forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Ziyo 01 Iyul 2006, 02:54:56

Nom: ”Men borman!”
Yuborildi: Ziyo 01 Iyul 2006, 02:54:56
"Men borman!"

O'zbekiston yoshlari haqida mandan 4 yil oldin so'ralganda:
-"Qo'rqmasdan, ikkilanmasdan hech qaysi boshqa millat vakillaridan aql, farosat, intilish, bilimga chanqoqlik, hurmat, birinchi bo'lishga intilish...kabi jihatlarga nisbatan kam joyi yo'q, deyarli barchasini kelajak va buguniga aniq va ravon maqsadi bor derdim.
15-16 yoshda bo'lgan paytlarimda pul faqat yashashga bo'lsa bo'ldi edi! Aynan shu savol 2 yil oldin berilganda:
-"Birinchi juda o'ylangan bo'lar edim, lekin man juda kam hollarda o'ylanaman, tabiatdan hozirjavobman. Bir qarashda, umumiy holat yaxshi, hammasi bo'lmasa ham 78-80 foyizi yaxshi. Yoshlar o'sha-o'sha intiluvchan, bir narsa o'rganish dardida lekin haqiqiy intilish 90 tadan 8 tasi bo'lsa kerak" degan bo’lardim.
Shaxsan aminiman, Toshkentda o'qiganimda, har bir oliy o'quv yurti, har bir guruhda 30 ta bola bo'lsa 8 tasi ko'chadan (har narsani kuch bilan hal qila oladigan - mafiya, diskoteka, aroq, sigaret va qizlar) dan boshqa qiziqishi yo'q. Yana 3 tasi bilimga, va yana 2 tasi u yoq ham bu yoq ham va qolgan 3 tasi hech narsaga qiziqmaydi, kelib ketish, pul topish!!! Endi qizlar: 8 ta qiz yaxshi kiyinib, doim o'ta e'tiborda bo'lish, qolgan 4 tasi bilimga, qolgan 3 tasi tezroq erga tegib ketishga! Yuqorida sanalgan guruhlar ishida shaxsan bo'lganman. Bazida bularni ko'rib nahot barchasi shunday bo'lishi kerak, demak shuncha olgan bilimim, oldimga qo'ygan maqsadlarim hech narsa emas ekanda deb o'ylab qolardim. Bu hammasi atrofimdagi yoshlarni ko'rib, vaholanki O'zbekistonni eng litseylaridan birida tahsil olardim u zamon.
Endi aynan shu savolga bugungu kingi javobim:
-"Butun O'zbekistonda 6.5 million yoshlar uchun bir narsa yetishmayotganday tuyuladi. Juda ham kuchli guruhlashish boshlangan, to'g'ri oldin ham bo'lgan guruhlashish lekin hozirgi guruhlashish kamdan-kam holatda yaxshi maqsadda. Bilim olishga qiziqish juda ham pastga tushgan, katta maqsadlar, oddiy professor bo'lish 1000 tadan 10 kishida bo'lsa ham katta gap! 98.5 foizi pul uchun barcha narsaga tayyor, to'g'ri pul kerak lekin..."
Butun O'zbekistondagi 9672 ta o'rta maktablarning 100 tasi ham normal standartga javob bera olmasa kerak deb o'ylayman (sal kam 1000 ga yaqin maktabda shaxsan bo'lganman.) Bu yerdan chiqadigan yoshlar... Shu qadar bo'lishda yoshlarni o'zida ko'proq ayb bo'lsa kerak! Irodasizlik, Ishonch singan, ma’nan bosimga yo'l qo'yilgan...
Bir yil institutga kira olmadimi 75% boshqa harakat qilmaydi. Ishlashga tushadi, hujjatsiz, salkam qora ish. Pul topadi, albatta ota-onasini qiynalayotganini ko'rib qaysi o'zbek bolasi qarab turadi, yordam berishga tushadi va o'qish, bilim olish to'xtab qoladi. Lekin barcha juda yaxshi biladi O'zbekistonda oliy o'quv yurtiga kirish 500 QASH dollaridan 30 000 mingacha ekanligini-yu kimlar kirib o'qiyotganini.
Toshkentdagi 30 ta oliy o'quv yurtida ochiq poraxo'rlik, yana ayb yoshlarda... isbot: bir o'rtog'im oldimga keldi, yaxshi joyda o'qiydi, aytdiki bir domla bor, juda yomon, fanini bilsang ham pul berish kerak, dedi. Aynan shu o'quv yurtidan yana bir do'stim keldi, aytdiki: bir domla bor, juda yomon, pul olmaydi, dedi, darig'!!!.
Din haqida gapirmasam ham bo'ladi. Umuman barchani maqsadi bugun pul topib, yaxshi eb, yahshi kiyinib, yaxshi yashash bo'lib qoldi, erta haqida hech kim o'ylamay qo'ydi. O'zlikni anglash kabi tushincha afsona!!!.
Bilim olish, nom qoldirish haqida juda kam insonlar o'ylamoqda. Qisqasi davlat tomonidan ochiqmi, yopiqmi o'rnatilgan ma'lumot barrikadasi o'z mahsulini oshig'i bilan bermoqda, hamma vakum ichida kabi, tashqarida nima gap, nima so'z farqi yo'q, yoki...bilmadim,.!
Ma'lumot barrikadasini yorib o'tgan besh-olti bola ikkinchi etap, zahira variant O'zbekistonni haqiqiy mafiyasi - melitsiyaga duch keladi u ham o'z vazifasini a'lo bajarmoqda. O'ta aqlli, bilimlimisan bir marta ularni qo'liga tushib, bir kecha kamerada yotgan bola to'g'ri harakatni ham o'ylab qiladigan bo'lib qoladi. Man ham o'ta bolalar ro'yxatiga kirib, peshonamga pistolet taqalib, 3 kechadan yotdim ikki marta. Haqiqatni gapira olish u yoqda tursin yurish esimdan chiqib qoldi...! Shu darajaga yetib kelishu, boshqa davlatlarga borib (Rossiya ,Qozog'iston va Koreya) qullik qilishimizga 10...100 balki 500 odam sababchi bo'lganiga ishonish juda qiyin!.
Man birovga yomonlik-o'lim tilash gunohligini yaxshi bilaman, rahmtali bo'lsalar ham katta shayxni nevarasi, juda aziz joyda ulg'ayganman, har holda. Lekin shu voqea-hodisalarni sababchisi bo'lgan ul insonlarga har kuni kamida 10 marta dilimda o'lim tilayman, ular bo'lmaganida man hozir o'z vatanimga yordamim tegayotgan bo'larmidi. Ular borligida O'zbekistonda qancha ish qildimu yo'q bo'lishsa bilmadim!!!
Ha, O'zbekiston yoshlari, juda kuchli - har yeri zaif, juda ko'p - lek yoruqda topilmay qolmoqda. "Oldingda oqqan ariqni suvi yo'q bo'lsa..."

Abdurahmonov Behzod,
O’zDJTU Xalqaro Jurnalistika 1-kurs talabasi
Nom: Re: ”Men borman!”
Yuborildi: Ziyo 01 Iyul 2006, 02:57:40
shuhrat:
Hayot har bir insonni o`zining ming bir chig`irig`idan o`tkazadi. Tubsiz tuyg`ularga berilib ketasiz. Bunday vaqtda azobu iztiroblar iskanjasida to`lg`onishdan sira cho`chimaslik lozim. Tog`ri, mashaqqatlarsiz rohat-farog`at ham bo`lmaydi. Yashashning ham o`ziga yarasha quvonchu tashvishlari bo`lishi tabiiydir.
Samo bag`rida miltillagan xira yulduzlar bugun go`yo yanada to`lishgandek. Ular sochayotgan taram-taram yog`dularda shabnam surati aks etganmi deysiz?! Tunda yog`ilgan bu tomchilar mening ko`zlarimga nogahoniy quvvat baxsh etgan. To`yib-to`yib moviy osmonga tikilaman. Yulduzchalar menga sirli so`zlarini aytishga cho`glangandek ko`z qisishadi. Yuzlarimga shabnam tomchilari urilib, qalbimga huzurbaxsh iliqlik yuguradi. Kapalak qanotlariga osilib olgan mezonday jajji yuragim u yoqdan bu yoqqa talpinadi. Dard esa vujudimni og`uga to`ldirmoqchiday yurak chetiga qadalib, asablarimni egovlaydi. Oils manzillarga beixtiyor nigoh qadayman. O`jar tuyg`ular bir zum tutqich bermaydi. Ortimda esa VAQT degan buyuk intiqom qasos olishga shay bo`lib turadi. Yangi niyatni amalgam oshirmoq yo`lida ezgulikka qo`l uraman. Bir zumda mashaqqatlar yo`llarimni to`sib chiqadi"¦ Ular bilan ayovsiz kurashishga chog`lanaman. Qo`llarimni ortimga qayirib sabot va irodamning nechog`li quvvatli ekanligini mashaqqat degan oliy iztirob sinovdan o`tkazadi. Oldin unsiz yig`layman, ko`zlarimdan emas, qalbimdan yosh quyilib kelaveradi. So`ngra esa o`kirib-o`kirib yig`lay boshlayman. Qanoat yonimga tiz cho`kib irodamni o'lkan charx bilan o`tkirlaydi. O`sha onda ko`zlarimga olam yanada yorishib ketganday, yashil libosda jilva qiladi"¦
Bu shirin iztiroblarga qorishgan so`ngsiz tashvishlarning nogahoniy belgisidir
Nom: Re: ”Men borman!”
Yuborildi: Robiya 02 Iyun 2008, 22:20:36


 Toshkentda o'qiganimda, har bir oliy o'quv yurti, har bir guruhda 30 ta bola bo'lsa 8 tasi ko'chadan (har narsani kuch bilan hal qila oladigan - mafiya, diskoteka, aroq, sigaret va qizlar) dan boshqa qiziqishi yo'q. Yana 3 tasi bilimga, va yana 2 tasi u yoq ham bu yoq ham va qolgan 3 tasi hech narsaga qiziqmaydi, kelib ketish, pul topish!!! Endi qizlar: 8 ta qiz yaxshi kiyinib, doim o'ta e'tiborda bo'lish, qolgan 4 tasi bilimga, qolgan 3 tasi tezroq erga tegib ketishga! Yuqorida sanalgan guruhlar ishida shaxsan bo'lganman. Bazida bularni ko'rib nahot barchasi shunday bo'lishi kerak, demak shuncha olgan bilimim, oldimga qo'ygan maqsadlarim hech narsa emas ekanda deb o'ylab qolardim. Bu hammasi atrofimdagi yoshlarni ko'rib, vaholanki O'zbekistonni eng litseylaridan birida tahsil olardim u zamon.

Endi aynan shu savolga bugungu kingi javobim:
-"Butun O'zbekistonda 6.5 million yoshlar uchun bir narsa yetishmayotganday tuyuladi. Juda ham kuchli guruhlashish boshlangan, to'g'ri oldin ham bo'lgan guruhlashish lekin hozirgi guruhlashish kamdan-kam holatda yaxshi maqsadda. Bilim olishga qiziqish juda ham pastga tushgan, katta maqsadlar, oddiy professor bo'lish 1000 tadan 10 kishida bo'lsa ham katta gap! 98.5 foizi pul uchun barcha narsaga tayyor, to'g'ri pul kerak lekin..."

Toshkentdagi 30 ta oliy o'quv yurtida ochiq poraxo'rlik, yana ayb yoshlarda... isbot: bir o'rtog'im oldimga keldi, yaxshi joyda o'qiydi, aytdiki bir domla bor, juda yomon, fanini bilsang ham pul berish kerak, dedi. Aynan shu o'quv yurtidan yana bir do'stim keldi, aytdiki: bir domla bor, juda yomon, pul olmaydi, dedi, darig'!!!.

Abdurahmonov Behzod,
O’zDJTU Xalqaro Jurnalistika 1-kurs talabasi

Assalamu alaykum! Yana o'sha mavzu, o'rtoqlar! Sizlarning ham asosli fikrlaringizni kutamiz.
Nom: Re: ”Men borman!”
Yuborildi: Robiya 02 Iyun 2008, 23:25:51
Ha, O'zbekiston yoshlari, juda kuchli - har yeri zaif, juda ko'p - lek yoruqda topilmay qolmoqda. "Oldingda oqqan ariqni suvi yo'q bo'lsa..."
Abdurahmonov Behzod,
O’zDJTU Xalqaro Jurnalistika 1-kurs talabasi

Nima qilish kerak..?!