forum.ziyouz.com

Kutubxona => Jahon adabiyoti => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 06:53:28

Nom: O'tar qush nolasi (rivoyat). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2008, 06:53:28
CHINGIZ AYTMATOV

O’TAR QUSH NOLASI
(Rivoyat)

Tozi deganingiz allambalo it-da — ovuldan bir to‘p otliq chiqdi deguncha hoziru nozir. To‘s-to‘polonda ergashib olganini sezmay qolasiz, endi uni haydab, orqasiga qaytarib bo‘psiz, do‘q-po‘psalaringiz bir pul — bari-bir ketmaydi, go‘yo hayiqqanday chetga chiqib, lo‘killab ketaveradi. Rostdan ham tozilar g‘alati maxluq — ularga dala-dasht bo‘lsa, shovqin-suron bo‘lsa, odam gavjum bo‘lsa bas, shunday paytlarni kutgani-kutgan; ehtimol shuning uchun ham ovchi it deyilsa kerak...
Elomon itning ketidan quvib Ko‘lgacha chopib bordi. U dafn marosimida so‘yish uchun mo‘ljallangan ikki yashar navvosni boylab berishda xotin-xalaj, qari-qartang bilan birga ketayotgan akasi Turmanga qarashib yurganida tozi iti Uchar olomonga ilashib, azza-bazza safarga otlanib qolibdi: quvonchi ichiga sig‘may u yoqdan-bu yoqqa chopadi, hali buni, hali uni hidlab-hidlab qo‘yadi, butalar atrofida sakrab-sakrab, goho bir zum to‘xtab, hurib ham qo‘yadi, odamlarni safarga tezlaydi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2830&Itemid=210)