forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: shoir 17 Iyun 2008, 16:40:10

Nom: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 16:40:10
Garchi qurutmas ko'zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti,
Ne qurug'in qo'yg'usi,ne yoshini.

Lutfiy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 16:41:15
Necha dedim:"Ul sanamg'a bormag'in!"
Qilmadi ul tark oxir bormag'in.
Munchakim,xudraylig' ko'rguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab barmog'in.

Lutfiy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 16:41:53
Men sening ishqingdin,ey dil, bandaman,
Vah,qachon eytkayman ul dilbanda man.
Bevafolarg'a meni qilding asir,
Sen menga sultonsan,ey dil, bandaman.

Lutfiy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 16:42:49
Yo rab,ul shahdu shakar yo labdurur,
Yo magar shahdu shakar yo labdurur.
Jonima payvasta novak otqali,
G'amza o'qin qoshiga yolabdurur.

Navoiy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 16:43:13
Pardani ruxsorasidan olmangiz,
Hohaq o'lturdi meni shul olmangiz;
Gar anoristong'a sunsa ilgini,
Aytur: - Ul tursun,amonat,olmangiz!

Navoiy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 16:52:14
La'lidin jonimg'a o'tlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur;
Men vafosi,va'dasidin shodmen,
Ul vafo, bilmanki, qilmas, yo qilur.

Navoiy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 16:55:31
Olmani otti nigorim, "ol",-dedi
"Olma birla bu ko'ngilni ol",-dedi
So'rsam ersa olamsini rangini
"Olma rangin ne so'rursan, ol",-dedi

Navoiy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 16:56:32
Kel, qilay jonni nisoring, o yorim,
Naqdi jonim bormu sendin oyorim?!
Bo'sa bersang gar tamom og'zing bila,
Kunji og'zingdin oloyin oyorim.

Bobur
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 16:58:02
Telbaman shahlo ko'zung olusidin,
Uzmadim bog'ingda vasl olusidin.
Hajr dashtida yugurmog'lig' bila,
Yetmadim vaslingga yo'l olusidin.

Yusuf Amiriy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 16:58:24
Gar desam, bog'i visoling nori bor,
Olma deb achchig'lab aytur: Nori bor!
Ishq naxli ko'z yoshimdin suv ichib,
Bargu borini shararlig' nori bor.

Yusuf Amiriy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 17:00:04
Ey ko'ngul,bu kecha ul oy sori bor,
Oh o'tin yorutmakim, ag'yori bor.
Tuxmi mehr etkim muhabbat bog'ida,
Dard barg ochti-yu g'am kelturdi bor.

Yusuf Amiriy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 17:01:20
Bodasiz betobmen bu kecha men,
La'ling istab emdi jondin kechamen.
Sohili maqsadg'a yetgaymanmu deb,
Ko'z yoshim daryosida suv kechamen.

Yusuf Amiriy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 17:02:42
Jilva aylab sakraturda sarkash ot,
Noz o'qin javlon etib jonimg'a ot.
Itlaring xaylig'a xizmat ayladim,
Qo'ydilar ahli vafo deb manga ot.

Yusuf Amiriy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 17:03:25
Dilrabo, hajring o'tida yonamen,
O'rtanib vasling tilarman yona men.
Ka'ba azmidin manga san muddao,
Bo'lmasang,albatta,andin yonamen.

Yusuf Amiriy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 17:03:33
Hamnishin ag'yor to ul yoradur,
Ko'kragim hasrat o'qidin yoradur.
May bila soqiy himoyat bo'lmasa,
Shahnayi hijron yurakni yoradur.

Yusuf Amiriy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 17:05:49
Sham' yanglig' yonadur boshimda o't,
Ko'z yoshimdin yer yuzinda undi o't.
Qon yoshim qildi yo'lungni lolazor,
Muncha taqsir ayladim, qonimdan o't.

Yusuf Amiriy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 17:06:21
G'am yuki to qomatim yo qilmadi,
Ohim o'tig'a falak yoqilmadi,
Qilmadi rahmi manga,xud o'zgaga,
Bilmadimkim qildimu yo qilmadi.

Ogahiy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 17:06:40
Do'stlar, hamrohlig' aylab boringiz,
Tund xo' yorim qoshig'a boringiz,
Bir kecha bazmimg'a kelturmoq uchun
Bosh oyoqig'a qo'yub yolboringiz.

Ogahiy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 17:07:07
Dard zahri soldi chinlar qoshima,
Kelmadi holim so'rarg'a qoshima,
G'am yukin chekmakda, ey dil,chobak o'l,
Hargiz ushbu ishda boshing qoshima.

Ogahiy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 17:07:22
Chehrasining garchi muhraq nori bor,
Bergusi doim niholi nori bor,
Sig'mog'un bazmim aro, ey muddaiy,
Telmurib turma bu yerda,nori bor.

Ogahiy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 17:14:57
Orazing gulzori jannat bog'idur,
Tori zulfung jon qushini bog'idur,
Halqayi zunnor zulfung davrida
Kofiri ishq o'lmog'onlar bog'idur.

Amiriy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 17:26:07
Bodasiz betobmen bu kecha men,
La'ling istab emdi jondin kechamen,
Sohili maqsadg'a yetgaymanmu deb,
Ko'z yoshim daryosida suv kechamen.

Amiriy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 17:26:51
Benavomen yor ko'zu qoshidin,
Telba ko'nglum kelmas oni qoshidin,
Kofiru mo'min aning hayronidur,
Kufr izhor etti zulfu qoshidin.

Amiriy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 17 Iyun 2008, 17:27:04
Ul pari jonimg'a o'tlar yoqadur,
Kuygonim ko'nglig'a yaxshi yoqadur,
Ishqida har yon tushub jaybimg'a chok,
Telbamen piyrohanim beyoqadur.

Amiriy
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: Ulugbek-Uz 18 Iyun 2008, 10:31:26
Аавоийни туюкларидан булсин...
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:04:29
Аавоийни туюкларидан булсин...

navoiy tuyuqlari avvalgi sahifa (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2604.0)da.
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:06:29
Ko’nglingni ko’tarib, do’st kuy chaladur,
Ravon yurib ketsang, g’anim chaladur.
Nechun barcha tengmas, deb o’ylab ko’rsam,
Kimdur komil inson, kimdur chaladur.

Omonulloh Mutal
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:07:13
Donish ahli adashtirmas yolg’on-la chinni,
Vatanga almashtirmas Eron-la Chinni.
Barmoq bilan chertsang spool aks berar bo’g’iq,
Jaranglashi tovlanadi chindan-la chinni.

Omonulloh Mutal
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:07:35
Muhabbat ramzidir qadimdan olma,
Senga deb, tutaman rad etma, ol, ma.
Qattiq sevganimdan qarshingda lolman,
Go’ng-soqov ekan deb, ko’nglingga olma.

Omonulloh Mutal
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:07:47
Gir-gir esgan shaboda tanga moydek yoqadi,
Unga juda berilib, vayron etmang, yoqadi.
Oldiniga halovat bag’ishlagan yelvizak,
So’ngra joningiz qiynab, tanda olov yoqadi.

Omonulloh Mutal
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:07:56
O’zingga mushtoqman qoshlari kamon,
Uzoq qiynar hijron, visolga kam on.
Meni ovutsin, deb, g’ijjakni olsam,
Torlarni titratib, yig’laydi kamon.

Omonulloh Mutal
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:08:03
Bolta tushaverib zadadur kunda,
Qalbim nimta-nimta hajringdan kunda.
Dog’in fosh etgandan Oy qochar undan,
Yetib olaman deb tinim yo’q kunda.

Omonulloh Mutal
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:08:10
Bandaning boshiga ne kunlar tushmas,
Ba’zisin dahshatli tush desang, tushmas.
Erta ne bo’lishin bilolmas hech kim,
Taqdir yozug’iga hech bir ko’z tushmas.

Omonulloh Mutal
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:08:18
Chekkan azoblar-ey qalblardan o’chmas,
G’amdan kuygan yurak, suv sepsang o’chmas.
Fe’lingni keng qilgil, kechirguvchi bo’l,
Chin mardning odati ezgulik, o’chmas.

Omonulloh Mutal
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:28:39
Сиз кимгадир ака, ука, кимгадир қайин,
Қани айтинг, осонликча қурилган қай ин?
Синовларга дош беролмай нолинманг дарров,
Довулларни енголмаса ссмайди қайин.

Аегмурод Гулиев, Ғиждувон тумани.
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:29:53
Бслолсанг мол-дунё ишқидан холи,
Яшарсан қарамлик, қулликдан холи.
Қаноат аталмиш гсзални севгил,
Билсанг, ғам хатига нуқтадир холи.

Аегмурод Гулиев, Ғиждувон тумани.
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:36:29
Қолма кеч ҳою ҳавасдин срта кеч,
Хоҳи ноҳақ азм старсан срта-кеч.
А илоҳи раҳм стиб фазлинг билан,
Барча қилган журму исёнимни кеч.

Мажруҳ
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:37:27
А­й пари мактуб жавобин тезда ёз,
Интизору мақдамингман қишу ёз.
Доғи ҳижронинг билан қондур юрак,
Шафқат айлаб бир келуб кснглумни ёз.

Мажруҳ
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:37:48
Дарду ғамдин заoфарондак бслди юз,
А аҳми йсқ зулму ситамга қсйди юз.
Очмагай юз юзта истиғно билан,
Интизор бслса манингдек нечча юз.
 
Мажруҳ
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:38:39
Махлиқо ноз уйқусида ксрди туш,
Истироҳат айлаб срди вақти туш.
Дейди бир мажнуннамо девонаваш,
Уйғониб тезроқ мани ёнимга туш.
 
Мажруҳ
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:39:34
А­й муғанний гулбаҳор савтини туз
Яшнади обод макон ҳам тоғу туз
Қанча неoмат лаззати ҳам туз билан
Лек алардан кам баҳоси бслди туз

Мажруҳ
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: shoir 18 Iyun 2008, 11:51:51
Дам бадам келгай қулоққа дсстларим торткон уни,
Бсш ҳамир бслди манинг шсрлик отам торткон уни.
Менга тушган бори ғамдан дсстларим бслманг малул,
Имштаҳон қилмоқ учун тангрим менга орткон уни.

Мажруҳ
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: Muhammad Sanjar 03 Fevral 2012, 22:18:33
Tuyuq (Onam, qaynonam va rafiqamga)

Seni jon dilimdan "jonona" deyman,
"Jonona" demasdan, "jono, na" deyman?
Lek ikki ayol bor sendan ham aziz,
Har birin ardoqlab: "jon ona", deyman!

(Iqbol Nazariy)
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: Shoxjahon12 24 Fevral 2012, 02:27:12
Sinfimizda o'qir Baxodir,
Abjirgina, epchil, baxodir.
O'z vaqtida tayyorlar darsin,
Olganlari "4","5" baxodir.

(Otabek Yo'ldoshev, 2000yil)
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: Aqoid 24 Fevral 2012, 03:36:09
Bunim yo'q, unim yoq,
Uyimda unim yo'q.
So'zlay desam unim yo'q,
Ishimda unum yo'q.
(muallifini eslolmadim)
Nom: Re: Tuyuqlar
Yuborildi: Donishmand 24 Fevral 2012, 09:28:05
Bunim yo'q, unim yoq,
Uyimda unim yo'q.
So'zlay desam unim yo'q,
Ishimda unum yo'q.
(muallifini eslolmadim)
Bu sanoat asarini "Hammom" guruhiga berish kerak, rosa XIT bo'ladiganga oxshayapti...

Davom ettirib qo'yamiz:

Tushum yo'q, pulim yo'q,
Tushda tushim yo'q,
Birrovga ham hushim y'q,
Chunki shimim yo'q.