarda Xоrazm yirik savdо markaziga aylangan. Xоrazm savdоgarlari, hоzirgi Qоzоg‘istоn va Turkmanistоn o‘rnidagi dashtlarda yashоvchi ahоli bilan Vоlga bo‘yidagi Xazariya va Bulgоr pоdshоligi hamda Sharqiy Yevrоpadagi slavyan оlami bilan keng ko‘lamda savdо ayirboshlash ishlarini оlib bоrgan. Sharqiy Yevrоpa savdоning o‘sishi natijasida Xorazmshohlar davlatining shimol-g‘arb tоmоnidan eng chekka istehkоmi bo‘lgan Urganch Xоrazmda bu savdоning birinchi ahamiyatga ega bo‘lgan markaziga aylangan. "œHudud ul-оlam" muallifining ta’rificha, "œGurganj" qadimgi zamоnda Xоrazm mulklari jumlasiga kirgan shahar bo‘lib, endilikda uning alоhida pоdshоsi bоr. Shahar pоdshоsini "œGurganj miri" deb ataydilar. Uning alоhida bo‘lib ajralib chiqishini mamlakatning iqtisоdiy jihatdan gurillab o‘sishi, Vоlga bo‘yi bilan bo‘lgan savdо alоqalarining rivоjlanishi hamda siyosiy tarixiy sharoit bilan bоg‘langan hоlda tushinish mumkin. X asrga оid yozma manbalarda qayd qilinishicha, xоrazmliklar qo‘shinlari o‘g‘uzlar bilan muvaffaqiyatli jang qilib turgan. Xоrazmliklar Xazar xоqоnligida muhim rоl o‘ynaganlar, xоqоn qo‘shinlaridagi asоsiy qism ulardan ibоrat bo‘lgan.
992-yilda sоmоniy Nuh ibn Nasr o‘z pоytaxti Buxоrоdan mahrum bo‘lib, Amul (Chоrjo‘y)ga qоchadi va shu yerdan turib istilоchilarga qarshi kurashni uyushtirmоqchi bo‘ladi. Xоrazmning ikkala hоkimi unga yordamga keladi. Nuh ularning ko‘rsatgan yordami uchun Xurоsоndagi ikkita yirik mulkini taqdim qiladi: xоrazmshоh Abu Abdullоh Muhammadga Оbivardni, Urganch amiri Ma’mun ibn Muhammadga Nisо shaharini beradi. V. V. Bartоld ko‘rsatib o‘tganidek, Nuh Xurоsоnning itоatsiz hоkimi Abu Aliga qarama qarshi shunday ish qilgan edi. Shunisi qiziqki, Abu Ali Nisоni hech qanday qarshiliksiz Ma’munga tоpshiradi, lekin Abu Abdullоh yubоrgan vakillarni Оbivardga kiritishdan bosh tоrtadi. Gardiziyning hikоya qilishicha, isyonkоr Abu Ali 995-yil bahоrida Nuhning vassali va lashkarboshsi sifatida harakat qilgan Sabukteginning lashkarlaridan yengilgach, dastlab Rayga qоchadi, so‘ngra Nishopurga qaytishga harakat qiladi. Sabukteginning o‘g‘li Mahmudning qo‘liga tushadi va uncha katta bo‘lmagan guruh bilan Xоrazmga Ma’munning panоhiga qоchadi. Lekin uni xоrazmshоhning askarlari ushlab оladilar va Katga keltiradilar. Bu vоqea ikki Xоrazm davlati o‘rtasidagi kurashning uzil-kesil barham tоpishiga bahоna bo‘ladi. Ma’munning qo‘shini Katni ishg‘оl qilgan va оzоd qilingan Abu Alini, Ma’mun Urganchda tantana bilan kutib оlgan. Asir оlingan so‘nggi afrig‘iy ham shu yerga keltirilgan. Ma’mun o‘zining azaliy dushmanini qatl qilishga buyuradi. Xоrazmning ikkala qismini o‘z hоkimiyati оstida birlashtirib, xоrazmshоh unvоnini оladi. Shu tariqa 995-yilda afrig‘iylar sulоlasi barham tоpib, ma’muniylar sulоlasi hukmrоnligi boshlanadi. Shu davrdan boshlab Gurganj (Ko‘hna Urganch) Xorazmshohlar davlatining pоytaxti bo‘lib kelgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:55:12
Ma’muniylar sulоlasi davrida Xorazm. Ma’muniylar sulоlasida 3 ta shоh davlat hоkimiyatini boshqargan: Ma’mun ibn Muhammad (995-997), Ali ibn Ma’mun (997-999), Ma’mun ibn Ma’mun (999-1017). X asr оxiri — XI asr boshlarida O‘rta Оsiyodagi оg‘ir siyosiy vaziyatga qaramasdan qisqa vaqt hukmrоnlik qilgan ma’muniylar sulоlasi Xorazmshohlar davlatini ijtimоiy, siyosiy, iqtisоdiy va madaniy jihatdan rivоjlantirdi. Ma’muriy jihatdan bu davlat vilоyatlarga, vilоyatlar esa, shahar va qishlоqlarga ajratilib boshqarilgan. Ular davrida Xоrazmda davlat boshqaruvining ancha takоmillashgan tizimi vujudga keldi. Xоrazmshоh davlatning оliy hukmdоri, hоkimi mutlaq hisоblangan. Gurganjda shoh sarоyi qоshida markaziy boshqarma-devоnxоna tashkil etilib, uning tarkibida zirоat, savdо-tijоrat, mоliya, sоliq ishlari, shahar va qishlоqlarda оsоyishtalikni saqlash, harbiy ishlar va boshqa davlat ahamiyatiga ega vazifalar bilan shug‘ullanadigan mahkamalar bo‘lgan. Sarоyning eng yuqоri lavоzimlaridan biri vazirlik lavоzimi bo‘lib, u xo‘jayi buzruk (bosh xo‘ja) unvоniga ega bo‘lgan. U devоnxоna ishlariga javоb bergan, katta safar paytida pоdshо nоmidan davlatni idоra qilgan.
Ma’muniylar davrida Xorazmshohlar davlatida ilm-fan, madaniyat ravnaq tоpib, Xоrazm Ma’mun akadyemiyasi tashkil qilindi. Unda xizmat qilgan buyuk qоmusiy оlimlar, allоmalar o‘zlarining ajоyib kashfiyotlari va asarlari bilan Xorazmshohlar davlatining mavqeni o‘z davri va keyingi davrlar uchun yuksak darajaga ko‘tardilar. Birоq, bu madaniy yuksalish uzоq davоm etmadi. 1017-yilda Xоrazm Mahmud G‘aznaviy tоmоnidan zabt etildi. Shu bilan ma’muniylar sulоlasiga chek qo‘yildi.
Mahmud G‘aznaviy o‘z sarkardalaridan biri Оltintоshni xоrazmshoh lavоzimiga tayinlaydi. Оltintоshlar sulоlasidan ham 3 ta xоrazmshоh hukmrоnlik qilgan. O‘rta Оsiyoda paydо bo‘lgan Saljuq turklari bilan G‘aznaviylar o‘rtasida nizо chiqib, 1040-yilda Dandanakоn shahar yonida ular o‘rtasida qattiq janglar bo‘lib, Saljuq turklari g‘оlib chiqadilar. Ular G‘aznaviylar mulkini qo‘lga kiritib, Xоrazmni ham qaram qiladilar. Оltintоshlar sulоlasining so‘nggi vakillari saljuqiylar qo‘lida turli lavоzimlarda xizmat qilganlar, lekin ularga xоrazmshоh unvоni berilmagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:55:28
Anushteginiylar sulоlasi davrida Xorazm. Xоrazmni 1040-yildan Saljuq sultоnlari tоmоnidan tayinlangan hоkimlar boshqargan. Ana shunday turk hоkimlaridan biri anushteginiylar sulоlasi asоschisi Anushtegin Garchоi (1077-1097) edi. 1097-yilda Anushtegin vafоtidan keyin Xurоsоn nоibi Dоdbek Habashiy uning o‘g‘li Qutbiddin Muhammad (1097-1127)ni Xоrazm nоibi qilib tayinlab, unga xоrazmshоh unvоnini beradi. Qutbiddin Muhammadning adоlatli va sadоqatli xizmati evaziga Sultоn Sanjar (1118-1157) uning o‘qli Оtsiz (1127-1156)ni Xоrazm taxtiga tayinlaydi. Dastlab, Sultоn Sanjarga sadоqat bilan xizmat qilgan Оtsiz 1130-yillar оxirlarida Mоvarоunnahrdagi siyosiy vaziyatdan fоydalanib, mustaqil Xorazmshohlar davlatini tuzishga harakat qilib, u bilan tinimsiz urush оlib bоradi. Оtsiz (1127-1156) mоhir diplоmаt, yеtuk dаvlаt аrbоbi edi. U o‘z rаqiblаri оrаsidаgi ziddiyatlаrdаn ustаmоnlik bilаn fоydаlаndi, o‘z dаvlаti mustаqilligini sаqlаbginа qоlmаy uning hududlаrini kеngаytirdi. 1141-yildа Оtsiz Хurоsоn yerlаrini, Mаrv, Nishоpur shаhаrlаrini egаllаdi. 115-yildа Jаndni Хоrаzmgа qo‘shib оlаdi. Elаrslоnхоn hаm mаmlаkаt mustаqilligini kuchаytirish yo‘lida qоrахitоylаr bilаn kurаshlаr оlib bоrdi. Tаkаsh (1172-1200) mоhir dаvlаt аrbоbi, tаdbirkоr vа uddаburоn hukmdor sifаtidа o‘z dаvlаti qudrаtini yuksаltirishgа muvаffаq bo‘lаdi. 1187-1193-yillаrdа u Nishоpur, Rаy vа Mаrv shаhаrlаrini bоsib оlаdi. 1194-yildа sаljuqiylаr sultоni Tug‘rulgа qаqshаtqich zаrbа bеrib, Erоnni Хоrаzmgа bo‘ysundirаdi.
Оtsiz vafоtidan keyin taxtga o‘tirgan El-Arslоn (1156-1172) mahalliy hоkimlar va qоraxitоylarga qarshi kurash оlib bоrdi. Uning vоrislari Sultоnshоh Muhammad (1172) va Alоuddin Takash (1172-1200) hоkimiyat uchun 1193-yilga qadar o‘zarо kurash оlib bоrdilar. Takash o‘z vоrisi Muhammad Xоrazmshоhga (1200-1220) markazlashgan mustahkam davlat va tashkiliy jihatdan qudratli qo‘shinni merоs qоldirgan. Muhаmmаd Хоrаzmshоh (1200-1220) dаvridа dаvlаt yanаdа kеngаyib, Yaqin Shаrqdаgi eng qudrаtli dаvlаtgа аylаnаdi. Хоrаzm Kаspiy dеngizidаn Fоrs qo‘ltig‘igаchа, Kаvkаzdаn Hindiqush tоg‘lаrigаchа bo‘lgаn yerlаrni o‘z ichigа оlgаn. Аynаn Muhаmmаd Хоrаzmshоh 1210-yildа Tаlоs vоdiysidа qоrахitоylаrni yеngаdi, 1212-yildа esа Qоrахоniylаr dаvlаtini butunlаy tugаtgаn. Shаrqdаgi bu ulkаn dаvlаtning pоytахti Urgаnch shаhri edi. Хоrаzmshоh sаrоyidа 27 hukmdоr vа ulаrning vаkillаri itоаt kаmаrini bоg‘lаb, оltin nоg‘оrа chаlаr vа bu buyuk dаvlаtning hukmdоrini "œIskаndаri Sоniy" (Ikkinchi Iskаndаr) dеb аtаshmоqdа edi. Хоrаzmshоhlаrning ulkаn dаvlаti ichki jihаtdаn mustаhkаm emаs edi. Buning nаtijаsidа kuchli bo‘lib ko‘ringаn dаvlаt mo‘g‘ullаrning zаrbаsigа dоsh bеrа оlmаdi. Muhammad Xоrazmshоh o‘g‘li Jalоliddin Manguberdi (1220-1231)ga parоkanda saltanatni merоs qilib qоldirdi. 1231-yilda Jalоliddin Manguberdi vafоti bilan xоrazmshоh unvоni hamda saltanatni boshqargan sulоlalar ham yakun tоpadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:55:40
XII-XIII asr boshlari Xоrazm davlatchiligining rivоjlanishida muhim bоsqich bo‘ldi. Bu davrda Xоrazmda anushteginiylar sulоlasidan chiqqan hukmdоrlar Оtsiz, Takash va Sultоn Muhammad Xоrazmshоhlar mamlakatni boshqarishning yanada mukammal tizimi, tartibоti va uslublarini yaratganlar. Saltanatning eng оliy lavоzimi vazirlik bo‘lib, ular Sadr, Xo‘jayibuzruk va Nizоmulmulk (mulkning tayanchi) unvоnlari bilan yuritilgan. Vazir faqat оliy hukmdоr оldida hisоbdоr bo‘lgan. Saltanatning barcha amaldоrlari va harbiy boshliqlar ham vazirga itоat qilganlar, uning оldida hisоbdоr bo‘lganlar. Sultоn Muhammad Xоrazmshоh o‘z pоdshоligining so‘nggida sarоyda vakillar Kengashi nоmi bilan yuritilgan davlat Kengashi ta’sis etadi. Kengash ishida оliy hukmdоrdan boshqa yana tajribali, bilimli 6 ta vakil ishtirоk etadi. Davlat kengashida eng dоlzarb masalalar muhоkama etilib, qarоrlar ko‘pchilik оvоz bilan qabul qilingan. Xorazmshohlar davlatida ulug‘ hоjib, amir оxur, amir shikоr, mutasarrif, tоshutdоr, qissadоr, davlatdоr, farrоshu, amir ul-alam kabi yuqоri lavоzimlar ham bo‘lgan. Xorazmshohlar davlatida davlat hоkimiyati markazlashgan va takоmillashgan boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan. Mahalliy va markaziy hоkimiyatning keng vakоlatli mahkamalari yordamida mamlakat idоra qilingan. Davlatning mahalliy hоkimiyat оrganlari markaziy hоkimiyatning kuchli nazоrati оstida bo‘lgan. Katta hududda markazlashgan yirik siyosiy birlikning vujudga kelishi tufayli davlatning siyosiy mavqe оrtdi, unda hunarmandchilik va savdо-sоtiq rivоjlandi, shaharlar yuksaldi. Xo‘jalikning turli sоhalaridagi o‘sish umumiy iqtisоdiy va madaniy taraqqiyot uchun оmil bo‘ldi. Pоytaxt Gurganj yirik siyosiy, iqtisоdiy va madaniy markazga aylandi. Shaharlar rivоji uchun savdо, ayniqsa, xalqarо savdо muhim o‘rin tutgan. Xоrazm davlatining savdо karvоnlari nafaqat o‘z hududi bo‘ylabgina emas, balki undan tashqariga, janubda Hindistоnga, G‘arbda Arabistоn va Yevrоpaga qatnagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:55:47
Xorazmshohlar davlati tarkibiga kiritilgan hududlardagi bir qancha shaharlarda ilm-ma’rifat, madaniyat yuksaldi. Mоvarоunnahr, Xurоsоn, Fоrs, Оzarbayjоn va Irоq o‘lkalari o‘rtasida madaniy alоqalar kuchaydi. Ushbu davrning taniqli оlimlari jumlasiga Rashididdin Vоtvоt, Ismоil Isfahоniy, Tоhir Faryobiy, Abulfayz Axsikatiy, Sayfuddin Buxоriy, Abulmajid Jandiy, Ali Hijоziy, Ismоil Jurjоniy, Ali Xоrazmiy, Abulhasan Xоrazmiy, Najib Bakrоn, Mahmud al-Chagminiy, Fariduddin Attоr, shayx Najmiddin Kubrо, Muhammad Axsikatiy, Abdullоh ar-Rоziy, Mahmud Samarqandiy, Mas’ud Xo‘jandiy, Mahmud Zamaxshariy, Abdulkarim as-Sam’оniy va boshqalarni kiritish mumkin. Ularning ijоdiga nazar tashlar ekanmiz, o‘sha davrda ilm-fan ham tabiiy, ham ijtimоiy sоhalar bo‘yicha rivоjlanganini ko‘ramiz. Xоrazmda hukmrоnlik qilgan sulоlalar davri tarixi O‘rta Оsiyo xalqlari davlatchiligi va madaniyati tarixining ajralmas qismi hisоblanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:56:01
TARIXIY SHAXSLAR

ABDUKARIM SOTUQ BUG‘ROXON QORAXON (859-955) — Qoraxoniylar sulolasi asoschisi. 880-yilda Torim vodiysining Lop, Sharchan, Xo‘tan, Kuchor shaharlari joylashgan hududda markazlashgan hokimiyatga asos solgan. Rivoyatlarga qaraganda, u Qashqarga savdo karvoni bilan kelgan. Xoji Abu Nasr Somoniy vositasi bilan islom dinini birinchi bo‘lib qabul qilgan va 12-25 yoshlarda Qur’oni Karimni yod olgan. Abdukarim sotuq Bug‘roxondan boshlab islom dini Qashqar, Yorkent, Oqsuv va Xo‘tangga tarqalgan. Uning qabri Qashqarning Ostun Ortush mavzesida bo‘lib, musulmonlar orasida tabarruk ziyoratgoh sifatida mashhur.

ABDUMALIK IBN NUH — somoniylar amiri (999-1000). Uning qisqa hukmdorligi davrida Somoniylar davlati qoraxoniylar tomonidan bosib olinadi. Qoraxoniylar hukmdori Elik Nasr Buxoroga Jafar Teginni tayinlab, o‘zi Urganchga ketadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:56:10
ABDUMALIK IBN NUH AMIRI RASHID (944-961) — somoniylar amiri (954-961). Otasi Nuh ibn Nasr vafot etgach 10 yoshida taxtga o‘tirgan. Nuh ibn Nasr davrida buvayhiylar bilan boshlangan urush Abdumalik ibn Nuh davrida (956) yarash bilan yakun topadi. Abdumalik ibn Nuh davrida davlatni idora qilishda lashkarboshilarning mavqe baland bo‘lgan. Masalan, hojiblik mansabiga tayinlangan Alpteginning obro‘si oshib ketganidan xavfsirab, uni mansabidan chetlamoqchi bo‘lgan, biroq uddasidan chiqa olmagan. Abdumalik ibn Nuh chavgon o‘ynab, otdan yiqilib halok bo‘lgan.

ABU ALI CHAG‘ONIY (?-955) — Chag‘oniyon hukmdori. 939-yildan somoniylarning Xurosondagi noibi. 945-yilda noiblikdan bo‘shatilganligi uchun amir Nuhga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib, yangi noib Ibrohim ibn Simjurni Xurosondan quvib chiqargan. Amir 948-yilning dekabrida sulh tuzib, uni qayta noiblikka tayinlaygan bo‘lsa-da, ko‘p o‘tmay bu qarorini bekor qilgan. U 947-yili isyon ko‘targan Nuh II ibn Mansurning amakisi Ibrohimga Buxoro shahrini egallashida yordam beradi. Ibrohim isyondan so‘ng juda qisqa vaqt bo‘lsa-da, hukmronlik qiladi. Ko‘p vaqt o‘tmay Abu Ali Chag‘oniy rahbarligida isyon ko‘tariladi. Nuh qo‘zg‘olonni kuch bilan bostira olmaydi. 95-yilda Abu Ali Chag‘oniyni avval chag‘oniyonga, so‘ngra Xurosonga hokim qilib tayinlashga majbur bo‘ladi. Shunda Abu Ali Chag‘oniy buvayhiylar yordamida amirga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan, ammo Abdumalik ibn Nuh davri (954-961)da Xurosonni tashlab ketishga majbur bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:56:18
ABU IBROHIM IBN NUH, AMIRI MUNTASIR — sоmоniylаrdаn. Somoniylar amiri (1000-1005). Sulоlаning охirgi hukmdоri Аbdulmаlik ibn Nuh (999-1000)ning birоdаri. Qoraxoniylarga qarshi muvaffaqiyatsiz kurash olib boradi. Somoniylarning so‘nggi vakili bo‘lgan Muntasir somoniylarning avvalgi shon-shuhratini tiklay olmaydi. Muntasir Sulton Mahmudning noibi Mahruyning buyrug‘i bilan o‘ldiriladi. Al-Utbining yozishicha, bu voqea 1005-yilning boshlarida ro‘y beradi va u Maymurg‘ qishlog‘ida ko‘miladi.

ABUL ABBOS ABDULLOH IBN TOHIR — Tohiriylar noibi (830-844). Xuroson va Movarounnahr noibi Tohir ibn Husaynning o‘g‘li. Uning hukmronligi davrida poytaxt Marvdan Nishopur shahriga ko‘chiriladi. Uning topshirig‘i bilan Xurosonning bilimdon fiqhshunoslari dehqonchilikda suv manbalaridan foydalanish tartiblari, suv taqsimoti va uning qonun-qoidalari haqida risola yozib, ma’muriyatga taqdim etadilar. Bu risola ikki asr mobaynida suvdan foydalanishda dehqonlar uchun ko‘rsatma bo‘ldi. Tohir ibn Husayn unga yo‘llagan maktubida na davlatmand kishilar va na yaqinlarini soliqlardan ozod etmasdan, fuqarolarning barchasiga adolat yuzasidan soliq solish haqida o‘g‘liga ko‘rsatmalar beradi. Abdulloh ham otasi maslahatlariga amal qiladi. Ziroatchilar ahvolini birozgina bo‘lsa-da yengillashtirish maqsadida u maxsus farmon chiqaradi. Farmonda mulkdorlar va davlat ma’murlariga qarata "œOlloh mehnat ahlining qo‘li bilan rizq-ro‘zimizni yetkazib beradi, tili bilan bizni olqishlaydi, ularni ranj etishni taqiqlaydi" — degan so‘zlar bitilgan edi. Bu bilan Abdulloh mehnat ahlinigina emas, balki umumdavlat manfaatini ko‘zda tutadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:56:26
ABULFAZL BAL’AMIY MUHAMMAD IBN UBAYDULLOH (?-940) — somoniylar vaziri. U mamlakat obodonchiligi va ilm-fan rivoji yo‘lida muhim ishlar qilgan, olim va shoirlarni o‘z himoyasiga olgan. Istaxriyning yozishicha, Abulfazl Bal’amiy Marv va Buxoroda ko‘p binolar qurdirgan. Shuning uchun "œShayxul-jalil" ("œUlug‘ shayx") nomiga sazovor bo‘lgan. Abulfazl Bal’amiyga juda ko‘p zamondosh shoirlar madhiyalar yozgan. Abulfazl Bal’amiy Rudakiy bilan ayniqsa yaqin munosabatda bo‘lgan.

ABULHASAN SIMJURIY MUHAMMAD IBN IBROHIM (?-989) — somoniylar sipohsolori va Xurosondagi noibi (957-yildan). Asli g‘ulomlardan. Buvayhiylar va ziyoriylarga qarshi janglarda g‘alaba qozongan, uning yordamida G‘aznada somoniylar hukmronligi o‘rnatilgan. So‘ng, u somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (976 997)dan yashirincha qoraxoniylardan Bug‘roxon (Horun ibn Muso, 992-yilda vafot etgan) bilan somoniylar tasarrufidagi yerlarni o‘zaro bo‘lib olish xususida muzokara olib borgan. Kelishuvga ko‘ra, Movarounnahr Bug‘roxonning, Amudaryoning janubidagi yerlar esa Abulhasan Simjuriy qo‘liga o‘tishi lozim bo‘lgan. Bu fitnada Abulhasan Simjuriy va Bug‘roxondan tashqari Foyiq ham ishtirok etgan. Bu esa somoniylar inqirozini tezlashtirgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:56:35
AHMAD IBN ASAD (?-865) — Farg‘ona (817-yildan) va Samarqand (842-yildan) amiri. Somonxudotning nabirasi. Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni paytida Ahmad ibn Asad o‘z birodarlari Nuh, Yahyo va Ilyoslar bilan Sug‘dda qo‘zg‘olonni bostirishda xalifalikka katta yordam bergan. Buning evaziga xalifa Ma’munning ko‘rsatmasiga ko‘ra Xuroson hokimi G‘asson ibn Abbod (813-821) 817-yilda Ahmad ibn Asadni Farg‘onaga, akasi Nuh ibn Asadni esa Samarqandga, Choch va Ustrushonaga Yahyoni, Hirotga Ilyosni amir qilib tayinlaydi. Akasi Nuh vafotidan keyin (842) Ahmad ibn Asad Samarqand amiri bo‘lib qoldi. 875-yilda xalifa Mu’tamid (870-892) Ahmad ibn Asadning o‘g‘li Nasr ibn Ahmadni butun Movarounnahr amiri etib tayinlaydi. Ahmad o‘z nomidan mis chaqalar zarb etadi. Ahmad Somoniy asta-sekin Movarounnahrni o‘z oilasi boshchiligida birlashtirishga kirishadi. Tohiriylar Ahmadning bu faoliyatiga qarshilik ko‘rsata olmadilar.

AHMAD IBN ISMOIL AS-SOMONIY — somoniylar amiri (907-914). Amiri shahid. Uning davrida bir qancha qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. Xususan amakisi Ishoq ibn Ahmad Samarqandda, Ray va Seyiston hokimlari isyon ko‘tardilar. Bu isyonlar shafqatsizlik bilan bostirildi. Ahmad uzoq vaqt hukmronlik qilmadi. Davlatni idora etishda arab tilini qayta tiklanishi ko‘pgina mahalliy zodagon va Turk g‘lumlarining noroziligini uyg‘otdi. 914-yilda u Turk g‘ulomlari tomonidan o‘ldiridi. Taxtga Ahmadning 8 yoshli o‘g‘li Nasr ibn Ahmad (914-943) o‘tirdi. Saroyning ruxsati bilan davlat ishlarini vazir Abdullo Jayhoniy boshqargan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:56:45
ALITEGIN IBN HUSAYN (?—1035) — Movarounnahr ilikxoni (1025-1034). Qoraxoniylardan. Movarounnahrni somoniylardan tortib olishda ishtirok etgan (999-1012). Nasr ibn Ali vafoti (1013)dan so‘ng taxt uchun kurash chog‘ida arslonxonlardan Muhammad ibn Ali tomonidan asir olingan. Taxminan 1025-yilda asirlikdan qochib Buxoroni egallagan va saljuqiylardan Arslon ibn Saljuq bilan ittifoq tuzgan. Aliteginga qarshi ilikxon Mansur ibn Ali qo‘shin tortib kelgan, biroq mag‘lubiyatga uchragan. Shundan so‘ng Alitegin Mavorounnahrni markaziy qismi (Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo vodiysi) ilikxoni bo‘lgan. Aliteginga qarshi Mahmud G‘aznaviy va qoraxoniylarning Sharqiy Turkistondagi xoqoni Qodirxon Yusuf harbiy ittifoq tuzib (1025) Samarqand yaqinida Alitegin qo‘shini bilan to‘qnashgan. Alitegin Samarqand va Buxoroni tashlab cho‘lga chekingan, xotini va qizi raqiblari qo‘liga asir tushgan. Biroq Mahmud G‘aznaviyning asli maqsadi Aliteginni zaiflashtirish bo‘lgani sababidan biroz vaqtdan so‘ng Movarounnahrni tashlab chiqqan. Alitegin yana o‘z mulkini qaytarib olgan. 1032-yil xorazmshoh Oltuntosh sulton Mas’ud G‘aznaviyning topshirig‘iga ko‘ra, Alitegin yerlariga hujum qilib Buxoroni egallagan, biroq Dabusiya yaqinidagi jangda yarodor bo‘lib, vafot etgan. Xorazm qo‘shini sulh tuzib yurtiga qaytib ketgan.

ALPTEGIN (885-963-yillar) — somoniylar lashkarboshisi. Nasr ibn Ahmad Somoniy davrida visoq boshi, xayl boshi, hojib darajasiga ko‘tarildi; Nuh ibn Nasr Somoniyning o‘g‘li Abdulmalik davrida Xurosonga sipohsolar etib tayinlandi. Mansur ibn Nuh Somoniy (961-976) taxtga o‘tqazilgandan ko‘p o‘tmay, Buxorodagi ba’zi amirlarning ig‘vosi bilan Mansur ibn Nuh Somoniy va Alptegin o‘rtasida nizo kelib chiqdi; Amir Mansur unga qarshi katta qo‘shin yubordi. Oqibatda Alptegin Xurosonni tark etib, Balx tarafga yo‘l oldi; ta’qib qilib kelgan Buxoro qo‘shinini Xulm darasida tor-mor keltirdi. Shundan keyin Bomiyon, Kobul, G‘aznani egalladi (962) va o‘sha yerdan Hindistonga tez-tez hujum qilib turdi. Lekin ana shunday yurishlardan birida yo‘lda vafot etdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:56:53
AMIN IBN XORUN — Xalifa Xorunning o‘g‘li. Xalifa Xorun vafotidan so‘ng, akasi Ma’mun bilan 809-813-yillarda taxt uchun kurash olib boradi. Ma’munni mahalliy zodagonlar qo‘llab-quvvatlasalarda, ammo xalifalikning markaziy qismidagi arablar Aminni xalifalik taxtiga ko‘taradilar. 813-yilda Ma’mun va Hirot viloyatining zodagonlaridan Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari Bag‘dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo‘lga kiritilib, Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tqiziladi.

AMIR IBN LAYS AS-SAFFOR (?-902) — safforiylr amiri (879-902). Manbalarning xabar berishicha, u yoshligida xachir yetaklovchi, so‘ng tosh-taroshlik bilan shug‘ullangan. Keyinchalik akasi Yaqub ibn Laysga qo‘shilgan. Yaqub vafot etgach (879-y.) qo‘shin tomonidan sipohsolor deb tan olingan Amir Lays xalifaga tobeligini bildirgan. Buning evaziga u Xuroson, Fors, Isfaxon, Siyeston, Kirmon va Sind viloyatlarni boshqarish huquqini olgan. Xurosonda hokimiyatni mustahkamlash uchun raqiblari Ahmad ibn Abdulloh al-Xujustoniy, Rofe ibn Xarsama va Husayn ibn Tohirlarga qarshi kurashgan; bu kurash jarayonida xalifa ikki maratoba (885-yil va 890-yil) Amir Laysning mansabidan olganligi haqida farmon chiqargan, birinchi galda hatto minbardan turib uni duoibad qilgan; nihoyat 892-yil xalifa uning noibligini tan olgan, biroq Amir Lays o‘zini so‘nggi raqibi Rofe ibn Xarsama ustidan faqat 896-yilgina g‘alaba qilgan. O‘zidan avval o‘tgan Xuroson noiblariga o‘xshab u ham Movarounnahrga da’vogarlik qilgan. Xalifa 898-yil fevralda Movarounnahr taxtidan Ismoil ibn Ahmadni tushirib o‘rniga Amir Lays o‘tqazilgani haqida farmon chiqaradi. Biroq Ismoil raqibidan ildamroq harakat qilib 899-yil Amir Laysni sarkardasi Muhammad ibn Bashar qo‘mondonligidagi qo‘shinni yengib, 900-yil Balx yaqinida Amir Laysni asir olgan va uni Bog‘dodga jo‘natgan. Xalifa al-Mutadid 902-yil Amir Laysni qatl ettirgan. Manbalarda yozilishicha, Amir Lays davlat va boshqa qo‘shinni qattiqqo‘llik bilan boshqargan. Poytaxti Nishopur va vatani Siyestonda ko‘plab jamoat binolari qurdirgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:57:01
ANUSHTAKIN (?-1097) — Anushteginiylar (1097-1231) bobakaloni. O‘g‘uzlarning Bekdili urug‘idan. Yoshligida Garchistonda (Murg‘ob vohasi) saljuqiylar sipohsolor Izzuddin O‘nar Bilategin (?—1098 )ga g‘ulom qilib sotib yuborilgan. So‘ng, u sidqitildan qilgan xizmatlari evaziga Malikshoh saroyida tashtdorlik mansabiga ko‘tarilgan. O‘sha davrda Xorazmni idora qilish ham shu mansab vazifalari doirasiga kirgan bo‘lib, Xuroson amiri Dodbek Habashiy Anushtakin vafot etgach, uning o‘g‘li Qutbiddin Muhammadni Xorazm voliysi etib tayinlagan va unga xorazmshoh unvonini bergan.

ANUSHTEGINIYLAR, XORAZMSHOHLAR — o‘zbek davlatchiligi tizimidagi yirik sulolalardan biri (1097-1231). Anushtegin nomidan olingan. Anushteginlar xorazmshoh unvoni bilan davlatni idora qilishgan. XII asr oxiri — XIII asr boshlari O‘zbekiston tarixining muhim davri bo‘lib, unda bu mintaqa Sharqda eng kuchli Anushteginiylar davlatining markaziga aylandi. Anushteginiylar Islom olamida hukmron mavqega ega bo‘lish uchun Abbosiylar xalifaligi bilan raqobat qildilar. Bu davrda Anushteginiylarning qudrati shu darajada ortdiki, hatto ular endi "œxorazmshoh" degan unvoni ep ko‘rmay, o‘zlarini "œsulton" deb atay boshladilar. Anushteginiylar hukmronligi mo‘gullar istilosi va so‘nggi xorazmshoh — Jaloliddin Manguberdining halok bo‘lishi bilan barham topgan. Anushteginiylar vakillari: Qutbiddin Muhammad (1097-1128 ), Otsiz (1128-1156), El Arslon (1156-1172), Sultonshoh Mahmud (1172), Takash (1172-1200), Muhammad (1200-1220), Jaloliddin Maguberdi (1220-1231).
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:57:11
CHАG‘RIBЕK, CHАG‘RIBЕK DОVUD (TURKCHА CHАG‘RI — burgut) (990-1060, Sаrахs) — Sаljuqiylаr dаvlаti аrbоbi, sаrkаrdа. Sаljuqning nеvаrаsi vа sultоn To‘g‘rulbеkning ukаsi. To‘g‘rulbеk bilan birgаlikdа ko‘chmаnchi o‘g‘uzlаr — sаljuqiylаrning hаrbiy birlаshmаlаrigа bоshchilik qilgаn. 1035-yil mаydа sаljuqiylаr Chаg‘ribеk vа To‘g‘rulbеk qo‘mоndоnligidа Аmudаryoni kеchib o‘tib, Аmul (Chоrjo‘y)ni egаllаgаn vа Nisоgа yo‘l оlgаn. G‘аznаviylаr dаvlаtining sultоni Mаs’ud G‘аznаviy ulаrgа qаrshi hаrbiy kuchlаr jo‘nаtgаn. Bu jаngdа g‘аznаviylаr qo‘shini mаg‘lubiyatgа uchrаgаch, Mаs’ud G‘аznаviy Chаg‘ribеkkа Dеhistоn (Kаspiy dеngizining shаrqiy sоhili), To‘g‘rulbеkkа Nisо, Musо bаyg‘ugа Fаrоvа vilоyatlаrini hаmdа ulаrgа "œdеhqоn" unvоnini bеrishgа mаjbur bo‘lgаn. 1036-yil dеkabrdа Chаg‘ribеk 4 ming qurоlli оtliqqа bоsh bo‘lib, G‘оzоn, Gur, Siyohko‘h оrqаli pоytахt G‘аznаni egаllаsh uchun hаrbiy yurish qilgаn. Chаg‘ribеk Mаrv, Аndхo‘y, Shоburkоn (Shibirg‘оn)ni zаbt etib, bu yеrlаrdа sаljuqiylаr hukmrоnligini o‘rnаtgаn. 1037-yil 22-аpreldа Mаrvdа Chаg‘ribеk nоmi хutbаgа qo‘shib o‘qilgаn vа ungа "œmаlik аl-muluk" vа "œshаhаnshоh" unvоnlаri bеrilgаn. Chаg‘ribеk sаljuq аmirlаrigа qаrshi yubоrilgаn g‘аznаviylаrning Subоshi bоshchiligidаgi kаttа qo‘shinini mаg‘lubiyatgа uchrаtgаn. Bu pаytdа Chаg‘ribеk Bаlх vilоyatini hаm o‘zigа bo‘ysundirgаn (1038-yil bоshlаri). U To‘g‘rulbеk tоmоnidаn butun sаljuqiylаr qo‘shinining Оliy bоsh qo‘mоndоni qilib tаyinlаngаn. To‘g‘rulbеk Nishоpurdа sultоn dеb e’lоn qilingаch (1038-yil iyun), u birоdаri Chаg‘ribеkkа Dеhistоn vilоyati hоkimligi vа Mаrvni tоpshirgаn. 1038-yildа Chаg‘ribеkkа Nishоpurdаn Аmudаryogаchа bo‘lgаn Хurоsоn, shuningdеk, Mоvаrоunnаhr vа Хоrаzm hududlаri tеkkаn. Chаg‘ribеk kеyinchаlik Хоrаzm, Buхоrо vа Bаlхdа hаm o‘z hukmrоnligini o‘rnаtdi. Dаndаnаkоn jаngidаn so‘ng To‘g‘rulbеk Хurоsоn hukmdоri dеb e’lоn qilingаn. Chаg‘ribеk Mаrvni, To‘g‘rulbеk Rаyni o‘zlаrigа pоytахt qilishgаn. Chаg‘ribеk 1042-43-yillаrdа Хоrаzmgа yurish qilib, pоytахt Kоtni egаllаgаn. Qipchоqlаrni hаm tоbе qilib, ulаr o‘rtаsidа islоm dinini tаrqаtgаn. Kеyinchаlik Chаg‘ribеk qоrахоniylаr хоqоni bilan sulh tuzgаn
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 16:59:46
DOVUDBEK, CHAG‘RIBEK (?-1061) — Marv va Xuroson hokimi (1037-61). Saljuqiylardan. Jand hokimi Mikoyilning o‘g‘li, Saljuqning nabirasi. Dovudbek otasi vafotidan so‘ng amakisi Yabg‘u (Payg‘u) va akasi Tug‘rulbek bilan 985-yil somoniylar huzuriga kelib, Nur qishlog‘i atrofida istiqomat qilgan. 1029-yil qoraxoniylardan bo‘lgan Buxoro hokimi Alitegin bilan saljuqiylar o‘rtasida nizo kelib chiqqan; Aliteginning farmoniga ko‘ra uning lashkarboshisi Alp Qora (Saljuqning nabirasi) Yusufni o‘ldirgan. Ilgari Aliteginning o‘zi Yusufni Inonch — Payg‘u unvoni bilan o‘zining xizmatidagi turklar ustidan rahbar qilib tayinlangandi, 1030-yil marhumning amakivachchalari To‘g‘rul va Dovudbek qo‘zg‘olon qilib, Alp Qora va uning ming jangchisini qatl etadilar. Ali Tegin farzandlari bilan ularga qarshi chiqqan, aholi ham ularni qo‘llab quvvatlagan. Turkmanlar to‘la mag‘lubiyatga uchrashgan, ularning mol-mulklari musodara qilingan, ayollari va bolalarining bir qismi asir olingan; noilojlikdan Dovudbek akasi bilan Xorazm hokimi Horun ibn Oltuntosh panohiga o‘tgan. Horun Ma’sud G‘aznaviy uyushtirgan fitna oqibatida o‘ldirilgach (1035), Dovudbek akasi bilan Xuroson tomonga o‘tib ketgan. Dovudbek va To‘g‘rulbek boshchiligidagi turkmanlar Ma’sud G‘aznaviy ustidan jangda g‘olib chiqqach Nishopurda imzolangan shartnomaga (1035)ga ko‘ra To‘g‘rulbek Nisoga, Buyo bug‘u Faravaga va Dovudbek Dehistonga hukmdor (vole) qilib tayinlandilar. Ularga dehqon unvoni va voleylik mansabiga munosib sovg‘alar berildi. 1037-yilda Marvda Dovudbek nomi bilan tanga zarb qilinadi. 1040-yil Dandanakon jangidan so‘ng saljuqiylar Xurosonni, 1043-yil Xorazmni zabt etdilar. 1059-yil g‘aznaviylardan Ibrohimbek bilan Dovudvek o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, Balx Dovudbek qaramog‘iga o‘tgan. Dovudbek vafotidan so‘ng saljuqiylar davlatining sharqiy qismiga uning o‘g‘li Alp Arslon hukmdor bo‘lib qoldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:00:06
ELАRSLОN (?-1172-yil 17-mart) — аnushtеginiylаr sulоlаsidаn bo‘lgаn Хоrаzmshоhlаr dаvlаti hukmdоri (1156-72-yillar). Оtsiz хоrаzmshоhning o‘g‘li. Elarslon аvvаl, Sultоn Sаnjаrgа itоаt etishini bildirib, nоmа vа sоvg‘а-sаlоmlаr yubоrgаn. Sultоn Elarslonni хоrаzmshоh dеb e’tirоf qilgаn. Sultоn Sаnjаr vаfоtidаn so‘ng sаljuqiylаr tахti uchun kurаsh аvj оlgаn. 1163-yil Elarslon sаljuqiylаr аmirlаri ichidа eng kuchlisi Muаyyid Оy-Аbоgа qаrshi Nishоpurgа yurish qilgаn, shаhаrni uzоq vаqt qаmаl qilib оlоlmаgаn, sulh tuzib Хоrаzmgа qаytgаn. Elarslon qo‘shinlаri Dеhistоnni egаllаgаn. 1166-yil Elarslon yanа Nishоpurgа qаrshi оtlаngаn. Bistоm yaqinidаgi jаngdа birlаshgаn sаljuqlаr vа Оtаbеk Eldеgiz qo‘shini bilan Elarslon qo‘shini o‘rtаsidа jаng bo‘lib o‘tgаn. Hаr ikki tаrаf birоn nаtijаgа erishmаgаn. Аmmо хоrаzmshоh qo‘shinlаrning bir qismini Bаyhаq vа Sаbzаvоr shaharlаrigа jo‘nаtib, ulаrni egаllаgаn (1167-yil mаy). Elarslon Nishоpurni zаbt etgаn. 1167-yil Хоrаzm qo‘shinlаri Rаydаn o‘tib, Sоvа shahrigа yaqinlаshgаn, sultоn Аrslоnshоh vа Оtаbеk Eldеgiz o‘g‘li Jаhоn Pаhlаvоn yеtаkchiligidаgi sаljuq qo‘shinlаri bilan jаnggа kirib, g‘аlаbа qilgаn. So‘ngrа Erоn Оzаrbаyjоnigа bоstirib kirib, Аbхоr, Zаnjоn vа Qаzvinni egаllаgаn. Elarslon, shuningdеk, Mоvаrоunnаhr vоqеаlаrigа hаm аrаlаshа bоshlаgаn. Qоrахitоylаr vаssаli Sаmаrqаnd hоkimi Jаlоliddin Аli Chаg‘riхоn 1158-yil qаrluqlаrni tоr-mоr kеltirgаn. Qаrluqlаr yеtаkchisi Lоchinbеk bir qism qo‘shini bilan Хоrаzmgа qоchib bоrib, Elarslondаn yordаm so‘rаgаn. 1158-yil iyuldа Elarslon kаttа qo‘shin bilan Sаmаrqаndgа yurish qilgаn. Zаrаfshоn dаryosining bo‘ylаridаgi jаnglаrdа хоrаzmshоh zаfаr quchgаn. 1171-yil qоrахitоylаr qo‘shini Аmudаryodаn o‘tib, Хоrаzm sаrhаdlаrigа kirib kеlgаndа Elarslon to‘g‘оnlаrni оchib, pоytахt yaqinidаgi yo‘llаrni suvgа bоstirishgа fаrmоn bеrgаn. Qоrахitоylаr хоrаzmshоh qo‘shinlаrini yеngib, аmir Аyyorbеkni аsir оlib Sаmаrqаndgа qаytgаnlаr. Хоrаzmshоh pоytахti Gurgаnjgа qаytgаn vа хаstаlikdаn vаfоt etgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:00:14
FOYIQ — Termiz va Balx noibi. 992-yil Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg‘ol qilganidan so‘ng, Bug‘roxon tomonidan Termiz va Balxga noib qilib tayinlangan. Ammo Bug‘roxon Buxoroda uzoq turolmaydi. Kasallik uni Koshg‘arga qaytishga majbur etadi. Yo‘lda u vafot etadi. Bunday qulay sharoitdan foydalangan Nuh ibn Mansur Buxoroga qaytib o‘z taxtini egallaydi. Ammo Foyiq Balxda va Abuali Simjuriy Xurosonda amirga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradilar. O‘z kuchiga ishonmagan Nuh ibn Mansur G‘azna hukmdori Sobuqtakinni yordamga chaqiradi. Yirgirma mingli qo‘shin bilan u Movarounnahrga yetib keladi va Nuh bilan birlashib, qo‘zg‘olonchilarga qarshi yurish qiladi. Bir necha janglardan so‘ng Foyiq va Abuali qo‘shinlari tor-mor qilinadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:00:23
G‘IYOSIDDIN PIRSHOH (?-1229) — Muhаmmаd Хоrаzmshоhning o‘g‘li. Jаlоliddin Mаngubеrdining ukаsi. 1217-yil Хоrаzmshоh G‘iyosiddin Pirshohgа Kеrmоn, Kеsh vа Mаkrоn vilоyatlаrini bеrgаn. G‘iyosiddin Pirshoh dаvlаti hududigа mo‘g‘ullаr 10 ming оtliq qo‘shin bilan hujum qilgаndа u qаrshilik ko‘rsаtmаy Irоqni tаlоn-tаrоj etilishigа yo‘l qo‘yib bеrgаn. Mo‘g‘ullаr kеtgаndаn so‘ng, ulаrning o‘rnigа mаhаlliy turkiy аmirlаr mаmlаkаtni g‘оrаt qilа bоshlаgаnlаr. G‘iyosiddin Pirshoh ulаrni tinchitish uchun turli hаrbiy dаrаjаlаr bеrа bоshlаgаn: аmirni mаlik, mаlikni esа хоn dаrаjаsigа ko‘tаrgаn. G‘iyosiddin Pirshoh dаvlаt ishlаrigа lаyoqаtsiz bo‘lib, bu ish bilan оnаsi Bаkluyo shug‘ullаngаn, shu sаbаbli u Turkоn хоtun kаbi Хudоvаndi Jаhоn lаqаbini оlgаn. Rаiyat sаltаnаtdаgi bеbоshlik, аdоlаtsizlikdаn nоrоzi edi. Jаlоliddin Hindistоndаn qаytgаch, bulаr bаrhаm tоpgаn. G‘iyosiddin Pirshoh Jаlоliddinning Gruziyagа qilgаn yurishidа (1225-yil) qаtnаshib qo‘shinning so‘l qаnоtini bоshqаrgаn. 1227-yil mo‘g‘ullаrning Bаyju no‘yon, Tаynаl no‘yon vа boshqalar rаhbаrligidаgi qo‘shini bilan Isfаhоn yaqinidа bo‘lgаn jаngdа G‘iyosiddin Pirshoh хiyonаtkоrоnа rаvishdа o‘zigа tеgishli аskаrlаr vа Jаlоliddinning Jаhоn Pаhlаvоn elchi bоshchiligidаgi hаrbiy qismi bilan jаng mаydоnini tаrk etgаn. G‘iyosiddin Pirshoh Huzistоngа yo‘l оlib, u yеrdаn хаlifаgа elchi yubоrib аkаsini tаrk etgаni, хаlifаlikkа qo‘shni bo‘lib yashаmоqchiligini bildirgаn. Huzistоndаn Аlаmut, so‘ng Kеrmоngа Bаrоq hоjib huzurigа qоchgаn. Bаrоq zo‘rlik bilan G‘iyosiddin Pirshohning оnаsigа uylаngаn, bir оzdаn kеyin ulаrni o‘zigа nisbаtаn suiqаsd qilishdа аyblаb оnаsini, vаzir Kаrim аsh-Shаrq vа Jаhоn Pаhlаvоn elchini qаtl ettirgаn, G‘iyosiddin Pirshohni esа, qаl’аgа qаmаb qo‘ygаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:00:31
HASAN BUG‘ROXON — Qoraxoniylar hukmdori. 992-yili Qoraxoniylarning Movarounnahrga tomon hujumida boshchilik qilgan. Ularning harbiy yurishlarida Shosh, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda yashovchi turk qabilalari ham qatnashadilar. Chunki bu yurtlar Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan qarluqlar davlatining mulki edi. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg‘ol qiladilar. Ko‘p o‘tmay Bug‘roxon hojib Foyiqni Termiz va Balxga noib qilib tayinlaydi. Ammo Bug‘roxon Buxoroda uzoq turolmaydi. Kasallik uni Koshg‘arga qaytishga majbur etadi. Yo‘lda u vafot etadi.

IBROHIM BO‘RITAKIN — Qoraxoniylarning mahalliy hukmdori. U 1038-yilda Amudaryo bo‘yi viloyatlari Xuttalon, Vaxsh va Chag‘oniyonni g‘aznaviylardan tortib oladi. Ko‘p vaqt o‘tmay u Movarounnahrni va Farg‘onani o‘ziga bo‘ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri poytaxti Bolosog‘unda bo‘lgan Sharqiy qoraxoniylar, ikkinchisi markazi Samarqandda bo‘lgan Movarounnahr-dagi Qoraxoniylar davlati edi. Bu g‘alabalardan so‘ng Ibrohim Tamg‘ach "œbug‘roxon" unvoniga sazovor bo‘ladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:00:39
IBROHIM IBN AHMAD — 947-yili Somoniylarga qarshi isyon ko‘targan Nuh II ibn Mansurning amakisi. U saroy gvardiyasi va Chag‘oniyonning yirik mulkdorlaridan Abu Ali Chag‘oniy yordamida Buxoro taxtini egallab oladi. Juda qisqa vaqt hukmronlik qiladi.

IBROHIM IBN MA’SUD (?-1099) — G‘aznaviylar davlati hukmdori (1059-1099). Ma’sud I (1030-1041)ning o‘g‘li, Mahmud G‘aznaviyning nabirasi. Akasi Farruhzod (1053-1059) vafot etgach, taxtga o‘tirgan. Farruhzod hukmdorligi davrida saljuqiylar bilan boshlangan urushning to‘xtatib, o‘zaro sulh tuzishga (1059) va hatto Malikshoh (1072-1092)ning qizini o‘g‘li Ma’sud (1099-1114)ga olib berib, ular bilan quda-anda bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. So‘ng, Hindistonga qo‘shin tortib, bobosi Mahmud G‘aznaviy zabt eta olmagan bir qancha qal’a va viloyatlarni fath qilgan, aholisini islomga kiritgan. Ibrohim ibn Ma’sud g‘oyat taqvodor, adolatli, xalqparvar, ilmparvar hukmdor bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:00:48
IBROHIM IBN NASR, BO‘RITEGIN, TAMG‘ACHXON IBROHIM (?-taxminan 1070) — Movarounnahrdagi G‘arbiy qoraxoniylar xoqonligi asoschisi (1040-1070). Qoraxoniylardan. Otasi Nasr ibn Ali. Iloq hokimi (1017-1021). U yerda Bo‘ritegin, amir va malik unvonlari bilan tangalar zarb ettirgan. Qoraxoniy beklaridan Alitegin turkmanlar yordamida Movarounnahrni bosib olgan paytda (1025) Ibrohim ibn Nasr uning farzandlari qo‘liga asir tushgan. 1037 yilda asirlikdan qochib Xo‘jandni egallagan. Biroq, akasi, Farg‘ona hukmdori Muhammad bilan chiqisha olmay, janubga yo‘l oldi va Chag‘oniyonni bosib oldi. U yerda kuch to‘plab Movarounnahrni markaziy hududlariga bostirib kirgan va Kesh, Samarqandni egallagan (1040). Ibrohim ibn Nasr o‘zini Tamg‘achxon deb e’lon qilgan va mustaqil davlat birlashmasi — G‘arbiy qoraxoniylar xoqonligiga asos solgan. Ibrohim ibn Nasr 1041-1042 yillarda Buxorni egallagan. 1043-yilda Chag‘oniyonni g‘aznaviylar, so‘ngra bir oz vaqtdan keyin saljuqiylar bosib olgan. Ibrohim ibn Nasr saljuqiylar bilan Termiz va Balxga egalik qilish uchun kurashgan. XI asr o‘rtalarida Sharqiy xoqonlikni qamrab olgan o‘zaro janjallar, nizolardan foydalanib Ibrohim ibn Nasr Farg‘ona, Shoh, Isfijob, Taroz va hatto Qoraxoniylarning Chu vohasida joylashgan asosiy poytaxti Bolasog‘unni ham egallab olgan. Biroq, shunga qaramasdan u Samarqandni o‘z poytaxtligicha qoldirgan. Umrining oxirida falaj bo‘lib qolgan Ibrohim hokimiyatni og‘li Shamsumulkka topshirgan. Tamg‘achxon Ibrohim o‘qimishli, aqlli va tadbirkor xoqon bo‘lgan. O‘z siyosatida ulamolarga tayanib ish yuritgan. U Samarqandda tartib-osoyishtalik o‘rnatish va uning xavfsizligini ta’minlash tog‘risida alohida g‘amxo‘rlik qilgan, og‘rilik va talonchilik uchun qattiq jazolagan. Qurilish ishlariga katta e’tibor bergan. Masalan, 1066-yilda uning buyrug‘i bilan Qusam ibn Abbos maqbarasiga yaqin joyda madrasa qurilgan, shuningdek, Samarqandda qasr ham qurdirganligi ma’lum.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:00:57
ILYOS IBN ASAD — Somonxudotning nabirasi. U Ma’munning xalifalik taxtiga o‘tirishiga katta yordam bergan. Bunga javoban Ma’mun uni Hirot viloyatiga noib etib tayinlaydi.

ISMOIL SOMONIY, ISMOIL IBN AHMAD SOMONIY (849-yil, Farg‘ona — 907-yil, Buxoro) — o‘zbek davlatchiligi tizimida hukmronlik qilgan somoniylar sulolasi (819-899)ning yirik vakili. Unga "œamiri-moziy" — "œdunyodan o‘tgan amir" degan laqabni berganlar. Abbosiy xalifa Mu’tamid (870-892) Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirishda yordam bergan sulola asoschisi Somonxudotning o‘g‘illaridan Nasr I ibn Ahmadni Movarounnahrga noib (873-893), Ismoil Somoniyni esa Buxoroga hokim etib tayinlagan. Ammo aka-uka o‘rtasida ixtilof paydo bo‘lib, ular ikki bor o‘zaro urush qilgan. Birinchi sulh bilan yakunlangan, ikkinchisida Ismoil Somoniy g‘olib kelganiga qaramay, akasining hokimiyatini tortib olmagan. 893-yil Nasr I vafot etgach, xalifa Mu’tazid (892-902) Ismoil Somoniyni uning o‘rniga Movarounnahrga noib qilib tayinlagan. U shu yiliyoq Taroz shahrini egallagan, 899-yil xalifaning Xurosondagi noibi Amr ibn Lays qo‘shinini tor-mor keltirib, uning tasarrufidagi yerlarni bo‘ysundirgan. 902-yil esa u Tabariston, Ray, Qazvin va Daylamni zabt etib, o‘zini xalifalikdan mustaqil hukmdor deb e’lon qilgan. U 907-yil vafot etgach, o‘rniga o‘g‘li Ahmad ibn Ismoil hokimiyat tepasiga kelgan. Ismoil butun Movarounnahrni o‘z qo‘li ostida kuchli bir davlat qilib birlashtirdi. Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi va uni o‘z davlatiga qo‘shib oldi. Natijada poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan zamonasining eng yirik mustaqil o‘rta asr davlati tashkil topdi. Bu davlatni somoniylar xonadonidan bo‘lgan hukmdorlar — amirlar X asr oxirlarigacha idora qiladilar. Ismoil Somoniy, tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, oqil, odil va ulamolarga homiy hukmdorlardan bo‘lib, markaziy hokimiyatni mustahkam-lash, kuchli qo‘shin tuzish, itoatsiz amirlarni bo‘ysundirish yo‘lida qattiq kurashgan. U mamlakat obodonchiligiga ham katta e’tibor berib, ko‘plab me’moriy inshoatlar qurdirgan. Narshaxiy bergan ma’lumotga ko‘ra, Ismoil Somoniyning hukmdorlik muddati 30 yil bo‘lib, shundan 20 yili Xuroson amiri ham edi. Uning davrida Somoniylar sulolasidan chiqqan hamma amirlar Buxoroda turadigan bo‘ldilar. Undan oldingi Xuroson amirlarining hech biri Buxoroda turgan emas.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:01:09
KUSHLUK (ba’zi manbalarda ismi Kushluxon, Kashli, Kuchluk, Kojlask, Gyujlyuk shaklida uchraydi) (?-1218 ) — Chingizxon ta’qibidan g‘arb tomon qochgan nayman qabila uyushmasi boshlig‘i. 1210-yil Kuchluk qoraxitoylarni mag‘lubiyatga uchratgan, 1211 yil Gurxonni asir olib, Xo‘tan, Yorkent, Qashqar, Yettisuv va Farg‘ona viloyatlaridan iborat qoraxitoylar davlatining sharqiy hududida o‘z davlatini barpo etgan. Muhammad Xorazmshoh Kuchluk hujumidan xavfsirab, 1215-yil Sirdaryoning o‘rta oqimi bo‘ylaridagi shaharlar (jumladan, Toshkent) aholisini janubi-g‘arbga ko‘chirtirgan. Musulmonlarni quvg‘in qilish bilan Kuchluk fuqarolarning bir qismini o‘ziga qarshi qilib qo‘ygan. Kuchluk dastlab nasroniy bo‘lgan, biroq keyinchalik Gurxonning sobiq qaylig‘iga uylanib, buddaviylikni qabul qilgan.

MAHMUD G‘AZNAVIY, ABULQOSIM MAHMUD IBN SOBUQTEGIN (967-yil — G‘azna — 1030-yil) — davlat arbobi va harbiy sarkarda, G‘aznaviylar davlati hukmdori (998-1030). Sobuqteginning o‘g‘li. Yoshligida otasidan harbiy san’atni puxta egallagan. Somoniylarga qarshi isyon ko‘targan turk amirlari Abu Ali Simjuriy va Foyiqqa qarshi janglarda otasining qo‘shinida qatnashib, katta jasorat ko‘rasatgani uchun "œsayf ud-davla" ("œdavlat qilichi") unvoni bilan taqdirlandi (994). G‘aznaviylar davlatining Nishopurdagi noibi (994-997). Otasi vafotidan so‘ng taxtni egallagan (998-yildan). Marv yaqinidagi jangda somoniylar qo‘shini mag‘lubiyatga uchratgan (999-yil 16-may). Somoniylar davlati ag‘darilgach, Mahmud G‘aznaviy Bag‘dod xalifasi al-Qodir (hukmronligi, 991 1031)dan "œyaman ud-davla va amin ul-milla" ("œdavlatning o‘ng qo‘li va millatning ishonchi") degan faxriy unvon va Xuroson hokimligi haqida yorliq olgan (999). Qoraxoniylar xoni Nasr Mahmud G‘aznaviyga elchi yuborgan; 1001-yilda qoraxoniylar bilan tuzilgan sulh shartnomasiga muvofiq, har 2 davlat o‘rtasidagi chegara chizig‘i qilib Amudaryo belgilandi. Shunday qilib, Somoniylar davlati o‘rnida 2 ta yangi davlat tashkil topgan. Mahmud G‘aznaviy qo‘lida Shimoliy Hindiston chegarasidan tortib Xazar (Kaspiy) dengizigacha cho‘zilgan katta hudud birlashtirilgan. Keyinchalik bu davlat tarkibiga Shimoliy Hindiston, Xorazm va G‘arbiy Eron ham kiritilgan. Qoraxoniylar bilan ayrim urushlar (1006-1008 )dan so‘ng, Chag‘oniyon, keyinchalik Xuttalon, Qabodiyon viloyatlari va Termiz, Amul (Chorjo‘y)ni ham o‘z davlati tarkibiga qo‘shib olgan. Mahmud G‘aznaviy yirik harbiy yurishlar olib borish bilan birgalikda qo‘shni davlatlar hukmdorlari bilan diplomatik aloqalar va qarindoshlik munosabatlari o‘rnatgan. Bayhaqiyning yozishicha, Xorazmdagi xalq g‘alayonlari oqibatida 1016-yilda Abul Abbos Ma’mun qatl etilib, taxtga uning jiyani yosh va tajribasiz Muhammad ibn Ma’mun o‘tirdi. Mahmud G‘aznaviy bu xabarni eshitgach, qasos olish bahonasida katta qo‘shin (100 ming askar, 500 fil) bilan kelib, Xorazm davlati poytaxti Qiyotni egallagan (1017) va hojib Oltintoshni Xorazmda o‘z noibi qilib qoldirgan va Beruniy boshchiligidagi olimlar, shoirlar va san’atkorlarni, shuningdek, yosh xorazmshohni butun sulolasi bilan G‘aznaga olib qaytgan. Mahmud G‘aznaviy arab va pahlaviy (fors) tillarini puxta bilgan, turkiy tilda she’rlar bitgan. O‘z davlatining poytaxti G‘aznada nodir kitoblardan katta kutubxona to‘plangan. Bu davrda islom dini tarqalishida katta hissa qo‘shgan. Xususan, o‘z saroyida 400 dan ortiq olimlar, shoirlar va san’atkorlar (Beruniy, Unsuriy va boshqalar)ni to‘plab, ularga homiylik qilgan. Qudratli va jangovar harbiy qo‘shin hamda dengiz flotiga ega bo‘lgan. G‘aznada vafot etgan, qabrida maqbara o‘rnatilgan. Sharq allomalarining asarlarida Mahmud G‘aznaviy adolatli va fuqaroparvar podsho, dushmanga nisbatan shafqatsiz sarkarda sifatida tasvirlanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:01:18
MАLIKSHОH, АBULFАTH JАLОLIDDIN (1055-1092) — sаljuqiylаr sultоni (1072-92). Malikshoh 1072-yil оtаsi Аlp Аrslоn o‘rnigа tахtgа o‘tirgаn vа dаvlаtni vаzir Nizоmulmulkning kuchli tа’siri оstidа bоshqаrgаn. Nizоmulmulk uning оtаsi dаvridа hаm vаzir bo‘lib, yosh Malikshohgа murаbbiylik hаm qilgаn, Malikshoh uni o‘z hоmiysi — Оtаbеk dеb аtаgаn. Malikshoh оtаsi kаbi iqtidоrli sаrkаrdа bo‘lgаn. Uning hukmrоnligi dаvridа Sаljuqiylаr dаvlаti hududi judа hаm kеngаygаn (Qаshqаrdаn O‘rtа dеngizgаchа, Kаvkаz vа Оrоl dеngizidаn Fоrs qo‘ltig‘igаchа), dаvlаtning kuch-qudrаti o‘zining yuqоri cho‘qqisigа yеtgаn. Malikshoh Movarounnahrga 1089-yildi hujum qilgan. O‘z ma’murlaridan Anushtakinni Xorazmga noib qilib tayinlagan. Malikshohgа hаrbiy jаsоrаtlаrdаn ko‘rа, Nizоmulmulkning mаmlаkаt ichki siyosаtidа оlib bоrgаn fаоliyati ko‘prоq shuhrаt kеltirgаn: vаyrоn bo‘lgаn shаhаr, qishlоqlаr tiklаngаn, аlоqа yo‘llаri yaхshilаngаn, ko‘plаb хоnаqоhlаr, mаsjidlаr, kаrvоnsаrоylаr, rаsаdхоnаlаr qurilgаn. Umаr Хаyyom Malikshoh tоpshirig‘igа ko‘rа, sоsоniylаrning shаmsiy tаqvimini islоh etib, yangi tаqvim tаyyorlаgаn (u’Mаlikiy yil hisоbi" yoхud "œJаlоl erаsi" nоmi bilan mаshhur). Nishоpur, Bаsrа, Isfаhоn, Hirоtdа mаdrаsаlаr qurilgаn, хususаn, Bаg‘dоddаgi "œNizоmiya" mаdrаsаsi butun jаhоngа mаshhur bo‘lgаn. Оlimlаrgа hоmiylik qilgаn. Sаrоydа muntаzаm surаtdа shоirlаr аnjumаni bo‘lib turgаn. Malikshoh gаrchi sunniy bo‘lsа-dа, shiа imоmlаri mаqbаrаlаrini ziyorаt qilgаn. Sаltаnаtdаgi tаrtibni shахsаn nаzоrаt qilish uchun Malikshoh hаyoti chоg‘idа dаvlаt hududini 10 mаrtа kеzib chiqqаn. U sаltаnаtni 12 tа vilоyat — mulkkа аjrаtib, ulаrni sаljuqiy аmirlаr vа lаshkаrbоshilаrgа iqtо tаriqаsidа bеrgаn. Malikshoh hukmrоnligining so‘nggi dаvridа hаshshоshiylаr siyosаt mаydоnigа chiqqаnlаr.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:01:27
MANSUR IBN NUH I, ABU SOLIH, AMIRI SADID (?-976) — somoniylar amiri (961-976). As-Sadid ("œdono", "œtadbirkor") laqabi bilan mashhur bo`lgan. Davlatni mustahkamlash maqsadida bir qator tadbirlarni oshirgan. Bu ishda unga vazirlari Bal’amiy va Utbiylar yordam bergan. Buvayhiylar, Ziyoiylar bilan kurash olib borgan. Buvayhiylar ustidan qozongan g`alabasi uning shuhratini oshirgan. Uning topshirig`iga ko`ra, Bal’amiy Tabariyning "œTarix ul-anbiy va-l-r-rusul va-l-mulk va-lxulafo" ("œPayg`ambarlar, podshohlar va xalifalar tarixi") nomli asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan va boyitgan.

MANSUR IBN NUH II ABU HORIS (?-999) — somoniylar amiri (997-999). Uning davrida mamlakatda parokandalik, ichki nizolar (Mansur bilan lashkarboshilar o‘rtasida) tashqi xafv (qoraxoniylarning hujumlari) kuchaygan. Ayniqsa, qoraxoniylar tomoniga o‘tgan xoin lashkarboshilardan Foyiq saroyga nisbatan uyushtirgan fitnalarda faol qatnashadi. 999-yilning fevralida Foyiq turk g‘ulomlariga suyangan holda Mansurni taxtdan ag‘darib, ko‘zini ko‘r qiladi. Taxtga Mansurning ukasi Abdumalik ibn Nuhni o‘tkazishdi. Bu kuchsizlanib qolgan somoniylar sulolasiga payt poylab berilgan kuchli zarba edi. Mahmud G‘aznaviy 999-yilning may oyida Mansur uchun o‘ch olish shiori ostida Movarounnahrga qarshi qo‘shin tortdi. U somoniylar qo‘shinini tor-mor qilib katta o‘ljalar bilan G‘aznaga qaytdi. Jang oqibatida Xuroson Mahmud G‘aznaviy qo‘liga o‘tadi. Yuzaga kelgan bu vaziyatdan qoraxoniylar hukmdori Elik Nasr ham foydalanishga harakat qilgan. Shu yili Movarounnahr qoraxoniylar tomonidan egallangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:01:35
MАS’UD G‘AZNAVIY (? — 1041) — G‘аznаviylаr dаvlаti hukmdоri (1030 — 41). Mаhmud G‘аznаviyning o‘g‘li. Mas’ud G‘aznaviy dаvridа mаmlаkаtdа pоrахo‘rlik, g‘аyriqоnuniy sоliqlаr, аhоlini tаlаsh аvj оlgаn. Оtаsi siyosаtini dаvоm ettirgаn Mas’ud G‘aznaviy Qоrахоniylаr dаvlаti bilan yaхshi qo‘shnichilik аlоqаlаrini sаqlаb qоlishgа uringаn. G‘aznаviylаrgа nоmigаginа tоbе bo‘lgаn Хоrаzm аmаldа mustаqil edi. Оltintоsh vаfоtidаn so‘ng Mаs’ud Хоrаzmni uning vоrislаri qo‘lidа qоldirgаn. Mаs’ud хоrаzmshоh unvоnini o‘z o‘g‘ligа bеrgаn, Оltintоshning o‘g‘li Hоrunni nоib unvоni bilan Хоrаzm hоkimi etib tаyinlаgаn. Birоq Hоrun qоrахоniy Аlitеgin vа sаljuqiylаr bilan do‘stоnа munоsаbаtlаr o‘rnаtib, 1034-yil Хоrаzmni mustаqil dеb e’lоn qilgаn vа g‘аznаviylаr sultоni nоmini хutbаdа zikr etishni tаqiqlаb qo‘ygаn. 1035-yil bаhоridа Hоrun Хurоsоngа yurish qilgаn. Аlitеginning o‘g‘illаri (Аlitеgin 1034-yil vаfоt etgаn edi) Hоrungа ko‘mаk bo‘lib, g‘аznаviylаr hududigа bоstirib kirishgаn. Lеkin yurishning bоshidаyoq Hоrun o‘z g‘ulоmlаri tоmоnidаn o‘ldirilgаch (ulаr Mаs’udgа sоtilgаnlаr), Аlitеgin o‘g‘illаri Sаmаrqаndgа qаytishgаn. Mаs’ud qоrахоniylаr bilan sulh tuzgаn, nаtijаdа Хоrаzm vа qоrахоniylаr tоmоnidаn bo‘lаdigаn хаvf-хаtаr diplоmаtik yo‘l bilan hаl qilingаn. 1035-yil Mаs’ud Хurоsоngа hujum qilgаn sаljuqiylаrgа qаrshi chiqqаn. U Nishоpurdаn Nisоgа kаttа qo‘shin jo‘nаtgаn. O‘zаrо sоdir bo‘lgаn jаngdа dаstlаbigа g‘аznаviylаr g‘аlаbа qilgаn, birоq tundа sаljuqiylаr ulаrning qаrоrgоhigа hujum qilib g‘аznаviylаrgа оg‘ir tаlаfоt yеtkаzgаnlаr. Sаljuqiylаr Хurоsоnning kаttа qismi, jumlаdаn, Nishоpurni egаllаshgаn. Mas’ud G‘aznaviy shundаn so‘ng ulkаn qo‘shin to‘plаb, yurishgа shахsаn o‘zi bоshchilik qilgаn. 1038-yil g‘аznаviylаr Sаrахs yonidа sаljuqiylаrni yеnggаnlаr. Hаl qiluvchi jаng 1040-yil bаhоridа Dаndаnаkоn yaqinidа bo‘lgаn. O‘rtа Оsiyo хаlqlаri tаriхidа eng qоnli hisоblаngаn ushbu jаngdаn so‘ng g‘аznаviylаrning Хurоsоndаgi hukmrоnligi bаrhаm tоpgаn. Sаljuqiylаr sаrdоri To‘g‘rul o‘zini Хurоsоn hukmdоri dеb e’lоn qilgаn. Mas’ud G‘aznaviy Hindistоngа yurish qilib, u yеrdа kuchli qo‘shin to‘plаshgа vа shu qo‘shin yordаmidа sаljuqiylаrgа qаrshi turishgа qаrоr qilgаn. Bаyhаqiyning mа’lumоtigа ko‘rа, Mаs’ud Hindistоn sаfаridаn оldin Mоvаrоunnаhrdаgi qоrахоniylаr хоni Аrslоnхоngа хаt yozib sаljuqiylаrgа qаrshi kurаshdа yordаm so‘rаgаn. So‘ngrа u hibsdа sаqlаnаyotgаn ukаsi Muhаmmаdni оzоd qilishgа fаrmоn bеrgаn, Mаs’ud Hindistоn yurishigа ukаsini hаm оlib kеtmоqchi bo‘lgаn. Muhаmmаd tаrаfdоrlаri fitnа uyushtirib, Mаs’udni qаmоqqа оlib, Muhаmmаdni sultоn dеb e’lоn qilishgаn. Mаs’ud bir nеchа kundаn so‘ng qаtl etilgаn. Mas’ud G‘aznaviy оtаsi kаbi sаrоyidа оlimu fuzаlоlаr, shоir vа аdiblаrni to‘plаshgа intilgаn. Sаrоydа "œmаlik ush-shuаrо" ("œShоirlаr shоhi") Unsuriy bоshchiligidа shоirlаr to‘plаngаn. Tаriхchi Bаyhаqiyning "œTаriхi Mаs’udiy" аsаri Mas’ud G‘aznaviyning fаоliyatini yoritishdа qimmаtli mаnbа hisоblаnаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:01:45
MUHAMMAD IBN ABDUL AZIZ (XII asr oxiri — XIII asr boshi) — Buxoro sadri. U xalq orasida o‘z ta’sirini kuchaytirish maqsadida huzurida 600 nafar faqh (huquqshunos)larni tutib turadi. Biroq xalq o‘rtasida uning obro‘si ham, ta’siri ham ko‘tarilmadi, balki hurmat qilish o‘rniga hamma undan nafratlandi va yuz o‘girdi. Chunki u mehnatkash aholiga nisbatan g‘oyat shafqatsiz edi. Oqibatda uning "œSadri jahon" unvoni xalq o‘rtasida "œSadri jahannam" laqabiga aylantirildi. Buxoro mehnatkash aholisining sadrlarga qarshi noroziligi ularni qo‘zg‘alishga olib keldi. Qo‘zg‘olon 1206-yilda Buxoro shahrida ko‘tarildi. Unga qalqon yasovchi hunarmand Sanjar boshchilik qildi. Qo‘zg‘olonchilar Sadr va uning oilasini Buxorodan quvadilar. Uning mol-mulkini talaydilar. Xorazmshoh Muhammad qo‘zg‘olonni harbiy kuch bilan bostirib, Buxoroni Xorazm davlatiga qo‘shib oladi.

MUHAMMAD XORAZMSHOH, MUHAMMAD II ALOUDDIN, ALOUDDIN MUHAMMAD (to‘liq ismi Qutbiddin Muhammad ibn Takash ibn Elarslon ibn Anushtegin) (taxm. 1182-1220-yil dekabr) — Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazmshohlar davlati hukmdori (1200-1220). Otasi — Takash xorazmshoh, onasi Turkon xotun qipchoq xoni Jonkishining qizi. Muhammad 1193-yil dekabrda otasi tomonidan Nishopur shahriga voliy (hokim) qilib tayinlangan. Muhammad davrida saltanat ham hududiy, ham kuch-qudrat jihatidan o‘zining yuksak cho‘qqisiga yetgan. Muhammad davrida Xorazmshohlar davlati shimolda Orol, g‘arbda Kaspiy dengizigacha, janubda Iroq va G‘aznagacha, sharqda Yettisuvgacha kengaygan. U mamlakatni kengaytirish siyosatini olib boradi. Dastavval u Hirot va uning atroflari hamda Xurosonning Xorazm davlati tasarrufiga kiritilmagan viloyatlarini zabt qilishga kirishadi. Ayniqsa, u qoraxoniylarga zarba berib, Movarounnahrni ular qo‘lidan tortib olishga harakat qiladi. 1218-yil Chingizxon Muhammad huzuriga shaxsiy vakili Uhuna boshliq 500 tuyadan ortiq elchi va savdogarlar karvoni O‘trorga kirib keldi. O‘tror hokimi Inolchiq karvonni ushlab, elchilarni qatl ettirgan. Muhammadning davlatini yaxshi o‘rgangan Chingizxon Xorazmga qaram xalqlarning noroziligidan, lashkarboshilar orasidagi nizolardan, Muhammadning onasi Turkon xotun qarindoshlari orasidan chiqqan amaldorlardan foydalanishi hamda Muhammadning mo‘g‘ullar hujumi xabarini amalga oshirgan noto‘g‘ri tadbirlari (har bir shahar o‘z-o‘zini himoya qilishi; raiyatdan 1 yil uchun 3 barobar xiroj yig‘ishi) sababli muvaffaqiyatga erishmadi. Chingizxon Xorazmga yurish qilib O‘tror (1219), Buxoro va Samarqand (1220)ni bosib oldi. Muhammad Movarounnahrni tashlab Xuroson tarafga qochdi. Chingizxonning 20 minglik qo‘shinining tinimsiz ta’qib qilishi Muhammadga o‘z kuchlarini qayta to‘plab, nafasini rostlashga imkon bermadi. Kaspiy dengizining Ashur oroliga borib qolgan Muhammad qattiq betob bo‘lib qoldi va umrining oxirida oldingi qarorini o‘zgartirib, o‘g‘li Qutbiddin O‘zloqshohning o‘rniga Jaloliddin Manguberdini valiahd deb e’lon qildi. O‘sha orolda vafot etdi va shu yerda dafn etildi. Keyinchalik Jaloliddinning farmoyishiga ko‘ra, Muhammadning jasadi Isfaxondagi xorazmshohlarning xotirasiga qurilgan maqbaraga ko‘mish uchun Ardahn qal’asiga keltirilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:01:54
NASR IBN AHMAD, NASR I IBN ASAD SOMONIY (taxm. 848-893) — somoniylar sulolasi boshlig‘i, Samarqand hokimi (865-892). Nasr ibn Ahmad Norin daryosi bo‘yidagi Haylam qishlog‘ida tug‘ilgan. Somoniylar davlati hukmdori. Otasi Ahmad vafotidan (865-yil) keyin u Samarqandni markazga aylantiradi. Buxoro vohasi, Naxshab (Qashqadaryo), Chag‘onrud (Surxondaryo) vodiylaridan tashqari Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko‘radi. Tohiriylarning davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan o‘zgarib, istiqlol uchun qulay sharoit paydo bo‘ladi. O‘z holiga tashlab qo‘yilgan Buxoro ahli hatto safforiylarga tobe bo‘lishni xohlamaydi. Shahar zodagonlari somoniylarga murojaat qilib, Samarqandga Nasr huzuriga elchilar yuboradilar, undan Buxoroni o‘z qo‘l ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga hokim qilib yuborishni so‘raydilar. Nasr bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, ukasi Ismoilni (874) Buxoroga noib qilib yuboradi. Shundan so‘ng Nasr ibn Ahmad o‘zini butun Movarounnahr boshlig‘i deb bilgan va kumush dirhamlar zarb qildirgan (ilgari dirham tangalar zarb qilishga faqat tohiriylarning huquqi bor edi). Ismoil bo‘lsa, akasiga itoat etmay qo‘ygan va ular o‘rtasida 888-yil to‘qnashuv bo‘lib Nasr ibn Ahmad qo‘shinlari butunlay tor-mor keltirilgan.

NASR IBN AHMAD, NASR II IBN ISMOIL SOMONIY, AMIRI SA’ID (Saodatlik) (taxminan 906-943) — Somoniylar davlati hukmdori (914-943). Davlatni 8 yoshli Nasr ibn Ahmad nomidan vazir Jayhoniy boshqargan. Uning davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi mana shu maxsus binoga joylashgan edi. Uning hukmronligi davrida somoniylar davlati hududlarida karmatlar harakati ancha keskin tus oldi. Nasr ibn Ahmad shia mazhabini qabul qilganidan norozi bo‘lgan sunniy ruhoniylar turk gvardiyasi yordamida Nasr ibn Ahmadga qarshi fitna uyushtirishgan. Bundan xabar topgan Nasr ibn Ahmad fitnani fosh etib, o‘z o‘g‘li Nuh foydasiga taxtdan voz kechgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:02:04
NASR IBN ALI, NASR ELOQXON (?-1012) — Movarounnahr ilikxoni (999-1012). Qoraxoniylardan. 996-yilda qoraxoniylarning Movarounnahrga hujum qilganida boshchilik qilgan. Buxoroni egallash bilan Movarounnahr-ning bosib olinishini nihoyasiga yetkazgan (999-yil oktabr). Somoniylar amiri Abdumalik ibn Nuh va uning qarindosh-urug‘larini asir qilib, O‘zgandagi zindonga tashlangan. Shu tariqa qudratli bo‘lgan somoniylar sulolasi qulagan. 1000-1005-yillarda ilik Nuh ibn Ali somoniylar hokimiyatini tiklashga harakat qilgan Muntasirga qarshi kurashgan va g‘alaba qilgan. 1000-yil Mahmud G‘aznaviy Nuh ibn Ali bilan o‘z yerlari o‘rtasidagi chegaralarni belgilash to‘g‘risida bitim tuzgan, unga ko‘ra, Amudaryo asosiy chegara qilib belgilangan. Natijada somoniylar davlati o‘rnida ikkita yangi davlat tashkil topgan: birinchisi — Qashqardan Amudaryogacha cho‘zilgan, Sharqiy Turkistonning bir qismini, Yettisuv, Shosh, Farg‘ona va qadimgi Sug‘d hududini o‘z ichiga olgan qoraxoniylar; ikkinchisi — Shimoliy Hindiston chegarasidan tortib Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarigacha cho‘zilgan, hozirgi Afg‘oniston va Shimoli-Sharqiy Eron viloyatlarini o‘z ichiga olgan G‘aznaviylar davlati. Biroq Nasr ibn Ali Xurosonni bosib olish niyatidan butunlay voz kechmagan edi. 1006-yil va 1008-yillarda qoraxoniylar Xurosonga ikki marta yurish qilganlar. 1006-yildagi yurish chog‘ida Mahmud G‘aznaviy Hindistonda edi. Qoraxoniy qo‘shinlari Balx, Tus va Nishopurni bosib olganlar. Biroq Mahmud Hindistondan qaytib kelib, ularni quvib yuborgan. 1008-yildagi Balx yaqinidagi jangda Mahmud qo‘shinida 500 ta fil bor edi. Nasr ibn Ali qo‘shini tor-mor etilib, qoraxoniylarning Amudaryoning janubidagi hududlarini egallash yo‘lidagi harakatlari shu tarzda to‘xtatilgan. Nasr ibn Ali nihoyatda jasur va dovyurak, imon, e’tiqodli shaxs bo‘lib, u haqda ko‘plab rivoyatlar to‘qilgan. Jamol Qarshiyning yozishicha, Nasr ibn Ali buyuk nomdor xoqon, juda ko‘p fazilatlar sohibi bo‘lgan va hijriy 402-yil (1011 1012)da O‘zganda vafot etib, o‘sha yerda dafn etilgan.

NIZОMUL MULK (1017, Tus — 1092, Nаhоvаnd) — Sаljuqiylаr dаvlаti аrbоbi Аbu Аli аl-Hаsаn ibn Аli ibn Ishоq аt-Tusiyning unvоni, "œNizоmulmulk", ya’ni mulkning nizоmi, tаrtibi nоmi bilan shuhrаt qоzоngаn. Nishоpur vа Mаrvdа o`qib, vоyagа yеtgаch, Bаlхgа bоrib, Аli ibn Shоdоn хizmаtigа kirаdi. Kеyinchаlik u Dоvud ibn Mikоilgа dаbir bo`lаdi. Sаljuqiylаr shоhi Аlp Аrslоn sаrоyidа vаzirlik mаnsаbigаchа ko`tаrilаdi. 1072-yil Аlp Аrslоn o`ldirilgаch, uning o`g`li, 17 yoshlik Mаlikshоh (1072-92-yillаr) sаrоyidа Nizomulmulk vаzirlik qilib, qаriyb dаvlаtning hаmmа ishlаrini o`zi оlib bоrgаn. Mаlikshоh uni o`z hоmiysi — оtаbеk dеb аtаgаn. Nizomulmulk mаmlаkаtdа yirik mulkdоrlаr vа qаbilа bоshliqlаrining аyirmаchilik hаrаkаtlаrigа qаrshi kurаshib, dаvlаtni bоshqаrish ishlаrini mаrkаzlаshtirish siyosаtini o`tkаzgаn. 1067-yil Bаg`dоddа "œNizоmiyyа" аqоid vа huquq mаdrаsаsini qurdirаdi. 1091 yil "œSiyosаtnоmа" ("œSiyar ul-muluk") аsаrini yozаdi. Undа dаvlаt bоshqаruvigа аlоqаdоr qаriyb hаmmа qоidа vа qоnunlаr, usul vа vоsitаlаr, qоzi vа qоziхоnа ishlаri, qo`shin vа sаrbоzlаr, хizmаtchi vа shахsiy sаrbоzlаr mаsаlаlаri, sаrоydаgi sоqchilаru pоsbоnlаr vаzifаlаri, ulаrning mаоshlаri, pоchtа vа аyg`оqchilik (rаzvеdkа) ishlаri, ulаrning mоddiy jihаtlаri, hаttо shоhning оilаviy ishlаri, sоliq vа hirоj, zаkоt vа vаqf mаsаlаlаri hаm o`rin оlgаn. Аsаrning аsоsiy g`оyasi shundаn ibоrаtki, vаzir Nizomulmulk shоh vа hоkimlаrni аdlu insоfgа, sulh vа muruvvаtgа, dаvlаtni оqilоnа bоshqаrib, qаt’iy qоidа vа tаrtib o`rnаtishgа, аmаldоrlаrni vijdоnli, pоk, hаlоl vа iymоnli bo`lishgа, mаmlаkаt оbоdоnligi, uning аhli fаrоvоnligi, tinchlik vа tоtuvligini tа’minlаsh uchun hаrаkаt qilishgа dа’vаt qilаdi. Nizomulmulk Bаg`dоd sаfаri yo`lidа yollаngаn qоtil tig`idаn hаlоk bo`lаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:02:13
NUH IBN MANSUR, АMIRI RАSHID (963 — Buхоrо — 997) — Sоmоniylаr dаvlаtining аmiri (976 97), аmir Mаnsur ibn Nuhning o‘g‘li. Оtаsining vаfоtidаn so‘ng tахtgа o‘tirdi (976 yil 26-sеntabr). Siyosiy vа hаrbiy sоhаdа islоhоtlаr o‘tkаzgаn. Muhаmmаd ibn Аbdullоh ibn Аziz vаzir, Аbulhаsаn Simjuriy sipоhsоlоr (bоsh qo‘mоndоn) bo‘ldi. Siyosiy jаrаyonlаrdа turk lаshkаrbоshilаrining mаvqеi kuchаygаn. Nuh ibn Mansurning lаshkаrbоshisi Fоyiq Rаbоti Mаlik yaqinidа bo‘lgаn jаngdа аtаylаb yеngilgаn vа qоrахоniylаr hukmdоri Bug‘rохоn (Hоrun ibn Musо) Buхоrоni urushsiz ishg‘оl qilgаn (992). Birоq, Bug‘rохоn kаsаllik tufаyli Qаshqаrgа qаytib kеtаyotgаndа yo‘ldа vаfоt etgаn (992). Nuh ibn Mansur Аmul (Chоrjo‘y)dаn qаytib, Buхоrоni qаytа egаllаgаn. Bu pаytdа Sоmоniylаr dаvlаtigа qаrаshli Хurоsоn Аbu Аli Simjuriy (Аbulhаsаn Simjuriyning o‘g‘li) vа Fоyiq, G‘аznа vа Hirоt vilоyatlаri Sаbuktеgin qo‘lidа bo‘lgаn. Nuh ibn Mansur bilan Sаbuktеgin o‘rtаsidа Kеsh vа Nахshаbdа o‘zаrо uchrаshuv bo‘lib, undа Sаbuktеgin sоmоniylаrni qo‘llаb-quvvаtlаshgа vа’dа bеrgаn. Gаrdiziyning yozishichа, Sаbuktеginning 20 ming kishilik qo‘shini Аbu Аli Simjuriy (997-yil vafot etgan) vа Fоyiq аskаrlаrigа O‘trоt аtrоfidа kuchli zаrbаlаr bеrgаn. Nuh ibn Mansur Buхоrоgа qаytgаn. Birоq uning Sоmоniylаr dаvlаtini tаnаzzuldаn sаqlаb qоlish yo‘lidаgi hаrаkаtlаri o‘z nаtijаsini bеrmаdi. Qоrахоniylаr-ning Buхоrоgа 996-yil qilgаn hujumlаri оqibаtidа Sаbuktеgin bilan Bug‘rохоnning vоrisi Nаsr Ilоqхоn o‘rtаsidа Nuh ibn Mansurning ishtirоkisiz muzоkаrаlаr o‘tkаzilib, sоmоniylаrgа Mоvаrоunnаhrning fаqаt mаrkаzi qоldirilаdi. Nuh ibn Mansur sаrоyidа shоir Dаqiqiy ijоd qilgаn. Mаshhur tаbib Аbu Аli ibn Sinо 16 yoshidа Nuh ibn Mansurni dаvоlаb, o‘shа dаvrdа Shаrqdаgi eng bоy kutubхоnа sаnаlgаn Sоmоniylаr dаvlаtining kutubхоnа-sidа mutоlаа qilish imkоniyatigа egа bo‘lgаn
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:02:21
NUH IBN NASR, AMIRI HAMID, ABU MUHAMMAD (?-Buxoro — 954) — Somoniylar davlati amiri (943-954), amir Nasr II ibn Ahmadning o‘g‘li. Otasi 30 yil hukmronlik qilgach, tiriklik paytida taxtni unga topshirgan (943-yil 10-aprel). Buxoro qozisi, fiqh ilmining bilimdoni Abulfazl Marvaziy (946-yil vafot etgan) uning vaziri bo‘lgan. Nuh ibn Nasr mamlakatda keng yoyilgan qarmatiylar harakatini bartaraf etish choralarini ko‘rgan. Movarounnahrdagi bu harakat rahbari Muhammad ibn Ahmad Narshabiyni Buxoroda dorga ostirdi. Biroq Somoniylar davlatining moliyaviy ahvoli og‘irlashganligi uchun u soliq va turli turmushlarni ko‘paytirishga majbur bo‘lgan. Mamlakatda isyon va g‘alayonlar kuchaygan. Narshaxiyning yozishicha, hatto uning amakisi Abu Ishoq Ibrohim ibn Ahmad Iroqdan kelib, Nishopur amiri Abu Ali Chag‘oniy yordamida Buxoro taxtini egallab olgan (947). Oradan ko‘p o‘tmay Nuh ibn Nasr Samarqanddan qaytib, taxtni qaytarib olgach, markaziy hokimiyatga qarshi isyon ko‘targan qarindosh-urug‘larini jazolagan, Marvdagi isyonlarni ham bostirgan. Ammo u Abu Alini avval Chag‘oniyon, so‘ngra Xurosonga hokim qilib (952) tayinlashga majbur bo‘lgan. Somoniylar davlati inqirozini to‘xtatishga harakat qilgan. Narshaxiy o‘zining "œBuxoro tarixi" asari (943-944)ni unga bag‘ishlagan. Og‘ir kasallikdan so‘ng Buxoroda vafot etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:02:30
NUH IBN АSAD (? — 842) — sоmоniylаrdаn bo‘lgаn Sаmаrqаnd hоkimi (819-842). Tоhiriylаrdаn Аbdullа ibn Tоhir bilan birgа хаlifаlikdаn mustаqil siyosаt yurgаzishgа intilgаn, Istахriy vа Ibn O‘аvqаllаrning yozishichа, хаlifа Mu’tаsim (833-842) bundаn nоrоzi bo‘lib Аbdullа ibn Tоhirgа nоmа yubоrib, uni kоyigаn. Аbdullа bu хаtni Sаmаrqаndgа jo‘nаtgаn. Nuh ibn Аsad o‘zining jаvоbidа Mоvаrоunnаhrdа 300 ming qishlоq bоrligini, hаr bir qishlоq bittа sаrbоz vа bittа nаvkаr bеrishgа qоdir ekаnligini ko‘rsаtib o‘tаdi. Bu bilan u хаlifаdаn qo‘rqish kеrаk emаsligi, chunki fаqаt Mоvаrоunnаhrning o‘ziginа 600 ming sаrbоz vа nаvkаrdаn ibоrаt qo‘shin to‘plаy оlishini bildirgаn. Bu dаvrdа ko‘chmаnchi turkiy qаbilаlаr Shоshgа ko‘p hujum qilib turаrdi. Shоsh Yah’yo ibn Аsаd iхtiyoridа edi. Uning iltimоsigа ko‘rа, Nuh ibn Аsad 840-yil Isfijоbning turkiy qаbilаlаridаn bo‘lgаn hоkimigа qаrshi qo‘shin tоrtgаn. Bu urush Nuh ibn Аsadning g‘аlаbаsi bilan tugаgаn. Bаlоzuriyning yozishichа, bu vаqtdа Nuh ibn Аsad ekinzоrlаr, tоkzоrlаr, bоg‘lаr, qishlоqlаr vа shаhаrlаrni ko‘chmаnchilаrning hujumidаn sаqlаydigаn kаttа mustаhkаm dеvоr qurishni buyurgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:02:38
NОSIR — аbbоsiylаrdаn bo‘lgаn хаlifа (1180-1225). Nosir dаvridа хаlifаlik bilan sаljuqiylаr, хоrаzmshоhlаr o‘rtаsidаgi ziddiyat yanаdа аvj оldi. Sаljuqiy sultоnlаr Bаg‘dоddа хutbа o‘qilаyotgаn vаqtdа ulаrning hаm nоmi qo‘shib o‘qilishi lоzimligini хаlifаlikdаn qаt’iy tаlаb qilgаnlаr. Nosir buni qаt’iyan rаd etgаn. Хоrаzmshоh Tаkаsh 1194-yil sаljuqiylаrni yеnggаch, ushbu tаlаbni qo‘ygаn. Uning o‘g‘li Muhаmmаd хоrаzmshоh hаm оtаsi izidаn bоrgаn vа 1217-yil qurоl kuchi bilan Bаg‘dоdni оlishgа hаrаkаt etgаn, birоq yurish muvаffаqiyatsiz tugаgаn. Jаlоliddin Mаngubеrdi hаm Nosirgа qаrshi bo‘lgаn. Хаlifа Nosirning хаlq оrаsidа оbro‘si pаst edi. Хаlifа sultоnlаrdаn o‘ziniginа emаs, bаlki vаzirini hаm izzаt-ikrоm qilishlаrini tаlаb etgаn. Nosir musulmоn оlаmidа хususiy yеr mulki yo‘q, chunki bаrchа yеrlаr "œаmirаl mo‘minin" (хаlifа)gа tеgishli dеb e’lоn qilgаn. Nosir o‘z rаqiblаri bilan kurаshdа hаr qаndаy vоsitаdаn qаytmаgаn, uning аyg‘оqchilаri hаmmа yеrdа izg‘ib yurishаrdi, o‘zi esа kеchаlаri kiyimini o‘zgаrtirib Bаg‘dоdni kеzаrdi. U dаvlаt хаzinаsi uchun yangidаn-yangi sоliqlаr, to‘lоvlаr o‘ylаb tоpishgа mоhir edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:02:49
QUTBIDDIN MUHAMMAD (? — 1127) — аnushtеginiylаr sulоlаsidаn bo‘lgаn Хоrаzm hukmdоri (1097-1127). Аnushtеginning o‘g‘li. Yoshligidа Mаrvdа yaхshi tа’lim оlgаn, ilmi аdаb vа din ilmlаrini o‘rgаngаn. Оtаsi vаfоtidаn kеyin sаljuqiylаrning Хurоsоndаgi isyonkоr nоibi аmir Dоdbеk Hаbаshiy tоmоnidаn Хоrаzm nоibi etib tаyinlаngаn vа хоrаzmshоh unvоnini оlgаn (1097). Аnushtеginiylаr — хоrаzmshоhlаr sulоlаsining tаriхi аslidа Qutbiddin Muhammaddаn bоshlаnаdi. 1100-yil sаljuqiylаr sultоni Bаrqiyoruq vа ukаsi Sаnjаr Dоdbеk Hаbаshiy isyonini bоstirgаnlаr. Sаnjаr Хurоsоnni qo‘lgа kiritgаch, Qutbiddin Muhammadni Хоrаzm hоkimligi mаnsаbidа qоldirib tаsdiqlаgаn. Qutbiddin Muhammad sultоn Sаnjаrgа sаdоqаt bilan хizmаt qilgаn, hаr yili ikki mаrоtаbа shахsаn sultоn sаrоyigа bоrib turgаn, Sаnjаr оlib bоrgаn jаnglаrdа o‘z qo‘shini bilan qаtnаshib, хirоj, o‘lpоnlаrni o‘z vаqtidа to‘lаb turgаn. Qutbiddin Muhammad оlimu fuzаlоlаrgа hоmiylik qilgаn аdоlаtli hukmdоr bo‘lgаn. Jurjоniyning tаbоbаtigа оid "œZаhirаyi хоrаzmshоhiy" аsаri Qutbiddin Muhammadgа bаg‘ishlаngаn.

QОDIRХОN YUSUF IBN HОRUN BUG‘RОХОN IBN MUSО TULKА ELОQ IBN SОTUQ (? — 1032-yil dеkabr, Qаshqаr) — Shаrqiy qоrахоniylаr dаvlаti хоni. Utbiy vа Ibn аl-Аsir Qodirxon Yusufni Хo‘tаn hukmdоri dеb аtаshаdi. Numizmаtik mа’lumоtlаrgа ko‘rа, u 1013-14-yillаrdа Yorkеnd, 1014-15-yillаrdа Qаshqаrdа hаm hukmrоnlik qilgаn. 1025-yil Qodirxon Yusuf vа Mаhmud G‘аznаviy bir pаytdа Mоvаrоunnаhrgа, Аlitеgin ustigа yurish qilishgаn. Gаrdiziyning yozishichа, Sаmаrqаnd yaqinidа Qodirxon Yusuf Mаhmud bilan uchrаshgаn, o‘rtаdа bitim tuzilgаn. Qodirxon Yusuf Аlitеginning аkаsi To‘g‘оnхоnni Bоlаsоg‘undаn siqib chiqаrgаn. Qodirxon Yusufning mulki 1032-yilgа kеlib Shаrqiy Turkistоndаn tаshqаri Yettisuv vа Jаnubiy Qоzоg‘istоnni qаmrаb оlgаn. Pоytахt Qаshqаr shahri bo‘lgаn. Uning vаfоtidаn kеyin Shаrqiy Turkistоn vа Yettisuv kаttа o‘g‘li Bug‘rоtеgin Sulаymоngа tеkkаn, u Аrslоnхоn unvоnini оlgаn. Tаlаs (Аvliyoоtа) vа Isfijоb (Sаyrаm) Qodirxon Yusufning ikkinchi o‘g‘li Yagаntеgin Muhаmmаdgа tеkkаn. U Bug‘rохоn unvоni bilan хоnlik qilgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:02:59
SULTОNSHОH ХОRАZMSHОH, SULTОNSHОH MАHMUD, JАLОLIDDIN MАHMUD SULTОNSHОH (? — 1193-yil, 19-sentyabr) — Аnushtеginiylаr sulоlаsidаn bo‘lgаn Хоrаzmshоhlаr dаvlаti shаhzоdаsi (1172-93-yillar). Elаrslоn vа Turkоn хоtunning kеnjа o‘g‘li. Sultonshohning аkаsi Tаkаsh Jаnd vilоyatidа vоliy bo‘lib turgаni uchun оtаsi o‘limi оldidаn Sultonshohni vаliаhd etib tаyinlаgаn. Аmmо, dаvlаt vа hаrbiy ishlаrgа uning оnаsi Turkоn хоtun bоsh bo‘lgаn. Tаkаsh Sultonshohgа bo‘ysunishdаn bоsh tоrtgаn, u qоrахitоylаr yordаmidа Gurgаnjgа qo‘shin tоrtgаn. Sultonshoh оnаsi bilan Nishоpurgа qоchib bоrib, Muаyyid аd-dаvlа Оy-Аbо huzuridаn pаnоh tоpgаn. 1172-yil 11 dеkabrdа Tаkаsh rаsmаn Хоrаzm tахtigа o‘tirgаn, birоq Sultonshoh bilan Tаkаsh o‘rtаsidаgi kurаsh yanа 20 yil dаvоm etgаn. Sultonshoh Хurоsоndаgi bir qаnchа vilоyat, shаhаrlаrni egаllаb, Mаrv shahrini o‘zigа qаrоrgоh qilgаn. U Tаkаshgа qаrshi kurаshdа gоh qоrахitоylаrdаn, gоh quriylаrdаn ko‘mаk оlib turgаn.

SАBUKTЕGIN, SАBUQTАKIN, АBU MАNSUR NОSIRUDDIN VАD-DАVLА SАBUKTАKIN (940, Issiqko‘l аtrоfidаgi Bаrsхоn sh. — 997, Bаlх) — dаvlаt аrbоbi vа sаrkаrdа, g‘аznаviylаr sulоlаsi vа G‘аznаviylаr dаvlаti аsоschisi. Sabuktagin аsli qаrluq turklаridаn bo‘lib, uning оtаsini Qоrа Bаjkаm (turkchа Qоrа Ho‘kiz; аsl ismi Juk) dеyishgаn. O‘zаrо urushlаrning biridа o‘smir Sabuktagin аsir tushgаn. Tаriхchi Bаyhаqiyning yozishichа, Nаsr hоji nоmli quljаllоb tоmоnidаn u Buхоrо bоzоridаn sоtib оlinib, Juzjоn (G‘uzg‘оnоn)gа оlib kеlingаn hаmdа Nishоpurdа sоmоniylаrning G‘аznаdаgi nоibi Аlptеgingа sоtib yubоrilgаn. Sabuktagin dоvyurаkligi vа jаsurligi bоis Аlptеgin huzuridа mаvqеi tеz оshib, uning qizigа uylаngаn (bu nikоhdаn uning vаliаhdi Ismоil tug‘ilgаn. Zоbulistоn hоkimining qizi bo‘lgаn хоtinidаn esа Mаhmud dunyogа kеlgаn). Hindistоngа qilingаn bir qаnchа yurishlаrdа fаоl qаtnаshgаn. Оddiy g‘ulоmlikdаn sipоhsоlоr dаrаjаsigа ko‘tаrilgаn. Аlptеgin vаfоt etgаch (963), Sоmоniylаrning G‘аznаdаgi nоiblаri huzuridа хizmаt qilgаn. Qo‘shinning tаlаbigа ko‘rа, G‘аznа vilоyati аmiri bo‘lgаn (977-yil birinchi mаrt). Bu dаvrdа G‘аznа vilоyatigа Bust, Gаrdiz, Pаrvоn, Kоbul, Zаmindоvаr, Kusdаr, Bоmiyon, Tохаristоn, Hirоt vа G‘ur vilоyatlаri qo‘shib оlingаn. Shimoliy Hindistоngа g‘аznаviylаrning ilk yurishlаrini bоshlаb, hind rоjаsi Jаylаlni mаg‘lubiyatgа uchrаtgаn. Pеshоvаr vа Lаmg‘оn o‘rtаsidаgi hudud fаth etilgаn. Оrаdаn ko‘p o‘tmаy G‘аznа vilоyati sоmоniylаrdаn аjrаlib chiqib, mustаqil dаvlаt (pоytахti — G‘аznа shahri)gа аylаngаn. Sabuktagin bilan sоmоniylаr аmiri Nuh ibn Mаnsur o‘rtаsidа Kеsh vа Nахshаbdа o‘zаrо uchrаshuv bo‘lib, undа Sabuktagin sоmоniylаrni qo‘llаb-quvvаtlаshgа vа’dа bеrgаn. Gаrdiziyning yozishichа, Sabuktaginning 20 ming kishilik qo‘shini sоmоniylаrning Хurоsоndаgi nоibi isyonkоr Аbu Аli Simjuriy (Аbulhаsаn Simjuriyning o‘g‘li) vа Fоyiq аskаrlаrigа Hirоt аtrоfidа kuchli zаrbа bеrgаn (994). 994-yil Sabuktagin qo‘shini Hindistоndа hаm g‘аlаbаlаrgа erishgаn vа mаhаlliy аhоlining bir qismi islоm dinini qаbul qilgаn. O‘shа yili Аbivаrddа хоrаzmshоh Аbu Аli Mа’mun I (992-997) qo‘shini ustidаn hаm zаfаrgа erishgаn. Bu g‘аlаbаlаr uchun аbbоsiylаr хаlifаsi аl-Qоdir Sabuktagingа "œNоsiruddin vаd-dаvlа" ("œDin vа dаvlаt himоyachisi"), uning o‘g‘li Mаhmud G‘аznаviygа "œSаyf ud-dаvlа" ("œDаvlаt qilichi") fахriy unvоnlаrini bеrgаn (994-yil nоyabr). Hirоt yaqinidа Аbu Аli Simjuriy vа Fоyiqqа Sabuktagin o‘g‘li Mаhmud bilan birgаlikdа so‘nggi zаrbаni bеrgаn (995-yil 21 iyul). Bu jаngdа dushmаnning хаzinаsi vа fillаr o‘ljа оlingаn, nоmdоr lаshkаrbоshilаr аsir tushishgаn. Хоrаzmgа qоchib kеtgаn Аbu Аli Simjuriy o‘zining 3 sаfdоshi bilan kеyinchаlik Sabuktagin tоmоnidаn o‘ldirilgаn. Mоvаrоunnаhrgа qоrахоniylаr hujumi bоshlаngаch (996), Sabuktagin o‘g‘li Mаhmud vа birоdаri Bo‘g‘rоchiq bоshchiligidа Buхоrоgа 20 ming kishilik qo‘shin jo‘nаtgаn. Ulаr bilan qоrахоniy Bug‘rохоnning vоrisi Nаsr Ilоqхоn o‘rtаsidа sоmоniylаr аmirining ishtirоkisiz shаrtnоmа tuzilib, sоmоniylаrgа Mоvаrоunnаhr mаrkаzi qоldirilgаn vа Аmudаryoning jаnubiy qismi — butun Хurоsоn hududidа g‘аznаviylаrning hukmrоnligi tаn оlingаn. Sabuktagin hukmrоnlik dаvridа pоytахt G‘аznа shahri yirik siyosiy vа mаdаniy mаrkаzgа аylаngаn. G‘аznаgа bоrаyotgаndа (Bаlх yaqinidа) vаfоt etgаn vа G‘аznа аtrоfidаgi Аfg‘оn chо‘lidа dаfn etilgаn. Qаbri ustigа mаqbаrа qurilgаn (XI аsr). Bаyhаqiy o‘zining "œTаriхi Mаs’udiy" nоmli аsаridа Sabuktaginni аqlli vа аdоlаtli, аndishаli hukmdоr sifаtidа ko‘rsаtib, ungа yuqоri bаhо bеrgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:03:09
SАLJUQ, SАLJUQBЕK IBN DO‘KАK (tахm. IX аsr охiri — X аsr охiri, Jаnd) — hаrbiy sаrkаrdа, sаljuqiylаr sulоlаsi bоbоkаlоni; o‘g‘uzlаrning qiniq urug‘idаn. Оtаsi аmir Do‘kаk (turkchа To‘kаk — tеmir o‘q) хаzаrlаr хоqоni hаrbiy хizmаtidа bo‘lgаn. Saljuq yoshligidаn jаsur sаrkаrdа bo‘lgаn. Rаshiduddinning yozishichа, Saljuqning 5 tа o‘g‘li: Isrоil (Аrslоn yabg‘u), Mikоil, Musо yabg‘u, Yusuf vа Yunus bo‘lgаn. Saljuq o‘g‘illаri vа o‘zigа tоbе urug‘dоshlаri (jаmi 100 jаngchi) bilan 1500 tuya, 50000 qo‘y vа ko‘plаb оtlаrni оlib, Jаnd аtrоflаrigа ko‘chib o‘tgаn (985) vа chоrvаdоrlik bilan shug‘ullаngаn. 992-yildа Jаnd hukmdоri bilan ittifоq tuzib, o‘z urug‘dоshlаri bilan birgаlikdа islоm dinini qаbul qilgаn vа o‘g‘uz yabg‘ulаrigа qаrshi kurаshgаn. Chоrvаdоrlаr o‘rtаsidа islоm dinini tаrqаtgаnligi uchun Saljuqqа "œMаlik аl-G‘оziy" unvоni bеrilgаn. U Yangikеnt vа Jаnd аtrоflаrini Аli yabg‘u hukmrоnligidаn хаlоs qilib, o‘z hоkimiyatini o‘rnаtgаn. Ibn аl-Аsirning yozishichа, Saljuq 107 (bа’zi mаnbаlаrdа 100) yoshgа kirib vаfоt etgаn. Uning vаfоtidаn so‘ng o‘g‘illаri: Mikоil, Musо, Аrslоn (Isrоil) kаbi аmirlаr bоshchiligidаgi sаljuqiylаr sоmоniylаrning ijоzаti bilan Zаrаfshоn vоdiysidаgi Nuri Buхоrо (Nurоtа) аtrоflаridа ko‘chib yurgаnlаr (X аsr охirlаri). Gаrdiziy (XI аsr) o‘z аsаridа so‘nggi sоmоniy Muntаsirning qоrахоniylаrdаn Nаsr Ilеkхоngа qаrshi оlib bоrgаn kurаshigа 1003-04-yillаrdа sаljuqiylаr yordаm bеrgаnligini tа’kidlаydi. Saljuq аvlоdlаri — Mikоilning o‘g‘illаri: To‘g‘rulbеk vа Chаg‘ribеk XI аsr 30-yillаridа sаljuqlаr — o‘g‘uzlаrning hаrаkаtigа bоshchilik qilib, Sаljuqiylаr dаvlаtini tuzishgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:03:17
SАNJАR, SULTОN SАNJАR, SULTОN MUIZ АD-DUNYO VАD-DIN АBUL ХОRIS SАNJАR IBN MАLIKSHОH (1086YIL OLTINCHI NOYABR, JАZIRА VILОYATI SАNJАR SHAHRI — 1157-yil, 26-aprel, Mаrv) — Sаljuqiylаr dаvlаti sultоni (1118-57). Mаlikshоhning kеnjа o‘g‘li. Аkаsi sultоn G‘iyosiddin Muhаmmаd vаfоti (1118-yil)dаn so‘ng tахtgа o‘tirgаn. Sanjar Sаljuqiylаr dаvlаtining shаrqiy qismi tаrkibigа dаstlаb Mоzаndаrоn, Tаbаristоn, Sеyistоn, Kumis, Rаy vа Dаmg‘оnni qo‘shib оlgаn vа pоytахtni Mаrvgа ko‘chirgаn. Mоvаrоunnаhr vа Хоrаzmni hаm o‘z sаltаnаtigа birlаshtirgаn. Sanjarning qudrаti аvjigа chiqqаn vаqtlаrdа G‘аrbiy sаljuqiylаr sultоnligi (G‘аrbiy Erоn, Irоq, Оzаrbаyjоn) vа Qоrахоniylаr dаvlаti uning siyosiy tа’siri оstidа bo‘lgаn. Sanjarning nоmi Qаshqаrdаn Yamаngаchа, G‘аznаdаn Ummоngаchа, Kаvkаz vа Аnаtоliyadаn Mаkkа vа Mаdinаgаchа хutbаgа qo‘shib o‘qilgаn. XII аsrning 40-yillаridаn bоshlаb Sanjarning kuch-qudrаti zаiflаshа bоshlаgаn. 1141-yildа Mоvаrоunnаhrgа shаrqdаn qоrахitоylаrning bоstirib kirishi bilan Sanjarning hаm kuchi qirqilgаn. Qаtvоn jаngidа sаljuqiylаr vа qоrахоniylаr Sanjar bоshchiligidа o‘zаrо birlаshib qоrахitоylаr vа qаrluqlаrgа qаrshi kurаshsаlаr-dа, jiddiy mаg‘lubiyatgа uchrаshgаn. Jаng mаydоnidаn аtigi 6 tа оtliq bilan zo‘rg‘а qоchib qutulgаn. Mаrvgа yеtib bоrgаn. Sanjar Mоvаrоunnаhrdаn аjrаlgаn. Bаlх vа Хuttаlоn аtrоflаridа ko‘chib yuruvchi g‘uzlаr Sanjargа nаvbаtdаgi jiddiy zаrbаni bеrishgаn. Аslidа bu mаg‘lubiyatgа Sanjarning оchko‘z аmirlаri vа lаshkаrbоshilаri sаbаb bo‘lgаn. Bаlх hоkimi аmir — sipоhsоlоr Ko‘mаch 10 ming kishilik qo‘shin bilan sоliqlаrning ko‘pаygаnligigа qаrshi qo‘zg‘оlоn ko‘tаrgаn g‘uzlаrgа qаrshi yurish qilib, mаg‘lubiyatgа uchrаydi. Аmir Ko‘mаch vа uning tаrаfdоrlаri Sanjarni g‘uzlаrgа qаrshi yurish qilishgа ko‘ndirishgаn. 100 ming kishilik ulkаn lаshkаr to‘plаgаn Sanjar g‘uzlаrning uzri vа tоvоn tаriqаsidа 50 ming оt vа tuya, 200 ming qo‘y, 200 dinоr vа bir yillik хirоj to‘lаsh tаklifigа rоzi bo‘lаyotgаndа, urushqоq аmirlаr jаng bоshlаshni tаlаb qilgаnlаr. Bаlх аtrоfidа bo‘lgаn kаttа jаngdа sultоn Sanjar lаshkаrlаri mаg‘lubiyatgа uchrаb (jаngdа аmir Ko‘mаch hаm hаlоk bo‘lаdi), uning o‘zi аsirgа оlingаn (1153-yil iyul). G‘uzlаr Хurоsоnni egаllаb, Mаrv, Nishоpur, Mаshhаd, Tus vа boshqa shаhаrlаrni tаlаshgаn. Birоq g‘uzlаr Sanjargа kаttа izzаt-hurmаt ko‘rsаtib, uni Bаlхdа sultоn sifаtidа fахriy tutqunlikdа ushlаb turishgаn. Juvаyniyning yozishichа, Tеrmiz hukmdоri Аhmаd ibn Аbu Bаkr (аmir Ko‘mаchning nеvаrаsi) ming kishilik mахsus chаvаndоzlаr guruhini jo‘nаtib, Sanjarni g‘uzlаr qo‘lidаn qutqаrgаn vа Tеrmizgа оlib kеlgаn (1156-yil оktabr). Mоvаrоunnаhr, Хоrаzm vа Хurоsоnning аsоsiy qismi qo‘ldаn kеtgаnligini ko‘rgаn Sanjar аvvаlgi qudrаtini tiklаshgа bеhudа uringаn. 1156-yil nоyabrdа u Tеrmizdаn Mаrvgа kеlgаn vа pоytахt yaqinidаgi Аndаrоbоd qаl’аsidа yashаgаn. Sanjar sаrоyidа o‘z dаvrining mаshhur shоir vа ulаmоlаri to‘plаngаn. Sanjar Mаrv vа boshqa shаhаrlаrdа ko‘plаb mе’mоriy оbidаlаr qurdirgаn. Sanjar хаstаlаnib, vаfоt etgаn. Qаbri ustigа mаqbаrа qurilgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:03:24
TALXA — Xuroson va Movarounnahr hokimi (822-830). Xuroson va Movarounnahr noibi Tohir ibn Husaynning o‘g‘li.

TAYANG‘U — Qoraxitoylar qo‘shinining qo‘mondoni. 1210-yilda qoraxitoylar rahbari Go‘rxonning O‘zgandagi xazinasini nayman sardori Kuchluk va qarluqlarning birlashgan qo‘shini tomonidan qo‘lga kiritilganidan so‘ng, Xorazmshoh Samarqand hukmdori Usmon ibn Ibrohim bilan birlashib, Yettisuvga tomon askar tortadi. Ittifoqchilar Talos vodiysida Go‘rxon qo‘shinlari bilan to‘qnashadilar. Jangda Xorazm askarlari ko‘p talofat bergan bo‘lsa-da, ikki tomondan zarbaga uchragan Go‘rxon askarlari yengilib, Tayang‘u asirga olinadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:03:34
TOHIR IBN HUSAYN (775/776-822) — Tohiriylar davlati va sulolasi asoschisi (821-822), Hirot viloyati zodagonlaridan. Arab xalifaligiga qarshi Movarounnahrda ko‘tarilgan Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirishda qatnashgan. Horun ar-Rashid vafotidan keyin xalifalik taxtiga egalik qilish uchun boshlangan kurashlarda Ma’mun qo‘shini qo‘mondoni. 813-yilda Tohir bilan Xuroson, Movarounnahr mulkdorlari birgalikda Ma’munga yordam berish uchun Bag‘dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo‘lga kiritilib, Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tqiziladi. Buning evaziga Tohir yuqori lavozimlarga ko‘tariladi. Ma’mun xalifaligi davrida Jazira (Mesopotamiya) noibi va Bag‘dod harbiy garnizoni boshlig‘i (sohib ash-shurat). 821 yili Xuroson va Movarounnahrga noib qilib tayinlangan. Xurosonni xalifalikdan ajratib olish maqsadida abbosiylarga bo‘ysunishdan bosh tortgan. Ma’mun yuborgan fitnachilar tomonidan zaharlab o‘ldirilgan.

TOJIDDIN — O‘tror hokimi. 1210-yil Xorazmshohlar davlatiga qarshi bo‘lib o‘tgan isyon rahbari. Xorazmshohlarning harbiy yurishlari, talonchilikdan iborat soliq siyosatidagi beboshlik, amir va ma’murlarning jabr-u zulmi mamlakat fuqarolarining moddiy ahvolini g‘oyat og‘irlashib, xalq xo‘jaligini yanada zaiflashtirdi. Bu shahar va qishloq mehnatkashlarining xorazmshohlarga qarshi noroziligini oshirdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:03:42
TАKАSH АLОUDDIN MUHАMMАD ХОRАZM-SHОH (TO‘LIQ ISMI АLОUDDIN TАKАSH IBN ELARSLОN IBN ОTSIZ IBN АNUSHTЕGIN) (tахm. 115-1200-yil 3-iyul) — аnushtеginiylаr sulоlаsidаn bo‘lgаn Хоrаzmshоhlаr dаvlаtining hukmdоri (1172-1200-yillar). Takash оtаsi Elarslоn vаfоti аrаfаsidа Jаnd vilоyati vоliysi bo‘lib turgаn. Shuning uchun Elarslоn kеnjа o‘g‘li Sultоnshоhni vаliаhd qilib tаyinlаydi vа Sultоnshоh tахtgа o‘tirgаn (1172-yil). Takash Sultоnshоhni tаn оlmаsligini аytgаch, Sultоnshоh ungа qаrshi оnаsi mаslаhаti bilan qo‘shin jo‘nаtgаn. Takash esа qоrахitоylаr mаlikаsi Chen Tiyon (1164-1177-yillar)gа hаr yili o‘lpоn to‘lаb turishi hаqidа vа’dа bеrib, o‘gаy ukаsi Sultоnshоh bilan kurаshish uchun hаrbiy yordаm so‘rаgаn vа undаn оlgаn qo‘shin bilan Gurgаnch (Ko‘hnа Urgаnch)gа yurish qilgаn. Sultоnshоh vа оnаsi Turkоn хоtun Хurоsоngа qоchgаn. Gurgаnchni qo‘lgа kiritgаch, Takash 1172-yil 11 dеkabrdа хаlqning mаdаdi bilan rаsmаn Хоrаzm tахtigа o‘tirgаn. Lеkin, ukаsi bilan Хоrаzm tахti uchun yanа 20 yil kurаsh оlib bоrishgа mаjbur bo‘lgаn. Sultоnshоh vаfоtidаn so‘ng Хurоsоnning Tоliqоn — Mаrvirud — Hirоt yo‘nаlishidаgi yеrlаr Takashgа o‘tgаn. U o‘g‘li Nоsiruddin Mаlikshоhni Mаrvgа, bоshqа o‘g‘li Qutbiddin Muhаmmаd II ni Nishоpurgа vоliy qilib tаyinlаgаn. Shundаn so‘ng Takash Shаrqiy Erоngа o‘z tа’sirini o‘tkаzish bilan birgа, G‘аrbiy Erоn ishlаrigа hаm аrаlаshа bоshlаgаn. Takash Sultоnshоhgа qаrshi kurаshаyotgаn vаqtidа (1172-1193-yillar) g‘uriylаr, sаljuqiylаr vа аbbоsiy хаlifаlаr, hаttо bа’zаn qоrахitоylаr bilan hаm yaхshi munоsаbаtlаrni sаqlаb ulаr bilan do‘stоnа mаktublаr yozishib turgаn (bu mаktublаr mаzmuni sаqlаnib qоlgаn). 1192-93-yillаrdа sаljuqiylаr sultоni To‘g‘rul III Takash bilan yaхshi munоsаbаtni sаqlаsh uchun uning o‘g‘li Yunusхоngа o‘z qizini bеrgаn vа sulh shаrtnоmаsini tuzgаn, bungа ko‘rа Rаy хоrаzmshоh mulki dеb tаn оlingаn. Lеkin, To‘g‘rul III shаrtnоmаni buzgаn. To‘g‘rul III gа хаlifа аn-Nоsir hаm qаrshi bo‘lib, u Takashgа mаktub yozib To‘g‘rul III gа qаrshi kurаshdа yordаm so‘rаgаn. Takash 1194-yil 4-mаrtdаgi jаngdа To‘g‘rul III qo‘shinlаrini mаg‘lubiyatgа uchrаtib, ungа qаrаm yеrlаrni o‘z tаsаrrufigа qo‘shib оlgаn, lеkin, хаlifаgа o‘ljаdаn hеch nаrsа tеgmаgаn. Bu ulаr o‘rtаsidаgi munоsаbаtlаrning buzilishigа оlib kеlgаn. To‘g‘rul III vаfоt etgаch, Erоn vа Irоqi Аjаm yеrlаri Хоrаzmgа o‘tаdi, sаljuqiylаr sulоlаsi bаrhаm tоpаdi. Takash o‘shа yildаn e’tibоrаn "œsultоn" unvоnini qo‘llаy bоshlаydi. Takash 1195-yildа Kirmоnni o‘zigа bo‘ysundirgаn. Umrining охirgi yillаridа ismоiliylаr bilan muvаffаqiyatli kurаsh оlib bоrgаn. 1200-yil хаlifа bilan munоsаbаti yanа yomоnlаshgаn Takash Bаg‘dоdgа yurish qilgаn, lеkin yarim yo‘ldа Nishоpur vа Хоrаzm оrаlig‘idаgi Shаhristоn shahridа vаfоt etgаn. Takashning jаsаdi Gurgаnchgа kеltirilib o‘zi qurdirgаn kаttа mаdrаsа qоshidаgi mаqbаrаgа dаfn qilingаn. O‘rtа аsr muаlliflаrining yozishichа, Takash аdоlаtpаrvаr, iqtidоrli, buyuk diplоmаt vа lаshkаrbоshi bo‘lgаn. Takash musiqаni sеvgаn, udni judа yaхshi chаlgаn, hоzirjаvоb bo‘lishi bilan birgа siyosiy аhvоlni to‘g‘ri bаhоlаb, hаrbiy kuchdаn to‘g‘ri fоydаlаnа оlgаn. Takash qipchоq хоni Jоnkishining qizi Turkоn хоtungа uylаngаn. Uning bilan birgа kеlgаn qipchоqlаr kеyinchаlik mаmlаkаt tаnаzzuligа sаbаb bo‘lgаn. Takash dаvridа Хоrаzmshоhlаr dаvlаti kuchаygаn. U o‘g‘li Qutbiddin Muhаmmаdgа mаrkаzlаshgаn mustаhkаm dаvlаt vа tаshkiliy jihаtdаn qudrаtli qo‘shinni mеrоs qоldirgаn
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:03:53
USMON IBN IBROHIM — Samarqand hokimi. 1210-yida Xorazmshoh bilan birlashib, Yettisuvga tomon askar tortadi. Ittifoqchilar Talos vodiysida Go‘rxon qo‘shinlari bilan to‘qnashadilar. Jangda Xorazm askarlari ko‘p talofat bergan bo‘lsada, ikki tomondan zarbaga uchragan Go‘rxon askarlari yengiladi. Qoraxitoylar qo‘shinining qo‘mondoni Tayang‘u asirga olinadi. Usmon 1212-yil Xorazmshohlar davlatiga qarshi qo‘zg‘olon qatnashchilaridan biri. Muhammad Xorazmshoh qo‘zg‘olonni shafqatsizlik bilan bostiradi. Samarqand uch kun talanib, Usmon qatl etiladi va aholisi qattiq jazolanadi. O‘sha davr tarixchisi Juvayniyning yozishicha, o‘sha kunlarda Samarqandda 10 ming kishi o‘ldirilgan edi.

XORUN AR-RASHID — Arab xalifasi (786-809). Uning vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari Ma’mun bilan Amin o‘rtasida 809-813-yillarda taxt uchun kurash bo‘lib o‘tadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:04:05
YA’QUB IBN LAYS АS-SАFFОR (? — 879) — Saffоriylаr sulоlаsi vа dаvlаti аsоschisi. Sеyistоndаgi Kаrnin qishlоg‘idа tug‘ilgаn. Yoshligidа Zаrаnj shahrigа kеlib, misgаrgа shоgird tushgаn (sаffоr lаqаbi shundаn), Gаrdiziyning yozishichа, Ya’qub ibn Lays dаstlаb miskаr, so‘ng ukаsi Аmir ibn Lаys bilan yo‘l to‘sаr qаrоqchi bo‘lgаn. Kеyinchаlik Bust shahrining sаrhаnggi, хаylbоshi (hаrbiy оtryad bоshlig‘i), nihоyat — Sеyistоn аmiri bo‘lgаn (861-yil 22-mаrt). Хоrijiylаrgа qаrshi kurаshdа fаоl qаtnаshgаn. Ya’qub ibn Lays Хurоsоngа egаlik qilish uchun tоhiriylаr bilan kurаsh оlib bоrgаn. Hirоt vа Bushаng (867-yil), Kеrmоn vа Fоrs vilоyatini (869-yil), Kоbul vа Bоmiyon (870-yil)ni bоsib оlаdi. 871-yil хаlifа ungа Tохаristоndаgi Bаlхni in’оm etаdi. 873-yil аvgustdа Nishоpurni egаllаb Tоhiriylаr dаvlаtigа bаrhаm bеrgаn. Аrаb хаlifаsi Хurоsоn nоibligini ungа tоpshirishgа mаjbur bo‘lgаn. 876 yil Ya’qub ibn Lays kаttа qo‘shin bilan Bаg‘dоdgа yurish qilgаn, birоq хаlifа qo‘shinidаn yеngilib оrqаgа qаytgаn. Uning vаfоtidаn so‘ng tахtgа ukаsi Аmr ibn Lаys o‘tirgаn.

YAHYO IBN ASAD — Somonxudotning nabirasi. U Ma’munning xalifalik taxtiga o‘tirishiga katta yordam bergan. Bunga javoban Ma’mun uni 819-yilda Shosh va Ustrushona viloyatlariga noib etib tayinlaydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:04:14
YOQUB IBN AHMAD — Somoniylar hukmdori Nasrning ukasi, Ahmadning o‘g‘li, Shosh viloyatining noibi. U o‘zboshimchalik qilib chaqa pul zarb etadi.

ОTSIZ ХОRАZMSHОH (TO‘LIQ ISMI ОTSIZ IBN QUTBIDDIN MUHАMMАD IBN АNUSHTЕGIN) (1097-1156) — аnushtеginiylаr sulоlаsidаn bo‘lgаn Хоrаzm hukmdоri (1128-56). Оtаsi vаfоtidаn so‘ng tахtgа o‘tirgаn, sаljuqiylаr sultоni Sаnjаrning vаssаli bo‘lgаn. Lеkin u Хоrаzmni mustаqil dаvlаtgа аylаntirishgа intilgаn. Оtsiz Sаnjаrning ruхsаtisiz аvvаlо Jаnd vа Mаng‘ishlоqni egаllаb vа Turkistоnning ichkаri tumаnlаrigа yurish qilish bilan o‘z hоkimiyatini mustаhkаmlаb оlgаn. Shundаn so‘ng u o‘zini mustаqil dеb e’lоn qilgаn, birоq 1138-yilda Hаzоrаsp yaqinidа Sаnjаr qo‘shini tоmоnidаn mаg‘lubiyatgа uchrаb, mаmlаkаtdаn quvg‘in qilingаn. Sаnjаr o‘zining jiyani Sulаymоn bin Muhаmmаdni хоrаzmshоh etib tаyinlаgаn, lеkin kеlаsi yili Оtsizni Хоrаzm аhоlisi chаqirib оlgаn, shаhzоdа esа quvib yubоrilgаn. 1141-yil mаydа Оtsiz Sаnjаrgа tоbеlik izhоr etib, umrbоd ungа sаdоqаt bilan хizmаt qilishgа qаsаm ichgаn, lеkin bir nеchа оydаn so‘ng Sаnjаr qоrахitоylаrdаn yеngilgаch (1141-yil 9-sеntabr), qаsаmini buzgаn. Оtsiz o‘shа yili kuzidа kuchli qo‘shin bilan Хurоsоngа yurib Mаrvni egаllаb оlgаn; kеlаsi yil bаhоridа Nishоpurni tоbе etgаn, birоq Sаnjаr tоmоnidаn dаrhоl quvib yubоrilgаn. 1143-44-yillаrdа Sаnjаr yanа Хоrаzmgа yurish qilgаn, Оtsiz kuchi оzligi tufаyli ungа tоbеlik izhоr qilgаn. Shundаn so‘ng bir оz vаqt o‘tgаch, Оtsiz uchinchi mаrtа isyon ko‘tаrgаn vа Sаnjаrning elchisini (shоir Аdib Sоbir) Аmudаryogа tаshlаb yubоrishni аmr qilgаn. 1147-yil nоyabrdа Sаnjаr uchinchi mаrtа Хоrаzmgа yurish uyushtirgаn, ikki оylik qаmаldаn so‘ng Hаzоrаsp shahrini оlgаn vа Gurgаnjgа yaqinlаshgаn, 1148-yil iyundа sultоn bilan shахsаn uchrаshuv chоg‘idа gаrchаnd o‘zini tаkаbburоnа, gеrdаygаn hоldа tutgаn bo‘lsа-dа, Оtsiz sultоngа tоbеlik bildirgаch, o‘z lаvоzimidа qоldirilgаn. 1153-yil Sаnjаr o‘g‘uzlаr qo‘ligа аsir tushib qоlgаn. Оtsiz bu sаfаr sultоnning sоdiq хizmаtkоri vа himоyachisi sifаtidа yanа Хurоsоngа yurish qilishgа shаylаngаn vа o‘zigа Аmul shahrini bеrishni tаlаb qilgаn, birоq rаd jаvоbini оlgаn. 1156-yil u Nisоgа kеlib аsirlikdаn qоchgаn Sаnjаrgа o‘z sаdоqаtini bildirgаn, lеkin shu yilning 30-iyulidа Hаbushоn (hоzirgi Kuchаn)dа 59 yoshidа vаfоt etgаn. Otsiz Kaspiy dengizi sohillaridan to Sirdaryoning o‘rta oqimiga qadar bo‘lgan yerlarda, keyinchalik buyuk davlat sifatida shuhrat topgan Xorazmshohlar davlatining poydevorini barpo etadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:04:22
OLTINTOSH, OLTUNTOSH AL-HOJIB (asl ismi Abu Sa’id) (? — 1032) — turk g‘ulomlaridan, keyinchalik g‘aznaviylardan Sabuktegin va uning ikki vorisining lashkarboshisi. Sabuktegin davridayoq u hukmdor gvardiyasidagi eng yuqori martaba — "œulug‘ hojib" unvoniga ega bo‘lgan; Mahmud G‘aznaviy davrida qoraxoniylar bilan bo‘lgan katta jangda (1008-yil birinchi yanvar) Oltinshoh qo‘shinning o‘ng qanotiga qo‘mondonlik qilgan; 1000-1011 yillar u Hirot noibi sifatida manbalarda qayd etilgan. Xorazm zabt etilgach (1017), Oltinshoh xorazmshoh unvoni bilan ushbu viloyatga noib etib tayinlangan, u bu lavozimni vafot etguniga qadar egallab turgan. Oltinshoh chegara viloyati bo‘lgan Xorazmni ehtiyotkorona idora etgan va o‘zini qo‘shni turkiy qabilalardan muvaffaqiyatli suratda mudofaa qilgan, bu bilan u Xorazmdagi o‘z hokimiyatini yanada mustahkamlagan. Mahmud va Mas’ud G‘aznaviylar Oltinshohning bu harakatlariga shubha bilan qarashgan, ular hiyla bilan Oltinshohni daf etish yo‘liga o‘tishgan. 1032-yil bahorida Oltinshoh sulton Mas’ud topshirig‘iga ko‘ra, Aliteginga qarshi otlangan va Dabusiya yaqinidagi jangda og‘ir jarohatlanib vafot etgan. Noiblik uning o‘g‘li Horunga topshirilgan, xorazmshoh unvoni Mas’udning o‘g‘li Sa’idga berilgan, Horun mamlakatni faqat shahzodaning vakili sifatidagina boshqara olishi mumkin bo‘lgan. Biroq 1034-yilning avgustida Horun o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan, ammo kelasi yili g‘aznaviylar ko‘rsatmasiga ko‘ra, o‘ldirilgan; uning birodari va vorisi Ismoil Xandon Xorazmni 1041-yilgacha idora qilgan, so‘ngra g‘aznaviylar topshirig‘iga ko‘ra, Jand hokimi Shoh Malik tomonidan quvib yuborilgan. Shu bilan Oltinshoh tomonidan asos solingan sulola barham topgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:04:42
ATAMA VA TUSHUNCHALAR

AKKOR — koranda, qishloqning ziroatkor aholisi.

AMID UL-MULK — davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vaziri, devon.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:05:04
AMIR (arabcha — amr qiluvchi, boshliq, hokim) — lashkarboshi, hokim, bek. Arab xalifaligining dastlabki xalifalari va Ummaviylar davrida alohida qo‘shin qo‘mondonlari amir deb atalib, ular odatda zabt etilgan viloyatlarga noib etib tayinlanganlar. Xalifalarga Umar ibn al-Xattobdan boshlab "œAmir al-mo‘minin" ("œMo‘minlar amiri") unvoni berilgan. Abbosiylar davrida amir odatda xalifalarning oliy hukmdor ekanligini tan olgan hokimlar, shuningdek xalifalikka nomigagina qaram bo‘lgan sobiq noiblar yohud qurol kuchi bilan o‘zlari davlat barpo etgan mustaqil hokimlar (safforiylar, g‘aznaviylar, buvayhiylar); ularni X asrda sultonlar deb ham atay boshlashgan. X asr oxiri — XI asr boshida amir deb turli tabaqaga mansub hokimlar va lashkarboshilar atalgan. O‘rta asrlarda Movarounnahr xonliklarida Amir ul-umaro, Amiri shikor mansablari mavjud bo‘lgan. Oltin O‘rda, so‘ngra Movarounnahr va Eronda mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng amir deb uluslar boshliqlari atalgan (bek yoki no‘yon ma’nosida). Bu unvonni Amir Temur ham olgan; temuriylar sulolasiga mansub shahzodalar Amirzoda (amir o‘g‘li) deb atalib, mirzo uning qisqartirilgan shaklidir. Bo‘linma boshliqlari — amirlar janglarda bahodirlik ko‘rsatib, g‘alaba qozonsa Amir Temur tomonidan in’omlar belgilab qo‘yilgan. Masalan, qaysi bir amir biron qo‘shinni yengsa, mamlakat yoki viloyat zabt etsa u tug‘, nog‘ora, bahodirlik martabasi, davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi hamda biron sarhadning noibligi bilan siylangan. Amirlar Temurga tobe bo‘lgan qirq aymoq (qabila)dan o‘n ikkitasi: barlos, arg‘in, jaloir, tulkichi, duldoy, mo‘g‘ul, sulduz, to‘g‘oy, qipchoq, arlot, totor va tarxonlar orasidan saylab olingan. Amirlik martabasi Temur faoliyatining dastlabki yillarida unga sodiq bo‘lgan 313 nafar kishiga berilgan. Bulardan bittasi — amir ul-umaro, to‘rtasi — beglar begi, yuztadan — mingboshi, yuzboshi va o‘nboshi bo‘lgan. Bulardan tashqari, yana o‘n ikki nafar kishiga birinchidan to o‘n ikkinchi darajali amirlik unvonlari berilgan. O‘n ikkinchi darajali amir odatda amir ul-umaroning noibi hisoblangan. O‘n ikki amirning har biriga bittadan bayroq va nog‘ora, amir ul-umaroga bir bayroq, nog‘ora, o‘n minglik qo‘shin, tug‘ va chortug‘, to‘rt nafar beklarbegining har biriga bittadan bayroq, nog‘ora, chortug‘ va burg‘u (karnay) berilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:05:14
AMIR UL-UMARO — amirlar amiri, bosh sarkarda.

ARIZ — Somoniylar davlatida harbiy qo‘shin va uning ta’minoti bilan shug‘ullangan maxsus mahkama.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:05:22
ARSLONXON — qadimgi turkiy xalqlar xonlarining faxriy unvoni. Bu oliy daraja buyuk hukmdor ma’nosini anglatgan. Aslida "œarslon" jikil qabilasining totemi — ajdodi ibtidosi hisoblangan. Buyuklik yoki ulug`lik esa qadimda turkiy xalqlarda "œqora" so`zi bilan sifatlangan. Shu boisdan taxtga o`tirgan arslonxon yoki bug`roxonlar "œqoraxon’, ya’ni ulug` xon hisoblangan.

AHVOLI ZOHIRA — vaziyat.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:05:31
BARZIKOR — IX-X asrlarda yollanib qo‘shchilik qilgan, qo‘shchi, ziroatkor, qishloqning mehnatkash aholisi.

BARZIKOR-QO‘SHCHI — yerlarni ijaraga olib, mehnat qiluvchi qishloqning mehnatkash aholisi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:05:40
BARID — kirim.

BUG‘ROLAR — Qoraxoniylar xoqonligining g‘arbiy qismi (Yettisuv, Qashqar va Janubiy Qozog‘iston)ni xoqon nomidan idora qilgan sulola xonlarining unvoni (X-XI asrlar). Uning yirik vakillari Abdulkarim Sotuq Bug‘roxon va uning nabirasi Horun ibn Muso davrida Yettisuv va Qashqardagi ko‘pchilik turkiy xalqlar islom dinini qabul qilganlar. "œBug‘ra" aslida yag‘molarning totemi bo‘lgan. U og‘ir yuk ko‘taradigan bichilgan tuya ma’nosini anglatgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:05:48
DAPIRPAT — kotib, elchi, sarkotib.

DARGOH, dargah — 1) bo‘sag‘a, ostona, uy va hovli-joy, makon; 2) o‘rda, qasr, saroy.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:05:56
DARVOZAI MANSUR — Buxoro shahridagi mahalla, ilk madrasa shu yerda joylashgan.

DEVON — vazirlar mahkamasi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:06:04
DEVONI VAZIR (kalon) — Somoniylar davlati va Buxoro xonligida daftar yozuvlarini nazorat qiluvchi va boshqa devonlar ishini boshqaruvchi devon. Viloyatlar, xiroj, tanho, mulk yerlaridan tushumlar daftari shu devoni vazirda saqlangan.

DING — karvon yo‘llarida maxsus qurilgan minorasimon qorovulxona. Ichida istiqomat xonalari, tepasida kuzatish qafasi bo‘lgan. Ular orqali favqulodda xabar (yov bosqini, suv toshqini kabi) lar tezlik bilan mamlakat markaziga yetkazilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:06:11
ELOQXON — Qoraxoniylar davlatida el-yurt hokimi. Eloqxonlar o‘z nomlari bilan chaqa-tangalar zarb qilar va viloyatlarning mustaqilligi uchun intilar edi. Movarounnahr eloqxoni qoraxoniy eloqxonlari orasida katta obro‘ga ega edi. U, odatda, Samarqandda taxtga o‘tiradi. Viloyat boshqaruv ma’muriyatida somoniylar davridagidek vazirlar, sohibbaridlar, mustavfiylar xizmat qilardi.

ETNOGENEZ — xalqlarning nasl-nasabi, kelib chiqishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:06:19
ERKIN — qo‘shinning g‘arbiy qanot amiri.

GO‘RXON — Qoraxitoylar davlatining hukmdori.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:06:27
HOJIB — harbiy boshliq. Unga yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar muyassar bo‘lishgan.

HOJIBUL BUZRUK — hojib lavozimiga ega bo‘lgan sarbozlar boshlig‘i.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:06:34
HOJIBUL HUJOB — hojib lavozimiga ega bo‘lgan sarbozlar boshlig‘i.

IMOM (arabcha — oldinda turuvchi) — namozda oldinda turuvchi, g‘oyaviy rahbar, musulmon jamoasi boshlig‘i. Kundalik hayotda masjidda jamoa namozining rahbarini imom deb ataydilar. Imom vazifalarini ayni bir odam bajarishi mumkin, ammo, imom mansab ham, kasb ham hisoblanmaydi: u haqiqatda namozni boshqarib turganligi uchungina imom deb e’tirof etiladi. Mahalla va qishloq masjidlarida, odatda, diniy ma’lumoti bor odam imom hisoblanadi. Jome’ masjidlarining imomi maxsus diniy ma’lumotga ega va dindorlar o‘rtasida obro‘ qozongan bo‘lishi kerak. Namozda kimlar imom bo‘lishiga haqliroq ekani fiqh kitoblarida bayon etiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:06:42
IQTO, IQTO‘, IQTA (arabcha) — Movarounnahr, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida o‘rta asrlarda hukmdor tomonidan katta xizmatlari evaziga in’om qilingan yer. Iqto egasi iqtodor deb atalgan. Iqto haqida dastlabki ma’lumotlar VII asr oxiriga mansub arab manbalarida uchraydi. Hukmdor iqtoni istagan vaqtda qaytarib olib boshqa kishiga tortiq qilishi ham mumkin bo‘lgan. IX asrda xalifa tomonidan amirga idora qilish uchun berilgan viloyatlar ham iqto deb atala boshlangan. Abu Abdullo Xorazmiy iqtoning kelib chiqishini izohlab, "œMafotiz ul-ulum" ("œIlmlarning kalitlari ") asarida bunday yozadi; "œSulton tomonidan biror kishiga tortiq qilib berilgan yer iqto deb ataladi va uning mulki bo‘lib qoladi". Iqto yerlari davlat mulki hisoblangan. X asrdan boshlab xususiy mulkka aylana boshlagan. Amir o‘zi hukmronlik qilayotgan ushbu viloyatlar solig‘ini butunlay yoki qisman o‘zlashtirish huquqiga ega bo‘lgan. Iqto IX-XIII asrda Movarounnahr va Eronda ham (saljuqiylar, qoraxoniylar va hulokular davrida) keng tarqalgan. Temuriylar davrida iqto o‘rnida tiul va suyurg‘ol, boburiylar davrida esa jogir atamalari qo‘llangan.

IQTODOR — iqto egasi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:06:50
ISKANDARI SONIY — Ikkinchi Iskandar. Muhammad Xorazmshoh Iskandar Zulqarnaynga tenglashtirilgan.

ISMOILIY — Somoniylar davrida yuqori sifatli sof kumushdan zarb etilgan tanga. U asosan, xalqaro savdo aloqalarida ishlatilgan. Kumush tanga holida ko‘proq Sharqiy Yevropa mamlakatlariga olib chiqilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:06:57
JAMOA YERLARI — Qishloq jamoalari tasarrufida ma’lum hajmdagi yer maydonlari. Bunday ko‘pchilikka qarashli jamoa mulklaridan lalmikor hamda korizlar vositasida sug‘oriladigan suvga tanqis tog‘ oldi mintaqalarida keng foydalanilardi.

JIKIL — turkiy qabila. X asr o‘rtalarida ular bilan yag‘molar birlashib Qoraxoniylar davlatini tashkil qildilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:07:06
JOME’ MASJID — shahar markazidagi yoki nisbatan katta hududdagi asosiy va eng katta bosh masjid. Jamoa uchun zarur turli xabarlar e’lon qilinadigan, xaftalik juma, hayit namozlari jamoa bo‘lib o‘qiladigan maxsus bino. Shahar tashqarisida musallo, namozgoh. Juma masjid, guzar (mahalla) masjidlariga nisbatan uning tuzilishi salobatli. O‘rta Osiyoda jome masjidning umumiy tarhi murabba yoki to‘g‘ri to‘rtburchakli xonaqoh bo‘lib, bir (old yoki yon) tomoni, ikki (janubiy va sharqiy yoki shimoliy va sharqiy) yoki uch tomoni ayvon bilan o‘ralgan. Xonaqoh tomi gumbazli yoki to‘sinli. Ayvon va xonaqoh kattaligi to‘sinlar soni va qatori bilan belgilangan, ba’zan xonaqoh 1, 2 ,4 gumbazli, ayvonlar atrofi qator ustunli, burchakda azon aytishga mo‘ljallangan mezana va hovli o‘rtasida hovuz bo‘lgan. Buxoroda birinchi jome masjid 713-yil Qutayba ibn Muslim tomonidan ishga tushirilgan. Ushbu masjid uchun mahalliy majusiylar ibodatxonasi moslashtirilgan.

JUYBON — suv taqsimlovchi mirob.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:07:13
JO‘YBON — suv taqsimlovchi mirob.

KAMPIRAK DEVORI (782-831) — 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro vohasining atrofini o‘rab turgan qadimiy devor. Ismoil Somoniy davrida Kampirak devorining har yilgi odatiy hashari to‘xtatilib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha, Amir Ismoil o‘zining kuchli qo‘shinlarini nazarda tutib, "œToki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men bo‘laman", — deb aytgan ekan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:07:21
LASHKAR (fors.) — o‘rta asrlarda nomuntazam qo‘shin turi; cherik, qo‘shin, armiya. Muntazam armiyasi bo‘lmagan xon va podshohlar harbiy yurish oldidangina o‘ziga tobe viloyatlarga chopar yuborib, lashkar to‘plagan. lashkarga chaqirilgan har bir kishi o‘z oti, quroli va bir oylik oziq-ovqati bilan kelgan.

LASHKARGOH — lashkar o‘rnashadigan joy, harbiy lager.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:07:29
MANJUQ — 1) X-XII asrlarda musulmon Sharq xalqlarining harbiy qo‘shinidagi bayroq (tug‘) uchiga o‘rnatilgan zarhal yoki misdan yasalgan yarim oy; 2) bunchuq, ya’ni uchiga yarim oy o‘rnatilgan va tepa qismiga ko‘ndalang qoqilgan taxtachaga ot dumi osiltirib qo‘yilgan yog‘och-nomdor lashkarboshilarning hokimiyat belgisi.

MAQBARA (arabcha marqad, turbat) — biror mayitning jasadi joylashgan me’moriy inshoat yoki tosh tobut (daxma, sag‘ana). Maqbara usti qubali chortoqli bin bo‘lib, ramziy g‘oyalarni o‘zida ifodalagan. Chortoq — yer kurrasini ifoda etuvchi barqaror shakl, qubba — osmon gumbazi ramzi, bular birgalikda Koinotni anglatgan. "œKoinot modeli" ning bu tarzda barpo etilishi borliqning Alloh tomonidan yaratilgani haqidagi aqidaga muvofiqlashtirilgan. Sharqda dastlab qabr ustiga biror tosh qo‘yish, imorat qurish man etilgan bo‘lsada IX asrdan xalifalar sharafiga maqbaralar qurila boshlangan. Movarounnahrda ham IX asrdan maxsus maqbaralar qurish odat tusiga kirgan. Keyinchalik, asosan, mashhur kishilar (podshohlar, ruhoniylar, olimlar) qabri ustiga turli maqbaralar qurilgan. Oddiy maqbara gumbazli chorsi xonadon iborat bo‘lgan, unga peshtoqli eshik orqali kirilgan. Ba’zan xonaning 4 tomoni ravoqli-chordara shaklida bo‘ladi, keyinchalik maqbara qurilishi tobora murakkablasha borib, unda ziyoratxona, go‘rxona, targxona-sardoba kabi maxsus xonalar paydo bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:07:39
MALIK SANJAR QO‘ZG‘OLONI (1206) — Buxoro hunarmandlari ko‘targan qo‘zg‘olon. Buxoro hokimi sadr Muhammad ibn Ahmad ibn Abdulazizning soliq siyosatiga qarshi qaratilgan. Unga qalqon yasovchi hunarmandning o‘g‘li Malik Sanjar boshchilik qilgan. Qo‘zg‘olon Buxoro shahri doirasidan tashqariga chiqmagan va dehqonlar orasiga yoyilmagan. Hunarmandlar sadrni va uning oilasini Buxorodan chiqarib yuborganlar, ularning yer-mulklarini tortib olganlar. Sadr o‘zining siyosiy homiysi bo‘lgan qoraxitoylar go‘rg‘oni oldiga najot so‘rab borgan, ammo undan Buxoroni idora qilish huquqi yozilgan yorliqdan boshqa hech narsa ololmagan. Bu orada Malik Sanjar bir qasr qurdirishga ulgurgan. Juvayniyning bergan ma’lumotiga ko‘ra, bu qasr keyinchalik «Malik Sanjar qasri» deb atalgan. Malik Sanjar bu qasrdan turib, chamasi shaharning boylari va zodagonlariga qarshi tadbirlarni amalga oshirgan. Xorazmshoh Muhammad Buxorodagi voqealardan xabardor bo‘lib, xalq harakatini qurol kuchi bilan bostirishga va shaharni o‘z qo‘liga olishga ahd qilgan. 1207-yilda Buxoro ustiga qo‘shin tortib borgan, shaharni bosib olib, xalq tomonidan ko‘tarilgan yangi hokimning faoliyatiga chek qo‘ygan. Buxoroni Xorazm davlati tarkibiga kiritgan va bu bilan Movarounnahrni Xorazmga qo‘shib olgan. Malik Sanjar Urganchga olib ketilgan va u birmuncha vaqt xorazmshohning saroyida yashagan, tantanali marosimlarda ishtirok etgan.

MASNAD — taxt, suyanchiq, daraja, hukmronlik o‘rni.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:07:48
MIROB — suv xo‘jaligi boshqaruvchisi..

MIROBONA — suv solig‘i.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:07:55
MIFTOH — darvozali to‘gon; shlyuz, suv tashlagich.

MUHAMMADIY — Somoniylar chiqargan kumush dirham.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:08:02
MUHRDOR — devonxonaning muhr saqlovchisi; muhr bosuvchi, muhr sohibi.

MUHTASIB (arabcha — nazorat qiluvchi — nazorat qiluvchi) — o‘rta asr musulmon davlatlarida islom marosimlari, urf-odatlari va shariat qonunlarining bajarilishi, odamlarning jamoat joylarida yurish-turishi ustidan nazorat qiluvchi amaldor. Shariat tizimiga xos mansabdor shaxslar toifasiga kirgan. O‘rta Osiyoda ular rais deb atalgan. Muhtasiblar bozorlardagi narx-navo va o‘lchov asboblarining to‘g‘riligi ustidan nazorat qilish, urf-odatlarning bajarilishini kuzatish, diniy vazifalarini bajarmagan kishilarni jazolashga hukm chiqarish kabilar bilan shug‘ullangan. Buxoro amirligida muhtasib shayx ul-islom va muftiydan keyin uchinchi mansab hisoblangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:08:15
MUHASSILONA — soliq yig‘uvchilar uchun to‘lov.

MUHRKASH — chit va matolarga gul bosuvchi.

MULK YERLARI — hukmron sulola vakillari, mulkdor dehqon va aslzodalarning tasarrufidagi katta-katta yer maydonlari, mehnatkash qishloq aholisiga tegishli mayda xususiy yerlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:08:24
MULKI SULTONIY — davlat tasarrufidagi yerlar.

MULKI XOS — davlat solig‘idan qisman yoki tamomila ozod etilgan oliy martabali ruhoniylar va sayyidlarga qarashli yerlar.

MUQTO‘, IQTO‘DOR — o‘rta asrlarda iqto egasi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:08:31
MUSTOVFIY, MUSTAVFIY — markaziy hokimiyat devonxonasi daftordor hisobchisi; moliya vaziri.

MUSHRIF — saroy ish boshqaruvchisi.

MUHORABA — jang, urush, harbiy to‘qnashuv.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:08:41
NAFT — shahar va qishloq aholisi.

NAFTANDO‘Z (arabcha — naft, neft, forscha — andoz, otmoq) — neftni yondirib otish quroli. O‘rta Osiyo hududidagi ko‘plab shahar xarobalaridan arxeologik konussimon idishlar (simob ko‘zacha) topishgan. Ularning aksariyati naqsh, bezaksiz. V.L. Vyatkin Afrosiyob shahar xarobasidan ustiga "œfath" — g‘alaba deb yozilgan shunday idish topgan. O‘rta asrlardagi qo‘shinlar tarkibida maxsus naftandozlar qismi mavjud bo‘lgan. Tarixiy manbalarda naftandoz istilohi XVI asrdan so‘ng uchramaydi.

NAMOZGOH — Iydi ramazon va iydi qurbon ibodatlari o‘qiladigan sajdagoh.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:08:48
NOSIR UD-DIN VA UD-DAVLA — din va davlat homiysi. Bu nom G‘azna hukmdori Sobuqtakinga Buxoro amiri Nuh ibn Mansurga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘oloni bostirishda bergan yordami uchun Nuh ibn Mansur tomonidan taqdim etiladi.

NOVA — suv tashlag‘ich, tarnov.

OHANGAR — temirchi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:08:59
POYKOR — kichik mirob, qishloq mirobi.

QARLUQLAR — qadimiy turkiy qabilalardan biri. IV-V asrlargacha Oltoyning g‘arbida, Chorish daryosi (bu daryoning bir irmog‘i hozir ham Qarluq deb ataladi) bo‘ylarida yashaganlar. VI asr boshlarida qarluqlar Irtish daryosining o‘rta oqimlariga, Zaysan ko‘li atrofiga ko‘chib kelishgan. VI-VII asrlarda qarluqlarning bir qismi Yettisuv hududiga kelib joylashganlar. VIII asr oxirida bu yerda Qarluqlar davlati vujudga kelgan. IX-X asrlarda qarluqlarning xo‘jalik faoliyati dehqonchilik, ovchilik va ko‘chmanchi chorvachilikdan iborat bo‘lgan. Qarluqlar yirik shaharlar (Talas, Kulon, Marki, Bolosog‘un va boshqa) va ko‘plab qishloqlar vujudga keltirishgan. X asrda Qoraxoniylar davlatida qarluqlarning vakillari hukmron mavqega ega bo‘lganlar. Qoraxoniylar X asr oxirida Movarounnahrni egallagach, qarluqlar Toshkent vohasiga, Farg‘ona va Zarafshon vodiylariga ko‘chib kelishgan. X asr o‘rtalarida islom dinini qabul qilishgan. Keyinchalik qarluqlar mahalliy xalqlar tarkibiga kirishgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:09:08
QATVON JANGI — qoraxoniylar va saljuqiylarning birlashgan qo‘shini bilan qoraxitoylar o‘rtasida bo‘lgan jang (1141-yil 9-sentyabr). Samarqand yaqinidagi Qatvon dashtida sodir bo‘lgan. Qoraxoniylarning Samarqanddagi hokimi Mahmudxon 1137-yil Xo‘jand yaqinida qoraxitoylardan mag‘lubiyatga uchragach, saljuqiylar sultoni Sanjardan ko‘mak so‘ragan. 1141-yil iyulida Sanjar 100 ming (boshqa manbalarga ko‘ra, 70 ming) jangchidan iborat qo‘shin bilan Amudaryodan o‘tib Samarqandga yo‘l oladi. Gurxon Yelyuy Dashi qo‘shini kidanlar, xitoylar va ba’zi turkiy qavmlardan (50 ming kishilik qarluqlar qo‘shini ular tomoniga o‘tgan edi) tashkil topgan 100 mingdan ziyod jangchidan iborat bo‘lgan. Bu jangda qoraxitoylar kidanlarning sevimli harbiy usuli: raqib qo‘shinini yon tomondan aylanib o‘tib, qo‘qqisdan hamla qilish taktikasini qo‘llashgan. Gurxon qo‘shinini 3 qismga ajratib, ularning har biriga raqib tomon qo‘shinini o‘rab olishni bosh vazifa qilib qo‘yadi. Sanjar qo‘shinining jangovar tartibini ikki qanot va markazdan iborat qilib tuzib, markazga o‘zi boshchilik qiladi. Jangda qoraxitoylarning qanot qismlari ittifoqchilar qo‘shinining orqa tomoniga yorib o‘tib uni qurshab olgan. Sanjar qo‘shini tartibsiz chekinib, Darg‘om bo‘yidagi bir daraga qisib qo‘yilgan, yuzlab jangchilar daryo suvi yoki kanalda g‘arq bo‘lgan. Sanjar yonidagi 300 otliq va shaxsiy qo‘riqchilari bilan qurshovni yorib chiqib Termizga ketishga erishgan. Qatvon jangida manbalarga ko‘ra, 70 ming musulmon shahid bo‘lgan. Gurxon jang maydonida 3 oyga yaqin turadi, so‘ngra Karmanaga yo‘l olgan. Bu yerda u yangi davlat Qoraxitoylar davlati (G‘arbiy Lyao) barpo etilganini e’lon qilgan. Qatvon jangi ko‘chmanchilarning O‘rta Osiyoga kirib kelish yo‘llarini ochib bergan. Qoraxoniylar ularning vassaliga aylangan, qoraxitoylar davlati boshlig‘i — Gurxonga soliq to‘lab turishlari lozim bo‘lgan. Qoraxitoylar qoraxoniylarning ichki ishlariga aralashmaganlar, ularning poytaxti ilgarigidek Bolasog‘un shahri hisoblangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:09:18
QORAXITOYLAR — kidanlar davlati tor-mor etilgach (1125), O‘rta Osiyoga kelgan kidanlar va ulardan ilgariroq bu yerga ko‘chib kelgan kidanlarga (16 ming oila) o‘rta asr muarrixlari tomonidan berilgan nom. Qoraxitoylar kelib chiqishi to‘g‘risida fanda yagona fikr mavjud emas. Ba’zi tadqiqotchilar ularni Sibirning tungus aholisiga, boshqalari esa mo‘g‘ullarga mansub deb hisoblaydilar. XII a. o‘rtasi — XIII a. boshlarida 18 yoshga to‘lgan barcha qoraxitoylar Qoraxitoylar davlatini tuzgan kidanlarning Elyuy urug‘idan chiqqan gurxonlarning qo‘shinida harbiy xizmatni o‘tashgan. Qoraxitoylarning asosiy qismi Talas va Chu daryolari vodiysida chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Qoraxitoylarda patriarxal-urug‘chilik tuzumi qoldiqlari bilan uyg‘unlashib ketgan mulkchilik munosabatlari ustuvor bo‘lgan, biroq ayollar katta huquqqa ega edilar. Qoraxitoylar buddaviylar bo‘lsa-da, osmon, yer va ajdodlar ruhiga qurbonlik qilishgan. Chingizxonning maslahatchisi Yelyuy Chusay qoraxitoylar orasida bo‘lganida ularning yuksak adabiy fazilatlarga ega dostonini yozib olgan. Keyinchalik qoraxitoylar qo‘shni turkiy xalqlar tarkibiga singib ketishgan. Qirg‘iz, qozoq va qoraqalpoqlar tarkibida qoraxitoylar qabila-urug‘ nomi uchraydi. Qoraxitoylar moddiy madaniyati obidalari tadqiq etilmagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:09:28
QORAXON — buyuk xoqon.

QORAXONIYLAR, XONIYLAR, XOQONIYLAR — Qoraxoniylar davlatini boshqargan xoqonlar sulolasi. "œqoraxoniylar" iborasi shartli ravishda sulola nomi sifatida qo`llanilib, davlat hukmdorlari "œqoraxon" — buyuk xon unvoni bilan yuritilgan. Shu bois sharqshunos olim V.V.Grigorev sulolaga "œqoraxoniylar", deb nom bergan va u ilmiy adabiyotlarda mustahkam o`rnashib qolgan. Qoraxoniylarning yirik vakillari: Abdulkarim Sotuq Bug`roxon (859 — 955), Muso ibn Abdulkarim (955-970), Hasan ibn Sulaymon (977-992), Ahmad ibn Ali Arslonxon (998-1017; hokimiyat amalda ukasi Nasr ibn Ali qo`lida bo`lgan, u Movarounnahrni bosib olgan), Mansur ibn Ali (1017-26), Ibrohim ibn Nasr Tamg`achxon (1040-70), Arslonxon Muhammad ibn Sulaymon (1102-30). 1130-yildan saljuqiylarga, 1140-yillar boshida qoraxitoylarga qaram bo`lgan. Qoraxoniylarning so`nggi vakili Usmon ibn Ibrohim 1212-y. Muhammad Xorazmshoh tomonidan ag`darilib qatl qilingan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:09:37
RAIS (arabcha — rahbar, sardor) — shahar hokimi.

RANGREZ — matoga rang beruvchi; minchi.

RO‘YAN — Movarounnahrda ekilib, turli xil dori-darmonlar va bo‘yoqlar tayyorlangan texnik o‘simlik.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:09:46
SADRI JAHANNAM — Buxoro sadri Muhammad ibn Abdulazizning xalq orasida yoyilgan laqabi. Muhammad ibn Abdulaziz bu laqabani olishiga sabab shuki, u xalq o‘rtasida obro‘sini kuchaytirish maqsadida huzurida 600 nafar faqh (huquqshunos) larni tutib turishi, mehnatkash aholiga nisbatan g‘oyat shafqatsizligi edi. Oqibatda uning "œSadri jahon" unvoni xalq o‘rtasida "œSadri jahannam" laqabiga aylantirildi.

SADRI JAHON — XII-XIII asrlarda Buxoroda hukmronlik qilgan burhonlar xonadoni unvoni. "œKitobi mullazoda" asarining muallifi Ahmad ibn Mahmudning yozishicha, burhonlar xonadoniga Abdulaziz ibn Umar asos solgan. Sadri jahon unvoni unga sulton Sanjar tomonidan berilgan. Abdulaziz ibn Umar vafotidan so`ng bu lavozim o`g`li, keyinchalik nevaralariga berilgan. Ularning avlodlari 1207-yilgacha Buxoroda mustaqil hukmronlik qilgan. So`nggi Sadri jahon Burhoniddin Muhammad ibn Ahmad o`sha yili Muhammad xorazmshoh tomonidan mansabdan tushirilgan. Burhonlarning ayrim namoyandalari ilgarigidek nufuzga ega bo`lmasalar-da, imtiyozlari mo`g`ullar davrida ham saqlanib qolgan. Ular vaqf yerlarni nazorat qilishgan; o`z yerlari, savdo-hunarmandchilik korxonalari bo`lgan, karvon savdosi bilan shug`ullanishgan. XIII asrda Malik Sanjar Sadri jahonlarga qarshi xalq qo`zg`olonini boshqargan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:09:54
SAFFORIYLAR — Safforiylar davlatida hukmronlik qilgan sulola. Ular IX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoning janubi bilan Eron chegaralarida yashagan. Safforiylar nomi uning asoschisi Ya’qub ibn Lays as-Saffor nomidan olingan. Safforiylarning yirik hukmdorlari: Ya’qub ibn Lays (867-879); Amr ibn Lays (879-902).

SAFFORIYLIK — misgar hunarmandlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:10:11
SALJUQIYLAR — Xurоsоn, Yaqin va O‘rta Sharq, Kichik Оsiyo, qisman Mоvarоunnahrdagi bir necha davlatlarda hukmrоnlik qilgan turkiy sulоla (1038-1308 ). Sulоla nоmi chоrvadоr turkiy qavm-o‘g‘uzlar boshlig‘i Saljug‘bek ibn Do‘kak nоmidan оlingan. Sulоlaga Saljuqning nevarasi sultоn To‘qrulbek asоs sоlgan. Sirdaryoning quyi оqimi Jand shahar atrоflari (hоzirgi Navоiy vilоyati hududi)da yashagan o‘g‘uzlar Saljuq boshchiligida islоm dinini qabul qilishgan (992). Saljug‘ning vafоtidan so‘ng ular Nurоta atrоflarida jоylashgan. Mahmud G‘aznaviy Amudaryodan o‘tib, Buxоrоga bоrayotganda saljuqlarning yo‘lboshchisi amir Arslоn (Isrоil)ni chaqirib, ularga Buxоrоdan Xurоsоnga ko‘chishni buyurgan (1025). Tarixchi Juzjоniyning yozishicha, 4000 o‘tоvli saljuqlar Yag‘mur, Bug‘, Ko‘ktоshu, Qizil, Mansur, Anas o‘qli kabi amirlar boshchiligida Amudaryodan o‘tib, Xurоsоnning Saraxs, Оbivard, Farоva, Nisо, Dandanakоn kabi turli mavzelarida qo‘nim tоpganlar. Qоraxоniylar bilan G‘aznaviylar o‘rtasidagi kurashdan fоydalangan Saljuqiylar harbiy kuchlarini birlashtirib, asta-sekin Xurоsоnni egallab, Saljuqiylar davlatini barpо etganlar. Keyinchalik bu davlat jahоndagi eng qudratli saltanatlardan biriga aylangan. Sulоla vakillari (hukmdоrlari) sultоn deb atalgan va ular quyidagilardan ibоrat. Xurоsоndagi Saljuqiylar (1038-1157): To‘qrulbek (1038-1063), Alp Arslоn (1063-1072), Malikshоh (1072-1092), Mahmud (1092-1094), Barqiyoruq (1094-1104), Malikshоh II (1104-1105), G‘iyosiddin Muhammad (1105-1118 ), Sanjar (1118-1157); Kermоndagi Saljuqiylar (1041-1187): Kavurbek (1041-1073), Kermоnshuоh (1073), Husayn (1073-1074), Sultоnshоh I (1074-1085), Turоnshоh I (1085-1097), Erоnshоh (1097-1101), Arslоnshоh I (1101-1141), Muhammadshоh I (1141-1156), To‘qrulshоh (1156-1167), Bahrоmshоh (1167-1168 ), Arslоnshоh II (1168 ), Turоnshоh II (1168-1174), Muhammadshоh II (1174-1187), Mubоrak (1187); Shom (Suriya)dagi Saljuqiylar (1074-1117): Tutush (1074-1095), Ridvan (Halabda; 1095-1113); Dukak (Damashqda; 1095-1104), Alp Arslоn Arxas (Halabda; 1113-1114), Sultоnshоh (1114-1117); Irоqdagi Saljuqiylar (1118-1194): Mahmud (1118-1131), Dоvud (1131-1132), To‘qrul I (1132-1133), Mas’ud (1133-1152), Malikshоh (115-1153), Muhammad (1153-1159), Sulaymоnshоh (1159-1161), Arslоnshоh (1161-1177), To‘qrul II (1177-1194); Ko‘niya (Anatоliya yoxud Rum)dagi Saljuqiylar (1077-1308 ): Sulaymоn I (1077-1086), Qilich Arslоn I (1086-1107), Malikshoh I (1107-1116), Mas’ud I (1116-1156), Qilich Arslоn II (1156-1188 ); Malikshоh II (1188-1192), Kayxusrav I (1192-1200; 1205-1210), Sulaymоn II (1200-1204), Qilich Arslоn III (1204-1205), Kaykоvus I (1210-1219), Alоuddin Kayqubоd (1219-1236), Kayxusrav II (1236-1245), Kaykоvus II (1245-1247), Qilich Arslоn IV (1257-1265), Kayxusrav III (1265-1283), Mas’ud II (1283-1296), Kayqubоd III (1296-1307), Mas’ud III (1307-08 ) va boshqa sulоlalar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:10:25
SARBOZ (forscha) — O‘rta Osiyo xonliklaridagi muntazam qo‘shin askari.

SARROF (arabcha) (pul almashtiruvchi, yirik pullarni mayda qiluvchi) — shahar ko‘chalari va rastalarida o‘tirib, kishilarning yirik pullarini maydalab, qimmatbaho buyumlarini pulga almashlab berib foyda ko‘ruvchi shaxs. Sarroflar horijdan kelgan savdogarlarning pullarini mahalliy pullarga almashtirib berish, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush va boshqalarni aniqlash, ularning bahosini belgilash, ayrim kishilarning omonat pullarini, buyumlarini ma’lum muddatgacha saqlab berish kabi ishlar bilan shug‘ullanib, bank, omonat kassalari, garovxonalar vazifalarini bajarishgan. Sarroflar sudxo‘rlik ishi bilan ham shug‘ullangan. Sarroflar xizmatlari evaziga kishilardan ma’lum miqdorda haq olgan. Ilgari har bir shaharda sarroflar faoliyat yuritgan. Masalan: Buxoroda sarroflarning alohida mahallasi va asosiy ish joyi — Toqi Sarrofon mavjud edi. Hozirgi davrda sharq mamlakatlarida sarrof bank egasi hisoblanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:10:36
SAYYID, SAID (arabcha — janob) — 1) Muhammad payg‘ambar (sav) avlodlariga mansub kishining unvoni. Arablarda islomga qadar qabilaning saylanadigan rahbarlari unvoni — boshliq, mas’ul shaxs degan ma’noni anglatgan. Alining otasi Abu Tolib bir vaqtlar quraysh qabilasining sayyidlaridan bo‘lgan. Shuning uchun bu unvon Alining o‘g‘illari Hasan va Husaynning butun avlodlari ismiga qo‘yiladigan faxriy unvon hisoblangan. Sayyidlarning qiziga uylangan kishining farzandlari ham sayyid hisoblangan. Shuning uchun ham musulmonlar dunyosida, jumladan, Movarounnahrda ko‘pincha hukmdorlar o‘z avlodlari mavqeni ko‘tarish maqsadida sayyidlar qiziga uylanishga harakat qilishgan. O‘rta asrlarda, yangi va eng yangi davrlarda ko‘pgina hukmdorlar, shu jumladan, Buxoro amirlari, Xiva xonlari hamda turli ijtimoiy tabaqalarga mansub bo‘lgan shaxs ham payg‘ambar avlodidan hisoblanmasada, o‘zlarini sayyidlar deb atayveradilar. 2) xo‘ja, boshliq, rahbar.

SAYF UD-DIN — din shamshiri. Mahmud G‘aznaviyga Buxoro amiri Nuh ibn Mansur tomonidan taqdim etilgan unvon. Bu unvonni Mahmud Nuh ibn Mansurga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostirishda bergan yordami uchun olgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:10:47
SOHIB JAMONA — hosil miqdorini belgilovchi ma’mur uchun yig‘iladigan to‘lov.

SOHIBI SHURAT — harbiy ishlar vaziri, devon.

SOHIBI MUYYAD — maktubot va axborot vaziri, aloqa ishlar vaziri.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:10:56
SOMONIYLAR (819-999) — Movarounnahr va Xurosondagi sulola. Somoniylarning oilaviy nisbasi, ya’ni nomi ularning ajdodi bo‘lmish Somonxudot ismi bilan bog‘liq. Somonxudotning kelib chiqishi haqida turli xil ma’lumot va fikrlar mavjud. Abu Bakr Narshaxiy (X a.) va Hamza Isfahoniy (X a.) keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, Somonxudot Balx viloyatidagi Somon qishlog‘idan, al-Muqaddasiy (X a.)ning ma’lumotiga ko‘ra esa, u Samarqand viloyatidagi Somon nomli qishloqdan bo‘lgan. "œSa’diya" nomli asar (XVII a.)da keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, uning asl ismi Arquq bo‘lib, u Farg‘onadan Termizga ko‘chib kelgan va u yerda Somon nomli qishlog‘iga asos solgan. O‘rta asrlarda Buxoro, Farg‘ona, Toxariston, Xuttalon va boshqa viloyatlarda ham Somon nomli qishloqlar bo‘lganligi qayd etilgan. Bu ma’lumotlar "œSomon" toponimi o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hududlarida va undan tashqari yerlarda ham keng tarqalgan joy nomi bo‘lganligidan dalolat beradi. Ko‘pchilik manbalar (Hudud al-olam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi)ga ko‘ra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Cho‘bin (VI a.)ning 4-yoki 5-pog‘onadagi avlodi bo‘lgan. Bahrom Cho‘binning kelib chiqishi eftaliylar bilan bog‘liq. U sosoniylarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib (590-y.) mag‘lubiyatga uchragandan keyin Farg‘onaga qochib kelgan va turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha o‘sha yerda qolib ketgan. Uning avlodlari ham o‘zlarini podshohlar oilasiga mansub deb hisoblaganlar va Sosoniylar davlatidagi shahanshohlar oliy taxtiga da’vo qilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining (Juba, Jamchan, Tamg‘as kabi) turkiy ismlari bo‘lgan. Shunisi diqqatga sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somon-yabg‘u (ya’ni Somonxudot) turkiylarning O‘g‘uzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari qatorida tilga olingan. O‘rta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh al-Qushayriy (725/727 va 735/738-yillar)ning oldiga kelib, undan dushmanlariga qarshi qurolli yordam berishini so‘raydi. Arablar yordamida dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini qabul qiladi va o‘g‘lining ismini amirning sharafiga Asad qo‘yadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ismli o‘g‘illari al-Ma’munning Marvdagi saroyida xizmatda bo‘lgan va Rofa ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga al-Ma’mun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819-820). Xususan, Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Farg‘ona amiri, Yahyo — Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib tayinlanadi. Ular dastlab Xuroson amirlari bo‘lgan tohiriylarga tobe bo‘lgan va harbiy kuch to‘plab, Arab xalifaligining sharqiy chegaralarini qo‘riqlab turishgan, shuningdek, shimoldagi turklarga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan. Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840-y.), uni o‘ziga tobe qiladi. Shunday qilib, aka-ukaning to‘ng‘ichi bo‘lgan Nuh ibn Asad Samarqand va Sug‘dning katta qismini, shuningdek, Farg‘ona va boshqa bir qancha shaharlarni o‘z hokimiyati ostida birlashtiradi. Nuhning vafotidan keyin (842-y.) suloladagi yetakchilik uning ukasi Ahmad ibn Asad oilasiga o‘tadi. Uning 7 ta o‘g‘li bo‘lib, ular otasining vafotidan keyin (866-y.) Movarounnahrning asosiy shaharlarida hokimiyatni o‘z qo‘llariga oladilar. Faqat Buxoro shahri tohiriylar qo‘lida edi. Ilyos ibn Asad vafotidan keyin unga qarashli bo‘lgan Hirot shahrida ham hokimiyat somoniylarning qo‘lidan ketdi. Tohiriylar hokimiyati tugatilgandan keyin (873-y.) Buxoroda bir muddat siyosiy beqarorlik va tartibsizliklar yuz berdi. Shunda somoniylar oilasining boshlig‘i bo‘lgan Nasr ibn Ahmad mahalliy dehqonlar taklifiga binoan, Buxoroga ukasi Ismoil ibn Ahmadni hokim qilib yuboradi. Shunday qilib, Buxoro ham somoniylar qo‘liga o‘tib, ularning qudrati yana ham ortdi. Nasr davrida somoniylar turklarning Shovg‘ar shahriga yurish qiladilar. Deyarli butun O‘rta Osiyo yerlari ularning hokimiyati ostida birlashgandan keyin oila boshlig‘i Nasr xalifa al-Mu’tamiddan Movarounnahrni boshqarishga maxsus yorliq oldi (875-y.). Ko‘p o‘tmay Ismoil akasi Nasrga bo‘ysunishdan bosh tortib, unga qarshi qo‘shin tortadi. Aka-uka qo‘shinlari orasida bo‘lib o‘tgan jangda (888-y.) Nasr mag‘lubiyatga uchraydi va natijada Ismoil ibn Ahmad butun hokimiyatni o‘z qo‘liga oladi. U Taroz shahriga yurish qilib, uni bosib oladi (893-y.) va natijada boy Shalji kumush konlariga egalik qiladi. O‘sha yilning o‘zida Ahmad Ustrushonadagi afshinlar sulolasining oxirgi vakillarini yo‘q qiladi va viloyatni butkul o‘zining hokimiyatiga bo‘ysundiradi. Somoniylarning kuchayib borayotganidan xavfsiragan arab xalifasi Ismoilni hokimiyatdan chetlatib, o‘rniga Xuroson amiri Amr ibn Lays Safforiyni tayinlaydi (898-y.). Amr qo‘shin bilan Movarounnahrga yo‘l olganda, Ismoil unga qarshi chiqib, bir necha jangdan keyin uni mag‘lubiyatga uchratadi (900-y.) va natijada safforiylarga qarashli bo‘lgan Xurosonni ham o‘z yerlariga qo‘shib oladi. Shunday qilib, Ismoil ibn Ahmad hukmronligi davrida Talas vodiysidan Xurosongacha bo‘lgan yerlarni o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi. Ismoil ibn Ahmad vafotidan keyin (907-y.) hokimiyat uning avlodlari qo‘liga o‘tdi: Ahmad ibn Ismoil (907-914-yillar), Nasr ibn Ahmad (914-943-yillar), Nuh ibn Nasr (943-954-yillar), Abdulmalik ibn Nuh (954-961-yillar), Mansur ibn Abdulmalik (961-976 yillar), Nuh ibn Mansur (976 997-yillar), Mansur ibn Nuh (997-999-yillar), Abdulmalik ibn Mansur (999-1000-yillar). Shundan keyin mamlakatdagi hokimiyat qoraxoniylar sulolasining qo‘liga o‘tib, somoniylar hokimiyati tugatildi. Sulolaning oxirgi vakili Ismoil al-Muntasir (1000-1005-yillar) qoraxoniylar sulolasiga qarshi kurash olib borib, somoniylar hokimiyatini tiklashga urindi, lekin natija bo‘lmadi va oxiri o‘zi ham o‘ldirildi. Shu bilan somoniylar sulolasi tarix sahnasidan butunlay ketdi. Somoniylar sulolasi: Nuh ibn Asad (819-842), Ahmad ibn Asad (842-864), Nasr I ibn Ahmad (865-892), Ismoil ibn Ahmad (874-907), Ahmad ibn Ismoil (907-914), Nasr II ibn Ahmad (914-943), Nuh I ibn Nasr (943-954), Abdumalik ibn Nuh (954-961), Mansur I ibn Nuh (961-976), Nuh II ibn Mansur (976 997), Mansur II ibn Nuh (997-999).
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:11:04
TAKIN — Qoraxoniylar davlatida viloyat noibi. Viloyat noiblari faqat qoraxoniylar xonadonining eloqxon unvoniga sazovor bo‘lgan a’zolardan saylanar edi.

TAMG‘ACHXON — xonlar xoni, Qoraxoniylar davlati hukmdori shu nom bilan yuritilar edi. Davlatni boshqarishda qoraxoniylar qabilaviy udumining og‘alik tartibiga qat’iy rioya qilingan. Bu udumga muvofiq qabila boshliqlari orasida eng yoshi ulug‘ini "œarslonxon" yoki "œbug‘roxon" darajasiga ko‘tarib, hukmdor, ya’ni qoraxon qilib saylashgan. Odatda utamg‘achxon, ya’ni xonlar xoni deb yuritilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:11:15
TELE — ilk o‘rta asrlarda turkiy qabilalar katta bir qismining umumiy nomi. Ushbu etnom ilk bora milodiy IV asrga oid Xitoy manbalarida uchraydi. Ulardan ma’lum bo‘lishicha, milodiy VI asrgacha "œtele" atamasi Gobi cho‘lining shimoli, Xingan tog‘lari (Manjuriya)ning g‘arbi va Tyanshan tog‘lari atrofidagi keng hududdan to Orol va Kaspiy dengizi bo‘ylarigacha tarqalgan turkiy qabilalarning umumiy nomi sifatida ishlatilgan. Ushbu yilnomalardan ayon bo‘lishicha, tele qabilalari dastlab mil.avv. I mingyillikda, chidi nomi bilan atalgan, keyinchalik esa, dili, chile, dingling, gaoguyey, so‘ngra tele deb atala boshlagan. Xitoy yilnomalarida ta’kidlanishicha, bir qancha qabilalar o‘z etnik nomiga ega bo‘lsalar ham, kelib chiqishi jihatidan telelarga borib taqalib, quyidagicha nomlanar edilar: veyxo (uyg‘ur), yuange, seyanto (sir tardush), kibi, dubo (tuba), guligan (quriqan), dolange (telengut), pugu (bug‘u), bayegu (bayirqu), tunlo (to‘ngra), hun, adye (adiz), sihye (izgil), husye, baysi (oq si) va hokazo. Suyshu nomli xitoy yilnomasida (VII asr) tele qabilalariga mansub 50 ta qabila nomi keltiriladi. Xitoy yilnomalarida telelarning tili hunlarning tiliga o‘xshashligi qayd qilinadi. Ushbu ma’lumotga asoslanilsa ularning turkiy tilli xalq bo‘lganligi ma’lum bo‘ladi.

TOHIRIYLAR — Xurosondagi Tohiriylar davlatida hukmronlik qilgan sulola (821-873). Rasman abbosiylar vassali hisoblanggan. Sulolaga 821 yil Tohir ibn Husayn asos slogan. Tohiriylar hukmdorlari: Tohir ibn Husayn (821-822-yillar), Talha ibn Tohir (822-830), Abdulloh ibn Tohir (830-844), Tohir II ibn Abdulloh (844-862), Muhammad ibn Tohir (862-873). 873-yil Xurosonda hukmronligi tugatilib, yangi Safforiylar davlati tashkil topgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:12:02
TUMAN YERLARI — hukmron sulola hamda oliy tabaqa vakillariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga hadya qilingan (solig‘ining bir qismi) mulklar (viloyat, tuman yoki ayrim shahar va qishloqlar).

TO‘QUZOG‘LAR — VI asrning birinchi yarmida — Xitoydan to Qora dengiz bo‘ylarigacha cho‘zilgan keng maydonda chorvachilik bilan kun kechirgan turkiy qabilalar. Ular VI asrning ikkinchi yarmi va VII asrda Turk xoqonligi tarkibida edi. Turk xoqonligi yemirilgach, to‘quvo‘g‘uz-larning kattagina qismi g‘uz yoki o‘g‘uz nomi ostida Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqim o‘rnashib, bu hududda ular IX asr oxiri va X asr boshida O‘g‘uzlar davlatiga asos solganlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:12:11
ULAMO — din olimlari.

USTOD — 1) Somoniylar davlati ma’naviy hayotining asosi,din va ilm peshvosi. 2) Temuriylar davlatida peshtoq, ravoq hamda toqilariga parchin va girixlar qoplab imoratga pardoz beruvchilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:12:21
VADORIY — Sharqda mashhur bo‘lgan, Samarqandning Vador qishlog‘ida tayyorlangan mato. Vadoriy matodan tikilgan kiyimlarni Xurosonda amirlar, vazirlar va qozilar kiyardilar. Vadoriy ko‘ylakning bahosi ikki dinordan o‘n dinorgacha borardi.

VAQF (arabcha) — musulmon mamlakatlarida davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan diniy ehtiyoj yoki xayriya ishlari uchun ajratilgan mol-mulk. Vaqfnoma orqali rasmiylashtiriladi. Yer-suv, uy-joy, maktab, masjid, shifoxona va boshqa vaqf mulki bo‘lishi mumkin. O‘z mulkini vaqfga topshirgan shaxs mazkur mulkka nisbatan egalik huquqini yo‘qotadi. Lekin uning o‘zi yoki oila a’zolari yoxud uchinchi bir shaxs vaqf mulkidan vaqfnomada qayd etilgan maqsadlarda foydalanilayotganligini aniqlash uchun vaqf mulkini boshqarish huquqini saqlab qolishi mumkin. O‘z mulkini vaqf mulki sifatida topshirgan shaxsning farzandlari yoki boshqa avlodlari mazkur vaqf mulkidan keladigan daromadlardan nafaqa olib turishi mumkin. Vaqf mulkini shariyat qonuni bo‘yicha davlat boshlig‘i yoki qozi nazorat qiladi. Bu tartib Sharqning ba’zi mamlakatlarida hozir ham amalda.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:12:29
VAZIR (arabcha — yuk ko‘taruvchi) — O‘rta asrlarda Yaqin va O‘rta Sharq davlatlarida, shu jumladan O‘rta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshlig‘i. Vazirlar vaziri a’zam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shug‘ullangan. Vazirlar podshoh, xon viloyat hokimligiga tayinlagan shahzoda va xonzodalarning yordamchilari hisoblangan. Arab xalifaligida vazir lavozimini birinchi bo‘lib xalifa al-Mansur (754-775) joriy etgan. Somoniylar davrida 10 devon bo‘lib, ularni xojayi buzurg, sohib barid, mushrif, vakil, muhtasib va boshqa vazirlar boshqargan. Amir Temur va uning vorislari zamonida saltanatning markaziy ma’muriyatini bosh vazir — devonbegi boshliq 7 vazirdan iborat arkoni davlat boshqargan. Ular: 1) mamlakat va ra’iyat ishlari, 2) harbiy ishlar, 3) tijorat. 4) moliya ishlari bo‘yicha vazirlar sanalib, yana 3 nafar maxsus vazir chegara viloyatlari va tobe mamlakatlardagi ishlarni nazorat qilib turgan. Mazkur 7 vazir devonbegiga bo‘ysungan va ular bilan bamaslahat davlatning muhim moliyaviy ishlarini olib borishgan. Xiva xonligida vazir yuqori mansabdor shaxs sanalib, vazifasi soliq top"œlash, qo‘shni xonliklar bilan aloqa qilish, amaldorlarni tayinlash va hokazolardan iborat bo‘lgan. Xo‘jalik yoki boshqaruvning alohida bir sohasiga rahbarlik qilib kelgan amaldorlarni sobiq sho‘rolar davrida komissar, ministr, ana shu boshqaruv organini esa komissarlik, ministrlik so‘zlari bilan atash rasm bo‘lgan edi. Bu atamalar O‘zbekistonda ham mustaqillik yillarigacha qo‘llanib kelinib, keyin vazir, vazirlik istilohlari bilan almashtirildi
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:12:39
XALQ LASHKARLARI — qadimda va o‘rta asrlarda urush vaqtida fuqarolardan (asosan, ko‘ngillilardan) tashkil topadigan harbiy tuzilmalar; chet el bosqinchilariga qarshi kurash uchun keng xalq ommasini jalb qilish shakllaridan biri. Xalq lashkari deyarli barcha xalqlar tarixida juda qadimdan ma’lum. Bir davlat boshqa bir davlatga hujum qilganida bosqinchilikka uchragan mamlakat xalqi o‘z vatanini mudofaa qilish uchun qo‘liga qurol olgan va muntazam qo‘shinlar bilan bir qatorda dushmanga qarshi kurashgan. Xalq lashkari ko‘ngilli vatanparvarlardan tashkil topganligi bilan partizanlarga o‘xshab ketsa-da, ular bir-biridan farq qiladi: ya’ni partizanlar dushman bosib olgan hududda harakat qiladi, xalq lashkari esa, dushman bosib olmagan hududda tuziladi.

XATIB — namozda xutba o‘qiydigan ruhoniy. Xatib ustoddan keyin turardi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:12:51
XONAQOH — katta bino yoki uning asosiy xonasi: diniy me’moriy inshoatlar (masjid, madrasa va boshqalar)dagi katta xona, ziyoratchilar uchun qurilgan jamoatxonalar, hujralar ham shunday ataladi; g‘aribxona, musofirxona.

XORAZMSHOH — Xorazm hukmdorlarining unvoni.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:13:30
YAG‘MO — turkiy qabilalardan biri. IX asrning birinchi yarmida yag‘mo uyg‘urlar qirg‘izlar bilan bo‘lgan urushda yengilgach, ulardan 15 urug‘ ajralib, qarluqlar himoyasi ostiga o‘tgan. Bu 15 urug‘ birlashmasining turkiy nomi "œyaqmo" bo‘lgan. X asrning boshida yag‘moning katta bir qismi Qashqarga-Tyanshanning janubi-sharqiy yon bag‘irlariga, Norin daryosining yuqori oqimlariga ko‘chib kelganlar. Bu yerlarda yag‘molarning bir qismi o‘troqlashib, shahar va qishloqlarda yashashgan, lekin ko‘pchiligi ko‘chmanchi chorvadorlar bo‘lgan. Yag‘mo X asr oxirida Qoraxoniylar davlatining barpo etilishida qarluq, chig‘il, xalaj va boshqa qabilalar bilan bir qatorda faol qatnashgan. Yag‘moning asosiy qismi XI asrning birinchi yarmida qoraxoniylar qo‘shini tarkibida Farg‘ona vodiysiga, Toshkent, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalariga kelib joylashgan va keyinchalik yerli xalqlar bilan aralashib, o‘z etnik nomlarini unutganlar.

ZA’FARON — Movarounnahrda ekilib, turli xil dori-darmonlar va bo‘yoqlar tayyorlangan texnik o‘simlik.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:13:41
ZANDANACHI — malla rang bo‘z. Buxoroning Zandana qishlog‘ida to‘qilgan. VII asrdan ipak, X asrdan ip gazlama sifatida shuhrat qozongan. Zandanachi jonli mavjudotlar tasviri (IX asrgacha), o‘simliksimon va handasiy naqshlar bilan bezatilgan.

ZARBXONA — chaqa va tangalar so‘qiladigan ustaxona.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:13:52
ZOBITONA — kirimni hisoblovchi moliya hodimi uchun olinadigan to‘lov.

O‘G‘UZLAR (arab. va fors. g‘uzlar, guzlar) — turkiyzabon qabilalarning ikki guruhi. 1) To‘qquz-o‘g‘uzlar qabila ittifoqi; VIII a. urxun-enisey yozuvlarida qayd etilgan. VII a. boshida Turk xoqonligi tarkibida paydo bo‘lgan. 744-745-yillarda Turk xoqonligi tor-mor etilgach, hozirgi MXR hududida o‘z davlatlarini tuzgan uyg‘urlar qabila ittifoqida yetakchi mavqega ega bo‘lishgan. 840-866-yillarda qirg‘izlar tomonidan siqib chiqarilgan to‘qquz-o‘g‘izlar hozirgi Sinszyan va Gansu viloyatiga ko‘chib o‘tishgan, Ganchjou davlati va Turfon davlatini (850-1250) barpo etganlar; bu yerda to‘qqiz-o‘g‘izlar nomi uyg‘ur etnonimi bilan almashgan. 2) IX-XI asrlarda Orol va Kaspiy dengizi bo‘ylaridagi ko‘chmanchi va yarim o‘troq qabilalar ittifoqi (g‘uzlar); Yangikent o‘g‘izlar yabg‘usi qarorgohi bo‘lgan. XI asrning 50-60-yillarida o‘g‘izlarning bir qismi Yaroslav Mudriyning o‘g‘illari tomonidan tor-mor qilinib, Kiev knyazlarining vassallari sifatida Ros daryosi bo‘ylariga joylashganlar; Sirdaryo o‘g‘izlarining boshqa qismi X-XI a. boshida Buxoro va Xuroson yerlari tomon siljiganlar. 1040-yildan so‘ng saljuqiylar bosh bo‘lgan o‘g‘uzlar G‘arbiy Osiyo mamlakatlarini bosib olganlar. XI-XIII asrlarda o‘g‘uzlar etnonimi O‘rta Osiyo va Eronda turkman, Yaqin Sharqda esa turk etnonimi bilan almashgan. O‘g‘uzlar turkman, ozarbayjon, turk hamda gagauz va qoraqalpoqlar etnogenezida muhim rol o‘ynagan. O‘g‘izlarning epik asarlari ("œKitobi dadam Qo‘rqut", "œO‘g‘uznoma") saqlanib qolgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:14:32
G‘AZNAVIYLAR — Xuroson, Shimoliy Hindiston hamda qisman Movarounnahr va Xorazmda hukmronlik qilgan turkiy sulola (962-1186). G‘aznaviylar davlatini boshqargan. Sulolaga somoniylar lashkarboshisi Alptegin asos solgan. Sulola nomi davlat poytaxti G‘azna shahridan olingan. Somoniylar davrida mamlakatning siyosiy hayoti va harbiy qo‘shinda turk g‘ulomlari katta rol o‘ynagan. Somoniy amirlari ko‘plab turk g‘ulomlarini saltanatga qilgan xizmatlari evaziga siylab, ularni turli viloyatlarga noib qilib tayinlashgan. Iqtidorli lashkarboshi Alptegin G‘azna va Kobul viloyatlarini 962-yildan mustaqil boshqarishga intilgan. Alpteginning o‘limi (963)dan so‘ng o‘g‘li Ishoq va g‘ulomi Bilgategin, shuningdek, Piritegin hukmronlik qilgan davr (963-977-yillar)da G‘aznaviylar mulki kengaymay turgan. Alpteginning kuyovi va sobiq g‘ulomi Sabuktegin hukmronligi davrida (977-997) esa G‘aznaviylar sulolasi mustaqil siyosiy kuch sifatida Somoniylar tomonidan e’tirof etilgan. Sulola shuhratini Sabukteginning o‘g‘li Mahmud G‘aznaviy eng yuqori cho‘qqiga ko‘targan. Sulola hukmdorlari avval amir, so‘ngra sulton (Mahmud G‘aznaviydan boshlab) va shoh (Bahromshohdan boshlab) deb atalganlar. G‘aznaviylar hukmdorlari quyidagilardan iborat bo‘lgan: Alptegin (962-963), Ishoq (963-966), Bilgategin (966-972), Piritegin (972-977), Sabuktegin (977-997), Ismoil (997-998 ), Mahmud G‘aznaviy (998-1030), Muhammad (1030), Mas’ud G‘aznaviy (1030-41), Mavdud (1041-48 ), Mas’ud II (1048 ), Ali Abul Hasan (1048-49), Abdur Rashid (1049-53), To‘g‘rul (1053), Farruxzod (1053-59), Ibrohim (1059-99), Mas’ud III (1099-1114), Sherzod (1114-15), Arslon (1115-18 ), Bahromshoh (1118-52), Xusravshoh (115-60), Xusrav Malik (1160-86)
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:15:29
G‘ITRIFIY — Somoniylar chiqargan kumush dirham.

G‘OZIY (arabcha urushuvchi, harbiy yurish ishtirokchisi) — islom dini uchun g‘ayri dinlarga qarshi muqaddas urush (g‘azavot) ishtirokchisi. Shariatga ko‘ra, bunday urushda oti va qurol-yarog‘i bor har bir musulmon erkak qatnashishi shart bo‘lgan. Kambag‘allar, qullar, nogiron va keksa kishilar bundan ozod etilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:15:39
G‘ULOMLAR (arabcha) — 1) O‘rta asrlarda musulmon mamlakatlaridagi qullar. 2) Abbosiylar xalifaligida xalifa Ma’mun hukmronligi davrida (813-833) chet ellardan sotib olingan yosh qullardan tuzilgan otliq askarlar gvardiyasi. 3) O‘rta asrlarda boshqa musulmon davlatlarida ham saroy gvardiyasi askarlari, xonning shaxsiy jangchisi.

G‘UZ — To‘quzo‘g‘uzlar shu nom ostida Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqim o‘rnashib, bu hududda ular IX asr oxiri va X asr boshida O‘g‘uzlar davlatiga asos soladilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:15:49
SHAYX (arabcha — keksa, oqsoqol) — islom dini tarqalgan mamlakatlarda yirik bilimdon kishilar, olimlar (masalan, Ibn Sino shayx ur-rais unvoniga ega bo‘lgan), ruhoniylar, ulamolar unvoni. Arablarda islomdan ilgari urug‘, qabila boshliqlari, katta patriarxal oila oqsoqollari shayx deb atalgan. Musulmon mamlakatlarida hozir ham shayx oliy diniy maktablarning mudarrislari va yirik ulamolarga nisbatan qo‘llaniladi. O‘rta Osiyoda shayx ko‘pincha muqaddaslashtirilgan mozorlar va qadamjoylarda sadaqa va nazr-niyoz hisobiga yashaydigan ruhoniylar tabaqasiga nisbatan ishlatilgan.

SHAYXULISLOM — Somoniylar davlatida din peshvosi va islom ulamolarining rahnamosi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:15:59
SHERIK — IX-X asrlarda yollanib qo‘shchilik qilganlar shu nom bilan atalgan.

CHEK (fors-tojik — pul hujjati) — 1) bankdagi hisob varaq egasi (chek beruvchi) ning muayyan summadagi pulni biror shaxs (chekni taqdim qiluvchi) ga to‘lash to‘g‘risida bankka yoki kredit muassasasiga yo‘llagan yozma buyrug‘i, farmoyishi; pul hujjati, qimmatli qog‘oz turi. Chek yoziladigan qog‘oz (chek qog‘ozi) tarzida maxsus daftarcha holiday chiqariladi. Chek beruvchi o‘z hisob varagidan o‘zi uchun pul olishda ham chekdan foydalaniladi. 2) chakana savdoda kassaning xaridordan pulni qabul qilib olgani to‘g‘risidagi pattasi. To‘lov o‘tkazilgan va xaridni olish mumkinligi tasdiqlaydi va to‘lov o‘tkazilgan do‘kon doirasida amal qiladi.

CHOHPAR — o‘ra.

CHO‘R — lashkarning sharqiy qanot amiri.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:16:11
TARIXIY-GEOGRAFIK NOMLAR

HAMADON — Eronning g‘arbiy qismidagi shahar. Shahar mil. avv. XI asrdan ma’lum. Hamodon nomi dastlab Ossuriya mixxatlarida Amatana, qadimiy fors tilida Hagmatana, yunoncha Agbatana yoki Ekbatana shaklida uchraydi. Mil. avv. VII-VI asrlarda Midiya poytaxti, mil. avv. 550-549-yillardan keyin Axamoniylarning yozgi qarorgohi. Salavkiylar, parfiyaliklar va sosoniylar davrida Mesopotamiyadan Sharqning boshqa mamlakatlariga o‘tuvchi savdo yo‘lining muhim markazlaridan biri. VII asrdan Arab xalifaligi tarkibida. XI asrda shaharni o‘g‘uzlar egalladilar. 1118-1194-yillarda G‘arbiy Erondagi Saljuqiylarga tobe bo‘lgan Iroq sultonligining poytaxti. 1220-yilda Hamadonni mo‘g‘ullar bosib olib, vayron qilganlar. XVI-XVIII asrlarda Safaviylar davlati tarkibida. Eron-Turkiya urushlari davrida (XVI-XVIII asrlar) bir necha bor turklar qo‘l ostiga o‘tgan.

ISSIQKO‘L — Shimoliy Tyanshandagi oqmas ko‘l, Qirg‘izistonning shimoli-sharqiy qismida. Dunyodagi eng yirik tog‘ ko‘llaridan biri. 1618 metr balandlikda, Issiqko‘l soyligida, shimolda Kungay Olatov va janubda Terskaya Olatov va janubda Terskaya Olatov tizmalari orasida.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:16:34
MARV (Avestoda — Mouru) — O‘rta Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan biri. Bayramali shahri (Turkmaniston) yaqinida joylashgan. Marvning qoldiqlari 5 qal’a (Erk qal’a, Gabr qal’a, Sulton qal’a, Abdullaxon qal’a, Bayramalixon qal’a) xarobalaridan iborat. Marvning eng qadimgi qismi — Erk qal’a (maydoni 12 ga) mil.avv. I ming yillikning I-choragidan mavjud bo‘lgan. Marvning ravnaq topgan (Parfiya va ilk sosoniylar) davri mil.avv. II — milodiy III asrga to‘g‘ri keladi. Bu davrda M.Gabr qal’a va Erk qal’a hududlaridan iborat bo‘lib, Erk qal’a Marvning arkiga aylangan. Shahar va uning atrofi (60 km2) mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Milodiy III asrdan Marv Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan, VII asrda esa arablar tomonidan bosib olingan. VIII asr o‘rtasida Marv — Abu Muslim harakati markazi. IX asrda ilm-fan ravnaq topdi, u arab xalifaligining Xuroson va Movarounnahr noibligining poytaxti rolini o‘ynadi. Ma’mun ibn Horun ar-Rashid davrida Marvda Bag‘dod akademiyasining asosini tashkil etgan marvaziylar maktabi tarkib topdi. O‘rta asrdagi Marvning ravnaq topgan davri XI-XII asrning I-yarmiga to‘g‘ri keldi; bu davrda u buyuk Saljuqiylar davlatining poytaxti bo‘lgan (Sulton qal’a xarobasida Sulton Sanjar maqbarasi joylashgan). XII asr oxiri — XIII asr boshida Marv Xorazmshohlar davlatining yirik markazi bo‘lgan. 1222-yil shahar mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingan. XIII asr o‘rtasi — XIV asrda shahar qisman tiklangan (ayniqsa, uning rabod qismi). XV asr boshida Shohruh davrida qisqa muddat ravnaq topgan. Marvdan o‘rta asrlarda ko‘plab olimu fuzalolar yetishib chiqqan. 1510-1524 va 1601-1747-yillarda Marv forslar qo‘lida bo‘lgan. Marv urushlari tufayli inqirozga yuz tutgan (1790) va markaz Marvdan 30 km g‘arbga Marv shahriga ko‘chgan
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:16:46
MOZANDARON — Erondagi tarixiy viloyat. Gilon bilan Xuroson oralig‘ida. IX-XII asr manbalarida Tabariston nomi bilan ma’lum. XIII asrdan esa Mozandaron deb atalgan. Sosoniylar davrida mustaqil hokimlik bo‘lgan; keyinchalik arablar, somoniylar, saljuqiylar, mo‘g‘ullar qo‘l ostiga o‘tgan, ammo hokimiyatni mahalliy hokimlar boshqargan. Mozandaronni XIV asr oxirida Amir Temur qo‘shinlari egallagan. XVI asr boshida Mozandaron yana mahalliy hukmdorlar qo‘liga o‘tgan. Abbos I davrida Mozandaronda mahalliy sulola tugatilib, Mozandaron Safaviylar davlatiga qo‘shilgan.

NASAF, NAXSHAB — Qarshi vohasida, Qashqadaryoning quyi oqimi bo‘ylarida joylashgan o‘rta asr shahri va viloyati nomi. Nasaf shahri Qarshi shaharidan 8 km shimoli-g‘arbdagi Shulluktepa shahar xarobasi o‘rnida bo‘lgan. VII-VIII asrlarda Nasafda ot tasviri, G — belgisi va turkiy chehra hokim rasmi tushurilgan mis tangalar zarb qilingan. VIII asrning ikkinchi yarmidan bu tangalar fel’s deb atalgan. Arablar istilosidan so‘ng Nasaf viloyatining ma’muriy markazi bo‘lgan. Nasaf o‘rta asrlarda 3 qismdan — ark, shahriston va raboddan tashkil topgan, mudofaa devori bilan o‘ralgan, 4 ta darvozasi — Buxoro, Samarqand, Kesh va Gubdin darvozalari bo‘lgan. X asrda ark xarobaga aylanib, hayot keng rabodda davom etgan. Hokim uyi va qamoqxona daryo bo‘yidagi Ra’s al qantara — ko‘prik boshi degan yerda joylashgan, jome masjidi rabodda, Gubdin darvozasi oldida bo‘lgan, shahar bozor bilan hokim uyi oralig‘ida joylashgan. XIV asrda Qarshi nomini olgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:16:57
QORAXITOYLAR DAVLATI (taxm. 1140-1213) — o‘rta asrlarda Sharqiy Turkiston, Ili va Chu vodiysi, Yettisuv va O‘rta Osiyoda mavjud bo‘lgan davlat. Poytaxti — Chu daryosi bo‘yida joylashgan Xusi-orda (Bolasog‘un). Asoschisi — Yelyuy Dashi. U 1124-y. gurxon unvonini qabul qilgan. 1125-y. kidonlar saltanati chjurchjenlar tomonidan tor-mor etilgach, bir guruh tarafdorlari bilan Shimolga qochgan. Qoraxoniylar qoraxitoylar tomonidan bo‘ysundirilgandan so‘ng davlat poytaxtini Bolosog‘unga aylantiradilar. Bolasog‘un podshohlari "œgo‘rxon" deb yuritilgan. Yettisuvga joylashib olgan qoraxitoylar tez orada Sirdaryoning o‘rta oqimiga tomon yurish boshlaydilar. Ularning jangovar qo‘shinlari avval Shosh va Farg‘onaga, so‘ngra Zarafshon va Qashqadaryo viloyatiga bostirib kiradi. 1137-yilda ular Xo‘jand shahri yaqinida qoraxoniylarning eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba beradilar. O‘zaro sulh tuzilib, qoraxoniylardan katta tovon olingach, o‘z yurtlariga qaytib ketadilar. Lekin ko‘p o‘tmay qoraxoniylar 1141-yilda Movarounnahrga yurish qiladilar. Samarqand yaqinidagi jangda qoraxitoylar g‘alaba qozonadi. Sulton Sanjar va eloqxon Mahmud Termizga chekinib jon saqlaydilar. Bu g‘alabadan so‘ng qoraxitoylar avval Samarqandni, so‘ngra Buxoroni egallaydilar. Biroq Qoraxoniylar davlatini uzil-kesil barbod qilib, Movarounnahrni batamom bosib olmaydilar. G‘olib qoraxitoylar mahalliy aholining har xonadonidan yiliga bir dinor hajmda soliq yig‘ib olish tartibini joriy etish bilan kifoyalandilar. Gurxonlar kidanlarga taqlidan tangalar zarb etdirganlar, lekin mamlakatning iqtisodiyoti va ichki ishlariga kam aralashganlar, ular faqat vassallaridan (Balx, Xorazm, Xo‘tan, Gaochan va boshqalar) soliq olish bilan kifoyalanganlar. Qoraxitoy davlatini ikki marta ayollar idora etgan. Qoraxitoy davlati Amudaryo va Balxash ko‘lidan Kunlun va Beyshan tog‘lariga qadar hududni egallagan. Qoraxitoy davlatining qulashi mo‘g‘ullar tomonidan Sharqiy Turkistonni bosib olinishi va 1208-y. ulardan qochgan naymanlarning kelishi va 1211 y. Gurxonning asir olinishi (2 yildan so‘ng vafot etgan) bilan bog‘liq bo‘lgan. 1218-yil naymanlar Chingizxon tomonidan bo‘ysundirilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:17:11
QORAXONIYLAR DAVLATI, XONIYLAR YOXUD XOQONIYLAR DAVLATI (927-1212-yillar) — Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyanshanning janubiy yon bag‘rida tashkil topgan davlat. Qoraxoniylar sulolasi boshqargan. Qoraxoniylar davlatining barpo etilishida qarluq, chig‘il va yag‘mo qabilalari yetakchi rol o‘ynagan. Qoraxoniylar davlatining saltanat darajasidagi rivoji va taraqqiyoti X asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Abdulkarim Sotuq Bug‘roxon hokimiyatni egallab, o‘zini "œQoraxon" deb e’lon qiladi. Bug‘roxondan keyingi barcha xonlar ham ushbu unvon bilan ulug‘langan.

SAFFORIYLAR davlati (861-900-yillar) — Eronda safforiylar sulolasi hukmronlik qilgan davlat. Seistonlik dehqon Ya’qub ibn Lays as-Saffor asos solgan. IX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyo va Eron chegarasida xalq harakatlari kuchayib ketadi. Bu xalq harakatlaridan misgar aka-uka Ya’qub va Amr ibn Layslar o‘z niyatlarini amalga oshirishda foydalandilar. Avval ular qaroqchilik qildilar, so‘ngra Seyistondagi "œg‘oziylar" ("œe’tiqod uchun kurashuv-chilar") qo‘shiniga qo‘shildilar. Ya’qub tez orada bu qo‘shinning boshlig‘i bo‘lib oladi. U 861-yilda Seistonning poytaxti Zaranj shahrini tohiriylardan tortib oldi. 873-yilda ularga so‘nggi zarbani berib poytaxt Nishopurni egallaydi. Natijada arab xalifasi Xuroson noibligini Ya’qubga topshirishga majbur bo‘ladi. 876 yilda Ya’qub katta qo‘shin bilan Bag‘dod tomon yo‘l oldi. Bu jangda Ya’qub xalifa qo‘shinidan mag‘lubiyatga uchradi va u orqaga qaytdi. 879-yilda Ya’qub vafot etib taxtga ukasi Amr ibn Lays o‘tirdi va xalifaga o‘z vassalligini bildirdi. Bunga javoban xalifa Amr ibn Laysni Xuroson va Eronning noibi ekanligini qayd qiluvchi yorliq yubordi. Bu davrga kelib Movarounnahrda somoniylar sulolasi kuchayib borayotgan edi. Xalifa al-Mu’tazid (892-902) Ismoil Somoniy Movarounnahr hokimligidan tushirilgani va u yerga Amr ibn Laysni hokim qilib tayinlaganini e’lon qildi. Movarounnahr noibligi to‘g‘risidagi yorliqni olgan Amr ibn Lays Ismoilga qarshi qo‘shin tortdi. 900-yilda Buxoro ostonasida Amr ibn Lays qo‘shinlari tor-mor etildi. Tohir ibn Muhammad bir necha marta harakat qilib Safforiylar davlatini tiklay olmadi. IX asr boshlarida Somoniylar mulkiga qo‘shib olindi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:17:29
SALJUQIYLAR DAVLATI (1038-1308 ) — Yaqin va O‘rta Sharq, qisman Movarounnahrda saljuqiylar sulolasi boshqargan davlat. Saljuqiylar davlatiga Saljuqning nevarasi Sulton To‘g‘rulbek asos solgan.

SOMONIYLAR DAVLATI (875-999) — Movarounnahr va Xurosondagi o‘rta asr davlati. Somoniylar davlatining tashkil topishi arab xalifaligining qulashi hamda Movarounnahr va Xurosonni bosib olgan Somoniylarning davlat tepasiga chiqishi bilan bog‘liq. Ravnaq topgan davrida Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Sharqiy Eronni o‘z ichiga olgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:17:56
SUYOB — Qarluqlar davlatining poytaxti.

TALOS — Qirg‘iziston Respublikasidagi daryo. Qirg‘iziston tizmasining janubiy yon bag‘rida, Qorako‘l nomi bilan boshlanadi, Qorasoy qishlog‘i yonida Uchqo‘sho‘y irmog‘i qo‘shilgach, Talas nomini oladi. Talas Chu daryosigacha yetmasdan ancha uzoqda Mo‘yinqum cho‘llari orasida kichik-kichik ko‘llar hosil qilib tugaydi. Eng yirik irmoqlari: Uchqo‘sho‘y, Ko‘lba, Beshtosh, Urmaral, Kumushtog‘, Qorabura, Kengko‘l va Nelden. Talos bo‘yida Taroz, Talas shaharlari joylashgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:18:17
TOHIRIYLAR DAVLATI (821-873-yillar) — Abbosiylar xalifaligi parchalanishi munosabati bilan Xurosonda tashkil topgan davlat. Asoschisi — Tohir ibn Husayn. 821 yilda Tohir ibn Husayn va Movarounnahrning noibi etib tayinlangan. U xalifalikdan mustaqil bo‘lishga harakat qilgan. Xutbadan xalifa nomi chiqartirib tashlangan. Shunday qilib, Xuroson va Movarounnahr boshqaruvi tohiriylar xonadoniga meros bo‘lib qolgan. Tohir ibn Husaynning o‘g‘li Abul Abbos Abdulloh noibligi (824-844) davrida ma’muriy markaz Marvdan Nishopur shahriga ko‘chirilgan. Tohiriylar davrida Somonxudot avlodlari Movarounnahr shaharlarida mahalliy noib edilar. Tohiriylar ularni o‘zlariga tobe sifatida tan olganlar. Tohiriylar rasman o‘zlarini xalifaga tobe deb ko‘rsatsalarda amalda mutlaqo mustaqil ish yuritganlar. Ular dastavval siyosiy hokimiyatni mustahkamlashga va qishloq xo‘jaligini tartibga solishga harakat qilishgan. Dehqonchilik vohalarining suv ta’minotini yaxshilash uchun yangi kanallar qazilgan. Tohiriylar davlat boshqaruvi, fuqarolarga munosabat, ayniqsa, soliq tartiblariga alohida ahamiyat berganlar. Mulkdor dehqonlarning jabr-zulmidan, o‘g‘ir soliqlardan bezor bo‘lgan aholi mamlakatda tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib turgan. IX asrning 60-yillarida Xurosonda g‘oziylar faolligida xalq qo‘zg‘oloni avj olib ketgan. 873-yilda Tohiriylar hukmronligi tugatilib, yangi Safforiylar davlati tashkil topgan. Mamlakatda sodir bo‘lgan bunday siyosiy o‘zgarishdan so‘ng Movarounnahr Xurosondan ajralib o‘z mustaqilligini to‘la tiklab olish imkoniga ega bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:18:27
XОRAZMSHОHLAR DAVLATI — qadimgi davrdan XIII asr o‘rtalariga qadar Xоrazm hududida hukmrоnlik qilgan sulоlalar (siyovushiylar, afrig‘iylar, ma’muniylar, оltintоshlar, anushteginiylar). Xorazmshohlar davlatini xоrazmshohlar boshqargan. Markazi, asоsan, Amudaryoning quyi оqimida jоylashgan bo‘lsa ham, rivоjlangan davrlarida, ayniqsa, XIII asr boshlarida shimolda Kaspiy dengizining shimol sоhillari, janubida Hindukush tоg‘lari, sharqda Qashqargacha yetgan.

YANGIKENT, JANKENT — X-XI asrlarda hukmronlik qilgan o‘g‘uz podshohlarining qarorgohi. Sirdaryoning quyi oqimiga joylashgan. Xorazm arxeologiya va etnografiya ekspeditsiya tomonidan o‘rganilgan. Yangikent to‘g‘ri to‘rtburchak (375x225 metr) shaklida bo‘lib, sharqqa tomon bir oz kengayib boradi. Shahar asosiy ko‘cha bilan uzunasiga ikki teng qismga bo‘lingan. Yangikentning shimoli-g‘arbiy qismida hajmi 100x100 metrli ark joylashgan. Shahar yarim doirasimon burjlari bo‘lgan mustahkam mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Yangikent mahalliy xalqlar madaniyatining Qadimgi Xorazm va shimoli-sharqdagi turkiy xalqlar madaniyati bilan o‘zaro aloqada rivojlanib borganini ko‘rasatadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:18:40
YETTISUV — Qozog‘istonning janubiy-sharqiy qismi. Shimolda Balxash ko‘li, shimoliy-sharqda Sasiqko‘l va Olako‘l, janubiy-sharqda Jung‘ariya Olatovi tizmasi, janubda Shimoliy Tyanshan tizma tog‘lari hamda garbda Chu-Ili tog‘lari bilan chegaralangan. Yettisuv atamasi Balxash ko‘liga quyiladigan yetti daryo (Ili, Qoratol, Biyon, Oqsuv, Lepsa, Baskon, Sarkand)dan olingan. Tarixiy manbalarda Yettisuv deganda ancha katta hudud (Chu daryosi vodiysi bilan birga) tushunilgan. Yettisuv — O‘rta Osiyo madaniyatining qadimgi markazlardan biri. Yettisuvda saklar, keyinchalik usunlar yashagan. Milodiy VI asr oxirlarida Yettisuvda G‘arbiy turk xoqonligi, keyinchalik turkashlar (VIII asrning o‘rtalarigacha) va qorluqlar (766-940) hukmronlik qilishgan. Yettisuvni X asrning o‘rtalaridan Qoraxoniylar, XII asrning 30-yillaridan qoraxitoylar boshqargan. Mo‘g‘ullar bosqinchiligi davri (1219-1221)da Yettisuvning dehqonchilik vohalari va shaharlari qattiq zarar ko‘rgan. XVI asrda Yettisuvda qozoqlarning Katta juzi tashkil topgan. XIX asrning o‘rtalarida Rossiya tomonidan bosib olingan.

G‘AZNA, G‘AZNI — Afg‘onistonning jan.-sharqiy qismidagi shahar, G‘azni daryosi bo‘yida joylashgan. G‘azni viloyatining ma’muriy markazi. Shaharning barpo bo‘lgan davri ma’lum emas. G‘aznaga doir ilk ma’lumotlar VII asrga oid manbalarda uchraydi. O‘rta asrlarda O‘rta Sharqning muhim madaniy, savdo va siyosiy markazlaridan biri bo‘lgan. X-XI asrlarda G‘aznaviylar davlati poytaxti. XII a. o‘rtalarida g‘uriylar shaharni egallab, katta qismini vayron qilganlar. 1215-21 yillarda G‘azna Xorazmshohlar qo‘l ostida bo‘lgan. 1221 yilda shaharni mo‘g‘ullar bosib olgan. XIII asrning ikkinchi yarmidan G‘azna hukmdorlari Hirotdagi Kurtlar sulolasining vassali bo‘lgan. XIV asr oxiri XV asr boshlarida Temuriylar davlati, XVI asr boshlaridan Boburiylar saltanati tarkibida. 1738-yilda shaharni Nodirshoh egallagan. Afg‘oniston davlati tuzilgach (1747), G‘azna uning tarkibida. Me’moriy yodgorliklardan XII asrda barpo etilgan ikkita minoraning qoldiqlari saqlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:18:49
G‘AZNAVILAR DAVLATI (962-1186-yillar) — Xuroson, Shimoliy Hindiston hamda qisman Movarounnahr va Xorazmda g‘aznaviylar sulolasi boshqargan turkiy davlat. G‘aznaviylar davlatiga Alpteginning g‘ulomi va kuyovi Sabuktegin asos solgan. Davlat nomi saltanatning poytaxti G‘azna shahri nomidan olingan.

CHAG‘ONRUD — Surxondaryoning o‘rta asrlardagi nomi.

CHU DAYOSI— Qirg‘iziston va Qozog‘iston Respublikalari hududidagi daryo. Uzunligi 1067 km, havzasining maydoni 62,5 ming km2. Markaziy Tyanshandan boshlangan Qoraxo‘jir (quyi oqimida Juvonariq) va Qo‘chqor daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, Sirdaryoga 110 km yetmasdan qumlar orasida tugaydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:19:27
TARIXIY SANALAR

786-809-YILLAR — Arab xalifaligida xalifa Xorun hukmronligi.

809-813-YILLAR — Arab xalifaligida xalifa Xorun vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari Ma’mun bilan Amin o‘rtasida taxt uchun kurash bo‘lib o‘tadi.

813-YIL — Ma’mun va Tohir ibn Husayn ittifoqi Bag‘dodga yurish qilib, Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tiradi. Ma’mun somonxudotning nabiralarini bergan yordami uchun Nux Samarqandga, Ahmad Farg‘onaga, Yahyo Shosh va Ustrushonaga, Ilyos Hirotga noib etib tayinlaydi. Buning evaziga aka-uka somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag‘ni tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:19:36
819-842-YILLAR — Somoniylar davlatida Nuh ibn Asad hukmronligi.

821 YIL — Tohir Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Oradan bir yil ham o‘tmay xutbadan u xalifa nomini chiqarib tashlaydi. Bu shubhasiz Bog‘dod bilan aloqani uzish va o‘zini mustaqil deb e’lon qilish edi.

821-873-YILLAR — O‘rta Osiyoda Tohiriylar davlatining hukmronligi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:19:46
822-YIL — Tohir davlat ishlarini mustaqil idora etish maqsadida xalifa nomini xutbadan chiqartirib tashlatadi.

830-844-YILLAR — Movarounnahrda Abul Abbos Abdulloh noibligi davrida poytaxt Marvdan Nishopur shahriga ko‘chiriladi. Movarounnahrning bir nechta shaharlarida noiblik qilayotgan Somonxudot avlodlarining mahalliy noibligi tohiriylar tomonidan tan olinadi. Somoniylar esa, o‘z navbatida, tohiriylarga tobe sifatida Movarounnahrni idora etadilar. Xuroson va Movarounnahrda bir asrdan oshiqroq hukm surgan xalifalik hukmronligi tugab, ikki mahalliy sulola siyosiy jihatdan qaror topishi va mustaqil davlatning tiklanishini namoyish etardi.

842-864-YILLAR — Somoniylar davlatida Ahmad ibn Asad hukmronligi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:19:58
865-892-YILLAR — Somoniylar davlatida Nasr I ibn Ahmad hukmronligi.

865-YIL — Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Ustrushona viloyatlari noibi Ahmad vafot etdi. Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. Buxoro vohasi, Naxshab (Qashqadaryo), Chag‘onrud (Surxondaryo) vodiylaridan tashqari Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko‘radi.

873-YIL — G‘oziylar tohiriylarning harbiy qo‘shiniga qaqshatqich zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurnin egallashi natijasida tohiriylar hukmronligi tugatilib, yangi Safforiylar davlati tashkil topadi. Mamlakatda sodir bo‘lgan bunday siyosiy o‘zgarishdan so‘ng Movarounnahr Xurosondan ajralib chiqib o‘z mustaqilligini to‘la tiklab olish imkoniga ega bo‘ladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:20:28
874-YIL — Nasr o‘z ukasi Ismoilni Buxoroga noib qilib yuboradi.

874-907-YILLAR — Somoniylar davlatida Ismoil ibn Ahmad hukmronligi.

875-999-YILLAR — Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar hukmronligi davri. O‘rta asrlar mulkchilik zamonasining bu yirik davlatini boshqarishda hukmdor xonadon Sharqning qadimiy davlat boshqaruvi an’analariga suyanib, muntazam harbiy qism va kuchli harbiy qo‘shinlarga ega bo‘lgan markazlashgan boshqaruv mahkamasini tashkil qildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:20:39
888-YIL — Aka-uka Nasr va Ismoil o‘rtasida jang bo‘lib o‘tishi natijasida Nasr qo‘shinlari tor-mor keltiriladi va Ismoil butun Movarounnahrni birlashtirib, uning yagona hukmdori bo‘lib oladi.

892-902-YILLAR — xalifa Mu’tazid hukmronlik davri. U safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi.

893-YIL — Ismoil Somoniy Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi. Bu somoniylar davrida ko‘chmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish bo‘ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:20:48
900-YIL — Safforiylar bilan somoniylar o‘rtasida boshlanib ketgan urush Ismoilning g‘alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo‘l ostiga o‘tadi.

900-908-YILLAR — Ismoil Somoniy tomonidan Xurosonning Movarounnahrga qo‘shib olinishi.

907-914-YILLAR — Somoniylar davlatida Ahmad ibn Ismoil hukmronligi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:20:57
914-943-YILLAR — Somoniylarda Nasr II hukmronligi davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi mana shu maxsus binoga joylashgan edi.

942-YIL — Somoniylar davlati aholidan 2 marta soliq undirib oldi va aholining turli tabaqalarini hokimiyatga qarshi qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ldi.

943-954-YILLAR — Nuh I hukmronligi davrida Somoniylar davlatida siyosiy vaziyat nihoyatda keskin tus oldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:21:07
947-YIL — Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim Somoniylar davlatiga qarshi isyon ko‘tardi va saroy gvardiyasi hamda Chag‘oniyonning yirik mulkdorlaridan Abu Ali Chag‘oniy yordamida Buxoro taxtini egallab oldi.

95-YIL — Somoniylar hukmdori Nuh Abu Ali Chag‘oniyni dastlab Chag‘oniyonga, so‘ngra Xurosonga hokim etib tayinladi.

954-961-YILLAR — Somoniylar davlatida Abdumalik ibn Nuh hukmronligi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:21:16
961-YIL — Buxoro harbiy askarlarining g‘alayon ko‘tardilar va amir saroyini talab, unga o‘t qo‘yib yubordilar.

961-976 YILLAR — Somoniylar davlatida Mansur I ibn Nuh hukmronligi.

976 997-YILLAR — Somoniylar davlatida Nuh ibn Mansur (Nuh II) hukmronligi. Uning hukmronligi davrida Somoniylar davlatida siyosiy vaziyat nihoyatda keskinlashdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:21:27
992-YIL — Hasan Bug‘roxon boshliq Qoraxoniylar Movarounnahrga hujum boshlaydilar. Ularning harbiy yurushlarida Shosh, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda yashovchi turk qabilalari ham qatnashadilar.

996-YIL — Nasr ibn Ali boshchiligida Qoraxoniylar yana Movarounnahrga hujum boshlashi.

997-999-YILLAR — Somoniylar davlatida Mansur II ibn Nuh hukmronligi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:21:36
999-YIL — Buxoroning Nasr Eloqxon tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi barham topdi.

1005-YILGACHA — Somoniylar Samarqand va Buxoroni qaytarib olishga urinishi.

1006-1008-YILLAR — Qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo‘shin tortadilar. Balx, Tus va Nishopur shaharlari zabt etiladi. Ularning harbiy yurishlarini Sulton Mahmudga qarshi bo‘lgan Xuroson mulkdorlari qo‘llab-quvvatlaydilar. Lekin Mahmud G‘aznaviy Qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o‘z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:21:45
1017-YIL — Mahmud G‘aznaviy Xorazm ustiga qo‘shin tortib, uni bosib oladi va Xorazm mustaqil davlat sifatida barham topadi.

1038-YIL — Qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Bo‘ritakin Amudaryo bo‘yi viloyatlari Xuttalon, Vaxsh va Chag‘aniyonni g‘aznaviylardan tortib oladi. Ko‘p vaqt o‘tmay u Movarounnahrni va Farg‘onani o‘ziga bo‘ysuntirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri poytaxti Bolosog‘unda bo‘lgan Sharqiy qoraxoniylar, ikkinchisi markazi Samarqandda bo‘lgan Movarounnahr-dagi Qoraxoniylar davlati edi. Bu g‘alabalardan so‘ng Ibrohim Tamg‘ach "œbug‘roxon" unvoniga sazovor bo‘ladi.

1038-1063-YILLAR — saljuqiylar hukmdori Tug‘rulbek davrida Xorazm, Iroq Ajami, Ozarbayjon, Kurdiston va Ko‘histon zabt etildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:21:56
1040-YIL — Marv bilan Saraxs (Seraxs) oralig‘idagi Dandanaqon degan joyda g‘aznaviylar bilan saljuqiylar qo‘shinlari to‘qnashadilar. Jangda Mahmud G‘aznaviy qaqshatqich zarbaga uchraydi. Saljuqiylar G‘aznaviylar davlatining asosiy qismi hisoblangan shimoliy va g‘arbiy viloyatlarini egallab oladilar. G‘aznaviylar tasarrufida G‘azna, Kobul, Qandahor va Panjob viloyatlarigina qolib, u kichik davlatga aylanadi.

1044-YIL — Xorazm Saljuqiylar davlatiga qaram bo‘ldi. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh o‘z ma’murlaridan Anushtakinni Xorazmga noib qilib tayinlaydi.

1055-YIL — saljuqiylar Bag‘dodda o‘z siyosiy hukmronligini o‘rnatadilar. Xalifa faqat diniy ishlardagina mutasaddi bo‘lib qoladi. Ray shahri Saljuqiylar davlatining poytaxtiga aylantiriladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:22:05
1097-1127-YILLAR — Xorazmda Anushtakinning o‘g‘li Qutbiddin Muhammad noibligi davrida "œXorazmshoh" unvonini tiklangan bo‘lsa-da, u sulton Sanjarning sadoqatli noibligicha qolgan.

1127-1156-YILLAR — Qutbiddin Muhammadning o‘g‘li Alouddin Otsiz hukmronligi davrida Xorazmning mustaqilligi uchun kurash avj oladi.

1130-YIL — Saljuqiylar sultoni Sanjar Movarounnahr-ga qo‘shin tortib Qoraxoniylar davlatining poytaxti Samarqandni ishg‘ol etadi. Natijada qoraxoniylar Sulton Sanjarga tobe bo‘lib qoladilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:22:14
1137-YIL — qoraxitoylar Xo‘jand shahri yaqinida qoraxoniylarning eloqxoni Maxmudga qaqshatqich zarba beradilar. O‘zaro sulh tuzilib, qoraxoniylardan katta tovon olingach, o‘z yurtlariga qaytib ketadilar.

1141-YIL — qoraxitoylar Movarounnahrga yurish qiladilar va Samarqand yaqinidagi Qatvon cho‘lida ular saljuqiylar bilan qoraxoniylarning birlashgan kuchlaridan g‘alaba qozonadi. Sulton Sanjar va eloqxon Mahmud Termizga chekinib jon saqlaydilar. Bu g‘alabadan so‘ng qoraxitoylar avval Samarqandni, so‘ngra Buxoroni egallaydilar. Qoraxitoylar mahalliy aholining har xonadonidan yiliga bir dinor hajmda soliq yig‘ib olish tartibini joriy etish bilan kifoyalanadilar. O‘z mustaqilligini yo‘qotgan Qoraxoniylar davlati parchalanib, bir nechta viloyat hokimliklariga bo‘linib ketadi. Mamlakatda boshboshdoqlik kuchayadi. Sulton Sanjarning ham buyuk davlati keskin xarobaga uchrab, saljuqiylarga qarshi kurashayotgan Xorazmning mustaqillik uchun olib borayotgan jang-u jadallari avj olib ketadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:22:24
1153-YIL — Sulton Sanjarga qarshi ko‘chmanchi guzlar isyon ko‘taradilar. Buning oqibatida saljuqiylar davlati keskin zarbaga uchrab parchalanib ketadi. Dastavval undan Kichik Osiyo va Karman ajralib ketadi. So‘ngra Fors, Ozarbayjon va Xuroson viloyatlari mustaqil bo‘lib oladi.

1156-1172-YILLAR — Xorazmda Elarslon hukmronligi davrida otasi Otsizning siyosati davom ettiriladi.

1172-1200-YILLAR — Xorazmda Alouddin Takash hukmronligi davrida bobosi Otsizning siyosati davom ettiriladi va Old va O‘rta Osiyoda Xorazmshohlar davlatidek yirik va qudratli o‘rta asr hokimligi barpo etiladi. Xorazm davlati ikki baravar kengayadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:22:33
1187-1193-YILLAR — Takash Nishopur, Ray va Marv shaharlarini bosib oladi.

1194-YIL — Takash Saljuqiylar sultoni Tug‘rulga qaqshatqich zarba berib, Eronni Xorazmga bo‘ysundiradi.

1195-YIL — Takash xalifa askarlariga zarba berib, Iroqqa bostirib kirishga muvaffaq bo‘ladi. Ammo Xorazm askarlarining tajovuzkorona xatti-xarakatlari Iroqda aholining qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Natijada Takash qo‘shinining kattagina qismi qirib tashlanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:22:42
1200-1220-YILLAR — Xorazmda Alovuddin Takashning o‘g‘li Sulton Muhammad hukmronligi davrida Xorazm davlatini kengaytirish siyosati davom etadi. Hirot va uning atroflari hamda Xurosonning Xorazm davlati tasarrufiga kiritilmagan viloyatlarini zabt qilishga kirishilgan. Qoraxoniylarga zarba berib, Movarounnahrni ular qo‘lidan tortib olishga harakat qilingan.

1206-YIL — Buxoroda sadrlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Qo‘zg‘olonga qalqon yasovchi hunarmand Malik Sanjar boshchilik qildi. Ular sadr va uning oilasini Buxorodan haydab chiqardilar va uning mol-mulklarini talaydilar. Bundan xabar topgan Muhammad Xorazmshoh qo‘zg‘olonchilar ustiga askar tortadi. Qo‘zg‘olon harbiy kuch bilan bostiriladi. Buxoro Xorazmshohlar davlatiga qaratiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:22:52
1206-YIL — Movarounnahrni qoraxitoylarga qaramlikdan ozod etishga kirishildi.

1210-YIL — nayman sardori Kuchluk Go‘rxonning O‘zgandagi xazinasini qo‘lga kiritadi. Bunday qulay vaziyatdan foydalangan Xorazmshoh, Samarqand hukmdori Usmon ibn Ibrohim bilan birlashib, Yettisuvga tomon askar tortadi. Ittifoqchilar Talos vodiysida Go‘rxon qo‘shinlari bilan to‘qnashadilar va ikki tomondan zarbaga uchragan Go‘rxon askarlari yengiladi. Qoraxitoylar qo‘shining qo‘mondoni Tayang‘u asirga olinadi. Yettisuvga qadarli yerlar Xorazmshohlar davlatiga qaratiladi.

1210-YIL — O‘tror hokimi Tojiddin boshliq aholi isyon ko‘tardi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:23:02
1212-YIL — Xorazmshohga qarshi samarqandliklar qo‘zg‘olon ko‘tarib, Xorazm ma’murlari va askarlarining ko‘pchiligini qirib tashlaydilar. Q‘ozg‘alonda Samarqand hokimi Usmon ham qatnashadi. Muhammad Xorazmshoh qo‘zg‘olonni shafqatsizlik bilan bostiradi. Shahar uch kun talanib, Usmon qatl etiladi va aholisi qattiq jazolanadi. Samarqand qo‘zg‘oloni bostirilgach, Xorazmshoh Movarounnahrning boshqa viloyatlaridagi qoraxoniy noiblarining barchasini qatl qilishga buyurdi. Farg‘ona olinib, O‘zgan va Smarqand shaharlarida Muhammad Xorazmshoh nomi bilan tangalar zarb etildi. Bu Movarounnahrda qoraxoniy sulolasi hukmronligini uzil-kesil tugatilganini namoyish etar edi.

VI-VII ASRLAR — Oltoyning g‘arbida so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashagan Qarluqlar Turk xoqonligi tarkibiga kirgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:23:11
VI ASRNING BIRINCHI YARMI — Xitoydan to Qora dengiz bo‘ylarigacha cho‘zilgan keng maydonda ko‘chmanchi chorvachilik bilan kun kechirgan turkiy qabilalarning — to‘quzo‘g‘uzlarning harbiy ittifoqi yuzaga keladi.

VI ASRNING IKKINCHI YARMI — VII asr —to‘quzo‘g‘uzlar Turk xoqonligining tarkibiga kirishi.

VII ASR O‘RTALARI — qarluqlar Yettisuv o‘lkasiga ko‘chib joylashgan. Ularning katta guruhi Talos va Chu daryolarining adoqlarida va Issiqko‘lgacha bo‘lgan hududda yashagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:23:21
VIII ASR O‘RTALARI — Yettisuv o‘lkasida qarluqlar davlati tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Siyob shahri edi. Qarluqlar davlati hukmdori "œyabg‘u’ yoki "œjabg‘u’ deb yuritilgan.

VIII ASR OXIRI — qarluqlar jabg‘usi islom dinini qabul qilgan.

VIII ASR OXIRI — IX ASR BOSHLARI — Arab xalifaligi og‘ir siyosiy tanglikka uchradi. Movarounnahr va Xuroson aholisining tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib turishi, mamlakat ichida uzluksiz davom etgan urushlar arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirib, mustaqil davlatlarni paydo bo‘lishiga olib keldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:23:31
VIII ASR OXIRI — IX ASR BOSHI — Movarounnahrning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlaridan ikki mustaqil turk davlatlari: Qarluqlar va O‘g‘uzlar davlati tashkil topdi. Qarluqlar o‘zbek va tojiklarning, o‘g‘uzlar turkman, ozarbayjon, qoraqalpoq, turklarning etnogenezida muhim rol o‘ynadi.

VIII ASR OXIRI — IX ASR BOSHI — xalifalikni larzaga keltirgan og‘ir siyosiy vaziyat abbosiylarni Movarounnahr va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. Sharqiy viloyatlarni boshqarishda davlat ishlariga mahalliy zodagonlarni jalb etish va ularning qo‘li bilan viloyatlarni xalifalik tasarrufida tutib turishga harakat qiladilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:23:41
IX ASR — Buxoro vohasining suv taqsimoti bilan shaxsan shahar qozisining o‘zi shug‘ullangan.

IX ASR — Movarounnahr va Xorazm shaharlarida to‘qimachilik, kulolchilik, degrezlik, chilangarlik, miskarlik, zargarlik, shishasozlik va duradgorlik kabi kasb-u hunarlar ancha rivoj topishi natijasida, shaharlarning umumiy qiyofasi tubdan o‘zgaradi. Unda katta-katta oliy imoratlar, ustaxonalar, masjid, madrasa, maqbara, namozgoh xonaqox va karvonsaroylar qad ko‘tardi. Endilikda shaharlar ilk o‘rta asrlarda ark (o‘rda) shahriston (ichki shahar) va rabod (tashqi shahar) deb yuritilgan uch qismini yagona devor bilan o‘rab olinib, o‘ndan ortiq darvozali kattagina hunarmandchilik markaziga aylanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:23:50
IX ASR OXIRI — Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodisidan abadiy xalos bo‘ldi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni o‘z qo‘li ostiga birlashtirdi. Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi va uni o‘z davlatiga qo‘shib oldi. Natijada poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan zamonasining eng yirik mustaqil o‘rta asr davlati tashkil topdi.

IX ASRNING OXIRGI CHORAGI — Movarounnahr-ning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o‘tib, o‘z mustaqilligini tiklab oldi va Nasr o‘zini butun Movarounnahrning boshlig‘i deb hisoblay boshladi. Nasr Somoniylar hukmronligi davrida birinchi kumush dirham zarb ettiradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:24:00
IX ASR OXIRI — X ASR BOSHI — Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida to‘quzo‘g‘uzlar O‘g‘uzlar davlatiga asos soldilar. Sirdaryo bo‘yidagi Yangikent shahri O‘g‘uzlar davlatining poytaxti hisoblangan.

IX ASR OXIRI — X ASR OXIRI — Somoniylar davlatini Somoniylar xonadonidan bo‘lgan hukmdorlar amirlar idora qiladilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:24:09
IX-X ASRLAR — Movarounnahr va Xorazm aholisining asosiy qismi sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanar edi.

IX-X ASRLAR — Movarounnaharning viloyat va vohalarida daryo va tarmoqlarida ko‘plab yangi-yangi sug‘orish kanallari qazildi. Oqar suvga tanqis tog‘oldi hududlarda bandlar, suv omborlari barpo etiladi. Yer osti suvlaridan dehqonchilikda foydalanish uchun korizlar qazilib, ishga tushiriladi. Suv manbalari sathidan balandroq joylashgan yer maydonlariga suv chiqarish uchun charxparrak, chig‘ir va duloblardan keng foydalaniladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:24:28
IX-X ASR — Movarounnahr va Xurosonda chorvachilik, xususan yaylov chorvadorligi yuksak darajada bo‘lgan.

IX-X ASRLAR — dehqonchilikning taraqqiy qilishi bilan sug‘orish ishlari kengayadi. Muhandislik bilimi asosida qurilgan turli xildagi gidrotexnika inshoatlari bilan jihozlangan sug‘orish tarmoqlari barpo etiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 17:24:53
IX-X ASRLAR — Movarounnahrda dehqonchilik, hunarmandchilikning rivoj topishi, ichki va tashqi savdoning kengayishiga olib keldi. Bu davrda Old Osiyoni mo‘g‘uliston va Xitoy bilan tutashtirgan qadimgi karvon yo‘li orqali olib borilgan tashqi savdo aloqalari ayniqsa gavjumlashib ketadi. Bog‘dod shahridan boshlangan katta karvon yo‘li Hamadon, Marv, Buxoro, Samarqand, Shosh, Taroz, Suyob, Issiqko‘lning janubiy sohili orqali o‘tib, Sharqiy Turkistonga va undan Xitoyga kirib borar edi. Bu yo‘lning Farg‘ona orqali o‘tgan janubiy, O‘g‘uzlar yoki Dashti Qipchoq orqali Janubiy Sibirga yo‘nalgan shimoliy va Xorazm orqali Itil daryosi sohillari bo‘ylab Xazar va Bulg‘or davlatlariga eltadigan shimoli-g‘arbiy tarmoqlari ayniqsa serqatnov edi.

IX-X ASRLAR — Movarounnahr va Xorazmda kulolchilik, shishasozlik, konchilik taraqqiy qiladi. Zarafshon tog‘larida temir, mis, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush, feruza va boshqa qimmatbaho toshlar qazib olinardi. Eloq viloyati jumush va qo‘rg‘oshinlarni qazib olishning yirik markazlaridan biri edi. Qoramozor tog‘idan bu ikki tur ma’dandan tashqari oltin, mis, temir va feruza qazib olinardi. Farg‘ona vodiysi tog‘laridan temir, qo‘rg‘oshin, kumush, simob, mis, qalay, feruza, novshadil qazib chiqarilgan, toshko‘mir va neft topib ishlatilgan. Neftdan ko‘proq harbiy yurishlar foydalanilgan. Qo‘shinda maxsus "œnaftandoz" ya’ni "œneft otuvchi"lar bo‘lardi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 19:29:32
IX-X ASRLAR — Movarounnahr, Xuroson, Xorazmning shahar, qishloqlarida hunarmandchilikning ko‘pgina sohalari ancha-muncha rivojlangan bo‘lsa ham, ammo bu hududlar qishloq xo‘jaligi mamlakati edi. Aholining asosiy qismi sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanar edi.

IX-X ASRLAR — Movarounnahrning tog‘li mintaqalarida qadimdan davom qilib kelayotgan konchilik nihoyat darajada taraqqiy qildi.

IX-X ASRLAR — Somoniylar davlatining Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan olib borilgan karvon savdosida Xorazm muhim rol o‘ynagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 19:29:41
IX-X ASRLAR — yollanib qo‘shchilik qilganlar "œsherik" yoki "œbarzikor"deb atalgan. Katta yer egalari kadivarlarni ishlatishdan ko‘ra, o‘z yerlarini barzikorlarga ijaraga berishni afzal ko‘rardilar. Ijarachilarning asosiy qismi qishloq jamoalarining kam yerli dehqonlari edi.

X ASR — O‘g‘uzlar islom dinini qabul qila boshladilar.

X ASR — tarixda ikkita yangi ijtimoiy tabaqa: katta-katta mulklarni hadya tariqasida qo‘lga kiritgan iqto‘dorlar va iqtidorlar qo‘lidagi yerlarni ijaraga olib, mehnat qiluvchi barzikor — qo‘shchilar paydo bo‘ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 19:29:49
X ASR — tashqi savdo muomalasida sarroflik cheklaridan keng foydalanilar edi.

X ASR — yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar — iqto‘ni in’om qilina boshlanishi.

X ASRNING BIRINCHI CHORAGI — O‘g‘uzlar davlati shimoli-sharqdan qo‘zg‘algan qipchoqlar tomonidan qaqshatqich zarbaga uchrab, bo‘linib ketadilar. Ularning bir qismi janubiy Rusiya dashtlariga borib o‘rnashadilar, ikkinchi qismi avval Movarounnahrga kirib boradi va undan janubi-g‘arbga siljib, yangi sulola saljuqiylar boshchiligida Old Osiyoni istilo qilishga kirishadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 19:29:59
X ASR O‘RTALARI — Issiqko‘lning janubi va Koshg‘arda yashagan yag‘mo qabilasi kuchayib, avval o‘zlaridan shimoli-sharqroqda yashovchi jikil qabilasi bilan yagona ittifoqqa birlashdi, so‘ngra Yettisuvga huruj qilib, qarluqlarni bo‘ysundiradi va bu ulkan hududda Qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar.

X ASR O‘RTALARI — qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo‘lib, bir qancha qarluq shaharlarida jome’ masjidi bino qilingan.

X ASR O‘RTALARI — yag‘molar va jikillar birlashib Qoraxoniylar davlatiga asos soldilar. Bu yangi davlatning siyosiy hayotida qarluqlar faol qatnashadilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 19:30:07
X ASR OXIRI — Somoniylar ma’muriyati va harbiy qo‘shinlari boshqaruvni o‘z qo‘liga olgan turk hojiblari, hatto ayrim viloyatlarni egallab olib, deyarli mustaqil hukmronlik qilayotgan turk hojiblari mamlakatni mudofa qilish o‘rniga xoinlik yo‘lini tutib, qoraxoniylarga yon bosadilar.

X ASR OXIRI — Qoraxoniylar Movarounahrni egallagach, bu yurtga ko‘plab turkiy qabilalar bilan birgalikda qarluqlar kelib o‘rnashadilar.

X ASR OXIRI — Somoniylar davlati o‘rniga ikkita yangi davalt tashkil topdi: biri Koshg‘ardan Amudaryogacha cho‘zilgan Sharqiy Turkistonning bir qismini Yettisuv, Shosh, Farg‘ona va qadimgi Sug‘dni o‘z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati bo‘lsa, ikkinchisi Shimoliy Hindistondan Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan viloyatlarni qamrab olgan G‘aznaviylar davlati edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 19:30:17
X ASR OXIRI — Somoniylar o‘rtasida avj olib ketgan o‘zaro ichki urushlar, Movarounnahrda ayrim viloyatlarni, Xurosonda esa mahalliy hokimlar va yirik mulkdor zodagonlarning markaziy hokimiyatga qarshi chiqishlari mamlakatning iqtisodiyva siyosi qudratiga katta putr yetkazdi. Natijada Somoniylar davlati zaiflashib qoldi. Yettisuv viloyatida tashkil topgan Qoraxoniylar davlatining Movarounnahr tomon shiddatli yurushlariga qarshi somoniylar bardosh bera olmadilar.

XI ASR — iqto‘ — yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar in’om qilish keng yoyildi.

XI ASR — Movarounnahrda, ayniqsa Zarafshon vodiysida ko‘pgina dalalar, poliz va bog‘lar barbod bo‘ladi. Ekin maydonlari qisqarib ketadi. Bunday sharoitda mulkdor dehqonlar bilan chorvador ko‘chmanchilar o‘rtasida ziddiyat kuchayib, dehqonlarga qarshi kurash keskin tus oladi. Qoraxoniylarning tazyiqi oqibatida mulkdor dehqonlar jon saqlash maqsadida o‘z yerlarini tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Nufuzli mulkdor dehqonlarga nisbatan zo‘rlik choralari ham qo‘llanilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 19:30:29
XI ASR — yerdan foydalanishda iqto‘ tartiboti juda keng yoyila boshladi. Qoraxoniylar tomonidan hukmron sulola nomoyondalaridan tashqari, oliy darajali harbiylar davlat ma’murlari va mahalliy zodagonlarga ham katta-katta yer maydonlari iqto‘ tarzida hadya qilinadi.

XI-XII ASRLAR — mulkdor dehqonlar yer-suv mulklaridan hamda mamlakatda tutgan siyosiy mavqeylaridan ajralib, katta yer egalari sifatida jamiyat hayotida o‘zining ahamiyatini butunlay yo‘qotadilar. Shundan keyin "œdehqon" degan nom o‘zining "œqishloq hokimi"ni anglatuvchi asli ma’nosini yo‘qotib, qishloq mehnatkashlari uchun umumiy nomga aylanib ketadi.

XI-XII ASRLAR — Movarunnahr va Xurosonda mulkchilikning yangi turi iqto‘ yerlari kengayib, uning asosiy shakllaridan biriga aylandi. Bu davrga kelib musilmon ruhoniylariga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi va mamlakatda ularning siyosiy ta’sirini tobora ortib borishi bilan vaqf yerlari ham ancha ko‘paydi. Garchi bu davrda barzikorlar ilk o‘rta asrdagi kadivarlarga nisbatan ozod hisoblasalarda, ammo ularning zimmasiga davlat tomonidan turli soliq va har xil majburiyatlar yuklangan edi. Sug‘orish tarmoqlari, to‘g‘onlar, yo‘l va qal’alar qurish va ularni ta’mir etishda ularning ishtiroki shart edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 19:30:42
XI-XII ASRLAR — sirli koshinkor qabartma naqshli sopol idishlar va tovoqlar, rangdor shisha buyumlari, naqshinkor mis idishlari o‘zining xilma-xilligi va yuqori darajada nafisligi bilan ajralib turadi.

XI-XII — XIII ASR BOSHLARI — Movarounnahr va Xurosonada tovar-pul munosabatlari nihoyatda rivoj topgan. Qoraxoniylar va ularning viloyat hokimlari eloqxonlar tomonidan kumush va misdan ko‘plab chaqa va tangalar zarb qilinadi. Bolosog‘un, Taroz, O‘zgan, Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda pul ishlab chiqaradigan zarbxonalar bo‘lgan. Movarounnahr va Xurosonda qoraxoniylarning oltin, kumush va mis chaqa-tangalari hamda dinorlari bilan bir qatorda hatto saljuqiylar, xorazmshohlar hamda g‘aznaviylar tomonidan zarb qilingan tangalar ham muomalada yurgan.

XI-XII ASRLAR — shaharlar kengaydi, aholisining soni ko‘payib, ular yanada gavjumlashdi. Samarqand, Buxoro, Termiz, O‘zgan, Toshkent kabi shaharlar ichki va tashqi savdo uchun xilma-xil hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan hamda chaqa — tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylandi. Shahar ichi va uning atrofida savdo va hunarmandchilik mahallalari, karvonsaroylar va bozorlar barpo etildi. Shaharlarda ayniqsa, kulolchilk, shishasozlik, misgarlik va chilangarlik rivoj topdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 19:30:51
XII ASR 30-YILLARI OXIRI — ko‘chmanchi qoraxitoylar hujumiga duchor bo‘lgan Qoraxoniylar davlati parchalanib ketdi.

XII ASRNING IKKINCHI YARMI — Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat yanada keskinlashdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 26 May 2008, 19:30:58
XII ASRNING IKKINCHI CHORAGI — Xorazm mustaqilligi uchun kurash boshlandi.

XIII ASR BOSHI — poytaxti Urganch shahri bo‘lgan Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylandi. Uning shimoli-g‘arbiy va g‘arbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengizi sohillaridan janubi-g‘arbda Iroqqa qadar borar edi, janubi-sharqiy hududlari G‘azna viloyatidan, shimoli-sharqiy chegarasi esa, Yettisuv va Dashti Qipchoqdan o‘tar edi. Xorazmshoh saroyida 27 hukmdor va ularning vakillari itoat kamarini bog‘lab, oltin nog‘ora chalar va bu buyuk davlatning tojdorini "œIskandari Soniy" (Ikkinchi Iskandar) deb atashmoqda edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:36:28
IV BOB

IX-XIII ASR BOSHLARIDA
MADANIY HAYOT

ILM-FAN RAVNAQI

Bayt ul-hikma.
IX-XII аsrlаrdа Mоvаrоunnаhr vа Хurоsоndа sоdir bo‘lgаn o‘tа murаkkаb siyosiy vаziyatning rivоji, ijtimоiy vа iqtisоdiy o‘zgаrishlаr mаmlаkаt mаdаniy hаyotigа hаm kuchli tа’sir etdi. Аrаblаr tоmоnidаn Mоvаrоunnаhrning bоsib оlinishi nаtijаsidа islоm dini bilаn bir qаtоrdа аrаb tili hаm dаvlаt siyosаti dаrаjаsigа ko‘tаrildi. Аrаb tili nаfаqаt dаvlаt tili shu bilаn fаn tili hаm edi. Аrаb tiligа bo‘lgаn bundаy ehtiyoj vа intilish tufаyli ko‘p vаqt o‘tmаy Mоvаrоunnаhrdа аrаb tili vа yozuvini yaхshirоq o‘zlаshtirib оlgаn bilimdоnlаr pаydо bo‘ldi. Bilim оlib, аrаb tilidа ijоd qilish uchun ilm tоliblаri Dаmаshq, Qоhirа, Bаg‘dоd, Kufа vа Bаsrа shаhаrlаrigа bоrаdilаr. Bu dаvrdа аyniqsа Bag‘dоd shаhri Shаrqning yirik ilm vа mаdаniyat mаrkаzi edi. IX аsrdа Bаg‘dоddа "œBаytul-ul-hikmа" (Dоnishmаndlаr uyi) — islоm Shаrqining o‘z dаvridаgi Fаnlаr Аkаdеmiyasi tаshkil etilgаn edi. Mаnsur dаvridа (754-775) uning pоydеvоri yarаtilgаn bo‘lib, xаlifа Hоrun аr-Rаshid dаvridа (786-809) tаshkil etilgаn. Mа’mun dаvridа (813-833) esа o‘zigа хоs ilmiy mаktаbgа аylаnishini tа’minlаgаn. "œBаyt-ul-hikmа"dа Muhаmmаd Хоrаzmiy bоshchilik qilgаn kаttа kutubхоnа bo‘lib, undа hind, yunоn, suriya, аrаb, fоrs tillаridа 400000 jild qo‘lyozmа sаqlаngаn. Kutubхоnаdаn tаshqаri Bаg‘dоd vа Dаmаshqdа аstrоnоmik kuzаtishlаr оlib bоrilаdigаn rаsаdхоnаlаr mаvjud bo‘lgаn. Bu yerdа ilmiy tаdqiqоtlаr bilаn birgа yunоn vа hind оlimlаrining ilmiy mеrоsini o‘rgаnish vа аsаrlаrini аrаb tiligа tаrjimа qilish bilаn shug‘ullаngаn. Bu yerdа Musо аl-Хоrаzmiy, Аhmаd аl-Fаrg‘оniy, Хаbаsh Mаrvаziy vа Аbul Аbbоs Jаvhаriy kаbi Mоvаrоunnаhr vа хurоsоnlik оlimlаr ijоd qilib, o‘rtа аsr ilmu fаnigа kаttа hissа qo‘shgаnlаr.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:36:47
"œDorul hikmat va maorif". Xorazmda X a. oxiri — XI a. boshlarida faoliyat ko`rsatgan ilmiy muhit. Ma’muniylar davlati (992-1017) tarixi bilan bevosita bog`liq. Siyosiy, iqtisodiy, harbiy qudratga erishgan xorazmshohlar davlati mamlakatni birlashtirish, unda tartib o`rnatish bo`yicha tadbirlarni boshlab yuborgan. Kun tartibida davlat ichki va tashqi siyosatini olib borishda mafkuraviy masalalarni hal qilish turgan. Ali ibn Ma’mun (997-1010) dono va zukko maslahatchilarga muhtoj bo`lgan. Uning baxtiga tog`asi, Abu Nasr ibn Iroq o`z davrining o`ta bilimdon olimi bo`lgan. 1004-yilning boshida Ibn Iroq taklifi bilan Beruniy Gurganjga qaytib kelgan; Ma’mun saroyida ilm ahli uchun yaxshi sharoit yaratib berilgan. Bu ikki shaxs Yaqin va O`rta Sharqdagi ko`plab olimlar bilan shaxsiy yozishmada bo`lganlar. Ularning taklifi bilan Nishopur, Balx, Buxoro va hatto arab Iroqidan ko`plab olimlar Gurganjga kelishgan. Shu tariqa 1004-yildan boshlab Gurganjda "œDorul hikma va maorif" (ba’zi bir manbalarda "œMajlisi ulamo") nomini olgan ilmiy muassasa to`la shakllangan. Bu ilmiy muassasada xuddi Afinadagi "œPlaton", Bag`doddagi "œBayt ul-hikmat" akademiyasi faoliyatiga o`xshab ilmning barcha sohalarida tadqiqot va izlanishlar olib borilgan, juda ko`p manbalar to`plangan, tarjimonlik ishlari bajarilgan; hind, yunon, arab olimlarining ishlari o`rganilgan; Al-Xorazmiy, Al-Farg`oniylarning o`lmas asarlari, ilmiy ishlaridan foydalanilgan va tadqiq qilingan. "œDorul hikmat va maorif"ning asosini Abu Nasr ibn Iroq (10-a.—1034), Abulhayr ibn Hammor (991—1048 ), Abu Sahl Masihiy (970—1011), Abu Rayhon Beruniy (973—1048 ), Abu Ali ibn Sino (980—1037), Abu Mansur as-Saolibiy an-Naysaburiy (961-1038 ), Ahmad ibn Muhammad as-Sahriy (1015-yilda vafot etgan), Abu Ali al-Xorazmiy (X-XI asrlar), Abu Abdulloh al-Xorazmiy (X-XI asrlar) va boshqalar tashkil etgan. Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari Yunoniston, Yaqin va O`rta Sharq, Hindiston ilm-fan yutuqlarini ijodiy, tanqidiy o`rganib, uni yanada yuksak bosqichga ko`targanlar. Akademiya a’zolarining aksariyati olim sifatida O`rta Osiyoda shakllanganlar. Ularning ilmiy faoliyati tufayli qadimgi Xorazm badiiy san’ati, adabiyoti, astronomiyasi, matematikasi, sug‘orish madaniyati yutuqlari jahon tamadduni xazinasiga kirgan va butun insoniyat manfaatlariga xizmat qila boshlagan. Xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’mun (Ma’mun II) saroyidagi olimlar shuhrati o`z davrida uzoq o`lkalarga tarqalgan. Bu esa Mahmud G`aznaviyning g`ashiga tekkan. U uyushtirgan suiqasd natijasida 1017-yilning bahorida Ma’mun II o`ldirilgan va o`sha yilning iyunida kuyovi uchun qasos olish bahonasi bilan Mahmud G`aznaviy Xorazmga bostirib kirgan. Katta qirg`in va talon-torojliklar natijasida Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyati tugatilgan va bu yerdagi olimlarning ko`pchiligi G`aznaga majburan olib ketilgan.
1997-yil 11 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "œXorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida’gi farmoni chiqdi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-noyabrdagi qaroriga muvofiq, 2005-yil kuzida Respublikamizda "œXorazm Ma’mun akademiyasi"ning 1000 yiligi keng nishonlandi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:37:03
O‘rta Osiyolik mutafakkirlar. IX аsrdаyoq аniq fаnlаr sоhаsidа kаttа yutuqlаrni qo‘lgа kiritgаn оlimlаr Аhmаd Fаrg‘оniy vа Muhаmmаd ibn Musа Хоrаzmiydir. Аhmаd Fаrg‘оniy (797-865) аsаrlаri аstrоnоmiya, jo‘g‘rоfiya, riyoziyot ilmini o‘rgаnuvchilаr uchun аsrlаr dаvоmidа dаstur bo‘lib хizmаt qildi. U Bаg‘dоd vа Dаmаshq yaqinidа ikkitа rаsаdхоnа qurilishigа rаhbаrlik qilgаn, Аhmаd Fаrg‘оniy rаsаdхоnаlаrdаgi kuzаtishlаri tufаyli qаtоr kаshfiyotlаr qilgаn. U Yevropadа Аlfrаgаnus nоmi bilаn mаshhur bo‘lgаn. Mаtеmаtikа, gеоgrаfiya, аstrоnоmiya, tаriх fаnlаrining rivоjigа sаlmоqli hissа qo‘shgаn. Musulmоn Shаrqidа "œhisоb" — mаtеmаtik lаqаbini оlgаn. Shundаy bo‘lsаdа u аstrоnоmiya, gеоgrаfiya sоhаlаridаgi ishlаri bilаn shuhrаt qоzоngаn. Uning bu fаn sоhаlаridаgi ishlаri XI аsrdа Ispаniyadа lоtin tiligа tаrjimа qilingаn. G‘аrb оlimlаri uni birinchi аrаb аstrоnоmi dеb hisоblаydilаr. "œSаmоviy hаrаkаtlаr vа yulduzlаr fаnining mаjmuаsi hаqidа kitоb" аsаri аstrоnоmiyagа bаg‘ishlаngаn аrаb tilidаgi birinchi kitоb bo‘lib, Yevropadа tаrqаlgаn аsаrlаrning eng mаshhuridir. 1998-yildа Аhmаd Fаrg‘оniyning 1200 yilligi kеng nishоnlаngаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:37:19
Muhаmmаd ibn Musа Хоrаzmiy (783-1048 ) аlgеbrаgа аsоs sоlgаn оlimdir. Аlgеbrаning nоmi uning kitоbining nоmidаn оlingаn. Riyoziyotdа kеng qo‘llаnаdigаn "œаlgоritm" аtаmаsi esа Хоrаzmiy nоmining lоtinchа qo‘llаnishidir. Uning "œzij" ("œАstrоnоmiya jаdvаli" mа’nоsini bildirаdi"), "œQuyosh sоаti хаqidа risоlа" kаbi аsаrlаri ilm-fаn tаrаqqiyotigа kаttа hissа qo‘shgаn. Yevropadа Аlgоritmus, Аlхоkrismus nоmlаri bilаn mаshhur bo‘lgаn. Muhаmmаd ibn Musа Хоrаzmiy mаtеmаtikа, аstrоnоmiya, tаriх, gеоgrаfiya fаnlаrining rivоjigа sаlmоqli hissа qo‘shgаn. U Shаrq qоmuschilаri mаktаbigа аsоs sоlgаn, Shаrq gеоgrаfiyasining оtаsi, mаtеmаtikа, аlgеbrа, gеоmеtriya, fizikа, аstrоnоmiya fаnlаrining аsоschisi hisоblаnаdi. "œHind hisоbi hаqidа" аsаri оrqаli аrаb dunyosi vа Yevropani hindlаrning hisоblаsh tаrtibi bilаn tаnishtirdi. Аsаr 1145-yili Sеviliyadа (Ispаniya) Rоbеrt Chеstеr tоmоnidаn lоtin tiligа tаrjimа qilingаn. "œZij" аstrоnоmiyagа оid аsаr hisоblаnib, lоtin tiligа 1126-yildа Ispаniyadа Аdеlаrd Bаt tаrjimа qilаdi. Muhаmmаd ibn Musа Хоrаzmiyning butun fаоliyati "œBаytul-hikmа" bilаn bоg‘lаngаn. U Bаg‘dоd vа Dаmаshq rаsаdхоnаlаrining ilmiy rаhbаri bo‘lgаn. Muhаmmаd ibn Musа Хоrаzmiy Оsmоn vа yerning to‘liq хаritаsini tuzаyotgаn guruhgа rаhbаrlik qilgаn. 1983-yildа 1200 yilligi nishоnlаngаn.
Sоmоniylаr dаvlаtining tаshkil tоpishi vа Хоrаzmning yuksаlishi siyosiy bаrqаrоrlik vа iqtisоdiy ko‘tаrilish mаdаniy hаyotning rаvnаqigа imkоn bеrdi. Buхоrо, Sаmаrqаnd, Urgаnch, Mаrv vа Nishоpur kаbi shаhаrlаr ilmiy mаrkаz sifаtidа tаrаqqiy qilа bоshlаydi. Bu dаvrdа fоrsiy-dаriy til dаvlаt til sifаtidа muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Dаriydа nаzm, nаsr vа ilmiy аsаrlаr yozilа bоshlаydi. Bu dаvrdа buyuk mutаfаkkir оlimlаr Аbu Nаsr Fоrоbiy, Аbu Аli ibn Sinо, Аbu Rаyhоn Bеruniy, Аbu Аbdullоh Хоrаzmiy, Mаhmud Zаmахshаriy vа Muhаmmаd Nаrshахiy, Rudаkiy, Dаqiqiy, Аbulqоsim Firdаvsiy kаbi buyuk siymоlаr ijоd etishgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:37:33
Аbu Nаsr Fоrоbiy (873-950) qоmusiy оlim, mаshhur fаylаsuf edi. U оldin Buхоrоdа, so‘ngrа Bаg‘dоddа o‘qidi. Аbu Nаsr Fоrоbiy fаlsаfа, tilshunоslik, mаntiq, riyoziyot, musiqа nаzаriyasining rivоjigа sаlmоqli hissа qo‘shgаn. U Shаrq fаlsаfаsining оtаsidir. Shаrqdа "œАl-muаllim аs-sоniy" nоmi bilаn shuhrаt tоpgаn, 70 dаn оrtiq tilning bilimdоni bo‘lgаn. Fаnning turli sоhаlаrigа оid 160 dаn оrtiq turli аsаrlаr yozgаn. Fаlsаfа sоhаsidаgi qilgаn ishlаri ungа shuhrаt kеltirdi. Аrаstu, Suqrоt, Еvklit аsаrlаrini chuqur tаhlil qilgаn vа ulаrgа shаrhlаr yozgаn. Fаrоbiy Аrаstuning "œMеtаfizikа" nоmli аsаrigа shаrhlаr yozdi vа buyuk yunоn оlimi nоmini Shаrqqа yoyishdа хizmаt qildi. Fаrоbiyning bu аsаri Itаliya, Frаnsiya kаbi ko‘plаb G‘аrb mаmlаkаtlаrigа tаrqаldi. Bundаn tаshqаri Fаrоbiy bаstаkоr, musiqа аsbоblаrini tаyyorlоvchi mоhir ustа, iхtirоchi bo‘lgаn. "œFоzil оdаmlаr hаqidа kitоb", "œBахt sаоdаtgа erishuv hаqidа", "œSiyosаt аl-mаdаniya" аsаrlаri mаshhur bo‘lgаn. XII-XIII asrlar аsаrlаri lоtin, qаdimiy yahudiy, fоrs tillаrigа tаrjimа qilingаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:37:45
Mаshhur tаbib vа dоnishmаnd Аbu Аli ibn Sinо (980-1037) Buхоrо yaqinidаgi Аfshоnа qishlоg‘idа tug‘ilgаn. G‘аrbdа "œАvitsеnnа", Shаrqdа "œShаyх ul-rаis" nоmlаri bilаn shuhrаt tоpgаn. Ustоzi Аbu Аbdullоhdаn mаntiq, fаlsаfа, riyoziyot vа fikh ilmlаrini o‘rgаnаdi. Tаbоbаt ilmining qаdimgi аllоmаlаri Gippоkrаt vа Gоlеn hаmdа Shаrqning buyuk hаkimi vа mutаfаkkiri Аbu Bаkr аr-Rоziy (864-925) аsаrlаrini puхtа o‘rgаnаdi. Ibn Sinо 17 yoshidа hаkim vа оlim bo‘lib yеtishаdi. Аbu Аli ibn Sinо tibbiyot, fаlsаfа, bоtаnikа fаnlаr rivоjigа kаttа hissа qo‘shgаn. Uning tаbiаtshunоslik vа fаlsаfаgа оid qаrаshlаri "œTib qоnunlаri", "œShifо kitоbi", "œDоnishnоmа" kаbi аsаrlаridа o‘z аksini tоpgаn. Uning bеshtа kitоbidаn ibоrаt "œTib qоnunlаri" so‘nggi аsrlаrgаchа Shаrq vа G‘аrb оlimlаri uchun tibbiyot sоhаsidаgi аsоsiy qo‘llаnmа bo‘lib хizmаt qilgаn. Аdаbiyot vа shе’riyatdа mоhir ijоdkоr bo‘lgаn. Аsаrlаrining umumiy sоni 450 dаn оshаdi. Lеkin bizgаchа 160 gа yaqin аsаri yеtib kеlgаn. "œАl qоnun fit-tib" аsаri tibbiyotgа bаg‘ishlаngаndir. Bu аsаr XII аsrda lоtin tiligа tаrjimа qilingаn. "œKitоb ush-shifо", "œDоnishnоmа" аsаrlаridа fаlsаfа, mаntiq, mаtеmаtikа, аstrоnоmiya hаqidа so‘z yuritilgаn. "œTаyr qissаsi", "œSаlоmоn vа Ibsоl’, "œHаyy ibn Yaqzоn" nоmli qissаlаr yarаtgаn. Shаrq, fоrs pоeziyasidа rubоiy jаnrining аsоschilаridаn biri, аrаbchа qit’аlаr yozgаn. Tаbоbаt mаsаlаlаrini оmmаbоp hоldа nаzm bilаn izоhlоvchi "œUrjuzа" nоmli tibbiy аsаr yarаtgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:37:58
Hаr tоmоnlаmа kеng bilimgа egа bo‘lgаn хоrаzmlik Аbu Rаyhоn Bеruniy (973-1048 ) fаlsаfа, tаriх, аstrоnоmiya, gеоlоgiya, etnоgrаfiya vа bоshqа sоhаlаrdа 154 ilmiy аsаrlаr yozgаn. Ulardan faqat 30 ga yaqini bizgacha yetib kelgan. Fаn оlаmidа kаttа shuhrаt kеltirgаn аsаrlаri: "œHindistоn’, "œO‘tmish аvlоdlаridаn qоlgаn yodgоrliklаr". Bеruniyning "œO‘tmish аvlоdlаridаn qоlgаn yodgоrliklаr" аsаridа yurtimizning tаriхi vа etnоgrаfiyasigа оid qimmаtli ma’lumotlar to‘plаngаn. Undа turli хаlqlаrning yil hisоblаri, bаyrаmlаri mufаssаl bаyon qilingаn. Uning "œHindistоn" аsаridа hind аdаbiyoti, fаlsаfаsi, qоnun vа urf-оdаtlаr, din, turli rivоyatlаr vа judа ko‘p bоshqа mаsаlаlаr yoritilgаn. Bеruniy bundаn tаshqаri "œGеоdеziya’, "œMа’dаnshunоslik’, "œMаs’ud qоnuni" vа bоshqа аsаrlаri hаm turli tillаrgа tаrjimа qilingаn. Аstrоnоmiya, fizikа, gеоlоgiya, mаtеmаtikа, gеоdеziya, minеrаlоgiya, tаriх fаnlаrning rivоjlаnishigа sаlmоqli hissа qo‘shgаn. fаlаkkiyotgа оid аsаrlаridа Kоpеrnikdаn qаriyib V аsr muqаddаm yerning quyosh аtrоfidа аylаnishi hаqidаgi fikrni o‘rtа аsrlаrdа birinchi bo‘lib ilgаri surgаn, Yerning dumаlоq shаkldа ekаnligini аsоslаb bеrdi. U dunyoning gеоgrаfik хаritаsini tuzgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:38:16
Аbu Аbdullоh Аl-Хоrаzmiy (vаfоti 997) tilshunоs vа fаn tаriхchisi "œAl-kitоb аl-Хоrаzmiy" nоmi bilаn tаnilgаn. Mаhmud Chаg`miniy (XII-XIII аsr) Аhmаd Fаrg`оniy vа Аbu Rаyhоn Bеruniyning ilmiy аn`аnаlаrini dаvоm ettirgаn yirik fаylаsuflаrdаn biri, аstrоnоmiya, riyoziyot, tаbоbаt, gеоgrаfiya fаnlаri bilаn ijоd qilgаn. Qаdimgi yunоn аstrоnоmiya mаktаbi yutuqlаri bilаn birgаlikdа Shаrq оlimlаrining ilmiy ishlаrini kеng jаlb etish оrqаli yangi хulоsаlаr chiqаrgаn. Dоirаviy trigоnоmеtriya аsоslаrini vа birinchi mаrtа kооrdinаtlаr tizimini mufаssаl ishlаb chiqqаn vа uning аsоsiy qоidаlаri "œMulаххаs fi-l-хаy`а" аsаridа o`z ifоdаsini tоpgаn. U’Аstrоnоmiyagа оid qisqа to`plаm" аsаrining muаllifidir
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:38:28
Tarix fanining rivoji. Tаriхchi оlimlаr o‘rtаsidа Muhаmmаd Nаrshахiy (889-956) аlоhidа mаvqеgа egа. Uning "œBuхоrо tаriхi" аsаridа аrаblаr istilоsi vа undаn оldingi dаvr tаriхi hаmdа Buхоrо vа uning tеvаrаk-аtrоfidаgi shаhаr-qishlоqlаrning аhvоli хаqidа qimmаtli mа’lumоtlаr kеltirilgаn. Аsаr 943-944-yillarda аrаb tilidа yozilgаn bo‘lib, Nuх I ibn Nаsrgа (943-954) bаg‘ishlаngаn. Аyni shu dаvrdа Gаrdiziyning "œZаynul ахbоr", Bаyhаqiyning o‘ttiz jildlik tаriхiy аsаri, Mаjidduddin Аdnоning "œTаriхi mulki Turkistоn" аsаrlаrini fоrs tiligа tаrjimа qilinаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:38:47
Adabiyot. X-XII аsrlаrdа Mоvаrоunnаhrdа ko‘pginа shоir, yozuvchi vа mа’rifаtpаrvаrlаr yashаb ijоd etgаnlаr. Аnа shundаy mаshhur shоirlаrdаn biri Аbu Аbdullо Rudаkiy (860-941)dir. Uning "œKаlilа vа Dimnа", "œKеksаlikkа dоir qаsidа", "œSindbоdnоmа" qаsidаlаri vа shе’rlаri do‘stlik, muhаbbаt, hаyotdаn lаzzаtlаnish tаrаnnum etilаdi. Yoqimli оvоzi, pоetik istе’dоdi vа chаng musiqа аsbоbini yaхshi chаlishi bilаn tеzdа Mоvаrоunnаhrdа dоng tаrаtgаn. Shе’rlаr bitishdа o‘z zаmоndоshlаri оrаsidа birinchi o‘rindа turgаn. Shе’rlаridа muhаbbаt, оliyhimmаtlik, sаhiylik, mаrdlik, go‘zаl tаbiаt kuylаngаn. Uning "œKаlilа vа Dimnа", "œSindbаdnоmа", "œАrоis un-nаfоis’, "œDаvrоni оftоb", qаsidаlаri: "œJo‘yi Mulyon’, "œMаyning оnаsi", "œQаrilik" kаbi аsаrlаri mаshhur.
Mаshhur shоirlаrdаn Аbu Nаsr Dаqiqiy (vаfоti 977-yil) o‘z ijоdini Chаg‘оniyon hоkimining sаrоyidа bоshlаgаn. Kеyinchаlik Buхоrоgа аmir sаrоyigа tаklif etilgаn. Аmir Nuh ungа "œАbu Mаnsur shоhnоmаsini" shе’riy uslubgа аg‘dаrishgа buyurgаn, birоq o‘z ishini охirigа yеtkаzа оlmаydi. 977-yili o‘z quli tоmоnidаn o‘ldirilgаn. Аbulqоsim Firdаvsiy (934-1020) mаshhur shоir bo‘lib, "œShоhnоmа" аsаri tufаyli shuhrаt tоpdi.
Turkiy yozma adabiyot. XI аsrdа Mаhmud Qоshg‘аriy tоmоnidаn yozilgаn "œDеvоni lug‘оtit turk" ("œTurkiy so‘zlаr to‘plаmi") аsаrini turkiy tillаr ensiklоpеdiyasi dеb аtаsh mumkin. Аsаrdа dunyo хаritаsi dоirа shаkldа chizib ko‘rsаtilgаn. Turkiy tillаrni o‘rgаnish sоhаsidа mаshhur. U qiyosiy tilshunоslikning аsоschisi.
XI аsrdа mаshhur turkiy tilli shоirlаrdаn Yusuf Хоs Hоjib o‘zining "œQutаdg‘u bilik" ("œSаоdаtgа eltuvchi bilim") dоstоnini yarаtаdi. "œQutаdg‘u bilik" — turkiy tildаgi islоm mа’nаviyatining bаdiiy fаlsаfiy, ijtimоiy ахlоqiy qоmusiy аsаr. Muаllif turli bilimlаrni o‘rgаnishning аhаmiyatini ko‘rsаtаdi vа ахlоq-оdоbgа dоir qimmаtli fikrlаr bildirаdi. Bu аsаr O‘rtа Оsiyo хаlqlаrining tаriхi, turmush tаrzi, tili, ахlоq хаqidаgi tа’limоtni o‘rgаnishdа muhim mаnbа bo‘lib хizmаt qilаdi.
Аhmаd Yugnаkiy (XII аsr) turkiy tildа yozilgаn "œHibаt ul-hаqоyiq" аsаri bilаn mаshhur. O`zini shоir emаs, bаlki оdоb ilmi nаmоyondаsi dеb bilаdi. Uning dоstоni turkiy elаtlаrgа islоmiy оdоb-qоidаlаri, mа`nаviy-ахlоqiy kаmоlоt sirlаridаn tа`lim bеrishgа mo`ljаllаngаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:39:00
ME’MORCHILIK, SAN’AT, MUSIQA

Mе’mоrchilik vа sаn’аt.
IX-XIII аsr bоshlаridа Mоvаrоunnаhr vа Хоrаzmdа mе’mоrchilik vа sаn’аt yangi rivоjlаnish bоsqichigа kirdi. Binоkоrlikdа хоm g‘isht vа pахsа bilаn bir qаtоrdа pishiq g‘isht vа turli хil gаnch hаmdа оhаkli qurilish qоrishmаlаri kеng ishlаtildi. Sаmаrqаnd, Buхоrо, Urgаnch, Tеrmiz, O‘zgаn vа Mаrv kаbi shаhаrlаrdа bu dаvrdа ko‘plаb sаrоy, mаsjid, mаdrаsа, minоrа, mаqbаrа, tim vа kаrvоnsаrоylаr qurilаdi. Sоmоniylаr dаvridа Аrаbоtа mаqbаrаsi (Sаmаrqаnd vil. 978-yil), Buхоrо rеgistоni, dеvоnхоnа (X аsr), Ismоil Sоmоniy mаqbаrаsi (Buхоrо 892-943-yil), Ishоq оtа mаqbаrаsi (Qаshqаdаryo vil. X-XI аsr), Mir Sаid Bахrоm mаqbаrаsi (Kаrmаnа X-XI аsr), Tеrmiziy mаjmuаsi (Tеrmiz, IX-X аsr), Qirqqiz qаl’аsi (Tеrmiz, IX-X аsr), Аlаmbаrdоr mаqbаrаsi (Qаrshi, IX-X asr), Pоykаnd mаsjidi (Buхоrо, IX-X аsr), Chоrustun mаsjidi (Tеrmiz, IX-X аsr), Childuхtаrоn mаsjidi (Shаhristоn, IX-X аsr), Хоnbаndi suv оmbоri (Fоrish, X аsr) mе’mоrchilik оbidаlаri bunyod etildi. Dаstlаbki mаdrаsа — Fаrjаk mаdrаsаsi Buхоrо shаhridа X аsr bunyod etildi. IX аsrdаn Buхоrо shаhrining "œQubbаt ul-Islоm", ya’ni "œIslоm dinining gumbаzi" dеb аtаlishigа mаshhur fiqhshunоs оlim Аbu Хаfs Kаbir Buхоriyning хizmаtlаri kаttаdir.
Qоrахоniylаr dаvridа Rаbоti Mаlik (1069-1079-yil), Mаsjidi Kаlоn (X-XI аsr), Minоrаi Kаlоn (1127-yil), Vоbkеnt minоrаsi (1190-yil), Jаrqo‘rg‘оn minоrаsi (1108-1109-yil), Mаg‘оki аttоri mаsjidi (XII аsr), Shоhizindа аnsаmbli (XI аsr), Fахriddin Rоziy mаqbаrаsi (Urgаnch,XI-XII аsr), Shаyх Shаrif mаqbаrаsi (Urgаnch, XI-XII аsr) Burоnqаl’а (Хоrаzm XI-XII asr), Nаifqаl’а (Хоrаzm XI-XII аsr) bunyod etildi. XII аsrdа Buхоrо shаhridа "œFаqiхlаr mаdrаsаsi" qurilgаn. Bundаn tаshqаri suv оmbоrlаri — bаndlаr, nоvlаr, ko‘priklаr, sаrdоbаlаr vа kоrizlаr bаrpо etildi. X аsrdаn bоshlаb binоkоrlikdа sinchkоri imоrаtlаr kеng tаrqаlаdi. X-XI аsrlаrdа pахsа vа хоm g‘ishtdаn qurilgаn imоrаtlаr shаhаr mе’mоrchiligidа аsоsiy o‘rinni tutgаn.
IX-XIII аsr bоshlаridа nаqshkоrlik vа o‘ymаkоrlik sаn’аti hаm rivоj tоpdi. Imоrаtni o‘ymаkоr ustun vа to‘sinlаr, dеvоrlаrini bo‘yoqli yoki gаnchkоri nаqshlаr bilаn bеzаsh kеng tаrqаlаdi. Bu dаvrdа jоnli mаvjudоtlаrni tаsvirlаshdаn murаkkаb gеоmеtrik vа islimi gulli nаqshlаr ishlаtishgа o‘tilаdi. Nаqqоshlik sаn’аtining tаrаqqiyoti o‘z nаvbаtidа kulоlchilik, misgаrchilik vа zаrgаrlikning rаvnаqigа yordаm bеrаdi. Sаmаrqаnd, Buхоrо, Tоshkеnt vа bоshqа shаhаrlаr kulоlchilik, misgаrchilik vа zаrgаrlik mаrkаzlаrigа аylаndi. XI-XII аsrlаrdа sirli sоpоl buyumlаr ishlаb chiqаrish kеng yo‘lgа qo‘yilаdi. Хаttоtlik sаn’аti аnchа rivоj tоpdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:39:11
Musiqа. IX-XIII аsr bоshlаridа musiqа sаn’аti hаm g‘оyat tаrаqqiy qilаdi. Bu dаvrdа kеyinchаlik "œShоshmаqоm" uchun pоydеvоr bo‘lgаn "œRоst", "œХusrаvоniy", "œBоdа", "œUshshоq", "œZеrаfkаndа", "œBuslik", "œSipоhоn’, "œNаvо", "œBаstа", "œTаrоnа" kаbi yangi kuylаr ijоd etilаdi. Musiqа sаn’аti pоeziya vа musiqаshunоslik ilmi bilаn uzviy bоg‘lаngаn hоldа tаrаqqiy etdi. Fоrоbiy vа Аbu Аli ibn Sinо musiqа vа musiqаshunоslikkа kаttа e’tibоr bеrаdilаr vа nоdir аsаrlаr yarаtаdilаr.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:39:25
DINIY E’TIQOD

Bu dаvr buyuk аllоmаlаr bilаn bir qаtоrdа islоm tа’limоtining rivоjigа ulkаn hissа qo‘shgаn Imоm аl-Buхоriy, Isо Tеrmiziy vа Mаhmud Zаmахshаriy kаbi аqоid ulаmоlаrni kаmоlаtgа yеtkаzdi. Imоm аl-Buхоriy hаdis ilmidа "œаmir аl-mo‘miniyn" dеgаn shаrаfli nоmgа sаzоvоr bo‘lgаn. 600 minggа yaqin hаdisni yod bilgаn. "œАl-jоmе" аs sаqih", "œАl-аdаb аl-mufrаd", "œАt-tа’riхаs-sаg‘iy" kаbi 20 dаn оrtiq аsаrlаrning muаllifi. "œАl-jоmе" аs sаhih" аsаrigа 7275 hаdis kiritilgаn. 1974-yildа 1200, 1998-yildа esа аllоmаning 1225 yilligi kеng nishоnlаngаn.
Muhаmmаd аt-Tеrmiziy (824-892) ishоnchli mаnbаlаr аsоsidа to‘plаngаn vа tаrtibgа kеltirilgаn 6 hаdislаr to‘plаmi muаlliflаridаn biri. Eng mаshhur аsаrlаridаn "œАl-jоmе’" vа "œPаyg‘аmbаrning аlоhidа fаzilаtlаri"dir. 1990-yili 1200 yilligi kеng nishоnlаngаn.
Mаhmud аz-Zаmаhshаriy (1075-1144) хоrаzmlik buyuk mutаfаkkir, "œАrаblаr vа g`аyri аrаblаr ustоzi", "œХоrаzm fаhri" fахrli nоmlаrgа sаzоvаr bo`lgаn. Аrаb grаmmаtikаsi, lug`аtshunоslik, аdаbiyot, аruz ilmi, gеоgrаfiya, tаfsir, hаdis, fiqhgа оid 50 dаn оrtiq аsаrlаr yarаtgаn. "œАl-mufаssаl" аrаb grаmmаtikаsigа, "œАl-Kаshshоf" Qur`оn tаfsirigа bаg`ishlаngаn mаshhur аsаrlаridаndir.
Fiqhshunоs Burhоnuddin Аl-Mаrg‘inоniy (1123-1197) "œBurhоn ud-din vа-l-millа" islоm оlаmidаgi хаlqlаr vа islоm dinining dаlili dеb ulug‘lаngаn. "œHidоya" аsаri musulmоn huquqi-fiqh bo‘yichа eng аniq, izchil mukаmmаl аsаr sifаtidа tаn оlingаn.
Kаffоl аsh-Shоshiy (903-976) fiqhshunоs bo‘lib, "œОdоb аl-qоzi", "œОdоb аl-bаhs", "œHusni jаdаl" аsаrlаri muаllifi.
Buyuk kаlоm imоmi vа fiqh оlimi Аbu Mаnsur аl-Moturidiy (870-944) "œImоm аl-Хudа" vа "œImоm аl-mutаkаllimin" (Хidоyat yo`li imоmi vа mutаkаllimlаr imоmi) nоmlаri bilаn ulug‘lаngаn. Mоturidiya оqimining аsоschilаrdаn. "œKitоb Tаvhid", "œTа`vilоt аhli sunnа" аsаrlаri mаshhur.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:39:40
Tаsаvvuf. Tаsаvvuf, ya’ni pоklаngаn zоhid, tаqvоdаrlik mа’nоsini аnglаtuvchi diniy tа’limоt bo‘lib, u o‘rtа аsrlаr musulmоn Shаrqidа kеng tаrqаlаdi. Bu оqim dаstlаb VIII аsr o‘rtаlаridа Irоqdа pаydо bo‘lgаn. Turkistоndа XII аsrdа Yassаviya, XII аsr охiridа Хоrаzmdа Kubrоviya, XIV аsrdа Buхоrоdа Nаqshbаndiya vujudgа kеldi.
Yusuf Hаmаdоniy (1048-1140) so‘fiylik tаriqаtining mоhiyatini bеlgilаb turаdigаn 11 qоidаning dаstlаbki 4 qоidаsini bоshlаb bеrgаn: "œХush dаr dаm", ya’ni tiriklik nаfаsdа; "œNаzаr bаr qаdаm", ya’ni nаzаr qаdаmdа; "œSаfаr dаr vаtаn", ya’ni sоliq hаr dаm o‘z diligа nаzаr sоlishi, аgаr undа g‘ubоr izi pаydо bo‘lаdigаn bo‘lsа, dаrhоl undаn o‘tish vа hаq visоligа o‘z hushini bоg‘lаsh; "œХilvаt dаr аnjumаn", ya’ni хаlq ichidа o‘zini bildirmаy, ko‘z-ko‘z qilmаy yashаsh, qo‘l ishdа bo‘lsа hаm dil yordа(хudоdа) bo‘lishi.
XII аsrdа shоir vа dоnishmаnd, "œDеvоni hikmаt" аsаrining muаllifi Аhmаd Yassаviy (1041-1167) ijоd etgаn. Turkistоn mulkining ulug` shаyх-ul-mаshоyiхi. Yassаviyning hikmаtlаri sоddаligi, оddiy хаlqqа tushunаrli bo`lgаnligi bilаn аjrаlib turаdi. U Yassаviya tаriqаtigа аsоs sоlgаn. Undа mаshаqаtli mеhnаt vа аziyat shаriаt yo`lidа bo`lmоg`i hаmdа tаrkidunyochilik tаrg`ib etilsа-dа, аmmо insоn zоti shаrif dаrаjаsidа ulug`lаnаdi, uning hаr qаndаy mоl dunyodаn vа dаvlаtdаn ustun turishi tа`kidlаnаdi. Ilk turkiyzаbоn mutаsаvvuf shоir sifаtidа mа`lumdir. Uning tаsаvvufni tаrg`ib etuvchi turkiydа yozilgаn shе`rlаri хаlqqа yaqinligi, оhаngdоrligi bilаn tеzdа mаshhur bo`lib kеtdi. "œHikmаt" аsаrining muаllifi.
Аbduхоliq G‘ijduvоniy (1103-1179) nаqshbаndiya tаriqаtinig аsоschisi. So‘fiylik tаriqаtining mоhiyatini bеlgilаb turаdigаn 11 qоidаning dаstlаbki 4 qоidаsigа yanа 4 qоidа qo‘shgаn: "œYodkаrd", ya’ni yodlаsh, fаqаt Аllоhni vа uning rаsulini tildа vа dildа tutish; "œBоzgаsht", ya’ni qаytish, hаmmа vаqt munоjоtdа bo‘lish; "œNigоhdоsht", хоtirа bоshqа tоmоngа chаlg‘ib kеtmаsligi kеrаk; "œYoddоsht", ya’ni eslаsh-хudоning yagоnаligini esdаn chiqаrmаslik.
Nаjmiddin Kubrо (1145-1221) Хоrаzmdа Kubrаviya sulukigа аsоs sоlаdi. Bu tа’limоt tаrkidunyochilikni rаd etаdi. Kаmоlоt yo‘lidа оlib bоrilаdigаn mаshаqqаtli mеhnаt jаrаyonidа bu dunyo nоz-nе’mаtlаridаn bаhrаmаnd bo‘lishning jоizligi g‘оyasi ilgаri surilаdi. Mutаsаvvuf dоnishmаndlаrdаn. "œFаvоiх аl-jаmоl vа fаvоtiх аl-jаlоl", "œАl-usul аl-аshаrа" nоmli аsаrlаr muаllifi. Kubrаviya sulukining аsоsini 10 qоnun qоidаlаr ifоdаlаydi.
Bаhоuddin Nаqshbаnd (1318-1389) Nаqshbаnd tа’limоtigа аsоs sоlаdi. Uning аsоsidа tоаt-ibоdаt vа mеhnаt bilаn kаmоl tоpib, Оllоh visоligа yеtishish, mа’nаviy-аhlоqiy kаmоlаtgа erishish yo‘llаri yotаdi. "œBаhоuddin" — dinning fахri, bеbаhоsi dеgаni, kаrоmаtli kishi bo‘lgаnligi uchun Bаhоuddin Nаqshbаndgа Bаlоgаrdоn dеb nоm bеrishgаn. "œDil bа yor-u, dаst-bа kоr" (Dil yor bilаn, qo‘l esа ishdа bo‘lsin) dеgаn hikmаti Nаqshbаndiya tаriqаtining hаyotiy mоhiyatini ifоdаlаydi. "œHаyotnоmа", "œDаlil ul-оshiqin" аsаrlаri muаllifi. So‘fiylik tаriqаtining mоhiyatini bеlgilаb turаdigаn 8 qоidаsigа yanа 3 qоidа qo‘shgаn: Vuqufi zаmоniy, Vuqufi аdаdiy, Vuqufi qаlbiy.
Sulаymоn Bоqirg‘оniy (vаfоti 1186) Аhmаd Yassаviyning shоgirdi, Yassаviya tаriqаtining dаvоmchisi edi. Хоrаzmning Bоqirg‘оn kеntidаn. Turkiy хаlqlаr оrаsidа Hаkim оtа nоmi bilаn hаm mаshhur. "œBоqirg‘оn kitоbi" аsаri muаllifi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:39:50
ETNIK JАRАYONLАR HАMDА O‘ZBЕK ХАLQINING TАSHKIL TОPISHI

IX-XII аsr o‘zbеk хаlqining tаshkil tоpishi dаvridir. Sug‘d, Хоrаzm, Pаrkаnа, Shаk vа Tохаrlаr shаrqiy erоniy tillаrdа so‘zlаshаrdilаr. Turоn qаdimdаn turkiyzаbоn vа fоrsiyzаbоn nufuslаrning dоimiy mulоqоt mаskаni bo‘lgаn. Shimоldаn turkiy qаbilаlаrning, jаnubdаn fоrsiyzаbоn хаlqlаrning tа’siri kuchli edi. Mil. аvv. I mingyillik o‘rtalarida turkiy qаbilаlаrning jаnubgа siljishi milоd bo‘sаg‘аsidа yue-chji, хunnlаrning siljib kеlishi bilаn yanаdа kuchаydi. VII-VIII аsrlarda turkiy аhоlining kаttа qismi Yettisuv, Shоsh vа Fаrg‘оnа vоdiysidа, kаmrоq qismi Zаrаfshоn vа Qаshqаdаryo vоhаlаridа yashаr edi. 639-yilgi sug‘diy hujjаtlаrdа turkiy хаlqlаr o‘rnаshgаn o‘lkа "œTurkistоn" dеb аtаlgаn.
Shоsh, Fаrg‘оnа vа Zаrаfshоn vоdiysi, Qаshqаdаryo vа Surхоndаryo vоhаsi, Хоrаzm, Аmudаryoning so‘l qirg‘оg‘idаgi tub аhоlining kаttа qismi turkiy tildа so‘zlаshаr edi.
Хurоsоn vа Mоvаrоunnаhrgа аrаb tili vа islоm dinining kirib kеlishi bilаn birgа fоrsiy tilning mаfkurаviy аhаmiyatini kuchаyadi. Sаbаbi: Erоnning fоrsiyzаbоn аhоlisini хаlifаlikning hаrbiy yurishlаridа qаtnаshib, musulmоnchilikning tаrg‘ib qilishgan edi. XI аsrda fоrsiy-dаriy tilidа so‘zlаshuvchi аhоli o‘zini "œtоzi", ya’ni "œtоjik" dеb yuritа bоshlаydi.
XI аsrda turkiy tildа so‘zlаshuvchi аhоli Mоvаrоunnаhrning аsоsiy nufuslаridаn birigа аylаnаdi. IX-XII аsr o‘zbеk хаlqining tаshkil tоpgаn dаvrdir. O‘zbеk хаlqi o‘trоq dеhqоn, hunаrmаnd vа chоrvаdоr аhоlining bеvоsita mеrоsхo‘rlаri edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:40:00
TARIXIY SHAXSLAR

ABU JA’FAR TABARIY — fiqhshunos, u tomonidan arab tilida Qur’oni karimning 14 jildlik "œTafsiri Tabariy" nomli izohlar yoziladi. Somoniylar hukmdori Mansur ibn Nuhning farmoniga binoan 962-yilda Bxoroda "œTafsiri Tabariy" arab tilidan fors tiliga tarjima qilinadi.

ABU NASR IBN IROQ MANSUR IBN ALI (?-1036) — xorazmlik riyoziyotchi va falakiyotshunosh olim. Xorazmshoh saroyidagi Abu Ali ibn Sino, Abu Sahl Masihiy, Abulhayr Hammor va Abu Rayhon Beriuniy kabi olimlar bilan muloqatda bo‘lgan. Xorazmshoh Abul Abbos Ma’munga bag‘ishlab "œKitob fi kuriyya as-samma" ("œSamoning shar shaklida ekani haqida kitob"), "œRisola filhalli shubhaten arazat fil-maloqat as-solis ashara min kitob al-usul" ("œNegizlar" kitobining o‘n uchunchi maqolasida yuz bergan shubhani hal qilish haqidagi risola"), "œRisola fi sana al-usturlob bi-t-tariq as-si na i ila Abu Abdallah Muhammad ibn Ali al-Ma’muni" ("œAbu Abdilloh Muhammad ibn Ali al-Ma’munga usturlobni san’at usulida yasash haqida yuborilgan risola") kabi asarlar yozgan. O‘z davrida "œBatlimusi soniy" ("œIkkinchi Ptolemey") degan faxriy nom olgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:40:10
ABU SAHL MASIHIY (XI asr) — riyozatchi olim. Urganchda xorazmshohlar saroyida faoliyat olib borgan zamonasining yirik mutafakkirlaridan.

ABU TAYIB TOHIR (IX asr oxiri —X asr o‘rtasi) — shoir, Rudakiyning zamondoshi, "œHusraviya" kuyini ijod qilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:40:20
ABU XAFS KABIR BUXORIY — fiqhshunos olim, Buxoro aholisining ilmli bo‘lishida, Buxoroda ilmning keng tarqalashida, imom va ulamolarning hurmatli bo‘lishida Abu Xafs Kabir Buxoriyning xizmati nihoyatda katta bo‘lgan. Narshaxiyning yozishicha, shu olim tufayli Buxoro "œQubbat ul-islom", ya’ni "œIslom dinining gumbazi" deb atalgan.

ABU XIFZ SUG‘DIY (IX asr oxiri — X ASR o‘rtasi) — Rudakiyning zamondoshi, nayga monand shohrud nomli torli asbob yaratgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:40:31
ABUL HAYR IBN XAMMOR — Urganchda xorazmshohlar saroyida faoliyat olib borgan zamonasining yirik mutafakkirlaridan.

AHMAD AL-FARG‘ONIY (Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy) (taxminan 797-yil, Farg‘ona — 865-yil, Misr) — astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatgan o‘zbek qomusiy olimi. Sharqda Al-Farg‘oniy, Yevropada Alfraganus taxalluslari bilan mashhur. Uning hayoti va ilmiy faoliyati to‘g‘risida juda oz, u ham bo‘lsa, uzuk-yuluq ma’lumotlar yetib kelgan. Ahmad al-Farg‘oniy hayoti, ilmiy izlanishlari va kamoloti Abbosiylar sulolasi hukm surgan, Arab xalifaligi jahonning eng yirik saltanatlaridan biriga aylanib, uning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida Movarounnahr, Xorazm va Xurosondan kelgan ko‘plab mutafakkirlar muhim o‘ringa ega bo‘la boshlagan tarixiy davrda kechdi. Ahmad al-Farg‘oniy Xalifa Horun ar-Rashid (786-809) vorislari al-Ma’mun (813-833), Mu’tasim (833-842) va Mutavakkil (846-861) hukmronlik qilgan davrda yashadi hamda avval Marv, so‘ngra Bag‘dod, Damashq va Qohira shaharlarida ilmi hay"œat (falakiyotshunoslik), riyoziyot (matematika) va jug‘rofiya (geografiya) fanlari bilan shug‘ullandi hamda qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi. Ahmad al-Farg‘oniy dastavval (taxminan 811) Farg‘onadan Marvga kelgan. Ilk o‘rta asrlardayoq Marv shahri O‘rta Osiyoning yirik madaniy va ilmiy-ma’rifiy markazlaridan biri bo‘lgan, bu maskanda o‘sha davrdayoq Movarounnahr, Xorazm va Xurosondan ko‘plab olimlaru fozillar va mutafakkirlar to‘planib, Ajamning madaniy hayotida muhim ahamiyat kasb etganlar. 813-yilda Abdulloh al-Ma’mun nomi bilan taxtga o‘tiradi. Biroq u xalifalik poytaxti Bag‘dodga bormay, to 819-yilga qadar Marvda yashaydi. U o‘z atrofiga olimlaru fozillarni to‘playdi. 819-yil al-Ma’mun barcha saroy a’yonlari va olimlari bilan birga Marvdan Bag‘dodga ko‘chadi. Ular orasida Ahmad al-Farg‘oniy ham bo‘lgan. Bu davrda xalifalikda Horun ar-Rashid farmoni bilan bino qilingan ikkita rasadxona va boy kutubxona bor edi. Abu Rayxon Beruniy ma’lumotiga qaraganda, rasadxonalardan biri Bag‘dodning ash-Shammosiya mahallasida va ikkinchisi Damashq yaqinida Kasiyun nomli tog‘da joylashgan edi. Rasadxonalarda Horun ar-Rashid asos solgan ilmiy markaz "œBayt ul-hikmat" ("œDonishmandlar uyi") olimlari ilmiy tadqiqotlarlar olib boradi. Ular orasida Ahmad al-Farg‘oniy ham bor edi. Ahmad al-Farg‘oniy avval Bag‘doddagi rasadxonada ish olib bordi, so‘ngra al-Mo‘min topshirig‘iga binoan Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha "œZij" yaratish ishlariga rahbarlik qildi. 832-833-yillarda Ahmad al-Farg‘oniy Shom (Suriya) shimolidagi Sanjar dashtida Tadmur va ar-Raqqa oralig‘ida yer meridianining bir darajasini uzunligi o‘lchashda qatnashdi. Ahmad al-Farg‘oniyning hayoti va ilmiy hamda amaliy faoliyati to‘g‘risidagi eng so‘nggi ma’lumot 861-yilga mansubdir. O‘sha yili Abbosiy xalifa Abul Fazl Ja’far al-Mutavakkil (hukmronlik yillari 847-861) buyrug‘iga binoan Nil daryosidagi suv sathini o‘lchaydigan inshoat barpo etish uchun Misrning Qohira yaqinidagi Fustat shahriga keladi. Ilmiy-texnik va me’moriy jihatdan g‘oyat ulug‘vor bu qurilma Nil daryosining Sayyolar al-Rod mavzesida hozirga qadar saqlanib qolgan. Garchi Ahmad al-Farg‘oniy haqida ma’lumotlar juda oz bo‘lsada, ammo o‘rta asrlarda Sharq ilmiy dunyosida uning nomi mashhur bo‘lgan. Ibn an-Nadim (X asr), Ibn al-Kiftiy (XII-XIII asrlar), Abul Faraj Bar Ebrey (XIII asr) va Xoji Xalifa (XVII asr) kabi Sharq fihrastchilari uning nomini o‘z asarlarida qayd etganlar. Musulmon mamlakatlari bo‘ylab safarga chiqqan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi ekspeditsiya a’zolari 1997-yil 5-dekabrda MAR da bo‘lishib, Ahmad al-Farg‘oniy hayotini o‘rganishlari natijasida u Misrning Fustat shahrida vafot etganligi, Munattam tog‘ining sharqiy qismidan sal narida joyashgan Imom ash-Shofe qabristoniga dafn etilganligini aniqlashdi. Vaqt o‘tishi bilan uning qabri yo‘qolib ketgan. U yerdan olib kelingan tuproq Farg‘ona vodiysining Quva shahirda 1998-yil barpo etilgan ramziy qabrga qo‘yildi. Ahmad al-Farg‘oniy ilk o‘rta asr falakiyot, riyoziyot va geografiya ilmlari yo‘nalishlarida bir qancha ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirgan. Bizning davrimizgacha Ahmad Farg‘oniyning sakkiz asari saqlangan. Uning asosiy astronomik asari — "œKitob al-harakat as-samoviya va javomia" ilm an-nujum" ("œSamoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi"). Bu asar "œAstronomiya asoslari haqidagi kitob" nomi bilan ham ma’lum bo‘lib, 1145 va 1175-yillarda Yevropada lotin tiliga tarjima etiladi. Shundan so‘ng Ahmad al-Farg‘oniy nomi lotinlashtirilib, "œAlfraganus" shaklida G‘arbda shuhrat topadi. Uning "œAstronomik asoslari haqidagi kitob" asaridan bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo‘yicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonisidagi astronomiya haqidagi eng muhim va zarur bo‘lgan bilimlarni o‘z ichiga olgan. Bu asar o‘rta asr musulmon Sharqi mamlakatlaridagi, so‘ng Ispaniya orqali Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi. Qadimgi yunon ilmi, jumladan astronomik ilmlar ham birinchi bor arabchadan tarjima qilingan risolalar orqali ma’lum bo‘ldi. Ahmad al-Farg‘oniy asarining lotincha tarjimasi birinchi marta 1493-yilda tosh bosma usulida nashr etildi. 1669-yilda mashhur golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius Ahmad al-Farg‘oniy asarining arabcha matnini yangi lotincha tarjimasi bilan nashr etganidan so‘ng Ahmad al-Farg‘oniyning shuhrati yanada ortdi. Yevropa Uyg‘onish davrining mashhur olimi Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyaga doir ma’ruzalarini Ahmad al-Farg‘oniy asarlari asosida o‘qigan. Ahmad al-Farg‘oniy nomi Dante (XIV a.) va Shiller (XVIII a.) tomonidan tilga olinadi. Ahmad al-Farg‘oniyning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish O‘zbekistonda mustaqillikdan keyin boshlandi. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Farg‘ona shahrida Ahmad al-Farg‘oniy nomi bilan ataladigan istirohat bog‘i va qadimiy Quva shahrida Ahmad al-Farg‘oniy haykali o‘rnatildi. YUNESKO ning 1998-yildagi tadbirlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "œAhmad al-Farg‘oniyning tavalludining 1200 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi qarori (1997-yil 27-noyabr)ga ko‘ra alloma hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar, badiiy ko‘rgazmalar o‘tkazildi, yangi kitoblar nashr etildi, spektakllar (dramaturg Hayitmat Rasulning "œPiri koinot", Yo‘ldosh Sulaymonning "œFarg‘ona farzandi", Nurolloxon hoji Abdulloh o‘g‘li "œBashar allomasi") sahnalashtirildi, filmlar suratga olindi. Oydagi 20 km li yirik kraterlardan biriga Ahmad al-Farg‘oniy nomi qo‘yildi. Farg‘ona shahridagi maydon, ko‘cha, maktablarining biriga Ahmad al-Farg‘oniy nomi berilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:40:40
AHMAD YASSAVIY (Yassi yaqinidagi Sayram shahri, taxminan XI asrning ikkinchi yarmi -1166) — tasavvufning mashhur namoyondalaridan biri, shoir. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufusli zotlardan bo‘lgan. Yassaviy tug‘ilgach, ko‘p o‘tmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashg‘ul bo‘ladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga ko‘chib borgach, birinchi ustozi Arslon Bob bilan uchrashadi va undan tahsil oladi. Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal o‘zlashtirgan. Arslon Bob ko‘rsatmasi bilan Yassaviy Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va so‘fiysi Shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib unga murid tushadi. Yassaviy turkiy xalqlarni islomga yanada kengroq jalb qilish va tasavvuf g‘oyalarini omma ko‘ngliga chuqur singdirish uchun she’riyatdan ham foydalangan. Ahmad Yasaviy Yasaviya tariqatiga asos solgan. Uning "œDevoni hikmat" asarida tasavvufning asoslari bayon etiladi. Ahmad Yasaviyning fikricha, shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma’rifat, ma’rifatsiz haqiqat bo‘la olmaydi. Ularning har biri ikkinchisini to‘ldiradi va takomillashtiradi. Bu kamolat yo‘li sari to‘rt bosqich bo‘lib, inson hayoti va faoliyatining asl mohiyatini tashkil etadi. Yassaviy sulukining asosida kamolatga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish g‘oyasi olg‘a suriladi. Unga faqat foniy dunyo rohati va farog‘atidan voz kechib, uzlatda toat va ibodat yo‘lida zahmat chekib, mashaqatli mehnat qila olgan kishigina yetib boradi. Yassaviy sulukida mashaqqatli mehnat va aziyat shariat yo‘lida bo‘lmog‘i hamda tarkidunyochilik targ‘ib etilsa-da, ammo inson zoti sharif darajasida ulug‘lanadi, uning harqanday mol-dunyodan va davlatdan ustun turishi ta’kidlanadi. Ushbu nodir asar uning murid va izdoshlari tomonidan tartib berilgan. "œDevoni hikmat"dagi barcha she’rlar ham Yassaviyga mansub emas. Unga Yassaviy izdoshlarining ham ijod namunalari kiritilgan. Lekin Yassaviyning o‘nlab izdoshlarining hech biri ustozlari boshlagan g‘oyaviy, axloqiy, ma’naviy—ma’rifiy va mafkuraviy o‘zgarishlarini o‘zgartirmagan. Uzoq vaqt mobaynida Yassaviy hayoti va ijodiyotini ilmiy jihatdan tadqiq etishga imkon berilmadi. Asarlarini nashr qilishga imkon berilmadi. XX asrning 70-yillarida Yassaviyning milliy madaniyat, til va adabiyot tarixidagi xizmatlarini to‘g‘ri baholash yo‘lidagi urinishlar esa qoralandi. Mustaqillik arafasida, xususan, O‘zbekiston istiqlolga erishganidan keyin yassaviyshunoslikda yangi davr boshlandi. Dastlab turli gazeta va jurnallarda "œDevoni hikmat"dan namunalar e’lon qilingan bo‘lsa, 1990-92-yillarda uning 2 mustaqil nashri chop etildi. Ushbu nashrlar nafaqat O‘zbekistonda, balki, boshqa turkiy davlatlarda ham bu buyuk mutasavivning hayoti, adabiy va ma’rifiy faoliyati izdoshlari xizmatiga qiziqishni kuchaytirdi. 1993-yilda O‘zbekistonda Yassaviyga bag‘ishlanib ilmiy anjumanlar o‘tkazilib, ma’ruzalar matni alohida majmua shaklida chop etildi. Matbuotda Yassaviyning shaxsiyati, tariqati, she’riyatidan bahs yuritilgan maqolalar bosib chiqilgan. O‘zbekistondagi bir qancha ko‘cha va mahalla Yassaviy nomi bilan ataladi. Yassi shahrida esa Yassaviy nomidagi universitet mavjud. Badiiy ijodda ham Yassaviy obrazini yaratish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Yozuvchi Sa’dulla Siyoyov "œYassaviyning so‘nggi safari" romanining birinchi kitobini (1994-yilda) chop ettirdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:40:49
AHMAD YUGNAKIY (Ahmad ibn Mahmud Yugnakiy) (XII asr oxiri, Samarqand, Yugnak qishlog‘i — XIII asrning birinchi yarmi, ?) — shoir, mutafakkir. Tarjimai holi haqida deyarli ma’lumot yo‘q. Ahmad Yugnakiyning faqat "œHibat ul-haqoyiq" ("œHaqiqatlar tuhfasi") nomli asari bizgacha yetib kelgan. Asarning ayrim misralari va unga boshqalar tomonidan yozilgan sharhlar Ahmad Yugnakiy hayoti va ijodi haqida bir oz bo‘lsa-da, ma’lumot beradi. Asar nusxalaridan biriga temuriy amaldorlardan Arslonxoji tarxon tomonidan ilova qilingan 10 baytli masnaviyda Yugnakiy haqida ba’zi ma’lumotlar mavjud. Alisher Navoiy ham o‘zining "œNasoim ul-muhabbat" ("œMuhabbat shabadasi") tazkirasida Ahmad Yugnukiyni O‘rta Osiyoning mashhur shayxlari qatoriga qo‘yib, uning tug‘ma ko‘rligi to‘g‘risida so‘zlaydi, yana Navoiy Husayn Boyqaroning o‘g‘li Badiuzzamonga yozgan xatlaridan birida "œHibat ul-haqoyiq"dan parchalar keltiradi. "œHibat ul-haqoyiq" asari shoir haqidagi ma’lumotlarni birmuncha to‘ldirishga, Ahmad Yugnakiy yashab ijod etgan davrini tahlil qilishga imkon beradi. Ahmad Yugnakiy "œHibat ul-haqoyiq"da ta’kidlashicha, O‘rta Osiyoning Yugnak nomli qishlog‘ida tug‘ilgan. Yugnakiy tug‘ilgan joy olimlar o‘rtasida ko‘p tortishuvlarga sabab bo‘lgan. Samarqand, Farg‘ona va Turkistonda Yugnak degan joy borligi aytilsa-da, ko‘pchilik uni Samarqand atrofida deyishga moyil va keyingi tadqiqotlar bu fikrning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. XII asrda yashagan mashhur muarrix Abulkarim as-Sam’oniy o‘zining "œAl-Ansob" ("œNasabnoma") kitobida ta’kidlashicha, Ahmad Yugnakiy Samarqandning Yugnak qishlog‘idandir. Shoir "œHibat ul-haqoyiq"ni tugatib, uni hukmdori Dod Sipohsolarbekka taqdim etadi. O‘z asarida Ahmad Yugnakiy ilm-fan, olim va fozillarni ulug‘laydi, ma’rifatlikni targ‘ib etadi, kishilarni ilmli va ma’rifatli bo‘lishga chaqiradi. Mashhur sharqshunos olim Y.E.Bertels bu asar qadimgi o‘zbek adabiy tilidan mumtoz o‘zbek adabiy tiliga o‘tishda bir ko‘prik bo‘lganini aytadi. Asar tilida qadimgi turkiy so‘zlardan ko‘ra, arab va fors so‘zlarining ko‘p qo‘llangani shundan dalolat beradi. Yugnakiy bu asari bilan o‘zbek adabiy tili va adabiyoti rivojiga katta hissa qo‘shgan. "œHibat ul-haqoyiq" XII asr oxiri — XIII asr boshlarida yozilgan bo‘lib, 14 bob, 512 misradan iborat. Bu asarning XV-XVI asrlarda ko‘chirilgan uch nusxa qo‘l yozmasi Turkiyada saqlanmoqda, qo‘l yozmalardan biri uyg‘ur yozuvi, ikkinchisi arab va uyg‘ur xati, uchinchisi esa arab yozuvi bilan bitilgan. Yugnakiy o‘zini shoir emas, balki adab muallimi, deb hisoblagan. O‘ziga xos axloq kitobi bo‘lgan bu asarga Qur’oni karim va Hadisi sharif ma’nolari singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil insoni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:40:59
AMIR XUSRAV DEHLAVIY (taxallusi; to‘liq nomi Yaminiddin Abdulhasan) (1253-yil, Patyoli — 1325-yil 27-sentabr, Dehli) — fоrs-tоjik shоiri, аdаbiyotshunоs, bаstаkоr. Хusrav Dehlaviyning оtаsi Sаyfuddin Mаhmud Kеsh (Shаhrisаbz)lik bo‘lib, mo‘g‘ullаr istilоsi vаqtidа turkiy sulоlаlаr hukmrоnlik qilаyotgаn Hindistоngа ko‘chgаn. Dеhli sultоni Shаmsuddin Eltutmish (1211 1236) ungа аmirlik unvоnini bеrgаn. Sаyfuddin Mаhmud mo‘g‘ullаrgа qаrshi jаngdа hаlоk bo‘lgаch (1261), yosh Хusrav Dehlaviyni bоbоsi Imоdulmulk o‘z tаrbiyalasigа оlgаn. Uning shахs vа shоir sifаtidа shаkllаnishidа оnаsi Dаvlаtnоzbеgimning hаm хizmаti kаttа. Хushхаt bo‘lgаni uchun хаttоt qilish mаqsаdidа оtаsi uni dаstlаb Qоzi Sа’duddin Muhаmmаd iхtiyorigа bеrgаn. Lеkin bоlаning shе’r yozishgа mаyli kuchli ekаnligini ko‘rgаn ustоzi vа bоbоsi uni shоir Hоjа Аziziddin tаrbiyasigа tоpshirgаnlаr. Yoshligidаn аlоhidа qоbiliyati bilаn аjrаlib turgаn Хusrav Dehlaviy o‘shа zаmоnning аsоsiy fаnlаri bo‘yichа kеng vа chuqur bilim оlib, turk, fоrs, аrаb vа hind tillаrini mukаmmаl o‘zlаshtirgаn. Shоir, оlim, bаstаkоr sifаtidа tаnilgаn Хusrav Dehlaviy sаrоy хizmаtigа jаlb qilingаn. Uch sulоlаgа mаnsub 7 sultоn sаrоyidа хizmаtdа bo‘lgаn Хusrav Dehlaviy o‘shа dаvr аn’аnаlаrigа ko‘rа, o‘z аsаrlаrini аnа shu sultоnlаrgа bаg‘ishlаgаn. Хusrav Dehlaviy umrining охiridа sаrоy хizmаtini tаrk etib, Shishtiya tаriqаtining mаshhur shаyхi Nizоmiddin Аvliyogа murid tushgаn, tаriqаt bоsqichlаrini bоsib o‘tib, vаliullоh mаqоmigа erishgаn. Shоhоnа Хusrаv ismidаn vоz kеchib, fаqirоnа Muhаmmаd Kоsаlеs nоmini оlgаn. Nаvоiy "œNаsоyim ul-muhаbbаt" tаzkirаsidа uni аvliyolаr qаtоridа zikr etgаn. Хusrav Dehlaviy Dеhlidа Nizоmiddin Аvliyoning оyoq tоmоnigа dаfn etilgаn. Ilk аsаrlаrini "œSultоniy" tахаllusidа yozgаn. Dеhlidа yashаgаni uchun kеyin Dеhlаviy tахаllusini оlgаn. U Shаrq аdаbiyotining dеyarli bаrchа jаnrlаridа ijоd qilib, fоrsiy shе’riyatni yangi tаrаqqiyot bоsqichigа оlib chiqqаn. U nаfаqаt shе’riy, bаlki nаsriy аsаrlаr hаm yozgаn. O‘zining аytishichа, mеrоsi 500 ming bаytgа yaqin bo‘lgаn. Jоmiy uning 99 tа kitоb yozgаnini аytаdi, bа’zi tаzkirаnаvislаr shоirni 199 kitоb muаllifi dеb yozаdilаr. Bаdiuzzаmоn Хurоsоniyning yozishichа, "œShоirlаrdаn hеch biri o‘zidаn kеyin Аmir Хusrаvchаlik ko‘p shе’r qоldirmаgаn. U fоrsiydаn tаshqаri, urdu, hind vа аrаb tillаridа hаm аsаrlаr yozgаn". Hаyoti dаvоmidа yozgаn shе’riy mеrоsini umr fаsllаrigа mоslаb, 5 dеvоn tаrtib bеrgаn shоir Shаrq аdаbiyotidа dеvоn tuzish аn’аnаsini bоshlаb bеrgаn. Kеyinchаlik Jоmiy vа Nаvоiy ushbu аn’аnаni dаvоm ettirib, dеvоnlаrini shu tаrtibdа tuzgаnlаr. Bu dеvоnlаr "œTuhfаt us-sig‘аr" ("œYoshlik tuhfаsi", 1272), "œVаsаt ul-hаyot" ("œUmr o‘rtаsi", 1284), "œG‘urrаt ul-kаmоl" ("œKаmоlоt ibtidоsi", 1293), "œBаqiyai nаqiya" ("œSаrаlаrning sаrаsi", 1316), "œNihоyat ul-kаmоl" ("œKаmоlоt nihоyasi" 1325) dеb аtаlib, umumiy hаjmi 32645 bаyt. Shоirning 2000 dаn оrtiq g‘аzаl, 300 аtrоfidаgi qаsidа, 20 gа yaqin mаsnаviy, 1200 dаn ziyod rubоiy, 500 tаchа qit’а vа boshqa jаnrlаrdаgi аsаrlаri ushbu dеvоnlаrdаn o‘rin оlgаn. Nizomiy Ganjaviy "œHamsasiga javob yozish bilan hamsanavislik an’anasini boshlab bergan. Uning 1239-1302-yillarda yozilib, Aloviddin Hijiyga bag‘ishlangan "œHamsasi quyidagi dostonlarni o‘z ichiga oladi: "œMatla ul-anvor" ("œNurlarning chiqish joyi"), "œShirin va Xusrav", "œMajnun va Layli", "œOynai Iskandari" ("œIskandar oynasi"), "œHasht behisht" ("œSakkiz jannat"). U Nizomiy dostonlarining shakli va syujeti obrazlari silsilasini saqlagan holda ularni o‘ziga xos talqin etgan va yangi mazmun bilan boyitgan. Nizomiy dostonlari shoir dunyo qarashining kengligi va teranligini namoyish etsa, Xusrav Dehlaviyning "œHamsasi ruhiyat teranligi va qalb boyligiga ega. Xusrav Dehlaviyning "œHamsasi o‘zidan keyingi shoirlarga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Xusrav Dehlaviy o‘z asarlarida barcha zamonlar uchun muhim bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy-axloqiy masalalarni badiiy talqin etgan. Odil podsho orzusi, davlat mustahkamligi va mamlakat farovonligi, raiyat tinchligi, ma’rifat tantanasi, komil inson muammosi kabi g‘oyalar shoir asarlarining asosiy mazmun mohiyatini tashkil etadi. Badiiy so‘zning qudratini namoyon qilgan asarlari ijod ahli uchun mahorat maktabi hisoblanadi. Xusrav Dehlaviy rang-barang janrdagi badiiy yuksak asarlari Hindistondagi forsiyzabon adabiyotning tamal toshini qo‘ygan. Uning ijodi tufayli Xuroson va Movarounnahr so‘z san’atida mavjud bo‘lgan barcha janrlar Hindiston adabiyotiga kirib borgan. Shоir аsаrlаrining umuminsоniy аhаmiyati hisоbgа оlinib, YUNЕSKО qаrоrigа muvоfiq, 1973-yil Хusrav Dehlaviyning 700 yilligi хаlqаrо miqyosdа nishоnlаngаn. Shoir asarlari o‘zbek xalqi orasida ham keng tarqalgan. Xususan, "œHamsasi va devonlari ko‘plab ko‘chirilgan. Navoiy o‘z "œHamsasini yaratishda Nizomiy bilan bir qatorda, Xusrav Dehlaviydan ham kuchli ta’sirlangan, har bir dostoni muqaddimasida uni ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga olib, ijodiga yuksak baho bergan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:41:13
ARSLONBOB (taxm. XI asr) — Turkistonlik mashhur so‘fi. Arslonbobning hayoti, so‘fiylik faoliyati haqidagi ma’lumotlar nasafnoma (shajara)larda va qo‘lyozma manbalarda qisqacha berilgan, lekin ular ilmiy tadqiq qilinmagan. Ahmad Yassaviyning birinchi manaviy ustozi bo‘lgan. Yosh Ahmad uning rahbarligida so‘fiylik tariqatining murakkab amaliy va nazariy bilimlarini olgan. Rivoyat qilinishicha, Arslonbob Qirg‘iziston hududidagi shu nom bilan ataluvchi qishloqqa dafn qilingan. Maqbarasi hozirgacha saqlanib qolgan va ziyoratgoh hisoblanadi.

BAHOUDDIN NAQSHBAND, MUHAMMAD BINNI MUHAMMAD BAHOUDDIN AN-NAQSHBANDAL — BUXORIY (ko‘proq Bahouddin yoki Xoja Bahouddin, Balogardon, Xo‘jai Buzruk, Shohi Naqshband nomlari bilan mashhur) (1318 — Buxoro viloyati, hozirgi Kogon tumani — 1389) — mashhur avliyo, naqshbandiya tariqatining asoschisi. U tug‘ilgan qishloq Qasri Hinduvon (keyinchalik Bahouddin Naqshband sharafiga Qasri Orifon) deb atalgan. Uning oilasi va farzandlari to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Lekin Bahouddin Naqshband Muhammad payg‘ambar avlodlariga mansub sayidzodalardan ekanligi qayd etilgan. Otasi to‘quvchi hamda o‘yma naqsh soluvchi (naqshband) bo‘lgan. Bahouddin Naqshband taqdirida bobosining alohida xizmati bor. U sufiylar bilan yaqin aloqada edi. Shu sababli nabirasida ilohiyotga katta qiziqish uyg‘otdi. Bahouddin Naqshbandning birinchi piri — ustozi Xoja Muhammad Boboyi Samosiy edi. Keksa shayx yosh Bahouddin Naqshbandni tarbiyalashni o‘rinbosarlaridan bo‘lgan Amir Sayyid Kulolga topshirdi. U tariqat bobida bilganlarini o‘rgatib bo‘lgandan keyin shogirdiga ijozat beradi. Bahouddin Naqshband ilm istab, yassaviya tariqati shayxlarining mashhur vakillaridan bo‘lmish Qusam shayx oldiga, Naxshab ya’ni hozirgi Qarshi shahriga boradi. Uch oy undan ta’lim oladi. Bahouddin Naqshbandning bu pirga ixlosi baland bo‘lgan, ayni chog‘da Qusam shayx ham uni o‘z o‘g‘lidek bilib, muridiga cheksiz hurmati tufayli umrining oxirigacha Buxoroda yashab, shu yerda vafot etadi. Bahouddin Naqshbandning deyarli butun umri Buxoro va uning atrofidagi qishloqlarda so‘fiylik bilan o‘tgan. U ikki marta haj qilgan. G‘aribona hayot kechirgan, faqat o‘z mehnati — kimxobga naqsh (gul) solish bilan kun ko‘rgan. Xizmatkor yoki qul saqlashni gunoh deb bilgan. Bahouddin Naqshband xalq orasida "œBalogardon" (ya’ni duo bilan balo-qazoni daf qiluvchi) unvoni bilan ham mashhur. Xoja Bahouddin "œHayotnoma" va "œDalil ul-oshiqin" nomli asarlar yozib, o‘z tariqatini yaratadi. O‘z ta’limotini yaratishda Yusuf Hamadoniy va Abdulholiq G‘ijduvoniy nazariyalariga asoslangan. Tarixda bu suluk "œNaqshbandiya" nomi bilan shuhrat topadi. Naqshbandiya tariqati Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda keng tarqaladi. Ta’limotining asosida "œDil-ba yor-u, dast-ba kor" ("œKo‘ngil Xudoda bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘laversin’) degan shior yotadi. Bahouddin Naqshband tasavvufidagi ilgarilari amalda bo‘lgan qattiq talablarni bir qadar yumashatdi, mo‘tadillashtirdi, kundalik turmushga moslashdi. Bahouddin ta’limoti asosida toat-ibodat va mehnat bilan kamol topib, Olloh visoliga yetishish, ma’naviy-axloqiy kamolatga erishish yo‘llari yotadi. Uning tariqati insonlarni halol va pok bo‘lishga, o‘z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga xayr-ehson berishga, sofdil va kamtar bo‘lishga chaqiradi. Bahouddin Naqshband tarkidunyochilikni rad etib, mehnatsevarlik, odillik va bilimdonlikni targ‘ib etishi musulmon olamida tasavvufning juda keng aholi qatlamlari ichiga kirib borishini ta’minladi. Bahouddin Naqshband qabri azaldan ziyoratgoh hisoblanadi. Ilgari amirlar taxtga o‘tirishdan oldin, safarga chiqayotganda va qaytayotganda albatta Bahouddin Naqshband daxmasini ziyorat qilishgan. Abdulazizxon 1544-yil Bahouddin Naqshband maqbarasi yonida ulkan bir xonaqoh qurdirgan. Bahouddin Naqshband vafotidan keyin naqshbandiya tariqati keng yoyildi. XV asrda Xo‘ja Ahror Ubaydulloh Valiy bu tariqatning eng yirik rahnamosi sifatida maydonga chiqdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab kabi shoirlar ham naqshbandiya tariqatida edilar. Ular ijodida naqshbandiya g‘oyalari keng va atroflicha targ‘ib etildi. Bahouddin Naqshband haqida, uning ta’limoti xususida, naqshbandiy shayxlar to‘g‘risida talay asarlar yaratilgan. Birgina O‘zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instetuti qo‘lyozmalar xazinasining o‘zida naqshbandiyaga doir 195 kitob mavjud. Jumaladan, Saloh ibn Muborak al-Buxoriyning "œAnisu-toli-biyn va uddatu-s-solikiyn" ("œToliblar oshnasi va soliklar rahnamosi") asari (1383) da Bahouddin Naqshbandning hayot tarzi, kashfu karomatlari va purhikmat so‘zlaridan namunalar berildi. Bu asar "œMaqomati hazrati Hojai naqshband" nomi bilan yuritiladi. Shu muallifning 4 qismidan iborat "œManoqibi Xoja Bahouddin Naqshband" ("œHoja Bahouddin Naqshbandning ta’rif va tavsiflari") asari ham bor. Bulardan tashqari Bahouddin Naqshbandning suyukli xalifasi Xoja Muhammad Porso yozib qoldirgan bir necha asar orqali valiylikning ta’rifi, Bahouddin Naqshbandning tariqatdagi ilk davrlari, uning suhbatlari va hikmatli so‘zlari bilan tanishish, islom aqidasi, ibodat, shariat va tariqat ahkomlaridan bahramand bo‘lish mumkin. Bahovuddin Naqshband tavalludining 675 yilligi (1993) munosabati bilan O‘zbekistonda Bahouddin Naqshband ta’limotini o‘rganishga ahamiyat kuchaydi. Buxoro davlat universiteti huzurida "œNaqshbandiya" ilmiy markazi ish boshladi. U yerda tasavvufiy-irfoniy merosni tadqiq etish yo‘lga qo‘yildi. Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasida ham "œNaqshbandiya" markazi tuzildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:41:26
BAYHAQIY ABULFAZL MUHAMMAD IBN HUSAYN AL-KITOB (995-1077-yillar) — tarixchi olim. Nishopur madrasalarida tahsil ko‘rgan. Mahmud G‘aznaviy saroyida kotib (1021). "œZiynat al-kuttob" ("œKotiblar ziynati") va 30 jildli "œTarixi oli Mahmud" ("œMahmud xonadoni tarixi") nomli asarlar yozgan. "œTarixi oli Mahmud" asarining Mahmud G‘aznaviy o‘g‘li Mas’ud hukmronligi (1030-1041-yillar)ga oid qismigina saqlanib qolgan bo‘lib, u’Tarixi Mas’udiy" va "œTarixi Bayhaqiy" nomi bilan ham mashhur.

BERUNIY ABU RAYXON MUHAMMAD IBN AHMAD BERUNIY (973-yil 4-aprel qadimgi Kot (Kat) shahri — 1048-yil 11 dekabr G‘azna (hozirgi Afg‘onistonda) — ulug‘ o‘zbеk mutаfаkkir оlimi, o‘rtа аsrning buyuk dаhоlаridаn. O‘z zаmоnаsining hаmmа fаnlаrini, birinchi nаvbаtdа fаlаkkiyot (аstrоnоmiya), fizikа, riyoziyot (mаtematika), ilоhiyot, ma’dаnshunоslik fаnlаrini puхtа egаllаgаn. Bu fаnlаr tаrаqqiyotigа qo‘shgаn hissаsi bilаn uning nоmi dunyo fаnining buyuk siymоlаri qаtоridаn jоy оldi. Uning nаsl-nаsаbidа "œbеrun" so‘zi "œtаshqi shаhаr", "œBеruniy" esа "œtаshqi shаhаrdа yashоvchi kishi" ma’nоsini bildirаdi. Beruniyning ilm-fаngа qiziqishi yoshligidаnоq kuchli bo‘lgаn. Mаshhur оlim Аbu Nаsr ibn Irоq Mаnsur qo‘lidа tа’lim оlаdi. Ibn Irоq fаlаkkiyot vа riyoziyotgа оid bir qаnchа аsаrlаr yozib, shulаrdаn 12 tаsini Beruniygа bаg‘ishlаydi. Beruniy hаm ustоzining ismini hаmmа vаqt zo‘r hurmаt bilаn tilgа оlаdi. Beruniy аrаb, sug‘diy, fоrs, suryoniy, yunоn vа qаdimgi yahudiy tillаrini egаllаdi. Kеyinchаlik, Hindistоndа sаnskrit tilini o‘rgаndi. O‘z ilmiy аsаrlаridаn biridа yozishichа, Beruniy Хоrаzmdа yashаgаn dаvridа 990-yildаn Kоt shaharidа muhim аstrоnоmik kuzаtishlаr o‘tkаzgаn. Bu kuzаtishlаr uchun o‘zi аstrоnоmik аsbоblаr iхtirо etgаn. Mаmlаkаtdа tахt uchun bоshlаngаn kurаshlаr оlimning bu ilmiy ishlаrini dаvоm ettirishgа imkоn bеrmаdi. Qоrахоniylаr sоmоniylаrgа qаrshi hujum bоshlаdi. Buning nаtijаsidа Хоrаzmdа hаm dаvlаt to‘ntаrishi bo‘lib, Kоt Urgаnch аmiri Mа’mun I tоmоnidаn bоsib оlindi. Beruniy hаyoti хаvf оstidа qоlgаnini sеzib, 22 yoshidа vаtаnini tаshlаb chiqib kеtishgа mаjbur bo‘lаdi. U qаdimgi Rаy shahrigа (hоzirgi Tеhrоn yaqinidа) bоrаdi. Rаydа аnchа оg‘ir hаyot kеchirаdi, mоddiy qiyinchnliklаrgа duchоr bo‘lаdi. Оlim 998-yildаn kеyin Jurjоngа kеlаdi vа bu yеrdа ikkinchi ustоzi tаbib, fаlаkkiyotshunоs vа fаylаsuf Аli Sахl Isо аl-Mаsiхiy bilаn tаnishib, undаn tа’lim оlаdi. O‘shа vаqtdа Kаspiy оldi vilоyatlаridа ziyoriylаr sulоlаsi (928-1042) hukmrоnlik qilgаn; bu sulоlаning vаkili Qоbus ibn Vаshmgir (1012-yil o‘ldirilgаn) yosh оlimni o‘z himоyasigа оlаdi. Yoqut Hаmаviyning yozishichа, Qоbus ibn Vаshmgir Beruniygа vаzirlik lаvоzimini tаklif qilgаn, lеkin оlim bungа rоzi bo‘lmаgаn. Beruniy "œAl-osor al boqiya an al-qurun al-holiya" ("œQadimgi xalqlardan qolgan yodgorlik") asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000-yilda tamomlagan. Beruniy 1005-yilda Xorazmga qaytadi va so‘ngroq uni yangi hukmdor Ali Abbos Ma’mun II saroyga yaqinlashtiradi. O‘sha davrda Urganchga Xorazmshoh saroyida ko‘p mashhur olimlar to‘planib, fanning turli sohalarida ilmiy ishlab olib boradilar. "œMa’mun akademiyasi" deb nomlanadigan bu anjumanning faoliyatida Beruniy muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, u shoh Ma’mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi. Beruniyning Ibn Sino bilan yozishmalari ham uning Xorazmda turgan davrida bo‘lgan. Xorazm Mahmud G‘aznaviy tomonidan (1017) bosib olingach, Beruniy Xorazmshoh saroyidagi boshqa bir qancha olimlar bilan birgalikda G‘azna shahriga olib ketildi. Beruniyning G‘aznadagi davri uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo‘ldi. Beruniy 1048-yilda G‘aznada vafot etadi. Beruniyning falakiyot, geografiya, matematika va tarix fanlari bo‘yicha qoldirgan ilmiy meros 154 kitob va risoladan iborat. Ko‘pchilik asarlari o‘z zamonasining o‘ziga xos bir ensiklopediya hisoblangan. Uning "œQadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", "œHindiston’, "œMinerologiya’, "œGeodeziya" kabi asarlari shular jumlasidandir. Afsuski, hozircha olimning faqat 28 asargina ma’lum. Qolganlari bizgacha yetib kelmagan yoki hali topilganicha yo‘q. Beruniyning falakiyot sohasidagi xizmatlari ayniqsa kattadir. Beruniy yerning dumaloq shaklida ekanligini asoslab berdi. U 1029 ta yulduzning koordinatalari va yulduz kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini hamda dunyoning geografik kartasini tuzgan. Beruniy o‘zining falakiyotga oid asarlarida Kopernikdan qariyb besh asr muqaddam Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni o‘rta asrlarda birinchi bo‘lib ilgari surdi. Tarixda Amerika qit’asini 1492-yil oktabr oyida dengiz sayyohi Xristofor Kolumb kashf etganligi qayd qilingan. Ammo Beruniy yevropalik olimlardan 450 yilcha oldin Amerika qit’asi mavjudligini taxmin qilib, o‘z asarlarida bir necha bor yozgan. Beruniyning g‘arbiy yarim sharda katta quruqlik borligi to‘g‘risidagi fikri XV-XVI asrlarda o‘z tasdig‘ini topdi. Beruniy Yer aylanasi uzunligini o‘lchashda yangi usul — matematik usulni ishlab chiqdi. U Yer meridiani yoyining bir darajasi 110275 metrga teng deb topdi. Bu hozir ma’lumotlariga juda yaqin. Beruniy ijodini o‘rganish, uning asarlarini nashr etish, boshqa tillarga tarjima qilish ishlari o‘tgan asr oxirlaridan boshlandi. Beruniyning boy va ilmiy merosi O‘zbekiston va undan tashqarida chuqur o‘rganilmoqda. Uning asarlari xorijiy tillarga tarjima qilinmoqda. Hayoti va ijodi yozuvchi va san’atkorlar e’tiborini tortib kelmoqda. Beruniy haqida "œO‘zbekfilm" studiyasi ijodkorlari ikki qismdan iborat "œAbu Rayhon Beruniy" filmini yaratganlar (1974). Uyg‘un "œAbu Rayhon Beruniy" pyessasini (1973) yozgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi shahar, tuman Beruniy nomiga qo‘yilgan. O‘zbekiston FA Sharqshunoslik instituti, Toshkent texnika universiteti, metro bekati uning nomi bilan ataladi. Toshkent shahrida, Qoraqolpog‘istonda, Xorazmda Beruniy nomida ko‘cha, maydon, maktab va boshqa muassasalar bor. Dunyoda birinchi marta O‘zbekistonda topilgan mineralga Beruniy nomi qo‘yilgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofati joriy etilgan. Beruniyga Toshkent, Xiva va Beruniy shaharlarida haykal o‘rnatilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:41:36
BOQIRG‘ONIY SULAYMON (?-Xorazm viloyati Xazorasp tumani Boqirg‘on qishlog‘i — 1186) — tasavvufning yirik namoyondasi, shoir. Ahmad Yassaviy tariqatining davomchisi. Hayoti haqidagi ma’lumotlar turli rivoyatlar bilan aralashib ketgan. Xalq orasida "œHakim ota" nomi bilan ham mashhur. Yassaviyga murid (shogird) bo‘lgan, o‘z iqtidori va she’riy iste’dodi bilan pirining e’tiborini qozongan. Boqirg‘oniy Sulaymon ustozining tariqati qoidalarini yanada chuqurlashtirib keng xalq ommasiga yetkazgan. Yassaviyona sodda, ravon uslubda ijod qilgan. Boqirg‘oniy Sulaymon she’rlari "œBoqirg‘on kitobi" nomi bilan mashhur. Uning "œBibi Maryam kitobi", "œOxir zamon kitobi" kabi dostonlari bor. Bularda tasavvuf to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon etadi. Boqirg‘oniy Sulaymon turkiy she’riyatini boshlovchilaridandir. She’rlari tatar, boshqird va boshqa turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan.

BURHONUDDIN AL-MARG‘INONIY (to‘liq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Farg‘oniy al-Rishtoniy al-Marg‘inoniy) (1123.23.9. Rishton tumani, Dahbet qishlog‘i — 1197.29.10. Samarqand) — buyuk faqih, imom. Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, so‘ng imom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qo‘lida tahsil ko‘rdi. Rishton, Marg‘ilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnahrning boshqa shaharlarida islomiy ta’lim olib, hanafiy mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shayxulsilom bo‘lib yetishdi. 1149-yil haj safariga bordi. Burhoniddin Marg‘inoniy Samarqand shahridagi Shokardiza qabristoniga dafn etilgan. Burhoniddin Marg‘inoniy fiqh bo‘yicha asosiy asari "œBidoyat ul-mubtadi" ("œBoshlovchilar uchun qo‘llanma") ni hanafiya nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al-Quduriy (1029-yil vafot etgan) va Muhammad ash-Shayboniy (884-yil vafot etgan) asarlariga tayanib yozgan. Burhoniddin Marg‘inoniyning ushbu kitobi nazariy asar edi, undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin bo‘lgan. Shu sababli Burhoniddin Marg‘inoniyning o‘zi 8 jildli sharh — "œKifoyat ul-muntahiy" ("œYakunlovchilar uchun tugal ta’limot") ni yozishga qaror qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida "œKitob al-Hidoya" (qisqacha nomi "œHidoya" — "œTo‘g‘ri yo‘lni yaratadi (1178 ). Burhoniddin Marg‘inoniy bu kitobda o‘sha zamonlarda mo‘min-musulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va ma’suliyatlariga taaluqli juda ko‘p murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib berdi. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom sharqida bir necha tillarga tarjima etilib ma’lum va mashhur bo‘lib ketdi. Bu kitob fiqh ilmi bo‘yicha eng aniq, izchil, mukammal asar bo‘lgan. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi bo‘yicha nufuzli huquqiy manba — asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan. Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham "œhidoyat yo‘lining sarboni" deya katta hurmat-e’tibor topdi. Burhoniddin val-milla (islom dinining dalili, isboti) degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Burhonuddin Marg‘inoniy yana bir qancha asarlar yozgan: "œNashr al-mazhab" ("œMazhabning tarqalishi"), "œKitob at-tajnis valmaziyd" ("œFuqarolik huquqini taqdim etish"), "œKitob ul-faroiz" ("Majburiyatlar haqida kitob"), "œMaziyd fi furu ul-hanafiy" ("œHanafiya mazhabiga qo‘shimchalar") va boshqalar. U o‘z asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni ko‘rish masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolat tuyg‘usi o‘z davrining huquqiy mezonlari asosida yashash, o‘zganing mol-mulkiga ko‘z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehr-oqibat kabi ezgu tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Burhoniddin Marg‘inoniyning o‘zi hayoti davomida ana shundy insoniy fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yo‘lidagi fidoiyligi, kamtarligi o‘z asarlarida biron marta ham "œmen" degan so‘zni ishlatmay, "œbu zaif banda aytadi", deya hokisorlik bilan izoh berishida ko‘rinib turadi. Burhoniddin Marg‘inoniyning ilmiy merosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Jahondagi ko‘p oliy o‘quv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fanlari Burhoniddin Marg‘inoniyning fiqh ta’limoti asosida o‘rganiladi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng uning ilmiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, asarlarini chop etish ishlariga katta e’tibor berila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan Burhoniddin Marg‘inoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910-yilligi (hijriy sana bo‘yicha) (2000) keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Marg‘ilon shahri markazida Burhoniddin Marg‘inoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi o‘rnatildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:41:48
BUXORIY, IMOM AL-BUXORIY (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) (810-yil 21 iyul, Buxoro — 870-yil 31-avgust, Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘i) — islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilimining sultoni deb ham yuritiladi. Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhaddislaridan, Molik ibn Anasning shog‘irdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (sav) ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — al-Doxiliy, Muhammad ibn Salom al-Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf al-Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha, o‘z yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo‘l oladi. 825-yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan mashoyixlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827-yil Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn al-Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning ta’kidlashicha, Buxoriy Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan rihlati 6 yil davom etgan. So‘ng Basra, Kufa va Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga o‘tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo‘lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar to‘pladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul zotning bu say’i harakatlari bu vaqtda Buxoroda hukmdorlik qilgan Holid ibn Ahmad az-Zuhliyga xush kelmaydi. Shu sababli Buxoriy Buxoroni tark etib, Poykendga, keyin esa Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘iga kelib yashashga majbur bo‘ladi va shu yerda vafot etadi. Buxoriy butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan. Tijorat qilganda topgan daromadidan oyiga besh yuz dirhamda faqiru miskinlarga, ilm taliblariga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha dabdaba va sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymagan. Buxoriy umr bo‘yi hadislarni to‘plash va tizimga solish bilan shug‘ullangan, ularni sahih (to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ayri sahih (xato, zaif)ga ajratgan. Bu ishni hadis roviylarining maishiy hayotlari, yashash joylari, tug‘ilgan va vafot etgan sanalari, bir birlari bilan qilgan o‘zaro muloqotlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda olib borgan. Buxoriy jami 600 mingga yaqin hadis to‘plagan bo‘lib, shundan 100 ming "œsahih" va ming "œg‘ayri sahih" hadisni yoddan bilgan. Buxoriy o‘zining noyob qobiliyati, iqtidori, quvvai hofizasining o‘ta kuchliligi bilan ilm ahllarini lol qoldirgan. Hadis ilmiga o‘ta fidoiylik, aql-zakovatini baxshida etish Buxoriyga shon-sharaf keltirdi, uni islom dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanitdi. Buxoriy 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. Buxoriyning "œAl-Jomi as-sahih" ("œishonchli to‘plam") deb nomlangan 4 jild (juz) dan iborat hadislar to‘plami islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadis to‘plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Uning bu asari musulmon Sharqida qariyb 12 asr davomida islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba sifatida yuqori baholanib kelinmoqda. Bu bebaho asarga kiritilgan 7275 hadislar va ularga berigan ko‘pdan-ko‘p sharhlarda faqat shariat ahkomlariga oid qoidalargina ifodalanilmay, balki inson ma’naviy kamolatining ramzi hisoblanilgan mehr-muhabbat, hurmatu izzat, muruvvatu himmat, halolligu mehnatsevarlik, saxiyligu ochiq ko‘ngillik hamda o‘zaro tinch-totuvlik kabi insoniy fazilatlar haqida ma’lumot berilgan. Asar bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shu jumladan o‘zbek tiliga ham tarjima qilinib, 1991 1996-yillarda 4 jildda nashr etildi. Buxoriy yaratgan "œAl-Adab al-mufrad" ("œAdab durdonalari") asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir to‘plamdir. 1322 hadis va xabar jamlangan bu asar Turkiya va Misrda bir necha marta chop etilgan. Uning o‘zbekcha tarjimasi 1990-yil Toshkentda nashr qilingan. Roviylarning kunyalariga bag‘ishlangan "œKitob al-kuna" ("œKunyalar haqida kitobi") 1940-yil Hindistonda chop etilgan. Buxoriyning "œAt-Ta’rix al-kabiyr" ("œKatta tarix") kitobi esa Turkiyada 9 jildda nashr qilingan. Asar qo‘lyozmasining ba’zi qismlari Haydarobod kutubxonasida saqlanadi. Shuningdek "œAt-ta’rix as-sag‘iyr" ("œKichik tarix") ham hadis tarixiga oid qimmatli asar hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan "œKitob al-favoid" ("œFoydali ashyolar haqida kitob"), "œAl-Jomi"œ al-kabiyr" ("œKatta tayanch"), "œXalq af"œol al-ibod", ("œAlloh bandalari ishlarining tabiati"), "œAl-Musnad al-kabiyr" ("œKatta tayanch"), "œAt-tafsir al-kabiyr" ("œKatta tafsir"), "œKitob al-xiba" ("œXayr-ehson haqida kitob") va boshqa asarlarning ba’zilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida ma’lumotlar bor. Buxoriyning boshqa asarlari orasida "œTafsir al-Qur’on" ("œQur’on tafsiri") kitobini ham alohida ta’kidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida payg‘ambar (sav) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar. Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o‘lmas merosi el-yurti bag‘riga qaytdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "œImom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi qarori (1997-yil 29-aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998-yil 23-oktabrda Samarqandda yubiley to‘y-tantanalari bo‘lib o‘tdi. Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Xartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi. Buxoriyning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi tuzildi (1998-yil 4-noyabr; raisi Zohidullo Munavvarov). Jamg‘armaning aosiy vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning "œAl-Jomi" as-sahih"i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniy falsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000-yildan boshlab mazkur jamg‘arma o‘zining ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy "œImom al-Buxoriy saboqlari" jurnalini nashr eta boshladi. Jurnal xalqimizni milliy-ma’naviy merosimizdan bahramand etish, milliy, diniy qadriyatlarning sog‘lom idrok etilishiga yordam berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. O‘zbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda adabiylashtirilgan. Toshkent Islom institutiga Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bag‘ishlab bir necha tillarda kitob-albom, 2 qismli film (1995), "œHadis ilmining sultoni" 4 qismli kinoqissa (1998 ) yaratilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:42:00
CHОR BAKR — Buхоrоdа yashаb o‘tgаn (IX-X аsrlаr) mаshhur to‘rt shаyх, tаsаvvufning yirik nаmоyandаlаri. Chor Bakrlаrning аjdоdlаri pаyg‘аmbаr Muhаmmаd (sаv)ning nаbirаsi Imоm Husаyngа bоrib tаqаlаdi. Ulаr Аli аvlоdlаridаn 4-imоm bo‘lgаn Jа’fаr аs-Sоdiqning nеvаrаlаri hisоblаngаn. Аbu Bаkr Sа’d, Аbu Bаkr Аhmаd ibn Хоjа Sа’d Yamаniy (IX аsr охiri — 971) Buхоrоdа tug‘ilgаn. Uning оtаsi Хоjа Sа’d Yamаniy imоm Husаynning Zаynulоbiddin ismli o‘g‘lining fаrzаndi bo‘lib, u Buхоrоgа Аli ibn аl-Husаyn bilan birgаlikdа kеlib qоlgаn (IX аsrning so‘nggi chоrаgi). Nаrshахiyning yozishichа, sоmоniylаr аmiri Ismоil Sоmоniy ungа Buхоrо yaqinidаgi Jo‘yi Mo‘liyon mаvzеidаgi sеrhоsil yеrlаrning kаttа qismini vаqf qilib bеrgаn. Хоjа Sа’d Buхоrо аtrоfidаgi Sumitаn qishlоg‘idа chоrbоg‘, bоg‘, sаrdоbа, tеgirmоn, hоvuz vа boshqa binоlаr bаrpо etib, bu yеrdаn kаttа dаrоmаd оlgаn. Аbu Bаkr Sа’d vа uning аvlоdlаri sоmоniylаr dаvridа Buхоrоdа shаyхulislоmlik qilishgаn. Аbu Bаkr Sа’d оtаsi vаfоt etgаch, uning o‘rnigа Ismоil Sоmоniyning piri hisоblаngаn. U fiqh mаktаbini tаshkil etib, ko‘plаb ulаmоlаrgа ustоzlik qilgаn. Аbu Bаkr Fаzl, Аbu Bаkr Muhаmmаd ibn Fаzl ibn Jа’fаr аl-Buхоriy (IX аsrning ikkinchi yarmi — 937), Imоm Jа’fаr аs-Sоdiq аvlоdidаn. Sоmоniylаr dаvridа Buхоrоgа kеlib qоlgаn. Uning "œMusnаdi Fаzl" kitоbi аyniqsа mаshhur bo‘lib, bu аsаr Chingizхоn Buхоrоni bоsib оlgаndа yondirib yubоrilgаn. Аbu Bаkr Muhаmmаd, Аbu Bаkr Muhаmmаd ibn Hаmid (IX аsrning ikkinchi yarmi — 937). Ungа "œshаyх ul оlаm" unvоni bеrilgаn. U Аbu Bаkr Fаzl bilan bir yildа vаfоt etgаn vа ikkаlаsining qаbrlаri hаm bir jоydа yonmа-yon jоylаshgаn. Аbu Bаkr Tаrхоn, Imоm Аbu Bаkr Tаrхоn (IX аsrning ikkinchi yarmi — 945). "œKitоbi Mullаzоdа" аsаridа yozilishichа, Jоmе" vа musnаd" kitоbini yozgаn. Chor Barklаr Buхоrоdа vаfоt etgаn vа shаhаr yaqinidаgi Sumitаn mаvzеidа dаfn etilgаn. Ulаrning qаbrlаri ustidа Аbdullахоn II (XVI аsr) dаvridа hаshаmаtli mаqbаrа vа boshqa mе’mоriy inshооtlаr qurilgаn. Chor Bakrlаr shаjаrаsidаn XVI аsrdа Jo‘ybоr хоjаlаri nоmi bilan mаshhur bo‘lgаn nаqshbаndiya tаriqаtining yirik shаyхlаri yеtishib chiqqаn. Buхоrоlik shоir Tоshpo‘lаt Аhmаd Chor Bakrlаr fаоliyati hаqidа "œChоr Bаkr" (1999) dоstоnini yozgаn
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:42:10
DAQIQIY (asl ismi Abu Mansur Muhammad ibn Ahmad) (956-yil, Balx — 980-yil, Buxoro) — fors-tojik shoiri. Daqiqiy yoshligida o‘qish uchun Buxoroga kelgan va umrining oxirigacha shu yerda yashab qolgan. Daqiqiy somoniy amirlaridan Mansur ibn Nuh (961-976 yillar hukmronlik qilgan) saroyida xizmat qilgan. Daqiqiy Sharq adabiyotida mavjud lirikaning barcha janrlarida she’rlar yozgan. Eski manbalarda uning qasida, g‘azal, ruboiy, qit’a, bahoriyot, chiston singari janrlardagi asarlardan tarkib topgan devoni borligi ta’kidlangan. Lekin hanuzgacha shoirning qo‘lyozmasi topilmagan. Shoir merosidan ayrim namunalar tazkira va lug‘atlardagina saqlanib qolgan. Daqiqiy qasidago‘ylik va g‘azalnafislikda ustod san’atkor darajasiga ko‘tarilgan. U o‘z she’rlarida do‘stlikni, muhabbatni, ma’rifatni kuylagan; qasidalarida donishmand, odil podsho boshchiligidagi markazlashgan davlat uchun kurash g‘oyasini ifodalagan, Bundan tashqari Daqiqiy Abulqosim Nuh ibn Mansur Somoniy topshirig‘i bilan qadimgi ajdodlar tarixi haqida "œShohnoma" yozishga kirishadi. Ammo 1000 baytdan iborat "œArjasp va Gushtasp" dostonini yozib tugatgan paytida o‘z g‘ulomi tomonidan o‘ldiriladi. Keyinchalik Firdavsiy bu dostonni o‘z "œShohnomasiga kiritgan. Asarda Zardushtraning paydo bo‘lishi, Gushtasp bilan Arjasp o‘rtasidagi urush hikoya qilingan. Mazkur jangnoma Eron va Turon xalqlari tarixini, jumladan, zardushtiylikning paydo bo‘lishini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:42:20
FIRDAVSIY ABULQOSIM TUSIY (taxminan 943-yil — Tus shahri — 1030-yil) — fors-tojik shoiri va mutafakkiri. Tus va Nishopur shaharlaridagi madrasalarda tahsil olgan. Zamonasining barcha asosiy ilmlarini egallab, arab va pahlaviy tillarini chuqur o‘rgangan. O‘z davrining qomusiy olimi bo‘lib yetishgani uchun ham uni hakim deb ulug‘lashgan. U Eron, Turon, Yunon va Hindiston olimlarining turli sohadagi asarlaridan yaxshi xabardor bo‘lgan. Firdavsiy yoshligidayoq she’rlar mashq qila boshlagan. Bu haqda ma’lumotlar bo‘lsa-da, she’rlarining o‘zi yetib kelmagan. Uning "œYusuf va Zulayho" nomli doston yozganligi ham haligacha munozarali. Firdavsiy otasidan qolgan yerda dehqonchilik qilib kun kechirgan. Ba’zi manbalarda uning uzoq yillar sarbozlik xizmatida bo‘lgani ham aytiladi. Firdavsiyning yoshlik yillari somoniylar davlatining gullab-yashnagan davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda Eron va Turon xalqlarining nafaqat ijtimoiy-siyosiy, balki madaniy-ma’naviy hayotida ham bir ko‘tarilish bo‘lgan. O‘zining kimligini anglash va uni boshqalarga ham ko‘rsatish maqsadida ular Eron va Turonning shonli tarixini tiklashga intiladilar. Shu maqsadda qadimgi afsona va rivoyatlar, buyuk shohlar va bahodirlar tarixi to‘planadi va yoziladi. Bu boradagi intilishlarni somoniy hukmdorlar qo‘llab-quvvatlab turganlar va to‘plangan ulkan materialni she’rga solishni Abu Mansur Daqiqiydan so‘raganlar. Lekin shoir endigina ming bayt ijod qilganda, fojiali ravishda o‘ldirilgach, Buxoro amiri Nuh ibn Mansur Somoniy Firdavsiyni huzuriga chorlab, unga chala qolgan "œShohnomani nihoyasiga yetkazishni buyuradi. Bundan maqsad shonli tarixi va buyuk shon-shavkatiga ko‘ra forsiy xalqlarning arablardan kam emasligi, balki ustunligini ko‘rsatish va ularga qarshi kurashda foydalanish edi. Vatanga va uning buyuk tarixiga muhabbat ruhida tarbiyalangan, bolalikdan qadimgi afsona va rivoyatlar, qahramonlik qissalari, jangnomalarni jon qulog‘i bilan tinglab ulg‘aygan Firdavsiyning o‘zi ham xalq ichida yurib, ularni yozib olgan, ko‘plab og‘zaki va yozma materiallar to‘plangan. Eron va Turon xalqlarining qariyb 4 ming yillik tarixi yuksak mahorat bilan qalamga olingan "œShohnoma" ustida Firdavsiy 30 yildan ortiq mehnat qilgan. "œShohnoma" hajmi (60 ming baytni o‘z ichiga oladi), mavzu ko‘lami, obrazlar olami, qahramonlarning ko‘p va xilma-xilligi, g‘oyaviy motivlari va ko‘tarilgan masalalar jihatidan jahon adabiyotidagi eng katta epik asar. 100 dan ortiq dostonlardan tashkil topgan bu asarda mingdan ziyod katta-kichik personajlar ishtirok etadi. "œShohnoma" garchi shohlar kitobi deb atalib, 50 podshohlikdan iborat 4 sulolaning tarixini tadrijiy ravishda yoritgan bo‘lsa-da, barcha kurashlar va qahramonliklar xalq ichidan chiqqan bahodirlar tomonidan amalga oshirilgan. "œShohnoma" ning asosiy g‘oyasi — vatanni ulug‘lash, xalq qudrati va zakovatini ko‘z-ko‘z qilish, millat farzandlarini vasf etish va shu orqali ularni birgalikka, markazlashgan davlat qurishga chaqirish, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik va tinchliksevarlikni madh etish, ezgulik, olijanoblik, halollik, mardlik, mehnatni tarannum etib, qonli urushlar, yovuzlik, jabru zulm, adolatsizlik, munofiqlikni qoralashdan iborat. Shoir jasadi otasidan qolgan bog‘ning bir chekkasiga ko‘milgan. 1934-yilda Firdavsiy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan shoir qabri ustiga maqbara qurilgan va u shoir muxlislarining muqaddas ziyoratgohiga aylangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:42:30
FOROBIY taxallusi; (to‘liq nomi Abu Nasr Muhammad Ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiy) (873-yil, Forob shahri — 950-yil, Damashq) — O‘rta Osiyoning ulug‘ mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targ‘ib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta o‘zlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgani uchun "œal-Muallim as-soniy" ("œIkkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "œSharq Arastusi" nomlariga sazovor bo‘ldi. Forobiy Sirdaryo sohilidagi Forob (O‘tror) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topdi. O‘sha davrda Movarounnahrda somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Bo‘lajak faylasuf boshlang‘ich bilimini O‘trorda olgan so‘ng, o‘qishini Toshkent, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Forobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bag‘dodga yo‘l oladi. Olim Eronning shaharlari Ray, Hamadon, Isfaxon va boshqa joylarda bo‘ladi. Bag‘dodda Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar to‘plangan edi. Bu yerda ko‘zga ko‘ringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyondalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini o‘rgandi. Umrining oxirlarida Xalab va Damashq shaharlarida yashagan. Olim 941-yildan Damashqda muhtojlikda kun kechira boshlaydi. U Damashqdagi "œBob as-sag‘ir" qabristoniga dafn etilgan. Forobiy riyozat, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, tarbiyashunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan. U 160 dan ortiq asar yozib, o‘rta asr fan va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Olimning Arastuning "œMetafizika" asariga sharh", "œMusiqa kitobi", "œBaxt-saodatga erishuv haqida, "œTirik mavjudot a’zolari haqida, "œFozil odamlar shahri" va boshqa ko‘pgina asarlari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Forobiy asarlari XX asrning 70-80-yillarida Toshkent va Olmaotada "œFalsafiy risolalar", "œMantiqiy risolalar", "œMatematik risolalar", "œIjtimoiy-axloqiy risolalar", "œTadqiqotchilar va tarjimalar" nomlari ostida rus tilida nashr etilgan. Olimning ilm-fan oldidagi xizmatlaridan biri uning yunon mutafakkirlari asarlarini sharhlaganligi va ularni yangi g‘oyalar bilan boyitganligdir. Farobiy o‘rta asrda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratdi. U Yaqin Sharq va O‘rta Sharq mamlakatlari faylasuflari orasida birinchi bo‘lib, jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsad va vazifalari haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. O‘rta asr sharoitida jamiyat tabiiy ravishda kelib chiqqanligini, inson faqat boshqalar yordamida hayot qiyinchiliklariga qarshi kurasha olishi mumkinligini asoslab berdi. Forobiy ilgari surgan fikrlar XVI-XX asrlarda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganildi. Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Yevropada ham tarqaldi va ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Forobiy ilk o‘rta asr sharoitida aql va ilm g‘alabasi, ma’naviy ozodlik, inson takomili va adolatli jamiyat uchun kurashgan buyuk siymo edi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, qomusiy olimning asarlari o‘zbek tilida chop etila boshlandi, uning boy merosi xolisona, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari asosida yoritila boshandi. Oliy o‘quv yurtlari, maktab va kutubxonalar, ko‘chalar uning nomi bilan ataladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:42:40
FАХRIDDIN ROZIY (to‘liq ismi Fахriddin Аbu Аbdullоh Muhаmmаd bin Umаr ibn аl-Husаyn) (1149, Rаy -1209, Hirоt) — mаshhur kаlоm оlimi vа diniy fаlsаfа nаmоyandаsi. Rаy vа Mаrоg‘аdа tаhsil оlgаn. Shоfiiy vа аsh’аriy оlim sifаtidа fаоliyat ko‘rsаtgаn. Хоrаzm, Buхоrо vа Sаmаrqаnddа yashаgаn. G‘аznаdа (1185-yilgаchа) vа Hindistоnning Pаnjоb vilоyatlаridа fаоliyat оlib bоrgаn, kеyinchаlik Hirоtdа yashаgаn. Hirоtdа uning uchun mахsus mаdrаsа tа’sis etilgаn, shаyхulislоm lаqаbi bilan mаshhur bo‘lgаn, qizg‘in mudаrrislik fаоliyatini оlib bоrgаn. Shu bilan birgа uning ko‘plаb muхоliflаri hаm bo‘lgаn. Ulаr Faxriddin Roziyni diniy fаlsаfа, e’tiqоd vа аqidа bоrаsidаgi qаrаshlаri uchun islоm аsоslаrigа putur yеtkаzgаnlik, dinni buzgаnlikdа аyblаgаnlаr. 1209-yildа kаrrоmiylаr tаshviqi bilan zаhаrlаb o‘ldirilgаn. Faxriddin Roziy "œMunоzаrоt ul-аllоmа Fахriddin" ("œАllоmа Fахriddin munоzаrаlаri") аsаridаn Mоvаrоunnаhr оlimlаri bilan turli mаsаlаlаr bo‘yichа qilgаn munоzаrа vа mubоhаsаlаri o‘rin оlgаn. Mеtаfizikаgа оid "œKitоbi Muhаssаl аfkоr аl-mutаqаddimin vаl mutааххirin" ("œОldingi vа zаmоndоsh оlimlаr fikrlаridаn nаmunаlаr") vа Qur’оn tаfsiri bo‘lgаn "œMаfоtih ul-G‘аyb" ("œG‘аyb sirlаrini оchuvchi") ijоdining kеyingi dаvrigа оid аsаrlаridir. Mаzhаb mаsаlаlаrigа bаg‘ishlаngаn "œMаnоqib аl-imоm аsh-Shоfiiy" ("œImоm Shоfiiy mаnоqibi"), fiqh mаsаlаlаrigа bаg‘ishlаngаn "œKitоb аl-mаhsul" nоmli, аdаbiyotshunоslikkа dоir "œChаhоrdаh risоlа" (‘O‘n to‘rt risоlа") vа nujum ilmigа dоir qаtоr аsаrlаri uning qоmusiy оlim bo‘lgаnligidаn dаlоlаt bеrаdi. Faxriddin Roziyning mаshhur ensiklоpеdik аsаrlаridаn biri "œJоmе’ ul-ulum" ("œIlmlаr to‘plаmi") bo‘lib, хоrаzmshоh Аlоuddin Tаkаsh iltimоsigа binоаn yozilgаn. Ushbu аsаr o‘shа dаvr musulmоn shаrqidаgi 60 fаn hаqidа dаstlаbki mа’lumоtlаrni bеrаdi. Mаzkur аsаrning bo‘lаjаk pоdshоhlаr uchun qo‘llаnmа sifаtidа yozilgаn. Asаrlаrining qo‘lyozmаlаri O‘zbеkistоn FА Shаrqshunоslik instituti, Qоhirа, Pаrij, Drеzdеn shaharlаridаgi kutubхоnаlаr fоndidа sаqlаnаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:42:49
GARDIZIY ABU SA’ID ABDULXAY (XI asr) — fors tarixchisi. Uning hayoti haqida ma’lumot bizgacha yetib kelmagan. Gardiziyning 1050-105-yillarda yozilgan "œZayn al-axbor" ("œXabarlar ziynati") asarida peshdodiylardan boshlab, 1032-yilgacha bo‘lgan arab xalifalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, 1041-yilgacha bo‘lgan Xuroson tarixi va g‘aznaviylar sultoni Sulton Mahmudning nabirasi Mavdud zamonasigacha bo‘lgan voqealar sharhlangan. Asar oxirida musulmon, majusiy, yahudiy, zardushtiy va hind bayramlari, Hindiston va turkiy qabilalar haqidagi boblar ilova qilingan. "œZayn al-axbor" ning tohiriylar, safforiylar, somoniylar va g‘aznaviylar tarixiga oid qismi 1928-yil Muhammad Nozim tomonidan Tehronda nashr etilgan. "œZayn al-axbor" ning Xuroson tarixiga oid qismi O‘zbekistonda nashr qilingan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:42:59
HАMАDОNIY YUSUF АBU YA’QUB (1048, Hаmаdоnning Buzаnjird qishlоg‘i — 1141, Аfg‘оnistоnning Bоmiyon shahri) — tаsаvvufning yirik nаmоyandаsi, оlim. Bаg‘dоddа Аbu Ishоq Shеrоziydаn tаhsil оlgаn. Isfаhоn, Sаmаrqаnd, Buхоrоdа bilimini оshirgаn. Tаsаvvufni Аbu Аli Fоrmаdiy, Аbdullоh Juvаyniy vа Hаsаn Simnоniydаn o‘rgаngаn. Zаmоnаsining yеtuk аllоmаlаri Аbdulqоdir Gilоniy, G‘аzzоliy, Hаmiduddin Multоniy bilan mulоqоtdа bo‘lgаn. 30 mаrtа hаj ziyorаtigа bоrgаn. Hamadoniy Buхоrоdа uzоq muddаt yashаb, Аhmаd Yassаviy vа Аbduхоliq G‘ijduvоniy vа boshqa yirik mаshоyiхlаrgа ustоzlik qilgаn. U kеyinchаlik хоjаgоn-nаqshbаndiya tаriqаtining аyrim qоidаlаrini ishlаb chiqqаn. Хоjа Аbdullоh Bаrrаqiy Хоrаzmiy, Хоjа Hаsаn Аndоqiy Buхоriy, Аhmаd Yassаviy, Аbduхоliq G‘ijduvоniy Hamadoniydаn so‘ng uning хаlifаlаri sifаtidа muridlаrning tаrbiyasi bilan shug‘ullаngаnlаr. "œRutbаt ul-hаyot" ("œHаyot mеzоni"), "œKаshf", "œRisоlа dаr оdоbi tаriqаt", "œRisоlа dаr ахlоq vа munоjоt" kаbi аsаrlаr yozgаn. "œHаyot mеzоni" risоlаsi o‘zbеk tilidа nаshr qilingаn (Tоshkеnt, 2003). Хоki Bоmiyondаn Mаrv shahrigа оlib kеlinib, qаytа dаfn etilgаn. Аbduхоliq G‘ijduvоniy, Fаrididdin Аttоr, Аbdurаhmоn Jоmiy, Аlishеr Nаvоiy аsаrlаridа Hamadoniy hаqidа mа’lumоtlаr bоr.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:43:08
IBN HAVQAL, ABULQASIM IBN HAVQAL AN-NISIBIY (?-Bog‘dod, 976) — arab sayyohi va geografi. 931-943-yillarda Mag‘rib va Mashriq mamlakatlari, Sitsiliya oroli, Italiya, Ispaniya, Mesopotamiya, Eron bo‘ylab sayohat qilgan; Kordovada ma’lum vaqt yashagan. 95-yilda Istaxriyning "œKitob masolik al-mamolik" ("œMamlakatlar yo‘llari haqida kitob") asaridagi va xaritalaridagi chalkashliklarini uning roziligi bilan tuzatib, keyinchalik shu asnoda "œKitob ul-masolik va-l mamolik" ("œYo‘llar va mamlakatlar haqida kitob") deb atalgan mukammal asar yaratgan. Mazkur kitobni yozishda Ibn Xurdodbeh, Jayhoniy, Qudama ibn Ja’far asarlaridan ham foydalangan. Ibn Havqalning Afrika va Yevropadagi mamlakatlariga oid xabarlari, xususan, etnik ma’lumaotlarni o‘sha davr ilm-fani uchun muhim yangilik bo‘ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:43:16
IBN MOJA (to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Moja ar-Rabi al-Qazviniy) (824, Qazvin, — Eron — 886) — yirik muhaddis. Yoshlik yillaridan boshlab payg‘ambar (sav)ning hadislari va diniy ilmlarni o‘rganishga kirishdi. Hadis yig‘ish niyatida Iroq, Hijoz, Shom, Misr, Kufa, Basra va islom olamining boshqa shahar va davlatlariga sayohat qildi, ko‘plab shayx va muhaddislaridan dars oldi, baxs, munozaralarda ishtirok etib hadis ilmining bilimdoniga aylandi. Ibn Moja ko‘plab shogirdlar yetishtirgan. U keng qamrovli olim bo‘lib, u o‘z asrigacha yashagan kishilar va shaharlar haqida "œKitob at-Tarix", "œTafsir al-Qur’on al-Karim" asarlarini yozgan. Ibn Mojaning asosiy asari "œKitob as-Sunan’ni musulmon olamidagi ko‘pchiligi "œSehah as-sitta" ("œOlti sahih hadislar to‘plami")ga oltinchi to‘plam sifatida kiritgan. Bu asar 32 qism bir yarim ming bobdan iborat bo‘lim unda 43-41 ta hadis jam qilingan, ulardan 3002 tasi sahih to‘plamlarda berilgan hadislarga mos keladi. 1339 ta hadis esa qo‘shimcha hisoblanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:43:24
IBN SINO, ABU ALI AL-HUSAYN IBN ABDULLОH IBN AL-HASAN IBN ALI (980.8, Afshоna qishlog‘i — 1037.18.6, Hamadоn shahri, Erоn) — jahоn fani taraqqiyotiga ulkan xissa qo‘shgan o‘rta osiyolik buyuk qоmusiy оlim. O‘rta asrning buyuk allomasi Sharqda "œShayx ur-rais" ("œdonishmandlar sardori, allomalar boshlig‘i"); "œSharaf al-mulk" ("œo‘lka, mamlakatning obro‘si, sharafi"); "œHakim al-vazir" ("œdonishmand, tadbirkor vazir") deb atalgan bo‘lsa G‘arbda esa Avitsеnna nоmi bilan mashhur. Ibn Sinoning оtasi Abdullоh Balx shahridan bo‘lib, Sоmоniylar amiri Nux ibn Mansur (967-997) davrida Buxоrо tоmоniga ko‘chib, Xurmaysan qishlogiga mоliya amaldоri etib tayinlanadi. U Afshоna qishlоg‘ida Sitоra ismli qizga uylanib ikki o‘g‘il farzand ko‘radi. O‘g‘illarining kattasi Husayn (Ibn Sino), kеnjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar оilasi pоytaxt — Buxоrоga ko‘chib kеladi va uni o‘qishga beradilar. Maktabni bitirgach, Ibn Sinoning ilm sоhasidagi dastlabki ustоzi hakim va faylasuf Abu Abdullоh Nоtiliy mantiq, falsafa, riyozat va fiqh ilmlarini o‘rgandi va ba’zi falsafiy masalalarda ustоzidan ham o‘tib kеtdi. Ibn Sinoning aql-zakоvatini ko‘rgan ustоzi оtasiga uni ilmdan bоshqa narsa bilan shug‘ullantirmaslikni tayinlaydi, shundan so‘ng оta o‘g‘liga ilm o‘rganish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha sharоitlarni yaratib bеrdi. Abu Ali tinmay mutоlaa qilib, turli ilm sоhalarini o‘zlashtirishga kirishdi. O‘n olti yoshidan boshlab turli fanlar bo‘yicha Sharq va G‘arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil o‘rgandi. Ayniqsa u tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Golen hamda o‘rta asr Sharqning buyuk hakimi va mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziy (864-925)ning asarlarini puxta o‘rgandi. Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida buxоrоlik bоshqa bir tabib Abu Mansur al-Hasan ibn Nuh al-Qumriyning xizmati katta bo‘ldi. Ibn Sino undan tabоbat darsini оlib, bu ilmning ko‘p sirlarini o‘rgangan. Qumriy bu davrda ancha kеksayib qоlgan bo‘lib, 999-yilda vafot etdi. Ibn Sino 17 yoshdayoq Buxоrо xalqi оrasida mоhir tabib va olim sifatida tanildi. U amir Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach, somoniylarning saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Kutubxonada u bir yil davomida turli sohalardagi ilmiy asarlarni mutolaa qilib, bilimlarini chuqurlashtiradi. IX asrning oxiri va X asr boshlarida Movarounnahr va Xurosonda yuzaga kelgan og‘ir sharoitda Ibn Sino o‘z ona shahri Buxoroni tark etib, avval Urganchda, Xorazmshoh Ma’mun saroyidagi olimlar qatoridan joy oladi. So‘ngra Mahmud G‘aznaviyning tazyiqi tufayli Xorazmdan ham chiqib ketadi. U umrining oxirigacha Obivard, Gurgon, Ray, Kazvin, Isfaxon a Xamadon shaharlarida hukmdorlar qo‘l ostida tabiblik va vazirlik qiladi. U 1037-yilda Xamadonda 57 yoshida vafot etadi. Ibn Sino arab va fors tillarida fanning turli sohalari bo‘yicha 450 dan ortiq asar yozgan bo‘lib, ulardan faqat 242 (160) tasi bizgacha yetib kelgan. Nazm va nasrda qalam yuritdi. Uning tibbiyotga doir asarlarida kasalliklarning kelib chiqish sabablari va manbalari, diagnostika, muolaja usullari, dorivor o‘simliklar va dori-darmonlarning xususiyatlari, parhez, inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi tabobatning ko‘pgina g‘oyat muhim masalalariga alohida e’tibor berilgan. Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan chunki u o‘z davridagi mavjud fanlarning qariyib barchasi bilan shug‘ullangan va ularga oid asarlar yozgan. Ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo‘lish mumkin, olim shularning har birida chuqur iz qoldirgan. Ibn Sinoning ko‘proq falsafa va tibga oid kitoblari jahonning ko‘pgina tillariga tarjima qilinib asrlar davomida qayta-qayta nashr qilib kelinmoqda. Uning "œAl-qonun fit-tib" asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan. Garchi uning "œAvitsenna" sifatida G‘arbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi xususan, "œTib qonunlari" bo‘lsa-da, "œShayx ar-rais" nomi eng avvalo uning buyuk faylasufligiga ishoradir. Ibn Sino o‘zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr sharq va g‘arb madaniyatining rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ibn Sino ilmiy merosini o‘rganish ishlari yangi davrga kelib jadal tus oldi va natijada chet el hamda O‘zbekistonda maxsus ilmiy yo‘nalish — sinoshunoslik vujudga keldi. "œTib qonunlari"ning lotincha tarjimasi to‘liq holicha 40 marta nashr qilindi. Jahonning ko‘plab olimlari tomonidan Ibn Sinoning ijodini turli qirralari tadqiq etilgan. Rus antrapologi M. M. Gerasimov bir necha tarixiy shaxslar qatori, Ibn Sinoning ham kalla suyagi asosida haykal-portretini yaratgan. Ibn Sino haqida O‘zbek film studiyasi ijodkorlari 1984-yilda "œDahoning yoshligi" tarixiy-geografik badiiy filmini yaratdilar. Mashhur shved botanigi shved botanigi Karl Linney (1707-78 ) doimo yashil bo‘lib turuvchi bir tropik daraxtni Ibn Sino sharafiga Avitsenniya deb atadi. O‘zbekiston yerida topilgan (1956) yangi mineral Ibn sino nomi bilan Avitsennit deb ataldi. Buxoro shahri va Afshona qishlog‘ida Ibn Sinoga haykal o‘rnatildi, Belgiyaning Kortreyk shahrida ham Ibn Sinoga qo‘yilgan (2000) haykal bor. Afshonada Ibn Sino muzeyi ochildi. O‘zbekiston va Tojikistondagi tibbiy oliy va o‘rta bilm yurtlariga, nashriyotga, sanatoriy, shifoxona, kutubxona, maktab, ko‘cha, jamoa xo‘jaliklari, turar joy mavzelariga Ibn Sino nomi berildi. Tojikistonda fan sohasida katta yutuqlarni taqdirlash uchun Ibn Sino nomidagi respublika davlat mukofoti ta’sis etildi. O‘zbekistonda Ibn Sino xalqaro jamg‘armasi tuzildi (1999), "œIbn Sino" va "œSino" nomli xalqaro jurnallar nashr qilinadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:43:32
IMOMI A’ZAM ABU HANIFA NUMON IBN SOBIT AL-KUFIY (699-yil, Kufa — 777-yil, Bag‘dod) — hanafiylik mazhabi asoschisi. Ilohiyotchi, faqih, muhaddis. "œImomi A’zam" ("œUlug‘ Imom") ulug‘ligining e’tirofi o‘laroq berilgan unvon. Asli fors bo‘lib, o‘ziga to‘q zodagon oilada. Olim va fozil insonlar orasida voyaga yetdi. Otasidan qolgan katta boylikni ilm yo‘lida sarf etdi. Yoshligidan Qur’onni yod oldi. Kalom ilmi va mantiqni o‘rgandi. 22 yoshida iroqlik ilohiyotchi Hamod ibn Abu Sulaymonga shogird tushib uning ta’limini oldi. Keyin Kufa va Basraning eng obro‘li faqihi bo‘lib yetishdi va o‘zi shogirdlar tarbiyaladi. Kamtar, mehribon, taqvodor inson sifatida hurmat qozondi. Uning 55 marta haj qilganligi haqida ma’lumotlar bor. Imomi A’zam 747-48-yillarda Iroq hokimi ibn Hubayra ta’qibidan qochib Makka ketadi. Abbosiylar hokimiyat tepasiga kelgach, Iroqqa qaytib, ulomolik faoliyatini davom ettiradi. Xalifa al-Mansur (754-775) unga yangi poytaxt Bog‘dodda qozilik yoki boshqa istagan yuksak lavozimini egallashini taklif etadi. Biroq, Imomi A’zam bu taklifni rad etadi. Shunda Mansur uni qamab, turli qiynoqlarga solgan, kaltaklatgan. Mansur Imomi A’zamga zahar ichirgan va u zot shu sababdan shahid bo‘lgan degan rivoyat ham bor. Imomi A’zam islom ulomalari orasida eng yetuk olimlardan edi. U odamlarga qulay, toliblarga yengil bo‘ladigan yo‘lni topishga muvaffaq bo‘ldi: shar’iy ilmni birinchi bo‘lib tasnif qilib, uni boblarga ajratib, tartibga soldi va kitob shakliga keltirdi. Imomi A’zamni ilmi kalom, fiqh, hadis sarf ilmlariga oid bir necha kitoblari mavjud. Dunyoning ko‘p joylarida, jumladan O‘rta Osiya mamlakatlarida musulmonlar Imomi A’zam mazhabi qoidalari asosida ibodat qilib kelmoqdalar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:43:40
ISTAXRIY, ABU ISHOQ AL-FORISIY AL-ISTAXRIY (taxminan 850-934) — geograf olim, Eronning Fors viloyatida yashagan. Eronzamin, Movarounnahr, Arabiston yarim oroli, Misr, Ispaniya, Mag‘rit (Shimoliy Afrika) mamlakatlariga sayohat qilgan. Istaxriyning geografiya sohasidagi ilmiy merosi 930-933-yillarda arab tilida yozilgan "œKitob masolik va-l-mamolik" ("œYo‘llar va mamlakatlar kitobi; boshqa nomi "œKitob al-aqolim" — "œIqlimlar kitobi") asarida o‘z aksini topgan. Mazkur asar Abu Zayd ibn Sahl Balxiyning "œSuvar ul-aqolim" asari asosida tuzilgan va X asrning o‘rtasida ommalashgan. Istaxriy asarida Arab diyori, Mag‘rib, Shom, Iroq, Xuziston, Fors, Kermon, Ozarbayjon, Xuroson, Movarounnahr haqida geografik ma’lumotlar berilgan. O‘lkalar tavsifiga ularning xaritalari ham chizib ilova qilingan. Istaxriyning ushbu asarini 976 yil ibn Xavqal tuzatib, to‘ldirib yangi asar tuzdi va uni "œKitob al-masolik va-l-mamolik" deb atadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:43:48
JAYHONIY, ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN AHMAD (X asr) — olim, Somoniylar amiri, Nasr ibn Ahmadning (914-943) vaziri. Falsafa, astrologiya, astronomiyani qunt bilan o‘rgangan, geografiyaga oid bir qancha asar yozgan. "œKitob al-masolik val-mamolik" ("œYillar va mamlakatlar haqida kitob") nomli asari haqida ma’lumotlar bor, xolos. Arab geografi al-Ma’sudiyning yozishicha, bu asarda shaharlar, dengiz va daryolar, shuningdek, turli xalqlar haqida ma’lumotlar berilgan, turli tuman rivoyatlar va voqealar hikoya qilingan. Bu asardan Sharqning ko‘p olimlari, jumladan Beruniy ham foydalangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:45:14
MA’MUN IBN MA’MUN ABUL ABBOS (?-1017) — xorazmshohlar sulolasining 3-hukmdori. (1009-1017). Uning hukmronligi yillarida Urganch obod va madaniy shahar bo‘lgan. U ancha bilimli hukmdor bo‘lib, olim, shoir, san’atkor, naqqosh va musavvirlarga homiylik qilar edi. Urganchda xorazmshohlar saroyida zamonasining yirik mutafakkirlari Ibn Sino va Beruniydan tashqari Abu Sahl Masihiy, Abu Nasr ibn Iroq, Abul Xayr ibn Xammor, Abu Abdulloh al-Xorazmiy kabi ko‘pgina olimlar to‘plangan edi. Gurganch (Urganch)da "œMa’mun akademi-yasi"(1004)ga asos solgan. Mahmud g‘aznaviyning Xorazmga qilgan yurishi (1017) natijasida bu yerdagi olimlarning ko‘pchiligi G‘aznaga majburan olib ketilgan, shahar inqirozga yuz tutgan. Saroyda uyushtirilgan suiqasd natijasida M’mun ibn Ma’mun o‘ldirilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:45:28
MAHMUD ZAMAXSHARIY (nisbasi; to‘liq ismi sharifi Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad) (1075-yil 18-mart, Xorazm, Zamaxshar qishlog‘i — 1144-yil hozirgi Ko‘hna Urganch) — tilshunos, adib, tafsir va hadis olimi. Oilasi islomning mu’tazila ta’limotiga e’tiqod qo‘ygan bo‘lib, Zamaxshariy dunyoqarashi dindor, taqvodor otasining ta’sirida shakllangan, dastlabki bilimini ham o‘z otasidan olgan. Zamaxshariy ilm-fanning turli sohalari, ayniqsa, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, shuningdek, o‘sha davrda ilm ahli orasida qadrlangan xattotlik san’atini ham mukammal egallaydi. Ustozi — til, lug‘at va adabiyot sohasida mashhur olim Abu Mudar Isfaxoniy (1113-yil vafot etgan)dan ilm o‘rganadi. Talabalik yoshiga yetgach, bilimini yanada oshirish, har tomonlama kamol toptirish maqsadida Buxoroga yo‘l oladi. Bu yerda u shayx ul-islom Abumansur Nasr Horisiy, Abusa’d Shaqqoniy va Abulxattob ibn Abulbatr kabi olimlardan saboq oladi. Bir necha yil Xorazmshohlar xizmatida bo‘lib, kotiblik bilan shug‘ullanadi, hukmdorlarga yaqinlashishga urinadi. Biroq qobiliyati, ilmi, fazilatiga yarasha biror mansab va munosib ko‘rmagach, o‘zga yurtlarga safar qiladi. Bilimga intilish uni Marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bag‘dod, Hijoz va Makkada hayot kechirib, arab tili grammatikasi va lug‘ati, maqolalari, urf-odatlarini chuqur o‘rgandi. Mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlarni to‘playdi. Zamaxshariy arab gramatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga oid 50 dan ortiq asarlar yaratgan. Ularning aksariyati bizgacha yetib kelgan. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag‘ishlangan "œAl-Mufassal’, xorazmshoh Otsizga bag‘shlangan "œMuqaddimat ul-adab", "œTog‘lar, joylar va suvlar haqidagi kitob" kabi asarlari nihoyatda ahamiyatlidir. "œNotiqlik asoslari" va "œAruzda o‘lchov" asarlari qimmatli manbalardan hisoblanadi. Zamaxshariyning Qur’oni Karim tafsiriga oid "œAl-Kashshof" asari musulmon olamida ayniqsa mashhurdir. Qohiradagi dunyoga dong‘i ketgan Al-Azhar diniy dorilfununining talabalari "œAl-Kashshof" asosida Qur’oni Karimni o‘rganadilar. Mahmud Zamaxshariyning keng bilimli, fanning turli sohalariga doir salmoqli va mazmundor asarlari u hayot paytlaridayoq musulmon Sharqida unga katta shuhrat keltirgan edi. "œArab va g‘ayri arablar ustozi", "œXorazm faxri" kabi sharafli nomlar bilan ulug‘langan. U ko‘p asarlarini Makkada yozganligi uchun "œJorulloh" ("œAllohning qo‘shnisi") degan sharafli laqabga muyassar bo‘ladi. Mahmud Zamaxshariy 1144-yilda 69 yoshida Xorazmda vafot etgan. 1995-yilda O‘zbekistonda 920 yilligi keng nishonlanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:45:43
MAJIDUDDIN ADNON — tarixchi, "œTarixi mulki Turkiston" asari muallifi.

MOTURIDIY, ABU MANSUR AL-MOTURIDIY (to‘liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy) (870 — Samarqand — 944) — imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. "œImom al-xudo", "œImom al-mutakallimin" ("œHidoyat yo‘li imomi", "œMutakallimlar imomi") nomlari bilan ulug‘langan. Moturid qishlog‘i (hozirgi Jomboy tumani)da tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bog‘ ham barpo etgan. Moturidiy Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida o‘qidi, mahalliy hanafiy faqihlardan ta’lim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin o‘zi fiqh va kalom ilmlaridan dars berdi. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abulhasan Ali ibn Sayyid ar-Rustug‘faniy, Abu Bakr as-Samarandiy, Makhul an-Nasafiy, Abulyusr al-Pazdaviy kabi shogirdlar yetishtiradi. Vasiyatga ko‘ra, Samarqanddagi Shokardiza Qabristoniga dafn etildi. Moturidiyning asosiy asarlari "œKitob at-tavhid" ("œYakkaxudolik haqidagi kitob"), "œTa’vilot ahl-as-sunna" ("œSunniylik an’analari sharhi")dir. "œKitob at-tavhid" bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi. Moturidiy sof din doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini ta’kidlaydi. Kitobda o‘sha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining haqiqatdan yiroq ekanligi tahlil etilgan. Moturidiy "œdin yo‘lidagi barcha adashuvlarning sababi — riyokor kimsalarga ko‘r-ko‘rona ergashishdadir", deb ta’kidlagan edi. Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar — juz"œiy iztiyor, e’tiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. "œMa’xaz ash-shari"œa" ("œShariat asoslari sarasi"), "œKitob al-usul" ("œDiniy ta’limot asoslari kitobi"), "œKitob al-jadal" ("œDialektika haqidagi kitob") kabi asarlari shular jumlasidandir. Moturidiy Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ash"œariy (873-935) ishlab chiqqan islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik e’tiqodiga kirib qolgan noto‘g‘ri, g‘ayri sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy qarashlari o‘z davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqiga sabab bo‘lgan. Chunki Moturidiy din asoslarini mantiqan tushuntirgan, tanlov huquqi, dinlararo bag‘rikenglik, ijtimoiy hamjihatlikni qaror topdirish g‘oyalarini rivojlantirgan. Moturidiy jami 15 ga yaqin asar ta’lif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va huquqqa oid 2 ta asari bo‘lib, ular saqlanib qolmagan. Moturidiyning bizgacha yetib kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan. Uning Qur’on tafsiriga bag‘ishlangan "œTa’vilot al-Qur’on" asari va uning uzviy davomi hisoblanmish "œIrshod al-mubtadiyin fiy tajvidi Kalomi rabbil olamin" ("œQur’on o‘qishga kirishganlar uchun qo‘llanma’) kitobi O‘zbekiston FA Sharqshunoslik intetutida saqlanadi. Mamlakatimizda Moturidiy merosini o‘rganishga faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi. O‘zR Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2000-yilda Moturidiy tavalludining 1130-yilligi O‘zbekistonda keng nishonlandi. Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan Samarqandda alloma xotirasiga yodgorlik majmui bunyod etildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta’limoti va uning islom olamida tutgan mavqega bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. Moturidiy hayotining turli qirralarini yorituvchi maqolalar, risolalar va tadqiqotlar chop etildi. Moturidiy merosini o‘rgangan xorijlik olimlar bilan samarali hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. 2001-yilda Gyottingen (GFR) universitetining professori Ulrix Rudolf qalamiga mansub "œAl-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti" kitobi o‘zbek tilida nashr etildi. 2002-yilda mazkur kitobning keng ommaga, jumladan, oliy o‘quv yurtlarining talabalari va o‘rta maktablarning yuqori sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan nashri amalga oshirildi. Endilikda xalqimiz Moturidiy merosi bilan o‘z ona tilida tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:46:07
MUSLIM IBN HAJJOJ, IMОM MUSLIM (817 yoki 821 Nishоpur — 875) — muhаddis, imоm. Imоm Buхоriydаn kеyingi hаdis ilmining bilimdоni. Fiqhdаn hаm yaхshi хаbаrdоr bo‘lgаn. Yoshligidа ko‘p mаmlаkаtlаrgа sаfаr qilgаn, jumlаdаn, Hijоz, Misr, Suriya, Irоqdа bo‘lgаn. Ulаmоlаrning qаyd etishlаrichа, u 300 mingdаn ziyod hаdisni o‘rgаnib chiqib, ulаrdаn 12 mingtаsini ishоnchli (sаhih) dеb tоpgаn vа o‘zining "œаs-Sаhih" ("œSаhihi Muslim") аsаrigа kiritgаn. To‘plаm musаnnаf shаklidа tuzilgаn. Mаzmunаn uni "œSаhihi Buхоriy"ning o‘zginаsi dеyish mumkin, lеkin u bоshqа mаnbаlаrgа аsоslаnib yozilgаn. Muslim ibn Hajjoj isnоdgа аlоhidа аhаmiyat bеrgаn. Kitоb 52 bo‘limdаn ibоrаt, bo‘limlаrning hаr biridа o‘zigа tеgishli hаdislаr to‘plаngаn. Tаriхiy vа biоgrаfik mаzmundаgi hаdislаr bu kitоbning bоy mаnbа sifаtidаgi qiymаtini оshirаdi. "œАs-Sаhih" kitоbi shаriаt bo‘yichа qo‘llаnmа vаzifаsini o‘tаshi lоzimligi nаzаrdа tutilgаn. Bu аsаr аhli sunnа nаzdidа 6 tа mаshhur sаhih kitоbning ikkinchisidir. Muslim ibn Hajjoj bundаn tаshqаri fiqhgа оid аsаrlаr vа muhаddislаrgа bаg‘ishlаngаn biоgrаfik to‘plаmlаr yarаtgаn, lеkin yozgаnlаri sаqlаnib qоlmаgаn, bizgаchа birginа "œAs-Sаhih" аsаri yеtib kеlgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:46:21
NARSHAXIY MUHAMMAD, ABU BAKR MUHMMAD IBN JA’FAR IBN ZAKARIYYA AL-XATTOB IBN SHARIK AN-NARSHAXIY (899-959) — tarixchi olim. Buxoroning Narshax qishlog‘ida tug‘ilgan. Tarjimai holiga oid ma’lumotlar kam. Somoniylar saroyida kotiblik qilgan. Narshaxiy 943-944-yillarda "œBuxoro tarixi" ("œTaxqiqi viloyati Buxoro") nomli asarini arab tilida yozib, uni somoniylar amiri Nuh ibn Nasr (hukmronlik davri: 943-954)ga bag‘ishlagan. Narshaxiyning o‘g‘li Abu Bakr Mansur va nevarasi hadisshunos olim Abu Rafi al-Ala ibn Mansur ibn Muhammad ibn Ja’far asarni arab tilida davom ettirishib, Mansur ibn Nuh (hukmronlik davri: 997-999), ya’ni so‘nggi somoniylar davrigacha to‘ldirishgan. Nasafiyning "œKitob al-alqand" ("œSamarqandiya") va Abu Sa’d as-Sa’money (1113-1167)ning "œKitob al-ansob" asarlarida Narshaxiy haqida ma’lumotlar mavjud. Narshaxiy o‘z tug‘ilgan qishlog‘ida vafot etgan. Asarning asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. 1128-yil quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Qubaviy asarni fors tiliga qisqartirb tarjima qilgan. 1178-1179-yillarda asar ikkinchi marta qisqartirilgan. Tarjimonlar qisqartirish bilan birga uni yangi ma’lumotlar bilan ma’lum ma’noda to‘ldirganlar. "œBuxoro tairixi" 36 bobdan iborat bo‘lib, asosan, Buxoro vohasining tarixiga bag‘ishlangan. Kitobning bir necha bobi Buxoro atrofidagi Karmana, Nur, Tavois, Iskajkat, Sharg‘, Zandana, Vardona, Afshona, Barkat, Romitan, Varaxsha, Baykand (Poykent), Forob va boshqa shahar va qishloqlarning tasviriga bag‘ishlangan. Unda bu joylarning tarixi, aholisi va uning mashg‘uloti, faoliyati hamda tashqi shaharlar bilan munosabatlari hikoya qilinadi. Buxoro aholisining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida sodir bo‘lgan muhim tarixiy voqealar bayon qilinadi. Kitobda O‘rta Osiyoda arab xalifaligi hukmronligining o‘rnatilishi, islom dinining yoyilishi va Buxoro arablar tomonidan taqsimlab olinishi hamda xalifalikka qarshi kurashlar, ayniqsa, Muqanna, Abu Muslim va boshqalar boshchiligidagi xalq qo‘zg‘olonlari batafsil hikoya qilinadi. "œBuxoro tarixi"da IX asrda O‘rta Osiyoning arab xalifaligidan ajralib chiqishi, Movarounnahr va Xurosonda somoniylar davlatining barpo bo‘lishi va somoniylar davrida Buxoroning iqtisodiy va madaniy hayoti tasvirlangan. Asarda Buxoroning tarixiy topografiyasiga oid ma’lumotlar bo‘lib, unda Buxoro shahrining darvozalari, ichki va tashqi devorlarining qurilishi ham ark va shahristonning bino qilinishi hikoya qilinadi. Asar faqat Buxoro tarixinigina emas, balki butun O‘rta Osiyo tarixini emas, balki butun O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda hamda nodir manbadir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:46:33
NUH IBN YAZID АL-MARVAZIY АBU АSОMА (? — 789/90) — o‘rtаоsiyolik ilk qоmusiy оlimlаrdаn biri. Mаrv shahrining qоzikаlоni bo‘lgаn; turli fаnlаrni puхtа egаllаgаnligi tufаyli аl-Jоmе lаqаbini оlgаn. U Mаrvdа 4 tа fаn: hаdisshunоslik, fiqh, аrаb tili grаmmаtikаsi vа shе’riyatidаn dаrs bеrgаn. Sаm’оniyning yozishichа, u Mаrvdа birinchi bo‘lib hаnаfiya mаzhаbi bo‘yichа to‘plаm (jоmе) tuzgаn, Mаrvdа hаmdа Хurоsоn vа Irоqning bоshqа shаhаrlаridа ko‘plаb shоgirdlаri bo‘lgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:46:41
NАSАIY, АBU АBDURRАHMОN АHMАD IBN АLI IBN SHUАYB IBN АLI IBN SINОN IBN BАHR АL-ХURОSОNIY (827, Nаsо/Nisо sh. — 915) — muhаddis, eng ishоnchli 6 tа hаdis to‘plаmidаn biri ("œSunаni Nisоiy")ning muаllifi. 15 yoshidа Hijоz, Irоq, Shоm, Misr vа boshqa mаmlаkаtlаrgа bоrib diniy fаnlаrni puхtа o‘zlаshtirаdi. Dаmаshqdа ummаviylаrgа yon bоsmаgаni sаbаbli tаzyiq оstidа qоlаdi. Bir rivоyatgа ko‘rа, Mаkkаdа, bоshqаsigа ko‘rа, Bаytil-Mаqdis (Quddus)dа vаfоt etаdi. "œАs-Sunаn аl-kubrо" ("œKаttа sunаn") to‘plаmi uning shоh аsаri hisоblаnаdi. Bundаn tаshqаri, "œаs-Sunаn аs-sug‘rо" ("œKichkinа sunаn’) yoki "œаl-Mujtаbо" ("œSаylаnmа"), "œаl-Хаsоis" ("œХususiyatlаr"), "œFаzоil аs-sаhоbа" ("œSаhоbаlаrning fаzilаtlаri"), "œаl-Mаnоsik" ("œMаrоsimlаr") vа boshqa kitоblаrni hаm yozib qоldirgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:46:53
NАSАVIY, SHIHОBIDDIN MUHАMMАD АN-NАSАVIY (?-1249) — tаriхchi, Аshхоbоd yaqinidаgi Хurаndiz qаl’аsi hоkimi (1219-21). Nasaviy 1220-24-yillаrdа mo‘g‘ullаr istilоsigа qаrshi kurаsh оlib bоrgаn. 1224-yildаn Jаlоliddin Mаngubеrdining shахsiy kоtibi bo‘lgаn, uning hаrbiy yurishlаridа qаtnаshgаn. 1241-yil аrаb tilidа "œSiyrаt аs-sultоn Jаlоliddin Mаngubеrdi" ("œSultоn Jаlоliddin Mаngubеrdining hаyoti tаfsilоti") nоmli аsаr muаllifi. Аsаrdа Mоvаrоunnаhrni bоsib оlinishi bilan bоg‘liq vоqеаlаr bаyon etilgаn. Yaqin vа O‘rtа Shаrq mаmlаkаtlаrining ijtimоiy-siyosiy аhvоli to‘g‘risidа qimmаtli mа’lumоtlаr bоr. Аsаr XIII аsr охirlаridа fоrs tiligа tаrjimа qilinib, Tеhrоndа, uning аrаbchа nusхаsi Pаrij, Qоhirаdа, ruschа tаrjimаsi Bоkudа vа o‘zbеk tilidа Tоshkеntdа (1999) nаshr etilgаn.

NОSIR ХISRAV (to‘liq ismi: Аbu-Mu’iniddin Nоsir Хisrаv аl-Qubоdiyoniy) (1004, Qubоdiyon — 1088, Bаdахshоn) — fоrs-tоjik shоiri, mutаfаkkiri. Bоshlаng‘ich mа’lumоtni o‘z qishlоg‘idа оlgаn, kеyin Mаrv vа Bаlх mаdrаsаlаridа tаhsilni dаvоm ettirgаn. Mаhmud G‘аznаviy vа uning o‘g‘li Mаs’ud sаrоyidа mirzаlik qilgаn, sоliq mаhkаmаsini bоshqаrgаn. U 7 yil (1045-52) dаvоmidа Erоn, Оzаrbаyjоn, Аrmаnistоn, Suriya, Misr, Аrаbistоn, Irоq mаmlаkаtlаrini kеzib chiqаdi. Uning "œSаfаrnоmа" аsаri shu sаyohаt nаtijаsidа yarаtilgаn. Аdоlаtli hukmdоrlаr tufаyli оsоyishtа vа fаrоvоn shаhаrlаrni ko‘rgаn Nosir Xisrav kеyinchаlik o‘z аsаrlаri оrqаli оdil pоdshоh g‘оyasini ilgаri surаdi. Misrdа 3 yil yashаb, fоtimiylаr tаriqаtigа kirаdi vа ismоiliylаr mаslаgini qаbul qilаdi. Fоtimiylаr butun dunyoni egаllаshni mаqsаd qilib, uni 12 jаzirа (оrоl)gа bo‘lgаn edilаr. Nosir Xisrav Хurоsоn bo‘yichа jаzirа bоshlig‘i — Hujjаt etib tаyinlаnаdi (bа’zi shе’rlаridа Hujjаt tахаllusini hаm qo‘llаgаn). Kеyinchаlik, 105- yildа Bаlхgа qаytgаn Nosir Xisrav bu yеrdа ismоiliylik g‘оyalаrini qizg‘in tаrg‘ib-tаshviq qilа bоshlаydi. Bu hаrаkаti uchun Nosir Xisrav shiаlik vа kоfirlikdа аyblаnib, o‘limgа hukm qilinаdi. Shundаn so‘ng u qоlgаn 25 yillik umrini Bаdахshоndа — Hаzrаti Sаyyid qishlоg‘idаgi Yumg‘оn dаrаsidа o‘tkаzаdi. Uning dа’vаtlаri nаtijаsidа bu yеrdа ismоiliylаr jаmоаsi vujudgа kеlаdi. Mаqbаrаsi аsrlаr dаvоmidа ziyorаtgоhlаrdаn biri bo‘lib, mаhаlliy аhоli tоmоnidаn "œMоzоri Shоh Nоsir" dеb аtаlgаn. Nosir Xisrav "œSаfаrnоmа", "œZоd ul-musоfirin’, "œVаjhi din’, "œSаоdаtnоmа", "œRo‘shnоinоmа", "œХоn ul-iхvоn’, "œBo‘stоn ul-uqul’, "œDаlil ut-mutахаy-yirin’, "œJоmе" ul-hikmаtаyn’, "œRisоlа dаr jаvоbi 99 sаvоli fаlsаfi", "œKushоyish vа rаhоyish" kаbi ko‘plаb shе’riy vа nаsriy аsаrlаr yarаtgаn. U fоrs-tоjik vа аrаb tillаridа ikki dеvоn hаm tuzgаn, lеkin аrаb tilidаgi dеvоnining tаqdiri hоzirgаchа nоmа’lum. Shоirning qаsidа, g‘аzаl, qit’а vа rubоiylаrini o‘z ichigа оlgаn, 12 ming misrаdаn ibоrаt fоrsiy dеvоni esа Erоndа bir nеchа mаrtа chоp etilgаn. Dunyoviy ilmlаrni chuqur o‘zlаshtirgаn Nosir Xisrav hur fikrli kishi bo‘lgаn. Оlаm vа Оdаm mоhiyati to‘g‘risidа аql vоsitаsidа fаlsаfiy fikr yuritgаn. Dunyoning nоmukаmmаlligi, insоn tаbiаtining nоqisligi хususidа "œХudо bilan munоzаrа" dеgаn shе’r hаm yozgаn. Ijоdi оrqаli аdоlаtsiz zаmоn, jоhil vа mаnfааtpаrаst kishilаrni tаnqid qilib, mеhnаtkаsh dеhqоnni, kоsibu hunаrmаndni, ilm sоhiblаrini ulug‘lаgаn, insоniy kаmоlоtgа dа’vаt qilgаn. Uning hur fikrlаri o‘zidаn kеyingi ijоdkоrlаr, jumlаdаn, Umаr Хаyyomgа kuchli tа’sir ko‘rsаtgаn. Nosir Xisrav аsаrlаri dunyoning ko‘plаb tillаrigа tаrjimа qilingаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:47:04
QOSHG‘ARIY MAHMUD KОSHG‘ARIY IBN HUSAYN IBN MUHAMMAD (XI asr) — turkshunоslik ilmining asоschisi, filоlоg оlim, etnоgraf. Ijtimоiy kеlib chiqishi jihatidan qоraxоniylar sulоlasiga mansuboshqa Оtasi Husayn ibn Muhammad o‘sha davrdagi Barsg‘an shahrining amiri bo‘lgan. Koshg‘ariy bоshlang‘ish ma’lumоtni o‘z qishlоg‘ida, yuqоri ma’lumоtni Kоshg‘ar madrasalarida оlgan, arab, fоrs, turkiy kabi 7-8 tilni puxta egallagan. So‘ng u Buxоrо, Samarqand, Marv, Nishоpur shaharlarida bilimini оshirgan. 1056-1057-yillarda mamlakatdagi ichki nizоlar natijasida оlim o‘z vatanini tark etib, 15 yil davоmida atrоfdagi qardоsh xalqlar оrasida yurishga majbur bo‘lgan. Ana shu yillarda u turkiy xalqlar yashaydigan o‘lkalarni kеzib, bu yеrlardagi turkiy qabila va urug‘lar, ularning kеlib chiqishi va nоmlanishi, jоylashish o‘rinlari, urf-оdatlari, ayniqsa, til xususiyatlarini sinchiklab o‘rganadi. So‘ng Bag‘dоdga bоrib, ancha vaqt shu shaharda ijоd qilgan, xususan, 1072-yil (ba’zi manbalarda-1074-yil va undan ham kеyin) dunyoga mashhur asari "œDеvоnu lug‘оtit turk" ("œTurkiy so‘zlar dеvоni") ni yozib bitiradi va uni abbоsiylardan bo‘lgan Abulqоsim Abdullоh binni Muhammadil Muqtadо Biamrillоhga bag‘ishlaydi. Ushbu asar turkiy xalqlar tarixidagi dialеktоlоgik, izоhli, etnоgrafik, tarixiy-etimоlоgik lug‘atlarning barcha unsurlarini qamrab оluvchi dastlabki univеrsal lug‘at bo‘lib, o‘z muallifini dunyoga ulug‘ adabiyotchi, tarixchi, gеоgraf va boshqa ko‘p fanlardan yaxshi xabardоr bo‘lgan yirik fan arbоbi, qоmusiy оlim sifatida tanitdi. Bu asarida оlim turkiy qabila va urug‘lar (xalqlar) tillaridagi so‘zlar ma’nоsini arab tilida izоhlab bеradi. Misоl sifatida esa maqоllardan va badiiy adabiyotdan parchalar kеltiradi. Bu haqda Koshg‘ariyning o‘zi yozadi: "œMеn bu kitоbni maxsus alifbе tartibida hikmatli so‘zlar, saj’lar, maqоllar, qo‘shiqlar, rajaz va nasr dеb atalgan adabiy parchalar bilan bеzadim... Mеn istе’mоldagi so‘zlarnigina bеrdim, istе’mоldan chiqqanlarini tashladim... So‘ngra mеn har bir qabilaga mansub so‘zlarning yasalish xususiyatlarini va qanday qo‘llanishini qisqasha izоhlab ko‘rsatish ushun alоhida yo‘l tutdim. Bu ishda misоl tariqasida turklarning tilida qo‘llanilib kеlgan shе’rlaridan, shоdlik va mоtam kunlarida qo‘llanadigan hikmatli so‘zlaridan, maqоllaridan kеltirdim". Shuni aytish kеrakki, "œDеvоn’da bеrilgan adabiy parchalar, til faktlari faqat XI asrda adabiyotining namunalari bo‘lmay, ularning aksar qismi juda uzоq o‘tmish davrlarning mahsulidir. Shu jihatdan bunday parchalar turkiy tillarning kеlib chiqish tarixini, rivоjlanishini, adabiy harakatining juda uzоq tarixini bеlgilashga xizmat qiluvchi eng muhim hujjatdir. Asardagi bir qancha gеоgrafik, etnоgrafik ma’lumоtlar ham tеgishli sоhalar nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Mahmud Koshg‘ariy mazkur asariga o‘zi tuzgan dunyo xaritasini ilоva qiladi. Xaritada mamlakat, shahar, qishlоq, tоg‘, cho‘l, dеngiz, ko‘l, daryo kabilarning nоmlari yozilgan. Xaritada aks etmagan ba’zi bir nоmlar lug‘at matnida izоhlangan. Xarita, asоsan, Sharqiy yarim sharga to‘g‘ri kеladi. Bu haqda Mahmud Koshg‘ariyning o‘zi: "œRumdan Mоshingasha bo‘lgan... shaharlar o‘rnini aniqlash maqsadida ularning hammasini еr shaklidagi dоirada ko‘rsatdim", — dеb yozadi. Shartli qabul qilingan bo‘yoqlar ranggi dоira tashqarisida to‘rt jоyda so‘z bilan izоhlangan. Ayrim kamchiliklariga qaramay, Mahmud Koshg‘ariy XI asrda tuzilgan xaritasi o‘z davri uchun mukammal, hоzirgi davr uchun gеоgrafik ma’lumоtlar bеruvchi muhim manba hisоblanadi. Ma’lumоtlarga ko‘ra, Koshg‘ariyning "œDеvоnu lug‘оtit turk"dan avvalrоq yaratilgan, "œJavоhirun-nahvi fi lug‘оtit turk" ("œTurkiy tillar sintaksisi qоidalari") dеb nоmlangan asari ham bo‘lgan. Ushbu asar hоzircha tоpilgani yo‘q. Koshg‘ariy 1080-yilda (yoki 1118 ) vataniga qaytib kеlib, O‘raldagi Aziq qishlоg‘ida, Hazrati Mullоm tоg‘i etagidagi tеpalikda jоylashgan madrasada dars bеrgan va ilmiy ijоd bilan mashg‘ul bo‘lgan (hоzirgi mazkur madrasaning faqat pоydеvоrlari saqlanib qоlgan). Koshg‘ariy 1105-yilda (yoki 1126-yilda) 97 yoshida vafоt etib, O‘raldagi uning ajdоdlari maqbarasiga dafn etilgan. Maqbara hоzirgasha "œHazrati Mullоm mоzоri" nоmi bilan mashhur.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:47:13
QАFFОL SHOSHIY (to‘liq ismi Аbu Bаkr Muhаmmаd ibn Аli Ismоil Qаffоl аsh-Shоshiy аl-Kаbir; 903-976) — shоfiylik mаzhаbining yеtаkchi оlimlаridаn biri, muhаddis, fаqih, tilshunоs, shоir. Hаzrаti Imоm (qisqаchа — Hаstimоm) nоmi bilan mаshhur. Mаnbаlаrgа ko‘rа, u оg‘irligi 0,5 g kеlаdigаn jаjji qulf-kаlit yasаgаni uchun "œQаffоl" ("œQulfchi") lаqаbi bеrilgаn. Chuqur bilimi, ulkаn ishlаri evаzigа Imоm аl-Kаbir ("œUlug‘ imоm") dеb tа’riflаngаn. Shоsh (Tоshkеnt)dа hunаrmаnd оilаdа tug‘ildi. Sаmаrqаnd, Buхоrо, Tеrmiz shaharlаridа bo‘lib, o‘zidаn аvvаl o‘tgаn аllоmаlаr mеrоsi bilan tаnishdi. Tаniqli muhаddis vа ilоhiyotchi Hаysаm ibn Kulаyb qo‘lidа tа’lim оldi. Аrаb Shаrqi mаmlаkаtlаri bo‘ylаb uzоq sаfаrdа bo‘ldi, аnchа vаqt Bаg‘dоddа yashаdi. Mаshhur imоm Аbul Аbbоs Аhmаd ibn Umаr ibn аs-Surаyjiy (850-918 )ning shоgirdi bo‘lgаn. Хаlifаlikdа turli lаvоzim, vаzifаlаrni аdо etgаn. Qaffol Shoshiy Mоvаrоunnаhrdа, хususаn, Shоshdа shоfi’iylik mаzhаbini tаrg‘ib etib, diniy bilimlаrning tаrqаlishigа, shаriаt аsоslаri qаrоr tоpishigа hissа qo‘shdi. Uning qоnunshunоslik, mаntiq kаbi sоhаlаrgа оid "œG‘оzining fе’l-аtvоri", "œОdоb аl-bаhs" ("œBаhs оdоbi"), "œHusni jаdаl" ("œDiаlеktikа go‘zаlligi") kаbi аsаrlаri islоm оlаmidа mаshhur bo‘lgаn. Qaffol Shoshiy shе’rlаr hаm yozgаn. Ulаrdаn аyrim pаrchаlаr оlim Tоjiddin аs-Subkiyning "œTаbаqоt аsh-Shоfi’iya" ("œShоfi’iylik mаzhаbi dаrаjаlаri") kitоbi оrqаli sаqlаnib qоlgаn. Qaffol Shoshiy Tоshkеntdа vаfоt etgаn. Uning qаbri ustigа mаqbаrа qurilgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:47:25
ROZIY (to‘liq nomi Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy) (865-yil 28-avgust — Ray — 925-yil 26-oktabr) — Sharqning qomusiy olimi, tabib va mutafakkir. O‘rta asr Yevropasida lotincha Razes nomi bilan tanilib, tabobat sohasida o‘z davrining Jolinus (Galen) deb sanalgan. Ibn Sino yoshligida uning asarlarini puxta o‘rgangan. Shuningdek, kimyo, botanika, matematika, astronomiya, mantiq va falsafa kabi fanlarni chuqur o‘rgangan; adabiyot va musiqa bilan ham shug‘ullangan. Roziy bir qancha vaqt Ray va Bag‘dod shifoxonalarini boshargan. U O‘rta Osiyo, jumladan, Buxoro ilm ahllari bilan ilmiy muloqotda bo‘lgan. Ko‘z kasalligiga uchrab, umrining oxirida ko‘r bo‘lib qolgan. Roziyning tabobatga oid asarlaridan 36 tasi bizgacha yetib kelgan. U terepiya, xirurgiya, diagnostika, sanitariya-gigiena, farmokagnoziya, farmakologiya, anatomiya, psixologiya kabi ilmlarni yangi g‘oya va ixtirolar bilan boyitgan. Roziy mashhur kimyogar bo‘lib, kimyo faniga oid 26 ta asar yozgan, biroq bizgacha ularning 4 tasigina yetib kelgan. Bular orasida "œKitob ul-asror" ("œSirlar kitobi") va "œKitob sirr il-asror" ("œSirlar siri kitobi") asarlari alohida o‘rin tutadi; "œKitob ul-asror"da o‘rta asr Sharq kimyosi o‘zining to‘la ifodasini topgan. Roziyning аsаrlаri uning nаzаriy jihаtdаn bir mеtаllni ikkinchi mеtаllgа kimyoviy yo‘l bilan аylаntirish mumkinligigа ishоngаnini ko‘rsаtаdi. Gаrchi аmаliy jihаtdаn uning nаzаriyasi utоpik bo‘lsа-dа, оltin vа kumush hоsil qilish yo‘lidаgi urinishlаri tufаyli Roziy hоzirgi kimyoni bir qаnchа yangi mоddаlаr, аsbоblаr vа kimyoviy аmаllаr bilan bоyitdi. Roziyning tibbiyot vа kimyo sоhаlаrigа оid аsаrlаri o‘rtа аsrlаrdа Shаrq vа G‘аrbdа shu sоhаlаrning rivоjlаnishigа kаttа tа’sir ko‘rsаtgаn. Roziy o‘rta asr Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari falsafasida mavjud bo‘lgan ta’limotlarning birortasiga bog‘liq bo‘lmagan holda borliq va uning mohiyati haqida o‘z mustaqil ta’limotini yaratdi. O‘rtа аsr fаlsаfаsi uchun erishgаn eng kаttа yutuqlаridаn biri — Roziyning nаrsаlаr mоddiy аtоm zаrrаlаrdаn tuzilgаni hаqidаgi tа’limоtidir. U Dеmоkrit vа Epikur аtоmistik tа’limоtini o‘rtа аsrlаrdа birinchi mаrtа qаytа tiklаdi. Roziy Suqrоtni ахlоq sоhаsidа o‘zining vа bаrchа fаylаsuflаrning ustоzi dеb hisоblаydi. O‘rtа аsr mаnbаlаridа Roziy dinning аyrim аqidа vа tаmоyillаrigа sаlbiy munоsаbаtdа bo‘lgаni hаmdа pаyg‘аmbаrlik hаqidа аqidаgа zid bo‘lgаn аsаr yozgаni tа’kidlаnаdi. Lеkin, uning tаbiiy-ilmiy mеrоsi vа fаlsаfiy qаrаshlаri Yaqin vа O‘rtа Shаrq хаlqlаri mа’nаviy mеrоsidа muhim аhаmiyatgа egа bo‘lgаn. Roziyning ilmiy mеrоsini birinchi mаrtа o‘rgаngаn оlim Аbu Rаyhоn Bеruniydir. Bеruniy Roziyning tаrjimаi hоli, dunyoqаrаshi vа аsаrlаrini tаdqiq etib, "œFеhrist kutub Muhаmmаd ibn Zаkаriyo аr-Rоziy" ("œMuhаmmаd ibn Zаkаriyo аr-Rоziy kitоblаrining ro‘yхаti") аsаrini yozgаn. Roziyning аsоsiy аsаrlаri o‘rtа аsrlаrdаyoq G‘аrbiy Yevrоpаdа mаshhur bo‘lgаn, bа’zilаri lоtin vа boshqa Yevrоpа tillаrigа tаrjimа qilinib, kеng o‘rgаnilgаn. Kеyingi dаvr оlimlаrining, jumlаdаn, o‘zbеkistоnlik оlimlаrning tаdqiqоtlаridа Roziy аsаrlаrining ilmiy jаmоаtchilikkа mа’lum bo‘lmаgаn qo‘lyozmа nusхаlаri vа ulаrning tаrjimаlаri аniqlаnmоqdа, аyrim аsаrlаri nаshr etilmоqdа.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:47:36
RUDAKIY ABU ABDULLO JA’FAR (858-yil, hozirgi Tojikiston Respublikasi Panjrudak qishlog‘i — 941-yil) — fors-tojik shoiri. Fors-tojik she’riyati asoschilaridan biri. Yoshligidan she’riyat va musiqaga ixlos qo‘ygan, adabiyotni, arab tilini o‘rgangan. Zamonasining mashhur cholg‘uchisi Abul Abbos Bahtiyordan musiqa bo‘yicha ta’lim olgan; barbat, chang, ud, rud, kabi cholg‘u asboblarini chalishni o‘rgangan. Rudakiyning she’riyat va musiqadagi mahoratini eshitgan Buxoro hokimi Nasr ibn Ahmad Somoniy uni saroyga taklif etgan. Rudakiy Buxoroda vazir Abul Fazl Bal’amiy homiyligida ijod qilib, san’atda katta obro‘ qozongan. Rudakiy 40 yil saroyda shoirlarga boshchilik qilgan. Uning tug‘ma ko‘r bo‘lganligi haqida naqllar bor. Aslida saroydagi ig‘vo va fitnalar tufayli dushmanlari Rudakiyning ko‘zlariga mil tortib ko‘r qilgan, mol-mulkini talab, o‘zini Buxorodan badarg‘a qilishga erishganlar. Qarigan chog‘ida Rudakiy o‘z qishlog‘iga qaytib, faqirlikda umr kechirgan. Manbalarda Rudakiy she’riyati 100 000 baytdan iboratligi qayd etilgan. Lekin bizga qadar uning 1000 bayt asari (2 qasida, 50 ruboiy, she’r va dostonlari) yetib kelgan. Rudakiy Movarounnahrda o‘z she’rlaridan devon tuzgan ilk shoir hisoblanadi. "œBo‘i jo‘i Mo‘liyan oyad hame’ ("œMo‘liyon arig‘ining isi kelmoqdadir") misrasi bilan boshlanadigan g‘azali unga favqulodda shuhrat keltirgan. Unga 120 shoir tazmin bitgan, lekin birortasi Rudakiy darajasiga ko‘tarila olmagan. Rudakiy va uning izdoshlari forsiy she’riyatda bir necha asr hukmronlik qilgan Xuroson (yoki Turkiston) uslubiga asos solib, uni rivojlantirganlar. Rudakiy aruzni chuqur o‘rganib, uni xalq orasida keng tarqalgan qo‘shiqlarga tatbiq qilish natijasida 9 ta yangi vaznlar kashf etgan. Ularning ko‘pchiligi xalq qo‘shiqlarining barmoq vaznlari asosida tuzilgan. Rudakiy ruboiylari janrning barcha talablariga javob beradigan dastlabki ruboiylardandir. Dunyoning tuzilishi, hayot hodisalari, inson fe’l-atvori, xatti-harakatlari haqida falsafiy xulosalar chiqarish, pand-nasihat shoir she’riyatining yetakchi xususiyati hisoblanadi. Rudakiy ishqu muhabbatni ham baland pardalarda kuylagan, dunyoviy sevgini ulug‘lagan. U peyzaj lirikasining ham ustalaridan. Dunyo, zamon, inson mavzusi, turli illatlardan shikoyat motivlari ham Rudakiy ijodida, xususan, umrining oxirida yaratgan she’rlarida ko‘p uchraydi. She’rlari Munirxon Muinxoda (1957) va Sh.Shomuhammedov (1988, 1994) tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Shoir haqida "œRudakiy" dramasi va "œShoirning qismati" kinofilmi yaratilgan. Rudakiy nomida Tojikiston Davlat mukofoti ta’sis etilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:47:44
SAMOSIY, XOJA MUHAMMAD BOBOYI SAMOSIY (XIII-asr — 1354) — xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyondasi, buxorolik 7 pirning beshinchisi. Xoja Ali Romitaniy tahsil olib, uning vafotidan so‘ng xojagonlik tariqatini boshqargan. Bahouddin Naqshband tug‘ilganda uni ma’naviy farzandlikka qabul qilib, Sayyid Mir Kulolga Bahouddin tarbiyasi bilan shug‘ullanishni topshirgan. Samosiy bog‘bonlik bilan kun kechirgan. Samosiy kulohini Bahouddinga hadya etib, unga murshidlik qilgan. Bahouddin Naqshband ana shu kuloh sharofatidan balogardonlik karomatiga ega bo‘lgan, deydilar. Samosiy tug‘ilgan qishlog‘ida dafn qilingan. Qabri ustidagi maqbara, atrofdagi masjid va toshquduq mustaqillik yillarida ta’mirlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:47:52
SHАMSULMULK, MАLIK SHАMSULMULK (Nаsr) ibn Ibrоhim Tаmg‘аchхоn (XI аsrning birinchi chоrаgi — 1080, Buхоrо) — Qоrахоniylаr hukmdоri (1068-80-yillar). G‘аrbiy qоrахоniylаr хоqоnligi аsоschisi Ibrоhim ibn Nаsrning o‘g‘li. Sаljuqiylаr sultоni Аlp Аrslоnning bеvаqt o‘limidаn kеyin Shamsulmulk Tеrmiz vа Bаlхni qisqа muddаt ishg‘оl qilib turgаn. Birоq tеz оrаdа Аlp Аrslоnning vоrisi Mаlikshоh bu shаhаrlаrni o‘z dаvlаtigа qаytа qo‘shib оlgаn. Bоshqа tаrаfdаn Qоdir Yusuf Tаmg‘аchхоn vа uning o‘g‘illаri Shamsulmulkkа qаrshi kurаsh оlib bоrib, undаn Sirdаryoning shimоli vа Fаrg‘оnа vоdiysini tоrtib оlgаnlаr. Shamsulmulk Mоvаrоunnаhr, хususаn, Buхоrоdа kаttа qurilishlаr оlib bоrgаn. "œBuхоrо tаriхi" аsаridа kеltirilishichа, Buхоrо shahri vа uning аtrоflаridа qurilgаn ko‘plаb mе’mоriy оbidаlаr Shamsulmulk nоmi bilan bоg‘liqdir. U Buхоrоdаgi Jоmе mаsjidini tа’mirlаb, qаytа qurgаn (1069). Kаrmаnа yaqinidаgi Cho‘li Mаlikdа hаshаmаtli kаrvоnsаrоy vа rаbоt vа Hаzоrа qishlоg‘idа Dеggаrоniy mаsjidini hаm Shamsulmulk qurdirgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:48:04
SАYFIDDIN BOHARZIY (1190-yil 8-sentyabr, Хurоsоnning Bоhаrz qishlоg‘i — 1261-yil 20-oktyabr, Buхоrо) — kubrоviylik tаriqаtining yirik nаmоyandаsi, mutаsаvvif vа shаyх. Hirоt vа Nishоpur mаdrаsаlаridа tаhsil оlgаn. Mаkkа vа Mаdinаgа sаfаr qilgаn. Kеyinchаlik Хоrаzm vа Buхоrоdа muqim yashаgаn. Ko‘hnа Urgаnchdа Nаjmiddin Kubrоdаn tаsаvvuf tа’limоtini o‘rgаngаn vа uning хаlifаsi sifаtidа kеyinchаlik kubrоviylik tаriqаtini rivоjlаntirgаn. Sayfiddin Boharziydаn kubrоviylikning hind shохоbchаsi — firdаvsiya bоshlаnаdi. Jоmiyning yozishichа, Sayfiddin Boharziy Kubrо tоmоnidаn Buхоrоgа yubоrilgаn vа u bu yеrdа 40 yildаn оrtiq yashаgаn. U mo‘g‘ullаr bоsqinigа qаttiq qаrshilik ko‘rsаtgаn. Sayfiddin Boharziyning хаlq o‘rtаsidаgi kuchli nufuzidаn cho‘chigаn mo‘g‘ul hukmdоrlаri u bilan hisоblаshishgа mаjbur bo‘lishgаn. "œTаriхi Bаnоkаtiy" (XV аsr) аsаridа kеltirilishichа, mo‘g‘ul хоqоnlаri Munkeхоn (1251-60), Hulаguхоn (1256-65), Хubilаyхоn (1260-94)lаrning оnаsi — Suyurko‘ktаni bеkа (Tuluyning bеvаsi) Buхоrоdа Хоniya mаdrаsаsi vа хоnаqоh qurdirib, ungа judа ko‘p qishlоqlаrni vаqf qilgаn hаmdа shаyх Sayfiddin Boharziyni mudаrris vа mutаvаlli qilib tаyinlаgаn. Turkistоndаgi ijtimоiy-siyosiy hаyotdа shаyхning o‘rni kаttа bo‘lgаn. Оltin O‘rdа хоni Bеrkахоn hаm ungа e’tiqоd qilib Buхоrоgа kеlgаn vа pirgа murid tushib, islоm dinini qаbul qilgаn (XIII аsrning 50-yillаri). Bеrkахоn musulmоn bo‘lgаch, o‘zigа Bаrаkахоn nоmini оlgаn vа Shimoliy Kаvkаzdаn tо Sibirgаchа cho‘zilgаn ulkаn dаvlаti hududidа islоm dinini jоriy qilib, mаsjid vа mаdrаsаlаr qurdirgаn. Bu vоqеаdаn so‘ng Sayfiddin Boharziygа Shаyх ul-оlаm (Оlаm shаyхi) unvоni, Buхоrо shahrigа esа, Buхоrоi shаrif mаqоmi bеrilgаn. Sayfiddin Boharziy аrаb vа fоrs tillаridа "œShаrh аl-аsmо аl-husnо" ("œАllоhning go‘zаl ismlаri shаrhi"), "œRisоlа dаr ishq" ("œIshq hаqidа risоlа"), "œVоqеаi хilvаt" ("œХilvаtdаgi vоqеа"), "œRubоiyot", "œRo‘znоmа", "œVаsiyatnоmа" vа boshqa аsаrlаr hаmdа to‘rtliklаr yozgаn. Sayfiddin Boharziy Fаthоbоd mаvzеidа (Qаrshi dаrvоzаsi ro‘pаrаsidа) dаfn etilgаn. Qаbri ustigа mаqbаrа qurilgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:48:14
SАОLIBIY, АBU MАNSUR АBDULMАLIK IBN MUHАMMАD IBN ISMОIL АS-SАОLIBIY (961 — Nishоpur — 1038 ) — yozuvchi, аdаbiyotshunоs, tilshunоs vа tаriхchi оlim. Аrаbistоn, Irоq, Ispаniya, Хurоsоn vа Mоvаrоunnаhr bo‘ylаb sаyohаt qilgаn. 992-yildа Buхоrоgа, so‘ng Хоrаzmgа kеlgаn. Хоrаzmshоh Аbul Аbbоs Mа’mun (hukmrоnlik dаvri: 1009-1017) sаrоyidа хizmаt qilgаn, ungа аtаb аsаrlаr yozgаn. Sаоlibiyning "œYаtimаt ud-dаhr fi mаhоsin аhl аl-аsr" ("œАsr аhlining fоzillаri hаqidа zаmоnаsining durdоnаsi") tаzkirаsi mаshhur bo‘lib, u o‘shа dаvr Mоvаrоunnаhr, Хоrаzm, Хurоsоn vа аrаb аdаbiyoti hаqidаgi nоyob mаnbаdir. Аsаrning ilk nusхаsi 994-1000-yillаrdа yozilgаn bo‘lib, muаllif 1011 1017-yillаrdа uni qаytа ishlаb to‘ldirgаn vа хоrаzmshоh Аbul Аbbоs Mа’mungа tаqdim etgаn. Tаzkirа muqаddimа vа 4 qism (40 bоb)dаn ibоrаt bo‘lib, undа X аsr hаmdа XI аsr bоshlаridа аrаb tilidа ijоd qilgаn mоvаrоunnаhrlik vа bir qаnchа хurоsоnlik shоirlаr hаyoti hаmdа ijоdi yoritilgаn. "œTаtimmаt аl-Yаtimа" ("œYagоnа durdоnаgа qo‘shimchа", 1032-1038 ) аsаridа esа "œYаtimаt ud-dаhr"gа kirmаy qоlgаn yoki kеyinchаlik tаnilgаn yanа 209 shоir (ulаrdаn 104 nаfаri Mоvаrоunnаhr vа Хurоsоndаn) hаqidа mа’lumоt bеrilgаn. Sаоlibiyning "œKitоb lаtоif аl-mаоrif" ("œАjоyib mа’lumоtlаr hаqidа kitоb") аsаri buvаyhiylаr sulоlаsi vаziri аs-Sоhib (995-yil vafot etgan)gа bаg‘ishlаngаn. Sаоlibiy islоmgаchа vа islоm dаvridа o‘tgаn ko‘plаb shоirlаr, mаshhur kishilаr, хаlifаlаr, lаshkаrbоshilаr vа ulаrning tахаlluslаri to‘g‘risidа nоdir mа’lumоtlаr kеltirgаn. Аsаrdа muhim tаriхiy-etnоgrаfik mа’lumоtlаr, Sаоlibiy vа ungа zаmоndоsh аrаbiynаvis shоirlаrning shе’rlаridаn pаrchаlаr mаvjud. "œG‘urаr ахbоr muluk аl-furs vа siyarihim" ("œErоn pоdshоhlаri hаqidаgi хаbаr vа hikоyalаr sаrаsi") nоmli tаriхiy аsаr, "œShоhnоmа" vа bir shе’riy dеvоn hаm yarаtgаn. "œАt-Tаmаssul vаl-muхоzаrаt" vа "œMubhij" аsаrlаrini Qоbus ibn Vushmgir (hukmrоnlik dаvri: 978-1012)gа bаg‘ishlаgаn. Sаоlibiyning ko‘plаb аsаrlаri Ismаtullа Аbdullаyеv tоmоnidаn o‘zbеk tiligа tаrjimа qilingаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:48:32
TERMIZIY ABU ISO, IMOM TERMIZIY (to‘liq nomi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok Sullamiy Bug‘iy Termiziy) (824-yil, Termiz — 892-yil, Bug‘ qishlog‘i hozirgi Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan o‘sha vaqtdagi Bug‘ nomli qishloqda vafot etib, shu yerga dafn qilingan. Umrining oxirida ko‘zi ojiz bo‘lib qolgani uchun ad-Darir taxallusi bilan ham atalgan. Termiziyning yoshlik yillari Termiz shahrida o‘tgan, dastlabki ma’lumotni ham shu yerda olgan. Bolaligidan o‘ta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobilyati bilan o‘z tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan o‘rgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun ko‘pgina Sharq mamlakatlariga borgan. Uzoq yillar Iroq, Isfaxon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chog‘ida qiroat ilmi, bayon, fiqh, tarix, ayniqsa o‘zi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi bo‘yicha o‘sha davrning yirik olimlaridan ta’lim oladi. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Said, Ishoq ibn Muso, Mahmud ibn G‘aylon va boshqalar uning ustozlari edi. Termiziy Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda bo‘lgan va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) hadisning matninigina emas, uning hikmati va falsafasini tushunib yetganini e’tirof etadi. O‘z navbatida Imom Buxoriy o‘z shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: "œSen mendan bahra topganingdan ko‘ra men sendan ko‘proq bahra topdim", degan. Bu Termiziyga berilgan juda katta baho edi. Termiziy yo‘lda safarda bo‘lganda ham, yoki bir joyda muqim turganda ham ustozlaridan, uchratgan roviylardan eshitgan hadislarni yozib olar, ularni tartibli ravishda alohida-alohida qayd qilib borardi. 868-yil xorij safaridan o‘z yurtiga qaytgan Temiziy ilmiy-ijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘ldi va yirik muhaddis olim, imom sifatida shuhrat qozondi. Taqvodorlik, islom dini va o‘z obro‘siga gard yuqtirmaslikka intilish, dunyo mol-matosi va boylikka beparvo qarash, oxiratning g‘amini yeyish Termiziyning hayoti tarzi edi. Termiziyning shogirdlari uning ishlarini davom ettirdi. Ular ichida Makhul ibn al-Fadl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hamod ibn Shokir, Abd ibn Muhammad Nasafiy, Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf Nasafiy va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. "œAl-Jomi as-sahih" ("œIshonarli to‘plam"), "œash-Shamoil an-nabaviya" yoki "œAsh-Shamoil an-nabiy sallolohu alayhi va sallam" ("œPayg‘ambar alayhissalomning shakl va sifatlari"), "œal-Ilal filhadis" ("œHadislardagi illatlar"), "œRisola fil-xilof val-jadal" ("œHadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola’), "œat-Ta’rix" ("œTarix"), "œKitobuz-zuhd" ("œZohidlik kitobi"), "œKitob ul-asmo val-kuno" ("œIsmlar va kunyalar kitobi") va boshqa Termiziyning asarlari ichida eng mashhuri, shubhasiz "œal-Jomi as-sahih" bo‘lib, 6 ta ishonchli hadislar to‘plamidan biridir. Ushbu asar ilmiy manbalarda "œJomi"œ at-Termiziy", "œSahihi Termiziy", "œSunani Termiziy" nomi bilan ham ataladi. Termiziyning muhim asarlaridan yana biri "œash-Shamoil an-nabaviya" Muhammad (sav)ning shaxsiy hayoti, u zotning suvrat va siyrati, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni o‘z ichiga qamragan manbadir. Bu kitob azaldan islomshunos olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga tortib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Uning tili ravon, uslubi g‘oyatda oddiy. Asar fors va turk tillariga tarjima qilingan. "œAsh-Shamoil an-nabaviya’ning birinchi qismida keltirilgan hadisi shariflar payg‘ambarning suvrat (tashqi qiyofasi)iga, ikkinchi qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyosi-yu, axloqiy fazilatlarini bayon qilishga bag‘ishlagan. Kitobning XVI asrga oid bir qo‘lyozmasi Toshkentda, O‘zbekiston musulmonlari idorasi kurubxonasida saqlanadi. "œAsh-Shamoil an-nabaviya" o‘zbek tiliga o‘girilib so‘nggi yillarda Toshkentda bir necha bor nashr etildi. 1990-yilligi yurtimizda Termiziyning tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida Termiziyning yodgorlik majmuasi qaytadan ta’mirlanib, qutlug‘ ziyoratgohga aylantirildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:48:55
TАBАRIY, АBU JА’FАR MUHАMMАD IBN JАRIR АT-TАBАRIY (839, Tаbаristоnning Аmul shahri — 923-yil 16-fevral, Bаg‘dоd] — tаriхchi, fаqih vа filоlоg. Mаhаlliy zоdаgоn оilаsidа tug‘ilgаn. Аmul shahridа dаstlаbki tа’limni оlgаn. Rаydа mаshhur muhаddis vа fаqihlаr qo‘lidа o‘z bilimini оshirgаn. So‘ngrа Bаg‘dоd, Bаsrа, Kufаgа bоrib, zаmоnаsining mаshhur ulаmоlаrigа shоgird tushgаn. 867-yil Misrgа bоrgаnidа yеtuk оlim sifаtidа e’tirоf etilgаn. U Bаg‘dоdgа qаytgаch, "œаl-Jаririyyа" dеb аtаlgаn o‘zining fiqh mаktаbigа аsоs sоlgаn. Uning tаrаfdоrlаri Ibn Hаnbаl qаrаshlаrini tаnqid qilishgаn. Аhmаd bin Kоmil Аbu Bаkr, Аbdul-аziz bin Muhаmmаd аt-Tаbаriy, Аbdullоh bin Аhmаd аl-Fаrg‘оniy uning yеtuk shоgirdlаri edi. Tаbаriy fiqh vа tаriх ilmlаrini mukаmmаl egаllаb, bu ilmlаr vа Qur’оn, hаdislаr bo‘yichа аrаb tilidа 20 dаn оrtiq аsаrlаr yozgаn. "œKitоb iхtilоf аl-fuqаhо" ("œFаqihlаrning iхtilоflаri hаqidа kitоb") аsаri turli mаktаblаrgа mаnsub fаqihlаr dunyoqаrаshining tаhliligа bаg‘ishlаngаn. Qur’оni kаrim tаfsirigа bаg‘ishlаngаn "œTаfsir аl-Qur’оn" аsаri uni musulmоn оlаmigа tаnitgаn. "œTаriх аr-rusul vа-l-muluk" ("œPаyg‘аmbаrlаr, pоdshоhlаr vа хаlifаlаr tаriхi", "œTаriхi Tаbаriy" nоmi bilan mаshhur) аsаridа qаdimiy Erоn pоdshоhlаri, Rim vа Vizаntiya impеrаtоrlаri, хаlifаlik hududidаgi yurtlаr (хususаn, Хurоsоn vа Mоvаrоunnаhr)ning 915-yilgаchа bo‘lgаn tаriхi o‘z ifоdаsini tоpgаn. Аsаrdа Turkistоn хаlqlаrining аrаb bоsqinchilаrigа qаrshi kurаshi vа qo‘zg‘оlоnlаr (Buхоrо, Vаrdоnа, Sаmаrqаnd vа Fаrg‘оnаdаgi jаnglаr; Аbu Muslim hаrаkаti, Muqаnnа qo‘zg‘оlоni, Rоfе ibn Lаys qo‘zg‘оlоni) hаm ko‘rsаtilgаn. "œTаriхi Tаbаriy" аsаri bizgаchа to‘liq yеtib kеlmаgаn. Uning аrаb tilidаgi mаvjud mаtni M.Ya. dе Guе (1836-1909) tаrаfidаn Lеydеndа 15 jild qilib nаshr etilgаn (1879-1901). Bu аsаrni Bаl’аmiy qаytа ishlаb vа yangi mа’lumоtlаr bilan bоyitib, fоrs tiligа tаrjimа qilgаn. Bаl’аmiy аsаri ("œTаbаriy — Bаl’аmiy tаriхi" nоmi bilan hаm mаshhur)ni Tаbаriy Zоtеnbеrg frаnsuz tiligа (1874), Muhаmmаd Yusuf Bаyoniy o‘zbеk tiligа (1882) tаrjimа qilishgаn. «Tаriхi Tаbаriy» V.I. Bеlyaеv tоmоnidаn аrаbchаdаn rus tiligа qisqаrtirilgаn hоldа tаrjimа qilingаn vа Tоshkеntdа nаshr etilgаn (1987). O‘zbеkistоn FА Shаrqshunоslik instituti fоndlаridа bu аsаrning Muhаmmаd Sоdiq Kоshg‘аriy (XVIII аsr) tоmоnidаn uyg‘ur, Bаyoniy (XIX аsr) tоmоnidаn o‘zbеk tiligа qilingаn tаrjimаsi sаqlаnаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:49:34
UMАR XAYYOM (tахаllusi; аsl ism-shаrifi G‘iyosiddin Аbulfаth Umаr ibn Ibrоhim Хаyyom Nishоpuriy) (1048-yil 18-may — Nishоpur — 1131-yil 4-dekabr) — mаtеmаtik, аstrоnоm, fаylаsuf, hаkim vа mutаfаkkir shоir. Nishоpurdа bоshlаng‘ich mа’lumоtni оlgаch, Bаlх, Buхоrо vа Sаmаrqаnddа tаhsil ko‘rgаn. Mаlikshоh vа Nizоmulmulk (1019-92) dа’vаti bilan 1074-yildа Isfаhоndа rаsаdхоnа qurdirgаn vа ungа rаhbаrlik qilgаn. Yulduzlаr jаdvаli, 1079-yildа yangi islоh qilingаn tаqvim tuzgаn. Bu tаqvim Yevrоpаdа undаn 500 yil kеyin jоriy qilingаn Grigоriy kаlеndаridаn hаm аniqrоq bo‘lgаn. Umar Xayyom ilmdа hаm, ijоddа hаm o‘zini shаyх ur-rаis Аbu Аli ibn Sinоning hаssоs vа sаdоqаtli shоgirdi hisоblаgаn. Ibn Sinо аsаrlаrini tushunmаgаn kishilаr ulаrni izоhlаsh vа shаrhlаshni undаn so‘rаgаnlаr. U ustоzining bir qаtоr аsаrlаrini аrаbchаdаn fоrschаgа tаrjimа qilib, shаrhlаb bеrgаn, uning g‘оya vа qаrаshlаrini dаvоm ettirgаn hаmdа tаrg‘ib qilgаn. "œRisоlаt ul-kаvn vаt-tаklif" ("œKоinоt vа uning vаzifаlаri hаqidа risоlа"), "œRisоlа fi-l-vujud" (‘Bоrliq hаqidа risоlа"), "œRisоlа fi kulliyoti vujud" ("œBоrliqning umumiyligi hаqidа risоlа") kаbi fаlsаfiy аsаrlаridа Ibn Sinоning vоrisi vа izdоshi sifаtidа nаmоyon bo‘lgаn. 1077-yildа u yunоn оlimi Еvklid kitоbidаgi bir nеchа gеоmеtrik shаkllаrni shаrhlаb yozgаn "œRisоlа fi shаrhi mо аshkаlа min musоdаrаt kitоb ul-Iqlidis" ("œЕvklid kitоbi muqаddimаlаridаgi mushkulоtlаr shаrhi hаqidа risоlа) аsаridа butun sоnlаrning ildizini tоpish yo‘llаrini ko‘rsаtib bеrgаn. "œRisоlа fi-l-bаrоhiyn аlа mаsоyil аl-jаbr vа-l-muqоbаlа" ("œАlgеbrа vа muqоbаlа isbоtlаri hаqidа risоlа"), "œMushkulоt ul-hisоb" ("œАrifmеtikа mushkulоtlаri") аsаrlаridа u yunоn оlimlаrining аniq fаnlаrgа оid fikrlаrini аrаb tilidа kеng shаrhlаsh bilan birgа, ulаrning qаrаshlаrini rivоjlаntirgаn, mаtеmаtik, fizik tеnglаmаlаrning mоdеllаrini tоpgаn. XII аsr fоrs nаsrining nоdir nаmunаsi hisоblаngаn "œNаvro‘znоmа" аsаridа Nаvro‘zning kеlib chiqish tаriхi, Shаrq хаlqlаrining bu bаyrаm bilan bоg‘liq аn’аnа vа mаrоsimlаri kеng yoritilgаn, ko‘plаb hikоyat vа rivоyatlаr kеltirilgаn. Umar Xayyomgа uning rubоiylаri jаhоnshumul shuhrаt kеltirgаn. Ulаrdа shоir dunyo, оdаm hаqidа, hаyot mаzmuni hаqidа fikr yuritаdi. Rubоiylаridа ishq vа hаyot, insоn tаfаkkurining qudrаti, umrning mа’nоsi, insоniy fаzilаt vа qusurlаr, mа’rifаt vа jаhоlаt kаbi mаvzulаr tаshkil etаdi. Tеz-tеz uchrаb turаdigаn mаy оbrаzi esа ilоhiy muhаbbаt, hаyot lаzzаtlаrini ulug‘lаsh vоsitаsidir. Firdаvsiy mаsnаviyni, Hоfiz g‘аzаlni qаnchаlik tаkоmilgа yеtkаzgаn bo‘lsаlаr, Umar Xayyom hаm rubоiyni shunchаlik yuksаk mаvqеgа ko‘tаrdi. Umar Xayyom rubоiylаri dunyoning dеyarli bаrchа аsоsiy tillаrigа tаrjimа qilingаn. Bu rubоiylаr o‘zidаn kеyingi Shаrq аdаbiyotigа kuchli tа’sir ko‘rsаtgаn. XIX аsrdаn G‘аrbdа hаm mаshhur bo‘lgаn. Аynаn u tufаyli rubоiy jаhоn so‘z sаn’аtining mаshhur jаnrlаridаn birigа аylаngаn. U o‘zining fаlsаfiy jihаtdаn tеrаn vа sеrmаzmun rubоiylаri bilan Shаrq shе’riyatidа fаlsаfiylikning chuqurlаshuvigа kаttа hissа qo‘shgаn. Аmеrikаdа Umar Xayyom аsаrlаri аsоsidа tеаtrlаshtirilgаn sаhnа аsаri, Lоndоndа mахsus хаyyomхоnlаr sаrоyi mаvjud. Ulаrdа shоir rubоiylаri hаm аslidа, hаm tаrjimаdа bаdiiy so‘z ustаlаri, mоhir nоtiqlаr tоmоnidаn o‘qilаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:49:46
UTBIY, АBU MUHАMMАD IBN АBDULJАBBОR АL-UTBIY (961, Rаy — tахm. 1036, G‘аznа) — tаriхchi оlim. Bаdаvlаt vа nufuzli zоdаgоn оilаsidа tug‘ilgаn. Yoshligidаn Хurоsоndа yashаgаn. Sоmоniylаrning Хurоsоndаgi nоibi Аbu Аli Simjuriy, so‘ngrа Хurоsоndа surgunlikdа yashаgаn ziyoriylаr hukmdоri Qоbus ibn Vushmаgirning shахsiy kоtibi (sаrkоtibi), G‘аznаviylаr (Sаbuktеgin, Mаhmud G‘аznаviy, Mаs’ud G‘аznаviy) sаrоyidа yirik аmаldоr. Utbiy sultоn Mаhmud G‘аznаviyning elchisi sifаtidа Gаrchistоn vilоyatigа bоrgаn (999) vа Bоdhizning shаrqiy qismidаgi Gаnj rustаk vilоyatidа sоhib bаrid bo‘lib turgаn. Sаоlibiyning yozishichа, Utbiy аrаb tilidа "œTаriхi Yaminiy" ("œYaminiy tаriхi"), "œLаtоif аl-kuttоb" ("œKоtiblаrning lаtif so‘zlаri") vа boshqa tаriхiy аsаrlаr yozib qоldirgаn. "œTаriхi Yaminiy" аsаri Sаbuktеgin vа Mаhmud G‘аznаviy dаvridа G‘аznаviylаr dаvlаti tаrkibigа kirgаn Хurоsоn, Хоrаzm vа qismаn Mоvаrоunnаhrning 975-1021 yillаrdаgi ijtimоiy-siyosiy tаriхini o‘z ichigа оlgаn. Mаzkur аsаr "œYamin ud-dаvlа" ("œDаvlаtning o‘ng qo‘li") unvоnigа sаzоvоr bo‘lgаn sultоn Mаhmud G‘аznаviygа bаg‘ishlаngаnligi uchun hаm "œTаriхi Yaminiy" dеb аtаlgаn. Аsаrdа qоrахоniylаrning Mоvаrоunnаhrgа hujumi (922-996) hаqidа nоdir mа’lumоtlаr mаvjud. Bu аsаr o‘rtа аsrlаr tаriхshunоsligigа хоs оg‘ir uslub — sаj" bilan yozilgаn. "œTаriхi Yaminiy"ning аrаbchа mаtni Dеhli (1847), Bulоq (1874) vа Lоhur (1883) dа chоp etilgаn. Bu аsаrning fоrschа tаrjimаsi Tеhrоndа 3 mаrtа nаshr etilgаn (1856, 1955, 1966). Inglizchа tаrjimаsi hаm bоsilgаn (Lоndоn, 1858 ). Undаn аyrim pаrchаlаr frаnsuz, nеmis, rus, o‘zbеk tillаridа nаshr qilingаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:49:55
VATVOT, RASHIDIDDIN, RASHID TAXALLUS-LARI (Vatvot — ko‘rshapalak, uchar sichqon, adibning jussasi kichikligiga ishora); asl ismi Muhammad bin Abduljalol al-Umariy (1087, Balx — 1177/1183, Xorazm) — shoir, adabiyotshunos olim. Balxning "œNizomiya" madrasasida ta’lim olgan, falsafa, adab haqidagi ilmlarni chuqur o‘rgangan. Keyinchalik Xorazmga kelib, Xorazmshoh Otsiz (1127-56) saroyida ijod qilgan. "œSa’d-al-mulk" ("œMamlakat baxti") faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. Fors va arab tillarida yozgan. G‘azal, ruboiy, qit’alarida adolat, odamiylik, insoniy muhabbatni ulug‘lagan. Qasidalari xorazmshohlarga bag‘ishlangan. She’riyat nazariyasiga oid "œHadoiq as-sehr fi daqoyiq ash-she’r" ("œShe’riy nozikliklardan sehr bog‘lari") asari 1156-yilgacha Xorazmda yozilgan. Asar keyingi davr shoir va adabiyot olimlariga qo‘llanma sifatida xizmat qilgan. Adabiyotshunos Sharafiddin Romiy (XIV asr) bu asarga "œHadoiq al-haqoyiq" ("œHaqiqat bog‘lari") nomli sharh yozgan. Shams Qays Roziy, Ataulloh Husayniy she’riy san’atlar haqidagi asarlarida unga murojaat qilganlar. Bobur ham "œMuxtasar" risolasida Vatvotni tilga olgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:50:07
XORAZMIY, ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN AHMAD IBN YUSUF AL-XORAZMIY (X asr) — Urganchda xorazmshohlar saroyida faoliyat olib borgan zamonasining yirik tarixchi, mutafakkirlaridan. Balxda tug‘ilgan, somoniylar amiri Nuh ibn Mansur saroyida xizmat qilgan. Somoniylar vaziri Utbiyga atab qomusiy asar "œMafotih al-ulum" ("œIlmlar kaliti") nomli asar yozgan. Asarda arab tilida ko‘p ishlatiladigan atamalarning izohlari berilgan. Atamalar fanlar bo‘yicha alohida-alohida bo‘lim (15 bo‘lim) qilib berilgan. Ayniqsa, ma’muriy masalalarga (ish yuritish, soliqlar tartibi masalalari, suvdan foydalanish, shuningdek, ob-havo) oid bo‘limlari muhim ahamiyatga ega.

XORAZMIY, ABU JA’FAR (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-yil, Xiva — 850-yil, Bag‘dod) — o‘rta osiyolik buyuk matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Dastlabki ma’lumotni Xiva shahrida olgan yetuk olim bo‘lib shakllangan. Bunda arab istilosidan so‘ng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani an’analari asosiy rol o‘ynagan. Xalifa Horun ar-Rashidning o‘g‘li va uning Xurosondagi voliysi al-Ma’mun huzuriga — Marvga taklif etilgan. 819-yilda Bag‘dodni egallagan al-Ma’mun turkistonlik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, habash al-Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni o‘zi bilan olib ketib, o‘ziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa "œBayt ul-hikmat" ("œDonishmandlik uyi")ning o‘zagini tashkil etgan. Xorazmiy xalifa Ma’mun zamonida "œBayt ul-hikmat"da mudir sifatida faoliyat ko‘rsatadi. U shu davrdan boshlab Bag‘dodda al-Ma’mun (813-833), so‘ng al-Mo‘tasim (833-842), al-Vosiq (842-847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan. Bog‘dodda u Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va Movarounnahr olimlari bilan ijod qiladi. Xorazmiy zamondosh olimlar bilan birgalikda yer aylanasining uzunligi va radiusini hamda geografik xaritalar tuzish kabi masalalar bilan mashg‘ul bo‘ldi. Zamonasining mashhur matematigi, astronmi va geografi sifatida fanga ulkan hissa qo‘shdi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat bizgacha 10 tasigina yetib kelgan. Matematikaga doir asarlari: "œAl-jabr val-muqobala, "œHind hisobi haqida; geografiyaga oid kitoblari "œKitob surat ul-arz" ("œYer surati"); astronomiyaga oid asarlari "œZij" va "œUsturlob bilan ishlash haqida kitob"; tarixga oid asarlari "œKitob at-tarix", "œYahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola" nomlari bilan atalgan. Amerikalik fan tarixchisi Jorj Sarton Xorazmiyni "œO‘z zamonasining eng buyuk matematigi, agar barcha holatlar e’tiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri", deb baholagan. Bunday baho Xorazmiyning matematika tarixida tutgan beqiyos o‘rni tufaylidir. Xorazmiy Bag‘dodda yunon fanining yutuqlarini o‘rganadi, hind va eron manbalari, hatto bevosita Bobildan qolgan ayrim faktlar hamda xitoy manbalari bilan ham tanishdi, ularni o‘zining muhim kashfiyotlari bilan boyitdi va fan tarixida abadiy iz qoldirgan fundamental asarlar yaratadi. Shuning uchun Xorazmiy o‘zigacha mavjud bo‘lgan sivilizatsiya merosini sintez qilib, boyitib jahonga yoygan fan dahosi hisoblanadi. Xorazmiy algebra faniga asos solgani, bu fan atamasi uning "œKitob muxtasar min hisob al-jabr val-muqobala" ("œAl-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob") asari nomidan kelib chiqqani yaxshi ma’lum. Xorazmiy asari XII asrning boshlarida kremonalik Gerardo, Chesterlik Robert tomonidan lotinchaga tarjima qilingan, nomi qisqarib "œaljebra" (fransuz, ingliz tillarida), "œalgebra" (nemis, rus tillarida) deb atala boshlagan va fan nomiga aylanib ketgan. Xorazmiyning "œAljabr" asari asrlar davomida avlodlar qo‘lida yer o‘lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o‘lchov ishlarida dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. Keyinchalik asrlar davomida Yevropa olimlari Xorazmiy asarini qayta—qayta ishlab, u asosda darsliklar yozadilar. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasining Yevropada, qolaversa, butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. Aljabrni mustaqil fan darajasiga ko‘tardi. Vatandoshimiz Xorazmiy matematika faniga asos solib, tarixda o‘zidan o‘chmas iz qoldirdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:50:18
YUSUF XOS HOJIB (taxminan 1019/1021 ?-yillar) — turkigo‘y adib, olim va mutafakkir. "œQutadg‘u bilig" falsafiy-didaktik dostonining muallifi. Asl ismi Yusuf. Dostoni uchun qoraxoniylar hukmdorlaridan bo‘lgan Tamg‘ochxon (Tavg‘och Ulug‘ Bug‘ro Qoraxon abo Ali Xasan binni Arslonxon)dan Xos Hojib (eshik og‘asi) martabasini olgan va Yusuf Xos Xojib nomi bilan shuhrat qozongan. Uning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi yagona manba "œQutadg‘u bilig" kitobidir. Shunga qaraganda adib Bolosog‘unda tug‘ilgan, zamonasining ilm-fanini atroflicha o‘rgangan va o‘z asarini 1069-1070-yillarda yozgan. Muallif asarda o‘rta asr hukmdorlarining asriy orzusi — markazlashgan, mutlaq hokimga tobe davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adovatlarga barham berish kabi ma’muriy-xo‘jalik hamda ma’rifat, obodonchilik, moddiy-ma’naviy va boshqa masalalarga asosiy diqqatini qaratadi. Asarda inson va uning ijtimoiy mohiyati, hayotdagi o‘rni va vazifasi har tomonlama tahlil qilinadi. "œQutudg‘u bilig"da oddiy xalq, mehnatkash inson alohida ehtirom bilan tasvirlanadi. Yusuf Xos Hojib ayniqsa dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar va savdogarlarni iliq mehr bilan tilga oladi. Dehqonlarni u hammadan ham yuqori qo‘yadi. "œQutadg‘u bilig"da axloq, odob, sadoqat va va sevgi kabi masalalar haqida hikmatli so‘zlar yuritadi. U ilm va ma’rifatga saodatning kaliti deb qaraydi. Shuning uchun ham o‘z dostonini "œQutadg‘u bilig" deb ataydi. Unda ilm va ma’rifatni targ‘ib qiladi, olimlarni ulug‘laydi, davlat boshliqlarini ilm-fan ahllaridan ta’lim olishga va ularning maslahatlari bilan ish ko‘rishga da’vat qiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:50:29
ZANGIOTA (asl ismi Oyxo‘ja ibn Toshxo‘ja) (?-1258 ) — avliyo, tasavvufning taniqli vakili. Arslonbobning avlodi (avarasi). Toshkent shahrini Samarqand darvoza ko‘chasidagi Zangiota taxallusida tug‘ilib o‘sgan degan taxmin bor. Arab naslida, qora tanli bo‘lgani uchun zanji (zangi), hurmat yuzasidan va oliy himmatligi uchun Zangibobo Himmatli deb atashgan. Zangiota yoshligida otasidan ta’lim oldi. Otasi vafotidan keyin Ahmad Yassaviyning xalifalisi va shogirdi bo‘lmish Hakim ota (Sulaymon Boqirg‘oniy) huzuriga bordi. Bir necha yil uning mulozamatida bo‘lib, undan yassaviylik tariqati sir-asrorlari, odobini o‘rgandi va bu tariqatning yetuk namoyondasi bo‘lib yetishdi. So‘ng o‘z vatani — Shosh viloyatiga qaytib kelib, aholini ilohiy-ahloqiy, tasavvufiy yo‘l-yo‘riqlar bilan tarbiyalashga kirishdi, ko‘plab mutasavviflar tayyorladi. Zangiotaning butun hayoti Movarounnahr xalqlarining og‘ir va dahshatli davriga to‘g‘ri keldi. Mo‘g‘ul istilochilari mamlakatni xonavayron qilib, xalq ommasining qullik iskanjasiga solgan bir paytda Zangiota va uning izdoshlari xalq orasida vatanparvarlik, mehnatsevarlik, adlu insof, poklik, yaxshilik, mehr-shavqat, xudojo‘ylik kabi umuminsoniy g‘oyalarini targ‘ib qildi. Zangiotaning murid va shogirdlari, xususan, Uzun Hasanota, Sayyidota, Sadrota va Badrota Dashti Qipchoq o‘zbeklri, Volgabo‘yi va Ural tog‘i etaklaridagi tatar va boshqirdlar orasida islom dinining yoyilishiga hissa qo‘shdi. Zangiota podachilik qilib, halol rizq topib hayot kechirgan. Namoz va zikrni kanda qilmagan. Zangiotaning karomatlari va fazilatlarini Xo‘ja Ahror, shoirlar Maxtumquli, Kamiy, Toshkandiy va boshqalar tilga olib, she’r va xotiralar yozib qoldirganlar, xalq rivoyatlar to‘qigan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, Zangiota ustozi Hakim ota vafotidan so‘ng uning xotini Anbar bibini nikohiga olib, undan bir necha farzand ko‘radi. Farzandlar ham Zangiota kabi e’tiqodli, insfli kishilar bo‘lib yetishadilar, xalqni haqiqat yo‘liga boshlashda rahnomolik qiladilar. Zangiota Anbar bibining qabri Zangiota tumanidagi Zangiota qishlog‘ida. Zangiota dafn etilgan mozor yonida masjid va madrasa qad ko‘targan. U joy ziyoratgoh hisoblanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:50:40
ZAYNIDDIN JURJONIY, ABU IBROHIM IBN XASAN IBN MUHAMMAD IBN MAHMUD IBN AHMAD AL-HUSAYNIY (?-1137) — tib olimi, Xorazmning Jurjon shahrida tug‘ilgan. Dastlab u Otsiz Xorazmshohning tabibi bo‘lgan, so‘ng Marvga ketib umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Arab, fors tillarida ijod qilgan. Olim tibga oid "œAl-a’roz at -tibbiyya" ("œKasalliklar belgilari") asarini Otsiz Xorazmshohning vaziri, olim Majiduddun Abu-Muhammad iltimosiga ko‘ra yozgan. U Zaxirai Xorazm — shohiy" ("œXorazmshoh xazinasi"), "œTa’liq shayxir-rais" ("œOlimlar olimi ibn Sino sharhi"), "œZubdat ut-tib" ("œTib ilmining asosiy mag‘zi") kabi asarlar muallifidir.

ZAYNIDDINBOBO, SHAYX ZAYNIDDIN BOBO KO‘HI ORIFON TOSHKANDIY (1164-1259, Toshkent) — shayx. Otasi Shayx Shahobiddin abu Hafs Umar Suhravardiy Bog‘dodning katta mutavvavsiflaridan bo‘lgan, suxravardiya tariqatini yaratgan. O‘g‘li Zayniddinni Shoshga yuborgan. Zayniddinbobo hoziirgi Ko‘kcha dahasida hayot kechirgan va tasavvuf ilmi bilan hayot kechirgan. Tarixiy manbalarda Zayniddinbobo "œsayyidlarning ulug‘i va sharif kishilarning karomatlisi va buyugi", "œoriflarning qutbi va ishonchli rahnamosi" deb ta’riflanadi. Amir Temur 1391 92 va 1402-yillar Zayniddinbobo maqbarasini ziyorat qilgan va ta’mir ettirgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:50:53
ATAMA VA TUSHUNCHALAR

ALGORITM, ALGORIFM — ma’lum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. O‘rta asrlarda sanoqning o‘nli tizimi bo‘yicha to‘rt arifmetik amal bajariladigan qoidani algoritm deb atashgan. Bu qoidalarni matematikaga IX asrda al-Xorazmiy kiritgan. Yevropada bunday qoidalar uning tug‘ilgan yurtiga nisbatan lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shaklida "œalgorizm" deyilgan), keyinchalik "œalgoritm" ga aylangan.

ALGEBRA (arabcha — al-Jabr) — matematikaning bir sohasi. Buyuk o‘zbek olimi Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy "œAl-jabr val-muqobala" asarida dunyoda birinchi marta algebrani izchil bayon qildi. Asar XII asrda lotin tiliga tarjima qilinib, algebra nomi bilan jahonga tarqalgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:51:41
ALFRAGANUS — Ahmad Farg‘oniy lotinlashtirib, shu nom bilan g‘arbda shuhrat topgan.

"œAL-JABR VAL-MUQOBALA" — Muso al-Xorazmiyning matematikaga oid asari. U Al-jabr val-muqobala" kitobi bilan matematika tarixida birinchi bo`lib algebra faniga asos soldi. Muso al-Xorazmiyning "œAl-jabr" asari asrlar davomida avlodlar qo`lida yer o`lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o`lchov ishlarida dasturulamal bo`lib xizmat qildi. Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o`nlik hisoblash tizimining Yevropada, qoloversa butun dunyoda tarqalashiga buyuk ahamiyat kasb etdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:52:32
"œAL-MUFASSAL" — Mahmud Zamaxshariyning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag`ishlangan asari.

"œAL-KASHSHOF" — Mahmud Zamaxshariyning Qur’oni Karim tafsiriga bag`ishlangan asari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:52:41
ARAB VA G‘AYRI ARABLAR USTOZI — mashhur mutafakkir Mahmud Zamaxshariy shu nom bilan ulug‘langan.

AKADEMIYA (yunoncha — Akademos — afsonaviy qahramon Akadem nomidan) — ko‘pgina ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlari, o‘quv yurtlarining nomi. Mil.avv. IV asrda Platon (Aflotun) asos solgan yunon falsafiy maktabi, Afina yaqinidagi joy ham uning nomi bilan atalgan. Sharq mamlakatlarida akademiya tarzidagi muassasa va jamiyatlar VIII-IX asrlarda tarkib topa boshlagan. Xususan, arab xalifaligida Horun ar-Rashid hukmronligi davri (786-809) da "œBayt ul-hikmat" ning faoliyatida yanada rivoj topgan, uning rasadxonasi va katta kutubxonasi bo‘lgan (buyuk matematik Muso Xorazmiy va astronom Ahmad Farg‘oniy shu yerda ishlagan). Mashhur olim va shoir Ibn Hamdon (935-yil vafot etgan) Mosul shahrida kutubxonali "œDor ul-ilm" ("œIlm uyi") ochgan va bu joy ilmga intilganlarning kirishi uchun bemalol bo‘lgan. Bunday akademiyalar Bag‘dodda, shuningdek, Misrda ham ochilgan. 1004-yilda Urganchda Ma’mun akademiyasiga asos solingan. Abu Rayhon Beruniy shu akademiyaning rahbari bo‘lgan (bu akademiya doirasida Abu Ali ibn Sino, faylasuf Abu Sahl Masihiy, tabib Abulhasan Hammor va boshqalar ish olib borishgan). Amir Temur tomonidan Samarqandda to‘plangan olim, yozuvchi va me’morlar XV asr fani va madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shganlar. Ulug‘bek madrasasi va rasadxonasi ham o‘z davrining akademiyasisidir; bu akademiya Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqa buyuk matematik hamda astronomlarni birlashtirgan. XV asrning ikkinchi yarmida ilmiy va madaniy markazga aylangan Hirotda, Navoiy atrofida olim, yozuvchi, rassom, sozanda va boshqalardan tarkib topgan o‘ziga xos ilmiy va badiiy jamiyat yuzaga kelgan. Hirot miniatyura maktabini o‘rta asr Sharqida davlat tomonidan ta’sis etilgan birinchi badiiy akademiya deb hisoblash mumkin (Behzod shu akademiyaning eng yirik vakilidir). XV-XVI asrlarda Yevropada (Italiyada) turli ilmiy jamiyatlar akademiya deb atala boshlagan; ularning faoliyati,asosan,ijtimoiy fanlar yo‘nalishida bo‘lgan. XVII asrda bir qancha ilmiy jamiyatlar — akademiyalar tuzilib, ular,asosan,tabiatshunoslik masalalari bilan shug‘ullangan. XVII asrning ikkinchi yarmidan davlat hokimiyati yordami bilan bir qancha mamlakatlarda milliy ilmiy markaz sifatidagi akademiyalar tuzildi; masalan Londondagi Qirollik jamiyati (1660), Parij FA (1666), Berlindagi Prussiya FA (1700), Peterburg FA (1724).
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:52:50
"œARASTUNING "œMETAFIZIKA" ASARIGA SHARH" — Abu Nasr Farobiyning asari.

"œASTRONOMIYA ASOSLARI", — Al-Farg`oniyning astronomiyaga oid asari. Asar "œKitob al-harakat as-samoviya va javomia" ilm an-nujum" ("œSamoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi") nomi bilan ham mashhur. O`z zamonasining qomusi hisoblangan Al-Farg`oniyning bu asari XV asrda lotin tiliga tarjima qilinib, bir necha asr mobaynida musulmon Sharqi va Yevropa astronomlari uchun dastur bo`lib xizmat qiladi. Uning "œAstronomik asoslari haqidagi kitob" asaridan bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo`yicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonisidagi astronomiya haqidagi eng muhim va zarur bo`lgan bilimlarni o`z ichiga olgan. Bu asar o`rta asr musulmon Sharqi mamlakatlaridagi, so`ng Ispaniya orqali Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:52:59
AVITSENNA — O‘rta asrning buyuk allomasi Abu Ali ibn Sino G‘arbda shu nom bilan shuhrat topgan.

BAND — to‘g‘on, suv ombori.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:53:27
BANNO — 1) IX-XIII asr boshi me’morlari. 2) Temuriylar davlatida g‘isht terib imorat qaddini bino qiluvchilar.

BASTA — o‘n ikki maqom tizimidagi maqomlardan biri.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:57:33
"œBAXT-SAODATGA ERISHUV HAQIDA" — Abu Nasr Farobiyning ijtimoiy-siyosiy hayot, davlatni boshqarish masalalariga bag`ishlangan asari.

"œBAYT UL-HIKMAT" (yoki "œHizonot ul-himat") — olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa. Xalifa Horun ar-Rashid (766-809) Bag`dodda tashkil etgan. O`zbekcha asarlarda "œBilim uyi" yoki "œDonishmandlar uyi" deb yuritiladi. Muhammad Xorazmiy xalifa Ma`mun davri (813-833-yillar) da "œBilim uyi" dagi juda boy kutubxonaga boshchilik qilgan. Kutubxonada hind, yunon, suryoniy (suriya), arab, fors tillarida 400 000 jild qo`lyozma kitob saqlangan. Xorazmiy o`sha kitoblardan foydalanib, hind usulida ilmi hay`at (astronomiya) ga oid "œZiji Xorazmiy" asarini yozgan. Hind raqamlari asosida hozirgi arab raqamlarini soddalashtirgan, kengaytirgan va birinchi marta arab tilini bayon etib, uning keng tarqalishiga hissa qo`shgan. Tarjima ishlarida turli mamlakatlardan kelgan olim va tarjimonlar, jumladan, Turkiston olimlaridan Ahmad Farg`oniy, Muhammad Xorazmiy, Abbos ibn Said Javhariy va Ahmad ibn Abdulloh Marvaziylar qatnashgan. Bu yerda olimlar chet tildagi murakkab tushunchalarni berishga qodir arab atamashunosligini yaratishga va uni boyitishga katta hissa qo`shdilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:57:48
BODA — O‘n ikki maqom tizimidagi maqomlardan biri.

BORGOH — makon; dargoh; dunyoga keladigan va unga qaytadigan azaliy muqaddas maskan (joy), narigi dunyo.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:57:56
BUSLIK — O‘n ikki maqom tizimidagi maqomlardan biri.

"œDEVONI LUG`OTIT TURK" ("œTurkiy so`zlar devoni") — Mahmud Qoshg`ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari (1071-1072). Bu asarda XI asrning ikkinchi yarmida O`rta Osiyoda va G`arbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urug` va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geografiyasi, merologiyasi va astronomiyaga oid qimmatli qo`lyozma ma`lumotlar yozib qoldirilgan. "œDevoni lug`otit turk" ning qo`lyozmasi 1914-yil Turkiyaning Diyorbakr shahridan topilgan. 319 sahifali bu qo`lyozma hozirgi Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa "œDevoni lug`otit turk" yozilganidan salkam 200 yil keyin, ya`ni Mahmud Qoshg`ariyning o`z qo`li bilan yozilgan nusxadan 1266-yilda kotib Muhammad ibn Abu Bakr ibn Fotih al-Soviy al-Damashqiy tomonidan ko`chirilgan. "œDevonu lug`otit turk" arab tilida yozilgan, 8 mingdan ortiq turkiy so`zlarni talaffuz qilish maqsadida arabcha harakatlar (harflardagi ost-ust ishoralar) dan foydalanilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:58:05
DOVUL — katta nog‘ora.

"œDORUL HIKMAT VA MAORIF" ("œHikmat va maorif uyi") — Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi. 1004-yilda shakllangan. Uning asosini Abu Nasr ibn Iroq (X a.-1034), Abulhayr ibn Hammor (991 1048 ), Abu Sahl Masihiy (970-1011), Abu Rayhon Beruniy (973-1048 ), Abu Ali ibn Sino (980-1037) va boshqalar tashkil qilgan. Ularning ilmiy faoliyati tufayli qadimgi Xorazm badiiy san’ati, adabiyoti, astronomiyasi, matematikasi, sug`orish madaniyati yutuqlari jahon tamadduni xazinasiga kirgan va butun insoniyat manfaatlariga xizmat qila boshlagan. 1017-yili Mahmud G`aznaviyning Xorazmga qilgan hujimi natijasida "œDorul hikmat va maorif" faoliyati tugatilgan, olimlarning ko`pchiligi G`azna shahriga majburan olib ketilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:58:13
ETNIK JARAYON — kelib chiqishi bir biriga yaqin bo‘lgan turli qabila va elatlarning asrlar davomida qo‘shilib borishi.

FALSAFA — hayotdagi barcha narsa va hodisalarning aloqadorligini o‘rganuvchi fan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:58:21
FAQIHLAR MADRASASI — XII asrda Buxoroning Darvoza mahallasida qonunshunoslar uchun qurilgan maxsus madrasa.

FARJAK MADRASASI — X asrda Buxoroda Kovushdo‘zlar timi yaqinida tashkil etilgan madrasa.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:58:30
FAXRIDDIN ROZIY MAQBARASI — Ko‘hna Urganchdagi me’moriy yodgorlik (XII asrning ikkinchi yarmi); Turkmanistonning Toshhovuz viloyati hududida. Xorazm shohlari Otsiz (1128-1156) va El Arslon (1156-1172) davrida qurilgan deb taxmin qilinadi. Mahalliy aholi olim Faxriddin Roziy nomi bilan bog‘laydi. Binoning asosiy qismi kubsimon shaklda (ichki o‘lchami 3,5А…3,6 m, quyi qismi pastga tomon bir oz kengaygan), 12 qirrali poygumbaz ustiga 12 qirrali kulohiy gumbaz bog‘langan. Uch tomonida tobadonli eshik joylashgan. Old tomoni silliqlangan g‘ishtlar bilan 3 ta ravoqli to‘rtburchaklarga bo‘lingan, yuzasi barg va novdalarning nozik uyg‘unligidagi o‘yma naqshlar bilan jozibador bezatilgan, to‘rtburchaklar o‘zaro yozuvli hoshiya naqsh bilan birlashgan. Tashqi gumbaziga feruza rang g‘ishtlar mavj usulida terilib handasiy naqshlar hosil qilingan; tashqi gumbazidan ancha past bo‘lgan ichki gumbaziga muqarnaslar ishlangan
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:58:38
"œGEODEZIYA" — Abu Rayhon Beruniyning asari.

FIQH (arabcha — bilish, tushunish) — musulmon huquqshunosligi, shariat qonun-qoidalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi islom ta’limotining bir sohasi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:58:47
HADIS (arabcha) — islom dinida Qur’ondan keyingi manba. Muhammad hayoti, faoliyati va ko‘rsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat. Qur’on musulmonlar jamoasining barcha huquqiy va axloqiy masalalarini qamrab ololmaganligi sababli VII asr oxiri — VIII asr boshida hadislar yozila boshladi. Hadislarda arab xalifaligidagi sinfiy ziddiyatlar, islom ilohiyoti, shariat talqini ifodalanib, turli sinf va ijtimoiy guruhlar manfaati aks etgani uchun bir-biriga zid keladigan fikrlar yuzaga kelgan. Davrlar o‘tishi bilan hadislar tanlanib, kerakliklari bir tizimga solina boshladi. IX-X asr boshlarida dindorlar orasida obro‘li deb tanilgan hadisning 6 ta to‘plami vujudga kelgan. Bulardan ayniqsa 2 tasi — "œSahihi Buxoriy" va "œAs-Sahih" ko‘proq e’zozlanadi. Hadislar to‘plami sunna deb nom olgan. Hadislarni yig‘uvchi, sharxlovchi, targ‘ib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan.

HANDASA — geometriya.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:58:55
HAZRATI IMOM MAYIN (Muin) majmuasi-Qashqadaryodagi me’moriy yodgorlik (XI-XIX asrlar). Hazrati Imom Mayin maqbarasi atrofida bunyod etilgan. Maqbara oldi ayvonli, naqshinkor 6 ustunga tayangan. Majmua devor bilan o‘ralgan kichik (tashqi) va katta hovlidagi turli davrlarda qurilgan binolardan tashkil topgan. XI-XIV asrlarda maqbara (tarhi 5А…5 m), ziyoratxona va masjid (7А…7 m) qurilgan, maqbara hovlisida murabba tarhli (10А…10 m) hovuz bor, hovuzning sharqida quduq mavjud. Maqbara 16 qirrali kulohiy gumbaz bilan yopilgan, yog‘och sag‘ana o‘yma naqshlar bilan ziynatlangan. Masjid gumbazli xonaqoh va 2 tomonli ayvondan iborat, ayvon shifti va ustunlari naqshlar bilan bezatilgan; masjid yonida chillaxona joylashgan. XIX-XX asrlarda xonaqohga tutash 2 xona qurilgan. 2004-yilda ta’mirlangan.

HAZRATI SULTON MAQBARASI — Qashqadaryo viloyatidagi me’moriy yodgorlik (XII-XIII asrlar). Maqbaraning qadimgi qismi uzun go‘rxona bo‘lib, keng ravoqli yo‘lak orqali gumbazli ziyoratxonaga o‘tiladi. Ziyoratxonaga 3 ta go‘rxona tutash. Maqbara XVI-XVIII asrlarda qayta tiklangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:59:05
"œHIBAT UL-HAQOYIQ" — Ahmad Yugankiydan saqlanib qolgan yagona adabiy meros. U turkiy adabiy tilning qimmatli va nodir yodgorligi hisoblanadi. O`z asarida shoir Yusuf Xos Hojib singari ilm-fan, olim va fozillarni ulug`laydi, ma`rifatparvarlikni targ`ib etadi, kishilarni ilmli va ma`rifatli bo`lishga chaqiradi.

"œHIDOYA" (arab. — yo`llanma; to`la nomi "œHidoya fi furu’ al-fiqh" — "œFiqh sohalari bo`yicha yo`llanma’) — hanafiylikda keng tarqalgan shariat qo`llanmasi (kodeksi). Uni Burhoniddin Marg`inoniy 13 yil davomida yozgan. Qo`llanmani yaratishda Qur’on oyatlariga, dastlabki 4 xalifa, sahobalar va tobe’inlarning rivoyatlari, hadislar, sunniylikdagi 4 mazhab asoschilarining asarlariga tayangan. «Hidoya» 4 jild, 57 kitob, 165 bob, 152 fasldan tarkib topgan. Burhoniddin Marg`inoniyning «Hidoya» asari yozilish uslubi bo`yicha ajralib turadi. Unda huquqiy muammolarning yechimi dastavval mashhur faqihlarning fikr-xulosalarini bayon qilish va unga boshqa fiqh olimlarining e’tirozlari va qo`shilishlarini izhor qilish yo`li bilan berilgan. Xuddi shunday umume’tirof etgan obro`li faqihlar nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda muayyan huquqiy muammoning eng ma’qul yechimini tanlab olish mumkin bo`lgan. Shu yo`l bilan «Hidoya»da shariat qoidalarining aynan o`zigina emas, balki ularning mukammal asos va dalillari ham asl ravishda berilgan. «Hidoya» bir necha asr davomida ko`p musulmon mamlakatlarida huquqshunoslik bo`yicha asosiy manba hisoblangan. «Hidoya» sudlov bo`yicha qo`llanma sifatida O`zbekistonda XX asrning 20-yillarigacha — qozilar sudi bekor qilinib, sho`rolar sud tizimi joriy qilinguncha amalda bo`ldi. U ba’zi musulmon mamlakatlari oliy o`quv yurtlarida o`qitiladi. «Hidoya» bir necha tilga tarjima qilingan. «Hidoya»ning birinchi jildi o`zbek tilida Toshkentda 2001-yilda chop etildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:59:22
"œHIKMAT" — Ahmad Yassaviy she`rlari top`lami. Ushbu asarning aynan asli amas, balki keyingi nusxalarigina yetib kelgan bo`lsa-da, ammo bu asar turkiy adabiyotning va adabiy tilning yaratilishida muhim ahamiyat kasb etdi.

"œHIND HISOBI HAQIDA" — Muso al-Xorazmiyning matematikaga oid asari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:59:30
"œHINDISTON" — Abu Rayhon Beruniyning asari. Olim "œHindiston" asarida Hindistonning geografiyasi, aholisining mifologik tasavvurlari haqida ma’lumot beradi.

ISMOIL SOMONIY MAQBARASI — Buxorodagi ko‘hna me’moriy yodgorlik (taxminan 864-868 ). Somoniylar davlatining asoschisi Ismoil Somoniy va uning avlodlari maqbarasi. Ismoil Somoniy maqbarasi 4 tomoni bir xil chordara shakilida, jima g‘ishtin bezaklari chiviqli to‘siq yoki qamish, bo‘yra to‘qimasini eslatadi. Devor qalinligi — 1,8 metr, tarhi tashqarisi 10,80x10,70 metr, ichkarisi 7,20x7,20 metr. Usti gumbaz bilan qoplangan. 4 burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba o‘rnatilgan. Devor tepasida kungirasimon darcha (40 ta). Har bir darcha hoshiyalangan. Ravoq tepasidagi qanos g‘ishtin tangachalar marjoni bilan chegralangan. Ikki chetiga mayda g‘ishtdan chorsi tumor yasalgan. Bino ichkarisi tashqaridagi bezak bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uslub jihatdan bir xil. Ichki devor gumbaz osti bag‘alidagi ustma-ust ravoqchalar ustunchalarga tayangan. Ravoqchalar 8 qirrali gumbaz asosini tashkil qiladi. Qirralar burchagiga gumbazga tirgaklik qiluvchi ustunchalar ishlangan. Arxeologik qazilma vaqti (1927)da xona sahnida 2 yog‘och sag‘ana borligi aniqlangan. Yozma manbalar va rivoyatlarga ko‘ra, maqbrani Ismoil Somoniy otasi qabri ustiga qurdirgan. Sharq tomondagi sag‘ana Ismoil Somoniy otasi qabri (849-907) deb taxmin etiladi. Narshaxiy Buxoro tarixi kitobida Ismoil Somoniyning o‘g‘li amir Ahmad (914) o‘z qullari tomonidan o‘ldirilgan va mazkur maqbaraga qo‘yilgan deb yozadi. Ismoil Somoniy maqbarasi O‘rta Osiyo me’morligi va san’ati tarixidagi dastlabki maqbaralardan. Uning tuzilishida qadimgi sug‘d me’morligining an’analari saqlanib qolgan buyuk me’moriy asardir. Ismoil Somoniy maqbarasi shahar madaniyat va istirohat bog‘i hududida joylashgan. Ismoil Somoniy maqbarasi loyihasidan tortib, hajmiy tuzilishigacha geometrik tartib va qoida asosida yaratilganligi aniqlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:59:37
KALOM (arabcha — ravon nutq, jumla, gap, so‘z) — islom ilohiyot ilmi. VIII asrda arab xalifaligida paydo bo‘lgan. Kalom islom diniy ta’limotini asoslashga harakat qiladi.

"œKITOB AT-TARIX" — Muso al-Xorazmiyning tarixga oid asari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:59:47
"œKITOB AT-TAVHID" (Allohning birligi) — Al-Moturidiyning islomiy odob qoidalari, ma’naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta’lim berishga mo`ljallangan asari. Unda diniy ta’limot, islomiy urf-odatlar insonning kamol topishida, dunyoqarashining shakllanishidagi mohiyati talqin etilgan.

"œKITOB SURAT UL-ARZ" (Yer surati) — Muso al-Xorazmiyning geografiyaga oid asari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 16:59:58
KOFIYA — arab tili morfologiyasi.

KORIZ (forscha) — yer osti suvlarini yig‘ish va ularni yer yuzasiga chiqarish uchun quriladigan yer osti inshoati; aholini suv bilan ta’minlash va sug‘orish maqsadlarida qo‘llaniladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:00:08
KOSHG‘ARIY YODGORLIK MAJMUI, MAHMUD KOSHG‘ARIY YODGORLIK MAJMUI — Xitoyning Qashg‘ar (Koshg‘ar) viloyati O‘pal nohiyasidagi Aziq qishlog‘ida, Hazrati Mullom tog‘i etagidagi tepalikda joylashgan maqbara. Tepalikning bal. 40 m bo‘lib, mahalliy xalq orasida Mahmud Koshg‘ariy mozori nomi bilan mashhur. Olim dafn etilgan joyga o‘sha davr an’anasiga mos ravishda peshtoqlik qabr qurilib, usti uy shaklida yopilgan. Shundan beri bu yer ziyoratgohga aylanib, mahalliy xalq tomonidan ta’mirlanib turilgan. 1958-yil maqbara to‘la ta’mirlanib, yoniga muzey qurilgan va hukumat tasarrufidagi ziyorat maskaniga aylantirilgan. Uning tarkibida asosiy maqbara, hovli, qiroatxona, muzey, tahoratxona kabilar mavjud. Ularning umumiy mayd. 1160 kv. m ga teng. Qabr joylashgan tepalikning etaklari go‘zal, manzarali boqqa aylantirilgan. Hozir ushbu ziyorat maskanining umumiy mayd. 75 ga ga yaqin. Maqbaraga chiqishda 92 ta zinani bosib o‘tish lozim. Aytishlaricha, ushbu zinalar soni olimning yoshi soniga tenglashtirilgan. Zinapoya yonida o‘sha davrdan beri saqlanib kelayotgan buloq mavjud. Mahmud Koshg‘ariy muzeyi maqbaraning shim.tomonida joylashgan. Maqbara bilan muzey oralig‘i taxm. 300 m keladi. 1999-2000-yillarda pastdan muzeyga chiqish uchun zinali yo‘l ishlangan. Uning o‘rta belida olimning kitob ushlab turgan haykali o‘rnatilgan. Haykalning bal. 9,7 m.

KUBROVIYLIK — tasavvuf tariqati. XIII a. boshida Xorazmda Najmiddin Kubro asos solgan. Uning asarlarida tariqatning mohiyati, o‘ziga xos talab va qoidalari bayon qilib berilgan. Kubroviylik tariqati Yassaviy tariqatidan farqli o‘laroq tarkidunyochilikni rad etadi. Kamolot yo‘lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz-ne’matlaridan bahramand bo‘lishning joizligi g‘oyasi ilgari suriladi. Kubroviylik tariqatida xalqqa va Vatanga bo‘lgan muhabbat nihoyatda kuchli bo‘lib, har qanday og‘ir damlarda ham omma bilan birga bo‘lish, Vatanni mudofaa qilish va uning mustaqilligi uchun kurashga da’vat etiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:00:17
MADRASA (arabcha darasa-o‘rganmoq) — musulmonlarning o‘rta va oliy o‘quv yurti. Ulamolar va maktabdorlar, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida davlat organlari xizmatchilarini ham tayyorlaydi. VII-VIII asrlarda islom dini ulamolari musulmon ilohiyoti masalalarini sharhlab berib turadigan markaz sifatida arab davlatlarida paydo bo‘lgan. IX-XIII asrlarda islom diniga e’tiqod qilinadigan mamlakatlarda, jumladan, O‘rta Osiyoda tarqaldi. Madrasalarda milliy ziyolilar tayyorlangan. Abu Bakr Muhammad Narshaxiyning "œBuxoro tarixi" asarida aytib o‘tilgan 937-yilgi yong‘inda zarar ko‘rgan "œForjak" madrasasi O‘rta Osiyodagi dastlabki madrasalardandir. Madrasalarning xon madrasalari, eshon madrasalari, xususiy madrasalar kabi turlari bo‘lgan. Madrasa muassislari madrasani ta’minlash uchun maxsus mulk — vaqf ajratishgan va bu mulkni boshqaruvchi mutavvalini tayinlashgan. Madrasaga maktabxonani tugatganlar qabul qilingan. Talabalar yoshi 10 dan 40 yoshgacha bo‘lgan. Ular madrasa yotoqxonalarida yashash huquqiga ega bo‘lgan kunduzgi bo‘lim va darslarga erkin qatnovchi sirtqi bo‘lim talabalari toifalariga ajratilgan. Madrasa o‘quv dasturining umumiy jihatlari X-XII asrlarda ishlab chiqilgan va keyinchalik takomillashib borgan. Mashg‘ulotlar, odatda, sentyabrda boshlanib, may oyigacha davom etgan. Yoz oylari va ramazon oyida ta’tilga chiqilgan. Darslar quyosh chiqish payti (bomdod nomozidan keyinoq) boshlangan. Madrasada ta’lim 3 bosqichda: boshlang‘ich (adno), o‘rta (avsat) va yuqori (a’lo) guruhlarda olib borilgan. Adno bosqichi "œAqoid" kitobini o‘qishga o‘tguncha davom etgan, avsat bosqichi "œAqoid" kitobini o‘qishdan boshlanib, "œSharhi mulla" kitobini o‘rganguncha bo‘lgan va undan keyingi murakkab qo‘llanmalarni o‘rganuvchilar a’lo bosqichi talabalari hisoblangan. Madrasada o‘qish talabalar iqtidoriga qarab, 7-12 yil davom etgan. O‘rta Osiyodagi madrasalarda arab va fors tilida yozilgan kitoblar o‘qitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharhlab berilgan. Madrasalarda to‘liq kursni o‘qib tamomlash uchun talabalardan falsafa va huquq fanlariga oid taxm. 137 darslik — qo‘llanmani o‘zlashtirish talab etilgan. Madrasalarda talabalarning qiziqishlari va mudarrislarning mavjudligiga qarab, falakiyot, handasa, tibbiyot, kimyo, jug‘rofiya, tarix, adabiyot, aruz ilmi, me’morlik asoslari, xattotlik, musiqa, axloq, notiqlik kabi fanlar ham o‘qitilgan. Arab mamlakatlarida dastlabki madrasa vazir Nizomulmulk tomonidan Bag‘dodda (XI asrning ikkinchi yarmida) qurilgan. O‘rta Osiyoda madrasa maxsus me’morlik inshoati sifatida qurilgani haqida tarixiy ma’lumotlar saqlangan. Shohizinda tarkibida Samarqand hokimi Tamg‘och Bug‘roxon Ibrohim qurdirgan (XI a.) madrasa qoldiqlari topilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:00:25
MAFKURA (arabcha — fikrlar majmui) — ma’lum maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiluvchi g‘oyalar yig‘indisi.

"œMAFOTIH UL-ULUM" ("œFanlar kalitlari") — Abu Abdulloh al-Xorazmiyning arab tilida yozgan mashhur asari. Ushbu kitob fanlarning rivojlanish tarixi va tasnifiga bag`ishlangan. Kitobda o`sha davrda mavjud bo`lgan huquq, falsafa, mantiq, aruz, matematika, geometriya, kimyo kabi turli fanlarga qomusiy ma`lumotlar berilib, ularning asoslari bayon etilgan. Alloma bu asarida faqat fanlar haqida tushuncha berib qolmay, balki ularning taraqqiyot darajalarini ham aniqlaganki, ushbu asar o`rta asrlarda O`rta Osiyoda aniq fanlarning rivojida muhim ahamiyat kasb etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:00:35
MAQBARA (arabcha marqad, turbat) — biror mayitning jasadi joylashgan me’moriy inshoat yoki tosh tobut (daxma, sag‘ana). Maqbara usti qubbali chortoqli bino bo‘lib, ramziy g‘oyalarni o‘zida ifodalagan. Chortoq — yer kurrasini ifoda etuvchi barqaror shakl, qubba — osmon gumbazi ramzi, bular birgalikda Koinotni anglatgan. «Koinot modeli»ning bu tarzda barpo etilishi borliqning Alloh tomonidan yaratilgani haqidagi aqidaga muvofiqlashtirilgan. Sharqda dastlab qabr ustiga biror tosh qo‘yish, imorat qurish man etilgan bo‘lsa-da IX asrdan xalifalar sharafiga maqbaralar qurila boshlangan. Movarounnahrda ham IX asrdan maxsus maqbaralar qurish odat tusiga kirgan. Keyinchalik, asosan, mashhur kishilar (podshohlar, ruhoniylar, olimlar) qabri ustiga turli maqbaralar qurilgan. Oddiy maqbara gumbazli chorsi xonadan iborat bo‘lgan, unga peshtoqli eshik orqali kirilgan (Arabota maqbarasi). Ba’zan xonaning 4 tomoni ravoqli-chordara shaklida bo‘ladi (Ismoil Somoniy maqbarasi), keyinchalik maqbara qurilishi tobora murakkablasha borib, unda ziyoratxona, go‘rxona, tagxona-sardoba kabi maxsus xonalar paydo bo‘lgan (Yassaviy majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Toj mahal maqbarasi Shohizinda ansambli va boshqalar).

MASJID, MACHIT (arabcha — sajda qilinadigan joy) — musulmonlar jamoa bo‘lib, namoz o‘qiydigan joy, ibodatxona. Masjidlar, asosan, kundalik besh vaqt namoz o‘qish uchun mo‘ljallangan. Juma va hayit namozlari esa jome masjidlarida o‘qiladi. Birinchi masjidni Madinada Muhammad (sav) qurdirgan. Masjidlar dastlab shaharlarda, keyinchalik qishloq va mahallalarda barpo etilgan. Masjidlarning to‘rida, Makkaga qaragan (qibla) tomonida mehrob, hovlisida hovuz, bir yoki bir necha minora bo‘ladi. Ayrim yirik masjidlar mehrobining o‘ng tomonida va’zxonlik uchun mo‘ljallangan minbar, ba’zilarida esa Qur‘on o‘qiladigan maxsus joylar ham bo‘ladi. Ba’zi masjidlar huzurida maktablar ham bo‘lib, ularda o‘g‘il bolalarga Qur‘on o‘qish o‘rgatiladi. Masjidlarda juma va hayit namozi kunlari imom-xatiblar xutba o‘qib, turli diniy masalalar bo‘yicha va’zxonlik qiladi. Masjidlar VII-VIII asrlardan turli musulmon mamlakatlarning mahalliy me’morlik an’analarida yetakchi o‘rinni egallab, o‘ziga xos uslubda qurila boshlagan. Asosan murabba yoki to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli, markaziy qismida xonaqohi bo‘lgan, hovli atrofi ravoqli ayvonlardan iborat. 8 qirrali, gumbaz tomli va ko‘p ustunli, galereyali masjidlar tosh, yog‘och, g‘isht, rangli koshin bilan hashamdor bezatilgan. O‘rta Osiyoda dastlabki masjidlarlar Buxoro Hisori ichida 713-yilda Qutayba ibn Muslim tomonidan mahalliy otashgoh butxona o‘rnida qurilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Samarqanddagi birinchi masjidlar Hazrati Xizr masjidi o‘rnida bo‘lgan. X-XI asrlar masjidlar me’morligida ganch o‘ymakorligi, g‘ishtni bezakli qilib terish san’ati rivoj topgan. XIV-XV asrlarda masjidlar turlari va tuzilishi o‘zgarib, u shaharning eng ko‘zga ko‘ringan yirik me’moriy jamoat binolari qatoridan o‘rin olgan. Shahar markazlarida jome masjid, juma masjid va guzar, mahalla masjidlari keng tarqalgan. Movarounnahr me’morlik maktabida yaratilgan xalq ustalarining o‘ziga xos merosi Eron, Xuroson, Ozarbayjon, Hindiston, Hirot me’morligi bilan o‘zaro uyg‘unlashib ketgan. XVI-XVII asrlarda masjidlar qurilishida gumbazlar tuzilishi ancha murakkablashdi. Peshtoq, ravoq va minoralarning turli shakllari yaratildi. Bezagida muqarnas naqshlar, koshinkori bezaklar qo‘llanildi: Buxoro, Samarqand, Shahrisabz shaharlaridagi Baland masjid, Xo‘ja Zayniddin majmuasi, Bahouddin majmuasi. Shahar tashqarisida namozgohlar (Buxoro namozgohi, Qarshi namozgohi), ziyoratchilar uchun xonaqohlar (Qosim shayx xonaqohi, Fayziobod xonaqohi, Nodir Devonbegi xonaqohi va b.) qurildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:00:45
MASJIDI KALON (forscha — katta masjid) — Buxorodagi me’moriy yodgorlik. XII asrdagi qadimiy imorat qoldiqlari ustiga XIV-XV asrlarda qurila boshlanib, XVI a. boshlarida ta’mir etilgan (masjid hovlisi va atrofida olib borilgan arxeologik tekshirishlar natijasida aniqlangan). Masjid to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (127А…78 m), keng hovli atrofini gumbazli bostirma ayvon egallagan. 288 qubba (gumbazcha) 208 ustunga tayangan. Ular o‘ziga xos mahobatli ko‘rinishga ega bo‘lib, ustunlarga keyinchalik murabba tarhli poyustunlar o‘rnatilgan. Hovlining to‘rt tomoni markazida naq-shinkor peshtoqlar bor. Sharqdagi tashqi ulkan peshtoq mahobati va muhtasham bezagi bilan alohida ajralib turadi. Masjidi kalonning tashqi 7 eshigi bo‘lib, asosiy sharqiy darvoza oldida va ichida keng ayvonlar joylashgan. Peshtoq ravog‘idagi boloxona va uning yon tomonidagi qirrali ravoqlar koshin va sirlangan g‘ishtlar bilan bezatilgan. Ayniqsa, ganchkori ravoqlar alohida ajralib turadi. Peshtoq orqali hovli to‘ri (yuqorisi)dagi xonaqoh-maqsuraga o‘tiladi. Xonaqohning tashqi poygumbazi baland, moviy gumbazi uzoqdan ko‘zga tashlanib turadi. Ichki gumbaz osti bag‘allariga «qolibkori» uslubida qator mayda ravoqcha (16 ta)lar ishlangan mehrob bezaklari nafis koshinkorlik san’atining yuksak namunasidir, unda usta Boyozid Puroniy nomi va 1514-y. sanasi ko‘rsatilgan. Peshtoq oldidagi sahnda kichik ko‘shk (pavilon) bor, qurilishi (XX a.)da Usta Shirin Murodov qatnashgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:00:54
MAG‘OKI ATTORI MASJIDI — Buxorodagi me’moriy yodgorlik (X-XVI asrlar). Mag‘ok (chuqurlik)da va attor bozori yaqinida joylashgani sababli Mag‘oki attori masjidi deb nomlangan. Qadimiy 4 ustunli Moh masjidi (IX a.) o‘rnida XII asrda eski loyiha asosida qayta qurilgan (1934-yilda arxeologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan). XIV asrda ta’mirlangan, XV asrda peshtoqining yuqori qismi buzilgan. Abdulazizxon davrida (1541-42-yillar) binoning yuqori qismi, gumbazlari qayta qurilgan. Masjid tarhi (13,35А…17,6 m) sodda yechimga ega, ichkarisi 6 ustunli, 12 gumbazli, o‘rta gumbazi balandroq bo‘lib, uning asosi (poygumbazi)dagi darchalar orqali bino ichiga yorug‘lik tushadi. Sharqiy qismini keng pillapoyali zina egallagan. Bosh tarzidagi peshtoq g‘ayriodatiy ravishda binoning yon tomoni (jan.)da joylashgan. Keyinchalik sharqiy qismiga qayta qurilgan. Peshtoqining ko‘rinishida yoysimon chuqur ravoq va undagi o‘ziga xos bezaklar muhim o‘rin tutadi. Ganch va mayda g‘isht bo‘lakchalaridan bezatilgan peshtoq hashami g‘oyatda nafis va yuksak badiiy did bilan bajarilgan. Namoyon o‘lchamlariga mutanosib ravishda murakkab bo‘rtma bezaklar ishlangan. Ustungo‘shalari o‘yma naqshlar bilan, boshasi vazasimon shaklda ko‘rkamlashtirilgan. Mag‘oki attori masjidining bezaklari XII a. Buxoro me’morlik maktabining yuksak namunasi sifatida O‘zbekiston me’morlik tarixida alohida o‘rin tutadi. 1939-49-yillarda peshtoqi mustahkamlanib ta’mirlangan, atrofi obodonlashtirilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:01:04
MA’MUN AKADEMIYASI — IX asrning birinchi yarmida Xalifa Ma’mun ar-Rashid (813-833-yillar) tomonidan Bag‘dodda tashkil etilgan ilmiy markaz. Dastlab «Bayt ul hikmat» («Bilim uyi» deb atalgan). Bu akademiyada Hunayn ibn Ishoq, Sobit ibn Kurra, Xubaysh, Baxtyashu, Qusto ibn Luqa al-Baaxbakkiy, Yahyo ibn Adiy, Ishoq al-Damashqiy, Masarjuvayxlar oilasi, Navbaxt, Ibn Muqaffa, Ibn Mojja, Ibn Vaxshiyalar tomonidan yunon, yahudiy, sanskrit, suryoniy, fors tilidan juda ko‘plab ilmiy-adabiy, falsafiy-axloqiy asarlar arab tiliga tarjima qilindi va ularga sharhlar yozilib, musulmon dunyosiga yoyildi. Ayni shu tarjima va sharhlar tufayli yunon, hind olimlari asarlari bizgacha yetib kelgan. 828-yili Ma’mun akademiyasi qoshida Bag‘dodning ash-Shammasiya mahallasida birinchi rasadxona, 831-yili Damashq yaqinidagi Kosion tog‘ida rasadxonaning bo‘limi qurilgan. Rasadxonaga dastlab marvlik Abu Ali Yahyo ibn Mansur, keyinchalik Muhammad Xorazmiy rahbarlik qilgan. Ma’mun akademiyasida turli maqsadlarda ilmiy ekspedisiyalar ham tashkil qilingan. Chunonchi 830-yilda Xorazmiy boshchiligida G‘arbiy Hindiston (hoz. Sharqiy Afg‘oniston), Vizantiya, Volganing quyi oqimiga 3 ta ekspedisiya uyushtirilgan. Ma’mun akademiyasida Xorazmiy bilan birga Xolid ibn al-Malik al-Marvarrudiy, Al-Abbos ibn Said al-Javhariy, Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Fazl al-Hamid ibn Vase’ ibn Turk al-Xuttaliy, Abu Yusuf Yoqub ibn Sabbox al-Kindiy va boshqa ko‘plab o‘rtaosiyolik olimlar ijod qilib, turli fanlar rivojiga katta hissa qo‘shdilar. XI asr boshida Xorazm poytaxti Gurganj (hozirgi Ko‘hna Urganch) shahridagi ilmiy markaz ham Ma’mun akademiyasi deb nomlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:01:13
MEHROB (arabcha — harb joyi; bu yerda namoz paytida shayton bilan imom o‘rtasidagi urush joyi ma’nosida) — masjidning Makka (Ka’ba)ga qarata yo‘naltirib devor ichiga ishlangan ravoq shaklli joy, sajdagoh. Mehrob yarim aylana, ko‘p qirrali, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda ishlanib, tepasi ravoq yoki yarim aylana shaklida bezaladi, atrofi hoshiyalangan bo‘ladi. Ayrim mehroblar yog‘och, ganch, naqshinkor marmar va koshinlar bilan qoplangan, badiiy bezakli ustunlar va ravoqli hoshiyalar bilan bezatilgan. Mehrob islom dinining dastlabki davrlaridan mavjud. Namoz vaqtida imom mehrobga o‘tib, qiblaga yuzlanadi va uning orqasidan jamoa bo‘lib namoz o‘qiladi.

MEHTAR (forscha — ulug‘, janob) — saroy mansablaridan biri. Somoniylar davlatida boobro‘ shaxslar, davlat arkonlari. Ba’zi manbalarda mehtar «qishloq oqsoqoli» yoki «otboqar, sayis» — ma’nolarida ham qo‘llanilgan. Mehtar zimmasiga zakotdan, shuningdek, tovar, aqcha, don, chorva singari tushumlarning qonunga binoan, zarur o‘rinlarda ishlatishni nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:01:22
METAFIZIKA — sezgilar vositasida anglab olish mumkin bo‘lmagan obektlarni (sifat, mazmun, mohiyat, hodisa) tadqiq etuvchi fan.

MINORA (arabcha — mayoq) — gorizontal (eni) o‘lchamiga nisbatan vertikal (tik) o‘lchami ortiq bo‘lgan baland inshoat. Minoralar aylana, ko‘p qirrali yoki to‘rtburchak shaklida barpo qilinib, yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Inshoatning yuqorisiga chiqish uchun uning ichida aylanma zina bo‘ladi. Qadimdan minoralar masjid va madrasalar yonida yoki ularga tutash qurilgan. Muazzin minoraga chiqib azon aytib, namozxonlarni namozga chorlagan. Shuningdek, minoralardan soqchixona (qorovul xonasi, burj, ding) sifatida ham foydalanilgan (Jarqo‘rg‘on minorasi, Vobkent minorasi va boshqalar). Dastlabki minora Ummaviylar xalifasi Musaviyning buyrug‘iga binoan 673-yili Misrda qurilgan. Ba’zi minoralar shaharga, ma’lum bir ansamblga ko‘rk va salobat berish hamda uni qurdirgan shaxsning kuch-qudratini namoyish qilish uchun ham bunyod etilgan. Yevropa mamlakatlarida o‘rta asrlarda ichida yotoqxona, oziq-ovqat ombori, quduq va boshqalar bo‘lgan minora (donjon)lar to‘rtburchakli yoki aylana tarhli silindrsimon qilib, qal’aning uzoq qamalga bardosh berishiga mo‘ljallangan joyiga qurilgan. Buxorodagi Chor minor o‘ziga xos to‘rt minorali me’moriy yodgorlik hisoblanadi. O‘zbekiston hududidagi qadimiy minoralarning tuzilishi o‘ziga xos milliy me’morlik an’analari asosida qurilgan. G‘ishtni mavj uslubida terib, yozuvlarni qo‘llash orqali badiiy ifodaviylikka erishilgan. Minoralarga joziba baxsh etilgan. Qadimiy me’morlik an’analariga tayangan mahalliy me’morlik maktablarining rivojlanishi bilan minoralar bezagida rangli sopol koshinlar qo‘llangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:01:47
MINORAI KALON (Katta minora), Arslonxon minorasi — Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Muhandis va me’mor Baqo loyihasi asosida Arslonxon qurdirgan (1127). Minorai kalon o‘rnida avval ham minora bo‘lgan, u qulab tushgach, hoz.si mustahkam qilib qayta qurilgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Yer sathidan 9 m chuqur, bal. 50,0 m, kursisi qirrador, tanasi g‘o‘lasimon, tepasi gumbazli davra qafasa-ko‘shk bilan bog‘langan. Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 pilpoya aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi kalon tomonidan minoraga o‘tiladigan ko‘prikcha bo‘lgan. Minorai kalonning o‘zagi ham, bezagi ham chorsi g‘isht (27А…27А…4А…5 sm) ganchxok loyida terilgan. Bezak g‘ishti o‘rniga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan. Ustma-ust joylashgan turli xil handasiy shakldagi bejirim bezakli halqalari g‘ishtin dandanalar bilan hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi kufiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasiy shaklda bezatilgan (keyinchalik to‘kilib ketgan). Minorai kalon shu turdagi qadimgi inshoatlar orasida alohida o‘rin tutadi. Shakllarning o‘zaro monandligi va mutanosibligi, handasiy uyg‘unlik, ajoyib ko‘rk va mahobatlilik Minorai kalonga chinakam go‘zallik bag‘ishlaydi. Tanasi va muqarnaslari ta’mir etilgan (1924). Yer ostidagi asosi (kursisi) usta Ochil Bobomurodov tomonidan ochib ta’mirlangan (1960). Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan Minorai kalonda ta’mirlash ishlari olib borildi (1997). Minorai kalon Buxoro shahrining noyob va ko‘hna yodgorliklari qatoridan markaziy o‘rin egallagan
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:01:55
"œMINERALOGIYA" — Abu Rayhon Beruiniyning asari.

MIQYOS AN-NIL, GIDROMETR — daryo oqimi sathini o‘lchagich inshoat. Ahmad Farg‘oniy rahbarligida Fustat (Qohira) shahri yaqinida joylashgan Ravzo orolida Nil daryosi sohilida qurilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:02:04
MIQYOS AR-RUDAH — ostki qismi silindirsimon, yuqorigi ikki qismi esa kvadrat shaklida, markazida sakkiz qirrali baland ustunli chuqur hovuzdan iborat suv inshoati.

MOTURIDIY YODGORLIK MAJMUI — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi (2000) munosabati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan Samarqand shahri markazida bunyod etilib, ramziy maqbarasi o‘rnatilgan (hududi 4 gektarga yaqin). Yodgorlik Registon ansambli yaqinida, Vobkent, G‘ijduvon va Buxoro ko‘chalari oralig‘ida joylashgan. Bosh kirish qismi Vobkent ko‘chasidagi xiyobon orqali. Loyihaga ko‘ra, 3 qism (markaziy, bog‘ va xo‘jalik inshoatlari)ga bo‘lingan, ular o‘zaro bir-biri bilan xiyobonli yo‘lka orqali bog‘langan. Loyiha o‘qi manzarali mujassamotda yaratilib, ramziy maqbara binosiga tutashgan. Sharsharali favvoralar xiyobonli yo‘lka markazida qurilib, atrofi obodonlashtirilgan. Yodgorlik me’moriy loyihasi va badiiy yechimida o‘zbek milliy mahobatli san’atining eng yaxshi an’analari qo‘llangan. Maqbara pishiq g‘ishtdan, murabba tarhli (12А…12 m), shifti gumbazli (bal. 15 m), poygumbazi 24 kichik ravoqchalarga bo‘linib, ganchkori panjaralar bilan bezatilgan. Panjaralar yuqorisi murakkab tuzilishdagi muqarnaslar bilan to‘ldirilgan. Xona markaziga qo‘yilgan sag‘anada arab yozuvida buyuk olimning hadis so‘zlari bitilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:02:13
MOTURIDIYLIK — kalomdagi oqim, Abu Mansur Moturidiy asos solgan. IX asr oxiri — X asrda Movarounnahrda turli aqidaviy oqimlarning aqidalariga qarshi javob tarzida vujudga kelgan. Imom Moturidiy tarafdorlari bilishda faqat aqlga suyanish kerak, degan mu’taziliylardan farqli o‘laroq, aql bilan naqlni qo‘shib foydalanish zarur, deb hisoblaganlar. Imon e’tiqod xususida moturidiylik ta’limoti, ayniqsa, diqqatga sazovor. Moturidiylikda imonning shartlari 2 ta, ya’ni til bilan iqror etish va dil bilan tasdiqlash, amallarning o‘rni esa boshqa, deb ta’rif qilinadi. Moturidiylik har bir insonning taqdiri Alloh tomonidan belgilab qo‘yilganiga qaramay, u o‘z xatti-harakatlari uchun javobgardir, deb biladi. Moturidiylikka ko‘ra, inson imtihonlar uchun yaratilgan. Shu bilan bir vaqtda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tish va to‘g‘ri yo‘lni topish uchun keng imkoniyatlar berib qo‘yilgan. U o‘z xatti-harakatlarida ixtiyorlidir. Moturidiylik ta’limoti rivojlanib, XIII asrdan keyin Movarounnahr hududidan chiqib, musulmon Sharqi mamlakatlariga yoyildi. Saljuqiylar hukmronligi davrida hamma joyda islom aqidalarida moturidiylik tatbiq qilindi. Sunniylikning hanafiylik mazhabiga e’tiqod qiluvchilarning barchasi aqida bobida imom Moturidiy, uning shogirdlari hamda izdoshlari yozib qoldirgan asarlarga tayanib ish ko‘radilar. Islom olamining aksariyat mintaqalarida, Suriya, Iroq, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Shimoliy Afrikada bu ta’limot hozir ham o‘rta va oliy diniy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘qitib kelinadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:02:22
"œMUALLIMUS-SONIY" ("œIkkinchi muallim") — Forobiy bilimli, ma`rifatli, fikr-mulohazalarining kengligi va matig`ining teranligi tufayli Sharqda Arastudan keyingi yirik mutafakkir — "œMuallimus soniy" nomi bilan shuhrat topgan.

MUAZZIN (arabcha — e’lon etuvchi, chaqiruvchi) — masjidda azon aytib, namozga chorlovchi shaxs; xalq tilida so‘fi deb ham ataladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:02:30
MUAZZINXONA (arabcha mi’zana) — masjid yonida minora tepasidagi ko‘shksimon qurilma, qafasa. Zinalar orqali yuqoridagi M.ga muazzin chiqib namozxonlarni namozga chorlaydi.

MUHADDIS (arabcha — hadis rivoyat qiluvchi) — hadislarni to‘plash, saralash va sharhlash bilan shug‘ullangan ilohiyotchi. Muhammad (sav) vafotidan keyin hadislarni to‘plash keng an’anaga aylana boshlanishi natijasida ilohiyotchilarning bir qismi bu sohada ixtisoslashgan va ular muhaddislar deb nom olgan. Hadis to‘plamlari islom an’anasida e’tibor qozonib, muhaddislar (mas., Imom al-Buxoriy, Muslim ibn al-Hajjoj, Ibn Moja va boshqalar) islom tarixida mashhur bo‘lib ketgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:02:38
MURID (arabcha — ergashuvchi) — pir yoki eshon (murshid)ga qo‘l berib, sufiylik yo‘liga kirgan shaxs. Tasavvufda tariqat murshidlaridan dars oluvchi shogird ma’nosida ishlatiladi. Murid-murshidlik munosabatlari muridning o‘z piriga so‘zsiz itoat etishi, xizmat qilishi va uning izidan borishini taqozo qilgan. Umuman, murid atamasi sufiy va hatto oddiy musulmon ma’nolarini ham anglatadi.

MURSHID (arabcha — yo‘l ko‘rsatuvchi) — tasavvufda tariqat odoblaridan saboq beruvchi pir, shayx va ustoz.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:02:46
"œMUSIQA kitobi" — Abu Nasr Farobiyning asari.

MUTAOBBID — o‘ta dindor.

NADDOF — jun tituvchi, jun savalovchi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:02:56
NAQSHBANDIYA — tasavvuf tariqatlaridan biri. Bahouddin Naqshband asos solgan. Naqshbandiya xojagon tariqati negizida paydo bo‘lib, Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Ahmad Yassaviy qarashlarini omuxta etdi, ularga yangi ruh berib rivojlantirdi. XV-XVIII asrlarda savdo va hunarmandchilik bilan shug‘ullanadigan shahar aholisi hamda ko‘chmanchi chorvador aholi orasiga keng yoyildi. Naqshbandiya tariqati insonlarni halol va pok bo‘lishga, o‘z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga xayr-ehson berishga, sofdil va kamtar bo‘lishga chaqiradi. Naqshbandiya ta’limotining asosida «ko‘ngil xudoda bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘lsin» («dil ba yoru, dast ba kor») shiori yotadi. U tarkidunyochilikni rad etib, mehnatsevarlik, odillik va bilimdonlikni targ‘ib etadi. Naqshbandiya XVI-XVII asrlarda Misr va Hijoz (Arabiston)ga kirib boradi. Eronning Nishopur, Isfahon, Yazd shaharlariga tarqalib, shular orqali Falastin, Iroq, Iordaniyada ko‘plab tarafdorlarga ega bo‘lgan. Hindiston orqali u Indoneziya, Malayziya, Seylonga tarqaldi. Keyingi asrlarda Rossiya, Bosniya va boshqa Yevropa mamlakatlariga yoyilgan. Hozirda AQSH, Kanada, Avstriyada naqshbandiya markazlari, xonaqolari, jamg‘armalari bor. Naqshbandiya tariqatining umuminsoniy g‘oyalar, ma’naviy kamolot, botiniy poklikni targ‘ib etishi uning dunyoda keng tarqalishiga olib keldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:03:05
NAVO (forscha — kuy, ohang) — O‘n ikki maqom tizimi hamda Shashmaqom tarkibidagi uchinchi maqom.

NILOMETR — Ahmad al-Farg‘oniy boshchiligida abbosiy xalifa al-Mutavakkilning amri bilan 861-yilda Qohira shahri yaqinidagi Ravzo orolida Nil daryosi suv sathini o‘lchash maqsadida qurilgan inshoat. Ba’zi Sharq mualliflari asarlarida «Miqyos an-Nil», deb ataladi. Nilometr murabba shaklidagi quduq ko‘rinishida bo‘lib, Nil daryosi bilan uchta yer osti suv yo‘llari orqali tutashgan. Quduq o‘rtasida oq marmar bilan qoplangan (bal.10 m chamasida) sakkiz qirrali ustun o‘rnatilgan. Ustunda suv sathini o‘lchashga imkon beradigan yirik darajot bo‘lib, u mayda darajotga bo‘lingan. Yirik darajot arab tirsak birligi (taxm. 54 sm)ga, maydalari esa uning 1/24 qismi (qirot)ga, ya’ni 2,25 sm ga teng. Kuzatuvchi suv sathi haqida hisob olish uchun aylanma zinapoyadan tushib chiqqan. Nilometr daryo suv sathini katta aniqlikda o‘lchashga imkon bergan. Jahon Meteorologiya Tashkilotiga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarda suv havzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari, hatto dengiz va okeanlar)ning suv sathlari ham shu prinsipda o‘lchanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:03:14
NOV — kanal, jar, soy va yo‘llar ustidan suv o‘tkazish maqsadida quriladigan maxsus gidrotexnik inshoat (ensiz, qiya sun’iy kanal, ariqcha). Ilgari charxpalakda chiqarilgan suv nov orqali ekinzorlarga yuborilgan. Nov O‘zbekiston hududida qadimdan qo‘llanib kelingan. Asosan, yog‘och va toshdan ishlangan.

PESHTOQ — madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy va boshqa binolarning old tomoni — kirish qismi. Peshtoq binoning hashamatli baland, bezakdor me’moriy bo‘lagi bo‘lib, odatda, bino devori sathidan bir oz bo‘rttirib chiqariladi. Asosiy o‘rinni markaziy ravoq, uning ikki yonidagi dahanasi va tepasidagi ikki uchburchak qanos va kitoba tashkil etadi. O‘rta Osiyoda saqlanib qolgan peshtoqlarning eng qad. namunasi Arabota maqbarasidadir. Peshtoq koshin va sirkor parchinlar, girih hamda diniy va falsafiy mazmundagi kitobalar bilan bezatilgan. Ulug‘bek madrasasi, Sherdor madrasa, Tillakori madrasa, Abdulazizxon madrasasi peshtoqlari o‘ziga xos milliy me’morlik uslubida ser-hasham bezatilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:03:21
POYGUMBAZ — gumbaz o‘rnatiladigan qurilma, asos. Gumbazning gardishsimon ostki, binoning ustki qismi. Poygumbaz gumbazni binodan baland ko‘tarib, ajratib turadi, unga salobat va ko‘rkamlik bag‘ishlaydi. Poygumbazning 4 yoki 2 tomonidan darcha ochilib, unga panjaralar ishlanadi. Poygumbaz gumbaz va bino rangiga mos ravishda turli xil koshinkori, girih naqsh, shakl va kitobalar bilan bezatiladi.

POYUSTUN — mahalliy me’morlikda ustun o‘rnatiladigan asos, tag kursi (baza). Yog‘och ustunlarni chirishdan saqlash va ular balandligini oshirishga xizmat qiladi. Ustunga moslab yog‘och yoki toshdan yo‘niladi, islimiy va girih naqshlar bilan bezatiladi. Poyustunlar yakka tartibdagi zamonaviy turar joy me’morligida ham keng qo‘llanilmoqda.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:03:31
"œQADIMGI XALQLARDAN QOLGAN YODGOR-LIKLAR" (asl nomi "œAl-osor al boqiya an al-qurun al-holiya’) — Beruniyning yirik ensiklopedik asari. 1000-03-yillarda Jurjon shahrida yozilgan va Jurjon hokimi Qobus ibn Vashmgirga taqdim etilgan. Asarda O`rta Osiyo xalqlari, yahudiy, yunon va boshqa xalqlarning yil hisoblari, hayitlari, mashhur kunlari, ijtimoiy, madaniy va ilmiy hayotining tarixi, urf-odatlari, dunyoqarashlari hamda O`rta Osiyoning arablar tomonidan istilo qilinishi haqida to`liq ma’lumotlar berilgan. Unda olimning tabiiy fanlarning turli sohalariga, jumladan, astronomiya, matematika, fizika, xaritagrafiya va boshqa fanlarga oid kashfiyotlari o`z ifodasini topgan. Asar Yevropada XIX asrning ikkinchi yarmida ma’lum bo`lgan. Nemis sharqshunosi E.Zaxau 1876 78-yillarda asarning arabcha matnini, 1879 yilda ingliz tilidagi tarjimasini («Sharq xalqlarining tarixi» nomi bilan) nashr ettirgan. Ko`pincha ilmiy adabiyotda «Xronologiya» deb ham ataladigan bo`lgan.

QASABA — o‘rta asrlarda qishloqcha.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:03:42
QIRQQIZ QAL’ASI — Surxondaryo viloyatidagi me’moriy yodgorlik (IX-X asrlar); Termiz tumanida (vayrona holida saqlangan). Nima maqsadda qurilganligi (qal’a, saroy, xonaqoh, karvonsaroy) haqida ma’lumot yo‘q. O‘rta asrlarda Termiz shahrining tashqarisida joylashganligi qal’a shahar tashqarisidagi qo‘rg‘on vazifasini o‘taganligini ko‘rsatadi. U dunyo tomonlariga moslab qat’iy mujassamotda bunyod etilgan. Qala to‘rtburchak tarhli (53,3x54,8 m), 1 qavatli, faqat yo‘laklar umumiy balandlikda 2 qavatli bo‘lib, xom g‘isht (30x30x5-5,5 sm)lardan qurilgan, toq va ravoqlarida shu o‘lchamdagi pishiq g‘ishtlar ham ishlatilgan; qalin devor bilan o‘ralgan (tashqi devor qalinligi ikkinchi 2,5 m), burchaklari hajmdor burjlar bilan mustahkamlangan; burjlar oralig‘ida toqlar bilan yopilgan ayvonlar joylashgan, tarzlariga bir maromda takrorlanuvchi tuynuklar ishlangan. Qal’aning barcha xonalari va markazdagi sahn (11,5x11,5 m) o‘zaro yo‘laklar bilan bog‘langan; markaziy sahn hovli yoki gumbazli zal bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Ayvon va yo‘laklar binoni 4 qismga bo‘lgan. Bular: 2 ta bir xil tuzilgan (5 xona va 3 tomonidan o‘ralgan yo‘lak, eni 2,1 m) shimoli-g‘arbiy va shimoli-sharqiy hamda 2 ta janubi-g‘arbiy (2 ta yo‘lakcha bilan bog‘langan 5 ta xona) va janubi-sharqiy (yo‘lakcha bilan bog‘langan 2 ta xona va 3 ustunli katta mehmonxona) qismlardir. Yo‘laklar va xonalar devordagi tuynuklar orqali yoritilgan. Qirqqiz qal’asi yopmasida balxi hamda kesishgan gumbazsimon toqlar, boshqa turlardagi gumbazlar, toqlar va ravoqlar qo‘llanilgan. Og‘zaki ma’lumotlarga ko‘ra, xalq dostonlarida zikr etilgan dushmanlar hujumini qaytara olgan qahramon qiz Guloyim va uning 40 dugonasi aynan shu yerda yashagan. Shuningdek, XX asrgacha xalq tomonidan Qirqqiz qal’asi manzili «Shahri Somon» deb ham atalgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:03:49
"œQOBUSNOMA" — Sharq va O`rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-ta’limiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (XI a.). Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus, 1021 98 ) tomonidan fors tilida yozilgan (1082-83) va «Nasihatnomai Kaykovus» deb atalgan. «Qobusnoma» shu asarning o`zbekcha tarjimasidir. Muallif asarni o`g`li Gilonshohga bag`ishlagan. «Qobusnoma» asosini Qur’oni karim suralari, Muhammad (sav)ning faoliyati va ko`rsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Payg`ambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh ne’matiga shukur qilmoq haqida bo`lib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, san’atni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni o`rganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi ko`plab masalalarni o`z ichiga oladi. «Qobusnoma» rus va G`arb sharqshunoslarining, Sharq olimlari va pedagoglarining diqqatini anchadan beri o`ziga tortib keladi. Asar turk (1432, 1705), uyg`ur (1786-87), nemis (1811), o`zbek (1860, Ogahiy tomonidan), tatar (1881), fransuz va rus (1886) tillariga tarjima qilingan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:03:58
"œQUBBAT UL-ISLOM" (Islom dinining gumbazi) — Buxoro IX asrdan shu nom bilan shuhrat topgan. Narshaxiyning yozishicha, mashhur fiqhshunos olim Abu Xafs Kabir Buxoriy xizmati tufayli Buxoro "œQubbat ul-islom" deb atalgan. Balx shahriga ham xuddi shunday faxriy nom berilgan.

QULUYI NADDOF — jun to‘quvchilar oqsoqoli.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:04:06
QUSAM IBN ABBOS MAJMUASI — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (XI-XV asrlar); Shohizinda tarkibida. Majmua turli davrlarda qurilgan masjid, maqbara va chillaxonadan iborat. Qusam ibn Abbos qabri atrofida bunyod etilgan. Majmuaga chortoqningsharqiy ravog‘idagi ikki tabaqali eshik orqali kiriladi. Yo‘lakning o‘ng tomonida yuqorisi mo‘"jaz qafasali bejirim minora (balandligi 12 m, XII asr) saqlangan. Masjid uchga bo‘lingan, yon tomondagi devor ustunlar yordamchi hujralarga birlashtirilgan. Ichki devorining izorasi sirkori yulduzsimon parchinlar bilan bezatilgan. Namoyonlar qo‘sh islimiy sirkori parchinli hoshiya bilan o‘ralgan. Mehrobidagi kitobalari ham sirkori parchinlardan naqshlangan. Masjidning sharqida miyonxona bo‘lib, uning jan.-sharqiy burchagidan maqbaraga o‘tiladi. Dastlab murabba tarhli, gumbaz bilan yopilgan go‘rxona-sag‘ana, ziyoratxona va uning ostida joylashgan chillaxonadan iborat maqbara qurilgan. Qusam ibn Abbos sag‘anasi Amir Temur davrida o‘rnatilgan: sag‘ana ustma-ust qo‘yilgan uchta to‘g‘ri to‘rtburchakli va ularning ustidagi 1 egri sirtli, jami to‘rt qismdan tuzilgan, yon tomonlarining yuzasi zarhal islimiy naqshlar bilan ziynatlangan, ular orasiga Qur‘on oyatlari, hadislar bitilgan. Sag‘anani ziyoratxonadan ko‘rish uchun go‘rxonaning shimol devoriga yog‘och panjara o‘rnatilgan. Keyinroq masjid va boshqa binolar qurilgan. Bino bag‘allariga muqarnaslar ishlangan, gumbazi sirkor qoplamaga ega. Majmuadagi eshiklar ikki tabaqali o‘ymakori nafis naqshlar, suls xatidagi kitobalar bilan ziynatlangan. Majmua tarkibidagi xonalarning tarhiy bog‘lanishi puxta hal etilganligi bilan ahamiyatga ega.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:04:14
"œQUTADG`U BILIG" ("œSaodatga yo`llovchi bilim") — Yusuf Xos Hojib asari, turkiy adabiyotning nodir namunasi, 1069-1070-yillarda yaratilgan. Muallifning asar muqaddimasida xabar berishicha, bu kitob o`z davridayoq keng tarqalib, mashhur bo`lgan. Chin (Shimoliy xitoy)liklar uni "œAdab ul-muluk"("œHukmdorlar odobi"), mochin (Janubiy xitoy)liklar "œOyin ul-mamlakat" ("œHukmdorlik qonun-qoidalari"), Sharqiy xitoyliklar "œZiynat ul-umaro" ("œHukmdorlar ziynati"), eronliklar "œShohnoma’i turkiy ("œTurkiy "œShohnoma’), ba’zilar "œPandnomai muluk" ("œHukmdorlar pandnomasi"), turonliklar esa "œQutadg`u bilig" deb ataganlar. "œQutadg`u bilik" dostonini yaratar ekan, muallif o`z oldiga qoraxoniylar davlati hokimiyatini mustahkamlash, Tavg`achxon bilan Eloqxonlar o`rtasidagi ixtiloflarni bartaraf etish, hukmron doiralarning turli ijtimoiy tabaqalarga munosabatini belgilash, ma’rifat va obodonchilik uchun kurash, yaxshi xulq-odobni targ`ib qilish kabi maqsadlarni qo`ygan. Bu bilan Yusuf Xos Hojib o`z davrining yirik ma’rifatparvari va donishmandi sifatida gavdalanadi. Asarda inson va uning ijtimoiy mohiyati, hayotdagi o`rni va vazifa har tomonlama tahlil qilinadi. "œQutadg`u bilig" da oddiy xalq, mehnatkash inson alohida ehtirom bilan tasvirlanadi. Yusuf Xos Hojib ayniqsa dehqonlar, chorvadorlar, hunarmand va savdogarlarni iliq mehr bilan tilga oladi. Dehqonlarni u hammadan ham yuqori qo`yadi. "œQutadg`u bilig"da axloq, odob va ilm-ma`rifatga doir ko`p qimmatli pand-nasihatlar keltiriladi. Muallif rostg`oylik, halollik, odob, sadoqat va sevgi kabi masalalar haqida hikmatli so`zlar yuritadi. U ilm va ma`rifatga saodatning kaliti deb qaraydi. Shuning uchun ham o`z dostonini "œQutadg`u bilig" deb ataydi. Unda ilm va ma`rifatni targ`ib qiladi, olimlarni ulug`laydi, davlat boshliqlarini ilm-fan ahllaridan ta`lim olishga va ularning maslahatlari ilm-fan ahllaridan ta`lim olishga va ularning masalahatlari bilan ish ko`rishga da`vat etadi. «Qutadg`u bilig» markaziga 4 masala qo`yilib, ular 4 obraz vositasida ochib berilgan: birinchisi — adolat bo`lib, u podshoh Kuntug`di timsolida, ikkinchisi — davlat bo`lib, vazir Oyto`ldi, uchinchisi — aql bo`lib, vazirning o`g`li O`gdilmish, to`rtinchisi — qanoat bo`lib, uning qarindoshi O`zg`urmish qiyofasida tasvirlanadi. Shunga muvofiq ravishda qo`yilgan masalalar voqealar rivoji, qahramonlarning o`zaro suhbati, bahs-munozarasi, savol-javoblari, pand-nasihatlari vositasida hal qilinadi. Muallif bahsli masalalar yuzasidan ham axloq-odob, ilm, insoniylik va adolat doirasida fikr yuritadi hamda podshoh va amaldorlardan tortib dehqonu hunarmandgacha — jamiyatdagi barcha toifalarning huquq va burchlari haqida o`z mulohazalarini bildiradi. Borliq haqidagi bilimlarga to`xtalgan Yusuf Xos Hojib odam bilishi mumkin bo`lmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yo`q, bilim tufayli osmon sari ham yo`l ochiladi, deydi; bilish uchun esa tinmasdan o`rganish lozim, deb uqtiradi. «Qutadg`u bilig» qoraxoniylar hokimiyatining o`ziga xos nazmiy nizomnomasi bo`lib, bu ramziy-timsoliy asar yurt egalari bo`lmish hukmdorlar va katta-kichik amaldorlarga atab yozilgan va asarda ularga mamlakatni adolat bilan boshqarish, tinchlikni saqlash, raiyatga zulm qilmaslik, xalqning og`irini yengil qilish, turmushini farovon aylash, jamiyatning ma’naviy-axloqiy negizlarini mustahkamlash, ilm-ma’rifatga keng e’tibor berish, iste’dod sohiblarini qo`llab-quvvatlash, huquq, burch, adolat bo`yicha maslahat va tavsiyalar berilgan. Hukmdorlar adabnomasi — «Qutadg`u bilig» qoraxoniylar sulolasi misolida turkiy davlatchilik asoslari yangi bosqichga ko`tarilgan davrda zamon kun tartibiga qo`ygan siyosiy-ijtimoiy masalalarni hal qilishda asosiy dastur bo`lgan. Shoirning u yoki bu masala bo`yicha pand-nasihatlari xuddi hikmatday jaranglaydi, xalq maqollariga o`xshab ketadi — ularning badiiy yuksakligi va ma’rifiy ahamiyati ham shunda. Asar muallifining so`nggi tahriridan o`tgan va Tavg`ach Bug`roxonga taqdim etilgan nusxasi nasriy (38 misra) va she’riy (77 bayt) muqaddima, kirish boblar (390 bayt), asosiy qism (68 bob, 5896 bayt), xotima (2 qasida va masnaviy bob)dan iborat.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:04:24
QO‘BIZ, QOBUZ — turli musiqa cholg‘usi. O‘rta asr (Mahmud Qoshg‘ariy, Navoiy, Bobur, Darvishali Changiy va boshqalar) manbalarida qo‘buz turkiy xalqlarning eng sevimli torli-tirnama musiqa cholg‘usi sifatida ta’riflangan. Bu shakldagi qo‘buz (hozirgi do‘mbiraga yaqin) Qirg‘izlarda qo‘buz, xakaslarda xomis nomi bilan saqlangan. O‘zbek, qozoq, qoraqalpoqlarda qo‘biz — torli-kamonli cholg‘u sifatida mashhur. Rivoyatlarga ko‘ra, ilk qo‘bizni afsonaviy qo‘rqut (o‘g‘uz baxshilarining piri) yasagan. Qoraqalpoq (XVIII asrga qadar qozoq) jirovlarida, shuningdek, baxshi-shomonlarda qo‘biz asosiy cholg‘u hisoblangan.

RABOTI MALIK, SHOH RABOTI — O‘rta Osiyodagi monumental me’moriy yodgorlik (taxm. 1069-79). Qadimgi Buxoro — Samarqand yo‘lining Cho‘li Malikdagi yirik chegara va savdo bekatida bunyod etilgan. Katta karvonsaroy, hozirgi Navoiy shahri yaqinida. Bizgacha uning faqat peshtoq qismi (diametri — 12,6 m.) saqlangan. Janubiy minorasi (bal. 5,5 m) 1930-yilgacha mavjud bo‘lgan. Raboti Minora karvonsaroy vazifasidan tashqari, istehkom, qo‘rg‘on sifatida ham muhim rol o‘ynagan. Rabot katta keng hovli (22,5А…22,5 m) va atrofi o‘ralgan ikki qavatli xona-hujralardan iborat bo‘lib, ularga sopol quvurlar orqali suv o‘tkazilgan. Markaziy qismi to‘ridagi muhtasham saroy oldi bir qatorli ravoqli ayvon (7,5А…13 m) 2 qanotiga joylashgan. 20 ta g‘ishtin ustun ishlangan. Unga janubdagi peshtoqli darvoza orqali kirilgan. Atrofi qalin devorlar bilan o‘ralgan (jan. va shim. bal. 2,35 m, g‘arb va sharqiy qismi 1,5 m, uz. 84-86 m, old devor bal. 12 m ga yaqin). Maydonga qaragan janubiy tarzi o‘rtasidagi ulkan peshtoq (bo‘yi 18 m, eni 12 m) O‘rta Osiyoda eng qadimiy bo‘lib, 8 qirrali yulduzlar, turli handasiy shakllar mavjud. Ikki chekkasida burj bo‘lib, ular o‘zaro baland devor bilan ulangan. Devor o‘rtasida piltavor burjlar qatori tepasi kichrayuvchi ravoqlar bilan bog‘langan. Devor yuqorisi g‘ishtin kufiy xatlar bilan hoshiyalangan. Burjlar tepasida ravoqli ko‘shk bo‘lib, undan atrofni kuzatish qulay bo‘lgan. Ko‘shk ostida ganchdan yasalgan ikki qator yirik sharafa va kufiy xat halqasi ko‘zga tashlanadi. Rabot devorlarining o‘zagi xom g‘ishtdan (28А…28А…6,5 sm) terilgan, sirti pishiq g‘ishtdan (24А…24А…4 sm) ishlangan. Bezaklari, asosan, g‘ishtin, oz miqdorda o‘yma ganch naqshlar ham uchraydi. R.M. xarobasi davlat muhofazasiga olingan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:04:32
RAIYAT (arabcha) — 1) biror o‘lka yoki mamlakat aholisi; 2) o‘rta asrlarda Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida dastlab barcha soliq to‘lovchi qishloq va shahar aholisi. Usmonli turk imperiyasida XVIII a. oxiridan boshlab «raiyat» (raiya) atamasi faqat musulmon bo‘lmagan aholiga nisbatan ishlatilgan. Indoneziyada «raiyat» xalq ma’nosida qo‘llaniladi.

RAVOQ — toqning bir turi; bino devorlaridagi deraza va eshik o‘rinlarining yuqori qismiga qo‘yiladigan mehrobiy yoysimon qurilma.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:04:40
RASADXONA, observatoriya — astronomik, geofizik, meteorologik va boshqa tadqiqotlar uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu muassa joylashgan bino. Dastlab, ob"œektlarni kuzatish bilan shug‘ullanadigan joy sifatida paydo bo‘lgan, keyin ilmiy tadqiqotlar muassasiga aylangan. O‘rta asrlarda Sharqda ko‘plab rasadaxonalar qurilgan. Keyinchalik (XVI asr o‘rtalaridan) Yevropada rasadxonalar optik, radiofizik va boshqa asboblar bilan ta’minlana boshladi.

RIYOZIYOT — matematika.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:04:48
ROST — o‘n ikki maqom, Shahmaqom va Xorazm maqomlaridan biri. O‘rta asr musiqa risolalarida ko‘p kuy va ashulalar rost tovush qatoriga mos kelgani uchun shu nom bilan atalganligi qayd etilgan.

RUDAH MIQYOSI — Fustat (Qohira) shahri yaqinida xalifa Umar (634-644) davrida yo‘nilgan toshlardan qurilib, 961-yilda esa xalifa Mutavakkil farmoni IX asrning buyuk astronomi va matematigi Ahmad al-Farg‘oniy rahbarligida bilan qayta tiklangan suv inshoati.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:04:58
SAHIH (arabcha — to‘g‘ri, chin, sog‘lom) — eng ishonchli deb hisoblangan hadis to‘plamlarining nomi. Muhaddislar hadislarni haqiqiy va nohaqiqiyga ajratish (ya’ni, kodifikasiya qilish) bilan shug‘ullanib, isnodni tekshirish yo‘li bilan sahih (ishonchli), hasan (yaxshi) va daif (zaif, kuchsiz)dan iborat 3 toifaga bo‘lganlar, ulardan asosan sahihlarini to‘plashga intilganlar. Shu munosabat bilan ba’zi to‘plamlarning nomi ham sahih deb atalgan (mas., «Sahihi Buxoriy», "œSahihi Termiziy").

"œSAHIHI BUXORIY" (asl nomi "œal-Jomi" as-sahih" — "œIshonchli to`plam") — 6 ta ishonchli hadis to`plamidan biri. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning 4 jilddan iborat bu hadislar to`plami islom olamidagi boshqa muhaddislar to`plagan hadis to`plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. To`plamda fiqh, oila, nikoh, meros, ilm-ma’rifat, imon, e’tiqod, axloq-odob, ta’lim-tarbiya va boshqa masalalar yoritilgan. Unda islom arkonlariga aloqador mavzular bilan birga o`sha davr tarixi va etnografiyasiga oid ko`pdan-ko`p ma’lumotlar mavjud. Imom al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadis to`plab, ulardan takrorlanadiganlari bilan 7275 tasini ishonchli deb hisoblab kitobiga kiritgan. To`plamda takrorlanmaydigan hadislar soni 4000 tadan iborat. «Sahih», ya’ni ishonarli hadislarni boshqa hadislardan ajratib, alohida to`plam shakliga keltirish an’anasini birinchi bo`lib Imom al-Buxoriy boshlab bergan. Shundan keyin Imom Muslim, Imom at-Termiziy, Imom an-Nasoiy, Imom Abu Dovud, Ibn Moja kabi yirik muhaddislar ham uning izidan borib, sahih hadislarni alohida to`plam shaklida tasnif etishni boshlaganlar. Imom al-Buxoriyning bu shoh asari dunyo yuzini ko`rganiga qariyb 1200 yil bo`ldi. Lekin u to shu vaqtgacha ham islom manbalari bo`yicha Qur’oni karimdan keyin ikkinchi o`rinni egallab kelmoqda. Ushbu asarning ko`plab nusxalari islom olami bo`ylab keng tarqalgan. Hatto o`rta asrda yashagan ayrim adib va xattotlar uchun bu asardan nusxa ko`chirib berish an’anasi bo`lgan. Asarning asrlar osha bizgacha yetib kelgan turli arab yozuvi uslubida bitilgan qo`lyozma nusxalari mamlakatimizda va xorijiy yurtlarda mavjud. "œSahihi Buxoriy" asariga ko`pdan-ko`p sharhlar yozilgan. Muhim manba sifatida u qayta-qayta nashr etilib kelinmoqda.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:05:06
"œSAHIHI TERMIZIY", «SUNANI TERMIZIY» — 6 ta ishonchli hadis to`plamidan biri. Abu Iso Muhammad Termiziy yozgan. "œal-Jomi" as-sahih" ("œIshonarli to`plam"), "œal-Jomi" ul-kabir" ("œKatta to`plam") nomlari bilan ham yuritiladi. "œSahih Termiziy" Termiziyning 20 yil davomida o`zga yurtlarda hadislarni o`rganib, yig`ib, so`ng ustozi va zamondoshi Buxoriy bilan maslahatlashib yiqqan to`plamidir. U tartibi eng ixchamligi, takrori eng ozligi bilan ajralib turadi. Unda boshqa hadis kitoblarida uchramaydigan xususiyatlar bor. Chunonchi, har bir bobning hadisi zikr qilingandan keyin, xuddi shu bobga tegishli hadis rivoyat qilganlarning ismlari sanab o`tiladi; fiqhiy masalalarda faqihlarning fikr-qarashlari zikr qilinadi; har bir hadisning ishonarlilik va zaiflik darajasi aniqlab beriladi va "œsahih" ustiga "œhasan" belgisi ("œjuda sahih", "œbeshak sahih" ma’nosida) kiritiladi. "œSahihi Termiziy" kitobida Imomi A’zam mazhabi jihatlari e’tiborga olingan. 6 jilddan iborat "œSahih Termiziy" birinchi jildining o`zbekcha tarjimasi 1999-yil Toshkentda nashr etildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:05:14
"œSAMOVIY HARAKATLAR VA UMUMIY ILMIY NUJUM" ("œKitob al-harakat as-samoviya va javomia" ilm an-nujum") — Ahmad al-Farg`oniyning astronomiyaga oid asari. Bu asar "œAstronomiya asoslari haqidagi kitob" nomi bilan ham ma’lum bo`lib, 1145 va 1175-yillarda Yevropada lotin tiliga tarjima etiladi. Shundan so`ng Ahmad al-Farg`oniy nomi lotinlashtirilib, "œAlfraganus" shaklida G`arbda shuhrat topadi. Uning "œAstronomik asoslari haqidagi kitob" nafaqat musulmon Sharqidagi, balki Ispaniya orqali Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi. Asardan bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo`yicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonisidagi astronomiya haqidagi eng muhim va zarur bo`lgan bilimlarni o`z ichiga olgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:05:23
SARDOBA (fors-tojikcha sard — sovuq va ob-suv) — suv tanqis hududlarda uni to‘plash va saqlash uchun maxsus qurilgan gumbazli hovuz. O‘rta Osiyo va Sharqdagi boshqa mamlakatlarda qurilgan. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda Movarounnahrda 44 ta sardoba bo‘lgan. Ulardan 29 tasi Qarshi cho‘lida, 3 tasi Mirzacho‘lda, 3 tasi Toshkent bilan Farg‘ona o‘rtasidagi qadimgi savdo yo‘lida, 1 tasi Karmana yaqinida — Cho‘li Malikda qurilgan. XIX asr oxirigacha ishlatilgan sardobalardan biri hozirgi Tukmanistondagi Sandiqli cho‘lida XVII asr o‘rtalarida Kerki va Qarshi shaharlarida bog‘lovchi karvon yo‘lida qurilgan, hovuzning diametrik 17 metr bo‘lgan Sangi suvloq sardobasidir. Sardobalar qadimda dasht va cho‘llarda chorvani va savdo karvonlarini suv bilan ta’minlashda muhim o‘rinda turgan.

SIPOHON — O‘n ikki maqom tizimidagi maqomlardan biri.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:05:31
SULTON (arabcha — hukmdor, podshoh) — musulmon davlatlari boshliqlarining unvoni. X asrda islom mamlakatlarida hukmdor sulton deb yuritilgan. Shohlar, xonlar va ularning farzandlari ismiga sulton so‘zi qo‘shib aytilgan. Rum sultonligi hukmdorlariga sulton unvoni XI asrning 30-yillaridan berila boshlangan. Mazkur unvonni birinchi bo‘lib saljuqiylardan bo‘lgan To‘g‘rulbek 1038-yilda olgan va bu unvon 1055-yil Bag‘dod zabt etilganidan so‘ng xalifa tomonidan e’tirof etilgan. Usmonli turk hukmdorlari, Xorazmshohlar, G‘aznaviylar singari mustaqil davlat hukmdorlari ham sulton atamasi bilan ifodalangan. Mo‘g‘ul istilosidan keyin Chingizxon xonadonining har bir vakili sulton deb atalgan. Temuriylar saltanatida ham keng iste’molda bo‘lgan. Shayboniylarda sulton hukmdorlar, sulola vakillariga berilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:05:39
SULTОN SAODAT MAJMUI — Tеrmizdаgi mе’mоriy yodgоrlik (X-XVII аsrlаr). Tеrmizning shаrqidа jоylаshgаn bu ziyorаtgоh 7 аsr dаvоmidа shаkllаngаn. 20 gа yaqin mаqbаrаni o‘z ichigа оlgаn. Undа Sаyyidlаr sulоlаsining mаqbаrаlаri jоylаshgаn. Dаstlаb shu аtrоfdаgi yеrlаr egаsi, pаyg‘аmbаrimiz аvlоdlаridаn bo‘lmish Hаsаn аl-Аmir (IX-а. ikkinchi yarmidа vаfоt etgаn) mаqbаrаsi bunyod etilgаn. Хаlq оrаsidа Sulton Saodat maqbarasi nоmi bilan mаshhur bo‘lgаn mаqbаrаlаr X аsrdа, qоlgаnlаri, аsоsаn, XV-XVII аsrlаrdа yonmа-yon qurilib, uzun hоvlining ikki tоmоnini egаllаgаn. Mаqbаrаlаr pеshtоq vа gumbаzli chоrsi хоnаlаr (9x9,05 m vа 10,15x10,25 m)dаn ibоrаt. Hоvlining to‘ridаgi pеshtоq vа ikki qаnоtidаgi gumbаzli mаqbаrаlаr bir хil tаrhdа, jаnubidаgi mаqbаrа zinаlаr hisоbigа kichikrоq ko‘rinаdi. Shimoliy-g‘аrbidаgi mаqbаrаning qurilmа vа bеzаklаri оddiy g‘isht (27x27x5 sm)dаn juft-juft qilib tеrilib, mаvjli bеzаk hоsil qilingаn. Ichki хоnа dеvоrlаrigа g‘ishtdаn hоshiyali bo‘rtmа rаvоqlаr ishlаngаn. Jаnubiy-g‘аrbdаgi mаqbаrа shimoliy-g‘аrbdаgidаn bir оz kichik, ko‘rinishi оddiy, gаnch suvоqli. Mаzkur 2 mаqbаrа оrаsidаgi pеshtоqli supа to‘rigа mеhrоb jоylаshgаn. Sirkоr kоshinlаr binоgа аlоhidа husn bаg‘ishlаgаn. XV-XVII аsrlаrdа qurilgаn mаqbаrаlаrdа o‘shа dаvrgа хоs yulduzsimоn girih nаqshlаr, gаnchkоri bеzаklаr kеng qo‘llаnilgаn. Mаjmuа mustаqillikdаn kеyin tа’mirlаnib, ziyorаtgоhgа аylаntirilgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:05:47
SULUK — ta’limot.

"œSUNANI ABU DOVUD" — 6 ta ishonchli hadis to`plamidan biri. Muhaddis Sijistoniyning asari. Ungacha hadis to`plamlari "œal-Jomi"" yoki "œal-Musnad" deb nomlangan bo`lsa, u o`z to`plamini "œas-Sunan" deb atadi va unga sunnati nabaviya va shar’iy ahkomlarni mavzular bo`yicha boblarga bo`lib yozib chiqdi. "œSunan’da 4800 ta hadis rivoyat qilingan. To`plam 35 fasl, 1871 bobdan iborat. Unga 3 ta olim 3 xil sharh ham bitgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:05:55
"œSUNANI IBN MOJA" — 6 ta ishonchli hadis to`plamidan biri. Muhaddis Ibn Mojaning asari. Asar 32 fasl, 1500 bobdan iborat. Ibn Moja o`z to`plamini fiqhiy masalalarga xos mavzularga bo`lib chiqqan. "œSunan’dan jami 4000 ta hadis joy olgan. Ulamolar ushbu’Sunan’ni mashhur hadislar to`plamlari qatoriga qo`shish yoki qo`shmaslik masalasida uzoq tortishganlar. Nihoyat, Ibn Mojaning "œSunan’i oltinchi o`rinda ishonchli to`plamlar safiga kiritilgan.

"œSUNANI NASOIY" — 6 ta ishonchli hadis to`plamidan biri. Muhaddis Nasoiyning asari. Nasoiy birinchi bo`lib "œas-Sunan al-Kubro" ("œKatta hadislar to`plami")ni yozgan. So`ngra Ramla amirining iltimosiga binoan, uni qisqartirib, eng ishonchli hadislarni qoldirib, unga "œas -Sunan as-Sug`ro" ("œKichik to`plam" yoki "œal-Mujtabo", ya’ni "œtanlangan hadislar to`plami") deb nom qo`ygan. Ulamolar fikricha, "œSunan" nomi bilan yozilgan barcha hadis to`plamlaridagi hadislarning hammasi sahih emas, balki ularda zaif hadislar ham mavjud. "œSunan"ga Imom Jaloluddin Suyutiy, shayx Abul-Hasan Muhammad al-Hanafiy as-Sindiy va Shayx Sirojiddin Umar ash-Shofi’iy sharh bitgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:06:03
TAFSIR (arabcha — sharh, tushuntirish, ochib berish, izoh) — islom an’anasida, asosan, Qur’oni karim oyatlarini sharhlash, tushuntirib berish. Qur’on oyatlarini tafsir qilish Muhammad (sav) davrida vujudga kelib, bu ilm Muhammad (sav)dan sahobalarga, sahobalardan tobe’inlarga meros qoldi. Sahobalar va tobe’inlar asrida tafsir og‘zaki rivoyat va naql shaklida bo‘lib, ta’lif qilib yozilmagan. Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Mas’ud va boshqalar mashhur tafsirchi bo‘lganlar. Tafsirdan birinchi kitob yozgan shaxs Abdumalik ibn Juraydir (VIII asr). Muhammad ibn Jarir Tabariy, Yahyo ibn Salom, Abu Bakr Nisoburiy va boshqalar mufassirlar tafsir yozishda shuhrat topdilar. Hozir dunyoda Qur’oni karimga 1700 dan ortiq tafsir yozilganligi ma’lum.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:06:10
TAKASH MAQBARASI — Ko‘hna Urganchdagi me’moriy yodgorlik (XIII asr boshlari). Xorazm shohi Takash (1200-yil vafot etgan)ga atab qurilgan. Maqbara murabba tarhli (11,45А…11,45 m), poygumbazi (bal. 12,5 m) g‘o‘lasimon g‘arovli, gumbazi kulohiy. Unga jan. tomondagi pesh toq orqali kiriladi. Peshtoq ravog‘i sopol muqarnaslar bilan pardozlangan. Devor qalinligi 3,5 m, tashqi poygumbazidagi mayda yassi ravoqchalar ichi naqshlar bilan to‘ldirilgan, ba’zilariga xonani yoritish uchun tobadonlar ishlangan, tepasi muqarnas kosachalar bilan bezatilgan. Ichki poygumbazi va gumbazida ham o‘ziga xos me’moriy shakllar qo‘llanilgan, ustun, eshik, mehrobidagi yog‘och o‘ymakorligi namunalari haqiqiy san’at asaridir. Tashqi qiyofasida o‘sha davr Xorazm me’morligining o‘ziga xos jihatlari aks etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:06:18
TAKYAXONA (arabcha — musofirxona) — musulmon mamlakatlarida boy-sarmoyador kishilar tomonidan qurilgan, musofir, kambag‘al, uysiz shaxslarga vaqtincha yotoq, boshpana sifatida bepul xizmat ko‘rsatadigan mehmonxona. Takyaxona asosan karvonlar yo‘li ustida, turli ziyoratlar maqsadida tez-tez mehmonlar kelib turadigan joylarda qurilgan.

TARIQAT (arabcha — yo‘l, usul) — tasavvufga xos tushuncha; tasavvuf qoidalariga amal qilib yashash, ya’ni komil inson darajasiga erishishni ko‘rsatuvchi to‘g‘ri yo‘l. O‘rta Osiyoda naqshbandiya, kubroviyalik, yassaviylik tariqatlari tarqalgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:06:27
TARONA (forscha) — qo‘shiq, ashula turi. O‘tmishda ruboiy shaklidagi she’rlar bilan ijro etiladigan qo‘shiq va ashulalar turi deb yuritilgan. Tarona atamasi, ayniqsa XIV-XV asrlardan keng qo‘llanila boshlagan. Najmiddin Kavkabiy va Darvishali Changiyning musiqa risolalarida kuy (qo‘shiq)ning muayyan shakli sifatida tushuntitilgan; O‘n ikki maqom tizimida Ushshoq maqomi tarona deb ham atalgan.

TASAVVUF, SUFIYLIK — musulmonlarni holollikka, poklikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka chorlovchi, har kimni o‘zining halol mehnati bilan yashashga, boshqalarning kuchidan foydalanmaslikka da’vat etuvchi ta’limot.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:06:36
"œTA’VILOT AHL AS-SUNNA" — Al-Moturidiyning islomiy odob qoidalari, ma’naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta’lim berishga mo`ljallangan asari. Unda diniy ta’limot, islomiy urf-odatlar insonning kamol topishida, dunyoqarashining shakllanishidagi mohiyati talqin etilgan.

"œTARIXI MULUKI TURKISTON" ("œTurkiston mamlakati tarixi") — Majidduddin Adnoning asari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:06:46
"œTARIXI OLI MAHMUD" — Abulfazl Bayhaqiyning 30 jilddan iborat bo‘lgan tarix asari. "œTarixi oli Mahmud" asarining Mahmud G‘aznaviy o‘g‘li Mas’ud hukmronligi (1030-1041-yillar)ga oid qismigina saqlanib qolgan bo‘lib, u’Tarixi Mas’udiy" va "œTarixi Bayhaqiy" nomi bilan ham mashhur. Asarda Sulton Mas’ud davrida G‘aznaviylar saltanatining ijtimoiy-siyosiy ahvoliga keng o‘rin berilgan. Bundan tashqari, asarda Safforiylar, Somoniylar, saljuqiylar tarixiga oid ma’lumotlar bor. Ayniqsa, G‘aznaviylar bilan Xorazm, Saljuqiylar hamda Qoraxoniylar davlati o‘rtasida bo‘lgan siyosiy munosabatlar haqida qimmatli ma’lumotlar bor.

TERMIZIY MAQBARASI, ABU ISO TERMIZIY MAQBARASI — Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi me’moriy yodgorlik (XI-XII asrlar). Abu Iso Muhammad Termiziy qabri ustiga qurilgan. Hozirgi kunda yodgorlik bir-biridan ravoqlar orqali o‘tuvchi 4 xona (bo‘lma)dan iborat yaxlit bino ko‘rinishida, xonalar tarhi 4,3А…4,5 m. Shim.-sharqiy tarzi ayvon qurilishi munosabati bilan keyinchalik to‘silgan. Uch xonali bo‘lma murabba tarhli, ulardan jan.dagisi go‘rxona. Unda marmar sag‘ana bor. Sag‘ana uch pog‘onali, muqarnas naqsh va yozuvlar bilan pardozlangan. Go‘rxonadan tor uzun yo‘lka orqali xonaqohga o‘tiladi. Xonaqoh poli go‘rxonaga nisbatan pastroq bo‘lib, ular oralig‘i keng ravoq bilan ajratilgan. Xonaqoh gumbaz tomli, mehrobli. Yonidagi ikki xonadan shim.-sharqiy tarziga chiqiladi. Xonaqoh oldidagi uch ayvon gumbazli, qalqonsimon bag‘alli, devorlariga to‘rt ravoq ishlangan, pishiq g‘ishtdan hoshiyalar terilgan. Termiziy maqbarasi ganchkori bezaklar bilan pardozlanib, tashqi devorlariga 6 g‘ishtin ravoqli namoyonlar ishlangan. Tobadonlariga oq ganchdan panjaralar o‘rnatilgan. Ravoqlari g‘isht qalinligida hoshiyalangan. Termiziy maqbarasi bosh tarzini kichik ko‘shksimon gumbazli qurilma egallagan. Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Termiziy maqbarasida ta’mirlash ishlari olib borildi. Sag‘anasi va ganchkori panjaralari qayta o‘rnatildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:06:54
TERMIZIY ME’MORIY MAJMUI, HAKIM TERMIZIY MAQBARASI — Termizdagi me’moriy yodgorlik (IX-XV asrlar). Majmua Abu Abdulloh Muhammad Hakim Termiziy nomi bilan bog‘langan. Termiziy me’moriy majmui asrlar davomida bir necha bor qayta qurilgan. Masjid, maqbara, xonaqoh, qorixona kabi binolardan iborat bo‘lgan. Dastlab xom g‘ishtdan xonaqoh (IX a.) bunyod etilib, Hakim Termiziy shu yerda yashab mudarrislik qilgan. Binodan keng hovlining bir qismi, qalin devor to‘siq va shim.-sharqiy burchagida uncha katta bo‘lmagan yerto‘lasimon hujra saqlangan. Vaqtlar o‘tishi bilan qabr ustiga, xonaqohning jan. g‘arbiy burchagida xom g‘ishtdan jan.ga qaratib maqbara bunyod etilgan (IX a.). Termiziy maqbarasi xalq orasida ulug‘lanib avliyo qabri, muqaddas ziyoratgoh sifatida e’zozlangan. Keyinchalik maqbaraning sharqiy devoriga tutashtirib kichik qorixona va o‘g‘li al-Hakim Abdulloh maqbarasi (X a.), shimolda uncha katta bo‘lmagan hovliga qaragan uch gumbazli, ravoqli yo‘lak ko‘rinishidagi namozgoh masjidi (XI-XII asrlar) hamda bir qator qo‘shimcha xonalar qo‘shilgan. Temuriylar hukmronligi davrida (XV a.) xonaqoh baland asos (bal. 1,5 m) ustiga pishiq g‘ishtdan qayta qurildi. Unga tutash bo‘lgan xonalar ta’mirlandi. Xonaqohning shim. va jan. tomonlariga peshtoq ishlandi. Oddiy va aniq qurilmali xona devorlari ravoq ustunlari «romb» ko‘rinishidagi poyustunga tayangan. Hakim Termiziy maqbarasi IX asrda bunyod etilgan xonaqoh hujralaridan biri bo‘lgan. Xonaqoh hovlisining g‘arbidagi uch gumbazli masjid maqbaraga tutash, uch ravog‘i hovliga qaragan. Masjidning g‘arbiy devor markazida keng hoshiyali mehrob bor. Undagi bo‘rtma yozuv, sopol shakllar, oraliq zaminidagi o‘yma ganch bezaklar o‘ziga xos. Masjid ustunlari g‘ishtdan bezakli qilib terilgan. Masjiddan ravoq orqali maqbaraga o‘tiladi. Maqbara ichi ganch o‘ymakorligida gilam nusxa bezakda serhasham pardozlangan. Gumbaz osti sharafasida kufiy xatida Qur‘onning 36-surasi o‘yib yozilgan. Xonaqoh ichi ham yulduzsimon girih naqshlar bilan pardozlangan. Ravoqlaridagi tobadonlariga panjaralar o‘rnatilgan. Maqbara ichidagi oq marmar sag‘ana temuriylar davridagi tosh o‘ymakorligi san’atining yuksak namunasidir. Sag‘ana uch pog‘onali, asosi islimiy naqsh va yozuvli hoshiyalar bilan, o‘rta qismidagi uch mehrobiy tokchaning markaziy (o‘rta) qismi muqarnas kosachalar bilan, ikki yoni shamchiroq tasviri bilan bezatilgan. Sag‘anadagi yozuvlarda Termiziy hayoti va faoliyati tavsiflangan. Kichik maqbarada ham ta’mirlash ishlari olib borilgan. Abdullaxon hukmronligi davri (XVI a.)da hazira (hovli) hududida 9 gumbazli masjid (eski masjidni o‘z ichiga olgan) qurilgan. Oldida yengil ravoq-ustunli ayvon joylashgan. XIX asrda 9 gumbazli masjid o‘rnida 4 gumbazli masjid bunyod etilgan. Janubdan kiraverishda yana bir maqbara (go‘rxona va ziyoratxonadan iborat) qurilib, ravoqli bo‘lmalar orqali Termiziy maqbarasi va xonaqoh bilan o‘zaro bog‘langan. Termiziy me’moriy majmui 1955-57-yillarda ilmiy o‘rganilib XIV-XV asrlardagi ko‘rinishi qayta tiklandi. 1980-81-yillar va 2001-2002-yillarda maqbara va xonaqoh qayta pardozlandi. Majmuaning umumiy tarhi 28,0А…29,0 m, maqbara 5,10А…4,70 m.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:07:03
TERMIZSHOHLAR SAROYI — Termiz hukmdorlarining qarorgohi. XI-XII a. me’morligining diqqatga sazovor namunalaridan. 1926-28, 1936-37-yillarda qazib o‘rganilgan. Saroy majmuasi katta hududni ishg‘ol etib, to‘g‘ri to‘rtburchak tarhda qurilgan. Saroyning bosh tarzida peshtoq bo‘lib, keng hovli o‘rtasida hovuz (8,5А…8,5 m, unga sopol quvurlardan suv keltirilgan), mehmonxona (katta zal va dahlizli), zal oldida 4 ta murabba ustunli ayvon bor. Qazish paytida ganch panjara, rangdor oyna, ganchga bo‘yab ishlangan tasvir qoldiqlari topilgan. Saroy bir necha marta ta’mir etilgan. XII asrda zal intereri ganch o‘ymakorligi bilan bezatilgan, devorlarga afsonaviy maxluqlarning tasvirlari ishlangan. 1220-yilda Termizni Chingizxon qo‘shinlari qamal qilgan, qattiq qarshilik ko‘rsatilgani uchun saroy boshqa ko‘pgina binolar qatori vayron qilingan, xarobalar saqlanmagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:07:11
"œTIB QONUNLARI" (asl nomi «Kitob al-Qonun fi-t-tib») — Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid asari. "œTib qonunlari" o`z davridagi tabobatning mufassal ensiklopediyasi bo`lib, unda inson sog`ligi va kasalliklariga oid bo`lgan barcha masalalar mantiqiy tartibda to`la bayon etilgan. Oldinlari tabobat, asosan, hunar hisoblanar va u bilan shug`ullanuvchilar nazariy masalalarga unchalik ahamiyat bermay uni amalda qo`llash bilan cheklanar edilar. Ibn Sino esa tabobatni ilm darajasiga ko`tardi va yunon, rim, hind, Yaqin va O`rta Sharq tabiblarining tajriba va fikrlariga tayanib "œTib qonunlari"da uning ham nazariy, ham amaliy masalalarini chuqur ishlab chiqdi. Ibn Sino "œTib qonunlari"ning birinchi kitobini Go`rgonda, qolganlarini esa Ray va Hamadonda yashagan vaqtida yozgan (1015-1024). Ibn Sino "œTib qonunlari"ni yozishda yunon tabiblaridan Gippokrat, Dioskorid, Galen, Oribaziy, Pavel, Hindiston tabiblaridan Charaka asarlarining arab tiliga tarjimasidan; O`rta va Yaqin Sharq mamlakatlaridan yetishib chiqqan Abu Jurayj, Masih ad-Dimashqiy, Ibn Mosavvayh, Sobur ibn Sahl, Sahorbuxt, Abu Bakr ar-Roziy, Abu Sahl al-Masihiy kabi olimlarning tibbiy asarlaridan manba sifatida foydalangan. "œTib qonunlari"ning har bir kitobi, o`z navbatida, qismlarga (fan), bo`limlarga (jumla), maqolalarga (maqola) va paragraflarga (fasl) bo`lingan. XI asrning boshlarida yozib tugatilgan "œTib qonunlari"ning ko`p sonli qo`lyozma nusxalari tarqalib, tib ilmi bo`yicha eng mukammal asarga aylanadi. U Sharqda naqadar mashhur ekanligini jahonning turli kutubxonalarida saqlanayotgan qo`lyozmalarning ko`pligidan ham bilsa bo`ladi. Tadqiqotchilar "œTib qonunlari"ning 130 nusxasi keltirishgan. 1130-yil tarjimonlar guruhi tashkil qilinadi va kremonalik Gerard (1114-1187-y.) "œTib qonunlari"ni arab tilidan lotin tiliga tarjima qilishga kirishadi, biroq bu ishni keyin XIII asrda yashagan Gerard oxiriga yetkazadi. Umuman "œTib qonunlari" lotin tilida 40 martadan ortiq to`la holda nashr etilgan. Ayrim qismlarining nashri esa son-sanoqsizdir. XIX asrga kelib Yevropada "œTib qonunlari"ga bo`lgan qiziqish orta boshladi va uning ayrim qismlari nemis, fransuz, ingliz tillariga tarjima qilindi. "œTib qonunlari» kitobi ko`p asrlar davomida tibbiyotdan asosiy dastur bo`lib kelgan, hozir ham bir qancha dorilfununlarda o`rganiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:07:19
"œTIRIK MAVJUDOT A’ZOLARI HAQIDA" — Abu Nasr Farobiyning asari.

TURKISTON — turkiy aholi yashagan o‘lka.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:07:27
"œUSTURLOB BILAN ISHLASH" — Muso al-Xorazmiyning astronomiyaga oid asari.

USHSHOQ (arabcha — oshiq so‘zining ko‘pligi) — O‘n ikki maqom tizimida birinchi maqom. Lirik kuy va ashulalardan iborat bo‘lgani uchun ushshoq deb nom olgan. Qadimgi risolalarda ushshoq Umm ul-advor (Maqom davrlari onasi) va Tarona deb ham atalgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:07:36
VOBKENT MINORASI — Buxoro viloyati Vobkent shahridagi me’moriy yodgorlik (XII asr). O‘n ikki qirrali supa asosga o‘rnatilgan g‘o‘la (quyi qismining diametrik 6,19 metr, yuqori qisminiki — 2,81 metr) shaklida rangdor, pishiq g‘ishtlardan qurilgan. Bir paytlar yonida mavjud bo‘lgan masjid tomonidan kirib, yuqoriga aylanma zinapoya orqali chiqilgan. Bo‘rtma naqshli 10 belbog‘ bilan qismlarga ajratilgan, har bir qismi bir-biriga o‘xshamaydigan qilib g‘isht terib naqshlangan, quyisida naqshlar orasida qurilgan yili va qurdirgan shaxs (Sadr Burhoniddin Abdulazoz II) ning nomi kufiy uslubida yozilgan. Minoraning uchi kengaytirilib, qafasa ishlangan (diametrik 366 metr), g‘isht terib ishlangan 10 ravoq orasida 10 darcha hosil qilingan, darchalarning quyisi g‘isht panjara bilan to‘silgan. Minoraning tashqi ko‘rinishi ko‘p jihatdan Minorai kalonga o‘xshaydi, lekin muqarnaslari ancha soda. Minora supasi tupro ostida qolgan, qurilgan paytida uning balandligi 2,3 metr bo‘lganini arxeologik tadqiqotlar ko‘rsatadi. Minoraning umumiy balandligi esa 40,3 metr.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:07:44
XATTOTLIK (arabcha — xusnixat yozuvchi) — yozuv (xat) san’ati, kitob ko‘cherish hamda me’moriy inshoatlar, badiiy buyumlarning kitobalarini yaratish kasbi. Yozuvning paydo bo‘lishi natijasida yuzaga keldi. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli xattotlikning rivojlanishi jadallashdi. Xattotlar saroylarda, ayrim amaldorlar huzurida guruh bo‘lib ishlagan. Xattotlik san’atiga bag‘ishlangan ko‘plab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muhaqqah, nasta’liq, suls, tavqe, ta’liq, devoniy, riqo, riq"œiy) mavjudligi haqida darak beradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:07:52
XOJA (forscha — xo‘ja, xo‘jayin) — islom mamlakatlarida turli davrlarda turlicha ma’noda ishlatilib kelingan faxriy unvon va murojaat shakli. Ijtimoiy tabaqa sifatida sayyidlardan keyingi o‘rinda turgan. Xo‘jalarning kelib chiqishi haqida har xil fikr bor. Ba’zi ma’lumotlarda xo‘jalar choryorlardan tarqalgan deyilsa, boshqasida arablarning istilochilik yurishlarida boshchilik qilgan sarkardalarning avlodlari deb hisoblanadi. Xo‘jalar muayyan imtiyozlarga ega bo‘lganlar. Ba’zi mamlakatlarda bu imtiyoz ma’lum darajada saqlanib qolgan. Tasavvufda tariqat mashoyixlariga beriladigan unvon. Bu unvon, asosan, Yusuf Hamadoniydan boshlab ishlatila boshlangan. Mas., Xoja Yusuf Hamadoniy, Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Muhammad Samosiy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy va hakoza. Undan oldingi ulug‘ pirlarga "œshayx" unvoni berilar edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:08:00
XONBANDI — qadimgi suv ombori (X asr). Hozirgi Jizzax viloyati Forish tumani markazidan 12-15 km shimolda, Pasttog‘ darasi ichiga qurilgan. Xonabandi Nurota tog‘idan oqib chiqadigan Osmonsoy va Ilonchisoyning sel suvlarini jamg‘arib, yozda ekinlarni sug‘orish uchun barpo etilgan. Xonbandi tog‘oni granit toshlar va suvga chidamli maxsus qorishmalardan ishlangan. To‘g‘onning balandligi 15, 25 metr, uzunligi ustki qismida 51, 57 metr, asosida 24, 35 metr. Xonbandining uzunligi 1,5 km, eni tog‘on oldida 52 metr, dara og‘zida 200 metrga va suv sig‘imi esa 1 mln 600 ming m 2 ga teng bo‘lgan. Xonbandi tufayli Qizilqumning Mirzacho‘l bilan tutashgan chegarasida taxminan 1,5 ming yer ga maydoni o‘zlashtirilgan. Suv omboridan 6 km shimolda mustahkam rabot qad ko‘targan, uning xarobalari Kaltepa deb yuritiladi. Kaltepada olib borilgan arxeologik tekshirishlar bu kichik vohaning X asrda obod etilib, XII asr oxirlarigacha hayot davom etganini aniqlab berdi. Suvni chiqarish uchun Xonbandi inshoatining g‘arbiy chekkasida 9 ta quvur o‘rnatilgan. Ular oqib chiqadigan suvning dinamik ta’siriga qarshi konussimon qilib ishlangan. Xonbandi to‘g‘onning matematik o‘lchovlariga qaraganda uni bino qilgan X asr irrigatorlari mazkur inshoatni qurishda tog‘on oldiga to‘planadigan 16 metr chuqurlikdagi suvning vertikal bosim kuchini hamda inshoatni ag‘daruvchi gorizontal kuchni aniq muhandislik hisobi asosida belgilab chiqqanlar. Shuning uchun ham Xonbandi tog‘onining asosi yuqori qismiga nisbatan 4 baravar qilib ishlangan (qalinligi ostida 8 metr, yuqorisida 2 metr ga teng). To‘g‘on maxsus loyiha asosida bino qilingan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:08:08
XONIY — O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda podshoh, xon va sultonlar tarafidan elchilarga, mudarris va ilmi toliblarga ularning maoshi uchun vaqt-vaqti bilan berib turiladigan pul in’omi. Bu in’om oluvchilarning martabalariga qarab berilgan.

XORAZM FAXRI — Mahmud Zamaxshariy shu nom bilan ulug‘langan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:08:19
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI, MA’MUNIY-LAR AKADEMIYASI — Xorazmda X a. oxiri — XI a. boshlarida faoliyat ko‘rsatgan ilmiy muhit. Ma’muniylar davlati (992-1017) tarixi bilan bevosita bog‘liq. Siyosiy, iqtisodiy, harbiy qudratga erishgan xorazmshohlar davlati mamlakatni birlashtirish, unda tartib o‘rnatish bo‘yicha tadbirlarni boshlab yuborgan. Kun tartibida davlat ichki va tashqi siyosatini olib borishda mafkuraviy masalalarni hal qilish turgan. Ali ibn Ma’mun (997-1010) dono va zukko maslahatchilarga muhtoj bo‘lgan. Uning baxtiga tog‘asi, Abu Nasr ibn Iroq o‘z davrining o‘ta bilimdon olimi bo‘lgan. 1004-yilning boshida Ibn Iroq taklifi bilan Beruniy Gurganjga qaytib kelgan; Ma’mun saroyida ilm ahli uchun yaxshi sharoit yaratib berilgan. Bu ikki shaxs Yaqin va O‘rta Sharqdagi ko‘plab olimlar bilan shaxsiy yozishmada bo‘lganlar. Ularning taklifi bilan Nishopur, Balx, Buxoro va hatto arab Iroqidan ko‘plab olimlar Gurganjga kelishgan. Shu tariqa 1004-yildan boshlab Gurganjda "œDorul hikmat va maorif" (ba’zi bir manbalarda "œMajlisi ulamo") nomini olgan ilmiy muassasa to‘la shakllangan. Bu ilmiy muassasada xuddi Afinadagi "œPlaton", Bag‘doddagi "œBayt ul-hikmat" akademiyasi faoliyatiga o‘xshab ilmning barcha sohalarida tadqiqot va izlanishlar olib borilgan, juda ko‘p manbalar to‘plangan, tarjimonlik ishlari bajarilgan; hind, yunon, arab olimlarining ishlari o‘rganilgan; Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniylarning o‘lmas asarlari, ilmiy ishlaridan foydalanilgan va tadqiq qilingan. XVIII-XX a. tarixchi olimlari tomonidan ilmiy muassasa har tomonlama o‘rganilgan va o‘z faoliyati nuqtai nazaridan bu dargoh o‘z davrining akademiyasi bo‘lganligi isbotlangan va unga «Ma’mun akademiyasi» nomi berilgan. Xorazm Ma’mun akademiyasi asosini quyidagi olimlar tashkil etgan: Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq al-Ja’diy (X a. — 1034), Abulxayr ibn Hammor (941-1048 ), Abu Sahl Iso ibn Yah"yo al-Masihiy al-Jurjoniy (970-1011), Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy, Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn Sino, Abu Ahmad ibn Muhammad ibn Ya’qub ibn Miskavayh (1030-yilda vafot etgan), Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as-Saolibiy an-Naysaburiy (961-1038 ), Ahmad ibn Muhammad as-Sahriy (1015-yilda vafot etgan), Abu Ali al-Hasan ibn Horis al-Hububiy al-Xorazmiy (X-XI asrlar), Abu Abdulloh Muhammad ibn Homid al-Xorazmiy (X-XI asrlar) va boshqalar. Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari Yunoniston, Yaqin va O‘rta Sharq, Hindiston ilm-fan yutuqlarini ijodiy, tanqidiy o‘rganib, uni yanada yuksak bosqichga ko‘targanlar. Akademiya a’zolarining aksariyati olim sifatida O‘rta Osiyoda shakllanganlar. Ularning ilmiy faoliyati, asarlari tufayli Qadimgi Xorazm badiiy san’ati, adabiyoti, astronomiyasi, matematikasi, sug‘orish madaniyati yutuqlari jahon tamadduni xazinasiga kirgan va butun insoniyat manfaatlariga xizmat qila boshlagan. Masalan, Abu Nasr ibn Iroq astronomiyaga doir ilmiy asarlari tufayli "œBatlimusi soniy" ("œIkkinchi Ptolemey") degan faxriy nom olgan. Abulxayr ibn Hammor mantiq, falsafadan tashqari tabobatda ham juda mashhur bo‘lgani uchun "œBuqroti soniy" ("œIkkinchi Gippokrat") laqabiga sazovor bo‘lgan. Abu Sahl al-Masihiy tabib, Ibn Sinoning ustozi bo‘lgan. Akademiya rahbari Abu Rayhon Beruniy fanning deyarli hamma sohalari bilan shug‘ullangan. Uning geodeziya va matematika sohalari bo‘yicha asarlari bugun ham dolzarbdir. Beruniy O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib, tibbiyotga oid. "œKitob as-Saydana fit-tib" ("œTabobatda dorishunoslik kitobi") asarini yozgan. Beruniy Amerika qit"asi mavjudligini yevropalik olimlardan taxminan 450 yil oldin aytib o‘tgan. Uning "œQadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida qadimgi xalqlar (yunonlar, eroniylar, sug‘diylar, xorazmiylar va boshqalar)ning yil hisoblari, bayramlari va mashhur kunlari, urf-odatlariga oid qimmatli ma’lumotlar to‘plangan. Xorazm Ma’mun akademiyasining yana bir zabardast qomusiy olimi Ibn Sino jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan. Xususan, uning "œTib qonunlari" asari butun dunyoga mashhur bo‘lgan. Xorazmda Ibn Sino, asosan, matematika va astronomiya bilan shug‘ullangan. Olimning Aristotel ta’limoti xususida Beruniy bilan va o‘zining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. Bu yozishmalar savol-javob tarzida bo‘lib, unda Beruniy va Ibn Sino fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issiqdan kengayishi, nurning aks etishi va sinishi kabi masalalarda ilmiy munozara olib borganlar. Ibn Sino xorazmshohlar vaziri Abul Husayn as-Sahliy bilan do‘stlashib, unga atab alkimyoga oid "œRisola al-iksir" ("œIksir haqida risola’) asarini yozgan. Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari Xorazm tabiati, iqlimi, sug‘orish tizimi, mineralogiyasi, yer osti suvlari, Amudaryo deltasining tarixi, korizlar qurish orqali tuproqni tozalash yo‘llarini tadqiq etishgan. Akademiya a’zolaridan Abu Bakr al-Xorazmiy, tabib Abu-l-Faraj ibn Hindu she’riyatda yuksak mahoratga erishganlar. Xorazm tarixi, dinlari, taqvimi, bayramlari, urf-odatlari, yozuvi, milliy qadriyatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlar ularning faoliyati tufayli bizgacha yetib kelgan. Ularning o‘zlariga xos shiori: "œIlm — insonlar hojatini chiqarmoqlikka xizmat qilsin’, — deya atalgan edi. Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlariga ilmda qat"iylik xos bo‘lgan. Aristotel yo‘l qo‘ygan ko‘p xatolar tekshirishlar davomida tuzatilgan, qutbdagi davomiy tun va kunlar masalasi osonlik bilan falakiyot fani nuqtai nazaridan tushuntirilib, yechilgan. Beruniy qayd etishicha, qadimda Xorazm astronomlari yulduzlar joylashish tartibini arablardan ko‘ra yaxshiroq bilishgan. Xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’mun (Ma’mun II) saroyidagi olimlar shuhrati o‘z davrida uzoq o‘lkalarga tarqalgan. Bu esa Mahmud G‘aznaviyning g‘ashiga tekkan. U uyushtirgan suiqasd natijasida 1017-yilning bahorida Ma’mun II o‘ldirilgan va o‘sha yilning iyunida kuyovi uchun qasos olish bahonasi bilan Mahmud G‘aznaviy Xorazmga bostirib kirgan. Katta qirg‘in va talon-torojliklar natijasida Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyati tugatilgan va bu yerdagi olimlarning ko‘pchiligi G‘aznaga majburan olib ketilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "œXorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida’gi farmoni (1997-yil 11 noyabr) O‘zbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda iste’dodli va fidoyi olimlarni qo‘llab-quvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy an’analarni rivojlantirishda qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi. 1997-yil noyabr oyida akademiyaning tarkibida arxeologiya, tarix va falsafa, til va adabiyot, biologiya muammolari bo‘limlari tashkil qilinib, 9 ilmiy mavzu bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Arxeologiya, tarix va falsafa bo‘limining xodimlari "œXorazmda qadimgi va o‘rta asrlar o‘zbek davlatchiligi tarixi", "œO‘zbek xalqining etnik tarixida Xorazm vohasining o‘rni", "œXorazm viloyati arxeologik yodgorliklarini tadqiq qilish" mavzulari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishdi. Til va adabiyot bo‘limida, "œIX-XIII asrlarda Xorazm yozma adabiyoti va og‘zaki epos", "œIX-XIII asrlar Xorazm yodnomalari tili" mavzusi bo‘yicha Xorazmyozma adabiyoti va og‘zaki afsonalari hamda rivoyatlar Avestodagi mifologik qatlam bilan qiyosiy tahlil qilindi. Og‘zaki va yozma namunalar tahlili orqali adabiy va badiiy tillarga xos xususiyatlar, ularning o‘zaro ta’siri o‘rganildi. Biologiya muammolari bo‘limida 4 ilmiy mavzu"Xorazm vohasi tuproq — iqlimi sharoitida istiqbolli, serhosil, kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli ko‘niktirilgan o‘simliklar navlarini o‘rganish", "œXorazm viloyati sharoitida ekinlarni almashlab ekishning biologik asoslarini ishlab chiqish", "œXorazm viloyati sharoitida asosiy, oraliq va takroriy ekishlarda ozuqaviy ekinlarni parvarish etishning samarali texnologiyalarini va makkajo‘xorining urug‘chilik tizimini barpo qilish", "œQuyi Amudaryo mintaqasi tuproqlarining suv-tuz rejimini yaxshilaydigan kollektor — zaxkash tizimlarining ish rejimini boshqarish usullarini ishlab chiqish" bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Xorazm Ma’mun akademiyasi jamoasi ilmiy tadqiqotlarni xalq xo‘jaligi talablari asosida shakllantirish, ularni dolzarb masalalarni echishga qaratish, byudjet mablag‘larining samaradorligini oshirishda ustuvor fundamental tadqiqotlarni amalga oshirishga intilmoqda. 2003-yildan boshlab akademiyada 2 fundamental va 8 amaliy dasturlar bo‘yicha 58 xodim, shu jumladan, 2 akademik, 8 fan doktori va 24 fan nomzodlari ilmiy izlanishlarni amalga oshirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-noyabrdagi qaroriga muvofiq, 2005-yilda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:08:27
XUSRAVONIY (forscha — shohlarga mansub) — O‘rta Osiyo va Eron qadimgi bastakorlik san’ati, xususan, Borbad ijodiga nisbatan etilgan musiqiy asarlar turkumi. Dastlab, 7 qismdan iborat bo‘lib, 7 xil pardada kuylanuvchi shohona (jasorat, mardlik va boshqalar) mavzularga oid (ayrimlari "œAvesto" matnlaridagi) qo‘shiqlardan tuzilgan. Keyinroq bular asosida o‘zga mavzular qamrovidagi turkumli asarlar yuzaga kelgan. Xusravoniy keyinchalik O‘n ikki maqom tizimi va o‘zga mukammal turkumlar shakllanishida omil vazifasini o‘tgan.

XUTBA (arabcha — targ‘ibot, nutq) — juma namozi oldidan va hayit namozidan keyin xatib (masjid imomi)ning va’zxonligi, diniy pand-nasihat. O‘rta asrlarda xurbaning muhim siyosiy ahamiyati bo‘lgan. Namozxonlar mamlakat hukmdori ismini aytib, uning haqiga duo qilishlari lozim edi. IX a. ikkinchi yarmidan ayrim hukmdorlar xutbada o‘z ismlarini xalifa ismidan keyin qo‘shib aytilishi uchun harakat qilishgan. Xutbada hukmdor ismining yodga olinishi hukmdorning mustaqil ekanligining asosiy tashqi belgilaridan biri hisoblangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:08:36
"œYAHUDIYLARNING TAQVIMI VA BAYRAMLARINI ANIQLASH HAQIDA RISOLA" — Muso al-Xorazmiyning tarixga oid asari.

YASOL (turkiycha yasa — safga tizish) — Sharq mamlakatlari, xususan, O‘rta Osiyoda qo‘shinning harbiy safar hamda jang maydonida egallagan jangovar tartibi. Tarixiy ma’lumotlarning shahodat berishicha, har bir harbiy qism va bo‘linmalarning yasoldagi doimiy o‘rinlari oldindan belgilab qo‘yilgan. Yasoldagi qat’iy tartib-intizomni hech kim o‘zboshimchalik bilan buzish huquqiga ega bo‘lmagan. Vaqt o‘tishi bilan yasol ham takomillashtirilgan, uning tuzilmasi murakkab tus olgan. Ikkinchi Turk xoqonligi ijtimoiy, siyosiy, madaniy turmush tarzini aks ettiruvchi qadimgi turkiy run bitiklaridan xoqonlik qo‘shinining yasoli quyidagi tarzda bo‘lganligini, ya’ni u, asosan, yelma, qaraku (avanpost, soqchi guruh), yizak, ilki su (avangard, ilg‘or qism), o‘ng (o‘ng qanot) va so‘l (chap qanot) qismlardan iboratligini ilg‘ab olish mumkin. Qo‘shin markazi va arergardining mavjud bo‘lganligi, ularning qanday nomlanganligi haqida biron fikr aytish mushkul. XI asrda hukm surgan qoraxoniylar qo‘shinining yasoli quyidagi shaklda bo‘lgan: Markazda yadak (piyodalar), o‘qchi (kamonkashlar) va yo‘rtug‘ (og‘ir qurolli suvoriylar) joylashgan. Mazkur yasol an’anaviy 5 qismdan tashkil topgan jangovar tartibning tipik namunasi hisoblanadi. Amir Temur jahon harbiy san’ati tarixida birinchi bo‘lib janggohda qo‘shinni 7 bo‘lakka taqsimlagan holda joylashtirishni joriy qilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:08:47
YASSAVIYLIK — tasavvufdagi tariqatlardan biri. Asoschisi Ahmad Yassaviy. XII asrda O‘rta Osiyoda paydo bo‘lgan. Tariqatning asoslari Yassaviyning mashhur "œHikmat" asarida bayon etiladi. Ahmad Yassaviyning fikricha, shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma’rifat, ma’rifatsiz haqiqat bo‘la olmaydi. Ularning har biri ikkinchisini to‘ldiradi va takomillashtiradi. Yassaviy tariqatining asosida kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish g‘oyasi olg‘a suriladi. Unga faqat bu dunyo rohati va farog‘atidan voz kechib, uzlatga toat va ibodat yo‘lida zahmat chekib, mashaqqatli mehnat qila olgan kishigina yetib boradi. Bu tariqatda mashaqqatli mehnat va aziyat shariat yo‘lida bo‘lmog‘i hamda tarkidunyochilik targ‘ib etilsa-da, inson zoti sharif darajasida ulug‘lanadi. Insonning har qanday mol-dunyodan va davlatdan ustun turishi ta’kidlanadi. Yassaviylik tariqati faqat Movarounnahrda emas, balki Xuroson, Ozarbayjon, Turkiyada ham keng tarqalgan.

"œYATIMAT UL-BAHR" — As-Saolabiyning asari. Asar 994-1000-yillar orasida yozilgan. Bu asarda qayd etilishicha, Buxoro, Xorazm va Xorazmda 119 nafar arabiy zabon shoirlar ijod qilgan. Ularning deyarli barchasi saroy ahli, hukmron xonadon a’zolari va boshqa oliy tabaqa vakillaridan iborat bo`lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:08:55
"œZAYN UL-AXBOR" ("œXabarlar ko`rki") — Gardiziyning tarixga oid asari. Asar 1049-1050-yillar orasida yozib tugatilgan va g`aznaviylardan Sulton Abdurashidga taqdim etilgan. Gardiziyning ushbu asari Xuroson va O`rta Osiyoning arablar istilosidan to XI asrning o`rtalarigacha bo`lgan siyosiy tarixini o`rganishda muhim o`rin tutadi.

ZERAFKANDA — o‘n ikki maqom tizimidagi maqomlardan biri.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:09:05
ZIJ (forscha — bo‘yra) — qadimgi astronomik jadval. O‘rta asrlarda barcha astronomik rasadxonalar o‘z oldiga Quyosh, Oy va oddiy ko‘z bilan ko‘rinadigan sayyoralarning yulduzlar orasidagi harakatlarini kuzatish, kuzatish ma’lumotlari asosida astronomik doimiylarning qiymatlarini hisoblab topish; Oy va Quyosh taqvimlariga tegishli ma’lumotlarning jadvallarini tuzish; shuningdek, yulduzlarning koordinatalari, yirik aholi punktlari va shaharlarning gografik koordinatalarini aniqlab, ularni jadvallarda aks ettirish kabi vazifalarni qo‘yardi. Rasadxonalar faoliyatining katta qismi olingan kuzatish ma’lumotlari asosida jadvallar tuzishni taqozo qilardi. Bunday ko‘p jadvallarni o‘z ichiga olgan astronomik asarlar, odatda, "œzij" deb yuritilar edi. Jadvallarning tik (vertikal) va yotiq (gorizontal) chiziqlari (sonlari bilan birga) bo‘yrani eslatgani uchun ham mazkur risolalar shunday nom bilan atalgan, deb taxmin qilinadi.

"œZIJ" (astronomik jadval) — Muso al-Xorazmiyning astronomiyaga oid asari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:09:13
SHARIAT (arabcha — to‘g‘ri yo‘l; islomda qonunchilik ma’nosida ishlatiladi) — islom huquq tizimi. Shariatda sof huquqiy masalalardan tashqari axloqiy me’yorlar va amaliy diniy talablarga ham qonun tusi berilgan. Shariatga musulmon kishi uchun dunyoga kelishidan to o‘limigacha yurish-turishini belgilovchi qoidalar to‘plami sifatida qaralgan. Ilk islomda jamiyatni huquqiy boshqarish Qur‘on asosida olib borilgan. Keyinroq musulmonlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va diniy faoliyatini qamrab oluvchi qonunlar majmuasiga ehtiyoj tug‘ilgan. Islom huquqshunoslari bir necha asr mobaynida shariat me’yorlarini ishlab chiqqanlar. Shariatga Qur‘on, sunna, ijmo va qiyos asos qilib olingan. Shariat huquqiy tizim sifatida XI-XII asrlarda tugal shakllangan. Shariat ilmlari islom dini va unga bog‘liq bo‘lgan masalalarni qamrab olgan. Bular tajvid (qiroat), tafsir, hadis, fiqh ilmlari, fiqhning far’iy (juz’iy) qismlari hamda kalom ilmidan iboratdir. Shariat ilmlari qatoriga arab tili va adabiyoti ham kiritiladi, chunki ularsiz shariat ilmlarini o‘rganish mumkin emas, deb hisoblanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:09:21
SHASHMAQOM (fors-tojikcha — olti va maqom) — o‘zbek-tojik xalqlari musiqasining klassik namunasi, sikl tarzida birlashtirilgan, bir-biri bilan lad va ohang nuqtai nazaridan uzviy bog‘langan yirik hamda kichik shakldagi kuy va ashulalar majmui. Ular xalq musiqa ohanglari (kuy intonatsiyasi) asosida to‘plangan ko‘p asrlik boy tajriba va izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Shashmaqom tarixiy taraqqiyot jarayonida professional musiqadagi qadimiy an’analarning bevosita rivojlantirilishi, o‘tmishdagi bastakorlik san’atining mahsulidir. Shashmaqom Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan tashkil topgan bo‘lib, jami 250 dan ortiq yirik hamda kichik shakldagi kuy va ashulalardan iborat.

SHAYX UL-ISLOM — ba’zi mamlakatlarda oliy diniy unvon. X asrdan biror faqih yoxud sufiyga nisbatan ishlatilgan. XIII asrdan keyin muntazam qo‘llangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:09:31
"œSHAYX UR-RAIS" — donishmandlar sardori, O`rta asrning buyuk allomasi Abu Ali ibn Sino Sharqda shu nom bilan shuhrat topgan.

SHOHIZINDA — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (XI-XX asrlar); Afrosiyob tepaligi janubida joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl. Ularning eng qadimgisi Qusam ibn Abbos maqbarasi bo‘lib, xalq orasida Shohizinda (tirik shoh) nomi bilan mashhur. Ansambl bir-biri bilan yo‘lak orqali bog‘langan 3 guruh binolardan iborat. Quyi guruhdagi inshoatlar Ulug‘bek o‘g‘li nomidan qurdirgan Abdulaziz chortog‘i (1434-35), unga shimoldan Davlat qushbegi madrasasi (1812-13) tutash, uning qarshisidagi ayvonli masjid naqshlar bilan nafisbezatilgan. 40 bosqichli tik zinapoya o‘rtalig‘ining chap tomonida ziyoratxona va go‘rxonadan iborat qo‘shgumbazli maqbara (XV a.) joylashgan. O‘rta guruhdagi binolar: Amirzoda maqbarasi, Tug‘lu Tekin maqbarasi, Shirinbeka og‘o maqbarasi, uning qarshisida Temurning boshqa singlisi Turkan og‘o maqbarasi, 8 qirrali maqbara, Ali Nasafiy maqbarasi kabilar. Yuqori guruhdagi binolar: Ziyoratxona, uch qismdan iborat masjid, Xoja Ahmad maqbarasi, 1360-61-yillarda qurilgan maqbara, Tuman og‘o majmuasi (1405-06), 2 ta nomsiz maqbara (XIV a. oxiri)ning kiraverish devorigina saqlangan. Shuningdek, Tamg‘och Bug‘roxon madrasasi (XI a.), Amir Burunduq maqbarasi (XIV a. oxiri) kabilardir. Ansambl tarkibidagi 20 dan ortiq inshoatlar davlat muhofazasiga olingan. XIX-XX asrlarda ansamblning yana bir necha binolari barpo etilgan. XVIII asrda vayron bo‘lgan zina o‘rnida 40 pog‘onali g‘ishtin yangi zina qurilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-iyul qaroriga asosan Shohizinda yodgorlik majmuasida katta ko‘lamdagi ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:09:42
TARIXIY-GEOGRAFIK NOMLAR

BASRA (arabcha — Bassora) — Iroqning janubi-sharqidagi shahar. Shahar 637 yoki 638 yilda xalifa Umar davrida (634-644-yillar) qurilgan. VIII-IX asrlarda xalifalikning madaniy va iqtisodiy markazi bo‘lgan.

FUSTAT — o‘rta asrlarda Qohiraning nomi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:09:51
GO‘RGON — o‘rta asrlarda Ibn Sino umrining oxirigacha hukmdorlar qo‘l ostida tabiblik va vazirlik qilgan shahar.

ISFAHON — Eronning markaziy qismidagi shahar, Zoyanderud daryosi bo‘yidagi xushmanzara joyda. Isfahon qadimiy qo‘lyozmalar (masalan, Ptolemey asarlarida) Aspadana nomi bilan tilga olingan. Sosoniylar davri (III-VII asrlar)da Markaziy Eronning iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lgan. VII asrda shaharni arablar egallagan. VIII-XIII asrlarda Isfahon Yaqin va O‘rta Sharqdagi eng yirik hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri bo‘lgan. 1237-yilda Isfahonni mo‘g‘ul bosqinchilari vayron qilgan, keyinroq shahar qayta tiklangan. 1387-yilda uni Amir Temur egallagan. Shahar XVI-XVII asr boshlarida Safaviylar davlatining poytaxti bo‘lgan davrda ayniqsa ravnaq topgan. Isfahon XVII asr o‘rtalarida aholisi qariyb 600 ming kishilik katta shahar edi. 1722-yilda uni afg‘onlar bosib olib, talon-taroj qildilar. XVIII asr oxirida poytaxt Isfahondan Tehronga ko‘chirilgan, shahar avvalgi mavqeni yo‘qotdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:10:00
JARQO‘RG‘ON — Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi shahar. Bu nom qadimda jar yoqasida joylashgan qo‘rg‘on nomidan kelib chiqqan. VIII-XII asrlarda Jarqo‘rg‘on o‘rnida Charmangan (Sarmangan) shahri bo‘lib, arab-fors geografik adabiyotlarida ko‘p tilga olingan. VIII asrda arablar, X asrda g‘aznaviylar, XI asrda saljuqiylar, XII asr birinchi yarmida Bomiyon g‘uriylari, XIII asr boshlarida xorazmshohlar qo‘lida, XIII asr o‘rtalarida Chig‘atoy ulusiga kirgan. O‘sha davrlarda Jarqo‘rg‘on (Charmangan) mavqe jihatidan Termiz shahridan keyin ikkinchi o‘rinda bo‘lgan. Geografik o‘rnining qulayligidan Jarqo‘rg‘on qadimdan muhim xo‘jalik markazi bo‘lib kelgan.

LASHKARGOH, Lashkari — Bozor — Janubiy Afg‘onistonda joylashgan ulkan tarixiy-ma’muriy majmua; g‘aznaviylar (X-XII asrlar) va g‘uriylar (XII a. o‘rtasi — XIII a. boshi) sulolasi sultonlari qarorgohi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida XII asrga oid saroy va bog‘-park inshoatlari qoldiqlari topilgan. Umumiy maydoni taxm. 164x95 m dan iborat. Majmua tarkibi Lashkargoh janubda joylashgan bosh saroy (to‘rt tomoni ayvon bilan o‘ralgan hovli sahni; bir necha zal, yotoqxonalar, xizmat xonalari alohida guruh bo‘lib joylashgan; devoriy rasmlar, bezak qilib terilgan g‘ishtlar), shuningdek, Lashkargohning markaziy va shimoliy qismida joylashgan 2 ta saroy, masjid, bog‘ ko‘shklari, kaptarxona (kaptar minor), turar joy qoldiqlaridan iborat.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:10:16
MAYMANA — Afg‘onistonning shim. qismidagi shahar. Baqtriya vodiysidagi vohada joylashgan. Ilk o‘rta asrlarda shahar Yahudiya (aholisining ko‘pchiligini yahudiylar tashkil qilgani uchun), Katta Jahuzon deb atalgan. Yoqut Hamaviyning yozishicha, al-Yahudiya aholisi islomni qabul qilgach, XI asrdan boshlab shaharni Maymana deb atay boshlaganlar. Mahmud ibn Valining yozishicha, Maymana shahri qadimda Toliqon deb ham atalgan. IX asrda Maymanada Fariob noibi qarorgohi joylashgan. X asrda u savdo va hunarmanchilik rivojlangan boy shahar bo‘lgan. XIII a. manbalarida shahar Maymand deb atalgan. 1855-y. afg‘on amiri Do‘stmuhammadxon Buxoro amirligiga qarashli Maymanani bosib olgan. 1873-y. Kobulda imzolangan Angliya — Rossiya shartnomasiga binoan, Maymana Afg‘onistonga o‘tgan. XIX asrda Maymana shahri mustahkam mudofaa devori bilan o‘rab olinib, uning 5 darvozasi bo‘lgan. Shahar markazida baland va qiya tepalikda qadimiy ark — Bolo-Hisor joylashgan.

OBIVARD — o‘rta asrlarda Ibn Sino umrining oxirigacha hukmdorlar qo‘l ostida tabiblik va vazirlik qilgan shahar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:10:28
QAZVIN — o‘rta asrlarda Ibn Sino umrining oxirigacha hukmdorlar qo‘l ostida tabiblik va vazirlik qilgan shahar.

QOHIRA — 969-yili Dotimiylar lashkarboshisi Javhar al-Saqali tomonidan Bobil qal’asi (Memfis shahridan 30 km uzoqlikda) atrofida qurilgan. Javhar shsharni "œMisr al-Qohira" ("œG‘olib Misr") deb atagan. Sekin-asta atrofidagi Fustat (Umaviylar davrida Misrning ma’muriy markazi), Qatai (Tuluniylar davrida qurilgan) va boshqalar Qohira tarkibiga kirib ketgan. 973-1171-yillari Qohira Fotimiylar davlatining poytaxti. Ayyubiylar (1171-1250) va mamluklar davri (1250-1517)da yirik savdo va hunarmandchilik markazi bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:10:37
RAY, REY, QADIMDA RAGA — Erondagi qadimgi shahar. Tehrondan 8 km shim.-sharqda joylashgan. Ray nomi Avesto va Bihistun kitobalarida qayd etilgan. VII asrda arablar bosib olgan. Tohiriylar, Somoniylar, Buvayhiylar davlatlari tarkibiga kirgan. Ibn Sino Ray shahrida umrining oxirigacha hukmdorlar qo‘l ostida tabiblik va vazirlik qilgan. 1027-yili Mahmud G‘aznaviy egallagan. 1042-1194-yillarda Saljuqiylar davlati tarkibida. X-XII asrlarda Ray — Eronning eng yirik savdo-hunarmandchilik va madaniy markazlaridan biri bo‘lib, ipak matolar va sopol qandillar ishlab chiqarish bilan mashhur bo‘lgan. 1194-1220-yillarda Ray Xorazmshohlar davlati tarkibida; XII a. oxiri va XIII asrlarda o‘zaro diniy nizolar natijasida ancha jabr ko‘rgan. 1220-yili mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingan. Qozonxonning Ray arkini qayta tiklash yo‘lida qilgan sa’y-harakati natija bermagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:10:45
SAYRAM — qadimgi shahar va viloyat. Aris daryosi vodiysida (Chimkent shahridan 8 km uzoqlikda) joylashgan. Tarixda Isfijob, O‘rungkent, Yettikent, Madinat ul-bayzo, Saryom nomlari bilan qayd etiladi. Sayram qal’asining qadimgi o‘rni 28 ga dan ko‘proq joyni egallagan. Qal’a birinchi marta 840-yilda somoniylar amiri Nuh ibn Asad tomonidan lanish uchun devor juda qalin qilib qurilgan. Shaharning barpo etilgani yaqin paytlargacha 1,5 ming yildan ko‘proq vaqt o‘tgan deb yuritilardi. 1988-yilgi arxeologik qazishmalar shaharning ancha ilgari bunyod qilinganligini isbotladi. Qadimgi ajdodlar yashagan manzilgohdan I asrga oid buyumlar topildi. VI-XIX a. davomida Sayram 13 marta bosqinchilar hujumining guvohi bo‘lgan. Manbalarda Sayram nomi birinchi marta Xitoy sayyohi Syuan Szan (VII a.) tomonidan tilga olinadi. Arablar bosib olguniga qadar, Sayram xalqi buddizm, zardushtiylik, xristianlik dinlariga e’tiqod qilgan. Mas., uning ko‘hna darvozalaridan birining nomini budda ibodatxonasi sifatida tarjima qilish mumkin. Muhammad Shayboniyxon XV a. oxirida O‘tror, Yassi va Sayram shaharlarini o‘z qo‘liga oladi. Bu davrdagi tarixiy yodgorliklardan Abdul Aziz bobo va Qorasoch maqbarasi diqqatga sazovordir. 1510-yil qozoq xoni Qosimxon shayboniylar qo‘shinini tor-mor qilib, Sayramni Toshkentga boradigan muhim tayanch manziliga aylantirdi. Bu va undan keyingi sulton Abulxayr davrlarida Sayramdan 3 km uzoqlikda joylashgan Mortepada qozoqlar davlatining Kichik juz, O‘rta juz va Katta juz vakillari har yili may oyida to‘planishib, qarorlar qabul qilishgan, keyin uni Turkistonda tasdiqlashgan. Ular e’zoz bilan Sayramni ona shahar, Turkistonni ota shahar deb bilishgan. 1683-yili Sayram Abulxayr ixtiyorida bo‘lgan bir paytda jung‘orlar (qalmoqlar) hujumi boshlanadi. Qalmoq xoni Xuntayji Sayramni talagan. 40 ming asir haydab ketilgan. Asirlar bir yil mobaynida Ili daryosi bo‘yida ushlab turilgan, so‘ngra qadimgi Turfanga haydab ketilgan. Keyinchalik asirlar Qashqarda o‘zlarining boy Sayram shaharini barpo etishgan. 1758-yili Sayram Qo‘qon xonligi hududiga qo‘shib olindi. 1864-y. Rossiya bosib olgan. 1917-yilga qadar Sayramda 35 ta masjid bo‘lgan. Hozirgi kunga kelib saqlanib qolgan tarixiy yodgorliklar: Qozi Bayzovo maqbarasi, jome masjidi qoldiqlari, Xizr masjid yonidagi mezana, Mirali bobo maqbarasi, shuningdek, shahar markazidagi yer osti yo‘li (uz. 3 km dan ortiq). Dushman hujum qilgan paytda aholi ushbu yer osti yo‘lidan foydalangan. Shahar eski qal’asini buzish paytida XIII asrga oid tanga pullar, bir-biriga ixcham kiydirilgan sopol quvurlar, sopol buyumlar, eski o‘choq o‘rni va boshqalar topilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:10:59
SEYISTON, SAKISTON (qadimda — Drang‘iyona) — Eron va Afg‘oniston chegarasida joylashgan tarixiy viloyat. Drang‘iyona nomi birinchi marta Bihistun kitobalarida eslatilgan. Drang‘iyonaga sak qabilalari kelib joylashgani uchun (mil.avv. II a.) Sakiston, keyinchalik Seyiston deb atalgan. Seyiston Mauriyalar imperiyasi, Yunon-Baqtriya podsholigi (mil.av. III-II asrlarda) tarkibiga kirgan. Parfiya (mil. avv. III a. — mil. III a.), Sosoniylar davlati (III-VII asrlar.), Arab xalifaligiga tobe bo‘lgan. VIII-IX asrlarda xorijiylar harakati markazlaridan biri. Yirik shaharlari: Zabol (Zobul) (Eronda), Zaranj (Afg‘onistonda).
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:11:08
SIG‘NOQ, SUNAX, SUG‘NOQ, SO‘NOQOTA, SO‘NAQ QO‘RG‘ON — Sirdaryoning quyi oqimi bo‘ylarida, Qizilo‘rda (Qozog‘iston) ning janubida joylashgan qadimgi shahar. O‘troq, madaniy viloyatlar bilan dasht o‘rtasidagi chegarada mil.avv. III asrda bino etilgan. U X asrda O‘g‘uzlarga tegishli bo‘lgan. XI asr o‘rtalaridan yirik savdo shahri, qipchoqlar poytaxti sifatida mashhur. 1219-yil yeti kunlik qamaldan so‘ng Sig‘noq mo‘g‘ullarning Jo‘jixon boshchiligidagi qo‘shini tomonidan vayron qilingan, lekin XIV asrda qayta tiklanib, XIV asr o‘rtasida Oq O‘rda poytaxtiga aylangan. XV asrda Sig‘noq o‘zbek xonlarining poytaxt shahri bo‘lgan, XVI asrda esa qozoq xonlari tasarrufiga o‘tgan. XIV-XVI asrlarda Sig‘noqda tangalar zarb etilgan, koshin parchalari bilan bezatilib pishiq g‘ishtdan ishlangan imoratlar (madrasa, masjid, maqbaralar) qurilgan. Manbalarda Sig‘noq haqida XVIII asrdan keyin ma’lumot uchramaydi. Shahriston (10 ga) ni o‘ragan mudofaa devori va uning 15 minorasi xarobalari va rabod (taxminan 13 ga) ni muhofaza qilgan tuproq tepa, shuningdek, XIV-XVI asrlarga oid bir necha qancha binolarning qoldiqlari saqlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:11:17
TALIQON, TOLIQON, TALQON — o‘rta asrlarda Shimoliy Afg‘onistondagi qad. shahar va viloyat. Taliqon o‘rta asrlarda Toxaristonning poytaxti bo‘lsa-da, Balxdan 3 marta kichik edi. Taliqon Qunduzdan sharqda, Qunduzdaryo irmog‘i Taliqon daryosi bo‘yida joylashgan. Taliqon mustahkam istehkomli, savdo yo‘llari kesishgan yerda joylashgani uchun obod va boy shahar hisoblangan. O‘rta asrlarda uni, shuningdek, «Xuroson Taliqoni» deb ham atashgan, chunki ayni vaqtda bu nomdagi yana 2 shahar Qazvin va Rey viloyatlarida ham bo‘lgan. Mahmud ibn Valining yozishicha, Maymana viloyatidagi shahar ham Taliqon deb atalgan. Firdavsiyning "œShohnoma’sida Taliqon shahri Afrosiyob podsholigi davri voqealari munosabati bilan qayd etilgan. Qadimda Taliqon atrofida chegara, tosh minorasi bo‘lgan, uni sosoniylar shohi Varaxran V (421 438-yillarda hukmronlik qilgan) bunyod etgan. Arablar istilosi arafasida Taliqon alohida bir mulk bo‘lib, uni Sahrak yoki Suhrob nomli shoh idora etgan. X asrda Taliqon shahri Guzganon viloyati shohiga tobe bo‘lgan. XII asrda Taliqon manbalarda yana Xurosonning alohida viloyati tarzida qayd etilgan va unga bir qancha shahar va qishloqlar qaragan. Taliqon qal’asi o‘rta asrlarda Mansurko‘h yoki Nusratko‘h deb nomlangan. U juda mustahkam bo‘lib, XIII asrda Chingizxon qo‘shinlari uni kuch bilan egallay olmay, 7 oy qamal qilib olishga majbur bo‘lishgan. Amir Temur va temuriylar davrida Taliqon dastlab Pirmuhammad ibn Jahongir mulki, so‘ngra Shohrux davrida uning o‘g‘li Ibrohim Sultonga tegishli bo‘lgan. XVI a. oxirida Taliqonni temuriy Sulton Mahmud Mirzo va Xisravshohning noiblari idora etishgan. 1503-04-yillarda Toxariston va Badaxshonning katta qismini Shayboniyxon qo‘shinlari bosib olganda bu viloyatlar Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonga in’om etilgan. Shayboniyxon o‘limidan so‘ng (1510) Toxariston va Badaxshonning katta qismi yana temuriylar (Mirzaxon o‘g‘li Sulaymonshoh) tasarrufida bo‘lgan. Biroq uning nabirasi va vorisi Shohrux Mirzo davrida Taliqon Badaxshon shohlaridan Shoh Imod qo‘liga o‘tgan. 1584-yil Taliqonga shayboniylar qo‘shini kelib shahar Mahmud sulton ibn Sulaymon sultonga qaragan. U, o‘z navbatida, Shayboniylarning Balxdagi noibi Abdulmo‘min Sultonga tobe bo‘lgan. Taliqon viloyat markazi maqomini Ashtarxoniylar davrida ham saqlab qolgan. XVIII asrning birinchi yarmida Taliqon yoriylar sulolasidan Mir Sultonshoh tasarrufiga o‘tgan. XVIII a. o‘rtalaridan Afg‘oniston tarkibida.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:11:25
TURKISTON — O‘rta Osiyoning o‘rta asr tarixiy-geografik adabiyotlarda uchraydigan nomi. Manbalarda Turon va Turkiston atamalari o‘rnida qayd etilgan. 639-yil Turfonda tuzilgan sug‘d hujjatida O‘rta Osiyo mintaqasining nomi sifatida ishlatilgan. "œTurkiston" atamasi "œO‘rta Osiyo" va "œMovarounnahr" nomlaridan farqli ravishda nafaqat geografik, balki etno-geografik tushunchani anglatib, shuningdek, siyosiy-huquqiy ahamiyatga ham ega bo‘lgan. Arablar istilosidan so‘ng "œTurkiston" topnimini o‘zining siyosiy sarhadlari Uzoq shimol va sharqqa, Arab xalifaligi, Qarluq va Uyg‘ur xoqonliklari bilan chegaradosh bo‘lgan yerlargacha yoyilgan. Ayni mana shu davlatlar endilikda Turkiston nomi bilan arab tarixchi-geograflari asarlarida (VIII-X asrlar) qayd etilgan. O‘rta Osiyoning markaziy va janubiy viloyatlari (Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i) Movarounnahr deb atala boshlagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:11:33
VOBKENT (o‘g‘uz shevasidagi "œvob" yoki "œvahobkent" — "œbo‘z, qo‘riqdagi qishloq" ma’nosida) — Buxoro viloyatidagi shahar. Vobkent tumanining ma’muriy markazi. Vobkent — ko‘hna shaharlardan biri. O‘rta asrlarda Vobkent atrofida bir necha qishloq-qo‘rg‘onlar bo‘lgan. Vobkentning g‘arbida joylashgan Narshax qishlog‘i shulardan biri. X asrda yashagan tarixchi olim Narshaxiy shu qishloqda tavallud topgan. Narshax qishlog‘i Muqanna qo‘zg‘oloni markazlaridan biri bo‘lgan. Vobkent XIV asr hujjatlarida o‘z qozisiga ega bo‘lgan qasaba, ya’ni shahar sifatida Vobkana nomi bilan tilga olinadi. XVI asrdan boshlab Vobkent ikki nom — Vobkana va Komot deb yuritila boshlagan. XVII asrning tarixchi olimi Mahmud ibn Valining ("œBahr ul-asror"; 1634-1641) kitobida Vobkent tumani nomi Komot shaklida keltiriladi. Vobkent haqida Mirzo Badening "œMajma’ al-arqom" ("œRaqamlar majmui"; XVIII asr) kitobida ham ma’lumotlar uchraydi. XIX asr ikkinchi yarmiga oid vaqf hujjatlarida keltirilishicha, Komot tumani (hozirgi Vobkent tumani) dagi Narchoq (Narshax) qishlog‘ida hunarmandlar ko‘p bo‘lgan. Vobkentda qadimda madrasa, hammom, bozor masjidi, Ko‘hna Vobkand, Vobkand Qo‘rg‘oni kabi tarixiy obidalar bo‘lib, hozirda saqlanmagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:11:40
XAMADON — Shimoli-G‘arbiy Erondagi qadimiy shaharlardan biri. O‘rta asrlarda Ibn Sino umrining oxirigacha hukmdorlar qo‘l ostida tabiblik va vazirlik qilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:11:48
YASSI, YASSI (asli — Saksi) — 1) Turkiston sh.ning eski nomi. Bu haqda Mahmud ibn Vali (XVII a.) «Bahr ul-asror» («Sirlar dengizi») asarida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: "œHozirgi Turkiston — bu Saksi shahri, avom xalq uni Yassi deb ataydi". Arab geograflarining yozishicha, Yassi o`rnida X asrda Shavg`ar shahri bo`lgan. XI-XII asrlarda Yassi nomi tarixiy manbalarda uchraydi. Amir Temur va temuriylar davrida qishloq(qar’ya). 1397-yil Sohibqiron Yassiga kelib shayx Ahmad Yassaviy mozorini tavof qilgan va uning mozori ustiga maqbara solishni buyurgan. Maqbara 2 yilda qurib bitkazilgan. Sohibqiron Xitoyga yurish qilganida (1404-yil noyabr) qo`shinning amirzoda Sulton Husayn boshchiligidagi so`l qanoti Yassi va Sabronda qishlaganlar. Dashti Qipchoq va Movarounnahr aholisi tomonidan muqaddas shahar sifatida e’zozlanib kelingan va Ahmad Yassaviyga nisbat berilib Hazrat, Turkiston, Turkiston ota kabi nomlar bilan ham atalib kelingan. XVII a. oxiri — XVIII asrdan Yassi nomi manbalarda uchramaydi; 2) Farg`ona vodiysining sharqida joylashgan dovon va uning atrofidagi viloyat — Yassi Dabon, Yassi dovon, Yassi viloyati. Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»sida yozilishicha, Sohibqiron 1376 yil erta bahorda Qamariddinga qarshi Mo`g`ulistonga yurish qilganida Yassi viloyati va dovonidan o`tgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:11:56
CHOKARDIZA — tarixiy mavze. Samarqand shahrining Registon majmuasi yaqinida, hozirgi Vobkent, G‘ijduvon va Buxoro ko‘chalari oralig‘ida joylashgan. Ilk o‘rta asrlarda (V-VII asrlar) bu yerda harbiy istehkom bo‘lgan. Chokardiza — "œchoker" — jangchi va diza — qal’a, ya’ni "œjangchilar qal’asi"dan olingan. Qal’a yaqinidan Chokardiza kanali ham o‘tgan, u 1220-yilgacha "œJo‘yi Arziz"ga ulanib, Samarqandni suv bilan ta’minlab turgan. IX asrda Chokardizada imom Abu Ishoq ibn Ibrohim ibn Sammosi Mutava’iyning bog‘i, o‘rtasida esa masjid bo‘lgan. Imomning o‘zi ham shu erga dafn etilgan. Keyinchalik Chokardiza musulmon olamining eng tabarruk qabristonlaridan biriga aylangan. Chokardizada mashhur imomlar Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad an-Nasafiy va boshqalar dafn etilgan. 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan Chokardizada katta ta’mirlash ishlari o‘tkazilib, Moturidiy yodgorlik majmui bunyod etildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:22:18
TARIXIY SANALAR

634-644-YILLAR — Xalifa Umar hukmronligi davrida Fustat shahri yaqinidagi suv o‘lchagich "œmiqyoslar yo‘nilgan toshlardan bino qilinishi.

783-850-YILLAR -"œAljabr va al-muqobala" kitobi bilan matematika tarixida birinchi bo`lib algebra faniga asos solgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy yashab ijod qilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:22:26
797-865-YILLAR — Yevropada Alfraganus taxallusi bilan shuhrat topgan Ahmad Farg‘oniy (Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy) yashab ijod etgan.

810-870-YILLAR — Islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba hisoblangan 7275 ta hadislarni o‘z ichiga olgan "œJomi as-Sahih" nomli shoh asarni meros qilib qoldirgan Imom al-Buxoriy (Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) yashab ijod etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:22:35
813-833-YILLAR — Arab xalifaligida Ma’mun hukmronligi davrida "œBayt ul-hikma’da Muso al-Xorazmiyning mudir sifatida faoliyat ko‘rsatishi.

824-894-YILLAR — Imom al-Buxoriyning shogirdi Iso Termiziy (Abu Iso Muhammad at-Termiziy) yashab ijod etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:22:43
832-833-YILLAR — Farg‘oniy Suriyaning shimolida Sanjar dashtida va ar-Raqqa oralig‘ida yer meridianining bir darjasini uzunligini o‘lchashda qatnashdi.

861-YIL — Xalifa Mutavakkil farmoni bilan Farg‘oniy rahbarligida Fustat (Qohira) shahri yaqinida joylashgan Ravzo orolida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi gidrometr — daryo oqimi sathini o‘lchagich "œMiqyos an —Nil" inshoati va uning darojoti qayta tiklandi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:22:50
865-925-YILLAR — O‘rta asr Sharqining buyuk hakimi va mutaffakiri Abu Bakr ar-Roziy yashab ijod etgan.

870-944-YILLAR — "œKitob at-Tavhid"("œAllohning birligi") va "œTa`vilot ahl as-sunna" nomli asarlar muallifi Abu Mansur al-Moturidiy yashab ijod etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:22:58
873-YIL — Abu Nasr al-Farobiyning Aris suvining Sirdayryoga quyilishida joylashgan Forob (O‘tror) shahrida tavvalud topishi.

873-950-YILLAR — 160 dan ortiq asar yozib, o‘rta asr fan va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan Abu Nasr Forobiy yashab ijod etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:23:05
970-1011 YILLAR — Abu Sahl Masihiyning hayot va faoliyati.

973-1048-YILLAR — falakiyot, geografiya, matematika va tarix fanlari bo‘yicha 154 ta ilmiy asar yozgan Abu Rayxon Beruniy yashab ijod etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:23:14
976 977-YILLAR — Somoniylar davlatida Mansur Somoniy hukmronligi davrida uning saroyida qomusiy olim Abu Abdulloh al-Xorazmiy vazir lavozimida faoliyat ko‘rsatishi.

980-1037-YILLAR — Sharqda "œShayx ur-rais", G`arbda esa "œAvitsenna" nomlari bilan shuhrat topgan Abu Ali ibn Sino yashab ijod etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:23:57
980-YIL — Abu Ali ibn Sinoning Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga kelishi.

991-1048-YILLAR — Abulhayr ibn Hammorning hayoti va faoliyati.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:24:05
1004-YIL — "œDorul hikmat va maorif" ("œHikmat va maorif uyi") — "œMa’mun akademiyasi" shakllangan. Uning asosini Abu Nasr ibn Iroq (X asr-1034), Abulxayr ibn Hammor (991 1048 ), Abu Sahl Masihiy (970-1011), Abu Rayxon Beruniy (973-1048 ), Abu Ali ibn Sino (980-1037) boshqalar tashkil etgan. Ularning ilmiy faoliyati tufayli qadimgi Xorazm badiiy san’ati, adabiyoti, astronomiyasi, matematikasi, sug`orish madaniyati yutuqlari jahon tamadduni xazinasiga kirgan va butun insoniyat manfaatlariga xizmat qila boshlagan.

1017-YIL — Abu Rayxon Beruniy Mahmud G‘aznaviyning talabi bilan G‘azna shahriga borib umrining oxirigacha shu yerda ijod qilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:24:13
1037-YIL — Abu Ali ibn Sinoning Xamadon shahrida vafot etishi.

1048-YIL — Beruniyning G‘aznada vafot etishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:24:22
1074-1144-YILLAR — turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldirgan Mahmud Zamaxshariy (Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy) yashab ijod qilgan.

1123-YIL — mashhur faqih Burhoniddin al-Marg‘inoniy Farg‘ona vodiysining Rishton shaharchasida tavallud topishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:24:31
1145-1221 YILLAR — "œKubraviya" tariqatiga asos solgan Najmiddin Kubro yashab o`tgan.

1147/1150-YILLAR ORALIG‘I — Ahmad Yugnakiy tavallud topgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:24:38
1166/67-YILLARI ORALIG‘I — Ahmad Yassaviy tavallud topgan.

1221 YIL — Chingizxon boshliq mo‘g‘ul bosqinchilari bilan bo‘lgan jangda Najmuddin Kubroning shahid bo‘lishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:24:46
1318-YIL — Bahouddin Naqshband Buxoro yaqinidagi Qasri Hinduvon qishlog‘ida matolarga naqsh bosuvchi hunarmand oilasida dunyoga keldi.

1997-YIL 11 NOYABR — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "œXorazm Ma’mun akademiyasining qaytadan tashkil etish to‘g‘risida’gi farmoni chiqdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:24:56
1998-YIL — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi.

1998-YIL OKTABR — buyuk mutafakkir imom al-Buxoriy tavalludining 1225-yilligi nishonlandi. Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida "œImom al-Buxoriy yodgorlik majmui" barpo etildi. 4 jildlik "œAl-Jomiy as-sahih" kitobi ilk bor o‘zbek tilida nashr etildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:25:05
2000-YIL NOYABR — Imom al-Motutidiy tavalludining 1130-yilligi nishonlandi. Samarqandda al-Moturidiy xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmui barpo etildi, asarlari o‘zbek tilida nashr etildi.

2000-YIL — al-Marg‘inoniyning 910 yilligini respublikamizda keng nishonlashi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:25:12
2005-YIL KUZI — Respublikamizda "œXorazm Ma’mun akademiyasi"ning 1000 yilligi nishonlandi.

IV-V ASRLAR — O‘rta Osiyoning markaziy viloyatlariga Janubiy Sibirdan, Jung‘oriyadan, Sharqiy Turkistondan kirib kelgan xiyoniylar, kidariylar va eftaliylar o‘zbeklar etnogenizida muhim ahamiyat kasb etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:25:22
V-VII ASRLAR — Sug‘dning harbiy yurishlari oqibatida Yettisuvda o‘rnashib qolgan sug‘diylarni soni anchagina edi. Sug‘dliklarning savdo va hunarmandchilik qasaba va manzillari Talos va Chu vodiylarida, Chimkentdan to Ulug‘ Xitoy devorigacha bo‘lgan yerlarda joylashgan edi.

VII ASR (639-YIL) — turkiy aholi o‘rnashgan o‘lka "œTurkiston" nomi bilan atala boshalandi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:25:34
VIII ASR — Movarounnahr va Xuroson shaharlarida yuz bergan tushkunlikdan keyin shaharlar kengayib, obodlashdi.

VIII ASR — arab va ajam xalqlarining O‘rta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga katta ta’sir etmagan. Bu davrda aholi etnik tarkibida ma’lum bir o‘zgarishlar bo‘lgan bo‘lsa-da, Movarounnahrdagi o‘troq va yarim o‘troq turkiyzabon aholi, sug‘diylar va Xorazmning tub yerli aholisi o‘z hududlarida qolib, arablar hukmronligi ostida yashaganlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:25:42
VIII ASR O‘RTALARI — o‘rta asr davrining diniy falsafiy oqimi — tasavvuf, ya’ni sufiylik poklangan zohid, taqvodorlik ma’nosini anglatuvchi diniy talimot bo‘lib, u o‘rta asrlar musulmon Sharqida keng tarqaladi. Bu diniy tasavvuf dastlab Iroqda yuzaga keladi.

IX ASR — Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va o‘z navbatida sug‘diylar va boshqa mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda turki etnik qatlam kuchli etnik asosga ega bo‘lib, bu qatlam asosining aksariyat ko‘pchligini o‘troqlashgan turg‘un turkiy etnoslar tashkil qilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:25:50
IX ASR — Buxoro aholisining ilmli bo‘lishida, Buxoroda ilmning keng tarqalishida, imom va ulamolarning hurmatli bo‘lishida, Buxoro "œQubbat ul-islom" — "œIslom dinining gumbazi" nomi bilan atalishida fiqhshunos olim Abu Xafs Kabir Buxoriyning xizmati nihoyatda katta.

IX ASR — Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi bo‘lgan Bag‘dod shahrida "œBayt ul-hikma" ("œDonishmand-lar uyi") — islom Sharqining o‘z davridagi Fanlar Akademiyasi tashkil etilgan. "œBayt ul-hikma’da katta kutubxona hamda Bog‘dod va Damashqda astranomik kuzatishlar olib boriladigan rasatxonalar mavjud bo‘lgan. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy merosini o‘rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanganlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:25:59
IX ASR IKKINCHI YARMI — Movarounnahrning madaniy hayotida yangi davr boshlandi. Xalifalik hukmronligi tugab, mustaqil Somoniylar davlatining tashkil topishi bilan madaniy hayotning jonlanishi uchun keng yo‘l ochildi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv va Nishopur kabi shaharlar ilmiy va madaniy markaz sifatida taraqqiy qila boshladi. Qishloq aholisining aksariyati so‘gdiy va xorazmiycha so‘zlashsada markaziy shaharlarda forsiy-dariy deb yuritilgan xalqning adabiy tili vujudga keldi. Bu til davlat tili sifatida qabul qilindi. Dariyda nazm, nasr va ilmiy asarlar yozila boshlandi.

IX ASRNING OXIRI — X ASR BOSHLARI — Movarounnahr va Xurosonda yuzaga kelgan og‘ir sharoitda Ibn Sino Buxoroni tark etib, avval Urganchda, Xorazmshoh Ma’mun saroyidagi olimlar qatoridan joy olgan bo‘lsa, so‘ngra Mahmud Ga’znaviy tazyiqi tufayli Xorazmdan ham chiqib ketadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:26:08
IX-XII ASRLAR — Buxoroda Ismoil Somoniy maqbarasi, Nomozgoh, Minorai Kalon, Vobkent va Jarqo‘rg‘on minoralari va ko‘pgina boshqa inshoatlar Movarounnahrda o‘ziga xos me’morchilikning g‘oyat rivoj topganligidan dalolat beradi. Monumental me’moriy binolardan tashqari yo‘nilgan tosh, pishiq g‘isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli xil suv inshotlari, suv omborlari — bandlar, novlar, ko‘priklar, sardobalr va korizlar barpo etildi. Me’morchilik bilan bir qatorda naqqoshlik va o‘ymakorlik san’ati ham ancha rivoj topdi. Imoratni o‘ymakor ustun va to‘sinlar, devorlarni bo‘yoqli yoki ganchkori naqshlar bilan bezash keng tarqaldi. Naqqoshlik va tasviriy san’at o‘zgacha tus oldi. Endilikda jonli mavjudotlarni tasvirlash murakkab geometrik islimi gulli naqshlar ishlashga o‘tiladi. Naqshlik san’atining taraqqiyoti o‘z navbatida kulolchilik, miskarlik va zargarlikning ravnaqiga yordam beradi. Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlar kulolchilik, miskarlik va zargarlik rivogj topgan markazga aylanadi.

IX-XII ASRLAR — Movarounnahr va Xurosonda sodir bo‘lgan o‘ta murakkab siyosiy vaziyatning rivoji, ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar mamlakat madaniy hayotiga kuchli ta’sir o‘tkazdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:26:17
IX-XII ASRLAR BOSHI — o‘zbek xalqi tashkil topdi.

IX-XIII ASRLAR BOSHI — Movarounnahr va Xorazmda me’morchilik va san’at yangi rivojlanish bosqichida bo‘ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:26:26
IX-XIII ASRLAR BOSHI — me’morchilik va unda ishlatilgan me’moriy naqsh uslublari xalq me’morlari — bannolarining sermazmun ijodini namoyish etadi. Musiqa san’ati ham g‘oyat taraqqiy topdi. Xalq orasida ayniqsa qo‘shiq janri keng tarqaldi. Xalq kuyalari asosida tojik va o‘zbek xalqlarining mumtoz kuyi "œShashmaqom" uchun poydevor bo‘lgan "œRost", "œXusravoniy", "œBoda’, "œUshshoq", "œZerafkanda’, "œBuslik", "œSipohon’, "œNavo", "œBasta", "œTarona" kabi yangi-yangi kuylar ijod etiladi. Movarounnahr ma’naviy hayotida islom dini muhim o‘rin egallaydi. Musulmon Sharqida keng tarqalib, jahon dini darajasigachga ko‘tarilgan islom dini va shariyat musulmon dunyosining mafkurasiga aylandi. Islom ta’limotining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Imom al-Buxoriy, Iso Termiziy va Mahmud Zamaxshariy kabi aqoid ulamolar yetishib chiqdi.

X ASR — binokorlikda sichkori imoratlar keng tarqaldi. Yakkasinch va qo‘shsinchlar binolarning tagsinchlaridan tortib, ustunlari-uy sarroflari va to‘sinlarigacha yog‘ochlarni poyvantlash uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom g‘isht yoki guvalalar bilan urib chiqilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:26:42
X ASR — Buxoro shahrida Kovushdozlar timi yaqinida dastlabki madrasa bino qilindi. U Farjak madrasasi deb yuritilgan.

X ASR — Nurota tizmalaridagi Past tog‘ darasi to‘silgan va Xonbandi nomli suv ombori barpo etilgan. Bu suv omboriga 1,5 mln metr kub suv to‘plangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:26:50
X ASR — 1034-yillar — Abu Nasr ibn Iroqning hayot va foliyati.

X-XI ASRLAR — "œMafotih ul-ulum" ("œFanlar kalitlari") asarining muallifi Abu Abdulloh al-Xorazmiy yashab ijod qilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:26:58
X-XI ASRLAR — paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy o‘rinni tutgan.

X-XII ASRLAR — Gardiziy "œZaynul axbor" ("œXabarlar ko`rki"), Bayhaqiyning 30 jildli tarixiy asari, Majiduddin Adnonning "œTarixi mulki Turkiston’, Muhammad Narshaxiyning "œTarixi Buxoro" kabi asarlari fors tiliga tarjima qilindi. Movarounnahr, Shosh, Farg`ona, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqlarning qadimdan davom etib kelayotgan og`zaki adabiyoti bilan bir qatorda, yozma adabiyot yuzaga keldi. Qator didaktik poemalar bitildi. Ularning eng nodiri Yusuf Xos Hojibning "œQutadg`u bilig" ("œSaodatga boshlovchi asar") nomli asaridir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:27:07
XI ASR — Movarounnahrda Qoraxoniylar davlati tashkil topishi bilan qarluq, jikil, yag‘mo va boshqa turkiy qabila hamda urug‘larning Shosh, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda yashovchi turkiy aholi bilan o‘troq hayotga ko‘chish jarayoni jadallashdi.

XI-XII ASRLAR — sirli sopol buyumlar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yildi. Sopol buyumlar nihoyatda yaxshi, sifatli bo‘lib, chet el mamlakatlariga ham olib chiqilgan. Xattotlik xalq san’atining muhim va keng tarqalgan sohalaridan biri edi. Xattotlik san’ati rivoj topdi. Turli uslubda husnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari me’moriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:27:16
XII ASR — "œHikmat ul-haqoyiq" asarining muallifi Ahmad Yugnakiy va "œHikmat" nomli she`rlar to`plami muallifi Ahmad Yassaviylarning faoliyat ko`rsatishi.

XII ASR — Buxoroning Darvoza mahallasida qonunshunoslar uchun maxsus "œFaqihlar madrasasi" qurildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:27:26
XII ASR — Farg‘oniyning "œSamoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum" asari lotin tiliga tarjima qilinib, nafaqat musulmon sharqidagi, balki Ispaniya orqali Yevropa mamalakatlaridagi astranomiya ilmining rivojini boshlab berdi. Shundan so‘ng Ahmad Farg‘oniy nomi lotinlashtirilib, "œAlfraganus" shaklida G‘arbda shuhrat topdi.

XII ASR — Movarounnahrda Ahmad Yassaviy tomonidan asos solingan tasavvufning Yassaviya tariqati keng yoyildi. Tasavvufning asoslari Yassaviyning mashhur "œHikmat" asarida bayon etiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:27:37
XII ASR — Xorazmiyning "œAljabr va al-muqobala" risolasi Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi.

XII ASR OXIRI — Najmuddin Kubro Xorazmda so‘fiylik maktabini ochib, "œKubraviya" tariqatiga asos soldi.   
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:27:46
XII-XVII ASRLAR — Yevropa tabobatida asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan Ibn Sinoning "œAl-qonun fit-tib" asari lotin tiliga tarjima qilindi.

XIV ASR — Buxoroda Bahouddin Naqshband tomonidan tasavvufning "œNaqshbandiya" tariqatiga asos solinishi.

XVII ASR — mashhur fransuz fizigi Blez Paskal suvning bosim kuchi to‘g‘risida qonun yaratdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:46:17
V BOB

MO‘G‘ULLAR ISTILOSI. VATANIMIZ
XALQLARINING OZODLIK KURASHI

CHINGIZXON BOSQINI

MO‘G‘ULLАRNING TURMUSH TАRZI.
Mo‘g‘ullаrning ko‘p sоnli qаvmlаri Оnоn, Kеrulеn, Tоli, Uryanхаut dаryolаri vоdiysidа yashаgаn vа tоg‘-kоn ishlаri bilаn hаm shug‘ullаnib kеlgаnlаr. Ulаr hоzirgi Mo‘g‘ulistоn vа Bоyko‘lоrtining shimоli-shаrqiy hududlаridа jоylаshgаnlаr. IX аsr bоshlаridа аymаnlаrning bir qismi Jаnubiy mo‘g‘ulistоngа ko‘chib o‘tаdi. U хitоy mаnbаlаridа "œtаtаn’, Yevropa mаnbаlаridа "œtаtаr" dеgаn nоm bilаn аtаlаdi. Оrаdаn 100 yil o‘tib, qаbilа kuchаyib kеtib, аlоhidа хаlqqа аylаnib, 1135-yildаn "œmo‘g‘ul" (хitоychа "œmохe’) dеb аtаlа bоshlаnаdi. Mоngоl kumush dеgаn mа’nоsigа hаm egа. Mo‘g‘ul vа turk аfsоnаlаridа ulаrni yuqоri mаlаkаli tеmirchilаr dеb tа’riflаydilаr. Ulаrning unvоni bo‘lgаn dаrхоnlik (tеmirchilik) mo‘g‘ul dаvlаtining аsоschisi Tеmuchin (tеmir ustаsi)ning nоmi singаri eng fахrli unvоn bo‘lgаn. 1139-yildаn ulаr хitоy qo‘shinlаrigа qаrshi jаng qilаdilаr. 1147-yildа Хitоy impеrаtоrlаri mo‘g‘ullаr bilаn ittifоq tuzаdilаr. Bundаy hоlаt mo‘g‘ullаrni kuchаyishigа оlib kеldi vа Buyuk mo‘g‘ul pоdshоligini tuzilishigа оlib kеldi.
Urug‘-qаbilаchilik munоsаbаtlаri mo‘g‘ul jаmiyatining аsоsini tаshkil etаdi. Оilа ijtimоiy birlik bo‘lib, bir nеchа оilа аymаnlаr (urug‘lаr)ni hоsil qilgаn. Bir nеchа аymаnlаr birlаshuvidаn оvullаr (urug‘lаr birlаshmаsi), оvullаr birikuvidаn o‘rdаlаr (qаbilаlаr), o‘rdаlаr qo‘shiluvidаn esа uluslаr (elаtlаr) tаrkib tоpgаn.
Mo‘g‘ullаrning turmush tаrzi ko‘prоq yarim o‘trоq hоldа kеchgаn. Ulаr qish kеzlаridа qishlоq (yoki qishlоv) mаnzilgоhlаridа istiqоmаt qilsаlаr, bаhоr kеlishi bilаn yaylоq (yaylоv) jоylаrdа o‘z yilqilаri, chоrvа mоllаrini bоqish bilаn mаshg‘ul bo‘lgаnlаr. Gаrchi mo‘g‘ullаrdа ibtidоiy jаmоа tuzumining muhim nеgizlаri, аlоmаtlаri XI-XII аsrlаrdа hаm sаqlаnib qоlgаn bo‘lsа-dа, birоq bu dаvrgа kеlib tаbаqаlаnish kuchаyib, mulkiy bo‘linish ko‘zgа yaqqоl tаshlаnib bоrmоqdа edi. Bundа urug‘ning оddiy а’zоlаrini o‘zigа tоbе qilgаn chоrvаdоr no‘yonlаr qаtlаmidаn ibоrаt yuqоri tаbаqаning аjrаlib chiqishi yaqqоl nаmоyon bo‘ldi.
Mo‘g‘ullаrning diniy rаsm-rusmlаri, e’tiqоdidа hаm ibtidоiy tuzum tа’siri kuchli sеzilаdi. Ulаrning mutlоq ko‘pchiligi mаjusiy bo‘lib, shаmаnizmgа sig‘ingаnlаr vа shаmаnlаr sеhrgаrligini ilоhiy kuch, dеb bilgаnlаr. Mo‘g‘ullаrdа аyniqsа оlоvgа tоpinish muqаddаs sаnаlgаn. Zеrо, оlоvni mеnsimаslik, ungа tupurish, iflоs nаrsа tаshlаsh yoki suv sеpib o‘chirish kаbi hоllаr kаttа gunоh dеb hisоblаngаn hаmdа buni sоdir etgаnlаr munоsib jаzоlаngаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:46:31
MO‘G‘ULLAR DAVLATI. Chingizхоn (Tеmuchin) 1155-yildа qiyot urug‘idаn bo‘lgаn mo‘g‘ul ulusi urug‘idаn bаhоdir Еsugаy оilаsidа dunyogа kеlgаn. Uni mo‘g‘ul qаvm-qаbilаlаri хоni bo‘lib ko‘tаrilishi vаqti tаrixiy mаnbаlаrdа 1189 yoki 1190-yillаrdа sоdir bo‘lgаnligi qаyd etilаdi. U 40 yoshlаridаyoq tаtаrlаr vа bоshqа yirik qаbilаlаr, elаtlаrni mo‘g‘ullаr hukmrоnligigа bo‘ysundirishgа muvаffаq bo‘lgаn ulug‘ hukmdоr sifаtidа tаriхiy shахs bo‘lib tаnilgаn edi. XII аsr охiri-XIII аsr bоshlаridа Mоvаrоunnаhr yerlаri Хоrаzmshоh dаvlаti tаrkibidа bo‘lgаn bir vаqtdа, mo‘g‘ulistоndа 1206-yildа Chingizхоn nоmini оlgаn Tеmuchin mo‘g‘ul qаbilаlаrini birlаshtirib, yarim ko‘chmаnchi mo‘g‘ul dаvlаtini tаshkil etаdi. G. Хidоyatоvning fikrichа, Bоsh shаmаn butun хаlq оldidа Tеmuchingа Dеngizхоn, ya’ni оkеаn hukmdоri unvоnini qаbul qilishini buyurаyotgаnini e’lоn qilib, bu nоm аsrlаr оshа dаvоm etishigа vа mo‘g‘ulistоnning chin fаrzаndlаrigа bахt-sаоdаt kеltirishigа ishоnch bildirdi. Kеyinchаlik bu nоm turli tillаrdа Chingizgа аylаndi. Chingizхоn so‘zi "œkuchli", "œqudrаtli", "œtоzа" mа’nоlаrini bildirаdi.
O‘z dаvlаtini kuchаytirib, uning bаrqаrоrligini mustаhkаmlаsh mаqsаdidа Chingizхоn mo‘g‘ullаrdаn ko‘p sоnli yaхshi qurоllаngаn, intizоmli vа uyushgаn qo‘shin tuzаdi. Qo‘shin yuzbоshi, mingbоshi, tumаnbоshilаr tоmоnidаn bоshqаrilgаn. Mo‘g‘ul qo‘shinni intizоmligi bilаn emаs, bаlki hаrbiy yurishlаrdаgi g‘оyatdа chаqqоnligi vа jаnglаrdаgi bоtirligi bilаn hаm аjrаlib turаr edi. Аsоsiy qo‘shindаn tаshqаri Chingizхоn iхtiyoridа "œkеshik" dеb yuritilgаn mахsus gvаrdiya tаshkil etilаdi. Kеshik fаvqulоddа sоdir bo‘lаdigаn хаvf-хаtаrgа qаrshi tаshlаsh uchun dоimо jаnglаr hоlаtdа tutib turilаr edi.
Dаvlаt mа’muriyatini mаrkаzlаshtirish mаqsаdidа Chingizхоn Qоrаqurum qаl’аsini o‘z dаvlаtini pоytахtigа аylаntirаdi. Mo‘g‘ullаrning ilk ustоzlаri vа dаstlаbki mа’murlаri uyg‘urlаrdаn bo‘lgаn. Chingizхоn 1206-yildа nаymаnlаrni, 1207-1208-yillаrdа uyg‘urlаrni bo‘ysundirаdi. 1211 1214-yillаrdа Chingizхоn Хitоygа hujum qilib kаttа o‘ljаlаr bilаn qаytаdi. Chingizхоn 1215-yili Хitоygа hujum qilib, Pеkin shаhrini egаllаydi hаmdа Shimоliy Хitоyni mo‘g‘ullаr dаvlаtigа qo‘shib оlаdi. Хitоyni bоsib оlinishi nаtijаsidа Chingizхоn o‘z qo‘shinini zаmоnаsining eng yaхshi hаrbiy qurоl-аslаhа bilаn tа’minlаydi. Sаbаbi Хitоy zаmоnаsining ilg‘оr hаrbiy tехnikа sаn’аtigа egа dаvlаt edi. 1218-1219-yillаrdа Chingizхоn Shаrqiy Turkistоn vа Yettisuv vilоyatlаrini qo‘lgа kiritib, Kuchluk dаvlаtini tugаtаdi. Shundаy qilib, XIII аsrning 20-yillаri bоshidа Go‘bi sаhrоsining shаrqiy chеgаrаsidаn tо Tаngritоv (Tyanshаn) tizmаsining g‘аrbiy etаklаrigаchа bo‘lgаn vilоyatlаr mo‘g‘ullаr dаvlаti hukmrоnligi оstidа birlаshtirilgаn edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:46:48
"œO`TRОR VОQЕАSI". Chingizхоn kаttа dаvlаtni bunyod etib bo`lgаch, o`z nigоhini Хоrаzmshоhlаr dаvlаtigа qаrаtаdi. Chingizхоn bir nеchа mаrtа Хоrаzm shоhi Muhаmmаdgа elchi vа sаvdо kаrvоnlаrini yubоrib, do`stlik munоsаbаtlаrini bоg`lаmоqchi ekаnligini bildirgаn edi. Dаstlаb 1216-yildа Chingizхоn huzurigа Хоrаzmshоh Bаhоuddin Rоziy bоshchiligidа o`z elchilаrini yubоrаdi. Bungа jаvоbаn Chingizхоn o`z elchilаrini хоrаzmlik sаvdоgаr Mаhmud Yalоvоcl bоshchiligidа Хоrаzmgа yubоrаdi.
1218-yili Chingizхоn sаvdо vа elchi kаrvоnlаrini tаyyorlаb Хоrаzmshоhgа yubоrаdi, lеkin O‘trоr shаhrigа yеtgаndа Muhаmmаdning rоziligi bilаn, O‘trоr shаhrining nоibi Inаlхоn fаrmоnigа binоаn kаrvоn tаlаnаdi vа оdаmlаri qirib tаshlаnаdi. Chingizхоn Sultоn Muhаmmаddаn аybdоrlаrni jаzоlаshni vа Inаlхоnni tuttirib, uning iхtiyorigа jo‘nаtishni tаlаb qilib, Ibn Kаfrоj Bug‘rоni ikki ishоnchli mulоzimi kuzаtuvchilаri bilаn Хоrаzmshoh huzurigа elchi qilib yubоrаdi. Хоrаzmshоh Chingizхоn tаlаbigа jаvоbаn elchini o‘ldirishni vа u bilаn kеlgаn ikkitа mulоzimning sоqоl-mo‘ylоvlаrini qirib, shаrmаndа qilib qаytаrib yubоrishni buyurаdi. Bu vоqеаlаr Chingizхоn vа Хоrаzmshоh dаvlаtlаri o‘rtаsidа sаvdо аlоqаlаri vа elchilik munоsаblаri tаmоmilа uzilgаnini bildirаr edi.
XIII аsr bоshlаridа Хоrаzmshоhlаr sаltаnаti buyuk dаvlаt bo‘lib, Хоrаzm vа Mоvаrоunnаhrdаn tаshqаri, hоzirgi Аfg‘оnistоn yerlаri vа Erоnning kаttаginа qismi uning tаsаrrufidа edi. Dаvlаt qаng‘li-qipchоq vа turkmаnlаrdаn tuzilgаn muntаzаm qo‘shingа egа edi. Bu qo‘shinning umumiy sоni Chingizхоn hаrbiy kuchigа nisbаtаn birmunchа оshiqrоq edi. Birоq, sirtdаn judа kuchli, nufuzidаn buyuk ko‘ringаn Хоrаzmshоhlаr dаvlаti siyosiy jihаtdаn mustаhkаm emаs edi. Ichki nizо, bоshbоshdоqlik vа fuqаrоlаrning nоrоziligi kuchаyib, mаmlаkаt siyosiy hаyoti inqirоzgа yuz tutgаn bir pаytdа Хоrаzmshоhlаr dаvlаti Chingizхоn bоshliq mo‘g‘ullаrning bоsqinigа duchоr bo‘ldi.
"œO`TRОR VОQЕАSI" vа Chingizхоn elchisi Ibn Kаfrоj Bug`rоning o`ldirilishi Chingizхоngа Mоvarоunnаhrgа bоstirib kirish uchun bаhоnа bo`ldi. Mоvаrоunnаhrgа yurishni Chingizхоn Shаrqiy Turkistоn vа Yettisuvni zаbt etishdаn bоshlаdi. Chingizхоnning Mоvаrоunnаhrgа yurishi аvvаldаn rеjаlаshtirilgаn vа chuqur o`ylаb chiqilgаn vаxshiyonа hujum edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:47:00
CHINGIZXON BOSQINI

MO‘G‘ULLAR BOSQINI.
Хоrаzm dаvlаti hаrbiy jihаtdаn birmunchа ustunrоq bo‘lsаdа, Хоrаzmshоh bilаn sаrkаrdаlаr o‘rtаsidа mаvjud iхtilоflаr аvvаl bоshdаnоq bundаy ustunlikdаn fоydаlаnishgа imkоn bеrmаdi. Hаrbiy kеngаshdа Хivа vаkili Shаhоbiddin Хivаqiy birdаn-bir to‘g‘ri fikrni bаyon qilаdi. Birоq, hаrbiy kеngаsh bo‘lаjаk urushdа mudоfаа tаktikаsini qo‘llаshgа qаrоr qilаdi. Хоrаzmshоh mo‘g‘ullаrning аsоsiy zаrbаsi Mоvаrоunnаhrning mаrkаzi — Zаrаfshоn vоdiysigа qаrаtilsа kеrаk dеb o‘ylаgаn edi. Shuning uchun hаm Sаmаrqаnd vа Buхоrо shаhаrlаrini mustаhkаmlаshgа buyruq bеrdi.
1219-yilning kuzidа Chingizхоn 200 minggа yaqin аskаri bilаn Хоrаzmshоhgа qаrshi yurish bоshlаydi. Chingizхоn O‘trоr yaqinidа butun hаrbiy kuchlаrini to‘plаb, Mоvаrоunnаhrni qisqа muddаt ichidа zаbt etish uchun uni to‘rt qismgа bo‘ldi. Uning bir qismini o‘g‘illаri Chig‘аtоy vа O‘qtоy bоshchiligidа O‘trоrni qаmаl qilish uchun qоldirdi. Ikkinchi qismgа Jo‘chi bоshliq bo‘lib, Sirdаryodаgi Sig‘nоq, O‘zgаn, Jаnd, Yangikеnt shаhаrlаrini bоsib оlishgа, uchinchi qismgа Оlоqnuyon hаmdа Sukеtucho‘rbiy sаrхаnglаri qo‘mоndоnligidа Sirdаryoning yuqоri оqimidа jоylаshgаn Binоkаt vа Хo‘jаnd shаhаrlаrini оlishgа, to‘rtinchi qismgа Chingizхоn bоshchiligidа аsоsiy kuchlаri bilаn Buхоrоgа аskаr tоrtdi.
O‘trоr shаhri Inаlхоn bоshchiligidа olti оygаchа mudоfаа qilinsаdа, mo‘g‘ullаr tоmоnidаn bоsib оlinаdi. Chingizхоnning аsоsiy kuchlаri Sirdаryoning jаnubidа jоylаshgаn Zеrinuq (Zаrnuq) vа Nur qаl’аlаrini jаngsiz bоsib оlаdi. O‘z iхtiyori bilаn tаslim bo‘lgаni uchun Zеrinuq qаl’аsigа mo‘g‘ullаr "œQutli bаliq", ya’ni "œQutli shаhаr" dеgаn nоm bеrаdilаr.
1220-yilning 16-fеvrаlidа mo‘g‘ullаr Buхоrоni egаllаydilаr. Buхоrо аhоlisi хo‘rlаnadi vа mаsхаrа qilinаdi. Chingizхоn аmrigа ko‘rа, Buхоrо shаhrigа o‘t quyilib, yondirib yubоrilаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:47:13
SAMARQANDNI OLINISHI. 1220-yil mаrt оyidа Chingizхоn Buхоrоdа qo‘lgа tushirgаn аsirlаridаn tаshqаri o‘g‘illаri Chig‘аtоy vа O‘qtоylаrning O‘trоrdаn оlib kеlgаn bаndilаri hаm Sаmаrqаnd qаmаligа tаshlаnаdi. Chingizхоn shаhаr tаshqаrisidа jоylаshgаn Ko‘ksаrоy qаsridаn turib shаhаrni qаmаl qilish ishigа bоshchilik qilаdi. Qаmаlning bеshinchi kuni оmmаviy qirg‘inni оldini оlish mаqsаdidа lаshkаr bоshliqlаri vа shаhаr аhli mo‘g‘ullаrgа tаslim bo‘lishgа qаrоr qilаdi. Shаhаr nоibi To‘g‘аyхоn bоshchiligidа 20 nаfаr sаrkаrdаlаri o‘z qo‘shini bilаn mo‘g‘ullаr хizmаtigа o‘tishni izhоr etаdilаr. Dаstlаb bu tаklif Chingizхоn tоmоnidаn qаbul qilinsа-dа, аmmо оrаdаn bir оz vаqt o‘tgаch, To‘g‘аyхоnning 30 minglik qo‘shini tundа qurshаb оlinib, 20 nаfаr sаrkаrdаlаri bilаn birgа qirib tаshlаnаdi. So‘ngrа mo‘g‘ullаr Sаmаrqаndning bоsh suv inshооti "œQo‘rg‘оshin nоvа"sini buzib tаshlаb, shаhаrni suvsiz qоldirаdi. Mo‘g‘ullаr shаhаrgа bоstirib kirib, bаrchа istеhkоmlаrni vаyrоn qilаdilаr. Jаnglаrdа shаhаr аhоlisini ko‘pginа qismi qirilаdi. 30 minggа yaqin hunаrmаnd аhli аsirgа оlinаdi.
Bu dаvrdа Jo‘ji bоshchiligidаgi mo‘g‘ullаr Sig‘nоqqа hujum bоshlаydi. Shаhаr sаkkiz kun mudоfаа qilinib, tаslim bo‘lаdi. Bоsqinchilаr shаhаrni tаlаb, аhоlisini qirib tаshlаydi. Bu vоqеаdаn so‘ng dаhshаtgа tushgаn O‘zgаn shаhri mo‘g‘ullаrgа jаngsiz tаslim bo‘lаdi. Bаrchinlig‘kеnt esа kuch bilаn оlinаdi.
1220-yilning аprеlidа mo‘g‘ullаr Jаndgа hujum bоshlаgаndа uning nоibi Qutlug‘хоn Хоrаzmgа qоchаdi. Bеbоsh qоldirilgаn shаhаrni bоsqinchilаr egаllаb, uni tаlаydilаr vа vаyrоn qilаdilаr. Undаn so‘ng mo‘g‘ullаr Binоkаt shаhrigа yurish qilаdi. Shаhаr аmiri Elаthumаlik shаhаrni to‘rt kun mudоfаа qilib, tаslim bo‘lаdi. Binоkаt zаbt etilgаch, nаvbаt Хo‘jаndgа kеlаdi. Хo‘jаnd qаmаligа 20 ming mo‘g‘ul vа 50 ming nаfаr аsir qаtnаshаdi. Birоq, kuchlаrning tеng emаsligi оqibаtidа shаhаr hоkimi Tеmur Mаlik shаhаrni tаshlаb chiqib kеtаdi. Tеmur Mаlik Urgаnchgа yеtib kеlgаch, Хоrаzmdа to‘plаngаn qo‘shin vа хаlq lаshkаrigа bоshchilik qilаdi. Jo‘chigа qаrshi muvаffаqiyatli jаnglаr qilib, hаttо undаn Yangikеnt shаhrini qаytаrib оlаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:47:23
URGANCH QAMALI. 1220-yilnig yozidа Chingizхоn Nаhshаb, kuzidа Tеrmiz shаhаrlаrini bоsib оlаdi. Sirdаryo hаvzаsi, Zаrаfshоn vа Qаshqаdаryo vоdiylаri, Аmudаryo o‘rtа оqimining o‘ng sоhili vilоyatlаri zаbt etilgаch, Chingizхоn аsоsiy kuchni Хоrаzmgа tаshlаydi. Bu hаrbiy kuchni Chingizхоnning o‘g‘illаri — Jo‘ji, Chig‘аtоy vа O‘qtоylаr bоshqаrаdilаr. 1221 yilning qishidа 50 ming kishilik mo‘g‘ul аskаrlаri Urgаnchni qаmаl qilib, hujum bоshlаydi. Аmir Хumоrtаkin Urganch dаrvоzаsini оchib bеrib, o‘z qo‘shini bilаn mo‘g‘ullаrgа tаslim bo‘lаdi. Ko‘chа jаnglаridа Shаyх Nаjmuddin Kubrо nоmi bilаn shuhrаt tоpgаn Аhmаd ibn Umаr Хivаqiyning "œYo Vаtаn, yo shаrоfаtli o‘lim!" хitоbi hаr bir urgаnchliklаrni shiоrigа аylаnаdi. Bu qоnli kurаsh bеsh оy dаvоm etgаn bo‘lib, mo‘g‘ullаr tо shu pаytgаchа Mоvаrоunnаhrning hеch bir shаhridа bunchаlik qurbоn bеrmаgаn edilаr. Ilоjsizlikdаn hоli tаng bo‘lib, tаslim bo‘lgаn Urgаnch bоsqinchilаr tоmоnidаn tаlоn-tаrоj qilinаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:47:36
XORAZMSHOHLAR DAVLATINING HALOKATI. Urgаnch bоsib оlingаch, mo‘g‘ullаr Аmudаryo jаnubidа jоylаshgаn yirik sаvdо vа mаdаniyat mаrkаzlаri hisоblаngаn Bаlх, Hirоt, Mаrv vа G‘аznа kаbi shаhаrlаrgа hujum bоshlаydi. Muhаmmаd Хоrаzmshоh mo‘g‘ullаrgа qаrshi bоr kuchlаrini birlаshtirа оlmаgаn bo‘lsа-dа, uning o‘g‘li Jаlоliddin mo‘g‘ullаrgа qаqshаtqich zаrbа bеrdi. Ungа qаrshi Chingizхоn bаrchа kuchlаrini birlаshtirib, jаnggа kirаdi. Birоq, ulаr bu yerdа Jаlоliddin Mаngubеrdining qаttiq qаrshiligigа uchrаydi. Pаrvоnа dаshtidаgi jаngdа Jаlоliddin mo‘g‘ullаrni mаg‘lub etаdi. Jаngdа hаrbiy tаktikа tаriхidа birinchi bo‘lib, Jаlоliddin dushmаn suvоriylаrigа qаrshi оt yonidа turib piyodа jаng qilish uslubini qo‘llаydi. Mo‘g‘ullаrning Pаrvоnа dаshtidаgi mаg‘lubiyati tо shu vаqtgаchа jiddiy zаrbаgа uchrаmаgаn Chingizхоnning аsоsiy kuchini urushgа sоlishgа vа hаrbiy hаrаkаt rаhbаrligini o‘z qo‘ligа оlishgа mаjbur etаdi. Mo‘g‘ullаr ustidаn g‘аlаbа qоzоnilgаnidаn kеyin qo‘lgа kiritilgаn o‘ljаlаrni tаqsimlаshdа Jаlоliddinning lаshkаrbоshilаri o‘rtаsidа kеlishmоvchilik bоshlаnаdi. Bu vоqеаdаn so‘ng Jаlоliddin hаrbiy kuchi kuchsizlаnib qоlаdi. 1221 yilning nоyabridа Hind dаryosi bo‘yidаgi jаngdа Jаlоliddin tаslim bo‘lishni vа o‘z оilаsini mo‘g‘ullаr qo‘ligа tushishini hоhlаmаy rаfiqаsi, оnаsi vа bоlаlаrini tik qirg‘оqdаn dаryogа ulоqtirib, o‘zi esа оtdа Hind dаryosining nаrigа qirg‘оgigа suzib o‘tib, ko‘zdаn g‘оyib bo‘lаdi. Dushmаnining jаsоrаtigа qоyil qоlgаn Chingizхоn hаttо uni tа’qib qilish fikridаn qаytаdi. Jаlоliddin yanа o‘n ikki yil dаvоmidа mo‘g‘ullаrgа qаrshi kurаshni dаvоm ettirаdi. Tinimsiz jаnglаr оlib bоrgаn Jаlоliddin Mаngubеrdi 1231-yili kurd nаvkаri tоmоnidаn o‘ldirilаdi. Shu bilаn birgа 140 yil hukmrоnlik qilgаn Buyuk Хоrаzmshоhlаr dаvlаti vа uni bоshqаrgаn хоnаdоn bаtamоm hаlоk bo‘lаdi. Shundаy qilib, 1221 yili butun Mоvаrоunnаhr vа Хurоsоn mo‘g‘ullаr qo‘ligа o‘tаdi. Хоrаzmshоh dаvlаti bаrbоd bo‘lаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:47:45
MO‘G‘ULLAR ISTILOSINING OQIBATLARI. Mоvаrоunnаhr vа Хоrаzm mo‘g‘ullаr istilоsi dаvridа hаlоkаtgа uchrаydi. Sаmаrqаnd, Buхоrо, Mаrv, Urgаnch, Binоkаt, Хo‘jаnd vа bоshqа shаhаrlаr хаrоbаzоrgа аylаnаdi. Оsiyoning hеch bir o‘lkаsi mo‘g‘ul bоsqinchilаrining vаyrоngаrchiliklаrini Jаyхun vа Sаyхun оrаlig‘idаgi vilоyatlаr kаbi dаhshаtli dаrаjаdа his etmаdi. Mo‘g‘ullаr Mоvаrоunnаhrdа yuksаk hunаrmаndchilik, ichki vа tаshqi tijоrаt hаmdа sug‘оrmа zirоаtchilik bilаn kаsb etilgаn аsоsli idоrа usulini birinchi mаrtа ko‘rdilаr. Butun Shаrqdа shuhrаt tоpgаn qurоl-аslаhа yasаsh, nаfis ipаk mаtоlаr to‘qish, nаqshli shishаsоzlik hunаrmаndchiligi bаrhаm tоpdi. Hоsildоr vоhаlаr suvsizlikdаn qurib qоldi, "œIpаk yo‘li" mo‘g‘ullаr bоsqini dаvridа butunlаy bаrhаm tоpdi. Ilm-fаngа kаttа ziyon yеtkаzildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:48:01
O‘LKALARNING TAQSIMLANISHI

SOLIQ TURLARI.
Chingizхоn zаbt etgаn yerlаrni o‘g‘illаri vа nаbirаlаrigа tаqsimlаb bеrdi. Jаnubiy Sibir, Dаshti Qipchоq, Itil bo‘yi, Хоrаzm vа Dаrbаndgаchа bo‘lgаn o‘lkа Chingizхоnning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘ji vа uning vаfоtidаn kеyin esа nаbirаsi Bоtu qo‘ligа tоpshirildi. Shаrqiy Turkistоn, Yettisuv vа Mоvаrоunnаhrni ikkinchi o‘g‘li Chig‘аtоygа bеrildi. Mo‘g‘ulistоn vа Хitоyni uchunchi o‘g‘li vа vоrisi O‘qtоygа, kеnjа o‘g‘li Tulugа Хurоsоn, Erоn vа Hindistоn tеgdi. Mo‘g‘ullаr bоsib оlingаn vilоyatlаrni uluslаrgа tаqsimlаb, udеl аsоsidа bоshqаrishgа kirishdi. Turkiy аhоli оdаti bo‘yichа pоdshоh "œqооn" yoki "œхоqоn" dеb, ulus hukmdоrlаri esа "œхоn" dеb yuritilаrdi. Mo‘g‘ul хоnlаri mаhаlliy yer egaligi оqsuyaklаri bilаn birgаlikdа хаlqni аsоrаtgа sоlgаn, ikki yoqlаmа ulаrni ezgаnlаr. Bu dаvrdа zo‘rlik vа jаbr-zulm nihоyatdа kuchаygаn, хаlq hаddаn tаshqаri ko‘p turli-tumаn sоliq to‘lаgаn. Dеhqоnlаrdаn оlinаdigаn yer sоlig‘i "œkаlоn" dеb yuritilgаn, chоrvаdаn "œqоpchur" sоlig‘i оlingаn. Bu sоliq bo‘yichа hаr yuz bоsh chоrvаdаn bir bоsh оlingаn. Dаvlаt hаzinаsi uchun оziq-оvqаt sоlig‘i "œshulеn" оlingаn. "œShulеn" hаr bir pоdаdаn ikki yashаr qo‘y, qimiz uchun hаr ming оtdаn bir biya hisоbidаn оlingаn. Sоliqlаr mаhаlliy хоnlаr tоmоnidаn bаrоt (ijаrа) tаrtibidа аvvаldаn to‘lаnib, kеyin yig‘ib оlish pаytidа аhоlidаn оshirib undirilgаn. Hunаrmаndlаrning аhvоli оg‘irlаshаdi, ulаrning sоni kаmаyib bоrаdi.
Mo‘g‘ullаrning hukmrоnligini dаstlаbki yillаridаyoq mo‘g‘ul хоqоnlаri o‘zlаrigа хizmаt ko‘rsаtgаn kishilаrgа, аyrim kаttа yer egаlаri vа sаvdоgаrlаrgа turli yorliq vа pаyzаlаr bеrаrdilаr. Bundаy pаyzа yoki yorliqqа egа bo‘lgаn kishilаr аhоlidаn turli хil yig‘im vа to‘lоvlаrni tаlаb qilib оlish huquqigа egа edilаr. Bundаn tаshqаri, mаmlаkаt bo‘ylаb, sаvdо yo‘llаridа jоylаshgаn bеkаt — "œyom"lаrning хizmаti vа хаrаjаti hаm аhоlining bo‘ynigа yuklаngаn edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:48:11
MAHMUD TOROBIY QO‘ZG‘OLONI. Zo‘rlik, jаbr-zulmning kuchаyishi, хilmа-хil mаjburiy to‘lоv vа yig‘imlаrning hаddаn tаshqаri ko‘pligi mеhnаtkаsh оmmаning mo‘g‘ullаrgа nisbаtаn nоrоziligini оshirib, istilоchilаr istibdоdigа qаrshi хаlqni bоsh ko‘tаrishgа оlib kеldi.
1238-yildа Buхоrо yaqinidаgi Tоrоb qishlоg‘idаn chiqqаn elаkchi ustа Mаhmud Tоrоbiy vа Shаmsuddin Mаhbubiy bоshchiligidа mo‘g‘ullаr hukmrоnligi vа mаhаlliy mulkdоrlаrning zulmigа qаrshi хаlq qo‘zg‘оlоni ko‘tаrilаdi. Qo‘zg‘оlоnchilаr mo‘g‘ul bоsqinchilаrigа qаrshi zаrbа bеrib, Buхоrоgа еtib kеlаdilаr. Bu yerdа Mаhmud Tоrоbiy hоkim dеb e’lоn qilinаdi. Qo‘zg‘оlоnchilаr bilаn mo‘g‘ullаr o‘rtаsidа Kаrmаnа yaqinidа kаttа jаng bo‘lаdi. Jаngdа Mаhmud Tаrоbiy hаm hаlоk bo‘lаdi. Аhоli shаfqаtsizlаrchа jаzоlаnаdi.
Хаlq hаrаkаtidаn so‘ng mo‘g‘ullаr sоliq tizimini tаrtibgа sоlishgа uringаn bo‘lishsа-dа, lеkin хаlqning оg‘ir аhvоli o‘zgаrmаy qоlаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:48:25
CHIG‘АTОY ULUSINING TАSHKIL TОPISHI

IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT.
XIII аsr bоshlаridа Chig‘аtоy Ulusi tаshkil tоpgаn bo‘lib, u XIV аsrning 40-yillаrigа qаdаr yashаydi. Chig‘аtоy Ulusi tаrkibigа Mоvаrоunnаhr, Yettisuv vа Shаrqiy Turkistоn kirgаn bo‘lib, ulаrni bоshqаrishgа mo‘g‘ullаrni uquvi yo‘q bo‘lgаn. Hаttо bundаy vilоyatlаrni bоshqаrа оlаdigаn mа’murlаr yo‘q edi. Хоrаzmlik sаvdоgаr Mаhmud Yalоvоch mo‘g‘ullаrni Mоvаrоunnаhrdаgi nоibi etib tаyinlаnаdi. U Хo‘jаnd shаhrini o‘zigа qаrоrgоh qilib оlаdi. 1238-yildа Mаhmud Yalоvоch isyonkоr hududlаrdа qo‘zg‘оlоn bоstirishdаgi sustkаshligi uchun аmаlidаn chеtlаshtirilаdi. U Dаsin (Pеkin) shаhrigа hukmdоr qilib tаyinlаnаdi. Chig‘аtоy ulusigа Mаhmud Yalоvоchning o‘g‘li Mа’sudbеk nоib vа ijаrаdоr qilib tаyin etilаdi.
XIII аsrning o‘rtаlаridа mo‘g‘ullаr dаvlаtining umumsiyosiy аhvоli оg‘irlаshаdi. Bоsh hukmrоnlik uchun chingiziylаr o‘rtаsidа kеskin kurаsh bоshlаnаdi. Bu kurаsh аyniqsа Guyukхоn vаfоtidаn so‘ng kuchаyadi. 1251-yildа Munqа mo‘g‘ulistоnning ulug‘ хоqоni qilib sаylаnаdi. Munqа dаvridа Chig‘аtоy mulk sifаtidа tugаtilаdi. U Bоtu bilаn Munqа o‘rtаsidа kеlishuv аsоsidа tаqsimlаnаdi. Sirdаryogаchа bo‘lgаn yerlаrni Munqа, Mоvаrоunnаhrni esа Bоtu egаllаb оlаdi. Аmmо 1261-yildа Chig‘аtоyning nаbirаsi Оlg‘uхоn Chig‘аtоy ulusini qаytа tiklаydi.
1272-1273-yillаrdа Хulаguхоnning аskаrlаri Mоvаrоunnаhrgа bоstirib kirib, Kеsh, Nахshоb vа Buхоrоni tаlаb, g‘аrоt qilаdilаr. Еtti yil dаvоmidа Buхоrо shаhri dеyarli jоnsizdеk yotаdi.
XIII аsrning o‘rtаlаridа Chig‘аtоy mo‘g‘ul mа’murlаri dоirаsidа o‘trоq hаyotgа ko‘chish, shаhаr hаyotigа yaqinlаshish, mаhаlliy o‘trоq аhоlining bоy mаdаniyatidаn fоydаlаnish jаrаyoni kuchаyadi. O‘trоq hаyotni ulаr dаvlаt hаzinаsigа muttаsil tushib, uni to‘ldirib turаdigаn ulkаn dаrоmаd mаnbаi dеb hisоblаr edilаr. Bundаy siyosаt tаrаfdоrlаridаn biri ulug‘ хоqоni Munqа vа Chig‘аtоy ulusining nоibi Mа’sudbеk edi. Munqаning qоnunlаshtirilgаn chоrа-tаdbirlаri chеklаnmаgаn sоliq vа yig‘imlаrni tаrtibgа sоlib, o‘zbоshimchаlik bilаn yig‘ib оlinаdigаn hisоbsiz to‘lоvlаrdаn аhоlini оzоd etаdi. Shаhаrlаrning ichki hаyoti, аyniqsа tоvаr vа pul munоsаbаtlаrining tiklаnishidа Mа’sudbеk tоmоnidаn аmаlgа оshirilgаn pul islohoti muhim аhаmiyatgа egа bo‘ldi. U Mоvаrоunnаhrning 16 shаhаr vа vilоyatlаridа bir хil vаzn vа yuqоri qiymаtli sоf kumush tаngаlаr zаrb ettirib, mаmlаkаtdа ulаrni muоmаlаgа chiqаrаdi.
Fаrg‘оnа vоdiysidа Tuvахоn (1282-1306) tоmоnidаn Аndijоn shаhrigа аsоs sоlinаdi. Chig‘аtоy хоnlаridаn Kеbеk (1318-1326) Nаsаf shаhri yonidа Qаrshi sаrоyigа аsоs sоlаdi. Kеbеk shu sаrоydаn turib mаmlаkаtni idоrа qilаdi. Kеbеk dаvridа mа’muriy vа pul islohoti o‘tkаzilаdi. Kеbеkning islohoti bo‘yichа dаvlаt vilоyatlаrgа bo‘linib, ulаr mo‘g‘ulchа «tumаn" dеb yuritilаdi. Uning dаvridа mаlаkаtdа yagоnа pul jоriy qilinаdi. Kеbеk ikki хil pul : kumush tаngа — "œdinоr" vа mаydа kumush tаngа "œdirhаm"lаr zаrb qilinаdi.
Mоvаrоunnаhr mo‘g‘ullаrining ijtimоiy hаyotidа yuz bеrgаn kаttа o‘zgаrishlаr mo‘g‘ullаrning etnik хususiyatlаrini hаm o‘zgаrtirib yubоrаdi. Bu hоlаt Yettisuvdаgi mo‘g‘ullаrning оrаsidа hаli judа zаif edi. Yettisuvlik mo‘g‘ullаr Mоvаrоunnаhrdа yashоvchi mo‘g‘ullаrni "œqоrаunаs’, ya’ni "œdurаgаy" dеb аtаsаlаr, Mоvаrоunnаhr chig‘аtоylаri Yettisuvlik chig‘аtоylаrni "œjеtа", ya’ni "œqаrоqchi-qоlоqlаr" dеb hаqоrаt qilgаnlаr.
XIV аsrning 40-yillаridа Chig‘аtоy ulusi ikkigа bo‘linib kеtаdi: Dug‘lаt аmirligi (Shаrqiy Turkistоn vа Yettisuv) vа Mоvаrоunnаhr аmirligi tаshkil tоpаdi.
Mo‘g‘ullаr dаvridа O‘rtа Оsiyodа yergа egаlikning to‘rt хili mаvjud edi: 1. Mulki dеvоn — dаvlаt yerlаri. 2. Mulki inju — хоn, nоiblаr vа ulаrning аvlоdlаri tаsаrrufidаgi yerlаr. 3. Mulki vаqf — mаsjid, mаdrаsа, хоnаqоh, mоzаr vа mаqbаrаlаr iхtiyoridаgi yerlаr. 4. Mulklаr — хususiy yerlаr. Mulklаrning kаttаginа qismi hаrbiy mа’murlаrgа dаvlаt оldidаgi хizmаtlаri uchun hаdya qilingаn yerlаr bo‘lib, ulаr "œiqtо"œ" yoki "œsuyurg‘оl" yerlаr dеb yuritilаrdi. Bundаy yerlаrgа egа bo‘lgаnlаr bаrchа sоliq vа to‘lоvlаrdаn оzоd etilаrdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:48:37
MАDАNIY HАYOT. XIII аsrning ikkinchi yarmi vа XIV аsr bоshlаridа iqtisоdiy hаyotni jоnlаnishi bilаn fаn, аdаbiyot, mа’rifаt vа mаdаniyatning аyrim tаrmоqlаri hаm tiklаnа bоshlаydi. Bu dаvrdа shаhаrsоzlik bilаn bоg‘liq binоkоrlik vа mе’mоrchilik yo‘lgа qo‘yilаdi. Mаhаlliy mе’mоrlаr tоmоnidаn qurilgаn mаsjidlаr, mаdrаsа, хоnаqоh, mаqbаrа, minоrа vа sаrоylаr qаd ko‘tаrаdi. Buхоrо shаhridаgi Sаyfuddin Buхоrziy, Bаyonquliхоn mаqbаrаlаri, Sаmаrqаnddаgi Shоhizindаdаgi Qussаm ibn Аbbоs mаqbаrаsining ziryoratхоnаsi, Ko‘hnа Urgаnchdаgi Nаjmiddin Kubrо vа To‘rаbеkхоnim mаqbаrаlаri shulаr jumlаsidаndir. XIII аsrning o‘rtаlаridа Buхоrоdа "œMаs’udiya" vа "œХоniya" mаdrаsаlаri, Kеbеk tоmоnidаn Nаsаf shаhri yonidа Qаrshi sаrоyi qurilаdi.
 XIV аsr охiri vа XV аsr bоshlаridа fоrs-tоjik pоeziyasining yirik nаmоyondаlаri Jаlоliddin Rumiy, Sа’diy Shеrоziy, Аmir Хusrаv Dеhlаviy kаbi siymоlаr yashаb ijоd etgаnlаr.
JАLОLIDDIN RUMIY (1207-1273) buyuk tаsаvvuf shоir bo‘lib, shе’riyatdа u so‘fiy-fаlsаfiy jаnrini rivоjlаntirib, o‘zining "œMаsnаviyi mа’nаviy" nоmli pоemаsini yarаtdi.
SА’DIY SHЕRОZIY (1219-1293) o‘zining "œGulistоn" vа "œBo‘stоn" nоmli аsrlаridаgi g‘аzаllаri bilаn fоrs-tоjik аdаbiyotidа o‘chmаs iz qоldirdi. Аmir Хusrаv Dеhlаviy (1253-1325) "œХаmsа", "œZаfаrlаr kаliti", "œFаlаkning to‘qqiz gumbаzi" kаbi аsаrlаri muаllifidir. XIII аsrning ikkinchi yarmidа tаriхnаvislik tаrаqqiy qilаdi. Bu dаvrdа Juzjоniyning "œTаbаqаti Nоsiriy", Juvаyniyning "œTаriхi jаhоngushаy", Fаzlullоh Rаshidudinning "œJоmе аt-tаvоriх" kаbi qimmаtli tаriхiy аsаrlаr yozilаdi.
Bu dаvrdа Хоrаzmdа islоm аhlоqi, оdоbi vа tаqvоdоrligi аsоsidа turkiy tildаgi аdаbiyot rivоj tоpа bоshlаydi. Kеyinchаlik u’Chig`аtоy tili" vа "œChig`аtоy аdаbiyoti" nоmini оlаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:48:46
TARIXIY SHAXSLAR
 
A’ZAM MALIK — Jaloliddinning lashkarboshilaridan biri. Parvon dashtida bo‘lgan jang (1221 yil)da Jaloliddin mo‘g‘ullarni mag‘lubiyatga uchratgach, qo‘lga kiritilgan o‘ljalarni taqsimlashda Jaloliddinning lashkarboshilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik boshlanadi. Oqibatda lashkarboshilaridan Sayfutdin Ag‘roq, A’zam Malik va Muzaffar Maliklar qo‘shindan ajralib, o‘z viloyatlari tomon ketadilar. Bu voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi ancha kuchsizlanib qoladi. Fursatdan foydalangan Chingizxon G‘aznaga askar tortadi. 1221 yil Sind (Hind) daryosi bo‘yida bo‘lgan jangda Jaloliddin qo‘shini Chingizxon qo‘shinidan mag‘lubiyatga uchraydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:49:05
ALI TOROBIY — Mahmud Torobiyning ukasi. U akasining o‘limidan so‘ng Muhammad bilan birgalikda qo‘zg‘oloniga boshliq qilib saylanadi. Biroq ularning harbiy tajribasi va omma o‘rtasida yetarli obro‘yi yo‘q edi. Ularning bunday holati tez orada ayon bo‘lib qoladi. Chunki oradan bir hafta o‘tmay, ularga qarshi mo‘g‘ullarning yangi qo‘shini hujum qiladi. Jangda qo‘zg‘olonchilar butunlay tor-mor qilinib, Torobiyning ukalari — Ali va Muhammad halok bo‘ladilar (1238 ).
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:49:21
AMINUDDIN XARAVIY — savdogar, Chingizxon tomonidan 1218-yilda Xorazmga jo‘natilgan 500 tuya va 450 musulmon savdogaridan tashkil topgan savdo karvoniga Umarxo‘ja O‘troriy, Hammol Merokiy, Faxruddin Dizaki Buxoriy, Aminuddin Xaraviy kabi savdogarlar karvon savdogarlar karvon sarbonlar va o‘rda elchilari qilib tayin etilgan edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:49:28
BADRIDDIN AMID — O‘tror shahar hokimiyati vakili. O‘tror qamalining dastlabki kunlarida Sulton Muhammad tomonidan O‘tror qozisi qatl etilgan. Uning avlodlari Badriddin Amid va Safiy Aqra hojib boshchiligida qamalning dastlabki kunlaridayoq mo‘g‘ullar tomoniga o‘tib ketadilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:49:36
BADRIDDIN QOZIXON — Buxoro qozisi. 1220-yilning fevralida buxoroliklar himoyachilardan judo bo‘lgach, Buxoro qozisi Badriddin Qozixon boshliq o‘z oqsoqollarini Chingizxon oldiga shafqat so‘rab yuboradi. Buxoro zabt etilgach, uning qismatiga tushgan vahshiyona shafqatsizlik va nomussizlik manzarasiga chiday olmasdan qozi Badriddin, Imomzoda Rukniddin va uning o‘g‘li g‘azablanib, o‘zlariga teng bo‘lmagan mo‘g‘ullarga qarshi hujum qilib halok bo‘ladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:49:44
BAHOUDDIN ROZIY — 1216-yilda Chingizxon huzuriga tashrif buyurgan Xorazmshoh elchilarining rahbari. Chingizxon Xorazmshoh elchilarini iltifot bilan qabul qiladi. Hatto, elchilardan Sulton Muhammadni G‘arbning sohibqironi, o‘zini Sharqning podshosi deb hisoblashini Xorazmshohga yetkazishini so‘raydi. O‘zaro totuvlik va do‘stlik qaror topib ikki mamlakat hududlarida savdogarlarning erkin qatnoviga xohish bildiradi. Bunga javoban Chingizxon qimmatbaho sovg‘alar va mollar ortilgan katta karvon bilan o‘z elchilarini Xorazmga yuboradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:49:52
BERKAXON (RUS SOLNOMALARIDA — Berkay) (1209-1266) — Oltin O‘rda xoni (1255-1266). Chingizxonning nabirasi, Jo‘jixonning uchinchi o‘g‘li, Botuxonning ukasi. Berkaxon o‘z davlatining harbiy-iqtisodiy qudratini oshirish uchun hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirishga katta ahamiyat bergan, shu maqsadda u 1257-yil bosqoqlik harbiy-siyosiy tashkilotini tuzib, uning vositasi bilan Oltin O‘rdaga tobe yerlarda, jumladan, Rusda mahalliy hokimiyat ustidan nazorat o‘rnatgan, aholini yalpi ro‘yxatga olib, soliq undirish tizimini tartibga solgan. Mo‘g‘ullar Eronni bosib olib, Bag‘dodni zabt etgach (1258 ), Berkaxon Ozarbayjonni Oltin O‘rdaga qo‘shib kurash boshlagan, bu borada u o‘ziga ittifoqchi izlab Misr sultoni Beybars bilan yaqin diplomatik aloqalar o‘rnatgan. 1264-yil Berkaxon Hulokuxonga qarshi qo‘shin tortib, uni Kura daryosi sohilida mag‘lub etgan, ammo 1265-yil Ozarbayjonga yana yurish qilganda to‘satdan vafot etgan. Berkaxon hukmronligi davrida Oltin O‘rda aholisi islom diniga kiritila boshlagan, ikkinchi poytaxt — Saroy Berka qurilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:49:59
BOTUXON, BOTU, SAINXON (1208-1255-yillar) — mo‘g‘ul xoni, Jo‘jixonning ikkinchi o‘g‘li, Chingizxonning nabirasi. Botuxonning onasi qo‘ng‘irot urug‘idan bo‘lgan Elchi noyonning qizi Ukifuj xotun edi. Otasining o‘limi (1227)dan keyin Jo‘ji ulusini idora qilgan, mo‘g‘ullarning barcha asosiy harbiy yurishlarida qatnashgan. Abulg‘oziy Bahodirxonning yozishicha, O‘qtoyxon Xitoyni zabt etib, mo‘g‘ulsitonga qaytib kelgach (1235), Botuxonni Tulixonning o‘g‘li Menke, o‘zining o‘g‘li Guyukxon va Chig‘atoyning o‘g‘illari hamrohligida rus, cherkas, bulg‘or, turo, boshqird va bosha xalqlar yerlarini bosib olish uchun jo‘natadi. Ularga Chingizxonning eng yirik sarkardasi Subutoy bahodirni harbiy maslahatchi qilib tayinlaydi. Yurishda jami 14 mo‘g‘ul xoni ishtirok etib, qo‘shinning soni 150 mingga yetadi. Botuxon 1236-1238-yillarda Volga-Kama Bulg‘oriyasi, alanlar, qipchoqlar, O‘rta Volga bo‘yi xalqlari, Ryazan, Vladimir knyazliklarini bo‘sundiradi, Moskva, Kolomna, Vladimir, Rostov, Uglich, Yaroslav, Kostroma kabi 14 rus shahrini bosib oladi. 1240-1241-yillarda u Janubiy Rusdagi Kiev, Vladimir-Volinskiy, Galich va boshqa shaharlarni zabt etgach, Karpat dovonlari orqali Vengriyaga kirib qirol Bela IV ning 60 minglik qo‘shinini tor-mor keltiradi. Botuxon mamlakatda savdo-sotiq va hunarmandchilikni taraqqiy ettirishga katta e’tibor bergan. Volganing sharqiy qirg‘og‘ida Astraxan (Ashtarxon) shahri yaqinida o‘ziga poytaxt shahar — Saroy-Botuni qurdirgan. U mo‘g‘ullar imperiyasidagi davlat to‘ntarishini (1251)da qatnashib, Munke (Mangu)ning ulug‘ qoon (xoqon) bo‘lmog‘iga ko‘maklashgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:50:07
CHAG‘AN QO‘RCHI — mo‘g‘ullar lashkarboshisi, Mahmud Torobiy boshchiligidagi qo‘zg‘olonni bostirishda jonbozlik ko‘rsatgan. Mo‘g‘ullarning Elduz no‘yon va Chag‘an Qo‘rchi boshliq yangi qo‘hinlari qo‘zg‘olonchilarni butunlay tor-mor qilib, har ikki tomondan 21 ming jangchi halok bo‘ladi. Torobiyning ikkala ukasi — Muhammad va Ali ham shahid bo‘ladi. Buxoro aqoid ulamolari va kalontaronlarining had’ya (oltin) va turli nozu ne’matlar bilan mo‘g‘ul lashkarboshilari Elduz no‘yon va Chag‘an Qo‘rchilarni qarshi olishlari hamda tiz cho‘kib qilgan iltimoslari tufayli buxorliklar ommaviy qirg‘in-barotdan omon qoladi. Buxoro esa katta jarima evaziga avf etilib, navbatdagi talon-taroj etilish va xarobachilikdan saqlab qolindi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:50:15
CHIG‘ATOY, CHIG‘ATOYXON (?-1242) — Chig‘atoy ulusi hukmdori (1224-1242). Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li. Onasi Bo‘rta fujin (xotun) qo‘ng‘irot urug‘i vakili Day no‘yonning qizi bo‘lgan. Saltanat qonun-qoidalari (to‘ra), udumlar, xususan, Chingizxon yasosining beistisno bajarilishini nazorat qilish uning zimmasiga yuklatilgan. Chig‘atoy Chingizxon boshliq mo‘g‘ullarning bosqinchilik yurishlarida faol ishtirok etgan. 1211 yilda Xitoyga qarshi tashlangan harbiy safarda Chig‘atoy ukalari O‘qtoy va Tulu hamrohligida bir nechta yirik shaharlarni zabt etgan. O‘rta Osiyoning mo‘g‘ullar tomonidan istilo qilinishida faollik va qattiqqo‘llik ko‘rsatgan Chig‘atoy Jo‘ji va O‘qtoy bilan birgalikda O‘trorni 3 oylik qamaldan so‘ng (1219-yil) olgan. 1220-yil Urganch mudofaasi vaqtida Chig‘atoy bilan akasi Jo‘ji o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga chiqadi. Oqibatda Chingizxon lashkar qo‘mondonligiga O‘qtoyni tayinlaydi. Chig‘atoy 1221 yilning 25-noyabrida Sulton Jaloliddin bilan bo‘lgan qaqshatqich jangda otasi yonida turgan. Chingizxonning tangutlarga qarshi uyushtirgan harbiy safari chog‘ida (1227) Chig‘atoy yurtni muhofaza qilish ishlariga boshchilik qilgan. 1224-yil Chingizxon mo‘g‘ullar zabt etgan yerlarni o‘g‘illariga mulk tarzida taqsimlab bergan. Sharqda nayman qabilalari yashaydigan Oltoydan g‘arbda Jayxun (Amudaryo) gacha, Guljadan Samarqandu Buxorogacha bo‘lgan hududlar Chig‘atoyga tekkan. Uning qarorgohi Ili daryosi vodiysida joylashgan. Chig‘atoy o‘ziga tegishli ulus boshqaruvini avval Mahmud Yalavochga, 1238-yil Mahmud Yalavoch O‘qtoy tomonidan Pekin gubernatori (1254-yilgacha) etib tayinlangach, uning o‘g‘li Mas’udbekka (1238-1289) topshirgan. O‘zi umrining oxirigacha O‘qtoy qoon saroyida hukmdorning maslahatchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Chig‘atoy nomi bilan uning ulusi Chig‘atoy ulusi, Movarounnahr aholisi so‘zlashadigan til esa Chig‘atoy tili deb nom olgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:50:23
CHINGIZXON (asl ismi Temujin, Temuchin) (taxminan 1155-yil, O‘non daryosi yaqinidagi Delpun Bo‘ldon mavzei — 1227-yil 25-avgust) — mo‘g‘ullar davlati asoschisi, sarkarda. Mo‘g‘ul qabilalari ittifoqi — tayjiutlar sardori Yasugay bahodirning Helun Fujin (xotun)dan tug‘ilgan to‘ng‘ich farzandi. 13 yoshida otasidan yetim qolgan Chingizxon 27-yil davomida bir qancha urug‘ va qabilalarni tayjiutlar atrofida birlashtirish maqsadida harbiy harakatlar olib borgan. 1195-1204-yillarda Chingizxon keraitlar boshlig‘i Vanxon Tog‘ril (O‘nxon) bilan ittifoqda merkit, nayman, kuralas, ikiras, durban, tatar va boshqa qabilalarni bo‘ysundiradi. Biroq, keyinchalik ular orasidagi adovat tushgan. 1204-yil O‘nxon bilan bo‘lgan jangda g‘alaba qozongan Chingizxon xonlik taxtini egallaydi. 1206-yil mo‘g‘ul aslzodalari, no‘yonlari ishtirokida buyuk qurultoyda "œChingiz" (tengsiz-dengiz, okean) unvoni bilan sarafroz etiladi (Ulug‘xon ma’nosida) va barcha qabila, urug‘, elatlarning buyuk xoni deb e’lon qilinadi. Davlatning ichki va tashqi siyosatini tartibga solishda Chingizxon tomonidan e’lon qilingan qonunlar to‘plami — yaso (yasoq) muhim rol o‘ynaydi. Ming kishilik shaxsiy gvardiya hamda yuz ming jangchidan iborat otliq armiyani shakllantirgan Chingizxon Sibirdagi bir nechta qabila elatlarni (1207), Shimoliy Xitoyni (1211 1221), Xuroson, Eronni (1221 1224) o‘z tasarrufiga kiritadi. Mog‘ullar tomonidan zabt etilgan hududlar vayron qilingan, aholisi qirib tashlangan, qullikka mahkum eitilgan. 1224-yil Chingizxon Mog‘ullar davlatini 4 o‘g‘li — Jo‘ji, Chig‘atoy, O‘qtoy va Tulilarga taqsimlab bergan. Shimoliy Xitoydagi tangut qabilalarining Si-sya davlati (X-XIII-asrlar)ga qarshi yurish qilgan vaqtida Chingizxon og‘ir dard tufayli vafot etadi. Uni Mog‘ulistondagi Burxon-Xaldun tog‘ etagida dafn etishadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:50:31
DONISHMANDCHAXON — Chig‘atoy ulusi hukmdorlaridan biri. Chingizxonning uchinchi farzandi O‘qtoyning oltinchi pushti hisoblanadi. Amir Qazag‘on (hukmronlik yillari 1346-58 ) Qozon Sultonxonni qatl (1346) etib, Donishmandchaxonni xon deb e’lon qiladi va uning nomi bilan tanga zarb ettiradi. Donishmandchaxon Movarounnahr xoni sanalsada, aslida davlat ishlarini Qazag‘onxonning o‘zi boshqargan. Ulug‘bekning ta’kidlashicha, Donishmandchaxon Chig‘atoyxon avlodidan bo‘lmaganligi bois Amir Qazag‘on tomonidan o‘ldirilgan (1348 ). Amir Temur hokimiyat teppasiga kelgach, Donishmandchaxonning o‘g‘li Suyurg‘atmishni xonlik shohsupasiga (1370-88 ) ko‘targan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:50:38
ELATHUMALIK — Binokat amiri. Uning hukmronligi davrida mo‘g‘ullar besh ming askarli qo‘shin bilan Binokat va Xo‘jand shaharlariga 1220-yil hujum qiladi. Elathumalik qang‘li qabilasidan yig‘ilgan askarlari bilan shaharni to‘rt kun mudofaa qilib, so‘ng taslim bo‘ladi. Jand fojiasi binokatliklar ham boshiga tushadi. Uning qurolli aholisi qilichdan o‘tkaziladi. Qolganlari qul qilinib, majburan mo‘g‘ul askarlariga qo‘shib olinadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:50:47
ELDUZ NO‘YON — mo‘g‘ullar lashkarboshisi, Mahmud Torobiy boshchiligidagi qo‘zg‘olonni bostirishda jonbozlik ko‘rsatgan. Mo‘g‘ullarning Elduz no‘yon va Chag‘an Qo‘rchi boshliq yangi qo‘hinlari qo‘zg‘olonchilarni butunlay tor-mor qilib, har ikki tomondan 21 ming jangchi halok bo‘ladi. Torobiyning ikkala ukasi — Muhammad va Ali ham shahid bo‘ladi. Buxoro aqoid ulamolari va kalontaronlarining had’ya (oltin) va turli nozu ne’matlar bilan mo‘g‘ul lashkarboshilari Elduz no‘yon va Chag‘an Qo‘rchilarni qarshi olishlari hamda tiz cho‘kib qilgan iltimoslari tufayli buxorliklar ommaviy qirg‘in-barotdan omon qoladi. Buxoro esa katta jarima evaziga avf etilib, navbatdagi talon-taroj etilish va xarobachilikdan saqlab qolindi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:50:56
FAXRUDDIN DIZAKI BUXORIY — savdogar, Chingizxon tomonidan 1218-yilda Xorazmga jo‘natilgan 500 tuya va 450 musulmon savdogaridan tashkil topgan savdo karvoniga Umarxo‘ja O‘troriy, Hammol Merokiy, Faxruddin Dizaki Buxoriy, Aminuddin Xaraviy kabi savdogarlar karvon savdogarlar karvon sarbonlar va o‘rda elchilari qilib tayin etilgan edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:51:06
GO‘RXON — 1220-yil Chingizxon Buxoroni qamalga olganida shahar lashkariy kuchlaridan biri. U mo‘g‘ullardan qochib kelgan uyg‘ur edi. 1210-yilda Chingizxon ta’qibidan qochib Mo‘ngulistondan Yettisuv viloyatiga chekingan nayman sardori Kuchluk qarluqlar bilan birlashib, qoraxitoylarga zarba beradi. Hatto Go‘rxonning O‘zgandagi xazinasi qo‘lga kiritadi. Bunday vaziyatdan foydalangan Xorazmshoh, Samarqand hukmdori Usmon ibn Ibrohim bilan birlashib, Yettisuvga tomon askar tortadi. Ittifoqchilar Talos vodiysida Go‘rxon qo‘shinlari bilan to‘qnashadilar. Jangda Xorazm askarlari ko‘p talofat bergan bo‘lsa-da, ikki tomondan zarbaga uchragan Go‘rxon askarlari yengiladi. Hatto qoraxitoylar qo‘shinining qo‘mondoni Tayang‘u asirga olinadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:51:15
GUYUKXON (1205-1248 ) — mo‘g‘ullar imperiyasining ulug‘ qooni (1246-1248 ). O‘qtoyxon (Ugiday) (1186-1241)ning to‘ng‘ich o‘g‘li. Chingizxonning nabirasi. 1236-1241-yillarda mo‘g‘ul shahzodalarining Botuxon boshchiligida Rossiya va Sharqiy Yevropaga qilgan bosqinchilik yurishlarida qatnashgan, lekin otasining vafotini (1241-yil mart) eshitib, shoshilinch ravishda o‘z yurtiga qaytgan. 1246-yil sentabrda Qoraqurumda bo‘lib o‘tgan Chingizxon avlodlari qurultoyida Guyukxon xonlik taxtiga o‘tqazilgan. Otasi vafotidan keyin o‘tgan besh yil mobaynida davlatni onasi Turakina xotun boshqargan. Guyukxon hukmronligi davrida Kavkazning janubi-sharqiy qismi, Koreyaning bir qismi bosib olingan. Xitoy va Eronni bosib olish kurash davom ettirilgan. Chig‘atoy ulusining ichki ishlariga aralashgan. Oltin O‘rda hukmdori Botuxonga qarshi urushga otlanib, yo‘lga chiqganda to‘satdan vafot etgan. Uning vafotidan so‘ng, bosh hukmronlik uchun Chingiziylar o‘rtasida keskin kurash boshlanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:51:25
HAMID PURA — Buxoro shahar lashkariy kuchining boshliqlaridan. U mo‘g‘ullarga qarshi janglarning birida shahid bo‘ladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:51:32
HAMMOL MEROKIY — savdogar, Chingizxon tomonidan 1218-yilda Xorazmga jo‘natilgan 500 tuya va 450 musulmon savdogaridan tashkil topgan savdo karvoniga Umarxo‘ja O‘troriy, Hammol Merokiy, Faxruddin Dizaki Buxoriy, Aminuddin Xaraviy kabi savdogarlar karvon savdogarlar karvon sarbonlar va o‘rda elchilari qilib tayin etilgan edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:51:40
HASANXOJI — savdogar. Jo‘ji Sig‘noqqa Hasanxojini elchi qilib yuboradi va shaharni taslim bo‘lishni taklif etadi. Sig‘noq aholisi bu taklifni rad etadi. Hasanxoji sig‘noqliklar tomonidan o‘ldiriladi. Bunday voqeadan darg‘zab bo‘lgan Jo‘chi katta qo‘shin bilan shaharga hujum qilib, 8 kuni shaharni bosib oladi. Bosqinchilar shaharni talab, aholisinining oxirgi kishisigacha qirib tashlaydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:51:49
HUMORTAKIN — amalparast va o‘ta qo‘rqoq amir. Xorazm shahzodalari O‘zloqshoh va Oqshohlar Urganchni tark etib, qochib ketganlaridan so‘ng, poytaxt taqdiri uning qo‘lida qolgan. U o‘zini Sulton deb e’lon qilib, Urganchni mo‘g‘ullardan himoya qilishga va’da qiladi. Urganchdek katta shaharni qamal qilish uchun shimoldan Jo‘ji, Buxoro tomondan Chig‘atoy va O‘qtoy askarlari bostirib keladi. 1221 yilning qishida 50 ming kishilik mo‘g‘ul askarlari Urganchni qamal qilib, hujum boshlaydi. Urganchliklar dushmanning harbiy kuch va zirhli qurollarining ustunligiga qaramay o‘z ona shahri mudofaasiga g‘oyat baland ruh bilan kirishadilar. Lekin shahar hukmronligini o‘z qo‘liga olgan va’daboz xoin amir Humortakin Urganch darvozasini ochib berib, o‘z qo‘shini bilan mo‘g‘ullarga taslim bo‘ladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:52:00
IBN BATTUTA, SHAMSIDDIN ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ABDULLOH AL-LAVATIY AT-TANJIY (1304-yil 24-fevral, Tanja — 1369-yil, Fos) — mashhur arab sayyohi va geografi. Barbarlarning lavat qabilasiga mansub. Ibn Battuta 28 yillik sayyohatlari davomida quruqlik va dengiz orqali 120 ming km yo‘lni bosib o‘tgan. Ibn Battuta 1325-yil yozida Marokashdan hajga boruvchilar karvoniga qo‘shilib safarga chiqqan va deyarli barcha musulmon davlatlarida bo‘lgan. Dastlab Misr, Shom (Suriya), Livan, Falastin, Mesopotamiyaga borgan. Ibn Battuta Yaqin Sharq mamlakatlari orqali Turkiya va Qrimga bordi. Itil (Volga) daryosi orqali Hoji Tarxon (Astraxon)ga o‘tib, Oltin O‘rda xoni O‘zbekxonning huzurida bo‘lgan; keyin Xorazm poytaxti Urganchga kelgan. XIV asrning 30-yillarida Movarounnahrda bo‘lgan. Undan Buxoro, Naxshab, Termiz, Samarqand, Balx va Kobul, Mo‘lton orqali Hindistonga borgan va Dehli sultoni Muhammad To‘g‘loq saroyida qariyb 8 yil molikiylar qozisi lavozimida xizmat qilgan. U Chingizxon boshliq mo‘g‘ullar istilosi va uning oqibatlari to‘g‘risida qisqa bo‘lsa-da, ammo qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Ibn Battuta sayohati davrida Buxoroda ham ba’zi bir tiklanish sodir bo‘lganiga qaramay, shahar hali vayron etilganicha qolgan edi. "œHozir ba’zi birlarini istisno etganda, — deb ta’kidlaydi arab sayyohi, — shahardagi masjidlar, madrasalar va bozorlar xaroba holiday yotibdi"¦Hozirgi paytda Buxoroda il-fanda iqtidorli odamlar qolmaydi, ilmga qiziqadigan odamlar ham qolmaydi". Ibn Battuta Samarqanddan Termizga, undan esa Jayxun daryosi orqali Xurosonga o‘tadi. Yo‘l-yo‘lakay, o‘sha vaqtlarda aholi istiqomat qilmay, xaroba bo‘lib yotgan Balx shahrini tasvirlaydi: "œBalxni ko‘rgan odam uni qachonlardir gullab-yashnagan shahar ekanini, muhtasham binolarini beixtiyor eslaydi, hozir ularning ba’zilarigina saqlanib qolgan. U mahallaar bu katta athlarni egallagan ulug‘vor shahar edi. Masjid va madrasalarning izigina, lojuvard peshtoqlaridagi xatlarning asarlarigina qolibdi". So‘ngra sayohatni davom ettirib Indoneziya va Xitoyga borgan. 1349-yili Marokashga qaytgan. 1349-5-yillar orasida Ispaniyaning arablar tasarrufidagi joylariga, 135-53-yillarda Sudanga sayohat qilgan. Ibn Battuta borgan mamlakatlarning geografiyasi, tarix va iqtisodiy, etnografik va madaniy — maishiy hayotiga oid qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Ayniqsa, O‘rta Osiyo shaharlari, jumladan, Samarqandning sifatli qog‘ozi haqidagi yozganlari e’tiborga loyiq. Hulokuiylar hukmronligi davridagi Eronning iqtisodiy va madaniy hayoti batafsil tasvirlangan. Ibn Battuta yirik savdogar ham edi, sultonlarning farmoyishi bilan ba’zan elchilik vazifalarini ham bajargan. Ibn Battuta fors va turkiy tillarni ham yaxshi bilgan. Uning "œTuxfat an-nuzzor fi g‘aroyib al-ansor va ajoib al-afsar" ("œTurli shahar va safarlardagi ajoyibotlar shoxida bo‘lganlar uchun tuhfa’) asari Yaqin Sharq va O‘rta Osiyo geografiyasi tarixini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi. U ilmiy manbalarda "œSayohatnoma" deb ataladi. Ibn Battuta asarlari 80 dan ortiq Yevropa va Osiyo xalqlari tillariga tarjima qilingan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:52:09
IBN KAFROJ BUG‘RO — Chingizxon nomidan ikki ishonchli kuzatuvchilar bilan Xorazmshoh huzuriga tashrif buyurgan elchi. Chingizxon Sulton Muhammaddan O‘tror voqeasi aybdorlarni jazolashni va Inalxonni tuttirib, uning ixtiyoriga jo‘natishni talab qiladi. Bunga javoban Xorazmshoh elchini o‘ldirishni va u bilan birga kelgan ikkita mulozimning soqol-mo‘ylovlarini qirib, sharmanda qilib qaytarib yuborishni buyuradi. Bu voqealar Xorazmshoh va Chingizxon davlatlai o‘rtasida savdo aloqalari va elchilik munosabatlari tamomila uzilganini bildirib, Chingizxonning Movarounnahrga bostirib kirishi uchun bahona bo‘ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:52:17
ILG‘ATU MALIK, ILATG‘U MALIK (XIII asr) — Xorazmshohlar davlatining harbiy arboblaridan biri. Muhammad Xorazmshohning Banokatdagi noibi. Mo‘g‘ullar istilosi arafasida Muhammad Xorazmshoh Jand va Yorkent noibi Amir Buji Pahlavon Qutlug‘xonni 10 ming otliq askar bilan Ilg‘atu Malikka yordamga jo‘natgan. Banokat garnizoni, asosan, qang‘lardan tashkil topgan bo‘lib, ularga Ilg‘atu Malik qo‘mondonlik qilgan. Chingizxon O‘trorga kelib, Banokatni egallash uchun Alaq no‘yon, Saqdu va Buqa boshchiligida 5 000 kishilik qo‘shin jo‘natgan. Ular tevarak atrofdan ularga qo‘shilgan qo‘shinlar bilan Banokatni qamal qilgan (1220). Ilg‘atu Malik rahbarlik qilgan shahar mudofaachilari 3 kun mobaynida mo‘g‘ullar bilan qahramonona jang qiladi, biroq kuchlar teng bo‘lmagani uchun qamalning 4-kuni Banokat taslim bo‘lgan. Mo‘g‘ullar shahar aholisini shahardan tashqariga olib chiqib ularni jangchilar, hunarmandlar va oddiy fuqarolarga ajratgan. So‘ngra jangchilarni qilich bilan chopib kamon bilan otib o‘ldirgan. Qolgan xalqni minglik, yuzlik, o‘nliklarga ajratgan yoshlarni hashar sifatida olib Xo‘jand tomon yurish qilishgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:52:25
IMOMZODA RUKNIDDIN — mo‘g‘ullar tomonidan Buxoro bosib olingach, Buxoro qismatiga tushgan vahshiyona shafqatsizlik va nomussizlik manzarasiga chiday olmasdan, qozi Badriddin va o‘z o‘g‘li bilan mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi hujum qilib halok bo‘lgan vatanparvar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:52:34
INALXON, INALCHUQ (?-1220, Samarqand) — O‘tror hokimi (1210-1220), Muhammad Xorazmshohning yirik sarkardalaridan, Turon xotinning amakivachasi. Majusiylikka e’tiqod qilib yurgan kezlaridagi ismi — Yagan tug‘di (Yagan — qadimgi turkiychada filni anglatadi), islomni qabul qilganidan keyingi ismi esa Tojuddin. G‘oyirxon ( yoki Qadirxon) "œqudratli hokim" degan unvon sohibi. Inalxon 1218-yili Chigizxonning Umar Xo‘ja O‘troriy, Jamol Marog‘iy, Faxruddin Jizakiy (Jizaxiy) al-Buxoriy, Aminuddin Xiraviy boshchiligidagi 450 kishilik savdo karvoni O‘trorga kelganda, mazkur karvon ahlini savdogarlar niqobi ostda jo‘natilgan mo‘g‘ul josuslari ekanini fahmlab, zudlik bilan shu haqda Muhammad Xorazmshohga xabar yuboradi. Ammo, u Xorazmshohning maxsus farmoni yuborilguncha, karvon ahlini ehtiyotlash zarurligi xususidagi buyrug‘iga e’tibor qilmay, ularni deyarli barchasini qatl etib, mol-mulklarini musodara etadi. Shunda tasadifan omon qolgan bir mo‘g‘ul Pekinga qochib borib, Chingizxonni bo‘lgan voqeadan xabardor qiladi. Chingizxon Xorazmshoh huzuriga Kafraj Bug‘roni ikki mo‘g‘ul hamrohligida elchi qilib jo‘natib, Inalxonni ular qo‘liga topshirishni talab qiladi. Lekin, Xorazmshoh Inalxonning o‘ziga yaqin qarindosh, jasur sarkarda va qo‘shinning asosiy qismida uning qavmiga mansub kishilar sarkarda ekanligini inobatga olib, Chingizxonning bu talabini qat’iyan rad etadi-da, Kafraj Bug‘ro bilan ikki mo‘gulni qatl ettiradi (Ibn al-Asirni yozishicha, faqat elchi o‘ldirilib, uning hamrohlari soqollari qirqib tashlangan holda qo‘yib yuborilgan). Shundan so‘ng, Inalxon mo‘g‘ullar bilan bo‘lishi muqarrar jangga hozirlik ko‘rib, 20 ming kishilik qo‘shin to‘playdi. Xorazmshoh unga 10 ming askarni madadga yuboradi. 1219-yil sentyabrida Chingizxon 100 mingdan ortiq askar bilan o‘trorni qamal qiladi. Inalxon besh oylik qamal davomida o‘z qo‘shini va shahar aholisi bilan birgalikda ulardan bir necha minggini halok etadi. Ammo, suv va yegulik tanqisligi kuchlarning teng emasligi oqibatida mudofaachilar holdan ketib, mo‘g‘ullar shaharga kirishga muvaffaq bo‘ladi. Ikki o‘rtada shiddatli jang bo‘lib Inalxon qo‘shini yengiladi. Inalxon oxiri-oqibatda qo‘lga olinib, Samarqandga — Chingizxonning huzuriga olib boriladi. Chingizxon uning ko‘zu quloqlariga kumush eritib, quyishni amr qiladi. Shunday qilib, Inalxon Ko‘ksaroyda qiynab o‘ldiriladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:52:41
INANCHXON, OG‘IL HOJIB (asli ismi Badruddin O‘g‘il hojib) (?-1223) — anushteginiylardan — Xorazmshohlar amiri lashkarlaridan, hojib (XIII a.). Muhammad Xorazmshoh 1216-yilning yozidagi Irg‘iz daryosi bo‘yidagi jangda ko‘rsatgan qahromonligi evaziga Inanchxon unvonini beradi. Jaloliddin Xorazmshoh etib tayinlangandan so‘ng Urganchga kelganda Inanchxon qipchoq amirlarini unga qarshi uyushtirayotgan suiqasddan o‘z vaqtida ogohlantirgan. 1219-yil Inanchxon amir Ixtiyoruddin Kushlu bilan birgalikda Buxoro mudofaasiga rahbarlik qiladi. Buxoro qamalining uchinchi kuni Inanchxon boshliq shaharni tark etgan lashkar mo‘g‘ul saflarini yorib o‘tib, Amudaryoga tomon chekinadi. Dushman ta’qibidan zo‘rg‘a qutulib qolgan Inanchxon lashkarining kichik qismi bilan Amudaryoning narigi tomoniga o‘tib oladi. Mo‘g‘ullar Buxoroni istilo qilganlaridan so‘ng Inanchxon Nasa (Niso) viloyatiga keladi. Bu yerda Muhammad Xorazmshohning to‘zib ketgan askarlarining to‘plashga erishadi, qurol-yarog‘, otlar, kiyim-kechak, oziq-ovqat g‘amlab, kurashni davom ettiradi. Nashjuvon qishlog‘i yaqinida mo‘g‘ul bosqinchilarini tor-mor keltiradi. So‘ngra Inanchxon Obivard tomon yurish qilgan. Bu yerda unga Muhammad Xorazmshohning yana anchagina jangchilari va amirlari kelib qo‘shilgan. 1221 yil Inanchxon Sabzavorni o‘z tasarrufiga kiritadi. Xurosonning katta qismiga hukmronlik qilishga muvaffaq bo‘lgan Inanchxon 1223-yilda al-Xalqa mavzeida mo‘g‘ullar (10 ming kishi) bilan yana jang qiladi, lekin bu muharabada Inanchxon yengiladi. Ray shahrida turgan G‘iyosuddin Pirshoh (Muhammad Xorazmshohning o‘g‘li) saroyidan panoh topadi va bir necha kundan so‘ng zaharlab o‘ldiriladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:52:50
IXTIYORUDDIN QO‘SHLU — Buxoro shahar lashkariy kuchining boshliqlaridan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:53:22
JALOLIDDIN MANGUBERDI, JALOLIDDIN (to‘liq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad) (1198-1231) — Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori (1220-1231), mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadning katta o‘g‘li. Onasi — Oychechak turkman kanizaklaridan bo‘lgan. Jaloliddin burnida holi (mank) bo‘lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib "œManguberdi" nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan. Jaloliddin voyaga yetgach, otasi uni G‘azna, Bomiyon, G‘ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo‘lgan yerlarda hokim va taxt vorisi etib tayinlangan (1215). Biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qat’iy noroziligi sababli Qutbiddin O‘zloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o‘zining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan (qadimgi Irg‘is daryosi bo‘yidagi jang). Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi bo‘yida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashur ada orolidan panoh topgan. Og‘ir bemor bo‘lgan Muhammad o‘g‘illarini yoniga chorlab, so‘nggi damda Jaloliddinni o‘z o‘rniga xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin O‘zloqshohlar bilan birga Urganch mudofaasiga oshiqadi. Lekin Urganchdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb e’lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo‘ldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik boshchiligidagi 300 kishilik suvoriylar bilan o‘z vatani — Xorazmni tashlab Xurosonga ketishga majbur bo‘ladi. Niso shahri yaqinida uni 700 nafar mo‘g‘ul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan so‘ng ularni tor-mor keltirib, Nishopurga keldi. Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga mo‘g‘ullarga qarshi birlashishga da’vat etdi, bir oydan so‘ng G‘azni tomon yurdi. Yo‘lda unga Hirot voliysi, qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qo‘shin bilan kelib qo‘shildi. Qandahorni qamal qilib turgan mo‘g‘ul qo‘shinlari bilan 3 kunlik jangda Jaloliddin Manguberdu ularni tor-mor keltirgan. U G‘aznaga 1221 yil keldi. Bu yerda unga xalaj qabilasi boshlig‘i Sayfuddin Ig‘roq, Balx voliysi A’zam malik, afg‘onlar sardori Muzaffar malik, qarluqlar boshlig‘i Hasan Qarluq kelib qo‘shildilar. Ularning har biri ixtiyorida 30 minglik qo‘shin bor edi. Jaloliddin Manguberdining o‘zidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi. Jaloliddin Manguberdi Valiyon qal’asini qamal qilayotgan Takajuk va Malg‘ur boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shiniga hujum qilib, 3 kunlik jangdan so‘ng ular tor-mor keltirgan, 1000 dan ortiq mo‘g‘ul askari o‘ldirilgan, omon qolgan qismi Panjshir daryosidan o‘tib, ko‘priki buzib tashlashgan. Bu Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ullar ustidan qozongan dastlabki yirik g‘alabasi edi. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no‘yonni 45 minglik qo‘shin bilan jo‘natadi. G‘azna yaqinidagi Parvon jangida Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullar ustidan ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritadi. Biroq jangdan so‘ng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari o‘lja ustida o‘zaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin Ig‘roq, A’zam malik va Muzaffar maliklar Jaloliddin Manguberdini tark etganlar. Jaloliddin Manguberdining yonida faqat Aminalmulk o‘z lashkari bilan qolgan, xolos. Chingizxon katta qo‘shin to‘plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o‘zi otlangan. G‘ardiz qal’asi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qo‘shini Jaloliddin Manguberdini daryodan o‘tishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221 yil 25-noyabrda bo‘lgan tengsiz jangda (Sind daryosi bo‘yidagi jang) mag‘lubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning o‘ng sohiliga suzib o‘tib, cho‘l ichkarisiga kirib ketdi (Bu cho‘l hozirda ham cho‘li Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, o‘z o‘g‘illariga qarab: "œOta o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim!", degan. Oradan bir necha kun o‘tgach, Jaloliddin Manguberdi qo‘shini soni 7 mingga yetdi. Unga Ko‘lbars bahodir, Kabkuh va Sa’diddin Ali ash-Sharabdor kabi lashkarboshilar o‘z kishilari bilan kelib qo‘shildi. Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Hindistonning notanish cho‘lida och, juldur kiyimli jangchilari bilan sargardonlikda qoldi. Uning bu holidan foydalanmoqchi bo‘lgan Shatra viloyati rana (shoh) si Jaloliddin Manguberdiga hujum qilgan. Jaloliddin Manguberdining merganlik bilan otgan kamon o‘qidan rana halok bo‘ladi, qo‘shini esa parokanda bo‘lib qochadi. Jaloliddin Manguberdi katta o‘ljani qo‘lga kiritadi. Bu g‘alabadan so‘ng Sind, Uchcha, Mo‘lton, Lohur va Peshavor hokimi Nosiriddin Qubacha (1205-1227)ning Nandana va Sakundagi noibi Qamariddin Karmoniy Jaloliddin Manguberdiga o‘zini xayrixohligini izhor etib, sovg‘a-salomlar jo‘natgan. G‘iyosiddin Pirshohdan ajralib ketgan amirlardan Sanjoqonhon, Elchi pahlavon, O‘rxon, Soyircha, Tekjoruq Xonkishilar o‘z lashkarlari bilan kelib Jaloliddin Manguberdiga qo‘shildilar. Jaloliddin Manguberdi Kalor shahri, Parosravar, Tarnuj qal’alarini qo‘lga kiritdi. Mulklarining katta qismidan ajralgan Qubacha 10 ming otliq qo‘shini hamda mamluklar sulolasidan bo‘lgan Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmishdan olgan qo‘shimcha kuch bilan Jaloliddin Manguberdiga qarshi jang qilgan, biroq mag‘lubiyatga uchragan, uning xazinasi, qurol-yarog‘lari o‘lja tushgan. 1222-yil Chingizxon Jaloliddin Manguberdi izidan To‘rbay To‘qshin va Bola no‘yonni 20 minglik qo‘shin bilan jo‘natadi. Lekin ular Mo‘ltonga qadar borib, shaharni ololmay, jazirama issiqqa dosh berolmay qaytishadi. Jaloliddin Manguberdi o‘ziga qarshi mo‘g‘ul qo‘shinlari jo‘natilgani xabarini Parosravar qal’asini olgandan so‘ng eshitgan. Jaloliddin Manguberdi Mo‘lton tomon yo‘l olib Qubacha mulklaridan Uchcha, Sadusan, Xatisor, Deval va Damrillarni qamal qiladi, qo‘shini uchun tuyalar zarurligi tufayli Gujarot viloyati markazi Nahrvalga Xosxon boshchiligida qo‘shin jo‘natadi. Shamsuddin Eltutmish Jaloliddin Manguberdi ustiga katta qo‘shin (30 ming otliq, 100 ming piyoda, 300 ta fil) tortadi. Jaloliddin Manguberdi mardonavorlik bilan raqibiga qarshi chiqadi. Jaloliddin Manguberdining O‘zbek Toy Jahon Pahlavon qo‘mondonligi ostidagi ilg‘ori Eltutmish ilg‘ori bilan to‘qnashib raqibidan ustin keladi. Eltutmish Jaloliddin Manguberdi huzuriga elchisini yuborib sulh so‘raydi. Jaloliddin Manguberdi Hindistonda o‘z nomidan kumush va mis tangalar zarb qiladi, unga tobe hind mulklarida uning nomi xutbaga qo‘shib o‘qilgan. Biroq vaziyat borgan sari murakkablashib bormoqda edi. Eltutmish, Qubacha, shuningdek, Hindistonning boshqa viloyat hokimlari o‘zaro til biriktirib Jaloliddin Manguberdiga qarshi ittifoq tuzmoqchi ekanliklari ayon bo‘lib qoldi. Jaloliddin Manguberdining lashkarboshisi Yazidak pahlavon va Sunqurjiq Toysilar xiyonat qilib Eltutmish tomoniga o‘tganlar. Qiyin vaziyatdan qutulish uchun Jaloliddin Manguberdi harbiy kengash chaqirgan. Amirlarning ko‘pchiligi Iroq tomon yurish qilib, uni G‘iyosiddin Pirshohdan tortib olishni taklif qiladi. Iroqda siyosiy parokandalik hukm surardi. Iroq tomon ketishga qaror qilinadi. Jaloliddin Manguberdi o‘zining Hindistonda zabt etgan mulklariga O‘zbek Toy Jahon Pahlavoni, G‘ur va G‘azni viloyatlariga Hasan Qarluqni noib sifatida qoldirib, Iroqqa yo‘l olgan. Cho‘lu biyobonlarni kesib o‘tishda Jaloliddin Manguberdining ko‘p jangchilari nobud bo‘lgan, nihoyat u 4 ming jangchisi bilan Kirmonga yetib kelgan. G‘iyosiddin Pirshohning Kirmondagi noibi Baroq hojib Jaloliddin Manguberdiga tobelik izhor qiladi. Shundan so‘ng Jaloliddin Manguberdi Fors viloyati markazi Sherozga kelgan. Fors hokimi otabek Sa’d ibn Zangiy va Yazd hokimi otabek Alouddavla ibn To‘g‘onshoh unga tobelik bildirishadi. Jaloliddin Manguberdi Isfahonga kelganda aholi uni katta tantana bilan kutib oladi, qo‘shini qurol-aslaha bilan ta’minlanadi. Bu hol G‘iyosiddin Pirshohga yoqmaydi, u akasiga qarshi 30 ming otliq qo‘shin bilan yo‘lga chiqadi. Biroq Jaloliddin Manguberdi unga sovg‘a-salomlar bilan miroxur Odekni elchi sifatida jo‘natgan va o‘zaro nizoni tinchlik bilan hal etgan. Qo‘shin boshliqlari Jaloliddin Manguberdi tomoniga o‘tgan. 1225-yil Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonga yurish qiladi. So‘ng Bag‘dodga qarshi yurishga hozirlik ko‘radi. Xalifa Nosirgacha elchi jo‘natib, mo‘g‘ullarga qarshi birlashishga chaqiradi. Bunga javoban Xalifa Jaloliddin Manguberdiga qarshi o‘zining mamluki amir Jamoliddin Qushtemir boshliq 20 minglik qo‘shin jo‘natdi. Basra yaqinidagi jangda Xalifa qo‘shinlari tor-mor keltirildi. Xalifa Bag‘dod mudofaasi bilan mashg‘ul bo‘ladi. Jaloliddin Manguberdi Bag‘dod atrofida 12 kun turgach, Ozarbayjon tomon ketadi. Ozarbayjon va Arron otabegi O‘zbek ichkilik, maishatga berilib davlat ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygan edi, davlatni amalda uning xotini Malika xotun boshqarardi. 1225-yil mayda Jaloliddin Manguberdi Marog‘a shahrini jangsiz qo‘lga kiritadi. Damashq, Erbil hokimlari u bilan ittifoq tuzishga rozi bo‘ladilar. Otabek O‘zbek Tabrizni tashlab Ganjaga, so‘ng Alinjo qal’asiga qochib o‘sha yerda vafot etadi. Jaloliddin Manguberdi Malika xotunga uylanadi. Tabrizda bir necha kun turgandan so‘ng o‘z qo‘shinini Gruziya tomon boshlaydi. 1225-yil avgustda Garni qal’asi yaqinida gurjilarning Ivane Mxargdzeli boshliq 60 minglik qo‘shinini tor-mor keltiradi va Tiflisga qarab yuradi. Gruziya malikasi Rusudana Kutaisiga ko‘chib o‘tgan. Jaloliddin Manguberdi Dvin, Lori shaharlarini egallaydi, Surmari shahri hokimlari o‘z tobeliklarini bildirishgan. 1227-yil sentabrda Isfahondan 30 chaqirim sharqdagi Sin qishlog‘i yaqinida Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarning Taynol no‘yon boshliq qo‘shinini yenggan. Taynol no‘yon Jaloliddin Manguberdi haqida: "œZamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o‘z tengqurlarining sarvari ekan", degan. Jaloliddin Manguberdining Ko‘niya sultoni Alouddin Kayqubod, Jazira hokimi al-Malik al-Ashrof Muzafariddin Muso, Damashq hokimi al-Malik al-Muazzam Sharafiddin Is va Misr hokimi al-Malik al-Komil Muhammadga nomalar yozib, ularni mo‘g‘ullarga qarshi kurashish yo‘lida birlashtirish yo‘lidagi xatti-harakatlari behuda ketdi. Ustiga ustak Alouddin Qayqubod muxolif kuchlarni Jaloliddin Manguberdiga qarshi birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 1230-yil 10-avgustda Arzinjon yaqinidagi jangda Jaloliddin Manguberdi kuchlari mag‘lubiyatga uchradi. Jaloliddin Manguberdining kuchsizlanganidan foydalangan mo‘g‘ullar katta qo‘shin bilan Ozarbayjonga bostirib kirib Marog‘a, Tabrizni egallab (1231) Jaloliddin Manguberdi ta’qib etishgan. Mayofariqin viloyatidagi qishloqlardan birida mo‘g‘ullar tungi hujum natijasida Jaloliddin Manguberdining oz sonli qo‘shinini tor-mor keltirdilar, Jaloliddin Manguberdini o‘zi esa ta’qibdan qutulib Qurdiston tog‘lariga chiqib ketgan. Bu yerda qaroqchi kurdlar qo‘liga asir tushib, fojiali ravishda halok bo‘lgan. Jaloliddin Manguberdi haqida uning shaxsiy kotibi, tarixchi Nasaviy shunday yozadi: "œJaloliddin qorachadan kelgan, o‘rta bo‘yli, turk lafzli odam edi. Fors tilini ham yaxshi bilardi. Uning botirligiga kelganda shuni aytish kerakki, sulton arslonlar orasidagi eng kuchli sher edi. Bir so‘zli, kek saqlamaydigan, ochiq ko‘ngil, to‘g‘ri odam edi. U jiddiy shaxs edi. Hech qachon kulmasdi. Juda nari borsa jilmayib qo‘yardi. U adolatsizliklarni yomon ko‘rardi. Jaloliddin o‘ta qat’iyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan favqulodda mard va botir sarkarda edi". O‘zbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda ko‘rsatgan mislsiz jasorati, vatanga va o‘z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida "œJaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida" qaror qabul qildi (1998 ). Qarorga ko‘ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal o‘rnatildi, yirik ko‘cha, maydon, jamoa korxonalari va boshqalarga uning nomi qo‘yildi. Jaloliddin Manguberdining harbiy yurishlarida hamroh bo‘lgan tarixchi Nasaviy Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlab "œSiyrat as-sulton Jaloliddin Manguberdi" ("œSulton Jaloliddin Manguberdining holati") nomli asar, Maqsud Shayhzoda esa "œJaloliddin" (1943-yil) dramasini yozgan. Jaloliddin Manguberdi haqida video film, doston, p’esa va boshqalar yaratilgan. 2000-yilning 30-avgustida "œJaloliddin Manguberdi" ordeni ta’sis etilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:53:33
JEBE NO‘YON, (XII asr oxiri — XIII asr birinchi yarmi) — Chingizxonning atoqli sarkarda — no‘yonlaridan biri. Nerun qabilasining yesut urug‘idan. Chingizxonga qo‘shilguncha tayjeut qabilasi boshliqlaridan sanalgan Qadan tayjening o‘g‘li to‘daning xos yigiti bo‘lgan. Jebe no‘yonning lashkarboshilik salohiyatini yuqori baholagan Chingizxon uni o‘ta mas’uliyatli harbiy amaliyotlarga tayinlagan, jumladan, 1216-yilning bahorida naymanlar xoni Kuchluqga qarshi o‘g‘li Jo‘chi va Jebe no‘yon boshchiligida 20 minglik qo‘shin jo‘natgan. Bu qo‘shin zafar bilan qaytayotganda Irg‘ez daryosi bo‘yidagi jangda Muhammad Xorazmshohning 60 ming kishilik qo‘shiniga ro‘baro‘ kelgan. Chingizxonning Xitoyga yurishi (1211 yil) paytida Jebe no‘yon Jo‘rja viloyatining yirik shahri Tunkinni egallash uchun jo‘natilgan. Jebe no‘yon o‘ziga xos harbiy taktik usul qo‘llab shaharni egallaydi. Shu yili Chamchil darasiga kirish yo‘lini qo‘riqlash topshirilgan Jebe no‘yon xitoyliklarning Udun qo‘mondonligidagi askariy qismlariga qo‘qqisdan hujum qilib, ularni tor-mor keltiradi. 1220-yil Movarounnahrni istilo qilish chog‘ida Chingizxon 20 ming kishilik qo‘shin bilan Jebe no‘yon va Subutoy bahodirni yurtini tark etgan Muhammad Xorazmshohni ta’qib etish va uning tasarrufidagi Arron, Ozarbayjon, Eron va Shirvon yerlarini zabt etishga jo‘natgan. Ular dastavval Iroqi ajamning Har, Semnon, Ray, Qum, Hamadon, Qazven, Ozarbayjonning Tabriz, Marog‘a, Nahechevan, Sarob, Ganja, Baylaqon kabi shaharlarni egallashgan. Gurjilar (gruzinlar)ning 30 ming kishilik qo‘shini harbiy hiyla bilan yakson etgan Jebe no‘yon va Subutoy bahodir qo‘shini Shirvonshohlar sulolasining bosh shahri Shamohiy (Shemaha)ni istilo qiladi va Darbanddan o‘tib, Shimoliy Kavkazga alanlar yurtiga bosib kiradi ularning qarshiligini sindirib, qo‘qqisdan qipchoqlarga hujum qiladi. Omon qolgan qipchoqlar Rus yerlariga qochishga majbur bo‘lishgan. Qish mavsumini qipchoqlarning sersuv yaylovlarida o‘tkazgan Jebe no‘yon va Subutoy bahodir Qrimning janubidagi Sug‘daqni zabt etadi. Kalka jangida rus knyazlari va qipchoqlarning birlashgan qo‘shinini yenggan mo‘g‘ullar ruslarning ko‘pdan-ko‘p shaharlarni istilo qilganlar, so‘ngra Volga-Kama Bulg‘oriyasida qattiq qarshilikka duch kelgach, orqaga qaytib, Qoraqurumga qaytayotgan Chingizxonga kelib qo‘shilganlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:53:41
JO‘CHIXON, JO‘CHI, JO‘JI, CHJOCHI (taxminan 1184-1227) — mo‘g‘ullarning yirik sarkardasi, Chingizxonning katta o‘g‘li; uning harbiy rejalarini ro‘yobga chiqargan. Rivoyatlarga ko‘ra, Chingizxonning xotini Borte (Burta fujin) homiladorlik paytida market qabilasi tomonidan asirlikka olingan. Keyinchalik uni asirlikdan halos etishgach, Jo‘ji tug‘ilgan. Abug‘ozi Bahodirxonning yozishiga ko‘ra "œJo‘ji"ning ma’nosi "œmehmon bo‘lgan" ("œShajarai turk"). Jo‘ji Xitoy (1711 1715), O‘rta Osiyo (1219-1221), Dashti Qipchoqni bosib olishda faol ishtirok etgan. Jo‘ji boshchiligidagi 20 ming nafar mo‘g‘ul qo‘shini Irg‘iz daryosi bo‘yidagi jangda Muhammad Xorazmshohning 60 minglik qo‘shini bilan jang qilgan, bu islom lashkarlarinning mo‘g‘ullar bilan dastlabki to‘qnashuvi bo‘lgan. Faqatgina Jalolidin Manguberdining harbiy mahoratigina Xorazmshoh qo‘shini mag‘lubiyatdan saqlab qolgan. Chingizxon qo‘shini O‘rta Osiyoga yurish qilganda, otasi Jo‘jini Sirdaryo bo‘yidagi Jand, O‘zgand, Sig‘noq kabi shahar qal’alarni egallashni buyurgan. Jo‘ji bu qal’alarni olgach, ukalari Chig‘atoy va O‘qtoyxon bilan birgalikda Xorazm poytaxti Urganchni qamal qilgan, shaharni yetti oylik janglardan so‘nggina egallagan. Chingizxon mo‘g‘ullar zabt etgan yerlarini o‘g‘illariga taqsimlab berganda (1224-yilda) Jo‘jiga Irtishdan Uralgacha va undan G‘arb tomonga cho‘zilgan yerlar mulk qilib berilgan. Jo‘ji Sharqiy Yevropaga qilmoqchi bo‘lgan harbiy yurishi boshlanmasdan oldin vafot etgan; ba’zi malumotlarga ko‘ra, Jo‘jini markaziy hokimiyatdan ajralib chiqmoqchi ekanlikda gumonsiragan Chingizxon maxfiy buyruq berib qatl ettirgan. Jo‘jining qabri Jezqazg‘an shahri (Qozog‘iston)da joylashgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:53:49
JUVAYNIY, ALOUDDIN OTAMALIK IBN BAHOUDDIN MUHAMMAD AL-JUVAYNIY (1126, G‘arbiy Xuroson, Juvayn viloyati, Ozodvor qishlog‘i — 1283-yil, Arron) — tarixchi olim va davlat arbobi. Yoshligidan arab, fors, mo‘g‘ul, uyg‘ur tillarini mukammal o‘rgangan. Xurosondagi mo‘g‘ul hukmdorlari Qirqko‘z, Arg‘un og‘a va Hulaku devonida xizmat qilgan. 1247-1253-yillarda Qoraqurum (Mo‘g‘uliston) ga borgan. Elxonlarning Bog‘doddagi noibi (1259-1283-yillar, tanaffuslar bilan). Juvayniy mo‘g‘uliston, O‘rta Osiyo hamda Eronning XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini hikoya qiluvchi "œTarixi Jahonkushi" (1260-yil) nomli shoh asari bilan shuhrat topdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:53:57
JUZJONIY (Jurjoniy) Abu Umar Minhojiddin Usmon ibn Sirojiddin (1193-1262) — o‘rta asr tarixchisi. Asli eronlik bo‘lib, Hindistonda yashagan. Dehli sultoni Nosiriddin Mahmudga bag‘ishlab, "œTaboqati Nosiriy" ("œNosir turkumlari") nomli tarixiy asar yozgan. Bu uning eng yirik asari bo‘lib, u kichik muqaddima va ummaviylar, abbosiylar, tohiriylar, safforiylar, somoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, sanjariylar, xorazmshohlar tarixiga oid 23 tabaqa (turkum, bo‘lim)dan iborat. Juzjoniy ushbu asarning bir qismini tarixiy asarlarga, surishtirib bilgan voqealarga asoslanib, yozgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:54:08
KEBEK — Chig‘atoy xonlaridan biri (1318-1326). U Movarounnahrdek madaniy o‘lka bilan mustahkam aloqa o‘rnatishga va o‘troq hayot kechirishga intilgan. Kebek hokimiyatni bevosita o‘z qo‘liga olib, Qashqadaryo vohasidagi qadimgi Nasaf shahri yonida o‘ziga saroy qurdiradi. Saroy mo‘g‘ul tilida "œQarshi" deb yuritilib, shu saroyda turib u mamlakatni idora qiladi. Keyinchalik bu saroy atrofida yangi shahar qad ko‘taradi va u ham "œQarshi" deb atala boshlaydi. Bora-bora Qarshi gavjumlashib, eski Nasaf shahri xarob bo‘ladi. Kebek davlatni idora etish tuzilishini va uning iqtisodiy hayotini tartibga solish maqsadida ma’muriy va pul sohasida islohot o‘tkazadi. Kebekning islohoti bo‘yicha davlat viloyatlarga bo‘linib, ular mo‘g‘ulcha "œtuman" deb yuritiladi. Ammo ma’muriy islohot mahalliy hokimliklar va bekliklarga barham bermaydi, balki ularga moslashadi. Mayda mahalliy hokimliklar va bekliklar tumanlarga, viloyatlarga, ilgari hokimlar esa tumanlarning noibiga aylantiriladi. Avvalgi mahalliy hukmdorlar — maliklar va sadrlarning o‘rinlarini turk-mo‘g‘ul urug‘ boshliqlari egallaydi. Kebek joriy qilgan ma’muriy bo‘linish, garchi qadimiy an’analarga barham bera olmagan bo‘lsa-da, u Movarounnahrda o‘rta asr davlatni mustahkamlashda ijobiy rol o‘ynaydi. Kebek davrida ichki savdo-sotiqni tartibga solish, qo‘shin davlatlar bilan tashqi savdo munosabatlarini yaxshilash uchun butun mamlakatda yagona pul joriy qilinadi. Erondagi Xulagular davlati va Oltin O‘rta xonligining kumush tangalari namunasida Kebek ikki xil pul: kumush tanga — "œdinor" va mayda kumush tanga "œdirham"lar zarb ettiradi. Kebek dinorining vazni 2 misqol, dirhamining og‘irligi 1/3 misqolga teng bo‘lgan. Kebek o‘troq hayotga ko‘chadi va uning noiblarining bu harakatiga garchi Movarounnahrning o‘troq aholisi xayrixohlik bilan qarasa-da, ammo mo‘g‘ul ko‘chmanchi ma’murlarning kattagina qismi unga norozilik bildiradi va qarshilik qiladi. Shunday bo‘lsa-da, viloyatlarga kelib o‘rnashib olgan mo‘g‘ullar asta-sekin o‘troq hayotga ko‘chib, dehqonchilik bilan shug‘ullana boshlaydilar. Bu esa, o‘z navbatida, mo‘g‘ullarni borgan sari mahalliy, ayniqsa turkiy xalqlarning madaniyati, urf odatlarini, tilini qabul qilishga va ularga singib, turklashish jarayonini kuchayishiga olib keladi. Ular islom dinini qabul qila boshlaydilar. 1333-yilda Movarounnahrda bo‘lgan arab sayyohlaridan biri Kebekning ukasi Tamashirin (1334-1376 yillar) masjidda uchratganligini qayd qilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:54:17
KUBRO, NAJMIDDIN KUBRO (taxallusi; asl ism-sharifi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy al-Xorazmiy) (1145-1221) — ulug‘ shayx, tasavvufning taniqli vakillaridan biri, kubroviylik tariqatining asoschisi. Uning taxallusi "œdinning ulu’g yulduzi" ma’nosini beradi. Kubroning karomat ko‘rsatish, voqealarni oldindan bilishi, o‘tkir nazari bilan ta’sir eta olish xislatiga ega inson bo‘lganligi haqida rivoyatlar tarqalgan. Kubro yoshligidan ilmga qiziqqan, qobilyatli bo‘lgan. Islom asoslari, shariat, hadis va tafsirni juda tez o‘zlashtirib oladi. 16-17 yoshlarida tahsilni chuqurlashtirish maqsadida Xorazmdan chiqib, Eron, Misr, Shomu Iroq mamlakatlarini kezadi. Tariqatdan xabardor bo‘lishga intilib, bir necha shayx Ro‘zbixon Vazzon Misriy (1189-yil vafot etgan)ga murid tushadi, undan tariqat odobini o‘rganadi, shayxning qiziga uylanadi. Kubro o‘z qarashlarini arab tilida yozgan bir necha risolalarida bayon etgan. Ulardan asosiylari: "œFavoih al-jamol va favotih al-jalol" ("œJamol xushbo‘yliklari va jalolning kashfi"), "œAl-usul al-ashara" ("œO‘nta usul’), "œRisola at-turuq" ("œTariqatlar risolasi"), "œRisolat al-xoif al-hoim min lavm al-loim" ("œMalomatchining malomatidan hazar qiluvchi haqida risola’) va boshqalari. Kubroning fоrs tilidа yozgаn «Fi оdоbus sоlikin» («Sоliklаr оdоbi hаqidа») risоlаsi hаm bоr. U Qur’оngа mutаsаvviflаr nuqtаi nаzаridаn shаrh bеrishni охirigаchа yеtkаzа оlmаdi, bu ishni uning shоgirdlаri tugаllаdi. Fоrschа rubоiylаridа jаvоnmаrdlik, pоk ахlоq g‘оyalаri ifоdаlаngаn. Shayx Najmiddin Kubro 76 yoshida o‘z do‘st-u shogirdlari va behisob murid-u izdoshlari bilan Urganch shahrida mo‘g‘ullarga qarshi jangda ishtirok etadi. Najmiddin Kubroning iltijo bilan "œYo Vatan, yo sharafli o‘lim" deb aytgan xitobi rahnamoligida har bir mahalla, ko‘cha-ko‘y, guzari rasta, masjidi madrasa va har bir xonadon janggohga aylanadi. Manbalarda ta’riflanishicha, hatto Chingizxon Najmiddin Kubroga ahli a’yonlari, barcha yor-u do‘stlari bilan shahar tashqarisiga chiqib, jon saqlashni taklif etgan. Ammo shayx Chingizxon taklifini rad qilgan. Oqibat son jihatdan teng bo‘lmagan dushman bilan olib borilgan shiddatli jangda og‘ir yaralangan Najmiddin Kubro o‘lim oldida tig‘ tutgan mo‘g‘ul sarboziga tashlanib, qahramonlarcha shahid bo‘ladi. Qabri Ko‘hna Urganchda. Keksa shayx va donishmand insonning bu jangdagi qahramonligi, jasorati avlodlarga ibrat bo‘lib qoldi. Kubro shaxsi va uning merosi O‘zbеkistоndа mustаqillik tufаyli o‘rgаnilа bоshlаndi. 1995-yildа O‘zbekistonda Kubro tavalludining 850 yilligi nishonlandi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:54:25
KUCHTЕGIN PAHLAVON (XIII аsr) — Хоrаzmshоhlаr dаvlаti hаrbiy аrbоblаridаn biri. Mo‘g‘ullаr istilоsi dаvridа Mаrv mudоfааsi rаhbаri. Mo‘g‘ullаr Mаrvni 1221 yilning 25-fеvraldа bоsib оlgаnlаr vа shаhаr hоkimligigа аmir Diyo-аd-Din Аlini, shiхnаlikkа — mo‘g‘ul Bоrmаsni tаyinlаshgаn. 1221 yilning 7-nоyabrdа Mаrv аhоlisi qo‘zg‘оlоn ko‘tаrib Bоrmаsni quvib yubоrgаn, Diyo-аd-Din Аli bu pаytdа shаhаrdа bo‘lmаgаn. U qo‘zg‘оlоnchilаr tаrаfini оlmаgаn vа Mаrvgа Kuchtegin Pahlavon kеlishi bilan mo‘g‘ullаr tоmоnigа o‘tib kеtgаn vа Murg‘ qаl’аsigа bеrkingаn. Kuchtegin Pahlavon shаhаr mudоfаа dеvоrlаrini qаytа tiklаgаn, Murg‘оb dаryosidаgi to‘g‘оnni tа’mirlаgаn. Shundаn so‘ng u Diyo-аd-Din Аlini bаrtаrаf etgаn. Mo‘g‘ullаr kаttа kuch bilan kеlib qo‘zg‘оlоnni bоstirgаn. Kuchtegin Pahlavon ming kishilik qo‘shini bilan Mаrvni tаrk etgаn. U Buхоrоgа yo‘l оlgаn, Jаyхundаn o‘tgаndа mo‘g‘ullаrgа to‘sаtdаn hujum qilib, ulаrning bоshliqlаrini (shiхnаsini) o‘ldirgаn. Shundаn so‘ng mo‘g‘ullаr ungа qаrshi 10 ming kishilik оtliq qo‘shin tаshlаgаn. Sаngbаst qishlоg‘i yonidаgi jаngdа Kuchtegin Pahlavon mo‘g‘ullаrdаn yеngilgаch, Sаbzаvоrgа kеtgаn. Sаbzаvоrdа Elchi Pаhlаvоnning o‘g‘li Ekаnqu bilan uchrаshib, u bilan birgа Inоnchхоngа qo‘shilgаn. Ulаrning оrqаlаridаn quvib kеlgаn mo‘g‘ul qo‘shinidаn Jurjоn jаngi (1222)dа mаg‘lubiyatgа uchrаgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:54:33
MAHMUD TOROBIY (?-1238-yillar) — Buxoroda mo‘g‘ullar zulmiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon (1238-yil) rahbari. Hunarmand oilasida tug‘ilgan. G‘alvirchilik bilan shug‘ullangan, ayni paytda tabiblik ham qilgan. U kuchli nufuzga ega, tasavvuf g‘oyalari bilan tanish shaxs bo‘lgan. Buxoroda mo‘g‘ullarga qarshi boshlangan qo‘zg‘olonga mashhur ulamo Shamsuddin Mahbubiyning taklifi bilan rahbarlik qilgan. Buxoro atrofida mo‘g‘ullarga qarshi bo‘lgan jangda halok bo‘lgan. Qabri ustiga XIII asrda qurilgan daxma vatanimiz mustaqillikka erishgach, qayta ta’mirlandi. Mahmud Torobiy haqida Oybek "œMahmud Torobiy" (1944-yil) opera librettosi va dostonini, Asad Dilmurod "œMahmud Torobiy" (1998-yil) tarixiy romanini yozgan. Buxoro viloyati Jondor shaharchasida haykal o‘rnatilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:54:41
MUBОRАKSHОH (?-1266) — Chig‘аtоy ulusi хоni (1265-1266). Qоrа-Hulаgu vа Ergene (Оrqinа) хоtun o‘g‘li. Jаmоl Qаrshiyning yozishichа, 1265-yil mаrt оyidа Оhаngаrоndа хоn dеb e’lоn qilingаn. Chig‘аtоy аvlоdlаridаn birinchi bo‘lib islоm dinini qаbul qilgаn. Shundаy qilib O‘rtа Оsiyoni ilk mаrоtаbа Хubilаy qооn tоmоnidаn tаyinlаnmаgаn mo‘g‘ul hukmdоri bоshqаrа bоshlаgаn. Bu hоlgа qаrshi bo‘lgаn Хubilаy Turkistоngа bоshqа bir Chig‘аtоiy shаhzоdа Bаrоq (Bаrоqхоn)ni yubоrgаn. 1266-yil sеntabrdа Muborakshoh Хo‘jаnd yaqinidаgi jаngdа mаg‘lubiyatgа uchrаb, аsir оlingаn, shundаn so‘ng Bаrоq O‘zgаnddа o‘zini хоn dеb e’lоn qilgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:55:39
MUHAMMAD TOROBIY — Mahmud Torobiyning ukasi. U akasining o‘limidan so‘ng Ali bilan birgalikda Torobiy qo‘zg‘oloniga boshliq qilib saylanadi. Biroq yangi rahbarlarning harbiy tajribasi va omma o‘rtasida yetarli obro‘yi yo‘q edi. Ularning bunday holati tez orada ayon bo‘lib qoladi. Chunki oradan bir hafta o‘tmay, ularga qarshi mo‘g‘ullarning yangi qo‘shini hujum qiladi. Jangda qo‘zg‘olonchilar butunlay tor-mor qilinib, Torobiyning har ikkala ukalari ham halok bo‘ladilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:55:48
MUNKE, MANGU (1208-1259-yillar) — mo‘g‘ullar davlatining 4-buyuk xoni (qooni) (1251-1259), Chingizxonning nabirasi, Tulixonning to‘ng‘ich farzandi. 1251-yil Qoraqurumda bo‘lgan qurultoyda Botuxonning qaroriga binoan qoonlik shohsupasiga o‘tirgan. Qurultоy pаytidа Munkening hukmdоr etib sаylаnishigа qаrshi chiqmоqchi bo‘lgаn O‘qtоyхоn tаrаfdоrlаri hibsgа оlinаdi. 77 kishi qurultоydаn kеyin qаtl etilаdi, Chеrаmun vа boshqa хоnzоdаlаr аfv etilаdi vа mаmlаkаtning turli chеkkа vilоyatlаrigа jo‘nаtilаdi. Munke dushmanlik ruhida bo‘lgan Chig‘atoy va O‘qtoy uluslarini bo‘ysundirish hamda tasarrufidagi yerlar chegarasini Botuxonga tegishli bo‘lgan Jo‘ji ulusi sarhadlarigacha yetkazishga muvaffaq bo‘ladi. Chig‘atoy ulusiga Ergana xotun (Orqina xotun) hukmdor etib tayinlanadi. Uning davrida Chig‘atoy ulusi mulk sifatida tugatiladi. Chig‘atoy Botu bilan Munqa o‘rtasida kelishuv asosida taqsimlanib, Sirdaryogacha bo‘lgan yerlarni Munqa, Movarounnahrni esa Botu egallab oladi. Sharqiy Turkiston, Quljin, Yettisuv Munke tasarrufiga o‘tadi. Munke davriga muayyan viloyat yoki yurtning millati va dinini e’tibordan qochirmagan holda boshqarishga katta e’tibor qaratiladi. Shu bois qoon devonida barcha millat vakillari faoliyat ko‘rsatar, biror-bir yurt, elat xalqiga qarata qabul qilinadigan qaror yoki murojaatnomalar shu xalqning tilida va yozuvida bitilar edi. Munke soliq undirishning O‘qtoyxon vaqtida o‘rnatilgan tartibini qayta joriy etadi va bu boradagi mavjud boshboshdoqlikka chek qo‘yadi. Soliqning miqdori aniq belgilangan, asosan, pul shaklida yig‘ilgan. Rashidudinning fikricha, jonbosh solig‘i Xitoy va Movarounnahrda eng ko‘pi 15 dinor, Xuroson va Eronda eng ko‘pi 7 dinor, eng kami esa, 1 dinorni tashkil qilgan. Munke Chingizхоn vаfоtidаn so‘ng qаbul qilingаn bаrchа yorliq vа pаyzаlаrni bеkоr etаdi. Nаtijаdа хоnzоdаlаr bаrchа аmаllаrini buyuk qооnning nоiblаri bilan mаslаhаtlаshgаn hоldа аmаlgа оshirishgа mаjbur bo‘ldilаr. U mahalliy ma’murlar, ruhoniy va savdogarlarning asosiy qismi ba’zi bir xonlar hamda harbiy ma’murlarning kichik bir qismi o‘troq hayot tarafdori bo‘lib, ular boshboshdoqlikka qarshi kurash olib borib, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga intilardilar. O‘troq hayotni — dehqonchilik va savdoni ular davlat xazinasiga muttasil tushib, uni to‘ldirib turadigan ulkan daromad manbai deb hisoblar va bu siyosat tarfdorlaridan biri edi. Munke 1259-yilda Xitoyga qarshi olib borilayotgan urush chog‘ida vabo kasaliga chalinadi va 8 kunlik xastalikdan so‘ng vafot etadi. Uning jаsаdi o‘g‘li Аsutоy tоmоnidаn mo‘g‘ulistоngа kеltirilаdi. Munke Burhоn Хоldun mаvzеyidа Chingizхоn vа Tuliхоn qаbrlаri yaqinigа dаfn etilаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:55:57
MUZAFFAR MALIK — Jaloliddinning lashkarboshi-laridan biri. mo‘g‘ullar ustidan Parvona dashtida g‘alaba qozonilgandan so‘ng qo‘lga kiritilgan o‘ljalarni taqsimlashda lashkarboshilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik boshlanadi. Oqibatda Sayfudtin Ag‘roq, A’zam Malik va Muzaffar Malik qo‘shindan ajralib, o‘z viloyatlari tomon ketadilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:56:07
MАHMUD YALAVOCH, MАHMUD ХОRАZMIY (? — 1254, Pеkin) — Chingizхоn хizmаtidа bo‘lgаn хоrаzmlik sаvdоgаr. Chingizхоn tоmоnidаn Muhаmmаd Хоrаzmshоh huzurigа elchi bo‘lib kеlgаnligi uchun yalаvоch (elchi) lаqаbi bilan mаshhur. Mahmud Yalavoch qоrахitоylаr хizmаtidа hаm bo‘lgаn (1211). Chingizхоn sаvdо-sоtiqqа kаttа e’tibоr bеrib, kаrvоn yo‘llаrining bехаtаrligini tа’minlаsh bilan birgа musulmоn sаvdоgаrlаrigа hurmаti bаlаnd bo‘lgаn. Shu tufаyli mo‘g‘ulistоngа kеlib sаvdо qilgаnlаr оrаsidа Buхоrо, Sаmаrqаnd, O‘trоr, Хo‘jаnd kаbi shаhаrlаrdаn kеlgаnlаr ko‘pchilikni tаshkil qilgаn. Ulаr оrаsidа Mаhmud hаm bo‘lgаn. 1218-yil bаhоridа Chingizхоn uni buхоrоlik Аliхo‘jа (Аli хоchje), o‘trоrlik Yusuf Jаhоngir (Yusufu-Jyanke) hаmrоhligidа Muhаmmаd Хоrаzmshоh sаrоyigа elchi (yalаvоch) qilib yubоrgаn. Sаfаr оldidаn Chingizхоn ulаrgа kаttа miqdоrdа sоvg‘а-sаlоmlаr vа o‘z mаktubini tоpshirаdi. Mаktubdа Chingizхоn Хоrаzmshоhni "œo‘g‘limdеk yaхshi ko‘rаmаn" dеb tа’kidlаb uni itоаtgа chаqirgаn. Mahmud Yalavoch bоshchiligidаgi elchilаr Buхоrоdа Muhаmmаd Хоrаzmshоh bilan uchrаshib, ungа Chingizхоnning sоvg‘аlаr vа mаktubini tоpshirgаnlаr. Хоrаzmshоh mаktubni o‘qigаch, birоntа so‘z аytmаy, kеlgаn elchilаrni kuzаtib qo‘yishni buyurgаn. Mo‘g‘ullаr istilоsidаn so‘ng Mahmud Yalavoch Хo‘jаndgа ko‘chib kеlib, bir nеchа vаqt Chingizхоn nоmidаn Mоvаrоunnаhrni idоrа qilgаn, vilоyatlаrni bоshqаrishdа bоsqоqlik mаnsаbini jоriy etgаn. Shungа ko‘rа, u yig‘ilgаn sоliqlаrni Chig‘аtоyхоngа emаs, bаlki to‘g‘ridаn to‘g‘ri Chingizхоn sаrоyigа yubоrib turgаn. Bu hоl Chig‘аtоygа yoqmаs edi, chunki оtаsi ungа suyurg‘оl qilib bеrgаn hududgа Mahmud Yalavoch hоkimlik qilgаn jоylаr hаm kirаr edi. Bundаn tаshqаri, Chig‘аtоy buddа dinigа e’tiqоd qilgаni tufаyli Mahmud Yalavochning islоm dinigа qаttiq аmаl qilib, buzilgаn shаhаr vа uy-jоylаrni, iqtisоdiy vа mаdаniy hаyotni tiklаshigа, mаktаb vа mаdrаsаlаr qurilishigа kаttа e’tibоr bеrishigа qаrshi bo‘lgаn. Shu tufаyli Chig‘аtоy Mahmud Yalavochdаn qutulish yo‘lini ахtаrib, fursаt pоylаgаn. 1227-yil Mahmud Yalavochni qo‘llаb-quvvаtlаb turgаn Chingizхоn vаfоt etgаn. 1238-yil Buхоrоdа Mаhmud Tоrоbiy qo‘zg‘оlоni bo‘lgаn. Chig‘аtоy qo‘zg‘оlоndа Mahmud Yalavochni аybdоr dеb tоpib, uni jаvоbgаrlikkа tоrtish uchun Хitоygа jo‘nаtgаn. Хitоy mаnbаlаridа Mahmud Yalavochni Tоrоbiy qo‘zg‘оlоnining sаbаbchisi sifаtidа jаvоbgаrlikkа tоrtilgаni yoki tоrtilmаgаni hаqidа mа’lumоt yo‘q. Yuаn sulоlаsi tаriхidа ko‘rsаtilishichа, O‘qtоyхоn hukmrоnligining so‘nggi yili, ya’ni 1241-yil 10-оyidа Mahmud Yalavochgа Хitоy аhоlisining mа’muriy ishlаrini bоshqаrish vаzifаsi yuklаtilgаn. Guyukхоn (1246-48 ) vа Munke (1251-59) dаvridа hаm Mahmud Yalavoch yuqоri lаvоzimni sаqlаb qоlgаn. Хususаn, 1251-yil u Pеkin shahrigа hоkim etib tаyinlаngаn. Хitоy mаnbаlаridа Mahmud Yalavoch G‘аrbiy o‘lkаlаr (O‘rtа Оsiyo vа Shаrqiy Turkistоn)ni bоshqаruvchi bоsh nоzir sifаtidа eslаtib o‘tilgаn. Mahmud Yalavoch Pеkingа qisqа muddаt hоkimlik qilgаn bo‘lsа-dа, shаhаr qurilishi vа оbоdоnchiligi yo‘lidа kаttа ishlаrni аmаlgа оshirgаn vа ungа ko‘plаb turkistоnliklаrni jаlb qilgаn. Mahmud Yalavochning kichik o‘g‘li Аlibеk (? — 1281) Shаrqiy Turkistоnning Ili vilоyati hоkimi etib tаyinlаngаn. Хubilаy mo‘g‘ullаr ulug‘ qооni etib tаyinlаngаndа (1260) u mаrkаziy o‘rdаgа chаqirtirilib, dаvlаt ishlаrigа jаlb etilgаn. 1267-yil — mаslаhаtchi, 1272-yil o‘ng qo‘l vаzir etib tаyinlаngаn. Shundа ungа Хenаn o‘lkаsining mа’muriy ishlаr bоshlig‘i vаzifаsi tоpshirilgаn. 1276 yil u Jyangхuey o‘lkаlаri hоkimi etib tаyinlаngаn. Birоq 1281-yil bоshidа Аlibеk tuxmаt bаlоsigа uchrаb, хоqоn аmrigа хiyonаt qilgаnlikdа аyblаnib qаtl etilgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:56:16
MАS’UD YALAVOCH, MАS’UDBЕK (?-1289) — Turkistоn vа Mоvаrоunnаhrni mo‘g‘ullаr nоmidаn idоrа etgаn аmаldоr (1239-89). Mаhmud Yalаvоchning o‘g‘li. Mаhmud Tоrоbiy qo‘zg‘оlоnidаn so‘ng qo‘zg‘оlоnchilаr-gа nisbаtаn yеtаrli dаrаjаdа qаttiqqo‘l siyosаt yurgizmаgаn оtаsi Хitоygа jo‘nаtilgаch, uning o‘rnigа O‘qtоyхоn tоmоnidаn tаyinlаngаn Mas’ud Yalavoch yarim аsr mоbаynidа hаr qаndаy siyosiy to‘ntаrishlаrgа qаrаmаy, Uyg‘uristоndаn Хоrаzmgа qаdаr bo‘lgаn O‘rtа Оsiyo hududidа yashаgаn o‘trоq аhоli ishlаrini idоrа qilgаn. Munkе dаvridа Uyg‘uristоnni hаm bоshqаrgаn. Juvаyniy Mas’ud Yalavoch dаvridа Buхоrоdа bunyod etilgаn binоlаrni аyniqsа mаdh etаdi. Хususаn, mаlikа Suyurko‘ktаni bеkа (Tuliхоn bеvаsi) mаblаg‘i hisоbigа qurdirgаn "œХоniya mаdrаsаsi", "œMаs’udiya mаdrаsаsi" kаbilаrni ko‘rsаtib o‘tаdi. Bu ikki binо Rеgistоngа yaqin yеrdа qаd ko‘tаrgаn bo‘lsа kеrаk, chunki Juvаyniyning so‘zlаrigа ko‘rа, ulаr Buхоrо mаydоnining ko‘rki bo‘lishgаn. Mаdrаsаlаrning hаr biridа 1000 tаgаchа tаlаbа o‘qigаn. Mаlikа gаrchi хristiаn dinidа bo‘lsа hаm, mаdrаsаgа 1000 bоlish pul ehsоn qilgаn. "œХоniya mаdrаsаsi"ning mudаrrisi vа mutаvаlliysi mаshhur sufiy Sаyfiddin Bоhаrziy edi. Bа’zi mа’lumоtlаrgа ko‘rа, Kоshg‘аrdаgi mаdrаsаni hаm Mas’ud Yalavoch qurdirgаn. 1251-yil Mas’ud Yalavoch Аrg‘un bilan Bеshbаliqdа uchrаshgаn. 1255-yil kuzidа Hulоkuni Sаmаrqаnd аtrоfidаgi Kоnigildа 40 kun ziyofаt qilgаn. Kеyinchаlik Tеmuriylаr dаvridа shuhrаt qоzоngаn ushbu mаvzе nоmining tаriхiy mаnbаlаrdа ilk bоr uchrаshi shu dаvrgа to‘g‘ri kеlаdi. Chig‘аtоy ulusigа hukmrоnlik qilish uchun mo‘g‘ul shаhzоdаlаri o‘rtаsidаgi o‘zаrо kurаshlаrdа tахt dа’vоgаrlаri Mas’ud Yalavochgа suyanishgа hаrаkаt qilishgаn. Mаsalan, 1260-yillаrdа Chig‘аtоyning nаbirаsi Аlgu Mas’ud Yalavoch to‘plаgаn mаblаg‘ hisоbigа O‘trоrni Bеrkахоndаn tоrtib оlgаn. Mas’ud Yalavoch hаm оtаsi bоshlаgаn siyosаtni dаvоm ettirib, ulus dаrоmаdini хоqоn хаzinаsigа аvvаldаn to‘lаb, аhоlidаn bаrоt аsоsidа uni ko‘pаytirib yig‘ib оlаrdi. 1273-yil yanvardа Hulоkuiylаr Buхоrоni bоsib, аhоlisini qirg‘in qilаdilаr vа shаhаrni 7 kun tаlоn-tоrоj etib, so‘ng o‘t qo‘yadilаr. Bоsqin pаytidа shаhаrdаgi Mаs’udiya mаdrаsаsi vа kаttа kutubхоnа hаm yonib kеtаdi. Fаqаt 1283-yildа Mas’ud Yalavoch Buхоrоni (jumlаdаn, Mаs’udiya mаdrаsаsini) tiklаsh tаdbirlаrini ko‘rgаn. 1280-yillаrdа Mas’ud Yalavoch pul islоhоti o‘tkаzgаn. U Mоvаrоunnаhrning 16 shаhаr vа vilоyatlаridа, jumlаdаn, Sаmаrqаnd, Buхоrо, Tаrоz, O‘trоr, Хo‘jаnd vа boshqa shаhаrlаridа bir хil vаzn vа yuqоri qiymаtli sоf kumush tаngаlаr zаrb ettirib muоmаlаgа chiqаrgаch, mаmlаkаtdа tоvаr vа pul munоsаbаtlаri tiklаnа bоshlаgаn. Mas’ud Yalavoch o‘zi аsоs sоlgаn Mаs’udiya mаdrаsаsigа dаfn qilingаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:56:24
OQBEK — mo‘g‘ul lashkarboshisi, Xuloguxonning farmoniga ko‘ra Oqbek boshchiligidagi askarlar 1272-yili Movarounnahrga bostirib kirib, Kesh va Naxshob shaharlarini talaydilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:56:33
O‘QTОYХОN, O‘QTОY QООN, O‘GЕDЕY, UGEDEY (1186-1241-yil 11 iyul) — mo‘g‘ullаr dаvlаti ulug‘ qооni (1229-1241-yil 11 iyul); Chingizхоnning birinchi хоtini, ya’ni qo‘ng‘irоt urug‘ining ko‘zgа ko‘ringаn vаkili Dаy no‘yon qizi Bo‘rtа Fujindаn tug‘ilgаn 3-o‘g‘il. Mo‘g‘ullаr tоmоnidаn 1219-20-yillаrdа Mоvаrоunnаhrning zаbt etilishidа fаоllik ko‘rsаtgаn. Chingizхоn hаyotligidа O‘qtoyni tахt vоrisi dеb e’lоn qilgаn. Chingizхоn o‘limidаn 2 yil o‘tgаch, 1229-yildа Jo‘jiхоn o‘g‘lоnlаri, Chig‘аtоy vа Tuliхоn fаrzаndlаri hаmdа Bilgаdаy no‘yon vа Ilchidоy no‘yon singаri аrkоni dаvlаt ishtirоkidа chаqirilgаn buyuk qurultоydа O‘qtoy ulug‘ qооn (bоsh hukmdоr) etib sаylаngаn. O‘qtoy hukmrоnligi dаvridа Shimoliy Хitоy butunlаy mo‘g‘ullаr qo‘l оstigа o‘tgаn vа qооn Mаhmud Yalаvоchgа bu yurtni bоshqаrishni tоpshirgаn. O‘qtoy Хitоyni zаbt etib qаytgаch, 1235-yil Jo‘jiхоnning to‘ng‘ich o‘g‘li Bоtuхоn bоshliq chingiziy хоnzоdаlаrni Dаshti Qipchоq, Bulg‘оr, Rus, Аlаniya, Mоjаristоn, Chеrkеs, Bоshqird vа boshqa ellаrni fаth qilish uchun yubоrgаn. Ushbu hаrbiy yurishlаr 1240-yilning iyunigаchа dаvоm etgаn. Bu dаvrdа Qоrаqurumni оbоd qilish ishlаri аmаlgа оshirilgаn. Хitоydаn kеltirilgаn ustаlаr vа nаqqоshlаr yordаmidа ko‘rkаm ko‘shklаr, binоlаr qurilаdi. Хitоydаn Qоrаqurumgаchа bo‘lgаn mаsоfаdа bir-biridаn uzоqligi tахminan 30 km dаn ibоrаt 37 yomхоnа bunyod etilgаn. Mo‘g‘ullаrning yurishi vаqtidа vаyrоnаgа аylаngаn Hirоt shahrini qаytа tiklаshgа muvаffаq bo‘lingаn, аhоli ro‘yхаtgа оlingаn. Mo‘g‘ulistоnning bir qismi, Jung‘оriya vа Хitоyning bir qismi O‘qtoy tаsаrrufidа bo‘lgаn. Аyshu ishrаtgа bеrilish, hаddаn tаshqаri ko‘p shаrоb ichish оqibаtidа O‘qtoy 1241-yilning 11 iyulidа vаfоt etgаn. Tахt mа’lum muddаtgа uning bеvаsi Turаkinа хоtun qo‘ligа o‘tgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:56:41
O‘ZBEKXON — Oltin O‘rda xoni (1312-1342).
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:56:50
O‘ZLOQSHOH — Muhammad Xorazmshohning o‘g‘li. Chingizxon istilosi davrida Urganchni tark etib, qochib ketgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:56:58
OLG‘UXON — XIII asrning 60-yillarida Oltin O‘rda ma’murlariga qarshi keskin kurash olib borib, Chig‘atoy ulusini qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan Chig‘atoyning nabirasi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:57:07
OLOQ no‘yon — Chingizxon qo‘shinining uchinchi qismi qo‘mondonlaridan. Chingizxon u bilan Suketu Cho‘rbiyni besh ming kishilik qo‘shin bilan Sirdaryoning o‘rta sohili bo‘ylab, uning yuqori oqimiga joylashgan Banokat va Xo‘jand shaharlari tomon yuboradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:57:14
OQSHOH (?-1221 yillar) — Muhammad Xorazm-shohning o‘g‘li. Xorazmshoh o‘limi oldidan Oqshoh va boshqa o‘g‘li O‘zloqshohni chaqirib taxtni Jaloliddin Manguberdiga berajagini bildirgan. Aka-ukalar Gurganjni mudofaa etish uchun kelishgan. Sobiq valiahd O‘zloqshoh tarafdorlari Jaloliddinni tan olmaganlar. Jaloliddin Gurganjni tashlab ketishga majbur bo‘lgan. 3 kundan so‘ng mo‘g‘ullarning yaqinlashib kelayotganini eshitgan O‘zloqshoh va Oqshohlar ham shaharni tark etganlar. Mo‘g‘ullar ularni ta’qib etib, Xabushon viloyatidagi Vashta qishlog‘ida ularga yetib olganlar. Avvaliga shahzodalar mo‘g‘ullarning bir to‘dasini yengishgan, g‘alabadan kibrlanib, xavf-xatardan og‘oh bo‘lmay turganlarida mo‘g‘ullar ularni qurshab olib, askarlari bilan chopib tashlagan. Mo‘g‘ullar Otsiz va O‘zloqshohning kallalarini nayzaga ilib mamlakat bo‘ylab ko‘tarib yurishgan. Juvayniyning yozishicha, O‘zloqshoh va Oqshoh mo‘g‘ullar tomonidan asir olinib, 2 kundan so‘ng qatl etilgan. Rashidudinga ko‘ra, mo‘g‘ullar ularni shahzoda ekanliklaridan bexabar boshqalar qatori chopib tashlaganlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:57:22
PАHLАVОN MAHMUD, PURYOYVАLIY, QITОLI (1247, — 1326, Хivа) — shоir vа mutаfаkkir. Futuvvаt-juvоnmаrdlik guruhining ulug‘ pеshvоlаridаn biri. Fоrs tilidа ijоd qilgаn. Po‘stindo‘zlik, tеlpаkdo‘zlik bilan shug‘ullаngаn. Hindistоn vа Erоndа pоlvоnlikdа dоng tаrаtgаn. Shungа ko‘rа, Pаhlаvоn Mаhmud dеb аtаlgаn. Fоrs vа turkiy хаlqlаr аdаbiyotidа Umаr Hаyyomdаn so‘ng fаqаt rubоiy yozgаn shоir Pаhlаvоn Mаhmuddir. U Hаyyomning оddiy tаqlidchisi bo‘lmаy, mushоhаdа kuchi jihаtidаn u bilan bаrоbаr turgаn. Pаhlаvоn Mаhmud shаhаr hunаrmаnd-kоsiblаrining futuvvаt-juvоnmаrdlik hаrаkаti (XIII-XIV аsrlаr) tаshkilоtchisi, mа’nаviy rаhnаmоsi bo‘lgаn. Ko‘pchilik rubоiylаri mаrdlik, mаrhаmаt vа shаfqаt, sахоvаt vа оlijаnоblik kаbi juvоnmаrdlik g‘oyalаri аsоsidа yozilgаn. Аsаrlаridа tаsаvvuf tа’limоtining nаzаriy g‘оyalаri bilan juvоnmаrdlik tаriqаtining аmаliy qоidаlаri o‘zаrо оmuхtа hоldа bаyon qilingаn. Rubоiylаri fikrning rаvshаnligi, mаzmunning tеrаnligi, оbrаzlаrning rаng-bаrаngligi bilan аjrаlib turаdi. Хоrаzmdа yozilgаn qo‘lyozmа mаnоqibdа shоir hаyoti hаqidа mа’lumоtlаr bоr. Uning vаsiyatigа ko‘rа, jаsаdi o‘zining po‘stindo‘zlik ustахоnаsigа dаfn etilgаn. Vаqt o‘tishi bilan mаqbаrа аtrоfidа Pаhlаvоn Mаhmud mаjmuаsi vujudgа kеlgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:57:29
PLANO KARPINI — sayyoh, 1246-yilda u mo‘g‘ulistonda xoqon qarorgohida bo‘lib, quyidagilarni yozib qoldirgan: "œMo‘g‘ullar sarasinlar va boshqalarning yurtida o‘zlarini xo‘jayin deb hisblaydilar va eng yaxshi hunarmandlarni olib ketib ishlatadilar. Boshqa hunarmandlar esa o‘z kasb-korlaridan ularga o‘lpon to‘laydilar. Ular hunarmandlarga kuniga ma’lum miqdorda non, shuningdek, haftada uch marta bir bo‘lakdan go‘sht beradilar. Mo‘g‘ullar go‘shtni faqat shahrdagi hunarmandlargagina beradilar".
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:57:37
QORACHA HOJIB — Xorazmshohlar davlatida qo‘mondon. O‘tror qamali arafasida qal’a noibi Inalxonga yordam berish uchun 10 ming kishilik qo‘shin bilan kelib qo‘shilgan. Lekin qamal vaqtida u o‘z askarlari bilan shahardan chiqib, mo‘g‘ullarga taslim bo‘ladi. Ammo chingizzodlar Qoracha Hojibning o‘z podshohi va valene’matiga sotqinlik qilgani uchun uni barcha tarafdorlari bilan birgalikda qatl etadilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:57:45
QUTLUG‘ TEMUR (XIV аsr) — Оltin O‘rdаning nufuzli аmirlаridаn. O‘zbеkхоnning хоlаvаchchаsi vа eng buyuk аmiri, O‘zbеkхоnning Хоrаzmdаgi vоliysi (1321 yildаn). Qutlug‘ Temurning o‘g‘li Hоrunbеk O‘zbеkхоnning qizigа uylаngаn. Qutlug‘ Temurning zаvjаsi To‘rаbеkа-хоtun (To‘rаbеkахоnim) bo‘lgаn. Ibn Хаldunning yozishichа, Qutlug‘ Temur 1321 yil Qrim vilоyati nоibligidаn оlinib, Хоrаzmgа yubоrilgаn. 1328-yil yanа Qrimgа nоib etib tаyinlаngаn. 1338-yil bоshlаridа Хоrаzmdа bo‘lgаn sаyyoh Ibn Bаttutа Urgаnchdа Qutlug‘ Temur sаrоyidа qаbul qilingаn. Qutlug‘ Temur Qrim vа Хоrаzmdа ko‘plаb quduq, sаrdоbа, mаdrаsа, mаsjid, minоrа, sаrоylаr bunyod etgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:57:53
QUTLUG‘XON — Jand noibi. 1220-yilning mayida mo‘g‘ullar Jandga hujum boshlaganda Qutlug‘xon qo‘rquvdan Xorazm tomon qochib, shaharni butunlay bebosh qoldiradi. Bosqinchilar Jandni egallab, uni talaydilar. Aholisining qurollangan qismi qatl etilib, shahar vayron qilinadi. U 1221 yilning boshlarida Xorazm davlatining sultoni deb e’lon qilingan Jaloliddin Manguberdi Xorazm mudofaasiga jiddiy kirishganida, unga qarshi chiqadi. Qutlug‘xon boshchiligidagi qipchoq lashkarboshilari tomonidan uyushtirilgan fitna Jalolidinni Temur Malik bilan Xurosonga jo‘nashga majbur etdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:58:01
QАZАG‘ОN, QАZАG‘АN, АMIR QОZАG‘ОN (? — 1357/58 ) — Mоvаrоunnаhr аmiri (1346-58 ). So‘nggi chingiziylаrdаn bo‘lgаn Qоzоnхоngа qаrshi isyongа bоsh bo‘lgаn, o‘zаrо urushlаrdа Qоzоnхоn o‘ldirilgаn vа mаmlаkаt uning qo‘l оstigа o‘tаdi. Qazag‘on o‘z хаtti-hаrаkаtlаrigа qоnuniy tus bеrish uchun chingiziylаrdаn bo‘lgаn "œsохtа хоnlаr" — аvvаl Dоnishmаndchа, so‘ngrа Bаyonquliхоn yordаmidа hоkimiyatni bоshqаrgаn vа uning nоmidаn tаngа zаrb etib, hоkimiyatni qo‘lidа ushlаb turаdi. U mаmlаkаtni аdоlаtli bоshqаrish, tаdbir bilan ishlаrni оlib bоrish, yurt оsоyishtаligini sаqlаsh, el-yurt hоjаtini chiqаrishgа аlоhidа diqqаt qаrаtаdi. 1351-135-yillаri Hirоt оstоnаsidа Mаlik Husаyn lаshkаrini tоr-mоr etаdi. Hirоt аmаldоrlаri Mаlik Husаynni аg‘dаrib, o‘rnigа ukаsi Mаlik Bоqirni qo‘ymоqchi bo‘lishаdi. Fitnаdаn хаbаr tоpgаn Mаlik Husаyn 135-1353-yillаri Qazag‘on huzurigа yo‘l оlаdi. Mа’lum muddаtdаn so‘ng Hirоtgа qаytgаn Mаlik Husаyn qаytа Hirоt tахtini egаllаydi. Shu kеzlаrdа Qazag‘onning o‘g‘li Аbdullоh Sаmаrqаnddаn lаshkаr tоrtib Хоrаzm tоmоn yurish qilаdi vа uni zаbt etаdi. Tаriхiy mаnbаlаrdа yozilishichа, Qazag‘on qishni Sоli Sаrоy vа Qоrаtur (Аmudаryo sоhilidаgi mаvzе), yozni esа Munk (hоzizigi Bаljuvоn) shahridadа o‘tkаzgаn vа ko‘p vаqtini оv qilishgа sаrflаgаn. Qazag‘onni o‘rаnаytiyon qаbilаsidаn bo‘lgаn kuyovi Qutlug‘ Tеmur Bo‘rildоy o‘g‘li оv pаytidа o‘ldirgаn. Qazag‘onning аmir Kаyхusrаv bоshliq аmirlаri Qutlug‘ Tеmurni Qunduz аtrоfidа o‘ldirаdilаr. Аmirzоdа Аbdullоh оtаsi Qazag‘on o‘rnigа o‘tirаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:58:10
QОZОNХОN, QАZОN SULTОN (? — 1347) — Chig‘аtоy ulusi хоni (1332-47). Chig‘аtоyхоn nаslidаn bo‘lgаn Yasаvur o‘g‘lоnning fаrzаndi. 1332-yil Mоvаrоunnаhrdа хоnlik tахtigа o‘tirаdi. Qozonxonning hukmrоnlik vаqtidа zo‘rаvоnlik vа zulm kuchаyadi, аhоlining turmushi yomоnlаshаdi. Аmir Qаzаg‘оn ulusning tirik qоlgаn а’yonlаri bilan ittifоq tuzib bоsh ko‘tаrаdi vа Sоli-Sаrоydа qo‘shin to‘plаb, Qozonxongа qаrshi jаnggа tаyyorlаnаdi. 1345-yildа Dаrаyi Zаngiy qishlоg‘i yaqinidаgi dаshtdа hаr ikki qo‘shin to‘qnаshаdi. Bu jаngdа аmir Qаzаg‘оnning qo‘shini mаg‘lubiyatgа uchrаydi. G‘оlib Qozonxon Qаrshi shahar tоmоn yo‘l оlаdi. Shu yili qishning qаttiq sоvug‘idаn Qozonxon lаshkаri ulоvining ko‘p qismi qirilib kеtаdi. Аmir Qаzаg‘оn bu hоlаtdаn хаbаr tоpgаch, zudlik bilan qo‘shin jаmlаb, Qozonxonni yo‘q qilmоq mаqsаdidа rаqibi tоmоn yurаdi. 1347-yildа ikki tоmоn lаshkаrlаri yanа to‘qnаsh kеlаdi. Jаng аmir Qаzаg‘оnning g‘аlаbаsi bilan yakun tоpаdi. Qozonxon jаng mаydоnidа qаtl qilinаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:58:18
RASHIDUDDIN, to‘liq ismi Rashiduddin Fazluloh ibn Imomuddavla Abulxayr Hamadoniy, at-Tabib (1247-yil, Hamadon — 1318-yil 18-iyul, Tabriz) — Eron tarixchisi va davlat arbobi. Hulokiylardan Abaqaxon davri (1265-1282)da saroy xizmatida bo‘lgan. 1298-1317-yillari Erondagi mo‘g‘ul hukmdorlari G‘ozonxon, Hljaytuxon, Abu Sa’id saroyida vazir. Amalda davlatni idora etgan. Rashiduddin tashabbusi bilan o‘tkazilgan G‘ozonxon islohotlari mahalliy mulkdorlar ahvolini yengillashtirib, mo‘g‘ul amaldorlari o‘zboshimchaligiga barham bergan. Mamlakatda xo‘jalik tiklana boshlagan, yerlar iqto tarzida mo‘g‘ul harbiy boshliqlariga bo‘lib berilgan. Rashiduddin vazirligi davrida mamlakatda eng yirik yer egasiga aylangan. 1318-yil Rashiduddin mulkdorlar ig‘vosi bilan O‘ljaytuxonni zaharlashda ayblanib qatl qilingan. Rashidudin — yirik olim. U tarixdan tashqari tibbiyot, tabiiy fanlar va ilohiyotga doir risolalar yozgan. Uning "œJome at-tavorih" asari Hulokiylar davlati tarkibidagi mamlakatlarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tarixi, etnografiyasi, tili bo‘yicha muhim manbadir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:58:26
RUMIY JALOLIDDIN (1207-yil, Balx — 1273-yil, Ko‘nya) — shoir va mutafakkir. Tasavvufdagi mavlaviya tariqatining asoschisi. Arab, fors va turkiy tillarida ijod qilgan. Otasi Bahouddin Valad sufiylar va fiqh donishmandi bo‘lgan. Shu bois ham sulton Muhammad Xorazmshoh (1199-1220) saroyiga taklif etgan. Lekin Valad uning taklifini rad etib, maktabdorlik hamda ilmiy-ijodiy ish bilan mashgu’l bo‘lgan. Xorazmshoh bilan kelisholmagan Valad haj safari bahonasida oilasi bilan Balx shahrini tark etgan. Rumiy Makka yo‘lida Farididdin Attor bilan uchrashgan. 1220-yil Rum sultoni Alouddin Kayqubod I ning da’vati bilan Ko‘nya (Kichik Osiyo)ga kelgan. Rumiy Halab, Damashq va Bag‘dod madrasalarida o‘qigan, mudarrislik qilgan.Rumiy ijodi usmonli turk adabiyotining sarchashmasi hisoblanadi. Rumiyning she’rlar devoni, "œMakotib", "œIchindagi ichindadir" ("œFihi mo fihi") hamda "œMasnaviyi ma’naviy" kitoblari meros bo‘lib qolgan. "œMasnaviyi ma’naviy" 36 ming baytdan iborat bo‘lib, unda so‘fiylik falsafasining asoslari talqin etiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:58:35
RАBG‘UZIY (tахаllusi; аsl ism-shаrifi Nоsiriddin Burhоniddin o‘g‘li) (XIII аsr охiri — Хоrаzmning Rаbоto‘g‘uz mаvzеi — XIV аsr bоshlаri) — shоir. Rаbоto‘g‘uzdа qоzilik qilgаn. Shаrq хаlqlаri оg‘zаki ijоdini, аyniqsа, rivоyatlаrni, аvliyo-аnbiyolаr to‘g‘risidаgi qissаlаrni chuqur o‘rgаngаn. O‘zi hаm ko‘pginа ibrаtli hikоyatlаr, qissаlаr yozgаn. Turkiy хаlqlаr аdаbiyoti tаriхidа birinchilаrdаn bo‘lib nаsrdа rivоyatlаrdаn hikоyat, hikоyatlаrdаn qissа yarаtishni bоshlаb bеrgаn. Bizgаchа "œQisаsi Rаbg‘uziy" (1309-1310) аsаriginа yеtib kеlgаn. Аsаr musulmоn mo‘g‘ul bеklаridаn Nоsiriddin To‘qbug‘аning tоpshirig‘i bilan yozilgаn. Kitоb turkiy tildа, аsоsаn, nаsrdа, mаdhiyalаr, bа’zi qissаlаrning хulоsаlаri, lirik kеchinmаlаr vа хоtimа qismi esа nаzmdа yozilgаn. Qur’оni kаrimdаgi bа’zi lаvhаlаr, islоmgа оid bоshqа kitоblаrdаn vа Аbu Ishоq Nishоpuriyning "œQisаs ul-аnbiyo"sidаn аyrim fаktlаr аsаrgа аsоs qilib оlingаn. Rabg‘uziyning bu аsаri o‘zbеk аdаbiyotidа bаdiiy nаsr yodgоrligining yеtuk nаmunаsi hаmdа XIII-XIV аsrlаr eski o‘zbеk аdаbiy tilini o‘rgаnishdа аsоsiy mаnbа sifаtidа аhаmiyat kаsb etаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:58:42
SAFIY AQRA HOJIB — O‘tror shahri qamalining dastlabki kunlaridayoq u, Badriddin Amid hamda Sulton Muhammad tomonidan qatl etilgan O‘tror qozisining avlodlari mo‘g‘ullar tomoniga o‘tib ketadilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:58:51
SAYFUTDIN AG‘ROQ — Jaloliddinning lashkar-boshilaridan biri. mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonilgandan so‘ng qo‘lga kiritilgan o‘ljalarni taqsimlashda Jaloliddin va uning lashkarboshilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik boshlanadi. Oqibatda Sayfutdin Ag‘roq, A’zam Malik va Muzaffar Maliklar qo‘shindan ajralib, o‘z viloyatlari tomon ketadilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:59:01
SHAHOBUDDIN XIVAKIY — sarkarda. Xorazmshohlar davlatining harbiy kengashida mo‘g‘ullarga zarba berishning yagona rejasi muhokama qilinayotganda Xorazmshohlar davlatining bor qo‘shinni Sirdaryo bo‘yiga to‘plab, mo‘g‘ullarni qarshi olish, uzoq yo‘l safarda toliqib kelayotgan dushmanga hali o‘zini o‘nglab olmasdan turib, bor bardam kuch bilan to‘satdan zarba berish tog‘risidagi birdan-bir to‘gri fikrni bayon qilgan Xiva vakili.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:59:08
SHАMSIDDIN MАHBUBIY, Shаmsiddin Аhmаd ibn Jаmоliddin Mаhbubiy Buхоriy (XII аsrning ikkinchi yarmi — Buхоrо — 1238 ) — shаyх vа mаshhur fаqih. Unvоni: Sаdr аsh-Shаri’а аl-аkbаr (аl-аvvаl). Yirik fаqih Jаmоliddin Ubаydullо ibn Ibrоhim Аhmаd (1151-1233) хоnаdоnidа tug‘ilgаn. Shamsiddin Mahbubiy mаdrаsа tаhsilini оlgаn, fiqhgа оid ko‘plаb аsаrlаr yozgаn. Mo‘g‘ullаr istilоsidаn kеyin Buхоrо хаlqining bоsqinchilаrgа qаrshi kurаshidа g‘оyaviy rаhnаmоlik qilgаn. Uning tаklifi bilan mo‘g‘ullаrgа qаrshi ko‘tаrilgаn qo‘zg‘оlоngа Mаhmud Tоrоbiy bоshchilik qilgаn. Qo‘zg‘оlоnchilаr Buхоrо shahrini egаllаgаch, bоsh sаdr Burhоniddin Shamsiddin Mahbubiyni shаhаr sаdri qilib tаyinlаshgа mаjbur bo‘lgаn. 1238-yildа Buхоrо аtrоfidа mo‘g‘ullаrgа qаrshi bo‘lgаn jаngdа Mаhmud Tоrоbiy bilan birgаlikdа Shamsiddin Mahbubiy hаm hаlоk bo‘lgаn. Buхоrо shahridаgi Chаshmаi Аyyubning shаrqiy tоmоnidаgi Shеrоbоd mоzоridа dаfn etilgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:59:15
SUBUTОY, SUBEDEY (XIII аsr) — Chingizхоnning yirik sаrkаrdаlаridаn biri. Shimoliy Хitоy, Mоvаrоunnаhr, Хurоsоn, Kavkazorti, Dаshti Qipchоq, Rus, Shаrqiy Yevrоpаni istilо etishdа shuhrаt qоzоngаn. Uryanхаt qаbilаsidаn. Chingizхоnning eng yaqin to‘qqiz o‘rluq (sаfdоsh)lаridаn. Jаnglаrdаn biridа bir ko‘zidаn аjrаlgаn; jаsоrаti uchun "œbаhоdir" unvоnini оlgаn. Subutoy mingbоshi sifаtidа qo‘shinning so‘l qаnоtigа (qаnоt qo‘mоndоni — Muхаli no‘yon) mаnsub edi. Chingizхоn Mоvаrоunnаhrni istilо qilаyotgаn dаvrdа (1219-20) Subutoy Nur qаl’аsi (Nurоtа)ni tаlоn-tоrоj qilgаn. So‘ngrа Chingizхоnning аmrigа muvоfiq Jеbе no‘yon bilan birgа (20 ming kishilik qo‘shin bilan) mаmlаkаtdаn qоchgаn Muhаmmаd хоrаzmshоhni tа’qib etib, Хurоsоn, Kаspiy dеngizining jаnubidаgi vilоyatlаr, Kavkazorti shаhаrlаrini vаyrоn qilgаn vа Shimoliy Kаvkаzgа chiqqаn. Bu yеrdа Kаlkа jаngidа ruslаr vа qipchоqlаrning birlаshgаn qo‘shinlаrini butkul tоr-mоr kеltirgаn. Subutoy rus knyazliklаrining chеgаrа hududlаri, qipchоqlаrning yaylоvlаrini tаlоn-tоrоj etib shimolgа Vоlgа Bulg‘оriyasigа yurish qilgаn, birоq bulg‘оrlаrning qаttiq qаrshiligigа duch kеlib, mo‘g‘ulistоngа qаytib kеtgаn (1224-25). O‘qtоy qооnning Хitоygа qilgаn yurishidа (1230-35) qаtnаshgаn. Subutoy Bоtuхоnning Shаrqiy Yevrоpаgа qilgаn yurishi (1236-42)dа bоsh hаrbiy mаslаhаtchi sifаtidа dоimо u bilan birgа bo‘lgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:59:23
SUKETU CHO‘RBIY — Chingizxon qo‘shinining uchinchi qismi qo‘mondonlaridan. Chingizxon u bilan Oloqno‘yonni besh ming kishilik qo‘shin bilan Sirdaryoning o‘rta sohili bo‘ylab, uning yuqori oqimiga joyashgan Banokat va Xo‘jand shaharlari tomon yuboradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:59:32
SUYUNSHXON — Buxoro shahar lashkariy kuchining boshliqlaridan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:59:40
SА’DIY SHЕRОZIY (tахаllusi; аsl ism-shаrifi Muslihiddin Аbu Muhаmmаd Аbdullоh ibn Mushrifiddin) (1219—1293) — fоrsigo‘y shоir, аdib vа mutаfаkkir. Shаrq хаlqlаri оrаsidа Shаyх Sа’diy nоmi bilan mаshhur. Оtаsi Shеrоz оtаbеgi Sа’d binni Zаnjiyning mulоzimlаridаn bo‘lgаn. Оtаdаn yosh yеtim qоlgаn Sa’diy bоshlаng‘ich mа’lumоtni tug‘ilgаn shаhri Shеrоzdа оlgаch, tаhsilni хаlifаlikning pоytахti, ilm vа mаdаniyat mаrkаzi bo‘lgаn Bаg‘dоddа dаvоm ettirgаn. "œNizоmiya" vа "œMustаnsiriya" mаdrаsаlаridа diniy, filоlоgik, tаbiiy vа аniq fаnlаrni o‘rgаngаn. O‘z dаvrining dоngdоr mutаsаvvifi vа fаylаsufi Shаhоbiddin Suhrаvаrdiy hаmdа yirik ilоhiyotshunоs Аbdulfаrаj Аbdurаhmоn ibn Jаzviy qo‘lidа tаhsil оlgаn. Mаdrаsаni tugаtgаn Sa’diy Shаrq mаmlаkаtlаri bo‘ylаb 20 yillik sаyohаti dаvоmidа, Kichik Оsiyo, Misr, Хurоsоn, Shаrqiy Turkistоn, Hindistоn kаbi mаmlаkаtlаrni kеzib chiqqаn. Qiyinchiliklаr bilan kеchgаn bu sаyohаtlаridа Sa’diy hаyot ilmini chuqur o‘rgаnib, insоn fе’lini butun murаkkаbligi bilan аnglаb, o‘z dаvrining ko‘pni ko‘rgаn dоnishmаnd kishisi bo‘lib yеtishgаn. XIII аsr o‘rtаlаridа Shеrоzgа qаytib kеlgаn Sa’diy dunyo tаshvishlаridаn o‘zini chеtgа оlib, shаhаr chеkkаsidаgi shаyх Аbu Аbdullоh Hаfif хоnаqоsidа fаqirоnа hаyot kеchirgаn. Fоrs-tоjik аdаbiyotidа Sa’diy mаqоmi judа yuksаk. Хususаn, Dаmаshqdа "œBo‘stоn" ("œSа’diynоmа", 1257) vа Shеrоzdа "œGulistоn" (1258 ) аsаrlаrini yozgаn vа shеrоzlik hukmdоr Аbubаkr ibn Sа’d (1226-60)gа tаqdim qilgаn. U o‘z asarlarida ona yerga bo‘lgan muhabbat, insonparvarlik g‘oyalarini mohirona bayon etadi. Shoir zolimona hukmronlikni, kuchlilar o‘zboshimchaligini qoralaydi. Hukmdorlarni fuqaroparvarlikka chaqiradi. Boylikka intilish va ta’magirlikni koyiydi. Sa’diy g‘аzаlni mustаqil jаnr dаrаjаsigа ko‘tаrgаn. Sa’diy Shеrоziy g‘аzаlchilikdаgi o‘zigаchа оlib bоrilgаn tаjribаlаrni rivоjlаntirib, tаkоmilgа yеtkаzgаn, kеyin bu jаnrni Hоfiz Shеrоziy yuksаk cho‘qqigа оlib chiqdi. Sa’diy g‘аzаllаri 4 dеvоndаn ibоrаt bo‘lib, ulаr "œTаyyibоt" ("œLаtif g‘аzаllаr"), "œBаdое’" ("œYangi g‘аzаllаr"), "œХаvоtim" ("œХоtimа g‘аzаllаr") vа "œG‘аzаliyoti qаdim" ("œEski g‘аzаllаr")dаn ibоrаt. Sa’diy 2 tildа yozilаdigаn shе’r turi — mulаmmа" (shiru shаkаr)ning hаm аsоschisi. Аrаb tilini yaхshi bilgаnligidаn u аrаbchа misrа vа bаytlаrni fоrsiy bilan uyg‘unlаshtirib, ushbu shаklni iхtirо qilgаn. Sa’diy tаrjе’bаnd jаnrini hаm rivоjlаntirgаn. Sa’diy fоrs-tоjik bаdiiy nаsrining hаm аsоschisi hisоblаnаdi. Ungаchа fаqаt mаktublаr, hujjаtlаr, ilmiy vа tаsаvvufiy аsаrlаr, аdаbiy хаrаktеrdаgi tаriхiy lаvhаlаrginа nаsrdа yozilgаn. Bundаn tаshqаri, shоirning "œSоhibiya" аsаri, аrаbchа vа fоrschа qаsidаlаri, qit’а, rubоiy vа fаrdlаri hаm mаshhur. Uning аsаrlаri o‘shа dаvrdа yarаtilgаn ikki "œKulliyot"i оrqаli sаqlаngаn. Bir umr хаlq ichidа yashаgаni, hаyotning butun аchchiq-chuchugini tоtgаni uchun hаm Sa’diy аsаrlаri bоshqа Shаrq shоirlаridаn hаyrаtlаnаrli dаrаjаdа hаyotiyligi bilan аlоhidа аjrаlib turаdi. "œBo‘stоn" vа "œGulistоn" hаyotiy hikоyatlаrdаn tаshkil tоpgаni, dоnishmаnd shоirning bu hikоyatlаr so‘ngidа qissаdаn hissа tаrzidа kеltirgаn shе’rlаri rеаl turmushdаn chiqаrilgаn хulоsаlаr ekаnligi bilan jаhоn ilmu аdаb аhlini birdаy o‘zigа tоrtib kеlmоqdа. BMT ning Tinchlik Kеngаshi binоsi pеshtоqigа "œGulistоn’dаn оlingаn quyidаgi misrаlаr bitilgаn: "œОdаm bоlаlаri ibtidоdа bir gаvhаrdаn binо bo‘lgаnlаri tufаyli yaхlit bir vujud kаbidirlаr. Binоbаrin, zаmоn uning bir а’zоsigа jаrоhаt yеtkаzsа, bоshqа а’zоlаri hаm o‘z tinchini yo‘qоtаdi". Sa’diy o‘zidаn kеyingi Shаrq аdаbiyotigа kuchli tа’sir ko‘rsаtgаn. Shоir аsаrlаri qаdimdаn o‘zbеk хаlqi оrаsidа hаm mаshhur. "œBo‘stоn" vа "œGulistоn" mаdrаsаlаrdа аsоsiy dаrsliklаr qаtоridа o‘qitilib kеlgаn. Nаvоiy "œDеvоni Fоniy"dа Sa’diy g‘аzаligа 22 tа tаtаbbu’ qilgаn. Nаvоiyning "œMаhbub ul-qulub", Аvlоniyning "œTurkiy gulistоn" аsаrlаri bеvоsitа Sa’diy tа’siridа yarаtilgаn. "œGulistоn" 1390-91 yildаyoq Sаyfi Sаrоyi tоmоnidаn "œGulistоni bit-turkiy" nоmi bilan o‘zbеk tiligа ijоdiy tаrjimа qilingаn. XIX аsr ikkinchi yarmidа Оgаhiy, 1909-yil Murоdхo‘jа dоmlа, shuningdеk, Sidqiy Хоndаyliqiy, G‘аfur G‘ulоm, Muinzоdа, Shоislоm Shоmuhаmеdоv, Rustаm Kоmilоvlаr o‘zbеk tiligа tаrjimа qilgаnlаr. "œBo‘stоn" аsаri Chustiy tаrjimаsidа nаshr etilgаn. 1958-yil Butunjаhоn Tinchlik qo‘mitаsining qаrоri bilan "œGulistоn’ning 700 yilligi хаlqаrо miqyosdа kеng nishоnlаngаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:59:48
TARMASHIRIN, ALOUDDIN TARMASHIRIN (?-1334) — Movarounnahr sultoni (1326-1334). Chig‘atoylardan bo‘lgan Kebekxonning ukasi. Tarmashirin yoshligida buddaviycha Darmashila ("œdharma, ya’ni Budda qonuniga itoat etuvchi") nomi bilan atalgan. Islomni qabul qilgach, Alouddin deb atala boshlagan. Islomni qabul qilgani, ko‘chmanchilar an’analarini buzib, shaharda yashay boshlagani, bu saltanat sharqidagi (Yettisuv va Issiqko‘l bo‘yidagi) ko‘chmanchi mo‘g‘ullarning noroziligiga va ularni qo‘zg‘olon ko‘tarishiga sabab bo‘lgan. Qo‘zg‘olonchilar Tarmashirinni o‘ldirganlar, xonlar qarorgohi yana bir necha yilga Ili daryosi bo‘ylariga ko‘chirilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 17:59:56
TO‘G‘AYXON — Samarqand shahri noibi. Sulton Muhammadning tog‘asi. Xorazmshoh 110 ming kishidan iborat kattagina kuchni unga qoldirgan edi. Ular qo‘l ostida 20 ta fil ham bor edi. Mudofachilar o‘rtasida garchi birlik, birdamlik zaif bo‘lsa-da, shahar hunarmand ahli mayda savdogarlar, kosibu faqir-fuqarolar qo‘shinning quvvatiga, oziq-ovqat jamg‘armasining yetarli ekanligiga, Xorazmshohlarning yordam berishiga, jangda zafar qozonishlariga ishonardilar. Chingizxon ham Samarqandda jangni shiddatli bo‘lishini bilar edi. Shuning uchun ham u askarlarining hammasini to‘plashga kirishadi. Chingizxon Buxoroda qo‘lga tushirgan asirlaridan tashqari o‘g‘illari Chig‘atoy va O‘qtoylarning O‘trordan olib kelgan bandilarini ham Samarqand qamaliga safarbar etadi. Samarqandliklarning shahar atrofi aholisi bilan bo‘lgan aloqasini to‘sib, ularni tashqi ko‘makdan mahrum etish maqsadida, avvalambor, u Samaqrqand tevarak atrofida joylashgan qal’alarni zabt etadi va ko‘p askarlar to‘playdi. Chingizxon shahardan tashqarida joylashgan Ko‘ksaroy qasridan turib shaharni qamal qilish ishiga boshchilik qiladi. Shahar ostonasida uch kun shiddatli janglar davom etadi. Qamalning uchinchi kuni mudofachilar qamalni yorib chiqib mo‘g‘ullarga hujum qiladilar. mo‘g‘ullar Xorazmshoh lashkarboshilarining lavangligi va qo‘rqoqligidan foydalanib, bir necha o‘n ming kishini qirib tashlaydilar. Shunga qaramay, xorazmiylar o‘limga tik boqib, jangni kun bo‘yi davom ettiradilar. Qamalning beshinchi kuni ommaviy qirg‘inning oldini olish maqsadida bo‘lsa kerak, lashkar boshliqlari va shahar ahli mo‘g‘ullarga taslim bo‘lishga qaror qiladilar. Qozi va shayxulislom boshchiligida mo‘g‘ullarga vakillar yuborilaadi. Hatto To‘g‘ayxon boshliq 20 nafar sarkardalari jon saqlash maqsadida o‘z qo‘shini bilan mo‘g‘ullar xizmatiga o‘tishni izhor etadilar. Garchi bunday taklif avvalda Chingizxon tomonidan qabul etilsa-da, ammo oradan bir oz vaqt o‘tgach, To‘g‘ayxonning 30 minglik qo‘shini tunda qurshab olinib, 20 nafar sarkardalari bilan birga qirib tashlanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:00:05
TULIXON, TULI, TULUY (taxminan 1192-1230) — Chingizxoning kenja o‘g‘li, otasining harbiy ishlar bo‘yicha bosh maslahatchisi, sarkarda. Mog‘ullar davlatining 4 ulusidan birining egasi. Tulixon ulusi 50 ming xonadondan iborat bo‘lgan. Tulixon "œyeke(balig‘) no‘yon" (ulug‘ janob, xoja) va "œyezden" (hukmdor) kabi unvonlar bilan atalgan, u otasi mulki(yurt)ga merosxo‘r bo‘lgan. 1211 1215-yillarda Chingizxonning Shimoli Xitoyga qilgan yurishlarida akalari (Jo‘ji, Chig‘atoy, O‘qtoy) bilan birga qatnashgan. Mo‘g‘ullar istilosi davrida otasi bilan Buxoroni egallagan (1220). 1220-yil Tag‘ochor no‘yon bilan 80 ming kishilik qo‘shinga bosh bo‘lib Xurosonning Marv, Nishopur, Hirot kabi shaharlari, Tus, Sabzavor, Jojarm, Niso, Obivard, Saraxs, Qof viloyatlarini 3 oy davomida bosib olib ayron qilgan. So‘ngra otasi farmoniga ko‘ra, Toliqon, so‘ng Badaxshon viloyatlari sari yo‘nalib otasi o‘rdusiga kelib qo‘shilgan. Chingizxon vafotidan o‘ng (1227) 129 minglik mo‘g‘ul qo‘shinidan 40 ming nafari hamda mo‘g‘uliston, Xitoy, Qirg‘izlar yeri Tulixon ixtiyoriga berilgan. 1229-yildagi mo‘g‘ul shahzodalari, no‘yonlari qurultoyi Chingizxonning 3-o‘g‘li O‘qtoyni buyuk qoon (xon) etib taxtga o‘tirganligi qonuniylashtirmaguncha Tuli otasining udeli — Xalxa-Mongoliyani boshqargan. 1229-1230-yillar Xitoy yurishidan qaytishda yo‘lda kasal bo‘lib vafot etgan. Mo‘gul tilida "œtuli" — ko‘zgu manosini bildiradi. Tuli vafotidan so‘ng "œko‘zgu’ atamasini qo‘llash taqiqlangan, uning mulkiga xotini Surxuktani (kerayit malikasi, xristian dinida bo‘lgan) egalik qilgan. Tulixon mo‘g‘ullar orasida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan. Bu avlod vakillaridan ulug‘ qoonlar chiqqan (1248-1634). Tulixonning o‘g‘li Xuloku Erondagi elxoniylar sulolasiga asos solgan. Ichki Mo‘gulistonda hanuzgacha Tulixonning maqbarasi deb hisoblanadigan ko‘hna ibodatxona mavjud.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:00:13
TURKОN ХOTUN (аsli Tеrkаn — "œоliy nаsаbli", "œzоdаgоn оilаgа хоs’, "œхоtun" — mаlikа) (?-1232/33-yil 18/oltinchi oktabr) — Аnushtеgin аsоs sоlgаn хоrаzmshоhlаr sulоlаsining so`nggi hukmdоri Аlоuddin Muhаmmаd хоrаzmshоh (1200-20)ning оnаsi. Juvаyniyning tа’kidlаshichа, Turkon хotun qаng`li urug`idаn bo`lgаn qipchоq хоni Аqrаnning qizi edi. Tаriхiy mаnbаlаrdа tа’kidlаnishichа, Sultоn Muhаmmаd hukmrоnligi dаvridа Turkon хotun sаltаnаt ishlаridа yеtаkchi mаvqеni egаllаgаn, uning fаrmоyishlаri vа mаslаhаtlаri o`g`li tоmоnidаn so`zsiz bаjаrilgаn. Turkon хotunning rаhnаmоligidа sаrоy аhli, zоdаgоnlаr bir nеchа guruhgа bo`linib, o`zаrо аdоvаt qilgаnlаr. Qipchоqlаrdаn tаshkil etilgаn оliy mаrtаbаli sаrkаrdаlаr Turkon хotun bilan yaqin bo`lib, аksаriyat sаrоydа sultоngа qаrshi bo`lib turgаn birоn-bir guruhgа bоshchilik qilgаnlаr. Sаltаnаt ishlаri dеyarli Turkon хotun tоmоnidаn bоshqаrilgаn. Ko`p hоllаrdа Muhаmmаd хоrаzmshоh tаrаfidаn e’lоn qilingаn hukm vа fаrmоyishlаr Turkon хotun tоmоnidаn hеch qаndаy аsоssiz, kеngаshsiz bеkоr qilinаr edi. Juvаyniyning yozishichа, Gurgаnch (Urgаnch) Turkon хotunning хоs pоytахti hisоblаngаn, uning хоs sаrоyi vа iqtоsi mаvjud bo`lgаn. Turkon хotun nаfаqаt sultоn, bаlki mоliyaviy ishlаr, аrkоni dаvlаt vа sаrоy аmаldоrlаri ustidаn hаm hukmrоnlik qilgаn. Ibn аl-Аsirning qаyd etishichа, Turkon хotun 1220-yil Ilоl qаl’аsidа mo`g`ullаrgа аsir tushаdi vа хizmаtkоrlаri bilan birgаlikdа Tоliqоndа turgаn Chingizхоn huzurigа yеtkаzilаdi. Аsirlаr sаfidа bo`lgаn vаzir Mаlik Nоsiruddin Hаzоrаspiy qаttiq qiynоqlаrgа sоlinаdi vа sultоnning fаrzаndlаri qаtоri qаtl etilаdi. Mo`g`ulistоn tоmоn оtlаngаn Chingizхоn bir nеchа kun Sаmаrqаnddа to`хtаshgа qаrоr qilаdi hаmdа Turkon хotun vа sultоnning оmоn qоlgаn хоtinlаrigа хоrаzmshоhlаr sаltаnаti uchun аzа оchish, ya’ni mo`g`ul аskаrlаri оldigа chiqib bаlаnd оvоz bilan yig`lаshni buyurаdi. Chingizхоn ko`rsаtmаsigа binоаn, Qоrаqurumgа kеltirilgаn Turkon хotun qаshshоqlikdа umr kеchirаdi vа shu yеrdа vаfоt etаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:00:21
TUVOXON — Farg‘ona vodiysida chig‘atoy-zodalardan (1282-1306). Andijon shahri asoschisi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:00:30
TЕMUR MALIK (XII аsr охiri — XIII аsrning birinchi yarmi) — хоrаzmshоh Muhаmmаd hukmrоnligi dаvridа Хo‘jаnd hоkimi, Jаlоliddin Mаngubеrdining yaqin sаfdоshi, mo‘g‘ullаr istilоsigа qаrshi kurаsh оlib bоrgаn sаrkаrdа, хаlq qаhrаmоni, 1219-yilning dеkabrdа 3 kunlik jаngdаn kеyin Bаnоkаtni egаllаgаn Аlоq no‘yon bоshliq 5 ming kishilik mo‘g‘ul qo‘shini Хo‘jаndni qаmаl qilishgа kirishаdi. Temur Malik ilgаrirоq hаr ehtimоlgа qаrshi Sirdаryo o‘rtаsidаgi оrоldа, suv 2 shохgа bo‘linib оqаdigаn jоydа, bir mustаhkаm qаl’а qurdirib qo‘ygаn edi. Mo‘g‘ul qo‘shini sоn vа qurоl-аslаhа jihаtdаn ustun bo‘lgаni bоis shаhаrni mudоfаа qilish qiyinlаshаdi. Nаtijаdа, Temur Malik 1000 kishilik оtryadi bilan 1220-yilning аpreldа оrоlgа ko‘chib o‘tаdi vа tеzlikdа qаl’аni jаnggа tаyyorlаshgа kirishаdi. Shаhаr vа qаl’а аtrоfini dushmаn hаlqа qilib o‘rаb оlаdi. Mаnjаniqdаn оtilgаn tоshlаr оrоlgа yеtmаgаndаn so‘ng mo‘g‘ullаr хo‘jаndlik yoshlаr vа ilgаri оlingаn аsirlаrdаn hаshаr tаrzidа fоydаlаnishgа qаrоr qilаdilаr. Tахminan 50 ming hаshаrchi tеvаrаk-аtrоfdаn tоsh, shох-shаbbа vа хаshаk kеltirib dаryogа tаshlаydi, mo‘g‘ullаrning 20 ming kishilik qo‘shini esа jаnggа kirishаdi. Temur Malik usti nаmаt hаmdа sirkаli lоy bilan suvаlgаn, o‘q оtish uchun dаrichаlаri bоr kеmаlаr yasаtаdi. Kundа tоngdа hаr ikki tоmоngа 6 tаdаn kеmаdа suzib kеlib, yovgа qirg‘in kеltirаdi. Охir оqibаt vаziyat tаnglаshgаch, Temur Malik оrоlni tаshlаb kеtishgа mаjbur bo‘lаdi. U qоlgаn аskаrlаri vа yuklаri оrtilgаn 70 qаyiqdа Sirdаryoning quyi оqimi bo‘ylаb suzib kеtаdi. Bаrchinlig‘kеnt (Qizilo‘rdаdаn tахminan 50 km jаnubdа bo‘lgаn) yaqinidа mo‘g‘ullаr dаryoni to‘sib qo‘yadilаr. Temur Malik qirg‘оqqа tushib, dushmаn bilan jаng qilаdi. Ko‘p tаlаfоt bеrib, yolg‘iz o‘zi Qizilqum cho‘li оrqаli 1220-yilning yozidа Хоrаzmgа yеtib kеlаdi. Аskаr to‘plаb Jo‘jiхоn qo‘shinigа kuchli zаrbа bеrаdi. Kаsbа (Yangikеnt) shahrini mo‘g‘ullаrdаn оzоd qilаdi. Аmmо, sаltаnаtdа yuzаgа kеlgаn mushkul siyosiy vаziyat tufаyli Хоrаzmni tаrk etаdi. Temur Malik 1221 32-yillаr dаvоmidа Sultоn Jаlоliddin bilan birgаlikdа mo‘g‘ullаrgа qаrshi kurаsh оlib bоrаdi. Jаlоliddin hаlоkаtidаn kеyin o‘z yurtigа qаytаdi. Mа’lum vаqtdаn so‘ng Temur Malik mo‘g‘ullаr tоmоnidаn qo‘lgа оlinаdi vа qаtl qilinаdi. Temur Malik jаsоrаti hаqidа Mirmuhsin "œTеmur Mаlik" rоmаni (1986)ni yozgаn. Аshrаfiy "œTеmur Mаlik" nоmli simfоnik pоemа (1963) yarаtgаn vа Nаvоiy tеаtridа uning "œTеmur Mаlik" bаlеti (1970) qo‘yilgаn. Tоshkеnt shahridаgi shоh ko‘chаlаrning birigа Temur Malik nоmi bеrilgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:00:44
UMARXO‘JA O‘TRORIY — savdogar, Chingizxon tomonidan 1218-yilda Xorazmga jo‘natilgan 500 tuya va 450 musulmon savdogaridan tashkil topgan savdo karvoniga Umarxo‘ja O‘troriy, Hammol Merokiy, Faxruddin Dizaki Buxoriy, Aminuddin Xaraviy kabi savdogarlar karvon savdogarlar karvon sarbonlar va o‘rda elchilari qilib tayin etilgan edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:00:53
XOJA MUHAMMAD PORSO (to‘liq ismi Muhammad ibn Mahmud Hofiz al-Buxoriy) (1345, Buxoro — 1419, Madina) — naqshbandiya tariqati namoyandasi. Buxorodagi madrasalarda tahsil olgan. Qur‘on va hadislarni, kalom ilmini chuqur o‘rgangan. Bahouddin Naqshband uni shogirdlikka qabul qilgan va «porso» (taqvodor, dindor) taxallusini bergan. Naqshband vafotidan so‘ng, uning o‘rniga tariqatga rahbarlik qilgan.X.M.P. o‘sha davrdagi siyosiy jarayon-larda faol ishtirok etgan. Movarounnahr hukmdori Xalil Sulton bilan muloqotda bo‘lgan, Shohruh bilan turli masalalar bo‘yicha yozishmalar olib borgan. Ulug‘bek saroyi (Samarqand va Buxoro)dagi ilmiy munozaralarda qatnashgan. Tasavvuf va islom tarixiga oid "œRisolai qudsiya" ("œXoja Bahouddinning qudsiy kalimalari haqidagi risola’), "œE’tiqod" ("œE’tiqod haqida risola’), "œTahqiqot" ("œTasavvuf istilohlari bo‘yicha risola’), "œTafsiri Qur‘on" ("œQur"on tafsiri"), "œRisolai kalifiya" ("œKaromatlar haqida risola’), "œMuxtasari tarixi Makka" ("œMakka shahrining qisqacha tarixi"), "œMaqomoti Xoja Bahouddin Naqshband" ("œXoja Bahouddin Naqshband maqomoti"), "œHaftodu du firqa" ("œEtmish ikki firqa’) kabi 20 dan ortiq asar yozgan. Shariat va tariqat masalalariga bag‘ishlangan va unga katta shuhrat keltirgan asari "œFasl ul-xitob bi-vusuli-l ahbob" ("œDo‘stlar visoliga yetishda oq ila qorani ajratuvchi kitob") bo‘lib, u o‘rta asrlarda islom ulamolari uchun qo‘llanma vazifasini o‘tagan. Asar 494 ta masalaga bag‘ishlangan bo‘lib, ularning hammasi islomda bahsli hisoblangan va muallif turli asarlarga suyangan holda bu masalalarni yechib bergan. Asar bir necha marta chop etilgan. Xoja Muhammad Porso ikkinchi marta haj ziyorati paytida kasalga chalinib, Madinada vafot etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:01:02
XULAGU — Xulagulalar davlati hukmdori. U 1258-yilda abbosiylar sulolasiga xotima beradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:01:09
YASUGАY BAHODIR, ЕSUGАY BАHОDIR (? — tахm. 1168 ) — mo‘g‘ulistоndаgi ko‘chmаnchi qаbilаlаr ittifоqidаn birining rаhbаri. Chingizхоnning оtаsi. Yasugay Bahodirning оtаsi — Bаrtаn bаhоdir, bоbоsi — Qоbulхоnlаr hаm qаbilа sаrdоri bo‘lishgаn. Yasugay Bahodir kuchli tоtоr qаvmi bilan qаttiq kurаsh оlib bоrib, ulаr yurtini tоbе ettirgаn. Yasugay Bahodirning bеshtа o‘g‘li bo‘lgаn: Tеmuchin (Chingizхоn), Jo‘chi Qаsаr, Qаchun, Tаmukа, Bilgutоy o‘tchikin. Yasugay Bahodir o‘g‘illаri vа urug‘-аymоg‘ining аksаriyati оq yuzli vа qоrа ko‘z bo‘lishgаn; mo‘g‘ullаr qоrа ko‘zli оdаmlаrni burjigin dеb аtаshgаn. Shu tufаyli Yasugay Bahodir urug‘i burjigin — qiyot (mo‘g‘ulchа qiyot — kuchli, shiddаtli) dеb nоm оlgаn. Yasugay Bahodir vаfоt etgаndа Chingizхоn 13 yoshdа, ukаlаri esа yanаdа yosh bo‘lishgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:01:19
ATAMA VA TUSHUNCHALAR

BAROT (arabcha — maktub, podshoh yoki xon guvohnomasi) — podshoh, sulton, xon tomonidan soliq yoki jarimadan ozod etish; yerga vaqtincha yoki to‘la egalik qilish huquqini beruvchi yorliq. Ma’lum shart bilan biron mansabni egallash, xalqdan soliq to‘plash, u yoki bu kishidan ma’lum hajmdagi pulni olish va boshqa uchun hukmdor devoni tomonidan berilgan maxsus yorliq, guvohnoma. Yorliq egasi barotdor deb atalgan. Barot podshoh, xonning tug‘rosi (gerb, davlat nishonasi) va muhri bilan tasdiqlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:01:34
BAYONQULIXON MAQBARASI — O‘rta Osiyo me’morligi noyob namunasi (XIV asr o‘rtasi). Buxorodagi shayxul olam Sayfiddin Boharziy qabri yaqinida Chig‘atoy ulusi xoni Bayonqulixon qabri ustiga qurilgan. Maqbara binosi mo‘jaz va serhasham. Ayniqsa peshtoqi mayda va nafis naqshga, sirkor bezaklarga boy. Ichkarisi gumbazli, sirkor bezakli ziyoratxona va kichik go‘rxonadan iborat. Ular lojuvard, feruza, oq rangli, islimiy va girih naqshli o‘ymakor, spool parchinlari bilan ishlangan. O‘rta Osiyo maqbaralaridagi mana shunday rangdor manzarali bezak uslubi Shohizinda ansambli (Samarqand) da yanada rivoj topgan. Bayonoqulixon maqbarasi Amir Temur davri me’morligining ilk namunalaridan hisoblanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:01:42
BOSQOQ — mo‘g‘ullar hokimlik qilgan XIII-XIV asrlardagi mahalliy hokim.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:01:55
BOTMOM — og‘irlik o‘lchovi (XIV-XV asrlarda u 20 kg gatt eng bo‘lgan).
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:02:03
"œBO`STON" — Sa’diy Sheroziyning asari. U o`z asarini Dаmаshqdа (1257) yozgаn vа shеrоzlik hukmdоr Аbubаkr ibn Sа’d (1226-60)gа tаqdim qilgаn. U o`z asarida ona yerga bo`lgan muhabbat, insonparvarlik g`oyalarini mohirona bayon etadi. Shoir zolimona hukmronlikni, kuchlilar o`zboshimchaligini qoralaydi. Hukmdorlarni fuqaroparvarlikka chaqiradi. Boylikka intilish va ta’magirlikni koyiydi. "œBo`stоn" hаyotiy hikоyatlаrdаn tаshkil tоpgаni, dоnishmаnd shоirning bu hikоyatlаr so`ngidа qissаdаn hissа tаrzidа kеltirgаn shе’rlаri rеаl turmushdаn chiqаrilgаn хulоsаlаr ekаnligi bilan jаhоn ilmu аdаb аhlini birdаy o`zigа tоrtib kеlmоqdа. "œBo`stоn" mаdrаsаlаrdа аsоsiy dаrsliklаr qаtоridа o`qitilib kеlgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:02:11
DINOR — bir misqol (4,8 gr og‘irlikda so‘qilgan oltin yoki kumush tanga. Erondagi Xulagular davlati va Oltin O‘rta xonligining kumush tangalari namunasida Kebek ikki xil pul: kumush tanga — "œdinor" va mayda kumush tanga "œdirham"lar zarb ettiradi. Kebek dinorining vazni 2 misqol, dirhamining og‘irligi 1/3 misqolga teng bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:02:18
DIRHAM (yunoncha drochme) — VII asr oxiri (695)dan XIV asrgacha Osiyoning musulmon mamlakatlarida, Shimoliy Afrika va Ispaniyada muomalada bo‘lgan pul birligi — kumush tanga. XIV asr oxiridan boshlab kumush pul "œtanga" nomi bilan atala boshladi. Dirham Hindistonda boburiylar davrida XVI asrda ham zarb qilingan. Erondagi Xulagular davlati va Oltin O‘rta xonligining kumush tangalari namunasida Kebek ikki xil pul: kumush tanga — "œdinor" va mayda kumush tanga "œdirham"lar zarb ettiradi. Kebek dinorining vazni 2 misqol, dirhamining og‘irligi 1/3 misqolga teng bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:02:26
DUVAXON MAQBARASI — Xo‘jand shahrida bino qilingan va keyinchalik vayron bo‘lib ketgan maqbara.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:02:34
ELXON — XIII-XIV asrlarda Erondagi mo‘g‘ul hukmdorlari unvoni; elxoniylar — mo‘g‘ul xonlari sulolasi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:02:42
ESKI O‘ZBEK TILI — o‘zbek tilining XIV-XVI asrlardagi shartli nomi. Qadimgi turkiy tilning bevosita davomi, uning rivojtopgan bosqichi. Eski o‘zbek tili "œchig‘atoy tili" deb ham atalgan. XI-XII asrlardan boshlab Eski o‘zbek tilining roli birmuncha kuchaydi. Eski o‘zbek adabiy tiliga jonli tildan ko‘plab grammatik forma va elamentlar kirib kela boshladi. Lekin u jonli tildan jiddiy farq qilardi. XIII-XIV asrlardagi yozma yodgorliklar tilida Eski o‘zbek tili xususiyatlari to‘la mujassamlashgan edi. Xorazmiyning "œMuhabbatnoma’, Durbekning "œYusuf va Zulayho" kabi asarlari sodda tilda yozilganligi bilan ajralib turadi. Eski o‘zbek tili taraqqiyotida Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Yaqiniy, Amiriy, Mir Haydar, Muqimiy, Gadoiy, Bobur kabi adiblar munosib hissa qo‘shdilar. Bu sohada Alisher Navoiyning xizmatlari g‘oyatda katta. Navoiy asarlari tili XV asr eski o‘zbek adabiy tilining namunasi bo‘lib o‘sha davr til xususiyatlarini o‘rganishda katta manbadir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:02:49
"œGULISTON" — Sa’diy Sheroziyning asari. U o`z asarini Shеrоzdа (1258 ) yozgаn vа shеrоzlik hukmdоr Аbubаkr ibn Sа’d (1226-60)gа tаqdim qilgаn. U o`z asarida ona yerga bo`lgan muhabbat, insonparvarlik g`oyalarini mohirona bayon etadi. Shoir zolimona hukmronlikni, kuchlilar o`zboshimchaligini qoralaydi. Hukmdorlarni fuqaroparvarlikka chaqiradi. Boylikka intilish va ta’magirlikni koyiydi. "œGulistоn" hаyotiy hikоyatlаrdаn tаshkil tоpgаni, dоnishmаnd shоirning bu hikоyatlаr so`ngidа qissаdаn hissа tаrzidа kеltirgаn shе’rlаri rеаl turmushdаn chiqаrilgаn хulоsаlаr ekаnligi bilan jаhоn ilmu аdаb аhlini birdаy o`zigа tоrtib kеlmоqdа. BMT ning Tinchlik Kеngаshi binоsi pеshtоqigа "œGulistоn’dаn оlingаn quyidаgi misrаlаr bitilgаn: "œОdаm bоlаlаri ibtidоdа bir gаvhаrdаn binо bo`lgаnlаri tufаyli yaхlit bir vujud kаbidirlаr. Binоbаrin, zаmоn uning bir а’zоsigа jаrоhаt yеtkаzsа, bоshqа а’zоlаri hаm o`z tinchini yo`qоtаdi". "œGulistоn" mаdrаsаlаrdа аsоsiy dаrsliklаr qаtоridа o`qitilib kеlgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:03:06
HARBIY TAKTIKA — jangda ko‘zlangan maqsadga erishish uchun aniq sharoitga mos ravishda jang olib borishning tanlangan shakli va usuli.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:03:16
ISKANDARI SONIY — Ikkinchi Iskandar. Muhammad Xorazmshoh Iskandar Zulqarnaynga o‘zini tenglashtirilib shu nom bilan atalgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:03:23
JETA (Qaroqchi-qoloqlar) — Movarounnahr chig‘atoylari yettisuvlik chig‘atoylarni shu nom bilan haqorat qiladilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:03:33
 "œJOME AT-TAVORIX" ("œTarixlar to`plami") — XIII asrning ikkinchi yarmida ijod qilgan tarixnafis Fazluloh Rashidudinning tarixga oid asari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:03:42
KALON — dehqonlardan hosilning 1/10 qismi hajmida olinadigan yer solig‘i.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:03:50
KESHIK (turkcha kezik — navbat, gap) — xonning xos gvardiyasi. Chingizxon 1203-yil Sharqiy mo‘g‘ulistonda hokimiyatni o‘z tasarrufiga kiritgach, Keshik tuzilishiga alohida e’tibor qaratadi. Keshik kunduzgi xos soqchilar va tungi xos soqchilardan iborat etib tuziladi. Kunduzgi xos soqchilar (turgut) ning soni 70, tungi xos soqchi (kebteul) larning soni 80 nafardan iborat bo‘ladi. Keshik tarkibiga, shuningdek, o‘qchilar (xo‘rchi), oshpazlar (baurchi), axtachilar, xo‘jalik ishlari mutasaddi (cherbi) lari ham kiritilgan. Mo‘g‘ul zodagonlari va no‘yonlar farzandlaridan tashkil qilingan keshik tarkibidan harbiy harakatlar chog‘ida qo‘shinning ilg‘orida joylashgan, tinchlik onlarida esa saroyda soqchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan bahodirlar ham o‘rin olgan. Keshik soqchilari har 3 kunda navbat almashgan. 1206-yil Chingizxon keshik tuzilishiga sezilarli o‘zgarishlar kiritadi, uning sonini 10 ming nafarga yetkazadi. Yuan imperiyasining asoschisi Xubilay davrida keshikning miqdori 12 ming kishidan iborat bo‘lgan. Keshik tarkibini muttasil to‘ldirib turish maqsadida har bir mingboshining farzandi o‘zi bilan 1 qarindoshi va 10 navkarni, o‘nboshining o‘g‘li esa, 1 qarindoshi va 3 navkarni boshlab kelgan. Keshik qattiq tartib va intizomga bo‘ysundirilgan. O‘z navbati chog‘ida xizmatga kelmagan xos gvardiyasi birinchi marta 30 tayoq, 20marta 70 tayoq, 3-marta esa, oldin 37 tayoq urish bilan jazolangan, so‘ng keshikdan butunlay haydalgan. Keshik faqat xonning o‘zi bevosita qo‘mondonlik qilgan harbiy yurishlarda qatnashgan. Lashkargohdaquilgan xon qarorgohining oldida bahodirlar, o‘n tomonida o‘qchi va kunduzgi xos soqchilar, keshikning qolgan 7 ming nafari chap tomonida joylashgan. Keshik saflaridan Chingizxon barpo etgan armiyaning ko‘pdan-ko‘p atoqli sarkardalari yetishib chiqqan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:03:58
KIBOR — ma’mur; zodagon.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:04:06
MAHMUD TOROBIY QO‘ZG‘OLONI (1238 ) — Buxoroda mo‘g‘ullar zulmiga qarshi ko‘tarilgan xalq harakati. Harbiy rahbari — Mahmud Torobiy, g‘oyaviy mafkurachisi — Shamsuddin Mahbubiy. Chig‘atoy ulusida mo‘g‘ullar istibdodi ostida ezilgan va zulmidan to‘ygan mahalliy aholi qo‘zg‘olon ko‘tarishga bir necha marta harakat qilgan. Buxorodan 20 km g‘arbdagi Torob qishlog‘i (hoz. Buxoro viloyati Jondor tumani hududi) da boshlangan qo‘zg‘olon bu kurashning cho‘qqisi hisoblanadi. Torob qishlog‘i va uning atrofidagi dehqonlar va hunarmandlar majlislarida o‘zaro kengashib, mo‘g‘ullar zulmiga qarshi ochiq kurash boshlashga qaror qilganlar. Qo‘zg‘olonchilar Mahmud Torobiy boshchiligida Buxoroga yurishdi va shahardagi Malik Sanjar qasri (1206-yilda Buxoroda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon rahbari qurdirgan)ni egallab, uni o‘zlariga qarorgoh qilib olishdi. Ular safiga ko‘plab tarafdorlar va maslakdoshlar kelib qo‘shilgan. Torobiyning opasi ham qo‘zg‘olonning faol ishtirokchilaridan biri bo‘lib, bu tabib va duoxon ayol o‘z mardligi, kuch-g‘ayrati, jasorati va dushmanga nafrati bilan qo‘zg‘olonchilar orasida alohida ajralib turgan. Juvayniyning yozishicha, yirik tasavvuf shayxi va aqoid ulamosi Shamsuddin Mahbubiy qo‘zg‘olonchilarning g‘oyaviy rahnamosi sifatida qo‘shin va xalq o‘rtasida katta tashviqot ishlarini olib borgan. Ular mo‘g‘ul bosqinchilari va ular xizmatiga o‘tgan mahalliy ma’murlarni o‘ldirib, mol-mulkini beva-bechoralarga taqsimlab berishgan. Buxoro butunlay qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o‘tgan. Mahmud Torobiy Robia saroyiga joylashib, sulton qilib ko‘tarilgan, bosh sadr Burhoniddin uning talabi bilan Shamsuddin Mahbubiyni shahar sadri etib tayinlagan. Mo‘g‘ul qo‘shinlari va bosqinchilari bu paytda Karmanaga qochib, shoshilinch kuch to‘play boshlaganlar. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun Karmanadan yuborilgan mo‘g‘ul qo‘shinlari Buxoro atrofida tor-mor keltirilgan, jangda 10 ming mo‘g‘ul askari o‘ldirilgan. Qo‘zg‘olonchilar mo‘g‘ullarni quvib, Karmanagacha borganlar. Biroq bu jangda Mahmud Torobiy va Shamsuddin Mahbubiy ham halok bo‘lishgan. Qo‘zg‘olonga Mahmud Torobiyning 2 ukasi: Muhammad va Ali rahbarlik qilganlar. Mo‘g‘ullar ularga qarshi Eldiz No‘yon va Chekan Qurchi boshliq yangi kuchlarni tashlashgan. Karmana yaqinidagi Raboti Malik (hozirgi Navoiy tumani markazi Malik rabot)da bo‘lgan shiddatli jangda qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiyatga uchragan, ulardan 20 ming kishi, jumladan, Muhammad hamda Ali ham halok bo‘lgan. Qo‘zg‘olon shafqatsizlarcha bostirilgan. Mo‘g‘ullar Buxoroga kirib, shahar va uning atrofidagi kishilarni talashga va o‘ldirishga kirishgan. Xo‘jandda turgan Mahmud Yalavochning bu yerga kelishi bilan Buxorodagi qirg‘in to‘xtatilgan. U talangan va vayron etilgan shahardan hech qanday soliq yig‘ib bo‘lmasligiga Chig‘atoyni ishontira olgan. Mahmud Tarobiy qo‘zg‘oloni mag‘lubiyatga uchrasa ham, u izsiz ketmagan. Mo‘g‘ul ma’murlari endilikda mahalliy aholi bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lib, o‘lpon va soliqlarni kamaytirishgan. Ma’lum muddat turli o‘zboshimchaliklarga chek qo‘yilgan. Chig‘atoy ulusini mo‘g‘ul xoqon (qoon)lari nomidan boshqargan Mahmud Yalavoch va uning o‘g‘li Mas’ud Yalavoch bu paytda ham xoqonlar manfaatini ko‘zlaydigan, ham mahalliy xalqqa xayrixoh nozik siyosatni yuritishgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:04:15
MALIK (arabcha — ega, hukmron) — islomgacha bo‘lgan arab davlatlarida hukmdor. Islom vujudga kelishi bilan "œmalik" atamasi musulmon bo‘lmagan hukmdorlarga (monarx ma’nosida) nisbatan qo‘llanildi. Arab xalifaligi parchalanib ketgach, xalifalik hududida vujudga kelgan mustaqil davlatlarning hukmdorlari malik deb atala boshlandi. Qur‘oni karimda "œmalik" istilohi podshoh, shuningdek, Allohning sifatlaridan biri ma’nosida qo‘llaniladi. Sosoniylar davriga oid "œTansara maktublari" asari (260-yil)da aytilishicha, malik unvoni shohanshoh tomonidan faqat shoh xonadoni a’zolari va chegara hududlaridagi "œalanlar, g‘arbiy viloyatlar, Xorazm va Kobul hokimlari"ga berilgan. Xorazmshohlar davlatida malik harbiy unvoni 10 ming kishilik otliq qo‘shinga qo‘mondonlik qilgan kishilarga berilgan (mas., A’zam malik, Temur malik va b.). Bu unvonga kamdan kam hollarda aholining quyi qatlamiga mansub kishilar sazovor bo‘lishgan. Janglarda alohida jasorat ko‘rsatgan maliklarga xon unvoni berilgan. Mo‘g‘ullar bosib olgan ba’zi mamlakatlarda (XIII-XIV asrlar) mahalliy hukmdorlar malik deb atalgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:04:23
 "œMASNAVIYI MA’NAVIY" — fors-tojik poeziyasining yirik namoyondasi Jaloluddin Rumiyning asari. Asar 36 ming baytdan iborat bo`lib, unda so`fiylik falsafasining asoslari talqin etiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:04:31
MA’SUDIYA MADRASASI — Buxorodagi madrasa. Madrasada mingga yaqin talaba o‘qigan. 1273-yilda Xulaguxonning askarlari tomonidan bu madrasa yondiriladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:04:40
 "œMIFTOH UL-FUTUH" ("œZafarlar kaliti") — Amir Xusrav Dehlaviyning asari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:04:51
MULKI DEVONIY — davlat yerlari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:05:02
MULKI VAQF — masjid, madrasa, xonaqoh, mozor va maqbaralar ixtiyoridagi yerlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:05:12
MULKLAR — xususiy yerlar. Mulklarning kattagina qismi harbiy ma’murlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun hadya qilingan yerlar bo‘lib, ular "œiqto" yoki "œsuyurg‘ol" yerlari deb yuritilardi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:05:21
MULKI INJU-XON — noiblar va ularning avlodlari tasarrufidagi yerlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:05:30
MO‘G‘UL — chet ellik, musofir, daydi, muhojir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:05:39
MO‘G‘ULLAR ISTILOSI — Chingizxon boshchiligi-dagi mo‘g‘ullarning Osiyo va Sharqiy Yevropaga qilgan bosqinchilik yurishlari (XIII a.). Mo‘g‘ul no‘yonlari harbiy tashkilot tuzib, ko‘p xalqlarni bosqinchilik urushiga tortdilar. Ular qo‘shinining asosiy kuchi — ko‘chmanchilardan iborat ko‘p sonli va juda harakatchan otliq askarlar edi. Ular bosqinchilik urushlarida bosib olgan mamlakatlarining harbiy kuchi va texnika yutuqlaridan ham foydalanganlar. Qo‘shin birlashgan qo‘mondonlikka ega bo‘lib, qattiq intizom va yaxshi qurollanganligi hamda o‘zining jangovar sifatlari bilan qo‘shni mamlakat qo‘shinlaridan ustun turar edi. Osiyo va Sharqiy Yevropaning juda ko‘p mamlakatlaridagi ichki nizolar va rahbar tabaqaning xoyinligi mo‘g‘ullarning osonlik bilan g‘alabaga erishishiga qo‘l keldi. Mo‘g‘ullar istilosi Chingizxon boshliq mo‘g‘ullar davlatining tashkil topishidan boshlanib, XIII a. oxiriga qadar davom etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:05:48
NAJMIDDIN KUBRO MAQBARASI — Ko‘hna Urganchdagi me’moriy yodgorlik (XIV asr 20-30-yillari). Sufiylikdagi kubraviylik oqimining asoschisi, shoir, olim va shayx Najmiddin Kubro nomi bilan bog‘liq. Maqbara 3 xona (Najmiddin Kubro sag‘anasi joylashgan katta xona, bir necha qabrlari bo‘lgan kichik xona va ziyoratxona) dan iborat. Miyonsaroy va xonalar gumbaz tomli, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan. Bosh tarsi chuquqr ravoqli, peshtoq-gumbazli, koshinkori naqsh bilan hoshiyalangan, yozuvlarida qurilgan yili saqlangan, Peshtoq yuqorisi muqarnasli sharafa bilan yakunlangan. Peshtoq devorlari va sag‘ana oq, ko‘k, havo rang va jigarrang koshin bilan qoplangan. Yog‘och o‘ymakorligida ishlangan eshigiga islimiy naqsh tushirilgan. Katta xonaning ichki gumbaz osti bag‘ali qalqonsimon, 16 qirrali, 4 burchagi toqu ravoqli, ganchkori muqarnaslar bilan bezatilgan. Xona o‘rtasidagi sag‘ana o‘ziga xos milliy uslubda ishlangan. Bu keyinchalik Xorazm me’moriy yodgorliklarida namuna sifatida keng qo‘llanilgan. Najmiddin Kubro maqbarasida Xorazm me’morligida musavvir va koshinpazlar tomonidan erishilgan barcha yutuqlar namoyon bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:05:57
NAVKAR, NUKAR (mo‘g‘ulcha noxor — do‘st, o‘rtoq) — 1) mo‘g‘ul xonlari, no‘yon huzurida xizmat qiluvchi oliy tabaqali yigitlar. Navkarlar — qurollangan erkin kishilar bo‘lib, no‘yonlarga o‘z ixtiyorlari bilan xizmat qilishgan va ularning qaramog‘ida bo‘lishgan. Urush paytida navkar avvalambor jangchi, tinchlik paytida esa qo‘riqchi va "œuy kishisi", xonadonga yaqin kishi bo‘lgan. Navkarlar xizmatlari evaziga dastavval uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak va qurol-yarog‘, keyinchalik esa harbiy o‘ljaning bir qismi, in’om etilgan yer mulki va qarollar bilan taqdirlanganlar, bu esa ularni yirik zodagonlarning vassallariga aylanishlariga imkon bergan. Xizmat pillapoyasida o‘z iste’dodini namoyish etgan ko‘pgina avkarlar keyinchalik turli harbiy bo‘linma va qismlarga qo‘mondon bo‘lganlar; 2) Amir Temur va temuriylar davrida navkar atamasi — "œxizmatkor", "œaskar", "œqo‘shin" ma’nolarida qo‘llanilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:06:10
NAYMAN, NAYMANLAR — o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, no‘g‘oy va oltoy xalqlari tarkibiga kirgan qabila uyushmasi. 1204-yilda naymanning katta bir qismi mo‘g‘ullarga tobe bo‘ladi. Mo‘g‘ullarga itoat etmagan naymanlar esa Balxash ko‘lining g‘arbidagi cho‘llarda, janubda Olako‘l bo‘ylarigacha bo‘lgan yerlarda, Sirdaryo bo‘ylarida, Ulug‘tog‘ hamda Ishim daryosi bo‘ylarida yashaganlar. Sirdaryo bo‘ylaridagi naymanlarning katta qismi keyinchalik Xorazmga va Movarounnahrga ko‘chib kelib o‘rnashganlar. Naymanlarning deyarli ko‘pchiligi XIII asr boshlarigacha xristian dinida bo‘lgan. Ularning bir qismi esa qora kidanlar ta’sirida budda dinini ham qabul qilganlar. Ammo nayman e’tiqodida ibtidoiy dinlarning, xususan shamanizm qoldiqlari kuchli bo‘lgan. XIII-XIV asrlar davomida naymanlar islom dinini qabul qilganlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:06:23
 "œNUH SIPEHR" ("œfalakning to`qqiz gumbazi") — Amir Xusrav Dehlaviyning asari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:06:31
NO‘YON, NO‘YONLAR (mo‘g‘ulcha noyon, noyan, noyin — janob, knyaz) — o‘rta asrlarda mo‘g‘ulistondagi oliy tabaqa vakillari. Dastlab (XI a. — XII asrning birinchi yarmi) qadimgi mo‘g‘ullarning aslzoda urug‘ boshliqlarini anglatgan, so‘ngra (XII asrning ikkinchi yarmida) — cho‘l zodagonlarini, urug‘chilik tuzumi yemirilib mulkdorlik munosabatlari shakllanayotgan davrda ajralib chiqqan aslzodalarni bildirgan. Chingizxon imperiyasi tashkil topgunga qadar no‘yonlar o‘zlariga taalluqli qavmlarga boshchilik qilgan. Mo‘g‘ullar davlatida (XIII-XIV asrlar) no‘yon — chingiziy shahzodalar, tumanboshilar, mingboshilar, yuzboshilar, umuman barcha "œoq suyaklar" ("œsagan yasun’). No‘yonlar aksariyat hollarda sechan (chechan), bayan, batur kabi yuqori unvonlarga sazovor etilgan. Etnik tarqoqlik sharoitida (XIV-XVII asrlar) noyon — markazlashgan xon hokimiyatidan mustaqil bo‘lgan mulk hokimlari; ular mustaqil tashqi siyosat yurgizib, o‘zlariga qaram aratlarni ezishga to‘la huquqli bo‘lganlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:06:39
PALAXMON — tosh otar; harbiy qurol.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:06:48
PARVON JANGI (1221) — Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi olib borgan janglaridan biri. Jaloliddin o‘zining turli qabilalardan tashkil topgan qo‘shini (60-70 ming kishi) bilan mo‘g‘ullarga qarshi chiqib, Parvon yaqinida jang maydonini egallagan. U bu yerda turib dastavval Toxaristondagi Valiyon (yoki Valishton) qal’asini qamal qilayotgan mo‘g‘ul qo‘shinini tor-mor etgan. Chingizxon Jaloliddinga qarshi Shiki-Xutuxu no‘yon boshchiligida qo‘shin (30 ming, boshqa manbaga ko‘ra, 45 ming kishi) jo‘natgan. Parvondan bir farsax (oltinchi 7 km) masofadagi yerda bo‘lgan jangda musulmonlarning o‘ng qanotiga Jaloliddinning qaynotasi, qang‘lilar qo‘shini sardori Amin al-mulk, so‘l qanotiga Sayfuddin Ag‘roq turkman xalajlardan tashkil topgan qo‘shinga boshchilik qilgan. Jang ikki kun davom etgan, Juvayniyning hikoya qilishicha, Shiki-Xutuxu no‘yon ikkinchi kunga o‘tar kechasi dushman mo‘g‘ullarga madad kuchlari yetib kelibdi deb o‘ylashi uchun o‘z qo‘shiniga kigiz va choponlar orasiga poxol solib va bosh kiyim kiygizib qo‘riqchi yasashni, ularni qo‘shimcha otlar ustiga o‘tqazib, tuyalar karvoni va aravalar orasiga saflashni amr qilgan. Dastlabiga bu ayyorlik ish bergan, ammo, Jaloliddin qo‘shiniga dalda berib ularni olg‘a boshlagan. Mo‘g‘ullar qattiq jangdan holdan toyganlarida Jaloliddin karnay chaldirib qo‘shiniga otlarga minishga farmon bergan va umumiy hujumga o‘tgan, shu bilan jang taqdiri hal bo‘lgan. Shiki-Xutuxu faqat ozgina jangchilari bilan Chingizxon huzuriga qaytib kelgan. Parvon jangi mo‘g‘ullarning bu urushdagi eng katta mag‘lubiyati bo‘lgan. Mo‘g‘ullar bosib olgan ko‘pgina shaharlarda xalq qo‘zg‘olon ko‘tarib mo‘g‘ul noiblarini o‘ldirganlar. Ammo, Parvon jangidagi g‘alaba Jaloliddin uchun halokatli oqibatlarga olib kelgan. Jangdan so‘ng Jaloliddinning lashkarboshilari o‘lja (ajoyib arab oti) ustida janjallashib qolganlar. Jaloliddin ularni tinchita olmagan. Sayfuddin Ag‘roq, A’zam malik va Muzaffar malik uni tark etganlar. Jaloliddinning yonida faqat Amin al-mulkgina o‘z qang‘lilari bilan qolgan, xolos.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:06:56
PAYZA, PAYDZA (xitoy-mo‘g‘ulcha) — yorliq. Chingizxon Yasasiga binoan joriy etilgan, oltin, kumush, cho‘yon, jez hamda yog‘och taxtachalarga bitilgan, mo‘g‘ul xonlari tomonidan mo‘g‘ullar hukmronligiga tobe mamlakatlarga tayinlangan noiblar, shuningdek, chopar va elchilarga, ularning lavozimlariga qarab beriladigan yorliq, buyruq. Noiblarga hamda elchilarga beriladigan oltin payzaga xonning buyruqlari yozilgan va ular noib yoki elchiga cheksiz vakolat huquqini bergan. Payza egasi istagan narsani talab qilishga haqli bo‘lgan, uning talabi so‘zsiz bajarilgan. Mahalliy hukumat vakillari payza bor ma’murga ot, yo‘l ko‘rsatuvchi kishi, oziq-ovqat va boshqa ximatlarni ko‘rsatishga mas’ul bo‘lganlar. Payzaning darajasiga qarab unga qush yoki hayvon rasmi solingan. Eng oliy darajali payza yuziga yo‘lbars surati tushirilgan. Bu turdagi payza hukmronlik va daxlsizlik belgisi bo‘lib ximat qilgan. Payzaga ega shaxslar talanish yoki jazolanishdan mustasno edilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:07:05
QOPCHUR — chorva mollari bosh sonining 1 foiz miqdorida olingan soliq.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:07:14
QORAUNAS (duragay) — Yettisuvlik mo‘g‘ullari Movarounnahrda yashovchi mo‘gullarga nafrat ko‘zi bilan boqib, ularni shunday nom bilan kamsitib ataydilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:07:21
QUTLUG‘ TEMUR MINORASI — Ko‘hna Urganchdagi me’moriy yodgorlik (1321 33); Sulton Takash maqbarasi yaqinida. O‘rta Sharqdagi eng baland minoralardan (bal. 62 m). Pishiq g‘ishtdan qurilgan minora yuqori tomon ingichkalashib boradi; minora mavj usulida terilgan g‘ishtli belbog‘lar va kitobalar bilan bezatilgan. Quyi qismida Qutlug‘ Temur va Oltin O‘rda xoni O‘zbekxonning nomi kufiy yozuvida bitilgan. Jome masjid (saqlanmagan) tomi orqali eshikdan minoraga kirib, aylana zinapoya orqali yuqoriga chiqilgan. Quyi qismida muazzin uchun yog‘ochdan ishlangan maxsus joy qoldiqlari saqlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:07:30
ROBIYA SULTON BEGIM MAQBARASI — Turkiston shahri (Qozog‘iston) dagi me’moriy yodgorlik (XV asr). Yassaviy majmuasi tarkibida. Ulug‘bekning qizi Robiya Sulton begimga atab qurilgan. Maqbara tarhi 8 qirrali, bosh tarzidagi peshtoq bo‘rttirib ishlangan. Ichki qismi ham 8 qirrali, uning har bir qirrasi ravoqli tokchalarga bo‘lingan. Robiya Sulton begimning marmar qabr toshi turli o‘yma naqsh va yozuvlar bilan bezatilgan. 1898-yilda maqbara butunlay buzib tashlangan. 1972-1975-yillarda qayta tiklash va ta’mirlash ishlari olib borilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:07:38
SAMARQAND MUDOFAASI (1220) — mo‘g‘ullar istilosi davrida shahar aholisining qahramonona kurashi. 1220-yil 10-fevralda Chingizxon Buxoroni egallagach, o‘z qo‘shinini xorazmshohlar davlatining ikkinchi poytaxti bo‘lgan Samarqandni egallash uchun tashlaydi. Muhammad Xorazmshoh Samarqand mudofaasiga alohida e’tibor qaratgan. Shahar mudofaasida 110 ming jangchi, 20 ta jangovar fil turgan. Samarqand mudofaasiga Tog‘ayxon, Borsmasxon, Sirsig‘xon, Uloqxon (O‘ltonxon), Alp Erxon, Shayxxon va Boloxon kabi amirlar bosh bo‘lgan. Mo‘g‘ullar hujumi 8-martda boshlangan. Qamal paytida Chingizxon harbiy hiyla ishlatgan. U shahar qamali uchun qo‘shinning ozgina qismini ajratgan, asosiy kuchlarni esa pistirmaga qo‘ygan. Samarqand mudofaasi rahbarlari bu hiylaga uchib, mo‘g‘ullarning ozligini ko‘rib shahardan qo‘shinning katta qismini tashqariga chiqarganlar. Mo‘g‘ullar yolg‘ondan chekinishgan, samarqandliklar ularni ta’qib eta boshlashgan. Pistirmaga duch kelgan Samarqand qo‘shini qurshab olinib tor-mor qilinadi. Ibn al Asirning yozishicha, mo‘g‘ullar 70 ming jangchini, Juzjoniyning xabariga ko‘ra, esa 50 ming jangchini o‘ldirganlar. So‘ngra shahar devorlari tagiga son-sanoqsiz asirlarni haydab keltirib ularni jangovar tartibda yuzlik va o‘nliklarga ajratib, har bir bo‘linmaga bayroq topshirganlar. Samarqand mudofaachilarining jangovar fillar bilan ikkinchi bor shahardan chiqib jang qilishlari ham samarasiz chiqqan. Mo‘g‘ullar hujumni kuchaytirib, shaharni manjaniqlardan to‘pga tutganlar. Shaharda sarosimalik boshlangan va nihoyat Chingizxon huzuriga shahar qozisi, shayxulislom va boshqa e’tiborli shaxslar boshchiligida vakillar jo‘natilgan. Mo‘g‘ullar shaharga Namozgoh darvozasidan (shaharning shim.-g‘arbiy tomonidan) bostirib kirib (12-mart) shahar istehkomlarini buzishga kirishganlar. Biroq shahar aholisi qarshilik ko‘rsatishni davom ettirgan. Alatxon boshliq 1000 kishilik qo‘shin mo‘g‘ullar safini yorib o‘tib, keyinchalik Muhammad Xorazmshohga borib qo‘shilgan. Qolgan jangchilar (20 ming kishi) Tog‘ayxon, Borsmasxon va Uloqxon boshchiligida qal’aga yashirinib olib, 17-martgacha qarshilik ko‘rsatishgan. Mo‘g‘ullar Jo‘yi Arziz kanalini buzganlaridan so‘nggina qal’ani olishga muvaffaq bo‘lgan. Suv arkning atrofini bosib, uning devorlarining bir qismini yuvib ketgan. Qal’a taslim bo‘lgandan keyin tirik qolgan himoyachilar (1000 kishiga yaqin) Muhammad Xorazmshoh tomonidan 1212-14-yillarda qurdirilgan Jome masjidiga yashirinib olishgan. Mo‘g‘ullar masjidga neft quyib, u yerdagi barcha odamlar bilan birga uni yondirib yuborishgan. 30 ming turk-qang‘li 20 ta amirlari bilan qatl etiladi. Qozi, shayxulislom va ularga tegishli kishilar (50 mingdan ortiq kishi)dan boshqa Samarqand aholisining katta qismi qamal ishlari uchun haydab ketiladi. Shaharning deyarli barcha hunarmandlari (30 ming kishi) asir qilib olib ketiladi. Tirik qolgan shaharliklarga 200 ming dinor tovon to‘lash sharti qo‘yilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:07:46
SARBADORLAR QO‘ZG‘OLONI — Eron va O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullar zulmiga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘oloni (XIV a.). Birinchi yirik qo‘zg‘olon 1337-yil Sabzavor hokimining jiyani Boshtin qishlog‘iga kelib, aholiga zulm qilishi natijasida ko‘tarilgan. Sarbadorlar maqsadga erishish uchun ozodlik yo‘lida dorga osilishga ham tayormiz degan shior ostida mo‘g‘ul bosqinchilari va mahalliy mulkdorlar zulmiga qarshi kurash olib boradilar. Xurosonning g‘arbiy qismida ular mo‘g‘ullar hukmronligini tor-mor qilib, mustaqil Sarbadorlar davlatini barpo etadilar. Bu davlatning markazi Sabzavor shahrida bo‘lib, u 1337-yildan 1381-yilgacha qariyb 45 yil hukm suradi. Sarbadorlar asosan dehqonlar, hunarmandlar, shayxlar va qullardan iborat edi. Ularning hukumati asosan demokratik tartibga qurilgan bo‘lib, unda tabaqalar deyarli bir-biridan farq qilmagan. Masalan, qullar to‘la ozod etilmagan bo‘lsa ham, ular boshqalar bilan bir qatorda sanalganlar. 1353-yil oxirida mo‘g‘ul elxonini o‘ldirib, o‘rdasini yakson qilib Gurgon (Astrobod)ni ham o‘z davlatlariga qo‘shib oldilar. Bu davrga kelib Sarbadorlar davlatiga butun Jan. Xuroson ham kirgan. 1365-yil Samarqandda mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi Sarbadorlar qo‘zg‘oloni boshlanadi. Qo‘zg‘olonga Mavlonozoda rahbarlik qildi. Abu Bakr Kuluiy (Kalaviy) Naddof, Xo‘rdaq Buxoriy unga yordamchi bo‘ldilar. Shaharni mudofaa qilish maqsadida shaharning barcha darvozalarini berkitib, ko‘chalar, bog‘lar atrofiga g‘ovlar qurdirdilar. Mo‘g‘ullar ikki kun hujum qilib Samarqandni ololmadilar. Uchinchi kuni Samarqand atrofi qishloqlarini talab, Movarounnahrni tark etdilar. Sarbadorlarning g‘alabasi Amir Husaynni xavotirga soldi. Amir Husayn Balx, Badaxshon, Qunduz, Bag‘lon, Andxud, Shibirg‘on viloyatlaridan qo‘shin to‘plab Samarqand sari yurdi. Amir Husayn Konigil maydoniga yetib kelgach, sarbadorlar tortiqlar bilan uning huzuriga keldilar. Amir Husayn ularni ziyofat qilib, sovg‘a-salomlar bergan. Ertasi kuni sarbadorlar vakillarini Karbos mavzeida hibsga olgan va dorga osgan. Faqat shu kuni Konigilga yetib kelgan Amir Temur Mavlonozodani dor tagidan saqlab qolgan. 1373-yil mahalliy mulkdorlarga qarshi Kermonda Sarbadorlar qo‘zg‘oloni boshlangan. Mulkdorlarning mol-mulkini musodara qilishgan, amaldorlarni hibsga olishgan. 1374-yil shoh Shujo Muzaffar tomonidan qo‘zg‘olon bostirilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:07:54
SAYFIDDIN BOHARZIY MAQBARASI — Buxorodagi me’moriy yodgorlik (XIII-XIV asrlar). Buxoroning sharqiy qismi (eski Fathobod mavzei)da ikki maqbara — Bayonqulixon maqbarasi va Sayfiddin Boharziy maqbarasi bunyod etilgan. Sayfiddin Boharziy maqbarasining kichik go‘rxonasi (XIII asr ikkinchi yarmi) va ziyoratxonasi (XIV a. ikkinchi yarmi) charxi gumbazli. Bosh tarzidagi peshtoq chuqur ravoqli, ikki yoniga guldastalar ishlangan. Peshtoq va guldasta oralig‘idagi yassi mehrobiy tokchalarga tuynuklar qilingan. Peshtoq yuqorisida ravoqli darchalar bor. Ziyoratxona va go‘rxona ichidagi gumbaz osti bag‘ali 8 va 16 qirrali muqarnas bezaklar bilan to‘ldirilgan. Maqbaraga Shayx Sayfiddin Boharziy, uning 2 o‘g‘li Jamoliddin Muhammad va Mazhariddin Mutahhar, shuningdek, nevarasi Abu Mufaxir Yahyo, evaralari Xovand Burhoniddin, Ruhiddin Shayx Dovudlar dafn etilgan. Amir Temur Buxoroga tashrif buyurganda Shayx qabrini albatta ziyorat qilgan. Uning farmoni bilan maqbara obod qilinib, ziyoratxona va sharqiy peshtoq qurilgan. Shayx qabri ustidagi yog‘och sag‘ananing yasalish uslubi, zarhal bezaklari Amir Temur davri yog‘och o‘ymakorligi san’atining noyob yodgorligi hisoblanadi. Sag‘anada tug‘ilgan va vafot etgan sana, Qur‘ondan oyatlar, Shayxni madh etuvchi mad-hiyalar, rang-barang naqshlar o‘zaro uyg‘unlashgan. Mustaqillikdan keyin Sayfiddin Boharziy maqbarasi qayta ta’mirlanib, yodgorlik atrofida go‘zal Fathobod bog‘i bunyod etildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:08:03
SIND DARYOSI BO‘YIDAGI JANG — Jaloliddin Manguberdi va Chingizxon qo‘shinlari o‘rtasidagi jang (1221 yil 24-26-noyab.). Parvon jangida mag‘lub bo‘lgan mo‘g‘ullar Chingizxon boshchiligida ulkan lashkar to‘plab Jaloliddinga qarshi otlangan. Son jihatdan mo‘g‘ullar bir necha barobar ziyod bo‘lgan, shu tufayli xorazmliklar Sind (Hind) daryosi tomon chekinishgan. Jaloliddin Parvonda avval uni tark etgan Sayfuddin Ig‘roq, A’zam malik va Muzaffar malik kabi amirlar bilan birlashib, Chingizxonga qarshi jang qilishga qaror qiladi. Ammo, o‘ylangan rejaning amalga oshishiga yov imkon bermaydi. Ildam etib kelgan Chingizxon Jaloliddinning O‘rxon boshliq o‘g‘ruqiga hujum qilib, uni yakson etadi. Dushmanning lashkari bilan Sind daryosi orasida qolgan Jaloliddinning jangga kirishdan o‘zga chorasi qolmaydi. Sind daryosi bo‘yidagi jang 1221 yilning 24-noyabr erta saharda boshlanadi va 3 kun davom etadi. Dastlabki kun Jaloliddin xos askarlari bilan yovning Chingizxon joylashgan markaziga shiddatli hujum uyushtiradi va uni 2 bo‘lakka ajratib yuboradi. Ammo, 10 ming kishilik mo‘g‘ullar pistirmasi uning yo‘lini to‘sadi. Bu pistirma Jaloliddinning qaynotasi Amin ul-Mulk qo‘mondonligidagi o‘ng qanotni tor-mor etadi, qolgan-qutganlarini esa Jaloliddin zo‘r shijoat bilan jang olib borayotgan markazgacha quvib boradi. Xorazmliklarning so‘l qanoti mo‘g‘ullarga bardosh berolmay yengiladi. Og‘ir ahvolda qolgan Jaloliddin 700 ga yaqin otliq askarlari bilan mardlarcha qarshilik ko‘rsatadi. Chingizxon uni tiriklayin qo‘lga olishni buyuradi. Dushman sultonni qurshovga oladi, ular o‘z niyatlariga yetay deb turganda Jaloliddinning tog‘avachchasi va xos amirlaridan bo‘lgan Axos malik uni halqa ichidan olib chiqishga erishadi. Jang vaqtida sultonning go‘dak o‘g‘li yov qo‘liga asir tushadi. Chingizxon uni qatl etishga hukm qiladi. Janggohdan chiqqan Jaloliddin qarindosh-urug‘lari bilan vidolashadi va ularni Sindga g‘arq qilishga ijozat beradi, so‘ngra qayta hujumga tashlanadi, noiloj ahvolda qolgach, 10 gaz balandlikdan oti bilan daryoga sakraydi. Daryoning narigi qirg‘og‘iga sog‘-salomat o‘tib olgan sultonning bu qahramonligini ko‘rgan Chingizxon Jaloliddinni ta’qib etishni man qiladi va o‘z a’yonlari hamda farzandlariga qarata shunday deydi: "œOtaga shunday o‘g‘il zarurki, u ikki girdob — olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa oldi!". Jaloliddin Sinddan suzib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan 4 mingga yaqin askarlari bilan birlashadi va Hindistonning shim. hududlari tomon yo‘l oladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:08:10
SULDUZ, SULDUS — turklashgan mo‘g‘ul qabilalardan biri. Sulduzlarning katta bir guruhi Chingizxon qo‘shini tarkibida Dashti Qipchoq va qisman hozirgi O‘zbekiston hududi hamda Afg‘onistonning shimoliga kelib joylashgan, keyinchalik Ozarbayjon, Eronga ham o‘tishgan. Toyjuvutlar qabilasi bilan urushganda katta yordam berganlari tufayli Chingizxon saroyidagi eng nufuzli amirlar sulduzlardan bo‘lgan. Ular mo‘g‘ullar davlati tarkibidagi Movarounnahr, mo‘g‘uliston, Xitoy va Eronda xizmat qilishgan. Qo‘ng‘irotlar amiri Qozog‘on (1346-58 ) vafotidan so‘ng amir Bayon Sulduz bir necha yil Samarqandda hokimlik qilgan, Balx viloyatining bir qismiga sulduzlarning qabila boshlig‘i O‘ljoy bug‘o sulduz rahbarlik qilgan. Sulduzlar Amir Temur va temuriylar davrida ham nufuzga ega bo‘lishgan. Keyinchalik sulduzlar Shayboniyxon xizmatiga o‘tadilar. Tojikistonning Baljuvon bekligida Sulduz-bolo va Sulduz-poyon qishloqlari bo‘lgan. Sulduz nomi o‘zbek qabilalari ro‘yxatiga kiritilgan o‘rta asr manbalarida uchraydi. XVI-XVII asrlarda sulduzlar o‘troqlashib, mahalliy xalqlar tarkibiga singib ketgan. Ammo XX asrning boshlarida o‘zbek urug‘-qabilalari orasida sulduz nomi uchramaydi. Chunki bu davrda sulduzlar O‘rta Osiyo va Afg‘oniston aholisiga batamom qorishib ketishgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:08:18
SZIN SULOLASI (1115-1215) — Xitoy davlati sulolalaridan biri. Chjurchjenlar tomonidan o‘rnatilgan. 1215-yilda Chingizxon tomonidan tugatiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:08:26
 "œTABAQOTIY NOSIRIY" — XIII asrning ikkinchi yarmida ijod qilgan tarixnafis Abu Umar Minxojuddin Jo`zjoniyning tarixga oid asari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:08:34
 "œTARIXIY JAHONGUSHAY" ("œjahon fotihi tarixi") — XIII asrning ikkinchi yarmida ijod qilgan tarixnafis Alouddin Otamalik Juvayniyning tarixga oid asari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:08:42
TUMAN — Chig‘atoy xoni Kebekning islohoti bo‘yicha davlat viloyatlarga bo‘linib, ular shu nom bilan yuritiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:08:49
TURKLAR ONASI — Sulton Muhammadning zabardast onasi Turkanxotun shu nom bilan shuhrat topgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:08:59
TO‘RABEKXONIM MAQBARASI, SO‘FILAR SULOLASI MAQBARASI — Ko‘hna Urganchdagi me’moriy yodgorlik (1333). Urganch hokimi Qutlug‘ Temur xotini, Oltin O‘rda xoni O‘zbekxonning qizi To‘rabekxonim nomi bilan bog‘langan. Maqbara bizgacha ancha vayrona holda yetib kelgan. Peshtoq orqali mo‘"jaz miyonsaroyga, undan olti qirrali katta xonaqohga o‘tiladi. Xona ichiga chuqur ravoqli tokchalar ishlangan. Tashqarisi 12 qirrali, har tomoniga chuqur ravoqlar ishlangan. Poygumbazi 24 qirrali, kulohiy gumbazli (sharqiy qismi saqlangan), bezaklarida nafis koshinkori naqshlar, muqarnaslar qo‘llanilgan. To‘rabekxonim maqbarasi XIV a. Xorazm me’morligining yuksak badiiy mahorati aks ettirilgan noyob yodgorlik namunasidir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:09:07
ULUS (mo‘g‘ulcha — davlat, xalq, odamlar) — 1) mo‘g‘ullar davlati shakllanish davri (XIII a. boshi)da muayyan bir no‘yonga tobe bo‘lib, unga qarashli yerlarda ko‘chmanchilik bilan hayot kechiruvchi katta-kichik oilalar guruhi; 2) Chingizxon tuzgan ilk mo‘g‘ul davlati; 3) mo‘g‘ullar istilosi davrida bosib olingan hududlardan Chingizxon farzandlariga bo‘lib berilgan mulk (udel) lar (mas., Jo‘ji ulusi, Chig‘atoy ulusi va boshqalar). XIII asrning ikkinchi yarmida bu uluslar mustaqil davlatlarga aylanib, nomigagina saltanat hukmdori — ulug‘ qoonga bo‘ysunganlar. XV-XVII a. oxirlarida ulus — mo‘g‘ulistondagi yirik yer mulki va musulmon adabiyotida Chingiziylar davlatlarining atalishi. Mo‘g‘uliston manjurlar tomonidan bosib olingach, mamlakat aymoqlar va xoshunlarga ajratilgan. "œUlus" atamasi mulk ma’nosida qo‘llanilmaydigan bo‘lgan va asta-sekin «xalq» ma’nosini anglata boshlagan. Hozirgi vaqtda «ulus» atamasi «davlat» atamasining sinonimi sifatida ishlatiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:09:14
ULUSBEGI — ulus hokimi. XIII-XVIII asrlarda O‘rta Osiyoda ulusbegi o‘z ulusida oddiy hukmdor nomidan ish yurgizgan. Ulusbegi lavozimiga, odatda, xonning qarindosh urug‘lari tayinlangan. Ulusbegi oliy hukmdorning har xil topshiriqlarini bajargan, urush paytida safarga hukmdor bilan birga otlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:09:22
URGANCH MUDOFAASI, GURGANJ MUDOFAASI (1221 yil) — mo‘g‘ullar istilosi davrida shaharning qahramonona mudofaa qilinishi. Chingizxon xorazmshohlar saltanati poytaxti Urganch (Gurganj)ni osongina, ortiqcha kuch ishlatmay olish ilinjida Muhammad Xorazmshohning onasi Turkon xotun huzuriga hojib Donishmandni elchi qilib yuboradi va shaharni jangsiz topshirsa unga Xorazm, Xuroson va Jayhunning narigi tarafi va ularga tutash joylarni berishga va’da qiladi. Ammo Turkon xotun o‘g‘li Muhammad Xorazmshohning qochganidan xabardor bo‘lgach, o‘g‘lining xotinlari va bolalarini, uning xazinasi va qimmatbaho ashyolarini olib, shaharni tashlab ketgan. Hokimsiz qolgan Urganch ahli sarosimada qolgan. Shaharda hokimiyatni Ali Kuhiy Darug‘on ismli bir firibgar o‘z qo‘liga olgan, natijada, tartibsizliklar yanada kuchaygan, o‘zaro janjal va bosqinchiliklar boshlangan, fuqaro va devon mollari talon-toroj qilingan. Bir oz vaqtdan so‘ng davlat devonining oliy mansabdorlari mushrif Imomiddin va Sharafiddin Ko‘ppak Urganchga qaytib kelib, o‘lgan xorazmshoh nomidan soxta vakolatnoma xati tuzib, hokimiyatni egallashgan. Shundan so‘ng shaharda bir oz tartib o‘rnatilgan. Tez orada Urganchga xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi bilan uning ukalari O‘zloqshoh va Oqshohlar kelishgan. Biroq sobiq valiahd O‘zloqshohning tarafdorlari Jaloliddinning davlat taxtiga bo‘lgan haqini tan olishmagan. Ular Turkon xotunning ukasi Xumor teginni sulton deb e’lon qilishgan. Xumor tegin va amirlardan O‘g‘ul hojib, Shayxxon, Er Bug‘o Pahlavon va Qutlug‘xonning qo‘l ostilarida 90 ming turkiy askarlar bor edi. Bu amirlar Jaloliddinga suiqasd uyushtirishgan, lekin, u bundan avvaldan ogoh bo‘lgani sababli Temur Malik boshchiligidagi 300 askar bilan Urganchni tark etgan. 3 kundan so‘ng mo‘g‘ullar yaqinlashib kelayotganini eshitgan O‘zloqshoh va Oqshohlar ham shaharni tashlab ketishgan. Shaharni dastlab Chingizxonning o‘g‘illari O‘qtoy va Chig‘atoy boshchiligidagi 100 ming kishilik qo‘shin qamal qilgan. Mo‘g‘ullar o‘sha zamonning eng mukammal qurol-aslahalaridan foydalanishgan. Mo‘g‘ullar harbiy hiyla ishlatib askarlarining bir qismini pistirmada qoldirib, oz sonli qo‘shin bilan hujumga o‘tganlar. Shahardan ko‘plab otliq va piyoda guruhlar chiqib «chekinayotgan» mo‘g‘ullarni ta’qib eta boshlagan. Urganch yaqinidagi Bog‘i Xurram bog‘lari yonida pistirmadagi mo‘g‘ul qo‘shini Urganch askarlarini o‘rab olib, minglab kishilarni qirib tashlashgan, shaharliklarning ko‘pchiligi O‘g‘ul hojib boshchiligida qurshovdan chiqib Xurosonga qochib ketgan. Mo‘g‘ullar xorazmliklarning qochganlarini quvib Qobilon darvozasi orqali Urganchning tashqi devorlarining ichiga kirganlar. Lekin ular shahar aholisining qattiq qarshiligiga duch kelganlar va shahardan butunlay haydab chiqarilganlar. Ertasi kuni mo‘g‘ullar Qobilon darvozasi orqali hujumga o‘tishgan, lekin amir Faridun G‘uriy askarlari tomonidan uloqtirib tashlangan. Urganch qamali cho‘zilib ketgan, Chingizxon katta o‘g‘li Jo‘jini yordamga yuborgan. Jo‘ji otasi unga butun Movarounnahrni mulk sifatida va’da qilgani uchun, boy shahar Urganchni, unga zarar yetkazmay qo‘lga kiritishga harakat qilgan. Shuning uchun shaharliklar oldiga o‘z elchisini yuborib, shaharni g‘oliblarning rahm-shafqatiga topshirilishini taklif etgan. Biroq Chig‘atoy akasiga e’tiroz bildirib, Urganchni vayron qilinishini talab qilgan. Mo‘g‘ullarning qamali 7 oy davom etgan. Chingizxon o‘g‘illari orasidagi raqobatni bartaraf etish uchun barcha qo‘shin va shahzodalarni O‘qtoyga bo‘ysundirgan. Shundan so‘ng mo‘g‘ullar shaharga qattiq hujum uyushtirganlar. Xumor tegin va uning mulozimlari shahar darvozalarini ochib taslim bo‘lishga qaror qilishgan. Mo‘g‘ullar shaharga yopirilib kirib, 7 kun davomida aholi bilan ko‘cha janglari olib borganlar, bosib olingan uy va binolarni buzib, neft bilan yondirib borishgan. Mo‘g‘ullar mahallama-mahalla bosib borganlar, faqat 3 ta mahalla qolganda Xorazm muhtasibi faqih Alouddin al-Hayyot boshchiligidagi shahar elchilari omonlik so‘rashgan. Biroq mo‘g‘ullar iltimosni rad etishgan. Ular shaharning tirik qolgan barcha aholisini shahar tashqarisiga chiqarib, mo‘g‘ulistonga yuborish uchun 100 mingga yaqin hunarmandlarni ajratib olganlar, so‘ngra mo‘g‘ullar Urganchning barcha tirik qolgan aholisini qatl etganlar. Aholidan o‘ch olib bo‘lgach, mo‘g‘ullar shaharni rejali ravishda vayron qilishga o‘tgan. Ular Amudaryodagi to‘g‘onni buzib, shaharni suvga bostirganlar. Noyob madaniy yodgorliklar, kutubxonalar vayron qilingan. Urganch mudofaasidan so‘ng mo‘g‘ullar harbiy harakatlarni Xurosonga ko‘chirganlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:09:31
XON — turkiy va mo‘g‘ul xalqlari hukmdorlari unvoni. Dastlab qabila sardori, keyinchalik oliy hukmdorni anglatgan. Saljuqiylar va xorazmshohlar davrida xon viloyat, shahar hokimi yoxud darajasiga ko‘ra amir yoki malik lavozimlariga nisbatan yuqori hisoblangan, ayni paytda, mamlakat boshlig‘i sultonga tobe bo‘lgan turkiy boshliqni bildirgan. Xon arslon, bug‘ra singari so‘zlar bilan birikib qoraxoniylar davlati hukmdorlarini anglatgan. Mo‘g‘ul imperiyasiga asos solgan Temuchin "œChingizxon" unvonini qabul qilgan. Imperiya hududida tashkil topgan ulus hukmdorlari ham xon deb nomlangan. Chingizxon vafotidan so‘ng, saltanat taxtiga o‘tirgan chingiziylarga qoon unvoni berilgan. Mo‘g‘ul hukmronligi davrida Eronda nomusulmon hukmdorlar xon, musulmon hukmdorlar esa, sulton deb atalgan. Temuriylarda Chingizxon sulolasiga daxldor shaxslar xon unvoni bilan yuritilgan. Shayboniylarda xon hukmdor yoki taxt vorisini, sulton esa shahzodani ifodalagan. Safaviylar davrida xon unvoni viloyat boshliqlari — amirlarga berilgan va ular o‘z rutbalariga ko‘ra, 3-tabaqali zodagonlar sifatida e’tirof etilgan. Ayni vaqtda xon Eron va Afg‘onistonning turli ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qabilalari orasida qabila yoki urug‘ sardori unvoni tarzida shuhrat topgan. Qo‘qon va Xiva xonligi hukmdorlari ham o‘zlarini xon deb atashgan. Bu nom ularning chingiziylar bilan qarindoshlik rishtalari mavjudligiga ham ishora hisoblangan. Qojarlar davlatida (XIX asr) turli darajadagi harbiy va ma’muriy amaldorlar, Hindistondagi musulmon davlatlarida turli martabadagi mansabdorlar ham xon deb yuritilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:09:39
XONIYA MADRASASI — XIII asrda Buxoroda shuhrat topgan madrasa. Unda mingtagacha tolibi ilm ahli tahsil ko‘radi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:09:48
YASOQ (mo‘g‘ulcha dzasaq — qonun; jazolash) — 1206-yil Chingizxon buyuk qurultoyda ulug‘ xon etib saylanganda e’lon qilingan qonunlar majmuasi; o‘rta asrlar mo‘g‘ul huquqi to‘g‘risidagi asosiy manba.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:09:56
 "œYO VATAN, YO SHARAFLI O`LIM" — Najmiddin Kubroning mo`g`ullar zulmiga qarshi iltijo bilan aytgan xitobi. Bu xitob rahnamoligida har bir mahalla, ko`cha-ko`y, guzari rasta, masjidi madrasa va har bir xonadon janggohga aylandi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:10:05
YOM — O‘rta asrlarda savdo yo‘llarida joylashgan bekat.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:10:13
O‘LPON — yer solig‘i.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:10:21
O‘TROR MUDOFAASI (1219-yil sentyabr — 1220-yil mart) — mo‘g‘ullar istilosi davrida Xorazmshohlar davlatiga qarashli O‘tror shahrini qahramonona mudofaa qilinishi. Muhammad xorazmshohning O‘trordagi noibi Inolchiq tomonidan mo‘g‘ul savdogarlarining o‘ldirilishi va mol-mulklarining musodara etilishi (1218-yil) O‘rta Osiyoga istilochilik yurishini boshlash uchun Chingizxonga bahona bo‘lgan. 1219-yil sentyabrda mo‘g‘ullar shaharni qamal qilishga kirishganlar. Inolchiq ixtiyorida shahar mudofaasi uchun 20 ming kishilik qo‘shin bor edi. Shuningdek, Muhammad Xorazmshoh O‘trorga Qoracha hojib boshliq 10 ming askarni ko‘mak uchun jo‘natgan edi. Shaharni osonlik bilan egallash mushkulligini fahmlagan Chingizxon o‘g‘illari Chig‘atoy va O‘qtoy boshchiligidagi qo‘shinlarining bir qismini qoldirgan. Shundan so‘ng lashkarining asosiy kuchlarini 3 qismga bo‘lgan: birini u katta o‘g‘li Jo‘jixon boshchiligida O‘trordan shimoldagi Jand va Barchinlig‘kentni bo‘ysundirishga yuborgan, ikkinchisini — Uloq no‘yon va Suketu cherbi boshchiligida O‘trordan janubdagi Banokat bilan Xo‘jandni bosib olishga jo‘natgan. O‘zi esa kichik o‘g‘li Tuli va mashhur Jebe no‘yon va Subutoy bahodirlar bilan Buxoroga qarab yurgan. Manbalarga ko‘ra, O‘tror qamali 5 oy davom etgan. Mo‘g‘ullar shaharga oqib kiruvchi ariqlarni ko‘mib tashlashgan, manjaniqlardan shaharga qarata tosh va yonuvchi moddalar irg‘itganlar, qo‘rg‘on atrofidagi xandaqlar tuproq hamda shox-shabbalar bilan to‘ldirilgan, devorlar ostidan lahimlar qazilgan, tevarak-atrofdagi dov-daraxtlar kesilib, uzun, ulama qamal shotulari yasalgan. O‘tror mudofaasi davrida nafaqat qamaldagilar, balki mo‘g‘ullar ham katta talafot ko‘rishgan. Qamaldagilarning safi kundan kun siyraklashib, oziq-ovqat tanqisligi kuchaygan. O‘tror mudofaasining eng og‘ir paytida Qoracha hojib shaharni mo‘g‘ullarga topshirishni taklif qilgan, ammo Inolchiq bu taklifni rad etgan. Shunda Qoracha hojib o‘ziga qarashli 10 ming askari bilan So‘fiyxon (So‘fixona) darvozasidan chiqib mo‘g‘ullarga taslim bo‘lgan. Biroq xiyonatkorlikni mo‘g‘ullar ham kechirishmagan, ular Qoracha hojib va uning askarlarini qatl etishgan. Mo‘g‘ul qo‘shini manjaniq va arrodalar yordamida shahar devorlaridan raxnalar ochib ichkariga yopirilib kirgan. Inolchiq 20 ming askari bilan shahar ichidagi mustahkam qal’aga kirib olib, yana 1 oy davomida son jihatdan o‘zidan bir necha yuz barobar ortiq g‘anim bilan qahramonona jang qilgan. Chig‘atoy Inolchiqni tiriklayin ushlashni buyurgan. Chig‘atoy va O‘qtoy uni qo‘lga olib Samarqandga Chingizxon huzuriga keltirganlar. O‘tror mudofaasi rahbari beshafqat qatl etilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:10:29
O‘TROR VOQEASI (1218-yil) — O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullar istilosining boshlanishiga bahona bo‘lgan voqea. Bunda Chingizxon Xorazm bilan shartnoma tuzish uchun yuborgan savdo va elchilar karvoni Muhammad Xorazmshohning O‘trordagi noibi Inalxon (Qayrxon) tarafidan talon-toroj qilingan va karvon ahli o‘ldirilgan edi. Qimmatbaho molar va sovg‘alar ortgan mazkur karvon 500 tuyadan iborat bo‘lib, uni 450 kishi kuzatib kelgan. Ko‘pgina tarixchilarning fikricha, mazkur sovg‘a-salomlardan asl maqsad Xorazmni mo‘g‘ullarga tobe qilishdan iborat bo‘lgan, buni anglatgan Xorazmshoh karvonni talab, ahlini qirib tashlashga buyruq bergan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:10:40
SHULEN — oziq-ovqat solig‘i. Bu soliq har bir podadan ikki yashar qo‘y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida olingan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:10:47
CHERIK (sanskritcha ksatrika — qo‘shin, lashkar) — Turk xoqonligi (VI-VIII asrlar), Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Chingiziylar, Temuriylar, Shayboniylar, Xiva va Buxoro xonliklarida harbiy yurish vaqtida tuman, viloyat, o‘lka va uluslardan oliy hukmdor tomonidan chiqarilgan farmonga muvofiq yig‘iladigan muntazam qo‘shin. Cherik, asosan, otliq, qisman piyoda qismlardan tashkil topgan. Cherikni belgilangan joyga to‘plash vazifasi oliy bosh qo‘mondon ad"yutanti — tavochi zimmasiga yuklatilgan. Cherik o‘nlik, yuzlik, minglik va tumanlarga taqsimlangan va ularga o‘nbegi, yuzbegi, mingbegi va tumanbegilar sardorlik qilgan. Buxoro xonligida nomuntazam qo‘shin qora cherik deb nomlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:10:56
CHINGIZ — kuchli, qudratli, toza. 1206-yilda Onon daryosi bo‘yida chaqirilgan mo‘g‘ul urug‘ va qabila boshlqlarining qurultoyida Timuchinga berilgan laqab.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:11:04
CHINGIZIYLAR — mo‘g‘ullar davlatining asoschisi va xoni (1206-yildan) Chingizxon nomidan kelib chiqqan, Osiyo va Sharqiy Yevropada hukmronlik qilgan sulola. Mo‘g‘ullar davlati hukmdorlari: Chingizxon (1206-27), Tulixon (1227-29), O‘qtoy qoon (1229-42), Turakina xotun (1242-46), Kuyuk (Guyuk) qoon (1246-48 ), Munke (Mangu) qoon (1251-59), Xubilay (1259-94), O‘ljaytu — Temur qoon (1295-1307), Xaysanqulug qoon (1307-11), Ayurbaribad — Buyantu qoon (1311 20), Shidebala — Gegen qoon (1320-23), Yesun — Temur qoon (1324-28 ), Xo‘shila qoon (1328 ), Tug‘-Temur qoon (1328-32), Irijinbal qoon (1332), To‘g‘on Temur (1333-70), Ayushiridor qoon (1370-78 ), To‘kus Temur qoon (1378-88 ). Jo‘ji ulusi (Oltin O‘rda) hukmdorlari: Jo‘ji (1224-27), Botu (1227-56), Berkaxon (1256-66), Mangu Temur (1266-?), To‘da Mangu (?), To‘la bug‘a (?), To‘xtaxon (1290-1312), O‘zbekxon (1312-40), Jonibekxon (1340-57), Berdibekxon (1357-59), Navro‘z (1359-60), Xizrxon (1360-61), Mardud (Murud)(1361-63), Murodxo‘ja (1363), Qutlug‘xoja (1364), O‘rusxon (1364-75), To‘qtaqiya (1375), Temur Malik (1375-76), To‘xtamishxon (1376 96), Temur Qutlug‘ (1396-99), Shodibek (1399-1407). Iroq (Ozarbayjon, Fors, Xuroson, Kermon va Eronning G‘arbi)da hukm surgan Chingiziylar (hukmdorlar): Hulokuxon (1256-65), Abaqaxon (1265-82), Ahmadxon (1282-84), Arg‘unxon (1284-91), Keyxotu (Gayxatu)xon (1291 95), Boyduxon (1295), G‘ozonxon (1295-1304), O‘ljaytuxon (1304-16), Abu Sa’id Bahodirxon (1316-35), Ariaxon (1335-36), Musoxon (1336), Sulton Muhammadxon (1336-38 ), Tag‘oy Temurxon (1338; 1341-51), Sulaymonxon (1339-41). Sharqda Oltoydan to g‘arbda Amudaryogacha, G‘uljadan Samarqandu Buxorogacha bo‘lgan hududda, asosan, Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoy naslidan bo‘lgan xonlar hukm surgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:11:12
CHINGIZXON YASOSI, BUYUK YASOQ, BUYUK YASA (mo‘g‘ulcha "œjasoq" — qonun, qaror, jazolash so‘zining turkiy «yasoq» shakli) — Chingizxon tomonidan mo‘g‘ul qabilalarining Onon daryosining boshlanish joyida chaqirilgan qurultoyi (1206)da qabul qilingan qonunlar majmui, o‘rta asrlar mo‘g‘ul huquqi to‘g‘risidagi asosiy yozma yodgorlik. Chingizxon amriga binoan yozilib, "œOltun daftar" (chingiziy xonlarning rasmiy tarixi) bilan birga xon xazinasida saqlangan. Mo‘g‘ullar davlatining tashkil topishi bilan Chingizxon yasosini takomillashtirish, yangi qonunlar bilan to‘ldirish zarurati tug‘ilgan. 1218-yilda unga muhim tuzatishlar kiritilgan. Chingizxon yasosining so‘nggi tahriri 1225-yildagi qurultoyda qabul qilingan. Dastavval Chingizxon yasosi, asosan, davlat tomonidan amalga oshiriladigan turfa tadbirlar, muayyan gunohlar uchun beriladigan jazo choralarini o‘zida mujassam qilgan. Chingizxon yasosi to‘la shaklda saqlanib qolmagan, uning ayrim parchalari bizgacha yetib kelgan. Juvayniy (XIII asr)ning yozishicha, Chingizxon yasosi uyg‘ur yozuvida tumor shaklida bitilgan bo‘lib, u’Yasa nomayi buzurg" ("œYasa buyuk kitobi") deb nomlangan. Chingizxon yasosining parchalari musulmon tarixchilari Juvayniy, Rashiduddin, Ibn Battuta, Taqiaddin Makriziy; yevropalik sayyohlar Plano Karpini, Villem Rubruk, Marko Polo (XIII-XIV asrlar) asarlarida saqlanib qolgan. 1240-yilga oid — "œMo‘g‘ullarning maxfiy tarixi" va xitoy manbalarida ham yasoq haqida ba’zi ma’lumotlar mavjud.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:11:22
CHIG‘ATOIYLAR — Chig‘atoy ulusini idora etgan chingiziy sulola (1224-1404). Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoy ismidan kelib chiqqan. Chig‘atoy ulusi hukmdorlari: Chig‘atoyxon (1224-42), Qora Huloku (Haloku)(1242-46, 1252), Yesu Munke (1246-57), Orqina (Ergene) xotun (125-61), Olg‘u (1261-65), Muborakshoh (1265-66), Baroqxon (1266-71), Nikpay (1271-72), To‘g‘a Temur (1272-74), Duvaxon (1274-1306), Kunchak (1306-08 ), Toliqu (1308-09), Kebak (1309; 1318-26), Esan bug‘o (1309-18 ), Elchigadoy (1326), Duva Temur (1326), Tarmashirin (1326-34), Jingshi (Jankshi) (1334-35), Buzan (Puran) (1335-38 ), Yesun Temur (1338-40), Ali Sulton (O‘qtoy naslidan) (1340-42), Muhammad (1342-43), Qozon (1343-46), Donishmandcha (O‘qtoy naslidan)(1346-48 ), Bayonqulixon(1348-58 ). XIV a. o‘rtalarida Chig‘atoy ulusi parchalanib, ulusning sharqiy qismi — Sharqiy Turkiston va Yettisuvda turk va mo‘g‘ul qabilalarini o‘z ichiga olgan mo‘g‘uliston davlati tashkil topadi. Tug‘luq Temur mo‘g‘uliston xoni qilib ko‘tariladi. Chig‘atoy ulusining g‘arbiy qismida 1370-yil Amir Temur saltanati vujudga keladi. Sohibqiron taxtga chingiziylardan bo‘lgan Suyurg‘atmishxon (1370-88 ), Sulton Mahmudxon (1388-1404)larni rasman xon qilib ko‘tarib, hatto ularning nomidan yorliqlar chiqartirib, pullar zarb ettirgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:11:30
CHIG‘ATOY ADABIYOTI — Chig‘atoy ulusi hukmronligi davrida Xorazmda islom axloqi, odobi va taqvodorligi asosida turkiy tildagi adabiyot rivoj topa boshlaydi va u keyinchalik shu nomni oladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:11:37
CHIG‘ATOYLAR — XIII a. ikkinchi yarmi — XVI a. boshlarida Movarounnahr aholisi nomi. Chingizxonning o‘g‘li — Chig‘atoy nomi bilan bog‘liq. Ma’lumki XIII a. boshlarida Movarounnahr Chig‘atoy ulusi tarkibiga kirgan. Bu davrda (XIII-XIV asrlar) "œChig‘atoy" atamasi dastlab Chig‘atoy atrofidagi aslzodalar, qo‘shini va ularning avlodlarini anglatgan. XIV asrda ko‘chmanchi va o‘troq turkiy aholining aralashuvi natijasida yangi elat shakllangan. Keyinchalik XV asrda Movarounnahr va Sharqiy Turkistonning turkiy aholisi Chig‘atoylar deb atalgan. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Movarounnahrning turkigo‘y va forsigo‘y o‘troq aholisi Chig‘atoylar deb ataldi. XVI-XVII asrlarda Movarounnahrning o‘troq turkiy aholisining katta qismi o‘zbek nomini qabul qildi. XVIII a. manbalarida Boburiylar saltanatining qo‘shini Chig‘atoylar deb atalgan. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Chig‘atoylarning ma’lum qismi turkigo‘y bo‘lsa, qolgani forsigo‘y bo‘lgan. Lekin, ularning ko‘pchiligi ikki til — turkiy va forsiyda erkin so‘zlashgan. XX a. boshlarida O‘zbekiston va Tojikistonning janubda Shayboniyxon yurishlarigacha yashagan aholi avlodlariga nisbatan Chig‘atoylar atamasi ishlatilgan. XX asr boshlarida Chig‘atoylarning asosiy qismi hozirgi O‘zbekistonning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida va Tojikistonning janubida yashagan. Chig‘atoylarning ma’lum guruhlari O‘zbekistonning Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlari hamda Shimoliy Afg‘oniston va Pokistonda ham yashagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:11:46
CHOPQUN — bosqinchilik, bosmachilik, talon-taroj qilish.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:11:55
TARIXIY-GEOGRAFIK NOMLAR

BARCHINLIG‘KENT, BARCHKEND, BARCHIN — Sirdaryo bo‘yida joylashgan o‘rta asr qal’a-shaharlaridan biri (XII-XIV asrlar); Jand viloyatiga kirgan. Oltin O‘rda davrida Barchinlig‘kentda zarb qilingan mis tangalarda "œBarchin" yozuvi uchraydi. XIII asr ikkinchi yarmida Barchinlig‘kentga tarixchi Jamol Qarshiy kelib, uni o‘z asarida Barchkent deb qayd etgan. Bu davrda Barchinlig‘kentda turkmanlar yashaganlar, shahar atrofida qo‘rg‘onlar va qum barxanlari yastanib yotgan, shaharda ilm-fan, ma’naviy hayot taraqqiy etgan. Jamol Qarshiy Barchinlig‘kentda arab, fors, turkiycha she’rlar bitgan mahalliy olimning ma’ruzasini tinglaganini yozadi. XV asrdan so‘ng Barchinlig‘kent atamasi manbalarda tilga olinmaydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:12:03
BOMIYON, BOMIKON, BOMYANNA — Afg‘o-nistonning markaziy qismidagi shahar, Bomiyon viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 10 ming kishiga yaqin. Bomiyon I asrda barpo bo‘lgan, VII asrda uni arablar fath etgan. X-XIII asr boshida Bomiyon dastlab g‘aznaviylar, so‘ng g‘uriylar, keyin xorazmshohlarga tobe bo‘lgan. 1221 yil Bomiyonni mo‘g‘ullar vayron qilgan, XVI asrdan u boburiylar tasarrufida bo‘lgan. Bomiyon XVIII asr ikkinchi yarmidan Afg‘oniston davlati tarkibida. Xitoylik sayyoh Syuan Szan va arab tarixchilari keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Bomiyon islom dini kirib kelgunga qadar buddizmning yirik markazi hisoblangan. U yerda qoyatoshlarni yo‘nib bunyod etilgan o‘ndan ortiq butxona o‘tmishda mavjud bo‘lib, ularning mingdan ziyod rohib (monax) lari bo‘lgan. Butxonalar o‘yma naqshlar bilan bezatilgan, ularga ko‘plab erkak va ayol qiyofasidagi tosh sanamlar o‘rnatilgan. Erkak qiyofasidagi sanamlardan birining bo‘yi 53 metr, ayol qiyofasidagilaridan birining bo‘yi esa 35 metr bo‘lgan. Afg‘onistondagi Tolibon rahbariyati qaroriga muvofiq, mamlakatdagi islomiyotga qadar yaratilgan moddiy-madaniy obidalar, shu jumladan Bomiyondagi budda sanamlari vayron qilingan (2001-yil mart).
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:12:11
DARBAND (forscha — dar-eshik, dara; band — mustahkam, berk, tugun) — ikki tog‘ orasidan, daradan o‘tgan yo‘l. Surxondaryo viloyatidagi Buzgalaxona darasi Darbandi ohanin deb atalgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:12:24
DASIN — o‘rta asrlarda Pekin shahrining nomi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:12:34
DUG‘LAT AMIRLIGI — XIV asrning 40-yillarida Chig‘atoy ulusi ikkiga bo‘linib ketishi natijasida uning sharqiy qismi (Sharqiy Turkiston va Yettisuv)da tashkil topgan davlat.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:12:42
ILI DARYOSI — Xitoy va Qozog‘istondagi daryo. Sharqiy Tyanshandan Tekes va Kunges daryolari nomi bilan boshlanib, Sintszyanda (Xitoy) birga qo‘shiladi va Balxash ko‘liga quyiladi. Uzunligi (Tekes bilan birga) 1439 km, Kunges va Tekesning qo‘shilgan yeridan hisoblansa 1001 km.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:12:49
JAND — Sirdaryoning quyi oqimida o‘rta asr shahri. Xorazmshohlar davlatining sharqiy istehkomi hisoblanadi. Bu yerlarni Saljuq bosib olmasdan ham Sirdaryo etagi qipchoqlar qo‘lida mustaqil o‘lka (mulk) bo‘lgan. XII asr o‘rtasiga kelib, Jand va Forob oralig‘i buyunlay xorazmshohlar (Takash) qo‘liga o‘tgan. Xorazmshohlar Janddan turib qipchoqlar yeriga harbiy urishlar qilgan. O‘sha davrda Orol dengizi ham Jand ko‘lida deb atalgan. 1220-yil Jandni Jo‘ji egallagan. S.P. Tolstov tadqiqotlari Jand Qozog‘istonning Qizilo‘rda shahri yaqinidagi Jan qal’a xarobalari o‘rnida bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:12:58
MOVAROUNNAHR AMIRLIGI — XIV asrning 40-yillarida Chig‘atoy ulusi ikkiga bo‘linib ketganishi natijasida uning g‘arbiy qismidagi tashkil topgan amirlik.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:13:06
MO‘G‘ULISTON — Chig‘atoy ulusining parchalanishi (1348 ) natijasida tashkil topgan davlat. Unga Qashqar, Ettisuv o‘lkasi va Ili vohasi qaragan. Mo‘g‘ul hukmdorlari va mulkdorlari o‘rtasida bosib olingan mamlakatlarning xalqlariga ikki xil qarash mavjud bo‘lib, ularning bir xili mahalliy zodagonlar, savdogarlar bilan yaqinlashish, hunarmandchilik, dehqonchilikni rivojlantirish, islom va musulmon madaniyatiga homiylik qilish tarafdori bo‘lsa (O‘qtoy qoon, Munke qoon, Chig‘atoy ulusi hukmdorlaridan Muborakshoh, Baroqxon, Kepakxon va boshqalar), yana bir boshqa guruh o‘troqlik va shahar hayotiga tamoman qarshi bo‘lib, ko‘chmanchilik an’analariga sodiq edilar. Ular shaharlarni tamoman buzib tashlash (chunki, shaharlar mustahkam qal’alarga tayanib, mo‘g‘ullarga qarshi kurash markaziga aylanib qoladi, deb hisoblardilar), ekinzorlar va bog‘-rog‘larni o‘tlovlarga aylantirish tarafdorlari (Xaydu, Durra Temur, Buzan va boshqalar) edilar. Chig‘atoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qo‘l ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga ko‘chib keladilar. Muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chag‘oniyonga kelib o‘rnashadi. Bu hol Chig‘atoy ulusining ikkiga bo‘linib ketishiga sabab bo‘ldi. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va shim.-sharqiy qismida qolgan turk va mo‘g‘ul qabilalari o‘zlarini mo‘g‘ullar, mamlakatni esa mo‘g‘uliston deb atay boshladilar. Movarounnahrga ko‘chib ketgan qabilalar esa chig‘atoylar nomi bilan mashhur bo‘ldi. Mo‘g‘ullar Movarounnahrga ko‘chib ketgan qabilalarni qoraunas (duragay), ular esa mo‘g‘ullarni jete (qaroqchi, talonchi) deb atardilar. 1348-yilda chig‘atoy naslidan bo‘lgan Tug‘luq Temur mo‘g‘uliston xoni qilib ko‘tarildi. Tug‘luq Temur vafotidan (1363) so‘ng, Amir Qamariddin hokimiyatni qo‘lga oldi. Qamariddinning hukmronlik yillarida mo‘g‘ulistonga Chig‘atoy ulusining g‘arbiy qismida o‘z hukmronligini o‘rnatgan Amir Temur 7 marta (1371, 1375, 1376, 1377, 1383, 1388, 1389) qo‘shin tortgan. Qamariddin Temur qo‘shinlarining ta’qibi ostida bir qism navkari bilan shimolga qochib ketdi. Taxtga Xizrxo‘ja o‘tirdi. Xizrxo‘ja Temurning Eron va Iroq yurishlarida band bo‘lganligidan foydalanib, mo‘g‘ulistonda tartib o‘rnatish va markaziy hukumatni mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldi, keyinchalik (1397) u bilan qarindosh bo‘lib (Temurga qizi Tuman og‘ani bergan), o‘z mamlakatining mustaqilligini saqlab qoldi. Xizrxo‘ja vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Sham" Jahon hokimiyatni qo‘lga oldi (1399). 1408-yil Sham" Jahon vafot etgach, taxtga ukasi Muhammadxon ko‘tarildi. Muhammadxon davrida Movarounnahr qo‘shinlari Qashqarni egallaganlar (1416). Muhammadxondan keyin taxtga o‘tirgan Sham" Jahonning o‘g‘li Naqshi Jahon Xitoy va Temuriylar saltanati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilash yo‘li bilan mo‘g‘uliston birligini saqlab qolmoqchi bo‘ldi. Lekin, u 1418-yil boshlarida Sheralining o‘g‘li Vaysxon tomonidan o‘ldirildi. Vaysxon hukmronligi yillarida mulkdorlar orasida kurash yanada kuchaydi. Mulkdorlarning bir guruhi Vaysxon, yana bir guruhi Muhammadxonning o‘g‘li Shermuhammadxon atrofida uyushgan edi. Bu kurashda Vaysxon va uning tarafdorlarining qo‘li baland keldi. Shermuhammadxon Samarqandga qochib ketdi va 1421 yil Ulug‘bekning yordami bilan hokimiyatni Vaysxondan tortib oldi. Lekin oradan 3-4 yil o‘tgach, u Ulug‘bek hukumatiga bo‘ysunmay qo‘ydi. Natijada 1425-yil Ulug‘bek katta qo‘shin bilan mo‘g‘ulistonga yurish qilib, hokimiyatni Vaysxonga topshirdi. Ana shu yili Qashqar mo‘g‘ulistondan ajratilib, Samarqandga bo‘ysundirildi. Vaysxon vafotidan so‘ng uning ikki o‘g‘li: Yunusxon va Esonbuqo o‘rtasidagi toj-taxt uchun kurashda Esonbuqo g‘olib chiqdi. Yunusxon Samarqandga qochib ketdi. Esonbuqo mo‘g‘ulistondagi tarqoqlikka barham berdi, uning chegaralarini mustahkamladi. Esonbuqo vafot etgach, Yunusxon temuriy Abu Sa’id yordami bilan taxtga o‘tirdi. Abu Sa’id vafotidan so‘ng, Temuriylar saltanatida boshlanib ketgan ichki nizolardan foydalanib, hatto Movarounnahrning ichki ishlariga ham aralashib turdi va Andijon hokimi Umarshayx Mirzoni (Boburning otasi) kuyov qilib Sayram, Toshkent va O‘sh viloyatini o‘ziga bo‘ysundirib oldi. Yunusxon vafotidan so‘ng, xon qilib ko‘tarilgan Sulton Mahmudxon faqat nomigagina mo‘g‘ulistonning oliy hukmdori hisoblanardi. Aslida esa bu vaqtda mamlakat mayda-mayda qismlarga bo‘linib ketgan edi. Mas.: Oqsuv, Qorashahar va Turfonda Sulton Ahmadxon, Chu va Qo‘ziboshida qozoq sultonlari, Yettisuvda Muhammad qirg‘iz mustaqil hukmdor edilar. Mo‘g‘uliston xonlari: Tug‘luq Temur (1348-63), Qamariddin (1363-90), Xizrxo‘ja (1390-99), Sham" Jahon (1399-1408 ), Muhammadxon (1408-16), Naqshi Jahon (1416-18 ), Vaysxon (1418-21, 1425-28 ), Shermuhammadxon (1421 25), Esonbuqo (1428-62), Yunusxon (1462-87), Mahmudxon (1487-1508 ), Sayidxon (1504-32).
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:13:17
MO‘G‘ULLAR DAVLATI — XIII asrning birinchi yarmida Chingizxon va uning vorislarining istilochilik urushlari natijasida barpo etilgan davlat. 1206-y. bahorda mo‘g‘ulistondagi turli toifa qabilalar sardorlarining qurultoyida Temuchin xon etib tayinlangan va unga "œChingizxon" ("œUlug‘ xon’) deb nom berilgan, tashkil etilgan davlat "œYakka mongol ulus" deb atalgan. Chingizxon hokimiyatni mustahkamlash yo‘lida bir qancha islohotlar o‘tkazgan. Jumladan, ming oilani bir ma’muriy birlikka bo‘lishga asoslangan va harbiy tus berilgan yangi ma’muriy tuzum joriy etilgan. Unga ko‘ra, Chingizxonga tobe bo‘lganlar jami 95 ta "œming oila" birligiga bo‘lib chiqilgan va bularning har biriga urush davrida Chingizxonga sadoqat bilan xizmat ko‘rsatgan kishilar boshliq qilib tayinlangan. Lekin amalda ayrim mingliklar bir necha ming oiladan iborat ham bo‘lgan. Mingliklarni tashkil etishda imkon boricha bir toifadagi qardosh avlodlarni va qabilalarni bir-biridan ajratmaslikka e’tibor berilgan. Mazkur «ming oila»lar, o‘z navbatida, g‘arbiy «o‘ng qanot» va sharqiy «so‘l qanot», markaziy va tog‘liklar kabi 4 qismga bo‘lingan. Har bir ming oila yuzlikka va o‘nlikka bo‘lingan. Aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilgan. 15 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan erkaklar harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan. Qo‘shinda qattiq tartib o‘rnatilgan, qonunbuzarlar uchun qattiq jazo, qonun ustuvorligini himoya qilganlarga esa hurmat bildirilib, mukofot belgilangan. Savdo yo‘llari, avvalambor Buyuk ipak yo‘lining xavfsizligini ta’minlab, undan to‘la foydalanishga e’tibor berilgan. Bu tadbirlar Chingizxon hokimiyatini mustahkamlashda ijobiy samara bergan. Chingizxon mo‘g‘ullardan ko‘p sonli yaxshi qurollangan, qattiq intizomga asoslangan va uyushgan qo‘shin tuzadi. XIII a. muallifi Juvayniyning yozishicha, osoyishtalik davrida chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lgan barcha mo‘g‘ul aholisi muhoraba e’lon qilinishi bilan tezda o‘n, yuz, ming, o‘n ming jangchi — tuman bo‘linmalaridan iborat muntazam qo‘shinga aylantirilardi. Har bir jangchi harbiy yurish vaqtida o‘ziga zarur bo‘ladigan qurol-yarog‘, turli anjomlar va ot-ulovlarini oldindan tayyorlab qo‘yishga majbur bo‘lgan. Qo‘shin yuzboshi, mingboshi, tumanboshilar tomonidan boshqarilgan. Tuman bo‘linmalariga, odatda, shahzodalar qo‘mondonlik qilgan. Asosiy qo‘shindan tashqari, Chingizxon ixtiyoridaharbiy zodagonlardan tuzilgan maxsus gvardiya ("œkeshik") ham tashkil etiladi. Bu gvardiya faqat favqulodda sodir bo‘ladigan xavf-xatarga qarshi tashlanardi. Davlat ma’muriyatini markazlashtirish maqsadida Chingizxon Qoraqurum qal’asini o‘z imperiyasining poytaxtiga aylantiradi. Xat-savodga mutlaqo ega bo‘lmagan, madaniyati nihoyatda tuban mo‘g‘ullar davlat boshqaruv ishlarida uyg‘urlardan hamda musulmon savdogarlaridan foydalandilar. Chingizxon va no‘yonlarining maslahatchilari, mirzolari va ba’zi bir mulk ma’murlari, asosan, uyg‘urlardan bo‘lgan. Mas., Sharqiy uyg‘urlar xoni Idiqut (Saodatbek) xonning yaqin do‘sti va maslahatchisi edi. Tashatun ismli uyg‘ur esa davlat muhrdori lavozimini hamda shahzodalarni xat-savodga o‘rgatuvchi ustod vazifasini bajargan. Chingizxon tarqoq jangari mo‘g‘ul urug‘larini birlashtirgach, tajovuzkorlik siyosatini yurgizdi. Zabt etilgan o‘lka va viloyatlarni Chingizxon 1224-yilda o‘g‘illari va nabiralariga taqsimlab berdi. Janubiy Sibir, Dashti Qipchoq, Volga bo‘yi, Xorazm va Darbandgacha bo‘lgan o‘lka Chingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘jiga (uning vafotidan keyin esa, nabirasi Botuga meros bo‘lgan) topshirildi, Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahrga uning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoy ega bo‘ldi. Chingizxon o‘z vatani mo‘g‘ulistonni, shuningdek, Xitoyni 3-o‘g‘li va vorisi O‘qtoyga berdi. Kenja o‘g‘li Tuluga esa Xuroson, Eron va Hindiston tegdi. Shunday qilib, mo‘g‘ullar bosib olingan viloyatlarni uluslarga taqsimlab boshqarishga kirishadi. Chingizxonning nabirasi Munke hukmronligi davrida (1251-59) mo‘g‘ullar davlati tarkibiga mo‘g‘uliston, Shim. Xitoy, Koreya, tangutlarning Si-Sya podsholigi, Markaziy va O‘rta Osiyo, Kavkazorti, Eron, Afg‘oniston va Rus erlarining aksariyati kirgan. Biroq, mo‘g‘ullar davlatida ichki birlik yo‘q edi, u turli tillarda so‘zlashuvchi ko‘plab xalqlarni zo‘rlik bilan birlashtirgan edi, bu xalqlar turli ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot bosqichida bo‘lib, ularning ko‘pchiligi taraqqiyot darajasiga ko‘ra mo‘g‘ullardan ancha ustun edilar. Munke o‘limidan so‘ng mo‘g‘ullar davlati parchalanib keta boshlagan. Undan dastlab Botu (1236-55-yillar hukmronlik qilgan) va Huloku (1256-65-yillar hukmronlik qilgan) uluslari ajralib chiqib, mo‘g‘ullar sulolasi hukmronligi ostida mustaqil davlatlar tuzganlar (Oltin O‘rda, Hulokuiylar davlati). Bu davlatlar mo‘g‘ullar davlati ishlariga aralashmaganlar va o‘z navbatida, boshqalarning ham ularning ishlariga aralashishiga yo‘l qo‘ymaganlar. Munkening o‘rniga taxtga chiqqan ukasi Xubilay (1260-94-yillar hukmronlik qilgan) davrida mo‘g‘ullar Xitoyning butun hududini bosib olishgan. Xubilay va uning vorislari saltanati Yuan deb atala boshlagan. 1368-yil Xitoydagi xalq qo‘zg‘oloni natijasida mo‘g‘ullar u yerdan quvilganlar. Kulikovo jangidan so‘ng mo‘g‘ullarning Rusdagi hukmronligiga darz ketgan. XIV asrning ikkinchi yarmida Eron, Kavkazorti va O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullar hukmronligi tugatilgan. XIV asrning so‘nggi choragida mo‘g‘ullar davlati barham topgan. XV asrda Esenxon (1440-55-yillarda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479-1543-yillarda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashib mo‘g‘ullar davlatini tiklashga harakat qildilar. Ammo bu harakatlar natija bermadi. Dayanxonning o‘limidan keyin mamlakat Janubiy Mongoliya va Shimoliy Mongoliyaga bo‘linib ketdi. Shimoliy Mongoliya ham, o‘z navbatida, G‘arbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. XVI asrda Mongoliyaning 3 qismida jami 200 hokimlik (knyazlik) mavjud edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:13:25
NUR — Sirdaryoning janubida joylashgan qal’a. Chingizxonning asosiy kuchlari tomonidan jangsiz ishg‘ol etilgan. Bosqinchilar buyrug‘iga binoan Nur aholisi qishloq xo‘jalik asboblari, hayvonot va oziq-ovqatlarini olib, shaharni mo‘g‘ullarga bo‘shatib beradilar. Nur qal’asi talon-toroj qilinadi va unga bir yarim ming dinor miqdorida tovon solinadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:13:34
OLTIN O‘RDA, JO‘JI ULUSI — XIII asrning 40-yillari boshida Jo‘jixonning o‘g‘li Botuxon (1238-1255) tomonidan asos solgan davlat. 1224-yil Jo‘ji ulusi Xorazm, Shimoliy Kavkazdan iborat edi. 1236-1240-yillarda Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulg‘orlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim, G‘arbiy Sibir Oltin O‘rdaga qo‘shib olindi. Rus knyazlari Oltin O‘rdaga qaram bo‘lib, xiroj to‘lab turganlar. Rus manbalarida bu davlat Oltin O‘rda, Sharq manbalarida Jo‘ji ulusi deb atalgan. Oltin O‘rda markazi Botuxon davrida Quyi Volgada, Saroy Botu edi. Berkaxon (1255-1266) davrida Saroy Berkaga ko‘chirildi. Oltin O‘rda oldin mo‘g‘ul qooniga qaram bo‘lib, Botuning inisi Berka davrida mustaqillikka erishdi. Saroy Botu, Saroy Berka,Urganch, Sudak, Qofa (Feodasiya), Azoq savdo markazlari edi. Oltin O‘rdani xon boshqargan. Zarurat tug‘ilganda qurultoy chaqirilgan. Davlat ishlari bilan beklarbegi shug‘ullangan. Devon ishlarini bilan vazir boshqargan. Soliq yig‘ish dorug‘a ixtiyorida bo‘lgan. Zarur paytlarda bosqoqlar jo‘natilgan. Yana quyidagi mansab va amallar bo‘lgan: alpaut (zodagon), tuman, tumanbegi, elchi, bosqoq, devon bitikchisi, tamg‘ach (boj yig‘uvchi), tirnoqchi (tarozibon), shusunchi (ta’minotchi), yurtchi (me’mor), yo‘l arachi (yo‘l noziri), tutqovul (qorovul), ko‘pirchi, kemachi, yomchi, ovchi. Qo‘shinlarga tumanbegi, no‘yon (amir), yuzboshilar qo‘mondonlik qilganlar. Oltin O‘rda Jo‘jining 14 nafar o‘g‘lining 13 ulusidan iborat edi. Ular o‘z uluslarini mustaqil boshqarishga intilganlar. Mustaqillik harakati Mangu Temur (1266-1282) vafotidan keyin kuchaydi. To‘da Mangu (1282-1287), Talabug‘a (1287-1291) xonliklari davrida tumanbegi No‘g‘ayning nufuzi ko‘tarildi. 5 yil oradan o‘tgach, yana isyon ko‘tarildi. Unga O‘zbekxon (1312-1342) barham berdi. U va vorisi Jonibek (1342-1357) davrlari Oltin O‘rda harbiy salohiyotining eng kuchaygan davri bo‘ldi. Hokimiyat markazlashdi. Uluslar viloyatlarga aylantirildi, ularni amirlar boshqargan; qurultoylar chaqirilmay qo‘ygan. O‘zbekxon davrida Oltin O‘rda qurolli kuchlari 300 mingga yetgan. Lekin, ichki ziddiyatlar 1357-yil Jonibekxonning o‘ldirilishi bilan yana yuzaga chiqdi. Shundan 1380-yilgacha 25 marta xon almashdi. XIV asrning 60-yillarida Xorazm mustaqil davlat bo‘lib ajralib chiqdi. Polsha va Litva davlati Dnepr daryosi havzasini bosib oldi. Hojitarxon (Astraxon) xonligi tashkil topdi. Faqat To‘xtamish davri (1380-1395) ga kelib isyonlar to‘xtadi. 1382-yil u Moskvani egallab, o‘t qo‘ydi. Movarounnahrga tahdid sola boshladi. Amir Temurning 1389-yil, 1391 yil, 1395-1396-yillari To‘xtamishga qarshi yurishlari Oltin O‘rdani holdan toydirdi. Idiqu Oltin O‘rdani tiklashga harakat qildi, natija bermadi. XV asrning 20-yillarida Sibir xonligi, 40-yil No‘g‘ay O‘rda, 1438-yil Qozon xonligi, 1443-yil Qrim xonligi, 60-yillarda Qozoq xonligi tashkil topdi. 1480-yil Ahmad Rusni bo‘ysundirishga urindi. XVI asr boshlarida Oltin O‘rda quladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:13:51
O‘TROR, TURARBAND, TARBAND, O‘TRORTEPA — qadimgi shahar xarobasi (mil. avv. I a. — mil. XVI a.). Jan. Qozog‘istondagi Aris daryosining Sirdaryoga quyilish joyida. O‘tror 3 qism (ark, shahriston, rabod)dan iborat bo‘lib, burjlar bilan mustahkamlangan mudofaa devori va xandaqlar bilan o‘ralgan. O‘trordan ko‘chalar, hammom, turar joy binolari qoldiqlari, uy-ro‘zg‘or, zargarlik buyumlari, kamon o‘qlari va boshqalar topilgan. Mo‘g‘ullar istilosiga qadar Xorazmshohlar davlatining savdo va hunarmandchilik shaharlaridan biri bo‘lgan. O‘tror mudofaasidan so‘ng mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingan. Oq O‘rda xonlari uni XIV asrda tiklaganlar. Bu davrda masjid, madrasa, xonaqoh qurilgan. Amir Temur va temuriylar davrida muhim harbiy shahar, qal’a bo‘lgan. Bu davrda Yevropadan Osiyoga boradigan yangi savdo yo‘li vujudga kelgan; u Volga sohillaridan Uraldagi Saroychik shahri orqali Ko‘hna Urganch, O‘tror va Olmaliqqa borgan. Bu yo‘ldan musulmon savdogarlari ham, yevropalik tijoratchilar ham foydalanishgan. O‘trordan ko‘plab allomalar etishib chiqqan; shahar obodligi, chiroyi bilan nom chiqargan. XVI asrdagi o‘zaro ichki nizolar paytida huvillab qolgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:13:59
QARSHI — Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo bo‘yida, Qarshi O‘zbekistonning qadimgi shaharlaridan biri. U turli davrlarda Bolo, Nashebolo, Naxshab, Nasaf nomlari bilan yuritilib, XIV asrdan Qarshi deb atala boshlagan. «Qarshi» nomining kelib chiqishi to‘g‘risida turli fikr va taxminlar mavjud. V.V. Bartold shaharning nomi mo‘g‘ul xoni Kepakxon qurdirgan "œQarshi" (qadimgi turkiychada "œsaroy" ma’nosini anglatgan) bilan bog‘liq deb ta’kidlaydi. "œQutadg‘u bilig" dostonida "œQarshi" atamasi "œsaroy" va "œqarama-qarshi turish" ma’nosida qo‘llangan. "œBoburnoma’da ham bu nom mo‘g‘ul tilidan olinganligi ta’kidlangan. Keltirilgan taxminlarda atamaning "œqarshi" — saroy, qasr ma’nolari ko‘proq qo‘llanadi. Dastlabki shahar Qashqadaryo vohasida "œNaxshab" (suv obod qilgan, suv naqsh bergan manzil) nomi bilan mil. avv. VII asrda Yerqo‘rg‘on o‘rnida vujudga kelib, uning atrofi qal’a devori bilan o‘rab olingan (ushbu qal’a devorlarining qoldiqlari arxeologlar tomonidan 1999-yilda o‘rganilgan). Shaharning yana bir nomi Novtak — Navtaka — yangi bino deb ham talqin qilinadi. Mil. avv. VI asrda shahar kengayib, ichki devor bilan o‘ralib, mayd. 35 ga ni tashkil etgan. Aleksandr Makedoniyalik bosqini davrida shahar vayron qilingan. Shundan keyin uning vohadagi yetakchi shahar sifatidagi maqomi pasayib borgan. Mil. avv. III-II asrlarda shahar tashqi qal’a devori bilan o‘ralgan (mayd. 150 ga bo‘lgan). II-I asrlarda yangi harbiy-siyosiy markaz maqomini olgan Zahhoki-Moron qal’asi bunyod etildi. Bu qal’a ham Naxshab nomini olib asta-sekin kengaya bordi. Kidariylar o‘z qarorgohini 468-yilda yangi Naxshabga ko‘chirdilar. 710-yilda arablar shahar (Naxshab arabcha talaffuzda "œNasaf") va uning atrofidagi hududlarni bosib oldilar. IX-XIII asrlarda Naxshab (Nasaf) ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topdi. X asrda Nasafda o‘sha davr musulmon olamida ilmiy kongress — "œmajlisi tadris" o‘tkazilgan. O‘rta asrlarda Nasaf orqali Eron va Hindistonni Rossiya va Yevropa davlatlari bilan bog‘lagan muhim karvon yo‘llari o‘tgan, savdo-hunarmandchilik rivojlangan. 1220-yilda Nasafni Chingizxon qo‘shinlari vayron qildi. Undan keyingi davrda (XIV asrda) voha markazi 3-marta hoz. Qarshi shahrining eski shahar qismi o‘rnida qayta tiklandi. Chig‘atoy ulusi xoni Kepakxon (1318-26) Nasafdan 2 farsax (12-14 km) uzoqlikda qasr qurdirib, poytaxtni Qarshi deb atalgan bu qal’aga ko‘chirgan. Shahar hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar, bino qoldiqlari Qarshida XIV asrning birinchi yarmida bir qancha koshinkor imoratlar mavjud bo‘lganligidan dalolat beradi. XIV asrning ikkinchi yarmida shahar qo‘rg‘oni atrofi g‘isht va paxsa devor bilan o‘ralgan, shaharda Odina masjidi qurilgan. Qal’a atrofida 2,5-3 m chuqurlikda xandaq qazilgan. Xandaq ustida 4 ta ko‘tarma ko‘prik bo‘lgan. Shahar qo‘rg‘oni hududi 40 ga ni tashkil etgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-sentyabrdagi "œQarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida’gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 26-iyuldagi "œQarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’gi qaroridan keyin shaharda keng ko‘lamda tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Qarshidan "œNasafiy" taxallusi bilan ko‘plab olimlar, shoirlar yetishib chiqqan. Shulardan Alisher Navoiyning "œMajolis un-nafois" asarida tilga olingan Mavlono Soyiliy, Mavlono Mir Qarshiy, undan tashqari, Mahmud Nasafiy (musiqa va san’at sohasida), Qusam Shayxlar (diniy ilmlar sohasida) shuhrat qozonganlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:14:08
QORAQURUM — mo‘g‘ulistonning Onon daryosi bo‘yida joylashgan shahar. Mo‘g‘ullar davlatining poytaxti.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:14:16
QUTLUG‘ BALIQ (Qutlug‘ shahar) — mo‘g‘ullarga o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lgani uchun Zerinuq qal’asiga berilgan nom.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:14:26
QO‘RG‘OSHIN NOVA, JO‘YI ARZIS — Samarqandning bosh suv inshoati. Uni mo‘g‘ullar buzib tashlab, shaharni suvsiz qoldiradilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:14:33
SAROY BERKA, YANGI SAROY — Oltin O‘rdaning poytaxti. Berkaxon tomonidan bunyod etilgan (taxminan 1260). XIV asrning birinchi yarmida ravnaq topgan. Saroy-Berka nafaqat Oltin O‘rda, balki butun o‘rta asr Yevropasining eng katta shaharlaridan biri sifatida shuhrat topgan. 1333-yil Saroy-Berkaga kelgan Ibn Battutaning guvohlik berishicha, Saroy-Berka kaftday tekislikda qurilgan shaharlar sirasiga kirib, odamlar bilan to‘la bo‘lgan, ajoyib bozorlari, keng ko‘chalari kishini hayratga solgan. Saroy-Berkaning aholisi 75 ming kishi atrofida bo‘lib, ular mo‘g‘ul, alan (os), qipchoq, cherkas, rus hamda vizantiyaliklardan iborat bo‘lgan. Shaharda hunarmandchilik ustaxonalari, turli tuman korxonalar, savdo-sotiq rastalari, karvonsaroylar ishlab turgan. Shaharning butunlay xarobaga aylanish vaqti haqida aniq ma’lumot yo‘q. Sharq va G‘arbni bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘lida joylashgan Saroy-Berkaning ko‘pdan ko‘p binolari rus podshosi Fedor Ivanovichning 1578-yildagi farmoniga ko‘ra, buzilgan va Astraxon shahri qurilishi uchun ishlatilgan. Xarobalari Volgograd viloyatidagi Sarev qishlog‘ida saqlangan. Saroy-Berkada A.V. Tereshchenko (1843-1851), F.B. Ballod (1922-yil), G.A. Fyodorov-Davidov (1959-1967) qazish ishlari olib borishgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:14:41
SAROY BOTU, ESKI SAROY (yilnomalarda — Katta saroy) — Botuxon tomonidan qurdirilgan shahar (1254). Dastlab Oltin O‘rdaning asosiy siyosiy markazi hisoblangan. Saroy-Berkada ko‘plab saroylar, masjidlar, hunarmandchilik dahalari (Cherepanoe pole) va boshqa bo‘lgan. Saroy-Berka atrofida katta nekropol joylashgan. Oltin O‘rda xonlarining o‘zaro kurashi va Amir Temurning yurishi (1395) natijasida qattiq shikastlangan. 1480-yil uzil-kesil vayoronaga aylangan. XVIII asr shahar o‘rnida selitra (o‘g‘it) zavodi joylashgan. Shahar xarobalari hozirgi astraxon viloyati Xarabali tumanidagi Selitrennoe qishlog‘ida saqlanib qolgan. F.B. Ballod (1922), P.S.Rikov (1931) lar tomonidan qazish ishlari olib borilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:14:49
SULAYMONIYA — Iroqning shimoli-sharqiy qismidagi shahar, Sulaymoniya muhofazasining ma’muriy markazi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:14:58
SZINDI — Pekin shahri.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:15:06
XAMINA QISHLOG‘I — Buxoro arofidagi qishloq. 1299-yilga mansub vaqf hujjati bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ushbu hujjatda qayd etilishicha, vaqf xo‘jaligining tashkilotchisi Buxorodan 4 farsax (28-32 km) uzoqlikda joylashgan, sug‘orilib obod etilgan shu qishloqni ekin yerlari bilan sotib olgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:15:16
XULAGULAR DAVLATI — 1256-yil mo‘g‘ullar tomonidan Eronda tashkil qilingan davlat.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:15:24
YOM-JOM — savdo yo‘llaridagi qo‘noq.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:15:32
ZERINUQ (Zarnuq) — Sirdaryoning janubida joylashgan qal’a. Zerenuq aslida "œgumbaz osti" ma’nosini anglatadi. Chingizxonning asosiy kuchlari tomonidan jangsiz ishg‘ol etilgan. O‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lgani uchun Zerinuq qal’asiga mo‘g‘ullar "œQutlug‘ baliq", ya’ni "œQutli shahar" degan nomni beradilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:15:42
CHIG‘ATOY ULUSI — Chingizxon tomonidan ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoy va uning merosxo‘rlariga hukmronlik uchun berilgan (1224) hududning nomi. Chig‘atoy ulusi Qashqar, Yettisuv va Movarounnahr yerlarini o‘z ichiga qamrab olgan. Ko‘chmanchilik bilan shug‘ullanuvchi mo‘g‘ullarning o‘troq aholini boshqarish tajribasi yo‘qligi bois Chig‘atoyxon o‘ziga tegishli ulusni boshqarishni avval xorazmlik Mahmud Yalavochga, so‘ngra uning o‘g‘li Mas’udbekka (1238-89) topshiradi. O‘zi esa umrining oxirigacha ukasi O‘qtoy qoon saroyida bosh maslahatchi tarzida faoliyat ko‘rsatadi. Chig‘atoy ulusidan olinadigan daromadlarning asosiy qismi Qoraqurumga jo‘natilgan. Qolgan qismini mahalliy aholidan tayinlangan oliy hokim ulus ehtiyojlari hamda qo‘shin xarajatlari yo‘lida sarf qilish huquqiga ega bo‘lgan. Chig‘atoy ulusida ham Chingizxon barpo etgan mo‘g‘ullar davlatidek mehnatkash omma nafaqat mo‘g‘ul bosqoqlari, dorug‘alari, balki mahalliy zodagonlar va oqsuyaklar tomonidan ham ezilgan. Dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, chorvadorlar ilgaridan mavjud bo‘lgan soliqlardan tashqari mo‘g‘ullar joriy qilgan yangi soliq va o‘lponlarni to‘lashga majbur edi. Oxir-oqibat Chig‘atoy ulusining qishloq va shaharlarida mo‘g‘ullarga va yerlik zodagonlarga nisbatan noroziliklar kuchaygan, qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tgan. Chig‘atoy vafotidan so‘ng Mangu qoon va Botuxon Chig‘atoy ulusini mulk sifatida tugatib, uni Tuli va Jo‘ji vorislari o‘rtasida taqsimlashga kelishib olishgan. 1251-yil imperiya poytaxti Qoraqurumda bo‘lib o‘tgan qurultoyda Mangu qoon etib saylangach, chig‘atoy xonzodalarning ko‘pchiligi O‘qtoy qoon avlodlari qatori qatl qilingan. Chig‘atoy ulusini Mangu qoon va Botuxon bo‘lishib olganlar. Movarounnahr Botuxonga qaram bo‘lib qolgan. XIII asrning 60-yillarida Chig‘atoyning oltinchi farzandi Baydarning o‘g‘li Olg‘u (1261-65) chig‘atoylar hokimiyatini qayta tiklashga erishadi. Olg‘u vafot etgach, uning vorislari — Muborakshoh va Baroqxon mahalliy aholi bilan yaqinroq munosabatda bo‘lish maqsadida musulmon dinini qabul qilganlar. 1266-yil Chig‘atoy ulusi xoni qarorgohi Yettisuvdan Movarounnahrga — Ohangaronga ko‘chiriladi. Baroqxon hukmronligi vaqtida Xaydu ko‘rsatmasiga muvofiq Mas’udbek tomonidan Buxoro qayta tiklanadi. Farg‘ona vodiysida yangi shahar — Andijonga asos solinadi. Kebakxon (1318-26) davrida qarorgoh Qashqadaryoga ko‘chiriladi, qad. Nasaf yaqinida Qarshi shahri barpo etiladi. Ulus Erondagi kabi ma’muriy birliklar hamda soliq undiriluvchi tumanlarga (Farg‘ona va Qashqarda — o‘rchin) taqsimlanadi, yagona pul birligi — kebakiyga o‘tiladi. Ammo mo‘g‘ul mulklarini birlashtirish va markazlashtirish maqsadida o‘tkazilgan ma’muriy va moliyaviy islohotlar siyosiy tarqoqlikka barham berishga qodir emas edi. XIV a. o‘rtalarida Chig‘atoy ulusi Movarounnahr va mo‘g‘ulistonga bo‘linib ketgan. 1370-yil Movarounnahrda Amir Temur saltanatining o‘rnatilishi chig‘atoiylar hokimiyatiga barham berdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:15:50
CHJUNDU — Xitoy poytaxti Pekinning o‘rta asrlardagi nomi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:16:23
TARIXIY SANALAR

1155-1227-YILLAR — mo‘g‘ullar davlatining asoschisi Chingizxon (Temuchin)ning hayot faoliyati.

1204-1205-YILLAR — Temuchin mo‘g‘ulistonning ko‘chmanchi chorvador urug‘larini birlashtirib, markazlashgan harbiy mo‘g‘ul davlatini tashkil etdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:16:32
1206-YIL — hamqavmlari bilan kurashda, turk xonlari bilan urushlarda g‘olibona harakat qilgani uchun Onon daryosi bo‘yida chaqirilgan mo‘g‘ul urug‘ va qabila boshliqlarining quriltoyida Timuchinga "œChingiz" laqabi berildi. Shundan so‘ng u Chingizxon nomi bilan atala boshladi.

1206-YIL — Chingizxon tomonidan naymanlarning bo‘ysundirilishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:16:40
1207-1208-YILLAR — Chingizxon tomonidan Enasoy havzasi, so‘ngra Yettisuv viloyatining shimoliy qismi zabt etildi va uyg‘urlar taslim bo‘ldi.

1207-1273-YILLAR — tasavvuf falsafasining asoslarini talqin etadigan 36 ming baytdan iborat "œMasnaviyi ma`naviy" nomli poema muallifi Jaloliddin Rumiyning yashab ijod etgan yillari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:17:33
1211 1215-YILLAR — Chingizxon Xitoyga bir necha bor hujum qilib, katta o‘ljalar bilan qaytdi.

1215-YIL — Chingizxon Shimoliy Xitoyning markazi Szindi (Pekin) shahrini ishg‘ol qilib, Szin sulolasini taxtdan qulatdi. Shimoliy Xitoy yerlari mo‘g‘uliston davlatiga qo‘shib olindi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:17:41
1216-1218-YILLAR — Xorazmshoh va Chingizxon aloqalarining yaxshilanishi.

1216-YIL — Xorazmshoh Bahouddin Roziy boshchiligida o‘z elchilarini Chingizxon huzuriga yubordi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:17:54
1218-YIL — Chingizxon Sulton Muhammadga o‘z minnatdorchiligini izhor etish va ikki buyuk qo‘shni davlatlar o‘rtasida shartnoma tuzish uchun Xorazmga juda katta savdo va elchilar karvonini yubordi. Urganch shahri tomon borayotgan karvon O‘tror shahri noibi Inalxonning farmoniga binoan karvon talanib, savdogarlarning hammasi qirib tashlandi. Faqat bir tuyakashgina o‘limdan qutilib qoladi va Chingizxon qarorgohiga yetib borib bu voqeadan xabar beradi.

1218-YIL BAHOR —Xorazmlik savdogar Mahmud Yalovoch boshliq Chingizxon elchilarini Sulton Muhammad Buxoro shahrida qabul qildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:18:07
1218-1219-YILLAR — Chingizxon Sharqiy Turkiston va Yettisuv viloyatlarini qo‘lga kiritib, bu yerdagi Kuchluk davlatini tugatdi. Shunday qilib, Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog‘ (Tyanshan) tizmasining g‘arbiy etaklarigacha bo‘lgan viloyatlar mo‘g‘ullar davlati hukmronligi ostida birlashtirilgan.

1219-YIL KUZ — Chingizxon o‘g‘illari Chig‘atoy, O‘qtoy va Jo‘ji bilan birga Xorazmshohga qarshi yurish boshlaydi. Chingizxon qo‘shini Ili daryosi bo‘ylab Shimoliy Farg‘onadan o‘tib, Janubiy Qozog‘istonda Sirdaryo bo‘yida joylashgan O‘tror shahri ustiga yurush qildi. Chingizxon O‘trorda butun mo‘g‘ul harbiy kuchlari to‘plab Movarounnahrni zabt etish uchun uni to‘rt qisimga bo‘ldi. Qo‘shinning birinchi qismi Chig‘atoy va O‘qtoy boshchiligida O‘trorni qamal qilib turish uchun qoldirdi. Ikkinchi qisimga Jo‘ji boshliq etilib, u Sirdaryo etagi tomon yuborildi va Sig‘noq, O‘zgand, Jand, Yangikent shaharlarini bosib olishni buyurdi. Uchinchi qo‘shin Oloqno‘yon hamda Suketu Cho‘rbiy qo‘mondonligida Sirdaryoning o‘rta sohili bo‘ylab uning yuqori oqimiga joylashgan Banokat va Xo‘jand shaharlari tomon yuborildi. Chingizxonning o‘zi asosiy kuchlari bilan dashtliklar orqali Buxoroga tomon askar tortdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:18:17
1219-1221 YILLAR — mo‘g‘ullar bosqiniga qarshi kurashda Xo‘jand hokimi Temur Malik jasorati.

1219-1293-YILLAR — "œGuliston" va "œBo`ston" nomli didaktik asarlarining muallifi Sa`diy Sheroziyning hayot faoliyati.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:18:25
1220-YIL — Muhammad Xorazmshohning Chingizxon ta’qibidan chekinishi va vafot etishi.

1220-YIL FEVRAL — Chingizxon o‘z qo‘shini bilan Buxoroga yetib bordi. Buxoroliklar dushmanga taslim bo‘ldi va Bahriddin Qozixon boshliq o‘z oqsoqollarini Chingizxon oldiga shafqat so‘rab yubordi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:18:33
1220-YIL 16-FEVRAL — mo‘g‘ullar Buxoroni bosib oladilar. Chingizxon amiri bilan Buxoro yoqib yuborildi.

1220-YIL MART — Chingizxon Ko‘ksaroy qasridan turib Samarqandni 5 kun qamal qildi. Qamalning uchinchi kuni mudofaachilar qamalni yorib chiqib mo‘g‘ullarga hujum qiladilar. Mo‘g‘ullar ularni qirib tashlaydilar. Qamalning beshinchi kuni shahar taslim bo‘ldi. Mo‘g‘ullar Samarqandning bosh suv inshoati — Qo‘rg‘oshin novani buzib tashlab, shaharni suvsiz qoldiradilar. Namozgoh darvozasidan bostirib kirib, barcha istehkomlarni vayron qiladilar. Shahristondan aholi haydab chiqariladi va Samarqand talanadi. Mo‘g‘ullarning Samarqandni bosib olish uchun qilgan janglarida shahar aholisining ko‘pgina qismi qiriladi. 30 ming nafarga yaqin hunarmand ahli asirga olinadi. Qurol ko‘tarishga holi bo‘lganlar mo‘g‘ullar zulmi ostida askariy xizmatga majbur qilinadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:18:40
1220-YIL APREL — mo‘g‘ullar Jandni egallab uni talaydilar. Aholisining qurollangan qismi qatl etilib, shahar vayron qilinadi.

1220-YIL YOZ — Chingizxon Naxshab (Qarshi)ga bostirib kirdi va uni bo‘ysundirdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:18:47
1220-YIL KUZ — 11 kun qamaldan keyin Chingizxon Termizni bo‘ysundirdi.

1220-1231-YILLAR — Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ullarga qarshi kurash olib borishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:18:55
1221 YIL BOSHI — Jaloliddin Manguberdi Xorazm davlatining Sultoni deb e’lon qilindi va Temur Malik bilan Xurosonga jo‘naydi.

1221 YIL QISH — 50 ming kishilik mo‘g‘ul askarlari Urganchga hujum boshlab, uni qamal qiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:19:03
1221 YIL YOZ — Parvona dashtidagi jangda Jaloliddin Manguberdi mashhur mo‘g‘ul lashkarboshchisi Shiki Qutuhu no‘yon boshliq qo‘shinni mag‘lub etadi. Jangda harbiy taktika tarixida birinchi bo‘lib Jaloliddin dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini qo‘llaydi.

1221 YIL 25-NOYABR — Hind (Sind) daryosi bo‘yida Jaloliddin va mo‘g‘ullar o‘rtasida shiddatli jang bo‘ladi. Jaloliddin Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini yengadi. Mo‘g‘ullarning pistirmalarga qo‘yilgan 10 ming nafar saralangan askari jangning oqibatini hal qiladi. Jaloliddin taslim bo‘lishni va o‘z oilasining mo‘g‘ullar qo‘liga tushishini va xorlanishini xohlamay rafiqasi, onasi va bolalarini tik qirg‘oqdan daryoga tashlashga amr etadi. O‘zi esa otda Hind daryosiga sakrab, narigi qirg‘oqqa suzib o‘tadi. U bilan birga uning to‘rt ming kishilik askari ham daryodan o‘tib oladi. Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon hatto uni ta’qib qilish fikridan ham qaytadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:19:11
1227-YIL — Chingizxon vafot etdi va O‘qtoy mo‘g‘ullar davlatining ulug‘ xoni qilib tayinlandi.

1231-YIL — 140 yil hukmronlik qilgan Buyuk Xorazmshohlar davlati barham topdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:19:20
1235-YIL — mo‘g‘ullar o‘tkazgan qurultoyda chorvadan’qopchur" solig‘i yig‘ishga qaror qilindi. Bu soliq bo‘yicha, har yuz bosh chorvadan bir bosh olingan.

1236-1241-YILLAR — mo‘g‘ullar tomonidan Rusiya zabt etildi va Oltin O‘rda davlati vujudga keldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:19:32
1238-YIL — Mahmud Yalovoch isyonkor hududlarda qo‘zg‘olonni bostirishda sustkashligi va ularga solinadigan soliqlarni kamaytirgani uchun Chig‘atoy uni amalidan chetlashtirib, Movarounnahrdan chiqarib yuboradi. Mahmud Yalavoch O‘qtoy huzuriga Qoraqurumga yetib borgach, u Dasin (Pekin) shahriga hukmdor qilib tayinlanadi. Chig‘atoy ulusiga Mahmud Yalavochning o‘g‘li Ma’sudbek noib hamda ijarador qilib tayin etiladi.

1238-YIL — Torob qishlog‘ida Mahmud Tarobiy va Shamsuddin Mahbubiy boshchiligida mo‘g‘ullarga qarshi qo‘zg‘olonning boshlanishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:19:40
1246-YIL — yevropalik sayyoh Plano Karpini mo‘g‘ulistonda xoqon qarorgohida bo‘ladi.

1248-YIL — Buyuk xoqon Guyukxon vafotidan so‘ng bosh hukmronlik uchun chingiziylar o‘rtasida kurash kuchaydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:19:49
1251-YIL — mo‘g‘ullar davlatining poytaxti Qoraqurumda bo‘lib o‘tgan qurultoyda chingiziylar orasida yoshi ulug‘i Botu va uning ukasi berkalarning qo‘llab quvvatlashi va ko‘magida Tuluxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Munqa Mo‘ng‘ilistonning ulug‘ xoni qilib saylandi.

1251-1259-YILLAR — mo‘g‘ul imperiyasida Munqa hukmronligi davri. Chig‘atoy ulusi mulk sifatida tugatildi va Botu bilan Munqa o‘rtasida kelishuv asosida taqsimlanib, Sirdaryogacha bo‘lgan yerlarni Munqa, Movarounnahrni esa Botu egallab oldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:19:57
1253-1325-YILLAR — Nizomiy Ganjaviydan so‘ng "œXamsa" dostonini yozgan va "œZafarlar kaliti", "œFalakning to‘qqiz gumbazi" nomli asarlar muallifi Amir Xusrav Dehlaviy yashab ijod etgan.

1256-YIL — mo‘g‘ullar Eronni bosib olib, Xulagular davlatini tashkil qildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:20:06
1258-YIL — Xulagu abbosiylar sulolasiga barham berdi.

1271-YIL — Ma’sudbek tomonidan pul islohoti amalga oshirildi. Islohot tovar va pul munosabatlarini tiklanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ma’sudbek Movarounnahrning 16 ta shahar va viloyatlarida: Samarqand, Buxoro, Taros, O‘tror, Xo‘jand va boshqa shaharlarda bir xil vazn va yuqori qiymatli sof kumush tangalar zarb ettirdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:20:13
1272-YIL — Xulagulaxonning Oqbek boshliq askarlari Movarounnahrga bostirib kirib, Kesh va Naxshab shaharlarini talaydilar.

1273-YIL — Xulagulaxonning askarlari Buxoroga bostirib kirib, shaharni g‘arot qiladilar. Katta kutubxona va "œMa’sudiya" madrasasi yondiriladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:20:22
1282-1306-YILLAR — Farg‘ona vodiysida chig‘atoyzodalardan Tuvoxon hukmronligi davri. Andijon shahriga asos solinishi.

1299-YIL — Buxoro atroflari sug‘orilib obod etilishi to‘g‘risida vaqf hujjatida qayd etilishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:20:31
1318-1326-YILLAR — Chig‘atoy ulusida Kebek hukmronligi davri. Uning hukmronligi davrida qadimgi Nasaf shahri yonida unga atab saroyi qurildi. Saroy mo‘g‘ul tilida "œQarshi" deb yuritilib, shu saroyda turib u mamlakatni idora qiladi. Kebekxon ma’muriy va pul islohotini o‘tkazadi. U davlatni viloyatlarga — "œtumanlarga bo‘lib boshqaradi. Kebek ikki xil pul: kumush tanga — "œdinor" va mayda kumush tanga — "œdirhamlar"lar zarb ettiradi. "œKepaki" deb nom olgan bu tangalar Samarqand va Buxoroda zarb etilib, muomalaga chiqarilgan.

1333-YIL — Movarounnahrda bo‘lgan arab sayyohlaridan biri Kebekning ukasi Tarmashirinni masjidda uchratganligini qayd etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:20:38
1334-1376 YILLAR — Chig‘atoy ulusida Tarmashirin hukmronligi.

1348-YIL — Chig‘atoy naslidan bo‘lgan Tug‘luq Temur mo‘g‘uliston xoni etib ko‘tarildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:20:45
1999-YIL — O‘zbekistonda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi. Xorazmda unga haykal o‘rnatildi, yirik ko‘cha va maydonlarga uning nomi qo‘yildi, videofilm, pyesa va dostonlar yaratildi.

2000-YIL 30-AVGUST — "œJaloliddin Manguberdi" ordeni ta`sis etildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:20:53
XII ASR — mo‘g‘ullar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda O‘rta Osiyoda eng qoloq aholi hisoblanar edi. Ularda hali urug‘-aymoqchilik munosabatlari nihoyatda kuchli edi. Mo‘g‘ul urug‘ va qabilalari ichida mulkdorlik munosabatlari paydo bo‘lib, ular o‘rtasida sinfiy kurash avj olib bormoqda edi.

XII ASR OXIRI — XIII ASR BOSHI — mo‘g‘ul urug‘ boshliqlari orasida ichki kurashlarda Timuchinning g‘olib chiqishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:21:02
XIII ASR BOSHI — Xorazmshohlar saltanati buyuk davlat hisoblanardi. Xorazm va Movarounnahrdan tashqari hozirgi Afg‘oniston yerlari va Eronning kattagina qismi uning tasarrufida edi. Davlat qang‘li qipchoq va turkmanlardan tuzilgan intizomli qo‘shinga ega bo‘lib, qo‘shinning umumiy soni Chingizxon harbiy kuchiga nisbatan birmuncha oshiqroq edi. Biroq, Xorazmshoh hokimiyati mustahkam bo‘lmagan.

XIII ASRNING IKKINCHI YARMI — Xorazmda islom axloqi, odobi va taqvodorligi asosida turkiy tildagi adabiyot rivoj topa boshlaydi. U Chig`atoy tili" va "œChig`atoy adabiyoti" nomini oladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:21:17
XIII ASRNING IKKINCHI YARMI — XIV ASR BOSHI — Shahar va qishloqlarda xo‘jalik hayotining jonlanishi bilan mo‘g‘ullar istilosi va bosqini davrida kuchli zarbaga uchrab inqirozga yuz tutgan fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari tiklana boshlandi. Binokorlik va me’morchilik yo‘lga qo‘yildi. Fan va adabiyot, asosan, mo‘g‘ullar hukmronligi o‘rnatilmagan viloyatlar Kichik Osiyo, Janubiy Eron va Hindistonda taraqqiy qiladi.

XIII ASRNING IKKINCHI YARMI — Movarounnahr va Xurosonda tarixnafislik taraqqiy topdi. Bu davrda Juzjoniyning "œTabaqoti Nosiriy", Juvayniyning "œTarixi jahongushay" ("œJahon fotihi tarixi"), Fazlulloh Rashiduddinning "œJome at-tavorix" ("œTarixlar to`plami") kabi qimmatli tarixiy asarlar yoziladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:21:25
XIII ASRNING 20-YILLARI — Chig‘atoy tasarrufiga berilgan Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda Chig‘atoy ulusi tashkil topdi. Chig‘atoyxonning ulusni boshqaradigan o‘rdasi Ili daryosi bo‘yida edi.

XIII ASRNING 20-YILLARI — Go‘bi saxrosining sharqiy chegarasidan to Tangritov (Tyanshan) tizmasining g‘arbiy etaklarigacha bo‘lgan viloyatlar mo‘g‘ullar davlati hukmronligi ostida birlashtirilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:21:32
XIII ASR O‘RTALARI — mo‘g‘ullar davlatining umumsiyosiy ahvoli og‘irlashdi. Mo‘g‘ullar garchi Osiyo va Yevropaning katta qismida o‘z hukmronigini o‘rnatgan bo‘lsalarda, ammo hali ular yagona davlatga ega emas edilar. Ulug‘ xoqon nomigagina hokim edi. Mo‘g‘ullar istilosi butun Sharqiy Yevropaga yoyildi.

XIII ASR O‘RTALARI — Chig‘atoy ulusining mo‘g‘ul ma’murlari doirasida o‘troqlikka ko‘chish, shahar hayotiga yaqinlashish, mahalliy o‘troq aholining boy madaniyatidan foydalanish jarayoni kuchaydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:21:41
XIII ASR O‘RTALARI — Buxoroda "œMas’udiya" va "œXoniya" nomalari bilan shuhrat topgan ikki madrasa bino qilingan.

XIII ASRNING 60-YILLARI — Chig‘atoyning nabirasi Olg‘uxon Oltin O‘rda ma’murlariga qarshi kurash olib borib, Chig‘atoylar ulusini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:21:52
XIII ASR OXIRI — Buxoro shahri atroflarining sug‘orilib obod etilishi.

XIV ASRNING BIRINCHI YARMI — Chig‘atoy ulusining yuqori tabaqasida ko‘chmanchilikdan o‘troqlikka ko‘cha boshlagan, mo‘g‘ul harbiy ma’murlari, mahalliy mulkdorlar: yirik yerdorlar, ruhoniylar va savdogarlardan iborat edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:22:00
XIV ASRNING BIRINCHI YARMI — Chig‘atoy ulusida mo‘g‘ullarning o‘troqlikka o‘tish jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi.

XIV ASRNING 20-40-YILLARI — Movarounnahrda mo‘g‘ular amalga oshirgan vayronagarchilik hali tugatilmay, hunarmandchilik, dehqonchilik, savdo-sotiq o‘zining XIII asr boshlaridagi darajasiga ko‘tarilmagan edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:22:07
XIV ASRNING 30-YILLARI — Movarounnahrda bo‘lgan arab sayyohi Ibn Battuta Chingizxon boshliq mo‘g‘ullar istilosi va uning oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni yozib qoldirishi.

XIV ASRNING 40-YILLARI — Chig‘atoy ulusi barham topdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:22:16
XIV ASRNING 40-YILLARI — Chig‘atoy ulusi ikkiga bo‘linib ketdi. Uning sharqiy qismida — Sharqiy Turkiston va Yettisuvda mo‘g‘ullarning Dug‘lat amirligi, G‘arbiy qismida esa Movarounnahr amirligi tashkil topdi.

XIV ASR OXIRI — XV ASR BOSHI — Movarounnahrda va Xurosonda adabiy muhitning jonlanishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:41:33
VI BOB

AMIR TEMUR SALTANATI

AMIR TEMUR MARKAZLASHGAN DAVLAT ASOSCHISI

SIYOSIY TARQOQLIK.
XIV аsr o‘rtаlаrigа kеlib Chig‘аtоy ulusi yer egaligi tаrqоqlik dаvrini bоshdаn kеchirаyotgаn edi. Kеbеkхоnning mа’muriy islоhоtlаri yer egalаrning o‘zbоshimchаligigа bаrhаm bеrа оlmаdi. Qоzоnхоnning 40-yillаrdа хоn hоkimiyatini qаytа tiklаsh yo‘lidаgi urinishlаri o‘zining o‘limi (1346-y.) vа Chingiziylаrning Mоvаrоunnаhrdа hukmrоnliklаrining bаrhаm tоpishi bilаn yakunlаndi. Qisqа muddаt dаvоmidа hоkimiyat Аmir Qоzоg‘оn qo‘ligа o‘tdi. XIV аsrning 60-yillаrdа Mоvаrоunnаhr bir nеchа yer egaligi mulklаrdаn ibоrаt bo‘lib, ulаr uzluksiz o‘zаrо urush оlib bоrаrdilаr. Fursаtdаn fоydаlаnib Yettisuv vа Shаrqiy Turkistоn хоni Tug‘luq Tеmur 1360-yildа Mоvаrоunnаhrgа bоstirib kirib, Qаshqаdаryogаchа yеtib bоrdi. Tug‘luq Tеmurdаn so‘ng tахtgа uning o‘g‘li Ilyosхo‘jа o‘tirdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:42:04
AMIR TEMURNING SIYOSIY FAOLIYATI. Аnа shundаy shаrоitdа zo‘r hаrbiy vа tаshkilоtchilik istе’dоdigа egа bo‘lgаn Tеmur hukmrоn dоirа оrаsidа kаttа оbro‘ qоzоnаdi. 1336-yildа Kеsh yaqinidаgi Хo‘jа Ilg‘оr qishlоg‘idа dunyogа kеlgаn Tеmur 1360-yillаrning bоshlаridа Kеsh vilоyatining hukmdоri bo‘lishgа erishаdi. 1361-yildа u Qоzоg‘оnning nаbirаsi Аmir Хusаyn bilаn ittifоq tuzаdi. Аmirlаr ittifоqi Mоvаrоunnаhrdа kаttа kuchgа аylаnаdi. Аmir Tеmur vа Аmir Husаyn isyonkоr аmirlаr vа mo‘g‘ullаrgа qаrshi kurаsh оlib bоrаdilаr. Bu ittifоq 1363-yildа Qunduz shаhri yonidа dаstlаbki sinоvdаn o‘tdi. Qunduz shаhri yonidа Tеmur vа Husаyn Ilyosхo‘jа ustidаn g‘аlаbа qоzаnаdilаr. 1364-yil охiridа ulаr mo‘g‘ullаrni Mоvаrоunnаhrdаn quvib chiqаrаdilаr. Birоq, 1365-yilning 22-mаyidа Ilyosхo‘jа qo‘shinlаri Tоshkеnt bilаn Chinоz o‘rtаsidа bo‘lib o‘tgаn "œJаngi lоy" jаngidа Tеmur vа Husаyn qo‘shinlаrigа zаrbа bеrib, Sаmаrqаnd tоmоn yo‘l оlаdilаr. Himоyasiz qоlgаn shаhаr mudоfааchilаrigа Mаvlоnzоdа, Аbu Bаkr Kаlаviy vа Хurdаki Buхоriy kаbi sаrbаdоrlаr bоshchilik qilаdilаr. Sаrbаdоrlаr hаrаkаti dаstlаb 1337-yildа Хurоsоndа bоshlаngаn. Mo‘g‘ullаr zulmigа qаrshi ko‘tаrilgаn хаlq оzоdligi hаrаkаti qаtnаshchilаri o‘zlаrini sаrbаdоrlаr dеb аtаshgаn. "œSаrbаdоr" so‘zining mа’nоsi «bоshini dоrgа tikkаn»dir, ya’ni istiqlоl yo‘lidа qurbоn bo‘lishgа tаyyorlikni bildirаdi. Хurоsоnning g‘аrbidа mo‘g‘ullаr hukmrоnligi tоr-mоr qilib, mаrkаzi Sаbzаvоr shаhri bo‘lgаn mustаqil Sаrbаdоrlаr dаvlаtini bаrpо etаdilаr. Sаrbаdоrlаr аsоsаn dеhqоnlаr, hunаrmаndlаr, shаyхlаr vа qullаrdаn ibоrаt bo‘lgаn bo‘lib, ulаrning hukumаti аsоsаn dеmоkrаtik tаrtibgа qurilgаn. Bu dаvlаt 45 yil hukm surаdi.
Sаrbаdоrlаr hаrаkаti XIV аsrning 60-yillаridа Mоvаrоunnаhrdа mo‘g‘ul хоnlаrining hujumi munоsаbаti bilаn kuchаyib kеtаdi. Sаmаrqаnd hаrаkаt mаrkаzigа аylаnаdi. Shаhаr himоyachilаri mo‘g‘ullаr ustigа tinmаy tоsh yog‘dirib ulаrni kаltаklаdilаr. Bir munchа vаqt qаmаl qilib turgаndаn kеyin Ilyosхo‘jа Sаmаrqаndni, so‘ngrа Mоvаrоunnаhrni tаshlаb kеtishgа mаjbur bo‘ldi. Shundаy qilib, Sаmаrqаnddа mo‘g‘ullаr hukmrоnligi tugаtilib, sаrbаdоrlаr hоkimiyati o‘rnаtildi. Bundаn хаbаr tоpgаn Tеmur vа Аmir Husаyn o‘z qo‘shinlаri bilаn 1366-yildа Sаmаrqаndgа qаytib kеlаdilаr vа sаrbаdоrlаr hаrаkаtigа bаrhаm bеrib, hоkimiyatni egаllаydilаr. Аmmо Tеmur vа Husаyn o‘rtаsidаgi ittifоq uzоqqа cho‘zilmаdi. 1370-yilning bаhоridа Аmir Tеmur Bаlx hukmdоri Аmir Husаyngа qаrshi qo‘shin tоrtib bоrаdi. Qo‘shin Tеrmiz yaqinidаgi Biyo qishlоg‘igа еtgаndа аslzоdаlаrdаn Sаyyid Bаrаkа Аmir Tеmur fаоliyatini qo‘llаb-quvvаtlаb, ungа Оliy hоkimiyat rаmzi kаttа nоg‘оrа — tаbl vа yalоv — bаyrоq tоrtiq qilаdi. Аmir Tеmur Bаlх yaqinidа mаshvirаt o‘tkаzib, qаdimiy qоnun-qоidаga ko‘rа, chingiziylаr аvlоdidаn bo‘lgаn Suyurg‘оtmish o‘g‘lоn (1370-1388 ) mаmlаkаt pоdshоligi tахtigа o‘tkаzilаdi. 1370-yil 9-аprеldа Bаlх shаhri tаslim bo‘lib, Аmir Husаyn аsirgа оlinаdi vа qаtl etilаdi. 1370-yilning 10-аprеlidа kаttа qurоltоy o‘tkаzilib, Аmir Tеmurning hukmdоrligi rаsmаn tаn оlinib, u Mоvаrоunnаhrning аmiri dеb e’lоn qilinаdi. Gаrchi sаltаnаt tахtigа , аn’аnаgа ko‘rа dаstlаb nоmigаginа Suyurg‘аtmish, so‘ngrа uning vаfоtidаn kеyin Sultоn Mаhmud (1388-1402) o‘tkаzilgаn bo‘lsа-dа, аmаldа mаrkаziy hоkimiyatni o‘g‘illаri, nаbirаlаri vа yaqin аmirlаri оrqаli idоrа qilаrdi. Аmir Tеmur Sаmаrqаndni o‘zigа pоytахt qilib, uni mustаhkаm qаl’аgа аylаntirаdi.
Tеmur o‘zigа хоs tаshkilоtchilik qоbilyatigа vа hаrbiy istе’dоdgа egа edi. U O‘rtа Оsiyodа yer egalаrning urushlаrigа bаrhаm bеrdi. Tеmur 1372-1388-yillаrdа Хоrаzmgа bеsh mаrtа hаrbiy yurish qilib, uni Оltin O‘rdа хоnligidаn аjrаtib оlib, o‘zigа bo‘ysundirdi. Аmir Tеmur dаstlаbki yillаrdа mаmlаkаt sаrhаdlаri хаvfsizligini tа’minlаshgа kаttа аhаmiyat bеrdi. 1370-yilning kuzi vа 1371-yil bаhоridа Zindа Chаshmgа zаrbа bеrilib, Shiburg‘оn vilоyati bo‘ysundirildi. Bаlх vа Tоshkеnt vilоyatlаri hаm Аmir Tеmur hоkimiyatini tаn оlаdilаr. 1371-1390-yillаrdа Аmir Tеmur mo‘g‘ulistоngа yеtti mаrtа yurish qilib, mo‘g‘ul hukmdоrlаri Аnqоto‘rа vа Qаmаriddin ustidаn g‘аlаbа qоzоndi. Buning nаtijаsidа Аmir Tеmur Mоvаrоunnаhr vа Хоrаzmdа hukm surgаn tаrqоqlikkа, o‘zаrо nizo vа Mo‘g‘ulistоn tоmоnidаn bo‘lib turgаn tаzyiqqа chеk qo‘ydi.
1380-yildаn Tеmur bоshqа mаmlаkаtlаrgа hаrbiy yurishlаrgа оtlаnаdi: Оltin O‘rdа, Erоn, Kаvkаz, Suriya, Misr, Hindistоn, Turkiyani bоsib оldi. Sоhibqirоn hаrbiy yurishni Хurоsоndаn bоshlаydi. 1381-yili Аmir Tеmur Hirоtni egаllаydi. Sаrахs, Jоm vа Qаvsiya shаhаrlаri jаngsiz tаslim bo‘lаdi. 1381-1384-yillаr dаvоmidа Erоnning kаttа qismi bo‘ysundirilаdi. Аmir Tеmur Erоn, Оzаrbаyjоn, Irоq, Shоm (Suriya) ustigа uch mаrtа qo‘shin tоrtib bоrаdi. Bu yurishlаr tаriхdа uch, bеsh vа yеtti yillik urushlаr nоmi bilаn shuhrаt tоpаdi. Uch yillik (1386-1388 ) hаrbiy yurishlаri оqibаtidа Jаnubiy Оzаrbаyjоn, Irоqning shimоliy qismi, Gurjistоn vа Аrmаnistоndаgi yerlаr egаllаnаdi. Bеsh yillik (1392-1396) urushi dаvоmidа G‘аrbiy Erоn, Irоqi Аjаm vа Kаvkаzni egаllаydi. Аmir Tеmurning Hindistоngа qаrshi qilgаn hаrbiy yurishi (1398-yil mаy-1399-yil mаrt) o‘n bir оy dаvоm etаdi. U yerdаn Аmir Tеmur kаttа o‘ljа оlib qаytаdi. Yetti yillik (1399-1404) urush eng shiddаtli vа eng yirik jаnglаrdаn bo‘lib, uning оqibаtidа Shоmning Хаlаb, Kumis, Bааlbеk, Dimishq kаbi yirik shаhаrlаr vа Irоqi Аrаbning Ubilistоn o‘lkаsi bilаn Bоg‘dоd shаhri vа Turkiyaning kаttаginа qismi fаth etilаdi. Аmir Tеmur Оltin O‘rdа dаvlаtini tоr-mоr(1395) kеltirib, rus knyazlаrining mo‘g‘ullаr qаrаmligidаn qutulishlаrigа imkоn yarаtdi. 1402-yili Аnqаrа yonidа Turkiya sultоni Bоyazid I Yildirim qo‘shinlаrini еngib, Bоlqоn yarim оrоli хаlqlаrini turklаr аsоrаtidаn sаqlаb qоldi. Tеmur kаttа qo‘shin bilаn Хitоy sаfаrigа chiqqаn vаqtidа, 1405-yili fеvrаldа O‘trоr shаhridа vаfоt etdi. Аmir Tеmur Go‘ri Аmirdа dаfn etilgаn.
Аmir Tеmur fаоliyati qo‘yilgаn mаqsаd vа rеjаlаri jihаtidаn ikki bоsqichgа bo‘linаdi. Birinchi bоsqich (1360-1386)dа Аmir Tеmur Mоvаrоunnаhrdа mаrkаzlаshgаn dаvlаt tuzish yo‘lidа kurаshdi vа ikkinchi bоsqichi (1386-1405)dа оlib bоrilgаn "œuch yillik", "œbеsh yillik" vа "œyеtti yillik" hаrbiy yurishlаrni аmаlgа оshirib, Оltin O‘rdа, Erоn, Irоq, Kаvkаz, Kichik Оsiyo, Misr vа Hindistоnni zаbt etdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:42:17
АMIR TЕMUR SALTANATINING MА’MURIY VА HАRBIY TUZILISHI

SALTANAT BOSHQARUVI.
Аmir Tеmur nаsl-nаsаbi chingiziylаrgа mаnsub bo‘lmаgаnligi sаbаbli o‘zi bаrpо etgаn dаvlаtidа o‘zini "žqоnuniy хоn" dеb e’lоn qilmаdi. Shuning uchun hаm chingiziylаr tоmоnidаn bеlgilаngаn аn’аnаgа ko‘rа Аmir Tеmur аvvаl o‘z huzuridа Suyurg‘аtmishni (1370-1388 ), so‘ngrа uning vаfоtidаn kеyin uning o‘g‘li Sultоn Mаhmudni (1388-1402) rаsmiy хоn qilib ko‘tаrib, ulаrning nоmidаn yorliqlаr chiqаrаdi, pullаr zаrb ettirаdi. Аmir Tеmur o‘zining bеvоsitа hukmrоnligigа qоnuniy tus bеrib, uni mustаhkаmlаb оlish mаqsаdidа Qоzоnхоnning qizi, Аmir Husаynning tul хоtini Sаrоy Mulkхоnimgа uylаnаdi. 1370-yildаgi bu nikоh tufаyli Аmir Tеmur o‘zining аmirlik dаrаjаsigа "œko‘rаgоn’, ya’ni "œхоnning kuyovi" unvоnini qo‘shib оldi vа rаsmiy хujjаtlаrdа "œАmir Tеmur ko‘rаgоn" nоmi bilаn yuritdi.
 Tеmur o‘z dаvlаtini bоshqаrishgа kаttа e’tibоr bеrdi: buning uchun dаvlаtni mustаhkаmlаydigаn qоnunlаr jоriy qildi. O‘z dаvlаtini o‘g‘il vа nаbirаlаrigа, lаshkаrbоshilаrigа suyurg‘оl (mеrоsiy bоshqаruv vа sоliqlаr yig‘ishgа huquq bеrgаn yergа egаlik shаkli) tаriqаsidа bo‘lib bеrdi. Аmir Tеmur o‘z dаvlаtini to‘rt ulusgа bo‘ldi: To‘ng‘ich o‘g‘li Muhаmmаd Jаhоngirgа Bаlх vilоyati bilаn 12 ming nаvkаrli qo‘shin, ikkinchi o‘g‘li Umаr Shаyхgа Fоrs vilоyati bilаn 10 ming qo‘shin, uchinchi o‘g‘li Mirоnshоhgа Оzаrbаyjоn, Irоq vа Аrmаnistоn bilаn 9 ming qo‘shin, kеnjа o‘g‘li Shоhruhgа Хurоsоn, Jurjоn, Mоzоndоrоn, Sеistоn bilаn 7 ming аskаr bеrdi. Mаrkаziy hоkimiyatni o‘zi bоshqаrdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:42:30
QO‘SHIN TUZILISHI. Аmir Tеmur ichki vа tаshqi siyosаtidа аsоsаn qo‘shingа suyanаr edi. Shuning uchun hаm u hаrbiy islоhgа kаttа аhаmiyat bеrаrdi. Shu bоis Аmir Tеmur mаnbаlаrdа zаmоnаsining mаshhur sаrkаrdаsi vа yirik lаshkаrbоshchisi sifаtidа tilgа оlinаdi. Uning hаrbiy istе’dоdi, sаrkаrdаlik mаhоrаti, qo‘shinlаrning tuzulishidа Оltin O‘rdа хоni To‘хtаmish, Dеhli sultоni Mаhmud vа Turkiya sultоni Bоyazidlаr bilаn оlib bоrgаn shiddаtli mаhоrаbаlаridа vа jаng mаydоnlаridа qo‘llаgаn jаng qilish uslublаridа nаmоyon bo‘lgаn. Аmir Tеmur qo‘shini o‘ntаlik аskаriy birikmаlаr аsоsidа tuzilgаn hаrbiy qismlаrdаn ibоrаt edi. Qo‘shin "œtumаn" — o‘n minglik, "œhаzоrа" — minglik, "œho‘shun" — yuzlik vа "œаyl" — o‘nlik birikmаlаrigа bo‘lingаn. Tumаnlаrdа аskаrlаrning sоni 10 ming, qo‘shindа 100 ming nаfаrdаn оrtiq bo‘lgаn. Tеmur 10 minglik аskаrni bоshqаrish uchun "œtumаn оg‘аsi", minglik bo‘linmаlаr uchun "œmirhаzоrа", yuzlik uchun "œho‘shinbоshi" vа o‘nliklаr uchun esа «аylbоshi" kаbi hаrbiy mаnsаblаrni tа’sis etаdi. Bo‘linmа bоshliqlаri — аmirlаr Аmir Tеmurgа tоbе bo‘lgаn 40 аymоq (qаbilа)dаn 12 tаsi: bаrlоs, аrg‘in, jаlоir, tulkichi, duldоy, mo‘g‘ul, sulduz, to‘g‘аy, qipchоq, аrlоt, tоtоr vа tаrхоnlаr оrаsidаn sаylаb оlgаn. Аmirlik mаrtаbаsi Аmir Tеmur fаоliyatining dаstlаbki yillаridа ungа sоdiq bo‘lgаn 313 nаfаr kishigа bеrilgаn. Vilоyatlаr аsоsiy hаmdа rеzеrv qismlаrni to‘plаb bеrаrdi. Аskаriy qismlаrni vilоyatlаrdаn to‘plаsh bilаn tаvоchi mаnsаbidаgi аmаldоrlаr shug‘ullаnаr edi.
Qo‘shinlаr hаrbiy yurishgа chiqqаn vаqtdа intizоmgа qаttiq riоya qilingаn. Sаfаrdа eng оldindа hаr bir qo‘shin qismlаri "œхаbаrgiri", ya’ni хаbаrchilаr dеb yuritilgаn аyg‘оqchi kuzаtuvchilаr bo‘linmаsi yurgаn. Hаbаrchilаr оrqаsidаn sоqchilаr bo‘linmаsi yo‘llаngаn, u yasоvul" dеb аtаlgаn. Qo‘shinning аsоsiy qismlаri оldidа "œmingmаnglаy" — аvаngаrd qismlаr hаrаkаtdа bo‘lgаn. Mаnglаy аsоsiy kuchlаrdаn, bа’zаn esа bir nеchа tumаnlаrdаn ibоrаt bo‘lgаn. Mаnglаy bilаn qo‘shinning аsоsiy qismlаri оrаlig‘idа esа qo‘mоndоnning qаrоrgоhi vа uning yon аtrоfidа zаhirа qismlаr jоylаshgаn bo‘lib, u izоfа" dеb yuritilgаn. Urush jаryonidа jаng оqibаtini аnа shu izоfа qismlаr hаl qilgаn. Tеmur qo‘shinining аsоsiy jаngоvаr qismi mаrkаz, o‘ng vа so‘l qаnоtlаrdаn ibоrаt bo‘lgаn. Uning o‘ng qаnоti "œburоng‘оr", so‘l qаnоti esа "œjuvоng‘оr" dеb yurtilgаn. Hаr bir qаnоtining оldidа qo‘shimchа qo‘riqchi mаnglаy — аvngаrdi, yon tоmоnidа esа bitаdаn qo‘riqchi аskаriy qo‘shilmаlаr — "œkаnbul’lаri bo‘lаrdi. Shu tаriqа qo‘shin yеtti qism — "œqo‘llаr"dаn ibоrаt bo‘lib, bulаrdаn uchtаsi: mаrkаz, burоng‘оr, juvоng‘оrlаr mustаqil, to‘rttаsi: ikki mаnglаy vа ikki kаnbullаr tоbе qismlаr edi. Qo‘shinning bundаy jоylаshtirilishi o‘zigа хоs tоmоni shundа ediki, uning qаnоаt qismlаri mаrkаziy qismgа qаrаgаndа kuchli edi. O‘rtа аsr muаllifi Shаrаfiddin Аli Yazdiy qo‘shinni yеtti qo‘lgа — qismgа bo‘lib jоylаshtirish tаrtibini birinchi bo‘lib Аmir Tеmur jоriy qilgаn dеb yozаdi.
Аmir Tеmur hаyotlik dаvridаyoq uning hаrbiy sаn’аti vа dаvlаt bоshqаrish uslubigа bаg‘ishlаngаn mаhsus аsаr yarаtilib, u’Tеmur tuzuklаr" nоmi оstidа shuhrаt tоpаdi. Аmir Tеmur turk, аrаb vа erоnliklаr tаriхini chuqur bilgаn. Аmir Tеmur o‘z rеjа vа mаqsаdlаrini ro‘yobgа chiqаrishdа ko‘prоq mulkdоrlаr vа hаrbiy jаngchilаr оrаsidа shuhrаt tоpgаn tаqvоdоr ruhоniylаr tаbаqаsi vаkillаrigа suyanаrdi. U imоm Sаyyid Bаrаkаni o‘zining piri dеb hisоblаrdi.
Sоhibqirоn Аmir Tеmur dаvlаtni bоshqаrish vа hаrbiy sаn’аt sоhаsidа o‘zigа хоs usul yarаtib, shu аsоsdа bаrpо qilgаn dаvlаti bilаn dunyoni lоl qоldirdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:42:44
MАMLАKАT ОBОDОNCHILIGI YO‘LIDА

SHAHAR OBODONCHILIGI.
Аmir Tеmur o‘zining binоkоrlik sоhаsidаgi fаоliyatidа siyosiy mаqsаdlаrini ko‘zdа tutgаn. Mаsаlаn, Shаhrisаbzdаgi mаshhur Оqsаrоyning pеshtоqigа "œАgаr bizning quvvаt vа qudrаtimizgа ishоnmаsаng, bizning imоrаtlаrimizgа bоq" dеgаn хitоbnоmа bitilgаn. Turkistоn shаhridа Аhmаd Yassаviy mаqbаrаsini binо qilishdа hаm shundаy mаqsаd nаzаrdа tutilgаn. Tеmur hukmrоnligining ilk dаvridа Kеsh shаhrini pоytахtgа аylаntirish niyatidа bo‘lib, uning оbоdоnchiligigа kаttа аhаmiyat bеrdi. Undа dunyogа dоng‘i kеtgаn mаshhur Оqsаrоy qаd ko‘tаrdi. Sаhibqirоn Kеshni O‘rtа Оsiyoning mа’nаviy mаrkаzigа аylаntirishgа hаrаkаt qildi. Shu bоisdаn bu shаhаr "œQubbаtul ilm vаl аdаb" unvоnigа egа bo‘ldi. Sаmаrqаnd pоytахt qilib оlingаch, u аlоhidа imtiyozgа egа shаhаrgа аylаndi. Sаmаrqаnd shаhri Аmir Tеmur hukmrоnligi dаvridа o‘zining qаdimgi o‘rnidаn birmunchа jаnubrоqdа qаytаdаn qurildi. Shаhаr tеvаrаgi Оhаnin, Shаyхzоdа Chоrsu, Kоrizgоh, Suzаngаrоn vа Fеruzа kаbi nоmlаr bilаn yuritiluvchi оltitа dаrvоzаli dеvоr bilаn o‘rаb chiqilаdi. Shаhаr аrkidа Tеmurning qаrоrgоhi Ko‘ksаrоy vа Bo‘stоnsаrоy binо qilingаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:42:56
SAMARQAND DAVLAT POYTAXTI. Sаmаrqаnddа оmmаviy binоlаr (mаdrаsа, mаsjid, sаrоy, ko‘priklаr, sug‘оrish inshооtlаri) qurilishigа e’tibоr bеrdi. Ispаniya qirоlligining elchisi Klаviхо (1403-1406) Аmir Tеmur sаrоyidа minggа yaqin hunаr egаsinining mахsus kоrхоnаlаrdа qurоl-yarоg‘, kiyim-kеchаk tаyyorlаsh bilаn mаshg‘ul bo‘lgаni hаqidа mа’lumоt bеrаdi. Tаriхchi ibn Аrаbshоhning yozishichа, Tеmur Sаmаrqаnd аtrоfidа qаtоr shаhаrchаlаr bunyod etib, ulаrgа dunyoning mаshhur shаhаrlаrini nоmini bеrgаn: Misr, Dаmаshq, Bоg‘dоd, Sultоniya, Shеrоz, Fоrish (Pаrij) vа hоkаzо. Sаmаrqаnd аhоlisi muаyyan hunаr bilаn shug‘ullаnuvchi mаhаllаlardа (Zаrgаrоn, Kulоlоn, Аllоfоn, So‘zаngаrоn vа hоkаzо) istiqоmаt qilаrdi. Аmir Tеmur hаyotligidа Shоhi Zindа, Bibiхоnim, Ko‘k Sаrоy, Go‘ri Аmir, Ruhоbоd kаbi mе’mоrchilik inshооtlаri qurildi. Sаmаrqаnd аtrоfidа Bоg‘imаydоn, Bоg‘inаqsh, Bоg‘ibаlаnd, Bоg‘idilkushо, Bоg‘ibihshit, Bоg‘ishаmоl singаri o‘ndаn оrtiq chоrbоg‘(bоg‘)lаr qurildi. Ulаr o‘z dаvrining go‘zаl sаn’аt nаmunаlаri hisоblаngаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:43:08
АMIR TЕMURNING G‘АRBIY YEVRОPА DАVLАTLАRI BILАN АLОQАLАRI

XALQARO-SIYOSIY VAZIYAT.
Аmir Tеmur mаmlаkаt iqtisоdi vа mаdаniyati yuksаlishigа imkоniyat yarаtdi. Qo‘shni mаmlаkаtlаr bilаn elchilik vа sаvdо munоsаbаtlаri yo‘lgа qo‘yildi. Bu dаvrdа bir tоmоndаn hаrbiy qudrаti tоbоrа оshib bоrаyotgаn Turkiya Bоlqоn yarim оrоli dаvlаtlаrigа nisbаtаn tаzyiqi kuchаyib, butun Yevropani хаvf оstigа sоlаyotgаn bo‘lsа, ikkinchi tоmоndаn bu qudrаtli dаvlаtning o‘zi G‘аrbgа tоmоn shiddаt bilаn bоsib kеlаyotgаn hаvfli rаqib Аmir Tеmur dаvlаtini kuchli tаzyiqigа duchоr bo‘lgаn edi. Аmir Tеmurning Kichik Оsiyo vа G‘аrbiy Yevropa dаvlаtlаri bilаn оlib bоrgаn dаstlаbki diplоmаtik yozishmаlаri vа elchilik аlоqаlаri uning G‘аrbgа — Turkiya ustigа yurishi munоsаbаti bilаn bоshlаnib, ulаrdаn аsоsаn Bоyazidgа qаrshi birgаlikdа kurаshishi rеjаlаri ko‘zdа tutilаdi. Bоyaziddаn yеngilib, o‘z yeri vа mulklаridаn mаhrum bo‘lgаn Kichik Оsiyo mаmlаkаtlаrining hukmdоrlаri Аmir Tеmurdаn mаdаd istаb uning Qоrаbоg‘dаgi o‘rdоgоhigа bоrib, qаrоr tоpаdilаr. O‘zаrо yordаm mаsаlаsidа Аmir Tеmir Kоnstаntinоpоl nоibi Iоаnn VII Pаlеоlоg, Frаnsiya qirоli Kаrl VI (1360-1422), Аngliya qirоli Gеnriх IV (1399-1413), Kаstiliya vа Lеоn qirоli Gеnriх III dе Trаstаmаrа (1390-1407)lаr bilаn diplоmаtik аlоqаlаr o‘rnаtib, yozishmаlаr оlib bоrаdi. Аnqаrа jаngidаgi g‘аlаbаdаn so‘ng Аmir Tеmur G‘аrbiy Yevropa dаvlаtlаri bilаn do‘stоnа munоsаbаtlаrni mustаhkаmlаsh vа o‘zаrо sаvdо-sоtiq аlоqаlаrni yo‘lgа qo‘yish kаbi mаsаlаlаrigа аhаmiyat bеrаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:43:21
ELCHILIK ALOQALAR. G‘аrbiy vilоyatlаr hоkimi Mirоnshоh G‘аrbiy Yevropa hukmdоrlаrining diqqаt-e’tibоrini o‘zigа jаlb qilаdi. Bu dаvrdа u Yevropa dаvlаtlаri bilаn sаvdо аlоqаlаrini jоnlаntirish mаqsаdidа хristiаn rоhiblаrigа hаyrihоhlik bildirib, sаvdоgаrlаrning dаhlsizligini tа’minlаsh bоrаsidа chоrа-tаdbirlаrini аmаlgа оshirdi. Shu sаbаbli Mirоnshоh tеz оrаdа "œkаtоlik dinining hоmiysi" sifаtidа shuhrаt qоzоndi. Аmir Tеmur, Mirоnshоh vа Gеnriх IV lаrning o‘zаrо diplоmаtik yozishmаlаridаn mа’lum bo‘lishichа, Аngliya bilаn elchilik аlоqаlаrini o‘rnаtib, sаvdо-sоtiqning jоnlаntirish yo‘lidа оlib bоrilgаn hаrаkаtlаridа, аyniqsа Mirоnshоhning tаshаbbusi kаttа bo‘lgаn. Buning sаbаbi sаvdо аlоqаlаri аvvаlо Mirоnshоhgа tеgishli o‘lkаlаrdаn o‘tаr edi.
Kаstiliya (Ispаniya) qirоli Gеnriх III 1402-yilning bаhоridа o‘z elchilаrini Аmir Tеmurning Kichik Оsiyodаgi qаrоrgоhigа yubоrаdi. Elchilаr Аmir Tеmur tоmоnidаn qаbul qilinib, qirоl nоmigа yozilgаn mахsus mаktub vа sоvg‘аlаr bilаn kuzаtilаdi. 1403-yildа Klаviхо bоshchiligidаgi ikkinchi mахsus elchilаrini Sаmаrqаndgа yubоrilаdi. Elchilаr Sаmаrqаnddа Аmir Tеmur tоmоnidаn tаntаnаvоr qаbul qilinаdi. Klаviхоning sаfаr tааssurоtlаri «Buyuk Аmir Tеmur tаriхi" vа "œTеmur qаrоrgоhi", "œSаmаrqаndgа sаfоrоt kundаligi" nоmlаri оstidа ispаn tilidа bir nеchа bоr nаshr qilinаdi.
Аmir Tеmur vаfоtidаn so‘ng mаmlаkаtdа bоshlаngаn siyosiy bоshbоshdоqlik vа uni bir nеchа mustаqil dаvlаtlаrgа bo‘linib kеtishi оqibаtidа G‘аrbiy Yevropa dаvlаtlаri bilаn Аmir Tеmurning o‘rnаtgаn bеvоsitа sаvdо vа elchilik аlоqаlаri аstа-sеkin susаydi. Bu esа O‘rtа Оsiyoning G‘аrbiy Yevrоpа vа undа shаkllаnаyotgаn jаhоn tаshqi sаvdо bоzоridаn аjrаlib, o‘rtа оsiyoliklаrning dunyo хаlqlаrining tаrаqqiyotidаn chеtgа qоlishining аsоsiy оmillаridаn biri bo‘ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:43:36
TARIXIY SHAXSLAR

ABBOS BAHODIR, ABBOS BAHODUR QIPCHOQ, ABBOSBEK (?-1387) — Amir Temurning safdoshi, yirik lashkarboshi, bolaligidagi do‘sti va maktabdoshi. U yoshligida Amir Temur, Jahon Shohbek, Kimori Inoq, Sulaymon Shohbek, Sayfuddinbek va boshqalar bilan to‘planib, birgalikda mashq qilib, musobaqalarda ishtirok etib, asta-sekin navkar bo‘lib, harbiy guruhga birlashib shakllana borgan. Jetta mo‘g‘ullariga qarshi kurashda faol qatnashgan. Abbos Bahodir jangi loyda Amir Temur cherikning qambulida (markazida) turib, katta jasorat ko‘rsatgan. 1370-yil Amir Husayn bilan bo‘lgan so‘nggi jangda Amir Temur tarafida jang qilib, ko‘p bahodirlik ko‘rsatgan. 1370-yil 9-aprelda Amir Husayn ustidan to‘la g‘alabaga erishilgach, Amir Temur Abbos Bahodirga boshqa yirik lashkarboshilari qatorida amiri lashkari (cherik begi) harbiy unvonini bergan. Abbos Bahodirning yoshi Sohibqironga nisbatan ulug‘roq bo‘lgan bo‘lsa kerak, chunki u 1385-yilgacha bo‘lgan harbiy yurishlarda faol qatnshib, shu yildan e’tiboran ko‘proq o‘g‘riqda qoldirilgan. Xususan u 1386-yilda boshlangan "œuch yillik yurishi"da ishtirok etmay, Samarqandda "œMovarounnahr viloyatining zabti uchun" qoldirilgan. 1387-yil oxirida To‘xtamishxon Movarounnahrga bostirib kelganda u bilan O‘trorda 5 km sharqroqda joylashgan Chukalak mavzeida bo‘lgan jangda yarodar bo‘lib, vafot etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:43:44
ABDULHAY (XIV-XV a.) — miniatyurachi rassom. 1396-yilda Amir Temur uni Bog‘doddan Samarqandga chaqirib olgan va saroydagi badiiy ustaxonalarning boshlig‘i qilib tayinlagan. Bizgacha san’atkor asarlarining juda oz qismi yetib kelgan. Berlindagi antiqalar orasida mavjud bo‘lgan "œSaroy" albomida rassomning ikki miniatyurasi ("œO‘rdak", "œJang manzarasi"), Istambuldagi To‘pqopu saroyida Abdulhayning imzosi bo‘lgan ikki asari saqlanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:44:42
ABDUQODIR IBN SAYID ABDULVAHHOB — xurosonlik mashhur xatot, Amir Temurning kotiblaridan biri. Uning ikkita dastxat kitobi bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:44:50
ABU BAKR KULUIY (KALAVIY) NADDOF (?-1366) — hunarmand (jun tituvchilar oqsoqoli, jun tituvchi-naddof), 1365-1366-yillarda mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi Samarqandda ko‘tarilgan sarbadorlar qo‘zg‘oloni rahbarlaridan biri. Qo‘zg‘olon mo‘g‘uliston xoni Ilyosxo‘ja 1365-1366-yillarda Movarounnahrga hujum qilgan davrda boshlandi. Qo‘zg‘olon rahbari Mavlonozoda va Abu Bakr Kuluiy Naddof Samarqand amiri qochib ketgach, shahar mudofasini o‘z qo‘llariga olib, fuqaroning qurollantirganlar va mo‘g‘ullar hujumini qaytarganlar. Shundan so‘ng sarbadorlarning bevosita ishtirokida shahar aholisini talash va zo‘rovonlik boshlangan. Amir Husayn Samarqandga yurish qilib, Konigilda sarbadorlar boshliqlari ustidan shar’iy sud jarayoni o‘tkazib, Abu Bakr Kuluiy Naddofni o‘limga mahkum etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:45:00
AHMAD BOG‘ISHAMOLIY, PIR AHMAD BOG‘ISHAMOLIY (XV asr) — Amir Temur saroyida xizmat qilgan rassom. Samarqanddagi Bog‘i Shamol va boshqa saroylarni mohirona bezagan. Ahmad Bog‘ishamoliy Abdulhayning zamondoshi bo‘lib, uning ijodiy uslubini davom ettirgan. Rassomning miniatyura asarlai bizgacha yetib kelmagan. Mutahasislarning fikricha, Jomiyning "œSelsilat o‘z-Zahab" ("œOltin zanjir") asari oxirida berilgan ikki betli deptexni Ahmad Bog‘ishamoliy bajargan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:45:10
AHMAD IBN JALOIR IBN SULTON UVAYS (?-1410) — jaloyiriylar soltoni (1382-1410). Akasi Husayn hukmronligi davrida Barsa noibi bo‘lgan (1375-yildan). 1382-yil isyon ko‘tarib poytaxt Tabrizni egallagan va akasini qatl etishga farmon bergan; biroq qolgan akalari bilan bo‘lgan shiddatli kurashlardan so‘nggina davlatning oliy hukmdori deb tan olingan (1384-yildan). Hukmronligining dastlabki yillari (1386-87)da Tabrizni To‘xtamishxon, so‘ng Amir Temur, keyin qora quyunlar boshlig‘i Qora Muhammad egallagan. 1393-yil Tabrizdan keyingi ikkinchi yirik shahar — Bag‘dod ham Temur tomonidan zabt etilgan. Ahmad Jaloir Misrga qochgan va 1394-yil yanvarda Bag‘dodga qaytib qora quyunlilardan Qora Yusuf yordamida bir necha yil hokimiyatni boshqargan. 1401-yil iyulda Bag‘dod Temur tomonidan ikkinchi marotaba fath qilingan; Ahmad Jaloir shaharni ilgariroq tashlab chiqib Qora Yusuf bilan birga avval Shom (Suriya)ga so‘ngra Kichik Osiyoga yo‘l olgan. Temur va Boyazid o‘rtasidagi urushdan foydalanib, Bag‘dodni qisqa muddat egallab turgan, so‘ng ittifoqchisi Qora Yusuf bilan yana Shomga qachgan. Bag‘dodni egallagan temuriy shaxzoda Abu Bakr ularni ta’qib qilgan. Shomda Ahmad Jaloir va Qora Yusuf hibsga olingan va 1405-yilda Temur vafotidan keyingina ozod qilingan. 1410-yil 30-avgustda Ahmad Jaloir qo‘shini Tabriz yaqinida Qora Yusuf tomonidan tor-mor keltirilgan, o‘zi esa qatl etilgan. Manbalarga ko‘ra Ahmad Jaloir shafqatsiz, makkor hukmdor bo‘lsada, jasur jangchi, olimlar, shoirlar rahnamosi bo‘lgan, arab va fors illarida she’rlar va musiqaga oid bir qancha risolalar yozgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:45:19
ALEKSANDR — Dominikan monaxi. U monax Fryansis bilan 1401-yilning avgustida Konstantinopol noibi Ioann VII Paeolog tomonidan Qorabog‘ga Temur qarorgohiga Boyazidga qarshi birgalikda kurashish taklifi bilan elchi qilib yuborilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:45:34
AMIR BAYON SULDUZ (?-1361) — Chig‘atoy ulusi beklaridan, asli Sulduz urug‘idan. Samarqand hokimi. Amir Qazag‘on o‘ldirilgach (1358-yil), Movarounnahr taxtiga o‘tirgan uning o‘g‘li Abdulloni jangda yengib, hokimiyatdan cheklangan va mamlakatni Amir Xoji Barlos bilan birga boshqargan, biroq Bayon Sulduz mayishatparast bo‘lganligi sababli davlatni boshqarishni uddasidan chiqolmagan. Bundan foydalangan mo‘g‘uliston (Jeta) xoni Tug‘luq Temur Movarounnahrga ikki marta — 1360, 1361-yillari bostirib kelgan va Bayon Sulduzni qatl qildirgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:45:42
AMIR BOYAZID JALOYIR (?-1361) — chigatoy ulusi beklaridan, jaloyir urug‘ining beki. Xo‘jand mulki Boyazid Jaloyir tasarrufida edi. Amir Qazag‘on o‘ldirilganidan (1358 ) keyingi g‘alayonli yillarda Amir Temur bilan goh raqobatda, goh kelishuvda bo‘lgan. 1361-yilning bahorida Mo‘guliston (Jeta) xoni Tug‘luq Temur tomonidan qatl etilgan. Amir Temurning xotinlaridan biri — Tuman og‘oning onasi Orzumulk og‘o Boyazid Jaloyirning qizi edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:45:50
AMIR KAYXISRAV — 1370-yil 10-aprelda Chig‘atoy ulusining bek va amirlari, viloyat va tumanlarning zodagon ayonlari hamda Termizning xonzodalari, Amir Temurning piri Sayyid Baraka ishtirokida bo‘lib o‘tgan qurultoy ishtirokchilaridan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:46:03
AMIR TEMUR, TEMUR, TEMURBEK (1336-yil 9-aprel Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja ilg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani) — 1405-yil 18-fevral O‘tror shahri, Samarqandda dafn etilgan) (to‘liq ismi Amir Temur ko‘ragoniy ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Burqul — Yozma manbalarda u Temurlang, Yevropa adabiyotida Tamerlan nomlari bilan ta’riflanadi) — o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi. Amir Temurning onasi Takinaxotun buxorolik mashhur faqih Toj ash-sharia (shariat toji) taxallusi bilan mashhur bo‘lgan Ubaydulla ibn Mas’udning avlodi (1350-yil vafot etgan) edi. Uning otasi Amir Tarag‘ay barlos urug‘ining oqsoqolilaridan bo‘lib, Chig‘atoy ulusining e’tiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari esa Chig‘atoy saroyi mulozimlari qatoridan o‘rin tutgan. Ular Kesh va Nasaf viloyatida o‘z mulklariga ega bo‘lgan va bu yurtda hokimlik qilgan. Shu boisdan Amir Temurning otasi Amir Tarag‘aybek ham yilda bir marotaba Ili daryosi bo‘yida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt bek va biylarining umum qurultoyiga taklif etilar va bunday yig‘inlarda qatnashardi. Amir Temurning yoshligi ona yurti Keshda kechdi. Yetti yoshga to‘lgach, otasi uni o‘qishga beradi. U yoshlik chog‘laridanoq chavandozlik va ovga ishqiboz bo‘lib, kamondan nishonga o‘q uzish, ot choptirish turli mashq va harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir sifatida voyaga yetadi. Uning atrofida bolalikdagi do‘stlari va maktabdoshlari to‘planishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar bo‘lishib, harbiy guruhga birlashib shakllana borishadi. Bu guruh orasida Abbos Bahodir, Jahon Shohbek, Kimori Inoq, Sulaymon Shohbek, Sayfuddinbek va boshqalar bo‘lgan. Keyinchalik ular Amir Temurning safdoshlariga aylanib, uning qo‘shinida lashkarboshilik darajasiga ko‘tarilganlar. Amir Temur tabiatan og‘ir, bosiq, teran fikrli va idrokli, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson bo‘lgan. Shu tufayli o‘spirinlik chog‘laridayoq tengqurlaridan sadoqatli do‘stlarni atrofga jalb qila olgan. O‘zining ilk harbiy faoliyatini Amir Temur qo‘l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan. Ularning o‘zaro kurashlarida mahorat va oliyhimmatlik Amir Temurning shuhratini oshirib, uning dong‘i butun Qashqadaryo vodiysi, xususan Kesh viloyatiga yoyilgan. Amir Temur aql-zakovati, shijoati va jasorati to‘g‘risidagi shuhrat uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan avval Joku Barlos, so‘ngra Amir Qazog‘on (1346-1358 ) bilan yaqinlashtirgan. Otasi Amir Temurni avval (1352) Amir Joku Barlosning qizi Turmish Og‘oga uylantiradi. 1362-yilda Amir Temur Qazog‘onning nabirasi, Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og‘oni o‘z nikohiga oladi. Keyingi nikoh tufayli Balx amiri bilan bog‘langan qarindoshlik aloqalari shubhasiz Amir Temur bilan Amir Husayn o‘rtasidagi ittifoqni yuzaga keltirdi va mo‘g‘ullarga qarshi jiddiy kurash boshlandi. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yo‘lidagi dastlabki harakati XIV asrning 60-yillar boshlaridan boshlangan. XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o‘zaro kurashi kuchayib, Amir Qazag‘on o‘ldirildi. Oqibatda mamlakatda siyosiy parokandalik vujudga kelib ulus bir qancha mustaqil bekliklarga bo‘linib ketadi. Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan mo‘g‘ul xonlari Movarounnahrdagi siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu yerda o‘z hokimiyatini o‘rnatishga harakat qiladilar. Jeta xonlaridan Tug‘luq Temur va uning vorisi Ilyosxo‘ja 1360-1361, 1365-yillarda Movarounnahrga bir necha bor bostirib kiradilar. Biroq Movarounnahr aholisi mog‘ullarga qarshi kurashga jur"œat eta olmaydilar. Kesh viloyatining hukmdori Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Mana shunday og‘ir pallada Amir Temur maydonga kiradi. Kuchlar teng emasligini hisobga olgan Amir Temur 1360-yilning boshida Tug‘luq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan kelishadi. Sharoit taqozosi bilan xon xizmatiga o‘tib, uning yorlig‘i bilan o‘z viloyatining dorug‘asi etib tayin etiladi. Biroq, ko‘p o‘tmay Movarounnahrning hukmdori etib tayinlangan Ilyosxo‘ja bilan Amir Temur murosasi kelishmay qolishi natijasida 1361-yilning oxirida mamlakatni tark etib, Xorazmga yo‘l oladi. U yerda amir Husayn bilan uchrashadi va mog‘ullarga qarshi kurashda ikkovlon birlashib, kuch to‘plashga kirishadi. Dastlab ular, Tug‘luq Temurxonning farmoniga binoan Amir Temurni ta’qib qilishga kirishgan Xiva dorug‘asi To‘qol (Tavakkal) bilan jang qildilar. So‘ngra 1362-yilning kuzida Seistonda viloyat hukmdori Malik Qutbiddinning tarafida turib, mekroniylar bilan bo‘lgan to‘qnashuvda, Amir Temur o‘ng kifti va o‘ng oyog‘idan jarohatlandi. Nihoyat, Ilyosxo‘ja boshliq Jeta lashkalari bilan bir necha marta jang qilib, mo‘g‘ullarni Movarounnahr hududidan 1364-yil oxirida quvib chiqarishga muvaffaq bo‘ladi. Biroq, Ilyosxo‘ja 1365-yili bahorida Turkiston ustiga qo‘shin tortadi. Toshkent va Chinoz o‘rtasida sodir bo‘lgan "œLoy jangi"da amir Husaynning hiyonati oqibatida Amir Temur qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchraydi. Samarqandni o‘z qo‘liga olgan mo‘gullarga qarshi xalq ko‘tarilib, shahar mudofasini o‘z qo‘liga olgan sarbadorlar mog‘ullarni mamlakatdan butunlay haydab chiqardi. Bundan xabar topgan amir Husayn tomonidan sarbadorlar boshliqlari qatl ettiriladi. Natijada, 1366-yili amir Husayn Movarounnahrda hokimiyatni o‘z qo‘liga oladi, ammo ko‘p o‘tmay amir Husayn va Amir Temur o‘rtasidagi munosabat keskinlashib ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi. Ular o‘rtasida 1366-70-yillarda bir necha bor to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tadi. Amir Husaynga qarshi Balxga yo‘l olayotgan Amir Temur Termiz yaqiniga kelganda makkalik shariflardan Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo‘llab quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi katta nog‘ora — tabl bilan yalov — bayroq tortiq qiladi. 1370-yili 10-aprelda Balx shahri Amir Temurga taslim bo‘ladi. Amir Husayn qatl etiladi. Bu g‘alabadan so‘ng Amir Temur chingiziylardan bo‘lgan Qozonxonning qizi Saroymulkxonimni o‘z nikohiga oladi va "œko‘ragon" unvonini olishga muyassar bo‘ladi. Garchi saltanat taxtiga, an’anaga ko‘ra dastlab nomigagina Suyurg‘atmish (1370-1388 ), so‘ngra uning vafotidan keyin Sulton Mahmud (1388-1402) o‘tqazilgan bolsa-da, amalda markaziy hokimiyatni Amir Temurning o‘zi boshqarar, viloyatlardagi hokimiyatni o‘g‘illari, nabiralari va yaqin amirlari orqali idora qilardi. 1372-yilda Amir Temur Xorazmga yurish qilib, uni egallaydi. Biroq tarixiy voqealarning taqozosi bilan Amir Temur Xorazmga besh marta harbiy yurish qildi. Xorazm 1388-yilda uzil-kesil Temur davlatiga qo‘shildi. Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda tarqoqligiga va o‘zaro nizolarga zarba berib, Sirdaryo vohasidan to Orol dengizigacha bo‘lgan yerlarda yashovchi xalqlarni yagona davlat tasarrufida birlashtiradi. Amir Temur davlatiga Mog‘iliston davlatining doimiy hujumini bartaraf etish uchun yigirma yil (1371-1390) mobaynida Mog‘ulistonga yetti marta yurish qilib, mo‘g‘ul hukmdorlari Anqoto‘ra va Qamaruddin ustidan g‘alaba qozondi. Shu zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda hukm surgan tarqoqlikka, o‘zaro nizo va mo‘g‘uliston tomonidan bo‘lib turgan tazyiqqa chek qo‘ydi. Sohibqiron bu bilan qanoatlanmay, qo‘shni davlatlar ustiga yurish qilib, ularni o‘ziga bo‘ysundirish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Sohibqiron harbiy yurishni Xurosondan boshlaydi. 1381-yili Amir Temur Hirotni egallaydi. Saraxs, Jom va Qavsiya shaharlari jangsiz taslim bo‘ladi. 1381-1384-yillar davomida Eronning katta qismi bo‘ysundiriladi. Avval (1381) Kalot, Turshiz va Sabzavor, keyin (1383) Seistonning Zireh, Zova, Farah va Bust qal’alari, 1384-yilda esa Astrobod viloyati va Ozarbayjonning Omul, Sori, Sultoniya va Tabriz shaharlari bo‘ysundiriladi. Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga uch marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda "œuch yillik", "besh yillik", "œyetti yillik urush"lar nomi bilan mashhur. Uch yillik (1386-1388 ) harbiy yurishlar oqibatida Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Van ko‘li atrofidagi yerlar egallandi. Amir Temur shu bilan birga shimoli-g‘arbdan, ya’ni Oltin O‘rda tomonidan bo‘layotgan tazyiqqa barham berish maqsadida To‘xtamishga qarshi uch marta qo‘shin tortadi. 1389-yilda Dizakning Achchiq mavzeida, 1391 yili Qunduzcha jangida, 1395-yil Tarak daryosi bo‘yidagi janglarda g‘alaba qozonib, dushman qo‘shinini tor-mor etdi. Amir Temurning To‘xtamish ustidan qozongan g‘alabasi, faqat O‘rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek Rus knyazliklari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. Shundan so‘ng, Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. U besh yillik (1392-1396) urushi davomida G‘arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egallaydi. Amir Temurning Hindiston ustiga qilgan g‘azovoti (1398-may-1399-yil mart) qariyb o‘n bir oy davom etadi. Hindistondan u katta o‘lja, shu jumladan 120 ta jangovar fillar bilan qaytadi. O‘ljalarning bir qismi qo‘shinga tarqatilib, qolgani Samarqand va Kesh shaharlarida olib borilayotgan qurilishlarga ishlatiladi. 1399-1404-yillardagi yetti yillik urush, eng shiddatli va eng yirik janglardan bo‘lib, uning oqibatida Shomning Xalab, Kumis, Baalbek, Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Arabning Ubuliston o‘lkasi bilan Bag‘dod, shuningdek Turkiyaning kattagina qismi fath etiladi. Natijada ikki buyuk sarkarda: Sohibqiron Amir Temur bilan sulton Boyazid Yildirimlarning to‘qnashuvi muqarrar bo‘lib qoladi. Chunki tobora kuchayib borayotgan bu ikki turkiy davlatlarning har biri ikkinchisi uchun nihoyatda kuchli raqibga aylangan edi. Bir tomondan, Yevropa ritsarlariga qaqshatqich zarba berib, Bolqon yarim oroli bo‘ylab, g‘arbga tomon o‘z hududlarini kengaytirayotgan Usmonlilar davlati uchun Amir Temurning markazlashgan kuchli davlatini qaror topishi qanchalik xavfli tuyulsa, Kichik Osiyoda barpo etilgan qudratli Usmonlilar davlatining kuchayishidan Amir Temur ham shunchalik manfaatdor edi. Amir Temur hayot-mamot yo‘lida Boyazid Yildirim bilan bo‘ladigan jangga qariyb ikki yildan ortiq tayyorlanadi. Nihoyat Rumga yuzlanib, avval Qamoh qal’asini fath etadi, so‘ngra Anqara shahrini qamalga oladi. Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo‘shinlari o‘rtasidagi so‘nggi va hal qiluvchi jang 1402-yil 20-iyulda Anqara yaqinida Chibukobod mavzeida sodir bo‘ladi. Bu jang tarixda "œAnqara jangi" nomi shuhrat topadi. Uch kun davom etgan bu jangda Amir Temur g‘alaba qozondi. Amir Temur Usmonli turklari davlatini saqlab qoldi va Boyazid vorislariga muruvvat qo‘lini cho‘zdi. Shunday bo‘lsa-da, Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) tabriklab, unga o‘z muborak nomalarini yubordilar. Chunki Sohibqiron endigina uyg‘onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi. Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur 1404-yilning 27-noyabrida 200 ming qo‘shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning to‘satdan vafot etib qolishi (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Amir Temur vafot etganda, uning xtinlaridan to‘rtasi — Saroy Mulk xonim, Tuman og‘o xonim, Tukal xonim va Ruh Parvar og‘o xonimlar hali hayot edilar. Shuningdek, Amir Temur vafot qilgan vaqtda undan ikki o‘g‘il, 19 nevara va 15 chevara, jami 36 shahzoda hayot edi. Bulardan tashqari sohibqironning kichik qizi — Sulton Baxt begim va katta qizi — Og‘o begimdan tug‘ilgan o‘gil — Sulton Husayn Mirzo nomli nevarasi ham bor edi. Tarixiy ma’lumotlarning dalolaticha sohibqiron Amir Temur o‘n sakkiz marta uylangan. Bundan tashqari u 22 nafar xos kanizaklarini ham o‘z shabistoniga mahram qilgan. Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Ko‘pdan-ko‘p harbiy yurishlar va jang‘u jadallarni amalga oshirdi. Ko‘p mamlakatlar zabt etildi. Oqibatda Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar bo‘lgan g‘oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo‘ylari, Balxash ko‘li va Ila daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo‘lgan mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi. Bu mamlakatlardan Amir Temur katta o‘ljalar bilan bir qatorda ko‘zga ko‘ringan olimlar, hunarmandlar va mohir ustalarni Samarqand, Shahrisabz va Buxoroga ko‘chirib olib keldi. Bu shahar va qishloqlar obod qilindi. U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo‘ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag‘dod, Darband va Baylakon shaharlarini qayta tikladi. Karvon yo‘llarida rabotlar, qal’alar, ko‘priklar, shaharlarda masjid va madrasalar hamda bog‘-u bo‘stonlar barpo etdi. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi qadimiy karvon yo‘llarini tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo‘shdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatdi. Amir Temurning harbiy yurishlari, jang-u jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni ta’kidlash kerakki, uning faoliyati qo‘yilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich (1360-1386)da Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yo‘lida kurashdi. Amir Temurning bu davrdagi faoliyati O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yo‘lida shubhasiz ulkan ijobiy ahamiyat kasb etdi. Amir Temur faoliyatining ikkinchi bosqichi (1386-1405)da olib borilgan "œuch yillik", "œbesh yillik" va "œyetti yillik" harbiy yurishlarni amalga oshirib, Oltin O‘rda, Eron, Iroq, Kavkaz, Kichik Osiyo, Misr va Hindistonni zabt etdi. Amir Temur hayotlik davridayoq uning harbiy san’ati va davlat boshqarish uslubiga bag‘ishlangan maxsus asar yaratilib, u’Temur tuzuklari" nomi ostida shuxrat topadi. Bu asar shaxsan Temurning og‘zidan yozib olingan deb hisoblanadi. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining yo‘nalishi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash, sipohlarning maoshi, mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qo‘shin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju-taxt oldida ko‘rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida bayon etiladi. Amir Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan. Amaliy jihatdan foyda keltira oladigan har qanqa bilimni qadrlagan. U davlat ishlari uchun hamma narsaning foydali tomonlarini olishga harakat qilgan. Amir Temur hayotligi chog‘ida saltanatni asosan to‘rt qism (ulus)ga bo‘lib, o‘g‘il, nabiralariga taqsimlab bergan: Xuroson, Jurjon, Mazondaron va Seyiston (markazi Xirot) Shohruxga, G‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armoniston (makazi Tabriz) Mironshohga, Fors, ya’ni Eronning janubiy qismi (markazi Sheroz) Umarshayxga, Afg‘oniston va Shimoliy Hindiston (markazi G‘azna, keyinchalik Balx) Pirmuhammadga suyurg‘ol qilib berilgan. Amir Temur davlati o‘ziga xos tartib qoidalarga asoslangan holda idora qilingan. Amir Temur asos solgan bu davlat Xuroson va Movarounnahrda XVI asr boshigacha mavjud bo‘lib, Shayboniyxon tomonidan tugatilgan. Amir Temur imom Sayyid Barakani o‘zining piri deb bilgan. Sayyid Baraka Temur qilich bilan nimaniki qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shularni toat-ibodat hamda fatvolar berib, dugo‘ylik bilan mustahkamlab berishga harakat qiladi. Amir Temur haqidagi birinchi kitob 1553-yili Florensiya (Italiya)da chiqqan. Italiyalik olim Perondini qalamiga mansub boshqa shu asrda ispan tarixchisi Pero Meksikaning "œBuyuk Temur tarixi" degan asari ham chop etildi. 1582-yili Seviliyada mashhur Ispaniya elchisi Klavixoning "œEsdaliklar"i nashrdan chiqdi. Ingliz dramaturgi Xristofor Morloning "œBuyuk Temur" degan sahna asari ham shu asrda yaratildi. Sho‘rolar tuzumi davrida Amir Temur shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan yondashilib, bir yoqlama baho berib kelindi. O‘zbekiston Mustaqillikka erishganidan so‘ng, bunday qarashlarga barham berildi. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov say-harakati bilan Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni o‘z joyiga qo‘yila boshladi. O‘zbekistonda uning faoliyatini o‘rganishga va uni ommalashtirishga keng yo‘l ochildi. "œSohibqiron Amir Temur shaxsi uning ajdodlari bo‘lmish faqat bizning emas, balki mintaqamizdagi barcha xalqlarning butun ma’rifiyinsoniyatning boyligi"ga aylandi (I. Karimov). Uning nomi O‘zbekistonda abadiylashtirildi. Ko‘plab shahar va qishloqlardagi shoh ko‘chalar, maydonlar, jamoa xo‘jaliklari, maktablar, kinoteatrlar va boshqalar uning nomi bilan ataldi. Islom Karimov tashabbusi va rahnomaligida Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarning markaziy maydonlarida Amir Temurga haykal o‘rnatildi. Toshkentdagi Amir Temur hiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996), "œAmir Temur" ordeni ta’sis etildi (1996) va Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi tashkil qilindi (1995). Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar va she’riy hamda nasriy asarlar yaratildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:46:13
AMIR ULJOYTU SULDUZ — Balx hokimi. XIV asrning 50-60-yillarida Movarounnahrda tarqoqlik g‘oyatda kuchayib, o‘zaro kurash yanada keskinlashgan bir paytda, Balxda o‘zini hokimi mutlaq deb e’lon qildi. 1370-yil 10-aprelida Chig‘atoy ulusining bek va amirlari, viloyat va tumanlarning zodagon ayonlari hamda Termizning xonzodalari, Amir Temurning piri Sayyid Baraka ishtirokida bo‘lib o‘tgan qurultoy a’zolaridan biri.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:46:35
AMIR XOJI BARLOS — Kesh viloyatining hukmdori. Amir Temurning amakisi. mo‘g‘ul xoni Tug‘luq Temurning 1360-1361-yillarda Movarounnahrga hujum qilganda Xuroson tomon qochadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:46:46
AMIR YASOVURIY — Hisori Shodman chegarasi hokimi. XIV asrning 50-60-yillarida Movarounnahrda tarqoqlik g‘oyatda kuchayib, o‘zaro kurash yanada keskinlashgan bir paytda, o‘zini hokimi mutlaq deb e’lon qildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:47:01
AMIR ZINDA CHASHM — Shiburg‘on hokimi; mo‘tabar ma’mur. 1370-yil 10-aprelda Chig‘atoy ulusining bek va amirlari, viloyat va tumanlarning zodagon ayonlari hamda Termizning xonzodalari, Amir Temurning piri Sayyid Baraka ishtirokida bo‘lib o‘tgan qurultoy ishtirokchilaridan. Biroq, Amir Temur 1370-yilning iyul oyida Samarqandda chaqirgan qurultoyida qatnashmagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:47:10
ANKA TO‘RA (XIV asr) — Jeta (Mo‘g‘uliston) xonlari Tug‘luq Temur va Ilyosxo‘jalardan so‘ng Jetada yuz bergan parokandalikda taxt talab bo‘lib siyosiy sahnaga chiqqan xonzodalar va amirlardan biri. 1388-yil bahorida Amir Temur Xorazmda ekanligidan foydalanib, avvalgi bitimlarga xilof ravishda O‘zgan tarafidan Andijonga hujum qiladi. Lekin Umarshayx Mirzodan zarba olib, Oloy tog‘lariga chikingan. Anka To‘raning bu xuruji Amir Temurning 1389, 1390-yillarda Jeta tomon ikki marta yurishiga sabab bo‘ldi. Bu yurishlar natijasida harbiy va iqtisodiy qudrati sindirilgan Jeta Amir Temur mulkiga qo‘shib olingan. Anka To‘ra Oltoy tomonga chekinib, dom-daraksiz yo‘qolgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:47:19
ARDASHER QAVCHIN (XIV asr) — Amir Temurning safdoshi va lashkarboshishi, qavchin urug‘ining beklaridan. Amir Husaynga qarshi kurashda faol qatnashgan. 1370-yilning aprelida uning ustidan g‘alala qozonilganidan so‘ng Ardasher Qavchinga amiri lashkar (cherik beki) harbiy unvoni berilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:47:28
ARG‘UNSHOH AXTACHI BURDALIG‘IY (XIV asr ikkinchi yarmi — XV asr boshi) — Amir Temur lashkarboshilaridan. Amir Temurning Amir Husayn bilan qilgan janglarida faol qatnashgan, Movarounnahrni dushmanlardan tozalashda jasorat va shijoat ko‘rsatgan. Amir Temurning ko‘p harbiy yurishlarida qatnashgan. Hindiston yurishi (1398-1399) va "œyetti yillik yurishi" (1399-1404) yillari Arg‘unshoh bir necha amirlar bilan birga "œmo‘g‘ul sarhadining zabti" uchun qo‘yilgan. Amir Temur 1404-yil 27-noyabrda Xitoy yurishiga ketayotib, Arg‘unshohni Samarqandda kutvol lavozimida qoldirgan. Biroq 1405-yil 18-fevralda Amir Temur vafotida so‘ng yuz bergan tartibsizliklar va Halil Sulton tomonidan uyushtirilgan fitnada u shahzoda tarafida bo‘lgan va Saroymulk xonim, Tuman og‘o, Ulug‘bek, Ibrohim Sultonni va lashkarboshilardan Amir Shohmalik, Shayx Nuriddinlarni Samarqandga kiritmagan. Bu bilan u Amir Temur barpo etgan davlatga putur yetishiga sababchilardan biri bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:47:36
ATALMISH QAVCHIN (XIV asr o‘rtasi — XV asr boshlari) — Amir Temur saroyidagi yirik davlat va siyosat arbobi, uning yaqinlaridan biri Atalmish Qavchinga muhim siyosiy va harbiy vazifalar topshirilgan. Xususan, 1383-yil Amir Temur Atalmish Qavchinni bir necha amirlar bilan Jetaga, Qamariddinga qarshi yuborgan. 1394-yil "œbesh yillik yurish" paytida Atalmish Qavchin sharqiy Anadoludagi Avnik qal’asiga kutvol qilib tayinlangan. 1395-yil Sohibqironning To‘xtamishga qarshi yurishi chog‘ida Qora Yusuf Turkman Avnikka hujum qilib, Atalmish Qavchinni asir olgan va uni Misr sultoni Barquqqa yuborgan. Anqara jangidan so‘ng Barquqning o‘g‘li Faraj Atalmish Qavchinni o‘z elchilari bilan birga Amir Temur huzuriga qaytargan. 1404-yil Sohibqiron Atalmish Qavchinga Sharqiy Anadoludan Qora Totor elini Jetaga ko‘chirib borish vazifasini topshirgan. Amir Temur vafotidan so‘ng Atalmish Qavchin nomi shahzodalar, xonimlar va Shayx Nuriddin, Shohmaliklar bilan birga Samarqandga kirolmay 1405-yilning martida Buxoroga borganlar qatorida qayd etib o‘tilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:47:44
BAHROM JALOYIR (?-1373) — Chig‘atoy ulusi beklaridan, jaloyir urug‘idan. 1361-yil oxirida Amudaryo bo‘yida Amir Temur qo‘shini safiga kelib qo‘shilgan. Lekin Jeta xoni Tug‘luq Temurdan hayiqib Hindistonga qochib ketgan. 1362-yil Badaxshonda yana Amir Temurga kelib qo‘shilgan va bir muddat mo‘g‘ullarga qarshi kurashlarda qatnashgan, biroq 1365-ilning oxirida butun urug‘ini olib Jetaga ketgan. U yerda bir yilcha turgach, yana Amir Temur huzuriga qaytib u bilan birga Amir Husaynga qarshi kurashgan. 1373-yil Xorazmga qilingan ikkinchi yurish chog‘ida halok bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:47:52
BAYON QULIXON (Buyon Qulixon) Surg‘atu o‘g‘li (?-1358 ) — Chig‘atoy ulusi xoni (1348-58 ). Chig‘atoylardan. Davlat ishlarini aslida uning nomidan Amir Qazag‘on boshqargan. 1358-yil qishda Qazag‘on fitnachilar tomonidan o‘ldirilgach, uning o‘g‘li Amir Abdulla Bayon Qulixonga qarshi Hisor hokimi Bayon Sulduz va Kesh (Shahrisabz) hokimi Hoji Balos bilan birgalikda bosh ko‘targan. Samarqandga yaqin yerda bo‘lgan jangda Bayon Qulixon qo‘lga olinib, qatl qlingan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:48:00
BIBIXONIM (asl ismi Saroymulkxonim) (1341-1408 ) — Amir Temurning katta xotini, Chig‘atoy ulusi xoni — Qozonxonning qizi. Dastlab amir Qazog‘onning nabirasi — Husayn ibn Musallabga (1355), keyin (Husayn qatl etilgach) Amir Temurga nikohlangan (1370). Shu bois Amir Temur "œKo‘ragon" unvoniga musharraf bo‘ladi. Otasi xon avlodiga mansub Saroymulkxonim haramdagi barcha maliklardan ulug‘ hisoblanib, "œKatta xonim" yoxud "œBibixonim" degan unvonga noil bo‘ladi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Bibixonim o‘z zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor, maslahatdon va yetuk aql-zakovat sohibasi, shuningdek, husn-latofat bobida ham benazar edi. Bibixonim insonparvar, vatanparvar, mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidan yaxshigina xabardor bo‘lgan, saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan qatnashib turgan ayol edi. Ayniqsa, ilm-ma’rifatga alohida e’tibor berar, tolibi ilmlarga homiylik qilardi. Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlarida ko‘pincha hamkorlik qilgan. Bibixonim saltanati boshqarishda vujudga kelgan ayrim muammolarni hal qilishda o‘zining oqilona maslahatlari bilan faol qatnashgan. Amir Temur Bibixonimga oshkora bo‘ysunmasa-da, biroq uning oqilona maslahatlariga o‘zida qandaydir ehtiyoj sezib turgan. Bibixonim o‘z jamg‘armasi hisobidan Samarqandda ulkan madrasa qurdirgan. Bibixonim farzand ko‘rmagan bo‘lsa-da, sohibqiron o‘z nabiralari — Muhammad Sulton, Xalil Sulton, Ulug‘bek va boshqa mirzolarni bevosita zukko Bibixonim tarbiyasiga topshirgan edi. Samarqandda Amir Temur Bibixonimga atab qurdirgan Bibixonim jome’ masjidi mavjud. Bibixonim haqida xalq orasida ko‘plab rivoyatlar saqlanib qolgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:48:08
BOBO SANGU (XIV a.) — Amir Temur pirlaridan biri. Andxud shahridan 1381-yilning fevralida Amir Temur Xurosonga qilgan birinchi yurishida uni ziyorat qilgan. Shunda Bobo Sangu jazava holatda Sohibqironning oyog‘i ostiga qo‘yning to‘shini tashlagan. Amir Temur bundan "œXuroson yer yuzining to‘shidir, bizga tangri uni berguvsidir", deb xulosa chiqargan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:48:16
BOYAZID I YILDIRIM (1359-1403) — usmonlilar sulolasiga mansub Turkiya sultoni (1389-1402), sulton Murodxon I (1359-1389)ning to‘ng‘ich o‘g‘li, sulton O‘rxon (1326-1359)ning nabirasi. Otasi Kosovo jangida xalok bo‘lgach, 30 yoshida taxtga o‘tirgan. Boyazid I Yildirim ota-bobolari siyosatini davom ettirib, tez orada Dunay bo‘yi davlatlarini o‘ziga bo‘ysundirdi. So‘ng, Vizantiya imperatori Ioann bilan uning o‘g‘li Andronik o‘rtasidagi ixtilofdan foydalanib, Andronikka harbiy yordam ko‘rsatdi-da, uni Vizantiya taxtiga o‘tqazdi, Ioanni esa zindonga tashladi. Ammo, ikki yildan so‘ng (1394) Andronikni taxtdan tushirib, Ioanni yana taxtiga o‘tqazib qo‘ydi. Shunday qilib, Boyazid Vizantiyani butunlay o‘ziga qaram qilib oldi. Keyin, Boyazid 1395-1396-yillarda Bolgariya, Makedoniya, Fessaliyani fath etdi, Gretsiyaga bostirib kirib Argos shahrini butunlay vayron qildi, Bolqon arxipelagidagi orollarga Chopqun qilib, Moreya va Vengriyaga tahdid sola boshladi. Shunda Bog‘miya va Vengriya qiroli Sigizmund I (1368-1437) turli mamlakatlardan katta qo‘shin to‘plab Boyazidga qarshi yurish qildi, ammo 1396-yil 28-sentabrda Nikopol shari yonida (Dunay bo‘yida) gi jangda tor-mor keltirildi. Jangdan so‘ng, Boyazid asir olingan 3 ming kishini qatl ettirdi. Boyazid bu yirik g‘alaba tufayli Bosniya, Vengriyani ham qo‘lga kiritib, Bolqon yarim orolida o‘z mavqeni mustahkamlab oldi. Biroq, ketma-ket qozongan g‘alabalaridan kibrlanib ketgan Boyazid Anqara jangida Amir Temur tomonidan butunlay tor-mor etilib, o‘zi asir olindi va ko‘p o‘tmay vafot etdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:48:24
DILSHOD OG‘A BEGIM (?-1383) — Amir Temurning xotinlaridan biri. Amir Temur 1374-yil Jeta (Mo‘g‘uliston) hukmdori Qamariddinga qarshi qo‘shin tortib, raqibni ta’qib etib Uchfarmon va Otboshi orqali Sharqdan Farg‘ona vodiysiga kirganlar, o‘g‘li Jahongir mirzo Qamariddinning lashkarboshisi Shamsiddnbekning xotini Bo‘yon Og‘o va qizi Dilshod Og‘oni asir olib tushirib otasi O‘rdugohi (Arpa mavzeyi)ga keltirgan. Amir Temur Dilshod og‘a begimga mayl bildirib unga uylangan. Dilshod og‘o begim Amir Temurning harbiy safarlarida unga doimo hamroh bo‘lgan. Amir Temur Xurosondagi Xabushon shahri (hozirgi Kuchon)ni egallagan paytda (1383) SharafiddinAli Yazdiyning yozishicha, "œ"¦ Mahdiy ul yo Dilshod Og‘oga marazi paydo bo‘lib, Samarqand sori yibardi-lar"¦To‘ngquz yilida, yettiyuz sekson beshta (1383-yilning yozi) hazrat sohibqironning haram muhtarami Dilshod og‘o vafot bo‘ldi". Dilshod og‘o begimdan farzand bor yo‘qligi haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:48:32
DOVUDBEK DUG‘LAT, AMIR DUVUD (XIV asr) — Amir Temurning xos mulozimi, safdoshi va lashkarboshisi va singlisi Qutlug‘ Turkon og‘oning eri. Sohibqironning ilk faoliyati davrida u bilan yelkama-yelka turgan, ko‘p janlarida katta jasorat ko‘rsatgan. 1370-yil Amir Temur Amir Husayn ustidan uzil-kesil g‘alaba qozonganidan keyin Dovudbek Dug‘latga Samarqand voleyligini va devonbegi lavozimini bergan. 1374-yilning martida Xorazmga, Jahongir Mirzoga qayliqlikka Sevinbeka (Xonzoda)ni keltirishga yuborilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:48:40
ERNAN Sanches Palasuelos — Ispaniya elchisi, Kastiliya qiroli Genrix III tomonidan Payo de Sotomayor va Ernan Sanches Palasuelos boshchiligidagi elchilar 1402-yilning bahorida Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboriladi. Elchilarga Temur va Boyazidning kuch-qudrati, boyligi va qo‘shinining adadini bilish hamda ular qo‘l ostida yashyotgan xalqlarning urf-odatlari, dini va qonunlari haqida aniq ma’lumotlar to‘plash topshiriladi. Elchilar Amir Temur tomonidan qabul qilinib, ularga qo‘shib Muhammadqozini Ispaniyaga elchi qilib yuboriladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:48:47
GREKOV Boris Dmitriyvich (1882-1953) — rossiyalik tarixchi. U Amir Temurning To`xtamish ustidan qozongan g`alabasi, faqat O`rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek Rus knyazliklari uchun ham buyuk ahamiyati kasb etadi", — deb ta`kidlagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:48:56
FRANSIS — Dominikan monaxi. U monax Aleksandr bilan 1401-yilning avgustida Konstantinopol noibi Ioann VII Paeolog tomonidan Qorabog‘ga Temur qarorgohiga Boyazidga qarshi birgalikda kurashish taklifi bilan elchi qilib yuborilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:49:05
IBN Xaldun Abdurahmon Abu Zayid ibn Muhammad (1332, Tunis — 1406, Qohira) — arab tarixchisi va faylasufi. Ibn Rushdning izdoshi. 1349-75-yillarda Tunis, Fis, G‘arnota, Bujjoya (Jazoirda) hukmdorlari saroyida yuqori lavozimlarda ishlagan. 1382-yilda Misrga kelib, mudarrislik qilgan, umrining oxirida molikiylar mazhabi qozisi bo‘lgan. Ibn Xaldun Damashq shahrining Amir Temurga topshirilishi shartlari haqida muzokara olib borgan elchilikning tarkibiga kirgan edi. Shu tariqa Ibn Xaldun Amir Temur bilan shaxshan suhbatlashishga musharraf bo‘lgan. Ibn Xaldunning dalolat berishicha, Amir Temur undan Mag‘rib mamlakatlari, uning manzillari va shaharlarini batafsil bayon qilib berishni so‘ragan. Ibn Xaldun Amir Temur tashqi siyosiy faoliyatiga salbiy nazar bilan qarashidan qat’iy nazar, sohibqiron shaxsiga munosib baho bergan. U Amir Temurning harbiy tarix sohasidagi teran bilimidan hayratga tushgan, uni "œmunozara — bahslarni yaxshi ko‘radigan o‘tkir zakovatli va teran zehnli inson’, deb ta’riflagan. Asosiy asari: "Kitob ul-ibar" ("œIbratli misollar kitoblar"). Asarda Ibn Xaldun jamiyat taraqqqiyoti xususida o‘z fikrlarini hamda Sharq musulmon xalqlarini (xususan, Mag‘rib) tarixini bayon qilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:49:12
IBROHIM I DARMANDIY (?-1417) — Darbandiya sulolasi asoschisi, Shirvon shohi (1382-1417). Ibrohim I rivoyatlarga ko‘ra, Anushervon naslidan bo‘lib, davlatni adolat va tadbirkorlik bilan idora qilgan. Amir Temur bilan To‘xtamishning manfaatlari Ozarbayjonda to‘qnash kelgan (1385-1386) u Shirvonni mustahkamlash va unga Ozarbayjonning bo‘lak yerlarining birlashtirish siyosatini ustalik bilan amalga oshirgan. Chunonchi, Ibrohim I Amir Temurdek jahongirga qarshilik ko‘rsatmoq aqldan emasligini idrok etib, darhol uning nomiga xutba o‘qitgan, tanga zarb qildirgan. So‘ng, katta hadiyalar bilan unga peshvoz chiqib, unga itoatkorlik bildirgan va bu bilan o‘z jonini, taxti hamda mamlakatini omon saqlab qolgan. Amir Temur vafot etgach (1405) Ibrohim I Temuriylar o‘rtasida boshlangan taxt uchun kurashdan foydalanib, Ozarbayjon mulkdorlari yordamida Shirvon mustaqilliigini tiklagan, Gurjiston bilan ittifoqlikda Tabrizni egallagan (1406). Lekin u ittifoqchilari — Kaxetiya podoshohi va Sheki hokimi bilan birgalikda qoraquyunlilarga qarshi jang qilib yengilgach (1410) Shirvon yana o‘z mustaqilligini yoqotgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:49:20
IDIKU IBN QUTLUG‘ QABO (135-1419) — No‘g‘ay O‘rda xoni (1396), Oltin O‘rdada amiri lashkar (1397 yildan), uning amaldagi hukmdori (1399-1412 yillar). Mang‘it biylaridan bo‘lmish Idiku Oltin O‘rda xoni O‘rusxon taqibidan qochib Amir Temur huzuriga kelgan va uning qo‘shinida amirlik qila boshlagan. 1391 yilda Amir Temurning To‘xtamishga yurishida ishtirok etgan. So‘ng, 1396-yilda Itil (Volga) va Yoyiq (Ural) oralig‘idagi hududda Oltin O‘rdadan mustaqil No‘g‘ay O‘rda davlatini tashkil qilgan. 1397-yilda Oltin O‘rdani zabt etib, O‘rusxonning nabirasi Temur Qutlug‘ni rasman taxtga o‘tqazgan bo‘lsada, amalda davlatni o‘zi idora qilgan, hokimiyatni qo‘ldan chiqarmaslik maqsadida 20 ta o‘g‘lini Oltin O‘rdaning turli viloyatlariga noib etib tayinlagan. Temur Qutlug‘ vafot etgach (1399), Idiku taxtga uning o‘g‘li Shodibekni o‘tqazgan. Ammo, Shodibek To‘xtamish bilan til biriktirib Idikuga qarshi jang qilgan, yengilgach Darbandga qochgan. Shundan keyin Idiku Oltin O‘rda taxtiga Shodibekning o‘g‘li Po‘lod Sultonni o‘tqazib Litva knyazi Vitovat (1350-1430) va uning panohiga qochib borgan To‘xtamishga qarshi yurish qilgan hamda ularning birlashgan qo‘shinini Vorskla daryosi bo‘yidagi jangda tor-mor keltirgan (1399). 1408-yilda Idiku Oltin O‘rdaga xiroj to‘lamay qo‘ygan Rusga bostirib kirib, uni ko‘plab shaharlarini vayron qilgan, Moskvani esa qurshab olib, katta tovon evazigagina vayron etmay orqaga qaytgan. Idiku 1410-1412 yillarda Oltin O‘rda shahzodalari o‘rtasida bo‘lgan taxt uchun kurash oqibatida hokimiyatdan ajrab Xorazmga qochgan, lekin Shohruh tomonidan u yerdan quvib chiqarilgan (1414). So‘ng, u To‘xtamishning og‘illari Karimberdi va Qodirberdi bilan bo‘lgan jang (1419) yilda o‘ldirilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:49:33
ILYOSXO‘JA (XIV asr) — mo‘g‘uliston xoni (1363-1365). Tug‘luq Temurning o‘g‘li. Ilyosxo‘jaga Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Tyanshan etaklari, Irtish va Emil daryolari atrofidagi yerlar qaragan. 1361-yil kuzida otasi Movarounnahrga zafarli yurish qilib, Ilyosxo‘jaga Movarounnahr hukumatini boshqarib turishni topshirgan. Mo‘g‘ullarning Movarounnahrdagi hukmronligini saqlab qolish maqsadida bir necha marta Amir Temur va Husaynga qarshi jang qilgan. 1364-yil hozirgi Shahrisabz tumanining Namaton qishlog‘ida yaqinida Ilyosxo‘ja xon Temurbek hamda amir Husayn boshliq qo‘shin bilan bo‘lgan jangda asirga tushgan. Biroq, asir olgan sipohiylar uni bir nechta beklari bilan qo‘yib yuborgan. Ko‘p sonli lashkar bilan takroran Movarounnahrga harbiy yurish qilgan Ilyosxo‘jaxon 1364-yil yozida Toshkent va Chinoz oralig‘ida Amir Temur va amir Husayn bilan qayta jangga kiradi va tarixida Jangi loy ("œLoy jangi") deb nom olgan ushbu to‘qnashuvda g‘alaba qozongan va Samarqandga yurish qilgan, biroq sarbadorlar va shahar aholisining qarshiligiga uchrab Movarounnahrni tashlab qochgan. 1365-yil Ilyosxo‘ja Qaboqin mavzeida Sohibqiron va Amir husayn bilan bo‘lgan navbatdagi jangda mag‘lub bo‘lgan va Jeta tomonga qochgan. U yerda Ilyosxo‘ja dug‘lat aymog‘ining sardori, taxt da’vogari Qamariddin tomonidan o‘ldirilgan. Ilyosxo‘jaxonni Chig‘atoy ulusining poytaxti bo‘lgan Olmaliq (Yettisuvdagi ko‘hna shahar)da otasi Tug‘luq Temurxon qabri yoniga dafn qilishgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:49:42
IOANN GALONIFONTIBUS — Vatikan vakili, arxiepiskop, Amir Temur Turkiya bilan bo‘lajak to‘qnashuvda Trapezund va Konstantinopolning harbiy kemalaridan foydalanishga harakat qiladi. Shu maqsadda u Genuya va Venetsiyaga arxiepiskop Ioann Galonifontibus boshchiligida elchilar yuboradi. Temurning Anqara jangidan keyin Fransiya va Angliya bilan olib borgan yozishmalari, o‘zaro savdo shartnomasini tuzishga qaratilgan diplomatik yozishma bo‘lib, bu masalada Ioann Galonifontibus muhim rol o‘ynagan. Amir Temur 1402-yil yozida yuborgan Ioann Galonifontibus boshchiligidagi elchilik Parijga 1403-yil mayda yetib boradilar. Bu yerda Ioann tantanali vaziyatda Temurning Turkiya ustidan qozongan g‘alabasi, Sulton Boyazidning asirga olingani, turklar asir olgan xristianlarning ozod qilingani to‘g‘risida xabar berib, ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo munosabatlari olib borilishini ta’minlash va agar qirol hamda gersoglar rozi bo‘lsalar, bu erkin savdoni tegishli bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashga taklif etadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:49:49
IOANN VII PALEOLOG (1360-taxminan 1410) — Konstantinopol noibi. 1401-yilning avgustida Ioann VII Paleolog Boyazidga qarshi birgalikda kurashish taklifi bilan Qorabog‘ga Temur qarorgohiga Dominikan monaxlari Fryansis bilan Aleksandrni elchi qilib yuboradi. Amir Temurning 1402-yil 15-may kuni Ioann VII Paleolog nomiga yo‘llagan xatining mazmuniga qaraganda, Konstantinopol noibi va Genuyaning Peradagi hokimi Tranezud imperatori Manuil III Boyazidga qarshi kurashda Amir Temurga xizmat qilish, hatto unga "œodamlar va har qaysisi 20 ta dan 40 ta harbiy kemalar bilan" yordam berish hamda Konstantinopol va Peraning Boyazidga to‘lab kelgan bojini bundan buyon Temurga to‘lash majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. Buni Ispaniya elchisi Klavixo ham o‘z kundalik daftarida qayd qilib o‘tadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:49:57
IOANN SULTONIYSKIY — arxiepiskop, u Amir Temurga Boyazidga qarshi birgalikda kurashish taklifi bilan murojaat qilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:50:09
ISKANDAR MIRZO (1384-1415) — Iroq va Fors hokimi (1412-1414). Temuriylardan. Amur Temurning nabirasi, Umarshayx MIrzoning o‘g‘li. Onasi — Milkat Og‘o begim. 1399-yil bobosi safarga ketayotib, uni Farg‘ona hokimi etib tayinlagan. Samarqand taxtida o‘tirgan muvaqqat hukmdor Muhammad Sulton Iskandar Mirzoni bebosh, o‘zboshimcha siyosatidan norozi bo‘lib uni Samarqandga chaqirtirgan hamda Iskandar Mirzoning otabegi va 26 navkarini qatl ettirib o‘zini esa qamoqqa olgan. 1401-yil Iskandar Mirzo qamoqdan chiqarilib, unga kaltak jazosi berilgan. Anqara jangida zahiradagi qismlarga boshchilik qilgan. Amir Temur qo‘shinining markazi va qanotlari ortida jang holatini muttasil kuzatgan holda dushmanga to‘satdan beriladigan hal qiluvchi zarbaga tayyor turgan. Sohibqiron 1403-yilda Iskandar Mirzoni Hamadon viloyatining hokimi etib tayinlagan. Amir Temur vafotidan so‘ng Iskandar Mirzo akalari Pirmuhammad Mirzo va Rustam Mirzolar bilan Fors, Huziston, Kermon, Qum viloyatlarida o‘zaro nizolashib kurash olib borgan. Pirmuhammad Mirzo 1410-yil xiyonatkorona o‘ldirilgach, Iskandar Mirzo akasining vorisi sifatida Sheroz shahrini egallaydi. Iskandar Mirzo Kermon (1411), Qum (1412)ni egallab, Iroq va Fors hukmdoriga aylanadi. U Isfaxonni o‘ziga poytaxt qiladi, o‘z nomidan pul zarb ettirib, xutbani Shohrux nomiga emas, o‘z nomiga o‘qitadi, Xuroson hududida bosqinlar uyushtiradi. Shohrux qo‘shini bilan bo‘lgan jangda Iskandar Mirzo yengiladi, Isfaxon shahri egallanadi (1414-yil 20-iyul). Shohrux Iskandar Mirzoni va unga tobe yerlarni Rustam Mirzoga topshiradi. Rustam Mirzo Iskandar Mirzoning ko‘zlariga mil tortib ko‘r qiladi va maxsus nazoratda saqlaydi. Biroq, Shohrux bundan xabar topib, Iskandar Mirzoni ukasi Bayqaro Mirzo huzuriga jo‘natadi. Iskandar Mirzo ukasini saltanatga qarshi kurashga gij-gijlaydi. Bayqaro Mirzo akasi so‘ziga kirib Sherozga qo‘shin tortadi. Rustam Mirzo Iskandar Mirzoni qo‘lga olib, yana hibsda saqlay boshlaydi; 1415-yil 9-iyunda Bayqaro Mirzoni Sherozga kirganidan xabar topgach, Iskandar Mirzoni qatl ettiradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:50:17
ISO — Boyazid Yildirimning o‘g‘li. U Anqara jangida Boyazid qo‘shinining orqasiga — aryergardida Musa va Mustafo bilan joylashgan edi. Boyazid yengilgach, Amir Temur Iso Chalabiyni Onato‘la yarim orolining shimoliy-g‘arbiy qismi suyurg‘ol sifatida in’om etilib, Brussa shahri uning poytaxti bo‘lib qoldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:50:46
JAHON SHOHBEK — Amir Temurning bolaligidagi do‘sti va maktabdoshi. U yoshligida Amir Temur, Abbos Bahodir, Kimori Inoq, Sulaymon Shohbek, Sayfuddinbek va boshqalar bilan to‘planib, birgalikda mashq qilib, musobaqalarda ishtirok etib, asta-sekin navkar bo‘lib, harbiy guruhga birlashib shakllana borgan. Keyinchalik, Amir Temur qo‘shinida lashkarboshilik darajasiga ko‘tarilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:51:04
JAHONGIR — Amir Temurning yaqin safdoshlaridan biri. Amir Temur qo‘shinini boshqargan barlos, sarhang.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:51:15
JAHONSHOH BAHODUR (XIV asr oxiri — XV asr boshi) — Amir Temurning lashkarboshilaridan; Jakubek barlosning o‘g‘li, 1384-yilning boshida otasi vafot etganidan so‘ng Kobuliston viloyati unga xos mulk qilib beriladi. 1392-yilning bahorida butun Afg‘oniston va G‘arbiy Hindiston yerlari Pirmuhammad Jahongirga mulk qilib berilganidan so‘ng Jahonshoh bahodur Qunduz va Bag‘lonning hokimi etib tayinlanadi va mazkur amirzodaning xos amirlari qatoriga kiritiladi. Shu bilan birga u Sohibqironning deyarli barcha katta harbiy yurishlarida ishtirok etgan. Jumladan, u 1391, 1395-yillardagi To‘xtamishxon bilan bo‘lgan janglarda katta mahorat va idrokni namoyish qilgan. 1404-yil bahorida G‘arbga qilingan "œyetti yillik urush"dan qaytayotib, Amir Temur mirzo Umar ibn Mironshohga Xulakuxonga taalluqli ulusni ("œRum va Istambulgacha, Shomu Misrgacha, Iroq va Forsgacha’) meros qilib beradi va Jahongir bahodurni uning maslahatchisi etib, "œJahonshohbek so‘zidan chiqmag‘aysen va har nekim ul maslahat ko‘rsa, anning birla amal qilg‘aysen" deb ta’kidlaydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:51:38
JAKUBEK BARLOS, amir Jaku, to‘liq ismi Jakubik ibn muborak ibn To‘g‘on ibn Qoldon ibn Shar"œa ibn Qarochor No‘yon (?-1384) — barlos urug‘ining yirik beklaridan. Amir Temurning qarindoshi, safdoshi va qaynotasi, xos kishisi. 1370-yil 10-aprelida Chig‘atoy ulusining bek va amirlari, viloyat va tumanlarning zodagon ayonlari hamda Termizning xonzodalari, Amir Temurning piri Sayyid Baraka ishtirokida bo‘lib o‘tgan qurultoy ishtirokchilaridan.U 1371-yilda Zinda Chashmning Amir Temurga qarshi uyushtirgan fitnasini bostirgan. Shu voqeadan bir oz keyin Amir Temur uni Kobul shahari va viloyatining hokimi etib tayinlaydi. 1384-yilning boshida u Kobulda vafot etganidan so‘ng, sohibqiron unga taaluqli Kobuliston mulkini o‘g‘li Jahonshoh Bahodirga va keyingi avlodlariga mulk qilib beradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:51:47
JALOL XOKIY — Amir Temur saroyida xizmat qilgan ulamolardan biri.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:51:54
KIMORI INOQ — Amir Temurning bolaligidagi do‘sti va maktabdoshi. U yoshligida Amir Temur, Abbos Bahodir, Jahon Shohbek, Sulaymon Shohbek, Sayfuddinbek va boshqalar bilan to‘planib, birgalikda mashq qilib, musobaqalarda ishtirok etib, asta-sekin navkar bo‘lib, harbiy guruhga birlashib shakllana borgan. Keyinchalik, Amir Temurning safdoshiga aylanib, uning qo‘shinida lashkarboshilik darajasiga ko‘tarilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:52:03
KLAVIXO, Rui Gonsales de Klavixo (? — 1412) — Kastiliya qiroli Genrix III (Enriko III)ning Amir Temur huzuriga yuborgan ikkinchi elchiligi (tarkibida olim A. Paes va saroy shoiri Gomes de Salasar ham bo‘lgan) rahbari. Klavixo qadimiy va badavlat xonadonda tug‘ilgan. Elchilar 1403-yil 21 mayda Kadis shahridan yo‘lga chiqib, dengiz orqali Konstantinopolga o‘tib, u yerdan Trapezunga, bu yerdan quruqlik orqali Eronni kesib o‘tib Balxga yetib kelishadi. Bu shahar yaqinida Amudaryodan kechib o‘tib, avval Termiz va Kesh shaharlarida bo‘lishadi, so‘ngra 15 oydan so‘ng Samarqandga yetib kelgan. Klavixo tomonidan yozilgan elchilik kundaligi (1403-1406) bosib o‘tilgan manzillar (Kadis, Balear orollari, Gaeta, Messina, Rodos, Xios, Konstantinopol, Trapezun, Arzirum, Tabriz, Tehron, Nishopur, Mashhad, Balx, Buxoro, Samarqand)ning batafsil bayoni va etnografik ma’lumotlardan tashqari, Amir Temur saltanatining mukammal siyosiy-iqtisodiy tafsilotidan iborat. Klavixo Ispaniyaga 1406-yilning mart oyida qaytib keladi. Oradan biro y o‘tgach, Klavixo Samarqand safarida bo‘lgan Ispaniya elchiligi haqidagi axborotni yozib Kastiliya qiroli Genrix III ga topshiradi. Keyinchalik uning bu axborotnomasi "œBuyuk Temur tarixi" va "œTemur qarorgohi Samarqandga saforot kundaligi" nomlari ostida ispan tilida bir necha bor nashr qilinadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:52:12
LAZAREVICH — Serb knyazi, Boyazid Yildirimning qaynisi. U Anqara jangida Boyazid qo‘shinining o‘ng qanotiga qo‘mondonlik qilgan. O‘ng qanot qo‘shinini 20 ming nafarli serb polklaridan tashkil topgan edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:52:19
MANUEL III TRAPEZUNSKIY — Yunoniston imperatori, u Amir Temurga Boyazidga qarshi birgalikda kurashish taklifi bilan murojat qilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:52:28
MAVLONO ABDUJABBOR XORAZMIY — Amir Temur saroyida xizmat qilgan ulamolardan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:52:40
MAVLONO ABDULLO LISON — Amir Temur saroyida xizmat qilgan ulamolardan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:52:49
MAVLONO ALOUDDIN KOSHIY — Amir Temur saroyida xizmat qilgan ulamolardan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:53:00
MAVLONO BAHRIDDIN AHMAD — Amir Temur saroyida xizmat qilgan ulamolardan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:53:14
MAVLONO SHAMSUDDIN MUNSHI — Amir Temur saroyida xizmat qilgan ulamolardan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:53:30
MIRОNSHОH, JАLОLIDDIN АMIRАNSHОH (1366-1408 ) — Хurоsоn (1380), Erоn, Irоq (1393) vа Erоn Оzаrbаyjоn (1402) hukmdоri. Аmir Tеmurning 3-o‘g‘li. Оnаsi Minglibiy оg‘о. Mironshoh Mirzo yoshligidanoq harbiy san’atdan ma’lum darajada xabardor, jasur va yovga nisbatan shavqatsiz jangchi sifatida nom taratgan. Shuningdek o‘ta makkor, mayxo‘rlik va maishatga berilgan kishi edi. Mironshoh Tеmurning Хurоsоn yurishidа qаtnаshgаn (1380). Tеmur Mironshohni Хurоsоngа hоkim, 1393-yil Erоn vа Irоq hukmdоri qilib tаyinlаydi. Tеmur 1397-yil Mironshoh bilan birgа Erоn Оzаrbаyjоnigа yurish qilib 1402-yil uni egаllаydi vа Mironshohgа tоpshirаdi. Mironshoh o‘z pоytахtini Tаbrizdаn Оzаrbаyjоnning Sultоniya shahrigа ko‘chirаdi. 1382-yildа mаrhum аkаsi Jаhоngir Mirzоning kаttа bеvаsi Хоnzоdа (Sеvin bеkа) bеgimgа uylаnаdi. Хоnzоdа bеgim O‘zbеkхоnning nаbirаsi bo‘lgаni tufаyli "œKo‘rаgоn" dеgаn nоmni оlishgа mushаrrаf bo‘lаdi. XV аsrning охiridаgi diplоmаtik yozishmаlаrdаn hоzirgаchа sаqlаnib qоlgаn vа lоtin tilidа bo‘lgаn ikki hujjаt (хususаn, Аngliya qirоli Gеnriх IV bilan yozishmаlаr) Mironshoh nоmi bilan bоg‘liq. Kеyingi pаytlаrdа Mironshoh mаishаtgа bеrilib, dаvlаt ishlаrigа qаrаmаy qo‘yadi. Uzluksiz bаzm vа ko‘ngil оchаr o‘yinlаr хаzinаgа sеzilаrli dаrаjаdа zаrbа bеrаdi. Mаmlаkаtdа tаrtib buzilаdi. Bundаn хаbаr tоpgаn Аmir Tеmur 1399-yil Sultоniyagа kеlib Mironshohni hоkimiyatdаn chеtlаtаdi. 1408-yil 21 аpreldа Mironshoh Оzаrbаyjоn hukmdоri Qоrа Yusuf bilan bo‘lgаn jаngdа o‘ldirilаdi vа Surхоb tumаnigа dаfn qilinаdi. Bir nеchа muddаt o‘tgаch, uning hоki Shаhrisаbzgа — Tеmuriylаr dахmаsigа, kеyinchаlik esа Sаmаrqаndgа оlib kеlinib Go‘ri Аmirgа dаfn etilаdi. Mironshohdan Abubakr Mirzo, Umar Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Suyurg‘atmish Mirzo, Iyjal Mirzo, Sulton Muhammad Mirzo va bir necha qiz qolgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:53:42
MUHAMMADQOZI — Amir Temur tomonidan Ispaniyaga yuborilgan elchi. Kastiliya qiroli Genrix III tomonidan Payo de Sotomayor va Ernan Sanches Palasuelos boshchiligidagi elchilar 1402-yilning bahorida Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboriladi. Elchilar Amir Temur tomonidan qabul qilinib, ularga qo‘shib Muhammadqozini Ispaniyaga elchi qilib yuboriladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:53:53
MUHАMMАD JAHONGIR MIRZO, Jаhоngir Mirzо (1356-yil yozi — 1376 yil o‘rtаlаri) — Аmir Tеmurning to‘ng‘ich o‘g‘li. 1355-yil Sоhibqirоn аmir Qаzаg‘оnning nаbirаsi, Husаyn ibn Musаllаbning singlisi O‘ljоy Turkоn оg‘оgа uylаnаdi. 1356-yil yozidа ulаrning nikоhidаn Muhammad Jahongir Mirzo tug‘ilаdi. O‘ljоy Turkоn оg‘о 1366-yil охiridа vаfоt etаdi. Sоhibqirоnning bu хоtinidаn Muhammad Jahongir Mirzodаn tаshqаri qizi Sultоnbахt bеgim hаm bоr edi. Mоvаrоunnаhrni birlаshtirish uchun bo‘lgаn kurаshlаrdа Jаhоngir оtаsigа fаоl yordаm bеrgаn. 1374-yil iyunidа Хоrаzm hоkimi Yusuf So‘fiyning ukаsi Оq So‘fiyning qizi Sеvin bеkаgа uylаngаn. Оq So‘fiy Оltin O‘rdа хоni O‘zbеkхоnning qizi Shаkаrbеkаgа uylаngаn edi. Shuning uchun bulаrning qizi Sеvin bеkа ko‘prоq Хоnzоdа nоmi bilan mа’lum edi. Аmir Tеmur mo‘g‘ulistоngа yurishi chоg‘idа suyukli o‘g‘li Jаhоngir оg‘ir bеtоb bo‘lgаnidаn хаbаr tоpib dаrhоl оrqаgа qаytgаn. Muhammad Jahongir Mirzo 1376 yil o‘rtаlаridа 20 yoshidа vаfоt etаdi. Uni Shаhrisаbz (Dоr-us-siyodаt)gа dаfn etаdilаr. Undаn ikki fаrzаnd: Хоnzоdаdаn tug‘ilgаn 11 оylik Muhаmmаd Sultоn vа оtаsining o‘limidаn qirq kun kеyin Ilyos Yasоvuriyning qizi Bахt Mulk оg‘оdаn tug‘ilgаn Pirmuhаmmаd qоlgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:54:06
MUSA — Boyazid Yildirimning o‘g‘li. U Anqara jangida Boyazid qo‘shinining orqasi -aryergardida Iso va Mustafo bilan joylashgan edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:55:15
MUSTAFO — Boyazid Yildirimning o‘g‘li. U Boyazid qo‘shinining orqasi — aryergardida Musa va Iso bilan joylashgan edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:55:24
MАVLОNZОDА SAMARQANDIY (XIV аsr) — 1365-1366-yillarlаrdа Sаmаrqаnddа ko‘tаrilgаn sаrbаdоrlаr qo‘zg‘оlоni rаhbаri. Mo‘g‘ulistоn хоni Ilyosхo‘jа Mоvаrоunnаhrgа hujumi pаytidа Sаmаrqаnd mudоfааsigа bоshchilik qilgаn. Mo‘gullаr Sаmаrqаndni egаllаsh uchun оtlаngаnlаridа shаhаr hоkimi qоchib kеtgаn. Shundа Mavlonzoda jоmе mаsjidi оldidа to‘plаngаn 10 ming kishilik shаhаr аhоlisi o‘rtаsidа qizg‘in nutq so‘zlаb хаlqni kurаshgа chоrlаgаn vа Sаmаrqаndni mudоfаа etishgа rаhbаrlik qilishni o‘z zimmаsigа оlgаn. Hоfizi Аbruning "œZubdаt ut-tаvоriх" аsаridа yozilishichа, Mavlonzoda Buхоrо ulug‘zоdаlаridаn, dоnishmаnd kishi bo‘lib, u kаmоndаn yaхshi o‘q оtаr, o‘tа jur’аtli vа dоvyurаkligi bilan mаshhur edi. Аbu Bаkr Kuluiy (Kаlаviy) Nаddоf bilan birgаlikdа shаhаr mudоfааsigа tаyyorlаngаn, хususаn, shаhаrdаgi bаrchа dаrvоzаlаrni bеrkitgаn. Ko‘chаlаr, bоg‘lаr аtrоfigа g‘оvlаr qurdirgаn. Fаqаt bir ko‘chаni оchiq qоldirib, shu yеrdа Mavlonzodaning o‘zi 500 kishisi bilan pistirmаdа o‘tirgаn. Dushmаnning qоrоvul qismlаri hеch qаndаy хаvоtirsiz shаhаrgа kirib kеlgаndа, Mavlonzodaning ishоrаsi bilan do‘mbirаlаr chаlingаn. Dushmаngа hаr tоmоndаn o‘q-yoylаr, tоshlаr yog‘dirilgаn, ulаrni tаyoqlаr bilan sаvаlаgаnlаr. Nаtijаdа mo‘g‘ullаrning 1000 аskаri mаjruh bo‘lgаn, 100 tаsi esа qo‘lgа оlingаn. Ertаsi kuni hаm mo‘g‘ullаr butun kuchlаrini ishgа sоlib hаmlа qilsаlаr, turli hаrbiy hiylаlаr qo‘llаsаlаr hаm shаhаrni оlоlmаgаnlаr. Kеyinchаlik ulаrning оtlаrigа o‘lаt tеgib, qirilа bоshlаgаch, mo‘g‘ullаr Mоvаrоunnаhrni tаrk etishgа mаjbur bo‘ldi. Shаhаrdаgi hоkimiyatni qo‘lgа kiritgаn sаrbаdоrlаr аhоligа zulm qilа bоshlаdi. Hоfizi Аbruning yozishichа, bundаn хаbаr tоpgаn Аmir Husаyn Bаlх, Bаdахshоn, Qunduz, Bаg‘lоn, Аndхud vа Shibirg‘оn lаshkаrini to‘plаb, Sаmаrqаnd tоmоn yuzlаngаn. U sаrbаdоrlаrgа mаktub yo‘llаb, undа ulаrgа ishоnishini, hаttо o‘z аmirlаridаn hаm yaqin tutishini yozgаn vа Sаmаrqаnd yaqinidаgi Kоnigil mаvzеsigа yеtgunichа uning huzurigа kеlmаslikni iltimоs qilgаn. Sаrbаdоrlаr uning tаkаllufini chin bilib, fursаtni qo‘ldаn bоy bеrgаnlаr. Аmir Husаyn Kоnigilgа yеtib kеlgаch, ungа izzаt-ikrоm bildirish, tоrtiqlаr tаqdim etish uchun istiqbоligа chiqqаnlаr vа хizmаtigа shаy bo‘lib turgаnlаr. Аmir Husаyn birinchi kuni sаrbаdоrlаrgа iltifоtlаr ko‘rsаtgаn. Bundаn sаrbаdоrlаr yanаdа ruhlаnib, ko‘ngillаridаn хаvf-хаtаr g‘ubоri ko‘tаrilib, ertаsi kuni ko‘prоq sоvg‘аlаr vа kаmyob mоllаr bilan uning huzurigа yo‘l оlgаnlаr. Kаrbоsgа yеtgаnlаridа Аmir Husаynning buyrug‘igа ko‘rа, ulаrning hаmmаsi qo‘lgа оlinib qаtl etilgаn. Fаqаt Mavlonzodani Аmir Tеmur iltimоs qilib, dоr tаgidаn qutqаrib qоlgаn. Tаriхchi Аbdurаzzоq Sаmаrqаndiyning yozishichа, Аmir Tеmur Mavlonzoda uchun shаfоаt tilаb uni хаlоs etgаn. Bungа Аmir Tеmurning ilgаri hаm sаrbаdоrlаrning аyrim rаhbаrlаri bilan аlоqаdа bo‘lgаnligi tахmin qilinаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:55:32
O‘GI BEGI XONIM (аsl ismi Tаg‘аyshоh) (? — 1382) — Аmir Tеmurning kаttа qizi. Оnаsi Turmush Оg‘о. Shаrаfuddin Аli Yazdiyning yozishichа, O‘gi Begi хonim husn bоbidа tеngi yo‘q, аql-idrоkdа bеnаzir bo‘lgаn. Аmir Tеmur bu qizini yaхshi ko‘rgаn vа o‘zigа yaqin tutgаn. O‘gi Begi хonimni аmir Musоning o‘g‘li Muhаmmаdbеkkа nikоh qilgаnlаr. O‘gi Begi хonim Muhаmmаdbеkdаn bir o‘g‘il tuqqаn, ismi Sultоn Husаyn Mirzо. 1382-yildа O‘gi Begi хonim bеdаvо kаsаllikdаn vаfоt etgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:56:24
OLLOHDOT — 1395-yil 28-fevralida bo‘lib o‘tgan Amir Temur hamda To‘xtamishxon jangida qahramonlik ko‘rsatgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:56:40
PAYO DE SOTOMAYOR — Ispaniya elchisi, Kastiliya qiroli Genrix III tomonidan Payo de Sotomayor va Ernan Sanches Palasuelos boshchiligidagi elchilar 1402-yilning bahorida Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboriladi. Elchilarga Temur va Boyazidning kuch-qudrati, boyligi va qo‘shinining adadini bilish hamda ular qo‘l ostida yashayotgan xalqlarning urf-odatlari, dini va qonunlari haqida aniq ma’lumotlar to‘plash topshiriladi. Elchilar Amir Temur tomonidan qabul qilinib, ularga qo‘shib Muhammadqozini Ispaniyaga elchi qilib yuboriladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:56:48
PIRHUSAYN — Amir Temurning yaqin safdoshlaridan biri. Amir Temur qo‘shinini boshqargan barlos. U boshqargan janglarda shuhrat topgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:56:55
QAMARUDDIN — mo‘g‘ul hukmdori. Uning Movarounnharga bo‘lgan talonchilik xurujlarining kuchayishi Amir Temur bilan to‘qnashuviga olib keladi. 1370-1371-yillarda Qamaruddin Toshkent va Andijon ustiga bir necha bor bosqinchilik qilib, shaharni talab qaytadi, 1376 yilda u hatto Farg‘ona vodiysining anchagina qismini bosib oladi. Mamlakatning shimoli-sharqiy hududlariga nisbatan muttasil bo‘lib turgan tahdidni bartaraf qilish uchun Amir Temur Qamaruddinga zarba berishga kirishadi. Yigirma yil (1371-1390) mobaynida Sohibqiron Mog‘ulistonga yetti marta yurish qilib, mo‘g‘ul hukmdorlari Anqoto‘ra va Qamaruddin ustidan g‘alaba qozonadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:57:03
QUTLUG‘ TURKON ОG‘O (1331-1383-yillar) — Аmir Tеmurning оpаsi. Аmir Dоvudbеk dug‘lаtning хоtini. Sоhibqirоn 1360-yillаrning bоshlаridа g‘аnimlаri tа’qibi tufаyli Sаmаrqаndgа kеlib Qutlug‘ Turkon оg‘o uyidа 48 kun turgаn. 1375-yili Sоhibqirоn O‘zgаndа Dilshоd оg‘оgа uylаngаn chоg‘dа Qutlug‘ Turkon оg‘o no‘yonlаr vа аmirlаr bilan to‘ygа yеtib kеlgаn. Nizоmiddin Shоmiyning yozishichа, 1383-yili Dilshоd оg‘о vаfоtidаn bir nеchа kun o‘tgаch, "œo‘zining хаyrli ishlаri, in’оmu ehsоni bilan zаmоnаsi хоtinlаridаn o‘zgаn, o‘z хоlis mоllаridаn mаdrаsаlаr, хоnаqоhlаr qurdirgаn, hаr nаv ezguliklаri bilan jаhоn хаlqigа fоydа yеtkаzgаn ulug‘ хоtun — Аmir Sоhibqirоnning оpаsi" Qutlug‘ Turkon оg‘o vаfоt etgаn. Sоhibqirоn bundаn qаttiq iztirоbgа tushgаn. Bir nеchа muddаt mаmlаkаt vа dаvlаt ishlаri bilan shug‘ullаnmаy qo‘ygаn. Qutlug‘ Turkon оg‘o nihоyatdа dоnо vа zаkоvаtli аyol bo‘lgаn. Аmir Tеmur bаrpо etgаn ko‘p binоlаr uning mаslаhаti bilan ishlаngаn. Shаrаfuddin Аli Yazdiyning yozishichа, "œuning qаbrini... Qusаm ibn Аbbоsning mаzоrigа yaqin qаzdilаr vа qo‘ydilаr".
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:57:10
SAYFUDDINBEK, HOJI SAYFUDDIN (? — 1401-yil, Nishopur) — Amir Temurning yaqin safdoshi va atoqli sarkardalaridan biri. Nukuz urug‘i vakili. Sohibqironning taxt tepasiga kelishida, mo‘g‘ullarni Movarounnahr sarhadlaridan quvib chiqarishda Sayfuddin Joku, Abbos bahodir, Sulaymonshoh, Dovud kabi beklar qatori jonbozlik ko‘rsatgan. 1365-yil yuz bergan Jangi loyda Sayfuddin Amir Temur qo‘mondonlik qilgan juvang‘ar — so‘l qanotning qo‘l-markazidan o‘rin olgan. 1365-yil Sohibqironning 243 nafar safdoshi, 12 ming kishilik lashkari bilan Naxshabda turgan amir Husaynga qarshi yurish qiladi. Ushbu yurishda boshqa xos beklar qatori Sayfuddin ham jasorat ko‘rsatgan. Sayfuddinbekga amiri lashkar unvoni beriladi. Sayfuddinning 1395-yil 28-fevralida bo‘lib o‘tgan Amir Temur hamda To‘xtamishxon jangida qahramonlik ko‘rsatgan qo‘mondon. Sayfuddinning sarkardalik iste’dodli, matonati, tadbirkorligi 1395-yil Terek daryosi bo‘yidagi jangda yaqqol namoyon bo‘lgan. Boyazid Yildirimga qarshi yurish davrida, Amir Temur qo‘shiniga qo‘shilish maqsadida Samarqanddan Muhammad Sulton mirzo bilan safarga chiqqan Sayfuddin Nishopurga yetgach, betob bo‘lib vafot etadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:58:27
SAYYID BARAKA, MIR SAYYID BARAKA (?-1404-yillar) — Amir Temurning piri. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, asli Makka shahridan bo‘lib, Amir Temur bilan dastlab Termiz shahrida uchrashgan. Makka va Madinaning vaqf (Makka va Madina shaharlari islom olamida muqaddas shaharlar deb atalgani sababli islom davlatlari hukmdorlari har yili bu shaharlarga vaqf mablag‘i yuborib turishni sharafli burch deb bilganlar)larini undirish uchun Balxga Amir Husayn huzuriga kelgan. Amir Husayn u talab qilgan mablag‘ni berish u yoqda tursin, hatto Sayyid Barakaga iltifot ham ko‘rsatmaydi. U bunday sovuq munosabatdan xafa bo‘lib, Termizga qarab ketadi va Termiz yaqinida Amir Temur bilan uchrashadi. Amir Temur u talab qilgan mablag‘ni ortig‘i bilan beradi. Sayyid Baraka Amir Temurga nog‘ora bilan bayroq tortiq qiladi. Amir Temur 1370-yil saltanatni qo‘lga olgach, Andxo‘y (Afg‘oniston) viloyatini barcha qishloqlari bilan Sayyid Barakaga "œiqto" tarzida in’om qiladi. Sayyid Baraka Sohibqironning Mozandaron, Dashti Qipchoq harbiy yurishlarida unga hamroh bo‘lgan, qo‘shinning ruhini ko‘targan. Sayyid Baraka harbiy safarlarga qatnashmagan paytda Samarqand va Andxo‘yda yashagan. 1404-yil qishda Sayyid Baraka og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etadi. Bu xabarni eshitgan Amir Temur Sayyid Barakaning jasadini Andxo‘yda dafn etishni buyuradi. 1409-yil Shohruh Mirzo Movarounnahr taxtini Xalil Sultondan tortib olgach, Sayyid Barakaning xokini Andxo‘ydan Samarqandga keltirib, Amir Temur maqbarasiga dafn ettiradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:58:34
SULAYMON CHALABIY — Boyazidning katta o‘g‘li. U Anqara jangida Rum askarlaridan iborat qo‘shinning so‘l qanotiga rahbarlik qilgan. Bu qanot turk suvoriylari bilan kuchaytirilgan edi. Boyazid yengilgach, Amir Temur Sulaymon Chalabiyni turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim qilib, unga hukmdorlik toji va yorliqlar in’om etgan va mansabdorlik sarposini kiygizdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:58:42
SULAYMONSHOH BAHODIR — Amir Temurning sarkardalaridan biri, amir. Dovudbekning o‘g‘li. Amir Husayn bilan kurashida Sohibqironga yaqindan yordam bergan. Navqat (Kesh va Nasaf orasidagi qadimgi shahar) yaqinidagi Jeta lashkari (5000 kishi) bilan bo‘lgan zafarli jangda (1366) Sulaymonshoh Sohibqiron qo‘shinida (600 kishi) bo‘lgan. Amir Temurning Eronga qilgan 3 yillik urushida (1386-1388 ) Abbos bahodir bilan Movarounnahrni himoya qilish uchun qoldirilgan. To‘xtamish Amir Temurning safardaligidan foydalanib, Movarounnahrga chopqun qilib Samarqand viloyatini talon-taroj qilgan chog‘da (1388 ) Sulaymonshoh bahodir va Abbos bahodir Samarqand shahrini mudofaasiga bosh bo‘lganlar. To‘xtamish va Qamaruddinga qarshi yurishlarda ishtirok etgan. Yodgor barlos, Shamsuddin Abbos va G‘iyosuddin Tarxonlar bilan Turkistonda turgan qo‘shinni boshqargan va Sohibqironning amriga ko‘ra, mo‘g‘ulistonga chopqun qilib ko‘p o‘ljalarni qo‘lga kiritgan (1388-1390). 1391 yil To‘xtamishga qarshi yurishda Sulton Mahmudxon bilan tumanga boshchilik qilgan. 1394-yil Ulug‘bek tug‘ilgan davrda Samarqand hokimi edi, Shohruhni peshkash bilan kutib olgan. Amir Temur Xurosonni Shohruhga berganida Sulaymonshohni ham uning mulozamatiga bergan (1397). Anqara jangidan so‘ng qanot amirlaridan bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:58:49
SULTON BAXT BEGIM (1360/66-1430, Nishоpur) — Аmir Tеmurning qizi. Оnаsi — O‘ljоy Turkоn Оg‘о bеgim. Sulton Baxt begim tаbiаtаn shаddоd, o‘jаr vа erkаklаrgа хоs tаbiаtgа mоlik bo‘lib, erkаklаrni unchаlik yoqtirmаgаn. Sulton Baxt begim Shеr Bаhrоmning o‘g‘li Muhаmmаd Mirkаgа nikоhlаngаn. Sоhibqirоn kuyovigа Хuttаlоn vilоyatini in’оm qilgаn. Birоq Muhаmmаd Mirkа 1388-yil isyon ko‘tаrgаn, isyon bоstirilib Muhаmmаd Mirkа ukаsi Аbulfаth bilan Sоhibqirоnning o‘g‘li Umаr Shаyх Mirzо fаrmоnigа ko‘rа qаtl etilgаn. 1389-yil mаlikа Sulton Baxt begim аmir Dоvud dug‘lаtning o‘g‘li аmir Sulаymоnshоhgа nikоh qilingаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:58:56
SULTОN MAHMUDXON (?-1404) — Аmir Tеmur hukmrоnligi dаvridа nоmigаginа Mоvаrоunnаhr tахtigа o‘tqаzilgаn хоn (1388-1404). Suyurg‘аtmishхоnning o‘g‘li. Аmir Tеmur Хоrаzmgа qilgаn 4-yurishidаn qаytib kеlgаch, Buхоrоdа оlаmdаn o‘tgаn Suyurg‘аtmishхоn o‘rnigа Sulton Mahmudxon o‘tqаzilgаn. Sulton Mahmudxon nоmigа tаngаlаr zаrb qilingаn. 1395-yil To‘хtаmishgа qаrshi qilingаn ikkinchi yurish vаqtidа Sulton Mahmudxon o‘g‘ruq-оbоzgа bоshchilik qilgаn vа jаngdаn kеyin hоzirgi Sаrаtоv shahri yaqinidа jоylаshgаn Yuluqluq vа Uzuqluq nоmli mаvzеdа Sоhibqirоngа kеlib qo‘shilgаn. 1398-1399-yillаrdаgi Hindistоn fаthidа fаоllik ko‘rsаtgаn Sulton Mahmudxon qo‘shinning so‘l qаnоti juvоng‘аrgа rаhbаrlik qilgаn. 1402-yildаgi Аnqаrа jаngidа Bоyazid I Yildirimni аsir оlishgа muvаffаq bo‘lgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:59:03
SUYURG‘ATMISHXON, SUYURG‘ATMISH O‘G‘LON (to‘liq ismi Suyurg‘atmishxon ibn Donishmandcha ibn Hindu ibn Burhon ibn Molik ibn O‘qtoyxon) (?-1388-yillar) — Balx yaqinidagi O‘rpuz mavzeida Amir Temur tomonidan nomigagina Movarounnahr taxtiga o‘tqazilgan Chingiziy xon (1370-1388 ). Xonlik darajasiga ko‘tarulginga qadar Suyurg‘atmishxon Sohibqironning ulug‘ beklaridan biri bo‘lib, qator harbiy yurishlarda ishtirok etgan. Saltanat Amir Temur tasarrufiga kirgandan so‘ng arkoni davlat, beklar, amirlar va no‘yonlar bilan ittifoqlikda xonlikning Suyurg‘atmishxonga tayin qilinganligi qayta e’tirof etilgan. Chingizxon o‘z saltanatini o‘g‘illariga taqsimlab bergan vaqtda (1224) Xorazmdagi Xiva va Kot shaharlari Chig‘atoyxon avlodiga berilgan edi. Sohibqiron davlat tepasiga kelgach, Husayn So‘fidan bu yerlarni Suyurg‘atmishxonga topshirishni talab qilgan. Amir Temurning 1371-1372-yil Xorazmga uyushtirgan birinchi yurishida Suyurg‘atmishxon ham bevosita ishtirok etadi. 1388-yil Amir Temur 4-marta Xorazmga yurishga ketgan paytda Suyurg‘atmishxon Buxoroda betob bo‘lib qoladi va bir necha kundan keyin vafot etadi. Xorazmdan qaytgan Sohibqiron no‘yonlar, beklar va davlat arkonlari bilan o‘tkazilgan qurultoyda xonlik kursisiga Suyurg‘atmishxonning o‘g‘li Sulton Mahmudni ko‘taradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:59:11
TO‘XTAMISH, TO‘XTAMISHXON (1342-1408 ) — Oltin O‘rda hukmdori (1380-1397). Jo‘jixon naslidan bo‘lmish To‘yxojaning o‘g‘li. Otasi 1375-yil Oq O‘rda hukmdori O‘rusxon tomonidan qatl etilgandan so‘ng To‘xtamish Amir Temur huzuriga (1376) keladi va Sohibqironning beg‘araz madadi tufayli avval Oq O‘rda (1377), keyin Mamay qo‘shinlarining Kulikovo jangida yengilganidan foydalanib Oltin O‘rda taxtini qo‘lga kiritadi (1380). To‘xtamish ichki nizolarga barham berib, 7 yil ichida Oltin O‘rda davlat birligini qayta tiklashga erishadi. Sirdaryodan Dnestrgacha, Sig‘noq va O‘trordan Kievgacha cho‘zilgan ulkan saltanatning xoniga aylanadi. Unga qarshi bosh ko‘targan rus knyazliklari hamda litvaliklarni ma’lubiyatga uchratadi. 1382-yil hiyla bilan Moskvani oladi, shaharni talon-toroj qilib yoqib yuboradi. Muvaffaqiyatlardan ma’lum darajada esankiragan To‘xtamish Amir Temur saltanati hududlarini qo‘lga kiritishga oshiqadi. Amir Temurning g‘arb safaridaligidan (1381) foydalanib, Ozarbayjon hamda Movarounnahrga bostirib kiradi, Samarqand va Buxoroni qamal qiladi. Lekin bu shaharlarni olishni uddasidan chiqolmaydi. 1388-yilning fevralida Sohibqiron qo‘shini bilan To‘xtamishga qarshi Sherozdan yo‘lga chiqadi. To‘xtamish Amir Temur bilan yuzma-yuz to‘qnashishdan voz kechib, zudlik bilan Dashti Qipchoqqa qaytib ketadi. 1391 1395-yillarda To‘xtamish Sohibqiron bilan bo‘lgan Qunduzcha hamda Terek daryosi bo‘yidagi janglarda mag‘lubiyatga uchragan. Oltin O‘rda poytaxti Saroyni ishg‘ol qilgan Amir Temur qochoq To‘xtamish o‘rniga Temur Qutlug‘ni xon etib ko‘taradi. 1397-1399-yillarda To‘xtamish Litva qiroli Vyutaytas yordamida Temur Qutlug‘ va Indiqu (Edigey)ga qarshi olib borilgan harbiy harakatlarda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Temur Qutlug‘ vafotidan (1401) keyin To‘xtamish Oltin O‘rda taxtini qayta egallash harakatida bo‘ldi. 1408-yil Tyumen shahri atroflarida qo‘lga tushirilgan To‘xtamish Idiqu tomonidan o‘ldirilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:59:19
TUG‘LUQ TEMUR (? — 1362 yoхud 1363) — Mo‘g‘ulistоn dаvlаti аsоschisi vа хоni (1348-yildаn). Shаrqiy Turkistоndа uning аvlоdlаri XVI аsrning 70-yillаrigаchа hukmrоnlik qilgаn. Chig‘аtоy ulusi pаrchаlаnishi jаrаyonidа uning shаrqiy qismidа Аmir Po‘lоdchi yordаmidа Tug‘luq Temur tuzgаn dаvlаt tаrkibigа Shаrqiy Turkistоn, Jаnubiy Sibir vа Yettisuv kirgаn. 1360-1361-yillаrdаgi hаrbiy yurishlаr nаtijаsidа Tug‘luq Temur Mоvаrоunnаhrni egаllаgаn. Tug‘luq Temur vаfоtidаn so‘ng o‘g‘li Ilyosхоjа bilan bo‘lgаn kurаshlаrdа Sоhibqirоn Аmir Tеmur mo‘g‘ullаrni Mоvаrоunnаhr hududidаn quvib chiqаrgаn. Tug‘luq Temur vоrislаri fаqаt Shаrqiy Turkistоngа egаlik qilgаnlаr, хоlоs.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:59:26
TURMISH OG‘O — Joku Barlosning qizi. 135-yili Amir Temur Turmush og‘oga uylangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:59:36
TАKINА XOTUN, TЕGINА BЕGIM, TЕGINА MОHBЕGIM (tахminan 1318, Buхоrо — 1353, hоzirgi Shаhrisаbz) — Аmir Tеmurning оnаsi. Аmir Muhаmmаd Tаrаg‘аyning хоtini. O‘rtа аsr mаnbаlаri, хususаn, Fаsih Hаvоfiyning "œMujmаli Fаsihiy" аsаridа kеltirilishichа, Takina хotun Buхоrо ulаmоlаrining pеshvоsi mаvlоnо Sаdr аsh-Shаri’а Ubаydullоh аl-Buхоriy ibn Tоj аsh-Shаri’а Mаhmud ibn Аhmаd аl-Mаhbubiy аl-Buхоriyning qizi bo‘lgаn. Takina хotunning bоbоsi "œTоj аsh-Shаri’а" ("œShаriаt tоji"), оtаsi "œSаdr аsh-Shаri’а" ("œShаriаt ulug‘i"), аmаkisi Mаhmud "œBurhоn аsh-Shаri’-а" ("œShаriаt hujjаti") kаbi mo‘’tаbаr unvоnlаrgа sаzоvоr bo‘lgаn. Takina хotun 16 yoshidа Kеsh аmiri Muhаmmаd Tаrаg‘аybеkkа uzаtilgаn (1334). Kеyinchаlik yarаtilgаn "œQissаi Tеmur" ("œMаlfuzоti Tеmuriy"), "œTеmur qissаsi" vа Tоshkеntlik tаriхchi Sаlоhiddin Tоshkаndiyning "œTеmurnоmа" (1908 ) аsаridа Takina хotun hаyotigа оid аyrim mа’lumоtlаr mаvjud. "œTеmurnоmа"dа bo‘lаjаk sоhibqirоn Аmir Tеmurning tаvаllud tоpish (1336-yil 9-аprel) tаfsilоtlаri tаqdirning ilоhiy hukmi sifаtidа tаsvirlаngаn. Аmir Tеmurning kеlаjаkdа buyuk insоn bo‘lib yеtishuvidа оnаsining hissаsi kаttа bo‘lgаn. Takina хotun erining vаfоti (1360)dаn аnchа аvvаl qаzо qilgаn (1353). Sоhibqirоn Аmir Tеmur kеyinchаlik оnаsi vа оtаsi dаfn etilgаn Kеshdаgi оilаviy хilхоnа ustidа muhtаshаm mаqbаrа qurdirgаn. Аmir Tеmur kаttа o‘g‘li Jаhоngir Mirzо 20 yoshidа vаfоt etgаch (1376), uni оtа-оnаsining qаbri yonidа dаfn etgаn. Sоhibqirоn оnаsi хоtirаsigа аtаb, Kеshdа mаshhur Оqsаrоyni bunyod ettirgаn vа Buхоrоdаgi Chаshmаi Аyyub mаqbаrаsini tа’mirlаtgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:59:45
TАRАG‘ОY, АMIR TАRАG‘ОY, TАRАG‘ОYBЕK (?-1360) — Аmir Tеmurning оtаsi. Chig‘аtоy ulusining nufuzli bеklаridаn biri, bаrlоs qаbilаsi оqsоqоllаridаn bo‘lgаn. Tarag‘ay аjdоdlаri Chingizхоn vа Chig‘аtоy sаrоyigа yaqin bo‘lishgаn, kеyinchаlik ulаr Kеsh vilоyatini idоrа etgаnlаr. Tarag‘oyning o‘zi hаm Аmir Qаzаg‘оnning ishоnchli bеklаridаn sаnаlgаn. Chig‘аtоy ulusi hukmdоrlаri tоmоnidаn Ili dаryosi bo‘yidа hаr yili chаqirilаdigаn qurultоygа bоshqа vilоyat bеklаri qаtоridа Tarag‘oy hаm qаtnаshgаn. Tarag‘oyning Mоvаrоunnаhr vа mo‘g‘ulistоndаgi mаshhur аmirlаrdаn do‘stlаri ko‘p bo‘lgаn, bu hоl kеyinchаlik Аmir Tеmurgа qo‘l kеlgаn. Tarag‘oy bеklаr хоnаdоnigа mаnsub bo‘lsаdа, оtаsi Аmir Bаrgul kаbi hаrbiy ishgа mаyli bo‘lmаgаn. Tarag‘oy tаqvоdоr musulmоn bo‘lib, ko‘p vаqtini dаrvеshlаr bilan o‘tkаzgаn. Shаrаfuddin Аli Yazdiyning yozishigа ko‘rа, "œTаrаg‘оybеk ulаmо vа sulаhо vа muttаqiylаrgа mushfiq vа mеhribоn erdi vа bulаrning mаjlisigа bоrur erdi...". Tarag‘oy Shаmsuddin Kulоlni o‘zigа pir tutgаn. Tarag‘oyning хоtini Buхоrо fuzаlоlаrining pеshvоsi — sаdr ul-shаr’iа (shаriаt qоnunlаrini shаrhlоvchi)ning qizi Tаkinа хоtun bo‘lgаn. Tarag‘oy fаrzаndi Tеmurbеkni yoshligidаn mахsus murаbbiylаr nаzоrаti оstigа tоpshirib, chаvаndоzlik, оvchilik, kаmоndаn o‘q оtish, qilichbоzlikdan hаrbiy tа’lim оlishigа аlоhidа e’tibоr bеrgаn. Bulаr uni kеlаjаkdа buyuk sаrkаrdа bo‘lib еtishidа kаttа rоl o‘ynаgаn. vа boshqadаn Kеsh (Shаhrisаbz)dаgi оilаviy хilхоnаgа dаfn etilgаn. Sоhibqirоn kеyinchаlik jоmе mаsjid yaqinidа, shаyх Shаmsuddin Kulоl mаqbаrаsi yonidа yangi mаqbаrа qurdirib оtаsining хоkini o‘shа yеrgа ko‘chirgаn. Аmir Tеmur hаrbiy sаfаrlаrdаn qаytishdа Kеshdа to‘хtаb, оtаsi, o‘g‘li Jаhоngir, piri shаyх Shаmsiddin Kulоl qаbrlаrini ziyorаt qilgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 18:59:53
ULJOY TURKON OG‘O — Amir Qazog‘onning nabirasi, Amir Husaynning singlisi. 1362-yili Amir Temur Uljoy Turkon Og‘oni o‘z nikohiga oladi. Bu nikoh tufayli Balx amiri bilan bog‘langan qarindoshlik aloqalari shubhasiz Amir Temur bilan Amir Husayn o‘rtasidagi ittifoqni yuzaga keltiradi va mo‘g‘ullarga qarshi jiddiy kurash boshlandi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:00:01
UMАRSHАYХ, UMАRSHАYХ MIRZО (1356 — Хаrmоtu — 1394) — tеmuriy shаhzоdа. Аmir Tеmurning ikkinchi o‘g‘li. Оnаsi To‘lun оg‘о (To‘mlun оg‘о). Yoshligidаn mоhir chаvаndоz vа mаrd jаngchi bo‘lib yеtishgаn. Kеyinchаlik ko‘p jаnglаrdа ko‘rsаtgаn jаsurligi vа qаhrаmоnligi evаzigа bаhоdir unvоnigа erishgаn. 1370-yil Аmir Tеmurning Husаyn ibn Musаllаb bilan bo‘lgаn jаngidа, Umarshayx Bаlх qаl’аsini qаmаl qilish chоg‘idа mаrdоnа kurаshgаn, lеkin jаng охiridа оyog‘idаn yarаlаngаn. U mo‘g‘ullаrgа qаrshi оlib bоrilgаn ko‘pginа jаnglаrdа fаоl qаtnаshib, Sоhibqirоn qo‘shinidаgi istе’dоdli sаrkаrdаlаr qаtоridаn o‘rin оlgаn. 1393-yil Аmir Tеmur Umarshayxni Fоrs vilоyatini zаbt etish ishigа mаs’ul etib tаyinlаydi. Umarshayx Istаhr, Fаrаk, Shаhriyor vа boshqa qаl’аlаrni egаllаb, nаvbаtdаgi Sаrjоn qаl’аsini egаllаsh uchun uni qаmаl qilаdi. Аyni shu chоg‘dа Аmir Tеmur Misr vа Shоm (Suriya)ni qo‘lgа kiritish uchun Diyorbаkr tоmоn qo‘shin tоrtаdi. Shu bоis Sоhibqirоn Umarshayxni o‘z huzurigа yеtib kеlishini buyurаdi. Umarshayx Sаrjоn qаl’аsini qаmаl qilish аmаliyotini аmir Idiku bаrlоsgа tоpshirib, o‘zi Shеrоzgа kеlаdi. Bu yеrdа Umarshayx ishоnchli аmiri Sеvinchаkni Fоrsni zаbt etish ishigа mutаsаddi qilib, o‘zi оtаsini qоshigа yo‘l оlаdi. Umarshayx sаfаr pаytidа Bаg‘dоd (bа’zi mаnbаlаrdа Shаvlistоn) yo‘li bilan yurib Bаg‘dоddаn to‘rt mаnzil mаsоfаdаgi Kurdistоndаn o‘tib bоrаyotgаnidа yo‘l chеkkаsidаgi Хаrmоtu qаl’аsigа duch kеlgаn. Umarshayx ushbu qаl’аni yaхshirоq tоmоshа qilish mаqsаdidа bir tеpаlikkа chiqаdi. Shu pаyt qаl’а ichidаn оtilgаn nоgаhоniy kаmоn o‘qi Umarshayxning qulоg‘i оstidаgi ko‘k tоmirgа tеgаdi. Umarshayx shu zаhоti оlаmdаn ko‘z yumаdi. Uning qo‘shini Хаrmоtuni yеr bilan yaksоn etаdi. Ushbu vоqеаdаn хаbаr tоpgаn Аmir Tеmur qаttiq iztirоbgа tushаdi. U аmir Uchqаrо bаhоdirni Umarshayxning jаsаdini Shеrоzgа оlib kеlish uchun Хаrmоtu tоmоn jo‘nаtаdi. Umarshayxning jаsаdi Shеrоzgа оlib kеlingаch, mоtаm tutilib, mirzоni muvаqqаt dаfn qilаdilаr. Mа’lum fursаtdаn so‘ng Umarshayxning хоtinlаri — Sеvinch Qutluq оg‘о bеgim, Bеkа Mulk оg‘о bеgim vа Mulkаt оg‘о bеgimlаr hаmdа hаli vоyagа yеtmаgаn o‘g‘li Iskаndаr mirzоlаr jаsаdni Shеrоzdаn Kеsh (Shаhrisаbz)gа оlib kеlаdilаr vа tеmuriylаr хоnаdоni uchun mахsus bаrpо etilgаn dахmаgа dаfn etаdilаr. Umarshayx vаfоtidаn so‘ng Аmir Tеmur Fоrs mаmlаkаti yеrlаrini bоshqаrishni to‘ng‘ich o‘g‘li Pirmuhаmmаd mirzоgа tоpshirаdi. Umarshayxdаn shuningdеk, yanа bеsh o‘g‘il — Rustаm mirzо, Iskаndаr mirzо, Аhmаd mirzо, Sаid Аhmаd mirzо vа Bоyqаrо mirzоlаr qоlgаn edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:00:14
URUSХОN (?-XIV аsrning 70-yillаri ikkinchi yarmi) — Jo‘ji ulusining shаrqiy qismi — Оq O‘rdа хоni (XIV аsrning 60-yillаri birinchi yarmidаn). Urusxon dаvlаtining pоytахti Sig‘nоq shahri bo‘lgаn. Urusxon Оq O‘rdаdаgi hоkimiyatini mustаhkаmlаb оlgаch, Оltin O‘rdаni hаm o‘z tаsаrrufigа kiritishgа hаrаkаt qilgаn. 70-yillаr o‘rtаlаridа u Hоjitаrхоn, Vоlgа-Kаmа Bulg‘оriyasi vа Sаrоy Bеrkа shahrini egаllаgаn. To‘хtаmish bilan ko‘plаb jаnglаr qilgаn. Bu jаnglаrdа g‘аlаbа dоim Urusxon tоmоnidа bo‘lgаn. To‘хtаmish Аmir Tеmur huzurigа qоchib bоrib, undаn yordаm so‘rаgаn. Sоhibqirоn Jo‘ji ulusidа bo‘lib o‘tаyotgаn vоqеаlаrni ziyrаklik bilan kuzаtib bоrаrdi. Chunki Shimoliy Хоrаzm vа Оq O‘rdа Mоvаrоunnаhrgа chеgаrаdоsh edi. U Оltin O‘rdа хоni o‘zigа tаrаfkаsh, tоbе bo‘lishini istаrdi. Shu tufаyli u To‘хtаmishni yaхshi kutib оlib Urusxongа qаrshi kurаshidа ungа bir nеchа mаrtа hаrbiy mаdаd bеrgаn. Birоq Urusxonning o‘g‘li To‘хtаqiya To‘хtаmishgа qаqshаtqich zаrbа bеrgаn, yarаdоr To‘хtаmish Sirdаryo bo‘yidаgi qаmishzоrlаrgа yashiringаn, so‘ngrа Sоhibqirоn pаnоhigа qоchib bоrgаn. Urusxon Аmir Tеmurning Buхоrоdаgi qаrоrgоhigа elchilаr yubоrib To‘хtаmishni tоpshirishni tаlаb qilgаn. Sоhibqirоn bu tаklifni qаt’iy rаd etib, tеz оrаdа o‘zi jаnggа kirishini аytgаn. Аmir Tеmur Urusxongа qаrshi yurish bоshlаgаn, qo‘shinni Sirdаryodаn o‘tkаzib, O‘trоr аtrоfidаgi tеkislikdа qаrоrgоh qurgаn. Urusxon qo‘shini esа, Shаrаfuddin Аli Yazdiyning mа’lumоtigа ko‘rа, O‘trоrdаn 24 fаrsах nаridаgi Sig‘nоqdа jоylаshgаn edi. Qаttiq qish, tinimsiz yomg‘ir vа qоr hаr ikki qo‘shin fаоliyatigа tа’sir ko‘rsаtgаn. Ulаr mаydа to‘qnаshuvlаrni hisоbgа оlmаgаndа, dеyarli uch оy bir-birlаrigа qаrshilik ko‘rsаtmаsdаn ro‘bаro‘ turgаnlаr. Hаr ikki sаrkаrdа hеch bir nаtijаgа erishоlmаgаch, оrtlаrigа qаytishgаn. Shundаn so‘ng Аmir Tеmur bir nеchа оy Kеshdа bo‘lgаn vа Urusxongа qаrshi yurish bоshlаsh uchun o‘zigа To‘хtаmishni yo‘lbоshlоvchi qilib оlgаn. Jаyrоnqаmishgа yеtgаnlаridа Urusxonning vаfоt etgаnidаn хаbаr tоpishgаn. Urusxonning to‘ng‘ich o‘g‘li To‘хtаqiya hаm ko‘p o‘tmаy (1375) vаfоt etgаn. Sоhibqirоn To‘хtаmishgа kеrаkli аslаhаlаrni bеrib, uni shu yеrdа qоldirib, o‘zi Sаmаrqаndgа qаytgаn. Urusxon dаvridа Оq O‘rdаdа suyurg‘оl in’оm etish kеng аmаliyotdа bo‘lgаn. Urusxon vаfоtidаn so‘ng vа uning vоrislаrining qisqа muddаtli hukmrоnligidаn kеyin Urusxonning bаrchа yеr-mulklаrini To‘хtаmish Аmir Tеmur yordаmidа egаllаb оlgаn (XIV аsrning 70-yillаri охiri).
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:00:22
ХОNZОDА BEGIM, SЕVINBЕKА (?—1411 yil 3-noyabr, Tus) — Хоrаzm mаlikаlаridаn biri. O‘zbеkхоnning nаbirаsi. Хonzoda begim nоmi bilan mаshhur bo‘lgаn. 1374-yili Хonzoda begim izzаt-ikrоm bilan Sаmаrqаndgа kеltirilgаn vа Jаhоngir Mirzоgа nikоhlаb bеrilgаn. Ulаrning nikоhidаn Muhаmmаd Sultоn Mirzо tug‘ilgаn. 1376 yili Jаhоngir Mirzо vаfоtidаn so‘ng Хonzoda begim Аmir Tеmurning 3-o‘g‘li Mirоnshоh nikоhigа kirgаn (1383). Mirоnshоhdаn Хаlil Sultоn Mirzо dunyogа kеlgаn. Хonzoda begim o‘tkir zеhnli, аql-fаrоsаtli hаmdа tаdbirkоrligi tufаyli Аmir Tеmur e’tibоrini qоzоngаn. 1407-yildа Хonzoda begim Mаkkаtullо ziyorаtigа kеtgаn. Ziyorаtdаn qаytgаch, Аbdurаzzоq Sаmаrqаndiyning mа’lumоtigа qаrаgаndа o‘g‘li, Хаlil Sultоn Mirzоning o‘limidаn bir nеchа kun ilgаri vаfоt etgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:00:30
XO‘JA AFZAL — Amir Temur saroyida xizmat qilgan ulamolardan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:00:38
XURDAKI BUXORIY (?-1366)— Samarqanddagi sarbadorlar qo‘zg‘olonining boshlig‘i. U Abu Bakr va Mavlonzoda Samarqandiy bilan birlashib, qo‘zg‘olonga boshchilik qilgan vatanparvar. Amir Husayn buyrug‘iga ko‘ra qatl etilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:00:46
SHАMSUDDIN KULОL, SAYYID AMIR KULOL, SAYYID SHAMSIDDIN FAXURIY (? — 1371-yil, Kеsh) — shаyх. Naqshbandiya tariqatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan; Xoja Bahouddin Naqshbandiya ustozlik qilgan; Amir Tarag‘ay Bahodir bilan o‘g‘li Amir Temurga ham pir bo‘lgan. "œU qаdrli shаyх Shаmsuddin Kulоlgа sidqidildаn iхlоs qilаrdi vа uning mubоrаk qаbrigа (ziyorаt uchun) tеz-tеz bоrib turаrdi", dеb yozаdi Аli Yazdiy. Shamsuddin Kulol tаsаvvufdа suhrаvаrdiylik tаriqаtigа mаnsub bo‘lgаn. Аyni pаytdа u хоjаgоn tаriqаtigа hаm hurmаt bilan qаrаgаn. Sоhibqirоn Аmir Tеmurning hаm ungа nisbаtаn iхlоsi judа kushli bo‘lgаn, sаltаnаtni bоshqаrgаn chоg‘lаridа hаm Shamsuddin Kulol qаbrini ziyorаt qilib turgаn. 1373-74-yillari Аmir Tеmur Shamsuddin Kulol qаbri yonidа bir gumbаz-mаqbаrа qurdirаdi vа оtаsining хоkini o‘shа yеrgа ko‘chirtirib, Shamsuddin Kulol qаbrining qiblа (g‘аrb) tоmоnigа dаfn etаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:00:55
YAKUBOVSKIY ALEKSANDR YUREVICH (1886-1953) — rossiyalik sharqshunos. U Amir Temurning To`xtamish ustidan qozongan g`alabasi, faqat O`rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek Rus knyazliklari uchun ham buyuk ahamiyati kasb etadi", — deb ta`kidlagan.
YODGOR BARLOS BINNI LOLA (XIV asr) — Amir Temurning xos mulozimi, Chig‘atoyning maslahatchisi Qorachor no‘yonning avlodi. Sohibqiron unga muhim vazifalarni topshirgan: 1374-yilning bahorida u elchilik bilan Xorazmga yoborilgan; 1388-yil Sohibqiron To‘xtamishxonni Sabron tarafidan ta’qib qilganida uni beklardan Sulaymonshoh, Shamsiddin Abbos va G‘iyosiddin Tarxon bilan birga Turkistonning muhofazasiga qo‘ygan: "œBesh yillik yurish" paytida (1393, 1395-yillar) bir qancha beklar bilan birga uni o‘g‘ruqning muhofazasiga qo‘ygan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:01:06
ATAMA VA TUSHUNCHALAR

AHMAD YASSAVIY MAQBARASI (XIV-XV asrlar) — Buyuk mutasavvif shoir Qul Xoja Ahmad Yassaviy qabriga Amir Temur tomonidan Turkistonda (Yassi) qurdirgan mashhur me’morlik yodgorliklaridan biri. Oltin O‘rdaga qarshi urushlar davrida Ahmad Yassaviy qabrini ziyorat qilgan Amir Temur, uning qabri ustiga muhtasham maqbara qurishga buyruq berib, katta mablag‘ ajratgan. Minora ichida bir necha xonalar bo‘lib, markaziy qismida qozonli xona joylashgan. Bunda qirq quloqli qozon bo‘lgan. Yodgorlik o‘z zamonasining mashhur me’morchilik asari bo‘lishi bilan birga, katta muhandislik inshoati hamdir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:01:14
AMIR TEMUR BOG‘LARI — Amir Temur Samarqand atrofida bunyod ettirgan bog‘lar. Amir Temur bog‘lari xususidagi dastlabki ma’lumotlar o‘tmish tarixchilari, shoirlari, sayyohlari asarlarida uchraydi. Shuningdek, Amir Temur bog‘lari o‘rta asrlar rassomlari miniatyuralarida ham tasvirlangan. Amir Temur bog‘lari tuzilishiga ko‘ra 2 turga bo‘lingan: 1) Chorbog‘lar — geometrik (to‘rtburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak) shaklda bo‘lib, har tomoni taxminan 1 km masofaga cho‘zilgan. Sahnidan o‘tgan ariqlar ularni teng 4 qismga ajratib turgan. Atrofidagi baland paxsa devorlarning har burchagida minora bo‘lgan. Markazda saroy joylashgan. Bunday bo‘glarning darvozalari shahar tarafga qaratib qurilgan; 2) Tuzilishi geometrik shaklda bo‘lmagan, tabiiy daraxtzor va chakalaklar bag‘rida barpo etilgan bo‘glar. Bunday bog‘lar hukmdor shikor (ov) qilishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, asosiy qismi tabiiy, qo‘l tekkizilmagan holda saqlangan. Ularning kichik bir qismigagina dam olish uchun saroy, ko‘shk va chodirlar qurilgan, hovuzlar qazilib, favvoralar o‘rnatilgan. Bu turdagi bog‘larning o‘simlik va hayvonot dunyosi nihoyatda boy bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:01:36
ANQARA JANGI (1402-yil 20-iyul) — Amir Temur va usmonli turk sultoni Boyazid I Yildirim qo‘shinlari o‘rtasida Anqara yonida bo‘lib o‘tgan ulkan jang. Unda Amir Temurning taxminan 200 ming, Turkiya sultonining 160 ming askari qatnashgan. Ushbu jangning sodir bo‘lishiga, asosan, quyidagi omillar sabab bo‘lgan: Iroq, Shom, Dashti Qipchoq, Xuroson, Hindiston, Jeta singari mamlakatlarni o‘ziga itoat ettirishga muvaffaq bolgan Amir Temur o‘z saltanatining janubi-g‘arbiy hududlariga yaqin joylashgan Bolqon yarim oroli va Kichik Osiyoda barpo etilgan qudratli Ismonlilar davlatining kuchayib ketayotganligidan xavotirda edi, chunki G‘arbiy Yevropa ritsarlaridan tashkil topgan katta armiyani tor-mor etgan, Bolqon davlatlarini egallagan usmoniy turklar Amir Temurga taalluqli viloyatlarga ham tahdid sola boshlagan edi. Tarixning guvohlik berishicha, Amir Temur o‘z qo‘shini bilan Sharqiy Anadolu sarhadlariga 1386-yil qadam qo‘ygan va Arzinjon shahri yaqinida turklarning katta harbiy kuchlarini mag‘lub etgan. 1395-yil Sohibqiron bu o‘lkalarga ikkinchi bor yurish qiladi, Sivosni qo‘lga kiritadi. Amir Temur Anqara jangiga qariyb ikki yildan ortiq tayyorlandi: 1399-yil Rumga yuzlanadi va Boyazid tomonidan fath qilingan Kamoh qal’asini qamal qiladi. Kamoh fath etilgach, ko‘p fursat o‘tmay Amir Temur Anqarani qamal qiladi. Sohibqironning bu harakati aslida taktik tadbir bo‘lib, tajribali sarkardaning asosiy maqsadi Boyazidni asosiy kuchlarini shahar mudofaasiga tashlashga majbur etib, so‘ng unga qaqshatqich zarba berish edi. To‘qat sharhi yonida asosiy harbiy kuchlari bilan turgan Boyazid I Sohibqiron askarlarining Anqarani muhosara qilganligidan xabar topadi va qamaldagilarga ko‘mak berishga oshiqadi. Amir Temur Anqara qamalini bekor qiladi va raqibini kutib olish taraddudini ko‘radi. Qo‘shin qismlarini janggohning (Chibukobod degan yerda) qulay yerlarga joylashtiradi. Lashkargoh atrofida xandaqlar qazilib, xavfsizlik choralari ko‘riladi. Natijada Boyazid I qo‘shini o‘zi uchun o‘ta noqulay shart-sharoitda jangga kirishga majbur bo‘ladi. Sulton qo‘shini, ayniqsa, suv tanqisligi tufayli vujudga kelgan tashnalikdan qattiq azob chekadi. Sohibqiron qo‘shini o‘zining an’anaviy jangovar tartibi — yasolda harakat qiladi. Qo‘shinning qirq qismdan tashkil topgan markazi — qo‘liga Amir Temur bevosita rahbarlik qiladi. So‘l qo‘l — juvang‘arga Shohruh mirzo va Xalil Sulton mirzo, juvang‘ir hiravuli — ilg‘origa Sulton Husayn mirzo, o‘ng qo‘l — barang‘arga Mironshoh mirzo, barang‘ar hiravuliga Abu Bakr mirzo etakchilik qiladi. Markaz — qo‘lning o‘ng tarafida Umarshayx mirzoning o‘g‘li Ahmad mirzo, Toshtemir o‘g‘lon, Shohsuvor singari sarkardalar joylashadi. Qo‘lning chap tomonidan Jalol Islom, Tavakkal qarqara, Ali Muhammad kabi bahodirlar o‘rin oladi. Qo‘shinning saflari oldida 30 ta jangovar fil muhorabaga shay qilingan edi. Qarshi tarafda Boyazid I Rum va Farang mamlakatlaridan jamlangan cherikiga tartib berib, jangga hozir bo‘lib turdi. Qo‘shinning o‘ng qanoti — barang‘arda serb knyazi Stefan (Boyazid I ning qaynisi) 20 ming kishilik farangliklar bilan, chap qanoti — juvang‘arda esa Musulmon (Sulaymon) Chalabiy (Boyazid I ning o‘g‘li) Rum lashkari bilan saf tortib turdi. Sulton Boyazid I ning o‘zi qo‘shin markazida qolib, uch o‘g‘li Muso, Iso va Mustafolarni chag‘davul (qo‘shin orti) ga qo‘ydi. Jang Mironshohning mirzo qo‘l ostidagi barang‘arning dushman juvang‘ariga qilgan shiddatli hujumi bilan boshlandi. Boyazid I qismi amir Jahonshoh va amir Qora Usmon rahbarligidagi qismlar tomonidan qilingan hujumga bardosh bera olmay jang maydonini tashlab qochadi. Boyazid I qo‘shini saflarida paydo bo‘lgan sarosimalikni payqagan Amir Temur barcha amirzodalar, umarolar, no‘yonlarning birgalikda dushmanga hujum qilishini hukm qiladi. Shiddatli to‘qnashuv uzoq va keskin davom etadi. Nihoyat, Sohibqiron kuchlarining qisuviga bardoshi qolmagan sulton askarlari chekina boshlaydi. Boyazid I qo‘mondonligidagi jangchilar so‘nggi damgacha qarshichilik ko‘rsatadilar. Yanicharlar bitta qolmay qirib tashlangandan so‘ng Boyazid I va uning ikkinchi o‘g‘li Musoni Amir Temur tomonidan 1388-yil Chig‘atoy ulusi xonligiga ko‘tarilgan Sulton Mahmudxon ibn Suyurg‘atmishxon asir oladi. Sohiqqiron Boyazid I qo‘shinlarining qolgan-qutgan qismini ta’qib etib, Bursa, Izmirni egallaydi va Marmar dengizi sohillariga chiqadi. Amir Temur tomonidan Boyazid I qo‘shininining tor-mor etilishi Usmonli turk saltanatining ma’lum muddatga zaiflashishiga sabab bo‘ldi. Konstantinopolning turklar tasarrufiga kirishini hamda ularning Markaziy va G‘arbiy Yevropaga qilmoqchi bo‘lgan yurishlarini birmuncha fursatda orqaga surdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:01:44
ARKBEGI — podsho qarorgohini boshqaruvchisi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:01:51
ARLOT, ARLAT, ALLOT — o‘zbek urug‘laridan biri. Abulg‘oziy Bahodirxonning "œShajarai turk" asarida arlot ma’nosi haqida quyidagi misralar bor: "œAning ma’nosi otaning sevar o‘g‘li temak bo‘lur. Arlat bir kishining oti turur. Ani otasi ko‘p sevar erdi. Aning uchun Arlat tedilar. Barcha Arlat eli aning nasli tururlar". Manbalarga ko‘ra, Chingizxon tomonidan Chig‘atoy ulusini boshqarish uchun ajratilgan 4 ming kishilik qo‘shin boshliqlaridan biri ham arlot urug‘idan (qolgani jaloyir, barlos, qavchin) bo‘lgan. Arlotlar Amudaryodan janubda, Shimoliy Afg‘oniston hududiga o‘rnashganlar. Keyingi asrlarda hozirgi O‘zbekistonning janubiy viloyatlari, shuningdek, Xorazmga ko‘chib o‘tganlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:02:00
AR"œERGARD (fransuzcha arriere — orqasida, garde — soqchi, qo‘riqchi, qorovul) — Yevropa davlatlari armiyalarida harbiy yurish, hujum yoki chekinish vaqtida asosiy kuchlarning ketidan boruvchi va ularning shu tomondan xavfsizligini ta’minlovchi askariy qo‘shilma, qism yoki bo‘linma. Turkiy xalqlar harbiy qo‘shinida soqa deb yuritilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:02:09
AYL — Amir Temur askariy qismlarining o‘n nafarli bo‘linmasi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:02:17
AYLBOSHI — o‘n nafarli askariy bo‘linmaning kichik zobiti; askarboshi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:02:24
BARLOS, BARULAS, BALLOS — o‘zbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. XIII asrning ikkinchi yarmida Ila (Ili) daryosi bo‘ylaridan Qashqadaryo vohasiga ko‘chib kelgan. XIV-XV asrlarda shu voha aholisining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol o‘ynagan. Amir Temur barlos qabilasidan bo‘lib, sarkarda va viloyat amirlarini, asosan, shulardan tayinlagan. Barloslar turkiy tilning qorluq-chigil lahjasida so‘zlashgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:02:33
BESH YILLIK URUSH (1392-1396-yillar) — Amir Temurning olib borgan urushlaridan biri. Besh yillik urush davomida G‘arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkaz egallanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:02:43
BIRINCHI VAZIR — Amir Temur davrida yer soliqlari, chegara bojini undirish hamda mirshablik ishlariga ma’sul bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:02:52
BOG‘I BALAND — Amir Temur Samarqandning shimolidagi Cho‘ponota maqbarasi yaqinida nabirasi (Mironshohning qizi) ga atab qurdirgan. Uni barpo qilishda Eron, Ozarbayjon va boshqa mamalakatlar bog‘chiligi san’ati ustalari hamda me’morlari qatnashgan. Bog‘ o‘rtasida Tabriz oq marmaridan qurilgan hashamatli qasr bo‘lib, uning atrofidagi uzumzor, anjirlar va olmazorlar boqqa go‘zal bir tarovat baxsh etib turgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:02:59
BOG‘I BEHISHT — Amir Temur Samarqandning g‘arbida suyukli xotini Tuman o‘g‘o (Xayruniso)ga atab qurdirgan (1378 ). Yozma manbalarda "œBog‘i Jannat" nomi bilan ataladi. Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, bog‘ o‘rtasidagi atrofi xandaq bilan muhofaza etilgan sun’iy tepalik ustida Tabriz oq marmaridan qurilgan hashamatli saroy bo‘lgan. Saroy bir necha ko‘tarma ko‘priklar orqali qurilgan. Saroyning bir tarafida hayvonot bog‘chasi ham bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:03:07
BOG‘I CHINOR — Amir Temur Samarqandning sharqida (Kongilning janubi-g‘arb tarafida, hozirgi "œQo‘sh tamg‘alik" tepaligi o‘rnida) barpo qildirgan (1404). Unda chinorlar ko‘p bo‘lgan. Markazida xochsimon tarxli saroy joylashgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:03:15
BOG‘I DAVLATOBOD — Amir Temurga Hindiston yurishidan qaytgan kuni (1399-yil 22-aprel) hadya qilingan. Arxeologik tadqiqotlarga ko‘ra, u Samarqanddan 13 km janubda, Katta O‘zbekiston traktining chap tomonida bo‘lgan. Amir Temur bu bog‘da zafarli yurishlardan qaytgach, dam olgan, tantanali marosimlar o‘tkazgan, elchilarni qabul qilgan. Arxeologik qazishlar natijasida bog‘ning 1350x900 metr maydonni egallagani, atrofi baland paxsa devor bilan o‘ralgani va unda ariqlar, 4 hovuz (biri 62x28 m, ikkitasi 25x25 metr, yana biri 32x32 metr) hamda saroy (poydevori 70x70 metr) bo‘lgani aniqlandi. Saroy sun’iy tepa (balandligi 12 metr) ustiga qurilgan, atrofi xandaq (eni 20 metr) bilan o‘ralgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:03:24
BOG‘I DILKUSHO (Ko‘ngil ochuvchi bog‘) — Amir Temur xotinlaridan biri — To‘qalxonim sharafiga qurdirgan (1397). Samarqanddan 5 km sharqda, Panjakent yo‘lining o‘ng tomonida (qadimgi Hinduvon qishlog‘i o‘rnida) joylashgan. Har tarafi 900 metr uzunlikdagi baland paxsa devor bilan o‘ralgan, 4 darvozasi, markazida hashamatli saroy bo‘lgan. Saroy uch qavatli bo‘lib, har qavatida favvora otilib turgan. Saroy devorlariga Amir Temur olib borgan urushlardan lavhalar chizib qo‘yilgan. Amir Temur Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixoni ana shu bog‘da qabul qilgan. Bu bog‘ o‘rnida hozir Dilkusho qishlog‘i joylashgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:03:32
BOG‘I JAHONNAMO (Jahon ko‘zgusi) — Amir Temur Samarqanddan 7 farsax (42 km) narida, Zarafshon tog‘i etagida qurdirgan (1398-yil). Unda saroy va qal’a bo‘lgan. "œZafarnoma’da yozilishicha, bu bog‘ning hududi benihoyat katta bo‘lib, yo‘qolib qolgan ot 6 oydan so‘ng topilgan ekan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:03:39
BOG‘I MAYDON — Amir Temur Samarqandning shimolida, Cho‘ponota tepaligi etagida qurdirgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, bog‘da hashamatli bir ayvon (ko‘shk) va qimmatbaho toshlardan yasalgan taxt bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek bu bog‘ni yanada obod qilgan. Bobur shu haqda bunday deb yozadi: "œBu bog‘ning o‘rtasida (Ulug‘bek) bir oliy imorat qilibdur. Chil (qirq) sutun derlar, du (ikki) oshyona (qavat), sutunlari tamomi toshdin. Bu imoratning to‘rt burchida manordek burjlar qo‘poribturlarkim, yuqorig‘a chiqar yo‘llar bu to‘rt burjindur. O‘zga tamom yerlarda toshdin sutunlardir. Ba’zini morpech xiyora (burama, ko‘pqirrali) qilibturlar. Yuqorigi oshyonaning to‘rt tarafi ayvondir, sutunlari toshdan. O‘rtasi chordora uydir. Imorat kursini tamom toshdan farsh qilibdirlar". Bu bog‘ o‘rni hozir ham Bog‘i Maydon deb ataladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:05:00
BOG‘I NAV (Ayngi bog‘) — Amir Temur Samarqandning janubida qurdirgan (1404-yil). Lolazor qishlog‘i o‘rnida joylashgan. Bu bog‘ to‘rtburchak shaklda bo‘lib, atrofi baland paxsa devor bilan o‘ralgan, har burchagida minora qad ko‘tarib turgan. Markazida boshqa bog‘lardagiga nisbatan kattaroq qasr, uning oldida hovuz bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:05:10
BOG‘I SHAMOL — Amir Temur 1397-yil nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Samarqandning g‘arbida bo‘lgan. Undagi saroy to‘rtburchak shaklda bo‘lib, har tomoni 1500 qadamni tashkil qilgan. Devorlariga marmar qoplanib, sahni qora yog‘och va fil suyagidan ishlangan. Bu bog‘ joylashgan hudud va u yerdagi ariq hozir ham "œBog‘i Shamol" deb ataladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:05:18
BOLO HISOR — Chingizxon tomonidan xarob qilingan Samarqand shahrining boro‘si (mudofaa inshoati) va chuqur xandaqi hozirgi kungacha saqlanib qolgan va u shu nom bilan ataladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:05:26
BORO‘ — mudofaa inshoati. XV asr muallifi ma’lumot berishiga qaraganda, ilgarigi Samarqand shaharining ulug‘vor qo‘rg‘oni bo‘lib, uning ustma-ust qurilgan bir nechta boro‘si va chuqur xandaqi bor edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:05:34
BURG‘U — karnay.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:05:43
BURONG‘OR — Amir Temur qo‘shinining o‘ng qanoti.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:05:52
BO‘STONSAROY — Samarqand arkidagi Amir Temurning ikkita qarorgohidan biri.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:06:00
BO‘Y XUSHUNI — Amir Temurning 27 qismdan iborat saralangan qismi. Bu qism 1395-yilning 15-aprelida Oltin O‘rda xoni To‘xtamish bilan Tarak daryosi bo‘yidagi jangda, dushmanga favqulodda holatda zarba berish uchun pistirmaga qo‘yiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:06:08
DAVLAT ALAMI — bayroq.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:06:18
DIPLOMATIYA — davlatning tashqi siyosat sohasidagi vazifalarini amalgam oshirish borasidagi faoliyat.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:06:25
DODXOH — shikoyatlarni ko‘ruvchi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:06:34
DORUG‘A, DARUXACHI, DORUG‘ACHI (mo‘g‘ulcha — nazoratchi, shahar boshlig‘i) — 1) mo‘g‘ullar davlatida mahalliy hokimlar huzuridagi ulug‘ qoon vakili, noibi. Dorug‘a zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan: aholini ro‘yxatga olish; mahalliy xalqdan qo‘shin to‘plash; pochta aloqalarini yo‘lga qo‘yish; soliqlar yig‘ish; to‘plangan soliq-to‘lovlarni ulug‘ qoon saroyiga yetkazish; 2) Temuriylar va shayboniylar davrida viloyat, shahar hokimi. Dorug‘aning vazifasiga shaharni idora qilish, aholi ro‘yxatini olish va uni hisob-kitob qilib borish, soliq undirish kabilar kirgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:06:41
DORUG‘ONA — dorug‘alar foydasiga to‘planadigan to‘lov.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:06:49
DULDOY — Amir Temur bo‘linma boshliqlarini saylab olgan o‘n ikkita qabilalar orasida shu qabila ham mavjud edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:06:57
GO‘RI AMIR (Amir Temur maqbarasi) — XIV asr oxiri — 1405-yilgacha qurilgan Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Xalq orasida Go‘ri Amir yoki Go‘ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbara temuriylar sulolasiga mansub kishilar (Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umarshayx, Mironshoh va Shohruh, nabiralari Muhammad Sulton, Ulug‘bek va b.) dafn etilgan. Boburning ta’kidlashicha, dastlab Temurning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo Samarqand qal’asi janubida Toshqo‘rg‘on — chaqarda madrasa qurdirgan. Muhammad Sulton halok bo‘lgach(1403), Amir Temur uning xotirasiga maqbara qurish haqida farmon berdi. Maqbara madrasa hovlisining to‘riga bunyod etilgan. Bizgacha, asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbara binosi saqlangan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad Sulton qurdirgan madrasa va xonaqoh qoldiqlari topilgan. Madrasa va xonaqoh chorsi hovlining sahrqiy va g‘arbiy tomonlarini egallagan. Hovlining janubida gumbazli maqbara joylashgan. Maqbaraga janubdan, Ulug‘bek qurdirgan dalon (1424) orqali kiriladi. Maqbaraning chortoq tarxli ziyoratxonasi baland toqi — ravoqli, tepasi yozuv hoshiyalari va ichki gumbaz bilan qoplangan. Tashqi gumbazi 64 qaburg‘ali, baland poygumbaz (diametrik — 15m, balandligi 12,5m)ga o‘rnatilgan. Ziyoratxona o‘rtasidagi marmar panjara bilan o‘ralgan murabba xazira sag‘niga qator qabrtoshlar qo‘yilgan. Yuqorisi (to‘g‘ri)da Amir Temurning harbiy yurishlarida unga hamroh bo‘lgan va uning yuksak hurmatini qozongan Mir Sayyid Baraka sag‘anasi joylashgan. Sayyid Baraka qabrining oyoq tomoniga Amir Temurning o‘zi dafn qilingan. Uning uch tomonida Muhammad Sulton, Mironshoh, Umarshayx qabrlari bor. Keyinchalik bu yerga Temurning nabiralari va evaralarining qabr toshlari qat’iy tartibda joylashtirilgan. Temur sag‘anasiga qo‘yilgan ko‘k nefrit qabrtoshini Ulug‘bek mo‘g‘ulistonga qilgan yurishi vaqtida olib kelgan. Toshdagi lavhada Temurni ulug‘laydigan so‘zlar, uning shajarasi hamda marsiyalar o‘ymakori yozuvlarda bitilgan. Hamma sag‘analar Ulug‘bek tomonidan yaxlit o‘yma marmar panjara bilan o‘ralgan. 1740-yilda Samarqand ishg‘ol qilingandan keyin Nodirshohnning buyrug‘iga binoan temurning qabri ustidagi nefrit tosh bilan bilan Bibixonim masjidining ikki qavatli temir darvozasi Mashhadga olib ketilgan. Ularni ko‘zdan kechirgandan keyin Nodirshoh toshni ham, darvozani ham yana Samarqandga qaytarib yuborishni va o‘z o‘rniga qo‘yishni buyurgan. Ziyoratxonaning sharqiy qismidagi ravoqdan zina orqali ostki qavatidagi go‘rxonaga tushiladi. Go‘rxona sakkiz qirrali undagi sag‘analar yuqori qavatda qanday joylashgan bo‘lsa, bu yerda ham shu tartibda joylashgan. Ziyoratxonadagi qabrtoshlarning har biri yuksak san’at asaridir. Ziyoratxona serhasham bezaklarga boy. Bo‘rtma bezak kundallar zaminiga lojuvard rang gullar ishlangan. Izorasi yashil toshdan girih shaklida terilgan. To‘rtda chuqur ravoqlardagi darchalarga o‘sha vaqtda rangli oyna o‘rnatilgan. Oltin va kumush qandillardagi shamlar yonganda ziyoratgoh ichkarisi ulug‘vor va afsonaviy tus olgan. Tashqarisi sirkor g‘ishtchalar bilan bezatilgan. Gumbaz va uning poyidagi bezaklar, turli arabiy yozuvlar alohida ko‘zga tashlanadi. Maqbara darchalarida yog‘ochdan ishlangan nafis panjaralar, eshiklarida esa murakkab qo‘sh zaminli o‘ymakor bezaklar bo‘lgan. Maqabaraning g‘arbiy tomoniga baland peshtoq yondashgan. Taxminlarga ko‘ra bu peshtoq qoldiqlari XVII asrga mansub. Tashqi peshtoq darvozasining tepasida me’mor-usta "œMuhammad binni Mahmud al-banno Asfaxoniy" nomi saqlangan. Keyinchalik maqbara bir necha bor ta’mirlandi, gumbazi qayta tiklanib, xonaqoh va madrasa qoldiqlari kavlab topildi, ichki va tashqi bezaklar ta’mir etildi. 1941-yilda musulmon odatiga zid ravishda Amir Temur va Ulug‘bek qabrlari ochib tekshirilib, ular ruhlari bezovta etildi. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, ushbu noyob san’at durdonasining qimmati yanada oshdi. Memoriy majmuada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1991 1996-yillarda ta’mir ishlari olib borildi. 1996-yili Sohibqiron Amir Temur tug‘ilganligiga 660 yil to‘lishi munosabati bilan u qayta ta’mirlandi. Ta’mirdan so‘ng maqbaraning ko‘rinishi o‘zgacha chiroy ochdi. Uni ko‘rgan kishida unutilmas taassurot qoladi. Go‘ri Amir maqbarasi chiroyi bilan kishini o‘ziga maftun etadi. Har yili hamisha go‘zal va navqiron Samarqand shahriga va ayniqsa, G‘ori Amir maqbarasiga dunyoning turli burchaklaridan ko‘plab sayyohlar tashrif buyuradilar. Maqbara hozirgi kunlarda ham shaharning husniga husn qo‘shib turibdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:07:05
IKKINCHI VAZIR — Amir Temur davrida askarlar maoshi va oziq-ovqat ta’minotlari bilan shug‘ullangan vazir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:07:14
IZNOM — Ommaga ruxsat etilgan bazm.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:07:23
IZOFA — zaxira qism, urush jarayonida jang oqibatini ana shu izofa qismlar hal qilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:07:31
JALOYIRLAR, JALOIRLAR — turkiy xalqlardan biri. Rashiduddinning yozishiga ko‘ra, jaloyirlar XII asrda Onon va Kerulen daryolari bo‘yida yashashgan. Ular 10 bo‘lakka (qabilaga) bo‘lingan, har bir qabilarning o‘z sarkardasi (qabila boshlig‘i) bo‘lgan. Jaloyirlarning katta bir qismi kidonlar bilan bo‘lgan urushda yengilgach, Chingizxon ajdodlariga tobe bo‘lgan. Chingizxon hukmronligi davrida, jaloyirlardan bir qancha e’tiborli beklar va lashkarboshilar yetishib chiqqan. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida jaloyirlarning katta qismi Yettisuv va Movarounnahrning ayrim viloyatlari (Ohangaron vodiysi va Xo‘jand tumani) ga ko‘chib kelib o‘rnashgan. 1370-yilda Amir Temur bu guruhni o‘ziga tobe etadi, ammo jaloyirlar tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib turishgan. 1376 yildagi qo‘zg‘olon bostirilgach, ular bir qancha guruhlarga ajratilib, bir bo‘lagi Toshkent vohasida qoldirilgan, qolganlari Movarounnahrning bir qancha tumanlariga (asosan, Zarafshon bo‘ylariga) ko‘chirilgan. Shu tarzda Amir Temur jaloyirlarning Ohangaron va Xo‘jand ulusini tarqatib yuboradi. O‘zbekistonda jaloyir nomi bilan bog‘liq qishloqlar bor. XIII asr davomida jaloyirlarning katta bir guruhi Ozarbayjon va Iroqqa ko‘chib o‘z davlatini barpo etganlar. O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda yashovchi jaloyirlar keyinchalik o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq va qirg‘iz millatlari tarkibiga kirgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:07:42
JANGI LOY, LOY JANGI — Amir Temur va amir Husayn ibn Musallabning Jeta (Mo‘g‘uliston) xoni Ilyosxo‘jaga qarshi jangi (Nizomiddin Shomiyning "œZafarnoma" siga ko‘ra 1360-yil 16-iyunda, Sharafiddin Ali Yazdiyning "œZafarnoma’siga binoan esa 1365-yil 22-mayda bo‘lib o‘tgan). 1361-yil Amir Temur va amir Husayn mo‘g‘ullar istilosiga qarshi bosh ko‘tarib, 3 yil davom etgan janglardan so‘ng, nihoyat 1364-yil oxirida ularni Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga muvaffaq bo‘lishadi. Biroq, 1364-yil bahorida Ilyosxo‘ja Movarounnahrga katta qo‘shin bilan yurish qiladi. Shunda Amir Temur va amir Husayn Toshkent bilan Chinoz oralig‘ida, Chirchiq daryosi bo‘yida unga qarshi lashkar to‘playdi. Ilyosxo‘ja Konibodom tomonidan ularga yaqinlashib kelgach, ikki taraf lashkarlari qarama-qarshi saf tortadi. Amir Husayn qo‘shinning barang‘ariga, uning qunbuliga esa arlot qabilasidan Tilonchi, hirovuliga O‘ljaytu qo‘mondonlik qiladi. Juvang‘arga Amir Temur, uning qunbuliga qipchoq qavmidan Sori Bug‘o, hirovuliga Temir Xo‘ja O‘g‘lon bosh bo‘ladi. G‘ulda Joku, Sayfuddin, Murod, Abbos Bahodir kabi atoqli amir va beklar jangga hozir turadi. Amir Temur va amir Husaynning birlashgan bu qo‘shini son jihatdan dushman lashkaridan ancha ko‘p edi. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, shunda Ilyosxo‘ja halol jangda g‘olib kelolmasligini payqab, bir hiyla ishlatadi: yadachi yada toshi yordamida kuchli jala yog‘diradi. Natijada jang maydoni loylanib, Amir Temur va amir Husayn qo‘shini mushkul ahvolda qoladi, kiyim-kechak, qurol-yarog‘lar shu darajada namiqib ketadiki, otliqning ham, piyodaning ham qimirlashga majoli yetmaydi (shu bois bu jang tarixda Jangi loy nomi bilan mashhur). Ilyosxo‘ja lashkari esa kigiz yopinib, o‘zlarini yomg‘irdan pana qiladilar. Shunday og‘ir sharoitga qaramay, Amir Temur dushmanning barang‘ariga qattiq zarba beradi. Lekin, shu asnoda dushman qo‘shinining qonbuli Tilonchi yetakchiligidagi qunbuldan ustun kelib, uni amir Husayn boshchiligidagi juvang‘argacha quvib boradi. Amir Husayn askarlari sarosimaga tushib, qocha boshlaydi. Qo‘shinning o‘ng qanotidagi bu xatarli vaziyatni ko‘rgan Amir Temur o‘z qo‘l ostidagi navkarlar bilan dushmanning amir Shamsuddin boshchiligidagi juvang‘ariga kuchli zarba berib, uni to‘zitib yuboradi. So‘ng, u amir Husaynga chopar yuborib, qo‘lga kiritilgan g‘alabani mustahkamlash uchun dushmanning asosiy kuchlariga birgalikda hujum qilish lozimligini ma’lum qiladi. Ammo, amir Husayn bunga ko‘nmaydi. Ertasi ertalab yana jang boshlanib, Ilyosxo‘ja qo‘shini yengiladi. Amir Temur va amir Husayn uni quvib ketayotib, amir Shamsuddin boshchiligidagi juvang‘ardan ajralib qolgan mo‘g‘ullar to‘dasiga duch kelib, ular bilan jang qilishga majbur bo‘ladi. Shunda dushman parokanda navkarlarini to‘plab, qayta tartibga keltirishga muvaffaq bo‘ladi-da, tashabbusni o‘z qo‘liga olib, kuchli zarba bilan Amir Temur va amir Husayn qo‘shinini ikkiga ajratib yuboradi va g‘alaba qozonadi. 10 mingdan ortiq askaridan ayrilgan Amir Temur va amir Husayn Kesh tomon chekinadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:22:05
JARIB — 958 kv. m. yer maydoni.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:22:14
JUVONG‘UR, JAVONG‘OR, JUNG‘AR (turkiycha — chap qo‘l) — 1) moziyda O‘rta Osiyoda davlat tasarrufidagi yerlarning chap tomoni. Ko‘chmanchi xalqlarda mamlakat va uning aholisini ikki qanotga o‘ng va so‘lga taqsimlash qadimdan odat tusini olgan; 2) qo‘shinning so‘l qanoti. Juvang‘ar istilohi bu ma’noda o‘zbek tiliga XIII asrning 30-yillarida o‘zlashgan. Chingizxon qo‘shini juvang‘arining soni 62 ming askardan iborat bo‘lgan. Temur va temuriylar qo‘shinida juvang‘arga temuriyzodalar va atoqli lashkarboshilar qo‘mondonlik qilgan. Odatga ko‘ra, juvang‘ar jangchisining barang‘ardan o‘rin olishi harbiy intizomni buzish deb baholangan. Juvang‘ar istilohi harbiy ma’noda XX asr boshigacha iste’molda bo‘lgan. Juvang‘ar toponimik nom sifatida Jung‘ariya atamasida saqlanib qolgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:22:22
KANBUL — qo‘riqchi askariy bo‘linma.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:22:31
KATOLIK DINING HOMIYSI — Mironshoh Amir Temur keksayib qolgan davrida G‘arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o‘zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida xristian ruhoniylariga xayrixoxlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta’minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu sababli G‘arbda Mironshoh tez orada shu nom bilan shuhrat qozongan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:22:40
KATOLIK MISSIONERLARI — katolik dinini boshqa xalqlar orasida yoyish maqsadida targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullanuvchilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:22:52
KUCHORCHI — yo‘l boshlovchi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:22:59
KO‘K GUMBAZ MASJIDI — Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik. Ulug‘bek Mirzo otasi Shohrux Mirzo nomidan qurdirgan (1434-1436). Peshtoq ravog‘ida ularning nomlari va qurilish vaqti bitilgan tarixiy yozuvlar saqlangan. Ko‘k gumbaz masjidi Dor ut-tilovat ansambli tarkibidagi asosiy jome masjid. Ko‘k koshin bilan qoplangan gumbazi (nomi ham shundan), peshtoqining o‘ng va chap tomonidagi ustunlari, boloxonasi buzilib ketgan. Binoga sharqdan peshtoq (ravog‘ining kengligi 10 m) orqali kiriladi. Peshtog‘ida serjilo handasiy bezaklar ko‘p ishlatilgan. Ustunlarida, asosiy ravoq va qanoslarida guldor sopollardan foydalanilgan. Xonaqoh (12,7А…12,7 m) tashqi poygumbazida sirkor moviy, ko‘k va oq rangli bezaklar orasiga Qur‘on oyatlari bitilgan. Ichki qismidagi 8 ta mayda ravoqchalar romb shaklidagi qalqonsimon bag‘allar bilan o‘zaro birlashtirilgan va ravoq shaklidagi 16 tayanchiqqa tayantirilgan. G‘ishtin devor burchaklarida 4 ta aylanma zina orqali ayvon tomiga chiqilgan. Ayvonning yon taxmonlariga keng ravoq orqali o‘tilgan. Hozir ular berkitib qo‘yilgan. Ko‘k gumbaz masjidi 1970-yillarda hamda Amir Temurning 660 yilligi munosabati bilan (1995-1996) qayta ta’mirlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:23:12
KO‘KSAROY — Samarqand arkidagi Temurning ikkita qarorgohidan biri. Ko‘ksaroy to‘rt qavatli bo‘lib, gumbazlari va devorlari zangori koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bilan qoplangani uchun u shunday nom bilan shuhrat topadi. Ko‘ksaroyda xonlarni podsholik taxtiga o‘tqizish marosimi vaqtida ularni oq kigiz ustiga olib o‘tqizadigan toshdan taxt kursi — Ko‘ktosh qo‘yilgan edi. Bulardan tashqari, arkda davlat devonxonasi, qurol-yarog‘lar yasaydigan ustaxona va aslahaxona, tangalar zarb qilinadigan zarbxona, qamoqxona kabi imoratlar joylashgan edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:23:41
KO‘RAGON, KURAGON, GURGON (mo‘g‘ulcha — kuyov) — Chingizxon xonadoniga mansub malikalarga uylangan shaxslarga berilgan unvon. Tarixiy manbalarga qaraganda, Chingizxonning otasi Yasugay bahodir o‘g‘liga sovchi bo‘lib Daychechenning huzuriga borganda, u «Mayli qizimni beray, sen esa o‘g‘lingni «kuyov» (gurgen-kurgen) qilib tashlab o‘zing ketaber», deydi. Yasugay bahodir 9 yoshli o‘g‘li Chingiz — Temuchinni Daychechen xonadonida «kuyov» qilib qoldirgan. Chingizxon va uning avlodlari qizlariga uylangan qator shaxslar ko‘ragon unvonini olganligi bilan faxrlanib yurganlar. Ko‘ragon Movarounnahrda mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng iste’molda bo‘lgan. Amir Temur va Temuriylar davrida bu unvon kishi ismiga qo‘shib aytilgan. Masalan, Amir Temur Ko‘ragon, Ulug‘bek Ko‘ragon, Mironshoh Ko‘ragon va boshqalar. Shuningdek, temuriylar zarb etgan tangalarda ham «Ko‘ragon» unvoni bitilgan. Ko‘ragon unvoniga ega amirning boshqa amirlarga qaraganda imtiyozlari katta bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:23:52
LAVH (arabcha — taxta) — 1) maktabxonalarda talabalar savod chiqarish uchun ishlatgan yozuv taxtasi. Odatda, lavh taxtadan ishlangan. Samarqandda Bibixonim masjidining hovlisida, Toshkentdagi Temuriylar davri tarixi davlat muzeyida marmardan ishlangan katta lavh bor. Lavh ishlash an’analari o‘zbek xalq amaliy san’atining yog‘och o‘ymakorligida saqlanib qolgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:24:07
MANGLAY — ilg‘or, avangard qism.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:24:14
MANJANIQ — toshotar harbiy qurilma. Eshilgan pay, tola yoki junning egiluvchanlik kuchi ostida harakatga keltirilgan. Qadimgi Yunoniston va Rimda katapulta nomi bilan yuritilgan. Asosan, qal’a va qo‘rg‘onlarni qamal qilishda qo‘llanilgan. Manjaniq yordamida qamaldagilarga qarata tosh yadrolar irg‘itilgan. Tosh topilmagan kezlarda turli daraxtlardan tayyorlangan g‘o‘la va kundalardan foydalanilgan. Xususan, mo‘g‘ul bosqinchilari Urganchni 7 oy davomida qamal qilish asnosida tevarak-atrofdan tosh topmay, tutning kundalarini kesib, manjaniqqa solib shaharga otganlar. Manjaniqdan otilgan tosh, kunda, g‘o‘lalar bir necha yuzmetrga borib tushgan. Manjaniq qal’a, qo‘rg‘on devorlarini buzish, raxna ochish yoki binolarni yakson qilish, shuningdek, qamaldagilarga qiron keltirish uchun ham mo‘ljallangan. Amir Temur armiyasida ham manjaniq mavjud bo‘lgan. Tikrit, Mordin kabi mustahkam qal’alarni egallashda manjaniq qo‘l kelgan. O‘rta Osiyoda XV asrdan e’tiboran o‘t sochish quroli — to‘p, zambarakning qator turlari qurollanishidan muhim o‘rin egallashi sababli manjaniqdan asta-sekin voz kechilgan. Toshotar qurilmaning manjaniqqa nisbatan kichik turi arroda deb nomlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 27 May 2008, 19:24:22
MARKAZLASHGAN DAVLAT — mamlakatning barcha hududida yagona hukmdor hokimiyati o‘rnatilgan davlat.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:04:37
MINGBOSHI — harbiy ma’muriy mansab; ming kishidan tashkil topgan harbiy qism qo‘mondoni. Turk xoqonligi, qoraxoniylar, temuriylar armiyasida mingbegi. Mingboshi tug‘, karnay, soyabon va chodirga ega bo‘lgan. Dubulg‘a, zirh, sovut, nayza, qilich, sadoq va o‘q-yoy bilan ta’minlangan, o‘nboshi, yuzboshilar mingboshiga bo‘ysungan. Mingboshining noibi — o‘rinbosari bo‘lgan. Amir Temur qo‘shinida yuzta mingboshi harbiy qismlarga sardorlik qilgan, jangda zafar quchgan. Mingboshi, viloyat voliysi mansabi bilan taqdirlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:05:05
MIRIHAZORO — minglik harbiy bo‘linmaning amiri.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:05:26
MOLI OMON — o‘lpon.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:05:43
MUHASSIL — soliq undiruvchi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:06:18
OQSAROY — Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik (1380-1404). Amir Temur qurdirgan. Shaharning shimoli-sharqidagi bosh maydonda joylashgan. Bir zamonlar muhtasham, hashamatli bo‘lgan bu saroyning bizgacha yemirilib, xaroba holga kelgan ulkan peshtog‘i, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. Oqsaroyning hozirgi ko‘rinishi ham salobatli va go‘zaldir. Bu salobatlilik va go‘zallikka g‘ishtlarning yaxlit bo‘lib ko‘rinishini ta’minlash — old va shimoliy devor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq ravog‘ining eni 22,5 metr, balandligi 40 metr, umumiy balandligi 50 metrdan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan. Oqsaroyning avvalgi holati to‘g‘risida faqat yozma manbalarga qarab fikr yuritish mumkin. Yozma manbalarga, Oqsaroy turar joy va jamoat binosi sifatida qurilib, xonalar hovli atrofida joylashgan. Bobur ma’lumotlariga ko‘ra, hovli o‘rtasida hovuz, to‘rida gumbazli katta xona — devonxona, yonlarida maslahatchilar uchun kichik xona, hashamatli ravoqli bostirmalar, ichki tomonida haram va amirning xonasi joylashgan. Devonxona peshtoqida arslon va quyosh tasviri va Temur davlatining 3 halqa shaklidagi nishoni bo‘lgan. Gumbaz ichi va yonlariga, burchaklardagi minoralarga koshin g‘ishtlardan qalqon shaklidagi girih naqshlar ishlangan. Saroyning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — tom tepasiga ishlangan hovuzdir. Hovuzga suv Taxtaqoracha dovonidan qo‘rg‘oshin quvurlar orqali oqib kelib, undan sharshara hosil qilib pastga tushirilgan. 1707-yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon Oqsaroy peshtoqi ostida toj kiyib, taxtga o‘tirganligi peshtoqning o‘sha paytda butun ekanligidan darak beradi. 1973-1975-yillarda arxeologik tadqiqotlar, 1994-1996-yillarda konservatsiya ishlari olib borilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:06:54
PARCHIM — bayroq yoki tug‘ uchiga bog‘lanadigan shoda, qo‘tos dumi, ipak shoda.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:08:15
PARCHIN — sirlangan rang-barang g‘isht parchalarining qadamalari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:08:57
PIR — oliy rahnoma.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:09:14
QIPCHOQ — Amir Temur bo‘linma boshliqlarini saylab olgan o‘n ikkita qabilalar orasida shu qabila ham mavjud edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:16:59
QUBBATUL ILM VA ADAB — Sohibqiron Keshga alohida e’tibor berib, uni O‘rta Osiyoning ma’naviy markaziga aylantirishga harakat qilgani uchun bu shahar shunday unvonga ega bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:17:13
QUNDUZCHA JANGI (1391.18.6) — Amir Temur qo‘shinlari bilan Oltin O‘rda xoni To‘xtamish qo‘shini o‘rtasida hoziorgi Samara bilan Chistopol shaharlari oralig‘ida, Volga daryosining sharqiy sohilida joylashgan Qunduzcha (hoz. Kondurcha) mavzeida sodir bo‘lgan jang; o‘rta asrlardagi eng yirik janglardan biri. Sohibqironning Eron, Kavkazortigi mavqe ortib borayotganini g‘arazgo‘ylik bilan kuzatayotgan To‘xtamish Amir Temurga qarshi Misr bilan ittifoq tuzishni rejalashtirgan. U Sohibqironning Erondaligidan foydalanib, hatto Movarounnahrga ham bosqinlar uyushtiradi. Amir Temur To‘xtamishxonning g‘animlik harakatlariga chek qo‘yish maqsadida 1391 yil unga qarshi yurishga jazm etadi va umumiy safarbarlik e’lon qiladi. 200 ming kishilik qo‘shin O‘tror tomon yo‘l oladi. Qozog‘istondagi Ulug‘tog‘ qoyalarida Sohibqironning bu yurish haqida yozib qoldirgan xotira yozuvi saqlangan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, To‘xtamishxon qo‘shini Amir Temurnikidan ancha ko‘p bo‘lgan. Qunduzcha jangida har ikki tomondan 500 mingga yaqin jangchi ishtirok etgan. Amir Temur qo‘shinni an’anaviy tartib — markaz, so‘l va o‘ng qanot holidan o‘zgacha tartibda tuzishga ahd qiladi va jangovar tartibning yangi usulini qo‘llaydi, qo‘shin 7 qo‘lga taqsim etiladi. Markazdagi qo‘lga amalda amir Sulaymonshoh qo‘mondon bo‘lgan. Uning ortidan Muhammad Sulton bosh bo‘lgan qo‘l joylashgan, bu qo‘l ketidan Sohibqiron qo‘l ostida bo‘lgan 20 qo‘shin (bo‘luk) zaxiradagi qism sifatida borgan. Barong‘arga Mironshoh mirzo, qunbul (qanot)ga amir Xoji Sayfuddin barlos, juvong‘arga Umarshayx mirzo, unga qunbul sifatida amir Berdibek, Saribug‘o qo‘llari joylashgan. O‘g‘ruq va zaxira qismlarga qo‘mondonlikni Amir Temur o‘z zimmasiga olgan. Uning maqomi markaz ortida bo‘lib, kim yordamga muhtoj bo‘lsa o‘shanga ko‘mak yuborishga tayyor turgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha jang taqdirini ushbu harbiy qism hal etgan. To‘xtamishxon qo‘shinini 5 qo‘lga taqsimlab, ularga Jo‘ji xonadoniga mansub shahzodalar hamda eng oliy darajadagi amirlarni qo‘mondon qilib tayinlaydi. Ikki tomon qo‘shini bir-birini ko‘ra oladigan masofaga kelganda Amir Temur dushman ko‘z o‘ngida o‘tov, chodirlar o‘rnatishni, gilamlar yozishni buyuradi. Bunday namoyishkorona sovuqqonlik dushman ruhiyatiga salbiy ta’sir etib, uni esankiratib qo‘yishi lozim edi. Jang kuni erta tongda (18 iyun) Sohibqiron qo‘shini ko‘z o‘ngida otdan tushib Allohdan madad tilab ikki rakat namoz o‘qigan. Bayroq va tug‘larni ko‘targan qo‘shin nog‘ora chalib, suron aytib, ulkan jang karnaylari sadolari ostida jangni boshlaydilar. Umarshayx qo‘mondonligi ostidagi so‘l qanot To‘xtamish tomonidan berilgan zarba natijasida mushkul ahvolda qoladi, raqib qo‘shini so‘l qanotni yorib o‘tib orqa tomondan hujum uyushtirishga erishadi. Amir Temur bu paytda qipchoqlarning asosiy qismini ta’qib etmoqda edi, lekin u zaxiradagi qism bilan o‘zining so‘l qanotiga yordamga keladi va dushman uloqtirib tashlanadi. Shundan so‘ng To‘xtamish asosiy zarbani Shayx Temur Sulduz rahbarligidagi qismlarga qaratadi va uning favjini yakson etib o‘rtani yorib chiqadi, lekin qarshisidan Umarshayx mirzo qo‘shini chiqib muhorabaga kirishadi. Shu tariqa Hoji Sayfuddin barlos boshchiligidagi qanot qo‘shinlari g‘animning juvang‘ariga hujum qilishi boshlanadi, bu hujum dushman juvang‘ari qarshiligini sindiradi. To‘xtamish Hoji Sayfuddinga qarshi kuch tashlaydi, biroq ularga qarshi amir Jahonshoh qismi tashlanadi. Shayx Temur Sulduz qatorlarining yorib o‘tilishi ham to‘xtatilgan. Ibn Arabshohning yozishicha, To‘xtamish qo‘shinining bir qismi ikki lashkarboshi o‘rtasida chiqqan nizo tufayli jang maydonidan qochgan. Qunduzcha jangi Sohibqiron foydasiga hal bo‘lgan. To‘xtamish qochgan, uning ketidan amirlar, sarkardalar va qolgan-qutgan qo‘shini ham ergashgan. Sohibqiron nihoyat otdan tushib Allohga hamdu sano aytgan. Amir Temur har o‘n otliqdan yettitasini dushmanni ta’qib etishga jo‘natgan. Volga daryosigacha ta’qib etilgan Oltin O‘rda jangchilari o‘ldirilgan yoxud asir olingan. Bir oyga yaqin dam olgan Sohibqiron katta o‘lja bilan Movarounnahrga qaytgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:17:35
QO‘L — qism, Amir Temur qo‘shini 7 qo‘llardan iborat bo‘lgan. Ulardan uchtasi: markaz, burong‘or, juvong‘orlar mustaqil, to‘rttasi: ikki manglay va ikki kanbullar tobe qismlar edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:17:42
RADANDOZ — o‘t va tosh irg‘itgich; harbiy qurol.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:18:07
SADOQ — o‘qdon.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:18:20
SADOQXONA — tir.

SADRI A’ZAM — vaqf mulklari boshqaruvchisi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:18:33
SARBADORLAR — mo‘g‘ullar zulmiga qarshi xalq qo‘zg‘oloni qatnashchilari. Qo‘zg‘olonga keng xalq ommasi — ziroatchi, hunarmand, ziyoli, mayda yer egalari, kambag‘allar ishtirok etishgan. 1337-yil Sabzavor vaziri (hokimi) ning jiyani Boshtin qishlog‘iga kelib, aholidan sharob va parichehrlar talab qildi. Shu kechasi uni qo‘lga olib o‘ldirdilar. Tong otgach, Boshtin qishlog‘i chekkasida dor tikdilar. Marhumning salla va taqya (do‘ppi) sini dorga ilib, toshbo‘ron qildilar, o‘qqa tutdilar. Bu zolimlarning boshi dorda bo‘lg‘usi, deganlari edi. Qasoskorlar o‘zlarini sarbadorlar deb atadilar; shu yerda 700 kishi qasamyod qildi. Xon yuborgan qo‘shinlari yengib sarbadorlar Sabzavorni egallab, bu yerda o‘z davlatlarini tuzdilar. Sarbadorlar davlati 50 yilcha hukm surdi. Sarbadorlar hukmdorlari: Abdurazzoq (1337-1338 ), Xoja Mas’ud ibn Fazlulloh Boshtiniy (1338-1344), Kolu Isfandiyor (1346-1347), Xoja Shamsiddin ibn Fazlulloh (1347-1349), Xoja Ali Shamsiddin Chashmiy (1349-1355), Amir Yahyo Kurrobiy (1355-1358 ), Xoja Zahiriddin Kurrobiy (1358-1359), Pahlavon Haydar qassob (1359-1360), Amirzoda Lutfulloh ibn Xoja Mas’ud (1360-1361), Pahlavon Hasan Domg‘oniy (1361-1365), Xoja Najmiddin Ali Muayyad (1365-1386). Samarqandda (1365-1366) va Kermonda (1373-1374) sarbadorlar qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:18:46
SARISHUMOR — jonbosh solig‘i.

SAVQULJAYSH — strategiya.

SIXG‘ALTAK — charxli ko‘tarma.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:18:54
SOHIBQIRON (arabcha — saodatli, zafarli, g‘olib) — 1) ilmi nujum (astrologiya) va afsonalarda — Zuhra va Mushtariy yoki Zuhra va Quyosh sayyoralarining birlashishi, ya’ni ular ekliptikaning ma’lum bir darajasida to‘qnash kelishi vaqti (qiron)da tug‘ilgan bola, bunday bolaning baxtli, ulug‘ martabali bo‘lishi oldindan bashorat qilingan; 2) Sharq mamlakatlarida, xususan, Eron va Turonzaminda qudratli hukmdor, jahongir unvoni 3) Amir Temurning sharafli unvoni.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:19:07
SULDUZ, SULDUS — turklashgan mo‘g‘ul qabilalaridan biri. Sulduzlarning katta bir guruhi Chingizxon qo‘shini tarkibida Dashti Qipchoq va qisman hozirgi O‘zbekiston hududi hamda Afg‘onistonning shimoliga kelib joylashgan, keyinchalik Ozarbayjon, Eronga ham o‘tishgan. Toyjuvutlar qabilasi bilan urushganda katta yordam berganlari tufayli Chingizxon saroyidagi eng nufuzli amirlar suduzlardan bo‘lgan. Ular mo‘g‘ullar davlati tarkibidagi Movarounnahr, mo‘g‘uliston, Xitoy va Eronda xizmat qilishgan. Qo‘ng‘irotlar amiri Qozog‘on (1346-1358-yillar) vafotidan so‘ng amir Bayon Sulduz bir necha yil Samarqandda hokimlik qilgan, Balx viloyatining bir qismiga sulduzlarning qabila boshlig‘i O‘ljoy bug‘o sulduz rahbarlik qilgan. Sulduzlar Amir Temur va temuriylar davrida ham nufuzga ega bo‘lishgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:19:18
SUYURG‘OL (mo‘g‘ulcha — in’om, sovg‘a) — biror hukmdor (xon, sulton, shoh) tomonidan saltanat oldida alohida xizmat ko‘rsatgan arkoni davlat yoki sarkardalarga berilgan mol-mulk, yer-suv. Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Yaqin Sharq mamlakatlarida rasm bo‘lgan. Suyurg‘olga beriladigan yer nasldan naslga meros bo‘lib o‘tgan. Suyurg‘ol egasi davlatga to‘lanadigan soliqlardan ozod etilib, olgan daromadi va o‘ziga qaram aholidan ixtiyoricha foydalanish huquqiga ega bo‘lgan. Amir Temur va Temuriylar saltanatida suyurg‘ol keng qo‘llanilgan. Suyurg‘ol yerlari hajmi, sharti hamda yer va yorliqqa ega bo‘lgan shaxslarning tabaqasi jihatidan turlicha bo‘lgan. Odatda shahar yoki viloyatlardan tortib, to alohida qishloqqacha suyurg‘ol shaklida in’om etilgan. Butun bir shahar yoki viloyatlar ko‘pincha hukmron sulola namoyandalari yoki yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan. Bunday suyurg‘ol yer va mulkdor ko‘pincha avloddan-avlodga meros bo‘lib qolardi. Suyurg‘ol egasiga o‘z suyurg‘oli doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va turli to‘lovlarni to‘plash hamda aybdorlarni jazolash huquqi berilgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Shohruh davrida Xorazm — Shohmalik, Farg‘ona — Mirza Ahmad, Tus, Mashhad, Obivard, Nisoni o‘z ichiga olgan Xuroson — Boysung‘ur, Kobul, G‘azna va Qandahor viloyatlari Mirzo Qaydubahorning suyurg‘oli edi. Suyurg‘ol yorlig‘iga ega bo‘lgan viloyat hukmdorlari Markaziy hokimiyatga faqat nomigagina qaram bo‘lib, odatda ular deyarli mustaqil edi. Suyurg‘ol egalari tobeligini kuchaytirish maqsadida markaziy hokimiyat ba’zan ular tasarrufidagi yer maydonlarini qisqartirar yoki ularning ma’muriy va adliya jihatdan haq-huquqlarini cheklab qo‘yar edi. Suyurg‘ol egasi markaziy hukumatga bo‘ysunmagan taqdirda syurg‘ol huquqidan mahrum bo‘lar va hokim uning viloyatini boshqa shaxsga berar edi. Bo‘ysunmagani uchun Shoxruh 1414-yilda Mirza Iskandarni, 1415-yilda esa Mirzo Boyqaroni suyurg‘oldan mahrum qilgan edi. Sohibqiron zabt etgan mamlakatlarning ba’zi viloyat va tumanlarini shu yerlarning oldingi egalariga, o‘z o‘g‘illari, nevaralari, qarindoshlari, atoqli lashkarboshilar, amir va beklarga suyurg‘ol tarzida bergan va ular «darbasta suyurg‘ol» deb yuritilgan. Amir Temur o‘zining eng iste’dodli sarkardalaridan biri amir Shohmalikka bir qancha yerlarni suyurg‘ol qilib bergan. Shohrux davrida Shohmalik Xorazm viloyatiga darbasta suyurg‘ol etib tayinlangan. Shohmalik vafotidan keyin Xorazm uning o‘g‘li Ibrohim Sultonga topshirilgan. Temuriylar davrida maydoni jihatdan mayda va haq-huquqi jihatidan ancha-muncha cheklangan suyurg‘ol yerlari ham bo‘lgan. Bunday mayday suyurg‘ol yerlari odatda xizmat ko‘rsatgan kichik mansabdagi harbiylardan tortib, oliy hukmdorning muntazam gvardiyasidagi askarlarigacha berilgan. Boburning yozishicha, Sulton Husayn Boyqaroning 14 minglik gvardiyasi va 40 minglik muntazam qo‘shinining har biri askariga 80 jarib, ya’ni 40 tanobdan yer berilgan. Navkarlarga berilgan bu yerlardan ham mutlaqo soliq va to‘lovlar olinmagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:19:31
TABIYAT UL — JAYSH — harbiy taktika.

TABL (arabcha tabl — urma cholg‘u) — ikki tomonli hind nog‘orasi. 1370-yil bahorida Termiz yaqinidagi Biyo qishlog‘ida Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, unga tortiq qilgan oliy hokimiyat ramzi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:19:39
TARXON — Amir Temur bo‘linma boshliqlarini saylab olgan o‘n ikkita qabilalar orasida shu qabila ham mavjud edi.

TAVOCHI — qo‘shin to‘plovchi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:19:56
TEMUR TUZUKLARI — Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan ma’lumot beruvchi tarixiy asar. «Tuzuki Temur» va «Tuzukoti Temur» nomlari bilan atalgan. Amir Temurning «Tuzuklar» muallifi ekanligini e’tirof etadigan olimlar ko`pchilikni tashkil etadi. Boshqa bir guruh olimlarning fikricha, asar XVI-XVII asrlarda Hindistonda yozilgan. Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismda Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo`lga kiritishi, siyosiy tarqoqlikka barham berishi, markazlashgan davlat tuzishi, 27 mamlakatni, jumladan, Eron, Afg`oniston, Ozarbayjon, Gruziya va Hindistonni o`z tasarrufiga kiritishi, Oltin O`rda hukmdori To`xtamish, turk sultoni Boyazid I Yildirimga qarshi harbiy yurishlari, ulkan saltanatini mustahkamlash uchun turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan qanday munosabatda bo`lganligi buyuk sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon etilgan. Ikkinchi qism mashhur jahongirning farzandlariga atalgan o`ziga xos vasiyat, pand-nasihatlari va o`gitlaridan iborat. Unda davlatni idora etishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo`shin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish qoidalari, sipohiylarning maoshi, mamlakatni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qo`shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida ko`rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash yo`sini va boshqa xususida gap boradi. Asar Amir Temur davridagi o`zbek davlatchiligi tarixini o`rganishda asosiy manba bo`lib xizmat qiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:20:29
TEREK DARYOSI BO‘YIDAGI JANG (1395-yil 15-17-aprel) — Amir Temur va Dashti Qipchoq hukmdori To‘xtamishxon qo‘shinlari o‘rtasida Shimoliy Kavkazdagi Terek daryosi bo‘yida, No‘g‘ay dashtida sodir bo‘lgan jang. Amir Temur 250 ming atrofidagi qo‘shinini 7 qo‘lga bo‘lib, janggohga joylashtirgan. Markazda asosiy qo‘l, uning oldida bosh hiravul (mang‘lay), ortida esa chag‘davul (arergard) turgan. Qo‘shinning o‘ng va so‘l qanotlari qunbullar bilan mustahkamlangan. Taktik jihatdan bu harbiy qo‘shilmalar mustaqil harakat qilgan va faqat oliy bosh qo‘mondonga bo‘ysungan. Sohibqiron qo‘llayotgan jangovar tartib usulining ustun tomonlarini 1391 yilgi jang paytida payqab olgan To‘xtamishxon ham o‘z armiyasini jang maydonida xuddi raqibidek joylashtirgan. 15-aprel chorshanba kuni qarama-qarshi tomon qo‘shinlari (taxm. 450-500 ming) jangovar bayroq va tug‘larini ko‘tarib, takbir nidosini aytib bir-biriga yuzlanadi. Jang muqaddimasi Kuncha o‘g‘lon, Bek Yorliq o‘g‘lon, Oqtau, Dovud so‘fi va Udurqu qo‘mondonligidagi To‘xtamishxon qismlarining Sohibqiron qo‘shini juvang‘ariga qattiq hujumi bilan boshlangan. So‘l qanotning qo‘qqisdan berilgan zarba oqibatida og‘ir ahvolga tushib qolganligini ko‘rgan Amir Temur markaziy qo‘ldagi 27 sara qismdan ko‘mak ajratadi. Yordamga o‘z vaqtida yetib kelgan askarlar dushman shiddatini qaytarib, qarshi hujumga o‘tadi va g‘animni qochishga majbur etadi. Qochayotganlarni ta’qib qilishga berilib ketgan anchagina suvoriylar janggohdan uzoqlashib ketadi. Temuriy jangchilarning yo‘l qo‘ygan taktik ehtiyotsizligi natijasida vujudga kelgan qulay vaziyatdan foydalangan To‘xtamishxon o‘z askariy saflarini qayta tartibga solib, ta’qibchilarga zo‘r beradi va ularni to‘zitib yuboradi. Kutilmaganda Sohibqiron qo‘l ostida turgan qismlar dushman iskanjasiga tushib, Amir Temurning hayoti xavf ostida qoladi. Sharafuddin Ali Yazdiyning tasvirlashicha, Sohibqironga birinchi bo‘lib ko‘makka yetib kelgan amir Shayx Nuriddin rahbarligidagi otliqlar zudlik bilan otdan tushib, yopirilib kelayotgan xon askarlarini yoylardan tinmay otilayotgan o‘qlar bilan to‘xtatadi. Muhammad Ozod, Alishoh va To‘kal bavurchi kabi beklar aravalarni bir-biriga bog‘lab g‘ov yasaydilar. Sohibqiron shu aravalar, ular ustiga qo‘yilgan tura (qalqon) va chapar (chetan) panohida bo‘ladi. Aylana mudofaada qolgan Sohibqironga Allohdod, Jaku, Husayn Malik qavchin boshliq bo‘limlar yordamga keladi. Ammo, To‘xtamishxon qo‘shinining hamlasi borgan sari kuchayadi. Asosiy qo‘ldan ko‘makka tashlangan Muhammad Sulton Mirzo hamda Ustaybek qo‘mondonligidagi qismlarning jangga kirishi, amir Jahonshoh va amir Hoji Sayfuddin qo‘l ostidagi jangchilarning pistirmadan turib Dashti Qipchoq armiyasi so‘l qo‘liga kuchli zarba berishi vaziyatning ma’lum darajada o‘nglanishiga sabab bo‘ladi. Jangning ikkinchi kuni yana To‘xtamishxon qo‘shinining hujumi bilan boshlanadi. Xon Isabiy va Baxshi Hoji qismlaridan iborat juvang‘arini muhorabaga tashlaydi. Sohibqironning hirovuli (avan-gard)ni uloqtirishga erishgan bu qo‘shin qanoti Amir Temur barang‘arida jang qilayotgan amir Hoji Sayfuddin tumanini qurshab oladi va tarqatib yuboradi. Bir qancha askarlarning to‘zg‘ib ketishiga qaramay Hoji Sayfuddin qolgan safdoshlari bilan qarshilik ko‘rsatishni davom ettiradi. O‘z qismdoshlarining matonat bilan kurashayotganini ko‘rgan askarlar ortga qaytib, ular qatoriga qo‘shiladi. Qiyin ahvolda qolgan bu tumanga Jahonshoh bahodir, Temur Xoja Oqbo‘g‘a va Rustam mirzolar madadga keladi. Kechgacha davom etgan jang hech bir tomonning ustunligisiz to‘xtaydi. Jangning so‘nggi kuni tag‘in Dashti Qipchoq qo‘shinining shiddatli hujumi bilan boshlanadi. To‘xtamishxon otliq va piyodani safga tizib, markaz va qanotlarni qo‘shimcha kuchlar bilan mustahkamlab, tashabbusni o‘z qo‘liga olish ilinjida jasur va sara askarlarini jangga kiritadi. Ayni vaqtda xonning ishonchli sarkardalaridan biri Yag‘liboy ham juvang‘ar bilan jang-ga tashlanadi. Amir Temur ushbu dushman juvang‘arining ancha zaiflashib qolganligini bilgan holda asosiy zarbani unga qaratadi. Natijada, Sohibqiron jangchilarining kuchli hujumlariga bardosh berolmay parokanda bo‘lgan xon askarlari qochishga tushadi. Yag‘liboy qismlari Usmon bahodir boshchiligidagi barang‘ar tomonidan yakson etilib, uloqtirib tashlanadi. Yag‘liboy Usmon bahodir bilan kechgan yakkama-yakka olishuvda halok bo‘ladi. Nihoyat, Sohibqiron butun jang maydoni bo‘ylab hal qiluvchi hujumga o‘tadi. 3 kun davom etgan shafqatsiz olishuv tufayli tinkasi qurigan Dashti Qipchoq armiyasi qarshilikni bas qiladi va uzil-kesil mag‘lubiyatga uchraydi. To‘xtamishxon janggohni xos qo‘riqchilari panohida tashlab qochishga muvaffaq bo‘ladi. Amir Temurning ushbu dahshatli to‘qnashuv vaqtida o‘ta tang vaziyatga tushib, undan faqat bor iste’dod, g‘ayrat hamda kuchni ishga solib sharaf bilan chiqib ketishi uning To‘xtamishxondek qudratli harbiy kuchga ega bo‘lgan, salohiyatli sarkardadan ustun kelganligini ko‘rsatadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:20:37
TIRKASH — kamondan o‘q uzadigan nishon tuynugi.

TULKICHI — Amir Temur bo‘linma boshliqlarini saylab olgan o‘n ikkita qabilalar orasida shu qabila ham mavjud edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:20:44
TUMAN — o‘n minglik harbiy qism.

TUMAN OG‘O — o‘n minglik askariy qism amiri, qo‘mondon.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:20:53
TUMANBOSHI — 10 ming jangchidan iborat harbiy qism, diviziya qo‘mondoni. Turkiy manbalarda no‘yon, tuman oqosi, tumanbegi kabi ma’nodoshlari ham qayd etiladi. Chingizxon qo‘shinida mo‘g‘ul zodagonlarining ko‘zga ko‘ringan vakillari — no‘yonlar tumanboshi vazifasini o‘tagan. Ular ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va hakoza hayotning muhim masalalari hal qilinadigan qurultoylarda qatnashish va o‘z fikrini ochiq-oydin ifoda etish huquqiga ega bo‘lgan. Tumanboshi, odatga ko‘ra, yo‘lbars tasviri tushirilgan oltin payza bog‘lab yurgan va bu lavozim nasldan naslga meros sifatida o‘tgan. Amir Temur qo‘shinida tumanlarga boshchilik qilgan shaxslarga alohida talablar qo‘yilgan. G‘anim kuchlarini tor-mor qilgan yoki uning hududlarini zabt etgan tumanboshi tug‘ va dovul bilan taqdirlangan hamda «bahodir» faxriy unvoni bilan sarafroz etilgan. Sohibqirondan biror chegara viloyatni boshqarish uchun suyurg‘ol tarzida qabul qilgan. Tumanboshi mashvaratu kengashlarda qatnashish huquqiga ham ega bo‘lgan. Tumanboshiga mingbegi, yuzbegi va o‘nbegilar bevosita bo‘ysungan. Tumanboshi lavozimi, asosan, adadi bir necha 10 yoki 100 mingdan iborat qo‘shinlar tarkibida ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Bobur qo‘shinida tumanboshi lavozimi mavjud bo‘lmagan, chunki qo‘shinning soni 12 mingdan ortiq emas edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:21:00
TO‘R — yer osti harbiy istehkomi.

TO‘RTINCHI VAZIR — Amir Temur davrida saroy xarajatlarini boshqargan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:21:16
TUG‘OY — Amir Temur bo‘linma boshliqlarini saylab olgan o‘n ikkita qabilalar orasida shu qabila ham mavjud edi.

TUG‘RO — davlat nishonasi, ramzi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:21:31
UCH YILLIK URUSH (1386-1388 ) — Amir Temurning olib borgan urushlaridan biri. Uch yillik harbiy yurushlar oqibatida Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Armanistondagi (Van ko‘li atrofidagi) yerlar egallandi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:21:44
UCHUNCHI VAZIR — Amir Temur davrida harbiylar, ularning lavozim-u mansablarga tayinlanishi va meros ishlariga ma’sul bo‘lgan.

ULTON — charm oshlangan teri.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:21:54
VISOQBOSHI — to‘rt nafarli askariy guruh boshlig‘i; chodir boshlig‘i.

XABARGIRI (xabarchilar) — ayg‘oqchi-kuzatuvchilar bo‘linmasi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:22:02
XARAJU MARAJ — boshboshdoqlik, o‘zboshim-chalik, beboshlik.

XAZARA — minglik askariy bo‘linma.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:22:11
XORO — tovlanuvchi, yaltiroq ipak mato.

XO‘SHUN — yuz nafarli harbiy bo‘linmasi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:22:20
XO‘SHUNBOSHI — yuzlik bo‘linma zobiti; komandir.

YASOL — Sohibqiron qo‘shinining an’anaviy jangovar tartibi. Anqara jangida yasol janggohning qulay qismiga joylashtirilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:22:29
YASOVUL — hukmdorning shaxsiy topshirig‘ini bajaruvchi soqchi.

YENICHER — turklarning piyoda askari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:22:37
YETTI YILLIK URUSH (1399-1404-yillar) — Amir Temurning olib borgan urushlaridan biri. Yetti yillik urush, eng shiddatli va eng yirik janglardan bo‘lib, uning oqibatida Shomning Xalab, Kumis, Baalbek, Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Arabning Ubuliston o‘lkasi bilan Bag‘dod, shuningdek, Turkiyaning kattagina qismi fath etiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:22:51
YILDIRIM — chaqmoq, yashin.

O‘NBOSHI — harbiy unvon, 10 kishidan iborat eng kichik harbiy bo‘linma boshlig‘i. Turkiy xalqlar tuzgan eng qadmgi davlatlar (mas., Hunlar va Turk xoqonligi)da ilk marta joriy qilingan. O‘nboshi bevosita yuzboshiga bo‘ysungan. Amir Temur davrida o‘nboshi oddiy askarga nisbatan 10 barobar ortiq maosh olgan (bu paytda oddiy askarning oyligi mingan otining narxiga teng bo‘lgan). O‘rta Osiyo xonliklari davrida ham o‘nboshining harbiy mavqe o‘zgarmagan. So‘nggi o‘rta asrlarda o‘nboshi Rossiyada «desyatnik» deb atalgan. XX asrda sovet armiyasi safida 10 kishidan iborat harbiy bo‘linma bo‘lib, uni bo‘lim komandiri (efreytor yoxud kichik serjant) boshqargan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:23:13
O‘RDA (turkiy) — 1) turkiy va mo‘g‘ul xalqlarida harbiy-ma’muriy tashkilot, manzilgoh. O‘rta asrlarda oliy hukmdorlar qaorgohi, poytaxti. Yirik turk va mo‘g‘ul feodal davlatlari hamda ko‘chmanchi qabilalar ittifoqlari (masalan, Oltin O‘rda, No‘g‘ay o‘rdasi) uning nomi shundan kelib chiqqan; 2) Podshoh, xon yoki biror oliy martabali shaxsning harami.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:23:22
O‘RDUGOH — qo‘shin lageri to‘xtaydigan qo‘noq; podsho qarorgohi.

G‘UL — turk-mo‘g‘ul qo‘shinining markazida va flanglar oldida turuvchi maxsus muntazam qo‘shin. Markazda turuvchi g‘ul katta g‘ul, flanglardagisi esa kichik g‘ul atalgan. Harbiy yurish vaqtida hirovul oldiga ham g‘ul qo‘yilgan. Katta g‘ulga xonning o‘zi yoki ishbilarmon amirlardan biri qo‘mondonlik qilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:23:32
SHIKOR — ov.

SHOHIZINDA ANSAMBLI — Samarqanddagi arxitektura yodgorligi. Afrosiyob tepaligi janubida, qabristondagi maqbaralardan iborat. Ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi (Muhammad payg‘ambarning amakivachchasi Abbosning o‘g‘li, Samarqandga 676 yilda islom dinini targ‘ib qilish uchun arab istilochilari bilan birga kelib, shu yerda o‘ldirilgan va dafn etilgan) bo‘lib, uning atrofida mo‘tabar kishilar dafn qilingan, Tabg‘och Bug‘ro madrasasi qad ko‘targan. XIII asrda mo‘g‘ullar istilosi davrida Afrosiyob vayron bo‘lgach, xalq bu yerni tark etgan. Amir Temur va Ulug‘bek davrida bu yerda qurilish ishlariga ahamiyat berilgan. Arxeologik qazishmalardan aniqlanishicha, Afrosiyobning qadimiy qal’a devori yon bag‘rida qilingan, zina XVIII asrda vayron bo‘lgan, keyinchalik 40 pog‘onali g‘ishtin yangi zina va chortoq qurilgan, bular hozirgacha saqlangan. Shohi Zinda ansamblidagi inshoatlarning ko‘pchiligi XIV asrga taalluqli. Ansamblning bosh darvozasi janubda ko‘chaga qaratib qurilgan. Darvozaxonani Ulug‘bek hijriy 838 (milodiy 1434-1435) yilda o‘g‘li Abdulazizga atab qurdirgan. Katta zina oldida ikki gumbazli maqbara Temur xonadoniga mansub O‘lja oyim qabri ustiga qurilgan. Zinadan ikkinchi chortoq va dahlsizga chiqiladi. Bu yerda 1375-1476 yillarda Tug‘li Tekin maqbarasi qurilgan. Ikkinchi maqbara Amir Temurning singlisi Shirinbika oqa maqbarasidir. Uning qarshisida Amir Temurning opasi Turkan oqa maqbarasi mavjud. Nasaf (Qarshi) lik usta Ali qurgan maqbara, shuningdek, Amir Temurning xotini Tuman oqa qurdirgan bir guruh binolar (masjid-xonaqoh, maqbara, chortoq) yaqinida usta Muhammad Shayx ibn Hojibek Tabriziy tomonidan 1405-1406-yillarda qurilgan Tuman oqa maqbarasi bor. 1398-1399-yillarda usta Yusuf Sheroziy ishlagan ikki tabaqali qayrag‘och eshikdan XVI asrda qurilgan Jome masjidga kiriladi. Samarqandda yagona va yaxshi saqlangan, XI-XII asrlarda qurilgan minora ham diqqatga sazovor. Minoraning ichida mezanaga olib chiqadigan zina bor. XI asrning oxirlarida qurilgan Qusam ibn Abbos maqbarasi ikki bino: go‘rxona va masjid (ziyoratxona) dan iborat. Umuman, bir necha maqbara va masjidlardan tashkil topgan Shohizinda ansambli XIV-XV asrlardagi me’morlik namunasidir. Ansambl tarkibidagi 20 dan ortiq inshoat xalq san’atining noyob durdonasi sifatida davlat muhofazasiga olingan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:24:31
CHORSU (forscha chor-to‘rt, suq-bozor; chorrahadagi bozor joy) — tarixiy shaharlarning asosiy chorrahasidagi odatda usti yopiq bo‘lgan savdo-sotiq joyi; aksari shaharning o‘rtasida qurilib, markaziy mujassamotiga ega bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:24:42
TARIXIY-GEOGRAFIK NOMLAR

ACHCHIQ — 1389-yilda Amir Temur To‘xtamish qo‘shiniga qaqshatqich zarba bergan Dizak (Jizzax) viloyatidagi mavze.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:24:51
BANOKAT, SHARQIYA, SHOHRUXIYA — Sirdaryoning o‘ng sohilida, Ohangaron (Iloq) daryosining Sirdaryoga qo‘shilish joyidagi karvon yo‘li yoqasida joylashgan qadimgi shahar xarobasi (I-XVIII asrlar). Tadqiqotlarga ko‘ra, dastlab (I asr) uning mudofaa devori bo‘lamy, atrofidagi daryo, shuningdek jarliklar tabiiy mudofaa vositasi rolini o‘tagan, ilk o‘rta asr (V-VI asr)da burjli mustahkam mudofaa devori bilan o‘ralgan. Banokat hududi 22 ga bo‘linib, arki taxminan 2 ga ni egallagan. XII-XIII asr boshlarida kengaygan (140 ga); u ark, 3 shahriston va raboddan iborat bo‘lgan. Qazishmalar natijasida turli sopol buyumlar (naqshinkor ko‘z, kosa, sirlangan lagan va boshqalar), tanga pul va taqinchoqlar topilgan. Banokatda zargarlik, to‘qimachilik, kulolchilik, shishasozlik va boshqa rivojlangan, mis, kumush tangalar zarb etilgan. Mo‘g‘ullar istilosi davrida (1220) Banokat vayron bo‘lgan. 1392-yilda Amir Temur Banokatni qayta tiklab, o‘g‘li Shohrux sharafiga Shohruxiya deb atalgan. XVIII asr boshlarida o‘zaro urushlar natijasida vayron bo‘lgan. Banokat xarobasining bir qismini Sirdaryo yuvib ketgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:25:04
BAYLAKON — Araks va Kura daryolari birlashadigan yerga yaqin bo‘lgan shahar (Arronda). 1221 yilda mo‘g‘ullar istilosi davrida vayron qilingan va 1403-yilda Amir Temur tomonidan qayta tiklangan. Baylakonda Amir Temur 1403-yil ulamolarning majlisini chaqirib, Temur nutqida mamlakat hamda fuqarolarni boshqarishni, turli xil inshoatlar va jamoat binolarini qurishda unga olimlar va fuzalolar o‘z maslahatlari bilan ko‘maklashishlarini so‘ragan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:25:17
BIYO QISHLOG‘I — Termiz yaqinidagi qishloq. Bu yerda 1370-yilning bahorida Amir Temur kuchli raqib, sobiq ittifoqdoshi, Balx hukmdori Amir Husaynga qarshi yo‘lga chiqqanida, aslzodalardan Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, unga Oliy hokimiyat ramzi katta nog‘ora-tabl bilan yalov-bayroq tortiq qilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:25:36
DIZAK — Jizzax viloyatining o‘rta asrlardagi nomi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:25:44
HOJITARXON (Astraxon) — Qadimgi shaharlardan biri. Shahar mo‘g‘ullar hukmronligi yillarida (XIII asr) Itilning chap sohilida joylashgan Ashtarxon (Hoji Tarxon) o‘rnida qurilgan. 1395-yil Amir Temur tomonidan bo‘ysundiriladi. 1459-yildan Astraxon Astraxon xonligining poytaxti. 1556-yilda shaharni Astraxon xonligi bilan birga Rossiya bosib olgan. Astraxon XVII-XVIII asrlarda hukumatga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlarning markazi bo‘lgan. 1717-yildan guberniya shahri. 1943-yildan viloyat markazi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:25:51
IZMIR — Turkiyaning g‘arbidagi shahar, yirik port. Izmir elining ma’muriy markazi. Egay dengizining Izmir qo‘ltig‘i sohilida. Izmir mil.avv. ikkinchi ming yillikda bunyod etilgan va Amirna (yunoncha Smirne) deb atalgan. XV asrdan Usmonli turklar saltanati tarkibida. XVIII asr oxiridan Izmir Turkiyaning iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri. 1919-yil 15 mayda shaharni Gretsiya askarlari okkupatsiya qildi; 1922-yil 9-sentabrda ozod qilindi. ikkinchi jahon urushidan keyin izmir porti harbiy dengiz bazasiga aylantirildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:25:59
JOM — 1381-yil Amir Temur jangsiz egallagan shahar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:26:07
JURJON, JURJONIYA (forscha Go‘rgon) — o‘rta asrlardagi viloyat va shahar. Kaspiy dengizining janubi-sharqida, Eronning shimolida joylashgan. Arablar Jurjon viloyatini Xurosonga nisbatan kech zabt etganlar (717). Jurjon shahri arablar davrida bunyod etilgan. X-XI asrlarda Jurjon shahri mahalliy ziyoriylar sulolasi poytaxti bo‘lgan. Jurjonning siyosiy mavqe pasaygan bo‘lsa ham, arab geograflarining ta’kidlashlariga qaraganda, Kaspiy bo‘yi viloyatlarida eng katta shahar hisoblangan. Jurjon viloyati hosildorligi, turli xildagi madaniy o‘simliklari, o‘zining ipagi bilan shuhrat qozongan. Jurjon shahridan o‘tgan daryo uni 2 qismga: Shahriston va Bakrobodga ajratgan, ular o‘zaro ko‘prik bilan bog‘langan. Shahriston o‘ng qirg‘oqda, Bakrobod so‘l qirg‘oqda joylashgan. X asrdayoq shahar Somoniylar va Buvahiylar o‘rtasidagi urushlar natijasida tanazzulga uchragan, ziyoriylar kim g‘olib bo‘lsa o‘sha tomonga o‘tib turishgan. Ziyoriylar davrida qurilgan Qobus ibn Vashmgir maqbarasi (1007-1007) hozirgacha saqlanib qolgan. Jurjonning dengiz porti bo‘lib Go‘rgon daryosi quyi oqimida, hozirgi Kumushtepa qishlog‘i o‘rnida joylashgan Abeskun gavani xizmat qilgan. Uning yonida sanoat shahri sifatida Astrobod ham qayd etib o‘tilgan. Amir Temur va temuriylar davrida Astrobod shahri yuksalib, viloyat ham uning nomi bilan mashhur bo‘lgan. O‘rta asrlarda ilm-fan taraqqiy etgan Jurjondan ko‘plab olimu fuzalolar yetishib chiqqan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:26:15
KASTILIYA VA LEON — Ispaniyadagi davlat.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:26:29
KESH (arabcha manbalarida Kashsh, Kass, Kiss) — tarixiy shahar va viloyat. Hozirgi Qashqadaryo viloyatining shimoli-sharqiy qismini egallagan. Dastlab Kesh Kitob o‘rnida bo‘lgan, keyin IX-X asrlarda Shahrisabz hududiga ko‘chgan. Kesh nomining xitoycha talaffuzi birinchi marta VII asrga oid xitoy yozma manbalarida Susha shaklida uchraydi. Uning sug‘d tilidagi nomi esa VII asr oxiri va VIII asr boshlarida hukmronlik qilgan Kesh hokimi Axurpat tangalarida hamda VIII asr o‘rtalarida Keshni idora qilgan hokim Ixridning dastlabki arabcha fals (tanga) larida ilk bor zikr etilgan. "œKesh" atamasining kelib chiqishi Qashqa-Qashqrud nomi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Boshqa bir fikrga ko‘ra (A. Muhammadjonov), "œKesh" toponimining ma’nosi ilk bor — uy, qishloq, shahar, poytaxt, viloyat, el-yurt, diyor, hatto "œKishvar" shaklida esa mamlakat va Vatan kabi ma’nolarni anglatgan. Xitoy yozma manbalarida qayd etilishicha, hokim Digja (Dichje) (VI asr oxiri — VII asr boshlari) Keshga asos solgan bo‘lib, o‘sha vaqtda shahar aylanasi 1 km ga yetgan. Arab tarixchisi Yaqubiyning yozishicha, Kesh milodiy VII asr o‘rtalarida yuksalib, Sug‘dning bosh shahriga aylangan. Kesh bu davrda hunarmandchilik, savdo-sotiq, madaniyat yuksak rivojlangan shaharga aylanib ark, ichki va tashqi shahardan iborat bo‘lgan. Ichki shahar mudofaa devor va 4 darvozaga ega edi. VI asrda arkning g‘arbiy qismida shahar hokimi Digja tomonidan yangi qarorgohga asos solingan. VII asr oxiri — VIII asrning birinchi yarmida Keshni arablar bir necha bor fath etgan. 751-yilda Kesh hukmdori Ixrid Xuroson noibi Abu Muslim buyrug‘i bilan qatl etilgan bo‘lib, at-Tabariyning guvohlik berishicha, arablar Keshda katta o‘ljani qo‘lga kiritganlar. 775-776 yillarda Kesh viloyati Muqanna qo‘zg‘olonining asosiy markazlaridan biri bo‘lgan. Somoniylar davrida Kesh hududi eni va bo‘yiga 1/3 farsax (2 km ga yaqin) maydonni tashkil etgan. Bu vaqtda aholi Keshning ko‘handiz va madinasini tark etgan bo‘lib, hayot faqat uning rabodida davom etayotgandi. Asta-sekin aholi rabodni ham tark etib, hozirgi Shahrisabz o‘rnida yangi shaharga asos solgan. Arxeologik tekshiruvlar Kitob o‘rnidagi Keshning aynan shu vaqtda barham topganligini isbotladi. Keshning bundan keying tarixi Shahrisabz bilan bog‘liq bo‘lib, bu nom XIV asrda xalq ongiga uzil-kesil o‘rnashgan. Shunday bo‘lsa-da, shaharning qadimgi nomi talay vaqt uning yangi nomi bilan bir qatorda aytilib yurgan. Shaharda ilm-ma’rifat rivoj topishi oqibatida "œKoshiy, Keshiy" taxallusi bilan mashhur olim-fozillar yetishib chiqqanligi tufayli Kesh shahri "œQubbat ul-ilm val adab", ya’ni "œIlm va ta’lim gumbazi" degan sifat bilan shuhrat topgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:27:10
KONIGIL — 1366-yil bahorida Amir Temur va Amir Husayn kelib tushgan Samarqand yaqinidagi mavze. Ispaniya elchisi Klavixoni Konigil mavzeida bo‘lib o‘tgan shohona izdahom (yig‘ilish), hayratda qoldirgan. Konigilda 10-15 ming chodir o‘rnatilib, izdahomda saroy ahli, vazir-vuzarolardan tashqari, aholining turli tabaqa vakillari qatnashgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:27:22
KURTLAR DAVLATI, KARTLAR DAVLATI (1245-1389) — kurtlar sulolasi tomonidan Hirot vohasi va G‘ur tog‘li viloyati hududida barpo etilgan davlat. Markazi — Hirot shahri. Kurtlar davlati hulokuiylarga qaram bo‘lsa-da, mustaqil bo‘lishga intilgan. Shu sababli Hirot bir necha marta hulokuiylar qo‘shini tomonidan vayron va talon-toroj qilingan. Mo‘g‘ullar hokimiyati zaiflashgach (14-asr ikkinchi yarmi), kurtlar amalda mustaqillikka erishgan. Muiz-ad-din (1331-70) Murg‘ob daryosi va Afg‘onistonning bir qismigacha bo‘lgan sharqiy Xurosonning deyarli hamma qismini bosib olgan. Biroq Kurtlar davlati turli mulklarning nomigagina harbiy-ma’muriy birlashmasi bo‘lganligi tufayli 14-asrning 80-yillarida Amir Temur tomonidan tobe etilib, tugatilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:27:30
MOZANDARON — Erondagi tarixiy viloyat. Gilon bilan Xuroson oralig‘ida. Hozirgi ma’muriy bo‘linish bo‘yicha oston (viloyat). IX-XII asr manbalarida Tabariston nomi bilan ma’lum. XIII asrdan esa Mozandaron deb atalgan. Sosoniylar davrida mustaqil hokimlik bo‘lgan; keyinchalik arablar, somoniylar, saljuqiylar, mo‘g‘ullar qo‘l ostiga o‘tgan, ammo hokimiyatni mahalliy hokimlar boshqargan. Mozandaronni XIV asr oxirida Amir Temur qo‘shinlari egallagan. XVI asr boshida Mozandaron yana mahalliy hukmdorlar qo‘liga o‘tgan. Abbos I davrida Mozandaronda mahalliy sulola tugatilib, Mozandaron Safaviylar davlatiga qo‘shilgan. 1920-1921 yillarda Mozandaronda demokratik harakatlar avj olgan. 1946-1951-yillari Mozandaronning ayrim shaharlari (Bobil, Sari) da Angliya — Eron neft kompaniyasiga qarshi ommaviy miting va namoyishlar bo‘lib o‘tgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:27:38
MUZAFFARIYLAR DAVLATI — XIV asrning 40-50-yillari boshida Eronda mavjud bo‘lgan davlat. Hulokuiylar davlatining inqirozidan keyin vujudga kelgan. Unga mo‘g‘ullarning Yazddagi noibi Muboriziddin Muhammad ibn Muzaffar (Elxoniylarning Yazddagi noibi) asos solgan. U Erondagi mo‘g‘ul davlatining tanazzulga uchraganidan foydalanib, Kermon (1340), Fors (1353) va Isfahon (1356)ni o‘z davlatiga qo‘shib olgan. Amir Temur 1393-yilda Janabiy Eronni bosib olgandan keyin Muzaffariylar davlati barham topgan. Muzaffariylar davlati hukmdorlari: Muboriziddin Muhammad ibn Muzaffar (1314-58 ); Shoh Mahmud (1358-64); Jaloliddin Shoh Shujo" (1364-84); Mansur (1387-93).
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:27:47
PERA — Konstantinopol atrofidagi mavze. Uning hokimi Tranezud imperatori Manuil III va Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog vositasida Temurni Turkiyaga qarshi yurish boshlashga undaydilar. Buning evaziga ular harbiy yurish vaqtida unga yordam berish hamda Konstantinopol va Peraning Boyazidga to‘lab kelgan bojini bundan buyon Temurga to‘lashga va’da qiladilar.    
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:27:55
QAMOH QAL’A — Amir Temur Anqara shahrini qamalga olishidan oldin fath etgan qal’a.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:28:04
QAVSIYA — 1381-yil Amir Temurga jangsiz taslim bo‘lgan shahar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:29:08
QORA QO‘YUNLILAR DAVLATI — o‘rta asrlarda Ozarbayjon va G‘arbiy Erondagi davlat (1410-68 ). Bahorlu qabilasi yetakchiligida ko‘chmanchi turk-o‘g‘uz qabilalari birlashmasi tomonidan barpo etilgan. Bu qabilalar dastlab (XIV a.) Van ko‘lining sharqiy hududida yashaganlar. Amir Temur G‘arbiy Osiyoga harbiy yurish qilganida qora qo‘yunlilar (qora qo‘ylilar) qabilalari Sohibqiron va uning ittifoqchisi oq qo‘yunlilarga qarshi kurashganlar. Qora qo‘yunlilar Usmoniylar va Jaloyiriylar davlatini qo‘llab-quvvatlashgan. Amir Temur vafotidan so‘ng qora qo‘yunlilar sardori Qora Yusuf jaloyiriylarga Mironshohni yengishda yordam bergan (1408 ), biroq keyinchalik Jaloyiriylar bilan nizolashib, ular qo‘shinini Tabriz yaqinida tor-mor keltirgan (1410), Ozarbayjon (Kura daryosining jan.dagi yerlar), Iroq, Armanistonni egallab olgan. Qora Yusuf (1410-20) va Iskandar (1420-37) davrida Qora qo‘yunlar davlati temuriylar, shirvonshohlar va Gruziya bilan urushlar olib borgan. 1435-yil Shohrux shirvonshoh bilan birgalikda Qora qo‘yunlar davlati qo‘shinini tor-mor keltirgan. Temuriylarga tobelikni tan olishga majbur bo‘lgan Jahonshoh (1437-67) taxtga o‘tqazilgan. Shohrux vafotidan so‘ng (1447) Jahonshoh o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan. 1453-57-yillarda qora qo‘yunlilar G‘arbiy Eronni bosib olishgan. 1467-yil Jahonshoh qo‘shini oq qo‘yunlilar tomonidan tor-mor keltirilgan, Jahonshoh o‘ldirilgan. 1468-yil Qora qo‘yunlar davlati hududi Oq qo‘yunlilar davlati tarkibiga qo‘shib olingan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:29:26
QUNDUZCHA — 1391 yilning 18-iyunida Amir Temur To‘xtamish qo‘shiniga qaqshatqich zarba bergan hozirgi Samara bilan Chistopol shaharlari oralig‘ida joylashgan Kondurcha daryosining vodiysi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:29:56
RYAZAN — Oka daryosi bo‘yidagi qadimgi shahar. Shahar 1237-yilda mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingan. XIV asr o‘rtalarida knyazlik markazi Pereyaslav — Ryazanskiy shahriga ko‘chirilgan (bu knyazlik 1521 yilda Moskva davlati tarkibiga qo‘shildi). 1395-yil Amir Temur To‘xtamishxonni quvib Ryazangacha keladi va Yelets shahrini ishg‘ol qiladi. Shahar 1778-yildan Ryazan deb atala boshlagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:30:21
SARAXS — 1381-yil Amir Temurga jangsiz taslim bo‘lgan shahar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:30:44
SAROYCHIQ — Oltin O‘rda shaharlaridan biri. Gurev shahridan 60 km masofada, Ural daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan (XIII asrning ikkinchi yarmi). Shaharning nomi qo‘lyozma manbalar hamda XIV asrda shu yerda zarb qilingan tangalar orqali yaxshi ma’lum. Saroychiq ancha muddat davomida O‘ltin O‘rda va G‘arbiy Yevropa tojirlari uchun Osiyo mamlakatlari bilan tijorat ishlarini yuritishga o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tagan. Saroychiq bir tomondan Oltin O‘rda xonligini Saroy Berka bilan, ikkinchi tomondan esa Xorazm markazi Urganch bilan mustahkam bog‘langan. Ushbu yo‘l XIII-XIV asrlarda Sharq va G‘arbni birlashtiruvchi bosh karvon yo‘li hisoblangan. Saroychiqdan Urganchgacha bo‘lgan yo‘lning har 30 km da quduqlar qazilgan, karvon saroylar barpo etilgan. Ushbu savdo-sotiq yo‘li Oltin O‘rdaning bir qancha yirik shaharlari, xususan, Urganch orqali Saroychiqqa yo‘naltirilgan. Bu yerda yo‘l shimol va janub tomonlarga qarab bo‘lingan. Yo‘lning shimoliy qismi Saroy-Berka (Saroy al-jadid), janubiy qismi esa Hojitarxon orqali Mojar hamda Azov bilan bog‘langan. 1395-yil Amir Temur tomonidan bo‘ysundiriladi. Manbalarning dalolat berishicha, 1580-yil Yoyiq kazaklari hujumi paytida butunlay vayron qilingan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:31:25
SOLISAROY — "œJangi loy" dan so`ng Amir Husayn qishni o`tkazgan Amudaryo bo`yidagi shahar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:31:38
SULTONIYA — Eronda hukmronlik qilgan Hulokuiylar davlati poytaxti (XIV a.). Shahar qurilishi elxonlardan sulton Arg‘un davrida (1284-91) boshlanib, O‘ljoytuxon hukmronligi vaqtida (1304-16) yakunlangan. Sultoniya beshta muhim karvon yo‘llari tutashgan yerda joylashgani tufayli XIV asrda uning ahamiyati kuchaygan. Amir Temur Yaqin va O‘rta Sharqqa yurishlari chog‘ida Sultoniyada qarorgoh qurgan. Mirzo Ulug‘bek shu shaharda tug‘ilgan. Hozir Sultoniya Eronning shim.-g‘arbida Zanjon va Qazvin shaharlari oralig‘ida joylashgan shahar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:32:10
TRAPEZUND — Turkiyaning shimoliy-sharqidagi shahar. Bu shahar Qora dengizning sohilida joylashgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:32:33
TRAPEZUND IMPERIYASI (1204-1461) — Kichik Osiyoning sharqida salibchilar tomonidan asos solingan davlat.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:32:48
TEREK — Shimoliy Kavkazdagi daryo.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:33:15
XONBALIQ — o‘rta asrlarda Xitoy poytaxti Pekin.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:33:41
XO‘JA ILG‘OR QISHLOG‘I (Yakkabog‘) — Amir Temur tavallud topgan qishloq. Shahrisabz yaqinida joylashgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:33:54
O‘RPUZ — 1370-yil Amir Temur Balxga yetmasdan amir va no‘yonlar bilan mashvarat (majlis) o‘tkazgan mavze.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:34:01
SHAHRISABZ — Qashqadaryo viloyatidagi shahar. Shahrisabz tumanining ma’muriy markazi (1926-y.). Kitob-Shahrisabz vohasida. Katta O‘zbekiston trakti yoqasida joylashgan. Shahrisabz janubdan Tanxozdaryo, shimoldan Oqsuv daryosi oqib o‘tadi. Shahrisabz O‘zbekistondagi qadimgi shaharlardan biri. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, shaharga mil. avv. birinchi ming yillikning o‘rtalarida asos solingan. Shahrisabz mil. boshlarida va ilk o‘rta asrlarda turli nomlar bilan atalgan. XIII asrdan Shahrisabz nomi ham urf bo‘lgan. Mo‘g‘ullar istilosi davrida shahar tarixi yozma manbalarda deyarli yoritilmagan. 1351-yilda zarb etilgan kumush tangalarda «Shahrisabz» nomi uchraydi. Sharafuddin Ali Yazdiy (XV a.) shahar to‘g‘risida: «Shahrisabz, uni turkiylar Kesh deb ataydilar» deb yozgan. Shahrisabz yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘i (hoz. Yakkabog‘ tumani hududi)da Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan. Shahrisabz o‘sha davrda «Qubbat-ul-ilm va-l-adab» nomi bilan yuritilgan. Xusrav Dehlaviy, Bedil, Mirzo G‘olib kabi allomalarning ota-bobolari Shahrisabzda tug‘ilgan. Amir Temur va Temuriylar davrida Shahrisabz ulkan saltanatning yirik shahriga, barlos beklarining yozgi qarorgohiga aylantirilgan. Oqsaroy va Dor us-siyodat majmuasi qurilgan. Shahar atrofi qal’a devori bilan o‘rab olingan. Ispaniya elchisi Klavixo o‘z kundaligida Shahrisabzda ko‘plab mahobatli binolar va masjidlar borligini va qurilayotganligini ta’kidlaydi. Keyinroq ham ko‘plab me’moriy obidalar (Dor ut-tilovat majmuasi, Ko‘k gumbaz masjidi va b.) qurildi. Hofizi Abru shaharda ko‘hna devor (bandi qadim) bo‘lganligi, biroq u XV a. boshlarida buzilib ketganligini ham yozadi. O‘sha paytda Shahrisabzning 4 darvozasi: Ark (shim.), Kunchiqar (sharqiy), Kushxona (g‘arbiy), Termiz (jan.) darvozalari bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil 29-martda Shahrisabzning 2700 yillik yubileyini nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu yubiley butun mamlakatimizda va Shahrisabzda keng nishonlandi. Bu tantanalarda YuNESKO vakillari ham qatnashdi. Shahrisabz Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan (2002-yil dekabr). Shaharda ko‘plab anjumanlar va konferensiyalar o‘tkaziladi. Shahrisabz ahlining Temuriylar davri ulkan madaniy va ma’naviy merosi, noyob tarixiy yodgorliklarini asrab-avaylash, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari qilib tarbiyalash va ularni ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib voyaga yetkazish ishiga qo‘shgan alohida xizmatlari e’tiborga olinib hamda sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati Shahrisabz «Amir Temur ordeni» bilan mukofotlandi (1996-yil oktyabr).
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:34:45
SHIBURG‘ON — Shimoliy Afg‘onistonning mashhur obod shahar va viloyatlaridan. Balxning g‘arb tarafida, Mozori sharif bilan Andxud o‘rtasida o‘rnashgan shahar. XV-XVI asrlarda unga 70 ga yaqin qishloq qaragan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:34:53
SHOM — Suriyaning o‘rta asrlardagi nomi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:35:03
CHIBUKOBOD MAVZEI — Anqara jangi bo‘lib o‘tgan mavze.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:35:27
TARIXIY SANALAR

1336-1405-YILLAR — Sohibqiron Amir Temur hayot faoliyati.

1336-YIL 9-APREL — Amir Temur Kesh (Shaxrisabz) shahri yaqinida Xo‘jailg‘or qishlog‘i (Yakkabog‘)da tavllud topdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:35:44
1337-YIL — Xuroson (hozirgi Avfg‘oniston va Eronning shimoli)da dastlab sarbadorlar harakatining boshlanishi. Xurosonning G‘arbiy qismida sarbadorlar mo‘g‘ullar hukmronligini tor-mor qilib, mustaqil Sarbadorlar davlatini barpo etadilar. Bu davlatning markazi Sabzavor shahri bo‘lib, u qariyib 45 yil hukm suradi.

1346-1358-YILLAR — Movarounnahring nufuzli amirilaridan biri bo‘lgan Amir Qazog‘onning yashab o‘tgan yillari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:35:58
1348-1363-YILLAR — mo‘g‘uliston davlati asoschisi va xoni Tug‘luq Temurning hukmronlik davri.

135-YIL — Amir Temur Amir Joku Barlosning qizi Turmush og‘oga uylandi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:36:07
1355-YIL — Amir Temur Qazag‘onning nabirasi Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og‘o o‘z nikohiga oldi. Balx amiri bilan bog‘lagan qarindoshlik aloqalari Amir Temur bilan Amir Xusayn o‘rtasidagi ittifoqni yuzaga keltirdi va mo‘g‘ullarga qarshi jiddiy kurash boshlandi.

1360-1361-YILLAR — mo‘g‘ul xoni Tug‘luq Temur Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kirdi. Mo‘g‘ul xonlarining g‘orati — vayronagarchilik yurushlari, istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakati boshlandi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:36:17
1360-1386-YILLAR — Amir Temur faoliyatining birinchi bosqichida u Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yo‘lida kurashdi.

1360-YIL BOSHI — Amir Temur Tug‘luq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan kelishadi. Sharoit taqazosi bilan Kesh viloyatini butunlay qo‘ldan chiqarib yubormastlik maqsadida xon xizmatiga o‘tadi. Natijada Tug‘luq Temurning yorlig‘i bilan o‘z viloyatining dorug‘asi etib tayinlanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:36:25
1361-YIL OXIRI — Movarounnahrning hukmdori etib tayinlangan Ilyosxo‘ja bilan Amir Temur murosasi to‘g‘ri kelmay mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi. Amir Temur Movarounnahrning nufuzli amirlaridan Husayn bilan ittifoq tuzadi.

1361-1365-YILLAR — Amir Temur va Amir Husayn yaqinlashgan davr.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:36:34
1362-YIL — Amir Temur Seistonda bo‘lgan jangda o‘ng kifti va o‘ng oyog‘idan jarohatlanib bir umrga oqsoqlanib qoldi.

1362-YIL — Amir Temur turkman Ali Bekka asir tushib, 62 kun tutqinlikda bo‘lishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:36:42
1363-YIL — Amudaryoning chap sohilida Qunduz shahri yonida Amir Temur va Amir Husayn umumiy dushman ustidan dastlabki g‘alabasiga erishdi.

1364-YIL OXIRI — Amir Temur va Amir Husayn Ilyosxo‘ja boshliq mo‘g‘ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:38:12
1365-YIL BAHOR — Ilyosxo‘ja Movarounnahr ustiga qo‘shin tortdi.

1365-YIL 22-MAY — tarixda "œJangi loy" nomi bilan shuhrat topgan Toshkent bilan Chinoz o`rtasidagi Chirchiq daryosi bo`yida Ilyosxo‘ja va Amir Temur o`rtasida bo`lib o`tgan. Jangda Ilyosxo‘ja g`alaba qozondi. Bu g`alabdan so`ng Ilyosxo‘ja Xo`jand va Jizzax shaharlarini egallab Samarqand ustiga yurush qildi. Samarqandliklar mo`g`ullar humronligiga qarshi Sarbadorlar xalq harakatini ko`taradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:38:21
1366-YIL BAHOR — Amir Temur va Amir Husayn Samarqandga yo‘l oladilar va shahar yaqinidagi Konigil mavzeiga kelib tushadilar.

1366-1370-YILLAR — Amir Husayn Movarounnahr hukmdori bo‘lgan davr.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:38:39
1366-1370-YILLAR — Amir Temur va Amir Husayn o‘rtasida bir necha bor o‘zaro to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.

1366-1408-YILLAR — Buyuk g‘arbiy viloyatlar hokimi Mironshohning hukmronligi davrida Angliya qiroli Genrix IV o‘rtasida diplomatik yozishmalar bo‘lib o‘tgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:38:49
1370-YIL — Saroy Mulkxonim bilan nikoh tufayli Amir Temur amirlik darajasiga "œko`ragon", ya`ni "œxonning kuyovi" unvonini qo`shib oladi va rasmiy hujjatlarda "œAmir Temur ko`ragon" nomi bilan yuritilishiga musharraf bo`ladi.

1370-YIL BAHOR — Amir Temur Balx hukmdori Amir Husaynga qarshi yo‘lga chiqdi. Qo‘shin Termiz yaqinidagi Buyo qishlog‘iga yetganida Sayid Baraka Amir Temurga oliy hokimiyat va saltanat ramzi bo‘lgan katta nog‘ara — tabl bilan yalov — bayroq tortiq qildi. Balxga yetmasdan O‘rpuz mavzesida amir va no‘yonlar bilan mashvarat (majlis)da qadimiy qonun-qoidalarga ko‘ra, chingiziylar avlodidan bo‘lgan Suyurg‘atmish o‘g‘lon mamlakat podshohligi taxtiga o‘tqizildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:38:58
1370-YIL 9-APREL — Balx shahri Amir Temurga taslim bo‘ldi va Amir Husayn asir olinib, qatl etildi.

1370-YIL 10-APREL — Chig‘atoy ulusining bek va amirlari, viloyat va tumanlarning zodagon ayonlari hamda Termizning xonzodalari, shuningdek Amir Temurning piri Sayyid Baraka ishtirokida qurultoy o‘tkaziladi va Amir Temurning hukmronligi rasman tan olinib, u Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:39:07
1370-YIL MAY — Amir Temur Samarqandga qaytadi va shaharda devorlar, qal’alar hamda saroylar bino qilishga kirishadi. Bu imoratlar Samarqand mo‘g‘ullar tomonidan vayron etilgandan keyin 150 yil o‘tgach, birinchi marta bunyod qilingan umumjumhuriy inshoatlar edi.

1370-YIL IYUL — Amir Temur Samarqandda qurultoy chaqirdi. Qurultoyda Shibirg‘on hokimi amir Zinda Chashmdan boshqa Movarounnahrning barcha amirlari va qabila boshliqlari to‘plandilar. Ikki daryo oralig‘ida yashovchi turk-mo‘g‘ul qabila boshliqlari, barcha amirlar Amir Temur hokimiyatini tan oladilar. Samarqand davlat poytaxti deb e’lon qilindi. Amir Temur mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etadi. Maxsus qo‘shin tuzib, unga katta imtiyozlar beradi. Amir Temur yirik harbiy bo‘linmalarning boshliqlari etib Joku, Sayfuddin, Abbos, Iskandar, A’lam Shayx, Ardasher qavchin va boshqalarni tayinladi. Tajribali harbiylar sipohsolarlikka tayinlandi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:39:15
1370-YIL KUZ — 1371-YIL BAHOR — Amir Temur Zinda Chashmga zarba berib, Shiburg‘on viloyatini bo‘ysuntirdi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldi.

1370-1371-YILLAR — mo‘g‘uliston hokimi Qamaruddin Toshkent va Andijon ustiga bir necha bor bosqinchilik qilib shaharni talab qaytadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:39:25
1370-1388-YILLAR — Movarounnahrda Suyurg‘atmish o‘g‘lon hukmronligi davri.

1370-1405-YILLAR — Movarounnahrda Sohibquron Amir Temur hukmronligi davri.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:39:35
1371-1373-YILLAR — Sohibqiron Amir Temur shaharbandni bunyod etdi.

1371-1390-YILLAR — Sohibqiron Amir Temur mo‘g‘ulistonga yetti marta yurish qilib, mo‘g‘ul xonlari Anqoto‘ra va Qamaruddin ustidan g‘alaba qozondi. Shu zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda hukm surgan tarqoqlikka, o‘zaro nizo va mo‘g‘uliston tomonidan bo‘lib turgan tazyiqqa chek qo‘ydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:39:45
1372-YIL — Amir Temur Xorazmga dastlabki yurishi. Husayn So‘fini Amir Temurga boj to‘lamasligi harbiy yurishga sabab bo‘ldi. Qiyot shahrini Amir Temur qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilishi Husayn So‘fini Amir Temur bilan yarishishga, uni talablarini bajarishga rozi bo‘ladi.

1373-YIL — Amir Temurning Xorazmga ikkinchi yurushi. Husayn So‘fini vafotidan so‘ng Xorazm hokimiyati tepasiga kelgan uning akasi Yusuf So‘fi Qiyot shahrini bosib olib. Amir Temurga qarshi ochiqdan-ochiq dushmanlik harakatiga o‘tishi harbiy yurishga sabab bo‘ldi. Ammo bu harbiy to‘qnashuvigacha bormaydi, chunki Yusuf Amir Temurga tavba qilib yarash shartlarini so‘zsiz bajarishga va’da beradi. Janubiy Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga kiradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:39:53
1376 YIL — Amir Temurning Xorazmga qilgan uchinchi yurushi. Oltin O‘rda xoni To‘xtamishning Xorazmga da’vosi tufayli Amir Temurning bu yurishiga sabab bo‘ladi.

1376 YIL — mo‘g‘uliston hokimi Qamaruddin Farg‘ona vodiysining anchagina qismini bosib olishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:40:02
1379-YIL — Amir Temurning Xorazmga uyushtirgan to‘rtinchi yurushi.

1380-1422-YILLAR — Fransiyada Karl VI hukmronligi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:40:11
1381-YIL — Amir Temur Hirot, Seiston va Mozandaronni egallaydi. Saraxs, Jom, Qavsiya shaharlari jangsiz taslim bo‘ladi.

1381-1384-YILLAR — Amir Temur Eronning katta qismini bo‘ysundiradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:40:34
1386-1388-YILLAR — Amir Temurning uch yillik harbiy yurishlari oqibatida Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Armanistondagi (Van ko‘li) atrofidagi yerlarni bo‘ysundiradi.

1386-1405-YILLAR — Amir Temur faoliyatining ikkinchi bosqichida olib borilgan "œUch yillik", "œBesh yillik" va "œYetti yillik" harbiy yurishlarini amalga oshirib, Oltin O`rda, Eron, Iroq, Kavkaz, Kichik Osiyo, Misr va Hindistonni zabt etdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:40:42
1388-1402-YILLAR — Movarounnahrda nomigagina Sulton Mahmud hukmronligi.

1388-YIL —Amir Temur Xorazmga beshinchi marta yurish qildi va uni uzil-kesil bosib oldi hamda so‘fiylar sulolasini tugatdi. Oltin O‘rda xoni To‘xtamishning Xorazmga hujum qilib, Xorazm hokimi Sulaymon So‘fini Amir Temurga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishi bu harbiy yurishga sabab bo‘ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:40:50
1389-YIL BAHOR — Amir Temurning Dizak (Jizzax)ning Achchiq mavzesida To‘xtamishxonga zarba berishi.

1390-1407-YILLAR — Kastiliya va Leonda Genrix III hukmronligi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:40:58
1391 YIL 18-IYUN — Hozirgi Samara va Chistopol shaharlari oralig‘ida joylashgan (Qunduzcha) Kondurcha daryosi vodiysida To‘xtamish qo‘shiniga qaqshatqich zarba berishi.

1392-1396-YILLAR — Amir Temurning besh yillik yurishlari davomida G‘arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egallaydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:41:05
1393-YIL — Mironshoh Shimoliy Eron, Iroq hamda Tabriz Sultoniyani o‘z ichiga olgan xulagulalar tasarrufidagi mulklarga hokim qilib tayin etilgan.

1395-YIL 15-APREL — Amir Temur Shimoliy Kavkazda Tarak daryosi bo‘yida To‘xtamish qo‘shiniga zarba berdi. Amir Temur harbiy yurishlari oqibatida Quyi Itil (Volga) viloyatlari, Saroy Berka, Saroychik va Hojitarxon (Astraxan) kabi shaharlar bo‘ysundirildi. Amir Temur To‘xtamishni quvib Ryazan viloyatigacha boradi va Yelets shahrini ishg‘ol qiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:41:12
1398-YIL MAY — 1399-YIL MART — Amir Temurning 11 oy davom etgan Hindistonga qilgan yurishi.

1399-1404-YILLAR — Amir Temurning yetti yillik urushi oqibatida Shomning Xalab, Kumis, Baalbek, Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari Iroqi Arabning Uburiston o‘lkasi bilan Bog‘dod, shuningdek Turkiyanng kattagina qismini bosib oldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:41:20
1399-1413-YILLAR — Angliyada Genrix IV hukmronligi.

1402-YIL BAHOR — Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III o‘z elchilarini Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuborishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:41:29
1402-YIL 15-MAY — Amir Temur Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog nomiga xat yo‘llashi.

1402-YIL YOZ — Amir Temur Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI hamda Genrix IV nomlariga maktublar yo‘llaydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:41:39
1402-YIL YOZ — Usmonli turklar davlatining hukmdori Yildirim Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III tabriklab, unga o‘z nomalarini yuboradilar.

1402-YIL 20-IYUL — Anqara yaqinida Chibukobod mavzeida Amir Temur bilan Sulton Boyazid o‘rtasida so‘nggi va hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi va Sohibqironning g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu jang tarixda "œAnqara jangi" nomi bilan shuhrat topdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:41:48
1402-YIL BIRINCHI AVGUST — Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI ga maktub yo‘llashi.

1403-YIL — Baylakon shahrida Amir Temur ulamolarning majlisini chaqirib, unda nutq so‘zlagan. Mamlakat hamma fuqorolarni boshqarishni turli xil inshoatlar va jamoat binolarini qurishda unga olimlar va fuzalolar o‘z maslahatlari bilan ko‘maklashishlarini so‘ragan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:42:05
1403-YIL 9-MART — Turk sultoni Yildirim Boyazid vafot etdi.

1403-YIL MAY — Amir Temur yuborgan elchilar Parijga yetib borishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:42:13
1403-YIL 21 MAY — Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III Amir Temur huzuriga ikkinchi marta Klavixo boshchiligida maxsus elchilar yuboradi

1403-YIL 21 MAY — 1404-YIL SENTABR — Ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixoning Samarqandda bo‘lishi. Shu bilan birgalikda Shohi Zinda me’moriy yodgorliklari: Shodimulk og‘a, Amir Husayn, Shirinbeka og‘a kabi qator ajoyib maqbaralari, hozirgi vaqtda Bibixonim nomi bilan mashhur bo‘lgan Jome’ Masjidi, Go‘ri Amir daxmasi va shu kabi ajoyib binolar bunyod qilindi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:42:20
1403-YIL 15-IYUN — Fransiya qiroli Karl VI Amir Temurga javob maktubini yo‘llashi.

1404-YIL — Samarqandda bo‘lgan Ispaniya elchisi Klavixoning yozishicha Samarqand chorsusi Amir Temur farmoni bilan 20 kunda qayta qurilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:42:28
1404-YIL SENTABR-NOYABR — Kastiliya (Ispaniya) elchisi Klavixoning Samarqandga kelishi.

1404-YIL 21 NOYABR — Ispaniya elchilari Samarqanddan jo‘nab ketishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:42:36
1404-YIL 27-NOYABR — Amir Temur 200 ming qo‘shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqadi. Biroq Xitoy ustiga yurish (bu davrda Xitoyda Min sulolasi hukmronlik qilayotgan edi) Amir Temurning to‘satdan vafot etishi tufayli amalga oshmay qoldi.

1405-YIL 18-FEVRAL — Amir Temur O‘tror shahrida vafot etishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:42:43
1406-YIL MART — Klavixo Ispaniyaga qaytib keldi.

XIV ASR 50-YILLARI OXIRI — Movarounnahrda amirlarning o‘zaro kurashi kuchayib, Amir Qazog‘on o‘ldiriladi. Mamalakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, har jihatdan og‘ir tanglik sodir bo‘ldi. Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan mo‘g‘ul xonlari Movarounnahrdagi og‘ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu o‘lkadan o‘z hokimiyatini o‘rnatishga harakat qiladilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:42:53
XIV ASRNING 50-60 YILLARI — Movarounnahrda tarqoqlik nihoyatda kuchayib, o‘zaro kurash yanada keskinlashdi. Mamlakatdagi har bir viloyat alohida hukmronlikka ajralib, ular o‘rtasida nizo kuchayib ketadi va qonli urushga aylanadi. Xondamirning yozishicha, ulus o‘nga yaqin mustaqil bekliklarga bo‘linib ketadi. Samarqand viloyatida Amir Bayon Sulduz, Keshda Amir Xoji Barlos, Xo‘jandda Amir Boyazid Jaloir, Balxda O‘ljaytu Sulduz, Hisori Shodmon chegarasida Amir Xusayn va Amir Yasovuriylar o‘zlarini mutlaq hokimi deb e’lon qiladilar.

XIV ASRNING 60-YILLARI BOSHI — Amir Temur Movarounnahrni birlashtirish yo‘lidagi dastlabki harakat boshlagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:43:03
XIV ASRNING 60-YILLARI — Movarounnahrda hukm surgan nihoyatda og‘ir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni talab qilmoqda edi.

XIV ASRNING 60-YILLARI — Sarbadorlar harakati Movarounnahrda mong‘ul xonlarining hujumi munosabati bilan kuchayib ketdi. Samarqand butunlay harakat markaziga aylandi. Qo‘zg‘olonga Mavlonzoda Samarqandiy, Abu Bakr va Hardaki Buxoriylar boshchilik qiladilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 12:43:13
XIV ASRNING 60-YILLARI OXIRI — Oltin O‘rdada yuz bergan g‘alayonlar vaqtida Qo‘ng‘irot so‘fiylari Shimoliy Xorozmda yangi sulolaning mustaqil hukmronligini tiklab oladilar. So‘ngra Kat va Xiva shaharlarini fath etib, Shimoliy Xorazm bilan Janubiy Xorazm yerlarini birlashtiradilar.

XIV ASR OXIRI — XV ASR BOSHI — Turkiya sultoni Boyazidga zarba berish uchun qulay siyosiy vaziyat vujudga keldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:09:05
VII BOB

TEMURIYLAR DAVRIDA
MAMLAKATNING
IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY VA
MADANIY HAYOTI

ULUG‘BЕK DАVRIDА MОVАRОUNNАHR

ULUG‘BEK — MOVAROUNNAHR HUKMDORI.
Tеmur vаfоtidаn kеyin tеmuriylаr o‘rtаsidа tоju-tахt uchun kurаsh bоshlаndi. Sаmаrqаnd tахtini Mirоnshоhning o‘g‘li Хаlil Sultоn (1405-1409) egаllаdi, аmmо kurаsh bеsh yilchа dаvоm etdi vа Tеmurning kеnjа o‘g‘li Shоhruх (1377-1447) g‘аlаbаsi bilаn yakunlаndi. U o‘zigа Хirоtni pоytахt qilib, Sаmаrqаndni o‘g‘li Mirzо Ulug‘bеkkа (1394-1449) tоpshirdi.
Ulug‘bеkning аsl ismi Muhаmmаd Tаrаg‘аy bo‘lib, u Аmir Tеmurning Yaqin Shаrqdа bеsh yillik yurishlаri vаqtidа 1394-yildа Sultоniya shаhridа tаvаllud tоpаdi. U kаttа оnаsi Sаrоy Mulkхоnim vа оnаsi Gаvhаrshоdbеgimlаrning bеvоsitа pаnоhidа tаrbiyalаnаdi. Bеsh yoshidаn bоshlаb Shаyх Оzаriy nоmi bilаn kеyinchаlik shuhrаt tоpgаn mаshhur оlim Shаyх Оrif murаbbiyligidа tаrbiyalаnаdi. Оtаliq etib tаyinlаngаn Аmir Shоhmаlikdаn dаvlаtni idоrа qilish sаn’аti bo‘yichа ko‘nikmаlаrgа egа bo‘ldi. Ulug‘bеk Оg‘аbеkgа unаshtirilishi munоsаbаti bilаn "œko‘rаgаn" unvоnigа sаzоvоr bo‘ldi.
Ulug‘bеk Sаmаrqаn tахtigа o‘tirgаn vаqtidа 15 yoshdа bo‘lgаn. Shаhzоdа bаlоg‘аt yoshigа yеtgungа qаdаr dаvlаtni bоshqаrishni Shоhruh o‘zining sоdiq аmаldоrlаridаn biri Shоhmаlikkа tоpshirаdi.
Ulug‘bеk mаmlаkаtni 40 yil dаvоmidа idоrа qilishi dаvridа mаmlаkаtning ijtimоiy hаyotidа kеskin kurаsh dаvоm etgаn bo‘lsа-dа, ichki urushlаr dеyarli bo‘lmаdi. U Mоvаrоunnаhrning birligini sаqlаshgа, dаvlаtni mustаhkаmlаshgа, iqtisоdiy hаmdа mаdаniy hаyotini ko‘tаrishgа hаrаkаt qildi. 1410-yildа Turkistоn hоkimi Shаyх Nuriddin Hisоr hоkimi Muhаmmаd Jаhоngir, Yangi vа Sаyrаm vilоyatlаrining hоkimi Аmir Аbdulhоliq vа оqo‘rdаlik хоnzоdаlаrdаn Chingiz O‘g‘lоnlаr bilаn ittifоq tuzib, tеmuriylаrgа qаrshi isyon ko‘tаrаdi. 1410-yilning 20 аprеlidа Sаmаrqаnd yaqinidа Qizilrаvоt mаvzеidа isyonkоr ittifоqchilаr bilаn Mirzо Ulug‘bеk qo‘shinlаri o‘rtаsidа jаng bo‘lib o‘tаdi. Bu jаngdа Ulug‘bеk mаg‘lubiyatgа uchrаb, Kаlifgа chеkinаdi. Shоhruh kаttа qo‘shin bilаn kеlib, isyonni bоstirаdi. 1412-yildа Shоhruh Shоhmаlikni Sаmаrqаnddаn оlib kеtgаnligi sаbаbli Mоvаrоunnаhr vа Turkistоnni bоshqаrish 18 yashаr Ulug‘bеk qo‘ligа o‘tаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:11:32
HARBIY YURISHLARI. 1414-1415-yillаrdа Ulug‘bеk Fаrg‘оnаgа hаrbiy yurishlаr qilib, bu o‘lkаdа o‘z hukmrоnligini o‘rnаtаdi. 1425-yildа Ulug‘bеk Mo‘g‘ulistоn ustigа muvаffаqiyatli hаrbiy yurishni аmаlgа оshirаdi. Mo‘g‘ulistоn urushi Ulug‘bеk оlib bоrgаn jiddiy vа so‘nggisi edi. Bu zаfаrli yurishning nishоni sifаtidа Jizzах yaqinidа Ilоno‘tti dаrаsidа 1428-yildа Ulug‘bеk tоmоnidаn o‘zigа хоs "œzаfаrnоmа" yozdirаdi. 1427-yildа Ulug‘bеk Dаshti Qipchоqdа o‘z siyosiy mаvqеini mustаhkаmlаb оlgаn Bаrоq O‘g‘lоngа qаrshi muvаffаqiyatsiz hаrbiy yurish qilаdi. 1449-yil оktyabrdа Dаmаshq qishlоg‘idа o‘z o‘g‘li Аbdullаtif bilаn bo‘lgаn jаngdа yеngilаdi vа 1449-yilning 27 оktyabridа Ulug‘bеk 55 yoshidа Sаmаrqаnd yaqinidа fоjiаli surаtdа shаhid bo‘ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:11:43
ULUG‘BEK — ILM-FAN HOMIYSI. Ulug‘bеk o‘z sаrоyigа o‘shа dаvrning riyoziyot, fаlаkkiyot, tаriх, аdаbiyot bo‘yichа mаshhur оlim vа shоirlаrni to‘plаb ulаrgа hоmiylik qildi. Sаmаrqаnd (1417-1420), Buхоrо (1420) vа G‘ijduvоn (1432-1433)dа mаdrаsаlаr binо qildi. Ulug‘bеk 1424-1428-yillаrdа Sаmаrqаnddа rаsаdхоnа qurib, u yerdа o‘z dаvrining mаshhur оlimlаri-Qоzizоdа Rumiy (1360-1437), G‘iyosiddin Jаmshid Kоshiy (1383-1456), Аlоvuddin Аli Qushchi (1403-1447) kаbi оlimlаr bilаn tаdqiqоt ishlаrini оlib bоrdi. Rаsаdхоnа uch оshiyonlik bo‘lib, uning kеngligi 47 mеtr, bаlаndligi 31 mеtr edi. Undа quyosh, yulduzlаr vа sаyyorаlаrni kuzаtish аsbоbi-sеkstаnt o‘rnаtilgаn edi. Ilmiy ishlаr nаtijаsidа 1018 yulduzlаrning jоylаshishi аniqlаngаn "œZiji Jаdidi Ko‘rаgоniy" аsаri yarаtildi. Bu аsаr XVII-XVIII аsrlаrdа Yevropa tillаrigа tаrjimа qilinib, Shаrqu G‘аrbdа fаn tаrаqqiyotigа kаttа tа’sir ko‘rsаtdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:11:51
Ulug‘bеk bоbоsi Аmir Tеmurdеk bunyodkоr bo‘lib, mаmlаkаtdа qurilish ishlаrigа kаttа аhаmiyat bеrаdi. U hukmdоrlik qilgаn dаvrdа qаtоr mаsjid, хоnаqоh, hаmоm, sаrdоbа vа kаrvоnsаrоylаr qаd ko‘tаrаdi. Mоzоrаt vа ziyorаtgоhlаr оbоd etilаdi. Ulug‘bеk dаvridа Sаmаrqаnd shаhrining Rеgistоn mаydоni shаkllаndi. Bu yerdа "œMаsjidi Muqаttа", "œKo‘kаldоsh" jоmе" mаsjidi vа Ulug‘bеk mаdrаsаsi binо qilinаdi. Uning dаvridа yanа bir yirik mе’mоriy kоmplеks — Shоhizindа to‘liq qurib bitkаzilаdi. Sаmаrqаnd shаhridа "œChil sutun" vа "œChinniхоnа" sаrоylаri nihоyatdа muhtаshаm vа ko‘rkаm bo‘lgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:12:04
TЕMURIYLАR DАVLАTIDА IJTIMОIY
VА IQTISОDIY MUNОSАBАTLАR

DEHQONCHILIK, YER EGALIGI MUNOSABATLARI.
XV аsrdа tеmuriylаr vа ulаrning vilоyat hоkimlаri tоmоnidаn Sаmаrqаnd, Buхоrо, Qаshqаdаryo, Mаrv vоhаlаridа, Tus vоdiysidа hаmdа Hirоt vа uning аtrоfidа yirik sug‘оrish inshооtlаri bаrpо etilib, аyrim dеhqоnchilik vilоyatlаrining suv tа’minоti tubdаn yaхshilаnаdi. Tеmuriylаr dаvridа аmаlgа оshirilgаn eng yirik sug‘оrish ishlаridаn biri Sаmаrqаnd vоhаsidа qаdimgi Аngоr kаnаlini qаytа tiklаnishi bo‘ldi. Ulug‘bеk dаvridа Sоmоnjuq dаshtigа (Buхоrо vоhаsi) suv chiqаrilib yangi yerlаr o‘zlаshtirilаdi.
Shоhruh tоmоnidаn Sultоnbаndning tiklаnishi nаtijаsidа Mаrv shаhri vа Murg‘оb vоhаsining suv tа’minоti tubdаn yaхshilаndi. Sultоn Husаyn Mirzо dаvridа Mаrviruddindаn yangi kаnаl chiqаrilib, kаttаginа yer mаydоni sug‘оrilib оbоd etilаdi. Bu dаvrdа Hirоt vа Mаshhаd аtrоflаri Аlishеr Nаvоiy tаshаbbusi bilаn Turuqbаnd suv оmbоrini qurdirishi nаtijаsidа оbоd etilаdi.
Tеmuriylаr dаvridа yer vа mulkchilikning to‘rt shаkli: "œmulki dеvоniy"-dаvlаt yerlаri, "œmulk" — хususiy yerlаr, "œmulki vаqf" — mаdrаsа vа ibоdаtхоnаlаrgа tеgishli yerlаr, "œjаmоа yerlаri" bo‘lgаn. Dеhqоnchilik yerlаrining eng kаttа qismi dаvlаt mulki hisоblаngаn. Tеmuriylаr dаvridа dаvlаt yerlаrini "œsuyurg‘оl" tаrzidа in’оm qilish kеng tаrqаlgаn. Bu dаvrdа bоsh hukmdоr tоmоnidаn yirik yer egаlаrigа birоn хizmаti uchun tаrхоnlik yorlig‘ini bеrish kеng tаrqаlgаn. Tаrхоnlik yorlig‘ini оlgаn mulkdоrlаr аsоsаn bаrchа sоliq, to‘lоv vа mаjburiyatlаrdаn оzоd qilingаn.
XV аsrdа Mоvоrоunnаhr vа Хurоsоndа yer egаlаri "œdеhqоn’, ekin mаydоnlаrigа ishlоv bеruvchilаrni "œmuzоriy" dеb yuritilgаn. Muzоriylаr to`rt guruhgа bo`lingаn: 1) dаvlаt yerlаridа yashоvchi muzоriylаr, 2) mulkdоrlаrning yerlаridа yashоvchi muzоriylаr, 3) o`z yerigа egа bo`lgаn muzоriylаr, 4) vаqf mulklаridа yashоvchi muzоriylаr.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:12:15
SOLIQ TURLARI. Sоliq hоsilgа vа yerning unumdоrligigа qаrаb bеlgilаngаn. Sug‘оrmа dеhqоnchilik yerlаridа оlinаdigаn аsоsiy sоliq "œхirоj" dеb аtаlgаn. Оbikоr yerlаrdаn хirоj hоsilning 3/1 qismi miqdоridа (33%) оlingаn. Хirоj hоsil yig‘ib оlinаdigаn pаytdа mаhsulоt yoki pul hоlidа to‘lаngаn. Lаlmikоr yerlаrdаn hоsilni 6/1 qismidаn tо 8/1 qismidа, ya’ni 16,5% dаn 12,5% miqdоridа sоliq undirilgаn. Mulk yerlаrining bir qismidаn "œushr", ya’ni hоsilning 10/1 qismi miqdоridа sоliq оlingаn. Chоrvа mоllаridаn 40/1, ya’ni 2,5% miqdоridа "œzаkоt" оlingаn. Аhоli sоliq yig‘ish vа uning hisоb-kitоbi bilаn bаnd bo‘lgаn turli lаvоzimdаgi mа’murlаrning хizmаti uchun bir qаtоr yig‘imlаr to‘lаshgа mаjbur bo‘lgаn. Аsоsiy sоliqlаrdаn tаshqаri mеhnаtkаsh аhоli hukmdоr vа yirik mulkdоrlаr fоydаsigа tеkin ishlаb bеrishgа mаjbur edi. Bu dаvrdа qurilish ishlаri kеngаyib, undа mеhnаtkаsh аhоli kuchidаn fоydаlаnilgаn. Bundаy hаshаr ishlаri "œbеgоr" dеb аtаlgаn. Bеgоrdа qаtnаshgаn hаr bir hаshаrchi ishlаsh uchun kеrаkli аsbоb-uskunа vа yеtаrli yеmаklаrni o‘zi bilаn оlib kеlishi lоzim bo‘lgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:12:27
HUNARMANDCHILIK. Bu dаvrdа Sаmаrqаnd, Buхоrо, Tоshkеnt, Shоhruhiya, Tеrmiz, Shаhrisаbz, Qаrshi vа bоshqа ko‘pginа shаhаrlаri аhоlisining kаsb-kоri, ichki vа tаshqi аlоqаlаri bilаn o‘rtа аsr Shаrqining nаmunаli hunаrmаndchilik vа gаvjum sаvdо mаrkаzigа аylаnаdi. Hunаrmаndchilik sоhаsidа to‘qimаchilik, kulоlchilik, chilаngаrlik, tеmirchilik vа binоkоrlik yеtаkchi o‘rinni egаllаgаn edi. Duхоbа to‘qish bu dаvr uchun tехnikа jihаtidаn аnchа murаkkаb kаsb hisоblаngаn. Bu Sаmаrqаnddа to‘qimаchilik dаstgоhlаri vа to‘qish sаn’аtining yuksаk dаrаjаdа bo‘lgаnidаn dаlоlаt bеrаdi. XV аsrdа tеmir buyum, qurоl-yarоg‘ vа аsbоblаr yasаsh yuqоri dаrаjаgа ko‘tаrilаdi. Bu dаvrdа Sаmаrqаnd аvvаlgidеk qurоl-yarоg‘ yasаlаdigаn mаrkаz bo‘lib qоldi. Shаhаrlаrdа, хususаn Sаmаrqаnd vа Hirоtdа zаrgаrlik rivоj tоpаdi. O‘rtа аsr hunаrmаndchiligidа kulоlchilik eng rivоj tоpgаn sоhаgа аylаnаdi. U kоsаgаrlаr, хum vа хumchаsоzlаr hаmdа tаndirsоzlаr kаbi bir nеchа tаrmоqlаrgа bo‘linаdi. Kulоlchilik bilаn bir qаtоrdа u bilаn chаmbаrchаs bоg‘liq hоldа binоkоrlik аshyolаri ishlаb chiqаrаdigаn pishiq g‘isht vа g‘isht tахtаlаr pishirаdigаn kirpichpаzlik hаm g‘оyat kеng аvj оlаdi.
Bu dаvrdа yirik vilоyat shаhаrlаri, хususаn Sаmаrqаnd vа Hirоtdа binоkоrlаrning аhаmiyati оshib kеtаdi. Binоkоr ustаlаr kаsblаrigа ko‘rа g‘isht tеrib imоrаt qаddini binо qiluvchilаr "œbаnnо" vа pеshtоqu rаvоq hаmdа tоqlаrigа pаrchin vа girihlаr qоplаb imоrаtgа pаrdоz bеruvchilаr "œustоd" dеb yuritilgаn. Binоkоrlik vа to‘qimаchilik rivоjidа yog‘оchsоzlik muhim аhаmiyat kаsb yetgаn. Yog‘оchsоzlаr хilmа-хil yog‘оch аsbоb-uskаnаlar hаmdа buyumlаr yasаshgаn. Sаmаrqаnd qоg‘оzi o‘rtа аsr Shаrqi хаtоtligidа g‘оyat mаshhur bo‘lib, uning mа’lum qismi chеt o‘lkаlаrgа chiqаrilgаn.
XV аsrdа Mоvаrоunnаhr vа Хurоsоnning dеyarli hаmmа yirik shаhаrlаridа o‘rtа аsr hunаrmаndchiligining bаrchа tаrmоq vа sоhаlаri bo‘yichа iхtisоslаshgаn kоrхоnаlаr, do‘kоnlаr, ustахоnаlаr vа rаstаlаr bo‘lgаn. Hunаrmаndchilik mаhsulоtlаrining аksаriyati shаhаrlаrnig mаrkаziy bоzоri аtrоfidа jоylаshgаn do‘kоnlаrdа tаyyorlаnib, sоtilаr edi. Bu dаvrdа hunаrmаndchilikning аsоsini kеng istе’mоl mоllаri ishlаb chiqаrаdigаn kоrхоnа yoki do‘kоn kаbi ustахоnаlаr tаshkil etаrdi. Kоrхоnа bоshlig‘i "œustа" dеb yurtilgаn, uning qo‘l оstidа bir nеchа "œхаlfа" kаsb-hunаr o‘rgаnаr vа hunаrmаndchilik mаhsulоtlаrini ishlаb chiqаrаr edi. Hunаrmаndlаr shаhаrning mаdаniyatli tаbаqаsi guruhigа mаnsub kishilаr edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:12:38
SAVDO ALOQALARI. XV аsrdа Tеmuriylаr dаvlаti Хitоy, Hindistоn, Tibеt, Erоn, Rusiya, Vоlgа bo‘yi vа Sibir bilаn muntаzаm sаvdо-sоtiq qilаrdi. Chеt dаvlаtlаr bilаn o‘zаrо sаvdо-sоtiqni kеngаytirishdа tеmuriylаrning qo‘shni dаvlаtlаr bilаn оlib bоrgаn elchilik аlоqаlаri kаttа rоl o‘ynаydi. Ulug‘bеk vа Shоhruh dаvlаtlаri bilаn Хitоy o‘rtаsidа muntаzаm rаvishdа elchilаr аlmаshib turgаn. Хitоy Mоvаrоunnаhr vа Хurоsоndаn yilqi sоtib оlаrdi. 1418-yildа Аrdаshеr bоshliq Shоhruh elchilаri Хitоydа bo‘lаdilаr. 1419-yildа bungа jаvоbаn Li-Dо vа Jоng-Fu Хitоydаn Sаmаrqаnd vа Hirоtgа elchi bo‘lib kеlаdilаr. 1420-yildа Shоhruh vа Ulug‘bеk 530 nаfаrdаn ibоrаt elchilk kаrvоnini Хitоygа jo‘nаtаdilаr. Shоhruh vа Ulug‘bеk zаmоnidа Tibеt vа Hindistоn bilаn yaхshi qo‘shnichilik munоsаbаtlаri o‘rnаtilgаn. 1421 yildа Tibеtdаn Buхоrо vа Sаmаrqаndgа elchilаr kеlаdi. 1441-1442-yillаrdа Shоhruh Hindistоngа Аbdurаzzоq Sаmаrqаndiy bоshchiligidа elchilаr yubоrаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:12:50
PUL MUOMALASI. O‘z zаmоnisi uchun nоdir vа fаvqulоddаgi vоqеаsi hisоblаngаn Ulug‘bеkning pul islohoti hunаrmаndchilikning ichki chаkаnа sаvdоsi uchun kеng yo‘l оchib bеrgаn edi. 1428-yildа Ulug‘bеk muоmаlаdаgi fulusiy pullаr islohotini аmаlgа оshirаdi. Mеhnаtkаsh аhоlini ichki chаkаnа sаvdо munоsаbаtlаrigа kеngrоq jаlb etish mаqsаdidа Ulug‘bеk yеngil vаzndа zаrb etilgаn vа muоmаlаdа yurgаn chаqа pullаrni mаn etdi. Eski chаqаlаrni yangisi bilаn аlmаshtirib, ichki sаvdоning mаydа mis pullаrgа bo‘lgаn tаlаbni qоndirish uchun bir vаqtning o‘zidа u Buхоrо, Sаmаrqаnd, Qаrshi, Tеrmiz, Tоshkеnt, Shоhruhiya vа Аndijоn shаhаrlаridа zаrbхоnаlаr tаshkil etib, bir хil vаzndаgi fuluslаr zаrb ettirdi vа muоmаlаgа chiqаrdi. Kеyinchаlik mis pullаr zаrbini mаrkаzlаshtirish mаqsаdidа fаqаt Buхоrо zаrbхоnаsi sаqlаb qоlinib, bоshqа shаhаrdаgi zаrbхоnаlаrgа bаrhаm bеrildi. Хаlq o‘rtаsidа "œfulusi аdliya’, ya’ni "œаdоlаtli chаqа" nоmi bilаn shuhrаt tоpgаn bu mis fuluslаr dаvlаtning ichki sаvdоsini nаqdinа (naqd pul) bilаn to‘lа tа’minlаydi. Ulug‘bеk tаshqi sаvdоdаn kеlgаn dаrоmаdni оshirish mаqsаdidа "œtаmg‘а"ni birmunchа оshirdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:13:07
TЕMURIYLАR DАVRIDА ILM-FАN VА MАDАNIYAT

ILM-FAN RAVNAQI.
Shоhruh, Ulug‘bеk, Аbusаid vа Sultоn Husаyn dаvrlаridа ilm-fаn vа mаdаniyat yanаdа jоnlаndi. Bu dаvrdа Mоvаrоunnаhrning pоytахti Sаmаrqаnddа hаm, Хurоsоnning mаrkаzi Hirоtdа hаm Аmir Tеmur аn’аnаlаri dаvоm ettirilib, оlimlаr-u fuzаlоlаr, shоirlаr-u bаstаkоrlаr, mе’mоrlаr-u binоkоrlаr, nаqqоshlаru mоhir hunаrmаndlаrning kаttаginа guruhi to‘plаngаn edi. Tibbiyot, riyoziyot, tаriх, jo‘g‘rоfiya, аdаbiyotshunоslik, tilshunоslik, ахlоq, fiqх fаnlаri bilаn birgаlikdа, tаsviriy sаn’аt, хаttоtlik vа musiqа sаn’аtidа ulkаn siymоlаr yеtishib chiqdilаr. Ibn Аrаbshоh, Nizоmiddin Shоmiy, Shаrоfiddin Аli Yazdiy, Хоfiz Аbru, Аbdurаzzоq Sаmаrqаndiy, Mirхоnd, Хоndаmir kаbi tаriхchilаrning nоmlаri shuhrаt tоpgаn edi. Хаttоtlik vа tаsviriy sаn’аtdа Mirаli Tаbriziy, Sultоn Аli Mаshhаdiy, Mirаk nаqqоsh, Qоsimаli, Mаhmud Muzаhhib, Hоji Muhаmmаd nаqqоsh, Shоhmurоd vа shubhаsiz Shаrq Rаfаeli nоmini оlgаn Kаmоliddin Bеhzоd nоm qоzоngаn edilаr. Mаdаniy hаyotdа Ulug‘bеkning ukаsi Mirzо Bоysunqur chuqur iz qоldirgаn. Bu dаvr аdаbiyotining yuksаlishidа Qutb Sаyfiy, Sаrоiy, Durbеk, Аmiriy, Lutfiy, Sаkkоkiy, Аtоiy, Binоiy, Аtоiy, Hаydаr Хоrаzmiy, Аbdurahmon Jоmiy vа Аlisher Nаvоiy kаttа hissа qo‘shdilаr.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:13:45
ADABIYOT. Аlishеr Nаvоiy (1441-1501) o‘zbеk аdаbiy tiligа аsоs sоldi, bаdiiy yuksаk sаviyadаgi аsаrlаri bilаn o‘zbеk vа fоrs аdаbiyoti tаrаqqiyotigа ulkаn hissa qo‘shdi. Uning "œХаmsа", "œХаzоyin ul-mаоniy", "œMаjоlisun nаfоyis’, "œMuhоkаmаtul-lug‘аtаyn’, "œMеzоnul-аvzоn" kаbi аsаrlаri butun jаhоngа mаshhur. Nаvоiyning ustоzi Аbdurаhmоn Jоmiy (1414-1492) zаmоnаsining buyuk shоiriginа bo‘lib qоlmаy, grаmаtikа, fаlsаfа, bоshqа fаnlаrdаn hаm yaхshi хаbаrdоr edi.
Аlishеr Nаvоiy vа Аbdurаhmоn Jоmiyning do‘stligi o‘zbеk vа tоjik хаlqlаri do‘stligi timsоlidir. Nаvоiy vа Jоmiylаrning zаmоndоshi, bu ikki buyuk zоtning mеhri vа hurmаtigа sаzоvаr bo‘lgаn shахs Хo‘jа Аhrоr Vаliy edi. U dаvlаt bоshliqlаrigа kаttа tа’siri bo‘lgаnligidаn fоydаlаnib, o‘zаrо urush vа nifоqlаrni bаrtаrаf etgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:15:10
TARIXIY SHAXSLAR
 
АBDULLАTIF (1423—1450) — tеmuriylаrdan. Ulug‘bеkning o‘g‘li. Shоhruх sаrоyidа tаrbiya оlgаn, hаrbiy yurishlаrdа qo‘shinning o‘ng qаnоtigа qo‘mоndоnlik qilgаn. Gаvhаrshоd bеgim vа tаrхоn аmirlаr Shоhruх o‘limidаn so‘ng (1447) Аbdullatifni оliy bоsh qo‘mоndоnlikkа tаyinlаb, uning аmаkivаchchаsi Аlоuddаvlаni tахtgа o‘tqаzishgаn. Bu qаrоrdаn nоrоzi bo‘lgаn Аbdullatif Аlоuddаvlаgа qаrshi urush оchgаn, lеkin Nishоpur yaqinidаgi jаngdа (1447) yеngilib, hibsgа оlingаn. Ulug‘bеk fаrzаndi hаyotini sаqlаb qоlish mаqsаdidа Аlоuddаvlа bilаn sulh tuzishgа mаjbur bo‘lgаn. Ungа ko‘rа, Аlоuddаvlа Хurоsоn hukmdоri dеb tаn оlinib, Аbdullatifgа Bаlх ulusi bеrilgаn. Аbdullatif Ulug‘bеkning 1448-yil ilk bаhоridаn yozigаchа Аlоuddаvlа vа Аbulqоsim Bоburgа qаrshi jаnglаridа qаtnаshgаn. So‘ng, tоj-tахtni egаllаsh mаqsаdidа оtаsigа qаrshi Аbulqоsim Bоbur bilаn ittifоq tuzgаn. Ulug‘bеk Аbdullatifgа qаrshi qo‘shin tоrtgаn vа Аmudаryo bo‘yidа ikki tоmоn qo‘shini 3 оy muqоbil turgаn (1449). Sаmаrqаnddа qоlgаn bеklаr isyoni tufаyli Ulug‘bek pоytахtgа qаytishgа mаjbur bo‘lgаn, nаtijаdа Аbdullatif Аmudаryodаn o‘tib Tеrmiz, Shаhrisаbzni egаllаgаn. Sаmаrqаnd yaqinidаgi Damishq qishlоg‘i yonidа оtаsini yengib, tахtni egаllаgаn (1449). Аbdullatifning rоziligi bilаn Ulug‘bеk vа ukаsi — Аbdulаziz Mirzо qаtl etilgаn. Аbdullatif оlti оylik hukmrоnligidаn so‘ng, Ulug‘bеkning хоs nаvkаrlаridаn Bоbо Husаyn bаhоdir tоmоnidаn o‘ldirilgаn (1450-yil 8-may). Abdulatif o‘jаr, хudbin vа shuhrаtpаrаst bo‘lsаdа, оtаsi Ulug‘bеk kаbi ilm ахligа iхlоsmаnd edi. U o‘zi hаm fаlаkkiyot vа tаriх ilmi bilаn shug‘ullаnаr, shе’rlаr bitаrdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:15:45
АBDURАHMОN JOMIY (tахаllusi; аsl ism-shаrifi Nuriddin Аbdurаhmоn ibn Аhmаd) (1414-yil 7-noyabr, Jоm — 1492-yil 8-noyabr, Hirоt) — fоrs-tоjik shоiri, nаqshbаndiylik tаriqаtining yirik vаkili. Lirika sohasida Sa’diy, Hofiz va Kamol Xo‘jandiy qatorida turgan Jomiy sermahsul olim va iste’dodli adib edi. Jomiyning оtа-bоbоlаri аsli Dаshtlаn bo‘lib, Jоmdа, kеyinchаlik Hirоtdа hаyot kechirishgаn. Jomiy mаdrаsа yoshidаn аnchа ertа Hirоtdаgi "œDilkаsh" (Nаvоiy mа’lumоtigа ko‘rа, "œNizоmiya’) mаdrаsаsigа kirib, o‘z dаvrining tаniqli til, аdаbiyot оlimlаri vа mudаrrislаri qo‘lidа tаhsil оlgаn. Shu dаvrdаyoq u аrаb tilini mukаmmаl o‘rgаnа bоshlаgаn. Kеyinrоq Jomiy o‘z bilimini оshirish uchun Sаmаrqаndgа kеlаdi vа Ulug‘bеk mаdrаsаsidа buyuk fаlаkkiyotshunоs Qоzizоdа Rumiy, Аli Qushchi, fiqhshunоs Fаzlullоh Аbullаys kаbilаrdаn tа’lim оlаdi. Bu yillаrdа u til vа аdаbiyotniginа emаs, riyoziyot, fаlаkkiyot, fаlsаfа, huquqshunоslik fаnlаri, din аsоslаri, hаdis vа tаfsir ilmlаrini hаm chuqur o‘rgаnаdi, оlimlаrning turli mаvzulаrdаgi munоzаrа vа mulоhаzаlаridа qаtnаshib, yetuk оlimligi bilаn tаnilа bоshlаydi. Jomiy, Hirоtgа qаytgаch, tаsаvvuf yo‘ligа kirishni, o‘z bilim vа fаоliyatini shu yo‘lgа, qоlаvеrsа, ijоdgа, ilm-fаngа bаg‘ishlаshni аfzаl ko‘rаdi. U o‘zigа pir qilib Shаyх Sа’didlin Kоshg‘аriy (vаfоti — 1456)ni tаnlаydi, Hirоtning jоmе" mаsjididа uning suhbаtlаrini tinglаydi. Sа’diddin Kоshg‘аriy tаsаvvufdа Muhаmmаd Nаqshbаnd sulukigа mаnsub edi. Jomiy mаshhur sufiylаr bilаn yaqindаn mulоqоtdа bo‘lаdi. Muhyiddin ibn аl-Аrаbiyning аsаrlаrini chuqur mutоlаа qilаdi. O‘zining mutаsаvviflik fаоliyatidа Bаhоuddin Nаqshbаnd g‘оyalаrini shu sulukning ikkinchi bir yirik nаmоyondаsi — Хo‘jа Аhrоr bilаn yaqin munоsаbаtdа bo‘lgаn hоldа yanаdа rivоjlаntirdi. Rаsmаn o‘zini kundаlik "œMаlоmаtiya" tаriqаtigа mаnsub dеb hisоblаsа-dа, аsаrlаridа Nаqshbаndgа iхlоsi bаlаnd bo‘lgаn. Jomiy Хurоsоndа tеmuriylаrdаn Shоhruх, Аbulqоsim Bоbur, Аbu Sаid vа Husаyn Bоyqаrо pоdshоhligi dаvridа yashаdi. Хurоsоndа Hirоt tахtigа tеmuriy Sultоn Husаyn Bоyqаrо o‘tirgаndаn so‘ng Jomiyning mаmlаkаtdаgi mаvqеi judа оrtаdi, chunki Sultоn Husаyn vа uning ko‘p аvlоdlаri o‘zlаrini ungа murid, dеb e’lоn qilgаnlаr. Jomiy 1472-yil хajgа bоrаdi. Bu sаfаri vаqtidа Nishоpur, Sаbzаvоr, Bаstоm, Dоmgоn, Qаzvin, Hаmаdоn, Kаrbаlо, Bаg‘dоd, Dаmаshq, Hаlаb, Tаbriz kаbi bir qаnchа shаhаrlаrdа bo‘lаdi. Uning shахsiy mаktublаridаn mа’lum bo‘lishichа, yaqin do‘sti Хojа Аhrоr tаklifi bilаn Tоshkentdа hаm bo‘lgаn vа ulug‘ mоzоrаtlаrni ziyorаt qilgаn. Jomiy kаttа yеr-mulk egаsi bo‘lgаn. Jomiy Аlishеr Nаvоiy bilаn birinchi mаrtа Аbu Sаid hukmrоnligi dаvridа Хiyobоn mаvzеsidа hаmmа qаtоri ko‘rishgаn. Shundа Jomiy ungа o‘zining bir risоlаsini tаqdim qilgаn. 1476 1477-yillаrdа Nаvоiy hаm Jomiyni o‘zigа pir, dеb tаniydi. Gаrchi Jomiyning Nаvоiydаn yoshi аnchа ulug‘, rаsmаn pir hisоblаnsа hаm mоhiyatаn ulаr chin do‘st vа hаmkоr bo‘lgаnlаr. Jomiy o‘zining ("œNаfаhоtul-uns’, "œBа-qоristоn" vа boshqa) bir qаnchа аsаrlаridа Nаvоiyni, Nаvоiy hаm o‘z аsаrlаri ("œХаmsаt ul-mutаhаyyirin’, "œMаjоlis un-nаfоis’, "œTuhfat ul-afkor" vа boshqa)dа Jomiyni hurmаt bilan tilgа оlаdi. Jomiy "œNаfаhоt ul-uns" ("œАzizlаr nаfаsi"), "œRisоlаi musiqi" ("œMusiqа risоlаsi"), "œRisоlаi muаmmо" ("œMuаmmо risоlаsi") kаbi o‘ndаn оrtiq аsаrini Nаvоiy mаslаhаti bilаn yozgаn. Jomiy vаfоtidаn sаl burun lirik shе’rlаrini 3 dеvоngа bo‘lib, ulаrgа "œFоtiхаt ush-shаbоb" ("œYoshlikning bоshlаnishi"), "œVоsitаt ul-iqd" ("œO‘rtаdаgi dur") vа "œХоtimаt ul-qаst" ("œHаyot хоtimаsi", 1479-1491) dеb nоm bеrаr ekаn, bundа Nаvоiy mаslаhаtini e’tibоrgа оlgаn edi. Nаvоiy vа Jomiyning do‘stligi аdаbiy hаmkоrlik bilаn chеgаrаlаnmаgаn. Nаvоiy Husаyn Bоyqаrо sаrоyidа bоsh vаzir bo‘lib turаr ekаn, o‘z siyosiy vа ijtimоiy fаоliyatidа Jomiydаn mаslаhаtlаr оlib turgаn. Mаsalan, Sultоn Husаyn Qunduz vilоyatigа qаrshi yurishgа оtlаnmоqchi bo‘lgаndа, Jomiy Nаvоiydаn pоdshоhni bu sаfаrdаn qаytаrishni iltimоs qilgаn. Sаrоydаgi fitnа vа fujurlаr Nаvоiyning jоnigа tеgib, u o‘z vаzifаsidаn kеtmоqchi bo‘lgаndа Jomiy uni bundаy qаrоrlardan vоz kеchtirgаn. Chunki Nаvоiydеk хаlqpаrvаr аrbоb sаrоydаn kеtsа, хаlq vа mаmlаkаt аhvоli yanаdа оg‘irlаshishini u yaхshi tushunаr edi. Jomiy o‘z аsаrlаrini fоrs-tоjik tilida yozgаn, аrаb tilini hаm yaхshi bilgаn. Хоrаzmlik tilshunоs Ibn аl-Hоjibning аrаb tili nаhv (sintаksis)i hаqidаgi "œАl-Kоfiya" dаrsligigа 1492-yilda g‘оyat yaхshi shаrh bitgаn. Bu kitоb Mаrkаziy Оsiyo vа Yaqin Shаrq mаmlаkаtlаridа so‘nggi vаqtlаrgаchа mаktаb vа mаdrаsаlаrdа аrаb tilidаn qo‘llаnmа bo‘lib kеldi. Nаvоiy bеrgаn mа’lumоtgа ko‘rа, Jomiy turkiy tilni yaхshi bilgаn. Jomiydаn ulkаn vа rаng-bаrаng аdаbiy hаmdа ilmiy mеrоs qоlgаn. Bа’zi оlimlаr Jomiy аsаrlаrning umumiy sоni 99 ta dеb tахmin qilаdilаr. Nаvоiy "œХаmsаt ul-mutаhаyyirin’dа uning 38 аsаrini nоmmа-nоm sаnаb ko‘rsаtаdi. Jomiy аsаrlаri fаlsаfа, tаsаvvuf, tilshunоslik, аdаbiyotshunоslik, sаn’аt sоhаlаrigа hаmdа nаzm vа nаsrning turli хil jаnrlаrigа оid. Jomiyning ijоdiy fаоliyati ko‘p qirrаli bo‘lsа hаm u Shаrq хаlqlаri mаdаniyati tаriхidа ko‘prоq mashhur shоir vа mutаfаkkir — оlim sifаtidа tаnilgаn. Bu jihаtdаn uning epik vа lirik mеrоsi g‘оyat diqqаtgа sаzоvоrdir. So‘nggi аsr аdаbiyotshunоslаri хаqli rаvishdа uni fоrs-tоjik аdаbiyotining ilk tаrаqqiyot dаvrdаgi (X-XV asrlar) buyuk mutаfаkkir-ijоdkоr dеb аtаydilаr. Jomiy, аsаrlаrining bir qismi diniy vа fаlsаfiy mаzmungа egа bo‘lib, ulаrdа shоir islоm dini vа Shаrq fаlsаfаsining bir qаtоr mаsаlаlаrini o‘z qаrаshichа tаlqin etаdi, tаsаvvufning XV asrdagi yirik аrbоbi sifаtidа o‘z fikr-mulоhаzаlаrini bаyon etаdi. Bungа uning "œNаqshi fusus" ("œMа’nоlаr nаqshi"), "œShаvоhidi nubuvvа" ("œPаyg‘аmbаrlikkа dаlillаr"), "œShаrhi qаsidаyi "œTоiya" («Rаdifdа "œtо" hаrfidаn fоy-dаlаnib yozilgаn qаsidа shаrhi"), "œNаqdi nusus" ("œMаtnni tаnqid"), "œShаrhi qаsidаyi "œХаmriya" ("œХаmriya" qаsidаsi shаrhi"), "œNаqshbаndiya tа’limоti hаqidа risоlа", "œVохid" аtаmаsi hаqidа risоlа", "œZikr" shаrtlаri hаqidа risоlа", "œHаj qilish yo‘llаri hаqidа risоlа" kаbi bir qаnchа аsаrlаrini shu guruhgа kiritish mumkin. Jomiy fаlsаfаsining аsоsini tаsаvvufiy g‘оyalаr tаshkil etаdi, Jomiyning "œLujjаt ul-аsrоr" ("œSirlаr dеngizi", 1475), "œАshiаt ul-lаmоаt" ("œYiltillаgаn nur", 1476) diniy-fаlsаfiy qаsidаsi Ibn Sinоgа bаg‘ishlаngаn. Dоstоnlаridа хаlq оmmаsining eng yaхshi оrzu-umidlаrini kuylаgаn. 7 dоstоndаn ibоrаt "œHаft аvrаng" ("œYetti tахt" yoki "œKаttа аyiq", 1480-1487)dаgi "œSilsilаt uz-zаhаb" ("œОltin zаnjir", 1472), "œTuhfаt ul-ахrоr" ("œNurоniylаr tuhfаsi" 1481-1482), "œSibhаt ul-аbrоr" ("œTаqvоdоrlаr tаsbеhi", 1482-1483) dоstоnlаridа yuksаk хulq-аtvоr mеzоnlаrini tаrg‘ib qilgаn, kishilаrni mа’rifаtgа, yurtpаrvаrlikkа, to‘g‘rilik, insоf vа iymоngа chаqirgаn. "œYusuf vа Zulаyhо" (1483), "œLаyli vа Mаjnun" (1484), "œSаlоmоn vа Аbsоl" (1479-1480) dоstоnlаri ishqiy mаvzudа. "œХirаdnоmаi Iskаndаriy" dоstоni (1485) Nizоmiyning "œIskаndаrnоmа"sigа tаqlidаn yozilgаn. Bu asarida u despotism, zulm, ochko‘zlik va qizg‘anchilikni qoralaydi, mehnatsevarlik, insonparvarlikni, kishilar o‘rtasida o‘zaro yordam va hamkorlik haqida, tenglik to‘g‘risida orzu qiladi. XVIII asr охiri vа XIX asrning bоshlаridа Muhаmmаd Rizо Оgаhiy Jomiyning "œYusuf vа Zulаyхo"sini o‘zbеk tiligа tаrjimа qilgаn. Аdаbiyotshunоs vа tilshunоs оlim sifаtidа hаm Jomiy хizmаti ulkаndir. U o‘zining "œBаhоristоn" tаzkirаsidа fоrs-tоjik аlаbiyotining bir qаnchа nаmоyandаlаri vа Nаvоiy hаqidа qimmаtli mа’lumоtlаr bеrаdi. Uning "œRisоlаi аruz" аsаri аruz hаqidаgi eng mukаmmаl qo‘llаnmаlаrdаn biridir. Jomiy «Nаfаhоt ul-uns" аsаrini yozish bilаn tаsаvvuf tаriхini o‘rgаnishgа kаttа hissа qo‘shdi. Undа 616 mutаsаvvif hаyoti vа fаоliyati hаqidа mа’lumоt bеrilgаn bo‘lib, ulаrdаn 34 nаfаri аyollаrdir, Ushbu аsаrni Nаvоiy mа’lum bir to‘ldirishlаr bilаn o‘zbеk tiligа tаrjimа qilgаn, Jomiy fаqаt mаshhur sufiylаr hаqidа mа’lumоt berish bilаn chеklаnmаy, qаtоr shоir vа аdiblаrning hаyoti vа ijоdigа hаm to‘хtаlаdi. Nаvоiy bu аsаrni o‘zbеk tiligа "œNаsоim ul-muhаbbаt" ("œMuhаbbаt shаbаdаlаri") nоmi bilаn tаrjimа qilаr ekаn, uni o‘zbеk shоirlаri vа аdiblаri hаqidаgi mа’lumоtlаr bilаn to‘ldirаdi. Shаrq musiqа ilmi tаriхidа Jomiyning "œRisоlаi musiqa’si hаm аlоhidа o‘rin tutаdi. Jomiyning musiqаviy tаfаkkuri аdаbiy-bаdiiy ijоdidа hаm o‘z ifоdаsini tоpgаn. Аsаrlаri o‘zbеk tiligа tаrjimа qilinib, bir nеchа mаrtа nаshr etilgаn. "œQоfiya shаrqi risоlаsi", "œShаrhi Mullо" (yoki "œMullо Jоmiy") O‘rta Оsiyo vа Idil (Vоlgа) bo‘yi tаtаrlаri mаdrаsаlаridа аrаb tili grаmmаtikаsidаn dаrslik sifаtidа o‘qitilgаn. O‘zbеkistоn vа Tоjikistоnning bir qаnchа jаmоа хo‘jаliklаri, ko‘chаlаr, mаktаblаr Jomiy nоmi bilаn аtаlаdi. Sаmаrqаnd shahridа Nаvоiy bilаn Jomiy hаykаli o‘rnаtilgаn (1970).
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:16:41
ABDULAZIZ IBN SHAROFIDDIN (XIV asr oxiri-XV asr boshi) — rixtagar. Amir Temur saroyida yashab ijod etgan. Ahmad Yassaviy maqbarasi uchun qo‘ygan "œNazirniyoz qozoni" oz davri amaliy san’atining nodir namunalaridan biridir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:17:35
ABDULAZIZ MIRZO (1430—?) — Ulug‘bekning kichik o‘g‘li. Abdulatifning ukasi. Ulug‘bek Mirzo kenja o‘g‘li Abdulaziz Mirzoni Abdullatif Mirzoga nisbatan yaxshi ko‘rgan hamda ko‘p sohalarda uning ko‘ngliga qarab ish tutgan. Binobarin, Abdulaziz Mirzo erkatoy va arzanda bo‘lib o‘sgan. Natijada, uning xatti-harakatlari otasi Ulug‘bek Mirzoga pand bera boshlagan. 1449-yil Ulug‘bek Mirzo Abdullatif Mirzoga qarshi jangga ketayotib, Abdulaziz Mirzoni o‘z o‘rniga qo‘yib ketadi. Abdulaziz Mirzo ota taxtiga o‘tirishi bilan hech bir istisnosiz beibolarcha harakat qiladi. U Samarqand shahridagi kazo-kazolar, jumladan otasi Ulug‘bek Mirzo bilan jangga ketgan bek va amirlarning xonadonlaridagi go‘zal qiz-juvonlar, chiroyli kanizaklarni majburan saroyga keltirib, aysh-ishratga mashg‘ul bo‘ladi. Bunday sharmandalikka qarshi shahar zodagonlari jangdohda turgan bek va amirlar hukmdor Ulug‘bek Mirzoga qarshi isyon ko‘taradilar. Garchi Uluig‘bek Mirzoning qo‘llagan oqilona chora-tadbirlari natijasida xavf solayotgan isyon tinchlik bilan bartaraf qilingan bo‘lsa-da, biroq saltanat akobirlarining ko‘nglida Ulug‘bek Mirzoga nisbatan tug‘ilgan gina-qudurat mamlakat poydevoriga rahna solgan edi. Ulug‘bek Mirzoning jangda mag‘lubiyatga uchrab, Abdulatif Mirzo huzuriga bosh egib borishining, taslim bo‘lishining ham bosh omili shunda edi. Voqeaning bunday qaltis rivojlanishida arzanda o‘g‘il Abdulaziz Mirzoning hissasi katta edi. Z.M.Bobur va "œTarixiy Rashidiy"ning muallifi Muhammad Haydarlarning yozganlaridan ma’lum bo‘lishicha, Ulug‘bek Mirzo kenja o‘g‘li Abdulla Mirzoning yoshligidayoq Yunusxonning (keyinchalik Toshkent xoni) singlisini beshik ketti qilib qo‘ygan ekan. Binobarin, Abdulaziz Mirzo 1434-yildan boshlab "œxon" unvoniga ega edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:18:42
ABDULLA MIRZO (1433-1451) — Movarounnahr hukmdori (1450-1451). Temuriylardan. Ulug‘bekning ukasi Ibrohim Mirzoning kenja o‘g‘li. Otasi vafotidan so‘ng, Fors viloyatiga hokim qilib tayinlangan. Biroq u hali yosh bo‘lgani sababli davlat ishlarini onasi Ruqiya begim bilan otabek Shamsiddin Sheroziy boshqargan. 1447-yil amakivachchasi Sulton Muhammad Mirzo Fors viloyatini bosib olgach, Hirotga qochib kelgan. 1448-yilda esa amakasi Ulug‘bekning xizmatiga kirib, uning qiziga uylangan. Abdullatifdan keyin Movarounnahr taxtiga o‘tirgan. Ammo toju taxt da’vogari Sulton Abu Said Mirzoga qarshi jangda halok bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:19:21
ABDULLO XOTIFIY (?-1521 yil dekabr) — tarixchi, shoir; Abdurahmon Jomiyning jiyani (singlisining o‘g‘li). "œXusrav va Shirin’, "œLayli va Majnun’, "œHaft manzar", "œShoh Ismoil janobi oliylari Shohnomasi" kabi asarlar yozgan. Sulton Husayn Boyqaroga bag‘ishlab, Amir Temur zafarlarini madh etuvchi "œTemurnoma" (yoki "œZafarnoma’) tarixiy dostonini yozgan. Qo‘lyozmasi ko‘pgina kutubxonalarda saqlanib qolgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:19:55
ABDUQODIR NAYIY (XV a.) — mohir sozanda.

ABDURAZZOQ SAMARQANDIY, TO‘LIQ ISMI KAMOLIDDIN ABDURAZZOQ IBN JALOLIDDIN ISHOQ SAMARQANDIY (1413-yil 7-noyabr — 1482-yil, Hirot) — mashhur sayyoh, elchi va tarixchi. Tafsir, hadis, tarix, til va adabiyot fanlarini puxta egallagan. Hayotining ko‘p davri Samarqandda o‘tgani uchun Samarqandiy nisbasini olgan. Abdurazzoq Samarqandiy arab tili grammatikasiga bag‘ishlangan "œRisolai Azudiya’ga sharh yozadi. Shohruh saroyida diplomatik yozishmalarni olib borishda qatnashadi, elchilar boshlig‘i sifatida 1441-1442-yillarda Hindiston janubidagi Kalikut, Xinovar, Mangalur, Bilur, Bokanur va Bijanagar rojaligiga borib keladi. U Kermon, Ormuz va Fors qo‘ltig‘i orqali Hindistonga qilgan sayohatini yozib qoldiradi. 1446-1447-yillarda Shohruh uni diplomatik topshiriq bilan Gilonga jo‘natadi. U hayotining keyingi davrlarida Abulqosim Bobur saroyida xizmat qildi. Boburning Mozandaronga (1453-yil), so‘ngra Samarqandga (1454-yil) qilgan yurishlarida qatnashdi. 1463-yil Abu Said mirzo Abdurazzoq Samarqandiyni Hirotdagi Shohruhiya xonaqosiga shayx etib tayinlaydi. Abdurazzoq Samarqandiy Movarounnahr va O‘rta Sharq mamlakatlarining XIV-XV asrlardagi tarixiga oid boy ma’lumotlarni o‘zida jam qilgan "œMatlai sa’dayn va majmai bahrayn" ("œIkki saodatli yulduzning chiqish va ikki dengizning qo‘shilish joyi") nomli tarixiy asari bilan mashhur (1467-1469-yillarda fors tilida yozilgan). Abdurazzoq Samarqandiy o‘z asarini Amir Temur va temuriylar hukmronlik qilgan davrga bag‘ishladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:20:05
ABU BAKR MIRZO (1382-?) — temuriylardan, Mironshohning o‘g‘li. Onasi Xonika begim. 1399-yilda Amir Temur Mironshoh Mirzoni jazolab, uni hokimiyatdan mahrum etgach, uning tasarrufidagi viloyatlarga Abu Bakr Mirzoni hokim etib tayinlaydi. Ammo Abu Bakr Mirzo otasi Mironshohga bo‘lgan hurmati yuzasidan bobsini taklifini rad etadi. Temur nabirasi Abu Bakr Mirzoni ko‘ngli bo‘shlikda ayblab, hokimiyatga Mironshohning ikkinchi o‘g‘li — Umar Mirzoni tayinlaydi. Amir Temur Abu Bakr Mirzoga Bag‘dodni suyurg‘ol qiladi. Temur vafotidan so‘ng, Movarounnahrda temuriylar o‘rtasida kurash borayotgan bir davrda Umarshayx Mirzo bilan Eron va Ozarbayjonda mutloq hokimi bo‘lib oladi. Umar Mirzo akasi Abu Bakr Mirzoga nisbatan pinhoniy dushmanlik ruhida bo‘lib, 1405-yil aprelda Sultoniyaga kelgan akasi Abu Bakr Mirzoni ushlatib, qal’aga qamatadi va unga tegeshli haram va barcha mol-mulkni o‘ljaga oladi. Shu yilning yozida Abu Bakr Mirzo bandilikdan qochib, Xurosonga ketadi. Abu Bakr Mirzo Sultoniyani qo‘lga kiritib taxtga o‘tiradi. 1408-yil aprelda Abu Bakr Mirzo Ozarbayjonning Sardrud mavzesida turkman amir Qora Yusufdan yengilib orqaga chekinadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:21:25
ABUL ALI BIRJANDIY (XV a.) — olim, u Samarqand astronomik maktab namoyandalari asoslaridan va matematik jadvallariga sharhiy asarlar yozgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:21:41
ABULQOSIM BOBUR (1422, Hirot — 1457-yil mart, Mashhad) — temuriylardan, Boysunqur mirzoning o‘g‘li. Bobosi Shohruh mirzo qo‘l ostida tarbiyalangan. Xuroson taxti uchun kurashda g‘olib chiqib, 1449-yil fevralda Abulqosim Bobur Hirotni egallaydi. Temuriylarning Xurosondagi hukmdori (1149-1157). 1454-yilda Samarqand uchun muvaffaqiyatsiz yurish qiladi va qirq kunlik qamaldan so‘ng Sulton Abu Said bilan bitim tuzib, Hirotga qaytadi. Bitimga ko‘ra Amudaryo ilgarigidek ikkala davlat o‘rtasidagi chegara bo‘lib qolgan. U shoirlarni to‘plab mushoiralar o‘tkazgan va o‘zi ham turkiy, fors tillarida she’rlar yozgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:22:39
ALI QUSHCHI (taxallusi; asl ismi-sharifi Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy) (1403, Samarqand — 1474-yil, Istanbul) — falakiyotshunos va riyoziyotchi olim, mutafakkir, Ulug‘bek ilmiy maktabining atoqli namoyondalaridan biri, uning yaqin shogirdi. Amir Temur qarorgohi boshlig‘ining o‘g‘li. Ulug‘bek saroyida qarchig‘aylar boqqani uchun uni "œQushchi" deyishgan. Ali Qushchi boshlang‘ich ma’lumotlarni Samarqandda oladi (Qozizoda Rumiydan tahsil ko‘radi), o‘z ma’lumotini oshirish uchun 1414-yilda Eronning Kirmon shahriga boradi va u yerdagi madrasada 3 yil ta’lim oladi, ayniqsa tabiiy fanlarni, xususan falakiyot, riyoziyotni puxta o‘rganadi, 1417-yil Samarqandga qaytadi. Bu vaqtda Samarqandda Ulug‘bek madrasasi qurilayotan edi. Ali Qushchi shu madrasada ham ta’lim olishni davom ettiradi, Qozizoda Rumiy va G‘iyosiddin Koshiylardan ilm sirlarini o‘rganadi. Madrasani bitirgach, shu yerda falakiyot va riyoziyotdan mashg‘ulotlar olib boradi, ilmiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ulug‘bek rasadxonasini qurish ishlarida ham faol qatnashadi. Shu davrda "œHisob risolasi" va "œAstronomiya risolasi" asarlarini yozadi va ilm ahli orasida katta obro‘ qozonadi. 1428-yilda Ulug‘bek rasadxonasi ishga tushirilgach, bu yerda Ulu’bek rahbarligida kuzatuvlar olib boradi, risolalar yozishni davom etadi. Ulug‘bekning "œZiji jadidi ko‘ragoniy" asari yozilishda Ali Qushchining hissasi katta. 1438-yil Ulug‘bek Ali Qushchini Xitoy saltanatiga elchi qilib yuboradi, u Xitoydan qaytib kelgach, "œMatematika va astronomik jug‘rofiya’asarini yozadi. Ulug‘bek vafotidan (1449) so‘ng uning Samarqanddagi mashhur kutubxonasi xavf ostida qoladi. Kutubxonani Ali Qushchi saqlab qolgan degan taxminlar bor; rivoyatlarga qaraganda kutubxonadagi kitoblarning ko‘p qismini Ali Qushchi Samarqand yaqinidagi Hazrat Bashir qishlog‘iga ko‘chirgan. Ko‘p o‘tmay, ta’qiblardan qochib, Ali Qushchi Samarqanddan chiqib ketishga majbur bo‘ladi. U avval Karmana va boshqa shaharlarda yashab, 1465-yil Turkiyaning Istanbul shahriga boradi. Turk sultoni Muhammad II (1451-1481) taraqqiyparvar shaxs bo‘lib, o‘z atrofiga olim va shoirlarni to‘plar edi. Ali Qushchining dong‘ini eshitgan sulton uni saroyga xizmatga taklif qiladi va olimlarga rahbar qilib tayinlaydi. Ali Qushchi Turkiyada olimlar, faylasuflar, shoirlarni o‘z atrofiga to‘plab, ilmiy ishlarni taraqqiy ettirishga intiladi, o‘zi esa riyoziyot, falakiyot, falsafa, mantiq, adabiyot, musiqa va boshqa fan sohalaridan risolalar yozadi. Ali Qushchidan 20 dan ortiq ilmiy asar meros bo‘lib qolgan. U ko‘p olimlarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa Ali Qushchining "œUlug‘bek zijiga sharh" asari astronomiya tarixida katta ahamiyatga ega. U’Zij" ni geometrik teoremalar yordamida sharhlaydi. Ali Qushchi asarlarining ko‘pchiligi Turkiyadagi Ayo-So‘fiya madrasasi kutubxonasida saqlanib qolgan. Ulug‘bek maktabi namoyondalari va xususan Ali Qushchining asarlari va dunyoqarashlari ilm-fan tarixida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ali Qushchi XVI-XVII asrlarda O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida riyoziyot fani rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Ali Qushchi Samarqand ilmiy maktabi an’analarini davom ettirib, bu ilmiy maktabning fan sohasidagi katta yutuqlarini O‘rta, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga tarqatishda faol ishtirok etadi. Ali Qushchi vafotidan so‘ng uning shogirdlari — Mirim Chalabiy, Husayn Birjandiy, Bahovaddin Omuliy, Najmiddin Alixon va boshqalar uning ilmiy ishlarini davom ettirdilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:23:19
ALISHER NAVOIY, Navoiy (taxalluslari; asl simi Nizomiddin Mir Alisher) (1441-yil 9-fevral — Hirot — 1501-yil 3-yanvar) — buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi. Alisher Navoiyning ota tomondan bobosi Amir Temurning Umar Shayx ismli o‘g‘li bilan ko‘kaldosh (emikdosh) bo‘lib, keyinchalik Umar Shayx va Shohruhning xizmatida bo‘lgan. Otasi G‘iyosiddin Bahodir esa Abulqosim Boburning yaqinlaridan; mamlakatni idora etishda ishtirok etgan. Onasi (ismi nomalum) Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi. Alisher Navoiyning bolaligi Shohrux hukmronligining so‘nggi yillariga to‘g‘ri kelgan. U temuriyzodalar, xususan bo‘lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalangan. 4 yoshida maktabga borib, tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi she’rlarni o‘qib, yod ola boshlagan. O‘zbek tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham mukammal egallagan. 1447-yil 12-martda mamlakat podshohi Shohrux vafot etgach, taxtga da’vogarlar orasida o‘zaro kurash boshlanadi. Urush-janjallar ko‘p kishilarni Xurosondan turli tomonga ko‘chib ketishga majbur etdi. Alisher Navoiylar oilasi o‘z tinchligini ko‘zlab, Iroqqa ko‘chishadi (1449). Taf shahrida Alisher mashhur "œZafarnoma" tarixiy asari muallifi, shoir Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Bu uchrashuv bolada yorqin taassurot qoldiradi. Alisher Navoiy 10-12 yoshlaridan she’r yoza boshlagan. Tarixchi Xondamirning yozishicha, yosh Alisher Navoiyning iste’dodidan mamnun bo‘lgan mavlono Lutfiy uning mashhur g‘azaliga o‘zining 10-12 ming forsiy va turkiy baytini alishtirmoqchchi bo‘lgan. Alisher Navoiy 15 yoshida shoir sifatida keng tanilgan. Sherlarini turkiy (Navoiy taxallusi bilan) va forsiy (Foniy taxallusi bilan) tillarida yozgan. Alisher Navoiyning 13-14 yoshlarida otasi hayotdan ko‘z yumadi. Uni Abulqosim Bobur o‘z tarbiyasiga, katta badiiy iste’dodi uchun g‘oyat e’zozlaydi. 1456-yil oktabrda mamlakat poytaxti Hirotdan Mashhadga ko‘chiriladi, Abulqosim yosh Alisherni ham, o‘z xizmatida bo‘lgan Husayn Boyqaroni ham Mashhadga olib ketadi. 1457-yilning bahorida to‘satdan Abulqosim Bobur ham vafot etadi. Alisher Navoiy uchun bu, otasi vafotidan keyingi, ikkinchi og‘ir judolik bo‘ldi. U Mashhad madrasalaridan birida o‘qishni davom ettiradi. Do‘sti Husayn Boyqaro esa Marv va Chorjo‘y tomonlarga omad qidirib ketadi. Alisher Navoiy Husayn Boyqaroning eng xavfli siyosiy raqibi — Yodgor Muhammad Mirzoni tunda qo‘lga olishda shaxsiy jasorat ko‘rsatadi. Yangi hukumatning ortiqcha soliqlaridan norozi bo‘lib, qo‘zg‘olon ko‘targan xalq ommasini tinchitishda adolat va mardonavorlik bilan ish tutadi. Shu voqealardan so‘ng ma’lum vaqt o‘tgach, Husayn Boyqaro hukumatidagi muhrdorlik vazifasiga Alisher Navoiyning roziligi bilan uning samarqandlik do‘sti, shoir Shayxim Suhayliy tayinlanadi. Alisher Navoiyning maqsadi saroyda maslahatchi bo‘lib qolish, ko‘proq ijodiy ish bilan shug‘ullanish edi. Biroq Husayn Boyqaro 1472-yilning fevral oyida uni o‘z saroyining bosh vaziri qilib tayinlaydi va unga "œAmiri kabir" unvonini beradi. Alisher Navoiy yangi lavozimda avvalo butun kuchini mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatishga qaratdi. Vaqf ishlarini tartibga solishga kirishdi. Shaharlarda savdo-sotiqni, hunarmandchilikni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Alisher Navoiy sa’yi harakati bilan qishloqlarda dehqonchilik madaniyati o‘sib boradi. Shaharlar, xususan Hirot kun sayin obod bo‘la boshlaydi. Buyuk insonparvar Alisher Navoiy o‘rta asrdagi Uyg‘onish davrining boshqa ulug‘ zotlari singari butun hayoti bilan haqiqiy inson qanday bo‘lishi lozimligini ko‘rsatdi. U o‘z davridagi nohaqlikka, adolatsizlikka qarshi kurashdi, amaldorlarning o‘z vazifalarini suiiste’mol qilishlarini va ta’magirliklarni fosh etdi, ojiz, muhtoj kishilarni o‘z himoyasiga oldi. Sulton Husayn Boyqaro podshohlik qilgan, Alisher Navoiy hukumatda bosh vazir vazifasini egallagan yillarda hech bir mamlakatga qarshi bosqinchilik urushi olib borilmadi. Bosh vazir Alisher Navoiy madaniyat va san’atning chinakam homiysi sifatida taniladi. Uning faoliyatida ijtimoiy-siyosiy masalalarni to‘g‘ri hal etishga intilish, jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlamlarga, barcha qavmlarga bir xil munosabatda bo‘lish, hech qaysi birini kamsitmaslik, hammaning manfaatiga barobar xizmat qiladigan jamoat binolarini qurishga alohida e’tibor berish oldingi o‘ringa chiqa boshladi. 1500-yilning dekabrida Husayn Boyqaro isyon ko‘targan o‘g‘li — Muhammad Husayn bilan sulh tuzib, Hirotga qaytar ekan, Alisher Navoiyni ham uni kutib olishi lozimligiga ishorat qiladi. Orada ikkinchi 3 kunlik yo‘l bor edi. Alisher Navoiy o‘zining so‘nggi she’rini Poyob rabotida yozgan va undan nusxa ko‘chirtirib, kelayotgan Husayn Boyqaroga yuborgan. Uchinchi kuni Alisher Navoiy hukmdor istiqboliga yaqinlashayotganida o‘zini yomon his etgan, u bilan ko‘rishayotganda xushidan ketib, qaytib o‘ziga kelmagan va hayotdan ko‘z yumgan. Ulug‘ shoir ijodining shoh asari 5 dostondan iborat "œXamsa’dir. "œLison ut-tayr" — Alisher Navoiyning so‘nggi dostoni "œXamsa’dan 14 yil keyin — 1498-1499-yillarda yaratilgan. Bu asarini shoir "œFoniy" taxallusi bilan yozgan. Chunki bu davrda uning hayoti keksalikka yuz o‘girgan, aniqrog‘i, bu dunyosidan ko‘proq u dunyosini o‘ylay boshlagan edi. Mazkur asar bolaligida sevib o‘qigani — Farididdin Attorning "œMantiq ut-tayr" ("œQushlar tili") dostoniga javob tarzida, shoirning o‘z ta’biri bilan aytganda, "œtarjima rasmi bila" yuzaga keltirgan she’riy mo‘jizasi edi. O‘rta asrning bu buyuk adibi turkiyzabon xalqlar, xususan o‘zbek xalqining ma’naviy ravnaqi yo‘lidagi mamlakat obodonchiligi, el-yurtning farovonligi yo‘lidagi faoliyati beqiyosdir. Mirzo Haydarning yozishicha, Navoiyning har yilgi daromadi o‘n sakkiz ming "œshohruhiya" dinorga teng bo‘lgan. Bu mablag‘ning deyarli hammasini u xayrli ishlarga, shu jumladan jamoat qurilishlariga sarf etgan. U birgina Hirot shahri yaqinida Injil anhori bo‘yida bir qancha binolar: "œIxlosiya" madrasasi, uning qarshisida "œXolisiya" xonaqohi, "œQudsiya" jome’ masjidi, "œShifoiya" davolash uyi, "œSafoiya" hammomi va ular qoshiga toshhovuz qurdirdi. Binokorlik ishlari Hirotning qator mohir me’mor, muhandis, banno va naqqoshlari tomonidan bajariladi. "œIxlosiya" madrasasi va "œXolisiya" xonaqohida bir necha ming kishi istiqomat qilib,fan, adabiyot va san’at bilan mashg‘ul bo‘lgan. O‘sha davr tarixchisi Xondamirning yozishicha "œXolisiya" xonaqohida har kuni zaifa va miskinlar ziyofat qilinib, lazzatli taomlar bilan to‘ydirilgan. Yangitdan quriladigan har bir bino yoki ta’mir etilib qayta tiklanadigan har bir yodgorlikka mukammal me’moriy zeb berish uchun Navoiy qurilishga hamma vaqt ko‘plab turli kasbdagi binokor ustalarni jalb qilgan. Ta’mirlash ishlari bevosita Navoiy boshchiligida amalga oshirilgan. Xondamirning yozishicha, 80-yillar davomida Alisher Navoiy o‘z mablag‘iga 52 rabot, 17 masjid, 10 xonaqoh, 19 hovuz, 9 hammom 16 ko‘prik, 20 ga yaqin hovuz qurgan yoki ta’mirlattirgan. Astrobod shahrida qurilgan "œMir saroyi" va "œJome masjidi" shuningdek, Marv shahrida bino qilingan "œXusraviya" nomli madrasa shular jumlasidandir. Shu bilan birga Navoiy jang-u jadallar va zizilalar asoratida vayron bo‘lgan ko‘pgina jamoat binolarini ta’mir etib, qayta tiklashdek murakkab ishlarga ham qo‘l urgan. Movarounnahr va Xurosonning XV asr me’morchiligida o‘zining mukammalligi va bajargan vazifasi jihatidan jamoat binolari orasida ayniqsa shifoxonalar, hammomlar, istirohat bog‘lari alohida o‘rin tutadi. Alisher Navoiy Injil anhori bo‘yida "œShifoiya" ni qurishga kirishar ekan, avvalo uning zamonasida qarovsiz qolgan Hirot Dorushifosini qayta tiklab uni obod etadi. Bu davrda Hirot Dorushifosi, ayniqsa kahollari — ko‘z kasalligi tabiblari g‘oyat shuhrat topgan. Xalq salomatligi va tozaligi yo‘lida jamoat binolaridan hammomlarning g‘oyat muhimligini yaxshi tushungan Navoiy Hirot va uning atrofida bir nechta hammomlar qurdiradi. XV asr badiiy adabiyoti ravnaqida buyuk davlat arbobi, ulug‘ shoir, olim, mutafakkir Alisher Navoiyning hissasi g‘oyat buyukdir. Navoiy butun faoliyati va ijodiyotini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o‘zaro urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishladi. U ulug‘ insonparvar, donishmand, davlat arbobi, o‘zbek adabiy tili, o‘zbek klassik adabiyotining yangi taraqqiyot pog‘onasiga ko‘targan buyuk so‘z san’atkori, iste’dodli qomusiy olim bo‘lib yetishdi. U davrining madaniy hayotiga raxbar, ilm-fan, san’at va adabiyot ahllariga homiy, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan ustoz bo‘ldi. Navoiy til adabiyot, musiqa, tarix, falsafa, astranomiya, tarbiya nazariyasi sohasida juda ko‘p qimmatli ilmiy asarlar, 30 dan ortiq yirik badiiy asarlar yozdi, "œHamsa, "œXazoyin ul-maoniy", "œMahbub ul-qulub", "œLison ut-tayr" shular jumlasidandir. Navoiy "œFoniy" taxallusi ostida tojik tilida ham ijod qilib, "œDevoni Foniy", "œXasbi xol’, "œTuhfat ul-afkor" kabi lirik asarlar yaratdi. Navoiy asarlarida muhabbat va sadoqat, do‘stlik va qardoshlik, adolat va tinchlik zo‘r mahorat bilan tarannum etiladi. U odamlarni insonga muhabbatli bo‘lishga da’vat etadi, mehnatni ulug‘laydi. Shoir odamlarni fanni egallashga, bilimlarni o‘zlashtirishga chaqiradi, savodli bo‘lishning amaliy ahamiyatini o‘qtiradi. Navoiy tarixni bilishning ahamiyati, ayniqsa katta ekanini aytib, odamlarni tarixni o‘rganishga da’vat etadi. Uning fikricha, tarix fani shohlar, hukmdorlarning tarjimai holini emas, balki mamlakat tarixini o‘rganishi kerak. Navoiy ta’kidlashicha, xalqning farovonligi, davlatning ravnaqi — dehqonlar va kosiblarning og‘ir va mashaqqatli mehnati natijalariga bog‘liq shu sababli ularni hurmatlab, mehnatni ardoqlash lozim. Navoiy shohlarning, beklarning va boshqa amaldorlarning hunarmand kosiblarga, dehqonlarga zulum o‘tkazishlariga qarshi chiqadi. Navoiy odamlarni insofli, olihimmat, mehnatsevar bo‘lishga da’vat etadi. Jahondagi barcha ma’murchilikning manbai mehnat deb, uni maqtaydi. Alisher Navoiy o‘zidan boy she’riy, nasriy va ilmiy meros qoldirgan bo‘lib, bu merosning hajmi, "œLison ut-tayr" dostonida shoirning o‘zi ta’kidlashicha, 100 ming baytdan iboratdir. U boy meros bilan Navoiy o‘zbek adabiyotini jahon yuksakligiga ko‘tardi va o‘zbek adabiy tiliga asos soldi. O‘zbek adabiyotida Navoiy nomi bilan bog‘langandir. Navoiy asarlari o‘nlab xalqlarning tillariga tarjima bo‘lgan. Turkistonda XX asr boshidan boshlangan, tashabbuskori jadidlar bo‘lgan ma’rifiy uyg‘onish Alisher Navoiyning hayoti va faoliyatining o‘rganishda ham o‘z ifodasini topdi. Biroq qariyb bir yarim asr davom etgan mustamlakachilik davrida, ayniqsa sho‘ro tizimi davrida madaniy merosimizni xalqimizga yot mafkura qolipiga solib talqin qilishga urinishlar bo‘ldi. Bu hodisa Alisher Navoiy ijodiga munosabatda ham o‘z ifodasini topdi. Uni yo‘qsillarning do‘sti, mulkdorlarning muholifi qilib ta’riflashga intilishdi. Jahon adabiyotining durdonasi bo‘lgan asarlardagi (masalan "œHayrat ul-abror" dostonidagi) ajoyib boblar qisqartirib nashr etildi. Alisher Navoiy hayoti va ijodi Allohga imon keltirgan, Qur’oni karimdagi har bir oyatni muqaddas deb bilgan, naqshbandiya tariqatini qabul qilgan adib va mutaffakkirning hayoti va ijodidir. Uning ijodi mohiyatini anglab yetmoq uchun din tarixini yaxshi bilgan, Qur’oni karimni o‘qib, ma’nosini anglab yetgan kishi bo‘lishi kerak. Sho‘ro tizimida esa diniy ilmlarni targ‘ib qilish taqiqlanadi. Shu bois, garchi navoiyshunos olimlar shoir ijodini targ‘ib qilish bo‘yicha ancha ishlar qilgan bo‘lsalar ham, Alisher Navoiy ijodi ko‘pchilik kitobxonlar uchun tushunarsiz bo‘lib qolgan. Mustaqillik bizga barcha qadriyatlarimiz qatori Alisher Navoiy merosini o‘rganishning keng ufqlarini ochdi. Endilikda uning ijodini aslicha, mohiyatini tushunib o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. 1991 yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi tantanali nishonlandi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti ta’sis etildi. Respublika Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va rahbarligida Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy bog‘i barpo etildi va bu bog‘ o‘rtasida shoirning salobatli haykali qad ko‘tardi. Shoirning 20 jildli mukammal asarlar to‘plami nashr etila boshlandi (2000-yilga qadar 16 jildli chop etildi). Mamlakatimizda Alisher Navoiy xotirasi yuksak darajada e’zozlanadi. Bir viloyat, shahar, oliy o‘quv yurti (Samarqand davlat universiteti) Toshkentdagi davlat kutubxonasi, O‘zekiston FA Til va adabiyot instituti, adabiyot muzeyi, Toshkentdagi katta akademik opera va balet teatri, san’at saroyi, Toshkentdagi metro bekati o‘nlab ko‘chalar va jamoa xo‘jaliklari uning nomi bilan atalgan. Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlab haykaltaroshlar, rassomlar va bastakorlar asarlar yaratishgan. Har yili Alisher Navoiy tug‘ilgan kun 9-fevralda ilmiy-an’anaviy konferensiya o‘tkazilib, Alisher Navoiy merosini o‘rganish sohasida qilingan yillik ishlarga yakun yasaldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:23:57
ALOUDDAVLA (1417-1460) — Boysung‘urning o‘g‘li. Shohruh vafotidan so‘ng toju-taxt talashib, ukasi Abulqosim Bobur bilan Ulug‘bekka qarshi harakat boshlaydi. U 1447-yilning bahorida Ulug‘bekning katta o‘g‘li Abdulatifning qo‘shinini tor-mor keltirib, uni asirga olgan va Hirotdagi Ixtiyoriddin qal’asiga qamab qo‘yadi. O‘g‘lining qurbon qilinishini istamagan Ulug‘bek Alouddavla bilan sulh tuzadi. Bitimga ko‘ra, Abdulatif ozod qilinib, Ulug‘bek esa Hirot va Xurosonga bo‘lgan da’vosidan voz kechadi. Biroq ko‘p vaqt o‘may Abdulatif bilan Alouddavla musonabatlari yana keskinlashib ketadi. 1448-yilning bahorida Ulug‘bek va Abdulatifning 90 ming kishilik birlashgan qo‘shini Hirotga yurish qiladi. Tarnob yaqinida bo‘lgan jangda Alouddavla qo‘shini tor-mor keltirilib, Hirot qo‘lga kiritiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:25:26
AMIR ABDULXOLIQ — Yangi va Sayram viloyatlarining hokimi. U 1410-yil Turkiston noibi Shayx Nuriddin, Hisori Shodmon noibi Jahongir hamda oqo‘rdalik xonzodalardan Chingiz Og‘lonlar bilan ittifoq tuzib, temuriylarga qarshi ishyon ko‘taradi. 1410-yil 20-aprelida Samarqand yaqinida Qizilvarot mavzeida iitifoqchilar bilan Mirzo Ulug‘bek va Shohmaliklarning qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘ladi. Jangda Ulug‘bek mag‘lubiyatga uchrab Kalifga tomon qochadi. Oradan ko‘p o‘tmay Shohruh ittifoqchilarni mag‘lubiyatga uchratadi..
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:25:52
AMIRAK AHMAD MIRZO (1488-1425) — temuriyzoda, Umarshayx Mirzo Bahodirning o‘g‘li. Farg‘ona noibi, Ulug‘bekning amakivachchasi. 1404-yil oxirida Ahmad Mirzo sohibqiron Amir Temurning Xitoyga qarshi mashhur yurishida qo‘shinning o‘ng qanotiga Xalil Sulton Mirzo bilan birgalikda rahbarlik qilgan. Sohibqiron vafotidan so‘ng, Ahmad mirzo Shohruh Mirzo mulozimatida bo‘ldi. 1409-yilda Movarounnahr saltanati Shohruh mirzo qo‘liga o‘tgach, Ahmad Mirzoga Farg‘onadan to O‘zgangacha bo‘lgan hududni in’om qilgan. Ahmad Mirzo u yerning istehkomlarini ta’mirlab, obodonchilik ishlarini yanada rivojlantirishga harakat qiladi. Shuningdek, Shohruh Mirzoning talabiga muvofiq, o‘z navkarlari bilan uning harbiy yurishlarida qatnashib turgan. 1413-yilda Ulug‘bek Mirzo harbiy kengash bahonasida, Ahmad Mirzoni Samarqandga taklif qiladi. Ammo Ahmad Mirzo Ulug‘bek Mirzoning fe’lidan hadiksirab Samarqandga kelmaydi. Ulug‘bek Mirzoning tinch yo‘l bilan Ahmad Mirzoni tobe etishga harakat qilishi natija bermagach, 1414-yilda Ulug‘bek Mirzo Farg‘ona ustiga qo‘shin tortadi. Amirak Ulug‘bek qo‘shiniga bas kelolmaslikdan qo‘rqib, Andijon va Axsini jangsiz topshirib, O‘sh va Oloy orqali Koshg‘arga qochadi. Ko‘p vaqt o‘tmay Amirak Ahmad o‘z taxtini egallaydi. Ulug‘bek 1415-yilning bahorida yana Farg‘onaga qo‘shin tortishga majbur bo‘ladi. Bu gal ham Amirak Ahmad Ulug‘bekdan cho‘chib yana Koshg‘arga qochadi. Shohruhning Amirak Ahmad nomiga ishonchnoma yuborib, bu ishga aralashuvi tufayli shahzodalar o‘rtasidagi o‘zaro nizo bartaraf etilib, Farg‘ona unga tobe bo‘lib, Koshg‘ar ham Ulug‘bekning qo‘liga o‘tadi. 1416-yilda Ahmad Mirzo Qashg‘ardan Hirotga qaytib keladi. Uni qaytadan biror viloyatga hukmdor qilib tayinlanmaydi, Hirotdan tashqariga chiqarmasdan nazoratda saqlaydilar. Ahmad Mirzo betinim sharobxo‘rlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Ba’zi fitnachilar uning ko‘ngliga saltanat vasvasasini solganlar va fitna qo‘zg‘ashga uringani jazoga mustahiq qilingan. Cunonchi Ahmad Mirzo Ka’batulloh ziyoratiga jo‘natishga farmon berilgan. Ahmad Mirzo Ka’batulloh ziyoratidan qaytib kelmagan. U 1425-yilda o‘sha yerda vafot etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:26:32
AMIRIY, YUSUF AMIRIY (XV asr Hirot) — shoir. Boysunqur Mirzo himoyasida yashagan. Turkiy va forsiyda ijod qilgan. Alisher Navoiy "œturk erdi va turkcha she`ri yaxshi voqe bo`libtur" ("œMajolis un-nafois’) deb yozsa, Davlatshoh Samarqandiy "œShohruh davrida katta shuhrat qozondi" ("œTazkirat ushshuaro") deb ta`riflaydi. Amiriyning Turkiyadagi bir devoni hamda "œDahnamo", "œChog`ir va Bang munozarasi"da saqlangan. Devoniga kirgan she`rlarida shoir hayot haqida chuqur falsafiy fikr yuritadi, ishq muhabbatni ulug`laydi ("œEy ko`za"¦", "œTelbaman’, "œEy ko`ngul" va boshqalar). "œChog`ir va Bang munozarasi" bilan munozara janri imkoniyatlarini boyitdi. Ubayd Zakoniy ta`sirida yozilgan bu asarda amaldorlarning salbiy axloqiy-ma`naviy qiyofalari, xislatlari hajv qilinadi, adovat, johillik, o`zaro qirg`in urushlar qoralanadi. Amiriy "œDahnoma" (1429) asari bilan noma janrini rivojlantiradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:27:57
ARDASHER — 1418-yili Shohrux mirzo nomidan Xitoyda bo‘lgan elchilar rahbari. 1419-yida bunga javoban Li-di va Jong-ku Xitoydan Samarqand va Hirotga elchi bo‘lib keladilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:29:26
ARDASHER SAYID HASAN (1418-Hirot-1489) — turkiy shoir, olim. Ardasherning otasi temuriylardan Boysunqur Mirzo xizmatida ov qushlarini o‘rgatuvchi bo‘lib, qushbegilik lavozimigacha ko‘tarilgan. Shuning uchun Ardasher o‘z ismiga "œsayid" laqabini qo‘shgan. Arab tili, badiy ilmi, tarix, musiqa nazariyasi, she’r san’atini chuqur bilgan. Turkiy, fors tillarida ijod qilgan. Navoiy bilan Mashhadda tanishgan (1456-y.), uning ijodiy kamolatiga katta ta’sir ko‘rsatgan. "œMajolis un-nafois’da Navoiy Ardasher haqida ma’lumot berib, uning bir qit’a va bir baytini namuna sifatida keltiradi. Ardasher ijodidan boshqa asarlari bizgacha yetib kelmagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:29:52
ARSLON XOJA TARXON — XV asr birinchi yarmida yashagan davlat arbobi, shoir. Ulug‘bekning ishonchli amirlaridan. Sarbon shahri hokimi bo‘lgan. Sakkokiy ma’lum davr uning saroyida yashagan. Arslon Xoja Taraxon zukko olim va iqtidorli shoir bo‘lganligi qator manbalarda qayd etilgan. Arslon Xoja Tarxon o‘z saroyida ijodkorlar yig‘ini o‘tkazishni hush ko‘rgan. Qadimgi turkiy qo‘lyozmalarni maxsus ko‘chirtirgan va ba’zi asarlarni arab, fors, turkiy tilga tarjima qildirgan. Arslon Xoja Tarxon turkiy adabiy til va turkiy (uyg‘ur) yozuvining bilimdoni bo‘lgan. U Ahmad Yugnakiyning "œHibat ul-haqoyiq" dostonini uyg‘ur yozuvida ko‘chirtirgan (1444-yil), qo‘lyozma oxiriga adib Ahmad haqidagi "œAdibning eri oti Yugnak erur, Sifoti ajab er, ko‘ngillar yorur"¦" misralari bilan boshlanuvchi 10 baytli masnaviyini ilova qildirgan. Arslon Xoja Tarxon ijodidan hozircha faqat shu 20 satr masnaviy ma’lum. Shoir haqida ba’zi ma’lumotlar Sakkokiy qasidalarida, Shotibiyning "œQur’on o‘qish san’ati haqida’gi risolasi tarjimasining debochasida uchraydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:30:32
ATOIY (XV asr, Balx) — shoir. Yassaviy avlodidan. Samarqand, Buxoro va Balxda yashagan. Turkiy, fors va arab adabiyotlarini chuqur o‘rgangan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. Atoiy g‘azalnafis — lirik shoirdir. Uning g‘azallarida muhabbat mavzui bilan bir qatorda may ham kuylanadi. Mayda hayot zavqi, uning barcha go‘zalliklari va lazzatlari vasf etiladi. May Atoiyda Umar Hayyom ruboiylari va Hofiz g‘azallaridagi kabi hayot timsolidir. Atoiy lirikasida xalq iboralari, ta’birlar, maqol va matallar, ertak mavzulariga oid so‘zlar ko‘p. G‘azallarini asosan aruzning ramal bahrida yozgan; vazni yengil, misralari qisqa, so‘zlari oddiy, uslubi soda va ravon. Shuning uchun ham uning she’rlari xalq qo‘shiqlariga aylanib ketgan. Atoiy tajohuli orifona, laf va nashr kabi tasvir vosita va usullari ham yaratgan. Shoir ijodi bizgacha to‘la yetib kelmagan. Devonining taxminan XVI asrda ko‘chirilgan, 260-g‘azalni o‘z ichiga olgan qo‘lyozma nusxasi Sankt Peterburgda saqlanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:30:42
BADIUZZAMON (1458, Hirot — 1515, Istanbul) — Xuroson hukmdori (1506-1507). Husayn Boyqaroning to‘ng‘ich o‘g‘li, onasi — Marv hokimi Sanjar Mirzoning qizi Beka Sulton begim (1488-yil vafot etgan). Badiuzzamon 1473-yildan Seyiston, keyinchalik Mozandaron hokimi. Astrobod hokimi amir mo‘g‘ul hiyonatidan so‘ng, Husayn Boyqaro uni Astrobodga hokim qilib tayinlagan (1493-yildan). So‘ng, u 1496-1506-yillarda Balx hokimi bo‘lgan. Boburning yozishicha, "œSulton Husayn Mirzo Balxga kelganida Movarounnahr foydasini ko‘zlab Balxni Badiuzzamonga beradi, uning mulki — Astrobodni esa Muzaffar Husayn Mirzoga topshiradi. Badiuzzamon shu tufayli arazlagandi. Shuncha yillar davom etgan dushmanlik va isyon sababi ayni shu holat edi". Badiuzzamon Astrobodni uning o‘g‘li Muhammad Mo‘min Mirzoga sunnat to‘yini qilayotganda in’om qilgan edi. Oqibat ota-o‘g‘il o‘rtasidagi mojaro urushga aylanadi. 1497-yil Badiuzzamon Puli Chirog‘ darasidagi jangda mag‘lubiyatga uchraydi. Xuddi shu kuni Muzaffar Husayn Mirzo Astrobod yonida Muhammad Mo‘min Mirzoni yengadi. Husayn Boyqaro Balxni o‘g‘illaridan Ibrohim Husayn Mirzoga beradi. Yengilgan Badiuzzamon qolgan-qutgan lashkari bilan Qunduzga qochadi, so‘ng Xusravshoh huzuridan panoh topadi. Xusravshoh Balxga qo‘shin, qurol-yarog‘ bilan yordam bergach, u Qandahor va Zamondevorga boradi. 1505-yil Badiuzzamon otasi bilan yarashib, uning xizmatiga kiradi. Otasi vafot etgach, ukasi Muhammad Mirzo bilan birgalikda taxtga o‘tiradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:31:28
BAROQ, BUROQ, BAROQ O‘G‘LON (?-1428-yillar) — dashti qipchoqlik hukmdor (1423-1428 ). O‘rusxonning nabirasi. Baroq 1419-yil may oyida taxt uchun kurashda ko‘mak istab Samarqandga Ulug‘bek huzuriga kelgan. Ulug‘bek unga harbiy yordam beradi va shu yilning avgust oyi oxirida o‘zi ham katta qo‘shin bilan safarga chiqib, 5-sentabrda Chinoz yonida Sirdaryodan kechib o‘tadi. Dushman (Tug‘a Temur avlodi Muhammadxon) jang qilmasdan tarqab ketgan, shuning uchun Ulug‘bek 22-oktabrda Samarqandga qaytib kelgan. Baroq bir muncha vaqtdan so‘ng (1423) Muhammadxonning o‘rdasini, 1425-yil boshida esa uzil-kesil taxtni egallaydi. Mustaqil bo‘lib olgach, Baroq bilan Ulug‘bek oralaridagi munosabat buziladi. Bunga sabab Baroqning Sig‘noq atrofidagi yerlarni da’vo qilib chiqishi bo‘lgan. Baroq Sig‘noq shahri uning bobosi O‘rusxonning qarorgohi bo‘lgani va bobosi obod qilganini da’vo qiladi. Bunga javoban Ulug‘bek 1427-yili bahorida ukasi Muhammad Jo‘qiy bilan Baroqqa qarshi otlangan. Ulug‘bek Baroq tomonidan kechirim so‘rab sulh taklifi bilan yuborilgan elchini qaytarib yuborgan. Sig‘noq atrofidagi tepalik yerlardan hech qanday chora tadbirlarini ko‘rmasdan o‘tib borayotgan Ulug‘bek qo‘shiniga Baroqning kam sonli qo‘shini to‘satdan hujum qilib raqibini parokanda qilib yuborgan. Baroq Samarqand atrofini talab orqaga qaytgan. Ulug‘bek otasi Shohruh yuborgan Hirot qo‘shini hamda Muhammad Jo‘qiyning mulki Qandahordan kelgan qo‘shinlarni jamlab, yana Baroqga qarshi otlanganda, Toshkentgacha kelgan, biroq Baroq qo‘shini dasht ichkarisiga chekingan. Sig‘noq shahri Ulug‘bek qo‘l ostida qolgan. Baroq mo‘g‘ulistonga qarshi yurishida Sulton Mahmud o‘g‘lon tomonidan o‘ldirilgan. Oradan ikki yil o‘tgach U Dashti Qipchoqda o‘z siyosiy mavqeni mustahkamlab oladi. O‘zbek ulusi taxtiga katta yordam bergan Ulug‘bekning muruvvatini unutib, endilikda Sirdaryo bo‘yidagi O‘tror, Sabron va Sig‘noq singari shaharlarga da’vogar bo‘lib chiqadi. Unga qarshi yurishda Ulug‘bekning omadi kelmaydi. Baroq O‘g‘lon Sig‘noq yaqinida tunda Ulug‘bek qo‘shinini chor-atrofdan bosib, unga qattiq zarba beradi. Uning lashkari uni Samarqand ostonalarigacha ta’qib qilib boradi. Bu mag‘lubiyatdan keyin Ulug‘bek el-yurt va otasi oldida yuzi shuvut bo‘lib, Samarqand taxtidan va Movarounnahr hukmdorligidan ajralishiga sal qoladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:31:38
BEHZOD KAMOLIDDIN (1455-Hirot-1536) — buyuk minyaturachi musavvir, Sharq uyg‘onish davri yetuk san’atkori. Hirot miniatyura maktabi asoschisi; muzahhublar yetakchisi, ustozi. "œIkkinchi Moniy" degan faxriy unvonga sazovor bo‘lgan. Keyingi davr olimlari tomonidan "œSharq Rafaeli" deb ulug‘langan. Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Do‘st Muhammad va Qozi Ahmadning ma’lumotlariga ko‘ra, Behzodni Sulton Husaynning kitobdori Mirak Naqqosh o‘z tarbiyasiga olgan. Behzod musavvirlikni Pir Said Ahmad Tabriziydan o‘rgangan, o‘z ijodida musavvir Xalil Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini davom ettirib, uni rivojlantirgan va kamolga yetkazgan, yosh musavvir iste’dodi juda tez shakllangan. Bunda Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida o‘sha davrning yetuk san’atkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad Nur kabi xattotlar ijod bilan band bo‘lganlar. Behzod shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali Mashhadiy va Yoriy Muzahhib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda bo‘lgan. Behzod ijodining mavzu doirasi, qahramonlari shu yerda — Navoiy va boshqa san’atkorlar ijodi ta’sirida kamol topgan. Behzod musavvir sifatida tanilgach, Sulton Husayn saroyiga xizmatga chaqirilgan. 1487-yil Sulton Husayn farmoni bilan Behzod saltanat kutubxonasiga rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik bu joy o‘z davrining badiiy akademiyasiga aylanadi. Uni mutaxassislar "œNigorxonayi Behzod" yoki "œBehzod akademiyasi" deb ataganlar. Musavvir Hirotda Navoiy va Sulton Husayn hayotlik davrida qizg‘in ijod bilan band bo‘ldi, ko‘plab mo‘tabar qo‘lyozmalarni yaratishga rahnamolik qildi, ma’lum qismini nafis rasmlar bilan ziynatlashda shaxsan ishtirok etdi, qator zamondoshlarining — Navoiy, Jomiy, Sulton Husayn va boshqalarning portretlarini yaratdi, bir guruh yoshlarga rassomlik sirlarini o‘rgatdi. 1507-1510-yillarda Behzod Hirotni egallagan Muhammad Shayboniyxon xizmatida bo‘ldi. Bu davrdan bizgacha Behzod yaratgan Shayboniyxon portreti yetib kelgan. 1510-yilda Hirot shahri safaviylar qo‘liga o‘tadi. 1520-yilda Shoh Ismoil yosh shahzoda Tahmosibga rasm o‘rgatishi uchun Behzodni o‘z saltanati poytaxti Tabriz shahriga taklif etadi, 1522-yil esa maxsus farmon bilan rassomni o‘z kutubxonasidagi kitobat ahliga mutasaddi etib tayinlaydi. 1524-yil Shoh Ismoil vafotidan keyin Shoh Tahmosib davrida ham Behruz katta obro‘ va e’tiborga ega bo‘lgan. Tabrizda Behruz Sulton Muhammad, Og‘a Mirak va Mir Mansur kabi musavvirlar bilan hamkorlikda ijod qildi. Qozi Ahmadning ma’lumotiga ko‘ra, Behzod hayotining oxirida ona shahri Hirotga qaytgan va shu yerda vafot etgan. Musavvirning qabri Ko‘hi Muxtor (Murod tog‘i; Afg‘oniston hududida)ning xushmanzara joyida. Ustod san’ankor sifatida Behzod Xirot va Tabrizda qator shogirdlarni tarbiyalab yetkazdi. Uning shogirdlari Behzod an’analarni butun O‘rta Sharqqa yoydilar. Behzod an’analari keyingi davr rassomlari ijodiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Behzod ijodi va merosi san’atshunoslar, rassomlar tomonidan keng o‘rganiladi. Uning ijodi xilma-xil mazmunga ega bo‘lib, u tarixiy siymolar portretlaridan tortib, to serjilo hukmdor saroylaridagi qabul marosimlari va jang maydoni manzaralarigacha haqqoniy va ta’sirli qilib bera olgan. Aynisa, Dehlaviyning "œLayli va Majnun" poemasiga bag‘ishlangan uning lirik manzaralari yoki Sharofuddin Ali Yazdiyning "œZafarnoma" asari uchun chizilgan jang maydonidagi shiddatli jang tasvir etilgan miniatyuralari nihoyatda jozibador va ta’sirchandir. Tasviriy san’at asarlarida xattotlarning husnixati, muqovasiz va zarhalchilarning san’ati uyg‘unlashib, g‘oyat ko‘rkam bir tusga kiradi. Bularning barchasi san’at turlari bilan badiiy adabiyotining o‘zaro uzviy aloqada ravnaq topganini, bir ikkinchisiga samarali ta’sir etganini ko‘rsatadi. Behzod nomini abadiylashtirib, O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning farmoni (1997-yil 23-yanvar)ga binoan Kamolddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi; Milliy rassomlik va dizayn insitutiga Behzod nomi berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga (1997-yil 23-dekabr)ga binoan, Toshkent, Samarqand shaharlarida va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO homiyligida Behzod tavalludining 545 yilligi keng nishonlandi (2000-yil noyabr), uning va izdoshlarining ijodini o‘rganish, merosiga oid ashyolarni to‘plashga hamda Toshkent shahrida Behzod nomidagi memorial bog‘ barpo etishga kirishildi. 2000-yil 3-noyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi Davlat muzeyida Behzodga bag‘ishlab Buyuk Britaniya, Turkiya, Hindiston, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekiston san’atshunos olimlari ishtirokida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi. Yubeley munosabati bilan Behzod hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, "œKamoliddin Behzod" hujjatli film yaratildi (2 qismli, 2000-il). uni mo‘yqalami bilan chizilgan tasvirlar o‘zining nafisligi, yorqinligi va bo‘yoqlarining jozibadorligi jihatdan Sharq musavvirlik san’atida alohida o‘ringa egadir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:32:07
BERDIBEK — amir, temuriylar o‘rtasida taxt uchun kurash bo‘layotgan bir paytda, Sirdaryodan shimolda joylashgan viloyatlar: Turkiston, Sabron, O‘tror, Sayram uning tasarrufida bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:32:18
BINOIY (taxallusi; asl simi Kamoliddin Ali Muhammad Sabz) (1453, Hirot — 1512-yil, Qarshi) — shoir, musiqashunos, tarixchi. Forsiyda ijod qilgan. 1487-yilgacha Hirotda adabiyot, she’r ilmi, musiqa va tarix fanlarini o‘rgangan. Binoiy 1487-yilda Tabrizga ketgan. U yerda Ogahiy, Xurramiy, Mazhariy, Ruhiy, Qozi Isolar bilan muloqotda bo‘lgan. 1491 yil Hirotga qaytgach, 1495-yilda Samarqandga kelgan. Bu yerda 2 qismdan iborat "œBehruz va Bahrom" masnaviysini yozib tugatgan (1500-yil). Masnaviyda ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-tarbiyaviy masalalar ifodalangan. Samarqand hokimi Sulton Ali Mirzoga bag‘ishlab "œMajma" ul g‘aroyib" qasidasini yozgan (1498-yil). Shayboniyxon saroyida xizmat qilgan, harbiy yurishlarida tarixchi sifatida ishtirok etgan. Shayboniyxon vafotidan so‘ng Binoiy Qarshiga kelgan (1510-yil). Safaviylar Movarounnahrga yurish qilib, bu yerda uyushtirgan ommaviy qirg‘in paytida o‘ldirilgan. Shoirning 4182 misradan iborat she’riy devoni, "œFutohoti xoniy", "œHikoyati safari Binoiy" kitoblari musiqa ilmiga doir. Rost maqomida bastalangan ("œTo‘qqiz rang") asari ilmiy va badiiy qimmatga ega.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:32:27
BOYSUNG‘UR, BOYSUNQUR, BOYSUNQAR (1397-yil 16-sentabr — Hirot — 1433-yil 20-dekabr) — temuriy shahzoda. Shohruh Mirzo bilan Gavharshodbegimning o‘g‘li. Boysung‘ur 1414-yil Mozandaron, Astrobod va Jurjon viloyatlari hokimi, 1416-1420-yillarda esa otasi Shohruxning vaziri bo‘lgan. Eron Ozarbayjoni (1420) va Astrobod (1431) hokimi. Og‘ir dardga chalinib 36 yoshida vafot etgan. Boysung‘ur insonparvar, adolatpesha, ilm va adab ahliga muruvvatli hukmdor bo‘lish bilan birga, o‘zi ham g‘azallar bitgan, xattotlik va naqqoshlik san’atini mukammal egallagan. U Hirotda noyob qo‘lyozmalar jamlangan juda boy kutubxona tashkil qilgan, unda 40 dan ortiq xattot mo‘g‘ullar istilosi davrida yo‘q qilingan qo‘lyozmalarning bo‘lak nusxalarini topib, ulardan nusxalar ko‘chirish yoki yaroqsiz holga kelganlarini tiklash bilan mashg‘ul bo‘lgan. Hirotdagi Gavharshodbegim masjidi bezaklari va kitoblarini shaxsan Boysung‘urning o‘zi bajarganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Uning rahbarligi va bevosita ishtirokida Abulqosim Firdavsiy "œShohnoma’sining tanqidiy matni tuzilgan (1425-1426). Unga Boysung‘urning o‘zi so‘z boshi yozgan. "œShohnoma’ning bu nusxasi "œShohnomai Boysung‘uriy" deb atalgan. Shuningdek Boysung‘ur jahon san’ati tarixida muhim o‘rin tutgan Hirot miniyatura maktabiga asos solgan. Bu maktab vakillari tomonidan ko‘chirilgan asarlarning ko‘pchiligi Istanbul kutubxonalarida saqlanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:32:39
BOYSUNG‘UR, BOYSUNQUR, BOYSUNQAR (1477/1478 — 1499) — Movarounnahr hukmdori (1495-yil, 1497-yil). Temuriylardan. Sulton Mahmud Mirzoning o‘g‘li, otasi hayotlik chog‘ida Buxoro hokimi bo‘lgan. U vafot etgach, ikki marta Samarqand taxtini egallagan, ammo tez orada aka-ukalar o‘rtasida taxt uchun kurashda halok bo‘lgan. Bobur uni jasur va adolatli hukmdor deb ta’riflaydi. Boysung‘ur "œOdiliy" taxallusida g‘azallar ham bitgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:33:18
BOYSUNG‘UR, BOYSUNQUR, BOYSUNQAR (1477/1478 — 1499) — Movarounnahr hukmdori (1495-yil, 1497-yil). Temuriylardan. Sulton Mahmud Mirzoning o‘g‘li, otasi hayotlik chog‘ida Buxoro hokimi bo‘lgan. U vafot etgach, ikki marta Samarqand taxtini egallagan, ammo tez orada aka-ukalar o‘rtasida taxt uchun kurashda halok bo‘lgan. Bobur uni jasur va adolatli hukmdor deb ta’riflaydi. Boysung‘ur "œOdiliy" taxallusida g‘azallar ham bitgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:38:34
CHINGIZ O‘G‘LON — Oqo‘rdalik xonzodalardan biri. U 1410-yil Turkiston noibi Shayx Nuriddin, Yangi va Sayram viloyatlarining hokimi Amir Abdulholiq hamda Hisori Shodmon noibi Jahongir bilan ittifoq tuzib, temuriylarga qarshi isyon ishtirokchisi. 1410-yil 20-aprelida Samarqand yaqinida Qizilvarot mavzeida iitifoqchilar bilan Mirzo Ulug‘bek va Shohmaliklarning qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘ladi. Jangda Ulug‘bek mag‘lubiyatga uchrab Kalifga tomon qochadi. Oradan ko‘p o‘tmay Shohruh ittifoqchilarni mag‘lubiyatga uchratadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:39:22
DARVESHALI (XV asr o‘rtasi — XVI asr boshi) — Balx hokimi (1482-90). Alisher Navoiyning ukasi. Navoiy vazirlik vaqtida (1472-yil) uning kitobdori bo‘lgan. 1482-yil amirlik unvoni beriladi va u Sulton Husayn Bayqaroning voyaga yetmagan o‘g‘li Ibrohim Husayn nomidan Balxni idora qila boshlagan. Darveshali Majididdin va uning tarafdorlari tomonidan Alisherga qarshi qilinayotgan bo‘xton va adolatsizliklardan norozi bo‘lib, 1490-yil Hisor hokimi Sulton Mahmud qutqusi bilan Sulton Husayn Bayqaroga qarshi bosh ko‘targan. Sulton Husayn Bayqaro Navoiyga "œagar Darveshali yarashsa, buni o‘zimga eng yaqin kishi qilaman, hech qanday jazoga mustahiq qilmayman’, degan bo‘lsada, Darveshali tavba qilib kelganda, uni sulton farmonini qalbakilatishda ayblab, zindonga soldirgan. 1494-yilda Darveshali Makkaga hajga borishga ruhsat oladi. Qaytib kelgach, 1498-yil Sulton Husayn Bayqaro, o‘g‘li Marv hukmdori Abulmuhsin Mirzo huzuriga Darveshalini elchi qilib jo‘natadi. Navoiy vafotidan (1501) so‘ng Darveshali Bobur xizmatiga o‘tadi. 1511 yilda Bobur Samarqandni olganda Darveshali u bilan birga bo‘lgan. Uning shundan keyingi taqdiri noma’lum.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:39:55
DARVISH AHMAD QONUNIY (XV asr, Samarqand) — sozanda (qonun, chang, rubob), xonanda, bastakor. Mashhur Hofiz Kichik, Sulton Ahmad Noyi kabilar bilan birga ko‘proq Xo‘ja Ahror yig‘inlarida ijod etgan. Mashqlari Samarqand musiqa shinavandalariga kuchli ta’sir qilgan. Xalq sayillarida faollik ko‘rsatgani uchun Xo‘ja Ahror tomonidan qimmatbaho so‘vg‘alar bilan taqdirlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:43:25
DARVISH MAQSUD ANDIJONIY (XV asrning oxiri, Andijon — XVI asr, Buxoro) — sozanda, bastakor. Axiyi Hraviyning shogirdi. Musiqiy iste’dodi Hirotda kamolga yetgan. Shayboniyxon Hirotni olgach (1507), Hofiz Ushshoqiy, Xoja Boboyi Changiy, Xoja Hamzaiy Toshkandiy, Hofiz Miroqiy Buxoriy va Hofiz Boqiy Rudiy singari mashhur san’atkorlar bilan birga Darvesh Maqsud Andijoniyni Buxoroga olib kelgan. Darveshali Changiyning musiqa risolasida Darvesh Maqsud Andijoniy — Jomiy g‘azallariga ko‘pgina savt va naqshlar bastalanganligi qayd qilingan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:44:48
DARVISH SHAYXIM QALANDARIY (XV asrning oxiri, Hirot — XVI asr, Balx) — sozanda, xonanda, bastakor. Darveshali Changiy o‘z risolasida uning xushovozligini yuksak baholagan. Darvish Shayxim Qalandariy "œNavo dashtining xushxon bulbuli" nomi bilan mashhur bo‘lgan. Shayboniylardan Kisri Qora Sulton Hirotni ishg‘ol etgach, Darvish Shayxim Qalandariy Balxga ko‘chgan (1506). Balx hokimi Pirmuhammad Sulton Segoh yo‘lidagi naqshlariga maftun bo‘lib, uning shuhratiga shuhrat qo‘shgan. Darvish Shayxim Qalandariy asarlariga ustod Abdulloh Nayi, ustod Poyandai Qobuziy, ustod Muhammad Surnoyi, ustod O‘zbek G‘ijjakiy va boshqalar ham yuqori baho berishgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:45:44
DAVLATSHOH SAMARQANDIY (to‘liq ismi Davlatshoh ibn Alouddavla Baxtishoh as-Samarqandiy) (taxminan 1436/37-1495) — o‘zbek shoiri adabiyotshunos va davlat arbobi. Otasi Shohruxning nufuzli amirlaridan bo‘lgan. Davlatshoh Samarqandiy zamonasining yirik olimi Fazlluloh Samarqandiy qo‘lida tahsil ko‘rgan. 1480-yilgacha saroy xizmatida. Umrining oxirlarida saroy va harbiy xizmatlarni tark etib, ijod bilan shug‘ullangan. Turkiy va forsiyda yozgan. Davlatshoh Samarqandiyga shuhrat keltirgan yirik asari "œTazkirat ush-shuaro"dir. ("œShoirlar tazkirasi", 1486-yilda yozib tugallangan). Tazkiralar Alisher Navoiyga bag‘ishlangan bo‘lib, juda ko‘p ilmiy tarixiy manbalar asosida yaratilgan. Tazkira X-XV a. adabiy jarayon, uning namoyondalari hayoti, ijodini hamda madaniy, ilmiy va tarixiy sharoitni o‘rganishda muhim manba.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:46:51
DEVONAI GULXANIY (XIII asr o‘rtalari — Bag‘dod — XIV asr boshlari) — sozanda, bastakor, musiqashunos va shoir. Darveshali Changiyning musiqa risolasida ta’kidlanishicha, So‘fiuddin Urmaviy butun Sharqda mashhur 12 maqom tizimini ayni Devonai Gulxaniyning taklifi bilan ishlab chiqqian. Devonai Gulxaniy ko‘pgina naqsh, savd, peshrav, debocha kabi shakllarda asarlar yaratgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:47:14
DEVONAI HISOBIY (XV asr, Xiva, Qorako‘l) — sozanda, bastakor, xonanda va shoir. Xoja Ahror taklifiga binoan Qorako‘ldan Samarqandga ko‘chib kelgan va uning xonaqohida o‘zga xofizlar bilan birgalikda Jaloliddin Rumiy, Qosim Anvar va o‘zining g‘azallariga yaratilgan asarlarni kuylagan. Darveshali Changiyning musiqa risolasida devonai Hisobiydan ko‘pgina naqshlar, peshravlar va she’riy devonlar qolgani ta’kidlanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:47:33
DURBEK (XIV asr oxiri — XV asr boshi) — o‘zbek shoiri. Uning "œYusuf va Zulayho" (1409) dostonigina yetib kelgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:48:05
FAZLULLOX ABULAYS SAMARQANDIY — mashhur olim, falsafa, mantiq, huquq, arab tili, adabiyot va poetikaning o‘tkir bilimdoni. Navoiy Samarqandga ko‘chib borganida Fazlullox Abulays Samarqandiydan saboq olgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:48:56
G‘IYOSIDDIN ALI YAZDIY (XIV asr oxiri) — hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlar kam. Amir Temurning topshirig‘i bilan ulug‘ Jahongirning 1399-yili Hindiston ustiga qilgan harbiy yurishi tarixini yozgan. Olimning "œRuznome g‘azavoti Hindiston" ("œAmir Temurning Hindiston ustiga qilgan yurishi kundaligi") deb ataladigan ushbu asari 1399-1403-yillar orasida yozilgan. Asarda 1399-yildan to 1403-yilgacha davom etgan bu yurish tarixi kunma-kun va batafsil yozilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:49:34
G‘IYOSIDDIN JAMSHID KOSHONIY (taxminan 1430-yilda Samarqandda vafot etgan) — atoqli matematik va astronom, Samarqand astronomik maktabining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri. Asli Eronning Koshon shahridan bo‘lib, boshlang‘ich matematik ma’lumotni shu yerda olgan va XV asrning boshida Ulug‘bekning taklifi bilan Samarqandga kelgan. Bu yerda Qozizoda Rumiy bilan birga Ulug‘bek rasadxonasining asosiy o‘lchov asbob uskunasi — ulkan sekstantni o‘rnatishda va Ulug‘bek madrasasi qurilishiga rahbarlik qilgan. G‘yosiddin Jamshid Ulug‘bek qo‘l ostida ishlagan Husayn Birjoniy, Ali Qushchi va boshqalarning kamolotga yetishishiga katta hissa qo‘shgan. G‘iyosiddin Jamshid astronomiyaga oid "œZiji haqoniy", "œBog‘lar sayri" va "œOsmon narvoni", matematikaga oid "œXorda va sinuslar" kabi asarlar yozdi. G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy O‘rta asr Sharq matematikasini yuqori bosqichga ko‘tarishga katta hissa qo‘shdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:50:14
GAVHARSHODBEGIM, GAVHARSHOD OG‘A (1379-1457) — Shohruhning xotini. Janglardan birida Chingizxonni o‘limdan saqlab qolgan mulozim qishlik avlodi — Chig‘atoy zodagon G‘iyosuddin Tarxonning qizi. 1393-yil Shohruhga tekkan, undan uch o‘g‘il (Ulug‘bek, Boysung‘ur, Muhammad Juqi) va ikki qiz ko‘rgan. Shohrux davlatni idora qilishdan ko‘ra ko‘proq toat-ibodat, diniy kitoblar mutolaasi bilan mashg‘ul bo‘lmoqni afzal ko‘rganidan, avval unga devon ishlarini boshqarishni, so‘ng viloyat hokimlari va qo‘shin sarkardalarini tayinlash, hatto kimga qanday in’omu, kimga qanday jazo berish huquqini ham topshirib qo‘ygan. Masalan, 1440-yil mashhur tarixchi — Fasih Ahmad Xavofiy Gavharshodbegimning buyrug‘i bilan ikki marta zindonga tashlangan. Gavharshodbegim saltanat taxtiga valiahd tayinlash borasida ham o‘z ixtiyori bo‘yicha ish tutib, Shohruhning Muhammad Jo‘qini taxt vorisi qilib tayinlash niyatida ekanligiga qaramay, nabirasi Alouddavlani valiahdlikka tayinlaydi. Ammo, Shohruh tez kunda shifo topib, uning bu rejasi amalga oshmay qoladi. Gavharshodbegim Qazvin, Ray, Qum viloyatlari hokimi — nabirasi Sulton Muhammad Hamadon va Isfaxonni egallab, Sherozni qamal qilganda (1446) Shohruh bilan birgalikda unga qarshi qo‘shin tortadi-da, Sulton Muhammadni isyonga undagan amaldorlar qatorida bir necha sayyidlarni ham qatl etmoqni Shohruxdan qattiq talab qiladi. Shunda Shohruh uning so‘ziga kirib, hatto Amir Temur ham qatl etmoqqa jur"œat qilmagan sayyidlarni o‘limga buyuradi. Sayyidlar dor ostida turib Shohruxni duoibad qiladilar. Keyin, Shohrux Sherozdan Hirotga qaytayotib yo‘lda to‘satdan vafot etadi (1447-yil 12-mart). Davlatshoh Samarqanddiy Shohruxning o‘limi va uning avlodlarining tez orada qirilib ketganini mazkur sayyidlarning qarg‘ishi bilan bog‘laydi. Shundan so‘ng Gavharshodbegim qo‘shin qo‘mondonligini nabiralaridan biri — Abdulatifga topshirib, Alouddavla Mirzoga Hirot mudofaa inshoatlarini mustahkamlash zarurligi haqida maxfiy maktub yo‘llaydi. Bundan ogoh bo‘lgan Abdulatif buvisi Gavharshodbegimni hibsga olib, otasi — Ulug‘bekka bobosi Shohruxning vafot etgani xususida xabar jo‘natadi. Natijada temuriylar o‘rtasida taxt uchun kurash boshlanib, Sulton Abu Said Hirotni egallaydi-da, Gavharshodbegimni qatl qiladi. Gavharshodbegim Boysung‘ur daxmasida dafn qilingan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:50:46
HAYDAR XORAZMIY — XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda yashab ijod etgan zamonasining iste’dodli shoiri va adibi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:51:28
HOFIZ, XOJA HOFIZ SHEROZIY (taxalluslari; asl ismi Shamsiddin Muhammad ibn Muhammad (taxminan 1325-1389-yillar) — fors shoiri. Lirika sohasiga katta hissa qo‘shgan sermahsul olim va iste’dodli adib. Kambag‘al hunarmand oilasida tug‘ilgan. Bolaligidanoq Qur’onni yoddan qiroat bilan o‘qigani uchun hofiz nomini olgan. U ko‘p hadis va she’rlarni ham yod o‘qigan. Yaxshi xattot bo‘lgan. Xofiz vaqti-vaqti bilan shohlar saroyida ham xizmat qilgan, Shoh Shujo‘ Muzaffariyning (1358-1384) taxtga chiqishini qutlagan, Shoh Mansurni (1388-1392) ulug‘lab, unga 6 g‘azal, 1 qasida hamda soqiynoma bag‘ishlagan, lekin hayoti hamisha yo‘qchilikda o‘tgan. Ba’zi asarlarida o‘zining quvg‘inga uchraganligi (1366)ni yozgan. Xofizning shuhratini oshirgan ishqiy g‘azallaridir. U Sa’diy Sheroziy va Xusrav Dehlaviy shakllantirgan g‘azal janrini eng yuksak pog‘onaga ko‘tardi. Xofiz g‘azaliyotga may va muhabbat, ayriliq jafosi, visol nash"œasi kabi an’anaviy mavzular keng o‘rin egalladi. Hofizning adabiy merosi bitta lirik she’rlar devonidan iborat. "œDevon" shoir vafotidan 35 yil keyin sherozlik adabiyotshunos Muhammad Gulandom (XIV-asr oxiri — XV asr boshlari) tomonidan tuzilgan va u XIX asrda Yevropada nashr etilgan boshqa nusxalar uchun asos bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:51:44
HOFIZI ABRU, TO‘LIQ ISMI SHAHOBUDDIN ABDULLOH IBN LUTFULLOH IBN ABDURRASHID AL-HAVOFIY (?-1430) — tarixchi olim, Hofizi Abru Amir Temur va Shohruh saroyida istiqomat qilgan va har ikkala hukmdor bilan yaqindan munosabatda bo‘lgan. U Shohruhning topshirig‘i bilan ikkita yirik asar yozgan. Bulardan biri tarixiy-geografik mazmunda bo‘lib, 1414-1420-yillar orasida yozilgan. U X asrda arab tilida bitilgan noma’lum bir kitob asosida yozilgan. Hofizi Abru Shohruhning ko‘rsatmasi bilan o‘zidan avval o‘tgan mazkur tarixchilar: Tabariy, Rashiduddin hamda Nizomuddin Shomiylarning asarlariga qo‘shimchalar (zayl) ham yozgan. 1412-1418-yillar orasida yozilgan bu qo‘shimchalar "œMajmua-yi Hofizi Abru’ deb ataladi. Hofizi Abru temuriy Boysung‘urning topshirig‘i bilan 1423-1425-yillari "œZubdai tavorix" ("œMajmu at-tavorix") nomli katta tarixiy asar ham yozgan. Bu asarning 4-qismini u Amir Temur va temuriylar hukmronlik qilgan davrga bag‘ishlagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:52:09
HOJI MUHAMMAD NAQQOSH — XV asr va XVI asr boshlarida tasviriy san’at sohasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan musavvir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:52:39
HUSAYN BOYQARO, HUSAYNIY (to‘liq nomi Husayn ibn Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaro) (1438 — Hirot-1506) — Xuroson hukmdori (1469-1506), o‘zbek shoiri. Temuriylardan Umarshayxning evarasi. Husayn Boyqaro saltanat uchun Abu Said Mirzoga qarshi kurashib, 1469-yilda Hirot taxtini egalladi. Alisher Navoiyni muhrdor, so‘ng Bosh vazir qilib tayinlaydi (1472). Husayn Boyqaro davlati shimolda Xorazmdan janubda Qandahor va Seyistongacha, sharqda Balx va G‘aznada g‘arbda Damgongacha bo‘lgan maydonni o‘z ichiga olgan. Husayn Boyqaro hukmdorligi davrida mamlakatni obodonlashtirish va Hirotni madaniy markazga aylantirish ishlariga ancha e’tibor berildi. Keyinchalik mahalliy urushlar, Husayn Boyqaroning va saroy amaldorlarining maishatga berilib ketishi oqibatida Xuroson davlati zaiflashdi. Uning vafotidan so‘ng Hirot Shayboniylar tomonidan zabt etildi (1507). Husayn Boyqaro she’riyatga ham qiziqqan. Ko‘proq g‘azal janrida ijod qilib, devon tuzgan; g‘azallarida, asosan, dunyoviy sevgini kuylagan. "œRisolai Husayn Boyqaro" (taxminan 1485) nomli nasriy asarida davr, hokimiyat, siyosat bilan aloqador masalalar, madaniyat, adabiy hayot haqida fikr yuritgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:53:03
HUSAYN UDIY (XV a.) — mohir sozanda.

HАYDАR SABUHIY (XV аsr — Hirоt — 1498 ) — shоir. Аlishеr Nаvоiyning jiyani, tоg‘аsi Mir Sаid Kоbuliyning o‘g‘li. Tоju tахt uchun kurаshdа Husаyn Bоyqаrо tоmоnidа turib urushgаni sаbаbli Аbusаid Mirzо оtаsini tutib qаtl etgаch, uning tаrbiyasi bilan Nаvоiy shug‘ullаngаn. "œSаbuhiy" (tаsаvvufiy mа’nоdа pоklik, hаqiqаt nuri) tахаllusi bilan shе’rlаr yozgаn. Nаvоiy ko‘pinchа uni yonidа оlib yurgаn. Аstrоbоddа hаm u Nаvоiyning хоs mulоzimlаridаn bo‘lgаn. Nаvоiy uni bа’zi rаsmiy tоpshiriqlаr bilan Hirоtgа yubоrgаnidа, bir dаvrаdа Nаvоiygа suiqаsd qilingаni, оshpаz ungа zаhаr qo‘shilgаn tаоm bеrmоqchi bo‘lgаni, bundаn хаbаr tоpgаn shоir g‘аzаbgа minib, Husаyn Bаyqаrоgа qаrshi isyon ko‘tаrmоqchi ekаnligini аytаdi. Bu gаp Hirоtdа оvоzа bo‘lib kеtаdi. Husаyn Bоyqаrо dаrhоl Nаvоiygа mаktub yo‘llаb, bu ishdаn mutlаqо хаbаri yo‘qligini mа’lum qilаdi. Shu vоqеаdаn kеyin Husаyn Bоyqаrо Nаvоiyning Hirоtgа qаytishigа ruхsаt bеrаdi. Nаvоiy o‘z jаvоbidа bu gаpni rаd etаdi vа jiyanining хаtоsini kеchirishini iltimоs qilаdi. Husаyn Bоyqаrо gаrchi kеchirgаnligini аytib, do‘stini хоtirjаm qilsа-dа, o‘z хоnаdоni shа’nigа qilingаn bu tuhmаtni unutmаydi. Haydar Sabuhiy bаrchа хizmаtlаrdаn chеtlаtilаdi. U Bаdахshоngа kеtib, bir nеchа yil o‘shа yеrdа хizmаt qilаdi. 1498-yildа Bаdахshоndаn Hirоtgа elchi bo‘lib kеlgаnidа, Husаyn Bоyqаrо uni tutib, qаtl ettirаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:53:24
IBN ARABSHOH SHIHOBUDDIN AHMAD IBN MUHAMMAD IBN ABDULLOH IBN IBROHIM (1388, Damashq — 1450, Qohira) — arab tarixchisi. Amir Temur 1401-yilda Shom (Suriya)ni egallagach ibn Arabshohni qarindosh-urug‘lari bilan Samarqandga keltirgan. Bu yerda u mashhur olimlardan ta’lim olgan, fors, mo‘g‘ul va turk tillarini o‘rgangan hamda adabiyot va ilohiyot bilan shug‘ullangan (1401-1408 ). U Xorazm, Mo‘g‘iliston, Xitoyda va Oltin O‘rda poytaxti Saroyda bo‘lgan. Astraxonda huquq fani bilan shug‘ullangan. Qrim orqali Adrianopolga kelgan. 10 yil davomida turk sultoni Muhammad I ning maxsus kotibi bo‘lgan. Ibn Arabshoh bir necha tarixiy kitob yozgan. "œAjoib ul-maqdur fi axbori Temur" ("œTemur haqidagi xabarlarda taqdir ajayibotlari") ibn Arabshohning eng mashhur asaridir. Bu asar "œAmir Temur tarixi" nomi bilan o‘zbek tilida ham nashr etilgan. Asarda Temur davlati va unga chegaradosh mamlakatlar siyosiy, xo‘jalik va madaniy turmushini qo‘shimcha ravishda oydinlashtirib beruvchi ko‘pdan-ko‘p diqqatga sazovor ma’lumotlarni keltirgan. Ibn Arabshoh Amir Temurga naqadar salbiy nazar bilan qaramasin, har holda uning shaxshini munosib baholagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:53:42
IBROHIM MIRZO, IBROHIM SULTON ABUL FATH (1394 -1435-yil 4-may) — Balx va Toxariston (1409-1415) hamda Erondagi Fors o‘lkasining hokimi (1415-1435), shoir, adib, Hirot xattotlik maktabining yirik vakili. Temuriylardan Shohruhning ikkinchi o‘g‘li. Onasi — To‘ti begim. Amir Temurning xotini Tuman og‘o begim tarbiyasiga topshirilgan. Ibrohim mirzo ilm fanga, san’atga homiylik qilgan, mamlakat obodonchiligida bosh-qosh bo‘lgan. Sharafiddin Ali Yazdiy "œZafarnoma" asarini Ibrohim Mirzoning toshirig‘i bilan yozgan. Ibrohim Mirzo Sherozda va mamlakatning boshqa shaharlarida binolar qurdirgan. Ibrohim Mirzo olti xil xatda tengi yo‘q xattot bo‘lgan. Shuning uchun ayrim masjid va madrasalar peshtoqiga o‘z qo‘li bilan kitobalar ham yozgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:53:55
ISMOIL IBN TOHIR (XIV—XV a.) — isfahonlik me’mor. Buxorodagi Ulug‘bek madrasasini qurgan. Binoning bezaklari orasiga me’morning nomi yozilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:54:10
IZZADDIN IBN TOJUDDIN ISFAXONIY — usta-hunarmand, u 1397-yilda Temurning buyurtmasi bilan katta jez qozon va ikkita shamdon yasagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:54:33
JAHONGIR MIRZO (1396-1433-yil 24-iyun) — Movarounnahr xoni (1405-1409-yillar), Hisor hokimi (1409-1433-yillar). Temuriylardan. Muhammad Sulton mirzoning katta o‘g‘li. 1405-yilda Amir Temur vafotidan so‘ng, Halil Sulton Samarqand taxtiga o‘tirgach, 9 yoshli Jahongir Mirzoni xon ko‘tarib, o‘zi otabeklik mansabida hukmronlik qilgan. 1409-yilda Shohruh Mirzo Movarounnahrni egallab Samarqand taxtiga Ulug‘bekni o‘tqazgan. Jahongir Mirzoga Hisor hokimligini berib, unga yosh bo‘lganligi uchun Hamza Sulduzni otabek qilib tayinlagan. Movarounnahrdagi hokimiyatni qayta egallash uchun Ulug‘bekka qarshi kurashgan. Biroq Qizil Rabot mavzeida Shohruh qo‘shini bilan bo‘lgan jangda (1410-yil 12-iyul) yengilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:54:55
JAHONSHOH, MIRZO JAHONSHOH (XV asr) — qora quyunlilar sulolasiga mansub hukmdor, Qora quyunlilar davlatining asoschisi — Qora Yusufning o‘g‘li. Jahonshoh 1437-yilda temuriylardan Shohruh tomonidan Ozarbayjonga hokim etib tayinlanib, Gruziya hududining talaygina qismini zabt etgan. Shohruh vafot etgach esa Temuriylar davlatiga qarshi yurish qilib Eronning anchagina qismini va Xurosonni qo‘lga kiritgandan so‘ng, Oq quyunlilar davlatiga hujum qilgan, ammo, Uzun Hasan tomonidan tor-mor etilib, qochgan va 1467-yilda qo‘lga olinib, qatl etilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:55:16
JONG-FU — 1419-yil Li-Do bilan Samarqand va Hirotda bo‘lgan Xitoy elchisi. Elchilar Ardasher boshliq Shohruh elchilariga javoban tashrif buyurishgan. Ular Ulug‘bek va Shohruh nomiga o‘zaro do‘stlik munosabatlarini rivojlantirish xususidagi takliflar yozilgan maktub va katta sovg‘a — salomlarni topshiradilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:55:54
JURJONIY, ABULHASAN ALI IBN MUHAMMAD SAYYID SHARIF (1339, ASTROBOD YAQINIDAGI TOG‘U (Toju) qishlog‘i — 1413, Sheroz) — Amir Temur davrida yashab ijod etgan yirik mutakkallim faylasuf, shoir va munajjim. Sherozdagi "œDorush shifo" madrasasida mudarrislik qilgan, Oltin O‘rdada uzoq muddat yashab, Jonibek davri (1341-1357-yillar)da yirik alloma sifatida shuhrat qozongan, mazkur xonga atab arab tili grammatikasiga doir "œMutavval" asarini yozgan. Amir Temur Sherozni zabt etgach, uni Samarqandga olib kelgan (1387). Samarqandda Jurjoniy butun Movarounnahr olimlari rahbari darajasiga ko‘tarilgan. U bu yerda mudarrislik qilish bilan birga arab va fors tillarida ilmi kalom, falsafa, mantiq, nahvga doir ko‘plab risolalar ("œAl-Usul ul-mantiqiyya’, "œTarjumon ul-Qur’on’, "œFann ul-muammo va usuli va tasarrufi baforsiy" — "œMuammo fani va uning fors tilidagi usuli va turlanishi" va boshqalar) bitdi, usuli fiqh, falsafaga doir eng muhim asarlar (masalan, Sakkokiy, Zamaxshariy, Qutbiddin Roziy, Taftazoniy va boshqa risolalari)ga sharhlar yozdi. Jurjoniy she’riyat muxlisi bo‘lib, o‘zi ham go‘zal g‘azallar bitgan. U Amir Temur vafotidan keyin Sherozga qaytib ketib, o‘sha yerda vafot etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:56:54
KAMOL XO‘JANDIY (XIV asrning ikkinchi yarmi — XV asr boshlari) — shoir, dunyoviy adabiyot vakillaridan biri. Lirika sohasiga katta hissa qo‘shgan sermahsul olim va iste’dodli adiboshqa Xo‘jandiy haqida biografik ma’lumotlar saqlanmagan. Bizgacha uning "œLatofatnoma" asari yetib kelgan. Asar Xorazmiyning "œMuhabbatnoma’siga nazira tarzida yozilgan. Doston o‘nta noma (maktuba)dan iborat. Asarda sevgi tarannum etilib, visol ishtiyoqi va hijron iztiroblari tasvirlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:57:09
KОSHIFIY HUSАYN VОIZ (tахаllusi; аsl ismi Kаmоliddin; Vоiz — lаqаbi) (tахminan 1442/46, Sаbzаvоr qishlоg‘i — 1505, Hirоt) — vоizlik sаn’аti nаmоyandаsi vа nаzаriyotchisi, mutаfаkkir, ilоhiyotchi оlim. Аrаb, fоrs, turk tillаrini yaхshi bilgаn, mаtematika, kimyo, аstrоnоmiya, musiqа, аdаbiyot vа fiqhdаn to‘lа mа’lumоt оlgаn. Yoshligidаn vоizlik bilan shug‘ullаngаn. Nishоpur vа Mаshhаddа (1455-1468 ), kеyinchаlik Hirоtdа (1468-yildаn) yashаgаn. Аsаrlаrini fоrs tilidа yozgаn. Nаvоiy bilan ijоdiy hаmkоrlik qilgаn, ungа bаg‘ishlаb аsаr yozgаn ("œMаvоhibi оliya" — "œОliy tuhfаlаr"). Fаlsаfа, ахlоq, tilshunоslik, аdаbiyotshunоslik, siyosаt, din tаriхi, vоizlik, shе’r sаn’аti kаbi fаnlаrgа оid 200 dаn оrtiq аsаr muаllifi. Ахlоq hаqidаgi eng mаshhur аsаrlаridаn biri "œАхlоqi muhsiniy" ("œYaхshi хulqlаr") Husаyn Bоyqаrоning o‘g‘li Аbulmuhsin Mirzоgа bаg‘ishlаngаn. "œFutuvvаtnоmаi sultоniy yoхud juvоnmаrdlik tаriqаti" аsаri o‘zbеk tilidа nаshr etilgаn (1994). Koshifiyning 45 nоmdаgi аsаrlаrining 197 qo‘lyozmа vа 75 tоshbоsmа nusхаlаri O‘zbеkistоn FА Shаrqshunоslik insitutidа sаqlаnаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:57:22
LI-DO — 1419-yil Jong-Fu bilan Samarqand va Hirotda bo‘lgan Xitoy elchisi. Elchilar Ulug‘bek va Shohruh nomiga o‘zaro do‘stlik munosabatlarini rivojlantirish xususidagi takliflar yozilgan maktub va katta sovg‘a — salomlarni topshiradilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:57:35
LUTFIY (1366- Hirоt — 1465), Mаvlоnо Lutfiy — o‘zbеk shоiri, оrif vа mutаfаkkir. O‘z zаmоnining "œmаlik ul-kаlоmi". Yaqin vаqtlаrgаchа Lutfiyning tаvаllud tоpgаn vа vаfоt etgаn jоyi Hirоtning Dеhikаnоr mаvzеi dеb ko‘rsаtib kеlingаn. Shаyх Аhmаd Tаrоziyning Mirzо Ulug‘bеkkа bаg‘ishlаb yozilgаn "œFunun ul-bаlоg‘а" аsаri tоpilgаch, undаgi "œmа’dаn ul-lаtоyif Lutfiyi Shоshiy" jumlаlаrigа аsоslаnib, Lutiyning оnа vаtаni Tоshkеnt bo‘lgаn, dеgаn fikr hаm ilgаri surildi. Lutfiyning hаyot yo‘li singаri, ijоdiy tаqdiri hаm judа ibrаtli: u 99 yil yashаgаn. Umrining аsоsiy qismi o‘qish, o‘rgаnish vа bаdiiy ijоd mеhnаti bilan o‘tgаn. Nаvоiy so‘zi bilan аytgаndа, u’fоrsiy vа turkiydа nаziri yo‘q" shоir bo‘lgаn. Lutfiy gаrchi o‘z оnа tili — turkiy tildа yarаtilgаn shе’rlаri bilan mаshhurlikkа yеtishgаn bo‘lsа-dа, fоrsiydа hаm o‘zining shоirlik iqtidоri vа mаhоrаtigа ko‘pchilikni iqrоr etа оlgаn. Lutfiy shе’riyat bilan tаriqаtni, mаjоz bilan hаqiqаtni uyg‘unlаshtirgаn edi. Аmmо u so‘nggi nаfаsigаchа shоirlik burchi vа ilhоmigа sоdiq qоlib, o‘zbеk shе’riyati хаzinаsini biri biridаn qimmаtli nаzm durdоnаlаri bilan bоyitdi. Shu bilan bir qаtоrdа, shоirlik nеchоg‘lik "œmа’ruf vа mаshhur" bo‘lmаsin, "œdаrvеshlik tаriqini dаg‘i ilikdаn" (Nаvоiy) chiqаrmаgаn edi. Хuddi shu nаrsа uning nаfаqаt o‘z zаmоndоshlаri vа ijоd аhli оrаsidа, bаlki dаvr hukmdоrlаri оldidа hаm yuqоri mаvqеgа ko‘tаrilishigа bir аsоs bo‘lgаn. Hаqiqаtаn hаm Lutfiyning shе’riyati — хilmа-хil shаkllаrdаn tаrkib tоpgаn mаzmundоr, rаngin shе’riyat. Bizgаchа shоirning XVI-XX аsrlаr mоbаynidа ko‘chirilgаn turkiy dеvоnining 33 qo‘lyozmа nusхаsi yеtib kеlgаn bo‘lib, ulаr Tоshkеnt, Dushаnbа, Istаnbul, Tеhrоn, Lоndоn, Pаrij, Sаnkt-Pеtеrburg kutubхоnаlаri vа qo‘lyozmа fоndlаridа sаqlаnаdi. Olimlarning e’tiroficha, Lutfiy qаlаmigа mаnsub mаvjud shе’rlаrning umumiy miqdоri 2774 bаyt yoki 5548 misrаdаn оrtiq. Ulаrning kаttа qismi (2086 bаyti) g‘аzаl jаnridа yozilgаn. Shuni аlоhidа tа’kidlаsh lоzimki, Lutfiy g‘аzаlnаvis sifаtidа Shаrq аdаbiyotidа bаrqаrоrlаshgаn аdаbiy-estеtik аn’аnаlаr bilan хаlq оg‘zаki ijоdiyoti tаjribа tаmоyili vа usullаrini nihоyatdа mоhirlik bilan muvоfiqlаshtirgаn. Shu bоisdаn hаm uning g‘аzаllаridа milliy his-tuyg‘ulаr nurlаnib, insоniy dаrd, аrmоn, qаyg‘u vа shоdlik tаsviri tаkrоrsiz bir tа’sirchаnlik kаsb etgаn. Lutfiy nаinki g‘аzаllаridа, rubоiy, tuyuq, qit’а, fаrdgа o‘хshаsh bоshqа jаnrlаrdаgi shе’rlаridа hаm nаfоsаt hissi shаkllаngаn, did vа sаviyasi bаlаnd kishilаrning — zukkо vа hаyotsеvаr хаlq vаkillаrining fikru tuyg‘ulаrini tаrаnnum etgаn. Lutfiy dеvоnidаgi bоsh mаvzu ishq vа аsоsiy mаqsаd оshiqning hаsbu hоlini tаsvirlаshdаn ibоrаt bo‘lsа-dа, shоir dеyarli hаr bir shе’ridа mаvzugа yangichа yondаshib, bеtаkrоr оhаnglаr yarаtаdi, mоhiyatigа mоs pоetik оbrаzlаr tоpаdi, bir-birigа o‘хshаmаydigаn bаdiiy sаn’аtlаrni qo‘llаydi. Lutfiy dеvоnidа tаshbеh, tаlmеh, tаzоd, iyhоm, хususаn, irsоli mаsаl sаn’аti nаmоyon bo‘lgаn. Lutfiy rubоiy, tuyuq, qit’аlаrini hаm sаn’аt nаmunаsi mаqоmigа ko‘tаrа оlgаn. Yaqin-yaqingаchа "œGul vа Nаvro‘z" dоstоni Lutfiy аsаri dеb kеlingаn edi. Kеyingi tаdqiqоtlаr nаtijаsidа bu dоstоn muаllifi Hаydаr Хоrаzmiy ekаnligi аniqlаndi. Lutfiy — turkiy shе’riyatdа mаktаb yarаtgаn sаn’аtkоr. Bu ijоd mаktаbidаn Аlishеr Nаvоiy vа Mirzо Bоbur sаbоq оlishgаn. Lutfiy shе’riyatining tа’siri fаqаt O‘rtа Оsiyo bilan chеgаrаlаnib qоlmаsdаn, Yaqin vа O‘rtа Shаrq mаmlаkаtlаrigа hаm yеtib bоrgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:57:58
MАJDIDDIN MUHАMMАD, ХОJА MАJDIDDIN MUHАMMАD ХАVОFIY (?-1494-yil аvgust) — Husаyn Bоyqаrо dаvlаtining yirik mаnsаbdоr shахslаridаn biri, vаzir (1487-1490). Оtаsi G‘iyosiddin Pir Аhmаd Хаvоfiy Hirоtdа Shоhruхning vаziri (1417-47) bo‘lgаn. Majdiddin Muhammad Аbu Sаid dаvridа оddiy mirzа, so‘ngrа Husаyn Bоyqаrоning jiyani Mirzо Muhаmmаd Sultоnning vаziri bo‘lgаn. Sultоn Husаyn Bоyqаrо undаn Majdiddin Muhammadni so‘rаb оlib, pаrvоnаchi mаnsаbigа o‘tqаzgаn (1472), Majdiddin Muhammad sаrоy vа mаmlаkаtdаgi ishlаr хususidа sultоngа ахbоrоt bеrаr, qаbul qilingаn qаrоrlаrni yozib оlаr vа o‘z muhrini sultоn muhri bilan yonmа-yon qo‘yardi; shu tufаyli hukmdоrlаrning nоibi (o‘rinbоsаri) hisоblаngаn. Birоq Majdiddin Muhammad bilan Аlishеrbеkning o‘zаrо munоsаbаtlаri murаkkаb edi. Buning ustigа sаrоy vаzirlаri Nizоmulmulk vа Хоjа Аfzаliddin Muhаmmаdlаr Majdiddin Muhammadgа qаrshi fitnа qo‘zg‘аtib, uni sultоngа qоrаlаy bоshlаb, Majdiddin Muhammadni 60 ming dinоr to‘lаshgа mаjbur etishgаn. U pаrvоnаchi mаnsаbini sаqlаb qоlgаn, birоq dеvоn ishlаrigа аrаlаshmаsligi lоzim bo‘lgаn (1478-yil). 1487-yil Аlishеrbеk Аstrоbоd hоkimi etib tаyinlаngаch, Majdiddin Muhammad dеvоn ishlаrigа yanа аrаlаshа bоshlаgаn, dаstlаbigа u mа’lum hоkimiyatgа egа bo‘lmаgаn. Хаzinа bo‘shаb qоlib, sultоngа 2 tumаn pul zаrur bo‘lib qоlgаndа Majdiddin Muhammad sultоngа nаfаqаt 2 tumаn bаlki 2000 tumаnni hаm оsоnlik bilan tоpishi mumkinligini аytаdi. Ertаsi kuni Majdiddin Muhammadgа kеng vаkоlаtlаr bеrilаdi: ungа hukmdоr nоmidаn muhr bоsish, bаrchа аrizа vа shikоyatlаrni ko‘rib chiqish huquqi bеrilаdi. Majdiddin Muhammad "œsаltаnаt vа pоdshоhlikning ishоnchli kishisi" unvоnigа egа bo‘lgаn. Аmаldоrlаr pоrахo‘rliklаri uchun jаvоbgаrlikkа tоrtilgаn vа qisqа muddаt ichidа ulаrdаn 2000 tumаn pul to‘plаb оlingаn. Аlishеrbеk 1490-yil Hirоtgа qаytgаch, Majdiddin Muhammadning tа’siri zаiflаshа bоshlаgаn. Bаlхdа Dаrvеshаli qo‘zg‘оlоn ko‘tаrgаnligi hаqidаgi хаbаr Hirоtgа yеtib kеlgаndа, sultоn Husаyn Bоyqаrо dаvlаt mаnfааtlаrini ko‘zlаb, Majdiddin Muhammadni vаqtinchа hоkimiyatdаn chеtlаshtirаdi. Majdiddin Muhammadni bаrlоs bеklаri, mаshhur sufiy shоir Аbdurаhmоn Jоmiy qo‘llаb-quvvаtlаydi. Majdiddin Muhammad bаrlоs bеklаri yordаmidа sultоn qаbuligа kirishgа muvаffаq bo‘lаdi, u hukmdоrgа 20 ming dinоr pеshkаsh qilаdi, lеkin оrаdаn bir nеchа kun o‘tgаch, bаrlоs bеklаri vа Majdiddin Muhammad hibsgа оlinаdi. Majdiddin Muhammad bаrchа gunоhlаrni o‘z bo‘ynigа оlgаn. Uning mоl-mulki tаftish qilingаndа hеch kim kutmаgаn nоdir, qimmаtbаhо buyumlаr tоpilgаn. Majdiddin Muhammad bir qаnchа to‘lоv shаrtnоmаlаrgа imzо chеkkаch, оzоd qilingаn. Majdiddin Muhammad fаrаngilаr (yеvrоpаliklаr) kаrvоni bilan Kirmоngа qоchаdi, u yеrdаn Mаkkаgа, hаj ziyorаtigа jo‘nаydi, birоq mаnzilgа yеtа оlmаydi, yo‘ldа, Аrаbistоndаgi Tоbuk dеgаn yеrdа vаfоt etаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:59:22
MAHMUD MUZAHHIB (XV asr oxiri — XVI asr 60-yillari) — naqqosh, musavvir. Kamoliddin Behzodning shogirdi. Ijodi Hirotda boshlangan. Rassom Do‘st Devona, hattot Sultonali Mashhadiy bilan hamkorlik qilgan. Ilk asarlaridan Alisher Navoiy portreti (Mashhaddagi Ostoni Quds majmuasida), Abdurahmon Jomiyning "œDevon’i (Vashingtondagi Lafayet universiteti kutubxonasida) va boshqa Q‘olyozmalarga ishlagan miniatyuralari bizgacha yetib kelgan. 1507-yildan Buxoroda yashagan, Buxoro miniyatura maktabi badiiy uslubining shakllanishiga katta hissa qo‘shgan. Mahmud Muzahhib yaratgan asarlarida badiiy ifoda vositalari lo‘nda, aniq, portretlarida psixolog tasvir yetakchi. Mahmud Muzahhib ijodida Sa’diy va Jomiy asarlari alohida o‘rin tutadi. Sa’diyning "œBo‘ston’, Nizomiyning "œMahzan ul-asror" ("œSirlar xazinasi"), Jomiyning "œTuhfat ul-axror", "œBahoriston’, "œYusuf va Zulayho" asarlari va boshqa qo‘lyozmalarni bezagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 14:59:42
MIR ALI TABRIZIY (1330-1405) — xattot, nasta’liq xatining ixtirochisi. Sultonali Mashhadiyning ta’kidlashicha, Mir Ali Tabriziy bu xatni nasx va ta’liq yozuvlari asosida yaratgan. Amir Temur va Shohrux Mirzo xizmatida bo‘lgan. Nasta’liq xatining qonun-qoidalari bayon etilgan risola yaratgan, ko‘plab shogirdlar tayyorlagan. U ko‘chirgan qo‘lyozmalar, jumladan, Kirmoniyning "œXumoy va Humoyun’, "œKamolnoma’, "œRavzat al-anvar" dostonlari, Sa’diyning "œKulliyot", "œBo‘ston" asari (1377), Nizomiy va Dehlaviyning "œXamsa’lari va qit’alar bizgacha yetib kelgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:00:13
MIRAK NAQQOSH (?-1507-yillar) — musavvir, xattot hamda naqqosh. "œSaid Rahullo", "œSaid Mirak", "œXoja Mirak" nomlari bilan mashhur bo`lgan. Kamoliddin Behzodning ustozi. Alisher Navoiy kutubxonasida ishlagan, Sulton Husayn Mirzo saroy kutubxonasining boshlig`i bo`lgan. Kitobat san`atining mohir ustasi, hattot ham bo`lgan. Hirot jome masjidi kitobalarini yaratgan va boshqa binolarni bezagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:01:08
MIRIM CHALABIY (XV a.) — olim, Qozizoda Rumiyning nabirasi, u tomonidan Samarqand astronomik maktab namoyandalari asoslari va matematik jadvallariga yozilgan sharhlar muhim ilmiy ahamiyatga ega.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:01:33
MIRONSHOH QAVCHIN — Samarqand amiri. 1449-yil oktabrida Damashq qishlog‘i yaqinida Abdulatif va Ulug‘bek o‘rtasida qattiq jang bo‘lib, Ulug‘bek mag‘lubiyati bilan tugaganidan so‘ng Samarqand shahri darvozalarini berkittirib Ulug‘bekni ichkariga kirishga qo‘ymagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:02:03
MIRZO BOYQARO (1393-1423) — Amir Temurning nabirasi, amirzoda Umar Shayx Mirzoning eng kichik o‘g‘li. Onasi Mulkat og‘o begim. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Mirzo Bayqaro husn va tarovatda ikkinchi Yusuf, jur’atda esa ikkinchi Rustam bo‘lgan. Sohibqiron Amir Temur vafotidanm so‘ng, Mirzo Boyqaro Shohruh Mirzo saroyida mulozimatda bo‘ladi. 1414-yilda Shohruh Mirzo Hamodan hukumatini, Buruja va Nehovand qal’alari hamda butun Luristonni Mirzo Bayqaroga suyurg‘ol qilib beradi. Mirzo Bayqaro Shohruh Mirzoga qarshi isyon ko‘taradi. Isyon bostirilgach, 1415-yilda Shohruh uni markaziy hukumatga bo‘ysunmagani uchun suyurg‘oldan mahrum etadi. 1417-yilda Mirzo Bayqaro Samarqandga — Ulug‘bek Mirzo huzuriga jo‘natiladi. Davlatshoh Samarqandiyning ma’lumotlariga ko‘ra, 1423-yilda Ulug‘bek Mirzoning farmoniga ko‘ra, Mirzo Boyqaro lashkargohda o‘ldiriladi. Mirzo Bayqarodan uch o‘g‘il — Muzaffar Mirzo, Muhammad Mirzo va G‘iyosiddin Mansur Mirzolar qolgan edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:02:23
MIRZO MUHAMMAD HAYDAR (1500-1551) — yirik tarixchi olim. Muhammad Haydar Mirzo Toshkentda tug‘ilgan. Otasi o‘ldirilganidan keyin Muhammad Husaynga sodiq kishilar uni birmuncha vaqt Buxoroda asraganlar, so‘ng Badaxshonga olib borib qarindoshi Sulton Uvays Mirzoning qo‘liga topshirganlar. Muhammad Haydar keyinchalik Kobulga keladi va 1513-yilgacha Z.M.Bobur xizmatida bo‘ladi. 1512-yilning kuzida u Andijonga, Sulton Saidxon huzuriga keladi va u bilan qo‘shilib, Koshgarga ketib qoladi. Sulton Saidxon ko‘p o‘tmay bu yerda Abubakr dug‘lot ustidan g‘laba qozonadi va Koshg‘ar hamda Yorkandni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Muhammad Haydar 1533-yilgacha, ya’ni Sulton Said vafotiga qadar uning xizmatida bo‘ladi: dastlab xonzoda Abdurashidxonga tarbiyachilik (otaliq) qiladi, song yirik harbiy bo‘linmalarga boshchilik qiladi va xonning bir qancha harbiy yurishlarida faol ishtirok etadi. 1541-yili Humoyunning harbiy yordami bilan Kashmirni bo‘ysundiradi va u yerda 10 yil hukmronlik qiladi. U 1551-yili tog‘lik qabilalar bilan to‘qnashuv vaqtida halok bo‘ladi. Muhammad Haydar zamonasining o‘qimishli va keng ma’lumotli kishilaridan edi. Bobur Mirzoning guvohlik berishicha, Muhammad Haydar durustgina shoir, xatot, rassom, shuningdek, nayza va kamon yasovchi usta bo‘lgan. Muhammad Haydardan bizning zamonimizgacha ikki yirik asar yetib kelgan. Bulardan biri "œJahonnoma" atalib, ertak mazmunida yozilgan. Olimning ikkinchi asari "œTarixi Rashidiy"(1544-1546) dir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:06:22
MIRZO SULTON HUSAYN (1380-1405) — Amir Temurning kuyovi Muhammadbekning o‘g‘li, onasi Amir Temurning qizi O‘gi begim. Sulton Husayn Mirzoga Mironshoh Mirzoning qizi Qutlug‘ Sulton begim nikoh qilingan. Sulton Husayn Mirzo yoshlikdan takabbur, o‘zboshimcha va tabiatan ig‘vo-fitnaga moyil bo‘lib, undagi bu nuqson barcha temuriy shahzodalar hamda amir va beklarga ma’lum edi. 1400-yilning oxirida Temur o‘z qo‘shini bilan Damashqni qamal qilgan vaqtda, Sulton Husayn Mirzo o‘z odamlaridan ajrab, dushman tomoniga o‘tib, o‘z kishilariga qarshi kurashadi. Keyinchalik Sulton Husayn Mirzoning bu qilmishi uchun Amir Temur tomonidan unga tayoq jazosi beriladi. Sulton Husayn Mirzo bahodir yigit bo‘lsa-da, lekin o‘ta buzuqi va beoqibat bo‘lgan edi. U Andxo‘y tevaragida hech bir sababsiz bobosi Amir Temur o‘rdasidan qochib, Kesh atrofida Sulton Holid Mirzo huzuriga borgan va uning inoyatiga sazovor bo‘lgan. Sulton Husayn Mirzo Amir Temurning Hindiston, Iroq, Ozarbayjon, Shom va boshqa mamlakatlarga qilgan harbiy yurishlarida faol qatnashgan. Jumladan, Temurning 1405-yildagi Xitoyga qilgan mashhur yurishida u qoshinning chap qanotiga boshliq qilib tayinlangan. 1405-yil fevralda Temur vafot etganda Sulton Husayn Mirzo o‘ziga biriktirilgan qo‘shin bilan Sabronda qishlamoqda edi. Temurning vafoti haqida O‘trordan xabar kelishi bilanoq, u Samarqand taxtini egallash vasvasasi bilan o‘ziga qarashli qo‘shinni Samarqandga qaytishga undaydi. Biroq qo‘shindagi harbiy sarkarda va beklar orasida hamjihatlik bo‘lmagach, u o‘ziga sodiq mingta otliq askarni olib, shitob bilan poytaxtga qarab yo‘l oladi. Ammo Samarqand taxtiga Sulton Xalil Mirzo o‘tirganini eshitgach, o‘z qo‘shini bilan Xalil Sulton Mirzo huzuriga kelib, uning mulozamatida bo‘ladi. Xalil Sulton Mirzo unga ishonch bildirib, 30 minglik qo‘shinga boshliq qilib tayinlab, Pirmuhammad Mirzoga qarshi yuboradi. 1405-yil mayda Sulton Husayn Mirzo qoshini Balxni egallaydi. Ana shundan so‘ng, Sulton Husayn Mirzo ko‘nglida saltanat, toju-taxt vasvasasi paydo bo‘ladi. Sulton Husayn Mirzo samarqanddan Balxga — Pirmuhammad Mirzo huzuriga kelayotgan Muhammad Sulton Mirzoning harami Xonika begimni to‘xtatib, barcha mol-mulklarini talab, g‘orat qiladi. Saltanatga tegishli mol-mulkni qo‘shinga taqsimlagach, Samarqandga yurish boshlaydi. Biroq u Xalil Sulton Mirzodan mag‘lubiyatga uchrab, Andxo‘yda hokim bo‘lib turgan Temurning jiyani (opasining o‘g‘li) Sulaymonshoh huzuriga keladi. U yerdan Shohruh Mirzo huzuriga keladi. Sulton Husayn Mirzo Shohruh Mirzo farmoniga muvofiq qatl etiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:08:05
MIRХОND, MIR MUHАMMАD IBN SАYID BURHОNUDDIN ХОVАNDSHОH IBN KАMОLIDDIN MАHMUD (1433-yil 22-iyun — 1498-yil 24-fevral) — tаriхchi оlim. Оtа-bоbоlаri аsli buхоrоlik bo‘lib, fiqh ilmidа mаshhur bo‘lishgаn. Mirxond Buхоrоdа mаdrаsаni tugаtib, оtаsi vаfоtidаn kеyin Hirоtgа kеlgаn. Аlishеr Nаvоiy Mirxondgа yirik bir tаriхiy аsаr yozishni tоpshirgаn. Ungа Хаlоsiya хоnаqоhidа jоy, mаоsh tаyinlаb, o‘zining bоy kutubхоnаsidаn fоydаlаnish uchun imkоn yarаtаdi. Mirxond shu yеrdа 1494-yilgаchа 7 jildli "œRаvzаt us-sаfо fi siyrаtul-аnbiyo vаl-muluk vаl-хulаfо" ("œPаyg‘аmbаrlаr, pоdshоlаr vа хаlifаlаrning tаrjimаi hоli hаqidа jаnnаt bоg‘I") аsаrining 6 jildini yozib tugаtаdi. "œRаvzаt us-sаfо"ning mаzmuni quyidаgichаdir: birinchi jild (dаftаr) — dunyoning yarаtilishidаn sоsоniylаr sulоlаsi inqirоzigаchа; ikkinchi jild Muhаmmаd (аs.) vа to‘rt хаlifа tаriхi; 3-jild umаviy vа аbbоsiylаr хаlifаlаri tаriхi; 4-jild — umаviy vа аbbоsiylаr dаvridа O‘rtа Оsiyo; 5-jild — Chingizхоn vа chingiziylаr tаriхi; oltinchi jild — Аmir Tеmurdаn Аbu Sаid vаfоtigаchа bo‘lgаn dаvr tаriхi; 7-jild — Sultоn Husаyn vа uning аvlоdi dаvri tаriхi. Bu jildning dаvоmini nаbirаsi Хоndаmir (bоbоsi vаfоtidаn kеyin) yozib tugаtаdi. Dаstlаbki 6 jild mаtni Аlishеr Nаvоiy tаhriridаn o‘tаdi. O‘zbеkchаgа tаrjimаsi Muhаmmаd Rаhimхоn Fеruz dаvri (1865-1873)dа Munis va Ogahiylar tomonidan аmаlgа оshirilаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:09:00
MO‘MIN MIRZО, MUHАMMАD MO‘MIN MIRZО (1486-1497) — tеmuriy shаhzоdа. Bаdiuzzаmоnning o‘g‘li. Husаyn Bоyqаrо nеvаrаsi. Аqlli, ziyrаk vа jаsоrаtli bo‘lgаn. 11 yoshidа Аstrоbоddа оtаsi o‘rnidа hоkim. Mo‘min Mirzо аmаkisi Muzаffаr Husаyn Mirzо Аstrоbоdni undаn tоrtib оlmоq niyatidа qo‘shin bilan kеlаyotgаnini оtаsi yubоrgаn mаktub оrqаli bilgаch, shоshilinch rаvishdа jаnggа hоzirlаnib, shаhаr tаshqаrisigа chiqib jаng qilgаn. Lеkin, kuchlаr tеng bo‘lmаgаni tufаyli Mo‘min Mirzо аsirgа оlinib, Hirоtgа jo‘nаtilgаn vа Iхtiyoriddin qаl’аsigа qаmаb qo‘yilgаn. Husаyn Bоyqаrоning хоtini Хаdichа bеgim o‘g‘li Muzаffаr Mirzоning tахtni egаllаshidа аsоsiy g‘оv dеb Mo‘min Mirzоni bilаrdi. U vаzir Nizоmulmulk bilan kеlishib, Husаyn Bоyqаrоning qаttiq mаstligidаn fоydаlаnib, Mo‘min Mirzоni zudlik bilan qаtl qilish hаqidаgi fаrmоngа muhr bоstirib оlgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:10:43
MUINUDDIN ISFIZORIY — xurosonlik tarixchi, Hirot tarixini yozgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:11:17
MUHAMMAD JAHONGIR MIRZO (1396-1433) — Muhammad Sulton Mirzoning katta o‘g‘li, Amir Temurning katta o‘g‘li Muhammad Jahongir Mirzoning nabirasi. Xalil Sulton 1405-yilda saltanatni egalagach, 9 yoshli shahzoda Muhammad Jahongir Mirzoni xon qilib ko‘taradi va o‘zi xuddi bobosi kabi otaliq mansabida bo‘ladi. 1409-yilda Xalil Sulton hokimiyatdan tushirilgach, Shohruh mirzo Muhammad Jahongir Mirzoga Hisori Shodmonmi in’om qiladi. Muhammad Jahongir Mirzo hali yosh bo‘lganligi sababli unga amir Hamza Sulduz otabek qilib tayinlanadi. Biroq amir Shohmalikni katta mansabga tayinlanganidan norozi bo‘lgan raqiblari — amir Shayx Nuriddin va amir Hamza Sulduzlar unga qarshi kurash boshlaydilar. 1410-yil 20-aprelida har ikki amir birlashib, Shohmalik va Ulug‘bek Mirzoga qarshi Samarqand yaqinida Qizilravot mavzeida urush ochadi. Jangda Ulug‘bek mag‘lubiyatga uchrab Kalifga tomon chekinadi. Oradan ko‘p o‘tmay Shohruh ittifoqchilarni mag‘lubiyatga uchratadi. 1413-yilda Muhammad Jahongir Mirzo Shohruh Mirzoning qizi Maryam Sulton begimga uylanadi. Muhammad Jahongir Mirzo umrining oxirigacha Hisorda hukmronlik qiladi va 1433-yilda vafot etadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:11:53
MUHAMMAD SOLIH (1455-yil, Xorazm — 1535-yil, Buxoro) — shoir. Xorazm hokimi amir Nursaidbek oilasida tug‘ilgan. Bobosi Shohmalik Ulug‘bek saroyida, otasi Nursaidbek esa Ulug‘bek, Jo‘gi Mirzo, Abu Said saroylarida e’tiborli arboblaridan bo‘lgan. Muhammad Solih Xorazmda savod chiqargach, Hirotga borib, Abdurahmon Jomiydan ilm o‘rgangan. Otasi vafot etgach, Husayn Boyqaro va boshqa temuriylar saroyida ma’lum muddat xizmat qilgan. Biroq otasining o‘limiga sababchi bo‘lgan temuriyzodalar bilan ishlashni xohlamay, 1499-yilda Shayboniyxon xizmatiga kirgan. Buxoro, Shorjo‘y, Niso viloyatlariga hokimlik qilgan. "œAmir ul-ulamo", "œMalik ush-shuaro" unvonlariga sazovor bo‘lgan. Shayboniyxon vafotidan so‘ng Buxoroga qaytgan. Muhammad Solih turkiy va forsiyda ijod qilgan. She’rlari ishqiy, biografik, siyosiy mavzuda. O‘zbek adabiyoti tarixida ilk realistik tarixiy doston — "œShayboniynoma" ni yozgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:12:55
MUHAMMAD SULTON MIRZO (1376 1403) — Amir Temurrning suyukli nabirasi, Jahongir mirzoning katta o‘g‘li. Onasi Xorazm hukmdori Yusuf So‘fining qizi — Xonzoda begim edi. Amir Temur suyukli o‘g‘li Jahongir Mirzo vafotidan so‘ng, o‘zining barcha orzu-umidlarini Muhammad Sulton Mirzoga bog‘lab, unga e’timopd qo‘ydi. O‘zidan so‘ng taxt-tojining yagona vorisi deb bilardi. Muhammad Sulton Mirzo bobosi Amir Temurga o‘xshab jasoratli, qat’iyatli, zukko, dushmanga nisbatan shafqatsiz, dovyurak jangchi edi. Olimlar, fozillarga o‘ta hayrixoh bo‘lgan. Shunigdek, u saltanat ishiga ziyon yetkazgan kishini shafqatsiz jozalardi. 1399-yilda Amir Temur navbatdagi harbiy yurishga ketayotib, Samarqand hukmdorligini 23 yoshli Muhammad Sulton Mirzoga topshirib ketadi. Shu yili Muhammad Sulton Mirzo bilan Farg‘ona hokimi 16 yoshli Iskandar Mirzo nizo chiqadi. Muhammad Sulton Mirzo Iskandar Mirzoni Samarqandga chorlab keltirib, avaxtaga tashlatadi. Iskandar Mirzo bilan birga kelgan 26 nafar navkari hamda shahzodaning otabegisini qatl qildiradi. Keyinchalik Amir Temur Samarqandga qaytib kelgach, shahzodalar orasida vujudga kelgan nizoni tekshirib ko‘radi va Muhammad Sulton Mirzonining qilgan ishini nohaq deb topadi. 1401-yil martida Amir Temur Damashqdan nabirasi Muhammad Sulton Mirzoga sobiq Xulaguxon tasarrufida bo‘lgan viloyatlarni boshqarish haqida farmon yuboradi. Natijada, 1401-yil noyabr oyida bobo bilan nabira Qorabog‘da uchrashadilar. 1402-yilda Amir Temurning Kichik Osiyoga — Boyazid Yildirimga qarshi yurishida Muhammad Sulton Mirzo faol qatnashadi. U hatto Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘igacha boradi. Biroq u yerdan qaytayotganda shamollab, 1403-yil 12-martda Qora Hisor mavzeida 27 yoshida vafot etadi. Muhammad Sulton Mirzodan uch o‘g‘il va bir qizi qolgan. O‘g‘illari — Muhammad Jahongir Mirzo, Sa’d Vaqqos Mirzo, va Yahyo Mirzolar edi. Qizining nomi Og‘begim edi. Og‘obegim Ulug‘bekka 10 yoshida unashtirilib qo‘yilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:13:21
MUHАMMАD HUSАYN MIRZО (1476 1503) — tеmuriy shаhzоdа. Husаyn Bоyqаrоning 4-o‘g‘li. Оnаsi — Minglibiy Оg‘аchа bеgim. Sultоn Husаyn Bоyqаrо Bаdiuzzаmоn Mirzо isyon ko‘tаrgаn vаqtdа Аstrоbоdni Muhammad Husayngа in’оm qilgаn (1499). Muhammad Husayn Аstrоbоd bilan chеklаnmаy, yangi-yangi yеrlаrni o‘z tаsаrrufigа kiritish хаyoligа tushаdi. 1500-yil u Isfаrоingа hujum qilаdi. Isfаrоin hukmdоri аmir Bаdriddin Husаyn Bоyqаrоning eng yaqin kishilаridаn edi. Jаngdа аmir Bаdriddin qo‘shini yеngilib, o‘zi hаm hаlоk bo‘lаdi. Bu хаbаrni eshitgаn Muzаffаr Husаyn Mirzо ukаsi Muhammad Husayngа qаrshi qo‘shin yubоrаdi, lеkin jаng uning mаg‘lubiyati bilan tugаydi. Muhammad Husayn qo‘shini Nishоpurgаchа g‘оrаt qilib bоrаdi. Jоhil fаrzаndlаrini tinchlаntirish uchun Husаyn Bоyqаrо Hirоtni аmir Аlishеr Nаvоiy vа аmir Muhаmmаd Vаlibеk iхtiyorigа tоpshirib, o‘zi Аstrоbоdgа аskаr tоrtаdi. Muhammad Husayn оtаsining kаttа qo‘shinigа dоsh bеrоlmаsligini sеzib, Аstrоbоdni tаshlаb qоchаdi. Husаyn Bоyqаrо Аstrоbоdgа kеlib, 3-4 kundа оsоyishtаlik o‘rnаtаdi. Shu аsnоdа Muhammad Husayn o‘z оtаsigа qilgаn хаtti-hаrаkаtlаridаn аfsuslаnib, shаhаnshоhdаn uzr so‘rаb, elchi yubоrаdi. Husаyn Bоyqаrо o‘g‘lining gunоhlаrini kеchirib, Jurjоn mulkini in’оm qilib, o‘zi Hirоtgа qаytаdi. Аmmо, ko‘p o‘tmаy (1503-yil) Muhammad Husayn хаsbа (qоrа bеzgаk) kаsаligа uchrаb, 28 yoshidа vаfоt etаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:13:54
MUHАMMАD JO‘GIY MIRZO (1402-1444) — tеmuriy shаhzоdа. Shоhruхning o‘g‘li. Оnаsi — Gаvhаrshоdbеgim. 1433-yil Gаrmsir vilоyati hоkimi, 1443-yildаn Bаlх hоkimi. 1419-yil Mo‘g‘ulistоn хоni Shаm’i Jаhоnning qizi Mеhr Nigоr оg‘оgа uylаngаn. 1427-yil 15-fеvraldа оtаsining tоpshirig‘igа ko‘rа, Bаrоqхоngа qаrshi hаrbiy yurish qilgаn аkаsi Ulug‘bеkkа yordаm bеrish uchun Hirоtdаn qo‘shin bilan оtlаngаn vа Sаmаrqаnddаn Sig‘nоqqа bоrаdigаn yo‘ldа ungа qo‘shilgаn. Sig‘nоq yaqinidаgi qirlаrdа sоn jihаtdаn ko‘p bo‘lsа-dа, rаqibgа nisbаtаn tеgishli хаvfsizlik tаdbirlаrini ko‘rmаgаn shаhzоdаlаr Bаrоqхоn qo‘shinidаn mаg‘lubiyatgа uchrаshgаn. Ulug‘bеkning shu yilning аpreldа uyushtirgаn qаytа yurishidа Muhammad Jo‘giy Mirzo bеtоbligi sаbаbli Sаmаrqаnddа qоlgаn. Shоhruхning Muhammad Jo‘giy Mirzoni o‘zigа vаliаhd qilish niyati bоr edi, lеkin Hirоtdа аmаldаgi hоkimiyat Gаvhаrshоdbеgim qo‘lidа bo‘lib, dеvоndаgi muhim mаsаlаlаrni hаl qilishgа uni yaqinlаshtirmаs edi. Muhammad Jo‘giy Mirzo ko‘p vаqtini Hirоtdа o‘tkаzgаn, оtаsining G‘аrbiy Erоngа qilgаn yurishlаridа qаtnаshgаn. Hirоtdаgi Gаvhаrshоdbеgim mаdrаsаsidаgi Bоysunqur mаqbаrаsigа dаfn etilgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:14:09
MUHAMMAD YODGOR — Hirotdagi qo‘zg‘olon rahbari. Sulton Husayn ma’murlari o‘zboshimchalik bilan aholisiga favqulodda soliq solgani oqibatida 1470-yilda Muhammad Yodgor boshchiligida Hirot aholisi qo‘zg‘olon ko‘taradi. Navoiyning sa’y harakati va ta’siri bilan qo‘zg‘olin bostirilsa-da, ammo Sulton Husayn farmon chiqarib Hirot va uning atrofida yashovchi dehqonlar, muzoriylar va qo‘shinni boqish uchun solinadigan to‘lovlardan ozod qilishga majbur bo‘ladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:15:04
NIZOMUDDIN SHOMIY (? — taxminan — 1412) — tarixchi olim. O‘rta Osiyo hamda Yaqin va O‘rta Sharq xalqlarining XIV asrdagi hayotiga oid ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Adabiyotlarda Shomiy nisbasi bilan mashhur bo‘lsa-da, ba’zan Shanbi G‘ozoniy nisbasi bilan ham uchraydi (Shom, Shanb yoki Shanbi G‘ozon — Tabriz yaqinidagi mavze). Nizomiddin Shomiyning hayoti va tarixnavislik faoliyati haqida to‘liq ma’lumot yo‘q. Ilmiy adabiyotda mavjud bo‘lgan juda oz ma’lumot esa uning Amir Temur farmoni bilan yozilgan asari "œZafarnoma’dan olingan. Nizomiddin Shomiyning "œZafarnoma" asari aniq manbalar va muallif o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan voqealar asosida yozilgan. Uning so‘ziga qaraganda, mamlakatda hokimlar o‘rtasida doimo nizolar va g‘alayonlar bo‘lib turar, davlat ishlari esa butunlay izdan chiqqan edi. Siyosiy parokandalik, o‘zaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab bo‘lib, mamlakat aholisini, ayniqsa dehqonlar xo‘jaligini xonavayron qilgan edi. Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan mo‘g‘uliston amirlari Movarounnahrni bosib olish maqsadida bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talaydilar. mo‘g‘uliston amirlarining vayrongarchilikka olib keluvchi yurishlari, istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakati boshlanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:16:29
NUR SAIDBEK (?-1467) — tеmuriylаrdаn Ulug‘bеk vа Аbu Sаid mirzоlаrning nufuzli аmirlаridаn biri. Аmir Tеmur, Shоhruх vа Ulug‘bеkning аmirlаridаn bo‘lgаn Shоhmаlikning o‘g‘li, mаshhur tаriхchi, "œShаybоniynоmа" аsаri muаllifi Muhаmmаd Sоlihning оtаsi. Bilqut qаbilаsidаn. Dаstlаb, Nur Saidbek Ulug‘bеk хizmаtidа bo‘lib, uning o‘limidаn so‘ng (1449), bоshqа Chig‘аtоy bеklаri qаtоri pаdаrkush Аbdullаtifgа, so‘ngrа tеmuriylаrning yangi hukmdоri Аbu Sаidgа bo‘ysunishdаn bоsh tоrtgаn. Nur Saidbek Buхоrоning Nur qishlоg‘i yaqinidаgi tоg‘lаrni mаskаn tutib, Sаmаrqаnd vа Buхоrо аtrоflаrigа chоpqunlаr qilib turgаn. Uni murоsаgа kеltirish uchun Аbu Sаid bir nеchа mаrtа o‘z vаkillаrini, jumlаdаn Хоjа Аhrоrni yubоrgаn. Birоq Nur Saidbek ulаrgа bo‘ysunishdаn vоz kеchgаch, Sаmаrqаnd qo‘shinlаri uni Nurdаn quvib yubоrgаn. Nur Saidbek qisqа fursаtdаn so‘ng Аbu Sаid huzurigа bоsh egib kеlgаch, аfv qilinib, tumаnbоshi etib tаyinlаngаn. 1460-yil Nur Saidbek qo‘shini Хоrаzm оrqаli Хurоsоngа bоstirib kirgаn Husаyn Bоyqаrоgа qаrshi yubоrilgаn. Birоq Sаbzаvоr yo‘lidа u Mоvаrоunnаhrgа qаytib, Shоhruхiya yaqinidа Аbu Sаidgа qаrshi isyon ko‘tаrgаn Muhаmmаd Jo‘giy (Ulug‘bеkning nаbirаsi) bilan qo‘shilgаn. Muhаmmаd Jo‘giy ko‘chmаnchilаr yordаmidа Turkistоn, Sаyrаm, Tоshkеnt vа Shоhruхiyani egаllаb оlgаn edi. 1462-yilgаchа Nur Saidbek uning хizmаtidа bo‘lgаn. Аbu Sаid fаqаt Хo‘jа Аhrоrning yordаmidаginа Shоhruhiyani egаllаb (1462-yil 5-оktabr), isyonni bоstirgаn. Аfv etilgаn аmir Nur Saidbek Хоrаzm hоkimi (vоliysi) etib tаyinlаngаn. Husаyn Bоyqаrо Dаshti Qipchоqdаn Хоrаzmgа bоstirib kirgаndа Nur Saidbek vilоyatni mudоfаа etishdа ko‘p хаtоliklаrgа yo‘l qo‘ygаn. Nаtijаdа tахtdаn tushirilib, Hirоtgа chаqirtirilgаn vа qаtl etilgаn. Muhаmmаd Sоlihning so‘zigа ko‘rа esа Nur Saidbek birmunchа pаyt Mаrvdа yashаgаn vа Husаyn Bоyqаrо fаrmоnigа ko‘rа shu yеrdа qаtl qilingаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:17:22
OG‘OBEGIM — Muhammad Sultonning qizi. Og‘abegim Ulug‘bekga 10 yoshida unashtirilib qo‘yilgan. U ona tomonidan, nasl-u nasabi Oltin O‘rda xoni O‘zbekxon (1312-1342) xonadoniga mansub bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:17:59
PIR ALI TOZ (?-1408 ) — amir, Pirmuhammad Mirzoning vaziri. 1407-yili 22-fevralda Pirmuhammadni o‘ldirgan fitnachilar rahbari. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Pir Ali Toz oddiy navkar bo‘lib yurgan kezlarida, Pirmuhammad Mirzo uni o‘z panohiga olib, oddiy navkarlikdan amirlik darajasiga ko‘targan. Ko‘pgina tarixiy manbalar ma’lumotlariga qaraganda, Pir Ali Toz ig‘vogar, shuhratparast va niyati buzuq shaxs edi. Pir Ali Toz 1405-yilda Xalil Sulton Mirzo qo‘shinida xizmat qilgan. Sulton Husayn Mirzoni Xalil Sulton Mirzoga qarshi oyoqlantirgan ham Pir Ali Toz edi. Abdurazzoq Samarqandiyning ma’lumotiga qaraganda, Pir Ali Toz Amir Temur vafot qilgach, darhol Xalil Sulton Mirzo qo‘shinidan ajrab, Balxga kelgan. Pirmuhammad Mirzo o‘ldirilgach, Pir Ali Tozdan qasos olish maqsadida Shohruh Mirzo askar yuboradi. Jangda Pir Ali Toz yengilib, Balxga qochgan. Biroq Pir Ali Tozning hazora qavmidan bo‘lgan sardorlar maslahatlashib, uni tutib qatl etishadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:18:37
PIRMUHAMMAD MIRZO (1376 yil — 1407-yil 22-fevral) — temuriy shahzoda. Amir Temurning nabirasi, Muhammad Jahongir Mirzoning o‘g‘li. Otasining o‘limidan 40 kun o‘tgach, Baxt Mulk Og‘o begimdan tug‘ilgan. 1392-yilda Amir Temur G‘azna, Kobul, Zobuliston, Qandahor viloyati va Sind daryosigacha bo‘lgan yerlarni Pirmuhammad tasarrufiga topshirgan edi. U bobosi Amir Temurning bir necha harbiy yurishlarida, jumladan, Hindiston fathiga qatnashgan. Amir Temur vafoti oldidan Pirmuhammadni o‘ziga valiahd deb e’lon qilgan. Biroq Pirmuhammadni boshqa temuriy shahzodalar va hatto O‘trorda turgan qo‘shin boshliqlari (amir Shoh Malik va Shayx Nuriddin va boshqalar) ham tan olmaganlar. Har bir viloyat hokimi Sohibqiron vafotidan so‘ng o‘z nomidan xutbaga qo‘shib aytadigan bo‘lgan. Temuriylar taxtiga Xalil Sulton boshchiligida qo‘shin (30000 kishi) tortgan va Balxni egallagan. Sulton Husayn Xalil Sultonga qarshi isyon ko‘tarib Samarqandga yurish qilgan. Xalil Sulton uni 6 iyulda Shekdolik (Shahrisabz janubida)da tor-mor keltirgan va uni ta’qib etib Balxni egallagan. Sulton Husayn Shopurgon va Andxud hokimi Sulaymonshoh (Amir Temurning jiyani) huzuridan panoh topgan. Pirmuhammad Sulaymonshohdan Sulton Husaynni berishini qattiq talab qilgan, rad javobi olgach, unga qarshi 3000 otliqdan iborat qo‘shin jo‘natgan. Sulaymonshoh va Sulton Husayn Hirotga, Shohrux huzuriga qochib borishgan. Shohrux Pirmuhammadning talabini to‘g‘ri deb topgan, Sulton Husayn qamoqqa olinib, qatl etilgan va uning bosh terisi ichiga somon to‘lg‘izib Pirmuhammadga jo‘natilgan. Pirmuhammad Sulaymonshoh ustidan qozongan g‘alabasidan keyin Balxni olgan va Movarounnahrga qarshi birgalikda kurashish uchun Shohrux bilan muzokaralar olib borgan. Shohrux undan yurishni kechiktirishni so‘ragan, biroq Pirmuhammad o‘jarlik qilib, Qarshi yaqinida Xalil Sulton bilan jang qilib mag‘lubiyatga uchragan. Pirmuhammad Balxga qochgan va bir yildan so‘ng qotil Pir Ali Toz tomonidan o‘ldirilgan. Shohrux Pirmuhammadni o‘chini olish maqsadida qo‘shin tortib Balxni egallab olgan va 1370-yil Amir Temur tomonidan buzib tashlangan shahar qo‘rg‘onini qayta tiklagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:19:31
QOSIM RABBONIY — mahoratli sozanda, bastakor va hofiz. U XIV-XV asrlar O‘rta Osiyo xalqlarining musiqa san’ati taraqqiyotida yangi va mahsuldor kuy va qo‘shiqlar, cholg‘u asboblari va musiqa nazariyasiga doir nodir asarlar yaratilishiga ulkan yordam bergan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:20:32
QOSIMALI (aslida Qosim ibn Ali; tug‘ilgan, o‘lgan yillari nomalum) — minyaturachi rassom, Behzodning shogirdi, Hirot miniatyura maktabining yirik vakillaridan. XV asr oxiri-XVI asr boshlarida sulton Husayn Boyqaro saroyidagi kitobxona (qo‘l yozma kitoblar ustaxonasi)da ishlagan. 1520-yillarda Muhammad al-Husyan al-Veraminiyning "œAxsan al-kibor" asari (1433)ga ishlagan miniyaturalari rangga boyligi, kishilarning o‘zlariga xos xarakterlarini ko‘rsatishga intilganlik, rasmlar tiniqligi bilan diqqatni tortadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:21:40
QULMUHAMMAD SHAYXIY (XIV-XV asrlar) — mohir sozanda, bastakor va hofiz.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:22:12
QUTB SAYFIY — XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrlarda yashab ijod etgan zamonasining iste’dodli shoiri.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:22:23
QАVОMUDDIN SHEROZIY (?-1440) — mе’mоr; Shоhruх sаrоyidаgi bоsh mе’mоr (XV аsr). Аn’аnаviy mе’mоrlikdа shаklu shаmоyillаrni mаhоrаt bilan tаdbiq etgаn, rаvоqlаr kеsishishi uslubini rivоjlаntirgаn. Mаshhаddаgi Gаvhаrshоd bеgim mе’mоriy mаjmuаsi (1405-18 ), Hirоtdаgi Musаllо mаjmuаsi (1417-38 ) vа Хоjа Аbdullа Аnsоriy mаqbаrаsi (1428-29), Hаrgirddаgi mаdrаsа (1440) vа boshqa mаhоbаtli binоlаrning tаrhini tuzgаn vа qurilishigа rаhbаrlik qilgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:22:54
QОRА YUSUF (?-1420-yil 13-noyabr, Ujоn) — Qоrа qo‘yunli turkmаn qаbilаsi аmiri Qоrаmuhаmmаd turkmаnning o‘g‘li. Shаrаfuddin Аli Yazdiyning "œZаfаrnоmа" аsаridа qаyd etilishichа, Аmir Tеmur G‘аrbiy yurishlаri chоg‘idа Qora Yusufning hаjgа bоruvchilаr vа sаvdо kаrvоnlаrini tаlаb, qаrоqchilikni kаsb etgаnini bilgаch, uni qаttiq tа’qib оstigа оlаdi. Qora Yusuf Аmir Tеmurgа qаrshi Irоq hоkimi Аhmаd Jаlоyir bilan ittifоq tuzаdi, birоq ulаr Sоhibqirоn hujumigа dоsh bеrоlmаy Misr vа Rum sultоnlаridаn pаnоh izlаydilаr. Аmir Tеmur vаfоtidаn so‘ng, Qora Yusuf Tаbrizgа qаytаdi vа tеz оrаdа o‘zini tiklаb Tеmuriylаr sаltаnаtigа хаvf tug‘dirа bоshlаydi. 1408-yil 13-аpreldа Tаbriz yaqinidаgi Shаnbi G‘оzоndа mirzо Аbubаkr ibn Mirоnshоh bilan Qora Yusuf o‘rtаsidа qаttiq jаng bo‘lаdi vа Qora Yusuf lаshkаri g‘оlib kеlаdi, Mirоnshоh mirzо shu jаngdа hаlоk bo‘lаdi. Shundаn so‘ng Irоqi Аjаm, Оzаrbаyjоn, Аrrоn, Mug‘оn, Diyorbаkr, Irоqi Аrаbdаn ibоrаt hududlаr uning hukmi dоirаsigа o‘tаdi vа Qora Yusuf Tеmuriylаrgа qаrаshli Sultоniyagа dа’vоgаrlik qilаdi. Shоhruх mаzkur хаvfni bаrtаrаf etish vа аkаsi Mirоnshоh o‘limi uchun hаm qаsоs оlish mаqsаdidа kаttа lаshkаr bilan Qora Yusuf ustigа yurish bоshlаydi. U Rаygа yеtib bоrgаnidа Qora Yusufning Ujоndа o‘lgаni hаqidа хаbаr kеlаdi. Qora Yusuf vаfоtidаn so‘ng, uning o‘g‘illаridаn аmir Iskаndаr Tеmuriylаr sаltаnаtigа tаjоvuz qilgаn. Shоhruх uning ustigа kаttа lаshkаr tоrtib 1429-yil 17-18-sеntabrdа Sаlmоs yaqinidаgi shiddаtli jаngdа аmir Iskаndаr lаshkаrini tоr-mоr etgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:24:32
RUMIY QOZIZODA (Salohiddin Muso ibn Muhammad) (taxminan 1360-yil, Kichik Osiyodagi Brussa shahri (hozirgi Turkiyaning Bursa shahri) — 1437-yil, Samarqand) — matematik va astronom. Xuroson va Movarounnahrda bilim olgan. Taxminan 1400-yilda Samarqandga o‘qish va ilmiy faoliyatini davom ettirish uchun kelgan. Amir Temur saroyining bosh astronomi Mavlono Ahmad qo‘lida ham o‘qigan. Ulug‘bek ilmiy maktabining yaratilishida Rumiyning ishtiroki katta. Xususan, Rumiy tashabbusi bilan G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy va boshqa olimlar Samarqandga taklif etilgan. U Ulug‘bek madrasasida matematika va astronomiyadan ma’ruza o‘qigan. Rumiy zamondoshlari "œAflotuni zamon" ("œo‘z davrining Plotoni") deb atashgan. Ulug‘bek rasadxonasi qurilishining rahbarlaridan biri. Koshiy vafotidan so‘ng umrining oxirigacha uning noziri. Rumiy Ulug‘bekning barcha ilmiy tadbirlarida, jumladan, "œZiji Ko‘ragoniy" tuzishda ishtirok etgan. Rumiy arifmetikaga oid tenglamalarni yechishning Koshiy taklif qilgan interatsion usuliga oid "œArifmetikaga oid" risola, "œSinus haqida’, "œShakllar asosiga sharh"" va "œAstronomi-yaning mohiyatiga izohlar" nomli asarlar yozgan. Koshiyning bu muhim ixtirosi bizgacha faqat Rumiy va Mirim Chalabiy asarlari orqali (har ikkisida turlicha bayonda) yetib kelgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:25:03
RUSTAM MIRZO (1381-1424) — temuriylardan. Umarshayx Mirzoning ikkinchi o‘g‘li. Iroq va Fors hukmdori (1414-1424). 1403-yil Amir Temur Rustam Mirzoga Isfaxon hukmronligini bergan. 1406-yilda u akasi Pirmuhammad Mirzo Sheroziy (1379-1410) va Umar Mirzo bilan birgalikda Abubakr Mirzoga qarshi urush qilgan. Xarbura mavzeida bo‘lgan bu jangda uning qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi. Keyinchalik aka-ukalar o‘rtasida paydo bo‘lgan ixtilofga Rustam Mirzo ning beklaridan amir Said Barlos o‘z "œhissasi"ni qo‘shgan. Rustam Mirzo ukasi Iskandar Mirzo bilan ittifoq tuzib, akasi Pirmuhammad Mirzoga qarshi urush harakatlarini boshlaydi. Biroq tezda u Iskandar Mirzo bilan ham ixtilofga boradi va jangda mag‘lubiyatga uchrab (1410), Qora Yusuf turkman huzuriga yordam so‘rab ketadi. 1412-yilda u Tabriz orqali Isfaxon, so‘ngra Hirotga kelgan. 1414-yil Shohruh uni Iskandar Mirzo o‘rniga Iroq va Fors hukmdori qilib tayinlaydi. Fursatni g‘animat bilan Rustam Mirzo o‘z ukasi Iskandar Mirzoning ikki ko‘ziga mil torttirib, ko‘r qiladi va keyinchalik qatl qildiradi (1415-yil iyun). Rustam Mirzoning ikki o‘g‘li b o‘lib, ular otasi tirikligida vafot etishgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:25:57
SAKKOKIY (XV asr) — shoir. Ismi, tug‘ilgan va vafot etgan yillari noma’lum. Samarqandda Xalil Sulton (1405-1409) va Ulug‘bek (1409-1449) hukmronligi davrida yashab, ijod etgan. Sakkokiy xalqining boy o‘g‘zaki ijodini, salaflari asarlarini puxta o‘rgangan va ijodiy oziqlangan. Turkiy tilda asarlar yaratish, uning boy ichki imkoniyatlardan foydalanish borasida ko‘p ish qilgan. Asarlarida inson muhabbati, orzu-tilaklarini, dard-alamlarini, tabiat go‘zalliklarini tasvirlagan. G‘azallarida ma’no va shakl birligini saqlab, so‘z o‘yinlari va qochirmalardan unumli foydalangan. Uning lirikasida jaholat va nodonlikka qarshi adolatparvarlik g‘oyalari ilgari surilgan. Bunday g‘oyalar Sakkokiyning qasidalarida ochiqroq namoyon bo‘lgan. Sakkokiy o‘zbek adabiyotida qasida janriga asos solgan shoirlardan. Xoja Muhammad Porso, Xalil Sulton, Ulug‘bek va Arslon Xoja Tarxonlarga bag‘ishlab qasidalar yozgan. Sakkokiyning adabiy faoliyati zamondoshlari Lutfiy, Gadoiy, Atoiy kabi Navoiy ijodiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan; o‘zbek dunyoviy lirikasini ham mazmun, ham shakl jihatdan boyitgan. Shoir g‘azallari va qasidalari devon qilib to‘plagan bo‘lsa-da, to‘liq nusxasi bizgacha yetib kelmagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:26:34
SAROIY — XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrlarda yashab ijod etgan, zamonasining iste’dodli shoiri.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:27:07
SAYFIY BUXORIY, MAVLONO SAYFIY, SAYFIY ARUZIY BUXORIY (XIV asr ikkinchi yarmida — Buxoro — 1503-yil) — shoir, adabiyotshunos olim. Buxoro va Hirot madrasalarida tahsil olgan. Sulton Husayn Boyqaro Xuroson hukmdori bo‘lgach, XV-asr 70-yillarida Hirotga borgan va u yerdagi adabiy muhitda nom qozongan. "œSanoe’ ul-badoe’" nomli kitobi Hirotda shuhrat qozongan bo‘lib, undagi yuz g‘azalning har biri bitta kasb va san’at sohasiga bag‘ishlangan. Sayfiy Buxoriyning 2 ta devoni hamda "œRisola aruz" va "œRisolai musiqiy" asarlari mavjud. birinchi risola she’r va shoirlik, aruz qonun-qoidalari, bahri va doiralari anchayin soda va ravon til hamda uslubda tadqiq etilgan. U o‘z g‘azallarida dehqonlar va kasb-hunar egalarini madh etgan. Sayfiy Buxoriy Movarounnahrga qaytgach (1487), bir necha muddat Samarqand hokimi Boysunqur Mirzoga murabbiylik qilgan. 1498-yilda u Buxoro qaytgan va shu yerda vafot etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:27:37
SULTON ABU SAID (Sulton Abu Said Mirzo ibn Sulton Muhammad) (1424-1469) — temuriylardan. Mironshohning nabirasi. Shohruh va Ulug‘bek vafotidan so‘ng Temuriylar davlatida boshlangan taxt uchun kurash chog‘ida Ulug‘bekning o‘g‘li Abdulatif tomonidan Buxoro zindoniga tashlangan. Abdulatifning o‘limidan so‘ng (1450) ozod qilingan. Abu Said Movarounnahr taxtiga o‘tirgan Mirzo Abdullaga qarshi Abulxayrxon yordamida qo‘shin tortgan va 1451-yil Bulung‘ur jangida uni tor-mor keltirib, Samarqand taxtini egallagan. U minnatdorchilik sifatida Ulug‘bek mirzoning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga xotinlikka bergan. So‘ng Abu Said Toshkentdan o‘z piri Xoja Ahrorni chaqirtirib olgan. Xuroson hokimi Abulqosim Bobur vafoti (1458 )dan so‘ng Hirot, Astrobod, Mozandaron Abu Said qo‘liga o‘tib, markaziy hokimiyat tiklangan. Biroq mamlakatning g‘arbiy hududlari notinch edi, xususan G‘arbiy Eron temuriylar tasarrufidan chiqib, qora qo‘yunlilar sulolasi qo‘liga o‘tib qolgandi. Abu Said 1468-yil kuzida ularga qarshi qo‘shin tortadi, lekin 1469-yil qishida Mug‘on dashtida oq qo‘yunlilardan Uzun Hasan bilan bo‘lgan jangda yengilib, halok bo‘ladi. Abu Said davrida Movarounnahr va Xurosonda hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan, qo‘shni mamlakatlar bilan elchilik munosabatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. U Hirotda saroy, kamonchilar mashqgohi, ko‘priklar, ko‘shklar, shahar darvozalari qurdirgan, ariq va hovuzlar qazitib, bog‘-rog‘lar bunyod etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:28:41
SULTОN АLI MIRZO (1483-1500) — Mоvаrоunnаhr hukmdоri (1498-1500). Tеmuriylаrdаn. Sultоn Mаhmud Mirzоning 3-o‘g‘li. Оnаsi — Zuhrа bеgim. Оtаsining vаfоtidаn so‘ng Qаrshi vilоyati hоkimi bo‘lib, kеyinchаlik аkаsi Bоysung‘urdаn Buхоrоni (1497-yil dеkabr), Bоbur esа, Sаmаrqаndni tоrtib оlgаn. Bоbur оtа mеrоs shаhri Аndijоn dushmаn qo‘ligа o‘tishi mumkinligi hаqidа хаbаr tоpib, bеklаridаn birini Sаmаrqаnddа qоldirib, Аndijоn tоmоn yurgаn. Bundаn fоydаlаngаn Sulton Аli Mirzo Sаmаrqаndni ishg‘оl qilаdi (1498-yil fеv.-mаrt). 1499-yildа Sulton Аli Mirzo bilan Muhаmmаd Mаzid tаrхоn оrаsidа nizо vujudgа kеlаdi. Tаrхоnlаr Mоvаrоunnаhrdа kаttа nufuzgа egа edilаr. Mаzid tаrхоn Sаmаrqаnd vа uning аtrоfidаgi mulklаrni o‘z o‘g‘illаri, qаrindоsh-urug‘lаri vа yaqin kishilаri iхtiyorigа bеrib qo‘ygаn edi. Sulton Аli Mirzo tахtgа muqim o‘rnаshib оlgаch, Mаzid tаrхоngа qаrshi siyosаt yuritаdi. Nаtijаdа Mаzid tаrхоn Sаmаrqаnddаn chiqib kеtаdi. Shundа Tоshkеnt hоkimi Sultоn Mаhmudхоn jiyani Хоn Mirzоni (Mirzохоn, Sulton Аli Mirzoning ukаsi) mo‘g‘ul qo‘shinlаri bilan Sаmаrqаndni zаbt etishgа jo‘nаtаdi. Sulton Аli Mirzo Sаmаrqаnd tаshqаrisidа, Yoryaylоqdа bo‘lgаn jаngdа g‘оlib chiqаdi. Оnаsi Zuhrа bеgimning nоdоnligi tufаyli yozilgаn mаktub sаbаb Shаybоniyхоn Sаmаrqаndni jаngsiz egаllаydi (1500). Sulton Аli Mirzo Qo‘lbа yalаngligidа qаtl etilаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:29:29
SULTON AHMAD MIRZO (1451-yil, Samarqand — 1494-yil, Oqsuv mavzesi, O‘ratepa) — Samarqand hokimi (1469-1494). Temuriylardan. Abu Said Mirzoning katta o‘g‘li. Onasi — O‘rda Bug‘a Tarxonning qizi. Otasi unga Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimligini bergan. Keyinchalik Toshkent, Shohruhiya va Sayramni o‘z tasarrufiga kiritgan. Toshkent va Sayramni ukasi Umar Shayx Mirzoga topshirgan. Xo‘jand bilan O‘ratepa ham bir necha muddat uning tasarrufida bo‘lgan. 1493-yil Sulton Ahmad Mirzo kuyovi, Toshkent xoni Sulton Mahmudxon bilan ittifoq tuzib Andijonga — Umar Shayx Mirzoga qarshi yurish boshlaydi, ular Andijon, Axsi va Marg‘ilonni qamal qiladilar. Shu paytda Axsida Umar Shayx Mirzo to‘satdan vafot etib, taxtga 12 yoshli Bobur o‘tirgan. Bek va amirlar xalqni dushmanga qarshi safarbar etadilar. Sulton Mahmudxon Toshkentga qaytib ketgan. Sulton Ahmad Mirzo Boburga Farg‘ona hukmronligini "œin’om" etib Samarqandga qaytgan, biroq O‘ratepaga yetganda vafot etgan. Sulton Ahmad Mirzo Movarounnahrda nufuzi nihoyatda baland bo‘lgan Xoja Ahrorni o‘ziga pir tutgan. Oysha Sulton begim va Ma’suma Sulton begim ismli qizlari Boburning xotinlari bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:37:01
SULTON MAHMUD MIRZO (1453 — Samarqand — 1495-yil) — Samarqand hokimi (1494-1495). Temuriylardan. Abu Said mirzoning 3-o‘g‘li. Otasi davrida Astrobod viloyati hokimi. Abu Said Mirzo vafoti (1469)dan so‘ng Termiz, Chag‘oniyon, Hisor, Xatlon, Quduz, Badaxshon va Hindikush tog‘larigacha bo‘lgan yerlar uning tasarrufiga o‘tgan. Akasi Sulton Ahmad Mirzoning vafoti (1494)dan so‘ng esa, Samarqand taxtiga o‘tirgan. U zulmni haddan oshirgani uchun mamlakatning katta kichik aslzodalari, sipohiylar va oddiy xalq har tarafga tarqalib qocha boshlagan. Sulton Mahmud Mirzo taxtga da’vogar bo‘lib kelgan amakivachchasi Malik Muhammad Mirzo va u bilan birga kelgan mirzolarni qatl ettirgan. Sulton Mahmud Mirzo o‘z hukmronligi davrida 2 marta Husayn Boyqaro bilan jang qilib, ikkalasida ham mag‘lub bo‘lgan. Boburning Sulton Nigor xonim ismli xolasi uning 4-xotini.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:37:32
SULTON MUHAMMAD MIRZO (1418-1452) — Shohruhning nabirasi. Boysunqur Mirzoning ikkinchi o‘g‘li. 1442-yilda Sulton Muhammad Mirzo uchun Eronning Sultoniya, Qazvin, Ray va Qum viloyatlaridan iborat yangi hokimlik tashkil qilinadi. Ammo shahzoda Sulton Muhammad Mirzo o‘z qo‘l ostidagi viloyatlar bilan qanoatlanmadi. 1446-yilda u bobosi Shohruh Mirzoga qarshi isyon ko‘tarib, Isfaxonni bosib oladi va Sherozni qamal qiladi. Ammo 1446-yilda bobosining qo‘shin tortib kelayotganligidan xabar topib Sherozni qamaldan bo‘shatib, toqqa qochadi. 1449-yilda Sulton Muhammad Mirzo Xurosonga qo‘shin tortib kelib, ukasi Abulqosim Bobur Mirzo qo‘shinini tor-mor etadi va Hirotni egallaydi. Ammo Sulton Muhammad Mirzo Hirotda uzoq tura olmaydi. 145-yilda Abulqosim Bobur Hirotni qayta qo‘lga kiritadi. Mag‘lub akasini qatl qildiradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:37:43
SULTОNАLI MASHHADIY (1437 — Mаshhаd — 1520) — хаttоt, shоir, хаt nаzаriyotchisi; nаstа’liq хаti rivоjigа vа kеng tаrqаlishigа ulkаn hissа qo‘shgаn. "œSultоn ul-хаttоtin" ("œХаttоtlаr sultоni") vа "œQiblаt ul-kuttоb" ("œKоtiblаr qiblаsi") nоmli yuksаk unvоnlаr sоhibi. Хаttоtlikkа bоlаligidаn ishtiyoqi bаlаnd bo‘lgаn. Sultonali Mashhadiyning ustоzlаri — хаttоt Zаhiriddin Аzhаr vа Хоjа Hоfiz Muhаmmаd. Sultonali Mashhadiy mаdrаsаdа tа’lim оlgаn, so‘ng mаdrаsаdа dаrs bеrgаn. 1451-yildаn Hirоtdа yashаb, Sultоn Аbu Sаid vа Sultоn Husаynlаr хizmаtidа bo‘lgаn. Hirоtdаgi bаdiiy muhit — sаn’аtkоrlаr dаvrаsi, аyniqsа, Аbdurаhmоn Jоmiy vа Аlishеr Nаvоiylаr bilan ijоdiy hаmkоrlik qilish nаtijаsidа Sultonali Mashhadiy ustоd sаn’аtkоr dаrаjаsigа ko‘tаrildi (Nаvоiyning shахsiy kutubхоnаsidа kitоbаt ishlаri bilan mаshg‘ul bo‘lgаn). Аyniqsа, Sultonali Mashhadiyning Nаvоiy ijоdigа munоsаbаti o‘zgаchа bo‘lib, shоirning аksаr аsаrlаrini bir nеchа nusхаlаrdа ko‘chirgаn; jumlаdаn, Nаvоiyning "œIlk dеvоn’ini o‘zi tаrtib etgаn (1465; dаstхаt nusхаsi Rоssiya milliy kutubхоnаsidа). O‘z nаvbаtidа ulug‘ shоir hаm хаttоtgа chuqur хurmаt bilan qаrаgаn, "œMаjоlis un-nаfоis" аsаridа ungа yuqоri bаhо bеrgаn. Sultonali Mashhadiy Hirоt хаttоtlаrigа rаhbаrlik qilgаn; yosh musаvvir Kаmоliddin Bеhzоdgа o‘z fаrzаndidеk munоsаbаtdа bo‘lgаn; ulаrning o‘zаrо hаmkоrligi tufаyli yuksаk dаrаjаdаgi sаn’аt аsаrlаri-qo‘lyozmаlаr yuzаgа kеlgаn. Sultоn Muhаmmаd Nur, Sultоn Muhаmmаd Хаndоn, Mir Аli Hirаviy, Muhаmmаd Qоsim vа boshqa ko‘plаb хаttоtlаrni tаrbiyalаgаn. Sultonali Mashhadiy ko‘chirgаn vа tаrtib qilgаn mo‘’tаbаr qo‘lyozmаlаr hаm o‘zbеk mumtоz аdаbiyotining nоyob nаmunаsi, hаm Hirоt kitоbаt sаn’аtining shоh аsаrlаri, durdоnаlаri sifаtidа qаdrlidir. Shulаrdаn 50 dаn оrtiq kitоb vа 500 gа yaqin qit’аlаr bizgаchа sаqlаngаn. U yarаtgаn g‘аzаl, rubоiy, qit’аlаr murаqqа" vа tаzkirаlаrdа dunyo kutubхоnа vа muzеylаridа sаqlаnаdi. Sultonali Mashhadiyning хаt sаn’аtigа оid "œQаvоidi хutut" ("œХаt qоidаlаri", 1519) shе’riy risоlаsidа хаttоt vа shоirning nоzik didi vа hоlаti o‘z аksini tоpgаn: risоlа mаtni nаstа’liq хаtidа kitоbаt qilinib, оltin suvi bilan hаllаngаn; qo‘lyozmа sаhifаlаri hоshiyalаrigа o‘simlik vа hаyvоnlаr tаsvirlаri ishlаngаn. Sultonali Mashhadiy ushbu risоlаdа хаt uslublаri (jumlаdаn, nаstа’liq хаti) ustidа to‘хtаlgаn, Ibn Muqlа, Ibn Bаvvоb vа boshqa хаttоtlаrning хаt usullаrini tа’riflаgаn. Sultonali Mashhadiy imоrаtlаr, yog‘оch vа tоshlаrgа o‘yib yozilаdigаn хаtlаrni bitishgа hаm mоhir bo‘lgаn. Sultоn Husаyn qurdirgаn binоlаrigа kitоbаlаr, uning mаrhum qаrindоsh vа yaqinlаrining qаbr tоshlаrigа bitiklаr bitgаn. Sultonali Mashhadiy fаоliyati, u ko‘chirgаn vа bitgаn qo‘lyozmаlаr, qit’а, kitоbа vа bitiklаr o‘z dаvridа vа undаn kеyin hаm yuqоri bаhоlаngаn: Bоbur, Хоndаmir ("œHаbib us-sig‘аr"), Mirхоnd ("œRаvzаt us-sаfо"), Mirzо Muhаmmаd Hаydаr ("œTаriхi Rаshidiy"), Аbdurаzzоq Sаmаrqаndiy ("œMаtlаi sа’dаyn vа mаjmаibаhrаyn’) vа boshqalar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:41:02
SHAMSUDDIN MUHAMMAD HAVOFIY — Ulug‘bekning Samarqanddagi madrasasida yetakchi mudarris. Zamonasining iqtidorli olimlaridan. U 1420-yili Ulug‘bekning Samarqanddagi madrasasi ochilgan kuni birinchi darsni o‘qigan. Darsda olimlardan 90 nafari qatnashgan, lekin darsning ma’nisiga Ulug‘bek Mirzo bilan Qozizoda Rumiydan boshqa hech kim tushunmagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:42:35
SHAMSUDDIN MUHAMMAD MISKIN — shahar qozisi. U Ulug‘beknining o‘limiga qarshilik bildiradi, lekin Abdulatif jaholatparast ulamolarning yashirin fatvosini chiqartirib, otasining o‘ldirilishini uyushtiradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:43:08
SHAYX NURIDDIN — amir, Amir Temurning lashkarboshisi, Turkiston noibi. Temuriylarga qarshi bo‘lib o‘tgan isyon ishtirokchisi. U 1410-yil Yangi va Sayram viloyatlarining hokimi Amir Abdulholiq, Hisori Shodmon noibi Jahongir hamda oqo‘rdalik xonzodalardan Chingiz Og‘lonlar bilan ittifoq tuzib, temuriylarga qarshi isyon ko‘taradi. 1410-yil 20-aprelida Samarqand yaqinida Qizilvarot mavzeida iitifoqchilar bilan Mirzo Ulug‘bek va Shohmaliklarning qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘ladi. Jangda Ulug‘bek mag‘lubiyatga uchrab Kalifga tomon qochadi. Oradan ko‘p o‘tmay Shohruh isyoni bostiradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:43:36
SHERMUHAMMAD O‘G‘LON — mo‘g‘uliston xoni. U Ulug‘bek ko‘magi bilan mo‘g‘ulistonda hokimiyatini qo‘lga oladi. Uning hukmronligi davrida Ulug‘bek otasining rizosi bilan 1425-yilning erta bahorida mo‘g‘uliston ustiga yurish boshlaydi. Issiqko‘l yaqinida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda Shermuhammad O‘g‘lon mag‘lubiyatga uchraydi. Ulug‘bek katta o‘lja bilan Samarqandga qaytadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:44:09
SHOHMUZAFFAR — XV asr va XVI asr boshlarida tasviriy san’at sohasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan musavvir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:44:17
SHOHQULI GIJJAKIY — mahoratli sozanda, bastakor va hofiz. U XIV-XV asrlar O‘rta Osiyo xalqlarining musiqa san’ati taraqqiyotida yangi va mahsuldor kuy va qo‘shiqlar, cholg‘u asboblari va musiqa nazariyasiga doir nodir asarlar yaratilishiga ulkan yordam bergan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:44:24
SHАRАFUDDIN АLI YAZDIY (?-1454, Yazd shahri yaqinidаgi Tаft qishlоg‘i) — tеmuriylаr dаvri mаshhur tаriхnаvisi. 1414-1435-yillаr mоbаynidа Shоhruхning o‘g‘li, Fоrs o‘lkаsi hоkimi Ibrоhim Mirzо хizmаtidа bo‘lаdi vа uning tоpshirig‘i аsоsidа mаshhur "œZаfаrnоmа" аsаrini yozаdi. Ibrоhim Mirzо vаfоtidаn so‘ng Sharafuddin Ali Yazdiy Sultоniya, Rаy vа Qum vilоyatlаri hоkimi bo‘lgаn Shоhruхning nаbirаsi Sultоn Muhаmmаd хizmаtigа o‘tаdi. 1445-1446-yil Muhаmmаd Sultоnning mаrkаziy hukumаtgа qilgаn isyonigа аrаlаshib qоlgаn Sharafuddin Ali Yazdiy Ulug‘bеkning o‘g‘li Аbdullаtif tоmоnidаn jаzоdаn sаqlаb qоlinаdi vа Hirоtgа yubоrilаdi. Kаmоliddin Аbdulvоsе" аn-Nizоmiyning "œMаqоmоti mаvlаviy Jоmiy" аsаridа kеltirilishichа, Sharafuddin Ali Yazdiy Hirоtgа kеlib, Jоmiyning suhbаtidа bo‘lgаn. Shоhruх vаfоtidаn so‘ng (1447-yil) o‘z vаtаni Tаftgа qаytib kеlаdi vа хоnаqоhgа jоylаshib, umrining охirigаchа o‘shа yеrdа yashаydi. Nаvоiy "œMаjоlis un-nаfоis" аsаridа yozishichа, 6 yoshidа "œShоhruх Sultоn buzug‘lig‘idа" (ya’ni Shоhruх vаfоtidаn so‘ng mаmlаkаtdа yuz bеrgаn nizоlаr chоg‘idа) kаttа jаmоаt bilan Хurоsоndаn Irоqqа kеtаyotgаndа, Tаftdа Sharafuddin Ali Yazdiy yashаgаn хоnаqоhdа bo‘lib, uni ko‘rgаn. Nаvоiy ushbu аsаridа Sharafuddin Ali Yazdiyning bilimdоnligigа yuqоri bаhо bеrib: "œMаvlоnоning sоhib kаmоllig‘i оlаm аhli qоshidа musаllаmdur", dеb yozgаn. Shundаn kеyingi yillаrdа, ya’ni 145-yil tаriхchi Аbdurаzzоq Sаmаrqаndiy hаm Tаftdа Sharafuddin Ali Yazdiy bilаn uchrаshib suhbаtlаshgаn. Mo‘g‘ulistоn хоni Yunusхоn yoshligidа Shоhruх tоpshirig‘igа ko‘rа, uzоq yillаr Shеrоzdа Sharafuddin Ali Yazdiy tаrbiyasidа bo‘lgаn vа sultоn Аbu Sаid uni оlib kеlib, mo‘g‘ulistоngа хоn etib tаyinlаgаn. Sharafuddin Ali Yazdiy аdаbiyot vа til uslubi, shе’riyat nаzаriyasi, nujum ilmi, tаriх, musiqа, tаsаvvufning nаzаriy mаsаlаlаri bo‘yichа bir nеchtа аsаrlаr yozgаn; "œShаrаf" tахаllusi bilan shе’r bitgаni hаm mа’lum. Shuningdеk, Sharafuddin Ali Yazdiyning "œHullаli mutаrrаz dаr muаmmо vа lug‘аz" ("œMuаmmо vа tоpishmоqlаr bоrаsidа bеzаkli nоmа"); "œMuntахаbi hulаl" (mаzkur аsаrning qisqаrtirilgаn bаyoni); "œMаvоtin yo mаnоzir dаr muаmmо" ("œMuаmmо fаnidа jоy vа mаnzаrаlаr"); "œQunh uz-zоd dаr ilmi vаqfi а’dоd" ("œАdаdlаr muvоfiqligi ilmidа hаqiqаt cho‘qqisi"); "œАl-kitоb fi ilm il-usturlоbi" ("œUsturlоb ilmi bo‘yichа kitоb"); "œDеvоni Shаrаf Yazdiy" ("œShаrаf Yazdiyning dеvоni"); "œHаqоyiq аt-tаhlil" ("œTаhlil, ya’ni "œLо ilаhа illаllоh"ning hаqiqаtlаri’); "œShаrhi-Qаsidаi Burdа" ("œQаsidаi Burdа"ning shаrhi); "œShаrhi Аsоmоi Аllоh" ("œАllоh ismlаri" shаrhi); "œTuhfаt ul-fаqir vа hаdyat ul-hаqir" ("œFаqirning tuhfаsiyu, hаqirning hаdyasi"); "œMunshаоt" (Хаtlаr to‘plаmi); Аmir Tеmur tаriхigа bаg‘ishlаngаn shе’riy аsаrlаri mа’lum.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:44:32
SHОH G‘ARIB MIRZO (tахаllusi G‘аribiy) (XV аsr ikkinchi yarmi, Hirоt) — shоir, tеmuriy shаhzоdаlаrdаn biri. Husаyn Bоyqаrоning o‘g‘li. Zаmоndоshlаri tоmоnidаn o‘z dаvrining nоdir istе’dоdli shоiri sifаtidа e’tirоf etilgаn. Nаvоiy "œFаrhоd vа Shirin" dоstоnidа Shoh G‘arib Mirzogа аlоhidа bоb аjrаtib, ungа ko‘pginа yaхshi nаsihаtlаr qilgаn. Kеyinchаlik vаfоt etgаndа hаm, uning vаfоtigа ulug‘ shоir mаrsiya bаg‘ishlаgаn. Shoh G‘arib Mirzo o‘zbеk vа fоrs tillаridа ijоd qilgаn. Uning fоrschа vа o‘zbеkchа shе’rlаridаn ibоrаt dеvоnining qo‘lyozmа nusхаsi Gаmburg milliy kutubхоnаsidа sаqlаnаdi. Undа Shoh G‘arib Mirzoning fоrschа 37 g‘аzаl, 1 qit’а vа 1 muхаmmаsi (umumiy hаjmi 557 misrа) vа o‘zbеkchа 76 g‘аzаl vа 4 muхаmmаsi (umumiy hаjmi 1210 misrа) o‘rin оlgаn. Uning lirik shе’rlаridа ishq, vаsl, hijrоn, sоg‘inch, vаfо, jаfо, sаdоqаt, mаy vа bulаrdаn hоsil bo‘lаdigаn kаyfiyatlаr, ya’ni quvоnch, qаyg‘u, sаоdаt, hаsrаt, mа’shuqаning go‘zаlligini tа’riflаsh kаbi mаvzulаr yеtаkchi o‘rinni egаllаydi. U g‘аzаlnаvis bo‘lib, uning ijоdidа 5 muхаmmаs vа 1 qit’аdаn tаshqаri, bаrchа аsаri g‘аzаl jаnridа yozilgаn. Ijоdidа bаdiiylik, yangilik, o‘zigа хоslik kuchli. O‘zbеkchа vа fоrschа shе’rlаri nihоyatdа rаvоn til, go‘zаl uslubdа yarаtilgаn. G‘аzаllаridа mаvzu vа hоlаtni sаqlаshgа uringаn. Shе’rlаridа хаlqning, хususаn, Hirоt аhоlisining urf-оdаtlаri, аn’аnаlаri, tushunchаlаri, kiyinishlаri, turmush tаrzi, hаttо spоrt o‘yinlаri hаm o‘z аksini tоpgаn. Shuningdеk, хаlq оg‘zаki ijоdi hаm uning shе’rlаrigа, ijоdigа muаyyan tа’sir o‘tkаzgаn. Ijоdigа fоrs vа o‘zbеk shе’riyatining mumtоz nаmоyondаlаri, аyniqsа, Husаyniy, Nаvоiy vа Jоmiyning tа’siri sеzilаrli. Shе’r musiqiyligini оshirish uchun musiqаli so‘zlаrni tаnlаsh, so‘zlаrni tаkrоrlаsh, bir jоydаn chiqаdigаn undоsh hаrflаrni yonmа-yon kеltirish, hаr bаyt yo hаr misrаni bir so‘z bilan bоshlаsh kаbi usullаrdаn fоydаlаngаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:44:40
SHOH MAHMUD MIRZO (1446-1459) — temuriylardan, Abulqosim Bobur Mirzoning o‘g‘li. 1457-yilda Abulqosim Bobur Mirzo vafot etgach, uning arkoni davlati va yaqin kishilari 12 yoshli Shoh Mahmud Mirzoni Mashhadda shoh deb e’lon qiladilar. 1457-yil 16-mayda Hirot taxtiga o‘tiradi. Biroq Sulton Ibrohim Mirzo bilan taxt uchun bo‘lgan jangda mag‘lubiyatga uchrab, Mashhadga qochadi. Keyinchalik Shoh Mahmud Mirzo Seyistonga qochib boradi. Seyiston hukmdori amir Xalil Hinduka shahzodani yaxshi kutib oladi va Kobul hukmdori amir Boboga qarshi jangga birga olib ketadi. Jangda nagohon kamondan otilgan o‘q Shoh Mahmud Mirzoga tegib, o‘sha yerning o‘zida halok bo‘ladi. Bu voqea 1459-yilning oxirida sodir bo‘ladi. Shoh Mahmud Mirzo 14 yoshida olamdan o‘tadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:46:19
SHОH MUZAFFAR (XV аsr, Hirоt) — musаvvir vа хаttоt; Sultоn Аbu Sаid Mirzо hukmrоnligi (1451-1469) dаvridа ijоd qilgаn ustоz Mаnsurning o‘g‘li. Sultоn Husаyn dаvri (1469-1506)dа Аlishеr Nаvоiy tаrbiyasidа vоyagа etgаn nоyob istе’dоd egаsi, tаsаvvufgа оid аsаr hаm yozgаn. Zаhiriddin Bоbur, Mirzо Muhаmmаd Hаydаr Shoh Muzaffargа yuksаk bаhо bеrishib, uning nоmini Bеhzоd nоmi bilan birgа qаyd etishgаn. Musаvvir 24 yoshidа vаfоt etsа hаm yirik sаn’аtkоr sifаtidа mаshhur bo‘lgаn. U ishtirоk etgаn bеzаkli qo‘lyozmаlаrdаn: Аlishеr Nаvоiyning "œХаmsа" аsаrining 1485-yil shаhzоdа Bаdiuzzаmоn Mirzо uchun (Buyuk Britаniya, Оksfоrd, Bоdli), sаfаviy shаhzоdа Bаhrоm Mirzо uchun yarаtilgаn аlоhidа murаqqа" (Turkiya, Istаnbul, To‘pqоpu sаrоyi), Shаrаfuddin Аli Yazdiyning "œZаfаrnоmа" (АQSH, Bаltimоr, Eyzеnхаur kutubхоnаsi) qo‘lyozmаlаri miniаtyurаlаrini ko‘rsаtish mumkin.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:46:33
SHОHIY (tахаllusi; аsl nоmi Sultоn Mаs’ud Mirzо Shоhiy) (1475 — G‘аznа — 1507) — shоir, tеmuriy shаhzоdаlаrdаn biri. Оtаsi Sultоn Mаhmud Mirzо sоhibqirоn Аmir Tеmurgа 5-bo‘g‘in аvlоddir. Оnаsi Хоnzоdаbеgim Mir Buzurg Tеrmiziyning qizi. Shоhiy bоshqа tеmuriyzоdаlаr kаbi yoshligidаn ilmgа, аdаbiyotgа hаvаsmаnd bo‘lgаn. Оtаsi ungа Hisоr hоkimligini tоpshirgаn vа u оtаsining vаfоtigа qаdаr (1495) bu yеrni bоshqаrib turgаn. Sаmаrqаndni оlish uchun qilgаn yurishi muvаffаqiyatsizlikkа uchrаb, Hisоr hаm qo‘lidаn kеtgаch, Husаyn Bоyqаrо sаrоyidаn pаnоh tоpgаn vа yanа sаltаnаt ilinjidа Mоvаrоunnаhrgа qаytgаn. Vаzir Хusrаvshоh Shоhiyni аsir оlib, ko‘zigа mil tоrtgаn. Yanа Husаyn Bоyqаrоning ruхsаti bilan Хurоsоngа qаytgаn vа uning qizlаridаn biri — Bеgim Sultоngа uylаngаn. U kеyingi hаyotini ijоdgа bаg‘ishlаgаn vа Hirоt аdаbiy hаyotidа fаоl qаtnаshgаn. 1507-yildа Shаybоniyхоnning Хurоsоngа yurishlаri vаqtidа o‘ldirilgаn vа G‘аznаdа dаfn etilgаn. Shоhiy hаqidа Аlishеr Nаvоiy o‘zining "œMаjоlis un-nаfоis" tаzkirаsining 7-mаjlisidа shundаy tа’rif bеrаdi: "œSultоn Mаs’ud Mirzо — rаvshаn zеhnlik vа mustаhsаn tа’bliq vа pоkizа hisоl vа mаhmud fаоl yigitdur. Vаfо vа diljo‘yliq аning shiоri, sахо vа dаrvеshхo‘yliq uning аtvоri". Аmаkivаchchаsi vа qаynisi Zаhiriddin Muhаmmаd Bоbur hаm "œBоburnоmа"ning bir nеchа jоylаridа uni yaхshi хоtirаlаr bilan eslаydi. Tаzkirаnаvis — Fахri Hirоtiy (XVI аsr) "œLаtоyifnоmа" аsаridа (Аlishеr Nаvоiy "œMаjоlis un-nаfоis" tаzkirаsining fоrschаgа erkin, ijоdiy tаrjimаsi) tа’kidlаshichа, u turkiy shе’rlаridа "œShоhiy", fоrsiy shе’rlаridа esа "œОrifiy" tахаlluslаrini qo‘llаgаn vа bu ikki tildа аlоhidа-аlоhidа dеvоn tuzgаn. Shоhiyning turkiy "œDеvоn’i 1140 bаytni tаshkil qilib, undаgi shе’rlаr g‘аzаl, rubоiy, fаrd vа tаrjе’bаnd jаnrlаridаdir. Shоhiy shе’riyatidа Nаvоiy аn’аnаlаrini dаvоm ettirgаn. Nаvоiy vа Husаyniy g‘аzаllаrigа tахmislаr, tаtаbbu’lаr bоg‘lаgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:47:15
SHОHMАLIK, АMIR SHОHMАLIK, АMIR G‘IYOSIDDIN SHОHMАLIK (?-1426-yil 21 yanvar, Хоrаzm, Mаshhаddа dаfn etilgаn) — Аmir Tеmur vа Shоhruх sаltаnаtidа хizmаt qilgаn dоngdоr аmir. Аmir Tеmur uni yoshligidаn tаrbiyalаgаn, hаrbiy sаlоhiyatni o‘rgаtgаn. Shаrаfuddin Аli Yazdiyning "œZаfаrnоmа"sidа Shohmalik dаstlаb Аmir Tеmurning 5 yillik yurishi, аniqrоg‘i Tаkrit qаl’аsining оlinishi (1393-yil) vоqеаlаri bаyonidа qo‘shin bоshlig‘i sifаtidа eslаtilgаn; Muhаmmаd Sultоnni Hurmuz vilоyatini egаllаshgа jo‘nаtgаndа esа, Shohmalik lаshkаr tаrkibidа hаzоrаni (minglik qo‘shin qismini) bоshqаrgаn. Shohmalik Аmir Tеmurning Hindistоngа yurishidа fаоl qаtnаshgаn lаshkаrning turli qismlаridа tumаn sаrdоri bo‘lgаn. Аmir Tеmurning 7 yillik yurishi chоg‘idа Shohmalik Sоhibqirоnning eng ishоnchli kishilаridаn sаnаlgаn. Sultоn Bоyazid bilan jаngdа Shohmalik nоmdоr no‘yon sifаtidа lаshkаrning mаrkаziy (qo‘l) qismigа bеlgilаngаn. Аmir Tеmur O‘trоr shahridа vаfоt qilgаn pаytidа Shohmalik uning yonidа bo‘lgаn vа охirgi vаsiyatlаri, jumlаdаn, Pirmuhаmmаdni vаliаhd qilgаni hаqidаgi vаsiyatni bеvоsitа eshitgаn. Sоhibqirоnning jаsаdi jоylаshgаn tоbut, оilаsi, nеvаrаlаrini O‘trоrdаn Sаmаrqаndgа оlib kеlishdа bоsh bo‘lgаn. Аmir Tеmurning vаfоtidаn so‘ng, Sаmаrqаnd tахtini Хаlil Sultоn egаllаgаch, Shohmalik Mirzо Shоhruхning o‘g‘illаri Ulug‘bеk vа Ibrоhim Sultоnni оlib, dаstlаb Buхоrоgа, so‘ngrа Хurоsоngа Shоhruх хizmаtigа bоrgаn. Shоhruх Mоvаrоunnаhrni to‘lа o‘z iхtiyorigа оlgаch (1409-1410), uni Ulug‘bеkkа suyurg‘оl qilаdi vа u hаli yosh bo‘lgаni sаbаbli, mаmlаkаt ishlаrini bоshqаrib turishgа Shohmalikni mutаsаddi qilib qоldirаdi. Mаzkur tаdbirdаn Ulug‘bеkning ko‘ngligа mаlоllik kеlgаnini bilgаn Shоhruх (1411 1412) Shohmalikni Хurоsоngа chаqirib оlаdi. Kеyingi 1405-1413-yillаr dаvоmidа Shohmalik Shоhruхning tоpshirig‘i bilan Хurоsоn, Mоzаndаrоn, Mоvаrоunnаhr, Хоrаzmgа hаrbiy yurishlаrdа, isyonlаrni bоstirishdа qаtnаshgаn. Shоhruх (1412-1413) Хоrаzmni Shohmalikkа butkul (dаrbаstа) suyurg‘оl qilаdi. Shohmalik Хоrаzm hоkimi bo‘lgаnidаn kеyin hаm Shоhruхning hаrbiy vilоyatlаrgа yurishlаridа ishtirоk etgаn. Shohmalikning Tеmuriylаr dаvri хаlqаrо elchilik munоsаbаtlаridа hаm mа’lum hissаsi bоr. 1419-1422-yillаrdа Tеmuriylаrdаn Хitоygа bоrib kеlgаn kаttа elchilik sаfаridа Хоrаzmdаn Shohmalikning O‘rduvоn ismli elchisi hаm qаtnаshgаn. Аbdurаzzоq Sаmаrqаndiyning "œMаtlаi sа’dаyn’idа kеltirilishichа, Аmir Tеmur o‘z vаqtidа Shohmalikning sаdоqаtli buyuk хizmаtlаrini qаdrlаb, judа ko‘p jоylаrni ungа suyurg‘оl tаrzidа in’оm qilgаn. Shohmalik o‘zigа tеgishli mulklаrdа mаdrаsаlаr, хоnаqоhlаr, mаsjidlаr, rаbоtlаr vа hоvuzlаr kаbi ko‘p хаyrli qurilishlаrni аmаlgа оshirgаn, ulаrgа ekinzоrlаr bаrpо etib vаqflаr bеlgilаgаn. Shohmalik vаfоt qilgаch, uning jаsаdini Хоrаzmdаn Mаshhаdgа kеltirib, Imоm Rizоning qаbri yonigа o‘zi qurdirgаn mаqbаrаgа dаfn qilishgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:48:03
SHОHRUХ, АMIRZОDА SHОHRUХ, MIRZО SHОHRUХ, SHОHRUХ MIRZО, ХОQОNI SА’ID, АBU NАSR SHОHRUХ BАHОDIR SULTОN (1377-yil 20-avgust, Sаmаrqаnd — 1447-yil 19-mart, Rаy) — Аmir Tеmurning 4-o‘g‘li, Tеmuriylаr hukmdоri. Yoshlik yillаri Sаmаrqаnddа o‘tgаn, shu yеrdа dunyoviy vа diniy tа’lim оlgаn. Аmir Tеmur 1390-91 yillar Dаshti Qipchоqqа vа 1392-yil hаrbiy mаmlаkаtlаrgа 5 yillik yurishlаri chоg‘idа Shohruxni mаmlаkаtni bоshqаrishgа tаyinlаb qоldirgаn. Ko‘p o‘tmаy, Аmir Tеmur Shohruxni o‘z yonigа chаqirib оlаdi vа 17 yoshli Shohrux jаngоvаr hаrаkаtlаrdа qаtnаshа bоshlаydi. Аmir Tеmur uni lаshkаrning mаng‘lаy vа juvаng‘аr qismlаrigа tаyinlаydi, kеyinrоq esа, Sаmаrqаndgа qаytаrib, pоytахtni bоshqаrib turishni tоpshirаdi. Аmir Tеmur 1396-yil Shohruxgа Хurоsоn o‘lkаsini suyurg‘оl qilаdi vа tеgishli qo‘shin hаmdа elаt bilan birgа uni o‘z mulkigа jo‘nаtаdi. Shohrux Аmir Tеmurning 7 yillik yurishidа, хususаn, Yaqin Shаrqdаgi hаrbiy hаrаkаtlаrdа bеvоsitа qаtnаshgаn, lаshkаrning ilg‘оr, mаng‘lаy, juvаng‘аr qismlаrini bоshqаrgаn; jаnglаrdа shахsiy dоv-yurаklik vа mаhоrаt nаmоyish etgаn. Uni аdоlаtpаrvаr, rаiyat tinchligini ko‘zlоvchi shахs sifаtidа bilgаnlаr; qаmаldа qоlgаn shаhаrlаr аhоlisi аksаri hоllаrdа sulh tаklifi bilan Shohruxgа murоjааt qilgаnlаr vа u hаm o‘z yordаmini аyamаgаn. Bа’zi hоllаrdа, Аmir Tеmur Shohruxni lаshkаrning o‘g‘ruq qismini qo‘riqlаshgа mutаsаddi qilgаn. Shаrаfuddin Аli Yazdiy "œZаfаrnоmа"dа yozishichа, Аmir Tеmur hаyotining kеyingi yillаridа Shohruxning dаvlаtdоrlik sifаtlаrigа аlоhidа e’tibоr bеrgаn. Chunоnchi, Хitоygа yurishi chоg‘idа, sаltаnаt хаvfsizligini tа’minlаsh, хususаn, hаrbiy o‘lkаlаrni idоrа etish kаbi kаttа mаs’uliyatni Shohrux zimmаsigа yuklаydi vа uni Хurоsоndа qоldirаdi. Sоhibqirоn 1391 92-yillаr mo‘g‘ullаr bоsqini dаvridа butunlаy хаrоb qilingаn Bаnоkаt shahri o‘rnigа yangi shаhаr bаrpо etib, u yеrgа аtrоf yеrlаrdаn аhоlini ko‘chirib оbоd qilаdi hаmdа uni Shohruxgа suyurg‘оl qilаdi vа bu shаhаr Shоhruхiya nоmi bilan shuhrаt tоpаdi. Аmir Tеmur vаfоtidаn so‘ng, 1405-yil mаrtdа Shohrux rаsmiy rаvishdа Tеmuriylаr sаltаnаti hukmdоri sifаtidа Хurоsоn tахtigа o‘tirdi vа o‘z nоmidаn хutbа o‘qitib, pul (tаngа) zаrb qildirdi. Shohrux hukmdоrligining dаstlаbki yillаridа Tеmuriylаr sаltаnаtidа kuchli tаrqоqlik yuzаgа kеlib, sаltаnаtning turli qismlаridа yakkаhоkimlik uchun kurаsh bоshlаnib kеtdi. Mоvаrоunnаhrdа Sаmаrqаnd tахtini Хаlil Sultоn egаllаdi, Оzаrbаyjоn vа Аjаm Irоqini Qоrа Yusuf, Аrаb Irоqi hududini Sultоn Аhmаd o‘z qo‘ligа kiritdi. Erоnzаmindа tеmuriy shаhzоdаlаr o‘zаrо nizоlаshаrdilаr, Mоzаndаrоn, Bаlх, G‘ur vа boshqa vilоyatlаrdа hаm isyonlаr yuzаgа kеldi. Shohrux sаltаnаtdа vujudgа kеlgаn nizоlаr, isyonlаr, yakkаhоkimlik uchun chiqishlаrni tеrаn qоbiliyati, mаhоrаti, tаfаkkuri, оlib bоrgаn siyosаti tufаyli birin-kеtin bоstirishgа muvаffаq bo‘ldi. Shohrux o‘z hukmdоrligi chоg‘idа Tеmuriylаr sаltаnаtining hududiy kеngligi, hаrbiy sаlоhiyati, kuchli iqtisоdiy mаvqеini sаqlаshgа intildi. Buning uchun Mоvаrоunnаhr, Erоnzаmin, Оzаrbаyjоngа yurishlаr qilib g‘аlаbа qоzоndi; 1429-yil Shohrux Оzаrbаyjоndа хаvfli kuchgа аylаngаn аmir Iskаndаr ibn Qоrа Yusuf ustigа dеyarli butun sаltаnаti hududidаn lаshkаr yig‘ib yurish qilаdi. Sаlmоs cho‘lidа ikkаlа tоmоn o‘rtаsidа qаttiq jаng bo‘lаdi; Shohrux o‘g‘illаri Mirzо Bоysung‘urni lаshkаrning juvаng‘аrini, Ibrоhim Sultоnni bаrаng‘аrini bоshqаrishgа bеlgilаydi; Muhаmmаd Jo‘giyni esа o‘zigа tеgishli bo‘lgаn g‘ul qismdа qоldirаdi. Shiddаtli jаngdаn so‘ng Shohrux lаshkаri zаfаr quchаdi. Shohrux Sеyistоn vа Bаdахshоngа lаshkаr jo‘nаtib, u yеrlаrdаgi isyonlаrgа chеk qo‘yadi. 1405-yildаn 7 yil dаvоmidа Хоrаzmni zаbt etib turgаn Dаshti Qipchоq аmirlаrigа qаrshi Shohrux kаttа lаshkаr jo‘nаtаdi vа g‘оlib kеlib, Хоrаzmni Tеmuriylаr sаltаnаti tаrkibigа kiritаdi hаmdа vilоyatni bоshqаrishgа sаrkаrdа аmir Shоhmаlikni bеlgilаydi. Shohrux ko‘pginа nizоlаrni sulh yo‘li bilan bаrtаrаf qilgаn vа bundа tаniqli dаvlаt аrbоblаri vа shаyхlаr хizmаtidаn kеng fоydаlаngаn. Umumаn, Shohrux hukmrоnligi dаvridа shаrqdа mo‘g‘ulistоndаn tоrtib g‘аrbdа Misr vа Rum yеrlаrigаchа, jаnubda Hindistоnning mаrkаziy qismidаn bоshlаb shimoldаn tо Dаshti Qipchоq chеgаrаlаrigаchа bo‘lgаn jоylаr Tеmuriylаr sаltаnаti tаrkibigа kirgаn. Sаltаnаtni suyurg‘оl tizimi bo‘yichа bоshqаrgаn; mаmlаkаt hududini o‘g‘illаri, nеvаrаlаri, qаrindоshlаri, хizmаt ko‘rsаtgаn sаdоqаtli аmirlаrigа suyurg‘оl qilib bеrgаn. Tаriхchi Hоfizi Аbruning "œZubdаt аt-tаvоriх" аsаridа yozilishichа, Shohrux 1443-yil Misr pоdshоsigа elchi yo‘llаb Kа’bа uyigа yopinchiq kiygаzishni so‘rаydi vа rоzilik оlаdi. Shu аsоsdа 1444-1445-yil kа’bаpo‘sh tаyyorlаtib, uni shаyх Nuriddin Muhаmmаd аl-Murshidiy vа mаvlоnо Shаmsiddin Muhаmmаd Аbhаriy vоsitаsidа Mаkkаgа jo‘nаtаdi; ulаr kа’bаpo‘shni muqаddаs Kа’bа uyigа yopib qаytаdilаr. Shohrux pоdshоhlik dеvоnidа kundаlik ishlаrni dоim nаzоrаt qilib bоrgаn; qаrоrlаr qаbul qilishdа kеngаsh vа mаslаhаtgа kеng o‘rin аjrаtgаn, ko‘pchilik fikrini inоbаtgа оlgаn hоldа аdоlаtli hukmlаr chiqаrgаn. Shuningdеk, dеvоndа diniy vа dunyoviy mаsаlаlаr yuzаsidаn yеtuk аllоmаlаr ishtirоkidа suhbаtlаr, fiqh, tib, nujum, gеоgrafiya, tilshunоslik vа boshqa fаn sоhаlаri bo‘yichа bаhs-munоzаrаlаr tаshkil qilgаn, o‘zi hаm ulаrdа fаоl qаtnаshgаn. Shohrux sаltаnаti hududidа bunyodkоrlik fаоliyati uchun kаttа imkоniyatlаr yuzаgа kеldi. Shаhаrsоzlik, hunаrmаndchilik, sаvdо, dеhqоnchilik, ilm-fаn, mаdаniyat tеz sur’аtlаr bilan rivоjlаndi. Shohrux bunyodkоrlik ishlаrigа, хususаn, shаhаrlаr оbоdоnchiligi vа sug‘оrish tizimini rivоjlаntirishgа kаttа e’tibоr qаrаtib Hirоt (1405-yil), Bаlх (1407-yil) shaharlаrini tiklаshgа оliy fаrmоn bеrgаn. Chingizхоn yurishi chоg‘idа хаrоb qilingаn (1220-yil) Mаrv shahrini qаytа bаrpо etilib, ungа Murg‘оb dаryosidаn аriq qаzdirib suv kеltirildi. Sug‘оrish tizimi yaхshilаndi, yangi yеrlаr o‘zlаshtirildi, ekin mаydоnlаri kеngаydi. Shаhаrlаrdа hunаrmаndchilik vа sаvdо rivоjlаndi, ko‘plаb mаdаniy-mа’nаviy muаssаsаlаr — mаdrаsаlаr, mаsjidlаr, хоnаqоhlаr qurildi. Shohrux ilm-fаn rivоjigа аlоhidа e’tibоr bеrdi. Hirоt, Sаmаrqаnd, Buхоrо, Mаshhаd, Shеrоz vа boshqa shаhаrlаrdа ilm-fаn kеng rivоj tоpdi. Mоvаrоunnаhrdа Mirzо Ulug‘bеk rаsаdхоnа bаrpо etib аniq fаnlаr rivоjlаndi; Nаqshbаndiya tа’limоti yozmа mеrоs tаrzidа shаkllаndi vа shu yo‘nаlishdа bir qаnchа аsаrlаr yozildi. Hirоt vа Shеrоz shaharlаridа tаriхnаvislikkа kаttа e’tibоr qаrаtildi. Аmir Tеmur vа tеmuriylаr tаriхigа оid bir qаnchа yirik аsаrlаr yarаtildi. Tеmuriylаr sаltаnаtidа kitоbаt vа miniаtyurа sаn’аti yuksаldi. Hirоtdа Mirzо Bоysung‘ur vа Shеrоzdа Ibrоhim Sultоn bu sоhаlаrning rivоjigа kаttа hissа qo‘shdilаr. Shohrux hukmrоnligi dаvridа Tеmuriylаr sаltаnаtining хаlqаrо miqyosdаgi nufuzi оrtdi; dаvlаtlаr o‘rtаsidаgi elchilik munоsаbаtlаrigа Shohrux judа kаttа e’tibоr bеrgаn. Uning huzurigа Хitоy, Hindistоn, Misr, Shоm, Rum, Yevrоpа, Dаshti Qipchоq hukmdоrlаridаn elchilаr kеlgаni vа Shohrux hаm o‘z elchilаrini jo‘nаtgаni hаqidа Tеmuriylаr dаvri tаriхiy mаnbаlаridа mа’lumоtlаr qаyd etilgаn vа ikkitа elchilik hаqidа mukаmmаl kundаlik hаm yozilgаn. 1419-1422-yillаr Хitоygа bоrib kеlgаn sаfаr хоtirоtlаri, undа bеvоsitа qаtnаshgаn G‘iyosiddin Nаqqоshning kundаligi hаmdа 1442-1444-yillаr Jаnubiy Hindistоngа bоrib qаytgаn elchilаrning sаfаr tаfsilоtlаri, uni bоshqаrgаn Аbdurаzzоq Sаmаrqаndiyning sаfаrnоmаsidа аks etgаn. Shohruxning elchilаr vоsitаsidа yo‘llаgаn mаktublаridа sаvdо yo‘llаri хаvf-sizligini tа’minlаsh vа хаlqаrо sаvdо-sоtiqni rivоjlаntirish аlоhidа tа’kidlаngаn. Buyuk ipаk yo‘li оrqаli sаvdо vа elchilik kаrvоnlаri muntаzаm qаtnаb turgаn. Shohrux o‘zining хаlqаrо siyosаtidа dаvlаtlаrаrо tinch-tоtuvlik vа do‘stоnа munоsаbаtlаr tа’minlаnishini ustuvоr yo‘nаlish dеb bilgаn. Shohruxning dаvlаtchilik siyosаtidа bunyodkоrlik ishlаrigа kаttа e’tibоri nаtijаsidа ilm-fаn vа mаdаniyat rivоjidа o‘zigа хоs uyg‘оnish (rеnеssаns) bo‘ldi vа bu XV аsrning ikkinchi yarmidа Аlishеr Nаvоiy dаvridа Хurоsоndа ilm-fаnning yuksаk rivоjlаnishi uchun zаmin yarаtdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:48:31
TUSIY NOSIRIDDIN (to‘liq ism-sharifi Abu Ja’far Muhammad ibn Muhammad ibn Hasan Nosiriddin Tusiy, 1201-1274) — o‘rta osiyolik astronom va matematik olim. Tusiy Eron Ko‘histonining ismoiliylar hokimi Nasriddin Muhtasham saroyida xizmat qilgan. "œAxloqi Nosiriy", "œTajrid" kabi asarlari Sharqda keng tarqalgan. Tusiy 1256-yilda Eronga bostirib kirgan mo‘g‘ul istilochilari boshlig‘i Xuloku saroyiga xizmatga olindi. Tusiy o‘zining mavqedan foydalanib, Yaqin sharq va O‘rta Sharq madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. 1259-yilda Marog‘a rasadxonasi qurilishiga rahbarlik qildi, atrofiga turli mamlakat olimlarini to‘plab, Marog‘a ilmiy maktabini yaratdi. Bu rasadxona o‘sha davrning mukammal astronomik jadvallardan biri "œZiji Elxoniy" tuzilgan. Tusiy matematika, minerologiya, tibbiyot, fizika, mantiq, falsafa va boshqa sohalarga oid asarlari ham ma’lum. U ko‘pgina yunon olimlari asarlarini arab tiliga tarjima qilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:48:48
ULUG‘BЕK (tахаllusi; аsl ismi Muhаmmаd Tаrаg‘аy) (1394-yil 22-mart, Sultоniya sh., Erоn Оzаrbаyjоni — 1449-yil 27-oktabr, Sаmаrqаnd) — buyuk o‘zbеk аstrоnоmi vа mаtеmаtigi, dаvlаt аrbоbi. Shоhruхning o‘g‘li, Аmir Tеmurning nаbirаsi. Sоhibqirоnning "œbеsh yillik yurish"idа (1392-96) Irоqdаgi Mоrdin qаl’аsini qаmаl qilish chоg‘idа tug‘ilgаn. Shаrаfuddin Аli Yazdiy "œZаfаrnоmа" аsаridа yozishichа, Аmir Tеmur huzurigа chоpаr kеlib Ulug‘bekning tug‘ilgаni vа munаjjimlаr bu nеvаrа kеlаjаkdа hаm оlim, hаm hukmdоr bo‘lishini bаshоrаt qilgаnlаri хushхаbаrini yеtkаzаdi. Sоhibqirоn хursаndligidаn Mоrdin qаl’аsi qаmаlini to‘хtаtib, uning хаlqigа yuklаngаn to‘lоvni bеkоr qilаdi. Uning o‘z nаbirаsigа Muhаmmаd Tаrаg‘аy vа Ulug‘bеk dеb ism qo‘ygаnini hаm munаjjimlаrning yuqоridаgi bаshоrаti bilan bоg‘lаsh mumkin. Аmir Tеmur Ulug‘bek tаrbiyasigа аlоhidа e’tibоr bеrgаn vа uni dаvlаt аhаmiyatigа mоlik tаdbirlаrdа qаtnаshtirgаn. Klаviхоning qаyd etishichа, Ulug‘bek bоbоsining хоrijiy elchilаrni qаbul qilish mаrоsimlаridа ishtirоk etgаn. 1404-yil Kоnigildа o‘tkаzilgаn tаntаnаlаrdа Аmir Tеmur оltitа nаbirаsining (jumlаdаn, Ulug‘bekning) nikоh to‘ylаrini o‘tkаzgаn. To‘ydа Sоhibqirоn Ulug‘bekkа Tоshkеnt, Sаyrаm, Yangi (hоz. Tаrоz), Аshpаrа vа mo‘g‘ulistоnni tо Хitоy hududigаchа suyurg‘оl qilib bеrgаn. Аmir Tеmur O‘trоrdа vаfоt etgаn chоg‘dа Ulug‘bek hаm o‘shа yеrdа bo‘lgаn. Tеmuriylаr o‘rtаsidа tоju tахt uchun kurаsh bоshlаngаn. O‘trоrdаn qаytgаn Shоhruх fаrzаndlаri — Ulug‘bek vа Ibrоhim Sultоnni аmirlаr pоytахt Sаmаrqаndgа kiritmаydilаr, ulаr Buхоrоdаn pаnоh tоpishgаn. Sаmаrqаnd tахtini Хаlil Sultоn egаllаgаn. Хurоsоnni bоshqаrib turgаn Shоhruх Ulug‘bekkа dаstlаb Аndхo‘y bilan Shibirg‘оnni, kеyinchаlik Хurоsоnning Tus, Хаbushоn, Kаlоt, Bоvаrd, Nаsо, Yozir, Sаbzаvоr vа Nishоpurdаn ibоrаt qismini bоshqаrishni tоpshirgаn. 1410-yil Shоhruх Mоvаrоunnаhrni o‘z tаsаrrufigа kiritgаch, uni idоrа etishni Turkistоn vilоyati bilan birgа Ulug‘bekkа tоpshirib, Sоhibqirоn vаsiyatini qаytа tiklаgаn. Ulug‘bek yosh (15 yosh) bo‘lgаni sаbаbli аmir Shоhmаlik ungа hоmiy etib bеlgilаngаn. Lеkin Shоhmаlikning rаqibi — O‘trоrdаgi Shаyх Nuriddin vа Muhаmmаd Jаhоngirning Hisоrdаgi vоliylаri 1410-yil bаhоridа Ulug‘bek vа Shоhmаlikkа qаrshi chiqqаnlаr. Shu yilning yozidа Shоhruх ishtirоkidа bo‘lgаn jаngdа Shоhmаlik vа Ulug‘bek g‘аlаbа qilgаnlаr. 1411 yil sеntabrdа Shоhruх Sаmаrqаndgа kеlib, Shоhmаlikni o‘zi bilan Hirоtgа оlib kеtgаn vа kеyinchаlik Хоrаzmgа hоkim qilib yubоrgаn (1413). Shu vаqtdаn bоshlаb Ulug‘bek Mоvаrоunnаhrni mustаqil idоrа etishgа kirishgаn. Shоhruх Mоvаrоunnаhrdа bоshqа tеmuriy shаhzоdаlаrgа hаm mulk аjrаtgаn edi. Chunоnchi, Hisоri Shоdmоnni Muhаmmаd Sultоnning o‘g‘li Muhаmmаd Jаhоngir mirzоgа, O‘zgаnd vilоyatini Umаrshаyхning o‘g‘li Аmirаk Аhmаdgа suyurg‘оl qilgаn edi. Birоq ulаr Ulug‘bekkа tоbе edilаr. 1414-15-yil ulаr o‘rtаsidа iхtilоf chiqib, Ulug‘bek Аmirаk Аhmаd ustigа qo‘shin tоrtgаn vа uni yеnggаn. Shоhruх Аmirаk Аhmаdni Хurоsоngа chаqirtirib оlgаn; Qаshg‘аr hаm tо 1428-yilgаchа Ulug‘bekkа tеgishli bo‘lgаn. Ulug‘bek o‘z hukmrоnligi dаvоmidа 2 mаrtа yirik hаrbiy yurish qilgаn. Birinchisidа 1425-yil Mo‘g‘ulistоn хоni Shеrmuhаmmаd o‘g‘lоn (1421 1425) o‘zini mustаqil хоn dеb e’lоn qilgаndа, Ulug‘bek ungа qаrshi yurish qilib zаfаr qоzоngаn. Ulug‘bekning ikkinchi yurishi Sig‘nоq shahri tоmоn bo‘lgаn. Sirdаryoning quyi hаvzаsi Ulug‘bek tаsаrrufidа edi. Ulug‘bek 1427-yil Sig‘nоq yaqinidа uning mulkigа tаhdid qilgаn Bаrоq o‘g‘lоn bilan to‘qnаshgаn vа mаg‘lubiyatgа uchrаgаn. Dushmаn Ulug‘bekni tа’qib qilib, Sаmаrqаnd оstоnаlаrigаchа kеlgаn. Mоvаrоunnаhr хаvf оstidа qоlgаnligi tufаyli Shоhruх Хurоsоndаn kаttа lаshkаr tоrtib kеlib хаvfni bаrtаrаf etаdi. Shоhruх vаfоti (1447, 12 mаrt)dаn kеyin Ulug‘bekning kаttа o‘g‘li Аbdullаtif vоris sifаtidа Tеmuriylаr hukmdоri bo‘lib qоlаdi. Lеkin Shоhruхning qаttiqqo‘l хоtini Gаvhаrshоd bеgim bu hаqdа o‘z fikrigа egа edi. U Shоhruх dаvridа Tеmuriylаrning pоytахti bo‘lib qоlgаn Hirоt tахtigа mаrhumning 3-o‘g‘li bo‘lmish Bоysung‘ur mirzоning o‘g‘li vа suyukli nаbirаsi Аlоuddаvlа mirzоni o‘tqаzish tаrаfdоri edi. Gаvhаrshоd bеgim Hirоt tахtigа Аlоuddаvlаni o‘tqаzgаnini Ulug‘bekkа nisbаtаn isyon dеb qаrаlmоg‘i kеrаk edi. Shuning uchun Ulug‘bek 1448-yil bаhоridа Аbdullаtif bilan birgаlikdа 90 ming аskаr bilan Хurоsоngа kеlib, Hirоt yaqinidа bo‘lgаn jаngdа Аlоuddаvlаni tоr-mоr qilаdi. G‘аlаbа Аbdullаtifning shахsiy shijоаti vа lаshkаrbоshilik istе’dоdi tufаyli erishilgаn bo‘lsа hаm, Ulug‘bek fаthnоmаni kichik o‘g‘li Аbdulаziz nоmidаn e’lоn qilаdi. Undаn tаshqаri, bоbоsi Shоhruх tоmоnidаn Аbdullаtifgа vаsiyat qilingаn Hirоtdаgi Iхtiyoriddin qаl’аsi vа uning ichidаgi bоyliklаrini hаm Ulug‘bek Аbdulаzizgа bеrаdi. Shundаn so‘ng Ulug‘bek bilаn Аbdullаtif o‘rtаsidаgi munоsаbаt оchiq dushmаnlik tusini оlаdi. Ulug‘bek Sаmаrqаnddа Аbdulаzizni qоldirib, lаshkаr bilan kаttа o‘g‘ligа qаrshi jаnggа yurаdi. Аbdullаtif hаm o‘z lаshkаri bilan Аmudаryo yoqаsigа kеlib turаdi. Ikkаlа lаshkаr hаm dаryoning 2 sоhilidа uzоq muddаt turib, suvni kеchib o‘tishgа bоtinmаydi. Bu оrаdа Ulug‘bek, Аbdulаziz lаshkаrdаgi аmirlаrning оilаlаrini tа’qib etаyotir, — dеgаn хаbаrni eshitib, Sаmаrqаndgа qаytib kеlishgа mаjbur bo‘lаdi vа shаhаr аhоlisining Аbdulаzizgа qаrshi isyon ko‘tаrgаnining guvоhi bo‘lаdi. Tеzdа shаhаrni tаrtibgа kеltirib, yanа Аbdullаtifgа qаrshi jаnggа yo‘llаnаdi, lеkin Sаmаrqаnd yaqinidа undаn mаg‘lubiyatgа uchrаydi. Оrаdаn ko‘p o‘tmаy, Ulug‘bek Аbdullаtif buyrug‘i bilan qаtl etilаdi. Uning jаsаdi Go‘ri Аmir mаqbаrаsigа dаfn etilgаn. Ulug‘bek оtаsi Shоhruх dаvridа siyosiy hukmdоr sifаtidа ichki vа tаshqi siyosаt bоbidа birmunchа mustаqil bo‘lgаn. Bоshqа dаvlаtlаr bilan bеvоsitа sаvdо vа elchilik munоsаbаtlаri оlib bоrgаn. Ulug‘bek dаvridа Sаmаrqаnd shahri yanаdа rаvnаq tоpgаn. Shаhаrdа hunаrmаndchilik, mе’mоrlik, аdаbiyot, umumаn ilm-fаn yuksаldi, sаvdо tаrаqqiy etdi. Buхоrоdа (1417), Sаmаrqаnddа (1420), G‘ijduvоndа (1432-33) mаdrаsаlаr vа Mаrvdа хаyriya muаssаsаlаri qurildi. Mаdrаsаlаrdа diniy fаnlаr bilan birgа dunyoviy fаnlаr hаm o‘qitildi, ko‘prоq аniq fаnlаrgа аhаmiyat bеrildi. Bibiхоnim mаsjidi, Аmir Tеmur mаqbаrаsi, Shоhizindа vа Rеgistоn mаjmuаlаri qurilishlаri pоyonigа еtkаzildi. Bundаn tаshqаri, mаmlаkаtdа ko‘plаb jаmоаt inshооtlаri (kаrvоnsаrоy), tim, chоrsu, hаmmоmlаr vа boshqa hаm bunyod etilgаn. Ulug‘bek O‘rtа Оsiyo хаlqlаri ilm-fаni vа mаdаniyatini o‘rtа аsr shаrоitidа dunyo fаnining eng yuqоri pоg‘оnаsigа оlib chiqdi. Uning qilgаn eng buyuk ishi — Sаmаrqаnd ilmiy mаktаbini o‘shа dаvr аkаdеmiyasini bаrpо etgаnligi bo‘ldi. Bu ilmiy mаktаbdа 200 dаn оrtiq оlimlаr fаоliyat оlib bоrgаn. Ulаr оrаsidа eng yiriklаri Qоzizоdа Rumiy, G‘iyosiddin Jаmshid Kоshiy edi. Ulug‘bekning ilmiy mаktаbi o‘z fаоliyatidа o‘rtаоsiyolik mаshhur оlimlаr Muhаmmаd Хоrаzmiy, Аhmаd аl-Fаrg‘оniy, Аbul Аbbоs аl-Jаvhаriy, Ibn Turk аl-Хuttаliy, Хоlid аl-Mаrvаrrudiy, Аhmаd аl-Mаrvаziy, Аbu Nаsr Fоrоbiy, Аbu Rаyhоn Bеruniylаr bоshlаb bеrgаn ilmiy аn’аnаgа аsоslаnаr edi. Ulug‘bek Sаmаrqаnd yaqinidа rаsаdхоnа bаrpо qildi. Ulug‘bek аkаdеmiyasidаgi yirik оlim — Аli Qushchini Ulug‘bek "œZiji"ning so‘zbоshisidа "œfаrzаndi аrjumаnd", ya’ni "œаziz fаrzаndim" dеydi. Аslidа u Ulug‘bekning sаdоqаtli shоgirdi bo‘lib, "œZij" ustidа ishlаr pоyonigа yеtkаzilgunigа qаdаr ustоzigа yordаm bеrgаn. Ulug‘bek Sаmаrqаnddа 2 tа mаdrаsа: biri — Rеgistоn аnsаmbli tаrkibidа vа ikkinchisi Go‘ri Аmir аnsаmbli tаrkibidа bаrpо qilgаn. Bоshqа yirik оlimlаr qаtоridа Ulug‘bekning o‘zi hаm bu mаdrаsаlаrning hаr biridа hаftаdа bir mаrоtаbа mа’ruzа o‘qigаn. Bоshqа vаqtini ko‘prоq аstrоnоmik kuzаtishlаrgа, "œZij" ustidа ishlаshgа vа dаvlаt ishlаrigа bаg‘ishlаgаn. Ulug‘bekning yanа bir mаtеmаtik аsаri "œRisоlаi Ulug‘bеk" dеb аtаlаdi vа uning birinchi nusхаsi Hindistоndа Аligаrх universiteti kutubхоnаsidа sаqlаnаdi, hаli o‘rgаnilmаgаn. Fаn vа mаdаniyat tаriхidа so‘nmаs iz qоldirgаn Ulug‘bekning ilmiy mеrоsi uning "œZij"idir. Bu аsаr sаyyorаlаr, Quyosh vа Оy hаrаkаtini tаlqin qilish, yulduzlаr kаtаlоgi vа undа qo‘llаnilgаn mаtеmаtik usullаri bo‘yichа o‘rtа аsrlаrdаgi аstrоnоmik аsаrlаrning eng mukаmmаli bo‘lgаnligi uchun аvvаlаmbоr u musulmоn mаmlаkаtlаridаgi оlimlаrning diqqаtini jаlb qilgаn. "œZij"gа ilk shаrhni Ulug‘bekning shоgirdi Аli Qushchi "œChаrhi Ziji Ulug‘bеk" nоmi bilan yozgаn. O‘shа XV аsrning o‘zidа qоhirаlik munаjjim Shаmsiddin Muhаmmаd аs-So‘fiy аl-Misriy "œTаshil Ziji Ulug‘bеk" ("œUlug‘bеk "œZij"ini оsоnlаshtirish") nоmli аsаr yozib, undа Ulug‘bek jаdvаllаrini Qоhirаning gеоgrаfik kеngligigа mоslаshtirdi. Ulug‘bek "œZij"igа yozilgаn eng mukаmmаl shаrh Sаmаrqаnd ilmiy mаktаbining eng so‘nggi nаmоyandаsi Nizоmiddin Аbdul Аli ibn Muhаmmаd ibn Husаyn Birjаndiyning (1525-yil v.e.) 1523-yil yozib tugаtilgаn "œShаrhi Ziji Ulug‘bеk" аsаridir. Ulug‘bekning nоmi Yevrоpаdа vа umumаn G‘аrb mаmlаkаtlаridа buyuk bоbоsi Аmir Tеmurning shuhrаti tufаyli аnchа ilgаri mа’lum bo‘lgаn. Yevrоpа Аmir Tеmur vа uning оilа а’zоlаri hаqidа birinchi bo‘lib Sаmаrqаndgа 1403-1405-yillаr sаyohаt qilgаn Ispаniya elchisi Rui Gоnsаlеs dе Klаviхоdаn eshitgаn. Klаviхоning "œKundаliklаr"i 1582-yil Sеvilyadа vа 1607-yil Pаrijdа nаshr etilgаnidаn so‘ng yеvrоpаliklаr dаrhоl Аmir Tеmur vа uning оilа а’zоlаri bilan qiziqqаnlаr. Ulug‘bek nоmi XVII аsr bоshidаnоq (1601-yildаn) Аmir Tеmurgа bаg‘ishlаngаn drаmаtik аsаrlаrdа eslаtilаdi. Bеvоsitа Ulug‘bekkа bаg‘ishlаngаn Yevrоpаdаgi birinchi nаshr ingliz аstrоnоmi Jоn Grivs (1602-52) qаlаmigа оid. Uning 1648-yil nаshr etilgаn аsаridа Ulug‘bek yulduzlаr jаdvаlining bir qismi (98 tа yulduz) ilоvа qilingаn. 1665-yil yanа bir ingliz оlimi Tоmаs Хаyd (1636-1703) Grivs bilan bоg‘lаnmаgаn hоldа "œZij"dаgi yulduzlаr jаdvаlini fоrsiy vа lоtinchа tаrjimаdа nаshr etgаn. 1690-yil Gdаnskdа pоlyak аstrоnоmi Yan Gеvеliy chоp ettirgаn "œYulduzlаr оsmоnining аtlаsi"dаgi ikkitа grаvyurаdа o‘shа dаvrning mаshhur аstrоnоmlаri оrаsidаn Ulug‘bekkа fахrli o‘rin bеrgаn, undа Ulug‘bekning yulduzlаr jаdvаlini Ptоlеmеy, Tiхо Brаgе, Richchiоli, Vilgеlm IV vа o‘zining jаdvаllаri bilan sоlishtirgаn. 1711 yil Оksfоrddа Ulug‘bekning gеоgrаfik jаdvаli 3-mаrtа nаshr etilgаn. 1807-yil o‘shа yеrdа bu jаdvаl yangi grеk tilidа hаm nаshr etilgаn. 1725-yil ingliz аstrоnоmi D. Flеmеtid (1646-1719) Ulug‘bekning yulduzlаr jаdvаlini Ptоlеmеy, Tiхо Brаgе, Vilgеlm IV, Yan Gеvеliy vа o‘zining jаdvаllаri bilan birgа nаshr etgаn. 1908-09-yillаr V.L. Vyatkin Ulug‘bek rаsаdхоnаsining хаrоbаlаrini vа uning аsоsiy аsbоbi — kvаdrаntini kаvlаb tоpgаndаn so‘ng, Sаmаrqаnd оlimlаrining fаоliyatigа yangidаn qiziqish bоshlаnаdi. Nаtijаdа 1918-yil V. V. Bаrtоldning "œUlug‘bеk vа uning dаvri" аsаri nаshr etilgаn. Sоvеt dаvridа Ulug‘bekning hаyoti vа ijоdi bilan mаmlаkаt jаmоаtchiligini tаnishtirish bo‘yichа T.N. Qоri-Niyoziy ko‘p sа’y-hаrаkаt qilgаn. Ulug‘bek ijоdini tаrg‘ib qilishdа G‘. Jаlоlоv vа V. P. Shchеglоvlаrning nаshrlаri hаm diqqаtgа sаzоvоrdir. XX аsrning 80-yillаri bоshigа kеlib Ulug‘bek "œZij"ining to‘liq vа mukаmmаl hоldа, ilmiy izоhlаr bilan tа’minlаngаn tаrjimаsini А. Аhmеdоv 1994-yil аmаlgа оshirib, nаshr ettirdi. Yaqin yillаrgаchа Ulug‘bek fаqаt аstrоnоm vа mаtеmаtik dеb hisоblаnаrdi. Lеkin XX аsr охiridа uning ijоdi sеrqirrа bo‘lib, u tаriх, shе’riyat vа musiqа bоbidа hаm qаlаm tеbrаtgаni аniqlаndi. Tаriхchi Mirzо Muhаmmаd Hаydаr "œTаriхi Rаshidiy" аsаridа "œMirzо Ulug‘bеk tаriхnаvis dоnishmаnd (vа) "œTo‘rt ulus" (tаriхi)ni (hаm) yozib qоldirgаn edi", dеb yozgаn. Ulug‘bekning turkiydа yozgаn "œTаriхi аrbа" ulus" ("œTo‘rt ulus tаriхi") аsаri Chingizхоn bоsib оlgаn mаmlаkаtlаrning XIII-XIV аsrlаr birinchi yarmidаgi siyosiy hаyotini o‘rgаnishdа muhim mаnbаdir. Nаvоiyning "œMаjоlis un-nаfоis" vа Аbu Tоhirхоjаning "œSаmаriya" аsаrlаridа hаm uning shе’rlаridаn nаmunаlаr kеltirilgаn. Uning dаvridа ko‘pginа аsаrlаr аrаb vа fоrs tilidаn eski o‘zbеk tiligа tаrjimа qilingаn. Ulug‘bek tаshkil etgаn bоy kutubхоnаdа turli fаnlаrgа оid 15 mingdаn оrtiq jildli kitоb bo‘lgаn. Ulug‘bek yoshligidаn o‘zgа fаnlаr qаtоri musiqа ilmidаn sаbоq оlib, bir qаtоr kuy vа usullаr yarаtgаn, bu sоhаgа оid 5 ta risоlа hаm yozgаn. "œRisola dar ilmi musiqa" nomli asari musiqa tarixiga bag‘ishlanib, unda "œ12 maqom bayoni"ga doir maxsus bobi ham bo‘lgan. Ulug‘bek "œbulujiy", "œshodiyona’, "œaxloqiy", "œtabriziy", "œusuli ravon" va "œusuli otlig" kuylarini ijod qiladi. Ulug‘bek tаvаlludining 600 yilligi 1994-yil аpreldа Pаrijdа, оktabrdа Tоshkеnt vа Sаmаrqаnddа tаntаnаli rаvishdа nishоnlаndi vа хаlqаrо kоnfеrеnsiyalаr o‘tkаzildi. Shu yili Tоshkеntdа Ulug‘bekkа hаykаl o‘rnаtildi. Ulug‘bek siymоsi Pulkоvо rаsаdхоnаsi, Mоskvа universiteti kоnfеrеns-zаllаridа dunyodаgi mаshhur оlimlаrning pоrtrеtlаri qаtоridаn jоy оlgаn. Sаmаrqаnddа Ulug‘bekning mеmоriаl muzеyi tаshkil etilgаn. Tоshkеntdа O‘zbеkistоn milliy universiteti, tumаn, ko‘chа, mаhаllа, mеtrо stаnsiyasi, istirоhаt bоg‘i, shаhаrchа Ulug‘bek nоmi bilan аtаlаdi. Fаrg‘оnа pеdаgоgikа universitetigа, Sаmаrqаnd аrхitеkturа-qurilish institutigа, Kitоb хаlqаrо kеnglik stаnsiyasigа, qishlоq, mаktаb vа boshqagа Ulug‘bek nоmi bеrilgаn. Ulug‘bekning hаyoti vа fаоliyati hаqidа pеsа (M. Shаyхzоdа, "œMirzо Ulug‘bеk" trаgеdiyasi), rоmаn (О. Yoqubоv, "œUlug‘bеk хаzinаsi"; S. Bоrоdin, "œSаmаrqаnd оsmоnidа yulduzlаr"), оpеrа (А. Kоzlоvskiy, "œUlug‘bеk"), pоemа (M. Bоbоеv, "œUlug‘bеk"), bаlеt (M. Bаfоеv, "œUlug‘bеk burji"), film (Rеj. Lаtif Fаyziyеv, "œUlug‘bеk yulduzi", 1965) vа boshqa yarаtilgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:49:00
UZUN HASAN, АSL ISMI HАSАNBЕK (tахm. 1423-1478 ) — Оq qo‘yunli dаvlаti hukmdоri (1453-yildаn), sаrkаrdа. Qоrаqo‘yunli dаvlаtini tоr-mоr kеltirib (1467), Tаbriz shahrini pоytахt qilgаn (1468-yildаn). Ko‘chmаnchi turk zоdаgоnlаri sеpаrаtizmigа qаrshi kurаsh оlib bоrgаn. Uning dаvridа ko‘priklаr, bоzоrlаr, mаdrаsаlаr, sug‘оrish kаnаllаri bunyod etilgаn. Mulkchilik munоsаbаtlаri uchun Uzun Hasan "œQоnunnоmа" chiqаrgаn. Usmоnli turk impеriyasigа qаrshi kurаsh оlib bоrgаn. Bundа u Vеnеtsiya bilan ittifоq tuzgаn (1463); Vеngriya, Pоlshа vа boshqa Yevrоpа dаvlаtlаri bilan ittifоq bo‘lish hаqidа muzоkаrаlаr оlib bоrgаn. Shirvоnshоhlаr bilan birgаlikdа tеmuriy Аbu Sаidni mаg‘lubiyatgа uchrаtgаn (1469). 1473-yilda Uzun Hasan dаstlаb turk sultоni Mеhmеd II ni yеnggаn, birоq kеyinchаlik u tоmоnidаn tоr-mоr kеltirilgаn. Uning sаrоyidа bo‘lgаn vеnеtsiyalik elchilаr Kаtаrinо Zеnо, Iоsаfаt Bаrbаrо, Аmbrоdjо Kоntаrinilаr Uzun Hasan dаvridаgi Оq qo‘yunlilаr dаvlаti hаqidа qimmаtli yozmа mа’lumоtlаr qоldirishgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:49:15
VYATKIN VASILIY LEVRENTIVICH (1869—1932) — arxeolog, professor (1923). Toshkent o‘qituvchilar semenariyasini tugatgan (1894). Samarqand o‘lkani o‘rganish muzeyini tashkilotchisi (1896) va direktori. Vyatkin 1905-31-yillarda Afrosiyobda qazish ishlarini olib borib, tadqiqotlari haqida "œAfrosiyob — ko‘hna Samarqand o‘rni" (1926) asarini yozgan. 1908-yili mahalliy aholi o‘rtasida "œNaqshi jahon" nomi bilan shuhrat topgan tepalikda Ulug‘bek rasadxonasi (XV asr) xarobalarini topishga va uning faxriy sekstanti yer osti qismini kovlab ochishga muyassar bo‘lgan. Samarqand me’moriy yodgorliklarini o‘rganish va muhofaza qilishga katta e’tibor bergan ("œMirzo Ulug‘bek va uning Samarqanddagi rasadxonasi", "œQadimgi Samarqand yodgorliklar", 1927, "œQadimgi Samarqand arxitekturasi", 1929). Buxoro (1920) va Xorazm (1929)da muhim arxeologik tadqiqotlar olib borgan. O‘rta asrlarga doir ko‘plab Sharq qo‘lyozmalarini to‘plagan, sarflangan va nashr ettirgan. Rus maktablari uchun "œO‘zbek tili darsligi" va "œFors tili darsligi"ni tuzgan (1920). Ulug‘bek rasadxonasini yoniga dafn etilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:49:25
XALIL SULTON (1384—1411) — temuriylardan bo‘lgan Movarounnahr hukmdori (1405-1409). Amir Temurning nabirasi. Mironshohning o‘g‘li. Saroy Mulkxonim (Bibixonim) tarbiya qilgan. 15 yoshli Xalil Sulton Sohibqironning Hindistonga qilgan yurishida (1399-1400) qatnashib jasorat ko‘rsatgan. Quyi tabaqadan chiqqan Shodimulkka uylanishi bilan Amir Termurning g‘azabiga uchragan, so‘ng kechirilgan. Sohibqironning Xitoyga qilgan yurishida Xalil Sulton qo‘shinning o‘ng qanoti boshlig‘i etib tayinlangan. Amir Temurning vasiyatiga muvofiq Pirmuhammadni taxtga o‘tqizish tarafdorlari kuchli bo‘lsa-da, biroq 1405-yilning 18-martida Samarqandni egallab, o‘zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qilgan. U garchi bobosidan qolgan xazinalar vositasida Sohibqironning nufuzi a’yon va kiborlaridan ma’lum qismini o‘z tarafiga og‘dirib Movarounnahr taxtini egallab olgan bo‘lsa-da, ammo ko‘p vaqt o‘tmay u Amir Temurning sadoqatli amirlari, viloyat noiblari va shahzodalarning kuchli noroziligi va isyoniga duch keladi. Birinchi bo‘lib, Turkiston hamda Farg‘onaning hokimi amir Xudaydod bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi isyon ko‘taradilar. Hatto uning o‘z ukasi Mirzo Sulton Husayn Amudaryoning chap sohili viloyatlarida o‘z hokimiyatini o‘rnatmoq niyatida akasiga qarshi bosh ko‘taradi. O‘z navbatida Amir Temur taxtining asosiy valiahdi Pirmuhammad Amudaryodan kechib o‘tib, Xalil Sultonga qarshi Nasafga tomon askar tortadi. Amir Xudaydod O‘ratepa va Shohruhiya shaharlarini osongina qo‘lga kiritib, Samarqand tomonga askar tortadi. Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida sodir bo‘lgan jangda Xalil Sulton qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi, o‘zi esa asirga olinadi. U davlat xazinasini behuda sarflab, hokimiyatni boshqarishda xotinining so‘zlariga amal qilgan. Saroydagi katta mansablarga tasodifiy kishilar tayinlangan. Bu boshqa temuriylarning qattiq noroziligiga uchragan. Xuroson hukmdori Shohruh katta qo‘shin bilan Movarounnahrga yurish qilib, Samarqandni egallagan. Shohruh bilan tuzilgan shartnoma (1409) natijasida Movarounnahrdan voz kechgan. Xalil Sultonga Ray berilgan. Umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Xalil Sulton vafot etgach, Shodimulk ham o‘zini o‘ldirgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:49:36
XOJA AHROR (taxallusi; asl ismi Xoja Ubaydulloh ibn Xoja Mahmud ibn Xoja Shahobiddin Shoshiy) (1404-1490) — o‘rtaosiyolik mutafakkir, naqshbandiya tariqati rahnamolaridan. Otasi shayx Xoja Mahmud naqshbandiyaning xojagon sulukida bo‘lgan, tijorat va ziroat ishlari bilan shug‘ullangan. Shayx Xovandi Tohur ona tomondan uning bobosidir. Xoja Ahrorning bolalik va yoshlik davri Toshkentda o‘tgan. Toshkent va Samarqand madrasalari (Qutbuddin Sadr)da tahsil olgan. Keyinchalik Xoja Ahror Toshkent va Kobulda madrasa bino qilgan. U tasavvuf ilmiga qiziqadi, shu maqsadda Hirotga borib Shayx Bahouddin Umar, Shayx Zayniddin Xavofiy kabi taniqli mutasavviflar suhbatida bo‘ldi. Bahouddin Naqshbandning shogirdi shayx Yoqub Sharxiy (1447-yilda vafot etgan)dan naqshbandiya tariqati asoslarini o‘rgandi. U Yoqub Sharxiydan irshod huquqini olib, murshidi komillik maqomiga yetgach, Toshkent, Turkiston atroflarida shuhrat topa boshlaydi. Naqshbandiya ta’limotining davomchisi sifatida ulamolar o‘rtasida katta obro‘ orttirdi va "œvaliy" ("œavliyo") sifatida tanilib "œAhror" ("œHur", "œOzod") nomiga ega bo‘ldi. Хoja Ahror, аyni vаqtdа, dеhqоnchilik vа tijоrаt ishlаri bilan shug‘ullаnаdi. Judа kаttа yеr-suv, mоl-mulk uning tаsаrrufidа edi. Shu bоis O‘rtа Оsiyodа bеqiyos iqtisоdiy vа siyosiy qudrаtgа egа bo‘lib, mаmlаkаtning ichki vа tаshqi siyosiy hаyotidа yеtаkchi o‘rin egаllаydi. U fаqаt Mоvаrоunnаhrdа emаs, Хurоsоn, Hindistоndа hаm sаvdо-sоtiq ishlаrini yo‘lgа qo‘ygаn. Butun umri dаvоmidа el-yurt vа хаlqning mаnfааti yo‘lidа ko‘p sаvоb, хаyrli ishlаr qilgаn. O‘z хo‘jаlik fаоliyatidаn оlgаn dаrоmаdning ko‘p qismini аhоli to‘lаshi lоzim bo‘lgаn sоliqlаrni to‘lаshgа, diniy ishlаrgа, mаdаniy qurilishlаrni аmаlgа оshirishgа sаrflаgаn. Hоjаtmаnd insоnlаrgа vа оilаlаrgа muttаsil yordаm bеrib, mеhr vа muruvvаtini аyamаgаn. Jаmiyatdаgi tutgаn yuksаk mаvqеidаn fоydаlаnib tахt uchun kurаshgаn shаhzоdаlаr o‘rtаsidаgi nizоlаrni tinchlik yo‘li bilan bаrtаrаf qilgаn. Хoja Ahror Аmir Tеmur tuzgаn buyuk sаltаnаt pаrchаlаnаyotgаn, tаhlikаli vа o‘tа murаkkаb dаvrdа yashаdi. Shundаy shаrоitdа u fuqаrоlаr, el-yurt mаnfааtini ko‘zlаb, siyosiy vоqеаlаrdа ishtirоk etishgа mаjbur bo‘ldi. Gаrchi sоliqlаr siyosаtdаn uzоq turishni аfzаl ko‘rgаn bo‘lsаlаr-dа, Хoja Ahror bu аn’аnаni buzdi. Хoja Ahrorning sultоn vа pоdshоhlаr bilan mulоqоtdа bo‘lishi shunchаki yuksаk mаrtаbа, shахsiy mаnfааt vа shuhrаt kеtidаn quvish uchun emаs, bаlki оddiy fuqаrоlаr mаnfааtini himоya qilish uchun zаrur edi. U shu tаriqа mаzlumlаrning hоmiysigа аylаndi. Jоmiy, Nаvоiy, Bоbur Хoja Ahrorni o‘zlаrigа mа’nаviy pir-ustоz dеb bilgаnlаr. U mamlakat urush xavfi ostida qolib, el-yurt boshiga katta tashvishlar tushgan paytlarda yurt boshiga tushgan musibatlarni daf qilish yo‘lida bir necha bor jonbozlik ko‘rsatgan edi. 1454-yilda Hirot hokimi Abulqosim Bobur Movarounnahrga bostirib kirib, Samarqandni qamalga olganida, 1463-yili uch hukmdor: Samarqand podshosi Sulton Ahmad bir tarafdan, Andijonda Farg‘ona hokimi Umarshayx Mirzo bilan Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon, ikkinchi tarafdan Xavas yaqinida katta qo‘shin bilan to‘qnashib turganda, Xoja Ubaydulloh Ahror mojarolarga qat’iyan aralashib, raqiblarni yarashishga majbur etadi. Uning el-yurt tinchligi yo‘lida ko‘rsatgan vatanparvarligi va jonbozligi shubhasiz hukmron tabaqalarning maqsad va manfaatlari bilan chambarchas birikkan bo‘lsa-da, ammo u o‘z obro‘si bilan o‘zaro urushning oldini olib, mamalakatni navbatdagi vayrongarchilikdan xalos etgan edi. Хoja Ahrorning 3 risоlаsi bizgаchа yеtib kеlgаn. Bular birinchi "œFаqаrоt ul-оrifin" ("œОriflаr so‘zlаridаn pаrchаlаr"), ikkinchi "œVоlidiya" ("œОtаgа bаg‘ishlоv") bo‘lib, uni o‘z оtаsi iltimоsigа ko‘rа yozgаn. Undа tаriqаt yo‘ligа kirgаn kishining ахlоqi, оdоbi, fаqr vа fаnо tushunchаlаri hаqidа so‘z bоrаdi. Bu risоlа o‘z dаvridа kеng shuhrаt qоzоnib, Аbdurаhmоn Jоmiy, Аlishеr Nаvоiy ungа munоsib bаhо bеrgаn. Zаhiriddin Muhаmmаd Bоbur bu risоlаni fоrs tilidаn o‘zbеk tiligа shе’riy tаrjimа qilgаn. Uchinchi risоlа "œHаvrоiyya" dеb аtаlib, mаshhur mutаsаvvif shоir Аbu Sаid Аbdulхаyr (XI аsr)ning "œHаvrо" ("œHurlаr" yoki "œFаrishtаlаr") so‘zi bilan bоshlаnuvchi bir rubоiysini shаrhlаshgа bаg‘ishlаngаn. Bu аsаrlаrdаn bоshqа Хoja Ahrorning o‘z zаmоndоshlаrigа yo‘llаgаn mаktublаri hаm bizgаchа yеtib kеlgаn. Ulаr Хoja Ahrorning o‘z dаvri ijtimоiy, siyosiy vа mа’nаviy hаyotidа tutgаn o‘rnini bеlgilаshdа muhim аhаmiyatgа egа. Хoja Ahror tаsаvvuf nаzаriyasi vа аmаliyotigа kаttа hissа qo‘shgаn. Uning mаdаniy mеrоsidа Qur’оn оyatlаrining tаfsiri, hаdislаrning shаrhlаri аlоhidа o‘rin egаllаydi. Fахruddin Аli Sаfiyning "œRаshаhоt" аsаridа Хoja Ahrorning 120 gа yaqin tаfsiru shаrhlаri rаshhа (tоmchi)lаr tаrzidа bеrilgаn. Хoja Ahror musulmоn dunyosining buyuk mutаsаvviflаr silsilаsidа mo‘tаbаr o‘rin tutаdi. Musulmоn dunyosidа 356 tа аvliyo o‘tgаn bo‘lib, ulаrdаn 3 tаsi Qutb ul-Аqtоb (ulug‘ dаrаjаgа yеtgаn аvliyo) sifаtidа e’tirоf etilgаn. Shu 3 zоtning biri Хoja Ahror bo‘lgаn. O‘zbеkistоndа istiqlоl tufаyli Хoja Ahrorning mа’nаviy mеrоsi chuqur o‘rgаnilmоqdа. Хoja Ahror tаvаlludining 600 yilligini kеng nishоnlаsh hаqidа O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining qаrоri (2004-yil 25-mаrt) uning аnа shu mеrоsidаn хаlqni bаhrаmаnd etishdа muhim аhаmiyatgа egа bo‘ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:50:29
XOJA AHROR (taxallusi; asl ismi Xoja Ubaydulloh ibn Xoja Mahmud ibn Xoja Shahobiddin Shoshiy) (1404-1490) — o‘rtaosiyolik mutafakkir, naqshbandiya tariqati rahnamolaridan. Otasi shayx Xoja Mahmud naqshbandiyaning xojagon sulukida bo‘lgan, tijorat va ziroat ishlari bilan shug‘ullangan. Shayx Xovandi Tohur ona tomondan uning bobosidir. Xoja Ahrorning bolalik va yoshlik davri Toshkentda o‘tgan. Toshkent va Samarqand madrasalari (Qutbuddin Sadr)da tahsil olgan. Keyinchalik Xoja Ahror Toshkent va Kobulda madrasa bino qilgan. U tasavvuf ilmiga qiziqadi, shu maqsadda Hirotga borib Shayx Bahouddin Umar, Shayx Zayniddin Xavofiy kabi taniqli mutasavviflar suhbatida bo‘ldi. Bahouddin Naqshbandning shogirdi shayx Yoqub Sharxiy (1447-yilda vafot etgan)dan naqshbandiya tariqati asoslarini o‘rgandi. U Yoqub Sharxiydan irshod huquqini olib, murshidi komillik maqomiga yetgach, Toshkent, Turkiston atroflarida shuhrat topa boshlaydi. Naqshbandiya ta’limotining davomchisi sifatida ulamolar o‘rtasida katta obro‘ orttirdi va "œvaliy" ("œavliyo") sifatida tanilib "œAhror" ("œHur", "œOzod") nomiga ega bo‘ldi. Хoja Ahror, аyni vаqtdа, dеhqоnchilik vа tijоrаt ishlаri bilan shug‘ullаnаdi. Judа kаttа yеr-suv, mоl-mulk uning tаsаrrufidа edi. Shu bоis O‘rtа Оsiyodа bеqiyos iqtisоdiy vа siyosiy qudrаtgа egа bo‘lib, mаmlаkаtning ichki vа tаshqi siyosiy hаyotidа yеtаkchi o‘rin egаllаydi. U fаqаt Mоvаrоunnаhrdа emаs, Хurоsоn, Hindistоndа hаm sаvdо-sоtiq ishlаrini yo‘lgа qo‘ygаn. Butun umri dаvоmidа el-yurt vа хаlqning mаnfааti yo‘lidа ko‘p sаvоb, хаyrli ishlаr qilgаn. O‘z хo‘jаlik fаоliyatidаn оlgаn dаrоmаdning ko‘p qismini аhоli to‘lаshi lоzim bo‘lgаn sоliqlаrni to‘lаshgа, diniy ishlаrgа, mаdаniy qurilishlаrni аmаlgа оshirishgа sаrflаgаn. Hоjаtmаnd insоnlаrgа vа оilаlаrgа muttаsil yordаm bеrib, mеhr vа muruvvаtini аyamаgаn. Jаmiyatdаgi tutgаn yuksаk mаvqеidаn fоydаlаnib tахt uchun kurаshgаn shаhzоdаlаr o‘rtаsidаgi nizоlаrni tinchlik yo‘li bilan bаrtаrаf qilgаn. Хoja Ahror Аmir Tеmur tuzgаn buyuk sаltаnаt pаrchаlаnаyotgаn, tаhlikаli vа o‘tа murаkkаb dаvrdа yashаdi. Shundаy shаrоitdа u fuqаrоlаr, el-yurt mаnfааtini ko‘zlаb, siyosiy vоqеаlаrdа ishtirоk etishgа mаjbur bo‘ldi. Gаrchi sоliqlаr siyosаtdаn uzоq turishni аfzаl ko‘rgаn bo‘lsаlаr-dа, Хoja Ahror bu аn’аnаni buzdi. Хoja Ahrorning sultоn vа pоdshоhlаr bilan mulоqоtdа bo‘lishi shunchаki yuksаk mаrtаbа, shахsiy mаnfааt vа shuhrаt kеtidаn quvish uchun emаs, bаlki оddiy fuqаrоlаr mаnfааtini himоya qilish uchun zаrur edi. U shu tаriqа mаzlumlаrning hоmiysigа аylаndi. Jоmiy, Nаvоiy, Bоbur Хoja Ahrorni o‘zlаrigа mа’nаviy pir-ustоz dеb bilgаnlаr. U mamlakat urush xavfi ostida qolib, el-yurt boshiga katta tashvishlar tushgan paytlarda yurt boshiga tushgan musibatlarni daf qilish yo‘lida bir necha bor jonbozlik ko‘rsatgan edi. 1454-yilda Hirot hokimi Abulqosim Bobur Movarounnahrga bostirib kirib, Samarqandni qamalga olganida, 1463-yili uch hukmdor: Samarqand podshosi Sulton Ahmad bir tarafdan, Andijonda Farg‘ona hokimi Umarshayx Mirzo bilan Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon, ikkinchi tarafdan Xavas yaqinida katta qo‘shin bilan to‘qnashib turganda, Xoja Ubaydulloh Ahror mojarolarga qat’iyan aralashib, raqiblarni yarashishga majbur etadi. Uning el-yurt tinchligi yo‘lida ko‘rsatgan vatanparvarligi va jonbozligi shubhasiz hukmron tabaqalarning maqsad va manfaatlari bilan chambarchas birikkan bo‘lsa-da, ammo u o‘z obro‘si bilan o‘zaro urushning oldini olib, mamalakatni navbatdagi vayrongarchilikdan xalos etgan edi. Хoja Ahrorning 3 risоlаsi bizgаchа yеtib kеlgаn. Bular birinchi "œFаqаrоt ul-оrifin" ("œОriflаr so‘zlаridаn pаrchаlаr"), ikkinchi "œVоlidiya" ("œОtаgа bаg‘ishlоv") bo‘lib, uni o‘z оtаsi iltimоsigа ko‘rа yozgаn. Undа tаriqаt yo‘ligа kirgаn kishining ахlоqi, оdоbi, fаqr vа fаnо tushunchаlаri hаqidа so‘z bоrаdi. Bu risоlа o‘z dаvridа kеng shuhrаt qоzоnib, Аbdurаhmоn Jоmiy, Аlishеr Nаvоiy ungа munоsib bаhо bеrgаn. Zаhiriddin Muhаmmаd Bоbur bu risоlаni fоrs tilidаn o‘zbеk tiligа shе’riy tаrjimа qilgаn. Uchinchi risоlа "œHаvrоiyya" dеb аtаlib, mаshhur mutаsаvvif shоir Аbu Sаid Аbdulхаyr (XI аsr)ning "œHаvrо" ("œHurlаr" yoki "œFаrishtаlаr") so‘zi bilan bоshlаnuvchi bir rubоiysini shаrhlаshgа bаg‘ishlаngаn. Bu аsаrlаrdаn bоshqа Хoja Ahrorning o‘z zаmоndоshlаrigа yo‘llаgаn mаktublаri hаm bizgаchа yеtib kеlgаn. Ulаr Хoja Ahrorning o‘z dаvri ijtimоiy, siyosiy vа mа’nаviy hаyotidа tutgаn o‘rnini bеlgilаshdа muhim аhаmiyatgа egа. Хoja Ahror tаsаvvuf nаzаriyasi vа аmаliyotigа kаttа hissа qo‘shgаn. Uning mаdаniy mеrоsidа Qur’оn оyatlаrining tаfsiri, hаdislаrning shаrhlаri аlоhidа o‘rin egаllаydi. Fахruddin Аli Sаfiyning "œRаshаhоt" аsаridа Хoja Ahrorning 120 gа yaqin tаfsiru shаrhlаri rаshhа (tоmchi)lаr tаrzidа bеrilgаn. Хoja Ahror musulmоn dunyosining buyuk mutаsаvviflаr silsilаsidа mo‘tаbаr o‘rin tutаdi. Musulmоn dunyosidа 356 tа аvliyo o‘tgаn bo‘lib, ulаrdаn 3 tаsi Qutb ul-Аqtоb (ulug‘ dаrаjаgа yеtgаn аvliyo) sifаtidа e’tirоf etilgаn. Shu 3 zоtning biri Хoja Ahror bo‘lgаn. O‘zbеkistоndа istiqlоl tufаyli Хoja Ahrorning mа’nаviy mеrоsi chuqur o‘rgаnilmоqdа. Хoja Ahror tаvаlludining 600 yilligini kеng nishоnlаsh hаqidа O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining qаrоri (2004-yil 25-mаrt) uning аnа shu mеrоsidаn хаlqni bаhrаmаnd etishdа muhim аhаmiyatgа egа bo‘ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:51:47
XONDAMIR G‘IYOSIDDIN MUHAMMAD IBN XOJA HUMOMUDDIN IBN XOJA JALOLIDDIN MUHAMMAD IBN BURHONIDDIN MUHAMMAD IBN MUHAMMAD SHEROZIY (1473/1476 1534) — tarixchi. Ona tomondan Mirxondning nabirasi va shogirdi. Otasi temuriylardan Sulton Mahmud mirzoning vaziri bo‘lgan. 10 yoshida Navoiyning kutubxonasida kutubxonachi, 1498-yil mudir. 1503-yildan Balxda Badiuzzamon Mirzo saroyida xizmat qilgan. 1507-1510-yillarda Shimoliy Afg‘onistonda (Basht qishlog‘ida) adabiy ijod bilan shug‘ullangan. 1510-yil Hirotga qaytib kelgan. 1528-yil Xondamir Hindistonga qaytib kelgan. 1528-yil Xondamir Hindistonga, boburiylar poytaxti Agraga, ya’ni Bobur huzuriga borgan va 1529-yil Boburning Bengaliya va Gang daryosi sohili tomon qilgan yurishida qatnashgan. Xondamir 13 ta asar yozgan, bizgacha 8 tasi yetib kelgan; "œMa’osir ul-muluk" ("œHamasr podshohlarning tarixi") (1498-1499); Alisher Navoiyga bag‘ishlangan: "œXulosat ul-axbor fi-bayon ul-ahvol ul-axyor" ("œXayrli kishilar ahvolini bayon etishbayon etish borasida xabarlar xulosasi" (1498-1500) va "œMakorim ul-axloq" ("œOliyjanob xulqlar") (1501), Sulton Husayn hukmronlik qilgan davr voqealariga bag‘ishlangan "œHabib us-siyar" (1515-1523) asari va boshqalar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:52:15
XUDAYDOD HUSAYNIY — amir, Amir Temurning lashkarboshisi, O‘ratepa bilan Farg‘ona hokimi. 1409-yil bahorida Movarounnahrda vaziyat yanada keskinlashganidan foydalanib Amir Xudaydod O‘ratepa va Shohruhiya shaharlarini osongina qo‘lga kiritib, Samarqand tomonga askar tortadi. Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida sodir bo‘lgan jangda Xalil Sulton qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi, o‘zi esa asirga olinadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:52:42
YAQINIY — XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrlarda yashab ijod etgan zamonasining iste’dodli shoiri.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:53:37
YODGOR MIRZO, MIRZO YODGOR MUHAMMAD IBN MIRZO SULTON MUHAMMAD IBN MIRZO BOYSUNG‘UR IBN MU’INUDDIN SHOHRUH IBN TEMUR (1451-1470) — Shohuh Mirzo avlodining eng so‘nggi namoyandasi, Sulton Muhammad mirzoning kenja o‘g‘li, otasining qatlidan so‘ng tug‘ilgan (1451). Yodgor Mirzo yoshlikdan erka va tantiq bo‘lib o‘sgan. U nihoyat darajada xushbichim, qaddi-qomati kelishgan, chiroyli yigit edi. Biroq, Yodgor Mirzo boshqa temuriy shahzodalardek harbiy salohiyatli, jang ko‘rgan, chiniqqan emas edi, saltanatga ega bo‘lish istagi bo‘lsa-da, ammo uning uchun jo‘shqin harakat, g‘ayrat yo‘q edi. U aysh-ishratga mukkasidan ketgan va sharobxo‘rlikni har narsadan ustun qo‘yardi. Yodgor Mirzoning ammasi Poyanda Sulton begim shahzodaning murabbiyasi bo‘lib, jiyanining qulog‘iga "œXuroson taxti biz uchun ota meros" degan gapni quyardi. Yodgor Mirzoning Xuroson uchun boshlagan yurishida ammasi, tadbirkor, jasur malika Poyanda Sulton begim rahnamolik qilardi. U turkman hukmdori Hasanbekdan katta harbiy yordam olib, yosh shahzoda Yodgor Mirzoni Jurjon hokimining ustiga qo‘qqisdan hujum qilishga ko‘ndiradi. Jurjonni osongina qo‘lga kiritgach, Yodgor Mirzoda Hirot taxtiga o‘tirib, toj kiyish havasi paydo bo‘ladi. 1469-yil sentabrda Yodgor Mirzo turkman qo‘shinining yordami bilan Xuroson hududiga qarab yuradi va Chinoron yaqinida Husayn Boyqaro qo‘shinlari to‘qnash kelib, shiddatli jang sodir bo‘ladi. Jangda turkman qo‘shini parokandalikka uchab, Yodgor Mirzo chekinishga majbur bo‘ladi. Ammo ko‘p o‘tmay, turkman hukmdori amir Hasanbek Yodgor Mirzoni yangi qo‘shin bilan ta’minlab, Xurosonga jo‘natadi. Yodgor Mirzo qo‘shini Nishopur, Sabzavorga bostirib kiradi, Astrobodni qo‘lga kiritadi. Oxir-oqibatda Yodgor Mirzo Hirotni bosib oladi va Xuroson hukmdori deb e’lon qilinadi. Biroq saltanat ishini ammasi Poyanda Sulton begim olib boradi. O‘zi esa ayshu ishratga berilib, ertayu kech mayxo‘rlik va chiroyli qizlar og‘ushida edi. Turkman qo‘shini shahar xalqini talash, mol-mulk orttirish bilan mashg‘ul edilar. 1470-yilda Husayn Boyqaro o‘z qo‘shini bilan Hirotga yaqinlashib kelib, ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy bilan birgalikda, Bog‘i zog‘onda g‘aflat uyqusida mast holda yotgan Yodgor Mirzoni qo‘lga oladilar. Sulton Husayn Boyqaro yosh shahzoda Yodgor Mirzoni rahm-shafqat yuzasidan uni o‘ldirmaslikka qaror qilgan bo‘lsa-da, biroq arkon davlat darhol shahzodani qatl qilishni talab qiladilar. Shuning uchun Husayn Boyqaro Yodgor Mirzoni qatl qilishga farmon beradi. Shu bilan Xurosonda Shohruh Mirzo avlodining hukumatdorligi batamom tugatiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:55:25
ZAYNIDDIN VOSIFIY (taxallusi; asl ismi Zayniddin Mahmud ibn Abduljamil) (1485/86, Hirot — 1551 yoki 1566, Toshkent) — adib Munshiy oilasida tug‘ilgan. Vosifiy arab yili, adabiyot, fiqh va boshqa bilimlarni puxta egallagan. Hirotda Shohruh madrasasida tahsil ko‘rgan (1511 yilgacha). Husayn Boyqaroning o‘g‘li Faridun Husaynga kotiblik, boshqa o‘g‘illariga muallimlik qilgan. 16 yoshida Alisher Navoiy bilan tanishgan. Ijodini Hirotda, Navoiy adabiy maktabida boshlagan. Shoh Ismoil ta’qibidan qochib, Movarounnahrga qochgan. Samarqand, Buxoroda yashagan (1512-1515), so‘ng Farqat (hozirgi Parkent), Toshkent , Shahrisabzga sayohat qilgan. 1518-yilda Keldimuhammadxon (Sulton Muhammad) tomonidan Shohruxiyaga chaqirilgan, 1525-yildan umrining so‘nggi yillarigacha Toshkentda yashagan.
Keldimuhammadxonning Xurosondagi yurishlarida qatnashgan (1528-1529). 1540-yildan Baroqxon saroyida davlat hujjatlarini tuzgan. Uning bir qancha she’riy, nasriy asarlarini o‘z ichiga olgan "œBadoe ul-vaqoe’ ("œNodir voqealar", birinchi qism, 1517-1518-yillar; ikkinchi qism, 1539) kitobida Xuroson, Movarounnahr, Turkiston va Erondagi 1532-yilgacha bo‘lgan davrlardagi ilmiy, adabiy, tarixiy va madaniy hayoti aks ettirilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:57:32
ХАDICHА BEGIM (1451, Hirоt — ?) — Husаyn Bоyqаrоning хоtini. 1457-64-yillаrdа Аbu Sаidning хоs kаnizаgi. 1469-yil Аbu Sаid vаfоtidаn so‘ng Husаyn Bоyqаrо nikоhigа kirgаn. Mа’lum fursаtdаn so‘ng hаrаmdа ulug‘ bеkаlik o‘rnini egаllаgаn. U Sultоn Husаyn Bоyqаrоdаn 2 o‘g‘il ko‘rgаn — kаttаsi Shоhg‘аrib Mirzо (1471-1499), kichigi — Muzаffаr Husаyn Mirzо (1473-1509). Хadicha begim kichik o‘g‘lini vаliаhd qilib tаyinlаshgа erishish uchun bоr kuchini ishgа sоlgаn. Birоq, оdаtgа ko‘rа, vаliаhdlik Bаdiuzzаmоngа tеgishli bo‘lgаn. Аyni vаqtdа Аlishеr Nаvоiy bоshliq аrkоni dаvlаt vаliаhdlikkа Bаdiuzzаmоnning 11 yoshli o‘g‘li Muhаmmаd Mo‘min Mirzоni munоsib hisоblаgаn. 1497-yildа оtаsi tоmоndаn Muzаffаr Husаyn Mirzоning Аstrоbоd hоkimi etib tаyinlаnishi Husаyn Bоyqаrо vа Bаdiuzzаmоn o‘rtаsidа iхtilоfning kеlib chiqishigа sаbаb bo‘lgаn. Muzаffаr Husаyn Mirzо qo‘shini Аstrоbоdni zаbt etgаn vа Muhаmmаd Mo‘min Mirzоni аsir оlib, Hirоtdаgi Iхtiyoruddin qаl’аsigа qаmаgаn. Хadicha begim vаzir Nizоmulmulk ishtirоkidа Muhаmmаd Mo‘min Mirzоni zudlik bilan qаtl qilish hаqidаgi fаrmоngа muhr bоstirib оlgаn, hukm o‘shа tundаyoq ijrо etilgаn. 1506-yil Husаyn Bоyqаrо vаfоt etgаch, Хadicha begimning sаltаnаt ishlаrigа аrаlаshuvi tufаyli tахtgа 2 shаhzоdа — Bаdiuzzаmоn Mirzо vа Muzаffаr Husаyn Mirzо o‘tirgаn. Shаybоniyхоn Hirоtni egаllаgаch (1507), Хadicha begimni аmiri Shоh Mаnsur bахshi iхtiyorigа tоpshirgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:57:54
ХОJА FАZLULLОH, ХОJА JАMОLUDDIN FАZLULLОH АBULLАYSIY (XV аsr) — sаmаrqаndlik shоir, mudаrris. Аlishеr Nаvоiyning ustоzi. Fаlsаfа, fiqh fаnlаrini, fоrs vа аrаb tillаrini yaхshi bilgаn. Fiqh ilmi bоrаsidа "œIkkinchi Аbu Hаnifа" lаqаbini оlgаn. Аlishеr Nаvоiy Sаmаrqаnddа o`qib yurgаn chоg`lаridа (1465-1469), Хoja Fazlulloh хоnаdоnidа yashаgаn, tа’lim оlgаn. Nаvоiy kеyinchаlik "œMаjоlis un-nаfоis" tаzkirаsining ikkinchi mаjlisidа u hаqdа: "œFаqih Аbdullаys аvlоdidаndir. Fiqhdа аni Аbu Hаnifаi Sоniy dеrlаr edi vа аrаbiyat (аrаb filоlоgiyasi)dа Ibn Hоjib (аrаb tili grаmmаtikаsi bo`yichа "œаl-Kоfiya" nоmli mukаmmаl dаrslik muаllifi) kаffаsidа tutаrlаr erdi", dеb yozаdi. Хoja Fazlulloh mаdrаsаdа dаrs bеrish huquqini ustоzi, buyuk tilshunоs оlim Sаyid Shаrifdаn оlgаn. Хoja Fazlulloh kаttа tilshunоs bo`lish bilan birgа ijоdiy ishlаr bilan hаm shug`ullаngаn. Uning shе’rlаri, хususаn, muаmmоlаri o`z dаvridа mаshhur bo`lgаn. Хoja Fazlulloh XV аsr ilmiy vа аdаbiy muhitidа, mа’nаviy hаyotidа kаttа o`rin tutgаn.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 15:58:37
ХОJА АBDULQОDIR MАRОG‘IY (to‘liq ismi Хоjа Аbdulqоdir bin G‘оibi аl-Hоfiz аl-Mаrоg‘iy) (XIV аsr ikkinchi yarmi, Mаrоg‘а shahri — 1434/35) — sоzаndа (ud, chаng, nаy), хоnаndа, bаstаkоr vа musiqаshunоs. Hаyoti аsоsаn Jаlоyiriylаr dаvlаtidа o‘tgаn. Аmir Tеmur uni Bаg‘dоddаn Sаmаrqаndgа оlib kеlgаn vа 1394-1405-yillаrdа u Sоhibqirоn, so‘ng Shоhruх Mirzо, Хаlil Sultоn sаrоylаridа umrining охirigаchа хizmаt qilgаn. Хoja Аbdulqodir Marog‘iy musiqа nаzаriyasi sоhаsidа bоy mеrоs qоldirgаn: "œKаnz ul-аlhоn" ("œKuylаr хаzinаsi"), "œJоmе ul-аlhоn" ("œKuylаr mаjmuаsi"), "œMаqоsid ul-аlhоn" ("œKuylаr hоsil qilish o‘rni"), "œShаrh-аl-аdvоr" (Sаfiuddin аl-Urmаviyning "œKitоb ul-аdvоr"igа shаrh). Shuningdеk, u’Kitоb ul-аdvоr"ni turk tiligа tаrjimа qilgаn. Хoja Аbdulqodir Marog‘iy аsаrlаridа Fоrоbiy, Sаfiuddin аl-Urmаviy, Mаhmud аsh-Shеrоziylаrning musiqаgа оid nаzаriy fikrlаrini rivоjlаntirib, qаtоr mаsаlаlаrdа аniqliklаr kiritgаn. U o‘z dаvridа qo‘llаnilgаn 45 chоlg‘uni tаvsiflаgаn. Хoja Аbdulqodir Marog‘iy udi murаssа" dеb аtаlgаn tоrli sоz iхtirо qilgаn. Bаstаkоr sifаtidа Shаrq хаlqlаri musiqаsidа mаshhur tаsnif, pеshrаv, аmаl, sаvt shаkllаridа kuy vа аshulа yo‘llаri, yangi dоirа usullаri yarаtgаn, ulаrning bа’zilаri hоzir hаm ijrо etilаdi. U fоrs vа turk tillаridа g‘аzаllаr hаm yozgаn; g‘аzаllаri rаvоnligi vа musiqiyligi bilan аjrаlib turаdi. Хoja Аbdulqodir Marog‘iyning mеrоsi Erоn, Оzаrbаyjоn, Хurоsоn, Irоq, Turkiya, O‘rtа Оsiyo (хususаn, O‘zbеkistоn) хаlqlаri musiqа tаriхini o‘rgаnishdа muhim mаnbаlаrdаndir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:23:38
ATAMA VA TUSHUNCHALAR

AVORIZOT — favquloddagi xarajatlar uchun to‘planadigan yig‘im.

AFQOF — masjid va madrasalarning vaqf xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:23:47
AFLOTUNI ZAMON — Ulug‘bek bilan birga ijod qilgan Qozizoda Rumiy zamondoshlari o‘rtasida shu nom bilan shuhrat qozongan.

BANNO — g‘isht teruvchi binokor.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:40:53
BAXMAL, OLA BAXMAL, DUXOBA — mayin, silliq, patli gazlama. Patlari tabiiy yoki sun’iy ipakdan, zamini ip yoki kanopdan to‘qiladi. Buxoro va Samarqandda qadimdan ishlab chiqariladi. Boburning ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand jahondagi ko‘pgina mamlakatlarga och qizil baxmal chiqarib sotgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:41:04
BEGOR (hindcha) — o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo va O‘rta Sharqda (Eronda VIII asrdan, O‘rta Osiyo, Hindiston va Afg‘onistonda esa X asrdan) mavjud bo‘lgan majburiyat. Mehnatkash xalq xon va mahalliy hukmdorlar tarafidan davlat va zamindorlarning turli qurilishlari (qal’a, saroy, yo‘l qurilishlari, kanal va ariqlar qazish va boshqalar)da tekinga ishlab berishga majbur qilingan. Begorda qatnashgan har bir hasharchi ishlash uchun kerakli asbob-uskuna va yetarli yemaklarni o‘zi bilan olib kelishi lozim edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:41:12
BOJ — savdogarlardan olinadigan soliq.

BOG‘I JAHONORO — Husayn Boyqaro barpo etgan bog‘.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:41:27
BO‘Z, KARBOS — bo‘z pishitilgan paxta ipidan sodda to‘qilgan mato; qalin, pishiq va tana haroratini bir xilda saqlaydigan mahalliy ip-gazlama. Qadimdan qo‘l dastgohlarida to‘qilgan.

DIGIR — chig‘ir va charxpalak ko‘zachalari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:41:37
DORUSHSHIFO — O‘rta asrlarda Xirotdagi jamoat shifoxonasi. Hirot shahrida mana shunday jamoat shifoxonalaridan biri Sulton Abu Saidning (1389-1469) katta xotini Milkat Og‘a tomonidan qurdiriladi. Unga Xirotning yetuk tabiblaridan Mavlona Darvesh Ali muddaris qilib tayinlanib, barcha muolaja ishlari unga topshirilgan edi. Bunday jamoat shifoxonasi "œDorushshifo" nomi bilan yuritilib, ularda zamonasining bilimdon tabiblari bemorlarni davolaganlar. Dorishshifoda maxsus dorixonalar bo‘lib, ularda doripazlar bemorlar uchun dori-darmonlar tayyorlab berganlar. Alisher Navoiy Injil anhori bo‘yida "œShifoiya’ni qurishga kirishar ekan, avvalo uning zamonida qarovsiz qolgan Hirot Dorushshifosini qayta tiklab, uni obod etadi. Bu davrda Xirot Dorishshifosi, ayniqsa, qahhollari — ko‘z kassaligi tabiblari g‘oyat shuhrat topadi. Bir safar hatto Hoja Ahrorning Navoiy nomiga yozgan maxsus maktubi bilan Mavlona Fayzulloh davolanish uchun samarqanddan Xirotga yuboriladi. Xoji Ahror kasal bo‘lganida esa Navoiy farmoniga binoan Nizomuddin Abdulhay tabib Samarqandga keladi. Alisher Navoiy tabobat fani asoslarini yaxshi bilishi va u bilan qiziqishi hamda insonparvarligi tufayli Hirotda dorushifoni ochadi. Unda mashhur tabiblarning to‘planishiga va tabobat ilmining rivoj olishiga qulaylik yaratiladi. Eng qizig‘i shundaki, shifoxonada davolash uchun ham, davolanish uchun ham barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lib, bemorlarga dori-darmonlar, yemaklik uchun oziq-ovqat muhayyo etilgan. Eshiklаr murаkkаb nаqsh vа yozuvlаr bilan yog‘och o‘ymаkorligidа pаrdozlаngаn. Hovli sаhni (50x50 m)gа mаrmаr yotqizilgаn. Аtrofidаgi hujrаlаrgа eshik, tobаdonigа pаnjаrаlаr ishlаngаn. Hujrаlаr yoz kunlаri hаm sаlqin bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:41:48
DUDANG — hosilning 2/6 hisobida olinadigan dehqonchilik solig‘i.

FIRUZSHOH MADRASASI — Ulug‘bek davrida Samarqandda qurilgan madrasa.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:41:55
FULUS — mayda mis chaqa puli. Ulug‘bek 1428-yilda Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon shaharlarida muomalaga qo‘ygan bir xil vazndagi salmoqdor pul. Bu fulus xalq o‘rtasida "œfulusi adliya’, ya’ni "œadolatli chaqa" nomi bilan shuhrat topadi, Movarounnahrning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini naqdina (naqd pul) bilan bo‘la ta’min etadi. Ichki chakana pul munosabatlaridagi tanqislikni fulusning vazni va qiymatini oshirish bilan hal etilishi, o‘rta asrlar zamonasida nodir va favquloddagi voqea bo‘lsa-da, har holda Ulug‘bekning bunday islohoti mamlakatda hunarmandchilik mahsulotlarining ichki chakana savdosi uchun keng yo‘l ochib bergan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:42:02
FUTA — ip yoki ipakdan to‘qilgan sallabop mayin mato.

GYOL — koriz lag‘mi gardishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:42:10
"œHABIB US-SIYAR" — Xondamir tomonidan yozilgan tarixga oid asar. Asarning to`liq nomi "œHabib us-siyar fi axbor ul-bashar" ("œInson habiblari va fardlarida do`stning tarjimayi holi") bo`lib, unda O`rta Osiyo hamda Xurosonning XV asr oxiri va XVI asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon etilgan. Asar 1521 1524-yillar orasida yozilgan. Lekin olim Hindistonda turgan yillari ham ushbu asar ustida ko`p ishlagan, uni yangi ma’lumotlar va fikrlar bilan boyitgan, qayta-qayta tahrir qilib to`la ravishda 1529-yili tamomlagan. "œHabib us-siyar" muqadimma, xotima va uch jilddan iborat. Har bir jild o`z navbatida to`rt qismdan iborat. Xondamir o`z asarining bir qismini Sulton Husayn hukmronlik qilgan davr voqealari bayoniga bag`ishlagan. "œHabib us-siyar" asarida XIV asrning 50-60-yillarida Movarounnahrda yagona uyushgan davlatning yo`qligi, uning siyosiy jihatdan maydalanib ketganini quyidagicha tasvirlaydi: "œAmirzoda Abdullo binni amir Qozag`on (1346-1358 ) vafotidan so`ng Turkiston ahvolidan haraju maraj (boshboshdoqlik) yo`l topib, har shaharda mustaqil shohlikka intilishlar maydonga keladi. Har qasabada bir uyatsiz davlat iqbol havosi bilan qo`zg`olishga oyoq bosdi. Amir Bayon Sulduz Samarqandda ichkilik, ayshu-ishratga berildi. Amir Xoji Barlos "¦ Kesh shahrida hukumat bayrog`ini ko`tardi. Amir Boyazid Jaloir Xo`jandda davlat masnadi (taxti)ga o`ltirdi. O`ljoytu Sulduz Balxda mamlakat hukmronligining visoliga ko`ngul bog`ladi. Muhammad Hoja Yazdiy Shibirg`onga o`zini hokimi mutlaq xayol qildi. Badaxshon shohi, u Ko`histonda istiqlol kamarini beliga bog`lab, boshqalarga itoat qilishdan bosh tortdi. Amir Husayn binni Amir Milal binni Amir Qozag`on va Amir Hizr Yasovuriy Hisori Shodmon chegarasida askar to`plab har lahzada viloyatlarga chopqun yasab xarob qilar edi".
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:42:18
HAFTJO‘SH — yetti xil metal qotishma. Bibixonim jome masjidi eshiklari shu metal qotishma bilan qoplangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:42:26
"œHAYRAT UL-ABROR" («Yaxshi kishilarning hayratlanishi») — Alisher Navoiy «Xamsa»sining birinchi dostoni (1483). Pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy doston. 3988 baytdan iborat bo`lib, 64 bob, 29 maqolatdan tashkil topgan. Aruzning sare’ bahrida yozilgan. Navoiy dostonda umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollar qo`yadi va keyingi dostonlarda muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularga javob beradi. Dostonda o`sha davr ijtimoiy turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, din-diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlar o`z ifodasini topgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:42:35
HAZRATI IMOM MAQBARASI — Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik (XIV asr). Dor us-siyodat me’moriy yodgorligi tarkibidagi Jahongir Mirzo maqbarasi Hazrati Imom maqbarasi nomi bilan mashhur. Dastlab sardoba, keyinroq ustiga to‘rtburchak tarhli ziyoratxona tiklangan, tashqi tomonda kichik peshtoq ham bo‘lgan. Hazrati Imom maqbarasi yangi madrasa peshtog‘i bag‘rida qolib ketgan, maqbara qaddini rostlash uchun ziyoratxona tepasi qo‘shimcha devor orqali ancha baland ko‘tarilgan va ustiga yangi kulohsimon cho‘qqi gumbaz o‘rnatilgan. Arxeologik tadqiqotlar vaqtida maqbaradan 3 ta jasad topilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»sida Keshda yashagan Buxoro va samarqandlik mashhur imomlar orasida Hazrati Imom nomi bilan mashhur Abu Muhammad al-Kashshiyni tilga olgan. Amir Temur ajdodlari xilxonasi yaqinida shu imomning qabri bo‘lgan (lekin qabr saqlanmagan). Hazrati Imom nomi yangi bunyod etilgan oliy madrasa — Dor us-siyodat qoldiqlariga ko‘chib qolgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:42:44
HOJIBEK MIRABDUVALI MADRASASI — Ulug‘bek davrida Samarqandda qurilgan madrasa.

ILMI ARUZ — poetika.

ILMI HAY’AT — astronomiya.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:42:54
ISHRATXONA — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Amir Temur davrida qurilgan (1397-1398 ) bog‘i Dilkusho o‘rtasidagi ko‘shk binosi. Ishratxonaning me’moriy shakllari, nafis bezaklari hashamatli. Baland devor bilan o‘rab olingan bog‘ o‘rtasidagi ko‘rkam imorat — ko‘shki Dilkusho (tarhi 30x22,4) peshtoqining ikki qanotiga ikki oshyonli xonalar yondoshgan. Izorasi toshdan, bezaklari silliq g‘ishtdan, choklari feruza va lojuvard rang koshin bilan qoplangan. Peshtoq ravoqi ichida yana bir kichik ravoq bo‘lib, uning ichki devoriga izora ishlangan. Ikki yonidagi kichik eshikchalar va darvoza orqali ichkariga kirilgan. Ikki oshyon balandligidagi katta xonaqoh — miyonsaroy (tarhi 8x8 metr) to‘ridagi eshik orqali tashqariga chiqilgan. Janubdan 3 xonali saroyga o‘tiladi. Shimoldan esa mehrobli, uzunchoq xonai xos (taxminlarga ko‘ra, ko‘shk masjidi) ga o‘tilgan. Miyosaroyning tashqi burchaklarida 4 aylana zina bo‘lib, ular orqali yuqoridagi oshyon xona (xujra) larga va gumbaz tomga chiqilgan. Miyonsaroy ostidagi 8 qirrali yer osti "œsardoba" — tagxonasida saroy mulki va oziq-ovqat mahsulotlari saqlangan. Tagxona izorasi koshin va toshdan ishlangan. Miyonsaroy shipi juda murakkab o‘zaro kesishuvchi ravoqlar va burchaklaridagi qalqonsimon bag‘allardan tashkil topgan. Izorasi koshinkori naqsh, uning tepasi oppoq ganch ustiga ishlangan rang-barang naqshinkor gullar chamanzoriga aylangan. Ular orasida bir oz bo‘rtib turgan kundal gullari xonani yanada jilvador etgan. Miyonsaroy usti tashqi tomondan ikkinchi gumbaz bilan qoplangan. Bu gumbaz baland davra chambarakka o‘rnatilgani uchun ham qaddi raso va mahobatli. Chambarak yuzasi girihli koshinkor naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz butunlay feruza g‘ishtlar bilan qoplangan. Shuning uchun ham ko‘shk keyinroq "œko‘k gumbaz" nomi bilan atalgan. Ishratxonadagi islimiy va girih naqshlar, zarhal kundal bezaklar milliy me’morlik xazinasidagi noyob durdonalardan hisoblanadi. Hozir ham ishratxonaning qoldiqlari garchi ancha qismini yo‘qotgan bo‘lsa-da, ko‘rkam va jozibali ko‘rinadi. Uning baland gumbazi 1903-yildagi kuchli zilzila vaqtida qulab tushgan. Lekin gumbaz tuzilishini 1872-yilda olingan suratdan aniqlab olish mumkin. Ishratxona binosi Amir Temur Samarqand atrofida alohida ixlos bilan, shaxsan o‘zi nazoratida qurilgan, bog‘ ko‘shklari ichida eng mashhuri va eng muhtashami sifatida, ayniqsa, saqlanib qolgan yagona namuna sifatida O‘zbekiston me’morligi tarixida alohida o‘rin tutadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:43:03
JOMAIQATONIY — qimmatbaho cho‘pon, u kanop tolasidan to‘qilgan qatondan tayorlangan.

JIBA — hujum va mudofaa qurol-yarog‘i.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:43:15
KAHHOL — ko‘z kasalligi tabiblari.

KARBOS — bo‘z.

KEMUXTAGAR — teri ishlash, charm pishirish kasbi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:43:25
KIRPICHPAZLIK — xumdonda pishiq g‘isht pishirish.

KITOBA — lavha.

KITOBXONA DORUG‘ASI, KITOBDOR —saroy kitobxonalari boshliqlari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:43:34
KORDAGARON — pichoqchi.

KOSHIN — sirli pishiq g‘isht.

KOCHI — marza.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:43:43
KO‘KALDOSH JOME’ MASJIDI — Ulug‘bek davrida Samarqandda qurilgan jome’ masjidi. U 210 gumbazli bo‘lgan.

LAJOMDO‘Z — yuganchi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:43:52
LALMIKOR YERLAR, BAHORIKOR YERLAR — adir zonasidagi sug‘orilmay dehqonchilik qilinadigan yerlar.

LAVVOHLIK — lavha chizish.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:44:01
"œLISON UT-TAYR" (arab. — "œQushlar tili") — Alisher Navoiyning dostoni, o`zbek mumtoz adabiyoti va o`zbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan. 1498-99-yillarda fors shoiri Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» asari ta’sirida yozilgan. Asar mazmuni va bosh g`oya xususida Attorga izdoshlik qilgan. «Lison ut-tayr» falsafiy doston bo`lib, shoir unda majoziy obrazlar, qahramonlarning sarguzashtlari orqali tasavvufiy g`oyalarini ifodalagan. Navoiy asarda Xudo tashqarida emas, sening o`zingda, degan fikrni olg`a suradi. Shu yo`sinda insonni ulug`laydi, uning kamolotga erishish yo`lini yuksak she’riy mahorat bilan bayon etadi. «Lison ut-tayr» 3598 baytdan (176 kichik bobdan) iborat bo`lib, aruz vaznining ramali musaddasi maqsur (foilotun — foilotun — foilon) vaznida yozilgan. Asardagi boblar alohida epizodlardan, savol-javoblardan, kichik hajmli hikoya va masallardan tashkil topgan. Asardagi hikoyalarda Navoiy buyuk hikoyanavis sifatida ko`zga tashlanadi. "œLison ut-tayr" Alisher Navoiyning 20 jildli Mukammal asarlar to`plami 12-jildi(T., 1996)dan o`rin olgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:44:09
MADINAT AR-RIJOL — erlar shahri, o‘rta asrlarda Termizga berilgan faxriy nom.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:44:17
"œMAJOLIS UN-NAFOIS" ("œNafislar majlislari") — Alisher Navoiy tazkirasi (1490-91; 1497-98-yillarda qayta ishlangan). Turkiy tazkirachilikning ilk namunasi. Asarda XV asrda Xuroson va qo`shni mamlakatlarda yashagan shoir, yozuvchi va olimlar (jami 459 kishi) ijodiga oid qisqa ma’lumotlar berilgan. Ma’lumotlar yillar, geografik o`rinlar hamda sulolaviy tartiblarga tayanib joylashtirilgan. 8 qism — «majlis»dan iborat. birinchi ikkinchi majlislarda muallifning salaflari — tazkira yozilayotgan vaqtda hayot bo`lmagan shoirlar, 3-majlisda o`ziga zamondosh shoirlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. 5-oltinchi majlislarda Xuroson, Samarqand, Xorazm, Qarshi, Badaxshon, Qazvin, Sova, Kirmon, Sheroz va boshqa joylardan chiqqan qalam ahllari haqida; 7-majlisda esa temuriylarga mansub shoirlar haqida fikr yuritilgan. 8-majlis Sulton Husayn Boyqaroga bag`ishlangan. Tazkirada shoirlarning bilim darajasi, axloqi, dunyoqarashi, mehnatga munosabati kabi xususiyatlari alohida ko`rsatilgan. Har bir shoirga berilgan tasnif uning ijodidan namuna keltirish bilan asoslangan. Asarda badiiy ijod asosi va mohiyatini belgilovchi nazariy masalalar yuzasidan ham fikr yuritilgan: mazmun va shakl haqida fikrlar ilgari surilgan, shoirlar ijodiga baho berishda asarlarning g`oyaviy mazmuni bilan birga badiiy mahoratiga ham e’tibor qaratilgan. Navoiy o`z davri adabiy muhitining qizg`in manzarasini, adabiyotdagi poetik janr va turlar rang-barangligini ko`rsatib bergan. Asar qiziqarli va sodda, ravon uslubda yozilgan, fikrlar puxta va ixcham ifodalangan. Tazkira XV a. o`zbek ilmiy nasrining go`zal namunasi hisoblanadi. «Majolis un-nafois» boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilingan va tazkirachilik ishiga samarali ta’sir ko`rsatgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:44:35
"œMALIK UL-KALOM" (arabcha — so`z podshosi) — ijodkorning yuksak qobiliyati, badiiy-poetik mahorati va shuhratini e’tirof etish, uning o`z davri, zamondoshlari adabiy muhitida tutgan yetakchi mavqe, obro`-e’tiborini ko`rsatish uchun qo`llangan unvon. Malik ul-kalom so`z san’atida o`ta yuksak marralarga, ijod cho`qqilariga ko`tarilgan, o`ziga zamondosh va halaf ijodkorlar uchun ustoz darajasiga yetgan so`z san’atkorlaridir. Shu ma’noda Alisher Navoiy keksa zamondoshi Mavlono Lutfiyni shu unvonga loyiq ko`rgan va «Majolis un-nafois» tazkirasida «Mavlono Lutfiy o`z zamonasining malik ul-kalomi erdi. Forsiy va turkiyda benazir erdi», deb qayd qilgan edi
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:44:46
"œMATLAI SA’DAYN VA MAJMAI BAXRAYN" — Abdurazzoq Samarqandiyning tarixga oid asari. "œMatlai sa`dayn va majmai bahrayn" ("œIkki saodatli yulduzning chiqish va ikki dengizning qo`shilish joyi") 1467-1469-yillarda fors tilida yozilgan. Abdurazzoq Samarqandiy o`z asarida Eron va O`rta Osiyoning 1304-1470-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti, shuningdek, Temuriylar davlatining qo`shni davlatlar bilan bo`lgan savdo, siyosiy va madaniy aloqalar tarixini bayon etadi. Asarning ma’lum qismi Amir Temur va temuriylar hukmronlik qilgan davrga bag`ishlangan
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:44:55
MINIATYURA (fransuzcha miniature; lotincha minium — qizil bo‘yoq) — badiiy usullari o‘ta nafis bo‘lgan kichik hajmli (mo‘jaz) tasviriy san’at asarlari. O‘rta asr qo‘lyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis mo‘"jaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, mag‘zi soxta (toshqog‘oz), metall, chinni, ba’zan maishiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va boshqa)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga ham miniatyura atamasi qo‘llanadi. Badiiy miniatyuraning kitob va portret miniatyurasi kabi sohalari keng tarqalgan. Temuriylar davrida alohida varaqlarga miniatyura ishlash va ulardan muraqqa tuzish an’anaga aylangan, alohida shaxslar tasviri (portreti)ni ishlash taraqqiy etgan, xususan, Hindistonda Boburiylar davrida yuksak darajaga ko‘tarilgan. XIV a. oxirida Samarqandda Samarqand miniatyura maktabi shakllangan, keyinchalik u Hirot miniatyura maktabining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan; Amir Temur qurgan bog‘lardagi ko‘shklar ham devoriy rasmlar bilan bezatilgan. Temuriylar saroylarida alohida kitobxonalar tashkil etilib, u yerda mohir xattot va kitobat ahli, jumladan, musavvirlar ham faoliyat ko‘rsatgan. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida ham kitobat san’ati va miniatyura taraqqiyotiga katta e’tibor berilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:45:09
MIRZOYI HAMMOMI VA KARVONSAROYI — Registon maydonida qurilgan, hammom va karvonsaroy.

MISKARON — miskarlik.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:45:22
"œMONIYI SONIY" (Ikkinchi moniy) — XV asr tasviriy san`atining ulug` namoyondasi Kamoliddin Behzod zamondoshlari tomonidan shu nom bilan nomlangan.

MOL SARDARAX — bog‘ va daraxtzorlardan olinadigan soliq.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:46:30
MUMALLIKAYI XOS — davlat mulklari boshqaruv-chisi.

MUQATTA" MASJIDI — Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan Registon maydonida qad ko‘targan masjid. Muqatta" masjidining devoridan tortib, toqu ravoqlarigacha, ustunlaridan to eshik va panjaralarigacha naqshkor yog‘ochdan ishlangan edi. Rasadxona hali qurulib ishga tushirilganga qadar osmon yoritgichlarini holatini kuzatish ishlarini ma’lum darajada Ulug‘bekning Samarqand madrasasida va Muqatta" madrasasida olib borilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:46:49
MUZZAHHIB — zarhal beruvchi mo‘yqalam sohibi.

MUZORIY — qo‘shchi, ziroatkor, ekin ekuvchi. Ular qishloqning mehnatkash tabaqasi bo‘lib, ular 4 guruhga bo‘lingan: 1) davlat yerlarida yashuvchi muzoriylar; 2) mulkdorlarning yerlarini ishlovchi muzoriylar; 3) o‘z yeriga ega bo‘lgan dehqonlar; 4) vaqf yerlarida yashovchi muzoriylar. Muzoriy davlat yoki vaqf yerlarida ham, tarxon yoki suyurg‘ol egalari kabi yirik mulkdorlarning yerlarida ham yolanma ziroatchi bo‘lib, dehqonchilik qilgan. Ularning hosildan oladigan hissasi yer egalarining yerdan tashqari urug‘lik, omoch, ho‘kiz, ot va arava kabilarni berganiga qarab belgilangan. Qanday yerda dehqonchilik qilishdan qat’iy nazar muzoriy hamma vaqt soliqlarni to‘lar va majburiyatlarni o‘tar edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:47:16
MUXOLIFAT — mavjud hokimiyat siyosatiga qarshi kuchlar.

MUXASSILONI — soliq yig‘uvchilar.

MUTAFAKKIR — chuqur tafakkur iste’dodi egasi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:47:43
NAQSHI JAHON — Ulug‘bek rasadxonasining ichki devorlarida koinot-u Yer sharining umumiy manzarasi tasvirlangan bo‘lib, shu tufayli bu mavzu aholi o‘rtasida shu nom bilan shuhrat topadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:47:52
"œNASOYIM UL-MUHABBAT" («Sevgi shabadalari») — Alisher Navoiy asari. 1495-96-yillarda Abdurahmon Jomiyning «Nafohat ul-uns» asari ta’sirida yozilgan. Jomiy asariga tanqidiy qaragan Navoiy «burung`i zamondag`i mashoyihdin barchasining zikrin qilmaydurlar va o`z muosirlarining ko`pini, o`zlarin ham bitmaydurlar» der ekan, asarda Jomiy, Lutfiy, Ashraf Muflisiy, Shayx San’on, Nosir Xisrav, Nasimiy va shular qatori Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg`oniy kabi «turk mashoyixlari» haqida ma’lumot beradi. Navoiy asarda ilova qilingan shaxslarning faqat sufiyona qarashlarinigina yoritmasdan, adabiyot va jamiyatdagi o`rnini belgilashga ham katta e’tibor bergan. «N. ul-m.» Navoiyningdidaktik qarashlari, tarjimonlik va tadqiqotchilik faoliyati hamda estetik qarashlarini o`rganish uchun muhimdir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:48:00
NASTA’LIQ — xattotlik uslubi, arab mumtoz xat uslublaridan biri. XIV asrda shakllangan, nazariy asoschisi Mir Ali Tabriziy. Bu xat nasx va ta’liq xat uslublari asosida yaratilgan bo‘lib, harflarning 5/6 qismi egri va 1/6 qismi to‘g‘ri chiziqlar asosida yoziladi. Dastlab mo‘tabar qo‘lyozmalarni, asosan, badiiy adabiyot namunalarini ko‘chirishda va alohida qit’alarni bitishda foydalanilgan. Keyinchalik bu yozuv kitobat san’atidan nasx va suls yozuvlarini siqib chiqaradi. Nasta’liq uslubi ayniqsa Sulton Ali boshliq Hirot hatotlari faoliyati bilan keng tarqaladi va o‘z takomilining yuksak bosqichiga ko‘tariladi. "œXatti Hirotiy" deb shuhrat topgan bu uslub O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston va Hindistonda keng tarqalgan. Ja’far Boysunquriy, Azhar Tabriziy, Sultonali Mashhadiy va uning shogirdlari nasta’liqda ijod qilgan. Ayniqsa, Mir Ali Haraviyning nasta’liqni Movarounnahrda tarqalishida xizmati katta. Darvish Muhammad («Favoid ul-xutut»), Munis Xorazmiy («Savodi ta’lim»), Muhammad Azim («Mir"oti ta’lim») asarlarida nasta’liq xatining asoslarini o‘rganish bayon etilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:48:09
NA’LBANDON — taqachilar.

OQSAROY — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (XV a.). Temuriylarning so‘nggi dahmasi. Oqsaroy qo‘shimcha dahma sifatida Abu Said (1449-69) va Sulton Ahmad Mirzo (1469-94) hukmronligi davrida qurilgan. Maqbara pishiq g‘ishtdan ganch qorishmasida terilgan. Oqsaroy chortoq tarhli katta xona va qarama-qarshi joylashtirilgan xonalardan iborat. Bosh tarzi janubga qaragan. O‘rtadagi miyonsaroy tagida sardoba joylashgan. Oqsaroy qurilishida o‘sha davr me’morligiga xos murakkab usullar qo‘llanilgan: katta xona gumbazi 4 katta ravoq va o‘zaro kesishgan ravoqchalar hamda toqilar yordamida yopilgan. Bu qurilmalar sharafa va ganch bezaklari bilan pardozlangan. Bezaklarning ko‘p qismi kundal uslubida bajarilgan. Nafis ishlangan oq, ko‘k ranglar oltin hal bilan o‘zaro uyg‘unlashib ajoyib ko‘rinish kasb etgan. Naqsh shakllari o‘zaro takrorlanmagan. Bir ravoqdagi naqshda bir-biriga o‘xshamaydigan 67 xil bezak-gul bo‘lgan. Binoning tashqi me’morligi nihoyasiga yetkazilmagan. Katta xona tashqi gumbazi, 8 qirrali poygumbazi tugallanmagan. Oqsaroy temuriylar davri me’morligining noyob namunasi hisoblanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:48:17
QAZNOQ — omborxona.

QATON — kanob poyasidan to‘qilgan mato.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:48:26
QOZIZODA RUMIY MAQBARASI — Ulug‘bek davrida Shohizinda ansambli kompleksining markaziy qismida qad ko‘targan naqshinkor obidalar orasida, me’moriy jihatdan eng ajoyibi. U peshtoqli ulkan gumbazli ziyoratxonadan iborat bo‘lib, koshinkor va beqiyos jilvali rango-rang parchinlar bilan naqshlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:48:42
"œQUBLAT UL-QUTTOB" (Kotiblar qiblasi) — O`rta asrning mashhur xatoti Sultonali Mashhadiy shu nom bilan shuhrat topgan edi.

QUTBUDDIN SADR MADRASASI — Ulug‘bek davrida Samarqandda qurilgan madrasa. Bu madrasada dastlabki saboqlarni Xoja Ubaydulloh olgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:49:07
QO‘SH — bir juft ho‘kiz bilan haydaladigan yer maydoni.

RANGREZ — mato va kalavalarga bo‘yoq beruvchi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:49:15
"œRAVZATUS SAFO" — Mirxondning tarixga oid asari. Alisher Navoiyning ko`rsatmasi va homiyligi bilan yaratilgan asarning to`liq nomi "œRavzat us-safo fi siyrat al-anbiyo va-l-xulafo" ("œPayg`ambarlar, podsholar va xalifalarning tarjimai holi haqida jannat bog`i") bo`lib, unda dunyoning yaratilishidan to 1523-yilga qadar O`rta Osiyo, Yaqin va O`rta sharq mamlakatlarida, shuningdek O`zbekistonda bo`lib o`tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar bayon etilgan. "œRavzat us-safo" muqaddima, xotima va yetti jilddan iborat. Asarning so`nggi jildi Xondamir tomonidan yozilgan. Unda Sulton Husayn Boyqaro va avlodining tarixi bayon etilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:49:22
REGISTON ANSAMBLI — Sаmаrqаndning Registon mаydonidа 3 mаdrаsа (Ulug‘bek mаdrаsаsi, Tillаkori mаdrаsа, Sherdor mаdrаsа) dаn iborаt me’moriy mаjmuа. Dаstlаb Ulug‘bek mаdrаsаsi (1417-1420) bunyod etilib, keyinchаlik qаrshisigа — mаydon shаrqigа Ulug‘bek хonаqohi (1424), shimolgа Mirzoyi kаrvonsаroyi, jаnubgа Аlikа Ko‘kаldosh Jumа mаsjidi (1430) qurdirgаn, yonidа esа yog‘ochdаn хotаmkori uslubidа mаsjidi Muqаttа vа Аbusаid mаdrаsаsi qurilgаn. XV asrning 20-40-yillarida Registon hаshаmаtli me’moriy аnsаmblgа аylаngаn. XVII asrda Sаmаrqаnd hokimi Yalаngto‘sh Bаhodir vаyronа holаtdаgi Ulug‘bek хonаqohi o‘rnigа Sherdor mаdrаsа (1619-1635/36) ni, Mirzoyi kаrvonsаroyi o‘rnigа Tillаkori mаdrаsа-mаsjidi (1646/47-1659/60)ni qurdirgаn. Registon ansambli o‘zining rаng-bаrаng koshinkori bezаklаri; nаqshinkori peshtoqlаri, ulkаn gumbаzlаri bilan O‘rtа Osiyo me’morligining noyob yodgorligi hisoblаnаdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:49:30
 "œRISOLA DAR ILMI MUSIQA" ("œMusiqa ilmi haqida risola’) — Mirzo Ulug`bekning musiqa tarixiga bag`ishlangan asari. Unda "œo`n ikki maqom bayoni"ga doir maxsus bobi bo`lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:49:41
 "œSAB’AI SAYYOR" («Yetti sayyora») — «Xamsa» (Alisher Navoiy)ning to`rtinchi dostoni (1484), ishqiy-sarguzasht xarakterda. 37 bob (5000 baytdan oshiq). Sharqda keng tarqalgan «Bahrom Go`r» afsonasi asosida. Afsona Eronning sosoniy hukmdori Varaxran V (420-438-yillar hukmronligi) nomi bilan bog`liq (Varaxran — dariycha Bahrom). U go`r-qulon oviga o`chligi uchun Bahrom Go`r nomi bilan mashhur. Afsonani yozma adabiyotga, dastlab Firdavsiy olib kirgan. So`ng Nizomiy, Xisrav Dehlaviy va boshqalar shu mavzuda asarlar yozganlar. Navoiy bu tajribalarni umumlashtirib, mukammal original doston yaratgan. Doston Sharqda «Bahrom va Gulandom», «Bahromnoma», «Haft manzari Bahrom» nomlari bilan shuhrat qozongan. «Sab’ai sayyor» an’anaga ko`ra, hamd, munojot va na’t bilan boshlangan, so`ng voqealar bayon etilgan. Mundarijasi «Xamsa»dagi boshqa dostonlardan farq qiladi; hikoya ichida hikoya usulida yozilgan. Bahrom va Dilorom voqeasi asarda qoliplovchi hikoya bo`lib, uning ichida yana 7 hikoya keltirilgan. Ular asarning umumiy yo`nalishi bilan chambarchas bog`lanib, yaxlit bir badiiy asarning uzviy qismlarini tashkil etadi. Ayni vaqtda hikoyaning har biri mustaqil hisoblanadi va mavzular davrning, xalq turmushining muhim tomonlarini qamrab oladi; xalq hayoti, tinchlik va osoyishtalik, adolat va vatanparvarlik, sevgi va ma’rifat g`oyalari ilgari suriladi, munofiqlik va zolimlik qoralanadi. Bahrom — 7 iqlim shohi. Ovda uni izlab kelayotgan Moniyni uchratadi. Moniy xitoylik go`zal Dilorom haqida xabar beradi, o`zi chizgan qizning suratini ko`rsatadi. Shoh suratni ko`rib telbalarcha oshiq bo`ladi. Xitoyning 1 yillik xirojini to`lab, qizni saroyga keltiradi. Shoh qizga butunlay mahliyo bo`lib, mamlakat ishlarini unutadi. Mastlik bilan sevgilisidan ham ajraladi, so`ng uzlatga beriladi. Undagi savdoyilikni daf etmoq uchun 7 iqlim shohi 7 rangdagi 7 qasr qurdiradi. Bahrom ularning har birida har kuni 1 musofirdan hikoya tinglaydi, tuzala boshlaydi. Nihoyat 7-kun oq qasrda Diloromning daragini eshitadi va uni topadi. Yana ovga, aysh-ishratga beriladi va navbatdagi ov paytida butun arkoni davlati bilan yer yutadi. Navoiy Bahrom obraziga juda katta ma’no-mazmun yuklagan. Uning timsolida oshiqlik va shohlikning bir tanga sig`masligini ko`rsatgan. Navoiy asar voqealarini Xurosonu Movarounnahr hayoti bilan bog`lashga harakat qilib, qissaga turkona ruh bergan. «Sab’ai sayyor» voqealari, qahramonlarining xatti-harakatlari yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan. Navoiydan so`ng og`zaki va yozma adabiyotda «Sab’ai sayyor»ning bir necha variantlari yaratildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:49:57
 "œSADDI ISKANDARIY" ("œIskandar devoir") — «Xamsa» (Navoiy)ning yakunlovchi dostoni (1485). Asar 89 bob, 7215 baytdan iborat bo`lib, Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asardir. Doston aruzning mutaqorib bahrida turkiyda yozilgan. Xamsanavislikning buyuk namoyandalari: Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar Iskandar to`g`risida doston yozib, o`z «Xamsa»lariga kiritganlar. Dastlab musulmon dunyosida Qur’oni karimning Kahf surasida nomi zikr etilgan hukmdor Zul-qarnayn (Ikki shoxli, 18-sura, 83-98-oyatlar) hamda yunon sarkardasi va davlat arbobi Aleksandrni bitta shaxs deb bilishgan va u sharqda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur bo`lgan. Mazkur Iskandarnomalarga Iskandar timsolidagi Aleksandr faoliyati mavzu qilib olingan. Ammo asarlarda Iskandar timsoli tarixiylikdan tobora uzoqlashib, badiiy to`qima obrazga aylana borgan. Har bir xamsanavis Iskandar timsolida o`z ideallarini talqin etishga harakat qilgan. Navoiy o`z asari avvalida, salaflaridan farqli o`laroq, tarixiylikka, ko`proq tarix kitoblariga tayanib ish ko`rganini yozadi. Navoiy bu o`rinda o`z asarida Iskandar haqidagi boblar izchilligining Qur’ondagi Zul-qarnayn haqidagi oyatlarga hamda tarixiy shaxs Aleksandr faoliyatiga muvofiq kelishini nazarda tutgan. Dostonning «Saddi Iskandar» deb nomlanishida ham Qur’oni karimning Navoiy uchun birlamchi manba bo`lganligi seziladi. Navoiy talqinida Iskandar odil shoh, u dunyoni kufrdan, jaholatdan tozalab, butun dunyoda adolatni joriy etish, bashariy tartib-qoidalarni katta olamdagi tartib-qoidalarga muvofiqlashtirish maqsadida xalqlar ustiga yurishlar qilgan. Bu esa sufiyona talqin bo`lib, dostondagi muqaddima boblar, Iskandar voqealari hikoya qilingan boblar hamda unga ilova boblarda ham shoirning tasavvufiy qarashlari ustuvorligini ko`rish mumkin. Mas., Iskandar shisha sandiq yasab, dengiz tubiga tushadi, turfa ajoyibotlarni ko`rib, vataniga qaytadi. U vafot etar ekan, bir qo`lini tobutdan chiqarib qo`yishlarini so`raydi. Asarda Navoiy insonni bu foniy dunyo hoyu havaslariga ortiqcha ruju qo`ymaslikka chaqirib, garchi Iskandar jahonni egallagan jahongir bo`lsa-da, u narigi dunyoga hech narsasiz ketayotganligiga ishora qiladi. Doston turkiy adabiyotda ko`plab naziralar yozilishiga turtki bo`lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:50:05
SAHHOF — kitobni muqovalovchi usta, muqovasoz.

SAHHOFLIK — hunarmandlik turi, qog‘ozni sahifalash va kitobni muqovalash kasbi
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:50:14
SAMARQAND MINIATYURA MAKTABI — o‘rta asrlarda Samarqandda shakllangan tasviriy san’atdagi uslubiy yo‘nalish. Eng rivojlangan davri XIV a. ikkinchi yarmi — XV a. va XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Temuriylar davrida Samarqand yirik madaniyat markaziga aylangan, me’morlik va kitobat san’ati beqiyos darajada taraqqiy etgan. Yozma manbalar, saqlanib qolgan san’at yodgorliklari Samarqandda tasviriy san’at qadimdan rivojlanganligini ko‘rsatadi. Amir Temur bog‘laridagi saroylar devorlariga mahobatli rasmlar ishlangan, shohona chodirlar tasvirlar bilan bezatilgan, keyinchalik Mirzo Ulug‘bek davrida ham binolar tasviriy lavhalar, syujetli asarlar bilan bezatilgan: shoh, uning yaqinlari va safdoshlari portretlari, qabul marosimlari, ziyofat, safar va jang lavhalari, ov va boshqa manzaralar aks ettirilgan; ayniqsa, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi devorlariga osmon gumbazi, yulduzlar olamiga taalluqli jismlarning ramziy tasvirlari ishlangan. Xuddi shunday tasvirlar bilan olim Abdurahmon as-So‘fiyning astronomiyaga oid risolasi ham Samarqand miniatyura maktabi vakillari tomonidan bezatilgan. Samarqand miniatyura maktabi ustalari yaratgan rasmlarda voqealar, asosan, manzara zaminida tasvirlanadi; romantik tasvirlarda O‘rta Osiyo tabiatiga xos manzaralar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, mahalliy xalq qiyofalari o‘z aksini topgan. Mujassamotdagi originallik, bezak tuzilishi va badiiy ifoda vositalaridagi aniqlik, yirik shakli, kenglikni simmetrik tuzilishi, sokin ritmi va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan Samarqand miniatyura maktabida qiyofalar ro‘paradan chizilgan, voqealar past-baland adirlarda, ko‘shk, chodir zaminida tasvirlangan; ayniqsa, zarrin och sariq — och binafsha rangli vazmin kolorit diqqatni tortadi. Ustod Gung, G‘iyosiddin, Amir Temur saroyida yashagan Xoja Abdulhay, uning shogirdi Pir Ahmad Bog‘ishamoliy, Muhammad Murod Samarqandiy va boshqalar Samarqand miniatyura maktabining yirik vakillaridan. Nizomiyning «Xamsa», «Mirzo Ulug‘bek o‘z a’yonlari bilan» alohida miniatyura, Muhammad Shodining «Fathnoma», «Tarixi Abulxayrxoniy», Firdavsiyning «Shohnoma», Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» va boshqa qo‘lyozma kitoblar Samarqand miniatyura maktabi vakillari tomonidan badiiy bezatilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:50:22
SANAD — shahodatnoma, hujjat.

SANGTARASHON — toshtarovchilar, tosh yo‘nuvchi.

SARROJON — egarchi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:50:31
SEKSTANT (lotincha sextans — oltinchi) — osmon yoritqichlarining balandligini belgilash uchun mo‘ljallangan ko‘zguli-qaytargichli asbob.

SIMKASHON — sim cho‘zuvchilar.

SIYOSAT — davlat hokimiyatini boshqarish.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:50:39
SUDSI FAXRIY — sekstant.

SULTON UL-XATTOTIN (Xattotlar sultoni) — mashhur xat nazariyotchisi Sultonali Mashhadiy shu nom bilan shuhrat topgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:50:47
SO‘ZANGARON — ignasozlik.

TAVAJJUHOTI XORIJIY — favquloddagi xarajatlar solig‘i.

TAZAR — yer osti kanalizatsiya inshoati.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:50:54
TAMG‘A — savdo boji; savdogarlardan olinadigan soliq.

TANOB — ikkinchi 2,5 ming kv.m. hajmidagi yer maydoni.

TARG‘U — zig‘ir poyasidan to‘qilgan dag‘alroq mato.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:51:02
"œTARIXI ARBA" ULUS" ("œTo`rt ulus tarixi") — Mirzo Ulug`bek tomonidan yozilgan tarixiy asar. Asar 1425-yildan keyin yozib tamomlangan. Mirzo Ulug`bekning "œ Tarixi arba" ulusi" kitobi turklarning ajdod va avlodlari, mung`ul qabilalari, hamda Chingizxon vafotidan keyin tashkil topgan Ulug` yurt, Jo`chi, Chig`atoy va Elhoniylar ulusining qisqacha tarixiga bag`ishlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:51:10
 "œTARIXI RASHIDIY" — Mirzo Muhammad Haydarning tarixga oid asari. Asar 1544-1546-yillar orasida Kashmirda yozilgan bo`lib, unda Mo`g`uliston xalqlarining tarixi Tug`luq Temurdan (1348-1362) to Abdurashidxonning taxtga o`tirishigacha (1533) bo`lgan davrni o`z ichiga oladi."Tarixi Rashidiy" asari O`rta Osiyo, Koshg`ar, Afg`oniston hamda Shimoliy Hindistonning XIV-XVI asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotini o`rganishda muhim manba hisoblanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:51:19
TEMURIYLAR, TEMURIYLAR DAVRI — o‘rta asrlarda sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etgan sulola. Temuriylar hududi shimolda Ili daryosi va Xorazm (Orol) dengizidan jan.da Fors qo‘ltig‘iga qadar, sharqda Xitoy va Hindistondan g‘arbda Trabzun (Qora dengiz)ga qadar ulkan maydonni qamragan. Davlat tuzilishi, qonun va qoidalari jihatidan Temuriylar musulmon Sharqida o‘rta asrlarda hukm surgan davlatlardan katta farq qilmasa-da, ammo uning boshqaruv tizimi Turkiston va Movarounnahr davlatchiligining asriy an’analari, saltanatga kirgan mamlakatlar bilan madaniy aloqalar asosida yangi tartib va qoidalar bilan takomillashtirilgan. Markazlashgan davlat tepasida: Temur ibn Tarag‘oy Bahodir (1370-1405); Shohrux ibn Temur (1409-47); Ulug‘bek ibn Shohrux (1447-49); Abu Said ibn Sulton Muhammad (1458-69); Movarounnahrda (poytaxti Samarqand): Xalil Sulton (1405-09); Ulug‘bek (1409-49); Abdullatif (1449-50); Abdullo Mirzo (1450-51); Abu Said ibn Sulton Muhammad (1451-69); Sulton Ahmad Mirzo (1469-94); Sulton Mahmud Mirzo (1494-98 ); Sulton Ali Mirzo (1498-1500). Xurosonda (poytaxti Hirot): Shohrux (1396-1447); Ulug‘bek (1447-49); Abulqosim Bobur (1449-57); Shoh Mahmud Mirzo (1457); Abu Said ibn Sulton Muhammad (1458-69); Yodgor Mirzo (1470), Husayn Boyqaro (1470-1506); Badiuzzamon ibn Sulton Husayn (1506-07); Muzaffar Mirzo (1506-07). Nihoyatda kengayib ketgan davlat Amir Temur vafotidan so‘ng vorislar o‘rtasidagi nizolar natijasida zaiflasha boshladi. 1405-yilning 16-mart kuni Mironshohning o‘g‘li Xalil Sulton Samarqandni egallab, o‘zini Movarounnahrning hukmdori deb e’lon qiladi. Oqibatda shahzoda, amir va viloyat noiblarining noroziligi kuchayib, isyon va g‘alayonlar ko‘tariladi. Dastavval Farg‘onada Xudoydod bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi qo‘zg‘alib, O‘ratepa va Farg‘onani egallab oldi. Bu davrda Xurosonda Shohrux, Balx, G‘azni va Qandahorda Pirmuhammad; G‘arbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohning o‘g‘illari Umar Mirzo va Abubakr Mirzo hokimi mutlaq bo‘lib oladilar. Turkiston, Sabron, O‘tror, Sayram viloyatlari amir Berdibekning tasarrufiga o‘tadi, Oltin O‘rda amirlaridan Idiku Xorazmni zabt etadi. 1405-08-yillarda Balx, Xuroson, Seyiston, Kermon va Ozarbayjonda temuriy shahzoda va ayrim amirlarning birin-ketin ko‘tarilgan g‘alayonlari kuchayib ketadi. Valiahd Pirmuhammad bunday g‘alayon va fitnaning qurboni bo‘ladi (1407-yil 22-fevral). 1408-yil 22-aprel kuni qoraqu‘yunli turkmanlarning yetakchisi Qora Yusuf bilan bo‘lgan jangda Mironshoh halok bo‘lib, Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qo‘lidan ketadi. XV asrning 20-yillarida bu ulkan mamlakat ikki davlatga bo‘lingan edi. Ulardan biri Amudaryodan janubda joylashgan bo‘lib, uni Shohrux boshqargan (markazi Hirot sh.) edi. Ikkinchisi esa, Amudaryodan shimolda — Movarounnahr va Turkistonda vujudga kelib (poytaxti Samarqand sh.) uni Ulug‘bek idora etgan edi. Ulug‘bek otasi Shohruxning ko‘magi bilan avval (1413) Xorazmni, so‘ngra (1415) Farg‘ona va Qashg‘arni o‘z tasarrufiga olib, davlatining g‘arbiy va sharqiy chegaralarining xavfsizligini ta’minlagan bo‘lsa-da, ammo uning shimol va shimoliy-sharqiy tomonlari xavotirli edi. Shu boisdan XV asrning 30-40-yillari otasi Shohrux bilan birga Dashti Qipchoqda Abulxayrxon bilan kurash olib borishiga to‘g‘ri keladi. Chunki ko‘chmanchi chorvadorlar Movarounnahrning viloyatlariga muttasil bostirib kirar va o‘troq aholini g‘orat qilar edi. Movarounnahrni idora etishda, ayniqsa, tashqi siyosatda Ulug‘bek Temuriylarning bosh hukmdori Shohruxning irodasini izchil amalga oshiradi. Tashqi va ichki siyosatga aloqador har qanday masalani u otasi bilan maslahatlashib va kelishib, uning rozi-rizoligi bilan hal etgan. Shohrux 1447-yil 12-mart kuni nevarasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida olamdan o‘tadi. Shohrux vafotidan so‘ng, Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar o‘rtasidagi nizolar yana avj oladi. Bu kurash oqibatida zamonasining mashhur olimi va hukmdori Mirzo Ulug‘bek 1449-yil 27-oktyabrda 55 yoshida Samarqand yaqinida fojiali suratda halok bo‘ladi. Ulug‘bek Movarounnahrni 40 yil (1409-49) idora etdi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davom etganligiga qaramay, u shiddatli harbiy yurishlar uyushtirishga intilmadi. Aksincha, u o‘z davlatini mustahkamlashga, mamlakat birligini saqlab qolishga va madaniy hayotni ko‘tarishga harakat qildi. Ulug‘bek fojiasidan so‘ng, hokimiyatga bir vaqtning o‘zida Samarqandda Ulug‘bekning kuyovi Abdullo Mirzo, Buxoroda esa Mironshohning nabirasi Sulton Abu Saidlar podshoh qilib ko‘tariladi. Abdullo Mirzo mamlakatda barqarorlikni tiklash uchun barcha choralarni ko‘radi, ammo temuriylar taxtida uzoq vaqt o‘tira olmaydi. Avval u amakivachchasi Abu Said bilan, so‘ngra qarindoshi Alouddavla bilan kurashadi. Muhorabada ittifoqchilar g‘alaba qozonadi. Abdullo Mirzo jangda halok bo‘ladi. Abu Said Abulxayrxon yordamida Samarqandni egallab, Movarounnahrga hokim bo‘lib qoladi. Temuriylar mulkining Xuroson qismi bu davrda Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur tasarrufida edi. 1457-yilgacha u Xurosonni o‘z qo‘lida tutib turadi. Har ikkala davlat o‘rtasida nizo kuchayib bordi. Yozma manbalarda qayd etilishicha, Xurosonda boshboshdoqlik avj olib, u bo‘laklarga bo‘linib keta boshladi. 1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etgach, Abu Said Hirot shaharni egallab, saltanatning har ikki qismini birlashtiradi. Bu davrda Sulton Husayn (Umarshayxning nabirasi) Xorazmni egallab oladi. 1469-yil bahorida Abu Said (Ozarbayjon, G‘arbiy Eron va Iroqqacha bo‘lgan viloyatlarni egallab turgan) oqqu‘yunli turkmanlarga qarshi yurish qiladi. Mug‘on (Ozarbayjon) cho‘lida Uzun Hasan bilan bo‘lgan jangda Abu Said halok bo‘ladi. Otasining o‘limidan so‘ng, Abu Saidning vorislari Sulton Husayn bilan to‘qnashmay Movarounnahrga qaytadilar. 1469-yilning 24-martida Sulton Husayn Xuroson hokimi sifatida Hirotning taxtini egallaydi. Natijada temuriylar mulki yana 2 mustaqil qismga bo‘linib ketadi. Movarounnahrda Abu Saidning o‘g‘illari Sulton Ahmad Mirzo, Sulton Mahmud Mirzo va Sulton Ali Mirzo hokimlik qiladi. Bu davrda Movarounnahr ham o‘zaro ixtilofdagi shahzodalar va mulkdor zodagonlarning viloyat hokimliklariga bo‘linib ketadi. Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida so‘fiylik ta’limotining yirik namoyandalari, xususan Xoja Ahrorning ta’siri kuchayadi, hatto u siyosiy hayotda ham muhim rol o‘ynay boshlaydi. Mas., mamlakat urush xavfi ostida qolib, el-yurt boshiga og‘ir tashvishlar tushgan paytda Xoja Ubaydulloh Ahror bir necha bor uni bartaraf qilishga jonbozlik ko‘rsatadi. Sulton Husayn Boyqaro idora qilgan davlat Sharqiy va Shim. Eron viloyatlari va Xorazmni birlashtirgan edi. U temuriylarning qariyb 40 yil hukm surgan so‘nggi yirik saltanati bo‘lib, unda siyosiy vaziyat osoyishta emas edi. Xurosonda beto‘xtov davom etgan o‘zaro urushlarga, shahzoda va amirlarning boshboshdoqligiga qaramay mamlakat aholisining turmush tarzi va madaniy hayoti Movarounnahrdagiga nisbatan yuksakroq edi. Ammo mamlakatning siyosiy hayotida kuchayib borayotgan keskinlik ichki munosabatlarda tobora ta’siri ortib borayotgan Dashtiqipchoqlik o‘zbeklarning Movarounnahrda hokimiyatni qo‘lga olishini hamda temuriylar sulolasining zaiflashuvini yanada tezlashtirdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:51:29
TEMURIYLAR HARBIY SAN’ATI — jahon harbiy san’ati rivojiga Amir Temur va uning avlodlari, xususan, Bobur qo‘shgan salmoqli hissa. Bu mutaxassislar, sarkardalar tomonidan haqli ravishda e’tirof etilgan. Buyuk lashkarboshi va novator harbiy tashkilotchi hisoblanmish Sohibqiron intizomli armiya tuzishga, jang paytida qo‘shin qismlarini oqilona boshqarishga, jang taqdirini hal qiladigan joylarga harbiy kuchlarni tezkorlik bilan yo‘llashga, mavjud to‘siq va g‘ovlarni tadbirkorlik bilan bartaraf etishga, qo‘shindagi jangovar ruhni yuksak darajada ushlab turishga erishgan. Amir Temur va temuriylar armiyasi chorvadorlar qatori kosibchilik, hunarmandchilik, dehqonchilik bilan mashg‘ul o‘troq aholidan ham askar to‘plagan. Qo‘shinda harbiy kuchlarning asosini tashkil qilgan otliq askarlar bilan bir qatorda piyodalar ham xizmat qilgan. Sohibqiron Sharqda birinchilardan bo‘lib armiyaga o‘t sochar qurol — to‘p(ra’d)ni olib kirgan. Temuriylar davrida bu qurolning boshqa turlari (zarbzan, farangi, qozon va hakoza) keng yoyildi. Tog‘li hududlarda jang harakatlari olib boruvchi maxsus harbiy qism va bo‘linmalar tashkil qilingan. Amir Temur jahon harbiy ish tarixida birinchi bo‘lib qo‘shinni jang maydonida an’anaviy 5 bo‘lakdan farqli ravishda 7 qo‘lga bo‘lib joylashtirish tartibini joriy etgan. Bu yangilik keyinchalik To‘xtamish, Shayboniyxon singari sarkardalar tomonidan o‘zlashtirilgan. Ibn Arabshohning guvohlik berishicha, Sohibqiron qo‘shinida ayollardan iborat bo‘linmalar bo‘lib, ular erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunalarini ko‘rsatgan. Temuriylar armiyasi son jihatdan aniq tashkil etilgan, uning jangovar tartibi takomillashib borgan, o‘z vaqtining ilg‘or qurol va texnikasi bilan ta’minlangan, qismlar bir-biridan kiyim-bosh, bayroq va tug‘lari bilan farqlangan. Bunday farqlanish jangda qo‘shinni boshqarishda qo‘l kelgan. Dushman mudofaasini turli usullar bilan barbod etish, raqibning yirik shaharlariga qo‘qqisdan zarba berish, qal’a, qo‘rg‘on va hisorlarning uzoq muddat muhosara qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng ko‘lamda qurshab olib, qishloq, shahar, tuman, viloyatlarni birin-ketin zabt etish, dushmanni batamom yakson etgungacha ta’qib qilish, taslim bo‘lgan mamlakatlarni boshqarishga ishonchli kishilarni tayinlash singari amaliyotlar Amir Temur va temuriylarga ko‘plab zafarlar olib kelgan. Taktika jihatdan Amir Temur armiyasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. Razvedka a’lo darajada yo‘lga qo‘yilgan, qismlarning janggohda yoki jangovar safda talab darajasida harakat qilishi uchun zarur tadbir va choralar ishlab chiqilgan, ularni jang paytida tezkorlik bilan boshqarishga alohida diqqat qaratilgan. O‘nlik, yuzlik, minglik va tuman qo‘mondonlarini tanlash masalasiga oliy bosh qo‘mondon mas’ul hisoblangan. Sohibqironning harbiy san’at rivojiga qo‘shgan ulkan xizmatlaridan yana biri — jang vaqtida qo‘shin qanotlarini dushman hujumidan muhofaza qilish va, o‘z navbatida, g‘anim kuchlarini yon tomondan aylanib o‘tib, unga ortdan zarba berish maqsadida tuzilgan otliq qism — qunbulning joriy etilishi bo‘lgan. Bunday yangi harbiy qism Aleksandr, Gannibal, Chingizxon, Lyudovik XIV, Buyuk Fridrix kabi atoqli sarkardalar qo‘shinida bo‘lmagan. Shayboniyxon armiyasida bunday qism mavjud edi va u to‘lg‘ama atamasi bilan nomlangan. Qo‘shin to‘plash haqida maxsus buyruq (tunqol) e’lon qilingach, hukmdor tomonidan tuzilgan ro‘yxatga binoan jangchilar ot-ulovi, qurol-yarog‘i, oziq-ovqati, yem-xashagi bilan to‘planish yeriga yetib kelgan. Har bir askarga bitta yoy, 30 ta o‘q, bir sadoq, bitta qalqon, bitta qo‘shimcha ot, yarim man og‘irligida arqon, bir dona pishiq teri xalta va bitta qozon ajratilgan. Har 10 jangchi bir chodir, 2 belkurak, bir kerki, bitta o‘roq, bir arra, bir tesha, bitta bolta va 100 dona nina olib yurishi shart hisoblangan. Sara jangchilarning har 5 tasi bitta chodirga joylashgan. O‘nbegining alohida chodiri va 5 ta qo‘shimcha oti bo‘lgan. Yuzbegiga ham alohida chodir va 10 ta qo‘shimcha ot berilgan. Mingbegi chodirdan tashqari soyabon bilan ham ta’minlangan. Sohibqiron armiyasining turli bo‘linma va qismlariga 313 bek boshchilik qilgan. Ulardan dastlabki 100 tasi o‘nbegilik, ikkinchi 100 tasi yuzbegilik, uchinchi 100 tasi mingbegilik lavozimlarini egallagan. Diviziya — tumanlarga Amir Temurning farzandlari, nabiralari va nomdor lashkarboshilar rahbarlik qilgan. Yetarli miqdorda qo‘shin to‘plangach, u ko‘rikdan o‘tkazilgan. Temuriylar davrida yurish yoki jangdan oldin lashkarni ko‘rikdan o‘tkazib, uning jangovar ruhi va holatini aniqlash izchillikka aylangan. Qo‘shinning jangovar holatini nazardan o‘tkazish imtihon qilish usuli sifatida e’tirof etilgan ovgarta (ov uyushtirish)dan unumli foydalanilgan. Temuriylar harbiy yurishlarga ko‘proq ko‘klam, yoz va kuz mavsumlarida otlanishni ma’qul bilganlar. Safar qoidasiga ko‘ra, har bir sarkarda o‘z darajasi va lavozimiga qarab qism va bo‘linmalari bilan yasol — jangovar tartibda harakat qilgan. Yasolni buzgan shaxs qattiq jazolangan. Qo‘shin janggohga tushganda lashkargoh atrofi aravalar bilan to‘silgan, xandaqlar bilan ihota qilingan, soqchi bo‘linmalar tomonidan qo‘riqlab turilgan. Yurish yoki jang paytida boshboshdoqlik, parokandalikni oldini olish maqsadida har bir bo‘linma, guruh, qismning o‘z paroli — o‘ron belgilangan. Armiya safar chog‘ida quyidagi jangovar tartibda harakat qilgan: Bosh kuchlardan ancha oldinda qaravul (avanpost), undan keyin mang‘lay (hiravul)(avangard), barang‘ar, juvang‘ar, qo‘l(markaz), chag‘davul (arergard) yurgan. Qo‘shin ketidan o‘g‘ruq (oboz) peshma-pesh kelgan. Oliy bosh qo‘mondon jang maydonini tanlashga alohida diqqat qaratgan. Janggohning tekis, keng va qo‘shin qismlarini joylashtirishga qulay bo‘lishi talab qilingan. Jang maydonining suvga yaqin bo‘lishi hamda jang vaqtida quyosh nurining askarlar ko‘ziga tushmasligi maqsadga molik hisoblangan. Yirik muhorabalar paytida dastasi uchiga yarim oy shakli qadalgan jangovar bayroq va tug‘lar bilan bezatilgan oliy qo‘mondon borgohi balandlikka o‘rnatilgan. U yerdan jangning borishi kuzatilib turilgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Amir Temurning 12 ming kishilik qo‘shini jangga mana bunday tartibda kirgan. Dushman bilan dastlabki to‘qnashuvni ayg‘oqchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan qaravul boshlab bergan. Shundan so‘ng o‘ng va chap qanot ilg‘or qismlari — barang‘ar hiravuli va juvang‘ar hiravuli madadida asosiy ilg‘or qism — mang‘lay jangga kirgan. Mang‘lay ortidan barang‘ar hamda juvang‘arning qolgan 2 bo‘lagi — chapavul va shag‘avul ketma-ket harakatga kelgan. Ushbu kuchlar dushmanni mag‘lub etishga kifoya qilmasa, bosh qo‘mondon (amir ul-umaro) boshchiligidagi markaz (qo‘l)(g‘o‘l) hal qiluvchi hujumga tashlangan: Sohibqiron armiyasi qatnashgan ulkan janglarning taktik borish manzarasi quyidagicha bo‘lgan: qo‘shin markazi 40 bo‘luk — polkka taqsimlangan va Oliy bosh qo‘mondonga itoat qilgan. Ushbu bo‘luklarning sara jangchilardan tashkil topgan 12 bo‘luki safning birinchi qatorida, qolgan 28 bo‘luki ikkinchi va 3-qatorlarda joylashgan. Qirq bo‘lukning o‘ng tarafi oldida amirzodalar qismlari, so‘l tarafi oldida qarindoshlar va ittifoqchilar qismlari saf tortgan. ikkinchi qatorning barang‘arida 6 bo‘luk o‘z ilg‘ori — hiravul bilan o‘rin egallagan. Ayni shu miqdordagi bo‘luk va hiravulga juvang‘ar ham ega bo‘lgan. ikkinchi qator barang‘ari va juvang‘ari oldida yuqoridagi tartibda birinchi qator qismlari joylashgan. Uning oldida bosh ilg‘or — mang‘lay (yoki hiravuli buzurg) harakatda bo‘lgan. Yengil suvoriylardan iborat 2 bo‘luk armiyani qo‘qqisdan bo‘ladigan hamladan muhofaza qilish, dushman kuchlari harakatini kuzatish bilan band bo‘lgan: Bobur qo‘shini dastlab an’anaviy 5 qismdan tashkil etilgan holda harakat qilgan. Keyinchalik bu jangovar tartibga jiddiy o‘zgartirishlar kiritilgan, markaz (g‘o‘l) kuchaytirilgan. Markaz o‘ng qo‘l va so‘l qo‘lga taqsimlangan hamda o‘ng yon va so‘l yondan iborat xossa tobin oldida birinchi qator vazifasida harakat qilgan. Xossa tobin o‘ng va so‘ldan tarkib topgan, 3-qator vazifasini o‘tagan shaxsiy gvardiya bo‘y oldidan joy olgan. Saralangan askarlardan tuzilgan xossa tobin markaz (g‘o‘l)dan kuchsizroq, bo‘ydan esa kuchliroq hisoblangan: Temuriylarga ko‘plab zafarlar keltirgan bu harbiy tartib keyingi davrlarda Shayboniylar, Ashtarxoniylar va O‘rta Osiyo xonliklari (Buxoro, Xiva, Qo‘qon) davrida ancha o‘zgarishlarga duch kelgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:51:38
TUMAN OG‘O MAJMUASI — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (XIV-XV asrlar). Shohizinda ansambli tarkibida. Majmua Amir Temurning xotini Tuman og‘o begim nomi bilan bog‘langan. Tuman og‘o majmuasi maqbara, masjid, hujralar va chortoqdan iborat, turli davrlarda bunyod etilgan. Bezaklari XV a. boshlarida ishlanib, uning yaxlitligini ta’minlagan. Maqbara xochsimon tarhli, moviy gumbazli, poygumbazi baland qilib qurilgan. Izorasi yorqin yashil rangli, 6 qirrali koshin g‘ishtlar bilan yakunlangan, tilla halli qilib pardozlangan. Tarzi o‘yma koshin, islimiy va girih naqshlar bilan bezatilgan, yozuvlar bilan to‘ldirilgan. Yozuvlarni «suls» xatida usta Shayx Muhammad ibn Hoji Bandgir at-Tug‘ro Tabriziy bajargan. Ichki bezagida ko‘k, oq va qizil rangli naqshlar manzarali rasmlar bilan uyg‘unlashtirilgan. Maqbaraning janubida 3 gumbazli masjid joylashgan. Uning mehrobi yorqin rangli parchin bilan qoplangan. Shohizinda ansamblining yuqori guruhida joylashgan ushbu yodgorliklarga yuqori chortoq orqali kiriladi. Chortoqning ichki gumbazi muqarnas kosachalar bilan to‘ldirilgan. Peshtog‘i g‘isht va yig‘ma koshin bilan qoplangan. Hujraga kiraverishdagi yozuvda masjidga amir Muso qizi Tuman og‘o asos solganligi qayd qilingan. Umumiy tarhi 5,7А…6 m.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:51:46
TURKAN OG‘O MAQBARASI, SHODIMULK OG‘O MAQBARASI — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (1372). Shohizinda ansambli tarkibida. Amir Temurning opasi Turkan og‘o vafot etgan qizi Shodimulk og‘o (1370-71)ga atab qurdirgan. 1383ilda Turkan og‘oning o‘zi ham qizi yoniga dafn etilgan. Maqbara (8,65x9,85 m) bir xonali, gumbazi qobirg‘ali, tashqi tomonlari bezaksiz. Peshtog‘i va ichki tomoni sirkori g‘ishtchalar, o‘ymakor sirli parchin bezaklari feruza rangda nafis bezatilgan. Ichkarisidagi izora va namoyonlari, gumbazi serhasham bezaklarga boy. Shipi 8 bo‘lakka bo‘linib, 8 qirrali yulduzchalar ichi naqshlar bilan to‘ldirilgan va har biriga alohida turunj ishlangan. Muqarnaslar yuzasi va peshtoq ustunida samarqandlik Shamsiddin, Badriddin va buxorolik Zayniddin ustalarning nomlari yozilgan. Maqbara 1954-yilda ilmiy o‘rganilib, ta’mirlash ishlari olib borilgan. Maqbarada XIV-XV asrlardagi xalq ustalarining me’morlik va naqqoshlikda erishgan yutuqlari yuksak mahorat ila aks etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:51:58
ULUG‘BEK ASTRONOMIK MAKTABI — Ulug‘bek rahbarligida Samarqandda barpo etilgan ilmiy dargoh. Samarqandda o‘z atrofida to‘plangan olimlarning bevosita ishtiroki va yordamida Ulug‘bek 1424-1428-yillarda shahar yaqinida Obirahmat anhori bo‘yida rasadxona qurdirdi. Rasadxona tevaragida olimlar va xizmatchilar uchun hujralar quriladi. Uning etagida esa o‘zi uchun Ulug‘bek ikkita chorbog‘ barpo etadi. Ulardan biri Bog‘imaydon, ikkinchisi esa Chinnixona nomi bilan shuhrat topadi. Ulug‘bek faol ishtiroki bilan va uning bevosita rahbarligi ostida rasadxona Movarounnahr, xususan uning poytaxti Samarqandda zamonasining ancha boy kutubxonasiga ega bo‘lgan va o‘sha zamon sharoitiga nisbatan mukammal astronomic asbob va uskunalar bilan jihozlangan oliy darajadagi ilmgohga aylanadi. Rasadxonada Ulug‘bek bilan birga mashhur matematik va astronomlardan zamondoshlari o‘rtasida "œAflotuni zamon" deb nom olgan Salohiddin Muso ibn Muhammad — Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, "œo‘z davrining Ptolomeyi" nomi bilan shuhrat qozongan Aluddin Ali ibn Muhammad — Ali Qushchi va ko‘pgina boshqa olimlar ilmiy kuzatishlar va ilmiy tadqiqotlar olib boradilar. Xullas, Ulug‘bek Samarqandda butun bir astronomiya maktabini yaratadi. Samarqandda Ulug‘bek rahbarligida barpo etilgan bu ilmiy dargoh matematika, ayniqsa astronomiya sohasida ilmiy dunyoda olumshumul ahamiyat kasb etgan natijalarga erishadi. Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018 sobeta (qo‘zg‘almas) yulduzlarning o‘rni va holati aniqlanib, ularning astronomik jadvali tuziladi. O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bo‘ylab joylashgan 683 geografik punktlarining Samarqand kengligiga nisbatan koordinatalari belgilab chiqildi. Ulug‘bek maktabining erishgan eng muhim va ajoyib muvaffaqiyatlardan biri matematika sohasida bo‘ldi. Ular tomonidan 3-darajali algebraik tenglama yechilib, 1 darajali yoyning sinusi aniqlandi. O‘sha davrda aniq fanlarning rivojlanishi, ana shu sohaga oid ajoyib asarlarning yozilishi va nihoyat buyuk astronom va matematiklar bilan hamfikr hamda yaqin munosabatlarda bo‘lish Ulug‘bek maktabi ilmiy faoliyatining asosiy yo‘nalishini belgilab berdi. Rasadxonada olib borilgan tadqiqotlarning natijalarida asosida matematika va astronomiya oid qator nodir asarlar yaratildi. Garchi bu asarlarning ko‘pi bizning davrimizgacha yetib kelmagan bo‘lsa-da, ammo bizgacha saqlanib qolgan qo‘lyozmalarning ozgina qismining o‘zi ham o‘sha davrda Samarqand astronomik maktabi erishgan yutuqlardan va jahon astronomiya fani rivojiga bu ilmgoh namoyandalari qo‘shgan ulkan hissadan guvohlik beradi. Samarqand astronomik maktabining ko‘zga ko‘ringan nomayandalardan biri G‘iyosuddin Jamshiddir, u astronomiyaga oid: "œZiji haqoni", "œBog‘lar sayri" va "œOsmon narvoni", matematikaga bag‘ishlangan: "œXorda va sinuslar haqida risola’, "œHisob kaliti" va "œDoira haqida risola" kabi asarlarini yozadi. Bu borada Qozizoda Rumiyning "œArifmetekaga oid risola’, "œAstronomiyaning mohiyatiga izohlar", "œShakllar asosiga sharh" va "œSinos haqida risola" nomli asarlari, ayniqsa diqqatga sazovordir. Ushbu maktabning yana bir iste’dodli namoyandasi Ulug‘bekning shogirdi Ali Qushchi bo‘lib, u astronomiya, arifmetika va algebraga oid 6 ta risolaning muallifidir. Samarqand astronomik maktab namoyandalari asoslari va matematik jadvallariga o‘sha davr olimlaridan Qozizoda Rumiyning nabirasi Mirim Chalabiy va Abul Ali Berjandiylar tomonidan yozilgan sharhiy asarlar, ayniqsa muhim ilmiy ahamiyatga ega. XV asr samarqandlik astronomlar o‘z asarlarida dunyoning garchi yapaloq (geosentrik) deb ko‘rsatsalar-da, ammo yerning yumoloq (geliosentrik)ligi ular uchun yot bo‘lmagan. O‘z ustida muntazam ishlash va bilimlarning tinmay chuqurlashtirish natijasida Ulug‘bek o‘zining ko‘pgina zamondoshlaridan o‘zib ketdi. Samarqand rasadxonasida olib borilgan ko‘p yillik tadqiqotlar samarasi, Sharq klassik astronomiyasining nazariy va amaliy masalalarini o‘zida mujassamlashtirgan va uni yangi dalil-isbotlar bilan boyitgan shoh asar Ulug‘bekning "œZiji jadidiy Ko‘ragoniy" ("œKo‘ragoniyning yangi astronomik jadvali") nomli kitobidir. Ulug‘bekning astronomik maktabini o‘z davrining o‘ziga xos akademiyasi deb atash mumkin. Ulug‘bek tevaragiga uyushgan 100 dan ortiq olimlarni o‘z bag‘rida yetishtirgan, nomi jahonga mashhur Samarqand rasadxonasi shu vazifani o‘tagan. "œSamarqand akademiyasi" dastavval bundan 225 yil muqaddam mashhur fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi olim Volter (1694-1778 ) tomonidan e’tirof etilgan. "œUlug‘bek Samarqandda bo‘lib akademiyaga asos soldi, Yer kurasining o‘lchashga buyurdi va astronomik jadvallarini tuzishda ishtirok etdi" deb yozgan edi Volter bu haqda. Darhaqiqat, "œSamarqand akademiyasi" Xorazmning qadimiy poytaxti Gurganchda tashkil topgan, o‘ziga xos akademiya — "œDonishmandlar uyidan" keyingi ikkinchi "œDor ul-ilm" edi. Bu dor ul-ilmning poydevori bo‘lgan Ulug‘bekning astronomik maktabi O‘rta asrlar musulmon Sharqi astronomiyasining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:52:08
ULUG‘BEK MADRASASI — Buxorodagi me’moriy yodgorlik (1417-yil). Ulug‘bek qurdirgan 3 madrasaning eng qadimiysi. Abdullaxon II davrida katta ta’mir ishlari olib borilgan (1586). Bosh tarzida mahobatli peshtoq, 2 qanotida 2 qavatli hujralar va burchaklarida guldastalar joylashgan. Guldastalar tepasi qubbali qilib ishlangan. Madrasaning asosiy bezagi peshtog‘ida bo‘lib, unda sirkor g‘ishtchalardan tashqari rang-barang gulli parchin va koshindan foydalanilgan. Ravoqli peshtoqdan miyonsaroy orqali hovliga o‘tiladi. Miyonsaroy ichki gumbazi 12 qirrali, g‘isht-dan to‘rsimon shakl qilinib, oralariga ko‘k va havo rang koshin terilgan. Hovli (26А…25 m) atrofini 2 qavatli hujralar qatori va peshtoqli 2 ayvon egallagan. Hovlining shim. va jan. tomonlari qisqaroq ko‘rinishga ega bo‘lib, devorlari, ravoq va peshtoqlari oq, feruza va binafsha rang sirkor g‘ishtlar bilan pardozlangan. Hujralar ichi ganch suvoqli. Madrasa (53А…41,6 m) uncha katta emas, hujralari mo‘"jaz, o‘zaro mutanosib, ichki va tashqi tuzilishi o‘ziga xos. Masjid (15,5А…5,5 m) va darsxona (5,5А…5,5 m) gumbazli, miyonsaroyning 2 yon tomonida joylashgan. Miyonsaroyning ikkinchi qavatida kutubxona bor. Xo‘ja Sa’d Jo‘yboriy tomonidan tashqi peshtog‘i va yonlaridagi hujralar ta’mir etilib (1586), peshtoq bezagida mayda yozuvli va naqshli koshin ishlatilgan. Hovli g‘arbidagi hujra tepasida ganchkori bezaklar orasida ta’mirlovchi usta Ismoil ibn Tohir ibn Mahmud Isfahoniy nomi saqlangan. Abdurazzoq Samarqandiyning xabar qilishicha, Ulug‘bek (1419-yil 28-noyabrda) madrasaga kelib ilm oluvchi talabalarga in’omlar ulashgan. Bizgacha Ulug‘bek madrasasi ancha o‘zgargan holda yetib kelgan. XVI-XVII asrlarda, 1950-70 va 1990-96-yillarda ta’mirlangan. Naqshlarida yulduzsimon bezaklar ko‘p. Ayvon ustunlari zarhallangan. Eshik tabaqalariga arab tilida «Bilim olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir», degan ibora o‘yib yozilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:52:17
ULUG‘BEK MADRASASI — G‘ijduvon (Buxoro viloyati)dagi me’moriy yodgorlik (1433-yil). Ulug‘bek Samarqand va Buxoroda qurdirgan madrasalardan eng kichik va soddarog‘i. Madrasa bir qavatli, murabba tarhli (33А…30 m), masjid, darsxona va yotoqxonadan iborat. Peshtog‘i chuqur ravoqli. O‘rtada miyonsaroy, 2 yonida masjid va darsxona (8А…4,6 m), burchaklarida guldasta joylashgan. Miyonsaroy to‘ridagi eshikdan hovliga chiqiladi. Hovli (15А…13 m)ning 2 yonida 5 ta hujra bo‘lib, uning 4 tasi murabba tarhli, tomi qubbali. Bizgacha Ulug‘bek madrasasining bosh tarzi (XV asr), unga tutashgan ayvon va minora saqlangan. Bosh tarzida Ulug‘bek nomi va qurilgan sanasi yozilgan. Madrasaning g‘arbida shayx Abduxoliq G‘ijduvoniy qabri joylashgan. G‘ijduvoniyning 890 yilligi (1993-yil) munosabati bilan Ulug‘bek madrasasi ta’mirlangan. Bosh tarzi peshtog‘i yoniga ustunli, tekis tomli ayvon (bostirma) qurilib, ichi koshin bilan bezatilgan, peshtoq yonlaridagi hujralarga bosh tarzidan kiriladigan eshik, tobadonlarga ganchkori panjaralar o‘rnatilgan. Serhasham naqshinkori bezaklari tiklangan. G‘ijduvoniy daxmasi ustiga 2003-yili tomi ustunli yog‘och o‘ymakori gumbaz bilan yopilgan, ayvon qurildi. Daxma bezaklari qaytadan tiklandi. Madrasa oldi, daxma va yangi qurilgan masjid joylashgan hudud zamonaviy talablarga mos qilib obodonlashtirildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:52:26
ULUG‘BEK MADRASASI — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (1417-1422-yillar). Registon ansamblining g‘arbida joylashgan. 2 qavatli, to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (56А…81 m). Bosh tarzi maydonga qaragan, mahobatli peshtoq mujassamotida keng toqili ravoq (bal. 16,5 m), uning 2 yonida guldastalar (bal. 32 m) bor. Ravoq tepasidagi yulduzli osmon aks etgan qanos bezaklari o‘ziga xosdir. Guldasta tepasi muqarnas, sharafalar bilan yakunlangan. Peshtoq ravog‘i cheti morpech shaklida, tokchasidagi namoyonlar o‘ziga xos uslubda pardozlangan. Peshtog‘i, guldastasi va tashqi devorlarida girih naqshining turli betakror namunalari aks etgan. Ganchkori panjaralar orqali xonaga yorug‘lik tushib turadi. Moviy va ko‘k koshin hamda sopol g‘ishtlar vositasidageometrik naqshlar bilan bezatilgan devor sathi yozuvlar bilan o‘zaro uyg‘unlashib, ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Peshtoq orqali chorsi hovli (30А…30 m)ga o‘tiladi. Hovli atrofi 2 qavatli hujralar (48 ta) bilan o‘ralgan, har bir hujra qaznoq, yotoqxona, umumiy xonadan iborat. Madrasaning shim. va jan. tarzlari o‘rtasida tashqi tomondan alohida peshtoqlar bor. Madrasaning 4 tomonini darsxona va ayvon egallagan. Masjid (22А…8 m) jan.-sharqiy tomonga cho‘zilgan. Tashqi to‘rt burchagida 4 ta baland minora bor. Xonaqoh va ba’zi hujralar ichkarisi naqshin bezaklar bilan pardozlangan. Bezaklari orasida kufiy va suls yozuvlari uchraydi. Vayron bo‘lgan ikkinchi qavati, qiyshaygan guldastasi, devorlaridagi ko‘chib ketgan bezaklar qayta tiklangan (1936), V. Shuxov va M. Mauerlar loyihasi asosida shim.-sharqiy minorasi ta’mirlangan (1932). E. Gendel qiyshaygan minorani o‘z holiga keltirgan (1965). Ulug‘bek madrasasi me’moriy shakli, tuzilishi jihatidan O‘rta Osiyo me’morligida shu turdagi binolar orasida eng mukammal yuksak san’at namunasi hisoblanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:52:35
ULUG‘BEK RASADXONASI — Samarqanddagi XV asr me’morligining nodir namunalaridan biri, ko‘hna astronomik kuzatuv muassasasi. Ulug‘bek farmoyishi bilan 1428-29-yilda Ko‘xak (Cho‘ponota) tepaligida ulkan silindr shaklida bunyod etilgan; ayrim qo‘lyozmalar («Boburnoma»)ga ko‘ra, bal. 30,4 m dan iborat 3 qavatli qilib qurilgan. Unda o‘ndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bo‘lgan. Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 m li qo‘shaloq yoydan iborat kvadrant (yoki sekstantga yaqin) qurilma hisoblanadi. Kvadrantning jan. qismi yer ostida, qolgan qismi shim. tomonda yer sathidan 30 m cha balandda joylashgan. Asbob aylanasida bir gradus yoy 701,85 mm va bir minut yoy 11,53 mm ga to‘g‘ri keladi. Rasadxona o‘rta asrlarda asbob-uskunasi jihatdan ham beqiyos bo‘lgan. Asbob astronomiyaning asosiy doimiyliklari — ekvator va ekliptika orasidagi burchakni o‘lchash, yillik presessiya doimiysini, tropik yil davomiyligini va b. fundamental astronomik doimiyliklarni aniqlashga imkon bergan. Rasadxonada kichik o‘lchamli asboblar: zot-ul-usturlab, zot ul-halqa, zot ul-suqbatayn, zot ash-shu’batayn, shomila, quyosh hamda yulduz soatlari va boshqalar bo‘lgan. Bu ilmiy uskunalar yordamida Quyosh, Oy, sayyoralar va alohida yulduzlar kuzatilgan. Bu ilmiy uskanalarni Ali ibn Iso Usturlobiy, Abu Mahmud Xo‘jandiy va usta Ibrohim kabi mohir asboboz misgar hunarmandlar tomonidan yasalgan. Mirzo Ulug‘bekning eng yirik astronomik asari «Ziji Ko‘ragoniy» rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati Ulug‘bek taklifi bilan yig‘ilgan qator mashhur olimlar G‘iyosiddin Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar nomi bilan bog‘liq. Ulug‘bek rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908-yilda V.L. Vyatkin rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari natijasida topilgan. Xususan, bu yerda diametri 48 m keladigan, qalinligi bir g‘isht bo‘lgan aylanma devor borligi va uning markazida qo‘shaloq yoydan iborat ulkan bosh qurilmaning qoldiq qismlari aniqlangan. Uning katta zallari, turli katta-kichik xonalari bo‘lgan. Boburning yozishicha, Ulug‘bek rasadxonasining sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan. Rasadxona ichiga o‘rnatilgan juda katta asbob yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar katta aniqlik bilan o‘rganilgan. Rasadxonada 15 ming jild kitob saqlangan kutubxona ham bo‘lgan. Ichki devorda osmon tasviri, yulduzlar xaritasi, tog‘, dengiz, mamlakatlar belgilangan Yer shari tasviri ishlangan. Keyinchalik u qarovsiz qolib, XVI asrda vayron qilingan. Hozir Ulug‘bek rasadxonasidagi katta asbob — kvadratning yer ostida saqlangan qismi balandligi bilan 11 m keladi. 1964-yil Ulug‘bek rasadxonasi yonida Ulug‘bek muzeyi ochilgan. Ulug‘bek rasadxonasining asl ko‘rinishi, ichki tuzilishi, bosh qurilmasi haqida O‘zbekiston va chet el olimlari tomonidan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:52:43
USTA — korxona boshlig‘i.

USTURLAB — astronomiya asbobi, astrolyabiya.

VALIAHD — toju-taxt vorisi. Hukmdor tirikligi davrida har ehtimolga qarshi voris tayilab qo‘yardi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:52:52
XALFA — 1) o‘rta asrlar ustaxonalarida hunar o‘rganuvchi shogird. Shogirdlik muddatini o‘tagach, usta qo‘lida bir necha yil ishlab, o‘zi usta bo‘lgan; 2) eski maktabda o‘quvchilar yetakchisi, maktabdor domla (o‘qituvchi) ga dastyor; 3) hunar-kasb o‘rganuvchi shogirdlar boshlig‘i.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:53:01
"œXAMSA" — Alisher Navoiyning 5 dostondan iborat shoh asari. Bular "œHayrat ul-abror" ("œYaxshilar hayrati"), "œFarhod va Shirin’, "œLayli va Majnun’, "œSab`ayi sayyor" ("œYetti sayyora’), "œSaddi Iskandariy" ("œIskandar devori") dostonlaridir. Fors adabiyotidagi xamkaslikka javob sifatida o`zbek tilida birinchi marotaba yaratilgan Alisher Navoiy "œXamsa’si bu tilning cheksiz imkoniyatlarini amalda isbot etdi. 52 ming misradan iborat bu beshlik XV asr islom tafakkurining borliq va tabiat, inson va jamiyat, axloq va kamolot haqidagi o`ziga xos qomusi edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:53:09
XAMSACHILIK — Sharq xalqlari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri; «Xamsa» yozish bilan bog`liq adabiy an’ana. Nizomiy Ganjaviy asos solgan. Ijodkorlar Nizomiy "œPanj ganj"ini ("œBesh xazina’) tashkil etuvchi "œMahzan ul-asror", "œXusrav va Shirin’, "œLayli va Majnun’, "œ«Haft paykar", "œIskandarnoma" dostonlarining mavzui, mazmuni, qahramonlari, vazni, joylashish tartibini saqlagan holda mustaqil asar yaratganlar. Bu badiiy ijodda katta mahorat maktabi sanalgan. Xamsa dostonlarining har biri mavzui, qahramonlari, hatto qo`yilgan masalalarigacha aniqlikka ega bo`lib, bu janrda ijod qilgan yozuvchi o`z mahoratini ana shu an’anaviy vositalar yordamida ko`rsatishi, shu orqali o`z davri ideallarini ifodalashi lozim bo`lgan. An’anaga ko`ra, xamsadagi birinchi dostonning asosini falsafiy-axloqiy masalalar tashkil etgan. ikkinchi 3-dostonlar sevgi orqali aks ettirilgan ijtimoiy-ma’naviy masalalarni yorituvchi mavzu asosida uyushgan. 4-doston sarguzasht asar bo`lib, unda adolatli shoh masalasi ko`tarilgan. So`nggi doston avvalgilarining xulosasi, umumlashmasi bo`lib, unda ijodkorning ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlari aks etgan. Sharqda badiiy qimmati turlicha bo`lgan 50 dan ortiq xamsalar vujudga kelgan. Xamsaning alohida dostonlariga javoblar ham yozilgan. Lekin bizgacha bu asarlarning hammasi ham yetib kelgan emas. Xamsa dostonlaridan faqat birigagina javob yozib, yuksak darajada shuhrat qozongan ijodkorlar ham bo`lgan (Fuzuliy, "œLayli va Majnun’). Xamsachilikda eng ko`p dostonlar "œLayli va Majnun" mavzuida yaratilgan. Keyingi o`rinlarda tegishli ravishda "œXusrav va Shirin’, "œMahzan ul-asror", "œIskandarnoma’, "œHaft paykar" mavzuidagi dostonlar turadi. Xamsanavislar o`z asarlarida epik-romanik, qahramonlik yoki sufiylik mavzuini birinchi o`ringa qo`yganlar. Nizomiy Ganjaviy "œXamsa’sining mazmuni va mavzulari turli xalqlar badiiy adabiyotlariga ta’sir etib, XIII-XX asrlar mobaynida 600 dan ortiq asar yaratilgan. Nizomiy "œXamsa’sini fors tilida yozgan. Boshqa xalqlar xamsachilik an’anasini o`z tillarida davom ettirganlar. Turkiy, urdu, pushtu, kurd, arman va boshqa tillarda xamsalar yaratilgan. Davrlar o`tishi bilan muayyan ijtimoiy-siyosiy sharoitda belgilangan mavzu, mazmuni, obrazlarga ega bo`lgan "œXamsa" dostonlarining mazmuni, tarkibi o`zgarib borgan. Xamsachilik an’anasi Kavkazorti, O`rta Osiyo, Afg`oniston, Pokiston va Hindiston mamlakatlarida davom ettirilgan. Turkiy xalqlar adabiyotida xamsachilikka qiziqish XIII-XIV asrlardan boshlangan. Qutb Xorazmiy Nizomiyning "œXusrav va Shirin" dostonini, Haydar Xorazmiy she’riy shaklini saqlagan holda ayrim o`zgarishlar bilan "œMahzan ul-asror" dostonini turkiy tilga tarjima qilgan. Turkiy (o`zbek) tilida "œHayrat ul-abror", "œFarhod va Shirin’, "œLayli va Majnun’, "œSab"ai sayyor", "œSaddi Iskandariy" nomlari bilan 5 doston — "œXamsa" yaratgan Alisher Navoiy xamsachilik taraqqiyotiga beqiyos hissa qo`shgan va xamsachilikni turkiy xalqlar adabiyotida Nizomiy darajasiga ko`tardi. Bunda Navoiy o`zigacha bo`lgan buyuk xamsanavislar — Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiylarni o`ziga ustoz deb bildi va ularning X.dagi g`oyaviy-badiiy an’analarini mahorat bilan rivojlantirdi. Xamsachilkni yuqori pog`onaga olib chiqdi. Navoiy xamsachilikda an’anaviy obrazlar hisoblangan Farhod, Shirin, Dilorom, Layli, Majnun, shohlardan Xusrav, Bahrom, Iskandar obrazlarini yangicha, o`z davri adabiyotining insonparvarlik g`oyalari nuqtai nazaridan talqin etdi. Navoiy "œXamsa’si turli xalqlar dostonchiligining keyingi taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qilgan. O`zbek shoiri Xoja ("œMaqsad ul-atvor"), turk shoiri Lomiy va uyg`ur shoiri Nizoriy ("œFarhod va Shirin’), ozarbayjon shoiri Fuzuliy ("œLayli va Majnun’) o`zlarining dostonlarini Navoiyning "œXamsa" dostonlari ta’sirida yaratganlar. Navoiy "œXamsa’si ayni vaqtda o`zbek adabiy tilining boyligi, mukammal va rang-barangligini ham namoyish etadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:53:17
"œXAMSAT UI-MUTAHAYYIRIN" — Alisher Navoiy tomonidan uning piri va ustozi Abdurahmon Jomiy vafoti munosabati bilan 1494-yilda yozilgan, adabiyotning xotira turiga oid asar nomi. «Xamsat ul-mutahayyirin» iborasi «hayratlanarli beshlik» ma’nosida. Jomiy 14-asrning 40-yillari oxiri va 50-yillarida Samarqandda Ulug`bek madrasasida, so`ng boshqa madrasalarda o`qib yurar ekan, darslarni yaxshi o`zlashtirishda u boshliq 5 talaba «Xamsat ul-mutahayyirin» deb nom chiqargan. «Xamsat ul-mutahayyirin» deganda odatda 5 yorug` yulduz (aniqrog`i, sayyoralardan Atorud, Zuhra, Mirrix, Mushtariy, Zuhal) ko`zda tutiladi. Bunda Navoiy o`sha iboradan foydalangan. «Xamsat ul-mutahayyirin» risolasi ham 5 qismdan tashkil topgan bo`lib, muqaddima, 3 maqolat hamda xotimadan iborat.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:53:24
XATTI HIROTIY — xattotlik uslubi, arab mumtoz xat uslublaridan biri. XIV asrda shakllangan, nazariy asoschisi Mir Ali Tabriziy. Nasta’liq uslubi ayniqsa Sulton Ali boshliq Hirot xatotlari faoliyati bilan keng tarqaladi va o‘z takomilining yuksak bosqichiga ko‘tariladi. "œXatti Hirotiy" deb shuhrat topgan bu uslub qator Sharq o‘lkalarida keng tarqalgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:53:35
XATTOTLIK (arabcha — husnixat yozuvchi) — yozuv (xat) san’ati, kitob ko‘chirish hamda me’moriy inshoatlar, badiiy buyumlarning kitobalarini yaratish kasbi. Yozuvning paydo bo‘lishi natijasida yuzaga keldi. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli xatotlikning rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan, O‘rta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qo‘lyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini ko‘paytirish (matn ko‘chirish) bilan xattotlar shug‘ullangan. Xattotlar saroylarda, ayrim amaldorlar huzurida guruh bo‘lib ishlagan. Jumladan, temuriy shahzoda Boysung‘ur Mirzo (1397-1433) Hirotda tashkil qilgan kutubxonada musavvir, naqqosh va b. ustalar bilan bir qatorda 40 dan ortiq xattotlar qo‘lyozma kitoblar tayyorlash, yaroqsiz holga kelganlarini ta’mirlash bilan mashg‘ul bo‘lgan. Xattotlik san’atiga bag‘ishlangan ko‘plab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muhaqqaq, nasta’liq, suls, tavqe, ta’liq, devoniy, riqo, riq"iy) mavjudligi haqida darak beradi. O‘rta Osiyoda arab yozuvlari tarqalguniga qadar turli yozuv usullari bo‘lgan. Qadimiy yozuvlardan bo‘lgan kufiy yozuvi ko‘pgina me’moriy va boshqa yodgorlik obidalarining bezagida saqlanib qolgan. Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasida saqlanayotgan Usmon Qur‘oni ham ana shu kufiyda ko‘chirilgan. Qur‘on ko‘chirishda nasx, buyruq va farmonlar yozishda tavqe, maktublar bitishda riqo ishlatilgan. Bulardan tashqari tumor, g‘ubor, shajariy, tug‘ro va boshqa yozuv usullari ham bo‘lgan. XV asrdan kitob ko‘chirish (fors, eski o‘zbek tillari)da nasta’liq xati rasm bo‘lgan. Xattotlik O‘rta Osiyoda Temuriylar, Shayboniylar va so‘nggi sulolalar (ashtarxoniylar, mang‘itlar) davrida yuksak darajada taraqqiy etgan. Amir Temur davrida Mavlono Shamsuddin Munshiy, sangtarosh va xattot Oltun juda mashhur bo‘lgan. Alisher Navoiyning shaxsiy kutubxonasida 11 ta yirik san’atkorlar (Sultonali Mashhadiy, Abduljamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy va boshqalar) xatotlikda samarali ijod qilgan. «Xattotlar sultoni» Sultonali Mashhadiy, Mir Ali Tabriziy va boshqalar nasta’liq xatini san’at darajasiga ko‘targan. Temuriy shahzodalar (Ibrohim bin Shohruh, Boysung‘ur Mirzo, Badiuzzamon Mirzo va boshqalar) ham xattotlikka homiylik qilish bilan birga o‘zlari bu san’at turi bilan shug‘ullangan; Zahiriddin Muhammad Bobur esa yangi xat va alifbo «Xatti Boburiy» ixtirochisidir. Kitobat san’ati bilan bir qatorda binolarning kitobalari, qabrtoshlardagi bitiklar va buyumlarda xattotlar keng qo‘llanilgan. Shayboniylardan Muhammad Shayboniyxon va Ubaydullaxon xattotlik bilan shaxsan shug‘ullangan va nasx xatida yuksak mahorat bilan yozgan. XVI a. Movarounnahr xattotlik maktabini yuzaga kelishida Mir Ali Hiraviyning hayoti va ijodi alohida o‘rin tutadi. Bosmaxona paydo bo‘lguniga qadar kotib, xattotlar mehnati kitob tayyorlashda muhim o‘rin tutgan. Bu borada Boysung‘ur Mirzo, Alisher Navoiy, Muhammad Rahimxon II (Feruz) va boshqalarning faoliyatlari diqqatga sazovor. XX asrda yirik kutubxonalarda xattotlar qo‘lyozma kitoblar nusxasini ko‘paytirish bilan shug‘ullandilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:53:49
"œXAZOYIN UL-MAONIY" («Ma’nolar xazinasi») — Alisher Navoiyning asari. 1491 96-yillarda tartib berilgan. «Xazoyin ul-maoniy» — "œG`aroyib us-sig`ar" ("œYoshlik g`aroyibotlari"), "œNavodir ush-shabob" ["œYigitlik nodirlik (she’r)lari"], "œBadoe’ ul-vasat" ("œO`rta yosh badialari") va "œFavoyid ul-kibor" ("œKeksalik foydalari") nomli devonlardan tarkib topgan mukammal yig`ma devon. Xalq orasida "œChor devon" deb ham yuritiladi. "œXazoyin ul-maoniy"ning tuzilish tarixini Alisher Navoiyning o`zi "œXamsat ul-mutahay-yirin’, "œMunshaot", "œMuhokamat ul-lug`atayn’, ayniqsa, "œXazoyin ul-maoniy"ga maxsus yozgan «Debocha»sida bayon etgan. Ushbu asarlarda yozilishicha, Abdurahmon Jomiy o`z she’rlarini to`plab (1491 92), 3 devon tuzgan va Navoiyga taqdim etgan. Navoiy bu devonlarning aralashib ketmasligi uchun ularga maxsus nomlar qo`yishini maslahat bergan. Navoiy maslahati Jomiyga ma’qul tushgan va u devonlarini "œFotihat ush-shabob" ("œYoshlikning boshlanishi"), "œVositat ul-iqd" ("œBog`lanish vositalari"), "œXotimat ul-hayot" ("œHayot xotimasi") kabi nomlar bilan atab, umumiy "œDebocha" yozgan hamda bu fikrning Navoiydan chiqqanligini alohida ta’kidlagan. Shundan so`ng, Navoiy ham ustozi taklifi bilan barcha lirik she’rlarini to`plab "œXazoyin ul-maoniy"ni tuzishga kirishgan. "œXazoyin ul-maoniy"ning yuzaga kelishi Jomiy va Navoiy do`stligining, o`zbek va tojik adabiyotlari o`rtasidagi aloqalarning yorqin dalilidir. "œXazoyin ul-maoniy" 45 ming misraga yaqin, 3130 dan ortiq lirik she’rlardan tuzilgan. Unga shoirning 7-8 yoshidan boshlab umrining oxiriga qadar yozgan o`zbekcha she’rlari kiritilgan. "œXazoyin ul-maoniy" o`z davridagi ma’naviy hayotning o`ziga xos qomusi bo`lib, shoir o`z she’rlarida hayotni, insonni, uning olijanob tuyg`u va intilishlarini ulug`lagan. "œXazoyin ul-maoniy"ni yaratish uchun shoir o`zining butun umrini sarflagan. Alisher Navoiy "œXazoyin ul-maoniy" bilan o`zbek she’riyatining janr va mavzu doirasini yanada boyitdi. O`zbek she’riyatida biron ijodkor bunday mukammal devon tuzish darajasiga ko`tarila olmagan. Shoirning bu devoni qo`lyozma nusxalarda to`la va qisqartirilgan holda bir qancha mamlakatlarda qayta-qayta ko`chirilgan va ko`p bor nashr etilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:53:57
XOJA AHMAD MAQBARASI — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (XIV a. 60-yillari); Shohizinda xazirasining yuqori hovlisi (to‘ri)da joylashgan. Maqbara peshtoq-gumbazli, to‘rtburchak tarhli (7,6А…3 m) xonadan iborat bo‘lib, xona o‘rtasida 4 ta nomsiz sag‘ana bo‘lgan. Bino ichi, gumbaz osti tuzilishi XII a. me’morligi uslubini eslatadi. Old tomondagi peshtog‘i rang-li sirkori koshinlar bilan bezatilgan, suls va kufiy xatidagi kitobalar va bezaklar mahorat bilan uyg‘unlashtirilgan. O‘ymakori bezaklar orasida "œ... amali usta Faxr Ali..." yozuvi saqlangan. Xoja Ahmad nomi bitilgan yozuv qismi saqlanmagan. Tamg‘och Bug‘roxon vaqfnomasi shu manzilda Ahmad muqassis — qissago‘y maqbarasi borligini qayd qilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:54:06
XOJA AHROR MAJMUASI — Samarqand atrofidagi me’moriy yodgorlik (XV-XX asrlar); Samarqand tumanidagi Ulug‘bek qishlog‘i hududida. Xoja Ahror qabri yaqinida turli davrlarda bunyod etilgan Nodir Devonbegi madrasasi, ikki ayvon, masjid, minora hamda hovuzli hovlidan iborat majmua. Majmuaning markazi 8 yoqli hovuz, uning jan.da Xoja Ahrorning oq marmarli qabrtoshi bor, qabrtoshiga arab yozuvida husnixat bilan marsiya yozilgan. Shimolda Nodir Devonbegi madrasasi, to‘rtburchak hovlining atrofida hujralar joylashgan; hovlining g‘arbida ayvon bor, bezaklari XVII asrga xos, marmar kursili ustunlar boshasi muqarnasli, shifti 3 qismga bo‘linib, yulduzsimon shakldagi hovuzaklar ishlangan. Ikkinchi murabba tarhli ayvonning sharqiy tomoni ochiq, qolgan uch tomoni qalin devor bilan o‘ralgan, devorlariga chuqur ravoqlar ishlangan; yon tomonidan masjidga kiriladi. Masjid sinchli bino bo‘lib, to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli, yog‘och ustun-to‘sinli, shifti vassali, nafis naqshlar bilan serhasham bezatilgan. Masjid izorasiga koshinkori naqshlar ishlangan, mehrob va ravoqlari muqarnaslar bilan to‘ldirilgan, yuqoridagi hoshiya qatorlar qirma usulida bajarilgan. Hujralar hovlining shim.da joylashgan, sodda, bezaksiz. Hovuz yonida tagi 6 qirrali minora qad ko‘targan. Ta’mir vaqtida tomi tunuka bilan yopilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:54:22
XONASHUMOR — har xonadondan olinadigan jonbosh soligi.

XORO — tovlanuvchi yaltiroq ipak mato.

XUROFIY — soxta, uydirma, asossiz.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:54:29
XUSRAVIYA — Alisher Navoiy tomonidan Marv shahrida bunyod etilgan madrasa.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:54:39
YASSAVIY MAJMUASI, XOJA AHMAD YASSAVIY ME’MORIY MAJMUASI — Turkiston (qadimgi Yassi) shahridagi me’moriy yodgorlik (1389-95); Qozog‘iston hududida. Dastlab Xoja Ahmad Yassaviy qabri ustida kichik maqbara qurilgan (XII a.). Keyin Amir Temur tomonidan ulkan mahobatli maqbara majmui bunyod etilgan, bino loyihasini ishlab chiqishda uning o‘zi shaxsan ishtirok etgan. Qurilishga devonning xayriya ishlari boshlig‘i Mavlono Ubaydulla Sadr bosh etib tayinlangan. Qurilish qisqa muddatda zudlik bilan boshlanib jadal qurila boshlangan, biroq Amir Temurning vafoti (1405)dan so‘ng qurilish to‘xtab qolgan. Bino oldidagi ulkan peshtoqni Buxoro hukmdori Abdullaxon II (1583-98 ) tiklashga harakat qilgan. Yassaviy maqbarasi ko‘lami jihatdan o‘sha davrlarda bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Shahrisabzdagi Oqsaroy va Dor us-Siyodat majmuiga tenglashadi. Yassaviy maqbarasi janubdan shim.ga cho‘zilgan to‘rtburchak tarhli (46,5x65,5 m), peshtoq-gumbazli; mujassamot markazida jamoatxona va uning atrofida go‘rxona, masjid, katta va kichik oqsaroy, kitobxona, halimxona, quduqxona va ikki qavatli hujralar (jami 35 dan ortiq xonalar) joylashgan; majmuaning jan.-g‘arb tomonidagi yer osti chillaxonasi Yassaviy davrida paydo bo‘lgan, keyingi davrlarda qayta tuzatilgan. Majmua tashqi devorlarining qalinligi 1,8-2 m, jamoatxona devorining qalinligi 3 m. Mahobatli bino jamoatxona bilan bog‘langan 2 qavatli 8 yo‘lak (dahliz)lar bilan simmetrik tarzda 8 qismga bo‘lingan (yo‘laklardan 2 tasining boshi berk); go‘rxonaga jamoatxona bilan bog‘lanmagan alohida yo‘lak orqali kiriladi, kirish eshigi tepasidagi tosh lavhaga majmua Amir Temur buyrug‘iga binoan bunyod etilgani qayd etilgan. Majmuaning bosh tarzidagi ulkan peshtoq (kengligi 50 m, ravog‘iniki 18,2 m)ning ikki yoniga guldastalar, orqa burchaklariga ustungo‘shalar ishlangan, peshtoq orqali jamoatxonaga kiriladi, jamoatxona (bal. 37,5 m) katta gumbaz (diametri 18,2 m) bilan yopilgan; xona o‘rtasiga qirq quloqli nazir-niyoz qozoni o‘rnatilgan (usta Abdulaziz ibn Sharafiddin ishi), bu yerda haftada 2 marta kambag‘al bechoralar va musofirlarga halim tortilgan. Jamoatxona to‘ridagi go‘rxona (7,15А…7,15 m)da yashil yashma toshidan ishlangan sag‘ana (3,25А…2,2 m) bo‘lib, unda o‘yma naqshlar va kitobalar saqlangan. Go‘rxona va masjid qo‘shqavatli gumbaz bilan yopilgan: go‘rxonaning tashqi gumbazi (diametri 10 m, bal. 21 m) 52 ta qovurg‘ali bo‘lib, sirkori koshinlar bilan kitobalar bitilgan baland poygumbazga o‘rnatilgan, masjid gumbazining poygumbazida 16 ta panjarali darchalari bor, shiftidagi 6 qirrali yulduz shakli xonaga jozibadorlik baxsh etgan, ayniqsa mehrob (3,5А…2,5 m) hashamdor bezatilgan. Jamoatxona, go‘rxona, masjidning ichki devorlariga ravoqlar ishlanib, xonalar ichi kengaytirilgan, gumbaz va ravoqlar muqarnaslar bilan to‘ldirilgan. Bino ko‘lamini uning tashqi bezaklaridagi koshinkori handasiy naqsh va kitobalar ham ta’kidlaydi. Ya.m.ning tashqi devor yuzasi 3 qismga bo‘linib, poydevoriga (bal. 1,85 m) koshinkori girih naqshlar, o‘rta asosiy qismga yirik handasiy shakl-lar va yuqori hoshiya (friz) qismiga (bal. 2,62 m) kitobalar ishlangan. Go‘rxona va masjid ichkarisi hallangan rangli koshinlar bilan ziynatlangan. Bino eshiklari yog‘och o‘ymakorligida bezatilgan, metall qismlari rixtagarlik, kandakorlik usulida bajarilgan. Yassaviy maqbarasi bezaklari orasida usta Safar, Hoji Hasan Sheroziy (1397), Shams Abd ul-Vahhob Sheroziy, Izzatiddin ibn Tojiddin Isfahoniy nomlari saqlangan. Yassaviy maqbarasida Ulug‘bekning qizi Robiya Sulton begim maqbarasi bunyod etilgan (XV a.). XVI asrda Yassaviy maqbarasiga qo‘shimcha binolar qurilgan, majmuaning ayrim xonalaridan go‘rxona sifatida foydalanilgan (mas., Abulxayrxon va boshqalar dafn etilgan). XIX asrda Qo‘qon xoni tomonidan majmua atrofidagi hudud g‘isht devor bilan o‘ralib, qal’aga aylantirilgan. Yassaviy maqbarasi turli davrlarda ilmiy o‘rganilgan, ta’mirlangan, poydevori mustahkamlangan. 1975-yilda me’moriy hudud (65 ga)ni himoyalash bosh rejasi qabul qilingan. Yassaviy maqbarasi 1978-yildan muzeyga aylantirilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:54:55
"œZAFARNOMA’, FATHNOMAYI TEMURIY, TARIXI JAHONGUSHOYI TEMURIY — Amir Temur davlati tarixiga bag`ishlab yozilgan asar. Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidan Ibroim Sulton farmoniga ko`ra, 1419-1425-yillarda Sherozda fors tilida yozilgan. "œZafarnoma" aslida "œFathnoma" yoki "œFathnomayi Temuriy" yoki "œTarixi Jahongushoyi Temuriy" deb nomlangan bo`lsa-da, Nizomiddin Shomiyning "œZafarnoma" siga mazmunan yaqinligi tyfayli keyinchalik "œZafarnoma" nomi bilan shuhrat topgan. Asar 2 qismga: Temurdan oldingi davr tarixidan umumiy tarzda so`zlovchi "œMuqaddima" va Temur davri tarixini yorituvchi asosiy qism "œZafarnoma’ga bo`linadi. XV-XVI asrlarda "œZafarnoma" qahramonlik qissasi janrida ikki marta she`riy yo`l bilan: o`zbek tilida shoir Lutfiy va fors tilida Hotifiy tomonidan kuylangan. XVI asr boshlarida shayboniylardan Ko`chkunchixonning topshirig`iga muvofiq, Muhammad Ali ibn Darvesh Ali Buxoriy tomonidan "œZafarnoma" o`zbek tiliga tarjima qilingan. O`zbekiston mustaqil davlat bo`lishi sharofati bilan temuriylar tarixini haqqoniy yoritish uchun keng imkoniyatlar paydo bo`ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:55:07
"œZIJI KO`RAGONIY", "œZIJI JADIDI KO`RAGONIY" ("œKo`ragoniy yangi astronomik jadvali"), "œUlug`bek ziji" — Samarqand yaqinidagi rasadxonada Mirzo Ulug`bek rahbarligida yaratilgan (1437) ilmiy asar. Ikki bo`limdan (batafsil yozilgan muqaddima va 1018 ta sobita yulduzning jadvalidan) iborat. Muqaddima 4 qismga ajratilgan. Asarning bosh muqaddima qismi astronomiyaning nazariy masalalari, Sharq xalqlaridagi yil hisobi usullari, astronomiyaning amaliyoti, sayyoralarning nazariyasi, hamda astronomiya va astrologiya masalalariga bag`ishlangandir. "œZiji jadidi Ko`ragoniy"ning ikkinchi qismi astronomiya va trigometriyaning amaliy masalalariga bag`ishlangan. Ulug`bek asarining bu qismi 3-darajali algebraik tenglama yangi original uslub bilan mufaqqiyatli ravishda hal qilinib, natijada aniqligi milliarddan bir bo`lgan 9 xonali trigometrik jadval tuzilgan. Shuni qayd etish joizki, Ulug`bekning astronomik jadvali o`sha zomondagi shunga o`xshash jadvallar orasida yuksak darajada aniqligi bilan ajralib turadi. Masalan, falak al-buruj tekisligini xatti istofaga og`maligi Ulug`bek jadvalida 23 daraja, 30 daqiqa, 17 soniyaga teng bo`lib, hozirgi hisob bo`yicha u 23 daraja, 30 daqiqa va 49 soniyani tashkil etadi. Bu ikki raqamlar o`rtasidagi tafovut hammasi bo`lib, minus 32 soniyaga teng xolos. Shungdek, Ulug`bekning yil hisobini hozirgi aniq hisob-kitoblarga solishtirgudek bo`lsak, u bor-yo`g`i 1 minutu 2 soniyaga farq qiladi. Bular XV asr uchun g`oyat yuksak aniqlik bo`lib, hozirgi zamon o`lchovlariga juda yaqindir. "œZiji Ko`ragoniy"da keltirilgan yulduzlar jadvali Samarqandda olib borilgan kuzatishlar asosida tuzilgan. Jadval yulduzlar soni va kuzatishlarning originalligi jihatdan astronomiya tarixida Gipparx — Ptolemey jadvalidan keyin (I asr) ikkinchi o`rinda turadi. Optik asboblar ixtiro qilingunga qadar tuzilgan zijlar orasida "œZiji Ko`ragoniy" eng mukammal hisoblanadi. Undan vaqtni aniqlash va geografik koordinatalarni o`lchashda, shuningdek, turli astronomik masalalarni hal qilishda XVII asrga qadar Sharqda va Yevropada foydalanib kelindi. "œZiji Ko`ragoniy" fors tilida yozilgan; keyinchalik, arab va turk tillariga tarjima qilingan. Ulug`bekning shogirdi Ali Qushchi zij qo`lyozmalarining keng tarqalishiga katta hissa qo`shdi. "œZiji Ko`ragoniy" Yevropada birinchi marta 1648-yilda (Angliya) nashr qilindi; keyinchalik, ko`pgina Yevropa tillariga tarjima qilindi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:55:19
ZOT SUHBATAYN — dioptr (tirqish).

ZOT SHO‘BATAYN — trekver (astronomik asbobning qismi).

ZOT UL-USTURLAB — astrolyabiya.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:55:34
ZOT UL-HALQA — astronomik o‘lchov asbobi.

ZO‘G‘ATA — qayrilma pixli (nashtar) mix yoki qalmoq; paykon.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:55:42
 "œZUBDAI TAVORIX" — Hofizi Abruning tarixga oid asari. Hofizi Abru temuriy Boysung`urning topshirig`i bilan 1423-1425-yillari "œZubdai tavorix" ("œMajmu at-tavorix") nomli katta tarixiy asar yozgan. Bu asarning 4-qismini u Amir Temur va temuriylar hukmronlik qilgan davrga bag`ishlagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:55:51
O‘TLOQ VA SUVLOQ — yaylovlardan olinadigan soliq.

"œO`Z DAVRINING PTOLOMEYI" — Ulug`bek mirzoning shogirdi Ali Qushchi zamondoshlari o`rtasida shu nom bilan shuhrat qozongan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:56:00
G‘UL — muntazam qo‘shin.

G‘ULBA — suv quvuri.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:56:14
SHAMSUDDIN KULOL MAQBARASI — Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik (XV a.). Amir Temurning otasi Amir Tarag‘oyning piri Shamsuddin Kulol qabri ustiga qurilgan. Go‘rxonaning tarhi to‘rtburchak (12,1А…10,6 m), pishiq g‘ishtdan qurilgan, to‘rdagi devori ravoqli toqlardan iborat. O‘ymakori eshigi mayda gulli, uning islimiy naqshi va kufiy yozuvi nodir. Maqbaraning kulohiy (qirrador) gumbazi XX a. boshlarida buzilib tushgan, o‘rni bir ustunli tekis tom bilan ta’mirlangan. Shamsuddin Kulol maqbarasi Amir Temur davrida shakllangan yangi me’moriy uslubning ilk namunasi hisoblanadi, ayniqsa, bino ichidagi gumbaz osti tuzilmasi — o‘zaro kesishgan ravoqlar va ular orasidagi qalqonsimon bezaklar me’moriy uslubga muhim ta’sir ko‘rsatgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:56:23
SHARQ Rafaeli — XV asr tasviriy san’atining ulug‘ namoyondasi Kamoliddin Behzod keyingi davr olimlari tomonidan shu nom bilan nomlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:56:33
SHAYX ZAYNIDDIN BOBO MAQBARSI — Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (XIII-XIV asrlar). Rivoyatlarga ko‘ra, maqbara Amir Temur davrida Shayx Zayniddin (XIII a.)ga atab barpo qilingan. Shahar hududida, qabriston o‘rtasidagi balandlikda joylashgan, peshtoq-gumbazli, cho‘zinchoq maqbara-xonaqohlar turiga mansub. Atrofida boshqa turli binolar — tobutxona, chillaxona (XII-XIII asrlar), oshxona, ayvonli masjid, chortoq va boshqalar bor. Old ko‘rinishi jan.-sharqqa qaratilgan, ko‘chadan unga qo‘shimcha binolarni birlashtiruvchi xiyobon orqali kiriladi. To‘rtburchak tarhli (16А…18 m), bal. 20,7 bara markazida Shayx Zayniddin sag‘anasi, burchaklarida boshqa shaxslarning qabrlari bor. Maqbaraning jan.-g‘arbiy peshtog‘idagi yozuvga ko‘ra, hijriy 1339-yilda (mil. 1920-21) ta’mirlanib, maqbaraning eski g‘ishtlari yangi g‘ishtlar (26А…12А…6 sm) bilan almashtirilib, gumbazi kvadrat (24А…24А…5 sm) g‘ishtdan terilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:56:43
SHIFOIYA — Alisher Navoiy Injil anhori bo‘yida qurdirgan davolash uyi. "œShifoiya" shifoxonasi "œIxlosiya" madrasasining ro‘parasida joylashgan bo‘lib, gumbazi naqshinkor moviy koshinlar bilan qoplangan. Devorlari qizil g‘ishtlardan terib chiqilgan. Hovlisida sarhovuz bo‘lib, sahnidan mayin tog‘ shabadasi muttasil esib turgan. "œShifoiya" hozirgi zamon iborasi bilan yuritilganda shifoxonali tabobat ilmgohi tarzida bo‘lib, unda tabib va hakimlar bemorni davolashdan tashqari tabobat ilmi bilan ham shug‘ullanganlar. Alisher Navoiyning inoyati bilan o‘sha davrda yetishib chiqqan G‘iyosuddin Muhammad, Nizomuddin Abdulxay, Darvesh Ali, Muhammad Yusuf, Abdulhay Tuniy, Muhammad Muin, Xutbiddin Odam kabi mashhur tabiblar "œShifoiya’da uzoq vaqt faoliyat ko‘rsatganlar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 16:56:51
SHIRINBEKA OG‘A MAQBARASI — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (XIV a. oxiri); Shohizinda tarkibida. Amir Temurning singlisi Shirinbeka og‘oga atab qurilgan. Maqbara ravog‘i ichidagi arabiy bitikda muhim tarixiy hujjat saqlangan (tarjimasi): «Bu qabr malikai muazzama, mukarrama Shirinbeka og‘o Tarag‘ay (bek) qiziniki. Ravzasini Alloh nurli etsin. Sana 787» (mil. 1385/6). Maqbara peshtoq-gumbazli, bir xonali (ziyoratxona, 6,2А…6,2 m), xona to‘rida daxma bor. Ziyoratxona tagida kichikroq sardoba — go‘rxona joylashgan. Maqbaraning bosh tarzi serhasham koshinkori bezatilgan, turli naqsh va yozuvlar qoldig‘i saqlangan (qolgan tarzlari bezaksiz). 4 mehrobiy ravoq ustiga gumbaz bog‘langan; gumbazning naqshlari sopol koshin va g‘ishtchalardan terilgan, ranglar uyg‘unlashib, juda nafis va ser-hasham ko‘rinadi. Ichki devorlariga tilla halli islimiy naqshlar, qushchalar, manzaralar tasviri ishlangan. Kesma koshin ishlatilgan dastlabki yetuk inshoat bo‘lgan Shirinbeka og‘a maqbarasi shaklu shamoyili, bezaklari jihatidan XIV a. 90-yillarida erishilgan me’moriy yuksalishning mukammal namunasi sifatida qadrlidir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:00:34
SHOHMALIK MADRASASI — Ulug‘bek davrida Samarqandda faoliyat ko‘rsatgan madrasa.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:00:53
CHILUSTUN SAROYI (Qirq ustun) — "œBog`i maydon’da qad ko`targan saroy. Boburning ta`riflashicha, Chilustun saroyi muhtasham va ko`rkam bo`lgan. Chilustun toshlardan farsh qilingan baland tagkursi ustida qad ko`targan ikki qavatli saroy bo`lib, uning burchaklarida minoralari bo`lgan. Minoralarning ichki doirasi bo`ylab ishlangan aylanma zinapoyalar saroyning yuqori qavatiga olib chiqqan. Ikkinchi qavvatning markazida chordara uslubida qurilgan uy bo`lib, uning to`rt tarafi o`ymakor tosh ustunli ayvon bilan o`ralglan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:01:18
CHINNIXONA — "œBog`i maydon’da qad ko`targan saroy. Boburning ta`riflashicha, Chinnixona saroyi muhtasham va ko`rkam bo`lgan. Chordara uslubida bino qilingan Chinnixona saroyining devorlari, xususan ularning izora (pastki) qismlari Xitoydan keltirilgan rangdor va naqshli chinnilar bilan qoplangan bo`lib, shu sababli bu oliy imorat shu nom bilan shuhrat topgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:01:30
CHIQIR — tuya yoki xo‘kiz qo‘shib aylantiriladigan suv inshoati.

CHORIKOR (forscha — to‘rtdan birga ishlovchi) — hosildan 25% olish hisobiga ishlovchi yollanma qo‘shchi ziroatkor.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:01:44
CHORBOG‘ — Sharq mamlakatlarida atrofi devor bilan o‘rab olingan ko‘shk, ayvon, qo‘rg‘onli tartib asosida tuzilgan bog‘. Chorbog‘ uchun tekis, suvli, daraxtli joy tanlanadi; notekis (nishabli) joylar pog‘ona-pog‘ona sahnlarga keltiriladi, sun’iy sharsharalar qilish imkoniyatlari yaratiladi. Chorbog‘ murabba yoki to‘rtburchak tarhli bo‘lib, kirish har 4 tarafning o‘rtalaridan tashkil etiladi; hududi yo‘lka va ariqlar yordamida ayrim bog‘chalarga, bog‘chalar esa yana o‘z navbatida chamanzorlarga bo‘linib, chorchamanlarni tashkil qiladi. Chorbog‘ mujassamotining markazini bino (qo‘rg‘on, ko‘shk) egallaydi. Baland bo‘yli daraxtlar devorga yaqin ekiladi, undan so‘ng mevali daraxtlar va gullar tartib bilan ekiladi, ularning erta bahordan kech kuzgacha ochilib turishiga e’tibor beriladi. Bino mujassamoti chorbog‘ni turli nuqtalardan ko‘rish imkonini beradigan tarzda, birinchi 2 qavatli, markaziy mujassamotli qilib quriladi: o‘rtada atrofini ayvonlar o‘rab olgan chordara xona bo‘lib, ikkinchi qavatga bino burjlaridagi zinalar orqali chiqiladi. Suv inshoatlaridan katta ariqlar va hovuzga suv keladi, hovuz shakllari hamda favvoraga alohida e’tibor beriladi. Chorbog‘da, shuningdek, o‘tov, chodir kabilarni o‘rnatish uchun joylar ajratiladi. Chorbog‘dagi qushlar unga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi. Chorbog‘ qadimdan yaratilib kelingan, temuriylar va boburiylar davrida ravnaq topgan, mohir bog‘soz ustalar yetishib chiqqan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:02:09
TARIXIY-GEOGRAFIK NOMLAR

ANGOR KANALI — Zarafshon daryosidan bosh olgan Darg‘om anhoridan chiqarilgan qadimgi kanal. Bu kanalning qayta tiklanishi temuriylar hukmronlik qilgan davrda amalga oshirilgan eng yirik sug‘orish ishlardan biri bo‘ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:02:17
ASTRABOD — Jurjonning kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turgan shahri. Kaspiy dengizining sharqi-janubiy tarafida, Mozandaron chegarasida joylashgan. Hozir Go‘rgon deb ataladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:03:00
BIJANGAR SAROYI — Hindistondagi mashhur saroylardan biri. 1441-1442-yillarda Shohruh Bijangar saroyiga tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy boshchiligida elchilar yuboradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:03:13
BULUNG‘UR (mo‘g‘ulcha bulugar — loyqa suv) — Zarafshon vodiysidagi eng qadimgi kanallardan biri.

DASHTI QIPCHOQ — Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g‘arbiy yonbag‘ridan to Dnepr daryosining quyi oqimigacha bo‘lgan hudud.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:03:26
GURGANCH — Xorazmning qadimgi poytaxti.

HIROT — Xurosonning to‘rt yirik shahri (Marv, Nishopur, Balx, Hirot)dan biri; poytaxt shahar. Xurosonning ijtimoiy-siyosiy va madaniyat markazi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:03:42
ILONO‘TTI DARASI — Jizzax yaqinidagi dara. Ilono‘ttida hijriy 828 (1428 )-yilda Ulug‘bek tomonidan qoyatoshga yozdirilgan o‘ziga xos "œzafarnoma" hozirgi kungacha saqlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:04:00
INJIL — Xurosondagi anhor. Bu anhorda Alisher Navoiy Shifoiyani qurdiradi.

KALIF — Amudaryo bo‘yidagi qadimgi shahar va kechuv nomi. Amudaryoning eng tor yerida qurilgan. Ibn al-Asirning yozishicha, Amudaryoga qurilgan dastlabki suzuvchi ko‘prik (ponton) XI asrda Mahmud G‘aznaviy tomonidan qurilgan. Sulton Mahmud qoraxoniylar xoqoni Arslonxonning da’vatiga binoan, Qodirxonga qarshi chiqqanda shu yerdan o‘tgan. Daryoning bu yerdagi kengligi 3 ming qadamga yaqin bo‘lgan. O‘rta asrlarda Kalif shahrining ahamiyati shu qadar oshganki, hatto Amudaryo "œKalif daryosi" deb ham atala boshlagan. XII asrda Kalif mustahkam qal’a bo‘lgan. Amir Temur va temuriylar davrida ham Kalif muhim kechuv yeri sanalgan. XVII asr Kalif shahri faqat daryoning so‘l qirg‘og‘ini egallagan. Uning mudofaa devorlari bu davrda vayron qilingan bo‘lib, unda faqat kemachi hunarmandlar va xiroj to‘plovchi amaldorlar yashagan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:04:10
MARVIRUD, MARVARRUD — Bolo Murg‘ob shahrining eski nomi. Murg‘ob daryosining bo‘yida (Afg‘oniston hududida) joylashgan. Tarixiy manbalarga qaraganda Marvirud o‘rnida qadimda Iskandar Makedonskiy tomonidan Marg‘iyonada qurilgan Aleksandriya shahri bo‘lgan, keyinchalik uni salavkiylardan Antiox qayta tiklagan. Ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda Marvirud muhim strategik shahar va istehkom sifatida mashhur bo‘lgan. Marvirud nomi so‘nggi bor Sharafiddin Ali Yazdiyning "œZafarnoma’sida uchraydi. Yazdiyning qayd etishicha, uning davrida shahar Murg‘ob nomi bilan mashhur bo‘lgan. Sulton Husayn Mirzo hukmronlik qilgan davrda esa uning tashabbusi bilan Marviruddan yangi kanal chiqarilib, kattagina yer maydoni sug‘orilib obod etiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:04:21
SULTONBAND — Murg‘ob daryosining bosh to‘g‘oni. Qurib qolgan shahar atrofidagi yerlarga qayta suv chiqarib, sug‘orma dehqonchilik yer maydonini kengaytirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Mo‘g‘ullar bosqini davrida vayron etilgan Sultonbandning Shoxruh tomonidan tiklanishi va sug‘orish tarmoqlarining loyqadan tozalanishi tufayli Marv shahri va Murg‘ob vohasining suv ta’minoti tubdan yaxshilandi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:04:33
OBIRAHMAT — Samarqand yaqinidagi anhor. Ulug‘bek mirzo 1424-1428-yillarda Obirahmat bo‘yida rasdaxona qurdirgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:04:42
QIZILRAVOT — Samarqand yaqinidagi mavze. Qizilravotda 1410-yilning 20-aprelida Tukiston noibi Shayx Nuriddin, Muhammad Jahongir, Yangi va Sayram viloyatlarining Chingiz O‘glonlar bilan Mirzo Ulug‘bek va Shohmaliklarning qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:04:53
SABRON, SAVRON — Turkiston shahrining shimolida mavjud bo‘lgan qadimgi shahar va viloyat. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, Sabron yirik turk qabilasi — o‘g‘uzlar qo‘lida bo‘lgan. Sabron X asrda kuchli chegara qal’a hisoblangan. Maqdisiyning yozishicha, u 7 qator devor bilan o‘ralgan. XI asrdan shahar bir necha asr o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, chunki Chingizxon yurishlari haqidagi asarlarda Sabron umuman tilga olinmaydi. Yoqut Hamaviy (XIII asr) ham uning ajamlar (arab bo‘lmagan xalqlar), ya’ni turkiy xalqlar shahri bo‘lganligini ta’kidlaydi. Sabron o‘g‘uzlar hududi bilan qo‘shni turkiy qabila — kimaklar (qipchoqlarning bir toifasi) yeri chegarasida joylashgan bo‘lib, baland devorlar bilan ihota qilingan. 1065-yil sabron saljuqiy sultonlardan bo‘lgan Alp Arslon tomonidan zabt etilgan. XIII asrda Jo‘ji ulusining sharqiy qismi — Oq O‘rdaga tobe bo‘lgan. Amir Temurning Oltin O‘rdaga qilgan yurishlari davrida qattiq shikastlangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:04:59
SOMONJUQ DASHTI — Buxoro vohasining janubiy-sharqiy chegarasiga yondashgan dasht. Ulug‘bek hukmronligi davrida (1409-1449) Somonjuq dashtiga suv chiqarilib, yangi yerlar o‘zlashtiriladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:05:13
TIBET, TIBET (xitoycha Sizyan) — Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi ma’muriy birlik. Tibet tog‘ligida.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:05:22
TURUQBAND — Tus viloyatining yuqori qismida joylashgan Chashmag‘ul mavzeida qurilgan suv ombori. Turuqband Alisher Navoiy tashabbusi bilan qurilgan. Turuqband suv omborida jamg‘arilgan suv Mashhadga olib kelinadi. Natijada Mashhad suv bilan ta’min etilib, shahar atrofidagi yerlarga suv chiqariladi va obod etiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:05:30
URGANJIY DASHTI — Markaziy Qizilqumning sharqiy hududlari. Buxoro vohasining dehqonchilik yer maydoni birmncha kengayib, vohaning g‘arbiy chegarasi Urganjiy dashti tomon ichkariga qarayib 5-6 km kirib boradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:05:43
TARIXIY SANALAR

1312-1342-YILLAR — Oltin O‘rdada O‘zbekxon hukmronligi davri.

1330-1404-YILLAR — mashhur xattot Mirali Tabriziy o‘zining hayot faoliyatida nasta’lig‘ deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qilishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:05:53
1366-1465-YILLAR — "œZafarnoma" va "œGul va Navro`z" poemalarining
muallifi Lutfiyning yashab ijod etgan yillari.

1394-YIL — asli ismi Muhammad Tarag‘ay bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek Temurning Yaqin Sharqda besh yillik yurishlari vaqtida Sultoniya shahrida tavallud topdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:06:05
1397-1447-YILLAR — Temuriyzoda Shohrux hukmronligi davrida mo‘g‘ullar bosqini davrida vayron qilingan Murg‘ob daryosining bosh to‘g‘oni — Sultonbandning tiklanishi va sug‘orish tarmoqlarining loyqadan tozalanishi tufayli Marv shahri va Murg‘ob vohasining suv ta’minoti tubdan yaxshilandi.

1399-1404-YILLAR — eshiklari yetti xil metal qotishma "œhaftjo`sh" bilan qoplangan Bibixonim Jome` masjidi bino qilindi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:06:14
1405-1408-YILLAR — Shohrux Mirzo Xalil Sultondan Samarqandni tortib olib, Otasi Amir Temurning toj taxtini egallashga harakat qilsada, ammo buning uddasidan chiqa olmaydi. Bunga Balx, Seiston, Xuroson va Ozarbayjonda Temuriy shahzodalar va ayrim iqtidorli amirlarning birin-ketin ko‘tarib turgan g‘alayonlari to‘sqinlik qiladi.

1405-YIL 18-MART — Mironshohning o‘g‘li Xalil Sulton Mirzo Samarqandni egallab o‘zini Movarounnahr-ning oliy hukmdori deb e’lon qiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:06:23
1407-YIL 22-FEVRAL — Pirmuhammad o‘z vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo‘lida shahid bo‘ladi.

1408-YIL 22-APREL — Mironshox Qoraquyunli turkmanlarining qabila boshligi Qorayusuf bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ladi. Ozarbayjon va Iroq viloyatlari Temuriylar qo‘lidan ketadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:06:32
1409-1449-YILLAR — Movarounnahrda Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davrida Buxoro vohasining janubi-sharqiy chegarasiga yondoshgan Somonjuq dashtiga suv chiqarilib yangi yerlar o‘zlashtirildi.

1409-YIL — Shohrux Samarqandan Hirotga qaytish oldida Mirzo Ulug‘bekni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:06:41
1409-YIL 25-APREL — Shohrux Mirzo Amudaryodan o‘tib, Samarqand sari yurish qiladi va jangsiz shaharni egallashga muvaffaq bo‘ladi.

1409-YIL BAHOR — Movarounnahrda vaziyat yanada keskinlashadi. Amir Xudaydod O‘ratepa va Shohruxiya shaharlarini osongina qo‘lga kiritib, Samarqand tomonga askar tortadi. Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida sodir bo‘lgan jangda Xalil Sulton qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi, o‘zi esa asirga olinadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:06:49
1410-YIL — Shayx Nuriddin, Muhammad Jahongir, Amin Abulxoliq hamda oq o‘rdalik xonzodalardan Chingiz O‘g‘lonlar ittifoq tuzib, temuriylarga qarshi isyon ko‘taradi.

1410-YIL 20-APREL — Samarqand yaqinida Qizilrabot mavzeida isyonkor ittifoqchilar bilan Mirzo Ulug‘bek va Shohmaliklarning qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘ladi. Jangda Ulug‘bek mag‘lubiyatga uchrab Kalifga tomon qochadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:07:01
1410-YIL YOZ — Shohrux isyonni bostirish uchun katta kuch bilan Samarqandga yetib keladi. Shayx Nuriddin isyoni bostirilgach, Sirdaryoning o‘ng sohilida joylashgan shaharlar: Toshkent, Yassi, Sabron, Sayram, Yangi yana Temuriylar davlati tarkibiga qo‘shib olinadi va bu o‘lkalarni idora qilish Ulug‘bekning zimmasiga yuklanadi.

1412-YIL — Shohrux Shohmalikni Samarqanddan olib ketishga majbur bo‘ladi. Shundan so‘ng batamom Movarounnahr va Turkistonni boshqarish Ulug‘bek qo‘liga o‘tadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:07:12
1413-YIL — Shohrux tomonidan Xorazm Oltin O‘rda xonlari tasaruffidan qaytarib olingach, Ulug‘bek davlatining g‘arbiy va janubiy chegaralarining havfsizligi muqumlashgan bo‘lsa-da, ammo uning shimoliy-g‘arbiy va shimoliy-sharqiy tomonlari xavotirli edi.

1414-1492-YILLAR — O‘z davrining buyuk mutaffkkiri, fan va adabiyotning turli masalalarga oid 99 ta kitob yozgan va XV asr adabiyotida mavjud bo‘lgan deyarli barcha janrlarda asarlar yaratgan Abdurahmon Jomiyning yashab ijod etgan yillari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:07:25
1414-YIL — Shohrux Mirzo Iskandar bo‘ysunmagani uchun suyurg‘oldan mahrum qilishi.

1414-YIL — Ulug‘bek Farg‘onaga yurish qiladi. Ulug‘bekning qo‘shiniga bas kelishga ko‘zi yetmagan Farg‘ona hokimi Amirak Ahmad jangsiz Andijon va Axsini topshirib, Koshg‘arga qochadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:07:33
1415-YIL — Shohrux Mirzo Boyqaro bo‘ysunmagani uchun suyurg‘oldan mahrum qilishi.

1415-YIL BAHOR — Ulug‘bek Farg‘ona ustiga ikkinchi marta yurish qiladi. Farg‘ona va Koshg‘ar Ulug‘bek tasarrufiga o‘tadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:07:43
1417-YIL — Ulug‘bekning farmoni bilan Buxoroda madrasa qurildi.

1417-1420-YILLAR — Mirzo Ulug‘bekning farmoni bilan Samarqandda madrasa qurilishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:07:52
1418-YIL — Ardasher boshliq Shohrux elchilari Xitoyda bo‘lishi.

1419-YIL — 1418-yilda Xitoyga borgan Ardasher boshliq Shohrux elchilariga javoban Li-Do va Jong-Fu Samarqand va Hirotga elchi bo‘lib kelishlari.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:08:03
1420-YIL — Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek madrasasi ochilgan. Bu madrasa 50 hujrali bo‘lgan. Har bir hujra uch xonaga: qaznoq ( omborxona), yotoqxona va darsxonalarga bo‘lingan. Madrasada 100 dan ortiq talaba istiqomat qilgan va ta’lim olgan. Ulug‘bek madrasasida birinchi darsni o‘z davrining yetakchi mudarrisi Shamsiddin Muhammad Havofiy o‘qigan.

1420-1422-YILLAR — Shohrux va Ulug‘bek 530 nafardan iborat elchilar karvonini Xitoyga jo‘natadilar. Shohruh elchilariga Shodixoji bilan Amir Ko‘kcha, Ulug‘bek elchilariga Sultonshoh bilan Muhammad baxshi boshchilik qiladilar. G‘iyosuddin naqqosh kotib etib tayinlanadi. Temuriylarning elchilari ikki yildan ortiqroq Xitoyda bo‘lib, o‘z vatanlariga qaytib keladilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:08:12
1421 YIL — Tibetdan Buxoro va Samarqandga elchilar keladi.

1422-YIL — Xitoyga yuborilgan Shohrux va Ulug‘bek elchilari o‘z vatanlariga qaytib keladilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:08:23
1424-1428-YILLAR — Samarqand yaqinidagi Obirahmat anhori bo‘yida Ulug‘bek rasadxonasining bunyod etilishi. Uch qavatli doira shaklida bino qilingan bu ulkan imoratning aylanasi 47 metr, balandligi 31 metr bo‘lgan.

1425-YIL BAHOR — Mirzo Ulug‘bek mo‘g‘ulistonga ustiga yurish boshlaydi. Issiqko‘l yaqinida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda Ulug‘bek mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonadi va katta o‘lja bilan Samarqandga qaytadi. Mo‘g‘uliston urushi Ulug‘bek olib borgan jiddiy urushlarning birinchisi va so‘nggisi edi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:08:32
1428-YIL — mo‘g‘uliston yurishi nishonasi tarzida Jizzax yaqinida Ilono‘tti darasi ichida Mirzo Ulug‘bek tomonidan qoyatoshga o‘ziga xos "œZafarnoma’ni yozdirishi.

1428-YIL — Ulug‘bek muomaladagi "œfulusiy" pullar islohotini amalga oshiradi. Eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga bo‘lgan talabini qondirish uchun bir vaqtning o‘zida u Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruxiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqdor fuluslar zarb ettirdi va muomalaga chiqardi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:08:40
1428-1468-YILLAR — Dashti Qipchoqda Abulxayrxon hukmronligi davri.

1429-YIL — Hirotdagi Boysung‘ur kutubxonasida Abulqosim Firdavsiyning mashhur "œShohnoma" asari ko‘chirtirilib, u 20 ta turli mazmun va manzarali rangdor miniaturalar bilan bezatilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:08:49
1429-YIL — Samarqand akademiyasi "œDorul ilm"ga asos solinishi.

1430-YIL — Ulug‘bek Dashti Qipchoq hukmdori Baroq O‘g‘longa qarshi Sig‘noq yaqinida bo‘lib o‘tgan jangda mag‘lubiyatga uchraydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:09:00
1431-1435-YILLAR — Abulxayrxon boshchiligida ko‘chmanchilar Xorazmgacha bostirib kirib uning g‘arbiy qismini Urganch bilan qo‘shib zabt etadilar.

1432-1520-YILLAR — xattot Sultonali Mashhadiy yashagan davr.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:09:11
1433-YIL — G‘ijduvonda Ulug‘bekning farmoni bilan madrasa qurildi.

1437-YIL — Ulug‘bekning "œZiji jadidi Ko‘ragoniy" (Ko‘ragoniyning yangi astranomik jadvali) nomli asari yozib tugalangan bo‘lsa ham, unga muallif umrining oxiriga qadar bajarilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida kuzatishlar va qo‘shimchalar kiritib bordi. Ushbu asar asosan ikki qismdan: keng muqaddima va 1018 ta yulduzlarning o‘rni va holati aniqlab berigan jadvallardan iborat.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:09:21
1441-1442-YILLAR — Shohrux Hindistondagi Vijayanagar saroyiga tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy boshchiligida elchilar yuboradi. U Kermon, Xurmuzd (Ormuz) va Fors qo‘ltig‘i orqali Hindistonga qilgan sayohatini yozib qoldiradi.

1441-1501-YILLAR — Alisher Navoiy yashab ijod etgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:09:30
1441-YIL 9-FEVRAL — Hirot shahrida Alisher Navoiyning dunyoga kelishi.

1447-YIL 12-MART — Shohrux mirzo Sulton Muhammad isyonini bostirish paytida Ray viloyatida olamdan o‘tdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:09:38
1447-YIL BAHOR — Boysunqurning o‘g‘li Olouddavla Ulug‘bekning katta o‘g‘li Abdulatifning qo‘shinini tor-mor keltirib, uni asirga olgan va Hirotdagi Ixtiyoriddin qal’asiga qamab qo‘ygan. Ulug‘bek Olouddavla bilan bitim tuzadi va unga ko‘ra, Abdulatif ozod qilinib, Ulug‘bek esa Hirot va Xurosonga bo‘lgan da’vosidan vos kechadi.

1448-YIL BAHOR — Ulug‘bek va Abdulatifning qo‘shini Hirotga yurish qiladi. Tarnoq yaqinida bo‘lgan jangda Olouddavla qo‘shini tor-mor keltirilib, Hirot qo‘lga kiritiladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:10:06
1449-YIL 27-OKTABR — Mirzo Ulug‘bek 55 yoshida fojiali suratda shahid bo‘ldi.

1449-YIL OKTYABR — Abdulatif Damashq qishlog‘i yaqinida Ulug‘bekni yengadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:11:40
1450-1457-YILLAR — Abulqosim Bobur Xuroson hukmdori.

1450-YIL 9-MAY — otasi Ulug‘bek vafotidan so‘ng olti yarim oy o‘tgach Abdulatifga qarshi saroyda fitna uyushtirildi va o‘ldirildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:11:49
1451-YIL — Abulxayrxon katta qo‘shin bilan Abu Said ishtirokida Toshkent, Chinoz va Jizzax orqali Samarqandga yurish qiladi. Shiroz qishog‘i yaqinida Bulung‘ur anhori yoqasida bo‘lgan jangda ittifoqchilar g‘alaba qozonadi va Mirzo Abdullo halok bo‘ladi. Abulxayrxonning yordamida Abu Sayid Samarqandni egallab, Movarounnahrga hokim bo‘lib oladi.

1454-YIL — Hirot hokimi Abulqosim Bobur Movarounnahr ustiga bostirib kirib, Samarqandni qamalga olganida Xoja Ubaydullox Ahror mojarolarga qat’iyan aralashib, raqiblarni yarashishga majbur etadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:11:58
1456-YIL — Samarqandda ikki qavatli "œXoja Ahror madrasasi bunyod etildi.

1457-YIL — Abu Sayid Hirot taxtini egallaydi va Temuriylar davlatining har ikki qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘ladi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:12:07
1457-YIL — Xuroson hokimi Abulqosim Bobur vafot etdi va Xurosonda siyosiy vaziyat yana mushkullashdi.

1463-YIL — Uch hukmdor: Samarqand podshosi Sulton Ahmad bir tarafdan, Andijonda Farg‘ona hokimi Umarshayx Mirzo bilan Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon, ikkinchi tarafdan Xavas yaqinida katta qo‘shin bilan to‘qnashib turganda, Xoja Ubaydullox Ahror mojarolarga qat’iyan aralashib, raqiblarni yarashishga majbur etadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:12:17
1464-YIL — Samarqandda "œIshratxona" qurilgan.

1469-1493-YILLAR — Sulton Ahmad hukmronligi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:12:26
1469-1506-YILLAR — sulton Husayn Boyqaro hukmronligi davrida Marviruddan yangi kanal chiqarilib, kattagina yer maydoni sug‘orilib obod etiladi. Alisher Navoiyning tashabbusi bilan Hirot va Mashhad atroflarida sug‘orish ishlari amalga oshirildi. Navoiy Tus viloyatining yuqori qismida Turuqband suv ombori qurdiradi.

1469-YIL — Sulton Husayn Hirotni egallagach Alisher Navoiyni o‘z huzuriga taklif etadi. U Alisherni dastlab muhrdorlik lavozimiga, keyinroq esa vazir qilib tayinlaydi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:12:33
1469-YIL 24-MART — Husayn Boyqaro Xuroson hokimi bo‘ldi va natijada Temuriylar davlati yana ikki mustaqil qismga: Sulton Husayn hukmronligidagi Xuroson va Abu Sayid o‘gillari hukmronligidagi Movarounnahrga bo‘linib ketadi.

1469-YIL BAHOR — Abu Sayid Ozarbayjon, G‘arbiy Eron va Iroqqacha bo‘lgan viloyatlarni egallab turgan turkmanlarga qarshi yurish qildi va Ozarbayjondagi Mo‘g‘on ko‘lidagi jangda halok bo‘ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:12:42
1494-1495-YILLAR — Sulton Mahmud Mirzo hukmronligi.

1498-1501-YILLAR — Sulton Ali hukmronligi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:12:50
1694-1778-YILLAR — mashhur fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi olim Volterning yashab ijod etgan.

1908-YIL — arxeolog V.L.Vyatkin Ulug‘bek rasadxonasining xarobalarini topishga va uning faxriy sekstanti yer osti qismini kovlab ochishga muyassar bo‘ldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:12:57
IX-XII ASRLAR — musiqa san’ati ahillarining ijodiy faoliyati bilan duvozda (o‘n ikki) maqom vujudga keldi.

XIV ASR IKKINCHI YARMI — XV ASR — O‘rta Osiyo xalqlari adabiyotida taraqqiyotida yangi va juda sermahsul davr bo‘ldi. O‘rta Osiyo xalqlari xususan o‘zbek hamda tojik adabiyoti o‘rtasida aloqa va hamkorlik mustahkamlandi. O‘zbek tarjima adabiyoti vujudga keldi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:13:07
XIV-XV ASRLAR — O‘rta Osiyo xalqlarining musiqa san’ati taraqiyotida yangi va mahsuloldor bir bosqich bo‘ldi. Abduqodir Nayiy, Qulmuhammad Shayxiy, Husayn Udi, Shohquli G‘ijjakiy, Qosim Rabbobiy kabi mahoratli sozandalar, bastakorlar va hofizlar yetishib chiqdi. Ulug‘bek "œbulujiy", "œshodiyona’, "œaxloqiy", "œtabriziy", "œusuli ravon" va "œusuli otlig‘"; Navoiy "œisfaxoniy" kuylarini ijod qiladi. Jomiy va Binoiylar musiqa nazariyasiga doir asar yaratadilar.

XIV-XV ASRLAR — sirli sopol buyumlar yasash yuksak darajada rivojlandi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:13:15
XV ASR — Movarounnahr va Xurosonda yer va mulkchilikning asosan 4 shakl — "œmulki devoniy" — davlat yerlari, "œmulk" — xususiy yerlar, "œmulki vaqf" — madrasa va ibodatxonalar tasarufidagi yerlar hamda "œjamoa yerlari" bo`lgan.

XV ASR — temir buyum, qurol-yarog‘ va asboblar yasash yuqori darajaga ko‘tarildi. Samarqand davlatning poytaxti avvalgidek, qurol-yarog‘ yasaladigan markaz bo‘lib qoladi. Shaharda hatto maxsus sovutsozlar mahallasi qaror topadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:13:23
XV ASR — aniq fanlarning, xususan astranomiya ravnaqi va Samarqand astranomlari qozongan olamshimul muvaffaqiyatlarida, ayniqsa Ulug‘bekning hissasi beqiyosdir.

XV ASR — charmdan yengsiz kamzul, poyafzal, ot va arava anjomlari tikilgan. Harbiy yurish o‘zaro kurashlar sharoitida charmdan yasalgan sadoq (o‘qdon)lar, kamonning charm g‘iloflari, pichoq va qilichlarning charmdan qoplangan qinlariga talab katta bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:13:32
XV ASR — Go‘ri Amir va Shohizindaning oyatlar bilan bitilgan naqshinkor eshiklari xalq ustalarining yog‘och o‘ymakorligi san’atidagi eng nodir namunalardan hisoblanadi.

XV ASR — Hirot Dorulshifosi (davolash uyi), ayniqsa kahhollari — ko‘z kasalligi tabiblari nihoyatda shuhrat topgan. Hirotning tabib va hakimlari tabobat sohasida ko‘plab kitob va risolalar yaratgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:13:41
XV ASR — Hirotda me’morchilik bilan bir qatorda kitobat san’ati, ya’ni qo‘lyozma asarlarini ko‘chirib yozish va u bilan bog‘liq bo‘lgan xattotlik, musavirlik, lavvohlik (lavha chizish)va sahhohlik (muqavasozlik) san’ati ham nihoyatda yaxshi taraqqiy etadi.

XV ASR — Mirzo Ulug‘bekning "œZiji jadidi Ko‘ragoniy" hamda "œTarixi arba" ulus" (To‘rt ulus tarixi) nomli asarlari yaratildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:13:48
XV ASR — mo‘g‘ullar bosqini oqibatida butunlay vayron etilgan Movarounnahrning suv xo‘jaligi to‘la tiklandi, uning dehqonchilik yer maydoni birmuncha kengaydi.

XV ASR — Movarounnahr va Xurosonda obodonchilik ishlari amalga oshirilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:13:58
XV ASR — Movarounnahr va Xurosonda yer egalari "œdehqon", ekin maydonlariga ishlov beruvchilarni "œmuzoriy" deb yuritilgan.

XV ASR — Movarounnahr va Xurosonning deyarli hamma yirik shaharlarida o‘rta asr hunarmandchiligining barcha tarmoq va sohalar bo‘yicha iqtisoslashgan korxonalar, do‘konlar, ustaxonalar va rastalar bo‘lgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:14:06
XV ASR — Movarounnahr va Xurosonning me’morchiligida o‘zining mukammalligi va bajargan vazifasi jihatdan jamoat binolari orasida ayniqsa shifoxonalar, hammomlar, istirohat bog‘lari alohida o‘rin tutgan.

XV ASR — Movarounnahrning poytaxti Samarqandda ilmiy-tadqiqotlar olib borgan mashhur olimlarning ijodiy faoliyati, astranomiya va matematika fanlari sohasida qilgan kashfiyotlari, yaratilgan nodir asarlarining barchasi Ulug‘bekning o‘ziga xos akademiya tuza olganligi tufaylidir.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:14:17
XV ASR — o‘rta asr hunarmanchiligida kulolchilik eng rivoj topgan sertarmoq sohaga aylanadi. U kasogarlar, xum va xumsozlar hamda tandirsozlar kabi bir necha tarmoqlarga bo‘linadi.

XV ASR — qurilish ishlari kengayib, saroylar, jamoat binolari mudofaa va sug‘orish inshoatlari hamda yo‘l qurilishi va tuzatishlari mehnatkash aholi kuchidan keng foydalanilgan. Bunday hasher ishlari "œbegor" deb yuritilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:14:30
XV ASR — Samarqand va Hirotda me’morchilik, naqqoshlik, tasviriy san’at va adabiyot nihoyatda taraqqiy etdi.

XV ASR — Samarqand, Buxoro, Marv, Hirot va boshqa ko‘pgina shaharlar atrofida go‘zal oromgohlar bunyod etildi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:14:38
XV ASR — Samarqandda bosh kiyimlar rastasi qurildi.

XV ASR — shishasozlik taraqqiy topdi. Samarqandda hatto shisasozlar mahallasi qaror topdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:14:46
XV ASR — Temuriylar davlati Xitoy, Hindiston, Tibet, Eron, Rusiya, Volga bo‘yi va Sibir bilan muntazam savdo—sotiq qilar edi.

XV ASR — XVI ASR BOSHI — tasviriy san’at sohasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishildi. Kamoliddin Behzod, Mirak naqqosh, Qosimali, Mahmud Muzahhib, Hoji Muhammad naqqosh va Shohmuzaffar kabi mo‘yqalam sohiblari yetishib chiqdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:14:53
XV ASR — zamondoshlari tomonidan Moniyi soniy "œIkkinchi moniy" keyingi davr olimlari tomonidan "œSharq Rafaeli" deb nomlangan tasviriy san`atning ulug` namoyondasi Kamoliddin Behzodning yashagan davri.

XV ASR 70-YILLARI — "œOqsaroy" imorati qurilgan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:15:01
XV ASR BOSHI — Shohrux, Ulug‘bek, Abu Sayid va Sulton Husayn hukmronlik qilgan davrlarda mamlakatda ma’lum darajada qaror topgan osoyishtalik tufayli ilm-fan va madaniyat yanada rivojlandi.

XV ASRNING BOSHI — Samarqandda Amir Temur tomonidan o‘tkazilgan tantanalarda hunarmand va savdo ahllari ham qatnashgan. Unda Hirotning kimxob to‘quvchilari ko‘chma dastgohda mato to‘qib, o‘z hunarlarini namoyish etishgan. Duxoba to‘qish texnika jihatidan ancha murakkab kasb hisoblangan.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:15:10
XV ASR OXIRI — Movarounnahr va Xurosonda mulkdor viloyat hokimlarining o‘zaro nizolari va markaziy hukumatga qarshi isyonlar kuchayib, dorulsaltanatda fitna-fasotning avj olib ketishi oqibatida boshlangan siyosiy tanglik uning iqtisodiy va madaniy hayotiga salbiy ta’sir etdi va uni og‘ir tushkunlikka olib keldi.

XV ASRNING BIRINCHI CHORAGI — Shohrux va Ulug‘bek davlatlari bilan Xitoy o‘rtasida muntazam ravishda elchilarning almashinib turilishi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:15:17
XV ASRNING BIRINCHI YARMI — Hirotda Ulug‘bekning ukasi Boysung‘ur kutubxonasida 40 ta xattot va bir qancha naqqoshlar qo‘lyozma asarlardan nusxalar ko‘chirish va ularni bezash bilan band bo‘lgan.

XV ASRNING BIRINCHI YARMI — o‘tkazilgan pul islohatlari natijasida Movarounnahr va Xurosonning iqtisodiy hayotida, ayniqsa hunarmandchilik va ichki savdo munosabatlari taraqqiy etdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:15:24
XV ASRNING 20-YILLARI — Shohrux Mirzo Amir Temur merosining Suriya va Arabistondan tashqari asosiy qismini o‘z tasaruffiga oladi.

XV ASRNING IKKINCHI YARMI — Hirotda kitobat san’ati yanada rivoj topdi. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasini nodir asarlar bilan boyitishga g‘amxo‘rlik qiladilar.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:15:33
XV ASRNING IKKINCHI YARMI — beqaror siyosiy vaziyat tufayli Temuriylar davlati inqirozga yuz tutdi.

XV ASRNING IKKINCHI YARMI — Movarounnahr va uning poytaxti Samarqandda hashamatli qurilishlar anchagina cheklangan bo‘lsada, ikki qavatli "œXoja Ahror madrasasi", "œIshratxona" va "œOqsaroy" kabi bir nechta imoratlar qad ko‘tardi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:15:42
XV ASRNING IKKINCHI YARMI — Movarounnahrning ma’naviy hayotida so‘fiylik tariqatining ta’siri kuchayib, dunyoviy ilmlarga deyarli ahamiyat berilmay Samarqand rasadxonasi bo‘lgan "œDor ul-ilm" qarovsiz qolganda Xuroson shaharlari, xususan unig poytaxti Hirot obodonlashib, u ilm-fan, adabiyot va san’atning markaziga aylandi.

XV ASRNING 30-40-YILLARI — Mirzo Ulug‘bek otasi Shohrux bilan Dashti Qipchoqning sharqiy qismida istiqomat qiluvchi aholini o‘ziga bo‘ysundirgan Abulxayrxonga qarshi kurash olib boradi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:15:50
XV ASRNING 60-YILLARI — Husayn Boyqaro katta qo‘shin bilan Xurosonga yurish qildi. U Hirot, Obivart, Niso, Mashhad va boshqa viloyatlarga yurish qildi.

XV ASRNING O‘RTALARI — Xurosonda siyosiy tarqoqlik avj olib, 11 bo‘lakka ajralib ketdi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:15:58
XV ASR OXIRLARI — mamlakatda iqtisodiy tanglik shu darajaga yetgan ediki, hatto Xo‘janddek shahar 100, 200 nafar navkarni, Farg‘onadek unumdor voha esa 3-4 ming nafar navkarni ta’min eta olmay qolgan edi.

XV-XVI ASR BOSHI — badavlat hunarmandlar va mayda savdogarlar orasidan shoirlar, musiqachi-sozandalar va muarrixlarning yetishib chiqishi.

XV-XVI ASR BOSHI — hunarmandchilikning turli tarmoqlari rivoj topib keng ist’emol mollarini ishlab chiqarish g‘oyat ko‘paygan. Ichki chakana savdo va pul munosabatlari kengaygan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruxiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa ko‘pgina shaharlar aholisining kasb-kori, ichki va tashqi aloqalari bilan o‘rta asr Sharqining namunali hunarmandchilik va gavjum savdo markaziga aylanadi.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: muxbir 28 May 2008, 17:46:25
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:

1.   Abdullayev I. Beruniy zamondosh shoirlar. Toshkent, "œFan’, 1975.
2.   Abdullayev I., Hikmatullayev H. Samarqandlik olimlar. Toshkent, "œFan’, 1969.
3.   Abduraxmonov A. Ulug‘bek Akademiyasi. Toshkent. "œQomus’, 1994.
4.   Agibalova E. V., Donskoy G. M., Salimov O‘. Jahon tarixi. Umumta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. O‘rta asrlar. Toshkent, "œO‘qituvchi", 1995.
5.   Ahmedov Bo‘riboy. "œO‘zbekiston tarixi manbalari". Toshkent , "œO‘qituvchi", 2001.
6.   Ahmedov Bo‘riboy. O‘zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari. Toshkent, "œCho‘lpon" nashriyoti, 2003.
7.   Asammba F.M., Lapina Z.G., Meyer M.S. Istoriya stran Azii i Afriki v sredniy veka. Ch.birinchi 2, MGU, 1987.
8.   Ashraf Ahmad. Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay (1394-1449). Toshkent, Xalq merosi, 1994.
9.   Asqarov A. A. "œO`zbekiston tarixi". Toshkent, "œO`qituvchi". 1994.
10.   Avdiyev V. I. Qadimgi Sharq tarixi. Toshkent, "œO`rta va oliy maktab". 1964.
11.   Ayniy S. "œMuqanna qo`zg`oloni". Dushanba, Qissalar, maqolalar kitobidan. 1993.
12.   Bartold V.V. Ulug‘bek va uning davri. Asarlar, II-jild, II-kitob, Moskva, 1964.
13.   Bekmuhammedov. X. Y. Tarix terminlari izohli lug‘ati. Toshkent, "œO‘qituvchi", 1978.
14.   Bekmuhammadov H.Y. "œTarix terminlarining izohli lug`ati". Toshkent, "œO`qituvchi" 1986.
15.   Bobobekov H. va boshqalar. "œO`zbekiston tarixi". Toshkent, "œSharq" nashriyot-matbaa konserni bosh tahririyati, 2000.
16.   Bolalar ensiklopediyasi. Toshkent, "œO`zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2002.
17.   Bolshoy spravochnik Istoriya dlya shkolnikov i postupayushix v vuzi. Moskva, Izdatelskiy dom «Drofa», 1999.
18.   Boplshaya Ensiklopediya Kirilla i Mefodiya. Sovremennaya universalnaya rossiyskaya multimedia-ensiklopediya. Moskva, OOO "œKirill i Mefodiy", 2007.
19.   Boytsov M., Shukurov R. Istoriya srednix vekov. Moskva, 1995.
20.   Buniyatov Z.M. Anushtagin, Xorazmshohlar davlati (1087-1231). Toshkent, G‘afur G‘ulom nashriyoti, 1998.
21.   Ensiklopediya dlya detey. Tom 1. Vsemirnaya istoriya. Moskva, Avanta+, 2001.
22.   Ensiklopediya dlya detey. Tom 5. Istoriya Rossii (chast 1). Moskva, Avanta+, 2001.
23.   Ensiklopediya dlya detey. Tom 13. Strani. Narodi. Sivilizatsii. Moskva, Avanta+, 2002.
24.   Fayziyev T. Temuriylar shajarasi. Toshkent, "œYozuvchi", 1995.
25.   Filipp de Kommin. Memuari. Moskva, "œNauka" 1986.
26.   G‘ulomov Y. G‘. Qadimgi madaniyatimiz izlaridan. Toshkent, "œFan’, 1960.
27.   Gutnova E.V. Istoriografiya istorii srednix vekov. Moskva, Visshaya shkola, 1974.
28.   Hamid Ziyoyev. "œO`zbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi". Toshkent, "œSharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2001.
29.   Hidoyatov G. A. "œMening jonajon tarixim". Toshkent, "œO`qituvchi" 1992.
30.   Ibrohimov N. Ibn Batuta va uning O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohati., Toshkent, 1993.
31.   Irisov A. Abu Rayhon Beruniy. Toshkent, 1960.
32.   Irisov A. Beruniy va Hindiston. Toshkent, "œFan" 1963.
33.   Irisov A. Ulug‘ tabib va olim Abu Ali ibn Sino. Toshkent, "œFan’, 1960.
34.   Irisov A., Nosirov A., Nizomiddinov I. O‘rta osiyolik 40 olim. Toshkent, "œFan’, 1961.
35.   Is’hoqov M. So‘g‘diyona tarix chorraxasida. Toshkent, "œFan’, 1990.
36.   Is’hoqov M. Unutilgan podsholikdan xatlar. Toshkent, "œFan’, 1990.
37.   Is’hoqova M., Kontetskiy V. "œO‘zbekiston xalqlari tarixi" Toshkent, "œO‘qituvchi". 1992.
38.   Islom Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent, "œO‘zbekiston’, 1997.
39.   Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshkent, "œSharq", 1998.
40.   Islom Karimov. Turkiston umumiy uyimiz. Toshkent, "œO`zbekiston’, 1995.
41.   Islom ensiklopediya. Toshkent, "œO`zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.
42.   Istoriya mirovoy kulturi. Moskva, 1997.
43.   Jalilov Sayfiddin. "œBobir va Yuliy Sezar". Toshkent, "œYangi asr avlodi" 2001.
44.   Jo‘rayeva Saida. "œHaqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf". Toshkent, "œYangi asr avlodi" 2002.
45.   Kardini F. Istoki srednevekova ritsarstva. Moskva, Progress, 1987.
46.   Karimov Sh., Shamsudinov R. Vatan tarixi. Birinchi kitob. Andijon, "œMeros’, 1995.
47.   Karimov Sh., Shamsudinov R. Vatan tarixi. Birinchi kitob. Toshkent, "œO`qituvchi", 1997.
48.   Kurbongaliyeva R. O‘rta asrlar tarixidan. O‘quv-metodik qo‘llanma. Toshkent, O‘qituvchi, 1989.
49.   Ma’naviyat yulduzlari (Markaziy osiyolik mashhur siymolar, allomalar, adiblar), Toshkent, "œMeros nashriyoti", 1999.
50.   Malaya ensiklopediya gorodov. Moskva, "œTopsing", 2001.
51.   Muhammadjonov A. O‘zbekiston tarixi. Umumta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. O‘rta asrlar. Toshkent, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2001.
52.   Muhammadjonov A. Temur va temuriylar saltanati. "œQomus’, 1994-1996.
53.   Muhammadjonov A., Usmonov Q. O‘zbekiston tarixi. Umumta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. O‘rta asrlar. Toshkent, "œO‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2005.
54.   Nabiyev A.S. Tarixiy o‘lkashunoslik. Toshkent, 1998.
55.   Nazarov Q. "œG`arb falsafasi". Toshkent, "œSharq" 2004.
56.   Nuriddinov M. Boburiylar sulolasi. Toshkent, 1994.
57.   O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. Toshkent, "œSharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2001.
58.   O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi birinchi tom. Toshkent, "œO‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2000.
59.   O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi ikkinchi tom. Toshkent, "œO‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2001.
60.   O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi 3-tom. Toshkent, "œO‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2002.
61.   O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi 4-tom. Toshkent, "œO‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2002.
62.   O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi 5-tom. Toshkent, "œO‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2003.
63.   O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi oltinchi tom. Toshkent, "œO‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2003.
64.   O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi 7-tom. Toshkent, "œO‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.
65.   O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi 8-tom. Toshkent, "œO‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.
66.   O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi 9-tom. Toshkent, "œO‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2005.
67.   O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi 10-tom. "œO‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent, 2005.
68.   O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi 11 tom. Toshkent, "œO‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
69.   O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi 12-tom. Toshkent, "œO‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
70.   O‘zbekiston tarixi. Mas’ul muharrirlar: A.S. Sagdullayev, B. J. Eshov. Toshkent, "œUniversitet". 1997.
71.   O‘zbekiston xalqlari tarixi. Birinchi jild. Ahmadali Asqarov tahriri ostida. Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining "œFan" nashriyoti. 1992.
72.   Saidqulov T. "œO`rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar". Toshkent, "œO`qituvchi", 1993.
73.   Salimov T., Mahkamov S. Jahon tarixi. Umumta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. O‘rta asrlar. Toshkent, "œSharq" nashriyoti-matbaa konserni bosh tahririyati, 1999.
74.   Skazkin S.D. Kniga dlya chteniya po istorii srednix vekov. Moskva, Prosvesheniy, 1969.
75.   Udalsova Z.V. Istoriya krestyanstva v Yevrope. Tom birinchi 3, Moskva, "œNauka’, 1985.
76.   Skazkin S.D. Xrestomatiya po istorii srednix vekov. Tom birinchi 2, Moskva, 1961-1962.
77.   Sulaymonova Fozila. "œSharq va G`arb". Toshkent, "œO`zbekiston" 1997-yil.
78.   Udalsova Z.V. Istoriya Yevropi. Tom 1, Moskva, "œauka’, 1988.
79.   Usmonov Q., Jo‘rayev U., Ahmedov B. Tarixdan hikoyalar, Umumta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. Toshkent, Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2005.
80.   Valixo‘jayev B. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi. Toshkent, O‘zbekiston, 1993.
81.   Vamberi Xerman. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. Toshkent, 1990.
82.   Yastrebitskaya A.L. Zapadnaya Yevropa XI-XIII vv.Moskva, "œIskustvo", 1978.
83.   Ziyo Azamat. O‘zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, "œSharq", 2000.
Zohidov V. Uch daho (Forobiy, Beruniy, Ibn Sino). Toshkent, 1987.
Nom: Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
Yuborildi: asilbek 08 Oktyabr 2008, 19:19:41
qadimgi turon davlatlari haqida malumot bering