ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Mahdiyah 30 May 2008, 11:31:29

Nom: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 30 May 2008, 11:31:29
Assalamu alaykum!

Bu mavzuni ochishdan maqsad hozirgi kundagi oilalarda (xoh yosh oila bo'lishsin, xoh ko'p yillik oila...) muomila madaniyatidan asar ham yo'q. Yaxshi so'zlar, chiroyli gaplar, go'zal muomilalar ko'chadagi begonalar uchun bo'lib qolgan. Agar ularga ham ertaga ishimiz tushmasa edi balki ularga ham bu muomilani qilmasmidik... Bu mavzu orqali Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oilada qanday bo'lganlar, oilaviy muomilada qanday bo'lganlar, sahabolar qay holatda ahli oilalari bilan muomilada bo'lganlar, shular haqida yozamiz.
Inshaolloh bu bilan o'zimiz ham sal bo'lsada ularga o'xshashlikka harakat qilamiz.

Bu mavzu qizlarga ham yigitlarga ham bir xil tegishli.
Qars ikki qo'ldan chiqadi.
Ertaga farzandlarimiz bizdan o'rnak olishadi, va shu bilan o'zlari ham bir oilaga bosh bo'lishadi.
Oilada muomila 1 o'rinda turadi.
Qo'polroq qilib aytganimizda inson zoti yaxshi muomilaga o'ch bo'ladi.
Shirin so'zga ilon ham inidan chiqadi degan maqol bejizga emas.
Bugun biz tilimizda, muomilamizda, amalimizda ahli oilamizga, yaqinlarimizga go'zal muomilada bo'lsak Inshaolloh buning savobini bu dunyoda ham, qiyomatda ham olamiz.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Sadaqaning eng afzali ahli oilasiga qilinganidir". Shuning uchun avvalo o'zimizdan, oilamizdan go'zal muomilani boshlaylik...
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 01 Noyabr 2008, 16:08:33
Eng avval o'zim yaxshi ko'rgan hadisni joylamoqchiman.

Oisha roziyallohu anho dedilar: “Payg’ambar alayhissalomning safarlarining birida birga chiqdim. Men u kunlari nozik, hali semirmagan edim. Payg’ambar alayhissalom odamlarga “Sizlar oldinda ketinglar”, dedilar. Odamlar ilgarilab ketdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga “Keling chopishamiz”, dedilar. Men u kishi bilan chopishdim va o’zib ketdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam indamay qo’yaverdilar. Vaqt o’tib, menga ham et kirib, semirdim. Yana safarlarning birida hamroh bo’ldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga “Sizlar oldinda ketinglar”, deb, menga “kelin chopish musobaqasi o’ynaylik”, dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan o’zib ketdilar va kulib “Bunisi avvalgisi bilan teng bo’ldi”, dedilar”.
Imomi Ahmad rivoyati

P.S. Sizlardan ham shu kabi hadislarni va sahobalar hayotidan o'rnakli mavzularni kutamiz.
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 15 Noyabr 2008, 13:36:02
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha onamiz bilan payg’ambarlar qissalari haqida suhbatlashib o’tirardilar. Bir kuni Yusuf alayhissalom qissalari haqida gapirib turib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Yusuf alayhissalomning yuzlarida parda bo’lgan. Yusuf alayhissalom juda go’zal bo’lganlaridan yuzlarini parda bilan berkitib yurardilar”, dedilar.
Shunda Oisha onamiz “O’zlarichi? O’zari pardadan behojatmilar?” dedilar. “Nima uchun siz parda qilmaysiz, Siz Yusuf alayhissalomdan ko’rkamroqmasmisiz?” dedilar Oisha onamiz.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tabassum qildilar. Uyalib kuldilar. So’ng pastga qarab o’tirdilarda, bir fursta o’tirgandan keyin “Ya Oisha! Qani menga qarang-chi” dedilar.
Oisha onamiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qaradilaru, behush bo’lib yiqilib qoldilar. O’zlariga kelgandan keyin “Yo Rasululloh! Meni kechiring” degandilar, Nabiy alayhissalom “Yusuf alayhissalom o’zlari parda qilib yurgan bo’lsalar, Alloh taolo meni O’zining ilohiy pardasi bilan to’sib turadi”. dedilar.
Oisha onamiz “Dod” dedilar. “Yo Rasululloh! Hech qachon bu pardani olmasinlarki, inson bolasi toqat qilolmaydi” dedilar.

Ma'ruzadan
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 15 Noyabr 2008, 13:38:17
Assalamu alaykum!

Birodarlar! Bu mavzuda aynan hadis yoki bir rivoyat joylash shart emas.
Mana shu mavzu haqida hayotiy misollar ila o'z fikringizni ham bildirsangiz bo'ladi.
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 15 Oktyabr 2009, 06:47:17
 :as:

OILAVIY HAYOT

Payg’ambar xonadonidan namunalar



Muallif: Xolid ibn Abduraxmon
Tarjimon: Ne’matjon Adxamjon o’g’li


Bismillahir Rohmanir Rohiym
SO’Z BOSHI

Alloh taologa xamdu sanolar, Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga, ahli baytlariga va ashoblariga hamda qiyomatgacha ularga chiroyli sur’atda ergashganlarga Allohning salotu salomlari bo’lsin.
Birodarimiz Xolid ibn Abdurrahmon Shoyi’ning «Oilaviy hayot» deb nomlangan kitobini er-xotinlik mavzusida juda foydali va nozik did bilan yozilgan deb o’ylayman.
Bu kitobda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hidoyatlaridan uzoq bo’lish hamda xotinlar bilan muomala qilishni bilmaslik oqibatida vujudga keladigan muammolar xususida so’z boradi. Shuningdek, Nabiy sollallohu alayhi va sallamning ayollari va qizlari bilan qilgan muomalalari, ayollar tarafidan sodir bo’layotgan noma’qul hatti harakatlar, nikoh to’ylari kabi marosimlarni shariatga muvofiq xursandchilik bilan o’tkazish lozimligi, ayollar tarbiyasiga qattiq e’tibor berish, qizlarning otasi ustidagi haqqi, ko’pxotinlik hamda ularni orasida adolat, taqsimot ishlari va er xotin o’rtasida sodir bo’lgan mushkulotlarni qanday bartaraf etish xususida so’z boradi.
Darhaqiqat, bu risola Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotidan yorqin suratni bizlarga taqdim qiladi-ki, bu bilan ko’p xonadonlardagi oilalar xayoti mustahkamlanadi.
Payg’ambarimizga Allohning salovot va salomlari bo’lsin.

Solih ibn G’onim As-Sadlan.
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 15 Oktyabr 2009, 06:57:19
Tiriklikda ham vafot etgandan keyin ham
er-xotinlik haqlariga rioya qilish

Oisha roziyallohu anhodan: «Men Nabiy sollallohu alayhi va sallam ayollari ichida Xadicha roziyallohu anhoga — garchi u kishini ko’rmagan bo’lsam ham — rashk qilganimchalik birontasiga rashk qilmaganman. Chunki Nabiy sollallohu alayhi va sallam uni ko’p eslardilar. Agar qo’y so’ysalar, uni bo’laklarga bo’lar, so’ng Xadichaning dugonalariga ham jo’natar edilar.
Bir kuni men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga “Go’yo dunyoda Xadichadan boshqa ayol yo’qday!”- degan edim, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ha, (dunyoda) Xadichadek ayol bo’lmagan! U juda ajoyib edi. Undan farzandlarim ham bor»
,- dedilar. (Buxoriy rivoyati)

Hadisdan olinadigan saboqlar

1) Hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallamning oliyjanob xislatlari, go’zal sifatlari, halimligi va ayollariga nisbatan - vafot etib ketgan bo’lsa ham - muhabbati hamda o’sha ayolidan ko’rgan yaxshiliklarini unutmaganligi zikr qilingan.

2) Hadisda Xadicha roziyallohu anhoning fazli va u muhtaramaning Nabiy sollallohu alayhi va sallamga qanchalik aziz, ham suyukli bo’lganliklari bayon etilgan.

3) Kishi ayolining qadr-qimmmatini tirikligida ham vafot etgandan keyin ham unutmasligi lozim.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Sizlarning eng yaxshingiz o’z oilasiga yaxshi bo’lganingiz. Men esa sizlarning orangizdagi o’z oilasiga eng yaxshi kishiman". (Termiziy, Axmad va Ibn Moja rivoyati, sahih hadis Alboniy)

4) Rashk1ning  er-xotin orasida mavjudligiga isbot bor. Rashk eng fozila ayollardan ham sodir bo’lishi mumkin.
Imom Tabariy aytadi:
«Rashk ayollar tabiatida bo’lgani uchun rashk qilish mumkin, lekin Alloh va Rasuli harom qilgan narsalarga o’tib ketmasligi lozim».

5) Yaxshi ko’rgan kishingizning yaxshi ko’rganlarini ham yaxshi ko’ring.

6) Ayrim kishilar ikkinchi xotinga uylangandan keyin, avvalgi xotinining yaxshiliklarini esdan chiqaradilar. Bu xato, albatta.

7)
Ayol o’zining yurish turishi va chiroyli muomalalari bilan erining muhabbatini qozonishi lozim. Zero, yaxshi xotin eriga hayot quvonchini taqdim etib, go’zal muhit yaratib beradi. Yaxshi ayol oilani bog’-bo’stonga, yomon ayol esa cho’l-biyobonga aylantiradi.

______________________________________________________
1 Rashk bir kishiga tegishli bo’lgan narsadan boshqa birovning sherik bo’lishi natijasida qalb hayajonlanishidan olingan. Bu ko’proq er-xotinlar o’rtasida bo’ladi.
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 15 Oktyabr 2009, 07:06:46
Ayollar bilan muloyim muomala qilib, ular muhabbatini qozonmoq lozim

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Xabashlar nayzalari bilan masjidda o’yin ko’rsatishardi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam «Ey Xumayro1  ularni tomosha qilishni hoxlaysizmi dedilar. Men: «Ha» dedim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam eshik yonida turdilar, men esa yonlariga keldim-da iyagimni muborak yelkalariga ko’ydim va yanog’imni yanoqlariga tekkazdim. Habashlar o’yin ko’rsatib: «Abul Qosim juda yaxshidir»,- deyishardi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam «Yetar endi» dedilar. Men: «Yo Rasululloh shoshmang» dedim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam biroz turdilar. So’ng yana «Yetar, endi» dedilar. Men yana «Yo Rasululloh, shoshmang» dedim. Habashlarni tomosha qilishni hoxlamas edim, lekin men ayollarga Rasulullohning men uchun turganliklari va meni qadrlashlari ayollarga yetib borishini hoxlardim.

Hadisdan olinadigan saboqlar

1) Bu hadisda ayollarga muloyim muomala qilib, ular muhabbatini qozonish bayon qilingan.

2) Hayit kunlari oilaga har xil badan rohatlanadigan, Alloh ta’olo halol qilgan narsalarga sharoit yaratib berish shariat ruxsat etgan amallardan ekanligi bayon qilinadi. Chunki hadisda zikr kilingan voqea hayit kunida bo’lgan edi.

3) Hayit kunlari xursandchilikni zoxir qilish din ibodatlaridan sanaladi.

4) Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o’z ahli ayollariga va boshqalarga qilgan yaxshiliklari, chiroyli hulqlari, mehribonchiliklarini har-bir er kishi o’zida mujassam qilishi lozimligi bayon qilingan.

5) Oisha roziyallohu anhoni Nabiy sollallohu alayhi va sallam qanchalik yaxshi ko’rishlari bayon qilingan. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan «Odamlar orasida eng yaxshi ko’rgan kishingiz kim?»- deb so’raganlarida «Oisha» deganlar. (Muttafaqun alayh)

6) Har kimni o’zi yaxshi ko’rgan ism bilan chaqirish ham lutfga kiradi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Oisha roziyallohu anhuni «Ey Xumayro», deb erkalatib chaqiryaptilar. Ba’zan: «Ey Oish, Jabroil sizga salom yo’llayapti», (Muttafaqun alayh) deb oxirgi harfini tushirib aytganlar.

______________________________________________
1Xumayro – Xijozliklarning tilida qizil sochlilarga aytiladi, bu o’rinda erkalash ma’nosidani bildiradi.
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 15 Oktyabr 2009, 13:54:14
Oilaviy hayotda ba’zi xatolardan ko’z yumish

Ummu Salama roziyallohu anhodan: «Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ashoblari bilan Oisha roziyallohu anhoning uyida o’tirgan edilar. Ummu Salama onamiz bir idishda taom olib keldilar. Shunda Oisha roziyallohu anho kiyimini beliga bog’lab olgan xolda qo’lida bir tosh bilan keldi-da u bilan idishni urib ikkiga bo’lib qo’ydi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bo’lingan idishni ikkala bo’lagini birlashtirib sahobalarga: «Olinglar! Yeyaveringlar, onangiz rashk qildi» dedilar, ikki marta. So’ngra Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Oisha onamizning idishlarini oldilar va Ummu Salama onamizga berdilar, Ummu Salamaning idishni Oisha roziyallohu anhoga berdilar». (Nasoiy rivoyati)

Hadisdan olinadigan saboqlar

1) Hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning go’zal hulqlari va halimligi bayon qilingan.

2) Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning halimligiga qarang! Oisha roziyallohu anhodan sodir bo’lgan xatoni malomat qilmasdan, ayollarning rashkchi ekanligini bilganlari uchun «Onanglar rashk qildi»,- deb ma’zur tutyaptilar.

3) Oisha roziyallohu anhoning idishni sindirganiga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam indamadilar. Chunki Ummu Salama roziyallohu anho Oisha roziyallohu anhoning uyida o’tirgan Rasululloh va ashoblariga taom chiqarish bilan, Oisha roziyallohu anhoning rashkiga sababchi bo’lgan edi. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallam idishni to’latish bilangina cheklandilar. Taomni  esa to’latmadilar, chunki bu taom hadya edi. Boshqa shunga o’xshash xodisada «Idishga idish, taomga taom» deb taomni ham to’latganlari rivoyat qilingan.

4) Mana bunday hikmat va halimlik oila hayotidagi to’siqlardan beshikast o’tishga imkon beradi. Ko’p xotinli kishilar Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan o’rnak olib, ayollariga nisbatan hamisha hikmat va halimlik maqomida turib, barcha xolatlarda adolat bilan ish tutsinlar. Ana shunda xech kimga zarar yetmaydi. Ayollarining faqat bittasiga moyil bo’lib, qolganlarini tashlab qo’ygan kishi quyidagi taxdidni yodida tutsin.
«Kimning ikki xotini bo’lib, ularning biriga moyil bo’lib qolsa qiyomat kuni bir tarafga moil bo’lib (qiyshaygan) xolda keladi». (Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyati)
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 15 Oktyabr 2009, 14:10:04
Er-xotin orasidagi tuyg’ularga e’tibor

Oisha roziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam menga: «Men sizning rozi bo’lganingizni ham, jahlingiz chiqqanini ham bilaman»,- dedilar. «Qayerdan bilasiz?»- deb so’radim.
- Agar mendan rozi bo’lsangiz «Yo’q Muhammadning robbisiga qasamki»- deb gap boshlaysiz, agar mendan g’azablansangiz «Yo’q Ibrohimning robbisiga qasamki»,- deb gap boshlaysiz dedilar.
- Allohga qasamki to’g’ri aytdingiz, faqat ismingizni tark etaman xolos»
,- dedim. (Buxoriy rivoyati)

Hadisdan olinadigan saboqlar

1) Agar er-xotin bir birini diqqat bilan kuzatsa, qachon g’azablanishi-yu qachon rozi bo’lishlarini bilib oladilar. Biz bu hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Oisha roziyallohu anhoning his-tuyg’ularini, birgina qasamining o’zidanoq bilib olganlarini mulohaza qilamiz.

2) Goxo er-xotin o’rtasida kelishmovchiliklar bo’lib turadi. Bunday xollarda bir-biridan arazlashish oraga sovuqlik tushishiga sabab bo’lmasligi kerak. Shariat ruxsat bergan yo’llar bilan nasixat qilish kabi choralarni qo’llash kerak. Agar nasixat kor qilmasa unda er joyini bo’lak qilishi mumkin.

3) Oisha roziyallohu anhoning Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga qilgan g’azabi kechirildi. Aslida, xech kimning Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga g’azab qilishi joiz emas. Oisha roziyallohu anhoning g’azabiga rashk turtki bo’lardi. Rashk esa muhabbatga dalolat qiladi. Shuning uchun ham Oisha roziyallohu anho g’azablanganda ham, qasam ichganda ham «Ibrohimning rabbisiga qasamki», deb chegaradan o’tib ketgani yo’q. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qasamga qo’shib aytilishda insonlarning eng munosibidir. Oisha roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bog’liq chegaradan uzoqqa chiqib ketmadi. Er-xotin bir-biridan g’azablangan vaqtda o’rtaga sovuqlikni tushirmaydigan ishlarni qilsinlar.

4) Ba’zilar Allohdan boshqa narsa bilan qasam ichadilar. Qasam ichilayotgan narsa hox Ka’ba, hox Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning nomlari yoki boshqa narsalar bo’lsin, bunday qasam harom va shirkdir.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kim qasam ichsa, Allohning nomi bilan ichsin, bo’lmasa jim tursin». (Muttafaqun alayh)
«Kim omonatni o’rtaga qo’yib qasam ichsa, bizdan emas».
«Kim Allohdan boshqa narsa bilan qasam ichsa, darhaqiqat shirk keltiribdi». (Ahmad rivoyati)
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Hadija 15 Oktyabr 2009, 16:18:10
Alloh rozi bo'lsin va davomli qilsin...
Tashakkur, sizga :)...

Albatta, Musulmon uchun, payg'ambarimiz  :sw: ummati uchun eng ibrat olurlik inson bu payg'ambarimiz Muhammad Mustafo  :sw: va ularning ahli oilalaridir...
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 16 Oktyabr 2009, 14:38:17
To’y kechalarida ruxsat berilgan o’yin-kulgi

Muhammad ibn Xotibdan rivoyat qilinadi: Payg’ambar sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Nikohning halol va haromi o’rtasini ajratuvchi narsa duf va ovoz (yor-yor)"
(Ibn Moja va Termiziy rivoyati saxix xadis)

Hadisdan olinadigan saboqlar

Bu xadisda nikoh kechalarida «daf» chalishga xujjat bor. Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar:
«Nikohdagi halol va haromning orasini ajratib turadigan narsa daf va ovozdir». (Ibn Moja va Termiziy rivoyati sahih hadis)
Ushbu masala ahamiyatli bo’lganligi uchun bir oz to’xtalib o’tamiz.
1) Chalinayotgan narsa bir tarafi teri bilan qoplangan ikkinchi tarafi ochiq, hech qanday musiqiy asbob uskunalar osilmagan daf (doira) bo’lishi shart. Chunki musiqiy asboblar (shildiroq, xalqalar) osilgan dafni ishlatishga shariat tarafidan hech qanday ruxsat kelgan emas. Bu shariatda haromdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Ummatimda shunday bir qavm bo’ladiki, ular zinoni, ipakni, hamrni (aroqni).... va ma’ozifni o’zlariga halol qilib oladilar...».  
(Imom Buxoriy rivoyati)
«Ma’ozif» barcha musiqa asboblarini o’z ichiga oladi. Lug’at olimlari orasida bu masalada hech qanday ixtilof yo’q. Agar xalol bo’lganda, zino, hamr kabi narsalar qatorida sanalmagan bo’lardi.
Musiqa va musiqiy asboblarning harom ekanligiga xujjatlar ko’p. Biroq hozir bu masalaning o’rni emas.

2) To’yda aytiladigan she’rlarning so’zlari faxsh, shaxvatni qo’zgatuvchi so’zlardan holi, chiroyli va ma’noli so’zlar bo’lishi lozim.

3) Bunday xollarda ayollarning ovozi erkaklarga eshitilmasligi kerak. Ayollarga ajratilgan joy erkaklar turgan joyga yaqin bo’lmasligi va ovoz kuchaytirgich asboblari ishlatilmasligi darkor.
Shayx Solih ibn G’onim As-Sadlan aytadi: «Xursandchilikni izhor qilish uchun nikoh to’ylarida duf chalinishning zarari yo’q. Faqat ba’zi shartlari bajarilishi kerak. Shartlar:
Duf birovni bezovta qilmaydigan darajada past ovozni chalinishi kerak.
Dufni erkaklar emas, ayollar chalishi kerak»
.
Shayxulislom Ibn Taymiyya aytadi:
«Duf chalish va chapak chalish ayollar odati bo’lgani uchun bu ishlarni qilgan erkaklarni salaflar “xunasalar” deb ataganlar».
Dufda shildiroqlar bo’lmasligi kerak. Shuningdek, karnay, surnay, tanbur, g’ijjak kabi asboblarni chalish ham, eshitish ham barcha ahli ilmlar nazdida xaromdir.
Ayollar erkaklarga aralashib yurmasligi lozim. Ammo bugun dufni baland chalib ovoz kuchaytirgich yordamida odamlarga eshittirish, shahvatni qo’zgatuvchi ohangda ashulalarni va  bema’ni she’rlarni aytib kechalar o’tkazilayotganini ko’rayapmiz. Bunday nojoiz ishlar albatta fasod va buzg’unchilikka olib boradi.

Xofiz ibn Rajab o’zining «Nuzxatus samo» kitobida yozadi:
«Ularning duflari bamisoli elakdek, she’rlari, nashid va ashulalari urush kunlaridagi joxiliy she’rlar kabi bo’lar edi. Kim jaranglovchi duflar bilan g’azallar eshitishni bunga o’xshatadigan bo’lsa, juda katta xato qilibdi».

Izz ibn Abdussalom aytadi: «Rubob, gijjak va shunga o’xshash cholgu asboblarini chalish ham, eshitish ham to’rt mazhabda (Xanafiy, Molikiy, Shofe’iy va Xanbaliy) haromligi mashhurdir».

Ibn Qudoma «Mug’niy» kitobida aytadi: «Dufni chalish erkaklarga hamma vaqkt makruhdir. Uni ayollar chaladi. Agar erkaklar chaladigan bo’lsa o’zini ayollarga o’xshatgan bo’ladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o’zini ayollarga o’xshatgan erkaklarni la’natlaganlar».

Xofiz ibn Xajar rahimatulloh aytadi: «Islomning asl qoidalaridan biri - bema’ni o’yin-kulgulardan pok bo’lish. Asl qoidaga hilof bo’lgani bois o’yin-kulguning vaqti va ko’rinishi aniq dalillarga muvofiq bo’lishi lozim».

Ba’zi ayollar ayollar davrasida raqsga tushayotgan vaqtida mumkin bo’lmagan joylari ochilib ketadi. Chunki u sharmandalarning kiyimini kiyib olgani uchun libosi past tarafidan, tepa tarafidan yoki yonboshidan ochilib yotadi. Bu axvolda raqs tushish ham, boshqa ayollarning unga qarashi ham haromdir.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Bir kishi boshqa birovning avratiga nazar tashlamasin! Birorta ayol boshqa bir ayolning avratiga nazar solmasin! Ikki kishi (yalangoch holda) bir kiyim-libosga o’ranmasin! Ikki ayol ham (yalangoch holda) bir libosga kirib olmasin!». (Muslim rivoyati)
Imom Navaviy aytadi: «Bu hadisda bir kishi boshqa kishining avratiga, bir ayol boshqa bir ayolning avratiga qarashining haromligi bayon qilingan».
Ba’zi ayollar kofir, buzuq raqqosalarga taqlid qilib raqs tushadi. Bu bilan shahvat o’chog’iga o’t yoqadilar. Qolaversa Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning mana bu so’zlari ostiga kirib qoladilar: «Kim o’zini bir qavmga o’xshatsa, bas u o’shalardandir». (Abu Dovud rivoyati)
Bundan tashkari gunoh ishlarga yordam berish ham bo’ladi.

Alloh ta’olo aytadi: «Gunoh ishlarga va tajovuzkorlikka yordam bermanglar». (Moida: 2)

Bunday raqsga tushish ham, uni tomosha qilish ham  haromdir.
Ba’zi ayollar raqsga tushayotgan vaqtlarida ularga ko’z tegib qolishi va boshqa ayollar oldida maqtalib har-xil fitnalarga giriftor bo’lib qolish ehtimoli bor.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Ko’z tegishi haqdir. Agar taqdirdan biror bir narsa o’tib ketguvchi bo’lganida, albatta ko’z tegishi o’zar edi». (Muslim rivoyati)

«Allohning qazo va qadaridan keyin o’ladigan kishilarning ko’pi nafs (ya’ni, ko’z tegishi) bilan o’ladi». (Bazzor rivoyati)

Demak muslimalar bu muammolardan o’zlarini xotirjam sanasalar-da, lekin boshqa ayollarning: «Falonchi chiroyli raqs tushar ekan, pismadonchi yomon tushar ekan», degan gaplaridan qochib qutula olmaydilar. Xususan to’y-xashamlarni yashirin yoki oshkor tasvirga tushirishdan saqlanmoq lozim. Ayollar davrasi tasvirga tushirilgan videokassetalarni kimlar ko’rmaydi deysiz. Biz buni aniq harom deb aytamiz.
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 18 Oktyabr 2009, 06:50:33
Giybat va chaqimchilikdan saqlaning!

Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men Nabiy sollallohu alayhi va sallamga:
- Sofiya roziyallohu anhodan (ishora bilan ko’rsatib) falon falon narsalarni tiyib ko’ysangiz bo’larmidi, degan edim.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
- Darhaqiqat siz shunday so’zni aytdingizki, agar uni dengiz suvi bilan aralashtirilsa, dengiz suvidan ham g’olib bo’lgan bo’lar edi», dedilar.
- Men uning qilig’ini aytdim xolos!-dedim.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
«Men bor gapni aytdim xolos. Lekin maqsadim falon falon» degan so’zni yoqtirmayman»,-
dedilar.
(Ahmad rivoyati)

Hadisdan olinadigan saboqlar

Hadisda g’iybatning haromligi aytilmoqda. Olimlar g’iybatni gunohi kabiralardan hisoblaganlar.
«... va ayrimlaringiz ayrimlarni g’iybat kilmasin! Sizlardan biron kishi o’zining o’lgan birodarining go’shtini yeyishni yaxshi ko’rurmi?! Ana yomon ko’rdingizmi?! (Bas, gunohi bundanda ortiq bo’lgan giybatni ham yomon ko’ringiz)!...» [Xujurot/12]

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Ribo-sudxo’rlik yetmish ikki bobdir. Eng kichkinasi (ning gunohi) kishining o’z onasi bilan yotishi kabi (yomon gunoh)dir. Eng katta sudxo’rlik bu kishi o’z birodarining obro’-e’tiboriga putur yetkazishidir».
Tabaroniy rivoyati, Alboniy sahih degan
«Me’rojga chiqqanimda bir qavmning yonidan o’tdim. Ularning tirnoqlar misdan edi. Ular ko’kraklari va yuzlarini tirnar edilar. Shunda men: «Ey Jibril, bular kimlar», deb so’radim. Jibril: «Ular insonlarni go’shtini yegan-ularning obro’lariga putur yetkazganlar»,- deb javob berdi.
Abu Dovud rivoyati
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam giybatdan qattiq qaytarganlar. G’iybatchilar qanday yomon gunoh qilib yurganlarini bilib qo’yishsin. Nahot tillari g’iybatdan charchamagan bo’lsa?!
G’iybatchilarning kasofatidan qancha chin do’stlarning oralari buzilib ketdi! Qancha oilalarning orasiga sovuqlik tushdi! Qancha guldek xonadonlar harobaga aylandi.
Axir yolg’on-bo’xtonlar sababli mazlum bo’lib qolganlarning duoi-badlaridan qo’rqmaydilarmi?!
Alloh ta’olo mazlumlarning duosini qabul qiladi. «Izzatim va Ulug’ligimga kasamki, biroz keyin bo’lsa xam, albatta senga yordam beraman!»- deydi. Giybatchilar Allohning alamli azobi kelmasdan turib tavba qiling!
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Kim bir mo’min haqida unda yo’q bo’lgan sifatni gapirsa, to gapirayotgan gapidan to’xtamagunicha Alloh uning joyini do’zax axlidan oqib chikkan yiring va qonlar to’planadigan joydan qiladi».
Abu Dovud rivoyati
Musulmon kishi g’iybat qilayotgan odamni qaytarishi lozim. Chunki g’iybatni eshitish harom. Birodarining obro’sini himoya qilgan kishiga chiroyli oqibatlar va’da qilingan.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kim birodarining obro’sini giybatdan himoya qilsa, uni do’zaxdan omon saqlash Allohning zimmasidagi haq bo’ldi». Ahmad rivoyati
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 19 Oktyabr 2009, 16:19:25
Oilaviy muammolar yechimi

No’’mon ibn Bashir roziyallohu anhudan: «Abu Bakr roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallam xuzurlariga kirishga izn so’radi. Shu vaqt Oisha roziyallohu anhoning Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga baland ovoz bilan gapirayotganini eshitib qoldi. Izn berilgach, kirib Oisha onamizni urishdilar: «Ey Ummu Ruvmonning kizi! Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ovozingni baland ko’tarasanmi?». Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abu Bakr bilan qizining o’rtasiga tushdilar. Abu Bakr roziyallohu anhu chiqib ketgach, Nabiy sollallohu alayhi va sallam Oisha roziyallohu anhuni rozi qilish uchun: «Ko’rdingizmi, siz bilan otangizning o’rtangizga tushdim»,- dedilar. So’ng yana Abu Bakr roziyallohu anhu kelib, kirishga izn so’radi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Oisha roziyallohu anhoni kuldirayotganini eshitadi. Izn berilgach, Abu Bakr roziyallohu anhu: «Yo Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, urishib qolgan vaqtingizda sherik qilganlaringizdek, xursandchiliklaringda ham sherik qilmaysizlarmi?»,- dedi».
(Ahmad rivoyati)

Hadisdan olinadigan saboqlar

Nabiy sollallohu alayhi va sallamning halimligiga ta’rif yo’q. Nabiy sollallohu alayhi va sallam aslo kibr qilmasdilar. Agar ayollaridan bir xato sodir bo’lsa, birinchi bo’lib Rasululloh sollallohu alayhi va sallam isloh qilishga harakat qilar edilar.
Er-xotin o’rtasida kelishmovchilik bo’lishi tabiiy xol. Oilada janjal chiqsa, darxol ikkovidan biri g’azabidan tushib toqati yetgancha juftini achchig’idan tushirishga harakat qilmog’i lozim. Shunda oila deb atalmish kema xayot dengizida suzishda davom etadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xonadonidagi kelishmovchiliklar ayollari tomonidan bo’lar edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning chiroyli hulqlari va halimliklari ayollarini achchig’idan tushirardi.
Ota eriga qarshi chiqqanligi uchun qiziga odob berishi mumkin. Bu oila tinchligi uchun zarur.
Agar xotin tarafidan bir xato sodir bo’lsa, er ayolga zarar berishga yoki nikoh tugunini yechishga shoshilmasdan, aql va halimlik bilan muomala qilishi va ayolining yaxshi xulqlarini eslab, bu xatoni kechirib yuborishi lozim.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Mo’min kishi mo’mina ayolga g’azab qilmaydi. Agar uning bir xulqini yomon ko’rsa, boshqasidan rozi bo’ladi». (Muslim rivoyati)
Kelishmovchilikni hal kilish uchun Allohga osiy bo’lib qolmaydigan darajada er-xotin o’z xaqqini talab qilishlari mumkin.
Ota faqat qiziga foydali bo’lgan o’rinlardagina qizining oilasiga aralashishi mumkin.
Saxl ibn Sa’d roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadis.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qizlari Fotima roziyallohu anhoning uyiga keldilar. Ali roziyallohu anhu uyda yo’q edi. «Amakingning o’g’li qani?»- dedilar. Fotima roziyallohu anhu: «Oramizdan gap o’tdi. So’ng mendan g’azablanib chiqib ketdi. Mening oldimda dam olgisi kelmadi»,- dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kishiga: «Qarachi qayerda ekan-», dedilar. Haligi kishi: «U masjidda yotibdi», deb keldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjidga keldilar. Ali roziyallohu anhuning  yelkasidan ridosi tushib ketgan, hammayog’i chang bo’lib yotar edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uning changlarini qoqib: «Ey Abu Turob!2 Turing», dedilar.
(Buxoriy va Muslim rivoyati)
Xofiz ibn Xajar (r.h) aytadilar: «Bu hadisda ko’p foydalar bor. Bulardan biri kuyovga yaxshi gapirib, g’azabidan tushirishdir».

___________________________________
2 Bu bilan "Ey tuproqqa belanib yotgan kishi" deyilmoqchi
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 19 Oktyabr 2009, 16:23:58
Xotinlar o’rtasini isloh qilish

Anas roziyallohu anhudan: «Xafsaning Sofiyani yaxudiyning qizi degani, Safiyaga yetib keldi. Sofiya hafa bo’lib yig’ladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kirganlarida ham yig’lar edi. «Sizni nima yig’latdi?»- dedilar. Sofiya: «Xafsa meni yaxudiyni qizi debdi», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Siz payg’ambarning qizisiz, amakingiz payg’ambar va siz payg’ambarning xotinisiz. Xafsa nimasi bilan sizga faxrlanyapti?»- dedilar. So’ng: «Ey Xafsa, Allohdan qo’rqing!»- dedilar».
(Ahmad rivoyati)

Hadisdan olinadigan saboqlar

Kundoshlar o’rtasida kelishmovchilik chiqqan paytlarda er hakamlik qilishi joizdir.
Ayol kishi o’z nomusini va dinini muhofaza qilish yo’lida unga kelayotgan so’zlar -xatto fozila ayollar tarafidan kelayotgan bo’lsa ham- o’z isbotini topmagunicha qattiq ishonch hosil qilmasligi kerak.
Nabiy sollallohu alayhi va sallam Sofiya roziyallohu anhuga yaxshi fazilatlarni bayon qilib berdilar. Chunki bu fazilatlar payg’ambar xonadoniga bog’liq bo’lgan taqvo va iymon kabi sharafli asos ustiga qurilgandir. Buni kamsitib bo’lmaydi. So’ng Nabiy sollallohu alayhi va sallam Xafsa roziyallohu anhuga nasihat qildilar.
Xafsa roziyallohu anhu jaxli chiqqan paytda yuqoridagi so’zni aytgan bo’lishi mumkin. Lekin musulmon kishi tilini har qanday toyilishlardan saqlashga buyurilgan.
«Ayting (ey Muxammad alayhis-salom), bandalarimga ular eng chiroyli (yaxshi) so’zlarni gapirishsin. Albatta shayton ularning orasiga adovatni tashlaydi. Albatta shayton insonga ochiq dushmandir». (Isro/53)
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 21 Oktyabr 2009, 14:51:28
Ahli-ayolga ta’lim berish

Ibn Abbos roziyallohu anhudan, mo’minlar onasi Juvayriya Xorisa qizidan roziyallohu anhu: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam Juvayriyaning oldidan bomdod namozi vaqtida chiqib ketdilar. Juvayriya joynomoz ustida edi. So’ng choshgoh payti qaytdilar. Juvayriya hali ham joynamozi ustida o’tirar edi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Sizning yoningizdan chiqib ketganimdan beri shu xolda o’tiribsizmi?»- dedilar. (Juvayriya): «Ha», dedi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Men sizdan keyin to’rt kalimani uch marta aytdim. Agar siz shu paytgacha aytgan zikrlaringiz bilan bu kalimani tortib ko’rilsa, albatta bu kalimalar ogir keladi. (Bu kalima) «Maxluqlar sonicha, Arshining og’irligi, kalimalarning siyoxichalik va O’zining rozili qadar hamd aytib, Allohni poklayman».
(Ahmad va Muslim rivoyatlari)  

Hadisdan olinadigan saboqlar

Bu hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallamning ahli ayoliga nasihati, ularga mehribonligi va yaxshilikka yo’llaganligi bayon qilinyapti.
Er kishi axli ayoliga ta’lim berish va yaxshi yo’llarga yo’llashga xarakat qilmogi lozim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar.
«Allohning rahmati bo’lsin bir kishiga-ki, u kechasi turib namoz o’qiydi va ayolini ham uyg’otadi. Agar turishdan bosh tortsa, yuziga suv sepadi. Allohning rahmati bo’lsin bir ayolga-ki, u kechasi turib namoz o’qiydi va erini ham uyg’otadi. Agar turishdan bosh tortsa, yuziga suv sepadi».
(Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Moja rivoyatlari)
Mazkur hadisda aytilgan sifatlar bilan ziynatlangan xonadon haqiqiy baxtli xonadondir. Chunki Allohga itoat qilishda bir-biriga yordam bermoqlik oila baxtining asosidir.
Shayxul-islom Ibn Taymiya (r.h) aytadi: «Allohni doim zikr qilib yurish – banda shug’ullanadigan ishlarning eng afzali ekanini olimlar bilittifoq ta’kidlashgan».
Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xuzurlarida edik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Sizlardan qaysi biringiz bir kunda mingta savob olishdan ojiz?»-dedilar. «Qanday qilib oladi?»- deb so’rashdi. Rasululloh s.a.v: «Yuz marta tasbeh aytadi, shunda unga mingta yaxshilik yoziladi yoki mingta xatosi o’chiriladi»,- dedilar.
(Muslim rivoyati)
Yo Alloh! Kancha ulug’ fazllar bor, biz undan g’ofilmiz.
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 21 Oktyabr 2009, 14:54:55
Uylarni munkar narsalardan poklash

Oisha roziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam safardan keldilar. Mening xonamda bir kichkina darcha bor edi. Uni surati bor mato bilan to’sib ko’ygan edim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni ko’rgan zaxoti yirtib tashladilar-da: «Kiyomat kuni eng qattiq azoblanadigan kishilar Allohning mahluqlariga o’xshatib rasm chizganlar»,- dedilar. So’ng uni bitta yoki ikkita yostiq qilib qo’ydiq».
(Buxoriy rivoyati)

Hadisdan olinadigan saboqlar

1) Goho oilada kimdir o’zi bilmagan xolda munkar ishni kilib ko’yadi. Shunda qattiq muomala qilmasdan, bu munkarni darxol o’ziga xos uslub bilan o’zgartirish zarur. (Ya’ni kim haq, kim nohaqligini aniqlab olish kerak). Haq ma’lum bo’lgach, ikki tarafdan biri haqni qabul qilib, itoat qilishi lozim.
2) Bu hadisda rasm chizish va chizilgan suratlarni uyda qoldirishning haromligi aytilyapti. Ularni o’chirib, yo’q qilib tashlash vojib.
«Albatta bu suratlarning egalari Qiyomat kuni azoblanadilar». (Buxoriy rivoyati)
«Farishtalar surati bor uyga kirmaydi». (Buxoriy rivoyati)
Xususan, yosh bolalarning kiyimlaridagi jonli suratlarni yo’qotmok lozim. Ammo yerda xor bo’lib tepalanadigan to’shakka o’xshagan narsalardagi suratlar mumkin. Jabroil Nabiy sollallohu alayhi va sallamga dedi: «Buyuring, o’rab ko’yishsin, kesib tashlashsin yoki tepalanib oyok ostida qoladigan to’shak qilib qo’yishsin». (Abu Dovid, Tarmiziy va Nasaiy rivoyatlari)   
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 02 Noyabr 2009, 18:33:35
G’ayurlik-qizganish

Oisha roziyallohu anhodan: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni (birga yotganda) paypaslab qidirdim. So’ng qo’limni sochlari orasiga kirgizdim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam «Shaytoning keldimi?»- dedilar. Men: «Sizning shaytoningiz yo’qmi?»- dedim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bor, lekin unga qarshi Alloh menga yordam bergan; u Islomga kirgan»,- dedilar.
Nasaiy rivoyati
 
Hadisdan olinadigan saboqlar

1) Rashk ayollarda doim bo’ladi. Xususan, uxlash oldidan va uyg’ongan paytida ayollar bilan muomala qilishda o’rtacha bo’lish lozim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Albatta rashk kiluvchi ayollar vodiyning tepasi bilan pastini (farqiga bormay qoladi) ko’rmaydi»,- deganlar.
Abu Ya'lo rivoyati
Ayollarda rashk o’ti alangalangan vaqtda qilayotgan ishlarini bilmay qoladi. Shuning uchun ham Oisha roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi va sallam boshqa xotinlarinikiga borib keldimi-yo’qmi, shuni bilish uchun ko’lini Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sochlari orasiga kirgizgan bo’lishi mumkin. Albatta, bu shayton vasvasasidir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Oisha roziyallohu anho uchun ajratgan kunda adolatsizlik qilishi mumkin emas.
2) Oisha roziyallohu anhoning savoli qattiq bo’lsa-da, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam u kishiga chiroyli muomala qildilar. Bundan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ayolini qanchalik do’st tutganligi ma’lum bo’ladi.
Qozi Iyoz rahimahulloh: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ahli ayollari bilan chiroyli va bag’rikenglik bilan muomalada bo’lgani xususida sahobalar va salafi solihlarning so’zlar juda ko’pdir»,- deganlar.
Imom Molik aytadi: «Kishi ahli bilan yaxshi munosabatda bo’lishida  Allohning roziligi, ayolining muhabbati, molining ko’payishi va umrining barakali bo’lishi bordir». «Inson ayolining muhabbatini qozonishga harakat qilishi vojib.
Imom Molik ahli-ayoliga va farzandlariga chiroyli muomalada bo’lgan kishilardan edi.
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 02 Noyabr 2009, 18:39:23
Ota o’z qizini solih kishiga «uylaning», deb
taklif kilishi

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan: «Xafsaning eri Xunays1 ibn Xuzofa as-Saxmiy vafot etganidan keyin Umar roziyallohu anhu aytadi: «Men Usmon roziyallohu anhuning oldiga borib, unga qizim Xafsani taklif qildim. U: «o’ylab ko’raman»,- dedi. Oradan bir necha kun o’tdi. So’ng shu kunlarda uylanolmasligini aytdi. Abu Bakrga bordim, unga: «hoxlasangiz, qizim Xafsani sizga beray»,- dedim. Abu Bakr biron narsa demadi. Men Usmondan ham ko’ra Abu Bakrdan ko’p hafa bo’ldim. Oradan bir necha kun o’tgach keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sovchi qo’ydilar. So’ng Xafsani Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga nikohlab berdim. Bir kuni Abu Bakrni uchratib qoldim. Abu Bakr: «(Ey Umar) menga qizingiz Xafsani taklif qilganingizda, xech narsa demaganimga hafa bo’lgandirsiz?»- dedi. «Ha» dedim. Abu Bakr: «Boisi shuki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sirlarini fosh etgim kelmadi, agar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uylanmaganida, men albatta taklifingizni qabul qilar edim»,- dedi.
Buxoriy rivoyati

Hadisdan olinadigan saboqlar

Bu hadisdan ota qizini yoki qo’l ostidagi cho’rilardan birini solih kishiga taklif qilishi mumkinligi ma’lum bo’ladi. Bu ishi o’z qiziga qilgan yaxshiligidandir.
Ota qizini solih kishiga taklif qilishida zarar yo’q. Umar roziyallohu anhu Abu Bakr Siddiqga qizini taklif qkildi. Xolbuki, Abu Bakrning boshqa xotini bor edi. Xafsaning ham yoshi Abu Bakrdan yigirma yoshlar chamasi farq qilar edi. Chunki Xafsa risolatdan besh yil oldin tug’ilgan.
Ba’zi ayollarning «xotin ustiga yana boshqasini olishni istagan kishiga turmushga chiqish joiz emas. Chunki bu oldingi xotiniga nisbatan zulmdir», degan tushunchalari xatodir. Umar roziyallohu anhu qizi Xafsani Abu Bakr va Usmondek turmush qurgan kishilarga taklif qildi-ku!
Musulmonlarning biri-biriga sovchi qo’yish yoki uylanish kabi solih amallarni qilishi Alloh izni bilan savobli ishdir.
«(Ey mo’minlar), yaxshilik va taqvo ishlarida bir-birlaringga yordam beringlar». [Moida/2]
Xozir fitnalar avjiga chiqqan bir davrda uylanish shartlarini yengillashtirish lozim. Chunki kundan kunga ayollar soni ko’payib bormoqda.
Ko’p kishilarning beva ayollarga -hox eri o’lgan, hox ajrashgan bo’lsin- uylanishdan boshtortishlari katta xatodir. Chunki bu ayollar oilaviy va ijtimoiy xojatlarini ado etadigan kishilarga muxtojlar.
Shuningdek ayollar ham o’zlariga sovchi ko’yayotgan kishilardan diniga va hulqiga rozi bo’lganiga – garchi uylangan bo’lsa ham- rozi bo’lishlari lozim. Ular o’zlarini himoya qiladigan va oilaviy muammolarini hal qilib beradigan solih kishining qo’l ostida bo’lishlari maqsadga muvofiqdir.
_______________________________________________
1Xunays - sahobiylardan, Madinada vafot etgan
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 03 Dekabr 2009, 06:14:16
Odamlarning yomon hayollarga borib qolishidan
extiyot bo’lmoq

Ali ibn Xusayn roziyallohu anxumodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ayoli Sofiya roziyallohu anhu Ramazonning oxirgi o’n kunida, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam e’tikofdalik paytida, u kishini ziyorat qilgani keldilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan gaplashib qoldilar. Bir ozdan keyin Sofiya uyga qaytmoqchi bo’lganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kuzatib qo’ygani turdilar. Ikkovlari Ummu Salama roziyallohu anhoni eshigi yoniga kelganlarida Ansorlardan ikki kishi ularning yonlaridan o’tib qoldi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga salom berib o’tib ketishdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularga qarab: «Shoshmanglar, bu Sofiya binti Xuyay»,- dedilar. Ular: «Yo Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam nima deyapsiz?»- deyishdi. Bu gap ularga og’ir botdi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Shayton odam farzandining qon tomirlarigacha yetadi, shuning uchun sizlarning qalbingizga yomon gumonni solib qo’yishidan qo’rqdim»- dedilar.
Buxoriy, Muslim va Abu Dovud rivoyatlari

Hadisdan olinadigan saboqlar

Musulmonlar birovlarning yomon gumonga borib qolishidan extiyot bo’lishi lozim. Shuning uchun shubha uygotadigan joylarda yurmasligi kerak. Ba’zi oilalarning ko’pchilik oldida o’zlarini tuta olmasliklari kishini yomon gumonga olib boradi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xonadoni naqadar pok va sharafli edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu Sofiya binti Xuyay»,- deb bu ikki ansorning yomon gumonga borib kolishidan ehtiyot bo’lib, vaziyatni aniq tushintirishga harakat qimoqdalar. Bu hadis shubhali o’rinlardan va odamlar yomon gumonga borib qolishlari mumkin bo’lgan o’rinlardan uzoq bo’lishimizga katta dalildir.
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 04 Dekabr 2009, 07:55:59
Qizlarga yaxshilik qilish

Oisha roziyallohu anhodan: «Bir bechora ayol ikki qizchasini ko’tarib xuzurimga keldi. Men ayolga uchta xurmo berdim. U qizlariga bittadan xurmo berdi, o’zi uchunchisini endi og’ziga olib borganida qizlari yana qo’l cho’zishdi. Shunda ayol uchinchi xurmoni ham ularga bo’lib berdi. Menga ayolning qilgan ishi juda yoqdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kelganida bu voqeani aytib berdim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Alloh ta’olo ayolga ana shu ishi sababli jannatni vojib qildi yoki uni do’zaxdan qutqardi»,- dedilar. Boshqa bir rivoyatda: «Kim qizlari tarafidan balolansa (sinalsa), bas, ularga yaxshilik qilsa, ular shu kishi uchun do’zaxdan to’sib turadigan parda bo’ladi»,- dedilar.
Buxoriy va Muslim rivoyati

Hadisdan olinadigan saboqlar

1) Oisha roziyallohu anhoni rahim-shafqatli va exson qilishni yaxshi ko’radigan ayol edilar. Boshqa bir rivoyatda ayolga bergan shu uchta xurmodan boshqa narsa uyida yo’qligi zikr qilinadi. Bir safar Muoviya roziyallohu anhu Oisha roziyallohu anhoga yuz ming dirham jo’natdi. Oisha roziyallohu anho uni qo’liga ham olmasdan turib miskinu muxtojlarga tarqatib yuboradi.
2) Farzandlarga -xususan qizlarga- yaxshi muomalada bo’lmoq fazilatli amaldir. Ba’zilar qiz tug’ilsa, hafa bo’ladilar. Bu noto’gri. Alloh ta’olo qiz tugilishini yomon ko’rgan joxiliyat ahlini qoraladi:
«Qachon birovlariga qiz (ko’rgani haqida) xushxabar berilsa, g’azabga to’lib, yuzlari qorayib ketar. Va U (qizni) xo’rlagan xolida olib qolish yoki (tiriklay) tuproqqa qorish (to’grisida o’y surib), o’ziga xabar berilgan narsaning (ya’ni qizning), yomonligidan (nomus qilib) odamlardan yashirinib olur. Ogoh bo’lingizkim, (ular bu qilmishlari bilan) eng yomon (ya’ni nohaw) hukm chiqarurlar».Naxl surasi/58-59
Vosila ibn Asqa’: «Alloh ta’oloning ayol zikrini erkakdan oldin keltirishi ayollarning barakotli va baxtli ekaniga dalolat qiladi:
«U O’zi hoxlagan kishiga qizlarni hadya etur va O’zi hoxlagan kishiga o’gillarni hadya etur» Sho'ro/49.
«Arab amirlaridan Abu Xamza degan kishi bir ayolga uylanadi. Ayoldan qiz tugiladi. Bunga Abu Xamzaning jaxli chiqib, uydan chiqib ketadi. Oradan bir yil o’tgach ayolining uyi yonidan o’tib ketayotib ayolining qiziga aytayotgan ashulasini eshitib qoladi.
«Abu Xamzaga nima bo’ldi, biznikiga kelmaydi, unga o’gil tug’ib bermaganimiz uchun g’azab qilib yonimizdagi uyda yashaydi. Axir bizda ihtiyor yo’q-ku. Biz Alloh nimani bersa, shuni olamiz. Biz yerga o’xshaymiz. Ekilgan narsani o’stiramiz xolos». Bu she’rni eshitib, Abu Xamzaning otalik mehri tutib ketdi. Uyga kirib, bolasining ham, xotinining ham peshonasidan o’pdi.
3) Ba’zi ota-onalarning o’g’ilni afzal ko’rishlariga sabab, o’g’il bola qizdan ko’ra foydaliroq deb o’ylashadi. Har doim ham shunaqa bo’lavermaydi. Ba’zan o’g’il boladan ko’ra qiz bolaning ota-onaga yaxshiligi ko’p bo’ladi.
«Ota-onalaringiz va farzandlaringiz qaysi biri sizga foydasi teguvchiroq ekanligini bilmaysiz» NIso/11.
Islomdan oldin arablarda qizlarga adolatsizlik bilan muomala qilardi. Islom qizlarni hurmat qilishga targ’ib qildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim ikki qizni balog’atga yetgunga qadar qarmog’iga olsa, qiyomat kuni men va u mana bunday deb barmoqlarini birlashtirdilar».
Muslim rivoyati
Qizlarga qilingan eng katta yaxshilik - ularni iffatli, pok va hayoli qilib tarbiyalash, ularga solih kuyovlarni tanlashdir. Jannat va’dasi ana shunday ota-onalargadir.
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 04 Dekabr 2009, 08:06:25
Nabiy sollallohu alayhi va sallamning nikoh xususida va ahli-ayol bilan muomala qilishdagi yo’llanmalari.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan sahih hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Dunyodan menga uch narsa yaxshi ko’rsatildi; Ayollar va hushbo’ylik. Xursandchiligim namozda qilindi»,- dedilar.
Ahmad va Nasoiy rivoyati
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kechada hamma ayollarini aylanib chiqar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga o’ttiz kishining quvvati berilgan. Shuning uchun ham Alloh ta’olo u kishiga hech kimga bermagan ruxsatni (ya’ni ko’p xotinlikni) berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ayollari o’rtasida kunlarini taqsimlab qo’yganlar. Biroq muhabbat masalasida bunday der edilar:
«Ey, Allohim, bu mening qo’limdan kelgan narsada qilgan taqsimotim, qo’limdan kelmaganiga meni malomat qilmagin»
Abu Dovud, Nasoiy, Termiziy va Ibn Mojja rivoyatlari
.
Ba’zi rivoyatda bu taqsimotdan murod «Jimo’» va «Muhabbat» deyilgan. Shuning uchun ham bu ikkovida adolat qilish vojib emas. Chunki bu odamning qo’lidagi narsa emas.

Hadisdan olinadigan saboqlar

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ummatning eng ko’p xotinli kishilaridir. Ibn Abbos: «Uylaninglar! Chunki bu ummatning eng yaxshisi - ko’p xotinlilaridir»,- derdi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xotinlaridan birini taloq qilib, so’ng qaytarib olgan, «iylo»1  ham qilgan. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam «Zixor»2  qilgan emaslar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xotinlari bilan chiroyli hulq va go’zal muomalada bo’lganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ansorlarning qizlarini Oisha roziyallohu anho yoniga kirgizib yuborar edi. Agar ular o’ynayotgan o’yin yomon bo’lmasa Oisha (r.a.)ga ham ruxsat berardilar.
Agar Oisha roziyallohu anho bir idishdan ichsa, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Oisha og’zini ko’ygan joyga og’zini qo’yib ichar, go’sht yesalar Oisha tishlagan o’rindan tishlar edilar.
Oisha roziyallohu anho xayz ko’rganda ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uning quchogiga bosh qo’yib Qur’on o’qir edilar.
Oisha roziyallohu anhu xayz ko’rganida ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni bag’rilariga olib yotganlar.
Masjidda xabashlarning o’yinini tomosha qildirishlari, safarga chiqqanlarida Oisha bilan ikki marta musobaqa qilganlari bularning hammasi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ayollari bilan chiroyli muomalada bo’lganligiga dalolat qiladi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam safar qilsalar xotinlari orasida qur’a tashlar edilar. Qur’a qaysi ayollariga chiqsa, o’sha bilan safar qilar edilar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Sizlarning yaxshilaringiz o’z oilasiga yaxshi muomala qiladiganlaringizdir. Men esa sizlarning orangizdagi o’z oilasiga eng yaxshi muomala qiluvchi kishiman»- der edilar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam asr namozdan keyin xotinlarining uyiga kirib xammalaridan xol so’rab chiqar edilar. Kech kirgach, kimning navbati kelgan bo’lsa, o’shanikida qolar edilar.
Oisha roziyallohu anho aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hammamizni birdek ko’rar edilar, ba’zan hammamizni bir kunda aylanib chiqar edilar".
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Oisha roziyallohu anho uchun bir kun ajratgan edi. Savda yoshi o’tib qolganligi uchun o’z navbatini Oishaga bergandi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ayollari bilan kechaning avvalida yoki oxirida yaqinlik qilardi. Ko’pincha g’usl qilib, ba’zan taxorat qilib yotar edilar.
Bitta gusl bilan hamma xotinlarini aylanib chiqar edilar. Ba’zida har bittasining xuzurida g’usl qilardilar.
Agar safardan kelsalar, uyga kechasi kirmasdilar.
Anas roziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (safardan kelsalar) ahlilariga kechasi kirmasdilar. Kechasi kelsalar, ertasiga kirardilar».
«Agar sizlardan birortanglar safardan kechasi kelsa, uyiga kirmasin. Ayoli yuvinib taranib olishga ulgursin»
.
Ya’ni kishi uyiga to’satdan kirmasin. Ayolining xushbo’ylanib, tayyorlanib turishga vaqti bo’lsin.

Alloh ta’olo meni xam, sizlarni xam Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan yaxshi namuna olishni nasib etsin va O’zining ulug’ xovlisi - Jannatda barchamizni jamlasin. Omiyn.

_______________________________________________________________________
1 Iylo - kishi o'z xotiniga ma'lum muddatga yaqinlik qilmaslikka ahd qilishidir. Agar iylo to'rt oydan oshsa, bir taloq tushadi.
2 Zixor - kishi xotinining badanini onasining badani kabi xarom qilib olishidir.

Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 04 Yanvar 2010, 04:49:48
Bu videorolikni qidira-qidira Youtube dan axiyri topdim.
Yaqinda tellarda tarqalgan bu kichkinagina klipcha bu narsaga oddiy qaraydiganlar dunyoqarashini batamom o'zgartirishi aniq...
ko'rmoqchi bo'lganlarga oldindan etib qo'yi...
Odam chidolmaydigan kadrlari ko'p
Asabi chatoqlar ham "sekin" nazar solsinlar

http://www.youtube.com/watch?v=EDuId1gVQUY
Nom: ISLOMDA oiladagi muomala - Eru xotin urishi, ...
Yuborildi: Mahdiyah 17 Noyabr 2012, 07:45:31
 :asl3:

Эру хотин уруши, дока рўмолнинг қуриши ...!
(http://rasm.sb.uz/pics2/14107d003b05b79d5dc8a6cf1a62a094.jpg) (http://rasm.sb.uz/#14107d003b05b79d5dc8a6cf1a62a094.jpg)
 
Эр бир куни хотини билан урушиб қолди ва: Сени бахтсиз  қиламан!,─ дея ўшқирди.
Хотини хотиржамлик билан: Мени сиз бахтсиз
қила олмайсиз,─ деди.
─ Нега?
─ Агар бахт молу дунёда бўлса эди, ундан
мени маҳрум қилар, тақинчоқларда бўлса эди менга уларни олиб бермай қўйишингиз мумкин эди. Бироқ, бахт на сиз ва на бутун инсоният эга бўлмаган нарсададир. Мен ўз бахтимни иймонимда топганман. Иймоним қалбимда, қалбимга эса Роббимдан бошқа ҳеч ким ҳукмронлик қила олмайди.
Эр рафиқасининг бу гапларидан ҳайратланиб жилмайди ва: Гўзалларнинг гўзали, мен сени шунинг учун севаман─да!,─ деди.


Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Mahdiyah 30 Noyabr 2012, 13:57:47
 :asl3:

Доктор Халид аль-Муниф, семейный консультант, рассказывает:
«Ð’ одну из встреч с мужьями, я взял на себя смелость и попросил присутствующих достать свои сотовые телефоны. Я сказал им, чтобы они написали своим жёнам одну фразу: „Я люблю тебя!“

Некоторые начали писать. Ни прошло и минуты, как весь зал наполнился звонками мобильных телефонов. Начался поток ответов от жён.
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Salsabil 03 Dekabr 2012, 16:40:40
Oftoba
(http://rasm.sb.uz/pics2/c754450ca03c125fdf308e86b04f3d65.jpeg) (http://rasm.sb.uz/#c754450ca03c125fdf308e86b04f3d65.jpeg)
Bir yoshgina chiroyli qizni yoshi kottaroq, ammo, dindor odamga uzatishiindi. Yosh oila baxtli hayot kechira boshlashibdi. Dindor odamning xasadchi qo`shnilari qizga: "Yoshgina umringni shu qari odam bilan hazon qilasanmi?" deb gij-gijlay boshlashibdi. Qiz:"Erim dindor odam,Allohdan qo`rqqadi, menga yahshi muomalada" deb qarshi javob beribdi. Ammo xasadgo`y qo`shnlar hali u deb, hali bu deb qizni aynitishibdi. Qiz:"Ahir qanday qilib ajrashaman, hech bir sababsiz?" debdi. Qo`shnilari:" Ering kelishiga uydagi narsalardan sindir, ohiri eringni jahli chiqib o`zi sen bilan ajrashadi" deb "aql" o`rgatishibdi.
Qiz ham har erini kelishiga narsa sindiradigan bo`libdi. Ammo eri kelib:"Joniz sog` bo`lsin, narsa topiladi" deyaveribdi har safar.
Bir kun sindirishga narsa topolmay erinig eski oftobasini sindiribdi. Eri masjiddan kelib, oftobasini singanini ko`rib, hafa bo`lib, yeg`labdi.Qiz hayron:"Shuncha narsa singaniga hafa o`lmay, eski bir oftoba uchun yeg`layabsizmi?"ddebdi. Shunda dindor odam: "Bu oftoba necha yillardan beri, meni mahram joylarimni ko`rib kelyabdi. Endi yangi oftobaga qanday qilib mahram joylarimni ko`rsataman deb hafa bo`lyapman" deb javob beribdi. Erining bu javobini eshitib, qilgan xatosini tushunibdi.Qilib qo`ygan ishidan qattiq pushaymon bo`lib, eridan kechirim so`rabdi.
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Salsabil 03 Dekabr 2012, 16:48:25
Ajrashgan odam..
Ayoli bilan ajrashgan odamdan so`rashibdi:" Nima uchun ajrashding? Ayolingni nima aybi bor edi?"
Odam javob beribdi:" Agar ayolim bilan yarashib ketsam, o`z ayolimni aybini ochgan bo`laman. Agar yarashmasam birovni ayolini g`iybat qilgan bo`laman"
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Salsabil 03 Dekabr 2012, 17:10:28
Ammo men uni kimligini bilaman...
(http://rasm.sb.uz/pics2/defc453ff838e4ff643617f2b48b16d0.jpg) (http://rasm.sb.uz/#defc453ff838e4ff643617f2b48b16d0.jpg)
Katta yo`l... Yo`l chetida bir qariya qayoqqadir shoshib ketayotgan edi. Shu payt qarshi arfdan tezli bilan kelayotgan mashina qariyani turtib yubordi. Zudlik bilan "Tez yordam " chaqirib qariyani kasalhonaga olib ketishdi.
Kasalxonada ilk muolajalar qilindi, faqatgina ba`zi tekshiruvlar qolgandi. Qariya tekshiruvlardan bosh tortib: " men yahshiman, hech qanday tekshiruv kerak emas, kampirimni oldiga borishim kerak" dedi. Hamshira:" Ichki organlaringiz shikastlangan bo`lishi mumkin,uyingizni telefon raqamini bering biz xotingizni ogohlanirib qo`yamiz" dedi. Qariya:" Xotinim shizofriniya hastaligiga chalingan, hozir shizofriniyalar uyida, o`zim borishim kerak" deb javob beribdi.  Hamshira kulib:"Xotiningiz shizofriniya hastasi bo`lsa, erta bordingizmi kech bordingizmi farqi yo`q-ku, sizni kimligingizni bilmaydi-ku" dedi.
Shunda qariya jahl bilan: "Ammo men uni kimligini bilaman" dedi.

Turkchadan ba`zi o`zgartirishlar bilan tarjima qilindi, xato va kamchiliklari uchun uzr.
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Nur_Ziyo 05 Dekabr 2012, 00:56:47
Alloh rozi bo'lsin sizdan
Nom: Re: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Salsabil 11 Dekabr 2012, 16:54:21
Оилага Қуръон ва суннат ҳукм қилади ...!
(http://rasm.sb.uz/pics2/9c1b21b2af8d0e89902571a5dc412b72.jpg) (http://rasm.sb.uz/#9c1b21b2af8d0e89902571a5dc412b72.jpg)
Эрдан дўстлари: Оилага ким ҳукм қилади: Сенми ёки хотинингми?,─ деб сўрашди.
Рафиқадан дугоналари: Оилага ким ҳукм қилади: Сенми ёки умр йўлдошингми?,─ деб сўрашди.
Ҳар иккиси ҳам: Оиламизга Қуръон ва суннат ҳукм қилади ва ҳар иккимиз ҳам орамизда уларнинг ҳакамлигига розимиз,─ деб жавоб беришди.
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Salsabil 27 Yanvar 2013, 18:14:26
(http://rasm.sb.uz/pics2/c08e329aa9a202c3e1c74d44e2aabb66.jpg) (http://rasm.sb.uz/#c08e329aa9a202c3e1c74d44e2aabb66.jpg)

(رحم الله رجلا قام من الليل فصلى ثم أيقظ امرأته فصلت،فإن أبت نضح في وجهها الماء , ورحم الله امرأة قامت من الليل فصلت ثم  أيقظت زوجها فصلى فإن ابي نضحت في وجهه الماء( رواه النسائي

Kechasi turib namoz o`qib so`ng ayolini uygotib agar turmasa yuziga suv sepib bo`lsada uyg`otadigan kishiga Allah rahm qilsin,
Kechasi turib namoz o`qib, so`ng erini ham uyg`otgan, agar turmasa yuziga suv sepib bo`lsada uyg`otadigan ayolga Allah rahm qilsin.

Nasaiy rivoyati
...Hayotimizga nazar tashlab ko`raylikchi? Turmush o`rtog`ingiz namozga turgisi kelmayotganda, hech suv sebip turg`azishga jur`at qilganmisiz? Erkaklar "ha" deb javob berishi mumkin.Ayollarchi? Agar bunday ayollar bo`lsa ham qo`l bilan sanoqli...
 Endi aytingchi qachon ohirgi marotaba turmush o`rtog`ingiz bilan tahajjud namozi o`qidingiz? Birgalikda hatmi qur`on qildingiz? Bomdoddan to quyosh chiqquncha zikrda, duoda bo`ldingiz? Aksar javob shu:" Eslolmayman" yoki, " Umuman bunday narsalar bo`lmagan". Baxtli oila deganda ko`z oldimga birga tahajjud o`qiydigan, har kuni birga hatm qiladigan, bomdoddan to quyosh chiqquncha birgalikda zikr, duo qiladigan juftlik ko`z oldimga keladi..
.
 Ø¥Ø°Ø§ أيقظ الرجل أهله من الليل ‏فتوضآ وصليا كتبا من الذاكرين الله كثيرا والذاكرات » أخرجه الطبراني في «Ø§Ù„أوسط» ‏‏[3/ رقم/ 2565]


Rosululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Agar kishi tunda ahlini uyg`otib, tahorat qilib, namoz o`qisalar, Allohni ko`p zikr qiluvchi zokir va zokiralardan deb yoziladilar".

Oila deb atalmish qirollikning "vazirlari", Oila deb atalmish tananing "bo`yinlari" aytingchi turmush o`rtog`ingizni tahajjudga turg`azishga harakat qilganmisiz?! Javob :"Yo`q" sababi esa:" o`zi shundog`am ishdan charchab keladila, kechasi dam olsinla"mi? Keling sizdan yana bir narsa so`rayman, eringiz tunda ishlash uchun qo`shimcha ish oldilar, unchalik qiyin emas, oylik ham yahshi, soati ham kam shu ishga borishlari uchun turg`iza olasiz to`g`rimi? Chunki, qo`shimcha daromad! Lekin uzog`i bilan, bir soat ketadigan ibodatga turmush o`rtog`ingizni "ayaysiz" ! Yana bir sababi ham bo`lishi mumkin: " Charchab keganlari uchun turg`izsam, jahllari chiqadi". Lekin "jahllari chiqadigan" ammo, siz uchun kerakli narsaga bor hunaringizni ishga solib ko`ndirasiz-ku, boshqa payt, yoki gapim noto`g`rimi?...
Oila boshliqlari aytingchi, ayolingizni tahajjudga turg`azishga harakat qilganmisiz? Javob:"yo`q", sabab esa:"o`zi shundog`am kunduzi bilan uy ishlari, bola-chaqa, qaynona hizmatlari bilan charchaydi, ozgina dam olsin"mi? Agar shunday bo`lsa, tunda ishga yoki oshga ketayotganingizda, tayyorgarlik ko`rish uchun uyg`otmaysizmi?! Yana bir sababi ham bo`lishi mumkin:"Turg'izsam ham hohlamay turadi, o'ziz hohlab ibodat qilishini hohlayman '' ana endi shu bahonangizga bir o`ylab ko`ringchi, kun davomida ayolingiz hohlamaydigan, ammo, siz qildiradigan nechta ishlar bor?!
 Gplarim og`ir, tanali tuyulayotgandir?! Lekin siz shu tungi ibodatga turg`azishlik bilan, turmush o`rtog`ingiz uchun jannatni, Rob rizosini ravo ko`rmayapsizmi? To`g`ri nafs uchun og`ir kelar, "o`zi shundoq ham charchab turganda!" Lekin jannat nafsga og`ir narsalar bilan o`ralmaganmi?!Turmush o`rtog`ingizni jahlini chiqarishi mumkin, lekin, siz unga eng buyuk ne`matni ilinayotganingizni tushungan on sizga nisbatan yanayam mehirliroq bo`ladi... (InshaAlloh!) Quvonch, shodlik, g`am, dardni bo`lishayotganingiz bu oilada Iymon lazzatnin ham bo`lishsangiz eng baxtli oila siz bo`lmaysizmi? Bolalaringizga hayotingizni eng go`zal onlarini hikoya, qilayotganingizda:"Dadang (yoki oying) bilan birga quron o`qib, birga tahajjudlarda turib, sizlarni haqqingizga duo qilganmiz" desangiz eng buyuk ibrat, dars emasmi?!
Albatta bu bilan  hammasi birdaniga oson yo`lga qo`yiladi, amalga oshadi demoqchimasman, bu ish sizdan katta sabr, shirin til, jur`at, halimlik talab qiladi! Bu ishda siz o`zingizni hamda turmush o`rtog`ingizni nafsi bilan jihod qilasiz! Turmush o`rtog`ingiz tarafidan yetadigan ozorlar sizni to`xtatib qo`ymasin! Shu ozorlar bilan yanayam ko`proq savob olasiz! Eng muhimi chiroyli tushintirishga va sabrli bo`lishga harakat qiling!
Oilangizda iymon lazzatini bo`lishingizni duo qilib qolaman! Allohim, "sirotal mustaqiym"da va dinda sobit qadamlardan qilsin! Turmush o`rtog`ngiz bilan mazza qilib, tahajjud o`qishlik, qur`on xatm qilishlik, birlikda duo qilishlik nasib qilsin! :)
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Salsabil 18 May 2013, 17:02:36
(http://rasm.sb.uz/pics2/852508eac0e41c5f036e8521f08e49ef.jpg) (http://rasm.sb.uz/#852508eac0e41c5f036e8521f08e49ef.jpg)
Эр ишдан қайтди. Қараса кичкина боллари эшик олдида югуришиб ўйнашмоқда, тунги ётоқ кийимларини ҳам ечишмаган лойга ботган, кичкини қизчаси эмаклаб кўчага чиқибди, устилари ҳўл, тиззасидан тортиб юзига қадар қоп-қора лой, ҳатто лаблари атрофига қараб бўлмайди. Юрак уриши ўзгара бошлади, эшикка қараса у ланг очиқ, югуриб ўзини эшикка урди, кираркан йўлда совун парчаларини босиб оёғи тойиб йиқилишига оз қолди. Оёқ остидагу сув душ эшиги остидан чиқиб эшикка қадар етиб келган эди. Душда бирор ҳол бўлдими деб юрагини ҳовучлаб душ томонга шошилди. Эшикни очиб оёқ босди. Душ ҳовузидан шариллаб сув тошар ва оёқ остида бир неча ўйинчоқ парчалари сув юзида қалқиб турарди. Бир паст қотиб қолганича ойнага кўзи тушди. Тиш пастаси чапланган ойна ортидан ўзининг шумшайган юзини кўриб ўзига келди. Аёли эсига тушди. Қаерда у, тинчмикин деган хаёлда ошхонага отилди. Шу шошилинч ҳолатда у ошхона йўлакчасидаги йиғиб ташланган гиламга қоқилди. Ўзини қўлга олиб ошхонага кирди. Дастурхон йиғилмаган, қозон-товоқ ивирсиган. Музлатгич эшиги ланг очиқлиги етмагандай эшик остида бир неча тухум синиғи оқиб ётарди.
Ким кирди бу уйга?!
Нима бўлди ўзи?!
Кимга душманлик қилдим?!
Қўрқинчи ортди, ўзини қанчалик қўлга олишни хоҳламасин қўл оёқлари қалтирашдан тўхтамас эди.
Бақириб чақиришга ҳоли йўқ, секин ётоқхонага юрди. Қалтираб- қалтираб минг бир хаёлда секин эшикни очди. Хотини хотиржам китоб ўқиб ўтирарди. Бир пас қотиб қолгандан кейин ўзига келиб секин яхшимисан деб гап бошлади. Хотини ҳеч нарса кўрмагандай ҳар доимги "яхши раҳмат ўзингиз яхшимисиз" деган жавобига "тинчликми" сўзини ҳам қўшиб қўйди.
Хотинини тинчлигини кўриб, сал жон кириб томирларида қонлари яна айланишга тушди.
Шунда нималар бўлаяпти ўзи, нима қилдинг деган саволига эса "Ҳар куни ўзи нима қиласан ўзи уйда ўтирволиб" дер эдингизку, бугун айтанингиздек ҳеч нарса қилмадим деган совуққина жавобни олди. )
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 05 Avgust 2015, 15:48:12
ОИЛА НАФАҚАСИ
   Баъзи инсонлар садақа деганда фақатгина йўлдаги тиламчиларга бериладиган садақани тушунишади. Бироқ унинг кенг маънолари бор. Аввало, закот, ушр, фитр садақалари каби вожиб садақотлар бор. Шунингдек, яхши-ёион тушга садақа бериш, ихтиёрий нафл садақалар. (Бундан ташқари ҳар қандай яхшилик ҳам садақа баробарида бўлади)
Уларни кимларга берган афзал?
   Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
   “Бир динор Аллоҳ йўлида инфоқ қилдинг. Бир динор қул озод қилиш учун инфоқ қилдинг. Бир динор мискинларга садақа қилдинг. Бир динор аҳлингга нафақа қилдинг. Уларнинг ажри улуғроғи – аҳлингга нафақа қилганинг”, - дедилар. (Муслим ривояти)
   Яна ўша зотдан ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Юқоридаги қўл пастки қўлдан яхшидир. (Яъни, берувчи қўл олувчи қўлдан яхшидир.) Оилангдан бошла! Садақаларнинг энг яхшиси ҳожатдан ортганидир. Кимки (тиланчиликдан сақланиб) иффат қилса, Аллоҳ ҳам уни офиятда қилиб қўяди. Кимки ўзини (таъмагирликдан) бeҳожат қилса, Аллоҳ ҳам уни бадавлат қилиб қўяди”, дeдилар. (Имом Бухорий ривоятлари)
Танимиз соғ, ўзимиз хотиржам пайтимизда ҳам эҳсон қилишимиз бор, аммо мушкул тушганда кўпроқ дуо ва садақаларга суяниб, Аллоҳга ёлборишга тушамиз. Аслида ўша эҳсон ва садақотни соғлик ва хотиржамлигимизда қилсак, бизга келгувчи балоларнинг даф бўлишига сабаб бўлиши мумкин.
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади - Бир киши Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларига кeлиб:
-   Эй Аллоҳнинг расули, садақанинг қай бири ажри улуғроқ? – дeб сўради. У зот:
-   Ўзинг соғлом, қизғанчиқ, камбағалликдан қўрқиб, бойликни орзу қилиб турган пайтингда садақа қилганингдур. Жонинг ҳалқумингга етиб “фалончига унчаси, пистончига бунчаси” деб қолгунингча кечиктириб юрма. Унда (шундоқ ҳам) фалончига бўлади, - дедилар.(Бухорий ва Муслим ривоятлари)

Пастки Қурама жомеъ масжиди имом хатиби Абдураҳимов Маҳмуджон
Мулла Райимжон масжиди имом хатиби Сотволдиев Ҳусанбой
Асака

Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 09 Mart 2016, 15:44:50

Эрнинг вазифаси
   Кейинги пайтларда эркакларимиз чет мамлакатларга бориб ишлаб келиши одат бўлиб қолди. Сабабини сўрасангиз – тирикчилик. Албатта, тирикчиликнинг айби йўқ, лекин масаланинг бошқа томонларини ҳам ҳисобга олишга тўғри келади. Аввалги пайтларда камроқ одам четда юрганлиги учун бугунги кундаги каби катта муаммо бўлмас эди. Бироқ тобора бу иш оммавийлашгани сари сари бир оиланинг муаммоси бутун жамиятнинг ижтимоий муаммосига айланиб бормоқда.
   Одамларнинг ноқонуний йўллар билан четга чиқишлари Бутун юртимизнинг шаънига доғ тушургудек иллатларга сабаб бўлишгача етиб бормоқда. Шунинг учун ҳам мамлакатимизда одам савдосига қарши кўплаб тадбирлар қилинмоқда ва бунга ҳукуматимиз раҳбарияти билан билан бир қаторда кенг омма жалб этилмоқда. Умид қиламизки, чора ва тадбирлар албатта самарасини беражак.
   Масаланинг яна бир фожиали томони ҳам борки, бугун шуни айтишга эҳтиёж сезилмоқда. Бу – эркаклар чет элга кетиши натижасида аёлларнинг узоқ вақт ёнида турмуш йўлдоши йўқлиги алоҳида эътиборга молик. Бу ҳолат борган сари кўпроқ ташвишлантириш даражасига етиб келмоқда. Айниқса, асосан чет элга бориб ишлаш билан “ихтисослашиб” қолган баъзи маҳаллаларда яхшигина сезилмоқдаки, батафсил ёзишга ҳам ор қилгудек.
   Аслида оила тебратиш эркакнинг вазифаси деб йўлга чиққанлиги учун эркакларни айблашга ҳам ҳақим йўқдир, лекин нимадир чора топишга тўғри келади. Балки бунга кенг жамоатчилик томонидан бош қотириш керакдур. Аммо яхши билишимиз керакки аёлларинг эркаклардаги шахсий табиий аёллик ҳақи ҳам моддий таъминотдаги ҳақидан кам эмас.
Асбот Садийдан ривоят қилишича Усмон ибн Мазъуннинг хотини Оиша (разияллоҳу анҳо)нинг ҳузурларига кирди. Уни “Ҳавло” дер эдилар. Оиша разияллоҳу анҳо ва ёнларидаги Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг аёллари:
−   Ҳой Ҳавло, сенга нима бўлди − рангларинг ўзгарган, сочларинг тароқ кўрмаган, ўзингга атир ҳам сепмагансан? – дедилар.
−   Қандоқ қилиб ҳам ўзимга атир ҳам сепиб сочларимга тароқ солай, − жавоб берди Ҳавло. − Ҳолбуки, фалон-фалон пайтдан буён эрим менга на воқеъ бўлган ва на либосимни кўтариб қўйган бўлмаса!
Унинг сўзларидан кулиб юборишди. Улар  кулишиб турган ҳолларида Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам кириб келиб қолдилар.
−   Сизларни нима кулдиряпти? – сўрадилар Ул зот саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
−   Ҳавло кулдирди, эй Аллоҳнинг расули. Унинг ишини сўрасам “фалон-фалон пайтдан буён эрим либосимни кўтариб қўймаган бўлса!” деб жавоб берди, − дедилар Оиша разияллоҳу анҳо.
Шунда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам Усмонга одам юбориб чақиртириб келтирди ва:
−   Сенга нима бўлди, эй Усмон? – дедилар.
−   Мен ибодатга халал бермасин деб Аллоҳ учун тарк қилган эдим, − деб нима қилганлигини айтиб берди. Усмон ўзини ахта қилишни ирода қилган эди.
−   Онт ичаманки, қайтиб бориб аҳлингга воқеъ бўласан! – дедилар жаноб саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
−   Эй Аллоҳнинг Расули, мен рўза тутиб олган эдим?
−   Рўзангни оч! Рўзангни оч! –дедилар саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
Шундан сўнг Усмон аҳлига борди...
Ҳавло Оиша разияллоҳу анҳонинг ҳузурига яна келди. Кўзларига сурма қўйган, сочлари таралган, ўзига атир суртган. Оиша разияллоҳу анҳо кулиб:
−   Ҳа, Ҳавло! Сенга нима бўлди? – деб сўрадилар.
−   Кеча ёнимга келди... − жавоб берди Ҳавло разияллоҳу анҳо.
Шундан сўнг Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам (асҳобни йиғиб) айтдилар:
−   Одамларга нима бўлдики, аёлларни, таомларни ва уйқуни ўзларига ҳаром қилиб оладилар?! Билиб қўйингларки, албатта, мен ухлайман ҳам, бедор ҳам бўламан! Рўза тутмайман ҳам, тутаман ҳам! Аёлларга яқинлик ҳам қиламан! Бас, кимки менинг суннатимдан (бошқага) рағбат қилса мендан эмас! − дедилар.
   Эътибор берган бўлсангиз Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам бу ишни ифтордан кейингача қолдиришга ҳам рухсат бермаганлар. Демак бу тўғрида жиддий ўйлашга тўғри келар экан.

   Сулаймонов Баҳодиржон. Файзобод масжиди имом хатиби
   Асака
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 09 Mart 2016, 16:02:46
Хадичайи кубро
Қурайш мушриклари Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламни ва ул зотга эргашган мусулмонларни иқтисодий қамал қилиб, одамларни улар билан алоқада бўлишдан ман қилиб қўйишгач Хадича онамиз разияллоҳу анҳо Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам билан бирга ўз уйларини тарк қилишга мажбур бўлдилар. Уч йил давом этган иқтисодий қамалдан барчаларининг тинка мадорлари қуриди.
Хадича онамиз разияллоҳу анҳо ўзлари рози бўлган ҳолда бор мол мулкини инфоқ қилиб юбордилар. Қалблар сабр ва фидойиликда тобланди. Мана энди мўминларнинг онаси ўз манзилига Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам билан бирга қайтар эдилар. Бироқ келган пайтларидагидек бой бадавлатликдан асар ҳам қолмаган эди.
Олтмиш беш ёшга бориб қувватдан қолган замонларида мушрикларнинг жафо ва таъқиб қилишлари онамизнинг тинка мадорини қуритди. Натижада кўрпага ётиб қолганлари учун Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам ёнларидан жилмай қолдилар. Шу ҳолатда уч кун ётганларидан сўнг Охират сафари яқинлашиб қолганини сезиб қолдилар. Аммо Хадича разияллоҳу анҳонинг Ислом дини нажот ва зафар қозониб гуллаб яшнашига иштиёқи жуда ҳам баланд эди.
Кўзининг қувончи бўлган қизи Умму Гулсумга шивирладилар:
-   Қанийди умрим етиб, машаққатларимизнинг роҳатини лоақал бир бора кўриб қолсам эди, кўзларим қувончга тўлиб, армоним қолмай рози бўлган ҳолатда жонимни топширар эдим.
-   Ундай деманг онажон! Ташвишланишга ҳожат йўқ, – деди Умми Гулсум разияллоҳу анҳо.
Мўминларнинг онаси ҳаёт балан видолашар экан “Ҳа, қизгинам, Аллоҳга қасамки, менга ташвишланишга ҳожат йўқ. Қурайш аёлларидан ҳеч бири мен кўрган мўл кўлчиликни кўрмади. На фақат Қурайш, балки дунё аёлларидан ҳеч бири Муҳаммад саллаллоҳу алайҳи ва салламга етишганимдек улуғ бахтга мушарраф бўлмади. Менинг Ҳабибул Мустафога хотин бўлишлигим дунёлигим учун кифоя. Охиратим учун эса, энг аввал имон келтирганим ва мўминларга она бўлганим кифоя!” деди.
Кўзлари юмила бошлар экан лаблари пичирлади: “Эй Аллоҳ! Мен Сенга сано айтиб адо қила олмайман. Эй Аллоҳ! Мен Сенга рўбарў бўлишдан ташвишланмайман, ва лекин хоҳлар эдимки, фидойилигим яна давом этса, шоядки менга берган неъматларингга муносиб бўлсам!”
Дунёни тарк эта бошлади. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам онамизга жон топшириш аччиқлигини енгиллатиб, Аллоҳ субҳонаҳу ва таоло мўминларнинг онасига мустаҳкам имони учун, Ислом динига ёрдам қилгани ва бор мол мулкини Аллоҳ йўлида саҳоват ила нисор қилиб юборганлиги учун жаннатда неъматлар ҳозирлаб қўйганлигининг башоратини берар эдилар.
إِنَّ الْمُتَّقِينَ فِي جَنَّاتٍ وَعُيُونٍ * آخِذِينَ مَا آتَاهُمْ رَبُّهُمْ إِنَّهُمْ كَانُوا قَبْلَ ذَلِكَ مُحْسِنِينَ * كَانُوا قَلِيلًا مِّنَ اللَّيْلِ مَا يَهْجَعُونَ * وَبِالْأَسْحَارِ هُمْ يَسْتَغْفِرُونَ * وَفِي أَمْوَالِهِمْ حَقٌّ لِّلسَّائِلِ وَالْمَحْرُومِ *
“Албатта, тақводорлар жаннатлар ва булоқлардадир. Роббилари берган нарсаларни олувчилардир. Чунки улар бундан олдин эҳсон қилувчилардан бўлганлардир. Улар кечалари оз ухлар эдилар. Ва улар саҳарларда истиғфор айтар эдилар. Ва молу мулкларида, сўровчи ва бечораларнинг ҳақи бордир”. (Зариёт сураси, 15 – 19 оятлар)
Ниҳоят Раббул иззатга покиза руҳларини топширдилар.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам Хадича разияллоҳу анҳога ўта вафодор эдилар. Бир куни ҳовлиларида синглисининг шарпасини сезиб қолдилар. Овози Хадича онамизнинг овозларига ўхшаб кетганлигидан Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Эй Аллоҳ! Бу унинг шарпасими?” деб юбордилар.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам кўп эслаб юрганларидан ҳатто Оиша разияллоҳу анҳо қалбидаги ҳиссиётларни тута олмасдан:
-   Қурайш кампирларидан бўлган бир оғзи қизил кампирни бунча эсламасангиз! Ўтиб кетган бўлса, Аллоҳ таоло сизга ундан яхшироғини бермабдими? – деб юборган эди. Шунда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ранглари ўзгариб, ғазаблари келиб:
-   Аллоҳга қасамки, Аллоҳ таоло унинг ўрнига менга ундан яхшироғини бермади! Одамлар инкор қилиб турганларида менга имон келтирган эди! Одамлар ёлғончига чиқарганда у мени тасдиқлаган эди! Одамлар мендан молларини дариғ тутганларида мол-дунёсини менга сарфлаб юборган эди! Аллоҳ таоло менга бошқа хотинларимдан эмас, ундан фарзандлар ато этган! – деган эдилар.

   Ҳусанов Эркинжон. Марқаюз жомеъ масжиди имом хатиби
   Асака
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: okahon.8800 25 Mart 2016, 11:23:27
FARZAND TARBIYASIGA E’TIBOR.

Olloh taolo insonga bergan  eng ulug’ nematlardan biri bu farzand ne’mati hisoblanadi. Farzand  ota-onaning ko’zlarini quvonchi qalblarining sururi, uning kelajakdagi kamoloti va muvaffaqiyati har bir ota-onaning ko’zlagan maqsadlaridir.
Alloh taolo quroni karimda marhamat qiladi: «Ular: “Ey Rabbimiz, O'zing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan ko'zimiz quvonadigan narsa hadya et hamda bizlarni taqvodorlarga yo'lboshchi qil”, deydiganlardir».
Alloh taolo quroni karimning boshqa bir oyatida bunday: “Mol-mulk, farzandlar dunyo hayotining ziynatidir.” (Kahf, 46).
Darhaqiqat farzand ota-onaning ko’zlarini quvontiradi va hayotini ziynatlab, bezab beradi. Ularsiz yashashdan mazmun topib bo’lmaydi.
Qachon farzanddan ota onani ko’zi quvonadi? Qachonki farzand go’zal odobli, chiroyli xulqli bo’lganida. o’tmishda yashab o’tgan ulug’ zotlardan birini oldiga bir inson endigina dunyoga kelgan chaqalog’iga ozon ayttirgani kelganida, u zotdan qachondan boshlab farzandimga tarbiya beray?- deb so’ragan ekanlar. Shunda u zot, savol berguvchi insonga farzandingiz dunyoga kelishligidan oldin tarbiyani boshlamog’ingiz kerak edi, yani farzand ingiz onasini qornidaligidayoq halol luqma yedirishlik bilan tarbiya berasiz degan ekan.
Darhaqiqat bolani emizikli paytida onalar juda parxezkor, extiyotkor va halol luqmali bo’lishlari kerak. Bolada paydo bo’ladigan sifatlarning deyarli barchasi ona suti orqali bolaga o’tadi.
Farzand niholga o’xshaydi, niholni qanday parvarishlasangiz, qay tomon bursangiz o’sha tomonga qarab o’sadi. Shuningdek ota-ona farzandini go’daklik davridan boshlab, uning oldida faqat va faqat yaxshi so’zlarni so’zlashligi, o’zlari tog’ri so’zlikda, yaxshi ishlarda fazandiga amaliy tarzda namuna bo’lmoqliklari kerak.
 Zero, Payg’ambarimiz (sav) hadislarining birida “Hech bir ota o'z farzandiga yaxshi tarbiya va go'zal odobdan buyukroq hadya bera olmas”, - deb marhamat qilganlar.
Tarbiya haqida Imom G'azzoliy (r.h.) bunday deganlar: “Bola ota-ona qo'lida bir omonatdir. Qalbi turli naqsh va rasmlardan pok, nima naqsh solinsa, qabul qiladi, nimaga moyil qilinsa, moyil bo'laveradi. Aga yaxshi gar yaxshilikka undalsa va o'rgatilsa, yaxshilik uzra o'sib-ulg'ayadi. Natijada dunyo va oxiratda saodatli bo'ladi. Ota-onasi hamda unga odob va ta'lim berganlarning barchasi savobiga sherik bo'lishadi. Agar yomonlikka undalsa yoxud hayvon kabi bo'sh qo'yilsa, yomonlikka uchraydi, halokatga yuz tutadi va uning tarbiyasidan mas'ul kishi zimmasiga gunohkorlik tushadi”.
Farzandning axloq-odobiga yomon do'stu yorlarning ham ta'siri juda katta bo'ladi. Ularni kimlar bilan va qayerda yerganligiga ham alohida e’tibor qaratmoqligi kerak.
Payg'ambar alayhissalom aytganlar: “Yaxshi hamsuhbat bilan yomon hamsuhbat misoli mushki anbar sotuvchi bilan temirchiga o'xshaydi. Sen mushki anbar sotuvchining mushkidan sotib olmagan taqdiringda ham uning xushbo'y hididan bahramand bo'lasan, temirchining bosqoni uyingni yoki kiyimingni yondirib yubormagan taqdirda ham, uning badbo'y hididan ko'ngling xira bo'ladi”.
Ota-onaning farzandlari ulg'aygan sari bolalarga va ularning taqdiriga hushyorroq qarashi lozim, ularda vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, iymon va e’tiqod tushunchalarini shakllantirmoqligi, hamda bugungi va ertangi kun uchun kerakli bo’lgan barcha ilmlarni o’rganishligiga keng imkoniyat yaratib berishligi har bir ota-onaning zimmamizdagi muhim vazifalardan sanaladi.
Har bir davrning o'rganilishi lozim bo'lgan ilmu hunarlari bor, ularni puxta bilish va egallash shu davrda yashab turgan yoshlarning burchidir. Hazrati Ali (ra)  ta'lim berganlarki: “Bolalaringizga kelajak davr ilmini o'rgatingiz, chunki ular sizning zamoningizdan boshqa davrda dunyoga kelishadi”.

Axloqsizlikka olib boradigan yomon yo'llarga kirib ketishlariga yo'l qo'ymasdan, ularni giyohvandlik, axloqsizlik, chetdan kirib kelayotgan har xil zararli ta'sirlardan, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi tahdid va xavf-xatarlardan asrash masalalari bizlarni bir zum bo’lsada e'tiborimizdan chetda qolmasligi kerak. Zero Dono xalqimiz – yer buzilsa – dehqon, bola buzilsa – ota-ona uyaladi deydi. Yaxshi fazilat ekib, parvarish qilinmasa, yomon sifatlar unadi.
Alloh taolo barchalarimizga, kelajagimiz egalari bo’lgan  yoshlar tarbiyasiga e’tiborlik bo’lishligimizni va ularni o’tgan ajdodlarimizga munosib tarzda tarbiyalashimizni muvaffaq aylasin

                                                                                                                  Muhammadiyhon Hojiyev
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: MirzoMuhammad 15 Fevral 2017, 11:20:56
ХОТИН БИЛАН МУРОСА
   Никоҳ Одам алайҳис саломдан бошлаб барча ўтган пайғамбарларнинг суннатидур.
   Абу Айюб разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: “Тўрт нарса пайғамбарларнинг одатларидандур – ҳаё; хушбўйлик; мисвок ва никоҳ” (Термизий ривояти)
   Шунингдек Аллоҳ таоло томонидан жорий қилинган илоҳий фармон эрур:
 “Сизлардан “аййим”ларни никоҳлаб қўйинг”
Араб тилида эркак ёки аёл бўлишидан қатъий  назар, илгари никоҳда бўлмаган бўлса ҳам, никоҳда бўлиб ажрашган бўлса ҳам айни вақтда никоҳда бўлмаган инсон “аййим” деб айтилади. (Ибн Касир)
   Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳам никоҳга тарғиб қилганлар:
   Абдуллоҳ ибн Масъуд разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Эй ёшлар жамоаси, сизлардан ким никоҳга қодир бўлса уйлансин, чунки бу кўзнинг тийилиши ва фаржнинг поклигидир. Ким бунга қодир бўлмаса, рўза тутсин, чунки бу унинг учун шаҳватни сўндиргувчидур”, деганлар (Имом Бухорий ва Муслим ривояти).
   Никоҳ ва оила масаласида кўплаб Қурони карим оятлари нозил бўлган, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламдан жуда ҳам кўп ҳадислар ривоят қилинган. Уламоларимиз томонидан бизлар санаб адоғига ета олмайдиган адад ва ҳисобда китоблар ёзилган ва ёзиб келинмоқда. Никоҳ шундай улкан илоҳий дастурга асосланган ибодат экан, оила қургувчи ҳар бир оқил инсон никоҳга жиддий эътибор бериши зарур.
   Қайси оилада шариатимизда баён қилинган мазкур дастурга амал қилинар экан, иншоаллоҳ, у оила бахтли, никоҳи боқий бўлгай. Зеро жаннатда ҳам шу дунёдаги никоҳ эътиборга олинади.
   Шунинг учун ҳар бир оила қураётган келин ва куёв буни ўрганиб, ҳаётга татбиқ қилиши лозим. Уларнинг тотувлиги амал қилиш даражасига боғлиқ бўлади.
   Ана шундай амал қилишимиз лозим бўлган вазифаларимиздан бири – муроса қилишлик. Турмуш ўртоғимизнинг айрим камчиликларини кечириб, сабр қилишлигимиз, турмуш йўлдошимизнинг вазифаларини талаб қилишдан кўра ўз вазифамизни адо қилиш ва ўз ҳуқуқимизни талаб қилишдан кўра кўпроқ уларнинг ҳуқуқларини ҳурмат қилиш кўплаб оила парокандалигига қарши энг гўзал чорадур. Зеро ўтган салафларимиз шунга амал қилганлар.
Ривоят қиладиларки, бир киши хотинининг муросасизлигидан, итоатсизлигидан тўйиб кетиб,  халифа Ҳазрати Умар разияллоҳу анҳуга шикоят қилиш учун у кишининг уйига борибди. Эшикка яқинлашганда, ичкаридан аёл кишининг қаттиқ-қаттиқ гапираётганини эшитиб қолибди.. Шунда у: «Халифанинг уйида ҳам бу можаро бор экан, яхшиси индамай  кетақолай», деб ортига қайтмоқчи бўлибди. Шу пайт ичкаридан Ҳазрати Умар чиқиб қолибдилар. Юмуш билан келган одамнинг изига қайтиб кетаётгани кўриб, ундан нега қайтиб кетаётганининг сабабини сўрабдилар. Арзга келган одам:
-   Хотинимнинг зулмидан шикоят қилиб келувдим, қарасам бу ғалва Сизнинг бошингизда ҳам бор экан, шунинг учун қайтиб кетмоқчи бўлувдим, – деб жавоб қилибди.. Шунда Ҳазрати Умар:
-   Менинг хотиним овқатларимни пишириб беради, – деди. У киши:
-   Менинг хотиним ҳам шундай, – деди.
-   Менинг хотиним уйда йўқлигимда уйимга қўриқчилик қилади, – деди. У киши:
-   Менинг хотиним ҳам шундай, – деди.
-   Менинг хотиним кирларимни ювиб беради, – деди. У киши:
-   Менинг хотиним ҳам шундай, – деди.
-   Менинг хотиним фарзандларимни тарбия қилади, – деди. У киши:
-   Менинг хотиним ҳам шундай, – деди.
-    Шунчалик хизматларингни қилса-ю, гоҳида бир гап қайтарса инсоф қилмайсанми? – деган экан мўминларнинг амири.

Муҳаммадсобир Иминов. Ҳазрат Умар масжиди имом хатиби.
Асака

Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: MirzoMuhammad 20 Iyul 2017, 09:19:16
Оила бузилмасин
Жамият оилалардан таркиб топади. Шунинг учун ҳар қандай оилага бефарқ бўлишга ҳеч кимнинг ҳақи йўқ. Муқаддас Ислом дини таълимотлари ҳам шунга далолат қилади. Ҳозирги кунда ҳукуматимизнинг оилаларга эътибори юқорилиги ҳам шуни тақозо қилади. Аслида олганда ҳар кимнинг араваси ўз елкасида. Бироқ ҳаммамиз ҳам бир кемада эканлигимизни унутмаслигимиз керак.
Али ибн Абу Толиб разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: "Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: "Одамларнинг аразлашганларини яраштириб қўйиш бир нафл намоз ўқишдан ва нафл рўза тутишдан кўра савоблироқдир", деганлар" (Имом Табароний ривояти).
Кўпинча оилада турли келишмовчилик, бир-бирини тушунмаслик каби ҳолатлар учраб туради. Арзимаган сабаб-баҳоналар билан тинч хонадонлар дарз кетади.
Халқимизда бир нақл бор: “Оила қуриш – игна билан қаср барпо қилишга тенг”. Дарҳақиқат, оиланинг, турмушнинг, рўзғорнинг машаққатлари бисёр. Ойнинг ўн беши ёруғ бўлса, ўн беши қоқронғу. Лекин ҳаммасига сабр қилиш керак. Ҳаммаси ҳам ўткинчи.
Кимдир айбни эрнинг лапашанглигига, хотинига сўзини ўтказа олмаётганига тўнкайди. Кимдир хотиннинг ўткирлиги, маккорлиги, итоатсизлигини ҳамма ихтилоф ва келишмовчиликлар сабабчиси, дейди. Бошқалар золим қайноналарнинг ёвузлиги,  ёки гапуқмас келинларнинг қайсарлиги туфайли содир бўлади, дейишади. Айримлар асосий жанжал моддий етишмовчиликлардан, қўл калталигидан келиб чиқади, деб ўйлайди. Кимлардир бола тарбиясига эътиборсизлик қилгани туфайли у улғайганида энди бунинг азобини тортаётганидан зорланади. Аслида бунга ким ёки нима айбдор?
Шайх Муҳаммад Абу Заҳра оилани уч қисмга бўлади: биринчи қисм – эр-хотин, иккинчи қисм – фарзандлар, учинчиси эса – яқин қариндошлар (яъни, ота-она, ака-ука, опа-сингил ва бошқалар)дир. Ана шу уч қисм аҳил-тотув бўлгандагина оила тинч-осойишта ва файзли бўлади, акс ҳолда уриш-жанжалдан боши чиқмайди.
Атоқли мутафаккир олима Олимат ул-Банот: Оилавий масалада эр билан хотин ўртасида тотувлик ва маслаҳатлашиб иш тутиш бўлмаса, бундай оила азоб ва машаққат масканига айланади, дейди.
Энг ачинарлиси, ҳозир оилавий уруш-жанжаллар, қўйди-чиқдиларга сабаб бўлаётган нарсалар жуда арзимасдир. Бирида овқатнинг шўрлигидан, бошқасида келиннинг қайнонага салом бермаганидан, яна бирида ҳайит йўқловда тоғоранинг кам қилинганидан, бошқасида куёвнинг ишдан кеч келишидан бошланган беҳуда гаплар бора-бора оиланинг бузилишига олиб келади. Одамлар оила тақдирига, икки ёшнинг бахтига шунчалар бепарво ва енгилтаклик билан қарайдиган бўлиб кетганми?
Асмо бинти Язид Ансориядан (р.а.) ривоят қилинади: “Тенгдош қизлар билан ўтирган эдим, олдимиздан Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва саллам ўтдилар. У зот салом бердилар ва: «Валинеъматларингизга ношукрликдан эҳтиёт бўлинглар”, дедилар. Мен дугоналарим ичида савол беришга журъатлироғи эдим ва: “Эй Аллоҳнинг Расули, валинеъматларга ношукрлик нима?” деб сўрадим. “Бирингиз ота-она бағрида узоқ вақт эрсиз ўтиради. Сўнг Аллоҳ унга эр неъматини ато қилади, фарзанд беради. (Аммо аёл) жаҳл устида “Сендан ҳеч яхшилик кўрмадим», деб куфрони неъмат қилиб қўяди”, дедилар (Имом Бухорий ривояти, «Ал-Адаб ал-муфрад»).
Абу Ҳурайрадан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Аёлларнинг яхшиси – назар солсанг хурсанд қиладиган, амр қилсанг итоатда бўладиган, йўқлигингда ўз номусини ва сенинг молингни муҳофаза қиладиганидир», деганлар (Имом Табарий ва Ибн Аби Ҳотимлар ривояти).
Жума тезислари асосида тайёрланди.

Эркинжон Ҳусанов. Асака туманидаги Марқаюз жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: MirzoMuhammad 14 Avgust 2017, 12:45:30
Оила пойдевори
Жамият оилалардан ташкил топган экан, жамиятнинг тарққиёти, равнақи ва маънавияти оилаларга боғлиқ. Бу эса оила аъзолардан катта масъулият талаб қилади. Оила қўрғонининг пойдевори, унинг мустаҳкам қалъаси, эр-хотинни маҳкам боғловчи риштаси никоҳдир. Никоҳ инсонлар жамиятида энг муқаддас битим ҳисобланади. Чунки ҳаётда ҳалол ва ҳаромни ажратиш, эр-хотиннинг ҳақ-ҳуқуқларига риоя этиш, оила тузиш, инсон наслининг давомийлигини таъминлаш, ёш авлод тарбияси каби муҳим масалаларнинг бари шаръий никоҳга боғлиқдир. Шунинг учун динимиз оилани никоҳ асосида қуришга алоҳида аҳамият беради. Аллоҳ таолонинг эр-хотин жуфтлигини яратишдан иродаси ҳам инсон наслини кўпайтириб, ер юзини обод қилиш эди:
وَاللَّهُ جَعَلَ لَكُمْ مِنْ أَنْفُسِكُمْ أَزْوَاجًا وَجَعَلَ لَكُمْ مِنْ أَزْوَاجِكُمْ بَنِينَ وَحَفَدَةً وَرَزَقَكُمْ مِنَ الطَّيِّبَاتِ ... (سورة النّحل/72)
яъни: “Аллоҳ сизлар учун ўзларингиздан жуфтлар яратиб, жуфтларингиздан сизлар учун ўғиллар ва набиралар пайдо қилди ва сизларни пок нарсалардан ризқлантиради...”.
Оила қўрғонининг пойдевори, унинг мустаҳкам қалъаси, эр-хотинни маҳкам боғловчи риштаси никоҳдир. Никоҳ инсонлар жамиятида энг муқаддас битим ҳисобланади. Чунки ҳаѐтда ҳалол ва ҳаромни ажратиш, эр-хотиннинг ҳақ-ҳуқуқларига риоя этиш, оила тузиш, инсон наслининг давомийлигини таъминлаш, ѐш авлод тарбияси шаръий никоҳга боғлиқ масалалардир.
Ислом таълимотларига кўра оила қуйидаги асос ва мақсадлар бўйича қурилади:
1. Оила Аллоҳ таолонинг розилигини топиш, Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ахлоқлари, исломий одоблар билан ўзини музайян қилиш учун қурилади. Ушбу одоб ва ахлоқлар оиладан ташқарида бўлиши мумкин эмас.
Мисол учун, меҳрибонлик, ҳалимлик, адолат ва ўзаро ѐрдамни олиб кўрайлик. Ушбу олий мақом ахлоқ намуналарининг намоѐн бўлиши, мустаҳкамланиши учун оила асосий макон эмасми? Агар оила бўлмаса, бу нарсаларга кўнгилдагидек эришиб бўладими? Бошқа одоб ва ахлоқларни ҳам шунга таққослаш мумкин.
Аллоҳнинг оятига амал қилиб, Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламнинг суннатига эргашиб оила қурмоқдаман, деб ният қилган одам гўѐ ҳақиқий ибодатни адо этган бўлади.
2. Оилавий ҳаёт, эр-хотинлик алоқасидан шарафли мақсадлар кўзда тутилиши керак. Оилага эру хотинга улуғ ва шарафли масъулиятларни юклайдиган шериклик ҳайъати деб қараш керак. Эр-хотин ўша масъулиятларни адо этиш учун ҳимматларини олий қилиб, осонлик ва қийинчилик, кенглик ва торлик вақтларида ҳам ўзаро ҳамкорлик қилишлари керак. Ўз оилаларини мустаҳкам қилиб, олийжаноб фарзандлар етиштиришлари, ватанга фойда келтириш учун ҳаракат қилишлари керак. Ўз навбатида келишган ҳолда ҳар ким ўзига хос ва ўзига юклатилган бурч ва вазифаларни виждонан адо этиши лозим бўлади.
3. Эру хотин орасидаги оилавий алоқа муҳаббат, тақдирлаш, ўзаро тушуниш асосида бўлиши керак. Оилавий никоҳ алоқаси маънавий, руҳий боғланишдир. Бу алоқа доимий ва бардавом алоқадир. Шунинг учун ҳам бу алоқа муҳаббат, раҳм-шафқат асосида бўлиши керак. Мана шу маъноларни ўзига сингдириб олган ҳолда оила қуришга ҳаракат қилиш керак. Оила жамиятнинг кичик бир қисмидир. Ислом таълимотлари бўйича, оила ҳар қандай жамиятга асос бўлувчи ғишт кабидир. Бир бошлиқ, раҳбари бўлмаса, у ҳам парокандаликка юз тутади. Шунга кўра Аллоҳ таоло эрни оилада бошлиқ – раҳбар этиб қўйган. Чунки эркак киши ҳам жисмонан, ҳам маънан шу мақомга лойиқдир. Оиланинг барча нафақаси, сарф-харажати, уни ҳимоялаш эрнинг зиммасидадир. Аммо эркак оилани бошқаришда асло қўполлик, зулм қилиши мумкин эмас. Қолаверса, эрнинг раҳбар қилиниши мутлақо аѐлни камситиш эмас.
Айрим ғанимлар даъво қилаѐтганидай унинг ҳуқуқларини чеклаш ҳам эмас, балки оила-рўзғорнинг ташвиш-машаққатларидан фитран нозик яратилган аѐлни озод қилиб қўйиш, турмуш оғирликларини табиатан бақувват эркакка юклашдир. Қолаверса, эрнинг раҳбарликка маънавий ҳуқуқи ҳам бор. Чунки у аѐлга нисбатан эҳтироси ва ҳаяжонини жиловлай оладиган бўлгани учун ҳам оила тотувлигининг гарови саналади.
(Жума тезисларидан фойдаланилди)

Эркинжон Ҳусанов. Асака туманидаги Марқаюз жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: MirzoMuhammad 14 Sentyabr 2017, 15:25:41
САРА НЕЪМАТ
Аёл зоти бандаларга Аллоҳ субҳоналлоҳу ва таоло ато этган неъматларнинг сарасидир. Улар эркакларнинг жамиятда, оилада ва ҳаётнинг ҳар бир жабҳасида ажралмас қисмларидир. Улар бизга шунчалик яқинликларидан Аллоҳ таоло эркак ва аёлни бир-бирларига либос деб зарбул масал қилган:
هُنَّ لِبَاسٌ لَّكُمْ وَأَنتُمْ لِبَاسٌ لَّهُنَّ
яъни: “Улар сизга либосдир, сизлар уларга либосдирсиз” (Бақара 187)
Инсоният тарихига назар ташласангиз, барча жамиятлар аёлга бирдай яхши муносабатда бўлмаганига ишонч ҳосил қиласиз
Аёл – аввало онамиз, қолаверса, жуфти ҳалолимиз, опа-синглимиз, қизимиздир. Агар аёл ҳаётда ҳам жисмонан, ҳам маънан соғлом бўлса, демак, жамият соғлом бўлади. Чунки келажак меваси бўлмиш фарзандлар оналар сабабли дунёга келади. Уларга бошланғич таълим-тарбия ва одоб-ахлоқни ҳам оналаримиз, момоларимиз ўргатишади. Шундай экан, келажак авлоднинг яхши, солиҳ бўлиши бугунги кун аёлларининг қанчалик солиҳа, ҳаёли, ахлоқли бўлишларига ҳар жиҳатдан боғлиқдир.
Аёл она сифатида жаннатни уларнинг оёқларининг остидан излаймиз. Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтганларидек: “Жаннат оналарнинг оёқлари остидадир.
Аёл турмуш йўлдоши сифати билан биз учун дунёнинг энг яхши матолари. Абдуллоҳ ибн Амр разияллоҳу анҳумодан ривоят қилинади: Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Дунё бир матодур. Дунё матосининг яхшиси солиҳа хотиндур” – дедилар. (Муслим, Насаий, ибн Можа ва Байҳақий ривоят қилганлар)
Яна айтдилар:
“Уч  нарса  одам  боласининг  бахти  саналади:  солиҳа  аёл, яхши маскан, яхши  улов. Одам  боласининг  бахтсизлигида  эса қуйидаги  учта  нарсада  кўринади:  ёмон  хотин, ёмон  маскан ва  ёмон  маркаб”. (Аҳмад, Табароний, Баззор ва Ҳоким ривоятлари)
Аёл зоти фарзанд сифатлари билан биз учун жаннат йўлидир. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Ким икки қизни балоғатга етгунларича улғайтирса, қиёмат куни у мен билан мана бундоқ келади” деб икки бармоқларини бирлаштириб кўрсатдилар. (Муслим, Термизий ва Аҳмад ибн Ҳанбаллар Анас ибн Молик разияллоҳу анҳудан, Абу Довуд Абу Саъид Худрий разияллоҳу анҳудан ривоят қилганлар.
Ҳа, аёл зоти биз учун сара неъматдир.

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: MirzoMuhammad 18 Sentyabr 2017, 15:58:17
МУҲТАШАМ БИНО
Эр ва хотин ўртасидаги никоҳ риштаси муқаддас риштадир. Зеро бу ришта икки қалбин, икки кўнгилни, икки вужудни бир-бирига боғлайди. Натижада оила аталмиш улуғ бино барпо бўлади. Бу бино шундай улуғки уни Аллоҳнинг номи ила, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг номи ила қургайлар. Бу бино шундай мустаҳкам биноки, дунёда ҳаама нарса фоний бўлиб кетгач, қиёмат қоим бўлиб мўминлар жаннатга кирганларида ҳам қад кўтариб тургувчи бинодир. Бас шундай экан, шундай муҳташам бинони ким барбод қилса жазосини топгай, илло, бир шаръий узр сабабли бўлмаса.
Кўпинча икки ёш бахтига уларнинг ота-оналари ҳам зомин бўлиб қолишади. Эр-хотиннинг турмушига ҳар бир майда-чуйда хусусида аралашавериш, келиннинг қилиқларидан, ишларидан «хато» топавериш ёки куёвнинг қандай рўзғор тутишида ақл ўргатиш, умуман ёшларни бўлар-бўлмасга тергайвериш ҳам улар ўртасига совуқчилик тушишига сабаб бўлади. Ҳа, ота бўлсин, она бўлсин, бу бино Аллоҳ  ва Унинг расули номи ила барпо бўлганлигини унутмасинлар.
Ривоят қилишларича, бир киши хотинининг муросасизлигидан, итоатсизлигидан тўйиб кетиб,  халифа Ҳазрати Умарга шикоят қилиш учун у кишининг уйига борибди. Эшикка яқинлашса, ичкаридан аёл кишининг қаттиқ-қаттиқ гапираётгани эшитилибди. Шунда бояги киши «Халифанинг уйида ҳам бу можаро бор экан, яхшиси индамай  кетақолай», деб ортига қайтмоқчи бўлибди. Шу пайт ичкаридан Ҳазрати Умар чиқиб қолибдилар. Юмуш билан келган одамнинг изига қайтиб кетаётгани сабабини сўрабдилар. Арзга келган одам: «Хотинимнинг зулмидан шикоят қилиб келувдим, қарасам бу машмаша сизнинг ҳам бошингизда бор экан, шунга қайтиб кетмоқчи бўлиб турувдим», деб жавоб қилибди. Шунда Ҳазрати Умар: «Қизиқ одам экансан-ку, ахир аёллар овқатимизни пиширса, кир-чирларни ювса, болаларимизни тарбия қилса, бутун рўзғор ишларини зиммасига олган бўлсаю, онда-сондаги норозилик-исёнларига сабр қилмасак, инсофдан бўлармикин», деган эканлар.
Аввало эркак киши тилига маҳкам бўлсин. Бўлар бўлмасга талоқ лафзини қўлламасин. Қолаверса аёллар ҳам эридан талоғини сўрамасин. Савбон розияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадисга кўра Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Қайси бир аёл сабабсиз эридан талоқ сўраса, жаннат ҳиди унга ҳаромдир”, деганлар» (Имом Аҳмад ривояти).
Асмо бинти Язид Ансориядан (р.а.) ривоят қилинади: “Тенгдош қизлар билан ўтирган эдим, олдимиздан Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва саллам ўтдилар. У зот салом бердилар ва: «Валинеъматларингизга ношукрликдан эҳтиёт бўлинглар”, дедилар. Мен дугоналарим ичида савол беришга журъатлироғи эдим ва: “Эй Аллоҳнинг Расули, валинеъматларга ношукрлик нима?” деб сўрадим. “Бирингиз ота-она бағрида узоқ вақт эрсиз ўтиради. Сўнг Аллоҳ унга эр неъматини ато қилади, фарзанд беради. (Аммо аёл) жаҳл устида “Сендан ҳеч яхшилик кўрмадим», деб куфрони неъмат қилиб қўяди”, дедилар (Имом Бухорий ривояти, «Ал-Адаб ал-муфрад»).
Абу Ҳурайрадан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Аёлларнинг яхшиси – назар солсанг хурсанд қиладиган, амр қилсанг итоатда бўладиган, йўқлигингда ўз номусини ва сенинг молингни муҳофаза қиладиганидир», деганлар (Имом Табарий ва Ибн Аби Ҳотимлар ривояти).
(Жума тезисларидан фойдаланилди)

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: MirzoMuhammad 09 Oktyabr 2017, 16:38:45
ЭРИГА ИТОАТ ҚИЛГАН АЁЛ
Аёл киши аввало, Она сифатида қадрланади. Қуръони каримнинг бир нечта оятларида онани эъзозлашга, унинг ҳаққини адо этишга буюрилган. Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳам ҳадисларининг бирида:
“Жаннат – оналар оёғи остидадир” – деб марҳамат қилганлар.
Қуръони каримда 176 оятли бир суранинг номи “Аёллар” деб номланиши, юзлаб оятларда аёлларга доир ҳукмларнинг баён этилиши, ҳадиси шарифларда аёлларга хос алоҳида кўрсатмалар берилганлиги ислом динида аёл кишининг нақадар юқори эътиборга молик эканидан далолатдир.
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам Ҳажжатул Вадоъда қилган хутбаларида жумладан шундай деганлар:
“Огоҳ бўлинглар! Хотинларингизнинг зиммасида сизларнинг ҳақларингиз бор ва сизларнинг зиммаларингизда ҳам хотинларингизнинг ҳақлари бор. Инчунун, хотинларингизнинг зиммаларидаги сизларнинг ҳақларингиз – сиз ёқтирмаган кимсаларга тўшагингизни тепалатмаслик ва уйингизга сиз ёқтирмаган кимсаларнинг киришига изн бермасликларидур!” (Амр ибн Аҳвас разияллоҳу анҳудан имом Термизий ривояти)
Хотинларнинг зиммаларида эрларининг ҳақлари кўп бўлиб, шулардан доимийси уларнинг розилигидур.
Имом Термизий Умму Салама разияллоҳу анҳодан ривоят қилган ҳадисда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтадилар:
“Қай бир хотин эри ундан рози бўлган ҳолда вафот этган бўлса, жаннатга киради”.
Абдураҳмон ибн Авф разияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадисда:
“Қачонки хотин киши беш(маҳал) намозини ўқиса, бир ой рўзасини тутса, фаржини сақласа ва эрига итоат қилса унга “Жаннатнинг эшикларидан хоҳлаганингдан жаннатга киргин!” – деб айтилади” деганлар. (Аҳмад ибн Ҳанбал муснади)
Яна Абдураҳмон ибн Авф разияллоҳу анҳу Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва салламдан ривоят қилди:
"Битта солиҳа аёл мингта фосиқ эркак кишидан яхшидир. Қайси хотин эрининг етти кун хизматини қилса, етти дўзах эшиги ёпилиб, саккиз жаннат эшиги очилади ва у хоҳлаган эшигидан жаннатга киради", дeдилар.
Ҳикоя: Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам замонларида бир киши ғазотга кeтаётиб хотинига: "Мeн қайтмагунимча уйдан чиқма", дeб тайинлади. Аёлнинг отаси касал бўлиб қолди. У аёл Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва салламга элчи жўнатиб рухсат сўради. Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам: "Эрингга итоат эт", дeдилар.
Бу иш яна икки марта такрорланди. Аёл эрининг гапига кириб, уйдан чиқмади, ҳатто отаси вафот этганда ҳам боролмади, сабр қилди. Бир нeча кунлардан кeйин эри кeлди. Шунда Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва салламга қуйидаги ваҳий нозил бўлди: "Эрининг амрига итоат этгани учун шу аёлнинг гуноҳи кeчирилди".

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: MirzoMuhammad 22 Noyabr 2017, 15:50:13
Рашк ўти
Имом Бухорий раҳматуллоҳи алайҳи Абдуллоҳ ибн Аббос разияллоҳу анҳумодан ривоят қилади:
   “Умар разияллоҳу анҳудан Аллоҳ таоло “Агар иккалангиз Аллоҳга тавба қилсаларингиз, батаҳқиқ, қалбларингиз мойил бўлди”, дея хитоб қилган, Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг хотинларидан иккитасини сўрашга бўлган қизиқишим ҳеч тинч қўймади. Ниҳоят Умар разияллоҳу анҳу ҳаж қилди, мен ҳам бирга ҳаж қилдим. Бир маҳал четроққа ўтган эди мен ҳам сув идишни олиб бирга ўтдим. Ҳожатини тамом қилгач қўлларига идишдан сув қуйиб турдим, таҳорат қилди.
-   Эй, мўминларнинг амири! – дедим, - Аллоҳ таоло “Агар иккалангиз Аллоҳга тавба қилсаларингиз, батаҳқиқ, қалбларингиз мойил бўлди”, дея хитоб қилган, Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг икки хотини кимлар?
-   Ажойибсан-да, эй Аббоснинг ўғли! Улар Оиша ва Ҳафса, – деб Умар разияллоҳу анҳу суҳбатни бошладилар. Айтдиларки: – Мен ва менинг ансорий қўшним Бану Умайя ибн Зайд хонадонида яшаб турар эдик. Иккаламиз Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларига навбатдан тушиб турар эдик. У бир кун тушса, мен бир кун тушар эдим. Мен тушсам ҳам ўша кундаги буйруқ ёки бошқа ишларнинг хабарини олиб келар эдим, у тушса ҳам шундай қилар эди.
Бизлар Қурайшнинг хотинлар устидан ғолиб келгувчи жамоати эдик. Ансорларга келсак, улар хотинлари устун қавм экан. Бизнинг хотинлар ҳам уларга қўшилиб, ансория аёлларнинг хулқларидан олиша бошлашди.
Хотинимга қаттиқроқ гапирувдим менга гап қайтарди. Унинг гап қайтаришини инкор қилсам:
-   Сизга гап қайтаришимни инкор қилманг, Аллоҳга қасамки, Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг аёллари ҳам Ул зотга гап қайтарадилару! Ҳаттоки, уларнинг бири бир кун кечгача аразлайди ҳам-ку! – деб қолди.
Мен қўрқиб кетиб:
-   Улардан кимки шундай ёмон ишни қилса, хато қилибди! – дедим-да, кийимимни кийдим. Бориб, Хафсанинг олдига кирдим. (Изоҳ: Хафса разияллоҳу анҳо Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг аёллари, Умар разияллоҳу анҳунинг қизи. Мутаржим)
-   Эй Хафса, сизлардан бирортангиз Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламга бир кун кечгача жаҳл ҳам қиласизларми? – дедим унга.
-   Ҳа, – деди.
-   Шубҳасизки, хато қилибсан! Ҳалок бўлибсан! Расули саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ғазаби туфайли Аллоҳ ғазаб қилиб, ҳалок бўлишингдан омонда қолармидинг?! Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламдан кўп нарса сўрайверма! Ҳеч ҳам гап қайтармагин! Аразлама! Жуда зарур бўлиб қолса мендан сўра! Сенинг қўшнинг Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламга сендан кўра чиройлироқ ва ёқимлироқ бўлса рашкинг келмасин. (Оиша разияллоҳу анҳуни назарда тутади. Ровий)
 Умар разияллоҳу анҳу айтади – Ғассон қабиласи бизлар билан жанг қилгани отларини тайёрлаётганларини гапириб юрар эдик. Ансорий биродарим навбати куни бориб, тунда қайтиб келди. Эшигимни қаттиқ қоқиб “У шу ердами?” деди. Қўрқиб кетиб ёнига чиқсам:
-   Бугун жуда ҳам ёмон иш бўлди-да! – деди.
-   Нима бўлди, Ғассон келдими? – сўрадим.
-   Йўқ, ундан ҳам ёмон бўлди! Ундан ҳам даҳшатлироқ! Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам хотинларини талоқ қилибдилар!
-   Хафса хато қилди, ҳалок бўлди! Мен ўзим ҳам шундай бўлади деб ўйловдим! – деб кийимимни кийдим.
Бомдод намозини Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам билан ўқидим. Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам узлат қилиб хонасига кириб кетдилар. Хафсанинг олдига кирсам йиғлаб ўтирган экан.
-   Нега йиғлияпсан? Мен сени шу ишдан огоҳ қилмовдимми?! Нима, Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам сизларни талоқ қилиб юбордиларми? – деб сўрадим.
-   Билмадим. Ана, узлат қилиб хонасига кириб олдилар, – деди Хафса.
Чиқиб минбарнинг олдига келсам, бир қанча одам ўтирибди, баъзилари йиғлаётган экан. Уларнинг ёнида озроқ ўтирдим.  Кейин ҳолатга чидамай Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам кириб кетган хонага келиб ўша жойдаги қорачадан келган болага:
-   Умар учун изн сўраб бер, – дедим.
Бола кириб Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам билан гаплашиб чиқиб:
-   Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам билан гаплашиб, Сизни айтувдим, индамадилар, – деди.
Қайтиб бориб минбарнинг олдидаги кишиларнинг ёнларига келиб ўтирдим. Кейин яна чидамай, боланинг олдига келиб:
-   Умар учун изн сўраб бер, – дедим.
Бола кириб Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам билан гаплашиб, ёнимга келиб:
-   Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам билан галашиб, Сизни айтувдим, яна индамадилар, – деди.
Энди ортимга қайтиб кетаётган эдим, бола чақириб:
-   Сизга Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам изн бердилар, – деб қолди.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларига кирсам, бўйранинг устига тўшак ҳам солмай ёнбошлаб олган эканлар. Ёнбошларига бўйранинг излари чиқиб қолган. Ичига лайф (ўсимлик толаси. Мутаржим) солинган, ошланган теридан бўлган ёстиққа суяниб олганлар. Салом бердим-да, тик турган ҳолимда:
-   Эй Аллоҳнинг Расули, хотинларингизни талоқ қилиб юбордингизми? – дедим. Менга нигоҳларини қаратиб:
-   Йўқ – дедилар.
-   Аллоҳу акбар! – дедим. Сўнг оёқ узра турган ҳолимда – Эй Аллоҳнинг Расули, бир оғиз гап айтсам майлими?.. Мени кўрсангиз эди! Бизлар Қурайшнинг хотинлар устидан ғолиб келгувчи жамоати эдик. Ансорларга келсак, улар хотинлари устун қавм экан. – Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам табассум қилиб қўйдилар.
Сўнг яна айтдим:
–  Эй Аллоҳнинг Расули, мени кўрсангиз эди!  Хафсанинг олдига кирдим. Унга: “Сенинг қўшнинг Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламга сендан кўра чиройлироқ ва ёқимлироқ бўлса рашкинг келмасин” дедим. (Оиша разияллоҳу анҳуни назарда тутади. Ровий) – Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам яна бир бора табассум қилиб қўйдилар.
Табассум қилганларини кўриб, ўтириб олиб уйига нигоҳимни қаратдим. Аллоҳга қасамки, уйларида уч дона ошланмаган теридан бошқа кўзга кўрингулик нарса кўрмадим. Шунда:
-   Эй Аллоҳнинг Расули, Аллоҳга дуо қилинг, умматингизга кенгчилик берсин. Ҳолбуки, Форс билан Румга кенгчилик бериб қўйибди, дунёни ҳам берибди. Ва ҳолонки, улар Аллоҳга ибодат ҳам қилмайдилар. – деган эдим, суяниб олган Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам ўтириб олдилар-да:
-   Эй Хаттобнинг ўғли, сен ҳали гумондамисан? Шубҳасизки, улар ўз яхшиликларига дунё ҳаётидаёқ шошилган қавмдур! – дедилар.
-   Эй Аллоҳнинг Расули, мен учун Аллодан мағфират сўранг. – дедим.
Муслим, Термизий, Насаий, Аҳмад ибн Ҳанбал ва Бухорий яна бошқа лафз билан ривоят қилганлар. (Раҳматуллоҳи алайҳим ажмаъин)

   Улуғбек қори Йўлдошев
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: MirzoMuhammad 13 Fevral 2018, 14:17:16
ДУНЁ ҲАЁТИНИНГ ЗИЁНАТИ
Фарзанд Аллоҳ таолонинг санаб адоғига етиб бўлмайдиган неъматлари ичидаги энг улуғидир. У дунё  ҳаётининг зийнатидир. Шу билан бу улуғ неъмат Аллоҳ таоло томонидан берилган омонат ҳамдир.
Бу буюк неъматга сазовор бўлган ота - оналар бунинг қадрига етмоқлари, бунга шукрлар айтиб, фарзанд олдидаги ота - оналик бурчларини пухта адо этишлари лозим. Яъни унга чиройли исм қўйишлик, яхши таълим - тарбия беришлик ва охир оқибатда Аллоҳ розилигини топадиган, ўз миллати, Ватани, ота - онасига муносиб ўғлон, тенгдошлари ҳурмати ва муҳаббатини қозонган етук бир инсон бўлиши борасидаги масъулиятли вазифаларини чин ихлос билан адо этишлик шундай масъулиятли ва шарафли вазифалардандир.
Динимизда Ислом илк жорий бўлганидан бошлаб фарзанд тарбиясига аҳамият берила бошлаган. Кўплаб ҳадислар ворид бўлган. Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам марҳамат қилиб айтадилар:  “Кишининг ўз фарзандини чиройли одоб-ахлоқ билан тарбиялаши кўп миқдордаги нафл садақасидан яхшидир” (Термизий ривояти)
Фазлуддин Иқроруддиннинг Оила ва никоҳ рисоласида баён қилинишича (зиёуз.сом кутубxонаси) боланинг тили чиқиши билан унга аввало Ла илаҳа иллаллоҳу Муҳаммадур расулуллоҳни ўргатиш лозим. Шундай тарбия берган ота-онага фарзандининг яxши, xайрли амалларидан савоблар берилади. Аксинча, у содир этган ёмон амалларга ота шерик бўлмайди.
Фарзанд етти ёшга кирганда намоз ўқишга буюрсин. Шунда балоғатга етгунча беш вақт намоз ўқишга кўникиб боради.
Ўн ёшдан ўғил ва қиз болаларнинг ётоқ жойларини бошқа қилиш керак.
Ота-она фарзандлар билан муомала қилишда, жумладан, ҳадя бериш, эркалаш, лутф ва меҳрибонликда адолат қилиб, барчаларига бир xил муносабатда бўлиши шарт. Мабодо фарзандларидан бирортасини айрича севса ҳам, буни бошқаларига сездириб, уларнинг кўнглини чўктирмаслиги лозим.
Бирор нарса олиб келса, биринчи қизларига, кейин ўғилларига улашсин. Чунки қизларнинг қалби ўғил болаларга қараганда нозик ва таъсирчан бўлади. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
“Ким қиз болаларни xурсанд қилса, Аллоҳдан қўрқиб йиғлагандек бўлади ва кимки Аллоҳ таолодан қўрқиб йиғласа, Аллоҳ таоло унинг баданини дўзаx ўтига ҳаром қилади”, деб марҳамат қилганлар.
Фарзанд улғайиб ақлини таний бошлагач, унга Қуръон, фарз, суннат ва бошқа дин илми ва одобидан таълим берсин. Ўғил болаларга сузиш, камон отиш, от миниш каби йигит киши учун ватан ҳимоясида, жангда, мусофирчиликда зарур бўладиган ҳунарларни ва яна бирор бир касбни ўргатиши,
қиз болаларга пишириш, чеварчилик ва шунга ўхшаган рўзғор учун зарур ишларни ўргатмоқлари лозим. Зеро, касб-ҳунар ўрганмоқ ўтган анбиё-ю авлиёларнинг суннатлари бўлиб, инсонни фақирлик ва муҳтожликдан қутқаради.
Яна фарзандларга касб-ҳунар билан топилган ҳалол ризқлардан едирмоғи вожибдир. Улар вояга етганлари заҳоти ўзларига мос қаллиқ топиб, оилали қилсинлар. Акс ҳолда улардан бирор гуноҳ содир бўлса, Аллоҳ асрасин, ота-она фарзандининг шу гуноҳига шерик бўлади.
Xулоса қилиб айтганда, Аллоҳ таоло ота-онага фарзандларни гуноҳдан пок ва Ислом фитратида омонат қилиб берган, ўз навбатида ота-она ҳам бу омонатни пок ва беxиёнат Аллоҳ таолога ҳавола қилмоқликлари лозим.
Ҳадиси шарифда таъкидланганидек:
“Сизларнинг ҳар бирингиз оилангизга чўпон кабисизлар. Ҳар бирингиз ҳамма фарзандларингизга ва аёлларингизга жавобгар бўласиз”.
Шу боис ота-она Аллоҳ таоло олдида масъул бўлмаслик учун, фарзандларининг дини ва обрўсини сақлаши керак. Бузуқ ақида ва ножўя оқимларга кириб қолмасликлари учун Аҳли суннат вал жамоат ақидаси, ҳазрати Имоми Аъзам раҳматуллоҳи алайҳ мазҳаби ва нақшбандия тариқати таълимоти асосида тарбиялаши зарур.

Абдураззоқ Фармонов. Асака т. "Муҳиддин саҳҳоф" жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: MirzoMuhammad 03 Mart 2018, 12:35:07
ОИЛА ТИНЧЛИГИ
Оила башарият насл-насабининг бирламчи асоси, жамиятнинг биринчи бўғини, жамоат ҳаётининг остонаси. Қайси жамиятда оилага эътибор юқори бўлса барча соҳаларда, хусусан маънавиятда юксалиш бўлади. Кишиларнинг турмушлари осуда ўтади. Ҳаёт фаровон бўлади.
Оила тинчлиги ва тотувлигин сақлаб қолишлик нафақат оила аъзоларининг, балки бутун жамиятнинг ва, айниқса эр ва хотинга яқин бўлган қариндошларнинг энг биринчи галдаги масъулияти ва вазифаларидир.
Маълумки ҳаёт доим ҳам бир текисда бўлавермайди. Шунинг учун бир ёстиққа бош қўйган икки жинс вакилинниг ўртасида келишмовчиликлар содир бўлиб қолса, тинчлик йўли билан ҳал қилиш керак ва муроса қилиш лозим.
Аллоҳ субҳонаҳу ва таоло “Нисо” сурасининг 19-оятида эркакларга хитоб қилади:
Яъни: “Улар билан яхши муъошаратда бўлинглар. Агар сизлар уларни ёмон кўрсаларингиз, шоядки бир нарсани ёмон кўрсангиз  ҳам Аллоҳ ўша нарсада кўпгина яхшиликларни қилиб қўйса”.
Яна ўша сурада марҳамат қилинади:
яъни: “Агар улар (эр-хотин)нинг оралари бузилиб кетишидан қўрқсангиз, эр оиласидан бир ҳакам, хотин оиласидан бир ҳакам юборингиз. Агар (эр-хотин) ислоҳни хоҳласалар, Аллоҳ ўрталарини мувофиқлаштиргай. Албатта, Аллоҳ билимдон ва хабардор зотдир”.
Набий саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Сизларга хотинлар ҳақида васият қиламан. Хотин киши қобирғадан яралгандир. Қобирғанинг қийшиқроғ жойи юқорисидур. Уни тўғрилайман деб уринсанг синдириб қўясан. Агар тек қўйиб қўйсанг қийшиқликдан қолмайди. Хотинларга яхшиликни васият қиламан”, − деганлар. (Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан Бухорий ва Муслим ривоятлари)   
   Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадисда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Мўмин мўминани ёмон кўрмасин. Агар у хотиннинг бир хулқини ёмон кўрса, бошқа(хулқи)дан рози бўлиши мумкин”. (Муслим, Байҳақий ва Аҳмад ибн Ҳанбал ривоятлари)
Доимо муроса бўлган оилада фарзанд тарбияси ҳам чиройли бўлғуси, иншооллоҳ. Уруш-жанжалли хонадонда эса, ота ва онанинг ўзида тарбия бўлмаса, фарзандлар қаердан тарбия топсинлар...


Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: MirzoMuhammad 18 Iyul 2018, 18:14:25
Хотин эрни рози қилмаса
Абдуллоҳ ибн Аббос разияллоҳу анҳудан ривоят қилинишича бир аёл Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васалламнинг муборак ҳузурларига келиб дедики:
«Мен тул хотинман. Ва турмуш қилмоқ истайман. Эрнинг хотинидаги ҳақ-ҳуқуқлари нималардан иборат?»
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар:
«Эрнинг хотини зиммасидаги ҳақ-ҳуқуқларидан бири - унинг нафсидан муродини олмоқни истаган вақтида, туянинг устида бўлса ҳам, уни манъ этмаслигидир. Яна унинг ҳақларидан бири, эрининг изнисиз уйидан бирор нарсани бошқага бермаслик, агар берса, гуноҳи хотиннинг зиммасига, савоби эса эрга бўлади.
Эрнинг ҳақларидан яна бири, хотин эрининг изнисиз нафл рўза тутмаслигидир. Эрининг изнисиз уйни тарк этиб чиққан хотинга уйига қайтгунича ёки тавба қилгунича фаришталар лаънат айтиб турадилар». (Байҳақий ривояти)
Яна шундай дейдилар:
«Агар бир кишига сажда этиш мумкин бўлса эди, хотин эрига сажда қилишга буюрган бўлардим». (Абу Хурайра разияллоҳу анҳудан Термизий ва ибн Хиббон ривоятлари)
(манба: Уйланиш одоби. Имом Ғаззолий. ziyouz.com kutubxonasi)
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади - Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Агар киши ўз хотинини тўшагига чақирса-ю у хотин кeлмаса ва эри ундан норози бўлиб кeчани ўтказса, фаришталар тонг отгунча у хотинга лаънат айтиб чиқишади», дeдилар. Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари.
Икковларидан қилинган бошқа бир ривоятда:
«Агар хотин кeчаси эрининг тўшагидан алоҳида бўлиб ётса, фаришталар уни тонг отгунча лаънатлаб чиқишади», дeйилган.
Яна бир бошқа ривоятда кeлтирилишича, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Менинг жоним қўлида бўлган Зотга қасамки, бирор киши ўз хотинини тўшагига чақирса-ю хотин кўнмасдан туриб олса, эри рози бўлгунича Аллоҳ таоло ҳам унга нисбатан ғазабда бўлади», дeдилар.
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Аёлга эри сафарга кeтмаган бўлса, эрининг изнисиз (нафл) рўза тутмоқлиги ҳамда уйга бирор кишининг киришига рухсат бeрмоқлиги ҳалол бўлмайди», дeдилар. Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари.
(манба: Риёзус солиҳийн. Абу Закариё Яҳё ибн Шараф Нававий. зиёуз.cом кутубхонаси)
Бир хотин Ҳазрат Ойиша разияллоҳу анҳога келиб
"Эр хотинига яқинлик қилишни кўнгли тусаб қолганда, хотинининг жаҳли чиқиб ёки кайфи чоғ турганидан эрининг талабини қабул қилмаса, гуноҳкор бўладими?" - деб сўради.
Ҳазрат Ойиша разияллоҳу анҳо:
"Албатга гуноҳкор бўлади. ҳатто шундоқки, агар эр эгар устида ўтирган чоғида хам хотинидан талаб қилиб қолса, у йўқ демаслиги керак", дедилар.
У хотин яна Ҳазрат Ойишадан:
"Хотин хайз кўрган бўлса, уйида ўзи билан эрига фақат битта тўшак ёки битта кўрпадан бўлак ётадиган нарсаси бўлмаса, эри ундан талаб қилганда хотин нима қилсин?" - деб сўради.
Ҳазрат Ойиша:
"У вақтда хотин остки кийимни кийиб олиб, эри билан ётаверади. Аммо эри бўлса, унинг махсус еридан бўлак аъзоларидан истаганича фойдаланиш жоиздир”.

Мухторжон ҳожи Шарофуддинов. Марҳамат тумани бош имом хатиби
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: MirzoMuhammad 23 Oktyabr 2018, 14:27:54
Оилангдан бошла
Саъд ибн Абу Ваққосдан (р.а.) ривоят қилинади:
“Расулуллоҳ (с.а.в.) ҳажжату вадоъда касалим оғирлашганда, ҳолимни сўрагани кeлдилар. Шунда мeн:
«Эй Аллоҳнинг расули, кўриб турганингиздeк, касалим шу даражага етди. Мeн бадавлат кишиман. Битта қизимдан бошқа мeросхўрим йўқ. Молимнинг учдан икки қисмини садақа қилавeрайми?» дeсам, у зот:
«Йўқ», дeдилар.
«Эй Аллоҳнинг расули, ярмини садақа қилавeрайми?» дeсам, у зот яна:
«Йўқ», дeдилар.
«Эй Аллоҳнинг расули, учдан бирини садақа қилавeрайми?» дeсам, у зот:
«Учдан бири! Учдан бири ҳам кўпдир. Сeн ўз мeросхўрларингни бадавлат қолдириб кeтишинг, бошқаларга боқиманда, тиланчи қилиб кeтганингдан яхшироқдир. Албатта сeн Аллоҳнинг розилиги учун бирор нарсани инфоқ қилсанг, унга ҳам савоб оласан. Ҳаттоки, ўз хотинингнинг оғзига таом солсанг, шунга ҳам ажр оласан», дeдилар.
«Эй Аллоҳнинг расули, дўстларимдан кeйин қоламанми?» дeсам, у зот:
«Эй Саъд, агар сeн дўстларингдан кeйин қолиб, Аллоҳ розилигини талаб қилиб бирор амал қилсанг, даражанг янада зиёда бўлади. Мeн умид қиламанки, сeн яшайсан. Бир тоифа кишилар сeндан фойдаланиб ва яна бир қанчасига сeндан нуқсон етади», дeб қуйидагича дуо қилдилар:
«Аллоҳим, саҳобаларим ҳижратларини охирига етказгин, уларни орқаларига қайтармагин». Лeкин бeчора Саъд ибн Хавлага Расулуллоҳ (с.а.в.) раҳмшафқат қиладилар. Бу киши Маккада вафот этадилар. Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари.
Ҳа, динимиз кўрсатмаларида аввало ўз қармаоғидаги аҳли аёлига яхшилик қилишга бурилади.    Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
   “Бир динор Аллоҳ йўлида инфоқ қилдинг. Бир динор қул озод қилиш учун инфоқ қилдинг. Бир динор мискинларга садақа қилдинг. Бир динор аҳлингга нафақа қилдинг. Уларнинг ажри улуғроғи – аҳлингга нафақа қилганинг”, - дедилар. (Муслим ривояти)

Сарварбек Йўлдошев. Асака т. "Мирзо Шариф" масжиди имом хатиби
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: MirzoMuhammad 25 Oktyabr 2018, 11:58:46
Хотининг вазифалари
Қайси оилада Исломий аҳкомларга қанчалик риоя қилинса, оила аъзолари қайси дин ёки миллатга мансуб бўлишлигидан қатъий назар, шунчалик турмуш фаровонлиги барпо бўлади. Аксинча ҳолатда эса, агарчи мусулмонлар оиласи бўлса ҳам дарз кетади.
Шунинг учун оила масъулиятини чуқур ҳис қилган ҳолди. Оила қургувчилар ўзига яраша тайёрганрлик қилишлари керак. Лекин таассуфлар бўлсинки, тўйга тайёргарлик асосан бир кунлик дабдабаю-асъасаларнинг харажатини қилмоқ ва уни кўнгли тусагандек ўтказмоқ ҳамда бошқалардан ошириб қўймоқдан иборат бўлиб қолмоқда. Ҳамма ҳам шундай қиляпти деб бўлмайди, балки кўпчилик деймиз.
Энг ачинарлиси ўша кунги тадбирлар охиратимизга безарар бўлса ҳам бошқа гап, балки Аллоҳ учун бўлган жойларида, биз билан қабрга роҳат бўлиб борадиган ўринларда пулни борича тежаб, гуноҳ ва маъсият ўринларида сочиб юборилишидир. Тўйларни ихчам қилайлик деган сари кишилар тежамкорликни ибодатли ўринларга йўналтиришади.
Майли, бу мавзу ўз ўрнида, лекин биз айтмоқчи бўлганимиз шуки, нима бўлгана ҳам келин ва куёв оиладаги вазифа ва ҳуқуларини яхши ўрганишлари керак. Шундагина оила дарз кетишининг олди олинган бўлур эди. Бу ҳақда доимий равишда китоб ва қўлланмалар битилиб келган. Ўша китобларда баён қилинган хотиннинг вазифалари ҳақида қисқача тўхталмоқчимиз.
Эрнинг руxсатисиз уйдан чиқмасин ва ўз эридан бошқалар учун зийнатланмасин, муаттар (xушбўй) қилмасин ва унинг тўшагидан ажрамасин, балки у билан бирга тўшакда ётсин. Эрининг олдига у xоҳламайдиган, у ёмон кўрган кишиларни киргизмасин. Аёл ўз эрига ношукрлик қилмасин, кўп аёлларнинг одатича: “Мен сиздан ҳеч яxшилик кўрмадим”, демасин.
Кийимларини ўз эрининг уйидан бошқа жойга қўймасин.
Агар эри уни ўпиш ё мужомаат қилиш ва шунга ўхшаш xос муомалотларга чорласа, итоат этсин. Агар беморлик ё ҳайз туфайли итоат этолмаса, у ҳолда яxшилик билан тушунтириб, узр айтсин. Шунингдек, таом ҳозирлаш, чироқ ёқиш, таҳорат ва бошқа пайтларда сув ва сочиқ тайёрлаш каби ишлар аёлнинг зиммасидадир.
Агар аёлнинг моли бўлса, эрига миннат қилмасин. Рўзғорнинг қийинчилиги, камxаржлиги, муҳтожлиги туфайли талоқ сўрамасин. Эрига ғазабланиб, аччиқланиб боқмасин, зарда қилмасин. (Оила ва никоҳ рисоласи. Фазлуддин Иқроруддин. зиёуз.сом кутубxонаси)
Имом Шофеъийга кўра, никоҳ ақди бир тур хизматчилик шартномаси кабидир. Шу сабабли хотин эрга итоат этиши керак. Фақат Аллоҳ таолога қарши гуноҳ ишга буюрилса, эрга итоат этиши керак эмас. Бошқа хусусларда эрини мамнун қилиши жаннатга киришига васила бўлади.
Расулуллоҳ (с.а.в.) марҳамат этадилар:
«Эри ўзидан рози бўлган ҳолида ўлган аёл жаннатга киргай». (Термизий Умму Саламдан (р.а.) ривоят қилган).
Айтишларига караганда, бир одам саёҳатга чиқди. Чиқаётганда хотинига юқори қаватдан пастки қаватга тушмаслигини айтиб, огоҳлантирди. Пастки қаватда отаси яшарди. Отаси хасталанди. Аёл Расулуллоҳга (с.а.в.) элчи юбориб, отасининг ёнига тушишга изн сўради.
Расулуллоҳ (с.а.в.) марҳамат этадилар:
«Эрга итоат этиш ва аҳдга содиқ бўлиш, вафо қилиш керак».
Бу орада отаси вафот этди. Уни дафн қилдилар. Сўнг Расулуллоҳ (с.а.в.) ўша аёлга элчи юбордилар ва эрига итоати сабабли Аллоҳ таоло отасини афв этганини ва дунёдалик пайтида қилган хато-камчиликларини кечиргани тўгрисида хабар бердилар.

Қамариддин Шарофутдинов. Асака т. "Имом Абу Юсуф" жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: MirzoMuhammad 01 Yanvar 2019, 15:14:27
Оилани сақлаб қолиш
Оила ҳар бир жамиятнинг бошланғич бўғини ҳисобланади. Оила мустаҳкам, тинч, ҳалол ва пок бўлса, жамият ҳам осойишта, мустаҳкам, фаровон бўлади. Аксинча, оилаларда парокандалик, бузғунчилик бўлса, ўша жамият бузилади, тинчи йўқолади, у оқибатда чуқур таназзулга юз тутади. Бахтли оилалар туфайли бахтли жамият вужудга келади. Чунки, ўзаро меҳрли бўлган ота-оналарнинг фарзандлари ҳам бир-бирларига меҳрибон бўладилар.
Оилада юксак маънавий муҳитни ташкил этиш жуда муҳим. Бунда оила аъзоларининг, айниқса, эр ва хотиннинг ўзаро муроса-мадорага бориши, ғазаби келганда уни енгиши ва ширин сўзли бўлиши, шу билан бирга, оилавий сирларни кўчага олиб чиқмаслиги сингари бир қатор омиллар жуда катта аҳамият касб этади.
قَالَ أَبُو الدَّرْدَاءِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ لِزَوْجَتِهِ: إِذَا غَضِبْتُ فَرَضِّنِي وَإِذَا غَضِبْتِ رَضَّيْتُكِ وَإِلَّا لَمْ نَصْطَحِبْ
яъни: Абу Дардо р.а. аёлига шундай деган: “Ғазабим келганда мени рози қилишга урун, сенинг ғазабинг келганда мен сени рози қилишга урунай. Акс ҳолда бирга яшай  олмаймиз”.
Оиланинг тинч, фарзандларнинг бахтли бўлишлигида эр-хотиннинг ҳар иккиси ҳам оиладаги ўз бурчларини астойдил адо этишга интилишлари муҳимдир. Эр ўз ўрнини йўқотган, хотин эса, эрнинг мавқесига даъвогарлик қилган оилаларда нафақат нотинчлик бўлади балки, эл-юрт, маҳалла кўй орасида ҳам бундай оиланинг ҳурмати бўлмайди. Оилани бошқариш масъулиятини Аллоҳ таоло Қуръони каримда эркакларнинг зиммасига юклаган.
   Яна бир муҳим масала, бу – қурилган оилани бус-бутун сақлаб қолиш. Динимизда оила қуришга тарғиб этиш билан бирга, уни яхшилик билан тутишга буюрилган. Агар эр-хотин ўзаро келиша олмаган тақдирларида ислоҳ қилиш учун ҳар икки томондан ҳакамлар жалб этиш лозим бўлади. Қуръони каримда шундай дейилган:
وَإِنْ خِفْتُمْ شِقَاقَ بَيْنِهِمَا فَابْعَثُوا حَكَمًا مِنْ أَهْلِهِ وَحَكَمًا مِنْ أَهْلِهَا إِنْ يُرِيدَا إِصْلَاحًا يُوَفِّقِ اللَّهُ بَيْنَهُمَا
 إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلِيمًا خَبِيرًا   (سورة النساء /35).
яъни: “Агар улар (эр-хотин)нинг оралари бузилиб кетишидан қўрқсангиз, эр оиласидан бир ҳакам, хотин оиласидан бир ҳакам юборингиз. Агар (эр-хотин) ислоҳни хоҳласалар, Аллоҳ ўрталарини мувофиқлаштиргай. Албатта, Аллоҳ билимдон ва хабардор зотдир” (Нисо сураси, 35-оят). Зеро, эр-хотиннинг орасини ислоҳ қилиш энг савобли амал саналади.
Бордию биз ўзимизнинг оиладаги вазифаларимизни қўлимиздан келганича мукаммал адо қилишга ҳаракат қилсакда, турмуш ўртоғимиз ўз бурчини адо қилмаслиги кутилмаган муаммоларни олиб келади.
Ана шундай танглик пайтида қандай йўл тутиш тўғрилигини ҳам динимиз таълимотларида кўрамиз.

Аллоҳ субҳонаҳу ва таоло “Нисо” сурасининг 19-оятида эркакларга хитоб қилади:
 “Улар билан яхши муъошаратда бўлинглар. Агар сизлар уларни ёмон кўрсаларингиз, шоядки бир нарсани ёмон кўрсангиз  ҳам Аллоҳ ўша нарсада кўпгина яхшиликларни қилиб қўйса”
Набий саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Сизларга хотинлар ҳақида васият қиламан. Хотин киши қобирғадан яралгандир. Қобирғанинг қийшиқроғ жойи юқорисидур. Уни тўғрилайман деб уринсанг синдириб қўясан. Агар тек қўйиб қўйсанг қийшиқликдан қолмайди. Хотинларга яхшиликни васият қиламан”, − деганлар. (Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан Бухорий ва Муслим ривоятлари)
Одатда инсон ҳар қанча инсоф билан холисона фикрлаганда ҳам ўз айбларини тўла кўриши қийин. Холис бўлмаса ёки инсоф қилмаса умуман ўзини айбдор санаши мушкул. Шунинг учун ҳам оилада келишмовчилик содир бўлганда айб юз фоиз турмуш ўртоғимиздан  ўтди деган фикрга борганимизда ҳам инсоф билан айбни ўзимиздан ахтаришга ҳаракат қилишимиз  керак.
(Жума тезисларидан фойдаланилди)

Сарварбек Йўлдошев. Асака т. “Мирзо Шариф” жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: MirzoMuhammad 06 Fevral 2019, 14:37:45
Оила ташвиши
Бугунги кунда оила муаммоси кўтарилмаган жамият қолмади шекилли. Оилаларнинг дарз кетиши тобора ошиб бормоқда. Бутун жамоатчилик оила муаммоларини ҳал қилиш учун кўплаб чора ва тадбирлар ишлаб чиқишмоқда. Хусусан бизнинг юртимизда жуда кўплаб тадбирлар йўлга қўйилмоқдаки, булар ҳаммаси оилаларни ислоҳ қилишга қаратилган.
Умид қиламизки, яқин келажакда оилалар ислоҳ қилинажак. Лекин ҳозирча аҳвол анча оғир. Назаримизда оилалар бузилиб кетгандан кейин уларни мажбурлаб зўрлагандан кўра касалнинг олдини олган афзал. Шу маънода шоядки даво бўлса деб, бир онанинг қизига қилган насиҳатини ҳавола қилмоқчимиз.
«Эй қизим! Бугундан бошлаб бизнинг қўлимиздан кeтдинг, иккинчи бир бeгона одамга ёру йўлдош бўлдинг! Сeнинг учун бахту тавфиқ тиловчи онанг тарафидан сўзланажак ушбу насиҳатларни шояд тингларсан ва мумкин бўлганида ўрнига қўюрсан.
Қизим! Эринг дунё сафарида ўзига йўлдош, қайғуларида бирга қайғурувчи, шодликларида бирга шодланувчи йўлдош бўлмоқ умиди ила сeни қабул этди. Зинҳор унинг умидини пучга чиқарма! Ҳар вақт: «Шукрлар бўлсин, мақсудим бўлди»,— дeб сўзласин ва сeндан ризо бўлиб юрсин!
Қизим! Тeз кунда дунё кутмоққа киришажаксан. Дунё кутувда кўп эътиборга олиш керак бўлган нарсалар бор. Эрингнинг яқинларини, кўпроқ қайнананг, қайнатангни ҳурмат қил! Уларни ўз отанг, ўз онанг мисолида кўр! Уларнинг болаларини, туғишганлар ҳукмида ҳисоб эт. Қайнананг ва қайнатанг тарафидан бўлган насиҳатларни ўрнига кeлтир!
Ушбу янги яқинларингнинг хулқу табиатларини билиб ол ва шунга қараб муомала қил! Булар ила оранг бузулувидан сақлан! Чунки бунинг оғирлиги эринг устига тушар. Сeнинг томондан бўлса, ўз яқинларинг хотирлари қолур, улар томондан бўлса, сeни қизғанадир, бунинг қайғуси ила эринг емоқ ичмоқдан қоладир ва бир кун касал бўлиб тўшакда ётиб қоладир.
Эрлар ўзларининг касбларини яхши юритиш учун кўнгиллари шоду тинч бўлувга муҳтождирлар. Юрт ичида озгина қайғу бўлса-да, уларнинг касбларига зарар қиладир.
Қизим! эрингдан ҳeч бир сирингни яширма! Эрнгдан бошқа кишига сир айтма. Киши кўз ўнгида эрингга қарши бир ҳарф сўз айтма, чeҳрангни бузма. Эрлар хотунлари тарафидан бўлган энг зўр камчиликларни кeчира оладирлар, аммо киши олдида озгина нарсани ҳам ҳазм қила олмаслар. Бу нарса уларнинг табиатларига хилоф бир ишдир. Шунинг учун бу тўғрида улар айбли бўлмаслар. Агарда ярамас бир одати бўлса, уни йўқотиш учун кўнглини оғритмай ҳаракат қил!
Қизим! эринг хуш кўрмаган ишлардан, кўнглига ботадиган одатлардан йироқ бўл. Унинг рашкини кeлтиражак ҳeч бир нарса қилма, кўрсатма. Эрингнинг молини сақлаб тут, исроф қилма!
Қизим! Уйинг тартибли ва ҳар бир нарса ўз ўрнида бўлсин. Болаларингни эрингга суюкли этишга, эрингни ҳам болаларингга сeвдиришга тириш. Оталарнинг болалар ила овунмоқлари улар ила бирга бўлмағига сабаб бўладир. Болаларини сeвгучи эрлар кўп вақт тавфиқли бўлурлар ва болалари ила овуниб, бошқа тeгишсиз ерларга кўз солмаслар, бормаслар.
Қизим! Бу айтган сўзларимни ўрнига қўймоқ ақллию тадбирли хотунлар учун оғир ишлардан эмасдир. Ақлли хотунлар арслонлар кучи ила ишлай олмаган ишларни ақллари ила ишлай оладирлар.
Қизим! Нарса сўраган бўлсанг бир, қўп бўлса икки мартаба эрингнинг хотирига туширсанг бас. Шундаи ортиқ қийнама, бeзовта қилма!
Қизим! Эрларнинг энг сeвган нарсалари хотунларининг шод ўлароқ уй хизматларини қилиб юрган вақтларидир. Эри ёнида юрувчи ва ҳар вақт хизмат этувчи ва эригада шод кўринувчи хотунларни эрларига ёмон кўрсатишга ҳeч кимнинг кучи етмас. Эринг ишига кeтганида кузатиб қўй, қайтиб кeлганида кутиб ол! Эрингдан кeч қолмай уйқуга ёт, ундан олдин тур!
Қизим! Эрларда баъзи вақтлар бўладики, хотунларига банда ҳукмида бўлурлар, ушбу вақтни фурсат билиб, ўзининг тузук бўлмаган айблари ҳақида оз-оз сўзла!
Қизим! Дунё ҳар вақт нeъмат бўлиб турмас, баъзи вақт оғулари, тиканлари, найзалари ҳам бўладир. Эринг ила орангизга хилофлик тушса, совуққонлик ила сўзла. Қизим, юзингни ва товушингни ўзгартирма! Унинг мартабасидан ғофил бўлма, ҳурмат қил, ул нақадар аччиқланса-да, қарши бирор сўз айтма! Эрлар қошида энг яхши хотун, ўзларини эркин тутиб, аччиқланишига йўл бериб турган хотунлардир.
Қизим! Агарда Аллоҳ таоло болалар берса, уларнинг танларини ўзинг тарбия қил! Мактабга боргунларича, ақлларини ҳам тарбия қил, яхши хулқларга одатлантир!
Қизим! Ҳар ишда ишонганинг Аллоҳ таоло бўлсун! Ҳар бир умидинг Аллоҳ таолодан бўлсун! Аллоҳ таоло буюкдир, ҳар нарсани биладир, Кариму Раҳимдир.


Муроджон Ҳасанов. асака туманидаги “Пастки Қурама” жоме масжиди мутаваллиси
Ризоуддин ибн Фахруддиннинг. “Аҳлу аёл” рисоласидан фойдаланилди (www.зиёуз.cом кутубхонаси0029
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: MirzoMuhammad 12 Fevral 2019, 12:18:01
Оила пойдевори
Оиланинг тинч-тотувлиги ва мустаҳкамлиги юрт фаровонлигининг асосидир. Инсон ҳаётини оиласиз тасаввур қилиб бўлмайди. Уни боғловчи кўприк эса никоҳдир. Оила келажак авлодга кучли таъсир этувчи чинакам тарбия маскани. Шу боис ёшларнинг жамиятда ўз ўрнини топишига кўмаклашиш, айниқса, уларнинг оила қуришларига жиддий эътибор қаратиш барчадан катта масъулият талаб этади.
Оила муқаддас даргоҳ, соғлом авлодни тарбиялашда оиланинг ўрни муҳим ва бетакрордир. Инсон саломатлиги ва маънавий камолотининг биринчи пойдевори оилада қўйилади. Жамият ривожланиб, маънавий омилларнинг ижтимоий тараққиётидаги ўрни ва аҳамияти ортган сари оиладаги тарбия эътибор ҳам кучаяди.
Никоҳга қадам ташлаётган ҳар бир қиз ва йигит биринчи навбатда оилага ҳар томонлама, яъни физиологик ва руҳий жиҳатдан соғломлиги, тайёрлиги, қураётган оиласини келажакда она ва ота бўлишга, фарзанд тарбияси билан шуғулланишга тайёрлигини обдон ўйлаши зарур. Сабаби буюк давлатнинг пойдеворини соғлом авлодларгина барпо эта олиши бу ҳаёт ҳақиқатидир. Бизнинг мустақил давлатимизда маънавий баркамол, жисмонан соғлом авлодни тарбиялашга катта эътибор берилмоқда. (fargonaziyo.uz)
Никоҳ инсонлар жамиятида энг муқаддас битим ҳисобланади. Чунки ҳаётда ҳалол ва ҳаромни ажратиш, эр-хотиннинг ҳақ-ҳуқуқларига риоя этиш, оила тузиш, инсон наслининг давомийлигини таъминлаш, ёш авлод тарбияси каби муҳим масалаларнинг бари шаръий никоҳга боғлиқдир. Шунинг учун динимиз оилани никоҳ асосида қуришга алоҳида аҳамият беради. Аллоҳ таолонинг эр-хотин жуфтлигини яратишдан иродаси ҳам инсон наслини кўпайтириб, ер юзини обод қилиш эди:
وَاللَّهُ جَعَلَ لَكُمْ مِنْ أَنْفُسِكُمْ أَزْوَاجًا وَجَعَلَ لَكُمْ مِنْ أَزْوَاجِكُمْ بَنِينَ وَحَفَدَةً وَرَزَقَكُمْ مِنَ الطَّيِّبَاتِ ... (سورة النّحل/72)
яъни: “Аллоҳ сизлар учун ўзларингиздан жуфтлар яратиб, жуфтларингиздан сизлар учун ўғиллар ва набиралар пайдо қилди ва сизларни пок нарсалардан ризқлантиради...”.
Пайғамбар алайҳиссалом бир ҳадисларида: "Никоҳ менинг суннатимдир, ким суннатимдан юз ўгирса, у мендан эмас", деганлар.
Демак, никоҳ асосида турмуш қуриш Аллоҳ таолонинг буйруғи, Пайғамбар алайҳиссаломнинг суннатлари экан, мусулмон киши оила қуриш йўлида ҳаракат қилиши,  турли сабабларни рўкач қилиб, уни пайсалга солмаслиги, оиласини никоҳ асосида қуриши лозим. Никоҳ туфайли инсон ўз насл-насабининг поклигини сақлайди, иффатини асрайди, бузуқлик, зино сингари ҳаром ишлардан тийилади.
Абдуллоҳ ибн Масъуддан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Эй ёшлар жамоаси, сизлардан ким никоҳга қодир бўлса уйлансин, чунки бу кўзнинг тийилиши ва фаржнинг поклигидир. Ким бунга қодир бўлмаса, унда рўза тутсин, чунки бу билан шаҳват сўндирилади”, деганлар (Имом Бухорий ва Муслим ривояти). (Жума тезислари)

Абдураззоқ Фармонов. Асака т. "Сиддиқ ҳожи" жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: MirzoMuhammad 13 Fevral 2019, 14:40:38
Умр йўлдоши
Бугунги кунда оила муаммоси бутун ер юзидаги глобал муаммо бўлиб турибди. Бу муаммо барча халқлар қатори мусулмон фарзандларичетлаб ўтмаслиги бутун уммат учун жуда ҳам ачинарли ва ташвишли ҳолатдир. Бунга оила қурган ёшлар эр-хотинлик вазифаларини билмаслиги асосий сабаб бўлмоқда.
Никоҳ − бу фақатгина табиий эҳтиёж ёки жамият муаммоси ёҳуд тараққиёт омили ҳам эмас. Балки ҳаммасини ўз қамровига олган илоҳий фармон.
Соғлом жамият тузиш учун энг аввало ҳам маънавий, ҳам жисмонан соғлом оила тузишга эришиш лозим. Жамият учун баркамол инсон етказиб бергучи  оила маънавий соғлом бўлишлиги учун у бино қилинажак пойдевор мустаҳкам бўлиши лозим. Бунинг учун эса оила ҳақидаги муқаддас динимиз кўрсатмаларига амал қилишлик энг тўғри ва мақбул йўл десак хато бўлмагай.
Чунки Ислом динида турмуш тарзи бутун махлуқотнинг яратгувчиси, бутун оламни қатъий тартиб ва интизом ила бошқаргувчиси томонидан тақдим этилган буюк дастурга асосланган.
Қайси оилада Исломий аҳкомларга қанчалик риоя қилинса, оила аъзолари қайси дин ёки миллатга мансуб бўлишлигидан қатъий назар, шунчалик турмуш фаровонлиги барпо бўлади.
Аксинча ҳолатда эса, агарчи мусулмонлар оиласи бўлса ҳам дарз кетади.
Оила ҳақидаги рисолада шундай баён қилинади (Ризоуддин ибн Фахруддин. Аҳлу аёл. ziyouz.com kutubxonasi):
Дунёда яшовчи одамлар агар танлари саломат бўлса, ўзлари учун тириклик йўлдоши сайлашга, издивожу никоҳ қилурға мажбур бўладирлар. Бу эса, ҳар кимга маълумдир.
Халқлар бозорға борган вақтларида ҳам ўзларининг йўлдошлари яхши, ўзларига ярарлик равишда бўлмағини орзу қиладурлар, кўнгилларига ёқмаган одамлар ила бирликда юрувдан сақланадирлар. Ҳолбуки, тириклик йўлдоши беш-ўн чақирим ердаги бозорга бориш учун ёки уч тўрт товлик1(Товлик — бир кеча-кундуз) бирликда юриш учун сайланган йўлдош эмас, балки умр борича бирликда туруб, бирликда кун ўтказажак йўлдош бўладир.Йўлдошнинг яхши бўлувини текширишмак етмас. Балки йўлдошларнинг хулқини, феълини билишга тиришмак лозим бўлгани каби, ўзининг унга йўлдош яраб, ярамаганини-да текшириш лозим.
Ушбу сабабдан эрга тегувчи қиз эрининг ўзига мувофиқ бўлиб-бўлмаслигини ҳамда ўзининг шул эрга мувофиқ бўлиб-бўлмаслигини ҳисобга олмоғи керакдир.
Эрга тегувчи қизлар учун керак бўлган текширувлар, хотин олувчи эрларга ҳам керак бўладир. Шунинг учун хотун ила эрнинг ким эканликларини ва буларнинг бир бири ҳақида бўлған вазифалари бу ерда сўзланур.
Хотун, шаръий шариф бўйинча, бир эрнинг тириклик йўлдошидир. Эрининг уйига ва юртига хожа бўлиб турувчидир.
Хотун эрининг молларини сақловчи, пулини оз ҳаражат қилишга ижтиҳод қилувчи, эрининг, болаларининг танларини ва кўнгилларини тарбиялаб ўстирувчи, эрида бўлган бузуқ хулқларни, бузуқ феълларни битиришга сабаб бўлувчидир.
Хотун эрининг қаттиқ кўнглини юмшатувчи, бутун адлу аёлни бир ерда бирлаштириб турувчи, эрининг молидан қисиб қолиб аҳлу аёл бошига келажак қора кунлар учун озми-кўпми мол йиғувчидир.
Хотун қўғирчоқ эмасдурки, ўйнаб-ўйнаб турилмас, хотун кийим эмасдурки, бугун кийилиб эртага ечилмас. Хотун ҳайвон эмасдурки ёқса асраб, ёқмаса бозорга олиб бориб сотилмас. Хотун ходима эмасдурки, яхши, хизмат қилса асраб, яхши хизмат қилмаса қувиб юборилмас. Балки хотун умрлик бир йўлдошдир.

Ашуров Мирҳомид. Булоқбоши туманидаги “Кулла” жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: Javob: ISLOMDA oiladagi muomala
Yuborildi: MirzoMuhammad 12 Mart 2019, 13:15:40
Эр масъулияти
Оиланинг тинч, фарзандларнинг бахтли бўлишлигида эр-хотиннинг ҳар иккиси ҳам оиладаги ўз бурчларини астойдил адо этишга интилишлари муҳимдир. Эр ўз ўрнини йўқотган, хотин эса, эрнинг мавқесига даъвогарлик қилган оилаларда нафақат нотинчлик бўлади балки, эл-юрт, маҳалла кўй орасида ҳам бундай оиланинг ҳурмати бўлмайди. Оилани бошқариш масъулиятини Аллоҳ таоло Қуръони каримда эркакларнинг зиммасига юклаган.
Шариатимизда эрнинг аёли олдида молиявий ва маънавий вазифалари бор. Молиявийлари асосан уч қисмга бўлинади:
Биринчиси, аёлига маҳр бериш. “Маҳр” ақди никоҳ ёки эру хотинлик муомаласи бўлиш билан эр зиммасига юкланадиган, хотинга бериш лозим бўлган молдир.
Аллоҳ таоло Қуръони каримда шундай марҳамат қилади:
   وَآَتُوا النِّسَاءَ صَدُقَاتِهِنَّ نِحْلَةً فَإِنْ طِبْنَ لَكُمْ عَنْ شَيْءٍ مِنْهُ نَفْسًا فَكُلُوهُ هَنِيئًا مَرِيئًا (سورة النساء/4 .(
яъни: “Хотинларга маҳрларини мамнунлик билан берингиз! Агар сизларга ўзлари ундан бирор нарсани ихтиёрий равишда кечса (берса)лар, сизлар уни бемалол, иштаҳа билан тановул қилаверингиз”. (Нисо сураси, 4-оят).
   Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳу васаллам маҳр борасида шундай марҳамат қиладилар:
عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ السَّاعِدِي رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ النَبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِرَجُلٍ أَرَادَ الزَّوَاجَ: "اِلْتَمِسْ وَلَوْ خَاتَمًا مِنْ حَدِيْدٍ" (متفق عليه).
яъни: Саҳл ибн Саъд розияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадисда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳу васаллам: “Темирдан бўлса ҳам бир узик топинг”, деганлар (Муттафақун алайҳ).
Иккинчиси, аёлини озиқ-овқат ва кийим-кечак билан таъминлаш.
Дарҳақиқат, эркакларнинг зиммасига аҳли аёл нафақаси фарздир. Бу хусусда Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи вассаллам ҳадисларининг бирида:
عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  كَفَى بِالْمَرْءِ إِثْمًا أَنْ يُضَيِّعَ مَنْ يَقُوتُ (رواه الامام أبو داود).
яъни: “Киши ўз қарамоғидагиларини нафақасиз ташлаб қўйиши унинг қаттиқ гуноҳкорлигига кифоя қилади”, дея марҳамат қилганлар, (Абу Довуд ривояти).
Аҳли-аёлга нафақа бериш энг муҳим ва савобли ишлардан эканлиги ҳақида Жобир розияллоҳу анҳу ривоят қилган ҳадисда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам шундай деганлар:
عَنْ جَابِرٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  أَوَّلُ مَا يُوْضَعُ فِي مِيْزَانِ الْعَبْدِ نَفَقَتُهُ عَلَى أَهْلِهِ (رواه الامام الطبراني).
яъни: “Қиёмат куни тарозуда  биринчи тортиладиган нарса кишининг аҳли-аёлига қилган нафақасидир”  (Имом Табароний ривояти).
Шу билан бирга, аёли бемор бўлганда дори-дармон олиб бериш, шифокорга кўрсатиш кабилар ҳам эрнинг зиммасидаги вазифалардандир. Аёли касал бўлса, отасининг уйига олиб бориб қўйиш ҳолатлари ҳам кўпаймоқда. Соғлик пайтида уйдами, томорқадами, даладами ишлатиб, камига бозорга чиқариб, бетоб бўлиб ишга ярамай қолганида, парваришга муҳтож бўлиб турганда, ота уйига олиб бориб қўйиш, ортидан хабар олмаслик, меҳнатга ярайдиган бўлганда, олиб кетишлик  инсофли эркакни иши эмаслигини унутмаслигимиз керак.
Учинчиси, аёлини турар жой билан таъминлаш. Аллоҳ таоло бу ҳақда Қуръони каримнинг Талоқ сурасида айтади:
أَسْكِنُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ سَكَنْتُمْ مِنْ وُجْدِكُمْ (سورة الطلاق/6).
яъни: “Уларга (талоқ иддасини сақлаётган хотинларингизга) ўзларингиз маскан тутган жойдан тоқатингизга қараб жой берингиз” (Талоқ сураси 6-оят).
Энди эса, эрнинг аёли олдидаги маънавий вазифаларини баъзилари ҳақида тўхталиб ўтсак. Улар қуйидагилардир:
Биринчиси, аёли билан чиройлик муомалада бўлиш.
Аллоҳ таоло Ўз каломи шарифида қуйидагича марҳамат қилади:
وَعَاشِرُوهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ فَإِنْ كَرِهْتُمُوهُنَّ فَعَسَى أَنْ تَكْرَهُوا شَيْئاً وَيَجْعَلَ اللَّهُ فِيهِ خَيْراً كَثِيراً (سورة النساء/19 .(
яъни: “Улар билан тотув турмуш кечирингиз. Агар уларни ёмон кўрсаларингиз, (билиб қўйингки,) балким сизлар ёмон кўрган нарсада Аллоҳ (сизлар учун) кўпгина яхшилик пайдо қилиши мумкин” (Нисо сураси, 19-оят).
Иккинчиси, Аёлига эътиборли  бўлиш.
Эркаклар ўз хотинига нисбатан ҳар томонлама эътиборли бўлишлари зарур. Ўз аёлига бепарволик оилада катта муаммолар чиқишига сабаб бўлиши мумкин. Одатда эридан меҳр ва эътибор кўрмаган аёлда эрига нисбатан ҳурматсизлик ва итоатсизлик ҳисси туғилади. Ибн Аббос розияллоҳу анҳу бу ҳақда шундай деганлар:
عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: إِنِّيْ أُحِبُّ أَنْ أَتَزَيَّنَ لِلْمَرْأَةِ، كَمَا أُحِبُّ أَنْ تَتَزَيَّنَ لِيَ الْمَرْأَةُ
(سنن البيهقي ومصنف ابن أبي شيبة).
яъни: "Мен учун хотиним қанчалик зийнатланиб юришини хоҳлаганимдек, мен ҳам у учун шундай зийнатланишни яхши кўраман" деганлар (Имом Байҳақий ва Ибн Абу Шайба ривояти).
Хотинга бепарволик катта жамият муаммоларига сабаб бўлиши мумкин. Оиладаги жанжалларнинг сабабларидан бири. Чунки аёлнинг эркакда моддий ҳақи бўлгани каби шахсий ҳақлари ҳам мавжуд. Асбот Садийдан ривоят қилишича Усмон ибн Мазъун аҳлига яқинлик қилмай қўйди.
Унинг хотини Оиша (разияллоҳу анҳо)нинг ҳузурларига кирди. Уни “Ҳавло” дер эдилар. Оиша разияллоҳу анҳо ва ёнларидаги Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг аёллари:
−   Ҳой Ҳавло, сенга нима бўлди − рангларинг ўзгарган, сочларинг тароқ кўрмаган, ўзингга атир ҳам сепмагансан? – дедилар.
−   Қандоқ қилиб ҳам ўзимга атир сепиб сочларимга тароқ солай, − жавоб берди Ҳавло. − Ҳолбуки, фалон-фалон пайтдан буён эрим менга на воқеъ бўлган ва на либосимни кўтариб қўйган бўлмаса!
Унинг сўзларидан кулиб юборишди. Улар  кулишиб турган ҳолларида Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам кириб келиб қолдилар.
−   Сизларни нима кулдиряпти? – сўрадилар Ул зот саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
−   Ҳавло кулдирди, эй Аллоҳнинг расули. Унинг ишини сўрасам “фалон-фалон пайтдан буён эрим либосимни кўтариб қўймаган бўлса!” деб жавоб берди, − дедилар Оиша разияллоҳу анҳо.
Шунда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам Усмонга одам юбориб чақиртириб келтирди ва:
−   Сенга нима бўлди, эй Усмон? – дедилар.
−   Мен ибодатга халал бермасин деб Аллоҳ учун тарк қилган эдим, − деб нима қилганлигини айтиб берди. Усмон ўзини ахта қилишни ирода қилган эди.
−   Онт ичаманки, қайтиб бориб аҳлингга воқеъ бўласан! – дедилар жаноб саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
−   Эй Аллоҳнинг Расули, мен рўза тутиб олган эдим?
−   Рўзангни оч! Рўзангни оч! –дедилар саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
Шундан сўнг Усмон аҳлига борди...
Ҳавло Оиша разияллоҳу анҳонинг ҳузурига яна келди. Кўзларига сурма қўйган, сочлари таралган, ўзига атир суртган. Оиша разияллоҳу анҳо кулиб:
−   Ҳа, Ҳавло! Сенга нима бўлди? – деб сўрадилар.
−   Кеча ёнимга келди... − жавоб берди Ҳавло разияллоҳу анҳо.
Шундан сўнг Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам (асҳобни йиғиб) айтдилар:
−   Одамларга нима бўлдики, аёлларни, таомларни ва уйқуни ўзларига ҳаром қилиб оладилар?! Билиб қўйингларки, албатта, мен ухлайман ҳам, бедор ҳам бўламан! Рўза тутмайман ҳам, тутаман ҳам! Аёлларга яқинлик ҳам қиламан! Бас, кимки менинг суннатимдан (бошқага) рағбат қилса мендан эмас! − дедилар. (Тафсирий Табарий)
(Манба: жума тезислари ва “Никоҳ ришталари”)

Абдушукур Мирзақобулов. Асака т. "Сиддиқ ҳожи" жоме масжиди имом хатибининг ноиби