forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:06:11

Nom: Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:06:11
AL-FAQIH ABU LAYS AS-SAMARQANDIY

TANBEHUL–G‘OFILIYN
(G‘aflatdan uyg‘otish)

Arab tilidan Dilmurod Qo‘shoqov tarjimasi

"Movarounnahr"
Toshkent

© «Mutarjim», Toshkent, 2003-2005


Tanbehul g'ofiliyn

(http://www.ziyouz.com/images/books/tanbeh.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=58)

Muallif: Abu Lays Samarqandiy
Hajmi: 1,23 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=58)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.1050)


MUNDARIJA

Hadis ilmi va uning turlari haqida qisqacha ma’lumot (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3497#msg3497)
Muallif muqaddimasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3498#msg3498)
1-bob. Ixlos (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3500#msg3500)
2-bob. O‘lim qo‘rqinchi va shiddati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3578#msg3578)
3-bob. Qabr azobi va uning qattiqligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3593#msg3593)
4-bob. Qiyomatning qo‘rqinchi va dahshatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3604#msg3604)
5-bob. Do‘zax va do‘zax ahlining sifatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3613#msg3613)
6-bob. Jannat va jannat ahlining sifatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3622#msg3622)
7-bob. Allohning rahmatidan umid qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3635#msg3635)
8-bob. Yaxshi ishlarga buyurish va yomon ishlardan qaytarish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3651#msg3651)
9-bob. Tavba (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3666#msg3666)
10-bob. Yana tavba haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3683#msg3683)
11-bob. Ota-onaning haqqi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3939#msg3939)
12-bob. Farzandning ota ustidagi haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4061#msg4061)
13-bob. Silai rahm (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4066#msg4066)
14-bob. Qo‘shnichilik haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4078#msg4078)
15-bob. Aroq ichishdan qaytarish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4089#msg4089)
16-bob. Yolg‘ondan qaytarish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4102#msg4102)
17-bob. G‘iybat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4110#msg4110)
18-bob. Chaqimchilik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4119#msg4119)
19-bob. Hasad (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4124#msg4124)
20-bob. Kibr (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4135#msg4135)
21-bob. Ihtikor (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4633#msg4633)
22-bob. Kulishdan qaytarish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4639#msg4639)
23-bob. G‘azabni yengmoq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4648#msg4648)
24-bob. Tilni saqlash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4660#msg4660)
25-bob. Hirs va uzun orzu (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4671#msg4671)
26-bob. Kambag‘allarning fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4681#msg4681)
27-bob. Dunyodan yuz o‘girish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4698#msg4698)
28-bob. Balo va mashaqqatlarga sabr qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4714#msg4714)
29-bob. Musibatga sabr qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5725#msg5725)
30-bob. Tahoratning fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5740#msg5740)
31-bob. Besh vaqt namoz haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5750#msg5750)
32-bob. Azon va takbir fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5774#msg5774)
33-bob. Tahorat va poklik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5794#msg5794)
34-bob. Jum’aning fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5803#msg5803)
35-bob. Masjidlarning hurmati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5813#msg5813)
36-bob. Sadaqaning fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5820#msg5820)
37-bob. Sadaqa balolarni daf qilishi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5835#msg5835)
38-bob. Ramazon oyi fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5838#msg5838)
39-bob. Zulhijja oyining dastlabki o‘n kuni fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5852#msg5852)
40-bob. Ashuro kunining fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5861#msg5861)
41-bob. Nafl ro‘zasi, oyning 13-,14-,15-kunlari ro‘zasi va rajab oyi ro‘zasining fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5892#msg5892)
42-bob. Ahli ayolga nafaqa qilish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5901#msg5901)
43-bob. Qo‘l ostdagilarning rioyasi haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6013#msg6013)
44-bob. Yetimlarga yaxshilik qilish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6027#msg6027)
45-bob. Zino haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6040#msg6040)
46-bob. Ribo yeyish haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6051#msg6051)
47-bob. Gunohlar haqidagi rivoyatlar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6064#msg6064)
48-bob. Zulm haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6074#msg6074)
49-bob. Rahmat va shafqat  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6086#msg6086)
50-bob. Allohdan qo‘rqish haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6097#msg6097)
51-bob. Alloh taoloni zikr qilish haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6282#msg6282)
52-bob. Duo haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6294#msg6294)
53-bob. Tasbeh aytish haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6302#msg6302)
54-bob. Payg‘ambar (s.a.v.)ga salovot aytishning fazilati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6308#msg6308)
55-bob. "La-a ilaha illalloh" kalimasining fazilati haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6318#msg6318)
56-bob. Qur’on fazilatlari haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6336#msg6336)
57-bob. Ilm talab qilish fazilati haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6353#msg6353)
58-bob. Ilmga amal qilish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6363#msg6363)
59-bob. Ilm ahli bilan o‘tirishning fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg19421#msg19421)
60-bob. Shukr  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg19639#msg19639)
61-bob. Kasb qilish fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg20768#msg20768)
62-bob. Kasb qilish va haromdan hazar qilish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg20787#msg20787)
63-bob. Taom berish va husni xulq fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg20798#msg20798)
64-bob. Allohga tavakkul  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg20810#msg20810)
65-bob. Xudojo‘ylik  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg20818#msg20818)
66-bob. Hayo  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg20830#msg20830)
67-bob. Amal va niyat biriligi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg20839#msg20839)
68-bob. Mag‘rurlanish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg20851#msg20851)
69-bob. Haj fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29747#msg29747)
70-bob. Posbonlik fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29787#msg29787)
71-bob. Chavandozlik va o‘q otish fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29794#msg29794)
72-bob. Muhammad (s.a.v.) ummatlari fazli  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29806#msg29806)
73-bob. Erining xotini ustidagi haqlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29818#msg29818)
74-bob. Xotinning eri ustida haqlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29824#msg29824)
75-bob. Nizolashganlar o‘rtasini isloh qilish va arazlashishdan qaytarish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29831#msg29831)
76-bob. Sultonlarga aralashish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29844#msg29844)
77-bob. Kasallik va kasalni ko‘rishlik  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29865#msg29865)
78-bob. Nafl namozlari fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29878#msg29878)
79-bob. Namozni mukammal o‘qish va unda xushu’ qilish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29909#msg29909)
80-bob. Duo va tasbehlar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29915#msg29915)
81-bob. Muloyimlik  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29934#msg29934)
82-bob. Sunnatga amal qilish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29944#msg29944)
83-bob. Oxirat ishlariga qayg‘urish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29956#msg29956)
84-bob. Kishining qanday tong ottirishi to‘g‘risida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29964#msg29964)
85-bob. Tafakkur qilish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29972#msg29972)
86-bob. Qiyomat alomatlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29984#msg29984)
87-bob. Abu Zarr G‘iforiy (r.a.) hadislari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg30205#msg30205)
88-bob. Toatda jiddu jahd qilish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg30212#msg30212)
89-bob. Shayton adovati va xiylalari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg30291#msg30291)
90-bob. Rizo  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg30535#msg30535)
91-bob. Mav’izalar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg30543#msg30543)
Hikoyatlar bobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg30547#msg30547)
So‘ngso‘z  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg82949#msg82949)
Muallif haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg83653#msg83653)

Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:06:33
HADIS ILMI VA UNING TURLARI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hayotlik chog‘larida vahiy kelgandan boshlab to vafotlariga qadar aytgan so‘zlari, bajargan fe’llari, biron sahoba qilgan ishni tasdiqlaganlari yoki indamasalar-da, iqror qilgan narsalari hadis yoki sunnat deyiladi.
Payg‘ambar (s.a.v.) davrlarida hadisni sahobiylar eshitiboq, yozmasdan unga amal qilar edilar. Chunki hadis Qur’on oyatlariga aralashib ketmasligi uchun Payg‘ambar (s.a.v.) uni yozishni man’ qilar edilar. Ammo Qur’on mukammal shaklda nozil bo‘lib, sahifalar holiga keltirib bo‘lingach, odamlar hadisni yozishga ehtiyoj seza boshlashdi. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlaridan keyin tobe’inlar davrida Islom dushmanlari tomonidan Islomning ichiga har xil fitnalar va shular qatorida Payg‘ambar (s.a.v.) aytmagan yolg‘on hadislarni kirgizish hollari ko‘zga ko‘rina boshladi. Tobe’inlar davrida u qadar ko‘p hadis yozilmadi. Taba’ tobe’in va ulardan keyingi asrda yashagan olimlar hadisni chuqur o‘rganib, uni darajalarga bo‘lib, kitob shaklida yoza boshladilar. Buning barobarida hadis rivoyat qilishda asos bo‘lgan jarh va ta’dil ilmi ham kelib chiqdi.
Hijratning IV asriga kelib hadis va hadisga taalluqli bilimlar mukammal va alohida-alohida ilm tusini oldi. Endi hadislar sanadi, roviyi va matniga qarab darajalarga bo‘linadi. Hadis ilmi olimlari Rasulullohdan deb qilingan har bir hadisni darajasiga qarab «mutavotir», «sahih» va boshqalarga bo‘lib, har birining shartlarini va hukmlarini bayon qildilar.
Parvardigordan yordam so‘rab, hadisdagi matn, sanad-isnod ma’nosini hadislar darajasiga ko‘ra bildiramiz.
Matn — sanadning kalomga borib tugashi.
Sanad, isnod — roviylarni matn bilan bog‘lovchi silsila.
Hadis darajalari:
1. Sahih — sanaddagi roviylar o‘zidan oldingi roviydan bevosita olgan hadisdir. Bu o‘rinda roviyning odili bo‘lishligi, mukammal shaklda hadisni zabt qilganligi va hadisning sahihligiga ta’sir qiluvchi illat bo‘lmasligi shart qilingan. Ahli hadisning ijmosi bilan unga amal qilish vojibdir.
2. Muttafaqun alayh — Imomi Buxoriy va Imom Muslim o‘z «Sahih»larida biron hadisni zikr qilsalar va bu hadislar ma’noda va matnda bir xil bo‘lsa, muttafaqun alayh, ya’ni, bu ikki muhaddis ittifoq bo‘lishgan, deyiladi.
3. Hasan — bunda sahihda shart qilingan narsalar mavjud bo‘lishligi zarur, lekin roviyning hadis zabti (hadisni yoddan bilishi yoki yozib olishi) biroz yengilroq bo‘ladi.
4. G‘arib — hadisning rivoyatida bir roviyning yakka haq, ba’zisida roviyning bir o‘zi bo‘lmog‘i.
5. Zaif — o‘zida «hasan»ning sifatlarini jamlamagan, uning shartlaridan biror shartni yo‘qotgan hadis. Fazilatli amal zikr etilgan bo‘lsa, zaif hadisga amal qilish mustahabdir.
6. Mursal — zaif hadisning bir turi, isnodining oxirida tobe’inning o‘zi (sahobani zikr qilmay) «Rasululloh shunday qilgan edilar», deydi. Buning hukmi ixtilofli.
7. Mu’zal — zaif hadisning bir turi, isnodidan ikki yoki undan ortiq roviyning tushib qolishi. U mursal va munqoti’dan ham yomon holatdir.
8. Munqoti’ — uzilishi qanday sababdan bo‘lmasin, isnodi ulanmagan hadis. Isnodining uzilishi boshdami, o‘rtasidami yoki oxiridami — buning farqi yo‘q. Munqoti’ning hukmi ham zaif hadis kabidir.
9. Mudallas — isnodidagi biron aybni yashirib, uning zohirini chiroyli ko‘rsatishga urinilgan hadis, uning hukmi zaif hadis hukmidadir.
10. Mavzu’ — Payg‘ambarga (s.a.v.) nisbat berilgan, lekin aslida to‘qib chiqarilgan yolg‘on hadis. Ulamolarning ijmosiga ko‘ra, uni rivoyat qilish halol emas.
11. Matruk — isnodida yolg‘onchi deb gumon qilingan roviyi bor hadis. Hukmi olinmaydi.
12. Munkar — isnodida zaif roviy bo‘lib ishonchli deb bilingan roviyning hadisiga zid kelgan hadis.
13. Marfu’ — Payg‘ambarga (s.a.v.) biror so‘z, fe’l, taqrir yoki sifatni izofa qilish.
14. Mavquf — sahobaga biror so‘z, fe’l, taqrirni izofa etish. Masalan: «Ali ibn Abu Tolib shunday dedi», deyish.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:07:14
MUALLIF MUQADDIMASI

Alhamdu lillalhillazi hadana likitabihi va fazzolana ‘ala soiril umami biakromi anbiyaihi, hamdan yastajlibul marg‘uba min rizoihi va yasta’tiful maxzuna min ‘atoihi va yaj’aluna minash shakiriyna linu’amihi val’arifiynna lialaihi va sollallohu a’ala Muhammadin rosulihil mustofa va nabiyyihil mujtaba va ‘la alihi va ‘itratihit toyyibiyna va ‘ala ashabihi va ummatihi ajma’iyn.

Faqih, zohid, amal qiluvchi olim Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim Samarqandiy rahmatullohi alayhi aytadi: Qaysi kishini Alloh taolo odobda taniqli, ilmda nasibali, hukm va pandu nasihatlarda ibratli, solihlarning siyratiga tavaqqufli va mujtahidlarning ijtihodida bo‘lishdek ulug‘ baxt bilan rizqlantirgan bo‘lsa, bunday kishini Allohning yo‘lida harakat qilishi lozim deb bildim. Chunki Alloh taolo aytadi:

"œ(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li — diniga hikmat va chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling!" (Nahl, 125.)

1. Allohning elchisi Muhammad sallallohu alayhi vasallamdan Abdulloh ibn Mas’ud (Alloh undan rozi bo‘lsin) rivoyat qiladi. "œRasululloh (s.a.v.) bizga malol kelmasin deb, va’z aytmoq uchun ma’lum kunlarni belgilab qo‘ygan edilar".

Mening vasiyatim, avvalo fikr qilib, bulardan eslatma-ibrat olish, keyin boshqalarga eslatish. Bu ishga bizni Alloh taolo buyurgan va rasuli ham. Alloh aytadi:

«Allohning kitobini odamlarga ta’lim berib va o‘zingiz o‘qib-o‘rganib, yolg‘iz Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar bo‘lingizlar» (Oli Imron, 79).

Ba’zi mufassirlar bu oyatni: "œInsonlarga kitobdan o‘rgatayotgan narsalaringizga amal qilguvchi bo‘linglar", deb tafsir qilishgan. Alloh taolo yana aytadi".

"œAllohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlari-gina qo‘rqur" (Fotir, 28). Boshqa bir oyatda, U payg‘ambari Muhammadga (s.a.v.) deydi:

"œEy (liboslarga) burkanib olgan zot, turing-da, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring!" (Muddassir, 1-2).

Boshqa o‘rinda yana Alloh taolo aytadi:
"œVa (Qur’on bilan) pand-nasihat qiling! Zero, bu pand nasihatlar mo‘minlarga naf yetkazur" (Vaz-zoriyot, 55).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:07:36
2. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinganki: "œBir soatlik tafakkur bir yillik nafl ibodatdan yaxshidir".

Ibrat, hikmat va mav’izalardan yuz o‘girgan kishi ikki xislatdan birida bo‘ladi: yo oz amal qilib, o‘zini ko‘p yaxshilik qilguvchilardan hisoblab qoladi. Yo ba’zi harakatlar qilib urinadi, bu ko‘ziga ko‘p ko‘rinadi va shu bilan o‘zini afzal bilib, sa’y-harakat va amallarini yo‘q qilib qo‘yadi. Agar bularga (hikmat va mav’izalarga) nazar qilsa, ibodatlarga hirsi ziyoda bo‘lib, darajasi past ekanini biladi.

Allohdan yaxshi amallar va ulug‘ barakotlarga muvaffaq etishini so‘raymiz. U zot ne’mat berguvchi, qodir zotdir.

___________
MUALLIF MUQADDIMASIDAGI HADISLAR

1. Abdulloh ibn Mas’ud. Muttafaqun alayhi*.
2. Abu Hurayra. «Bir soat fikrlash...» Mavzu’* Abu Shayxning «Al-uzoma» kitobida (44) va Javziyning «Al-mavzu’otlar» kitobida (144/3).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:08:13
I BOB. IXLOS

2. Faqih (Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadi: Muhammad ibn Labid rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam deydilar: "œSizlarning orangizga kirishidan eng xavfsiragan narsam kichik shirkdir". "œKichik shirk nima, yo Rasulalloh?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "œRiyodir. Alloh taolo bandalarini amallariga ko‘ra jazolaydigan kunda ularga: "œDunyoda ular ko‘rsin uchun amal qilganlaring kishilarga boringlar, qaranglar-chi, ularning oldida biror yaxshilik topasizlarmi?" deydi".

Faqih (Alloh rahmat qilsin) aytadiki: Shubhasiz, ularga shu gap aytiladi. Chunki ularning amallari dunyoda aldashlik bo‘ldi, ularga oxiratda o‘zlarining aldovi asosida muomala qilinadi. Alloh taolo aytganidek:

"œAlbatta munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar, holbuki, Alloh ularni aldab qo‘yguvchidir" (Niso, 142). Ya’ni aldanganliklari barobarida ularni jazolaydi, amallarining savobini botil qiladi va  ularga Alloh aytadi: "œKim uchun amal qilgan bo‘lsangizlar, o‘shalarga boringlar va  albatta, sizlarning amallaringiz uchun Mening huzurimda savob yo‘qdir".

Chunki bu amallar xolis Alloh uchun bo‘lmadi. Qachonki banda xolis Alloh taolo uchun amal qilsa, shundagina savob vojib bo‘ladi. Agar o‘sha amalda Alloh taologa boshqani sherik qilsa, Alloh bunday amaldan bezordir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:08:30
3. Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimizdan rivoyat qiladi:
Alloh taolo aytadi: "œMen sheriklardan behojatman va Menga boshqani sherik qilgan amaldan ham behojatman, so‘ng Menga boshqani sherik qilib amal etgan kimsadan ham bezorman".

Ya’ni, birov uchun qilingan amaldan ham va shu amalni bajaruvchidan ham behojatman, deydi. Albatta, Alloh taolo bu amaldan biror narsani qabul qilmaydi, faqat ixlos bilan qilingan amalni qabul etadi. Agar ixlos bo‘lmasa, unday amalni qabul etmaydi. Oxiratda unga savob yo‘qdir va uning borar joyi jahannamdir. Bunga dalil Alloh taoloning so‘zi: "œKim naqd(dunyo)ni ko‘zlovchi bo‘lsa, Biz (shu dunyoda ulardan) o‘zimiz istagan kimsalar uchun o‘zimiz xohlagan narsani naqd qilib berurmiz". Ya’ni, kimki dunyo ishini xohlasa, oxirat savobini umid qilmasa, dunyo matosidan xohlaganimizcha shu dunyoda unga beramiz. "œKim uchun", ya’ni kimni xohlasak, halok qilurmiz va "œkimniki xohlasak", dunyo matosidan nimaiki bo‘lsa, xohish-irodamiz bilan berurmiz, uning xohishi bilan emas, deyiladi. "œSo‘ng unga jahannamni joy qilib berurmiz". Ya’ni, Biz oxiratda unga do‘zaxni vojib qilgaymiz, "œunga kiradigan", ya’ni do‘zaxga kiradigan. "œMazammat va quvg‘inga duchor bo‘lgan holda", ya’ni Alloh taoloning rahmatidan uzoqlashtirilgan holda do‘zaxga tashlanadi. "œKimiki oxiratni istasa", ya’ni kim oxirat savobini istasa, "œoxiratga loyiq sa’y-harakat qilsa", ya’ni Alloh taologa ixlos bilan amallarini oxirat uchun qilsa, "œmo‘min bo‘lgan holda", ya’ni amal bilan birga imonli bo‘lsa, chunki amal imonsiz qabul qilinmaydi: "œunday zotlar", ya’ni dunyoda riyo uchun amal qilmay, oxirat savobini talab etib, amal qilgan zotlar... "œUnday zotlarning sa’ylari (Alloh nazarida) maqbuldir", ya’ni ularning amallari qabul bo‘ladi.

"œBu dunyoda odamlarning barchalariga — mana bularga ham, anavilarga ham Parvardigoringizning ne’matidan ato eturmiz", ya’ni ikki jamoaga — mo‘minlarga ham, kofirlarga ham Parvardigoringiz rizqidan beriladi. "œParvardigo-ringizning ne’mati man qilinmas" (Al-Isro, 18-20), ya’ni Parvardigoringizning rizqi bu dunyoda hech kimdan — mo‘min, kofir, yaxshi va yomondan man’ qilinmaydi.

Bu oyati karimada Alloh taolo, albatta kimiki Allohdan boshqa uchun amal qilsa, oxiratda unga savob yo‘qligini va borar joyi jahannam ekanligini bayon qildi. Kimiki Alloh taolo uchun amal qilsa, uning amali maqbuldir. Agar Alloh taolodan boshqasi uchun amal qilsa, unga amalidan foyda yo‘q, faqatgina, xabarda kelganidek, mashaqqat va qiynalish bor, xolos.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:08:47
4. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar: "œRo‘zador borki, uning ro‘zasida faqat ochlik va chanqoqlikdan boshqa hech qanday nasiba yo‘qdir. Sahar turuvchi borki, uning turishida faqat erta uyg‘onish va qiynalishdan boshqa hech nasiba yo‘qdir". Ya’ni, agar ro‘za va namoz Alloh taolo uchun bo‘lmasa, unga savob yo‘q.

Hukamolarning ayrimlaridan rivoyat qilinadi "œRiyo va dovruq uchun toat-ibodat qilgan kishining misoli cho‘ntagini toshga to‘ldirib bozorga  chiqqanga o‘xshaydi. Odamlar aytishadi: "œBu kishining cho‘ntagi qanchalar to‘la". Holbuki, unga insonlarning shu so‘zidan boshqa foyda yo‘qdir va agar biror narsa sotib olmoqchi bo‘lsa, unga hech narsa berishmaydi. Riyo va dovruq uchun qilingan amal ham shunday. Oxiratda unga savob bo‘lmaydi. Alloh taolo aytganidek:

"œ(Zotan) Biz ular qilgan har bir (yaxshi) amalga kelib, uni sochilgan to‘zon (kabi) qilib qo‘ygandirmiz" (Furqon, 23), ya’ni Alloh taolodan boshqasi uchun qilingan amallarning savobini yo‘q etib, ularni xuddi sochilgan to‘zondek qilgaymiz. (U to‘zon quyosh nurida ko‘rinadigan chang-g‘uborga o‘xshashdir).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:09:05
5. Sufyon Savriydan, uning Mujohiddan eshitganlarini Vaki’ rivoyat qiladi. Aytishlaricha, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam oldilariga bir kishi keldi va: "œYo Rasulalloh men sadaqa qilmoqchiman va shu sadaqa bilan Allohnning roziligini topmoqchiman, meni yaxshi deyishlarini xohlayman", dedi. So‘ng ushbu oyat nozil bo‘ldi:

"œBas, kim Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishidan umidvor bo‘lsa, (ya’ni kim Alloh taoloning qudratidan qo‘rqib tursa va  Allohning savobini xohlagan bo‘lsa), u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biron kimsani Unga sherik qilmasin (ya’ni, qiladigan amallarini yolg‘iz Alloh uchun qilsin)" (Kahf, 110).

Hakimlardan biri aytadi: "œKim yetti amalni yetti narsasiz qilsa, qilgan amali unga foyda bermaydi. Birinchisi, qo‘rquv bilan, ammo saqlanmasdan amal qilsa, ya’ni, albatta men Allohning azobidan qo‘rqaman, desa-yu, gunohlardan ehtiyot bo‘lmasa. Bas, bunday so‘z unga hech qanday foyda bermaydi. Ikkinchisi, talabsiz umid bilan amal qilsa, ya’ni men Alloh taoloning savobidan umid qilaman, deydi, ammo solih amallar bilan savobni talab etmaydi, uning so‘zidan  biror foyda yo‘qdir. Uchinchisi, qasdsiz niyat, ya’ni yaxshilik va toat-ibodatlar kabi amallar qilishlikni qalbida niyat etadi. Shuni qilishlikni o‘zi qasd qilmaydi, uning niyatidan biror foyda yo‘qdir. To‘rtinchisi, harakatsiz duo qilish, ya’ni yaxshi ishlarga muvaffaq etishni so‘rab Alloh taologa duo etadi, ammo harakat qilmaydi,  uning duosidan hech bir foyda yo‘q. Holbuki, Alloh taolo yordam qilishi uchun harakat lozimdir. Alloh aytadiki:

"œBizning (yo‘limiz)da kurashgan zotlarni, albatta, o‘z yo‘limizga hidoyat qilurmiz. Aniqki, Alloh chiroyli amal qiluvchi zotlar bilan birgadir". (Ankabut, 69.)
Ya’ni, ibodat va dinda harakat qilgan kishilarni shunga erishtiraman, deyilmoqda.

Beshinchisi, pushaymonsiz istig‘for aytish, ya’ni Allohdan kechirishini so‘raydi-yu, ammo qilgan gunohlariga pushaymon bo‘lmaydi. Pushaymonsiz kechirim so‘rash foyda bermaydi. Oltinchisi, oshkora amal qilib, maxfiy amal qilmaslik, ya’ni oshkora qilganida ishlarini yaxshi bajaradi va yashirin, maxfiy holda yaxshi bajarmaydi, bu holda oshkoraligi unga hech bir foyda bermaydi. Yettinchisi, ixlossiz ko‘p amal qilish, ya’ni toat-ibodatda harakatni ko‘p qiladi, tirishadi, lekin Alloh taologa ixlos bilan amal qilmaydi. Ixlossiz uning amallari foyda bermaydi. Bunday amalda o‘zini-o‘zi aldagan bo‘ladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:09:23
6. Abu Hurayra roziyallohu anhuning Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilishicha, u zot aytadilar: "œOxir zamonda sut soqqandek dunyoni sog‘ish uchun qavmlar chiqadi (kitobning boshqa bir nusxasida: "œdunyoni tortadilar, jalb etadilar"), ya’ni din (nomi) bilan dunyoni yeydilar, (yana boshqa bir nusxada: "œdunyoni oladilar"), ya’ni dunyoni egallab oladilar, so‘ng yumshoqligi qo‘y terisidek liboslar kiyadilar. Ularning tillari shakardan shirinroq, qalblari esa bo‘rilarning qalbidek".

Alloh taolo aytadiki: "œMeni aldaysizlarmi yoki menga qarshi jur’at qilasizlarmi? (Jur’at qilish hech fikrlamasdan o‘zini qo‘rqmas, shijoatli ko‘rsatishdir) o‘zimga qasamki, albatta ularning ustiga bir fitnani yuborgayman, unda oqil-hakimlar lolu hayron qolgaydir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:09:52
7. Abu Hurayra rivoyat qiladi: Payg‘ambarimizning yonlariga bir kishi kelib: "œYo Rasulalloh, men bir amalni qildim, uni sir saqladim, so‘ng undan xabardor bo‘lib qolishdi, mana shu narsa meni quvontirsa, bu amalda menga savob bormi?" dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œBu ishda sen uchun sirligi va oshkoraligida — har ikkisida ham savob bor".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:10:04
8. Faqih (Alloh rahmat qilsin) aytadi: Hadisning ma’nosi shuki, albatta, bir kishi o‘zining ishini oshkor etsa va bu amalga biror kishi iqtido qilsa, ergashsa, bas, u kishi uchun ikkita savob bor: bittasi — uning o‘z amali uchun, ikkinchisi - shu amali bilan birovni ergashtirganligi uchun. Rasulalloh sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek: "œKimiki urfda yaxshi ishni joriy qilsa, shu yaxshi ishning savobi va ergashib shu yaxshi ishni qilgan kishining savobi unga qiyomatgacha yetib turadi. Va kimiki urfda yomon bir ishni joriy etsa, o‘sha yomonligining gunohi va ergashib shu yomonlikni qilgan kishining gunohi unga qiyomatgacha yetib turadi".

Ammo agar unga birov ergashganligi uchun emas, balki o‘zining ishi oshkora bo‘lganligi uchun quvonsa, bu holda amalining savobi ketishidan qo‘rqmog‘i kerak.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:10:25
9. Abdulloh ibn Muborak rivoyat qilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: "œAlbatta, maloikalar Allohning bandalaridan bittasining amalini  ko‘taradilar, so‘ng bu amalni ko‘paytiradilar va poklaydilar, to Alloh taolo xohlagan manzilgacha yetib, to‘xtaydilar. Ularga Alloh taolo: "œAlbatta, sizlar bandamning amalini saqlovchisizlar. Men esa bandamning ichida nima borligini kuzatuvchiman, muhaqqaq, bu bandam amalida Menga ixlos qilmadi, bas, uni sijjiynga (kofir va fosiqlar ruhi turadigan joy) yozing", deydi. Va yana bir bandaning amalini olib, ko‘tariladilar, u amalni oz va past sanashadi. Alloh taolo xohlagan manzilgacha yetib to‘xtaydilar. So‘ng Alloh taolo ularga: "œAlbatta, sizlar Mening bandamning amalini saqlovchisizlar va Men bandamdagi narsani kuzatuvchiman. Albatta, u bandam o‘z amalida Men uchun ixlos qildi, bas, uni illiyinga (solih bandalar ruhi turadigan joy) yozinglar", deb aytadi".

Bu xabar, albatta, Alloh taolo uchun qilingan oz amal Alloh taolodan boshqaga qilingan ko‘p amaldan yaxshiroq ekanligiga dalildir. Albatta, Alloh taolo o‘zining fazli bilan ixlos ila qilingan oz amalni ziyoda etadi. Alloh taolo aytganidek:

"œShubhasiz, Alloh birovga bir zarra vaznicha zulm qilmas. Agar zarracha yaxshilik bo‘lsa, uni bir necha barobar qilur va o‘z huzuridan ulug‘ ajr ato etur" (Niso, 40).

Ammo amali ko‘p bo‘lsa-yu, Alloh taolo uchun bo‘lmasa, bas, unday kishiga savob yo‘qdir va uning biror joyi jahannamdir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:11:02
10. Shufay Asbahiy aytadi: Madinaga kirdim, qarasam, bir kishining oldida odamlar yig‘ilgan ekan. "œBu kishi kim?" deb so‘radim. "œAbu Hurayra", dedilar. So‘ng unga yaqinlashdim, u odamlarga gapirar edi va bir ozdan keyin gapini to‘xtatdi, so‘ng odamlar tarqalib, yolg‘iz o‘zi qolganda: "œAlloh taolo sizni eslasin, menga Rasulalloh sallallohu alayhi vasallamdan eshitgan, yodlagan, o‘rgangan va bilgan hadislaringizni ayting", dedim. Abu Hurayra: "œO‘tir, senga Rasulalloh sallallohu alayhi vasallamdan eshitgan hadislarimni aytaman", dedi. Men bilan Abu Hurayradan boshqa hech kim yo‘q edi, keyin xo‘rsinib yig‘lab yubordi va hiqillagan, yuzlari qizargan holda bir oz vaqt turib qoldi, o‘ziga kelganidan so‘ng yuzlarini artdi. "œRasulullohdan eshitgan hadisni senga albatta aytaman", dedi, so‘ng yana xo‘rsinib yig‘lab yubordi va ozroq turib qoldi, keyin o‘ziga kelib, ko‘z yoshllarini artdi-da, aytib berdi: "œRasululloh sallallohu alayhi vasallam menga aytdilarki: "œAlbatta, Alloh taborak va taolo qiyomat kunida O‘zining yaratganllari orasida butun itoatli ummatga hukm qiladi. Birinchi, Qur’onni yod oldim deb da’vo qilgan kishiga, Alloh yo‘lida o‘ldirilgan kishiga va  moli ko‘p kishiga hukm qiladi. Alloh taolo (Qur’on yodlagan)  qoriga aytadiki: "œRasulimga  tushirgan narsani senga o‘rgatmadimmi?" "œO‘rgatding, yo Parvardigor", deydi. "œO‘rgatgan narsalarimdan nimalarga amal qilding?" deydi Alloh. "œKecha va kunduzlarda Qur’on o‘qishda qoim bo‘ldim" deydi. "œYolg‘on aytding!" deydi. Alloh taolo va maloikalar ham: "œYolg‘on aytding!" deydilar. "œBalki sen, falonchi qori, deyishlarini xohlagan eding va albatta shundoq deyishdi ham", degay va do‘zaxga olib borishlarini amr etgay. Dunyo egasiga: "œMen senga molu dunyo berdim, sen Men uchun nima amallar qilding?" deydi. Shunda u : "œMolimni silai rahmga sarfladim va sadaqalarga ishlatdim", deydi. "œYolg‘on aytding!" deydi Alloh taolo va maloikalar ham: "œYolg‘on aytding!" deydilar. "œBalki, falonchi saxiy kishi ekan, deyishlarini xohlagan eding va shundoq dedilar ham", degay hamda do‘zaxga olib borishlarini buyurgay. So‘ng Alloh taolo yo‘lida o‘ldirilgan kishini keltiradilar. Unga: "œNima uchun o‘ldirilding?" deydi. "œSenning yo‘lingda jang qildim, hatto o‘ldirildim", deydi. "œYolg‘on aytding!" deydi Alloh taolo va maloikalar ham: "œYolg‘on aytding!" deydilar. "œBalki seni "œFalonchi jasur" deyishlarini xohlagan eding. So‘ng shun-day deyishdi ham", degay.  Va do‘zaxga olib borishlari amr etgay... "œKeyin Rasululloh sallallohu alayhi vasallam tizzamga qo‘llari bilan urib: "œEy Abu Hurayra, bu uch turli kishilar ular bilan qiyomat kuni jahannam qizdiriladigan Allohning ilk maxluqlari", dedilar. So‘ng bu xabar Muoviyaga yetgach, qattiq yig‘ladi. "œAlloh va uning rasuli to‘g‘ri aytadi", dedilar. So‘ng bu oyati karimani o‘qidi:

"œKim (faqat) shu hayoti dunyoni va uning zeb-ziynatlarini istaydigan bo‘lsa, ularga qilgan amallarining (ajr-mukofotini) shu dunyoda komil qilib berurmiz va ular bu dunyoda ziyon krmaydilar. Unday kimsalar uchun oxiratda do‘zax o‘tidan o‘zga hech qanday nasiba yo‘qdir. Ularning bu dunyoda qilgan barcha yaxshiliklari behuda ketur va qilib o‘tgan amallari befoydadir" (Xud, 15-16).

Abdulloh ibn Xubayiq Antokiy aytadi: "œBandasi o‘zining amali savobini so‘ragan vaqtda Alloh taolo bandasiga: "œSening qilgan amallaring savobini yorug‘ dunyoning o‘zida berib tugatmadikmi? Yig‘ilishlarning to‘ridan joy bermadikmi? Dunyo tasarrufiga seni boshliq qilib qo‘ymadikmi? Savdo-sotiq ishlariga rivoj bermadikmi? Shu va shunga o‘xshashlari bo‘lmadimi?" deydi.

Hukamolarning ba’zilaridan: "œMuxlis, ya’ni ixlosli kishi kim?" deb so‘raldi. Aytishdi: "œYomonliklarini bekitgandek yaxshiliklarini ham bekitgan kishilar muxlislar".

Yana ba’zilaridan: "œIxlosning ma’nosi nima?" deb so‘ralganda: "œAlbatta, odamlar seni maqtashlarini sevmasligingdir", deb javob berishdi.

Zunnun Misriyga aytildi: "œAlloh taolo bir kishini tanlaganligi qachon bilinadi?". Aytdi: "œTo‘rt narsada bilinadi: qachonki rohatni tark qilsa, oz bo‘lsa ham, bor narsadan bersa, qadr-qimmati tushib ketishini xohlasa va maqtov ham, yomonlash ham uning nazdida bir xil bo‘lsa".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:11:16
11. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan Adiy ibn Hotam Toiy bunday rivoyat qiladi:
"œQiyomat kuni bir toifa odamlarga jannatga borishlik buyuriladi. Ular jannatga yaqinlashib, hidini hidlab, jannatdagi qasrlarni va Alloh taolo jannat ahliga tayyorlab qo‘ygan narsalarni ko‘rganlaridan so‘ng: "œUlarni olib ketinglar, jannatda nasiba yo‘qdir!" deb nido qilinadi. Ular shunday hasrat-nadomat bilan qaytadilarki, ulardan oldin ham, keyin ham hech kim bunchalik hasrat-nadomat qilmagandir. Ular aytadilar: "œYo Alloh, do‘stlaringga tayyorlab qo‘ygan ne’matlaringni ko‘rsatmay turib, bizlarni do‘zaxga kirgizganingda bunchalik hasrat-nadomat qilmasdik". Shunda Alloh taolo: "œMen shunday qilmoqliknni xohladim, chunki sizlar katta-katta gunohlar bilan insonlardan yashirincha Menga qarshi chiqdingiz, insonlar ko‘zida esa pokiza, viqorli ko‘rinar edingiz, qalblaringizda yo‘q narsani riyo qilar edingiz. Odamlardan qo‘rqar edingiz mendan qo‘rqmas edingiz insonlarnni ulug‘lar edingiz. Meni ulug‘lamasdingiz. Insonlar uchun ba’zi narsalardan qaytar edingiz. Men uchun qaytmasdingiz. Endi bugun savobimdan ayirganim barobarida qattiq azobga mahkum etgayman", deydi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:11:47
12. Ibn Abbos Payg‘ambar sallallolhu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: "œAlloh taolo Adn jannatini yaratgan vaqtda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va insoniyatning ko‘ngliga kelmagan narsalarni yaratdi. So‘ng Alloh taolo unga, gapir dedi. "œAlbatta, mo‘minlar najot topdi", dedi uch bor. So‘ng "œMen baxilga, munofiqqa, riyokorga haromman", dedi jannat".

Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi: «Riyokornning alomatlari to‘rttadir: o‘zi qolgan vaqtda yalqovlik, insonlar bilan birga bo‘lsa tirishqoqlik qiladi. Uni maqtashsa, amalni ko‘paytiradi; yomonlashgan vaqtda noqis qiladi».

Zohid Shaqiq ibn Ibrohimdan rivoyat qilinadi: "œAmalning qo‘rg‘oni uch narsadir:
1. Amaldagi tavfiqni Alloh taolodan deb bilmoq — u bilan manmanlik sinishi uchun.
2. Amalni Allohning roziligi bilan boshlamoq ­ u bilan havoyi nafsi sinishi uchun.
3. Amalning savobini Alloh taolodan umid qilish — unda tama’, riyo bo‘lmasligi uchun. Bu narsalar bilan amallar xolis bo‘ladi".

Amaldagi tavfiqni Alloh taolodan deb bilish,  degan so‘zda, albatta Alloh bu amalni unga muvaffaq qilgani bilinadi. Agar Alloh muvaffaq qilganini bilsa, u shukr qilganda, unda manmanlik, kibr bo‘lmaydi. Amalni Allohning roziligi bilan boshlash o‘sha amalga qarash, agar amal Alloh uchun bo‘lsa, shu amalni qilish tushuniladi. Agar unda Allohning roziligi yo‘qligini bilsa, havoi nafsi bilan amal qilmaydi. Chunki Alloh taolo aytadiki:

"œAlbatta nafs, agar Parvardigorimning o‘zi rahm qilmasa, barcha yomonliklarga buyurguvchilar" (Yusuf, 53). Ya’ni, nafs yomonlikka va shahvoniyatga buyuradi... Amalning savobini Alloh taolodan umid qilish, deganda, insonlarning gaplariga parvo qilmasdan, amalni Alloh taolo uchun xolis qilish tushuniladi.

Ba’zi hukamolardan rivoyat qilinadi: "œAmal qilguvchi amalida qo‘y boquvchidan o‘rnak olishligi lozim bo‘ladi. Albatta, qo‘y boquvchi agar namoz o‘qisa, qo‘ylardan namoziga maqtov olishni o‘ylamaydi. Shuningdek, amal qilguvchi insonlar unga qarashlarini ko‘ngliga keltirmasligi lozim. Alloh taolo uchun insonlar oldida va yolg‘iz qolganda ham bir xil tarzda amal qiladi. Insonlarning maqtovini talab etmaydi".

Hukamolardan ba’zisi aytadi: "œAmal durust bo‘lishi uchun to‘rt narsa kerak bo‘ladi. Avvalo, amalni boshlashdan oldin ilm lozim. Chunki amal faqat ilm bilan yaxshi bo‘ladi. Agar amal ilmsiz bo‘lsa, amalni yaxshi qiladigan narsadan buzadigan narsa ko‘proq bo‘ladi. Keyin amalning boshida niyat lozim. Chunki amal niyat bilan solih bo‘ladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:11:59
13. Payg‘ambarimiz aytganlaridek: "œAlbatta, amallar ni-yatlari bilan" va har bir kishining niyat qilgan narsasi bo‘ladi, ro‘za, namoz, haj, zakot va boshqa toat-ibodatlar faqat niyat bilan durust bo‘ladi. Amal durust bo‘lishi uchun boshida niyat qilmoq lozim.

Uchinchisi: amalning o‘rtasida sabr qilmoq, ya’ni amallarni tinch, xotirjam bajarguncha sabr qilmoq lozim.

To‘rtinchisi: amalni tugatayotgan vaqtda ixlos qilmoq lozim. Chunki amal ixlossiz qabul qilinmaydi. Agar ixlos bilan amal qilsangiz, Alloh sizdan qabul qiladi va insonlarning qalblari sizga bog‘lanadi".

Harm ibn Hayyondan rivoyat qilinadi: "œQaysi bir bandam Alloh taologa qalbi bilan yuzlansa, albatta Alloh taolo ahli imon qalblarini unga yaqinlashtiradi va ularning muhabbatidan va rahmatidan uni rizqlantiradi".
« Last Edit: Apr 17, 2006, 10:22am by Doniyor »   
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:12:08
14. Payg‘ambarimizdan Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladi: "œAlbatta, Alloh taolo bir bandani yaxshi ko‘rsa, Jabroil alayhissalomga: "œMen falon bandani yaxshi ko‘rdim, sen ham uni yaxshi ko‘r", deydi. Jabroil alayhissalom osmon farishtalariga: "œParvardigoringiz falonchini yaxshi ko‘ribdi, uni sizlar ham yaxshi ko‘ringlar", deydi. U bandani osmon ahli ham yaxshi ko‘radi. Mazkur banda barcha yer ahliga ham maqbul bo‘ladi va bir bandani yomon ko‘rib qolsa ham, xuddi shunday e’lon qiladi".

Zohid Shaqiq ibn Ibrohimdan bir kishi savol so‘ragani rivoyat qilinadi: "œAlbatta, insonlar meni solih deydilar, men solih yoki solih emasligimni qanday bilaman". Shaqiq rahmatullohi alayh unga aytdi: "œSolihlarning huzurida siringni oshkor qil, agar unga rozi bo‘lsalar, solihsan, agar rozi bo‘lmasalar, yo‘q. Qalbingga dunyoni ro‘baro‘ qil, agar qalbing qaytarsa, bilki solihsan, bo‘lmasa, yo‘q. O‘zingga o‘limni ro‘baru qil, agar o‘limni xohlasang, bilki, solihsan, bo‘lmasa yo‘q. Vaqtiki senda bu uch qism jamlansa, Alloh taologa amallarda riyo qilmaslik uchun tazarru etgin, toinki amallaringni fasod qilmasin".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:12:18
15. Anas ibn Molik Hazrati Payg‘ambarimizdan rivoyat qiladi: "œMo‘min kim,bilasizllarmi?" "œAlloh va Uning rasuli bilguvchiroqdir". "œMo‘min kishi ulkim, to o‘zi to‘g‘risida odamlardan eshitgan maqtovlar bilan quloqlari to‘lmaguncha olamdan ko‘z yummagay. Agar yetmish qavat temir eshikli uy ichida Alloh taolo toati uchun amal qilsa ham, Alloh ul kishining qilgan amalini ro‘yobga chiqaradi. Hatto insonlar gapirib unga qo‘shadilar ham". "œYo Rasululloh, qanday qo‘shadilar?" deb so‘raldi. "œAlbatta, mo‘min amalida ziyoda bo‘lgan narsani yaxshi ko‘rgay. Fojir kim, bilasizlarmi?" "œAlloh va Uning rasuli bilgaydir". "œFojir kishi ulkim, to o‘zi to‘g‘risida yoqimsiz tanqidlarni to‘la eshitmaguncha olamdan o‘tmaydi. Agar, yetmish qavat temir eshikli uy ichida Alloh taologa ma’siyat qilsa ham, Alloh taolo uni oshkor qiladi, hatto insonlar gapirgay. Va unga qo‘shgaylar". "œYo Rasululloh, qanday ziyoda qiladilar?" "œAlbatta, fojir buzg‘unchilikda ziyoda bo‘lgan narsani yaxshi ko‘rur".

Avf ibn Abdulloh aytadi: "œAhli solihlar bir-birlariga yozar edilar: "œKimki oxirati uchun amal qilsa, Alloh dunyo ishiga kifoya qilgaydir. Kimki Alloh va o‘zi orasida bo‘ladigan ishlarni isloh qilsa, Alloh taolo u bilan odamlar orasini isloh qilgaydir. Kimki ichki dunyosini isloh qilsa, Alloh taolo uning tashqarisini ham isloh qilib qo‘ygaydir".

Homid Lifof aytadi: "œAgar Alloh taolo kishini xolis qilishni xohlasa, uch narsa bilan jazo beradi: Ilmdan ko‘p beradi, ammo ulamolar amalidan qisib qo‘yadi. Solihlarning suhbatiga erishtiradi, lekin ularning huquqlarini bilishdan qisib qo‘yadi. Unga toatlar eshigini ochadi va amalning ixlosidan qisib qo‘yadi".

Mana shularning hammasi niyatning buzuqligidan va ichi yomonligidandir. Chunki, agar to‘g‘ri bo‘lsa, albatta Alloh taolo ilmning manfaatidan ham, amalga ixlos qilishlikdan ham, solihlarning huquqlarini bilishlikdan ham nasiba qilib, rizqlantirib qo‘yar edi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:13:05
16. Faqih aytadi: Jabla Yahsibiyning bunday deganini eshitdim: "œBiz Abdulmalik ibn Marvon bilan g‘azotda edik. Kechasi uxlamaydigan, uxlasa ham, kam uxlaydigan kishi bilan suhblatda bo‘ldik. Uni taniyolmay, bir necha kun birga yurdik. Keyin bilsak, u Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalaridan biri ekan. Bizlarga bir voqeani aytib berdi: "œMo‘minlardan biri Payg‘ambardan (s.a.v.) so‘radiki: "œYo Rasululloh, ertangi kundan najot nimada?" Aytdilar: "œAllohni aldamasligingda". Aytishdi: "œYo Rasululloh, Allohni qanday aldaymiz?" Aytdilar: "œAlloh taolo buyurgan narsaga amal qilgaysan-u, Alloh taolo uchun xos etmasligingdir. Riyodan saqlaninglar, chunki riyo Allohga shirk keltirishdir. Riyokor ulki, qiyomat kunida butun maxluqotlarining oldida unga to‘rtta ism bilan nido qilingaydir: "œEy kofir", "œEy fojir", "œEy ahdini buzguvchi", "œEy zarar qilguvchi", deyilgaydir. "œAmalingda alashding, ajring botil bo‘ldi, qiyomat kunida sen uchun nasiba yo‘q. Kim uchun amal qilgan bo‘lsang, ajringni o‘shandan so‘ra. Ey yolg‘onchi!" deyilgaydir". "œSen buni Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdingmi?" deb so‘radim. Aytdi: "œHech zot yo‘q, magar o‘zi bo‘lgan Zotga qasamki, men buni Rasulullohdan eshitdim. Agar bir narsada xato qilsam, unga suyanib qolmasdim". Keyin bu oyatni o‘qidi:

"œAlbatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. Holbuki, Alloh ularni aldab qo‘yguvchidir" (Niso, 142).

Faqih, Alloh rahm qilsin, aytadi: Kim amallari savobini oxiratda topaman desa, u Alloh taologa xolis amal qilmog‘i, riyosiz qilmog‘i, keyin ajablanish (odamlarning hayrati) bu amallarni botil qilmasligi uchun qilgan yaxshi amallarini unutmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki aytiladi: "œToatni saqlashlik uni qilmoqdan ko‘ra qiyinroqdir".

Abu Bakr Vositiy aytadi: "œToatni saqlash uni qilishdan ko‘ra qiyinroqdir, chunki uning misoli tez sinadigan shishaga o‘xshaydir. U yamoqni qabul qilmaydi. Shuningdek, amal ham, agar riyo aralashsa, uni sindiradi, agar manmanlik aralashsa ham, uni sindiradi. Kishi bir amalni qilganda riyo aralashib qolishidan qo‘rqsa, qo‘lidan kelsa, riyoni ko‘nglidan chiqarsin, so‘ngra shuning uchun o‘sha narsaga harakat qilsin, agar imkoni bo‘lmasa, amalni qilaversin va amalni riyo tufayli tark qilib qo‘ymasin. Keyin Allohdan istig‘for so‘rasin, bu ishda riyosi o‘rniga shoyadki, Alloh boshqa amalida ixlosmand qilib qo‘ysa".

Bu to‘g‘rida aytiladiki, albatta, riyo qilguvchilar o‘lganlaridan beri dunyo xarobdir. Chunki ular yaxshi amallarni qilardilar, qalandarxonalar, ko‘priklar, masjidlar kabi narsalarnnni qurardilar. Bu narsalarda odamlar uchun foyda bor edi, garchi riyo uchun bo‘lgan bo‘lsa ham. Ko‘pincha musulmonlarndan birontasinning duosi foyda berib qoladi... Ba’zi o‘tgan kishilardan rivoyat qilinadi: Bir yo‘lovchi kambag‘allar uchun musofirxona qo‘rgan ekan. U o‘ziga-o‘zi aytar ekanki: "œBilmadim, bu amalim Alloh taolo uchunmi yoki yo‘qmi", deb. Bas, bir kuni tushida bir kishi kelib: "œAgar amaling Alloh uchun bo‘lmasa ham, musulmonlardan bittasi duo qildi. Amaling Alloh uchun bo‘ldi", deydi. Shunda ko‘p xursand bo‘lgan ekan.

Huzayfa ibn Yamon oldida bir kishi: "œYo Parvardigor, munofiqlarni halok qilgin", debdi. Xuzayfa shunda: "œAgar ular halok bo‘lib ketsalar, dushmanlaringdan haqlaringni ola bilmas edinglar", ya’ni ular g‘azotga chiqib, dushman bilan urushardilar, degan ekan.

Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Odamlar farzlar to‘g‘risida so‘zlashibdilar. Ba’zilari debdi: "œUnda riyo yo‘q. Chunki u butun xalqqa farzdir. Agar kishi ustidagi farzni ado qilsa, bu riyoga kirmaydi". Ba’zilar esa: "œRiyo farzlarga ham, boshqalariga ham kiradi", deb aytdi.

Bu ish mening nazdimda ikki xildir. Birinchi: agar bir inson farz amallarini riyo uchun — insonlarga ko‘rinish uchun ado qilsa, u ishni ado qilmabdi. Bu esa butunlay munofiqlikdir. Alloh taolo o‘z so‘zida munofiqlar haqida aytgan: "œAlbatta,  munofiqlar do‘zaxning eng tuban joyida bo‘lurlar" (Niso, 145). Ya’ni, jahannamda Fir’avn (ahli) bilan birgadirlar. Chunki agar ularning Allohni yagona deb bilishlari rost bo‘lsa, farzlarini ado qilishda hech narsa ularni man’ qilmasdi. Ikkinchi: agar bir inson farzlarni odamlar orasida chiroyli va to‘la-to‘kis ado qilsa-yu, hech kim ko‘rmagan paytda farz amallarini noqis ado qilsa, u kimsaga noqis savob bordir va insonlar nazdida qilgan ziyoda amali uchun savob yo‘qdir. Bu kimsa o‘sha amali borasida so‘raladi va Alloh huzurida hisob beradi.

___________
I BOB. IXLOS BOBI HADISLARI

1. Muhammad ibn Labid.
"œSizlarning oralaringizga kirib qolishidan... " Sahih*. Ahmad (428/5) va Bayhaqiy ("œAsh-shu’ab" 6831) va Bag‘aviy ("œSharhul-sunna" 4030/7). "œAs-sahihat" (951)ga qarang.
2. Abu Hurayra.
Alloh taolo aytadi: "œMen sheriklardan behojatman..." Sahih*. Muslim, "œZuhd" kitobi (36/2985) va Ibn Moja, "œZuhd" kitobining riyo bobi (4202).
3. Abu Hurayra.
"œRo‘zador borki..." Sahih*. Ahmad (373/2) va Bayhaqiy (270/4) va "œSahihul jome’" (3490).
4. Mujohid.
"œBir kishi Rasululloh oldilariga kelib..." Zaif*. Ibn Jarir o‘z kitobida (32/16) mu’zal hadis degan.
5. Abu Hurayra.
"œOxir zamonda sut soqqandek dunyoni sog‘ish uchun qavmlar chiqadi..." Zaif*. Termiziy, "œZuhd" kitobida.
6. Abu Hurayra.
"œBir kishi Rasulullohga (s.a.v.) kelib: "œEy Rasululloh, men bir..." Zaif*. "Tayolisiy (2430), Termiziy (2384), Ibn Moja (4226).
7. Hadis.
"œKimki sunnatda yaxshi ishni joriy qilsa..." Sahih*. Muslim, "œZakot" kitobi (1027/2).
8. Abu Habib.
"œAlbatta farishtalar Allohning bandalaridan..." Zaif*. Abdulloh ibn Muborak, "œZuhd" (452).
9. Abu Hurayra.
"œShufayl Asbahiy Madinaga kirdi..." Sahih*. Termiziy (2382) va Ibn Hibbon (2502) va Hakim (419/1) va Muslim (1905/3).
10. Adiy ibn Hotim.
"œQiyomat kuni bir toifa odamlarga jannatga borishlik buyuriladi..." Zaif*. Abu Naim, "œAl-xulya" (125/4) va Bayhaqiy, "œAsh-shu’ab"ga (6809/5) va "œMajma’a"ga (220/10) qarang.
11. Ibn Abbos.
"œAlloh taolo Adn jannatini yaratgan vaqtda..." Zaif* Abu Na’im, "œJannat sifatlari" kitobi (16) va Tabaroniyning "œAl-kabir" (11439/11) va Ibn kasir tafsiri (231/3) ga "œAt-targ‘ib va tarhib" (558/4)ga qarang.
12. Hadis.
"œAlbatta, amallar niyatlari bilan e’tiborlidir..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy va Muslim (1907/3).
13. Abu Hurayra.
"œAlbatta, Alloh taolo bir bandani yaxshi ko‘rsa..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3209/6) va Muslim (2637/4).
14. Anas ibn Molik.
"œMo‘minni bilasizlarmi..." "œKanzul-ummoli" (1799).
15. Jablatul Yaxsibiy.
"œBizlar Abdumalik ibn Marvon bilan g‘azotda edik..." Zaif*. Suyutiy, "œAd-Durul-Mansur" (74/1).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:31:49
II BOB. O‘LIM QO‘RQINCHI VA SHIDDATI

17. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi: Anas ibn Molik roziyallohu anhu Payg‘ambarimizdan rivoyat qilib aytadiki: "œKim Alloh bilan uchrashmoqni yaxshi ko‘rsa, Alloh ham u bilan uchrashmoqnni yaxshi ko‘rgay va kim Alloh taolo bilan uchrashmoqni yoqtirmasa, Alloh ham u bilan uchrashmoqni yomon ko‘radi". Shunda: "œEy Rasululloh, biz hammamiz o‘limni yomon ko‘ramiz-ku", deb aytdilar. "œBu yomon ko‘rishlik emasdir. Agar mo‘min kishi o‘lim to‘shagida yotgan bo‘lsa, Alloh taolo uning huzurida yaxshilardan bo‘lib qaytishligi haqida o‘sha bandaga xushxabar keladi va unga Alloh diydoridan yaxshiroq biror narsa bo‘lmaydi va Alloh ham uni uchratmoqni yaxshi ko‘radi. Agar fojir yoki kofir o‘lim to‘shagida yotgan bo‘lsa, Alloh taolo uchun yomonlardan bo‘lganligi, yomonlardan hisoblanganligi aytilib, qo‘rqitib, ogohlantirish keladi va u Alloh bilan bo‘ladigan uchrashuvni yomon ko‘radi. Alloh ham u bilan ko‘rishmoqni xohlamaydi", dedilar Nabiy (s.a.v.).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:33:05
18. Payg‘ambarimizdan Hasan rivoyat qiladi. Aytdilarki: "œMo‘min odamga o‘limning og‘irligi va uning qiyinligi shu qadarki, qilich bilan uch yuz zarba urgandek".

Faqih aytadi: Kimiki o‘limga ishonsa va o‘lim unga ham keladi, undan hech chora yo‘q, deb bilsa, o‘sha inson solih amallari bilan va nopok ishlardan tiyilishi, o‘zini undan chetlashi bilan o‘limga hozirlik ko‘rmog‘i lozim bo‘ladi. O‘sha o‘lim o‘ziga qachon yetishini bilmaydi. Payg‘ambar (s.a.v.) o‘z ummatlariga o‘limning og‘irligini, uning achchiqligini nasihat qilib, o‘limga tayyorlanmoqliklarini, har doim hozir bo‘lib turmoqliklarini va bu dunyoning qiyinchiliklariga sabr qilmoqliklarini bayon qilib berdilar. Chunki dunyo mashaqqatlariga sabr qilish o‘limning qiyinchiligidan yengilroqdir. Chunki o‘lim qiyinchiligi va og‘irligi oxirat azoblaridandir. Oxirat azobi bu dunyo azobidan qattiqroqdir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:33:15
19. Jobir ibn Abdulloh Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Dedilarki: "œBani Isroil haqida gapiringlar, uning zarari yo‘q, chunki ular ko‘p ajoyibotlari bo‘lgan qavmdir". So‘ng odamlar ular haqida gaplasha boshladilar. Shunda Nabiy (s.a.v.) aytdilarki: "œBani Isroildan bir qavm chiqdi, ular bir qabriston oldiga kelishdi va: "œAgar namoz o‘qib, so‘ng Rabbimizga duo qilsak, biz uchun ba’zi o‘liklarni chiqaradi va bizga o‘lim haqida xabar beradi", dedilar hamda namoz o‘qib, Parvardigorga duo qildilar. Ular shunday duo qilib turgan vaqtlarida to‘satdan bir kishi qora qabrdan boshini ko‘tarib: "œEy odamlar, nimani xohlaysizlar? Allohga qasamki, men to‘qson yil ilgari o‘tganman, lekin o‘lim azobi, uning achchig‘i xuddi hozir bo‘layotgandek, haligacha mendan ketgani yo‘q, Alloh taologa duo qilinglar, men qanday bo‘lsam, o‘sha holimga qaytarsin", dedi. Uning ikki ko‘zi orasida sajda izlari bor edi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:33:24
20. Abdulloh ibn Musavvar Hoshimiydan rivoyat qilinadi: "œBir kishi Payg‘amibarimiz huzurlariga kelib, menga ilmning g‘aroyiblaridan o‘rgatmog‘ingiz uchun huzuringizga keldim", dedi. Shunda unga: "œIlmning avvalida nima ishlar qilding?" dedilar. U: "œIlmning avvali nima?" deb so‘radi. "œUlug‘ va qudratli Rabbingni tanidingmi?" dedilar. "œHa", deb javob berdi. "œAllohning haqqiga nima ishlar qilding?" deb so‘radilar. "œAlloh xohlaganicha ishlar qildim" deb javob berdi. Keyin: "œO‘limni bildingmi?" dedilar. "œHa", dedi. "œO‘lim uchun nima hozirlik ko‘rding?" dedilar. "œAlloh xohlaganicha", dedi. "œBorgil va u yerda ham shu tarzda davom et, keyin kelsang, senga ilmning g‘aroyiblarini o‘rgataman", dedilar. Bir necha yildan so‘ng Payg‘ambarimizning oldilariga kelgach, unga: "œQo‘lingni qalbingga qo‘y, o‘z nafsing uchun rozi bo‘lmagan narsani musulmon birodaring uchun ham rozi bo‘lma, o‘zingga ravo ko‘rgan narsani musulmon birodaringga ravo ko‘rgin, mana shu ilmning g‘aroyiblaridandir", dedilar".

Payg‘ambar (s.a.v.) o‘limga tayyorgarlik ko‘rish ilmning avvalidan ekanligini bayon qildilar, o‘lim bilan mashg‘ul bo‘lmoqlik avlodir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:33:39
21. Abdulloh ibn Musovvar Hoshimiy rivoyat qiladi: "œPayg‘ambar (s.a.v.) ushbu oyatni o‘qidilar:

"œAlloh kimni hidoyat qilmoqni istasa, uning ko‘nglini Islom uchun keng qilib qo‘yar. Kimniki adashtirmoqni istasa, uning ko‘nglini xuddi osmonga ko‘tarilib ketayotgandek, tor va tang qilib qo‘yar" (An’om, 125).
So‘ng: "œAgar Islom nuri qalbga qancha kirib o‘rnashsa, uni tinchlantiradi, yorqinlashtiradi", dedilar. "œMana shu narsalarning alomati, belgisi bormi?" deb so‘rashdi. Shunda: "œHa, g‘ururlanishlikdan uzoq bo‘lish, abadiy hayotga olib boradigan narsalardan xabardor bo‘lish, o‘lim vaqti-soati kelishidan oldin o‘lim uchun hozirlik ko‘rishdir", dedilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:34:41
22. Maymun ibn Mihrondan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz bir kishiga va’z aytar edilar. “Besh narsadan oldin besh narsani g‘animat bil, qariligingdan oldin yigitligingni, bir ish bilan shug‘ullanib qolishingdan oldin bo‘sh vaqtingni, faqirligingdan oldin boyligingni, o‘limingdan oldin tirikligingni, kasal bo‘lmasingdan oldin sog‘lomligingni g‘animat bilgin”.

Payg‘ambar (s.a.v.) shu besh narsada ko‘p ilmlarni jam qilganlar. Chunki navqiron yigit holatida har xil ishlarga qodir bo‘lgan kishi qarigan vaqtda o‘sha ishlarga qodir bo‘lmaydi. Chunki yigit agar ma’siyat – gunoh qilish bilan yoshligini o‘tkazishga ko‘niksa, u qarigan vaqtida gunohlardan tiyilishga qodir bo‘lmaydi, shuning uchun yigit kishi qariganda yaxshi amallar qilmog‘i oson, yengil bo‘lishi uchun u yoshlik – navqironlik davrida yaxshi amallarni qilishga ko‘nikmog‘i lozimdir.

“Betobligingdann oldin sog‘ligingni”, degan gapllari ma’nosi shuki, sog‘ inson moli va joni uchun ish qila oladi. Sog‘lom kishi o‘z solg‘ligini g‘animat bilishi va o‘z molida, o‘z jismida solih amal qilmoqligi kerak. Chunki agar kasal bo‘lsa, badani ibodat qilishdan ojiz qoladi va uning qo‘li o‘z molidan qisqa bo‘ladi, hamda uning vasiyati molining uchdan bir miqdoriga o‘tadi.

“Bir ish bilan mashg‘ul bo‘lishdan avval bo‘sh vaqtingni g‘animat bil”, degan gaplarining ma’nosi shuki, kechasi bo‘sh va kunduzi ish bilan band bo‘lishlikdir. Kishi kechasi bo‘sh vaqtlarida namoz o‘qimoqligi va kunduzi ish vaqtida ro‘za tutmoqligi kerak, ayniqsa, qish davrlarida.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:35:05
23. Payg‘ambarimizdan rivoyat qilinganidek: "œQish mo‘minga g‘animatdir, uning kechalari uzun bo‘ladi, unda namoz o‘qiydi. Kunduzlari qisqa bo‘ladi, ro‘za tutadi"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:36:23
24. Va boshqa rivoyatda: "œTun uzundir. Uxlashing bilan uni qisqa qilmagin. Kunduz qisqadir. Gunohlaring bilan uni og‘ir qilib qo‘ymagin" deyiladi.

"œFaqirligingdan oldin boyligingni", degan so‘zlaridagi mazmun shuki, agar Alloh taolo senga bergan narsasiga rozi bo‘lsang, mana shuni g‘animat bilgin. Odamlarning qo‘lidagi narsalarni, xoh mol va dunyo bo‘lsin, xoh boshqa narsa bo‘lsin, tama’ qilmagin.

"œO‘limdan oldin tirikligingni", degan so‘zlari ma’nosi shuki, inson tirik ekan, u amal qilishlikka qodirdir, agar o‘lsa, uning amallari ham to‘xtaydi. Shuning uchun mo‘min kishiga bu o‘tkinchi kunlarni bekor o‘tkazmay, abadiy qolguvchi kunlari uchun g‘animat bilmog‘i lozimdir. Forslarndan bir hikmat sohibi aytibdiki: "œYosh bola bo‘lgan chog‘ingda bolalar bilan o‘ynaysan, agar yigit bo‘lganingda, ko‘ngilni chog‘lash bilan g‘aflatda yursang, qarib, zaiflashib qolganingda Alloh taolo uchun qanday amal qilasan? Demak, o‘lganingdan keyin esa zinhor Alloh taologa ibodat etmoqqa qodir bo‘lmaysan, yoshlik paytingda harakatga qodirsan, shu paytdan o‘lim farishtasi kelishiga tayyorgarlik ko‘rgin. Har vaqt Allohni yod etgin. Albatta, Alloh taolo sendan g‘aflatda emas".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:36:32
25. Ali karramallohu vajhahudan rivoyat qilinadi: "œPayg‘ambar (s.a.v.) o‘lim farishtasini ansorlardan bir kishining boshi tarafida ko‘rdilar. Unga: "œMening do‘stim bilan do‘stlashgin, u mo‘mindir", dedilar. Shunda o‘lim farishtasi: "œEy Muhammad! Xushxabar beramanki, men mo‘minlarning hammasi bilan do‘stdirman. Allohga qasamki, ey Muhammad, agar nido qilguvchi nido qilsa, men Odam bolalarining ruhini batahqiq olaman, deb". "œBu nido nedir?" dedilar. Aytdi: "œAllohga qasamki, unga zulm qilmaymiz, ajalidan o‘tkazib yubormaymiz, qadarini tezlashtirmaymiz. Uning jonini olishlikda bizga gunoh yo‘q. Agar Alloh sizlar uchun qismat qilib qo‘ygan narsaga rozi bo‘lsangizlar, mukofotlanasizlar va agar g‘azab qilsangizlar, besabrlik qilsangizlar, gunohkor bo‘lib, shu narsalar bilan o‘ralashib qolaverasizlar. Bizning huzurimizda sizlar uchun hech narsani peshlamoqlik yo‘q. Bizda sizlarga berilgan va’dalarni o‘tashlik bordir, ehtiyot bo‘lmoq lozim. Har bir tirik jon xoh quruqlikda va xoh dengizda yashovchi bo‘lsin, men har kecha-kunduz besh marotaba uning yuzlariga diqqat bilan nazar solaman va ularning har birlarini alohida, xoh katta, xoh kichik bo‘lsin, tanib-bilib olaman. Allohga qasamki, ey Muhammad, agar men biror chivinning jonini olishni xohlasam ham, jonlarni olishlikka buyuruvchi zot ­ Alloh taoloning buyrug‘i bo‘lmaguncha, men ana shunga ham qodir bo‘lmayman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:37:05
26. Abu Said Hudriydan rivoyat qilinadi: "œPayg‘ambar (s.a.v.) bir qancha kulayotgan kishilarni ko‘rdilar va ularga: "œAgar sizlar lazzatlarni ketkazguvchi o‘limni ko‘proq eslaganlaringda edi, men ko‘rib turgan bu mashg‘ullikdan qaytgan bo‘lur edingiz", dedilar. So‘ng: "œNafsga yoqadigan har xil lazzatlarni ketgazguvchi, uni yo‘q qilguvchi zikrlarni ko‘paytiringlar", dedilar. Yana aytdilarki: "œAlbatta qabr jannat bog‘laridan bir bog‘ bo‘lgay yoki do‘zax chohlaridan bir choh bo‘lgaydir".

Ka’bga Umar roziyallohu anhu shunday dedi: "œEy Ka’b, bizlarga o‘lim haqida biror narsa aytib bering". U bunday dedi: "œO‘lim odam farzandlarining ichiga kirib olgan bir tikan daraxtga o‘xshaydi. Uning har bir tikani badanga tomirlar kabi joylashgandir, so‘ng daraxtni bir kuchli kishi sug‘urib, kuch bilan tortadi. Uzilgani sug‘urilib chiqadi. Qolgani qoladi".

Sufyon Savriyning huzurida o‘lim eslatilsa, bir necha kunlar mana shu bilan mashg‘ul bo‘lib qolar va hech narsaga chalg‘imas edi. Agar undan biror narsa so‘ralsa, "œBilmayman, bilmayman", deb javob berardi.

Hakim aytadiki: "œOqil inson uch narsani hech esdan chiqarmasin. Dunyoning o‘tkinchiligini, undan qachondir ajralishini va o‘limning shunday ofatlariniki, undan hech bir kishi omonda qolmagay".

Hotamul Asam aytadiki: "œTo‘rt narsaning qadrini to‘rt kishi bilgay: yoshlikning qadrini yoshi o‘tib qolganlar, tinchlik-xotirjamlik qadrini boshiga balo tushganlar biladi. Sog‘lik-salomatlik qadrini kasal bo‘lib, hech narsaga yaramay qolganlar, tiriklik qadrini o‘tganlar biladi".

Shu so‘zlar yuqorida aytilgan: "œBesh narsadan oldin besh narsani g‘animat bil" degan gapga muvofiq keladi.

Amr ibn Osning o‘g‘li Abdullohdan rivoyat qilinadi: Otam: "œMen o‘lim to‘shagida yotgan kishidan ajablanaman, uning aqlu hushi, tili joyida bo‘lsa, endi qanday qilib o‘limni sifatlab bera olmaydi", der edi. So‘ng vaqti kelib, o‘zi ham o‘lim to‘shagida yotdi, uning aqlu hushi, tili joyida edi. Shunda otamga: "œEy ota! Siz o‘layotgan kishi aqlu hushi, tili bo‘la turib, o‘limni sifatlab bermasligiga ajablanaman", der edingiz", dedim. Shunda u: "œEy o‘g‘lim, o‘lim sifatlab berishlikdan kattaroq narsa ekan. Lekin senga o‘limdan ba’zi narsalarni sifatlab beraman. Allohga qasamki, go‘yo yelkamda Rizvo va Tuhoma tog‘i turgandek. Go‘yo mening ruhim igna teshigidan chiqayotgandek, go‘yo mening ichim tikanlar bilan to‘lgandek. Go‘yoki osmon yer ustiga yopilganu men ularning orasida qolib ketgandekman". So‘ng shunday dedi: "œEy o‘lim, mening holatim uch ko‘rinishda o‘tdi. Avvalida Muhammadni (s.a.v.) o‘ldirish uchun insonlarning eng horisrog‘i bo‘ldim. Ey voh, ne ko‘rgilik bo‘lardi agar o‘sha vaqtda o‘lib ketsam, keyin Alloh meni Islomga hidoyat qildi va Muhammad (s.a.v.) men uchun odamlarning eng yaxshisiga aylandi, meni askarlarga boshliq qildi. Koshki men ana o‘sha vaqtda o‘lsam edi. Rasulullohning (s.a.v.) duolari menga yetgan bo‘lardi. Shundan so‘ng dunyo ishlari bilan shug‘ullanib, ovora bo‘lib ketdik, endi Allohning huzurida holim ne bo‘ladi, bilmayman". O‘g‘li uning huzurida jon taslim qilguncha turdi.

Shaqiq ibn Ibrohim aytadi: "œInsonlar o‘z so‘zlarida to‘rt narsada men bilan muvofiq bo‘ldilar. Menga amallarida o‘sha to‘rtta narsada xilof bo‘ldilar. Birinchisi, biz Alloh taoloning qulimiz, bandasimiz, deydilar, ammo hurlarning ishlarini qiladilar. Ikkinchisi, Alloh bizning rizqimiz uchun kafildir, deydilar, lekin ularning qalblari hech tinchlanmaydi, magar shu dunyodan biror narsa topishi bilan taskin topadi. Uchinchisi, oxirat bu dunyodan yaxshiroq, deydilar, ammo faqat shu dunyolari uchun mol-dunyo to‘playdilar. Hammamiz uchun o‘lim bor, deydilar, biroq xuddi o‘lmaydigan qavmning ishlarini qiladilar".

Abu Zarrdan rivoyat qilinadi: "œUch narsa meni ajablantirib, oxiri kuldiradi va yana uch narsa meni g‘amgin qilib, oxiri yig‘latadi. Meni kuldiradigan uchtadan birinchisi, o‘lay deb turib, dunyoni orzu-havas qilguvchi kishidir, ya’ni orzu qilishda chuqur ketadi va o‘limni hech o‘ylamaydi. Ikkinchisi, o‘limning ichida turib g‘aflatda bo‘lguvchi kishidir, ya’ni o‘limdan g‘aflatda bo‘ladi, ko‘z oldida qiyomat bo‘lsa ham. Uchinchisi, Alloh taolo undan g‘azabdami yoki rozimi ­ bilmasdan turib, xoxolab kuluvchi kishidir. Yig‘latadigan narsalar: eng yaxshi ko‘rganidan ayrilish, ya’ni Muhammadning (s.a.v.) va sahobalarining bu dunyodan o‘tib ketganligi. Ikkinchisi, ko‘tarishlikning dahshati, ya’ni o‘limning boshga tushishi. Uchinchisi, Alloh taolo huzurida turishlik. Rabbim menga qaerga kirishni buyuradi: jannatgami yo do‘zaxgami — bilmayman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:37:36
27. Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi. Aytdilarki: “Agar hayvonlar o‘lim haqida sizlar bilgan narsani bilganlarida edi, ularning yog‘liq go‘shtini hech qachon yemagan bo‘lar edingizlar”.

Homid Liffofdan zikr qilindi. U aytadi: “Kimiki o‘limni ko‘p eslasa, uch narsada ulug‘ bo‘ladi: tavbani tez qilishda, rizqiga qanoat qilishda va ibodatda g‘ayratli bo‘lishda. Endi kimiki o‘limni esdan chiqarsa, uch narsada orqada qoladi: tavbasini orqaga suradi, kun ko‘rishga yetarli narsaga rozi bo‘lmaydi, ibodatlarida yalqovlik qiladi”.

Zikr qilinadiki, Iso alayhissalom Allohning izni bilan o‘liklarni tiriltirar edi. Unga kofirlardan ba’zilari: “Sen hozirgina o‘lgan o‘likni tiriltirding, balki u o‘lmagandir. Bizga qadim zamonda o‘lgan o‘likni tiriltir”, dedilar. Iso alayhissalom ularga: “Xohlagan kishingizni ayting”, dedilar. Ular: “Bizga Nuhning o‘g‘li Somni tiriltir”, deyishdi. Iso alayhissalom uning qabri oldiga kelib, ikki rak’at namoz o‘qidilar va Allohga duo qildilar. So‘ng Alloh taolo Nuhning o‘g‘li Somni tiriltirdi. Uning soch-soqollari oqarib ketgan edi. Shunda unga aytdilarki: “Axir, senga nima bo‘ldi, qarilik sening davringda bo‘lmagan edi-ku?” Nuhning o‘g‘li Som ularga: “Men bir chaqiriq eshitdim va qiyomat bo‘lib qolibdi-da, deb o‘yladim va qiyomat qo‘rqinchidan boshimdagi sochim hamda soqollarim oqarib ketdi”, dedi. Undan so‘radilar: “Sening o‘lganingga qancha vaqt bo‘ldi, qanchadan beri shu qabrdasan?” U: “To‘rt ming yildan beri shunda yotibman, lekin o‘lim azobini boshdan kechirganim haligacha mendan ketgani yo‘q”, dedi.

Deydilarki: “Bir mo‘min o‘lsa, unga qayta tirilishlik va hayotga qaytishlik taklif qilinadi. Lekin u o‘lim azobini, jon berish qiynog‘ini boshidan kechirgani uchun hayotga qaytishni xohlamaydi, faqat shahidlargina xohlaydilar. Chunki ular o‘lim azobinni totmaganlar. Ular ikkinchi bor hayoti dunyoga qaytib, Alloh yo‘lida jang qilib, halok bo‘lishni orzu qiladilar”.

Ibrohim ibn Adhamdan rivoyat qilinadi. Unga: “Agar biz bilan o‘tirsang, sendan ul-bul narsa eshitar edik”, dedilar va u: “Men to‘rt narsa bilan mashg‘ulman, agar shu ovoralik bo‘lmaganida edi, sizlar bilan o‘tirgan bo‘lar edim”, dedi. “U narsa nima?” deb so‘rashdi. Shunda: “Uning birinchisi, men al-Miysoq, ya’ni va’da berilgan kun haqida o‘ylayapman, o‘sha kunda odam farzandlaridan Alloh taolo va’da olgan”.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:40:18
28. Alloh aytadi: "œAna ular jannatga boradilar. Mening parvoyimga ham kelmaydi va ana ular do‘zaxga boradilar. Mening parvoyimga ham kelmaydi". Ana shu vaqtda men bu ikki firqaning qaysi birida bo‘lganman, bilmayman. Ikkinchisi, Alloh taolo onaning qornida bolani yaratadi va unga ruhni puflaydi, shunda maloika Allohdan: "œYo Rabbim, bu do‘zaxga kirguvchi baxtsizmi yoki jannatga kirguvchi baxtiyorlardanmi?" deb so‘raydi. Bilmaymanki, o‘sha vaqtda men uchun berilgan javob qanday bo‘ldi, ana shu haqda fikrlayapman. Uchinchisi, o‘lim farishtasi kelib, jonimni olmoqchi bo‘lgan vaqtda Allohga: "œYo Rabbim, bu musulmonlar bilan birgami yoki kofirlar bilanmi?" deydi. Menga bo‘lgan javob qanday bo‘ladi, bilmayman. To‘rtinchisi, Alloh taolonning Yosin surasining 59-oyatida zikr qilingan: "œEy jinoyatchi kimsalar, mana bu kunda mo‘minlardan ajralinglar!" degan oyati karimasiga binoan fikr qilyapman. Shunda firqalarning qaysi birida bo‘laman, bilmayman".

Faqih Samarqandiy aytadi: Alloh taolo fahm-farosat bergani, g‘aflat uyqusidan uyg‘otgani, bu dunyodan o‘tib, oxiratini o‘ylaydigan qilib qo‘ygani naqadar yaxshidir va biz Alloh taolodan umrimizning yakunini yaxshilik qilishligini va hayotimizning oxiri xursandchilik bo‘lishini so‘raymiz. Albatta, mo‘min kishi uchun uning o‘limi vaqtida Alloh taoloning bashorati bordir:

"œAlbatta, "œParvardigorimiz — Allohdir", deb, so‘ngra (yolg‘iz Allohga toat-ibodat qilishda) to‘g‘ri — ustivor bo‘lgan zotlarning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib (derlar): "œQo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar" (Fussilat, 30).

Ya’ni, Allohga va rasuliga imon keltirib, shu imonlarida sobit turgan, ya’ni Allohning farzlarini ado etgan va Uning harom qilganlaridan qaytgan kishilarning oldilariga maloikalar tushadi, o‘layotgan vaqtlarida ularga jannatning bashorati — xushxabarini beradi. "œQo‘rqmanglar va g‘amgin ham bo‘lmanglar", ya’ni maloikalar ularga dunyo ishlarida sizlar boshlaringizdan o‘tkazib turgan narsadan qo‘rqmanglar, deydilar. "œSizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan xursand bo‘linglar!". Ya’ni, bu jannat sizlarga Alloh taoloning payg‘ambari Muhammad (s.a.v.) tili bilan va’da qilingan jannatdir.

Yana aytiladiki, o‘lim vaqtidagi bashorat besh ko‘rinishda bo‘ladi:
1) mo‘minlar ommasi uchun beriladigan bashorat. Ularga: "œqo‘rqmanglar, sizlar azobda abadiy qolmaysizlar. Sizlarni payg‘ambarlar va solihlar shafoat qiladilar. Savob amallar yo‘qligiga g‘amgin bo‘lmanglar, jannatga qaytarilishingiz bilan xursand bo‘linglar", deyiladi.
2) solih amal qilganlar uchun. Ularga: "œAmallaringiz rad qilinishidan qo‘rqmanglar, amallaringiz qabul qilingandir. Savobingiz kamligidan g‘amgin bo‘lmanglar, sizlarning savoblaringiz ko‘paytirilgandir va tavba qilganingizdan so‘ng qilgan amallar uchun ham g‘amgin bo‘lmanglar", deyiladi.
3) tavba qiluvchilar uchun. Ularga: "œGunohlaringizdan qo‘rqmanglar. Ular kechirilgandir. Tavbadan keyin savobli amallar bo‘lmaganiga g‘amgin bo‘lmanglar. Tavbadan oldin ko‘p gunohlar qilib, yaxshi amallar qilmadik, deb xafa bo‘lmanglar. Men tavbalaringizni qabul qildim, yomonliklaringizni yaxshilikka aylantirgayman", deyiladi;
4) zohidlar uchun. Ularga: "œQiyomat kuni qayta tirilib bir joyga jamlanishdan, hisob-kitobdan qo‘rqmanglar, zaiflik nuqsonlari bo‘lgan narsaga g‘am chekmanglar, hisob-kitobsiz, azobsiz jannat bilan xursand bo‘linglar", deyiladi;
5) odamlarga yaxshilikni o‘rgatgan va ilmiga amal qilgan ulamolar uchun. Ularga: "œQiyomat kunida bo‘ladigan dahshatlardan qo‘rqmanglar, g‘amgin ham bo‘lmanglar, chunki Alloh sizlarni qilgan amallaringiz evaziga mukofotlaydi. Sizlar va sizlarga ergashganlar jannatda bo‘lishligi bilan xursand bo‘linglar", deyiladi.
   
Endi kimningki umri oxiri bashorat bilan bo‘lsa, unga naqadar yaxshidir. O‘z amallarida mo‘min bo‘lgan kishilar uchun, albatta bashorat bo‘ladi va maloikalar uning oldiga tushadilar. Shunda insonlar maloikalarga: "œSizlar kimsizlar?" Biz sizlardan ham ko‘ra hidlari bunchalar xushbo‘y, yuzlari bunchalar go‘zal kimsalarni ko‘rmaganmiz", deyishadi. Maloikalar ularga: "œBiz sizlarni shu hayoti dunyoda amallaringizni yozgan va oxiratda sizlar bilan birga bo‘ladigan do‘stlaringizmiz", deydilar.

Xullas, har bir aql egasi g‘aflat uyqusidan uyg‘onmoqligi lozim.

G‘aflat to‘shagidan uyg‘onish alomatlari to‘rt narsadir:
1. Dunyoning ishlarini qanoat bilan, shoshqaloqlik qilmasdan bajarish.
2. Oxirat ishlariga hirs qo‘yish va uni shoshilib bajarish.
3. Din ishlarini ilm va ijtihod bilan qilish.
4. Xulq-atvor ishlarini nasihat bilan qilish.

Kimdaki quyidagi besh xislat topilsa, insonlarning eng afzali deyiladi:
1. Rabbisi qabul qiladigan ibodatda bo‘lishligi.
2. Birovlar uchun uning g‘amxo‘rligi, foydasi yaqqol ko‘rinib turmoqligi.
3. Insonlar u qilsa, qo‘lidan keladigan yomonlilaridan omonda bo‘lishliklari.
4. Odamlar qo‘lida bo‘lgan narsalardan, xoh mol-dunyo, xoh mansab bo‘lsin, umidni uzishligi.
5. O‘lim uchun har vaqt hozir turmoqlligi.

Ey birodarlar! Albatta, hammamiz o‘lishga mahkum, o‘lim uchun yaratilganmiz. Undan hech kim qochib qutula olmas. Alloh taolo bunday deydi:

"œHech shak-shubhasiz, sen o‘luvchidirsan, ular ham o‘luvchidirlar" (Zumar, 30); Ayting:

"œAgar sizlar o‘lishdan yo o‘ldirilishdan qochsangizlar, bu qochish sizlarga biror foyda bermas" (Ahzob, 16).

Har bir musulmon kishiga o‘lim boshiga tushmasidan oldin o‘limga hozirlik ko‘rmoqlik vojibdir. Alloh taolo bunday deydi:

"œRostgo‘y bo‘lsangizlar, o‘limni orzu qilinglar. Qilgan kirdikorlari sababli hargiz uni (o‘limni) orzu qilolmaydilar" (Baqara, 94-95).

Alloh taolo bizlarga, albatta Allohga va oxiratga hamda uning jannatiga ishonadiganlar, ya’ni sodiqlar o‘limni orzu qilishlarini bayon etadi. Va endi, albatta, Allohga ishonmay, oxiratni va Uning jannatini yolg‘on deguvchilar o‘z amallarinning yomonligi sababli o‘limdan qochadilar. Chunki mo‘min kishi o‘lim uchun har vaqt hozirlik ko‘radi va u Rabbisiga bo‘lgan ishtiyoqi bilan o‘limni orzu qiladi. Shu haqda Abu Dardodan rivoyat qilinadi. U aytadiki: "œMen faqirlikni Rabbimga kamtarlik qilish uchun yaxshi ko‘raman va kasallikni gunohlarga kafforat bo‘lishligi uchun yaxshi ko‘raman. O‘limni Rabbimga mushtoq bo‘lganligim uchun yaxshi ko‘raman".

Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilindi: "œXoh bir xudojo‘y, haqgo‘y nafs bo‘lsin, xoh gunohkor, fojir nafs bo‘lsin, o‘lim unga yaxshidir. Agar o‘sha nafs yaxshilardan bo‘lsa, Alloh taolo aytadiki:

"œYaxshilar uchun Alloh huzuridagi narsa (ya’ni savob-ajr kofirlarning muvaqqat kayf-safolaridan) afzalroqdir" (Oli Imron, 198).

Agar u fojir bo‘lsa, Alloh taolo bunday deb aytadi:

"œKufr yo‘lini tutgan kimsalar ularga bergan muhlatimizni zinhor o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Balki biz ularga faqat gunohlarini ziyoda qilishlari uchungina muhlat beramiz. Ular uchun xor qilguvchi azob blordir" (Oli Imron, 178).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:40:30
29. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "œO‘lim mo‘minning rohatidir", deganlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:40:37
30. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) Ibn Mas’ud rivoyat qiladi: "œPayg‘ambarimizdan mo‘minlarnning qaysinisi afzalroq" deb so‘ralganida, "œUlarning hulqlari go‘zalroqlari", dedilar va yana: "œMo‘minlarning eng aqllisi kimlar", deb so‘ralganda, "œO‘limni ko‘p eslaydiganlari va unga yaxshi tayyorgarlik ko‘radiganlari", deb javob berdilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:41:03
31. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: "œAql egasi ul kishiki, o‘z nafsini hisob-kitob qiladi va o‘limidan keyingi narsa uchun amal qiladi. Ojiz va nodon ulki, o‘z nafsi-havosiga ergashib, Alloh taolodan mag‘firatni orzu qiladi".

___________
II BOB. O‘LIM QO‘RQINCHI VA SHIDDATI BOBI HADISLARI

1. Anas ibn Molik.
"œKimiki Alloh bilan uchrashmoqni yaxshi ko‘rsa..." Sahih*. Buxoriy (6507) va Muslim (14/2673), Ahmad (107/3).
2. Hasan.
"œMo‘min odamga o‘lim og‘irligi va uning qiyinligi..." Zaif*. Uning illati irsoldir.
3. Jobir ibn Abdulloh.
"œBani Isroildan gapiringlar..." Isnodi zaif*. Ibn Abu Shayba, "œAl-musnaf" (62/9), Ahmad, "œAz-Zuhd" (23), Abdu ibn Hamid, "œAl-miyzon" va Hofiz Haysaliy, "œMajma’ul zavoid" (1).
4. Abdulloh ibn Ma’sur Hoshimiy.
"œBir kishi Payg‘ambarimiz huzurlariga kelib..." Mavzu’*. Uni Zubaydiy "œIxtof" kitobida zikr qilgan (1).
5. Abdulloh ibn Ma’sur Hoshimiy.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) ushbu oyatni o‘qidilar..." Mavzu’*. Bayhaqiy "œAsmoi va sifat"ida rivoyat qilgan va Zubaydiy "œIxtof"da (327/9) zikr qilgan.
6. Maymun ibn Mahron.
"œBesh narsadan oldin besh narsani g‘animat bil..." Sahih*. "œSahihul-jome’"ga (101/7) qarang. Bayhaqiy, "œAsh-shu’ab" (1250).
7. Hadis.
"œQish mo‘min g‘animatidir..." Zaif* Ahmad (75/3). Abu Ya’lo (72/1). Abu Na’im (325/8) va "œZaiful jome’" (3429).
8. Abu Said Xudriy.
"œAgar sizlar badanga yoqadigan zikrlarni..." Juda zaif*. Termiziy (2460/4) va Termiziyning zaiflariga qarang.
9. Hadis.
"œAgar hayvonlar..." Zaif*. Ibn Muborak, "œZavoiduz zuhd" (152) va Qazo’iy (1434) va "œZaif’ul jome’"ga qarang (48/3).
10. Anas ibn Molik.
"œO‘lim mo‘minning rohatidir..." Mavzu’*. Abu Na’im "œAl-xulya"da (121/3) va Bayhaqiy "œAsh-Shu’ab"da (9886-9885) va Javziy "œAl-mavzu’ot"larda keltirgan (121/3).
11. Ibn Mas’ud.
"œPayg‘ambarimizdan: "œMo‘minlarni qaysi afzal?" deb so‘ralganda..." Hasan*. Abu Na’im, "œAl-xulya" (313/1) va Hokim (540/4). Bayhaqiy, "œShua’bul imon" (7993).
12. Hadis.
"œAql egasi ul kishiki..." Zaif*. Ahmad (124/), Termiziy (2459), Ibn Moja (4260).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:42:29
III BOB. QABR AZOBI VA UNING QATTIQLIGI

32. Barro’ ibn Ozib rivoyat qiladi: "œPayg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan birga ansorlardan bir kishining janozasiga chiqib, qabristonga yetdik. Hali qabr kavlanib bo‘lmagan edi. Payg‘ambar (s.a.v.) o‘tirdilar. Biz ham u kishining oldilarida boshimizda qush turgandek o‘tirdik. U kishining qo‘llarida yer kavlaydigan cho‘p bor edi. So‘ngra boshlarini ko‘tarib: "œAlloh taoloning qabrda beradigan azobidan panoh tilanglar", deb ikki yoki uch marta aytdilar. Keyin: "œMo‘min banda agar oxiratga yuzlanib bu dunyodan ketayotgan bo‘lsa, uning oldiga yuzlari xuddi quyoshdek nurli, oppoq farishtalar tushadi. Ularning qo‘llarida jannatdan kafan va jannat atirlaridan xushbo‘y atir bo‘ladi. Ular ko‘z ko‘radigan joygacha o‘tiradilar, so‘ng o‘lim farishtasi keladi va u mayyitning oldida o‘tiradi. So‘ngra: "œEy xotirjam nafs, Allohning mag‘firatiga va roziligiga chiqqin", deydi.

So‘ngra ruh chiqib, idishning og‘zidan tomchi tomgandek oqadi. Uni tezlik bilan olib, xushbo‘y atirlik kafanga o‘raydilar. Undan yer yuzidagi barcha mushkning anqishidek is taraladi. So‘ngra uni olib osmonga ko‘tariladilar. Ular maloikalar to‘dasi oldidan o‘tgan vaqtlarida so‘rashadi: "œBu qanday yaxshi ruh?" Javob berishar ekanki: "œBu falonchining o‘g‘li falonchidir. U dunyoda yaxshi, solih kishi edi", deb yaxshi ismlar bilan atashadi. So‘ng dunyo osmoni darvozasida to‘xtaydilar. Bu ruhga eshikni ochishni so‘raydilar, uni tanishtirib ketishadi va oxirgi yettinchi osmonga yetishadi. Alloh taolo buyuradi: "œUning kitobini illiyinda yozinglar va uni yerga qaytaringlar. Ularni o‘sha yerda yaratdim va o‘sha joyga qaytargayman". (Yana boshqa gal: "œuni o‘sha yerdan chiqargayman"), deb javob aytadi. So‘ngra ruh jasadga qaytadi, unga ikki farishta kelib so‘rashadiki: "œRabbing kim?" Aytadi: "œRabbim Alloh". "œDinning qaysi?". "œIslomdir". Yana aytishadi: "œSizlarga yuborilgan kishi to‘g‘risida nima bilasan?" Javob beradiki: "œU Allohning rasuli". Aytishadiki: "œQanday bila-san?" "œAllohning kitobi Qur’onni o‘qidim va unga imon keltirdim va uni to‘g‘ri deb bildim", o‘shanda nido keladiki: "œBandam rost so‘zladi. Unga jannat to‘shaklaridan to‘shanglar va jannat liboslaridan kiygizinglar, jannat eshiklarini unga ochinglar. Jannat hidi, yaxshiligi kelib turadigan eshiklarni ochinglar". Uning qabri ko‘z yetadigan masofada kengayadi. Uning oldiga chiroyli yuzli, xushbo‘y hidli bir farishta kelib aytarkanki: "œXursand bo‘lgin, mana bu kunki, seni xursand qiladi, bu kun xususida sen va’da olgan eding". Mayyit so‘raydi: "œSen kimsan?" "œMen sening yaxshi amallaringman. Yo Parvardigor, qiyomatni keltirginki, men o‘z ahlimga qaytayin", deb aytadi.

Agar kofir banda o‘lsa, dunyo olamidan uzilib, oxiratga kelayotgan bo‘lsa, uning oldiga qora yuzli farishtalar tushadi. Ularda dag‘al kanop mato ham bo‘ladi. Ular ko‘z yetadigan masofada o‘tirishadi, keyin o‘lim farishtasi kelib, u bandaning boshi ustiga o‘tirib aytadiki: "œEy iflos nafs, Allohning g‘azabiga chiqqin!" So‘ngra uning a’zolari ajratib tashlanadi. Jonni shunday oladiki, ho‘l jundan tikanli sixni sug‘urgandek. Olayotgan paytida tomir va paylari uzilib ketadi. Uni tezlik bilan olib o‘sha dag‘al matoga o‘raydilar. Undan eng badbo‘y hid chiqadi. Keyin uni olib osmonga ko‘tariladilar, qaysi bir maloikalar to‘dasi o‘tib qolsa, so‘rashadiki: "œBu qanday iflos ruh?" Aytishadiki: "œBu falonchining o‘g‘li falonchi", deb yomon ismlar bilan atashadi. Hattoki, dunyo osmonida to‘xtasharkan, eshikni ochishni so‘rashadi, unga ochilmaydi..." Keyin Rasulluloh (s.a.v.) bu oyatni o‘qidilar:

"œ...Ular uchun samo eshiklari ochilmas va toki tuya ignaningn teshigidan o‘tmas ekan, ular ham jannatga kira olmaslar" (A’rof, 40).

Yana davom etdilar: "œKeyin Alloh taolo aytadi: "œUning kitobini sijjiynga yozinglar". Keyin uning ruhini qattiqlik bilan yerga tashlaydilar.

"œKim Allohga shirk keltirsa, bas, u go‘yo osmondan qulaganu uni (biron vahshiy) qush (o‘lja qilib) olib ketgan yoki (qattiq) shamol yiroq joylarga uchirib ketgan kabidir" (Haj, 31). So‘ngra uning ruhini jasadiga qaytaradi. Keyin ikki farishta kelib o‘tirishadi. "œRabbing kim?" Aytadiki: "œBilmayman". "œDining qaysi?" "œBilmayman". Va undan yana so‘rashadi: "œSizlarga yuborilgan kishi to‘g‘risida nima deysan?" Aytadi: "œEy bilmayman". Shunda osmondan nido qiluvchi nido qiladi: "œBandam yolg‘on gapirdi! Unga do‘zax to‘shaklaridan to‘shak qilinglar va do‘zaxga kiradigan eshikni ochib qo‘yinglar". Keyin uning ustiga do‘zaxning issig‘i va zahri kiradi. Qabri torayadi. Shunda qovurg‘alari aralashib ketadi va badbashara, yomon kiyimli, sassiq hidli kishi kelib, unga aytadiki: "œXabardor bo‘lgin bu yomon kuning bilanki, sen shu kun xususida va’da olgan eding". Ruh so‘raydi: "œSen kimsan?" deb. Aytadi: "œMen sening yomon amalingman". U aytadi: "œEy Parvardigor, qiyomat kunini keltirmagin, qiyomat kunini keltirmagin..."
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:49:24
33. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œMo‘min vafot etadigan vaqtda maloikalar kelishadi. Rayhonning turli hidlari va mushkli harir bilan kelishadi va uning ruhini xamirdan qilni sug‘urgandek olishadi va aytiladi: "œEy xotirjam-sokin jon, sen rozi bo‘lgin va (sendan ham) rozi bo‘lingan holda Parvardigoringga (Parvardigoring rahmatiga va roziligiga) qaytgin". Ruh chiqarilgandan so‘ng, rayhon va mushk, ichiga qo‘yiladi. Harir uning ustiga yopiladi va uni illiyinga yuboriladi. Agar kofir bo‘lsa, o‘layotgan paytida cho‘g‘ bo‘lgan bir mato bilan maloikalar kelishadi va uni joni qattiq qiynoq bilan olinadi va aytiladi: "œEy iflos nafs-jon, sen g‘azabda bo‘lgan va g‘azab qilingan holda Allohning xorligi va azobiga qaytgin". Vaqtiki uning ruhi chiqarilsa, o‘sha cho‘g‘li matoga qo‘yiladi va unda qo‘rqinchli ovozlar bordir, uning ovozi guldirab-o‘kirib turadigan holatdadir va uning ustiga dag‘al matoni yopishib, shu bilan sijjiynga yuboriladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:49:34
34. Faqih Abdulloh ibn Umardan rivoyat qiladi. Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, u zot aytadiki: “Mo‘min qabrga qo‘yilganda uning qabri yetmish gaz kengayadi va rayhonlar uning ustiga sochiladi, harir bilan berkitiladi. Agar u Qur’ondan yodlagan bo‘lsa, Qur’onning nuri u joyda kifoya qiladi. Agar bu bo‘lmasa, xuddi quyoshning nuridek bir nur qo‘yiladi. Uning misoli xuddi uxlayotgan kelinchak kabidirki, uni faqat yaqin, suyukliroq kishisi uyg‘otadi. So‘ngra xuddi uyquga to‘ymagandek uyg‘onadi. Agar kofir bo‘lsa, uning qabri unga tor bo‘ladi, suyaklari, qovurg‘alari qorni ichiga kirib ketadi, uning ustiga ilonlarni yuborishadi. Ilonlarning bo‘g‘inlari yo‘g‘onligi xuddi Xuroson tuyasining bo‘yniga o‘xshaydi. Uning suyagida go‘shti qolmaguncha yeydi. So‘ngra azob farishtalarini yuboradi. Ular, ko‘r, kar, soqovlar, ularda katta temir gurzi bo‘lib, uni o‘sha bilan urishadi. Unga nisbatan qalblarida rahm-shafqat uyg‘onmasligi uchun ovozini eshitmaydilar, unga muloyimlik qilmaslik uchun uni ko‘rmaydilar va unga erta-yu kech do‘zax ko‘rsatilib turadi”.

Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadiki: Kimki qabr azobidan qutulmoqni xohlasa, unga to‘rt narsa lozim bo‘ladi, to‘rt narsadan esa uzoqlashishi kerakdir. Lozim bo‘lgan to‘rt narsa: namozlarini to‘liq ado qilmoqlik, (zakot) sadaqa bermoqlik. Qur’on o‘qimoqlik, tasbehni ko‘paytirmoqlikdir. Bu narsalar qabrni ravshan qiladi va kengaytiradi. Uzoqlashi kerak bo‘lgan to‘rt narsa yolg‘onchilik, xiyonat, chaqimchilik va siydikdan saqlanmaslik. Payg‘ambarimizdan rivoyat qilinadi:
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:50:15
35. "œSiydikdan poklaninglar, chunki qabr azobining ko‘prog‘i o‘shandandir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:50:54
36. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan yana rivoyat qilinadiki:"Alloh taolo to’rt narsani sizlar uchun yomon ko’radi: namozda ortiqcha ishlar bilan shug’ullanishni, qiroatda lag’v qilishni, ro’zada yomon so’z va amallardan uzoq bo’lmaslikni , qabristonda kulmoqlikni".

Muhammad ibn Sammokdan rivoyat qilinadi: U kishi qabristonga qarab aytdilar:"Bu qabrlarning jim turmoqligi sizlarni aldab qo’ymasin. G’am-tashvish chekkanlarningko’prog’I shu yerdadir, qabrlarning barobarligi sizlarni aldab qo’ymasin,xilma-xil tafovutdagilar(yaxshi-yomon, jannati, do’zzaxi) shu yerdadir".

Oqil kishi qabrga kirmasdan oldin qabrning zikrini eslashni ko’paytirishi lozim bo’ladi.
Sufyon Savriy, Alloh rahmat qilsin aytadi:"Kimiki qabr zikrini ko’paytirsa, uni jannat bog’laridan bo’lgan bog’dek topadi, kimiki o’shandan g’ofil qolsa, uni do’zax chohlaridan bo’lgan chohdek topadi".

Hazrati Ali karramallohu vajhahudan rivoyat qilindi. U kishi bir xutbasida aytdi:"Ey Allohning bandalari! O’limni eslanglar. O’limdan xech kim qutula olmaydi. Agar o’lim uchun (tayyor) o’tirsalaringiz ham yetadi va agar qochsalaringiz ham, yetib oladi. O’lim-peshonalaringizga yozilgan taqdir. Qabr azobidan Allohdan tilangizlar. Panoh tilangizlar! Dunyoni tashlab, oxiratdan ogoh bo’lingizlar. Ogoh bo’lingizlar. Albatta sizlarning orqalaringizda tezkor haolatda talab qilguchi border, u qabrdir. Ey odamlar!!! Ogoh bo’lingizlar, albatta qabr jannat bog’laridan bir bog’dir yoki do’zzah chohlaridan bir chohdir. Ogoh bo’lingizlar, qabr har kuni uch marta chaqiradi. Aytadiki, men qorong’ulik, daxshat va qurtlar makoniman. Ogoh bo’lingizlar! O’sha kunning ortida undan ham qattiqroq kun border, u kun yosh bolalarning , go’daklarning sochlarini oqartirib qo’yadigan, kattalar behud bo’ladigan kundir. Emizguchilar o’zi emizadigan narsasini esdan chiqarib qo’adi, homladorlarni tug’ib qo’yadi. Insonlar dovdirashidan mastga o’xshab ko’rinadilar, lekin ular mast bo’lmaydilar. Balki Allohning qattiq azobi shu ahvolga solib qo’yadi. Ogoh bo’lingizlar! Uning orqasida jahannam bor,uning issiqligi qattiqdir, u juda chuqurdir, bezagi temirdir, suvi yiringdir, qayt-qusuqdir. Unda Allohning rahmati yo’qdir". So’nra musulmonlar qattiq-qattiq yig’ladilar. Ali aytdi:"O’sha kunning orqasidan jannart border, uning kengligi yeru osmonlarchadir. Mutaqqin bandalar uchun tayyorlangandir. Alloh bizlarni alamli azobdan saqlasin, bizlar va sizlarga jannati na’imni nasib aylasin!".

Abdurahmon o’g’li Usayddan rivoyat qilinadi:"Men eshitdimki, mo’min kishi vafot etsa, meni tezroq olib boringlar, deb aytar ekan. Uni qabrga qo’yganlaridan keyin, yer aytar ekanki:"Sen mening ustimda ekanligingda seni yaxshi ko’rar edim. Endi meni ichimda yanada yaxshiroqsan". Agar kofir bo’lsa, tobuti ko’tarilganda, aytadiki:"Meni qaytaringlar". Qabrga qo’yilgandan so’ng yer:"Sen mening ustimda ekanligingda men seni yomon ko’rar edim, endi sen menga yanada yomonroqsan!" der ekan".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:52:31
37. Hazrati Usmon ibn Affondan rivoyat qilinadi (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin): "œU kishi qabr oldida to‘xtab yig‘labdi. So‘rabdilar: "œJannat va do‘zax eslatilsa, yig‘lamaysiz, lekin bu yerda yig‘laysiz", deb. Usmon roziyallohu anhu aytadi: "œPayg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlarki: "œQabr oxirat manzillarining birinchisidir. Agar qabrdan najot topsa, keyingisi yengildir, agar undan najot topolmasa, keyingisi yanada qiyinroqdir".

Abdulhamid ibn Mahmud Mug‘iliy aytadi: "œHazrati ibn Abbosning oldida o‘tirgan edim. Bir qavm keldi. Aytishdi: "œBiz hajga chiqqan edik. Zoti Safox mahallasida to‘xtadik. Bir do‘stimiz o‘sha joyda vafot qildi. Biz uni dafn qilish uchun zarur narsalarni tayyorladik, keyin unga qabr kavladik. Lahadda bir qop-qora narsa bor edi, ya’ni ilon yotardi. Keyin u yerni qo‘yib, boshqa joyni kavladik, u yerda ham o‘shanday ilon yotar edi, u yerni ham tashlab, uchinchi joyni kavladik, u yerda lahadni to‘ldirib ilonlar yotar edi, keyin oldingizga keldik". Ibn Abbos (Alloh ikkallalaridan rozi bo‘lsin) aytdi: "œBu hol uning qilgan yomon ishidandir. Boringlar, uni qabrning bir tomoniga ko‘maveringlar. Allohga qasamki, agar yerning hamma joyini kavlasalaringiz ham, o‘sha ilon chiqib kelaveradi. Bu gapni uning qavmiga xabar qilinglar". So‘ngra u kishining oldidan jo‘nadik, uni o‘sha qabrning bir tomoniga dafn qildik. Uyga qaytgandan keyin uning bizlarda qolgan ba’zi matolari bor edi, o‘shalarni oilasiga keltirdik va xotinnidan so‘radik: "œU nima ish qilardi?" Xotini aytdi: "œU bug‘doy sotardi, u har kuni o‘ziga yetarli miqdordagi ovqatlikni olardi-da, keyin qora bug‘doy poxolini uning o‘rniga tashlab, aralashtirib sotardi".

Faqih rahimallohu aytadi: Bu xabar xiyonatlik ish qabr azobiga sabab bo‘lishiga dalildir. Bu yerda tiriklar uchun ibrat shuki, xiyonatdan tiyilmoqlari kerakdir. Aytiladiki, albatta, yer har kuni besh marta nido qiladi. Birinchi nidosi: "œEy odam farzandi! Ustimda yurasan va ichimga qaytasan!" Ikkinchi nidosi: "œEy odam farzandi! Ustimda xilma-xil narsalarni yeysan va ichimda seni qurtlar yeydi". Uchinchi nidosi: "œEy odam farzandi! Ustimda kulib yurasan, ichimda hademay yig‘laysan". To‘rtinchi nidosi: "œEy odam farzandi! Ustimda shodu xursand yurasan, yaqinda ichimda xafa bo‘lasan". Beshinchi nidosi: "œEy odam farzandi! Ustimda gunoh qilasan, yaqinda ichimda azoblanasan".

Amr ibn Dinordan rivoyat qilindi: "œMadinalik bir kishining singlisi Madinaning bir chetida yashar edi. O‘sha singlisi kasal bo‘lib qoldi va uni ko‘rib, qaytib keldi. Keyin singlisi o‘ldi. Uni ko‘mish uchun kerakli narsalarni tayyorlaganlaridan so‘ng, qabrga olib borishdi. Ko‘mib bo‘lib, uyiga qatgandan so‘ng, o‘zining hamyonini o‘sha qabrda qoldirgani esiga tushdi. O‘rtoqlarining biridan yordam so‘radi, so‘ngra ikkalasi qabrga kelib, qabrni kavlashib, hamyonni topishdi. O‘rtog‘iga aytdi: "œSen nariroqqa ketgin, men singlimning holatini ko‘rayin". So‘ng qabrni ustini o‘rab turgan narsalarni oldi va singlisining qabrida o‘t shu’lalanib yonib turganligini ko‘rdi, so‘ng qabrni yopib uyiga qaytdi. Uyga kelib onasidan: "œSinglim nima ishlar qilishini ayting!" deb so‘radi. Onasi: "œNima uchun singlingnni so‘rading, u axir o‘lgan-ku?", dedi. U yana so‘radi: "œAyting". Onasi aytdiki: "œSingling namozlarni kechiktirardi, namozlarni to‘liq, tahorat bilan o‘qimasdi, qo‘shnilarning eshigiga kelib quloq tutib, ularning gaplarini eshitardi, gaplarini eshitib, birovlarga yetkazardi..."

O‘sha chaqimchiligi uning qabr azobida qolishiga sabab bo‘lgan. Qabr azobidan kim najot topmoqlikni xohlasa, u chaqimchilikdan o‘zini ozod qilishi kerakdir va boshqa gunohlardan ham saqlanib, qabr azobidan qutulishi lozimdir. Unga Alloh Munkar-Nakir savollarini oson qiladi. Alloh taolo aytadi:

"œAlloh taolo mo‘minlarni, imon keltirgan kishilarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham ustivor So‘z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur" (Ibrohim, 27).

Barro ibn Ozib roziyallohu anhu Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œMusulmon kishi qabrda so‘ralgan paytda: "œAlloh taolodan boshqa ma’bud yo‘qdir. Muhammad (s.a.v.) Alloh taoloning elchisidir", deb guvohlik beradi. Bu xususda Alloh taolo "œAlloh taolo mo‘minlarni, imon keltirgan kishilarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham ustivor so‘z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur", deydi".

Quvvatlantirish — sobitqadam qilish Alloh taologa ishongan, ixlos qilgan, itoat qilgan mo‘minlar uchun uch holatda bo‘ladi. Birinchisi, ajal farishtasini ko‘rgan paytda: ikkinchisi, Munkar-Nakir savol qilgan paytda; uchinchisi, qiyomat kunidagi hisoblashish paytida bo‘ladi.

Ajal farishtasini ko‘rgan vaqtdagi quvvatlantirish uch turli bo‘ladi.
1. Kufrdan saqlaydi va tavhid uzra to‘xtashga muvaffaq qiladi hamda uning ruhi islomiy holatda chiqadi.
2. Maloikalar uni rahmat bilan hursand qiladi.
3. Jannatdagi o‘rnini ko‘radi.

Qabrda quvvatlantirish uch turlidir:
1. Alloh taolo yaxshi to‘g‘ri so‘zlarni unga bildirib (o‘rgatib) qo‘yadi. Shu bilan ikki farishtaga Parvardigori rozi bo‘ladigandek javob beradi.
2. Undan ayanchli, dahshatli qo‘rquvni ketkazadi.
3. Jannatdagi o‘rnini ko‘radi, so‘ngra qabr jannat bog‘laridan bir boqqa aylanadi.

Hisob paytida quvvatlantirish uch turlidir:
1. Undan so‘raladigan hujjatni Alloh taolo unga o‘rgatib qo‘yadi.
2. Uning ustida bo‘ladigan hisobni yengil qilib qo‘yadi.
3. Adashishlik va xatolarni o‘tkazib, kechirib yuboradi.

Va aytiladiki, quvvatlantirish to‘rt holatdadir:
1. O‘lim vaqtida.
2. Qabrda javob berishlikda.
3. Hisob paytida.
4. Sirot ko‘prigi oldida, ya’ni undan ko‘rinmay ovoz chiqaradigan chaqmoq kabi o‘tib ketadi.

Agar: "œQabrdagi savol qanday bo‘ladi?" deb so‘ralsa, aytiladiki: "œBu savolga ulamolar ko‘p so‘z aytadilar. Unda turli rivoyatlar, qarama-qarshiliklar bor. Ba’zilari aytdilar: "œSavol Ruhga bo‘ladi, jasadga emas. U vaqtda ruh jasadning ichiga kiradi", deyiladi. Yana aytiladi: "œRuh jasad va kafan orasida bo‘ladi", deb. Bu so‘zlarning hammasi oyat va hadislardan, haqiqiy rivoyatlardan kelib chiqqan. Ahli ilmlar nazdidagi to‘g‘ri ish insonning qabr savollariga iqror bo‘lishligidir. Savol-javobning kayfiyati bilan mashg‘ul bo‘lib qolmasligi kerak. Va: "œAlloh biluvchiroqdir, uning qanday ekanligini albatta, o‘lganimizda ko‘rgaymiz", deb aytmoq to‘g‘riroqdir.

Qabrda bo‘ladigan Munkar-Nakir savol-javoblariga ishonmaslik ikki turli bo‘lishi mumkin.
1. Bu holat g‘ayritabiiy bo‘lganligi uchun, bu aqlga sig‘maydi, deyish bilan.
2. Bo‘lishi mumkin, deydiyu, lekin bu haqdagi dalillarni asossiz deb biladi, ya’ni dalillarga qanoatlanmaydi.

Agar kimki, bu holat g‘ayritabiiy, bo‘lishi mumkin emas, desa, bunday so‘z payg‘ambarlikni inkor qilish va mo‘jizani yo‘qqa chiqarishdir, chunki payg‘ambarlar odamlardandir. Ularning tabiati odamlarning tabiati kabidir. Albatta, payg‘ambarlar farishtani ko‘rdilar, u ularga vahiy tushirdi. Muso alayhissalom uchun dengiz yorildi, u zotning hassasi ajdahoga aylandi.  Buning hammasi tabiatga xilofdir. Ammo bu narsalarni dalillar kuchli emas deb inkor qilishlik Islomdan chiqishlikdir. Bizdan uni quvvatlaydigan javoblar yetardi. Alloh o‘z kitobida dalil qilib aytdi:

"œKim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta, uning uchun tang-tor — baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holatda tiriltirurmiz" (Toho, 124).
Bir guruh tafsir olimlari tang-tor hayot qabr azobi deb tafsir qilishgan. Alloh taolo aytadi:

"œAlloh taolo mo‘minlarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham utsivor so‘z (imon kalimasi) bilan solbitqadam qilur" (Ibrohim, 27).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:54:26
38. Faqih aytadi: Ibn Umardan, Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "œAgar mo‘min qabrga kirsa, uning oldiga ikki farishta keladi va uni qabrida o‘tqazib qo‘yishib, savolga tutishadi. O‘lgan kishi odamlar orqalariga qaytganlaridan keyin, oxirgi oyoq tovushlarini eshitgay. So‘rashadi: "œRabbing kim?" "œDining nima?" "œPayg‘ambaring kim?" U aytadi: "œRabbim Alloh", "œDinim Islom", "œPayg‘ambarim Muhammad (s.a.v.)". So‘ngra aytishadi unga: "œAlloh seni quvvatlantirdi, uxlagin xursand bo‘lib". Bu Allohning so‘zidir. "œAlloh mo‘minlarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham ustivor so‘z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur", ya’ni uni haq so‘z — "œLa ilaha illalloh" bilan quvatllantiradi, va "œzolimlarni adashtiradi" (Ibrohim, 27), ya’ni kofirlarni haq so‘zni aytishga muvaffaq qilmaydi. Agar kofir va munofiq qabrga kirsa, ikki farishta so‘raydi: "œRabbing kim?" "œDining nima?" "œPayg‘ambaring kim?" Aytadi: "œBilmayman". Ikki farishta: "œBilmaysan", deb katta gurzi blilan urishadi, uning dodlagan ovozini g‘arb va sharq orasidagi hamma narsa eshitadi, faqat insonlar va jinlar eshitmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:54:37
39. Abu Hasan ibn Umardan, Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: "œPayg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œNima qilgaysan, ey Umar, agar sening oldinga ikki farishta — Munkar-Nakir kelishsa, ikkovi qop-qora, ko‘zlari ko‘k bo‘lsa, tishlari bilan yerni o‘yib kelsa. Ikkovlarining ovozlari qattiq momaqaldiroqday bo‘lsa, ko‘zlari chaqmoqday bo‘lsa?" Umar roziyallohu anhu aytdilar. "œEy Allohning Rasulli, mening ahlim bo‘ladimi, xuddi men bu kunda bo‘lganimdek?" Rasululloh: "œHa", dedilar. Umar roziyallohu anhu aytdi: "œUnday bo‘lsa, ikkoviga ham kifoya qilurman, Allohning izni bilan". Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAlbatta, Umar muvaffaq qilinadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:54:48
40. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: "œInson vafot etgandan keyin uning ovozini barcha hayvonlar eshitadi, faqat insonlar eshitmaydi. Agar eshitsa, albatta, xuddi yashin urgandek bo‘lib hushidan ketadi. Uni qabriga olib borishadi. Agar u solih bo‘lsa, meni tezroq olib boringlar, mening oldimdagi yaxshilikni bilganlaringda edi, meni tez yetkazar edilaring, deb aytadi. Va agar yomon bo‘lsa, men uchun shoshilmanglar, agar mening oldimdagi yomon ishlarni bilsalaring edi, hech qachon shoshilmas edinglar", deb aytadi.

Qabriga qo‘yilgach, qora, ko‘k ko‘zli ikki farishta keladi. Uning oldiga boshi tomonidan kelishadi. Namozi aytadi: "œMen tomondan kelmagin, bu kishi ko‘pincha kechasi mana bu joydan qo‘rqib, saharlari turib chiqar edi". Keyin ikki oyog‘i tomondan kelishadi, ota-onasiga qilgan yaxshiligi kelib aytadi: "œBiz tomondan kelmagin, bu oyoqlari bilan xizmat qilib yurar edi, mana shu joydan qo‘qqan holda". So‘ngra o‘ng tomonidan kelishadi, bergan sadaqalari aytadiki: "œMen tomondan kelmagin, mana shu joydan qo‘rqqan holda sadaqalar berar edi". So‘ngra chap tomonidan kelishadi. Ro‘zasi aytadiki: "œMen tomondan kelmanglar. Albatta, u chanqoq, och yurar edi, mana shu joydan qo‘rqqan-saqlangan holda".

So‘ngra uni uxlagan odamni uyg‘otgandek uyg‘otib aytishar ekan: "œAytgan gapini so‘zlagan kishi uchun nima deysan?" Aytadi: "œU Allohning elchisi Muhammaddir (s.a.v.). So‘ngra aytadi: "œShohidlik beraman, albatta, u Allohning rasulidir". Keyin ikki farishta aytarkan: "œMo‘min bo‘lib yashading, mo‘min bo‘lib o‘lding". Va uning qabri kengayadi va Allohning hamma saxiyliklari Alloh xohlaganicha yog‘iladi".

Allohdan tavfiq va gunohdan saqlanishlikni so‘ray-miz, kibr-havodan, adashishliklardan va g‘aflatda qolishlikdan, qabr azobidan panoh tilaymiz.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:54:58
41. Albatta, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham qabr azobidan panoh tilar edilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:56:12
42. Oyisha onamiz aytadi: "œMen qabr azobi to‘g‘risida oldin bilmas edim. Bir kuni bir yahudiy xotin mening oldimga kelib, bir narsa so‘radi. So‘ragan narsasini berdim, keyin aytdi: Allohdan sen uchun qabr azobidan panoh tilayman. Men o‘yladimki, uning so‘zlari yahudiylarning yo‘q ishlaridan bo‘lsa kerak, deb Payg‘ambar (s.a.v.) keldilar. Men u kishiga o‘shani eslatdim. Menga xabar berdilarki: "œAlbatta, qabr azobi bordir".

Har bir musulmon Alloh taolodan qabr azobidan panoh tilamoqligi vojibdir va qabrga kirmasdan turib yaxshi amallar bilan tayyorlanmoqligi ham vojibdir. Chunki bu ishlar shu dunyoda bo‘lib turgan bo‘lsa, unga yengil bo‘ladi. Agar qabrga kirsa, bir yaxshilik qilish uchun ruxsat berilsa, deb orzu qiladi. Unga ruxsat berilmaydi. So‘ngra hasrat va pushaymonda qoladi. Oqil kishi o‘liklar  borasida o‘y-fikr qilmog‘i lozimdir. Chunki o‘liklar ikki rak’at namoz o‘qishlariga ruxsat berishlarini yoki bir marta: Allohdan boshqa iloh yo‘q. Muhammad (s.a.v.) Uning elchisidir", deb aytmoqlikni yoki bir marta Allohga tasbeh aytishlikni orzu qilishadi, lekin ularga ruxsat berilmaydi. Ular tiriklarga hayron holda ajablanadilarki, ular kunlarini g‘aflat va bekorchilikda zoe o‘tkazayotirlar-ku, deb. Ey do‘stim, kunlaringni bekor o‘tkazmagin. Chunki bu kunlar sening dastmoyangdir. Sen molingni sarflashga qodirlikda  davom etsang, foydaga erishasan.  Chunki oxirat matohi bu kuningda kasoddir. Bas, harakat qilgin, kasod vaqtda oxiratnning kasod matohini jamlashga uringan. Chunki bir kun keladiki, bu matohlar aziz narsaga aylanadi. Sen aziz kuning uchun kasod kunda bu matohni ko‘paytirgin. Albatta, sen u kunda bu narsani talab qilishga qodir bo‘lmaysan. Alloh taolodan hojatmand va faqirona kun uchun tayyorlanishga bizni muvaffaq qilishllikni so‘raylik. Bizlarni pushaymon bo‘lguvchilardan qilmaginki, ular dunyo hayotiga qaytishlikni talab qiladilar, bas, javob berilmaydi ularga. Sakarot-ul mavtni — o‘lim onini bizga va barcha musulmonlarga oson qilgin va bizni va barcha musulmonlarni qabr azobidan o‘zing asragin, omin.

___________
III BOB. QABR AZOBI VA UNING QATTIQLIGI BOBI HADISLARI

1. Barro’ ibn Ozib.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) bilan birga ansorlardan bir kishining janozasiga chiqib, qabristonga yetdik..." Sahih*. Ahmad (288-287/4) va Abu Dovud (4753).
2. Abu Hurayra.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œMo‘min vafot etadigan vaqtida maloikalar kelishadi..." Sahih*. Abu Na’im, "œAl-xulya" (104/3) va "œSharxus-sudur" (102 bet) ga qarang.
3. Abudulloh ibn Umar.
"œMo‘min qabrga qo‘yilganda uning qabri yetmish gaz kengayadi..." Sahih*. "œMajma’ul zavoid" (328/2) va "œSharhus-sudur" (102).
4. Hadis.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œSiydikdan poklaning..." Sahih*. "œSahihul-jome’" (3002).
5. Hadis.
"œAlloh taolo to‘rt narsani sizlar uchun yomon ko‘radi..." Zaif*. Ibn Muborak "œAz-zuhd"da (1557), Al-Qazo’iy (1087) "œZaiful-jome’"da (1631).
6. Usmon ibn Affon.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œQabr oxirat uylaridan birinchi uydir..." Hasan*. Termiziy (2308) va Ibn Moja (4268). "œSahihul jome’" (1684)ga qarang.
7. Barro’ ibn Ozib.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œMo‘min bandani qabrga..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (1369/3) va Muslim (2871/4).
8. Ibn Umar.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Agar mo‘min qabrga kirsa, uning oldiga ikkita farishta kelgaydir» Hasan*. Termiziy (1071).
9. Ibn Umar.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œNima qilgaysan, ey Umar, agar..." Munkar*. Bayhaqiy "œAzabul-qabr" (116-117), Abu Dovud, "œAl-ba’s".
10. Abu Hurayra.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKimiki o‘limga ketsa, uning ovozini barcha hayvonlar eshitadi..." Hasan*. Ibn Hibbon (781) va Tabaroniy "œAl-avsat"da keltirgan.
11. Hadis.
"œAlbatta, Payg‘ambar (s.a.v.) ham panoh tilar edilar..." Sahih*. Buxoriy (832/2) Oyisha onamizdan rivoyat qilgan.
12. Oyisha.
"œMen qabr azobi to‘g‘risida oldin bilmas edim..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (1372/3) va Muslim (586).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:56:49
IV BOB. QIYOMATNING QO‘RQINCHI VA DAHSHATLARI

43. Oyisha (roziyallohu anho) onamiz: "œYo Rasulalloh! Qiyomat kuni kishi yaxshi ko‘rgan odamini eslaydimi?" dedi. Aytdilarki: "œUchta joyda eslay olmaydi: amallari tarozuga qo‘yilganda, chunki tarozim og‘ir keladimi yoki yengilmi, degan xayol bilan band bo‘ladi; sahifalari (nomai a’mol) tarqatilganda, chunki meniki o‘ng tomondan berilarmikan yo chapdanmi, deb turadi va jahannamdan bir bosh chiqib, ularga tez-tez yurib keladi va aytadiki: "œUchta narsaga vakil qilindim: "œAllohga boshqasini qo‘shib duo qilganga, har bir zolim mutakabbirga va har bir hisob kuniga ishonmaydiganga", deydi. Keyin ularning ustiga yopiriladi va jahannamga otib yuboriladi. Jahannamning ustida qildan nozik, qilichdan o‘tkir ko‘prik bor, unda tikanak va zanjirlar bor. Insonlar undan chaqmoqdek yoki yeldek uchib o‘tadilar, ularning orasida najot topgan musulmon ham bo‘ladi, terisi shilinib yorilgani ham bo‘ladi va do‘zaxga yuztuban ag‘darilib tushadiganlari ham bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 05:57:19
44. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasulullohdan rivoyat qiladi: "œIkki nafxa (birinchi nafxa — odamlarni o‘ldirish uchun chalingan sur, ikkinchi nafxa - odamlarni tirilitirish uchun chalingan sur) orasida 40 yil bo‘ladi, keyin Alloh taolo osmondan erkaklar maniyiga o‘xshash suv tushiradi, keyin insonlar o‘t o‘sgandek o‘sib chiqadilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:00:00
45. Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambardan rivoyat qilib aytadilarki: "œAlloh taolo yeru osmonni yaratib bo‘lganidan keyin surni yaratdi va uni Isrofil alayhissalomga berdi va Isrofil alayhissalom o‘shandan beri surni og‘ziga qo‘yib, qachon buyruq bo‘larkan deb, Arshga tikilib turibdi. Dedimki: "œEy Rasulalloh! Sur nima?" Aytdilarki: "œNurdan qilingan karnay". Dedimki: "œU qanday narsadir?" Aytdilarki: "œDoirasi keng, meni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasam ichib aytamanki, uning doirasining ulkanligi yeru osmonning kengligiga tengdir va unga uch marta nafxa uriladi (chalinadi)".

Ba’zi rivoyatlarda ikki marta chalinadi, deyilgan. Birinchi marta insonlarning hammasini halok qilish uchun, ikkinchi marta qayta tiriltirish uchun. Ka’bning rivoyatida ikkita, Abu Hurayraning rivoyatida uchta deb kelgan: birinchisi qo‘rqitish uchun, ikkinchisi chaqmoq momaqaldiroq uchun, uchinchisi tiriltirish uchun, Alloh taolo Isrofil alayhissalomga birinchi bor chalishni buyuradi va u chalinganda yeru osmondagi  hamma qo‘rqib ketadi. Dalil ushbu oyatki:

"œSur chalinib, Alloh o‘zi xohlagan zotlardan boshqa, osmonlardagi va yerdagi (barcha) kimsalar dahshatga tushib (qo‘rqib) qolgan va barcha U zot (huzuriga) bo‘yin eggan holda kelgan kunni (eslang)!" (Naml, 87). Yerda zilzila bo‘ladi. Emizguvchilar o‘zi emizgan narsasini esdan chiqarib qo‘yadilar, homiladorlar tug‘ib (bola tashlab) qo‘yadilar va  insonlar dovdirashidan mastga o‘xshab ko‘rinadi, lekin ular mast bo‘lmaydi, balki Allohning qattiq azobi ularni shu ahvolga solib qo‘yadi. Yosh bolalarning sochi oqarib ketadi. Shaytonlar qochib ketishadi. Alloh taoloning so‘zi:

"œEy insonlar! Parvardigoringizdan qo‘rqing! Zero, (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘-dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningiz emizayotgan (onalar) emizib turgan (bola-sini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini tashlab yuborar: odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz. Holbuki ular o‘zlari mast emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir" (Haj, 1-2).

Birinchi surdan keyin Alloh xohlagancha vaqt o‘tadi. Keyin ikkinchi marta chalishga buyuradi, ikkinchi marta chalinganda yeru osmon ahli o‘ladi, faqat Alloh xohlaganlargina qoladi. Dalili Allohning ushbu so‘zidir: "œSur chalindiyu va osmonlardagi va yerdagi barcha jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik) qoldi" ("œZumar", 68).

Bu oyatdagi Alloh xohlagan zotlar, ya’ni o‘lmaganlar  shahidlarning ruhidir. Ba’zilar aytganlarki, ular Jabroil, Mikoil, Isroflil va ajal farishtalaridir, keyin Alloh taolo ajal farishtasiga (o‘zi bilgan holda) savol berarkanki: "œMaxluqlarimdan kim qoldi?" deb. Aytadiki: "œEy Parvardigor! Sen  hech qachon o‘lmaydigan tirik zotsan, Jabroil, Mikoil, Isrofil, yana Arshingni ko‘tarib turuvchi farishtalar va men qoldim", deb javob berganida, Alloh taolo ularning ham jonini olishga buyurar ekan. Kalbiy va Muqotil rivoyatida shunday zikr qilingan.

Muhammad ibn Ka’b bir kishidan va u kishi Abu Hurayradan qilgan rivoyatda bunday deyiladi. Rasululloh (s.a.v.) aytishlaricha: "œAlloh subhonahu va taolo  aytadiki: "œJabroil, Mikoil, Isrofil o‘lsin. Arshni ko‘tarib turguvchi farishtalar o‘lsin!" So‘ngra Alloh azza va jalla aytadiki: "œEy ajal farishtasi, mahluqlarimdan kim qoldi?" deb. Shunda farishta: "œSen o‘lmaguvchisan, doimo tiriksan, ajal farishtasi bo‘lmish zaif quling qoldi", deganida, Alloh aytadiki: "œEy ajal farishtasi, Mening:

"œHar bir jon o‘limni totguvchidir" degan so‘zimni eshitmaganmiding?" (Oli Imron, 185). Sen mening maxluqlarimdan biridirsan, seni ko‘rgan narsalaring uchun yaratdim endi o‘l!" deydi, so‘ng u o‘ladi".


Boshqa bir xabarda rivoyat qilinadiki: "œAlloh taolo unga o‘z jonini sug‘urishni buyuradi, farishta jannat va  do‘zax oralig‘idagi joyga kelib, o‘z jonini o‘zi sug‘uradi va shunday qichqiradiki, agar maxluqot tirik bo‘lganda, uning ovozidan o‘lib qolar edilar. Shu vaqtda farishta aytadiki: "œAgar jonni olish shunchalik qattiq va achchiqligini bilganimda, mo‘minlarning jonini olishda shafqat qilar edim", deydi va o‘ladi. Shu bilan maxluqotdan hech kim qolmaydi. Shundan so‘ng Alloh taolo zaif-noqis dunyoga aytadiki: "œQani podshohlar? Qani shahzodalar? Qani zolimlar? Qani zolimlarning o‘g‘illari? Mening ne’matlarimni yeb, Mendan boshqaga ibodat qilganlar qani?" Keyin aytadiki: "œBugun mulk kimniki endi?" Hech kim javob bermaydi, shunda Alloh taolo o‘zi javob berib aytadiki: "œYolg‘iz Qahhor bo‘lmish (qahr qiluvchi) Allohnikidir!" So‘ng Alloh taolo osmonga yomg‘ir yog‘dirishni buyuradi va osmon qirq kun erkaklarning maniysiga o‘xshash yomg‘ir yog‘diradi, suv hamma narsadan o‘n ikki barobar baland bo‘lgandan so‘ng Alloh taolo o‘sha suv bilan maxluqlarni o‘tni undirib chiqargandek undiradi, ular to‘lishib,  o‘zlarining avvalgi holatlariga qaytadilar. So‘ngra Alloh taolo: "œIsrofil va Arshni ko‘targuvchilar tirilsin!" deydi va Allohning amri bilan tiriladilar. Alloh taolo Isrofilga buyuradi va u surni og‘ziga qo‘yadi, keyin Alloh taolo: "œJabroil va Mikoil tirilsin!" deydi va ular ham  Allohning amri bilan tiriladilar, so‘ngra Alloh taolo ruhlarni chaqiradi va ular keltiriladilar va ularni surnayning ichiga qo‘yadi, keyin Alloh taolo Isrofilga buyuradi va u tiriltirish surini chaladi va ruhllar xuddi arilarga o‘xshab osmonning orasini to‘ldirib chiqadilar, yerdagi jasadlarning dimog‘iga kiradilar va yer ularning ustidan ochiladi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) "œYer birinchi bo‘lib mening ustimdan ochiladi", deb aytganlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:01:52
46. Boshqa bir xabarda kelishicha, Alloh taolo Jabroil, Mikoil va Isrofilni tiriltirganda Rasulullohning (s.a.v.) qabrlariga tushishadi, ular bilan birga Buroq va  jannatdan keltirilgan rido va izor bo‘ladi. So‘ngra Rasulullohning (s.a.v.) ustilaridan yer ochiladi va payg‘ambarimiz Jabroilga qarab: "œEy Jabroil! Bu kun qanday kun?" deydilar. Shunda Jabroil aytadiki: "œBu qiyomat kuni, bu haqiqat kuni, bu musibat kunidir!" Rasululloh (s.a.v.) so‘raydilarki: "œAlloh taolo ummatimni nima qildi?" deb Jabroil aytadiki: "œXursand bo‘ling, birinchi bo‘lib  sizning ustingizdan yer ochildi!" So‘ngra Alloh taolo Isrofilga buyuradi va Isrofil surni chaladi, shunda hamma qabrdagilar Allohning amriga muntazir bo‘lib kutib turadilar.

Abu Hurayradan aytilgan hadisga qaytsak, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilarki: "œUlar qabrlaridan yalang‘och va  yalangoyoq holda chiqadilar va yetmish yil  bir yerda turadilar. Alloh ularga qaramaydi va hukm ham chiqarmaydi, ular ko‘z yoshlari tugaguncha yig‘laydilar. Ko‘z yoshlari tugagach, qon yig‘laydilar va terlab, terlari ularni iyaklarigacha ko‘mib, jilovlab bog‘laydigan holatga kelganlarida ularni mahsharga (yig‘ilish joyiga) chaqiradi. Alloh  taolo:

"œChorlaguvchi notanish bo‘lgan bir bir narsaga chorlaydigan — chaqiradigan Kunda ular ko‘zlari (qo‘rquvdan)  quyiga boqqan hollarida go‘yo yeyilgan chigirtkalar kabi, qabrlaridan chiqib kelurlar. Chorlaguvchi tomoniga shoshganlaricha ketar ekanlar, u kofirlar: "œBu og‘ir kundir!" derlar" (Qamar, 6-8).


Insonlar, jinlar va boshqa maxluqot — hammalari yig‘ilib turganlarida osmondan qattiq o‘kirik eshitiladi, bu ularni qo‘rqitib yuboradi, keyin osmon ochiladi va dunyo osmonning farishtalari yerdagilarga o‘xshab tushadi, keyin saflarini egallab turishadi. Ularga deydilarki: "œRabbimiz hisob qilishni sizlardan buyurib yubordimi?" Aytadilarki: "œYo‘q, Rabbimizning amri endi keladi" Keyin ikkinchi osmonning farishtalari tushadi, dunyo osmoni farishtalari ko‘payishib tushishadi va dunyo ahli atrofida turib oladilar.

Zahhok aytadiki: "œAlloh taolo dunyo osmoniga buyuradi va u ichidagi farishtalari bilan ochiladi, farishtalar tushib yerni va yerdagi narsalarnni o‘rab olishadi, keyin ikkinchi osmon o‘z ichidagilari bilan ochiladi, keyin uchinchisi, keyin to‘rtinchisi, keyin beshinchisi, keyin oltinchisi, keyin yettinchisi ochilib, farishtalari tushib yetti saf bo‘lib, bir-birlariga aralashib turishadi. Yer ahli qaysi tomondan kelmasinlar, o‘sha joyda yetti qator farishtalarni topadilar. Alloh taolo aytadiki:

"œEy jinlar va insonlar jamoasi! Agar sizlar osmonlar va yer chegarasidan o‘tib ketishga qodir bo‘lsangizlar, u holda o‘tib ketaveringlar! Sizlar faqat kuch-qudrat bilangina o‘ta olursizlar! (Lekin u kunda sizlarda hech qanday kuch-qudrat bo‘lmas)" (Rahmon, 33).

"œBulutli osmon yorilib, (barcha) farishtalar (er yuziga) tushirilgan (qiyomat) kunini (eslang)!" (Furqon, 25).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:03:57
47. Abu Hurayradan, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinadi: "œAlloh taolo aytadiki: "œEy insonlar va jinlar jamoasi! Men sizlarga nasihat qildim, mana bu sahifalaringizdagi qilgan amallaringizdir, kimki yaxshilikni topsa, Allohga hamd aytsin, kimki boshqa narsani topsa, o‘zini malomat qilsin". So‘ngra Alloh taolo jahannamga buyuradi va undan uzun, qop-qora bo‘yin ko‘tarilib chiqadi va gapiradi. Alloh taolo aytadiki:

"œEy odam farzandlari! "œShaytonga ibodat qilmangiz, chunki u sizlarga ochiq dushmandir, Mengagina ibodat qilingizlar! Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir!" deb buyurmaganmidim? Aniqki (shayton) sizlarning ichingizdan ko‘p avlodni yo‘ldan ozdirdi. Axir aql yurituvchi bo‘lmadingizlarmi? Sizlarga va’da qilingan jahannam mana shudir! Sizlar (hayoti dunyoda) kofir bo‘lib o‘tganlaringiz sababli bu Kunda jahannamga kiringizlar" (Yosin, 60-64).

Shunda hamma ummatlar tiz cho‘kadilar, Alloh taoloning qavlida aytiladiki:

"œU Kunda barcha ummatni (dahshat va iztirob ila) tiz cho‘kkan holda ko‘rursiz. Har bir ummat o‘z nomai a’moliga chaqirilur. (So‘ng ularga deyilur): "œBugun qilib o‘tgan amallaringiz bilan jazolanursizlar" (Josiya, 28).

Shundan so‘ng Alloh taolo maxluqlari orasida hukm chiqaradi, vahshiy va vahshiy bo‘lmagan hayvonlari orasida hukm chiqaradi: shoxli qo‘ydan shoxsiz qo‘yning haqini olib beradi, so‘ngra hayvonlarga, tuproqqa aylaning, deyiladi, ular tuproq bo‘lib ketadilar. Shu payt kofir:

"œKoshki edi tuproqqa aylanib ketsam" (Naba’, 40), deb qolur. Keyin Alloh taolo bandalari orasida hukm chiqaradi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:04:34
48. Nofe’ ibn Umardan rivoyat qiladi: "œPayg‘ambarimiz aytdilar: "œQiyomat kuni insonlar onalaridan tug‘ilgandek yalang‘och va yalangoyoq tiriladilar" Oyisha roziyallohu anho aytdiki: "œErkak va ayollar hammi?" "œHa", dedilar. Shunda Oyisha: "œVoy o‘lmasam, hamma bir-biriga qaraydimi", dedi. Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yelkasiga urib: "œEy ibn Abu Kuhofaning qizi, u kunda insonlar o‘zlari bilan ovora bo‘lib, qarolmay qoladilar. Osmonga tikilib, qirq yil yemay-ichmay turadilar, ter kimningdir to‘pig‘igacha, kimningdir boldirigacha, kimningdir qornigacha yetadi, kimningdir turaverganidan ter jilovlab-yuganlab oladi. Keyin farishtalar Arshning atrofini o‘rab turadilar. Alloh taolo nido qilguvchiga buyuradi va u: "œFalonchi qani?" deb nido qiladi. Insonlar o‘sha ovozga boshlarini ko‘taradilar. Chaqirilgan kishi odamlar orasidan chiqib, Allohning oldida turgan bo‘ladi, keyin zulm bilan mollari olingan kishilar birma-bir chaqirilib, zulm qilgan kishining savoblaridan ularga olib beriladi, u kunda pul ham, dinor ham yo‘q. Faqat savobidan olinadi, gunohi zolim kishiga o‘tkaziladi, mazlumlar uning savobidan olaveradilar, savobi qolmagach, gunohlarini unga o‘tkazadilar, unga, endi onangni oldiga bor, deyiladi (bu yerdagi "œonadan" murod do‘zaxdir). Bu Kunda hech kimga zulm qilinmaydi. Alloh taolo tezda hisob qilib, jazo va mukofotni tezda berguvchidir, deyiladi, o‘sha Kunda Allohga yaqin farishta ham, o‘zi yuborgan payg‘ambar ham, shahidlar ham bu hisobning qattiqligini ko‘rib, bu Kunda Allohnning o‘zi saqlamagan odam qutulib najot topa olmasligini bilib qoladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:04:54
49. Maoz ibn Jabal roziyallohu anhu Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: "œQiyomat kunida banda to‘rt narsa haqida so‘ralmagunicha o‘rnidan qo‘zg‘almaydi. Umrini nima bilan o‘tkazgani haqida, jasadini (kuchini) nimaga ishlatgani haqida, ilmiga qanday amal qilgani haqida va nihoyat molni qaerdan topib, qaerga sarflagani haqida".

Ikrima roziyallohu anhu aytadiki: "œQiyomat kuni ota o‘g‘lining bo‘yniga osiladi va: "œEy o‘g‘lim, men dunyoda sening otang edim", deydi. O‘g‘li uni maqtab yaxshi ota edingiz, deb aytgach, otasi: "œEy o‘g‘lim, men sendan zarragina savobga muhtojman, shoyadki, o‘sha bilan ko‘rib turgan narsangdan (jahannamdan) qutulib qolsam", deydi. Shunda o‘g‘li: "œMen ham siz qo‘rqqan narsadan qo‘rqyapman, sizga hech narsa bera olmayman", deydi. Shunda otasi xotiniga yopishib: "œMen dunyoda sening ering edim", deydi. Xotini uni maqtab yaxshi er edingiz, deb aytgach, eri: "œMen sendan bittagina savob hadya qilishingni so‘rayman, shoyadki, men jahannamdan qutulib qolsam", deydi. Xotini aytadiki: "œMen unday qila olmayman, o‘zim ham siz qo‘rqqan narsadan qo‘rqib turibman", deydi. Shunda Alloh taolo aytadiki:

"œQiyomat kunida hech bir ko‘targuvchi (ya’ni gunohkor jon) o‘zga jonning yukini (ya’ni gunohini) ko‘tarmas. Agar og‘ir (gunoh egasi bo‘lgan jon birovni) o‘z yuki-gunohiga (ya’ni gunohining bir qismini ko‘tarishga) chorlasa, (garchi chorlaguvchi) yaqin qarindoshi bo‘lsa-da, u (gunohdan) biron narsa ko‘tarilmas, ya’ni u kunda har kim o‘z amali bilan mashg‘ul bo‘lib, ota bolaga, aka ukaga qarashga imkon topmas" (Fotir, 18).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:05:05
50. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladiki: "œKofir kishi u Kunning uzunligi tufayli o‘zining to‘kilgan terlaridan o‘zi jilovlanadi va "œEy Parvardigor! Do‘zaxga kirgizib bo‘lsa ham, menga rahm qil!" deb yuboradi"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:11:18
51. Ibn Abbos roziyalohu anhu Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlar: "œHar bir payg‘ambarga qabul bo‘ladigan bir duo berilgan, hamma payg‘ambarlar uni bu dunyoda qilib bo‘lishgan, men esa uni qiyomat kuni ummatimni shafoat qilish uchun olib qo‘yganman. Bilinglarki, men odam farzandlarining eng ulug‘iman, bunga faxrlanmayman. Qiyomat kuni yer birinchi bo‘lib mening ustimdan ochiladi. Bunga faxrlanmayman. Qiyomat kuni hamdu sano bayrog‘i mening qo‘limda bo‘ladi. Odamdan tortib hamma insonlar uning ostida turadilar. Bularga faxrlanmayman". Keyin aytdilarki: "œQiyomat kuni insonlarning g‘am-alami juda qattiqlashib ketadi. Ular Odam alayhissalomga kelib: "œEy insonlar otasi, Rabbing oldida bizni shafoat qil, tezroq hukmimizni chiqarsin", deydilar. Shunda Odam: "œMen unday qilolmayman, chunki xato qilib jannatdan chiqarilganman. Bugun meni o‘zimdan boshqa narsa qiziqtirmaydi, sizlar Nuhga borib ko‘ringlar, u rasullarning birinchisidir", deydi. Insonlar Nuh alayhissalomga kelib yuqoridagi so‘zlarni aytganlarida u kishi: "œMen Rabbimning oldiga bora olmayman, chunki duo qilib yer yuzidagi odamlarni cho‘ktirib yuborganman, bugun meni o‘zimdan boshqa narsa qiziqtir-maydi. Ibrohimga borib ko‘ringlar, Alloh uni o‘ziga do‘st tutgan edi", deydilar. Odamlar Ibrohim alayhissalomga borib, shu so‘zlarni aytishadi. "œMen bunga qodir emasman, chunki Islomda uch marta yolg‘on gapirganman" deydilar.

Rasululloh (s.a.v.) aytadilarki: "œIbrohim uch narsa bilan Islomda tortishgan, birinchisi, ushbu oyatda kelgandek:

"œYulduzlarga qarab turib, men kasalga yo‘liquvchidirman" dedi (Soffat, 88-89). Vaholanki, u paytda sog‘ edi. Ikkinchisi, (Ibrohim):
"œAytdi: "œYo‘q, bu ishni ularning kattasi mana bu (haykal) qildi" (Anbiyo, 63).
Uchinchisi, ayollarini singlim deb aytgan edilar..."

Ibrohim alayhissalom davom etdilarki: "œBugun o‘zim bilan o‘zim ovoraman, sizlar Musoga boringlar, Alloh u bilan farishtasiz bevosita so‘zlashgan edi", deydilar. Odamlar Muso alayhissalomga kelib, yuqoridagi iltimosni qilganlarida, u kishi: "œMen bunga qodir emasman, chunki men bir odamni nohaq o‘ldirib qo‘yganman, bugun o‘zim bilan o‘zim ovoraman. Sizlar Isoga boringlar, chunki u Allohning ruhi va so‘zi bo‘lgan", deydilar. Odamlar Iso alayhissalomga kelganlarida, u kishi: "œMen ham qodir emasman, insonlar Allohni qo‘yib meni va onamni iloh qilib olishgan. Bugun meni o‘zimdan boshqa narsa qiziqtirmaydi", deydilar. Keyin yana aytadilarki: "œAgar birortalaringizda biror narsa bo‘lsa-yu, uni xaltaga solib, ustini o‘rab qo‘ysa, o‘ralgan narsani ochmasdan turib, idishdagi narsani olib bo‘ladimi?" Shunda odamlar: "œYo‘q", deyishadi". Unday bo‘lsa, Muhammad (s.a.v.) bilan payg‘ambarlar yakunlangan. U bugun sizlarga vafo qiladi. Alloh uning avvalgi va keyingi gunohlarini kechirgan", deydilar".

Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki, "œO‘sha kuni insonlar me-ning oldimga kelishadi va men aytamanki: "œHa, men shafoat qilgayman. Alloh kimniki xohlasa va kimgaki rozi bo‘lsa". Keyin Alloh taolo o‘zi xohlagancha turib qoladi va hukm chiqarmoqchi bo‘lganida bir nido qiluvchi: "œMuhammad va uning ummati qani?" deb nido qiladi. Bizlar (men va ummatim) birinchi va oxirgilarmiz, (ya’ni, dunyoda oxirgilar va qiyomatda hisob qilinishda birinchimiz), keyin men va ummatim turgaymiz. Boshqa ummatlar bizga yo‘l ochib berishadi va insonlar orasida tahorat izlari badanimizda ot oyog‘idagi halqadek ko‘rinib turgan holatda o‘tamiz, insonlar bizga qarab: "œBu ummat hammasi payg‘ambar bo‘lishiga yaqin qolgan ekan", deydilar. So‘ngra jannat eshigiga borib, ochishlarini so‘raymiz. "œKimsiz?" deb aytiladi, men: "œAllohning payg‘ambari Muhammadman", deganimdan keyin eshik ochiladi, kirib Rabbimga sajda qilaman va shunday hamdu sanolarni aytamanki, ularni hech kim mendan oldin aytmagan, mendan keyin ham hech kim aytmaydi. Keyin menga aytiladiki: "œBoshingni ko‘tar, so‘zla, so‘zingga quloq solingaydir, so‘ra so‘raganing berilgaydir, shafoat qil, qabul qilingaydir!" Boshimni ko‘tarib, har bir qalbida bug‘doy yoki zarra misqolicha iymoni bo‘lgan, ya’ni "œLa ilaha illalloh Muhammadur-rasululloh" kalimasiga ishonchi bo‘lgan kishilarni shafoat qilaman".

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir kuni masjidga kirsalar, Ka’b-ul Ahbor insonlarga gapirib o‘tirgan ekan, shunda Umar unga: "œEy Ka’b, bizni qo‘rqitgin" debdi. Ka’b: "œAllohga qasamki, Alloh taoloning shunday farishtalari borki, yaratilgandan beri tik turadilar. Va boshqalari sajda qilgan hollarida boshlarini sur chalinguncha ko‘tarmaydilar, hammalari aytishadiki: "œYo Alloh! Sen poksan va maqtovga loyiqsan. Senga haqiqiy ibodat qila olmadik. Senga loyiq bo‘ladigan darajada ibodat qila olmadik!" Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasam ichamanki, qiyomat kuni jahannam yaqinlashtiriladi, undan baqiriq va o‘kiriklar eshitiladi, yaqinlashtirilganda shunday bir ovoz chiqaradiki, uni eshitgan har bir payg‘ambar ham, shahid ham tiz cho‘kib qoladi, har bir shahid: "œEy Parvardigoro, Sendan faqat o‘zimni so‘rayman", deydi. Ibrohim alayhissalom Ismoil va Ishoqni unutib: "œEy Rabbim, men do‘sting Ibrohimman!" deydilar... Ey Umar, agar o‘sha kuni senda yetmishta payg‘ambarning savobi bo‘lsa ham, najot topmayman, deb o‘ylaysan". O‘tirganlar hammalari dod deb yig‘laydilar.

Umar roziyallohu anhu buni ko‘rib: "œEy Ka’b, endi bizni suyuntirgin!" dedilar. Aytdiki: "œXursand bo‘linglar, Alloh taoloning uch yuz o‘n uchta shariati bor, qiyomat kuni qaysi banda shulardan birontasini qilib, ixlos kalimasi bilan kelsa, Alloh o‘sha bandani jannatga kirgizadi. Allohga qasamki, agar Allohning rahmatini qay darajada ekanini bilganlaringizda edi, amal qilishni kamaytirib qo‘yar edingiz!"

Ey birodar! Mana shunday kunga yaxshi amallarni qilishlik va yomon amallardan tiyilishlik bilan tayyorlan, qiyomatga yaqin vaqtda turibsan, u kunda umringga pushaymon qilasan, bilib qo‘yginki, agar o‘lsang, qiyomat boshlanadi. Mug‘iyra ibn Sho‘’ba aytganidek: "œSizlar, qiyomat, qiyomat deysizlar, sizlar o‘lishlaringiz bilan qiyomat boshlanadi".

Alqama ibn Qays bir odamning janozasida qatnashadilar va qabrga qo‘yib, dafn qilingach: "œBu bandaga qiyomat boshlandi", dedi. Bu gapni aytishining sababi shuki, inson o‘lsa, qiyomatda bo‘ladigan ishi aniq bo‘ladi, chunki u jannatni, do‘zaxni va farishtalarni ko‘radi, hech qanday amal qilishga qodir bo‘lmaydi, go‘yoki qiyomatga kelib qolgandek bo‘ladi, chunki o‘limi bilan uning amallariga xotima yasalgan bo‘ladi, qiyomat kuni qanday o‘lgan bo‘lsa, o‘shanday tiriladi. Kimniki amali yaxshilik bilan tugagan bo‘lsa, qanday yaxshi!

Abu Bakir al-Vositiy aytadiki: "œDavlat uchta bo‘ladi: hayotdagi davlat, o‘lim paytidagi davlat va qiyomatdagi davlat. Hayotdagi davlat — Allohning toatu ibodatini qilib yashashdir, o‘lim paytidagisi esa "œLa ilaha illalloh" kalimasi bilan joni chiqishidir, haqiqiy davlat esa qiyomat kuni jannat xushxabari berilishidir".
Rivoyat qilinadiki: Yahyo ibn Maoz Ar-Roziyning majlisida qiyomat kuni haqidagi

"œBiz muttaqiyn-taqvoli zotlarni otliq hollarda Rahmon dargohiga to‘playdigan va mujrim — jinoyatchi-kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni (eslang)!" (Maryam, 85, 86) degan oyat o‘qilganda, u kishi aytdi: "œEy insonlar, xotirjam yuraveringlar, ertaga mahshargohga yig‘ilasizlar, har tomondan to‘da-to‘da bo‘lib kelasizlar. Allohning oldida bitta-bitta turasizlar, amallaringiz haqida harfma-harf so‘roq qilinasizlar. Allohning do‘stlari Rahmonning oldiga ulovga mindirilgan holda olib boriladilar, gunohkor osiy bandalar jahannamga yuboriladilar, jahannamga to‘da-to‘da bo‘lib kiradilar. Bularning biri qachonki yer titrab, vayron bo‘lsa, Parvardigoringiz(ning hukmi) va farishtalar saf-saf bo‘lib kelsa, jahannam dard-hasratlar bilan keltirilsa, o‘shanda sodir bo‘ladi. Birodarlarim miqdori ellik ming yilga teng bo‘lgan kunda sizga voy bo‘lsin, titrab-qaltirash kuni, shoshilish-dovdirash kuni, qiyomat kuni, hasrat-nadomat kuni, u ulug‘ Kundir, insonlar olamlarning Rabbi huzurida turg‘iziladigan kun, zilzila bo‘ladigan kun, qichqiriq keladigan kun, haqiqat kuni, qalbni zirillatadigan kun! Allohga qaytiladigan kun, kishi qilgan amallariga qaraydigan kun, almashish kuni, insonlar amallarini ko‘rish uchun firqa-firqa bo‘lib boradigan kun, birov birovga yordam berolmaydigan kun, yuzlar oqaradigan va ba’zi yuzlar qorayadigan kun, hiyla-nayrang ish bermaydigan kun. Ota farzandini himoya qilolmaydigan, farzand otasiga yordam berolmaydigan kun, yomonliklari hamma yoqqa tarqab ketadigan kun, u kunda zolimlarning qilgan uzrlari foyda bermaydi, ularga yomon joy bordir, har kim o‘zigagina qayg‘uradigan kun, u kunda har bir emizguvchi emizadigan bolasini esdan chiqarib qo‘yadi, har bir homilador homilasini tashlab yuboradi, insonlarni mast bo‘libdi, deb o‘ylaysan, lekin ular mast emas, balki Allohning azobi qattiqdir".

Muqotil ibn Sulaymon aytadiki: "œMaxluqotlar qiyomat kuni yuz yil o‘z terlariga yuganlangan holatda turadilar, keyin yuz yil zulmatga hayron bo‘lib turadilar,  keyin yuz yil Rabbilarning huzurida bir-birlari bilan tortishib-talashib turadilar. Aytiladiki, qiyomat kunining miqdori ellik ming yildir. Allohga ixlos qilgan mo‘min uchun bu muddat xuddi bir soat o‘tgandek o‘tib ketadi".

Ey oqil inson, senga Alloh taolo qiyomat qiyinchiliklarini yengillatishi uchun sen o‘zing bu dunyodagi qiyinchiliklarga sabr qilib, Allohga toat-itoat qilmog‘ing lozim. Alloh o‘zi to‘g‘ri yo‘lga boshlaguvchidir.

___________
IV BOB. QIYOMATNING QO‘RQINCH VA DAHSHATLARI BOBI HADISLARI

1. Oyisha.
«Yo Rasululloh! Qiyomat kuni kishi yaxshi ko‘rgan odamini eslaydimi?...» Zaif*. Ahmad (110/6) va «Zaiful jome’» (1245) ga qarang.
2. Abu Hurayra.
Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: «Ikki nafha (sur)...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (4935) va Muslim (2955).
3. Abu Hurayra.
«Alloh taolo yeru osmonni yaratib bo‘lganidan keyin...» Zaif*. Ibn Jarir (31/30, 30/24, 110/17) va Bayhaqiy, «Al-ba’s van nushur» (236).
4. Abu Hurayra.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Ey insonlar va jinlar jamoasi...»* Oldingi 3-hadisdan bir juz’.
5. Nofe’ ibn Umar.
«Qiyomat kuni insonlar onalaridan tug‘ilgandek yalang‘och va yalangoyoq tiriladilar...» Ibn Kasir «Al-bidoya van-nihoya»da (267/1).
6. Maoz ibn Jabal.
«Qiyomat kunida banda narsa haqida so‘ralmaguncha...» Sahih*. Bazzor (157/4), Xatib (441/11) va «As-sahihatu» (946) ga qarang.
7. Ibn Mas’ud.
«Kofir kishi u kunning uzunligidan...» Zaif*. Abu Ya’lo va Hibbon (2582) «Al-matolibi-oliya» (270/4) va «Val-majma’a» (336/10) ga qarang.
8. Ibn Abbos.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Har bir payg‘ambarga qabul bo‘ladigan bir duo berilgan...» Hasan* Ahmad. (176/4) «As-Sunna» (797/818).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:11:38
V BOB. DO‘ZAX VA DO‘ZAX AHLINING SIFATLARI

52. Abu Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) aytadi: Abu Hurayradan, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin, rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: "œDo‘zax ming yil qip-qizil rangga kirguncha qizdiriladi, keyin yana ming yil oq rangga kirgunicha qizdiriladi, so‘ng ming yil yondirilib qizdirilib qop-qora qilinadi. O‘sha qoralik qop-qorong‘u tun kabidir".

Yazid ibn Mursaddan rivoyat qilinadi: u kishi ikki ko‘zidan yoshlarini hech to‘xtata olmas edi, ko‘p yig‘lab turaverganlaridan keyin, bu yig‘i ma’nosini so‘radilar. U aytdi: "œAgar bir gunoh qilganimda, Alloh taolo menga hammomda abadiy saqlayman deb, qo‘rqituv va’dasini bersa edi, ko‘z yoshimni to‘xtatmasligim to‘g‘ri bo‘lur edi. Endi qanday yig‘lamaymanki, Alloh taolo uch ming yil qizdirilgan do‘zaxga qamayman, deb turgan bo‘lsa!"

Mujohiddan rivoyat qilinadi: "œDo‘zaxda bir choh - quduq bor, unda tuyaning bo‘ynidek ilonlar, xachirdek chayonlar bor. Do‘zax ahli o‘sha ilonlarni ko‘rib qochishadi. Ularni o‘sha ilonlar lablari bilan yamlab olishadi, so‘ngra soch va tirnoqlari orasidagi nimaiki bo‘lsa, kesib yoki archib tashlashadi. Ular faqat do‘zaxga kirish bilangina bu azobdan qutulishadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:11:47
53. Abdulloh ibn Juz’dan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œDo‘zaxda tuyaning bo‘ynidek ilonlar bor. Agar birontasi chaqsa, uning harorati qirq yilgacha ketmaydi va yana do‘zaxda xachirlardek chayonlar bor, agar birontani chaqsa, uning harorati qirq yilgacha turadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:11:59
54. Ibn Mas’uddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œBu dunyodagi olovlaringiz do‘zax o‘tining yetmish barobaridan biridir. Agar o‘sha olovni dengizga ikki marta tashlasalar, uning suvidan foydalanib bo‘lmaydi.

Mujohid aytadi: "œAlbatta sizlarning olovlaringiz jahannamdan panoh tilaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:13:10
55. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œDo‘zaxda beriladigan eng yengil azob ikki oyog‘iga olovdan kovush kiygizib qo‘yishdir, uning issiqligidan miyasi qaynaydi, go‘yoki u suv qaynatiladigan idishdek, qulog‘ida va jag‘ida cho‘g‘ turgandek, lablari o‘tning issiqligidadir. Qornidagi narsalar ikki oyog‘ining tagidan oqib chiqadi. U, menga do‘zaxning eng qattiq azobi bo‘lyapti, deb o‘ylaydi, aksincha, bu azob, do‘zax ahli uchun eng yengil azobdir".

Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat etiladi:
"œDo‘zax ahllari Molikni (do‘zaxning boshlig‘ini) chaqirishadi. Ularga qirq yil  javob berilmaydi, keyin ularga: "œSizlar (mana shu azobda mangu) turguvchisizlar" (Zuxxuf, 77), degan javob beriladi. Keyin Allohga duo qiladilar: "œParvardigoro, bizlarni (jahannamdan hayoti-dunyoga) chiqargin. Bas, agar yana (kufr va tug‘yonga) qaytsak,  u holda,  shak-shubhasiz (o‘z jonimizga) jabr qiluvchilarmiz" (Mo‘minlar, 107).

Dunyo ikki marta aylanganchalik muddat ularga javob berilmaydi, keyin aytiladi:
"œU yerda (jahannamda) xor bo‘linglar va Menga gapirmanglar" (Mo‘minlar, 108).

Faqih aytadi: Allohga qasamki, o‘sha gapdan keyin qavm bir og‘iz ham gapirmaydi. Undan keyin ular qiyinchilik bilan nafas olib, qiyinchilik bilan chiqaradilar. Ularning ovozlari olovning issiqlik ovoziga o‘xshaydi. Birinchisi — nafas olishlik; oxirgisi — nafas chiqarishlikdir.

Qatoda aytadi: "œEy qavm, bu narsadan qutulishlikka chora bormi? Yoki sabr qilasizlarmi? Ey qavm, Allohga toat-ibodat qilmoqlik yengilroqdir. Allohga itoat qi-linglar!"

Aytiladiki, do‘zax ahllari ming yil qo‘rqib turishadi, so‘ngra, agar dunyoda sabr qilganimizda, qutulgan bo‘lar edik, deyishadi. Keyin yana ming yil sabr qilinadi. Ularga azob yengillatilmaydi. Keyin aytadilarki: "œ(Endi esa) dod-voy qilamizmi, sabr etamizmi, biz uchun barobardir — hech qanday najot yo‘qdir" (Ibrohim, 21).

So‘ngra Alloh taolodan chanqoqlik va qattiq azob tufayli ming yil yomg‘ir so‘rashar ekan, issiqlik va chanqoqlikni ozgina ketkazish uchun yana ming yil yalinib-yolvorishar ekan. Alloh taolo Jabroilga aytadi: "œUlar nimani talab qilyaptilar?" Jabroil: "œEy Rabbim, ularni o‘zing biluvchisan. Ular yomg‘ir so‘rashayaptilar", deb aytadi. Keyin ularga qizil bulutlarni tashlaydi. Ular yomg‘ir tushadi, deb o‘ylaydilar. Alloh taolo xachirdek chayonlarni tushiradi. Ulardan birontasi biron kishini chaqsa, uning og‘rig‘i ming yil ketmaydi. Shundan so‘ng yana ming yil Alloh taolodan yomg‘ir bilan rizqlantirishini so‘rashadi. Ularga qora bulutlarni ko‘rsatishadi. Ular bu yomg‘ir buluti, deyishadi. Tuyalarnning bo‘ynidek ilonlar yuboriladi.
Bittasi bir chaqsa, uning alami ming yil ketmaydi.

Bu muammo Alloh kalomidandir:
"œKofir bo‘lgan va (odamlarni) Alloh yo‘lidan to‘sgan kimsalarga buzg‘unchilik qilganliklari sababli azob ustiga azobni ziyoda qilurmiz" (Nahl, 88). Ya’ni, bular kufr keltirganlar va gunoh qilganlardir. Kimki azobidan qutulmoqni va Allohning savoblariga erishmoqni xohlasa, bu dunyo mashaqqatlariga sabr qilmog‘i, Allohning toatida turib, gunohlaridan, dunyo shahvatlaridan saqlanmog‘i kerak bo‘ladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:13:22
56. Xabarda kelganidek: "œAlbatta, jannat kishi yoqtirmaydigan narsalar bilan o‘ralgan: do‘zax esa shahvatli narsalar bilan o‘ralgandir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:13:32
57. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "œAlloh taolo Jabroilni chaqirdi, keyin jannatga yuborib: "œJannat ahli uchun nima hozirlaganimni borib ko‘rgin", dedi. Jabroil qaytib kelib: "œSening izzating haqqi, u yerni faqat inson eshitsayoq, kiradi", dedi. So‘ng jannat inson tabiati karih ko‘rgan narsalar bilan o‘raldi. Keyin yana Alloh aytadi: "œJannatga qaytib yana qaragin". So‘ngra u qaytib: "œSening izzating haqqi qo‘rqdimki, unga hech kim kirmaydi, deb". Keyin uni do‘zaxga yubordi: "œDo‘zaxga qaragin va uning ahliga nima tayyorlaganimni ko‘rgin". Jabroil qaytib kelib: "œYo Alloh, agar uni eshitsa, unga hech kim kirmaydi" dedi. So‘ng do‘zax shahvatlar bilan o‘raldi". Alloh aytdi: "œQaytib borgin va qaragin unga". Keyin qaytib keldi: "œSening izzating va ulug‘liging haqqi, yo Alloh, hech kim do‘zaxga kirmay qolmaydi, deb qo‘rqdim", dedi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:14:49
58. Payg‘ambar (s.a.v.): "œDo‘zaxni xohlaganingizcha tasavvur qilinglar, qanchalik tasavvur qilsangizlar ham, do‘zax sizlar o‘ylagandan ko‘ra qattiqroq", dedilar.

Otam Maymun ibn Mahrondan rivoyat qilib aytadi:
"œAlbatta, jahannam ularning hammalariga va’da qilingan joydir" (Hijr, 43), oyati tushganida Salmon, Alloh undan rozi bo‘lsin, qo‘llarini bo‘yniga qo‘yib, uch kungacha qochib ketgan ekan, u kishini olib kelishgandan keyingina bu holat to‘xtadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:15:53
59. Yazid Raqqoshiy Anas ibn Molikdan rivoyat qiladi: "œJabroil alayhissalom Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kutilmagan vaqtda, ranglari o‘zgarib keldi. Payg‘ambarimiz: "œSenga nima bo‘ldi, ranging o‘zgargan?" deb so‘radilar. Jabroil aytdi: "œEy Muhammad, hozir men Alloh taolo do‘zax o‘t yoquvchisiga o‘t yoqishni buyurgan vaqtda sizning oldingizga keldim. Jahannam haqdir. Olov haqdir. Qabrdagi azob haqdir. Allohning azobi qattiqroqdir, deb bilgan odam ulardan omonda bo‘lmagunicha ko‘zi quvonmasligi kerak". Payg‘ambarimiz: "œYo Jabroil, jahannamni sifatlab ber?" deb aytdilar.

"œHa, albatta, Alloh taolo jahannamni yaratgan vaqtda ming yil qizdirdi, qip-qizil bo‘ldi. So‘ng ming yil qizdirdi, oq bo‘ldi, so‘ng yana ming yil qizdirdi, qop-qora bo‘ldi. Bu qoralik qorong‘ulikdir, uning issig‘i o‘chmaydi. Cho‘g‘lari so‘nmaydi. Sizni yuborgan Zotga qasamki, agar undan ignaning teshigidek teshik ochilsa, dunyo ahlining hammasi uning haroratidan yonib ketar edi. Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, agar do‘zax ahlining ko‘ylaklaridan biri osmon va yer orasiga osib qo‘yilsa, uning sassiqligidan, issiqligidan butun yer aholisi o‘lib ketardi, sizni haq bilan jo‘natgan Zotga qasamki, agar Alloh taolo o‘zining Kitobida zikr qilgan bir quloch do‘zax zanjiri tog‘ning ustiga qo‘yilsa, u erib ketadi va yer yetti bo‘lakka aylanadi. Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, agar kishini mag‘ribda jazolasa, mashriqda turgan kishi unga berilgan qattiq azobdan yonadi. Uning issig‘i qattiqdir. Qa’ri juda chuqur, bezagi — temir, ichkiligi — yiring, kiyimlari — olovning bo‘laklari-dandir, uning yetti eshigi bo‘lib, har bir eshigi ayollar va erkaklar uchun bo‘lingan".

Payg‘ambar (s.a.v.): "œUning eshiklari bizning eshiklarimizga o‘xshaydimi?" deb so‘radilar. Aytdi: "œYo‘q, lekin u ochilgan, ular past-balanddir, bir eshik bilan ikkinchi eshik orasi yetmish yillik yo‘ldir. Har bir eshikning issiqligi keyingisidan yetmish barobardir. Allohning dushmanlarini unga haydab kelishadi. Eshik oldiga yetganlarida ularni do‘zax xodimlari zanjir va temir arqonlar bilan kutib olishadi. Zanjirni og‘zilaridan kirgizib, orqalaridan chiqaradi. Chap qo‘lini bo‘yniga, o‘ng qo‘lini yuragiga bog‘laydi va ikki yelkasidan chiqarib qo‘yadi. Zanjirlar bilan bog‘lab tashlaydilar. Odamni shayton bilan birga zanjirda yaqinlashtiradi, yuzidan tortiladi, maloikalar temirdan bo‘lgan tayyoqlar bilan urishadi.

"œHammalari bu g‘amdan chiqishni xohlaganlarida u yerga qay-tarilaveradilar" (Haj, 22). Payg‘ambar(s.a.v.) so‘radilar: "œBu eshiklarda turuvchilar kimlar?" Jabroil aytdi: "œBirinchi past eshikda munofiqlar, dasturxon ashoblaridan kufr  keltirganlar hamda Fir’avn ahli turadi. U (eshik)ning nomi Hoviyadir. Ikkinchisida mushriklar tura-di, uning oti Jahim. Uchinchi eshikda quyoshga sig‘inuvchilar turadi, uning ismi Sahar. To‘rtinchisida iblis, unga ergash-ganlar hamda majusiylar turadi, uning oti Lazodir. Be-shinchisida yahudlar turadi, uning ismi Hutamadir. Oltin-chisida nasorolar turadi, uning ismi Sa’ir". Keyin Jab-roil Payg‘ambar alayhissalomdan uyalib to‘xtadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œYettinchisining xabarini bermaysan-mi?" Jabroil alayhissalom aytdi: "œUnda sizning umma-tingizdan katta gunohlar qilib, keyin tavba qilmaganlar turadi". Payg‘ambar (s.a.v.) hushlaridan ketdilar. Jabroil u kishining boshlarini o‘zlariga kelgunlaricha ko‘kragiga qo‘yib turdi. O‘zlariga kelib: "œYo Jabroil, musibatim ulug‘ bo‘ldi, xafaligim qattiqlashdi, mening ummatimdan birontasi do‘zaxga kiradimi?" "œHa, sizning um-matin-gizdan katta gunohi kabira qilganlari do‘zaxga kiradi".

Keyin Payg‘ambar (s.a.v.) yig‘ladilar. Jabroil ham yig‘ladi. Payg‘ambar (s.a.v.) uylariga kirib, odamlardan berkinib oldilar, faqat namozga chiqardilar, hech kimga gapirmasdan kirib ketardilar. Namozlarda Alloh taologa tazarru’lar qilib yig‘lardilar. Uchinchi kuni bo‘lganda Abu Bakr keldi. Eshiklari oldiga kelib: "œAssalomu alaykum ey rahmat uyining egalari, Rasululloh huzurlariga kirsam bo‘ladimi?" deb javob olmadi, yig‘lab burchakda turdi. So‘ngra, Umar, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin: "œRasululloh huzurlariga kirsam maylimi?" deb javob ololmadi, yig‘lab chetga chiqdi. Keyin Salmon roziyallohu anhu eshik oldiga kelib to‘xtadi: "œAssalomu alaykum, ey rahmat uyining egalari. Rasululloh huzurlariga kirsam maylimi?" dedi. Hech kim javob bermadi, yana bir marta yig‘lab keldi, yana javob bo‘lmagandan keyin, Fotima onamizning eshiklari oldiga keldi, so‘ng aytdi: "œAssalomu alaykum ey Rasulullohning qizlari!" Hazrat Ali, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin, o‘sha kuni uylarida yo‘q edi. Salmon aytdi: "œEy Payg‘ambarning qizlari Fotima! Rasululloh odamlarga ko‘rinmayaptilar. Namozdan boshqa hech joyga bormayaptilar, hech kimga gapirmayaptilar, kirishga hech kimga ruxsat bermayaptilar". Fotima onamiz boshlariga paxtalik yopinchig‘ini yopib, Payg‘ambarning (s.a.v.) eshiklariga keldi. Keyin salom berdi va aytdi: "œYo Allohning elchisi, men qizingiz Fotima, kirishdan to‘silib turibman". Rasululoh sajda qilgan hollarida yig‘lab turgan edilar, boshlarini ko‘tarib: "œNima uchun ko‘zimning nuri bo‘lgan qizim Fotima mendan to‘siladi? Eshikni unga ochinglar!" eshikni ochganlaridan keyin kirdi, shu vaqtda Rasulullohga qarab, u kishining yuzlari sarg‘aygan, holatlari o‘zgargan, yig‘i va xafalikdan yuzdagi etlari so‘lganini ko‘rib, u ham yig‘lab yubordi: "œEy Allohning elchisi! Sizga nima bo‘ldi".

"œEy qizim Fotima, Jabroil kelib, jahannamning eshiklarini sifatladi, mening ummatimning gunohkorlari jahannamning eng tepa eshigida turar ekan, o‘sha narsa meni yig‘latib, xafa qildi", dedilar.
"œEy Allohning elchisi, unga qanday kirishar ekan?"

Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "œHa, ularni maloikalar do‘zaxga haydab kelishar ekan. Ularning yuzlari qoraymas ekan, ko‘zlari ko‘karmas ekan, og‘zilari muhrlanmas ekan, shayton bilan birga olib kelinmas ekan. Ularga temir arqon va zanjirlar solinmas ekan".

Fotima roziyallohu anho aytdi: "œYo Allohning elchisi! Maloikalar qanday olib keladilar?"

Rasululloh aytdilar: "œErkaklarni soqollari bilan, ayollarni kokillari bilan olib kelishadi. Ummatimning soch-soqoli oqarganlarining ko‘pchiligi soqollaridan ushlanadi, keyin do‘zaxga yuboriladi. U baqiradi: "œEy qariligim, ey zaifligim", deb. Qancha yigitlar soqollaridan ushlanib, do‘zaxga tashlanadi. Ular yig‘lab baqiradiki: "œEy yoshligim, ey chiroyli ko‘rkamligim!" deb. Ummatimdan qancha xotinlar peshonalaridan ushlanib, do‘zaxga haydaladi va baqiradiki: "œEy sharmandaligim!" deb, hattoki ular do‘zaxning boshlig‘i Molikning oldiga keltirilganlarida, Molik aytar ekan: "œBular kimlar, bularga o‘xshagan qavm hali mening oldimga kelmagan edi. Bularning yuzlari qora bo‘lmaganida, ko‘zlari ko‘karmaganidan, og‘zilari berki-tilmagandan, shaytonga yaqinlashtirilmaganligidan, bo‘yinlarida temir arqon va zanjirlar solinmaganidan ajablanyapman". Maloikalar aytishar ekan: "œBiz mana bu holatda bularni senga olib kelishga buyurildik". Molik aytar ekan: "œEy baxtsizlar jamoasi, kim bo‘lasizlar?" "œXabarda kelishicha, maloikalar haydab kelishayotganda: "œVoh! Muhammado!" deb baqirib turishar ekan. Molikni ko‘rgandan keyin uning kattaligidan Muhammadning (s.a.v.) ismlarini unutishar ekan. Molik so‘rar ekan: "œKimsizlar?" Ular: "œBizlar Qur’on tushirilgan va ramazonlar (ro‘zasi)ni tutganlardanmiz", deb javob berar ekanlar. Molik aytar ekan: "œQur’on faqat Muhammadning (s.a.v.) ummatiga tushgan". Ular Muhammadning (s.a.v.) ismlarini eshitib, qichqirar ekanlar: "œBizlar Muhammadning (s.a.v.) ummatidanmiz". Molik "œQur’onda Alloh taologa gunoh qilishdan qaytarguvchi oyatlar yo‘q edimi?" deydi. Ularni do‘zaxning chetida to‘xtatishadi. Do‘zaxga va uning xodimlariga qaraydilar va aytadilar: "œEy Molik, bizga o‘zimizning holimizga yig‘lashga izn bergin!" Ularga ruxsat beriladi. Ko‘z yoshlarini to‘kishadi. Undan hech narsa qolmagandan keyin qon yig‘lar ekanlar. Molik aytadi: "œBu qanday ham yaxshi yig‘i bo‘lar edi, agar dunyoda bo‘lganida. Bas, agar sizlar bu yig‘ini Allohdan qo‘rqib qilganlaringizda edi, bu kunda bu yerda turmas edingizlar". Keyin Molik zaboniyalarga: "œUlarni do‘zaxga tashlanglar!" deb buyruq beradi. Shu paytda hammalari: «La ilaha illalloh!» deb baqirishadi. Ulardan do‘zax qaytadi, so‘ngra Molik aytadi: "œEy do‘zax, ularni olgin". Do‘zax "œUlarni qanday o‘zimga olayin? Ular: "œLa ilaha illalloh" deb turibdilar-ku" deydi. Molik aytadiki: "œHa arshning Egasi buyurdi, olasan ularni". Ularni o‘ziga olar ekan. Bir xillarini oyoqlaridan, bir xillarini tizzalaridan, bir xillarini bellaridan, bir xillarini kindigidan olarkan. Do‘zaxning olovi ularning yuziga yopishsa, Molik: "œUlarning yuzlarini yondirmagin, ular bu yuz bilan Allohga sajda qilganlar, qalblarini yondirmagin, ular ko‘pincha Ramazon oyida chanqoq bo‘lganlar". So‘ngra Alloh xohlagancha turishar ekan, aytar ekanlar: "œYo Alloh, yo Mannon! Rahm qilguvchilarning rahmlirog‘i!" Keyin Alloh taolo hukmini bajargandan keyin aytadi: "œEy Jabroil! Muhammadning (s.a.v.) gunohkor ummatlari nima qilindi?" Jabroil: "œAlloh o‘zing bilguvchiroqsan ularning ishini", der. Alloh aytadi: "œBorgil, ularning holiga qaragil!" Jabroil alayhissalom do‘zaxning o‘rtasida o‘tdan qilingan minbarda o‘tirgan Molikning oldiga jo‘naydi. Molik Jabroilni ko‘rib, o‘rnidan turadi va: "œEy Jabroil! Nimaga kirdingiz?" deb so‘raydi.

 "œMuhammadning (s.a.v.) ummatlaridan gunohkorlarini nima qilding?"
Molik: "œUlarning ahvollari naqadar yomon, ularning turgan joylari naqadar tor. Ularning badanlari yondirilyapti, go‘shtlari yeyilyapti, yuzlari, qalblari esa imon bo‘lgani uchun qoldi". Jabroil: "œTabaqni olgin, ularga qarayman" deydi. Molik buyurib, ulardan yopqich ­ qapqoqni olishadi. Ular Jabroilning yuzi ko‘rkamligidan, azob farishtasi emasligini biladilar. "œKim bu banda, oldin bunday kishini ko‘rmagan edik?" Molik: "œBu Jabroildir. U Muhammadga (s.a.v.) vahiy keltirgan", deydi. Ular Muhammad (s.a.v.) ismlarini eshitib, baqiradilar: "œEy Jabroil, Muhammadga (s.a.v.) bizdan salom yetkazgin. Bizning va sizning oralarimizda bo‘lib o‘tgan gunohkorligimizdan xabar qilgin. Bizning yomon holimizdan xabar bergin". Jabroil Allohning huzuriga borib turadi. Alloh taolo aytadi: "œMuhammadning (s.a.v.) ummatini qanday holda ko‘rding?" "œEy Rabbim, ularning hollari yomon, joylari tor". Alloh so‘raydi: "œSendan biron narsa so‘rashdimi?" "œEy Rabbim, ular mendan Payg‘ambarlariga salom aytmog‘imni va o‘zlarining ahvoli yomonligini yetkazishimni so‘rashdi". Alloh aytadi: "œBorgil, u kishiga xabar bergil". Jabroil Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga jo‘naydi. Muhammad (s.a.v.) eshiklari to‘rt ming bo‘lgan, har bir eshik ikki tabaqali, oltindan qilingan, oq dur qasrda turadilar. Jabroil alayhissalom aytadi: "œEy Muhammad (s.a.v.) sizning do‘zaxda azoblanayotgan gunohkor ummatlaringiz oldidan keldim. Ular sizga salom aytdilar. Ahvollari yomonligini, joylari torligini aytdilar". Payg‘ambar (s.a.v.) Arshning tagiga kelib o‘zlarini sajdaga tashlaydilar. Allohga hamdu sano aytadilar, bundan oldin u kishi kabi sano o‘qigan odam yo‘q edi. Alloh aytadi: "œBoshingni ko‘targil, so‘ragan narsang berilgaydir, Shafoat qil, shafoatlangaysen". Aytdilar: "œEy ummatim baxtsizlarining Rabbisi! Sen ularga hukmingni o‘tkazding, ulardan o‘ch olding, endi meni ularga shafoatchi qilgin!" Alloh aytadi: "œSeni ularga shafoatchi qildim, do‘zaxga borgin, hammasini chiqargin". Payg‘ambar (s.a.v.) borganlarida Molik u kishini ko‘rib, ehtirom bilan o‘rnilaridan turadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œEy Molik! Baxtsiz ummatimning holi qanday?" Molik: "œUlarning hollari yomon, joylari tor", deydi. "œEshikni och, yopilgan narsani ol!" Shu payt do‘zax ahli Muhammad (s.a.v.) ko‘rib, hammalari qichqirib yuboradilar: "œEy Muhammad sallallohu alayhi vasallam! Do‘zax terilarimizni yondirdi, jigarlarimizni kuydirdi!"

Hammalari do‘zaxdan chiqariladilar. Ular ko‘mirdek bo‘lib qolgan edilar, olovni yeganlaridan. Ular jannat darvozasidagi Hayot daryosiga borishadi, u yerda cho‘milishib, yosh, balog‘atga yetgan yigitlardek bo‘lib chiqishadi. Go‘yoki ularning yuzlari oydekdir. Peshonalariga "œdo‘zaxilar" deb yozilgan edi. Alloh ularni do‘zaxdan ozod qiladi. So‘ngra jannatga kiradilar. Musulmonlarning jannatga kirganlarini ko‘rgan kofirlar aytadi: "œKoshki biz ham musulmon bo‘lsak, biz ham do‘zaxdan qutulsak". Alloh taolo aytadi:

"œHali (qiyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qolurlar". (Hijr, 2).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:16:52
60. Rivoyat qilindi: "œRasululloh aytdilar: "œO‘lim  go‘yoki chiroyli qo‘chqor ko‘rinishida keltiriladi. So‘ngra aytiladi: "œEy jannat ahllari, o‘limni bilasizlarmi?" Unga qarab, uni taniydilar. Ularga aytiladi: "œEy ahli do‘zax, o‘limni bilasizlarmi?" Unga qarab, uni taniydilar. So‘ngra jannat va do‘zax o‘rtasida o‘lim so‘yiladi. Keyin aytiladi: "œEy ahli jannat, o‘lmasdan abadiy qolmoq bor va ey ahli do‘zax, o‘lmasdan abadiy qolmoq bor!"

Bu to‘g‘rida Alloh taolo aytadi:
"œEy Muhammad! Siz ularni (ya’ni mushriklarni) barcha ish bitirilib (ya’ni jannat ahli jannatga, do‘zaxilar do‘zaxga hukm qilingan, ular) hasrat-nadomat qilib qoladigan kundan ­ qiyomatdan qo‘rqiting" (Maryam, 39).

Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œFojir kimsa ne’mat bilan xursand bo‘lmasin. Albatta, uning orqasidan ko‘pincha tezkor narsa kelgay, u jahannamdir. Alloh taolo aytdi:
"œHar qachon jahannam o‘ti susaysa, bas, Biz ularga olovni lovullatib yuborurmiz" (Al-Isro, 97).
Alloh bilguvchiroqdir.

___________
V BOB. DO‘ZAX VA DO‘ZAX AHLINING  SIFATLARI BOBI HADISLARI

1. Abu Hurayra.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: "œDo‘zax ming yil qip-qizil rangga kirgungacha qizdiriladi..." Zaif*. Termiziy (2591) va Ibn Moja (4320). "œAz-Zaiyfatu" (1305) ga qarang.
2. Abdulloh ibn Jubayir.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œDo‘zaxda tuyaning bo‘ynidek ilonlar bor..." Zaif*. Ahmad (191/4) va Asad ibn Musa (22), Ibn Hibbon (2613), Hokim (533/4) va Bayhaqiy, "œAsh-sha’ab" (561).
3. Ibn Mas’ud.
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œBu dunyodagi olovlaringiz..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3265/6) va Muslim (2843/4).
4. Hadis.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Do‘zaxda kishiga beriladigan eng yengil azob...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6562/11) va Muslim (213).
5. Hadis.
"œAlbatta jannat kishi yoqtirmaydigan..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6487/11) va Muslim (2822/4).
6. Abu Hurayra.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo Jabroilni chaqirdi...» Hasan. Sahih*. Termiziy (2560), Nasoiy (37), Ahmad (332/2) va Hokim (26/1).
7. Anas ibn Molik.
«Jabroil alayhissalom Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kutilmagan vaqtda, ranglari o‘zgarib keldilar...» Zaif*. «Al-majma’a» (387/10) va «At-taxvif minan nor» (63/34 bet).
8. Hadis.
«Rasululloh aytdilar: «O‘lim go‘yoki chiroyli qo‘chqor ko‘rinishida keltiriladi...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (4730/7) va Muslim (2849/4).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:17:11
VI BOB. JANNATNING VA JANNAT AHLINING SIFATLARI

61. Abu Lays Samarqandiy aytadi: Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Dedikki: "œYo Rasululloh, jannat nimadan yaratilgan?" Aytdilar: "œSuvdan". "œYo Rasululloh, jannatning binosidan bizga xabar bering!" Rasululloh aytdilar: "œJannat tillo va kumush g‘ishtlardandir. Uning loyi yangi mushkdan, tuprog‘i za’farondan, uning kichkina toshchalari marvarid va yoqutdandir, kim unga kirsa, ne’matlanadi, noumid bo‘lmaydi va abadiy qoladi, o‘lmaydi, kiyimi ho‘l bo‘lmaydi va hech ham yoshligi ketmaydi". So‘ng aytdilar: "œUch nafar kishilarning duosi qaytarilmaydi: adolatli podshohlarning, og‘zini ochayotgan ro‘zadorning va mazlumning duosi. Chunki uning duosi bulut ustiga ko‘tariladi. Alloh unga qarab aytadi: "œIzzatim va ulug‘ligimga qasamki, albatta, senga yordam beraman, agar keyinchalik bo‘lsa ham!"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:19:10
62. Faqih aytadi:  Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: "œJannatda bir daraxt bor, biron ulovga mingan yo‘lovchi uning soyasida yuz yil yursa ham oxiriga yetmaydi, xohlasangizlar, mana o‘qingizlar: "œO‘ng tomon egalari!.. o‘ng tomon egalari (bo‘lmoq) ne (saodat)dir! (Ular) tikansiz sadrzorlarda... Tizilgan bananzorlarda... Uzaygan soyada... oqizib qo‘yilgan suv (bo‘yi)da..." (Voqea, 30).

Jannatda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, insonning ko‘ngliga kelmagan narsalar bor, xohlasangizlar, o‘qinglar:
"œBas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (oxirat ne’matini) biron jon bilmas" (Sajda, 17).

Albatta, jannatdagi qamchidek joy dunyodan va undagi hamma narsalardan yaxshidir, xohlasalaringiz o‘qinglar: "œBas, kim do‘zaxdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, muhaqqaq (baxt-saodatga) erishgay". (Oli Imron, 185).

Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œJannatda bir hur bor, uni ovunchoh deb atashadi, u to‘rt narsadan: mushk, anbar, kofur va za’farondan yaralgan. Uning loyi hayot suvida qorilgan. Alloh unga: "œBo‘l!" degan ­ bo‘lgan va hamma hurlar unga oshiqdirlar. Agar o‘sha hur dengizga bir marta tuflasa, uning suvi shirin bo‘lib qoladi. Uning bo‘yniga yozilgan: "œKim menga yetishmoqni istasa, Allohimga itoat qilsin!"

Mujohid aytadi: "œJannatning yeri kumushdan, uning tuprog‘i mushkdan, daraxtlarining tomirlari oltin va kumushdandir, shoxlari marvarid va zabarjaddan, barglari va mevalari ham shulardandir.

Kimki tik turib yesa, unga ozor yetmaydi, Kim o‘tirib yesa, unga ozor yetmaydi. Yotib yesa ham, ozor yetmaydi". Keyin bu oyatni o‘qidi:
"œ(Jannat) soyalari ular yaqin va mevalari ham (uzib tanovul qilish oson bo‘lishi uchun) egib qo‘yilgan bo‘lur" (Inson, 14).
Ya’ni, uning mevalari yaqin qilinib, uni yotib ham, turib ham, o‘tirib ham yeyilaveradi.

Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œQur’onni Muhammad sallallohu alayhi vasallamga tushirgan Zotga qasamki, jannat ahllarining chiroylari va husnlari ziyodalashib boraveradi, mana bu dunyoda qarilik ziyodalashganidek".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:19:19
63. Faqih aytadi: Suhaybdan rivoyat qilinadiki, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œJannat egalari jannatga, do‘zax egalari do‘zaxga kirgach, chaqirguvchi nido qiladi: "œEy jannat egalari! Alloh taolo sizlarga va’da qilgan narsalarni bermoqni xohlaydi. Aytdilar: "œU nimadir? Axir, tarozularimizni og‘ir qilmadimi, ko‘zimizni oq (yorug‘) qilmadimi? Do‘zaxdan chiqarib, jannatga kirgizmadimi? Yana nima beradi?" So‘ngra aytdi: "œHijobni ochadi, unga qaraydilar, mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ularga berilgan narsalarning eng yaxshirog‘i Allohning yuziin ko‘rmoqlikdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:19:28
64. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: "œJabroil Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga oq oyna olib keldi. Unda bitta qora nuqta bor edi. Payg‘ambar (s.a.v.): "œYo Jabroil, bu qanday oq oyna?" dedilar. Aytdi: "œBu jumadir, qora nuqta - jumada qoyim bo‘ladigan vaqt. Bu sizga va qavmingizga oldingi qavmlardan ortiq qilingan jumadir! U oldingilar nosaro va yahudlardir. Shu jumada bir soat bor. Shu soatda mo‘min banda Allohdan nimaiki so‘ralsa, Alloh istijob qiladi va har qanday yomonlikdan panoh tilasa, o‘shandan panoh beradi. Bu juma mening nazdimda ziyoda qilingan kundir!"

Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œZiyodalashgan kun nimadir?"
Jabroil aytdi: "œAlbatta, Rabbingiz firdavsda bir vodiyni olgan. Unda mushkdan tepalik bor. Juma kuni bo‘lsa, payg‘ambar nuridan bo‘lgan minbarlar bilan qoplanadi. Nur minbarlari tillo minbarlardir. Yoqut va zabarjadlar bilan o‘ralgan. Unda siddiqlar, shahidlar, solihlar turadilar. Qur’on ahli xonalaridan chiqadilar. O‘sha mushkli tepalikda sohiblaridan keyin kelib o‘tirishadi. Rabbilari oldiga to‘planishadi. Allohga hamd o‘qiydilar, sano aytadilar. Alloh taolo ularga: "œMendan so‘ranglar!" deydi. Aytishadiki: "œSendan roziligingni so‘raymiz!" Alloh: "œSizlardan roziman! Sizlarga jannatni, uyimni ziynatladim, sizlarga barcha ne’matlarimni yetkazdim!" Keyin ularga o‘zining ravshanligini ko‘rsatdi va Alloh taolo bergan kunlarning ichida eng yaxshirog‘i juma bo‘lib qoldi, saxovatdan ziyoda qilgani uchun".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:19:38
65. Xabarda rivoyat qilinadi: "œAlbatta, Alloh taolo maloikalarga aytar ekan: "œDo‘stlarimni taomlantiringlar!" deb. Turli xil taomlar keltiriladi. Har bir luqmalarida boshqalarida yo‘q lazzatni topadilar. Taomdan forig‘ bo‘lishgan bo‘lsalar, "œBandalarimning chanqog‘ini qondiringlar!" deydi. Bir ichimliklar keltirishar ekan, har bir ichimlikning ikkinchi ichimlikda topilmaydigan lazzati bo‘ladi. Undan ham forig‘ bo‘lsalar, Alloh aytadi: "œMen sizlarning Rabbingizdirman, sizlarga bergan va’damga sodiq bo‘ldim. Bas, sizlar so‘ranglar, bergayman" Aytadilar: "œYo Rabb! Sening roziligingni so‘raymiz!" deya ikki-uch marta aytishdi, so‘ngra Alloh taolo: "œSizlardan rozi bo‘ldim! Menda ziyoda qilingan narsalar bor, bu karomatlarimdan ham kattarog‘i bilan sizlarni bugun ikrom qilgayman!" deb hijobni ochadi. Allohga xohlagancha qaraydilar, Unga sajda qilgan holda o‘zlarini tashlaydilar. Ular sajdada Alloh taolo xohlagancha bo‘lishadi. Keyin ularga aytadi: "œBoshlaringizni ko‘taringizlar. Bu joy ibodat qiladigan joy emas!.." Ular jannatdagi barcha ne’matlarni unutishadi, bu qarash boshqa ne’matlardan eng yaxshi, sevimli bo‘lgani uchun. So‘ng qaytadilar. Arshning ostidan qattiq shamol esib, mushk tepaligidagi mushkni ularning boshlariga, otlarining peshonalariga sochadi. Ahllariga qaytgandan keyin xotinlari ularni oldin ko‘rgan suratlaridan ham husnli, ajoyib suratda ko‘radilar. Ularga aytadilar: "œSizlar oldingi bo‘lganlaringizdan ham ko‘ra yaxshiroq bo‘lib qaytdingizlar".

Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: "œHijobni ko‘tara-di" deganda "œhijob" so‘zidan murod ularning ustidagi hijobdir. Bu shunday to‘siqdirki, Alloh taolo qarashdan ularni berkitib turadi. Ammo "œular qaraydilar" so‘zi ba’zilar aytishgandek, Allohning oldin ko‘rsatmagan karomatiga qarashidir. Ko‘p ahli ilmlar: "œU zohiriydir, uni kayfiyatsiz va o‘xshatishsiz ko‘radilar, dunyoda buni o‘xshatishsiz bilganlaridek", deganlar. Ikrima aytadi: "œJannat ahllari o‘ttiz uch yoshli yigitlar kabidir. Ularning erkagu ayoli bir xil yosh-dadir. Ularning bo‘ylari otalari Odam alayhissalomning bo‘ylaridek oltmish gazdir, mo‘ysiz, soqolsiz, o‘ttiz uch yoshli yigitlardir. Ularning egnida yetmishta kiyim bo‘ladi, har bir kiyim har soatda yetmish rangda tovlanib turadi. Er o‘z aksini xotinining yuzida, ko‘kragida, sochida ko‘radi. Xotini ham yuzini erining yuzida, ko‘kragida, sochida ko‘radi. U yerda qonlari oqmaydi. Burunlarini qoqmaydilar. Bundan boshqa aziyatlar, ya’ni siydik, axlat chiqarishlar bo‘lmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:19:49
66. Xabarda keladi: Agar ahli jannat ayollaridan biri kaftini osmondan chiqarsa, osmon va yer orasi nurlanib ketadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:20:15
66a. Faqih aytadi: Zayd ibn Arham aytadi: "œAhli kitobdan bir kishi Muhammadga (s.a.v.) kelib, ahli jannatlar yeyishadi va ichishadi, deb o‘ylaysanmi?" deb so‘radi. Pay-g‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œHa, Muhammadning (s.a.v.) joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ahli jannatlarning har biriga yuz kishi yeydigan ovqatning kuchini, yuz kishi ichadigan suvning kuchini, yuz kishi jimo’ qiladigan kuchni beradi". Aytdi: "œYesa, ichsa, unga qazoi hojatga rag‘bat bo‘ladi, jannat yaxshi, toza joy, unda aziyatlar bo‘lmaydiku!" Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œUlarning hojati ter chiqishligidir. U mushkning hidi kabi bo‘ladi".

Faqih aytadi: Mo‘’tab ibn Sami’ Alloh taoloning "œÂ­ Imon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlar uchun xushnudlik va go‘zal oqibat jannat bordir" (Ra’d, 29), degan so‘zi haqida deydi: "œJannatdan murod jannatdagi bir daraxtdir. Jannatdagi hamma uylar uning shoxlari soyasida turadi. Uning turli xil mevalari bor. Unga xuddi ho‘kizdek qush qo‘nadi, jannat ahllaridan biron kishi o‘sha qushni xohlasa, uni chaqiradi, so‘ng dasturxonga taom bo‘lib tushadi, go‘shtning quritilgan tomonidan va yana boshqa pishirilgan tomonidan yeyaveradi. Keyin qush qaytib ketadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:20:24
67. A’mash Abu Hurayradan rivoyat qiladi. Alloh undan rozi bo‘lsin: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œMening ummatimdan jannatga birinchi kiradigan toifa Badr kechasidagi oy suratida kiradi. Keyingilari esa osmondagi eng yorqin yulduz suratida kiradi. Undan keyin kirayot-ganlar darajalariga qarab kiraveradi. Ular bavl qilmaydilar va hojat chiqarishga hojatlari bo‘lmaydi, tupurmaydilar, burunlarini ham qoqmaydilar. Tirnoqlari tillodandir, ichadigan idishlari marvariddir, terlari mushkdir. Axloqlari bir kishi axloqida qurilgan (ya’ni, hammasi bir xil), uzunliklari Odam alayhissalom bo‘ylari kabi oltmish gazdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:21:27
68. Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "œAlbatta, ahli jannatlar soqolsiz, yungsiz yigitlar bo‘ladi. Ularda ikki qoshi, ikki  kiprigi va boshidagi sochdan boshqa soch yo‘q, ya’ni ularda qo‘ltiq mo‘y va avrat mo‘ylari bo‘lmaydi. Bo‘ylari Odam alayhissalom bo‘ylaridek oltmish gaz bo‘ladi. Yoshlari Iso alayhissalom yoshlaridek o‘ttiz uchdir, ranglari oq, kiyimlari yashildir. Jannat ahllaridan biri dasturxonga ikki qo‘lini olib kelsa, bir qush kelib deydi: "œEy Allohning do‘sti,  men salsabil bulog‘idan suv ichganman. Arshning tagidagi bog‘larda o‘tlaganman, ikki tomonlama ta’mi bor, biri suvda pishirilgan go‘sht ta’mi, ikkinchisi qovurilgan go‘sht ta’midir!", xohlagancha yeydi.  Jannat ahlining yetmish kiyimi bor. Ularning ranglari turli-tumandir. Ularning barmoqlarida o‘nta uzuk bor. Birinchisiga mana bu oyat yozilgan:
"œ(Alloh yo‘lida) sabr-toqat qilib o‘tganlaringiz sababli (endi bu jannatlarda) sizlarga tinchlik-osoyishtalik bo‘lgay!" (Ra’d, 24). Ikkinchi uzukda:

"œJannatga tinchlik bilan sog‘-omon kiringlar!" (Hijr, 46). Uchinchisiga:
"œQilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan jannat mana shudir!" (Zuxruf, 72). To‘rtinchisida: "œSizlardan g‘am va xafalik ko‘tarildi!" Beshinchisida: "œSiz-larga chiroyli taqinchoq va kiyimlar kiygizdik". Oltinchisida: "œSizlarni hurlarga uylantirdik!" Yettinchisida: "œU joyda ko‘ngillar tilaydigan va ko‘zlar lazzatlanadigan (barcha) narsa bordir. Sizlar u joyda mangu qolursiz" (Zuxruf, 71). Sakkizinchisida: "œPayg‘ambar va siddiqlar bilan yo‘ldosh bo‘lgaysizlar". To‘qqizinchisida: "œYigitlikka qaytgaysizlar, qarimaysizlar". O‘ninchisida: "œQo‘shnilikda turasizlar, lekin qo‘shnilardan aziyat bo‘lmaydi".

Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Kim bu ne’matlarga yetishishni xohlasa, quyidagi besh narsada bardavom bo‘lishi kerak.

Birinchisi: o‘z nafsini gunohlardan qaytarishi kerak, Alloh taolo aytdi: "œEndi kim hayoti dunyodalik paytida qiyomat mahshargohda Parvardigorning (huzurida) turishdan (va U zotga hisob-kitob) berishdan qo‘rqqan va nafsni havoyi xohishlardan qaytargan bo‘lsa, u holda, faqatgina jannat (uning uchun) joy bo‘lur (Van-naziot, 40-41).

Ikkinchisi: Dunyoda berilgan ozgina ne’mat bo‘lsa ham, unga rozi bo‘lmog‘i, xabarda rivoyat qilindiki, jannatning qiyomati dunyoni tashlashdir.

Uchinchisi: Toat-ibodatlarga qattiq haris bo‘lishi kerakdir. Toatning hammasiga intiladi. O‘sha toatlar mag‘firat va jannatning vojibligi uchun bir sabab bo‘lib qoladi. Alloh taolo aytadi:
"œQilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan janat mana shudir" (Zuxruf, 72). Boshqa bir oyatda:
"œAna o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda mangu qolurlar. (Bu) umr qilib o‘tgan amallarining mukofotidir" (Ahqof, 14). Albatta, nimaga erishsalar, toatda ijtihod bilan erishiladi.

To‘rtinchisi: Yaxshilik ahllarini va solihlarni do‘st tutmoqligi, sevmoqligi, ular bilan qo‘shilib ketmoqligi, ular bilan o‘tirmoqligi kerak bo‘ladi. Albatta, ularning bittasi, uning gunohlari kechirilsa, do‘stlariga va og‘aynilariga shafoatda bo‘ladi. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinganidek: "œDo‘stlarni ko‘paytiringlar. Albatta, qiyomat kunida har bir birodar uchun shafoat qilish bordir".

Beshinchisi: Duoni ko‘paytirish, Alloh taolodan jannat bilan rizqlantirishni va uning oxirini yaxshilikka olib borishini so‘rashlikdir. Ba’zi hakimlar aytishadi: Savoblarni bilib turib, dunyoga tayanish ilmsizlikdir, amallardagi savobni bilib turib, o‘sha amallarda harakatni tashlashlik ojizlikdir. Jannatda rohat bor, unga bu dunyoda rohati bo‘lmagan yetishadi. Jannatda boylik bor, unga dunyoning haqir narsalarini tark etgan kishi yetadi va dunyoning ozginasiga qanoat qilgan kishigina topadi. Zikr qilinadiki: "œBir zohid nonsiz, tuz bilan ko‘kat yeyayotgan edi. Bir kishi aytdi: "œShu narsaga qanoat qilasanmi?" Aytgan ekan: "œMen dunyoni jannat uchun qildim, sen dunyoni axlat uchun qilding!" Ya’ni yaxshi narsalar yeysan, axlatga aylanadi. Men toat-ibodatga quvvatim yetganchalik yeyman, shoyadki jannati kishiga aylansam!"

Ibrohim ibn Adhamdan, Alloh rahmat qilsin, zikr qilinadi. U kishi hammomga kirmoqchi bo‘ldi. Hammomga u kishini qo‘yishmadi. "œPulini to‘lasang, keyin kirasan", deyishdi. Ibrohim Adham yig‘ladi va aytdiki: "œYo Alloh, meni shaytonlarning uyiga pulsiz kirgani qo‘yishmayapti, qanday qilib men nabiylar va siddiqlar uyiga to‘lovsiz kiraman?!"

Zikrda keladi: "œBa’zi nabiylarga Alloh bu so‘zlarni tushirgan: "œEy Odam farzandi! Do‘zaxni qimmat pulga sotib olasan-u, jannatni arzon pulga ham olmaysan".

Buning tafsiri: Albatta, bir fosiq boshqa bir fosiqni ziyofat qilishni xohlasa, ko‘pincha o‘shanga 100-200 dirham pul sarflaydi. U bu bilan do‘zaxni qimmat pulga sotib oladi. Agar ziyofatni Alloh taolo uchun qilib, 1-2 dirham sarf etsa, muhtoj kishilarni chaqirsa, shu qilgan ishi jannat puli bo‘ladi.

Rivoyat qilindi Abu Hozimdan: "œAgar dunyodagi yaxshi narsalarni tark etib, shu bilan jannatga kirish mumkin bo‘lsa, bu narsalar janatga yetishish yo‘lida yengillik bo‘ladi. Agar do‘zaxdan najot topish uchun dunyoning barcha musibatlarini ko‘tarib bo‘lsa ham najot topsa, bu tomondan yengillik bo‘ladi. Endi mingta yaxshi ko‘rgan narsalaringdan bittasini tashlab, jannatga kirsang-u, senga makruh bo‘lgan narsadan bir bo‘lagini olib do‘zaxga kirsang. qanday bo‘ladi?!"

Yahyo Ibn Maoz ar-Roziy aytadi: «Dunyoni tark etish qiyindir, jannatni tashlash undan ham qiyinroqdir, albatta, jannatning mahri dunyoni tashlashdir».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:21:39
69. Anas ibn Molikdan rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKim Alloh taolodan uch marotaba jannatni so‘rasa, jannat aytadi: "œEy Alloh, jannatga kirgiz uni!" Kim Allohdan do‘zaxdan omon saqlashni uch marotaba so‘rasa, do‘zax aytadi: "œEy Parvardigor, uni do‘zaxdan uzoq qil!"

Allohdan bizlarni do‘zaxdan asrashini, uzoq qilishini va jannatga kiritishini so‘raymiz! U yerda birodarlar bilan ko‘rishib, yig‘ilishdan boshqa narsa bo‘lmaganda ham, qanchalik shinam va rohatbaxsh joy bo‘lishi muqarrar edi. Alloh u yerga baxsh etgan karomat va muruvvatlarning esa chegarasi yo‘q.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:21:49
70. Anas ibn Molikdan rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œJannatda bozorlar bor, unda olish ham yo‘q, sotish ham yo‘q. To‘p-to‘p bo‘lib yig‘ilishadilar, dunyo qanday bo‘lganligini eslaydilar. Rabbilariga qilgan ibodatlarining qanday bo‘lganligini, dunyoda kambag‘allar va boylar qanday bo‘lganligini va o‘lim qanday bo‘lganligini. qanday qilib uzoq mehnatlardan keyin jannatiy kishilarga aylanganini eslashadilar"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:21:59
71. Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Hamma insonlar Sirotga keladilar, ularning yurishlari do‘zax atrofidadir, keyin ular amallariga qarab Sirotdan o‘tishadi. Ba’zilari chaqmoqdek, ba’zilari shamoldek, ba’zilari qushlardek, ba’zilari uchqur otlardek, ba’zilari yo‘rg‘a tuyadek, ba’zilari chopqir odamdek o‘tishadi. Oxirgilari oyoqlarining barmoqlari bilan o‘tadi, yana birlari Sirotdan qaltirab o‘tadi. Sirot sirpanchiq, silliqdir. Uning o‘tkirligi qilichning o‘tkirligidek, unda tikanlar, ignadek qattiq tikonlik o‘simliklar bor. Ikki tomonda maloikalar turishadi. Ularda olovdan yasalgan ilgak-lar bo‘ladi. U bilan odamlarni tortib oladilar, uning orasidan (Sirot ustidan) o‘tgan kishi panoh topgandir, agar tirnalib, terilari qonagan bo‘lsa ham, o‘tgan kishi najot topgandir. Uning orasida pastga tushib ketgan kishi do‘zaxiydir. Maloikalar aytadilarki: “Ey Parvardigor, salomat qil, salomat qil”. Oxirgi kishi o‘tadi. Shu oxirgi kishi jannat ahlidandir. Vaqtiki, Sirotdan o‘tsa, Jannat darvozasiga ko‘tariladi. U o‘zining jannatda o‘rni borligini bilmaydi. O‘sha yerga qarab aytarkan: “Meni u yerga (yaxshi joyga) tushirgin”. Alloh aytarkan: “Agar seni u yerga tushirsam, boshqasini so‘ramaysanmi?” Aytarkan: “Yo‘q, so‘ramayman, Sening ulug‘liging haqqi!” Unga tushirarkan, keyin jannatdagi boshqa o‘rinlar unga ko‘rsatiladi. Oldin ko‘rib, so‘ragandan keyin bergani unga yaxshi tuyulmay qolar ekan. Aytarkan: “Ey Rabbim, meni u yerga tushirgin!”

“Agar seni o‘sha joyga tushirsam, boshqasini so‘raysan!”
Aytadi: “Yo‘q, sening ulug‘ligingga qasamki, so‘ramayman. “Uni tushirarkan. Keyin to‘rtinchi jannatga ko‘tariladi. To‘rtinchisiga yetganda unga oldin berilgan hamma narsalarda kamchilik ko‘rinarkan. Keyin jim turarkan, so‘ramas ekan. Aytisharkan unga: “So‘ramaysanmi?”
“So‘rar edim-a, lekin uyalaman”, Alloh taolo aytarkan: “Senga bu joy dunyo misolidan o‘ntasidir!”.
Bu ahli jannatning eng past joyidir”.
Abdulloh ibn Mas’ud aytadi: “Payg‘ambar (s.a.v.) mana shu qissani gapirganlarida kular edilar, kulganlarida muborak tishlari ko‘rinib ketardi”.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:22:33
72. Xabarda keladiki: "œDunyodagi xotinlar dunyodagi yaxshi amallari bilan jannatdagi hurlardan afzal qilinadi".

Alloh taolo aytadi:
"œDarvoqe, biz ularni (ohu ko‘z hurlarni) daf’atan paydo qildik, so‘ng ularni o‘ng tomon egalari uchun (yoshda ham, jamolda va qaddu qomatda ham) bir-biriga teng, ehtirosli bokira qizlar qilib qo‘ydik" (Voqea, 35-38).

___________
VI BOB. JANNAT VA JANNAT AHLINING  SIFATLARI BOBI HADISLARI

1. Abu Hurayra.
"œDedikki: "œYo Rasululloh! Jannat nimadan yaratilgan?..."Sahih*. Termiziy (2526) va Ahmad (305/2) va Abu Na’im (136).
2. Abu Hurayra.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Jannatda bir daraxt bor...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (7498) va Muslim (2826).
3. Abu Hurayra.
«Qur’onni Muhammadga (s.a.v.) tushirgan zotga qasamki...» Abu Na’im, «Sifatul-janna» (264, 207) va Ibn Abu Shayba, «Al-musnaf» (114, 95/14).
4. Suhayb.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Jannat egalari jannatga kirgach...» Sahih*. Muslim (181).
5. Anas ibn Molik.
«Jabroil alayhissalom Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga oq oyna olib keldi...» Zaif*. Shofiiy, «Al-um» (185/1) Ibn Jarir tafsirida keltirgan (109/26); Uqayliy (359) va Ibn Kasir tafsiriga qarang (229/4).
6. Hadis.
«Xabarda rivoyat keldi: «Agar ahli jannat xotinlaridan birini...» Sahih*. Ahmad (171, 169/1), Termiziy (2538).
7. Zayd ibn Arqam.
«Ahli kitoblardan bir kishi Muhammadga (s.a.v.) kelib...» Sahih*. Ahmad (381/14), Ibn Muborak (1459), Hokim va Tabaroniy (178/5).
8. Abu Hurayra.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Mening ummatimdan jannatga birinchi kiradigan toifa...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3327/6) va Muslim (2834/4).
9. Ibn Abbos.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Albutta, ahli jannatlar soqolsiz...» Zaif*. Abu Na’im, «Sifatul-janna» (260).
10. Hadis.
«Do‘stlarni ko‘paytiringlar...» Mavzu’* Hokim, «Tarixuh». 11. Anas ibn Molik.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kimiki Alloh taolodan uch marotaba jannatni so‘rasa...» Sahih*. Termiziy (2572) va Nasoiy (279/8), Ibn Moja (4330) va «Al-mishkot» (2478) ga qarang.
11. Abdulloh ibn Mas’ud.
«Payg‘ambar (s.a.v.) mana shu qissani gapirganlarida kular edilar...» Sahih*. Muslim (178).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:24:05
VII BOB. ALLOHNING RAHMATIDAN UMID QILISH

73. Faqih aytadi: Abu Hurayra deydi: "œRasulullohdan (s.a.v.) eshitdim: "œAlloh taolo rahmatini yuz qism qildi. O‘ziga 99 tasini olib qolib, bittasini yer yuziga tushirdi. Yaralganlar bir-birlariga rahm qilishlari uchun. Hattoki ot tuyoqlari bolasiga tegib ketishidan qo‘rqib, tuyog‘ini ko‘tarib yurishi shundan".

Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam aytdilar: "œAlloh taoloda yuzta rahmat bor, dunyo ahliga shulardan bittasini tushirgay. Ularni insoniyat umriga tarqatib yuborgay. Alloh taolo qiyomat kunida o‘sha rahmatni olib qo‘yib, 99 taga qo‘shib, yuzta qilib, o‘zining avliyolari uchun, ahli toatlar uchun mukammal aylagay".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:24:45
74. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam bayon qildilar: "œAlloh mo‘minlar uchun hozirlagan rahmatini Allohga hamd aytmoqlari uchun, ularni o‘z rahmatidan ikromli qilib qo‘yganiga Allohga shukr etmoqliklari va solih amallar qilmoqliklari uchun tayyorlab qo‘ydi. Chunki kim Allohning rahmatidan umid etsa, u yaxshi amal qiladi va o‘sha rahmatga erishishga harakat qiladi. Chunki Alloh taolo aytdi:
"œAlloh rahmati chiroyli amal qiluvchilarga yaqindir" (A’rof, 56).

Yana:
"œBas, kimiki Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishidan umidvor bo‘lsa, u holda yaxshi amal qilsin" (Kahf, 110).

Yana:
"œRahmatim — mehribonligim esa hamma narsadan kengdir" (A’rof, 156), ya’ni har narsa uchun Allohning rahmatidan nasiba bor.

Ibn Abbos, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin, aytadi: "œVaqtiki bu "œMening rahmatim hamma narsadan kengdir" oyati nozil bo‘lganida iblis alayhil la’na g‘ururlandi va aytdi: "œMen ham Allohning rahmatidan nasibadorman". Yahudlar va nasorolar ham g‘ururlandilar, aytdilar: "œBizlar yaratilgan maxluqlarning bittasimiz. Bizga Alloh rahmatidan nasiba bor".

Keyin Alloh taolo bu oyatni tushirdi: "œMen uni (rahmatimni) taqvo qiladigan va zakot beradigan zotlarga yozurman", ya’ni rahmatim shirkdan saqlanganlargadir; "œva zakot beruvchilarga va bizning oyatlarimizga keltirguvchi kishilarga", ya’ni Allohning oyatlarini to‘g‘ri, deydiganlarga. Shundan keyin iblis Allohning rahmatidan noumid bo‘ldi. Yahud va nasorolar, bizlar shirkdan saqlanamiz, zakot beramiz va oyatlariga imon keltiramiz, dedilar. Keyin bu oyat tushdi:

"œUlar shunday kishilarki, ummiy (savodsiz) Payg‘ambarga nomini o‘z oldilaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holda topshiradigan elchimizga ergashadilar" (A’rof, 157), ya’ni Muhammad (s.a.v.) ishonadilar. So‘ngra yahud va nasorolar noumid bo‘lishdi. Rahmat faqat mo‘minlar uchun xos bo‘lib qoldi.

Har bir mo‘min imon ne’mati bilan ikrom qilinganligi uchun Alloh taologa hamd aytishligi vojibdir, mo‘minlar jumlasidan nom qo‘yilganligi uchun Alloh taologa hamd aytishligi va Rabbisidan gunohlaridan o‘tishligini so‘ramoqligi vojibdir.

Yahyo ibn Maozdan, Alloh rahmat qilsin, rivoyat qilinadi. U kishi aytadi: "œEy Parvardigor, bizga bitta rahmat tushirding. O‘sha rahmat bilan hurmatli qilding. U Islomdir, bas, Sen bizga yuzta rahmat tushirsang, qanday qilib Sening mag‘firatingdan umid qilmaymiz!"

O‘sha kishidan yana zikr qilindi: "œEy Parvardigor, agar savobing itoat qiluvchilar uchun bo‘lsa, rahmating gunohkorlar uchun bo‘lsa, bas, men itoatda bo‘lmasam-da, Sening savobingdan umid qilaman, gunohkorlardan bo‘lsam-da, rahmatingdan umid qilaman. Ey Parvardigor, jannatni yaratding va uni do‘stlaring uchun dasturxon qilding, kofirlarni undan noumid qilding. Maloikalarni jannatdan behojat qilib yaratding. O‘zing jannatdan behojatsan, agar jannatni bizlarga bermasang, unda jannat kim uchun bo‘ladi?!"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:26:00
75. Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam aytdilar: "œBir odam jannatga amalsiz "œLa ilaha illaloh" bilan kirdi, o‘layotgan vaqtida ahllariga aytdi: "œAgar men o‘lsam, o‘tda yoqinglar, keyin uvalab, yarmimni dengizga, yarmimni quruqlikka sepinglar!" U odam o‘ldi, aytganidek qilishdi. Alloh taolo buyurdi, quruqlik va dengiz jam bo‘ldi. Alloh aytdi: "œBu ishni qilishga seni nima majburladi?" Kishi aytdi: "œEy Rabbim, sendan qo‘rqishligim!" Shu ishi bilan Alloh taolo uning gunohlarini kechirdi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:26:15
76. Faqih Abu Ja’far aytadi: Payg‘ambarimizning sahobalaridan biri rivoyat qildi: "œBizlarning oldimizga Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam chiqdilar, bizlar kular edik. Aytdilar: "œDo‘zax orqalaringizda bo‘lib, kulasizlarmi? Allohga qasamki, sizlarning kulganlaringizni ko‘rmay!" Keyin burildilar. Go‘yoki bizning boshimizda bir qush turgandek jim qoldik. Keyin bizlarga qaytdilar va aytdilar: "œMening oldimga Jabroil alayhissalom kelib dedi: "œAlloh taolo sizga aytdi: "œEy Muhammad, nima uchun bandalarimni rahmatimdan noumid qilasiz?" deb.

"œ(Ey Muhammad), bandalarimga yolg‘iz Mening o‘zimgina mag‘firatli, mehribon ekanligimni va Mening azobim eng alamli azob ekanligini xabar qiling!" (Hijr, 49-50.)
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:26:47
77. Faqih, Alloh rahmat qilsin, Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAlbatta, Alloh taolo bandaning gunohini kechirish uchun uning gunohini katta sanamaydi. Sizlardan oldin o‘tgan bir kishi 98 kishini o‘ldirgan edi. Rohibning oldiga kelib: "œMen 98 kishini o‘ldirdim, tavba qilsam bo‘ladimi?" dedi. Rohib: "œSen haddan oshirib yuboribsan!" dedi. U kishi turib uni o‘ldirdi. Keyin boshqa bir rohibnning oldiga kelib: "œMen 99 kishini o‘ldirdim, men tavba qilsam bo‘ladimi?" dedi. Rohib: "œHaddidan oshirib yuboribsan", dedi. Uni ham o‘ldirdi. So‘ng boshqa bir rohibning oldiga kelib: "œMen 100 kishini o‘ldirdim, endi tavba qilsam bo‘ladimi?" dedi. Rohib aytdi: "œHaddidan oshiribsan, bilmadim, lekin ana u yerda ikki qishloq bor, bittasining oti "œBasra" deydi, ikkinchisini "œKufra" deydi. Ammo ahli Basra jannat ahllarining amallarini qiladigan qavm, u yerda ulardan boshqa qavm turmaydi. Ammo Kufra ahli do‘zax ahli qiladigan amallarni qiladilar va u yerda ulardan boshqa qavm turmaydi. Agar sen Basraga borsang va ularning amallarini qilsang, sening tavbangda shubha bo‘lmaydi. Haligi kishi o‘zi xohlagan tomonga jo‘nadi. U ikki qishloqning o‘rtasida ekanligida o‘lib qoldi. Uning ustida azob farishtasi bilan rahmat farishtasi munozara qilib qolishdi. Maloikalar Allohdan bu ishni so‘radilar, aytildiki: "œIkki qishloq orasini o‘lchanglar, qaysisiga yaqinroq bo‘lsa, u o‘sha qavm ahlidan bo‘lgaydir!" Ikki qishloqning orasini o‘lchadilar, u Basra qishlog‘iga bir qarich yaqin ekanligi bilinadi va u o‘sha qishloq ahlidan deb yozildi".

Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: "œUchta narsaga qasam ichdim. Agar to‘rtinchisiga qasam ichsam, u ham to‘g‘ri bo‘ladi.
Birinchisi: Dunyoda Alloh taolo biron kishini do‘st tutsa, qiyomat kuni uning ustiga o‘zidan boshqani hokim qilib qo‘ymaydi.
Ikkinchisi: Alloh Islomdan nasibador bo‘lgan kishini Islomdan benasib kishi kabi qilib qo‘ymaydi.
Uchinchisi: Kishi qaysi bir qavmni yaxshi ko‘rsa, qiyomat kunida ular bilan birga bo‘ladi.
To‘rtinchisi: Alloh taolo dunyoda bir bandaning (gunohlarini) berkitsa, oxiratda ham berkitadi".

Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Niso surasidagi to‘rt  oyat jam’i dunyodan yaxshidir. Birinchisi:
"œAlbatta, Alloh taolo o‘ziga sherik qilinishini kechirmaydi. Shundan boshqa gunohlarni o‘zi xohlagan bandalari uchun kechiradi. Kimki Allohga shirk keltirsa, demak, juda qattiq aqldan ozibdi"  (Niso, 116).

Ikkinchisi:
"œAgar ular jonlariga zulm qilgan paytlarida darhol sizning oldingizga kelib, Allohdan mag‘firat so‘raganlarida va Payg‘ambar ham ular uchun mag‘firat so‘raganida edi, Allohning tavbalarini qabul qilguvchi, mehribon ekanligini topgan bo‘lur edilar" (Niso, 64).

Uchinchisi:
"œAgar sizlar man, etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, qilgan kichik gunohlaringizni o‘chirurmiz va  sizlarni ulug‘ manzil — jannatga kiriturmiz" (Niso, 31).

To‘rtinchisi:
"œKim bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qiluvchi va mehribon ekanini topap-ko‘rar" (Niso, 110).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:26:56
78. Jobir ibn Abdulloh Ansoriy rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œMening shafoatim ummatimning katta gunoh qilganlari uchundir, buni kim yolg‘onga chiqarsa, mening shafoatimga erishmaydi".

Jobir ibn Abdulloh aytdi: "œKim katta gunoh qiluvchilardan bo‘lmasa, shafoatga muhtoj bo‘lmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:27:05
79. Anas ibn Molikdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œMening shafoatim katta gunoh qiluvchi ummatimgadir. Buni kim yolg‘onga chiqarsa, mening shafoatimga erishmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:27:20
80. Jobir ibn Abdulloh, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: "œBizlarning oldimizga Rasululloh (s.a.v.) chiqdilar va aytdilar: "œMening oldimdan hozirgina do‘stim Jabroil alayhissalom chiqdi, aytdi: "œEy Muhammad, sizni haq payg‘ambar qilib jo‘natgan Zotga qasamki, Allohning bandalaridan biri besh yuz yil tog‘ning ustida Allohga ibodat qildi. Tog‘ning uzunligi va kengligi o‘ttiz gaz edi. Dengiz uni har tomonlama to‘rt ming farsax masofadan o‘rab turardi. Alloh taolo uning uchun shirin suvli buloq oqizgan edi. Va yana anor daraxti bor edi. Har kuni undan bir dona anor chiqar edi. Kechasi o‘tsa, tahorat olganidan keyin, o‘sha anorni olib yer, keyin namozga qoyim bo‘lar edi. U Allohdan sajda qilib turgan vaqtida jonini olishni va yer va boshqa qurt-qumursqalar yemasligini so‘rar edi" Alloh taolo uning aytganidek qildi. Jabroil alayhissalom aytdi: "œBizlar qachon uning oldidan o‘tsak, tushsak va chiqsak, uning sajdada ekanini ko‘rar edik. Ilmda topdikki, qiyomatda u tirildi va Allohning qudrati oldida to‘xtadi. Alloh taolo: "œBandamni jannatga kirgizinglar, rahmatim bilan!" dedi. Banda aytdi: "œYo‘q, meni amalim bilan kirgizgin". Maloikalarga Alloh aytdi: "œUning amallarini unga berilgan ne’matlar bilan hisoblanglar". Unga berilgan ko‘z ne’matining o‘zi besh yuz yillik ibodatini qamrab oldi va jasad ne’mati qarz bo‘lib qoldi. Alloh: "œBandamni do‘zaxga kirgizinglar", dedi. So‘ngra ular do‘zaxga olib borar ekanlar, u nido qilar edi: "œEy Rabbim, rahma-ting bilan jannatingga kirgizgin!" Alloh taolo uni qaytarishni buyurdi. Alloh qudrati oldida to‘xtatildi. Alloh: "œEy bandam, sen oldin yo‘q eding, seni kim yaratdi?" dedi. "œEy Rabbim, Sen yaratding!" "œBu sening amalingmi yoki mening rahmatimmi?" Aytdi: "œSening rahmating!" "œKim seni besh yuz yil ibodat qilishga yarasha quvvatlantirdi?" Aytdi: "œEy Rabbim, sen quvvatlantirding!" "œTog‘da senga tagi ko‘rinmaydigan katta suvni kim chiqardi? Sho‘r suvdan shirin suvni kim chiqardi? Har kecha senga bir dona anorni kim chiqardi? Anor yilda bir marotaba chiqar edi-ku! Sajda qilib turgan vaqtingda joningni olishimni so‘rading. Men shunday qildim. Bularni kim qila olardi?" "œSen, ey Rabbim!" dedi. Alloh aytdi: "œBularning hammasi Mening rahmatimdir va rahmatim bilan jannatga kirgizgayman!.. Bandamni rahmatim bilan jannatga kirgizinglar! Sen qanday yaxshi bandam bo‘lding!" Alloh taolo uni jannatga kirgizdi". Jabroil alayhissalom aytdi: "œBularning hammasi Allohning rahmatidir!"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:27:29
81. Hasandan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œO‘lim vaqtida musulmon kishining qalbida xavf bilan umid jam bo‘lganida, nimani umid qilsa, Alloh taolo shuni beradi va nimadan qo‘rqqan bo‘lsa, uni ketkazadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:27:38
82. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œHech birlaringiz amal bilan najot topmaysizlar!" "œSiz ham najot topmaysizmi, yo Rasululloh?" Aytdilar: "œMen ham, lekin meni Alloh o‘z rahmati bilan o‘rab oladi! Alloh taologa yaqin bo‘ladigan amallarga yaqinlashinglar. To‘g‘ri so‘zni aytinglar. Allohga ibodat qilinglar va kunning ikki tarafi va kechaning qorong‘u paytida zikr qilinglar. Amal qilinglar quyosh chiqishida va quyosh botishida, qorong‘i kechalarda ibodatni lozim tutinglar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:27:46
83. Anas ibn Molikdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œYengil qilinglar, og‘ir qilmanglar, xursand qilinglar va qochirmanglar!"

Ibn Mas’ud aytadi: "œOdamlarga qiyomat kuni rahmat davomli bo‘lganini ko‘rgan iblis boshini ko‘tarib, Alloh rahmatining kengligini, shafoat qiluvchilarning shafoatini ko‘radi!".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:27:57
84. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œQiyomat kunida Arshning tagidan nido qilguvchi nido qiladi: "œEy Muhammadning ummati! Mening tomonimdan sizlarga nimaiki bo‘lsa, berdim. Endi bandalarning haqlari qoldi. Bir-biringizga beringizlar va jannatga Mening rahmatim bilan kiringizlar".

Fuzayl ibn Iyoz, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: "œXavf inson salomat bo‘lgan paytda bo‘lsa, afzaldir. Vaqtiki kasal va amaldan ojiz bo‘lsa, umid qilishi afzaldir". Ya’ni kishi salomat bo‘lsa, qo‘rqinch afzal, toatlarda kuch va g‘ayrat ko‘rsatmoqligi, gunohlardan qaytishligi kerakdir. Agar kasal va ojiz bo‘lsa, umid qilish afzaldir.

Abu Ravvodning otasi aytadi: "œAlloh taolo Dovud alayhissalomga vahiy yubordi: "œEy Dovud! Gunohkorlarni xursand qil va siddiqlarni ogohlantir!" So‘radi: "œGunohkorlarni qanday xursand qilib, siddiqlarni qanday ogohlantiraman?" "œGunohkorlarga xursandchilik xabarini bergin, ularning gunohlarini kechirmoqlik Menga katta ish emas! Va ogohlantir siddiqlarni, qilgan amallari bilan gerdaymasinlar. Men biror kishiga o‘zimning o‘lchov-hisobimni qo‘ysam, uni halok qilgayman".

Ba’zi ahli kitoblardan aytiladi: "œAlloh taolo: "œAlbatta Mening o‘zimgina Allohman! Podshohlarning podshohiman! Podshohlarning qalblari Mening qudratimdadir va taqdirlari qo‘limdadir. Qaysi qavmdan rozi bo‘lsam, ularga podshohlarning qalbini rahmli qilib qo‘ydim. Qaysi qavmga g‘azabim tushsa, ularga podshohlarning qalbini o‘t-g‘azabli qilib qo‘ydim. Podshohlarni la’natlash bilan o‘zlaringni mashg‘ul qilib qo‘ymanglar. Menga tavba qilinglar va sizlarga mehribonlik va yumshoqlik qilgayman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:28:06
85. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: "œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAgar mo‘minlar Alloh huzuridagi azobni bilganida edi, jannatiga hech kim tama’ qilmagan bo‘lar edi va agar kofirlar Allohning huzuridagi rahmatini bilganida edi, uning rahmatidan hech kim noumid bo‘lmas edi"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:28:14
86. Ahmad ibn Saql aytdi: "œYahyo ibn Aksamni tushimda ko‘rdim va: "œSenga Rabbing nima qildi!" deb so‘radim. Dedi: "œMeni chaqirdi va aytdi: "œEy yomon chol, nima qilgan bo‘lsang, qilib bo‘lding!" Aytdimki: "œEy Rabbim, Sendan bir so‘z eshitgan edim". So‘radi: "œNima eshitding?" Aytdim: "œMenga Abdurazzoq Mu’ammardan, Zuhriydan, Urvadan, Oyishadan, Payg‘ambardan (s.a.v.) Jabroil alayhissalomdan rivoyat qilinishicha, Sen aytibsanki: "œQaysi bir muslim Islomda sochi oqarsa, Men uni azoblashdan uyalgayman", deb. Men esa juda keksaman". "œAbdurazzoq to‘g‘ri aytdi. Mu’ammar, Zuhriy, Urva, Oyisha, Muhammad va Jabroil to‘g‘ri aytibdilar. Men ham to‘g‘ri aytganman! Ey Yahyo, Men Islomda sochlari oqargan kishini azoblamayman!" dedi va meni jannatga kirishga buyurdi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:28:23
87. Umar Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizning oldilariga kirgan vaqtida, yig‘lab turgan ekanlar. "œNega yig‘layapsiz, yo Rasululloh?" deb so‘radi. "œMenga Jabroil keldi va aytdi: "œAlbatta, Alloh taolo Islomda qarib, sochi oqargan mo‘minlarni azoblashdan uyaladi". Endi mo‘min ham Islomda sochi oqargan paytida Alloh taologa gunoh qilishlikdan qanday uyalmasin!"

Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: qariyalarga bu ikrom-karomatlarni bilmoqligi va Allohga shukr qilmoqligi, kiroman kotibinlardan (ikki farishtadan) uyalishi, gunohlardan qaytishi va Alloh taoloning itoatiga doim tayyor bo‘lishligi vojibdir! Chunki u qachon ajali yetishini bilmaydi. Albatta, agar ekin o‘rimga kelib qolsa, kutib o‘tirilmaydi. Shuningdek, yigitlarga ham Allohdan qo‘rqmoqligi, gunohlardan saqlanmoqligi, toatda bardavom bo‘lishliklari vojibdir! Chunki hech kim qachon ajali yetishini bilmaydi. Albatta, yigit Alloh taoloning ibodatlarini qabul qiluvchi bo‘lsa, gunohlardan qaytsa, Alloh taolo uni qiyomat kunida Arshning tagida soyalantiradi!
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:28:46
88. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œAlloh taolo yetti kishini, qiyomatda faqatgina arshning soyasidan boshqa soya yo‘q vaqtda uning soyasida soyalantiradi: 1) odil imomni; 2) Allohning ibodatida ulg‘aygan yigitni; 3) hami-sha qalbi masjidga bog‘langan, agar masjiddan chiqsa, yana qaytadigan kishini; 4) Alloh yo‘lida bir-birini  do‘st tutgan kishilarni va Alloh yo‘lida yig‘ilib, Alloh yo‘lida tarqaladiganlarni; 5) Allohni xoli holda zikr qilib, ko‘zidan yosh oqizgan kishini; 6) sadaqa berganida yashirib beradigan kishini, qaysiki o‘ng qo‘li berganini chap qo‘li bilmaydi; 7) chiroyli, nasabli ayol o‘ziga chorlaganida, "œMen Allohdan qo‘rqaman", deb bormagan kishini".

______________
VII BOB. ALLOHNING RAHMATIDAN UMID QILISH BOBI HADISLARI

1. Abu Hurayra.
«Alloh taolo rahmatini yuz bo‘lak qildi...» Muttafaqun alayhi*. Al-Buxoriy (6000/10) va Muslim (2757/4).
2. Hasan.
«Alloh taoloda yuzta rahmat bor...» Sahih*. Hokim (57/1).
3. Abu Said Xudriy.
«Bir odam jannatga amalsiz...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3481/6) va Muslim (2755/4).
4. Abdulloh ibn Amr Os.
«Albatta Alloh taolo bandaning gunohini kechirish uchun...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3470/6) va Muslim (2766/4).
5. Jobir ibn Abdulloh Ansoriy.
«Mening shafoatim ummatimning...» Sahih*. Ahmad (384/3) va Termiziy (2436).
6. Anas ibn Molik.
«Mening shafoatim ummatimning...» Sahih*. Abu Dovud (4739), Termiziy (2435), «Sahihul-jome’» (3714).
7. Jobir ibn Abdulloh.
«Bizlarga Rasululloh (s.a.v.) chiqdilar...» Bu hadisning sahihligiga ulamolar ixtilof qilishadi. Hokim va Zahabiy sahih deganlar, Uqayliy «Az-zuafo»da zaif deganlar (638).
8. Hasan.
«O‘lim vaqtida musulmon...» Hasan*. Abdu ibn Hamid (1370) va termiziy (983), Ibn Moja (3261) va Nisoiy, «Al-yavmu vallaylau» (1062).
9. Abu Hurayra.
«Hech birlaringiz amal bilan najot topmaysizlar...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6463/11) va Muslim (1734/3).
10. Hadis.
«Qiyomat kunida Arshning tagida nido qiluvchi...» Mavzu’*. «Ihyo» (530/4) va «Itxofis sodatul-muttaqiin» (571/10).
11. Abu Hurayra.
«Agar mo‘min Alloh huzuridagi...» Sahih*. Muslim (2755/4) va boshqalar.
12. Oyisha.
«Yahyo ibn Aksamni tushimda ko‘rdim...» «Kashful-xafo» (284/1) ga qarang.
13. Abu Hurayra.
«Alloh taolo yetti kishini...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (660) va Muslim (1031/2).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:34:23
VIII BOB. YAXSHI ISHLARGA BUYURISH VA YOMON ISHLARDAN QAYTARISH

Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi. Umar ibn Abdulaziz, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Albatta, Alloh taolo hammani bitta xos amal bilan azoblamaydi, lekin gunohlar zohir bo‘lsa, o‘shandan qaytarmasalar, o‘sha qavmning hammasi azobga haqli bo‘ladi”.

90. Zikr qilindi: “Alloh taolo Yusha’ ibn Nun alayhissalomga vahiy qildi: “Albatta, Men sening qirq mingta yaxshi ummatingni o‘z ixtiyori bilan halok qiluvchiman va yomon ummatingdan ham oltmish mingtani!” Yusha’ alayhissalom aytdilar: “Yo Rabbim, yomonlarni jazolashing mumkin, yaxshilarga nima uchun jazo berasan?” Alloh aytdi: “Ular Mening g‘azabim keladigan ishlardan g‘azablanmadi, o‘shalar bilan birga yeyishdi va ichishdi”.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:34:38
91. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta olimlarning bir toifasida yomonlikni yopuvchi yaxshilik kalitlari bordir. Odamlarning ba’zisida yaxshilikni yopuvchi yomonlik kalitlari bordir. Yaxshilik kalitlarini Alloh ularning qo‘llariga tutgan kishilar qanday ham yaxshi odamlardir! Vayl (azob) bo‘lgay Alloh taolo yomonlik kalitlarini qo‘llariga tutgan kishilarga!” Ya’ni kishilarki, yaxshilikka buyuradilar, yomon ishlardan qaytaradilar. Shu yaxshilikni ochuvchi va yomonlikni yopuvchi kalitlardir. Bu toifadagi kishilar mo‘minlardan bo‘ladi. Alloh taolo aytadiki:
“Mo‘min va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan to‘xtatadilar...” (Tavba, 71).

Ammo shunday kishilar borki, ular yomonlikka buyuradilar, yaxshi ishlardan qaytaradilar. Shu yomonlikni ochuvchi kalitdir. Bu munofiqlarning  alomatidir. Alloh taolo aytganidek:
“Munofiq erkaklar va munofiq ayollar bir-birlaridandirlar. Ular yomonlikka buyuradilar, yaxshilikdan qaytaradilar” (Tavba, 67).

Hazrati Ali ibn Abu Tolib aytadi: “Amallarning yaxshirog‘i yaxshi ishlarga buyurmoqlik, yomonlikdan qaytarmoqlikdir, fosiqni yomon ko‘rmoqlikdir. Yaxshi ishlarga buyurish mo‘minlik alomatini kuchaytiradi. Kim yomon ishlardan qaytarsa, munofiqning burnini yerga ishqabdi!”
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:35:54
92. Said Qatodadan rivoyat qildi. Bizga eslatildiki, bir kishi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga keldi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘sha kuni Makkada edilar. Aytdiki: "œSiz o‘zingizni payg‘ambar deb da’vo qilasizmi? Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œHa". Aytdi: "œAlloh taolo uchun qaysi amallar yaxshiroq?" "œAllohga imon keltirishing, qarindoshchilikni bog‘lashing". "œKeyin-chi?" Aytdilar: "œYaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytarmoqlik" Yana: "œAlloh taologa qaysi amallar yomonroq?" deb so‘radi. Javob berdilar: "œAllohga shirk keltirishlik". "œKeyinchi?" deb yana so‘radi. "œQarindoshlikni uzishlik". "œKeyinchi?" "œYaxshilikka chaqirishni hamda yomon ishlardan qaytarishni tashlash", deb javob berdilar.

Sufyon Savriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: "œO‘z qo‘shnisi oldida yaxshi ko‘ringan va do‘stlari oldida maqtalgan qorini ko‘rsang, bilginki o‘sha kishi xushomadgo‘y, laganbardordir". Ya’ni kishi odatda o‘zining qo‘ni-qo‘shniisni va birodarlarining xatosini va kamchiliklarini aytib to‘g‘irlab yurishga buyurilgan, demakki agar qo‘ni-qo‘shnisining xato-kamchiligini aytmasa, zotan ular tomonidan yaxshi ko‘riladi. Xuddi shu kabi yor-birordarlarini ham xato-kamchiliklarini aytib to‘g‘irlab yurmasa, ular tomonidan maqtovga erishadi. Zeroki, inson tabiati agar islomiy ruh bilan sug‘orilmagan bo‘lsa, undagi biror xato-egrilikni tuzatgan kishini yaxshi ko‘rmaydi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:37:27
93. Ubaydulloh ibn Jarir otasidan rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œOdamlar ichida yomonlik qiluvchi kishi bo‘lsa, uni o‘zgartirishga qodir bo‘lib, o‘zgartirmasalar, Alloh taolo o‘shalarning hammalariga barobar azobni yuboradi, o‘lmaslaridan oldin".

Faqih, Alloh taolo rahmat qilsin, aytadi:  Payg‘ambar (s.a.v.) qudratni shart qildilar. Ya’ni ko‘pchiligi ahli solihlar bo‘lsa, o‘sha gunohkorlarni gunohlaridan qaytarishliklari ahli solihlarga vojib bo‘ladi, agar ular gunohni zohir qilsalar. Chunki Alloh taolo bu ummatni maqtab:
"œ(Ey ummati Muhammad) odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero sizlar yaxshi ishlarga buyurasizlar, yomon ishlardan qaytarasizlar va Allohga imon keltirasizlar. Agar ahli kitob ham imon keltirganda edi, o‘zlari uchun yaxshi bo‘lardi. Ulardan mo‘minlari ham bor va (lekin) ularning ko‘plari fosiq, itoatsizlardir" (Oli Imron, 110). Buning ma’nosi shuki, sizlar Lavhul-mahfuzda, odamlar uchun chiqarilgan yaxshi ummat, deb yozilgansizlar. Alloh taolo sizlarni odamlarni yaxshi ishlarga buyurmoqlik uchun chiqardi, yaxshi ishlarga, ya’ni ibodat va toatlarga chaqirishlaringiz uchun, yomon ishlardan qaytarishlaringiz uchun. Yaxshi ishlarga buyurishlik Allohning kitobiga, sunnatiga va ahlga to‘g‘ri keladigan narsalarga buyurmoqlikdir.

Yomon ishlar bu narsalarga muxolif (qarama-qarshi) keluvchi narsalardir.
Alloh taolo boshqa oyatda aytdi:
"œOralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohlardan qaytaradigan bir jamoa bo‘lsin! Ana o‘shalar najot topguvchilardir" (Oli Imron, 104).

Alloh taolo yaxshi ishlarga buyurmaydigan, yomon ishlardan to‘smaydigan qavmlarni yomonladi. Bas, aytdi:
"œUlar bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari naqadar yomon ish" (Moida, 79).

Boshqa oyatda:
"œOlim va donishmandlari ularni gunoh so‘zlardan, haromxo‘rlikdan qaytarmaydilarmi?! Qilayotgan hunarlari naqadar yomon hunar!" (Moida, 63). Ya’ni o‘shalarning olimlari, faqihlari, qorilari fahsh so‘zlardan, harom yeyishlikdan qaytarmaydilarmi, deyilmoqda.

Amri ma’ruf qilish uchun lozim bo‘ladigan narsa, agar qodir bo‘lsa, yolg‘izlik vaqtida buyurishlikdir. Bu nasihat va mav’izada yetukroq bo‘lgani uchun.

Abu Dardo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: o‘zining birodariga oshkora mav’iza qilgan odam birodarini yomonlabdi, uni yashirib (odamlardan xoli joyda) qilgan bo‘lsa,  uni yaxshilabdi. Agar mav’iza  tanholikda foyda bermasa,  uni oshkoralik bilan buyuradi, gunohdan uni uzoqlashtirish uchun solih va yaxshilik egalaridan yordam so‘raydi. Agar solihlar, yaxshilar bu ishni qilmasalar, gunohkor ulardan ustun kelsa, keyin ularga azob kelib, hammalari halok bo‘lishadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:37:40
94. Nu’mon ibn Bashir, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim, deb aytdi: "œAlloh taoloning huquqida riyokor va Allohning huquqlarida o‘shanga tushib qolgan va uni bajaruvchining misoli kemadagi uch kishi misoli kabidir. Ular kemada edilar, bittalari tepaga, bittalari o‘rtaga, bittalari pasta joylashdilar. O‘sha holatda ketishayotganida bittalari boltani oldi. "œBoltani nima qilasan?" deb so‘rashdi. "œO‘zimning joyimda bir teshik teshaman, suv menga yaqinroq bo‘ladi. Kemada to‘rvam bo‘ladi, suv ichadigan idish bo‘ladi", dedi. Ba’zilar aytishdi: "œUnga indamanglar, o‘zi uchun xohlagancha teshaverin". Va ba’zilar: "œUni teshishiga yo‘l qo‘ymanglar, bizni ham, o‘zini ham halok qiladi!" dedilar. Agar uni to‘xtatsalar, ular ham, uning o‘zi ham qutilar edi. Agar uni bu ishdan to‘smasalar, ular ham, bu ham halok bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:42:36
95. Huzayfadan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œMening jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytaringizlar, agar qilmasangizlar, Alloh taolo o‘z huzuridagi azoblarni yubormoqligi yaqin bo‘ladi, keyin Allohga duo qilsangizlar, duolaringizni ijobat qilmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:42:44
96. Hazrati Ali, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: "œAgar ummatim zolimni ko‘rib, sen zolim ekansan, deb aytishdan qo‘rqsalar, ular foyda bermaydigan kishilarga aylanadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:42:52
97. Abu Dardo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œAlbatta, yaxshi ishga buyurib,yomon ishlardan qaytarasizlar. Bu ishni qilmasangizlar, sizlarga zolim podshohni ega qilib qo‘yadi. Kattalaringizni hurmat, kichiklaringizga rahm qilmaydi. Yaxshilaringiz duo qilishadi, duolari qabul qilinmaydi, yordam so‘raydilar, yordam berilmaydi. Gunohlarini kechirishni so‘raydilar, gunohlari kechirilmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:43:20
98. Abu Said Xudriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œSizlardan birontalaringiz munkar (yomon) ishni ko‘rsa, uni bu ishdan qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan, o‘sha dili bilan qaytarishi imonining zaifligidir".

Ba’zilar aytdilar: "œQaytarishlik amrlar uchun qo‘l bilan, olimlar uchun til bilan, ummiylar uchun dil bilandir". Ba’zilar, kimiki shularga qodir bo‘lsa, o‘shalardan qaytarishligi vojib bo‘ladi, dedilar.

Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Yaxshi ishlarga buyuruvchilar shu ishi bilan Alloh taolo uchun, dinni ulug‘lashni, yuksaltirishni qasd qilishi lozim bo‘ladi. O‘zini bildirish uchun, o‘zining himoyasi uchun, dimog‘dorlik uchun bo‘lsa, bo‘lmaydi. Albatta, bu bilan Allohning o‘zi uchun dinni aziz qilishni qasd etsa, Alloh taolo unga yordam beradi, uning uchun muvofiq qilib qo‘yadi. Agar o‘zining nafsini bildirish, takabburlik bo‘lsa, Alloh uni xor qilib qo‘yadi.

Ikrimadan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinidi: Bizga aytdiki: "œBir kishi Allohni qo‘yib, daraxtga sig‘inadigan joydan o‘tib qolibdi. U kishi Alloh uchun bu ishdan g‘azablanibdi. Xudoni qo‘yib bu daraxtga sig‘inishayotgan edilar. Keyin u boltasini olib, eshagiga minib, o‘sha daraxt tomonga, uni chopib tashlash uchun otlanibdi. Shaytoni la’in odam suratida uning yo‘lidan chiqib: "œQaerga ketyapsan?" deb so‘rabdi. «Bir daraxtni ko‘rdim, odamlar Allohni qo‘yib, o‘shanga ibodat qilishyapti. O‘sha daraxtni bolta bilan chopib tashlayman, deb Allohimga ahd berdim», dedi. Iblis: "œU senga nima qildi? Qo‘ygin, ibodat qilishayotgan bo‘lsa, ibodat qilaverishsin. Ularni Allohning o‘zi uzoqlashtiradi", dedi. U kishi qaytmaydi. Iblis la’natulloh alayh aytdi: "œQaytgin, har kuni senga to‘rt dirham beraman, har kuni ko‘rpachangning bir chetini ko‘tarsang, uni olasan". "œShunday qilasanmi?" deb so‘radi. Iblis: "œAlbatta, har kuni senga o‘sha pulni to‘layman". Keyin haligi kishi uyiga qaytdi. O‘sha pulni ikki-uch kun Alloh xohlagancha topdi. Shundan keyin bir kuni ertalab turib, ko‘rpaning quyi tarafini ko‘tarsa, hech narsa ko‘rmadi. Kiyin bir kun kutdi, dirhamlarni topolmagandan keyin, boltasini olib eshagiga minib, o‘sha daraxt tomon otlandi. Iblis odam suratida uning oldiga chiqdi. "œQaerga ketayapsan?" deb so‘radi. U kishi: "œAllohni qo‘yib, sig‘inilayotgan daraxt oldiga boryapman, uni kesib tashlayman", dedi. Iblis aytdi: "œBunga kuching yetmaydi. Ammo oldingi gal sen Alloh uchun g‘azablangan holda chiqqan eding. O‘sha paytda osmon va yer ahllari jam bo‘lsalar ham, seni qaytara olmas edi. Ammo hozir sening chiqishing nafsing uchun, sen dirhamlarni topa olmaganing uchun chiqyapsan. Agar o‘sha joyga o‘tsang, boshingni yoramiz". U daraxtni tinch qo‘yib uyiga qaytibdi.

Faqih aytadi: Yaxshi ishlarga buyurguvchi kishi besh narsaga muhtoj bo‘ladi:
1. Ilmga, chunki johil amri ma’ruf va nahiy munkarni chiroyli qila olmaydi.
2. Allohning roziligini va dinni kuchaytirishni qasd qilmoqlikka.
3. Bu ishlarni bajaruvchi rahmdil bo‘lmoqligi, buyurganda ham yumshoqlik bilan, do‘stona buyurishligi lozim bo‘ladi. Qalbi qattiq, qo‘pol bo‘lmasligi kerak. Chunki Alloh taolo, Muso va Horunni Fir’avn oldiga yuborayotib aytdi:
"œBas, unga yumshoq so‘z so‘zlanglar" (Toha, 44).
4. Sabrli, halim bo‘lmoqligi, chunki Alloh taolo Luqmon qissasida aytdi:
"œYaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolarga) sabr qil!" (Luqmon, 17.)
5. O‘zi buyurgan narsalarga amal qilmoqligi, amal qilish bilan boshqalarga  ibrat bo‘lishi lozim. Ushbu oyatga rioya zarur.
"œOdamlarni yaxshilikka chaqirib, o‘zlaringizni unutasizlarmi?" (Baqara, 44).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:43:31
99. Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œIsro kechasida lablarini qaychilar bilan kesib tashlayotgan kishilarni ko‘rdim. "œEy Jabroil, ular kimlar?" deb so‘radim. Jabroil aytdi: "œUlar odamlarni yaxshilikka buyurib, o‘zlarini unutgan xatiblaringiz, ular Allohning kitobini o‘qib, unga amal qilmaydilar", dedi".

Abu Qatodadan bizga zikr qilindi. Tavrotda yozilgan: "œEy odam farzandi! Meni eslatsang-u, o‘zing unutsang, Menga chaqirsang-u, o‘zing qochsang, bas, botildir sizlar qilayotgan narsalaringiz!"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:43:39
100. Abu Muoviya Fazzoriy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: "œBugun sizlar Rabbilaringiz tomonidan ravshan hujjat ustidadirsizlar. Batahqiq Alloh sizlarning yo‘llaringizni ravshan qilib berdi, agar sizlarda ikki mastlikning ko‘rinishi bo‘lmasa. Hayot mastligi va ilmsizlik mastligi. Sizlar bugun yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytarasizlar va Alloh taolo yo‘lida jihod qilasizlar, yaqinda o‘sha narsalardan o‘girilib qolasizlar, agar sizlarda dunyoni sevish ko‘paysa, yaxshi ishlarga buyurmaysizlar, yomon ishlardan qaytarmaysizlar. Allohdan boshqasining yo‘lida jihod qilasizlar. O‘sha og‘ir kunda Alloh kitobiga oshkora va pinhona amal qiluvchi zotlarning birinchilar qatori o‘tgan muhojir va ansorlar kabi martabalari barobardir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:44:01
101. Hasandan, Alloh rahmat qilsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKimiki dini uchun bir yurtdan ikkinchi yurtga qochsa, agar bir qadam bo‘lsa ham. Jannat uni talab qiladi va u Hazrati Ibrohim alayhissalom va Muhammad (s.a.v.) bilan rafiq bo‘ladi". Ya’ni Ibrohim alayhissalom Xarron (Iroq)dan Shom (Suriya) yeriga hijrat qildilar, Allohning kalomida aytiladi: "œ(Ibrohim) aytdi: "œAlbatta men Parvardigorim (buyurgan tomon)ga hijrat qiluvchidirman. Albatta, uning o‘zigina qudrat va hikmat egasidir" (Ankabut, 26). Va yana Ibrohim alayhissalom aytdilar:

"œAlbatta, men Parvardigorim (buyurgan taraf)ga ketguvchidirman, uning o‘zi meni hidoyat qilur" (Vas-saffot, 99) Ya’ni, Rabbim toatiga, Uning rizosiga ketaman, deydilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Makkadan Madinaga hijrat qildilar.

Kimning yerida fahsh-gunohlar ko‘rinsa, o‘sha kishi u yerdan Allohning rizoligini istab chiqsa, Ibrohim va  Muhammad alayhissalomlarga ergashgan bo‘ladi. Oxiratda ikkovlari bilan jannatda birga bo‘ladi. Alloh taolo aytdi:
"œKim uyidan Alloh va Uning payg‘ambari sari muhojir bo‘lib chiqib, so‘ng (shu yo‘lda) unga o‘lim yetsa, haqiqatki, uning ajri — mukofoti Allohning zimmasiga tushar. Alloh mag‘rifatli, mehribon bo‘lgan zotdir" (Niso, 100).

Ya’ni, kimki Allohning va rasulining toatida yo‘lga chiqib, keyin o‘lsa, uning savobi Allohga vojib bo‘ladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:44:13
102. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œQaysi mo‘min Alloh va rasulining toatida o‘z uyidan chiqib, ulovining uzangisiga oyog‘ini qo‘ysa, agar bir qadam bo‘lsa ham yursa, keyin o‘limini topsa, Alloh taolo unga muhojirlar ajrini beradi va qaysi mo‘min o‘z uyidan Alloh yo‘lida qasd qilguvchi bo‘lib chiqsa, so‘ngra oti uni yiqitib, o‘lsa yoki urushga kirishdan oldin bir narsa chaqsa yoki qandaydir o‘limni topsa, u shahiddir. Qaysi muslim o‘z uyidan Allohning uyiga chiqsa, keyin unga yetmasdan ajali yetsa, Alloh taolo unga jannatni vojib qiladi".

Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Kimiki o‘z yeridan muhojir bo‘lmasa, u Allohning farzlarini ado etishga qodir bo‘lsa, o‘sha joyda turishining zarari yo‘qdir. Ularning qilayotgan gunohlarini yomon ko‘rguvchi holida bo‘ladi. Bu uzrlidir.

Abdulloh ibn Mas’uddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: "œAgar kishi munkar ishni ko‘rib, o‘zi o‘zgartirishga qodir bo‘lmasa-da, qalbida bu ishni Alloh xush ko‘rmaydi, degan e’tiqodda bo‘lsin".

Ba’zi sahobai kiromlar, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, aytdilar: "œSizlardan birortangiz bir munkar ishni ko‘rsa, lekin uni qaytarishga qodir bo‘lmasa, uch marta: "œEy Parvardigor, bu yomon ish, bunga rozi emasman", deb aytsin. O‘shani aytsa, amri ma’ruf va nahiy munkar qilguvchi savobini oladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:44:29
103. Rivoyat qilindi: Abu Umayya aytdi: Abu Sa’laba Xushniydan

"œEy imon keltirganlar, o‘zlaringizni bilingizlar!" (Moida, 105) oyati to‘g‘risida so‘radim. So‘ngra aytdi: "œSen olim kishidan buning ta’vilini so‘radingmi?" Buni Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘radim, u kishi aytdilar: "œEy Abu Sa’laba, yaxshilikka buyuringlar, yomon ishlardan qaytaringlar, bas, agar g‘alaba qilguvchi dunyoni va hamma ergashgan baxillikni va har bir kishi o‘zining fikri bilan gerdayish holatini ko‘rsang, o‘zingni saqlagin, albatta, bu ishlaringizdan keyin faqat sabrdir, o‘sha kunda o‘zini saqlaganlar hozirgi amal qilguvchilardan ellik kishining ajriga barobardir".

So‘radilarki: "œYo Rasululloh, ellikta amal qiluvchi ulardanmi (oldingilardanmi) yoki bizlardanmi?" Aytdilar: "œSizlardan ellikta amal qiluvchining ajri kabidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:44:52
104. Qays ibn Abu Hozim aytdi: "œAbu Bakr Siddiqdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, eshitdim, u zot aytdi: "œSizlar bu oyatni o‘qiysizlar-u, uni o‘z o‘rnidan boshqa o‘ringa qo‘yasizlar:
"œEy mo‘minlar, o‘zingizni bilingizlar! (Ya’ni gunohlardan saqlaningizlar.) Modomiki, haq yo‘lni tutgan ekansiz, adashgan kimsalar sizlarga zarar yetkaza olmagay. Barchangiz ham Allohga qaytguvchisizlar" (Moida, 105). Va Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œQaysi bir qavm, gunohlarni qilsa-yu, ularni bu ishlaridan qaytarmasalar, o‘shanda Alloh taolo hammalariga azobini beradi".

Ibn Mas’uddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, yuqoridagi oyatning ta’vili so‘raldi, aytdilar: "œBu zamon hozirgi zamon emas, qachon insonlarning havolari ko‘paysa, talashib-tortishishni yaxshi ko‘rsalar, har bir kishi o‘zining nafsini lozim topsin (saqlasin)!"

____________
VIII BOB. YAXSHI ISHLARGA BUYURISH VA YOMON  ISHLARDAN QAYTARISH BOBI  HADISLARI

1. Anas ibn Molik.
"œAlbatta, odamlarning bir toifasida yomonlikni yopuvchi yaxshilik kalitlari bordir..." Hasan*. Ibn Moja (237) va Tayolisiy (2082).
2. Qatoda.
"œBir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga keldi..." Isnodi yaxshi*. "œAt-targ‘ib" kitobi (224/3) ga va "œAl-majma’a" (151/8) ga qarang.
3. Ubaydulloh ibn Jabar.
"œOdamlar ichida yomonlik qiluvchi kishi bo‘lsa..." Sahih*. Abu Dovud (4339) va Ibn Moja (4009).
4. No‘’mon ibn Bashir.
"œAlloh taoloning haqqida..." Sahih*. Buxoriy (2686-2493/5).
5. Huzayfa.
"œMening jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki..." Hasan*. Termiziy (2169) va Ahmad (288/5), "œAl-mishkot" (5140) ga qarang.
6. Ali ibn Abu Tolib.
"œAgar ummatim zolimni ko‘rib..." Isnodi yaxshi*. Ahmad (190/2) va Hokim (96/4).
7. Abu Dardo.
"œAlbatta, yaxshi ishga buyurib..." Zaif*. Bazzor (3307), "œZaiful jome’"ga (4650) qarang.
8. Abu Said Xudriy.
"œSizlardan birontalaringiz..." Sahih*. Muslim (49), Abu Dovud (1140), Termiziy (2172), Nasoiy (111/8) va Ibn Moja (4014/1275).
9. Ikrima.
"œBir kishi Allohni qo‘yib..." Zaif*. Uni Abu Dunyo "œShayton hiylalari" kitobida zikr qilgan (60) va Javziyning "œTalbisul-iblis" kitobida keltirilgan (32-bet).
10. Abu Muoviya Fazzoriy.
"œBugun sizlar Rabbilaringiz tomonidan..." Zaif*.
11. Hasan.
"œKim dini uchun bir yurtdan ikkinchi yurtga qochsa..." Zaif*
12. Hadis.
"œQaysi mo‘min Alloh va Rasulining toatiga..." Isnodi zaif*. Ahmad (36/40).
13. Sa’laba Qushniy.
"œBu oyat to‘g‘risida so‘radim..." Zaif*. Abu Dovud (4341), Termiziy (3058) va Ibn Moja.
14. Abu Bakr Siddiq.
"œSizlar bu oyatni o‘qiysizlar-u..." Sahih*. Ahmad (2), Abu Dovud (4338), Termiziy (3057, 2168), Ibn Moja (4005).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:53:39
IX BOB. TAVBA

Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi: Abdulloh ibn Ubayd ibn Umayrdan rivoyat: Odam alayhissalom aytdi: "œEy Parvardigor, shaytonni mening ustimga ega qilib qo‘yding. Men Sening yordamingsiz undan o‘zimni saqlay olamayman". Alloh: "œSening qaysi farzanding tug‘ilsa, iblisning makridan va yomonlik egalaridan ham qaytaradigan farishtani himoyachi qilib qo‘ygayman", dedi. "œEy Parvardigor, ziyoda qil!" Alloh aytdi: "œBir yaxshilikka o‘n barobar savob ziyoda qilgayman. Bir yomonlik qilsa, uni bitta qilib yozgayman yoki kechirgayman!"

"œEy Rabbim, ziyoda qil!" Alloh dedi: "œUning ruhi jasadida bo‘lgan vaqtning o‘zida tavbasini qabul qilgayman" "œAlloh o‘z kalomida aytdi: "œ(Ey Muhammad), Mening o‘z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmati-marhamatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta, Alloh (o‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, Uning o‘zigina mag‘firatli, mehribondir" (Zumar, 53).

105. Faqih aytadi, Ibn Abbos rivoyat qiladiki, payg‘ambarimizning amakilarini o‘ldirgan Vahshiy Payg‘ambarimizga (s.a.v.) Makkadan xat yozdi: "œMen musulmon bo‘lishni xohlayman, lekin sizga tushgan bu oyatlar meni qaytaryapti:
"œUlar Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan bittasi)ni qilsa, uqubatga duchor bo‘lur" (Furqon, 68). Men oyatda aytilgan shartlarning uchchalasini ham qilganman, men tavba qilsam bo‘ladimi?"

So‘ngra bu oyat tushdi:
"œMagar kim tavba qilsa va imon keltirib, yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik — gunohlarini yaxshilik — savoblariga aylantirib qo‘yur" (Furqon, 70).

Payg‘ambar (s.a.v.) shuni Vahshiyga yozdilar. Vahshiy: "œAlbatta, oyatda shart bor ekan. Bu shart amali solihdir, bilmaymanki, amali solihga qodir bo‘lamanmi yoki yo‘qmi?" deb yozdi.  So‘ngra Allohning ushbu so‘zi tushdi: "œAlbatta, Alloh o‘ziga sherik qilinishini kechirmas, shundan boshqa gunohlarni o‘zi xohlagan bandalar uchun kechirur" (Niso, 48). Buni Vahshiyga yozdi. Vahshiy javob qildiki, «Bu oyatda yana bir shart bor ekan, bilmaymanki, Alloh mening gunohlarimni kechiradimi yoki yo‘qmi?» Keyin Alloh bu oyatni tushirdi: "œ(Ey Muhammad), Mening o‘z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: "œAllohning rahmat va  marhamatidan noumid bo‘lmangiz. Albatta Alloh (O‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta Uning O‘zigina Mag‘firatli, Mehribondir" (Zumar, 53). Buni Vahshiyga yozdilar. Vahshiy bu xatda shartni topmagandan keyin Madinaga kelib musulmon bo‘ldi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:54:12
106. Abdulloh ibn Sufyon aytadi: Muhammad ibn Abdurahmon Sulamiy menga otasidan eshitganlarini yozdi: "œMadinada Payg‘ambarning (s.a.v.) sahobalaridan bir nechtalarining oldida o‘tirgan edik. Bulardan bittasi: "œPayg‘ambarimizdan (s.a.v.): "œKim o‘lmasidan yarim soat oldin tavba qilsa, Alloh taolo uning tavbasini qabul qiladi" deganlarini eshitdim", dedi. «Sen Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlarini eshitdingmi?» deb so‘radim. U: "œHa", deb javob berdi. Boshqasi: Payg‘ambardan (s.a.v.): "œKimki o‘lmasdan bir soat oldin tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi", deb aytganlarini men ham eshitdim", dedi. Yana bittalari: "œPayg‘ambarning (s.a.v.): "œKim g‘arg‘aradan oldin tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi", degan so‘zlarini eshitdim", dedi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:54:43
107. Muhammad ibn Mutarrifdan rivoyat qilinadi. Alloh aytdi: "œEy odam farzandi! Senga voy bo‘lsin! Gunohni qilasan, keyin kechirim so‘raysan, uni kechiraman, gunohga qaytasan, yana kechirim so‘raysan, uni kechiraman. Sho‘ring qursin! Gunohni tashlamagan, yana rahmatimdan ham noumid bo‘lmagan banda! Ey maloikalarim, sizlarning shohidligingizda Men uning gunohlarini kechirdim".

A’mashdan naql: "œSizlardan oldingi o‘tgan qavmlarimning ichida bir gunoh bilan mashg‘ul bo‘luvchi kishi bor edi va u kunlardan bir kun sayr qilib yurib, oldingi gunohlarini esladi va: "œEy Parvardigor, Sening mag‘firatingdan umid qilaman!" deb uch marta aytdi va shu holatda olamdan o‘tdi, uning gunohlarini Alloh taolo kechirdi".

Makhuldan rivoyat qilindiki, Ibrohim alayhissalom osmon mulkiga ko‘tarildilar. Bir zino qilgan bandani ko‘rdilar, uni badduo qildilar. Alloh uni halok qildi. Keyin o‘g‘irlik qilgan bandani ko‘rib, uni ham badduo qildilar. Alloh uni ham halok qildi. Alloh taolo: "œEy Ibrohim, sen bandalarimni qo‘yavergin, bandam uch xislatning orasidadir: Menga tavba qiladi va Men tavbasini qabul etgayman. Menga ibodat qiladigan zurriyotni undan chiqargayman. Shu orada unda ahmoqlik g‘alaba qiladi va shu badbaxtligining orqasida jahannam bordir".

Faqih aytadi: Bu xabar, agar banda tavba qilsa, Alloh taolo uning tavbasini qabul qilishiga dalildir. Banda uchun Allohning rahmatidan noumid bo‘lishi lozim emas. Alloh taolo aytdi:
"œZero Allohning rahmatidan faqat kofir qavmigina noumid bo‘lur" (Yusuf, 87).

Boshqa oyat:
"œU bandalardan tavba-tazarrularni qabul qiladigan, yomonliklarni afv etadigan va qilayotgan ishlaringizni biladigan zotdir" (Sho‘ro, 25).

Oqil kishi Alloh taologa har kuni va har vaqt tavba etmog‘i, gunohda davomli bo‘lmasligi lozimdir. Albatta gunohidan qaytguvchi gunohda doimiy bo‘lmaydi. Agar bir kunda yetmish marta gunoh qilib, mag‘firat so‘rasa, u gunohda doimiy emas.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:54:53
108. Shuningdek, Abu Bakr Siddiqdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilindi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œKishi kunda yetmish marta gunoh qilib, mag‘firat so‘rasa, u gunohda doimiylardan emas".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:55:05
109. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) aytdilar: "œAllohga qasamki, men har kuni yuz marta tavba qilaman!"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:55:40
110. Hazrati Alidan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: "œMen Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitgan narsalarimdan Alloh menga o‘zi xohlagandek foyda-manfaat beradi, agar menga shundan boshqasini aytsalar, unga qasam ichtiraman. Agar qasam ichsa, uning gapiga ishonaman. Menga Abu Bakr Siddiq aytdi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: "œBir banda bir gunoh qilsa, so‘ngra chiroyli tahorat olib, ikki rakat namoz o‘qisa, Allohdan gunohini kechirishni so‘rasa, Alloh uning gunohlarini kechiradi. Keyin bu oyatni tilovat qildilar:
"œKim biron bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qilguvchi va mehribon ekanini topar-ko‘rar" (Niso, 110).

Boshqa rivoyatda bu oyatni o‘qiganlar:
"œ(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishni so‘raydigan, har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilur, deb bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardir. Ularning mukofotlari Parvardigorlari tomonidan mag‘firat va taglaridan daryolar oqib turguvchi jannatlar bo‘lib, ular o‘sha joyda abadiy qolajaklar. Yaxshi amallar qiluvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!" (Oli Imron, 135-136).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:56:19
111. Hasan Basriy, Alloh rahmat qilsin, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: "œAlloh taolo iblisni tushirgan vaqtda (iblis) aytdiki: "œSening izzating bilan qasamki men odam farzandidan ajralmayman, toki uning ruhi jasadidan ajralmaguncha!" Aloh taolo aytdi: "œMening qudratim, ulug‘ligim haqqi, bandamdan tavbani o‘lim bilan kelayotgan g‘arg‘ara vaqtida ham to‘smayman!"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:57:14
112. Abu Qosim Abu Amoma Boxiliydan, u Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladi: "œO‘ng qo‘l farishtasi chap qo‘l farishtasidan omonatdordir, banda yaxshi amal qilsa, uning yaxshi amali uchun o‘nta savob yozadi. Agar yomon amal qilsa, chap tomon sohibi yozishni xohlagan vaqtida o‘ng tomon sohibi, to‘xtagin, deydi. Olti va yetti soat to‘xtab turadi. Allohdan istig‘for so‘rasa, unga hech narsa yozmaydi. Agar istig‘for so‘ramasa, unga o‘sha qilgan bitta gunohini yozadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:57:23
113. Faqih aytadi. Bu gap Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilingan: "œGunohlaridan tavba qiluvchi kishi xuddi gunohi yo‘q kishidekdir", hadisiga to‘g‘ri keladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:57:31
114. Boshqa rivoyatda: "œAgar banda bir gunoh qilsa, boshqa gunohni qilguncha, o‘sha gunohni yozmaydi. Keyin boshqa gunoh qilsa, yana boshqa gunohni qilguncha yozmaydi. Vaqtiki beshta gunoh jam bo‘lsa v bitta yaxshilik qilsa, unga beshta yaxshilik yoziladi, undan oldin beshta gunoh qilgan bo‘lsa ham. O‘sha vaqtda shayton (unga la’nat bo‘lsin) qichqirarkan va aytar ekan: "œOdam farzandiga qanday kuchim yetsin?! Men uni gunoh qilishga undab, kuch sarflab, harakat qilsam, bitta yaxshiligi bilan hamma kuchimni botil qiladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:57:57
115. Safvon ibn Assol al-Murodiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambar (s.a.v.) rivoyat qiladi: "œAlbatta, mag‘rib tomonda tavba uchun Alloh taolo bir eshik yaratdi, uning kengligi yetmish yoki qirq yillikdir. Doim ochiq bo‘ladi, quyosh g‘arbdan chiqqan vaqtgacha (ya’ni qiyomatgacha) yopilmaydi".

Said ibn Musayyab deydi: "œAlloh taolo kalomida aytiladi: "œZero, u tavba qilguvchilarni mag‘firat etguvchi bo‘lgan zotdir" (Isro, 25). Ya’ni kishiki gunohni qiladi, keyin tavba etadi, so‘ng gunoh qilib yana tavba qiladi".

Hasan Basriydan so‘raldi: "œKishi gunoh qilib tavba qiladi, so‘ng gunoh qilib tavba qiladi. So‘ng yana gunoh qilib tavba qiladi. Bu qachongacha?" Aytdi: "œBuni mo‘minlarning axloqidangina deb bilaman".

Ba’zi hakimlar aytdilar: "œOrifning kasbi beshtadir: Allohni eslasa, faxrlanadi, o‘zini zikr qilishsa, past bo‘ladi, agar Allohning oyatlariga qarasa, ibrat oladi, agar gunohga va shahvatga qasd qilsa, o‘zini olib qochadi, Allohning kechiruvchiligi zikr qilinsa, xursand bo‘ladi, gunohlari zikr qilinsa, mag‘firat so‘raydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:58:49
116. Faqih, Alloh rahmat qilsin, Mu’ammardan, Zuhriydan rivoyat qiladi: "œBir kuni Hazrati Umar Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga yig‘lab kirdi. Payg‘ambar (s.a.v.): "œSeni nima yig‘layapti, ey Umar?" dedilar. Umar aytdi: "œYo Rasululloh! Ko‘chada bir yigit yuragimni kuydirdi, u yig‘lab turibdi". Rasululloh (s.a.v.): "œEy Umar, menga uni olib kir" dedilar. Haligi yigit yig‘lab kirdi. Payg‘ambar (s.a.v.): "œSeni nima yig‘latyapti, ey yigit", deb so‘radilar. "œEy Allohning payg‘ambari! Meni gunohlarimning ko‘pligi yig‘latyapti. Men Allohimning g‘azabidan qo‘rqyapman", dedi. "œAllohga shirk keltirdingmi?" "œYo‘q". "œNohaq odam o‘ldirdingmi?" "œYo‘q". Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAlbatta, Alloh taolo sening gunohingni kechiradi, agar o‘sha gunohing yetti osmon, yetti yer, baland tog‘lardek bo‘lsa ham". Yigit: "œEy Allohning rasuli! Mening gunohim yetti osmon, yetti qat yer, baland tog‘lardan ham kattaroq". Payg‘ambar (s.a.v.) so‘radilar: "œSening gunohing kursidan ham kattaroqmi?" Yigit: "œUndan ham kattaroq", dedi. "œGunohing Arshdan ham kattaroqmi?" Yigit: "œKattaroq", dedi. "œGunohing ulug‘mi yoki Allohing? (Ya’ni, Allohning mag‘firatimi)?" Yigit: "œAlloh ulug‘dir!" Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar. "œAlbatta, katta gunohlarni Alloh kechiradi". So‘ngra dedilar: "œMenga aytgin, nima gunoh qilding" Yigit: "œEy Allohning rasuli! Men sizdan uyalaman". Payg‘ambar (s.a.v.) ikkinchi marta: "œAytib bergin qilgan gunohingni", deb so‘radilar. Yigit: "œEy Allohning elchisi! Men yetti yil qabrlarni ochib, kafanlarini olish bilan shug‘ullandim. Bir kuni ansor qizlaridan biri o‘ldi, uning qabrini ochdim. Uni kafanidan chiqarib oldim. Ozgina o‘tmasdan shayton nafsimga g‘alaba qildi. Keyin qaytib o‘sha qizni mujmoa’at qildim. Uzoq turmadim, shu vaqt o‘sha qiz turib: "œSenga Allohning g‘azabi bo‘lsin, ey yigit! Qiyomat kunida Allohdan uyalmaysanmi? O‘sha kunda hukm uchun tosh-tarozi qo‘yiladi, mazlumga zolimdan haqqi olib beriladi. Bu o‘liklar vatanida meni yalang‘och tashlab ketyapsan. Allohning qudrati oldida meni junub holatiga tushiryapsan", deb aytdi". Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘rni-laridan sakrab ketdilar, uni yelkasidan ushlab, itarib yubordilar. "œEy fosiq, sening do‘zaxga kirishga bu qadar hojating bor ekan, mening oldimdan ketgin", dedilar.

Yigit Alloh taologa qirq kecha tavba qilib chiqdi, qirq kecha to‘liq bo‘lgandan keyin boshini ko‘tarib osmonga qarab: "œEy Muhammad sallallohu alayhi vasallamning, Odamning, Havoning Parvardigori! Agar meni kechirsang, Muhammadga (s.a.v.) va sahobalariga bildirgin, agar bildirma-sang, osmondan olov yuborib, meni kuydirgin va oxirat azobidan najot bergin!" deb iltijo qildi. Jabroil alayhissalom Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kelib: "œAssalomu alaykum, ey Muhammad sallallohu alayhi vasallam, Rabbingiz sizga salom aytdi". Payg‘ambarimiz aytdilar: "œAlloh Salomdir, salom Allohdandir v salom o‘ziga qaytgaydir!" Jabroil aytdiki: "œAlloh so‘radi: "œButun maxluqni sen yaratdingmi?" Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œYo‘q! Meni va (barcha) maxluqlarni U zotning o‘zi yaratdi". Jabroil dedi: "œRabbingiz aytdiki, ularga rizqni sen berasanmi, deb" Aytdilar: "œUlarni va meni Alloh rizq-lantiradi!" Jabroil dedi: «Rabbingiz aytdiki: «Ularning tavbasini sen qabul qilasanmi?» deb». Aytdilar: "œAlloh mening va ularning tavbalarimni qabul qilguvchidir". Jabroil: "œAlloh aytdi. "œBu bandamning tavbasini qabul qilgin. Men tavbasini qabul qildim", dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) yigitni chaqirib: "œAlloh taolo gunohingni kechirganini bashorat qildi va tavbangni qabul qildi".

Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Bu xabarga oqil kishi e’tibor qilmog‘i va bilmog‘i lozim bo‘ladiki, albatta o‘lik bilan qilgan zinosidan ko‘ra tiriklar bilan zino qilmog‘i kattaroq gunohdir. Haqiqiy tavbani qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki Alloh taolo tavbasi haqiqiy ekanligini va undan gunohni ketkazganini yigitga bildirdi. Tavba gunohning miqdoricha bo‘lishi lozim bo‘ladi.

Ibn Abbos, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, deydi: "œAllohning kalomida:
"œEy imon keltirganlar, Allohga xolis tavba qilinglar!" deyiladi. (Tahrim, 8). Xolis tavba qalb bilan pushaymon bo‘lish, til bilan istig‘for so‘rash, badan bilan uzilish va unga hech qaytmayman deb qalbiga jo qilishdir!"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 06:59:56
117. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œTil bilan kechirim so‘rovchi, keyin gunohida davom etuvchi kimsa xuddi Rabbini masxaralovchi kabidir".

Robi’adan, Alloh undan rozi bo‘lsin, zikr qilindi: "œBizning gunohlarimizni so‘ramog‘imiz ko‘p istig‘forlarga muhtoj bo‘ladi, ya’ni tili bilan kechirim so‘raydi, niyati esa gunohga qaytish bo‘ladi. Bu tavba yolg‘onchilarning tavbasidir. Bu tavba emas, tavba til bilan istig‘for so‘rash va o‘sha gunohga ikkinchi marta qaytmaslikni niyat qilishdir. Agar o‘shanday qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi, agar katta gunoh bo‘lsa ham. Chunki Alloh bandalariga rahmlidir".

Zikr qilindiki: "œBani Isroilda bir podshoh bor edi. Ko‘p ibodat qilguvchi bir kishini unga sifatlabdilar, uni chaqirib: "œMening suhbatimda bo‘lasan, uyimda turasan", deb talab qilibdi. Haligi obid: "œEy podshoh, bordi-yu, bir kuni uyingga kirib, joriyang bilan o‘ynashib o‘tirganimni ko‘rib qolsang, nima qilasan?" debdi. Podshoh achchiqlanibdi: "œEy fojir, menga shu gapni aytishga jur’at qilasanmi?" Obid aytdi: "œMening karamli Parvardigorim bor, agar menda bir kunda yetmishta gunoh ko‘rsa ham g‘azab qilmaydi. Eshigidan haydab chiqarmaydi. Meni rizqidan ham mahrum qilmaydi. Endi qanday qilib, uning eshigidan ketay va hali men unga gunoh qilmay turib, menga g‘azab qilgan odamning qanday qilib yonida turay?! Agar gunoh qilayotgan paytimda ko‘rsang, nima qilarding?" Keyin chiqib ketdi".

Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Gunoh ikki xil bo‘ladi. Sen va Rabbing orasidagi gunoh hamda sizlar bilan bandalar orasidagi gunoh. Alloh taolo bilan sening orangdagi gunohning tavbasi til bilan istig‘for aytish, dil bilan pushaymon bo‘lish va qalbida shu gunohga qaytmaslik qasdini tutish bilan bo‘ladi, agar bularni qilsa, Alloh taolo uning gunohlarini kechadi. Agar farzlaridan birontasini tashlasa, u paytda tavbasi foyda bermaydi, toinki o‘sha bajarmagan ibodatini qilmagunicha, keyin pushaymon yeydi va istig‘for so‘raydi. Ammo sen bilan bandalar orasidagi gunoh shundayki, ular rozi bo‘lmasalar, tavba senga foyda bermaydi, to oralaringni ochiq qilmagunlaringcha!

Ba’zi tobe’inlardan, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: "œAlbatta gunohkor gunoh qilib qo‘yadi, so‘ngra gunohini kechirishini so‘rab, pushaymon qilguvchi holatida bo‘lsa, jannatga kiradi. Shayton aytadi: "œKoshki men uni jannatga tushirmaganimda edi!" deb".

Ba’zi hakimlar aytdilar: "œAlbatta kishining tavbasi to‘rt narsada bilinadi:
1. Tilini ortiqcha so‘zlardan, g‘iybatdan va yolg‘ondan tiymoqlikda.
2. Biron bir kishiga hasad va adovat qilmaslikda.
3. Yomonlik egalaridan ajralmoqlikda.
4. O‘limga tayyor holatda bo‘lishida, o‘tgan gunohlari uchun istig‘for so‘rashi, pushaymon qilishi va Allohning toatiga harakat qilgan holatda bo‘lishida bilinadi.

Ba’zi hakimlarga aytildi: "œTavba qiluvchining tavbasi qabul bo‘ladimi yoki yo‘qmi ekanligini bildiradigan alomatlar bormi?" Aytdilar: "œBor. Uning alomati to‘rt narsadir:
1. Yomonlik egalaridan uzilish, ularni o‘zi uchun qo‘rqinchli ko‘rishligi va yaxshilarga qo‘shilishi.
2. Gunohlarning hammasidan uzilgan bo‘lmog‘i va barcha toatlarga yuzlangan holatda bo‘lmog‘i.
3. Uning qalbidan dunyo xursandchiliginning hammasi ketmoqligi, o‘z qalbida har doim oxirat g‘amini ko‘rmoqligi.
4. Alloh taolo unga berilgan rizqni o‘z nafsidan forig‘ holatda ko‘rmog‘i va Alloh buyurgan narsalarga mashg‘ul bo‘lish holatini o‘zida ko‘rishligi. Agar yuqoridagi bu alomatlar topilsa, u odam, shunday odamlardandirki, Alloh taolo ular haqida aytadi:
"œAlbatta, Alloh taolo tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutguvchilarni sevadi"(Baqara, 222).

Va uning uchun odamlarga to‘rt narsa vojib bo‘ladi:
1. Odamlar uni yaxshi ko‘rmoqligi, chunki Alloh taolo uni yaxshi ko‘radi.
2. Uning tavbasi sobit bo‘lishi uchun uni duolarda eslamoqliklari.
3. Uning oldin o‘tgan gunohlariga e’tibor qilmasliklari.
4. U bilan birga o‘tirishlari, birga dars qilmoqliklari, yordam bermoqliklari.

Alloh taolo uni to‘rt narsa bilan ikrom qiladi:
1. Alloh taolo gunohllardan uni chaqirib qo‘yadi, go‘yoki hech ham gunoh qilmagandek.
2. Uni Alloh taolo yaxshi ko‘rib qoladi.
3. Unga shaytonni ega qilib qo‘ymaydi, undan saqlaydi.
4. Dunyodan chiqarib olmasdan oldin qo‘rquvdan omon saqlamog‘i. Chunki Alloh taolo aytdi:
"œAlbatta: "œParvardigorimiz Allohdir", deb so‘ngra (yolg‘iz Alloh taologa toat-ibodat qilishda) to‘g‘ri-ustivor bo‘lgan zotlarnnning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib, (derlar): "œqo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar!" (Fussilat, 30).

Xolid ibn Ma’don aytdi: "œAgar jannatga tavba qilganlar kirsalar, aytarkanlar: Rabbimiz bizga jannatga kirmasdan oldin do‘zaxdan o‘tmoqligimizni va’da bermaganmidi?" Ularga aytiladi: "œSizlar u yerdan o‘chirilgan vaqtda o‘tdingizlar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:00:06
118. Hasan rivoyat qiladi: "œPayg‘ambarimiz (s.a.v.) bir xotinni zino qilganligi uchun toshbo‘ron ettirdilar, keyin unga janoza o‘qidilar. Ba’zi sahobalar Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘radilar: "œYo Rasululloh, uni toshbo‘ron qildirdingiz va unga janoza ham o‘qidingiz?" Aytdilar: "œU tavba qilgan edi. Agar shunga o‘xshagan ishni yetmish marta qilgandayam, Alloh taolo tavbasini qabul qilardi, (ya’ni uning tavbasi haqiqiy edi). Haqiqiy tavba qabul qilinadi. Agar o‘sha katta gunoh bo‘lsa ham".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:00:23
119. Payg‘ambarimiz (s.a.v) aytdilar: "œKimki mo‘minni fohisha ish bilan ayblasa, o‘sha odam o‘zi shu ishni qilgan kabidir. Alloh taolo o‘sha ayblovchini shu ishga tushirmay qo‘ymaydi. Kimki mo‘minni bir gunoh bilan ayblasa, u kishining o‘zi shu gunohni qilmasdan va shu bilan uyatga qolmasdan turib bu dunyodan ketmaydi".

Faqih, Alloh rahmat qilsin, deydi: Albatta mo‘min gunohga tushmoqlikni qasd qilmaydi, unga suyanmaydi ham, chunki Alloh taolo: "œSizlarga kufrni, (Alloh va Payg‘ambarga) itoatsizlikni va isyonni yomon ko‘rsatib qo‘ydi" (Hujurot, 7), deb xabar beryapti. Albatta U mo‘minlarga gunohlarni yomon qilib ko‘rsatdi. Mo‘minlar ularga suyanmaydilar, lekin ular bunga g‘aflat holatida tushib qoladilar. Ular bilan mo‘minni ayblab bo‘lmaydi, agar tavba qilgan bo‘lsa.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:00:31
120. Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œAgar banda tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi. Uning amalidagi gunohlaridan yozilgan gunohlarini unuttiradi va uning gunoh qilgan yerini ham unutadi. Osmondagi o‘rnini ham unuttiradi, qiyomat kuni yaratgan maxluqlaridan hech narsa uning zarariga shohidlik bermasligi uchun".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:00:46
121. Ali ibn Abu Tolib, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œArshning oldida, xalqni yaratmasdan to‘rt ming yil oldin yozilgan bitik bor:

"œMen tavba qilgan hamda imon keltirib, yaxshi amallar qilgan, so‘ngra to‘g‘ri yo‘lga yurgan kishilarni mag‘firat etuvchidirman" (Toho, 82).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:02:08
X BOB. YANA TAVBA HAQIDA

122. Ibn Abbosdan rivoyat: "œPayg‘ambar (s.a.v.) tavba eshigini zikr qildilar. Umar ibn Xattob: "œYo Rasululloh, tavba eshigi nima?" deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œTavba eshigi mag‘ribning orqasidadir, uning ikki tabaqasi tillodan, dur va yoqutdan qoplangan. Eshikning birinchi tabaqasi bilan ikkinchisining orasi tez yurar ulovga mingan kishiga qirq yillik yo‘ldir. Bu eshik Alloh taolo maxluqotlarni yaratgandan beri ochiqdir. Toki quyosh g‘arbdan chiqquncha, Allohning bandalaridan qaysilari tavbai nasux qilsa, uning tavbasi o‘sha eshikdan kiradi". Maoz ibn Jabal aytdi: "œOtam-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasululloh, tavbai nasux qanday bo‘ladi?" Aytdilarki: "œGunohkor o‘zidan o‘tgan gunohga pushaymon bo‘lmog‘idir. So‘ngra Alloh taologa uzr aytib, bu gunohlarni qaytib qilmaydi. So‘ng quyosh bilan oy bu eshikka botadi, keyin ikki tabaqa qaytib yopiladi. Ikkovining orasida nima bor bo‘lgan bo‘lsa, hammasi yig‘iladi. Go‘yoki ikkovining orasida na bir teshik, na bir yorug‘ bo‘lmagan holatga aylanadi. Shu vaqtdan keyin tavba qabul qilinmaydi. Islomda qilingan yaxshiliklari foyda bermaydi, magar oldin muhsin bo‘lgan bo‘lsa, foyda beradi va bu Alloh kalomida bordir:
"œParvardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa ilgari imon keltirmagan yoki imonida yaxshilik kasb qilmagan biron joyiga (endi keltirgan) imoni foyda bermas" (An’om, 158).

Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œTavbai nasux ­ tavba qilib, keyin bu gunohlarga qaytmaslikdir". Yana aytadi: "œTavba eshigi ochiqdir. U har kishini qabul qilguvchidir, uch kishidan boshqa:
­ kufrning boshi shaytonni;
­ xatolarning boshi Odamning o‘g‘li Qobilni;
­ payg‘ambarlarni o‘ldirganlarni".
Aytdilar: "œTavba qilguvchilarning eshigi mag‘rib tomonidan ochiqdir. Orasi qirq yillik yo‘ldir. Ular yopilmaydi, toki quyosh g‘arb tomonidan chiqqunicha".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:04:47
123. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œTavba havoda muallaq osilib turadi. U kechayu kunduz nido qiladi: "œKim meni qabul qilgan bo‘lsa, u azoblanmaydi". Bu nido dunyo tugab, quyosh mag‘ribdan chiqqunga qadar davom etaveradi, qachonki quyosh mag‘ribdan chiqsa, u qabul qilinmaydi".

Bu xabarlarda tavbaga undashlik bor. Bundan ravshanlik shulki, tavba qilsa, undan tavba qabul qilinadi. Alloh taolo mo‘minllarni tavbaga chaqiradi. Aytadiki:
"œBarchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki, najot topsalaringiz" (Nur, 31). Ya’ni, Allohning azobidan najot topishlaringiz uchun va Uning rahmatiga erishmoqlaringiz uchun tavba qilingiz. Alloh bayon qildiki, tavba hamma yaxshiliklarning kalitidir. Albatta,  mo‘minlarning najot topishi, uning tavbasidandir. Mo‘minlarga tavba qilmoqliklarini buyuryapti: "œEy imon keltirgan bandalar, Allohga xolis tavba qilinglar!" Keyin tavbadan so‘ng, ular uchun qanday karomatlar bo‘lishini bayon qildi:
"œShoyadki Parvardigoringiz sizlarning yomonlik — gunohllaringizni o‘chirib", ya’ni, sizlardan gunohlarni Alloh taolo o‘chiradi va "œOstidan daryolar oqib turadigan jannatga kiritur" (Tahrim, 8). Ya’ni oxiratda sizlarga tagidan suvlar oqib turuvchi va mevali daraxtzorlardan iborat bog‘lar beradi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:04:55
124. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œAlbatta men Allohdan gunohimni kechirishini so‘rayman va Allohga bir kunda yuz marta tavba qilaman!
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:05:18
125. Boshqa xabarda: "œEy odamlar, Allohga tavba qilinglar! Men bir kecha-kunduzda yuz marta tavba qilaman", dedilar.

Payg‘ambarning (s.a.v.) oldingi va keyingi gunohlari kechirilgan holda tavba qilsalar-u, gunohi kechirilgani yoki kechirilmagani ma’lum bo‘lmagan kishilar-chi? Ular nechun Alloh taologa har zamon tavba qilmasin! Va tilini qanday qilib doimiy istig‘for bilan mashg‘ul qilmasin".

Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, deydiki: «Alloh kalomida aytdi: "œBalki inson oldinda (kelgusi hayotida ham), fisq-fujur qilmoqni xohlaydi" (Qiyomat, 5), ya’ni gunohlarini qilib kelaveradi. Tavbasini kechiktiradi. U yaqinda tavba qilaman, deydi, hattoki yomonlik ustida o‘limini topguncha cho‘zadi, so‘ngra o‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:06:00
126. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œYaqinda tavba qilaman deb aytuvchi halok bo‘ladi. Mo‘min kishiga to o‘lim kelgunicha, har vaqt Allohga tavba qilmog‘i lozim bo‘ladi. U o‘lim paytida tavba qilguvchi bo‘lsa, Alloh taolo uning tavbasini qabul qilguvchidir. Alloh taolo aytdi:
"œU bandalaridan tavba-tazarru’ qabul qiladigan, yomonliklarni afv etadigan va qiladigan ishlaringizni biladigan zotdir" (Sho‘ro, 25).

Ya’ni gunohlaridan o‘tadi, agar tavba qilsalar va qaytsalar. Tavba — gunohlariga qalbi bilan pushaymon bo‘lmog‘i, til bilan istig‘for so‘ramoqligi va gunohlariga hech ham qaytmaslikni ko‘ngliga tugmoqligidir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:06:08
127. Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œKimiki faqat yakka-yagona, ulug‘ Alloh taolodan kechirim so‘rayman, deb uch marta aytsa, uning gunohlari kechiriladi, agar dengizning ko‘piklaricha bo‘lsa ham".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:07:03
128. Abu Qaloba aytdi: "œAlbatta, Alloh taolo iblisni la’natlagan paytda iblis muhlat berishni so‘radi. Alloh unga muhlat berdi. "œSening ulug‘ligingga qasamki, bandangning qalbidan joni chiqqunicha chiqmayman", dedi. Alloh aytdi: "œUlug‘ligimga qasamki, bandamdan tavbani to‘smayman, toki nafasi chiqqunicha".

Allohning rahmatini, o‘z bandalariga yumshoqligini ko‘ring! Albatta ularni, gunoh qilganlaridan keyin ham, mo‘minlar deb atadi. Alloh taolo aytdi:
"œBarchalaringiz Allohga tavba qilingizlar, ey mo‘minlar! Shoyadki najot topsangizlar" (Nur, 31). Tavbadan keyin ularni yaxshi ko‘rdi. Alloh aytdi:
"œAlbatta, Alloh taolo tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutguvchilarni sevadi" (Baqara, 222).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:07:17
129. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: "œGunohiga tavba qilgan kishi go‘yoki gunohi yo‘q kishiga o‘xshaydi".

Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi: "œBir kishi: «Men bir gunoh qildim", deb aytdi. Hazrati Ali: "œAllohga tavba qilgin, keyin bu gunohlarga qaytmagin", dedi. Aytdi: "œMen tavba qildim, yana gunoh qildim, yana qaytdim". Hazrati Ali: "œAllohga tavba qil, keyin bu ishni qilmagin", dedi. Haligi kishi: "œQachongacha, yo Ali?" dedi. Ali aytdi: "œTo shayton mag‘lub bo‘lgunicha".
Mujohid aytdi: "œAlloh so‘zida:
"œAlbatta, Alloh tavbalarni qabul qilish, faqat bironta gunohni nodonlik bilan qilib qo‘yib, so‘ngra darhol tavba qilgan kishilar uchundir" (Niso, 17). Aytdi: Nodonlik ­ qasddan qilishlik. Aytdilar: o‘limdan boshqa barcha holat (tavbaga) yaqindir (ya’ni, o‘lim paytidagi tavba qabul qilinmaydi).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:08:09
130. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) Abu Hurayra rivoyat qiladi: "œAgar banda bir gunoh qilsa, keyin aytsaki: "œYo Allohim, men gunoh qildim", yoki aytsaki, "œMen bir gunoh sodir qilib qo‘ydim, meni kechirgin", deb. Alloh taolo aytadi: "œBandam gunoh qildi, bildiki, uning Parvardigori gunohlarni kechiradi va shu gunoh bilan jazolaydi. Bas, bandamning gunohlarini kechirdim".

Bu narsalarning hammasi Muhammadning (s.a.v.) hurmatlari uchundir. Oldingi ummatlar gunoh qilsalar, ularga halol narsalar harom qilinardi. Ulardan biri gunoh qilib qo‘ysa, eshigida yoki peshonasida: "œFalonchining o‘g‘li falonchi bu gunohni qildi", deb yozilganini topardi. Alloh taolo bu ummatining zimmasida bu ishni yengil qilib qo‘ydi. Bas, aytdi:
"œKim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qiluvchi va mehribon ekanini topar — ko‘rar" (Niso, 110).

Har bir mo‘min-musulmon kishi Alloh taologa kechayu kunduz tavba qilmog‘i lozim bo‘ladi.
Mujohid aytdi: "œKim kechasi bo‘lganda va kunduzi bo‘lganda tavba qilmasa, u zolimlardan bo‘libdi. Banda uchun Alloh taologa hamma vaqt tavba va besh vaqt namozlarida ijtihod qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki Alloh taolo besh vaqt namozni bandalarining gunohlarini poklaguvchi qildi, katta gunohlardan boshqalarini".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:08:33
131. Alqama rivoyat qildi: Abdulloh ibn Mas’ud aytdi: "œBir kishi Payg‘ambarga (s.a.v.) kelib: "œYo Rasulalloh, bog‘da bir xotinga duch keldim, uni quchoqlab, o‘pdim, boshqa ishlarni ham qildim. Faqat jimo’ qilmadim", dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) bir soat jim qoldilar, so‘ngra bu oyat tushdi:
"œKunduzning har ikki tarafida va kechadan bir bo‘lagida namozni to‘kis ado qiling! Albatta, yaxshi amallar yomonlik — gunohlarni ketkazur. Bu quloq tutguvchilar uchun eslatmadir!" (Hud, 114). Ya’ni, kunduzning ikki vaqtida Alloh taolo uchun namoz o‘qing, u bomdod, peshin, asr namozlaridir. Kechaning bir bo‘lagi, ya’ni shom va xufton namozlarini Alloh taolo uchun o‘qing. "œAlbatta yaxshi amallar yomonlik — gunohlarni ketkazur", ya’ni besh vaqt namoz bu oradagi gunohlarga, agar katta gunohlar bo‘lmasa, kafforat bo‘ladi. Ana shular tavba qilguvchilar uchun tavbadir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) u kishini chaqirdilar va bu oyatni o‘qib berdilar. Hazrati Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, so‘radi: "œYo Rasulalloh, bu oyat asosan u uchunmi yoki hamma insonlar uchunmi?" Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œOdamlarning hammasi uchundir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:08:46
132. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œHar bir kishi uchun ikki farishta qo‘yiladi. Ikkovi u bandaning amallarini yozadi, o‘ng tomon sohibi Amin chap tomon sohibidan ustundir. Agar banda bir yomon ishni qilsa, chap tomon farishtasi undan: "œYozaymi?" deb so‘raydi. O‘ng tomon farishtasi: "œBeshta gunoh qilgunicha to‘xtab turgin", derkan. Vaqtiki beshta gunoh qilsa, chap tomon sohibi: "œYozaymi?" deb so‘raydi, o‘ng tomon sohibi: "œBitta yaxshilik qilgunicha to‘xtab turgin", deydi. Vaqtiki bitta yaxshilik qilsa, o‘ng tomon sohibi aytadi: "œAlbatta, bizga xabar keldiki, bitta yaxshilikka o‘nta yaxshilik yoziladi, kelgin, beshtasini beshta yaxshilik bilan o‘chiramiz va qolgan beshta yaxshiligini yaxshiliklariga qo‘shib yozamiz". Shu paytda shayton qichqirib aytadi: "œQachon Odam farzandiga yetaman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:09:43
133. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œBir kecha xufton namozini o‘qiganimdan keyin Payg‘ambar (s.a.v.) oldilaridan chiqdim. Bir payt yo‘l ustida turgan, yuzini o‘ragan bir xotinni ko‘rdim. Aytdi: "œEy Abu Hurayra, men katta gunoh qildim, men tavba qilsam bo‘ladimi?" "œNima gunoh qilding?", deb so‘radim. "œMen zino qildim va zinodan bo‘lgan bolani o‘ldirdim". Unga: "œHalok bo‘libsan, halok qilibsan! Allohga qasamki, senga tavba yo‘q", dedim. "œU qattiq qichqirib, hushidan ketdi,  men ketdim. Keyin o‘zimga o‘zim aytdimki, Rasululloh (s.a.v.) oramizda tursalar-u, men fatvo beraymi? Tongni ottirib ertalab Rasulallohning (s.a.v.) oldilariga kirdim. "œYo Rasulalloh, bir xotin mendan kecha falon-falon fatvoni so‘radi, men shunday-shunday, deb fatvo berdim". Payg‘ambar (s.a.v) aytdilar: "œBizlar Allohnikimiz, albatta, Allohga qaytguvchimiz, sen, Allohga qasamki, ey Abu Hurayra, halok bo‘libsan va halok qilibsan!

"œUlar Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishin harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar..." oyatidan to:
"œAlloh ularning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblariga aylantirib qo‘yur. Alloh mag‘firatli, mehribon bo‘lgan zotdir" (Furqon, 68, 70) oyatigacha nozil bo‘lganda sen qaerda eding".

So‘ngra Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilaridan chiqdim, men Madina ko‘chalarida yugurar va kecha mendan fatvo so‘ragan ayolni menga kim dalolat qiladi, deb so‘rar edim. Bolalar, Abu Hurayra jinni bo‘libdi, derdilar. Keyin kechasi o‘sha xotinni oldingi joyida uchratdim. Va Payg‘ambarning (s.a.v.) aytganlarini unga bildirdim. Va unga tavba borligini aytdim. Xursandchiligidan qichqirib yubordi va: "œMening bir bog‘im bor, o‘shani qilgan gunohim uchun kafforat etib, kambag‘allarga sadaqa qildim", deb aytdi".

Alloh kalomida zikr qilindi:
"œMagar kim tavba qilsa va imon keltirib solih amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik — gunohlarini yaxshilik — savoblarga aylantirib qo‘yur" (Furqon, 70).

Ba’zilar aytadilar: "œAlbatta, banda gunohlaridan tavba qilsa, o‘tgan gunoh amallarining hammasi yaxshiliklarga aylanadi".

Shuningdek, Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œInson qiyomat kunida kitobiga qaraydi, avval gunohlarini ko‘radi, oxirida yaxshiliklarini. Keyin birinchi kitobga qarasa, uning hammasida yaxshiliklarini ko‘radi".

Abu Zarr G‘iforiy Payg‘ambardan (s.a.v.) qilgan rivoyatda ham shunga o‘xshashdir — Alloh kalomida: "œO‘shalarning yomonlik — gunohlarini yaxshilik — savoblarga aylantirib qo‘yur", deydi. Uning ma’nosida aytiladi: Yomon amaldan solih amallarga aylanadi. Yomon amallar o‘rnini yaxshilik amallari egallashi uchun Alloh taolo muvofiq qilib qo‘yadi.

Nechukkim, Alloh taolo aytdi:
"œO‘shalarning yomonlik — gunohlarini yaxshilik —savoblariga aylantirib qo‘yur. Alloh kechirguvchi, rahmli zotdir" (Furqon, 70), ya’ni tavbasidan oldingi qilganlarini kechirguvchi, tavbadan keyin ularga rahm qilguvchi zotdir.

Biling, ey birodar, kufrdan ulug‘roq gunoh yo‘q. Alloh taolo aytdi:
"œ(Ey,  Muhammad!) Kofir bo‘lgan kimsalarga aytingki, agar (kufrlaridan) to‘xtasalar, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinur" (Anfol, 38).

Endi kufrdan boshqalarini qo‘yavering!
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:09:55
134. Hasan Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi. U zot aytdilarki: "œAgar sizlardan birortangiz osmon va yer orasining to‘laligicha gunoh qilsa, keyin tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul etadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:10:14
135. Yazid Raqqoshiy aytadi: "œBizga Rasulullohning minbarlaridan turib Abu Hurayra xutba o‘qidi". Xutbada aytdi: "œPayg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim, aytdilarki: "œOdam Alloh uchun basharning eng hurmatlisidir. Alloh taolo qiyomat kunida unga uchta uzrini aytadi: "œEy odam! Men yolg‘onchilarni la’natlamaganimda va yolg‘onni yomon ko‘rmaganimda, albatta butun zurriyotingga rahm qilardim, lekin:
"œMen tomondan bu so‘z haq-sobit bo‘lgandir. Men jahannamni (kofir) jin va (dinsiz) odamlarning barchasi bilan o‘ldirurman!" (Sajda, 13).

Va unga aytadi: "œEy Odam! Men sening zurriyotingdan hech kimni do‘zaxga kirgizmayman. Do‘zax bilan azoblamayman. Men o‘z ilmim bilan bildimki, zurriyotingdan bir toifani agar dunyoga qaytarsam, albatta u dunyoda yomon ishlarga qaytadi. Keyin bu ishdan qaytmaydi, tavba ham qilmaydi, ana shularnigina do‘zaxga kirgizaman. Ey Odam! Men seni o‘zim va zurriyoting o‘rtasida hakam qildim, tarozuning oldiga tur va ularning amallaridan senga nima yetishini ko‘r. Kimga bir misqol yaxshilik og‘ir kelsa, unga jannatdir, hattoki, Men do‘zaxga faqatgina zolimlarni kirgizishimni bilgaysan".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:10:31
136. Oyisha rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œYozilgan gunohlar uchtadir: Alloh kechiradi; Alloh kechirmaydi; Alloh u narsadan hech narsaga teginmaydi".

Alloh kechirmaydigan gunoh Allohga shirk keltirishdir. Alloh aytadi:
"œAlbatta, kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur va borar joyi do‘zax bo‘lur" (Moida, 72).

Alloh kechiradigan gunoh bilan o‘z nafsiga zulm qilishi, o‘zi va Rabbi orasidagi zulmlardir.

Alloh biror narsani tark qilib qo‘ymaydigan gunoh bandalarning ba’zilariga ba’zilari qilgan zulmidir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:10:40
137. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: "œAlbatta, qiyomat kunida qiyomat ahllari huquqlari ado qilinadi (ya’ni bir-biridan o‘ch olinadi), hattoki shoxsiz qo‘y uchun shoxli qo‘yni bog‘latib, uni suzdiriladi".
Banda xusumatchisini rozi qilishga intilishi lozim.

Agar gunoh o‘zi bilan Alloh orasida bo‘lsa albatta, Alloh mehribon zot, istig‘for so‘rasa, U gunohlaridan kechadi.

Agar gunoh uning bilan odamlar orasida bo‘lsa, u kishiga mazlumni rozi qilishlik zarurdir. Modomiki, husumatchisini rozi qilmasa, unga kechirim so‘rash, tavba qilish foyda bermaydi. Agar bu dunyoda rozi qilmasa, oxiratda uning yaxshiliklaridan olinadi, bu haqda xabar kelgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:10:48
138. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œSizlar ummatimdan bo‘lgan muflislarni bilasizlarmi?" "œBizning nazarimizda muflis na dirhami, na dinori, na matosi bo‘lgan kishidir", deyishdi. Payg‘ambarimiz aytdilar: "œUmmatimdan muflis qiyomat kunida namoz bilan, ro‘za bilan hamda, buni so‘kdi, bunga tuhmat qildi, zinokor, buning molini yedi, buning qonini to‘kdi, urdi, degan hujjatlar bilan keladi. Mana shu ishlari uchun yaxshiliklaridan olinadi. Agar yaxshiliklari tugasa, foyda-zarariga hukm qilmasdan oldin, uning xatolaridan olinadi, so‘ngra uning ustiga xatolari tashlanib, do‘zaxga yuboriladi".

Allohdan tavbaga muvaffaq bo‘lishimizni so‘raymiz. Albatta, tavba qilishda sobit bo‘lishlik tavbadan qattiqdir!

Muhammad ibn Sirin, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œBir yaxshilik qilib, so‘ng uni tark qilishdan saqlan. Chunki birov tavba qilib, keyin yana gunohga qaytib, najot topgan emas. Tavba qilguvchi ajalini ikki ko‘z orasida bilmog‘i lozim bo‘ladi, ya’ni qilgan tavbasida sobit bo‘lishi va o‘tgan gunohlarini tafakkur qilmog‘i, istig‘forni ko‘paytirmog‘i lozim va tavbadek ulug‘ ne’matga musharraf qilganligi uchun shukr qilmoqlik va qiyomat kunidagi savoblar to‘g‘risida o‘ylashlik kerak bo‘ladi. Chunki qiyomat savoblari to‘g‘risida o‘ylashlik insonni ezgulikka undaydi va qiyomatning azoblari to‘g‘risida o‘ylashlik insonni yomonliklardan qaytaradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 29 Iyun 2006, 07:10:58
139. Abu Zarr, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Yo Rasululloh, Musoning sahifasidagi narsalardan xabar bering”, deb so‘radim. Musoning sahifasidagi narsalardan xabar bering”, deb so‘radim. Aytdilar: “Unda misollar va ibratlar bor: do‘zaxning borligini ishonch bilan bilib, kulib yurgan kishiga ajablandim! O‘limning haqligini ishonch bilan bilib, xursandchilik bilan yurgan kishiga ajablandim! Hisob-kitobni ishonch bilan bilib, gunohlar qilib yurgan kishiga ajablandim! Qadarni ishonch bilan bilib, xafa bo‘lgan kishiga ajablandim! Dunyoni bilib, dunyo ahliga aylanib, xotirjam yurgan kishiga ajablandim! Jannatni ishonch bilan bilib, yaxshi amallar qilmagan kishiga ajablandim. Allohdan boshqa iloh yo‘qdir, Muhammad (s.a.v.) Uning payg‘ambaridir!”

Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, bir kuni Kufa nohiyalarining bir mahallasidan o‘tdi. U yerda bir to‘da fosiqlar to‘planishib, aroq ichishardi. Ular orasida Zazon degan qo‘shiqchi ham bor edi. U yog‘och urib qo‘shiq aytardi. Uning ajoyib ovozi bor edi. Abdulloh ibn Mas’ud bu ovozni eshitib, aytdiki: “Bu ovoz bilan Qur’on o‘qilsa, naqadar yoqimli bo‘lar edi!” deb, ridolarini boshlariga qo‘yib, o‘tib ketdi. Zazon u kishining ovoziin eshitib: “Bu kishi kim?” deb so‘radi. Aytdilarki: “Rasulullohning do‘sti Abdulloh ibn Mas’uddir”. “Nima dedi?” deb so‘radi. Aytishdiki: “Agar bu ovoz Qur’on o‘qishlik uchun bo‘lganda, naqadar chiroyli ovoz bo‘lar edi, dedi”. Uning qalbiga qo‘rqinch tushdi va turib asbobini yerga urib sindirdi. Keyin shoshilib borib u kishini topdi. Ro‘molchasini bo‘yniga qo‘yib, Abdullohning oldida yig‘lay boshladi. Abdulloh uni quchog‘iga olib, ikkoviyam yig‘lashdi, keyin Abdulloh: “Alloh yaxshi ko‘rgan odamlarni qanday yaxshi ko‘rmayin!” So‘ngra Zazon gunohlariga tavba qilib, Abdullohning yonida qoldi. Qur’onni o‘rgandi. Ilm va Qur’ondan nasibasini oldi, hattoki ilmda katta imomlardan biriga aylandi. Ko‘p xabarlarda Abdulloh va Zazon to‘g‘risida naql kelgan. Alloh ikkovidan ham rozi bo‘lsin.

Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Otamning hikoya aytayotganini eshitdim: “Bani Isroilda bir fohisha xotin bor edi. Uning jamoli odamlarni fitnaga solguvchi edi. Uning eshigi hamisha ochiq bo‘lardi. Har kishi uning eshigi oldidan o‘tsa, hovli va eshik oldidagi so‘rida o‘tirganini ko‘rardi. Kimiki unga qarasa, fitnalanib qolardi. Agar uning oldiga kirishni xohlasa, o‘n dinor yo ko‘proq yo ozroq hozirlab kirishi kerak edi, keyin uning oldiga kirishga ruxsat berilardi. Bir kuni uning eshigi oldidan bir obid kishi o‘tib qoldi va nigohi hovliga tushdi. Xotin so‘rida o‘tirgan edi, uni ko‘rib, unga mahliyo bo‘lib qoldi, so‘ngra o‘z nafsi bilan kurash boshladi. Alloh taologa bu narsani qalbidan ketkazishni duo qilib so‘radi. Undan bu narsa ketmadi. U o‘z nafsiga qattiq toqat bilan bardosh berardi, hattoki o‘zining bor narsalarini sotib, unga yetarli bo‘lgan dinorlarni to‘plab, o‘sha xotinning eshigi oldiga keldi. Xotin pulni o‘zining vakiliga topshirishni buyurdi va qaysi vaqtda kelishni va’dalashishdi. Belgilangan vaqtda u xotinning oldiga keldi. Xotin ziynatlanib, uyida – so‘risida o‘tirar edi. Obid kirib keldi. U bilan so‘ri ustida o‘tirdi.

Qo‘lini unga cho‘zib,uzangan vaqtida, Alloh taolo uni o‘z rahmati bilan to‘g‘irladi. O‘tgan ibodatlarining barakotidan qalbida: “Shubhasiz, mening bu holatimni Alloh taolo ko‘rib turibdi”, degan haybat namoyon bo‘ldi. “Men harom ish ustidaman, endi hamma amallarimni bekor qiladi”, deb qalbiga qattiq qo‘rquv tushdi, tizzalari qaltirab, ranglari o‘zgarib ketdi. Xotin unga qarab, rangi o‘zgar-ganini ko‘rib: “Senga nima bo‘ldi?” deb so‘radi. Obid “Men Allohimdan qo‘rqaman, mening ketishimga ruxsat  bergin” dedi. Xotin aytdi: “Sho‘ring qursin, menga yetishni odamlar orzu qiladilar, senga nima bo‘ldiki, bunday qilasan?” Obid: “Men Allohimdan qo‘rqaman, to‘lagan pulim senga, u senga halol, mening ketishimga ruxsat bergin”, dedi. Xotin: “Sen avval bu ishni qilmaganga o‘xshaysan?” dedi. “Yo‘q, qilmaganman”. Xotin: “Sen qaerdan bo‘lasan, isming nima?” deb so‘radi. U falon qishloqda turishini va ismini aytdi. So‘ngra xotin: “Mayli, keta qolgin”, dedi. Obid uning oldidan chiqdi. U o‘ziga vayl (azob) va o‘limni chaqirar, boshiga tuproq sochar edi. Qo‘rqinch xotinning ham qalbiga kirdi. O‘ziga-o‘zi aytdiki: “Bu odam birinchi gunoh qilishi ekan, shu ishi uchun unga shunchalik qo‘rquv tushdi. Men esa necha yillardan beri gunoh qilib kelaman, u qo‘rqadigan Rabbi mening ham Rabbim! Mening qo‘rqinchim unikidan qattiq bo‘lishi kerak”, deb, so‘ngra  Allohga tavba qildi. Eshigini berkitib, bevalik kiyimini kiydi. Keyin ibodatga kirishdi. Alloh xohlaganicha ibodatda bo‘lganidan keyin, o‘ziga-o‘zi aytdi: “Agar men haligi kishiga borsam, shoyad meni xotinlikka olsa, undan din ishlaridan ta’lim olardim. Menga Allohning ibodatiga yordam bo‘lardi”, deb tayyorlanib, molidan va xodimlaridan olib, o‘sha obid aytgan qishloqqa yetib  borib, obidni so‘radi. Obidga bir xotin so‘rayotganligini xabar qilishdi. Uning oldiga chiqdi. Xotin uni ko‘rib, yuzini ochib o‘zini tanitdi. Obid uni ko‘rib tanidi va u bilan oralarida bo‘lgan ishni eslab, qattiq qichqirib, shu joyda jon berdi. Xotin xafa bo‘lib: “Men uning uchun chiqqandim, u o‘ldi. Uning qarindoshlaridan xotinga muhtoji bormi? Meni xotinlikka olsa”, dedi. Aytdilarki: “Uning bir ukasi bor, lekin moli yo‘q”. Xotin aytdiki: “Buning og‘irligi yo‘q, menda ko‘p mol bor”. Ukasi keldi va unga uylandi. Undan yetti o‘g‘il tug‘ildi. Hammalari Bani Isroilda payg‘ambarlardan bo‘ldilar”.

Alloh taolo bilguvchiroqdir.

_____________
IX va X BOB. TAVBA BOBI HADISLARI

1. Abdulloh ibn Ubayd.
“Odam alayhissalom aytdi: “Ey Parvardigor...” Isnodi sahih*. Ibn Kasir tafsirida (61/4) keltirilgan.
2. Ibn Abbos.
“Payg‘ambarning (s.a.v.) amakilarini o‘ldirgan Vahshiy...” Zaif*. “Asbobul-nuzul”da (281) keltirilgan, Tabaroniy, “Al-kabir” (11480).
3. Abdurahmon Sulamiy.
“Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalaridan bir nechtalarimiz Madinada o‘tirgandik...” “Kanzul-ummol” (10265-10261).
4. Muhammad ibn Mutarrif.
“Alloh aytdi: “Ey odam farzandi, senga voy bo‘lsin!..” Zaif*.
5. A’mash.
“Sizlardan oldin o‘tgan qavmlarning ichida...” Zaif*.
6. Abu Bakr Siddiq.
“Kishi kunda yetmish marta mag‘firat so‘rasa...” Zaif*. Abu Dovud (15/4) va Termiziy  (3559).
7. Hadis.
“Allohga qasamki, men har kuni Allohga yuz marta tavba qilaman”. Sahih*. Muslim (2702/4) va Abu Dovud (15/5).
8. Ali ibn Abu Tolib.
“Bir banda bir gunoh qilsa, so‘ngra chiroyli tahorat qilsa...” Hasan*. Abu Dovud (1521), Termiziy (3006) va Ibn Moja (1395).
9. Hasan Basriy.
“Alloh taolo iblis la’inni tushirgan vaqtda...” Sahih*. Ahmad (41-23/3).
10. Abu Amoma Boxiliy.
“O‘ng tomon egasi Amin...” Juda zaif*. Bahaqiyning “Ash-shu’ab”ida keltirilgan (7050-7049/5).
11. Hadis.
“Gunohlaridan tavba qiluvchi kishi xuddi gunohi yo‘q kishidekdir...” Hasan*. “Sahihul jome’ (3008,, “Vaddoivad- davo” (211-bet) ga qarang.
12. Safvon ibn Assol Murodiy.
“Albatta, Mag‘rib tomonda...” Hasan*. Termiziy (3535) va Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (7076/5).
13. Zuhriy.
“Umar ibn Xattob Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga yig‘lagan holda kirdi...” Zaif*.
14. Hadis.
“Tili bilan kechirim so‘rovchi...” Zaif*. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab”, (7178/5) “Az-zaifatu” (616).
15. Hasan.
“Payg‘ambar (s.a.v.) bir xotinni zino qilganligi uchun toshbo‘ron ettiribdilar...” Sahih*. Muslim (1696/3).
16. Hadis.
“Kimiki mo‘minni fohisha ish bilan ayblasa...” Mavzu’*. Termiziy (2505), Ibn Ali “Al-Komil”da (173/6), Bayhaqiy “Ash-shu’ab”da (6697) va “Az-zaifatu” (178) da keltirgan.
17. Ibn Abbos.
“Agar banda tavba qilsa...” Zaif*. Asbaxoniy “At-targ‘ib va at-tarhib” (751).
18. Ali ibn Abu Tolib.
“Arshning tagida...” Mavzu’*. Daylamiy, “Al-Firdavs” (6708) uning isnodi Ismoil ibn Yahyo ibn Ubaydulloh at-Taymiyga boradi va u yo‘q hadislarni gapirganlikda ayblanadi. “Al-lison” (493/1)ga qarang.
19. Ibn Abbos.
“Payg‘ambar (s.a.v.) tavba eshigini zikr qildilar...” Juda zaif*. Uning isnodi Nuh ibn Abu Maryamga borgan. Uni hadisda yolg‘onchi deganlar, “At-tahzib” (433/10) ga qarang.
20. Abu Hurayra.
“Tavba havoda muallaq osilib turuvchidir...” Zaif*.
21. “Albatta, men Allohdan gunohimni kechirishini so‘rayman” Sahih* (104-raqamda o‘tgan hadis).
22. Hadis.
“Ey odamlar! Allohga tavba qilinglar...” Sahih*. Muslim (422702/40).
23. Ibn Abbos.
“Yaqinda tavba qilaman...” Zaif*. “Va yana aytildi”. Bu hadis sahobalardan eshitilmagan.
24. Abdulloh ibn Mas’ud.
“Kimki faqat yakkayu yagona, tirik, ulug‘ Alloh taolodan kechirim so‘rayman deb...” Hasan*. Hokim (5/1/1).
25. Abu Qaloba.
“Albatta Alloh taolo iblisni la’natlagan paytida, iblis muhlat berishni so‘radi...” Sahih*. Bu hadis (111) raqam bilan Abu Saiddan rivoyat qilindi.
26. Hadis.
“Gunohiga tavba qilgan kishi go‘yoki...” Hasan*. (113) raqam bilan chiqqan.
27. Abu Hurayra.
“Agar banda bir gunoh qilsa...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (7507/13) va Muslim (2758/4).
28. Ibn Mas’ud.
«Bir kishi Payg‘ambarga (s.a.v.) kelib: «Ey Rasululloh...» Sahih*. Muslim (233) «Kitobut-tavba».
29. Hadis.
«Payg‘ambar (s.a.v.) bu oyatni o‘qidilar...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (4687/8) va Muslim (2763/4).
30. Hasan.
«Har bir kishi uchun ikki farishta qo‘yiladi...» Mursal (zaiflardan).
31. Abu Hurayra.
«Bir kecha xufton namozini o‘qiganimdan keyin...» Zaif*. Ibn Jarir tafsirida (27/19).
32. «Inson qiyomat kunida kitobiga qaraydi...» Sahih*. Muslim (190).
33. Hasan .
“Agar sizlardan birortangiz osmon va yer orasining to‘laligicha...” Hasan*. Ibn Moja (4238).
34. Abu Hurayra.
“Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim. Aytdilarki: “Odam Alloh uchun basharning eng hurmatlisidir...” Zaif*. “At-taqrib”.
35. Oyisha.
“Devonlar uchtadir...” Zaif*. Hokim (575/4).
36. Abu Hurayra.
“Har bir inson qiyomat kunida...” Sahih*. Muslim (2572/4) va Termiziy (2420) va Ahmad (235-301-372/2).
37. Abu Hurayra.
“Sizlar ummatimdan bo‘lgan muflislarni bilasizlarmi?..” Sahih*. Muslim (1258/4), Termiziy (2318).
38. Abu Zarr G‘iforiy.
“Ey Rasululloh! Musoning sahifasida bo‘lgan narsalardan xabar bering...” Zaif*. Ibn Hibbon (94) Abu Na’im (166/1) va “Az-zaifatu” (1910) ga qarang.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 30 Iyun 2006, 07:50:38
XI BOB. OTA-ONANING HAQQI

140. Faqih, Abu Lays Samarqandiy, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Ibn Abbos deydiki: "œQaysi bir mo‘minning ota-onasi bo‘lsayu ikkovlariga yaxshilik qilib tong ottirsa, Alloh taolo unga jannatdan ikki darvoza ochadi. Ikkovlaridan biri g‘azabli bo‘lsa, Alloh taolo ham undan rozi bo‘lmaydi, toki u rozi bo‘lmaguncha". So‘radi: "œAgar zolim bo‘lsa-chi?" "œAgar zolim bo‘lsa ham!" Boshqa xabarda: «Ota-onaga gunohkor holatda tong ottirsa, Alloh taolo unga do‘zaxdan ikki eshikni ochib qo‘yadi, agar bittasiga (osiylik qilsa), bitta (eshik ochadi)», deyilgan.

Faqih, Alloh taolo rahmat qilsin, Atodan rivoyat qiladi: Muso alayhissalom aytdi: "œEy Rabbim, menga buyurgin!" Alloh aytdi: "œSeni o‘zimga bo‘ysunishga buyurgayman!" Aytdi: "œYana buyurgin!" "œOnangga yaxshilik qilishga buyurgayman!" Aytdi: "œYana buyurgin!" "œOnangga yaxshilik qilishga buyurgayman!" Aytdi: "œVasiyat qilgin!" Alloh aytdi: "œOnangga vasiyat qilaman!" Aytdi: "œVasiyat qilgin!" Alloh taolo aytdi: "œOtangga vasiyat qilaman!"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 30 Iyun 2006, 07:51:35
141. Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilindi: "œPayg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga bir kishi keldi va "œMen jihodni xohlayman!" dedi. Payg‘ambar: "œOta-onang tirikmi?" deb so‘radilar. "œHa tirik", dedi. "œBas, ikkovlarining xizmatlarida bo‘lgin, shu jihod bo‘ladi!" dedilar.

Bu xabarda Alloh yo‘lida jihod qilishlikdan ota-onaga yaxshilik qilish afzal ekanligiga dalil bordir. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) jihodni tark qilib, ota-onaga yaxshilik qilish bilan shug‘ullanishni buyurdilar. Shuningdek, aytamizki, albatta kishiga Alloh yo‘lida jihod qilish joiz bo‘lmaydi, agar ota-onasi ruxsat bermasa, modomiki, butun qavm hammasi urushga chaqirilgan bo‘lsa, shunda ham ota-onaga itoat qilishlik g‘azotga chiqishdan afzal bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 30 Iyun 2006, 07:52:35
142. Bahz ibn Hakim bobosidan rivoyat qiladi. Aytdilarki: "œYo Rasululloh! Kimga yaxshilik qilayin?" Aytdilar: "œOnangga!" "œKeyin-chi?" "œOnangga!" "œKeyin kimga?" "œOnangga!" Aytdim: "œKeyin kimga?" Aytdilar: "œOtangga, keyin yaqin qarindoshlaringga" dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 30 Iyun 2006, 07:54:29
143. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œAgar Allohning ilmida ota-onaga "œuf" deyishdan ham ko‘ra hurmatsizlik bo‘lganida edi. Alloh o‘shandan qaytargan bo‘lardi. Ota-onaga oq bo‘lgan kimsa xohlaganicha amal qilsin, zinhor jannatga kirmaydi. Ota-onaga yaxshilik qilgan odam xohlagancha amal qilsin, hech ham do‘zaxga kirmaydi.

Faqih, rahmatullohi alayhi, aytadi: Agar Alloh taolo  ota-onaning huquqini kitobida zikr qilmaganida va ikkoviga yaxshilik qilishni vasiyat etmaganida edi, aql bilan ham ota-onaning haq-huquqini hurmat qilish vojib ekanligi bilinar edi! Oqil farzandga ota-onaning huquqini tanimoqlik vojibdir. Alloh taolo hamma kitoblarida, Tavrotda, Injilda, Zaburda va Qur’oni Karimda bu narsani zikr qildi va barcha payg‘ambarlarga vahiy keldi. Ularni ota-ona huquq va haqlarini bilishlikka buyurdi. Alloh o‘zining rizovi ota-onaning rizosida va o‘zining g‘azabi ota-onaning g‘azabida ekanligini bildirdi.

Va aytildi: Uchta oyat uchta narsa bilan birga tushdi. Ulardan birontasini ikkinchisisiz Alloh qabul qilmaydi.
Allohning so‘zi:
"œNamozni to‘kis ado qiling va zakotni bering" (Baqara, 43). Kim namoz o‘qisa, zakot bermasa, undan namozi qabul qilinmaydi.

Allohning so‘zi:
"œAlloh va Payg‘ambariga itoat qilingiz" (Oli Imron, 132). Demak, kimki Allohga itoat qilsa, payg‘ambariga itoat qilmasa, undan qabul qilinmaydi.

Allohning so‘zi:
"œSen Menga va ota-onangga shukr qilgin", (Luqmon, 14). Kim Allohga shukr qilsa, ota-onaga shukr qilmasa, undan qabul qilinmaydi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 30 Iyun 2006, 07:55:30
144. Bunga dalil Rasulullohning (s.a.v.) hadislari: "œAlbatta ota-onaning la’nati farzandining aslini kesadi. Agar farzand ularga oq bo‘lgan bo‘lsa. Kimiki ota-onasining roziligini topsa, Rabbisining rizosini topadi. Kimiki ota-onasini g‘azablantirsa, Rabbisini g‘azablantiradi! Kimiki ota-onasi tirik bo‘lib, yaxshilik qilmasa, do‘zaxga kiradi va uni Alloh o‘zidan uzoqlashtiradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 30 Iyun 2006, 07:55:39
145. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘raldi: "œQaysi amallar yaxshiroqdir?" Aytdilar: "œO‘z vaqtida o‘qilgan namozlar, keyin ota-onaga yaxshilik qilish..."

Farqand Sabaxiy aytadi: "œBa’zi kitoblarda o‘qidim, farzand uchun ota-onaning huzurida ikkalasining iznisiz gapirishlik va ikkovidan oldin yurishlik, o‘ngdan ham, chapdan ham, lozim bo‘lmaydi, magar uni ikkovlari chaqirishsa, so‘ngra javob berib, ularning ketidan yuradi, qul o‘zining xo‘jayini orqasida yurgandek".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 30 Iyun 2006, 07:55:47
146. Zikr qilindi, bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kelib: "œYo Rasululloh, onam mening oldimda esi yarimta bo‘lib qoldi, men qo‘lim bilan uni ovqatlantiraman, suv ichiraman, tahorat qildiraman, yelkamda ko‘taraman. Uning haqqini ado qila oldimmi?" Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œYo‘q, yuztadan bittasini ham ado qilganing yo‘q! Lekin sen yaxshi qilyapsan, Allohga qasamki, ozgina narsaga ko‘p savob olgaysan!"

Hishom ibn Urva otasidan aytadi: Hikmatda yozilgan: "œKim otasini va onasini la’natlasa, u la’natlangandir, kimiki yo‘lto‘sarlik qilsa, la’natlangandir. Yoki ko‘rni yo‘ldan adashtirsa, la’natlangan. Allohdan boshqaga atab biron narsa so‘ysa, la’natlangan, kimiki yer chegerasini o‘zgartirsa, ya’ni yeriga birovning yerini qo‘shib olsa, la’natlangandir".

Ota-onasini la’natlasa, degan so‘zning ma’nosi, ota-onasiga la’nat tegadigan amalni qilishdir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 30 Iyun 2006, 07:55:56
147. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "œAlbatta kishi ota-onasini so‘kishi katta gunohlardandir. So‘raldiki: "œQanday qilib kishi o‘zining ota-onasinnni so‘kadi?" Aytdilar: "œBirovning otasini so‘ksa, u uning otasini so‘kadi, birovning onasini so‘ksa, u uning onasini so‘kadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 30 Iyun 2006, 07:57:18
148. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œRasulluloh (s.a.v.) davrlarida Alqama ismli yigit bor edi. U o‘ta tirishqoq, ko‘p sadaqa qilguvchi edi. Bir kuni kasal bo‘lib, kasali kuchaydi. Xotini Payg‘ambarga (s.a.v.) erining jon chiqar holatida ekanligini xabar qilmoqchi bo‘lib elchi yubordi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) Hazrati Bilol va Alini, Salmon va Ammorni "œUning holini ko‘ringlar", deb yubordilar. Ular uning uyiga kelib kirdilar. Unga: "œLa ilaha illalloh, degin", dedilar. Bu gap uning tiliga kelmadi. Ular ishondilarki, imonsiz ketguvchidir, deb. Keyin Bilolni Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga bu holdan xabar berishga yubordilar. Payg‘ambar (s.a.v.): "œUning ota-onasi bormi?" deb so‘radilar. Aytishdi: "œOtasi o‘lgan, lekin bir qari onasi bor", deb. Payg‘ambar (s.a.v) Bilolga: "œYo Bilol! Onasining oldiga borgin, mendan salom ayt, aytginki, agar qodir bo‘lsangiz, Rasulullohning oldilariga boring. Agar qodir bo‘lmasangiz o‘tirib turing, oldingizga Rasulullohning o‘zlari kelgaylar, deb ayt", deb tayinladilar. Bilol borib, bu xabarni yetkazdi. Onasi: "œJonim Rasulullohga fido, men borishga haqliroqman", dedi va qo‘liga hassasini olib, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) huzurlariga jo‘nadi. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga kirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: "œMenga to‘g‘risini ayting, yolg‘on gapirsangiz, menga Alloh taolodan vahiy keladi. Alqamaning holi qanday edi?" Onasi: "œYo Rasululloh, namoz o‘qirdi, ro‘za tutardi, ko‘p sadaqa berardi, uning bergan sadaqasining o‘lchovini bilmayman, sanog‘ini ham". Rasululloh aytdilar: "œSizning u bilan munosabatingiz qanday edi?" Onasi aytdi: "œYo Rasululloh, men xafaman". Aytdilar: "œNima sababdan?" Onasi aytdi: "œU xotinini mendan ustun qo‘yardi, unga quloq solib, menga quloq solmas edi". Shunda Rasululloh: "œOnasining g‘azabi o‘g‘lini Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik berishdan to‘sibdi", dedilar. So‘ngra Bilolga: "œKo‘p o‘tin yig‘gin, uni yondiramiz", dedilar. Onasi: "œYo Rasululloh, o‘g‘limni, qalbimning mevasini ko‘z oldimda yondirasizmi? Qanday qilib qalbim bardosh beradi?" dedi. Rasululloh: "œEy Alqamaning onasi! Allohning azobi qattiq va doimiydir. Agar Alloh uni kechirishini istasangiz, undan rozi bo‘ling. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, modomiki siz undan g‘azabda bo‘lar ekansiz, namozu sadaqasi foyda bermaydi!" Shunda Alqamaning onasi qo‘lini ko‘tarib: "œYo Rasululloh! Yagona Allohning elchisi bo‘lgan sizni va atrofimdagilarni Alqamadan haqiqatda rozi ekanligimga guvoh qilaman!" dedi. Rasululloh Bilolga: "œEy Bilol! Alqamaning oldiga borib qara-chi, "œLa ilaha illalloh", deb ayta olayotganmikan? Alqamaning onasi Payg‘ambardan uyalib, dilida bo‘lmagan narsani gapirgandir", dedilar. Bilol borib, eshikka yetgach: "œLa ilaha illalloh", deganini eshitdi. Bilol uning uyiga borib: "œEy odamlar! Alqamaning onasining g‘azabi shahodat kalimasini aytishidan uning tilini to‘sgan ekan, endi rozi bo‘lganligi uchun tilini bo‘shatib yubordi", dedi va u o‘sha kunda vafot etdi. So‘ngra Rasululloh unikiga kelib, yuvishga va kafanlashga buyurdilar, janoza o‘qidilar. Keyin qabrning chetida turib: "œEy muhojir va ansorlar jamoasi! Kimiki xotinini onasidan ustun qo‘ysa, Allohning la’nati bo‘ladi va farz-nafl ibodatlari qabul bo‘lmaydi?" dedilar.

Ibn Abbos (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: "œAlloh aytadi: "œParvardigoringiz yolg‘iz o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishingizni amr etdi". Ya’ni, Alloh o‘zidan boshqani yakka demaslikka buyurdi. Shuningdek, ma’siyatda hech kimga bo‘ysunmanglar, sizlar buyurgan narsada Alloh taologa itoat qilinglar, deyildi. "œOta-onaga yaxshilikni", ya’ni ikkovlari yumshoqlikni va shafqatli bo‘lishlikni, "œAgar ularning biri yo ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab uf tortma", yomon so‘zlarni aytma. "œOta-ona keksalik yoshiga yetsalar"ning ma’nosi: siydik va axlatlarini ko‘tarishga muhtoj bo‘lib qolgan vaqtda, burningga qo‘lingni tiqib, aftingni bujmaytirmagin. Ikkovlari seni yoshligingda sendan o‘shalarni ko‘targan edi va bu narsalarni sendan ko‘p ko‘rgan edilar. "œVa ularning so‘zlarini qaytarma", gapda ikkovlariga qo‘pollik qilma! "œUlarga doimo yaxshi so‘z ayt". "œUlar uchun mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut, hokisor bo‘l!" ya’ni ikkovlariga rahmli, tavozu’ holatda bo‘l. "œVa ayt: "œParvardigorim, ularga rahm-shafqat qilgin" deb, vaqtiki o‘lsalar ularga mag‘firat so‘rab duo qil, ya’ni farzandga ota-onaning haqqini dunyoda bilganidek, oxiratdagi haqqini bilishlik vojib bo‘ladi. Va har namozdan so‘ng ularga mag‘firat tilab duo qiladi. "œMeni go‘daklik chog‘imda tarbiyalab o‘stirganlaridek" (Al-Isro, 23-24), meni kichkina holatimdan katta bo‘lgunimcha ikkovlari harakat qilganlari uchun, ikkovlarini mag‘firat bilan mukofotlagin".

Ba’zi tobe’inlar, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, aytadilar: "œKim har kuni ota-onasi haqqiga besh marta duo qilsa, ikkovlarining haqqini ado qilibdi, chunki Alloh taolo:
"œSen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Yolg‘iz o‘zimga qaytajaksan", dedi. (Luqmon, 14). Allohga shukr qilishlik bir kunda besh vaqt namoz o‘qish bilan bo‘ladi, shuningdek ota-onaga shukr qilishlik har kuni besh marta duo qilish bilan bo‘ladi. Keyin Alloh aytdi: "œParvardigoringiz dillaringizdagi sirlaringizni juda yaxshi bilguvchidir", ya’ni qalblaringizdagi ota-onangiz uchun bo‘lgan yumshoqlik-yaxshiliklarni bilguvchi zotdir, keyin aytdi: "œAgar sizlar yaxshi bo‘lsangizlar..." ya’ni, ota-onalaringizga yaxshilik qilguvchi bo‘lsalaringiz. Alloh taolodan mag‘firat-mukofotini talab qilgan bo‘lasizlar. "œZero, u tavba qilguvchilarni mag‘firat etuvchi zotdir" (Al-Isro, 25). Ya’ni, agar ota-onangiz haqqini tark qilsangiz, Alloh taologa tavba qilinglar, albatta U zot gunohlardan qaytguvchilarni kechirguvchidir".

Aytildi: "œOta-onaning farzand ustida o‘nta haqqi bor:
1) agar ulardan biri taomga muhtoj bo‘lsa, taomlantirmog‘i;
2) agar kiyim-kechakka muhtoj bo‘lishsa, kiydirmoqligi. Payg‘ambardan (s.a.v.): "œUlarga dunyoda yaxshi muomalada bo‘lgin" (Luqmon, 15), oyatining tafsirida rivoyat qilinadi: "œYaxshi muomala, agar och qolsalar, ovqatlantirmog‘ing va agar yalang‘och bo‘lsalar, kiydirmog‘ingdir";
3) agar ikkovidan biri farzandning xizmatiga muhtoj bo‘lsa, xizmat qilish;
4) agar farzandni chaqirsa, javob bermoqligi va hozir bo‘lishligi;
5) agar bir ishga buyursalar, itoat qilishi, modomiki gunoh bo‘lsa, bo‘ysunilmaydi;
6) yumshoqlik bilan gipirmoqligi, qo‘pol gaplar bilan gaplashmasligi;
7) otini aytib chaqirmasligi;
8) orqasidan yurishligi;
9) o‘ziga nimani ravo ko‘rsa, ularga ham o‘shani ravo ko‘rishi ham rozi qilmog‘i;
10) mag‘firat so‘rab, duo qilmog‘i, xuddi o‘ziga qilganidek.

Alloh taolo Nuh alayhissalomdan hikoyat qilib aytdi: "œParvardigoro, o‘zing meni, ota-onamni, mening uyimga mo‘min holda kirgan kishilarni va barcha mo‘minu mo‘minalarni mag‘firat qilgin!" (Nuh, 28). Shuningdek, Ibrohim alayhissalomdan: "œParvardigoro, duoyimni qabul ayla! Parvardigoro, hisob-kitob qilinadigan kuni meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qilgin" (Ibrohim, 41).

Ba’zi sahobalardan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdilarki: "œOta-ona uchun duoni tark qilishlik farzandga tang hayotni olib keladi".

Faqih aytadi: So‘rovchi so‘rasa: "œAgar ota-onasi o‘g‘liga g‘azab qilib o‘tib ketgan bo‘lsa, ikkovini o‘limlaridan keyin rozi qilishligi mumkin bo‘ladimi?" deb. Aytiladi: "œHa! Ikkalasini uch narsa bilan rozi qilishi mumkin:
1. Farzand solih bo‘lishligi. Chunki ota-onaga farzandi solih bo‘lishidan yaxshiroq narsa yo‘q.
2. Ota-onaning yaqinlari va do‘stlari bilan bog‘lanib turishi.
3. Ikkalalari uchun istig‘for so‘rashi, duo qilishi va sadaqa qilishligi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 30 Iyun 2006, 07:57:29
149. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAgar odam farzandi vafot qilsa, undan amallari uziladi. Magar uchtasi uzilmaydi: Sadaqai joriya yoki ilm o‘qitib, undan foydalanib turilgan bo‘lsa yoki solih farzand uni mag‘firat so‘rab duo qilsa".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 30 Iyun 2006, 07:57:36
150. "œOtangiz kim bilan bog‘langan bo‘lsa, u bilan aloqani uzmanglar" Bu bilan o‘zingizning nuringizni o‘chirasiz, sizning hurmatingiz otangizning hurmatidir!"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 30 Iyun 2006, 07:58:01
151. Zikr qilindi: «Bani Salama qabilasidan bir kishi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) huzurlariga kelib, aytdi: «Ota-onam vafot etishdi, menga ikkalalariga yaxshilik qilishga bir narsa (chora) qoldimi?» Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ha, ikkalarining gunohlarini so‘rashlik, vasiyatlarini bajarish, do‘stlarini hurmatlash, ular silai rahmda bo‘lganlar bilan silai rahm qilishlik», dedilar".

____________
XI BOB. OTA-ONANING HAQQI BOBI HADISLARI

1. Ibn Abbos.
"œQaysi bir mo‘minning ota-onasi bo‘lsa-yu..." Zaif*. Buxoriyning "œAl-adabul mufrad" (4) va Bayhaqiyning "œAsh-shu’ab" (7916-7915) va "œZaiful-jome’" (5427) ga qarang.
2. Abdulloh ibn Amr.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) oldilariga bir kishi keldi..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3004/6) va Muslim (2549/4).
3. Buhz ibn Hakim.
"œAytdiki: "œYo Rasululloh! Kimga yaxshilik qilay..." Hasan*. Ahmad (315) va Abu Dovud (5139), Termiziy (1897) va Hakim (150/4).
4. Zayd ibn Ali otasidan-bobosidan.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAgar Allohning ilmida ota-onaga uf deyishdan..." Mavzu’*. Daylamiy, "œAl-firdavs" (5101) va "œTanzihush-shariy’a" (233/2).
5. Hadis.
"œAlbatta, ota-onaning la’nati..." Sahih*. "œAs-sahihat" (516-515).
6. Hadis.
"œQaysi amallar yaxshiroqdir..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5970/10) va Muslim (85) Ibn Mas’uddan.
7. Hadis.
«Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelib...» Sahih*. Buxoriy «Al-adabul mufrad» (11).
8. Hishom ibn Urva.
«Kim ota-onasini la’natlasa...» Sahih*. «Sahihul-jome’» (5112).
9. Hadis.
«Albatta kishi ota-onasini so‘kishi katta gunohlardandir...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5972/10) va Muslim (90).
10. Anas ibn Molik.
«Rasululloh (s.a.v.) davrlarida Alqama ismli yigit bor edi...» Zaif*. Munziriyning «At-targ‘ib» (222/3) va «Al kaboir» (116) kitobida keltirilgan.
11. Abu Hurayra.
 "œAgar odam farzandi vafot etsa..." Sahih*. Muslim (1631) va boshqalar.
12. Hadis.
"œOtangiz kim bilan bog‘langan bo‘lsa..." Hasan*. Buxoriy, "œAl-adabul-mufrad" (9-bet) va Bayhaqiy, "œAsh-shu’ab" (7898).
13. Hadis.
"œSalama qabilasidan bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelib..." Zaif*. Ahmad (498/3), Abu Dovud (5142) va Ibn Moja (4664), "œAl-mishkot" (4936)ga qarang.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:27:31
XII BOB. FARZANDNING OTA USTIDAGI HAQLARI

152. Abu Lays Samarqandiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œAbu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qildi: "œOtaning o‘g‘liga qiladigan haqqi uchtadir. Tug‘ilsa, yaxshi ism qo‘yish; aqli kirsa Qur’oni Karimni o‘rgatish; balog‘atga yetsa, uylantirish".

Bir kishi Umarning huzurlariga kelib: "œBu o‘g‘lim menga oq bo‘ldi", dedi. Hazrati Umar o‘g‘liga: "œOtangga oq bo‘lishlikdan Allohdan qo‘rqmaysanmi?" Bu-bu ishlar ota haqqi-ku" deb gapirdi. O‘g‘li aytdiki: "œEy mo‘minlarning amiri! O‘g‘ilning otada haqqi yo‘qmi?" Aytdi-ki: "œHa bor! O‘g‘ilning otadagi haqqi — ota yomon xotinga uylanmasligi, shu bilan farzand ayblanmasligi uchun, ismini yaxshi qo‘ymoqligi va Qur’onni o‘rgatmoqligidir". O‘g‘il: "œAllohga qasamki, otam onamni tanlab olmagan, u majusiy edi, uni to‘rt yuz dirhamga sotib olgan. Ismimni chiroyli qo‘ymadi. Meni Jual deb nomladi (ko‘rshapalak erkagining ismi). Allohning oyatlaridan birontasini ham o‘rgatmadi".

Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, uning otasiga qarab: "œO‘g‘limni oq qildim, deysan, u seni oq qilibdi, yo‘qolgin mening oldimdan!" dedi.

Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Otamning Hifs Iskandaroniydan hikoya qilganlarini eshitdim. U kishi, Alloh rahmat qilsin, Samarqand ulamolaridan edi. U kishining oldiga bir kishi kelib: «O‘g‘lim meni urib qiynaydi", dedi. "œSubhonalloh, o‘g‘il ham otani uradimi?" "œHa, meni urib og‘ritdi". "œSen unga ta’lim-tarbiya, odob-axloq berdingmi?" "œYo‘q". "œSen unga Qur’onni o‘rgatdingmi?" "œYo‘q". "œO‘g‘ling nima ish qiladi?" "œDehqonchilik". "œSeni urishiga sabab bo‘ladigan biron narsa o‘rgatganmiding?" "œYo‘q". Olim aytdiki: "œBalki o‘g‘ling tongda eshakka minib, ho‘kizlari oldida, itini ergashtirib dalasiga ketayotib, Qur’on o‘qishni bilmagani uchun qo‘shiq aytib ketayotgan bo‘lsa, shu payt sen o‘g‘lingga ro‘baro‘ kelib qolgan bo‘lsang, seni ham bir mol deb o‘ylagandir. Boshingni yormagani uchun Xudoga hamd aytgin!"

Sobit Banoniy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œBir joyda bir kishi otasini urayotgan ekan. Aytishdiki: "œBu nima qiliq?" Otasi aytdi: "œUnga indamanglar, men ham otamni mana shu joyda urgan edim, men ham bu yerda o‘g‘limdan kaltak yeyish bilan o‘shani boshimdan kechiryapman! Bu o‘shaning uchun uryapti, unga hech bir ta’na yo‘q!"

Ba’zi hakimlar aytdilar: "œKim otasiga osiy bo‘lsa, o‘g‘lidan xursandchilik ko‘rmaydi. Kim o‘z ishlarida maslahat qilmasa, maqsadiga yetmaydi, kim ahli bilan muomala qilmasa, hayot lazzatini totmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:27:46
153. Sha’biy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Aytganlarki: "œYaxshilik qilishda o‘g‘liga yordam bergan otani Alloh rahmat qildi".

Solihlardan biridan rivoyat qilindi. U kishi o‘z o‘g‘lini biror ishga buyurmas ekan, agar biron narsaga muhtojbo‘lib qolsa, boshqaga buyurarkan. Bu sirni so‘rashibdi. "œAgar men o‘g‘limga ish buyursam, o‘g‘lim bunga bo‘ysunmasdan, do‘zaxga tushishidan qo‘rqaman, men o‘g‘limning do‘zaxda kuyishiga rozi bo‘lmayman", debdi.

Xalaf ibn Ayyubdan ham shu tarzda rivoyat qilindi. Fuzayl ibn Iyoz, Alloh rahmat qilsin, aytdi: "œErkaklarning kamoloti shuki, kim ota-onaga yaxshilik qilsa, silai rahmni bog‘lasa, birodarlarini hurmatlasa, ahli bilan, farzandlari bilan ham xulqini yaxshi qilsa, dinini saqlasa, molini haromdan isloh qilsa, uning ortig‘idan infoq (sadaqa) bersa, tilini saqlasa, o‘z uyini lozim tutsa (ya’ni o‘z ishidan o‘z vaqtida kelib, ko‘p gapiradiganlar bilan o‘tirmasa), o‘shalar erkaklarning kamolidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:27:54
154. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: Aytdilar: "œTo‘rt narsa kishining baxtidir: soliha, yaxshi xotin; yaxshilik qiluvchi ajoyib farzandlar; solih do‘stlar va rizqining o‘z shahrida bo‘lishligi"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:28:01
155. Yazid Raqqoshiy Anas ibn Molikdan rivoyat qiladi: "œVafot etgandan so‘ng yetti narsa bandaga ajr berib turadi. Masjid qurdirgan bo‘lsa, uning ajri shu masjidda bir kishi namoz o‘qisa ham, borib turadi; ariq qazib suv oqizib qo‘ygan bo‘lsa, modomiki, u oqib odamlar undan ichib turgan bo‘lsa ham, ajri borib turadi; kimiki Qur’on yozib, odamlar undan foydalansa, savob borib turadi; kimiki bir ko‘chat ekib ko‘kartirsa, uning ajri odamlar va qushlar yeb turishi bilan boraveradi. Kim ilm o‘rgatgan bo‘lsa va farzand qoldirgan bo‘lsa, gunohlarini kechishini so‘rab, o‘tganidan keyin duo qilib tursa, u farzand solih bo‘lsa, ota farzandiga Qur’on, odob va ilmni o‘rgatgan bo‘lsa, uning ajr-savobi farzandning savobidan kamay-masdan boradi. Agar ota farzandiga Qur’on o‘rgatmasa, yomon yo‘llarni o‘rgatgan bo‘lsa, uning gunohi o‘z gunohidan kamaymasdan otasiga borib turadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:28:24
156. Abu Hurayradan rivoyat qilindi: Alloh undan rozi bo‘lsin: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAgar odam farzandi vafot qilsa, undan amallari uziladi: Magar uchtasi uzilmaydi: sadaqai joriya yoki ilm o‘qitib, undan foydalanib turilgan bo‘lsa yoki solih farzand uni mag‘firat so‘rab duo qilsa!"

___________
XII BOB. FARZANDNING OTA USTIDAGI HAQLARI BOBI HADISLARI

1. Abu Hurayra.
"œOtaning o‘g‘ilga qiladigan haqqi uchtadir..." Zaif*. "œZaiful jome’" (2734)ga qarang.
2. Sha’biy.
"œAlloh yaxshilik qilishda o‘g‘liga yordam bergan otani..." Mursal (zaiflardan)*. "œTahrijul ihyo"ga va "œZaiflar" (1946)ga qarang.
3. Hadis.
"œTo‘rt narsa kishining baxtidir..." Zaif*. Ibn Abu Dunyo, "œKitobul ixvan" (54,53) va "œAz-zaifatu" (759)ga qarang.
4. Yazid Raqqoshiy.
"œYetti narsa bandaga ajr berib turadi..." Zaif*. Abu Na’im, "œAl-xulya" (433/2).
5. Abu Hurayra.
"œAgar odam farzandi vafot etsa..." Sahih*. (149 raqam bilan chiqdi).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:28:38
XIII BOB. SILAI RAHM

157. Abu Ayyub, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œBir a’robiy Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga borib, tuyalarining yuganidan ushlab: "œEy Rasululloh, menga jannatga yaqin-lashishimga sabab bo‘ladigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amaldan xabar bering!" dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Allohga ibodat qilishga, Unga shirk keltirmaslikka va namoz o‘qishga, zakot berishga va silai rahm qilishga buyurdilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:28:46
158. Abdulloh ibn Abu Avfo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œArofat kechasida Payg‘ambar (s.a.v.) bilan o‘tirgan edik. Aytib qoldilar: "œBugun kechasi silai rahmni uzgan kishi men bilan o‘tirmasin, bizdan ketsin". Majlisning chetida o‘tirgan kishidan boshqa hech kim turmadi. Hech vaqt o‘tmasdan u kishi qaytib keldi. Payg‘ambar (s.a.v.): "œNima uchun sendan boshqa hech kim davramizdan turmadi?" dedilar. U aytdi: "œEy Rasululloh, sizdan boyagi gapni eshitib, xolamnikiga bordim. U kishi bilan janjallashib, oramiz buzilgan edi. Borganimdan keyin xolam menga: "œNimaga kelding, bu sening odating emas edi-ku?" dedi. Men siz aytgan hadisning xabarini berdim. Mendan kechirim so‘radi, men ham undan kechirim so‘radim". Payg‘ambar (s.a.v.): "œYaxshi qilibsan, o‘tir!" dedilar. So‘ng: "œOgoh bo‘linglar, Allohning rahmati silai rahmni uzgan qavmga tushmaydi!" dedilar".

Bu xabarda qarindoshlikni uzishlik katta gunoh ekanligiga dalil bor. Chunki qarindoshlikni uzish mo‘minni rahmatdan qaytaradi. Musulmon kishiga silai rahmni uzgandan keyin tavba qilmog‘i, istig‘for so‘ramog‘i va silai rahmni boshqatdan bog‘lamog‘i vojib bo‘ladi. Chunki payg‘ambarimiz (s.a.v.) birinchi xabarda silai rahm bandani Allohning rahmatiga yaqinlashtirib, do‘zaxdan uzoqlashtirishini ravshan qilib aytdilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:28:54
159. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: "œSilai rahm savobidek tez keladigan yaxshilik yo‘q, dunyoda tezgina azob berib, oxiratda ham azob bo‘ladigan gunoh silai rahmni uzishlikdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:29:10
160. Faqih Amr ibn Shuaybdan, u esa, otasidan, bobosidan rivoyat qiladi: "œBir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kelib: "œMen qarindoshlar bilan silai rahm qildim, ular mendan uzildilar, ularni afv etdim, menga zulm qildilar, ularga yaxshilik qildim, menga yomonlik qildilar. Ularga o‘zlaridek muomala qilayinmi?" dedi. Aytdilar: "œYo‘q. Unda gunohga sherik bo‘lib qolasan. Lekin ularga yaxshilik va silai rahm qil. Hamisha Allohdan quvvat senga davomli bo‘ladi, modomiki sen shu ishingda davom etsang".

Aytildi: "œUchta ish jannat ahlining axloqlaridan. Ular faqat yaxshi kishilardagina topiladi. Yomonlik qiluvchiga yaxshilik qilish; zulm qilgan kishini avf etish; biron narsadan mahrum qilgan kishiga yaxshilik qilish".

Zahhok ibn Mazohim: "œAlloh o‘zi xohlagan narsani (ya’ni hukmni) o‘chirur va (o‘zi xohlagan hukmni) ustivor qilur" (Ra’d, 39) oyatining tafsirida aytadi.

"œShubhasiz, bir kishi silai rahm qilsa umridan uch kun qolgan bo‘lsa, Alloh taolo uning umrini o‘ttiz yil ziyoda qiladi, agar silai rahmni uzgan bo‘lsa va umridan o‘ttiz yil qolgan bo‘lsa, Alloh taolo uch kunga tushirib qo‘yadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:29:28
161. Savbon rivoyat qiladi: "œPayg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œQadar duo bilangina o‘zgaradi. Umrni yaxshilik ziyoda qiladi. Shubhasiz, mo‘min gunoh qilish bilan rizqidan mahrum bo‘ladi".

Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œKim Allohdan qo‘rqsa, silai rahm qilsa, umri ziyoda bo‘ladi, moli ko‘payadi, ahlini yaxshi ko‘radi".

Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Umrning ziyoda bo‘lishida ulamolar ixtilof qildilar. Ba’zilar aytdilar: "œKim silai rahm qilsa, umri ziyoda bo‘ladi, degan xabar zohiriydir". Ba’zilar aytdilar: "œTaqdir o‘zgarmaydi, chunki Alloh taolo:
"œBas, qachon ularga ajallari yetsa, uni biron soatga ketga ham, ilgariga ham sura olmaydilar" (A’rof, 34), degan. Lekin umrni ziyoda qilishning ma’nosi o‘limdan keyin uning savobini yozmoqlikdir. O‘limidan keyin unga savob yozsa, go‘yoki umrini ziyoda qilgandekdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:29:36
162. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "œAllohdan qo‘rqinglar va silai rahm qilinglar. Chunki u sizlar uchun dunyoda hamma narsadan yaxshiroqdir, mustahkamroqdir. Oxiratda sizlar uchun yanada yaxshiroqdir", dedilar.

Aytilgan edi: "œAgar sizda biron qarindosh bo‘lib, oyog‘ingiz bilan yurib bormasangiz (ya’ni ziyoratga), molingizdan biron narsa bermasangiz, albatta undan uzilibsiz. Alloh taolo tushirgan ba’zi sahifalarda: "œEy odam farzandi, moling bilan silai rahm qilgin, agar o‘zingda bir narsaga baxillik qilsang yoki moling kam bo‘lsa, oyog‘ing bilan borgin (ya’ni ziyorat qilgin)", deyilgan".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:29:59
163. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œQarindoshchilikni bog‘langlar, agar salom bilan bo‘lsa ham".

Maymun ibn Mahron aytadi: "œUch narsada kofir va musulmon barobardir: kim bilan ahdlashgan bo‘lsang, ahdingga vafo qilgin, xoh kofir bo‘lsin, xoh musulmon. Albatta, ahd Alloh uchundir. Orada qarindoshchilik bo‘lsa, silai rahm qilgin, xoh kofir bo‘lsin va xoh musulmon! Kimiki senga omonat bersa, omonatini ado qilgin, xoh kofir bo‘lsin, xoh musulmon".

Ka’b-ul Ahbor deydi: "œMuso alayhissalom hamda bani Isroil uchun dengizni yorgan Allohga qasamki, albatta, Tavrotda yozilgan: "œAllohdan qo‘rqing, ota-onaga yaxshilik qiling va qarindoshlarga silai rahm qiling, umringiz ziyoda bo‘ladi. Yengilingizni yanada yengil qiladi, qiyinchilikni ketkazadi".

Alloh taolo rahmni kitobining quyidagi o‘rinlarida buyuradi:
"œVa oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi qo‘yiladigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz bilan ajralib ketishdan saqlaningiz" (Niso,1). Ya’ni, qarindoshlikni uzib qo‘yishlikdan qo‘rqingiz. Silai rahm qilingiz. Uni uzmangiz! Va boshqa oyatda: "œ(Ey Muhammad) qavmu qarindoshlar, miskin va yo‘lovchi haqlarini ado eting" (Isro, 26). Ya’ni, yaxshilik va silai rahmdan ularga haqqini bering.

Boshqa oyatda:
"œAlbatta, Alloh taolo adolatga, chiroyli amallarni qilishga buyuradi" (Nahl, 90), ya’ni odamlarga yaxshilik qilishga va ularni kechirish va afv etishga buyuradi; "œva qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur", ya’ni silai rahmga buyuradi.

Alloh ushbu uch narsaga buyurib, quyidagi uch narsadan qaytaradi. Alloh aytadiki:
"œVa buzuqlik, yomon ishlar va zo‘ravonliklardan qaytarur", ya’ni fahsh ishlardan, gunohlardan, yomon ishlardan, shariat va sunnatda bo‘lmagan ishlar qilishdan qaytaradi; "œSizlarga pand-nasihat qilur", ya’ni sizlarni bu uch narsaga buyurib, bu uch narsadan qaytaradi". "œShoyadki, ibrat-eslatma olsalaringiz" (Nahl, 90).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:30:25
164. Usmon, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: "œRasululloh menga do‘st edilar, musulmonchilikni u kishidan uyalganimdan bo‘ynimga oldim. Chunki meni Alloh taologa chaqirardi va Islomni qabul qilgan vaqtimda hali qalbimda Islom qaror topmagan edi. Bir kuni u kishining oldida o‘tirar edim. Shu vaqt mendan yuzlarini o‘girdilar. Go‘yoki birov bilan gaplashayotganday edilar. Keyin men tomonga burilib, aytdilar: "œJabroil tushib menga bu oyatni o‘qidi: "œAlbatta, "œAlloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-qarindoshlarga yaxshilik qilishga buyuradi" (Nahl, 90). Shu bilan juda xursand bo‘ldim.  Islom qalbimda qaror topdi. U kishining oldidan turib,  amakisi Abu Tolibning oldiga keldim-da, jiyaning oldida edim, bu oyat u kishiga tushdi, dedim. Abu Tolib aytdi: "œMuhammadga ergashinglar, najot topasizlar, to‘g‘ri yo‘l tutasizlar.  Allohga qasamki, albatta akamning o‘g‘li yaxshi xulqlarga buyuradi. Agar u yolg‘onchi yoki sodiq bo‘lsa ham, sizlarni yaxshilikka chaqiradi. Bu xabar Payg‘ambarga (s.a.v.) yetdi. Uni Islomga kirishini umid qildilar. Abu Tolib bosh tortdi. Keyin bu oyat nozil bo‘ldi: "œ(Ey Muhammad!) Aniqki, siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qilaolmassiz, lekin Alloh o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur" (Qasos, 56).
Albatta, Alloh taolo bu oyatda silai rahmni zikr qildi.

Boshqa oyatda:
"œAgar (imondan) yuz o‘girsangizlar, sizlar yerda buzg‘unchilik qilursizlar va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzarsizlar! Unday kimsalarni esa Alloh taolo la’natlagandir. Bas, ularning quloqlarini (pand-nasihat eshitishdan) kar, ko‘zlarini (to‘g‘ri yo‘lni ko‘rolmaydigan) ko‘r qilib qo‘ygandir" (Muhammad, 22-23). Ya’ni silai rahmni uzganlarni.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:30:33
165. Aytildi: Albatta Alloh taolo rahmni yaratib: "œMen Rahmonman, sen rahmsan, kim seni uzsa, uzilaman; kimiki senga bog‘lansa, bog‘lanaman", dedi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:30:49
166. "œAlbatta, rahm arshda osilgandir. Kecha va kunduz "œEy Parvardigor, Sening yo‘lingda kimiki menga bog‘lansa, bog‘langin, kimiki Sening yo‘lingda meni uzsa, uzilgin".

Hasan Basriy (roziyallohu anhu) aytdi: "œVaqtiki odamlarda ilm ko‘rinib, unga amal qilmasa, til bilan aytishni yaxshi ko‘rishib, qalblari bilan g‘azablanishsa, qarindoshlari bilan uzilishgan bo‘lsa, Alloh ularni la’natlaydi, kar qiladi va ko‘zlarini ko‘rmaydigan qilib qo‘yadi".

Faqih aytdi, Yahyo ibn Salim bizlarga gapirib berdi: "œMakkada biz bilan birga Xuroson ahlidan bo‘lgan bir kishi bor edi. U solih kishi edi. Odamlar unga o‘z omonatlarini qo‘yar edilar. Bir kishi kelib, o‘n ming dirham qoldirdi, keyin u kishi o‘z ishi bilan ketdi. Omonat qo‘ygan kishi xurosonlik kishi o‘lgandan so‘ng keldi va uning o‘g‘lidan, xotinidan molini so‘radi. Ular bu haqda bilishmas edi. U kishi o‘sha kunda Makkada yig‘ilishib turgan ko‘p olimlardan bu masalada savol qildi: "œFalonchiga o‘n ming dirham tashlab ketgan edim. U kishi o‘libdi. Xotinidan so‘rasam, bu haqda bilmas ekan. Menga nimani buyurasizlar?" Aytdilar: "œBizlar xurosonlikni jannat ahlidan deb umid qilamiz. Kechaning uchdan biri yoki ikkinchisi o‘tsa, zamzam qudug‘i oldiga kelgin va mana bu so‘z bilan xabar bergin: "œEy fa-lonchining o‘g‘li falonchi, men omonat egasiman!" Haligi odam kelib uch marta aytdi, hech kim javob bermadi. So‘ngra olimlarning oldilariga kelib, ularga bu xabarni yetkazdi, aytdilar: "œAlbatta, biz Allohnikimiz va Allohga qaytajakmiz! Bizlar sening do‘sting do‘zax ahlidan bo‘lmog‘idan qarqyapmiz. Endi Yamanga borgin, u yerda bir vodiy bor, uni Barxut deyishadi. U yerda bir quduq bor. Unga chiqqin, kechaning uchdan biri yoki uchdan ikkisi o‘tganda: "œEy falonchining o‘g‘li falonchi, men omonat egasiman!" deb baqirgin... U borib, aytganlarini qilibdi. Birinchi ovozdayoq javob beribdi. "œSho‘ring qursin, seni bu yerga nima tushirdi, sen yaxshilik egasi eding-ku?" deyildi. Aytdiki: "œMening Xurosonda ahli baytlarim, qarindoshlarim bor edi. Ular bilan o‘lgunimcha uzilib ketdim. Alloh taolo bu (azob) bilan ushlab, bu manzilga tashladi. Ammo moling o‘ziday turibdi, men o‘g‘limga omonat qila olmagandim, uyimning falon joyiga ko‘mganman. O‘g‘limga aytgin, seni hovlimga kirgizadi, hovlidagi joyni kavlagin, u joyda molingni topasan". Haligi odam qaytib kelib, molini qanday topshirgan bo‘lsa, shunday holatda topibdi".

Faqih aytadi: Agar kishi qarindoshlari orasida bo‘lsa, ular bilan hadya va ziyorat bilan bog‘lanib turishi vojib bo‘ladi. Agar mol bilan rahm qilishga qodir bo‘lmasa, ziyorat qilishlik bilan, ularning ishlaridan yordam berishlik bilan bog‘lansin. Agar buning ham iloji yo‘q bo‘lsa, ular bilan xat orqali bog‘lanib tursin. Agar borishga imkoni bo‘lsa, borishligi afzaldir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:30:57
167. "œAlbatta, mo‘minni xursand qilishlik amallarning afzalidir".

Bilginki, silai rahmda o‘nta maqtalgan xislat bor:
1) silai rahmda Allohning rizosi bor, chunki Alloh taolo shunga buyuradi;
2) ularga (mo‘minlarga) xursandchilik yetkazmoqlik bor, bu haqda xabar kelgan;
3) silai rahm maloikalarning xursandchiligi bor, chunki ular silai rahm bilan xursand bo‘ladilar;
4) silai rahmda musulmonlarga yaxshi maqtov bordir;
5) silai rahmda iblisga g‘am yetkazishlik bordir;
6) umrning ziyoda bo‘lishi;
7) rizqda baraka bo‘lishi;
8) o‘lganlar xursandligi bor, chunki ota-ona, bobolar silai rahmning bog‘lanishi bilan xursand bo‘ladilar;
9) do‘stlikning ziyoda bo‘lishi bor, chunki bir sabab o‘rtaga tushib, xursandchilik yoki g‘amdan to‘planishib, unga yordam beradilar va ularda do‘stlikning ziyoda bo‘lishiga omil bo‘ladi;
10) o‘lgandan keyin ham ajrining ziyoda bo‘lishi bor, chunki qarindoshlar uni o‘lgandan keyin ham duo qiladilar, hamma vaqt yaxshiliklarini eslab yuradilar.

Anas ibn Molik aytdi: "œUch toifa kishi qiyomat kuni Arshning soyasida bo‘ladi: silai rahm qiluvchi, uning umri va rizqi silai rahm bilan ziyoda bo‘lgan edi. Bir xotin eri o‘lib, yetimlari bilan qolib, ularni Alloh behojat qilgunicha tarbiyalasa. Va bir kishiki, taom tayyorlab, yetim-miskinlarga yedirsa".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:31:17
168. Hasan Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: "œBandaning farz namozni ado qilishi ular uchun va qarindoshlari bilan silai rahm qilishi uchun yurgan qadamidan ko‘ra Allohga mahbubroq ish yo‘qdir".

Aytildiki: "œBesh narsada davomiylik bo‘lsa, baland tog‘larning cho‘qqisidek yaxshiliklar ziyoda bo‘laveradi. Va Alloh taolo rizqini keng qilib qo‘yadi: kimiki sadaqani davomli qilsa, ko‘p bo‘lsa ham, kam bo‘lsa ham, kimiki qarindoshlikni bog‘lagan bo‘lsa, kam bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lsa ham, kimiki Alloh yo‘lida harakat qilishda davomli bo‘lsa, kimiki tahoratda davomli bo‘lsa, suvni isrof qilmasa va kimiki ota-onasiga itoat qilib, itoatda davomli bo‘lsa".

Alloh subhonahu va taolo bilguvchiroqdir.

___________
XIII BOB. SILAI RAHM BOBI

1. Abu Ayyub.
"œBir a’robiy Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga borib..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5983/10) va Muslim (13).
2. Abdulloh ibn Avf.
«Arafot kechasida Payg‘ambar (s.a.v.) bilan o‘tirgan edik...» Zaif*. Asbahoniy. "œAt-targ‘ib" (2290) va "œZaiful jome’"ga qarang (1463).
3. Hadis.
"œSilai rahm savobidan tez keladigan yaxshilik yo‘q..." Sahih*. Ahmad (38,36/15), Termiziy (2511) va Ibn Moja (4211), "œAs-sahiha" (918)ga qarang.
4. Amr ibn Shuayb.
"œBir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kelib..." Sahih*. Muslim (2 558/4) va boshqalar.
5. Savbon.
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œQadar-taqdir duo bilangina o‘zgaradi..." Sahih*. "œAs-sahihat" (154).
6. Qatoda.
"œBizga zikr qilindiki, Payg‘ambar (s.a.v.): "œAllohdan qo‘rqinglar va silai rahm qilinglar..." Mursal*. "œZaiful jome’"ga (122) qarang.
7. Hadis.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œQarindoshchilikni bog‘langlar..." Hasan*. Qazo’iy "œAsh-shihob"da (654-653) va "œAs-sahihat" (1777)ga qarang.
8. Usmon ibn Maz’un.
"œRasululloh menga do‘st edilar..." Zaif*. Buxoriy, "œAl adabul mufrad" va Ahmad (318/1).
9. Hadis.
"œAlbatta, Alloh taolo rahmni yaratib..." Sahih*. Ahmad (194/1) Abu Dovud (1694) va Termiziy (1907).
10. Hadis.
"œAlbatta, rahm Arshda osilgandir..." Sahih*. Muslim (2555/4) Oyisha onamizdan.
11. Hadis.
"œAlbatta, mo‘minni xursand qilishlik..." Hasan*. Ibn Abu Dunyo "œQazoul havoij" (112) va Bayhaqiy "œAsh-shu’ab"da (7688, 7679), "œAs-sahihat" (1494) da keltirilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:31:33
XIV BOB. QO‘SHNICHILIK HAQLARI

169. Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladi: Abdulloh ibn Amr ibn Os, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: "œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAlloh taolo qiyomat kunida quyidagi yetti kimsaga (rahmat) nazari bilan qaramaydi va ularni gunohlardan poklamaydi hamda ularga: "œDo‘zaxga kiruvchi bilan birga do‘zaxga kiringlar!" deydi. Ular:
1) livota qiluvchi va livota qilingan;
2) qo‘li bilan nikoh qiluvchi (o‘z shahvatini qo‘li bilan qondiruvchi);
3) hayvon bilan jinsiy aloqa qiluvchi;
4) xotinining orqasiga yaqinlik qiluvchi;
5) onasini va qizini jimo’ qiluvchi;
6) qo‘shnining xotini bilan zino qiluvchi;
7) qo‘shnisiga aziyat beruvchi".
Agar tavba shartlari bilan tavba qilsalar, Alloh kechiruvchi zotdir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:31:40
170. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œNafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qalbidan, tilidan, qo‘lidan odamlar salomat bo‘lmaguncha, banda musulmon bo‘lmaydi; banda mo‘min bo‘lmadi qo‘shnisi uning yomonligidan omon bo‘lmagunicha". "œUning yomonligi nima?" deyishdi. Aytdilar: "œQo‘polligi va zulmi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:31:47
171. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œQo‘shnining qo‘shniga hurmati o‘z onasiga hurmati kabidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:31:55
172. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytdi: Abdulloh ibn Amr ibn Os g‘ulomiga aytdilar: "œQo‘chqorni so‘yib, yahudiy qo‘shniga nasiba bergin". Keyin bir soat vaqt o‘tdi. Aytdi: "œEy g‘ulom!" Agar qo‘chqorni so‘ysang, yahudiy qo‘shnimizga nasiba bergin". G‘ulom aytdi: "œBu yahudiy qo‘shni bizlarga aziyat beradi-ku". Abdulloh ibn Amr: "œSenga dard tegsin, albatta, Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga hamisha qo‘shni haqida vasiyat qilganlaridan, bizlar uni meros olsa kerak, deb gumon qilardik".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:32:02
173. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshilikni gapirsin yoki jim tursin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, qo‘shnisini hurmat qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, mehmonni ulug‘lasin. Uni hurmatlash bir kecha-kunduz. Mehmondorchilik uch kun. Keyingilari sadaqa bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:32:10
174. Hasan Basriy aytadi: So‘radilarki: "œYo Rasululloh! Qo‘shnining qo‘shnida nima haqqi bor?" Aytdilar: "œAgar qarz so‘rasa, unga qarz bergin, agar chaqirsa, javob qilgin; agar kasal bo‘lsa, borib ko‘rgin; agar sendan yordam so‘rasa, yordam bergin; agar bir musibat tushsa, ta’ziya bildirgin; agar bir yaxshilik yetsa, tabriklagin; agar o‘lsa, shahodat qilgin; agar biron joyga ketsa, uyini va manzilini saqlagin. Unga qozonda go‘sht qovurish bilan aziyat yetkazmagin, agar shu ishni qilsang, pishirgan taomingdan bergin".

Boshqa xabarda bu to‘qqiz narsaga qo‘shimcha qilib, o‘ninchisini keltirishadi: "œUyingni uning uyidan uzun (yoki katta) qilmagin, magar roziligi bilan bo‘lsa, mayli".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:32:31
175. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: "œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œJabroil menga hamisha qo‘shni haqida vasiyat qilar ediki, men qo‘shniga yaqinda meros beriladi", deb o‘ylardim".

Abu Hurayra Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qildi: "œPayg‘ambardan (s.a.v.) aytdilarki: "œYo Abu Hurayra, taqvodor bo‘lgin, odamlarning obidrog‘i bo‘lasan; qanoatli bo‘lgin, odamlarning shukr qiluvchirog‘i bo‘lasan! Odamlar uchun yaxshi ko‘rgan narsangni ularga ham ravo ko‘r, mo‘min bo‘lasan. Senga qo‘shni bo‘lganga yaxshi qo‘shnichilik qilgin, musulmon bo‘lasan. Kulishni kamaytirgin, chunki ko‘p kulishlik qalbni o‘ldiradi".

Alloh taolo:
"œAllohga bandalik qilinglar, Unga hech narsani sherik qilmanglar va ota-onaga yaxshilik qilinglar", ya’ni Allohni denglar. Unga ibodat qilinglar, Unga sherik qilib olmanglar, ota-onangizga yaxshilik qilinglar, ya’ni ota-onaga chiroyli holatda muomalada bo‘lib, yaxshilik qilinglar, hamda "œqarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga" qarindosh qo‘shniga va begona qo‘shniga, ya’ni yaqinlarin-gizga silai rahm va hadya qilishlik bilan yaxshilik qiling-lar. Yetim va miskinlarga sadaqa berishlik va chiroyli so‘z bilan yaxshilik qilinglar; "œyo‘lovchi musofirga", ya’ni yo‘ldan o‘tib turib qo‘noq bo‘lgan mehmonga va "œqarindosh qo‘shniga", ya’ni siz va uning orasida qarindoshchilik bor qo‘shniga "œyaxshilik qilinglar" (Niso, 36). Ya’ni siz bilan uning orasida qarindoshchiligi yo‘q qo‘shniga ham.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:35:28
177. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi. Aytdilarki: "œQo‘shnilar uch xil bo‘ladi: ulardan birinchisida uch haq bo‘ladi; keyingisida ikki haq; uchinchisida bir haq bo‘ladi. Uchta haqqi bo‘lgan qo‘shni musulmon va qarindosh qo‘shnidir; ikkita haqqi bo‘lgan qo‘shni musulmon qo‘shnidir. Bitta haqqi bo‘lgan qo‘shni esa, zimmiy qo‘shnidir".

Ya’ni, qo‘shni qarindosh va musulmon bo‘lsa, ular uchun qarindoshlik haqqi, Islom haqqi va qo‘shnichilik haqlarni bor. Ikkita haqqi bori musulmon qo‘shnidir. Unda Islom haqqi va qo‘shnichilik haqqi bor. Ammo bitta haqqi bori zimmiy (g‘ayridin) qo‘shnidir. Uning qo‘shnichilik haqqi bor. Agar qo‘shni zimmiy bo‘lsa ham, uning haqqini berish lozim bo‘ladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:35:44
178. Abu Zarr G‘iforiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Menga do‘stim Muhammad (s.a.v.) uch narsani vasiyat qildilar: "œEshitgin va itoat qilgin. Burni kesilgan qul bo‘lsa ham. Bas, agar sho‘rva qilsang, uning suvini ko‘paytirgin, keyin qo‘shnilaringning ahllariga qaragin va sho‘rvangdan ularga ham bergin, namozingni vaqtida o‘qigin".

Va aytildi: "œUch qo‘shni bo‘lib, uchchalasi ham rozi bo‘lsa, keyin inson o‘lsa, uning gunohlari kechiriladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:36:11
179. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: Bir kishi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga kelib, qo‘shnisidan shikoyat qildi. Payg‘ambar (s.a.v.): "œUnga o‘zing ozor berishdan tiyilgin va uning ozoriga sabr qilgin va ajralishmoq uchun o‘lim kifoyadir", dedilar.

Hasan Basriy aytdi: "œQo‘shnidan aziyatni tiyish yaxshi qo‘shnichilik emas, yaxshi qo‘shnichilik, qo‘shnidan bo‘lgan aziyatga sabr qilishlikdir".

Amr ibn Os aytdi: "œQarindoshchilikni bog‘lovchi kishiga bog‘lanib, uzilgan kishidan uzilganni bog‘lovchi deb bo‘lmaydi, balki u insofli kishidir. Albatta, haqiqiy bog‘lovchi esa kim uzgan bo‘lsa, bog‘laydi: kim xafa qilgan bo‘lsa, yumshoqlik, latiflik qiladi. Halim inson ham qavmi unga halimlik qilganda halimlikni qilib, unga qo‘pollik qilganda qo‘pollik qiladigan kishi emasdir. Balki u insofli kishidir, haqiqiy halim esa unga halimlik qilganda ham, qo‘pollik qilganda ham, go‘zal muomalada bo‘lguvchi kishidir".

Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Musulmon kishi qo‘shnining aziyatiga sabr qilishi lozim bo‘ladi. Qo‘shnisiga biror aziyat bermaydi. Qo‘shni undan omonda bo‘ladi. Qo‘shnisi uchun uning tinchligi, omonligi uch narsa bilandir: qo‘li bilan: tili bilan; avrati bilan. Tili bilan omon bo‘lishi, qo‘shnisi eshitib qolishidan qo‘rqadigan va qo‘shnisining oldida gapirishdan uyaladigan gap-so‘zlarni gapirmasligidir. Qo‘ldan omon bo‘lishligi, agar qo‘shnisi bozorda bo‘lsa-yu, qopi qo‘shnisining uyida qolganini eslab qolsa, shunda qo‘shnining uyi ham o‘zimning uyimdek-ku, xaltamga hech kim tegmaydi, deb xotirjam bo‘lishidir (ya’ni shu darajada ishonishidir). Avratidan omonda bo‘lishi, agar u safarda bo‘lsa va uyiga qo‘shnisi kirganini eshitib qolsa, qalbi xotirjam bo‘lib, xursand bo‘lishidir (ya’ni shunday xotirjamlik darajasida ishonch, mehr-sadoqat o‘rtada bo‘lishidir).

Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: "œUchta axloq johiliyat davrida yaxshi sanalgan edi, lekin musulmonlar nazdida yanada yaxshiroqdir:
1) agar unikiga mehmon tushsa, unga yaxshilik qilishga harakat etadilar;
2) agar xotini qarisa, uni taloq qilmaydi. Uning zoe’ bo‘lishidan qo‘rqib, o‘z uyida ushlab turadi;
3) agar qo‘shnilari qarzdor bo‘lsa yoki musibat yoki qiyinchilik yetsa, harakat qilib, qarzini to‘laydilar va o‘sha musibatlardan uni chiqaradilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:37:00
180. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: "œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œQiyomatda qo‘shni qo‘shnisiga yopishar ekanll va aytar ekan: "œEy Parvardigor, sen bu og‘aynimga rizqni keng qilding, menga kamaytirib berding, men kechani och o‘tkazdim, u to‘q o‘tkazdi. Undan so‘ragin, nima uchun menga eshigini yopdi va Sen unga keng qilgan narsadan meni mahrum etdi?"

Sufyon Savriy aytdi: "œO‘nta narsa jafodandir:
1) kishi yoki xotin, o‘ziga duo qilsa-yu, ota-onasiga va mo‘minlarga duo qilmasa;
2) kishi Qur’on o‘qishni bilsa-yu, undan har kuni yuz oyat o‘qimasa;
3) kishi qabristonlardan o‘tib, u  yerdagilarga salom bermasa va ularga duo qilmasa;
4) bir kishi masjidga kirib, unda ikki rak’at namoz o‘qimasdan chiqib ketsa.
5) Kishi juma kuni shaharga kelib, juma namozini o‘qimasa;
6) Kishi  yoki xotin tushgan mahallaga olim tushsa-yu, u olimning ilmidan biron narsa o‘rganish uchun bormasa;
7) Ikki kishi yo‘lda birga bo‘lishsa-yu, bir-biridan ismini so‘ramasa;
8) Yigit bo‘sh bo‘lib, yoshligini bekor o‘tkazsa, ilm va odobni talab qilmasa;
9) Bir kishini ziyofatga chaqirsa, u odam ziyofatga bormasa;
10) Kishi o‘zi to‘q bo‘lib, qo‘shnisi och bo‘lsa, o‘zi yeydigan taomdan hech narsa bermasa...".

Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: Qo‘shnichilikning chiroyi va komilligi to‘rt narsadadir:
1) qo‘shniga hamdard bo‘lish;
2) qo‘shnisida bor bo‘lgan narsaga tama’ qilmasligi;
3) undan (o‘z) aziyatini to‘smog‘i;
4) qo‘shni tomonidan bo‘lgan aziyatga sabr qilmog‘i.

_____________
XIV BOB. QO‘SHNICHILIK HAQLARI BOBI HADISLARI

1. Abdulloh ibn Amr ibn Os.
"œRasululloh (s.a.v.) aytdilar: "œAlloh taolo qiyomat kunida quyidagi yetti kimsaga..." Zaif*. Ajriy, "œZammul luvot" (53) va "œAl-kaboir" (149) ga qarang.
2. Abdulloh ibn Mas’ud.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œNafsim o‘z qudratida bo‘lgan zotga qasamki..." Zaif*. Ahmad (387/1), Hokim (165/4) va Bayhaqiy (3524).
3. Said ibn Musayyab.
"œPayg‘ambar aytdilar: "œQo‘shnining qo‘shniga hurmati..." Mursal*. Ibn Abu Dunyo, "œAl-makorim" (323).
4. Muhojid.
"œAbdulloh ibn Amr ibn Os g‘ulomiga aytdi: ..." Sahih*. Ahmad (160/2), Abu Dovud (5 152) va Termiziy (1943).
5. Abu Shurayix Ka’biy.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKim Allohga va oxirat kuniga ishonsa..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6019) va Muslim (48).
6. Hasan Basriy.
«Yo Rasululloh! Qo‘shnining qo‘shnida nima haqqi bor?..» Zaif*. Bayhaqiy, «Ash-shu’ab» (9560) va Xaroitiy, «Makorimul axloq» (40-bet).
7. Abu Hurayra.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Jabroil menga hamisha qo‘shni haqida vasiyat qilar ediki...» Sahih*. Ahmad (445, 305/2), Ibn Moja (3674).
8. Abu Hurayra.
«Rasululloh aytdilarki: «Yo Abu Hurayra, taqvodor bo‘lgin...» Hasan*. Termiziy (2305) va «As-sahihat» (402/3) ga qarang.
9. Hadis.
«Qo‘shnilar uch xil bo‘ladi...» Zaif*. «Zaiful jome’» (2674).
10. Abu Zarr G‘iforiy.
«Menga do‘stim Muhammad (s.a.v.) uch narsani vasiyat qildilar...» Sahih*. Muslim (648, 837, 2625), Ahmad (171, 161/5) va Bayhaqiy, «Ash-shu’ab» (7347-5919).
11. Hadis.
«Bir kishi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga kelib...» Zaif*. «Zaiful jome’» (4191).
12. Anas ibn Molik.
«Payg‘ambardan (s.a.v.) aytildi: «Qiyomatda qo‘shni qo‘shnisiga yopishar ekan...» Zaif*. Buxoriy «Al-adabul mufrad» (1111) va Asbahoniy «At-tartib» (875), «Zaiful jome’» (4268).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:37:17
XV BOB. AROQ ICHISHDAN QAYTARISH

Faqih Abu Lays Samarqandiy, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Abdulloh ibn Umar aytdi, Alloh ikkovidan ham rozi bo‘lsin: "œAroq ichuvchi kishini qiyomat kunida betlari qora holatda keltiriladi. Ko‘zlari ko‘kargan, tupuklari oqqan, tili ko‘kragiga tushgan holda turadi. Undagi hidning sassiqligidan, kim oldidan o‘tsa, jirkanadi. Aroq ichganga salom bermanglar, kasal bo‘lsa, borib ko‘rmanglar. O‘lib qolsa, janoza o‘qimanglar".

Masruq aytadi: "œAroq ichuvchi kimsa butga ibodat qiluvchi kabidir. Aroq ichuvchi kimsa Lot va Uzzo (kabi butlar)ga ibodat qiluvchi kabidir".

Ka’bul Ahbor aytadi: "œBir qadah olovni ichmoqligim bir qadah aroqni ichishimdan yaxshiroqdir".

181. Payg‘ambardan (s.a.v.) aytdilar: "œMast qiluvchi hamma narsa xamrdir. Mast qiluvchi narsaning hammasi haromdir. Kim dunyoda aroq ichib, tavba qilmasdan, aroqni ichishda davomiylik bilan o‘lsa, oxiratda u (sharob) ichmaydi".

Faqih aytdi: "œHar bir mast qiluvchi narsa haromdir", degan hadisning ma’nosi pishirilgan bo‘lsa ham, pishirilmagan bo‘lsa ham, deganidir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:37:29
182. Bu gap Jobir ibn Abdullohdan qilingan rivoyat kabidir. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKo‘pi mast qilguvchi narsaning ozi ham haromdir".

Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: "œPishirilgan aroqni ichuvchi oddiy aroq ichuvchidan ko‘ra qattiqroq gunohkordir. Chunki aroq ichuvchi fosiqdir. Kim pishirilgan aroq ichsa, uning kofir bo‘lib qolishidan qo‘rqiladi, chunki aroqni ichuvchi kimsa aroq harom deb iqror bo‘lib ichadi, pishirilgan hamrni ichuvchi mast qiluvchi narsani ichadi, u esa buni halol sanaydi. Musulmonlar ijmosida mast qiluvchi narsaning ozi ham, ko‘pi ham haromdir. U agar uni halol desa, ijmoi ulamoga ko‘ra kofir bo‘ladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:37:49
184. Usmon ibn Affon, Alloh undan rozi bo‘lsin, xutba qilib aytdi: "œEy odamlar, aroqdan saqlaninglar. Chunki u yomonliklarning onasidir. Sizlardan oldin bir zohid kishi bor edi. To‘xtovsiz masjidga qatnardi. Unga bir yomon xotin uchradi. Bu xotin cho‘risiga uni uyiga kirgizishni buyurdi. Uni uyiga kirgizib, eshikni mahkamladi. Xotinning oldida bir ko‘za aroq, bir bola bor edi. Xotin unga: "œMendan qochib qutula olmaysan, bu aroqni ichmasang, yoki menga yaqinlik qilmasang, yoki bu bolani o‘ldirmasang, mening uyimga kirib oldi, deb baqiraman. Senga u paytda kim ishonadi?" dedi. Bu payt yigit og‘ir holatda qoldi va o‘ziga aytdiki, fahsh ishga hech ham bormayman. Bu bolani o‘ldirmayman! Kel, aroqni ichganim yaxshiroqdir, deb aroqni ichibdi. Bir piyolasidan so‘ng, yana quyishni so‘radi. Allohga qasamki, ko‘p o‘tmay xotin bilan yaqinlik ham qildi, bolani ham o‘ldirdi".

Usmon, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdilar: "œUndan qochinglar, chunki u iflosliklarning onasidir. Allohga qasamki, imon va aroq kishining qalbida jam bo‘lmaydi. Agar jam bo‘lsa ham, bittasi ikkinchisini ketkizadi".

Ya’ni, agar aroq ichuvchi aroq ichsa, mast bo‘lib, uning tiliga kufr kalimasi keladi va uning tili bu narsaga o‘rganib qoladi, o‘layotgan vaqtida tiliga kufr kalimasi kelib qolishidan qo‘rqiladi. So‘ngra u bu dunyodan kufr holatda ketadi va abadiy do‘zax azobida qoladi. Chunki bandalardan imonning uzilishi o‘lim paytida — jon ketish vaqtida bo‘ladi. Buning sababi hayotlik vaqtida gunohlar qilganligidir. So‘ngra esa pushaymon va hasratda qoladi.

Zahhok aytdi: "œKimki aroqni doimiy ichuvchi holatida vafot etsa, qiyomat kunida mast holatda tiriladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:37:59
185. Said Qatodan rivoyat qiladi. Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga aytdilar: "œTo‘rt nafar kishi jannat hidini topmaydi. Uning hidi besh yuz yillik yo‘ldan ham kelib turadi, bular baxil, minnat qiluvchi, aroq ichuvchi, ota-onaga oq bo‘luvchi kishilardir".

Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: "œAroqda o‘n kishi la’natlanadi: uni siqib oluvchi va siqdiruvchi, uni ichuvchi, uni quyuvchi, ko‘taruvchi, uning uchun ko‘tariluvchi, savdogar, savdolashgan, uni sotuvchi, oluvchi va uni ekkan kishi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:38:09
186. Ba’zi xabarlarda Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilindi, aytdilar: "œQiyomat kunida aroq ichuvchi qabridan o‘laksadan ham sassiqroq bo‘lib chiqadi. Ko‘za uning bo‘yniga osilgan, qo‘liga piyolasi bog‘langan, uning butun eti va terisining orasini ilon va chayonlar to‘ldirib olgan. Olovdan etik kiygan. Uning bosh miyasi qaynaydi. U qabrini do‘zax chuqurligidan chuqur bir qabrda topadi. Do‘zaxda Fir’avn va Homonlar bilan yaqin bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:39:41
187. Oyisha onamiz, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qildi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKim aroq ichuvchini bir luqma bilan taomlantirgan bo‘lsa, Alloh taolo uning jasadiga chayon va ilonni ega qilib qo‘yadi. Kim uning hojatini chiqargan bo‘lsa, Islomni buzishiga yordam bergan bo‘ladi. Kim unga qarz bergan bo‘lsa, mo‘minni o‘ldirishiga yordam bergan bo‘ladi, kim u bilan o‘tirishgan bo‘lsa, Alloh taolo qiyomat kunida uni ko‘r qilib, hushi yo‘q holatda tiriltiradi, kimiki aroq ichsa, uni uylantirmanglar. Agar kasal bo‘lsa, borib ko‘rmanglar, agar shohidlik bersa,  shohidligini qabul qilmanglar. Meni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, aroq ichgan kishi Tavrotda, Injilda, Zaburda, Furqonda (Qur’onda) la’natlangandir. Kim aroq ichsa, Allohning payg‘ambarlariga tushirgan kitoblarini inkor qilibdi. Kim halol sanasa, kofir bo‘libdi, kim xamrni halol sanasa, dunyo va oxiratda men undan bezorman".

Ato ibn Yosir aytadi: Bir kishi Ka’b-ul Ahbordan so‘radi: "œAroq Tavrotda harom qilinganmi?" "œHa", dedi, keyin bu oyatni o‘qidi: "œEy mo‘minlar, aroq, qimor, butlar va  cho‘plar (ya’ni cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir" (Moida, 90). Tavrotda yozilgan: "œBiz botilni yo‘q qilish uchun haqni nozil qildik va  u bilan bekorchi o‘yinni, nog‘orani, surnayni botil qildik va aroqni ham; aroq ichuvchiga vayl azobi bo‘lsin. Alloh ulug‘ligiga va izzatiga qasam ichdiki, bu dunyoda undan to‘xtamasa, u qiyomat kunida chanqoq bo‘ladi. Men uni harom qilganimdan keyin tark qilsa, Men uni Hozirat ul-qudusda sug‘oraman". So‘raldi: "œHozirat ul-qudus nima?" Aytdi: "œQudus — Alloh, hozira esa jannatdir".

Faqih aytdi: Aroq ichishdan saqlangin. Chunki undan o‘nta yomonlangan xislat bor:
1. Agar uni ichsa, majnunga aylanadi. Bolalarga kulgi bo‘lib, ermakka aylanadi. Aqllilar oldida yomon ot-liqdir.
Abu Dunyo aytganidek: Bog‘dod ko‘chalaridan birida bir mastning bavl qilayotganini ko‘rdim. U siydigini yuziga artib: "œEy Parvardigor, meni tavba qilguvchilardan, pokdomonlardan qilgin", deb aytardi.
Bir ko‘chada mast kishi yotgan edi, it kelib uning og‘zini va soqolini yaladi. U itga: "œEy do‘stim, ey do‘stim, Alloh senga barakot bersin", dedi. Keyin haligi it oyog‘ini ko‘tarib, uning yuziga bavl qildi. Haligi mast issiq suv uchun Alloh senga barakot bersin, deb aytar edi...
2. U molni yo‘q qilguvchi, aqlni ketkazuvchi. Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytganidek: "œEy Allohning elchisi, aroq borasida bizga fikringizni bering". Aytdilar: "œAlbatta, u molni yo‘qotuvchi, aqlni ketkazuvchidir".
3. Uni ichishlik odamlar, do‘stlar, og‘aynilar orasida adovatga sabab bo‘ladi. Alloh taolo aytganidek:
"œIchkilik, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni xohlaydi" (Moida, 91).
4. Albatta, uni ichishlik Allohning zikridan va namozdan man’ qiladi. Alloh aytganidek:
"œShayton sizlarni Allohning zikridan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolos. Endi to‘xtarsizlar?" (Moida, 91). Ya’ni, undan to‘xtanglar. Bu oyat tushgan vaqtlar Umar ibn Xattob: "œAlbatta, to‘xtaymiz, ey Rabbim", degan edi.
5. Uni ichmoqlik, zinoga olib boradi. Chunki ichgan vaqtida xotinini taloq qiladi, o‘zi sezmay qoladi.
6. Aroq hamma yomonlik kalitidir. Agar uni ichsa, unga hamma gunohlar yengil bo‘lib qoladi.
7. U fosiqlik majlisiga kirish bilan o‘zida sassiq hid borligi uchun maloikalarga aziyat berib qo‘yadigi, ozor bermaganga ozor berishlik joiz emas.
8. Uni ichgan kishini sakson darra urishlik vojib bo‘ladi. Agar dunyoda urilmasa, qiyomat kunida o‘tdan bo‘lgan qamchi bilan boshiga uriladi. Urayotgan vaqtda otasi va do‘stlari qarab turadi.
9. Aroq ichishlik bilan o‘zi uchun osmon eshigini yopib qo‘yadi, chunki qirq kungacha yaxshi amallari va qilgan duolari qabul bo‘lmaydi.
10. Aroq ichuvchi xavotirga tushuvchidir, chunki u o‘layotgan vaqtida imonsiz holda chiqishidan qo‘rqiladi. Bu azoblar dunyodadir, oxirat azoblariga yetmasdan oldindir.

Ammo oxirat azoblarini sanab bo‘lmaydi, undagi yiring, zaqqum, savoblarini yo‘q bo‘lishi va boshqalar. Oqil kishiga ozgina lazzatni tark etib, katta lazzatni ixtiyor qilishil lozim bo‘ladi.

Muqotil ibn Sulaymondan Allohning:
"œBiz taqvodor zotlarni otliq hollarda Rahmon dargohiga to‘playdilar va jinoyatchi kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni (eslang)!" (Maryam, 85-86) oyati xususida rivoyat qilindi. Alloh taolo rozi bo‘lgan "œJannat ahli tiriladi va jannat eshigi oldida to‘xtaydi. Bir vaqt tagidan ikki buloq oqadigan daraxtning tagida bo‘ladilar. So‘ngra buloqning birida suv ichadilar, ularning ichida biron axlat qolmasdan, ichidan chiqarilib yuboriladi. Keyin ikkinchi buloqning oldiga keladilar, unda cho‘miladilar. Badanlarida, terida bo‘ladigan biron bir ifloslik qolmaydi, hammasi ketadi. Alloh taolo kalomida (jannat qo‘riqchilari) aytadi: "œSizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin. Xush keldingiz!" (Zumar, 73) Keyin zotdor tuyalarda keltiriladilarki, qizil yoqutdandir, uning oyoqlari tillodan, yoqut va dur bilan o‘ralgan, yoqasi marvariddan. Ulardan har bir kishi ikkita kiyim kiyadi. Agar o‘sha kiyimidan bittasi dunyo ahli uchun chiqarilsa, dunyo nurlanib ketadi. Har birlari maloikalar bilan birga bo‘ladilar va ular jannatdagi o‘rnini unga dalolat qiladilar. Vaqtiki, jannatga kirsalar, kumushdan bo‘lgan qasrga ko‘tariladilar. Uning oynalari tillodandir. Ular qasriga yetganlarida, yosh qizlar istiqbollariga chiqadilar. Ular go‘yoki sochilgan marvarid kabidirlar. Ularda kiyimlar va taqinchoqlar, kumush idishlar, tillo qadahlar bordir. Maloikalar salom beradilar, ular ham alik oladi, keyin u yerga kiradilar.

Bir vaqt u o‘zi uchun Alloh taolo nima tayyorlaganini ko‘radi va uni bu joyga tushganligi bilan tabriklaydi. Unga farishta aytadi: "œNima xohlaysan?" Aytadi: "œAlloh-ning karomatiga tushmoqni xohlayman". Ular: "œSenga bundan ham yaxshisi bor", deydilar. U yuradi, keyin uni tilla qasrga ko‘tarishadi, uning oynalari marva-ridlardandir. Unga yaqinlashsa, yosh qizlar istiqboliga chiqishadi. Ular go‘yoki sochilgan  marvariddekdir. Ularda kumush idishlar, tillo qadahlar bordir, unga salom beradilar. U ham salomlariga alik oladi.  Unga tushishni xohlaydi, shunda maloikalar: "œYurgin, bu qasrdan ham afzalrog‘i bor sen uchun", deydi. Bas, yurgandan keyin, qizil yoqutdan bo‘lgan qasrga ko‘tariladi.  Uning pokligidan uning ichkarisi tashqarisidan unga ko‘rinadi. Unga salom beradilar. U ham qaytaradi. Unga kirgandan keyin, uni Xurul’iyn kutib oladi. Unda yetmishta kiyimi bo‘ladi, biri ikkinchisiga o‘xshamaydi. Undagi hid yuz yillik yo‘ldan ham kelib turadi. Ahli jannat u Hurning yuziga qarasa, uning tozaligidan o‘z yuzini ko‘radi, agar uning ko‘kragiga qarasa, kiyimining yupqaligidan jigarlari ko‘rinadi. Suyaklarining yupqaligidan sonining iligini ko‘radi. Bu qasr bir farsah keladi, uning balandligi ham shunchadir. Uni to‘rt ming ikki tabaqali eshigi bor, tillodandir. Uning gilamllari tillodan, toji marvariddan. Vaqtiki u yopiladi, unda dunyo uylaridagi yetmish uy to‘shagi to‘shalgan katta so‘ri bordir. Unga o‘tirib meva xohlasa, meva kirib keladi. Yeydi yoki xohlasa, so‘risi bilan borib yeydi. Buning hammasi taqvodorlarning savobidir. Ular aroq ichishdan va fohishaliklardan saqlangandir.

Ahli do‘zax do‘zaxga haydab keltiriladi, unga yaqinlashishsa, uning eshiklari ochiladi. Ularni temir tayoqlari bo‘lgan farishtalar kutib olishadi. Do‘zaxga kirsalar, ularning a’zolaridan birontasi azobsiz qolmaydi. Ilon chaqadi yoki olov yondirib yuboradi yoki (azob) farishtasi uradi,  urgan vaqtida do‘zaxning qirq yillik qa’riga tushadi. Uning tubi yo‘q, keyin uni o‘t ko‘tarib tashlaydi, so‘ngra farishta yana uradi, do‘zaxga yana tushadi, qachon boshi ko‘rinsa, uraveradi. Alloh taolo aytganidek:
"œQachonki terilari kuyib bitishi bilan haqiqiy azobni totib ko‘rishlari uchun o‘rniga boshqa terilarini almashtiramiz. Albatta, Alloh taolo qudrat va hikmat egasi bo‘lgan  zotdir" (Niso, 56).

Bizga yetdiki, ularning terilari bir kunda yetti marta almashtiriladi. Agar chanqasalar, suv deb qichqiradilar. Ularga issiq suv keltiriladi, o‘sha issiq suvni u yuziga yaqinlashtirsa, yuzining go‘shtlari issiqdan tushib ketadi. Keyin og‘ziga kiradi. Uning tishlari, milklari tushib ketadi, keyin qorniga kiradi. So‘ngra ichaklarini kesadi, terisini pishiradi. Alloh aytadi:
"œU (suv) bilan ularning ichlaridagi narsalar ham, terilari ham eritib yuborilur. Ular uchun temir gurzilar bordir" (Haj, 20-21).

So‘ngra Alloh o‘zi xohlagancha ularga azob bergandan keyin, jannatning qo‘riqchilarini chaqiradi.
"œ(Shunda) do‘zaxdagi kimsalar jahannam qo‘riqchilariga: "œParvardigorlaringga duo qilinglar, bizlardan biron kunlik azobni yengillatsin", deydilar. (G‘ofir, 49). Bas, ularga javob berilmaydi. Keyin Molik (jahannam boshlig‘i)ni chaqiradilar, u qirq yilgacha javob bermaydi. Aytadilar: "œQo‘riqchilarni chaqirdik,  Molikni chaqirdik, javob  bermadi. Kelinglar, afsus-nadomat qilib,  qayg‘uraylik". Ularga bu ham foyda bermaydi. Keyin, "œKelinglar, sabr qilamiz", deydilar, bu ham hojatsiz bo‘ladi. Aytadilar: "œDod-voy qilamizmi, sabr-qanoat qilamizmi, biz uchun barobardir, hech qanday najot yo‘qdir" (Ibrohim, 21).
Kofirlar uchun azob ana shudir.

Vaqtiki, musulmon aroq ichsa, kufr so‘z tiliga keladi. Qo‘rqiladi, o‘layotgan vaqtida imon undan ketib qoladi, deb Musulmon kishi uchun aroq ichishdan qaytmog‘i va aroq ichuvchilardan uzilmog‘i lozim bo‘ladi. Agar u bilan qo‘shilib yursa, qo‘rqiladiki, unga ham bu aroq ichishlik o‘tib qoladimi, deb va qiyomat kun qo‘rqinchini fikr qilmog‘i kerak bo‘ladi. Chunki kimiki qiyomat kun qo‘rquvini fikr qilsa, uning qalbi aroq ichishlikka hech ham moyil bo‘lmaydi. Aroq ichuvchi bilan suhbatda bo‘lish qam mumkin bo‘lmaydi.

Hasan Basriydan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Bizlarga yetdiki, agar banda aroqdan bir marta ichsa, uning qalbi qorayadi. Ikkinchisini ichsa, maloikalar bezor bo‘lishadi. Uchinchisini ichsa, malakul-mavt (o‘lim farishtasi) bezor bo‘ladi. To‘rtinchisini ichsa, Payg‘ambar (s.a.v.) bezor bo‘ladilar. Beshinchisini ichsa, Payg‘ambar (s.a.v.)ning sahobalari bezor bo‘ladi. Oltinchisini ichsa, Jabroil alayhissalom bezor bo‘ladi. Yettinchisini ichsa, Isrofil alayhissalom bezor bo‘ladi. Sakkizinchisini ichsa Mikoil alayhissalom bezor bo‘ladi. To‘qqizinchisini ichsa, osmonlar bezor bo‘ladi. O‘ninchisini ichsa, yer bezor bo‘ladi. O‘n birinchisini ichsa, dengiz baliqlari bezor bo‘ladi. O‘n ikkinchisini ichsa, osmon va quyosh bezor bo‘ladi. O‘n uchinchisini ichsa, yulduzlar bezor bo‘ladi. O‘n to‘rtinchisini ichsa, maxluqotlar bezor bo‘ladi. O‘n beshinchisini ichsa, unga jannat eshiklari yopiladi. O‘n oltinchisini ichsa, do‘zax eshiklari ochiladi. O‘n yettinchisini ichsa, arshni ko‘tarib turuvchilar bezor bo‘ladilar. O‘n sakkizinchisini ichsa, kursiy bezor bo‘ladi. O‘n to‘qqizinchisini ichsa, undan arsh bezor bo‘ladi. Vaqtiki yigirmanchisini ichsa, undan Alloh taolo bezor bo‘ladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:39:53
188. Asmo Yazid qizi, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œMen Rasululloh (s.a.v.) ushbu so‘zlarni aytganlarini eshitdim: "œKim aroq ichsa, qorniga joylasa (ya’ni, mast qilmasa ham), yettita namozi qabul bo‘lmaydi. Bas, agar aqlini ketkazgan bo‘lsa, qirq kunlik namozi qabul qilinmaydi va o‘lsa, kofir bo‘lib o‘ladi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi. Yana ichishga qaytsa, Alloh uni do‘zax ahlining yiringlari bilan sug‘ormoqqa haqlidir".

Boshqa xabarda keladi: "œVaqtiki, bir marta aroq ichsa, uning namozi qabul bo‘lmaydi, ro‘zasi ham, boshqa amallari ham qirq kungacha qabul bo‘lmaydi. Agar ikkinchisini ichsa, uning namozi, ro‘zasi va boshqa amallari sakson kungacha qabul qilinmaydi. Uchinchisini ichsa, bir yuz yigirma kungacha qabul qilinmaydi. Agar to‘rtinchisini ichsa, o‘ldiringlar, u kofirdir. Uni do‘zax ahlining yiringlari bilan sug‘orishga Alloh taolo haqli bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:40:16
190. Boshqa xabarda rivoyat qilindi: "œGunohlar, xatolar hammasi bir uyda qilinadi. Bu uyning kaliti aroq ichishlikdir". Ya’ni, aroq ichsa, o‘ziga yomonlik — gunoh eshiklarini ochib oladi.

Ba’zi sahobalardan rivoyat qilindi: "œKimiki qizini aroq ichuvchiga bersa, go‘yoki qizini zinoga haydabdi". Buning ma’nosi shuki, albatta, aroq ichuvchi mast bo‘lsa, uning tiliga taloq kalimasi ko‘p keladi, unga xotini harom bo‘ladi, o‘zi sezmaydi.

Aytildi: Albatta, aroq ichuvchi sanamlarga ibodat qiluvchiga o‘xshaydi. Chunki Alloh taolo xamrni ifloslik deb nomladi. "œ(Aroq) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo‘lingiz" (Moida, 90).

Va yana aytdi:
"œBas, butlardan iborat najosatdan yiroq bo‘lingiz!" (Haj, 30).

Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: "œAlbatta, kimiki, kunduzi aroq ichsa, Allohga kech bo‘lguncha shirk keltiradi. Kim kechasi aroq ichsa, tong otguncha Allohga shirk keltiradi".

U kishidan rivoyat qilindi: "œAroq ichuvchi o‘lsa, uni ko‘mib kelinglar va meni ushlab qamanglar, keyin uning qabrini kavlanglar, agar qibladan boshqa tomonga burilmagan bo‘lsa, meni o‘ldiringlar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:40:30
191. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi: "œAlloh taolo meni butun olam uchun rahmat va hidoyat qilib yubordi va ma’o-zofni (chertib chalinadigan katta musiqa asbobi) va mezomirni va johiliyat ishlarini, butlarni o‘chirmog‘ligim uchun yubordi va Rabbim o‘z ulug‘ligi bilan qasam ichdiki: "œBandalarimdan hech bir banda dunyoda sharob ichmagay. Agar ichsa, uni qiyomat kunida undan mahrum etgayman. Bandalarim-dan qaysi biri aroq ichishni tark qilsa, uni jannatimdagi ichimliklardan sug‘orgayman".

Avs ibn Sam’on aytdi: "œSizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, men aroqning Tavrotda yigirma besh marta harom qilinganini topdim. Aroq ichuvchiga vayl-azob bo‘lsin, Alloh taolo bu fosiq, fujur bandani qiyomat kunida do‘zax ahlining yiringi bilan sug‘oradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:41:10
192. Molik Muhammad ibn Munkadirdan rivoyat qildi: Alloh taolo qiyomat kunida aytar ekan: "œQani dunyoda quloqlarini lahvdan, shaytonning musiqa asboblaridan pok qilganlar! Ularni mushkning bog‘idan bahramand qilinglar!" Keyin maloikalarga aytar ekan: "œMeni sanoimni va maqtovimni eshittiringlar" va xabar beringlar, ularga xavf yo‘q va ular xafa ham bo‘lmaydilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:41:21
193. Abu Voildan rivoyat qilindi: Shaqiq ibn Salamani to‘yga chaqirishgan ekan, u yerda ikki o‘yinchi va qo‘shiqchini ko‘ribdi, keyin qaytib kelib aytdi: Ibn Mas’uddan eshitdim, aytdi: "œAlbatta, qo‘shiq qalbda nifoqni o‘stiradi, suv ko‘katlarni o‘stirgandek".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:41:55
194. Ato ibn Soib: Abdurahmon Salbiynning otasidan rivoyat qildi: "œAhli Shomdan bir nechalari kechasi aroq ichishdi. Bu vaqtda Shomda Muoviya ibn Sufyon hokim edi. Shom ahli, aroq bizga halol, chunki Alloh taolo:
"œImon keltirsalar, so‘ngra Allohdan qo‘rqib chiroyli amallar qilsalar, (ilgari) yeb-ichgan narsalarida gunoh yo‘qdir" (Moida, 93), deb dalil keltirishdi. Hazrati Muoviya ular to‘g‘risida Umar roziyallohu anhuga xat yozdi. So‘ng Umar javob xatini yozdi: "œUlarni menga yuboring, siz bi-lan birga bo‘lgan kishilarni buzmasdan burun", deb. Keyin ularni Umarga keltiradilar. Hazrati Umar Payg‘ambarning (s.a.v.) sahobalarini yig‘ib, bu to‘g‘rida ular bilan maslahatlashdi. Aytdilarki: "œEy musulmonlarning amiri! Ular Alloh taolodan bosh tortdilar. Va Alloh ruxsat bermagan bir ishni shar’iy deb qildilar. Ularning boshlarini tanasidan judo qiling!" Hazrati Ali qavmning orasida jim o‘tirgan edi. Hazrati Umar: "œSizning fikringiz-chi?" deb so‘radi. Aytdi: "œUlardan tavba so‘rash kerak, deb fikr bildiraman. Agar tavba qilmasalar, keyin boshlarini olish kerak. Tavba qilsalar ham, sakson darra urish kerak". Ulardan tavba qilishlarini so‘radilar, tavba qildilar. Keyin sakson darradan urdilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:42:33
195. Ikrima ibn Abbosdan rivoyat qildi: "œAroqning harom qilingani to‘g‘risida oyat tushgandan keyin, "œOldin aroq ichib o‘tgan birodarlarimizga nima bo‘ladi?" deb so‘radilar. Keyin oyat tushdi:
"œImon keltirsalar, so‘ngra Allohdan qo‘rqib, chiroyli amallar qilsalar, (ilgari) yeb-ichgan narsalarida gunoh yo‘qdir" (Moida, 93).

___________
XV BOB. AROQ ICHISHDAN QAYTARISH BOBI HADISLARI

1. Abdulloh ibn Mas’ud.
"œAroq ichuvchi kishini qiyomat kunida betlari qora holatda keltiriladi..." Zaif*. "œTanzihush shariy’ati" (230/2) ga qarang.
2. Ibn Umar.
"œMast qiluvchi hamma narsa xamrdir..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5575/10) va Muslim (2003/2).
3. Jobir ibn Abdulloh.
"œKo‘pi mast qilguvchi narsaning..." Sahih*. Ahmad (343/3), Abu Dovud (3681) va Termiziy (1875).
4. Usmon ibn Affon.
"œEy odamlar, aroqdan saqlaninglar..." Sahih*. Nasoiy (315/8). 
5. Qatoda.
"œTo‘rt nafar kishi jannat hidini topmaydi..." Zaif*. Abu Na’im, "œAl-xulya" (407/3) va "œSifatul janna" (194) va Tabaroniy, "œAs-sag‘ir" (408).
6. Hadis.
"œQiyomat kunida aroq ichuvchi qabridan..." Bu hadisni musannif "œQurratul ‘uyun" kitobida zikr qilgan.
7. Oyisha.
"œKim aroq ichuvchini bir luqma bilan taomlantirgan bo‘lsa..." Bu hadisni musannif "œQurratul ‘uyun" va ibn Iroq "œTanzihush-shariati" (232/2)da zikr qilgan.
8. Asmo Yazid qizi.
"œKim aroq ichsa, qorniga joylashtirsa..." Hasan*. Ahmad (460/6).
9. Hasan.
"œVaqtiki, bir marta aroq ichsa..." Sahih*. Ahmad (35/2), Termiziy (1762) va Tayolisiy (1901). Sahihul jome’ (6312).
10. Hadis.
"œGunohlar, xatolar hammasi bir uyda qilindi..." Sahih*. Ibn Moja (4034) va "œSahihul jome’" (7339).
11. Anas ibn Molik.
"œAlloh taolo meni butun olam uchun rahmat qilib yubordi..." Zaif*. Bayhaqiy, "œAsh-shu’ab" (6529), Ahmad (268, 257/5) va Tayolisiy (1134).
12. Molik Muhammad ibn Munkadir.
"œAlloh taolo qiyomat kunida aytar ekan:..." Ibn Muborak, "œZavoid" (43), Abu Na’im, "œAl-xulya (151/3), Ibn Abu Dunyo, "œSifatul janna" (263), Asbahoniy, "œAt-targ‘ib", (319).
13. Shaqiq ibn Salama.
"œU kishini to‘yga chaqirishgan ekan..." Sahih mavquf*. " Ibn Abu Dunyo, "œZammul malohiy" (12) va Bayhaqiy, "œAs-sunnan" (223/10) va "œAsh-shu’ab" va "œTalbiysu iblis" (249-bet).
14. Abu Abdurrahmon Sulamiy.
"œAhli Shomdan bir nechalari aroq ichishdi..." Zaif*. Ibn Shayba va Ibn Munzir "œAd-durul mansur" (174/3).
15. Ibn Abbos.
"œAroqning harom qilingani to‘g‘risidagi oyat tushgandan keyin..." Zaif*. Hokim (143/4) va Bayhaqiy, "œAsh-shu’ab" (5617).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:42:59
XVI BOB. YOLG‘ONDAN QAYTARISH

196. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: "œO‘zlaringga to‘g‘riso‘zlikni (sidqni) lozim tutinglar. Chunki to‘g‘ri so‘zlik yaxshilikka yo‘llaydi va yaxshilik jannatga yo‘llaydi. Kishi to‘g‘ri gapirishlikda davomli bo‘lsa va to‘g‘rilikni qasd qilsa, Alloh nazdida siddiq deb nomlanadi. Yolg‘onchilikdan saqlaninglar! Chunki yolg‘onchilik fujur ishlarga yo‘llaydi va fujur jahannamga yo‘llaydi. Kishi yolg‘on gapirishlikda davom etsa va yolg‘onchilikni qasd qilsa, Alloh nazdida yolg‘onchi deb nomlanadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:43:47
197. Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œMunofiqni uch narsa bilan sinab ko‘ringlar: gapirsa, yolg‘on gapiradi, va’da bersa, xilof qiladi va ahdlashsa buzadi".

Abdulloh, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Alloh taolo uni tasdiqlab mana bu oyatni nozil qildi:
"œUlarning orasida: "œQasamki, agar (Alloh) bizga o‘z fazli karamidan (mol-davlat) ato qilsa, albatta biz kambag‘allarga sadaqotlar qilurmiz va solih bandalardan bo‘lurmiz", deb Allohga ahd-paymon beradigan kimsalar ham bordir. Endi qachonki (Alloh) ularga o‘z fazlu karamidan (mol-dunyo) ato qilsa, unga baxillik qilurlar va yuz o‘girgan hollarida keturlar. Bas, (sadaqalar berurmiz) deb Allohga bergan va’dalariga xilof qilganlari va (imon keltiramiz) deb yolg‘on gapiruvchi bo‘lganlari sababli (Alloh) ularga to uning o‘ziga ro‘baro‘ bo‘ladigan kungacha dillarida nifoq bo‘lishini oqibat qilib qo‘ydi" (Tavba, 75-­77).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:43:55
198. Luqmoni Hakimdan so‘raldi: "œSizni shu darajaga nima yetkazdi?" Aytdi: "œTo‘g‘riso‘zlik, omonatni ado qilish va keraksiz bo‘lgan narsalarni tark qilish".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:44:02
199. Aytildi: "œYo Rasulalloh, mo‘min qo‘rqoq bo‘ladimi?" Aytdilar: "œHa". "œMo‘min baxil bo‘ladimi?" "œHa", dedilar. "œMo‘min yolg‘onchi bo‘ladimi?" "œYo‘q", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:44:21
200. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œO‘zlaringizdan olti narsada men uchun kafil bo‘lingizlar, sizlarga jannatning kafolatini bergayman. Gapirsangizlar, to‘g‘ri so‘zlangizlar; va’da bersalaringiz, vafo qilingizlar; omonat olsangizlar, ado qilingizlar va farjlaringizni saqlangizlar, ko‘zlaringizni tiyingizlar. Va qo‘llaringizni harom yo‘llardan tutib turingizlar".

Faqih aytadi: Payg‘ambar (s.a.v.) bu olti narsada jamiki yaxshi narsalarni jam qildilar.
1. "œGapirsangiz, to‘g‘ri gapiringizlar". Bunda ko‘zda tutilgani tavhid kalimasidir va boshqa kalimalar ham kirgan. Ya’ni, vaqtiki "œLa ilaha illalloh", desa uning so‘zi o‘zi uchun to‘g‘ri bo‘ladi va odamlar bilan gaplashganda ham to‘g‘ri bo‘ladi.
2. "œVa’da bersangizlar, vafo qilinglar", ya’ni Alloh va uning orasidagi o‘zaro va’dadir. Ya’ni o‘zi va Alloh oldidagi va’dasi o‘z imonida sobit bo‘lmog‘idir, to o‘limi-gacha. Ammo u (banda) orasida va odamlar orasidagi va’da, odamlar bilan hamma va’dalariga vafo qilishdir.
3. "œOmonat olsangizlar, ado qilinglar". Omonat ikki xil bo‘ladi: 1) o‘zi va Alloh orasidagi omonat; 2) o‘zi va odamlar orasidagi omonat. Alloh va o‘zi orasidagi omonat Alloh taolo o‘z bandalariga farz qilib bergan farzlaridir. Bu omonat Alloh omonatidir. Bu omonatni o‘z vaqtida ado qilishlik vojib bo‘ladi. Ammo odamlar va o‘zi orasidagi omonat, bu unga kishi moliga, so‘ziga va boshqa narsalarga omonat berishligi, so‘ngra uning omonatiga vafo qilmog‘i vojib bo‘ladi.
4. "œFarjlaringizni saqlangizlar", buni saqlashlik ikki xil bo‘ladi: 1) farjini harom va shubhadan saqlamoqligi; 2) unga birovning ko‘zi tushmasligi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:44:47
201. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAlloh qarovchiga va qaralganga la’nat o‘qiydi". Bas, qazoi hojat vaqtida va istinjo vaqtida qarashlari mumkin bo‘lmaydigan narsalarga erkak va ayollarning ko‘zi tushmasligi uchun muslimga o‘zini ehtiyot qilmog‘i vojib bo‘ladi.

5. "œKo‘zlaringizni tiyingizlar", odamlarning avratlaridan ko‘zlaringizni yerga qaratmoqliklaringiz va xotinlarga qarashlikdanki, ularga qarashlik halol bo‘lmaydi ham dunyoga rag‘bat ko‘zi bilan qarashlikdanki, Alloh taolo aytganidek:
"œSiz ko‘zlaringizni (Biz kofirlardan) ayrim toifalarni fitnaga solish uchun bahramand qilgan — hayoti dunyo go‘zalliklaridan iborat narsalarga tikmang" (Toho, 131).

5. "œQo‘llaringizni ushlanglar" so‘zi, ya’ni mollar va boshqa narsalardan, deganidir.
Huzayfa ibn Yamon (Alloh undan rozi bo‘lsin) aytdi: "œBir kishi Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida bir kalimani aytib, munofiq bo‘lib qolardi. Men u kalimani bir kunda o‘n marta eshityapman", ya’ni kishi yolg‘on gapirib yursa, uning munofiqligiga dalil bo‘ladi.

Musulmon kishiga o‘z nafsini munofiqlarning alomatlaridan saqlashi vojib bo‘ladi. Albatta, kishi yolg‘onchilikka o‘rganib qolsa, Alloh nazdida munofiq deb yoziladi. Unga o‘zining gunohi va kim unga ergashgan bo‘lsa, ularning ham gunohi bo‘ladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:45:05
202. Sumra ibn Jundub (Alloh undan rozi bo‘lsin) rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozini o‘qib bo‘lib, bizga yuzlanib: "œBu kecha kim tush ko‘rdi?" deb so‘rar edilar. Odamlar nima tush ko‘rsalar, aytib berishardi. Bir kuni bizdan: "œBirortangiz tush ko‘rdingizmi?" deb so‘radilar. Biz: "œYo‘q", dedik. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.): "œAmmo men bu kecha bir tush ko‘rdim. Tushimda ikki kishi qo‘limdan yetaklab, menga, yur, deyishdi. Men ular bilan yurdim, meni bir tekis yerga olib chiqishdi, bir kishi chalqancha yotibdi, yana biri boshida tik turibdi. Uning qo‘lida mushtdek tosh bo‘lib, chalqancha yotgan kishining boshiga urmoqda edi. Men: "œBu kimdir?" deb so‘radim. Ular: "œYurgin, ketdik", deyishdi. Yana bir joyga bordik, u yerda bir kishi o‘tiribdi va bir kishi tikka turibdi. Tik turgan kishi qo‘lidagi temir chingakni o‘tirgan kishining bu lunjiga tiqib, u lunjidan chiqarardi. "œChangakni sug‘urib olganda, lunji tuzalib qolardi. Tik turgan kishi o‘tirgan kishining lunjiga temir changakni shu qadar to‘xtovsiz tiqib, sug‘urar ediki, buni ko‘rib: "œBu nima?", deb so‘radim. Ular: "œQani, yurgin, ketdik", deyishdi. Bir joyga borsak, tandirga o‘xshash og‘zi tor, tubi keng chuqurlik bor ekan. Uning ichidagi alanga kuchayganda odamlar alanga bilan chuqurdan uchib chiqib ketay deyishar, alanga pasaygan vaqtda alanga bilan yana chuqur tubiga tushib ketardi. O‘tda kuyayotganlar orasida yalang‘och erkaklar ham, ayollar ham bor edi. "œBular kimlar?" deb so‘radim. Ular: "œYurgil, ketdik", deyishdi. Yura-yura qonga o‘xshash qizil daryo bo‘yiga yetib keldik. Daryoning qirg‘og‘ida bir odam, o‘rtasida esa boshqa bir odam turibdi. Daryodagi odam qirg‘oqqa chiqaman desa, qirg‘oqdagisi uning lunjiga tosh bilan urib, daryoga qaytarib tushirib yuborardi. U yana chiqaman desa, tag‘in urib tushirib yuborar edi. "œBu nima?", desam, ular: "œYurgil, ketdik", deyishdi. Keyin ko‘rinishi xunuk bir odamning oldiga keldik, uning atrofida katta alanga bor, unga o‘t tashlar-di va atrofida sai’ harakat qilardi. "œSubhonalloh, bu nimadir?" dedim. Ular: "œYurgil, ketdik", deyishdi. Biz bu gal yam-yashil bog‘ oldidan chiqib qoldik. Bog‘da bir azim daraxt bor edi, uning tagida bir chol bir to‘da bolalar bilan o‘tirardi. Men shu choqqacha bunday muhtasham uyni ko‘rmagan edim. Uning ichida chollar, yigitlar, bolalar va ayollar bor ekan. Keyin meni daraxtning yuqorisidagi boshqa bir uyga olib chiqdilar, bunisi avvalgisidan ham muhtashamroq va fayzliroq edi. Unda chollar va yigitlar o‘tirishgan ekan. Men sheriklarimga qarab: "œBu kecha meni rosa sayr qildirdingizlar, endi ko‘rganlarimni aytib tushuntirib beringlar", dedim. Ular: "œBo‘pti", deb menga tushuntira ketdilar. Boshi majaqlanayotgan odam, Qur’ondan bexabar bo‘lib, u kechalar g‘aflat uyqusida yotgan, kunduzi ham tilovat qilmagan. Unga qiyomatgacha boshini majaqlab azob berilgaydir. Va lunjiga temir changak tiqilayotgan odam kazzob, yolg‘onchi bo‘lib, uning gaplari ufqqa qadar yetib borgandir. Unga o‘zing ko‘rganingdek azob berilgaydir. Chuqurda ko‘rganlaring zino qilgan odamlardir. Daryoda ko‘rganlaring sudxo‘rlardir. Daraxt tagida o‘tirgan chol esa, Ibrohim alayhissalom, atrofidagi bolalar odamlarning norasida yoshda vafot etgan bolalaridir. O‘t yondirayotgan kishi — o‘t yoquvchilar boshlig‘i. Sen kirgan birinchi uy umum mo‘minlar uyidir. Ammo keyingi uy esa shahidlarniki, men bo‘lsam Jabroildirman, bu esa Mikoildir".

 "œBir kishi so‘radi: "œMushriklarning farzandlari-chi?" deb. Aytdilar: "œMushriklarning ham bolalari Ibrohim alayhissalomning oldilarida bo‘ladi".

Mushriklarning bolalari to‘g‘risida har xil xabarlar kelgan. Ba’zilar jannat ahli uchun xizmatchi bo‘ladi, deyishadi. Ba’zilar, ular do‘zax ahlidandir, deyishadi. Alloh bilguvchiroqdir.

Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu) aytadi: "œSo‘zlarning to‘g‘risi — Alloh kalomi; gapning ulug‘rog‘i — Allohni zikr qilish; ko‘rlikning eng yomoni qalb ko‘rligidir. Ko‘p bo‘lib, naf bermaganidan, oz bo‘lib, naf bergani yaxshi. Pushaymonning yomoni qiyomat kunidagi pushmaymondir. Boylikning yaxshisi nafs va qalb boyligidir. Ozuqaning yaxshisi taqvodir. Aroq gunohlarning jam qiluvchisidir. Xotinlar shaytonlarning iplaridir. Yoshlik jinnilikdan bir bo‘lakdir. Kasblarning yomoni ribo (sudxo‘rlik) kasbidir. Xatolarning ulug‘rog‘i tilning yolg‘onchiligidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:45:29
203. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œYolg‘onchilik uch narsada durust bo‘ladi: urushda, chunki urush aldashlikdir,  ikki kishining orasini isloh qilishda; er-xotinning orasini isloh qilishda".

Ba’zi tobe’inlardan rivoyat qilindi: "œBilingki, to‘g‘rilik avliyolarning ziynatidir, albatta, yolg‘onchilik badbaxtlarning alomatidandir".

Alloh taolo o‘z kitobida bayon qilganidek:
"œBu kun (ya’ni qiyomat kuni) haq - rost imon keltirganlarga rost so‘zlari foyda beradigan kundir". (Moida, 119) va yana aytadi: "œEy mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va imonlarida rostgo‘y bo‘lgan zotlar bilan birga bo‘lingiz" (Tavba, 119) va yana aytdi:
"œRost ­ Qur’onni keltirgan zot (ya’ni  Muhammad (s.a.v.) va uni tasdiq etgan (mo‘min)lar — ana o‘shalar taqvodor zotlardir" (Zumar, 33).

Alloh taolo yolg‘onchilarni yomonladi va la’natladi. Alloh taolo o‘z kalomida aytadi: "œO‘sha yolg‘onchilarga o‘lim — la’nat bo‘lg‘ay" (Vaz-Zariyot, 10) va yana: "œo‘zi Islomga da’vat qilayotgan holida (u da’vatni qabul qilishi o‘rniga) Alloh sha’niga yolg‘on to‘qigan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Alloh bunday zolim qavmni hidoyat qilmas" (Sof, 7).

______________
XVI BOB. YOLG‘ONDAN QAYTARISH BOBI  HADISLARI

1. Ibn Mas’ud.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œO‘zlaringga to‘g‘ri so‘zlikni olinglar... Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6094/10) va Muslim (103-2607/4).
2. Ibn Mas’ud.
«Munofiqni uch narsada sinab ko‘ringlar...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (33), Muslim (59).
3. Molik.
"œLuqmoni Hakimdan aytildi..." Zaif*. Molik, "œAl-Muvatto" (17-990/2).
4. Safvon ibn Muslim.
"œYo Rasululloh! Mo‘min qo‘rqoq bo‘ladimi..." Mursal*.
5. Uboda ibn Sobit.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œO‘zlaringdan olti narsani..." Hasan*. Ahmad (323/5), Hokim (358/4) va "œAs-sahihat" (1470).
6. Hadis.
"œAlloh qarovchiga ham, qaralganga ham la’nat o‘qiydi..." Zaif*. Bayhaqiy, "œAsh-shu’ab" (17788).
7. Sumra ibn Jundub.
"œRasululloh (s.a.v.) bomdod namozini o‘qib bo‘lib..." Sahih*. Ahmad (8/5).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:45:42
XVII BOB. G‘IYBAT

204. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œSizlar g‘iybat nima ekanligini bilasizlarmi? "œSahobalar javob berdilarki: "œAlloh va rasuli biladi". Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAgar birodaringizni o‘zi yomon ko‘rgan narsa bilan zikr qilsangiz, albatta g‘iybat qilibsiz". So‘radilarki: "œMen aytgan so‘zimni birodarlarimda ko‘rgan bo‘lsam-chi?" Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œAgar undagi bor narsani aytgan bo‘lsangiz, g‘iybat qilgan bo‘lasiz, agar unda yo‘q narsani aytsangiz, tuhmat qilgan bo‘lasiz".

Ba’zi oldin o‘tganlardan Faqih rivoyat qiladi. Agar falonchining kiyimi kalta yoki uzun desangiz, bu g‘iybat bo‘ladi. Endi falonchining kiyimini zikr qilsangiz, g‘iybat bo‘lsa-yu o‘zidan gapirsangiz qanday bo‘lur ekan?
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:45:50
205. Ibn Abu Najih aytadi: "œBir pakana xotin Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga kirdi. U xotin qaytib chiqqanidan so‘ng, Oyisha onamiz, Alloh rahmat qilsin: "œShunchalik bo‘yi kalta ekan", dedi. Payg‘ambar (s.a.v.): "œSen uni g‘iybat qilding", dedilar. Oyisha, Alloh undan rozi bo‘lsin: "œNima degan bo‘lsam, undagi bor narsani aytdim-ku", dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: "œSen undagi eng yomon narsani aytding".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:45:58
206. Abu Said Xudriy rivoyat qiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: "œIsro kechasi bir qavm tanasidagi bir qism go‘shtni kesib, uni luqma qilib turganlarida, ularning oldidan o‘tib qoldim. Keyin ularga Jabroil alayhissalom aytdiki: "œBirodarlaringizning go‘shtini yeganingizdek, yeyaveringlar". "œYo Jabroil, ular kimlar?" deb so‘radim. Hazrat Jabroil javob qildiki: "œUlar ummatlaringiz orasidagi g‘iybatchilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:46:06
207. Faqih, Alloh rahmat qilsin, deydi: Kunlardan bir kun otam ushbu hikoyani aytayotganlarini eshitdim: "œPayg‘ambar (s.a.v.) uylarida, ahli suffadagi sahobalar masjidda edi. Zayd ibn Sobit masjidda Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitganlarini aytayotgan edilar. Shu payt Payg‘ambarga (s.a.v.) go‘sht keltirishdi. Sahobalar ibn Sobitga: "œPayg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kirib aytgin, bizlar falon kundan buyon go‘sht tanovul qilgan emasmiz, kelgan go‘shtdan bizga yuborsinlar", dedilar. Zayd ularning oldilaridan chiqib ketgandan keyin, ular: "œZayd ham bizlar Rasulullohdan olganimizchalik olgan, xolos, qanday qilib bizga hadis aytadi", deyishdi. Shu vaqt Zayd Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kirib, ularning istagini yetkazdi. Payg‘ambar (s.a.v.): "œUlarga hozirgina go‘sht yedilaringiz-ku, deb aytgin", dedilar. Zayd ularning oldilariga kelib, bu gapni yetkazdi. Ular: "œAllohga qasamki, falon kundan buyon go‘sht yeganimiz yo‘q", deyishdi. Zayd yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilariga kelib, ularning so‘zlarini yetkazdi. Payg‘ambar (s.a.v.) yana takror qilib: "œUlar hozirgina go‘sht yedilar", dedilar. Zayb yana qaytib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) so‘zlarini ularga yetkazdi. Shundan so‘ng ular o‘rinlaridan turib, Payg‘ambar (s.a.v.) yonlariga kelishdi va: "œYo Rasululloh, bizlar falon-falon vaqtdan beri go‘sht tanovul qilgan emasmiz", deyishdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ularga: "œHozirgina birodarlaringizning go‘shtidan yedingiz-ku, go‘shtning izi tishlaringizda bor, tupursalaringiz, go‘shtning qizilligini o‘zlaringiz ko‘rasizlar", dedilar. Shundan so‘ng ular tupurganlarida og‘izlaridan qonli tupuk tushganini ko‘rdilar. Shu paytning o‘zida tavba qildilar va Zayddan uzr so‘rab: "œBizlar faqat yaxshilikni ko‘zlagan edik", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:46:17
208. Jobir ibn Abdulloh, Alloh ikkalasidan ham rozi bo‘lsin, shunday rivoyat qildi: "œPayg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlarida sassiq bir hidli shamol esib qoldi. Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "œMunofiqlar musulmonlarni g‘iybat qildilar, shuning uchun badbo‘y hidli shamol esyapti", dedilar".

Hakimlarning ba’zilariga aytildi: "œPayg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlarida g‘iybat shamoli sassiqligining bilinishida va bizning zamonamizda bu narsaning yo‘qligida qanday hikmat bor?"

Javob berishdiki: "œChunki bizning davrimizda g‘iybat ko‘payib, burunlarimiz g‘iybatning sassiq hidi bilan to‘lib bitgan, buning o‘xshashi: Bir kishi teri oshlovchi-larning oldilariga kirsa, terining sassiq hididan ular-ning yonlarida tura olmaydi, biroq u joyda ishlovchilar bemalol ishlab, o‘sha joyda ovqatlanib, choy ichishadilar, ular sassiq hidni sezmaydilar. Chunki ularning burunlari shu sassiq hid bilan to‘lib bo‘lgan. Bizdagi hozirgi g‘iybat ishlari shunday holatdadir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:46:44
209. Suddiydan rivoyat qilindi: Salmon Forsiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, odamlar bilan safarda edi, ular orasida Umar (roziyallohu anhu) ham bor edi. Ular bir joyda tushdilar va chodirlarini tikishib, ovqat qila boshladilar. Salmon esa uxlab qoldi. Oldilaridan bir kishi: "œBu qul tayyor chodirlarni, pishirilgan ovqatlarnigina xohlaydi", dedi.  Hamrohlari Salmonni uyg‘otib: "œPayg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilariga borgin va bizlar uchun ovqat so‘ragin", deyishdi. So‘ng Salmon payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilariga kelib, ularning istagini bildirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Salmonga aytdilar: "œUlarga aytgin, ular ovqatlanishdi". Salmon esa darhol Payg‘ambarimiz (s.a.v.) gaplarini ularga yetkazdi. Ular esa: "œOvqatlanmadik", deyishdi. Shunda Salmon Forsiy: "œPayg‘ambarimiz (s.a.v.) sizlarga yolg‘on so‘zlamaydilar", dedi. So‘ngra ularning hammasi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilariga qaytib keldilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ularga: "œSizlar birodarlaringizning go‘shtidan yedilaringiz, chunki u uxlagan paytda u haqda nima deb gapirgan bo‘lsangiz o‘shadir" dedilar va ularga ushbu oyatni o‘qidilar:
"œKo‘p gumondan chetlaninglar! Chunki ayrim (gumon)lar gunohdir" (Hujurot, 12).

Sufyon Savriy aytdiki: "œGumon ikki xildir. Birida gunoh bor, birida gunoh yo‘qdir. Gunoh bor gumon — oldin qalbida saqlab, keyin tili bilan aytadi, ikkinchisi,  gunoh yo‘q gumon, qalbida saqlaydi, ammo gapirmaydi. "œJosuslik qilmanglar", ya’ni birodaringizning ayblarini izlab yurmanglar. "œAyrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmasin. Sizlardan biringiz o‘lik birodarlaringiz-ning go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rurmi? Ana,  yomon ko‘rdingizmi?" (Hujurot, 12), ya’ni o‘lgan birodlarlaringizning go‘shtini yomon ko‘rganlaringizdek, birodaringiz yo‘q paytida uni yomonlik bilan zikr qilishdan saqlaningizlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:47:20
210. Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, ushbu: "œAyrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmasin", oyati borasida aytadi: "œBu oyat Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalarining ikkitasi haqida tushgan bo‘lib, bu voqea shunday bo‘lgan.

Payg‘ambar (s.a.v.) safar paytida ikki boy kishiga kambag‘al bir kishini hamroh qildilar va unga ikki boy kishining ozuqasidan yeyishligi va safarini o‘tkazishligi uchun ikkoviga joylarini hozirlashi, ovqatini qilib berishi, ularning qanday xizmati bo‘lsa, bajarishini aytdilar.
Salmonni, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytilganidek, ikki kishiga qo‘shdilar. Kunlarning birida ular bir joyga tushdilar. Salmon esa ularga hech narsa tayyorlay olmadi. Shundan so‘ng ikkalasi Salmonga: "œSen Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga borgin va bizlarga ovqat so‘ragin", deyishdi.
Salmon Payg‘ambarimizning (s.a.v.) yonlariga ketdi. Salmon ketganidan keyin, biri ikkinchisiga dedi: "œU anavi quduqqa yetguncha holdan toyib qoladi".
Salmon Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga yetib kelib, ularning aytgan so‘zlarini bayon qildi.
Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: "œUlarga ayt, sizlar ovqatlaringizni yeb bo‘ldilaringiz, deb". Salmon qaytib kelib, u ikkisiga Payg‘ambarning (s.a.v.) so‘zlarini yetkazdi. Ular Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga keldilar. Va o‘zlarining hech qanday ovqat yemaganliklarini aytishdi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) ularga: "œSizlarning og‘izlaringizda go‘shtning qizilini ko‘ryapman", dedilar.
Ular esa yana: "œBizlar go‘sht yeganimiz yo‘q, ovqat ham yeganimiz yo‘q", deyishdi.
Payg‘ambar (s.a.v.): "œAlbatta, sizlar birodarlaringizni g‘iybat qildilaringiz", dedilar. Shundan so‘ng, so‘radilar: "œO‘lik go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rasizlarmi?"
Ular: "œYo‘q", deb javob berishdi.
Shundan so‘ng Payg‘ambar (s.a.v.): "œO‘lik go‘shtini yeyishni yomon ko‘rganingizdek, birovni g‘iybat qilmangizlar. Chunki kimki o‘z birodarini g‘iybat qilsa, uning go‘shtini yebdi", dedilar. Shu bois ushbu oyat nozil bo‘ldi:
"œAyrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmasin" (Hujurot, 12).

Hasan Basriyga: "œBir kishi sizni g‘iybat qildi", deb aytishdi. Hasan Basriy u kishiga bir tovoq xurmo jo‘natib dediki: "œSen menga o‘zingning yaxshilik xislatlaringni hadya qilibsan, men bu ishing uchun seni mukofotlashni xohladim, sendan uzr so‘rayman, sening mukofotingni oxiriga yetkazishga qodir bo‘lmadim".

Ibrohim Adhamdan zikr qilindi. U kishi bir guruh odamlarni ziyofat qildi. Ular dasturxon atrofida o‘tirganlarida bir kishi haqida g‘iybat qila boshladilar. Shunda Ibrohim Adham dedi: "œBizlardan oldin o‘tgan kishilar go‘sht yeyishdan oldin non yeyishardi, sizlar esa non yeyishdan oldin go‘sht tanovul qildilaringiz".

Abu Amoma Bohiliydan, Alloh undan rozi bo‘lsin, zikr qilindi: "œQiyomat kunida bandaga o‘z kitobi keltiriladi. Unda o‘zi qilmagan yaxshiliklarni ko‘radi. Shunda bandasi: "œEy Alloh! Menga bu amallar qaerdan keldi?" deb so‘rar ekan. Alloh aytadiki: "œEy bandam, bu amallar odamlar seni g‘iybat qilganda yetgan, ammo sen bu narsalarni sezmagansan".

Ibrohim Adham g‘iybatchilarga xitob qilib aytdiki: "œEy yolg‘onchi! Do‘stlaringga dunyoing bilan baxillik qilding, dushmanlaringga oxirating bilan saxiylik qilding. Sen baxillik qilgan o‘rningda kechirilmaysan, saxiylik qilgan o‘rningda maqtalmaysan".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:48:23
211. Anas ibn Molikdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œTo‘rt narsa ro‘zani ochadi, tahoratni ketkazadi va amalni buzadi. Birinchi, g‘iybat, ikkinchi, chaqimchilik, uchinchi, yolg‘onchilik, to‘rtinchi, halol bo‘lmagan xotinga qarashlik. Bular xuddi daraxt ildizini suv bilan sug‘organdek, yomonlik ildizlarini sug‘oradi va aroq ichishlik xatolarni ko‘paytiradi".

Ka’b-ul Ahbor aytadi: "œPayg‘ambarlarning kitoblarida o‘qidim. Kim g‘iybatdan tavba qilib o‘lsa, u jannatga kiruvchilarning oxiri bo‘ladi. Kim u g‘iybatni davom ettirib o‘lsa, u do‘zaxga kiruvchilarning birinchisi bo‘ladi".

Iso ibn Maryam alayhissalomdan zikr qilindi: U kishi do‘stlariga dedilarki: "œAgar uxlab yotgan kishining ustiga kelib qolsangizlar, shamol uning biror avratini ochsa, sizlar uning ustini yopib qo‘yasizlarmi?" Ular: "œHa" deyishdi. Iso alayhissalom: "œBalki sizlar qolganini ham ocharsizlar", dedilar. Do‘stlari: "œSubhonalloh, qolganini ochgani qanday qo‘l boradi?" deb javob berishdi. Iso alayhissalom aytdilar: "œSizlarning oldilaringizda bir kishi bir odamni yomonlasa, sizlar esa undan qattiqroq yomonlaysizlar. Bu bilan uning qolgan avratini ochib tashlaysizlar".

Homid Rabi’y rivoyat qildi: "œMen masjidda o‘tirgan edim, u yerdagilar bir kishi haqida har xil gaplarni gapira boshladilar. Ularni bundan qaytardim. Undan jim bo‘lib, boshqasiga o‘tdilar. Ular boshqa kishidan to‘xtab, yana oldingi kishiga o‘tdilar. Men ham ularning ba’zi ishlariga aralashdim, o‘sha kechasi tush ko‘rdim. Tushimda bo‘ylari uzun, qora kishi mening uyimga kelganini ko‘rdim. Uning qo‘lida bir tovoq bo‘lib, tovoqda bir bo‘lak cho‘chqa go‘shti bor edi. U menga: "œShu go‘shtdan yegin", dedi. Men "œCho‘chqa go‘shtidan yemayman, Allohga qasamki, yemayman", dedim. U esa qattiq so‘kib: "œSen bundan ham yomonrog‘ini yeding-ku!" dedi va og‘zimga tiqa boshladi, shu payt uyqudan uyg‘onib ketdim. Shundan so‘ng o‘ttiz-qirq kun o‘tirib qoldim, qaysi ovqatni yesam, o‘sha go‘shtning ta’mi kelib, og‘zimda sasir edi".

Sufyon ibn Husayn aytdi:
"œMen Ilyos ibn Muoviyaning oldida o‘tirgan edim. Bir kishi o‘tib qoldi. U kishi haqida u-bu deb gapirdim. Ilyos "œJim bo‘lgin!" deb aytdi va so‘radi:
­ Yo Sufyon, sen Rumga yurish qilganmisan?
­ Yo‘q! — deb javob qildim.
­ Turkka qarshi yurish qilganmisan?
­ Yo‘q!
U:
­ Sendan Rum va Turk salomat qolibdi, lekin musulmon birodaring salomat qolmadi,­ dedi"
Sufyon: "œShundan so‘ng, bu ishga qaytmadim", deydi.
Hotam Zohid, Alloh rahmat qilsin, aytdiki: "œUch narsa majlisda bo‘lsa, rahmat ketadi".
Birinchisi, dunyoni zikr qilish. Ikkinchisi, kulgu. Uchinchisi, odamlarni g‘iybat qilish".

Roziy aytadi: "œMo‘min sendan uch xislat bilan nasiba olsa, yaxshilardan bo‘lasan. Birinchisi, agar sening unga foydang tegmasa, sen unga zarar qilma. Ikkinchisi, agar sen uni xursand qila olmasang, unga g‘am keltirma. Uchinchisi, agar sen uni maqtay olmasang, uni yomonlay ko‘rma".

Mujohiddan zikr qilindi: "œOdam farzandlari bilan bir farishta ham o‘tirgan edi. Shu vaqtda ulardan biri birodarlaridan birini maqtab gapirib qoldi. Maloika aytdiki: "œSenga ham unga o‘xshashi bo‘lsin". Yana birlari birodarlarining yomon tomonlarini zikr qildi. Maloika aytdi: "œEy odam bolasi, uning avratiga qo‘yilgan satrni (pardani) ochding, o‘zingning nafsingga qaytgin va Allohga hamdki, U zot sening avratingni berkitdi".

Zikr qilinishicha, kunlarning birida Ibrohim Adhamni bir noma’lum kishi mehmonga aytdi. Ibrohim Adham kelib o‘tirgach, ulardan biri, falonchi kelmadi, dedi, ikkinchisi esa falonchi semiz,  og‘ir, dedi. Ibrohim aytdiki: "œMusulmonni g‘iybat qilgan paytda qornim to‘ydi", deb chiqib ketdi va uch kungacha ovqat yemadi.

Hakimlarning ba’zilari aytdilarki: "œUch narsaga kuching yetmasa, uch narsani mahkam ushla. Birovga yaxshilik qilishga kuching yetmasa, yomonlik qilishdan saqlangin. Agar odamlarga foydang tegishiga qodir bo‘lmasang, zarar keltirishdan o‘zingni saqlagin. Agar ro‘za tutishga qodir bo‘lmasang, odamlarning go‘shtini yemagin".

Vahb Makkiydan zikr qilindi: "œG‘iybatni tashlashim menga dunyo va u yaralgandan yo‘q bo‘lgunicha bo‘ladigan narsalar meniki bo‘lishidan yaxshiroqdir. Alloh menga harom qilgan narsalardan ko‘zimni berkitmoqligim dunyo va undagi narsalar meniki bo‘lib, uni Alloh yo‘lida sarf qilishimdan yaxshiroq", dedi va ushbu oyatni o‘qidi: "œVa ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmangiz",  keyin bu oyatni tilovat qildi: "œ(Ey Muhammad), mo‘minlarga ay-ting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan)  saqlasinlar" (Nur, 30).

Faqih aytadi: Odamlar g‘iybat qiluvchining tavbasidan so‘zlashdilarki, g‘iybat qilgan kishi (g‘iybat qilingan) birodaridan ruxsat olmasdan, tavba qilsa, joiz bo‘ladimi?" deb. Ba’zilar: "œJoiz bo‘ladi", deyishdi, ba’zilar: "œBirodaridan ruxsat olmasa, joiz bo‘lmaydi", dedilar. Bu bizning nazdimizda ikki xildir:

Birinchi, agar gap g‘iybat qilingan kishiga yetgan bo‘lsa undan ruxsat olib tavba qilmog‘i, keyin Allohdan kechirim so‘rashi lozimdir. Agar gap yetmagan bo‘lsa, Alloh taolodan mag‘firat so‘ramog‘i va ichida saqlamog‘i, ikkinchi marta g‘iybat qilmaslikka qasd qilmog‘i lozim.

Rivoyat qilinishicha, bir kishi ibn Sirin oldiga kelib: "œMen sizni g‘iybat qildim, mening masalamni hal qilib bering", dedi. Ibn Sirin: "œQanday qilib, Alloh taolo harom qilgan narsani halol qilaman", dedi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir banda Allohdan mag‘firat so‘rashi va tavba qilmog‘i, g‘iybat qilingandan ruxsat so‘rashiga ishorat qilinyapti. Ammo bu g‘iybat egasiga yetmagan bo‘lsa, u Alloh taolodan mag‘firat so‘ramog‘i va tavba qilmog‘i lozimdir. Uning qalbi bu bilan shug‘ullanib qolmasligi uchun g‘iybat qilingan kishiga xabar bermaydi. Agar g‘iybat qilingan odamda bu xislat bo‘lmasa, bo‘hton bo‘ladi, keyin u uch joyga borib tavba qilishligi lozim.
1. G‘iybat qilgan kishi g‘iybat qilgandagi jamoa o‘rtasiga borib, o‘zining nohaq ekanligini va bo‘hton qilganligini tan olib, jamoadan uzr so‘rashi lozim.
2. Bo‘hton qilgan kishi, bo‘hton qilingan kishi oldiga borib, o‘z xatolarini tan olib, gunohidan o‘tishini so‘rashi lozim.
3. Alloh taolodan mag‘firat so‘rab, tavba qilmoqligi lozim.

Gunohlarning ichida bo‘htondan kattarog‘i yo‘qdir. Chunki boshqa gunohlar birgina tavbaga muhtoj bo‘lsa, bo‘hton uch joyda tavbaga muhtoj bo‘ladi. Alloh taolo bo‘htonni kufrga yaqin qildi. Aytdiki:
"œButlardan iborat najosatdan yiroq bo‘lingiz va yolg‘onchilikdan yiroq bo‘lingiz" (Haj, 30).

Va aytildiki: "œG‘iybat ma’lum kimsalarga qaratilgandagina g‘iybat bo‘ladi. Agar bir shahar xalqi yomon deb zikr qilinsa ham, bu g‘iybat bo‘lmaydi. Chunki ularda yaxshilari ham, yomonlari ham bor. Bundan u odam hammani xohlamagani bilinadi. Ammo bu ishni ham qilmaslik afzaldir.

Zohidlarning biridan zikr qilinishicha, bir odam  xotini uchun paxta sotib oldi. Xotini esa eriga: "œPaxta sotuvchilar yomon odamlar, ular sizga xiyonat qilibdilar", dedi. Bu gapi uchun zohid xotiniga taloq aytdi. U zohiddan buning sababini so‘rashishdi. U: "œMen rashkchi kishiman qiyomat kunida barcha paxta sotuvchi kishilar dushman bo‘lib qolishidan qo‘rqaman. Falonchining xotiniga paxta sotuvchilar osilib olishdi, deyilishidan qo‘rqaman. Shuning uchun men xotinimni taloq qildim", dedi.

Aytildiki, uch kishini gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi:
1. Zolim podshohni gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi.
2. Ochiq gunoh qiluvchini gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi.
3. Bid’at sohibini gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi. Ya’ni ularning ishlari va yo‘llarini gapirsa bo‘ladi. Agar ularning badanidagi biror aybi aytilsa, g‘iybatdir. Lekin odamlar ularning fe’llarini va yo‘llarini insonlarni ogohlantirish uchun zikr qilsa, buning zarari yo‘q.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:48:50
212. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi. Aytdilarki: "œFojirda bor narsalarni zikr qilinglar, odamlar undan hazar qilishi uchun".

Faqih aytadiki, g‘iybatning to‘rt tomoni bor:
1) kufr tomoni;
2) nifoq tomoni;
3) gunoh tomoni;
4) muboh tomoni.
Kufr tomoni musulmonni g‘iybat qilmog‘idir. Unga aytiladi: "œG‘iybat qilmagin", deb. U javob qiladi: "œBu g‘iybat emas, bu narsaga sodiqman (ya’ni rost aytayapman)", deb. Bu vaqtda u Alloh harom qilgan narsani halol sanadi, shuning uchun kimiki harom narsani halol desa, kofir bo‘ladi. Bu narsalardan Allohdan panoh tilaymiz.
Nifoq tomoni ­ insonni g‘iybat qiladi va uni kimki tanisa, ismini aytmaydi. U g‘iybat qilaveradi, o‘zini taqvodor qilib ko‘rsatadi. Bu munofiqlikdir.
Gunoh tomoni shuki, bir odam bir odamni g‘iybat qiladi, u odamning ismini ham aytadi, amalining gunoh ekanini ham biladi. Bunday odam gunohkordir. U tavba qilishi lozimdir.
Muboh tomon yomonligi bilan mo‘minlar orasida tanilgan fosiqni yoki bid’at egasini g‘iybat qilmoqlikdir. Bunda mo‘minlar ajr (mukofot) oladilar. Chunki mo‘minlar bilsalar, undan hazar qiladilar.
   
Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: "œFojirda bor narsalarni zikr qilinglar, mo‘minlar ulardan hazar qilishlari uchun".

Faqih aytadi: Otamning payg‘ambarlar haqida hikoya qilganlarini eshitdim:
Rasul bo‘lmagan nabiylarning ba’zilari vahiyni tushlarida ko‘rar edilar, ba’zilari ovozini eshitar edilar, biroq hech narsani ko‘rmas edilar. Tushida ko‘radigan nabiylardan birlari bir kechasi tush ko‘rdilar. Unga aytildi: "œVaqtiki tong ottirsang, senga nima uchrasa, birinchi narsani yegin, ikkinchi narsani yashirgin, uchinchisini qabul qilgin, to‘rtinchisini noumid qoldirmagin, beshinchisidan qochgin". U tongni ottirganda birinchi uchratgani katta qora tog‘ bo‘lib chiqdi. U tog‘ning oldida to‘xtab, hayron qoldi. U kishi aytdiki: "œRabbim menga bu tog‘ni yeyishni buyurdi, men buni yeya olar ekanmanmi?" deb  taajjubda qoldi. O‘zicha o‘ylab ko‘rdi va shunday dedi: "œRabbim meni toqatim ko‘tarolmaydigan narsaga  buyurmaydi". Shundan so‘ng, uni yeyishga qasd qilib, yaqinlashib borganida, uzoqdan ko‘ringan katta tog‘ asaldan shirin luqmaga aylandi va u luqmani yedi. U kishi Allohga hamd aytib, yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda ketayotib, unga oltin tovoq uchradi. U esa, menga yashirishni buyurdi, dedi-yu, darhol tovoqni ko‘mdi. Yo‘lda ketayotib orqasiga qarasa tovoq yerda yotgan emish, ikkinchi, uchinchi marta o‘sha tovoqni ko‘mdi, yana tovoq yer ustiga chiqib qola boshladi. U esa: "œMenga buyurilgan ishni qildim", dedi-da, o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi. Shu payt ko‘rdiki,  bir lochin kichik bir qushchani yemak istab quvlab kelayotir edi. Shunda haligi qush: "œEy Allohning nabiysi! Menga yordam ber!" deb nolish qildi. U kishi qushni olib, yengiga soldi. Lochin esa yetib keldi va dedi: "œEy Allohning nabiyi,  mening bu rizqimdan noumid qilmagin, men ochman". Nabiy o‘zicha o‘yladi: "œMen uchinchisini qabul qilishga buyurilgan edim, lekin to‘rtinchi narsadan noumid qilmaslikka buyurildim, bu lochindir: "œQanday qilsam ekan?" o‘ylab ko‘rdi va pichog‘ini olib,  o‘zining sonidan bir bo‘lak kesib, lochinga tashladi, lochin go‘shtni olib o‘z yo‘liga ketdi. Shundan so‘ng qushni qo‘yib yubordi. Qush ham uchib ketdi. U kishi ham yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda sasigan o‘laksaga duch keldi va undan qochdi. Vaqtiki, kech bo‘ldi. Nabiy: "œEy Rabbim, Sen menga nima buyurgan bo‘lsang, qildim, endi shu buyurgan ishlaringning nima ekanligini bayon etgin", deb Allohga iltijo qildi. Shu payt javob keldiki: "œEy nabiy! Tushingda birinchi katta tog‘ bo‘lib ko‘ringan narsani sen qo‘rqmasdan yeding, bu g‘azabdir. Sen sabr qilding va g‘azabni (engding) yashirding, u asaldan ham shirinroq bo‘ldi. Ikkinchisi, yaxshi amallar, agar uni yashirsa, yana ko‘rinaveradi. Uchinchisi shulkim, birovning omonatiga xiyonat qilmagin. To‘rtinchisi esa, agar biror mo‘min kishi sendan hojat so‘rasa, uning hojatini chiqarishga harakat qil, o‘zing muhtoj bo‘lib qolgan paytingda ham. Beshinchisi, g‘iybat. Bir kishi ikkinchi bir kishini g‘iybat qilayotgan bo‘lsa, unday g‘iybatchidan qochgin".
Alloh bilguvchidir.

________________
XVII BOB. G‘IYBAT BOBI HADISLARI
 
1. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œSizlar g‘iybat nima ekanini bilasizlarmi?" Sahih*. Muslim (2589/4).
2. Ibn Abu Najih.
"œBir pakana xotin Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kirdi..." Sahih*. Ahmad (206,189/6) va Ibn Abu Dunyo, "œAl-g‘iyba va namiyma" (73, 68).
3. Abu Said Xudriy.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: "œIsro kechasi bir qavm..." Sahih*. Ahmad (224/3) va Abu Dovud (4778), Ibn Abu Dunyo, "œAs-samtu" (165).
4. "œBir kuni otamdan ushbu hikoyatni aytayotganlarini eshitdim..." Abu ibn Hamid Ikrimadan rivoyat qilingan va "œAd-durrul Mansur" (572, 571/7).
5.Jobir ibn Abdulloh.
 "œPayg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlarida sassiq hidli shamol esib qoldi..." Zaif*. Ahmad (351/3) va Buxoriy, "œAl-adabul mufrad" (734). Ibn Abu Dunyo, "œAs-samtu" (216).
6. Sudiy.
"œSalmon Forsiy odamlar bilan safarda edi..." Zaif*.
7. Ibn Abbos.
"œUshbu "œAyrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmasin" oyati borasida aytdilar..." Zaif*. Hofiz, "œAl-kashshof" (374/4).
8. Anas ibn Molik.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: "œFojirda bir narsalarni zikr qilinglar..." Mavzu’*. Uqayliy (72), Ibn Hibbon, "œAl-majruhiyn" (220/1). Ibn Adiy (173/2) va "œAz-zaifatu" (583) ga qarang.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:49:04
XVIII BOB. CHAQIMCHILIK

213. Huzayfa, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.): "œChaqimchilar jannatga kirmaydilar", deganini eshitganman.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:49:13
214. Abu Hurayra rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: "œSizlar yomonlaringizni bilasizlarmi?" Sahobalar javob qilishdiki: "œAlloh va Rasuli bilguvchidir". Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "œSizlarning yomonlaringiz ikkiyuzlamachi kishidir. Bularga bir yuzi va boshqalarga ikkinchi yuzi bilan keladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:49:20
215. Ibn Abbos, ikkalasidan ham Alloh rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) ikki yangi qabrning oldidan o‘tib qoldilar, aytdilarki: "œIkkisi ham azoblanyapti, ularning gunohlari katta emas, birinchi kishi siydikdan saqlanmasdi, ikkinchi kishi esa chaqimchilik qilar edi", dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) bir daraxtdan ho‘l novdani oldilar va ul novdani ikkiga bo‘lib, ikkala azoblanayotgan marhumlar qabriga suqib qo‘ydilar. Shunda sahobalar Rasulullohga (s.a.v.) savol qildilar: "œYo Rasululloh, nima sababki, siz bu ho‘l novdani ikkiga bo‘lib, ikki qabrga suqdingiz?" Rasululloh (s.a.v.) javob qildilar: "œShoyadki, bu ho‘l novdalar qurib bitguncha, ikkalasiga yengillik berilsa".

Faqih aytdiki: "œKatta gunohlarda azoblanmayapti", degan so‘zning ma’nosi sizlar uchun katta gunoh emas, lekin Alloh nazdida bu ulug‘ gunohlardandir. Abu Hurayra zikr qilgan rivoyatda ham: "œAlloh nazdida odamlarning yomoni chaqimchidir", deyilganidan bilib olsa bo‘ladi.

Huzayfa, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilgan hadisda aytildi: "œChaqimchi jannatga kirmaydi". Jannatga kirmaydigan bo‘lsa, boradigan joyi faqat jahannamdir. Bunday kishilar Allohga tavba qilmoqlari lozimdir. Tavba qilmasa, o‘lgandan keyin qabr azobini tortishi muqarrardir, dunyoda xordir, qiyomat kunida do‘zax o‘tida yonadi. Ular Allohning rahmatidan noumiddir. Tirik paytida qilgan gunohlari uchun Allohga tavba-tazarru’, qilsa Alloh tavbasini qabul qilgay.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:49:28
216. Hasan rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.): “Odamlarning yomoni ikkiyuzlamachidir. Birovlarning oldiga bir yuzi bilan, boshqalarning oldiga boshqa yuzi bilan boradi”, dedilar. Yana boshqa bir hadisda aytdilarki: “Kimki ikkiyuzlamachi bo‘lsa, bu dunyoda uning ikki tili bo‘lsa, Alloh taolo unga qiyomat kuni olovdan ikkita til qilib qo‘yadi”.

Qatoda aytadi: “Alloh bandalari ichida yomoni ko‘p ta’nachi, ko‘p la’natlovchi va chaqimchilar.
Va yana aytiladiki: “Qabr azobi uchga bo‘linadi. Birinchisi ­ g‘iybatdan, ikkinchisi – siydikdan, uchinchisi – chaqimchilikdan”.

Hammod ibn Salamadan rivoyat qilindi: “Bir kishi g‘ulom sotibdi. Oluvchiga: “Uning chaqimchiligidan boshqa aybi yo‘q”, debdi. Oluvchi g‘ulomning aybini yengil sanab, sotib olibdi Xizmatchi xo‘jayinnikida bir necha kun turgandan keyin bir kuni xo‘jayinining xotini oldiga borib: “Seni ering yaxshi ko‘rmaydi, sening o‘rningga o‘ynash topgan. Senga mehribon bo‘lishini xohlaysanmi?” debdi. Xotini: “Ha!” debdi. Xizmatchi: “Ustarani olgin va ering uxlagan vaqtda soqolining uchidan ozginasinni qirqqin”, deb o‘rgatibdi. Shundan so‘ng erining oldiga keldi va shunday dedi: “Xotining senga xiyonat qildi, o‘ziga o‘ynash topdi. Endi u seni o‘ldiradi. Sen buni aniqlashni xohlaysanmi?” dedi. Er: «Ha!» dedi. Xizmatchi: “O‘zingni uxlaganga solgin” dedi. Eri o‘zini uxlaganga soldi. Shu payt xotini uning soqolidan olish uchun ustara bilan keldi. Eri esa, u meni o‘ldiradi, deb gumon qilib, undan ustarani olib, xotinini o‘ldirdi. Xotinining yaqinlari kelib erni o‘ldirdilar. Erning qarindoshlari kelishdi. Ular orasida urush bo‘ldi”.

Yahyo ibn Aksam rivoyat qiladi: “Chaqimchi sehrgardan ham yomondir. Chunki chaqimchining bir soatda qiladigan ishini sehrgar bir oyda ham qila olmaydi”.

Rivoyat qilindi: “Chaqimchining amali shaytonning amalidan zararliroqdir. Chunki shaytonning amali xayolan va vasvasa bilan bo‘ladi. Chaqimchining amali esa yuzma-yuz kelish va ko‘rish bilan bo‘ladi”.

Alloh taolo Masad surasida “hammalatal-Hatob” dedi. Ko‘p tafsirchilardan aytilganki, “Hatob”dan maqsad chaqimchilik. Chaqimchilikni “o‘tin” deb nomladi. Chunki chaqimchilik dushmanlikka va urushga sababdir. Olovning, yondiruvchi narsaning o‘rnidadir.

Aksam ibn Sayfiy aytadi: “Xorlar to‘rt nafardir: chaqimchi, yolg‘onchi, qarzdor va yetim”.
Ubayda ibn Abu Luboba Ubaydulloh Qurashiydan rivoyat qiladi: «Bir kishi bir kishiga yetti kalima uchun yetti yuz farsax masofaga erishib keldi. Unga yetib kelgach, undan so‘radi: “Men sendan Alloh senga bergan va ilmdan so‘ramoq uchun keldim. Menga osmondan ham og‘irroq narsaning, yerdan ham kengroq narsaning, toshdan ham qattiqroq narsaning, olovdan ham issiqroq narsaning, ayozdan ham sovuqroq narsaning, dengizdan ham chuqur narsaning, yetimlikdan ham zaifroq narsaning xabarini bergin”, dedi. U javob berdi: “Pokdomon kishiga tuhmat qilishlik osmondan ham og‘irroqdir. Haq yerdan ham kengroqdir; qanoat qiluvchi qalb dengizdan ham chuqurroqdir, boyroqdir; jasaddagi hirs olovdan ham issiqdir. Yaqiniga hojati tushib, undan najot topmaslik ayozdan ham sovuqroqdir. Kofirning qalbi toshdan ham qattiqdir. Chaqimchilik, agar uning egasi tayin bo‘lsa, yetimdan ham zaifdir”.
Boshqa rivoyatda, chaqimchining ishi zohir bo‘lib qolsa, u xorga aylanadi, deyiladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:51:03
217. Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin,  rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAlloh taolo jannatni yaratgan vaqtda aytdi: "œGapirgin!" Jannat javob qildi. "œMenga kim kirsa, baxtli bo‘ladi". Alloh taolo aytdi: "œIzzatimga va ulug‘ligimga qasamki, u yerda odamlardan sakkiz nafari turmaydi: doimiy aroq ichuvchi, zinoni davomli qiluvchi, chaqimchi, dayus, qurumsoq, ziqna va yo‘lto‘sar, o‘zini xotinga o‘xshatgan kimsa, qarindoshchilikni uzuvchi, menga Allohning ahdi bor, qilmasam unday bo‘lay, bunday bo‘lay, deb va’dasiga vafo qilmagan kishilar".

Hasan Basriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œKim senga gap yetkazsa, bilginki, sening gapingni boshqaga ham yetkazadi".

Umar ibn Abdulazizdan rivoyat qilindi: "œU kishining oldilariga bir kishi kirib, bir kishini zikr qildi, ya’ni u kishi haqida u-bu gaplarni gapirdi. Umar aytdi: "œAgar xohlasang, ishingga qaraymiz. Agar yolg‘on bo‘lsa, sen mana bu oyat ahlidan bo‘lasan:
"œEy mo‘minlar! Agar sizlarga bir fosiq kimsa biror xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni)  bilmagan holingizda biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab, tekshirib ko‘ringlar" (Hujurot, 6).

Agar so‘zing to‘g‘ri bo‘lsa, bu oyat ahlidan bo‘lasan:
"œYana siz har bir tuban, qasamxo‘r, g‘iybatchiyu gap tashuvchi, yaxshilikni man qiluvchi, baxil-tajovuzkor, gunohga botgan, qo‘pol va bulardan tashqari, benasab haromi kimsaga itoat etmang!" (Qalam, 10—12.)

Agar xohlasang buni sendan kechiramiz. Haligi kishi: "œKechirishingizni xohlayman, ey amiral mo‘minin. Bundan keyin, bunday ishlarga hech ham qaytmayman!" dedi.

Abdulloh ibn Muborakdan rivoyat qilindi: "œZinodan bo‘lgan bola gapni yashirmaydi, qavmida yaxshi nasab egasi esa qo‘shniga ozor bermaydi".

Odamlarning gaplarini yashirmaydigan kishi chaqimchilik qilib yuruvchidir. U valadizinodir. Agar u valadizino bo‘lmaganda edi, albatta gaplarni yashirardi. Bu ma’no Allohning so‘zidan chiqarilgan: "œG‘iybatchi-yu gap tashuvchi, yaxshilikni man qiluvchi — baxil, tajovuzkor, gunohga botgan, qo‘pol va bulardan tashqari, benasib haromi kimsaga itoat qilmang!" (Qalam, 10-12.)

Valid ibn Mug‘iyra keksayib qolgan bo‘lishiga qaramay, chaqimchilik bilan yurardi.
"œYaxshiliklarni man’ qiluvchi" ya’ni yaxshilikdan odamlarni qaytaruvchi, "œtajovuzkor, gunohga botgan, gunohkor fojir, bulardan tashqari benasab", ya’ni bularning hammasi kimda bo‘lsa, u valadizinodir. Ba’zi tafsirchilar shunday tafsir qilishgan.

Zikr qilindi: Hakimlardan birini do‘sti ziyorat qildi. Uning oldida ayrim birodarlari to‘g‘risida u-bu deb gapirib qo‘ydi. Hakim aytdi: "œZiyofatni bekor qilding. Bu bilan uchta jinoyat qilding, birinchi, birodarimni yomonlading; ikkinchi, bo‘sh qalbimni mashg‘ul etding; uchinchi, o‘zingni chaqimchiga chiqarding".

Ka’b-ul Ahbordan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: "œBani Isroil qabilasiga qahatchilik keldi. Muso alayhissalom qabila ahli bilan uch marta suv so‘rab chiqdilar. Ularga suv berilmadi. Shundan so‘ng Muso alayhissalom: "œEy Rabbim, bandalaring suvsizlik va ochlikdan Senga uch marta zorlanib, iltijo qilib, najot berishing-ni so‘radilar. Sen ularning iltimoslarini, duolarini ijobat qilmading!" dedilar. Alloh taolo unga dedi: "œEy Muso! Men sening va sen bilan bo‘lgan qavmlaringning duolarini ijobat qilmayman. Chunki sizlarning orangizda chaqimchi bor. U chaqimchilikni uzluksiz davom ettirib kelyapti". Muso alayhissalom so‘radilar: "œKim u? Bizlar uni oramizdan chiqaraylik". Alloh: "œEy Muso! Sizlarni chaqimchilikdan qaytarib, o‘zim chaqimchilik qilayinmi? Hammalaringiz tavba qilinglar!" dedi. Hammalari tavba qilishdi. Shundan so‘ng, Alloh ularga suv berdi".

Zikr qilindi: Amiral mo‘minin Sulaymon ibn Abdulmalik Zuhriy bilan o‘tirgandi. Bir kishi keldi. Sulaymon unga: "œMenga yetdiki, sen mening ustimdan chaqimchilik qilibsan? U-bu gaplarni aytibsan", dedi. Haligi kishi: "œBunday qilmadim, siz to‘g‘ringizda hech narsa aytmadim", dedi. Sulaymon: "œMenga xabar keltirgan kishi sodiq (to‘g‘riso‘z)dir", dedi. Shunda Zuhriy (Alloh undan rozi bo‘lsin): "œChaqimchi to‘g‘riso‘z bo‘lmaydi", dedi. Sulaymon: "œTo‘g‘ri aytding, sen tinchgina ketaver", dedi.

Hakimlarning birlari aytgan edi: "œKim sizga sizni falonchi so‘kdi", deb xabar keltirsa, uning o‘zi so‘kuvchidir, sizni so‘kkan kishi emas".

Vahb ibn Munabbah, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: "œKim seni senda yo‘q narsalar bilan maqtasa, senda yo‘q narsalar bilan yomonlamoqdan omon bo‘lmaysan".

Faqih aytadi: "œSizning oldingizga bir kishi kelib, falonchi sizni bu unday, bu bunday, deb gapirdi", deb ketib qolsa, sizga olti narsa vojib bo‘ladi.

Birinchi, uni to‘g‘ri deya topmang. Chunki chaqimchining shahodati ahli islom nazdida rad qilingan. Alloh taolo aytadi: "œEy mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa,  sizlar (haqiqiy ahvolni)  bilmagan holingizda biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizda afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar". Ya’ni agar fosiq sizlarga xabar keltirsa, bu ishga qaranglar, shoshilmanglar, qavmga johillik bilan musibat yetkazib qo‘ymanglar.

Ikkinchi, siz uni bu ishdan qaytaring, chunki yomon ishdan qaytarishlik vojibdir.
Alloh taolo aytadi:
"œ(Ey ummati Muhammad) odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero, siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz" (Oli Imron, 110).

Uchinchi, Alloh yo‘lida uni yomon ko‘ring, chunki osiyni yomon ko‘rish vojibdir. Zero, Alloh taolo osiyni yomon ko‘radi.

To‘rtinchi, birodarlaringizga yomon gumonda bo‘lmang. Chunki musulmon kishiga yomon gumon qilishlik harom.
"œAlbatta ayrim gumonlar gunohdir!" (Hujurot, 12).

Beshinchi, birodar birodarga josuslik qilmaslik lozim. Chunki Alloh taolo josuslikdan qaytardi va o‘z kalomida "œJosuslik qilmanglar" (Hujurot, 12), deb buyurdi.

Oltinchi, chaqimchilikka rozi bo‘lmang va chaqimchilik qilmang. Chaqimchi sizga nima olib kelgan bo‘lsa, boshqa kishiga xabar bermang.

_____________
XVIII BOB. CHAQIMCHILIK BOBI HADISLARI

1. Huzayfa.
"œPayg‘ambar (s.a.v.): "œChaqimchilar jannatga kirmaydilar", deganlarini eshitganman..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6056/10) va Muslim (105).
2. Abu Hurayra.
"œRasululloh shunday dedilar..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6057/10) va Muslim (2526/4).
3. Ibn Abbos.
"œRasululloh (s.a.v.) kunlarning birida ikki, yangi qabrning oldidan..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (216) va Muslim (292).
4. Hasan.
"œRasululloh aytdilar: "œOdamlarning yomoni ikki yuzlamachidir". Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6058/10) va Muslim (2526/4).
5. Hadis.
"œKim ikki yuzlamachi bo‘lsa..." Sahih*. Abu Dovud (4873) va Buxoriy "œAl-adabul mufrad" va "œAs-sahihat" (892).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:51:27
XIX BOB. HASAD HAQIDA

218. Faqih Abu Lays Samarqandiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Hasandan rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) bunday degan ekanlar: «Dushmanlik va hasad yaxshiliklarni yong‘in o‘tinni yegandek yeydi».   
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:51:35
219. Abdurahmon ibn Muoviya rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Uch narsadan hech kim najot topmaydi: gumondan, hasaddan, fol ochishdan». So‘rashdiki: «Yo Rasulalloh! Ularga nima najot beradi?» Rasululloh (s.a.v.) javob qildilar: «Agar hasad qilsang, dushmanlik qilmagin; gumon qilsang, haq deb bilmagin; yomon xayol kelsa, uni o‘tkazib yuborgin».

«Agar hasad qilsang, dushmanlik qilmagin», degan so‘zning ma’nosi: «Agar qalbingda hasad bo‘lsa, uni zohir qilmagin, u haqda yomonlik bilan zikr qilmagin». Chunki Alloh taolo qalbingda bo‘lgan narsa bilan jazolamaydi, modomiki o‘shani tiling bilan aytmasang yoki shunga amal qilmasang.

«Agar gumon qilsang, haq deb bilmagin», ya’ni bir musulmon haqida yomon gumonda bo‘lsang, uni ko‘zing bilan ko‘rmaguningcha haq deb topma.

«Yomon xayol kelsa, uni o‘tkazib yuborgin», degan so‘zining ma’nosi: bir joyga chiqishni xohlasangiz, shunda siz boyo‘g‘lining ovozini eshitsangiz yoki hakkaning ovozini eshitsangiz yoki a’zolaringizdan birortasida notinchlik bo‘lsa, o‘sha ishingizdan qaytarmangiz. Shu ishga boring, noumidlik qilmang.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:51:57
220. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinadiki, u zot yaxshi alomatni mahbub ko‘rardilar va yomon gumon qilishni yoqtirmas edilar.

Aytiladiki: «Yomon fol johiliyat ishlaridan edi». Alloh dedi:
«Ular dedilar: Bizlar (boshimizga tushgan ocharchilik-qahatchilik) sening va sen bilan birga bo‘lgan (mo‘minlarning) shumqadamligidan deb bildik» (Naml, 47).

Boshqa oyatda:
«Ular dedilar: Haqiqatan bizlar sizlar haqingizda badgumondamiz» (Yosin, 18).

Ibn Abbosdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinadi: U kishi qushning ovozini eshitsang, ushbularni aytgin, derdi: «Ey Parvardigor! Biror qush yo‘qki, magar Sening qushingdir, yaxshilik yo‘qki, magar Sening yaxshiligingdir. Sendan boshqa iloh yo‘q! Boshqa kuchli, qudratli zot yo‘q. Magar Alloh ulug‘ va oliydir!» Shundan so‘ng, boravering, sizga Alloh izni bilan hech narsa zarar bera olmaydi!»
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:52:10
221. Abu Hurayra rivoyat qiladi, u kishidan Alloh undan rozi bo‘lsin: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «(Bir-birlaringizni) yomon ko‘rmangizlar, bir-birlaringizga hasad qilmangizlar, savdoda narxni bir-birlaringizdan oshirmangizlar, Allohning birodar bandalari bo‘lingiz!»

Muoviya ibn Abu Sufyon, Alloh undan rozi bo‘lsin, o‘g‘liga aytar edi: «Ey o‘g‘ilginam, hasaddan saqlangin. Chunki u sening dushmangingga yetmasdan, sening o‘zingga bilinadi».

Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Hasaddan zararliroq narsa yo‘q. Hasad hasad qiluvchi kishiga beshta azobni olib keladi. Bu beshta azob hasad qilingan kishiga yetmasdan, hasad qiluvchi kishiga yetadi.
1. G‘am uzilmaydi.
2. Musibat oladi, unga ajr kelmaydi.
3. Yomonlikni olib keladi. U bilan maqtanilmaydi.
4. Alloh taolo unga g‘azab qiladi.
5. Unga tavfiq eshiklari yopiladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:52:19
222. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Ogoh bo‘linglar! Allohning ne’matiga dushmanlik qiluvchilar bor». So‘radilar: «Yo Rasulalloh! Allohning ne’matlarining dushmanlari kim?» Aytdilar: «Alloh o‘z fazlidan odamlarga bergan narsaga hasad qiluvchilardir».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:52:54
223. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Qiyomat kuni olti toifa kishi olti narsa bilan hisob qilinmasdan oldin do‘zaxga kiradi». So‘rashdi: «Yo Rasulalloh, ular kimlardir?» Aytdilar: «Mendan keyingi amirlar, jabr-zulm tufayli; arablar, mutaassiblik tufayli; boshliqlar, kibr tufayli; savdogarlar, xiyonati tufayli; boylar, johillik tufayli; ahli ilmlar esa, hasad tufayli». Ya’ni, dunyoni talab qilib bir-birlariga hasad qiluvchi ulamolar.

Olim kishi oxiratni talab qilib ilmu ta’lim olishi lozimdir. Agar olim ilmni oxirati uchun talab qilsa, u hech kimga hasad qilmaydi. Unga ham hech kim hasad qilmaydi. Agar dunyo talabida ilm olsa, u hasad qiladi. Alloh taolo yahudiy olimlarga aytgandek, «Yoki odamlarga (ya’ni, Muhammad alayhissalomga) Alloh o‘z fazlu karamidan bergan narsaga (ya’ni, payg‘ambarlikka) hasad qilyaptilarmi?» (Niso, 54). Chunki yahudiylar Payg‘ambarga (s.a.v.) hasad qilishardi. Aytishardiki: «Agarchi u Allohning Payg‘ambari bo‘lsa, ko‘p xotinlar bilan shug‘ullanib qoladi-ku». Bunga Alloh taolo: «Yoki odamlarga Alloh o‘z fazlu karamidan bergan narsaga (ya’ni, payg‘ambarlikka) hasad qilyaptilarmi?» deb javob berdi. Ya’ni, payg‘ambarligiga va ko‘p xotin olganligiga hasad qilyaptilarmi?

Hakimlarning ba’zilari aytadilar: «Hasaddan saqlaninglar! Chunki hasad osmonda Alloh taologa osiy bo‘lishiga sabab bo‘lgan birinchi gunohdir va u yerda ham birinchi osiy bo‘lishiga sabab bo‘lgan gunohdir». Bu so‘zning ma’nosi: «Osmonda u bilan Alloh taologa osiy bo‘lishiga sabab bo‘lgan gunoh», ya’ni shayton Odamga sajda qilishdan bosh tortdi. «Meni olovdan yaratgansan va uni esa loydan yaratding», dedi u (A’rof, 12). Shayton unga hasad bilan qaradi. Shu bilan Alloh uni la’natladi.

Ammo yerda osiy bo‘lishiga sabab bo‘lgan gunoh egasi — Odam o‘g‘li Qobildir. U ukasi Hobilni hasad qilgan holatda o‘ldirdi. Bu Allohning kalomida:
«(Ey Muhammad) ularga Odamning ikki o‘g‘li haqidagi xabarni haqqi rost tilovat qiling. O‘shanda u ikkovi qurbonlik qilganlarida (qurbonliklari) birovlaridan qabul qilingan, ikkinchisidan qabul qilinmagan edi. Shunda u: «qasamki, seni o‘ldirurman», deganida, birodari aytdi: «Alloh faqat taqvodorlardangina (qurbonliklarini) qabul qilur» (Moida, 27).

Ahnaf ibn Qaysdan rivoyat qilinadi: «Hasad qiluvchilar uchun rohat yo‘qdir. Baxillarda vajo yo‘q, chidamsiz kishilarda do‘st yo‘qdir. Yolg‘onchilarda mardlik yo‘qdir. Xiyonatchida fikr yo‘q, yomon xulqli kishida boshliqlik yo‘q».

Hakimlardan biri aytdi: «Hasadchidek mazlumga o‘xshagan zolimni ko‘rmadim».
Muhammad ibn Siyrin: «Dunyo narsasi uchun hech kimga hasad qilmadim. Agar jannat ahlidan bo‘lsa ham, qanday qilib jannatda yuruvchiga hasad qilay? Va do‘zax ahlidan bo‘lsa ham, qanday qilib do‘zaxda yurgan kishiga hasad qi-lay?» deydi.

Hasan Basriy aytadi: «Ey odam farzandi! Nima uchun birodaringizga hasad qilasiz. Agar uni hurmatlash uchun Alloh o‘z fazlidan bergan bo‘lsa, nima uchun Alloh hurmat qilgan kishiga hasad qilasiz? Endi bundan boshqa narsada bo‘lsa, uning borajak joyi do‘zax bo‘lganidan hasad qilmog‘ingiz ham yaxshi emasdir».

Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin aytadi: Uch kishining duolari qabul bo‘lmaydi:
1) haromni yeguvchi;
2) ko‘p g‘iybat qiluvchi;
3) qalbida musulmonlarga adovati va hasadi bo‘lgan kishi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:53:15
224. Solim otasidan rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Hasadni ikki toifa kishiga qilsa bo‘ladi: bir kishiga Alloh taolo Qur’onni bergan bo‘lsa, u Qur’onni kecha-yu kunduz o‘qib turgan bo‘lsa va yana bir kishiga Alloh taolo dunyo bergan bo‘lsa, u dunyodan kecha-yu kunduz yashirin holda infoq qilib turgan bo‘lsa».

Faqih aytadi: «Qori qilgan ishni u ham kechasida qoyim qilishga harakat etmog‘i lozim. Bir kishiga Alloh tomonidan dunyo berilsa va u kishi o‘z dunyosidan sadaqa qilayotganini ikkinchi kishi ko‘rib, hasad qilsa, ya’ni hasad qiluvchi kishi ham sadaqa qilgan kishi kabi, «Alloh menga ham shunday dunyo bersa-yu, men ham sadaqa qilsam yoki yaxshi yo‘llarga ishlatsam», desa qilgan hasadi maqtalgan. Ammo unga berilgan narsani ketkazishni iroda qilib hasad qilsa, u yomondir».

«Alloh biron ne’mat bilan biringizni biringizdan ortiq qilib qo‘ygan bo‘lsa, sizlar uni (hasad-adovat bilan) orzu qilmang!» (Niso, 32).

Shuningdek, musulmon birovga berilgan fazlni o‘zi uchun bo‘lishini xohlashi lozim bo‘lmaydi. Va lozim bo‘ladi Alloh shunga o‘xshash moldan so‘ramog‘i, har bir musulmon kishiga hasaddan o‘z nafsini qaytarmog‘i. Chunki hasad qiluvchi Allohning hukmiga qarshi turguvchidir. Va nasihat qilguvchi Alloh taoloning hukmiga rozi bo‘lguvchidir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:53:23
225. Payg‘ambar (s.a.v.): «Ogoh bo‘linglar! Albatta, din nasihatdir», dedilar. Musulmon jami musulmonlar uchun rozi nasihatgo‘y bo‘lmog‘i lozim bo‘ladi. Musulmon hasad qilguvchi bo‘lmaydi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:53:33
226. Abu Hurayra Payg‘ambardan (s.a.v.) musulmonning musulmonga haqqi nima ekanligini so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.): «Musulmonning musulmonga haqqi olti narsadir», dedilar. Yana so‘radi: «Yo Rasulalloh, ular nimalar?» Aytdilar: «Agar unga uchrasang, salom bergin; agar seni chaqirsa, javob bergin; agar nasihat so‘rasa, nasihat bergin; agar aksa urib, «Alhamdulillah» desa, unga javob bergin; agar kasal bo‘lsa, borib ko‘rgin; vafot etsa, janozasida qatnashgin».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:53:59
227. Anas ibn Molik aytadi: «Men Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlarida sakkiz yoshimdan xizmat qildim. Menga birinchi marta o‘rgatganlari bu so‘zlar edi: «Yo Anas, namozga tahoratni mukammal qilgin, seni farishtalar yaxshi ko‘radi va umring uzoq bo‘ladi. Ey Anas, janobatdan yuvinsang, uni oxiriga yetkazgin. Chunki har bir tukning tagida janobat (ifloslik) bordir». Anas aytdilar: «Yo Rasulalloh, qanday qilib uni oxiriga yetkazaman?» Aytdi: «Sochingni ildizini suv bilan qondirgin, yuzingni poklagin, hammomdan chiqsang, Alloh gunohingni kechiradi. Yo Anas, zuho namozini o‘tkazib yubormagin. Chunki bu namoz Allohga tavba bilan qaytguvchilarning namozidir. Kecha va kunduzda namozni ko‘paytirgin. Albatta, sen namozni ko‘paytirishda davom etsang, maloikalar senga salovot aytadilar. Ey Anas! Namoz uchun tursang, o‘zingni Allohga topshir. Vaqtiki ruku’ qilsang, kaftingni ikki tizzangga qo‘ygin, barmoqlaring orasini yoygin, yelkalaringni ko‘tarsang, tek turginki, hamma a’zolaring o‘z joyini topsin. Agar sajda qilsang yuzingni yerga qo‘ygin, qarg‘a cho‘qigandek urmagin, bilaklaringni cho‘zmagin, go‘yoki tulki cho‘zilib o‘tirgandek. Vaq-tiki sajdadan boshingni ko‘tarsang, it o‘tirgandek o‘tirmagin, ikki dumbangni ikki oyog‘ing orasiga qo‘ygin, yopishtirgin, oyog‘ingni sirtini yerga yopishtirgin. Albatta, Alloh taolo ruku’si, sajdasi mukammal bo‘lmagan namozga qaramaydi.

Agar qodir bo‘lsang, kechayu kunduz tahoratli yurgin. Agar senga o‘lim yetib qolsa, sen tahoratlik holatda bo‘lsang, sendan shahodat kalimasi ketib qolmaydi.

Ey Anas! Agar uyingga kirsang, salom bergin, oila a’zolaringga uyingning barakasi ko‘payadi. Agar ko‘chaga biror yumush bilan chiqsang, musulmonlardan qaysi biriga ko‘zing tushsa, salom bergin. Shunda imon toti qalbingga kiradi. Agar tashqariga chiqqaningda gunoh qilsang, gunohing kechirilgan holatda qaytgan bo‘lasan.

Ey Anas! Islom kishisidan birontasiga qalbingda dushmanlik bo‘la turib kunduz va kechani o‘tkazmagin. Albatta, bu mening sunnatim va kim mening sunnatimni ushlasa, meni yaxshi ko‘ribdi va kim meni yaxshi ko‘rsa, u men bilan jannatda birga bo‘ladi.

Yo Anas! Agar bu narsalarga amal qilib, tavsiyalarimni yodda tutsang, senga o‘limdan yaxshiroq narsa bo‘lmaydi. Albatta, unda rohatda bo‘lishing bordir».

Payg‘ambar (s.a.v.) xabar berishlaricha, aldovni qalblardan chiqarishlik sunnatlaridan ekan, yana vojibdir har bir musulmonga o‘z qalbidan adovat va hasadni chiqarmog‘i, chunki bularni chiqarish amallarning yaxshisidir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:54:06
228. Faqih aytadi: Xudo rahmat qilgur otamdan eshitdim: Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: «Bir kuni biz Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlarida edik. Shu payt: «Sizlarning oldingizga hozir jannat kishisi chiqadi, u kishining soqollaridan tahorat suvlari oqib turadi va ikki etiklarini chap qo‘llari bilan ushlab olgan holatda bo‘ladi», dedilar. Shu payt xuddi shu sifat bilan sifatlangan kishi chiqdi. Salom berib, qavm bilan birga o‘tirdi. Ertasi kuni bo‘lgandan keyin yana shu gapni aytdilar: kishi yana shu ko‘rinishda chiqdi. Uchinchi kuni ham shunday bo‘ldi. Payg‘ambar (s.a.v.) turib ketganlaridan keyin haligi kishi bilan Abdulloh ibn Amr ibn Os ham chiqdi va: «Otam bilan mening oramda gap qochib qoldi. Uning oldiga uch kun kirmaslikka qasam ichdim. Sen menga uyingdan uch kun joy bersang, qasamimni o‘tkazsam», dedi. Haligi kishi: «Xo‘p», dedi. Abdulloh unikida bir kecha yotdi. Aytdiki: «O‘sha kecha haligi odam bir soat ham turib ibodat qilmadi. Faqat to‘shagiga yotayotganida Allohni zikr qilib, takbir aytdi. Hatto shu bilan bomdodda turdi. So‘ng tahoratini yaxshilab qilib, namozini o‘qidi. Ertalab ro‘za tutmadi. U kishini uch kun kuzatdim. Birinchi kun ko‘rganimda ziyoda ish qilmadi, bundan tashqari, undan yaxshi gaplarni eshitdim. Vaqtiki, uch kun o‘tdi, uning amalini haqir sanashimga yaqin qoldi. So‘ngra unga: «Mening otam bilan ikkalamiz o‘rtamizda biror gap o‘tmagandi. Menga g‘azab qilmagan va haydamagan ham edi. Lekin men Rasu-lullohdan uch marta majlisda: «Sizlarga ahli jannatdan bittasi chiqadi», deganlarini eshitdim. Keyin siz chiqdingiz va siz bilan birga bo‘lib, buni aniqlamoqni xohladim. Siz nima amal qilsangiz ko‘rdim. Sizga ergashdim. Ko‘p amal qilganingizni ko‘rmadim. Sizni Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan narsaga erishtirgan narsa nima?» dedim. U aytdi: «Ko‘rganingdek, u hech narsa emas». Shundan so‘ng, men uning oldidan ketmoqchi bo‘lib burilayotgan paytim meni chaqirib; «Bundan boshqacharoq amal qilmay-man, xuddi o‘zing ko‘rganingdek. Faqatgina men musulmon-larning birortasi uchun o‘zimda yomonlik topmayman. Alloh taolo yaxshilik qilib bergan narsalariga hasad qilmayman, dedi. Mana shu narsa Rasululloh (s.a.v.) aytgan maqomga yetkazdi. Holbuki, men u narsaga qodir emas edim».

Hakimlarning ba’zisi aytadilar: «Hasad qiluvchi Rabbisiga besh jihati bilan ko‘rinadi: Birinchisi, boshqada zohir bo‘lgan ne’matlarni ko‘rganda g‘azabi keladi.

Ikkinchisi, unga bergan narsa (ne’matlar) uchun g‘azabi keladi, ya’ni Rabbisiga: «Nima uchun bunday taqsimlading?» deb.

Uchinchisi, Allohning fazlini man qiladi, ya’ni ne’matni Alloh taolo xohlagan kishisiga beradi. U Allohning bu fazliga baxillik qiladi.

To‘rtinchisi, Allohning do‘stini yordamchisiz qoldiradi. Chunki u uning yordamisiz qolishini xohlaydi va undan ne’matni ketkazishini xohlaydi.

Beshinchisi, dushmaniga yordam beradi. Ya’ni, la’nati iblisga»

Aytildi: «Hasad qiluvchi majlislarda yomonlangan, xorlangan holatda bo‘ladi. Maloikalar la’nat va g‘azab qiladi. Xilvatda qo‘rqinch va g‘amda bo‘ladi. Joni olinayotganda qattiqlik va qo‘rqitilgan holatda bo‘ladi. Mahshargohda sharmanda holatda bo‘ladi. Do‘zaxda issiq va yongan holatda bo‘ladi».
Alloh bilguvchiroqdir.

_____________
XIX BOB. HASAD BOBI HADISLARI

1. Hasan.
“Payg‘ambar (s.a.v.) bunday degan ekanlar: “Dushmanlik va hasad...” Zaif*. “Zaiful jome’” (3935) va “Az-zaifatu” (1902, 1901).
2. Abdurahmon ibn Muoviya.
“Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Uch narsadan hech kim najot topmaydi...” Mursal*. Ibn Abdulbar, “At-tamhid” (165/6) va Tabaroniy, “Al-kabir” (330/1) va Abu Shayx, “At-tavbih” (152, 237).
3. Hadis.
“Payg‘ambarimiz (s.a.v.) (xulqlari)dan rivoyat qilinadi...” Sahih*. Ibn Moja (3536) va Ahmad (130/6).
4. Abu Hurayra.
“Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Bir-birlaringizni yomon ko‘rmanglar...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6065) va Muslim (2559).
5. Hadis.
“Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: “Ogoh bo‘linglar!..” Isnodiga to‘xtalmagan.
6. Abu Hurayra.
“Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Olti toifa kishi olti narsa bilan...” Isnodi bunday emas. Daylamiy (3309) Abu Hurayradan va boshqalar Anasdan keltirilgan “etti” lafzi bilan.
7. Solim otasidan.
“Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Hasadni ikki kishiga qilsa bo‘ladi...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5025/8) va Muslim (815) Ibn Umardan.
8. Hadis.
“Payg‘ambar (s.a.v.): “Ogoh bo‘linglar! Albatta din nasihatdir”. Sahih*. Muslim (55), Nasoiy (157/7), Ahmad (297/2) va boshqalar Tamim Doriydan.
9. Abu Hurayra.
“Payg‘ambardan (s.a.v.) musulmonning musulmonga haqqi nima ekanligini so‘radilar...” Sahih*. Muslim (2/62/4).
10. Anas ibn Molik.
“Men Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlarida...” Zaif*. Ibn Hibbon.
11. Anas ibn Molik.
“Bir kuni biz Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilarida...” Sahih*. Ahmad (166/3)ga qarang.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:54:59
XX BOB. KIBR

Faqih Ka’b-ul Ahbordan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: «Qiyomat kunida mutakabbirlar odamlar suratidagi mayda chumoli holatida keltiriladi. Ularni xorlik har tomonlama o‘rab oladi. Olovlardan bo‘lgan do‘zaxga yo‘naltiriladi hamda do‘zax ahlidan siqilgan suv bilan sug‘oriladi».

Husayn ibn Alidan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinadi: U kishi miskinlar turadigan joydan o‘tdi. Miskinlar ushatilgan nonni yerdilar, non kiyim ustiga qo‘yilgan edi. Ular: «Ey Abu Abdulloh! Kelgin, ovqatlanamiz», deyishdi. Keyin tushdi va aytdi: «Albatta, U zot mutakabbir kimsalarni sevmas» (Nahl, 23). Shundan so‘ng, ular bilan birga shu nonni yedi va ularga: «Sizlarning aytganlaringizga javob berdim, endi menga ham javob beringizlar», dedi. Keyin (miskinlar) u kishi bilan birga borishdi. Manzilga yetgandan keyin, cho‘risiga: «Nima g‘amlab qo‘ygan bo‘lsang, chiqargin», dedi. Cho‘ri xotin hamma narsalardan chiqardi. Ular yedi. Hazrati Husayn ham ular bilan birga yedi. Qolgan narsalarni ularga ko‘tartirib berib yubordi.

229. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: «Uch kimsaga qiyomat kunida Alloh taolo gapirmaydi va ularga qaramaydi. Ularga qattiq, alamli azob bo‘ladi: ular — zino qiluvchi keksa kishi; yolg‘onchi podshoh; kibrli faqir kishilardir».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:55:08
230. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Menga jannatga birinchi kirguvchi uch toifa ko‘rsatildi va do‘zaxga birinchi kirguvchilarning uch nafari ko‘rsatildi. Jannatga birinchi kirguvchilar: shahidlar, qulligi Rabbisiga itoat qilishdan to‘sib qo‘ymagan qul, ko‘p bolalik kambag‘al kishi. Do‘zaxga birinchi bo‘lib kiradiganlar: zolim podshoh, molidan zakot bermaydigan boy kishi, mutakabbir faqir».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:55:18
231. «Albatta, Alloh taolo uch nafar kishilarga g‘azab qiladi, lekin uch kishini yanada qattiqroq yomon ko‘radi:
Birinchisi, fosiqni yomon ko‘radi, fosiq cholni undan ham yomon ko‘radi.
Ikkinchisi, mutakabbirni yomon ko‘radi va faqir bo‘lgan mutakabbirni qattiqroq yomon ko‘radi.
Uchinchisi, baxillarni yomon ko‘radi, boy bo‘lib baxillik qilganni qattiqroq yomon ko‘radi.
Alloh uch nafar kishini yaxshi ko‘radi va uning yaxshi ko‘rishi uch kishi uchun yanada qattiqroqdir.
Birinchisi, taqvodorlarni yaxshi ko‘radi, taqvoli yoshlarni ko‘proq yaxshi ko‘radi.
Ikkinchisi, saxiylarni yaxshi ko‘radi, faqir saxiylarni ko‘proq yaxshi ko‘radi.
Uchinchisi, tavozu’li bo‘lgan kishilarni yaxshi ko‘radi, Boy bo‘lib tavozu’li bo‘lganlarni undan ham yaxshi ko‘radi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:55:26
232. Yahyo ibn Ja’dadan rivoyat qilindi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: «Kimning qalbida misqol zarrasidek kibr bo‘lsa, jannatga kirmaydi». Bir kishi: «Yo Rasulalloh! Albatta, kiyimimning pokligi, poyabzalimning bog‘ichi, qamchimning ilgichi meni o‘ylantiradi, bular kibrdan emasmi?» deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo go‘zaldir, chiroyli kiyinganlarni va chiroylilarni yaxshi ko‘radi. Bandasiga bergan ne’matni unda ko‘rmoqlikni yaxshi ko‘radi. Alloh faqirlikni zohir qilguvchini va faqir bo‘lmay turib, faqirlikni ro‘kach qilguvchini yomon ko‘radi. Lekin kibr haqni inkor qilish, xalqni e’tiborga olmaslikdir».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:55:34
233. Hasan Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi: Payg‘ambar aytdilarki: «Kim etigi va kiyimini tuzatib kiyib, Allohga sajda uchun yuzini chang qilgan bo‘lsa, u kishi kibrdan pok bo‘libdi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:55:42
234. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: «Kim jundan kiyim kiysa, eshagiga minsa, qo‘yni sog‘ib bolalari bilan ichsa, miskinlar bilan o‘tirsa, Alloh taolo undan kibrni o‘chiradi».

Zikr qilindi: «Muso alayhissalom Alloh taologa munojot qildi: «Ey Rabbim, Sening yaratgan xalqing orasida o‘zingga yomonrog‘i qaysidir?» Alloh aytdi: «Ey Muso, kimning qalbi mutakabbir bo‘lsa, tili qo‘pol bo‘lsa, ikki ko‘zi uyatsiz bo‘lsa va qo‘li baxil bo‘lsa, xalqimning orasidagi o‘shandaylarni yomon ko‘raman».

Urva ibn Zubayr aytdi: «Tavozu’ (o‘zini past olishlik) sharafli kishilarning ovidir, har bir ne’matga hasad qilinadi, lekin tavozu’da hasad yo‘q».

Hakimlarning ba’zilari aytishdi: «Qanoatning mevasi rohatdir, o‘zini past olishning mevasi muhabbatdir».

Zikr qilindi: Muhallab ibn Abu Sufra Hajjojning lashkarboshisi edi. Uning oldidan Mutrif ibn Abdulloh o‘tib qoldi. Muhallab harir kiyimda kerilib yurardi. Mutrif unga: «Ey Allohning bandasi, bu yurishni Alloh va rasuli yomon ko‘radi», dedi. Muhallab: «Meni tanimaysanmi?» deb so‘radi. Mutrif: «Ha, bilaman, avvaling iflos nutfa edi, oxiring sassiq o‘laksadir. Sen ko‘tarib yurgan narsalar axlatdir», dedilar. Shu gapdan keyin Muhallab bu yurishni tashlagan ekan.

Hakimlardan ba’zi birlari deydilar: «Mo‘minning iftixor qilayotgani Rabbisidir, uning izzati dini bilandir. Munofiqning faxri hasabidir, uning izzati molidir».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:55:50
235. Ibn Umardan, Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Agar o‘zlarini past olgan kishilarni ko‘rsalaringiz, sizlar ham o‘zlaringizni past olingizlar. Agar mutakabbirlarni ko‘rsalaringiz, ularga takabburlik qilingizlar. Albatta, ularga xorlik, sizlarga sadaqa bo‘ladi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:56:42
236. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi. Aytdilar: «Alloh uchun tavozu’da bo‘lgan kishining darajasini Alloh taolo ko‘taradi».

Umardan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi. U kishi aytdi: «Tavozu’ning boshi musulmonlardan uchragan kishiga salom bilan boshlashingdir va majlisda kaerga kelgan bo‘lsang, o‘sha (bo‘sh) joyga o‘tirmoqlikka rozi bo‘lishingdir, yaxshilik va taqvoni gapirib yurmoqni yomon ko‘rishingdir».

Faqih aytadi: Biling! Kibr kofirlarning va fir’avnlarning axloqidandir. Tavozu’ esa, payg‘ambarlar va solihlarning axloqidandir. Chunki, Alloh taolo kofirlarni kibr bilan sifatladi. Chunki ular o‘zlariga:
«Hech qanday iloh yo‘q, magar yolg‘iz Allohgina bordir», deyilgan vaqtda kibr-havo qilgan edilar» (Vas-saffot, 35). Va aytdi:

«Horun, Fir’avn va Homonni ham (halok qildik). Darhaqiqat, Muso ularga (o‘zining payg‘ambar ekanligini dalolat qiladigan) aniq hujjatlar keltirganida, ular yer (yuzi)da kibru havo qildilar va (bizning azobimizdan) qochib qutilguvchi bo‘lmadilar» (Ankabut, 39). Va aytdi: «Albatta, Menga ibodat etishdan kibr-havo qilgan kimsalar yaqinda bo‘yinlarini eggan hollarida jahannamga kirurlar» (G‘ofir, 60).

Va aytdi: «Aytildi:
«Jahannam darvozalaridan kiringlar! Sizlar o‘sha joyda mangu qolursizlar!» Bas kibr-havo qilguvchi kimsalarning joylari naqadar yomondir!» (Zumar, 72). Va aytdi: «Albutta, ul Zot mutakabbir kimsalarni sevmas» (Nahl, 73).

Albatta, Alloh taolo tavozu’ ahlini maqtadi va aytdiki: «Rahmonning (suyukli) bandalari yerda tavozu’ bilan yuradiganlardir» (Furqon, 63). Ya’ni tavozu’lilarni Alloh maqtadi va Payg‘ambar (s.a.v.) ham tavozu’li bo‘lishlikka amr qildilar. «Mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting» (Hijr, 88) va yana: «O‘zingizga ergashgan mo‘min bo‘lgan kishilar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni, ularga xushxulq bilan kamtarona muomalada bo‘ling)» (Shuaro, 215). Va yana Alloh taolo Payg‘ambarning (s.a.v.) xulqlarini maqtadi: «Albatta, Siz ulug‘ xulq ustidadirsiz» (Qalam, 4). U kishining xulqlari kamtarinlik edi. Chunki kelgan xabarlarga ko‘ra, u kishi eshak minardilar, qullar chaqirishsa, borardilar. Albatta, kamtarinlik xulqlarning yaxshisi ekanligi isbot bo‘ldi. O‘tgan solihlarning xulqlari ham kamtarinlik edi. U zotlarga ergashishimiz vojib bo‘ladi. Hammalaridan Alloh rozi bo‘lsin.

Zikr qilindi: «Umar ibn Abdulazizning uyiga bir kuni mehmon keldi. Xufton namozini o‘qigandan keyin, bir narsa yoza boshladi. Mehmon oldilarida ekan, chiroqning nuri xiralashib qoldi. Mehmon: «Ey amiral mo‘minin, men men turib chiroqqa yog‘ to‘ldirayinmi?» deb so‘radi. Umar: «Mehmoniga bir ish qildirmog‘i kishining odamgarchili-gidan emas», dedi. Mehmon: «Xizmatchini uyg‘otayinmi?» dedi. Umar: «Yo‘q, u hozirgina uyquga ketdi», dedi. So‘ngra o‘zi turib, yog‘ idishdan yog‘ni olib, chiroqni to‘ldirdi. Mehmon: «O‘zingiz to‘ldirdingiz-ku, ey amiral mo‘minin», dedi. Umar ibn Abdulaziz: «Men turganimda ham Umar edim, qaytib kelib o‘tirganimda ham o‘sha Umarman. Odamlarning yaxshisi Alloh nazdidagi kamtarin kishilardir», deb javob qildi».

Qays ibn Abu Hozim rivoyat qiladi: «Umar ibn Xattob Shomga keldi. U kishini shahar olimlari va kattalari kutib oldilar va aytdilarki: «Ey amiral mo‘minin! Egarlangan xachirga mining, odamlar sizni ko‘radi». Umar aytdi: «Ular amirni yerdan ko‘radilar. Holbuki, amir u yerdadir», deb qo‘llari bilan osmonga ishora qildi keyin aytdi: «Menga teginmanglar».

Boshqa rivoyatlarda shunday deyiladi: Umar bilan g‘ulomi bir tuyani almashib minib ketishardi. Hazrat Umar tuyaga minsa, xizmatchisi tuyaning yuganidan olib yetaklardi. Bir farsax miqdor yursa tushardi va xizmatchi minardi. Umar yuganni olib yetaklardi. Tuyaga minish navbati g‘ulomga yetib, tuyaga mindi va Umar tuyaning yuganini olib yetakladi. Bir farsax yurdilar, vaqtiki Shomga yaqin qolganida xizmatchisining navbati kelib qoldi. Xizmatchi mindi. Umar yetakladi. Ularning oldidan yo‘lda suv chiqib qoldi. Umar suvdan o‘ta boshladi. Bir qo‘li bilan tuyaning yuganini ushlab olgan va etiklari esa chap qo‘ltig‘ining ostida edi. U kishining oldiga Abu Ubayda ibn Jarroh chiqdi. U kishi Shomga amir edi. Ubayda ibn Jarroh aytdi: «Ey amiral mo‘minin! Shomning ulug‘lari oldingizga peshvoz chiqyaptilar. Bu holda sizni ko‘rishlari yaxshi bo‘lmaydi». Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: «Alloh bizlarni Islom bilan aziz qildi. Odamlarning gaplariga parvo qilmaymiz».

Salmon Forsiydan zikr qilindi: U kishi Madoin shahrida amir edi. Shu shaharning ulug‘laridan biri bozordan bir narsa sotib oldi. Salmon Forsiy o‘tayotganda, uni Islomga kirmagan ajamlik kishi deb o‘ylab: «Ey, bu yerga kel, buni ko‘tarib ol!» dedi. Salmon Forsiy ko‘tarib oldi. U kishidan odamlar: «Alloh amirni isloh qildi: Bizga bergin, biz ko‘taramiz», deyishdi. Salmon Forsiy bosh tortdi. Haligi kishi o‘ziga aytardi: «Sho‘rim qursin! Nima uchun amirga yukimni ortdim?» Shundan so‘ng uzr so‘radi: «Men sizni tanimabman, Alloh sizni isloh qildi», dedi. Salmon: «Boraver», dedi. Uning uyiga bordi va yukini tashladi. Keyin haligi kishi: «Hech qachon, hech kimga yukimni tashitmayman», dedi.

Ammor ibn Yosirdan rivoyat qilindi. U kishi Kufada amir edi. Baqqolning do‘koniga chiqib, yeydigan narsalar sotib oldi. Keyin bu narsalarni ziyoda qilishni so‘radi. Poxoldan bo‘lgan xalta oldi, bir tomonini sotuvchi oldi. Keyin u xaltani to‘ldirib, Ammorning orqasiga qo‘ydi va u kishi yukni uyiga olib ketdi.

Abu Hurayradan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. U kishini Umar ibn Xattob Bahraynga amir qilib yubordi. U kishi Bahraynga eshakda kirib bordi. Yo‘lda xaloyiqqa qarab: «Amirning yo‘lini bo‘shatinglar, amirning yo‘lini bo‘shatinglar», deb aytib borardi.

Bu zotlar Payg‘ambarning (s.a.v.) sahobalaridan edilar. Xulqlari kamtarinlik edi. Ular bandalar oldida ham, maloikalar oldida ham, Allohning nazdida ham aziz zotlar edilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:56:52
237. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi. Aytdilar: «Sadaqa berish bilan mol noqis bo‘lmaydi (kamaymaydi). Kimki boshqa kishidan zulm ko‘rsa, zulm (qilgan) kishisini afv etsa, u bandani Alloh izzatli qiladi. Kamtarin kishilarning izzatini Alloh ziyoda qiladi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:57:02
238. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: U kishi Oisha onamizning uylarida edilar. U kishining qo‘llarida tovoqda quruq go‘sht bor edi. U kishi ikki tizzalariga cho‘kkalab, yeb turardilar. Ayolga uchrasa ham, erkakka uchrasa ham, hech parvo qilmaydigan bir fohisha, yomon xotin kirib keldi. So‘ngra Payg‘ambarga (s.a.v.) qaradi va: «Qaranglar mana bunga! Qul o‘tirgandek o‘tiribdi, qul ovqat yegandek ovqat yeyapti», dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Men qulman, qul o‘tirgandek o‘tiraman, qul yegandek yeyman, sen ham yegin bundan». Xotin: «Yo‘q, qo‘ling bilan bersanggina yeyman», dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) qo‘li bilan uzatmoqchi bo‘ldi. Xotin: «Yo‘q, og‘zingdagidan bersang, yeyman», dedi. Rasulullohning og‘izlarida quruq go‘shtning payi qolgan edi, chaynab turardilar. Og‘izlaridan chaynab turgan payni chiqarib, unga berdilar. Xotin payni olib chaynadi-da, yutib yubordi. Pay xotinning qorniga tushdi. Shu paytning o‘zidayoq u xotinni hayo o‘rab oldi. Hattoki, biror kishiga qarashga botinolmadi. Shundan keyin undan biror botil narsa eshitilmadi. Toki, Alloh taologa qaytdi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:57:15
239. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Menga yer kalitlari berildi, qul-payg‘ambarlikka yoki podshoh-payg‘ambarlikka ixtiyor qilindim. Jabroil menga kamtar bo‘lmoqqa ishorat qildi, qul bo‘l, (dedi). Shundan so‘ng, qul-payg‘ambar bo‘lishni ixtiyor qildim. Va menga o‘sha berildi. Albatta, men yerdan birinchi chiqadigan bandaman, birinchi bashorat qiluvchiman».

Ibn Mas’ud aytdi: «Kimki kamtarin bo‘lsa, Alloh taolo uni qiyomat kunida darajasini baland qilib qo‘yadi, kimki kibr qilsa, Alloh taolo uni qiyomatda darajasini past qilib qo‘yadi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:57:24
240. Qatodadan, Alloh undan rozi bo‘lsin, bizga zikr qilinadi: «Payg‘ambar (s.a.v.) aytardilar: «Kimki dunyodan uch narsadan pok ketsa, u jannatga kiradi: kibrdan, taqsim qilishda ko‘p olishlikdan va qarzdan».

Abdulloh ibn Abu Ja’farning aytishicha: «Hazrati Ali bozorga kirib, ikki xil kiyimlik matoni olti dirhamga sotib oldi va xizmatchiga aytdi: «Yo Asvad, xohlaganingni tanlagin». Xizmatchisi yaxshisini tanladi. Hazrati Ali unisini kiydi. U kishining yenglari qo‘llaridan uzunlik qilib, osilib qoldi. Shunda u kishi xizmatchisiga qaychini olib kelishni buyurdi. Xizmatchi qaychini olib kelib berdi. U kishi qaychini olib, uzun yenglarini kesib tashladi. Juma kuni xutba o‘qiganida, o‘sha ikki kiftlari orasida o‘sha ko‘ylakning kesilgan joyidagi iplarini ko‘rdik. Bir kishining kiyimini uzun qilib yerga osiltirib kiyganlarini ko‘rib: «Ey falonchi, kiyimingni ko‘targin. Chunki, kiyiming pok bo‘ladi, qalbingni qo‘rquv oladi va kiyim senga qoladi», dedi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Doniyor 02 Iyul 2006, 07:57:45
241. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: «Rasulullohning (s.a.v.) Allohdan rivoyat qilishlaricha, hadisi qudsiyda Alloh aytadi: «Ulug‘lik izorim-dir, kibrlik ridoimdir. Kim ikkisidan biri ustida Mening bilan tortishsa, uni yonib turgan jahannamga kirgizaman».

Faqih aytadi: Bu hadisning ma’nosi, ya’ni «ikkalasi mening sifatimdan», degani Qur’onda kelganidek: «U qudrat sohibidir, bo‘ysundirguvchidir, tanho kibr egasidir» (Hashr, 23). Bu ikkalasi Allohning sifatlaridandir. Zaif banda uchun kibr qilish lozim bo‘lmaydi.

___________
XX BOB. KIBR BOBI HADISLARI

1. Abu Hurayra.
"œPayhambar (s.a.v.) aytdilar: "œUch kimsaga qiyomat kuni Alloh taolo gapirmaydi..." Sahih*. Muslim (107).
2. Abu Hurayra.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œMenga birinchi jannatga kiruvchilar ko‘rsatildi..." Zaif*. Ahmad (345/2) va Tayolisiy (2567), Hokim (387/1).
3. Yahyo ibn Ja’da.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKimning qalbida misqolning zarrasidek kibr bo‘lsa..." Sahih*. Ahmad (151/4) va Muslim (91).
4. Hasan.
"œKim etigini tuzatib kiygan bo‘lsa..." Bu hadis roviylari ishonchli, Abu ibn Hamid (673) va Asbahoniy (628).
5. Hadis.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: "œKim jundan kiyim kiysa..." Juda zaif*. Bayhaqiy, "œAsh-shu’ab" (6164/5).
6. Ibn Umar.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAgar o‘zlarini past olgan kishilarni..." G‘arib*. Hofiz Iroqiy, "œTaxrijul ihyo"(331/3).
7. Abu Hurayra.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAlloh taolo tavozu’da bo‘lgan..." Sahih*. Muslim (2577/4) va Molik (100/2), Ahmad (386/2) va Termiziy (2029).
8. Abu Hurayra.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œSadaqa berishdan mol noqis bo‘lmaydi..." Sahih*. Muslim (2588/4).
9. Hadis.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) Oyisha onamiz uylarida edilar..." Sahih*. Abu Shayx, "œAxloqun nabiy" (141).
10. Hadis.
"œRasululloh aytdilar: "œMenga yer kalitlari berildi..." Haysamiy "œAl-Majma’"da (192/9) va Tabaroniy "œAl-avsat"da keltirgan.
11. Qatoda.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKimki dunyodan uch narsadan pok ketsa..." Sahih*. Ahmad (76/6).
12. Abu Hurayra.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) rivoyat qilishlaricha, hadisi qudsiyda Alloh aytdi: "œUlug‘lik izorimdir..." Sahih*. Muslim (2360/4) va Abu Dovud (4090).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:15:26
XXI BOB. IHTIKOR

242. Faqih Abu Lays Samarqandiy, Alloh rahmat qilsin, Muammar ibn Abdulloh Adaviydan rivoyat qiladi: «Payg‘ambarning (s.a.v.) mana bunday deganlarini eshitganman: «Xatokor odam ihtikor qiladi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:15:33
243. Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kimki ovqatni qirq kun saqlab tursa, u Allohdan bezor bo‘libdi, Alloh ham undan bezor bo‘ladi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:15:39
244. Said ibn Musayyab Umar ibn Xattobdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qildi: «Chetdan mol olib keluvchi rizqlangandir, ihtikor qiluvchi la’natlangandir».

Chetdan mol olib keluvchi o‘sha yeguliklarni sotish uchun sotib oladi va uni o‘z shahriga olib borib sotadi. U rizqlangandir. Chunki odamlar bundan foydalanadilar va u odamlarning duosiga musharraf bo‘ladi. Oziq-ovqatni yig‘ib qo‘yuvchi yemaklarini man qilish uchun sotib oladi va odamlarga zarar beradi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:15:47
245. Sha’biy rivoyat qiladi: «Bir kishi o‘g‘lini kasbli qilmoqni xohladi. Bu to‘g‘rida Payg‘ambar (s.a.v.) bilan maslahatlashdi. Payg‘ambar (s.a.v.) unga aytdilar: «O‘g‘lingni bug‘doy sotuvchiga bermagin, qassobga ham bermagin, kafan sotuvchiga ham bermagin. Chunki oziq-ovqatni qirq kun saqlab sotib, Allohga yo‘liqishdan ko‘ra, aroqxo‘r, zino-kor holatda yo‘liqishi yaxshiroqdir. Qassob esa hayvonni so‘yayotganida uning qalbidan rahmat ketadi, kafan sotuvchi bo‘lsa, bu ummatning o‘lishini xohlaydi. Mening ummatimdan tug‘ilganlar menga bu dunyodan va undagi narsalardan suyukliroqdir».

Faqih aytadi: Mol to‘plash degani, yegulik narsalarni o‘z shahrida sotib oladi va sotishdan to‘xtab turadi. Odamlar unga hojatmand bo‘ladi. Qaytarilgan ihtikor mana shudir. Ammo yeyiladigan narsani nobud bo‘lishidan yoki boshqa shaharga jo‘natish uchun olib qo‘ysa, u ihtikor bo‘lmaydi. Lekin odamlar unga hojatmand bo‘lsa, afzal ish sotishdir. Uni sotishdan to‘xtatib turish gunohkor bo‘lishdir. Niyati yomonligi bilan yoki musulmonlarga shafqati kamligi uchun muhtakir kishini o‘sha yeyishlikni sotishga majbur qilish lozim bo‘ladi. Agar bundan qaytmasa, ta’zir va odob beriladi. Lekin uning narsasiga narx qo‘yilmaydi. Unga: «Odamlar sotganidek sotgin», deb aytiladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:15:54
246. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilarki: «Men narx qo‘ymayman. Albatta, Alloh taolo narxni belgilovchidir».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:16:02
247. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Qimmatchilik va arzonchilik Allohning askaridir. Birining ismi rag‘bat, ikkinchisi rahbat.1 Vaqtiki, Alloh taolo arzon qilishni xohlasa, odamlarning qalbiga qo‘rqinchni tashlaydi. Shundan so‘ng, ular o‘zlaridagi narsalarni chiqaradilar va arzonga sotadilar. Agar Alloh taolo qimmat qilishni xohlasa, odamlarning qalbiga rag‘batni tashlaydi. Ular o‘z qo‘llaridagi narsalarni saqlaydilar».

Zikr qilindi: Bani Isroil qavmidan, zohidlardan biri qumtepaning oldidan o‘tib qoldi. U o‘zicha orzu qildiki: «Mana shu qumlar bug‘doyga aylansa va ochlik yetgan bani Isroil qabilasini to‘ydirsa», deb.

Alloh taolo ularning Payg‘ambariga vahiy qildi: «Falonchiga aytgin: «Alloh taolo sen o‘ylagan (narsa) bug‘doy bo‘lmasa ham, senga o‘shaning ajrini berdi. U bilan sadaqa qilding», deb», ya’ni yaxshi niyat qilganing uchun.

Alloh taolo unga ajrni niyati yaxshiligi uchun va musulmonlarga shafqatli bo‘lganligi uchun hamda ularga rahmati borligi uchun berdi. Musulmon kishi musulmonlarga shafqatli, rahmdil bo‘lishligi lozim.

Zikr qilindi: «Bir kishi Abdulloh ibn Abbosning oldiga kelib: «Menga vasiyat qiling», dedi.
Abdulloh ibn Abbos: «Sizga olti narsani vasiyat qila-man», dedi.
1. Alloh sizga kafil qilib bergan narsalarga qalbni ishontirish va oxiratni tafakkur qilish.
2. Farzlarni o‘z vaqtida ado etish.
3. Allohning zikrida ho‘l til bilan bo‘lishlik (ya’ni, hamisha).
4. Shayton bilan kelishmaslik. Chunki u xalqqa hasad qiluvchidir.
5. Dunyoga bino qilmaslik. Chunki dunyo sizning oxiratingizni buzadi.
6. Musulmonlarga doimo nasihat qilmoqlik».

Faqih aytadi: Mo‘min kishi musulmonlarga nasihatgo‘y, rahmli bo‘lmog‘i lozimdir. Bu esa saodatmandlik alomatlaridandir.

Aytiladiki: «Saodatmandlik belgilari o‘n bir xislatdan iboratdir:
1. Dunyoda zohid, oxiratda rag‘bat holatida bo‘lmog‘i.
2. Uning himmati ibodat va tilovati Qur’on bo‘lmog‘i.
3. So‘zga muhtoj bo‘lmagan vaqtida kamgap bo‘lmog‘i.
4. Besh vaqt namozlarini vaqtida o‘qimog‘i.
5. Harom va shubhali narsalar bor yerda ehtiyot bo‘lmog‘i.
6. Solih kishilar bilan suhbatda bo‘lmog‘i.
7. Mutakabbir emas, tavozu’li bo‘lmog‘i.
8. Saxiy va qo‘li ochiq bo‘lmog‘i.
9. Allohning maxluqlariga rahmli bo‘lmog‘i.
10. Xalqqa manfaatli bo‘lmog‘i.
11. O‘limni ko‘p eslamog‘i.

Va badbaxtlik alomati ham o‘n bittadir:
1. Mol yig‘ishga haris bo‘lmog‘i.
2. Qiziqish dunyo shahvati va lazzatlariga bo‘lmog‘i.
3. So‘zda ko‘p uyatli so‘zlamog‘i.
4. Namozda beparvo bo‘lmog‘i.
5. Yeyishi harom va shubhalardan bo‘lmog‘i, suhbati esa fojirlar bilan bo‘lmog‘i.
6. Yomon xulqli bo‘lmog‘i.
7. O‘zini yuqori oladigan mutakabbir, faxrlanuvchi bo‘lmog‘i.
8. Odamlarning manfaatini to‘smog‘i.
9. Musulmonlarga rahmi oz bo‘lmog‘i.
10. Baxil bo‘lmog‘i.
11. O‘limni unutmog‘i».

Zohidlarning ba’zisidan zikr qilindi: «Uning uyida bir qop don bor edi. Odamlarga qahat kelganda, donni sotib yubordi. Keyin o‘zining hojati uchun don sotib olishga borganda: «Agar o‘zingdagi bor narsani ushlab turganingda edi», deyishdi. U: «Odamlarning g‘amiga sherik bo‘lishni xohladim», dedi».

________
XXI BOB. IXTIKOR BOBI HADISLARI

1. Muammar ibn Abdulloh Adaviy.
“Payg‘ambarning (s.a.v.) mana bunday deganlarini eshitganman...” Sahih*. Muslim (130-1605/3).
2. Ibn Umar.
“Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kimki ovqatni 40 kun saqlab tursa...” Inkor qilingan zaif*. Ahmad (33/2), Hokim (11/2) va “G‘oyatul-marom” (324) ga qarang.
3. Said ibn Musayyab.
“Chetdan mol olib keluvchi...” Zaif*. Ibn Moja (2153), Hokim (11/2), Bayhaqiy (30/6) va “G‘oyatul marom” (327) ga qarang.
4. Sha’biy.
“Bir kishi o‘g‘lini kasbli qilmoqni xohladi...” Munqoti’*. “Almatolibul oliya” (1272/379/1) ga qarang.
5. Hadis.
“Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Men narx qo‘ymayman...” Sahih*. Abu Dovud (3401), Termiziy (1314) va Ibn Moja (2200) Anasdan.
6. Hadis.
“Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qilindi: “...” Botil*. Uqayliy “Az-zuafo” (1399), Ibn Javziy, “Al-Mavzu’ot” (341/2) va Suyutiy ham “Al-lao” kitobida bu hadisni bekor hadis deganlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:17:08
XXII BOB. KULISHDAN QAYTARISH

Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladi: Sufyon ibn Uyayna aytdi: Iso alayhissalom sahobalariga aytdilar: «Ey yerning tuzlari, buzilmanglar. Agar narsalardan buzilsa, tuz bilan davolanadi. Agar tuz buzilsa, hech narsa bilan davo qilinmaydi. Ey havoriylar jamoasi, o‘zingiz ilm o‘rgatgan kishilardan haq olmangizlar, magar menga ozgina hadyalar qilganingizdan boshqa. Bilingizlar, sizlarda ilmsizlikdan ikki xislat bor: sababsiz kulishlik va kechasi uxlab, yana kunduzi uxlashlik».

Faqih aytadi: Iso alayhissalom so‘zlarining ma’nosi bunday: Yerning tuzlari ulamolardir. Albatta, ulamolar xalqni isloh qiladilar, tazatadilar, ularga oxirat yo‘lini dalolat qiladilar. Agar olimlar oxirat yo‘lini tark qilsalar, ularni kim bu yo‘lga dalolat qiladi?! Bilmaganlarni kim ergashtiradi?! Bilmaganlar kimga ergashadi?!

Yana so‘zning davomi: «Ta’lim bergan kishilaringizdan haq olmangizlar, magar menga bergan ozgina hadyalaringizdan boshqa». Ya’ni olimlar nabiylarning vorislaridir. Shuningdek, payg‘ambarlar xalqni haq olmasdan o‘qitishgan. Allohning so‘zi:

«(Ey Muhammad, Makka mushriklariga) ayting: «Men sizlardan bu (da’vatim) uchun ajr-mukofot so‘ramayman, faqat qarindoshchilikdagi do‘stlik, yaqinliknigina (so‘rayman)» (Sho‘ro, 23); «Mening ajr-mukofotim yolg‘iz Allohning zimmasidadir» (Sa’ba, 47). Shuningdek, olimlar ham payg‘ambarlarga ergashmoqliklari va bergan ilmlariga haq olmasliklari lozim bo‘ladi.

Ammo Iso alayhissalomning so‘zidagi «qahqaha bilan kulishlik» makruhdir. Ushbu amallar, axmoqlarninggina amallaridandir. «Kechasi bedor bo‘lmay, yana kunduzi uxlashlik», ya’ni kunduzning avvalida uxlashlik, kechasi bedor bo‘lmasdan, bu ham ahmoqlikdir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:17:22
248. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kunning avvalida uxlashlik ahmoqlik, o‘rtasida uxlashlik xush xulqlilik, kunning oxirida uxlashlik nodonlikdir».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:17:32
249. Ibn Umardan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: «Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni masjidga chiqdilar, qavm gapirib, kulishib turardi. Payg‘ambar (s.a.v.) ularning oldida to‘xtab, salom berdilar va ularga: «Lazzatlarni kesuvchi narsani ko‘p zikr qilinglar», dedilar. Bizlar: «Yo Rasulalloh, lazzatlarni kesuvchi narsa nima?» deb so‘radik. «O‘lim», dedilar. Shundan keyin, yana bir kuni chiqdilar. Qavm kulishib turgan edi. Ularga salom berib: «Ogoh bo‘linglar! Mening nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar men bilgan narsalarni sizlar bilganingizda edi, albatta, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lar edingizlar», dedilar. Shundan so‘ng, yana bir kun masjidga chiqdilar. Qavm kulishib, gapirishib turgan edi, ularga salom berib: «Albatta, Islom g‘arib holatda boshlandi va g‘arib holatga qaytadi. Qiyomat kunida g‘ariblarga qanday ham yaxshi», dedilar. So‘rashdilarki: «Qiyomat kunidagi g‘ariblar kimlar?» deb. «Odamlar buzilib ketgan vaqtda ular salohiyat va yaxshilikda bo‘ladilar», dedilar».

Faqih aytadi: Bizlarga Ishoq ibn Mansur aytadiki: «Xizr alayhissalom Muso alayhissalomdan ajralayotgan vaqtda Muso alayhissalom Xizr alayhissalomga: «Menga mav’iza qiling», dedilar. Xizr alayhissalom: «Yo Muso, tortishishdan saqlaning, biror hojatsiz yuruvchi bo‘lmang, sababsiz kulmang, xato qilgan kishiga xatosini aytib ayb-lamang», dedilar. Boshqa rivoyatda: «Xato qilguvchilarning xatosini aytib, ayblamang va qilgan xatolaringizga yig‘lang, ey Imron o‘g‘li», degan edilar».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:19:53
250. Ibn Abdullohdan rivoyat qilindi: «Payg‘ambar (s.a.v.) kulmasdilar, balki tabassum qilardilar, qaraganlarida ham hammaga barobar qarar edilar».

Bu xabar tabassum qilishning mubohligiga dalildir. Albatta, qahqaha otib kulishdan qaytardilar. Kishi qahqaha otib ozgina kulsa, oxiratda ko‘p yig‘laydi. Endi o‘ylangchi, dunyoda ko‘p kulsa, qiyomat kunida uning holi qanday bo‘ladi? Alloh taolo: «Bas, o‘zlarining kasb qilgan narsalarini (ya’ni kofirlikni tanlaganlari) jazosiga (bu dunyoda) ozgina kulsinlar, (so‘ngra oxiratda) ko‘p yig‘lasinlar!» (Tavba, 82).

Rabi’ ibn Husayma deydi: Allohning kalomida: «Ozgina kulsinlar» — dunyoda va «ko‘p yig‘lasinlar» — oxiratda jahannam o‘tida «qilgan kasblariga jazo bo‘lib», deyilmoqda.

Hasan Basriy aytdi (roziyallohu anhu): «Ajabo kuluvchidan! Uning orqasida do‘zax! Ajabo xursand bo‘luvchidan! Uning orqasida o‘lim!»

Aytiladiki: «Hasan Basriy kulib turgan yigitni oldidan o‘tdi va unga qarab: «Ey o‘g‘lim, sirotdan o‘tdingmi?» dedi. Yigit: «Yo‘q!» deb javob qildi. Yana savol qildi: «Senga ravshan bo‘ldimi jannatda yoki do‘zaxda bo‘lishing?» Yigit: «Yo‘q!» dedi. Hasan Basriy so‘radi: «Kulishingga ne sababdir?»

Bu suhbatdan keyin o‘sha yigitning kulgani ko‘rilmadi. Hasan Basriyning so‘zlari uning qalbiga o‘rnashib, kulishdan tavba qilgan ekan».

Zikr qilinishicha, o‘sha zamonning olimlari shunday edilar. Ular biror mav’izada gapirsalar, ularning kalomlari eshituvchiga ta’sir qilardi. Chunki ular ilmlariga amal qilardilar, ularning ilmlari boshqalarga ta’sir qilardi. Ammo bizning zamonamiz olimlari ilmlariga amal qilmaganidan, boshqalarga ham ilmlari foyda bermaydi.

Ibn Abbosdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: «Kim kulib gunoh qilsa, u do‘zaxga yig‘lab kiradi».

Aytildi: «Odamlarning dunyoda ko‘p kulganlari oxiratda ko‘p yig‘laydilar. Dunyoda ko‘p yig‘laganlari jannatda ko‘p kuladilar».

Yahyo ibn Maoz Roziy aytadi: «To‘rt xislat mo‘minning kulishdan va xafa bo‘lishidan man’ qilib qo‘yadi: 1) oxirat g‘ami; 2) yashash bilan shug‘ullanish; 3) gunohlar g‘ami; 4) musibatlarning og‘riqlari».

Mo‘min kishiga mana bu to‘rt xislat bilan mashg‘ul bo‘lmog‘i lozim. Bu xislatlar kulishlikdan uni man’ qiladi. Albatta, kulish mo‘minning amalidan emas.
   
Alloh taolo kulish bilan yurgan qavmni aybladi: «Ey mushriklar, hali sizlar mana shu so‘zdan (Qur’ondan) ajablanursizlarmi? (Undagi oyatlarning benazir va bemisl o‘git-nasihatlaridan ta’sirlanib) yig‘lamasdan, g‘ofil bo‘lgan hollaringizda kulursizlarmi?» (Najm, 59—61).

Yig‘lash bilan yurgan qavmlarni maqtadi: «Ular yig‘lagan hollarida yuzlari bilan yiqilurlar va (Qur’on) xokisorliklarini ziyoda qilur» (Al-Isro, 109).

Va aytildi: «Tiriklarning g‘ami besh narsadir. Inson mana shu besh g‘am bilan yurmog‘i lozim bo‘ladi:
1. O‘tgan gunohlarining g‘ami, chunki u qilgan gunohlari afv qilingani ravshan emas. Mana shundan g‘amgin va mashg‘ul bo‘lmog‘i lozim.
2. U yaxshi amallar qildi, ammo uning qabul qilinganligi aniq-ravshan emas.
3. U o‘tgan hayotining qanday, qaerda o‘tganini bildi, lekin qolgan umrining qanday o‘tishini bilmaydi.
4. U Allohning ikki uyi borligini biladi. Lekin qaysi birida bo‘lishini bilmaydi.
5. Alloh taolo undan rozi yoki g‘azabli ekanligini bilmaydi. Kimning hayotida bu besh narsalar bo‘lsa, albatta u kulishdan qaytadi.

Kimning hayotida mana bu besh narsa bo‘lmasa, o‘limidan keyin besh g‘am uning istiqboliga chiqadi:
1. Harom va shubhalardan yig‘ib qoldirgan narsalari va ularni dushman (vorislariga) qoldirganiga hasrat qilishligi.
2. Yaxshi amallarni yaqinda qilaman, deb kechiktirganligiga pushaymon bo‘lishlik va amallarini kitobida (nomai a’molida) kam ko‘rganidan keyin, yaxshi amallar qilish uchun ruxsat so‘raydi, unga ruxsat berilmaydi.
3. Gunohlariga pushaymon bo‘lishligi, u kitobida ko‘p gunohlarni ko‘radi, shundan so‘ng tavba qilishga, qaytishga ruxsat so‘raydi. Unga ruxsat berilmaydi.
4. O‘zida dushmanlarni ko‘p ko‘rmoqligi. Ularga o‘z yaxshi amallarini berib, rozi qilishdan boshqa yo‘l topolmaydi.
5. Allohning unga g‘azabi borligini ko‘radi va Uni rozi qilish mumkin bo‘lmaydi»
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:20:08
251. Abu Zarr G‘iforiy rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: «Agar men bilgan narsani sizlar bilganlaringizda edi, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lar edingizlar. Agar men bilgan narsani bilganlaringizda edi baland joylarga chiqib, baland ovozda Rabbilaringizga duo qilar edingizlar va yig‘lardingizlar. Agar men bilgan narsani bilganlaringizda edi, xotinlaringiz bilan quvonib yurmas edingizlar va to‘shaklaringizga ham olmas edingizlar. Koshki, Alloh taolo meni xalq etgan kunda kesiladigan daraxt qilib yaratganda edi!»

Yunus Hasan Basriydan rivoyat qiladi: «Basriy aytdi: «Mo‘min xafa holatda kechani o‘tkazadi va xafa holatida tong ottiradi». Hasan Basriyni qachon ko‘rsam u kishiga yangi musibat kelgandek ko‘rardim».

Boshqa rivoyatda aytiladi: Hasan Basriy xuddi onasini ko‘mib kelgan kishi suratida xafa holatida ko‘rinar edilar.
Avzoiy Allohning:
«Bu qandoq kitobki, na kichik va katta na katta (gunohni) qoldirmay, barchasini hisoblab-bitib qo‘yibdi» (Kahf, 49) oyati haqida aytdi: «Kichigi ­ tabassum, kattasi — qahqahadir», ya’ni qahqaha katta gunohlardandir.

Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilindi: «Agar men bilgan narsani bilganlaringizda edi, kam kulib, ko‘p yig‘lardingiz. Agar men bilgan narsani bilganla-ringizda edi, bellaringiz uzilguncha sajda qilardingiz, ovozingiz o‘chguncha baqirardingiz. Alloh taologa yig‘langlar! Agar yig‘lamoqqa qodir bo‘lmasangiz, yig‘lovchiga o‘xshanglar».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:20:17
252. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar : «Qiyomat kunida uch ko‘zdan boshqa hamma ko‘z yig‘laydi:
1. Allohdan qo‘rqib yig‘lagan ko‘z. 2. Alloh harom qilgan narsalardan tiyilgan ko‘z. 3. Alloh yo‘lida tong ottirgan ko‘z».

Abu Hanifa aytdi, Alloh undan rozi bo‘lsin: «Men bir marta kulganman, o‘shanga ko‘p pushaymonlarim bor. Amr ibn Ubayd Qadariy ­ mutaziliylarining imomi bilan munozara qildim. Vaqtiki, g‘alabani sezib, kuldim, menga aytdiki: «Ilmdan gapirib, yana kulasan. Senga hech qachon gapirmayman». Men o‘sha ishga pushaymon bo‘ldim. Shu vaqtda kulmaganimda edi, uning menga aytgan so‘ziga javob qaytarardim. Bunda olimning salohiyati bordir».

Muhammad ibn Abdullohdan rivoyat qilindi, u kishi aytdi: «Kim ortiqcha qarashni tark qilsa, xushu’ga yetgan bo‘ladi, kim kibrni tashlasa, tavozu’ga yetgan bo‘ladi, ko‘p gapirishni tashlasa, hikmatga yetadi. Kim ko‘p ovqat yeyishni tashlasa, ibodatning halovati bo‘ladi, kim mazax qilishni tashlasa, yuzi yorug‘ bo‘ladi, kim kulishni tark qilsa, haybatga yetgan bo‘ladi, kim rag‘batni tark qilsa, muhabbatga yetgan bo‘ladi. (Ya’ni odamlarning mollaridan rag‘bat qilishni tashlasa, odamlar uni yaxshi ko‘radi.) Kim josuslikni tark qilsa o‘zining ayblarini isloh qilishga yetadi, kim Allohning sifatlarida gumonni tashlasa, shubha va nifoqdan najot topadi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:20:26
253. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taoloning: «Uning tagida ular uchun bir xazina bor edi» (Kahf, 82), degan so‘zidagi «xazina» tillodan lavh (taxta) bo‘lib, unda beshta satr yozilgan:
1. O‘limga ishonib, xursand bo‘lib yurgan kishiga ajablandim.
2. Do‘zaxni bilib, kulib yurgan kishiga ajablandim.
3. Qadarga ishonib, yana xafa bo‘ladigan kishiga ajablandim.
4. Dunyoning ketib qolishini va ahliga kelishini bilib, xotirjam bo‘lgan kishidan ajablandim.
5. La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh — Allohdan boshqa ma’bud yo‘q, Muhammad uning elchisidir».

Sobit Banoniy, Alloh rahmat qilsin, aytdi: «Mo‘minning kulishligi oxirat ishlaridan g‘aflatda qolishidandir. Agar undan g‘aflatda bo‘lmaganda edi, hech kulmasdi».

Yahyo ibn Maoz Roziy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: «Bir xursandchilikni talab qilgin, uning orqasida xafachilik bo‘lmasin, bir xafachilikni talab qilgin, uning orqasida xursandchilik bo‘lmasin». Ya’ni, demak, agar jannat xur-sandchilik bo‘lmasin». Ya’ni, demak, agar jannat xursand-chiligiga yetmoqlikni xohlasang, bu dunyoda xafa holda bo‘lgin. Kuluvchi, xursand holda bo‘lmaginki, jannat xursandchiligiga yetishing uchun. U xursandchilikning orqasida xafalik yo‘q.

Va yana aytildi: «Uch narsa qalbni qattiq qiladi: sababsiz kulish, qorni och bo‘lmasdan yeyishlik va hojatsiz gapirishlik».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:20:35
254. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Yolg‘on gapirib, odamlarni kuldirgan kimsaga vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin!»

Ibrohim Naxaiy aytdi: «Kishi gapirib atrofdagilarni kuldiradi. Bu kalima bilan Alloh g‘azab qiladi va unga Allohning g‘azabi bo‘ladi. Bu g‘azab uning atrofidagilarni umum qiladi (qo‘shib yuboradi). Kishi bir kalima gapiradi. U kalima bilan Alloh rozi bo‘ladi, unga va atrofidagilarga rahmat yetadi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:20:53
255. Rasululloh (s.a.v.) Abu Hurayraga aytdilar: «Ey Abu Hurayra, taqvodor bo‘lgin, odamlarning obidrog‘i bo‘lasan, qanoatli bo‘lgin, odamlarning shukr qilguvchirog‘i bo‘lasan, o‘zing yaxshi ko‘rgan narsani odamlar uchun ham yaxshi ko‘rgin, mo‘min bo‘lasan, kulishni kamaytirgin, chunki ko‘p kulishlik qalbni o‘ldiradi».

Ahnaf ibn Qays aytadi: Umar ibn Xattob, Alloh undan rozi bo‘lsin: «Ey Ahnaf, kim kulishni ko‘paytirsa, uning haybati kamayadi; kim mazax qilsa, u bilan yengil sanaladi; kim bir narsani ko‘paytirsa, o‘sha bilan taniladi. Kim gapni ko‘paytirsa, uning xatosi ko‘payadi; xatosi ko‘pning hayosi kamayadi; kimning hayosi kamaysa, uning taqvosi kamayadi; kimning taqvosi kamaysa, uning qalbi o‘ladi; kimning qalbi o‘lsa, do‘zax unga avloroq bo‘ladi».

Faqih aytadi: Qah-qaha otib kulishdan saqlan. Chunki unda sakkizta ofat bordir:
1. Seni ulamolar va aqlli kishilar yomon ko‘radi.
2. Senga johillar va axmoqlar jur’at qiladi.
3. Agar johil (ilmsiz) bo‘lsa, ilmsizligi ortadi, agar olim bo‘lsa, ilmi kamayadi. Chunki xabarda keldi: «Albatta, olim kishi kulsa, uning ba’zi ilmi otilib chiqadi».
4. Qahqaha otib kulishdan o‘tgan gunohlarni unutish bordir.
5. Qahqaha otib kulinsa, kelajakda gunohlarga jur’at qilinadi. Chunki, kim kulsa, qalbi qattiq bo‘ladi.
6. Unda o‘limni va oxirat ishlarini unutish bordir.
7. U kuldirgan kishining gunohi unga o‘tadi.
8. Ozgina kulish bilan oxiratda ko‘p yig‘lash «mukofoti» bor.

Alloh taolo aytdi: «Bas, o‘zlari kasb qilgan narsalari jazosiga ozgina kulsinlar, ko‘p yig‘lasinlar» (Tavba, 82).

Abu Zarr (roziyallohu anhu) Allohning kalomidagi «ozgina kulsinlar»ning ma’nosini aytadi: «Albatta, dunyo ozgina (qisqa), unda xohlaganlaringcha kulinglar. Agar Allohga qaytsalar, shunchalik yig‘laydiki, yig‘i uzilmaydi. Bu Allohning so‘zi: «o‘zlarining kasb qilgan narsalari jazosiga ko‘p yig‘lasinlar». Allohning so‘zi haqdir. Alloh haqni aytdi».

__________
XXII BOB. KULISHDAN QAYTARISH BOBI HADISLARI

1. Hadis.
“Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kunning avvalida uxlashlik...” Sahih mavquf*. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (4737-4737) va Daylamiy (7161) va “Tanzihush-shariyati” (198/2)ga qarang.
2. Ibn Umar.
“Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni masjidga chiqdilar...” Hasan*. Termiziy (2308), Nasoiy (414), Ibn Moja (4258).
3. Hadis.
“Ogoh bo‘linglar! Mening nafsim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6486/11) va Muslim (2359) Anasdan.
4. Hadis.
“Albatta Islom g‘arib holatda boshlandi...” Sahih*. Muslim (145), Termiziy (2629) va Ibn Moja (3976) Abu Hurayradan.
5. Ibn Abdulloh.
“Payg‘ambar (s.a.v.) kulmasdilar...” Mu’zal*. “Sahihul jome’” (48/1) ga qarang.
6. Abu Zarr G‘iforiy.
“Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar men bilgan narsalarni sizlar bilganingizda edi...” Hasan*. Ahmad (173/5) va Termiziy (2313) va Ibn Moja (4190).
7. Muhammad ibn Ajlon.
“Qiyomat kunida uch ko‘zdan boshqa hamma ko‘z yig‘laydi...” Zaif*, Abu Na’im, “Al-xulya” (163/3) va Ibn Javziy, “Zammul-havo” (141) va “Az-zaifatu” (1562) ga qarang.
8. Hadis.
“Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: “Alloh taolo so‘zi: “Uning tagida ular uchun bir xazina bor edi...” Zaif* Ibn Jarir tafsirlarida (6,5/16) Hasandan. Bayhaqiy, “Az-zuhd” (540).
9. Ibn Abbosdan.
“Yolg‘on gapirib, u bilan...” Hasan*. Ahmad (523/5), Abu Dovud (4990), Termiziy (2315), Dorimiy (2702).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:21:30
XXIII BOB. G‘AZABNI YENGMOQ

256. Faqih Abu Said Xudriydan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Albatta, g‘azab o‘tdan uchqundir. Kimga g‘azab kelsa, tik turgan bo‘lsa, o‘tirib olsin, agar o‘tirgan holda g‘azabi to‘xtamasa, yotib olsin, agar yotib olgan taqdirda ham g‘azabi kelsa, tuproqqa yumalasin».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:21:39
257. Abu Said Xudriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «G‘azabdan saqlaninglar. Albatta, u inson yuragida o‘t yondiradi. Ko‘rmaysizmi, agar birontalaringizga g‘azab kelgan vaqtda ko‘zlari qanday qizarishini va bo‘yin tomirlarining bo‘rtib chiqishini. Agar sizlardan birontangiz g‘azabdan biron narsani sezsa, yotib yerga yopishib olsin». Va yana aytdilar: «Sizlardan g‘azabi tez kelib, tez ketadiganlaringiz bor. Bittasi ikkinchisi bilan. Sizlardan g‘azabi sekin kelib sekin qaytadiganlar bor. Biri boshqasi bilan. Sizlardan yaxshilaringiz g‘azabi sekin kelib, sekin ketadiganlaringizdir».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:22:01
258. Abu Amoma Bohiliy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: «Kim o‘ch olishga qodir bo‘lib, o‘ch olmasdan, g‘azabini bossa, Alloh uning qalbini qiyomat kunida rizo bilan to‘ldiradi».

Aytilishicha, Injilda bunday yozilgan:
«Ey Odam farzandi! Meni o‘zingga g‘azab kelganda eslagin, Men seni g‘azabim kelganda eslayman. Senga bergan yordamimga rozi bo‘lgin. Albatta, Mening senga yordamim o‘zingga qilgan yordamingdan yaxshidir».

Umar ibn Abdulaziz g‘azabini keltirgan bir kishiga aytdi: «Agar sen mening g‘azabimni keltirmaganingda men seni jazolar edim».
Allohning:
«Va g‘azablarini ichlariga yutadigan» (Oli Imron, 134) so‘zini iroda qilib aytgan edi.

Zikr qilindi: U kishi bir mastni ko‘rgan ekan. Unga ta’zir berishni xohladi. Haligi mast u kishini so‘kibdi. So‘kayotganida Umar qaytib ketdi. So‘ngra so‘rashdiki: «Ey mo‘minlarning amiri, sizni so‘kayotganda nima uchun uni tark qildingiz?» Umar: «Chunki u mening g‘azabimni keltirdi, shu paytda unga ta’zir berganimda, nafsimning g‘azabi uchun bo‘lar edi. O‘zimning hamiyatim uchun musulmon kishini urmoqni xohlamayman», dedi.

Maymun ibn Mahrondan rivoyat qilindi: U kishining cho‘risi sho‘rvani keltirayotib, bir narsaga qoqilib, sho‘rvani u kishining ustiga to‘kib yubordi. Maymun uni urmoqchi bo‘ldi. Joriya: «Ey xo‘jayin, Allohning «va g‘azablarini ichlariga yutadigan...» degan so‘ziga amal qilgin», dedi. Aytdi: «Shunday qildim». Cho‘ri: «Va odamlardan kechiruvchilar», degan oyatga amal qilgin», dedi. Mahron o‘g‘li aytdi: «Kechirdim». Cho‘ri: «Alloh muhsinlarni sevguvchidir», oyatiga amal qilgin», dedi. Mahron o‘g‘li aytdi: «Sen o‘zingga yaxshilik qilding, sen Alloh yo‘lida ozodsan».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:22:20
259. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: «Kimda uch xislat bo‘lmasa, imon mazasini topmaydi. Halimlik – u bilan johilning johilligini qaytaradi. Taqvodorlik – u harom narsalardan saqlaydi. Xulqlilik – u bilan odamlar bilan muomala qilinadi».

Oldin o‘tgan kishilarning biridan zikr qilindi: «U kishida bir ot bor edi. U kishi otini ko‘p yaxshi ko‘rardi. Bir kuni kelib, oti uch oyoqli bo‘lib qolganini ko‘rdi. G‘ulomidan so‘radi: «Bu ishni kim qildi?» G‘ulom: «Men», dedi. Xo‘jayini: «Nima uchun?» dedi. G‘ulom: «Seni g‘amga solmoqchi edim», dedi. Xo‘jayin: «Albatta, seni bu ishga buyurgandan (ya’ni, shaytondan) ranjidim. Endi ketavergin, sen ozodsan, ot ham senga», dedi.

Faqih aytadi. «Mo‘min kishi halim, sabr qilguvchi bo‘lmog‘i lozim. Albatta, bu taqvodorlarning xislatlaridandir. Alloh taolo halim kishini o‘z kitobida maqtadi.

«Albatta, kim sabr qilsa va kechirib yuborsa», ya’ni kimki o‘ziga yetgan zulmga sabr qilsa va intiqom olmay Alloh uchun kechirib yuborsa, «Shak-shubhasiz bu ishlarning maqsadiga muvofig‘idir» (Sho‘ro, 43). Ya’ni, ishlarning haqlaridanki, uning qilguvchisi qilgan ishida ulug‘ savobga erishadi.

Boshqa oyatda aytiladi: «Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo‘lmas», ya’ni yaxshi so‘z bilan yomon so‘z barobar bo‘lmaydi. Musulmon uchun yaxshi so‘zni yomon so‘z bilan mukofotlash lozim bo‘lmaydi. «Siz eng go‘zal so‘zlar bilan daf qiling», ya’ni yomon so‘zlarni yaxshi so‘zlar bilan ketkazing. «Banogoh, siz bilan o‘rtalaringizda adovat bo‘lgan kimsa qaynoq-sodiq do‘st kabi bo‘lib qolur» (Fussilat, 34).

Agar sen shunday qilsang, dushmaning do‘stga aylanadi, xuddi qarindosh-urug‘dek.
Alloh taolo do‘sti Ibrohim alayhissalomning halimligini maqtadi: «Zotan, Ibrohim halim – ko‘ngilchan va ibodatli kishidir» (Hud, 75). Bas, halim kishi gunohlarni kechirguvchidir. Ko‘ngilchan odam o‘z gunohlarini eslab ko‘ngilchanlik qiladi. Ibodatli kishi esa Allohning ibodatiga yuzlangan.

Albatta, Alloh taolo Payg‘ambarga (s.a.v.) sabrli va halim bo‘lishni buyuryapti. U kishiga ul zotdan oldingi payg‘ambarlarga shunday zotlar ekanini xabar berdi: «Bas, (Ey Muhammad) siz ham (o‘tgan) payg‘ambarlar orasidagi sabot-matonat egalari sabr qilganidek sabr qiling» (Ahqof, 35). Ya’ni, kofirlarning yolg‘onga chiqarganlariga va aziyatlariga kofirlar bilan urushga buyurilgan payg‘ambarlarning sabr qilishidek sabr qiling. Sabot-matonat kishilari ishlarida sobit bo‘ldilar va keladigan aziyatlarga sabr qildilar.

Hasan aytdi: Allohning kalomida keladi:
«Johil kimsalar (bema’ni) xitoblar qilgan vaqtida ham, «Omon bo‘linglar», deb javob qilganlar» (Furqon, 63), ya’ni ularga johillik qilsalar ham yumshoq holda aytdilar».

Vahb ibn Munabbahdan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. Aytdi: «Bani Isroilda bir obid bor edi. Shayton bu obidni adashtirmoqni xohladi, lekin qodir bo‘lmadi. Bir kuni obid ba’zi ehtiyojlari uchun shaharga chiqdi. Shayton ham u bilan birga chiqdi. Shayton shahvat va g‘azab tomonidan uni adashtirmoqchi bo‘ldi. Lekin bu ishni qilishga qodir bo‘lmadi. Keyin qo‘rqitmoqchi bo‘ldi va unga tog‘dan tosh otdi. Tosh unga yetayotgan vaqtda Allohni esladi va Alloh taolo bu narsani undan uzoqlashtirdi. Keyin sher va yirtqich hayvonlar qiyofasiga kira boshladi. Allohni zikr qilganida unga hech narsa qilmadi. Keyin ilon suratiga kirib, namoz o‘qiyotgan qadamlariga va jasadiga o‘ralib oldi, hattoki, boshigacha yetdi. Agar sajda qilmoqchi bo‘lsa, boshiga o‘ralib olardi va og‘zini ochib, uning boshini tishlamoqchi bo‘lardi. U ilonni qo‘li bilan o‘zidan ketkazib, sajdaga mumkin bo‘larli darajadagi joyga ega bo‘ldi. Vaqtiki namozidan bo‘shaganidan keyin, shayton uning oldiga kelib: «Men senga shuncha ishlarni qildim, lekin senga hech narsa qila olmadim. Endi sen bilan do‘stlashmoqni istayman, bundan keyin seni adashtirishni xohlamayman», dedi. Obid: «Yo‘q, bugun sen meni qo‘rqitding. Alhamdulillah, qo‘rqmadim, endi sen bilan do‘stlashmoqqa hojat yo‘q», deb javob berdi. Shayton unga: «Sendan keyin ahlingga nima yetishi to‘g‘risida so‘ramaysanmi?» dedi. Obid unga: «Men ularga o‘xshab o‘laman», dedi. Shayton: «Odam farzandi nima bilan adashtirilganini ham so‘ramaysanmi?» dedi. Obid dedi: «Menga odam farzandining qanday zalolatga ketganini xabarini bergin». Shayton aytdi: «Baxillikdan, ortiqcha g‘azab, qiziqqonlik va mastlikdan adashdilar. Albatta, inson baxil bo‘lsa, uning ko‘z o‘ngida molini kamaytiramiz. Keyin uning huquqidan man qilib, odamlarning moliga rag‘bat etiladi. Agar kishi qiziqqon va g‘azabli bo‘lsa, uni go‘daklarning oldidagi koptokdek o‘ynatamiz. Agar o‘sha o‘likni tiriltirsa ham, undan noumid bo‘lmaymiz. Albatta, u bitta kalimada ham bino bo‘ladi, ham buziladi. Agar mast bo‘lsa, hamma yomonliklarga yetaklaymiz. Xuddi qo‘yning qulog‘idan ushlab xohlagan tomoniga yetaklagandek».

Shayton g‘azab qiladigan kishining xabarini berdi: u shayton qo‘lida bolalarning qo‘lidagi to‘p kabi bo‘lishini bildik. G‘azab qiladigan kishi shaytonga asir bo‘lmasligi va amalini yo‘qotmasligi uchun sabr qilmog‘i lozim bo‘ladi.

Zikr qilindiki, shayton Muso alayhissalomning oldilariga kelib: «Ey Muso! Seni Alloh taolo o‘z risolatini berish bilan tanladi, men ham Allohning yaratgan maxluqlaridan biriman, men ham sening Rabbingga tavba qilishni xohladim, mening tavbamni qabul qilishini so‘ragin», dedi.

Muso alayhissalom uning gapidan xursand bo‘lib ketdi. Shundan so‘ng, tahorat qilib, Alloh xohlaganicha namoz o‘qib, bu so‘zlarni aytdi: «Ey Rabbim! Albatta, shayton Sening yaratgan bir maxluqing, Sendan tavba so‘rayapti, uning tavbasini qabul qilgin». Alloh aytdi: «Ey Muso! Shayton tavba qilmaydi». Muso: «Ey Rabbim, u Sendan tavba so‘ra-yapti», dedi. Musoga vahiy keldi: «Ey Muso, Men sening duoingni qabul qildim, unga buyurgin, borib Odamning qabriga sajda qilsin, keyin tavbasini qabul qilaman».

Muso xursand holda chiqib, unga xabarni yetkazdi. Bu gapdan g‘azablanib, o‘zini kibrli sanab, shayton dedi: «Men Odamning tirikligida sajda qilmagan o‘lganida sajda qilamanmi?»

Shundan so‘ng, shayton Muso alayhissalomga: «Ey Muso, sening men haqimda Rabbingga borib, shafoat qilganing uchun menda sening haqqing bor. Shunday ekan, bas, senga uch narsa bilan vasiyat qilaman va uch xislatda meni esda tutgil: Birinchi, g‘azablangan vaqtingda meni eslagin. Chunki men sening qalbingdaman va qon yurgandek jasadingda yuraman. Ikkinchi, dushmaningni tashlab qochayotganingda, meni eslagin. Chunki men odam farzandi dushmaniga mos kelgan vaqtda kelaman va unga xotinini, ahlini, moli va bolalarini eslatib qo‘yaman. Hatto, orqasiga qarab qochguncha. So‘ngra, nomahram xotin bilan yolg‘iz holatda o‘tirishdan saqlangin. Chunki men sening unga va uning senga elchisi bo‘laman»

Luqmon Hakimdan zikr qilindi. Qg‘liga aytdi: «Yo o‘g‘ilginam! Uch narsa uch narsa bilan birgalikda bilinadi: yumshoqlik – g‘azab kelganda, shijoatlilik – urushga kirganda, birodarlik – xojat tushganda».

Zikr qilindi: Tobe’inlardan bittalari bir kishining yuziga u kishini maqtabdilar. Haligi kishi: «Ey Allohning bandasi! Nima uchun meni maqtading? G‘azabim kelganda, meni sinab ko‘rib, yumshoqligimni topdingmi?» dedi.
Javob qildi: «Yo‘q».
Yana so‘radi: «Safar qilganingda, meni sinab ko‘rib, yaxshi xulqlik holatda topdingmi?»
Javob qildi: «Yo‘q!»
So‘radi: «Omonat berganda, meni sinab ko‘rib, omonatiga sodiq deb topdingmi?»
Javob qildi: «Yo‘q!»
Keyin: «Sening holingga voy bo‘lsin. Birov birovni mana shu uch xislat bilan sinab ko‘rmaguncha, maqtamasin», dedi.

Aytadilar: «Uch narsa jannat ahlining xulqlaridandir. Ular karim kishilardagina topiladi: senga zulm qilgan kishini afv qilmoq; seni biror narsadan mahrum qilgan kishiga bermoq va senga yomonlik qilgan kishiga yaxshilik qilmoq».

Alloh taolo aytdi: «(Ey Muhammad!) Marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring» (A’rof, 199).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:23:42
260. Rivoyat qilindi: Ushbu oyat tushganda Jabroil alayhissalomga Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Ey Jabroil, bu oyatning tafsiri nimadir?»

Jabroil aytdi: «Ey Muhammad (s.a.v.), Alloh taolo sizga uzilgan kishingiz bilan bog‘lanishingizni, sizni bir narsalardan mahrum qilgan kishiga biror narsa bermoqligingizni va sizga zulm qilganni afv qilmog‘ingizni buyurdi», dedi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:23:51
261. Abu Hurayra aytdilar: «Bir kishi Abu Bakr Siddiqni so‘kayotganida Payg‘ambar (s.a.v.) o‘tirgan edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) ham, Abu Bakr ham jim o‘tirib edilar, haligi odam Abu Bakrni so‘kishdan to‘xtagandan keyin, Abu Bakr unga gapirib qoldi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) o‘rinlaridan turib ketdilar. Abu Bakr Siddiq u kishini topib: «Ey Allohning elchisi, meni so‘kkanda o‘tirgan edingiz, men gapirganimda nima uchun turib ketdingiz?» deb so‘radi.

Payg‘ambar (s.a.v.) javob qildilarki: «U sizni so‘kayotganda, farishta unga javob qaytarib turgan edi. Ana shu holatda o‘tirgan edim, keyin siz unga gapirdingiz, farishta ketdi, farishtaning o‘rniga shayton o‘tirdi. Men shayton o‘tirgan joyda o‘tirishni o‘zimga yomon deb bilib, u yerdan ketdim», dedilar. So‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Uch narsa Alloh taoloning haqqidandir: birovdan zulm ko‘rib, mazlum bo‘lgan kishi zulm qilgan kishini Alloh roziligi uchun kechirsa, Alloh taolo o‘sha kechirganligi uchun unga izzatni ziyoda qilib qo‘yadi. Banda ko‘p mol bo‘lishini xohlab, so‘rashlik eshigini ochsa, Alloh taolo unga kamchilikni ziyoda qilib qo‘yadi. Bir banda Alloh taolo roziligini istab, birovga biron narsa bersa, bergan narsasi uchun unga ko‘plikni ziyoda qilib qo‘yadi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:23:59
262. Ibn Abbosdan, Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Har bir narsaning sharafi bordir. Masjidlar sharafi qibla tomonga qarab o‘tirmoqlikdir. O‘tirganda ham tinchlik bilan o‘tirmoqlikdir. Tahoratsiz va uxlayotgan kishining orqasidan namoz o‘qimangizlar. Namozdagi vaqtingizda ham chayon bilan ilonni o‘ldiringizlar. Devorni kiyimlar bilan bekitmangizlar. Kim bi-rodarining xatiga ruxsatsiz qarasa, do‘zaxga qaragan kabidir. Kim odamlarning kuchlirog‘i bo‘lishni yaxshi ko‘rsa, Allohga tavakkul qilsin. Kim odamlarning hurmatlirog‘i bo‘lishni yaxshi ko‘rsa, Alloh taologa taqvo qilsin. Kim odamlarning boyrog‘i bo‘lishni yaxshi ko‘rsa, Allohning qo‘lidagi narsani o‘zining qo‘lidagi narsadan ishonchliroq bilsin».

Keyin aytdilar: «Yomonlaringizning xabarini berayinmi?» Sahobalar: «Ha, ey Allohning rasuli», dedilar. Aytdilar: «Kim o‘zi yolg‘iz ovqatlansa, yordamini man’ qilsa, qulini kaltaklasa, o‘sha odam yomonlaringizdir».
Keyin: «Bundan ham yomonining xabarini berayinmi?» dedilar. «Ha, ey Allohning elchisi», deyishdi. Aytdilar: «Insonlarga g‘azab qiladigan va insonlar unga g‘azab qiladigan kishidir».
Keyin: «Bundan yomonining xabarini berayinmi?» dedilar.
«Ha, Rasululloh», deyishdi.
Aytdilar: «Hojatmandga yordam bermaydigan, uzrni qabul qilmaydigan, gunohni kechirmaydigan kishilardir».
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Bundan ham yomonrog‘ining xabarini berayinmi?»
Sahobalar: «Ha!» deyishdi.
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Yaxshiligidan umid qilinmaydigan va yomonligidan omon bo‘linmaydigan kishilardir». Yana dediki: «Iso alayhissalom Bani Isroil oldilarida turdilar. Va dedilarki: «Ey Bani Isroil! Johillar oldida hikmat bilan gapirmanglar, hikmatga zulm qilib qo‘yasizlar, hikmatni hikmat ahlidan man’ qilmangizlar. Ularga zulm qilib qo‘yasizlar. Rabbilaringiz oldida fazilatlaringizni botil qiladi. Ey Bani Isroil! Ishlar uch xildir: birinchisi, uning to‘g‘ri yo‘l ekanligi ravshan bo‘lgan ishdir, unga ergashinglar, ikkinchisi, xatosi zohir bo‘lgan ish, undan qochinglar, uchinchisi, bir ishki, unda ixtilof qilinsa, uni Allohga va Payg‘ambariga qaytaringlar».

Ba’zilari aytdilar: «Zuhd dunyoda to‘rt xildir:
1. Dunyo va oxirat ishida Alloh va’da qilgan narsaga ishonish.
2. Xalqning maqtovi va yomonlamog‘i uning nazdida bir xil bo‘lmog‘i.
3. Amalida ixlos qilmog‘i.
4. Unga zulm qilgan kishidan gunohini o‘tib yuborishi, qo‘l ostida ishlaydiganga g‘azab qilmasligi, yumshoq va sabrli bo‘lmog‘i».

Abu Dardodan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: «Bir kishi u kishining oldilariga kelib, menga kalimalardan o‘rgatginki, Alloh taolo shulardan foyda bersin», dedi. Abu Dardo: «Men senga Alloh taoloning ulug‘ darajadagi savobiga yetadigan kalimalarni tavsiya qilaman. Nima yesang, toza, halolidan yegin, Alloh taolodan rizqingni kunma-kun so‘ragin. O‘zingni o‘lganlardan hisoblagin. Hurmatingni Alloh uchun ber, senga aziyat bersa yoki so‘ksa, aytgin: «Hurmatimni Alloh uchun berdim» va agar sen yomonlik qilsang, Allohdan istig‘for so‘ragin», dedi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:24:23
263. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: Uhud jangida Payg‘ambarning (s.a.v.) tishlarini sindirishdi. Bu ish sahobalarga qattiq tegib: «Ey Allohning rasuli! Ularni duoibad qiling. Ular bizning ko‘z o‘ngimizda sizga zarar qildilar-ku!» deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Men la’nat qilish uchun yuborilmadim, balki duo qiluvchi va rahmat qiluvchi qilib yuborildim. Ey Parvardigorim! Qavmimni hidoyat qilgin. Ular bilishmaydi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:24:31
264. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kim musulmonlarni yomonlashdan tilini tiysa, Alloh taolo qiyomat kunida uning musibatiga kushoyish beradi. Kim g‘azabini to‘ssa, Alloh taolo qiyomat kuni unga qiladigan g‘azabidan najot beradi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:24:39
265. Mujohiddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni tosh ko‘tarib, qaysi birlari kuchliroq ekaniligini namoyish qilayotgan qavmning oldidan o‘tdilar. Rasululloh (s.a.v.) so‘radilar: «Bu nima?» Ular: «Katta tosh», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Sizlardan undan kuchliroq nima ekanligini aytayinmi?» Ular: «Ha! Ey Allohning elchisi», deyishdi. Aytdilar: «Bir kishi bir og‘aynisi bilan dushmanligi bo‘lsa, unga hamroh bo‘lgan shaytonni yengib, u birodariga gapirsa, o‘sha kishi eng kuchli odamdir», dedilar.

Boshqa rivoyatda: «Tosh ko‘tarib musobaqalashayotgan qavm-ning oldidan o‘tdilar va ularga aytdilar: «Sizlar o‘zlaringizni tosh ko‘tarish bilan kuchlimiz deb bilasizlarmi? Men sizlarga undan ham kuchlirog‘ining xabarini berayinmi?» Sahobalar: «Ha!» deyishdi. Aytdilar: «Unday kishi g‘azabini yutib, keyin sabr qiluvchi kishidir».

Yahyo ibn Maozdan zikr qilindi: «Kimki o‘ziga zulm qilgan kishini duoibad qilsa, Muhammadni (s.a.v.) Payg‘ambarlar ichida xafa qiladi va shaytoni la’inni kofirlar va shaytonlar ichida xursand qiladi. Kim zulm qilgan kishini kechirsa, iblis la’inni kofirlar va shaytonlar ichida xafa qiladi, hamda Muhammadni (s.a.v.) payg‘am-barlar ichida xursand qiladi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:24:48
266. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Qiyomat kunida nido qilguvchi nido qiladi: «Savoblari Alloh taolo ustida bo‘lgan kishilar qaerdalar?» Odamlarning ichida kechirib yuboruvchilar turadilar va ular jannatga kirgaydirlar».

Ahnaf ibn Qaysdan so‘raldi: «Insoniylik nimadir?» deb. Aytdi: «Mansab, davlat berilganda tavozu’li bo‘lishlik, qudratli vaqtida kechirishlik va minnatsiz berishlikdir».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:25:10
267. Atiyadan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Mo‘minlar yumshoq va muloyim bo‘ladilar. Xuddi majbur qilinmasdan yoki urilmasdan yurib turgan tuya kabiki, yetaklansa, ergashadi yoki toshning ustiga cho‘ktirilsa, cho‘kadi».

Faqih aytadi: Sizlarga g‘azab qilganda, sabr qilishlik lozim bo‘ladi. G‘azab kelganda shoshilmangizlar, shoshilishdan saqlaningizlar. Shoshqaloqlikda ham, sabrda ham uch narsa bordir.
Shoshqaloqlikdagi uch narsa:
1. Ichida pushaymon bo‘ladi.
2. Odamlar oldida malomat qilinadi.
3. Alloh oldida jazolanadi.
Sabrdagi uch narsa:
1. Ichida xursand bo‘lishlik.
2. Odamlar oldida maqtanishlik.
3. Allohdan savob olishlik.

Albatta, yumshoqlik avvalida achchiq, oxirida shirin bo‘ladi. Aytilganidek: «Yumshoqlikning mazasi boshida achchiq, oxirida asaldan shirin bo‘ladi».

___________
XXIII BOB. G‘AZABNI YENGMOQ BOBI HADISLARI

1. Abu Said Xudriy.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAlbatta, g‘azab o‘tdan uchqundir..." Zaif*. Abdurazzoq (20720) va Ahmad (61-19/3).
2. Abu Said Xudriy.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œG‘azabdan saqlaningiz..." Zaif*. Oldingi hadisga qarang.
3. "œRasululloh (s.a.v.) aytdilar: "œKim o‘ch olishga qodir bo‘lib..." Hasan*. Abu Dovud (4777) va Ibn Moja (4816).
4. Hadis.
"œPayg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: "œKimda uch xislat bo‘lmasa..." Zaif, marfu’*. Ibn Abu Dunyo, "œAl-hilm"da, Bayhaqiy "œAsh-shu’ab"da (7423) Hasandan rivoyat qilib, "œmursal" deyishgan.
5. Hadis.
"œJabroil alayhissalomga Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œEy Jabroil! Bu oyatning tafsiri nimadir?" Mursal*. Ibn Jarir (10569) va Ibn Kasir tafsiri (266/2) ga qarang.
6. Abu Hurayra.
"œBir kishi Abu Bakr Siddiqni so‘kayotganida..." Hasan*. Ahmad (436/2) va Abu Dovud (4897) va "œAs-sahihat" (2376, 2231) ga qarang.
7. Ibn Abbos.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œHar bir narsaning sharafi bordir..." Mavzu*. Hokim (270,269/4).
8. Hadis.
"œUhud jangida Payg‘ambarning (s.a.v.) tishlarini sindirishdi..." Sahih*. Muslim (2599/4).
9. Hadis.
"œRasululloh aytdilar: "œKim musulmonlarni yomonlashdan tilini tiysa..." Zaif*. Ibn Abu Dunyo (21) Ibn Umardan.
10. Mujohid.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) bir kuni to ko‘tarib..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6114/4) Muslim (2609/4) Abu Hurayradan.
11. Hadis.
"œPayg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilishdi: "œQiyomat kunida nido qiluvchi nido qiladi..." Zaif*. Uqayliy, "œAz-zuafo" (1498) va Tabaroniy, "œAl-avsat".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:25:29
XXIV BOB. TILNI SAQLASH

268. Abu Said Xudriy aytadi: «Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kelib: «Ey Allohning elchisi, menga vasiyat qiling», dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Allohga taqvo qilgin. Chunki u barcha yaxshiliklarni jam qiluvchidir. Jiddu jahdni mahkam tutgin. Chunki u musulmonlarning (yoki «musulmonning», dedilar) rohibligidir». Va Allohning zikrini va Qur’on tilovatini qilgin. Chunki u senga yerda nur, osmonda zikrdir. Yaxshi-likdan boshqasidan tilingni saqlagin. Shu bilan shay-tonni yengasan».

Faqih aytadi: Payg‘ambarning (s.a.v.): «Allohga taqvo qilgin», degan so‘zlarining ma’nosi Alloh qaytargan ishlardan qaytish uchun Alloh buyurganlariga amal qilishdir. Agar taqvo qilsa, barcha yaxshiliklarni jam qilibdi. Endi «tilingni saqlagin», deganlarining ma’nosi faqat yaxshiliklardan gapirgin, g‘animatli bo‘lasan yoki jim yurgin, salomat bo‘lasan. Chunki salomatlik sukutdadir. Bilgin, inson shaytondan jim turishlik bilan g‘alaba qiladi. Musulmon shaytondan xoli qo‘rg‘onda bo‘lishi va Alloh uning avratini berkitishi uchun tilini saqlamog‘i lozim bo‘ladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:25:39
269. Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: «Kim qulini ursa, kafforati uni ozod qilishlikdir. Kim tiliga podshoh bo‘lsa, Alloh uning uyat ishlarini berkitadi, kim g‘azabini yutsa, Alloh uni azobdan saqlaydi. Kim Allohdan uzr so‘rasa, uning uzrini qabul qiladi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:26:05
270. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisi va mehmonini hurmat qilsin, yaxshilikni gapirsin va jim tursin».

Faqih aytadi: Muhammad ibn Savqa Zohid dedi: «Sizlarga bir hadislarni aytayin, shoyadki, sizlarga ham foyda bersa, menga foyda berdi. Menga Ato ibn Abu Raboh aytdi: «Ey amakimning o‘g‘li, sizlardan oldingilar ortiqcha so‘zni yomon ko‘rardilar. Ular Allohning kitobi amri ma’ruf va nahiy munkar va hayotda yashash uchun kerak bo‘ladigan zarur so‘zlardan boshqa so‘zlarning hammasini ortiqcha deb hisoblar edilar».

Keyin aytdi:
«Allohning ushbu so‘zini inkor qilasizlarmi? «Holbuki, shak-shubhasiz, sizlarning ustingizda (qilgan har bir amalingizni) yod olib, yozib turguvchi ulug‘ (farishta)lar bordir» (Infitor, 10—11). Va yana:
«Zotan, o‘ng va chap (tomon)da o‘tirgan ikki qabul qilguvchi (yozib turguvchi farishta insonning aytgan va qilgan barcha yaxshi-yomon so‘z-amallarini) qabul qilib, yozib tururlar. U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatguvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof, 17—18). Birontangiz kunning boshida yozilgan sahifasi ochilganda, undagi ko‘p amallari din va dunyo ishlaridan bo‘lmay, uyalib qolmaydimi?»
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:26:14
271. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «To‘rt narsa faqat taajjub bilan bo‘ladi. Sukut qilishlik, u ibodatning avvalidir. Tavozu’, Allohni zikr qilish va faqirligi ozgina bo‘lishi».

Bu lafz Iso alayhissalomdan ham zikr qilingan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:26:41
272. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kishi musulmonligining go‘zalligi ma’nosiz so‘zlarni tark qilishligidir».

Luqmoni Hakimdan so‘raldiki: «Biz sizda ko‘rib turgan narsaga qanday yetdingiz?» deb. Aytdi: «Gapning to‘g‘riligi, omonatni ado etishlik va keraksiz so‘zlarni tark qilishlik bilan».

Abu Bakr ibn Iyyoshdan rivoyat qilindi. Aytdi: «To‘rt podshohning har biri bittadan kalima gapirishdi. Ular go‘yoki bir kamondan otilgan o‘qdek edi. Kisro aytdi: «Aytmagan so‘zimga pushaymon yemayman, aytgan so‘zimga pushaymon yeyman». Xitoy podshohi aytdi: «Gapirmagan gapimga men ega, gapirgan gapim esa, menga ega». Rum podshohi dedi: «Men gapirmagan gapni rad qilishga gapirganimni rad qilishdan ko‘ra qodirroqman». Hind podshohi aytdi: «Ajabki, bir kishi bir kalimani gapirsa, u kalima og‘izdan chiqib, unga zarar beradi. Agar chiqmasa ham unga zarar bermasdi».

Rabi’ ibn Xusaymdan rivoyat qilindi: U kishi tong bo‘lsa, qog‘oz va qalamni olardi, hech narsa gapirmasdan faqat yozardi va yodlardi. Keyin kech bo‘lganda o‘zi bilan hisoblashardi.
   
Faqih aytadi: Bu ishlar zohidlarning amallaridan edi. Ular tilni saqlamoqlikni o‘z ustilariga yuklagan edilar va dunyoda o‘zlari bilan hisoblashardilar. Shuningdek, musulmon uchun oxiratda hisoblashmasdan oldin, bu dunyoda o‘zi bilan hisoblashmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki dunyo hisobi oxirat hisobidan yengildir. Tilni saqlashlik oxiratdagi pushaymonlikdan dunyoda yengilroqdir.

Ibrohim Taymiydan rivoyat qilindi: «Menga bir kishi gapirib qoldi. U Rabi’ ibn Xusaym bilan yigirma yil birga bo‘lib, undan biron yomon gap eshitmagan ekan».

Muso ibn Said aytadi: Husayn ibn Aliga, Alloh ikkovlaridan rozi bo‘lsin, musibat yetib, u kishi o‘ldirildi, shunda Rabi’ning sahobalaridan biri: «Agar Rabi’ gapirsa, bugun gapiradi», dedi. Eshigining oldiga keldi va Xusaynning o‘ldirilgani xabarini u kishiga yetkazdi. U kishi shunda osmonga qarab, bu oyatni o‘qidi: «Ayting: Allohim, (ey) osmonlar va yerni ilk bor yaratgan Zot, (ey) g‘aybu shahodatni (ya’ni yashirin va oshkor narsalarni) bilguvchi zot, yolg‘iz o‘zinggina bandalaring o‘rtasida ular ixtilof qilib o‘tgan narsalar haqida hukm qilursan» (Zumar, 46). Rabi’ mana shundan boshqa hech narsa demadi.

Hakimlarning ba’zilari aytishdi: «Johil kishi olti xislat bilan bilinadi:
1. Behuda narsalarga g‘azab qilishlik, ya’ni Odam farzandiga g‘azab qilgandek, hayvonga yoki unga yomon ko‘ringan har narsaga g‘azab qiladi».
2. Foydasiz kalom. Oqil kishi o‘ziga foyda bermaydigan gaplarni gapirmaydi. Balki dunyo va oxirat ishlarida manfaat beradigan so‘zni sevadi.
3. Keraksiz joyga bermoq. Ya’ni molini ajr berishga noloyiq, uni berish mumkin bo‘lmagan joyga sarf qilishlik. Bu johillik alomatidandir.
4. Har kimning oldida sirini ochaverish.
5. Har insonga ishonaverish.
6. Do‘stni dushmandan ajrata olmaslik. Ya’ni, kishiga do‘stini topib, unga itoatda bo‘lmog‘i, dushmanini bilib, undan hazar qilmog‘i lozim bo‘ladi. Birinchi dushman shaytondir. Unga hech joyda bo‘ysunmaslik lozimdir.

Iso ibn Maryam alayhissalomdan rivoyat qilindi: «Har bir kalomda Allohning zikri bo‘lmasa, u bekordir. har qanday sukutda fikrlash bo‘lmasa, u g‘aflatdir. Har bir qarashda ibrat bo‘lmasa, u behudadir. Kalomida Allohning zikri, sukutida fikrlash va qarashida ibrat bo‘lgan kishiga qanday yaxshi».

Avzoiy aytadi: «Mo‘min kalomini kamaytiradi va amalini ko‘paytiradi. Munofiq kalomni ko‘paytirib, amalni kamaytiradi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:26:51
273. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: «Besh narsa munofiqda bo‘lmaydi, dinni bilishlik, til bilan taqvo qilish, yuzida tabassumlik, qalbida nurlik va musulmonlarni yaxshi ko‘rish».

Yahyo ibn Aksam aytdi: «Kishining gapirgan gapi salohiyatli bo‘lsa, boshqa amallaridan ham bilinadi. Agar gapirgan gapi fasodli bo‘lsa, boshqa amallarida ham bilinadi».

Luqmon Hakim o‘g‘liga aytdi: «Ey o‘g‘ilginam, kim yomonlik egasining suhbatida bo‘lsa, omon bo‘lmaydi, kim yomonlik kiradigan joyga kirsa, tuhmatlanadi va kimki tiliga egalik qilmasa, pushaymon yeydi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:27:00
274. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: «Tiliga egalik qilgan, uyidan tashqariga chiqmagan va xatosiga yig‘lagan kishiga naqadar yaxshi».

Faqih aytdi: Otam Hasan Basriydan gapirdi: «Hakimning tili yuragining orqasidadir. Agar gapirmoqlikni xohlasa, yuragiga qaraydi, mabodo unda yaxshilik bo‘lsa, gapiradi. Agar birovning zarariga bo‘lsa, gapirmaydi. Johilning yuragi tilining atrofidadir, u yuragiga qaramaydi. Tiliga nima kelsa gapiraveradi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:27:07
275. Abu Zarr G‘iforiy aytdi: «Ey Allohning elchisi, Ibrohimning sahifalarida nima bor?» Aytdilarki: «Unda misollar va ibratlar bordir. Aqliga yengilmagan kishiga tilini saqlamog‘i, zamonini bilmog‘i va o‘z ishiga yuzlangan bo‘lmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki kim so‘zini amalidan hisob qilsa, foyda beradigan joydan boshqasida so‘zini kamaytiradi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:29:31
276. Ali ibn Abu Tolib aytdi: «Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim, ul kishi bu so‘zlarni aytdilar: «Oqil kishi uchun uch narsaga diqqat bilan qaramog‘i lozim bo‘ladi:

Yashashni hurmat qilmog‘i. Oxirati uchun yolg‘iz bo‘lmog‘i. Harom bo‘lmagan narsalardan lazzatlanish».

Aytdilar: «Oqil kishi uchun kuni to‘rt soat bo‘lmog‘i lozim bo‘ladi: bir soatida Rabbiga murojaat qilmog‘i, bir soatida o‘zining nafsi bilan hisoblashmog‘i, bir soatida din va dunyo ishida yo‘l ko‘rsatadigan va nasihat qiladigan ilm ahliga kelmog‘i, bir soatida o‘zi va lazzatlari o‘rtasida yolg‘iz qolmog‘i».

Aytdilar: «Oqil kishi uchun o‘z ishiga qaramog‘i, zamon ahlini bilmog‘i, farjini va tilini saqlamog‘i lozim bo‘ladi».
Faqih aytadi: «Bu kalimalar Dovud oilasi hikmatlarida yozilgan.

Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin, «Luqmoni Hakim Dovud alayhissalomning oldilariga kirganida, Payg‘ambar alayhissalom sovut yasab o‘tirgan edilar. Bu ko‘rgan narsasidan ajablanib so‘ramoqchi bo‘libdi. Bundan hikmati qaytaribdi. Nafsini tiyib so‘ramabdi. Dovud alayhissalom ishidan bo‘shab, sovutni kiyibdilar. Keyin: «Bu sovut urush uchun nechog‘lik yaxshi. Uni yasovchi ham qanday yaxshi!» debdilar. Shunda Luqmoni Hakim: «Jim turishlik hikmatdir va unday qiluvchilar ozchilikdir», dedi».

Shoir aytdi:
Ilm — ziynat, jim turishlik omonlikdir,
Gar gapirsang, ko‘p so‘zlovchi bo‘lma, tek tur,
Gar jim turib bir marta bo‘lsam pushaymon,
Ko‘p so‘zlasam gar, ko‘p marta bo‘ldim pushaymon.


Ba’zilar aytdilar: Yigit tilining toyilishidan o‘ladi, oyog‘ining xatosidan emas. Tili bilan bo‘lgan xatosi uni boshi bilan uloqtiradi. Oyog‘i bilan bo‘lgan xatosi asta-sekin tuzaladi.

Hakimlarning ba’zilari aytdilar: «Jim turishlikda yetti ming yaxshilik bordir. Uning hammasi yetti kalimada jam bo‘ladi. Har kalimada ming yaxshilik bordir:
1. Jim turishlik charchog‘i yo‘q ibodatdir.
2. Bezaksiz ziynatdir.
3. Davlatsiz haybatdir.
4. Devorsiz qo‘rg‘ondir.
5. Birovlarga uzr aytishdan behojatlikdir.
6. Yaxshilik va yomonlik amallarini yozuvchi farishtalarga rohatdir.
7. Ayblari uchun berkituvchi va aytilganda jim turishlik olim uchun ziynat, johil uchun satrdir (pardadir)».

Hakimlarning ba’zilari aytdilar: «Inson jasadi uch bo‘lakdir; bir bo‘lagi — qalbi, ikkinchisi — tili, uchinchisi — a’zolari. Alloh taolo har bir bo‘lakni karomat bilan ikrom qildi. Qalbini o‘zini tanishlik va tavhid bilan ikrom qildi. Tilini «La ilaha illalloh» va kitob tilovat qilish bilan ikrom qildi. A’zolarni namoz, ro‘za va boshqa toatlar bilan ikrom qildi. Har bir bo‘lagiga kuzatuvchi va saqovchini vakil qilib qo‘ydi. Qalbini saqlashga Alloh o‘zi ega bo‘ldi. Uning ichida nima borligini Allohning o‘zidan boshqa hech kim bilmaydi. Tiliga farishtalarni vakil qildi. Alloh taolo aytadi: «U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar talaffuz qilsa, uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof, 18).
A’zolariga buyruq va qaytarishni boshqaruvchi qilib qo‘ydi.

Keyin har bo‘lakka vafo qilishni xohladi. Qalbining vafosi — iymonda sobit bo‘lmog‘i va hasad, xiyonat va makr-hiyla qilmasligi. Tilning vafosi g‘iybat qilmasligi. A’zolarining vafosi Allohga gunoh qilmasligi va musulmonlardan hech kimga aziyat bermasligidir. Kim qalbdan ketsa, munofiq, tildan ketsa, kofir, a’zolaridan ketsa, osiy bo‘ladi.

Hasan aytdi: Umar ibn Xattob bir yigitga qarab aytdi: «Ey yigit, agar uch yomonlikdan saqlansang, yigitlikning yomonligidan saqlanasan, bular: tilingning, farjingning va qorningning yomonligidir».

Zikr qilindi: Luqmoni Hakim habashiy qul edi. U kishidan birinchi hikmatning ko‘rinishi mana bu holda yuz bergan edi. Bir kuni xo‘jayini: «Ey g‘ulom, bizga bu qo‘yni so‘yib, eng mazali ikki joyidan keltirgin», dedi. U kishi qo‘yni so‘yib, yuragi bilan tilini olib kelibdi. Keyin yana bir marta: «Bu qo‘yni so‘yib, eng yomon joyidan keltirgin», dedi. U kishi qo‘yni so‘yib, yana yuragi bilan tilini keltirdi. Buning sababini so‘radi. Luqmoni Hakim aytdi: «Jasadda bu ikki parcha go‘shtdan shirinrog‘i yo‘q, agar ikkovi yaxshi bo‘lsa. Agar yomon bo‘lsa, ikkovidan yomonroq narsa yo‘q!»
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:29:40
277. Payg‘ambar (s.a.v.) Maoz ibn Jabalni Yamanga jo‘natayotganda Maoz: «Ey Allohning payg‘ambari, menga vasiyat qiling», dedi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) tillariga ishora qildilar, ya’ni tilingni saqlagil, degandek. Maoz buni oson sanab: «Ey Allohning elchisi, vasiyat qiling», dedi. «Onang seni yo‘qotib qo‘ysin. Odamlarning yuzlari bilan do‘zaxga tushishlariga sabab tillarining yomonligidandir», dedilar Rasululloh (s.a.v.).

Hasan Basriy aytdi, Alloh undan rozi bo‘lsin: «Kimning so‘zi ko‘paysa, xatosi ko‘payadi; kimning moli ko‘paysa, gunohi ko‘payadi; kimki xulqini yomon qilsa, o‘ziga azob beradi».

Sufyon Savriydan rivoyat qilindi. Aytdi: «Menga kamonning o‘qini otgani tili bilan otgandan yaxshiroqdir. Chunki tilining otgani xato qilmaydi, o‘qni otsa gohida xato ketadi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:30:04
278. Abu Said Xudriydan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi. U kishi aytdi: «Tong otsa, odamning hamma a’zolari tilga aytishar ekan: «Ey til, Allohga qasam ichib sendan yolvorib so‘raymiz, to‘g‘ri bo‘l. Chunki, sen to‘g‘ri bo‘lsang, biz to‘g‘ri bo‘lamiz, agar qiyshaysang, biz ham qiyshayamiz».

Abu Zarr G‘iforiydan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. U kishi Ka’ba oldiga kelib: «Ogoh bo‘linglar! Kim meni bilsa, bilibdi. Kim bilmasa, bilsin. Men Jundub ibn Janodah G‘iforiy Abu Zarrman. Sizlarga nasihat qilguvchi, mehribon birodaringiz oldiga kelinglar», dedi. Odamlar u kishining oldiga to‘plandilar. Shunda u kishi: «Ey odamlar, kimki sizlardan dunyo safarini xohlasa, unga kerakli narsalar bilan chiqadi. Inson oxirat safarini xohlasa-yu, qanday qilib narsasiz chiqsin?» dedi.
Odamlar: «Ey Abu Zarr, bizning zodimiz (yo‘lda kerakli narsalar va oziq-ovqat) nimadir?» deyishdi.

Abu Zarr aytdi: «Qorong‘u kechada qabr azobining qo‘rqinchi uchun ikki rak’at namoz o‘qish, qattiq issiqda tirilish kuni uchun ro‘za tutish, miskinlarga sadaqa berishlikki, shoyad, sizlar qiyin kunning azobidan najot topsalaringiz. Haj esa ishlarning ulug‘idir.

Dunyoni ikki o‘rin qilinglar. Bir o‘rin — dunyo talabidagi o‘rin, ikkinchi o‘rin — oxiratning talabidagi o‘rin. Uchinchisi zarar beradi, foyda bermaydi.

So‘zni ikki kalima qilinglar. Bir kalima dunyo ishlaringizda foyda beradigan, qolgan kalima oxirat ishlaringizda yordam beradiganidir. Uchinchisi zarar beradi, foyda bermaydi.

Molni ikki dirham qilinglar. Bir dirhamini oilangizga infoq qiling va bir dirhami o‘zingizga (ya’ni infoq qilib, oxiratingizga sarflang). Uchinchisi zarar qiladi, yordam bermaydi».

Keyin: «O, oh-h!» deb chuqur xo‘rsindi. «Men topmagan kunning g‘ami meni o‘ldirdi». Aytishdiki: «U nimadir?» «Mening orzularim ajalimdan ortib ketdi».

Iso ibn Maryamdan (alayhissalotu vassalom) zikr qilindi: «Allohning zikridan boshqa o‘rinda ko‘p so‘zni ko‘paytirmanglar. Qalbingizni qattiq qiladi. Toshbag‘ir yurak Allohdan uzoq bo‘ladi va lekin bilmaysizlar». Yana u kishidan: «Arboblarga o‘xshab, odamlarning gunohiga qaramangizlar, lekin bandaga o‘xshab o‘zlaringizning gunohlaringizga qarangizlar. Albatta, odamlar afv qilinganlar va balolanganlardir (baloga giriftor bo‘lganlardir). Allohga ofiyati uchun hamd aytinglar. Balolanganga rahm qilinglar»
U zotning sahobalaridan ba’zilari aytishdi: «Agar qalbingda qattiqlikni va badaningda zaiflikni, rizqingda ozgina mahrumlikni ko‘rsang, bilginki sen keraksiz, ortiqcha gaplarni gapirgansan».

____________
XXIV BOB. TILNI SAQLASh BOBI HADISLARI

1. Abu Said Xudriy.
"œBir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kelib..." Zaif*. Tabaroniy. "œAs-sag‘ir" (949) va Asbahoniy "œAt-targ‘ib" (1363).
2. Atiya.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œMo‘minlar yumshoq va yengil bo‘ladilar..." Sahih*. Ahmad, "œAz-zuhd" (463-bet) va Abu Na’im "œAl-xulya" (180/5), Ibn Muborak, "œAz-zuhd" (38), Bayhaqiy, "œAsh-shu’ab" (8128).
3. Ibn Umar.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKim qulini ursa..." Sahih*. Muslim (1657).
4. Abu Hurayra.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKim Allohga iymon keltirsa..." Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6018/10) va Muslim (47).
5. Anas ibn Molik.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «To‘rt narsa mo‘min kishida bo‘ladi...» Mavzu’*. Tabaroniy, «Al-kabir» (37/1), Hakim (3114), Bayhaqiy, «Ash-shu’ab» (4982).
6. Abu Hurayra.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kishida Islomning go‘zalligi...» Sahih*. Termiziy (2317), Ibn Moja (3976) va Ahmad (201/1).
7. Hadis.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Besh narsa munofiqda bo‘lmaydi...» Sahih*. Termiziy (2317) va «As-sahihat» (278).
8. Hadis.
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Tiliga egalik qilgan...» Hasan*. Tabaroniy «Al-avsat va as-sag‘ir» (212).
9. Abu Zarr G‘iforiy.
«Otam Abu Zarr G‘iforiyga isnodi boradigan hadisni aytdilar...» Zaif*. Ibn Hibbon (94), Abu Na’im, «Al-xulya» (166/1).
10. Ali ibn Abu Tolib.
«Payg‘ambardan (s.a.v.) dan eshitdim...» Isnodi zaif*.
11. Hadis.
«Payg‘ambar (s.a.v.) Maoz ibn Jabalni Yamanga jo‘natganda...» Sahih*. Ahmad (237,231/5) va Termiziy (2661), Ibn Moja (3973).
12. Abu Said Xudriy.
«Tong otsa odamning hamma a’zolari tilga aytishar ekan...» Hasan*. Ahmad (96/3), Termiziy (2407) va Bayhaqiy, «Ash-shu’ab» (4945).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:30:40
XXV BOB. HIRS VA UZUN ORZU

Abu Dardo (roziyallohu anhu) aytadi: «Nimagadir olimlaringizning ketyaptiyu, johillaringiz ta’lim olmayaptilar. Ilm ko‘kka burilib ketmasdan oldin ilmni egallab olinglar. Sizlarga ishonib topshirilgan narsani zoe’ qilyapsizlar. Men sizlarning yomonlaringizning otlarini, hamma a’zolarini bilib, zo‘r davolaydigan tabibdan yaxshi bilaman. Ular zakot ado qilishmaydi. Magar qarzning evaziga ado qilishadi. Namozlarini oxirgi vaqtdagina o‘qiydilar va Qur’onning odobidan tashqari eshitadilar va qo‘llarini ozod qilmaydilar».

Faqih aytdi: Hirs ikki ko‘rinishida bo‘ladi: yomon hirs, yomon bo‘lmagan hirs. Uni tashlashlik afzaldir. Yomon hirs: U Alloh taolo buyurgan ishlardan boshqasi bilan shug‘ullanib qol-mog‘idir. Molni ko‘paytirish yoki ko‘paygan molidan faxrlanish uchun yig‘adi. Yomon bo‘lmagan hirs: Alloh taoloning buyruq-laridan lozimlarini tark etmasligidir: molni yig‘ishni u bilan faxrlanishni xohlaydi. Bu yomon bo‘lmagan hirsdir. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalarining ba’zilari dunyoni (molni) yig‘ar, jam qilardilar. Payg‘ambar (s.a.v.) ularga munkir bo‘lmadi. Agar ular tark qilsa, afzaldir. Chunki uni tark qilishi afzal ekanligi ravshan bo‘ldi.

Abu Dardo, Alloh undan rozi bo‘lsin, bu xabarda ravshan qildiki, hirs qilishlik yomon, vaqtiki Allohning amrlari zoe’ bo‘lsa. Chunki aytdi: «Alloh sizlarga taklif qilmagan narsalarga hirs qilasizlar. Ya’ni rizqlaringizda, uni talab qilishda hirs qilasizlar va sizlarga ishonib yuklatilgan narsani zoe’ qilasizlar, ya’ni toat ishini».

«Qullarni ozod qilmaydilar», degan so‘zning ma’nosi: qullarni ishlatgan kabi hurlarni ham ishlatadilar, dunyoga hirs qilib.

Aytdilar: Hafsa onamiz otalari Umarga, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: «Ey ota, Alloh taolo sizga yaxshilikni ko‘p qildi va rizqingizni keng qilib berdi, yaxshi ovqatlaringizdan yemaysizmi? Yumshoq, yaxshi kiyimlaringizni kiymaysizmi?»

Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: «Yaqinda o‘zingga hukm chiqarasan». Keyin Payg‘ambarda nima bo‘lgan bo‘lsa, eslatdi. U yerda yana Hazrati Alining qullari va Umarning, Alloh undan rozi bo‘lsin, xotinlari Ruqiya ham bor edi. bularni eshitgandan keyin ikkovlari ham yig‘lab yuborishdi. Keyin aytdi: «Mening ikki sohibimning yo‘llari shu edi. Agar men ikkovi yurgan yo‘ldan boshqasidan yursam, ikkovining yo‘lidan boshqa yo‘lga kirgan bo‘laman. Mening Allohga qasamimki, ulardek yashashga sabr qilaman. Shoyadki men ikkovlari bilan birga rohatlik hayotni topa olsam».

Masruq aytdi: Oyisha onamizga, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdim: «Ey onajon, Payg‘ambar (s.a.v.) uyga kirganlarida qaysi gapni ko‘p aytardilar?» Dedilar: «Uyga kirayotganda eng ko‘p aytadigan so‘zlari: «Agar odam farzandiga ikki vodiy to‘la tilla bo‘lsa ham, uchinchisini xohlaydi. Odam farzandining ichi tuproq bilangina to‘ladi. Alloh, kim tavba qilsa, tavbasini qabul qiladi va Alloh taolo bu dunyoni (molni) namozni ado qilishlik uchun va zakotni ado qilishlik uchun beradi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:30:53
280. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardar (s.a.v.) rivoyat qildi: «Odam farzandida hamma narsa qariydi, lekin hirs va orzu-istak qarimaydi».

Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. Aytdilar: «Sizlardan men qo‘rqadigan xavfliroq ikki narsa bor: uchun orzu va havoga ergashishlik. Uzun orzu oxiratni unuttiradi. Havoga ergashishlik haqdan to‘sadi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:31:17
281. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Men dunyoga mukkasidan ketganga, unga hirslik bo‘lganga va unga baxillik qilganga boyilmas faqirlik, bo‘shalmas mehnat va g‘am tushishiga kafilman».

Abu Dardodan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: U kishi Xums ahliga boshliq bo‘lgan edi. Aytdi: «Saxiylik qilmaysizlarmi? O‘zlaringiz o‘tirmaysizlar-u, uy qurasizlar. Topmagan narsalaringizni orzu qilasizlar. Sizlardan oldingilar uylar qurishgandi, ko‘p mol jamlagandilar, uzun orzu qilardilar. Ularning maskanlari qabrlarga aylandi. Orzulari o‘ylaganlaridek bo‘lib chiqmadi va yiqqanlarining hammasi halok bo‘ldi».

Ali ibn Abu Tolib Umar ibn Xattobga, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: «Agar birodaringizga uchramoqni xohlasangiz, kuylagingizni yamoqli qiling, etigingizni tikib kiying. Orzularni kamaytiring va to‘ymasdan ovqat yeng».

Abu Usmon Hindiy aytadi: «Umarning, Alloh undan rozi bo‘lsin, o‘n ikki yamoq ko‘ylagida, xutba o‘qiyotgan-larini ko‘rdim».

Ali ibn Abu Tolib bozorga kirdi. U kishi qo‘pol kiyinib olgan edi. Aytishdiki: «Ey mo‘minlarning amiri! Bundan yumshoqroq kiyim kiysangiz-chi?» Aytadi: «Bu yurak uchun tavozu’lidir va solihlarning shioriga o‘xshaydi. Mo‘minlar uchun iqtido qilmog‘i yaxshiroqdir».

Abu Zarr G‘iforiy aytdi: «Men odamlarni hayvonlarning tabibidan ham ko‘ra yaxshi bilguvchiman. Ammo ularning yaxshisi zohidlardir. Ammo ularning yomonlari dunyodan kifoya qiladigandan ham ko‘p olgan kimsalardir».

Hakimlarning ba’zilari aytishdi: «Xatolarning onalari uch narsadir: hasad, hirs va kibr. Kibrning asli iblisdandir. U takabburlik qilgan vaqtda sajda qilmoqdan bosh tortdi. So‘ngra la’natlandi. Ammo hirs Odam alayhissalomdan edi. Unga aytilgan edi: «Jannatning hammasi senga ijozatdir, faqat bu daraxtga yaqinlashma». Uni hirs ko‘tarib, daraxt mevasidan yemoqlikka undadi va jannatdan haydatdi. Hasadning asli Odamning o‘g‘li Qobildan edi. Ukasini o‘ldirgan vaqtda kofirga aylandi va uning joyi abadiy do‘zax bo‘ldi».

Zikr qilindi: Odam alayhissalom o‘g‘li Shis alayhissalomga besh narsani vasiyat qildi. Shis alayhissalom ham o‘g‘illariga vasiyat qilishni buyurdi, birinchisi, «Bolalaringga aytgin, dunyo bilan xotirjam, oromli bo‘lib qolmasin. Chunki men abadiy jannat bilan xotirjam bo‘lib qoldim, Alloh mendan rozi bo‘lmadi va jannatdan chiqardi». Ikkinchisi: «Xotinlaringizning havosiga amal qilmangizlar. Men xotinimning havosiga amal qilib, man’ qilingan daraxtning mevasidan yedim va pushaymon bo‘ldim». Uchinchisi: «Qaysi amalni qilsangiz, oqibatini o‘ylang. Agar, men qilayotgan ishimning oqibatiga qaraganimda, menga yetgan bunday tushkunlikka tushmasdim». To‘rtinchisi: «Agar qalblaringiz biron narsa bilan iztirob cheksa, undan saqlaningizlar. Men daraxt mevasidan yeyayotgan vaqtimda qalbim iztirob chekdi. Lekin undan qaytmadim va pushaymonga qoldim». Beshinchisi: «Ishlaringizda maslahatlashingizlar. Agar men maloikalar bilan maslahatlashganim-da, (menga yetgan) bunday qiyin ahvolga tushib qolmasdim».

Shaqiq Balxiydan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. Aytdi: «Ilmimdan to‘rt ming hadis chiqardim, to‘rt ming hadisdan to‘rt yuztasini chiqardim va to‘rt yuztasidan qirqtasini chiqardim va qirqtasidan to‘rttasini chiqardim.

Bu to‘rttasi ushbulardir:
Birinchisi, qalbingni xotiningga bog‘lama. Chunki u bugan seniki bo‘lsa, ertaga boshqaniki bo‘lishi mumkin. Agar unga itoat qilsang, do‘zaxga kirgizadi.
Ikkinchisi, qalbangni molingga bog‘lama. Chunki mol yalang‘ochdir. Bugun seniki bo‘lsa, ertaga boshqanikidir. Agar molga qalbing bilan bog‘lansang, Allohning haqqidan man’ qilib qo‘yadi. Va senga faqirlik qo‘rqinchi kiradi va shaytonga ishoat qilasan.
Uchinchisi, qalbingda to‘planib qolgan narsalarni tashlagin. Chunki mo‘minning qalbi shohid o‘rnidir. Shubha oldida iztirob chekadi. Haromdan qochadi va halollik oldida turadi.
To‘rtinchisi, javobini yechmaguncha, bir narsaga amal qilmagin».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:32:01
282. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar «Dunyoda go‘yoki g‘arib bo‘lgin yoki yo‘ldan o‘tuvchi (o‘tkinchi) bo‘lgin va o‘zingni ahli quburlardan sanagin».

Mujohid aytdi: Abulloh ibn Umar menga dedi: «Agar tong ottirsang, nafsingga kechqurungacha yashayman demagin, agar kechasida bo‘lsang, nafsingga ertalabgacha yashayman demagin. Kasal bo‘lmasingdan oldin sog‘ligingni g‘animat bilgin. Albatta, sen ertaga isming nima ekanligini bilmaysan (o‘limmi yo hayotmi)».

Faqih aytadi: Kim orzularni kamaytirsa, qisqa qilsa, Alloh taolo to‘rt xil karomatlar bilan hurmat qiladi;
Birinchisi, toatda kuchli qiladi. Chunki banda yaqinda o‘limini bilsa, unga yuzlanadigan noxush narsalarga ahamiyat bermaydi. Toatlarda ko‘p harakat qiladi va amallarni ko‘paytiradi.
Ikkinchisi, g‘amlarini kamaytiradi, chunki yaqinda o‘li-shini bilsa, ro‘baro‘ kelgan karohiyatlarni o‘lim sanamaydi.
Uchinchisi, ozi bilan rozi bo‘ladi. Chunki yaqinda o‘limini bilsa, ko‘p narsani talab qilmaydi. Uning g‘ami faqat oxirat g‘ami bo‘ladi.
To‘rtinchisi, uning qalbini nurli qiladi.

Aytildi: «Qalbing nuri to‘rt narsadir:
Birinchisi, och qorin (ro‘za). Ikkinchisi, solih do‘st. Uchinchisi, o‘tgan gunohlarni eslash. To‘rtinchisi, qisqa orzu. Albatta, kimki orzuni ko‘p qilsa, to‘rt narsa bilan azoblanadi. Birinchisi, itoatlardan dangasa bo‘ladi. Ikkinchisi, dunyoda g‘amlari ko‘payadi. Uchinchisi, mol yig‘ishga haris bo‘ladi. To‘rtinchisi, qalbi qattiq bo‘ladi.

Qalbning qattiq bo‘lishi to‘rt narsadan: Birinchisi, to‘lib qolgan qorin. Ikkinchisi, yomon do‘stning suhbati. Uchinchisi, o‘tgan gunohlarni unutish. To‘rtinchisi, uzun orzular».

Musulmon kishi orzuni qisqa qilishi lozim bo‘ladi. chunki u qaysi nafasda va qaysi qadamda o‘lishini bilmaydi. Alloh taolo aytdi:
«Biron jon qaerda o‘lishini bila olmas» (Luqmon, 34). Ba’zi tafsirchilar «Qaysi qadamda o‘lishini» deb tafsir qilganlar. Boshqa oyatda:
«(Ey Muhammad!) Hech shak-shubhasiz, siz ham o‘lguvchidirsiz, ular ham o‘lguvchidirlar» (Zumar, 30). Va boshqa oyatda: «Bas, ularning ajallari yetib kelganida esa uni biror soat ketga ham sura olmaydilar, (uni) muqaddam ham qila olmaydilar» (Nahl, 60).

Musulmon uchun o‘limning zikrini ko‘paytirmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki mo‘min olti xislatga ega bo‘lishi kerak:
1. Ilm — uni oxiratga yetkazadi.
2. Do‘st — unga Alloh taolo toatlariga yordam beradi va gunoh ishlardan qaytaradi.
3. Dushmanni bilish va undan hazar qilish.
4. Ibrat — u bilan Allohning mo‘’jizalariga (oyatlariga) e’tibor beradi. Kecha va kunduzning almashib turishi kabi.
5. Xaloyiqqa insof qiladi — qiyomatda xusumatchilari ko‘paymasligi uchun.
6. O‘limga yetmasdan avval o‘lim uchun tayyorgarlik ko‘radi — qiyomat kuni sharmanda bo‘lmasligi uchun.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:32:12
283. Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalariga: «Hammalaringiz jannatga kirishni xohlaysizlarmi?» dedilar. Sahobalar: «Ha! Sizni Alloh taolo bizga fido qildi, ey Allohning rasuli!» dedilar.
Aytdilar: «Orzularni katta qilmanglar, Allohdan haqiqiy hayo bilan hayo qilingizlar».
Sahobalar aytdilar: «Ey Allohning rasuli, hammamiz Allohdan uyalamiz!»
Aytdilar: «U hayo emas, lekin Allohdan hayo qilish: qabrlarni va chirimoqni eslamoqlaringiz, qorin va uni o‘rab turgan narsalarni, bosh va uni o‘rab turgan narsalarni saqlamoqligingizdir».

Kim oxirat hurmatini xohlasa, dunyo ziynatini tashlaydi. Bu yerda banda Alloh taolodan haqiqiy hayo qiladi. Bu bilan Allohning do‘stiga aylanadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:32:33
284. Muvarriq Ajliy aytdi: Payg‘ambar (s.a.v.) bu oyatni o‘qidilar:
«(Ey insonlar!) Sizlar to qabrlarni ziyorat qilgunlaringizcha (ya’ni o‘lib, qabrga kirgunlaringizcha) sizlarni (mol-dunyo) to‘plab ko‘paytirish (Alloh taologa toat-ibodat qilishdan) mashg‘ul qildi!» (Takosur, 1—2). So‘ng aytdilar: «Odam farzandi molim, molim, deydi. O‘zingda bor molingni yeding — yo‘q bo‘ldi yoki kiyding — chiridi yoki sadaqa qilding — boqiy qoldi».

Hasan Basriy aytdi (Alloh rahmat qilsin): «Tavrotda beshta so‘z yozilgan: boylik — qanoatda, salomatlik — uzlatda, hurlik — shahvatlardan bosh tortishda, muhabbat — rag‘batni tark qilishda va ozgina kunda (dunyoda) uzun kunlarga sabr bilan foydalanishda».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:32:41
285. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Ey Oyisha, menga yetmoqni xohlasang, dunyodan yo‘lovchi ozuqasidek ozuqa bilan kifoyalan. Boylar bilan o‘tirishlikdan saqlan. Kiyim yirtilmasdan oldin uni almashtirma».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:32:51
286. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Ey Parvardigor! Kim meni yaxshi ko‘rsa, uni ofiyat va kifoya qiladigan rizq bilan rizqlantirgin. Meni kim yomon ko‘rsa, molini va farzandlarini ko‘paytirgin».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:33:06
287. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Dunyoga rag‘bat qilishlik xafalikni va g‘amni ko‘paytiradi. Dunyoda zohidlik qalb va badanga rohat beradi. Sizlardagi faqirlikdan qo‘rqmayman, lekin sizlardagi boylikdan qo‘rquvchiroqman; boylik sizlar uchun dunyoda keng yoyilib ketgaydir, oldingilarga yoyilganidek. Ular tortishganlaridek, tortishgaysizlar. So‘ngra sizlarni ularni halok qilgandek halok qilgay».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:33:20
288. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Bu ummatdan avvallarining yaxshisi zohidlik va yaqinlik bilandir. Bu ummatning oxirlarining halok bo‘luvchilari baxillik va orzular bilandir».

____________
XXV BOB. HIRS VA UZUN ORZU HADISLARI

1. Abu Dardo.
"œNimagadir olimlaringizning ketayotganini ko‘rayapman..." Zaif*. Abu Na’im, "œAl-xulya" (221/1) va Bayhaqiy, "œAsh-shu’ab" (1196).
2. Mus’ab ibn Sa’d.
"œAlbatta, Hafsa onamiz, otalari Umarga, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi..." Abu Na’im, "œAl-xulya" (4811) va Ahmad, "œAz-zuhd" (154-bet) va Ibn Muborak (574).
3. Masruq.
"œOisha onamizga aytdim:..." Sahih*. Bayhaqiy, "œAsh-shu’ab" (1270). Hissasi muttafaqun alayhi, Buxoriy (6439, 6436/11) va Muslim (1048, 1049/2) Ibn Abbosdan.
4. Anas ibn Molik.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œOdam farzandida hamma narsa qariydi..." Sahih*. Buxoriy (6421/11) va Muslim (1047/2).
5. Abdulloh ibn Umar.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œDunyoda go‘yoki..." Sahih*. Buxoriy (6412).
6. Hasan Basriy.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) sahobalariga aytdilar:..." Hasan*. Ahmad (387/1), Termiziy (2457) va Hokim (323/4) va "œAl-mishkot" (1608) ga qarang.
7. Muvarraq Ajliy.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) bu oyatni o‘qidilar..." Sahih*. Muslim (2958/4)
8. Oyisha.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œEy Oyisha, menga yetmoqni xohlasang..." Zaif*. Termiziy (1780), Hokim (312/4) va Ibn Adiy, "œAl-komil" (5214).
9. Hadis.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œEy Parvardigor! Kim meni yaxshi ko‘rsa..." Zaif*. Bayhaqiy, "œAsh-shu’ab (1475) va Asbahoniy, "œAt-targ‘ib" (2350).
10. Husayn ibn Ali.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œDunyoga rag‘bat qilishlik xafalikni va g‘amginlikni ko‘paytiradi..." Zaif*. Ahmad. "œAz-zuhd" (16-bet), Bayhaqiy, "œAsh-shu’ab" (10536).
11. Hadis.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œSizlardagi faqirlikdan qo‘rqmayman..." Sahih*. Buxoriy (6425/11) va Muslim (2961), Termiziy (2462), Ibn Moja (3997).
12. Hadis.
"œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œBu ummatdan avvallarining yaxshisi..." Hasan*. Ahmad, "œAz-zuhd" (12-bet) va Bayhaqiy, "œAsh-shu’ab" (10845), Ibn Amrdan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:33:40
YIGIRMA OLTINCHI BOB
KAMBAG’ALLARNING FAZILATLARI


289. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) Anas ibn Molikdan (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin) rivoyat qiladilar: "Faqirlar Payg‘ambarga (u kishiga Allohdan salovat va salomlar yog‘ilsin) o‘zlaridan elchi yuborishdi. U kishi kelib: "Yo Rasululloh, men kambag‘allarning elchisiman", dedi. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam): "Senga va seni yuborganlarga marhabo", dedilar. Elchi: "Ey Allohning rasuli! Kambag‘allar, boylar hamma yaxshiliklarni olib ketdi, ular haj qilishadi, bizning qudratimiz yetmaydi, sadaqalar qilishadi, biz unga ham qodir emasmiz, kasal bo‘lsalar, mollarining ortiqchasini ehson qilib yuborishadi, deb aytishyapti", dedi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ularga yetkazginki, kim sabr va qanoat qilsa, unga boylarda bo‘lmagan uch fazl beriladi. Birinchisi: jannatda qizil yoqutdan bir uy borki, ahli jannatlar unga dunyo ahli yulduzlarga qaragandek qarashadi. U yerga kambag‘al payg‘ambar, kambag‘al shahid, kambag‘al mo‘min kiradi. Ikkinchisi: kambag‘allar jannatga boylardan yarim kun oldin kirishadi. U yarim kunning miqdori besh yuz yilga teng. Ular u yerdan xohlaganicha foydalanishadi. Sulaymon ibn Dovud alayhumassalom payg‘ambarlardan qirq yil keyin jannatga kiradilar. Bu holning sababi Alloh taolo u zotga payg‘ambarlikka podshohlikni ham qo‘shib berganidir. Uchinchisi: Alloh pokdir (subhonalloh), Allohga hamd bo‘lsin (alhamdulillah) va Allohdan boshqa iloh yo‘q (la-a ilaha illalloh) va Alloh ulug‘ (Allohu akbar) kalimalarini faqir kishi ixlos bilan aytsa va boy ham ularni ixlos bilan aytsa, boyning aytgani kambag‘alnikiga yetmaydi. Garchi boy shuning ustiga o‘n ming dirham nafaqa qilsa ham. Yaxshi amallarining hammasida ham shu kabidir", dedilar.

Elchi faqirlarning oldiga borib, bu xabarni yetkazdi. Ular: "Ey Rabbimiz! Rozimiz. Ey Rabbimiz, biz rozimiz!" deyishdi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:33:47
290. Imron ibn Muslimdan rivoyat qilindi. Abu Zarr (r.a.) aytadilar: "Sohibim Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yetti ishning ustida edilar, ularni tark qilmadim, tark qilmayman ham. Menga u zot miskinlarni yaxshi ko‘rishni va ularga yaqin bo‘lishni, o‘zimdan past kishilarga qarab, yuqoridagilarga nazar solmaslikni, qarindoshlarim yuz o‘girsalar ham, ularga silai rahm qilishni, jannat xazinasi bo‘lgan "la-a havla va la-a quvvata illa billah"ni ko‘p aytishni, odamlardan hech narsa so‘ramaslikni, Alloh yo‘lida malomatchining malomatidan qo‘rqmaslikni va achchiq bo‘lsa-da, haqiqatni so‘zlashni buyurdilar".
Abu Zarr (r.a.) agar qo‘llaridan qamchisi tushib ketsa, birovga olib ber deyishni yomon ko‘rardilar.

Xaysama rivoyat qiladilar. Farishtalar: "Ey Rabbimiz, kofir bandangga dunyoni keng qilib, undan balolarni daf qilgansan", deb aytishadi. Alloh ularga: "Uning oxiratdagi azobini bir ko‘ringlar-chi", deydi. Ular u azobni ko‘rgach: "Ey Rabbimiz, bu dunyoda topgan narsalari ularga foyda bermaydi", deyishadi. Farishtalar yana aytishadi: "Mo‘min bandangdan dunyoni to‘sib, uni balolarga duchor qilasan". Alloh farishtalarga: "Uning oxiratdagi savobini bir ko‘ringlar-chi", deydi. Ular uni ko‘rgach: "Ey Rabbimiz, ularga dunyoda yetgan musibatlar hech qanday zarar qilmaydi", deyishadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:33:58
291. Abu Zarr G’iforiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: "Molini ko‘paytirishga urinuvchi kishilar qiyomat kunida darajasi past kishilardir, lekin kim molini mana bunday, mana bunday qilsa, uning oqibati yaxshidir. Lekin ular kamginadir".

Faqih aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning "Molini ko‘paytirishga urinuvchi kishilar qiyomat kunida darajasi past kishilardir", degan so‘zlarining ma’nosi bunday: Agar boylar jannat ahlidan bo‘lsa, kambag‘alning darajasidan darajasi past bo‘ladi. "Mana bunday, mana bunday", deb aytgan gaplarining ma’nosi, ular o‘ng tomonidan, chap tomonidan, orqasidan, oldidan sadaqa qiladilar, deganidir. "Lekin ular kamginadir", degan so‘zlarining ma’nosi esa, bunday amal boylarda kam topilishiga, shayton ular uchun bu dunyoda mollarini ziynatli qilib ko‘rsatishiga dalolat etadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:34:05
292. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinishicha, shayton aytarkan: "Boy odam uch holatda najot topmaydi: molini uning ko‘ziga ziynatli qilib ko‘rsataman, natijada zakot bermaydi yoki mol topishni unga oson qilib qo‘yaman, shunda uni o‘z yo‘lida ishlatmaydi yoki molni sevimli qilib qo‘yaman, shunda nohaqdan kasb qiladi".

Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: "Meni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yubordilar. Savdogar edim. Men savdogarlikni ibodat bilan birlashtirmoqchi bo‘ldim. Ikkalasi ham bo‘lmadi. Savdogarlikdan bosh tortdim. Ibodatga yuzlandim. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, masjid eshigi oldida bir do‘konim bo‘lsa, unda namozimdan xato qilmasam, har kuni qirq dirham foyda olsam, u dirhamlarni Alloh yo‘lida sadaqa qilsam, baribir bu ish menga sevimli emas". Aytishdiki: "Ey Abu Dardo, uni (savdoni) nimaga yomon ko‘rasiz?" deb. "Qiyomatda hisobi og‘ir bo‘lgani uchun", dedilar u zot.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:34:12
293. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Parvardigor! Kim meni yaxshi ko‘rsa, uni yetarlilik va qanoat bilan rizqlantir. Kim meni yomon ko‘rsa, molini va bolalarini ko‘paytir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:34:37
294. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. U zot aytdilar: "Faqirlik dunyoda mashaqqat, oxiratda xursandchilikdir. Boylik dunyoda xursandchilik, oxiratda esa mashaqqatdir".

Faqih aytadilar: "Musulmon kishi, garchi o‘zi boy bo‘lsa ham, kambag‘allarni yaxshi ko‘rmog‘i lozim. Chunki kambag‘allarni yaxshi ko‘rishda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘rish bor. Alloh taolo Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga kambag‘allarni yaxshi ko‘rishni va ularga yaqinlashmoqni buyurganlar:

"Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting" (Kahf, 28).
Ya’ni, nafsingizni faqirlar bilan birga tuting, ular o‘z nafslarini ibodatga bog‘lashdi.

Bu oyatning nozil bo‘lish sababi quyidagicha:
Uyayna ibn Hisn Fazoriy qavmining raisi edi. Bir kuni u Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kirganida, Salmon Forsiy, Suhayb Rumiy, Bilol ibn Hamoma Habashiy va boshqa kambag‘al sahobalar (Alloh hammalaridan rozi bo‘lsin) o‘sha yerda edi. Ularning ustida eski yirtiq kiyimlari bo‘lib, bir oz terlashgan edi. Uyayna shunda: "Bizlarda obro‘-sharaf bor. Biz oldingizga kirganimizda, ularni huzuringizdan chiqaring, ular bizga hidlari bilan ozor berishyapti yoki biz uchun boshqa majlis chaqiring", dedi. Alloh taolo ularni u yerdan chiqarishni man’ etdi va bunday deb oyat indirdi: "Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting". Ya’ni, ular besh vaqt namozini o‘qib, Parvardigorining rizosini talab qilishadi.
"Ko‘zlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini ko‘zlab, ulardan o‘tib (o‘zga ahli dunyolarga boqmasin)". Ya’ni, dunyo hayoti ziynatlari talabida ularni kam ko‘rmang.
"Va Biz qalbini Bizni zikr etishdan g‘ofil qilib qo‘ygan, havoyi nafsiga ergashgan kimsalarga itoat etmang!" Ya’ni, Bizdan, Qur’ondan yuz o‘girganlarga va ba’zi nafsining shahvatiga ergashgan kambag‘allarga itoat qilmang.
"Ularning ishi izdan chiqdi", ya’ni, ularning ishi zoe’ va botil bo‘ldi.

Alloh taolo Payg‘ambari sollallohu alayhi vasallamga faqirlar bilan o‘tirishni, ularga yaqin bo‘lishni buyuryapti. Bu buyruq barcha musulmonlarga qiyomat kunigacha kambag‘alliklari uchun musulmon faqirlarini yaxshi ko‘rmoqni, ularga yaxshilik qilmoqni va ularga molu dunyolaridan infoq bermoqni vojib etadi. Chunki ular qiyomat kunida Allohning yo‘lboshlovchilaridir va ulardan shafoat umid qilinadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:34:46
295. Hasan (Alloh u zotga rahm qilsin) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qiyomat kuni bir banda keltiriladi. So‘ngra dunyoda kishi kishidan uzr so‘ragandek Alloh taolo undan uzr so‘raydi. Aytadiki, ulug‘ligimga va izzatimga qasam, xorliging uchun sendan dunyoni to‘sganim yo‘q, balki sen uchun fazilat va karomatlarni tayyorladim. Ey bandam, bu saflarga chiqib, Mening roziligimni istab, seni taomlantirgan yoki kiydirgan kishilarga qara. Ularning qo‘lidan tut, ularning ishi senga havola.

Butun insonlarni shu kuni ter bosib oladi. U banda saflardan yurib, shunday amal qilgan kishilarning qo‘lidan ushlab, jannatga kirgizadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:34:55
296. Hasan (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot aytdilarki: "Kambag‘allarni ko‘proq taninglar va ularga infoq qilinglar. Chunki ularning davlati bor". Sahobalar: "Ey Rasululloh! Ularning davlati nima?" deb so‘rashdi. Javob qildilar: "Qiyomat kunida ularga, sizlarga bir bo‘lak non bergan, bir piyola suv ichirgan yo kiyim kiydirgan kishilarga qaranglar va ularning qo‘llaridan tutib, jannatga kiringlar, deyiladi".

Faqih aytadilar: Bilinglar! Kambag‘al kishi uchun beshta karomat bor:
1. Uning amali va savobi boyning amali va savobidan ko‘proqdir. Namozda, sadaqada va boshqa amallarida.
2. Agar u bir narsani xohlab, uni ololmasa, shuning uchun ham unga ajr beriladi.
3. Ular jannatga birinchilardan bo‘lib kirishadi.
4. Oxiratda ularning hisobi kam bo‘ladi.
5. Ularning pushaymonlari ham kamdir. Chunki qiyomat kunida boylar, kambag‘al bo‘lsak edik, deb qolishadi, faqirlar esa, boy bo‘lsak edik, deb orzu qilishmaydi. Bu holatlarning hammasi aniq xabarlarda kelgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:35:04
297. Zayd ibn Aslamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bir dirham sadaqa yuz ming dirham sadaqadan yaxshiroqdir". "Bu qanday bo‘ldi, ey Allohning rasuli?" deb so‘rashdi. Javob qildilarki: "Bir kishi yuz ming dirhamni molidan chiqaradi va uni sadaqa qiladi. Ikki dirhami bor bir kishi bir dirhamini ich-ichidan rozi bo‘lib beradi. O‘sha dirham egasi yuz ming dirham egasidan afzaldir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:35:20
298. Hasan (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: Sahobalar u zot sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashdiki: "Agar bizlar bir narsani ko‘rib, xohlab, uni olishga kuchimiz yetmasa, bizga ajr bormi?" Rasululloh aytdilar: "U bilan ajr olmasanglar, nima bilan ajr olasizlar".

Zahhok aytadilar: "Kim bozorga chiqib, bir narsani ko‘rib, o‘sha narsaga havasi kelsa va ololmaganiga sabr qilsa, bu ishi o‘n ming dirhamni Alloh yo‘lida infoq qilishdan yaxshidir".

Faqih aytadilar: Kambag‘allarning ulug‘ligiga Allohning bu so‘zi dalildir:
" (Ey mo‘minlar), namozni to‘kis ado qilinglar, zakotni ato etinglar va payg‘ambarga bo‘ysuninglar, shoyad rahmatga erishsanglar" (Nur,56). Ya’ni, Menga ibodat qilinglar, kambag‘allarga zakotlaringizni beringlar, deb Alloh taolo o‘zining haqqi bilan kambag‘allarning haqqini yonma-yon sanayapti.

Aytilishicha, kambag‘al — boyning tabibi, uning oqlovchisi, elchisi, qo‘riqchisi, shafoatchisi.

Tabibi deyilishiga sabab — boy kasal bo‘lib, kambag‘allarga sadaqa qilsa, kasalidan tuzaladi. Oqlovchisi degani — boy unga sadaqa bersa, kambag‘al duo qiladi, boy gunohlardan pok bo‘ladi va molini ham poklaydi. Elchisi degani — boy o‘lgan ota-onasi yoki qarindoshlaridan biri uchun sadaqa qilsa, sadaqasining savobi o‘likka yetadi, demak, kambag‘al kishi boy bilan o‘tganlarning orasida elchilik qiladi. Qo‘riqchisi degani — boy sadaqa qilsa, faqir uning haqqiga duo etadi, kambag‘alning duosi bilan boyning moli qo‘riqlanadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:35:28
299. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jannat podshohlarining xabarini beraymi?" "Ha", deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Mazlum zaiflar, ular boyvachcha xotinlarga uylana olmaydilar. Ularga yopiq eshiklar ochilmaydi. O‘layotganlarida qalbida hojati qolib ketadi. Agar Allohning nomiga qasam ichsa, uni amalga oshiradi", dedilar.

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Kim boyni ikrom qilib, kambag‘alni xorlasa, la’natlangandir".
Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Boy birodarlarimizga adolat qilmadik. Ular yeydilar, biz ham yeymiz, ichadilar, biz ham ichamiz, ular qiynaladilar, biz ham qiynalamiz, ularning ko‘p mollari bor, unga qarashadi, biz ham ular bilan birga u mollarga qaraymiz. Ular hisob berishadi, ammo biz hisob berishdan ozodmiz".

Shaqiq Zohid rivoyat qiladilar: "Kambag‘allar ham, boylar ham uchta narsani ixtiyor etishgan. Kambag‘allarning ixtiyor qilgan narsalari — nafsning rohati, qalbning yumshoq, hisobning yengil bo‘lishi. Boylarning ixtiyori - nafsning charchashi, qalbning mashg‘ulligi va qattiq hisob".

Hotim Zohiddan rivoyat qilinadi: "Kim to‘rt narsani to‘rt narsasiz da’vo qilsa, u yolg‘onchidir. Allohni yaxshi ko‘rishini da’vo qilsa-yu, harom etgan narsalaridan taqvo qilmasa; jannatni yaxshi ko‘rishini da’vo qilsa-yu, Alloh toatida molini infoq etmasa; Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘rishini da’vo qilsa-yu, u kishining sunnatlariga ergashmasa; jannatdagi ulug‘ darajalarni da’vo qilsa-yu, miskin va kambag‘allar bilan suhbatlashmasa".

Ba’zi hakimlar aytadi: "Kimda to‘rt narsa bo‘lsa, u yaxshilikning hammasidan mahrumdir. O‘zidan pastdagilardan o‘zini katta tutsa, ota-onasiga oq bo‘lsa, kambag‘alni past sanasa va miskinlarni miskinlikda ayblasa".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:35:36
300. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. Aytdilarki: "Menga Alloh taolo mol jamlashni va savdogar bo‘lishni vahiy qilgani yo‘q. Balki Rabbimga hamd bilan tasbeh aytishimni, sajda qiluvchilardan bo‘lishimni va to o‘lim kelguncha ibodat qilishimni buyurdi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:35:44
301. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar: "Ey odamlar! Qiyinchilik va faqirlik sizlarni rizqingizni haromdan talab qilishga undamasin. Men bu aytilayotgan so‘zlarni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman. U kishi aytgan edilar: "Ey Parvardigor, meni faqir holatda dunyodan o‘tkazgin, boy holatda o‘tkazmagin, qiyomat kunida miskinlarning zumrasida tiriltirgin. Albatta, badbaxtlarning badbaxti dunyo faqirligi bilan oxirat azobini jamlaganidir".

Umar ibn Xattobning (r.a.) oldilariga Qodisiyadan tushgan g‘animatlarni keltirishdi, U zot o‘ljalarni diqqat bilan kuzata boshladilar. Keyin yig‘ladilar. Abdurahmon ibn Avf: "Bugun xursandchilik kuni bo‘lsa, nega yig‘layapsiz, yo amirul mo‘minin", deb so‘radilar. Hazrati Umar aytdilar: "Ha, qaysi bir qavmga bu narsa (ya’ni, mol-dunyo) berilgan bo‘lsa, ularning orasiga dushmanlik va adovat tushadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:35:51
302. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Har bir ummat uchun fitna bor. Ummatimning fitnasi mol-dunyodir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:36:16
303. Abdulloh ibn Umar (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Alloh uchun eng yaxshi odamlar kambag‘allardir".
Chunki Allohning yaxshi ko‘rgan bandalari payg‘ambarlar. Ularni kambag‘allik bilan imtihon qilgan.

Hasan Basriy Hazratlari aytadilar: "Alloh taolo Muso alayhissalomga vahiy qildi: "Ey Muso, eng sevimli bandam va yer ahlining eng yaxshisi vafot etyapti. Bor, uni yuvib kafanla va qabrga qo‘y", deb. Muso (a.s.) uni Imrondan izlab topolmadilar. Xarobda ham topilmadi. Keyin loy qilayotgan bir qavmni uchratdilar. Ulardan: "Kecha bu yerda kasal bo‘lgan yoki o‘lgan kishini ko‘rdinglarmi?" deb so‘radilar. Loychilar: "Kecha manavi xarobada bir kasalni ko‘rgan edik, balki siz izlayotgan kishi o‘shadir", deyishdi. Muso alayhissalom: "Xo‘p", deb o‘sha tomonga ketdilar. Borsalar, bir odam kasal yotgan ekan. Boshining tagiga g‘isht qo‘yilgan, o‘zini o‘zi davolar edi. Shu payt boshi g‘ishtdan pastga tushib ketdi. Muso alayhissalom turib yig‘ladilar va: "Ey Rabbim, uni eng yaxshi bandalardan, deb aytding-ku. Lekin men uning oldida kasaliga qarovchi biror kishini ko‘rmadim", dedilar. Alloh taolo shunda: "Ey Muso! Agar men bandamni yaxshi ko‘rsam, uni butun dunyodan to‘sib qo‘yaman", deb vahiy qildi".

Hasan Basriy Hazratlari yana aytadilar: "Birinchi zarb qilingan dinorni iblis olib, ko‘ziga surtdi va: "Seni kim yaxshi ko‘rsa, o‘sha odam mening qulimdir", deb aytdi.

Vahb ibn Munabbah aytadilar: "Iblis Sulaymon ibn Dovud alayhumassolatu vassalomga shayx suratida keldi. Sulaymon aytdilarki: "Iso alayhissalom ummatini nima qilishing xabarini ber". Shayton: "Men ularni Allohdan boshqa iloh olishga buyuraman", dedi. Sulaymon (a.s.): "Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummatiga-chi?" deb so‘radilar. Shayton: "Men ularga dirham va dinorlarni tashlab qo‘yaman. Ularga bu pullar "la-a ilaha illalloh" kalimasidan ham suyumli bo‘ladi", dedi. Sulaymon (a.s.) aytdilar: "Sening yomonligingdan Allohdan panoh tilayman". So‘ng unga qaradilar. U ketib qolgan edi".

Faqih aytadilar: Kambag‘al kishi Alloh bergan ne’matlarni bilmog‘i lozim. Va yana bilmog‘i lozimki, albatta, dunyo-ni undan uzoqlashtirgani uni muhtaram qilganidir. Zero, bu ehtirom-hurmat payg‘ambarlarga va avliyolarga ham qilingan. Demak, u Alloh taologa hamd aytmog‘i, jazavaga tushmasligi, hayot mashaqqatlariga sabr qilmog‘i, qiyomat kunidagi narsalar dunyoda ololmaganlaridan ko‘ra yaxshi ekanini unutmasligi kerak. Faqirlik Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam kasblari bo‘lgani uchun ham buyukdir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:44:51
304. Faqih Ibn Abbosdan rivoyat qiladilar. U kishi aytdilarki: "Bir kuni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘tirgan edilar, Jabroil alayhissalom bilan yana bir farishta tushdi. Jabroil (a.s.) aytdilar: "Bu farishta osmondan birinchi marta tushishi. Rabbidan sizni ziyorat qilishni so‘radi". Ozgina o‘tmasdan farishta kelib: "Assalomu alayka, yo Rasululloh", dedi. "Vaalaykassalom", dedilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam. Farishta aytdi: "Alloh taolo sizga hamma narsalarning xazinasini va kalitini berishini xabar qilgan. Sizdan oldin hech kimga bermagan edi, sizdan keyin ham hech kimga bermaydi va sizga tayyorlab jamlagan narsani kamaytirmaydi". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Balki uni menga qiyomat kuni jam qiladi", dedilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:45:05
305. Safvon ibn Sulaymdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Menga Makka sahrosi tillo holatda ko‘rsatildi. Aytdimki: "Ey Rabbim, bir kunni to‘q o‘tkazaman, bir kunni och. To‘yganimda, Senga hamd aytaman, och qolganimda, Senga tazarru’ qilaman".
______________
Kambag‘allarning fazilatlari bobi hadislari

289-hadis. Juda zaif. Uning roviylaridan biri Xorija ibn Mus’abning hadisi tark qilinadi.
290-hadis. Hasan sahih. Tabaroniy, Abu Na’im, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
291-hadis. Sahih. Ahmad, Tayolisiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
292-hadis. Isnodi noma’lum.
293-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy, Asbahoniy rivoyat qilgan.
294-hadis. Zaif. Roviylar o‘rtasida uzilish bor. Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
295-hadis. Sanadida zaiflik bor. Abu Shayx, undan Daylamiy rivoyat qilgan.
296-hadis. Mavzu’. Ibn Adiy rivoyat qilgan. Imom Zahabiy mavzu’ degan.
297-hadis. Hasan. Nasoiy, Ibn Hibbon, Hakim rivoyat qilgan.
298-hadis. Mursal.
299-hadis. Haysamiy uni "œAl-majma’" kitobiga kiritgan.
300-hadis. Unda zaiflik bor. Ahmad, Abu Na’im, Ibn Murdavayh rivoyat qilgan. Mursal.
301-hadis. Hasan. Ibn Adiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
302-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy, Ibn Hibbon, hakim rivoyat qilgan.
303-hadis. Munzariyning "œAt-targ‘ibu vat-tarhib" kitobida keltirilgan.
304-hadis. Tabaroniy hasan sanad bilan rivoyat qilgan.
305-hadis. Juda zaif. Ibn Muborak, Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. "œZaiful jome’"ga kirgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:45:17
YIGIRMA YETTINCHI BOB
DUNYODAN YUZ O‘GIRISH


306. Faqih Abu Lays Samarqandiy Zayd ibn Sobitdan (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimning niyati oxirat bo‘lsa, Alloh hamma ishlarini jam qilib qo‘yadi. Boyligini qalbida qiladi. Dunyo uni izlab keladi. Kimning niyati dunyotalab bo‘lsa, Alloh uning ishlarini tarqoq etib, kambag‘alligini ko‘z oldida ko‘rsatib qo‘yadi. Unga dunyodan faqat Alloh yozgani keladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:45:31
307. Asvad ibn Qays rivoyat qiladilar: "Men Jundubdan eshitdim, u kishi aytdilarki, Umar (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kirganlarida, u zot qamishdan to‘qilgan sholcha ustida yotgan ekanlar. Ikki yonlarida qamishning izlari bilinib qolgan edi. Umar (r.a.) bu holga yig‘ladilar. Umarni ko‘rib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam so‘radilar: "Ey Umar! Sizni nima yig‘latdi?" Hazrati Umar: "Kisro va Qaysarni esladim. Ularda hamma narsa bor. Siz payg‘ambar bo‘lib, yonlaringizda qamishning izi bilinib qolibdi", dedilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Dunyo yaxshiliklari ularga berilgandir. Biz esa, yaxshiliklari oxiratga kechiktirilgan qavmmiz".

Valid Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qiladi. U kishi aytdilar: "Men sizlardagi ikki narsadan qo‘rqaman. Orzu-havasni ko‘paytirish va havoyi nafsga ergashish, chunki uzun orzu oxiratni unuttiradi. Havoiy nafsga ergashish haqdan adashtiradi. Albatta, dunyo orqada qoladi. Oxirat esa, oldinda. Har ikkovining ham farzandlari bor. Sizlar oxirat farzandlari bo‘linglar, dunyo farzandlari bo‘lmanglar. Albatta, bugun amal bor, hisob yo‘q. Ertaga esa, hisob bor, amal qilish yo‘q". Ya’ni, bu kunda amallarni ko‘paytiringizlar. Chunki ertaga amal qilishga imkon topmaysizlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:46:27
308. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning har jum’a qilgan xutbalarini to‘rt yil izladim, lekin topa olmadim. Bir kuni bu xutbalar ansorlardan birida borligi ma’lum bo‘ldi. Uni izlab, Madinaga kelsam, u kishi Jobir ibn Abdulloh ekanlar (r.a.). Men u kishidan: "Siz Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning har jum’a kuni qilgan xutbalarini eshitganmisiz?" deb so‘radim. U kishi: "Ha", deb javob qildilar va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xutbalarini aytdilar: "Ey odamlar, sizlar uchun alomat — belgilar bor, ularning oldida to‘xtang, sizlar uchun chegara bor, uning oldida ham to‘xtang. Mo‘min banda ikki xavf orasida bo‘ladi: O‘tgan umri borasida unga Alloh qanday muomala qilishini bilmaydi va qolgan umri davomida unga nima taqdir qilganini bilmaydi, mo‘min banda nafsidan nafsi uchun, hayotidan o‘limi uchun, yoshligidan keksaygan payti uchun, dunyosidan oxirati uchun ozuqa tayyorlasin. Dunyo sizlar uchun yaratilgan, sizlar oxirat uchun yaratilgansizlar. Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, o‘limdan keyin ayblash yo‘qdir. Dunyodan keyin yoki jannat, yoki do‘zax bo‘ladi. Bu so‘zimni tugataman, sizlarga va o‘zimga Allohdan mag‘firat tilayman".

Sahl ibn Abdulloh Tustoriydan zikr qilinadi. U kishi mollarini Alloh toatida infoq etardilar. U zotning onasi va akalari Abdulloh ibn Muborak oldilariga kelib, shikoyat qilishdi: "Bu o‘g‘limiz hech narsani qoldirmay, odamlarga beraveradi. Bizlar uning kambag‘allikka tushib qolishidan qo‘rqamiz", deb. Abdulloh ibn Muborak yordam bermoqchi bo‘lib, Sahlni chaqirtirdilar. Kelganidan so‘ng, Sahl unga aytdilar: "Ey Abdurahmonning otasi, agar shaharlik bir kishi bog‘ sotib olsa va shahardan boqqa ko‘chishni xohlasa, shunda shaharda biron narsani qoldiradimi o‘zi bog‘da turib?" Abdulloh aytdilar: "Agar shahardan boqqa qo‘chmoqchi bo‘lsa, shaharda hech narsasini qoldirmaydi". Shunda aytdilar: "Bir kishi dunyodan oxiratga ko‘chayotgan bo‘lsa, qanday qilib bu dunyoda narsasini tashlab ketadi?"

Faqih aytadilar: Oqil kishi dunyodagi rizqiga rozi bo‘ladi va mol to‘plashga mashg‘ul bo‘lmaydi. Oxirat amallari bilan shug‘ullanadi. Chunki oxirat qaror topish va ne’matlar uyidir. Dunyo foniylik uyi, u xiyonatkor, fitnakordir.

Juvaybir Zahhokdan rivoyat qiladi. Zahhok aytdilar: "Alloh taolo Odam bilan Havvoni yerga tushirganda, ular dunyo hidini topishdi va jannat bo‘yini yo‘qotishdi. Ikkalasini qirq kun dunyo bad bo‘yi o‘rab oldi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:47:30
309. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: "Abadiy dunyo borligiga ishona turib, (foniy) dunyo uchun amal qiladigan kishiga juda ham taajjub!"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:47:54
310. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bir majlislarida o‘tirgan edim, yuzlari oppoq, sochlari chiroyli va rangdor, oq kiyimli kishi kelib, salom berdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Vaalaykumussalom", deb javob berdilar. U kishi so‘radi: "Ey Allohning elchisi, dunyo nima?" "Uyqudagi tush. Uning ahli esa mukofotlanuvchi yoki azoblanuvchidir", deb javob qildilar. U kishi yana so‘radi: "Ey Allohning elchisi! Oxirat nima?" "Abadiylikdir, bir guruh jannatda, bir guruh do‘zaxdadir", deb javob berdilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam. Yana savol qildi: "Ey Allohning elchisi! Jannat nima?" "Dunyoni tashlagan kishiga (dunyoning) o‘rniga abadiy ne’matni berishdir", dedilar. "Ey Allohning elchisi, jahannam nima?" "Dunyoni talab qiluvchiga (dunyoning) o‘rniga beriladi, ahli undan hech ajralmaydi". Savol-javob yana davom etdi:
"Ummatning yaxshisi kim?"
"Allohga itoat bilan amal qiladiganlar".
"Unday kishi qanday bo‘ladi?"
"Yengini shimargan holda karvonni izlovchi kabi".
"U odam yerda (dunyoda) qancha vaqt turadi?"
"Karvondan orqada qolganchalik miqdorda".
"Dunyo bilan oxiratning orasi qancha?"
"Ko‘zni yumgancha".
Keyin u kishi qaytib ketdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Bu kishi Jabroil bo‘ladi. Sizlarni bu dunyodan yuz o‘girtirish va oxiratga rag‘batlantirish uchun keldi", dedilar".

Zikr qilinadi: Allohning do‘sti Ibrohimdan (a.s.) so‘radilarki: "Qaysi narsa uchun sizni Alloh do‘st (xalil) qilib oldi?" Aytdilar: "Uch narsa bilan: Ikki ishni xohlasam, Alloh uchun bo‘lganini tanladim; Alloh taolo menga kafolatini bergan rizqdan boshqa rizqqa harakat qilmadim; tushlik va kechki ovqatni har vaqt mehmon bilan yedim".

Ba’zi hakimlar aytadi: "Qalbning tirikligi to‘rt narsada: Ilm, rozilik, qanoat va zuhdda. Ilm uni rozi qiladi. Rozilik bilan qanoatga erishadi, qanoat esa uni zuhdga yetkazadi. Zuhd dunyoni past sanashlikdir".
Aytishlaricha, zuhd uch xil bo‘ladi:
1) dunyoni bilish va keyin uni tark qilish;
2) Mavloning xizmatida bo‘lish, xizmatda odoblilik;
3) oxiratga shavq qilish, keyin uni talab etish.

Yahyo ibn Maoz Roziydan zikr qilindi: "Hikmat osmondan qalblarga otilib tushadi. To‘rt xislatga ega qalbga o‘rnashmaydi:
1) dunyoga ishonib qolgan;
2) ertaning g‘amida bo‘lgan;
3) birodariga hasadgo‘y;
4) ulug‘likni sevgan qalblarga".

Yana Yahyo aytadilar: "Muvaffaqiyatga erishgan oqil uch xislat uchun amal qiladi:
1) dunyo uni tark qilmasdan oldin u dunyoni tark etadi;
2) qabrga kirmasdan oldin qabrini bino qiladi;
3) yo‘liqishdan oldin Rabbini rozi qiladi".

Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Kim olti xislatni o‘zida jam qilsa, jannat talabini ham, do‘zaxdan qochishni ham tark etmaydi. Allohni tanib, Unga itoat qilsa; shaytonni tanib, unga itoat etmasa; haqni bilsa va unga ergashsa; botilni bilsa va undan qochsa; dunyoni bilsa va bosh tortsa; oxiratni bilsa va uni talab qilsa".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:48:59
311. Ja’far ibn Muhammad Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Ali, to‘rt xislat badbaxtlikdandir: Ko‘zning quruqligi; qalbning qattiqligi; dunyoni sevish; orzuni uzun qilish".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:49:07
312. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar dunyo Alloh nazarida chivinning qanotichalik qadrli bo‘lganida edi, kofir dunyodan bir tomchi suv ham icholmas edi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:51:30
313. Abdurahmon ibn Usmondan rivoyat qilinadi. "Pay-g‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir kechani uyqusiz o‘tkazdilar va bomdod namozini "Dumnatul-hay"da, ya’ni, qabilaning axlat tashlaydigan joyi tarafda o‘qidilar. Shu joyda o‘lgan echki bolasini ko‘rdilar, yog‘larida shish bor edi, ya’ni, uning terisida qurt g‘imirlab yurardi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam unga qaradilar va tuyalarini ushladilar. Keyin qavm turdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mana shu echkining egasi uni past sanab tashlab qo‘ygan deb o‘ylaysizlarmi?", dedilar. "Ha, ey Allohning elchisi", deyishdi sahobiylar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, dunyo Alloh huzurida bu uloqning o‘z ahliga xor bo‘lganidan ham xorroqdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:51:46
314. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilindi: "Dunyo mo‘minning zindoni, qabr qo‘rg‘oni, jannat esa, uning makonidir. Dunyo kofirning jannati, qabr qamoqxonasi, do‘zax esa makonidir".

Faqih aytadilar: "Dunyo mo‘minning zindoni", degan so‘zlarining ma’nosi, mo‘min agar ne’matda va kengchilikda bo‘lsa ham, Allohning jannatdagi ne’matlari oldida bu dunyoda go‘yo zindondagidek, deganidir. Chunki mo‘minga o‘lim hozir bo‘lsa, unga jannat ko‘rsatiladi. Va o‘zi uchun jannatda tayyorlangan narsalarni ko‘rib biladiki, u qamoqda ekan. Ammo kofirga o‘lim kelsa, do‘zax ko‘rsatiladi va Alloh unga tayyorlab qo‘ygan narsalarni ko‘rib biladiki, dunyo jannat bo‘lgan ekan. Kim oqil bo‘lsa, zindonda xursand bo‘lmaydi, rohatni talab qilmaydi. Oqil kishi dunyoga qaramog‘i, dunyo haqidagi zarbulmasallarni fikr qilmog‘i lozim. Alloh taolo va Payg‘ambar alayhissalom dunyoni zarbulmasal qilib bayon etganlar.

Alloh taolo aytadi:
"Darhaqiqat, bu hayoti dunyoning misoli", ya’ni, uning yo‘q bo‘lishi va ketishi yomg‘ir kabi "suvga o‘xshaydi"; "Biz uni osmondan yog‘dirganmiz", ya’ni, Alloh taolo osmondan tushirgan; "u yer nabototi bilan aralashadi", ya’ni, suv yerga singadi, keyin "odamzod yeydigan" donlar "va hayvonlar yeydigan" o‘t va pichanlar unib chiqadi, "hatto yer chiroy oladi"; "yasan-tusan qilganida", ya’ni, yer o‘simliklar bilan ziynatlanganda "uning ahli gumon qilishadi", ya’ni, o‘simlik va ekinlar egalari o‘ylashadiki, "uning ustida kuchli-qudratlimiz", deb, ya’ni, uning g‘allalariga egamiz, deb; ular yaqindagina tugaydi "va yerga kechasi yo kunduzi Bizning buyrug‘imiz keladi", ya’ni, Allohning azobi keladi; "go‘yo kuni kecha obod bo‘lmagandek uni vayrona qilib qo‘yamiz". Shuningdek, ekinzorlar qolmagandek dunyo va undagi narsalar qolmaydi, "Tafakkur qila oladigan qavm uchun oyatlarni shunday mufassal bayon qilamiz", ya’ni misollarni (Yunus, 24).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:51:55
315. Rivoyat. Bir kishi Shomdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga keldi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ularning yerlari haqida so‘radilar. Ular yerlarini kengligini va turli ne’matlarga boyligini aytdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Qanday ishlaysizlar va qanday kun ko‘rasizlar?" deb so‘radilar. U kishi javob qildi: "Turli-tuman taomlar yeymiz". Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘radilar: "U nimaga aylanadi?" "O‘zingiz bilgan narsaga" (ya’ni, bavl va axlatga), dedi. Shundan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Dunyo ham xuddi shunga o‘xshaydi", dedilar.

Yahyo ibn Maoz Roziy aytadilar: "Dunyo Allohning ekinzori, odamlar shu ekinzorning ekini, o‘lim o‘roq, jonni oluvchi farishta alayhis-salom shu ekinni o‘ruvchi, qabriston uni yanchuvchi, jannat va do‘zax havoyi xohishlarning uyidir. Bir guruhi jannatda, bir guruhi do‘zaxda bo‘ladi".

Luqmoni Hakimdan zikr qilinadi. U kishi o‘g‘liga aytdilar: "Ey o‘g‘ilginam, dunyo chuqur dengizdir. Unda ko‘p kishilar g‘arq bo‘lishgan. Bas, kemangda Allohga taqvo qilgin".

Ba’zilar aytadi: "Solih amallar ko‘tarib yurgan davlatingdir. Bu molga hirs qilsang, sening foydang. Kunlar – solih amalning to‘lqini, tavakkul – soyasi. Allohning kitobi – dalili, nafsni havodan qaytarish – arqoni, o‘lim – sohili, qiyomat – savdo qiladigan yeri, Alloh esa uning egasidir".

Fuzayl ibn Iyozdan rivoyat qilinadi. U kishi aytadilarki: "Dunyo qiyomat kuni keltiriladi. O‘zidagi ziynat va chiroyi bilan aytadiki: Ey Rabb! Meni yaxshi bandalaring uchun uy qilib qo‘ygin". Alloh azza va jalla: "Seni ular uchun uy qilishga rozi emasman, sen hech narsadirsan, sepilgan chang bo‘lgin", deydi. Shundan so‘ng dunyo changga aylanadi".

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Qiyomat kunida dunyo oqarib-ko‘karib ketgan, qari, tishlari ko‘ringan, a’zolari titilgan xas holatda keltiriladi. Kim uni ko‘rsa, qayta qaragisi kelmaydi. Uni odamlarga qaratadi. Keyin: "Buni taniysizlarmi?" deyishadi. "Uni bilishdan Allohdan panoh tilaymiz", deb javob berishadi. Shundan so‘ng: "Bu dunyodir. Sizlar faxrlangan va uning ustida talashgan dunyo mana shudir", deyiladi.

Faqih aytadilar: Dunyoga azob berilmaydi. Chunki unda gunoh yo‘q, lekin do‘zax ahli uni ko‘rishligi uchun do‘zaxga tushiriladi. Do‘zax ahli uchun dunyo xor qilib ko‘rsatiladi. Xuddi sanamlar do‘zaxga tashlangani kabi. Alloh aytadi:
"(Ey mushriklar), sizlar ham, Allohni qo‘yib sig‘inayotgan butlaringiz ham jahannam o‘tinlaridir. Sizlar u (jahannamga) tushguvchidirsizlar" (Anbiyo, 98). Butlar uchun azob yo‘q, lekin azob va hasratni ziyoda qilish do‘zax ahli uchundir. Shuningdek, dunyo do‘zax ahlining azobini, hasratini ziyoda qilish uchun do‘zaxga tashlanadi. Demak, mo‘min kishi oxirat uchun amal qilmog‘i lozim. Dunyo bilan mashg‘ul bo‘lib qolmasligi, shug‘ullansa ham, kerak bo‘lganicha, unga qalbi bilan yopishmasdan shug‘ullansa bo‘ladi.

Iso alayhissalom aytdilar: "Sizlarga ajablanaman. Dunyo uchun amal qilasizlar, vaholanki, unda amalsiz ham rizqlanasizlar, oxirat uchun amal qilmaysizlar, vaholanki, unda amalsiz rizqlanmaysizlar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:52:29
316. Abu Ubayda Asadiy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimning qalbi dunyo sevgisi bilan to‘lgan bo‘lsa, Alloh taolo uni uch narsa bilan bog‘lab qo‘yadi: Mash-g‘ul bo‘lish va davomli charchash bilan; tugamaydigan orzu bilan; cheksiz hirs bilan. Unda qiyinchilik bo‘lmaydi.

Dunyo talab qiladi va talab qilinadi. Oxirat ham talab qiladi va talab qilinadi. Kim oxiratni talab qilsa, uni dunyo talab qiladi. Hatto dunyoda rizqini to‘liq oladi. Kim dunyoni talab qilsa, uni oxirat talab qiladi. Hatto o‘lim keladi, so‘ngra birdaniga olib qo‘yadi".

Ibrohim ibn Yusuf Kinonadan rivoyat qiladi: Aytdilarki: "Men Abu Hozimning shunday deganlarini eshitdim: "Dunyodan ikki narsani topdim. Biri — mendagi narsa, u yo‘q bo‘lmaydi, ikkinchisi — boshqaniki, unga yetolmadim, chunki meniki bo‘lgan narsa boshqaga berilmagani kabi, boshqaniki ham menga berilmaydi. Men bu narsaning qaysi birida umr o‘tkazay? Va men yana ikki narsani ikki narsa deb bildim: Biri — mol-dunyoning ajali menikidan oldin kelib, undan g‘alaba qilaman; ikkinchisi — mening umrim unikidan oldin uziladi, o‘laman va boshqa kishiga tashlab ketaman. Qaysi biri bilan Rabbimga osiylik qildim?"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:52:36
317. Abu Sufyon rivoyat qiladilar. Sa’d ibn Abu Vaqqos Salmonning (r.a.) oldiga keldilar. U kishi kasal edilar, ziyorat qildilar. Salmon yig‘ladilar. Sa’d ibn Abu Vaqqos: "Ey Abdullohning otasi, nega yig‘layapsiz? Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sizdan rozi holda dunyodan ketdilar-ku?" deb so‘radilar. Salmon (r.a.) aytdilar: "Ogoh bo‘linglar! Men o‘limdan qo‘rqib yoki dunyoga hirs qilib yig‘lamayman. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizlarga bir ahd berganlar. "Sizlarning dunyodagi nasibalaringiz yo‘lovchi oladigan narsa miqdorida bo‘lsin", deganlar. Mening oldimda esa, bu qora narsalar turibdi". U kishining oldilarida ichadigan, yeydigan, tahorat qiladigan idishlar bor edi. Keyin Sa’d (r.a.) aytdilar: "Ey Abdullohning otasi, siz ham bizga ahd bering. Sizdan keyin bizlar ham uni ushlaylik". Salmon (r.a.): "Ey Sa’d, qayg‘urgan paytingizda, hukm qilayotganingizda va qasamingizni bajarish vaqtida Allohni eslangiz", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:52:44
318. Jubayr Zahhokdan rivoyat qiladilar. Bir kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan so‘radi: "Ey Allohning elchisi! Odamlarning zohidrog‘i kim?" deb. Aytdilar: "Kim qabrni va chirishini unutmasa, dunyo ziynatining ortiqchasini tashlasa, dunyodan ko‘ra oxiratni afzal bilsa, kunlarining ertasi bor deb hisoblamasa va o‘zini o‘lganlardan deb sanasa".

Hakim Hotam Lifofiy aytadilar: "To‘rt narsani to‘rt narsadan talab qildik va bu yo‘lda xato etdik: Boylikni moldan talab qildik, u qanoatda ekan, rohatni ko‘plikdan izladik, ozlikda ekan, ne’matni taom va kiyimdan qidirdik, satrda, ya’ni, Alloh yopgan ayblarda va Islomda ekan".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:52:52
319. Rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim dunyoga katta ahamiyat berib tong ottirsa, Alloh uning qalbiga uch narsani bog‘lab qo‘yadi: Famdan hech uzilmaydi, mashg‘ullikdan ajralmaydi va kambag‘alligi tugamaydi".

Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Kim tong ottirsa, u mehmondir. Moli yalang‘ochdir. Mehmon jo‘nab ketadi, yalang‘ochlik ortiga qaytadi".

Fuzayl ibn Iyoz: "Yomonlikning hammasi bir uyda bo‘lsa, uning kaliti dunyoni sevishlikdir. Yaxshilikning hammasi bir uyda bo‘lsa, uning kaliti dunyoni tark qilishdir", deydilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:53:05
320. Anas (r.a.) Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot aytdilarki: "Alloh taolo: "Mo‘min bandamga dunyoni ko‘paytirsam, xursand bo‘ladi, u Mendan uzoqroqdir, dunyoni kamaytirsam xafa bo‘ladi. Kimning dunyosini kamaytirsam, ana shu bandam Menga yaqindir", deydi". Keyin bu oyatni tilovat qildilar:

"Ular Biz ularga berayotgan mol-davlat va bolalarni o‘zlari uchun yaxshiliklarni tezlatishimiz deb o‘ylaydilarmi? Yo‘q, ular (buni g‘aflatlari yanada ziyoda bo‘lishi uchun qilinayotganini) sezmaydilar" (Mo‘minlar, 55-56).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:53:29
321. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilindi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir kuni Abu Zarrning qo‘lidan ushlab chiqdilar va: "Ey Abu Zarr, albatta, sening oldingda baland to‘siq bor. Unga faqat yengil kishilargina ko‘tariladi", dedilar. Abu Zarr: "Yo Rasululloh, men yengil kishilardanmi yoki og‘irlardan?" deb so‘radilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Senda bir kunlik taom bormi?" Abu Zarr: "Ha", dedilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ertangisi-chi?" Abu Zarr: "Ha", deb javob qildilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ertadan keyingisi-chi?" Abu Zarr: "Yo‘q", deb javob qildilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar senda uch kunlik taom bo‘lsa, og‘irlardansan".

_________________
Dunyodan yuz o‘girish bobi hadislari

306-hadis. Sahih. Ibn Mojja, Ibn Abu Dunyo rivoyat qilgan. "œSahihul jome’"ga kirgan.
307-hadis. Muttafaqun alayh. Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan.
308-hadis. Mursal. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
309-hadis. Mavzu’. Ibn Abu Dunyo, Qazoiy rivoyat qilgan. Sanadidagi Abdulloh ibn Musavvar kazzobdir. "œAz-zaifa" kitobida keltirilgan.
310-hadis. Hofiz Iroqiy "œTarix ul-ihyo" kitobida uning asli yo‘qligini aytgan.
311-hadis. Munkar, unda uzilish bor. Ibn Adiy, Abu Na’im rivoyat qilgan.
312-hadis. Sahih. Xatib, Qazoiy rivoyat qilgan. "œAs-sahiha" kitobiga qarang.
313-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
314-hadis. Sahih. Muslim "œDunyo mo‘minning zindoni, kofirning jannati" lafzi bilan rivoyat qilgan.
315-hadis. Hasan. "œSahihul jome’" va "œAs-sahiha" kitoblarida keltirilgan.
316-hadis. Hasan. Abu Na’im, Tabaroniy rivoyat qilgan.
317-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja, Hokim va boshqalar rivoyat qilishgan.
318-hadis. Zaif. "œAz-zaifa"ga qarang.
319-hadis. Munkar. Daylamiy rivoyat qilgan.
320-hadis. Mavquf. Suyutiy "œAd-durrul-mansur"da keltirgan.
321-hadis. Sahih. Ibn Muborak, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:54:14
YIGIRMA SAKKIZINCHI BOB
BALO VA MASHAQQATLARGA SABR QILISH


322. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ey bola, senga Alloh taolo foyda beradigan kalimalarni o‘rgataymi?" dedilar. Men: "Ha, ey Allohning elchisi!" dedim. Aytdilar: "Allohni yod et, Alloh seni saqlaydi. Allohni yod et, Uni huzuringda topasan. Alloh taoloni kenglik paytida tani, qiyinchilikda seni taniydi. Tilasang, Allohdan tila. Yordam so‘rasang, Allohdan so‘ra. Bo‘ladigan narsalarni qalam (yozib bo‘ldi), quridi. Agar butun odamlar senga foyda bermoqni xohlasalar, Alloh uni senga taqdir qilmagan bo‘lsa, qodir bo‘lmaydilar. Agar ular senga zarar bermoqchi bo‘lsalar, Alloh taolo taqdir qilmagan bo‘lsa, zarar berishga ham qodir bo‘lmaydilar. Allohga shukr va ishonch bilan amal qil. Bilki, yomon ko‘rgan narsangga qilgan sabringda ko‘p yaxshiliklar bor. Albatta, (Allohning) yordami sabr qilish bilan, quvonch qayg‘u bilan, yengillik mashaqqat bilan birgadir".

Ali ibn Abu Tolib (Alloh uzotdan rozi bo‘lsin) aytadilar: "Ey odamlar! Mendan besh narsani yod qilinglar: Gunohdan boshqa narsadan qo‘rqmangiz, Allohdan boshqasiga umid etmangiz, agar bilmasangiz, ta’lim olishdan uyalmangiz, agar so‘rasalar, bilmasangiz, bilmayman, demoqdan uyalmangiz. Bilingizki, sabr jasaddagi bosh kabidir. Jasaddan bosh ajralsa, jasad hech narsaga yaramaydi, shuningdek, ishlardan sabr ketsa, buziladi".

Keyin: "Men sizlarga haqiqiy faqihning xabarini beraymi?" deb so‘radilar. "Ha, ey amirul mo‘minin", deyishdi. "Odamlarni Allohning iltifoti va marhamatidan noumid qilmagan, shuningdek, ularni Allohning azobidan xotirjam ham qilib qo‘ymagan, gunohlarni odamlarga ziynatli qilib ko‘rsatmagan, gunohkor va muvahhidlarni (tavhid e’tiqodida bo‘lganlarni) Alloh hukm qilmasdan oldin jannati yoki do‘zaxi deb hukm etmagan kishi haqiqiy faqihdir. Allohning azobidan bu ummatning yaxshisi xotirjam bo‘lmaydi. Alloh taolo aytadi:
"Ular Allohning "makri"dan xotirjam bo‘lib qoldilarmi? Bas, Allohning "makri"dan faqat ziyon ko‘ruvchi qavmgina xotirjam bo‘ladi" (A’rof, 99). Bu ummatning yomoni ham Allohning lutfidan noumid bo‘lmaydi.

Alloh aytadi:
"Zero, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmgina noumid bo‘lur" (Yusuf, 87)", dedilar Hazrati Ali.

Yazid Raqqoshiy aytadilar: "Agar kishi qabrga kirgizilsa, namozi o‘ng tomonda, bergan zakoti chap tomonda turadi va yaxshiligi unga soya soladi. Sabr esa, uning ustida bahslashib turadi. Aytadiki, oldingizda sohibingiz turibdi, hujjatlashsanglar hujjatlashinglar, yo‘qsa, uning orqasidan men boraman". Ya’ni, agar qodir bo‘lsalaring, uni azobdan mudofaa qilinglar, mudofaa qilolmasangizlar, men sizlar uchun ham unga kifoya qilaman va undan azobni ketkazaman.

Bu xabarlarda sabr amallarning afzali ekaniga dalil bordir. Alloh taolo aytadi:
"Hech shak-shubha yo‘qki, sabr-toqat qiluvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz, to‘la-to‘kis qilib berilur" (Zumar, 10).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:54:22
323. Muhammad ibn Muslim rivoyat qiladilar. Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga: "Ey Allohning elchisi! Molim ketdi, tanam kasal bo‘ldi", deb shikoyat qildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Moli ketmagan, joniga kasallik yetmagan bandaga yaxshilik yo‘qdir. Albatta, Alloh bandasini yaxshi ko‘rsa, unga balo yuboradi, agar unga balo yuborsa, uni sabrli qilib qo‘yadi".

Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Qaysi bir kishini sulton zulm qilib qamasa, u hibsda o‘lsa, shahiddir. Agar ursa, tayoq zarbidan o‘lsa, shahiddir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:54:30
324. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilindi. Aytdilar: "Albatta, kishining Alloh nazdidagi darajaga erishmog‘i uchun qilgan amali yetmaydi. Hattoki, uning joniga balo keladi, o‘sha balo tufayli uni o‘sha darajaga yetkazadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:54:44
325. Rivoyat qilindi. Allohning:
"Kim yomon amal qilsa, jazosini oladi" (Niso, 123), degan so‘zi tushganda, Abu Bakr (r.a.) aytdilar: "Ey Allohning elchisi, bu oyatdan keyin qanday xursandchilik bo‘lsin?" Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Alloh sizni kechirsin, siz kasal bo‘lmaysizmi? Sizga aziyat yetmaydimi? Siz qiynalib xafa bo‘lmaysizmi? Bu yetgan narsalarning hammasida gunohlaringizga kafforat bordir", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:54:59
326. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Bu oyat tushganda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizning oldimizga chiqdilar va dedilar: "Menga bir oyat tushdi, u ummatimga dunyo va undagi narsalardan yaxshidir". Keyin o‘qidilar: "Kim yomon amal qilsa, jazosini oladi". Keyin aytdilar: "Agar banda bir gunoh qilsa, so‘ngra unga shu dunyoning o‘zida bir qiyinchilik yoki balo kelsa, Alloh uni ikkinchi marta azoblashdan ulug‘dir".

Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Bilingki, banda yaxshilarning darajasiga aziyatlar va mashaqqatlarga sabr qilish bilan erishadi. Alloh o‘z payg‘ambariga sabrni buyurdi. Aytdiki:
"Bas, (ey Muhammad), siz ham (o‘tgan) payg‘ambarlar orasidagi sabr-matonat egalari sabr qilganlaridek (mushriklarning ozor-aziyatlariga) sabr qiling" (Ahqof, 35).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:55:07
327. Xabbob ibn Arat rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelganimizda, Ka’baning tagida ridolariga o‘ranib o‘tirgan ekanlar. Biz u zotga shikoyat qildik: "Ey Allohning elchisi, Allohga duo qilmaysizmi? Allohdan bizlarga g‘alaba so‘ramaysizmi?" dedik. U kishining yuzlari qizarib ketdi, keyin aytdilar: "Sizlardan oldingilarni keltirishardi. So‘ngra yerdan chuqur kovlashardi, arrani olib kelib boshiga qo‘yishardi va ikkiga bo‘lishardi. Ularni bu azoblar dinidan voz kechtirolmas edi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:55:15
328. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan aytadilar: "Qiyomat kuni yer yuzida eng farovon hayot kechirgan kishi keltiriladi va do‘zaxga bir martagina kirgizib olinadi. U yerdan kuygan qora holatda chiqadi. Senga dunyoda biror ne’mat berilganmidi? deb so‘raladi undan. U, yo‘q, yaratilganimdan beri shu balodadirman, deydi. Keyin dunyo ahlidan ko‘p balolarga yo‘liqqan kishi keltirilib jannatga kirgizib chiqariladi. Ya’ni, bir soatgina kiradi. So‘ngra to‘lin oydek bo‘lib chiqadi. Senda hech qiyinchilik bo‘ldimi? deb so‘raladi undan. U, yo‘q, yaratilganimdan beri bu ne’mat mendan ketmagan, deydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:55:28
329. Ibn Abbos Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Jannatga birinchi bo‘lib Allohga ko‘p hamd aytuvchilar chaqiriladi, ular Alloh taologa xursandchiliklarida ham, xafaliklarida ham hamd aytganlar".

Banda o‘ziga yetgan musibatlarga sabr qilmog‘i vojibdir va bilmog‘i lozimki, Alloh taolo undan daf qilgan balolar unga yetgan balolardan ko‘ra ko‘pdir. Bu uchun ham Allohga hamd aytmog‘i lozim.

Bandalar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga ergashsinlar va u kishi mushriklar yetkazgan aziyatlarga qanday sabr qilganlariga qarasinlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:55:38
330. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat. "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Baytullohda namoz o‘qiyotgan edilar. Abu Jahl va sheriklari Ka’baning atrofida o‘tirishardi. Bir kun oldin tuya so‘yilgan edi. Abu Jahl: "Qaysilaringiz tuyaning ichak-chavog‘ini olib, sajda qilayotganda Muhammadning yelkasiga tashlaydi?" dedi. Qavmning eng badbaxti turib, uni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sajdada bo‘lgan paytlarida ustlariga tashladi. Keyin masxaralab kulishdi, men indamay qarab turardim. Agar quvvatim yetganida edi, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning orqalaridan uni, albatta, uloqtirib yuborardim. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sajda qilganlari kuyi boshlarini ko‘tara olmay turdilar, hatto bir kishi Fotimaga borib xabar berdi. Fotima hali yoshgina qizcha edi. Kelib u narsalarni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ustilaridan olib tashladi va mushriklarni qarg‘adi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozlarini tugatganlaridan keyin ovozlarini ko‘tarib, ularni duoibad qildilar. "Ey Parvardigor, bu Qurayish Sening o‘zingga havola", dedilar. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu duolarini eshitib, birdan kulgidan to‘xtashdi. U kishini duosidan qo‘rqqan edilar. So‘ng aytdilar: "Ey Parvardigor, Abu Jahl, Uqba, Utba, Shayba, Valid ibn Utba va Umayya ibn Xalaflar Senga havoladir". Muhammad sollallohu alayhi vasallamni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, u zot nomlarini aytib duoibad qilganlarning Badr jangida o‘ldirilganini ko‘rdim", deydilar Ibn Mas’ud (r.a.).

Abdulloh ibn Hars Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambarlardan birlari Allohga shikoyat qilib aytibdiki: "Ey Rabbim! Mo‘min bandang Senga itoat qilib, gunohlardan saqlanadi, Sen esa undan dunyoni qisib, balolar yuborasan. Kofir bandang Senga itoat etmaydi, isyonga jur’at qiladi, undan balolarni daf etib, dunyoni keng qilasan!" Alloh taolo unga vahiy qildi: "Bandalar ham, balolar ham Meniki. Hammasi Meni maqtab, hamd aytadi. Mo‘min kishining ham gunohlari bo‘ladi, Men undan dunyoni qisib qo‘yaman va unga balolarni yuboraman, Menga yo‘liqqan vaqtida balolar unga kafforat bo‘ladi va uni yaxshi amallari uchun mukofotlayman. Kofirning ham ba’zi yaxshi amallari bo‘ladi, Men undan balolarni to‘xtatib qo‘yaman, rizqini mo‘l qilib beraman va Menga yo‘liqqan vaqtda yomonliklari uchun jazolayman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:56:08
331. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Alloh taolo bir bandaga yaxshilikni xohlasa, unga baloyu ofatlarni yuboradi, hatto seldek oqizib qo‘yadi, qachonki u banda Allohga duo qilsa, farishtalar aytishadiki: "Ey Parvardigor, bir yaxshi ovoz keldi", deb. U banda ikkinchi marta duo qilib: "Ey Parvardigor!" desa, Alloh taolo: "Labbay, qulim, hozir nimani so‘rasang, beraman yoki sendan biror yomonlikni daf qilaman yoki undan ko‘ra yaxshirog‘ini qiyomatga olib qo‘yaman", deydi.

Qiyomat kunida yaxshi amallarni — namoz, ro‘za, sadaqa, haj ibodatlarini qilgan odamlar keltirilib, amallari taroziga qo‘yiladi. Keyin balo yuborib sinalgan kishilar keltiriladi, ammo ularning amallari taroziga ham qo‘yilmaydi, kitoblari ham ochib ko‘rilmaydi, ularga ajru savoblar son-sanoqsiz to‘kib yuboriladi. Shunda bu dunyoda sog‘-salomat yashab o‘tgan kishilar baloga duchor bo‘lgan kimsalarning savoblarini ko‘rib, qaniydi dunyoda bizning badanlarimiz qaychi bilan kesib-tilib tashlanganida, deb orzu qilishadi".

Bu hol Alloh taoloning:
"Sabr qiluvchilarning savoblari hisob-kitobsiz to‘la-to‘kis qilib beriladi" (Zumar, 10), degan so‘zining dalilidir.

Xabarlarda zikr qilinadi. Bir mo‘min bilan bir kofir kishi qadim bir zamonda baliq ovlagani borishibdi. Kofir kishi butlarining nomini aytib to‘r tashlabdi va to‘riga juda ko‘p baliq ilinibdi. Mo‘min kishi Allohning nomini aytib to‘r tashlabdi, ammo hech qanday baliq ilinmabdi. Kun botishga yaqin bittagina baliq tushibdi. Shunda ham uni ololmay, suvga tushirib yuboribdi. Mo‘min kishi uyiga qup-quruq, kofir esa juda ko‘p baliq bilan qaytibdi. Mo‘minning yelkasidagi farishta uning holiga ko‘p afsuslanibdi. Osmonga chiqqach, Alloh taolo u farishtaga mo‘minning jannatdagi joyini ko‘rsatibdi va farishta: "Allohga qasamki, mo‘min kishi bu yerga kelgandan so‘ng dunyodagi qiyinchiliklari esidan chiqib ketadi", debdi. Keyin Alloh taolo unga kofirning do‘zaxdagi joyini ko‘rsatibdi va farishta: "Allohga qasamki, dunyoda ko‘rganlari bu yerga kelgandan keyin hech qanday foyda bermaydi", debdi.

Rivoyat. Qiyomat kuni Alloh taolo to‘rtta payg‘ambarni to‘rtta toifaga hujjat qiladi.
Sulaymon alayhissalom bilan boylarga hujjat keltiradi. Boy kishi: "Boylik meni Senga ibodat qilishdan chalg‘itib qo‘ydi", desa, unga Sulaymonni (a.s.) hujjat qiladi. Aytadiki: "Sen Sulaymondan ham boy edingmi? Uning boyligi Menga ibodat qilishdan to‘smadi-ku".
Qullarga Yusufni (a.s.) hujjat qiladi. Qul: "Men qul edim. Qulligim meni Senga ibodat qilishdan to‘sib qo‘ydi", desa, "Albatta, Yusufning qulligi uni ibodat qilishdan man qilmadi-ku", deb aytadi.
Kambag‘allarga Isoni (a.s.) hujjat qiladi. Faqir: "Hojatlarim meni Senga ibodat qilishdan man qildi", desa, unga aytadi: "Sen hojatmandroqmisan yoki Isomi? Isoning faqirligi Menga ibodat qilishdan man qilmadi-ku".
Kasallarga Ayyubni (a.s.) hujjat qilib ko‘rsatadi. Kasal: "Mening kasalligim Senga ibodat qilishdan to‘sdi", deb aytsa, unga: "Sening kasaling Ayyubning kasalidan qattiqroqmidi? Uning kasalligi Menga ibodat qilishdan to‘smadi-ku", deydi.

Qiyomat kunida hech kim uchun uzr bo‘lmaydi.
Solih kishilar (Alloh hammalarini rahmat qilsin) qiyinchilik va kasallikni yomon ko‘rmasdilar. Chunki unda gunohlarning kafforati bor.

Abu Dardodan (r.a.) zikr qilindi: "Odamlar kambag‘allikni yomon ko‘radilar, men yaxshi ko‘raman, ular o‘limni yomon ko‘radilar, men yaxshi ko‘raman. Faqirlikni Rabbimga tavozu’li va o‘limni Rabbimga mushtoq bo‘lganim uchun yaxshi ko‘raman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:56:15
332. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim uch narsa bilan rizqlansa, oxirat va dunyo yaxshiligi bilan rizqlanadi: Qazoi-qadarga rozi bo‘lsa, balolarga sabr etsa, rohat vaqtida duo qilsa".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:56:22
333. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yotgan edilar, bir kishi kelib: "Nimadan shikoyat qilasiz?" deb so‘radi. "Ochlikdan", dedilar. Haligi kishi bu gapni eshitib yig‘ladi, keyin ishlagani ketdi. Odamlarga suv ulashib, har bir chelagiga bitta xurmo oldi. Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga xurmo olib keldi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam so‘radilar: "Bu qilgan ishing meni yaxshi ko‘rishingdanmi?" "Allohga qasamki, sizni yaxshi ko‘raman", dedi u. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Agar sodiq bo‘lsang, balolar uchun libos tayyorlagin. Allohga qasamki, meni yaxshi ko‘rgan kishiga balolar tog‘dan tushgan seldan ham tezroq keladi", dedilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:56:37
334. Uqba ibn Omir (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot aytdilar: "Agar Alloh taolo bandaga yaxshi ko‘rgan narsasini berganini ko‘rsangiz va u gunohlar ustida muqim turgan bo‘lsa, bilinglarki, bu ish istidrojdir" (istidroj — vaqtinchalik imkon berib qo‘yish — muharrir). Keyin bu oyatni o‘qidilar:

"Endi o‘zlari uchun eslatma qilib berilgan narsani unutgan vaqtlarida ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo‘ydik". Ya’ni, ularga buyurilgan narsani tark qilganlaridan keyin ularga yaxshilik eshiklarini ochib berdik. "Qachonki o‘zlariga berilgan narsalar bilan shod turganlarida", ya’ni, berilgan yaxshiliklardan mast bo‘lib turganlarida "ularni to‘satdan ushladik. Bas, butunlay nomurod bo‘ldilar" (An’om, 44). Ya’ni, hamma yaxshiliklardan noumid bo‘lurlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:56:47
335. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning: "Odamlarning qaysilariga balolar qattiqroq keladi?" deb so‘rashdi. Aytdilarki: "Payg‘ambarlarga, keyin solihlarga keyin shularga o‘xshashlarga".

Aytilishicha, uch narsa yaxshilik xazinasi: Sadaqani, og‘riqni, musibatni yashirish.
Vahb ibn Munabbah aytadilar: "Havoriylardan bir kishining kitobidan ushbularni ko‘chirib yozdim: "Agar sen balolar yo‘liga tushib qolsang, ko‘zing quvonsin. Chunki bu yo‘ldan payg‘ambarlar va solih kishilar yurgandir. Agar rohatli yo‘l boshlansa, sen nafsingga yig‘lagin. Ularning yo‘lidan adashtirilibsan".

Zikr qilinishicha, Muso alayhissalomga ham Alloh shunga o‘xshash vahiy yuborgan.
Fath Mavsuliydan zikr qilinadi. U kishining ahliga bir balo yetgan ekan. Shunda: "Ey Parvardigor, koshki meni qaysi amalim uchun ikrom qilganingni bildirsang edi, uni ziyoda qilardim", degan ekanlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:56:54
336. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. U zot: "Kimning moli kamayib, bolalari ko‘paysa, namozi yaxshi bo‘lsa, musulmonlarni g‘iybat qilmasa, u kishi men bilan qiyomat mana shunday keladi", deb ikki barmoqlarini birlashtirib ko‘rsatdilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:57:03
337. Mujohid rivoyat qiladilar. Abu Hurayra (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin) aytdilar: "Allohga qasamki, men ochlikdan ko‘kragimni yerga berib, katta toshni qornimga bog‘lab olardim. Bir kuni kattalar o‘tadigan yo‘lda o‘tirib, ularning o‘tishini kutib turdim. Abu Bakr Siddiq (r.a.) o‘tdilar. Shunda men u kishidan meni uyiga boshlab ketsinlar uchun Qur’ondagi bir oyat haqida so‘radim. O‘tib ketdilar-u, lekin unday qilmadilar. Keyin Umar (r.a.) o‘tdilar. U kishidan ham shu maqsadda bir oyatni so‘radim. U kishi ham o‘tib ketdilar. Shundan so‘ng Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘tdilar. Meni ko‘rgach, holatimni bilib tabassum qildilar. Keyin: "Ey Abu Hurayra, menga ergash", dedilar va oldinda yurib ketdilar. Men u zotning orqalaridan yo‘lga tushdim. Uylariga yetganimizda kirishga ruxsat so‘radim. Ruxsat berganlaridan keyin uyga kirib, bir suti bor idishchani topdim. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam so‘radilar: "Bu qaerdan keldi?" "Falonchi sizga hadya qildi", deyishdi. "Ey Abu Hurayra", dedilar menga Rasululloh. "Labbay", deb javob berdim. "Borib suffa ahlini chaqirib kel", dedilar. Bu so‘z meni xafa qildi. Ichimda, bu sutga suffa ahlining nima haqqi bor, axir buni ichib, bir oz quvvat olishga men haqliroqman-ku, deb o‘yladim. Lekin Alloh rasulining toatida bo‘lishim lozim bo‘lganligi uchun bu gapdan to‘xtab, ularni chaqirdim. Ular kelib kirishga ruxsat so‘rashdi, ruxsat berganlaridan keyin, joylarini topib o‘tirishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ey Abu Hurayra, idishdagi sutni olib, ularga ber", dedilar. Ularga birma-bir bera boshladim, ular sutdan to‘ygunlaricha ichishar, keyin idishchani menga qaytarishar edi. Hammalari to‘yganlaridan keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yetdi. U kishi idishchani olib: "Ey Abu Hurayra", dedilar. "Labbay, yo Rasululloh", dedim. "Ikkalamiz qoldik. O‘tirib sen ham ichgin", dedilar. O‘tirib icha boshladim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, ich, deganlarida ichaverdim, u kishi to‘xtovsiz, ich, der edilar, to‘yib oxiri aytdimki: "Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, endi ichishga joy qolmadi", deb u kishiga idishchani berdim. U zot Allohga hamd aytib, sutdan ichdilar".

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalari (r.a.) ochlik aziyatlaridan qiyinchilikda edilar. Ular sabr qildilar va Alloh bu qiyinchiliklarni ketkazdi. Shuningdek, kim sabr qilsa, Alloh undan qiyinchiliklarni yengil qilib qo‘yadi. Albatta, yengillik sabr bilandir va qiyinchilik bilan birga yengillik bordir. Solih bandalar qiyinchilik kelsa, xursand bo‘lishar va Allohdan savob umid qilishar edi.

Muslim ibn Yasor aytadilar: "Bahraynga kelganimda meni bola-chaqali, boy, qullari xizmatida bo‘lgan bir xotin mehmon qildi. Lekin uni xafa ko‘rdim. Ketayotganimda: "Senda biron hojat bormi?" deb so‘radim. "Ha, – dedi u, – agar shahrimizga kelsang, yana menikiga tush". Bir necha yil o‘tdi. Keyingi kelganimda darvozasida bironta qulni ko‘rmadim. Kirishga ruxsat so‘rab, ichkariga kirsam, u xursand edi. "Bu nima hol?" dedim. "Sen ketganingdan keyin kimni dengizga jo‘natsam, g‘arq bo‘laverdi. Quruqlikka kimni yuborsam, u ham halok bo‘laverdi. Qullar ketdi, farzandlar o‘ldi", dedi u. Unga: "Allohning rahmati bo‘lsin senga, seni avval xafa ko‘rgan edim, hozir esa, xursandsan", dedim. "Ha, u kunlarda mening dunyoim ko‘p edi, – dedi u, – Alloh hasanotlarimni shu dunyoda berganmikin deb qo‘rqar edim, mol, farzand va qullarim ketgach, Allohdan umid qildimki, shoyad oxiratim uchun ularni zahira qilgan bo‘lsa".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:57:31
338. Hasan Basriy rivoyat qiladilar: "Sahobalardan biri johiliyatda tanigan bir ayolni ko‘rib qoldi. U bilan bir oz gaplashdi. Keyin u ayol bilan ajrashdi va unga qarab-qarab keta boshladi. Birdan devorga urildi va yuzida bir iz paydo bo‘ldi. U Payg‘ambar (a.s.) huzurlariga kelib, voqeani so‘zlab berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar Alloh taolo biror bandasiga yaxshilikni iroda qilsa, uning gunohiga jazoni shu dunyoda beradi".

Ali ibn Abu Tolib (r.a.): "Men sizlarga Allohning kitobidagi eng umidbaxsh oyatning xabarini beraymi?" dedilar. "Ha", deyishdi. Shunda ularga Sho‘ro surasidagi quyidagi oyatni o‘qib berdilar:
"Ey insonlar! Sizlarga ne bir musibat yetsa, o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa — gunoh sababli yetur. Yana U ko‘p (gunohlarning jazosini bermasdan) avf qilib yuborur" (30-oyat). Keyin dedilar: "Dunyodagi musibatlar gunohlar tufaylidir. Agar Alloh taolo bandasini dunyoda gunohi uchun jazolasa, dunyoda ham, oxiratda ham ikkinchi bor azoblamaydi. Alloh taolo bunday qilishdan pokdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 04 Iyul 2006, 07:57:46
339. Oyisha onamiz (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot (a.s.) aytdilar: "Mo‘minga biror musibat kelsa, hatto tikan kirsa yoki undan katta narsalar yetsa, Alloh shu sababli uning gunohlarini to‘kadi".

____________
Balo va mashaqqatlarga sabr qilish bobi hadislari

322-hadis. Hasan sahih. Ahmad, Termiziy va boshqalar rivoyat qilgan.
323-hadis. Mursal. Iroqiy "œTarix ul-ihyo"da keltirgan.
324-hadis. Hasan. Abu Ya’lo, Ibn Hibbon va boshqalar rivoyat qilgan. "œAl-ihyo", "œAl-majma’"ga qarang.
325-hadis. Zaif. Ahmad, Ibn Hibbon va boshqalar rivoyat qilgan. "œAl-ihyo"ga qarang.
326-hadis. Zaif. Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. "œZaiful jome’"da kelgan.
327-hadis. Sahih. Buxoriy, Abu Dovud, Ahmad rivoyat qilgan.
328-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja, Asbahoniy shu lafz bilan, Muslim shunga o‘xshash lafz bilan rivoyat qilgan.
329-hadis. Zaif. Tabaroniy, Ibn Abu Dunyo rivoyat qilgan.
330-hadis. Muttafaqun alayh. Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan.
331-hadis. Zaif. "œAl-ihyo"da kelgan.
332-hadis. Zaif. "œZaiful jome’"ga qarang.
333-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
334-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Abu Dunyo rivoyat qilgan.
335-hadis. Sahih. Termiziy rivoyat qilgan. "œAs-sahiha"ga qarang.
336-hadis. Juda zaif. Abu Ya’lo, undan Daylamiy rivoyat qilgan.
337-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.
338-hadis. Sahih. "œAs-sahiha"ga qarang.
339-hadis. Sahih.  Muslim va boshqalar rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:12:19
YIGIRMA TO‘QQIZINCHI BOB
MUSIBATGA SABR QILISH


340. Maoz ibn Jabal (r.a.) rivoyat qiladilar. "Mening bir o‘g‘lim vafot etdi. Shunda Payg‘ambar (a.s.) menga maktub yozdilar: "Allohning rasuli Muhammaddan Maoz ibn Jabalga. Senga Allohning salomi bo‘lsin! Undan o‘zga iloh bo‘lmagan Zotga hamd aytaman. Ammo ba’d: Alloh ajringni ulug‘ qilib, sabr bersin! Senga va bizga shukrni nasib etsin! Jonimiz, molimiz, ahli oilamiz Alloh bergan ne’mat va omonat bo‘lib, undan ma’lum muddat foydalanamiz. Vaqti kelgach, Alloh uni oladi. Alloh bizga berganida shukr, olganida esa sabr qilishga buyurdi. Bu o‘g‘ling ham Alloh bergan ne’mat va omonat bo‘lib, seni u bilan xursand qilib, foydalantirdi. Agar sabr etib, savob umid qilsang, senga buyuk ajr berish bilan uni oldi. Ey Maoz! Sendagi sabrsizlik ajringni zoe’ qilmasin, pushaymon bo‘lib qolasan. Agar musibatning savobini bilsang edi, musibating kamligini bilarding. Bilki, sabrsizlik o‘limni qaytarib, xafalikni ketkazmaydi. Yetgan musibatga afsus qilma! Vassalom".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:12:26
341. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Kim dunyo uchun xafa bo‘lib tong ottirsa, Rabbiga g‘azab qilgan holda tong ottiribdi. Kim o‘ziga tushgan musibatdan shikoyat qilib tong ottirsa, Rabbidan shikoyat qilib tong ottiribdi. Kim boyning qo‘lidagi narsaga yetishishlik uchun xushomad etsa, Alloh uning uchdan ikki amalini yo‘q qiladi. Kimga Qur’on berilsa-yu, keyin do‘zaxga kirsa, Alloh uni rahmatidan uzoq qiladi". Ya’ni, kim Qur’onni yod olgan bo‘lsa-yu, undagi hukmlarga amal qilmasa, dangasalik qilib do‘zaxga kirsa, Alloh uni o‘z rahmatidan uzoqlashtiradi. Chunki u o‘zining roziligi deb Qur’onning hurmatini bilmadi.

Vahb ibn Munabbah aytadilar: "Tavrotda ketma-ket kelgan to‘rtta satrni ko‘rdim:
Kim Allohning kitobini o‘qib, mening gunohim kechirilmaydi, deb gumon qilsa, Allohni oyatlarini masxara qilibdi.
Kim o‘ziga tushgan musibatdan shikoyat qilsa, go‘yoki Allohdan shikoyat qilibdi.
Kim o‘zidan ketgan narsaga xafa bo‘lsa, Allohning qazoi qadariga g‘azab qilibdi.
Kim boyga boyligi uchun xushomad qilsa, dinining uchdan ikkisi ketibdi. Ya’ni, imoni noqis bo‘libdi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:12:44
342. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimning uchta farzandi o‘lsa, do‘zaxga kirmaydi. Magar qasamni amalga oshirish bundan istisnodir", ya’ni,
"Sizlardan har biringiz unga (do‘zaxga) tushuvchidirsiz"[/b[, degan Allohning va’dasi bor (Maryam,71).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:12:54
343. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qaysi mo‘minga musibat yetsa, garchi u musibati eskirsa ham, musibati uchun "inna lillahi va inna ilayhi roji’un" kalimasini aytsa, Alloh o‘sha aytganiga ajrini beradi". Ya’ni, Alloh unga musibat yetgan kundagi ajrining o‘xshashini beradi.

Usmon ibn Affondan (r.a.) zikr qilinadi: Agar farzand tug‘ilsa, u kishi yettinchi kuni uni qo‘lga olardilar. Bu haqda so‘rashganda: "Men uning muhabbati qalbimga tushishini yaxshi ko‘raman, agar o‘lib qolsa, ajrim katta bo‘ladi", degan edilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:13:04
344. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi: Bir kishi o‘g‘ilchasi bilan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib turardi. Keyin uning o‘g‘li vafot etib, otasi kelmay qo‘ydi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uni surishtirdilar. Sahobiylar: "Ey Allohni elchisi, uning siz ko‘rgan o‘g‘li vafot etdi", deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Menga xabar bermadinglarmi? Turinglar, birodarimizga ta’ziya bildirishga boramiz". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uning oldiga kirganlarida, u g‘amnok edi. So‘ngra u: "Ey Allohni elchisi, men undan qarib, zaiflanadigan kunlarim uchun umid qilgan edim", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qiyomat kuni kelib, unga, jannatga kirgin, deganda: "Ota-onam-chi, ey Rabbim!" deyishi seni xursand qilmaydimi?! Unga uch marta, jannatga kirgin, deyishadi. Shafoatida davom etib, oxiri Alloh shafoat qilib, hammalarini jannatga kirgizadi". Keyin u kishidan xafalik ketdi".
Bu xabar bir kishiga musibat yetsa, unga ta’ziya bildirish sunnat ekaniga dalildir.

Faqih aytadilar: Otam Hasan Basriydan rivoyat qildilar: Muso alayhissalom Parvardigordan so‘radilar: "Ey Rabbim, kasalni ko‘ruvchilar uchun qanday ajr bor?" "Uni xuddi yangi tug‘ilgandek gunohlardan pok chiqaraman". Muso so‘radilar: "Ey Rabbim, o‘likni qabristongacha kuzatib boruvchiga qanday ajring bor?" Aytdi: "O‘lgan vaqtida maloikalarni jo‘nataman, uni qabristonga bayroqlar bilan olib borishadi, keyin mahsharga ham". Muso aytdilar: "Ey Rabbim, bolasini yo‘qotgan onaga ta’ziya aytgan kishiga qanday ajring bor?" Aytdi: "Qiyomat kuni arshning soyasidan boshqa hech soya bo‘lmagan kunda uni arshning soyasiga olaman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:13:19
345. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz aytdilar: "Bandaning ikki narsani ichiga yutishi Alloh taologa mahbubdir: Fazabni ichiga yutib, uni hilm bilan qaytarishi va bir musibat yetsa, ichiga yutib, sabr qilishi. Ikki tomchidan ko‘ra Allohga mahbubroq tomchi yo‘qdir: Allohning yo‘lida to‘kilgan qon va kechasi sajda qilib turgan paytda tushgan ko‘z yoshi tomchisi. Uni Allohdan boshqa hech kim ko‘rmaydi. Ikki qadamdan ko‘ra Alloh taologa mahbubroq qadam yo‘qdir: Farz qilingan namozga yurib borgan qadam va qarindoshlikni bog‘lash uchun bosilgan qadam".

Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Sulaymon alayhissalomning o‘g‘illari vafot etdi. U kishi ko‘p xafa bo‘ldilar. Ikki farishta kelib, u kishining oldilarida xusumat kiyimlarida o‘tirishdi. Birlari aytdiki: "Don ekdim, ammo o‘rmadim, mana bu narsa o‘tib, uni vayron qildi". Boshqasi aytdi: "Sen nima deysan?". Aytdi: "Joduni olib ekinzorga keldim va uni chapga, o‘ngga otdim. Shunda ekinzor ustida yo‘l paydo bo‘ldi". Sulaymon aytdilar: "Nimaga yo‘lning ustiga don ekding? Odamlarning yo‘li borligini bilmasmiding?" Farishta: "Nimaga farzandingga xafa bo‘lyapsan? O‘lim oxirat yo‘li ekanini bilmasmiding?" dedilar.

Xabarda keladiki, Sulaymon alayhissalom Allohga tavba qilib, shundan keyin bolalariga motam tutmagan ekanlar.
Abdulloh ibn Abbosga (r.a.) qizchasi vafot qilganligi to‘g‘risida xabar keldi. U kishi safarda edi. "Inna lillahi va inna ilayhi roji’un", dedilar. Keyin: "U avrat edi, uni Alloh satriga oldi, uning ashyolariga Alloh o‘zi kifoya qiladi va bu ish Alloh menga bergan bir ajrdir", dedi va ikki rak’at namoz o‘qidi. So‘ng aytdi: "Alloh taolo bizga buyurgandek qildik", dedilar va:
"Sabr va namoz bilan Allohdan yordam so‘ranglar" (Baqara, 153), oyatini o‘qidilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:13:27
346. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Etiklaringizning ipi uzilsa ham, "Inna lillahi va inna ilayhi roji’un", deb aytingiz, chunki u ham musibatdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:13:36
347. Ummu Salama (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim bir musibat bilan musibatlansa, Alloh taolo buyurgandek "biz Allohniki va biz Allohga qaytguvchimiz. Alloh, bu musibatim uchun menga ajr bergin va uning orqasidan undan yaxshisini bergin", desa, Alloh o‘shani beradi".

Ummu Salama onamiz aytadilar: "Abu Salama vafot etganda o‘shanday dedim, keyin: "Kim menga Abu Salamadek bo‘la olardi?" deb o‘yladim. Uning orqasidan Alloh taolo menga rasuli Muhammadni sollallohu alayhi vasallam taqdim qildi".

U zot alayhissalom Ummu Salamaga uylandilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:14:04
348. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Musibat tushganda sonlariga urish ajrni yo‘q qiladi. Musibatga ilk to‘qnashgandagi sabrning ajri katta bo‘ladi. Ajr musibatning kattaligiga qarab bo‘ladi. Kim musibatdan keyin, biz Allohniki va biz Allohga qaytguvchimiz, desa, Alloh uning ajrini musibat yetgan kunidek yangilab beradi".

Faqih aytadilar: Oqil kishi musibatning savobi haqida fikr qilishi lozim. Shunda unga musibat yengil bo‘ladi. Albatta, Alloh taolo musibatga sabr va qanoat qilsagina katta savob bo‘lishini aytgan. "Albatta, sizlarni imtihon qilamiz..." Allohning imtihoni o‘zi bilgan g‘aybni zohir qilishdir; "xavf xatar bilan..." ya’ni, dushman bosqini, qo‘rqinchi bilan; "ochlik bilan", "mollarni, jonlarni va mevalarni kamaytirish bilan" Alloh imtihon qiladi. "Sabr qiluvchilarga xushxabar bering". So‘ng ularni vasf qildi: "Biror musibat yetganda, albatta, biz Allohning (bandalarimiz) va, albatta, biz U zotga qaytguvchimiz, deydilar".

"Biz Allohning (bandalarimiz)...", ya’ni, biz Allohning qullari va biz Uning mulkidamiz, agar yashasak, rizqimiz Uning ustida. "...va, albatta, biz U zotga qaytguvchimiz". Ya’ni, o‘limdan keyin.
Bizlar Uning hukmiga rozi bo‘lishimiz shart. Agar biz Uning hukmiga rozi bo‘lmasak, Unga qaytganimizdan keyin U bizdan rozi bo‘lmaydi.

"Ana o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot (mag‘firat) bordir". Salovot uch narsa ustidadir: Toatga tavfiq, gunohlardan saqlanish, mag‘firat. Bu gap birgina salovotning tafsiridir. Ammo boshqa salovotlarning nihoyasini Allohning o‘zi biladi. "...va rahmat bordir", ya’ni, Alloh taolodan. "Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir" (Baqara, 155-157).

Said ibn Jubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Istirjo’ aytish faqat shu ummatga berildi. Agar boshqa ummatga berilganda, Ya’qub alayhissalomga berilardi. U kishiga musibat yetganda:
"Ey bechora Yusuf-a!" (Yusuf, 84) degan edilar.

Said ibn Mus’ab Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Qur’oni Karimdagi ikki teng so‘z va uning ilovasi qanday ham yaxshi. Ular quyidagilar: "Parvardigorlari tomonidan salovot va rahmat bordir". Ilovasi: "Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:14:36
349. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘g‘illari Ibrohim vafot etganida yig‘ladilar. Ko‘zlaridan yosh oqdi. U zotga Abdurahmon (r.a.): "Ey Rasululloh, yig‘layapsiz-ku, yig‘idan qaytargan edingiz-ku?" dedilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Yo‘q, balki baqirib, aytib yig‘lashdan qaytarganman. Bu ikki ovoz ahmoq fojir ovozdir. Va yuzlarini timdalashdan, yoqalarini yirtishdan, shaytonning ovozidan, qo‘shiqchilarning ovozidan qaytarganman, chunki ular behuda narsa bo‘lib, shaytonning qulidir. Lekin bu yig‘lash Allohning rahmati, uni rahm qiluvchilarning qalblariga soladi. Kim rahm qilmasa, rahm ko‘rmaydi". Keyin aytdilar: "Qalb xafa bo‘ladi, ko‘z yig‘laydi, Allohning g‘azabini keltiruvchi so‘zni so‘zlamaymiz".

Hasan Basriy aytadilar: "Alloh taolo sizlardan xato va esdan chiqarishning gunohini ko‘tardi va yana majbur qilingan ishlaringizni va toqatingizdan ortiq narsalarni ham kechirdi. Sizlarga zarurat hollarda ba’zi harom narsalarni halol qildi. Sizlarga beshta narsa berdi: Dunyoni ortig‘i bilan berdi va uni qarz sifatida qayta so‘raydi. Dunyodan xursand bo‘lib berganlaringizni o‘n barobardan to yetti yuz barobarigacha ziyoda qilib qaytarishni va’da berdi; sizlardan ba’zi narsalarni olib qo‘ydi, qanoat va sabr qildinglar, keyin bu bilan sizlar uchun salovot va rahmatni berdi: "Ana o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot va rahmat bordir"; "Agar shukr qilsanglar, albatta, ziyoda qilaman", dedi; agar gunohlarni qilaverib, uning gunohlari kufrgacha yetsa, keyin tavba qilsa, tavbasini qabul qilib, uni yaxshi ko‘radi:
"Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutuvchilarni sevadi" (Baqara, 222); agar sizlarga berilgan narsalar Jabroil va Mikoilga ham berilganda, ularning ajrlari kattaroq bo‘lardi. Bas, Alloh taolo aytdiki:
"Menga duo qilinglar, Men ijobat qilaman" (Fofir, 60).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:14:45
350. Yahyo ibn Jobir Toiydan rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim o‘zining o‘n ikki yoshli farzandini o‘zidan oldin oxiratga kuzatsa, u kishi uchun undan ko‘ra ajri buyukroq va mahbubroq narsa bo‘lmaydi".

Aytiladi: Sabr qilish musibatga birinchi to‘qnashganda muhimdir. Chunki vaqt o‘tgach, kishi xohlasa ham, xohlamasa ham, sabr etadi. Oqil musibatning avvalida sabr qilgan kishidir.

Ibn Muborakning o‘g‘illari vafot etdi. Bir majusiy ta’ziyaga kelib aytdi: "Oqil inson bunday kunda johil besh kundan keyin qiladigan ishni qilmog‘i lozim". Bu gapni eshitib Ibn Muborak: "Bu hikmatni yozib olinglar", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:14:52
351. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim musibat yetgan kishiga ta’ziya bildirsa, uning ajri kabi unga ham ajr bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:15:00
352. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Sabr uch xil bo‘ladi. Toatga sabr qilish, musibatga sabr qilish va gunohdan tiyilish uchun sabr qilish. Kim musibatga sabr qilib, uni go‘zal suratda qaytarsa, Alloh unga uch yuz darajani yozadi. Kim toatga sabr qilsa, Alloh unga yetti yuz darajani yozadi va kim gunohdan sabr bilan tiyilsa, Alloh unga to‘qqiz yuz darajani yozadi. Har darajaning orasi yerning tagidan to arshgacha bo‘lgan masofaning ikki barobaridir".

Ibn Abbosdan rivoyat. U kishi aytadilar: "Alloh taolo Lavhul-mahfuzda yozgan birinchi narsa: Men Allohman, Mendan boshqa iloh yo‘q, Muhammad Mening elchimdir. Kimki qazoi qadarimga o‘zini topshirsa, balolarimga sabr etsa va ne’matlarimga shukr qilsa, uni siddiq deb yozaman va qiyomat kunida siddiqlar bilan turgizaman, kim qazoi qadarimga taslim bo‘lmasa va balolarimga sabr etmasa, ne’matlarimga shukr qilmasa, Mendan boshqa ilohni topib olsin".

Ibn Muborak aytadilar: "Musibat bittadir. Agar musibatzada dod-voy solib, to‘polon qilsa, ikkita bo‘ladi". Ya’ni, musibati ikkitaga aylanadi. Birinchisi — o‘sha musibatning o‘zi, ikkinchisi — musibatga berilgan ajrning ketmog‘i. Bu esa, musibatning eng kattasidir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:15:12
353. Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimga musibat yetsa, menga bo‘lgan musibatni eslasin, chunki u musibatlarning eng kattasidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:15:24
354. Yana Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim jannatni yaxshi ko‘rsa, yaxshiliklarga shoshiladi. Kim do‘zaxga tushishdan qo‘rqsa, shahvatlarni tark qiladi. Kim o‘limni kutsa, lazzatlarni tark etadi. Kim dunyoda turib, dunyoni tark qilsa, unga musibatlari yengil bo‘ladi".

Ba’zi kitoblarda oltita satr zikr qilingan: Birinchi satr — kim dunyoga haris bo‘lib tong ottirsa, Alloh taologa g‘azab qilgan holda tong ottiribdi; ikkinchi satr — kim o‘ziga tushgan musibatdan shikoyat qilsa, Rabbidan shikoyat qilibdi; uchinchi satr — kim rizqining qaerdan kelishiga parvo qilmasa, Alloh uning qaysi eshikdan do‘zaxga kirishiga parvo qilmaydi; to‘rtinchi satr — kim xatolar qilib kulsa, do‘zaxga kirganda yig‘laydi; beshinchi satr — kimning eng katta g‘ami shahvat bo‘lsa, Alloh uning qalbidan oxirat qo‘rqinchini oladi; oltinchi satr — kim boyga boyligi uchun tavozu’ qilsa, ikki ko‘zi och kambag‘alga aylanadi.

___________________
Musibatga sabr qilish bobi hadislari

340-hadis. Mavzu’. "œMavzu’ot"ga qarang.
341-hadis. Juda zaif. Tabaroniy, Bayhaqiy va boshqalar rivoyat qilgan. Ibn Javziy "œMavzu’ot"da keltirgan.
342-hadis. Muttafaqun alayh.
343-hadis. Juda zaif. Ibn Mojja rivoyat qilgan.
344-hadis. Sahih. Ahmad, Nasoiy rivoyat qilgan. Ibn Hibbon sahih sanagan.
345-hadis. Mursal. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
346-hadis. Juda zaif. Ibn Sano "œAl-yavmu val-laylu" kitobida keltirgan.
347-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud va boshqalar rivoyat qilgan.
348-hadis. Zaif, mursal.
349-hadis. Hasan. Termiziy, Tayolisiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
350-hadis. Zaif. Sanadida uzilish bor.
351-hadis. Zaif. Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
352-hadis. Zaif. Ibn Abu Dunyo, Abu Shayx rivoyat qilgan.
353-hadis. Zaif. Ibn Adiy, Ibn Sano, Dorimiy rivoyat qilgan.
354-hadis. Zaif. Ibn Adiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:15:41
O‘TTIZINCHI BOB
TAHORATNING FAZILATLARI


355. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmatiga olsin) Abu Umoma Bohiliydan rivoyat qiladilar: "Men Amr ibn Abasaga: "Qanday qilib, Islomning to‘rtinchisi bo‘lding", dedim. Aytdilarki: "Men odamlarning zalolatda ekanini ko‘rardim. Sanamlardan boshqa narsalarni bilmasdim. So‘ng bir kishidan Makkadagi xabarlarni eshitdim. Ulovimga minib, Makkaga keldim. Bu kunlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yashirin da’vat etardilar. Chunki qavmlari u zotning ishlariga to‘sqinlik qilar edi. Men u kishiga o‘zimni bildirib, oldilariga kirdim va: "Siz kimsiz?" deb savol berdim. U kishi: "Men payg‘ambarman", dedilar. Men: "Payg‘ambar degani nima?" deb so‘radim. "Allohning elchisi", dedilar. "Alloh sizni yubordimi?" dedim. "Ha", dedilar. "Sizni qaysi ish bilan yubordi?" deb so‘radim. "Allohni bir demog‘imiz va Unga hech narsani sherik qilmasligimiz, butlarni sindirish va qarindoshlikni bog‘lashimiz uchun", dedilar. "Siz bilan yana kimlar bor bu ishning boshida?" dedim. "Hurlar va qullar bor", dedilar. O‘shanda u kishi bilan birga Abu Bakr va Bilol bor edi. Men: "Sizga ergashaman", dedim. "Sen hozirgi kuningda hech ham qodir bo‘lmaysan. Hozir sen uyinga qayt va mening ishim ko‘ringanini eshitsang, menga ergash", dedilar. So‘ngra ahlimga qaytib, musulmon bo‘ldim".

Amr ibn Abasa hikoyalarini davom ettiradilar: "O‘sha kunda men Islomdagi to‘rtinchi kishi bo‘lganman. (Ya’ni, o‘sha vaqtda bu to‘rttalaridan boshqa musulmon yo‘q edi). So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qildilar. Ulovimga minib, men ham Madinaga keldim va u zotning oldilariga kirib: "Ey Rasululloh, meni taniyapsizmi?" dedim. "Ha, tanidim, — dedilar, — Makkada mening oldimga kelgan sen emasmiding?" "Ey Rasululloh, Alloh sizga o‘rgatgan narsalardan menga ham o‘rgating", dedim. "Bomdod namozini o‘qiganingdan keyin quyosh chiqquncha namoz o‘qima. Quyosh chiqayotganda ham namoz o‘qima, to ko‘tarilguncha. Chunki u shaytonni ikki shoxi orasidan chiqadi. Shu vaqt kofirlar unga sajda qilishadi. Agar bir nayza bo‘yi yoki undan ko‘proq ko‘tarilsa, namoz o‘qiyver. Chunki namoz farishtalar hozir bo‘lib, guvohlik beradigan amaldir. Quyosh qiyomga yaqin bo‘lsa ham, namoz o‘qima, chunki bu paytda jahannam qizdiriladi. Agar zavolga ketsa, namozingni o‘qiyver, chunki namoz shohidlik beruvchidir. Keyin asrni o‘qi, uni o‘qiganingdan keyin quyosh botgunicha namoz o‘qima. Chunki u shaytonning ikki shoxi orasida botadi. Bu payt kofirlar sajda qilishadi", dedilar. Men aytdim: "Ey Allohning payg‘ambari, tahoratdan xabar bering". "Sizlardan kim tahorat qilishga kelsa, keyin og‘ziga suv olib, g‘arg‘ara qilsa, keyin burnini chaysa, qilgan xatolari og‘zidagi va burnidagi suv bilan yuvilib ketadi. So‘ng Alloh buyurganidek yuzini yuvsa, yuzining xatolari suv bilan chiqib ketadi. Keyin Alloh buyurganidek qo‘lini tirsagigacha yuvsa, Alloh qo‘llarining xatolarini suv bilan chiqarib yuboradi. Keyin Alloh buyurganidek boshiga mash tortsa, boshidagi, sochining atrofidagi xatolar suv bilan chiqib ketadi. Keyin Alloh buyurganidek ikki oyog‘ini to‘piqlari bilan yuvsa, ikki oyog‘ining va barmoqlarining atrofidagi xatolari suv bilan chiqib ketadi. Keyin turib Allohga hamd va sano aytib, ikki rak’at namoz o‘qisa, onasidan yangi tug‘ilgandek gunohlardan xoli bo‘ladi", dedilar u zot sollallohu alayhi vasallam.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:15:49
356. Faqih aytadilar: Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilindi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Alloh taolo xatolarni o‘chirib, darajalarni ko‘taradigan narsalarni sizlarga aytaymi?" dedilar. "Ha", deyishdi. "Qiyinchilik vaqtlarda tahorat qilish, makruh narsalarga sabr etish, masjidlarga qadamlarni ko‘paytirish, namozning ketidan namozni kutish. Bu ishlar sizlarga qo‘rg‘ondir" (ya’ni, dushmandan qo‘rg‘ondir).

Faqih aytadilar: Otam (r.a.) Abdulloh ibn Salomdan rivoyat qildilar: "Alloh tushirgan kitoblarning ba’zisida o‘qidimki, kim har tahorat ketganda, tahorat qilsa, xotinlarning huzuriga ko‘p kiravermasa, nohaqdan mol topgan bo‘lmasa, Alloh uni hisobsiz dunyo bilan rizqlantiradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:15:59
357. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim pok holatda pok to‘shakda yotsa, u bilan to‘shagida farishta bo‘ladi (qo‘riqlaydi). Kechasi qaysi soatda uyqudan uyg‘onsa, farishta, ey Parvardigor, falonchi bandangning gunohini kechir, chunki u pok holatda yotdi, deb aytadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:16:14
358. Humron ibn Abon aytadilar: "Usmon ibn Affonning tahorat qilayotganlarini ko‘rdim. Suvni qo‘llariga olib uch marta yuvdilar, keyin g‘arg‘ara va istinshoqni uch martadan qildilar. So‘ng uch marta yuzini yuvdilar, o‘ng qo‘lini tirsagi bilan qo‘shib uch marta, chap qo‘lini tirsagi bilan qo‘shib uch marta yuvdilar. Keyin boshlariga mash tortdilar. So‘ngra ikki oyog‘ini uch marta yuvdilar. Va: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning men tahorat qilganimdek tahorat qilganlarini ko‘rganman. U zot, kim mening tahoratim kabi tahorat qilsa, keyin ikki rak’at namoz o‘qisa, shu vaqtda dunyo ishlaridan gapirmasa, o‘tgan va kelajak gunohlari mag‘firat qilinadi, degan edilar", deb aytdilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:16:23
359. Savbon Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "To‘g‘ri bo‘linglar, hech sanay olmaysizlar. Bilingizki, amallaringizning yaxshisi namozdir. Faqat mo‘min kishigina doim tahoratli bo‘ladi".

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning "hech sanay olmaysizlar", degan so‘zlarini ma’nosi — to‘g‘ri bo‘lishga hech qodir bo‘lmaysizlar, deganidir. Yana aytiladiki, u so‘zning ma’nosi, kim to‘g‘ri bo‘lsa, uning savobini sanamoqning imkoni bo‘lmaydi, deganidir. To‘g‘ri bo‘lish — imon va toatdadir. "Faqat mo‘min kishigina doim tahoratli bo‘ladi", degan so‘zlarini ma’nosi, tahoratni davomli qilish mo‘minlarning axloqlaridan, deganidir. Mo‘min kishiga kun bo‘yi va kechasi uxlayotganda tahoratli bo‘lmog‘i lozim, chunki bu amal tufayli Alloh va farishtalar uni yaxshi ko‘radi, Allohning panohida bo‘ladi.

Faqih aytadilar: Otam (r.a.) dedilar: "Menga yetdiki, Umar ibn Xattob (r.a.) Rasulullohning (s.a.v) sahobalaridan birini Misrga Ka’ba yopinchig‘i uchun yubordilar. Sahobiy Shomda bir nasoro olimining ibodatxonasiga tushdi. Bu olimdan ilmliroq odam ularda yo‘q edi. Rasulullohning (s.a.v) elchilari u bilan uchrashmoqni, ilmidan eshitmoqni xohladi. Uyiga kelib, eshikni ochishlarini so‘radi. Eshik uzoq vaqt ochilmadi, nihoyat olimning oldiga kirdi va eshikda ushlanib qolganidan shikoyat qildi. Olim aytdiki: "Biz oldimizga kelayotganingda seni sulton haybatida ko‘rdik va qo‘rqib eshikni ochmadik. Alloh taolo Musoga: "Ey Muso, sultondan qo‘rqsang, tahorat qil va ahlingni ham tahoratga buyur. Chunki kim tahorat qilsa, qo‘rqqanidan omonda bo‘ladi", degan. Senga eshikni ochmay turganimiz tahorat qilib olib, namoz o‘qib, sendan omonlik topishimiz uchun edi. Va keyin eshikni ochdik".

Faqih aytadilar: Tahorat qilayotgan kishi tahoratini ta’zim bilan qilishi va bu tahorat bilan Rabbining ziyoratida bo‘lishini bilishi, so‘ngra hamma gunohlariga tavba qilishi lozim. Chunki Alloh taolo suv bilan yuvishni gunohlardan ham poklanish belgisi qildi. Tahoratni Alloh ismi bilan boshlamog‘i lozim. Farg‘ara, istinshoq qilsa, og‘zini g‘iybatdan va yolg‘ondan, yuzini yuvsa, haromga qarashdan poklangan bo‘ladi. Boshqa a’zolarda ham shunday. A’zolarini yuvib bo‘lsa, Allohga duo qiladi va tasbeh aytadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:16:31
360. Hadisda rivoyat qilinadi: "Mo‘min banda tahoratni qilib bo‘lgandan keyin: "Subhanakallohu va bihamdika, ashhadu alla-a ilaha illa anta, astag‘firuka va atubu ilayk", desa, yaxshilik tamg‘asini bosadi. So‘ng u tamg‘a arshning tagiga qo‘yiladi. U qiyomat kunida egasiga qaytarilguncha sindirilmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:16:38
361. Uqba ibn Omir Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlardan qaysi biringiz tahorat qilib bo‘lgandan keyin: "Ashhadu alla-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharikalahu va anna Muhammadan abduhu va rosuluh", desa, jannatning sakkiz darvozasi ochiladi. U yerga xohlaganidan kiradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:16:45
362. Abu Dardo (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Kim besh amalni imon bilan qilsa, jannatga kiradi: Besh vaqt namozlarini o‘z vaqtida o‘qigan, tahoratlari, ruku’lari, sajdalarini qilib, zakotini xursand holda ado etgan kishi, Allohga qasamki, bu ishni faqat mo‘min qiladi; yana ramazonda ro‘za tutgan, qodir bo‘lsa, Allohning uyiga haj qilgan va omonatni ado etgan kishi".

Abu Dardodan omonatning nimaligini so‘rashdi. U zot (r.a.): "Jinobatdan yuvinish. Alloh taolo dinida odam farzandiga bundan ko‘ra omonatroq narsa bermagan", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:16:51
363. Usmon ibn Affon rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim tahoratini Alloh buyurgandek mukammal qilsa va namozni Alloh buyurgandek ado etsa, u ikkisi orasidagi gunohlarga kafforat bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:17:11
364. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Bir kuni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bomdod namozi paytida Bilolga: "Ey Bilol! Islomda qilgan pok amalingni menga ayt, chunki shu kecha jannatda kovushingning tovushini eshitdim", dedilar. Bilol: "Men Islomda umidlik bir ish qilganim yo‘q, lekin kechasimi, kunduzimi, qachon tahorat olsam, kam bo‘lsa-da, qodir bo‘lganimcha namoz o‘qiyman", deb javob qildilar.

Boshqa bir rivoyatda: "Tahorat ketishi bilan uni yangilayman, yangilashim bilan ikki rak’at namoz o‘qiyman", deganlar.

_______________________
Tahoratning fazilatlari bobi hadislari

355-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad va boshqalar rivoyat qilgan.
356-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
357-hadis. Hasan. Ibn Muborak rivoyat qilgan. "œAd-dau vad-davo"ga qarang.
358-hadis. Muttafaqun alayh.
359-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja, Hokim rivoyat qilgan.
360-hadis. Sahih. Nasoiy, Hokim rivoyat qilgan.
361-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
362-hadis. Hasan. Abu Dovud, Tabaroniy, Abu Na’im rivoyat qilgan.
363-hadis. Sahih. Muslim, Nasoiy, Ahmad rivoyat qilgan.
364-hadis. Muttafaqun alayh.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:17:25
O‘TTIZ BIRINCHI BOB
BESH VAQT NAMOZ HAQIDA


365. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadilar: Hasandan (r.a.) rivoyat qilindi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Besh vaqt namozning misoli eshiklaringiz oldidan oqib o‘tayotgan suvi ko‘p daryo kabidir. Unda har kuni besh marotaba yuvingan odamning tanasida kir qoladimi?"

Ya’ni, besh vaqt namoz kishini gunohlardan poklaydi, kattalaridan boshqasi qolmaydi. Bu ish faqat namozni ulug‘lab, ruku’larini, sajdalarini mukammal qilib o‘qisa. Mabodo ruku’si, sajdasi tamomiga yetmasa, u namoz rad qilingaydir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:17:34
366. Rafo’a ibn Rofe’ ibn Xolid aytadilar: "Biz Pay-g‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik, shu vaqt bir kishi kelib, qiblaga yuzlanib namoz o‘qidi. Keyin namozini tugatib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib, u zotga sollallohu alayhi vasallam va qavmga salom berdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Qaytib namozingni boshqatdan o‘qi, sen namoz o‘qimading", dedilar. Haligi kishi qaytib, yana namoz o‘qidi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yana: "Namozingni qaytadan o‘qi, chunki sen namoz o‘qimading", dedilar. Shunday deb ikki yoki uch marta buyurdilar. U kishi: "Imkoniyatim boricha o‘qidim, ammo namozimning aybini bilmayapman", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Tahoratni Alloh buyurganidek mukammal qilmasalaringiz, namozlaringiz komil bo‘lmaydi. Tahoratda yuzini, so‘ng ikki qo‘lini tirsagigacha yuvadi va boshiga mash tortadi, keyin ikki oyog‘ini to‘pig‘igacha yuvadi. Keyin Allohga takbir va hamd aytadi, so‘ng Qur’ondan qodir bo‘lganicha o‘qiydi, so‘ngra takbir aytadi va ruku’ qiladi, qo‘lini tizzasiga qo‘yib, bo‘g‘inlarini xotirjam ushlaydi, ozgina turgandan keyin boshini ko‘tarayotib, "sami’allohu liman hamidah", deb qomatini tik qiladi va ozgina turib, so‘ng takbir aytib sajdaga ketadi".

Shunday qilib, to‘rt rak’at namozning o‘qilishini tushuntirdilar. So‘ng: "Ana shunday qilmasangizlar, hech biringizning namozingiz to‘liq bo‘lmaydi", dedilar.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sajda bilan ruku’ni to‘liq qilishni buyurdilar va ularsiz namoz qabul bo‘lmaslik xabarini berdilar. Mo‘min kishi namozini chiroyli, mukammal qilishga va bu namoz uning o‘tgan gunoh va xatolariga kafforat bo‘lishiga harakat qilmog‘i lozim.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:17:41
367. Usmonning (r.a.) ozod qilgan qullari Horis aytadilar: "Usmon (r.a.) biz bilan o‘tirgan edilar, muazzin keldi. Usmon (r.a.) suv oldirib, tahorat qildilar, keyin: "Payg‘ambarning sollallohu alayhi vasallam men qilgandek tahorat qilganlarini ko‘rganman va: "Kim men qilganday tahorat olib, peshin namozini o‘qisa, Alloh taolo u namozi bilan bomdod namozi orasida bo‘lgan gunohlarini kechiradi, keyin asrni o‘qisa, Alloh taolo asr bilan peshin orasidagi gunohlarini kechiradi. So‘ng shom namozini o‘qisa, Alloh taolo shom bilan asr o‘rtasida o‘tgan gunohlarini kechiradi. Keyin xufton namozini o‘qisa, xufton bilan shom namozi orasida bo‘lgan xatolarini kechiradi. So‘ng yotadi va dumalab kechani o‘tkazadi. So‘ng turib, tahorat qilib, bomdod namozini o‘qisa, Alloh taolo bomdod va xufton namozi orasidagi xatolarini kechiradi. Bu yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi", deganlarini eshitganman", dedilar.

Odamlar aytishdi: "Qolgan solih amallar-chi?" Aytdilar: "Subhanalloh valhamdulillah, va laa ilaha illallohu vallohu akbar, va laa havla va laa quvvata illa billahil ‘aliyyil az’im".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:17:49
368. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot aytdilarki: "Kimni erta bir kun qiyomatda Alloh taologa musulmon holda yo‘liqishi xursand qilsa, farz namozlarni azon aytilgan vaqtda ado etsin. Alloh taolo Payg‘ambaringizga hidoyat yo‘lini ko‘rsatdi. Albatta, u namozlar hidoyat yo‘llaridandir. Qasamki, jamoatdan kechikkan kishi uyida namoz o‘qiganidek, sizlar ham namozlaringizni uylaringizda o‘qisangizlar, Payg‘ambaringizning yo‘lini tark qilgan bo‘lasizlar. Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini tark qilsangizlar, adashasizlar. Hali shunday zamonga yetamizki, bu namozlardan faqatgina la’natlangan munofiq kishi kech qolib, jamoatga chiqmaydi.

Bizlar ikki odamning o‘rtasida kasallikdan gandiraklab turgan bo‘lsa-da safga kelib turgan kishini ko‘rdik. Qaysi kishi tahorat olsa va tahoratini chiroyli qilib, masjidlardan biriga borsa va u yerda namoz o‘qisa, Alloh taolo uning har qadamiga yaxshilik yozadi va darajasini ko‘taradi, xatolarini o‘chiradi, hattoki bizlar qadamlarimiz orasini yaqin qilsak ham albatta, kishining jamoat bilan o‘qigan namozi yolg‘iz o‘qigan namozidan yigirma yetti daraja ziyoda bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:17:59
369. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytadilar: "Masjid oldiga ko‘chishni xohladik — u yerda bir bo‘sh joyimiz bor edi. Bu gap Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yetdi. U zot bizning oldimizga kelib: "Ey bani Salama, eshitishimcha, sizlar masjid oldiga ko‘chmoqchi ekansizlar?" dedilar. Biz: "Ey Allohning elchisi, masjid uzoq, o‘sha yerda bo‘sh joy bor edi", dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Ey bani Salama, o‘z yeringizda turaveringlar, chunki bosgan izlaringiz yoziladi". Nabiy sollallohu alayhi vasallamning so‘zlaridan keyin masjidning atrofiga ko‘chishni xohlamay qoldik".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:18:06
370. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim jamoat bilan qirq kun namozning bir rak’atini ham qoldirmay o‘qisa, Alloh taolo unga ikkita omonlik yozadi: biri — do‘zaxdan omonlik, ikkinchisi — nifoqdan omonlik".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:18:13
371. Uboda ibn Somitdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim mukammal tahorat qilsa, keyin namoz o‘qishga tursa, ruku’, sajda va qiroatini komil qilsa, shunda namoz aytadi: "Sen meni saqlaganingdek Alloh ham seni saqlasin", deb. Keyin namoz osmonga ko‘tariladi, unda yorug‘lik va nur bo‘ladi. Osmon eshiklari ochilib, u Alloh taboraka va taolo huzuriga yetadi va egasi uchun shafoat so‘raydi. Agar namozning ruku’sini, sajdasini, qiroatini zoe’ qilsa, namoz: "Sen meni zoe’ qilganingdek, Alloh ham seni zoe’ qilsin", deydi. Keyin namoz osmonga ko‘tariladi, unda zulmat bo‘ladi, osmonga yetganda osmon eshiklari yopiladi. Keyin eski kiyim o‘ralgandek o‘raladi va u bilan egasining yuziga uriladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:18:22
372. Hasandan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarga o‘g‘irlikda odamlarning yomoni kimligini aytayinmi?" dedilar. Sahobalar: "Kim u, ey Allohning elchisi?" deb so‘rashdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Namozidan o‘g‘irlovchi", dedilar. Sahobalar: "Kishi namozidan qanday o‘g‘irlaydi?" deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ruku’ va sajdasini mukammal qilmasdan".

Salmon Forsiy (r.a.) aytadilar: "Namoz o‘lchovdir, kim o‘lchovini to‘la qilsa, unga ham to‘la qilinadi va kim urib qolsa, Alloh taolo o‘lchovdan urib qolganlar haqida nima deganini bilasizlar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:18:36
373. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Munofiqlarga namozning og‘iri xufton va bomdod namozidir. Agar ikkoviga bo‘lgan ajrni bilganlarida emaklab bo‘lsa ham kelardilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:18:45
374. Burayda Aslamiy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Qorong‘i kechalarda masjidlarga boruvchilarga qiyomat kunida yorqin nur bo‘lishi bashoratini beringlar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:18:56
375. Abu Hurayra (r.a.) deydilar: Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Namozga buyurmoqni qasd qilsam-u keyin namoz boshlansa, so‘ng yigitlar bilan o‘tin olib chiqib, azonni eshitib, namozga chiqmagan qavmning uylariga o‘t qo‘yib yuborsam".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:19:18
376. Uboda ibn Somit (r.a.) Payg‘ambar (s.a.v.)dan rivoyat qiladilar: "Besh vaqt namozni Alloh taolo bandalariga farz qildi. Kim bu namozlarni komil holatda bajarsa, ularning haqqini past sanab, noqis qilmasa, Alloh huzurida uning jannatga kirishiga ahd bordir. Kim ularning haqqini past sanab, tark qilsa, Alloh oldida u uchun hech qanday ahd yo‘qdir. Xohlasa, kechiradi, xohlasa azoblaydi".

Atodan (r.a.) Allohning:
"U masjidlarda ertayu kech u zotni poklaydigan kishilar bordirki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohni zikr etishdan mashg‘ul qilib qo‘ymas" (Nur,37), so‘zi xususida rivoyat qilindi: "Bu yerda farz namozlariga hozir bo‘lish haqida aytilyapti.

"Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur" (Sajda, 16), degan so‘zi esa, tungi namoz haqidadir", dedilar u kishi.

Faqih aytadilar: Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Qiyomat kunida barcha xaloyiq — insu jin bir tepalikda jam bo‘ladi. Barcha ummatlar cho‘k tushgan holda saflanadi. Shunda bir nido qiluvchi nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom sohiblarini bilib olasizlar, Allohga hamma hollarda hamd aytuvchilar o‘rinlaridan tursin". Ular turib, jannatga ketishadi, keyin yana nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom egalarini bilib olasizlar. Yonboshlari o‘rin-joylaridan uzoq bo‘lgan, qo‘rquv va umid bilan Rabbilariga duo qilgan, biz bergan rizqlardan infoq-ehson etgan zotlar tursin". Ular turib jannatga ketishadi. Keyin uchinchi marta nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom egalari kimligini bilib olasizlar. Tijorat va oldi-sotdi Allohni zikr etishdan, namozni qoim qilishdan va zakot berishdan to‘sib qo‘ymagan kishilar tursin". So‘ngra ular ham o‘rinlaridan turib, jannatga ketishadi. U uch toifa jannatdan o‘z joyini olgandan keyin do‘zaxdan bir bo‘lak o‘t chiqib, xaloyiqqa yaqin keladi. Uning ikki o‘tkir ko‘zi va so‘zga mohir tili bor. Aytadiki: "Men uch toifaga vakilman. Jabr beruvchi qaysarlarga vakil qilindim". Keyin saflarning ichidan qush kunjut donini terib olgandek, u ham odamlarni saralab terib oladi. So‘ng ularni olib jahannam ichiga yashirinadi. So‘ngra ikkinchi marta chiqadi va: "Men Allohga va rasuliga aziyat berganlarga vakil qilindim", deydi. Ularni ham saflardan terib oladi va birga jahannamga yashirinadi. So‘ng uchinchi marta chiqadi..."

Abu Minhol aytadilar: "O‘ylashimcha, u: "Men tasvir ahliga vakil qilindim", deydi va saf ichidan saralab olib, ular bilan jahannamga yashirinadi. Avvalgi va keyingi uch toifa olinganidan so‘ng, nomai a’mol tarqatiladi, taroziga qo‘yiladi va odamlar hisobga chaqiriladi".

Zikr qilinishicha, iblis avvalgi zamonlarda ko‘zga ko‘rinar edi. Bir kishi undan: "Ey Abu Murra, nima qilsam sendek bo‘laman?" deb so‘radi. Shayton: "Senga voy bo‘lsin, hech kim bu narsani mendan talab qilmagan edi. Sen qanday talab qilasan?" dedi. Kishi aytdiki: "Men shuni yaxshi ko‘raman", deb. Iblis unga: "Menga o‘xshashni xohlasang, namozni yengil bilib, unda dangasalik qil va to‘g‘ri narsaga qasam ichyapsanmi, noto‘g‘ri narsagami, parvo qilma", dedi. Kishi: "Batahqiq, men Alloh bilan namozni tashlamaslikka va hech ham qasam ichmaslikka ahdlashdim", dedi. Iblis aytdiki: "Sendan boshqa hech kim hiyla qilib mendan ta’lim olmagan edi va men Alloh bilan odamlarga nasihat qilmayman, deb ahdlashgan edim".

Abu Dardo (r.a.) aytdilar: "Allohning mukarram bandalari quyosh va oyga rioya qiladilar". "Ey Abu Dardo, ular kimlar?" deb so‘rashdi. "Ular muazzinlar va namozining vaqtiga rioya qiluvchi musulmonlardir", dedilar u zot.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:19:25
377. Ja’far ibn Muhammad otasidan, u kishi bobosidan (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Namoz Alloh taboraka va taoloning roziligi, maloikalarning yaxshi ko‘radigani, payg‘ambarlarning sunnati, ma’rifat nuri, imonning asli, duoning ijobati, amallarning qabul bo‘lishi, rizqdagi baraka, badan uchun rohat, dushmanlarga qarshi qurol, shaytonga yomonlik, o‘lim farishtasi va sohibi o‘rtasida shafoatchi, qabrda chiroq, tagida to‘shak, Munkar-Nakirga javob, qabrida qiyomat kunigacha hamroh. Qiyomat bo‘lsa, namoz uning tepasida soyaga aylanadi. Boshiga toj, badaniga kiyim, oldida harakat qiluvchi nur, sohibi va do‘zax orasida satr bo‘ladi va u Alloh taboraka va taolo huzurida mo‘minlar uchun hujjatdir. Tarozida og‘ir sirotdan o‘tishga ijozat va jannatga kirishga kalitdir. Chunki namoz tasbeh, hamd, tamjid, ulug‘lash, ta’zim va duodir, barcha amallarning afzali vaqtida o‘qilgan namozdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:19:49
378. Hasan Basriydan (rahmatullohi alayh) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Qiyomat kunida bandadan birinchi hisob qilinadigan narsa namozdir. Agar uni bajarib yurgan bo‘lsa, hisobi yengil bo‘ladi. Agar undan kamaytirgan bo‘lsa, Alloh taolo maloikalariga: "Bandamning nafl namozlari bormi? Farzlarni nafllar bilan to‘ldiringlar", deydi. Agar farzlar nafllar bilan to‘lsa, boshqa amallar ham shu kabi hisob-kitob qilinadi".

Aytilishicha, kim besh vaqt namozni har doim jamoat bilan ado etsa, Alloh taolo unga beshta xislat beradi: Undan tirikchilik tangligini ko‘taradi; qabr azobini ketkazadi; kitobi o‘ng tomondan beriladi; sirotdan chaqmoqdek o‘tadi; jannatga hisobsiz kiradi. Besh vaqt namozni jamoat bilan o‘qishga dangasalik qilgan kishini Alloh o‘n ikki ish bilan azoblaydi: Uchtasi shu dunyoda, uchtasi o‘lim paytida, uchtasi qabrda va uchtasi qiyomat kunida. Dunyodagi uchtasi: Kasbidan, rizqidan barakani ko‘taradi; boshqa amallari qabul qilinmaydi; yuzidan yaxshilik belgilari tortib olinadi va odamlarning qalbida unda g‘azab qilib qo‘yadi. O‘layotgan vaqtdagi uchtasi: Jonini chanqoq, och holatda va qattiqlik bilan oladi. Qabrdagi uchtasi: Munkar-Nakir so‘rovi, qabr qorong‘iligi va torligi. Qiyomatdagisi: Qattiq hisob, Allohning g‘azabi va do‘zaxda qattiq azob.

Mujohiddan rivoyat qilinadi: "Bir kishi Ibn Abbosning (r.a.) oldilariga keldi va: "Ey Abbosning o‘g‘li, siz kechalari namoz o‘qigan, kunduzi ro‘za tutgan, lekin jum’aga va jamoatga bormagan, keyin shu holatda o‘lgan kishi to‘g‘risida nima deysiz, u qaerda bo‘ladi?" deb so‘radi. Ibn Abbos (r.a.): "U do‘zaxda bo‘ladi", dedilar. U odam bir oy shu to‘g‘rida so‘radi. Ibn Abbos: "U do‘zaxda bo‘ladi", deb javob beraverdilar".

Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Shunday zamon keladiki, Islomning ismigina qoladi, Qur’onning rasmigina qoladi. Odamlarning u kundagi masjidlari obod, baland, lekin hidoyat jihatidan xarob bo‘ladi, ularning olimlari u vaqtda osmon ostidagi eng yomon olimlardir, fitna o‘sha olimlardan chiqib, yana o‘zlariga qaytadi".

Vahb ibn Munabbah aytadilar: "Allohdan hojatlarni so‘rashga namoz kabi boshqa yaxshi ibodat yo‘qdir. Avvalgilar katta g‘amlarini namoz bilan ketkazar edi, qaysi biriga g‘am tushsa, darhol namozga kirishardi".

Alloh taolo Yunus (a.s.) qissasida aytadi:
"Agar u (Allohga doimo) tasbeh aytuvchilardan bo‘lmasa edi, albatta, u (baliq) qornida to qayta tiriladigan kunlarigacha (ya’ni, qiyomatgacha) qolib ketgan (ya’ni, halok bo‘lgan) bo‘lur edi" (Saffot, 143-144).

Ibn Abbos ushbu oyatning tafsirida u zotni (a.s.) namozxonlardan bo‘lgan edi, deb tushuntiradilar.
Hasan Basriy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Kengchilikda tazarru’ qilish tushayotgan balodan panoh so‘rashlikdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:20:15
378/1. Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: "Mo‘minga ikki rak’at namoz o‘qishdan ko‘ra yaxshiroq narsa berilmadi".
Ibn Sirrin (r.a.) aytadilar: "Jannat yoki ikki rak’at namozni tanlash ixtiyori berilganida, ikki rak’at namozni ixtiyor qilardim. Chunki namozda Allohning rizosi bor, jannatda esa, mening roziligim".

Aytilishicha, Alloh taolo yetti osmonni yaratganda uni maloikalar bilan to‘ldirdi va ularni namozga buyurdi. Bas, ular bir soat ham dam olmaydilar. Har bir samo ahliga har xil ibodatlarni buyurdi. Birlari sur chalinguncha oyoqlarida qiyomda turadi, bir xillari hamisha ruku’da, bir xillari doim sajdada, yana birlari qanotlarini yoyib, ibodatda bo‘ladi. Illiyyun va arsh ahllari arshning atrofini tavof qiladi. Rabbilariga hamd va tasbeh aytadi, yerdagilarga istig‘for so‘raydi. Alloh bu ibodatlarning hammasini mo‘minlar hurmati uchun bir namozga jam qildi. Toki ular har bir osmon ahli qilgan ibodatdan nasiba olsin. Va ularga Qur’onni ziyoda etdi, uni namozda tilovat qiladilar. Alloh taolo ulardan namozning shukrini talab qildi. Namozning shukri uni shart va chegaralari bilan ado qilishdir. Alloh taolo aytadi:
"(Haq ekaniga) hech qanday shak-shubha bo‘lmagan ushbu kitob g‘oyibga ishonadigan, namozni to‘kis ado qiladigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qiladigan kishilar" (Baqara, 2-3); yana deydi:

"Namozni to‘kis ado qilinglar" (Baqara, 43);

"Namozni to‘kis ado qiling" (Hud, 114);

"Va namozni barpo qiluvchilar" (Niso, 162).

Xabarlardan ko‘rinadiki, qaerda namozning zikri kelsa, o‘sha yerda uni ado qilishlik ham aytilgan.

Munofiqlarning zikrida Alloh taolo aytadi:
"Bas, namozlarini "unutib" qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan namozxonlarga halokat bo‘lg‘ay" (Mo’un, 4-5).
 
Alloh taolo munofiqlarni namozxonlar, deb atadi, mo‘minlarni esa, namozni barpo qiluvchilar, deb nomladi. Demak namoz o‘quvchilar ko‘p, namozni to‘kis ado etuvchilar kam ekan. Faflat egalari amallarini riyo bilan qiladilar. Ular Allohga ro‘baro‘ bo‘ladigan kunni, amallari qabul bo‘ladimi yoki yo‘qmi, o‘ylamaydilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:20:24
379. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlarning ba’zilaringiz namoz o‘qiydi, nomai a’moliga namozi savobining uchdan biri, to‘rtdan biri, beshdan biri, oltidan biri, hatto o‘ndan biri yoziladi", ya’ni, namozda beparvo bo‘lgan qismlariga savob yozilmaydi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:20:33
380. Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qilinadi: "Kim ikki rak’at namozni Allohga qalbi bilan yuzlangan holda o‘qisa, yangi tug‘ilgandek gunohlardan pok bo‘lib chiqadi".

Albatta, bandaning namozi bandaning Alloh taologa yuzlanishi bilan ulug‘ qilindi. Agar yuzlanmasa va fikri-xayoli namozdan chalg‘ib qolsa, u shunday bir elchi kabidirki, u podshohning huzuriga qilgan xatosiga, adashganiga uzr aytish uchun keladi. Eshikka yetib kelib turadi. Podshoh unga qarasa, elchi o‘ngga-chapga qaraydi. Shuning uchun podshoh uning hojatini bajarmaydi, unga e’tiboriga munosib muomala qiladi. Namoz ham shu kabidir, bas, namozni unutsa, undan qabul qilinmaydi.

Namozning misoli podshohning to‘yiga o‘xshaydi. Undagi dasturxon turli taom va ichimliklardan tayyorlangan. Har birining o‘ziga xos lazzati, manfaati bor. Namoz ham shunga o‘xshash: Alloh bandalarini namozga chaqiradi va unda xilma-xil af’ol-zikrlarni tayyorlaydi va ibodatga buyuradi. U af’ol va zikrlar bilan ibodat qilish har qanday suratda ularga lazzat beradi. Bas, af’ollari taom, zikrlari ichimlik kabidir.

Aytilishicha, namozda o‘n ikki ming xislat bor. Bu o‘n ikki ming xislat o‘n ikki ishga jam qilingan. Kim namozni ado etishni xohlasa, bu o‘n ikki ishni mahkam tutmog‘i lozim.
Birinchisi, ilm.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:20:41
381. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ilm bilan qilingan ozgina amal bilmasdan qilingan ko‘p amaldan yaxshidir".

Ikkinchisi, tahorat.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:21:02
382. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam so‘zlariga ko‘ra, "Namoz faqat tahorat bilan barpo bo‘ladi".

Uchinchisi, kiyim. Alloh taolo aytadi:
"Ey odam farzandlari, har bir sajda chog‘ida ziynatlaningiz" (A’rof, 31), ya’ni, har bir namozda kiyimlaringizni kiyingizlar.

To‘rtinchisi, vaqtini ushlash. Alloh taoloning so‘zi:
"Albatta, namoz mo‘minlarga vaqti tayinlangan farz bo‘ldi" (Niso, 103).
 
Beshinchisi, qiblaga yuzlanish. Alloh taolo aytadi:
"Qaysi tarafdan chiqsangiz, yuzingizni Masjid-ul-harom tomonga buring va qaerda bo‘lsangizlar (ey mo‘minlar), yuzlaringizni o‘sha tomonga buring" (Baqara, 150).

Oltinchisi, niyat.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:21:11
383. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Hamma amallar niyatga ko‘ra, har bir kishi niyatiga qarab oladi".

Yettinchisi, takbir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:21:34
384. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Namozda boshqa amallarni harom qiluvchi — takbir va halol qiluvchi — salom berish".

Sakkizinchisi, qiyom. Alloh taoloning so‘zi:
Alloh uchun bo‘yinsungan holda turinglar" (Baqara, 238). Ya’ni, Alloh uchun turib namoz o‘qinglar.

To‘qqizinchisi, qiroat. Alloh taolo aytadi:
"Qur’ondan muyassar bo‘lgan miqdorda o‘qinglar" (Muzammil, 20).

O‘ninchisi, ruku’. Alloh taolo aytadi:
"Va ruku’ qilinglar" (Baqara, 43).

O‘n birinchisi, sajda.
"Va sajda qilinglar" (Haj, 77).

O‘n ikkinchisi, oxirgi qa’da.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:22:46
385. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kishi oxirgi sajdadan boshini ko‘tarib tashahhud miqdorida o‘tirsa, uning namozi to‘kis bo‘libdi".

Qachon mana shu o‘n ikki ish topilsa, endi ularning to‘kis bo‘lishi uchun ixlosga muhtoj bo‘ladi. Chunki Alloh taolo:
"Allohga u zot uchun dinni xolis qilgan holingizda duo qilingizlar!" (Fofir, 14) deb aytgan.

Bu xususdagi ilm uch turlidir:
— sunnatdan farzni ajrata bilmoq, chunki namoz ana shu bilim bilan joiz bo‘ladi;
— tahoratdagi farz va sunnat amallarini bilmoq, bu bilish namozning tom bo‘lishi sabablaridandir;
— shaytonning hiylasini bilmoq va unga qarshi urishishga ahd qilmoq.

Tahoratning to‘kisligi uch narsa bilan:
— qalbni adovat, hasad va aldovdan pok qilish;
— badanni gunohlardan poklash;
— a’zolarni isrofsiz, mukammal yuvish.

Libosning to‘kisligi ham uch narsa bilan:
— uning asli halol bo‘lmog‘i;
— najosatdan pok bo‘lmog‘i;
— sunnatga muvofiq bo‘lib, faxr va takabburlik bilan kiyilmasligi.

Vaqtni ushlash uch narsada:
— vaqtni aniqlash uchun quyosh va oy-yulduzlarga qaramoq;
— azonni eshitmoq;
— qalbning vaqtni o‘ylab, fikr qilib turmog‘i.

Qiblaga yuzlanmoqning to‘kisligidagi uch narsa:
— yuz bilan qiblaga yuzlanish;
— qalb bilan Allohga yuzlanish;
— qo‘rqqan, xokisor holatda bo‘lish.

Niyatning to‘kisligi uch narsada:
— qaysi namozni o‘qiyotganini bilish;
— Allohning oldida turganini va Uning ko‘rib turishini bilib, qo‘rqish;
— Alloh bandaning qalbida nima borligidan xabardor ekanini bilish.

Takbirning to‘kis bo‘lishligi uch narsa bilan:
— jazm qilgan holda to‘g‘ri takbir aytish;
— ikki qo‘lini qulog‘i barobar ko‘tarish;
— qalbini hozir qilgan holda ta’zim bilan takbir aytmog‘i.

Qiyomning tom bo‘lishi uch narsada:
— ko‘zni sajda o‘rniga qadamoq;
— qalbni Allohga qilmoq;
— o‘nga-chapga burilmaslik.

Qiroatning tom bo‘lishi uch narsa bilan:
— Fotiha surasini to‘g‘ri o‘qimoq;
— uning ma’nolarini fikr etmoq;
— o‘qiganiga amal qilmoq.

Ruku’ni to‘kis bo‘lishi uch narsa bilan:
— belni tekis qo‘ymoq, past qilib yoki ko‘tarib yubormaslik;
— ikki qo‘lni ikki tizzaga qo‘ymoq, barmoqlar orasini yoymoq;
— ruku’da xotirjam turish, tasbehlarni viqor bilan aytmoq.

Sajdaning tom bo‘lishi uch narsa bilan:
— ikki qo‘lni qulog‘i ro‘parasiga qo‘ymog‘i;
— bilaklarni yoyib yubormaslik;
— sajdada xotirjam bo‘lmoq va ta’zim bilan tasbehlarni aytmoq.

Oxirgi qa’daning to‘kisligi uch narsa bilan:
— chapini qadab, o‘ng oyoqda o‘tirmoq;
— tashahhudni ta’zim bilan o‘qimoq, o‘zining haqqiga, musulmonlar haqqiga chiroyli duo qilmoq;
— salomni to‘la bermoq.
   
Salomning to‘kis bo‘lishi qalbda niyatning to‘g‘ri bo‘lishi bilandir. Salom o‘ng va chap tomondagi maloikalar, erkaklar va ayollarga beriladi, qayrilganda ko‘z yelkada bo‘ladi.
Ixlos uch narsa bilan mukammaldir:
— namoz bilan Alloh taoloning roziligini talab qilish, odamlarning rizosini emas;
— tavfiqni Allohdan deb bilmoq;
— namozni qiyomatgacha (ya’ni, o‘lgunicha) saqlamoq, zero, Alloh taolo: "Kim bir yaxshilik keltirsa..." dedi, "Kim bir yaxshi amal qilsa", demadi. Demak, amalni saqlab borish zarur.

Namozxon nima qilayotganini va amalining miqdorini bilmog‘i lozim. Chunki namozda amal va zikrlarning eng yaxshisi jamlangandir. Agar banda namoz o‘qimoqqa tursa va "Allohu akbar" desa, Alloh taolo: "Bandam Meni hamma narsadan buyuk ekanimni bildi va Menga yuzlandi", deydi. Ikki qo‘lini ikki qulog‘icha ko‘tarishining ma’nosi Allohni har qanday sherikdan poklamoqdir. Keyin "subhanakallohumma va bihamdika"ni aytadi. Uning ma’nosi — Alloh har bir yomonlik va noqislikdan pok va hamd Sen uchundir; "va tabarokasmuka" — isming barakotli, ulug‘ bo‘ldi; "va ta’ala jadduk" — azamating va qudrating oliy bo‘ldi; "va la-a ilaha g‘oyruk" — Sendan boshqa yaratuvchi ham, rizq beruvchi ham, iloh ham yo‘qdir, azalda ham bo‘lmadi, qolganda ham bo‘lmaydi.

Keyin "A’uzu billahi minash-shaytonir rojim", deydi, ya’ni, la’natlangan shaytondan, uning fitnasidan panoh so‘raydi.
"Bismillahir rohmanir rohim"ni aytadi. "Bismillah" — eng avval, oldin ham, keyin ham undan boshqa hech narsa yo‘q bo‘lgan zot nomi bilan; "rohman" — hamma xalqiga shafqat bilan rizq beruvchi; "rohim" — faqat mo‘minlarga yaxshilik qiluvchi.

Keyin Fotihai kitobni oxirigacha o‘qiydi, ya’ni, meni g‘azab duchor bo‘lganlardan (ular yahudiylar), adashganlardan (ular nasorolar) qilmagan, balki nabiylari yo‘liga boshlagan Zotga hamd bo‘lsin, deydi. Keyin ruku’ qilganda, fikr etadi. Go‘yo aytadiki, ey Parvardigor, men Sening qudrating oldida bo‘ysunaman, osiy nafs bilan Senga keldim va Sening azamating uchun bo‘ysundim, shoyad mendan o‘tgan gunohlarni kechirib, menga rahmat qilsang.

Keyin ulug‘ Parvardigor va karim Mavloga tazarru’ qilgan holda "Subhana robbiyal a’zim" deydi. So‘ng boshinni ko‘tarib, "Sami’allohu liman hamidah" (kim Allohga hamd aytsa, uni Alloh eshitadi) deydi. Keyin "Robbana lakal hamd", deydi va buning ma’nosi — "bizni bu ishga muvaffaq qilganing uchun Senga hamd bo‘lsin". Keyin sajda qiladi. Sajdaning ma’nosi xorlik, taslim bo‘lish va tavoze’ga moyil bo‘lishdir. Sajda qilgan odam, ey Rabbim, Sen mening yuzimni chiroyli qilib qo‘yding, ko‘z, quloq, til berding, bu narsalar menga sevimli va foydaliroqdir, bu a’zolar bilan Sening oldingga keldim va qudrating oldiga ularni qo‘ydim, shoyadki menga rahm qilsang, degan ma’noda sajda qiladi.

So‘ng "Subhana rabbiyal a’la" deydi. Ma’nosi — "mening Rabbim pok bo‘ldi va Undan oliy hech narsa yo‘qdir". Tashahhudda o‘tirsa "attahiyyot"ni o‘qiydi.
"Attahiyyatu lillahi" — mulk, hamd va sano Alloh uchun.
   
Hasan Basriy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Johiliyat zamonida sanamlar bor edi. Odamlar sanamlarga, senga abadiy hayot bo‘lsin, derdi. Alloh taolo namoz ahliga Alloh uchun tahiyyot aytib, sanamlarni yolg‘onga chiqarmoqni buyurdi".

Keyin "vas-solavat"ni aytadi, ya’ni, besh vaqt namoz Alloh taolo uchun. Namozni faqat Alloh uchun o‘qimoq lozim. "Vat-toyyibat" — Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik berish ham yakka Alloh uchun.

Keyin "as-salamu alayka ayyuhan nabiyyu" deydi, ya’ni, ey Muhammad, sizga salom bo‘lsin, Rabbingizning risolatini yetkazdingiz va ummatingizga nasihat qildingiz; "va rahmatullohi", ya’ni, Allohning roziligi siz uchun vojibdir; "va barokatuhu", ya’ni, sizga va ahlingizga Allohdan barakotlar bo‘lsin; "as-salamu alayna va ‘ala ibadillahis-solihin", ya’ni, bizlarga, bizdan oldin o‘tgan barcha payg‘ambarlar va siddiqlarga hamda ularning yo‘llarini qiyomat kunigacha ushlaganlarga Allohning mag‘firati bo‘lsin; "ashhadu al-laa ilaha illalloh", ya’ni, osmon va yerda undan boshqa ma’bud yo‘q; "va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluhu" — Payg‘ambarlarning oxirgisi va pokdomoni, barcha yaratilganlarning eng yaxshisi, deb guvohlik beraman.

Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot o‘qiydi. O‘zi va mo‘minlar uchun duo qiladi. Keyin o‘ng va chap tomoniga salom beradi.

Sizlar masjiddan chiqqanimdan keyin xiyonatimdan, yomonligimdan omon, salomat bo‘lgan mo‘min birodarimsizlar, degan ma’noda o‘ng va chap tomonga salom beriladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:22:59
386. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Namoz o‘quvchi uchun uch karomat bor: yaxshilik uning boshiga osmon bulutlaridan sepiladi, maloikalar uni qadamidan to osmon bulutlarigacha o‘rab olishadi, farishta, banda kim najot topishini bilsa edi, namozdan hech ham chiqmas edi, deb nido qiladi. Bu karomatlarning hammasi namoz o‘quvchilar uchundir".

Namozxon namozining qadrini bilmog‘i va unga bergan narsalari hamda bu ishga muvaffaq qilib qo‘ygani uchun Alloh taologa hamd aytmog‘i lozim.

Qatodadan rivoyat qilinadi: Doniyol alayhissalom Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlarini sifatladilar. Aytdilarki: "Ular o‘qigan namozlarni agar Nuh qavmi o‘qiganida edi, daryoga g‘arq bo‘lmasdi. Agar Od qavmi o‘qiganida, tug‘mas shamol ustlariga yuborilmas edi. Agar Samud qavmi o‘qiganida, ularni chaqmoq olib ketmas edi".

Keyin Qatoda aytdilar: "Sizlar namozni o‘zlaringizga vojib qilib olingizlar, chunki u mo‘minlar uchun yaxshi xulqdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:23:14
387. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ummatim rahm ko‘rgan ummatdir. Alloh ixloslari, duolari, namozlari va zaiflari sabab ulardan balolarni daf qiladi".

_______________
Besh vaqt namoz bobi hadislari

365-hadis. Sahih. Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan.
366-hadis. Sahih. Buxoriy rivoyat qilgan.
367-hadis. Sahih. Ahmad, Bazzor rivoyat qilgan.
368-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
369-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
370-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan. "œAs-sahiha"ga qarang.
371-hadis. Zaif. Tayolisiy, Asbahoniy rivoyat qilgan. Roviy Ahvas ibn Hokimning xotirasi zaif.
372-hadis. Sahih. Ahmad, Hokim rivoyat qilgan. "œSahihul jome’"ga qarang.
373-hadis. Sahih. Buxoriy rivoyat qilgan. Muslim ham shunga o‘xshashini keltirgan.
374-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. "œSahihul jome’"ga qarang.
375-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
376-hadis. Sahih. Molik "œMuvatto"da keltirgan.
377-hadis. Zaif. Unda uzilish bor.
378-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy rivoyat qilgan. "œSahihul jome’"ga qarang.
378/1-hadis. Zaif. Ibn Muborak, Qazoiy rivoyat qilgan.
379-hadis. Hasan. Ahmad rivoyat qilgan.
380-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
381-hadis. Mavzu’. "œAz-zaifa"ga qarang.
382-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
383-hadis. Muttafaqun alayh.
384-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
385-hadis. Zaif. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
386-hadis.Zaif. "œZaiful jome’"ga qarang.
387-hadis. Zaif. Munqote’, ham roviylaridan ikkitasi zaif.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:23:30
O‘TTIZ IKKINCHI BOB
AZON VA TAKBIR FAZILATI


388. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Salama ibn Ziror Shom ahllaridan biridan rivoyat qildilar: Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib: "Menga bir amal o‘rgating, men u bilan jannatga kirsam", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qavminga muazzin bo‘lgin. Ular namozlarini sen bilan jam qiladilar". "Ey Allohning elchisi, agar toqatim yetmasa-chi?" dedi u. Aytdilar: "Qavmingga imom bo‘lgin, qavm sen bilan namozlarini ado qiladi". "Agar toqatim yetmasa-chi?" deb so‘radi yana u. Aytdilar: "Birinchi safni mahkam tut".

Rivoyat. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar:
"(Odamlarni) Allohga da’vat etgan va o‘zi ham yaxshi amal qilib, "Shak-shubhasiz, men musulmonlardandirman", degan kishidan ham chiroyliroq so‘zlaguvchi kim bor"? (Fussilot, 33) oyati muazzinlar haqida tushgandir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:23:39
389. Abu Umoma Bohiliy (r.a.) rivoyat qiladi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Muazzinning gunohi ovozining uzunligi qadar kechiriladi. Unga u bilan birga namoz o‘qiganlarning savobi kamaytirilmasdan yoziladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:24:14
390. Abu Vaqqos (r.a.) Xavla binti Hakim Salmiyyadan rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kasal kasallik paytida Allohning mehmonidir. Unga har kun yetmishta shahidning amali ko‘tariladi. Kasalidan tuzalsa, uni onadan tug‘ilgandek gunohlardan (pok holda) chiqaradi. Agar unga o‘lim kelsa, hisob-kitobsiz jannatga kiritadi.

Muazzin Alloh taoloning hojibidir (ya’ni, eshik og‘asi). Unga har bir azoni uchun mingta payg‘ambarning savobi beriladi. Imom Allohning vaziridir. Har bir o‘qib bergan namoziga mingta siddiqning savobini beradi. Olim Allohning vakilidir. Har bir gapiga qiyomat kunida nur beradi va har so‘ziga ming yillik ibodatni yozadi. Ilm oluvchi erkak-ayollar Allohning xizmatchilaridir. Ularning mukofotlari jannatdir".

Faqih aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Muazzin Alloh taoloning hojibidir", degan so‘zlari ramziydir. Ya’ni, eshik og‘asiga o‘xshab odamlarga podshohning ruxsat vaqti bo‘lganini bildiradi, muazzin ham ibodat vaqti yetganida, odamlarga izn beradi. Shuningdek, "Allohning vaziri", deganlari — odamlar uning namoziga ergashadilar va namozlari uning namozi bilan to‘kis bo‘ladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:24:21
391. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim yetti yil azon aytsa, Alloh uni do‘zaxning yetti darajasidan ozod qiladi, faqat niyatini yaxshilagandan so‘ng".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:24:27
392. Ato ibn Yosar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning rivoyat qiladilar: "Muazzinning gunohi ovozi uzunligi qadar kechiriladi va uni ho‘l-u quruq — hammasi tasdiqlaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:24:34
393. Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: "Agar bu vodiyda turib azon aytsang, ovozingni baland qil, chunki men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning: "Muazzinning keng ovozini eshitgan daraxtlar, xarsanglar, mayda toshlar, insonlar, jinlar qiyomat kunida Allohning huzurida uning uchun shohidlik berishadi!" deganlarini eshitganman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:24:48
394. Maoz ibn Jabal (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Alloh taolo qiyomat kunida jannat tuyalaridan birining ustida Bilolni jo‘natadi va u tuyaning ustida turib azon aytadi. "Ashhadu al-laa ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadar-rosululloh", desa, odamlar bir-biriga qarab, siz guvohlik bergan narsaga biz ham guvohlik beramiz, deyishadi. So‘ng, mahshargohga ketishadi, mahshargohga yetganlarida jannat ridosi keltiriladi. Birinchi bo‘lib kiydiriladiganlar Bilol va solih muazzinlardir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:24:57
395. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Muazzinlar qiyomat kunida bo‘yinlari eng uzun odamlardir. Albatta, qiyomatda birinchi hukmi chiqadiganlar payg‘ambarlar, ulardan keyin shahidlar va muazzinlardir. Avval Ka’batullohning va Baytul-Maqdisning muazzinlari chaqiriladi, keyin boshqa muazzinlar".

Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Agar muazzin bo‘lganimda, g‘azotga chiqmaganimga parvo qilmasdim".

Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Muazzin bo‘lganimda farz hajni qilganimdan keyin haj va umra qilolmasam, o‘kinmasdim".

Ali ibn Tolib (r.a.) aytadilar: "Qaniydi azon aytishni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan Hasan va Husaynlar uchun so‘rab olgan bo‘lganimda, shundan boshqa narsaga afsus qilmayman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:25:03
396. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. Aytdilarki: "Qaysi shaharda muazzinlar ko‘paysa, u yerda sovuq kamayadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:25:18
397. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar muazzinlar azon aytsalar, shayton qochib, Ravho’gacha boradi" (Ravho’ Madinadan o‘ttiz olti mil uzoqdagi joy).

Faqih aytadilar: Muazzin muazzinlar fazilatiga yetishi uchun o‘nta xislatga muhtojdir.
1. Namoz vaqtlarini bilmog‘i va unga rioya qilmog‘i.
2. Halqumini saqlamog‘i. Halqumi uchun azonni kechiktirmasligi.
3. U yo‘qligida o‘rniga boshqa kishi azon aytsa, unga g‘azab qilmasligi.
4. Azonni yaxshi aytmog‘i.
5. Savobini Allohdan so‘ramog‘i, odamlarga minnat qilmasligi.
6. Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarmog‘i va haqiqatni boyga ham, kambag‘alga ham teng aytmog‘i.
7. Imomni qavmga malol kelmaydigan darajada kutmog‘i.
8. Masjidda uning joyini olgan kishiga g‘azab qilmasligi.
9. Azon va takbir orasidagi namozni uzun o‘qimasligi.
10. Masjidning tozaligiga e’tibor berib, har xil ifloslardan poklab yurmog‘i va kichkina bolalarni chetga olmog‘i.

Imom ham o‘zining va unga ergashganlarning namozi to‘kis bo‘lishi uchun o‘nta xislatga muhtojdir:
1. Allohning kitobini to‘g‘ri o‘qimog‘i.
2. Takbirlari sahih va jazmli bo‘lmog‘i.
3. Ruku’ va sajdasi to‘kis bo‘lmog‘i.
4. Nafsini shubha va haromdan saqlamog‘i.
5. Kiyimini va badanini najosatdan pok tutmog‘i.
6. Qiroatni qisqa qilmog‘i, agar uzaytirsa, qavmning roziligi bilan uzaytirmog‘i.
7. O‘ziga ajablanmasligi, ya’ni, manmanlikka berilmasligi.
8. Allohdan jamiki gunohlarining mag‘firatini so‘ramaguncha namozga kirmasligi, chunki u orqasidagilarga shafe’dir.
9. Salom bergach, duoni faqat xos o‘zi uchun qilmasligi, agar shunday qilsa, qavmga xiyonat etgan bo‘ladi.
10. Agar masjidiga g‘arib kishi tushsa, uning ehtiyojlarini so‘ramog‘i.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:25:27
398. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Besh kishiga jannatning kafolatini beraman. Eriga itoat qiladigan soliha xotin, ota-onasiga itoatli farzand, Makka safarida vafot etgan kishi, yaxshi xulq egasi, masjidda imon bilan savob umidida azon aytgan kishi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:25:34
399. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Imom — kafil, muazzin — omonatdor. Ey Parvardigor, imomlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgin va muazzinlarning gunohlarini kechirgin".

Faqih aytadilar: Nabiy sollallohu alayhi vasallam muazzinni "omonatdor" deb nomladilar. Chunki odamlar unga ro‘zalarini, namozlarini omonat topshiradilar.

Musulmonlarning muazzin ustidagi xaqqi bomdod namoziga bomdod kirmasdan oldin azon aytmasligidir. Chunki ular namozlarida va saharliklarida shubhaga tushib qoladilar. Yana odamlar iftorliklarda shubhaga tushmasligi uchun quyosh botmaguncha shom namoziga azon aytmasligi kerak. Mana shu jihatlarda u "omonatdor" holatdadir.

Imom esa, kafil, deyildi chunki u qavmning namoziga kafil bo‘ladi. Qavmning namozi uning namozi bilan yo fosid bo‘ladi va yo sahih.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:25:42
400. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qiladilar: "Uch toifa qiyomat kunida mushkdan bo‘lgan tepalikda turadi. Ularni hisob qo‘rqitmaydi va katta qo‘rqinchlar xafa qilmaydi. Qavmga imomlik qilgan va qavm undan rozi bo‘lgan kishi; Allohning roziligi uchun besh vaqt namozga azon aytgan kishi; Parvardigoriga va xo‘jayiniga itoat qilgan qul".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:25:50
401. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Musulmon kishi musulmonning uyiga faqat uning ruxsati bilan kirishi haloldir. Agar qarasa, xarob qilibdi va xarob qilsa, ahdni buzibdi. Musulmonga hojati tang qilib turgan paytda, bo‘shanmaguncha namoz o‘qimog‘i halol emas. Musulmon kishiga qavmning ruxsatisiz imomlik qilmog‘i halol emas, agar imomlik qilsa, qavmning namozi qabul bo‘lib, uniki marduddir. Imom o‘zigagina duo qilmaydi, agar qilsa, qavmga xiyonat qilgan bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:25:57
402. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Agar odamlar azonda va birinchi safda bo‘ladigan savobni bilganlarida edi, ikkovini qur’a tashlab talashardilar. Agar ular issiq vaqtdagi ibodat savobini bilganlarida edi, unda musobaqalashgan bo‘lardilar. Agar xufton va bomdod namoziga kelishning savobini bilganlarida edi, emaklab bo‘lsa ham kelardilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:26:05
403. Zahhok aytadilar: "Abdulloh ibn Zayd azonni tushida ko‘rdi va Bilolga o‘rgatdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Bilolga tepaga chiqib azon aytishni buyurdilar. Azonni boshlaganida Madinada qattiq larza eshitildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Bu larza nimaligini bilasizlarmi?" dedilar. "Alloh va rasuli biladi", deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bilolning azoni sabab Rabbingiz osmon eshiklariga buyurdi, arshgacha bo‘lgan darvozalar ochildi". Abu Bakr so‘radilarki: "Bu hol Bilolning o‘ziga xosmi yoki hamma mo‘minlargami?" Aytdilar: "Mo‘minlarning hammasi uchun. Albatta, muazzinlarning ruhi shahidlarning ruhi bilan birgadir. Qiyomat kunida chaqiruvchi: "Muazzinlar qaerda?" deb nido qiladi va ular kofur va mushkdan* bo‘lgan tepalikda qoim bo‘ladilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:26:13
404. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Besh toifaning namozi namoz emas: Eriga g‘azabli xotinning; xo‘jayinidan qochib ketgan qulning, to qaytgunicha; birodaridan uch kundan ko‘p arazlashgan kishining; doimiy aroq ichuvchining; odamlar yomon ko‘rsa-da, imomlik qilaveradigan kishining".

Faqih aytadilar: Odamlarning yomon ko‘rishi ikki xil bo‘ladi. Birinchisi, agar jamoatda undan boshqasi yoki ilmlirog‘i bo‘la turib, namozni fosid qilgani yoki xato qiroat qilgani uchun yomon ko‘rsalar, shu yomon ko‘rishlari haqiqiy yomon ko‘rishdir. Bu holda imomning qavmga imomlik qilishi makruhdir. Agar qavmning yomon ko‘rishi uning qilayotgan amru ma’rufi tufayli yoki hasad sababli bo‘lsa va jamoatda undan bilimliroq bo‘lmasa, odamlarni yomon ko‘rishlari botildir va imom imomligini qilaveradi, gaplariga e’tibor bermaydi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:26:21
405. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) Payg‘ambarimizdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Haq olmasdan azon aytuvchilar qiyomat kunida qabrlaridan azon aytgan hollarida chiqadi. Haq olmaydigan muazzinning ovozini eshitgan hamma narsa — tosh, daraxt, ho‘l-u quruq — hammasi guvohlik beradi. Uni Alloh taolo ovozi yetgan darajada mag‘firat qiladi va unga azoniga kelib namoz o‘qiganlar adadicha savob yozadi. Alloh takbir va azon orasida so‘ragan narsasini beradi. Uni yo dunyoda beradi, yoki oxiratga zaxira qilib qo‘yadi, yoxud undan yomonlikni ketkazadi. Qiyomat kunida jannat kiyimi birinchi bo‘lib Ibrohimga (a.s.), keyin Muhammadga (a.s.) kiygiziladi. (Boshqa bir rivoyatda avval Muhammad (a.s.), keyin Ibrohimga (a.s.), keyin rasullar va nabiylarga (alayhissolatu vassalom) deyilgan). Keyin savob umidida azon aytgan muazzinlarga. Ularni maloikalar qizil yoqut bilan bezatilgan ulovlarda ko‘tib oladilar. Keyin ulardan har bir kishini yetmish ming farishta qabridan mahshargohgacha kuzatib boradi".

Ibn Abbos aytadilar: "Alloh taolo uch kishini qabr azobidan saqlaydi: Muazzinni, shahidni va jum’a kuni yoki jum’a kechasida vafot etgan kishini".

Abdul A’lo Taymiy aytadilar: "Uch kishi odamlar hisobdan forig‘ bo‘lguncha mushkdan bo‘lgan tepalik ustida turadi: Allohning rizoligini istab imomlik qilgan kishi; Allohning rizoligini istab Qur’on o‘qigan qori; azonni Allohning roziligi uchun aytgan muazzin".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:26:28
406. Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: "Kim muazzin aytganidek aytsa, unga ham muazzinniki kabi ajr yoziladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:26:51
407. Xabarda rivoyat qilinishicha, muazzin "Allohu akbar" desa, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham takrorlardilar. Shuningdek, ikki shahodat kalimasini ham. "Hayya alas-solah" va "Hayya alal-falah", desa, "la-a havla va la-a quvvata illa billahil aliyyil-azim", derdilar.

Faqih aytadilarki: "Banda azonni eshitsa, uni tinglamog‘i, hurmat qilmog‘i va muazzin aytganlarini takrorlamog‘i lozim. Agar "Hayya alas-solah", desa, "la-a havla va la-a quvvata illa billahil-aliyyil-azim", deydi. "Hayya alal-falah", desa, "ma-a sha Allohu kana", deydi. Shuningdek, azonning ma’nosini va tafsirini bilmog‘i lozim. Chunki har bir kalimaning zohiriy va botiniy ma’nosi bordir. "Allohu akbar, Allohu akbar" deganining zohiriy tafsiri Alloh buyukdir, ulug‘dir. "Ashhadu alla-a ilaha illalloh"ning tafsiri — Allohdan o‘zga iloh yo‘q deb guvohlik beraman. Uning ma’nosi esa, Alloh sizlarga buyurgan ishga ergashinglar, degani. Chunki sizlarga Allohdan boshqa hech kim foyda bermaydi va hech kim Uning azobidan najot bera olmaydi. "Ashhadu anna Muhammadar rosululloh"ning tafsiri, guvohlik beramanki, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning elchisi, deganidir. Ya’ni, u kishini Alloh sizlarga yubordi, unga imon keltirmoqlaringiz va tasdiqlamoqlaringiz uchun. Jamoat bilan qoim qilmoqqa buyurdi, buyurganiga ergashinglar.

"Hayya alas solah"ning tafsiri — namozni ado qilishga shoshilinglar. Ma’nosi — namoz vaqti keldi, uni kechiktirmanglar, vaqtida jamoat bilan o‘qinglar.

"Hayya alal-falah"ning tafsiri — najotga va saodatga shoshilinglar. Ma’nosi — albatta, Alloh taolo namozni najot va saodat topishlaringizga sabab qildi, uni ado etinglar va Allohning azobidan najot topinglar. "Allohu akbar"ning tafsiri — Alloh ulug‘dir, ma’nosi — u buyurgan amallar vojibdir. U amallarni kechiktirmanglar. "La-a ilaha illalloh"ning tafsiri — bilinglar, U birdir, Uning sherigi yo‘qdir, ma’nosi — namozlaringizda Alloh roziligi uchun ixlos qilingizlar.

________________
Azon va iqomat fazilati bobi hadislari

388-hadis. Zaif. Buxoriy "œTarixul kabir"da keltirgan.
389-hadis. Isnodi zaif. Tabaroniy uni zaif sanagan.
390-hadis. Isnodi noma’lum.
391-hadis. Juda zaif. Termiziy rivoyat qilgan.
392-hadis. Sahih. Abu Dovud, Ibn Mojja, Ahmad rivoyat qilgan.
393-hadis. Sahih. Buxoriy, Ahmad, Nasoiy rivoyat qilgan.
394-hadis. Mavzu’. "œMavzu’ot"ga qarang.
395-hadis. "œMuazzinlar qiyomat kunida bo‘yinlari eng uzunlardir" jumlasi sahih. Muslim, Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan. Hadisning qolgani munkardir.
396-hadis. Mavzu’. Ibn Adiy, Uqayliy, Ibn Javziy "œMavzu’ot"da rivoyat qilgan.
397-hadis. Sahih. Muslim va Ahmad rivoyat qilgan.
398-hadis. Isnodi noma’lum.
399-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
400-hadis. Zaif. "œZaifut-Termiziy"ga qarang.
401-hadis. Duo haqidagi jumladan boshqasi sahih. Abu Dovud, Asbahoniy rivoyat qilgan.
402-hadis. Muttafaqun alayh.
403-hadis. Juda zaif. Ikkita illati bor: Roviylaridan birining (Juvaybir) hadisi matruk (tark qilinadi); munqote’.
404-hadis. Shunga o‘xshashishi Daylamiy "œFirdavs"da rivoyat qilgan.
405-hadis. Mavzu’. Ibn Javziy "œMavzu’ot"da rivoyat qilgan.
406-hadis. Zaif. Tabaroniy "œAl-kabir"da rivoyat qilgan va illatli sanagan.
407-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Ibn Huzayma rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:27:11
O‘TTIZ UCHINCHI BOB
TAHORAT VA POKLIK


408. Abu Lays Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: Ibn Abbos (r.a.) Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilarki: "Misvokni mahkam tutinglar. Unda o‘nta xislat bor: Og‘izning pokligi; Alloh roziligi va maloikalar xursandligi; ko‘zning ravshanligi; tishlarning oppoq bo‘lishi; milkning qattiq bo‘lishi; yomon hidlarni ketkizadi; taom hazmi; balg‘amni ketkizadi; namozlar u bilan ziyoda bo‘ladi; og‘izning hidini yaxshi qiladi. Misvok tutish Qur’on yo‘lidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:27:18
409. Avzoiy Hasson ibn Atiyaydan, u Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Tahorat imonning bo‘lagidir, misvok esa, tahoratning bo‘lagidir. Agar ummatimga qiyin bo‘lmaganda, har namoz oldidan misvok qilmoqqa buyurar edim. Bandaning ikki rak’atni misvok qilib o‘qigan namozi misvok qilmasdan o‘qilgan yetmish rak’at namozdan afzaldir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:27:26
410. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Besh narsa fitratdandir: Mo‘ylovni qisqartirish, tirnoqlarni olish, avrat joylardagi tuklarni olish, qo‘ltiq osti tuklarni tozalash va misvok ishlatish".

Ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytadilar: "Ovqatdan keyin misvok ishlatish ikkita cho‘rini ozod qilishdan afzaldir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:27:33
411. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Menga Jabroil qo‘shni to‘g‘risida shunday ko‘p vasiyat qilardiki, yaqinda qo‘shniga meros tayinlansa kerak, deb o‘ylardim. Qullar to‘g‘risida shunday ko‘p vasiyat qilardiki, hammalari ozod qilinadi, deb gumon qilardim. Misvok ishlatishni shunday ko‘p vasiyat qilar ediki, milkim ketib qoladi, deb gumon qilardim. Ayollar haqida shunday ko‘p vasiyat qilardiki, taloq harom bo‘lib qoladi, deb o‘ylardim. Kechasida namoz o‘qishga shunday ko‘p vasiyat qilardiki, ummatimning eng yaxshilari kechasi uxlamasalar kerak, deb o‘ylardim".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:27:46
412. Mujohid aytadilar: "Jabroil (a.s.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga bir muddat kelmay qoldi. Keyin kelganida Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Ey Jabroil, nega ushlanib qoldingiz?" dedilar. Jabroil (a.s.): "Qanday kelaylik, sizlar tirnoqlaringizni olmaysizlar, mo‘ylovlaringizni qisqartirmaysizlar, barmoq oralaringizni tozalamaysizlar, misvok qilmaysizlar", dedi. Keyin ushbu oyatni o‘qidi:
"(Ey Muhammad), biz yolg‘iz Parvardigoringizning amri-farmoni bilangina nozil bo‘lurmiz" (Maryam,64).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:27:54
413. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Jum’a kuni g‘usl qilish, misvok tutish, xushbo‘ylanish har bir musulmonning burchidir".

Hamid ibn Abdurahmon aytadi: "Kim tirnoqlarini jum’a kuni olsa, Alloh uni kasallikdan chiqaradi va unga shifo beradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:28:01
414. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim jum’a kuni tirnoqlarini olsa, u moxov kasalligidan omondadir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:28:08
415. Ba’zi xabarlarda rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam har qirq kunda avrat joylarning tukini va har jum’a kuni tirnoqni olishni tayin qilganlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:28:30
416. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: "Misvok bilan og‘izlaringizni xushbo‘y qilinglar, chunki og‘izlaringiz Qur’on yo‘lidir".

Faqih aytadilar: Misvok tutish uch vajhga ko‘radir. U bilan Alloh taolo roziligini va sunnatni ado etishni iroda qilish yoki o‘zining foydasini iroda qilish yoki odamlarning roziligini iroda qilish. Agar Alloh taoloning roziligini va sunnatni qoim qilishni iroda etsa, savob topgandir va xabarda kelganidek, har bir namozi yetmish namozga tengdir. Agar u bilan manfaatini iroda qilgan bo‘lsa, unga ajr yo‘q va hisobini beradi. Agar odamlarning ko‘zi uchun qilgan bo‘lsa, u gunohkor hisob beruvchidir.

Ibn Abbos (r.a.) Alloh taoloning:
"Eslang: Ibrohimni Parvardigori bir necha so‘zlar bilan imtihon qilganida ularni benuqson holda ado etdi. Shunda (Alloh taolo): "Albatta, Men seni odamlarga imom qiluvchidirman", dedi" (Baqara, 124), degan so‘zi haqida aytadilar: "U zotni beshta boshdagi va beshta jasaddagi tahorat bilan imtihon qildi. Boshdagisi — mo‘ylovni qisqartirish, g‘arg‘ara qilish, burun chayish, misvok va boshning farqi. Jasaddagisi — tirnoqlarni olish, xatna qilish, qo‘ltiq tuklarini olish, avrat joylarning tukini olish va suv bilan istinjo qilish".

______________
Tahorat va poklik bobi hadislari

408-hadis. Juda zaif. Uchta illati bor: Ikkita roviysi matruk; muntqote’.
409-hadis. Zaif. Ibn Abu Shayba mursal holatda rivoyat qilgan.
410-hadis. Muttafaqun alayh.
411-hadis. "œJabroil menga qo‘shni haqida shunchalik ko‘p vasiyat qilar ediki, hatto unga yaqinda meros beriladi; deb o‘ylar edim", jumlasi muttafaqun alayh. "œQullar to‘g‘risida shunday ko‘p vasiyat qilardiki, hammalari ozod qilinadi, deb gumon qildim. Misvok ishlatishni shunday ko‘p vasiyat qilar ediki, milkim ketib qoladi, deb o‘ylardim" jumlasi" zaif. Bayhaqiy va Bazzor rivoyat qilgan. "œAyollar haqida shunday ko‘p vasiyat qilar ediki, taloq harom bo‘lib qoladi, deb o‘ylardim. Kechasi namoz o‘qishga shunday ko‘p vasiyat qilardiki, ummatimning eng yaxshilari kechasi uxlamasalar kerak, deb o‘ylardim" jumlasini Daylamiy "œFirdavsul axbor"da rivoyat qilgan.
412-hadis. Zaif. Isnodi mursal.
413-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
414-hadis. Mavzu’. Ibn Javziy "œMavzu’ot"da keltirgan.
415-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
416-hadis. Sahih. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:28:42
O‘TTIZ TO‘RTINCHI BOB
JUM’ANING FAZILATI


417. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Avs ibn Avs Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Kunlaringizning afzali jum’a kunidir. U kunda Odam yaratildi va u kunda joni olindi. U kunda sur chalinadi va qattiq qichqiriq ham shu kunda bo‘ladi. Bu kunda menga salovotni ko‘p aytinglar. Zero, sizlarning salovotingiz menga yetkaziladi", dedilar u zot. Shunda sahobalar so‘rashdi: "Bizning salovotimiz qanday qilib sizga yetkaziladi, sizning jasadingiz chiriydi-ku?" Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlar, jasadingiz chiriydi, deysizlarmi? Alloh taolo yerga payg‘ambarlarining (a.s.) jasadlarini yeyishni harom qilganini bilmaysizlarmi?"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:28:52
418. Faqih aytadilar: Abul Ash’as Avsdan rivoyat qiladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam jum’ani zikr qilib turib aytdilar: "Kim yuvib, yuvinsa, erta turib, ertaroq jum’aga borsa va minbarga yaqin joyda o‘tirsa, xutbaga jimgina quloq tutsa va lag‘v (be’mani gap) qilmasa, bosib kelgan har bir qadamiga bir yillik ro‘za va namozning ajri yoziladi".

Muhammad ibn Fazl aytadilar: "Yazid ibn Horundan "yuvsa va yuvinsa", degan so‘zlarning ma’nosini so‘radim. "Yuvsa", deganlari tahorat joylarini yuvish, "yuvinsa", deganlari butun badanlarini yuvish, deb javob qildilar. "Erta turib, ertaroq", deganlari haqida so‘radim. Erta turib yuvinib, ertaroq jum’aga kelsa, ma’nosidadir, dedilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:29:00
419. Abu Hurayra (r.a.) Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Quyosh hech bir kunda jum’a kunidagidan afzal bo‘lib chiqmaydi va botmaydi. Bu kundan inson va jinlardan boshqa yer yuzidagi bor jonzot qo‘rqadi. Masjidlarning eshiklari oldida ikkitadan farishta o‘tirib olib, bir-bir yozadi. Birinchi kelgan tuya qurbonlik qilgan kishi kabi, keyin qo‘y qurbonlik qilgan kishi kabi, keyin qush qurbonlik qilgan kishi kabi va keyin tuxum qurbonlik qilgan kishi kabi. Imom minbarga o‘tirsa, sahifalar yopiladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:29:09
420. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Kim jum’a kuni tahoratini chiroyli qilib, keyin jum’aga kelsa, azonni eshitsa, minbarga yaqin o‘tirib, jimgina tinglasa, ikki jum’a orasidagi gunohlari kechiriladi. Kim toshni ushlasa, u lag‘v qilibdi, kim lag‘v qilsa, uning uchun jum’a yo‘qdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:29:27
421. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Quyosh chiqadigan kunlarning yaxshisi jum’adir. U kunda Odam yaratilgan va u kunda jannatga kiritilgan hamda u kunda jannatdan tushirilgan. U kunda qiyomat bo‘ladi va u kunda shunday bir soat borki, mo‘minning Allohdan so‘ragani shu soatga to‘g‘ri kelsa, so‘raganini unga beradi".

Abdulloh ibn Salom aytadilar: "Men o‘sha soatni bildim. U kunduzning oxiridadir. Bu soatda Odam (a.s.) yaratilgan. Alloh taolo:
"Inson shoshqaloq holda yaratilgandir", deb aytgan (Anbiyo, 37)".

Said ibn Musayyab aytadilar: "Jum’a namoziga hozir bo‘lishim menga nafl hajlarini qilishdan sevimliroqdir".

Ka’bul Ahbor aytadilar: "Bir qadah olov ichmog‘im men uchun bir qadah aroq ichish yaxshiroq. Bir qadah aroq ichmog‘im namozi jum’aga bormay qolishimdan yaxshiroq. Namozi jum’aga bormay qolishim odamlarning saflari ustidan hatlab o‘tishdan yaxshiroq".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:29:36
422. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam minbarda bir oyatni tilovat qilar edilar. Shunda Ibn Mas’ud Ubay ibn Ka’bdan bu oyatning qachon nozil bo‘lganini so‘radi. U ko‘zini yumdi. Tarqalganlarida Ubay u kishiga aytdi: "Bugungi namozingdan nasibangni lag‘v qilib yo‘qotding". Abdulloh Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kirdi va bo‘lib o‘tgan gap haqida so‘radi. U zot sollallohu alayhi vasallam: "Ubay to‘g‘ri aytibdi", dedilar, keyin aytdilarki: "Qaysi banda jum’a kuni yuvinsa va yaxshi kiyimlarini kiysa va xush bo‘ydan o‘ziga sepsa, keyin jum’aga kelib, hech kimga ozor bermasa va odamlarning ustidan hatlab o‘tmasa, so‘ngra Alloh buyurganidek namoz o‘qisa va imom minbarga chiqqanda jim o‘tirsa, Alloh uning ikki jum’a orasidagi gunohlarini kechiradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:29:48
423. Abu Luboba ibn Abdulmunzir rivoyat qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jum’a kuni kunlarning sayyidi va Alloh nazdida eng ulug‘idir. U Allohning huzurida Ramazon va Qur’on hayitlaridan ulug‘roqdir. Unda beshta xislat bor: Alloh Odamni shu kunda yaratdi, shu kunda Alloh taolo uni yerga tushirdi, shu kunda Odam vafot etdi, u kunda shunday bir soat borki, o‘sha soatda Allohdan nimani so‘rasa, faqat harom narsadan boshqasini, albatta, beradi, shu kunda qiyomat qoim bo‘ladi, Parvardigori huzuridagi muqarrab farishtalar, osmon va yerdagi bor farishtalar jum’a kuniga mushtoqdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:30:04
424. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Jum’a kuni bo‘lsa, shayton o‘zining yordamchilari bilan odamlarni bozorlarida ushlab qolish uchun chiqadi. Ularning qo‘llarida bayroqlari bo‘ladi. Maloikalar masjidning eshigi oldiga o‘tirib olishib, odamlarning o‘tirgan o‘rinlariga qarab yozaveradilar, to imom minbarga chiqguncha. Kim imomga yaqinroq o‘tirib, jimlik bilan eshitsa, behuda so‘z qilmasa, unga ikki xazina ajr bo‘ladi. Kim imomga uzoqroq yerda o‘tirib, xutbaga quloq solsa, lag‘v qilmasa, unga bir xazina ajr bo‘ladi. Kim imomga yaqin kelib, bekorchi gaplarni gapirsa va xutbani eshitmasa, unga ikki xazina gunoh bo‘ladi. Kim, jim turgin, desa ham, gapiribdi, gapirsa, lag‘v qilibdi. Kim lag‘v qilsa, jum’asidan mahrumdir".
Keyin Ali (r.a.) aytdilar: "Bu gaplarni Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman".

Faqih aytadilar: Eshitishimizcha, Solih Marriy jum’a kechasida jome’ masjidda bomdodni o‘qimoqchi bo‘lib kelayotib, qabriston oldidan o‘tdi. Tong otguncha shu yerda turib turay, deb maqbaraga kirdi va ikki rak’at namoz o‘qidi. Keyin qabrga suyanib o‘tirib, ko‘zlarini uyqu elitdi. Tushida ahli qabrlarning qabrlaridan chiqib kelayotganini ko‘rdi. Ular halqa-halqa bo‘lib olishib, o‘tirib gaplasha boshladilar. Bir payt kir kiyimda bir yigit chiqib kelib, chekkada xafa holda o‘tirdi. Ko‘p o‘tmay, haligilarga ro‘molchalar bilan o‘ralgan sovg‘alarni olib kelishdi. Har birlari o‘ziga kelgan sovg‘alarni olib, qabrlariga kirib ketishdi. Haligi yigitga hech narsa kelmadi, xafa bo‘lib, qabrga kirmoqchi bo‘layotganida: "Senga nima bo‘lgan?" deb so‘radi. Yigit: "Ey Solih Marriy, siz tovoqlarni ko‘rdingizmi?" dedi. "Ha, ular nima edi?" deb so‘radi. "Ular tiriklarning o‘liklarga sovg‘asidir, — dedi, — ularning birodarlari jum’a kuni sadaqalar qilishadi, men sind ahlidan edim, onam bilan haj uchun yo‘lga chiqdim, Basraga kelganimda vafot etdim va onam mendan keyin erga tegdi, eriga mening ham bir o‘g‘lim bor edi, deb aytmadi, keyinchalik onam dunyo bilan bo‘lib, meni tili bilan ham, ehsonlari bilan ham eslamadi, mening xafa bo‘lishga haqqim bor, chunki mendan keyin meni eslaydigan hech kim qolmagan".
   
Solih: "Onangning uyi qaerda?" deb so‘radi. So‘ng u uyining qaerdaligini aytdi. Tong ottirganidan keyin namozini o‘qib, o‘sha uyni so‘rishtira boshladi. Odamlar unga uyni ko‘rsatib qo‘yishdi. Kelib, kirishga ruxsat so‘radi. "Men Solih Marriy bo‘laman", dedi. Ruxsat olgach, uyga kirdi va: "So‘zimizni hech kim eshitmasin", dedi. Oralarida parda bor edi. Yaqin borib: "Alloh senga rahm qilsin, o‘g‘ling bormi?" deb so‘radi. Onasi: "Yo‘q", dedi. "O‘zi o‘g‘ling bor edimi?" deb so‘radi. Onasi chuqur xo‘rsinib: "Yosh bir o‘g‘lim bor edi", dedi. So‘ng unga tushida ko‘rganlarini aytib berdi. Ayol yig‘ladi, ko‘zlaridan yosh duvillab oqardi. Keyin: "Ey Solih, u mening o‘g‘lim, yuragim unda edi, u qornimda ko‘targan bolam edi, siynalarim bilan unga sut berganman, quchog‘im unga yostiq edi, — dedi va unga ming dirham berdi, — buni ko‘zim quvonchiga sadaqa qilgin, uni endi qolgan umrimda duo va sadaqalar bilan eslab turaman", dedi so‘ngra.

Solih Marriy aytadi: "U yerdan ketganimdan keyin ming dirhamni sadaqa qildim. Bir jum’a kuni jum’ani o‘qiyman deb, ketayotib, o‘sha qabristonga keldim va ikki rak’at namoz o‘qidim, so‘ng qabrga suyanib ozgina uxlab oldim. Shunda men oldin ko‘rgan qavm chiqdi. O‘sha yigit ham ularning orasida oppoq kiyimda xursand holda yurardi. Keyin menga yaqinlashib aytdiki: "Ey Solih Marriy, Alloh seni yaxshi ajr bilan mukofotlasin, menga ham sadaqa yetib keldi", dedi. Men undan: "Jum’ani bilasizlarmi?" deb so‘radim. "Ha, uni havodagi qushlar ham biladi va solih kunga salom bo‘lsin (ya’ni, jum’a kuniga), deb aytishadi", dedi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:30:15
 425. Faqih aytadilar: Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Jabroil alayhissalom Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga qo‘llarida oq oyna bilan keldi. Uning o‘rtasida qora nuqta bor edi. U zot: "Ey Jabroil, bu nima?" deb so‘radilar. "Bu jum’a kunidir. Alloh taolo uni sizga va sizdan keyin ummatingizga bayram bo‘lmog‘i uchun berdi. Bu kunda sizlar uchun yaxshiliklar bor. Agar bu kunda kim yaxshi duo qilsa, so‘ragan narsasi uning qismati bo‘lsa, Alloh uni beradi. Agar uning qismatida bo‘lmasa, uni u uchun qiyomat kuniga zahira qilib qoldiradi. U kun bizning nazdimizda ziyoda qilingan kun va biz uni kunlarning sayyidi deb nomlaymiz", dedi Jabroil (a.s.).

Payg‘ambar alayhissalom: "Nima uchun?" deb so‘radilar. Aytdi: "Chunki Rabbingiz jannatda muattar hidli vodiy yaratdi, unda oq mushkli tepaliklar bor, jum’a kuni bo‘lsa, payg‘ambarlar kelib, javharlar bilan o‘ralgan, nurli minbarlar ustiga o‘tirishadi, so‘ng u minbarlarning orqasini nurdan bo‘lgan kursilar bilan o‘rashadi. Siddiqlar, shahidlar kelib, unga o‘tiradilar, keyin Adn jannati ahllari kelishadi. Oq mushkli tepalik ustiga o‘tirishadi. Ularga Alloh aytadi: "Men sizlarga bergan va’damning ustidan chiqdim va sizlarga ne’matimni mukammal qildim. Bu Mening karomatim mahalidir. Bas, mendan so‘ranglar". Ular aytadilar: "Ey Rabb, Sendan roziligingni va jannatingni so‘raymiz". Alloh aytadi: "Roziligim bo‘lgan jannatga sizlarni kirgizaman va sizlarni karomatimga yetkazaman". So‘ngra ular Undan rozilik so‘raydilar, ularga rizoligini hadya qiladi va ularga rag‘batlari va orzu qilganlaridan ham ko‘proq beradi. Bu mukofot imomlaringiz jum’adan qaytguncha bo‘lgan vaqtning savobidir. Ularga odamzot xayoliga kelmagan, ko‘z ko‘rmagan ne’matlarni beradi. Keyin payg‘ambarlar, siddiqlar, shahidlar qaytishadi, koshona egalari ham o‘z koshonalariga qaytadi. Ular jum’a kunidan boshqa biror narsaga muhtoj emaslar. Albatta, unda karomatlar ziyoda bo‘ladi. Shuning uchun, ziyoda qilingan kun, deb nomlandi va qiyomat ham shu kunda qo‘padi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:30:28
426. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Jamoat bilan o‘qilgan namozlar va jum’a namozlari o‘rtadagi gunohlarga kafforatdir, modomiki, katta gunohlardan saqlangan bo‘lsa".

_______________
Jum’aning fazilati bobi hadislari

417-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
418-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
419-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
420-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
421-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilgan.
422-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
423-hadis. Hasan. Ahmad, Ibn Mojja, Tabaroniy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
424-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
425-hadis. Zaif. Shofe’iy "œAl-umm" va "œMusnad"da, Ibn Jarir tafsirida keltirgan.
426-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:30:42
O‘TTIZ BESHINCHI BOB
MASJIDLARNING HURMATI


427. Faqih aytadilar: Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Sizlardan birontangiz masjidga kirsa, ikki rak’at namoz o‘qimasdan o‘tirmasin".

Faqih aytadilar: Bu ish muboh vaqtda bo‘lsa joiz, ammo asr namozini o‘qigandan keyin yoki bomdoddan keyin masjidga kirsa, namoz o‘qimog‘i joiz emas. Chunki bu vaqtlarda namoz o‘qishdan qaytarilgan, lekin tasbeh va tahlil aytsa bo‘ladi, shuningdek, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytsa ham, joiz va bular bilan namozning fazliga yetib, masjid haqqini ado qiladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:30:50
428. Abu Dardoga (r.a.) Salmon Forsiyning xizmatkor sotib olganlari xabari yetdi. Abu Dardo u kishiga xat yozib, bu ishi uchun tanbeh berdilar. Xatlarida quyidagilar yozilgan edi: "Ey birodarim, senga balo kelmasdan oldin ibodat uchun forig‘ bo‘lgin. Balo tushgandan keyin ibodatga qodir bo‘lmaysan. Balolangan mo‘minning da’vatini g‘animat bil va yetimlarga rahm qil, boshlarini sila. Taomingdan berib, ularni taomlantir. Shunda qalbing yumshaydi, hojatinga yetasan. Men bir kuni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga bir kishining qalbi qattiqligidan shikoyat qilganini ko‘rgan edim. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan edilar: "Qalbing muloyim bo‘lib, hojating chiqishini xohlasang, yetimlarga rahm qil, boshini sila va ularni taomingdan taomlantir". Ey birodarim, masjid uying bo‘lsin, men Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam eshitdimki, "Masjidlar taqvodorlarning uyidir. Alloh taolo kimning uyi masjid bo‘lsa, ularga rohat va xursandchilikning kafolatini beradi, sirot ustidan o‘tishiga va do‘zaxdan najot topishga Parvardigorning roziligini olishiga ham kafil bo‘ladi", deganlar u zot".

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalari Hakim ibn Umayr aytadilar: "Dunyoda mehmondek bo‘linglar, masjidlarni uy qilib olinglar va qalblaringizni yumshoqlikka odatlantiringlar. Tafakkur va yig‘ini ko‘paytiringlar. Hoyu havas sizlarni ixtilofga solib qo‘ymasin".

Qatoda (r.a.) aytadilar: "Mo‘min faqat uch joydagina ko‘rinadi: Obod qilgan masjidida, turadigan uyida, zarur bo‘lgan hojatlari uchun".

Nazzol ibn Sabra aytadilar: "Masjiddagi munofiq qafasdagi qush kabidir".
Xalaf ibn Ayyubdan rivoyat. U kishi masjidda o‘tirgan edilar. Xizmatkori kelib, bir narsa so‘radi. U kishi o‘rnidan turib, masjiddan chiqdilar va unga javob berdilar. Bu holning sababini so‘rashgan edi: "Dunyo so‘zini masjidda falon yildan beri gapirmagan edim. Bugun gapirishni ham o‘zimga karih ko‘rdim", deb javob qildilar.

Bir zohidning bunday degani rivoyat qilingan: "Masjidda bir narsaga suyangan emasman, oyoqlarimni cho‘zib o‘tirmaganman va dunyo so‘zlarini gapirmaganman". U zot bu gapni boshqalar ham shunday bo‘lishi uchun aytganlar.

Faqih aytadilar: Bandaning Alloh taolo huzurida bir o‘rni bo‘ladi. Agar Allohning amrlarini ulug‘ tutsa, Uning uylarini va bandalarini hurmat qilsa (Allohning uylari masjidlardir). Mo‘min ularni ulug‘lashi lozim. Chunki masjidlarni ulug‘lash Allohni ulug‘lashdir.

Avzoiy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalari va tobe’inlar har doim go‘zal suratda besh ish ustida edilar: Jamoatni mahkam ushlash, sunnatga ergashish, masjidni obod qilish, Qur’-on tilovat etish va Alloh yo‘lida jahd qilish".

Hasan ibn Ali (r.a.) aytadilar: "Uch kishi Allohning himoyasida bo‘ladi. Masjidga Alloh uchun kirgan kishi, u Allohning mehmonidir, toki undan chiqqunicha; musulmon birodarini Alloh uchun ziyorat qilgan kishi, u Allohning ziyoratchilaridandir, toki uning oldidan qaytgunicha; haj va umraga Alloh uchungina chiqqan kishi, u Allohning elchisidir, toki ahliga qaytgunicha".

Rivoyat. Mo‘minning qo‘rg‘oni uchta. Masjid, Qur’on tilovati va Allohni zikr qilish. Agar bulardan birontasida bo‘lmasa, u shaytonning qo‘rg‘onida bo‘ladi.

Hasan Basriy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Jannat hurlarining mahri masjidni supurish va uni obod qilishdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:31:13
429. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Kim masjidga chiroq yoqsa, maloikalar va arshni ko‘tarib turuvchi farishtalar, o‘sha chiroq masjidda ekan, uning haqqiga istig‘for aytadilar"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:31:21
430. Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Masjidlar Allohning yerdagi uylaridir. Undagi namozxon Allohni ziyorat qiluvchidir. Mezbon ziyoratga kelgan kishiga ikrom ko‘rsatishga burchlidir".

Faqih aytadilar: Aytilishicha, masjidlarni hurmat qilish o‘n besh xislatdan iboratdir:
1. Kirgan vaqtda qavm o‘tirgan bo‘lsa, salom bermoq va agar hech kim bo‘lmasa yoki namozda bo‘lsalar, "Assalamu ‘alayna mir-Robbina va ‘ala ‘ibadillahis-solihin" (Rabbimizdan bizlarga va solih bandalarga salom bo‘lsin), deb aytmoq.
2. O‘tirmasdan oldin ikki rak’at namoz o‘qimoq.
431. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Har narsaning haqqi bo‘ladi. Masjidning haqqi rak’at namozdir".
3. Masjidda oldi-sotdi qilmaslik.
4. Masjidda qilich yalang‘ochlamaslik.
5. Yo‘qolgan narsani unda e’lon qilmaslik.
6. Allohning zikridan boshqa vaqtda ovozni ko‘tarmaslik.
7. U yerda dunyo hodisalaridan hech narsani gapirmaslik.
8. Odamlarning ustidan hatlab o‘tmaslik.
9. Joy talashmaslik.
10. Safda biron kishini qattiq siqib qo‘ymaslik.
11. Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan o‘tmaslik.
12. U yerda tupurmaslik.
13. Barmoqlarni qisirlatmaslik.
14. Masjidni bolalardan (ya’ni, u yerga kirib o‘ynashdan) va najosatlardan tozalamoq.
15. Allohning zikrini ko‘paytirmoq va g‘ofil qolmaslik.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:31:33
432. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: "Ummatimga bir zamonlar keladi. Ularning so‘zlari masjidlarda dunyo ishlari haqida bo‘ladi. Allohning ularga hojati yo‘qdir. Bas, ular bilan birga o‘tirmanglar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:31:41
433. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Bu dunyoda g‘ariblar to‘rttadir: Zolimning ichidagi Qur’on; odam to‘plangan, lekin namoz o‘qilmagan masjid; uyda o‘qilmay turgan Mushaf; yomon qavm ichidagi solih kishi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:32:13
434. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo masjidlarni oq tuyalardek to‘playdi. Uning oyoqlari anbardan, bo‘yinlari za’farondan, boshlari muattar hidli mushkdan, yuganlari yashil zabarjaddandir. Uni muazzinlar yetaklab, imomlar haydab boradi. Ular bilan qiyomatning arosatidan chaqmoqdek o‘tadilar. Qiyomatda to‘planganlar: "Ular muqarrab maloikalarmi yoki anbiyolarmi yo rasullarmi?" deb so‘raydi. Ularga nido qilinadi: "Ey qiyomat ahli, ular muqarrab maloikalar ham, anbiyolar ham, rasullar ham emas. Ular Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlari. Ular jamoat namozini mahkam tutishgan", deb".

Vahb ibn Munabbah (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Qiyomat kunida masjidlar dur va yoqutlar bilan o‘ralgan kemalarga o‘xshab keltiriladi va ahlini shafoat qiladi".

Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Odamlarga shunday bir zamon keladiki, Islomdan ismi qoladi, Qur’ondan surati qoladi, masjidlarni quradilar, ammo unda Allohning zikri bo‘lmaydi. U zamonning yomonlari ulamolaridir, fitna ulardan chiqib, yana o‘zlariga qaytadi".

_______________
Masjidlarning hurmati bobi hadislari

427-hadis. Muttafaqun alayh.
428-hadis. Hasan. Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan.
429-hadis. Zaif. "œKashful xafo"ga qarang.
430-hadis. Hokim "œTarix"ida rivoyat qilgan.
431-hadis. 421-hadisning izohiga qarang.
432-hadis. Zaif. Sanadi mursal.
433-hadis. Mavzu’. "œZaiful jome’"ga qarang.
434-hadis. Sanadi topilmadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:32:43
O‘TTIZ OLTINCHI BOB
SADAQANING FAZILATI


Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadilar: Abu Zarr Fiforiydan (r.a.): "Qaysi sadaqa afzal?" deb so‘rashdi. "Sadaqaning ko‘prog‘i va kattarog‘i", dedilar va keyin bu oyatni o‘qidilar:
"Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilmaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmaysiz" (Oli Imron, 92). "Agar kishida (yaxshi ko‘rgani) bo‘lmasa-chi?" deb so‘rashdi. "Molining ortiqchasidan sadaqa qiladi", dedilar. "Agar unda mol bo‘lmasa-chi?" deb so‘rashdi. "Taomining ozginasidan sadaqa qiladi", dedilar.
"U ham bo‘lmasa-chi?"
"Quvvati bilan yordam beradi".
"Quvvati bo‘lmasa-chi?"
"Agar yarimta xurmo berib bo‘lsa ham, do‘zaxdan saqlaninglar".
"Buni ham qilolmasa-chi?"
"O‘zini tiysin, odamlarga zulm qilmasin".

435. Abu Dardo (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar (s.a.v.): Quyosh chiqqanida ikki tomonga nido qilish uchun ikkita farishta yuboriladi. Ularning nidolarini insonlar va jinlardan boshqa hamma yer ahli eshitadilar: "Ey odamlar! Parvardigoringizga kelinglar, albatta, ozgina bo‘lib, kifoya qilgan mol ko‘p bo‘lib, mashg‘ul qilib qo‘ygan moldan yaxshidir". Ikki farishta yana nido qilib: "Ey Parvardigor, infoq qilgan kishining moli o‘rniga molni tezroq ber va mumsikning molini tezroq halok qil", deb aytadi", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:32:55
436. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir kuni Ka’baning yopinchig‘iga osilib turgan bir kishining oldidan o‘tdilar. U odam: "Sendan bu uyning hurmati bilan so‘raymanki, gunohlarimni kechir", der edi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Allohning bandasi! O‘zingning hurmating bilan so‘ra, chunki mo‘minning hurmati Alloh nazdida Baytullohning hurmatidan ulug‘dir". "Ey Allohning rasuli, — dedi u, — mening katta gunohim bor". Rasululloh: "Nima gunoh?" deb so‘radilar. "Mening molim ko‘p edi. Qo‘y-mollarim ham, otlarim ham ko‘p edi. Lekin bir kishi biron bir narsa so‘rasa, go‘yoki yuzimdan olov chiqib ketardi", dedi u. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey fosiq, ket oldimdan, o‘ting bilan meni ham yondirma. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar ming yil ro‘za tutsang va ming yil namoz o‘qisang ham, xasis bo‘lib o‘lsang, Alloh taolo seni do‘zaxga uloqtiradi. Xasislik kufrdan, kufr esa do‘zaxda ekanini, saxovat imondan va imon jannatda ekanini bilmaysanmi?!"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:33:02
437. Oyisha onamiz (roziyallohu anho) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot aytdilar: "Saxiylik daraxtdir, uning ildizi jannatda va shoxlari dunyoga tushgan, kim uning shoxlaridan birini ushlasa, jannatga yetkazadi. Baxillik ham bir daraxtdir, ildizi do‘zaxda va shoxlari dunyoga tushgan, kim uning shoxini ushlasa, do‘zaxga eltadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:33:10
438. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Xasis odam Allohdan uzoq, jannatdan ham uzoq, odamlardan ham uzoq va do‘zaxga yaqin. Saxiy esa, Allohga, jannatga va odamlarga yaqindir, do‘zaxdan uzoqdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:33:16
439. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Mollaringizni zakot bilan qo‘rg‘onlanglar, kasallaringizni sadaqa bilan davolanglar va balolarni duo bilan qarshi olinglar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:33:23
440. Umarning (r.a.) ozod qilgan qullari Abdurahmon Salmoniydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sadaqa so‘rovchi o‘zi so‘zidan to‘xtamagunicha bo‘lib qo‘ymanglar. Keyin unga viqor va yumshoqlik bilan javob qaytaringlar yo yengilgina narsa bilan yoki yaxshi so‘z bilan qaytaringlar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:33:33
441. Sa’d ibn Mas’ud Kindiy rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qaysi inson kecha va kunduzda sadaqa qilib tursa, ilon chaqib o‘lishdan, tom bosib o‘lishdan yoki to‘satdan o‘lib qolishdan muhofaza qilinadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:34:06
442. Abu Hurayra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U zot aytdilarki: "Mol sadaqa qilish bilan kamaymaydi va kishi o‘ziga yetgan zulmni avf etsa, Alloh unga azizlikni ziyoda etadi. Qaysi kishi Alloh uchun tavozu’ qilsa, Alloh uning darajasini ko‘taradi".
Ikrima (r.a.) Ibn Abbosning bunday deganlarini rivoyat qiladi: "Ikki narsa shaytondan va ikki narsa Alloh taolodan", deb keyin bu oyatni o‘qidilar: "Shayton sizlarni (agar infoq-ehson qilsangiz) kambag‘al bo‘lib qolishingizdan qo‘rqitadi va fahsh ishlarga buyuradi. Alloh sizlarga o‘z tarafidan mag‘firat va fazlu karam (boylik) va’da qiladi", ya’ni, sizlarni toatga va sadaqa qilishga buyurib, fazli va mag‘firatiga yetkazmoqni xohlaydi. "Alloh (fazlu karami) keng va bilguvchidir" (Baqara, 268). Ya’ni, fazlu karami keng va sadaqa qilgan kishining savobini bilguvchi zot.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:34:23
443. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar qaysi bir qavm ahdini buzsa, Alloh ularni o‘lim bilan imtihon qiladi, qaysi qavmda fohishabozlik yoyilsa, ularga to‘satdan o‘lim yuboradi, qaysi qavm zakotni man’ qilsa, Alloh taolo ularni yomg‘irdan qisib qo‘yadi".

Nazzol ibn Sabra aytdilar: Jannat eshigiga uch qator so‘z yozilgan:
1. "Laa ilaha illalloh, Muhammadur-rosululloh".
2. "Ummat gunohkor, Parvardigor kechiruvchi".
3. "Nima amal qilgan bo‘lsak, topdik, bergan bo‘lsak, foyda oldik, nimaiki olib qolgan bo‘lsak, zarar qildik".
Aytilishicha, kim besh narsani man’ qilsa, Alloh ham undan besh narsani man’ qiladi.
1. Zakotni bermasa, molining muhofazasini man’ qiladi.
2. Sadaqani man’ qilsa, undan tinchlik-xotirjamlikni man’ qiladi.
3. Ushrni man’ qilsa, yerining barakasini man’ qiladi.
4. Duoni man’ qilsa, undan ijobatni man’ qiladi.
5. Namozga dangasalik qilsa, Alloh undan o‘layotgan vaqtida "laa ilaha illalloh"ni man’ qiladi.

Ibn Ma’sud (r.a.) aytadilar: "Qaysilaringiz bir dirhamni sog‘ligida va baxilligida infoq qilsa, o‘lim vaqtida yuz dirhamni infoq etishni vasiyat qilishidan yaxshidir".

Faqih aytadilar: Otamdan eshitdimki, Iso alayhissalom zamonlarida baxilligi bilan nom chiqargan Mal’un ismli kishi bor edi, bir odam g‘azotga chiqmoqni xohladi va kelib: "Yo Mal’un, menga biron qurolingdan ber, uni olib, g‘azotimda quvvatli bo‘layin, sen esa do‘zaxdan uning savobi bilan qutulib qol", dedi. Undan yuz o‘girib, hech narsa bermadi, haligi kishi ketgandan keyin, Mal’un qilgan ishiga pushaymon yedi, keyin uni chaqirib, qilichini berdi. Haligi kishi yo‘lda Iso alayhissalom bilan yetmish yildan beri ibodat qilib kelayotgan bir kishiga yo‘liqdi. Iso (a.s.) undan bu qilichni qaerdan olganini so‘radilar. Haligi kishi: "Mal’un berdi", dedi. Iso (a.s.) uning qilgan sadaqasiga xursand bo‘ldilar. Keyin Mal’un eshigi oldida o‘tirgan edi, Iso (a.s.) obid bilan uning oldidan o‘tdilar. Ma’lun ham o‘zicha, Isoning va obidning yuziga qarasam, deb turgan edi. Shunda o‘rnidan turdi va ikkovlarining yuziga qaradi. Obid, olovi meni kuydirmasidan oldin Ma’lundan qochay, dedi. Alloh taolo Iso (a.s.)ga vahiy qildi: "Ey Iso, bu gunohkor bandamga ayt, sadaqa qilgan qilichi uchun uning gunohlarini kechirdim va bu obidga ham ayt, men uni u bilan jannatda yo‘ldosh qilib qo‘yaman". Obid aytdi: "Allohga qasamki, men u bilan jannatda turishni xohlamayman, yo‘ldosh bo‘lishni ham xohlamayman". Alloh Iso (a.s.)ga vahiy qildi: "Bu bandamga ayt, u Mening qazoi qadarimga rozi bo‘lmadi va bandamni kamsitdi, Men uni do‘zax ahlidan qilib, Mal’unning holatiga qo‘ydim va jannatdagi joyini uning do‘zaxdagi joyi bilan almashtirdim, uning jannatdagi joyini bu bandamga berdim va uning do‘zaxdagi joyini unga berdim".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:34:31
444. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Osmon eshigidan bir farishta nido qilib aytadi: "Kim bugun qarz bersa, ertaga mukofotini oladi". Boshqa farishta nido qilib: "Ey odam bolalari, o‘lish uchun tug‘ilaveringlar, xarob bo‘lish uchun quraveringlar", deydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:34:38
445. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: "Ey Allohning rasuli, siz dunyodan o‘tgandan keyin bizga yerning usti yaxshimi yoki ostimi?" deb so‘rashdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar boshliqlaringiz yaxshilaringiz, boylaringiz saxiylaringiz bo‘lsa, ishlaringiz maslahat bilan qilinsa, sizlarga yerning ostidan usti yaxshidir. Agar boshliqlaringiz yomonlaringiz, boylaringiz baxillaringiz bo‘lsa, ishlaringiz ayollaringizga qolsa, sizlarga yerning ustidan osti yaxshidir".

Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Agar boylik topsang, uni qurtlarga yem bo‘lmasin yoki qaroqchilar qo‘liga tushmasin desang, sadaqa qil".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:34:48
446. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim zakot bersa, mehmon kutsa, omonatni ado qilsa, nafsini baxillikdan saqlabdi".

Faqih aytadilar: Ozmi-ko‘pmi, doim sadaqa qilib turing, chunki sadaqada o‘nta xislat maqtalgan. Beshtasi dunyoda, beshtasi oxiratda. Dunyodagi beshtasi quyidagilar:
1. Sadaqa qilishda molni poklashlik bor.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:35:02
447. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: "Ogoh bo‘linglar. Savdoda bema’ni so‘z, qasam va yolg‘on bo‘lib turadi. Shuning uchun unga sadaqani ham qo‘shinglar".

2. Sadaqada badanni gunohlardan poklashlik bor. Alloh taolo aytadi: "(Ey Muhammad), Siz ularning mollaridan bir qismini o‘zlarini poklab-tozalaydigan sadaqa sifatida oling" (Tavba,103).

3. Sadaqa qilish kasallik va balolarni daf qiladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:35:18
448. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kasallaringizni sadaqa bilan davolanglar".

4. Sadaqa qilishda miskinlarga xursandchilik ulashish bor. Amallarning afzali mo‘minlarni xursand etishdir.

5. Sadaqada molning barakasi va rizqning keng bo‘lishi bor. Alloh taolo aytgandek:
"Ne bir narsani infoq-ehson qilsangizlar, Alloh uni to‘ldirur" (Saba’, 39).

Oxiratdagi beshta xislat:
1. Sadaqa qattiq issiqda egasiga soya bo‘ladi.
2. Sadaqa qilganning hisob yengil kechadi.
3. Sadaqa amallarni mezonda og‘ir qiladi.
4. Sirotdan o‘tishga ruxsatnoma.
5. Jannatdagi darajalarni ziyoda etadi.

Agar sadaqada miskinlarning duosidan boshqa fazilat bo‘lmaganda ham, oqil kishi unga rag‘bat qilmog‘i vojib bo‘lardi. Endi unda Allohning roziligiyu shaytonning g‘azabi bo‘lsa, qanday qilib rag‘bat etmasin.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:35:29
449. "Kishi yetmishta shaytonning soqolini bo‘shatmaguncha sadaqa qilishga qodir bo‘lolmaydi".
Bu ishda solihlarga ergashish bor. Chunki solihlar sadaqa qilishga qattiq e’tibor berar edilar.

Faqih aytadilar: Ummu Zarr (r.a.) Oyisha onamizning (r.a.) oldilariga kirib turardilar. U zot aytadilar: "Bir kuni Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) Oyishaga ikki qopchada bir yuz sakson ming dirham yubordilar. Shu kuni Oyisha ro‘zador edilar. Keyin odamlarga tarqata boshladilar. Kechqurungacha oldilarida dirhamdan hech narsa qolmadi. Kech kirgach: "Ey joriya, iftorligimni keltir", dedilar. Joriya non bilan yog‘ keltirdi. Oyisha (r.a.): "Dirhamlarni bo‘layotib o‘zimizga ham olib qolganingda bir dirhamga go‘sht olardik", dedilar. Joriya aytdi: "Meni koyimang, agar eslatganingizda edi, shunday qilardim".

Urva ibn Zubayr aytadilar: "Men Oyisha onamizning (r.a.) yetmish ming dirham sadaqa qilganlarini ko‘rdim. Ko‘ylaklarining yoni esa yamoqli edi".

Zikr qilinishicha, Abdul ibn Hasanga ellik ming dirham meros qoldi. Shunda birodarlariga bir hamyonni yuborib aytdiki: "Birodarlarimga jannat so‘rar edim, endi qanday qilib ulardan dunyoni qizg‘anayin".

Xabarda zikr qilinadi: Bir xotin Hasson ibn Abu Sinonning oldiga kelib, biron narsa berishini so‘radi. U kishi xotinga qaradi, u g‘oyat chiroyli edi. "Ey g‘ulom, unga to‘rt yuz dirham bergin", dedi. Unga: "Ey Allohning bandasi, bu xotin sendan bir dirham so‘radi, sen esa to‘rt yuz dirham berding", deyishdi. Hasson aytdi: "Uning chiroyini ko‘rib, u qiynalib qolganda, gunohga kirib ketishidan qo‘rqdim va uning behojat bo‘lmog‘ini xohladim. Shoyad shunda biror kishi unga rag‘bat qilib nikohiga olsa".

Xabarda keladi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan biriga qo‘yning boshini hadya qildilar. U sahobiy falonchi birodarim mendan ko‘ra muhtojroq, deb haligi narsani unga yubordi. Keyin unisi ham xuddi shunday o‘ylab, boshqa kishiga yubordi. Shunday qilib, bu narsa yetti uyni aylanib, birinchi kishinikiga qaytdi. So‘ngra ushbu oyat tushgan ekan:
"Garchi o‘zlarida ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘zlarini qo‘yib, (o‘zgalarni) iysor-ixtiyor qilurlar" (Hashr, 9).

Yana aytilishicha, bu oyatning tushishi ansorlardan birining ishi bilan bog‘liq. Hasan rivoyat qiladi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam davrlarida bir kishi ro‘za tutdi, kechqurun bo‘lganda iftorga hech narsa topmadi. Keyin suv bilan og‘zini ochdi, so‘ng kelasi kun yana ro‘za tutdi, uch kun ro‘za tutib, ko‘p holdan toydi. Bu holni ansorlardan biri ko‘rib, kechqurun uni uyiga olib keldi. Xotiniga: "Bugun biznikiga mehmon tushdi, ovqatdan bormi?" dedi. Xotini: "Bir kishi to‘yadigan ovqat bor", dedi. Ikkalasi ham ro‘zador edilar, shuningdek, ularni bitta go‘daklari ham bor edi. Haligi ansoriy xotiniga: "Biz mehmonimizni ovqatlantiraylik, o‘zimiz bu kecha sabr qilamiz, o‘g‘limizni esa, xuftondan oldin uxlatamiz. Ovqatni keltirayotganingda, chiroqni o‘chirib qo‘y, mehmon meni ovqatlanayapti deb o‘ylaydi va qornini to‘yg‘izib oladi", deb tayinladi. Xotini tovoqda ov-qatni keltirib, uning oldiga qo‘ydi, keyin chiroqni go‘yo yaxshilayman deb o‘chirib qo‘ydi. Mezbon qo‘lini tovoqning chetiga qo‘yib, hech narsa yemadi. Mehmon ovqatning hammasini yedi. Keyin ertalab mezbon ansoriy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salom berganidan keyin u zot sollallohu alayhi vasallam unga: "Alloh er-xotin ikkovlaringizning qilganingizdan ko‘p ajablandi", dedilar. (Ya’ni, bu ishlaringizdan rozi bo‘ldi).

Keyin bu oyatni o‘qidilar:

"Garchi o‘zlarida ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘zlarini qo‘yib (o‘zgalarni) iysor-ixtiyor qilurlar" (Hashr, 9). Ya’ni, o‘zlaridagi narsalarni o‘zlariga kerak bo‘lsa ham, och bo‘lsalar ham, boshqalar uchun beradilar.

"Kimki o‘z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o‘shalar najot topguvchi zotlardir" (Hashr, 9). Ya’ni, kim baxillikni o‘zidan ketqazsa, ular Allohning azobidan qutiluvchilardir.

Xolid Lifof (r.a.) aytadilar: "Men sizlarni to‘rt ishlaringdan, agar o‘tgan olimlar xilof qilsa ham, rozi bo‘lardim.
1. O‘tganlar fazilatni ko‘paytirishga ahamiyat berganlari kabi sizlar farzlarni qisqartirishga e’tibor berishingiz.
2. Oldingilar toatning qabul bo‘lmasligidan qo‘rqqanlari kabi gunohlaringizni Alloh kechirmasligidan qo‘rqishingiz.
3. O‘tganlar ba’zi haloldan qo‘rqib saqlanganlaridek, sizlarning haromdan saqlanishingiz.
4. Sizlardan oldin o‘tganlar dushmanlariga shafqat va yaxshilik qilganlaridek, sizlarning birodarlaringizga va aka-ukalaringizga shafqat va yaxshilik qilishingiz".

_____________
Sadaqaning fazilati bobi hadislari

435-hadis. Sahih. Ahmad, Tayolisiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
436-hadis. Juda zaif.
437-hadis. Zaif. “Zaiful jome’”ga qarang.
438-hadis. Juda zaif. Termiziy, Ibn Mojja, Uqayliy rivoyat qilgan. “Az-zaifa”ga qarang.
439-hadis. Zaif. Abu Dovud, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
440-hadis. Botil. Daylamiy “Al-firdavs”da rivoyat qilgan.
441-hadis. Sanadida uzilish bor. “Tarixul kabir”ga qarang.
442-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
443-hadis. Hasan. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan. Hokim sahih sanagan.
444-hadis. Ibn Hibbon rivoyat qilgan. 435-hadisning izohiga qarang.
445-hadis. Zaif. Termiziy rivoyat qilgan.
446-hadis. Zaif. “Az-zaifa”ga qarang.
447-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. Termiziy hasan sahih degan.
448-hadis. Hasan. “Sahihul jome’”ga qarang.
449-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan. Hokim sahih sanagan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:37:03
O‘TTIZ YETTINCHI BOB
SADAQA BALOLARNI DAF QILISHI HAQIDA


Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Abul Farj Azdiy rivoyat qiladi: "Iso ibn Maryam alayhumassalom bir qishloqdan o‘tdilar. Bu qishloqda kir yuvuvchi kishi bor edi. Qishloq ahli: "Ey Iso, kir yuvuvchi kiyimlarimizni yirtadi va ko‘p vaqt ushlab qoladi. Uni duoibad qiling, Alloh uni kiyim yuvishdan salomat qaytarmasin", dedi. Iso alayhissalom: "Ey Parvardigor, uni kiyim to‘plab yuvadigan joyidan salomat qaytarmagin", deb duo qildilar. So‘ngra kir yuvuvchi kiyimlarni yuvib, ularni bo‘yash uchun ketdi. U o‘zi bilan uch dona non olgan edi. Tog‘da ibodat qiluvchi bir obid kishi kir yuvuvchiga salom berib: "Meni ovqatlantiradigan noning bormi, falon-falon kundan beri ovqat yemayapman, hech bo‘lmasa, bir ko‘ray yoki hidini hidlay", dedi. Kir yuvuvchi unga bitta nonini berdi. Obid: "Ey kiyim yuvuvchi, Alloh sening gunohingni kechirsin, qalbingni poklasin", dedi. Bu so‘zidan keyin ikkinchi nonini berdi. Obid: "Ey kiyim yuvuvchi, Alloh sening oldingi va keyingi gunohlaringni kechirsin", dedi. So‘ngra uchinchi nonini ham berdi. Obid: "Ey kiyim yuvuvchi, senga Alloh jannatdan bir uy bino qilsin", dedi. Kir yuvuvchi kechqurun uyiga salomat qaytdi. Qishloq ahli aytdilarki: "Ey Iso, kiyim yuvuvchi qaytib keldi-ku?" Iso aytdilar: "Menga uni chaqirib kelinglar". U huzurlariga kelganidan keyin: "Ey kir yuvuvchi, bugun nima ish qilganingni ayt", dedilar. U aytdiki: "Anovi tog‘da yo‘lovchilardan biri kelib, mendan taom so‘radi. Uch dona nonim bor edi. Har birini berganimda shu-shu so‘zlar bilan duo qildi". Iso (a.s.): "Ey kiyim yuvuvchi, xaltangni keltirgin, men bir uning ichiga qaray-chi", dedilar. U kishi xaltani ochib ko‘rsalar, og‘ziga temir urilgan qop-qora ilon yotardi. Iso alayhissalom aytdilar: "Ey qora ilon, sen bu kishiga yuborilmagandingmi?" Ilon: "Ha, — dedi, — lekin bir yo‘lovchi tog‘dan tushib, undan ovqat so‘radi. Har bir non berganda uni duo qildi. Uning oldida bir farishta, omin, deb turdi. So‘ng Alloh bir farishtani yubordi, u meni temir bilan yuganlab tashladi". Iso alayhissalom aytdilar: "Ey kir yuvuvchi, amalingni qaytadan boshla, Alloh taolo sadaqangni barakotidan gunohlaringni kechirdi".

Solim ibn Abu Ja’d aytadilar: "Bir xotin bolasi bilan ketayotgan edi, bo‘ri bolasini olib qochdi. Xotin bo‘rining orqasidan ketayotib, bitta nonini taom so‘ragan gadoga berdi. Shunda bo‘ri qaytib kelib, bolasini unga topshirdi. Foyibdan ovoz keldi: "Bir luqmaga bir luqma".

Mug‘ays ibn Sumo aytadilar: "Bani isroillik bir rohib oltmish yil tog‘dagi chaylada ibodat qilgan ekan. Bir kuni osmon gumbaziga qarabdi, shunda uni yer qiziqtirib qolibdi. "Yerga tushsam, undagi narsalarga qarasam", debdi va o‘zi bilan non olib tushibdi, yo‘lda unga bir xotin yo‘liqibdi, unga fitnalanib, nafsini ushlay olmay, unga qo‘shilib qo‘yibdi. Shu holda ajali yetibdi. Bir tilanchi kelib non so‘rabdi, unga nonini beribdi, so‘ngra o‘libdi. Uni oltmish yillik ibodati torozining bir pallasiga va xatolari torozini ikkinchi pallasiga qo‘yilibdi. Xatolari oltmish yillik ibodatidan og‘ir kelibdi, keyin sadaqa qilgan nonni keltirishibdi. Amallari bilan birga toroziga qo‘yilganda, xatolaridan og‘ir chiqibdi. Shunda, sadaqa yomonlikning yetmish eshigini yopadi, degan ekanlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:37:21
450. Qatoda aytadilar: "Bizga, sadaqa suv o‘tni o‘chirgandek, xatolarni o‘chiradi", deb aytildi".

Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi: U kishi (r.a.) o‘tirganlarida bir xotin keldi. U qo‘llarini yengiga yashirib olgan edi. Oyisha onamiz: "Senga nima bo‘ldiki qo‘lingni yengingdan chiqarmaysan?" dedilar. Xotin: "So‘ramang", dedi. Oyisha onamiz aytdilar: "Menga aytishing kerak". "Ey mo‘minlarning onasi, — dedi xotin, — mening ota-onam bor edi. Otam sadaqa qilishni yaxshi ko‘rardilar. Ammo onam aksincha. Bir bo‘lak yog‘ bilan yirtiq kiyimni sadaqa qilganlaridan boshqa sadaqa qilganlarini ko‘rmaganman. Ular vafot etishdi. Bir kuni tushimda guyoki qiyomat bo‘lgandek edi. Onamni odamlar orasida ko‘rdim, o‘sha yirtiq kiyimi avrati ustiga tashlangan, yog‘ esa ikki qo‘llarida edi. Onam hansirar va: "Chanqadim", der edi. Otamni havzi kavsar yonida ko‘rdim. U suv tarqatardi. O‘zlari suv berib sadaqa qilishni juda yaxshi ko‘rardilar. Bir piyolada suv olib onamga ichirdim. Shunda tepadan nido keldi: "Ogoh bo‘linglar, kim bu ayolga suv bersa, qo‘li shol bo‘ladi". Nogoh uyg‘onib ketdim, qarasam qo‘lim shol bo‘lib qolibdi".

Molik ibn Dinor (r.a.) bir kuni o‘tirganlarida tilanchi tilanib keldi. Uylarida bir savat xurmo bor edi. Xotiniga: "Xurmoni keltir", dedilar. Xotini xurmoni olib keldi. Molik uning yarmini olib, tilanchiga berib, yarmini xotiniga qaytardilar. Xotini: "Sizga o‘xshaganlarni yana zohid deyishadi. Biron kishining podshohga yarimta narsa yuborganini ko‘rganmisiz", dedi. Molik tilanchini chaqirib, qolganini ham berdilar. Keyin xotiniga yuzlanib dedilar: "Ey xotin, harakat qil, harakat qil! Alloh taolo aytadi:
"Bas, Alloh jahannam ko‘riqchilariga der: "Uni ushlab, kishanlanglar! So‘ngra do‘zaxga tashlanglar, so‘ngra uzunligi yetmish gaz bo‘lgan zanjirga solib bog‘langlar". Bu qattiq azob kimlarga, desa, aytiladi: "Chunki u ulug‘ Allohga imon keltirmas va beva-bechoraga taom berishga (o‘zini va boshqalarni) targ‘ib qilmas edi" (Al-haaqqa, 30-34). Bilginki, ey xotin, bo‘ynimizdagi kishanning yarmini imon bilan yechdik. Qolgan yermini sadaqa berib tushirmog‘imiz lozim".

Basralik bir kishi aytadi: "Qo‘yi, moli ko‘p a’robiy bor edi. Ozgina sadaqa qilardi, sadaqa qilsa ham, oriq echkini sadaqa qilardi. Bir kuni tushida qo‘ylari uni suzmoqchi bo‘libdi. Haligi sadaqa qilgan echki uni himoya eta boshlabdi. Uyg‘onib ketib: "Allohga qasamki, agar qodir bo‘lsam, endi ko‘p sadaqa qilaman", dedi. Aytishlaricha, shundan keyin haqiqatan ham ko‘p-ko‘p sadaqa qiladigan bo‘libdi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:37:29
451. Adiy ibn Hotim (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlarning har biringiz bilan Alloh, albatta, gaplashadi. O‘ng tomonga qarab, faqat sadaqalarini ko‘radi, so‘ng chapga qaraydi. U tomonda ham faqat sadaqalarini ko‘radi, so‘ng oldiga qaraydi, do‘zaxni ko‘radi. Do‘zaxdan yarimta xurmo berib bo‘lsa ham saqlaninglar".

Faqih aytadilar: O‘nta xislat bandani yaxshilar martabasiga va oliy darajalarga yetkazadi.
1. Ko‘p sadaqa qilish.
2. Ko‘p Qur’on o‘qish.
3. Dunyoni tark etishga da’vat qilib, oxiratni eslatib turadiganlar bilan o‘tirish.
4. Qarindoshchilikni bog‘lash.
5. Kasalni borib ko‘rish.
6. Boyliklari oxiratni eslashga xalaqit beradigan boylar bilan kam aralashish.
7. Ertaga o‘ziga keladigan kun haqida ko‘p fikrlash.
8. Orzu-havasni kamaytirish va o‘limni ko‘p zikr qilish.
9. Jim o‘tirish va kamgap bo‘lish.
10. Tavozu’, oddiy kiyinish, kambag‘allarni yaxshi ko‘rish va ular bilan aralashib yurish, yetimlarga, miskinlarga yaqin bo‘lib, ularning boshini silash.

Yetti xislat borki, ular sadaqani to‘g‘rilaydi, yuksaltiradi:
1. Uni haloldan berish, chunki Alloh taolo aytgan: "Ey mo‘minlar, kasb qilib topgan narsalaringizning halol-pokizalaridan infoq-ehson qilinglar" (Baqara, 267).
2. Uni ozgina moldan ham berish.
3. Vaqt o‘tib ketishidan qo‘rqib, shoshilib berish.
4. Baxillikdan qo‘rqib, uni poklamoq, ya’ni, mollarining yaxshirog‘idan berish, yomonidan emas. Chunki Alloh taolo aytadi:
"Ehson qilish uchun ulardan o‘zingiz faqat ko‘z yumib turib oladigan past-nopoklarini tanlamangiz va bilingiz, albatta, Alloh behojat va hamdu sanoga loyiq zotdir" (Baqara, 267).
5. Riyodan qo‘rqib, uni yashirin berish.
6. Ajrini yo‘qotishdan qo‘rqib, minnatdan uzoq bo‘lish.
7. Uning sohibiga gunohdan qo‘rqib, aziyat yetkazmaslik. Chunki Alloh aytadiki:
"Sadaqalaringizni minnat va aziyat bilan botil qilmangizlar" (Baqara, 264).

____________
Sadaqa balolarni daf qilishi haqidagi bob hadislari

450-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
451-hadis. Muttafaqun alayh.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:38:56
O‘TTIZ SAKKIZINCHI BOB
RAMAZON OYI FAZILATLARI


452. Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Ibn Abbos (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan ekanlar: "Jannat yildan yilga ramazon kirishi bilan ziynatlanib, yangilanib, o‘zini hozirlaydi. Birinchi kechada arsh ostidan shamol esadi, uni musiyra deyishadi. Jannat daraxtlarining barglari shitirlaydi va eshiklarning halqalari taqillaydi. So‘ngra bir ovoz eshitiladiki, qulog‘i bor jonzot undan yaxshirog‘ini eshitmagan. So‘ngra hurlar ko‘rinish berib, jannat tepasiga chiqadilar. Nido qiladilarki: "Kuyovlar bormi? Alloh taolo bizni ularga nikohlasin". Keyin yana deydilar: "Ey Rizvon! (Rizvon – jannatdagi farishtaning nomi – tarj.) Bu tun qanday tun?" Ular talbiya aytib javob beradilar: "Ey jannat go‘zallarining yaxshilari! Bu kecha ramazon oyining birinchi kechasidir". Alloh Rizvonga: "Jannat eshiklarini Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ro‘zador ummatlari uchun och", deb aytadi. So‘ngra Alloh Molikka (u do‘zax farishtasi – tarj.): "Ey Molik, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ro‘zador ummatlari uchun do‘zax eshiklarini yop", deydi va keyin Jabroilga aytadi: "Ey Jabroil, yerga tushib shaytonning sarkashlarini zanjirband qil. Ularni temir bo‘yinbog‘lar bilan bog‘la, keyin dengiz to‘lqinlariga uloqtir, toki habibim Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlari ro‘zalarini buzmasin". Alloh taola ramazon oyining har kechasida uch marta aytadi: "So‘rovchilar bormi? Men so‘ragan narsasini beraman. Tavba qiluvchilar bormi? Tavbasini qabul qilaman. Gunohlarini kechirishni so‘rovchi bormi? Uning gunohini kechiraman" Keyin nido qiluvchi nido qiladi: "Amallarning mukofotini to‘la-to‘kis qilib beruvchi bo‘lgan Zotga qarz beruvchi bormi?" (Ya’ni, amal qiluvchi bormi? Alloh taolo uning ajrini mukammal qilib beradi).

Alloh taolo ramazon oyining har kuni iftor vaqtida ming kishini do‘zaxdan ozod etadi. Ular qilgan gunohlari sabab azobga giriftor edilar. Jum’a kuni va jum’a kechasi har soatda o‘n mingta gunohkorni do‘zaxdan ozod qiladi. Ularning hammalari azobga mubtalo edilar. Ramazonning oxirgi kunida oyni boshidan oxirigacha ozod qilinganlarning sanog‘idan ham ko‘proq gunohkorlarni ozod etadi. Laylatul-qadr kechasi esa, Alloh taolo Jabroil alayhissalomga yerga maloikalarning katta jamoasi bilan birga tushishni buyuradi. Unda ko‘k bayroq bo‘ladi. Uni Ka’baning yoniga qo‘yadilar. Jabroil alayhissalomning yetti yuzta qanoti bo‘lib, ikkitasi faqat Qadr kechasida yoyiladi. Yozilganda g‘arbdan sharqgacha oshib ketadi. Jabroil alayhissalom maloikalarni bu ummatga yuboradi. So‘ngra ular ummatning turgan, o‘tirgan, namoz o‘qigan, zikr qilganlariga salom beradilar. Ular bilan ko‘rishadilar va duo qilganlarida to bomdodgacha "Omin", deb javob berib turadilar. Bomdod bo‘lgandan keyin Jabroil (a.s.) barcha maloikalarga, ketinglar-ketinglar, deb nido qiladi. Ular: "Ey Jabroil, Alloh Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlari bo‘lgan mo‘minlarning hojatlarini nima qildi?" deb so‘raydilar. Jabroil aytadiki: "Alloh taolo ularga nazar qilib, ularning gunohlarini afv etdi. Faqat to‘rt kishinikidan tashqari". So‘raydilar: "Ular kimlar, ey Jabroil?" Javob beradiki: "Doimiy aroq ichuvchi, ota-onasiga oq bo‘lgan, silai rahmni uzgan, mushohin". "Ey Jabroil, mushohin kim?" deb so‘raydilar. Aytadiki: "U xusumat qiluvchi", ya’ni, mo‘min birodariga uch kundan ortiq gapirmay yurgan kishi.

Fitr (hayit) kechasi esa, "mukofot kechasi" deb nomlanadi. Fitrning ikkinchi kuni Alloh farishtalarni shaharlarga yuboradi. Ular yerga tushib, yo‘llarning boshida turib: "Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummati, Rabbilaringizga chiqinglar, bu kun buyuk mukofot beradi, gunohlaringizni kechiradi", deydilar, bu ovozni inson va jinlardan boshqa hamma maxluqot eshitadi. Ular masjidlarga borganlarida Alloh taolo farishtalariga: "Ey maloikalarim! Amal qiluvchi kishiga amal qilgani uchun nima mukofot beriladi?" deydi. Maloikalar aytishadi: "Ey Rabbimiz, uning mukofoti ajrini mo‘l qilib berishingdir". Alloh taolo aytadiki: "Ey maloikalarim, men sizlarni guvoh qilamanki, ularning ramazon oyidagi ro‘zalari va kechalari qoim bo‘lishlari savobi Mening roziligim va mag‘firatimdir". Alloh so‘ngra aytadiki: "Ey bandalarim, Mendan so‘ranglar, ulug‘ligimga qasamki, bugun nimani so‘rasalaringiz, beraman, dunyolaringizdan ham, oxiratlaringizdan ham".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:39:23
453. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ummatimga ramazon oyida bosh-qa ummatlarga berilmagan beshta xislat berildi. Ro‘zadorning og‘zidagi hid Alloh nazdida mushkning hididan yaxshiroq; iftor qilgunlaricha maloikalar ularning gunohlarini kechirishni so‘raydilar; bu oyda shaytonning sarkashlari bog‘lanadi; bu oyda odamlar boshqa oylarda bo‘lmagan ixloslarini topadilar; bu oyda har kuni Alloh taolo jannatni ziynatlaydi va jannatga aytadi: "Mening bandalarimdan qiyinchilik va aziyatlar ko‘tarilishiga oz qoldi. Ular senga qarab yuradilar va oxirgi kechada ularning gunohlari kechiriladi". "Ey Allohning elchisi, Laylatul-qadr o‘sha kechami?" deb so‘rashdi. Aytdilarki: "Yo‘q. Lekin amal qiluvchi amalini bajarsa, uning ajri mo‘l-ko‘l beriladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:39:31
454. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalariga xursandchilik xabarini berdilar. Aytdilarki: "Sizlarga ramazon oyi keldi. Muborak oy keldi. Alloh taolo bu oyda ro‘zani farz qildi. Bu oyda jannat eshiklari ochiladi va jahannam eshiklari yopiladi, bu oyda shaytonning sarkashlari bog‘lanadi va bu oyda bir tun bor, u ming oydan yaxshiroqdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:39:39
455. Xaysama aytadilar: "Bizga Ramazon keyingi ramazongacha, haj hajgacha, jum’a jum’agacha, namoz keyingi namozgacha orasida bo‘lib o‘tgan gunohlarga kafforatdir. Katta gunohlar qilmagan bo‘lsa", deb aytishgan".

Umar (r.a.) ramazon kirganda aytar edilar: "Marhabo, bizlarni poklovchi. Ramazonning hammasi yaxshi, kunduzi — ro‘za, kechasi — qiyom, bu oydagi nafaqa Alloh yo‘lidagi nafaqa kabidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:39:48
456. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning rivoyat qiladilar: "Kim ramazon ro‘zasini imon keltirgan va savob umid qilgan holda tutsa hamda kechalari qoim bo‘lsa, uning oldin o‘tgan gunohlari kechiriladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:39:57
457. Yana Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning rivoyat qiladilar: "Alloh taolo aytadi: "Odam farzandining yaxshi amaliga o‘n barobardan yetti yuz barobarigacha savob ziyoda qilinadi. Ro‘za unday emas. Ro‘za Men uchun va uning mukofotini o‘zim beraman, bandam shahvatini, taomini, sharobini men uchun tark qiladi. Ro‘za pardadir. Ro‘zador uchun ikki xursandchilik bor: Og‘iz ochishdagi xursandchilik va qiyomat kunidagi xursandchilik".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:40:05
458. Faqih aytadilar: Salmon Forsiy (r.a.) hikoya qiladilarki: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sha’bonning oxirida bizlarga xutba qildilar. "Ey odamlar, mana sizlarga ulug‘, muborak oy keldi. Bu oyda Laylatul-qadr bor. U ming oydan yaxshi. Ramazonning kunduzlarida Alloh ro‘zani farz qildi va kechalaridagi qiyomni ixtiyoriy etdi. Kim u kechada ixtiyoriy ibodat qilsa, farzni ado etsa, yetmish farzni ado qilgan kishidekdir. U sabr oyi, sabrning savobi jannatdir. U tenglik oyi. Bu oyda mo‘minning rizqi ziyoda bo‘ladi. Kimki ro‘zadorning og‘zini ochsa (iftor qilib bersa), qul ozod qilganidek savob oladi va gunohlari mag‘firat bo‘ladi".

Biz: "Ey Allohning elchisi, hammamiz ham ro‘zadorga iftor qilib beradigan narsa topolmaymiz-ku", dedik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bir yutum sut bilan bo‘lsa ham, iftor qilsa yoki bitta xurmo yoki bir piyola suv bilan iftor qilib bergan bo‘lsa ham, shu savobni oladi. Kim ro‘zadorni to‘ydirsa, uning gunohlari kechiriladi. Alloh uni mening havzimdan sug‘oradi, undan keyin jannatga kirguncha chanqamaydi. Iftor qilib bergan kishiga ajrni ro‘zadorning ajridan hech ham kamaytirmagan holda beradi. Bu oyning avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat va oxiri do‘zaxdan ozod bo‘lishdir. Kim bu oyda qulini ozod etsa, Alloh uni do‘zaxdan ozod qiladi".

Faqih aytadilar: Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilarki: "Qaysi banda ramazon oyini sukut va yomon gaplarni gapirmasdan tutsa, Allohni zikr qilib, halol deganini halol, harom deganini harom desa va bu oyda fahsh ish sodir qilmagan bo‘lsa, ramazondan onadan tug‘ilgandek pok chiqadi. Uning hamma gunohlari kechiriladi. Uning Allohga aytgan har bir tasbehlari va tahlillari uchun jannatda ko‘k zumraddan bir uy bino qilinadi. Uning ichlari qizil yoqutdandir. U yoqutning ichida dur chodir bor. Chodirda hur bo‘lib, uning tillo taqinchoqlari qizil yoqut bilan bezatilgan, jilosi butun yer yuzini yoritib yuboradigan darajada".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:40:29
459. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ramazon yaqinlayotgan vaqtda aytardilarki: "Agar bandalar ramazon oyida nimalar borligini bilganlarida ummatim ramazonning yil bo‘yi bo‘lmog‘ini orzu qilardi". Xuzo’a qabilasidan bir kishi: "Ey Allohning elchisi, bu oyda nimalar borligini bizga aytib bering", dedi. Aytdilar: "Jannat ramazon uchun yildan yilga bir marta ziynatlanadi. Birinchi ramazon kechasi arshning tagidan shamol esib, jannat daraxtlarining yaproqlari shitirlaydi. Hurlar unga qarab aytadilarki: "Ey Parvardigor, bu oyda bandalaringga bizlarni nikohla. Bizlar bilan ularning ko‘zlari quvonsin, biz ular bilan ko‘zlarimizni quvontiraylik". Qaysi banda ramazonda ro‘za tutsa, Alloh uni yoqutli chodirda ikki hurga uylantiradi. Alloh ularni:
"Ular chodirlarda asralgan hurlardir" (Ar-rahmon, 72), deb sifatlagan. U hurlarning har birida yetmishta bezak bor, u bezaklarning rangi boshqa bezaklarda topilmaydi, yetmish turli xushbo‘y narsalar beriladi. Har bir hurda dur bilan to‘qilgan, yoqutdan bo‘lgan yotoqlari bor va har birining yetmishta xizmatchisi bo‘ladi. Mana shular ramazonda ro‘za tutganlar uchundir. Yaxshiliklariga alohida ajr beriladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:40:38
460. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Rajab ummatimning oyidir, uning boshqa oylardan ortiqligi ummatimning boshqa ummatlardan ortiqligichadir. Sha’bon mening oyimdir, uning boshqa oylardan ortiqligi mening boshqa payg‘ambarlardan ortiqligimcha. Ramazon Allohning oyi, uning boshqa oylardan ortiqligi o‘zining xalqidan ortiqligicha".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:40:47
461. Faqih aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam chiqqanlarida odamlar tortishib turishgan edi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Men sizlarga Laylatul-qadrning xabarini bermoqchi edim, lekin sizlarning unga suyanib qolishlaringdan qo‘rqdim. Shoyad bu sizlarga yaxshilik bo‘lsa. Uni oxirgi o‘n kunlikda izlanglar, qolgan to‘qqizida, yettisida, beshida, uchida va oxirgi kunida. Uning belgilari: toza, nurli bo‘ladi, issiq ham, sovuq ham bo‘lmaydi. Quyosh chiqqanida uning harorati bo‘lmaydi, kim imon keltirib va savob umid qilgan holda qoim tursa, uning oldingi gunohlari kechiriladi".

Faqih aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam kechada qoim bo‘lishning, kunduzi ro‘za tutishning imon keltirgan va savob umid qilgan holda bo‘lishini shart qildilar. Imon — Alloh u uchun va’da qilgan savoblarga ishonish; savob umid etish esa, Allohga yuzlangan holda Unga xushu’ qilishdir. Agar banda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam zikr qilgan savoblarga yetmoqni xohlasa, bu oyning hurmatini bilishi lozim, bu oyda tilini yolg‘ondan, g‘iybatdan, ortiqcha so‘zlardan, a’zolarini xato va adashishlardan, qalbini musulmonlarga hasaddan, adovatdan saqlamog‘i kerak. Shularni bajargach, amallari qabul bo‘ladimi yoki yo‘qmi, Allohdan qo‘rqib turmog‘i lozimdir.

Bir hakim aytar ekan: "Musibatga uchragan kishiga dunyoda ajr va oxiratda savob bo‘lishining kafolatini berding, agar bu ro‘zani bizlardan qaytarsang, ya’ni, rad qilsang, bu musibatning ajridan ham bizlarni mahrum qilmagin, ey yaxshilik bilan tanilgan Zot!"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:40:56
462. Abu Zarr Fiforiy (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga ro‘za tutdik. Ramazonning yigirma uchinchi kunida Payg‘ambar biz bilan namoz o‘qidilar. Hatto kechaning uchdan biri o‘tdi. Keyin yigirma to‘rtinchi kuni chiqmadilar. Yigirma beshinchi kuni esa, chiqib, to kecha yarim bo‘lguncha namoz o‘qidilar. Shunda biz: "Bu kechaning hammasini nafl qilib yuborsak-chi?" dedik. U zot aytdilarki: "Kim chiqib, imom bilan namoz o‘qisa, keyin imom ketgach ketsa, unga kechasi bilan ibodat qilib chiqqan savobi yoziladi". So‘ng yigirma oltinchida o‘qimadilar. Yigirma yettinchi kuni bo‘lganda, kelib ahllarini jam qildilar va bizlar bilan namoz o‘qidilar. Biz hatto saharlik o‘tib ketadimi, deb qo‘rqdik".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:41:05
463. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ramazonning birinchi kechasida masjidga chiqib, odamlar bilan namoz o‘qidilar. Odamlar tong otgach, bu haqda gapirishdi. Ikkinchi kuni odamlar ko‘payib ketdi. U kishi o‘qidilar, odamlar ham o‘qishdi. Uchinchi kuni odam ko‘payib, masjidga sig‘may qoldi. Keyingi kuni u zot chiqmadilar. Oxirida o‘zlarining namozlari uchun chiqdilar. Bomdodni o‘qib bo‘lganlaridan keyin odamlarga o‘girilib: "Bu kechadagi ishlaringiz meni qo‘rqitgani yo‘q, lekin men kechasi namoz o‘qish sizlarga farz bo‘lib qolishidan qo‘rqdim, agar farz bo‘lib qolsa, unga ojizlik qilasizlar", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:41:14
464. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ramazonda qoim bo‘lishga targ‘ib qilardilar. Lekin qattiq buyurmas edilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘tganlaridan keyin Abu Bakr Siddiq (r.a.) xulofatlarida ham shunday bo‘ldi. Umar (r.a.) xulofatlari o‘rtalarida odamlarni jam qilib, ularga Ubay ibn Ka’bni (r.a.) imom qilib qo‘ydilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:41:37
465. Faqih aytadilar: Otam isnodi bilan Ali ibn Abu Tolibning (r.a.) bunday deganlarini menga so‘ylab berdi: "Umar ibn Xattob tarovih namozini o‘qish haqidagi hadisni mendan eshitganlar", dedilar Ali. "U qanday hadis, ey mo‘minlar amiri?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitgan edim: "Allohning arshi atrofida bir joy bor. U haziratul quds deb ataladi. U nurdandir. U yerdagi maloikalarning sonini sanab bo‘lmaydi. Alloh o‘zi biladi. Ular Allohga tinimsiz ibodat qilib turishadi. Ramazon kechalari bo‘lsa, ular Parvardigorlaridan yerga tushishga ruxsat so‘rashadi. So‘ngra odam farzandlari bilan birga namoz o‘qishadi. Ular har kecha tushishadi. Kim ularni ushlasa yoki ular kimni ushlasalar, u odam baxtli bo‘ladi. Keyin hech ham badbaxt bo‘lmaydi. Shundan so‘ng Umar (r.a.): "Bizlar bunga xaqliroqmiz", deb odamlarni tarovih namoziga to‘pladilar va ularga Ubay ibn Ka’bni imom etib tayinladilar".

Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi ramazon oyining birinchi kuni chiqqanlarida masjidlarda qiroatni eshitdilar va masjidlardagi qandillarning yashnab turganini ko‘rdilar. Shunda aytdilar: "Ey Alloh, masjidlarni Qur’on nurlari bilan to‘ldirganingdek Umarning qabrini ham nurga to‘ldirgin".

Usmon ibn Affondan (r.a.) ham shunday rivoyat bor. Alloh hammalaridan rozi bo‘lsin.

______________
Ramazon oyi fazilati bobi hadislari

452-hadis. Juda Zaif. Bayhaqiy, Asbahoniy rivoyat qilgan.
453-hadis. Juda zaif. Ahmad, Bazzor, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
454-hadis. Sahih. Ahmad, Nasoiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
455-hadis. Sahih. 428-hadisning izohiga qarang.
456-hadis. Muttafaqun alayh.
457-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
458-hadis. Munkar. "œAz-zaifa"ga qarang.
459-hadis. Munkar. Roviylardan biri bo‘lgan Jarir ibn Ayyub al-Bajaliyning hadisini Buxoriy, Abu Na’im, Nasoiylar olishmagan.
460-hadis. Yolg‘on. "œTanzihush-shari’at"ga qarang.
461-hadis. Mursal. Ahmad rivoyat qilgan.
462-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
463-hadis. Muttafaqun alayh.
464-hadis. Sahih. Buxoriy rivoyat qilgan.
465-hadis. Juda zaif, chunki to‘rtta illati bor. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:41:48
O‘TTIZ TO‘QQIZINCHI BOB
ZULHIJJA OYINING DASTLABKI O‘N KUNI FAZILATI


466. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar: "Solih amallarning Allohga mahbubrog‘i mana shu kunlarda qilinganidir". Ya’ni, zulhijja oyining birinchi o‘n kunligida qilingan amallar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:41:54
467. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) deydilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo uchun kunlarning yaxshirog‘i va afzalrog‘i ashr (zulhijja oyining o‘n) kunidir". "Alloh yo‘lidagi ish u kunlarga teng emasmi?" deyishdi. Aytdilar: "Alloh yo‘lidagi (ish ham) ularga teng emas. Magaram oti yarador bo‘lsa, yuzlarini chang-g‘ubor qoplasa". Boshqa bir rivoyatda: "Oti yarador bo‘lsa va qoni oqsa, deyilgan".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:42:02
468. Faqih aytadi: Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilindi. Bir yigit qo‘shiq va lag‘v gaplarni eshitib yurardi. Zulhijja oyi kirgach, ro‘za tutar edi. Bu gap Payg‘ambarimizga yetdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam unga odam yuborib chaqirtirdilar. U kelgach: "Bu kunlarda ro‘za tutmoqqa seni nima majbur qildi?" deb so‘radilar. Yigit: "Ota-onam sizga fido bo‘lsin, ey Allohning elchisi, bu kunlar hajning muayyan kunlari va ham ibodatlari bajariladigan kundir. Shoyadki Alloh meni hojilarning duolariga sherik qilsa", dedi. Aytdilar: "Har bir ro‘za tutgan kuning yuzta qulni ozod qilishga teng, yuzta tuya, yuzta otni Alloh yo‘lidagi jihodga berganingga barobar. Agar zulhijjaning sakkizinchi kuni bo‘lsa, u kunda sen uchun mingta qul ozod qilganning, ming tuya va ming otni Alloh yo‘lidagi jihodga yuborganning savobi beriladi. Arafa kunida esa, sen uchun ikki ming qul ozod qilganning, ikki mingta tuya va ikki mingta otni Alloh yo‘lidagi jihodga berganning savobi bor. Bu ro‘zalar ikki yillik ro‘zaga tengdir. Bir yili oldingisiga, ikkinchi yili keyingisiga".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:42:15
469. Boshqa bir rivoyatda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: "Arafa kunidagi ro‘za ikki yil ro‘za tutganning savob bilan tengdir. Ashuro kunida tutilgan ro‘za bir yil tutilgan ro‘za savobi bilan barobar".

Tafsirchilar Allohning:
"Muso bilan o‘ttiz kechaga va’dalashgan edik. So‘ngra uni yana o‘n (kecha) bilan to‘ldirdik. Bas, Parvardigorining (uning uchun belgilangan) vaqti komil qirq kecha bo‘ldi" (A’rof, 142), degan so‘zi haqida aytdilarki: "U o‘n kecha zulhijjaning avvalgi o‘n kunidir. Alloh Musoga haqiqatda gapirgan, unga najot berib, o‘ziga yaqin qilgan va sahifalar yozgan kunlari ham mana shu ashr kunlaridir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:42:25
470. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilindi: "Sizlar zul-hijjaning o‘n kunida ro‘za tutinglar, duolarni ko‘paytiringlar, istig‘for so‘ranglar va sadaqa qilinglar. Chunki men payg‘ambarlaringiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eshitganman: "Ashr kunlari yaxshilikdan mahrum bo‘lgan kishiga vayl bo‘lsin, xususan, zul-hijjaning to‘qqizinchisida ro‘za tutmog‘laringiz lozim. Chunki unda sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydigan yaxshiliklar bor".

Faqih aytadilar: Abdulloh ibn Ubayd ibn Umayr Laysiy dediki: "Bizlarga aytilishicha, Alloh taolo Muso alayhissalomga beshta duoni hadya qildi. Ularni Jabroil alayhissalom ashr kunlari olib keldi.
1. "La-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu lahul mulku va lahul hamd, yuhyi va yumiyt va huva hayyul la-a yamut, biyadihil xoyru va huva ‘ala kulli shayin qodir".
2. "Ashhadu al-la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu ilahan vahidan ahadan somadan lam yattaxiz lahu sohibatan va la-a valada".
3. "Ashhadu al-la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu ahadan somadan lam yalid va lam yulad va lam yakullahu kufuvan ahad".
4. "Ashhadu al-la-a ilaha illallohu vahdahu la-asharika lahu lahul mulku va lahul hamd yuhyi va yumiyt va huva hayyul-la-a yamut, biyadihil xoyru va huva ‘ala kulli shay-in qodir".
5. "Hasbiyallohu va kafa, sami ‘allohu liman da’a laysa varoallohi muntaha".

Zikr qilinishicha, bu kalimalar Injilda nozil bo‘lgan. Havoriylar Iso alayhissalomdan bu duolarning fazilatini so‘raganlarida, u zot (a.s.) shunday savob va fazilatlarni gapirdilarki, uni bunday sifatlashga boshqa hech kim qodir emas.

Abu Nazr Hoshim ibn Qosim aytadilar: "Bu duolarni ashr kunlari o‘qigan bir kishi menga tushida uyida beshta idishda nur ko‘rganini, bu nurlarning ba’zilari ba’zilaridan balandroq ekanini aytdi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:42:33
471. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh nazdida kunlarning ulug‘rog‘i va amallarning afzalrog‘i ashr kunlarida qilingan amallardir. Bu kunlarda takbirni, hamdni va "la-a ilaha illalloh" kalimasini ko‘paytiringlar".

Nofe’ Abdulloh ibn Umar (r.a.) haqida rivoyat qilib: "U kishi ashr kunlarida yotoqlarida ham, o‘tirgan joylarida ham takbir aytar edilar", deydi.
Ato ibn Abu Raboh ham ashr kunlarida ko‘cha va bozorlarda takbir aytganlar.

Yazid ibn Abu Zayyod rivoyat qiladilar: "Said ibn Jubayr va Abdurahmon ibn Abu Laylo, yana ko‘plab musulmon faqihlari iyd kunlari va tashriq kunlari: "Allohu akbar, Allohu akbar, la-a ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd", deb takbir aytar edilar".
Ja’far ibn Sulaymon aytadilar: Sobit Banoniy ashr kunlari majlisda barcha so‘zlarni to‘xtatib: "Allohu akbar, Allohu akbar, la-a ilaha illallohu vallohu akbar va lillahil hamd", deb zikr aytar va: "Bu kunlar zikr kunlaridir", der edilar.
Ulamolar ham shunday qilishardi. Ja’farning aytishicha, Molik ibn Dinor shunday qilganlar.

Mug‘ira ibn Shu’ba Abu Ma’shardan rivoyat qiladilarki: "Ibrohim Naxa’iydan ashr kunlari yo‘lda takbir aytish haqida so‘radim. U kishi kiyim tikuvchilar ham shunday qilishlarini aytdi".

Lays ibn Abu Sulaym aytadilar: "Mujohiddan ashr kunlari yo‘lda takbir aytish haqida so‘radim. "Tikuvchilar shunday qiladi", dedilar".

Faqih aytadilar: Bu kunlarda takbirni ichida aytsa, afzaldir. Agar takbir aytib, ovozini ko‘tarsa, bu bilan shariatni zohir etishni va odamlarga eslatma qilishni xohlasa, zarari yo‘q. Bu to‘g‘rida xabarlar o‘tdi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:42:41
472. Abdulloh ibn Mas’ud Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Alloh taolo kunlardan to‘rttasini, oylardan to‘rttasini, ayollardan to‘rttasini, jannatga oldin kiruvchilardan to‘rttasini va jannat mushtoq bo‘lganlardan to‘rttasini tanladi.

Tanlangan kunlar:
1. Jum’a kuni. U kunda bir soat borki, banda Alloh taolodan dunyo va oxirat ishlaridan nimani so‘rasa, beradi.
2. Arafa kuni. U kunda Alloh taolo maloikalarga faxrlanib aytadi: "Ey maloikalarim, bandalarimga qaranglar, ular sochlari to‘zg‘igan, chang holatda kelyapti. Ular mollarini infoq qildilar, badanlari charchadi, shohid bo‘linglar, Men ularning gunohlarini kechirdim".
3. Qurbonlik kuni. Bu kun kelib, banda so‘ymoqchi bo‘lgan qurbonlig‘iga yaqinlashsa, birinchi oqqan qatra qon bandaning o‘tgan gunohlariga kafforat bo‘ladi.
4. Iyd kuni. Ramazon oyida ro‘za tutganlaridan keyin ular bayramlarga chiqishadi. Alloh taolo maloikalarga aytadi: "Ey farishtalarim, har bir amal qiluvchi ajrini talab etadi. Bandalarim ro‘za tutdi va bayramlariga chiqdi, ajrlarini Mendan so‘radi. Guvoh bo‘linglar, Men ularni kechirdim". Keyin nido qiluvchi nido qiladi: "Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummati, qaytinglar, yomonliklaringizni yaxshilikka aylantirdim".

Tanlangan oylar: Allohning oyi — rajab va uchta ketma-ket keluvchi — zulqa’da, zulhijja, muharram oylari.

Tanlangan ayollar: Maryam binti Imron, Allohga va payg‘ambariga imon keltirgan birinchi ayol Xadicha binti Xuvaylid, Fir’avnning xotini Osiyo binti Muzohim va jannat ayollarining sayyidasi Fotima binti Muhammad.

Tanlangan jannatga birinchi kiruvchilar: Har bir qavmning jannatga birinchi kiradigan kishisi bordir. Arablardan Muhammad sollallohu alayhi vasallam, forslardan Salmon, Rumdan Suhayb va habashlardan Bilol.

Jannat mushtoq bo‘lgan kishilar: Amirul-mo‘minin Ali ibn Abu Tolib (r.a.), Salmon, Ammor ibn Yosir va Miqdod ibn Asvad (r.a.)".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:42:49
473. Solim ibn Abu Ja’ddan rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Fotimaga: "Qurbonlik qilayotgan narsang oldida unga qarab tur. Albatta, Alloh taolo gunohlaringni birinchi qon tomchisi tomishi bilan ko‘taradi", dedilar. Imron ibn Husayn: "Bu sizga va ahlingizga xosmi, ey Rasululloh, yoki hamma musulmonlargami?" deb so‘radi. "Hamma musulmonlarga", dedilar sollallohu alayhi vasallam.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:43:09
474. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Qurbonlik qilinglar va u bilan xursand bo‘linglar. Kim qurbonligini qurbonlik qiladigan joyga olib borsa, uni qiblaga qaratsa, qiyomat kuni shoxi, qorin ichidagilari, qon va junlari, tezaklari keltiriladi. Qon agar tuproqqa tushsa, go‘yo Allohning oldiga tushgandekdir. Yengilgina infoq qilib ko‘p mukofot olinglar", dedilar".

________________
Zulhijja oyining dastlabki o‘n kuni fazilati bobi hadislari

466-hadis. Sahih. Buxoriy, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
467-hadis. Hasan. Ibn Hibbon, Bazzor rivoyat qilgan.
468-hadis. Munkar. Ibn Adiy rivoyat qilgan. Uchta illati bor.
469-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan.
470-hadis. Izohi yo‘q.
471-hadis. Isnodida zaiflik bor. Ahmad Bayhaqiy rivoyat qilgan.
472-hadis. Munkar. "Tanzihush shari’at"ga qarang.
473-hadis. Tabaroniy, Hokim Bayhaqiy rivyat qilgan.
474-hadis. Daylamiy rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:43:31
QIRQINCHI BOB
ASHURO KUNINING FAZILATI


475. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Kim muharramning ashuro (o‘ninchi) kuni ro‘za tutsa, Alloh taolo mingta farishta va yuzta shahidning savobini beradi. Kim muharramning o‘ninchi kuni ro‘za tutsa, Alloh unga o‘n ming haj va umra qilganning hamda o‘n ming shahidning savobini beradi. Kim ashuro kunida yetimning boshini silasa, Alloh taolo har bir soch tolasi uchun uning darajasini ko‘taradi. Kim ashuro kunida ro‘zador mo‘minga iftor bersa, guyoki Muhammad alayhissalomning hamma ummatlariga iftor qilib bergandek bo‘ladi". "Ey Allohning elchisi, Alloh taolo ashuro kunini boshqa kunlardan afzal qilganmi?" deb so‘rashdi odamlar. U zot aytdilar: "Ha, Alloh taolo osmon va yerlarni ashuro kunida yaratdi, tog‘larni, yulduzlarni, lavhni, qalamni, Odamni, Havoni va jannatni ashuro kunida yaratdi va ularni ashuro kunida jannatga kirgizdi. Ibrohim (a.s.) ashuro kunida tug‘ildi va uni o‘tdan ashuro kunida qutqardi, unga qurbonlik qilishni ashuro kunida buyurdi. O‘g‘lining o‘rniga qo‘chqorni so‘ygan kun ashuro kunidir. Fir’avnni ashuro kunida dengizga cho‘ktirdi. Ayyubdan (a.s.) balolarni ashuro kuni daf qildi. Odamning (a.s.) tavbasini ashuro kuni qabul qildi. Dovud alayhissalomning gunohini ashuro kuni kechirdi va Sulaymonga (a.s.) ashuro kuni mulki qaytarildi va Iso alayhissalom ashuro kuni tug‘ildi va osmonga ashuro kunida ko‘tarildi. Payg‘ambar alayhissalom ashuro kunida tug‘ildilar. Qiyomat ashuro kunida bo‘ladi".

Faqih aytadilar: Ikrima (r.a.) deydiki: "Ashuro kuni Odam alayhissalom tavbasi qabul qilingan kun, u shunday kunki, Nuh kemadan tushirildi va shukriga ro‘za tutdi, u kun Fir’avn dengizga cho‘ktirildi, Bani Isroil qavmiga dengiz yo‘l berdi va uning shukri uchun ro‘za tutdilar. Agar qodir bo‘lsang, u kunda sen ham ro‘za tut".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:43:39
476. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Kim ashuro kunida ahli ayollariga kengchilik qilsa, Alloh taolo unga yilning boshqa kunlarini ham keng qilib qo‘yadi".

Sufyon aytadi: "Biz tajriba qilib, xuddi shunday ekanini topdik".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:43:47
477. Said ibn Jubayr ibn Abbosdan (r.a.) naql etadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelib, yahudlar ashuro kunida ro‘za tutayotganlarini ko‘rdilar va u haqda so‘radilar. "Bu kunda Alloh taolo Musoni va Bani Isroilni Fir’avn ustidan g‘olib qilgan va biz uni ulug‘lab ro‘za tutyapmiz", deyishdi ular. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Bizlar Musoga sizlardan ko‘ra haqliroqmiz", dedilar va ro‘za tutmoqqa buyurdilar".

Faqih aytadilar: Bu kunning tafsirida ulamolar ixtilof qiladi. Ba’zilar: "Ashuro deb nomlanishi muharramning o‘ninchi kuniga to‘g‘ri kelgani uchundir", deydi. (Arabcha "ashara" — o‘n, degani — tarj.) Ba’zilar aytadi: "Alloh taolo bu kunda o‘nta payg‘ambarni o‘nta karomat bilan ikrom qildi: Odamning (a.s.) tavbasini qabul etdi. Idrisni (a.s.) yuqori maqomga ko‘tardi; Nuhning (a.s.) kemasi Juda tog‘iga tushdi; Ibrohim (a.s.) tavallud topdi; Alloh uni o‘ziga do‘st tutdi va unga o‘tdan najot berdi; Dovudning (a.s.) tavbasini qabul qildi; Isoni (a.s.) osmonga ko‘tardi; Musoni (a.s.) dengizdan qutqazdi va Fir’avnni cho‘ktirdi; Yunusni (a.s.) baliqning qornidan chiqardi; Sulaymonga (a.s.) mulkini qaytarib berdi; Payg‘ambar (s.a.v) tavallud topdilar".

Ba’zilar bunday deydi: "Ashuro deb nomlanishi Alloh taolo bu ummatni o‘nta karomat bilan ikrom qilgani sabablidir.
1. Rajab oyi. U Allohning oyi, unda urush qilinmaydi. Uni ummat uchun karomat qilib berdi. Uning boshqa oylardan ortiqligi bu ummatning boshqa ummatdan ortiqligi kabi.
2. Sha’bon oyi. Boshqa oylardan ustunligi Payg‘ambarning sollallohu alayhi vasallam boshqa payg‘ambarlardan ustunligi kabi.
3. Ramazon oyi. Uning boshqa oylardan ortiqligi Alloh taoloning o‘zi yaratgan xalqdan ortiqligi kabidir.
4. Laylatul qadr. U ming oydan yaxshi.
5. Fitr kuni (Ramazon hayiti). U mukofot kuni.
6. Ashr kunlari. Ular Allohni zikr qilish kunlari.
7. Arafa kuni. U kunning ro‘zasi ikki yilga kafforatdir.
8. Qurbonlik kuni. U — Allohga yaqinlik kuni.
9. Jum’a kuni. U — kunlarning sayyidi.
10. Ashuro kuni. Uning ro‘zasi bir yilga kafforat.

Bu kunlarning hammasida o‘ziga xos karomatlari bordir. Alloh taolo ummatga bu kunlarni gunohlariga kafforat bo‘lishi, xatolardan tozalanishi uchun berdi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 08 Iyul 2006, 07:44:07
478. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Johiliyatda ashuro kunida qurayshiylar ro‘za tutardi, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham Makkada ekanida tutardilar. Madinaga kelganlaridan keyin Alloh taolo ramazon oyi ro‘zasini farz qildi. So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Men ashuro kuni ro‘za tutishga buyurilgan edim, endi kim xohlasa, ro‘za tutsin, kim xohlasa, tark qilsin".

Oyisha onamiz ashuro kunini to‘qqizinchi kun, deganlar. Ba’zilar o‘n birinchi kuni, deydi. Ko‘pchilik ashuro kunini o‘ninchi kun, deb aytgan. Alloh bilguvchiroqdir.

_____________
Ashuro kunining fazilati bobi hadislari

475-hadis. Mavzu’. Sanadidagi Hubayb ibn Hubayb Abu Muhammadni Imom Abu Dovud yolg‘onchi degan.
476-hadis. Unda ixtilof bor.
477-hadis. Muttafaqun alayh.
478-hadis. Muttafaqun alayh.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 09 Iyul 2006, 22:34:08
QIRQ BIRINCHI BOB
NAFL RO‘ZASI, OYNING 13-, 14-, 15-KUNLARI RO‘ZASI VA RAJAB OYI RO‘ZASINING FAZILATI


479. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Zayd ibn Aslam Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Amallar yettitadir. Misli beriladigan amal, ikki mislicha beriladigan amal, vojib qiluvchi (amal), o‘n barobar savob beriladigan amal, yetti yuz barobar savob beriladigan amal, yana shunday amal borki, uni qiluvchining savobini faqat Alloh biladi.

Savobi o‘zi barobaricha beriladigan amal; kishi gunoh qilsa, unga bitta gunoh yoziladi va yaxshilikni qasd etsayu, uni qila olmasa, bitta yaxshilik yoziladi. Ikki mislicha beriladigan amal; kishi bir yaxshilikni qilsa, unga ziyodasi bilan savob yoziladi. Vojib qiluvchi amal; kim Allohning o‘zigagina ibodat qilsa, unga jannat vojib bo‘ladi. Kim Allohga Undan o‘zgaga ibodat etgan holda yo‘liqsa, unga do‘zax vojib bo‘ladi. O‘n barobar savob beriladigan amal; kishi bir yaxshilik qilsa, unga o‘n barobar ajr beriladi. Yetti yuz barobar savob beriladigan amal: Kim Alloh yo‘lida biron amal qilsa yoki infoq-ehson bersa, amaliga yetti yuz barobarida ajr beriladi. Ajru savobini Allohdan o‘zga bilmaydigan amal esa, ro‘zadir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 09 Iyul 2006, 22:34:17
480. Abu Cadaqa Yamoniy aytadilar: Hazrati Bilol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kirganlarida u kishi ovqatlanayotgan edilar. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: "Ey Bilol, ovqatga, ovqatga", dedilar. Bilol (r.a.): "Ey Allohning elchisi, men ro‘zadorman", deb javob qildilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bizlar rizqimizni yeyapmiz. Bilol esa, jannatda rizqlanadi. Agar ro‘za tutgan kishi ovqatlanayotgan kishilar oldida o‘tirsa, uning a’zolari unga tasbeh aytadi. Maloikalar unga duo qiladi va: "Ey Parvardigor, uni kechirgin, ey Parvardigor, unga shu o‘tirishida rahm qilgin", deydi".

Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar: "Dengizda ketayotib, to‘lqinlarga duch keldik, keyin yelkanlarni ko‘tardik. Biror orol yo jonzotni ko‘rmas edik, shu vaqt bir nido keldi: "Ey kema ahli, to‘xtanglar, sizlarga xabar beraman", dedi. Biz yurishda davom etdik, lekin hech narsani ko‘rmasdik. Yetti marta shunday nido keldi. Yettinchi martasida o‘rnimdan turib: "Ey sen, bizning holatimizni ko‘rib turibsan, to‘xtashga qodir bo‘la olmayapmiz. Bizlarga xabar bermoqchi bo‘lgan narsangning xabarini beraver", dedim. U aytdi: "Ogoh bo‘linglar, sizlarga Allohning hukmi haqida xabar beraman. Alloh taolo o‘zini nafsiga hukm qildiki, issiq kunda chanqagan (ro‘za tutgan) bandani Alloh taolo qiyomat kunida suvga qondiradi".

Ibn Muborak ham Abu Muso Asha’riydan shunga o‘xshash rivoyatni keltirganlar va unga ushbu so‘zlarni qo‘shimcha etganlar: "Abu Muso qattiq issiq kunlar kelishini kutib turardilar, qachon issiq kuchaysa, ro‘za tutardilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 09 Iyul 2006, 22:34:25
481. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Olti xislat yaxshilikdir: Allohning dushmaniga qilich bilan harakat qilmoq, yoz oyida ro‘za tutmoq, musibat vaqtida chiroyli sabr qilmoq, haq bo‘lsa-da, tortishishni tark etmoq, bulutli kunda namozni vaqtli o‘qimoq, (yoki yoz kunida, dedilar), qish kunlarida tahoratni komil qilmoq".

Abu Dardodan (r.a.) naql qilinadi: "Uch narsa bo‘lmasa edi, o‘lishimga parvo etmasdim.
1. Allohga sajda qilganda tuproqdan yuzimda belgilar qolishi.
2. Uzun kunda ro‘za tutish.
3. Yaxshi xurmoni tanlab yeganlari kabi, yaxshi so‘zlarni ham tanlab gapiradigan qavm bilan o‘tirish".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 09 Iyul 2006, 22:34:33
482. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga uch xislatni o‘rgatdilar. Ularni o‘lgunimcha tashlamayman. Hamisha tahoratli yurish, har oyda uch kun ro‘za tutish, choshgoh namozini qoldirmaslik".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 09 Iyul 2006, 22:34:40
483. Hafsa onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam to‘rt narsani tark qilmas edilar. Ashuro kunida, ashr kunlarida va oyda uch kun ro‘za tutishni hamda bomdoddan oldin ikki rak’at namoz o‘qishni".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 09 Iyul 2006, 22:34:47
484. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Sabr oyida (ya’ni, ramazonda) ro‘za tutinglar va har oyda uch kun ro‘za tutinglar, u bir dahrlik ro‘za o‘rnidadir. U qalbdagi adovatni ketqazadi".

Abdulloh ibn Shaqiq Uqayliy aytadilar: "Madinaga kelib, Abu Zarr Fiforiyni (r.a.) uchratdim. Unga: "Bugun qaysi holda ekaningizni bilayin", dedim. Xullas, undan "Ro‘zamisiz?" deb so‘radim. "Ha", dedilar u kishi. Umar ibn Xattobning (r.a.) oldilariga kirishga izn so‘rab kutib turardilar. Huzurlariga kirganimizdan keyin bir tovoq ovqat olib kelishdi. Abu Zarr ham yeya boshladilar. Men qo‘lim bilan imo qilib, u kishiga eslatdim. U zot: "Men senga nima deganimni unutganim yo‘q, men ro‘zaman. Har oyda uch kun ro‘za tutaman, demak, abadiy ro‘zadorman", dedilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 09 Iyul 2006, 22:34:55
485. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytadilar: "Men mujtahid bir kishi edim. Otam meni uylantirdi. Bir kuni otam uyimga kelib meni ko‘rmabdi. Xotinimdan: "Ering qanday?" deb so‘rabdi. Xotinim: "Juda yaxshi odam. Uxlamaydi, og‘iz ochmaydi, doim ro‘za", debdi. Otam mendan gumon qilib keyin aytdiki: "Men seni musulmon ayolga uylantirdim, uning haqqini ado et". Men otamning so‘zlariga parvo qilmadim. Quvvatim, ijtihodim bor edi. Bu gap Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yetib, u kishi meni chaqirtirdilar. Va aytdilarki: "Men namoz o‘qiyman, ro‘za tutaman va og‘iz ochaman. Sen ham namoz o‘qi, uxla, har oyda uch kun ro‘za tut". Men aytdim: "Ey Allohning elchisi, men bundan ko‘ra quvvatliman". Aytdilar: "Bir kuni ro‘za tutib, bir kuni tutma. Bu Dovudning (a.s.) ro‘zalari". Keyin so‘radilar: "Qur’onni qanchada o‘qib bo‘lasan?" "Ikki kecha-kunduzda", dedim. "Har o‘n besh kunda o‘qi", dedilar. "Ey Allohning elchisi, men bundan ko‘ra quvvatliroqman", dedim. "Yetti kunda o‘qi", deb, so‘ng qo‘shimcha qildilar: "Har bir amalning ochko‘zligi bor va har bir ochko‘zlikda ozgina vaqt hirs bo‘ladi. Kimning o‘sha vaqti mening sunnatimda bo‘lsa, u hidoyat topadi. Kimniki boshqa narsada bo‘lsa, halok bo‘ladi".

Ablulloh ibn Amr (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ruxsatlarini qabul qilganimda edi, ahlim va molimning yana shuncha bo‘lishidan yaxshiroq edi. Bugun qariganman, kuchim ketdi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buyurganlarini tark qilganimni yomon ko‘rib turibman".

Ibn Abbosning (r.a.) huzurlarida bir kishi kelib, ro‘za haqida so‘radi. "Men xazinamda bor so‘zlarimni senga gapirib beraman, — dedilar u kishi. — Agar Sulaymon alayhissalomning ro‘zasini xohlasang, u zot oyning avvalida uch kun, o‘rtasida uch kun va oxirida ham uch kun ro‘za tutardilar. Agar Dovud alayhissalomning ro‘zasini xohlasang, u zot bir kun ro‘za tutib, bir kun og‘izlari ochiq bo‘lardi. Agar Iso alayhissalomning ro‘zasini xohlasang, u zot yil bo‘yi ro‘za tutardilar. Arpa yer edilar. Qattiq jundan kiyim kiyardilar. Kechasi bo‘lsa, oyoqlarini namozga saflar edilar, bomdod namozining alomati kelguncha turardilar. U kishi qaerda tursalar, ikki rak’at namoz o‘qirdilar. Agar u kishining onalarining ro‘zasini xohlasang, u ayol ikki kun tutib, ikki kun tutmas edi. Agar sen butun olamlar sarvari Muhammadning sollallohu alayhi vasallam ro‘zalarini xohlasang, u zot har oyda uch kun ro‘za tutardilar". Ya’ni, oyning oydin kunlarida — 13-, 14-, 15-kunlarda.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 09 Iyul 2006, 22:35:05
486. "U kunlar bir yillik ro‘zadir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 09 Iyul 2006, 22:35:28
487. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. "Kim ramazon ro‘zasini tutsa, keyin unga shavvoldan olti kunni qo‘shsa, guyoki yilning hammasida ro‘za tutgandek bo‘ladi".

Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Men sizlarga buni hisoblab beraman. Ramazon oyi ro‘zasi uch yuz kun va olti kun oltmish kun bo‘ladi. Chunki Alloh taolo:
"Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur)" (An’om, 160), deb aytgan. Har bir kun o‘n kunga tengdir".

Faqih aytadilar: Ba’zi kishilar shanba kunida ro‘za tutishni karih ko‘rishgan. Aytishadiki: "U ishda nasorolarga o‘xshashlik bor".
Ibrohim Naxa’iydan shanba kuni ro‘za tutish to‘g‘risida so‘rashdi. "U ro‘za xotinlar ro‘zasidir", deb javob qildilar.
Ba’zilar: "Nasorolarga o‘xshab qolmaslik uchun ro‘zani har xil vaqtlarda tutish kerak. Men uchun ketma-ket yoki aralashtirib tutmoqlikning zarari yo‘q. Chunki og‘iz ochiqlik ular ikkovining orasini ajratib turadi", deyishgan.

____________
Nafl ro‘zasi, oyning 13,14,15-kunlari ro‘zasi va rajab oyi ro‘zasining fazilati bobi hadislari

479-hadis. Sanadida uzilish bor. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
480-hadis. Mavzu’. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
481-hadis. Zaif. Ikkita illati bor.
482-hadis. Muttafaqun alayh.
483-hadis. Zaif, Ahmad, Nasoiy rivoyat qilgan.
484-hadis. Sahih. "Sahihul"
485-hadis. Muttafaqun alayh.
486-hadis.Hasan, Nasoiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
487-hadis. Sahih. Bazzor rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 09 Iyul 2006, 22:35:53
QIRQ IKKINCHI BOB
AHLI AYOLGA NAFAQA QILISH


488. Faqih Abu Lays Samarqandiy (rahmatullohi alayh) Ayyubdan rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalari bir uyda o‘tirishgan edi. Shunda bir kishi ko‘rindi. U kishining yigitlik quvvati hammalarini lol qoldirdi. Ular: "Qani endi bu yigit yigitligini va quvvatini Alloh yo‘lida ishlatganida", deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu gapni eshitib aytdilar: "Sizlar faqat urush va g‘azotni Alloh yo‘lidagi ish deb tushunasizlarmi? Kim nafsini poklash uchun harakat qilsa, bu ham Alloh yo‘lidagi ishdir. Kim ota-onasining iffat-izzati uchun harakat qilsa, bu ham Alloh yo‘lidagi ishdir. Kim oilasining iffatini saqlash uchun harakat qilsa, bu ham Alloh yo‘lidagi ishdir. Kim kibrlangan holda harakat qilsa, bunisi shaytonning yo‘lidagi ishdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 09 Iyul 2006, 22:36:03
489. Faqih Savbondan (r.a.) rivoyat etadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Dinorning afzali Alloh yo‘lida ot-uloviga va Alloh yo‘lida tutingan do‘stlariga sarf qilganidir".

Abu Qaloba: "Oiladan boshlanadi", deydilar, ya’ni, oilasi uchun harakat qiluvchi kishining ajri boshqadan afzalroqdir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 09 Iyul 2006, 22:36:15
490. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Haqiqatda sadaqa boylik orqasidan (ya’ni, oilasidan ortganidan) qilinadi. Tepadagi qo‘l (beruvchi) pastdagi (oluvchi) qo‘ldan yaxshidir. Sadaqani o‘z oilangdan boshla".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 09 Iyul 2006, 22:36:24
491. Sobit Banoniy Anas ibn Molik oldilarida edi. Shunda Anas (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning aytgan gaplarini esladilar. "Alloh taolo bandaning uch holatda olgan qarziga kafil bo‘ladi: Bittasi — gunohga tushib qolishda qo‘rqib, uylanishlik uchun qarz olgan bo‘lsa, so‘ng shu qarzi to‘lay olmay, vafot etsa, Alloh taolo uning qarzini qiyomat kuni ado etishga kafil bo‘ladi. Ikkinchisi — qarzni musulmonlarga yordam berish uchun, g‘azotga chiqish uchun olgan bo‘lsa, uchinchisi — o‘likni ko‘mish uchun qarz olgan bo‘lsa. Alloh taolo ularning qiyomat kunidagi da’vogarlarini rozi qiladi".

Sobit Banoniy (r.a.) Hasan Basriyning (r.a.) oldilariga kirdilar U kishi Anasdan (r.a.) eshitganlarini aytgan edi, Hasan Basriy shunday dedilar: "Hazrati Anas yoshi ketib, zaiflashib, bundan ham afzalrog‘ini unutibdi. Kishi ahli ayoliga ishlatish uchun qarz so‘rab, keyin uni uzishga harakat qilib, shu qarz bilan vafot etsa, Alloh taolo uning da’vogarlarini rozi qiladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 09 Iyul 2006, 22:36:32
492. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Osmonda ikki farishta bor, ular bittasining: "Ey Parvardigor, infoq qiluvchiga bergan narsasining o‘rnini to‘ldir", ikkinchisining: "Ey Parvardigor, mumsikning (baxilning) moliga talofot ber", deyishdan boshqa ishi yo‘q".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 09 Iyul 2006, 22:36:41
493. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat etadilar: "Kim tilanchilik qilmasdan, halol holda, oilasi uchun harakat qilib, qo‘shnisiga shafqat ko‘rsatib, talab etsa, qiyomat kunida uning yuzi badr kechasidagi oydek bo‘lib keladi. Kim dunyoni haloldan talab qilsa, ammo faxrlanuvchi, kibrlanuvchi va riyokor bo‘lsa, u qiyomat kunida Alloh g‘azab qilgan holida yo‘liqadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 09 Iyul 2006, 22:36:53
494. Faqih aytadilar: Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: "Men Rasulullohga: "Ey Allohning elchisi, bitta non sadaqa qilishim yaxshiroqmi yoki yuz rak’at nafl namoz o‘qishim?" dedim. "Men uchun yuz rak’at nafl namoz o‘qimoqdan ko‘ra bitta non sadaqa qilmoq yaxshidir", dedilar u zot. "Ey Allohning elchisi, — dedim yana, — muslimning hojatini chiqarish yaxshiroqmi siz uchun yoki ikki yuz rak’at nafl namoz o‘qishimmi?" "Menga musulmonning hojatini qondirish ming rak’at namozdan ham yaxshiroqdir", dedilar. "Ey Allohning elchisi, siz uchun harom bir luqmani tashlash yaxshiroqmi yoki ming rak’at nafl namozmi?" deb so‘radim. "Harom luqmani tark qilish men uchun ikki ming rak’at nafl namozdan yaxshiroq", dedilar. "Ey Allohning elchisi, — deb so‘radim keyin, — siz uchun g‘iybatni tashlash yaxshiroqmi yoki ikki ming rak’at nafl namoz o‘qimoqmi?" "Fiybatni tark etish menga o‘n ming rak’at nafl namozdan yaxshiroq", deb javob qildilar. "Ey Allohning elchisi, miskin beva xotinning hojatini chiqarish yaxshiroqmi yoki o‘n ming rak’at nafl namozmi?" dedim. "Beva xotinni hojatini chiqarish, — dedilar u zot sollallohu alayhi vasallam, — menga o‘ttiz ming rak’at nafl namozdan yaxshi". "Oila a’zolari bilan birga o‘tirmoq afzalmi yoki masjidda o‘tirmoqmi?" deb savol qildim. U zot: "Oila bilan bir soat o‘tirmoq men uchun masjidimda e’tikof o‘tirishdan yaxshiroq", dedilar. "Ey Allohning elchisi, oilasiga nafaqa qilish yaxshiroqmi yoki Alloh yo‘lida nafaqa qilishmi?" dedim. "Bir tangani oilasiga ishlatmoq men uchun Alloh yo‘lida ming tanga ishlatmoqdan yaxshi", dedilar. Keyin: "Ota-onaga yaxshilik qilmoq yaxshimi yoki ming yil ibodat qilishmi?" deb so‘radim. "Ey Anas, — dedilar, — "Haqiqat (ya’ni, Islom) keldi va botil (ya’ni, kufr) o‘chib yo‘qoldi" (Isro, 81). Ota-onaga yaxshilik qilish, menga ming yillik ibodatdan yaxshidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:29:08
495. Abu Kabsha aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizlarga misol keltirdilar. "Dunyo to‘rt kishining ishiga o‘xshaydi. Bir kishiga Alloh ilm va mol berdi. U molini ilmi bilan ishlatdi. Bir kishiga ilm berdi, mol bermadi, u: "Agar Alloh taolo menga ham falonchiga o‘xshab berganda, u qilgan ishni men ham qilardim", dedi. O‘shanda ikkovining ajri barobardir. Bir kishiga Alloh mol berdi, ilm bermadi, u zakotni ado etmadi va molini botil narsaga ishlatdi. Bir kishiga mol ham, ilm ham bermadi. U: "Agar Alloh taolo menga ham falonchiga bergani kabi berganida, u mol bilan falonchi qilgan ishni (ya’ni, botil ishni) qilardim", dedi. Unda ikkalasining gunohi barobardir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:29:18
496. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Albatta, jannatda bir uy bordir. Tashqarisidan ichi, ichidan tashqarisi ko‘rinadi", dedilar u zot sollallohu alayhi vasallam. "Ey Allohning elchisi, u uyda kimlar turishadi?" deb so‘rashdi. "Ular taom beradilar, yaxshi gapiradilar, ro‘zalarini davomli tutadilar, salomni yoyadilar va odamlar uxlaganda kechasi namoz o‘qiydilar", dedilar. "Bu ishlarni qilganlarga shunchalik ajr ekan, uni qila olmaganlar-chi?" deb so‘rashdi. "Kim "subhanalloh valhamdulillah va la-a ilaha illallohu vallohu akbar", desa yaxshi gap gapiribdi, kim ahlini taomlantirsa, tarqatibdi. Kim ramazon ro‘zasini tutsa, davomli ro‘za tutibdi. Kim birodariga uchraganda salom bersa, salomni yoyibdi. Kim oxirgi (namoz) xuftonni va bomdodni o‘qisa, odamlar uxlaganda kechasi namoz o‘qibdi".

Bu yerda odamlardan murod yahudiylar va nasorolardir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:29:26
497. Solim otasidan, u Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: "Mo‘min Allohning do‘stidir, farzandi Allohning tuhfasi, kimga Alloh Islomda farzand bersa, uni ko‘proq o‘psin, chunki har bir o‘pishiga shahidning savobi bordir, har bir o‘pishiga jannatda bir uy bordir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:29:34
498. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo mo‘minni yaxshi ko‘radi. Uning oilasini va farzandini ham yaxshi ko‘radi. Allohga eng sevimli narsa kishining ayoli va bolalari bilan dasturxon ustida birga yeb o‘tirganini ko‘rishdir. Agar ular dasturxon ustida yig‘ilsalar, ularga rahmat nazari bilan qaraydi va joylaridan tarqalmasdan gunohlarini kechiradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:29:59
499. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Qaysi mo‘min farzandlari bilan birga ovqat yeyishni yaxshi ko‘rsa, arshning tagidan o‘nta farishta: "Ey Allohning bandasi, amalingni boshla, Alloh gunohlaringni kechirdi", deb nido qiladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:30:19
500. Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Agar mo‘min kishi farzandlari bilan birga ovqatlansa, bir qul ozod qilganning savobi yoziladi va uning uchun shahar barpo etiladi, yana Alloh taolo unga nomai a’molini o‘ng tomonidan beradi", dedilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:30:45
501. Jobir (r.a.) rivoyat qiladi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Farzandlarni yaxshi ko‘rish do‘zaxdan pardadir. Ular bilan birga ovqatlanish do‘zaxdan panoh topish va ularga ikrom ko‘rsatish jannatga o‘tishga ruxsatnomadir".

Alloh biluvchiroqdir.

________________
Ahli ayolga nafaqa qilish bobi hadislari

488-hadis. Sahih. Tabaroniy rivoyat qilgan.
489-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy rivoyat qilgan.
490-hadis. Sahih. Ahmad, Asbahoniy rivoyat qilgan.
491-hadis. Sanadi topilmadi.
492-hadis. Sahih. Buxoriy, Ahmad, rivoyat qilgan.
493-hadis. Zaif. Abu Na’im, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
494-hadis. Zaif.
495-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
496-hadis. Hasan. Termiziy, Ibn Abu Shaybo rivoyat qilgan.
497—501-hadislar. Sanadi topilmadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:31:01
QIRQ UCHINCHI BOB
QO‘L OSTDAGILARNING RIOYASI HAQIDA


502. Ato ibn Yasor aytadilar: "Abu Zarr (r.a.) xizmatkorining yuziga urdilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga bu haqda shikoyat qilishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Namoz o‘qiydigan xizmatkorlaringizning yuziga urmanglar, o‘zlaringiz yeydigan narsadan ovqatlantiringlar va o‘zlaringiz kiyadigan kiyimdan kiydiringlar. Agar ulardan shubha qilsalaringiz, sotib yuboringlar".

Omir Sha’biy (r.a.) rivoyat qiladi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan biri xotinidan suv so‘radilar. Xotini cho‘risini chaqirdi. Cho‘ri sekin kelgan edi, xotini uni zinoga oid so‘z bilan so‘kdi. Sahobiy: "Ogoh bo‘l, sen unga qiyomat kunida dushman bo‘lasan yoki sen aytgandek shohidlik beradigan to‘rtta shohid keltirasan", dedi. Xotini bu so‘zlarni eshitib cho‘rini ozod qildi. Sahobiy keyin: "Bu ishing gunohing kafforatiga yaqin bo‘ldi", dedi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:31:12
503. Abu Zarr (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Qul birodarlaringizni Alloh taolo sizlarning qo‘l ostingizda qilib qo‘ydi. Kimning birodari qo‘l ostida bo‘lsa, o‘zi yegan ovqatdan yedirsin, o‘zi kiygan kiyimdan kiydirsin. Ularni toqatlari ko‘tarmaydigan narsalarga buyurmasin, agar buyursanglar, ularga yordam beringlar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:31:27
504. Abu Bakr Siddiq (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Quliga yomonlik qiluvchi jannatga kirmaydi. Ularni farzandlaringizni ikrom qilgandek, ikrom qilinglar va o‘zlaringiz yeydigan ovqatdan yediringlar", dedilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam. "Bizga dunyoda nima foydali?" deb so‘radim. "Allohning yo‘lida harakat qilish uchun bog‘lab qo‘yilgan ot va kifoya qiladigan qul, agar u namoz o‘qisa, birodaringizdir", dedilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:31:39
505. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan bir kishi: "Xizmatchilarimizni qancha kechiraylik?" deb so‘radi. "Har kuni yetmish marta", dedilar u zot sollallohu alayhi vasallam.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:31:47
506. Qatoda (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘lim oldidagi oxirgi kalomlari bunday bo‘ldi: "Namoz va qo‘l ostingizdagi qullaringiz", ya’ni, besh vaqt namozni saqlanglar va qo‘l ostingizdagi xizmatchilaringizga yaxshi muomalada bo‘linglar, dedilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:32:15
507. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Bir ayol o‘zining mushugi sababli do‘zaxga kirdi. U uni uyga qamab qo‘ydi, ovqatlantirmadi, sug‘ormadi, qo‘yib ham yubormadi. Mushuk o‘lgunicha yerdagi narsalardan yedi, keyin o‘ldi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:32:25
508. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qoq tushda bog‘lab qo‘yilgan tuyaning oldidan o‘tdilar. Ishlarini bajarib qaytayotganlarida tuyani hamon o‘sha holatda turganini ko‘rdilar. Uning egasini chaqirib: "Sen bu tuyaga bugun o‘t berdingmi?" dedilar. "Yo‘q", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunda: "U qiyomat kunida sen bilan hujjat talashadi", dedilar". Ya’ni, qiyomat kuni Alloh taologa ustingdan shikoyat qiladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:32:40
509. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) rivoyat qilardi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam xutbalarida: "Ey odamlar, Allohdan qo‘rqinglar! Qo‘l ostingizdagi xizmatkorlaringizga yeydigan narsalaringizdan yediringlar, kiygan narsalaringizdan kiydiringlar. Ularga toqatlari ko‘tarmaydigan ishlarni yuklamanglar", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:32:48
510. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qullaringiz... qullaringiz... ularga o‘zingiz yeydigan ovqatdan beringlar, kiyadigan narsalaringizdan kiydiringlar. Agar gunoh qilsalar, kechiringlar, agar kechirishni xohlamasanglar, sotib yuboringlar, Allohning yaratganini azoblamanglar".

"Qullaringiz" deganlari ularga e’tibor beringlar, izzat ko‘rsatinglar, ma’nosida.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:32:55
511. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Agar birontangiz xodimini urayotganda, u Allohni zikr qilsa, urishdan tiyilinglar", deganlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:33:10
512. Yana bir hadislarida aytadilar: "Qo‘l ostidagi xodimga yaxshilik qilish — baxtiyorlik, uni qiyinchilikka solish badbaxtlikdir".

Rivoyat. Hazrati Ali (r.a.) g‘ulomlarini bir, ikki, uch marta chaqirdilar. U javob bermadi. Uning oldiga borib: "Ey g‘ulom, eshitmadingmi?" dedilar. Fulom: "Eshitdim", dedi. Ali: "Javob berishingga nima to‘sqinlik qildi?" dedilar. Xodim: "Sizni jazolamasligingizni bilib dangasalik qildim", dedi. Shunda Ali (r.a.): "Bor, Alloh yo‘lida sen ozodsan", dedilar.

Rivoyat. Usmon (r.a.) gunohi uchun xodimining qulog‘idan tortdilar. So‘ng bu ishlariga pushaymon bo‘lib, xodimlariga: "Tur-da, mening qulog‘imni kuching boricha tort, shoyad Alloh taolo meni kechirsa", dedilar. Xodim u kishiga aytdiki: "Ey xo‘jayin, men ham siz qo‘rqandek qiyomat Egasidan qo‘rqaman, sizdan buni kechdim, shoyad Alloh fazli bilan meni ham kechirsa".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:33:20
513. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Uch kishiga ajri ikki barobar qilib beriladi: Joriyasi bo‘lib, unga chiroyli tarbiya bergan, so‘ng ozod qilib, unga uylangan kishiga ikkita ajr; ahli kitobdan bo‘lib, o‘zining payg‘ambariga imon keltirgan, so‘ng Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yetishib, u zotga ham imon keltirgan kishiga ikkita ajr; Alloh taoloning haqqini va egasining haqqini ado etgan qulga ikkita ajr".

Hasan Basriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishidan: "Xo‘jayin qulini bir narsaga yuborsa va namoz vaqti bo‘lib qolsa, qaysi birini bajaradi?" deb so‘rashdi. "Xo‘jayinining hojatini qiladi", deb javob berdilar.

Faqih (r.a.) aytadilar: Ya’ni, agar hali vaqti bo‘lsa, namozning o‘tib ketishidan qo‘rqmasa. Ammo namoz o‘tib ketishidan qo‘rqsa, namozni kechiktirmog‘i joiz emas. Chunki:
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:33:33
514. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Allohga gunoh bo‘ladigan ishda maxluqqa itoat yo‘q", deb aytganlar.

Kishi quli bilan yaxshi muomala qilishi chiroyli sanalgandir. Unga toqati yetmaydigan ishni yuklamaydi, chunki Alloh taolo bandalariga toqatlari yetmaydigan ishni taklif etmadi. U bilan chiroyli muomala qilmog‘i lozim, chunki chiroyli muomala mo‘minlarning axloqidir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:33:47
515. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi bir bo‘lak nonni ko‘rib, xizmatkoriga: "Uni ol, undan aziyatni ketkiz", dedilar. Kechqurun bo‘lgach, og‘iz ochmoqni iroda qildilar va xizmatkorlaridan: "Siniq nonni nima qilding?" deb so‘radilar. "Uni yeb qo‘ydim", dedi. Shunda u zot: "Bor, sen ozodsan, men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning: "Kim ushatilgan non topsa va uni olib yesa, qorniga yetmasdan, Alloh uni kechiradi", deganlarini eshitganman. Men Alloh gunohini kechirgan kishini qulim deyishni yomon ko‘raman", dedilar.

_____________
Qo‘l ostidagilarning rioyasi haqidagi bob hadislari

502-hadis. Sahih. Abu Dovud, Ahmad rivoyat qilgan.
503-hadis. Muttafaqun alayh.
504-hadis. Zaif. Ahmad ibn Mojja rivoyat qilgan.
505-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
506-hadis. Sahih. “Sahihul jome’”ga qarang.
507-hadis. Muttafaqun alayh.
508-hadis. Haysamiy uning sanadini yaxshi degan.
509-hadis. Avvali sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
510-hadis. Zaif. “Az-zaifa”ga qarang.
511-hadis. Juda zaif. “Az-zaifaga”qarang.
512-hadis. Zaif. “Az-zaifaga” qarang.
513-hadis. Abdurazzoq “Al-jome’”da keltirgan.
514-hadis. Sahih. Ahmad, Tayolisiy, Bazzor rivoyat qilgan.
515-hadis. Mavzu’. “Tanzihush-shari’at”ga qarang.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:34:47
QIRQ TO‘RTINCHI BOB
YETIMLARGA YAXSHILIK QILISH


516. Faqih Abu Lays Samarqandiy sanadi bilan Abu Varqodan, u kishi Abdulloh ibn Abu Avfodan, u kishi esa, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim yetimning boshini rahm qilib silasa, Alloh taolo unga qo‘li tekkan har bir soch miqdoricha yaxshilik yozadi, har bir soch miqdoricha yomonliklarini o‘chiradi va har bir soch miqdoricha uning darajasini ko‘taradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:34:54
517. Boshqa bir rivoyatda aytiladi: "Kim yetimning boshini silasa, faqat Alloh uchun silasa, qo‘li silab o‘tgan har bir soch uchun unga hasanot bordir. Kim o‘zining oldidagi yetimlarga yaxshilik qilsa, u bilan men jannatda mana shunday bo‘lamiz", deb Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki barmoqlarini bir-biriga yaqinlashtirdilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:35:02
518. Ibn Abbos (r.a.) naql qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim musulmonning yetimlari orasidan bir yetimning ovqatiga, ichimligiga qo‘shsa, Alloh uni behojat qilib qo‘yadi va unga jannatni, albatta, vojib qiladi, illo Alloh kechirmaydigan amallar qilgan bo‘lsa, (unday bo‘lmaydi). Kimning ko‘zini Alloh ketkazgan bo‘lsa va u sabr qilsa, albatta, unga Alloh jannatni vojib qiladi, illo Alloh kechirmaydigan amal qilgan bo‘lsa, (unday bo‘lmaydi). Kimning uchta qizi yoki singlisi bo‘lsa, ularga yaxshi odob bersa, ular, vafot qilgunlaricha infoq etib tursa yoki ularni munosib joyga uzatsa, agar u Alloh kechirmaydigan amalni qilmagan bo‘lsa, albatta, Alloh unga jannatni vojib qiladi". Shunda a’robiylardan bittasi nido qilib: "Ey Allohning elchisi, ikkita (qizi) bo‘lsa-chi?" deb so‘radi. Aytdilar: "Ikkita bo‘lsayam".

Aytishlaricha, bu hadisni har rivoyat qilganlarda Ibn Abbos (r.a.): "Allohga qasamki, bu ajoyib hadisdir", deb qo‘yar ekanlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:35:11
519. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi: Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, qalbining qattiqligidan shikoyat qildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam unga: "Agar qalbning muloyim bo‘lmog‘i seni xursand qilsa, yetimning boshini sila va taom ber", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:35:22
520. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Musulmonlarning yaxshi uyi yetimi bor uy bo‘lib, unda yetimga yaxshilik qilinadigandir. Musulmonlarning yomon uyi, yetimi bo‘lib, unga yomonlik qilingan uydir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:35:37
521. Ibn Umardan (r.a.) katta gunohlar haqida so‘rashdi. U zot aytdilar: "Ular to‘qqiztadir: Allohga shirk keltirish, mo‘min kishini qasddan o‘ldirish, urushdan qochish, soliha xotinni zino bilan ayblash va yetimning molini yeyish, ota-onaga oq bo‘lish, sehr qilish va baytul haromning hurmatini oyoq-osti etish".

Mujohid Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat etadilar: "Oltita halok qiluvchi narsa bor, ularda tavba yo‘q; yetimning molini yeyish, soliha xotinni zino bilan ayblash, urushdan qochish, sehrgarlik, Allohga shirk keltirish va payg‘ambarlardan birini o‘ldirish".

Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot Allohning
"Yetimlarning mollarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar shak-shubhasiz, qorinlariga olov yegan bo‘lurlar va, albatta, do‘zaxga kirajaklar" (Niso, 10), degan so‘zini o‘qib: "Ular oxiratda, albatta, do‘zaxga kiradi", dedilar.

Aytadilarki, yetim bo‘lgan uy naqadar yaxshi uy, agar uy egalari uning haqqini bilsa, yetim bo‘lgan uy naqadar yomon uy, agar uy egalari uning haqqini bilmasa.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:35:46
522. Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib: "Menda yetim bor, qaysi vaqtda urishim mumkin?" deb so‘radi. Aytdilar: "Farzandingni urganingda".

Ya’ni, uni tarbiyalash uchun xuddi ota o‘g‘lini urgandek ursa, zarari yo‘q.

Rivoyat. Fuzayl ibn Iyoz (Alloh u kishi rahmat qilsin) aytadilar: "Ko‘pincha yetimni bir tarsaki urish shirin taom yedirgandan ko‘ra foydaliroq bo‘ladi".

Faqih aytadilar: Agar yetimni urmasdan odob bermoqqa qodir bo‘lsa, urmasligi lozim, chunki yetimni urish og‘ir ishdir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:35:59
523. Said ibn Musayyab Umar ibn Xattobdan (r.a.), u kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan aytadilar: "Agar yetim urilsa, uning yig‘isi bilan arsh titrab ketadi. So‘ngra Alloh taolo aytadi: "Ey farishtalarim, otasi tuproqqa yashirilgan yetimni kim yig‘latdi?" Holbuki, Allohning o‘zi uni biluvchiroq. Farishtalar: "Ey Parvardigor, bizda ilm yo‘q, bilmaymiz", deyishadi. Alloh: "Bas, Men sizlarga guvohlik beramanki, kim Mening yo‘limda yetimni rozi qilsa, Men uni qiyomat kunida o‘zim huzurimda rozi qilaman", deydi".

Aytadilarki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yetimlarning boshini silar, ularga muloyimlik qilar edilar. Umar ibn Xattob (r.a.) ham shunday qilganlar.

Abdurahmon ibn Abzo aytadilar: Alloh taolo Dovud alayhissalomga aytdi: "Yetimga rahmdil otadek bo‘l, bilginki, ekkaningni o‘rasan va bilginki, soliha xotin eriga tillo tojli podshoh kabidir. Qachon xotinini ko‘rsa, ko‘zlari quvonadi, yomon xotin eriga qari cholga og‘ir yukni ko‘tartirib qo‘ygan kabidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:36:12
524. Zayd ibn Aslamdan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Men va musulmon yetimni kafillikka olgan odam jannatda xuddi shunday bo‘ladi", deb ikki barmoqlarini bir-biriga yaqinlashtirdilar.

Abu Xalil aytadilar: "Dovud alayhissalomning masalalarida o‘qidimki, u zot: "Ey Parvardigor, yetimga va beva xotinga Sening rizoliging yo‘lida yaxshilik qilgan bandangga qanday mukofot bor?" deb so‘radilar. "Uning mukofoti shuki, qiyomat kuni soya bo‘lmagan vaqtda uni arshning soyasiga olaman", dedi Alloh".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:36:23
525. Avf ibn Molik Ashju’iy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Qaysi mo‘minning uchta qizi bo‘lib, toki ularni uzatib yuborgunicha yoki vafot etgunicha ularga infoq qilsa, ular unga do‘zaxdan hijob (parda) bo‘ladi". Bir xotin aytdi: "Ey Allohning elchisi, ikkita bo‘lsa-chi?" "Ikkita bo‘lsa ham", dedilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:36:34
526. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ikki yuzi qoraygan xotin jannatda men bilan mana shunday birga bo‘ladi", deb barmoqlariga ishora qildilar, ya’ni, eri o‘lgan, qizlarining tarbiyasi uchun ularni uzatgunicha yoki vafot etguncha turmushga chiqmagan xotin.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:36:46
527. Yazid Raqqoshiy Anas ibn Molikdan rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim bozordan farzandlariga hadya keltirsa, u sadaqa qilgan kishi kabi bo‘ladi, hatto uni ularning og‘ziga soladi. Tarqatishni qizlardan boshlasin, chunki Alloh taolo ayollarga yumshoqlik qildi. Kim ayollarga yumshoqlik qilsa, Allohdan qo‘rqib yig‘lagan kishi kabidir. Kim Allohdan qo‘rqib yig‘lasa, uni Alloh kechiradi. Kim qizlari bilan xursand bo‘lsa, Alloh qiyomat kuni uni xursand qiladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:37:18
528. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Ali, agar yetim yig‘lasa, arsh titraydi. Alloh taolo aytadi: "Ey Jabroil, kim yetimni yig‘latgan bo‘lsa, unga do‘zaxdan joyni keng qil, Men uni u yerda yig‘lataman. Kim yetimni kuldirgan bo‘lsa, unga jannatdagi o‘rnini keng qil, Men uni u yerda kuldiraman".

____________
Yetimlarga yaxshilik qilish bobi hadislari

516-hadis. Juda zaif.
517-hadis. Juda zaif. "œKaboir"ga qarang.
518-hadis. Juda zaif. "œKaboir"ga qarang.
519-hadis. Hasan. Ahmad rivoyat qilgan.
520-hadis. Zaif. Buxoriy "œAdabul-mufrad"da rivoyat qilgan.
521-hadis. Zaif. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
522-hadis. Zaif. Tabaroniy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
523-hadis. Zaif. Ibn Adiy rivoyat qilgan.
524-hadis. Muttafaqun alayh.
525-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan.
526-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
527-hadis. Zaif.
528-hadis. Zaif. 523-hadisning izohiga qarang.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:37:49
QIRQ BESHINCHI BOB
ZINO HAQIDA


529. Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba Abu Hurayra va Zayd ibn Xolidlardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ular aytishdi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga ikki kishi xusumatlashib kelishdi. Ulardan biri: "Ey Rasululloh, bizning oramizda Allohning kitobi bilan hukm qiling", dedi. Boshqasi — u ilmliroq edi — aytdi: "Ha, Allohning rasuli, o‘rtamizda Allohning kitobi bilan hukm qiling. Izn bersangiz, gapirsam". "Gapir", dedilar. "O‘g‘lim mana bu odamning uyida ijarada ishlardi, — dedi u, — uning xotini bilan zino qilib qo‘yibdi. Menga o‘g‘limning toshbo‘ron qilinishi kerakligini aytishdi. Bu (jazo)ning o‘rniga yuz bosh qo‘y va uyimdagi joriyani berdim. Keyin ilmlilardan so‘rasam, o‘g‘limga yuz darra urilib, bir yil surgun qilinishi lozimligini aytishdi. Toshbo‘ron qilinish esa, ayolning jazosi ekan". Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, albatta, oralaringizda Allohning kitobi bilan hukm chiqaraman. Qo‘ylaring va cho‘ring o‘ziga qaytariladi. O‘g‘ling esa, yuz darra urilib, bir yilga surgun qilinadi". So‘ngra uning o‘g‘liga darra urishdi va bir yilga surgun qilishdi. Anis Aslamiyga xotinning oldiga bormoqni buyurdilar va: "U ayolning oldiga bor, agar (gunohini) e’tirof etsa, toshbo‘ron qil", dedilar. Ayol e’tirof etdi va uni toshbo‘ron qilishdi".

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu yerda zinoning hukmini bayon etdilar. Demak, zoniy (ya’ni, zino qilgan erkak) va zoniya (zinokor xotin) agar bo‘ydoq bo‘lsa, ularga yuz darra urish vojibdir. Alloh taolo: "Ulardan har birini yuz darradan uringlar, Alloh haddida sizlarni rahm va muloyimlik olmasin", deydi. Ya’ni, rahm-shafqat sizlarni hadni (jazoni) botil qilishga olib bormasin. Chunki Alloh taolo bandalariga sizlardan ham rahmliroqdir. Alloh taolo zinokorlarga bu dunyoda had urishni buyurdi. Kimga dunyoda had urilmasa, qiyomat kuni xaloyiqning oldida o‘tdan bo‘lgan qamchi bilan uriladi.

Alloh taolo keyin aytyaptiki: "Agar sizlar Allohga va oxirat kuniga imon keltiruvchi bo‘lsangizlar", ya’ni, Allohning birligiga va qiyomat kuniga ishonsanglar, "hadni botil qilmanglar". "Ularning azoblanishiga bir toifa mo‘minlar guvoh bo‘lsinlar", (Nur, 2) ya’ni, zinokorni urayotganda mo‘minlardan bir toifasi hozir bo‘lsin.

Albatta, hadni urilayotganda, odamlar kelishsa, ularga azob ziyodalashadi. Chunki qavmning oldida uyalishadi va bu ham ularni zinodan qaytaradi. Bunday had urish eri yoki xotini bo‘lmagan zinokorlarga uchundir.

Ammo muhsan, ya’ni, turmushi mavjud holatda zino qilsa, ularning haddi toshbo‘ron qilishlikdir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:37:57
530. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham Moiz ibn Molikni toshbo‘ron qildirganlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:38:28
531. Rivoyat qilinishicha, bir xotin Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, zino etganini aytdi. U o‘shanda homilador edi. U zot ayolga qaytishni, homilasini tuqqanidan keyin kelish buyurdilar. Homilasini tuqqandan keyin ayol keldi. Uni toshbo‘ron qilishga buyurdilar va u toshbo‘ron qilindi.

Bilingki, zinoning haddi Islomning avvalida ayblamoq va etiklar bilan urmoq edi. Alloh taolo aytadi:
"Sizlarda ikkitasi shunday qilsa", ya’ni, fohisha ishni — zinoni, "...ularning ta’zirlarini beringlar, agar tavba qilib, o‘zlarini tuzatsalar, ularni tinch qo‘yinglar. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi rahmli zotdir" (Niso, 16).

Agar zinokor ayol muhsan bo‘lmasa, ya’ni, beva bo‘lsa, erkakning ham xotini bo‘lmasa, yuqorida aytib o‘tganimizdek, erkakning haddi darra va surgun, xotinning haddi esa, to o‘lgunicha uyga qamab qo‘yish edi. Alloh taoloning so‘zi shunday:
"Xotinlaringizdan qay bir ayol fohishalik qilsa, unday ayollarning ustida o‘zlaringizdan bo‘lgan to‘rt kishini guvoh qiling. Agar ular guvohlik bersalar, to bu ayollarga o‘lim kelgunicha yoki Alloh biron yo‘lga solgunicha ularni uylarda saqlangiz" (Niso, 15).

Bu hukm Islomning avvalida, hadlar tushmasdan oldin edi. Keyin bu oyat Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlari bilan nasx (bekor) bo‘ldi:
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:39:39
532. "Mendan olinglar, mendan olinglar. Alloh u ayollarga bir yo‘l qildi. Bikr bikr bilan zino qilsa, yuz darra va bir yil surgun, tul tul bilan zino qilsa, yuz darra va toshbo‘ron qilish".

Bu ikki hukm Qur’on bilan emas, sunnat bilan joriy bo‘lgan. Bu hadisda xotinlarning zikri bilan xotinlar va erkaklarga ishora qilindi. Boshqa oyatda erkaklarning zikri bilan erkaklar va xotinlar ishora qilingan edi. Keyinchalik bir yillik surgun bikrning (bo‘ydoqning) haqqidan o‘chirildi va muhsan xotinning haqqidan darra urish tushirildi. Surgun qilish haddi ushbu oyat bilan nasx qilindi: "Zinokor xotin va zinokor erkakning har birini yuz darradan uringlar" (Nur, 2). Muhsan ayolni darra urish Mo’izning, Fomidiya voqeasidagi ayolning hamda zinoga iqror bo‘lgan kishining hadislari bilan nasx qilindi.

Ulamolarimiz aytishadi: Surgun qilishdan o‘sha yerdan haydashni iroda etsalar, bunday qilish oyat bilan nasx qilingan. Agar surgundan qamashni va qamoqda ushlashni murod etsalar, bu ish hukmdir. Chunki maqsad yomonlikni kesish. Zoniyning yomonligi surgun bilan kesilmaydi.

Bu hukm zinoning dunyodagi haddidir. Bu had ularga bu dunyoda qoim qilinmasa, oxiratda qilinadi va oxirat azobi dunyo azobidan qattiqroq va uzoqroqdir. Bas, zinodan hazar qilinglar, zino katta gunohdir.

Alloh taolo aytadi:
"Zinoga yaqinlashmanglar, chunki u buzuqlikdir", ya’ni, zino qilmanglar, zinodan saqlaninglar, chunki zino gunoh, yomonlik keltiradi va Allohning g‘azabiga duchor qiladi. U shunday "eng yomon yo‘ldir" (Isro, 32). Naqadar yomon yo‘l! Zinokorlar bu yo‘lni tutib do‘zaxga boryaptilar.

Alloh taolo aytadi:
"Buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmangiz" (An’om, 151). "Oshkorasi", ya’ni, kattasi — zino, "...va maxfiysi", ya’ni, o‘pishlik, silash-siypash, hammasi zinodir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:39:55
533. Xabarda kelganidek: "Ikki qo‘l zino qiladi, ikki ko‘z zino qiladi".
Alloh taolo aytadi:
"(Ey Muhammad), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar. Mana shu ular uchun eng toza (yo‘ldir). Albatta, Alloh ular qilayotgan hunarlardan xabardordir. Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar hamda ko‘rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (ya’ni, ustlaridagi liboslaridan boshqa zeb-ziynatlarini nomahramlarga) ko‘rsatmasinlar" (Nur, 30-31).

Alloh taolo ayollarga va erkaklarga ko‘zlarini haromdan to‘sishni va avratlarini haromdan saqlashni buyurdi.

Alloh taolo zinoni Tavrotda, Zaburda, Injil va Furqonning ko‘p oyatlarida harom qilgan. U katta gunohdir, u bilan musulmonlarning hurmati oyoq osti bo‘ladi, nasablar aralashib ketadi.

Rivoyat qilinishicha, Ja’far ibn Abu Tolib (r.a.): "Hurmatimni toptashlari menga yoqmaydi, mening o‘zim ham hech kimning hurmatini oyoq osti qilmayman", deganlar. o‘zlari johiliyat paytlarida ham zino qilmaganlar.

Ba’zi sahobalar (r.a.) aytishadi: "Zinodan saqlaninglar. Chunki unda oltita ofat bor, uchtasi dunyoda, uchtasi oxiratda.

Dunyodagi uchtasi: Rizqning kamayishi, ya’ni, rizqidan baraka ketadi; yaxshiliklardan mahrum bo‘ladi va odamlarning qalbida yomon kishiga aylanadi.

Oxiratdagi uchtasi: Alloh g‘azab qiladi; qattiq hisob qilinadi; do‘zaxga kiradi. U do‘zaxni Alloh taolo katta do‘zax, deb nomlagan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:40:04
534. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Mana bu olovlaringiz jahannam olovining yetmishdan bir bo‘lagidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:40:45
535. Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomga: "Menga do‘zaxni sifatlab ber", dedilar. Jabroil aytdilar: "Ey Muhammad, qop-qorong‘u, zulmat, agar ignaning teshigidek teshik ochilsa, so‘zsiz yer yuzidagi hamma narsa kuyib ketadi. Agar do‘zax kiyimining bittasi osmon va yer orasida osib qo‘yilsa, yer ahli uning sassiqligidan o‘lib ketadi. Agar zaqqumdan bir tomchi yerga tashlansa, yer ahlining butun hayoti buzilib ketadi. Agar Allohning kitobida zikr qilingan o‘n sakkizta farishtaning bittasi yer ahliga ko‘rsatilsa, uning badbasharaligidan va a’zolarining har xilligidan yer ahli hammasi o‘lib ketadi. Agar Alloh taolo kitobida zikri kelgan zanjirlarning bir bo‘lakchasi yerga tashlansa, yerning eng pastigacha buzib yuboradi, keyin uni tiklash mumkin bo‘lmaydi". So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ey Jabroil, yetadi", deb yig‘ladilar. Jabroil ham yig‘ladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Jabroil, sen nega yig‘layapsan, Alloh huzurida sening joying bor-ku?" deb. Jabroil alayhissalom aytdilar: "Ey Muhammad, men Allohning oldida bo‘lganim bilan Horut va Morutni yoki mal’un iblisni imtihon qilgani kabi meni ham imtihon qilmasligiga ishonchim yo‘q".

Jabroil (a.s.) Rabbi oldidagi shuncha hurmati bilan yig‘lab tursa, gunohkorlar qanday yig‘lamasinlar?! Bas, hayotingiz, sihatingiz sizni aldab qo‘ymasin, chunki bu dunyo o‘tkinchi, ammo uning azobi uzoqdir. Zinodan hazar qiling. Chunki u g‘azab va alamli azobni keltiradi. Zinoning yomoni unda davomli bo‘lishdir. Chunki unday odam xotinini taloq qiladi. Lekin xotini bilan haromda turaveradi, chunki odamlar oldida sharmandalikdan qo‘rqib, iqror bo‘lmaydi. Endi, qanday qilib, oxirat kunida, sirlar oshkor qilinganda sharmanda bo‘lishdan qo‘rqmaydi. O‘sha kundagi sharmandalikdan qo‘rq, zinodan saqlan, unda davom etma, chunki senda Allohning azobiga toqat yo‘qdir. Allohga tavba qil, chunki Alloh taolo bandalaridan tavbalarni qabul qiluvchi zotdir. O‘limdan keyingi pushaymon va tavbalar foyda bermaydi. Tavba va pushaymonni tirikligingda qilsang, foyda beradi.

Alloh taolo avratlarini saqlagan mo‘minlarni maqtab, najot va xursandchilikning bashoratini beradi. Alloh aytadiki:
"Ular avratlarini saqlovchi kishilardir. Magar o‘z jufti halollaridan va qo‘l ostidagilardangina (saqlamaydilar), ular malomat qilinmaslar. Endi kim shundan o‘zgani istasa, bas, ana o‘shalar haddan oshguvchilardir" (Mo‘minlar, 5—7).

Avratni saqlash haromdan pok tutishdir. "Magar o‘z jufti halollaridan", ya’ni, xotinlaridan tiymaydilar "yoki qo‘l ostidagilardan", ya’ni, qo‘l ostida turgan cho‘rilaridan ham tiymaydilar. Bu oyat erkaklar uchun xosdir, "yoki qo‘l ostidagilardan (saqlamaydilar)" jumlasi ayollarga tegishli emas. "Ular malomat qilinmaslar", ya’ni, avratini xotini va cho‘risidan boshqalardan saqlash bilan malomat qilinmaslar. Malomat qilinadigan vaqti ham bor: Hayz va nifos holatida saqlamasalar, chunki u man’ qilingan. Endi kim shundan o‘zgani istasa, ya’ni, xotini va qo‘l ostidagi cho‘risidan boshqalarni talab etsa, "ana o‘shalar haddan oshguvchilardir".

Bu yerda qo‘l bilan shahvatni qondirishning haromligigacha dalil bor. Bu so‘zlar ulomalarning so‘zlari. Jurayj aytadilar: "Atodan shu ish haqida so‘ragan edim, makruh, dedi. Bir qavm qiyomat kuni qo‘llarida homilalari bilan to‘planishini eshitdim va o‘shalar deb gumon qildim".

Said ibn Jubayr aytadilar: "Zakarlari bilan o‘ynaydigan ummatni Alloh azoblaydi".

Boshqa oyatda ham: "Ular o‘z avratlarini saqlovchilardir, magar o‘z jufti halollardan va qo‘l ostidagilardan", deydi.

Bu ikkisi (jufti halol va cho‘rilar)ning sanalishi er bilan erning qo‘shilishi, istimno (onanizm) va boshqalar harom ekaniga dalildir.

Demak, bu ikkisidan keyin ham avratlarini saqlay olmasa, u Alloh belgilab bergan haddan oshuvchi zolimdir, gunohkordir. Qaysi bir musulmon zino etgan bo‘lsa, tavba qilmog‘i va odamlarni bu ishdan qaytarmog‘i vojibdir. Chunki qay joyda bu ish ko‘payib, odamlar unga mubtalo bo‘lgan bo‘lsa, Alloh ularni vabo bilan balolaydi.

Ibn Abbosga (r.a.) Ka’bul Ahbor (r.a.) aytdilar: "Agar qilichlar yalang‘ochlanganini ko‘rsanglar, qonlar oqsa, bilinglarki, Allohning hukmi ularni halok qilibdi, Alloh taolo bir-birlari bilan ulardan intiqom olayotir. Agar yomg‘ir yog‘mayotganini ko‘rsanglar, bilinglarki, odamlar zakot bermay qo‘yganlar. Alloh ham ularga yomg‘ir bermay qo‘ygan. Agar vabo tarqalganini ko‘rsanglar, bilinglarki, u yerda zino tarqalgandir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:41:09
536. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ummatim ustida Lut qavmining amalidan qo‘rqqanchalik qo‘rqmayman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:41:17
537. Ibn Abbos (a.s.) aytadilar: "Lut qavmi amalini qilayotgan kishilarni ko‘rsanglar, foilni ham maf’ulni ham, ya’ni, ikkisini ham, o‘ldiringlar. Kim hayvonga yaqinlik qilgan bo‘lsa, u bilan birga hayvonni ham o‘ldiringlar".

Aytishlaricha, to‘rt amal bilan arsh larzaga keladi va Alloh g‘azablanadi: Nohaq birovni o‘ldirsa; fosiqni maqtasa; erkak erkak bilan aloqa qilsa; ayol ayol bilan aloqa qilsa.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:41:33
538. Xabarda keladi: "Agar lo‘ttivoz dengizda cho‘milsa ham, tavba qilmasa, pok bo‘lmaydi".

Jufti halollardan va cho‘rilardan boshqalarga qo‘shilish haromdir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:42:03
539. "Qur’on harom qilganini halol sanagan odam unga imon keltirmabdi".

___________
Zino bobi hadislari

529-hadis. Muttafaqun alayh.
530-hadis. Muttafaqun alayh.
531-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
532-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
533-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan.
534-hadis. Muttafaqun alayh.
535-hadis. Izohi yo‘q.
536-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
537-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
538-hadis. Mavzu’. Ibn Javziy "œMavzu’ot"da keltirgan.
539-hadis. Zaif. Termiziy uning isnodini zaif degan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:42:20
QIRQ OLTINCHI BOB
RIBO YEYISH HAQIDA


540. Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qiladilar: "Isro kechasi yettinchi osmonda boshim ustida momaqaldiroq bilan qichqiriqni eshitdim. Chaqmoqni va qorinlari oldilarida uy kabi katta bo‘lib osilib yotgan kishilarni ko‘rdim. Ichlarida ilonlar bo‘lib, tashqarisidan ko‘rinadi. Shunda: "Ey Jabroil, ular kimlar?" deb so‘radim. "Ular ribo yeydigan sudxo‘r kishilardir", dedi u".

Ato Xurosoniydan rivoyat qilinadi: Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytdilar: "Sudxo‘rlik yetmish ikki gunohdir. Gunohning eng kichigi onasi bilan zino qilganga barobar. Bir ribodan topilgan bir dirham o‘ttiz olti marta zino qilishdan yomon. Alloh taolo qiyomat kunida yaxshiga ham, fojirga ham turishga ruxsat beradi. Ribo yeganga ruxsat berilmaydi. Ular shayton chalgan kabi turadi", ya’ni, jinni kabi, qachon tursa, yiqilaveradi.

Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Qur’on oyatlarining oxirgi tushgani ribo oyati edi. So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar, bizlarga uning tafsirini aytmadilar. Sizlar ribo va rabiyani tashlanglar", ya’ni, katta va kichik gunohlarni tark qilinglar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:42:31
541. Ali (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ribo yeyuvchini, unga vakil bo‘lganni, guvohlarni va uni yozganni, bezovchi xotinni, unga da’vat qiluvchini, bosh-qaning badaniga iz yoki surat soluvchini, surat soldiruvchini, uch taloq qilingan ayolni halol qilib borish maqsadida nikohiga oluvchini, uni o‘zi uchun halol qildiruvchini (ya’ni, uch taloq qilingan ayolning erini), zakotni bermaydigan kishilarni la’natladilar".

Ribo yeyuvchi — molning egasi, foyda oluvchi, vakil qilingan kishi esa, unga ribo beruvchi. Shuningdek, guvohlar — o‘shaning ustidagi va uni yozgan kishilar. Chunki ular bu ishda yordam qilyaptilar. Bezovchi xotin boshqa xotinlarning badanlariga naqsh soladi, ularni igna bilan yorib, yoriqning ostiga ko‘k bo‘yoq qo‘yadi, unga da’vat qiluvchi xotin boshqalarni ham bu gunohga tortadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:42:49
542. Abu Juhayfa (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ribo yeyuvchini, unga vakil qilingan kishini, badanga surat soluvchini, unga boshqalarni ham chaqiruvchilarni va musavvirlarni la’natladilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:43:04
543. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Banda molni haromdan topsa, so‘ngra uni sadaqa etsa, unga ajr olmaydi, nafaqa qilsa, barakasi bo‘lmaydi, o‘zidan keyin qoldirgani esa do‘zaxdagi azobini ziyoda qiladi. Albatta, Alloh taolo yomonlikni yomonlik bilan o‘chirmaydi, balki yaxshilik bilan yomonlikni o‘chiradi. Chunki nopok narsa nopoklikni ketkazmaydi".

Alloh taolo aytadi:
"Ey mo‘minlar, kasb qilib topgan narsalaringizning halol-pokizalaridan va Biz sizlar uchun yerdan chiqargan narsalardan infoq qilingizlar" (Baqara, 267).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:43:41
544. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Hech kim peshona teri bilan topib yegan taomidan yaxshiroq taom yemaydi. Allohning payg‘ambari Dovud o‘zi mehnat qilib, topib yer edi. Alloh pokdir va pok narsani qabul qiladi. Alloh taolo payg‘ambarlarga buyurgan narsalarni mo‘minlarga ham buyurdi. Aytdiki:
"Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar" (Mo‘minlar, 51);

"Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz pokiza narsalardan yenglar" (Baqara, 172)". Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni zikr qildilar: "Bir kishi uzoq safar qilib, sochlari to‘zg‘igan, yuzlariga g‘ubor qo‘ngan holda: "Ey Rabbim, ey Rabbim", deb, osmonga qo‘lini ko‘taradi, holbuki, uning taomi harom, sharbati harom, kiyimi harom, uyqusi harom, yurishi harom, kelishi harom, endi qanaqasiga uning duosi ijobat qilinsin. Bir zamonlar keladiki, kishi olgan narsasi haloldanmi, haromdanmi, parvo qilmaydi".

"Alloh taolo pokdir", degan so‘zlaridan murod Alloh barcha kamchiliklardan, ayb va nuqsonlardan pok zot ekanidir. Agar banda pok, deyilsa, uning razil xulqlardan va yomon amallardan xoli ekani tushuniladi. Agar amallar pok, deyilsa, yaxshi molning haloli tushuniladi.

Xullas, hadisning ma’nosi — Alloh bilguvchiroq — U zot ayblardan pok zotdir. Aybli narsalarni qilmaydi, Unga yaqinlashish Unga loyiq bo‘lgan amallar bilangina mumkin. Kalomida aytadi: "Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz" (Oli Imron, 92).

"Uzoq safarda yuzlariga g‘ubor qo‘ngan, sochlari to‘zg‘igan holda", deganda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hajga ketayotgan kishini nazarda tutdilar. Unday kishi safarda sochlari to‘ziydi, ust-boshiga tuproq-chang o‘tiradi, qiyinchilik, ochlik, chanqoqlik va bedorlik bilan Allohning baytiga yetadi, uni tavof qilib, shu holatida Allohga duo etadi. Duosining ijobatini va hajining qabulini umid qiladi. Ammo duosi ijobat qilinmaydi, haromdan sarflagan nafaqa-ehsoni qabul bo‘lmaydi. Kim haromdan sadaqa bersa, uni halol va yaxshi deb sanasa, savobdan umid qilsa, Alloh taolaga kufr keltiribdi. Bu haqda sadaqa bobida zikr qilindi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:43:49
545. Abu Rofe’ aytadilar: "Oyoqqa taqiladigan kumush halqani Abu Bakr Siddiqqa (r.a.) sotdim. Abu Bakr Siddiq (r.a.) halqani torozining bir pallasiga va pullarni ikkinchisiga qo‘ydilar. Halqa puldan ozgina og‘ir keldi. Keyin uni kesib tenglashtirmoqchi bo‘lib qaychini oldilar. Men: "Ey Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xalifasi, ortiqchasi sizga", dedim. "Yo‘q, — dedilar u zot. — Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam: "Ziyoda qiluvchi ham, ziyoda qilishni so‘ragan ham do‘zaxda", deganlarini eshitganman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:43:56
546. Abu Said Xudriy, Uboda ibn Somit, Abu Hurayra va boshqalar Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilishgan. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kumush tengi kumush bilan, ortiqchasi sudxo‘rlikdir. Bug‘doyning tengi bug‘doy bilan, ortiqchasi sudxo‘rlikdir". Keyin donni, xurmoni va tuzni ham zikr qildilar. So‘ng aytdilar: "Kim ziyoda qilsa yoki ziyoda qilishni so‘rasa, ribo qilibdi".

Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Biz riboga tushib qolishdan qo‘rqib, halolning o‘ndan to‘qqiz qismini tark qilardik".

Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Qaysi shaharda zino va sudxo‘rlik tarqalgan bo‘lsa, u shahar xarob bo‘ladi".

Salaf olimlarimizdan Abu Hanifa, Sufyoni Savriy, Fuzayl ibn Iyoz, Dovud Toiy, Shofi’iy va boshqalar aytadilar: "Imon, namoz, zakot, haj, ro‘za, g‘usl, jinobat va tahorat ilmlaridan keyin sotish, olish, nikoh, taloq, hayz, kasb va boshqa ilmlarni o‘rganish shariatda farzdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:44:09
547. Payg‘ambarning sollallohu alayhi vasallam: "Ilmni talab qilish har bir muslim va muslimaga farz", degan so‘zlariga ko‘ra, har bir farz bo‘lgan amalni yoki shariat ilmini talab qilish farzdir".

Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi.U zot aytdilar: "Kim din ilmini o‘rganmasdan oldin savdogarlik qilsa, u riboga tushibdi, riboga tushibdi, riboga tushibdi", ya’ni, unga cho‘kib ketibdi.

Umar ibn Xattob (r.a.) aytganlar: "Bozorlarimizda din ilmini o‘rganmagan, torozida mukammal o‘lchamaydigan kishilar oldi-sotdi qilmasin".

Abdurahmon ibn Sobit aytadilar: "Qavm to‘rt narsani halol sanasa, uning halok bo‘lishiga izn beriladi: Torozidan urishni; o‘lchovdan kamaytirishni; zinoni oshkora qilishni; riboni yeyishni. Zinoni oshkor qilsalar, ularga vabo yetadi, torozidan urib, o‘lchovdan kamaytirsalar, yomg‘irdan mahrum bo‘ladilar. Agar ribo yesalar, ularga qilich yalang‘ochlanadi".

Ubayd Muhoribiy aytadilar: "Men Ali ibn Tolib (r.a.) orqalaridan bozorda yurardim. U kishida qamchi bor edi. Agar o‘lchovni barobar qilmagan kishini ko‘rsalar, qamchi bilan urardilar va, o‘lchovni to‘g‘ri qil, der edilar".

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Ey ajamlar jamoasi, sizlar ikki narsaga mutasaddi qilindinglar, bu ikkalasi bilan sizlardan oldingi o‘tganlar halok bo‘lishgan edi. Ular — o‘lchov va tarozi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:44:22
548. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Odamlarga bir zamon keladiki, u vaqtda hech kim ribo yemasdan qolmaydi". "Ey Allohning elchisi, hamma ribo yeydimi?" deb so‘rashdi. "Undan yemaganga changi yetadi", ya’ni, gunohidan yetadi, dedilar. Chunki yoki riboga yordam bergan bo‘ladi, yo ko‘radi, yo yozadi, yoki bu ishiga rozi bo‘ladi yoki uning hadyasini qabul qiladi, yoki dasturxonidan yeydi, xullas, gunohdan nasibasini oladi.

Abu Bakr Siddiq (r.a.) aytganlaridek: "Ziyoda qiluvchi va ziyoda qilishni so‘rovchi do‘zaxdadir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:44:32
549. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Odamlarga bir zamon keladi, hech kim ribo yemasdan qolmaydi, undan yemasa, g‘ubori yetadi".

Bunday deganlari riboning ko‘payishiga, qarzlar va oldi-sotdilarda har xil hiylalar va shubhalar zohir bo‘lishiga, odamlarning mollari sudxo‘rlik, shubha va haromlar bilan aralashib ketishiga, hatto, mollar orasini farqlash mumkin bo‘lmay qolishiga, odamlar o‘zlari bilmagan holda yeyishlariga va uning zarari hammaga yetishiga dalolatdir. Holbuki, ular o‘rtaga tushmagan, shohidlik qilmagan, uni yozmagan yoki sudxo‘r bilan muomalada bo‘lmagan.

Savdogar tijorat qilish uchun zarur bo‘lgan miqdordagi ilmni olishi lozim, sudxo‘rlik bilan yemaslik, halol va harom orasini ajratish, moliga haromni aralashtirmaslik, harom moldan yemaslik, to‘g‘rilik va yolg‘onchilikni bilib olish, sunnat va bid’atni farq qilish, kufr va imonni ajratish uchun, albatta, ilm olish zarur bo‘ladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:44:47
550. Hasan (r.a.) rivoyat qilgan mashhur hadis ham shu xususdadir: "Men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan bir necha marta: "Shubhali narsani tark qilib, shubhasizini oling. Chunki to‘g‘rilik va ishonch xotirjamlikdir, shak va yolg‘onchilik gumondir", deganlarni eshitib yod olganman".

Torozi va o‘lchovda diqqatli bo‘lmoq lozim. Chunki Alloh taolo torozi va o‘lchov ishi haqida qattiq so‘z aytdi va shiddatli azobni va’da qildi.

"Urib qoluvchi kimsalarga vayl bo‘lgay", ya’ni, qattiq azob. Aytilishicha, jahannamda vayl degan vodiy bor, u joy o‘lchov va torozidan urib qoluvchilar uchundir. "Ular odamlardan (biron narsani) o‘lchab olgan vaqtlarida to‘la qilib oladigan", ya’ni, o‘z haqlarini to‘la qilib oladigan, "boshqalarga o‘lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa, kam qilib beradigan kimsalardir". Keyin Alloh taolo aytdi: "Ular o‘zlarining ulug‘ bir kunda barcha odamlar butun olamlar Parvardigori huzurida tik turib (hisob-kitob beradigan qiyomat) kunida qayta tiriluvchi ekanliklarini o‘ylamaydilarmi?" (Mutaffifun, 1-5).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:45:04
551. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Madinaga keldilar. Madina ahli o‘lchov ishida yomon odamlar edi. Ularda ikki xil torozi bo‘lib, sotib olmoqchi bo‘lsalar, oshig‘i bilan tortadiganini qo‘llardilar, sotmoqchi bo‘lsalar, kamaytirib tortadiganini ishlatar edilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunda: "Sizlarga qilayotgan ishlaringiz sabab vayl bo‘lsin", dedilar. So‘ng Alloh taolo bu oyatlarni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam kelishlari barakotidan odamlar adolatli va insofli bo‘lishlari, bu bilan olamni obod qilish uchun nozil etdi, odamlarni haqqa va to‘g‘rilikka buyurdi.

"Ular qayta tiriluvchi ekanliklarini o‘ylamaydilarmi?" deb aytyapti Alloh taolo. Ya’ni, ular qiyomat kunida qayta tirilishlariga ishonishmaydimi? Ular har zarra uchun hisob beradilar, qilgan har bir amallariga mukofotlanadilar va odamlardan urib qolgan har bir narsalari uchun azoblanadilar. Hisob-kitob kunida mol, dinoru dirham bo‘lmaydi, e’tibor beringiz, ey odam farzandlari, Alloh taolo u kunni "ulug‘ kun" deb nomladi. U kunda "barcha odamlar butun olamlar Parvardigori huzurida tik turadi", ya’ni, Alloh qudrati oldida to‘xtaydilar va ulardan ozu ko‘p hammasi so‘raydi, kitobidan nima amal qilganlarini o‘qiydi. Alloh taolo aytganidek:

"So‘ng (har bir kishining) nomai a’moli o‘rtaga qo‘yilur, bas, gunohkorlarning unda (bitilgan) narsalardan dahshatga tushib: "Bizlarga halokat bo‘lgay, bu qandoq kitobki, na kichik va na katta (gunohni) qoldirmay, barchasini hisoblab-bitib qo‘yibdi", deyishlarini ko‘rasiz. Ular qilib o‘tgan barcha amallarini hoziru nozir holda topurlar, Parvardigoringiz hech kimga zulm qilmas" (Kahf, 49). Dunyoda odamlarning haqlariga adolat etgan kishilarga naqadar yaxshi. Odamlarning haqlariga adolat qilmagan kimsalarga vayl bo‘lsin.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:45:38
552. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Adolat Allohning yerdagi torozisi, kim uni ushlasa, u uni jannatga yetaklaydi, kim tashlasa, u uni do‘zaxga haydaydi".

Bilingizki, adolat podshohdan xalqiga bo‘ladi va xalqniki o‘zaro bo‘ladi. Sizlarga alamli azobdan najot topmoqlaringiz uchun adolat qilishingiz vojibdir.

Ribo yeyish bobi hadislari

540-hadis. Zaif. Ahmad, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
541-hadis. Sahih. Ahmad, Nasoiy rivoyat qilgan.
542-hadis. Sahih. Buxoriy, Ahmad rivoyat qilgan.
543-hadis. Zaif. Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
544-hadis. Sahih. Buxoriy, Muslim, Nasoiylar rivoyat qilishgan.
545-hadis. Suyutiy rivoyat qilgan. "œKaboir"ga qarang.
546-hadis. Sahih. Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan.
547-hadis. Sahih. "œSahihul jome’"ga qarang.
548-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
549-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
550-hadis. Sahih. Ahmad, Nasoiy, Termiziy rivoyat qilgan.
551-hadis. Hasan. Ibn Mojja, Ibn Hibbon rivoyat qilgan.
552-hadis. Sanadi noma’lum rivoyat.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:46:00
QIRQ YETTINCHI BOB
GUNOHLAR HAQIDAGI RIVOYATLAR


553. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eshitdim: "Alloh taolo Musoga (a.s.) bergan sahifalar ichida o‘nta bob bo‘lib, birinchi sahifada yozilgan kalima bu edi: "Ey Muso, Menga hech shirk keltirma. Mening mushriklar yuzi o‘tda yonishi haqidagi so‘zim haqdir. Menga shukr qil, ota-onangga shukr qil, shunda seni halokatdan saqlayman va umringni ziyoda qilaman, yaxshi hayotda yashattiraman va yanada yaxshirog‘iga burib qo‘yaman. Men o‘ldirishni harom qilgan jonni o‘ldirma, Men uni harom qildim. Mabodo, bu ishni qilsang, yer senga kengligi bilan ham torlik, osmon shuncha kattaligi bilan ham tanglik qiladi, g‘azabim bilan do‘zaxga tushib qolasan. Mening ismim bilan yolg‘on va gunohkor holatda qasam ichma. Chunki kim Meni poklamasa, ismlarimni ulug‘ tutmasa, uni ham poklamayman. Odamlarga Men bergan narsalarga hasad qilma. Chunki hasadchi Mening ne’matlarimning dushmani, qazoimni rad etuvchi, Men taqsim qilib bergan narsaga g‘azablanuvchidir. Kim shunday qilsa, u Mendan emas, Men undan emasman. Qulog‘ing ma’nosiga yetmagan, aqling anglay olmagan, qalbing bog‘lanmagan narsalarga guvohlik berma. Men qiyomat kuni guvohlarni bergan guvohliklari to‘g‘rimi yoki yo‘qmi, qattiq so‘roq qilaman. O‘g‘rilik qilma, qo‘shnining xotini bilan zino qilma. Agar qilsang, sendan yuzimni va osmon eshiklarini berkitaman (ya’ni, duolarni qabul qilmayman), o‘zing yaxshi ko‘rgan narsalarni odamlarga ham yaxshi ko‘r. Mendan boshqaga atab qurbonlik so‘yma, faqat Mening nomimni atab so‘yilgan qurbonliklarni qabul qilaman. Agar u Mening yo‘limda xolis bo‘lgan bo‘lsa, shanba kuni men uchun hamma narsadan ajral va uyingdagi hamma ahllaringdan uzoq bo‘l".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:46:12
553a. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Alloh taolo Musoga (a.s.) shanba kunini va bizlarga jumani bayram qilib berdi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:46:22
554. Muhammad ibn Ka’b Quzariy aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam minbarga chiqdilar, so‘ngra o‘ng kaftlarini ushladilar va: "Alloh taolo ahli jannatlarning kitobini ism va nasablari bilan yozdi. Undan ziyoda ham bo‘lmaydi, kamaymaydi ham", dedilar. Keyin chap kaftlarini ushlab, aytdilar: "Alloh taolo boshqa kitobda do‘zax ahllarining ism va nasablari bilan yozdi, ulardan ziyoda ham bo‘lmaydi, kamaymaydi ham. Saodat ahli bo‘lgan ba’zi kishilar baxtsizlarning amallarini qiladi, hatto ularni ham o‘shalardan deb o‘ylashadi, balki ular o‘limlari oldidan tuyaning o‘kirishicha vaqt bo‘lsa ham, baxtlilarning amalini qilishadi, so‘ngra Alloh taolo taqdiri azaliysi bilan ularni baxtsizlikdan saodatmandlikka o‘tkazib qo‘yadi. Badbaxtlar ahli saodatlar amalini qiladilar, hatto o‘lim topadilr. Tuyaning o‘kirishicha bo‘lsa ham (yomon amal qiladilar). Bas, saodatli Alloh taoloning qazosi ila saodatlidir, badbaxt Alloh taoloning qazosi ila baxtsizdir, amallar xotimasiga ko‘ra baholanadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:46:29
555. Fuzola ibn Ubayddan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hajjatul vado’da aytdilar: "Sizlarga mo‘min, muslim, mujohid va muhojir kimligining xabarini beraymi? Odamlarning jonlari va mollari undan salomat bo‘lgan kishi — mo‘min; odamlar uning tilidan, qo‘lidan salomat bo‘lgan kishi — muslim; Alloh taologa itoatda o‘z nafsi bilan jihod qilgan kishi — mujohid; gunoh va xatolarni tark qilgan kishi — muhojir".

Abu Dardo aytadilar: (r.a.) "Allohga Uni ko‘rib turgandek ibodat qilinglar va o‘zlaringizni o‘liklardan sananglar. Bilinglarki, sizlarni ozgina narsa boy qilishi ko‘p narsalarni yaxshi ko‘rib, unga yugurishdan yaxshiroqdir. Bilinglarki, yaxshilik eskirmaydi, gunoh unutilmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:46:42
556. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot aytdilarki: "Yaxshilik eskirmaydi, gunoh unutilmaydi. Hukm qiluvchi foniy bo‘lmaydi. Xohlaganingdek bo‘l, qanday dinlansang, shunday hukm qilinasan".

Faqih (r.a.) aytadilar: "Qanday dinlansang, shunday hukm qilinasan", degan so‘zlarining ma’nosi agar yaxshi amal qilsang, yaxshilik savobini olasan, agar yomon amal qilsang, qiyomat kuni yomonlik bilan "mukofotlanasan", deganidir.

Alloh taoloning so‘zi:
"Agar chiroyli amal qilsangizlar, o‘zlaringizga yaxshilik qilgan bo‘lasizlar, agar yomon, gunoh amal qilsangizlar ham, o‘zlaringiz uchundir" (Al-Isro, 7). Ya’ni, Alloh taolo hech kimga zulm qilmaydi va yaxshiliklarining savoblaridan hech narsani kamaytirmaydi, gunohlariga hech narsani ziyoda qilmaydi, gunohsiz azoblamaydi.

Alloh taolo to‘g‘ri yo‘lni bayon qildi va Rasuli karimni ummatiga nasihat qiluvchi o‘laroq yubordi, u zot sollallohu alayhi vasallam jannat va do‘zax yo‘lini bayon etdilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:47:04
557. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Men bilan sizlarning misollaringiz bir olov yoqqan kishiga o‘xshaydiki, u olovga kapalaklar kelib, o‘zini uradi. Men sizlarni o‘tga tushmoqlaringizdan qaytaraman", ya’ni, gunohlardan qaytaraman, chunki gunohlar kishini do‘zaxga olib boradi.

Aytilishicha, Odamning (a.s.) tavbasi besh xislat tufayli qabul qilingan, shaytoni la’inning tavbasi besh xislatga ko‘ra rad etilgan. Odam (a.s.) gunohiga iqror bo‘ldilar va pushaymon qildilar, nafsini malomat etdilar, tavbaga shoshildilar va Allohning rahmatidan noumid bo‘lmadilar. Iblis, Alloh uni la’natlasin, gunohiga iqror bo‘lmadi, pushaymon qilmadi, o‘zini malomat etmadi, tavba qilishga shoshilmadi va Allohning rahmatidan noumid bo‘ldi. Kimning holati Odam alayhissalomnikidek bo‘lsa, uning tavbasi qabul qilinadi. Kimning holati iblisnikiga o‘xshasa, tavbasi qabul bo‘lmaydi.

Ibrohim Adham (r.a.) aytadilar: "Alloh taologa itoat qilib do‘zaxga kirmog‘im Alloh taologa gunoh qilib, jannatga kirishimdan yaxshiroqdir". Bunday deganlarining ma’nosi: Agar jannatga kirsa, gunohlari uchun Alloh taolodan hayo qiladi va jannat unga ko‘ngilsiz bo‘ladi. Agar Allohga itoat qilib do‘zaxga kirsa, hijolat bo‘lmaydi va undan chiqishiga ehtimoli bo‘ladi.

Molik ibn Dinor (r.a.) aytadilar: "Qattiq sovuqda bir yigitning oldidan o‘tdim. Ismi Utba edi, kiyimlari eski, turib nimalarnidir fikr qilarkan, undan ter oqardi. Unga: "Nega bu yerda turibsan?" dedim. Aytdi: "Ey ustoz, bu yerda Allohga gunoh qilgan edim". Ya’ni, u gunohlarini o‘ylar va Allohdan uyalganidan terlar edi.

Makhul Shomiy aytadilar: "Kim tushagida yotib, o‘sha kuni qilgan ishlarini fikr etsa, yaxshilik qilgan bo‘lsa, Allohga hamd aytib, gunoh ish qilgan bo‘lsa, Allohdan mag‘firat so‘rasa, yaxshi ish qilibdi. Agar bunday qilmasa, u sarf etib hisob qilmagan, hatto kasod bo‘lgan savdogarga o‘xshaydi".

Aytilishicha, Alloh taolo kitoblarining ba’zisida deydiki: "Ey bandam, Men podshohman, azaliyman, senga buyurgan narsamga itoat qil va qaytargan narsamdan qayt, hayot beraman, o‘lmaysan, ey bandam, Men biron narsaga bo‘l desam, bo‘ladi".

Muhammad ibn Muhayriz aytadilar: "Agar o‘zing yaxshi ko‘rganingga yomonlik qilmaslikni uddalasang, qilma". "Birov o‘zi yaxshi ko‘rgan kishisiga yomonlik qiladimi?" deyishdi unga. "Nafsing o‘zingga nafslarning yaxshirog‘idir, azizrog‘idir. Agar gunoh qilsang, unga yomonlik qilgan bo‘lasan", dedilar.

Bir hakim zotga: "Menga nasihat qiling", dedi bir kishi. "Rabbinga jafo qilma, xalqqa jafo qilma, nafsingga jafo qilma. Rabbinga jafo qilmog‘ing Uning xizmatini tashlab, maxluqlarning xizmatiga kirishingdir. Xalqga jafo qilmog‘ing ularni odamlar orasida yomonlik bilan zikr qilishingdir. Nafsinga jafo qilmog‘ing Allohning farzlariga dangasalik qilishingdir", dedi hakim zot.

Hasan Basriy aytadilar: "Bir gunoh qilgan edim, o‘shanga qirq yildan beri yig‘layman". "U qanday gunoh, Allohning bandasi?" deb so‘rashdi. "Meni bir birodarim ziyorat qilgani keldi. Unga baliq sotib oldim, undan yedi, so‘ng qo‘shnimning devoriga borib, bir bo‘lak kesak oldim va u bilan qo‘limni artdim", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:48:24
558. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Allohning nazdidagi ulug‘ gunoh odamlar nazdida kichik bo‘lganidir. Alloh nazdidagi kichik gunoh odamlar nazdidi katta bo‘lgandir".

Faqih aytadilar: Gunohkor gunohini katta deb bilsa, qo‘rqsa, u gunoh Alloh nazdida kichrayadi va uni kechiradi. Ammo gunohkor gunohini kichik sanasa, Alloh taolo nazdida u katta gunohga aylanadi. Chunki kichik gunohlar davom ettirish bilan kattaradi.

Shuningdek, sahobalardan (r.a.) ham rivoyat qilinadiki: "Davomiylik bilan gunoh kichraymaydi, istig‘for so‘rashlik bilan katta bo‘lmaydi".

Avvom ibn Havshabdan rivoyat qilinadi: "Gunohdan keyingi to‘rt narsa o‘sha gunohning o‘zidan-da yomondir: Uni kichkina sanash, g‘ururlanish, gunoh bilan xursand bo‘lish va davomiylik".

Faqih (r.a.) aytadilar:
"Kim chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur). Kim biron yomon ish qilsa, faqat o‘shaning barobarida jazolanur va ularga zulm qilinmas" - (An’om, 160), degan oyat sizlarni aldab qo‘ymasin. Bu yerda qiyomat kuni yaxshilik bilan kelish shart qilinmoqda. Amal qilish oson, lekin uni qiyomat kuniga olib kelish og‘irdir. Agar yomonlik bitta bo‘lsa ham, unda o‘nta ayb bor.
1. Agar banda biron gunoh qilsa, Allohni g‘azablantiradi. U zot hamisha uning ustida qodir zotdir.
2. Alloh taologa yomon narsaga yaqin bo‘ladi, u ham bo‘lsa, o‘zining dushmani shaytondir.
3. U yaxshi joylardan uzoqlashadi. U jannatdir.
4. Yomon joylarga yaqinlashadi. U do‘zaxdir.
5. O‘zi yaxshi ko‘rgan narsaga zulm qiladi. U nafsidir.
6. Nafsini iflos qiladi. Uni Alloh pok holda yaratgan edi.
7. Sheriklariga aziyat beradi. Ular o‘ng va chap yelkadagi farishtalardir.
8. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni qabrlarida xafa qiladi.
9. Nafsiga qarshi yerni, kunduz va kechani guvoh qiladi va bu bilan ularga ozor beradi.
10. Odamlar va boshqa barcha maxluqotlarga xiyonat qilgan bo‘ladi.

Odamlarga uning xiyonati shuki, u bironta kishiga guvohlik bersa, gunohi tufayli uning guvohligi qabul qilinmaydi va natijada bir do‘stining haqqini botil qiladi. Butun maxluqotlarga xiyonati esa, u gunohi bilan yomg‘irni kamaytiradi. Bu ishi butun borliqqa xiyonatdir. Sen gunoh qilishdan saqlan, zero gunohda shuncha ayblar mavjud, qolaversa, o‘zingning nafsingga zulmdir.

Aytiladiki, baxillarning baxili o‘zining baxtli bo‘lishiga baxillik qilgan kishidir va zulmlarning kattasi Alloh taologa gunoh qilish bilan kishining o‘z nafsiga zulm qilishdir. Chunki kim gunoh qilsa, o‘z nafsini halok etgan bo‘ladi.

Hakimlarning ba’zilari aytadilar: "Gunohdan saqlaninglar, chunki gunoh shumlikdir, uning shumligi manjaniqning 1 toshiga aylanadi. So‘ngra uni itoat devoriga otadi va devorni sindiradi. Keyin havoyi nafs shamoli kirib, ma’rifat chirog‘ini o‘chiradi".

Ba’zi hakimlarga: "Bizlar ilmni eshitamiz, lekin undan foydalana olmaymiz", deyishdi. Aytdilar: "Besh xislat tufayli shunday bo‘ladi:
1. Alloh sizlarga ne’mat berdi, unga shukr qilmaysizlar.
2. Agar gunoh qilsangizlar, istig‘for so‘ramaysizlar.
3. Ilmdan bilgan narsalaringizga amal qilmaysizlar.
4. Yaxshilarga qo‘shilasizlar, lekin ularga ergashmaysizlar.
5. O‘liklarni ko‘masizlar, ammo undan ibrat olmaysizlar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:48:33
559. Faqih (Alloh u zotni rahmat qilsin) aytadilar: Otamning bunday deganlarini eshitdim: "Har kuni osmondan beshta maloika tushadi. Bittasi Makkaga, ikkinchisi Madinaga, uchinchisi Baytul Maqdisga, to‘rtinchisi musulmonlarning qabrlariga, beshinchisi musulmonlarning bozorlariga tushadi.

Makkaga tushgan maloika, ogoh bo‘linglar, kim Allohning farzlarini tark etsa, Alloh taoloning rahmatidan chiqadi, deb nido qiladi. Madinada tushgani aytadiki, ogoh bo‘linglar, kim Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini tashlasa, u zotning shafoatidan mahrum bo‘ladi. Baytul Maqdisga tushgani nido qiladiki, ogoh bo‘linglar, kim haromdan mol kasb qilsa, boshqa amallarini qabul qilmaydi. Qabristonga tushgan, ey qabr egalari, nimaga havas qilasizlar va nimaga pushaymon yeysizlar, deb nido qilganida, o‘tkazib yuborgan umrimizga pushaymon yeymiz, Allohning kalomini o‘qiyotgan, ilmlarda muzokaralar qilayotgan, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovotlar aytayotgan va gunohlari uchun istig‘for so‘rayotgan odamlarga xursand bo‘lamiz, biz esa, ulardan hech qaysisiga qodir emasmiz, deb aytishadi. Bozorlarga tushadigani nido qiladiki, ey odamlar, shoshmanglar, shoshmanglar, Allohning qudrati va o‘ch olishi bor, kim Allohning qudrati va o‘ch olishidan qo‘rqsa, o‘zining jarohatiga da’vo topsin, toki gunohlariga tavba qilguncha, sizlarni ko‘p uyg‘otdik, uyg‘onmadinglar va ko‘p qo‘rqitdik, qo‘rqmadinglar, agar Allohdan qo‘rquvchi odamlar va emizikli bolalar bo‘lmaganida, hayvonlar o‘tlab yurmaganida, ruku’ qilib turgan chollar bo‘lmaganida sizlarga azob tashlanardi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:49:35
560. Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar alayhissalom: "Ey Oyisha, gunohlarni kichik ko‘rishdan saqlan, chunki uning ham Alloh tarafidan bir so‘rovchisi bor", dedilar.

Aytadilarki, kichkina gunohlarning misoli kishi yiqqan mayda o‘tinlarga o‘xshaydi. So‘ngra u kishi o‘t yoqadi.

Yana aytiladiki, Tavrotda, kim yaxshilikni eksa, salomatlikni o‘rib oladi, deb, Injilda, kim yomonlikni eksa, pushaymonni o‘rib oladi, deb yozilgan. Bu so‘z Qur’onda:
"Kim yomon amal qilsa, u bilan jazolanadi" (Niso, 123), deyilgan.

Qosim ibn Muhammad Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. U kishidan: "Ko‘p gunohi va ko‘p amali bo‘lgan kishi ajibroqmi yoki oz gunoh va oz amali bo‘lgan kishimi?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Salomatlikka hech narsani tenglashtirmayman", ya’ni, ozgina gunoh yaxshiroq.

Ulamolarning ba’zilari aytadi: "Har bir kam amal qiluvchi itoat bilan amal qiladi, lekin karim kishi gunohni tashlagan kishidir".

Faqih (r.a.) aytadilar: Alloh kitobida gunohni tark qilish itoat amallaridan afzalligiga dalil bordir. Chunki Alloh taolo yaxshilikni oxiratga olib kelishni shart qildi va gunohlar masalasida uni tark etishdan boshqa narsa shart qilinmadi.

Alloh taolo aytadi:
"Kim yaxshi amal qilsa, unga o‘n barobar (qaytarilur)" (An’om, 160);

"Endi kim (hayoti dunyodalik paytida qiyomat kuni mahshargohda) Parvardigorining (huzurida) turishi (va U zotga hisob-kitob berishi)dan qo‘rqqan va nafsini havoyu xohishlaridan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur" (Noziot, 40—41).

Havoyi nafs hamma gunohlarning aslidir. Darhaqiqat, toatlarda ko‘p jihatlar, vaqtlar shart qilindi. Shundan so‘ng Alloh xohlasa, qabul qiladi va jannatga o‘z rahmati va fazli bilan kirgizadi, agar xohlasa, qaytaradi. Gunohlarni tashlashda uni tark qilishdan boshqa narsani shart qilmadi va jannatga kirgizishni va’da berdi:
"Agar sizlar man’ etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, qilgan kichik gunohlaringizni o‘chirurmiz va sizlarni ulug‘ manzil — jannatga kiriturmiz" (Niso, 31).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:50:16
561. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Alloh taolo qaytargan narsaning ozginasini tark qilish ins va jin ibodatlaridan yaxshidir".

_____________
Gunohlar haqidagi rivoyatlar bobi hadislari

553-hadis. Juda zaif. "œAl-lison"ga qarang.
553a-hadis. Ibn Murdavayh, Abu Na’im rivoyat qilgan.
554-hadis. Zaif. Sanadida uzilish bor.
555-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan.
556-hadis. Zaif. Abu Na’im, Daylamiy rivoyat qilgan.
557-hadis. Muttafaqun alayh.
558-hadis. Sanadi topilmadi.
559-hadis. Yolg‘on. "œAl-mezon"ga qarang.
560-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
561-hadis. Sanadi topilmadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:50:42
QIRQ SAKKIZINCHI BOB
ZULM HAQIDA


562. Faqih aytadilar: Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qilib aytadilarki: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Alloh taolo zolimga muhlat berib qo‘yadi, agar uni tutsa, hech ham qutula olmaydi", dedilar.

Ya’ni, Allohning tutishidan najot topolmaydi, keyin bu oyatni o‘qidilar:
"Parvardigoringiz (ahli-egalari) zolim bo‘lgan shaharlarni ushlaganida, mana shunday ushlar. Uning ushlashi — azobi alamli va qattiqdir" (Hud, 102).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:50:55
563. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimki birodariga, uning moliga yoki obro‘siga zulm yetkazgan bo‘lsa, dinor ham, dirham bo‘lmagan kunda undan olinmasdan avval u bilan rozilashib olsin. Agar yaxshi amallari bo‘lsa, o‘sha zulmiga yarasha yaxshiliklaridan olinadi. Agar yaxshi amallari bo‘lmasa, zulm yetgan kishining gunohlaridan olinib, unga beriladi, keyin u do‘zaxga tashlanadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:51:03
564. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ummatimning muflisini bilasizlarmi?" deb savol qildilar. "Muflis dirhami ham, dinori ham, matosi ham bo‘lmagan kishidir", deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Ummatimning muflisi qiyomat kuni namoz, ro‘za, zakot bilan keladi, shu bilan birga birovni so‘kkan, birovning molini yegan, birovni zinokor deb ayblagan, birovning qonini to‘kkan, birovni urgan. Shu ishlari uchun uning yaxshiliklaridan olinadi. Agar yaxshiliklari to‘lovlarini to‘lashga yetmasa, ularning xatolari olinib, unga beriladi, so‘ng do‘zaxga uloqtiriladi".

Abu Maysaradan zikr qilinadi: "Bir kishi dafn etilgandan keyin uning qabriga Munkar va Nakir qamchi bilan kelishdi va, biz seni yuz qamchi uramiz, deyishdi. o‘lik, men bunday-bunday kishi edim, dedi. So‘ngra uni shafoat qilishib, o‘ntasini o‘chirishdi. Oxiri o‘chirib-o‘chirib, to‘qson to‘qqiztasi ketdi, bittasi qoldi. Munkir va Nakir, biz seni bir qamchi uramiz, deyishdi va uni bir qamchi urishdi, shunda qabr o‘t bo‘lib yondi. O‘sha kishi, nimaga meni urdingizlar, deb so‘radi. Aytishdiki, bir zulm yetgan kishining oldidan o‘tayotgan eding, u sendan yordam so‘radi, unga yordam bermading".

Mazlumga yordam bermagan kishining holati shu bo‘lsa, zolimning holati qanday bo‘lar ekan?!

Faqih aytadilar: Gunohlarning zulmdan-da kattarog‘i yo‘qdir. Chunki gunoh Alloh bilan bandaning orasida bo‘ladi, Alloh taolo karim zot, kechirib yuborishi mumkin. Agar gunoh sen bilan boshqalar orasida bo‘lsa, xusumatchilaringni rozi qilishdan boshqa ilojing yo‘q. Zolim qilgan zulmi uchun tavba qilsin, zulm bergan kishisidan kechirim so‘rab olsin, agar qodir bo‘lmasa, uning uchun istig‘for aytsin va duo qilsin. Mana shu ishlar bilan ham umid qilinadi.

Maymun ibn Mahron aytadilar: "Agar kishi bir insonga zulm qilib qo‘ysa va o‘sha qilgan zulmi, tufayli undan kechirim so‘ramoqchi bo‘lsayu, u dunyodan o‘tib ketib, qodir bo‘lmasa, uning uchun har kuni namozning orqasidan istig‘for so‘ramog‘i kerakdir".

Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Kim zolimning zulmiga yordam bersa yoki biron musulmon kishining haqqini poymol qiladigan hujjatni unga o‘rgatib qo‘ysa, Allohning g‘azabiga yo‘liqadi va bu ishning gunohi uning ustidadir".

Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot Ahnaf ibn Qaysdan: "Odamlarning eng johili kim?" deb so‘radilar. Ahnaf aytdilar: "Oxiratini dunyosiga sotgan kishidir". "Umar ibn Xattob (r.a.): "Senga bundan ham ilmsizroq kishining kimligini aytayinmi?" dedilar.

"Ayting, ey amirul mo‘minin".

"Birovning dunyosiga o‘zining oxiratini sotgan kishidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:51:42
565. Molik ibn Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Zolim birodaringga ham, mazlum birodaringga ham yordam ber", dedilar. "Ey Allohning elchisi, mazlumga-ku, yordam beraman, ammo zolimga qanday yordam beray?" deb so‘radim. Aytdilar: "Uni zulmdan qaytarsang, ana shu sening unga yordamingdir".

Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Hammaga yaxshilik qildim. Hech kimga hech qachon yomonlik qilmadim. Chunki Alloh taolo:
"Kim biron yaxshi amal qilsa, o‘zi uchundir, kim yomon amal qilsa, o‘z ziyoniga qilur" (Fussilot, 46), deb aytgan". Ya’ni, agar birovga yaxshilik qilsam, o‘zimga yaxshilik qilgan bo‘laman, birovga yomonlik qilsam ham, o‘zimga yomonlik qilgan bo‘laman.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:51:50
566. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Haromdan bir daniq (o‘lchov birligi — muh.) qaytarish Allohning huzurida yetmishta mabrur hajdan afzaldir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:52:02
567. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim Alloh taoloning yuzi haqida so‘rasa, la’natlangandir. Kim Alloh taoloning yuzi haqida so‘ralsa, so‘rovchini umuman so‘ramaydigan qilib qaytarsin. Muslim birodariga zarar bergan yoki makr qilgan kishi la’natlangandir. Yolg‘on gapirgan la’natlangandir. Bir yilda bir poklanmaydigan mol la’natlangandir. Har yili bir kun baloga yo‘liqmagan (sinalmagan) tan la’natlangandir, ya’ni, oyog‘i qoqilib yiqilmagan bo‘lsa, musibat yetmagan bo‘lsa, kasal bo‘lmagan bo‘lsa, biron joy tirnalmagan bo‘lsa, ko‘z og‘rimagan bo‘lsa".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:52:10
568. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo Iso alayhissalomga vahiy qilib: "Ey Iso, bani Isroil jamoasiga ayt, Men podshohlarning podshohiman, ularning qalblariga qudratim bilan egalik qilib turaman. Agar itoat qilishsa, podshohlarni ularga mehribon qilib qo‘yaman, agar Menga osiylik qilishsa, podshohlarni ularga zulmkor qilib qo‘yaman, shunda ularni badduo qilish bilan mashg‘ul bo‘lib qolmanglar, balki Menga tavba qilinglar, ularni sizlarga shafqatli qilib qo‘yaman", dedi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:52:19
569. Faqih (r.a.) aytadilar: Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: "Muhojirlardan bittasining Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga hojati tushdi. U kishi bilan bir xoliroq joyda uchrashmoqni xohladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Batho degan joydagi lashkargohda edilar. U zot kechasi kelib, bomdodgacha aylanardilar, keyin qaytib ketardilar. So‘ngra bomdodni o‘qir edilar. Bir kuni aylanib bo‘lgach, muhojir kishi u zotning oldilariga kelib, tuyalarini yuganidan ushladi va: "Ey Allohning elchisi, mening sizda hojatim bor", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Meni qo‘y, yaqinda hojatingga yetasan". Muhojir kishi bosh tortdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ushlanib qolishdan qo‘rqib, uni qamchi bilan bir turtdilar.

Keyin bomdod namozini o‘qidilar. Bomdodni o‘qib bo‘lib, yuzlarini qavmga burdilar, qavm atroflarida to‘plandi. "Boya men qamchi bilan turtgan kishi qaerda?" dedilar. Keyin: "Agar qavmning ichida bo‘lsa, tursin", deb aytdilar. Haligi kishi: "Alloh taolo bilan, so‘ng payg‘ambari bilan panoh tilayman", der edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Yaqinroq kel, menga yaqin kel", dedilar. Yaqin keldi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uning oldiga o‘tib, qamchini berdilar va: "Men urganimdek sen ham meni qamchi bilan ur, mendan qasos ol", dedilar. Haligi kishi: "Allohdan payg‘ambarini urishdan panoh tilayman", dedi. Payg‘ambar aytdilar: "Yegan tayog‘ingni ol, qasos ol, buning zarari yo‘q". Muhojir yana: "Allohdan payg‘ambarini tayoqlashdan panoh tilayman", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kechir, yoki qasos ol". U qamchini uloqtirib yuborib: "Kechirdim, ey Allohning elchisi", dedi. So‘ng Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey odamlar, Parvardigoringizdan qo‘rqinglar. Qaysilaringiz mo‘minlarga zulm qilsa, Alloh taolo undan qiyomat kuni o‘ch oladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:52:27
570. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Allohga qasamki, qiyomat kuni haqdor kishilarga haqlari to‘la-to‘kis ado qilinadi, hatto shoxli qo‘chqordan shoxsiz qo‘chqorning ham haqqi olib beriladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:52:42
571. U zot sollallohu alayhi vasallam yana aytadilar: "Mazlumlar qiyomat kunida najot topgan kishilardir".

Sufyoni Savriy (r.a.) aytadilar: "Alloh taologa o‘zing bilan Alloh o‘rtasidagi yetmish gunoh bilan uchrashmog‘ing o‘zing bilan bandalar orasidagi bitta gunoh bilan uchrashmog‘ingdan yaxshiroqdir".

Ibrohim Adham (r.a.) aytadilar: "Kishining qarzi bo‘la turib, yog‘ yeyishi yoki ozginasidan ham foydalanishi durust emas".

Fuzayl ibn Iyoz aytadilar: "Alloh taoloning kitobidan bir oyatni o‘qib, unga amal qilish menga Qur’onni ming marta xatm qilishdan yaxshidir. Mo‘minni xursand etish va hojatini chiqarish menga bir umr ibodat qilib o‘tishdan yaxshidir. Dunyoni tark etish va undan bosh tortish menga yer va osmon ahllari ibodatini qilishimdan yaxshidir. Haromning bir misqolchasini tashlashim menga yuzta halol mol bilan qilgan hajdan yaxshidir".

Abu Bakr Varroq aytadilar: "Imon ko‘pincha qalbdan o‘lim vaqtida sug‘urib olinadi. Gunohlarimizga qaradik, gunohlar ichida imonni qalbdan eng tez sug‘urib oluvchisi bandalarga yetkazilgan zulm ekan".

Abul Qosim Hakimdan so‘rashdi: "Bandani imondan ayiradigan gunoh bormi?" Aytdilar: "Ha. Uch narsa bandani imondan ayiradi:
1. Islomga (ya’ni, musulmon bo‘lganiga) shukrni tark qilish.
2. Islomning ketib qolishdan qo‘rqmaslik.
3. Islom ahliga zulm qilish".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:52:59
572. Anas (r.a.) rivoyat etadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir kishiga uch narsani nasihat qilib aytdilar: "O‘limni eslashni ko‘paytir, shunda boshqa narsa bilan mashg‘ul bo‘lishni tark qilasan, shukrni mahkam tut, u ne’matni ziyoda qiladi, duoni ham mahkam tut, chunki duoing qachon mustajob bo‘ladi, bilmaysan. Uch narsadan seni qaytaraman: Ahdni buzma, uning buzilishiga ham yordam berma, zulmdan saqlan. Kim birovga zulm qilsa, Alloh taolo zulm ko‘rgan kishiga yordam beradi. Makrdan saqlan. Chunki makr yomonlik keltiradi".

Zayd ibn Sumra aytadilar: "Jahannamda dengiz sohiliga o‘xshagan bir joy mavjud. Unda tuyadek keladigan ilonlar, chayonlar bor. Agar jahannam ahli azoblarning yengil bo‘lmog‘i uchun yordam so‘rasalar, sohilga chiqinglar, deyiladi. Chiqsalar, ilonlar ularning lablaridan, yuzlaridan Alloh xohlaganicha tishlab olishadi. So‘ngra terilarini shilishadi. Ular yordam so‘rab, do‘zaxga qochadilar. Ular qichima kasaliga giriftor qilinadi. Terilarini qashiyverganlaridan suyaklari ko‘rinib ketadi. Shunda: "Ey falonchi, senga bu hol azob beryaptimi?" deyiladi. U "Ha", deydi. "Bu hol sening bergan aziyatlaring mahsuli, sen mo‘minlarga zulm qilarding", deyiladi.

Bu ma’no Alloh taoloning so‘zidan olingan:
"Buzg‘unchilik qilganliklari sababli azob ustiga azobni ziyoda qilurmiz" (Nahl, 88).

Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Mo‘minga zulmning uchtasi uni zolim deyishga kifoya qiladi: Odamlarning qilgan ishlarini ayblab turib, o‘zi u ayb ishni qilaveradi; odamlarning ayblarini ko‘radi, ammo o‘zininiki ko‘rmaydi; foydasi yo‘q narsada suhbatdoshiga aziyat beradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:53:39
573. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Qiyomat kuni arshning tagidan nido qiluvchi nido qiladi: "Ey Muhammadning ummati, menga qilgan gunohlaringizni o‘zlaringa berdim, endi o‘zlaringizning oralaringizdagi gunohlar qoldi. Uni bir-birlaringizga beringlar va Mening rahmatim bilan jannatga kiringlar".

Shayx Zohid Abu Abdulloh Raqqiy aytadilar: "Uyqu bilan uyg‘oqlik orasida edim, g‘oyibdan ovoz kelib: "Fazilatlarning hammasi jamlansa, jumlasi ikki narsaga qaytadi — Allohning ishini ulug‘lash va odamlar orasini isloh qilish".

Bu haqda Allohning so‘zi bor:
"O‘z oralaringizni o‘nglanglar" (Anfol, 1).
Alloh taolo bilguvchiroqdir.

________________
Zulm haqidagi bob hadislari

562-hadis. Muttafaqun alayh.
563-hadis. Sahih. Buxoriy, Ahmad rivoyat qilgan.
564-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
565-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy rivoyat qilgan.
566-hadis. Botil. "œTanzihush-sha’irat"ga qarang.
567-hadis. Hasan. "œAs-sahiha"ga qarang. "œKim muslim birodariga zarar yetkazsa yoki makr qilsa, la’natlangandir" jumlasi zaif.
568-hadis. Juda zaif. Tabaroniy, Abu Na’im rivoyat qilgan.
569-hadis. Sanadi topilmadi.
570-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy rivoyat qilgan.
571-hadis. Zaif. "œZaiful jome’"ga qarang.
572-hadis. Zaif. "œZaiful jome’"ga qarang.
573-hadis. Mavzu’. "œIhyo"ga qarang.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:54:01
QIRQ TO‘QQIZINCHI BOB
RAHMAT VA SHAFQAT


574. Faqih aytadilar: Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qildilar: "Bir kishi yo‘lda ketayotib qattiq chanqadi va quduqni topib, unga tushib suv ichdi. Chiqqanida bir it hansirab, chanqaganidan tuproqni yalayotganini ko‘rdi. Haligi kishi o‘ziga-o‘zi, bu it xuddi menga o‘xshab chanqabdi, dedi. So‘ng quduqqa tushib mahsisini to‘ldirib, suv olib chiqdi va itning og‘ziga quydi. It suv ichib, chanqog‘ini bosdi. Alloh taolo unga shukr aytdi (ya’ni, undan rozi bo‘ldi) va gunohini kechirdi". "Ey Rasululloh, bizlar hayvonlar uchun ham ajr olamizmi?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Har bir jigari bor jonda ajr bor".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:54:12
575. Hasan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Jannatga rahm qiluvchilar kiradi". "Ey Allohning elchisi, biz hammamiz rahmdilmiz", deyishdi. "Rahmlilik har birlaringiz uchun xos emas, balki odamlarga hammalari rahm qiladi, rahm qilsalar ham, Alloh uchun qiladilar".

Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Agar birodaringizga bir jazo yetgan bo‘lsa, uni la’natlamangiz, uning ustida shaytonga yordam bermangiz, balki: "Ey Parvardigor, unga rahm qil, ey Parvardigor, uning tavbasini qabul qil", deb aytingiz".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:54:32
576. Sha’biy aytadilar: No‘’mon ibn Bashir minbarga ko‘tarildilar va Allohga hamdu sano aytdilar. So‘ng: "Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam: "Musulmonlar bir-birlariga nasihat qilib yurmog‘i va o‘zaro rahmli bo‘lmog‘i lozim. Jasaddagi a’zolar misoliki, agar bittasi og‘risa, qolgan a’zolar bedorlik bilan hamdard bo‘ladi, toki og‘riq ketguncha", deganlarini eshitganman", dedilar".

Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Umar (r.a.) kechalarning birida aylanib yurardilar. Bir joyga tushgan to‘daning yonidan o‘tdilar. Umar (r.a.) ularga o‘g‘ri tushishidan qo‘rqdilar. Abdurahmon ibn Avfning oldilariga keldilar. Abdurahmon: (r.a.): "Bu soatda nima qilib yuribsiz, yo amirul mo‘minin?" deb so‘radilar. "Bir jamoatning yonidan o‘tdim. Keyin o‘zimcha, bular yotib uxlaydi, so‘ng ularni o‘g‘rilar tunaydi, deb qo‘rqdim. Men bilan yuring, ularni qo‘riqlaymiz", dedilar. Ikkovlari borib, jamoat yotgan joyga yaqinroqda o‘tirib, qo‘riqchilik qila boshladilar, tong yorishgachgina turdilar. Keyin Umar (r.a.): "Ey ahli jamoat, namoz", deb bir necha marta nido qildilar. Ularning harakatga tushganlarini ko‘rib, qaytib ketishdi".

Faqih (r.a.) aytadilar: Sizlar oldin o‘tganlarga ergashishlaringiz lozim. Payg‘ambar alayhissalom sahobalari bir-birlariga rahm qilganlari tufayli maqtovga erishdilar. Alloh taolo aytadi:
"O‘zaro rahm-shafqatlidirlar" (Fath, 29).

Ular musulmonlarga va barcha maxluqlarga rahmlidirlar, zimmiylarga ham rahm qiladilar, shunday ekan, qanday qilib musulmonlarga rahmli bo‘lmasinlar.

Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi zimmiylardan biri odamlar eshigi oldida tilanchilik qilib yurganini ko‘rdilar. U qari chol edi. Umar (r.a.) unga: "Biz senga insof qilmadik. Yoshligingda sendan jizya oldik, bugun esa tashlab qo‘yibmiz", dedilar va u kishiga musulmonlarning baytul molidan ovqat berib turishni buyurdilar.

Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Umarning (r.a.) yelkalarini qisib vodiy tomonga yugurib ketayotganlarini ko‘rdim. U kishiga: "Ey amirul mo‘minin, qaerga ketyapsiz?" dedim. U zot: "Zakot tuyalaridan bittasi qochibdi, uni izlab ketyapman", dedilar. O‘zingizdan keyingi xalifalarni xor qildingiz", dedim. "Meni malomat qilmang, ey Abul Hasan, – dedilar, – Muhammad sollallohu alayhi vasallamni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, agar bir uloq Furot daryosi sohiliga ketib qolsa, qiyomat kunida Umardan so‘raladi. Musulmonlarni tashlab qo‘ygan hokimning, mo‘minlarni adashtirgan fosiqning hurmati yo‘qdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:55:00
577. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ummatimning keyingilari namozi va ro‘zasining ko‘pligi uchun emas, balki qalblarining rahmati, ko‘ngillarining salomatligi, nafslarining saxovati va barcha musulmonlarga rahmdilligi bois jannatga kiradilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:55:08
578. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Sening ustingda musulmonlarning to‘rtta haqqi bor: Ularning yaxshilariga yordam berishing, gunohlari uchun istig‘for aytishing, boshliqlarini duo qilishing va tavba qiluvchilarini yaxshi ko‘rishing", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:55:17
579. Abu Ayyub (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: "Musulmonning musulmon birodari ustida olti xislat vojibdir. Agar bittasini tark qilsa, vojib haqni tark qilgan bo‘ladi. Agar chaqirsa, javob berish, kasal bo‘lsa, borib ko‘rish, o‘lsa, janozasida hozir bo‘lish, yo‘lda uchrasa, salom berish, nasihat so‘rasa, nasihat qilish va agar aksa ursa, unga rahmat tilash".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:55:29
580. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qaysi payg‘ambar o‘tgan bo‘lsa, podachilik qilgandir". "Siz ham qo‘y boqqanmisiz?" deb so‘rashdi. "Ha, boqqanman", dedilar u zot.

Faqih aytadilar: Payg‘ambarlarning qo‘y boqishidagi hikmat, Alloh taolo ularni avvalo hayvonlar bilan imtihon qildi, hatto ularda maxluqotlarga nisbatan mehr-shafqat zohir bo‘ldi. Holbuki, Alloh ularni yaxshi biladi. Ularni hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatli topsa, keyin odam farzandlariga nabiy va din ishlariga ega qilib qo‘yadi.

Rivoyat qilinishicha, Muso alayhissalom: "Ey Allohim, qaysi narsa uchun meni tanlab olding?" dedilar. "Yaratgan narsalarimga rahmdilliging uchun. Sen Shuaybning (alayhissalom) qo‘ylarini boqarding. Qo‘ylaring ichidan bir qo‘y qochdi, orqasidan yurib, ushlaguncha ko‘p harakat qilding. Ushlaganingdan keyin, uni quchog‘ingga olib, mahkam bosib aytdingki, ey bechora, nimaga meni bunchalik charchatding? O‘zingni charchatding. Maxluqimga rahm qilding, shu uchun Men seni tanlab oldim va payg‘ambarlik bilan ikrom qildim", dedi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:55:39
581. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qiladilar: U zot: "Kim bu dunyoda musulmon birodarining bir aybini yopsa, Alloh taolo dunyo va oxiratda uning aybini yopadi. Kim birodaridan dunyo g‘amlaridan bir g‘amni ketkazsa, Alloh uning qiyomat kunidagi g‘amlaridan bir g‘amini ketkizadi. Alloh taolo bandasiga yordam berib turadi, modomiki, u banda birodariga yordam berib turgan bo‘lsa", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:55:50
582. Qatoda Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, sizlardan birortangiz mo‘min bo‘lmaysizlar, toki o‘zingiz yaxshi ko‘rgan narsani birodaringiz uchun ham yaxshi ko‘rmaguningizcha".

Sha’biy Umardan (r.a.) rivoyat qiladilar: Amirul-mo‘minin aytdilarki: "Alloh taolo rahm qilmagan kishiga rahm qilmaydi, kechirmagan kishini kechirmaydi. Birovning tavbasini qabul qilmagan kishining tavbasini qabul qilmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:55:58
583. Ba’zi sahobalar (r.a.) aytishgan ekan: "Rahm qiluvchilarga Rahmon rahm qiladi. Yerdagi kishilarga rahm qilinglar, osmondagi Zot sizlarga rahm etadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:56:58
584. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim odamlarga rahm etmasa, Alloh ham unga rahm qilmaydi".

Qatoda aytadilar: "Injilda yozilgan kalima zikr qilindi: "Ey odam farzandi, qanchalik rahm qilsang, shunchalik rahm ko‘rasan. Qanday qilib bandalarga rahm qilmasdan turib, Alloh senga rahm etishini umid qilasan?!"

Abu Dardo (r.a.) bolalarning orqasidan yurib, ulardan chumchuqlarni sotib olar, keyin ularni qo‘yib yuborar va, bor, yashayver, der edilar.

Shaqiq Zohid aytadilar: "Agar bir kishining yomonligini zikr qilsang va unga rahming kelmasa, o‘sha holda sen undan yomonroqsan. Agar yaxshi kishini zikr qilib, qalbingda Allohga itoatning halovatini topmasang, yomon odamsan".

Molik ibn Anas aytadilar: "Iso alayhissalomning bunday deganlarini eshitdim: Allohning zikridan boshqa kalomni ko‘paytirmanglar, qalblaring qattiq bo‘ladi. Qattiq qalb Allohdan uzoq bo‘ladi, lekin bilmaysizlar. Birovlarning ayblariga arboblardek qaramanglar. Balki o‘zlaringizni quldek bilib qaranglar. Odamlar ikki qismdir: Balolangan va kechirilgan. Balolanganga rahm qilinglar, ofiyat uchun Allohga hamd aytinglar".

Abu Abdulloh Shomiydan rivoyat qilinadi: "Tovusning huzuriga kirishga ruxsat so‘radim. Bir qari kishi chiqdi. "Siz Tovusmisiz?" deb so‘radim. "Yo‘q, men o‘g‘liman", dedi. "Agar siz o‘g‘li bo‘lsangiz, u kishi qarib, aqli kamayib qolgandir", dedim. "Olimning aqli kamaymaydi", deb javob qildi o‘g‘li. Keyin u kishining oldilariga kirdim. "So‘ra, lo‘nda javob beraman", dedilar. "Qisqa aytsangiz, men ham qisqa aytaman", dedim. "Agar xohlasang, — dedilar, — senga Tavrotni, Injilni, Furqonni uch kalimada jam qilib beraman?" "Xohlayman", dedim. "Allohdan qo‘rq, Undan boshqadan Undan qo‘rqqandek qo‘rqma; Undan umid qil va umiding Undan qo‘rqishingdan ustun bo‘lsin; boshqaga o‘zing yaxshi ko‘rgan narsangni yaxshi ko‘r", deb aytdilar".

Ammor ibn Yosir (r.a.) aytadilar: "Kim uch narsani jam qilsa, imonning hammasini jam etibdi: Kambag‘allikda infoq-ehson qilish, insofli bo‘lish va odamlar orasida salomni yoyish".

Umar ibn Abdulaziz (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Allohga sevimli ishlar uchtadir. Birinchisi — o‘ch olishga qodir bo‘lgan vaqtda kechirish; ikkinchisi — g‘azabi kelganda o‘zini bosish; uchinchisi — Allohning bandalariga yumshoqlik qilish, kim Allohning bandalariga yumshoqlik qilsa, unga ham yumshoqlik qilinadi".

Hisham Hasandan rivoyat qiladilar: "Alloh taolo Odam alayhissalomga vahiy qildi: "Ey Odam, to‘rt narsani o‘zing va zuryodlaring uchun jam qil. Bittasi Menga, bittasi o‘zingga, bittasi sen va Mening oramda, bittasi sen va odamlar orasida. Men uchun bo‘lgani — Menga ibodat qilib, boshqani sherik qilmasliging; o‘zing uchun bo‘lgani — amaling, seni u bilan muhtoj bo‘lganingda mukofotlayman; Men bilan sening orangdagi — sening duo qilishing, Mening qabul etishim; sen bilan odamlar orasidagi — ularga o‘zingga qanday do‘st bo‘lishlarini xohlaganing kabi do‘st bo‘l". Alloh bilguvchiroqdir.

____________
Rahmat va shafqat bobi hadislari

574-hadis. Muttafaqun alayh.
575-hadis. Mursal. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
576-hadis. Muttafaqun alayh.
577-hadis. Zaifligi bor.
578-hadis. Zaifligi bor.
579-hadis. Zaif.
580-hadis. Sahih. Buxoriy, Molik rivoyat qilgan.
581-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan.
582-hadis. Muttafaqun alayh.
583-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
584-hadis. Muttafaqun alayh.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:57:37
ELLIGINCHI BOB
ALLOH TAOLODAN QO‘RQISH HAQIDA


585. Said ibn Musayyab aytadilar: "Umar, Ubay ibn Ka’b va Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kirishdi. Va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga: "Ey Allohning rasuli, odamlarning ilmlirog‘i kim?" deb savol berishdi. "Aqlli kishi", dedilar. "Odamlarning obidrog‘i kim?" deb so‘rashdi. Yana: "Aqlli kishi", dedilar. "Ey Allohning elchisi, odamlarning afzali kim?" deyishdi. Tag‘in: "Aqlli kishi", dedilar. "Ey Allohning rasuli, aqlli kishi odamiyligi komil bo‘lgan, fasohati zohir etgan, saxiyligi ko‘paygan va martabasi ulug‘ kishi emasmi?" deyishdi keyin. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Barchasi faqat hayoti dunyo matolaridir. Oxirat esa Parvardigoringiz nazdida taqvodor zotlar uchundir" (Zuxruf, 35). Aqlli kishi taqvodor kishidir, garchi dunyoda past sanalsa ham".
Ya’ni, taqvodor shunday zotki, u ham Allohdan qo‘rqadi, ham gunohlaridan qo‘rqadi.

Molik ibn Dinor (r.a.) aytadilar: "Agar kishi nafsida qo‘rqinch va umid alomatini bilsa, u ishonchli ishni ushlabdi. Qo‘rqinch alomati — Alloh taolo man qilgan narsalardan qaytish. U umid etish alomati — Alloh taolo buyurganlarini qilish".

Aytilishicha, xavf va umid ikki alomatdir. Umid alomati — amalingizning Allohni rozi qiladigan bo‘lishi, qo‘rqinch alomati — Alloh man qilgan narsalardan qaytishingiz.

Faqih aytadilar: Abdulloh ibn Abbos (r.a.) Hazrati Umarga (r.a.) suiqasd qilinganda: "Ey amirul mo‘minin, odamlar kofirligida musulmon bo‘ldingiz. Odamlar o‘zini chetga olganda, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga jang qildingiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida sizdan rozi bo‘lib ketdilar. Sizga hech qachon ikki kishi muxolif bo‘lmadi. Shahid bo‘lib, jon beryapsiz", dedilar. Shunda Umar (r.a.) aytdilar: "Fururlanuvchi sizlar g‘ururlantirgan kimsadir. Allohga qasamki, agar quyosh nuri yetgan barcha narsa meniki bo‘lsa, ularni qiyomat kunidagi qo‘rqinchga fido qilib yuborar edim".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:57:46
586. Hasan Basriy Jobirdan (r.a.), u kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Mo‘min ikki qo‘rqinch orasidadir: O‘tgan umrini Alloh nima qilishini bilmaydi va qolgan umriga qanday taqdir bitganini ham bilmaydi. Banda nafsidan nafsi uchun, dunyosidan oxirati uchun ozuqa tayyorlasin. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, o‘limdan keyin tanbeh yo‘qdir, dunyodan keyingi hovli yo jannat, yo do‘zaxdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:58:03
587. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Alloh azza va jalla deydi: "Izzatim va buyukligimga qasamki, ikkita qo‘rquv va ikkita xotirjamlikni bandamda jam qilmayman. Kim dunyoda Mendan qo‘rqsa, oxiratda uni xotirjam qilaman. Kim dunyoda xotirjam bo‘lsa, qiyomatda uni qo‘rqitaman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:58:19
588. Ammor ibn Mansur (r.a.) rivoyat qiladilar: "Adiy ibn Arta’aning minbarlari tagida edim. "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan o‘rtamizda bo‘lgan gapni aytib beraymi?" deb qoldilar. Odamlar: "Ha", deyishgach, aytdilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Alloh taolo yaratgan kundan boshlab, qiyomatgacha yettinchi osmonda sajda qiluvchi maloikalar bordir. Ularning tizzalari Allohdan qo‘rqqanidan qaltirab turadi. Qiyomat kuni bo‘lsa, ular boshlarini (sajdadan) ko‘tarib, ey pok Parvardigor, Senga haqiqiy ibodat qila olmadik", deb aytishadi", dedilar".

Abu Maysaradan rivoyat qilinadi: U kishi ko‘rpasiga yotayotganlarida aytar ekanlar: "Qani, meni onam tug‘masa edi". Xotinlari: "Ey Abu Maysara, Alloh sizga yaxshiliklar bermadimi, Islomdek ne’matga sazovor qilmadimi?" desa, "To‘g‘ri, lekin Alloh taolo bizlarning do‘zaxga kirishimizni bayon qildi-yu, undan chiqishimizni bayon qilmadi", der ekanlar.

Fuzayil ibn Iyoz (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Men muqarrab farishta bo‘lishni ham, payg‘ambar bo‘lib yuborilishni ham orzu qilmayman. Ular qiyomat kuni itobga olinmaydilarmi? Men yaratilmaganimda edi, deb orzu qilaman".

Hakimlardan biri aytadi: "Xafalik ovqatdan tiyadi, xavf esa gunohlardan. Umid toatni mustahkamlaydi, o‘limni eslash ortiqcha narsalarni tark etdiradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:58:39
589. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Mo‘minning qalbi Allohdan qo‘rqqanidan qaltirasa, xatolari daraxtning barglari tukilgan yanglig‘ to‘kiladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:58:50
590. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: "Sizni ahlingiz kimlar, ey Allohning elchisi?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Qiyomat kunigacha taqvo qilgan har bir mo‘min mening ahlimdir. Ogoh bo‘linglarki, mening do‘stlarim taqvodorlardir. Biringizning biringizdan fazlingiz Allohga taqvo qilishingiz bilandir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:59:38
591. Hasandan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Uch narsa najot beradi va uch narsa halok etadi. Halok qiluvchi narsalar — qattiq baxillik, o‘zining orqasidan ergashtiruvchi havoyi nafs, kishining o‘z-o‘ziga ajablanishi. Najot beruvchilar — g‘azab va rizolikda adolat qilish, tanglik va kenglikda iqtisod qilish, yashirin va oshkora Allohdan qo‘rqish".

Rabi’ ibn Xusaymdan zikr qilinadi. U kishi kechasi bilan qo‘rqib yig‘lab chiqar edilar. Onalari bu holatlarini ko‘rib: "Birontani o‘ldirdingmi?" deb so‘ragan edilar, "Ha", deb javob qildilar. "Kim u? Uning yaqinlaridan afv so‘raymiz. Allohga qasamki, ular sening ahvolingni bilsalar, senga rahm qiladi", dedi onalari. U kishi shunda: "Ey onajon, nafsimni halok qildim", dedilar.

Faqih aytadilar: Allohdan qo‘rqishning alomati yetti narsada ayon bo‘ladi.
1. Tilida, ya’ni, tilini yolg‘ondan, g‘iybatdan, ortiqcha so‘zlardan tiyadi va Allohning zikri, Qur’on tilovati, ilmiy muzokaralar bilan mashg‘ul qiladi.
2. Qornida, ya’ni, faqat halol narsani yeydi va hojati miqdorida yeydi.
3. Ko‘zida, ya’ni, haromga qaramaydi, dunyoga rag‘bat nazari qilmaydi, balki ibrat bilan qaraydi.
4. Qo‘lida, ya’ni, uni haromga cho‘zmaydi. Balki qo‘lini Alloh toatidagi ishlarga uzatadi.
5. Oyog‘ida, ya’ni, Allohga gunoh ishlarda yurmaydi.
6. Qalbida, ya’ni, undan birodariga dushmanlik, g‘azablanish, hasad kabi illatlarni chiqarib tashlaydi va musulmonlarga nisbatan mehr-shafqat paydo qiladi.
7. Allohga toatda, ya’ni, toati Alloh yo‘lida xolis bo‘ladi. Riyo va nifoqdan saqlanadi.

Kim ushbu ishlarni qilsa, Alloh taolo aytgan kishilardan bo‘ladi:
"Oxirat esa, Parvardigoringiz nazdida taqvodor zotlar uchundir" (Zuxruf, 35);

"Albatta, taqvodorlar uchun jannatlar va ne’matlar bordir" (Tur, 17). Alloh taolo taqvodor bandalarini kitobining ko‘p joyida maqtab xabar berdiki, ular do‘zaxdan najot topadilar:

"Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz, (bu) Parvardigoringiz (amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir. So‘ng taqvodor bo‘lgan zotlarni (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho‘kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz" (Maryam, 71-72).

Faqih (r.a.) aytadilar: Abu Avvom Ka’bul Ahborning bunday deganlarini rivoyat qiladi: "Allohning "Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz", degan so‘zlarining ma’nosini bilasizlarmi?" Odamlar: "Har bir kishi unga kiradi deb tushunamiz", deyishdi. "Yo‘q, — dedilar u kishi, — unga tushishining ma’nosi, jahannam to‘ng‘izning sassig‘idek holda keltiriladi. Butun xaloyiq — yaxshiyu yomon oyog‘ini unga qo‘yadi. Shunda bir nido keladi: Do‘stlaringni ol, mening do‘stlarimni qo‘yib yubor, deb. Do‘zax o‘zining do‘stlarini oladi. U do‘stlarini ota o‘z farzandini taniganidan ham yaxshiroq taniydi. Mo‘minlar pok holda najot topadilar. Do‘zax posbonlaridan birining ikki boshli gurzisi bo‘ladi, bir tomoni bilan bir urganda yetti yuz ming kishini do‘zaxga uloqtiradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 09:59:55
592. Imron ibn Husayn aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. "Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero (qiyomat) soati (oldidan ro‘y beradigan) zilzila ulug‘ — dahshatli narsadir" (Haj, 1), oyati nozil bo‘ldi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bu kun qaysi kunligini bilasizlarmi?" "Alloh va rasuli biluvchiroq", deyishdi sahoblar. "U kun, — dedilar u zot, — Alloh taolo Odamga, tur, jannat va do‘zaxga ahllarini jo‘nat, deydi. Odam, ey Rabb, do‘zaxga yuborilayotganlar kim, jannatga yuborilayotganlar kim?", deb so‘raydi. Alloh taolo, har ming kishidan bittasi jannatga, to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasi do‘zaxga, deydi".

Qavm yig‘lay boshladi. Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qaysi payg‘ambar o‘tgan bo‘lsa, undan oldin johiliyat bo‘lgan. O‘sha miqdor johiliyat ahlidan olinadi, mabodo, miqdoriga yetmasa, munofiqlardan olinadi. Sizlarning ummatlar orasidagi o‘rningiz hayvon oyog‘idagi nuqta yoki tuyaning qornidagi xol kabidir". Keyin aytdilar: "Men umid qilamanki, ahli jannatning uchdan biri sizlar bo‘lasizlar. Bas, takbir aytinglar".

Hasan Basriy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Birovning gapi seni aldab qo‘ymasin. Kishi yaxshi ko‘rgani bilan birgadir. Ammo yaxshilarning qatoriga faqat ularning amallarini qilish bilan qo‘shilasan. Yahudiylar, nasorolar va bid’at ahllari payg‘ambarlarini yaxshi ko‘radilar, ammo ular bilan birga emaslar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 10:00:04
593. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimning ikki kuni bir xil o‘tsa, u aldangandir. Kimning ertasi bugunidan yomon bo‘lsa, u la’natlangandir. Kim ziyoda qilmasa, u nuqsondadir. Kim nuqsonda bo‘lsa, unga o‘lim yaxshidir".

Ka’bul Ahbordan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Alloh taoloning zumraddan bir uyi bor, tepasi marvariddan. Uning ichida yana yetmish mingta uy bor, har bir uyda yetmish mingta eshik bor. Unga payg‘ambarlar, yo siddiqlar, yo shahidlar, yo odil rahbarlar, yoki o‘z nafsiga hukm qilganlar kiradi".

"Nafsiga hukm qiluvchi kim?" deb so‘rashdi.
"Haromga ro‘para kelganda, Allohdan qo‘rqib, uni tark qilgan kishi", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 10:00:21
594. Faqih aytadilar: Otamdan (Alloh uni rahmatiga olsin) ushbu hadisni eshitdim: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam zamonlarida bir kishi bor edi. Uni Hanzala deb chaqirardilar. O‘sha kishi aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilarida edik, u zot bizlarga mav’iza qilardilar. Qalblar erib, ko‘zlardan yosh oqib, o‘zimizni tanib turardik. So‘ngra ahlimga qaytdim. Xotinim oldimga keldi va ikkovimiz dunyo ishlaridan gaplashib ketdik. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilarida eshitganlarimni unutdim. Dunyo gaplaridan gapiraverdik. Keyin u yerda bo‘lganim esimga tushdi. O‘zimga o‘zim, munofiq bo‘lib qoldim, mendagi qo‘rquv va muloyimlik o‘zgarib ketdi, dedim va chiqib, Hanzala munofiq bo‘ldi deb, baqiraverdim. Abu Bakr (r.a.) menga to‘qnash keldilar va, yo‘q, Hanzala, munofiq bo‘lmading, dedilar. So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kirdim va, yana Hanzala munofiq bo‘ldi, Hanzala munofiq bo‘ldi, deb aytdim. U zot: "Yo‘q, Hanzala munofiq bo‘lmadi", dedilar. Aytdim: "Ey Allohning elchisi, biz sizning oldingizda edik, bizlarga mav’iza qildingiz, qalb u bilan eridi, ko‘zlardan yosh chiqdi va nafslarimizni bildirdingiz, so‘ng uyga qaytdim, dunyo gaplaridan gaplashdik va sizning oldingizda bo‘lgan gaplarni unutdim". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Hanzala! Agar mening oldimdagi holatda doimiy bo‘lsangizlar, sizlar bilan farishtalar yo‘lda qo‘l olishib ko‘rishardi, uylaringizda va to‘shaklaringizda ziyorat qilishardi. Lekin, ey Hanzala, har bir narsani o‘z vaqtida qilgin".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 11 Iyul 2006, 10:01:24
595. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan Alloh taoloning
"Bergan narsalarini dillari qo‘rqib turgan holda beradigan kishilar" (Mo‘minlar, 60), oyati haqida "Ular gunoh qilib, keyin qo‘rqadigan kishilarmi?" deb so‘radim. "Yo‘q, ular toat bilan amal qiladilar va (amallari) ulardan qabul qilinmay qolishidan qo‘rqadilar", dedilar".

Faqih (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin) aytadilar: "Yaxshi amal qilgan kishi to‘rt narsadan qo‘rqib turadi, shunday ekan, yomonlik etgan kishiga nima deysan?!
1. Qabul bo‘lmay qolishining qo‘rquvi, chunki Alloh taolo aytadi:
"Alloh taqvodorlardan qabul qiladi" (Moida,27).

2. Riyo xavfi, Alloh taolo aytadi:
"Holbuki, ular faqat Allohga ibodat qilishga, Uning diniga ixlos qilishga buyurilgan edilar" (Bayyina,5).

3. Saqlay olmaslik xavfi, chunki Alloh taolo:
"Kim bir chiroylik amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur)" (An’om, 160), deganda u amalni oxirat kunigacha saqlashni shart qildi.

4. Boshqa toatlarda tavfiqsiz qolib ketish xavfi, chunki u boshqa amallarni qilishga muvaffaq bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bilmaydi.
"Va yolg‘iz Allohning yordami bilangina muvaffaq bo‘lurman. O‘ziga suyandim va o‘ziga iltijo qilurman" (Hud, 88).

_____________
Alloh taolodan qo‘rqish bobi hadislari

585-hadis. Mavzu’. "œAl-mezon"ga qarang.
586-hadis. Zaif. Ibn Muborak rivoyat qilgan. Sanadida uzilish bor.
587-hadis. Hasan. Abu Na’im rivoyat qilgan.
588-hadis. Zaif.
589-hadis. Zaif. Bazzor, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
590-hadis. Juda zaif. "œAz-zaifa"ga qarang.
591-hadis. Hasan. "œAs-sahiha"ga qarang.
592-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
593-hadis. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
594-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
595-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. Hokim sahih sanagan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:54:00
ELLIK BIRINCHI BOB
ALLOH TAOLONI ZIKR QILISH HAQIDA


596. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin) rivoyat qiladilar: Kasir ibn Murra Abu Dardodan (r.a.) eshitganlarini aytadilar: "Sizlarga amallarning yaxshirog‘ini, Xojalaringizga sevimlirog‘ini, savob jihatidan ziyodasini, dushmanlaringizga g‘azot qilib, ularning bo‘yniga urishlaringizdan, dirham va dinorlar berishdan yaxshirog‘ini xabar beraymi?" dedilar Abu Dardo. "U nima amal, ey Abu Dardo?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Allohni zikr qilish. Allohning zikri buyukdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:54:19
597. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Amallarning qiyini uchtadir: O‘zining nafsiga insof qilish; molda birodariga yordam berish va hamma vaqt Alloh taoloni zikr qilish".

Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: "Odam farzandi Allohning azobidan najot beruvchi Allohning zikridan bosh-qa amal qilgan emas". "Alloh yo‘lida jang qilish-chi?" deyishdi. "Alloh yo‘lida jang qilish ham najot bermaydi, chunki Alloh taolo:

"Allohni zikr qilmoq (barcha narsadan) ulug‘dir" (Ankabut, 45), deb aytgan", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:54:31
598. Hasan Basriy (rahmatullohi alayh) rivoyat qiladilar. Rasulullohdan sollallohu alayhi vasallam: "Ey Allohning elchisi, amallarni qaysisi afzalroq?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "o‘layotgan vaqtingizda tilingizning Alloh zikri bilan ho‘l bo‘lishi".

Molik ibn Dinor (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Kim maxluqlarning so‘zidan oshib, Alloh azza va jallaning so‘ziga rag‘bat qilmasa, uning amali kamayibdi, qalbi ko‘r va umri zoe’ bo‘libdi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:54:40
599. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Allohni zikr qilish imonning alomati va nifoqdan ozod bo‘lish, shaytondan qo‘rg‘on va do‘zaxdan to‘suvchidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:54:50
600. Vahb ibn Munabbah Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladilar. U kishi aytdilar: "Alloh taolo Yahyo ibn Zakariyoni (a.s.) bani Isroilga payg‘ambar qilib yuborayotganida, ularni beshta ishga buyurishni va ularning har biriga aytishni amr qildi. U zot ularni Allohga ibodat etishga va Unga hech narsani sherik qilmaslikka buyurdilar. Va ushbu masalni aytdilar: "Shirkning o‘xshashi, bir kishi toza molidan qul sotib oldi, keyin unga uy qilib berdi, uylantirdi. Keyin unga mol berib, u mol bilan tijorat qilishni, undan kifoya qiladigan darajada yeb, foydaning ortiqchasini o‘ziga qaytarishni buyurdi. Ammo qul foydaning ortiqchasini xo‘jayinining dushmaniga bera boshladi. Xo‘jayiniga esa ozginasini berdi. Bunday qul qaysilaringizni rozi qiladi?" So‘ngra ularni namozga buyurdilar va bunga quyidagicha zarbulmasal qildilar: "Salotning o‘xshashi, bir kishi podshohning oldiga kirishga ruxsat so‘radi. Ruxsat berishdi, kirdi. Podshoh uning so‘zini eshitish va hojatini bajarish uchun unga o‘girildi. U esa, o‘ngga, chapga alanglayverdi, hojatiga e’tibor qilmadi. So‘ng podshoh ham undan yuz o‘girdi va hojatini bajarmadi". Keyin ularga ro‘zani buyurdilar va bunday masal keltirdilar: "Ro‘zadorning o‘xshashi, kishi urushga borish uchun jubba kiydi. Qurolini oldi, lekin dushmani kelmadi. Dushmanning quroli unga qarshi ishlamadi". So‘ng ularni sadaqaga buyurdilar va quyidagicha masal qildilar: "Bir kishini dushman asir oldi. o‘zini ulardan ma’lum pulga sotib olib, ularning shahrida ishlay boshladi, ularga olgan foydasidan ozgina berib turdi, shunday qilib ulardan o‘zini batamom ozod qildi". So‘ngra ularni Allohning zikriga buyurdilar va bu xususda quyidagicha misol qildilar: "Zikrning o‘xshashi, bir qavmning qo‘rg‘oni bor. Ularga dushman bostirib kelsa, qo‘rg‘onlariga kirib, eshiklarni qulflaydilar va o‘zlarini dushmandan himoya qiladilar".

Muhammad Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham aytdilarki: "Alloh taolo Yahyoga (a.s.) buyurgan bu besh narsani sizlarga men ham buyuraman va yana menga Alloh buyurgan beshta boshqa xislatni amr etaman. Jamoatni mahkam ushlanglar, quloq osinglar, itoat etinglar hijrat qilinglar, harakat qilinglar, kim johiliyat duosi bilan duo qilsa, u jahannamdagi tepalik ustidadir".

Ubaydulloh ibn Umayr aytadilar: "Kim alhamdulillah, desa, unga osmon eshiklari ochiladi. Takbir aytsa, yer va osmon orasini to‘ldiradi. Alloh taologa tasbeh aytsa, uning savobi qanchaligiga hech kimning ilmi yetmaydi, Allohdan boshqa".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:55:08
601. Alloh taolo (hadisi qudsiyda) aytadi: "Agar bandam Meni nafsida zikr qilsa, Men ham uni nafsimda zikr qilaman. Agar Meni bir o‘zi zikr qilsa, uni Men ham bir o‘zim zikr qilaman va agar jamoat ichida Meni zikr qilsa, Men uni undan yaxshiroq va hurmatliroq jamoat ichida zikr qilaman".

Yana Ibn Umayr aytadilar: "Kim boshini to‘shakka qo‘yganda Allohni zikr qilsa, keyin shu holatda uxlab qolsa, to uyg‘ongunicha uni zikr qiluvchi deb yoziladi".

Faqih aytadilar: Zikr Alloh taolodan afv va mag‘firat demakdir. Agar banda Allohni zikr qilsa, Alloh taolo uni mag‘firat bilan zikr qiladi.

Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Zikr ikki zikr orasida, Islom ikki shamshir orasida, gunoh ikki farz o‘rtasidadir".

"Zikr ikki zikr orasida", deganlarining ma’nosi, agar bandani Alloh tavfiq bilan zikr etmasa, u Allohni zikr qilishga qodir bo‘lmaydi va banda Allohni zikr qilsa, Alloh uni mag‘firat bilan zikr qiladi. "Islom ikki qilich orasida", degan so‘zlarining ma’nosi, musulmon bo‘lguncha kurashiladi, musulmon bo‘lgandan keyin qaytsa, o‘ldiriladi. "Gunoh ikki farz orasida", deganlarining ma’nosi, bandaga gunohdan saqlanish farzdir, agar gunoh qilib qo‘ysa, tavba qilmog‘i farz bo‘ladi.

Ibn Abbos (r.a.) Alloh taoloning: "Yashirinib oladigan vasvasachining yomonligidan..." (An-nos, 4), degan so‘zi haqida aytadilar: "U qalbga yopishgan shaytondir. Banda Allohni zikr qilsa, yashirinadi, agar g‘aflatda qolsa, vasvasa qiladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:55:18
602. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Har bir narsaning sayqali bor, qalbning sayqali Allohni zikr qilishdir".

Ibrohim Naxa’iy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Agar kishi uyiga kirib, salom bersa, shayton: "Menga bu joyda turadigan joy qolmadi", deydi. Taom keltirilgach, Allohni zirk qilsa, shayton: "Menga bu yerda yotoq ham, taom ham qolmadi", deydi. Agar ichishga biron narsa keltirilgach, Allohning ismini aytsa, shayton: "Menga joy ham, taom ham, ichimlik ham qolmadi", deb umidsizlanganicha chiqib ketadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:55:39
603. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Qaysi birlaringiz taom yesa, bismillah, deb aytsin, agar avvalida unutgan bo‘lsa, oxirida, bismillahi fi avvalihi va oxirihi, deb aytsin".

Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Birontalaringiz taomni yeyayotgan paytida bismillohni aytmasa, u bilan shayton birga ovqatlanadi. Agar taomining qolganida Allohning ismini zikr qilsa, ovqat yangiga aylanadi".

Faqih (r.a.) rivoyat qiladilar: Abu Muhammad Anas ibn Molikning (r.a.) sahobalaridan biri edi. Shu kishi aytdilarki, iblis Allohga: "Ey Rabb, odam farzandlariga Seni zikr qiladigan uylar berding, mening uyim qaer?" dedi. Alloh aytdi: "Hammom".
"Ularga o‘tiradigan joylar berding, mening o‘tiradigan joyim qaer?"
"Bozor".
"Ularga o‘qiydigan narsa berding, menga-chi?"
"She’r".
"Ularga yaxshi gaplarni berding, mening gapim nima?"
"Yolg‘on so‘z".
"Ularning azoni bor, mening azonim nima?"
"Surnay".
"Ularga elchilar yubording, mening elchilarim kim?"
"Folbinlar".
"Ularga yozuvni berding, mening yozuvim nima?"
"Badanga naqsh solish".
"Ularga ov qiladigan joylarni berding, menga-chi?"
"Xotinlar".
"Ularga ovqat berding, meni ovqatim nima?"
"Qaysi ovqatga ismim aytilmasa, o‘sha sening ovqating".
"Ularga ichimlik berding, mening ichimligim nima?"
Alloh taolo aytdi: "Mast qiluvchi narsalarning hammasi".

Fuzayl ibn Iyozga (r.a.) bir kishi kelib: "Menga nasihat qiling", dedi. Fuzayl aytdilar: "Mendan beshta narsani yod ol:
1. Senga nima yetsa, Allohning taqdiridan deb bil, xalqni malomat qilma.
2. Tilingni saqla, xaloyiq undan salomat bo‘lsin. Shunda Allohning azobidan salomat bo‘lasan.
3. Rabbingning senga rizq beraman degan va’dasini rost bil, shunda mo‘min bo‘lasan.
4. O‘limga tayyor tur, shunda g‘ofil holda o‘lmaysan.
5. Qaerda bo‘lsang ham, Allohning zikrini ko‘paytir, shunda gunohlardan saqlanasan".

Ibrohim ibn Adhamdan zikr qilinadi. U kishi bir odamning dunyoviy gaplarni gapirib yurganini ko‘rdi. Uning oldida to‘xtab: "Sen bu so‘zlar bilan savob umid qilasanmi?" dedilar. U kishi: "Yo‘q", dedi. Ibrohim ibn Adham aytdilar: "Bu bilan azobdan omon bo‘lasanmi?" "Yo‘q". Ibrohim ibn Adham aytdilar: "Savob umid qilmaydigan va azobdan emin bo‘lmaydigan gaplarni gapirib nima qilasan? Sen Allohning zikrini qil".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:55:46
604. Ka’bul Ahbor (r.a.) aytadilar: "Bizlar Allohning payg‘ambarlariga nozil qilgan kitobida quyidagi so‘zlarini topdik. Alloh aytadi: "Kimni Meni zikr etish mashg‘ul qilib, Mendan so‘rashni unuttirsa, unga Mendan so‘raganlardan ham oliyrog‘ini beraman".

Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: "Allohning ismi zikr qilinadigan uy qorong‘i uydagilarga chiroq qanday nur bersa, osmon ahliga shunday yorug‘lik beradi. Allohning ismi zikr qilinmaydigan uy o‘z ahliga qorong‘ilik qiladi".

Rivoyat. Muso (a.s.) aytdilar: "Ey Rabb, men Sen yaxshi ko‘rganlarni va yomon ko‘rganlarni qanday bilaman?" "Ey Muso, agar Men bandani yaxshi ko‘rsam, unda ikki alomat qilaman". Muso aytdilar: "Ey Rabb, ular nima?" "Men uni yer va osmon mulklarida zikr etishim uchun unga zikrimni ilhom qilaman, unga azobim va g‘azabim yetmasligi uchun uni g‘azabimdan va harom qilganlarimdan saqlayman. Ey Muso, agar Men biror bandani yomon ko‘rsam, unda ikki alomat qilib qo‘yaman", dedi Alloh taolo. Muso (a.s.) aytdilar: "Ey Rabb, u ikkalasi nimalar?" Alloh aytdi: "Zikrimni unuttiraman, o‘zi va nafsi orasini xoli qilaman, toki Mening haromlarim va qahrimga tushsin, shunda unga azobim va g‘azabim yetadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:55:54
605. Abu Mulayh otasidan rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ulovlariga sahobalaridan biri mingashib olgan edi. Ot qoqilib ketdi. Shunda sahobiy: "Qurib ketgur, shayton", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qurib ketgur, shayton, deb aytma, unday desang, uydek katta bo‘lib ketadi. Bismilloh, de. Shunda u kichrayib, pashshadek bo‘lib qoladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:56:01
606. Dovud ibn Qays (r.a.) Nofe’ ibn Jubayrdan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Majlisning kafforati, agar birontangiz turmoqchi bo‘lsangiz, subhanaka-llohumma va bihamdika, ashhadu al la-a ilaha illa anta, astag‘firuka va atubu ilayka", deb aytishdir. Agar majlis zikr majlisi bo‘lsa, bu so‘zi qiyomatgacha uning muhri bo‘lib qoladi. Agar lag‘v — bema’ni majlis bo‘lsa, oldin o‘tgan so‘zlariga o‘sha zikrlari kafforat bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:56:10
607. Muhammad ibn Vosi’ aytadilar: "Makkaga keldim, shunda Solim ibn Abdullohning tug‘ishganini uchratdim, u otasidan, otasi bobosidan, bobosi Umar ibn Xattobdan (r.a.) bu hadisni rivoyat qildi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim bozorga kirganda, la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu lahul mulku va lahul hamd yuhyiy va yumiyt va huva hayyul la-a yamut biyadihil xoyr va huva ‘ala kulli shay’in qodir, desa, Alloh unga milyonta yaxshilik yozadi, milyonta xatosini o‘chiradi va darajasini milyon marta ko‘taradi". So‘ng Xurosonga keldim. Qutayba ibn Muslimning oldilariga kirib: "Sizga hadya keltirdim", deb o‘sha hadisni aytib berdim. Qutayba ibn Muslim (r.a.) otlariga minib bozorga keldilar va shu kalimalarni aytib, keyin qaytib ketdilar".

Faqih aytadilar: Bilginki, Allohni zikr qilish ibodatlarning afzalidir, chunki Alloh taolo boshqa ibodatlar uchun miqdor va vaqtini tayin qildi. Ammo zikr uchun miqdor ham, vaqt ham tayin qilmadi, ko‘paytiraverishni buyurdi.

"Ey mo‘minlar, Allohni ko‘p zikr qilinglar" (Ahzob, 41), ya’ni, hamma holatda zikr qilinglar.

"Hamma holatda zikr qilinglar", deganining tafsiri: Banda to‘rt holatdan birida bo‘ladi. Yo toatda bo‘ladi, yoki gunohda, yoki ne’matda, yoki qiyinchilikda. Agar toatda bo‘lsa, unga muvaffaq etgani uchun Allohni zikr qilmog‘i va uni qabul etishini so‘ramog‘i lozim. Agar ma’siyatda bo‘lsa, Allohga duo qilib, bu ishdan tiyilmog‘i va Allohdan tavbasini qabul qilishini so‘ramog‘i lozim. Agar ne’matda bo‘lsa, shukr bilan birga zikr qilmog‘i kerak. Endi agar qiyinchilikda bo‘lsa, yana sabr bilan Allohni zikr qilishi lozim. Bilginki, Alloh taoloning zikrida beshta maqtalgan xislat bordir:
1. Unda Allohni rizoligi bor.
2. U toatlarga rag‘batni ziyoda qiladi.
3. Unda shaytondan saqlanish bor.
4. U bilan qalb yumshaydi.
5. U kishini gunohlardan qaytaradi.

______________
Alloh taoloni zikr qilish haqidagi bob hadislari

596-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
597-hadis. Zaif. Sanadida illat bor. Ibn Muborak rivoyat qilgan.
598-hadis. Hasan. Asbahoniy rivoyat qilgan.
599-hadis. Isnodi topilmadi.
600-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. Termiziy, hasan-sahih-g‘arib, degan.
601-hadis. Muttafaqun alayh.
602-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
603-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
604-hadis. Hasan. Buxoriy “Tarixul-kabir”da rivoyat qilgan.
605-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
606-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
607-hadis. Hasan. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja, Hokim rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:57:03
ELLIK IKKINCHI BOB
DUO HAQIDA


Faqih (Alloh u kishini rahmat qilsin) Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Kim beshta narsa bilan rizqlansa, beshta narsadan mahrum bo‘lmaydi:
1. Kim shukr bilan rizqlansa, ziyodalikdan mahrum bo‘lmaydi. Alloh taolo aytadi:
"Qasamki, (bergan ne’matlarimga) shukr qilsangizlar, albatta, sizlarga ziyoda qilaman" (Ibrohim,7).

2. Kim sabr bilan rizqlansa, savobdan mahrum bo‘lmaydi. Alloh taolo aytadi:
"Hech shak-shubha yo‘qki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr mukofotlari hisob-kitobsiz to‘la-to‘kis qilib berilur" (Zumar, 10).

3. Kim tavba bilan rizqlansa, qabul bo‘lishdan mahrum bo‘lmaydi.
"U bandalaridan tavba-tazarru’ qabul qiladigan Zotdir" (Sho‘ro, 25).

4. Kim istig‘for bilan rizqlansa, mag‘firatdan mahrum bo‘lmaydi.
"Rabbilaringizdan istig‘for so‘ranglar, albatta, u Zot kechiruvchidir" (Nuh, 10).

Kim duo bilan rizqlansa, ijobatdan mahrum bo‘lmaydi.
"Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga ijobat qilaman" (Fofir, 60).

Keyin oltinchisini ham rivoyat qildilar: "Kim infoq qilish bilan rizqlansa, uning o‘rni to‘lishidan mahrum bo‘lmaydi.
"Ne bir narsani infoq-ehson qilsangiz, bas, (Alloh) uning o‘rnini to‘ldirur" (Saba’, 39).

So‘ngra yettinchisi ham aytdilar: "Kimga harakat qilish berilgan bo‘lsa, tavfiqdan mahrum bo‘lmaydi.
"Bizning (yo‘limiz)da kurashgan zotlarni, albatta, o‘z yo‘llarimizga hidoyat qilurmiz" (Ankabut, 69).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:57:13
608. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Mo‘min kishi duo qilsa, albatta, ijobat bo‘ladi. Yo unga shu dunyoda tezda beriladi, yoki qiyomat kuni uchun zaxiraga qoldiriladi, yoki duosining miqdoricha gunohlaridan o‘chiriladi, modomiki, gunohga va qarindoshlikni uzishga duo qilmagan bo‘lsa".

Yazid Raqqoshiy (r.a.) aytadilar: "Qiyomat kuni bo‘lsa, Alloh taolo bandaning dunyoda ijobat qilinmagan duolarining hammasini unga ro‘para qilib qo‘yadi. So‘ngra aytadi: "Ey bandam, Menga falon kuni duo qilgan eding. O‘sha duoyingni ushlab qolgan edim, bu savob o‘sha duoyingning o‘rnigadir". Shunday qilib, bandaga davomli suratda savob beriladi, shunda u dunyoda qilgan duolarining hech biri qabul qilinmagan bo‘lishini xohlab qoladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:57:34
609. No’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Duo ibodatdir". Keyin bu oyatni o‘qidilar:
"Parvardigorlaringiz, Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga mustajob qilurman, dedi. Albatta, Menga ibodat etishdan kibr-havo qilgan kimsalar yaqinda bo‘yinlarini eggan hollarida jahannamga kirurlar" (Fofir, 60).

Abu Zarr Fiforiy (r.a.) aytadilar: "Taom tuz bilan mazali bo‘lganidek, yaxshilik ham duo bilan shirin bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:57:54
610. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Banda agar shoshilmasa, yaxshilikda bo‘laveradi". Sahobalar: "Qanday qilib shoshiladi, ey Rasululloh?" deyishdi. "Allohga duo qildim, duo qildim, lekin ijobat qilmadi, deb", dedilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam.

Hasan Abu Usmon Nahdiyni ko‘rgani kirdilar. U kishi kasal edi. Abu Usmonga aytdilarki: "Ey Abu Usmon, Allohga duo qiling, kasalning duosi haqida ko‘p xabarlar bor". Shunda u kishi Allohga hamd va sano aytdilar, Allohning kitobidan bir necha oyatni tilovat qildilar, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot o‘qidilar, so‘ngra qo‘llarini ko‘tardilar, bizlar ham qo‘llarimizni ko‘tardik. Duo qildilar. Qo‘llarimizni tushirganimizdan keyin aytdilar: "Xursand bo‘linglar, Allohga qasamki, Alloh sizlarning duolaringizni ijobat qildi". "Siz Allohga qasam ichib aytyapsizmi bu gapni?" dedilar Hasan. "Ha, — dedilar u kishi, — ey Hasan, agar siz bir gapni gapirsangiz, albatta, to‘g‘ri deb tasdiqlayman-u, endi qanday ishonmayki, Alloh "Menga duo qilinglar, ijobat qilaman", deb aytib turgan bo‘lsa?!" Hammalari u zot huzuridan chiqqach, Hasan: "U mendan ko‘ra faqihroqdir", dedilar.

Zikr qilinishicha, Robi’a Adaviya qabristonga chiqdilar. Bir kishi uchrab, unga: "Men uchun Allohga duo qiling", dedi. Robi’a Adaviya aytdilar: "Sizga Alloh rahm qilsin, Allohga itoat eting va duo qiling, chunki u muztar kishining duosini ijobat qiladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:58:03
611. A’mash Molik ibn Horisdan rivoyat qiladilar: Alloh taolo aytadi: "Kimni Menga zikr aytish Mendan so‘rashdan mashg‘ul qilib qo‘ysa, unga so‘raganlarning so‘raganidan ham afzalrog‘ini beraman".

Solih ibn Mismar aytadilar: Alloh taolo: "Menga duo qilasizlar-u, qalblaringiz Mendan o‘girilgan, bas, bu yo‘lingiz botildir", deydi.

Bir hakimdan so‘rashgan ekan: "Bizlar duo qilamiz, lekin duolarimiz ijobat bo‘lmaydi. Alloh taolo: "Menga iltijo-duo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman", deb aytgan-ku?" deb. Hakim aytibdi: "Sizlarda yetti xislat duolaringizning ijobatini man’ qiladi". "Qaysi xislatlar?" deb so‘rashdi. Aytdi:

"Sizlar Rabbingizni g‘azablantirasizlar, ammo Uning rizosini talab qilmaysizlar, ya’ni, Allohning g‘azabi vojib bo‘ladigan ishlaringga pushaymon qilmaysizlar.
Bizlar Allohning bandalarimiz, deysizlar. Ammo bandaning ishini qilmaysizlar, ya’ni, banda xo‘jasi buyurganni bajaradi va Uning amridan chiqmaydi.
Sizlar Qur’onni o‘qiysizlar, lekin unga ergashmaysizlar, ya’ni, tafakkur va ta’zim bilan o‘qimaysizlar, buyruqlariga amal qilmaysizlar.
Biz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlarimiz, deysizlar-u, u kishining sunnatiga amal qilmaysizlar, ya’ni, sizlar odatlarga va rasm-rusumlarga amal qilib, sunnatga ergashmaysizlar.
Sizlar dunyoni yalang‘och deb aytasizlar, ammo unga ishonib qolgansizlar.
Sizlar harom va shubhali luqma yeysizlar. U ikkovidan qaytmaysizlar.
Oxirat dunyodan yaxshiroq, deysizlar, lekin oxirat talabida harakat qilmaysizlar va oxiratdan ko‘ra dunyoni ko‘proq xohlaysizlar".

Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Allohga duo qiluvchining qorni haromdan pok bo‘lmog‘i lozim. Chunki harom duoni ijobat bo‘lishdan to‘sadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:58:17
612. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.): "Ey Rasululloh, Allohga duo qilyapman, lekin duoyim mustajob bo‘lmayapti", dedilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Ey Sa’d, haromdan saqlan, chunki qoringa bir luqma harom kirsa, uning duosi qirq kungacha qabul bo‘lmaydi".

Duoda shoshilmaslik lozim. Chunki duo go‘y Alloh taologa duo qilsa, Alloh, albatta, qabul etadi. Duoning ijobati o‘sha soatda ko‘ringani ham ko‘p, boshqa vaqtda zohir bo‘lgani ham ko‘p, bu dunyoda ko‘rinmay, oxiratga qolgani ham ko‘p.

Xabarda zikr qilinishicha, Muso (a.s.) Fir’avn va qavmini halok qilishni so‘radilar. Horun (a.s.) "omin" deb turdilar. Alloh taolo ularga:
"Duolaringiz ijobat bo‘ldi, endi to‘g‘ri yo‘lda sobit bo‘linglar" (Yunus, 89), deb vahiy qildi.

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Duolari bilan ijobat bo‘lish orasidagi vaqt qirq yil edi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:58:27
613. Yazid ibn Raqqoshiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Alloh taolo bandasini yaxshi ko‘rsa, unga baloni beradi... Shunda osmon ahli orasida rahm qilingan kishi bo‘ladi. Qaysi bir duoni qilsa: Alloh uni uch holatdan biri bilan ijobat qiladi", ya’ni, duosini tezda beradi, yoki oxiratga zaxira qiladi yoki uning miqdoricha gunohini kafforat qiladi.

Hakimlar bir zot aytadi: "To‘rt kishida saodat yo‘qdir:
1. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishga baxillik qilgan kishida.
2. Muazzinga ijobat qilmagan kishida.
3. Biror inson yaxshilik ustida undan yordam so‘raganda, yordam bermagan kishida.
4. O‘ziga va mo‘minlar haqqiga namozlarining orqasidan duo qilmagan kishida".

Abdulloh ibn Antokiy (r.a.) aytadilar: "Qalbning davosi beshta narsada: Solihlar bilan o‘tirish, Qur’on o‘qish, qorinni haromdan saqlash, kechasi ibodat qilish va subh paytida tazarru’da bo‘lish".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:58:45
614. Ibn Abbos Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar Allohdan so‘rasangiz, kaftlaringizning ichini ochib so‘ranglar, orqasi bilan so‘ramanglar va kaftlaringizni yuzlaringizga surtinglar".

____________
Duo haqidagi  bob hadislari

608-hadis. Sanadida zaiflik bor.
609-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
610-hadis. Muttafaqun alayh.
611-hadis. Hasan. 603-hadisning izohiga qarang.
612-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan.
613-hadis. Zaif. Sanadida ikkita illati bor.
614-hadis. Zaif. Abu Dovud 1485-raqam bilan rivoyat qilgan va yo‘llarini zaif sanagan. Shuningdek, 1486-raqam bilan Molik ibn Yasardan oxirgi jumladan boshqalarini sahih isnod ila rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:59:03
ELLIK UCHINCHI BOB
TASBEH AYTISH HAQIDA


615. Faqih aytadilar: Abu Hurayra (r.a.) Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan hadis aytdilar: "Ikki kalima borki, tilga yengil, torozida og'ir, Rahmonga sevimlidir: Subhanallohi va bihamdihi, subhanallohil 'azim".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:59:11
616. Xolid ibn Imron rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qavmlarining oldiga chiqdilar va: "Qalqonlaringizni olinglar", dedilar. "Ey Allohning elchisi, qanday dushman keldi?" deb so‘rashdi sahobalar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Yo‘q, do‘zaxdan", dedilar. "Do‘zaxdan bizga qalqon nima?" deb so‘rashdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Subhanallohi valhamdulillahi va la-a ilaha illallohu vallohu akbar, la-a havla va la-a quvvata illa-a billahil ‘aliyyil ‘aziym. Bu kalimalar qiyomat kuni egalarini jannatga kirgizuvchi, do‘zaxdan to‘siq bo‘luvchi va egasining nomidan hujjat keltiruvchi bo‘ladi", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:59:18
617. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Isrofil alayhissalom Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: "Ey Muhammad, subhanallohi valhamdulillahi va la-a ilaha illallohu vallohu akbar, la-a havla va la-a quvvata illa-a billahil ‘aliyyil ‘azim, deb ayting. Adadini faqat Alloh biladi, og‘irligini faqat Alloh biladi. Mo‘lligini ham faqat Alloh biladi. Kim bu kalimalarni bir marta aytsa, Alloh unga beshta xislatni yozadi. Allohni ko‘p zikr qiluvchi, deb yozadi; kechayu kunduzi zikr qilgan odamdan afzal bo‘ladi; uning uchun jannatda bir daraxt yoziladi; gunohlari daraxtning quruq barglari to‘kilgandek to‘kiladi; Alloh unga nazar qiladi va kimga Alloh nazar qilsa uni azoblamaydi".

Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Alloh taolo Arshni yaratganda homil (ko‘taruvchi) farishtalarga uni ko‘tarishni buyurdi. Arsh ularga og‘ir keldi. Alloh taolo: "Subhanalloh, deb aytinglar", deb buyurdi. Farishtalar, subhanalloh, deyishdi, shunda ularga yengil bo‘ldi. Ular Alloh Odam alayhissalomni yaratguncha subhanalloh deb turishdi. Odam (a.s.) aksa urganida Alloh taolo uni alhamdulillah deyishga ilhomlantirdi. Alloh taolo aytdi: "Senga Rabbing rahm qildi va sen mana shuning uchun yaratilding". Maloikalar shunda: "Ikkinchi kalima ham ulug‘ ekan. Bizlar undan g‘aflatda qolmaslimiz kerak", deyishib uni oldingisiga qo‘shishdi.

Bir necha vaqt farishtalar, subhanallohi valhamdullillahi, deb aytib yurishdi, bu hol Nuh (a.s.) zamonlarigacha davom etdi. Birinchi bo‘lib sanam tutgan qavm Nuh (a.s.) qavmlari edi. Alloh taolo Nuh (a.s.) qavmlarini, la-a ilaha illalloh, deb aytishga buyurdi. Shunda ulardan rozi bo‘lishini bildirdi. Farishtalar o‘shanda: "Uchinchi kalima ham ulug‘ va sharafli ekan. Biz bundan g‘aflatda qolmasligimiz kerak", deyishib, uni oldingi ikki kalimaga qo‘shishdi. Uzoq muddat subhanallohi valhamdulillahi va la-a ilaha illalloh kalimasini aytib yurishdi. Bu hol Ibrohim alayhissalom payg‘ambar bo‘lib kelgunlaricha davom etdi. Alloh taolo Ibrohimga (a.s.) qurbonlik qilishni buyurdi. Keyin qo‘chqor berdi. Qo‘chqorni ko‘rganlarida u zot xursand bo‘lib, Allohu akbar, dedilar. Farishtalar aytishdi: "Bu kalima ham ulug‘ va sharafli ekan", deb uni oldingi uchtasiga qo‘shishdi va subhanallohi valhamdulillahi la-a ilaha illallohu vallohu akbar, deb aytib yurishdi. Vaqtiki Jabroil alayhissalom bu gaplarni Payg‘ambarga sollallohu alayhi vasallam aytgan edi, u zot shodlanib: "La-a havla va la-a quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘azim", dedilar. Shunda Jabroil alayhissalom: "Bu kalimani oldingilariga qo‘shing", dedi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:59:27
618. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Alloh taolo sizlarga rizqingizni taqsimlagandek, axloqlaringizni ham taqsim qilgan. Alloh taolo yaxshi ko‘rgan-ko‘rmagan bandasiga mol-dunyo beraveradi. Ammo imonni faqat yaxshi ko‘rganiga beradi. Alloh bandani yaxshi ko‘rsa, imon beradi. Kim molidan infoq berishga baxillik qilsa, dushmanga qarshi urushishdan qo‘rqsa, kechasidan xavflansa, la-a ilaha illallohu vallohu akbar, subhanallohi valhamdulillah, deb aytishni ko‘paytirsin".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:59:33
619. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar alayhissalolam aytdilar: "Subhanallohi valhamdulillahi va la-a ilaha illallohu vallohu akbar, deb aytish butun quyosh nuri yetgan narsalar meniki bo‘lishidan yaxshiroqdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 06:59:56
621. Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ashoblarini sadaqa qilmoqqa buyurdilar. Odamlar sadaqa bera boshlashdi. Abu Umoma Bohiliy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilarida o‘tirgan edilar. U kishi lablarini qimirlata boshladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Lablaringni qimirlatib nima deyapsan?" dedilar. Abu Umoma Bohiliy aytdilar: "Ey Allohning elchisi, odamlarning sadaqa qilayotganini ko‘ryapman, menda sadaqa uchun hech narsa yo‘q, shu bois ichimda subhanalloh valhamdulillah va la-a ilaha illallohu vallohu akbar, deb aytyapman". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: "Ey Abu Umoma, bu kalimalarni aytish sen uchun miskinlarga bir mud tillo saqada qilganingdan yaxshidir".

___________
Tasbeh aytish bobi hadislari

615-hadis. Muttafaqun alayh.
616-hadis. Sahih. Nasoiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. Hokim sahih sanagan.
617-hadis. Sanadida zaiflik bor. Ibn Abbosdan rivoyat qilingan keyingi hadisning sanadi noma’lum.
618-hadis. Hasan. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
619-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy rivoyat qilgan.
620-hadis. Sahih. Muslim, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
621-hadis. Sahih. Ahmad, Nasoiy rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:00:08
ELLIK TO‘RTINCHI BOB
PAYG’AMBAR (S.A.V.)GA SALOVOT AYTISHNING FAZILATI


622. Faqih aytadilar: Muhammad ibn Abdurahmon Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qiladilar: "Sizlardan qaysi biringiz vafot etganimdan so‘ng menga salom bersa, Jabroil oldimga kelib: "Ey Muhammad, falonchining o‘g‘li falonchi sizga salom aytdi", deydi. Shunda men: "Unga ham salom, Allohning rahmati va barakoti bo‘lsin", deb javob beraman", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:00:15
623. Sa’d ibn Musayyab (r.a.) aytadilar: Umar (r.a.): "Eshitdimki, duo yer va osmon orasida turib qoladi, to Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot o‘qimagunigacha ko‘tarilmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:00:22
624. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam minbarga ko‘tarilayotib, amin, dedilar, keyin yana ko‘tarilib, amin, dedilar, keyin yana ko‘tarilib, amin, dedilar. Keyin o‘rnashib o‘tirdilar. Maoz ibn Jabal shunda: "Ko‘tarilayotib uch marta amin, dedingiz?" dedilar. U zot sollallohu alayhi vasallam: "Jabroil mening oldimga kelib, ey Muhammad, kim ramazon oyiga yetsa, ammo gunohlari mag‘firat qilinmasa, keyin o‘lsa, do‘zaxga kiradi va Alloh uni uzoqlashtiradi, dedi. Men, amin, dedim. Keyin kimning ota-onasi yoki ikkovlaridan bittasi bo‘lsa-yu, ularga yaxshilik qilmasdan o‘lsa, do‘zaxga kiradi va Alloh uni uzoq qiladi, dedi, men yana amin, dedim. So‘ng kimning oldida sizning ismingiz zikr qilinsa-yu, u sizga salovot aytmasa, so‘ng o‘lsa, do‘zaxga kiradi va Alloh uni uzoq qiladi, dedi, men yana amin, dedim", dedilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:00:31
625. Jobir ibn Abdulloh (r. a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam rivoyat qiladilar: U zot aytdilar: "Kim menga har kunda yuz bor salovot aytsa, Alloh taolo uning yuzta hojatini ravo qiladi. Yetmishtasi oxiratda va o‘ttiztasi shu dunyodadir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:00:42
626. Said ibn Umayr Ansoriydan rivoyat qilinadi. U kishi Badr g‘azotida qatnashganlar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini xabar qiladilar: "Menga ummatimdan kimki ixlos qilgan holda bir marta salovot aytsa, Alloh taolo unga o‘nta salovot aytadi, darajasini o‘n marta ko‘paytiradi va o‘nta gunohini o‘chiradi".

Faqih aytadilar: Otam bunday hikoya qilar edilar: "Sufyoni Savriy tavof qilib yurganlarida, oyog‘ini har ko‘tarib qo‘yganida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytayotgan kishini ko‘rdilar. "Ey Allohning bandasi, tasbeh, tahlillarni tark qilib, Payg‘ambarga sollallohu alayhi vasallam salovot o‘qiyapsan. Bunga biron hujjating bormi?" dedilar u zot. Haligi kishi: "Alloh ofiyat qilsin, siz kim bo‘lasiz?" deb so‘radi. "Men Sufyoni Savriyman", dedilar. Haligi kishi: "Agar siz zamonimizning g‘aribi bo‘lmaganingizda, holimning xabarini aytmasdim, sirimni bildirmasdim", dedi. So‘ng ushbularni so‘zladi: "Otam ikkimiz Allohning baytini ziyorat qilish uchun chiqdik. Bir manzilga yetganimizda otam kasal bo‘lib qoldi. Men u kishini davolashga tushdim. Xullas, bir kuni tepasida turganimda otam vafot etdi va yuzi qorayib ketdi. Men: "Inna lillahi va inna ilayhi roji’un", deb yuziga ro‘mol yopib o‘rab qo‘ydim. Ko‘zimga uyqu kelib uxlab qolibman. Tushimda bir kishini ko‘rdim, hayotimda hali bunchalik yuzlari chiroyli, kiyimlari pok va hidlari iforli kishini ko‘rmagan edim. Ohista yurib, otamning oldiga keldi. Yuzidan ro‘molni olib, qo‘llari bilan siladi. Otamning yuzi oppoq bo‘lib qoldi. Keyin ketmoqchi bo‘lib burildi. Kiyimidan ushlab: "Ey Allohning bandasi, siz kim bo‘lasiz, nechuk siz tufayli bu musofirlikda otamni Alloh bunchalik siyladi?" dedim. Aytdilar: "Meni tanimayapsanmi, men Muhammad ibn Abdulloh, Qur’on sohibiman. Ammo otang nafsiga zarar qilib qo‘ygan edi. Lekin menga ko‘p salovot aytardi. U mana shu holga tushgach, mendan yordam so‘radi, men ko‘p salovot aytuvchilarga yordam beraman". So‘ng uyg‘onib ketdim. Bu payt otamning yuzi oppoq bo‘lib qolgan edi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:00:50
627. Amr ibn Dinor Abu Ja’fardan rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim menga salovot aytishni unutsa, u jannat yo‘lidan adashibdi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:00:58
628. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "To‘rtta narsa jafodir: Tik turib siymoq, namozdan chiqmasdan peshonasini artmoq, azonni eshitib turib, muazzin shohidlik berganidek shohidlik bermaslik, men zikr qilinsam, menga salovot aytmaslik".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:01:09
629. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Menga salovot aytinglar, chunki menga salovot aytish sizlar uchun zakotdir. Va Allohdan men uchun vasila so‘ranglar". Sahobalar so‘rashdi: "Vasila nima, yo Rasululloh?" Aytdilar: "Jannatdagi oliy daraja. Unga faqat bir kishi yetadi va o‘sha kishi men bo‘lishimni xohlayman".

Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Sizlar uchun zakotdir", deganlarining ma’nosi sizlarning gunohlaringizni mag‘firat qiluvchi, poklovchi deganidir. Agar Payg‘ambarga sollallohu alayhi vasallam salovot aytganga u zotning shafoatlaridan boshqa savob berilmasa ham, shuning o‘zi kifoya qiladi. Salovotda mag‘firat va Allohdan rahmat bordir, u bilan shafoat umid qilinadi. Demak, oqil kishi bu narsadan g‘ofil bo‘lmasligi kerak.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:01:26
630. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim menga bir marotaba salovot aytsa, unga Alloh taolo o‘n marta salovot yuboradi va undan o‘nta xatosini o‘chiradi".

Agar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish boshqa ibodatlardan afzalroq ekanini bilishni xohlasang, Alloh subhonahu va taoloning ushbu so‘zlarini tafakkur qil:
"Albatta, Alloh ham, uning farishtalari ham payg‘ambariga duoyu salovotlar ayturlar. Ey mo‘minlar, sizlar ham u zotga salovot va salom aytinglar" (Ahzob, 56).

Boshqa ibodatlarda Alloh taolo bandalariga buyurib qo‘ya qolgan. Ammo Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishda esa, Allohning o‘zi avval salovot o‘qidi, so‘ngra maloikalarini buyurdi. Undan keyin mo‘minlarga u kishiga salovot yo‘llamoqni amr etdi. Bundan ma’lum bo‘lyaptiki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot o‘qish ibodatlarning afzalidir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:01:47
631. Ka’b ibn Ujra aytadilar: "Ey Rasululloh, sizga qanday salovot aytaylik?" deb so‘radik. Aytdilar: "Allohumma solli ‘ala Muhammad va ‘ala ali Muhammad. Va barik ‘ala Muhammad va ‘ali Muhammad, kama sollayta va barokta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym. Innaka hamidum majid", deb aytinglar".

Ba’zilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovotni "Allohumma sollaytu kama sollayta anta va maloikatuka ‘ala Muhammad", deyishadi.

Ayrimlar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovotni "Allohumma inni ushhiduka va ashhidu maloikataka anni usolli ‘ala Muhammad", deb aytishadi.

Ba’zilar: "Allohumma solli ‘ala Muhammad va ‘ala ali Nabiyyil ummiyyi va ‘ala alihi", deyishadi.

______________
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish bobi hadislari

622-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud, Bayhaqiy rivoyat qilgan. "œAs-sahih"ga qarang.
623-hadis. Hasan. Termiziy va boshqalar rivoyat qilgan. "œAs-sahiha"ga qarang.
624-hadis. "œSahihul jome’"ga kirgan.
625-hadis. Ibn Munda rivoyat qilgan. Abu Muso Madiniy, g‘arib hasan, degan.
626-hadis. Sahih. Nasoiy, Asbahoniy rivoyat qilgan.
Shu o‘rinda Sufyoni Savriydan rivoyat qilingan naql-ning sanadi yaxshi emas.
627-hadis. Sahih. Ibn Mojja rivoyat qilgan. "œSahihul jome’"ga qarang.
628-hadis. Zaif. Ibn Adiy va Bayhaqiy rivoyat qilgan.
629-hadis. Zaif. Ahmad va Asbahoniy rivoyat qilgan.
630-hadis. Sahih. Nasoiy, Ibn Hibbon, Hokim rivoyat qilgan.
631-hadis. Muttafaqun alayh.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:02:02
ELLIK BESHTINCHI BOB
"LA-A ILAHA ILLALLOH" KALIMASINING FAZILATI HAQIDA


632. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadilar: Abulloh ibn Amr ibn Osdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kishi qiyomat kuni torozi oldiga keltiriladi. So‘ngra to‘qson to‘qqizta metin daftari chiqariladi. Har daftarning uzunligi ko‘z nuri yetgunchadir. Unda xatolari, gunohlari yozilgan. Ularni torozining bir pallasiga qo‘yiladi, so‘ng barmoqning uchidek bir varaq chiqariladi. Unda shahodat kalimasi — "la-a ilaha illallohu va anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh" yozilgan bo‘ladi. Uni torozining ikkinchi pallasiga qo‘yiladi va u xatolardan og‘ir keladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:02:14
633. Mutallib ibn Hantab Payg‘ambarimiz alayhissalomdan rivoyat qiladilar: "Men va mendan oldin o‘tgan payg‘ambarlarning eng afzal so‘zi la-a ilaha illallohdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:02:35
634. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga Jabroil (a.s.) kelib:
"Yer boshqa yerga, osmonlar (o‘zga osmonlarga) aylanib qoladigan hamda (barcha odamlar) yolg‘iz va qudratli Allohga ro‘baro‘ bo‘ladigan kunda (qiyomatda) intiqom oluvchidir" (Ibrohim, 47-48), oyatini tilovat qildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Jabroil, odamlar qiyomat kunida qanday holatda bo‘ladilar?" Jabroil aytdi: "Ey Muhammad, ular oppoq, hech ham gunoh qilinmagan yerda bo‘ladilar. Agar jahannamning guvillashi eshitilsa, maloikalar arshga yopishib oladilar. Har bir farishta: "Ey Alloh, faqat o‘zimizning nafsimizni Sendan so‘raymiz", deydi. Tog‘lar esa titilgan jundek bo‘lib jahannamning qo‘rqinchidan osmonda uchib yuradi. So‘ngra jahannam keltiriladi. U guvillab ovozini chiqarib keladi, uning yetmish ming arqoni bor, har bir arqonda yetmish mingta farishta bo‘ladi, keyin Alloh oldida to‘xtaydi. Alloh taolo: "Ey jahannam, gapir", deydi. Jahannam aytadiki: "La-a ilaha illalloh, Sening izzating va pokligingga qasamki, bugun Sen bergan rizqni yeb, boshqaga ibodat qilgan kishidan, albatta, o‘ch olaman. Mening huzurimdan faqat o‘tish huquqi bo‘lgan kishilargina o‘tadi". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ey Jabroil, qiyomat kunidagi o‘tish nima?" dedilar. Jabroil (a.s.): "Ey Muhammad, ummatingizdan kim la-a ilaha illalloh kalimasini aytib, guvohlik bergan bo‘lsa, jahannam ko‘prigidan o‘tadi", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ummatimni la-a ilaha illalloh kalimasi bilan ilhomlantirgan Zotga hamdu sano bo‘lsin".

Ato ibn Abu Raboh aytadilar: "Ibn Abbosdan
"...gunohni mag‘firat qiluvchi, tavba-tazarru’ni qabul qiluvchi, azobi qattiq" (Fofir, 3) oyati haqida so‘radim. Ibn Abbos javob berdilarki: "Gunohni mag‘firat qiladi, kim la-a ilaha illalloh, deb aytsa, tavba-tazarru’ni qabul qiladi, kim la-a ilaha illalloh, deb aytsa, azobi qattiq, kim la-a ilaha illallohni aytmasa".

Faqih aytadilar: Har bir inson la-a ilaha illalloh kalimasini ko‘paytirmog‘i va Allohdan kecha va kunduz uni imondan ayirmasligini so‘ramog‘i, shuningdek, gunohlardan o‘zini saqlamog‘i lozimdir. Ko‘p kishilar bu kalimani aytib yurishadi, keyin umrlarining oxirida yomon amallari tufayli bu kalima ulardan olib qo‘yiladi. Bu dunyodan kofir holatida chiqadilar. Allohdan panoh tilaymiz. Bu musibatdan kattaroq musibat yo‘q!

Bir kishining ismi butun hayotida musulmonlar ichida bo‘lib, qiyomat kuni kofirlar ismi bilan tursa. Bu hasrat-nadomatdan kattaroq nadomat bo‘ladimi?! Cherkov yoki majusiylar ibodatxonasidan chiqib, so‘ngra jahannamga kirgan kishining holi hasrat-nadomatli emas, balki masjiddan chiqib, do‘zaxga tashlangandagi holat hasratlidir. Bularning hammasi yomon amallari va yashirin holatdagi harom gunohlaridandir. Ko‘pincha, kishining qo‘liga musulmonlarning mollari tushib qoladi, ularni ishlatib, keyin qaytaraman, deydi yoki egasini rozi qilaman deb, rozi qilmasdan o‘lib ketadi. Yana, kishining xotini va o‘zi orasiga taloq tushib qoladi. U kishi, qanday qilib uni tark etaman, axir oramizda bolalar bor, deydi. So‘ngra shu holda unga o‘lim keladi, u harom ustidadir. Ko‘pincha, mana shunday sabablar kishidan imon olinishiga sabab bo‘ladi.

Ey birodar, qarang, o‘lim kelmasdan oldin ishlaringizni isloh qilib oling. Chunki siz qachon o‘lim kelishini bilmaysiz. Bilingki, umr ozgina, hasrat esa uzoqdir. Sizga la-a ilaha illaloh so‘zini ko‘paytirmoq va unga shukr qilmoq lozim. Shukr ulug‘ ne’mat uchundir. Chunki ne’mat shukr bilan boqiy.

Hasan Basriy aytadilar: "La-a ilaha illalloh jannatning bahosidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:02:44
635. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U kishidan: "Ey Allohning elchisi, jannatning qiymati bormi?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Ha, u la-a ilaha illallohdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:02:57
636. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Ey Allohning elchisi, sizning shafoatingiz birinchi kimlarga bo‘ladi?" deb so‘radim, u zot aytdilar: "La-a ilaha illalloh"ni ixlos bilan aytgan kishiga".

Mujohid
"Hali (qiyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qoladilar" (Hijr, 2), oyati haqida aytadilar: "La-a ilaha illalloh kalimasini aytgan kishilar do‘zaxdan chiqarilganda kofirlar: "Koshki bizlar ham musulmonlardan bo‘lsak edik", deyishadi".

Ato aytadilar: "Alloh taolo:
"Kim yaxshilik bilan kelsa, bas uning uchun (yaxshiligidan) yaxshiroq mukofot bo‘lur", deb aytgan, ya’ni, kim la-a ilaha illalloh, desa, unga jannatdir.

"Kim yomonlik bilan kelsa, bas, yuztuban hollarida do‘zaxga tashlanur" (Naml, 89-90), ya’ni, kim shirk bilan kelsa, u do‘zaxga tashlanadi".

Hasan Basriy
"Ehson — yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir" (Rahmon, 60), oyati haqida aytadilar: "La-a ilaha illallohning mukofoti jannatdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:03:07
637. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Bir kuni Jabroil (a.s.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga keldi va: "Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam, Rabbingiz sizga salom yubordi, u Zot aytdiki, nima uchun (sizni) xafa holda ko‘ryapman?" dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ummatimni qiyomat kunidagi ishini fikrlayapman". Jabroil: "Ey Muhammad, kufr ahlining ishinimi yoki Islom ahlining ishini?" Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Yo‘q, ey Jabroil, balki la-a ilaha illalloh ahlining ishini aytyapman". Jabroil Pay-g‘ambar sollallohu alayhi vasallamning qo‘llaridan ushlab, Bani Salama qabristoniga olib bordilar. Bir qabrning chetiga o‘ng qanotlarini urib: "Allohning izni bilan turgin", dedi. Qabrdagi o‘lik yuzlari oppoq bo‘lib turdi va: "La-a ilaha illallohu Muhammadur-Rasullulloh, alhamdulillahi robbil ‘alamin", dedi. Jabroil (a.s.) unga: "Qaytgin", dedi. Oldingi holatiga qaytdi. Keyin chap qanotlari bilan urdi va: "Alloh izni bilan tur", dedi. Yuzlari qorayib, ko‘zlari ko‘karib ketgan kishi turdi. U: "Vah, pushaymon, vah, hasrat, vah, yomon", derdi. Jabroil: "Qayt", dedi. U o‘z holatiga qaytdi. So‘ng Jabroil aytdi: "U kalimada o‘lgan insonlar qiyomat kunida mana shunday tiriladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:03:14
638. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "O‘liklaringizga la-a ilaha illallohni sekin aytib turingiz. Chunki u gunohlarni parchalab tashlaydi". So‘radilarki: "Ey Allohning elchisi, agar uni hayotligida aytsa-chi?" Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "U (gunohlarni) parchalaydi, parchalaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:03:23
639. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "O‘limi yaqinlashgan kishilarning oldida la-a ilaha illalloh kalimasini aytib turinglar va jannatning xushxabarini beringlar. Chunki erkak va ayollarning hakim va olimlariga uzilish vaqtida u qo‘shni bo‘ladi.

Iblis Allohning dushmani ham bandaga eng yaqin joyda, dunyodan uzilayotgan va yaxshilarini tark qiladigan vaqtda o‘sha joyda bo‘ladi. Ularni noumid qilmangiz, chunki g‘am qattiq. Ish esa ulug‘dir. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Malakul mavtning muolajasi ming marta qilich bilan urgandan qattiqroqdir".

Xabarda rivoyat qilinishicha, bani Isroildan bir kishi boshqalardan ko‘ra ko‘p ibodat qilar edi. Yana bir kishi fojir edi. So‘ngra obid o‘ldi va Musoga aytilindiki: "U do‘zaxda". Fojir ham o‘ldi, Musoga (a.s.) aytilindiki: "U ahli jannatdir". Muso (a.s.) obidning ayoliga aytdilar: "Uning nima amali bor edi?". Xotini: "Sizlarga yashirin emas, u odamlarning eng ko‘p ibodat qiluvchirog‘i edi", dedi. Muso (a.s.) aytdilar: "Yana qaysi amali bor edi?" Ayoli aytdiki: "Joyiga yotayotganida, Muso keltirgan narsa agar haq bo‘lsa, bizga qanday ham yaxshi", deb aytardi. Muso (a.s.) fojirni ayoliga: "Eringning amali nima edi?" dedilar. "Odamlarning eng buzg‘unchisi edi", dedi uning xotini. Muso (a.s.) aytdilar: "Undan boshqa nima amali bor edi?" Ayol: "Joyiga yotayotgan paytda la-a ilaha illalloh Musoga (a.s.) kelgan narsa uchun Alloh taologa hamd-sano bo‘lsin", derdi", dedi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:03:35
640. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim la-a ilaha illalloh desa, uning og‘zidan ko‘k qush chiqadi. Uning ikki oq qanoti dur va yoqut bilan qoplangan bo‘ladi. So‘ngra osmonga ko‘tariladi va undan asalarining tovushi kabi g‘ung‘illash eshitiladi, unga: "Jim turgin", deyiladi. So‘ngra u: "Yo‘q, sohibimning gunohi kechirilmaguncha jim turmayman", deydi, shunda u aytgan kishining gunohi kechiriladi. So‘ng u qushda yetmishta til paydo bo‘lib, qiyomat kunigacha egasining gunohini kechirishini so‘raydi. Qiyomat kuni bo‘lsa, u qush keladi va egasining qo‘lidan ushlab, unga jannatni ko‘rsatuvchi va yo‘l boshlovchi bo‘ladi".

Xabarda rivoyat qilinadi: Alloh taolo Fir’avnni suvga g‘arq qildi va Musoni (a.s.) qutqardi. Muso aytdilar: "Ey Alloh, menga bir amalni dalolat etginki, uni qilsam, Sen menga bergan ne’matga shukr qilay. Alloh aytdi: "Ey Muso, la-a ilaha illalloh, deb ayt. Muso (a.s.) ziyoda qilishni so‘radilar. Alloh aytdiki: "Ey Muso, agar yetti osmon va yetti yerni torozining bir pallasiga qo‘ysang, la-a ilaha illalloh kalimasini bir pallasiga qo‘ysang, albatta, la-a ilaha illalloh kalimasi og‘ir keladi".

Mujohid aytadilar: "Uchta narsa borki, uni Alloh taolodan hech narsa to‘solmaydi: La-a ilaha illalloh kalimasi, ijobat bo‘lishiga ishongan holda qilingan duo, otaning farzandi haqqiga va mazlumning zolimga qarshi qilgan duosi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:03:42
641. Bir sahobiydan rivoyat qilindi: "Kim ixlos bilan la-a ilaha illalloh desa, ulug‘lab ovozini ko‘tarsa, Alloh uning to‘rt mingta katta gunohini kafforat qiladi". Aytildiki: "Agar unda to‘rt mingta gunoh bo‘lmasa-chi?" deb. Aytdilar: "Unda ahli va qo‘shnilarining gunohlari kechiriladi".

Faqih aytadilar: Kim yetti kalimani yodlasa, u odam Allohning nazdida ulug‘, maloikalarning nazdida ham ulug‘ bo‘ladi, Alloh uning gunohlarini kechiradi, agarchi dengizning ko‘pigidek ko‘p bo‘lsa ham, toatning halovatini topadi, hayoti ham, mamoti ham yaxshi holda bo‘ladi.
1. Har ishni "bismilloh" bilan boshlasa.
2. Har narsani qilib bo‘lgandan keyin alhamdulillah, desa.
3. Agar tiliga ozmi-ko‘pmi lag‘v kelsa yoki yomon amal qilsa, o‘shandan keyin astag‘furulloh, desa.
4. Agar ertaga bu ishni qilaman desa, ketidan inshaalloh so‘zini aytsa.
5. Agar unga yomon ish ro‘baro‘ bo‘lsa, la-a havla va la-a quvvata illa billahil aliyyil azim, desa.
6. O‘ziga va moliga ko‘pmi yoki kammi bir musibat tushsa, inna lillahi va inna ilayhi roji’un, desa.
7. Va kecha-yu kunduz tilidan la-a ilaha illalloh kalimasi tushmasa.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:03:50
642. Amr ibn Dinor Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qiladilar: "Bizlarga Maoz ibn Jabaldan (r.a) eshitgan bir kishi aytdiki: "Maozga o‘lim kelganida: "Ustimni ochib qo‘yinglar, — dedilar. Men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan eshitganim hadisni sizlarga aytib bermoqchiman, shu paytgacha uni aytib yurganlaringiz uchun men indamagan edim. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Kim la-a ilaha illalloh kalimasini ixlos qilgan holatda aytsa, jannatga kiradi", degan edilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:03:57
643. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimga o‘lim vaqtida la-a ilaha illalloh so‘zini talqin qilinsa, jannatga kiradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:04:04
644. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlari rivoyat qilingan: "Kimning dunyodagi oxirgi kalomi la-a ilaha illalloh bo‘lsa, jannatga kiradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:04:11
645. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlarga Nuh (a.s.) o‘g‘illariga buyurgan ishning xabarini beraymi? Nuh (a.s.) : "Ey o‘g‘licham, senga ikki ishni buyurib, ikki ishdan qaytaraman, la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharikalahu so‘zini aytishga buyuraman. Chunki osmon va yer torozining bir pallasiga qo‘yilsa, la-a ilaha illalloh ikkinchi pallasiga qo‘yilsa, shahodat kalimasi og‘ir keladi. Va yana subhonallohi va bihamdihni aytishni buyuraman. Chunki u maloikalarning saloti, maxluqotning duosi. Va xalq uning bilan rizqlanadi. Seni Alloh taologa biron narsani sherik qilishdan qaytaraman. Chunki kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qiladi. Va yana seni kibrdan qaytaraman. Chunki kishining qalbida xardalning urug‘ichalik kibr bo‘lsa, jannatga kirolmaydi", dedilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:04:19
646. Xabarda rivoyat qilinishicha, "Kim ixlos qilgan holda la-a ilaha illalloh desa, jannatga kiradi".

Bu so‘zda ixlos kalimasi shart qilindi. Agar ixlosi gunohlardan qaytarmasi, u haqiqiy ixlos bo‘lmaydi, agar so‘zi (ya’ni, shahodati) uni gunohlardan qaytarmasa, u ixlos haqiqiy emas. Va yana qo‘rqish lozimki, bu so‘z, ya’ni, ixlos kalimasi omonatga berilgan narsadir, zero, omonat qaytarib olinishi ham mumkin.

Faqih aytadilar: Odamlar imonlariga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Ulardan ba’zilariga imon atoi ilohiy va ba’zilariga oriyatga (ya’ni, foydalanib turishga — muh.) berilgan bo‘ladi. Ilohiy berilgan imoni uni gunohdan man’ etadi va toatlarga targ‘ib qiladi. Ammo oriyatga berilgan imon uni gunohlardan qaytarmaydi, toatlarga targ‘ib qilmaydi. Chunki oriyatga berilgan narsada tadbir yo‘qdir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:04:27
647. Anas ibn Molik Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U kishi aytdilar: "La-a ilaha illalloh jannatning qiymatidir". Boshqa xabarda: "jannatning kalitidir", deyilgan.

Aytildiki: "La-a ilaha illalloh jannatning kaliti, lekin eshikni ochish uchun kalitning tishlari bo‘lishi kerak. Uning tishlari g‘iybat va gunohlardan pok, Allohni zikr qiluvchi til, hasaddan va g‘iybatdan qo‘rquvchi pok qalb, shubha va haromdan pok qorin va gunohlardan pok xizmat bilan shug‘ullanadigan a’zolardir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:04:35
648. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: "Ey Allohning elchisi, jannatga yaqinlashtiradigan, do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amallardan menga o‘rgating". Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Agar yomon amal qilsang, orqasidan yaxshi amalni ham qil. Chunki yaxshilikning savobi o‘n barobardir", dedilar. So‘ngra yana aytdilar: "Ey Rasulluloh, la-a ilaha illalloh yaxshiliklardanmi?" "U yaxshiliklarning eng yaxshisidir", dedilar u zot.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:04:53
649. Salama ibn Zayd Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Islom o‘chib ketadi, hatto hech kim namoz nima, ro‘za nima, bilmaydi. Hatto bir kishi, bizlardan oldingi qavm la-a ilaha illalloh, derdi, bizlar ham la-a ilaha illalloh, deb aytamiz", deydi. "Ularning la-a ilaha illallohga nima hojatlari bor?" deyishdi u zotga. "U bilan do‘zaxdan najot topadilar va jannatga kiradilar", deb uch marta takrorladilar Huzayfa (r.a.).

_____________
"La-a ilaha illalloh" kalimasining fazilati haqidagi bob hadislari

632-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
633-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan.
634-hadis. Juda zaif. "œAl-mezon"ga qarang.
635-hadis. Juda zaif. Abu Na’im "œSifatul-junna"da keltirgan.
636-hadis. Sahih. Imom Buxoriy rivoyat qilgan.
637-hadis. Sanadi topilmadi.
638-hadis. Avvalgi jumlasi sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan.
639-hadis. Zaif. Abu Na’im "œAl-hulya"da keltirgan.
640-hadis. Ibn Javziy shunga o‘xshagan hadisni "œMavzu’ot"ga kiritgan.
641-hadis. Botil. Daylamiy rivoyat qilgan.
642-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja, Abu Na’im rivoyat qilgan. "œAs-sahiha"ga qarang.
643-hadis. "œKanzul ‘ummol"da keltirilgan.
644-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
645-hadis. Zaif. Abd ibn Hamid rivoyat qilgan. Oxiri sahih. Muslim rivoyat qilgan.
646-hadis. Sahih. 642-hadisning izohiga qarang.
647-hadis. Zaif.
648-hadis. Sanadida bir zaiflik bor. Ahmad rivoyat qilgan.
649-hadis. Sahih marfu’. Ibn Mojja rivoyati. Hokim sahih sanagan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:05:11
ELLIK OLTINCHI BOB
QUR’ON FAZILATLARI HAQIDA


650. Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmatiga olsin) aytadilar: Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): "Qur’on shafoat qiluvchi va mushaffi’, mohil va tasdiqlovchidir, kim uni o‘ziga imom qilib olsa, Qur’on uni jannatga yo‘llaydi. Kim uni orqasiga tashlab qo‘ysa, do‘zaxga haydaydi", dedilar.

Faqih aytadilar: "Shafoat qiluvchi va mushaffi’" egasini shafoat qilishni so‘raydi, degani. "Mohil"ning ma’nosi — harakat qiluvchi, ya’ni, egasi uchun harakat qiladi va uning so‘zini tasdiqlaydi. "Kim uni o‘ziga imom qilsa", ya’ni, uni o‘qisa, unga amal etsa, "Qur’on uni jannatga yetaklaydi". "Kim uni orqasiga tashlab qo‘ysa", ya’ni, unga jafo qilib, uni o‘qimasa, amal etmasa, qiyomat kuni uni "do‘zaxga haydaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:05:19
651. Nofe’ ibn Abdulhars Umarning (r.a.) Makkadagi ish boshqaruvchisi edi. U Hazrati Umarni kutib olish uchun chiqdi. Hazrati Umar unga: "Makkaga kimni hokim qilib kelding?" dedilar. "Abdurahmon ibn Abu Abzoni", deb aytdi. Umar (r.a.): "Qurayshiylarga qullari bo‘lgan kishini hokim qilib keldingmi?" deb so‘radilar. "Ey mo‘minlarning amiri, — dedi u, — men odamlarning ichida eng yaxshi Qur’on o‘qiydigan kishini o‘rnimga qo‘ydim". Umar (r.a.) aytdilar: "Ha, albatta, Alloh taolo Qur’on bilan kishilarning darajasini ko‘tardi va ba’zi kishilarning darajasini past qildi. Albatta, Abdurahmon ibn Abu Abzo ham Alloh taolo Qur’on bilan darajasini ko‘targanlardandir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:05:26
652. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Albatta, bu Qur’on Allohning ziyofatidir. Allohning ziyofatidan qodir bo‘lganlaringcha olinglar. Albatta, bu Qur’on Allohning mustahkam arqoni, nuri mubin, shifoi nofe’, kim uni ushlasa, saqlanadi, unga ergashgan kishi najot topadi. Egri emaski, to‘g‘rilansa, xato emaski, to‘g‘ri yo‘lga solinsa. Uning ajoyibotlari tugamaydi, takror qilishlik bilan eskirmaydi. Uni tilovat qilinglar, chunki Alloh taolo har bir harfining tilovati uchun sizlarga o‘nta savob beradi. Men "Alif-lom-mim"ga o‘n savob beriladi, demayman, balki "alif"ga o‘nta, "lom"ga o‘nta, "mim"ga o‘nta savob beriladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:05:44
653. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning naql qiladilar: "Kim mo‘min birodaridan dunyo g‘amining bittasini ketkizsa, Alloh taolo undan oxirat g‘amlaridan bir g‘amni ketkizadi. Kim dunyoda qiyinchilik tushgan kishining ishini yengil qilsa, Alloh taolo uning dunyoyu oxiratdagi ishini yengillashtiradi. Alloh bandaga yordamda bo‘ladi, modomiki, u muslim birodariga yordamda bo‘lsa. Kim ilm izlanadigan yo‘lda yursa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qiladi. Qaysi qavm Alloh uylaridan birida Allohning kitobini tilovat etish uchun yig‘ilishsa va o‘zaro dars qilishsa, ularning ustiga sakinat tushadi, rahmat qoplaydi, ularni maloikalar halqa qilib o‘rab oladi va Alloh taolo o‘z huzuridagilar orasida ularni zikr qiladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:05:53
654. Yazid ibn Abu Hubayb Payg‘ambar alayhicsalomdan rivoyat qiladilar: Payg‘ambar alayhicsalom aytdilar: "Kim Qur’onni yod olsa, Alloh taolo uning ota-onasidan azobni yengillashtiradi, garchi ular kofir bo‘lsalar ham".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:06:08
655. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytadilar: "Kim Qur’onni o‘qisa, uning ikki tomonidan nubuvvat chiqqandek bo‘ladi, lekin unga vahiy qilinmaydi. Kim Qur’onni o‘qisa, so‘ngra Allohning bandalaridan biriga berilgan narsani o‘ziga berilgan narsadan afzal bilsa, Alloh taolo ulug‘ qilib bergan narsani haqir sanabdi".

Qur’on yodlagan kishi johillik qilganga johillik, dushmanlik qilgan kishiga dushmanlik qilishi joiz emas, balki afv etish va kechirib yuborish lozimdir.

Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Qur’onni yodlagan kishi quyidagi narsalar bilan boshqalardan farq qilishi kerak: Kechalari odamlar uxlagan vaqtda bedor bo‘lishi, kunduzi odamlar og‘zi ochiq bo‘lganlarida ro‘za tutmog‘i, odamlar xursand bo‘lganlarida u mahzun bo‘lmog‘i, odamlar kulganlarida yig‘lamog‘i va odamlar mutakabbirlik qilganlarida o‘zini past olmog‘i".

Qur’onni ko‘targan kishi yig‘laydigan, mahzun, halim, sokin, yumshoq bo‘lishi lozim. Zulm qilishi, g‘ofil bo‘lishi, baqirishi va qattiq qo‘l bo‘lishi joiz emas.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:06:26
656. Maoz ibn Jabal rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Uch narsa dunyoda g‘aribdir: Zolimning ichidagi Qur’on, yomon qavm ichidagi yaxshi kishi, uyda o‘qilmay turgan Mushaf".

Muhammad ibn Ka’b Qarziy: "Kim Qur’onni o‘qisa, guyoki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni ko‘ribdi", dedilar va keyin bu oyatni o‘qidilar:
"Sizlarni va (Qur’on) yetib borgan kishilarni (oxirat azobidan) ogohlantirish uchun menga mana shu Qur’on vahiy qilindi" (An’om, 19).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:06:33
657. Xabarda rivoyat qilinadi: Jannat darajalari Qur’on oyatlari sanog‘ichadir. Qur’on o‘quvchiga qiyomat kunida, o‘qi va ko‘tarilaver, deyiladi. Agar unda Qur’onning yarmi bo‘lsa, unga, agar senda yana bo‘lsa, yana ziyoda qilardik, deyiladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:06:41
658. Xolid ibn Bashir Husayn ibn Alidan, u kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Pay-g‘ambarimiz aytdilarki: "Kim Qur’onni namozida turib o‘qisa, o‘qigan har bir harfiga yuzta yaxshilik bordir, kim Qur’onni namozida o‘tirib o‘qisa, har bir harfiga ellikta yaxshilik yoziladi. Kim Qur’onni namozidan boshqa vaqtda o‘qisa, unga har bir harfiga o‘nta yaxshilik bor va kim Alloh kitobidan eshitsa, ajrni xohlasa, unga har harfi uchun bitta yaxshilik yoziladi. Kim Qur’onni o‘qib tugatsa, duosi mustajoblardan bo‘ladi, tezda yoki keyinroq beriladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:06:56
659. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Uch kishining haqqini munofiqdan boshqa hech kim yengil sanamaydi: adolatli imomning, Islomda sochi oqargan kishining va Qur’onni yod olgan qorining".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:07:04
660. Abu Umoma (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizlarni Qur’onni o‘rganishga qiziqtirdilar, so‘ng uning fazilatlaridan xabar berdilar: "Qur’on qiyomat kuni egasiga hujjat bo‘lib keladi, egasiga chiroyli suratda kelib, aytadi: "Meni taniyapsanmi?" "Sen kimsan?" deydi. Qur’on: "Men sen yaxshi ko‘rganing va hurmat qilganing, kechalarni men bilan bedor o‘tkazganing va kunduzda odat qilib o‘qiganing Qur’onman", deydi. Kishi: "Nahotki, sen Qur’on bo‘lsang", deydi. So‘ng Alloh huzuriga keladi, o‘ng tomoniga mulkni, chap tomoniga abadiylikni beradi va podshohlik toji boshiga kiydiriladi, musulmon ota-onasiga ikki libos kiygiziladi. Ularning bahosi dunyodagi hamma narsadan qimmatdir. Ular: "Bu bizlarga qaerdan keldi, bizlarga amallarimiz yetmayotgan edi-ku?" deyishadi. Shunda aytiladi: "O‘g‘lingizning Qur’onni o‘qigani fazlidan sizlarga buni berdim".

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam keyin aytdilar: "Ikki zahroni o‘rganinglar, (ya’ni, Baqara va Oli Imron so‘ralarini), chunki u ikkovi ahliga xuddi bulut kabi yoki qanotlari bilan saflangan qushlar tudasi kabi kelishadi va sohibini mudofaa qiladi".

So‘ngra aytdilar: "Baqarani o‘rganinglar, chunki uni olish baraka, uni tark qilish hasratdir. Unga botil, ya’ni, sehr ta’sir qilmaydi".

Keyin yana aytdilar: "Bu fazilat uni kim o‘rganib lag‘v qilmagan bo‘lsa, amal etgan bo‘lsa, uni unutmagan va uning orqasida rizq yemagan bo‘lsa, o‘shanday kishigadir".

Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) aytadilar: "Kim Qur’onni kunduz xatm qilgan bo‘lsa, unga maloikalar kechasigacha salovot o‘qiydi. Kim kechasi xatm qilgan bo‘lsa, maloikalar ertalabgacha salovot o‘qiydi. Kishilar kunduzi xatm qilishni yaxshi sanardilar".

Abdulloh ibn Muborak aytadilar: "Salaflar salovotlar ko‘p bo‘lishi uchun yozda kunning avvalgi vaqtida, qishda kechaning avvalida xatm qilishni mahbub ko‘rishar edi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:07:13
661. Qatoda Anas ibn Molikdan (r.a.), u zot Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qur’on o‘quvchi mo‘min utrujjaga (mevali o‘simlik) o‘xshaydi. Uning hidi ham, ta’mi ham yaxshi. Qur’on o‘qimagan mo‘min esa, xurmo kabidir, uning mazasi yaxshi, ammo hidi yo‘q. Qur’on o‘quvchi fojirning misoli rayhonga o‘xshaydi, uning hidi yaxshi, ta’mi achchiq. Qur’on o‘qimaydigan fojirning misoli hanzalaga o‘xshaydi, mazasi ham achchiq, hidi ham yo‘q".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:07:20
662. Uqba ibn Omir Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot aytdilarki: "Qur’onni ichida o‘quvchi sirli holda sadaqa qiluvchi kabidir, jahr qilib (ovoz chiqarib) o‘quvchi sadaqani oshkor beruvchi kabidir".

Demak, jahr bilan qiroat qilishlik juda yaxshi, ammo maxfiy o‘qish undan afzaldir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:07:27
663. Valid ibn Abdulloh Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasalladanm rivoyat qiladilar: "Menga gunohlarning hammasi ko‘rsatildi, unda Qur’onni ko‘tarib, keyin uni tashlab yuborganning gunohidan kattarog‘ini ko‘rmadim".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:07:34
664. Ibn Hutab Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan naql etadilar: "Kim Qur’onni o‘rganib, keyin uni hech bir uzrsiz unutib yuborsa, har bir (unutgan) oyati tufayli uning darajasi pasayadi va qiyomat kunida mahzun holatda keladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:07:51
665. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim Qur’onni ta’lim olib, keyin unutib yuborsa, qiyomat kuni qo‘li kesilgan holda keladi".

Zahhok aytadilar: "Qaysi kishi Qur’onni ta’lim olib, keyin unutsa, qiyomat kuni gunohkor holatda keltiriladi". So‘ng:
"(Ey insonlar), sizlarga ne bir musibat yetsa, bas, o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa — gunoh sababli (etur) va yana ko‘p (gunohlarning jazosini bermasdan) afv qilib yuborur" (Sho‘ro, 30), oyatini o‘qidilar. Qaysi musibat Qur’onni unutishdan kattaroq ekan?!"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:08:11
666. Faqih aytadilar: Hasan ibn Ziyoddan Abu Hanifaning (r.a.) bunday deganlarini eshitdim: "Kim Qur’onni yilda ikki marta o‘qib chiqsa, uning haqqini ado etgan bo‘ladi, chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uni Jabroil alayhissalomga har yili bir marta o‘qib o‘tkazib turganlar, vafot qilgan yillari esa, ikki marta o‘qib berganlar".

____________
Qur’on fazilatlari bobi hadislari

650-hadis. Sahih. Tabaroniy, Ibn Adiy, Abu Na’im rivoyat qilgan.
651-hadis. Sahih. Muslim, Ibn Mojja, Ahmad rivoyat qilgan.
652-hadis. Isnodi yaxshi. "œAs-sahiha"ga qarang.
653-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
654-hadis. Mavzu’. Ibn Hibbon "œMajruhun"da rivoyat qilgan.
655-hadis. Hasan marfu’. Hokim sahih sanagan.
656-hadis. Mavzu’. "œAz-zaifa"ga qarang.
657-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
658-hadis. "œKanzul ‘ummol"ga qarang. Daylamiy rivoyat qilgan.
659-hadis. Zaif. "œZaiful jome’"ga qarang.
660-hadis. Sahih. Ahmad, Dorimiy rivoyat qilgan.
661-hadis. Muttafaqun alayh.
662-hadis. Hasan. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
663-hadis. Zaif. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
664-hadis. Mavzu’. "œAl-mavzu’ot"ga kiritilgan.
665-hadis. Zaif. "œAz-zaifa"ga qarang.
666-hadis. Sahih. "œSahihul Buxoriy"ga qarang.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:08:24
ELLIK YETTINCHI BOB
ILM TALAB QILISH FAZILATI


667. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: Kasir ibn Qays rivoyat qildilar: "Abu Dardo (r.a.) bilan Damashqdagi masjidda birga o‘tirgan edim. Bir kishi kelib: "Ey Abu Dardo, men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shaharlaridan siz Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan bir hadisni so‘rash uchun keldim", dedi. Abu Dardo: "Tijorat uchun emas, ehtiyoj uchun emas, faqat shu uchun keldingmi?" dedilar. Haligi kishi: "Faqat mana shu ish uchun keldim", dedi. "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan eshitdimki, "Kim ilm talab qilinadigan yo‘lni tutsa, Alloh taolo unga jannat yo‘llaridan bir yo‘lni yengil qilib qo‘yadi va Allohning maloikalari tolibi ilm uchun qanotlarini uning qilayotgan ishidan rozi bo‘lib qo‘yadilar, olim uchun osmon va yerdagi hamma narsalar, suvdagi baliqlargacha istig‘for so‘raydilar. Olimning obiddan afzalligi badr (to‘lin oy) kechasidagi oyning boshqa yulduzlardan afzalligi kabidir. Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar dinor-dirham meros qoldirmadilar. Ilm-ni meros qoldirdilar. Kim uni olsa, katta nasiba olibdi", deganlar u zot sollallohu alayhi vasallam".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:08:51
668. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilarki: "Ikki ochko‘z hech to‘ymaydi: Tolibi ilm va dunyoni talab qiluvchi. Ular barobar emaslar. Ilm tolibi Alloh roziligini ziyoda qilaveradi, ammo dunyo tolibi tug‘yonda ziyoda bo‘laveradi". So‘ng ushbu oyatlarni o‘qidilar:
"Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlargina qo‘rqur" (Fotir, 28),

"Darhaqiqat, inson o‘zini boy-behojat ko‘rgach, albatta tug‘yonga tushar — haddidan oshar" (Alaq, 6—7).

Muhammad ibn Sirin hikoya qiladilar: "Basradagi masjidga kirdim. Asvad ibn Sari’ odamlarga qissa aytardilar. U kishining oldida odamlar yig‘ilgan edi. Ularning orqasida fiqh sohiblari boshqa halqa qilib o‘tirishardi va fiqhdan muzokara qilishardi. Ikki rak’at namoz o‘qib, forig‘ bo‘lganimdan keyin ichimda, Asvadga borsam, ularga yetgan ijobat, rahmat ular bilan menga ham yetadi, dedim. So‘ng, faqihlarning halqasiga borsam, shoyad ularning so‘zini eshitib, amal qilsam, deb o‘yladim. Shu holda ikkilanib, o‘tib ketdim. Hech qaysilarining oldiga o‘tirmadim. O‘sha kecha tush ko‘rdim. Tushimda bir kishi kelib aytdi: "Fiqh darsi bo‘layotgan halqada o‘tirganingda, Jabroilni topar eding. U zot ular bilan birga o‘tirgan edi", dedi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:09:00
669. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim do‘zaxdan ozod qilinganlarga qarashni yaxshi ko‘rsa, ilm oluvchilarga qarasin. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qaysi bir ta’lim oluvchi olimning eshigiga kelsa, Alloh taolo uning har bir qadamiga bir yillik ibodatni yozadi va har bir qadamiga jannatda bir bino barpo qilinadi. Yerda yursa, unga istig‘for so‘rashadi. Kechasi va kunduzda gunohlari kechirilgan holda bo‘ladi. Unga maloikalar guvohlik beradilar va: "Ana ular Allohning do‘zaxdan ozod qilgan bandalaridir", deb aytadilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:09:11
670. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. U zot sollallohu alayhi vasallam masjidga kirib, u yerda ikki majlisni ko‘rdilar, bittasi Allohni zikr qilayotgan, ikkinchisi fiqhdan ta’lim olayotgan edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ikki majlis ham yaxshilikdadir, ammo bittasi ikkinchisidan afzalroq. Ana ular Allohga duo qilishyapti, Alloh xohlasa, ularga beradi, xohlasa, man’ qiladi. Ana ular esa, ilm o‘rganishyapti va bilmaganga o‘rgatishyapti. Men ham muallim qilib yuborilganman va bular afzalroqdir". So‘ng (ta’lim olayotganlar) bilan o‘tirdilar.

Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Bir masalani o‘rganmog‘im menga kechasi turib ibodat qilishdan yaxshidir".

Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Sizlar amal qilish zamonidasizlar, bunda amal qilish ilm olishdan yaxshidir, yaqinda ilm zamoni keladi, ilm unda amaldan afzal bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:09:20
671. Said ibn Musayyab Abu Said Xudriydan, u zot (r.a.) Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Sarvari Olam sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Yer yuzidagi amallarning afzali uchtadir. Ilm olish, jahd va kasb qilish, chunki ilm tolibi Allohning habibi, g‘oziy Allohning avliyosi va kasb qiluvchi Allohning do‘stidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:09:28
672. Abbon Anas ibn Molikdan (r.a.), u kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Aytdilar: "Kim ilmni Allohdan boshqasi uchun talab qilsa, dunyodan ketmasdan unga shunday ilm keladiki, u Alloh uchun bo‘lib qoladi. Kim ilmni Alloh uchun talab qilsa, kunduzlari ro‘zador, kechalari qoim kishi kabidir. Albatta, ilm olinadigan eshik Qubays tog‘idek tilloni Alloh yo‘lida infoq qilishdan yaxshidir".

Abdulloh ibn Muborakdan so‘rashdi: "Kishi qachongacha ilmni o‘rgangani yaxshi?" "Unga johillik yomon ko‘rinib, ilm olish yoqimli bo‘lgunicha".

Ibn Muborakdan (rahmatullohi alayh) hikoya qilinadi. U kishiga o‘lim yaqinlashgan edi. Oldilarida bir odam yozib o‘tirardi. U zotga: "Shu holatda ilm yozyapsiz?" deyishdi. Aytdilar: "Ehtimol, hozirgacha bilmaganim bir kalima menga foyda berib qolar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:09:37
673. Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: "Ilmni ta’lim olinglar, chunki ta’lim olish Allohdan qo‘rqish, uni talab qilish ibodat, muzokarasi tasbeh, bilmagan kishiga o‘rgatish sadaqa, uni ahliga sarflash qurbatdir (Allohga yaqinlik). Chunki ilm jannat ahllarining manzillari sari yo‘ldir. U tanho paytida hamroh, safarda sohib, xilvatda suhbatdosh, sirlarda dalil, qiyinchiliklarda yordamchi, bezaklar oldida ziynat beruvchi, dushmanlarga qarshi quroldir. U bilan Alloh qavmlarni yuksaltiradi, demak, ular yaxshi ishlarda imom, yo‘lboshlovchilik qiladi. Ularning izidan boshqalar ergashadi, amallariga iqtido etadi va maloikalar ularning sifatlarini targ‘ib qiladi, ularni qanotlari bilan silaydi. Tolibi ilmga bor ho‘lu quruq va dengizdagi baliqlar, yerdagi hasharotlar, quruqligu suvdagi vahshiylar, hayvonlar salovot o‘qiydilar. Chunki ilm qalblarni jaholatdan tiriltiradi, qorong‘ulikda ko‘zlarning chirog‘i, zaiflikda badanlarga quvvat, u bilan abrorlar va ahrorlar manziliga yetadi, oxirat va dunyoda baland darajalarga erishadi. Unda fikr qilish ro‘zadorlikka, muzokara qiyomga tengdir, u bilan qarindoshchilik bog‘lanadi, u bilan harom va halol bilinadi, u imomdir, amal unga ergashadi, u saodatmandlarga ilhom beradi, baxtsizlarni mahrum qiladi".

Hasan Basriy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Ilm olishni Alloh yo‘lida jihod qilishdan afzal deb bilaman. Ha, ilm Alloh yo‘lida jihod qilishdan afzaldir. Kim uyidan ilmning talabida chiqsa, uni maloikalar qanotlari bilan o‘rab oladilar, unga osmondagi qushlar, quruqlikdagi hayvonlar, dengizdagi baliqlar salovot aytadilar. Alloh taolo unga yetmish ikkita siddiqning ajrini beradi. Odamlar, ilmni egallanglar va ilm olish uchun sokin, muloyim, viqorli bo‘linglar, ta’lim olayotgan va ta’lim berayotganlarga tavozu’li bo‘linglar. Olimlik bilan faxrlanmanglar, ahmoqlar bilan tortishmanglar va ilm bilan amirlarga aralashib ketmanglar. U bilan Allohning bandalaridan o‘zingizni baland tutmanglar, agar unday qilsangiz, Allohning g‘azabida qolgan, jahannamga yuztuban tashlanadigan zulmkor ulamolardan bo‘lib qolasizlar. Ilmning Allohga ibodatda xalal bermaydiganini talab qilinglar, shuningdek, Allohga ibodat etinglar, ilmlaringizga zarar bermaydigan bo‘lsin. Ilm foyda bermaydi, magar yuqoridagi gaplarga amal qilinsagina foyda beradi. Ilmni tashlab, faqat ibodatga yuz tutgan qavmdek bo‘lmanglar. Ularning terilari badanlariga yopishib ketsa ham, odamlarning oldiga qilichlari bilan chiqadilar. Agar ular ilmni talab qilsalar edi, ilmlari qilgan ishlaridan to‘sgan bo‘lardi. Ilmsiz amal qiluvchi yo‘ldan adashgan kishiga o‘xshaydi. U g‘ayratni kuchaytirmaydi, balki qiyinchilikni ziyoda qiladi, islohidan fasodi ko‘p bo‘ladi". U kishidan: "Ey Abu Said, bu gaplarni kim aytgan?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Badr urushida qatnashgan yetmishta kishi bilan uchrashdim, ilm talabida qirq yil safar qildim".

Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Ey odamlar, sizlarning olimlaringiz ketayotganini va johillaringiz ta’lim olmayotganini ko‘ryapman! Bas, ilm ko‘tarilib ketmasidan oldin ta’lim olib qolinglar, chunki ilmning ko‘tarilishi olimlarning ketishi bilandir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:09:49
674. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo bandalaridan ilmni tortib olish bilan ko‘tarmaydi, balki ilmni olimlarni olish bilan ko‘taradi, hattoki bironta olim qolmaydi. Shunda odamlar johil boshliqlarni ushlaydilar, ulardan so‘raydilar, ular javob beradilar, o‘zlari ham adashadilar, odamlarni ham adashtiradilar".

Ibn Muborakdan (r.a.): "Agar sizga Allohdan, bugun peshingacha o‘lasan, degan xabar kelsa, o‘sha kuni nima amal qilar edingiz?" deb so‘rashdi. U zot: "Ilm talab qilardim", deb javob berdilar.

Ibrohim Naxa’iy (r.a.): "Faqih kishi hamisha namozda bo‘ladi", dedilar. "Qanday qilib?" deyishdi. Aytdilar: "Chunki siz u bilan uchrashgan paytingizda tilida Allohning zikri bo‘ladi, halolni halol, haromni harom deydi".

Aytiladiki, olimlar zamonning chirog‘i. Har bir olim zamonasining chirog‘idir va u bilan davrining ahli ziyo oldi".

Solim ibn Abu Ja’ddan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilarki: "Xo‘jayinim meni uch yuz dirhamga sotib oldi, keyin ozod qildi, shunda o‘zimga o‘zim, qaysi kasbni qilsam ekan, dedim, so‘ng ilmni ixtiyor etdim, ko‘p o‘tmay xalifa mening ziyoratimga keldi, men unga kirishga izn bermadim".

Solih Marriydan (r.a.) zikr qilinadi: U kishi amirul mo‘mininning oldiga kirdilar va uning yostig‘i ustiga o‘tirdilar. So‘ngra: "Hasan aytib to‘g‘ri aytdi", dedilar. Amirul mo‘minin: "Hasan nimani aytdi?" deb so‘radi. "Hasan, ilm sharaflining sharafini ziyoda qiladi, qulni ozodlar manziliga yetkazadi, degan edi. Yo‘qsa, Solih Marriy kim bo‘libdiki, amirul mo‘mininning yostig‘iga o‘tirsin?!" dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:09:57
675. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Ilmni Xitoyda bo‘lsa ham talab qilinglar. Chunki ilmni talab qilish har bir muslim va muslimaga farzdir".

Avn ibn Abdulloh rivoyat qiladi: "Bir kishi Abu Zarr Fiforiyning (r.a.) oldilariga kirdi va aytdiki: "Men ta’lim olmoqni xohlagan edim, lekin uni zoe’ qilib, unga amal qilmay qolishimdan qo‘rqaman". Abu Zarr Fiforiy (r.a.) aytdilar: "Sening ilm bilan o‘ralib qolishing johillikka o‘ralib qolishingdan ko‘ra yaxshidir". U odam keyin Abu Dardoning (r.a.) oldilariga borib, boyagi gapni aytdi, Abu Dardo: "Albatta, odamlar qanday holatda o‘lsalar, shu holatda tiriladilar. Olimni olim holatida tiriltiradi, johilni johil holatida", deb javob qildilar. Keyin Abu Hurayra (r.a.) huzurlariga borib, ikkalasiga aytgan boyagi gapni aytdi. Abu Hurayra (r.a.): "Mavjud narsani tashlab qo‘yishdan ko‘ra uni zoe qiluvchi bo‘lmaysan", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:10:39
676. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Allohga ibodat qilishda dinning faqihi bo‘lishdan afzalroq narsa yo‘qdir. Bitta faqih shaytonga mingta obiddan qattiqroqdir. Har bir narsaning ustuni bo‘ladi, dinning ustuni fiqhdir".

Xabarda zikr qilinishicha, Basra ahllari ixtilof qilishdi. Ba’zilari, ilm moldan afzal, deyishsa, ba’zilari, mol ilmdan afzal, deyishdi. So‘ngra Ibn Abbosga (r.a.) bir kishini yuborishdi. Elchi kelib, u kishidan shu masalani so‘radi. Ibn Abbos aytdilar: "Ilm afzaldir". Elchi: "Agar mendan hujjat so‘rashsa, nima deb javob berayin?" dedi. Ibn Abbos: "Ularga ayt, ilm payg‘ambarlarning merosi, mol esa, fir’avnlarning, ilm seni qo‘riqlaydi, sen molni qo‘riqlaysan. Albatta, ilmni Alloh yaxshi ko‘rganigagina berur, molni esa yaxshi ko‘rganiga ham, yaxshi ko‘rmaganiga ham beraveradi. Ko‘proq yaxshi ko‘rmaydiganiga beradi. Allohning ushbu so‘ziga qaramaysanmi:

"Agar odamlar bir millat (ya’ni, kofir) bo‘lib olishlari bo‘lmaganida edi, albatta, Rahmonga (ya’ni, bizga) kofir bo‘ladigan kimsalar uchun uylarining shiftlarini ham, unga chiqargan narvonlarini ham kumushdan qilib qo‘ygan bo‘lur edik" (Zuxruf, 33)", deb javob qildilar.

Chunki ilm ishlatish va sarflash bilan kamaymaydi, mol ishlatish va sarflash bilan kamayadi. Mol egasi o‘lsa-da, ilm egasi o‘lmaydi. Chunki mol egasi har bir dirhamidan, qaerdan topilgani va qaerga ishlatgani to‘g‘risida so‘ralinadi. Ilm egasining har bir so‘ziga jannatda darajalar bordir.

Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilarki: "Odamlar uch xil bo‘ladi. Olimi rabboniy, najot yo‘lida ta’lim oluvchi, qolganlari esa, och avom xalq, har qaqag‘lagan narsaning orqasidan ergashib ketaveradi, har bir hidga moil bo‘laveradi".

Yana u zot (r.a.) aytadilarki: "Ilm moldan yaxshi, ilm sizni qo‘riqlaydi, siz esa, molni qo‘riqlaysiz, ilm nafaqani poklaydi, mol nafaqani kamaytiradi. Ulamolar dunyo qancha tursa, shuncha turadi, ularning jismlari yo‘qolgan bo‘lsa-da, misollari qalblarda mavjuddir".

Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Olim bilan ilm oluvchining ajri tengdir. Darhaqiqat, kishilarda ikki toifadan — olim va ta’lim oluvchidan boshqasida yaxshilik yo‘qdir".

_____________
Ilm talab qilish fazilati bobi hadislari

667-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
668-hadis. Sahih. "œSahihul-jome’"ga qarang.
669-hadis. Mavzu’. Ibn Hajar Asqaloniy Suyutiydan naql qilib yolg‘on degan "œKashful xafo"ga qarang.
670-hadis. Zaif. Ibn Mojja, Dorimiy rivoyat qilgan.
671-hadis. Isnodi topilmadi.
672-hadis. Juda zaif.
673-hadis. Juda zaif. "œTanzihush-shari’at"ga qarang.
674-hadis. Muttafaqun alayh.
675-hadis. Mavzu’. Ikkinchi yarmi sahih.
676-hadis. Mavzu’. Doriqutniy, Bayhaqiy naql qilgan.
Ilmga amal qilish bobi hadislari
677-hadis. Zaif. "œZaiful jome’"ga qarang.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:11:11
ELLIK SAKKIZINCHI BOB
ILMGA AMAL QILISH


677. Faqih Abu Lays Samarqandiy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilishlaricha, u zot aytdilarki: "Ulamolar payg‘ambarlarning Alloh bandalari ustidagi aminlaridir. Modomiki, sultonlarga aralashmasalar va dunyoga berilmasalar. Agar dunyoga kirsalar, payg‘ambarlarga xiyonat qilgan bo‘ladilar. Bas, unda ulardan uzilinglar va saqlaninglar".

Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Ta’lim olmay olim bo‘lmaydi. Ilmiga amal qilmasdan ham olim bo‘lolmaydi".

Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Bir marta vayl bo‘lsin kim bilmagan bo‘lsa, yetti marta, vayl bo‘lsin bilib, unga amal qilmagan bo‘lsa".

Yana u kishidan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Menga qiyomat kuni: "Ey Uvaymir, nima o‘rganding?" deb aytilmog‘idan qo‘rqmayman. Lekin qiyomat kuni mendan: "Ey Uvaymir, bilgan narsangga qanday amal qilding?" deb so‘ralmog‘idan qo‘rqaman".

Iso ibn Maryam (alayhumassalom) aytgan ekanlar: "Kim bilsa, amal qilsa va o‘rgatsa, uni osmon saltanatida azim deb chaqiriladi".

Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat. U kishi Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) so‘radilar: "Ilmning egalari kimlar?". "Unga amal qiluvchilar", dedilar. "Kishilarning qalbidan ilmni nima chiqaradi?" deb so‘radilar. "Tama’", deb javob qildilar.

Iso ibn Maryam (alayhumassalom) aytganlar: "Chiroq ko‘tarib yurgan ko‘r kishining chirog‘i boshqalarga nur taratishidan unga nima foyda? Tashqarida turgan chiroqdan qorong‘u uyga nima foyda? Amal qilmaganingizdan keyin hikmatni gapirib yurishingizdan nima foyda?"

Yana Iso alayhissalomdan rivoyat: "Daraxtlar ko‘p, lekin hammasi ham mevali emas. Ulamolar ko‘p, ularning hammalari yo‘l ko‘rsatuvchi emas. Mevalar ko‘p, ularning hammasi birday shirin emas. Ilmlar ko‘p, ularning hammasi ham foydali emas".

Avzoiy aytadilar: "Kim bilgan narsasiga amal qilsa, bilmagan narsalariga ham muvaffaq bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:11:18
678. Sahl ibn Abdulloh aytadilar: "Olimlardan tashqari hamma odamlar o‘likdir, olimlarning ilmiga amal qilayotganidan tashqari hammasi mastdir. Amal qiluvchilarning muxlislaridan (ixlosmandlaridan) boshqa hammasi g‘ururga ketgandir. Ixlos bilan amal qilganlar xatardadir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:11:36
679. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Hamma olimlarning ham oldida o‘tiravermanglar, agar beshta narsadan beshta narsaga chaqirsa, o‘tiringlar. Gumondan ishonchga, kibrdan tavozu’ga, dushmanlikdan nasihatga, riyodan ixlosga, rag‘batdan zohidlikka".

Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "Agar olim ilmiga amal qilmasa, johil undan ilm olishdan o‘zini tortadi. Chunki olim ilmiga amal qilmasa, ilm o‘ziga ham, boshqaga ham foyda bermaydi, agarchi ilmni sandiqlarda yig‘sa ham, chunki bizlarga yetdiki, Bani Isroildan bir kishi sakson sandiqqa ilmni jam qilgan ekan. Alloh taolo o‘sha olimning Payg‘ambariga vahiy qilibdiki, bu hakimga ayt, agar yana bunga o‘xshashini yig‘sa ham, mana bu uch narsaga amal qilmasa, foyda bermaydi.
1. Dunyoni yaxshi ko‘rmaslik, chunki u mo‘minlarning uyi emas.
2. Shayton bilan do‘stlashmaslik, chunki u mo‘minlarga yo‘ldosh bo‘lmagan.
3. Mo‘minlarga aziyat bermaslik, chunki bu mo‘minlarning kasbidan emas".

Sufyon ibn Uyayna (r.a.) aytadilar: "Ilmsizlik kishiga husn emas. Kim bilgan narsasiga amal qilsa, u odamlarning olimrog‘idir. Kim bilgan narsasiga amal qilmasa, u johildir. Shuning uchun ham, olimning bitta gunohi kechirilguncha, johilni yetmishta gunohi kechiriladi, deyilgan".

Xabarda keladiki, maloikalar uch narsaga taajjublanar ekan: Fosiq olimga, odamlarga gapirib o‘zi amal qilmaydi. Ganju g‘ishtdan bino qilingan fojirning qabriga va fojirning tobutidagi naqshga.

Aytilishicha, hasratning eng qattig‘i qiyomat kunida uchta ekan: Bir kishiki, uning solih quli bo‘lib, u jannatga kiradi, o‘zi esa, do‘zaxga tushadi. Yana bir kishi mol to‘playdi, lekin Allohning haqqini (zakotni) bermaydi, so‘ng o‘ladi va merosxo‘rlari u moldan infoq qilib, do‘zaxdan qutulib qoladi, molni to‘plagan kishi esa, do‘zaxga tushadi. Yomon olim, u odamlarga gapirib yuradi. Odamlar uning ilmi bilan najot topishadi. U esa, do‘zaxga ketadi.

Hasan Basriyga (r.a.) bir kishi aytdi: "Bizlarning faqihlar bu-bu gaplarni aytyapti". Hasan Basriy hazratlari aytdilar: "Hech bir faqihni ko‘rganmisan? Faqih dunyoda zohid, oxiratga rag‘bat qiluvchi, dinida zakiy va Rabbiga ibodatda davomli bo‘lgan kishidir".

Aytiladi: "Agar olimlar halol mol to‘plash bilan mash-g‘ul bo‘lib qolishsa, avom xalq shubhadan yeydiganlarga aylanadi. Agar olimlar shubhali luqma yeyishsa, avom xalq harom yeydiganlarga aylanadi. Va agar olimlar harom yeyishsa, avomlar kofirga aylanadi".

Faqih aytadilar: Chunki ulamolar haloldan yig‘ishni boshlasalar, avom xalq ham ularga ergashib, mol to‘plashga tushadi, ammo ular ilmni yaxshi bilmaydi. Shunday qilib, shubhaga tushadi. Ammo olimlar haromdan saqlanib, shubhadan olsalar, ularga johillar ergashadi. Ular shubha bilan haromni ajrata olmaydi va haromga kirishib ketadi. Ammo agar olimlar haromdan olsalar, ularga yana johillar ergashadilar va ular olayotganlarini halol deb gumon qiladilar, natijada haromni halol sanaganlari uchun kofirga aylanadilar.

Aytiladi: Qiyomat kunida johillar olimlarga yopishadi va: "Sizlar bilgan edinglar, lekin bizlarga dalolat qilmadinglar, bizlarni qaytarmadinglar, shu ishlaring uchun biz bu holga tushib o‘tiribmiz", deb aytadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:11:45
680. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: "Odamlarning qaysisi yomon?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Buzilgan olim".

Aytiladi: Agar olim buzilsa, uning buzuqligidan olam buziladi.

Bishr ibn Horisdan rivoyat qilinadi. U kishi hadis sohiblariga aytar edilar: "Bu hadislarning haqqini ado qilinglar", deb. "Qanday ado qilamiz?" deyishsa, "Har ikki yuz hadisdan beshtasiga amal qilinglar", der edilar.

Hakimlardan biri aytadi: "Bizning zamonimizda ilm o‘rganmoq ayb, eshitish do‘stlik, shahvatni so‘zlash shahvat, ilmga amal qilish jon olinishi kabidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:11:54
681. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. Sarvari Olam aytdilar: "Kim ilmni to‘rt narsa uchun o‘rgansa, do‘zaxga kiradi. Ilmi bilan olimlar ichida faxrlanish uchun, ahmoqlar bilan tortishish uchun, odamlarning e’tiborini qozonish uchun va amirlardan mol, obro‘, hurmat olish uchun o‘qisa".

Sufyoni Savriy aytadilar: "Ilmning boshi – jim turish, keyingisi – eshitish, uchinchisi – yod olish, to‘rtinchisi – unga amal qilish, beshinchisi – uni tarqatish".

Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Olim yoki ilm oluvchi yoki eshituvchi bo‘l, ammo to‘rtinchisi bo‘lma, halok bo‘lasan", ya’ni, o‘qimaydigan, ta’lim olmaydigan, eshitmaydigan, yaxshi ko‘rmaydiganlardan bo‘lma.

Aytilishicha, olimlar uchtadir.
1. Allohga olim va Allohning bo‘yrug‘iga olim.
2. Allohga olim, lekin Allohning buyrug‘i olim emas.
3. Allohning amriga olim, Alloh uchun olim emas.

Allohga va Allohning buyrug‘iga olim, u Allohdan qo‘rqadi va Uning haddi, farzlarini biladi.

Allohga olim, lekin Allohning amriga olim bo‘lmagan kishi Allohdan qo‘rqadi, lekin Uning had va farzlarini bilmaydi. Allohning amriga olim-u, o‘ziga olim bo‘lmagan kishi Allohning had va farzlarni biladi, lekin Allohdan qo‘rqmaydi.

Faqih aytadilar: "Otam (rahmatullohi alayh): Abdulloh ibn Janohdan Abu Hafsning shunday deganlarini aytib berdilar: "O‘nta narsa olimning darajasini ko‘taradi: Allohdan qo‘rquv, nasihat, shafqat, musibatni ko‘tarish, sabr, muloyimlik, tavozu’, odamlarning mollarida iffatli bo‘lish, kitoblarga qarashni davom ettirish, hojibning (eshik og‘alari) oz bo‘lishi, ya’ni, uning oldiga kirishga mone’lik bo‘lmasligi va eshigi past tabaqadagilar uchun ham, yuqori tabaqadagilar uchun ham ochiq bo‘lishi. Chunki bizlarga xabari yetdiki, Dovud (a.s.) hojiblarning qattiqligi tufayli sinovga yo‘liqqan ekanlar".

Abu Hafs aytadilar: "O‘nta narsa odamlarning o‘nta toifasi uchun yomondir. Sultondagi tezlik, boylardagi baxillik, ulamolardagi tama’, kambag‘allardagi hirs, taniqli odamlarda hayoning ozligi, qarilar o‘zlarini yoshlardek tutishi, erkaklarning ayollarga va ayollarning erkaklarga o‘xshashi, zohidlarning dunyo ahli eshiklariga kelishi, bandalardagi johillik".

Fuzayil ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: "Agar olim dunyoga rag‘bat qilib, hirs qo‘ysa, u bilan birga o‘tirish johilning johilligini, fojirning fojirligini ziyoda qiladi va mo‘minning qalbini qotiradi".

Hakimlardan biri aytadi: "Hakimlarning so‘zi ahmoqlar uchun ermak, ovunchoqdir va ahmoqlarning so‘zi hakimlar uchun ibratdir", ya’ni, ahmoqlar hakimlarning gapini eshitsa, ularning kalomlarini chiroyli sanaydilar va bu ermak o‘rnida bo‘ladi. Ammo hakimlar ahmoqlarning gaplarni eshitib, yomonlikni ko‘rib, undan ibrat oladilar va unga o‘xshaganlardan saqlanadilar.

Aytiladi: Ahmoqlarning himmati eshitish, olimlarning himmati rivoyat, zohidlarning himmati rioya etish, ya’ni, uni mahkam tutib, amal qilishdir.

______________
Ilmga amal qilish bobi hadislari

678-hadis. Mavzu’. “Al-mavzu’ot”ga qarang.
679-hadis. Ibn Javziy bu hadisni ham “Al-mavzu’ot”ga kiritgan va uni “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zi emas”, degan.
680-hadis. Zaif.
679-hadis. Hasan. Dorimiy rivoyat qilgan.
680-hadis. Zaif. Dorimiy rivoyat qilgan.
681-hadis. Hasan. Dorimiy rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:42:46
ELLIK TO‘QQIZINCHI BOB
ILM AHLI BILAN O‘TIRISHNING FAZILATI


682. Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladilar. Abu Voqid Laysiy aytadilarki: "œPayg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) bir kuni sahobalari bilan o‘tirganlarida, uch kishi keldi. Ulardan biri davrada bo‘sh joyni ko‘rib, o‘sha yerga o‘tirdi. Ikkinchisi esa, odamlarning orqasida o‘tirdi. Uchinchisi (o‘tirmasdan) qaytib ketdi. Payg‘ambar (s.a.v.) so‘zlarini tugatganlaridan keyin aytdilar: "œSizlarga bu uch kishi haqida xabar beraymi? Birinchisi Allohdan boshpana so‘radi, Alloh unga boshpana berdi. Ikkinchisi odamlarga ziyon berishda Allohdan uyaldi, Alloh taolo ham undan uyaldi. Uchinchisi yuz o‘girdi, Alloh ham undan yuz o‘girdi".

Luqmoni Hakim o‘g‘liga shunday nasihat qilganlar: "œEy o‘g‘lim, agar Allohni zikr qilayotgan qavmni ko‘rsang, ular bilan birga o‘tir. Chunki olim bo‘lsang, ilmingga foyda beradi, ilmsiz bo‘lsang, senga ilm o‘rgatadilar. Shoyad, Alloh taolo ularga rahmatini in’om etganida, senga ham bu rahmatdan yetsa. Allohni zikr qilmaydigan qavmni ko‘rsang, ular bilan birga o‘tirma. Chunki olim bo‘lsang, ilmingni ko‘paytirmaydi, ilmsiz bo‘lsang yo‘l ko‘rsatmaydi. Tag‘in Alloh ularga g‘azab qilganida, senga ham g‘azabidan yetib qolmasin".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:43:13
683. Abu Said Xudriy (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: "œAlloh taoloning yer yuzini kezib yuradigan farishtalari bordir. Agar ular Allohni zikr qilayotgan qavmni ko‘rishsa: "œSizlar izlayotganlar bu yerda, bu yoqqa kelinglar", deyishadi. Ular kelishadi va zikr ahlini o‘rab olishadi. Keyin osmonga ko‘tarilishganda, Alloh taolo ularga: "œBandalarimni qanday holatda tark qildinglar?" deydi. Holbuki, Uning o‘zi yaxshiroq biladi. Farishtalar: "œUlarni Senga hamd aytayotgan, Seni nuqsonlardan poklayotgan, Seni zikr qilayotgan hollarida tark etdik", deyishadi. Alloh aytadi: "œUlar nimani istaydilar?" Maloikalar: "œJannatni", deb javob berishadi. Alloh azza va jalla: "œUlar jannatni ko‘rishganmi?" deb so‘raydi. "œYo‘q", deyishadi. Alloh: "œAgar ko‘rganlarida qanday talab qilishar edi?" deydi. Farishtalar: "œAgar uni ko‘rgan bo‘lganlarida, yanada qattiqroq talab qilar edilar", deb javob qilishadi. So‘ngra Alloh taolo: "œQaysi narsadan panoh istaydilar?" deb so‘raydi. Farishtalar: "œDo‘zaxdan panoh so‘rashmoqda", deb javob qilishadi. Alloh taolo: "œUlar uni ko‘rishganmi?" deydi. Farishtalar: "œYo‘q", deb aytishadi. Alloh: "œAgar do‘zaxni ko‘rganlarida, qanday bo‘lardi?" deb so‘raydi. Farishtalar aytishadi: "œAgar uni ko‘rganlarida, undan qochishlari va qo‘rqishlari qattiqroq bo‘lar edi". So‘ngra Alloh taolo shunday deydi: "œEy farishtalarim, sizlarni guvoh qilib aytamanki, Men ularning gunohlarini kechdim". Farishtalar aytishadi: "œUlarning ichida bir xatokor kishi bor, u zikr qilish uchun kelmagan, balki ularga ishi tushib kelgan". Alloh: "œBu qavm shunday qavmki, ular bilan birga o‘tirgan kishi baxtsiz bo‘lmaydi", deydi".

Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "œSolih kishi bilan o‘tirmoq mushkni ko‘tarib yuruvchi bilan o‘tirmoq kabidir. Senga mushkdan bermagan taqdirda ham, hidi kelib turadi. Yomon kishi bilan o‘tirmoq temirchi bilan o‘tirmoq kabi. Kiyimingga o‘t tushmaganda ham, tutuni dimog‘ingga urib turadi".

Ka’bul Ahbor (rahmatullohi alayh): "œAlloh taolo butun mavjudodni yaratmasidan oldin ikki kalimani yozib, arshning tagiga yozib qo‘ygan. Ularda nima yozilganini maloikalar bilishmaydi, ammo men bilaman", dedilar. U kishidan: "œEy Abu Ishoq, ularda nima yozilgan?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "œBittasida, bir kishi solihlarning amalini qilib, keyin fojirlar bilan suhbatda bo‘lsa, uning amallarini gunohga aylantiraman va qiyomat kuni fojirlar bilan birga tiriltiraman, deb yozilgan. Ikkinchisida, bir kishi barcha yomonlarning ishini qilib, keyin yaxshilar va solihlar bilan suhbatdosh bo‘lsa, ularni yaxshi ko‘rsa, uning gunohlarini yaxshilikka aylantiraman va qiyomat kuni yaxshilar qatorida tiriltiraman, deb bitilgan".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:44:01
Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: "œKim olimning oldiga kelib, u bilan birga o‘tirsa, uning ilmini egallashga qodir bo‘lmasa ham, unga yettita yaxshilik bordir:

Birinchidan, ta’lim oluvchilarning fazilatiga erishadi.

Ikkinchidan, olim bilan birga o‘tirishda davom etsa, gunoh va xatolardan xoli bo‘ladi.

Uchinchidan, uyidan chiqsa, unga Allohning rahmati tushadi.

To‘rtinchidan, olimning oldiga o‘tirganlarga rahmat tushadi, demak, unga ham shu rahmatdan nasiba yetadi.

Beshinchidan, modomiki, eshitib turar ekan, unga ham yaxshilik yoziladi.

Oltinchidan, maloikalar olimlardan rozi bo‘lib, ularni qanotlari bilan o‘rab turadilar. Tabiiy, ushbu majlisda o‘tirgan ilmsiz kishi ham bundan nasiba oladi.

Yettinchidan, har bir qo‘ygan va ko‘targan qadami gunohlari uchun kafforat bo‘ladi, darajasini yuksaltiradi va yaxshiliklarini ziyoda etadi. So‘ngra uni Alloh taolo boshqa olti narsa bilan ikrom qiladi:
—   olimlar majlisida qatnashishni yaxshi ko‘rish ne’mati bilan mukarram etadi;
—   olimga ergashgan har bir kishining savobidan kamaytirilmasdan unga ham beriladi;
—   agar ulardan birortasining gunohi kechirilsa, u boshqalarga shafoatchi bo‘ladi;
—   qalbi fosiqlar majlisidan soviydi;
—   solihlar va ta’lim oluvchilar yo‘liga kiradi;
—   Alloh taoloning amrini bajaradi. Chunki Alloh taolo:

"œAllohning kitobini odamlarga ta’lim berib va o‘zingiz o‘qib o‘rganib, yolg‘iz Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar bo‘linglar" (Oli Imron, 79-oyat), deb aytgan. Ya’ni, bandalarini olim va faqih bo‘lishga chaqirgan.

Bu oyat hech narsa o‘qimagan va yodlamagan kishilar uchun, yodlab o‘rgangan zotlar esa, ilmlariga yana ilm qo‘shishlari lozim».

Hakimlardan bittasi  aytadi: "œAlloh taoloning dunyoda ham jannati  bordir. Kim shu jannatga kirsa, yashash tarzi go‘zal  bo‘ladi. U jannat zikr majlislaridir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:44:30
684. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar "œSalohiyatli majlis mo‘minning mingta yomon majlisiga kafforat bo‘ladi"

Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "œAgar bir kishi uyidan chiqayotganida gunohi Tuhoma tog‘idek bo‘lsa, so‘ng ilm eshitib, qo‘rqib gunoh qilishdan to‘xtasa, uyiga qaytganida, unda gunoh qolmaydi. Ulamolarning majlisidan ajramanglar. Chunki Alloh taolo olimlarning majlisidan ko‘ra hurmatliroq joyni yer yuzida yaratmagandir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:44:53
685. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: "œBir kishi  Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga kelib: "œQiyomat qachon bo‘ladi?"deb so‘radi. Nabiy (s.a.v.) u kishiga: "œUnga nima tayyorlading?" dedilar. "œNamoz  va ro‘zalarim ko‘p emas. Ammo men Allohni va Payg‘ambarini  yaxshi ko‘raman", dedi haligi kishi. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: "œKishi yaxshi ko‘rgani bilan birga bo‘ladi, sen xam yaxshi ko‘rganing bilan bo‘lasan". O‘shanda musulmonlar qattiq xursand bo‘lishdi, ularning boshqa biron narsadan bunchalik xursand bo‘lganlarini ko‘rmagan edim".

Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "œUch narsani haqiqat  bilaman:  Alloh taolo bandasiga bu dunyoda bir narsasini bermagan bo‘lsa, qiyomat kuni boshqasi bilan nasibador etadi; Islomda ulushi bo‘lgan kishi ulushi bo‘lmagan kishi kabi emas; kishi yaxshi ko‘rgani bilan birgadir. Shuningdek, to‘rtinchi narsa ham borki, agar unga qasam ichsam, adashmagan bo‘laman: Alloh taolo biron bandaning gunohini bu dunyoda yashirsa, oxirat kuni ham yashiradi".

Abu Hurayra (r.a.) bir kuni bozorga kirib: "œEy odamlar, sizlar bu yerda yuribsizlar, masjidda esa Muhammadning (s.a.v.) meroslarini tarqatishyapti", dedilar. Odamlar  bozorni tashlab, masjidga yugurishdi. Bir pasdan so‘ng qaytib kelishib: "œEy Abu Hurayra, biz meros tarqatilayotganini ko‘rmadik", deyishdi. U kishi : "œNimani ko‘rdinglar?" deb so‘radilar. "œBir qavm Allohni zikr qilayotganini, Qur’on o‘qiyotganini ko‘rdik",  deyishdi. Abu Hurayra aytdilar: "œO‘sha narsalar Muhammadning (s.a.v.) meroslaridir".

Alqama ibn Qays aytadilar: "œBir qavm oldiga Alloh taolo haqida so‘ramoqqa yoki ular mendan so‘ramoqlari uchun borishim Alloh yo‘lida jihod qilishimdan mahbubroqdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:45:24
686. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: "œBir qavm Allohni zikr qilish uchun o‘tirsa, osmondan ularga: "œQoim bo‘linglar, sizlarning gunohlaringiz yaxshilikka almashtirildi va hamma gunohlaringiz kechirildi", deb nido qilinadi. Yer ahli Allohni zikr qilish uchun o‘tirsa, ular bilan farishtalar guruhi ham birga o‘tiradi".

Shaqiq Zohid (rahmatullohi alayh) aytadilar: "œInsonlar majlisdan uch sinf bo‘lib turadilar: haqiqiy kofir, haqiqiy munofiq, haqiqiy mo‘min.Chunki men Qur’onni tafsir qilaman, Allohdan va Payg‘ambardan gapiraman. Kim  mening so‘zlarimni tasdiqlamasa, u haqiqiy kofirdir. Kimning qalbi bu gaplardan siqilsa, u haqiqiy munofiqdir. Kimki qilib qo‘ygan gunohlaridan pushaymon bo‘lsa va bundan keyin gunoh qilmaslikka niyat bog‘lasa, u haqiqiy mo‘mindir".

Faqih aytadilar: «Kim sakkiz kishi bilan o‘tirsa, sakkiz narsa ziyoda qilinadi:
1.   Boylar bilan o‘tirsa, Alloh unda dunyoga muhabbat va rag‘batni ziyoda qiladi.
2.   Faqirlar bilan o‘tirsa, shukr va Allohning taqsimotiga rozilikni ziyoda qiladi.
3.   Podshohlar bilan o‘tirsa, kibr va qalbi qattiqlikni ziyoda qiladi.
4.   Xotinlar bilan o‘tirsa, ilmsizlik va shahvatni ziyoda qiladi.
5.   Bolalar bilan o‘tirsa, o‘yin va masxara bo‘lishni ziyoda qiladi
6.   Fosiqlar bilan o‘tirsa, gunoh va osiylikka jur’ati oshadi. So‘ng gunohlarga bemalol boradi va tavba qilishni kechiktiradi.
7.   Solih kishilar bilan o‘tirsa, ibodatlarga rag‘batini kuchaytiradi.
8.   Olimlar bilan o‘tirsa Alloh unda ilm va  taqvoni ziyoda qilad».

 Aytishlaricha, Alloh taolo uch paytdagi uyqu va uch joydagi kulguni yomon ko‘radi: zikr majlisi paytidagi uyqu, bomdoddan keyingi va xuftondan oldingi uyqu, farz namozi vaqtidagi uyqu; tobutning ortidan kulish, ilm majlisida kulish, qabristonda kulish.

Abu Yahyo Varroq aytadilar: "œMusibat to‘rtta:--jamoat namozida birinchi takbirdan kechikish; ilm majlisini o‘tkazib yuborish; dushmanga qulay hujum fursatini boy berish; Arofat tog‘idagi vuquf vaqtining o‘tib ketishi".

Aytishadiki, olimlar majlisi — dinning islohi, fosiqlar majlisi esa, din  uchun jarohatdir.       
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:46:03
687. Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan ekanlar: «Otaning yuziga qarash – ibodat, Ka’baga qarash – ibodat, Mushafga qarash – ibodat, olimning yuziga qarash – ibodat».

Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: «Olimlar yulduzlarga o‘xshaydi. Agar ko‘rinib tursa, odamlar ular bilan yo‘l topishadi. Agar ko‘zdan yo‘qolib, zulmatda qolsa, qayoqqa yurishni bilmay, hayron qolishadi. Olimning o‘limi bilan Islomda bo‘shliq paydo bo‘ladi. Vaqt o‘tsa-da, bu bo‘shliqni biror narsa to‘ldira olmaydi”.

__________________
Ilm ahli bilan birga o‘tirish fazilati bobi hadislari

682-hadis. Muttafaqun alayh.
683-hadis. Muttafaqun alayh.
684-hadis. Zaif. Daylamiy rivoyat qilgan.
685-hadis. Muttafaqun alayh.
686-hadis. Hasan. Ahmad, Tabaroniy rivoyat qilgan.
687-hadis. Zaif. Daylamiy rivoyat qildilar. “Kashful xofa”ga qarang. Hadisning oxirgi jumlasi sahih deb hisoblanmagan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:30:27
OLTMISHINCHI BOB                     
SHUKR HAQIDA


688. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) sahih sanad orqali  Anas ibn Molikdan (r.a.), u kishi Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilarki: "œAlloh taolo yeb-ichganidan keyin Unga hamd aytgan bandasidan rozi bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:30:35
689. Asmo binti Yazid aytadilar: "œPayg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim. U zot aytdilarki: "œQachon Alloh taolo avvalgiyu oxirgilarini yig‘sa, bir nido qiluvchi kelib: "œBugun hamma kim hurmatga loyiq ekanini biladi. Yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lganlar tursinlar", deb nido qiladi. Uni butun xaloyiq eshitadi. Ular turishadi, lekin ular ozdir. Keyin yana nido qiladi: «Allohning zikridan tijorat ham, oldi-sotdi ham chalg‘itolmaganlar tursinlar». Ular ham turishadi, ular ham ozdirlar. So‘ng yana nido qiladi: "œAlloh  taologa xursandlikda ham, xafalikda ham hamd  aytganlar tursinlar". Ular ham turishadi, ular ham kamchilik bo‘ladi. Shundan keyin boshqa odamlar hisob-kitob qilinadi".

Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: "œMuso (alayhissalom) Allohdan: "œEy Rabbim, inson qanday qilib Senga shukr qila oladi? Uni qo‘ling bilan yaratding, ruhingdan og‘ziga puflading, jannatingdan joy berding, farishtalaringni unga sajda qilishga buyurding", deb so‘radi. Alloh taolo: "œEy Muso, odam u narsalar hammasi Mendan ekanini bildi, so‘ngra Menga hamd aytdi. Bu aytgan hamdu sanosi yaratgan narsalarimning shukri bo‘ldi", deb javob qildi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:30:46
690. Qatoda (rahmatullohi alayh) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: "œTo‘rt narsa kimga berilgan bo‘lsa, dunyo va oxirat yaxshiligi berilibdi: zikr qiluvchi til, shukr etuvchi qalb, sabrli badan va mo‘mina soliha xotin". 

Aytishlaricha, Dovudning (alayhissalom) duolaridan biri bunday bo‘lgan ekan: "œEy Parvardigor, men Sendan to‘rt narsani so‘rayman va to‘rt narsadan panoh tilayman. So‘raydiganlarim: zikr qiluvchi til, shukr etuvchi qalb, sabrli badan va dunyoyu oxiratimda yordam beradigan soliha xotin. Ammo menga xo‘jayinlik qiladigan farzanddan, sochim oqarishni boshlamasdan oq tushiradigan xotindan, menga azob beradigan moldan va mening yaxshiligimni yashiradigan, yomonligimni oshkorqiladigan qo‘shnidan panoh tilayman".   

Muoviya ibn Abu Sufyondan (r.a.) rivoyat qilinishicha, u kishi suhbatdoshlaridan: "œSizlar uchun dunyoning yaxshiligi nimada?" deb so‘radilar. Ularning har biri fikrini aytishdi. Shunda Muoviya dedilar: "œOfiyat kishi uchun uch narsadadir: boshpana bo‘larlik uy, qoniqtirarlik yashash sharoiti, rozi qiladigan xotin. Bizlar ularni bilmaymiz". O‘sha paytda u zot xalifa edilar.

Sufyoni Savriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi deydilar: "œAlloh taolo sizni ikki ne’mat bilan rizqlantirgan — sultonning va tabibning eshigiga borishdan saqlagan bo‘lsa, Unga hamd ayting va shukr qiling".
Bakr ibn Abdulloh Mazaniy aytadilar: "œKim musulmon bo‘lib, badani ham sog‘lom bo‘lsa, unda dunyo va oxirat ne’matlarining kattasi jamlanibdi. Chunki dunyo ne’matlarining sayyidi — salomatlik, oxirat ne’matlarining sayyidi — Islom".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:30:54
691. Ibn Abbos (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: "œIkki ne’mat bor. Ko‘p odam ularning qadriga yetmaydi. Bu ikki ne’mat salomatlik va bo‘sh vaqtdir".

Ba’zi tobe’inlardan (r.a.) rivoyat qilinadi: "œKimda ne’matlar ko‘rinish berib ko‘paysa, Allohga hamd va zikrni ko‘paytirsin. Kimning g‘amlari ko‘paysa, istig‘forni ko‘paytirsin. Kimga kambag‘allik yopishsa, "œla-a havla va la-a quvvata illa-a billahil ‘aliyyil ‘aziym"ni ko‘p aytsin".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:31:03
692. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: "œAgar taomda to‘rt narsa bo‘lsa, mukammal bo‘ladi: haloldan bo‘lsa, yeyilayotganida Alloh nomi zikr qilinsa, shu taomdan yeydigan qo‘llar ko‘p bo‘lsa, yeyilgandan so‘ng Allohga hamd aytilsa".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:31:11
693. Hasan Basriy Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytdilar: "œAlloh bandaga xoh kichik, xoh katta bo‘lsin, bir ne’mat bersa va banda Allohga hamd aytsa, batahqiq, unga olganidan ham afzalroq narsa berilibdi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:31:19
694. Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: "œMo‘minning ishi ajoyib. Uning hamma ishi o‘ziga foyda. Agar bir yaxshilik yetsa, unga shukr qiladi va u uchun yaxshi bo‘ladi. Agar yomonlik yetib, sabr qilsa, bu ham yaxshilik bo‘ladi".
Makhuldan (r.a.) Alloh taoloning:
 
"œSo‘ngra ana o‘sha kunda, albatta (hayoti dunyoda sizlarga ato etilgan barcha) ne’matlar to‘g‘risida mas’ul bo‘lursizlar" (Takasur surasi, 8-oyat), degan so‘zi haqida so‘rashdi. U kishi aytdilar: "œBu ne’matlar yaxna ichimlik, salqin maskanlar, to‘ygan qorinlar, qomatning to‘g‘ri bo‘lishi va uyqu lazzatlaridir".

Iso ibn Maryamdan  (alayhissalom) zikr qilinadi. U kishi bir kuni sahobalarining oldiga chiqdilar. Egnilarida jundan bo‘lgan qattiq kiyim va yopinchiq bor edi. Sochlari qirilgan, mo‘ylovlari olingan edi. Ochlikdan ranglari o‘zgarib, yig‘lagan, chanqoqlikdan lablari qurigan, ko‘krak va bilaklaridagi mo‘ylari o‘sgan edi. Shunda u zot dedilar: "œMen Allohning izni bilan dunyoning manzilatini belgiladim Bunga ajablanmanglar ham, faxrlanmanglar ham, ey Bani Isroil. Dunyoni yengil sananglar,  shunda sizlarga u yengil bo‘ladi. Dunyoni past bilinglar, oxirat diyori sizlarni  ikrom etadi. Oxiratni qadrlanglar, bu dunyo sizlarni qadrlaydi. Dunyo mukarram zotlar diyori emas. U har kuni fitna va xasratga chaqiradi". Keyin yana aytdilar: "œAgar sizlar mening hamsuhbatlarim, sahobalarim bo‘lsangizlar, nafslaringizga dushmanlik qilish va dunyodan g‘azablanishda qattiq turinglar. Agar sizlar bu ishlarni bajarmasanglar, mening sahobalarim va birodarlarim emassizlar. Ey Bani Isroil, masjidlarni uyingiz kabi saqlang. Qabrlarga doimo borib turing. Mehmon qancha izzatlanishi lozim bo‘lsa, shuncha izzatlang. Ko‘rmaysizlarmi osmondagi qushlarni, ular ekmaydilar ham, o‘rmaydilar ham. Allohga qasamki, ular osmonda yurib, rizqlarini topadilar. Ey bani Isroil, arpa nondan, mevasabzavotlardan yeb turinglar. Bilinglarki, sizlar hech qachon o‘sha narsalarning shukrini ado qila olmaysizlar. Shunday ekan, bulardan-da, yuqoriroq ne’matlarning shukrini qanday ado etasizlar!"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:31:29
Sa’d ibn Jubayr aytadilar: "œBirinchi bo‘lib jannatga kiradigan kishilar qiyinchilik paytida ham, xursandchilik paytida ham Allohga hamd aytadigan kishilardir".

Faqih aytadilar (Alloh rahmat qilsin): "œBilingki, hamd va shukr avvalgilaru oxirgilarning ibodatidir. U maloikalarning ibodati, payg‘ambarlarning ibodati, yer ahlining ibodati, jannat ahlining ibodati. Payg‘ambarlarning ibodati ekani shuki, Odam (alayhissalom) aksa urganlarida, "œalhamdulillah", dedilar. Nuhning (alahissalom) qavmi suvga g‘arq bo‘lib, u kishi bilan bo‘lgan mo‘minlar najot topganidan keyin Alloh taolo  hamd aytmoqni buyurgan edi:

"œEndi qachon o‘zing va sen bilan birga bo‘lgan kishilar kema ustida joylashib olsa: "œBizlarni zolim qavmdan qutqazgan Allohga hamdu sano bo‘lsin", deb ayt" (Mo‘minlar, 28-oyat). Ibrohim xalilur Rahmon (alayhissalotu vassalom) aytganlar:

"œMenga keksalik paytimda Ismoil va Ishoqni hadya qilgan zot — Allohga hamdu sanolar bo‘lsin, albatta, Parvardigorim barcha duolarni eshituvchidir" (Ibrohim, 39-oyat). Dovud (alayhissalom) va Sulaymon (alayhissalom) aytadilar:
           
"œBizlarni ko‘p mo‘min bandalardan afzal qilib qo‘ygan zot — Allohga hamdu sano bo‘lsin" (Naml surasi, 15-oyat).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:31:40
Jannat ahllarining ibodati ekani shuki, ular olti o‘rinda Alloh taologa hamd aytadilar:
1. Allohning:                         
“Ey jinoyatchi kimsalar, mana bu kunda (mo‘minlardan) ajralinglar” (Yosin surasi, 59-oyat), degan so‘zi aytilgan paytda, shunday deydilar:
                     
“Bizlarni zolim qavmdan qutqazgan Allohga hamdu sano bo‘lsin” (Mo‘minlar surasi, 280-oyat).

2. Sirotdan o‘tgan vaqtlarida:
“Va ular (jannatga kirganlarida) dedilar: “Bizlardan g‘am-qayg‘uni  ketkazgan zot – Allohga hamdu sano bo‘lsin. Darhaqiqat, Parvardigorimiz mag‘firatli va o‘ta shukr qiluvchidir” (Fotir surasi,  34-oyat).

3. Jannatdagi hayot suvida cho‘milganlarida jannatga qaraydilar va aytadilar:
“Bizlarni bu (ne’matga) yo‘llagan zot – Allohga hamdu sano bo‘lgay. Agar bizni Alloh hidoyat qilmaganida hargiz yo‘l topa olmas edik” (A’rof surasi, 43-oyat).

4. Jannatga kirganlarida:             
“Va bizlarga va’dasini rost qilgan va bizlarni bu (jannat) yeriga vorid qilgan hamda jannatdan o‘zimiz xohlagan tarafda joy-o‘rin olishimizga (muvaffaq qilgan) Allohga hamdu sano bo‘lsin” derlar” (Zumar surasi, 24-oyat), deb shukrona aytadilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:32:07
5. Jannatda joylashgan vaqtlarida aytadilar:     
"œVa ular (jannatga kirgan chog‘larida) dedilar: "œBizlardan g‘am-qayg‘uni ketkazgan  zot — Allohga hamdu-sano bo‘lsin. Darhaqiqat, Parvardigorimiz mag‘firatli va o‘ta shukr qilguvchidir. U o‘z fazlu marhamati bilan bizlarni mangu turadigan bir diyorga tushirdi" (Fotir surasi, 34 —35- oyatlar).

6. Ovqatdan forig‘ bo‘lganlaridan keyin aytadilar:                     
"œHamdu sano butun olamlar xojasigadur" (Fotiha surasi, 1-oyat).

Hakimlardan bittasi aytadi: "œTo‘rt narsada shukr qildim:
1. Alloh taolo maxluqlardan ming xilini yaratdi, so‘ng ularning ichida odamni ulug‘ etdi va meni ham odam farzandidan yaratdi.
2. Erkaklarni xotinlardan fazilatli etdi va meni erkak qilib yaratdi.
3. Islomni dinlarning afzali etdi va meni musulmonlardan qildi.
4. Muhammadning (s.a.v.) ummatlarini ummatlar ichida eng yaxshi ekanini ko‘rdim va meni ham u zotning (s.a.v.) ummatlaridan qildi".

Shukr ikki xil bo‘ladi: umumiy va xususiy.
Umumiy shukr til bilan hamd aytish, Allohning ne’matlarini e’tirof etishdir. Xos shukr til bilan hamd aytish, qalb bilan tanish va ruknlar bilan xizmat etish hamda halol bo‘lmagan narsalardan tilini va a’zolarni saqlashdir.

Muhammad ibn Ka’bdan rivoyat etiladi. U kishi aytadilar: "œShukr - Allohning:                         
"œ(Ey) Dovud xonadoni, (Alloh sizlarga ato etgan bu ne’matlarning) shukronasi uchun amal-ibodat qilinglar" (Saba’ surasi, 13-oyat), degan so‘ziga amal qilishdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:32:16
695. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilarki: “Ikki xislat kimda bo‘lsa, Alloh uni shukr va sabr etuvchi, deb yozib qo‘yadi. Biri – dindorlikda o‘zidan baland bo‘lgan kishiga qarab, unga ergashish va ikkinchisi – dunyoda o‘zidan past bo‘lgan kishiga qarab, so‘ngra Allohga hamd aytish».

Faqih aytadilar: «Shukrning mukammalligi uch narsa bilandir: Alloh sizga bir narsa bersa, kim orqali berayotganiga qarashingiz va Unga hamd aytmog‘ingiz; bergan narsasiga rozi bo‘lmog‘ingiz; modomiki, o‘sha sizga ato qilingan narsa jasadingizga quvvat berar ekan, u tufayli Allohga osiylik qilmasligingiz lozim bo‘ladi”.

Maymun ibn Mahron Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Alloh taoloning yaratgan bandalari ichida muxtor-tanlanganlari bor, ular yaxshilik qilsalar, xursand bo‘ladilar, gunoh qilsalar, mag‘firat so‘raydilar, ne’mat kelsa, shukr aytadilar, balolarga duchor bo‘lsalar, sabr qiladilar.

Muhammad ibn Ka’b Quraziy aytadilar: “Sulaymon ibn Dovud (alayhissalom) ulovlariga minganlarida, qavmlaridagi odamlar kelib shunday dedilar: “Ey Allohning rasuli, sizga oldingilarga berilmagan biron narsa ato qilinganmi?” Sulaymon (alayhissalom) aytdilar: “To‘rt xislat  kimda bo‘lsa, Dovud oilasiga berilgan dunyo matolaridan ham yaxshiroq narsalar berilibdi: Allohdan oshkora va yashirin holatda qo‘rqish, kambag‘allik va boylikda o‘rtacha bo‘lish, rozilik va g‘azab holatida adolatli bo‘lish, xursandchiligu xafalikda Allohga hamd aytish”.

Abu Zarr G‘iforiydan (r.a.): “Odamlarning qaysisi ne’matga boy?” deb so‘rashdi. Aytdilarki: “Azobdan omonda bo‘lib, savob kutayotgan tuproqdagi jasad”.

___________________
Shukr bobi hadislari

688-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.
689-hadis. Isnodi zaif. Ibn Abu Dunyo rivoyat qilgan.
690-hadis. Zaif. Tabaroniy, Ibn Abu Dunyo, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
691-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy rivoyat qilgan.
692-hadis. Juda zaif, marfu’. “Tanzixush-shari’a”ga qarang.
693-hadis. Hasan. Bayhaqiy rivoyat qilgan. “Sahihul-jomi’a”ga qarang.
694-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
695-hadis. Zaif. Ibn Muborak, Termiziy, Bag‘oviy rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 01 Oktyabr 2006, 09:21:31
OLTMISH BIRINCHI BOB
KASB-HUNAR FAZILATI HAQIDA


696. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: "œAbu Hurayradan (r.a.) rivoyat etilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œKimki dunyoni tilanchilikdan saqlangan holda, ahli uchun harakat qilib, qo‘shnisiga muloyimlik bilan halol talab etsa, Alloh taolo qiyomat kuni uning yuzini badr kechasidagi (to‘lin) oydek qilib tiriltiradi. Kimki dunyoni halol yo‘llar bilan ko‘paytirib, (lekin) faxrlanish va riyo qilish uchun talab etsa, qiyomat kuni Alloh taoloning g‘azabiga yo‘liqadi".

Ba’zilar aytishadi: "œDovud (alayhissalom) odamlar tanimaydigan suratda chiqib, mamlakat ahlidan, o‘zlari haqida so‘rar edilar. Bir kuni u kishiga Jabroil (alayhissalom) odam qiyofasida ko‘rindi. Dovud (alayhissalom) aytdilar: "œEy yigit, Dovud  haqida nima deysan?" "œU yaxshi odam, lekin bir yomon xislati bor — musulmonlar xazinasidan istifoda etadi. Bandalarining ichida Allohga sevimlirog‘i o‘z mehnati bilan topib yeydiganlardir", dedi Jabroil. Shundan so‘ng Dovud (alayhissalom) mehroblariga qaytib, yig‘lab-yig‘lab, tazarru’lar qilib aytdilar: "œEy Rabbim, menga bir hunar o‘rgatgin, mo‘minlarning molidan o‘zimni behojat etay". Alloh taolo u kishiga temirchilikni o‘rgatdi. Temirlar u kishining qo‘lida xuddi xamirdek yumshoq bo‘lib qolardi. Ish vaqtlaridan bo‘shaganlaridan keyin sovut yasardilar. So‘ngra uni sotib o‘zi va ahlining ehtiyojlariga sarflar edilar.

Bu xususda Alloh taolo dedi:                                     
"œVa uning uchun temirni (xamirdek)  yumshoq  qilib qo‘ydik" (Saba’ surasi, 10-oyat). Yana aytadi:
         
"œUnga (Dovudga)  sizlarga ziyon yetishidan saqlaydigan sovut yasashni ta’lim berdik" (Anbiyo surasi, 80-oyat).

Sobit Banoniy (r.a.) u zot dedilar: "œMenga aytishlaricha, salomatlik o‘n qismdir: to‘qqiztasi sukut qilishda va bittasi odamlardan qochishda. Ibodatlar o‘n bo‘lakdir: to‘qqiztasi tirikchilik talabida va bittasi ibodatdadir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 01 Oktyabr 2006, 09:22:12
697. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKimda kim tilanchilik eshigini o‘ziga ochsa, Alloh unga faqirlik eshigini ochib qo‘yadi. Kim o‘zini undan tiysa, Alloh ham uni saqlaydi. Kim behojat bo‘lishni so‘rasa, Alloh uni behojat qiladi. Sizlarning biringiz arqon olib, vodiyga chiqib, u yerdan o‘tin terib bozorga keltirib, bir mud xurmoga sotsa, o‘sha ishi odamlar beradigan yoki bermaydigan sadaqani so‘rashidan yaxshidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 01 Oktyabr 2006, 09:22:26
698. Nabiyning (s.a.v.) bunday deganlari rivoyat qilinadi: "œGazlama savdosi bilan shug‘ullaninglar. Chunki bobolaringiz Ibrohim (alayhissalom) bazzoz (gazlama savdogari) edilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 01 Oktyabr 2006, 09:22:52
699. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot: «Zakariyo (alayhissolatu vassalom) duradgor edi», deb xabar berganlar.

Oisha onamizning bunday deganlari rivoyat qilinadi: "œSulaymon (alayhissalom) odamlarga minbarda xutba qilayotganlarida, qo‘llarida palma daraxtining novdalari bo‘lar edi, undan savat yoki shunga o‘xshagan biron narsa yasab turardilar. Agar  to‘qib bo‘lsalar, bir kishiga berib: "œBozorga olib borib sot", derdilar.

Shaqiq ibn Ibrohim aytdilar: Alloh taoloning:                 
"œAgar Alloh (barcha) bandalarining rizqlarini mo‘l-ko‘l qilsa, albatta, ular yer yuzida  zulm-tajovuzkorlik qilgan bo‘lur edilar" (Sho‘ro surasi, 27), degan oyati haqida aytadilar: "œAlloh taolo agar bandalariga kasb-hunarsiz rizq-ro‘z berganida, ular ishsiz qolib, oqibatda buzilib ketardilar. Lekin  buzg‘unchilikka bo‘sh vaqt topmasinlar, deya  ularni kasblar bilan shug‘ullantirib qo‘ydi".

Sa’d ibn Musayyab aytdilar: "œMolini haloldan topmagan, undan haqlarni chiqarib turmagan, u bilan obro‘-sharafini saqlamagan kishida yaxshilik yo‘qdir".
Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi dedilar: "œEy kambag‘allar jamoasi, boshlaringni ko‘taringlar, savdogarlik qilinglar, albatta, yo‘lingiz ravshan bo‘ladi. Boshqalarning qo‘liga qarab qolmanglar".

Umarning (r.a.) ozod qilgan quli Abu Solih (r.a.) rivoyat qiladilar: "œUmar bizga uch kishining sherikchilik qilishini buyurdilar: bittasi yig‘adi, boshqasi sotadi va uchinchisi Alloh yo‘liga chiqadi".

Avvom aytadilar: "œAbu Solih sohilda qo‘riqchilik qilayotganida menga: "œBiz uch kishimiz. Bu kun g‘azotda mening navbatim", deb aytgan edi".

Faqih Abu Ja’far (r.a.) deydilar: "œAbu Muborakning: "œKim bozorni tashlasa, muruvvati ketib, xulqi yomon bo‘ladi", deganini eshitdim".

 Ibrohim ibn Yusuf (Alloh rahmat qilsin) Muhammad ibn Salamaga: "œBozorni mahkam tut, chunki u egasiga kuch-quvvat beradi", deb nasihat qilganlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 01 Oktyabr 2006, 09:24:03
700. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKim bir daraxt yoki ekin eksa, shu ekkanidan inson, hayvon yoki qush yo yirtqich yesa, mana shu (eganlari) uning uchun sadaqadir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 01 Oktyabr 2006, 09:24:15
701. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: "œBirortangiz qo‘lida ko‘chatni tutib turgan holida qiyomat qoyim bo‘lib qolsa, uni ekishga imkoni bo‘lsa, eksin".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 01 Oktyabr 2006, 09:24:27
702. Makhul (r.a.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.): "œG‘iybatchi, maddoh, ta’na qiluvchi yoki o‘likka o‘xshab yuruvchi kishilar bo‘lishdan saqlaninglar", degan hadislaridagi "œo‘likka o‘xshab yuruvchilar"ni kasb bilan shug‘ullanmaydigan kishilar, deb izohlaganlar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 01 Oktyabr 2006, 09:24:45
703. A’mash (rahmatullohi alayh) Abu Maxoriqdan rivoyat qiladilar. U kishi xabar beradilarki, Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalari bilan o‘tirganlarida, yosh a’robiy yigit o‘tib qoldi.  Abu Bakr va Umar (roziyallohu anhumo) deyishdi: "œAgar u yigitligiyu kuch-quvvatini Alloh yo‘lida sarflaganida, katta ajr olgan bo‘lardi". Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAgar qarib qolgan ota-onasiga yordam berishga harakat qilsa, u Alloh yo‘lidadir. Kichkina bolalari uchun harakat qilsa, u Alloh yo‘lidadir. Agar u o‘z nafsi uchun, odamlardan behojat bo‘laman, deb harakat qilsa, u Alloh yo‘lidadir. Agar odamlar ko‘rsin va eshitsin, deb harakat qilsa, u shayton yo‘lidadir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 01 Oktyabr 2006, 09:25:20
704. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot (s.a.v.) aytdilarki: "œAlloh taolo har bir kasbi bo‘lgan kishini yaxshi ko‘radi, o‘zi sog‘-salomat bo‘lib, yo oxiratning ishi bilan, yo dunyo ishi bilan shug‘ullanmaydigan kishini yomon ko‘radi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 01 Oktyabr 2006, 09:25:27
705. Ja’far ibn Muhammad otalaridan rivoyat qiladilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) bozorga chiqib, oila ahllari uchun kerakli narsalarni sotib oldilar. Bu qilgan ishlarining sababini so‘rashganida: "œMenga Jabroil (alayhissalom), odamlarning qo‘liga qarab qolmasligi uchun ahli oilasi yo‘lida harakat qilgan kishining Alloh yo‘lida ekani xabarini berdi", deb javob qildilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 01 Oktyabr 2006, 09:25:39
706. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Bir kishi Rasulullohning (s.a.v.) oldilariga kelib, o‘ziga kerakli narsani so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) undan: “Uyingda biror bir narsang bormi?” deb so‘radilar. “Ha, bor, ey Allohning elchisi, bir namatimiz bor. Ammo uning ba’zi joylari kuygan. Bizlar uning ustida o‘tiramiz, yotamiz, bir chetini ustimizga yopamiz, bir chetini tagimizga to‘shaymiz. Yog‘och tovog‘imiz ham bor, unda ovqat yeymiz, suv ichamiz va boshlarimizni yuvamiz”, dedi haligi kishi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ikkovini ham menga olib kel”, dedilar. U kishi namat bilan tovog‘ini olib kelganidan so‘ng, Payg‘ambar (s.a.v.) u narsalarni qo‘llariga olib: “Bu ikkalasini kim sotib oladi?” dedilar. Bir kishi: “Men bir dirhamga sotib olaman”,  dedi. Nabiy (s.a.v.): “Bunga yana bir dirham qo‘shib sotib oladigan kishi yo‘qmi?” dedilar. Boshqa kishi: “Men ikkovini ikki dirhamga sotib olaman”, dedi. Rasuli Akram (s.a.v.) u odamga namat va tovoqni berib, ikki dirhamni oldilar va molning egasiga topshiraturib: “Bir dirhamiga ovqat sotib olib, uyingga olib bor. Bir dirhamiga esa, bolta xarid qil va mening oldimga kel”, dedilar. Haligi kishi keyin bolta sotib olib qaytib keldi, Payg‘ambar (s.a.v.)  unga: “Borib, o‘tin terib, bozorda sot. So‘ng o‘n besh kundan keyin mening oldimga kel”, dedilar. Keyin u kishi ketdi, o‘tin sotib, o‘n dirham ishladi. Pulining bir qismiga taom, ozrog‘iga kiyim sotib oldi. Payg‘ambar (s.a.v.) unga aytdilar: “Bu ishing senga qiyomat kuni yuzingda qora dog‘ bo‘ladigan, uni faqat olov o‘chiradigan tilanchilikdan yaxshi emasmi?”

Hakimlarning ba’zilari shunday deydilar: “Oqil kishi  besh narsasi bo‘lmagan shaharga tushmaydi: qat’iyatli sulton, odil qozi, muqim bozor, oqar daryo, mohir tabib”.
Hakimlarning biridan: “Kasblarning yaxshisi nima?” deb so‘rashdi. U kishi shunday deb javob qildi: “Dunyo kasblarining yaxshisi ehtiyojni qondirish uchun haloldan talab qilingani, uning bilan ibodat hozirligi ko‘rilgani va ortiqchasi qiyomat kuniga zaxira qilib qo‘yilgani. Oxirat kasblarining yaxshisi esa, amal qilinadigan ilmni tarqatish, solih amallar qilish va yaxshi odatni joriy etish”. Keyin: “Kasblarning yomoni nima?” deb so‘rashdi. “Dunyo kasblarining yomoni haromdan mol to‘plash va uni gunoh ishlarga sarflash hamda Parvardigoriga itoat qilmaydigan kishiga ergashish. Oxirat kasblarining yomoni esa, hasad qilib, haqni inkor etish, qasddan ma’siyat qilish va adovatli yoki zulmkor yomon odatni joriy etish”, deb javob qildi.

_____________________
Kasb qilish fazilati bobi hadislari

696-hadis. Zaif. Abu Na’im, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
697-hadis. Hasan. Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
698-hadis. Isnodi noma’lum.
699-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
700-hadis. Sahih. Muslim va Ahmad rivoyat qilgan.
701-hadis. Bazzor rivoyat qilgan va roviylarini ishonchli, degan.
702-hadis. Mursal.
703-hadis. Tabaroniy rivoyat qilgan. Xaysamiy roviylarini sahih, degan.
704-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan.
705-hadis. Isnodi zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan.
706-hadis. Zaif. Abu Dovud, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:24:07
OLTMISH IKKINCHI BOB
KASB OFATI VA HAROMDAN HAZAR QILISH

707. Faqih Abu Lays Samarqandiy Qatodaning (r.a.) bunday deganlarini rivoyat qiladilar: "œBizlarga Payg‘ambar  (s.a.v.): "œAgar  xohlasanglar, qasam ichamanki, savdogar fojirdir", deb aytdilar».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:28:26
708. Yana Qatodadan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKunduzni qasam ichib o‘tkazib, kechasi uni hisob-kitob qiladigan savdogardan ajablanaman".
Ahli ilmlarning aytishlaricha, din va dunyo to‘rt narsa bilan qoyim bo‘ladi: olimlar, amirlar, askarlar va kasb egalari.
Faqih aytadilar: "œBu gapni bir zohid tafsir qilgan. Amirlar xalqning tartibini saqlashadi. Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlari. Ular xalqqa oxiratni anglatib turishadi va odamlar ularga ergashadi. Qurolli askarlar — Allohning askarlari. Ular musulmonlarning tinchligini saqlash uchun kerak. Ammo cho‘pon bo‘riga aylansa, podani kim boqadi, kim saqlaydi?! Olimlar ilmni tashlab, dunyo bilan shug‘ullanib ketishsa, xalq kimga ergashadi?! Askarlar yuqori mansabga intilsa va tama’ uchun chiqsa, xalqni dushmandan qanday himoya qiladi?! Kasb egalari xiyonat qilsalar, odamlar ulardan qanday omonlik topishadi?!"
Hakimlardan biri dedi: "œAgar savdogarda uch xislat bo‘lmasa, ikki dunyoda kambag‘al bo‘lib qoladi: tili uch narsadan — yolg‘ondan, ortiqcha so‘zdan va qasam ichishdan saqlanmasa, qalbi uch narsadan — ko‘z bo‘yamachilikdan, xiyonat qilishdan va hasaddan pok bo‘lmasa, o‘zida uch narsani — juma va jamoat namozlarini, ilm uchun vaqt ajratishni va Alloh taolo roziligini har narsadan ustun qo‘ymasa".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:30:32
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "œSavdogar din ilmida faqih  bo‘lmasa, riboga botibdi, riboga botibdi, riboga botibdi".
Umar ibn Xattob (r.a.) dedilar: "œKim dinda faqih bo‘lmasa, bozorlarimizda savdo qilmasin".
Sufyoni Savriy (r.a.) aytadilar: "œBozor ahlining kiyimlariga aldanmanglar. U kiyimlarning ichida bo‘rilari bordir".
Yana Sufyoni Savriy aytadilar: "œBoylarning qo‘shnisi, bozorlarning qorisi va amirlarning olimi bo‘lishdan saqlaninglar".

Muhammad ibn Abu Shamol bozorga kirib aytar edilar: "œEy bozor ahllari, bozorlaringiz kasod, sotishlaringiz fasod, qo‘shnilaringiz hasad qiluvchi va joylaringiz do‘zax (bo‘lib qolmasin)".
Ibn Abbos (r.a.) aytdilarki: "œHalol kasb qilish tog‘ni toqqa ko‘chirishdan og‘irdir".
Yunus ibn Ubayd (r.a.) dedilar: "œBugungi kunda infoq qilinayotgan dirhamlarning pokizasi juda kam, bajarilayotgan amallarning islomiyi tansiq, sunnatga amal qiluvchi olimlar juda oz. Dunyo kamchilliklari ichida bulardan-da ozini bilmayman. Ular ko‘paymaydilar, ko‘paysa ham, ozgina ko‘payadi. Agar halol dirham topganimizda, dardlarimizni davolagan bo‘lardik".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:31:15
709. Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: "œHar bir banda qiyomat kuni Alloh taologa ro‘baro‘ qilinadi va qadami uzilmasdan to‘rt narsa — jasadini nimaga urintirgani, umrini nima bilan o‘tkazgani, ilmiga qanday amal qilgani va mol-dunyosini qaerdan topib, qaerga sarflagani haqida so‘raladi".

Hakimlardan biri aytadi: "œMunofiq kishi dunyoni hirs bilan oladi, shubha qilib, (zakotni) man’ etadi, riyo bilan sadaqa beradi. Uzoqni ko‘zlovchi mo‘min dunyoni qo‘rqinch bilan oladi, shukr qilib saqlaydi, Alloh taolo uchun  xolis sarflaydi».

Yahyo ibn Maoz (r.a.) aytadilar: "œToat Allohning xazinasida saqlab qo‘yilgandir. Uning kaliti duo. Kalitning tishlari halol luqma.

Ibn Shabrama deydilar: "œAjabo, shunday kishilar borki, kasallikdan qo‘rqib, haloldan tiyiladi. Nima uchun do‘zaxdan qo‘rqib, haromdan saqlanmaydi"?!
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:32:12
710. Jobir (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: "œEy odamlar, hech biringiz rizqingizni mukammal olmaguningizcha o‘lmaysiz. Rizqda shoshilmanglar, Allohdan qo‘rqinglar, chiroyli talab etinglar. Sizlarga nima halol qilingan bo‘lsa, uni olinglar va Alloh harom etgan narsani tashlanglar".

Hakim  aytadilar: "œOdamlar kasb-korlariga qarab, besh toifadir. Birinchi toifa rizqni kasbdan deb biladi. Ular kofirlardir. Ikkinchisi Allohdan va kasbdan deb biladi. Ular mushrikdir. Uchinchi toifa unga rizq beriladimi yoki yo‘qmi, bilmaydi. Ular munofiqlardir. To‘rtinchi toifa rizqni Allohdan biladi. Ammo kasbi tufayli gunoh qiladi va uning haqqini ado etmaydi. Ular fosiqlardir. Beshinchi toifa rizqni Allohdan deb bilib, kasbni sabab ko‘radi, haqqini ado etadi va Allohga osiylik qilmaydi. Ular ixlosli mo‘minlardir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:32:46
711. Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: "œAbu  Bakr Siddiqning (r.a.) bir xizmatkorlari bo‘lib, u topgan pulidan har kuni taom keltirardi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) uni qaerdan topganini so‘rab bilmagunlaricha yemas edilar. Bir kuni xizmatkor bir joydan ovqat olib keldi. U zot odatlariga qarshi taomni surishtirmasdan turib, bir luqma oldilar. G‘ulom: "œHar kuni mendan so‘rar edingiz, bu safar so‘ramadingiz", dedi. Abu Bakr (r.a.) shunda aytdilar: "œSening holingga voy. Meni ochlik chalg‘itdi.  Endi xabar ber-chi, bu taomni qaerdan keltirding?"Xizmatkor: "œMen johiliyat davrida bir necha  kishilarni dam solib davolagan edim. Ular menga ish haqimni berishni va’da qilgan edilar. Bugun ularning uylariga borib, o‘sha va’dalarini eslatdim. Ular mana shu taomni berishdi", dedi. Abu Bakr (r.a.) shu zahoti qo‘llaridagi taomni tashladilar va qayt qila boshladilar. Qiynalib bo‘lsa-da, o‘sha yutganlari birgina luqmani chiqarib tashlashga harakat qildilar. Ammo unga erisha olmadilar. Hatto ko‘karib, qorayib ketdilar. So‘ngra harakat qilib, yana qodir bo‘lmadilar.  Shu yerda ahvolni ko‘rib turgan kishilar: "œUstidan bir kosa suv iching", deyishdi. So‘ng u kishiga bir idishda suv olib kelishdi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) suvni ichib, keyin qayt qildilar. Yeganlarining barchasini chiqarib tashlamagunlaricha to‘xtamadilar. Odamlar: "œBir luqma uchun shuncha azobmi?" deyishdi. Shunda u zot (r.a.) aytdilar: "œPayg‘ambarning (s.a.v.): "œAlloh taolo harom narsalar bilan ozuqlangan har bir jasadni jannatdan mahrum qiladi", deb aytganlarini eshitganman", dedilar".

Faqih aytadilar: "œKim kasbini yaxshi qilishni istasa, beshta narsani o‘zida saqlasin: kasbi tufayli Allohning farzini orqaga surmaslik va kamaytirmaslik, kasbi tufayli Allohning bironta maxluqiga ozor bermaslik, kasbi bilan oilasining iffatini saqlashni niyat qilish va uni mol-dunyo jam qilishga, ko‘paytirishga vosita etmaslik, nafsini kasbi sababidan juda qiynab yubormaslik, rizqini kasbidan emas, balki Allohdan bilib, kasbini sabab ko‘rish".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:33:37
712. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shunday deganlari rivoyat qilingan: "œKim mol-dunyoni gunoh yo‘llar bilan topsa, so‘ngra undan sadaqa qilsa yo u bilan qarindoshchilikni bog‘lasa yoki Alloh yo‘lida ishlatsa, qilganlarining hammasi jamlanib, do‘zaxga tashlanadi".

Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: "œAlloh taolo ribo, poraxo‘rlik, xiyonat, g‘ulul yoki o‘g‘irlik orqasidan haj qilgan kishining haj va umrasini, jihodini, sadaqasini, qul ozod qilishini va nafaqasini qabul qilmaydi". Keyin: "œBesh narsa besh narsa bilandir", deb qo‘ydilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:34:24
713. Ibn Mas’ud (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): "œAgar banda haloldan kasb qilib, undan sadaqa va infoq qilsa, ajr va barakotga erishadi. Ammo haromdan mol topib, bu ishlarni (sadaqa, infoq) qilsa yoki uni (topganini) ortidagilarga qoldirsa, unga faqatgina do‘zax olovi ziyoda bo‘ladi. Albatta, Alloh taolo yomonlikni yomonlik bilan emas, yaxshilik bilan o‘chiradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:34:51
714. Hasan Basriydan (Alloh rahmat qilsin) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œAlbatta, haqiqiy mol narsalarni tashib keltirib sotganning molidir. Tijoratchilaringizning yomoni oralaringizda muqim turib, (ya’ni, safar qilmay) sizlar bilan talashib-tortishadiganlaridir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:35:16
715. Payg‘ambar (s.a.v.) yaxshi kasb to‘g‘risida so‘ralganlarida shunday deganlar: "œKishining o‘z qo‘li bilan qilgan mehnati va har bir mabrur savdo», ya’ni, shubha va xiyonat bo‘lmagan savdo.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:35:44
716. Qatoda (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin): “Aytishlaricha, rostgo‘y tijoratchi qiyomat kunida arshning soyasi ostida bo‘ladi”, dedilar.

________________
Kasb qilish va haromdan hazar etish bobi hadislari

707-hadis. Isnodi zaif.
708-hadis. Juda zaif. Uqayliy rivoyat qilgan.
709-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. “As-sahih”ga qarang.
710-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. Ibn Moja rivoyat qilgan.
711-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
712-hadis. Boshqasiga ko‘ra, hasan. Abu Dovud rivoyat qilgan.
713-hadis. Hasan. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
714-hadis. Zaif.
715-hadis. Sahih. Ahmad, Hokim rivoyat qilgan. “Sahihul-jame’”ga qarang.
716-hadis. Mavzu’ marfu’. Asbahoniy “At-tarhibu vat-tahib”da keltirgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:36:17
OLTMISH UCHINCHI BOB
TAOM BERISh VA HUSNI XULQ FAZILATI


717. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: "œBizga Muhammad ibn Abdulvahhob ibn Muhammad Ahmad ibn Alidan, u kishi Abu Sobitdan, Abu Sobit Abu Bakr ibn Amrdan, u Jarirdan, Jarir A’mashdan, u zot Atiyya Avfiydan Jobir ibn Abdullohning (Alloh otabola ikkovidan ham rozi bo‘lsin) shunday deganlarini rivoyat qiladi: "œEy Atiyya, mening vasiyatimni yoding da tut. Menimcha, sen bilan boshqa hamsuhbat bo‘lmasak kerak. Muhammad (s.a.v.) oilasini va sahobalarini yaxshi ko‘r, Muhammadning (s.a.v.) oilasini yaxshi ko‘rganlarni ham yaxshi ko‘r. Garchi gunoh va xatolar qilgan bo‘lsalar ham. Muhammad (s.a.v.) oilasini yomon ko‘rganlarni yomon ko‘r, garchi kunduzlari ro‘za tutib, kechalarida namozga qoim bo‘lsalar ham. Ochlarga taom ber, salomni yoy, odamlar uxlaganda namoz o‘qi. Men Payg‘ambarning (s.a.v.): "œAlloh taolo Ibrohimni (alayhissalom) ochlarga ovqat berganlari, salomni oshkora etganlari, odamlar uxlaganda namoz o‘qiganlari uchun o‘ziga do‘st qilib oldi", deganlarini eshitganman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:37:00
718. Faqih (rahmatullohi alayh) G‘ayron ibn Harisning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: "œBir kishi Ibn Abbosning (r.a.) oldilariga kelib: "œAnavi muhojirlar va ansorlar bizlarda hech bir amal yo‘q, deb aytishyapti, dedi. Ibn Abbos (r.a.): "œYo‘q, agar namoz o‘qisang, zakot bersang, ro‘za tutsang, Allohning uyini xaj qilsang, mehmon kutsang, jannatga kirasan", dedilar.

Abu Shurayh Xuzo’iy aytadilar: "œPayg‘ambarning (s.a.v.): "œKim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, mehmonini ikrom qilsin, uning joiz bo‘lgani bir kun, ziyofati uch kundir. Undan keyingilari sadaqadir", deb aytganlarini eshitganman".

Ato (rahmatullohi alayh) rivoyat qiladilar: "œIbrohim (alayhissalom) ovqatlanishni xohlasalar va ovqatlanishga sherik topmasalar, bir-ikki mil yurib, birga ovqatlanish uchun sherik izlab kelardilar".

Ikrima ( r.a.) aytadilar: "œIbrohimni (alayhissalom) mehmonlarning otasi, deb atashardi. U kishining uylarida to‘rt eshik bor edi, qaysi eshikdan biror kishi kelarkan, deb qarab o‘tirardilar".

Ali ibn Abu Tolib (r.a.) deydilar: "œBir-ikki so’ bug‘doydan taom tayyorlab, birodarimni chaqirishim men uchun bozorlaringizga chiqib, qul ozod qilishimdan mahbubroqdir".

Abdulloh ibn Umar (ikkovlaridan ham Alloh rozi bo‘lsin) biron ovqat tayyorlatsalar, ko‘chadan hay’atli kishi o‘tsa, chaqirmasdilar, miskin o‘tsa, chaqirar edilar va: "œOvqatga ishtahasi yo‘q kishini chaqirib, ovqatga muhtoj bandani tark qilasizlarmi?" derdilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:37:30
719. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.): "œOdamlarni ko‘proq jannatga kiritadigan  narsa nima?" deb so‘rashdi. U zot: "œAllohdan qo‘rqish va yaxshi xulq", dedilar. So‘ng do‘zaxga odamlarni ko‘proq kirgizadigan narsa haqida savol berishdi. "œIkki bo‘sh (qo‘yilgan) narsa — og‘iz va farj hamda yomon xulq", deb javob qildilar.

Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "œYaxshi xulq, yaxshi qo‘shnichilik va qarindoshlar bilan bog‘lanib turish yurtlarni obod etadi, umrlarni ziyoda qiladi, garchi qavm fojir bo‘lsa ham
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:37:56
720. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: "œMen Nabiy (s.a.v.) masjidlarida Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Abdurahmon, Ibn Mas’ud, Maoz, Huzayfa, Abu Said Xudriylar (Alloh hammalaridan rozi bo‘lsin) bilan birga o‘tirgan edim. Madinalik bir yigit kelib, Payg‘ambarga (s.a.v.) salom berdi. So‘ng o‘tirib: "œMo‘minlarning qaysisi afzal?" deb savol qildi. Nabiy (s.a.v.): "œXulqi yaxshirog‘i", dedilar. Keyin: "œMo‘minlarning qaysisi ziyrakroq?" deb so‘radi. "œO‘limni ko‘p eslaguvchilar va o‘lim kelmasidan oldin unga hozirlik ko‘ruvchilar, ana o‘shalar ziyrakdirlar", deb javob qildilar Rasuli Akram (s.a.v.). Yigit boshqa hech narsa so‘ramadi. So‘ngra Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga yuzlanib aytdilar: "œEy muhojirlar va ansorlar jamoasi, beshta xislat borki, men ularni sodir etishlaringizdan Allohdan panoh tilayman: qaysi qavmda fohisha ish oshkoralik darajasigacha borsa, oralarida bo‘lmagan vabo kasalligi va ochlik yoyiladi, tarozi va o‘lchovdan urib qolsalar, qahatchilik bilan jazolanadilar va ularga zolim podsho sultonlik qiladi, mollarining zakotini bermasalar, osmonning yomg‘iridan mahrum qilinadilar, agar hayvonlar bo‘lmasa edi, ularga yomg‘ir yog‘masdi, Alloh va Uning rasuliga bergan ahdlarini buzsalar, Alloh taolo dushmanlarini ulardan ustun qilib qo‘yadi, agar imomlari Allohning kitobi bilan hukm qilishni tark etsalar, oralarida ixtilof paydo qiladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:38:21
721. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilarki: "œSizlar odamlarni mol -dunyoingiz bilan yig‘a olmaysizlar. Balki yaxshi xulq va ochiq yuz bilan (atrofingizga) to‘play olasizlar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:38:49
722. Abdurahmon ibn Jubayr otasidan, otasi Navos ibn Sam’on Ansoriydan (r.a.) rivoyat qiladi. U kishi aytadilar: "œPayg‘ambardan (s.a.v.) yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida so‘radim. "œYaxshilik — go‘zal xulqdir. Gunoh —ko‘nglingda paydo bo‘lib, uni odamlarga oshkor qilishni yomon ko‘rgan narsangdir", deb javob qildilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:39:12
723. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shunday deganlarini rivoyat qiladilar: "œKishining saxovati — uning dini, muruvvati — aqli, nasl-nasabi — xulqidir
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:39:35
724. Abu Sa’laba  Xoshaniy Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: "œMenga sizlarning sevimlirog‘ingiz va oxiratda menga eng yaqin turadiganingiz xulqi go‘zal bo‘lganlaringizdir. Menga yoqimsizingiz va oxiratda mendan uzoq turadiganingiz xulqi yomonlaringizdir".
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "œYaxshi xulq  quyosh qorni eritganidek, xatolarni eritadi, yomon xulq ham asalni sirka buzganidek, amalni buzadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:40:03
725. Maoz ibn Jabal (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin): "œMenga Rasulullohning (s.a.v.) oxirgi vasiyatlari oyog‘imni otning uzangisiga qo‘yayotganimda aytgan gaplaridir", deb ushbu hadisni rivoyat qildilar: "œOdamlar bilan (muomalada) xulqingni chiroyli qil, ey Maoz ibn Jabal".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:40:27
726. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: "œYaxshi xulq kishining burnidagi Allohning rahmatidan bo‘lgan jilovdir. Jilov esa, farishtaning qo‘lida, uni yaxshilikka yetaklaydi, yaxshilik o‘z navbatida jannatga boshlaydi. yomon xulq esa, Allohning azobidan bo‘lgan jilovdir. Jilov shaytonning qo‘lida. Shayton uni yomonlikka boshlaydi, yomonlik do‘zaxga qarab tortadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:40:57
727. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilarki: "œAlbatta, bu dinni nafsim uchun qabul qildim. U ikki narsa bilan to‘g‘ri bo‘ladi: saxiylik va yaxshi xulq. Dinni u ikki sifat bilan qodir bo‘lganingizcha mukarram qilinglar".
Aytiladiki, agar kishi mehmon chaqirsa, uy egasiga ham, mehmonga ham uchtadan narsa vojib bo‘ladi. Uy egasiga vojib bo‘ladigani quyidagilar: mehmonni toqati yetmaydigan narsaga taklif qilmaslik va mehmondorchilikni sunnatdan oshirib yubormaslik, mehmonga faqat haloldan taom qo‘yish, mehmonga namoz vaqtlarini eslatib turish. Mehmon uchun vojib narsalar: ko‘rsatilgan joyga o‘tirish, keltirilgan taomga rozi bo‘lish, chiqayotganda uy ahlining barakoti uchun duo qilish.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:41:29
728. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kim  molining zakotini ado qilsa, mehmon kutsa va musibat vaqtida qavmiga saxovat qilsa, nafsini baxillikdan saqlabdi”.

_______________
Taom berish va husni xulq fazilati bobi hadislari

717-hadis. Sanadida zaiflik, uzilish bor.
718-hadis. Muttafiqun alayh.
719-hadis. Hasan. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojjalar rivoyat qilgan.
720-hadis. Hasan. Ibn Mojja, Abu Na’im, Hokim rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang.
721-hadis. Juda zaif. Abu Ya’lo, Bazzor, Abu Na’im, Hokim, Asbahoniy rivoyat qilgan.
722-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.
723-hadis. Zaif. Ahmad, Ibn Hibbon, Hokim, Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan.
724-hadis. Sahih. Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang.
725-hadis. Sahih. Molik, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
726-hadis. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
727-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qligna.
728-hadis. Abu Ya’lo, Tabaroniy rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:41:59
OLTMISH TO‘RTINCHI BOB
ALLOHGA TAVAKKUL


Faqih Abu Lays Samarqandiy: "œSolim ibn Jo’ddan rivoyat qiladilar. Iso ibn Maryam aytdilar: "œErtangi kunni o‘ylab, taomni yashirmanglar. Chunki ertangi kun rizqi bilan keladi. Chumoliga kim rizq  berayotganini qaranglar, agar chumolining qorni kichkina desanglar, qushlarga qaranglar, qushlarning qorinlariga e’tiroz bildirsanglar, hayvonlarning kattaligi va semizligiga qaranglar".

Abu Majlaz rivoyat qiladilar. Umar (r.a.) aytdilar: "œQaysi holatda — yaxshi ko‘rgan narsamdami, yomon ko‘rgan narsamdami tong ottirganimga parvo qilmayman. Chunki yaxshilik yomon ko‘rgan narsamdami yoki yaxshi ko‘rgan narsamdami, qaysisida ekanini bilmayman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:42:29
729. Matlab ibn Xontabdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAlloh taolo buyurgan narsalarning hammasini sizlarga buyurdim, birontasini tark qilmadim, Alloh qaytargan narsalarni ham qoldirmay aytdim. Ogoh bo‘linglar, Jabroil har bir jon o‘ziga yozilgan narsalarni olmasdan turib o‘lmasligini qalbimga soldi. Kimda mana shu (yozilgan)lardan biron narsa kechiksa, uni chiroyli talab qilsin. Chunki sizlar Alloh huzuridagi narsaga uning mislicha bo‘lgan toat bilan erisholmaysizlar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:43:15
730. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKimni odamlarning kuchlisi bo‘lish xursand qilsa, Allohga tavakkal qilsin. Kimni odamlar ichida taqvodor bo‘lish xursand qilsa, Allohdan taqvo qilsin. Kimni odamlarning boyrog‘i bo‘lish xursand qilsa, Allohning huzuridagi narsaga bo‘lgan ishonchi qo‘lidagi narsaga bo‘lgan ishonchidan kuchliroq bo‘lsin".

Dovuddan (alayhissalom) zikr qilinadi. U kishi o‘g‘illari Sulaymonga (alayhissalom) aytdilar: "œEy o‘g‘lim, kishining taqvodorligiga uch narsa dalolat qiladi: yetishmagan narsasida Allohga chiroyli tavakkal qilish, yetishgan narsasiga chiroyli rozi bo‘lish va ketgan narsasiga chiroyli sabr qilish".

Abu Munti’ Balxiydan zikr qilinadi. U kishi Hotamul Asamga (Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin) aytdilar: "œMenga sizning sahrodan hech bir zahirasiz, Allohga tavakkal qilib o‘tishingiz ma’lum bo‘ldi". "œYo‘q, zaxira bilan o‘taman, — deb javob qildilar Hotam, — mening to‘rtta zaxiram bor". "œUlar qanaqa narsalar?" deb so‘radilar. Aytdilarki: "œDunyoning hamma joyini Allohning mamlakati bilaman, maxluqotlarning barchasini Allohning boqimondasi bilaman,  barcha sabab va rizqlarni Allohning qudratidan bilaman, Allohning qazosini hamma yerda amalga oshuvchi bilaman". Abu Muti’ aytdilar: "œEy Hotam, sizning zaxirangiz qanday yaxshi ekan. Siz bular bilan, dunyo sahrosi nima bo‘libdi, oxirat sahrosidan ham o‘tib ketasiz".

Zikr qilishlaricha, bir kishi Shaqiqning oldlariga kelib: "œMenga nasihat qiling", dedi. Shaqiq aytdilar: "œUch narsani saqla: Allohga ibodat qil, U seni sobitqadam qiladi. Allohning dushmani bilan urush, Alloh senga yordam beradi. Allohning va’dasini tasdiq qil, U va’dani senda ro‘yobga chiqaradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:43:58
731. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "œAgar ilm ahllari ilmlarni saqlab, uni ahliga sarflaganlarida, zamondoshlarining hammasi baxtli bo‘lardi. Lekin ular ilmni dunyo ahllariga ularning dunyosiga ega bo‘lish uchun sarfladilar va uning (ilmning) ahliga beparvo bo‘ldilar. Payg‘ambarimizning (s.a.v.): "œKimning g‘ami bitta (ya’ni, oxirat g‘ami) bo‘lsa, Alloh taolo uning dunyoviy ishlariga kifoya bo‘ladi. Kim dunyo ishlarini muhim bilib, shug‘ullanib  qolsa, jahannamni qaysi vodiysida halok bo‘lishiga, qaysi vodiysida azoblanishiga Alloh taolo parvo qilmaydi", deganlarini eshitganman".

 Aytishlaricha, Tavrotda bir narsa yozilgan: "œQo‘lingni harakatlantir, rizqing keng bo‘ladi, senga buyurgan narsalarimga itoat qil va seni isloh qiluvchi narsa haqida menga o‘rgatma".

Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "œIslom to‘rtta narsaning ustida qoim turadi: ishonch, adolat, sabr va jihod".

Ulamolar bu  to‘rtta narsani tafsir qilib  aytishadiki: "œIshonch ikki xil: biri, amalini xolis qilish, uni dunyo boyligi talabida va odamlarning roziligini olish uchun bajarmaslik. Ikkinchisi, Allohning rizq haqidagi va’dasiga amin bo‘lish. Adolatning  ikki xili quyidagilar: agar zimmasida birovning haqqi bo‘lsa, o‘zinikini talab qilishdan oldin uni ado etish va va boshqa kishidan haqqini yumshoqlik bilan so‘rash. Sabrning ikki xili: Allohning farzlarini ado qilishda sabrli bo‘lish va  Alloh man’ qilgan narsalarga sabr qilish. Jihod ham ikki xildir: birinchisi, dushmandan g‘aflatda qolmaslik. U dushman shaytondir. Banda undan g‘aflatda qolsa ham, u bandadan g‘ofilda qolmaydi. U bo‘riga o‘xshaydi. Bo‘ri ham podaga tushganida, g‘aflatda qolgan qo‘yni ovlaydi. Ikkinchisi, mol-dunyodir. Chunki odam farzandining aksar fitnasi mol-dunyo uchundir. Bas, g‘ururlantirib qo‘ymasligi uchun molning kamiga rozi bo‘l".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:44:33
Shaqiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi Hotamul Asamdan (r.a.): "œSiz mening oldimga qachondan beri kelasiz?" deb so‘radilar. Hotam: "œO‘ttiz yildan beri", dedilar. "œShu o‘ttiz yil ichida nima o‘rgandingiz?" deya savol berdilar keyin Shaqiq. "œOlti kalima o‘rgandim. Agar bularga amal qilsam, dunyo fitnasidan najot topaman, deb umid qilaman", dedilar Hotam. Shaqiq: "œU kalimalarni menga ham ayting, shoyad, men ham amal qilib, najot topsam", dedilar. Hotam aytdilar: "œBirinchisi, Allohning:
"œQimirlagan jonzot borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir" (Hud, 6), degan oyatiga qaradim va men ham o‘zimni Alloh taolo rizq berayotgan shu jonzotlardan biri deb bildim, menga ajratilgan narsalar, albatta yetishiga ishondim. Shunday katta filni rizqlantirgan Alloh taolo kichkinagina pashshani ham unutmagan, shuning uchun ishlarimni Allohga tashlab, ibodat bilan mashg‘ul bo‘ldim. Boshqa ishlarni muhim bilmadim".

Shaqiq: "œSiz tushingan narsa qanday yaxshi ekan. Ikkinchi kalima nima?" dedilar. Hotam aytdilar: "œAllohning:
"œMo‘minlar shak-shubhasiz og‘a-inilardir" (Hujurot, 10¬oyat), degan so‘ziga ko‘ra, mo‘minlarning hammasini birodar deb bildim.  Birodar birodariga shafqatli bo‘lmog‘i lozim. Va odamlar orasidagi dushmanchilikning aslini hasaddan deb bildim. Shuning uchun harakat qilib, hasadni qalbimdan chiqarib tashladim. Hattoki mashriqda bir mo‘minga g‘am yetsa, o‘sha g‘am menga yetgandek g‘amgin bo‘ldim, mag‘ribdagi bir musulmonga yaxshilik yetsa, go‘yoki menga yetgandek xursand bo‘ldim".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:45:08
Shaqiq: "œSiz tushungan narsa qanday yaxshi ekan. Uchinchi kalima nima?" deb so‘radilar. Hotam aytdilar: "œHar bir insonning do‘sti¬habibi borligini ko‘rdim. Do‘st do‘stiga muhabbatini zohir qilmog‘i lozim. Men Allohning toatini do‘st tutdim. Chunki undan boshqa hamma do‘stlar mendan uziladi. Faqat Allohning toati qoladi. U men bilan qabrda, mahshargohda, sirot ustida birgadir. Barcha do‘stlarimdan uzildim va Allohning toatini do‘st qilib oldim".

Shaqiq yana dedilar: "œSiz o‘ylagan narsa qanday yaxshi! Endi to‘rtinchi kalimani ayting". Hotam aytdilar: "œHar bir insonning dushmani borligini ko‘rdim, dushmanga dushmanlik qilish, undan saqlanish lozim. Bas, men kofir va shaytonni o‘zimga dushman deb topdim. Kofirning dushmanligini shaytonning dushmanligidan yengil ko‘rdim. Chunki u men bilan urishib, meni o‘ldirsa, shahid bo‘laman, agar uni o‘ldirsam, savobga yetgan bo‘laman. Shayton esa, meni men uni ko‘rmagan joyda ko‘radi. So‘ngra o‘zi bilan birga do‘zaxda bo‘lishimni xohlaydi. Uning dushmanligi bilan bo‘lib, boshqaning dushmanligini unutdim".

Shaqiq aytdilar: "œSiz o‘ylagan narsa qanday yaxshi! Beshinchi kalima nima?" Hotam dedilar: "œHar bir insonda uy borligini ko‘rdim. Albatta, uy uchun ta’mir lozim. Men esa, qabrni manzil bildim va uning ta’miri bilan mashg‘ul bo‘ldim".

Shaqiq dedilar: "œSiz o‘ylagan narsa qanday yaxshi. Endi oltinchi kalimani ayting". Hotam aytdilar: "œHar bir narsaning xaridori borligini ko‘rib, xaridorimni o‘lim farishtasi deb bildim. Ammo uning qachon kelishini bilmayman. Unga to‘y kechasi kuyov uyiga olib ketadigan kelinchakdek tayyorlandim. Qachon kelsa, undan kechiktirishni talab qilmayman". Shunda

Shaqiq aytdilar:"œSiz o‘ylagan narsa qanday yaxshi! Agar amal qilsak, siz ham, men ham, albatta, najot topamiz".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:45:45
732. Abdurahmon ibn Abu Laylo aytadilar: "œBir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kelib: "œEy Allohning elchisi, tuyamni qo‘yib yuborib tavakkul qilayinmi yoki bog‘lab qo‘yibmi?" deb so‘radi. Nabiy (s.a.v.): "œUni bog‘lab, keyin Allohga tavakkul qil", dedilar".

Hakimlardan biri aytadi: "œAlloh do‘stlarining xislati uchtadir: Allohga ishonch, har narsada Allohga muhtojlik qilish va har narsada Allohga murojaat etish".

Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: "œOdamlarga odamlarning yoqimli odamlardan behojat bo‘lgani va ulardan hech narsa so‘ramaydiganidir. Odamlarga odamlarning yoqmaydigani ularga muhtoj bo‘lganidir. Alloh uchun odamlarning suyumlirog‘i Allohga muhtoj bo‘lgani va undan so‘ragani, Allohga odamlarning yomonrog‘i Undan behojat bo‘lgani va hech narsa so‘ramaganidir".

Zikr qilinishicha, Luqmoni Hakim o‘lim mahalida o‘g‘illariga aytganlar: "œShu paytgacha senga ko‘p nasihat qildim. Endi men senga oldingilaru oxirgilar ilmini jamlagan oltita narsani vasiyat qilaman:
1) dunyoning keragidan ortig‘i bilan shug‘ullanib qolma;
2) Alloh taologa hojating boricha ibodat qil;
3) oxirat uchun, unda qanday maqomni ko‘zlayotgan bo‘lsang, shu miqdorda amal qil;
4) shug‘ullanishing do‘zaxning har bir jonga tegishi aniq bo‘lgan oloviga chidaming miqdorida bo‘lsin;
5) Allohga gunoh qilishing Uning azoblariga sabr qilishing miqdoricha bo‘lsin;
6) agar Allohga gunoh qilsang, Alloh va farishtalar ko‘rmaydigan joyda qil". (Unday joyning esa, o‘zi yo‘q. — Muharrir.)
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:46:11
Bir hakimdan: “Yaqiyn (aniq ishonch) bilan tavakkulning orasida qanday farq bor?” deb so‘rashdi. “Yaqiyn oxirat ishlarida, tavakkul dunyo ishlarida Allohni tasdiq etmog‘ingdir”, deb javob qildi u.

Aytishlaricha, tavakkul ikki xildir: rizqdagi tavakkul, ya’ni rizqning kelishidan xotirjam bo‘lish; amalning savobidan tavakkul, ya’ni, Allohning savob berish to‘g‘risidagi va’dasiga iymon keltirish va amalning qabul bo‘lish-bo‘lmasligidan qo‘rqish.

Ato ibn Soib Ya’lo Ibn Murraning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Alining (r.a.) sohiblaridan bir nechtasi yig‘ilib, “Amirul mo‘mininni qo‘riqlasak, chunki u kishi jang qilyaptilar, jonlariga suiqasd etilishi mumkin”, dedik. O‘shanda biz u kishining hujralari oldida turgan edik, u kishi namozga chiqayotgan ekanlar, “Bu nima qilganlaringiz?” deb so‘radilar. Sizni qo‘riqlab turibmiz. Chunki siz jang qilyapsiz. Sizga suiqasd qilinishidan qo‘rqamiz”, deyishdi yonimdagilar. Ali: “Meni osmon ahlidan qo‘riqlaysizlarmi yoki yer ahlidan?” dedilar. “Yer ahlidan qo‘riqlaymiz, ey Amirul mo‘minin. Osmon ahlidan sizni qo‘riqlashga qodir emasmiz”. Shunda Ali (roziyallohu anhu) aytdilar: “Yerda hech narsa bo‘lmaydi, toki, Alloh osmonda taqdir qilmagunicha. Har bir kishiga ikki farishta vakil qilingan, uni qadari kelgunicha qo‘riqlashadi. Qachon taqdiriga yozilgani kelsa, uni va qadarining orasini xoli qo‘yishadi”.

________________
Allohga tavakkul bobi hadislari

729-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. Shofe’iy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. “Ad-dau vad-dava”ga qarang.
730-hadis. Juda zaif. Abu Na’im, Hokim rivoyat qilgan.
731-hadis. Zaif. Ibn Mojja, Abu Na’im rivoyat qilgan.
732-hadis. Hasan. Termiziy, Ibn Abu Dunyo, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:46:41
OLTMISH BESHINCHI BOB
XUDOJO‘YLIK


Faqih Abu Lays Samarqandiy Muhammad ibn Fazldan, u Muhammad ibn Ja’fardan, u kishi Ibrohim ibn Yusufdan, Abu Ja’fardan, Saiddan Qatodaning (r.a.) bunday deganlarini rivoyat qiladilar: "œAbdulloh ibn Mutraf: "œIkki kishiga uchradingiz, birining namozi, ro‘zasi, sadaqasi ko‘p, ammo ikkinchisining savobi unikidan ortiq", derdi. "œBu qanday bo‘ladi?" deyishsa, "œIkkinchisining taqvosi kuchliroqdir", deb javob qilar edi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:47:03
733. Abdulloh ibn Ravoha Mu’ta jangiga ketayotib: "œEy Rasululloh, menga vasiyat qiling", dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œSen sajda kam bo‘lgan joyga boryapsan. U yerda sajdani ko‘paytir". Ibn Ravoha: "œYana qo‘shing" dedilar. Nabiy (s.a.v.): "œAllohni zikr qil. Chunki U sen istayotgan narsaga yordam beradi", deb aytdilar. Ibn Ravoha ketdilar, ammo qaytib kelib, tag‘in: "œEy Rasululloh, menga yana nasihat qiling", dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAlloh taoloni zikr qil. Alloh taolo toq, toq narsalarni yaxshi ko‘radi". Ibn Ravoha: "œYana ziyoda qiling", dedilar. Nabiy (s.a.v.): "œO‘nta yomonlik qilsang, bitta yaxshilik qilishga ojiz bo‘lma", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:47:25
734. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œMendan olti narsani olinglar, sizlarga jannat bo‘ladi. Gapirsanglar, to‘g‘ri gapiringlar, va’da bersanglar, xilof qilmanglar, omonat olsanglar, xiyonat etmanglar, ko‘zlaringni (haromdan) tiyinglar, farjlaringni saqlanglar, qo‘l va oyoqlaringni haromdan to‘singlar va Parvardigorlaringning jannatiga kiringlar", dedilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:47:54
735. Amron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œAlloh taolo: "œEy bandam, senga farz qilgan narsamni ado et, insonlarning obidrog‘i bo‘lasan, qaytargan narsalarimdan qayt, insonlarning taqvodorrog‘i bo‘lasan, rizq qilib bergan narsamga qanoat et, insonlarning boyrog‘i bo‘lasan", dedi".

Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: "œBeshta narsa baxtning alomatidan: qalbdagi qat’iy ishonch, dindagi taqvo, dunyoning ichida turib, undan yuz o‘girish —zuhd, ikki ko‘zdagi hayo va badandagi qo‘rqinch. Beshta narsa badbaxtlik alomatidan: qalbning qattiqligi, ikki ko‘zning quruqligi (ya’ni, Allohdan qo‘rqib yig‘lamaslik. — Muharrir), hayoning ozligi, dunyoga rag‘bat etish, uzun orzu qilish".

Umar ibn Xattob (r.a.): "œBizlar o‘nta halolning to‘qqiztasini shubha yoki haromga tushib qolamiz, degan qo‘rqinchda tark qildik", deydilar.
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) ham shunga o‘xshash gapni aytganlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:48:26
Yana  hakimlardan biri deydilar: "œDunyoning ishlari ajib, lekin men g‘ururlangan odam bolasining beshta narsasiga ajablanaman:
1) dunyosi ko‘p bo‘lgan kishining ortiqcha molini muhtoj bo‘ladigan kuni (ya’ni, oxirati) uchun ishlatmaganiga hayronman;
2) gapiruvchi tilning Alloh zikridan, Qur’on tilovat qilishdan qolganiga ajablanaman;
3) salomat bo‘lgan, lekin ro‘za tutmasdan yurgan odamga hayronman. Qanday qilib oyda uch kun ro‘za tutmaydi va ro‘za tutsa, ro‘zasining mukofoti qanday bo‘lishi haqida fikr yuritmaydi;
4) tonggacha uxlaydigan kishiga ajablanaman. Nega kechasidagi ikki rak’at namozning fazli haqida fikrlamaydi, fikr yuritib, bir soatgina qoim bo‘lmaydi;
5) Allohga isyon qilishga jur’at etgan kishiga hayron bo‘laman. Alloh qaytargan, gunoh ishlarni qiyomat kuni Unga ro‘baro‘ bo‘lishini bilaturib qiladi. Qilgan ishi xususida fikr yuritmaydi, yomonlikdan qochmaydi".

Ibn Muborak (r.a.) aytadilar: "œHaromdan topilgan bir so‘mni tark etish yuz ming so‘mni sadaqa qilishdan afzaldir".

Abdulloh ibn Muborak haqida bunday rivoyat ham bor. U kishi Shom shahrida hadis yozayotgan edilar, yozayotgan qalamlari sinib qolib, bir kishidan qaytarib berish sharti bilan qalamini oldilar. Yozib bo‘lgach, qaytarish yodlaridan ko‘tarilib, qalamdonga solib qo‘ydilar. So‘ng Marv shahriga kelganlarida, qalamni ko‘rib qoldilar va uni qaytarishni unutgani yodlariga tushdi, so‘ng qalamni egasiga yetkazish uchun yana Shom safariga hozirlandilar. 
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:48:54
736. Sha’biy (r.a.) No‘’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qiladilar. U kishi aytadilar: Payg‘ambarning (s.a.v.) bunday deganlarini eshitdim: "œHarom va halol narsalar bayon etildi. Ikkovining o‘rtasida ko‘p shubhali narsalar bor. Ularni ko‘pchilik insonlar bilishmaydi. Kim harom narsalardan saqlansa, dini va nomusini pok saqlabdi. Kim shubhali narsalarga tushib qolsa, harom narsalarga yo‘liqadi. Bu hol cho‘pon qo‘ylarni ta’qiqlangan joy yaqinida boqqanida, unga o‘tib ketishi mumkinligiga o‘xshaydi. Ogoh bo‘linglarki, har bir podshohning ta’qiqlari bordir. Allohning ta’qiqlari harom qilgan narsalaridir. Ogoh bo‘linglarki, jasadda bir parcha go‘sht bor. Agar u to‘g‘ri bo‘lsa , butun jasad to‘g‘ri bo‘ladi, agar buzilsa, butun jasad buziladi. Ogoh bo‘linglar, u qalbdir".

Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar: "œHar bir narsaning chegarasi bo‘ladi. Islom chegaralari quyidagilar: taqvo, kamtarlik, shukr, sabr. Taqvo ishlarning asosidir, kamtarlik kibrdan uzoq bo‘lish, sabr do‘zaxdan najot topish, shukr jannat bilan mukofotlanishdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:49:27
737. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œAgar sizlar egilib qolguningizgacha namoz o‘qib, torga o‘xshab qolguningizgacha ro‘za tutsalaringiz ham, faqat taqvo bilangina ular sizga foyda beradi".

Faqih aytadilar: "œTaqvoning alomati o‘nta narsada bilinadi:
1. Tilni g‘iybatdan saqlash. Alloh taolo aytadi:
"œBa’zilaringiz ba’zilaringizni g‘iybat qilmasin" (Hujurot, 12-oyat).

2. Yomon gumondan saqlanish. Alloh taolo aytadi:
"œKo‘p gumonlardan chetlaninglar, chunki ayrim gumon(lar) gunohdir!" (Hujurot, 12-oyat).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:49:58
738. Payg‘ambarning (s.a.v.) ham bu xususda so‘zlari bor: "œGumondan saqlaninglar. Chunki u so‘zlarning eng yolg‘onidir".
3. Masxara qilishdan saqlaninglar. Alloh taolo deydi:
"œEy mo‘minlar, (sizlardan bo‘lgan) bir qavm (boshqa) bir (mo‘min) qavmni masxara qilib kulmasin, ehtimol, (masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar" (Hujurot, 11-oyat).

4. Harom narsalardan ko‘zni tiyish. Alloh taolo aytadi:
"œ(Ey Muhammad) mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar" (Nur, 30-oyat).

5. Rost gapirish.

6. Allohning bergan ne’matlarini tanimoq va nafsiga ajablanib qolmaslik. Alloh taolo aytadi:
"œBalki agar (iymonlaringizda) sodiq bo‘lsangizlar, Alloh sizlarni iymonga hidoyat etganini minnat qilur" (Hujurot, 17-oyat).

7. Molini haq narsalarga ishlatish, botildan saqlash. Alloh taolo aytadi:
"œUlar infoq-ehson qilgan vaqtlarida isrof ham, xasislik, baxillik ham qilmasalar, (balki ehsonlari) ana o‘sha (xasislik va isrofning) o‘rtasida mo‘’tadil bo‘lur" (Furqon, 67-oyat), ya’ni gunoh ishga sarflashdan ayamaydilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:50:26
8. Nafsi uchun ulug‘lik va kibrni talab qilmaslik. Alloh taolo bu haqda aytadi:
"œBiz o‘sha oxirat diyorini yer yuzida buzg‘unchilik, mutakabbirlik qilishni istamaydigan kishilar uchun qilurmiz" (Qasos, 83-oyat).

9. Besh vaqt namozni vaqtida, ruku’lari, sajdalarini mukammal qilib o‘qish. Alloh taolo aytadi: "œBarcha namozlarni va xususan, o‘rta namozni (asr namozini) saqlanglar — o‘z vaqtida ado etinglar! Va Alloh uchun bo‘ysungan hollaringda turinglar!" (Baqara, 238-oyat).

10. Jamoat bilan bo‘lish va sunnatda istiqomat qilish. Alloh taolo aytadi:
"œAlbatta, mana shu Mening to‘g‘ri yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar! Allohga bergan ahdingizga vafo qilinglar! Shoyadki, eslatma (nasihat) olursizlar deb sizlarni mana shu narsaga buyurdi" (An’om surasi, 153-oyat).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:51:21
Muhammad ibn Ka’b Quraziy aytadilar: "œAgar uchta narsani qoldirmasdan qilishga qodir bo‘lsang, hech qoldirma: biror kimsaga zo‘ravonlik qilma. Chunki Alloh taolo aytadi:
"œEy odamlar, bu zo‘ravonligingiz faqat o‘zingizning ziyoningizdir" (Yunus, 23-oyat). Hech kimga makr qilma, chunki Alloh taolo:

"œYomon makr-hiyla esa, faqat o‘z egalarini o‘rab halok qilur" (Fotir, 43-oyat). Ahdingni hech qachon buzma, chunki Alloh taolo bu haqda:

"œEndi kim (qasamyodini) buzsa, bas, u faqat o‘z ziyoniga bo‘lur", deb aytgan (Fath, 10-oyat).

Ibrohim ibn Adham aytadilar: "œZuhd uch xil bo‘ladi: zuhdi farz, zuhdi fazl va zuhdi salomat. Zuhdi farz haromda zuhd qilish. Zuhdi fazl halolda zuhd qilish. Zuhdi salomat shubhalarda zuhd qilishdir".

So‘ng yana aytdilar: "œTaqvo ikki xildir: farz taqvosi, saqlanish taqvosi. Farz taqvosi — Alloh taologa ma’siyat-gunoh qilishdan taqvo qilish, saqlanish taqvosi — shubhalardan taqvo qilish. G‘am ham ikki xildir: biri foyda beradi, boshqasi zarar. Foydali bo‘lgan g‘am oxirat g‘amidir. Zararli bo‘lgan g‘am dunyo va uning ziynatlari uchun uyg‘ongan g‘am".
Faqih aytadilar: "œXolis taqvo ko‘zni xaromdan, tilni g‘iybat va yolg‘ondan tiyish, barcha a’zolarni haromdan saqlashdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:51:57
Umar ibn Xattobga (r.a.) Shom shahridan zaytun yog‘i keltirishdi. Yog‘ bir necha idishga solingan edi. Umar (r.a.) uni odamlarga qadah bilan taqsim qila boshladilar. U yerda sochi o‘sib ketgan bir yigit ham bor edi. Bo‘shagan idishning yog‘ini boshiga surtardi. Shunda Umar (r.a.) u yigitga: "œSoching musulmonlarning yog‘iga rag‘batli ekanini ko‘ryapman", dedilar va qo‘lidan tutib, sartaroshga sochini oldirishga jo‘natdilar. Yigit sochini oldirdi. Umar (r.a.) unga: "œMana shu ish senga yengilroqdir", dedilar.

Ibrohim ibn Adhamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi Ummonga borayotganlarida bir hayvonni ijaraga oldilar. Ketayotib, qamchilari tushib qoldi. Shunda u zot ulovdan tushdilar, uni bog‘ladilar, keyin ortga piyoda qaytib, qamchini olib keldilar. U kishiga: "œUlovingizning boshini burib, qamchini olsangiz bo‘lmasmidi?" deyishdi. Shunda Ibrohim ibn Adham aytdilar: "œMen uni faqat borish uchun ijaraga olganman, qaytish uchun olganim yo‘q".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:52:31
739. Maoz ibn Jabal (r.a.) hikoya qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga edim. U kishi egarlangan eshakning ustida o‘tirgan edilar. Menga: “Ey Maoz, bandalarning ustidagi  Allohning haqqi nima?” dedilar. “Alloh va Uning rasuli biluvchiroq”, deb javob berdim. “Allohga hech narsani shirk keltirmasdan, Ungagina ibodat qilmoq”, dedilar. So‘ng aytdilar: “Bularni qilgandan keyin Allohning zimmasidagi bandalarning haqqi nima?” Yana: “Alloh va rasuli biluvchiroq”, dedim. “Ularni jannatga kirgizish”, dedilar Nabiy (s.a.v.).

_____________
Xudojo‘ylik bobi hadislari

733-hadis. Isnodi mavzu’. Roviylardan bo‘lgan Abulaziz ibn Abonni ibn Muayyin va boshqalar yolg‘onchi, degan.
734-hadis. Sahih. “As-sahiha”ga qarang.
735-hadis. Boshqasiga ko‘ra, hasan. Bayhaqiy rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang.
736-hadis. Muttafaqun alayh.
737-hadis. Botil. Daylamiy “Al-firdavs”dan keltirgan.
738-hadis. Muttafaqun alayh.
739-hadis. Muttafaqun alayh.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:52:53
OLTMISH OLTINCHI BOB
HAYO


740. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: "œAbu Ayyub Ansoriy (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: "œTo‘rtta narsa payg‘ambarlarning sunnatlaridan: atr surtish, nikoh, misvok va hayo".

Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:53:15
741. Uqba ibn Amr (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): "œAvvalgi payg‘ambarlarning so‘zlaridan odamlarga yetib kelgani shuki, uyalmasang, xohlaganingni qilaver", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:53:34
742. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.): "œAlloh taolodan haqiqiy hayo bilan hayo qilinglar", dedilar. "œBizlar Alloh taolodan uyalamiz, alhamdulillah", deyishdi. "œBu hayodan emas, — dedilar Nabiy (s.a.v.), — lekin kim Alloh taolodan chindan ham hayo qilsa, boshni va uni o‘rab olgan narsalarni saqlasin, qorinni va uni o‘rab olgan narsalarni saqlasin, o‘limni va fano bo‘lishni zikr qilsin. Kim oxiratni xohlasa, dunyo ziynatini tashlaydi. Kim bularni bajarsa, Allohdan haqiqiy hayo qilgan bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:53:57
743. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œHayo qilish iymondandir. Iymon jannatdadir. Behayolik jafodandir. Jafo do‘zaxdadir".

Salmon Forsiy (r.a.) aytadilar: "œO‘lmog‘im, keyin tirilmog‘im, so‘ng o‘lib, yana tirilmog‘im birovning avratiga qarashimdan va birovning mening avratimga qarashidan uch karra sevimliroqdir".

Ali (karramallohu vajhah) aytadilar: "œ(Avratga) qaragan kishiga ham, (avratini) ko‘rsatgan kishiga ham Allohning la’nati bo‘lsin".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:54:20
744. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œHech kimning hammomga ishtonsiz kirmog‘i halol emas".

Hasan Basriydan (Alloh rahmat qilsin) rivoyat qilinadi: "œHammomga ikki izor bilan kiriladi. Birinchi izor avrat uchun, ikkinchisi ko‘z uchun, ya’ni, ko‘zini odamlarning avratidan to‘sish uchun".

Iso ibn Maryam (alayhis salom) aytgan ekanlar: "œQarashdan saqlaninglar. Chunki u qalbda shahvatd urug‘ini ekadi va u qalb egasini fitnaga solish uchun yetib ortadi".
Hakim bir zotdan fosiq  kishi haqida so‘rashdi. "œKo‘zini odamlarning eshiklaridan va avratlaridan yummaydigan odam", deb javob qildilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:54:39
745. Ato (r.a.) aytadilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) cho‘milayotgan kishining oldidan o‘tdilar. Shunda: "œEy odamlar, Alloh taolo hayo qiluvchi, halim, pardali zotdir. U hayo va pardani yaxshi ko‘radi. Agar birontalaringiz yuvinishni xohlasangizlar, odamlarning ko‘zidan panada bo‘lsin", dedilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:55:20
746. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) qazoi hojatda ko‘ylaklarini ko‘tarmas edilar, hatto yerga tegay deb turardi".

Faqih aytadilar: "œHayo ikki xil bo‘ladi: siz bilan odamlar orasidagi hayo, Alloh bilan sizning orangizdagi hayo. Odamlar bilan sizning orangizdagi hayo qarash halol bo‘lmagan narsalardan ko‘zingizni to‘sishingizdir. Siz bilan Alloh o‘rtasidagi hayo Allohning ne’matlarini bilmog‘ingiz, so‘ngra Unga gunoh qilishdan uyalmog‘ingizdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:55:41
747. Umar (r.a.) Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga kirganlarida, u kishini yig‘lab turgan holatda ko‘rdilar. Shunda: "œEy Rasululloh, nima uchun yig‘layapsiz?" deb so‘radilar. Nabiy (s.a.v.): "œJabroil (alayhissalom) menga Alloh taolo Islomda sochi oqargan kishini azoblashdan uyalishi xabarini berdi. Endi Islomdan sochi oqargan kishi gunoh ishlarni qilishga Allohdan uyalmaydimi?!" deb javob berdilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:56:17
748. Bahz ibn Hakim bobosidan rivoyat qiladi. “Ey Allohning elchisi, avratlarimizni kimlarga ko‘rsatib, kimlardan bekitaylik?” deb so‘radim. “Avratingni xotining va cho‘ringdan boshqa hammadan saqla”, dedilar. Keyin: “Ey Rasululloh, agar yakka holatda bo‘lsak-chi?” degan edim, “Alloh hayo qilinishga haqliroq zotdir”, deb aytdilar”.

Salaflardan biri o‘g‘liga shunday nasihat qilgan ekan: “Agar nafsing katta gunohga chaqirsa, ko‘zingni osmonga qarat va seni ko‘rib turgan Zotdan uyal. Agar buni qilolmasang, yerga qarat va uning ustida yurgan kimsalardan uyal. Oliy Zotdan qo‘rqmasang, yerdagi odamlardan uyalmasang, o‘zingni hayvonlar qatorida hisoblayver”.

Fuzayl ibn Iyoz aytadilar: “Eshigingni yopasan, pardalaringni tushirasan, odamlardan uyalasan, ammo qalbingdagi Qur’ondan, har bir maxfiy narsani biluvchi ulug‘ Zotdan hayo qilmaysan”.

Mansur ibn Ammor aytadilar: “Kim o‘zining aybini bilsa, boshqa kishining aybi bilan ishi bo‘lmay qoladi. Kim taqvo libosidan yalang‘och  bo‘lsa, unga hech kim parda tutolmaydi. Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo‘lsa, boshqalarning qo‘lidagi  narsaga xafa bo‘lmaydi.  Kim zulm qilichini sug‘ursa, shu qilichi bilan qo‘li kesiladi. Kim birodariga choh qazisa, unga o‘zi tushadi. Kim  birovning parda¬xijobini oyoqosti qilsa, o‘zining avrati ochiladi. Kim o‘z xatosini unutsa, boshqaning xatosini katta biladi. Kim katta ishlarga kirishsa va o‘ziga xatarli yo‘l topsa, halok bo‘ladi. Kim aqli bilan cheklansa, adashadi. Kim odamlarga kibr qilsa, xor bo‘ladi. Kim amalga berilsa, qiyinchilikka duchor bo‘ladi. Kim odamlar ustidan faxrlansa, sinadi. Kim ahmoqlik qilsa, haqoratlanadi. Kim razillar bilan suhbatdosh bo‘lsa, tubanlashadi. Kim ulamolar bilan o‘tirsa, viqorli bo‘ladi. Kim yomonlik ko‘chasiga kirsa, tuhmatga yo‘liqadi. Kim dinda dangasalik qilsa, o‘tirib qoladi. Kim odamlarning mollarini o‘lja olsa, faqirga aylanadi. Kim ofiyatga intizor bo‘lsa, sabr qiladi. Kim qadamini to‘g‘ri bosishdan adashsa, pushaymon bo‘ladi. Kim Allohdan qo‘rqsa, muvaffaqiyatga erishadi. Kimningki, ishlarida tajribasi bo‘lmasa, aldanadi. Kim jannatni bilsa, orzu-istaklari kamayadi. Kim ilmsizlik yo‘liga ko‘niksa, adolat yo‘lini tark qiladi”.

________________
Hayo bobi hadislari

740-hadis. Muttafaqun alayh.
741-hadis. Ziaf. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
742-hadis. Sahih. Buxoriy, Abu Dovud, Ibn Mojja, Ahmad rivoyat qilgan.
743-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy, Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
744-hadis. Sahih. Termiziy rivoyat qildilar. “Sahihul-jome’”ga qarang.
745-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan.
746-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Nasaiy rivoyat qilgan.
747-hadis. Botil, asli yo‘q. “Al-mavzu’ot”ga qarang.
748-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:56:44
OLTMISH YETTINCHI BOB
AMAL VA NIYAT BIRLIGI


Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) Zayd ibn Maysaradan rivoyat qiladilar: "œAlloh taolo: "œMen hamma hakim bandaning kalomini qabul qilavermayman, uning g‘ami va xohishiga qarayman. Agar g‘ami va xohishi Menga bo‘lsa, sukutini tafakkur, so‘zini, gapirsa-gapirmasa, zikr qilib qo‘yaman", deydi".

Ibrohim Naxa’iy (r.a.) aytadilar: "œKishi g‘azab bilan bir gap gapiradi va undan yaxshilikni niyat qiladi, Alloh shunda unga nisbatan odamlarning qalbiga uzr soladi. Hatto ular, faqat yaxshilikni xohlagan edi, deyishadi. Yana bir kishi yaxshi so‘zni gapiradi, lekin yaxshilikni niyat qilmaydi. Alloh buni odamlarning qalblarida bildiradi. Hatto, ular, bir kalomida yaxshilikni iroda qilmadi, deyishadi".

Avn ibn Abdulloh (r.a.)  aytadilar: "œYaxshilik ahllari bir-biriga uch kalimani yozib turishar edi: kim oxirat uchun amal qilsa, Alloh uning dunyo amallarini to‘g‘irlab qo‘yadi. Kim ichini isloh qilsa, Alloh tashqarisini ham isloh qilib qo‘yadi. Kim Alloh bilan o‘zi orasini isloh qilsa, Alloh  u bilan odamlar orasini isloh qilib qo‘yadi".

Hasan (r.a.) Alloh taoloning:
"œAyting: har kim o‘z holicha amal qilur" (Isro, 84-oyat), degan so‘zini niyatiga ko‘ra, ya’ni amalning sihhati niyat bilan, deb tushuntirganlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:57:10
749. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: "œMo‘minning niyati uning amalidan yaxshidir".

Ahli ilmlarning ba’zilari bu hadis haqida shunday deyishadi: "œChunki kishi niyatining yaxshiligi uchun savob olaveradi, garchi amal qilmagan bo‘lsa ham. Amaliga esa niyatsiz savob ololmaydi".

Bir olim kishi aytadi: "œMo‘minning niyati amalidan yaxshidir. Chunki niyati ko‘p amali kam. U tirik ekan yaxshi amal qilishni niyat etadi, ammo u o‘lgunicha, yaxshi amalni davom ettira olmaydi".

Ba’zilar deyishadi: "œChunki niyat qalbning amalidir. Qalb ma’rifatning makoni. Nimaiki ma’rifat makonidan bo‘lsa, boshqasidan afzaldir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:57:37
750. Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlarini rivoyat qiladilar: "œQiyomat kuni bir bandani keltirishadi. Uning yaxshiliklari katta tog‘lar kabi bo‘ladi. Keyin nido qiluvchi: "œKim mana bu odamdan zulm ko‘rgan bo‘lsa, kelib, undan haqqini olsin", deb nido qiladi. Odamlar kelib, uning yaxshiliklaridan olishadi. Hattoki yaxshiliklaridan hech narsa qolmaydi. Banda hayron turganida, Rabbi unga: "œMening oldimda sening bir xazinang bor. Uni farishtalarimga ham, maxluqlarimga ham ko‘rsatmaganman", deydi. Banda: "œEy Rabbim, u nima?" deb so‘raydi. Alloh taolo aytadi: "œU sening niyatlaring. Sen bir yaxshilikni niyat qilsang, unga yetmishdan oshirib, (savob) yozar edim".

Xabarda rivoyat qilinadi: "œBani Isroil obidlari ichida bir kishi bor edi. Bir kuni u katta qum uyumi oldidan o‘tdi. Shunda ko‘ngliga, agar bu qum uyumi unga aylanib qolsa, och yotgan Bani Isroil xalqini to‘yg‘izardim, degan o‘y keldi. Shunda Alloh taolo ularning payg‘ambariga: "œBu obidga ayt, Men unga unni sadaqa qilgandek ajr berdim", deb vahiy qildi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:58:04
751. Yana bir xabarda rivoyat qilinishicha, qiyomat kuni banda keltiriladi va oldiga nomai a’moli qo‘yiladi. Amal kitobida haj, umra, jihod, zakot va sadaqani ko‘rib, banda o‘zicha, bulardan hech birini qilgan emasman-ku, bu mening kitobim emas, deydi. Shunda Alloh taolo aytadi: "œO‘qi, bu sening kitobing, sen bechora holda yashab, agar menda mol bo‘lganida, albatta, haj qilardim, agar menda mol bo‘lganida, zakot berardim, deb aytar eding. Men sening niyatingda sodiqligingni bildim va bularning hammasini savobini berdim".
 Faqih Abu Lays aytadilar: "œKishi ozgina narsasini qizg‘onmasa, niyatining to‘g‘riligi ma’lum bo‘ladi. Masalan, yo‘lda qolgan hojini ko‘rib, menda ham mol bo‘lganida, haj qilardim, ammo imkoniyatim yo‘q, faqat ikki dirhamimgina bor, ularni shu kishiga beray, desa, yoxud qiynalib qolgan g‘oziyni ko‘rib, menda ham mol bo‘lganida, albatta, shunday qilardim, ammo imkonim yo‘q, faqat ozgina pulim bor, ularni mana shu muhtoj g‘oziyga yoki miskin qo‘shnimga beray, desa va bersa, niyatining xolisligi ko‘rinadi. Ammo ozgina narsasini ham qizg‘anib, baxillik qilsa (oziga baxillik qilgan kishining ko‘piga ham baxillik qilishini Alloh biladi), uning uchun haj qilay, yordam beray, degan niyatlarida savob yo‘q. Bir kishi: "œAgar Qur’onni yodlaganimda, kechayu kunduz o‘qir edim", desa va yodlagan bittagina surasini kechayu kunduz o‘qisa, Alloh taolo uning Qur’onni to‘la yod olganida, hammasini o‘qishini biladi va Qur’onning qolganini ham yodlashni nasib qiladi. Agar o‘zida bor narsani ham o‘qimasa, o‘z-o‘zidan uning niyati xolis emasligi bilinadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:58:35
752. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œMo‘minning niyati amalidan yaxshi, munofiqning amali esa, niyatidan afzal".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:58:57
753.  Muhammad ibn Ali Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilar: "œKim bir kishini, garchi uning do‘zaxi ekani Allohning ilmida bitilgan bo‘lsa ham, adolatliligi uchun Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rsa, Alloh taolo uni sevganga ahli jannatni sevgandek ajr beradi. Kim bir kishini Allohning ilmida jannati bo‘lsa ham, zolimligi uchun yomon ko‘rsa, Alloh taolo uni yomon ko‘rishiga xuddi ahli do‘zaxni yomon ko‘rgandek ajr beradi".

Xabarda rivoyat qilinadi: Alloh taolo Musoga (alayhissalom) dedi: "œEy Muso, Men uchun biror amal qildingmi?" Muso (alayhissalom) aytdilar: "œEy Allohim, Sen uchun namoz o‘qidim, Sen uchun ro‘za tutdim, Sen uchun sadaqa qildim va Seni zikr qildim". Alloh taolo dedi: "œNamozing sen uchun dalil, ya’ni hujjatdir, ro‘za — to‘siq, sadaqa — soya, zikr nurdir. Ammo Men uchun biron kishini do‘st tutdingmi yoki Men uchun biron kishini dushman bildingmi?" Shundan keyin Muso (a.s.) amallarning afzali Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rish va Alloh yo‘lida yomon ko‘rish ekanini bildilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:59:21
754. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: "œAlloh taolo sizlarning suratlaringizga, mollaringizga va ahvollaringizga qaramaydi. Balki amallaringizga va qalblaringizga qaraydi".

Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:59:42
755. Oyisha onamiz ham (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot (s.a.v.) aytdilar: "œKim odamlarning g‘azabidan (qo‘rqmay) Allohning roziligini izlasa, Alloh ham, odamlar ham undan rozi bo‘ladi. Kim Allohning g‘azabidan (qo‘rqmay) odamlarning rizoligini izlasa, Alloh taolo ham, odamlar ham unga g‘azab qiladi".

Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 12:00:04
756. A’mash Abu Amr Shayboniydan, u kishi Abu Mas’ud Ansoriydan (hammalaridan Alloh rozi bo‘lsin) rivoyat qiladilar: "œPayg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga urushga chiqishni xohlagan bir kishi kelib, shunday dedi: "œEy Rasululloh, menga ulov bering". Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œFalonchiga bor, senga ulov beradi". O‘shanga borgan edi, tuya berdi. So‘ngra Payg‘ambarga (s.a.v.) kelib, buning xabarini aytdi. Shunda Nabiy (s.a.v.): "œKim yaxshilikka dalolat qilsa, unga uni qilgan kishining ajri kabi ajr bor", dedilar.

Boshqa bir hadisda: "œYaxshilikka dalolat qiluvchi uni bajaruvchi kabidir", deyilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 12:00:29
757. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) aytadilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) zamonlarida  bir tilanchi kelib, narsa so‘radi. Qavm jim qoldi. Keyin bir kishi unga bir narsa berdi. Keyin boshqalar ham unga berdi. Nabiy (s.a.v.) shunda aytdilarki: "œKim bir yaxshilikni joriy qilsa yoki unga sabab bo‘lsa, u ishning savobi va unga ergashganlarning savoblari hech kamaytirilmasdan unga ham beriladi. Kim bir yomonlikni joriy qilsa yoki unga sabab bo‘lsa, uning gunohi va unga ergashganlarning gunohi hech kamaytirilmagan holda unga ham yoziladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 12:01:00
758. Tamim Doriy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: "œKim qiyomat kuni beshta xislat bilan kelsa, jannatdan adashmaydi. Alloh uchun, rasuli uchun, kitobi uchun, musulmonlarning imomlari uchun va butun omma uchun samimiy-beg‘araz bo‘lgan (holda kelsa)".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 12:01:26
759. Boshqa xabarda rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ogoh bo‘linglarki, din samimiyatdir”, dedilar. “Ey Rasululloh, kim uchun samimiyat?” deb so‘rashdi. Alloh uchun, rasuli, kitobi va jamiki musulmonlar uchun samimiyat”, deb javob qildilar.

Faqih aytadilar: “Alloh uchun samimiyat Allohga iymon keltirmog‘ing, odamlarni ham iymonga chaqirmog‘ing va odamlarning hammasini mo‘min bo‘lishini orzu qilmog‘ing. Payg‘ambar (s.a.v.) uchun samimiy bo‘lish esa, u kishiga Alloh taolo tomonidan nima kelgan bo‘lsa, tasdiqlashing, sunnatlarga amal qilishing va odamlarni ham bu ishga boshlashing. Kitobi uchun samimiyat – uni o‘qimog‘ing, unda bor narsalarga amal qilmog‘ing va odamlarning hammasi o‘qishini hamda amal qilishini orzu etmog‘ing. Musulmonlarning imomlariga samimiyat – ularning buyurganlariga itoat qilishing, qaytarganlaridan qaytishing, ularni yaxshilikka undab, yomon ishlardan qaytarishing va ularga qilich bilan qarshi chiqmasligingdir. Musulmonlar uchun samimiy bo‘lish – o‘zing yaxshi ko‘rgan narsalarni ularga ham yaxshi ko‘rmog‘ing, o‘zing yomon ko‘rgan narsani ularga ham ravo ko‘rmasliging, ular orasida do‘stlik va inoqlik bo‘lishini xohlamog‘ing”.

Faqih (r.a.) yana aytadilar: “Qancha uxlayotganlar bor, ularga namoz o‘qiyotganning ajri beriladi. Qanchalab uyg‘oq namozxonlar bor, ular uyquda, deb yoziladi. Kishi sahar vaqtida turib, tahorat qilib, so‘ng bomdod vaqti chiqqunicha namoz o‘qishga odatlangan bo‘lsa, ammo bir kecha o‘sha niyat bilan yotib, ertalabgacha uxlab qolsa, keyin uyg‘onib ketib, namozni o‘tkazib yuborganiga xafa bo‘lsa va istirjo’ aytsa, uni namozni vaqtida o‘qigan, deb yoziladi va niyati bilan uning savobiga erishadi. Yana bir kishi kechasi turib, namoz o‘qishga odatlanmagan, ammo kechasida tong otdi, deb gumon qilib, turib tahorat olib, masjidga kirsa, hali tong otmagan bo‘lsa, so‘ng bomdod namozi vaqti kirishini kutib, o‘ziga-o‘zi, hali bomdod namozi vaqti bo‘lmaganini bilganimda, o‘rnimdan turmasdim, desa, shu niyati uchun uyg‘oq bo‘lsa ham, uxlovchilardan deb yoziladi”.

________________
Amal va niyat birligi bobi hadislari

749-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan.
750-hadis. Avvali Buxoriy va Muslimning hadislarida kelgan. So‘ngining isnodi noma’lum.
751-hadis. Isnodi noma’lum.
752-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan.
753-hadis. Isnodi noma’lum.
754-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
755-hadis. Sahih. Termiziy, Ibn Hibbon, Abu Na’im rivoyat qilgan.
756-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
757-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
758-hadis. Ibn Najjor rivoyat qilgan.
759-hadis. Sahih. Muslim, Nasoiy, Ahmad rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 12:02:16
OLTMISH SAKKIZINCHI BOB
MAG‘RURLANISH


Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladilar. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): "œNajot ikki narsada: taqvo bilan niyatdadir. Halokat ham ikki narsada: umidsizlik ila mag‘rurlanishda", dedilar.

Vahb ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "œSizlardan avvalgilarning ichida Allohga yetmish yil ibodat qilgan kishi bor edi. Haftada bir kun, ya’ni shanbada og‘zi ochiq bo‘lardi. Qolgan kun ro‘zador edi. U Allohdan bitta hojatini so‘radi. Ammo hojati ravo bo‘lmadi. Shunda nafsiga, agar senda yaxshilik bo‘lganida, hojating bajarilar edi, ammo oldin gunoh ishlar qilgansan, dedi. Shu zahoti bir farishta tushib: "œEy odam farzandi, o‘zingni haqir hisoblaganing oldin qilgan yetmish yillik ibodatingdan yaxshidir", dedi.

Sha’biy aytadilar: "œBir kishiga bulutlar soya solib yurardi. Buni ko‘rgan boshqa bir kishi: "œAlbatta, uning soyasida yuraman", dedi. Shunda haligi birinchi kishi g‘ururlanib: "œMana bunga o‘xshashlar mening soyamda yuradi", deb o‘yladi. Vaqti yetib, ular ajralishganida esa, soya ikkinchi kishi bilan ketdi".

Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 12:03:07
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: Tavbangning to‘g‘ri bo‘lishi gunohingni bilish, amalingning to‘g‘ri bo‘lishi mag‘rurlikdan voz kechishing bilandir".

Umar ibn Abdulazizdan (r.a.) zikr qilinadi. U kishi xutba qilayotganlarida mag‘rurlanib qolishdan qo‘rqsalar, xutbalarini to‘xtatardilar, yozayotganlarida ham mag‘rurlanishdan xavfsirasalar, varaqni yirtib tashlardilar va: "œEy Parvardigor, Sendan nafsimning yomonligidan panoh tilayman", derdilar".

Mutarrif ibn Abdulloh aytadilar: "œKechasi uxlab qolib, pushaymon holda tong ottirishim kechani uxlamay o‘tkazib, mag‘rurlanib tong ottirishimdan yaxshiroqdir".

Oyishadan (r.a.) bir kishi: "œMuhsin bo‘lganimni qachon bilaman?" deb so‘radi. Qachon gunohkorligingni bilsang", deb javob qildilar. Kishi: "œQachon gunohkorligimni bilaman? deb savol qildi. Oyisha onamiz aytdilar: "œQachonki, o‘zingni muhsin bilsang".

Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 12:03:32
Zikr qilinadiki, Bani isroillik bir yigit dunyodan yuz o‘girdi, odamlardan uzoqlashdi, chet joylarda ibodat qila boshladi. Bu yo‘ldan qaytarish uchun qavmining ikki ulug‘i uning uyiga kelishdi. Keyin: "œEy yigit, sabring yetmaydigan qattiq ishni ushlading", deyishdi. Yigit: "œOdamlarning Alloh huzurida turishi mening bu turishimdan qattiqroqdir", deb javob qildi. So‘ng: "œQarindoshlaring bor, ibodatingni ularning orasida qilganing afzal", deyishdi. Yigit aytdi: "œAgar mendan Alloh rozi bo‘lsa, boshqa hamma do‘st-qarindoshlar rozi bo‘lishadi". Ikki shayx: "œSen hali yoshsan, ko‘p narsani bilmaysan, bizlar bu ishda tajriba orttirganmiz va sening bu yo‘lda mag‘rurlanib ketishingdan qo‘rqamiz", deyishgan edi, yigit: "œKim o‘zini bilsa, mag‘rurlanish unga zarar qilmaydi", deb javob berdi. Shayxlar shunda bir¬-biriga qarab: "œTurdik, ketamiz. Bu yigit jannatning hidini topibdi. Endi bizning so‘zimizni qabul qilmaydi", deyishdi.

Xabarda zikr qilinishicha, Dovud (alayhissalom) dengiz bo‘yiga chiqib, Parvardigorga to‘la bir yil ibodat qildilar. Bir yil o‘tganidan so‘ng: "œEy Rabbim, qaddim bukildi, ko‘zlarim zaiflashdi, diydamda yosh qolmadi. Mening bu ibodatim nima bo‘lishini bilmayman", dedilar. Alloh taolo qurbaqaga: "œBandam Dovudga javob bergin", deb vahiy qildi. Qurbaqa aytdi: "œEy Allohning payg‘ambari, siz bir yil Allohga ibodat qilganingizni minnat qilyapsizmi? Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, men o‘ttiz-oltmish yildan beri qamishlar orasida yashab, Unga tasbeh, hamd aytaman. Muskullarim Allohdan qo‘rqqanimdan qaltiraydi". Dovud (alayhissalom) bu gaplarni eshitib yig‘ladilar.

Zikr qilinishicha, ushbu holat Muso (alayhissalom) bir qibtiyni o‘ldirib qo‘yganlarida ham yuz bergan ekan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 12:04:24
Faqih  aytadilar: "œKim g‘ururini sindirmoqchi bo‘lsa, to‘rtta narsa qilishim kerak bo‘ladi:
1. Tavfiqni (muvaffaqiyatni) Alloh taolodan bilish. Shunda shukr qiladi, nafsiga mag‘rurlanmaydi.
2. Alloh taolo bergan ne’matlarga ibrat ko‘zi bilan qarash. Bunda ham shukr bilan mashg‘ul bo‘ladi, amalini kam sanaydi va qilgan ishiga mag‘rurlanmaydi.
3. Amalining qabul bo‘lmay qolishidan qo‘rqish. Shunda xavfi kuchayadi, nafsiga mag‘rurlanmaydi.
4. Oldingi qilgan gunohlariga qarash. Agar gunohlarining yaxshiliklaridan og‘ir kelishidan qo‘rqsa, nafsiga bo‘lgan g‘ururi sinadi. Inson qiyomat kuni nomai a’molidan nimalar chiqishini bilmay turib, qanday g‘ururlanadi?! Albatta, g‘ururlanish va xursandchilik amal kitobini o‘qigandan keyin aniq bo‘ladi".

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "œAlloh taoloning:
"œMana, Mening kitobimni o‘qinglar" (Al-haqqa, 19-oyat), degan oyatini eshitardim, lekin uning kim uchun aytganini bilmasdim. Bir kuni biz Umarning (r.a.) oldilarida o‘tirganimizda Ka’b (rahmatullohi alayh) kelib qoldi. Umar unga: "œEy Ka’b, bizlarga hadis aytib ber. Aytsang, faqat Allohning kitobiga mosini ayt", dedilar. Ka’b (r.a.) aytdilar: "œAlloh taolo qiyomat kuni barcha maxluqlarni katta bir vodiyda tiriltiradi. U yerda chaqiruvchi hammalarini eshitib, ko‘rib turadi. Keyin har bir qavm imomi bilan chaqiriladi. Ya’ni, hidoyatga yoki zalolatga boshlovchi olimlari bilan chaqiriladi. Hidoyatga boshlovchi imom qavmidan oldin keltiriladi. Kelganidan so‘ng unga kitobi o‘ng tomonidan beriladi. Unda gunohlari yashiringan bo‘ladi, faqat o‘zi o‘qiydi. Bu ish, amalim bilan jannatga kirdim, demasligi uchundir. Odamlarga esa, uning yaxshiliklari ko‘rsatiladi. Ular: "œFalonchi qanday yaxshi, yaxshiliklari ko‘rinib turibdi", deyishadi. Uning o‘zi gunohlarini o‘qiyotib, halok bo‘ldim, endi, deb o‘ylaydi. Kitobining oxiriga kelganida, gunohlaringni kechirdim degan so‘zni o‘qiydi. Keyin unga nurdan bo‘lgan toj kiydiriladi. Nurlari yaltirab turadi. So‘ng unga: "œBirodarlaringga borib, ularga ham senikiga o‘xshash ish bo‘lishini aytib xursand qil", deb turishadi. Keyin u: "œMana, mening kitobimni o‘qinglar. Gunohlarimni kechirdi. Xursand bo‘linglar. Hammalaringiz men kabi bo‘lasizlar", deydi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 12:04:50
Agar zalolatga chaqiruvchi imom bo‘lsa, u ham olib kelinadi. Keyin kitobi beriladi. O‘ng qo‘li bilan ushlayman, desa, o‘ng qo‘li bo‘yniga o‘ralib qoladi. Bo‘yniga o‘girib, yolg‘iz o‘zi yaxshiliklarini o‘qiydi. Bu ish, faqat gunohlarim saqlanib, yaxshiliklarim yozilmabdi, demasligi uchundir. So‘ng unga aytiladi: "œFalon amalni qilding va o‘sha ishga yarasha mukofotlaringni olding". Shunday qilib, yaxshiliklari tugaydi. Gunohlari esa, odamlarga ko‘rinib, ma’lum bo‘ladi. Shunda ular: "œFalonchiga vayl bo‘lsin, yomonliklari ko‘rinib turibdi", deydi. U kitobini o‘qiy-o‘qiy oxiriga yetadi va eng so‘nggi sahifada: "œAlbatta, senga azob kalimasi haqdir", degan so‘zni o‘qiydi. Yuzi qorong‘i kechadek qop-qora bo‘lib ketadi, keyin boshiga o‘tdan bo‘lgan toj kiydiriladi, tojning tutunlari yaltiraydi. So‘ng unga: "œBorib qavmingga xabarini ber. Ularning hammasi uchun mana shunday narsa tayyorlab qo‘yilgan", deyiladi. Vodiy ahliga yetib kelganida, ular hammasi faqat: "œEy Parvardigor, buni biz bilan, bizni  u bilan birga qilma", deyish bilan ovora bo‘ladi. Qaysi qavm o‘tsa, unga la’nat o‘qiydi. Keyin do‘stlari kelib, ular ham la’nat aytadilar. hamma undan bezor bo‘ladi. Alloh taolo:

"œHali qiyomat kunida ayrimlaringiz (ya’ni peshvolaringiz) ayrimlaringizdan (ergashuvchilaridan) tonur, ayrimlaringiz ayrimlaringizni la’natlar" (Ankabut, 25-oyat), deb aytgani kabi u ham qavmini la’natlaydi. So‘ngra ularga: "œBilib qo‘yinglar, hammalaringiz xuddi mana shu holga tushasiz", deb aytadi".

Masruq (r.a.) aytadilar: "œKishining olim bo‘lishiga Alloh taolodan qo‘rqishi, ilmsiz qolishiga esa, amaliga mag‘rurlanishi kifoya qiladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 12:05:19
760. Mujohid (r.a.) aytadilar: “Said ibn Os Usmonning (r.a.) huzurlariga bir qavmni yubordi. Ular kelib Saidni maqtashdi. Shunda ularning yuziga tuproq sochdilari va: “Men Payg‘ambarning (s.a.v.): “Agar maddohlarni ko‘rsanglar, ularning yuziga tuproq sochinglar”, deganlarini eshitganman”, dedilar”.

_____________
Mag‘rurlanish bobi hadislari

760-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan.

Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 21 Noyabr 2006, 07:13:50
OLTMISH TO’QQIZINCHI BOB

HAJNING FAZILATI


761. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar: "Bizlar Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga edik. Yamandan bir toifa kelib: "Ota-onamiz sizga fido bo‘lsin, bizga hajning fazilatlarini aytib bering", deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Kim yurtidan haj yoki umra qilish uchun chiqsa, har bir qadamini ko‘tarib bosganida, badanidan gunohlari daraxg yaproqlari to‘kilgandek to‘kildi. Agar Madinaga kirib, men bilan salomlashsa, maloikalar unga salom berishadi. Agar Zul Hulayfaga tushsa va yuvinsa, Alloh taolo uni gunohlardan poklaydi. Qachon ikki yangi kiyim kiysa, Alloh taolo unga yaxshiliklarni yangilaydi. "Lab-baykallohumma, labbayk", desa, Alloh taolo: "Bi-labbayka va sa’dayka. So‘zingni eshityapman. Seni ko‘rib turibman", deydi. Agar Makkaga kirib tavof qilsa, Safo va Marva orasida sa’y qilsa, Alloh unga yaxshiliklarni yog‘diradi. Agar hojilar Arafotda to‘xgasalar, hojatlarini so‘rab, ovozlari ko‘tarilsa, Alloh taolo yetga osmon farishtalariga faxrlanib aygadi: ' Farishtalarim va osmonda turuvchilar, Mening bandalarimni ko‘rmaysizlarmi? Ular Menga turli yo‘l va daralardan o‘tib, chang-g‘uborlarni bosib, mollarini sarflab, tanalarini charchatib kelshtsdi. Izzatim va ulug‘llgimga qasamki, ularning yaxshilari sababli yomonlariga ham yaxshilik beraman va ularni onasidan yangi tug‘ilganidek, gunohlaridan poklayman". Agar tosh otsalar, sochlarini oldirsalar, Baytullohni ziyorat qilsalar, nido qiluvchi arshdan nido "Gunoharingiz kechirilgan holda qaytib, amallaringnzni yangidan boshlanglar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 21 Noyabr 2006, 07:14:45
762. Ali ibn Abu Tolib (karramallohu vajhahu) aytadilar: "Allohning uyini Paygambar (s.a.v.) bilan birga tavof qilayottan edim. Shunda u zotdan: "Ota-onam sizga fido bo‘lsin, bu uy qanaka uy?" deb so‘radim. Nabiy (s.a.v.): "Ey Ali, Alloh taolo bu dunyo hovlisida ummatimning gunohlariga kafforat bo‘lish uchun bino qildi", dedilar. "Ota-onam fido bo‘lsin, Hajarul asvad nima?" deb so‘radim keyin. "Bu tosh jannatda javhar edi. Alloh taolo uni yer yuziga quyosh shu’lasi kabi shu’lali holda tushirdi. Mushriklar qo‘llari bilan ushlagani uchun u qorayib, rangi o‘zgarib ketdi", dedilar Rasululloh (s.a.v.)".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 21 Noyabr 2006, 07:16:27
763. Abbos ibn Mardos rivoyat qiladilar: "Nabiy(s.a.v.) arafa kuni oqshomida ummatga rahmat va mag‘firat so‘rab, Alloh taologa uzoq vaqg duo qildilar. Alloh taolodan: "Men shunday qiltanman (yabnii, rahmat va mag‘firat etganman), ammo ular bir-birlariga zulm qiladilar", degan javob keldi. Payg’ambar (s.a.v.) aytdilar: "Ey Rabbim, sen mazlumga zulm ko‘rgani uchun savob berishta, shuningdek, zolimni ham kechirishga qodir zotsan". O’sha kecha Allohstaolo javob bermadi.
Ergasi kuni Nabiy (s.a.v.) Muzdalifada shu duni yana takrorladilar. Keyin Alloh: "Men ularni kechyardim", deb javob qildi. So‘ngra Payg‘ambar (s.a.v.) tabassum qildilar. Sahrbalarning ba’zilari: "Yo Rasulalloh, oldinlari hech tabassum qilmagan soatda tabassum qildingiz?" deb savol so‘rashdi. Rasululloh: "œAllohning dushmani shaytonga kuldim. U mening ummatim uchun qilgan duoim mustajob bo‘lg‘anini bilib, o‘zini yerga otdi, nafsimga vayl va halokat bo‘lsin, deb boshiga tuproq sochdi", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 21 Noyabr 2006, 07:16:53
764. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdal (s.a v) rivoyag qiladilar. U kishi (s.a.v.) aytdilar: "Kim Alloh uyini hij qilsa, haj davomida yomon gaplarni gapirmasa, fosiqdik qilmasa, (uyiga) onasidan yangi tug‘ilgandek (pok holda) qaytadi"

Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Kim bu uyga Allohni xohlab kelsa va tavof qilsa, onasidan yangi tug‘ilgandek pok bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 21 Noyabr 2006, 07:17:14
765. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Shaytonni arafa kunidagidek zaifroq, haqirroq, g‘azablanganroq xolda hech qachon ko‘rmagan. Buning sababi faqatgina Allohning rahmati tushayotgani va Alloh taolo katga gunohlarni kechib yuborayotganidir. Bundan avval bu kabi shrsa faqatgina Badr kunida ko‘rilgan".

Umar ibn Abdulaziz aytadilar: " Alloh taolo Musoga (alayhissalom) Baytul haromning fazilatini zikr qilib vahiy yubordi. Muso (alayhissalom) shunda: "Ey Parvardigor, haj nima?" deb so‘radilar. Alloh aytdi: "Bu uyimni jamiki uylardan tanlab oldim. U xalilim — do‘stim Ibrohim bino qilgan haramimdir. Unga atroflardan odamlar keladilar. Qul hojasiga "labbay" deb turgani singari ular ham tahyail va talbiyalar aytadilar". Muso (alayhissalom): "Ey Parvardigor, ularning savobi nima?" deb so‘radilar. Alloh Ularni mag‘firat qilaman, xatgo ular qo‘shnilariga, qarindoshlariga shafoatchi bo‘ladi", dedi. Muso aytdilar: "Ey Parvardigor, ularning ayrimlarida yaxshi nafaqa ham, pok qalb ham yo‘q". Alloh: "Albatta, Men ularning yaxshilari sababidan yomonlariga ham yaxshilik beraman", dedi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 21 Noyabr 2006, 07:18:45
766. Abu Horun Abdiy Abu Said Xudriydan (r.a.) RIVOYAT qiladilar: "Umar ibn Xattob bilan birga xalifalik davrining avvalgi yilida haj qildik. U kishi kirib, Hajarul asvad oldida to‘xtadilar. "Sen zarar ham, foyda ham bermaydigan bir toshsan. Agar seni Payg‘ambar (s.a.v.) o‘pganlarini ko‘rmaganimda men o‘pmisdim"» dedilar. Shunda  Ali (r.a) aytdilar: "Bunday demang, ey Amirul mo‘minin. U Allohning izni bilan zarar ham, foyda ham beradi.Agar Quronni o‘kimagan va undagi bor narsani bilmagan bo‘lganingizda, sizga e’tiroz qilmasdim". Umar (r.a.): "Ey Abul Hasan, uning ta’vili nima?" deb so‘radilar. Ali: "Alloh taolo:
"Parvardigorning Odam bolalarnigg bellaridan(ya’ni, pushta kamarlaridan to qiyomat kunigacha dunyoga keladigan barcha) zurriyotlarini olib, "Men Par. vardigoringiz emasmanmi?" deb o‘zlariga qarshi guvox qilganida, ular: "Haqiqatdan, Sen Parvardigorimizsan, biz bunga shohidmiz", deganlarini eslang (A’rof, 172-oyat), deb aytgan. Shunda ularning iqrorlarini qog‘ozga yozdi. Keyin bu toshni chaqirib, boyagi qog‘oz unga mahkamlandi. U Alloh taoloning bu makondagi qo‘riqchisidir. Kim o‘sha ahdiga vafo qilsa, unga guvohlik beradi", dedilar, Umar (r.a.) Ey Abul Hasan, Alloh taolo ko‘p ilmni sizlarning oralaringazda yoydi", deb javob qildilar".

 Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qrlinadi. U kishi ko‘zlari ojiz bo‘lib qolganlaridan keyin aytgan edilar: "Piyoda holda haj qilmaganim uchun pushaymon bo‘lganchalik hech narsaga pushaymon bo‘lmadim. chunki men Alloh taoloning:

"Ular senga (ya’ni, sening da’vatinga javoban) yayov hollarida va yiroq yo‘llardan keladigan oriq- holdan toygan tuyalar ustida kelurlar" (Haj, 27-oyat) degan kalomini eshitganman".
Faqih aytadilar: "Agar yo‘l yaqin bo‘lsa, piyoda borishning zarari yo‘q va u afzaldir-yo‘l uzoq bo‘lsa, ulovda kelish afzal. Chunki boruvchi o‘zini charchatadi, qiynaladi, buziladi. Agar bunday holga tushishdan xotirjam bo‘lsa, piyoda borgani yaxshi.

Hasan Basriydan rivoyat qilinishicha, u kishi; «farishtalar hojilarni kutib oladi: tuya egalariga salom beradi, xachir va eshaqda kelganlar bilan so‘rishadi, piyodalarni quchoqlab oladi", deganlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 21 Noyabr 2006, 07:19:15
767. Zahhok Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: "Qay bir musulmon uyidan Alloh yo‘lini qasd qilib chiqsa, so‘ngra urushdan oldin ulovdan yiqilib yoki ilon chaqib o‘lsa, qanday holatda o‘lsa ham, u shahiddir. Kaysi musulmon uyidan Allohning haramini  haj qilaman, deb chiqsa, ammo yetmasdan uni o‘lim olib ketsa, Alloh unga jannatni vojib qiladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 21 Noyabr 2006, 07:19:56
768. Payg‘ambar (s.a.v.) yana bir hadislarida aytadilar: "Allohim, hojini va u istig‘for aytgan kishini mag‘firat qil".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 21 Noyabr 2006, 07:20:37
769. Ato Umardan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Mening masjidimda o‘qilgan namoz boshqa masjidda o‘qiltan namozning mingtasiga to‘g‘ri keladi. Magar Masjidi harom bunday emas".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 21 Noyabr 2006, 07:21:17
770. Boshqa xabarda aytiladi: "Mening masjidimda o‘qilgan namoz, boshqa masjidlarda o‘kdlgan namozlardan o‘n ming marta afzal zdi. Magaram Masjidi Haromdagisi emas. Masjidi Haromda o‘qshidgan namoz boshqa masjidlarda o‘qilgan namozdan yuz ming marta ustun. Alloh yo‘lida o‘qilgan namoz yuz ming namozdan afzaldir". So‘ng Nabiy (s.a..v.): "O’sha narsadan Ham afzalroq narsani sizlarga aytib berayinmi? Kishi qorong‘i kechada turib, yaxshilab tahorat olsa va ikki rak’at namozni Alloh taolo huzuridagi narsani umid qilib o‘qisa (shu namozi afzaldir)", dedilar.

Ibn Umar (r.a) aytadilar: "Paygambar (s.a.v.): beshta narsaning ustiga qurilgan: La-a ilaha illalloh va Muhammadur rasululloh, deb guvohlik berish, namoz o‘qish, zakot berish, ramazon oyida ro‘za tutish va Allohning uyini haj qilish", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 21 Noyabr 2006, 07:22:38
772. Said ibn Musayyab (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy: "Alloh taolo uch nafar kishini bir kishining haji bilan jannatga kirgizadi. Vasiyat qiluvchini, uni bajaruvchini va uning nomidan haj qiluvchini. Umra ham xuddi shunday. Alloh bilguvchiroqlir", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:42:16
773. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) sahihsa nadsal ila Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘g‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Alloh yo‘lida (yurganda ko‘tarilgan) changlar bilan jahannamning tutuni bapdaning ichida hech kachon birga bo‘lmaydi. Bandaning qalbida hech qachon iymon va baxillik jamlanmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:42:26
774. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Alloh yo‘lida ertalab otlanib, kechqurun kaytish yer va undagi bor narsalardan afzaldir. Kishining safda turishi oltmish yillik ibodatdan yaxshi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:42:44
775. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar (s.a.v.) Abdulloh ibn Ravohani qo‘shin bilan jo‘natdilar. Juma quni edi, Ammo Abdulloh (r.a.), Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga juma namozini o‘qib, so‘ng sheriklarimga yetib olaman, deb o‘yladilar. Na-moz paytida Payg‘ambar (s.a.v.) u kishini ko‘rib qolib: "Nima bo‘ldi, birodarlaring bilan jo‘nab ketmadingmi?" deb so‘radilar. Abdulloh (r.a.): "Siz bilan juma namozini o‘qishni xohladim, birodarlarimga keyin yetib olaman", dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda unga: "Agar yerdagi bor narsani infoq qilsang HAM, ularning jo‘nab ketishidagi fazilatni topa olmaysan", dedilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:42:53
776. Salmon Forsiy (r,a.) aytadilar: "Kechasi sohil bo‘yida chegarani qo‘riklash kishiga ro‘za tutganidan va ahlida bir oy qoim turganidan yaxshidir Alloh yo‘lida dushmanga qarshi chegarada qurol olib turganida o‘lsa, Alloh uni kabr fitnasidan mudofaa qiladi va uni katta qo‘rqinchdan omon saqyaaydi. Amali uchun kecha-kunduz qiyomatgacha ajr berib turadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:43:02
777 Ubayd ibn Umayr otasining shunday rivoyat qilganini aytadilar: "Payg‘ambardan (s.a.v.) "Islom nima?" deb so‘rashdi. "Yaxshi gapirish, ochlarga taom va salomni yoyish", dedilar. "Qaysi Islom Islom yo‘lida qilingan amallarning qaysilari  afzal?" deb so‘rashdi. Nabiy (s.a.v.): "Qo‘lidan va tilidan insonlarning omonda bo‘lishi", dedilar. Keyin: "Qaysi namoz afzal?" deyishdi. "Uzun qiyom", dadilar. "Kaysi saddaqa afzal?" deb so‘rashdi so‘ng. "Kambag‘alliqdagisi", dedilar. "Qaysi iymon afzal?" deb so‘rashganda, "Sabr va bag‘rikenglik", deb javob berdilar. "Qaysi jang afzal?" deb so‘rashdi keyin. Nabiy: "Kimning oti yarador bo‘lsa va uning qoni oqsa", dedilar. "Qullarning qaysisi afzal?" deb so‘rashgan edi, "Puli qimmatrog‘i", dedilar Nabiy (s.a.v.)".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:43:10
778. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Alloh taoloning yo‘lida ketayotganida ko‘tarilgan chang bilan jahannam tutini musulmon bandaning dimog‘ida birga bo‘lmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:43:17
779. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Qiyomat kuni uch ko‘zdan boshqa hamma ko‘zlar yig‘laydi: Alloh taolodan qo‘rqib yig‘lagan ko‘z, Alloh harom etgan narsalardan tayilgan ko‘z, Alloh yo‘lida qo‘riqchilik qilgan ko‘z".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:43:25
780. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: "Menga ummatimdan jannatga birinchi kiradigan hamda do‘zaxga kiradigan uch kishi ko‘rsatildi. Jannatga kiruvchi Uch kishi - shahid, qulligi Alloh taologa ibodat qilishdan to‘sib qo‘ymagan qul va bola-chaqasi bor pokdomon faqir. Do‘zaxga birinchi bo‘lib kiruvchi uch kishi zolim amr,Allohning haqqini ado qilmaydigan kishi va kibrli kambag‘al".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:45:57
"œNega undan yuz o‘girdingiz?" deb so‘rashdi. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda aytdilar: "œJonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, uning Hurul ‘iyn juftlari shoshayotganini, hatto bilakuzuklari ochilib ketganini ko‘rdim".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:46:46
783. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œHech qaysi banda o‘lganidan keyin dunyoga qaytishni orzu qilmaydi. Agar dunyo va undagi narsalar berilsa ham, uning uchun Allohning dargohi yaxshi. (Ya’ni, dunyoga qaytishni o‘limdan xavfsiragani uchun jamiki dunyo berilsa ham, umid qilmaydi). Magar shahidgina shahodatning fazilatini bilgani uchun dunyoga qaytishni va yana bir bor o‘ldirilishni orzu qiladi".
Said ibn Jubayr (r.a.) Allohning:

"œOSMONLAR VA YERDAGI BOR JONZOT O‘LDI, MAGAR ALLOH XOHLAGAN ZOTLARGINA (TIRIK QOLDILAR)" (ZUMAR, 68-OYAT), DEGAN SO‘ZI HAQIDA: "œULAR ARSH ATROFIDA QILICHLARINI YALONG‘OCHLAB TURGAN SHAHIDLARDIR", DEB AYTGANLAR.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:47:22
784. Hasan Basriy (r.a.) Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: "œKim Allohdan shahidlikni so‘rasa va o‘lsa, unga shahidning ajri beriladi".

Ibn Mas’ud (r.a.) Alloh taoloning:

"œYO‘Q, ULAR TIRIKDIR, U ZOTLAR ALLOH O‘Z FAZLI KARAMI BILAN BERGAN NE’MATLARIDAN XUSHNUD HOLLARIDA BAHRAMAND BO‘LMOQDALAR" (OLI IMRON, 169-OYAT), DEGAN SO‘ZI HAQIDA AYTADILAR: "œULARNING RUHLARI KO‘K QUSH KO‘RINISHIDA BO‘LIB, JANNATNING XOHLAGAN JOYIDA UCHIB YURISHADI, SO‘NG ARSH TAGIDAGI OSILGAN QANDILLARGA JOYLASHISHADI".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:47:29
785. Maoz ibn Jabal (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilib aytadilar: "œKim Alloh yo‘lida bir tuya sog‘ib olingancha vaqt urushsa, unga jannat vojib bo‘ladi. Kim Alloh taolodan samimiy, sodiq holda shahidlikni so‘rasa, so‘ng o‘lsa yoki o‘ldirilsa, unga shahidning ajri bo‘ladi Kim Alloh yo‘lida jarohat olsa yoki bir baxtsizlikka yo‘liqsa, qiyomat kuni rangi za’farondek, hidi mushkdek holda keladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:47:36
786. Hasan Basriy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Qiyomat kuni to‘rt ko‘zdan boshqa hamma ko‘zlar yig‘laydi: Alloh yo‘lida o‘yib olingan ko‘z, Alloh taolodan qo‘rqib yosh oqizgan ko‘z, Alloh taolodan qo‘rqib, kechasi bedor o‘tgan ko‘z va musulmonlarning orqasida qo‘shinni qo‘riqlab, tong ottirgan ko‘z”.

__________________
Haj fazilati bobi hadislari

761-hadis. Sanadida zaiflik bor.
762-hadis. Sanadida zaiflik bor.
763-hadis. Zaif. Ibn Mojja, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
764-hadis. Mutt afaqun alayh.
765-hadis. Mursal sahih. Imom Molik “Muvatto”da rivoyat qilgan.
766-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Bayhaqiy va Hokim rivoyat qilgan.
767-hadis. Unda zaiflik bor.
768-hadis. Zaif. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
769-hadis. Sahih. Muslim, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
770-hadis. Iroqiy uni g‘arib hadis, degan.
771-hadis. Muttafaqun alayh.
772-hadis. Zaif. Bayhaqiy rivoyat qilgan. “Az-za’iva”ga qarang.
773-hadis. Sahih. Ahmad, Nasoiy, Hokim, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
774-hadis. Avvali sahih. Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan. Oxiri mavsul.
775-hadis. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan.
776-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
777-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy rivoyat qilgan.
778-hadis. Sahihi. Nasoiy, Ibn Mojja, Ahmad rivoyat qilgan.
779-hadis. Juda zaif. Asbahoniy, Abu Na’im rivoyat qilgan.
780-hadis. Zaif. Ahmad, Ibn Mojja, Hokim, Tiyolisiy rivoyat qilgan.
781-hadis. Muttafaqun alayh.
782-hadis. Hokim uni sahih degan.
783-hadis. Muttafaqun alayh.
784-hadis. Sahih. Muslim, Bag‘aviy rivoyat qilgan.
785-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyat qilgan.
786-hadis. Mursal.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:48:02
YETMISHINCHI BOB
POSBONLIK FAZILATI


787. FAQIH ABU LAYS SAMARQANDIY SANADLARI ILA USMONDAN (R.A.) RIVOYAT QILADILAR: "œMEN BIR SIR SAQLAGAN EDIM, UNI BUGUN OSHKOR QILMOQCHIMAN. UNI SIZLARGA BILDIRISHDAN FAQAT SIZLARGA BO‘LGAN GUMON TO‘SIB TURARDI. PAYG‘AMBARDAN (S.A.V.) USHBU HADISNI ESHITGANMAN: "œALLOH YO‘LIDA QO‘RIQCHILIK QILISH MING KUNLIK RO‘ZA TUTISH VA MING KECHA QOIM TURISHDAN YAXSHIDIR".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:48:21
788. SALMON FORSIY (R.A.) SHURHABIL IBN SAMITNING YONIDAN O‘TDILAR. U FORS YERIDAGI QAL’ANI QO‘RIQLAB TURGAN EDI. SHUNDA: "œSIZGA PAYG‘AMBARDAN (S.A.V.) ESHITGAN HADISIMNI AYTIB BERAYMI? PAYG‘AMBAR (S.A.V.): "œALLOH YO‘LIDA QO‘RIQCHILIK QILISH KISHINING BIR OYLIK RO‘ZASIDAN VA KECHASIDAGI QIYOMIDAN YAXSHIDIR. KIM POSBONLIKDA O‘LSA, QABR FITNASIDAN MUDOFAA QILINADI, UNING HAR BIR AMALI QIYOMATGACHA YAXSHI AMAL QILGANI KABI O‘SIB BORADI", DEGANLAR", DEDILAR".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:48:50
789. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKim Alloh yo‘lida bir takbir aytsa, qiyomat kuni uning tarozisida u takbir osmon, yer va ularda bor narsadan og‘irroq tosh bosadi. Kim Alloh yo‘lida "œla-a ilaha illallohu vallohu akbar", deb ovozini ko‘tarib aytsa, Alloh taolo u uchun ulug‘ rozilikni yozadi va kimga ulug‘ rozilikni yozsa, uni Muhammad (s.a.v.), Ibrohim (alayhissalom) va boshqa payg‘ambarlar bilan birga qiladi".

Faqih (r.a.) aytadilar: "œAllohning "œulug‘ roziligi" xususida ixtilof bor. Ba’zilar: "œU — Allohni ko‘rish", deydi, boshqalar esa: "œUlug‘ rozilikdan keyin unga hech qachon g‘azab qilinmaydi", deb aytadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:49:03
790. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga bir kishi kelib: "œEy Allohning elchisi, men qanday qilsam, molimdan infoq berib, Alloh yo‘lida jihod qilgan kishining darajasiga yetaman?" dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œNimang bor?" "œOlti ming dirhamim bor", dedi u. "œAgar o‘shani infoq qilsang, g‘oziyning bitta uyqusiga teng keladi", dedilar Nabiy (s.a.v.)".

Muhammad ibn Muqotil otasidan rivoyat qiladilar: "œKimki sochini qo‘riqchilik qilib turganida oldirsa va so‘ng u sochni ko‘msa, modomiki, soch ko‘milgan turarkan, unga qo‘riqchilik ajri to‘xtamay borib turadi. Soch esa, hech qachon chirimaydi".

 Usmon ibn Ato otasidan rivoyat qiladilar: "œBir kishi Abdurahmon ibn Avf bilan u zotning bog‘iga kirdi. Shunda u zot (r.a.) o‘ttizta qulni ozod qildilar, o‘sha kishi esa, bu ishdan ajablandi. Abdurahmon: "œSenga bu ishdan ham afzalrog‘ini aytaymi?" dedilar. "œHa", dedi u. "œBir kishi Alloh yo‘lida qamchisini qo‘liga olib, ulovda ketib borayotib, mudroq sababli qamchisi tushib ketsa, shu qamchisini tushirib qoldirgani sababli unda paydo bo‘lgan qo‘rquv sen ko‘rgan va men qilgan ishdan afzaldir", dedilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:49:14
791. Abdulloh ibn Muborak Payg‘ambardan (s.a.v.) zikr qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAlloh taolo qiyomat kuni sirot ustidan shamol kabi o‘tadigan, hisob-kitob qilinmaydigan va azoblanmaydigan qavmlarni tiriltiradi". "œEy Rasululloh, ular kimlar?" deb so‘rashdi. Nabiy (s.a.v.): "œUlar o‘limni qo‘riqchilikda topganlar", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:49:27
792. Abu Umoma Boxiliy (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “To‘rt kishiga o‘lganlaridan keyin ham ajr oqib kelaveradi: Alloh yo‘lida chegarada posbonlik qilgan holda o‘lgan kishining ajri; bir ilmni o‘rgatgan va u ilmga amal qilganlarning o‘rgatuvchiga boradigan ajri; molidan sadaqai joriya qilgan kishining ajri; ortidan duo qiluvchi solih farzand qoldirgan kishining ajri”.
Sufyon ibn Uyaynadan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Agar dushman bir joyga hujum qilsa, o‘sha joy qirq yil qo‘riqlanadi. Uch marta bostirib kelsa, qiyomat kunigacha qo‘riqlanadi”.

__________________
Posbonlik fazilati bobi hadislari

787-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
788-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
789-hadis. Mavzu’. Abu Xotim uning asli yo‘qligini aytgan. “Al-mavzu’ot”ga qarang.
790-hadis. Isnodi noma’lum.
791-hadis. Ibn Muborak rivoyat qilgan.
792-hadis. Shohidlarga ko‘ra, hasan. Ahmad rivoyat qilgan. “Sahihul-jome’”ga qarang.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:53:35
YETMISH BIRINCHI BOB
CHAVANDOZLIK VA O‘Q OTISH FAZILATI


793. Faqih Abu Lays Samarqandiy roviylar silsilasi orqali Jobir ibn Zayddan rivoyat qiladilar. U kishi aytadilar: "œMen Payg‘ambar (s.a.v.) ashobidan bir kishi bilan kamonda otishib turardim. Bir kun bormadim. Keyingi safar u kelmaganim sababini so‘radi, men uzrimni aytdim. U: "œSeni kamon otishga undaydigan hadisni aytaymi?" dedi. Men: "œHa" dedim. U aytdi: "œPayg‘ambarning (s.a.v.): "œAlloh taolo bir o‘q bilan uch nafar kishini jannatga kirgizadi: otuvchini, otganini tekshirib turuvchini va uni kuchaytiruvchini", deb aytganlarini eshitganman. Nabiy (s.a.v.) yana: "œOtinglar va mininglar. Kamondan otganlaringiz chavandozliklaringizdan sizlar uchun yaxshi va menga sevikliroqdir. Mo‘min o‘ynaydigan har bir (bekorchi) o‘yin botildir. Faqat uchtasi: kamoningdan otishing, otingni tarbiyalashing va ahling bilan xursandchilik qilishing (botil emas), balki haqdandir", deb aytganlar".

Makhul aytadilar: "œUmar (r.a.) Shom ahliga xat yuborganlarida: "œFarzandlaringizga suzishni, otishni va chavandozlikni o‘rgatinglar. Nishonlar orasida yashirinishga ham buyuringlar", deb yozganlar".

Mujohid aytadilar: "œIbn Umarni (r.a.) ko‘ylakda ikki nishon o‘rtasini mustahkamlayotganlarini ko‘rdim".

Huzayfa (r.a.) bir ko‘ylakda ikki nishon o‘rtasini mahkamlardilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:53:43
794. Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’dga Uhud jangida: "œOt, ey Sa’d, ota-onam senga fido bo‘lsin", degan edilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:53:49
795. Faqih (r.a.) aytadilar. Bu xabarda kamondan otishning fazli bayon qilinyapti. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’ddan boshqa hech kimga, ota-onam senga fido bo‘lsin, demaganlar. U kishi kamonchi, bo‘lgani uchun aytgan edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’dni: "œEy Parvardigor, uning otganini nishonga tekkiz va duosini ijobat qil", deb duo ham qilgan edilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:53:56
796. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œTuya ahliga izzat, qo‘y barakadir, otning yollariga qiyomat kunigacha yaxshilik bog‘langan".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:54:02
797. Boshqa xabarda kelishicha, "œIzzat otning yollaridadir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:54:09
798. Amr ibn Abasa Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: "œKim Alloh yo‘lida o‘q otsa, u qulni ozod etgan kabidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:54:19
799. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œYaqinda sizlar uchun yer yuzi fath etiladi va oziq-ovqat ko‘payadi. Shunda sizlardan hech kim kamondan o‘q otish bilan shug‘ullanishdan ojiz qolmasin".

Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "œNishon jannat bog‘laridan bir bog‘, mo‘ljalga otuvchi dushmanga qarab otuvchi va unga o‘qni qaytarib olib keluvchining har bir qadami bir qul ozod qilish kabidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:54:33
800. Uqba ibn Omir (r.a.) aytadilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) minbarda turib:

"œ(Ey mo‘minlar) ular uchun imkoningiz boricha kuch tayyorlab qo‘yinglar" (Anfol, 60), degan oyatni o‘qidilar, keyin aytdilar: "œOgoh bo‘linglar, kuch nayza otishdir". Bu gapni uch marta takrorladilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:54:42
801. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: "œKim otishni o‘rgangandan keyin uni tashlasa, sunnatni tashlabdi". Boshqa bir xabarda "œne’matni tark etibdi", deyiladi.

Aytadilarki, ulug‘ obro‘li kishi, agar amir bo‘lsa ham, to‘rt ishdan chekinmasligi lozim: ota-ona uchun o‘rnidan turish, mehmonga xizmat qilish, otiga qarash va odobu ilm o‘rgatgan muallimiga xizmat qilish.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:54:54
802. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "œPayg‘ambardan (s.a.v.) bu hadisni eshitdim: "œIlm talab qilgandan keyin otishni o‘rganish kishining shon-sharafidir". O‘shanda: "œEy Allohning rasuli, otishni o‘rganishni nima savobi bor?" deb so‘ragan edim, u zot: "œEy Anas, kim Allohning roziligini va Islomning izzatini xohlab o‘q otsa, har bir otganiga Hurul ‘iynlardan uning uchun bir joriya bordir va unga jannatda oq durli chodir tikiladi. Uning kengligi yerning kengligichadir. Kim Alloh yo‘lida bir o‘q otsa, unga u o‘q qiyomatgacha kattalashib boraveradi, hatto, Uhud tog‘idan og‘irroq bo‘ladi", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:55:01
803. Va yana aytadilar: "œKim otishni o‘rgansa, unga Alloh uch narsani beradi: mujohidlar bilan birga bo‘ladi, haybatli bo‘ladi, rizqi keng bo‘ladi. Oxiratda ham uchta narsa bilan siylaydi: mujohidlar bilan mahshargohda ham birga bo‘ladi, sirotdan chaqmoqdek o‘tadi va jannatga hisobsiz kiradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:55:08
804. Abdulloh ibn Amr (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Dushmanga duch kelishni orzu qilmanglar. Allohdan salomatlikni, tinchlikni so‘ranglar. Agar ularga duch kelsanglar, mahkam turinglar va Allohni zikr qilishni ko‘paytiringlar”.

____________________
Chavandozlik va o‘q otish fazilati bobi hadislari

793-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
794-hadis. Muttafaqun alayh.
795-hadis. Ibn Asokir, Ibn Najjor rivoyat qilgan.
796-hadis. Sahih. Ibn Mojja rivoyat qilgan.
797-hadis. Isnodi noma’lum.
798-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilgan.
799-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
800-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan.
801-hadis. Sahih. “Sahihul-jome’»ga qarang.
802-hadis. Isnodi noma’lum.
803-hadis. Isnodi noma’lum.
804-hadis. Sahih. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:56:24
YETMISH IKKINCHI BOB
MUHAMMAD (ALAYHISSALOM) UMMATLARINING FAZLI


805. Faqih Abu Lays Samarqandiy roviylar silsilasi ila Muqotil ibn Sulaymondan (r.a.) rivoyat qiladilar: "œMuso (alayhissalom) aytdilar: "œEy Rabbim, men sahifalarda shafoat qiluvchi va shafoat qilinuvchi bir ummat yozilganini ko‘rdim. Ularni mening ummatim qil". Alloh: "œUlar Muhammad (s.a.v.) ummati", dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: "œEy Alloh, sahifalarda bir ummatning gunohlariga besh vaqt namoz kafforat ekanini ko‘rdim. Shu kishilarni mening ummatim qil". Alloh: "œUlar Muhammad (s.a.v.) ummatidir", dedi. Muso aytdilar: "œEy Alloh, sahifalarda bir ummat haqida xabar topdim. Ular adashganlarni, hattoki, bir ko‘zli Dajjolni o‘ldiradi. Ularni mening ummatim qil". Alloh: "œUlar Muhammad (s.a.v.) ummatidir", dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: "œEy Alloh, sahifalarda bir ummatni topdim. Ular suv va tuproq bilan poklanyapti. Ularni mening ummatim qil". Alloh: "œUlar Muhammad (s.a.v.) ummatidir", dedi. Muso aytdilar: "œEy Alloh, sahifalarda bir ummatni topdim. Ular sadaqalarni olishmoqda, vaholanki, avvalgilar u sadaqani yondirishar edi. Ularni mening ummatim qil". Alloh: "œUlar Muhammadning ummatidir", dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: "œEy Alloh, sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim, agar ular bir yaxshilikni niyat qilishsa, garchi uni bajarmasalar ham, ularga bitta yaxshilik yoziladi. Agar bajarsalar, o‘ntadan yetti yuztagacha yoki undan-da ko‘paytirib yoziladi. Agar ulardan birontasi bir yomon ishni xohlasa, lekin qilmasa, unga hech narsa yozilmaydi. Agar uni amalga oshirsa, bitta yomonlik yoziladi. Ularni mening ummatim qil". Alloh: "œUlar Muhammadning (s.a.v.) ummatidir", dedi.*
Mu’ammar ham Qatodadan shunga o‘xshash rivoyatni keltirgan. Faqat quyidagicha ziyodasi bor: "œMuso (alayhissalom) aytdilar: "œEy Alloh, sahifalarda bir ummat haqida xabar topdim. Ular ummatlarning yaxshisi ekan. Yaxshi amallarga buyurib, yomonlaridan qaytaradilar. Ularni mening ummatim qil". Alloh: "œUlar Muhammad (s.a.v.) ummatidir". Muso aytdilar: "œEy Alloh, sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim. Ular dunyoda oxirgilar, qiyomatda oldingilar ekan. Ularni mening ummatim qil". Alloh: "œUlar Muhammadning (s.a.v.) ummati", dedi. Musa (alayhissalom) aytdilar: "œEy Alloh, sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim. Ularning kitoblari qalblarida, qarab turib o‘qiyveradilar. Ularni mening ummatim qil". Alloh taolo: "œUlar Muhammadning (s.a.v.) ummati", dedi. Hatto keyin Muso (alayhissalom) ham Muhammadning (s.a.v.) ummatidan bo‘lishni orzu qilib qoldilar. Shunda Alloh u kishiga vahiy yubordi:
____________
* Bu rivoyat mavzu’-to‘qilgandir. Chunki Muqotil ibn ibn Sulaymonni muhaddislar yolg‘onchi deyishgan.

"œEy Muso, haqiqatdan Men seni odamlar ustida payg‘ambarim bo‘lishga va (bevosita) kalomimni eshitishga tanlab oldim. Bas, senga  ato etgan narsamni (ya’ni payg‘ambarlikni) olgin va shukr qilguvchilardan bo‘lgin" (A’rof, 144­oyat);

"œMuso qavmidan shunday jamoat ham borki", haq (so‘z) bilan (odamlarni) to‘g‘ri   yo‘lga boshlarlar va haq (hukmlar) bilan adolat qilurlar" (A’rof, 159-oyat). Shundan keyin Muso (alayhissalom) rozi bo‘ldilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:57:03
806. Muqotil ibn Hayyondan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œIsro kechasida Jabroil (alayhissalom) bilan Sidratul muntahoning oldidagi katta parda ro‘parasida to‘xtadik. Jabroil alayhissalom: "œO‘ting, ey Muhammad (s.a.v.)", dedi. Men: "œSiz o‘ting, Jabroil", dedim. Jabroil aytdi: "œEy Muhammad, sizdan boshqaning bu makondan o‘tishi mumkin emas. Siz Allohga mendan ko‘ra hurmatliroqsiz". Keyin pardaning naryog‘iga o‘tib tillo so‘riga yaqinlashdim. Unda jannat hariridan bo‘lgan to‘shak bor edi. Orqamdan Jabroil (alayhissalom): "œEy Muhammad (s.a.v.), Alloh taolo sizga sano aytyapdi. Eshiting va itoat qiling. Uning kalomi sizni cho‘chitmaydi", deb nido qildi. Men Alloh taologa sano ayta boshladim. Orqasidan: "œAttahiyyatu lillahi vassolavatu vattoyyibat"ni o‘qidim. Alloh taolo: "œAssalamu ‘alayka va rohmatullohi va barokatuh", dedi. Men aytdim: "œAssalamu alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn". Keyin Jabroil dedi: "œAshhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh". Alloh taolo:

"œPayg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi", dedi. Men: "œHa, Rabbim, senga iymon keltirdim",

"œva mo‘minlar (ham iymon keltirdilar)". Yahudiy va nasorolar Muso bilan Isoni (alayhissalom) ajratdi. "œAllohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga iymon keltirgan har bir kishi: "œUning payg‘ambaridan birontasini ajratib qo‘ymaymiz", dedim".

Alloh taolo aytdi:
"œAlloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi", ya’ni, faqat toqati yetsagina buyuradi",

"œ(Har kimning) qilgan amali o‘zi uchundir", ya’ni yaxshilikdan topgan savobi o‘zigadir..."
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:57:38
"œVa (yomon) amali ham o‘zining bo‘ynidadir". Keyin aytdi: "œSo‘rang, beriladi". Men:

"œParvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat O‘zingga qaytajakmiz", dedim. Alloh taolo aytdi: "œSizni va ummatingizni va kim Meni bir degan va sizga ishongan bo‘lsa, kechirdim". Keyin yana aytdi: "œEy Muhammad (s.a.v.), so‘rang, beriladi".

"œParvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama!" dedim. Alloh aytdi: "œSo‘raganingiz berildi, xato qilsangizlar, unutsangizlar yoki majburlansangizlar, u uchun azobimga giriftor qilmayman". So‘ng aytdi: "œSo‘rang, beriladi". Men:

"œParvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama", dedim. Chunki Bani Isroil bir xato qilsa, Alloh taolo taomlarning yaxshisini harom qilardi. Alloh bu haqda:

"œKo‘p kishilarni zulm bilan Alloh yo‘lidan to‘sganlari sababli ularga oldin halol qilingan narsalarni harom qilib qo‘ydik" (Niso, 160-oyat), degan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:58:02
 Alloh taolo aytdi: "œO‘sha so‘raganingiz sizga". So‘ng aytdi: "œSo‘rang, beriladi". Men:

"œParvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama", chunki ummatim kuchsiz", dedim. Alloh taolo aytdi. "œBu ham sizga. So‘rang, beriladi". So‘ngra:

"œBizlarni avf et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! O‘zing xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga o‘zing bizni g‘olib qil!" (Baqara, 285 — 286-oyatlar), dedim. Keyin Alloh taolo: "œBu ham sizga,

"œAgar sizlardan yigirmata sabr-qanoatli kishi bo‘lsa, ikki yuzta (dushmanni) yengar" (Anfol, 65-oyat), dedi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:58:14
807. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘amg‘ar (s.a.v.) aytdilar: "œBoshqa payg‘ambarlarga berilmagan besh narsa menga berildi: butun ins- jinlarga elchi qilib yuborildim; men uchun yer yuzi masjid va poklovchi qilindi; (dushmanga) bir oylik masofadan qo‘rquv solish bilan menga madad berildi; men uchun o‘ljalar halol qilindi va menga shafoat qilish huquqi berildi, uni ummatim uchun saqlab qo‘ydim".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:58:38
808. Faqih aytadilar: "œUmar ibn Xattobning (r.a.) bir yahudiyda haqi bor edi. Umar (r.a.) uni topib: "œAbul Qosimni insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagan zotga qasamki, menga beradiganingni bermaguningcha  sendan ajramayman", dedilar. Yahudiy aytdi: "œAbul Qosimni insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagani yo‘q". Umar (r.a.) shunda yahudiyning yuziga shapaloq tortib yubordilar. Yahudiy: "œSen bilan mening oramni Abul Qosim ochadi", dedi. Ikkalasi Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga kelishdi. Yahudiy aytdi: "œUmar, Alloh seni insoniyatga payg‘ambar qilib tanladi", deb da’vo qildi. Men esa, seni Alloh taolo insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagani yo‘q, dedim. Shunda u meni bir tarsaki urdi". Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œEy Umar, tarsaki uchun uning roziligini ol", dedilar. So‘ngra: "œHa, ey yahud, Odam (alayhissalom) Alloh safiysi, Ibrohim (alayhissalom) Allohning do‘sti, Muso (alayhissalom) Allohning payg‘ambari, Iso (alayhissalom) Allohning ruhi va men Allohning habibi bo‘laman. Ey yahud, ummatim Allohning ikki ismi bilan nomlandi. Alloh o‘zini salom deb atadi va ummatimni musulmonlar dedi. O‘zini mo‘min deb atadi va ummatimni mo‘minlar dedi. Ey yahud, bizlar uchun saqlab qo‘yilgan kunni (ya’ni, juma kunini) istadinglar, ammo bu kun bizlarniki, ertasi sizlarniki va indingi kun nasorolarniki bo‘ldi. Ey yahud, siz birinchi edingiz, biz oxir, qiyomat kuni esa, biz birinchilarmiz. Ey yahud, men kirmagunimcha jannat barcha payg‘ambarlarga haromdir. Ummatim ham jannatga kirmagunicha hamma ummatlarga haromdir", dedilar yana Rasululloh (s.a.v.)".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:59:08
Ka’bul Ahbor aytadilar: "œAlloh taolo bu ummatni payg‘ambarlarni ikrom qilgan uchta narsa bilan ikrom qildi:
1. Har bir payg‘ambarni qavmiga guvoh qildi, bu ummatni esa, butun odamlarga.
2. Alloh payg‘ambarlariga aytdi:

"œEy payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar!" (Mo‘minlar, 51-oyat), bu ummatga qarata:

"œEy mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz pokiza narsalardan yenglar!" (Baqara, 172-oyat), dedi.

3. Har bir payg‘ambar uchun aytdi: "œMenga duo qiling, ijobat qilaman", dedi, bu ummat uchun esa:
"œMenga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman" (G‘ofir, 60-oyat), deb va’da berdi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:59:17
Aytishlaricha, Alloh taolo musulmon ummatini beshta narsa bilan ikrom qilgan:
1. Kibrlanmaslik uchun ularni zaif qilib yaratdi.
2.   Ovqat, ichimlik va kiyimga bemalol bo‘lsin, deb ularni kichkina qildi.
3.   Gunohlari kam bo‘lsin uchun umrlarini qisqa qildi.
4.   Hisob-kitoblari qiyomatda oson bo‘lsin uchun ularni kambag‘al qilib yaratdi.
5.   Qabrlarida kamroq yotsin, deb ularni oxirgilardan qildi.

Zikr qilinishicha, Odam (alayhissalom) aytganlar: "œAlloh taolo Muhammadning (s.a.v.) ummatiga menga bermagan to‘rtta mukarramlikni beradi:
1. Mening tavbam Makkada qabul bo‘ldi. Muhammadning (s.a.v.) ummati qaerda tavba qilsa, Alloh qabul qiladi.
2. Men kiyimda edim, gunoh qilganimdan keyin yalang‘och holga tushdim. Muhammadning (s.a.v.) ummati esa, yalang‘och holda gunoh qiladi, so‘ngra Alloh ularni kiyintirib qo‘yadi.
3. Gunoh qilganimda men va xotinim orasini ajratdi. Muhammad (s.a.v.) ummati gunoh qiladi, lekin ular bilan xotinlari orasini ajratmaydi.
4. Men jannatda gunoh qildim va meni u yerdan chiqardi. Muhammad (s.a.v.) ummati jannatdan tashqarida gunoh qiladi. So‘ngra tavba qilib, unga kiradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:59:37
809. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) bilan muhojiru ansorlar birga o‘tirgan edik. Shu vaqt yahudiylardan bir jamoa keldi. "œEy Muhammad, — deyishdi ular, — bizlar sendan Alloh taolo Muso ibn Imronga bergan, payg‘ambar va muqarrab farishtalaridan boshqa hech kimga berilmagan kalimalar haqida so‘raymiz". Payg‘ambar (s.a.v.): "œSo‘ranglar-chi", dedilar. "œBizga ummatinga Alloh farz qilgan besh vaqt namozning xabarini ber", deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œQuyosh zavolga ketib, peshin namozi vaqti kirsa, hamma narsa Parvardigoriga tasbeh aytadi. Asr namozi vaqtidagi bir soatda Odam (alayhissalom) daraxtdan yedi. Shom namozidagi bir soatda Alloh taolo Odamning (alayhissalom) tavbasini qabul qildi. Qaysi mo‘min bu namozni chin ko‘ngildan o‘qisa, keyin Allohdan bir narsani so‘rasa, Alloh u narsani unga beradi. Xufton namozini mendan oldingi payg‘ambarlar ham o‘qigan. Bomdod namozi, esa quyosh u vaqtda shaytonning ikki shoxi orasidan chiqadi va hamma kofirlar Allohni qo‘yib, unga sig‘inadi".

Yahudiylar: "œTo‘g‘ri  aytding, ey Muhammad, endi namoz o‘qiganga qanday savob borligining xabarini ber", deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œPeshin namozi vaqtida jahannam qizdiriladi. Qaysi mo‘min bu namozni o‘qisa, Alloh taolo qiyomat kuni jahannamning shiddatli, issiq shamollarini unga harom qiladi. Asr namozini o‘qisa, Alloh taolo uni onasidan tug‘ilgandek gunohlaridan poklab qo‘yadi". So‘ng bu oyatni o‘qidilar:

"œBarcha namozlarni, xususan, o‘rta namozni saqlangizlar" (Baqara, 238-oyat). Keyin yana davom etdilar: "œShom namozi Alloh Odam alayhissalomning tavbasini qabul qilgan soat. Qaysi mo‘min  bu namozni chin ko‘ngildan o‘qisa, keyin Alloh taolodan biror narsani so‘rasa, Alloh taolo unga so‘raganini beradi. Albatta, qabr qorong‘udir, qiyomat kuni ham qorong‘ulik. Qaysi mo‘min kechaning qorong‘usida xufton namozi uchun yurib borsa, Alloh taolo unga ikkita ozodlikni beradi. Birinchisi, do‘zaxdan ozodlik, ikkinchisi munofiqlikdan ozodlik".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:59:48
"œTo‘g‘ri aytding, ey Muhammad", deyishdi yahudiylar. So‘ngra yana savol qilishdi: "œNima uchun Alloh taolo ummatingga o‘ttiz kun ro‘zani farz qildi?"  "œOdam (alayhissalom) o‘sha daraxtning mevasidan yeganida, u narsa qornida o‘ttiz kun saqlangan edi. Shuning uchun Alloh taolo farzandlariga o‘ttiz kun och yurishni farz qildi, kechqurun esa, marhamati ila taom yeyishga izn berdi", dedilar Nabiy (s.a.v.). "œTo‘g‘ri aytding, ey Muhammad, bu ro‘zani tutgan ummatingga qanday savoblar bor?" deyishdi keyin. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: "œQaysi banda ramazon oyida chin qalbdan ro‘za tutsa, Alloh taolo unga yetti xislat beradi: jasadidagi harom go‘shtlarni eritadi, rahmatiga yaqinlashtiradi, amallarning yaxshisini beradi, ochlik, chanqoqlikdan omon saqlaydi, qabr azobidan asraydi, qiyomat kunida sirotdan o‘tish uchun nur beradi, jannatda ikrom qiladi". "œTo‘g‘ri aytding, ey Muhammad! — deyishdi yahudiylar. — Endi payg‘ambarlardan ortiqliging nimada ekanini ayt-chi!?" Nabiy (s.a.v.) aytdilar: "œHar bir payg‘ambar o‘z qavmini badduo qilgan. Men esa, duoimni (ya’ni, shafoatni) ummatim uchun saqlab qo‘yganman". "œTo‘g‘ri aytding, ey Muhammad (s.a.v.)  shohidlik beramizki, Allohdan boshqa hech qanday iloh yo‘q va sen Allohning elchisidirsan", deyishdi yahudiylar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 07:59:58
Ka’bul Ahbor (r.a.) aytadilar: "œMusoga (alayhissalom) nozil qilingan narsaning ba’zilarini o‘qidim. Unda: "œEy Muso, Muhammad va uning ummati ikki rak’at namoz o‘qishadi. U bomdod namozidir. Kim uni o‘qisa, kunduz va kechasida qilgan gunohlarini kechirdim va u Mening himoyamda bo‘ladi. Ey Muso! Muhammad va uning ummati to‘rt rak’at namoz o‘qishadi. U peshin namozidir. Uning birinchi rak’ati bilan ularni mag‘firat qilaman, ikkinchi rak’ati bilan ularning tarozularini og‘ir qilaman, uchinchi rak’ati bilan ularga bir farishtani vakil qilamanki, ular uchun tasbeh va istig‘for aytib turadilar. To‘rtinchi rak’ati bilan ularga osmon eshiklarini ochaman, ular Hurul ‘iynlarga musharraf bo‘lishadi. Ey Muso, Muhammad (s.a.v.) va uning ummati yana to‘rt rak’at namoz o‘qishadi. U asr namozidir. Osmon va yerda biron farishta qolmasdan ularga istig‘for aytadi. Kim uchun maloikalar istig‘for  aytsa, uni azoblamayman. Ey Muso! Ahmad va uning ummati quyosh botgan vaqtda uch rak’at namoz o‘qishadi. Ularga osmon eshiklarini ochaman, qaysi hojatlarini so‘rashsa, ularning hojatini beraman. Ey Muso! Ahmad va uning ummati shafaq yo‘qolgan vaqtda to‘rt rak’at namoz o‘qishadi, bu dunyo va undagi bor narsalardan o‘sha to‘rt rak’at yaxshidir, onalaridan tug‘ilgan kundagidek gunohlaridan poklanadilar. Ey Muso, Ahmad va uning ummati buyurganimdek tahorat qiladilar, u suvdan sachragan har bir qatra barobarida Men ularga kengligi osmonu yerga teng bo‘lgan jannatni beraman. Ey Muso! Ahmad va uning ummati har yili ramazon oyida ro‘za tutadi. Har kungi ro‘zasiga jannatda bir shahar beraman. Ularning nafl amallariga farz amallarining ajrini beraman. Laylatul qadr kechasida kim gunohlariga pushaymon bo‘lib, qalbdan sodiq istig‘for so‘rasa, keyin shu kecha yoki shu oyda vafot etsa, unga o‘ttiz shahidning ajrini beraman. Ey Muso! Muhammadning (s.a.v.) ummatida shunday kishilar borki, ular ulug‘ martabada turadilar va "œla-a ilaha illalloh", deb guvohlik beradilar. Ularning mukofoti payg‘ambarlarning mukofoti kabidir. Mening rahmatim ularga vojib va g‘azabim ulardan uzoqdir. Modomiki "œla-a ilaha illalloh", deb guvohlik berib tursalar, ulardan hech biriga tavba eshigini berkitmayman", deb yozilgan edi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:00:15
810. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomat kuni chaqiriladigan birinchi kishi Nuh (alayhissalom) va uning ummatidir. Keyin u kishidan: “Sen bilan yuborilgan narsani yetkazdingmi?” deb so‘raladi. Nuh (alayhissalom): “Ha, ey Rabbim”, deydilar. Keyin qavmiga aytiladi: “Sizlarga Nuh Allohning risolatini yetkazdimi?” “Yo‘q, Allohga qasamki, agar bizlarga elchi yuborganingda, albatta, Sening oyatlaringga ergashar va mo‘minlardan bo‘lar edik. Lekin u Sen buyurgan narsalarni bizlarga yetkazmadi”, deydi qavm. Nuhga (alayhissalom) keyin: “Sen ularga yetkazmaganingni  da’vo qilishyapti. Senda ularga qarshi guvohlar bormi?” deyiladi. Nuh (alayhissalom): “Ha, bor”, deydilar. “Kim ular?” deb so‘raladi. Nuh (alayhissalom) aytadilar: “Ular  Muhammadning (s.a.v.)  ummatlaridir”. Shunda ular chaqirilib, so‘raladi. “Ha, bizlar Nuhga (alayhissalom) guvohlik beramiz, – deyishadi ular. – U kishi qavmiga yetkazdi”. Nuhning (alayhissalom) qavmi aytadi: “Sizlar bizlarga qanday qilib guvohlik berasizlar? Bizlar avvalgi, sizlar esa, keyingisizlar”. Ular: “Guvohlik beramizki, Alloh taolo bizga payg‘ambar yubordi va unga kitob tushirdi. Unga nozil qilingan narsada sizlarning xabarlaringiz kelgan”, deydi”.

Abu Hurayra (r.a.) keyin aytdilar: “Bizlar (bu dunyoda) oxirgilarmiz, qiyomat kunida esa oldingilar. Bu Allohning so‘zidir:

“Shuningdek, (ya’ni, haq yo‘lga hidoyat qilganimiz kabi) sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun o‘rta (adolatli) bir millat qildik” (Baqara, 143-oyat).

______________
Muhammad (s.a.v.) ummatlari  fazli bobi hadislari

805-hadis. Isnodi mavzu’.
806-hadis. Sanadida uzilish bor, zaif.
807-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
808-hadis. Isnodi noma’lum.
809-hadis. Isnodi noma’lum.
810-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:00:36
YETMISH UCHINCHI BOB
ERNING XOTINI USTIDAGI HAQQI


811. Faqih aytadilar: "œBir a’robiy Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga kelib: "œMen Islomga kirdim. Yana biror narsa ko‘rsating, ishonchim ziyoda bo‘lsin", dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "œNima istaysan?" deb so‘radilar. "œAnuv daraxtni chaqiring, oldingizga kelsin", dedi a’robiy. Nabiy aytdilar: "œBorib, uni chaqir". A’robiy daraxt oldiga borib: "œAllohning rasuliga javob ber", dedi. Daraxt ag‘darildi. Tomirlari uzildi. Keyin bu tomonga, oldinga va orqaga ag‘darildi. Keyin tomirlari, shoxlari bilan yurib keldi. Payg‘ambar (s.a.v.) oldlarida to‘xtab, salom berdi. A’robiy tan berib: "œYetadi, yetadi", dedi. Unga qaytishni buyurdilar. Daraxt qaytib ketdi, tomirlari o‘rniga qadalib, to‘g‘ri o‘rnashdi. A’robiy aytdi: "œEy Allohning elchisi, menga boshingizni va oyoqlaringizni o‘pishga ruxsat bering". Unga ruxsat berdilar. Boshlarini va oyoqlarini o‘pganidan keyin: "œSizga sajda qilishga ruxsat bering", dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œMenga sajda qilma, maxluqlar (yaratilganlar) bir-biriga hech sajda qilmaydilar. Agar maxluqqa sig‘inishni biron kishiga buyurganimda, xotinga erining haqqini hurmatlashi uchun unga sajda qilishni buyurar edim".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:00:47
812. Ato ibn Omir (r.a.) rivoyat qiladilar. Bir xotin Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib aytdi: "œEy Allohning elchisi, erning xotin ustidagi haqqi nima?" Nabiy (s.a.v.): "œAgar eri tuyaning ustida turib uni xohlasa, e’tiroz qilmasligi; ramazondan tashqari har qanday nafl ro‘zani faqat erning izni bilan tutishi. Agar shunday qilmasa, erga ajr bor, xotinga gunoh. Yana erining ruxsatisiz ko‘chaga chiqmasligi. Agar chiqsa, rahmat va azob farishtalari to qaytgunicha unga la’nat o‘qishadi", dedilar.

 Ka’bul Ahbor aytadilar: "œQiyomat kuni xotindan birinchi so‘raladigan narsa namoz, so‘ng erining haqqi bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:00:54
813. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œAgar xotin erining uyidan qochib ketsa, qaytgunicha va qo‘lini erining qo‘liga qo‘yib, nima qilsang, qil, degunicha namozi qabul qilinmaydi. Agar xotin namoz o‘qib, eri uchun duo qilmasa, eriga duo qilmagunicha namozi qabul bo‘lmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:01:03
814. Qatoda (r.a.) aytadilar: "œBizlarga Payg‘ambarning (s.a.v.) Minodagi xutbalarida shunday deganlari zikr qilindi: "œEy odamlar, albatta, sizning xotinlaringizda haqqingiz va xotinlaringizning sizlarda haqqi bor. Ularning ustidagi sizlarning haqlaringiz — ular sizlarning to‘shaklaringizni muhofaza qilmoqlari va sizlar yomon ko‘radigan kishilarning uyingizga kirishiga ruxsat bermasliklari, yomon ish qilmasliklari. Agar ular yuqoridagi ishlarni qilsalar, ularni zarar yetkazmasdan urishlaringiz halol bo‘ladi. Ularning sizning ustingizdagi haqqi — ularni kiyintirishingiz, yaxshilik bilan nafaqa qilishingiz".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:01:10
815. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAgar xotin besh vaqt namozini o‘qisa, ramazon oyi ro‘zasini tutsa, avratini saqlasa va eriga itoat qilsa, jannat eshigining xohlaganidan kiradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:01:18
816. Payg‘ambar (s.a.v.) yana aytganlar: “Agar erni ikki burnining biridan qon va biridan yiring oqsa, uni xotini artsa, bu bilan ham erining haqqini ado qilolmaydi”.

_________________
Erning xotini ustidagi  haqlari bobi hadislari

811-hadis. Zaif.
812-hadis. Zaif.
813-hadis. Zaif.
814-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojjalar rivoyat qilgan.
815-hadis. Sahih. “Sahihul-jome’”ga qarang.
816-hadis. Zaif. Bazzor, Hokim rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:01:33
YETMISH TO‘RTINCHI BOB
XOTINNING ERI USTIDAGI HAQQI


817. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: "œAnas ibn Molik (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambardan (s.a.v.): "œQaysi mo‘minlarning iymoni mukammalroq?" deb so‘rashdi. Nabiy (s.a.v.): "œAhllari bilan yaxshi xulqda bo‘lganlari", deb javob qildilar"œ.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:01:43
818. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: "œHammalaringiz boshliqsiz va hammalaringiz qo‘l ostingizdagilardan so‘ralasiz. Odamlarga boshliq bo‘lgan imom raiyatidan mas’uldir. Ahliga  boshliq erkak ahlidan mas’ul, qul xo‘jayinining moliga boshliq va undan so‘raladi, xotin erining uyiga boshliq va u qo‘l ostidagi narsalardan so‘raladi. Ogoh bo‘linglarki, hammalaringiz boshliqsizlar va hammalaringiz qo‘l ostidagi narsasidan so‘raluvchisizlar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:01:49
819. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKim bir xotinga mahri misl (odatdagi mahr) bo‘yicha uylansa-yu, mahr bermaslikni niyat qilsa, u zinokordir. Kim birovdan qarz so‘rab, qaytarmaslikni niyat qilsa, u o‘g‘ridir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:01:59
820. Hasan Basriy (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: "œXotinlar bilan yaxshi muomalada bo‘linglar. Chunki ular sizlarning oldlaringizda yordamchi, nafslari uchun hech narsaga molik emaslar. Ularni Allohning omonati, deb olingizlar. Avratlarini Alloh taoloning so‘zi bilan o‘zingizga halol qildingizlar".

Faqih aytadilar: "œXotinning er ustidagi haqqi beshtadir:
1. Uning satrdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik. Chunki ayol avratdir. Ayolning satrdan chiqishi gunoh va erkaklik g‘ururining toptalishidir.
2. Unga tahorat, namoz va ro‘za kabi zarur ilmlarni o‘rgatish.
3. Uni haloldan ovqatlantirish. Chunki go‘sht haromdan o‘ssa, olov bilan eriydi.
4. Unga zulm qilmaslik. Chunki ayol er uchun omonatdir.
5. Agar xotin haddidan oshsa, bundan ham yomonroq holatga tushib qolmasligi uchun unga nasihat qilish".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:02:06
Zikr qiladilarki, bir kishi Umar ibn Xattob oldlariga xotinidan shikoyat qilish uchun keldi. Eshikning oldiga yetganida xotini Ummu Gulsumning u kishiga qattiq gapirgani eshitildi. Haligi kishi: "œMen xotinimdan shikoyat qilish uchun kelgan edim. Bu kishida ham menga o‘xshash g‘am bor ekan", deb o‘ylab, ortiga qaytdi. Umar (r.a.) uni ko‘rib qoldilar-da, chaqirdilar va nima uchun kelganini so‘radilar. Haligi kishi: "œXotinimdan shikoyat qilish uchun keluvdim, ammo xotiningizning so‘zlarini eshitib, ortga qaytdim", dedi. Shunda Umar (r.a.) aytdilar: "œMenda uning haqqi bo‘lgani uchun qilmishlarini kechib yuboraman. Avvalo, u men bilan do‘zax orasini to‘sadi, u tufayli qalbim haromni xohlamaydi. Ikkinchidan, u mening xazinabonim, agar uydan chiqsam, qo‘riqchimdir. Uchinchidan, u mening kiyimlarimni yuvib, tozalaydi. To‘rtinchidan, u farzandlarimni tarbiya qiladi. Beshinchidan, u men uchun non pishiradi, ovqat tayyorlaydi". Keyin haligi kishi: "œMeniki ham sizniki kabi, siz kechibsiz, men ham kechiraman", dedi. 
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:02:13
821. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Aytdilarki: "œTo‘rt xil nafaqasi (sarf-xarajati) uchun banda qiyomat kuni hisob bermaydi: ota-onasiga qilgan nafaqasi, saharlik uchun qilgan nafaqasi, iftorlik uchun qilgan nafaqasi, oilasiga qilgan nafaqasi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:02:20
822. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Dinorlar (pullar) to‘rtta: Alloh yo‘lida infoq qilgan dinoring, miskinlarga bergan dinoring, qulni ozod etishga bergan dinoring va ahlingga infoq qilgan dinoring. Dinorlarning ajri ulug‘rog‘i ahlingga infoq qilgan dinoringdir”.

__________________
Xotinning eri ustidagi haqlari bobi hadislari

817-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. “Sahihul-jome’”ga qarang.
818-hadis. Muttafiqun alayh.
819-hadis. Zaif. “Al-majma’”ga qarang.
820-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
821-hadis. Isnodi noma’lum.
822-hadis. Sahih. Muslim, Bag‘aviy rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:02:51
YETMISH BESHINCHI BOB
NIZOLASHGANLAR O‘RTASINI ISLOH QILISH VA ARAZLASHISHDAN QAYTARISH


823. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "œAbu Ayyub Ansoriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilarki: "œMusulmon kishining birodari bilan uch kundan ko‘proq gaplashmay yurishi halol emas. Uchrashib qolishganda, bittasi yuzini bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga qilganlarning  yaxshisi  birinchi salom berganidir"œ.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:03:01
824. Hasan Basriy (r.a.) rivoyat qiladilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œArazlashmanglar. Agar arazlashsanglar, uch kundan oshirmanglar. Agar ikki muslim arazlashgan holda vafot etsa, ular jannatda jam bo‘lmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:03:12
825. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAllohning shunday bandalari borki, ularga qiyomat kuni nurdan minbarlar qo‘yiladi. Ular payg‘ambar ham, shahid ham emaslar. Payg‘ambar va shahidlar ularga havas qiladilar". Sahobalar: "œUlar kim, ey Rasululloh?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "œUlar Alloh yo‘lida do‘st tutinganlardir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:03:20
826. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar:  "œJannat eshiklari seshanba va payshanba kunlari ochiladi. Shunda  Allohga shirk keltirmagan har bir musulmon bandaning gunohi kechiriladi. Faqat birodari  bilan  o‘rtasida adovati bo‘lgan kishiniki kechirilmaydi. "œBu ikkalasi yarashguncha  kutinglar", deb to‘xtatib turiladi va uch kundan ortiq arazlashganlarning amali ko‘tarilganda, ortga qaytariladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:03:29
827. Abu Amomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œ Sha’bon oyi  yarmiga yetganida kechasi  Alloh dunyo osmoniga tushadi va yer ahliga qaraydi. So‘ngra yer ahlining, hammasini kofir va arazlashib gaplashmay yurganlardan boshqalarini kechiradi".

 Faqih aytdilar: "œAllohning tushishi amrining tushishidir. Alloh taolo:  "œBas, Alloh ular hisobga olmagan tomondan keladi", deganida ularga buyrug‘i kelgani kabi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:03:36
828. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œBesh kishining namozi qabul emas: erining g‘azabini olgan xotinning, xo‘jayinidan qochgan qulning, birodariga uch kundan ortiq gapirmay, arazlashib yurgan kishining, davomli aroq ichuvchining va qavmi yoqtirmagan imomning".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:03:44
829. Payg‘ambar (s.a.v.): "œSizlarga  Alloh yaxshi ko‘radigan va yengil bo‘lgan sadaqani aytaymi?" dedilar. Sahobalar: "œHa, ey Rasululloh", deyishdi. Nabiy (s.a.v) aytdilar: "œBu ish birovlarning orasi uzilgan bo‘lsa, isloh qilib qo‘yishdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:03:55
830. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.): "œNamoz, ro‘za va sadaqaning darajasidan-da ulug‘roq narsaning xabarini beraymi?" dedilar. "œHa", deyishdi. "œOrasi uzilganlarni isloh qilish", dedilar Nabiy (s.a.v.).

Sahobalardan biri (r.a.) aytgan ekan: "œKim sakkiz narsadan ojiz bo‘lsa, o‘rnini to‘ldirish uchun unga sakkizta narsa vojib bo‘ladi:
— kim kechasi namoz o‘qishni niyat qilsa-yu, uxlab qolsa, kunduzi gunoh qilmasin;
— kim nafl ro‘zani tutishni xohlasa-yu, tutolmasa, tilini saqlasin;
— kim ulamolar fazliga yetishishni xohlasa, tafakkur qilsin;
— kim dushman bilan urushish savobini umid qilsayu, uyida o‘tirib qolsa, shaytonga qarshi jihod qilsin;
— kim sadaqa berib fazilatga erishishni  xohlasayu, ojiz bo‘lsa, odamlarga eshitgan narsasidan ta’lim bersin;
— kim haj yaxshiligini  xohlasayu,  qodir bo‘lmasa, juma namozidan qolmasin;
— kim obidlarning fazliga yetishishni xohlasa, odamlar orasini isloh qilsin, ularning orasiga dushmanlik va adovat urug‘ini  tashlamasin;
— kim abdollarning fazilatini hohlasa, qo‘li ko‘kragida bo‘lsin va  nafsiga rozi bo‘lgan narsasini birodariga ham ravo ko‘rsin".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:04:04
831. Ali ibn Husayn (r.a.) aytadilar: "œAlloh avvalgiyu oxirgilarni to‘plaganida, nido qiluvchi: "œFazilat egalari qaerda?" deb nido qiladi. Jannatni xohlagan odamlardan bir to‘dasi o‘rnidan turadi. Farishtalar ularga ro‘baro‘ bo‘lib: "œNimani  xohlaysizlar?" deydi.  "œJannatni xohlaymiz", deyishadi. Farishtalar: "œHisobdan oldin-a?!" deb so‘raydi. Ular: "œHa, oldin", deyishadi. So‘ngra "œSizlar kimsizlar?" deb so‘raydi farishtalar. Ular: "œBizlar fazilat egalarimiz", deyishadi. Farishtalar: "œDunyodagi  fazilatingiz nima edi?" deb savol qiladi. Ular: "œAgar bizlarga johillik qilinsa, halim bo‘lardik. Agar  yomonlik kelsa, uni kechirib yuborardik", deb aytishadi. Farishtalar shunda deydiki: "œJannatga kiringlar. Amal qiluvchilarning ajri naqadar go‘zal". Keyin nido qiluvchi nido qiladi: "œSabr ahllari qaerda?" Jannatni umid qilganlardan  bir to‘dasi  turadi. Ularga farishtalar: "œNimani xohlaysizlar?" deydi. Ular: "œJannatni xohlaymiz", deb aytishadi. Farishtalar: "œHisobdan oldin-a?" deydi. Ular: "œHa", deyishadi. Farishtalar: "œSizlar kimsizlar?" deydi keyin. "œBizlar sabr egalarimiz", deya javob qilishadi. Farishtalar aytadi: "œSabrlaringiz nima edi?" Ular aytishadi: "œAllohga ibodatda va ma’siyatlardan tiyilishda sabr qildik". Farishtalar aytadi: "œJannatga kiringlar. Amal qilguvchilarning ajri naqadar go‘zal". Keyin nido qiluvchi yana nido qiladi: "œUyida turib, Allohga qo‘shni bo‘lganlar  qaerda?" Bir to‘da jannatni xohlaganlar turadi. Farishtalar: "œNimani xohlaysizlar?" deb so‘raydi. Ular aytishadi: "œJannatni xohlaymiz". Farishtalar: "œHisobdan oldin-a?" deydi. Ular "œHa", deyishadi. Farishtalar: "œSizlar kimsizlar?" deydi keyin. Ular: "œBiz Allohning  yeridagi qo‘shnilarimiz", deyishadi. Farishtalar: "œSizlarning qo‘shnichiliklaringiz nima edi?" deb so‘raydi.  "œBizlar Alloh yo‘lida do‘st tutinar, Alloh yo‘lida bir-birlarimizga sarflar va Alloh yo‘lida bir-birovlarimizni ziyorat qilar edik", deyishadi. Farishtalar aytishadi: "œJannatga kiringlar. Amal qiluvchilarning ajri naqadar yaxshi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:04:14
832. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: "œAlloh taolo qiyomat kuni aytadi: "œMen uchun bir-birini yaxshi ko‘rganlar qani? Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, Mening soyamdan boshqa soya bo‘lmaydigan bugungi kunda ularni O‘z soyam bilan soyalantiraman".

Abu Umoma (r.a.) aytadilar: "œBir mil yurib borib,  kasalni ko‘r, ikki mil yurib borib, birodaringni ziyorat et, uch mil yurib, ikki kishi orasini isloh qilib qo‘y".

Anas (r.a.) aytadilar: "œKim ikki kishi orasini isloh qilsa, Alloh har bir kalimasiga qul ozod qilganlik   savobini beradi".     
Abu Bakr Varroq aytadilar: "œAlloh o‘z payg‘ambarini odamlarni Allohga ibodat qilishga chaqirish uchun yubordi va ulardagi to‘rtta narsa—qalb, til, a’zolar  va xulqning har biridan ikkita narsani talab qildi. Qalbdan Allohning ishlarini ulug‘lash va Uning maxluqlariga shafqatli bo‘lish; tildan Allohni har doim zikr qilish va xalqqa xushmuomala bo‘lish; a’zolarlardan Alloh taologa ibodat qilish va musulmonlarga yordam berish; xulqdan  taqdirga rozi bo‘lish va odamlar bilan yaxshi hayot kechirish".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:04:26
833. Sahl ibn Abu Solih Ato ibn Yaziddan, u Tamim Doriydan (r.a.), u Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy: "œOgoh bo‘linglarki, din nasihatdir", deb uch marta aytdilar. "œKim uchun, ey Rasululloh?" deyishdi. "œAlloh uchun, payg‘ambari uchun, kitobi uchun, mo‘minlarning imomlari  uchun va ularning hammalari   uchun", deb javob qildilar.

Faqih Abu Lays Samarqandiy  (r.a)  aytadilar: "œAlloh taolo uchun nasihat", degani Allohga iymon keltirish, Unga sherik qilmaslik, U  buyurgan narsani bajarish, qaytarganidan qaytish va odamlarni ham shu narsaga chaqirish va ularga uni dalolat qilishdir. "œPayg‘ambar uchun  nasihat" — u zotning  sunnatlariga amal qilish va odamlarni unga chaqirish. "œUning kitobi uchun nasihat" esa, Qur’onga iymon keltirish, uni tilovat qilish, undagi bor narsaga amal qilib, odamlarni ham unga amal qilishga chaqirishdir. "œImomlar uchun nasihat" degani ularga qilich bilan qarshi chiqmaslik, ularni insof va adolatga chaqirish,  odamlarni ham shunga da’vat qilish degani. "œHamma uchun nasihat" degani esa, o‘zi yaxshi ko‘rgan  narsani  boshqalarga ham ravo ko‘rish, oralarni isloh qilish, odamlar bilan arazlashmaslik va ularni Islomga chaqirish, deganidir».

Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "œMag‘firatni vojib qiluvchi narsalardan biri musulmon birodaringiz ko‘ngliga xursandchilik kirg‘izmog‘ingizdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:04:37
834. Muammar Zuhriydan, u kishi Humayddan, u kishi onasi Ummu Gulsum binti Uqbadan, u esa Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.): "œYaxshi gap aytib yoki yaxshi gapni qo‘shib, odamlarning orasini isloh qilgan kishi yolg‘onchi emasdir", dedilar.

Odamlar orasini isloh qilish payg‘ambarlik ishidan bir bo‘lakdir. Odamlarning orasini buzish esa, sehrgarlik ishidan bir parchadir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:04:49
835. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Alloh nazdida qiyomat kunida savob jihatidan odamlarning afzali, Allohga yaqinrog‘i va dunyoda odamlar uchun foydalirog‘i odamlar orasini isloh qilguvchilardir”.

_________________
Nizolashganlar o‘rtasini isloh qilish va arazlashishdan qaytarish bobi hadislari

823-hadis. Muttafaqun alayh.
824-hadis. Zaif.
825-hadis. Zaif.
826-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan.
827-hadis. Hasan. Ibn Hibbon, Bayhaqiy, Tabaroniy rivoyat qilgan.
828-hadis. Hasan-sahih. Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
829-hadis. “Kanzul-ammol”da keltirilgan.
830-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
831-hadis. Juda zaif. Ibn Abud Dunyo, Bayhaqiy, Asbahoniy rivoyat qilgan.
832-hadis. Sahih. Muslim, Molik, Ahmad rivoyat qilgan.
833-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
834-hadis. Muttafaqun alayh.
835-hadis. Isnodi noma’lum. “Al-majma’”ga qarang.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:05:03
YETMISH OLTINCHI BOB
SULTONLARGA ARALASHISH


836. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinishicha,  Payg‘ambar (s.a.v.) aytganlar: "œOlimlar sultonlarga aralashmasalar va dunyoga kirmasalar, payg‘ambarlarning omonatdorlaridir, agar sultonga qo‘shilsalar, dunyoga kirishib ketsalar, bas, ulardan uzilinglar va ehtiyot bo‘linglar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:05:15
837.   Ubayd ibn Umayr rivoyat qiladi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKishi sultonga qancha ko‘p yaqinlashsa, Allohdan shuncha ko‘p uzoq bo‘ladi. Agar unga ergashuvchilar ko‘paysa, demak, uning shaytonlari ko‘payadi, moli ko‘paysa, demak, hisobi qattiqlashadi".

Huzayfa (r.a.): "œFitnalarga muvofiq bo‘lib olishdan saqlaninglar", dedilar. "œFitnaga muvofiq bo‘lish nima?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "œAmirlarning eshigiga borish". Ibn Umarga: "œBiz sulton oldida bir so‘zni  gapiramiz, chiqqandan keyin esa, uning teskarisini  gapiramiz", deyishdi. U kishi: "œBiz bu narsani munofiqlik deb sanaymiz", dedilar.

Ibn Mas’ud  (r.a.): "œAgar dindor kishi  saltanat egasi oldiga kirsa, dinsiz bo‘lib chiqadi", dedilar. "œQanday qilib?" deb so‘rashdi. "œAllohning g‘azabini keltiradigan narsalar bilan uni rozi qiladi", dedilar Ibn Ma’sud (r.a.).

Oldingilardan biri aytgan ekan: "œAgar qorining boylar bilan aralashganini ko‘rsang, bilginki, u  riyokordir. Agar olimning amrilar bilan aralashganini ko‘rsang bilgilki, u o‘g‘ridir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:05:43
Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "œBu ummatga uch narsadan zararliroq narsa yo‘qdir: pulni yaxshi ko‘rish, boshliq bo‘lishga intilish va sultonlar eshigiga qatnash. Batahqiq, Alloh taolo ulardan chiqish yo‘llarini ko‘rsatib qo‘ygandir".

Makhul (r.a.) aytadilar: "œKim Qur’onni o‘rganib, din ilmida faqih bo‘lganidan keyin sulton eshigiga xushomadgo‘ylik qilib kelsa va uning boyligidan tama’  qilsa, jahannamga  g‘arq  bo‘libdi".

Maymun ibn Mahron aytadilar: "œSultonning suhbati xatarlidir. Agar unga itoat qilsang, diningda xatar bo‘ladi, osiylik qilsang, nafsingga zarar. Yaxshisi, seni u tanimagani ma’qul".

Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: "œAgar kishi sultonlar bilan aralashmasa va farzlari ustiga farz qo‘shmasa, kunduzi ro‘za tutib, kechalari namoz o‘qib, haj va jihod qilib, ammo sultonlarga qo‘shilib yurgan kishidan yaxshidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:05:56
838. Hasan Basriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: "œModomiki, abrorlari fojirlarini ulug‘lamasa, yaxshilari yomonlarga do‘st bo‘lmasa, qorilari amirlariga mayl qilmasa, Allohning qo‘li  bu ummatning ustida davomli bo‘ladi. Agar aksincha bo‘lsa, Alloh ulardan barakani ko‘taradi va ularga zolimni bosh qilib, qalblariga qo‘rqinch soladi va ularni kambag‘allashtirib qo‘yadi.

Iso ibn Maryam (u zotga va onalariga Allohdan salovot va salomlar bo‘lsin) aytganlar: "œEy ulamolar, podshohlar hikmatni sizlarga tashlab qo‘yganidek, sizlar uning mulkini o‘zlariga qoldinglar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:06:07
839. Shaqiq ibn Salama rivoyat qiladilar: "œ Umar ibn Xattob (r.a.) Bashr ibn Osim Saqafiyni Havozin qabilasining zakotiga bosh qilib tayinladilar. Ammo u rozi bo‘lmadi. Umar (r.a.): "œNimaga rozi bo‘lmaysan, sen bizga itoat qilishing shart ekanini bilmaysanmi?" dedilar. Shunda Bashr aytdi:  "œBilaman, lekin men Payg‘ambarning (s.a.v.): "œQaysi kishi odamlarga boshliq qilib tayinlansa, qiyomat kuni u keltiriladi-da, jahannam ko‘prigi ustida to‘xtatiladi. Agar yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, najot topadi, agar yomon bo‘lgan  bo‘lsa, ko‘prikdan yetmish yillik pastga qulaydi", deganlarini eshitganman". Keyin Umar (r.a.) xafa bo‘lib  chiqdilar. U kishiga Abu Zarr (r.a.) duch kelib: "œNima bo‘ldi, xafa ko‘rinasiz?" deb so‘radilar. Hazrati Umar Bashr ibn Osimning gapini aytdilar.  Abu Zarr: "œBu hadisni ilgari  eshitmaganmidingiz?" dedilar. Umar: "œYo‘q" deb aytdilar. Abu Zarr shunda: "œGuvohlik beramanki, men Nabiyning (s.a.v.): "œKim odamlardan loaqal bittasiga boshliq qilib tayinlansa, qiyomat kuni keltirilib, jahannam ko‘prigi ustiga to‘xtatiladi. Agar yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, najot topadi va agar yomon bo‘lsa, ko‘prikdan  yetmish yillik pastga qulaydi. U joy qop-qorong‘i zulmatdir", deganlarini eshitganman", dedilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:06:24
840. Oyisha onamiz (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilarki: "œQiyomat kuni adolatli qozi keltirilib, qattiq hisob qilinganidan so‘ng, hecham ikki kishi orasida hukm qilishni istamay qoladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:06:33
841. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: "œKim hukm chiqarishga  tayinlansa,  pichoqsiz so‘yilibdi".

Abu Hanifa (rahmatullohi alayh)  Abu Jafar oldiga kirganlarida u: "œEy Abu Hanifa, bizning ishimizga yordam bering", dedi. U zot  aytdilar: "œMen sizga yordam berishga qodir emasman". Xalifa yana: "œSubhonalloh, bizning ishimizga yordam bering", dedi. Abu Hanifa aytdilar: "œEy mo‘minlarning amiri, agar meni rostgo‘y bilsangiz, demak haqiqatda qodir emasman, mabodo yolg‘on aytyapti, deb o‘ylasangiz, yolg‘onchini bu ishga tayinlashingiz halol emas", deb javob qildilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:06:42
842. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar. Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kirdim, men bilan yana ikki kishi kirib: "œEy Rasululloh, bizlarga bir vazifa  bering, ishlaymiz", deyishdi.  Payg‘ambar (s.a.v.) shunda aytdilar: "œBiz vazifa talab qilib kelgan kishiga vazifa bermaymiz".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:06:51
843. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinishicha,  u zot Ka’b ibn Ujraga: "œEy Ka’b, Alloh senga ahmoqlarning amirligidan panoh bersin", deb uch marta aytdilar. Keyin davom etdilar: "œU amirlar mendan keyin keladi. Kim ularning yolg‘on so‘zlarini to‘g‘ri desa va  qilayotgan zulmlariga yordam bersa, ular mendan uzoqdirlar, men ulardan bezorman. Ey Ka’b, har bir go‘shtki, harom yo‘l orqali topilgan narsa bilan o‘sgan bo‘lsa, undan o‘t yaxshidir. Ey Ka’b, ro‘za to‘siqdir, sadaqa xatolarni o‘chiradi. Namoz yaqinlikdir. Ey Ka’b, odamlar ikki sinf bo‘ladi: nafsini sotib olib, so‘ngra ozod qilganlar va  nafsini sotib, halokatga tushuvchilardir"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:07:01
844. Muso ibn Abdusamad Zazzondan rivoyat qiladilar: "œBiz Abdulloh ibn Abbos (r.a.) bilan birga u kishiga qarashli  tepalikda edik. U kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) sahobalaridan. O‘shanda odamlar  narsalarini ko‘tarib, ko‘chib ketayotganini ko‘rdilar va "œUlarga nima bo‘ldi?" deb so‘radilar. "œUlar vabodan qochib ketyapti", deyishdi. Ibn  Abbos (r.a.) aytdilar: "œEy vabo, meni ol, meni ol". "œNima uchun o‘limni so‘rab duo qilyapsiz? Siz Rasulullohning sohibisiz, o‘ziga o‘lim tilashdan qaytarganlarini eshitgansiz-ku?" deyishdi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) ummatlariga kelishidan qo‘rqqan olti narsa uchun Allohdan o‘lim so‘rayman". Biz: "œU nima edi?" deb so‘radik. "œBolalarning  boshliq bo‘lishi, shartlarning ko‘payishi, hukmga poraning aralashishi, qarindoshlarchilikning uzilishi, qon to‘kishning yengil bo‘lishi va bu Qur’onni mazomir (surnay kuyi) kabi qilib olishlari. Bunda afzal yoki faqih kishini emas, balki faqatgina Qur’onni kuy qilib o‘qib beradigan kishini oldinga qo‘yadilar", dedi Ibn Abbos.

Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: "œU kishi ibn Hubayraning eshigi oldidan o‘tayotganlarida  (u kishi boy bo‘lgan), qori kishilardan bir nechalarini ko‘rib, aytibdilar: "œEy qorilar! Nima deb o‘ylaysizlar? Bu taqvodorlarning majlisidan emas".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:07:12
845. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Boylarning qo‘shnisi, amirlarning olimi  va bozorlarning  qorisi bo‘lishdan saqlaninglar”.

Zihhok ibn Muzohimdan aytadilar: “Men har kecha  to‘shagimda to‘lg‘onib, sultonimni rozi qiladigan hamda Rabbimni g‘azabini keltirmaydigan kalimani izlayman, lekin topolmayman”.

Zikr qilinishicha, Iso ibn Muso Amir ibn Shubrimaga uchrab qoldi. Unga Amir: “Nimaga biznikiga kelmaysan?” dedi. Iso aytdi: “Siznikiga borib nima qilaman? Agar yaqinlashsangiz, meni fitnaga solasiz, agar uzoqlashtirsangiz, aziyat berasiz. Sizda men qo‘rqadigan va menda siz umid qiladigan narsa yo‘q”.

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Podshohlarning eshigiga borishdan saqlaninglar. Ularning dunyosidan sizlarga biron  narsa yetmaydi, lekin undan afzal bo‘lgan oxiratlaringizni ular barbod etadilar”.

Oldingi olimlarning biri aytadi: “Podshohning oldiga kirishingiz sizni uch narsaga chaqiradi: ularni rizoligini ustun qo‘yishga, ularning dunyosini ulug‘lashga,  yomon amallarini poklashga. Agar o‘shalarni qilsangiz, aniq halok bo‘lasiz. La-a havla va la-a quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘azim”.

_________________
Sultonlarga aralashish bobi hadislari

836-hadis. Juda zaif. “Al-mavzu’ot”ga qarang.
837-hadis. Zaif. “Za’iful-jome’”ga qarang.
838-hadis. Zaif.
839-hadis. Juda zaif. Haysamiy, Tabaroniy rivoyat qilgan.
840-hadis. Zaif. Ibn Hibbon, Uqayliy rivoyat qilgan.
841-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
842-hadis. Muttafaqun alayh.
843-hadis. Sahih. Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.
844-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan.
845-hadis. Isnodi noma’lum.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 07:55:58
YETMISH YETTINCHI BOB
KASALLIK VA KASALNI KO‘RISHLIK FAZILATI


846. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Ato ibn Yasor Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shunday deganlarini naql qilganlar: "œAgar banda kasal bo‘lsa, Alloh: "œBandam kelib ketguvchilarga nima deyapti ekan?" deb unga ikki farishatni yuboradi. Agar u ziyoratchilar kelganida Allohga hamd aytsa, hamdini farishtalar Allohga yetkazishadi, holbuki, Alloh o‘zi bilib turibdi". So‘ng: "œBandamga aytinglar, agar Men uni vafot ettirsam, jannatga kirgizaman, agar shifo bersam, uning  go‘shtidan yaxshiroq go‘shtni beraman (ya’ni kasal bo‘lmaydigan) va qonini yaxshiroq qonga almashtiraman hamda gunohlarini kechiraman".

Said ibn Vahb aytadilar: "Salmon Forsiy bilan birga u kishining do‘stinikiga  kirdik. Salmon aytdilar: "œAlbatta,  Alloh taolo mo‘min bandaga bir kasallik bersa, so‘ng unga salomatlik beradi. U kasallik o‘tgan ayblariga kafforat, keyingilariga rozilik bo‘ladi. Alloh fojir bandani bir kasallikka duchor qilib, so‘ng salomatlik beradi. U kasallik bog‘lab qo‘yilgan tuyaga o‘xshaydi. So‘ng uni qo‘yib yuborishadi. Ular nimaga bog‘lashdi, nimaga qo‘yib yuborishdi, bilmaydi", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 07:56:05
847. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kirdim. U kishi darmonsizlikdan xasta edilar. Shunda qo‘llaridan tutib: "œSizga darmonsizlik va lohaslik qattiq tegibdi", dedim. "œHa, — dedilar, — sizlardan ikki kishining kasali bilan kasallandim". "œSizga ikki baravar ajr bor", dedim. U zot: "œJonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, yer yuzida qaysi muslimga kasallik yetsa, Alloh taolo uning xatolarini daraxt barglari to‘kilganidek to‘kadi", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 07:56:15
848. Payg‘ambar (s.a.v) aytadilar: "œAgar mo‘min nafsga isitma qelsa, nafsning ichidan ruh nido qiladi: "œEy isitma, bo‘ mo‘min nafsdan nima xohlaysan?" Isitma: "œEy yaxshi ruh, bu nafsing pok edi. Uni gunohlar va xatolar iflos qildi. Men uni o‘shalardan poklayman", deb javob beradi. Shunda ruh aytadi: "œUnday bo‘lsa, yaqin kel, yaqin kel, yaqin kel va uni pokla".

Ibn Ashja’ aytadilar: "œMuhojirlardan bittasi kasal bo‘ldi. Shunda: "œMenga yetdiki, kasalning kasalligida to‘rtta xislat bordir: undan qalam ko‘tariladi, ajr sog‘ paytida amal qilganidek oqib kelaveradi va hamma xatolari bo‘g‘imlaridan ketadi, agar vafot etsa, kechirilgan holda vafot etadi, agar yashab ketsa, kechirilgan holda yashaydi".

Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: "Agar Alloh taolo mo‘min  bandani kasallikka duchor qilsa, chap tomon farishtasiga: "œUndan qalamni  ko‘tar", deb,  o‘ng tomon farishtasiga: "œBandamga  sog‘liq vaqtidagi amalidan ham yaxshirog‘ini yoz", deb buyuriladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 07:56:27
849. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "œIsitma Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga qora ayolga o‘xshab keldi. Undan: "œSen kimsan?" deb so‘radilar. "œMaldamning onasiman", dedi. "œNima ish bilan shug‘ullanasan, ey Maldamni onasi?" deb so‘radilar so‘ng. "œGo‘sht yeyman, qon hidlayman, issiqligim jahannam issig‘idandir", deb javob qildi. Payg‘ambar (s.a.v) uning isitma ekanini bildilar.

So‘ng isitma aytdi: "œEy Rasululloh, meni o‘zingiz yaxshi ko‘rgan ahlingizga  yuboring". Nabiy (s.a.v.) uni  ansorlarga yubordilar. Ularni yetti kun isitma  oldi. Oh-vohlari  Payg‘ambarga (s.a.v.) yetdi. Keyin duo qildilar, Alloh ulardan isitmani ko‘tardi. Shundan so‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) ularni ko‘rgan vaqtlarida:  "œXush kelibsizlar, ey  Alloh taolo pok qilib qo‘ygan qavm" der edilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 07:56:35
850. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: "œKasallaringizni taom va suvga majburlamang. Chunki Alloh taolo ularni ovqatlantirib  sug‘oradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 07:56:43
851. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œKasalning ingrashi — tasbeh, ohi — tahlil, nafasi — sadaqa, uyqusi — ibodatdir, bir tomondan ikkinchi tomonga ag‘darilishi — Alloh yo‘lida jihoddir. Unga sog‘liq vaqtidagi amalidan yaxshiroq amal yoziladi" (Bu hadisni Vahabiy  botil degan).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 07:56:51
852. Payg‘ambar (s.a.v.)  aytadilar: "œTo‘rt kishi hayotni qayta boshlaydi: kasaldan turgan kishi, Islomga kirgan mushrik, mo‘min holatida savob umidida juma o‘qib qaytgan kishi va halol kasbdan haj qiluvchi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 07:57:05
853. Payg‘ambar (s.a.v.) yana aytadilar: "œUchta narsa yaxshilik xazinasidandir: kasallikni yashirish, sadaqani maxfiy qilish va  musibatini berkitish".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 07:57:16
854. Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)  Solmon Forsiyning  oldlariga kirdilar. U kishi kasal edilar. Shunda Nabiy: "œSening bu yotishingda uchta xislat bordir: Robbingdan eslatma, poklik va oldingi gunohlaringga kafforat, kasal kishining duosi mustajobdir, qodir bo‘lganingcha, Allohga duo qil", dedilar.

Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "œKasallikka ajr yozilmaydi. Ajr amaldadir. U xatolarga kafforat qilinadi".

Faqih aytadilar: "œAjr kasallik uchun yozilmaydi. Lekin sog‘lom bo‘lganida qiladigan amali mislicha ajr yoziladi, chunki hozir bundan ojiz, agar salomat bo‘lganida, oldin amal qilganidek amal qilishini Alloh taolo biladi va unga o‘sha amallarning savobi yozadi. Kasalligi uning gunohlari uchun kafforatdir. Ya’ni, qilgan gunohlariga tavba qilsa, kafforat, agar tavba qilmay sog‘aysa, oldingi yomon amallariga qaytishni niyat qilsa, unga kafforat bo‘lmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 07:57:25
855. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi.  Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œIsitma har bir mo‘minning   do‘zaxdan (bo‘lgan) nasibasidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 07:57:34
856. Abu Said Xudriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar:  "œRabbiingiz: "œ Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, rahm qilishni hohlagan bandamni hamma xato amallari uchun jasadiga yoki yashashiga bir tanglik berish bilan uni poklamagunimcha  dunyodan chiqarmayman. O‘shalardan ham qolsa, unga o‘limini qattiq qilaman, toki Mening oldimga onadan yangi tug‘ilgandek keladi. Agar azob berishni xohlasam, hamma yaxshiliklarning ajrini  jasadini sog‘lom qilish yoki rizqini keng qilish bilan bermagunimcha dunyodan chiqarmayman. Shunda ham qolsa, unga o‘limni yengil qilaman, hattoki mening oldimga yaxshiligi yo‘q holda keladi", dedi".

Osim ibn Ahval Abul Oliyaning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: "œBizlar ellik yildan beri, bir kishi kasal bo‘lsa, onadan yangi tug‘ilgandek, gunohlardan pok bo‘ladi, der edik. Alloh taolo ham aytadi: "œBandamga uning jonini olgunimcha yoki shifo bergunimcha sog‘ligida qilgan amallari kabi(ajr) yozinglar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 07:59:36
857. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œKim kasal ko‘rgani borsa, u rahmat hovuzida suzadi. Agar kasalning oldida  o‘tirsa, uning ichiga cho‘kadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 07:59:50
858. Ibn Umar (r.a.)  Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim kasalni ziyorat qilsa, go‘yoki Alloh yo‘lida bir kun ro‘za tutgandekdir. Bir kuni yetti yuz kunga teng”.

Rivoyat qilinishicha, bir kishi Ummu  Dardoning  oldida keldi va qalbining qattiqligidan shikoyat qildi. Aytdilar: “Uning eng katta davosi kasallarni borib ko‘rish, janozaga qatnashish va qabristonga chiqib turish”. U keyin shunday qildi va ichida bir xursandchilik tuydi, so‘ng uning oldiga kelib: “Sizni Alloh mukofotlasin”, dedi.

________________
 Kasallik va kasalni ko‘rishlik  fazilati bobi hadislari

846-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Molik, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
847-hadis. Muttafaqun alayh.
848-hadis. Doruqutniy uni zaif sanagan.
849-hadis.  Bayhaqiy rivoyat qilgan.
850-hadis. Uqayliy, Doruqutniy rivoyat qilgan.
851-hadis. Botil. Xatib, Ibn Javziy rivoyat qilgan.
852-hadis. Daylamiy rivoyat qilgan.
853-hadis. Juda zaif. Tabaroniy, Abu Na’im rivoyat qilgan.
854-hadis. Zaif. Ibn Abud Dunyo, Ibn Asokir rivoyat qilgan.
855-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. “As-sahiha”ga qarang.
856-hadis. Munzariy rivoyat qilgan.
857-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan.
858-hadis. Izohi keltirilmagan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 08:00:10
YETMISH SAKKIZINCHI BOB
NAFL NAMOZLARINING FAZILATI


859. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: "Hasan Basriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilarki: "œNamoz o‘qiydigan kishi uchun uch xislat bordir: farishtalar uning oyog‘idan to osmonning oxirigacha o‘rab oladilar; unga  osmonning oxiridan boshidagi farqiga qadar yaxshilik tushadi; farishta: "œAgar bu namozxon kim bilan suhbatlashayotganini bilganida, namozini tugatmas edi", deb nido qiladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 08:00:21
860. Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) qo‘shin jo‘natdilar. Qo‘shin g‘animga  tezlikda  hujum qilib, katta o‘ljani  qo‘lga kiritdi. Shunda: "œEy Rasululloh, sizning qo‘shiningizdek tezkor hujum qilib, katta o‘ljani qo‘lga kiritgan  qo‘shinni ko‘rmaganmiz", deyishdi. Nabiy (s.a.v.): "œSizlarga tezkor hujum qilib, katta o‘ljalar oladigan qo‘shinimdan ham yaxshi bo‘lganlarning xabarini beraymi?" dedilar.  "œHa, ayting,  ey Allohning elchisi!" deyishdi. Aytdilar: "œBir qavmki,  bomdodni o‘qiydi. Keyin joylarida o‘tirib, Alohni zikr qiladi. Quyosh chiqqandan so‘ng ikki rak’at namoz o‘qiydi. Keyin ahllarining oldiga qaytadi. Ana o‘shalar tez hujum qilib, katta o‘ljalar oladiganlardir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 08:00:32
861. Abu Zarrdan rivoyat qilinadi.  Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œOdam bolasi tanasining har bir bo‘g‘ini uchun har kuni sadaqa qilishi shart. Yaxshi ishga chaqirishing — sadaqa, yomon ishdan qaytarishing — sadaqadir, Allohni zikr qilishing — sadaqa va ahling bilan jimo’ qilishing ham sadaqa".  "œEy Allohning elchisi, agar kishi shahvatini qondirsa, u ham sadaqa bo‘ladimi?" deb so‘radik. "œAgar shu ishni Alloh harom qilgan tomonda bajarsa, gunohkor  bo‘ladimi?" deb so‘radilar. "œGunohkor bo‘ladi dedik", dedik. "œDemak, agar uni Alloh halol qilgan  o‘rinda qilsa, u sadaqadir. Ammo bularning hammasidan ham ikki rak’atli zuho namozi ustundir", dedilar Nabiy (s.a.v.).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 08:00:45
862. Abu Rofi’ rivoyat qiladi. Nabiy (s.a.v.) Abbosga (r.a.): "œEy amaki, sizga silai rahm qilaymi, hadya beraymi, yo sizga manfaat keltiraymi?" deb so‘radilar.  "œOta-onam  fido bo‘lsin sizga, manfaat bering", dedilar Abbos. Nabiy (s.a.v.): "œTurib to‘rt rak’at namoz o‘qing, har bir rak’atda Fotiha bilan bitta sura o‘qing.  Qiroat tamom bo‘lsa: "œSubhonallohi  valhamdulillahi va la-a ilaha illallohu vallohu akbar",  deb o‘n besh marta ayting, keyin ruku’ qiling va shu kalimani  o‘n marta ayting. Boshingizni ko‘tarib, uni yana o‘n marta ayting, keyin sajdada ham o‘n marta ayting, so‘ng boshingizni ko‘tarib sajda qilib, yana o‘n marta ayting. Boshingizni sajdadan ko‘tarib, turishingizdan oldin tag‘in o‘n marta ayting. Bular har rak’atda  yetmish beshta, to‘rtta rak’atda esa uch yuzta bo‘ladi. Agar gunohingiz cho‘lning qumichalik bo‘lsa ham, Alloh taolo sizni kechiradi", dedilar. Abbos aytdilar: "œAgar uni banda har kuni qilishga qodir bo‘lmasa-chi?" "œHar oyda qilsin", dedilar Nabiy (s.a.v.). "œHar oyda ham  qodir bo‘lmasa-chi?" dedilar. Aytdilar: "œBir yilda bir marta qilsin".

Ka’bul Ahbor aytadilar (r.a.): "œAgar birontangiz ikki rakkat nafl namozining savobini  ko‘rolganida edi, uning tog‘dan ham balandroq ekanini bilardi. Farzlar esa,  bu  aytilganlardan-da  ulug‘roqdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 08:00:52
863. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œUylaringizda namoz o‘qib turinglar, qabristonga aylantirib qo‘ymanglar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 08:00:59
864. Payg‘ambar (s.a.v.) yana aytadilar: "œKishining uyida o‘qigan nafl namozi odamlar oldida o‘qigan nafl namozlaridan afzaldir. Bu jamoat bo‘lib o‘qilgan namoz  kishining  yolg‘iz o‘qigan namozidan  afzal  bo‘lgani kabi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 08:01:06
865. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œKishining uyida o‘qigan  nafl namozi nurdir va uylaringizni nurga to‘ldirinlar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 08:01:13
866. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKim shom va xufton namozi orasida yigirma rak’at nafl  namoz  o‘qisa, Alloh u uchun ahlini, molini, dinini, dunyosi va oxiratini saqlaydi. Kim bomdodni o‘qib, keyin joynamozida quyosh chiqquncha o‘tirsa, so‘ng ikki rak’at namoz o‘qisa, Alloh taolo qiyomat kuni uning uchun  do‘zaxdan saqlovchi bir hijob paydo qiladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 08:01:23
867. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: "œAbu Zarrga (r.a.): "œMenga vasiyat qiling, ey amaki", deb aytdim. Aytdilar: "œKim ikki rak’at zuho namozini o‘qisa, g‘ofillardan deb yozilmaydi. Kim to‘rt raka’t o‘qisa, obidlardan deb yoziladi. Kim olti raka’t o‘qisa, unga o‘sha kuni gunoh ergashmaydi. Kim sakkiz rak’at o‘qisa, xudojo‘ylardan, deb yoziladi. Kim o‘n rak’at namoz o‘qisa, unga jannatda uy quriladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 08:01:31
868. Payg‘ambarimiz (s.a.v)  aytadilar: "œJannatda zuho degan eshik bor. Qiyomat kuni nido qiluvchi: "œQani zuho namozini doim o‘qiganlar? Bu eshik sizlarga, qani kiringlar", deb nido qiladi. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "œKishining namozda bardavom bo‘lishi, xuddi podshoh  eshigini taqillatganga o‘xshaydi. Chunki kim pldshoh  eshigini taqillatsa,  eshik ochilishi shubhasiz. Kechasi o‘qilgan namozning kunduzi o‘qilgan namozdan ortiqligi yashirin sadaqaning oshkor sadaqadan afzalligi  kabidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 08:01:54
869. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi.  Payg‘ambar (s.a.v. aytdilar: "œAlloh zikr etilgan yoki namoz o‘qilgan bir parcha yer yetti qavat yergacha xursandligini bildiradi va atrofdagi yerlar oldida faxrlanadi. Banda yerning qay bir  sahrosida namoz o‘qishni xohlasa, yer unga ziynatlanadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 08:02:22
870. Xolid ibn Ma’don (r.a.) aytadilar: "œEshitishimcha, Parvardigor  uch kishi bilan farishtalariga faxrlanadi: bir kishiki, saxrosida yolg‘iz o‘zi azon, takbir aytib, namoz o‘qiydi. Shunda Alloh aytadi: "œQaranglar, bandamning bir o‘zi namoz o‘qiyapti, uni mendan boshqa hech  kim ko‘rmaydi". So‘ngra yetmish ming farishta tushib, uning orqasida namoz o‘qishadi. Yana bir kishiki, kechasi namoz o‘qiydi, sajda qiladi, so‘ngra uxlaydi. Alloh shunda aytadi: "œSajda qiluvchi bandamga qaranglar, xayoli Menda, jasadi Menga sajda qilyapti". Yana  urushda  o‘lgunicha sobitqadamlik bilan jang qilgan kishi bilan faxrlanadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 23 Noyabr 2006, 08:03:16
871. Mu’ofiy ibn Imron (r.a.) aytadilar: “Mo‘minning izzati, odamlardan behojat bo‘lish,  sharafi kechasi turib namoz o‘qishdir”.

____________________
Nafl namozlari fazilati bobi hadislari

859-hadis. Juda zaif.
860-hadis. Zaif. Termiziy rivoyat qilgan.
861-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
862-hadis. Sahih. Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
863-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan.
864-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. “Sahihul-jome’”ga qarang.
865-hadis. Zaif. Ahmad, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
866-hadis. Mavzu’. “Tanzixush-shari’a”ga qarang.
867-hadis. Munkar. Ibn Hibbon sahih emas, degan.
868-hadis. Juda zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan.
869-hadis. Zaif. Abu Ya’lo rivoyat qilgan.
870-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Abu Dovud rivoyat qilgan.
871-hadis. Hasan. Qazoiy, Hokim rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:10:50
YETMISH TO‘QQIZINCHI BOB
NAMOZNI MUKAMMAL O‘QISH VA UNDA XUSHU’ QILISH


Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) Salmon Forsiydan (r.a.) rivoyat qiladilar: "œNamoz tarozi-o‘lchovdir. Kim vafo qilsa, unga ham  vafo qilinadi. Kim urib qolsa, Alloh taolo urib qoluvchilar to‘g‘risida nima deganini bilasizlar".

Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi bir odamning  ruku’ va sajdalarni mukammal qilmay namoz o‘qiyotganini ko‘rib: "œAgar shu holda o‘lsang, fitratdan boshqasida o‘lasan", dedilar.

872. Hasan Basriy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): "œSizlarga o‘g‘irlikda insonlarning eng yomonini aytaymi?" dedilar. "œHa, ayting, ey Rasululloh", deyishdi. "œU odam namozidan o‘g‘irlagan odamdir", dedilar. "œNamozdan qanday o‘g‘irlaydi?" deb so‘rashdi.  Aytdilar: "œUning ruku’ va sajdalarini mukammal  qilmasdan".

Ibn Mas’ud (r.a.): "œKimni namozi yaxshilikka buyurmasa, yomonlikdan qaytarmasa, u bilan Allohga yaqinlashmaydi, balki, uzoqlashadi", dedilar. So‘ngra ushbu oyatni o‘qidilar:
"œNamozni to‘kis ado qiling! Albatta, namoz buzuqlik va yomonlikdan qaytarur"  (Ankabut, 45-oyat).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:11:03
Hakam ibn Utayba (r.a.) aytadilar: "œKim namoz vaqtida o‘ng va chapga qarasa, uning namozi namoz emas".

Muslim ibn Yasor (r.a.) ahllariga aytar edilar: "œ Agar men namoz o‘qiyotgan bo‘lsam, gaplashaveringlar. Chunki men gaplaringni eshitmayman".

Yoqub Qori’dan zikr qilinadi: U kishi namoz o‘qiyotgan paytlarida o‘g‘ri kelib, yelkalaridagi ridolarini yulib olib qochdi. So‘ng o‘rtoqlarining oldiga bordi, ular rido shayxniki ekanini bilishdi va unga: "œUni  qaytarib ber. Biz solih kishining duosidan qo‘rqamiz", deyishdi. O‘g‘ri kelib yelkalariga ridoni qo‘ydi va qilgan  ishiga uzr so‘radi. Namozdan keyin u kishiga bu hodisani gapirib berishdi. U zot: "œMen uning olganini ham, qo‘yganini ham sezmadim", dedilar.

Zikr qilinishicha, Robiatul Adaviya (Alloh uni rahmat qilsin) namozda sajda qilayotgan edilar, nogoh ko‘zlariga qamishning bir parchasi kirib ketdi. Ammo buni faqat namozdan chiqqanlaridan so‘ng sezdilar.

Hasan ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi tahorat qilmoqchi bo‘lganlarida ranglari o‘zgarar edi. Sababini so‘rashganida, aytdilar: "œMen ulug‘, jabbor Allohning qudrati oldida qoim bo‘lmoqchiman". Agar masjid eshigi oldiga kelsalar, boshlarini ko‘tarar va: "œEy Parvardigor, bandang  eshiging oldidadir. Ey Muhsin, oldingga gunohkor keldi. Bizning yaxshilarimizga yomonni kechirishga  buyurgansan. Sen Muhsinsan, men gunohkorman. O‘zingdagi yaxshilik sababidan mendagi yomonlikni kech, ey Karim",  deb keyin masjidga kirar edilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:11:16
873. Payg‘ambar (s.a.v.) bir odamning namozida soqolini o‘ynab turganini ko‘rdilar. So‘ng: "œAgar qalbi qo‘rqsa, albatta, a’zolari ham qo‘rqar edi", dedilar.

Ali ibn Abu Tolib (r.a.) namoz vaqti kirsa, ko‘kraklari qaltirar, ranglari o‘zgarar edi. Bu haqda so‘rashganida: "œAlloh taolo yer, osmon va tog‘larga taklif  qilgan, ammo ular bosh tortgan, inson esa, qabul qilgan omonatni ado qilish vaqti keldi. Bilmaymanki, bo‘ynimga olgan vazifamni  yaxshi ado qildimmi yoki yo‘q!" deb javob berdilar.

Bu kalom Zaynul Obidin Ali ibn Husayn ibn Abu Tolibdan (r.a.) ham rivoyat qilingan.

Said ibn Jubayr (r.a.) aytadilar: "œBiz Toifda ibn Abbos huzurida  masjidda edik. Men, Ikrima, Maymun ibn Mahron, Abul Oliya va boshqalar bor edi. Shu payt muazzin mezanaga ko‘tarilib, "œAllohu akbar, Allohu akbar", deb azonni boshladi. Ibn Abbos (r.a.) shunda yig‘ladilar. Yig‘laganlaridan ridolari ho‘l bo‘lib ketdi. Bo‘yin tomirlari shishib,   ko‘zlari qizarib ketdi. Abul Oliya: "œEy Rasululloh amakilarining o‘g‘li, bu yig‘i qanday yig‘i? Bu qo‘rqinch nima qo‘rqinch? Bizlar ham azonni eshitayapmiz, yig‘lamayapmiz-ku, faqat siz yig‘laganingiz uchun yig‘layapmiz", dedi. Ibn Abbos (r.a.): "œAgar odamlar muazzin nima deb aytayotganini bilganlarida edi,  uxlamas, dam olmas edi", dedilar. "œBizga muazzin nima deganini bildiring", dedik. U zot "œMuazzinning "œAlloh akbar, Allohu akbar" degani, ey mashg‘ullar, to‘xtanglar,  badanlarga dam beringlar va amallaringizning yaxshisiga kirishinglar, deganidir. Agar muazzin: "œAshhadu alla ilaha illallloh", desa, osmonlaru yerdagi barcha maxluqot qiyomat kunida sizlarni chaqirganim haqida Alloh huzurida men uchun guvohlik beradi, deb tushuninglar. "œAshhadu anna Muhammadar rosululloh", degani esa, qiyomat  kuni barcha payg‘ambarlar va Muhammad (s.a.v.) men sizlarni har kuni besh marta namozga chaqirayotganimga guvohlik berishadi, deganidir. "œ Hayya ‘alassolah", degani,  Alloh taolo bu dinni sizlarga qoim qildi, endi siz uni qoim qiling, deganidir. "œHayya ‘lal falah" deganda esa, rahmatda suzinglar va hidoyatdagi nasibangizni olinglar, degan ma’noni tushuninglar. "œAllohu akbar, Allohu akbar" degani, namozdan oldingi ishlar harom bo‘ldi", ma’nosidadir. "œLa-a ilaha illalloh" degani, yetti qat yer va yetti qavat osmon omonatini yelkalaringizga qo‘ydim, hohlasangiz kelinglar, hohlasanglar, burilib ketinglar" deganidir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:11:29
874. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œIkki kimsa namozda turadi, ikkalasining ruku’ va sajdasi bir xil. Lekin namozilari orasidagi farq yer va osmon orasichadir".

Aytishlaricha, mehrob quyidagi sababga ko‘ra mehrob (lug‘aviy ma’nosi "œharb maydoni" degani) deb nomlandi. Ya’ni, u jang maydoni, qalbni mashg‘ul qilib qo‘ymasligi uchun shayton bilan jang qilinadi. Zikr qilishlaricha, Hotam Zohid (r.a.) Isom ibn Yusufning oldlariga kirdilar. Isom u kishidan: "œEy Hotam, namozni chiroyli o‘qiysizmi?" deb so‘radilar. "œHa", dedilar. "œQanday o‘qiysiz?" "œAgar namoz vaqti yaqinlashsa, tahoratni mukammal qilaman, keyin namoz o‘qiydigan o‘rinda hamma a’zolar bilan to‘g‘ri turaman. Ka’bani ikki qoshim orasida,  Ibrohim maqomini qalbimda, Alloh taolo tepamda qalbimdagi hamma narsani bilib turibdi, degan o‘yda bo‘laman. Go‘yoki qadamim sirot ustida, jannat o‘ng tomonimda, do‘zax chap tomonimda, o‘lim farishtasi orqamda va bu namoz oxirgi namozim deb gumon qilaman. Keyin qo‘rqinch bilan takbir aytaman va tafakkur bilan o‘qiyman. Ruku’ni tavoze’ bilan,  sajdani yolborgan holda qilaman. Xotirjam o‘tirib, qo‘rqinch bilan tashahhud o‘qiyman va sunnatga binoan ixlos bilan salom beraman. Xavf va umid bilan turaman. Keyin sabrda davomli bo‘laman", dedilar Hotam. Isom: "œEy  Hotam, namozingiz shundaymi?" deb so‘radilar. "œHa, shunday". "œBu sifat bilan necha yildan beri namoz o‘qiyapsiz?" "œO‘ttiz yildan beri". Isom shunda: "œBunaqa  namozni hech o‘qimaganman", deb yig‘ladilar.

Zikr qilinishicha, Hotam (rohmatullohi alayh) bir marta jamoat namozini o‘qishni qoldirdilar. U kishiga shunda ba’zi do‘stlari ta’ziya bildirdilar. Hotam qoldirgan namozi uchun yig‘lab: "œAgar  o‘g‘lim o‘lganida, Balxning yarmi ta’ziyaga kelardi. Hozir jamoatni o‘tkazib yubordim, faqat ayrim do‘stlarim ta’ziya izhor etishdi. Agar o‘g‘illarim o‘lsa ham, bu musibat menga jamoatni tark qilishimdan yengilroq bo‘lar edi", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:11:55
Hakimlardan biri aytadi: "œNamoz  ziyofatdir. Alloh taolo uni muvahhidlar* uchun har kuni besh marta tayyorlaydi. Ziyofatda taomlar xilma-xil bo‘lib, har bir taomning lazzat va rangi bo‘lgani kabi, namozda ham turli zikr, amallar, amallarga savob va gunohlarga kafforat bordir".

Aytadilarki, namozxonlar ko‘p, namozni qoim qiluvchilar kamdir. Alloh taolo namozni qoim qilgan mo‘minlarni  kitobida vasf qilib:

"œNamozni to‘kis ado etadiganlar" (Haj surasi, 35-oyat), deb aytgan. Munofiqlarni sifatlab, ularni namozxonlar degan:

 "œBas, namozlarini "œunutib" qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan "œnamozxon"larga halokat bo‘lg‘ay" (Mo’uvn,  4 — 5-oyatlar). Mo‘minlarni esa:

"œNamozlari ado qiladilar"  (Baqara, 3-oyat) deb sifatlagan. Namozni  ado qilish uni davomli o‘qish,  vaqtlariga rioya etish, ruku’ va sajdalarini maromida bajarishdir.
Hakimlardan biri aytadi: "œOdamlar namozga hozir bo‘lishda ikki sinf: xos va om. Xos odamlar  namozga hurmat bilan keladi, ishonch va qo‘rqinch bilan turadi, ta’zim bilan ado qiladi, xavf bilan qaytadi. Omlar esa,  g‘aflat bilan keladi,  jahl bilan turadi, vasvasa bilan ado qiladi va xotirjam qaytadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:12:04
Hakimlar aytishadi: “To‘rt narsa to‘rt o‘ringa qadalib, to‘rt o‘rinda bosh ko‘taradi:
1. Allohning rizoligi toatga tushib,  saxiylar uyida  bosh ko‘taradi.
2. Allohning g‘azabi xatolarga qadalib, baxillarning ustidan chiqadi.
3. Yaxshi yashash, keng rizq savoblarda yashirinadi va namozxonlar uyida chiqadi.
4. Xarob yashash azoblarga qadalib, namozga beparvolar uyidan chiqadi”.

Ba’zi hakimlar aytishadi: “Odamlar olti narsa bilan shug‘ullanganida, sizlar boshqa olti narsa bilan shug‘ullaninglar.
1. Odamlar ko‘p amal bilan shug‘ullansa, sizlar yaxshi amallar bilan shug‘ullaninglar.
2. Odamlar fazlatlar bilan shug‘ullansa, sizlar farzlarni mukammal bajarish ila shug‘ullaninglar.
3.  Odamlar tashqi ko‘rinishni isloh qilish bilan shug‘ullansa, sizlar botinni isloh qilish bilan shug‘ullaninglar.
4.  Odamlar odamlarning ayblari bilan shug‘ullansa, sizlar o‘zlaringning ayblaring bilan shug‘ullaninglar.
5.  Odamlar dunyosini obod etish bilan  shug‘ullansa, sizlar oxiratingizni obod etish bilan   shug‘ullaninglar.
6.  Odamlar bandalarning rizosini qozonish bilan shug‘ullansalar, sizlar Alloh roziligini olish bilan mashg‘ul bo‘linglar”.

___________________
Namozni mukammal o‘qish va unda xushu’ qilish bobi hadislari

872-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Xuzayma rivoyat qilgan.
873-hadis. Mavzu’. “Az-za’ifa”ga qarang.
874-hadis. Mavzu’.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:12:28
SAKSONINCHI BOB
DUO VA TASBEHLAR


875. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Abdulloh ibn Abu Avfa aytadilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga bir a’robiy kishi keldi va aytdiki: "œEy Allohning payg‘ambari, menga Qur’ondan yetarlichasini o‘rgating. Men undan hech narsa yodlamaganman", dedi. Payg‘ambar (s.a.v.): "œSubhonallohi valhamdulillahi va la-a ilaha illallohu vallohu akbar va la-a havla va la-a quvvata illa billahil ‘liyyil ‘azim", deb ayt", dedilar. A’robiy qo‘llari bilan u beshtasini sanab ko‘rdi. Bir ozdan keyin haligi a’robiy qaytib kelib: "œEy Rasululloh, ular Allohim uchun, men uchun  nima bor?" deb savol berdi. "œAllohummag‘firliy varhamniy vahdiniy varzuqniy va’finiy" (Allohim, meni kechir, menga rahm qil, hidoyat et, meni rizqlantir, menga ofiyat ber), deb ayt", dedilar.  A’robiy  boshqa   qo‘li bilan yana beshtani sanadi, so‘ng  jo‘nab ketdi". Payg‘ambar (s.a.v.) shunda: "œA’robiy agar aytganlariga vafo qilsa, qo‘llarini yaxshilikka to‘ldirdi", dedilar.

Faqih aytadilar: "œQur’ondan yetarlisini o‘rgating", degan so‘zi, Qur’ondan namozda o‘qiladigan miqdordagisini bilishni istaganidir. Albatta, har bir kishi shu miqdorda bilishi lozim. Agar keragini bilqsa va o‘sha kalimalardan istifoda qilsa, Qur’on o‘qigan kishining fazilatini topishiga umid qilinadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:12:37
876. Usmon ibn Abu Os aytadilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) oldimga kelganlarida menda qattiq og‘riq bor edi, o‘lar holatda edim.  Payg‘ambar (s.a.v.): "œO‘ng qo‘ling bilan yetti marta "œA’uzu bi’izzatillahi va qudratihi min sharri ma ajidu va uhaziru" (Allohning  izzati va qudrati  bilan menga yetgan narsaning yomonligidan panoh so‘rayman va saqlanaman),  deb  og‘riq yeringni sila", dedilar. Men shunday qildim. Alloh taolo og‘riqni ketkazdi"œ.

Ato (r.a.) aytadilar: "œKim o‘n ikki rak’at namozni xayoli chalg‘imasdan  o‘qisa va  uning oxirida  Fotiha surasini bilan Oyatul kursiyni yetti martadan o‘qisa va  "œLa-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu lahul mulku va lahul hamd va huva ‘ala kulli shay`in qodir", deb o‘n marta aytsa va sajda qilib, "œAllohumma, inniy as`aluka bima’aqidil ‘izzi men ‘arishka va muntahar rohmati min kitabika va bismikal a’zomi va jaddikal a’la  va kalimatikat tammat", deb aytsa, so‘ngra duo qilsa,  mustajob bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:12:49
877. Maymuna binti Sa’d aytadilar (u ayol Payg‘ambarimizga xodima edi): "œPayg‘ambar (s.a.v.) Salmon namozidan keyin duo qilayotganlarida o‘tib qoldilar. Shunda u zot (s.a.v.) aytdilar: "œEy Salmon, sening Allohga hojating bormi?" "œHa, ey Rasululloh, bor", dedilar Salmon. "œRabbingga duo qilishdan oldin sano ayt, Alloh o‘zini sifatlagandek sifatla, tasbeh, tahmid va tahlil ayt", dedilar Nabiy. Salmon: "œSanoni qanday aytaman, ey Rasululloh?" deb so‘radilar. "œFotiha surasini o‘qi. Chunki u Alloh taologa sanodir". Salmon: "œQanday qilib Uni sifatlayman?" deb so‘radilar so‘ng.  "œIxlos surasini uch marta o‘qi. Chunki u Allohning sifati va u bilan o‘zini sifatlagan", deb javob qildilar Nabiy (s.a.v.). Solmon keyin: "œQanday qilib tasbeh aytaman?" dedilar. Nabiy aytdilar: "œSubhonallohi valhamdu lillahi va la-a ilaha illallohu  vallohu akbar", deb ayt, so‘ngra hojatingni so‘ra"œ.

 Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "œKim namozidan  keyin: "œAstag‘firullohal ‘aziym allaziy la-a ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayhi", deb uch marta aytsa, Alloh taolo uning gunohalarini dengizning ko‘pigicha bo‘lsa ham, kechiradi".

Faqih aytadilar: "œIstig‘for qalbdagi pushaymonlik bilan birga bo‘lishi kerak".

Hasan ibn Ali (ikkovlaridan ham Alloh rozi bo‘lsin) aytadilar: "œKim yigirmata oyat o‘qisa, shaytonning yomonligidan, zolim sultondan, dushman o‘g‘ridan, yirtqich maxluqning zarar berishidan saqlanishiga men  kafilman".

U oyatlar Oyatul kursiy va A’rof surasining 54 — 56-oyatlari, Soffat surasining avvalgi o‘n oyati, Ar-rohman surasining 33 — 35-oyatlari, Hashr surasining oxiridagi uch oyatdir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:12:57
878. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bani Aslam qabilasidan bir kishi Payg‘ambarga (s.a.v.): "œBu kecha men uxlay olmadim", dedi. "œNima uchun?" deb so‘radilar.  "œMeni chayon chaqib oldi". Unga Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œUxlayotgan vaqtingda "œA’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq", deb aytganingda, agar Alloh hohlasa, senga hech narsa zarar bermas edi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:13:44
879. Said ibn Musayyab aytadilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) juma kuni Maozni yo‘qotib qo‘ydilar. Juma namozini o‘qib bo‘lgach, Maoz kirib keldilar. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda: "œNima uchun  namozda  ko‘rinmading?" deb so‘radilar. Maoz javob berdi: "œEy Rasululloh, falonchi yahudiydan qarz olgan edim. Namozga chiqsam, u meni ushlab olishidan  qo‘rqdim". Payg‘ambar (s.a.v.): "œEy Maoz, senga bir duo o‘rgataymi, u bilan duo qilsang, senda qancha qarzing bo‘lsa ham, Alloh taolo undan qutqaradi", dedilar. Maoz: "œMayli, ayting", dedilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: Oli Imron, 26 — 27-oyatlarini o‘qiganingdan so‘ng, "Ya rohmanad dunyo val oxiroti va rohiymahuma, tu`ti minhuma man tasha`u va tamna’y minhuma man tasha`u farhamniy rohmatan tug‘niyniy biha ‘ar rohmati man sivak", deb ayt.

Aytishlaricha, bu duoni asir kishi o‘qisa, Alloh taolo uni asirlikdan ozod qilar ekan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:13:52
880. Abu Umoma Bohiliy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKim tong otgan paytda "œAllohumma lakal hamd la-a ilaha illa anta, anta robbiy xolaqtaniy va ana ‘abduka amantu bika muxlisol laka diyniy. Asbahtu ‘ala ahdika va va’dika mastato’tu va atubi ilayka min sayyii ‘amaliy vastag‘firuka lizunubiy. Innahu la-a yag‘firuz zunuba illa anta", desa, agar shu kuni  o‘lsa, unga jannat vojib bo‘ladi. Agar bu duoni kechasi aytsa va kechasi o‘lsa, unga jannat vojib bo‘ladi.  Faqat bunda "œasbahtu" ning o‘rniga "œamsaytu" deydi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:14:01
881. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œKimki tong ottirib, uch marta "œbismillahillaziy la-a yazurru ma’asmihi shay`un fil arzi va la-a fis sama`i va huvas sami’ul ‘alim", degan duoni o‘qisa, unga kechgacha hech qanday balo yetmaydi. Agar kech bo‘lganda aytsa, ertalabgacha hech qanday balo kelmaydi.

Aytishlaricha, bu hadisning roviylaridan biri Abbonga shol kasali tekkan edi. (Alloh o‘zi asrasin.) Shunda unga: "œBizga aytgan gapingiz qani?" deyishdi.  Abbon: "œAllohga qasamki, yolg‘on gapirmadim, menga ham yolg‘on gapirishmagan, lekin Alloh meni shu balo bilan imtihon qilishni xohlagan ekan, o‘sha duoni esimdan chiqartirib yubordi", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:14:10
882. Nofi’ Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladilar. U kishi aytdilar: "œPayg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga bir kishi kelib: "œEy Rosululloh, men kambag‘allashib qoldim", dedi. "œFarishtalarning salovoti, xaloyiqning tasbehi aytiladigan va ular rizqlanadigan paytda qaerda eding?" dedilar. "œU qaysi payt?" deb so‘radi. "œSubhonallohi va bihamdih, subhonallohil ‘aziym, astag‘firulloha", deb subh  kirishidan bomdod namozini o‘qiguningcha yuz marta aytsang, senga dunyo xokisor holda keladi", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:14:37
883. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) uxlamoqchi bo‘lsalar, ikki kaftlarini bir qilib, so‘ng ikkalasiga "œQul huvallohu ahad" va ikki  "œQul a’uzu"ni  o‘qib, puflab, so‘ng ikki qo‘llarini yuzlariga, boshlariga va boshqa joylariga surtar edilar".

Ikrimadan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilarki: "œBir kishi o‘tib ketayotib, uxlab yotgan kishining oldida ikkita shaytonni ko‘rdi. Ularning biri  sherigiga: "œBorib bu odamning  qalbini buz", dedi. Unisi haligi kishining yaqiniga  kelib, darhol orqasiga qaytdi va shunday dedi: "œU bir oyatni o‘qib yotibdi. Biz uning oldiga kirolmaymiz". So‘ng ikkinchisi uxlab yotgan kishining oldiga bordi. U ham qaytib ketdi va: "œTo‘g‘ri aytding", dedi. So‘ngra ular ketishdi. Keyin musofir uyqudagi kishini uyg‘otib,  shaytonlar bilan bo‘lgan ishni aytdi va "œUxlayotganingda qaysi oyatni o‘qib yotgan eding?" deb so‘radi. U:

"œAlbatta, Parvardigoringiz Alloh shunday zotdirki, osmonlar va yerni olti kunda yaratib, so‘ngra arshiga  o‘rnashdi", jumlasidan

"œZero, Allohning rahmati chiroyli amal qiluvchilarga yaqindir"gacha (A’rof, 54 — 56) o‘qiganini aytdi.

 Abu Majlaz aytadilar: "œKim zolim amirdan qo‘rqsa, "œroziytu billahi robban va bil islami diynan va bi Muhammadin (s.a.v.) nabiyyan va bil Qur`ani imaman va hukman",  desa, unga Alloh najot beradi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:14:46
884. Yahyo ibn Saiddan rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: "œXolid ibn Valid: "œEy Allohning elchisi, men tushimdan qo‘rqyapman", dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œA’uzi bikalimatillahit tammati min ‘azabihi va ‘iqobihi va sharri ‘ibadihi va min hamazatish shayatiyni  va a’uzu bika robbi an yahzurun, deb ayt".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:14:57
885. Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni Maozning (r.a.) qo‘llaridan ushlab aytdilar: "œSenga  vasiyat qilamanki, har namozingdan keyin ushbu: "œAllohuma a’inni ‘ala tilavati zikrika va shukrika va husni ‘ibadatika" duosini o‘qishni tark qilma.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:15:05
886. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) aytadilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) uyqudan uyg‘onsalar: "œAlhamdu lillahillaziy  ahyaniy ba’da  ma amataniy va ilayhin nushur", deb aytar edilar"œ.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:15:14
887. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: "œAgar birortangiz yomon tush ko‘rib, undan qo‘rqsa, chap tomoniga uch marta tuflasin va uning yomonligidan uch marta  Allohdan panoh tilasin. Shunda  u zarar bermaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:15:25
888. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "œBir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib: "œEy  Allohning elchisi, duolarning qaysisi afzal?" deb so‘radi.  "œRabbingdan avfni, dunyo va oxirat salomatligini so‘rashing afzal", dedilar. So‘ng uchinchi kun kelib,  yana shunday deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.): "œAgar avf,  dunyo va oxiratda salomatlik berilsa, albatta, najot topasan", dedilar"œ.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:15:34
889. Rivoyat qilishlaricha, Ibn Mas’ud (r.a.)  safarga chiqishni xohlasalar, ulovlariga minib, so‘ng: "œSubhanallaziy saxxoro lana haza va ma kunna lahu muqriniyn va inna ila robbina  lamunqolibun. Allohumma, antas sohibu fis safar, val xolifatu fil ahl.  Allohumma, atvi lanal arzo va havvin ‘alaynas safar. Allohumma, inna na’uzu bika min vu’asais safar val huru  ba’dal kur va kaabatil munqolibi va suil manzar fil ahli va mali val valad"œ, deb aytar edilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:16:17
890. Ibn Ma’sud (r.a.) aytadilar: "œAhlingiz bilan turmush qurayotganingizda   unga ikki rak’at namoz o‘qishni buyuring, so‘ng uning boshini ushlab, ey Parvardigor,  menga ahlimni barkotli qil. Ahlimga meni barakotli qil va mendan uni rizqlantir va undan meni rizqlantir. Bizlarning oramizga yaxshilikni jam qil", deb ayting".

Ja’far ibn Muhammad (r.a.) aytadilar: "œTo‘rt narsa bilan balolanib, to‘rt narsadan g‘aflatda qolgan kishiga hayronman:
G‘am bilan balolanib,

"œHech iloh yo‘q, magar o‘zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men (o‘z jonimga) jabr qiluvchilardan bo‘lib qoldim", degan oyatni o‘qimaganidan ajablanaman, chunki Alloh taolo:

"œBas, Biz uning (duosini) mustajob qildik va uni g‘am-g‘ussadan qutqardik. Biz mo‘minlarga shunday najot berurmiz (Anbiyo, 87 — 88-oyatlar), deb aytgan;
yomon narsadan qo‘rqib, menga Allohning o‘zi kifoya qiladi va u qanday yaxshi vakildir, deb aytmaganiga hayron bo‘laman, chunki Alloh taolo:

"œBas, u yurishdan biron noxushlik yetmay, Allohning ne’mat va fazli bilan qaytdilar. Ular Allohning roziligini istaydilar. Alloh esa ulug‘ fazlu marhamat sohibidir" (Oli Imron, 174-oyat), deb aytgan;
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:16:53
odamlarning hiyla makridan qo‘rqsa-da,
"œMen o‘z ishimni Allohga topshirurman. Zero, Alloh bandalarini ko‘rib turguvchidir", degan oyatni o‘qimaganiga hayronman, chunki Alloh taolo aytadi:

"œBas, Alloh u (iymon keltirgan kishi)ni ularning yomon makr-hiylalaridan saqladi va Fir’avn xonadonini yomon azob o‘rab oldi" (G‘ofir, 44 — 45);
jannatga rag‘bat qilaturib,

"œAlloh xohlagan narsagina (bo‘lur), bor kuch-quvvat yolg‘iz Alloh bilandir", oyatini o‘qimaganga ajablanaman, holbuki, Alloh taolo aytadi:

"œShoyadki, Parvardigorim menga sening bog‘ingdan yaxshiroq (bir bog‘) ato etar" (Kahf, 39 — 40-oyatlar)"œ.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:17:03
891. Qatoda aytadilar: "œBizlarga zikr qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.) zamonlarida bir kishi: "œEy Parvardigor, meni oxiratda azoblaydigan bo‘lsang, uni shu dunyoda bera qol", deb aytardi. So‘ng u kishi kasal bo‘ldi. Holdan toyib, erta-indin o‘ladigandek bo‘lib qoldi. Payg‘ambarga (s.a.v.) u haqda xabar berishdi. U zot kelib uning boshini ko‘tardilar. U hushsiz edi. So‘ngra aytishdi: "œEy Rosulylloh, bu odam shu-shu duoni o‘qirdi". Payg‘ambar (s.a.v.) shunda aytdilar: "œEy odam farzandi, sen Alloh taoloning azobini ko‘tarishga qodir emassan, shuning uchun  "œParvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato et va bizni do‘zax azobidan asra", deb ayt". U kishi shunday duo qildi va sog‘ayib ketdi".

Zikr qilinishicha, Utba G‘ulom vafot etganida bir kishi uni tushida ko‘rib: "œRabbing seni nima qildi?" deb  so‘rabdi. "œO‘qib yurgan duolarim sababli Alloh meni kechirdi. U devorda yozilgan", debdi Utba. Kishi uyg‘onib devorga qarasa, uning xati bilan yozilgan duoni ko‘ribdi: "œEy Parvardigor, ey namozxonlarning hidoyatchisi, ey gunohkorlarga rahm qilguchi, ey gunohkorlarning gunohini kechiruvchi! Bu katta xatardan bandangga va hamma musulmonlarga rahm et. Bizlarni rizqlanganlarning yaxshilaridan qil. Payg‘ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solihlardan bo‘lgan bandalaring bilan birga ayla. Ana o‘shalar chiroyli rafiqlardir. Birohmatika ya arhamar rohimiyn".

Aytishlaricha, kim ushbu besh kalima bilan har namozning orqasidan duo qilsa, evaz oluvchilardan deb yoziladi: "œAllohummaslih ummata Muhammad, Allohummarham ummata Muhammad. Allohumma farrij ‘an ummati Muhammad. Allohummag‘fir liummati Muhammad va lijami’i man amana bika".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:17:17
892. Abbon Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladilar. “Hajjoj ibn Yusuf u zotga g‘azab qilib: “Agar   Abdulmalik  ibn Marvonning  yozgani bo‘lmaganda seni shunday-shunday  qilardim”, dedi. Anas aytdilar: “Bunday qilishga qodir bo‘lmaysan”. Hajjoj: “Menga kim  mone’ bo‘ladi”, deb so‘radi. Anas: “Payg‘ambar (s.a.v.) menga o‘rgatgan duo,  uni har kuni  ertalab va kechqurun o‘qiyman”, dedilar. Hajjoj aytdi: “Uni menga  o‘rgat”. Anas ibn Molik (r.a.) bosh tortdilar. U majburlamoqchi bo‘ldi. U zot baribir aytmadi”. Abbon aytadi: “Bu duoni  Anas kasal bo‘lganlarida so‘radim”. U zot  aytdilarki: “Uch marta bismillahi ‘ala nafsiy va diniy, bismillahi ‘ala ahliy va maliy va valadiy. Bismillahi ‘ala kulli ma a’toniy robbiy, Alloh, Alloh, Allohu robbiy la-a ushriku bihi shay`an, Alloh, Alloh, Allohu robbiy la ushriku bihi  shay`an. Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar va a’azzu ajallu mimma axofu va uhaziru. Allohumma inniy a’uzi bika min sharri nafsiy va min sharri kulli shaytonir rojiym va min sharri kulli jabbarin ‘aniyd, ‘azza  jaruka va jalla sanauka va la-a ilaha g‘ayruka”. Keyin ushbu oyatni o‘qidilar:

“Ana endi ham yuz o‘girsalar, u holda ayting: Menga Allohning o‘zi yetarlidir! Hech  qanday iloh yo‘q, faqat uning o‘zi bordir! (Men uning)  o‘ziga  suyandim. U zot ulug‘ arsh sohibidir”  (Tavba, 129-oyat).

_________________
 Duo va tasbehlar bobi hadislari

875-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud, Nasaiy rivoyat qilgan.
876-hadis. Sahih. Molik, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
877 (a)-hadis. Sanadida noaniqlik bor.
877 (b)-hadis. Zaif. Ibn Sano rivoyat qilgan.
878-hadis. Sahih. Muslim, Molik, Ahmad rivoyat qilgan.
879-hadis. Zaif. Haysamiy rivoyat qilgan.
880-hadis. Zaif. Haysamiy, Tabaroniy rivoyat qilgan.
881-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
882-hadis. Mavzu’. “Tanzihush-shari’a”ga qarang.
883-hadis. Muttafaqun alaqh.
884-hadis. Sahih. Molik, Nasaiy rivoyat qilgan.
885-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
886-hadis. Sahih. Buxoriy, Abu Dovud rivoyat qilgan.
887-hadis. Muttafaqun alayh.
888-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
889-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
890-hadis. Sahih. Ibn Abu Shiyba, Tabaroniy rivoyat qilgan.
891-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy rivoyat qilgan.
892-hadis. Zaif.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:17:35
SAKSON BIRINCHI BOB
MULOYIMLIK TO‘G‘RISIDA


893. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar.  Oyisha (r.a.) aytdilar: "œBir necha yahudiylar Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kirishga ruxsat so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) ruxsat berganlaridan keyin ular:

"œAssomu alayka" (ya’ni, senga o‘lim bo‘lsin ), deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.): "œVa alaykum" dedilar. Oyisha onamiz (r.a.) shunda: "œSizlarga o‘lim va la’nat bo‘lsin", dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.): "œEy Oyisha, Alloh taolo har bir ishda  muloyimlikni yaxshi ko‘radi" dedilar. Oyisha onamiz: "œ Axir ular nima deyishganini eshitmadingizmi?" deb aytdilar. Nabiy (s.a.v.): "œVa alaykum" (Ya’ni sizlarga ham) dedim-ku", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:17:45
894. Oyisha onamizga (r.a.) Payg‘amar (s.a.v.) aytdilar: "œEy Oyisha, kimga hilmdan nasiba berilsa, albatta, unga dunyo va oxirat yaxshiligi berilibdi. Kim hilm nasibasidan mahrum etilsa, dunyo va oxirat yaxshiligidagi nasibasidan mahrum bo‘libdi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:17:52
895. Said ibn Musayyabdan (r.a.)rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v) aytdilar: "œAqlning boshi Allohga  bo‘lgan iymondan keyin odamlar bilan murosai madora qilish va ularga muhabbatli bo‘lishdir. Kishi kengash maslahatdan halok bo‘lmaydi. Kishi o‘zining fikri bilan kifoyalansa, baxtli bo‘lolmaydi. Agar Alloh  bandaning halok bo‘lishini xohlasa, avvalo uning fikri buziladi. Albatta, dunyoda yaxshilik ahllari bo‘lganlar oxiratda ham yaxshilik egalaridir. Dunyodagi yomon ish egalari bo‘lganlar, oxiratda ham yomonlik egalaridir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:18:00
896. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar.  Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAlloh taolo rafiqdir (ya’ni, muloyimdir) va rafiqlikni yaxshi ko‘radi. G‘azab bilan olinmagan  narsa muloyimlik bilan olinadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:18:08
897. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œAgar Alloh taolo uy ahliga yaxshilikni xohlasa, ularga yumshoqlikni kirgizadi. Agar yumshoqlik xulq bo‘lsa, odamlar undan yaxshiroq xulqni ko‘rmaydilar. Agar bema’nilik xulq bo‘lsa, odamlar undan yomonrq xulqni ko‘rmaydilar».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:18:15
898.Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "œMen bir katta  tuyaning ustida edim. Tezroq yursin deb uni ura boshladim". Payg‘ambar (s.a.v.) shunda: "œEy Oyisha,  yumshoq  bo‘l, chunki qaysi narsada yumshoqlik bo‘lsa, uni  ziynatlaydi va qaysi narsada bo‘lmasa, u badnom bo‘ladi", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:18:40
899. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "œUshbu:
"œQachon Allohning yordami va g‘alabasi kelsa" oyati  tushganida, Payg‘ambar (s.a.v.) kasal edilar. Payshanba kuni odamlar oldiga chiqmoqchi bo‘ldilar. Boshlarini bog‘ich bilan bog‘lab olgan edilar. So‘ngra minbarga ko‘tarildilar. Ranglari sarg‘aygan, ko‘zlarida yosh bor edi. Keyin Bilolni chaqirib, Madina ahlini vasiyatlarini eshittirishlari uchun jam qilishga  buyurdilar. Zero, u Rasulullohning (s.a.v.) oxirgi vasiyatlari edi. Bilol  Madina ahlini chaqirganida, ularning katta-yu kichik hammasi yig‘ildi. Uydagilar uylarini, bozordagilar bozorlarini tashlab kelishdi. Hatto unashtirilgan qizlar Payg‘ambarning (s.a.v.) vasiyatlarini eshitish uchun chiqishdi. Masjid yig‘ilganlarga torlik qildi.. Payg‘ambar (s.a.v): "œOrqadagilarni ham sig‘diringlar", dedilar. U zot (s.a.v.) yig‘lab turardilar. So‘ng: "œInna lillahi va inna ilayhi roji’un", dedilar va Allohga hamdu   sano o‘qidilar, payg‘ambarlarga va jumladan  o‘zlariga ham salovat yo‘lladilar. Keyin aytdilar: "œMen Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmuttalib ibn Hoshim al-arabiy al-xaramiy al-makkiyman. Mendan keyin payg‘ambar yo‘qdir.

 Ey odamlar, bilinglar, mening jonim uzilish arafasida, dunyodan ayrilish vaqtim keldi. Rabbim bilan ko‘rishishga mushtoqman. E voh, ummatimga firoq. Mendan keyin nimalar deydilar, Allohim, salomat qil, salomat qil. Ey odamlar, Alloh taolo sizlarga tushirgan hukmlarida nima halol  va nima harom, nimalar qilishlaringiz, nimalardan saqlanishingizni bayon qilib berdi. Uning halol narsalarini halol denglar, xarom qilganini harom denglar. Mutashobih oyatlariga iymon keltiringlar, muhkam, ya’ni, ochiq-ravshan oyatlarini qattiq ushlanglar. Misollardan ibratlaninglar".

Keyin boshlarini osmonga ko‘tarib: "œEy Parvardigor, yetkazdimmi? Guvoh bo‘lgin", dedilar. So‘ng yana so‘zlarini davom etdilar: "œEy odamlar, Alloh taolodan uzoq, xorlangan, adashgan, jannatdan uzoq, do‘zaxga yaqin bo‘lgan nafsi havodan saqlaninglar. Jamoat va istiqomat qilishni(to‘g‘ri yo‘lda yurishni) mahkam tutinglar. Chunki u Allohga, jannatga yaqin va do‘zaxdan uzoqdir... Ey Parvardigor, yetkazdimmi? Ey odamlar, dinlaringda va omonatlaringda Allohni unutmanglar, qo‘llaring ostidagilaring borasida ham Allohni yoddan chiqarmanglar. Yegan narsalaringdan ularga ham yediringlar va  kiygan narsalaringdan kiydiringlar. Ularni toqati yetmaydigan ishlarga buyurmanglar. Chunki ular ham go‘sht,  qon va xulqda sizga o‘xshaydi. Ogoh bo‘linglar, kim ularga zulm qilsa, qiyomat kuni men unga xusumat qilaman. Alloh ularning hokimidir.  Xotinlaringiz xususida  ham ehtiyotkor bo‘linglar. Mahrlariga vafo qilinglar. Ularga zulm qilmanglar. (Zulm qilsanglar) qiyomat kuni yaxshiliklaringdan mahrum etadi.... Yetkazdimmi?
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:19:06
Ey odamlar, o‘zlaringni va ahllaringni do‘zaxdan saqlanglar. Ularga ilm va odob beringlar. Chunki ular sizlarga yordam beruvchi va omonatdirlar... Yetkazdimmi?

Ey odamlar, ishlaringizdagi boshliqlarga itoat qilinglar, ularga osiy bo‘lmanglar. Agar-chi u biror a’zosi kesilgan habash qul bo‘lsa ham. Chunki kim ularga itoat qilsa, menga itoat qilibdi. Kim menga itoat qilsa, Allohga itoat qilibdi. Kim ularga isyon qilsa, menga isyon qilibdi. Kim menga isyon qilsa, Allohga osiy bo‘libdi. Ogoh bo‘linglar, ularga qarshi chiqmanglar. Ularning ahdlarini buzmanglar.... Yetkazdimmi?

Ey odamlar, mening ahlimni yaxshi ko‘ringlar, Qur’onni ko‘targanlarni yaxshi ko‘ringlar, olimlaringizni yaxshi ko‘ringlar. Ularga hasad etmanglar, g‘azab qilmanglar, ta’na toshi otmanglar. Ogoh bo‘linglar, kim ularni yaxshi ko‘rsa, meni yaxshi ko‘ribdi. Kim meni yaxshi ko‘rsa, Allohni yaxshi ko‘ribdi. Kim ularga g‘azab  qilsa, menga g‘azab qilibdi. Kim menga g‘azab qilsa, Allohga g‘azab qilibdi... Yetkazdimmi?

Ey odamlar, besh vaqt namozni tahoratini chiroyli olib, ruku’ va sajdalarini maromiga yetkazib o‘qinglar. Ey odamlar, mollaringizning zakotlarini ado qilinglar. Ogoh bo‘linglar! Kim zakotni ado etmasa, uning uchun  namoz yo‘qdir. Ogoh bo‘linglar! Kimda namoz bo‘lmasa, unda din, ro‘za, haj va jihod ham yo‘q. Ey Parvardigor, yetkazdimmi?

Ey odamlar! Kim  yo‘lga  qodir bo‘lsa, o‘sha kishiga Alloh taolo hajni farz qildi. Kim haj qilmasa, xohlagan holatida, yahudiy bo‘libmi, nasroniy yo majusiy  bo‘libmi, o‘lsin. Faqat bir  kasallik bilan og‘rigan yoki zolim podshoh uni man’ qilgani tufayli (haj qilolmasa) u uzrlidir. Ogoh bo‘linglar, qodir bo‘la turib, haj qilmaganlar uchun  shafoatim yo‘q va havzimga yetolmaydi. Yetkazdimmi?

Ey odamlar! Alloh taolo sizlarni qiyomat kuni bitta katta tepalikda jam qiladi. U kun og‘ir kundir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:19:55
"œU kunda molu davlat va bola-chaqa foyda bermas" (Shuaro, 88-oyat) Yetkazdimmi?

Ey odamlar! Tillaringizni saqlanglar, ko‘zlaringizni namlanglar, qalblaringizni bo‘ysundiringlar, bandalaringizni charchatinglar, dushmanlaringizga qarshi kurashinglar, masjidlaringizni ta’mirlanglar, iymonlaringizda ixlosli bo‘linglar. Birodaringizga nasihat qilinglar, o‘zingiz uchun yaxshi amal qilib qolinglar, farjlaringizni saqlangizlar,  mollaringizdan sadaqa beringlar, hasad qilmanglar. Chunki hasad yaxshiliklaringizni ketkazadi. Bir-biringizni g‘iybat qilmanglar, halok bo‘lasizlar....Yetkazdimmi?

Ey odamlar! Qullaringizni ozod etishga harakat qilinglar Kambag‘al va yo‘qsil bo‘ladigan  kuningiz (ya’ni, qiyomat kuni) uchun yaxshilik qilinglar.

Ey odamlar!  Zulm qilmanglar. Chunki Alloh taolo u zulm qiluvchini ushlovchi zotdir. Sizlarning hisob-kitobingiz Uning qo‘lida. Uning huzuriga  qaytajaksiz. Albatta, U zot sizlarning gunoh qilishingizga  rozi bo‘lmaydi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:20:04
Ey odamlar! Albatta,

“Kim biron yaxshi amal qilsa, o‘zi uchundir. Kim yomonlik qilsa, o‘z ziyoniga qilur. Parvardigoringiz bandalariga zulm qiluvchi emasdir” (Fussilat, 46-oyat);

“Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz, so‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi” (Baqara, 281-oyat).

Ey odamlar! Men Rabbimga qaytuvchiman. Umrim poyoniga yetdi. Dinlaringiz va omonatlaringizni Alloh taologa topshiraman. Ey ashoblarim, ey ummatim, sizga salom bo‘lsin. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh”. Keyin minbardan tushib  uylariga kirdilar. Shundan keyin Payg‘ambar (s.a.v.)  boshqa chiqmadilar”.

__________________
Muloyimlik bobi hadislari

893-hadis. Muttafaqun alayh.
894-hadis. Sahih. Qazoiy, Bag‘aviy rivoyat qilgan.
895-hadis. Zaif. Ibn Abud Dunyo rivoyat qilgan.
896-hadis. Sahih. Ibn Mojja, Ibn Hibbon rivoyat qilgan.
897-hadis. Avvalini Ahmad, qolganini Hokim rivoyat qilgan.
898-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
899-hadis. Juda zaif.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:20:25
SAKSON IKKINCHI BOB
SUNNATGA AMAL QILISH


900. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Molik aytdilar: Menga Payg‘ambarning (s.a.v.): "œSizlarga ikki narsani qoldirdim. U ikkovini ushlasanglar, hech qachon  adashmaysizlar. Ular Allohning kitobi va mening sunnatimdir", deganlarini aytib berishdi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:20:32
901. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œSunnatda ozgina amal qilish, bid’atda ko‘p amal qilishdan yaxshi. Har bir bid’at adashish va har bir adashish do‘zaxdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:20:43
902. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "œSunnatda iqtisod qilish, bid’atda ijtihod qilishdan yaxshidir".

Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: "œSo‘z amal bilan durust bo‘ladi. Amal va so‘z niyat bilan durust bo‘ladi. So‘z, amal va niyat sunnat bilan durust bo‘ladi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:20:52
903. Ma’aqqal ibn Yasor (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: "œIkki kishiga mening shafoatim yetmaydi. (Boshqa rivoyatda: "œUmmatimdan  ikki toifaga", deyilgan). Zolim boshliqqa va din ishida chuqur ketuvchiga, (ya’ni dinda chuqur ketib, sunnat va jamoat yo‘lidan chiqqan kishiga).

Ubay ibn Ka’b (r.a.) aytadilar: "œAlloh kitobi va sunnatni mahkam tutinglar. Qaysi banda Qur’on va hadis yo‘lida Allohni zikr qilib, Allohdan qo‘rqqanidan ko‘zi yoshlansa, unga hech qachon do‘zax o‘ti tegmaydi. Qaysi banda Alloh va sunnat yo‘lida bo‘lsa, Rahmonni eslab, ko‘ziga yosh kelsa va  terilari qaltirasa, bu hol daraxtning yaproqlari qurib, shamol uning yaproqlarini to‘kishiga o‘xshaydi. Albatta, Kitob va sunnat  yo‘lida iqtisod Qur’on va sunnat xilofida ijtihod qilishdan yaxshidir. Amallaringiz hoh iqtisod, hoh ijtihod bo‘lsin, payg‘ambarlar sunnatlari va yo‘llariga muvofiq bo‘lishiga e’tibor beringlar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:20:59
904. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œBani Isroil yetmish bitta firqaga ajralib ketdi va mana bu ummat yaqinda yetmish ikki firqaga ajraladi. Yetmish bittasi do‘zaxda va bittasi jannatdadir". "œEy Rasululloh, bu bittasi kimlar?" deb so‘radilar.  Aytdilar: "œ Ahli sunna va jamoa".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:21:10
905. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yana aytadilar: "œFasod paytida sunnatimni mahkam ushlaydigan ummatlarimning ajri yuzta shahidning ajri kabidir".

Aytishlaricha, Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) bunday deganlar: "œSizlarni kattalarni qaritadigan, kichiklarni katta qiladilan fitna qamrab olsa, odamlar ularga aldansalar, uni sunnat qilib olsalar, keyin o‘zgartirsalar va boshqasiga amal qilinsa, bu munkar ish, deb aytilsa,  nima qilasizlar?" Bir kishi so‘radi: "œEy Abu Abdurahmon, bu qachon bo‘ladi?" "œAgar ishonchlaringiz kamaysa, boshliqlaringiz ko‘paysa, faqihlaringiz kamaysa, qorilaringiz ko‘paysa,  oxirat amali bilan dunyo qo‘lga kiritilsa, dindan boshqa narsani yaxshi tushunsalar, ana shu vaqtda ustlaringizda bir boshliqlar bo‘ladiki, agar ularga itoat qilsanglar  adashasizlar, agar  osiylik qilsanglar, sizlarni o‘ldiradilar", dedilar Ibn Ma’sud. "œBizlarga nima buyurasiz, ey Abu Abdurahmon?" deb so‘rashdi. "œUyingda o‘tirib amal qil, unday qilmasang, olov yaxshidir", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:21:21
906. Faqih rivoyat qiladilar. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytdilar: "œBizlarga Payg‘ambar (s.a.v.) xutba qilib dedilar: "œEy odamlar, sahobalarimni hurmat etinglar, ularga yaxshilik qilinglar, ularni yaxshi ko‘ringlar. Chunki odamlarning yaxshisi sahobalarimdir. Men  ularga  (payg‘ambar qilib) yuborilganimda, ular Allohga iymon keltirib, meni tasdiqlashdi, Allohdan nima hukm keltirgan bo‘lsam, hammasiga iymon keltirishdi va ularga amal qilishdi.

So‘ngra ulardan keyingi odamlarning yaxshisi ulardan keyingi  asrdagilar. Ular meni ko‘rishmasa ham, iymon keltirib, Alloh amriga ergashishadi. So‘ngra (odamlarning yaxshisi) ulardan keyingi asrdagilar. Ular ham menga iymon keltirishadi.

So‘ng ulardan keyin shunday kishilar kelishadiki, ular namozlarini zoe’  qiladilar, shahvatlarga ergashadilar, buyurgan narsalarimni tashlab, undan qaytarganlarimni qiladilar, dinning nafslariga yoqqan tomoninigina oladilar, odamlar orasida amallari bilan riyo qiladilar,  so‘ralmasa-da, qasam ichadilar, guvohlik so‘ralmasdan guvohlik beradilar, omonat berilsa, xiyonat qiladilar, omonatni ado etmaydilar, gapirganlarida yolg‘on gapiradilar, qilmaydigan narsalarini aytadilar, ulardan ilm va hilm ko‘tariladi, ularda johillik va buzuq ishlar zohir bo‘ladi, ulardan hayo va omonatdorlik  ko‘tariladi, ularda hiyonat va yolg‘onchilik, ota-onaga oq bo‘lish, qarindoshchilikni uzish, uzun-uzun orzular, baxillik, dunyoga hirs, ochko‘zlik,  hasad, zulm, yomon xulq, yomon qo‘shnichilik  ko‘payib yoyiladi. Ular dindan  kamondan o‘q chiqqanidek chiqib ketadilar, qiyomat faqat odamlarning yomonlari qolganda  qoim bo‘ladi. Agar sizlarni jannat kengligida va ne’matlarida turish xursand qilsa, sunnat va jamoatni mahkam tutinglar. Ishlarning yangilaridan saqlaninglar. Chunki har bir  yangi narsa bid’atdir va har bir bid’at zalolatdir. Albatta, Alloh taolo hech qachon Muhammadning ummatini zalolat ustiga birlashtirmaydi. Bas, kim toat ipini yechsa, jamoatdan ajralsa, Alloh amrlarini zoe’ qilsa va Alloh hukmlariga xilof bo‘lsa, g‘azab qilingan holda Allohga yo‘liqadi va Alloh uni do‘zaxga kirgizadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:21:28
907. Arboz ibn Soriya Salamiy (r.a.) aytadilar: "œBizlarga Rasululloh (s.a.v.) ta’sirchan bir xutba  qildilar. Uning sababidan ko‘zlar yoshga to‘ldi, qalblar eridi. Sahobalardan bir kishi: "œEy Allohning elchisi, bu vidolashuv mav’izasi bo‘ldi. Bizlarni nimaga buyurasiz?" deb aytdi.  Nabiy: "œAllohga taqvo qilishga,  eshitish va toatga buyuraman. Chunki mendan keyin  ko‘p ixtiloflarni ko‘rasizlar. Ishlarning yangilaridan saqlaninglar. Chunki u adashishdir. Kim o‘sha vaqtga yetsa, mening sunnatimni va to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalarimning yo‘lini mahkam tutsin. Ularni oziq  tishlaringiz bilan tishlanglar", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:21:35
908. Abu Said Xudriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: "œKim halol yesa, sunnatga amal qilsa, odamlar uni yomonligidan omon bo‘lsalar, jannatga kiradi". "œEy Alohning elchisi, bunday  kishilar odamlar orasida ko‘p-ku?" deyishdi. Aytdilar: "œMendan keyingi asrlarda ular kamayadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:21:52
909. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) menga bir chiziq chizdilar va bu Allohning yo‘lidir", dedilar. So‘ng uning o‘ng va chapiga qaratib, bir necha chiziq chizdilar.  Aytdilarki:  "œBu yo‘llarning ustida shayton bor va o‘zining yo‘liga chaqiradi". So‘ng ushbu oyatni o‘qidilar:

"œAlbatta, mana shu mening to‘g‘ri yo‘limdir. Bas, bu yo‘lga ergashinglar. Boshqa yo‘llarga  ergashmangizlar-ki, ular sizlarni Uning yo‘lidan uzib qo‘yar, shoyad, taqvo qilsangiz, deb sizlarni mana shu narsalarga buyuradi" (An’om, 153-oyat)
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:22:00
910. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: "œHar narsaning ofati bordir. Bu dinning ofati hoyu havasdir".

Mujohid (r.a.) aytadilar: "œMenga Allohning ikki ne’matidan qay biri Islomga hidoyat etganimi yoki hoyu havasdan salomat qilganimi, ulug‘roq ekanini bilmayman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:22:11
911. Abu Zarr (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytdilar: “Kim  jamoatga bir qarich xilof qilsa, Islom ahdini bo‘ynidan yechibdi”.

Uvays Qaraniy Xaram ibn Hayyonga vasiyatida aytadilar: “Jamoatdan ajralishdan saqlan, chunki o‘zing bilmagan holda diningdan ajralib qolasan.  So‘ngra qiyomat kuni do‘zaxga kirasan.
Alloh biluvchiroqdir.

_________________
Sunnatga amal qilish bobi hadislari

900-hadis. Sahih. Molik rivoyat qilgan.
901-hadis. Zaif.
902-hadis. Sahih-mavquf. Doramiy, Hokim rivoyat qilgan.
903-hadis. Hasan. “As-sahiha”ga qarang.
904-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan.
905-hadis. Juda zaif.
906-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Termiziy rivoyat qilgan.
907-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
908-hadis. Zaif. Termiziy, Hokim rivoyat qilgan.
909-hadis. Sahih. Ahmad, Hokim rivoyat qilgan.
910-hadis. Juda zaif. “Za’iful-jome’”ga qarang.
911-hadis. Sahih. Ahmad va Abu Dovud rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:22:40
SAKSON UCHINCHI BOB
OXIRAT ISHLARIGA QAYG‘URISH


Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar. Sobit ibn Xajjoj Umar ibn Xattobning (r.a.) bunday deganlarini rivoyat qildilar: "œO‘lchanishlaringizdan avval o‘zlaringizni o‘lchanglar, hisob  berishingizdan oldin o‘zlaringizni sarhisob qilinglar. Ro‘para bo‘linadigan ulug‘ kun uchun ziynatlaninglar. U  kun qiyomat kunidir.

"œO‘sha kunda sizlar (hisob-kitob uchun Allohga) ro‘para qilinasizlar,  sizlarning biron siringiz maxfiy qolmas" (Al-Haqqa, 18-oyat).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:22:49
912. Faqih aytadilar: Abu Zarr (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) Alloh taoloning shunday deganini rivoyat qilganlar: "œEy bandalarim, men zulmni o‘zimga  harom qildim. Sizlarning oralaringizda ham harom qildim. Bir-biringizga zulm qilmanglar. Ey bandalarim, hidoyat qilganlarimdan boshqalaringiz  adashguvchisiz. Mendan hidoyat so‘rangizlar, hidoyat qilaman. Ey bandalarim, men taomlantirganlarimdan boshqalaringiz ochsizlar. Mendan taom berishimni so‘ranglar, sizlarni oziqlantiraman. Ey bandalarim, hammalaringiz yalang‘ochsiz, faqat men  kiyintirganlar  yalang‘och emas. Mendan kiyim kiydirishimni so‘ranglar, kiyintiraman. Ey bandalarim, sizlar kechasiyu kunduzi xato qilasizlar. Men hamma gunohlarni kechiraman. Mendan gunohlaringizni kechirishimni so‘ranglar, sizlarni  kechiraman.

Ey bandalarim, agar avvalgilaringizu oxirgilaringizning,  insonlaru jinlarning taqvosi  bir kishining qalbida bo‘lsa, o‘sha narsa Mening mulkimda hech narsani ziyoda qilmaydi.

Ey bandalarim, agar avvalgilaringizu  oxirgilaringizning, jinlaru  insonlarning fujuri  bir kishining qalbida bo‘lsa, u narsa Mening mulkimdan hech narsani kamaytirmaydi.  Ey bandalarim, agar avvalgilaringizu oxirgilaringiz,  insonu  jinlaringiz bir tepalikda turib, har biri hojtini Mendan  so‘rasa va ularga bersam, huzurimdagi hech narsani kamaytirmaydi. Kamaytirsa ham, bitta igna  dengizga bir botirilib, keyin undagi suvdan olib chiqqanchalik kamaytiradi. Ey bandalarim, albatta,  bular sizlarning amallaringiz, ularni sizlar uchun saqlab qo‘yaman va qiyomat kuni o‘zingizga qaytaraman. Bas, kim yaxshilik topsa, Allohga hamd aytsin, kim undan boshqasini topsa, faqat o‘zini malomat qilsin".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:23:08
913. Abu Said Xudriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy aytdilar: "œKasallarni ziyorat qilinglar, janozalarga qatnashinglar,  u sizlarga oxiratni eslatadi".

 Hakim zotlardan biri tobut orqasidan mayyit haqqiga rahmat so‘rayotgan  kishilarni ko‘rdi. Shunda u: "œAgar o‘zlaringizga rahmat so‘rasangiz  yaxshi bo‘lardi. Chunki  u o‘ldi va uch narsadan qutildi: o‘lim farishtasini ko‘rishdan, o‘limning  achchig‘idan, yomon xotima topish xavfidan", dedi.

 Aytishlaricha, Abu Dardo (r.a.) tobut  orqasidan bir kishining: "œBu kim edi?" degan so‘zlarini eshitdilar. Shunda unga  Abu Dardo: "œBu sensan, agar  karih  ko‘rsang, u menman. Alloh taolo:
 
"œ(Ey Muhammad) hech shak-shubhasiz, siz ham o‘lguvchidirsiz, ular ham o‘lguvchidirlar" (Zumar, 30-oyat), deb aytgan", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:23:38
Hasan Basriydan rivoyat qilinishicha, u zot bir kishining qabristonda ovqatlanayotganini  ko‘rdilar. So‘ngra: "œBu odam munofiq ekan, o‘lim ikki ko‘zi orasida bo‘laturib, taomni ishtahasi tortyapti".

Yana Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "œAjabo, bir qavm oxiratga tayyorgarlik ko‘rishga buyurildi, ammo avvalgilari keyingilariga qarab o‘ynab o‘tirishdi".

Rivoyat qilinishicha, Hasan Basriy qachon tobutni   ko‘rsalar, onalarining dafnlaridan qaytgandek bo‘lar edilar.

Ibrohim Taymiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "œKim xotirjam  bo‘lsa, jannati bo‘lolmay qolishdan xavf qiladi. Chunki,  ahli jannatlar:

"œHaqiqatan bizlar ilgari (hayotiy dunyoda) ahli oilamiz orasida (bo‘lgan  chog‘imizda, oxiratda Allohning azobiga duchor bo‘lishdan) qo‘rqar edik" (At-tur,  26-oyat), deb aytadi».

Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot  aytdilar: "œQur’onni ko‘targan kishi kechqurun odamlar uxlaganida bedorligi bilan, kunduzini odamlar  og‘zi ochiq bo‘lganida ro‘zasi bilan, odamlar xursand bo‘lganlarida g‘amgin bo‘lish bilan, odamlar kulganlarida  yig‘lash bilan, odamlar gapirganida jim turish bilan, odamlar gerdayganlarida xushu’ bilan ajralib turishi kerak. Qur’onni ko‘targan kishi g‘amgin, halim, sokin, yumshoq bo‘lishi lozim. Dag‘al, g‘ofil, baqiroq va serjahl bo‘lmasligi kerak.

Shaqiq ibn Ibrohim (r.a.) aytadilar: "œBanda uchun g‘am va xavfdan  yaxshiroq do‘st yo‘qdir. G‘am o‘tgan gunohlar, xavf qachon tushishi noma’lum bo‘lgan gunohlar uchundir".

Hakim aytadilar: "œKim uch o‘rindan boshqa payt g‘amgin va xafa bo‘lsa, u xafachilikni ham, xursandchilikni ham bilmabdi: iymon g‘ami, chunki umri iymon bilan tugaydimi yoki yo‘qmi, bilmaydi;  Alloh amri uchun bo‘lgan g‘am, ularni mukammal qildimi yoki yo‘q, buni ham bilmaydi; xusumatchilar g‘ami, ulardan qutuladimi yoki yo‘q, noma’lum".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:23:47
914. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi.  Payg‘ambar (s.a.v.)  aytdilar: "œKo‘zdan suv tushsa, Alloh uni do‘zaxda yondirishni harom qiladi, agar ko‘z yoshi yuzga  tushsa, u musibat va xorlik bilan jabrlanmaydi. Har bir yaxshi amalning savobi bordir. Faqatgina ko‘z yoshi olov dengizini o‘chiradi. Agar ummat ichida bir banda Allohdan qo‘qib yig‘lasa, Alloh taolo u ummatga o‘sha banda yig‘lagani uchun rahm qiladi".

Ka’bul Ahbordan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi  aytdilar: "œAllohdan qo‘rqib yig‘lashim va ko‘z yoshlarimning yuzimga oqishi menga tanam og‘irligicha tilloni sadaqa qilishimdan yaxshiroqdir. Qaysi banda  Alloh taolodan qo‘rqib  yig‘lasa,  ko‘z yoshidan bir tomchisi yerga oqsa, toki tomchi osmonga chiqib ketmaguncha, unga do‘zax o‘ti tegmaydi. Holbuki, osmondan tushgan tomchi qaytmagani singari u ham hech qachon samoga qaytmaydi. Dunyoda Allohdan qo‘rqib yig‘lagan kishiga hech qachon do‘zax o‘ti yetmaydi».
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:23:58
915. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: "œBir bandaning ko‘zidan pashshachalik yoki pashshaning boshichalik ko‘z yoshi Allohdan qo‘rqqani uchun oqsa va yuziga tushsa, unga abadiy do‘zax o‘ti tegmaydi".

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "œFaqat Allohning fazli bilangina ko‘z yosh chiqaradi. Farishta kishining qalbini silamagunicha uning ko‘zidan yosh chiqmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:24:21
916. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAlloh taologa ikki tomchidan-da sevimliroq tomchi yo‘q. Ulardan biri qorong‘u kechadagi ko‘zyoshning tomchisi va yana biri Alloh yo‘lida to‘kilgan qon tomchisi".

Ziyod Namiriydan rivoyat qilinadi.  U kishi aytdilar: "œ Alloh taolo ba’zi kitoblarida: "œAgar bandam Mendan qo‘rqib yig‘lasa, uni intiqomimdan xalos qilaman. Agar bandam Mendan qo‘rqib yig‘lasa,   yig‘isini qudsiy nur tabassumlariga almashtirib qo‘yaman, deb aytgan".

Umar ibn Abdulazizdan rivoyat qilinadi. U kishi bir kechasi namoz o‘qidilar. So‘ngra:

"œO‘shanda (ya’ni do‘zaxga tashlanganlarida) ular bo‘yinlarida kishan va zanjirlar bilan qaynoq suv tomonga sudralurlar, so‘ngra olovda yondirilurlar" (G‘ofir,  71-72) oyatini qiroat qildilar va bomdodgacha takrorlab, o‘qib yig‘ladilar.

Tamim Doriydan rivoyat qilinadi. U kishi Alloh taoloning:
"œBalki yomonlik — gunohlar kasb etgan kimsalar, Biz ularni ham iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan zotlar kabi qilishimizni o‘ylagan edilar".  (Josiya,  21) degan oyatini subhgacha takror-takror o‘qib yig‘ladilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:24:48
917. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: “U zot (s.a.v.)

“Agar ularni azoblasang, ular Sening ojiz bandalaring, agar ularni mag‘firat qilsang, albatta, Sen o‘zing qudrat hikmat egasidirsan” (Moida, 118)oyatini subhgacha takrorlab yig‘ladilar”.

Xabarlarda kelishicha, Dovud (alayhissalom) bir gunoh qo‘yib, keyin ichimlik ichsalar, uni yarmi ko‘z yoshi bilan aralashgan bo‘lar edi.

Bahz ibn Hakim aytadilar: “Biz bilan birga Zirora ibn Ubay Avfiy namoz o‘qidi. So‘ng “Qachon (qiyomat qoyim bo‘lgani haqida xabar berib) burg‘u chalinganda” (Muddassir, 8) oyatini tilovat qilib  vafot etdi”.

Alloh taolo bizni ham shunday rizqlantirsin.

_________________
Oxirat ishlariga qayg‘urish bobi hadislari

912-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
913-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan.
914-hadis. Zaif. Ibn Adiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
915-hadis. Zaif. Ibn Mojja, Asbahoniy rivoyat qilgan.
916-hadis. Juda zaif. Asbahoniy rivoyat qilgan.
917-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. Ahmad, Nasaiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:25:22
SAKSON TO‘RTINCHI BOB
KISHINING QANDAY TONG OTTIRISHI TO‘G‘RISIDA


918. Faqih Abu Lays Samarqandiy Mujohiddan rivoyat qiladilar. U kishi  aytdilar: "œMenga Abdulloh ibn Umar (r.a.): "œEy Mujohid, ertalab  tursang, kechgacha yashayman deb o‘ylama, kech qilsang,   ertalabgacha umrim bor,  deb o‘ylama. O‘limdan oldin hayotingni, kasal bo‘lmasdan oldin salomatligingni g‘animat bil. Chunki ertaga o‘likmi yo tirik  bo‘lishingni bilmaysan", dedilar".

Hakimlardan biri aytadilar: "œAgar kishi ertalab tursa, to‘rt narsani niyat qilmog‘i lozim:
1) Alloh unga farz qilgan narsalarni ado etishni;
2) Alloh qaytargan narsalardan qochishni;
3) muomalada bo‘ladigan kishilarga insof qilishni;
4) o‘zi bilan xusumatchilari orasini isloh qilishni.

Agar mana shu niyatlar  bilan tong ottirsa, najot topishiga, solihlardan bo‘lishiga  umid qilinadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:25:46
Hakimlarning yana  biriga: "œKishi qaysi niyat bilan to‘shakdan turishi kerak", deb savol berildi. "œAvval qanday yotganiga qaraladi, so‘ng turish haqida so‘raladi. Qanday uxlashni bilmagan kishi qanday turishni ham bilmaydi", dedi u. Keyin yana aytdi: "œBanda uch narsani isloh qilmasdan turib uxlamog‘i durust emas:
1. Xusumatchisi bo‘laturib, undan  kechirim so‘rab, haqqini halol qilmasdan  yotmog‘i durust bo‘lmaydi. Chunki  o‘lim farishtasi  kelib, jonini olsa, Robbiga ro‘baro‘ bo‘lganida  u uchun hujjat yo‘qdir.
2. Alloh taoloning farzlarini qoldirib, uxlamog‘i durust emas.
3. O‘tgan gunohlariga tavba qilmasdan uxlamog‘i ham durust bo‘lmaydi. Chunki kechasi o‘lim kelib qolsa, gunohlari bo‘ynida ketadi".

Aytishlaricha, kishilar uch xil tong ottiradi: bir xili mol talabida, bir xili gunoh talabida va bir xili yo‘l talabida. Mol talabida tong ottirganlar Alloh taolo rizq qilib berganidan ortiq yeya olmaydilar, garchi mol ko‘p bo‘lsa ham. Gunoh talabida tong ottirganlarga xorlik va gunoh yopishadi. Kim yo‘l talabida tong ottirsa, Alloh taolo rizqni ham, yo‘lni ham beradi".

Yana bir hakim zot aytadi: "œKim tong ottirsa, unga ikki ish lozim bo‘ladi: qo‘rqinch va tinchlik. Tinchlik — Alloh u uchun belgilagan rizq masalasida xotirjam bo‘lmog‘i, qo‘rqinch esa, unga buyurilgan ishni tugatguncha qo‘rqinch holatda turmog‘i. Agar bu ikki ishni qilsa, Alloh taolo ikki narsa bilan ikrom qiladi: qanoat va ibodatning halovati".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:25:54
Robi’ ibn Husaymdan: "œQanday tong ottirdingiz?" deb so‘ralsa, gunohkor, zaif holda tong ottirdik. Rizqimizni yeyapmiz va ajallarimizni kutayapmiz", der ekanlar.

Malik ibn Dinordan ham: "œQanday tong ottirdingiz?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "œUydan uyga otlanuvchi qanday tong ottirardi. Uning ustiga jannatga boradimi yoki do‘zaxga, bilmaydi".

Zikr qilinishicha, Iso ibn Maryamga ham: "œQanday tong ottrirdingiz, Ey Ruhulloh, deb savol qilingan. U kishi shunda: "œUmid qilgan narsamga ega bo‘lolmay, qo‘rqqan narsamni daf etolmay, amalim bilan majburiyat olgan holda tong ottirdim. Yaxshilik mendan boshqaning qo‘lida. Mendan kambag‘alroq inson yo‘q", deb javob qilgan ekanlar.
Omir ibn Qaysga shu savol berilganida, u zot: "œTong ottirdim. Nafsim gunohlarimni ziyoda qildi. Alloh taolo esa ne’matlarini ziyoda etdi. Ibodatlarim gunohlarimni tozalovchi bo‘la oladimi, yoki Alloh ne’matlari uchun shukr bo‘ladimi, bilmayman", deganlar.

Muhammad ibn Sirin bir odamdan hol so‘rabdilar. U: "œBesh yuz dirham qarzi bo‘lgan, ko‘p bolali odamning holi qanday bo‘lishi mumkin?" debdi. Ibn Sirin uyiga kirib, ming dirham olib chiqib unga beribdilar va: "œBesh yuz dirham bilan qarzingni uz, besh yuzini oilangga ishlat", debdilar. Shundan keyin Ibn Sirin biron kishidan ahvol so‘ramadilar. Agar holati yomon bo‘lsa, uning ishini bitirib berishlari vojib bo‘lib qolishidan qo‘rqar edilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:26:05
Ibrohim Adhamdan zikr qilinadi. U kishi aytadilar: "œKim sog‘-salomat tong ottirsa, to‘rt narsaga shukr qilsin:
1) qalbini hidoyat nuri bilan nurlantirgan va mo‘minlardan qilgan ulug‘ Zotga shukr aytmog‘i;
2) hidoyat nuri bilan qalbini nurlantirgan, adashganlardan qilmagan Zotga hamdlar aytmog‘i;
3) rizqini boshqaning qo‘lida qilmagan Zotga hamd aytmog‘i;
4) ayblarini yopgan Zotga hamd aytmog‘i"

Shaqiq ibn Ibrohim aytadilar: "œAgar kishi ikki yuz yil yashasa va ushbu to‘rt narsani bilmasa, u do‘zaxdan boshqa narsaga haqli emas:
1) Allohni bilmog‘i, tanimog‘i;
2) Allohning amalini bilmog‘i;
3) nafsini bilmog‘i;
4) Alloh bilan nafsining dushmanini bilmog‘i.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:26:41
Allohni bilmog‘i — Uni oshkora va yashirin hollarda tanimog‘i. Chunki Undan boshqa beruvchi va man’ qiluvchi yo‘qdir.
Alloh amalini bilish — Alloh taolo ixlos bi lan qilingan amalnigina qabul etishini bilishdir.

Nafsini bilish — o‘zinining zaifligini, Alloh taolo unga hukm qilgan narsani qaytarishga qodir emasligi bilish. Ya’ni, Alloh qilgan taqsimga rozi bo‘lish.

Allohning va o‘zining dushmanini bilish — uni zimdan bilishi, toki yakson qilguncha ma’rifat bilan jazolashidir".

Aytishlaricha, Odam farzandi tong ottirsa, Alloh unga o‘nta narsani farz qiladi:
1)   turgan vaqtida Allohni zikr qilish. Bu ish Allohning so‘ziga muvofiqdir:
"œVa (tongda uyqudan) turgan paytingizda, Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni barcha ayb nuqsonilardan) poklang" (At-tur, 48-oyat);

"œEy mo‘minlar, Allohni ko‘p zikr qilinglar va ertayu kech U zotni poklab tasbeh aytinglar" (Al-azhob, 40 — 41-oyatlar);

2)   avratni bekitish, bu ham Alloh taoloning so‘ziga muvofiq:

"œEy Odam bolalari, har bir sajda chog‘ida ziynatlaninglar (ya’ni, toza libosda bo‘linglar)" (A’rof, 31-oyat). Ziynatning eng kam darajasi avratni berkitishdir;
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:27:09
3)   tahoratni vaqtida, mukammal qilish, bu ham Alloh taoloning so‘ziga muvofiq:

"œEy mo‘minlar, namozga turganlaringizda...." (Moida, 6-oyat);

4)   namozlarni vaqtida va mukammal o‘qish. Alloh taoloning oyati bor:

"œAlbatta, namoz mo‘minlarga (vaqti) tayinlangan farz bo‘ldi" (Niso, 103-oyat);

5)   rizq borasida Alloh bergan va’daga ishonish. Alloh taolo aytadi:

"œO‘rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir" (Hud, 6-oyat);
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:27:51
6)   Allohning taqsimotiga qanoat qilish. Alloh aytadi:

"œUlarning hayoti dunyodagi tirikchiliklarini ham ularning o‘rtalarida biz O‘zimiz taqsimlaganmiz" (Zuxruf, 32-oyat);

7)   Alloh taologa tavakkul qilish. Bu ham Allohning so‘ziga muvofiq:

"œVa o‘lmaydigan tirik Zotga tavakkul qiling" (Furqon, 58-oyat)

"œAgar mo‘min bo‘lsangiz, yolg‘iz Allohgagina suyaninglar" (Moida, 23-oyat);

8)   Allohning amriga va taqdiriga sabr qilish. Bu ish ham Alloh so‘ziga muvofiqdir:

"œBas (ey Muhammad), siz Parvardigoringizning hukmiga sabr qiling" (Qalam, 48-oyat);

"œEy mo‘minlar, sabr qilinglar va sabru toqat qilishda (kofirlardan) ustun bo‘linglar" (Oli Imron, 200-oyat);
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:28:18
9)   Allohning ne’matiga shukr qilish. Alloh taolo aytadi:

“Agar Allohga ibodat etuvchi bo‘lsangizlar, U zotning ne’matlariga shukr qilinglar!” (Nahl, 114-oyat). Allohning ne’matlari ko‘p: salomatlik, farzand, boylik... Ne’matlarning eng ulug‘i Islom ne’matidir. Alloh kitobida aytadi:

“Va agar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yeta olmaysizlar” (Nahl, 18-oyat);

10) haloldan yeyish. Alloh taolo bu haqda aytadi:

“Sizlarga rizq qilib bergan pok narsalardan yenglar” (Baqara, 57-oyat), ya’ni, halol yenglar.

__________________
Kishining qanday tong ottirishi to‘g‘risidagi bob hadislari

918-hadis. Sahih. Buxoriy rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:29:31
SAKSON BESHINCHI BOB
TAFAKKUR QILISH


919. Faqih Abu Lays Samarqandiy Ato ibn Abu Rabohdan rivoyat qiladilar: "œIbn Umar va Ubayd ibn Umayr bilan birga Oyishaning (r.a.) oldiga kirdik. Hammamiz salom berdik. Oyisha: "œUlar kim?" deb so‘radilar. "œAbdulloh ibn Umar, Ubayd ibn Umayr", dedik. Onamiz aytdilar: "œXush kelibsiz, ey Ubayd ibn Umayr, nima uchun bizni ziyorat qilmay qo‘ydingiz?" Ubayd aytdilar: "œKam ziyorat qil, sevgi ziyoda bo‘ladi, deyishadi". Ibn Umar so‘ngra: "œBu gaplarni qo‘yib turaylik, bizga Payg‘ambardan (s.a.v.) ko‘rgan ajoyib narsalaringizni gapirib bering", dedilar. Oyisha onamiz aytdilar: "œU kishining hamma ishlari ajoyib edi. Bir kechasi mening oldimga keldilar va to‘shagimga kirdilar, hatto badanlari badanimga tegdi. So‘ngra aytdilar: "œEy Oyisha, Rabbimga ibodat qilishimga ruxsat berasanmi?" "œAllohga qasamki, sizga yaqin bo‘lishni hamda siz hohlagan narsani yaxshi ko‘raman", dedim. So‘ng o‘rinlaridan turib, tahorat qildilar. Keyin qiyomda turib yig‘ladilar. Ko‘z yoshlari ko‘kraklariga tushdi. So‘ng o‘ng taraflariga suyanib, o‘ng qo‘llarini o‘ng yuziga qo‘ydilar. Yana yig‘ladilar. Yig‘laganlaridan ko‘z yoshlari yerga tushganini ko‘rdim. Bir ozdan keyin bomdodga azon chaqirgani Bilol keldi. Bilolni ko‘rib ham yig‘layverdilar. Bilol: "œEy Rasululloh, nimaga yig‘layapsiz? Alloh sizning oldingi va keyingi gunohlaringizni kechirgan-ku?!" dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œEy Bilol! Shukr qiluvchi banda bo‘lmayinmi? Nima uchun yig‘lamay, bu kecha ushbu oyat tushdi", dedilar va:
"œOsmonlar va yerning yaralishida..." jumlasidan

"œO‘zing bizni jahannam azobidan asragil", jumlasigacha (Oli Imron, 190 — 191-oyatlar) o‘qidilar. Keyin aytdilar: "œKim bu oyatni o‘qib, tafakkur qilmasa, vayl azobi bo‘lsin".
 
Ba’zi xabarlarda rivoyat qilinadi: "œKim yulduzlarga qarab, uning ajoyibligini va Allohning qudratini fikr qilib:

"œParvardigoro, bu (borliqni) behuda yaratganing yo‘q! Sen (behuda biron ish qilish aybidan) poksan. O‘zing bizni jahannam azobidan asragil", degan oyatni o‘qisa, unga osmondagi yulduzlar sanog‘icha yaxshilik yoziladi".

Omir ibn Qaysning bunday deganlari rivoyat qilinadi: "œOxiratda odamlarning ko‘proq xursand bo‘lishlari, ularning dunyoda xafachilikni uzun qilganlari sabablidir. Oxiratda ko‘p kuluvchilar odamlar dunyoda ko‘p yig‘laganlardir. Odamlarning qiyomat kunida iymon jihatidan ixlosmandlari dunyoda ko‘proq tafakkur qilganlaridir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:29:39
920. Abu Dardo (r.a.) aytadilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: "œInsonlar orasida shundaylari borki, ular yaxshilikka kalit, yomonlik uchun qulfdirlar. Shu tufayli ularga ajr yoziladi. Insonlardan yana ba’zilari borki, ular yomonlikka kalit, yaxshilikka qulfdirlar. Shu tufayli ularga gunoh yoziladi. Yaxshilik uchun kalit bo‘lgan va yomonlik uchun qulf bo‘lgan kishilar qanday ham yaxshi. Bir soatlik tafakkur men uchun bir kechalik ibodatdan yaxshidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:29:46
921. A’mash Amr ibn Murradan rivoyat qiladilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) tafakkur qilayotgan qavmning oldidan o‘tayotib, ularga: "œYaratilgan narsalar haqida fikr qilinglar. Yaratuvchi haqida fikr qilmanglar", dedilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:30:12
922. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œShayton birontangizga kelib: "œOsmonni kim yaratdi?" deb so‘raydi. U: "œAlloh taolo", deydi. "œYerni kim yaratdi?" deb so‘raydi keyin. Yana: "œAlloh taolo", deydi. "œAllohni kim yaratdi?" deydi keyin. Agar birortalaringiz o‘sha narsani sezsa, Allohga va Uning payg‘ambariga iymon keltirdim, desin".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:30:19
923. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinadi. Aytdilar: "œBir soat fikrlash bir yillik ibodatdan afzaldir".

Faqih aytadilar: "œAgar inson fikrlash fazilatiga yetishni xohlasa, besh narsa to‘g‘risida fikr qilsin:
1) Allohning mo‘’jiza va alomatlari to‘g‘risida;
2) Allohning botiniy va zohiriy ne’matlari to‘g‘risida;
3) Uning savobi to‘g‘risida;
4) Uning azobi to‘g‘risida;
5) Uning yaxshiligi va o‘zining jafosi to‘g‘risida.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:30:37
Alloh taoloning mo‘’jiza va alomatlarini tafakkur qilish Alloh taoloning qudratiga qarashdir. Alloh taolo osmonni va yerni qanday yaratganiga, quyoshni sharqdan chiqarib, g‘arbga botirayotganiga, kecha-kunduzni almashadigan qilib qo‘yganiga va o‘zining xilqatiga nazar qilishdir. Alloh taolo aytadi:

"œ(Ey mo‘minlar,) yerda (undagi tog‘u toshlar va vodiy dalalarda, dengizlar va daryolarda, hayvonot va nabotot olamida) hamda o‘zlaringizda (ushbu hayotga kelib-ketishingizdan tortib vujudlaringizdagi har bir a’zolaringizda balki har bir hujayralaringizning naqadar nozik tartib-intizom bilan yaratilib, o‘z o‘rniga joylashtirilganida va o‘z zimmasidagi Yara tuvchi buyurgan vazifani quloq qoqmasdan ado etib borishida) ishonuvchi zotlar uchun (Allohning qudratiga dalolat qiladigan) oyat-alomatlar bordir. Axir ko‘rmaysizlarmi?" (Zoriyot, 20 — 21-oyatlar).

Agar banda oyat-alomatlarga tafakkur bilan qarasa, ishonchi va ma’rifati ziyoda bo‘ladi.

Xudoning marhmati va ne’mati haqida fikrlash Uning ne’matlariga e’tibor qilishdir. Hakimlardan ne’mat bilan marhamat orasidagi farqni quyidagicha belgilaganlar: "œNe’matlarning ko‘rinib turgani marhamat, ko‘rinmagani esa ne’matdir. Buning oddiy misoli — ikki qo‘l, ular Allohning marhamati, undagi quvvat esa, ne’mat. Yuz ham Allohning marhamati, undagi chiroy — ne’mat. Og‘iz — marhamat, taomning ta’mini his qilish — ne’mat. Agar kishida ikki oyoq bo‘lib, yurishga quvvat yetmasa, unga Alloh marhamat qilibdi, lekin ne’mat bermabdi. Tomir va suyaklar marhamat. Ularning sihatligi ne’matdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:31:02
Ba’zilar:  "Ne’matning yetishi — marhamat. Musibatni daf bo‘lishi esa, ne’mat", deyishadi. Ba’zilar buning ziddini aytishadi.

Yana aytilishicha, ne’mat va marhamat bitta narsa. Alloh taolo aytadi:
"œVa agar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yeta olmaysizlar" (Ibrohim, 34-oyat). Xullas, inson ne’mat va marhamatlar to‘g‘risida fikr qilsa, muhabbati ziyoda bo‘laveradi.

Uning savobi to‘g‘risida fikr qilish esa, Alloh taolo o‘z valiy-do‘stlari uchun jannatda qanday karomatlar tayyorlaganining savobini fikrlashdir. Alloh, Uning savobi haqida fikr qilish jannatga rag‘batni, uning talabida harakat qilishni, Rabbining toatida quvvatni ziyoda qiladi.

Azobi haqida fikrlash esa, Alloh taolo dushmanlari uchun do‘zaxda tayyorlab qo‘ygan azoblar va xorliklarni fikrlashdir. Bu narsa unda qo‘rqinchni va gunohlardan tiyilish quvvatini ziyoda qiladi. Unga qilingan yaxshiliklar to‘g‘risida fikrlash Alloh taoloning ehsoni haqida fikr etishdir. Alloh uning gunohlarini berkitdi, azoblamadi va tavbaga chaqirdi. O‘zining jafosini fikr qilish esa, Allohning amrlarini tark etib, ma’siyatlar sodir qilganiga nazar solishdir. Bunday tafakkur qilish hayo va xijolatni ziyoda etadi.

Qachon shu beshta narsa to‘g‘risida fikr qilsa, u Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan yaxshilikka erishadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:31:12
924. "œBir soat tafakkur qilish bir yillik ibodatdan yaxshidir".

Bundan boshqa narsa to‘g‘risida fikr qilinmaydi, agar fikr qilinsa, u vasvasadir.

Hakimlarning ba’zilari aytishadi: "œUch narsada fikr qilib bo‘lmaydi: Kambag‘allik to‘g‘risida. Chunki, u g‘amni, xafalikni ko‘paytiradi va boylikka hirsni ziyoda qiladi; birov zulm qilgan bo‘lsa, u to‘g‘rida ham fikr qilinmaydi, chunki qalbni qo‘pol qiladi, adovatni kuchaytiradi, g‘azabni ziyodalashtiradi; ko‘p umr ko‘rish haqida fikr qilinmaydi. Chunki u o‘limni unuttiradi, boylik to‘plashni sevdiradi, amal qilishni ortga surdiradi".

Aytishlaricha, taqvoning asosi bema’ni narsalar haqidi fikrlamaslikka qalbida ahd qilmoqdir. Har safar qalbga bema’ni o‘ylar kelganida, uni haydab, ma’noli narsalarni fikr qilish lozim. Bu ish jihodning asli va mashaqqatlisidir.

 Hakimlarning ba’zilari aytadi: "œIbodatning mukammal bo‘lishi, niyatning to‘g‘riligiga bog‘liq, solih amalning to‘kis bajarilishi esa, tavoze’ga. Bu ikkalasining kamoloti dunyodan zuhd qilishdadir. Ularning kamoloti oxirat ishiga qayg‘urish va xafa bo‘lish dadir. Qayg‘urish va xafalikning mukammal bo‘lishi doimo o‘limni eslash va gunohlar to‘g‘risida ko‘p tafakkur qilishdadir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:31:24
Aytilishicha, abdollarning (evaz oluvchilarning) axloqlari o‘nta: qalbning salomatligi, moldagi saxovat, tilning rostgo‘yligi, nafsning tavoze’ligi va qiyinchilikka sabr etish, xoli qolib yig‘lash, odamlarga nasihat qilish, mo‘minlarga marhamatli bo‘lish, o‘lim to‘g‘risida fikrlash va narsalardan ibrat olish.

Mahkul Shomiy (r.a.) aytadilar: "œKim to‘shagiga yotmoqchi bo‘lsa, avval shu kunda qilgan ishlarini fikrlashi lozim. Agar yaxshi amal qilgan bo‘lsa, unga qodir qilgan Allohga hamd aytadi. Agar gunoh amal qilgan bo‘lsa, istig‘for aytib, yaxshilikka qaytadi. Agar shunday qilmasa, molini hisob-kitobsiz sochaverib, so‘ng singanini sezmay qolgan savdogar kabi bo‘lib qoladi".

Ba’zi hakimlar aytadi: "œHikmat to‘rt narsa sababli kuchayadi:
1) badan dunyo ishlaridan ozod bo‘lganida;
2) qorin harom taomdan xoli bo‘lganida;
3) dunyo qo‘l matolaridan bo‘shaganida;
4) ishlarining oqibati haqida fikr qilganda. Chunki hech kim ishining oqibati nima bo‘lishini, amallari qabul qilinadimi yoki yo‘qmi, bilmaydi. Holbuki, Alloh taolo faqat amallarning yaxshisini qabul qiladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:31:42
925. Faqih aytadilar: "œOlimlar jamoasidan ushbu hadisni eshitdim. Maoz ibn Jabalga: "œHar kuni eslab turadigan hadisingizni aytib bering", deyishdi. Maoz (r.a.) yig‘ladilar, hatto to‘xtamaydi, deb o‘ylashdi. Keyin aytdilar: "œOta-onam Rasulullohga (s.a.v.) fido bo‘lsin. Men u zot bilan birga ulovga mingashib olgan edim. Boshlarini shunda osmonga ko‘tarib: "œ Maxluqotlariga yaxshi ko‘rgani bilan hukm qiladigan Zotga hamd bo‘lsin", dedilar. So‘ng: "œEy Maoz!" deb chaqirdilar. "œLabbay, ey Allohning elchisi, payg‘ambarlarning sayyidi", dedim. So‘ng yana: "œEy Maoz!" dedilar. Men: "œLabbay, Allohning elchisi, yaxshilik imomi va rahmat payg‘ambari", deb javob berdim. "œSenga hech bir payg‘ambar ummatiga aytmagan hadisni aytaman, agar yod olsang, senga foyda keltiradi. Agar yodlamay, faqat eshitsang, Alloh huzurida hujjating kesiladi. Alloh taolo osmonlarni yaratmasidan oldin, yetti farishtani yaratdi. Har bir osmonda bir farishta, har bir eshikda bir darvozabon bor edi. Kotib farishtalar bandaning ertalabdan kechgacha qilgan amallarini yozadi. So‘ng kech bo‘lgach, ko‘tariladi. Dunyo osmoniga yeganida, uni poklaydi va ko‘paytiradi. Shu yerda boshqa farishta aytadi: "œTo‘xta, bu amali bilan egasining yuziga ur va Alloh seni kechirmadi, deb ayt. Men g‘iybat egasiman, u musulmonlarni g‘iybat qilardi. Uning amali mendan yuqoriga oshib o‘tishiga yo‘l qo‘ymayman".

So‘ng kotib farishta bandaning boshqa bir amalini olib ko‘tariladi. Unda nur charaqlaydi. Ikkinchi osmonga yetganida, o‘sha yerning farishtasi aytadi: "œTo‘xta, bu amali bilan egasining yuziga ur va unga Alloh seni kechirmadi, deb ayt. Chunki u bu amali bilan dunyo matohini xohlagan edi, men ana shu dunyo amalining egasiman. Uning amali mendan nariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymayman".

Kotib farishta keyin bandaning sadaqa va namozlar bilan bezalgan amalini olib, osmonga ko‘tariladi. Uchinchi osmonga yetganida, bir farishta aytadi: "œTo‘xta, bu amal bilan egasining yuziga ur va Alloh seni kechirmadi deb ayt. Men kibrlarning egasi bo‘lgan farishtaman. U amal qilib odamlarning majlislarida kibrlanardi. Menga Rabbim uning amalini o‘zimdan yuqoriga o‘tkazmaslikka buyurdi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:31:49
Kotib farishta yana bir bandaning amalini olib ko‘tariladi. U tasbehlar, ro‘zalar bilan yulduzdek porlab turadi. To‘rtinchi osmonga yetganda qo‘riqchi farishta unga aytadi: "œTo‘xta, bu amal bilan egasining yuziga ur va Alloh seni kechirmadi, deb ayt. Men nafsiga ajablanganlarning egasi bo‘lgan farishtaman. Kim amal qilib, faxrlansa, Rabbim uning amalini o‘zimdan boshqaga o‘tkazmasligimni buyurdi".

Kotib farishta maloikalar bilan bandaning amalini olib, to‘y kuni yori uchun tayyorlagan kelinchak kabi holida ko‘tariladi. Jihod va ikki namoz orasida o‘qilgan namozlari bilan beshinchi osmonga yetib borganida, farishta aytadi: "œTo‘xta, bu amal bilan egasining yuziga ur va yelkasiga yuklab qo‘y. Chunki kim ilm o‘rgansa va Alloh uchun amal qilsa, unga hasad etardi. Uning amali gardaniga yuklanadi va modomiki, u hayot ekan, amali uni lan’atlaydi".

Kotib farishta so‘ngra bandaning mukammal tahoratli, kechasidagi ko‘p namozdan iborat amalini ko‘taradi va oltinchi osmonga yetganida, qo‘riqchi aytadi: "œTo‘xta, bu amali bilan egasining yuziga ur. Men rahmat egasi bo‘lgan farishtaman. Sohibing hech narsaga rahm qilmadi. Agar Alloh bandalaridan biriga gunoh yoki yomonlik yetsa, u bilan xursand bo‘lardi. Rabbim menga uning amalini o‘zimdan boshqaga o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligimni buyurdi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:32:06
Farishta bandaning rostgo‘ylik, ijtihod, chaqmoq kabi nurli taqvodan iborat amali bilan ko‘tariladi va yettinchi osmonga yetadi. Yettinchi osmon farishtasi aytadi: “To‘xta, bu amali bilan egasining yuziga ur va qalbini qulfla. Men hijob farishtasiman. Alloh uchun bo‘lmagan har bir amalni berkitaman. U bu amalini yuqori ko‘tarilishni, majlislarda yod olinishni, shaharlarda ovoza bo‘lishni xohlab qilgan edi. Rabbim menga uning amali mendan nariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligimni buyurdi”.

Farishta bandaning ko‘p zikr va yaxshi xulq bilan bezalgan amalini ko‘taradi. Osmon maloikalari uni kuzatib, arshning tagiga kelib to‘xtaydilar. So‘ngra u uchun guvohlik beradilar. Alloh taolo aytadi: “Sizlar bandamning amalini saqlovchi-yozuvchisizlar. Men uning o‘zidagi narsaga kuzatuvchiman. U bu amalini xolis Men uchun qilmadi. Unga Mening la’natim bo‘lsin”. Farishtalarning hammasi: “Unga Sening va bizning la’natimiz bo‘lsin”.

Keyin Maoz (r.a.) yig‘lab aytdilar: ”U zotdan: “Ey Rasululloh, nima amal qilay?” deb so‘ragan edim, “Payg‘ambaringga iqtido qil, ishonchni mahkam tut. Agar amali kam bo‘lsa ham, birodaringdan tilingni tiy. Gunohlaring o‘z yelkangda bo‘lsin. Uni birodaring ustiga yuklama. Birodaringni yomonlab, o‘zingni maqtama. Birodalaringni pastga urib, o‘zingni ko‘tarma. Amaling bilan odamlarga riyo qilma”, dedilar”.

__________________
Tafakkur qilish bobi hadislari

919-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Ibn Hibbon rivoyat qilgan.
920-hadis. Hasan-marfu’. Ibn Mojja rivoyat qilgan.
921-hadis. Hasan. Abu Na’im rivoyat qilgan.
922-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan.
923-hadis. Tahriji avval o‘tgan.
924-hadis. Tahriji avval o‘tgan.
925-hadis.Mavzu’. “Al-mavzu’ot”ga qarang.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:32:26
SAKSON OLTINCHI BOB
QIYOMAT ALOMATLARI


926. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) aytdilar: "œBir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib, "œEy Rasululloh, qiyomat qachon bo‘ladi?" deb so‘radi. Aytdilar: "œSo‘ralgan kishi so‘rovchidan biluvchiroq emas, lekin uning alomatlari bor. Bozorlaring kasod bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ammo o‘simlik unmaydi, ribo yeyish avj oladi, zinodan bo‘lgan bolalar ko‘payadi, boy odamlar ulug‘lanadi, masjidlarda fosiqlarning ovozlari baland bo‘ladi, munkar ahli haqiqat ahllaridan ustun keladi". Keyin: "œEy Rasululloh, menga qanday yo‘l tutishni buyurasiz?" deb so‘radi hali gi odam. "œDiningni olib qoch yoki uyingdan chiqma", dedilar Nabiy (s.a.v.)".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:32:43
927. Iso ibn Abu Iso Asfahoniy aytadilar: "œRasulullohdan (s.a.v.): "œEy Rasululloh, qiyomat kuni qachon bo‘ladi?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "œU narsa haqida so‘ralgan odam so‘rovchidan biluvchiroq emas. Lekin qiyomatning o‘nta sharti bor: qiyomatga yaqin qurg‘oqchilik bo‘ladi, fojirlar ko‘payadi, haqni aytuvchilar ojiz bo‘ladi, namoz minnat bilan qilinadi, zakot talofat hisoblanadi, omonatlar o‘lja qilinadi, qorilar mag‘rur, bolalar amir bo‘ladi, sultonlar zulm qiladi, xotinlarning so‘ziga yuriladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:32:57
928. Amr aytadilar: "œMadinada uchta kishi Marvonning oldida o‘tirishardi. Shunda u zotning qiyomat alomatlaridan Dajjolning chiqishi to‘g‘risida gapirayotganini eshitishdi. Keyin ular u yerdan chiqib, Abdulloh ibn Umarning oldlariga borishdi va Marvon aytgan gapni so‘zlab berishdi. Abdulloh aytdilar: "œPayg‘ambarning (s.a.v.) bunday deganlarini eshitganman: "œAlomatlarning birinchisi quyoshning g‘arb tomondan yoki yer hayvonining chiqishi. Bittasi chiqqandan keyin boshqasi ham tezda ro‘y beradi. Quyosh botganda, arshning tagiga keladi, sajda qiladi va qaytishga izn so‘raydi. Alloh uning mag‘ribdan chiqishini xohlaydigan kungacha uning uchun izn beradi. Qachon Alloh uni mag‘ribdan chiqarishni hohlasa, arsh ostiga kelib, sajda qilganidan keyin qaytishga izn so‘raganida, unga hech qanday javob berilmaydi. So‘ng qayta so‘raydi, yana javob berilmaydi. Keyin quyosh biladiki, agar endi unga izn berilganda ham, mashriqqa yetolmaydi. "œEy Rabbim, mashriq naqadar uzoq, mensiz odamlarga nima bo‘ladi?" deydi. Hattoki, kechasi bo‘lganida, gardish kabi bo‘lib kelib, yana izn so‘raydi. Unga: "œTurgan makoningdan chiq", deb aytiladi. Keyin Abdulloh ibn Umar ushbu oyatni o‘qidilar:

"œParvardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa, ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan) iymoni foyda bermas. Ayting: "œKutaveringlar. Biz ham kutguvchilarmiz!" (An’om, 158-oyat).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:33:05
929. Ubayd ibn Umayr rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œDajjolni qavmlar do‘st tutishadi, holbuki, ular: "œUning yolg‘onchiligini bilamiz. Lekin biz taom va daraxtlarning mevalaridan yeyish uchun unga do‘st bo‘lamiz", deyishadi. Qachon Allohning g‘azabi tushsa, hammalariga birday tushadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:33:21
930. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œDajjol aniq chiqadi. Uning chap ko‘zi ko‘r. U soqov, peslarni davolaydi. O‘liklarni tiriltiradi. Odamlarga: "œMen rabbingizman", deydi. Kim uni rabbim desa, fitnalanibdi. Kim rabbim Alloh, deb, keyin shu holda o‘lsa, Dajjolning fitnasidan saqlanibdi. U yer yuzida Alloh xohlaganicha turadi. Keyin Iso ibn Maryam (alayhissalom) mag‘rib tomondan Muhammadni (s.a.v.) tasdiqlagan holatda keladi. So‘ngra Dajjolni o‘ldiradi va: "œBu kun qiyomat kunidir", deydi".

Abdulloh ibn Umar aytadilar: "œQiyomat ahli bayt bir idishda jam bo‘lmaguncha qoim bo‘lmaydi. Ular kofirlarni ham, mo‘minlarni ham biladi". U kishidan: "œBu ish qanday bo‘ladi?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "œYer hayvoni chiqadi. U har bir insonning sajda qiladigan a’zolarini silaydi. Ammo mo‘min bo‘lsa, nuqtasi oq bo‘lib, yuziga yoyiladi, uning yuzi oqarib ketadi. Agar kofir bo‘lsa, uning nuqtasi qora bo‘lib, yuzi qorayib ketadi. "œEy mo‘min, buni qanday sotasan? Ey kofir buni qanday olasan?" deb aytishadi, ammo bir-biriga javob qaytarishmaydi".

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "œYer hayvonining yumshoq-qattiq patlari bor, to‘rt oyog‘i bor. U Tuhoma tog‘larining vodiylaridan chiqadi".

Ibn Umar (r.a.) Alloh taoloning:

"œQachon (kofirlarning) ustiga so‘z — azob tushganida (ya’ni qiyomat yaqinlashib qolganida), Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqarurmiz. U ularga odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan bo‘lib qolganlari haqida so‘zlar" (Naml, 82-oyat).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:33:35
  931. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilar: "œQuyosh g‘arbdan chiqmaguncha qiyomat bo‘lmaydi. Agar quyosh g‘arbdan chiqsa, odamlarning hammalari iymon keltiradi. U kunda keltirgan iymonlari foyda bermaydi.

"œParvardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa, ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb etmagan biron jonga (endi keltirgan) iymoni foyda bermas. Ayting: "œKutaveringlar. Biz ham kutuvchilarmiz!" (An’om, 158-oyat)
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:33:51
932. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: "œYaqinda sizlarga bir kecha keladi. Uning miqdori bu kechalaringizning uchtasidek bo‘ladi. Agar o‘sha kecha kelsa, uning kelganini kechasi tahajjud o‘qiydiganlar biladi. Kishi turib, darslarini o‘qiydi. Keyin uxlaydi. So‘ng turib, yana darslarini o‘qiydi, so‘ng uxlaydi. So‘ng turib, zikr-duolarini o‘qiydi. U shunday bo‘lib turganida, to‘satdan insonlar g‘alayon ko‘tarib qolishadi. So‘ng, nima bo‘ldi, deb masjidga sho shilishadi. Keyin quyoshni o‘ylab qolishadi, ammo u mag‘ribdan chiqib bo‘lgan bo‘ladi. Osmonning o‘rtasiga kelgandan keyin ortiga qaytadi va mashriqdan chiqadi. Bu haqda Alloh taoloning:

"œPavardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda..." (An’om, 158-oyat) degan so‘zi bor.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:34:03
933. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: "œPayg‘ambarlar onalari boshqa-boshqa bo‘lgan og‘a-inilardir. Dinlari bir xil. Ularning oralarda Iso ibn Maryamga eng yaqini menman. U bilan mening oramda payg‘ambar yo‘q. U ummatim ichida mening xalifamdir. U aniq tushadi, to‘ng‘izni o‘ldiradi, xochni sindiradi, jizyani bekor qiladi, yomonlik urushlarini to‘xtatadi, yer bir paytlar jabr-zulmga to‘lgani kabi yaxshilik va adolatga to‘lib ketadi, hatto sher tuya bilan, yo‘lbars sigir bilan, bo‘ri qo‘ylar bilan o‘tlab yuradi, kichkina bolalar ilonlar bilan o‘ynaydi".

Abdulloh ibn Umar aytadilar: "œIso (alayhissalom) tushganlarida, Dajjol u kishini ko‘rib, yog‘ erigandek erib ketadi. So‘ngra Dajjolni o‘ldiriladi. Undan yahudlar ajralib qoladi, so‘ng ular bilan ham urush bo‘ladi. Hattoki toshlar: "œEy Allohning musulmon bandasi, ortimda yahudiy bor, kelib uni o‘ldir", deydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:34:17
934. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œAlbatta, Ya’juj va Ma’juj har kuni o‘ra kovlab, quyosh nurlarni ko‘rishga yaqinlashib qolishganida, ularning ustidagilar: "œQaytinglar, ertaga kovlaysizlar", deydi. Alloh uni asl holiga qaytarib qo‘yadi. Vaqti kelganida yana kavlashadi va quyosh nurlari ko‘rinay deb qolganida, ularga boshliqlari aytadi: "œQaytinglar, Xudo hohlasa, ertaga kavlaysizlar". Ular kelishganida, kecha qoldirib ketilgan holatlarida turgan bo‘ladi. Uni kavlaydilar va insonlar ustiga yopirilib, suvlarini quritadilar. Odamlar ulardan qochib, qo‘rg‘onlariga berkinib olishadi. Alloh ularning bo‘yniga qurt yuborib, halok qiladi".

Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: "œYa’juj-Ma’juj chiqqanidan keyin yana daraxtlar ekilib, Baytullohga haj qilinadi".

Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytadilar: "œYa’juj-Ma’jujdan birontasi o‘lsa, orqasida mingdan ortiq bolasi qoladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:34:27
935. Hasan Basriy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œQiyomat boshlanishi oldida fitnalar qorong‘i kechaning bo‘lagidek bosadi. U vaqtda badan o‘lgani kabi kishining qalbi ham o‘ladi. O‘shanda kishi mo‘min bo‘lib tong ottirsa, kofir bo‘lib kech qiladi. Mo‘min bo‘lib kech kirgizsa, kofir bo‘lib tong ottiradi. U vaqtda qavmlar dinlarini dunyoning ozgina matosiga sotib yuborishadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:34:34
936. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œQiyomatning olti alomati paydo bo‘lmasdan, yaxshi amallarga shoshilinglar. U shartlar quyoshning g‘arbdan chiqishi, Dajjol, tutun va yer hayvoni, har biringizga o‘lim kelishi va qiyomat kuni".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:34:52
937. Abdurahmon ibn Sobitdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v) aytdilar: "œYaqinda sizlarga oyning tutilishi, ko‘p narsaning izdan chiqishi, pok insonlarga tuhmat qilish zohir bo‘ladi. "œEy Allohning elchisi, ular la-a ilaha illalloh, deb guvohlik beradilar-ku?", deyishdi. "œHa, ammo ularda to‘rtta narsa — qo‘shiqchilar, musiqa asboblari, aroq ichish va ipakdan kiyim kiyish ko‘rinsa, o‘sha ishlar bo‘laveradi", dedilar Nabiy (s.a.v.).

Ubay ibn Ka’b (r.a.) Alloh taoloning:

"œAyting (ey Muhammad), u sizlarga ustingizdan yo oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga yoki sizlarni guruh-guruh qilib aralashtirib yuborib (jangu jadallarda) ayrimlaringizga ba’zilaringizning zararini torttirib qo‘yishga qodir bo‘lgan Zotdir" (An’om, 65-oyat), degan oyati haqda aytadilar: "œOyatda aytiladigan to‘rtta sifatdir. Ularning bo‘lishi aniq. Ikkitasi Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlaridan yigirma besh yil o‘tib keldi: guruh-guruh bo‘lib ketishdi va ayrimlari ba’zilariga zarar yetkazishdi. Ikkitasining bo‘lishi ham shubhasizdir. Ular oyning tutilishi va zilzilalar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:35:10
938. Rivoyat qilinishicha, yuqoridagi oyat tushganida Payg‘ambar (s.a.v.) duo qilib, ikkitasidan — oy tutilishi va keyingi o‘zgarishlardan salomat bo‘lgan ekanlar.

Masruq aytadilar: "œBir kishi masjidda gapirib turgan edi. U: "œQiyomat kuni bo‘lsa, osmondan tutun tushadi. U munofiqlarning quloq va ko‘zlarini oladi. Mo‘minlarni esa tumov ko‘rinishida ushlaydi", dedilar.

Masruq keyin Abdulloh ibn Mas’udning (r.a.) oldlariga kirib, boyagi gapni aytdilar. Abdulloh ibn Mas’ud suyanib turgan edilar, o‘tirib oldilar va: "œEy odamlar, sizlarning birontangizdan bilgan narsasi haqida so‘ralsa, uni aytsin. Kimda ilm bo‘lmasa, "œAlloh biluvchiroq", deb aytsin. Alloh taolo payg‘ambariga dedi:

"œ(Ey Muhammad, ularga) ayting: Men (Qur’onni sizlarga yetkazganim uchun) sizlardan biron ajr-haq so‘ramayman va men soxtakorlardan (ya’ni, yolg‘ondan payg‘ambarlikni da’vo qilguvchi kimsalardan) ham emasman" (Sod, 86-oyat).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 24 Noyabr 2006, 02:35:26
939. Quraysh Payg‘ambarni (s.a.v.) yolg‘onchiga chiqarganida, u zot aytdilar: “Ey Parvardigoro, zolimlarga bosimingni qattiq qil. Ey Parvardigoro, ularga Yusuf zamonlarida bo‘lib o‘tgan qahatchilikni yubor”. So‘ng ularga ochlik keldi. Ular qiynalganlaridan suyak, o‘laksalarni yedilar. Hattoki ochlikdan ularga osmondagi narsa tutundek ko‘rina boshladi. Alloh taolo aytdi:

“Bas (Ey Muhammad), siz osmon ochiq (ya’ni, barchaga ko‘rinadigan) kunga ko‘z tuting. Uning (tutuni barcha) odamlarni o‘rab olur. Bu alamli azobdir” (Duxon, 10-oyat).

_________________
Qiyomat alomatlari bobi hadislari

926-hadis. Zaif. Termiziy rivoyat qilgan.
927-hadis. O‘zidan avvalgi hadisga qarang.
928-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
929-hadis. Zaif. Ibn Hammod rivoyat qilgan.
930-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan.
931-hadis. Muttafaqun alayh.
932-hadis. Zaif.
933-hadis. Muttafaqun alayh.
934-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
935-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
936-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
937-hadis. Sahih. Tabaroniy rivoyat qilgan.
938-hadis. Ibn Kasir tafsirida keltirgan.
939-hadis. Muttafaqun alayh.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:04:12
SAKSON YETTINCHI BOB
ABU ZARR G‘IFORIY (R.A.) HADISLARI


940. Abu Zarr (r.a.) rivoyat qiladilar: "œMasjidga kirganimda Payg‘ambar (s.a.v.) yolg‘iz o‘tirgan edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) faqat vahiy tushayotganida yoki biror ish uchun shunday yakka o‘tiradilar, deb o‘yladim. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œMenga yaqinroq o‘tir, ey Jondab". U kishi bilan yolg‘iz qolganimni g‘animat bilib, yaqinroq o‘tirdim. So‘ngra aytdimki: "œEy Rasululloh, bizga tahoratni buyurdingiz. Tahorat nima o‘zi?" "œEy Abu Zarr, — dedilar, — namoz tahoratsiz durust emas. Tahorat oldingi gunohlarga kafforat bo‘ladi". Aytdim: "œEy Allohning elchisi, bizlarni namozga buyurdingiz. Namoz nima?" "œNamoz buyurilgan ishlarning yaxshisidir. Banda xohlasa kamaytirsin, hohlasa, ko‘paytirsin", dedilar Nabiy. So‘ng aytdim: "œEy Allohning elchisi, bizga zakotni buyurdingiz, zakot nima?" "œEy Abu Zarr, — dedilar, — omonatdor bo‘lmaganning iymoni yo‘q. Zakotni ado qilmaganning namozi yo‘q. Alloh taolo boylarga mollaridan kambag‘allarning hojatlariga yarashasini zakot qilib chiqarishni farz etdi. Alloh taolo boylardan zakot haqida so‘raydi va ado qilmaganlari uchun ularni azoblaydi. Ey Abu Zarr, zakot berish bilan mol kamaymaydi. Mol qurg‘oqchilik yoki sel sababidan emas, faqat zakotni man’ qilish sababidan zoe’ bo‘ladi. Ey Abu Zarr, faqat mo‘mingina molining zakotini chin ko‘ngildan ado etadi va mushrikkina zakotni man’ qiladi". Keyin: "œEy Allohning rasuli, bizlarni ro‘zaga buyurdingiz, ro‘za nima?" deb so‘radim. Aytdilar: "œRo‘za qalqon, Allohning huzurida mukofotdir. Ro‘zador uchun ikki xursandchilik bor: biri iftor qilganidagi xursandchiligi, yana biri Rabbiga yo‘liqqanidagi xursandchiligi. Ro‘zadorning og‘zidan keladigan hid Allohning nazdida mushkning hididan ham yaxshiroqdir. Qiyomat kunida insonlar uchun dastuxon yoziladi. Undan birinchi bo‘lib ro‘zadorlar yeydilar". So‘ngra: "œEy Allohning rasuli, bizni sabrga buyurdingiz, u nima?" deb so‘radim. "œSabrning misoli xaltasida mushk solingan kishi kabidir. U odamlar ichida bo‘lgan paytida hamma uning hidi kelib turishini yoqtiradi", dedilar Nabiy. "œEy Allohning rasuli, — dedim keyin, — bizlarni sadaqaga buyurdingiz, u nima?" Aytdilar: "œOfarin, ey Abu Zarr, maxfiy qilingan sadaqa Parvardigorning g‘azabini ketkazadi. Oshkor qilingan saqada sohibidan yetti yuzta yomonlikni o‘chiradi. Sadaqa xatolarni yuvadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:04:35
941. Abu Zarr rivoyat qiladilar: "œMasjidga kirsam, Payg‘ambarning (s.a.v.) o‘zlari o‘tirgan ekanlar. U kishi yolg‘iz paytlarida foydalanib qolay dedim. Ammo band qilib qo‘ymay, deb ham o‘yladim. Oxiri oldlariga kelishga qaror qildim. Kelib salom berdim. U zotning huzurlarida o‘tirdim. Menga gapirmadilar, o‘tirishim og‘ir botgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. So‘ng: "œEy Abu Zarr, ikki rak’at namoz o‘qidingmi? dedilar. "œYo‘q, o‘qimadim", dedim. Aytdilar: "œTurib rak’at namoz o‘qi. Har narsaning salomi bo‘ladi. Masjidning salomi ikki rak’at namoz o‘qishdir". Turib ikki rak’at namoz o‘qidim. So‘ng kelib, u kishining oldlarida uzoq o‘tirdim. So‘ng u zot: "œEy Abu Zarr, toshbo‘ron qilingan shaytondan Alloh taolodan panoh so‘ra, inson va jin shaytonlaridan ham (panoh so‘ra)", dedilar. "œEy Rasululloh, insonlarning ham shaytonlari bo‘ladimi?" deb so‘radim. "œAlloh taoloning:

"œIns va jinlardan bo‘lgan shaytonlar" (An’om, 112-oyat), degan oyatini eshitmaganmisan?" dedilar. So‘ng jim qoldilar. U kishi gapirmagani uchun kalomni ko‘p qilib yubordim", deb o‘yladim.

So‘ng yana so‘rashga jur’at qildim: "œEy Allohning payg‘ambari, menga namozni buyurdingiz, namoz nima o‘zi?" (Keyin yuqorida zikr qilingan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi). Abu Zarr aytadilar: "œSo‘ng odamlar yig‘ildi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œSizlarga baxil kishi kim ekanini aytib berayinmi?" "œHa", deyishdi. "œMen zikr qilinsam, menga salovot aytmagan kishi", dedilar Nabiy (s.a.v.)
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:04:51
942. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) Tabuk g‘azotiga chiqqanlarida, munofiqlardan ba’zilari u zotga ergashdilar, ammo bir-ikki kishi qolib ketgan edi. Odamlar: "œEy Rasululloh, falonchi qolib ketdi", deyishdi. Nabiy: "œUni qo‘yaveringlar, agar unda yaxshilik bo‘lsa, Alloh taolo yaqinda sizlarga uni ro‘para qiladi. Agar boshqa bo‘lsa, Alloh taolo sizlarni undan ozod qilibdi", dedilar. So‘ng: "œEy Rasululloh, Abu Zarr ham qolib ketdi", deyishdi. "œUni qo‘yinglar, agar unda yaxshilik bo‘lsa, Alloh sizlarni yaqinda u bilan uchrashtiradi", dedilar Nabiy.
Abu Zarr (r.a.) orqada qolib ketgan edi. Chunki uning tuyasi sekin yurardi. Juda sekinlashib qolganida, nar salarini yelkasiga tashlab, Payg‘ambar (s.a.v.) izlaridan ergashdilar. Piyoda, orqasida yuki bilan kunning qattiq issig‘ida bir o‘zi kelardi. Odamlar: "œEy Rasulluoh, bir piyoda kishi kelyapti", deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.): "œAbu Zarr bo‘lsin-da", deb qo‘ydilar. Odamlar unga qarab turishardi. Yaqin kelganida: "œEy Rasululloh, Allohga qasamki, bu Abu Zarr (r.a.) ekan", deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) ko‘zlari yoshga to‘ldi va: "œAbu Zarrni Alloh rahmat qilsin. Bir o‘zi yuradi, bir o‘zi o‘ladi, yakka holatda tiriladi", dedilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:05:36
943. Muhammad ibn Ka’b (r.a.) aytadilar: "œAbu Zarr (r.a.) Usmon (r.a.) zamonlarida Rabzaga bordilar va shu yerda vafot etdilar. U kishining yonida xotini va xizmatkoridan boshqa hech kim yo‘q edi. U ikkisiga jasadlarini yuvib kafanlashni, so‘ng yo‘l chetiga qo‘yishni va kim birinchi o‘tsa, dafn etishga yordam beringlar, deb aytishni vasiyat qildilar. U yerdan Ibn Mas’ud o‘tdilar. Va yig‘lab yubordilar. So‘ng: "œPayg‘ambar (s.a.v.): "œ Yakka yurasan, yakka o‘lasan va yakka tirilasan", deb to‘g‘ri aytganlar", dedilar. Keyin Abu Zarrni dafn qildilar va yo‘llariga ketdilar. Yonidagilarga Tabuk yurishidagi Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan hadisni gapirib berdilar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:06:37
944. Iyos ibn Salama otasidan, u kishi Abu Zarr G‘iforiydan (r.a.) rivoyat qiladilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.): "œMendan keyin senga balo keladi", dedilar. "œAlloh yo‘lidami?" deb so‘radim. "œAlloh yo‘lida", dedilar. "œMarhabo, Allohning amri", dedim. "œAbu Zarr, garchi qora odamning orqasida namoz o‘qisang ham, eshit va itoat qil", dedilar Nabiy (s.a.v.).

Payg‘ambar (s.a.v.) vafot etganlaridan keyin Abu Bakr (r.a.) Abu Zarrni chaqirdilar. U kishi salom berdmlvr, so‘ng yig‘ladilar. Abu Bakr (r.a.): "œMen Payg‘ambarning (s.a.v.) sen haqingda so‘zlaganlarini eshitganman. Senga yetadigan balo mening sababimdan yoki mening zamonimda bo‘lishidan Allohdan panoh tilayman", dedilar. Abu Bakr (r.a.) vafot etganlaridan so‘ng Umar (r.a.) xalifa bo‘ldilar. U kishi ham Abu Zarrni chaqirib, unga yaxshi gaplar aytdilar. So‘ng: "œMen Payg‘ambarning (s.a.v) senga aytgan gaplarini eshitganman. Senga men sababli yoki mening zamonimda balo yetishidan Allohdan panoh so‘rayman", dedilar. Umar (r.a.) vafot etganlardan so‘ng Usmon (r.a.) xalifa bo‘ldilar. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "œMen Usmonning (r.a.) oldlarida o‘tirgan edim. Abu Zarr kirishga ruxsat so‘radi. Men: "œEy Mo‘minlarning amiri, Abu Zarr ruxsat so‘rayapti", dedim. "œAgar xohlasang ruxsat ber", dedilar. Men u kishiga izn berdim, kirib o‘tirdilar. Usmon (r.a.) shunda unga: "œSen Abu Bakr va Umardan (r.a.) o‘zingni yaxshiman, deb, o‘ylarkansan", dedilar. Abu Zarr: "œBu gapni aytmaganman", deb javob berdilar. Usmon (r.a.) aytdilar: "œMen senga hujjat keltiraman". Abu Zarr: "œAlloh yuzingizni nurlantirsin. Men sizdagi hujjatni bilmayman ammo nima deb aytganimni esladim", dedilar. "œXo‘sh, nima degan eding?" "œPayg‘ambarning (s.a.v.): "œMenga sevimliroqlaringiz va yaqinroqlaringiz menga uchraguncha menga qoldirgan ahdni olganlaringizdir. Darhaqiqat, sizlar dunyoda mendan boshqa hamma narsani topasizlar", degan hadislarini aytgan edim", dedilar Abu Zarr. Usmon (r.a.): "œMuoviyaning oldiga bor", deb u kishini Shomga jo‘natdilar. Shomga kelganlaridan keyin Abu Zarr odamlarga din ishlarini o‘rgata boshladilar. O‘quvchilarning ko‘zlaridan yoshlar chiqar, qalblarini mahzunlik olar edi. U kishi aytardilarki: "œSizlardan birontalaringiz uyida dinor yoki dirham bo‘laturib uxlamasin, agar bo‘lsa, Alloh yo‘lida nafaqa qilsin va qarzdorlarga bersin". Muoviya ham, odamlar ham yig‘lar edi. Keyin Muoviya (r.a.) u kishining o‘zlari so‘zlariga amal qilish-qilmasliklarini bilish uchun ming dinor jo‘natdilar. Abu Zarr pulning hammasini odamlarga taqsimlab berib, o‘zlariga hech narsa qoldirmadilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:08:08
Ikkinchi kuni Muoviya (r.a.) elchisini chaqirib: "œAbu Zarrga bor-da, kechagi ming dinor boshqaga berilishi kerak ekan. Men adashib sizga beribman, deb ayt", dedilar. Elchi kelib: "œMuoviyaning jazosidan meni qutqaring. Men sizga bergan ming dinor boshqaniki ekan, xato qilib sizga berib qo‘yibman", dedi. Abu Zarr aytdilar: "œMuoviyaga mendan salom ayt va unga yuborgan dinoridan hech narsa qolmaganini bildir. Agar xohlasa, uch kun kutsin, to‘plab beramiz". Muoviya u kishining so‘zi bilan ishi bir ekanini bildilar va Usmonga (r.a.) xat yozib: "œHojatingiz bo‘lsa, Abu Zarrni chaqirib oling", dedilar. Usmon (r.a.) javob xatida: "œAbu Zarrni mening oldimga yubor", deb yozdilar. Abu Zarr (r.a.) qaytib kelganlarida Usmon (r.a.) masjidda edilar. Oldlariga borib, salom berdilar. U zot alik oldilar va: "œAhvoling qalay, ey Abu Zarr?" deb so‘radilar. "œYaxshi. O‘zingiz qalaysiz?" dedilar Abu Zarr. So‘ng Usmon (r.a.) chiqib ketdilar. Abu Zarr qiroat qiladigan joyga chiqib, ikki rak’at nkamoz o‘qidilar. Keyin o‘tirdilar. Odamlar ham u kishining oldiga o‘tirishdi. Ular: "œEy Abu Zarr, Payg‘ambardan (s.a.v.) hadis aytib bering", deyishdi. "œMenga habibim aytdilar: "œTuyada sadaqa bor, ekinda sadaqa bor, dirhamda sadaqa bor, qo‘yda sadaqa bor. Kim uyida dirham va dinorlari bo‘lib, qarzdorlarga bermasdan yoki Alloh yo‘lida infoq qilmasdan uxlasa, u xazina bilan qiyomat kunida yondiriladi". Odamlar: "œEy Abu Zarr, Allohdan qo‘rqing, nima deb aytayotganingizga qarang, bu mollar odamlarda yoyilib ketgan-ku", deyishdi. Abu Zarr aytdilar: "œQur’onning "œOltin-kumushni bosib, uni Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob "œxushxabar"ini yetkazing!" (Tavba, 34) degan oyatini o‘qimaganmisizlar?!" So‘ng ikki-uch kun turdilar. Usmon (r.a.) chaqirib, Rabzaga bor, dedilar. Rabza xaroba qishloq edi. So‘ng chiqib ketdilar. U yerda bir qora kishi imomlikka o‘tar edi. Abu Zarrga, o‘ting, deyishdi. U kishi bosh tortdilar. Dedilarki: "œAllohning rasuli rostgo‘ydir, menga: "œGarchi qora odamning orqasida namoz o‘qisang ham, eshit va itoat qil", deb aytganlar". U yerda ajallari yetgunicha turdilar. Alloh u kishidan rozi bo‘lsin".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:10:03
945. Abu Zarrning (r.a.) ayollari aytadi: “Abu Zarrga o‘lim kelganida yig‘ladim”. “Nima uchun yig‘laysan?” deb so‘radilar. “Sahroda o‘lyapsiz. Menda sizni kafanlaydigan kiyim yo‘q”, dedim. “Yig‘lama, – dedilar u kishi, – aksincha, xursand bo‘l. Nabiyning menga bilan yana bir necha kishi haqidaы aytilgan hadislari bor. U zot: “Sizlardan qaysi biringiz sahroda o‘lsa, unga mo‘minlardan bir to‘dasi shohid bo‘ladi”, deganlar. Sheriklarimdan hech biri sahroda vafot etgani yo‘q, balki qishloq va jamoat orasida o‘ldi. Faqat men qoldim. Allohga qasamki, yolg‘on gapirmayapman. Menga ham yolg‘on gapirishmagan. Men o‘sha kishiman. Yo‘lga qara”. Hojilar ketishgan, yo‘l kesilgan edi. Men tepalikka o‘tirib, yo‘lga qarayman. So‘ng qaytib u kishini davolayman. Shunday qilib turganimda, bir necha kishi o‘tib qoldi. Men kiyimimni silkitdim, ular mening oldimga kelishdi. “Ey Allohning cho‘risi, senga nima bo‘ldi?” deb so‘rashdi ular mendan. Musulmonlardan bittasi o‘lyapti, uni kafanlanglar”, dedim. “Kim u?” “Abu Zarr”. “Payg‘ambarning (s.a.v.) sahobalarimi?” “Ha”. Ular: “Unga ota-onalarimiz fido bo‘lsin”, deyishdi, darhol u kishining oldiga kirib, salom berishdi. U kishi aytdilar: “Xursand bo‘linglar, Payg‘ambarning (s.a.v.) menga va yana bir necha kishiga aytgan so‘zlarini eshitganman. “Sizlardan qaysi bir kishi sahroda o‘lsa, unga mo‘minlarning bir to‘dasi shohid bo‘ladi”, deganlar u zot. Sheriklarimning hammasi qishloq yoki jamoat orasida vafot etishdi. Faqat men qoldim. Men o‘sha kishiman. Sizlar ana shu jamoatsizlar. Agar menda yoki xotinimda kafanlikka yaraydigan kiyim bo‘lganida, faqat ana shu bilan kafanlangan bo‘lardim. Sizlardan o‘tinaman, meni amir yoki xabarchi yo boshliq yoxud yo‘lboshchi kafanlamasin”. Qavm orasida bunday odam topilmadi. Ansoriylardan bir kishi chiqib: “Ey amaki, men sizni kafanlayman, chunki men siz aytgan ishlarni qilmaganman. Sizni bu ridoimda yoki ikki kiyimda yo onam to‘qigan ikki abo (jundan to‘qilgan to‘n kabi kiyim) bilan kafanlayman”, dedi u. Abu Zarr aytdilar: “Siz meni kafanlang”. So‘ngra jon berdilar. U kishini o‘sha ansoriy kafanladi. U yerdagilarni hammalari din ahli edilar. U kishidan eshitgan narsalariga xursand bo‘lib qaytdilar”.

_______________
Abu Zarr G‘ifforiy (r.a.) hadislari

940-hadis. Zaif. Ibn Hibbon, Abu Na’im rivoyat qilgan.
941-hadis. Isnodi noma’lum.
942-hadis. Isnodi zaif.
943-hadis. Zaif.
944-hadis. Abu Na’im rivoyat qilgan.
945-hadis. Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:10:21
SAKSON SAKKIZINCHI BOB
TOATDA JIDDU JAHD QILISH


946. Faqih aytadilar. Maoz ibn Jabal (r.a.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.) bunday deganlarini rivoyat qilganlar: "œSizlarga yaxshilik eshiklarini ko‘rsatib qo‘yaymi?" "œHa", dedim. Aytdilar: "œRo‘za qalqondir, sadaqa xujjatdir, bandaning yarim kechada qoim bo‘lishi hamma xatolarini o‘chiradi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:10:33
947. Faqih (r.a.) Abu Ubaydadan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): "œRo‘za, agar uni buzmasalar, qalqondir", dedilar. Uni buzish g‘iybat bilan bo‘ladi".

Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: "œTo‘rt narsa oxirat zahiralaridan: nafsning sihhati bo‘lgan ro‘za, egasi va do‘zax orasini to‘suvchi sadaqa, bandani Rabbiga yaqinlashtiruvchi namoz, xatolarni o‘chiruvchi ko‘z yoshi".

Faqih (r.a.) aytadilar, "œToatning asli uch narsa- dir: qo‘rqinch, umid va yaxshi ko‘rish. Qo‘rqinchning alomati harom qilingan narsalarni tark qilish. Umidning alomati taotga rag‘bat qilish, yaxshi ko‘rishning alomati shavq va tazarru’dir. Gunohning asli uchta narsadir: kibr, hirs va hasad. Kibr shayton sajda qilishga buyurilganida, bosh tortganida ko‘rindi. Keyin u mal’unga aylandi. Hirs Odamning (alayhissalom) ishlarida namoyon bo‘ldi. Ya’ni, u kishi jannatda abadiy qolish uchun mevani tanavvul qildilar va jannatdan chiqarildilar. Hasad esa, Odamning (alayhissalom) o‘g‘li Qobilning ishida zohir bo‘ldi. Ya’ni, u o‘z inisini o‘ldirdi va do‘zaxga kiritildi. Har bir kishi mana shu gunohlardan tiyilmog‘i, toatga ko‘p harakat qilmog‘i va toatni Alloh taoloning roziligi uchun xolis bajarmog‘i vojibdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:10:47
948.  Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: "œKim Alloh uchun ibodatni xolis qilsa, qalbidan tiliga hikmatlar oqadi".

Aytishlaricha, uch nafar kishi o‘zlariga nisbatan odamlarda nafrat uyg‘otadi, g‘azabni vojib qiladi va qurgan narsalarini buzadi. Ular: odamlarning ayblari bilan shug‘ullanuvchi; o‘z nafsiga mag‘rurlanuvchi; amali bilan riyo qiluvchi. Uch nafar kishi qalblarda muhabbat ekib, salomatlik va osmon ahlidan darajalarni meros qilib oladilar. Ular: yaxshi xulq egasi; amalida ixlos qiluvchi; mutavoze’.

Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "œHisob-kitob qilinmasingizdan oldin o‘zlaringizni sarhisob qilinglar. Zero, shu ish (qiyomatda) hisob berishingizni oson va yengil qiladi. Amallaringizni o‘lchab ko‘ringlar. Katta namoyish uchun tayyorlaninglar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:11:08
"œO‘sha kunda sizlar (hisob-kitob uchun Allohga) ro‘para qilinursizlar. Sizlarning biron siringiz maxfiy qolmas" (Al-haqqa, 18-oyat)".

Yahyo ibn Maozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "œOdamlar uch sinfdir. Bir kishini oxirati dunyosidan mashg‘ul qilib qo‘yadi. Bir kishini dunyosi oxiratidan mashg‘ul qilib qo‘yadi. Va bir kishi ikkalasi bilan ham shug‘ullanadi. Birinchisi ajr-mukofot oluvchilar darajasi. Ikkinchisi halok bo‘luvchilar darajasi. Uchinchisi xatardagilar darajasi".

Hotam Zohid aytadilar: "œTo‘rt narsaning qadrini to‘rt kishi biladi. Yigitlikning qadrini qarilar biladi, ofiyatning qadrini balolanganlar biladi, salomatlik qadrini kasallar biladi, hayotning qadrini o‘liklar biladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:11:36
949. Faqih aytadilar: "œHotamning gapi Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan hadisdan olingan. U zot: "œBesh narsani beshta narsadan oldin g‘animat bil", deb aytganlar.

Inson hayotning qadriga yetishi, uning har soatini g‘animat bilishi lozim. "œBir soatdan so‘ng holim qanday bo‘ladi?" deb o‘ylashi, o‘tganlarning nadomatlari haqida tafakkur qilishi kerak. Axir, ular emasmi ikki rak’at namoz o‘qish yoki "œla-a ilaha illalloh" so‘zini aytish miqdoricha hayot berilishini orzu qiladiganlar?! Senda shu fursat bor, hasrat va nadomat vaqti kelmasidan oldin Allohning ibodatida jiddu jahd qil.

Hotamdan: "œQaysi narsa ustiga amalingizni bino qildingiz?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "œTo‘rt narsa ustiga:
- boshqalarning rizqi menga o‘tmaganidek, mening rizqim ham mendan boshqaga o‘tib ketmaydi, deb bildim va shunga ishondim;
- bo‘ynimda farzlar bor va bu farzlarni o‘zimdan boshqa hech kim ado qilmaydi, deb bildim va ularning adosi bilan mashg‘ul bo‘ldim;
- bildimki, Rabbim meni har vaqt ko‘rib turadi, men Undan uyalaman;
- ajalim menga shoshib kelayotganini bildim va men ham unga shoshildim".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:12:10
Faqih aytadilar: "œAjalga shoshilish — unga solih amallar bilan tayyorlanish, Alloh qaytargan ishlardan qaytish, Alloh taolodan shu holatda sobitqadam etishini va uning oqibatini yaxshi qilishini so‘rab tazarru’ etishdir".

Hakimlar aytishadi: "œKishi amalga niyat va shukr bilan kirishmagunicha, qo‘rqinch bilan amal qilib, ixlos bilan topshirmagunicha ibodat mazasini topmaydi. Chunki niyat bilan kirsa, albatta, Alloh taolo uni ushbu amalga muvaffaq qiladi. Allohga shukr bilan amalga kirishsa, Alloh unga yanada ziyoda etadi. Chunki Alloh taolo:

"œQasamki, agar bergan ne’matlarimga shukr qilsangizlar, albatta, ularni yanada ziyoda qilurman. Endi agar kufroni (ne’mat) qilsangizlar, albatta, azobim juda qattiqdir" (Ibrohim, 7-oyat), deb aytgan. Agar qo‘rqinch bilan amal qilsa, uning savobi Alloh taoloning zimmasida bo‘ladi. Alloh taolo:

"œZotan, Alloh yaxshilik qiluvchilarning amallarini zoe’ qilmaydi" (Tavba, 120-oyat), deydi. Dunyoda savob ish qilish toatda halovat paydo qiladi, oxiratda esa, jannatga olib boradi. Agar uni ixlos bilan qilsa, Alloh qabul etadi. Amalning qabul qilinganlik alomati yanada balandroq toatga muvaffaq bo‘lishdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:12:31
Aytishlaricha, johillik alomati uchta:
1)   foyda bermaydigan narsalarni yig‘ish;
2)   halok qilinadigan gunohlarni qilish;
3)   qutqaradigan amalni tark etish.

Alloh taologa yuzlanuvchining alomati ham uchta:
1)   qalbini tafakkur uchun;
2)   tilini zikr uchun;
3)   badanini xizmat uchun fido qilmog‘i.

O‘zini aldaydiganlarning alomati uchta:
1)   xatolardan cho‘chimay, shahvatlarga shoshilish;
2)   uzoq orzu bilan tavbani kechiktirish;
3)   oxiratni amalsiz umid qilish".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:12:48
Hakimlardan ba’zi biri aytadilar: "œKim uch narsasiz uch narsani da’vo qilsa, bilki shayton uni masxara etadi:
- kim dunyoni yaxshi ko‘rib turib, Alloh zikrining halovatiga yetishishni da’vo qilsa;
- kim Allohning rizoligini nafsini rozi qilish orqasida da’vo qilsa;
- kim odamlarning maqtovini yaxshi ko‘rish bilan ixlosni da’vo qilsa".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:13:16
Abu Nazra aytadilar: "œKimda to‘rt narsa bo‘lsayu, ular bilan yaxshilikni ziyoda qilmasa, Alloh taolo uning amalini qabul etmaydi:
- kim urushdan omon qaytib, keyin yaxshilikni ziyoda qilmasa, bu hol Alloh taolo undan amalini qabul qilmaganining belgisidir;
- kim ramazon oyida bir oy ro‘za tutsayu, yaxshiliklarini ziyoda qilmasa, bu hol Alloh taolo uning amalini qabul qilmaganining belgisidir;
- kim haj qilsayu, yaxshiliklarini ziyoda etmasa, bu hol ham Alloh taolo undan qabul qilmagani belgisi;
- kim kasal bo‘lsa, so‘ng tuzalib yaxshiliklarini ziyoda qilmasa, bu holat kasallik uning gunohlariga kafforat bo‘lmaganining belgisidir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:13:34
Aytishlaricha, oqil kishiga amalini isloh etishi va harakatini zoe’ qilmasligi uchun to‘rt narsa kerak bo‘ladi:
1.   Ilm. Unga ilmi hujjat bo‘ladi.
2.   Tavakkul. Ibodatda forig‘ va odamlarga qaram bo‘lmasligi uchun.
3.   Sabr. U bilan amalini mukammal qiladi.
4.   Ixlos. U bilan savobga yetadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:13:56
Hasan Basriy aytadilar: "œKishi jannat talabida tinimsiz harakat qiladi, ozib-to‘zib ketadi. Ammo Alloh taologa yo‘liqqunicha, mustaqim bo‘ladi. Allohning:
"œAlbatta: "œParvardigorimiz Allohdir", deb, so‘ngra (yolg‘iz Alloh taologa toat-ibodat qilishda) to‘g‘ri — ustivor bo‘lgan zotlar" (Fussilat, 31-oyat), degan oyatini eshitmaganmisan?"

Hakimlar aytishadi: "œMustaqim (to‘g‘ri yo‘lda yurgan) kishi toqqa o‘xshaydi. Tog‘da to‘rt alomat bor: u issiqda erimaydi;  sovuqda muzlamaydi; shamolda qimirlamaydi; sel oqizib ketolmaydi.

Shuningdek, mustaqim kishida ham to‘rtta alomat bordir: unga bir inson yaxshilik qilsa, shu yaxshilik sababidan u insonga nohaq narsada moyil bo‘lmaydi; unga bir inson yomonlik qilsa, shu yomonlik uni nohaq narsani aytishga olib bormaydi; havoyi nafsi uni Alloh taoloning buyrug‘idan chekkaga chiqara olmaydi; dunyo matolari uni Alloh taolo toatidan to‘xtatolmaydi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:14:28
Aytishlaricha, yetti narsa yaxshilik xazinasidan. Ularning har biri Alloh kitobi ila vojib bo‘lgandir:
1.   Ibodatda ixlosli bo‘lish. Alloh taolo aytadi:
"œHolbuki, ular faqat yagona Allohga, u Zot uchun dinni xolis qilgan, to‘g‘ri yo‘ldan og‘magan hollarida ibodat qilishga buyurilgandirlar" (Bayyina, 5-oyat).

2.   Ota-onaga yaxshilik qilish. Alloh taolo aytadi:
"œSen menga va ota-onangga shukr qil! Yolg‘iz O‘zimizga qaytajaksan!" (Luqmon, 14-oyat).

3.   Qarindoshchilikni bog‘lash. Alloh taolo bu haqda aytadi:
"œOralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi olinadigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz bilan ajralib ketishdan saqlaningiz" (Niso, 1-oyat).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:15:00
4.   Omonatni ado qilish. Alloh taolo aytadi:
"œAlbatta, Alloh taolo sizlarni omonatlarni egalariga topshirishga buyuradi" (Niso, 58-oyat).

5.   Gunoh ishlarda hech kimga itoat qilmaslik. Alloh taolo aytadi:
"œBir-birovlarimizni Allohdan o‘zga xudo qilib olmaylik" (Oli Imron, 64-oyat).

6.   Havoyi nafsi bilan amal qilmaslik. Alloh taolo aytadi:
"œEndi kim (hayoti-dunyodalik paytida qiyomat kuni mahshargohda) Parvardigorning (huzurida) turishi (va uzoq hisob-kitob berishi)dan qo‘rqqan va nafsini havoyi xohishlaridan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatdagina (uning uchun joy bo‘lur)" (Nozi’at, 40 — 41).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:15:31
7.   Toatlarda jiddu jahd qilish va Allohdan qo‘rqish. Bu haqda Alloh taolo aytadi:
"œUlar Parvardigorlariga qo‘rquv va umid bilan duo-iltijo eturlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar" (Sajda, 16-oyat).

Har bir inson oqibatidan qo‘rqishi, yig‘lashi shunga ko‘ra amal qilishi lozim. Zero, qiyomat kunidagi ish og‘irdir.

Rivoyat qilishlaricha, Iso alayhissalom bir qishloqdan o‘tdilar. U yerda bir tog‘ bor edi. Tog‘dan yig‘i va ingroq eshitilardi. Iso alayhissalom qishloq ahlidan: "œBu tog‘dagi nima yig‘i?" deb so‘radilar. "œEy Iso, biz bu qishloqda turganimizdan beri shu yig‘ini va tog‘ning ingrashini eshitamiz", deyishdi. Iso alayhissalom aytdilar: "œBu yig‘i, bu ingrashlar to‘g‘risida xabar ber, ey tog‘". Tog‘ aytdi: "Ey Iso, men shunday tog‘manki, toshlarimdan sanamlar yasab, ularga ibodat qilishadi. Alloh taolo bu bilan meni do‘zaxga tashlamog‘idan qo‘rqaman. Allohning: "œOdamlar va toshlardan o‘tini bo‘lgan, kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zaxdan qo‘rqing"(Baqara, 24-oyat), degan so‘zini eshitganman. O‘sha kunda do‘zaxga tashlanadigan toshlardan bo‘lib qolishdan qo‘rqaman". Alloh taolo Iso alayhissalomga vahiy qildi: "œToqqa ayt, turaversin, Men uni jahannamdan ozod qildim".

Tog‘u toshlar og‘irligi, kattaligiga qaramasdan, Allohdan qo‘rqishadi. Qanday qilib zaif, kuchsiz, miskin odam farzandi do‘zaxdan qo‘rqmaydi, undan panoh tilamaydi. Ey odam farzandi, undan ehtiyot bo‘l. Undan ehtiyot bo‘lish esa, gunohlardan saqlanish bilan bo‘ladi. Albatta, gunohlar Alloh taoloning g‘azabini va azobini keltiradi. Allohning azobini ko‘tarishga esa, toqat qilolmaysan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:16:03
950. Anas ibn Molikdan (r.a) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: "Allohning:
"œShuningdek, (ya’ni, haq yo‘lga hidoyat qilganimiz kabi) sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun o‘rta (adolatli) bir millat qildik" (Baqara, 143), degan oyati nozil bo‘lganida, Payg‘ambarning (s.a.v.) ko‘zlari yoshlandi. So‘ng aytdilar: "œEy odamlar jamoasi, Alloh taolo meni nabiy va rosul qilib qilib yubordi. Sizlarni payg‘ambari uchun tanladi. Meni sizlarga guvoh qildi, sizlarni o‘tgan asrlarda o‘tgan ummatlar uchun guvoh qildi". Ansorlardan Qays ibn Urva degan kishi: "œEy Rasululloh, o‘tgan ummatlarga qanday guvohlik beramiz, biz ulardan bo‘lmasak, ular bizning zamonamizda bo‘lmasa? " deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v) aytadilar: "œEy Ibn Urva, qiyomat kuni bo‘lsa, yer boshqa narsaga aylanadi, osmonlar kitobni yozish uchun yoyilgandek yoyiladi, odamlar tiriladilar. Ularning orasida yuzi oq bo‘lganlar ham, yuzi qora bo‘lganlar ham bor. So‘ngra ular qirq yil turishadi". "œEy Rasululloh, ular nimani kutadi?" deb so‘rashdi. "œAlloh taolo aytgan qichqiriqni.

"œU kunda (odamlar mashhargohga) chorlovga (farishtaga) egilmay-burilmay ergashurlar, itoat qilurlar.

Ovozlar ham Rahmonga ta’zim qilur. Bas, faqat pichirlashnigina eshitursiz" (Toho, 108-oyat) (ya’ni, ikki lab qimirlaydi, lekin ovozlari chiqmaydi). Va ularni hech qon to‘kilmagan yerga jo‘natiladi. So‘ng hayvonlar keltiriladi. Ba’zilari ba’zilaridan qasos olishadi, so‘ng ularga, tuproqqa aylaninglar, deyiladi. Ular tuproqqa aylanishadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 25 Noyabr 2006, 19:16:27
 Allohning bu haqda so‘zi bor:

“Kofir kimsa: “Eh, koshki edi (qaytadan) tuproqqa aylanib ketsam”, deb qolur” (Naba’, 40-oyat). So‘ng hamma payg‘ambarlar va ummatlar kelishadi, ular orasida haq bilan hukm qilinadi. Bas, bir to‘dasi jannatda, bir to‘dasi do‘zaxda bo‘ladi. So‘ng nido qiluvchi: “Nuh (alayhissalom) qaerda?” deb nido qiladi. U kishini keltirishadi. Alloh aytadi: “Ey Nuh, risolatni yetkazdingmi, omonatni ado qildingmi?” Aytdilar: “Ha, ey Allohim, risolatni yetkazib, omonatni ado qildim”. So‘ngra u kishining qavmlarini keltirishadi. Alloh aytadi: “Ey Nuhning ummati, Nuhga sizlarni ixlos kalimasiga chaqirishni buyurgan edim, sizlarga risolatni yetkazdimi?” “Ey Parvardigorimiz, bizga bashorat beruvchi ham, ogohlantiruvchi ham kelmadi”, deydi ular. Alloh taolo aytadi: “Ey Nuh, ummating seni inkor qilyapti. Sen uchun guvohlik beradigan kishi bormi?” Nuh alayhissalom aytadilar: “Ha, bu Muhammadning (sollallohu alayhi va sallam) ummati”. Nido qiluvchi nido qiladi: “Ey odamlar uchun chaqirilgan ummatlarning eng yaxshisi, ramazon oyida ro‘za tutuvchilar”. So‘ngra ular saflanishadi. Alloh taolo o‘z kitobida aytganidek,

“Ularning yuzlarida sajda izidan (qolgan) belgi-alomatlari bordir” (Fath, 29-oyat). Ular: “Labbay, Allohning da’vatchisi”, deyishadi. Alloh aytadi: “Ey ummati Muhammad, Nuhga guvohlik berasizlarmi?” “Ha, biz guvohlik beramiz. U kishi risolatni ularga yetkazdilar, omonatni ado qildilar”, deyishadi. Nuhning (alayhissalom) ummati: “Nuh avval o‘tgan bo‘lsa, qanday qilib bir zamonda yashamagan kishilariga guvohlik berishadi?” deb aytishadi. “Alloh taoloning payg‘ambari Muhammadga (s.a.v.) nozil qilgan:

“Darhaqiqat, Biz Nuhni “Qavmingni ularga alamli azob kelib qolishidan ilgari ogohlantirgin”, deb qavmiga payg‘ambar qilib yuborganmiz” (Nuh, 1) oyatini o‘qiganmiz”, deyishadi. Alloh taolo: “To‘g‘ri aytdinglar, Ey Muhammad ummati. Nafsimga qasamki, hech kimni hujjatsiz azoblamayman. Ey Muhammad ummati, oralaringizda bo‘lgan zulmlarni bir-biringizdan kechib yuboringlar. Men sizlar bilan o‘zimning oramda bo‘lganlarini kechdim”, deydi”.

_________________
Toatdda jiddu jahd qilish bobi hadislari

946-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
947-hadis. Boshqasiga ko‘ra, hasan. Nasaiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
948-hadis. Zaif. Abu Na’im rivoyat qilgan.
949-hadis. Sahih. Abu Na’im, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
950-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 26 Noyabr 2006, 12:08:18
SAKSON TO‘QQIZINCHI BOB
SHAYTONNING ADOVAT VA HIYLALARI


951. Faqih (r.a.) aytadilar. Sofiya binti Jahsh (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qildilar: "œShayton odam bolasining qon tomirlarida yuradi".

Ibn Abbos (r.a.) Alloh taoloning:
"œ(Ey Muhammad) ayting: Men barcha insonlarning parvardigoridan, barcha insonlarning ilohidan (menga) o‘zi, jin va insonlarda bo‘lgan, insonlarning dillariga vasvasa soladigan, (Alloh nomi zikr qilinganida) yashirinib oladigan vasvasachi (shayton)ning yomonligidan panoh berishini so‘rab iltijo qilurman" (Nos surasi), degan oyati haqida aytadilar: "œShayton insonlarning qalbiga kirganidek, jinlarning ham qalbiga kiradi va vasvasa qiladi. Agar Alloh nomi zikr qilinsa, yashirinib ularning qalbidan chiqadi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 26 Noyabr 2006, 12:08:41
952. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œMen da’vat qiluvchi va yetkazuvchi qilib yuborildim. Mening qo‘limdan hidoyat qilish kelmaydi. Shayton ziynatlovchi qilib yaratildi. Uning qo‘lidan adashtirish kelmaydi". Ya’ni, u faqat vasvasa qilib, gunohni bezaydi. Uning qo‘lida ortiq narsa yo‘q. Banda nafsidan vasvasani daf etishda jiddu jahd va dushmanga muxolif bo‘lishga harakat qilmog‘i lozim. Chunki Alloh taolo aytganki:
"œAniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar" (Fotir, 6-oyat). Oqil kishi dushmanidan do‘stini ajrata biladi, unga itoat qiladi, dushmaniga ergashmaydi.

Aytilardiki, johillikning alomati to‘rtta:
1.   Bekorga g‘azablanish.
2.   Nafsning botilga ergashishi.
3.   Molni o‘rinsiz ishlatish.
4.   Do‘stini dushmanidan kamroq bilish, ya’ni, shaytonning toati ustiga ixtiyor qilish. Shaytonning toatini Allohning toatiga almashtirish naqadar yomon.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 26 Noyabr 2006, 12:09:16
Alloh taolo aytadi:
"œEndi sizlar (ey odam farzandlari) Meni qo‘yib, uni (ya’ni, shaytonni) va zurriyotlarini do‘st tuturmisiz? Ular sizlarga dushman-ku! U (shayton) zolim kimsalar uchun (Allohning o‘rniga ibodat qilinadigan) naqadar yomon o‘rinbosardir" (Kahf, 50-oyat).

Oqillikning alomati ham to‘rtta:
1.   Johilga nisbatan muloyim bo‘lish.
2.   Botildan nafsini qaytarish.
3.   Molni loyiq joyga ishlatish.
4.   Dushmanidan do‘stini ajrata bilish".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 26 Noyabr 2006, 12:13:45
Vahb ibn Munabbahdan zikr qilinadi: "œShayton Yahyo ibn Zakariyo alayhissalomga yo‘liqibdi. Yahyo ibn Zakariyo unga: "œMenga odam farzandlarining tabiatini qanday bilishing haqida xabar ber", dedilar. Iblis aytdi: "œUlarda bir sinf bor, gunohlardan pok, senga o‘xshaydi. Ularga hech narsa qila olmaymiz. Ammo ikkinchi sinfi bolalaringizning qo‘llaridagi to‘p kabi bizning qo‘limizda. Ularga biz kifoya qilamiz. Ammo, uchinchi sinfga kelsak, ular biz uchun eng yomon sinfdir, ularga birortamiz uchraymiz-da, kerakli narsamizni olamiz, so‘ng u istig‘forga shoshiladi va biz olgan narsani buzadi. Undan noumid ham bo‘lmaymiz, hojatimizga ham erisha olmaymiz".

Hakimlardan biri aytadi: "Shaytonning insonga o‘nta eshikdan kelishini ko‘rdim:

1.   Shayton hirs va yomon gumon tomonidan keladi. Uni ishonch va qanoat bilan kutib oldim. So‘ng Allohning kitobidan unga qarshi ushbu so‘zni topdim:
"œO‘rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir"  (Hud, 6-oyat). Va ushbu oyat bilan uning eshigini sindirdim.

2.   Qarasam, shayton hayot va uzun orzular bilan kelyapti, uni to‘satdan keluvchi o‘lim xavfi bilan kutib oldim. So‘ng Allohning kitobidan unga qarshi ushbu oyatni topdim:

"œBiror jon qaerda o‘lishini ham bila olmas" (Luqmon, 34-oyat). Va uning eshigini sindirdim.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 26 Noyabr 2006, 12:14:50
3.   Ko‘rdimki, shayton keyin rohat va ne’mat tomonidan kelyapti. Uni ne’matning zavoli va yomon hisob­-kitob bo‘lishi bilan kutib oldim. So‘ng uni daf’ qilish uchun Allohning ushbu so‘zlarini topdim:

"œ(Ey Muhammad) ularni qo‘yavering, yeb-ichib, foydalanib qolsinlar..." (Hijr, 3-oyat),

"œ(Ey Muhammad) xabar bering-chi, agar Biz ularni (uzoq) yillar (sihat-salomatlik, molu davlat bilan) foydalantirsak..." (Shuaro, 205-oyat). Shunday qilib, bu tomondagi eshigini ham sindirdim.

4.   Ko‘rdimki, so‘ng shayton mag‘rurlanish tomonidan kelyapti. Uni oqibat xavfi va minnat bilan kutib oldim va Allohning ushbu so‘zi bilan uni haydadim:

"œBas, u (kunga hozir bo‘lgan)lar orasida baxtsizi ham bo‘lur, baxtlisi ham.." (Hud, 105-oyat). Darhaqiqat, men qaysi toifadan bo‘lishimni bilmayman, shu bilan uning bu eshigi ham sindi.

5.   Keyin u birodarlarga e’tiborsizlik va hurmatsizlik tarafidan keldi. Uni birodarchilikning haqqini va hurmatini bilish bilan kutib oldim va uni bartaraf qilishga Allohning ushbu so‘zini topdim:

"œKuch-qudrati Allohning, Uning payg‘ambari va mo‘minlarnikidir" (Munofiqun, 8-oyat). Shu bilan yana bir eshigini sindirdim.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 26 Noyabr 2006, 12:15:25
6. Ko‘rdimki, u hasad eshigidan kelyapti. Uni adolat va Alloh taoloning maxluqlari orasida qilgan taqsimoti  bilan kutib oldim va Allohning ushbu so‘zi bilan haydadim:

"œUlarning hayoti dunyodagi maishat-tirikchiliklarini ham ularning o‘rtalarida Biz o‘zimiz taqsimlaganmiz" (Zuxruf, 32-oyat) va shu bilan uning eshigi sindi.

7. Keyin u riyo va odamlarning maqtovi bilan keldi. Uni ixlos bilan kutib oldim va ushbu oyat bilan daf’ qildim:

"œBas, kim Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishdan umidvor bo‘lsa, u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biror kimsani (Unga) sherik qilmasin" (Kahf, 110-oyat). Ya’ni, qiladigan barcha amallarini ixlos ila qilsin. Va shu bilan yana bir eshigini sindirdim.

8. So‘ngra u baxillik  eshigidan keladi, uni bandaning qo‘lidagi bor narsa yo‘q bo‘lishi va Alloh taolo huzuridagi narsagina boqiy qolishi bilan kutib oldim va Allohning ushbu so‘zi bilan uni haydadim:

"œSizlarning huzurlaringizdagi narsalar yo‘q bo‘lur. Alloh dargohidagi narsalar boqiydir" (Nahl, 96-oyat). Shu bilan uni sindirdim.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 26 Noyabr 2006, 12:16:08
9. Ko‘rdimki, u kibr eshigidan kelyapti. Uni tavozu’ bilan kutib oldim va ushbu oyat bilan uni haydashga kuch topdim:

"œEy insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishinglar (do‘st, birodar bo‘lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va ogohdir" (Hujurot, 13-oyat). Va uning eshigi shu bilan sindi.

10. So‘ngra ko‘rdimki, u tama’ tomonidan kelyapti. Uni odamlarga qaram bo‘lmaslik va Alloh huzuridagi narsaga ishonch bilan kutib oldim. Unga qarshi esa, ushbu oyat bilan kurashdim:

"œKim Allohdan qo‘rqsa, U zot uning uchun (barcha g‘am-kulfatlardan) chiqar yo‘lni (paydo) qilur va uni o‘zi o‘ylamagan tomonidan rizqlantirur" (Taloq, 2 ­ 3-oyatlar).

Xabarda zikr qilinishicha, iblis (unga Allohning la’nati bo‘lsin) Muso (alayhissalom) Allohga munojot qilib turganlarida, u kishining oldlariga keldi. Farishtalardan biri iblisga: "œSenga o‘lim bo‘lsin, uning bu holatidan nimani umib qilyapsan?" dedi. Aytdi: "œUndan uning otasi Odamdan jannatdaligida umid qilgan narsamni umid qilyapman".
Aytishlaricha, namoz vaqti kelsa, shayton askarlariga odamlarga borishni, ularni namozlaridan mashg‘ul qilib qo‘yishni buyuradi. Shayton namoz o‘qimoqchi bo‘lgan kishi oldiga kelib, uni ruku’, sajda, qiroat, tasbeh va duolarni mukammal qilishdan to‘sishga harakat etadi. Agar bunga ham qodir bo‘lmasa, uning qalbini dunyo ishlari bilan mashg‘ul qilib qo‘yadi. Agar bu narsalardan birortasiga qodir bo‘lmasa, shayton uni mahkam bog‘lab, dengizga uloqtirishga shaylanadi. Agar bu ishlardan birortasiga qodir bo‘lsa maqtanadi
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 26 Noyabr 2006, 12:17:35
Alloh taolo Iblisning og‘zidan hikoya qilib aytadi:
"œSening to‘g‘ri yo‘ling ustida ularni (odam bolalarini) kutib o‘tiraman. So‘ngra ularning oldlaridan va ortlaridan, o‘ngu so‘llaridan kelaman va ularning ko‘plarini shukr qilgan hollarida topmaysan" (A’rof, 16­17-oyatlar).

Boshqa bir oyatlarda aytadi:
"œEy Odam bolalari, shayton otalaringizni jannatdan chiqargani kabi sizlarni ham aldab qo‘ymasin!" (A’rof, 27-oyat),

"œShayton sizlarni (agar in’om-ehson qilsangiz) kambag‘al bo‘lib qolishingizdan qo‘rqitadi va fahsh ishlarga buyuradi" (Baqara, 268-oyat);

"œAniqki, shayton sizlarga dushmandir. Sizlar uni dushman tutinglar" (Fotir, 6-oyat).

Alloh taolo shayton Odam farzandlari uchun dush man ekanini bayon qildi va u ularni adashtirishni, o‘zi bilan birga do‘zaxga tushirishni xohlashini bildirdi. Aqlli kishi u bilan kurashda o‘zini undan xalos qilish uchun jiddu jahd qilmog‘i vojib. Chunki shayton mo‘minlar uchun ochiq dushmandir. Mo‘min kishining shaytondan boshqa dushmanlari ham bordir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 26 Noyabr 2006, 12:18:15
953. Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œMo‘min beshta kulfat orasida: bir mo‘min unga hasad qiladi, munofiq uni yomon ko‘radi, dushman u bilan urishadi, shayton uni adashtiradi, nafsi uni sargardon qiladi".

Bas, musulmon kishi Allohdan dushmanlariga qarshi yordam va quvvat hamda o‘zi yaxshi ko‘radigan, rozi bo‘ladigan amallarga muvaffaq qilishini so‘ramog‘i lozim.

Bu ishlarning hammasi Alloh taolo muyassar qilgan kishiga yengildir.

Abu Solih Abdurahmon ibn Zayyoddan rivoyat qiladilar: "œMuso alayhissalom bir majlisda o‘tirgan edilar. Shu payt iblis keldi. Uning boshida turli ranglarda bo‘lgan kiyim bor edi. Musoga yaqinlashganida, uni yechib qo‘ydi va yuzlanib, salom berdi. Muso: "œSen kimsan?" deb so‘radilar. "œMen iblisman", dedi u. Muso aytdilar: "œBu yerga kelishing sababi nima?" "œSizga salom berish uchun keldim, chunki Alloh taolo huzurida martabangiz bor". Muso: "œBu do‘ppi nima uchun?" deb so‘radilar keyin. Iblis: "œU bilan Odam bolalarining qalblarini ushlayman", dedi. Muso aytdilar: "œMenga xabarini ayt-chi, Odam farzandi qaysi gunohni qilsa, unga g‘olib bo‘lasan?". Iblis: "œNafsiga mag‘rurlansa, amalini ko‘p sanasa va gunohini unutsa, uning ustidan g‘alaba qilaman", deb javob berdi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 26 Noyabr 2006, 12:20:27
Vahb ibn Munabbahdan (Alloh rahmat qilsin) zikr qilinadi. Alloh taolo iblisga Muhammad (s.a.v.) oldlariga borib, savollariga javob berishni buyurdi. U chol suratida qo‘lida hassa bilan keldi. Payg‘ambar (s.a.v.)  aytdilar: "œSen kimsan?" "œMen shaytonman". "œNima uchun kelding?" deb so‘radilar keyin. "œAlloh taolo menga sizning oldingizga kelishimni va savollaringizga javob berishimni buyurdi", dedi shayton. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œEy mal’un, mening ummatim ichida sening qancha dushmaning bor?" Iblis javob qildi: O‘n beshta: birinchisi, siz, ikkinchisi, odil imom, uchinchisi, mutavoze’ boy, to‘rtinchisi, sodiq savdogar, beshinchisi, Allohdan qo‘rquvchi olim, oltinchisi, samimiy, oqko‘ngil mo‘min, yettinchisi, rahmdil mo‘min, sakkizinchi, tavbasida sobit turgan tavba qiluvchi, to‘qqizinchisi, haromdan taqvo qiluvchi odam, o‘ninchisi, doim tahoratda yuruvchi odam, o‘n birinchisi, ko‘p sadaqa qiluvchi odam, o‘n ikkinchisi, odamlarga nisbatan chiroyli xulqda bo‘lgan odam, o‘n uchinchisi, odamlarga foydasi teguvchi mo‘min, o‘n to‘rtinchisi, Qur’onni yodlab, uni davomli qiroat qiluvchi odam, o‘n beshinchisi, kechasi odamlar uxlaganida, ibodat qiluvchi odam". So‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œMening ummatim ichida nechta do‘sting bor?" Iblis javob berdi: "œO‘nta. Birinchisi, zolim podshoh, ikkinchisi, mutakkabir boy, uchinchisi, xiyonatchi savdogar, to‘rtinchisi, aroq ichuvchi, beshinchisi, odam o‘ldiruvchi, oltinchisi, zinokor, yettinchisi, yetimning molini yeyuvchi, sakkizinchisi, namozga beparvo bo‘luvchi, to‘qqizinchisi, zakot bermaydigan kishi, o‘ninchisi, uzun orzular qiluvchi. Ana shular mening do‘st-birodarlarimdir".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 26 Noyabr 2006, 12:24:08
954. Xabarda zikr qilinishicha, Bani Isroil ichida xudojuy bir kishi bo‘lib, u kulbasida ibodat bilan mashg‘ul edi. Uni Obid Barsisiy deyishdi. Duosi mustajob kishi edi. Odamlar unga kasallarni keltirishar, u duo o‘qir, keyin kasal tuzalar edi. bir kishi iblis shaytonvachchalarni chaqirib (ularga Allohning la’nati bo‘lsin): "œKim uni fitnaga sola oladi? U sizlarni ojiz qoldiryapti", dedi. Shaytonlarning Ifrit degan bittasi: "œMen uni fitnaga solaman". Agar uni fitna qila olmasam, men sizlardan emasman", dedi. Iblis aytdi: "œU seniki". Shayton Bani Isroil podshohlaridan birining uyiga jo‘nadi. Uning chiroyli qizi bor edi. U qiz otasi, onasi va opa-singillari bilan o‘tirgan edi. Shayton uni aqldan ozdirdi. Bundan ular qattiq qo‘rqishdi. Qiz jinniga o‘xshab qoldi. Bir necha kun o‘tganidan keyin Ifrit ularning oldilariga odam suratida kelib aytdi: "œQizingizni tuzalishini xohlasanglar, falon rohibga olib boringlar, qizni ko‘rib, haqqiga duo qiladi". So‘ng qizni rohib oldiga olib borishdi. U duo qilganidan keyin qiz tuzaldi. Ammo qaytganlaridan keyin kasali yana qaytaladi. Shayton ularning oldiga kelib: "œQizingiz tuzalishini xohlasanglar, uni rohibning oldiga bir necha kunga tashlab kelinglar", dedi. Qizni tashlab kelish uchun qizni rohibnikiga olib borishdi. Rohib uni qabul qilmoqdan bosh tortdi. Ammo uni majburlashdi va tashlab ketishdi. Rohib kunduzlari ro‘zador, kechalari qoim edi. Shayton qizni unga ro‘para qila olmadi. Rohib ovqatlanishga o‘tirganida, qizning jinniligi tutib, kiyimlarini yirtib tashladi. Rohib undan yuzini o‘girdi. Bu hol uzoqqa cho‘zildi... Bir kuni unga qaradi. U oldin hech ko‘rmagan qomat va chehrani ko‘rdi. So‘ng o‘zini tuta olmay, u bilan qo‘shildi, qiz undan homilador bo‘lib qoldi. So‘ng shayton rohibning oldiga kelib: "œSen kimni homilador qilib qo‘yding, bu qilgan ishing tufayli aniq podshohning jazosiga tortilasan, endi uni o‘ldirib, kulbang oldiga ko‘msanggina qutulishing mumkin. Ular sendan qizlarini so‘rashsa, ajali yetib o‘ldi, deb ayt. Ular senga ishonishadi", dedi. Rohib turib, uni o‘ldirdi va ko‘mdi. Qizning uyidagilari kelib so‘rashganida, o‘ldi, deb aytdi. Ular ishonib, qaytib ketishdi. (Boshqa bir rivoyatda kelishicha, Rohib: "œU tuzalib, uyiga ketdi", deb aytdi. Ular bunga ishonib qaytib ketishdi. So‘ng uylaridan surishtira boshlashdi).

Shunda shayton ularning oldiga borib aytdiki: "œRohib unga qo‘shildi, u homilador bo‘lganidan keyin, bu ish oshkor bo‘lishidan qo‘rqib, uni o‘ldirdi va ko‘mib qo‘ydi". Podshoh odamlari bilan Rohibning oldiga keldi. Uni osmoqchi bo‘lib ushlashdi. U osilgan vaqtda shayton kelib: "œO‘sha ishlarni men qildim. Agar sen Allohni qo‘yib, menga sajda qilsang, bu holdan seni qutqaraman. Ularga, u o‘ldirmagan, boshqa odam o‘ldirgan, deb aytaman. Ular menga ishonishadi", dedi. Rohib aytdi: "œBu holatda qanday sajda qilaman?" Shayton: "œBoshing bilan imo qilsang ham, roziman", dedi. Rohib unga sajda qildi. So‘ngra shayton unga: "œMen sendan bezorman", dedi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 26 Noyabr 2006, 12:24:31
Alloh bu haqda aytadi:

"œXuddi shaytonning o‘xshashidirlar. Eslang, u insonga, kofir bo‘l degan edi. Endi qachonki (inson) kofir bo‘lgach (shayton unga): "œAlbatta men sendan bezorman. Zero, men barcha olamlar Parvardigori bo‘lmish Allohdan qo‘rqaman", dedi. Bas, ikkisining (shayton va uni so‘ziga kirib kofir bo‘lgan insonning) oqibati do‘zaxga kirib, unda mangu qolish bo‘ldi. Zolim kimsalarning jazosi shudir" (Hashr, 16 ­ 17-oyatlar).

Faqih aytadilar: "œBandaning to‘rtta dushmani bor va ularning hammasi bilan kurashmoqqa banda muhtojdir:
1. Dunyo. U aldamchi va makkordir. Alloh taolo aytadi: "œBas, hargiz sizlarni hayoti dunyo (o‘zining o‘tkinchi ne’matlari bilan) aldab qo‘ymasin va har giz sizlarni g‘urur (ya’ni, shayton) Alloh (har qanday gunohni kechaveradi, degan aldov) bilan aldab qo‘ymasin" (Luqmon, 33-oyat).
2. Nafs. U dushmanlarning eng yomonidir.
3. Shayton.
5. Shaytoniy insonlar. Ulardan ehtiyot bo‘lish kerak. U jin shaytonidan yomonroqdir. Chunki jin shaytonining aziyati vasvasa bilan bo‘ladi, shaytoniy odam esa, u eng yomon do‘st, uning aziyati har qadamda ro‘baro‘ kelib turadi. U doimo bandani to‘g‘ri yo‘lidan chalg‘itish payida bo‘ladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 26 Noyabr 2006, 12:24:48
955. Shaddod ibn Avs (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ziyrak kishi nafsini hisobkitob qilib, o‘limdan keyingi hayot uchun amal qilgan kishidir”. Ya’ni dunyoda o‘z nafsi bilan hisoblashadi va o‘limdan keyin foydalanish uchun amal qiladi. «Fojir esa havoyi nafsiga ergashib, Alloh taolodan mag‘firatni umid qilgan kishidir».

Iso ibn Maryam (alayhissalom) aytadilar: “Kimning qanday halok bo‘lishi ajablanarli emas, ajablanarlisi, kishi qanday qilib najot topganidir”. Ya’ni, jannat nafs yoqtirmagan narsalar bilan, do‘zax esa, shahvatlar bilan o‘ralgan. Har bir bandada uni vasvasa qiladigan shayton va yaxshi ishlarga ilhomlantiradigan farishta bor. Shayton ziynatlash va aldashda davomli bo‘lsa, farishta undan qaytarishga va yaxshilikka ilhomlantirishga harakat qiladi. Nafs qaysi tarafda bo‘lsa, o‘shanisi g‘olib bo‘ladi””.

__________________
Shayton adovat va hiylalari  bobi hadislari

951-hadis. Muttafaqun alayh.
952-hadis. Mavzu’. “Al-mavzu’ot”ga qarang.
953-a-hadis. Ibn Lol rivoyat qilgan.
953-b-hadis. Zaif. Ibn Abud Dunyo rivoyat qilgan.
954-hadis. Sahih-mavquf. Abn Abud Dunyo, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
955-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 27 Noyabr 2006, 20:57:36
TO‘QSONINCHI BOB
RIZO


Faqih aytadilar. Maymun ibn Mahron dedilar: "Umar ibn Abdulaziz (r.a.) menga har oyda ikki marta kelib turishimni buyurdilar. Bir kuni u kishining oldlariga keldim. U kishi devorning ustidan  qarab turgan ekanlar. Eshikka yetmasimdan kirishga ruxsat berdilar. Uyga kirganimda, sholchalari ustida o‘tirgan edilar. Sholchaga teng keladigan supacha bor edi. U kishi ko‘ylaklarini yamab turardilar. Salom berdim, alik oldilar. Meni darrov supachaga o‘tkazdilar, keyin amirlarimizdan, mirshablarimizning ishlaridan, tartibni saqlovchilarimizdan, qamoqxonalarimizdan va narx-navolardan, so‘ng o‘zimdan hol-ahvol so‘radilar. Keyin ketmoqchi bo‘lib o‘rnimdan turayotganimda: "œEy Mo‘minlarning amiri, uyingizda siz uchun bu ishni qiladigan biror kishi yo‘qmi?" deb so‘radim. Aytdilar: "œEy Maymun, senga qorning to‘yadigan miqdordagi mol-dunyo kifoya qiladi. Biz bugun bu yerda bo‘lsak, ertaga boshqa joydamiz". So‘ng uydan chiqdim".

Alloh taoloning ushbu:
"œQachon birovlarga qiz (ko‘rgani haqida) xushxabar berilsa g‘azabga to‘lib, yuzlari qorayib ketar" (Nahl, 58-oyat), degan so‘zi haqida Qatoda aytadilar: "œBu ish arab mushriklarining ishlaridan edi. Alloh taolo ularning qilayotgan ishlari yomonligining xabarini berdi. Ammo mo‘min kishi Alloh unga nima narsani qismat qilgan bo‘lsa, shunga rozi bo‘lmog‘i munosibdir. Alloh taoloning mo‘minga taqdir qilgan narsasi kishi o‘ziga qilgan narsasidan yaxshidir. Ey Odam bolasi, Alloh taoloning yomon ko‘rgan narsangni senga taqdir qilishi yaxshi ko‘rib qilgan narsangdan yaxshidir. Allohga taqvo qil va Uning hukmiga rozi bo‘l".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 27 Noyabr 2006, 20:57:52
Faqih aytadilar: Qatodaning so‘zi Allohning ushbu so‘ziga muvofiq keladi:

“Sizlar o‘zingiz uchun yaxshi bo‘lgan narsani yoqtirmasligingiz va siz uchun yomon bo‘lgan narsani yaxshi ko‘rishingiz mumkin. Alloh bilur, sizlar bilmassiz” (Baqara, 216-oyat), ya’ni, sizlarga taqdir qilingan narsaga rozi bo‘linglar, zero, sizlar nafsingizni nima isloh qilishini bilmaysizlar.

Hakimlardan biri aytadi: “Manzil to‘rtta: dunyoda yashaymiz; qabrda yotamiz; mahshargohda to‘planamiz; yaratilishimiz sababi bo‘lgan abadiyatga qaytamiz. Dunyoda yashashimiz hojilarning ovqatlanishiga o‘xshaydi, ular xotirjam o‘tirmaydilar, ulovlaridan yuklarini tushirmaydilar, chunki bu manzildan tezda o‘tib ketishlari kerak. Qabrda yotishimiz karvonsaroyga tushishlariga o‘xshaydi. Hojilar u yerda yuklarini tushiradilar, bir-ikki kun dam oladilar, so‘ng jo‘nab ketadilar. Mahsharga to‘planishimiz hojilarning Makkada to‘planishiga o‘xshaydi. Ular haj ruknlarini bajaradilar, So‘ng o‘ng va chap tomonlarga ajralib ketadilar. Shuningdek, qiyomat kuni ham hisob-kitobdan keyin bir firqalari jannatga, bir firqalari do‘zaxga ajraladi”.

Shaqiq ibn Ibrohim (r.a.) aytadilar: “Yetti yuzta olimdan beshta narsa to‘g‘risida so‘radim. Ularning javoblari bir xil bo‘ldi. “Oqil kim?” deb so‘radim. “Oqil dunyoni yaxshi ko‘rmagan kishidir”, deyishdi. “Ziyrak kim?” deb so‘radim. “Dunyoga aldanib qolmagan kishi”, deyishdi. “Boy kim?” deb so‘radim. “Allohning taqsimotiga rozi bo‘lgan kishi”, deyishdi. “Kambag‘al kim?” deb so‘radim. “Qalbi to‘ymaydigan kishi”, deyishdi. “Baxil kim?” deb so‘radim. “Molidan Allohning haqqini (ya’ni, zakotni) bermaydigan kishi”, deyishdi”.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 27 Noyabr 2006, 20:58:16
Aytdilarki, Alloh bandaga uch narsada g‘azab qiladi:
1. Alloh taolo buyurgan ishni nuqsonli qilsa.
2. Alloh taoloning taqsimotiga rozi bo‘lmasa.
3. Bir narsani so‘rab, so‘ng unga yetisholmay, Rabbiga g‘azab qilganida.

Ba’zi hakimlar aytadi: "œAllohning:
"œO‘g‘ri erkakning ham, o‘g‘ri ayolning ham qilmishlariga jazo bo‘lsin uchun, Alloh tomonidan azob bo‘lsin uchun qo‘llarini kesinglar" (Moida, 38-oyat), degan so‘zi haqida faqihlar deydilar: "œKim o‘n dirham o‘g‘irlasa, uning qo‘li kesiladi. Mo‘min kishining qo‘li o‘n dirhamning hurmatidan emas, balki ikki ish sababidan kesiladi: musulmonlar hurmatini oyoq-osti qilgani va Alloh taqsim qilgan narsaga rozi bo‘lmagani uchun. U boshqaning moliga ko‘z olaytirdi. Alloh taolo uning qo‘lini qilgan ishi sababli  jazo sifatida va boshqa Allohning taqsimotiga rozi bo'lmaydiganlarga ibrat uchun kesishga buyurdi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 27 Noyabr 2006, 20:58:28
Mo‘min kishi Alloh taqsim qilgan narsaga rozi bo‘lishi lozim. Chunki Alloh o‘lchab bergan narsaga rozi bo‘lish payg‘ambarlar va solihlarning xulqlaridandir.

Abu Dardodan rivoyat qilinadi. U zot (r.a.) aytdilar: "œO‘n ikkita narsa payg‘ambarlarning xislatlaridandir:
1. Allohning va’dasiga ishonish.
2. Odamlardan umid qilmaslik.
3. Shaytonga dushmanlik qilish.
4. Nafsning amri ustiga boshqanikini qabul etish.
5. Maxluqotlarga mehr-shafqat ko‘rsatish.
6. Xalqning musibatiga sherik bo‘lish.
7. Jannatga ishonish, ya’ni, agar amal qilsa, Alloh amalining savobini zoe’ ketkazmasligiga qat’iy ishonish.
8. Haqiqat ro‘parasida mutavoze’ bo‘lish.
9. Adovat o‘rinlarida ham nasihatni tark qilmaslik.
10. Kambag‘allikni dastmoya qilish, ya’ni, ortiqcha molni ushlab turmasdan, faqirlarga ishlatish.
11. Doimo tahoratli yurish.
12. Dunyoning narsasiga ega bo‘lganda, quvonmaslik, shuningdek, u narsa qo‘ldan ketganda, g‘am yemaslik".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 27 Noyabr 2006, 20:59:14
Ulamolarning ba’zilari aytadi: "œZohidlarning mashg‘uloti o‘nta narsa:

1. Shaytonga dushmanlik qilishni vojib bilish. Alloh taolo aytadi:
"œAniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar" (Fotir, 16-oyat).

2. Faqat jannat uchun amal qilish, ya’ni, zohidlar amalni faqat hujjat sobit bo‘lgandan keyin qiladi. Alloh taolo bu haqda aytadi:
"œAyting ( ey Muhammad): "œAgar rostgo‘y bo‘lsangizlar, hujjat keltiring" (Baqara, 111-oyat).

3. O‘lim uchun tayyorlanish. Alloh taolo aytadi:
"œHar bir jon o‘limni totuvchidir" (Oli Imron, 185-oyat).

4. Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rish. Allohning bu haqda so‘zi bor:
"œAllohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan qavmning Alloh va Uning payg‘ambari chizgan chizig‘idan chiqqan kimsalar bilan, garchi ular o‘zlarining otalari yoki o‘g‘illari, yoki og‘a-inilari, yoki qarindosh urug‘lari bo‘lsalar-da, do‘stlashayotganlarini topmassiz. Ana o‘shalarning dillariga (Alloh) iymonni bitib qo‘ygandir" (Mujodala, 22-oyat), ya’ni, kim mo‘min bo‘lsa, Allohning amriga muxolif keladigan odam bilan do‘st bo‘lmaydi, garchi u otasi, o‘g‘li yo akasi yoki qarindoshlari bo‘lsa ham.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 27 Noyabr 2006, 20:59:56
5. Yaxshi ishlarga buyurib, yomon narsalardan qaytarish. Alloh taolo bu haqda aytgan:
"œYaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolarga) sabr qil, albatta, mana shu ishlaring maqsadga muvofiqdir" (Luqmon, 17-oyat).

6. Allohning amrlari haqida tafakkur qilib, ibrat olish. Alloh taolo aytadiki:
"œOsmonlar va yerning yaratilishi haqida fikr qiladilar" (Oli Imron, 191-oyat).

"œBas, ey aql egalari, ibrat olingiz" (Hashr, 2-oyat).

7. Alloh rozi bo‘lmaydigan ishlarni fikrlashdan qalbni tiyish. Alloh bu haqda aytadi:
"œAlbatta quloq, ko‘z, dil — bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur, (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan va ishongan har narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)" (Isro, 36-oyat).

8. Allohning makridan xotirjam bo‘lmaslik. Alloh taolo aytadi:
"œBas, Allohning "œmakridan" faqat ziyon ko‘rguvchi qavmgina xotirjam bo‘lur" (A’rof, 99-oyat).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 27 Noyabr 2006, 21:00:20
9. Allohning rahmatidan umid uzmaslik. Alloh aytadiki:
"œAllohning rahmat-marhamatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta, Alloh (o‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, Uning o‘zigina mag‘firatli, mehribondir" (Zumar, 53-oyat).

10. Alloh bergan dunyoviy narsalarga xursand bo‘lmaslik va qo‘lidan ketgan narsaga xafa bo‘lmaslik. Alloh taolo bu haqda deydi:
"œToki sizlar qo‘llaringizdan ketgan narsaga qayg‘urmagaysizlar va (Alloh) ato qilgan narsa bilan shodlanib (havolanib) ketmagaysizlar" (Hadid, 23-oyat).

Chunki banda yaxshilik yo‘qotilgan narsadami yoki topilganda, bilmaydi. Shuning uchun ikki holatga ham birdek bo‘lish lozim. Mo‘minning misoli doim bir xil turadigan o‘simlikka o‘xshaydi. U issiqda ham, sovuqda ham bahordagidek yashnab turadi. Munofiq esa, sal sovuq tushsa, qovjirab qoladigan gulga o‘xshaydi, unga kichkinagina ofat kelsa ham, ahvoli o‘zgaradi. Mo‘minning holati yengillik va qiyinchilik paytlarida bir xil bo‘ladi. U hamisha Allohning taqsimotiga rozi bo‘ladi. Ammo munofiq Alloh o‘lchab bergan narsaga rozi bo‘lmaydi. Ne’mat bor paytida haddidan oshadi, qiyinchilik vaqtida betoqatlik qiladi. Mo‘min odam payg‘ambarlar va zohidlarning fe’llariga ergashmog‘i, kofir va munofiq kimsalar ishiga ergashmasligi lozim.

Tavfiq Allohdandir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 27 Noyabr 2006, 21:00:42
TO‘QSON BIRINCHI BOB
MAV’IZA


956. Faqih rivoyat qiladilar. Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: "œPayg‘ambar (s.a.v.) bizlarga asrdan keyin, quyosh botmasidan oldin xutba qildilar. Bu xutbani yodlaganlar yodladi, unutganlar unutdi. Aytdilarki: "œOgoh bo‘linglar, dunyo yaxshi, shirin, Alloh sizlarni bunda xalifa qilib qo‘ydi va U zot nima qilishlaringizni kuzatuvchidir. Ogoh bo‘linglar, dunyodan taqvo qilinglar, xotinlaringdan ham taqvo qilinglar. Odam bolalari turli tabaqalarda yaratildi. Ulardan qaysi birlari mo‘min bo‘lib tug‘iladi, mo‘min bo‘lib yashaydi va mo‘min bo‘lib o‘ladi. Ulardan yana biri mo‘min bo‘lib tug‘iladi, mo‘min bo‘lib yashaydi, kofir bo‘lib o‘ladi. Yana ulardan biri kofir bo‘lib tug‘iladi, kofir bo‘lib yashaydi va kofir bo‘lib o‘ladi. Yana bir toifasi kofir bo‘lib tug‘iladi, kofir bo‘lib yashaydi, mo‘min bo‘lib o‘ladi. Ogoh bo‘linglar, g‘azab cho‘g‘dir. U odam bolasi qalbini yondiradi. G‘azab kelganida, ikSSki ko‘zning qizarganini, yuzlarning shishib ketganini ko‘rmaysizlarmi? Kimning g‘azabi kelsa, o‘tirib olsin. Ogoh bo‘linglar, albatta, kishilarning yaxshisi g‘azabi sekin kelib, tez ketadigan kishidir. Agar g‘azabi tez kelib, tez ketsa ikkovi tengdir. Ogoh bo‘linglar, kishilarning yomoni g‘azabi tez kelib, sekin ketadigan kishidir. Agar g‘azab sekin kelib, sekin ketsa, ikkalasi barobardir. Ogoh bo‘linglar, savdogarlarning yaxshisi olishi ham, sotishi ham chiroyli bo‘lganidir. Agar olishi chiroyli, sotishi yomon bo‘lsa, unisi bunisini yopibdi. Ogoh bo‘linglarki, savdogarlarning yomoni olishi ham, sotishi ham yomon bo‘lganidir. Agar olishi yomon bo‘lib, sotishi chiroyli bo‘lsa, unisi bunisini yopibdi. Ogoh bo‘linglar, har bir va’dasini buzuvchining bayrog‘i bo‘ladi. U qiyomat kuni shu bayrog‘i bilan bilinadi. Ogoh bo‘linglar, agar boshliq va’dasini buzsa, va’dani buzuvchilarning katta  si o‘sha bo‘ladi. Ogoh bo‘linglar, jihodning afzali zolim podshoh oldida haq so‘zni aytishdir. Ogoh bo‘linglar, sizlarning birontalaringizni odamlardan qo‘rqish, haq gapni ko‘rgan yoki bilgan bo‘lsa, uni aytishdan to‘sib qo‘ymasin. Garchi quyosh mag‘ribdan chiqqan bo‘lsa ham. Ogoh bo‘linglar, dunyoning umri mana shu quyosh botishigacha bo‘lgan vaqt miqdorida qoldi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 27 Noyabr 2006, 21:00:50
957. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "œBiz Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga Hunayn jangida ishtirok qildik. Payg‘ambar (s.a.v.) Islom da’vosida bo‘lgan bir kishi haqida: "œBu do‘zax ahlidan", dedilar. Ammo o‘sha kishi urush boshlanganida qattiq urushdi. Sahobalardan biri Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kelib: "œEy Rasululloh, siz do‘zax ahli degan kishini ko‘rdim. Allohga qasamki, u Alloh yo‘lida qattiq jang qilyapti", dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œYo‘q, u do‘zax ahlidandir". Ba’zilar bu gapga shubha qilishdi. Shu orada u odam qattiq jarohat yedi. U qo‘li bilan o‘qdondan bir o‘q oldi. So‘ng munkar gaplarni gapirib, o‘zini o‘ldirdi. Sahobalar Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga shoshilib kelib: "œEy Rasululloh, sizning gapingizni Alloh to‘g‘ri qildi, falonchi o‘zini o‘zi o‘ldirdi", deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œTur, ey falonchi, jannatga faqat mo‘min kiradi", deb nido qil. Amallar oxiriga ko‘ra (baholanadi). Ko‘p namoz, ko‘p ro‘zaning e’tibori yo‘q. Albatta ishning oxiriga qaraladi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 27 Noyabr 2006, 21:01:00
958. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: "œSizlarning yaralishingiz ona qornida qirq kun nutfa holida jamlanadi. Keyin qirq kun laxta qon bo‘ladi. So‘ng qirq kun homila holida bo‘ladi, so‘ng Alloh taolo unga bir farishtani to‘rt kalima bilan yuboradi. Unga: "œUning ajalini, umrini, amalini, rizqini, baxtsiz yoki baxtli bo‘lishini yoz", deb aytiladi. Bir kishi ahli jannat amallarini qiladi, hattoki u bilan jannat orasida bir qarich masofa qoladi. So‘ngra unga yozilgan narsa yetadi va u ahli do‘zax ning amali bilan umrini xotima qiladi, so‘ng do‘zaxga kiradi. Yana biringiz do‘zax ahlining amalini qiladi, hattoki, u bilan do‘zax orasida bir qarich masofa qoladi. So‘ng unga yozilgan narsa yetadi va u jannat ahli amali bilan umrini xotima qiladi, so‘ng jannatga kiradi".

Bu hadis yuqoridagi "œAmallar oxiriga ko‘ra (baholanadi)" hadisiga muvofiqdir. Har bir musulmon Alloh taolodan umrining oxirini xayrli qilishini so‘rab, duo qilishi vojibdir. Chunki iymon boy berilishidan eng ko‘p qo‘rqiladigan vaqt jon chiqar vaqtidir.

Yahyo ibn Maoz Roziy (r.a.) aytadilar: "œParvardigoro, mening xursandchiligim meni iymon bilan mukarram qilishing bilandir. Uni mendan olib qo‘yishingdan qo‘rqaman. Modomiki, bu xavf men bilan birga ekan, uni qalbimdan sug‘urib olmasligingga umid qilaman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 27 Noyabr 2006, 21:01:10
Abul Qosim Hakimdan: “Bandadan iymonni oladigan gunoh bormi?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Gunohlardan uchtasi bandadan iymonni oladi:
1. Unga iymon berib, ikrom qilgani uchun Allohga shukr etmaslik.
2. Undan iymonning ketmog‘idan qo‘rqmaslik.
3. Islom ahliga zulm qilish”.

Hasan Basriydan rivoyat qiladilar. Aytdilar: “Kishi do‘zaxda ming yil azoblanadi. So‘ng undan jannatga chiqadi”. Keyin Hasan aytdilar: “Shoyadki, men o‘sha kishi bo‘lsam edi”. Hasan Basriy albatta, buni aytganlar, chunki u kishi oqibatidan qo‘rqardilar. Shuningdek, solih kishilar ham ishlarining oxiridan mana shunday qo‘rqishardi”.

_________________
Mav’izalar bobi hadislari

956-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
957-hadis. Sahihi. Buxoriy rivoyat qilgan.
958-hadis. Muttafaqun alayh.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 27 Noyabr 2006, 21:01:37
HIKOYATLAR BOBI

959. Faqih (r.a.) Qatodadan, Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladilar: "œBir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib: "œEy Rasululloh, mening qoraligim, yuzimning xunukligi jannatga kirishimdan qaytaradimi?" dedilar. Aytdilar: "œYo‘q, jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Allohga ishonsang va Rasuli keltirgan narsalarga iymon keltirsang". U odam: "œSizni Payg‘ambar qilib ikrom etgan Zotga qasamki, ashhadu alla-a ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluhu, deb bu majlisda o‘tirishimdan sakkiz oy oldin shohidlik berganman. Men sizning huzuringizdagi va boshqa kishilarga xitob qildim. Lekin ular yuzim xunuk va qoraligi sababli rad qildilar. Albatta, men o‘z qavmim — Bani Salim orasida nasabli bir kishiman, lekin menga tog‘alarimning qoraligi g‘olib kelgan". Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œBugun Amr ibn Vahb ko‘rindimi?" U kishi saqif qabilasidan bo‘lib, Islomga yangi kirgan edi. "œYo‘q", deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) unga: "œUning uyini bilasanmi?" dedilar. Aytdi: "œHa, bilaman". Aytdilar: "œBorib eshigini yumshoqlik bilan taqillat, so‘ng salom ber, so‘ng: "œPayg‘ambar (s.a.v.) meni qizingizga uylantirdi", deb ayt", dedilar. Amrning turib qolgan qizi bor edi. U chiroyli bo‘lishi bilan birga aqlli ham edi. U odam Amrning uyiga kelib, eshikni taqillatdi va salom berdi. Ichkaridagilar salomni eshitib, eshikni ochishdi. Ammo uning yuzi xunukligini ko‘rib seskanishdi. U odam aytdi: "œPayg‘ambar (s.a.v.) meni sizlarning qizingizga unashtirdilar". Ular uni haydab yuborishdi. U kishi indamay chiqib, Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga jo‘nadi. Shunda qiz otasiga aytdi: "œEy otajon, vahiy kelib, sharmanda qilmasidan avval o‘zingizni qutqaring. Agar Payg‘ambar (s.a.v.) meni unga unashtirgan bo‘lsalar, men Alloh va Rasuli rozi bo‘lgan narsaga rozi bo‘ldim". Qizning otasi uydan chiqib, Rasululloh (s.a.v.) oldlariga keldi va u zotga yaqinroq o‘tirdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œSen Allohning rasulini rad qilding. Nima uchun?" "œHa, shu ishni qildim, Allohdan mag‘firat so‘rayman, men uni yolg‘onchi, deb o‘ylabman, uni unashtirdik. Alloh va Rasulining g‘azabidan Alloh nomi bilan panoh tilayman", dedi. So‘ng o‘sha kishini qizga yuz dirhamga unashtirishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) kuyovga — u Sa’d Salmiy edi — aytdilar: "œYoring oldiga bor va u bilan bo‘l". Sa’d: "œSizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, birodarlarimdan so‘rab topmasam, menda mahrga hech narsa yo‘q", dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œXotiningning mahri mo‘minlardan uch kishining bo‘ynida. Usmon ibn Affon (r.a.) oldiga bor va undan ikki yuz dirham ol. So‘ng Abdurahmon ibn Avf (r.a.) oldiga borib, undan ham ikki yuz dirham ol. So‘ng Ali (r.a.) oldiga bor. Undan yuz dirham ol". Usmon, Abdurahmon va Ali unga oshig‘i bilan berishdi. So‘ng Sa’d u pullarga bozordan yoriga narsa sotib olish uchun xursand bo‘lib ketayotganida, jarchining: "œEy Allohning chavandozlari, otlaninglar", deb safarbarlikka chorlab yurganini eshitdi. Kuyov osmonga qaradi-da: "œEy Allohim, osmonu yer mulkining va Muhammadning (s.a.v.) ilohi, bu dirhamlarni Alloh va rasuli hamda mo‘minlar yaxshi ko‘rgan ishlarga sarflayman", dedi. So‘ngra ot, qilich, kamon, yoy va qalqon sotib oldi. Sallasini qorniga bog‘ladi, boshini ikki ko‘zidan boshqa hech joyi ko‘rinmaydigan qilib o‘radi. Keyin muhojirlarning oldiga keldi. "œBu chavandoz kim bo‘ldi?" deyishdi. Ali: "œQo‘yaveringlar, balki Bahrayn yoki Shomdan kelgandir. Sizlardan dinlaringiz, ishlaringiz haqida so‘ramoqchi bo‘lganu so‘ng sizlarga qo‘shilishni yaxshi ko‘rib qolgan bo‘lsa kerak", dedilar. So‘ng u urushga kirishdi, nayza bilan sanchib, qilich bilan chopa boshladi. Bir payt oti yiqildi. Keyin piyoda holda yenglarini shimarib jang qildi. Payg‘ambar (s.a.v.) uning qora bilagini ko‘rib tanidilar va: "œSen Sa’dmisan?" dedilar. "œOta-onam sizga fido bo‘lsin. Men Sa’dman", dedi. Nabiy aytdilar: "œSa’d muvaffaqiyatga erishdi". Sa’d nayza bilan sanchib, qilich bilan chopib, Allohning dushmanlarini o‘ldirardi. Keyin: "œSa’d halok bo‘ldi", degan xabar tarqaldi. Payg‘ambar (s.a.v.) uning oldiga keldilar. Boshini ko‘tarib, quchoqlariga oldilar. Keyin yuzidagi tuproqni kiyimlari bilan artdilar va: "œSening bo‘ying shunchalar yaxshiki, hatto Alloh va Rasuliga xush yoqadi", dedilar va yig‘ladilar. Keyin ko‘mdilar va yuzlarini burdilar-da: "œAllohga qasamki, u hovuzga yetdi", dedilar. Abu Luboba: "œOta-onam sizga fido bo‘lsin, hovuz nima?" deb so‘radilar. "œBu hovuzning chekkalari dur va yoqut bilan qoplangan. Suvi sutdan ham oq, asaldan ham mazaliroq. Kim undan bir marta ichsa, hech qachon chanqamaydi", dedilar. So‘ng: "œEy Rasululloh, ko‘rdimki, yig‘ladingiz, so‘ng kuldingiz, so‘ng yuzingizni burdingiz. Bularning sababi ne?" deb so‘radi. Rasululloh javob berdilar: "œAvvalo Sa’dga mehrim jo‘shib yig‘ladim. So‘ng uning manzili va izzat-ikromi Alloh taolo zimmasida ekanidan xursand bo‘lib kuldim. Yuzimni olib qochganim esa, men uning hurlardan bo‘lgan juftlarini ko‘rdim. Ular boldirlari ochilgan, taqinchoqlari ko‘ringan holatda unga shoshilib kelishdi, o‘shalardan uyalib yuzimni olib qochdim". Keyin qurolini, otini va boshqa narsalarni olishni buyurib aytdilar: "œBu narsalarni unga qizini bergan kishining oldiga olib boringlar va: "œAlloh taolo uni sizlarning qizingizdan ham yaxshirog‘iga uylantirdi", deb aytinglar".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 05 Dekabr 2006, 07:38:10
960. Faqih rivoyat qiladilar. Ubayd ibn Umayr aytdilar: "œOldingilardan uch kishi sayohatga chiqdi. Yomg‘ir yog‘ib qolib, ular bir g‘ordan boshpana topishdi. Shu payt tepadagi tog‘dan katta tosh tushib, g‘or og‘zi yopilib qoldi. Ular: "œYo‘l yo‘q, xabar kesildi. Biz uchun faqat Alloh va qilgan yaxshi amallarimiz bor, xolos" (ya’ni, Allohga qilgan solih amallarimiz hurmati duo qilaylik,  shoyad, Alloh bizlarga yo‘l ochsa), deyishdi. Ulardan bittasi aytdi: "œParvardigoro, Sen bilarding, amakimning bir qizi bor edi. U menga juda yoqardi, men undan nafsimni qondirishini so‘radim. U bosh tortdi. Keyin uning boshiga qattiq muhtojlik tushdi. Mening oldimga kelib, yordam so‘radi. Men: "œYo‘q, men bilan birga bo‘lmaguningcha yordam bermayman", dedim. U bosh tortdi. So‘ng yana qaytib keldi, boshiga qattiq ehtiyoj tushgan edi. (Boshqa rivoyatda: "œUning eri qattiq kasal bo‘lib qoldi, kichik bolalari bor edi, ularga qahatchilik yetdi", deyiladi.) U uch-to‘rt marta kelib yordam so‘radi. Men: "œYo‘q, nafsing bilan meni qondirmaguningcha, yordam bermayman", der edim. Oxiri u rozi bo‘ldi. Ammo men u ayol bilan birga bo‘lishga intilgan paytimda badanlarim titrab ketdi. Shunda u aytdiki: "œBu narsani faqat halol o‘ringa sarflashingiz lozim". So‘ng men uni qo‘yib yubordim va unga zarur bo‘lgan narsani to‘liq qilib berdim. Ey Allohim, meni bu ishni Sening yuzingni istab qilgan bo‘lsam, bizdan bu toshni sur". Shunda g‘orning og‘zida kichik tuynuk ochildi. So‘ng ikkinchisi aytdi: "œEy Allohim, bilasanki, mening keksa ota-onam bor edi. Bir kuni men sut sog‘ib, kechki ovqat uchun ularning oldiga keltirdim. Qarasam, ular uxlayotgan ekan, ammo uyg‘otishni xohlamadim, biroq qo‘ylarimni tashlab ketishdan ham qo‘rqdim. Shunday bo‘lsa-da, ularni qoldirib, ota-onamning boshida tong otguncha, idishni ushlab turdim. Vaholanki, qo‘ylarim sahroda edi. Allohim, agar bu ishimni O‘zingning roziliging uchun qilgan, deb bilsang, bizdan bu aziyatni ketkaz". Shundn so‘ng g‘or og‘zidagi tosh yana bir oz siljidi. Uchinchisi aytdi: "œAllohim, bilasanki, men yollanma ishchilarni ijaraga olgan edim. Har kishi ikki mud ovqatga ishlar edi. Ularning haqqini to‘la qilib berar edim. Bittasi: "œMening ishim ko‘p, shuning uchun haqimni ham ko‘paytirib ber", dedi. Men ko‘nmadim, uning achchig‘i chiqdi. (Bir rivoyatda: "œBoshqa  kishi kunning yarmida kelib, bir kunlik ish qildi. Uning haqini kamaytirgim kelmadi. Shunda ishchilardan bir kishi: "œMen kunning avvalida keldim, u o‘rtasida keldi. Bizning haqqimizni teng qilib berasanmi?" dedi. Men: "œHaqingdan biror narsani kamaytirdimmi?" dedim. Keyin u g‘azablanib, haqini tashlab ketdi", deyiladi.) Men uning haqqini saqlab qo‘ydim. Ekdim, foydasiga sigir, qo‘y, tuya va boshqa narsalar oldim. Shundan so‘ng u nochor qolgan vaqtda mendan haqqini so‘rab keldi. Men: "œMana, bularning hammasi seniki, ol", dedim. Allohim, bu ishimni Sening rizoliging uchun qilgan, deb bilsang, bizdan bu tanglikni ko‘targin". Shunda g‘or og‘zidagi tosh yana siljidi. Ular chiqib ketishdi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 06 Dekabr 2006, 07:33:52
961. Faqih Abu Lays Samarqindiy ustozlaridan rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œBani Isroilda bir ibodatli odam bor edi. U juda husnli edi. Savat to‘qib, qishloqlarda yurib sotardi. Bir kuni saroyning yonidan o‘tib qoldi. Shunda uni malikaning cho‘risi ko‘rib qoldi va bekasiga: "œMen eshik oldida savat sotib yurgan juda chiroyli kishini ko‘rdim. Bunaqasini hali ko‘rganim yo‘q", dedi. Maliki: "œUni oldimga olib kir", deb buyurdi. Cho‘ri obidni boshlab keldi. Malika obidni ko‘rib, uning husni jamoli asiriga aylandi. Shunda malika: "œSen bu savatlaringni tashla. Mana bu chiroyli to‘nni ol", dedi. So‘ng cho‘risiga qarab: "œMenga yog‘ va xushbo‘ylik keltir. Biz u bilan ehtiyojimizni qondiramiz, u ham bizning hojatimizni chiqaradi", deb aytdi. Keyin yana obidga yuzlanib: "œAgar men bilan birga bo‘lsang, senga ko‘p pul beraman, savat sotib yurishingga hojat qolmaydi", dedi. Obid malikaga: "œMen bu ishni xohlamayman", deb bir necha marta aytdi. Shunda Malika: "œUnda bu yerdan chiqolmaysan. Biz xohlagan ishni qilasan, keyin tashqariga chiqasan", dedi va cho‘riga eshiklarni qulflashni buyurdi. Cho‘ri eshiklarni qulfladi. Bu ishlarni ko‘rib turgan obid: "œSizlarning qasringiz ning tepasida tahoratxona bormi, men tahorat qilmoqchiman?" dedi. Malika cho‘risiga uni tahorat qilish uchun tepaga olib chiqishni buyurdi. Obid teppaga chiqqach, tomning chekkasiga keldi. Qasr juda baland, bu yerdan pastga tushish uchun hech narsa yo‘q edi. Obid nafsini avray boshladi: "œEy nafsim, kechayu kunduz haris bo‘lib, yetmish yildan beri ulug‘ rabbingning rizoligini axtarasan. Mana bu bir marotaba bo‘ladigan maishat esa, yetmish yillik ibodatlaringni bekor qilib yuboradi. Agar yana unga ro‘baro‘ keladigan bo‘lsang, u ishni qilmasliging kerak. Qilsang, amallaring bekor bo‘ladi. Yaxshisi o‘zingni mana bu tomdan tashla. Shunda Allohga bu gunohni qilmasdan, yaxshi amaling bilan yo‘qliqasan", dedi. Keyin u o‘zini qasr tepasidan tashlamoqchi bo‘lib turganida, Alloh taolo Jabroilga (alayhissalom): "œEy Jabroil, bu bandam Mening g‘azabimdan, Menga osiy bo‘lishdan qochib, o‘zini o‘ldirishni xohlayapti. Sen uni yerga tushmasidan qanoting bilan ushlab qol. Unga biror ziyon yetmasin", dedi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 06 Dekabr 2006, 07:34:00
Obid o‘zini qasr tepasidan tashlaganida, Jabroil (alayhissalom) qanotini uning tagiga yozdi va uni ushlab olib, xuddi ota o‘g‘lini yerga ehtiyotlab qo‘yganidek, oxista tushirdi. Xullas, u pastga eson-omon tushib olib, uyiga keldi. Savatlari saroyda qoldi. Bu vaqtda quyosh botgan edi. Obidning xotini: "œSavatlarning puli qani?" deb so‘radi. Shunda u aytdi: "œBugun men savat sotib, pul topolmadim". "œUnda nima bilan iftorlik qilamiz?" dedi xotini. Obid: "œSabr qilamiz, sen turib tandirni o‘tin bilan to‘ldir. Qo‘shnilarimiz tandirimizga o‘tin solinmaganini ko‘rishsa, bularning uyida yegulik narsasi yo‘q ekan, deb bizni o‘ylab, xafa bo‘lishadi. Bu narsa yaxshi emas", dedi. Xotin obidning aytganini qilib, tandirni o‘tin bilan to‘ldirdi-da, erining oldiga kelib o‘tirdi. Shunda qo‘shni ayollardan bittasi obidning xotinini chaqirib, o‘tin so‘radi. "œHa, o‘tin bor, - dedi xotin, - kir-da, tandirning ichidagi o‘tinni olib ketaver". Shunda qo‘shni ayol ichkari kirib, qaytib chiqdi va: "œEy falonchi, men senga hayronman, sen bu yerda ering bilan gaplashib o‘tiribsan, tandirda esa, noning pishib, kuyib ketay, deb turibdi", dedi. Obidning ayoli borib, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, tandirning ichi nonga to‘la! Obidning xotini nonlarni bir idishga solib, erining oldiga olib bordi va eriga aytdi: "œMana qarang, tandirimiz nonlarga to‘lib qolibdi. Albatta, Rabbingiz bu ne’matni sizga bejizga yubormagan. Siz Rabbingiz huzurida ulug‘ odamsiz. Allohga duo qilib, umrimizning qolganida yaxshi yashashimiz uchun bizga ko‘p rizq berishini so‘rang»"
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 06 Dekabr 2006, 07:34:09
Obid xotiniga qarab: "œEy xotin, shu kunimizga ham sabr qil", dedi. Ammo xotini: "œAllohga duo qiling", deb tinimsiz so‘rayverganidan keyin obid: "œMayli, duo qilaman", dedi va yarim kechasi turib, namoz o‘qidi, so‘ng Allohga: "œXotinimga qolgan umrida keng rizq bergin", deb duo qildi. Obid mana shu so‘zlarni aytib duo qilib turgan paytida, uyning shifti ochilib, tepadan bir qo‘l qimmatbaho yoqut tashladi. Uning nuri bilan uy yorug‘ bo‘lib ketdi. Xuddi sham uyni yoritganidek. Obid xotinining oyog‘idan turtib uyg‘otdi. Xotini endi uxlagan edi. Obid xotiniga: "œO‘rningdan tur-da, so‘ragan narsangni ol", dedi. Xotin: "œDuo qilishga shoshilmang. Shuning uchun meni uyg‘otdingizmi hali? Men uyqumda bir tush ko‘rdim. Usti yopiq va zabarjad bilan qoplangan, tizilib qo‘yilgan oltin kursilarga qarab turgan edim. U kursilarning orasidagi bitta kursining bir joyi ko‘porib olingan ekan, men: "œMana bu cheti qo‘porilgan kursi kimniki?" deb so‘radim. Ular aytishdiki: "œBu kursi ering o‘tiradigan joy". "œNima uchun buning cheti qo‘porilgan?" deb so‘radim. "œBu qo‘porilgan joyni ering ertaroq so‘rab olgan", deyishdi. Men: "œSizning kursingizga nuqson yetkazadigan biron narsa menga ke rak emas", dedim". Obidning xotini mana shu tushida bo‘lgan voqealarni aytib berdi va eriga: "œRabbingizga duo qiling, bu yoqutni joyiga qo‘yib qo‘ysin", dedi. Keyin obid Allohga duo qildi, boyagi qo‘l kelib, yoqutni qaytib olib ketdi".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 11 Dekabr 2006, 01:33:08
HIKOYAT

962. Faqih (r.a.) rivoyat qiladilar. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytdilar: "œVaqtiki, Rasululloh (s.a.v.) musulmonlarni bir-birlari bilan birodar tutintirganlarida, Said ibn Abdurahmon bilan Sa’laba Ansoriyni birodar qilib qo‘ydilar. Rasululloh (s.a.v.) Tabuk g‘azotiga chiqqanlarida, Ibn Abdurahmon u kishi bilan birga chiqdi. Sa’laba esa, birodarining ahliga qarab qoldi. U birodarining ahli uchun o‘tin, suv tashib berardi. Sa’laba qilayotgan hamma ishlarini faqat Alloh rizosi uchun qilardi.
Bir kun Salaba birodarining uyiga kirganida, shayton uni vasvasa qila boshladi. Shayton: "œParda ortida nima borligiga qara", dedi. Sa’laba pardani ko‘tarib qaradi. Shunda birodarining ayolini ko‘rib qoldi. U juda chiroyli ayol edi. Sa’laba sabr qilolmay, ayolning oldiga kirdi va uni ushladi. Ayol: "œEy Salaba, sen Alloh yo‘lida g‘azot qilayotgan birodaringning hurmatini saqlamading»" dedi. Sa’laba: "œHolimga vayl bo‘lsin", deb nido qilib, toqqa qochdi va baland ovoz bilan dedi: "œAllohim, Sen Sensan, men menman, Sen mag‘firat bilan keluvchisan, men gunoh va xatolar bilan keluvchiman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 11 Dekabr 2006, 01:33:17
Nabiy (s.a.v.) g‘azotdan qaytib kelganlarida, barcha jangchilarni birodarlari kutib oldi. Faqatgina Saidning birodari kutib olgani chiqmadi. Said uyiga kelganida, xotiniga: "œEy xotin, Alloh yo‘lida tutingan birodarimga nima bo‘ldi?" dedi. Xotin: "œU o‘zini xatolar dengiziga otdi va toqqa qochib ketdi", dedi. Said birodarini qidirib ketdi. Uni g‘amgin holatda, qo‘llarini boshiga qo‘ygan suratda, baland ovoz bilan: "œRabbiga osiy bo‘lgan kishining maqomi qanday ham past", deb nido qilayotganida topdi. Said unga: "œNima uchun bunday yuribsan?" dedi. Sa’laba: "œQulning qo‘lini bo‘yniga bog‘lab, xo‘jayinining eshigiga haydab borilganidek, meni ham haydab bormagunlaricha, sen bilan birga turolmayman", dedi. Bas, shunday qilindi.
Sa’labaning Xamsona ismli qizi bo‘lib, shu qizi uni boshlab ketdi. U Umarning (r.a.) eshiklaridan kirdi va: "œAlloh yo‘lida g‘azot qilayotgan birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim, men uchun tavba bormi?" dedi. Umar (r.a.): "œChiq huzurimdan, hozir turib, urib yuborishim mumkin, chiq huzurimdan, senga bu yerda tavba yo‘q", dedilar.
So‘ng chiqib, Abu Bakrning (r.a.) eshiklariga bordi. "œAlloh yo‘lida g‘azot qilayotgan birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim. Men uchun tavba bormi?" deb so‘radi. Abu Bakr Siddiq (r.a.): "œHuzurimdan chiq, oloving bilan meni ham kuydirma, mening huzurimda sen uchun hech qachon tavba yo‘q", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 11 Dekabr 2006, 01:33:55
U kishining oldilaridan chiqib, Alining (r.a.) oldilariga bordi. Va: "œAlloh yo‘lidagi g‘oziy birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim, men uchun tavba bormi?" dedi. Ali (r.a.): "œChiq mening huzurimdan, sen uchun hech qanday tavba yo‘q", dedilar. U kishining huzurlaridan chiqarkan, Sa’laba: "œEy birodarim, ey qizim, ana u kishilar meni noumid qilishdi. Ammo Rasululloh (s.a.v.) noumid qilmaydilar, degan fikrdaman", dedi. Sa’laba qizi bilan birga Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga bordi. Huzurlariga kirishganda, Rasululloh (s.a.v.) unga qarab: "œSen menga jahannamning zanjir va kishanlarini eslatding", dedilar. Sa’laba: "œEy Nabiyyulloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, Alloh yo‘lida g‘azot qilayotgan birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim, men uchun tavba bormi?" dedi. Nabiy (s.a.v.): "œHuzurimdan chiq, mening huzurimda senga tavba yo‘q", dedilar. Va u chiqib ketdi.
Sa’labaning qizi aytdi: "œEy otajon, Rasululloh (s.a.v.) va u kishining ashoblari sizdan rozi bo‘lmagunlaricha, siz mening otam emassiz, men sizning qizingizmasman".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 11 Dekabr 2006, 01:34:12
Sa’laba toqqa qochgandagiday, ovozining boricha nido qildi: "œYo Rabb, Umarga bordim, meni urmoqchi bo‘ldi. Abu Bakrga bordim, so‘kdi. Aliga bordim, haydadi. Nabiyga (s.a.v.) bordim, meni noumid qildilar. Ey Mavloyim, Sen mening duoimga "œHa", deyishing ham mumkin, "œYo‘q", deyishing ham mumkin. Agar, yo‘q, desang, qanday ham hasrat, nadomat. Agar, ha, desang, menga qanday baxt",
Osmondan bir farishta tushib, Nabiyga (s.a.v.) aytdi: "œAlloh taolo: "œMaxluqlarni sen yaratdingmi yoki Men?" deyapti" Nabiy aytdilar: "œYo‘q, Sayyidim, Sen yaratgansan". Farishta: "œAlloh taolo: "œBandamga bashorat ber, Men uni mag‘firat qildim", deyapti", dedi. Nabiy (s.a.v.): "œKim Sa’labani olib keladi?" dedilar. Abu Bakr va Umar (r.a.) aytishdi: "œBiz olib kelamiz". Salmon va Ali (r.a.): "œBiz uni olib kelamiz", deyishdi. Nabiy (s.a.v.) Salmon bilan Aliga (r.a.) izn berdilar, ular chiqib ketishdi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 11 Dekabr 2006, 01:34:46
Ular yo‘lda Madinaning bir cho‘poniga yo‘liqishdi. Ali (r.a.): "œRasulullohning (s.a.v.) ashoblaridan biror kishini ko‘rdingmi?" dedilar. Cho‘pon dedi: "œSizlar jahannamdan qochuvchi kishini qidirayotgan bo‘lsangiz kerak?" Ular: "œHa, bizga uning joyini ko‘rsat", deyishdi. Cho‘pon: "œQorong‘u tushgan paytda ushbu vodiyda hozir bo‘lib, mana bu daraxt ostiga keladi. So‘ng baland ovoz bilan: "œRabbiga osiy bo‘lgan kishining maqomi qanday ham past", deb nido qiladi", dedi.
Ular kechqurungucha turishdi. Shunda Sa’laba daraxt oldiga keldi. Uning ostida sajda qilgan holatida tiz cho‘kib, yig‘lay boshladi. Vaqtiki, Salmon uning yig‘isini eshitganlarida, u tomonga yurdilar. Unga: "œEy Sa’laba, tur, olamlarning Rabbi seni mag‘firat qildi", dedilar. U: "œHabibim Nabiyni (s.a.v.) qay holatda tark qildinglar?" dedi. Salmon: "œAlloh va yaxshi ko‘rganingdek", dedilar. Vaqtiki, Bilol (r.a.) xufton namoziga chaqirganlarida, Sa’labani masjidga kirgizib, oxirgi safga turg‘izishdi. Rasululloh (s.a.v.) o‘qidilar
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 11 Dekabr 2006, 01:35:07
Sa’laba bir xo‘ngradi. Rasululloh (s.a.v.) yana tilovat qildilar:

"œ(Ey insonlar), sizlar to qabrlarni ziyorat qilgunlaringizcha (ya’ni o‘lib, qabrga kirgunlaringizcha) sizlarni (mol-dunyo) to‘plab-ko‘paytirish (Allohga toat-ibodat qilishdan) mashg‘ul qildi!" (Takasur, 1-2-oyatlar).
Sa’laba yana bir xo‘ngradi-da, dunyodan rixlat qildi.
Nabiy (s.a.v.) namozni tugatganlaridan keyin Sa’labaning oldiga keldilar va aytdilar: "œEy Salmon, unga suv sep", Salmon: "œEy Nabiyyulloh, u dunyodan o‘tdi", dedilar.
Sa’labaning qizi keldi va: "œEy Nabiyyulloh, otamga nima bo‘ldi? Men uni qo‘zg‘agan edim", dedi. Nabiy (s.a.v.): "œMasjidga kir", dedilar. Bas, u kirdi. Shunda u otasini o‘rab qo‘yilganini ko‘rdi va qo‘lini otasining boshiga qo‘yib: "œVoh, qanday g‘am, men sizdan keyin nima qilaman, otajon?" deb nido qila boshladi. Nabiy (s.a.v.): "œEy Xamsona, men senga ota bo‘lishimga, Fotima esa, senga singil bo‘lishiga rozi bo‘lmaysanmi?" dedilar. "œYo‘q, rozi bo‘laman, ey Rasululloh", dedi Xamsona.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 11 Dekabr 2006, 01:35:42
Sa’labani ko‘tarib, yo‘lga tushishganda, nabiy (s.a.v.) uning janozasiga ergashdilar, qabr labiga yetganlarida,  oyoqlarining uchi bilan yura boshladilar. Qaytganlaridan keyin Umar (r.a.): "œEy Rasululloh, oyoq uchida yurganingizni ko‘rdim", dedilar. Nabiy (s.a.v.): "œFarishtalarning ko‘pligidan oyog‘imni to‘liq bosishga qodir bo‘lmadim", dedilar.
Faqih aytishicha, bu xabar har xil lafzlar bilan rivoyat qilingan. Yana quyidagi oyat ham ushbu voqea to‘g‘risida nozil bo‘lgan deyiladi:
"œ(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishni so‘raydigan, - har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilur, - bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardir", jumlasidan:

"œYaxshi amal qilguvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!" jumlasigacha
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 14 Dekabr 2006, 00:06:08
HIKOYAT

Faqih otalaridan rivoyat qiladilar. Ahnaf ibn Qays aytadilar: "œUmar ibn Xattobni (r.a.) qidirib Madinaga keldim. Bir halqada o‘tirgan paytimda Ka’bul Ahbor odamlarga: "œVaqtiki, Odamga (a.s.) o‘lim hozir bo‘lganida aytdi: "œEy Rabbi, meni o‘lik holda ko‘rganida, dushmanim meni so‘kadi, unga ma’lum vaqtgacha muhlat berilgandir". U kishiga: "œEy Odam, albatta, sen jannatga qaytarilasan, mal’un esa, avvalgilaru oxirgilarning adadicha o‘lim alamini totish ligi uchun belgilangan muhlatgacha kechiktiriladi", deyildi. So‘ng Odam (a.s.) o‘lim farishtasiga aytdilar: "œMenga uning o‘limini sifatlab ber". Sifatlab berganida, Odam: "œRabb, yetadi, yetadi", dedilar.
Insonlar qichqirishib: "œEy Abu Ishoq, Alloh rahm qilsin sizga qanday o‘lim totishligini bizga aytib bering", deyishdi. U kishi gapirishdan bosh tortdilar. Odamlar undan talab qilishdi. U kishi: "œAgar dunyo oxirlasa, so‘nggi nafas yaqinlashganda va odamlar bozorlarda bir-birlari bilan husumatlashib, birga tijorat qilib, gaplashib turganlarida, katta bir buzg‘unchi dovul ko‘tariladi, odamlarning yarmi karaxt bo‘lib, behush bo‘lib qoladilar. Uch kun miqdoricha ushbu holatdan omonda bo‘lmaydilar. Insonlarning qolgan yarmisi esa, aqlidan ozadilar. Yirtqichni ko‘rganda, qo‘y qanday qo‘rqsa, ular xuddi shunday holatda dahshat ichida tik turib qoladilar. Shu paytda yer va osmon o‘rtasida kuchli chaqmoq tovushidek, qo‘rqinchli shovqin ko‘tariladi. Yer yuzida birorta ham tirik odam, jin, shayton, hayvon qolmaydi. Mana shu Alloh taolo Iblisga bergan ma’lum muhlatdir. So‘ng Alloh taolo o‘lim farishtasiga buyurib: "œMen senga avvalgilaru oxirgilar adadicha yordamchilarni yaratdim. Va senga osmon va yer ahlining quvvatini ato etdim. Bugun senga g‘azab, qahr libosining hammasini kiydiraman. Mening qahru g‘azabim, la’natlaganim, toshbo‘ron qilganim - hammasini iblisga olib tush. Unga o‘limni totdir. Unga avvalgilaru oxirgi jin va ins adadicha ko‘paytirib, o‘limni yukla. Sen bilan birga yetmish ming zaboniya farishtalari birga bo‘lsin. Ular g‘azab va dag‘allik bilan limmo-limdirlar. Har bir zaboniya bilan birga jahannam zanjirlaridan bir zanjir bo‘lsin. Jahannam maxluqlaridan yetmish mingtasi bilan birga iblisning xabis ruhini chiqarib ol. Va Molikka nido qilki, u jahannam eshiklarini ochsin", deydi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 14 Dekabr 2006, 00:07:35
O‘lim farishtasi shunday bir suratda tushadiki, agar unga yetmish osmon va yetmish yer ahli qarasalar, xunukligidan hammalarining yuraklari yorilgan bo‘lur edi. Iblisga yetib borganida, bir qattiq siquvga oladi, u karaxt bo‘lib qoladi va bir qattiq tovush chiqaradi, agar uni mashriqu mag‘rib eshitganida, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishgan bo‘lardi. O‘lim farishtasi aytadi: "œEy xabis, to‘xta! Bugun senga o‘zing yo‘ldan adashtirganlar miqdoricha o‘limni tottiraman. Qancha-qancha umrlarning boshiga yetding. Qancha-qancha avlodlarni adashtirding. Bu Alloh taolo senga bergan ma’lum muhlatdir. Bas, qaerga qochasan?" Shunda shayton mashriqqa qochadi va o‘lim farishtasining ro‘parasidan chiqadi. Dengizga tushadi, o‘lim farishtasi uni u yerda ham tutib oladi. Shayton yer yuzida qochishga joy topolmay qoladi.
So‘ng dunyoning o‘rtasida, Odamning (a.s.) qabrlari yonida turadi va: "œSening sababingdan mal’un, razilga aylandim, koshki edi, sen yaratilmagan bo‘lsang", deydi. Keyin o‘lim farishtasiga aytadi: "œQaysi azob bilan ruhimni olasan?" "œJahannam ahlining azobi bilan", deydi o‘lim farishtasi. Iblis yana bir marta o‘zini tuproqqa otadi va qichqiradi. Mag‘ribu mashriq o‘rtasida u yoqdan bu yoqqa qochadi. Oxiri o‘sha birinchi marta la’natga uchragan mavze’ga kelganida, jahannam zaboniyalari, maxluqlari - hammasi unga tashlanadilar. Mana shu azobda Alloh xohlagan muddatgacha qoladi.
Odam va Havvoga aytiladi: "œBugun sizlar dushmaningizga qarab, uning qanday o‘lim azobini tortayotganini ko‘ringlar", Vaqtiki, ular iblisga qaraganlarida, uning qiynalishini ko‘rib: "œRabbimiz, bizga batahqiq ne’matingni mukammal qilding", deydilar", dedilar.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 17 Dekabr 2006, 15:47:20
HIKOYAT

962. Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "œAgar rohib Jurayj faqih bo‘lganida, onasining chaqirig‘i nafl ibodatidan afzal ekanini bilardi", dedilar.

Faqih Jurayj qissasini shunday boshlaydilar: Bani isroillik Jurayj kulbasida ibodat qilardi. Bir kuni u namoz o‘qiyotganida, onasi uni chaqirdi. Lekin u javob bermadi. Shunda onasi: "œAlloh seni buzuqlar balosiga solsin", deb duoibad qildi.

O‘sha shaharda bir ayol yashardi. Ish bilan ko‘chaga chiqib, bir podachi bilan uchrashdi. So‘ng undan homilador bo‘ldi. Shahar ahli zinoni ulug‘ gunoh sanar edi. Ayol tuqqanidan keyin, podshoh uni chaqirib, bolani kimdan orttirganini so‘radi. Ayol: "œRohib Jurayj meni zo‘rladi", dedi. Podshoh ayonlarini uning oldiga yubordi. Jurayj ibodatda edi, shuning uchun ularning chaqirig‘iga javob bermadi. So‘ng ular Jarayjni olib kelishdi. Podshoh unga: "œSen o‘zingni xudojo‘y ko‘rsatib, odamlarning nomusini toptaysan, halol bo‘lmagan ishni qilasan", dedi. Obid: "œNima ish qilibman?" deb ajablandi. Podshoh: "œSen falon ayol bilan zino qilibsan-ku", dedi. Jurayj qilmadim, desa ham, qasam ichsa ham, ishonishmadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Muslimaxon 17 Dekabr 2006, 15:48:23
So‘ng: “Meni onamning oldiga olib boringlar”, dedi. Uni onasining oldiga olib borishdi. “Ey ona, - dedi u, - sening Allohga qilgan duoing ijobat bo‘ldi. Endi yana Allohga duo qil, mendan bu musibatni ko‘tarsin”, Shunda onasi: “Allohim, agar Jurayjni mening duoim bilan jazolagan bo‘lsang, endi undan musibatni ko‘targin”, deb duo qildi. Jurayj podshoh huzuriga qaytib, ayol bilan bolasini so‘radi.
So‘ng ayol bilan bolasini keltirishdi. Ayol: “Men bilan zino qilgan shu kishi”, dedi. Shunda Jurayj bolaning boshiga qo‘lini qo‘yib: “Seni yaratgan Zot haqqi, otang kim ekanini ayt”, dedi. Allohning izni bilan bola tilga kirib: “Otam falon podachi”, dedi. Ayol buni eshitib, gunohini e’tirof etdi va: “Men yolg‘on aytdim. Falonchi podachi bilan zino qilgan edim”, dedi. Podshoh rohib Jurayjdan uzr so‘rab, buzilgan qulbasini tillodan qurib berishini aytdi. Jurayj rad javobini berib, oldingi binosini qurib berishini so‘radi.

Ibrohim Muhojir ibn Mujohiddan rivoyat qilib aytdilar: “Hech bir yosh bola kichkinaligida gapirmadi, magar to‘rttasi – Iso Ibn Maryam (a.s.), Uxdudning sohiblari, rohib Jurayjning sohiblari va Yusufning (a.s.) sohiblari gapirdilar”. Bu haqda Alloh taoloning so‘zi bor:

“(Shu payt Zulayhoning) urug‘laridan biri guvohlik berib (dedi)”.
Allohning tavfiqi va karami ila kitob nihoyasiga yetdi.

________________
Hikoyatlar bobi hadislari

959-hadis. Zaif.
960-hadis. Muttafaqun alayh.
961-hadis. Isnodi noma’lum.
962-hadis. Zaif. Abu Na’im “Hulya”da rivoyat qilgan.
963-hadis. Mavzu’. “Za’ifa”ga qarang.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 27 Oktyabr 2007, 08:12:46
G‘aflatdan uyg‘otgan asar
So‘ngso‘z o‘rnida

Bismillahir rohmanir rohiym

Osmonlaru Yerni yaratgan, maxluqotlari orasida insonni tanlab, uni aziz va mukarram etgan, huzuridagi ilmi ilohiyidan bandalariga xohlaganicha bildirgan, so‘ng kitobat ne’matini berib, u ilmlarni boqiy saqlash imkonini taqdim etgan rabbimiz Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. U zotning payg‘ambari, olamlarga rahmat qilib yuborgan elchisi Muhammadga, ashobi kiromlariga va ahli baytlariga salavot va salomlar yog‘ilsin.

Mana, aziz o‘quvchi, Parvardigorimizning xohish-irodasi ila "œTanbehul-g‘ofiliyn" asarining oxirgi qismi ham tarjima etilib, nashrdan chiqdi... va Siz bilan so‘ngso‘z ustida ozgina suhbat qurish imkoniyati tug‘ildi.

Avvalo, bu xayrli ishga bizni sababchi qilgan Alloh taologa shukrlar qilamiz, asarning nashrdan chiqib tarqalishida xizmatlari singan birodarlarimizga minnatdorlik bildiramiz, undan nafslariga manfaat olgan, ilmlarini ziyoda etgan barcha o‘quvchilarimizga Alloh taolodan ofiyat va dunyoyu oxirat yaxshiligini tilaymiz.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 27 Oktyabr 2007, 08:12:56
Biz musulmonlar ajdodlarimiz merosidan uzoq vaqt mahrum yashadik. Dinimizga qarshi qilich qayragan kunlarda xalqimizning qo‘lidagi barcha kitoblar tortib olindi, kutubxonalardan chiqarib tashlandi. Dunyoning hikmatini jamlagan asarlar, hatto tilga olinmaydigan darajada unutildi, unuttirildi...

Alhamdulillahki, bugun yana ulug‘ merosimizni tiklash, unga egalik qilish imkoniyatimiz bor. Shu imkoniyat orasida Qur’oni karim ma’nolarining tarjimalari amalga oshirildi, Imom Buxoriyning hadislar to‘plami ona tilimizga o‘girildi, mazhabimiz fiqhiga oid bir qancha asarlar tarjimasi qo‘limizda turibdi. Yana qancha katta-kichik ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu "œTanbehul-g‘ofiliyn" kitobining tarjima etilib, nashr qilinishi ham ma’naviy merosimizni xalqimizga qaytarish yo‘lidagi bir harakatdir. Ammo hali bajariladigan ishlar, tajima qilib, xalqimiz qo‘liga taqdim etilishi zarur bo‘lgan asarlar juda ko‘p. Ajdodlarimiz qoldirgan mashhur, lekin biz bilmagan, tanimagan durdonalar bor: masa lan, "œIhyou ulumiddin"ning hikmatlaridan hamon bebahramiz, ulug‘ ulamolarimiz tomonidan Qur’oni karimga bitilgan tafsirlarni, Imom Buxoriyning hadislariga yozilgan sharhlarni o‘qigimiz keladi, "œSahih Muslim", uning sharhlari, Ibn Kasirning tafsiriyu tarixlari tarjiymonlarini kutib yotibdi. Termiziy, Abu Dovud, Nasoiy, Zamaxshariy, Kurtubiy, Ibn Muborak, Nadaviy kabi allomalarning asarlari ham Islom olamining qimmatli manbalari sanaladi. Ularni xalqqa yetkazadigan qo‘l kerak, himmat kerak. Alloh nasib etsa, bu durdona asarlar ham o‘zbek tilida milyonlab o‘quvchilarini topajak.

"œTanbehul g‘ofiliyn" asarining birinchi kitobi chiqqaniga ham uch yilcha vaqt o‘tdi. Shu davr mobaynida u xalqimiz tomonidan sevib, qo‘lma-qo‘l bo‘lib o‘qildi. Hikoyatlaridan, pand-nasihatlaridan ta’sirlanganlar ko‘p bo‘ldi. Asarning bunday muvaffaqiyati, tabiiyki, muallifning xizmatlari bilan baholanadi.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 27 Oktyabr 2007, 08:13:07
Faqih Abu Lays Samarqandiy hazratlari bu kitobni g‘ofillarga tanbeh berish uchun, ularni g‘aflat uyqusidan uyg‘otish, hayot, deb atalmish bu qisqagina muddatning orqa-oldi borligini eslatish, undan narida insonni nimalar kutayotganidan ogoh etish uchun yozganlari sarlavhaning o‘zidanoq ko‘rinib turibdi. Muallif o‘quvchini asta-sekinlik bilan, tadrijiy ravishda jiddiylik sari yetaklaydi. Dastlab ixlosni tushuntiradi, so‘ngra o‘limdan, qiyomatning inson boshiga tushajak hodisalaridan ogoh etadi, gunohlardan qaytishga — tavbaga chaqiradi, yolg‘on, g‘iybat, xamr ichish, chaqimchilik, kibr, hasad kabi illat-nuqsonlardan xoli bo‘lishga chorlaydi. Yomon xislatlar bayon etilganidan keyin ibodat haqida so‘z ketadi. Tahorat, namoz, ro‘za, zakot, hajning fazilatlari tushuntiriladi, sabr, taqvo, jasurlik, xayr-ehson kabi insonga ziynat xislatlar bayon etiladi. Xullas, muallif g‘aflatda yotgan dilni tergab-tergab, turtib-turtib, musulmonchilikka o‘rgatadi.

Oyat-hadis, hikmatli so‘zlar va pand-nasihatlarning mavzular bo‘yicha bob-bob qilib ajratilgani, asarni o‘qishli va ta’sirchan qilgan. Shuning uchun ham bu kitob arab davlatlarida xaligacha qayta-qayta nashr etilib kelinmoqda. Hatto, Misrda uni bir vaqtning o‘zida bir nechta nashriyot bir necha xil muqovalarda chop etganiga guvoh bo‘ldik.

"œTanbehul g‘ofiliyn" tarjimasining birinchi kitobi bosmadan chiqqanidan keyinoq (biz uchga bo‘lib, nashr etgan bu asar aslida katta bir mujalladdan iboratdir), u haqda iliq-ijobiy fikrlar bildirila boshladi, shu bilan birga tanqidiy mulohazalar ham yo‘q emas edi. Va bu holning bo‘lishi tabiiy, albatta. Biz o‘quvchilarimizning har qanday fikrlarini hurmat qilgan holda ba’zi jihatlarga javob berish o‘tishni lozim ko‘rdik.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 27 Oktyabr 2007, 08:13:17
Tarjima va muharrirlik ishlaridagi kamchiliklarga bo‘lgan e’tirozlar kitobning keyingi qismlari nashrida ularni bartaraf etishimizga yordam berdi, buning uchun o‘quvchilarimizga faqat rahmat aytamiz.

Yana bir e’tiroz bevosita asarning o‘ziga tegishli bo‘lib, unda mavzu’ hadislarning berilishi haqida edi. Bu borada bahs-munozaraga kirishmoqchi emasmiz. Balki ba’zi fikrlarni bildirib o‘tmoqchimiz.

Alloma Hofiz ibn Kasirning "œBa’isul hadis" asari sharhida Ahmad Muhammad Shokir mavzu’ hadis haqida quyidagilarni yozadi: "œTo‘qilgan xabarlar mavzu’, deyiladi. Ularni yolg‘onchilar Rasulullohga (s.a.v.) nisbat berishgan. Rivoyatlarning eng yoomndir ular. Mavzu’ hadisning mavzu’ligini bilgan kishi uni Nabiyga (s.a.v.) mansub eta turib, rivoyat qilish halol emas, ammo mavzu’ ekanini bayon etgan holatdagina joizdir" (113-114-betlar). Yana aytiladi: "œRasulullohdan (s.a.v.), deb to‘qilgan hadisni rivoyat qilish haromdir, lekin uning holatini bayon etsa, zarari yo‘qdir" (114-bet).
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 27 Oktyabr 2007, 08:13:44
Shu fikrlardan kelib chiqib, muallifning haqqiga hiyonat qilinmagan holda tarjimada mavzu’ hadislar ham berildi, faqat yuqorida aytilgan shart bilan. Barcha hadislar qatori botil va mavzu’ hadislarning ham izohi kitobning oxirida ko‘rsatib o‘tildi. Hadislarning darajasi, ularning qay biriga amal qilinadi, qaysisi tark etiladi, bu haqda ham har uchala kitobning so‘ngida qayta-qayta berildi. Qolversa, "œTanbehul g‘ofiliyn" asari hamon muhim pandnoma asarlardan sanaladi. Boshqa musulmon mamlakatlarida takror-takror nashr etilayotgani unga ehtiyoj borligiga dalolat qilib turibdi. Bizdagi ehtiyoj esa, boshqalardagidan-da qattaroq ekani hammamizga ma’lum. Chunki biz ayni mana shunday sodda uslubda yozilgan, ommaviy kitoblarni o‘qiydigan bosqichdamiz. Asta-sekin bu pog‘ona bosib o‘tiladi va jiddiy ilmiy-diniy asarlar ham tarjima etiladi, inshaalloh...
Muhtaram o‘quvchi, yaxshi-yomon xizmatimizga rozi bo‘ling, beayb Parvardigor, bandachilik ila yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarimiz uchun Rabbimizga istig‘for aytamiz, Uning fazl- marhamatidan umid etamiz.

So‘zimiz oxirida asar muallifi Abu Lays Samarqandiy hazratlari hamda marhum padari buzrukvor va volidai muhtaramiz haqqilariga duoi xayr qilishlaringizni so‘rab qolamiz.

Barcha mo‘minlarning va bizning ham oxirgi duoyimiz: Olamlar rabbi Allohga hamdu sanolar bo‘lsin!

Tarjimon (Dilmurod Qo’shoqov)
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Oktyabr 2007, 07:33:13
MUALLIF XUSUSIDA SO‘Z

Ism va nasablari

Yurtdoshimiz ulug‘ faqih, imom, mutasavvif olim, muhaddis, zohid Hazrati Abu Lays as-Samarqandiyning to‘liq ismlari Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohimdir.

Al-Faqih, Imomul-huda, Shayxul Islom unvonlari bilan ham mashhurdirlar.

"œAl-Faqih" unvonlarini fiqh, ya’ni Islom huquqshunosligi ilmida yuksak martabaga erishganlari uchun olganlar. Bu sohada o‘z zamonasida u kishiga teng keladigan olim yo‘q edi. Bu ismni o‘zlari ko‘p yaxshi ko‘rganlar. ("œFaqih" unvonlariga "œal" qo‘shimchasining qo‘shilishi u zotning fiqhda benazir ekanliklariga ishoradir. Ammo biz bundan keyin o‘zbek tili xususiyatlaridan kelib chiqib, "œal-faqih"ni "œfaqih", "œas-Samarqandiy"ni "œSamarqandiy", deb oldik.)
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Oktyabr 2007, 07:33:53
Rivoyatlarda kelishicha, "œTanbehul-g‘ofiliyn" kitobini yozgan mahallarida bir kecha Hazrati Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi vasallam) u kishining tushlariga kirib, yozgan kitoblarini tutqazib: "œYo Faqih! Kitobingni olgin!" deydilar. Uyg‘onganlarida kitobda Payg‘ambarimiz muborak qo‘llarining izlarini ko‘radilar. Shundan keyin "œFaqih", degan nomni sevadilar va u tufayli ko‘p barakotlarga noil bo‘ladilar.

Ikkinchi unvonlari — "œImomul-huda" haq yo‘l imomi ma’nosidadir. Bu unvonda Hazrati Imom Abu Mansur Motrudiy bilan barobardirlar.

"œAbu Lays" u zotning ko‘nyalaridir. Bu so‘z "œLaysning otasi", deganidir. "œLays" lug‘atda she’r, arslon ma’nosini beradi. Ul zotning Lays degan farzandlari bo‘lganmi yoki "œAbu Turob" singari majoziy laqabli, noma’lum. Harholda, kunya ekani aniq.

U zot Samarqand shayxul islomi bo‘lganlari uchun "œShayxul islom", degan nom bilan ham chaqirilganlar. "œSamarqandiy" nomini tug‘ilib o‘sgan vatanlariga nisbatan olganlar.

Abu Lays Samarqandiyning tavalludi va vafoti yillari borasida turlicha ma’lumotlar bor. Vafotlariga qiyosan, hijriy 301-310 yillarda tug‘ilganlar, deyiladi.

Vafotlari ham turlicha -- hijriy 375, 393, 396 yillar deb ko‘rsatilgan. 396 (milodiy 1003) yil haqiqatga yaqinroq.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Oktyabr 2007, 07:34:05
Ustozlari

Olimlar payg‘ambarlarning vorislaridir. Olimning borligi olamni borligi, olimning o‘lgani olamning o‘lgani. Islom olami avvalu oxirda ilm bilan tirikdir. Ilm merosi ustoz-shogirdlik vositasida avloddan avlodga o‘tadi.

Aytmoqchi bo‘lganimiz, Abu Lays Samarqandiyning ustozlari ushbu zotlardir:
1. U kishiga avvalo otalari Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim Tusiy ta’lim berdilar. Faqih o‘z kitoblarida: "œOtamning aytishlaricha", "œOtam menga aytganlar", deb ko‘p zikr qiladilar. Zero, otalari olim, faqih, muttaqiy bir zot edilar.
2. Abu Ja’far Hindavoniy Balxiy huzurida ham ilm va ta’lim olganlar.
3. Xalil ibn Ahmad qoziy Sijziy yetuk hanafiy olimlardan bo‘lib, o‘z davrida fiqh va hadis ilmida peshqadam bo‘lganlar. Hazrati Abu Lays Samarqandiy u kishidan shu ilmlarni o‘rganganlar.
4. Muhammad ibn Fazl Balxiy huzurida tafsir ilmini o‘rgandilar.
Ko‘rinib turibdiki, zamonning turli olimlaridan turli ilmlarni o‘rganganlar. Zero, e’tiqodning asosi ilmdir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Oktyabr 2007, 07:34:20
Shogirdlari

 Alloh taolo O‘zi xohlagan bandalariga O‘zi xohlagan miqdorda ilm ato etadi. Ammo ilm olimga omonatdir, u olgan ilmini boshqalarga yetkazmog‘i shart. Bu xususda amin zotlardan bo‘lgan Hazrati Abu Lays Samarqandiy ikki yo‘l bilan ilmni yoydilar: ta’lim berib, shogirdlar yetishtirdilar; kitoblar yozib, ilmlarini olis avlodlariga meros qoldirdilar. Faqihning mashhur shogirdlari:

1. Luqmon ibn Hakim Farg‘oniy.
2. Na’im Xatib Abu Molik.
3. Muhammad ibn Abdurahmon Zubayriy.
4. Ahmad ibn Muhammad Abu Sahl.
5. Tohir ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr Abu Abdulloh Haddodiy va boshqalar. Hammalarini Alloh rahmat qilsin.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Oktyabr 2007, 07:34:38
Asarlari

Abu Lays Samarqandiydan barakali ilmiy meros qoldi. Ilm-fan, adab borasida ko‘plab kitoblar tasnif etdilar. Fiqh, usuli din, tib va falsafa ilmlarida shuhrat va martaba qozondilar.

1. "œBahrul-ulum" (Ilm ummoni) Qur’oni karim tafsiri bo‘lib, "œTafsirul-Qur’on", ham deyiladi.
2. "œXizonatul-fiqh" (Huquqshunoslik xazinasi) Islom fiqh ilmi sohasiga oid bo‘lib, bu boradagi ko‘plab asarlarning eng mashhuridir. Asar tadqiq etilib, jahon miqyosida nashr qilingan.
3. "œBo‘stonul-orifiyn" (Oriflar bo‘stoni) ma’rifat, ilohiyot, zuhd, taqvo va faqr bobida bo‘lib, shu sohadagi asarlarning mashhurlaridandir.
4. "œTanbehul-g‘ofiliyn" -- eng ta’sirchan, mo‘’tabar asarlaridan bo‘lib, oxirat saodatining yo‘li, taqvo darsligidir.
5. "œQirrotul-’uyun va mufrihu qalbul-mahzun" (Ko‘zlar quvonchi va mahzun qalb farahi).
6. "œ‘uyunul-masoil" (Masalalar bulog‘i). Hindistonda nashr etilgan.
7. "œMuqoddimatu Abu Lays fis-solat". Misradagi "œDorul-kutub" matbaasida saqlanadi.
8. "œFatovoi Abu Lays". Fatvo kitoblaridan.
9. "œAn-navozilu fil-fatovo". Fatvo kitoblaridan, Misrda "œDorul-kutub"da saqlanadi.
10. "œAl-mabsut".
11. "œSharhu jomi’us-sag‘iyr".
12. "œUmdatul aqoid". Aqidaga doir kitoblardan.
13. "œUsulud-din". Din ilmi asarlaridan.
14. "œBayonu aqidatil usul". Usuli din va e’tiqod kitobi.
15. "œAsrorul-vahy".
16. "œRisolatu fil-mag‘firati val-iyman".
17. "œRisolatu fil-hukm".
18. "œShir’atul-Islom".
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Oktyabr 2007, 07:34:53
Yana boshqa kitoblari bo‘lib, ba’zilari ikki-uch xil nom bilan ataladi.

Faqihning "œTanbehul-g‘ofiliyn" kitobini tadqiq etib, Misrda nashr qildirgan allomaSaid Arabiy u zotning ismi, nasabi va kitob yozishdagi komil uslubini ta’riflab, bunday deydi: "œMusannif har bobda so‘zni Qur’ondan bir necha oyatlar keltirib, mubhamlarini tushuntirish bilan boshlaydi. Keyin uni payg‘ambar hadislari va salaflarning so‘zlari bilan quvvatlaydi. Bularning hammasiga munosib ta’liqlar keltiradi".

Turli davr insonlari hamisha dalil va hujjatga muhtoj bo‘ladi. Bu jihatdan faqihning uslubi eng mumtoz uslubdir.

Kitobning o‘ta ta’sirchanlik xususiyatini qayd etdik. Darhaqiqat, bu kitob g‘ofillarni, ya’ni e’tiborsizlarni, bexabarlarni, uyqudagilarni uyg‘otuvchi, oxirat manzaralaridan ogoh etuvchi, aqlga xitoblar qilguvchi mav’izalar kitobidir.
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Oktyabr 2007, 07:35:11
Hazrati Payg‘ambarimiz bir hadisi shariflarida: "œInsonlar uyqudadirlar, o‘lganda uyg‘ongaylar", desalar, yana bir hadisda: "œO‘lmasdan oldin o‘ling!" deb buyurganlar. O‘lmasdan oldin o‘lmoq, o‘lmasdan oldin uyg‘onmoq deganidir! Ilohiy haqiqatlarni, oxirat hayotini o‘lmay turib bilmoq deganidir. Bu ish robitai mavt — o‘limni tafakkur qilish, qalbning uyg‘oqligi va tirikligi esa, zikr etish bilan bo‘lgaydir. Xullas, bu kitob tafakkurga da’vat va xitob kitobidir!

Toshkent Islom oliy ma’hadi talabasi sifatida Qohirada o‘qib yurgan kezlarimda asarga muhabbatim tushgan va buyuk vatandoshimizning buyuk asarini o‘zbek tiliga o‘girib, xalqimizni bahramand etish istagi tug‘ilgan edi. Bu ishni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlagan barcha ustoz va birodarlarga rahmatlar aytaman. Shuningdek, kitobning nashr etilishiga katta yordam ko‘rsatgan «Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati» assambleyasi «Mutarjim» sho‘’ba korxonasiga minnatdorlik bildiraman.

Nashrning izoh va ta’liqlari tarjimada saqlanib, kitob oxiriga ilova etildi. Kitobning qolgan qismlarini nashrga tayyorlash ishlari davom etmoqda.

O‘qiganlarning qalblari nurlangay, o‘rganganlariga amal qilib, imonlarining nuri ziyoda bo‘lgay! Biz faqirlarni ham duoda yo‘qlagaylar!..

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh

Tarjimon
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: Laylo 28 Oktyabr 2007, 08:14:34
MUNDARIJA

Hadis ilmi va uning turlari haqida qisqacha ma’lumot (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3497#msg3497)
Muallif muqaddimasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3498#msg3498)
1-bob. Ixlos (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3500#msg3500)
2-bob. O‘lim qo‘rqinchi va shiddati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3578#msg3578)
3-bob. Qabr azobi va uning qattiqligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3593#msg3593)
4-bob. Qiyomatning qo‘rqinchi va dahshatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3604#msg3604)
5-bob. Do‘zax va do‘zax ahlining sifatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3613#msg3613)
6-bob. Jannat va jannat ahlining sifatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3622#msg3622)
7-bob. Allohning rahmatidan umid qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3635#msg3635)
8-bob. Yaxshi ishlarga buyurish va yomon ishlardan qaytarish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3651#msg3651)
9-bob. Tavba (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3666#msg3666)
10-bob. Yana tavba haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3683#msg3683)
11-bob. Ota-onaning haqqi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg3939#msg3939)
12-bob. Farzandning ota ustidagi haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4061#msg4061)
13-bob. Silai rahm (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4066#msg4066)
14-bob. Qo‘shnichilik haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4078#msg4078)
15-bob. Aroq ichishdan qaytarish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4089#msg4089)
16-bob. Yolg‘ondan qaytarish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4102#msg4102)
17-bob. G‘iybat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4110#msg4110)
18-bob. Chaqimchilik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4119#msg4119)
19-bob. Hasad (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4124#msg4124)
20-bob. Kibr (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4135#msg4135)
21-bob. Ihtikor (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4633#msg4633)
22-bob. Kulishdan qaytarish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4639#msg4639)
23-bob. G‘azabni yengmoq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4648#msg4648)
24-bob. Tilni saqlash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4660#msg4660)
25-bob. Hirs va uzun orzu (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4671#msg4671)
26-bob. Kambag‘allarning fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4681#msg4681)
27-bob. Dunyodan yuz o‘girish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4698#msg4698)
28-bob. Balo va mashaqqatlarga sabr qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg4714#msg4714)
29-bob. Musibatga sabr qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5725#msg5725)
30-bob. Tahoratning fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5740#msg5740)
31-bob. Besh vaqt namoz haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5750#msg5750)
32-bob. Azon va takbir fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5774#msg5774)
33-bob. Tahorat va poklik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5794#msg5794)
34-bob. Jum’aning fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5803#msg5803)
35-bob. Masjidlarning hurmati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5813#msg5813)
36-bob. Sadaqaning fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5820#msg5820)
37-bob. Sadaqa balolarni daf qilishi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5835#msg5835)
38-bob. Ramazon oyi fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5838#msg5838)
39-bob. Zulhijja oyining dastlabki o‘n kuni fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5852#msg5852)
40-bob. Ashuro kunining fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5861#msg5861)
41-bob. Nafl ro‘zasi, oyning 13-,14-,15-kunlari ro‘zasi va rajab oyi ro‘zasining fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5892#msg5892)
42-bob. Ahli ayolga nafaqa qilish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5901#msg5901)
43-bob. Qo‘l ostdagilarning rioyasi haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6013#msg6013)
44-bob. Yetimlarga yaxshilik qilish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6027#msg6027)
45-bob. Zino haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6040#msg6040)
46-bob. Ribo yeyish haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6051#msg6051)
47-bob. Gunohlar haqidagi rivoyatlar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6064#msg6064)
48-bob. Zulm haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6074#msg6074)
49-bob. Rahmat va shafqat  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6086#msg6086)
50-bob. Allohdan qo‘rqish haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6097#msg6097)
51-bob. Alloh taoloni zikr qilish haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6282#msg6282)
52-bob. Duo haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6294#msg6294)
53-bob. Tasbeh aytish haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6302#msg6302)
54-bob. Payg‘ambar (s.a.v.)ga salovot aytishning fazilati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6308#msg6308)
55-bob. "La-a ilaha illalloh" kalimasining fazilati haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6318#msg6318)
56-bob. Qur’on fazilatlari haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6336#msg6336)
57-bob. Ilm talab qilish fazilati haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6353#msg6353)
58-bob. Ilmga amal qilish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg6363#msg6363)
59-bob. Ilm ahli bilan o‘tirishning fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg19421#msg19421)
60-bob. Shukr  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg19639#msg19639)
61-bob. Kasb qilish fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg20768#msg20768)
62-bob. Kasb qilish va haromdan hazar qilish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg20787#msg20787)
63-bob. Taom berish va husni xulq fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg20798#msg20798)
64-bob. Allohga tavakkul  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg20810#msg20810)
65-bob. Xudojo‘ylik  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg20818#msg20818)
66-bob. Hayo  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg20830#msg20830)
67-bob. Amal va niyat biriligi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg20839#msg20839)
68-bob. Mag‘rurlanish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg20851#msg20851)
69-bob. Haj fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29747#msg29747)
70-bob. Posbonlik fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29787#msg29787)
71-bob. Chavandozlik va o‘q otish fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29794#msg29794)
72-bob. Muhammad (s.a.v.) ummatlari fazli  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29806#msg29806)
73-bob. Erining xotini ustidagi haqlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29818#msg29818)
74-bob. Xotinning eri ustida haqlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29824#msg29824)
75-bob. Nizolashganlar o‘rtasini isloh qilish va arazlashishdan qaytarish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29831#msg29831)
76-bob. Sultonlarga aralashish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29844#msg29844)
77-bob. Kasallik va kasalni ko‘rishlik  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29865#msg29865)
78-bob. Nafl namozlari fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29878#msg29878)
79-bob. Namozni mukammal o‘qish va unda xushu’ qilish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29909#msg29909)
80-bob. Duo va tasbehlar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29915#msg29915)
81-bob. Muloyimlik  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29934#msg29934)
82-bob. Sunnatga amal qilish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29944#msg29944)
83-bob. Oxirat ishlariga qayg‘urish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29956#msg29956)
84-bob. Kishining qanday tong ottirishi to‘g‘risida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29964#msg29964)
85-bob. Tafakkur qilish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29972#msg29972)
86-bob. Qiyomat alomatlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg29984#msg29984)
87-bob. Abu Zarr G‘iforiy (r.a.) hadislari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg30205#msg30205)
88-bob. Toatda jiddu jahd qilish  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg30212#msg30212)
89-bob. Shayton adovati va xiylalari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg30291#msg30291)
90-bob. Rizo  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg30535#msg30535)
91-bob. Mav’izalar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg30543#msg30543)
Hikoyatlar bobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg30547#msg30547)
So‘ngso‘z  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg82949#msg82949)
Muallif haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg83653#msg83653)
Nom: Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Iyun 2009, 03:02:24
Tanbehul g'ofiliyn

(http://www.ziyouz.com/images/books/tanbeh.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=58)

Muallif: Abu Lays Samarqandiy
Hajmi: 1,23 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=58)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.1050)