forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Musannif Adham 23 Iyul 2008, 08:31:01

Nom: Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon mushafining ta'rifi
Yuborildi: Musannif Adham 23 Iyul 2008, 08:31:01
Shayx Ismoil MAXDUM

TOSHKENTDAGI USMON
MUSHAFINING TARIXI

Arabchadan
Abdulloh Shayx Ismoil Maxdum o‘g‘li tarjimasi

Mas'ul muharrir: Abdulaziz Mansur

Muharrir: Isomiddin Olim Shayx

Musahhih: Muzaffar Xo'jayev

Sahifalovchi: Alisher Abdulmavlon

Noshir: Abdulbosit Abdulboriy

«Movarounnahr» nashriyoti
Toshkent 1995




Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 23 Iyul 2008, 08:35:23
MUQADDIMA

Allohga hamd, Muhammad Rasululloh va ul zotning olu ashoblariga salotu salomlar bo‘lsin!

Bundan yuz yil muqaddam Samarqand shahridagi Usmon Mushafi Peterburgdagi podshoh kutubxonasiga olib ketilgan va Oktyabr inqilobidan keyin musulmonlarning talabi bilan O’zbekistonga qaytarilgan edi. U Toshkentdagi qadimiy yodgorliklar muzeyida maqomiga yarasha ko‘z qorachig‘iday asraladigan va e’zozlanadigan, muborak boylik sifatida saqlanadigan me’rosga aylandi.

O’rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining kutubxonasida shu Mushafdan fotografiya usuli bilan olingan nusxalar saqlanar edi. Yaqin yillardan beri ushbu kutubxonani ziyorat qiluvchilar soni ko‘paydi. Ular bu yerda mazkur nusxani ko‘rib, ba’zilari yodgorliklar muzeyiga borib, unda Mushafning aslini ziyorat qilishga musharraf bo‘la boshladilar va bundan juda hayratlandilar. Bu orada Mushafi Usmoniy xalq ichida juda mashhur bo‘lib ketdi va ommaning unga bo‘lgan qiziqishi ortdi. Shu munosabat bilan diniy idora Mushafni o‘rganish, uning qadimiy va hozirgi holatlari ustidan sirli pardani olish lozim va vojib deb bildi. Mushafga qiziquvchi va tadqiqotchilarning ehtiyojlariga javob beradigan uning tarixi va haqiqati to‘g‘risida bir kitob chiqarilishini zarur deb topdi. Bu borada olib borilgan ko‘p izlanishlardan so‘ng, Islom olamini Mushafning mavjudligi va uning maqomi bilan tanishtirish uchun fazilatli olim, O’rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining rais noiblari, shayx Ismoil Maxdum hafizahulloh hazratlari muxtasar bir kitob tasnif qildilar.

Qo‘lingizdagi mo‘jaz, lekin manfaati katta bo‘lgan kitob shu sa’yi ko‘shishlarning mahsulidir. Alloh taolo ul zotga Islom va musulmonlar uchun qilgan xizmatlariga yarasha mukofotlar ato qilsin. Diniy idora rahbariyati Shayx Ismoil Maxdum hazratlarining bu sharafli vazifani sidqidildan ado etganliklari va Qur’oni Karimni targ‘ib etish yo‘lida qilgan ilmiy izlanishlarini yuksak baholab, chuqur minnatdorchilik bildirish bilan birga, kitobni diniy idora hisobidan nashr ettirishga, nafi hammaga tegishi uchun uni keng tarqatishga qaror qildi. Alloh taolo to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etuvchi zotdir!

O’rta Osiyo va Qozog‘iston
musulmonlari diniy idorasi
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 23 Iyul 2008, 08:44:58
MUALLIFDAN

Bismillahir rohmanir rohiym

Qur’oni Karimni olamlarga bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi bo‘lishi uchun O’zining rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallam (s.a.v.) ga nozil qilgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin!

Alloh o‘zining Kalomi majidida (asta’izu billoh):

إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ


«Albatta bu eslatmani (ya’ni Qur’onni) Biz o‘zimiz nozil qildik va shubhasiz, o‘zimiz uni muhofaza qilguvchimiz», deb Qur’oni Karimni saqlashga va’da bergan. («Hijr», 9).

Alloh taolo Qur’oni Karimni eng mukarram va ulug‘ Kitob qilib, bizlarni uning tilovatiga musharraf etdi. Mazkur muborak Kitob orqali bizni diniy va dunyoviy ilmlardan boxabar qildi.

Risolatni ado qilgan, amonatni bizlarga yetkazgan sayyidimiz Muhammad (s.a.v.)ga va u kishi bilan bizlarning o‘rtamizda vosita bo‘lgan hamda naql qiluvchilarning eng yaxshilari — avlodu ashoblariga salovotu salomlar bo‘lsin! Bu zotlar Payg‘ambar alayhissalomdan olgan ta’limotlarini, keyingi avlodlarga yetkazishdek yuksak burchni ado etganlarning eng ulug‘lari bo‘ldilar. Agar bu ta’limot bo‘lmaganida, bizlar hidoyat topmas edik. Buning uchun Alloh taolo hammalariga payg‘ambarlarning ummatlarga va ajdodlarning avlodlarga qilgan xizmatlari uchun beriladigan mukofotlaridan ato etsin.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 23 Iyul 2008, 08:47:41
Qo‘lingizdagi risolani yozishdan maqsad butun Movarounnahr diyori faxrlanadigan va O’zbekiston yodgorliklar muzeyi uni saqlashdek sharafga ega bo‘lgan Usmon Qur’oni bilan tanishtirishlikdir. (Ushbu risola 1971 yilda chop qilingan. O’sha vaqtda mazkur Mushaf O’zbekiston davlat tarix muzeyida saqlanar edi. Tarjimon).

Mazkur Mushaf bir paytlar Samarqandda bo‘lib, uning ulug‘ qadriyatiga hamma ham e’tibor bermas edi, uni asl mohiyati va tarixini bilmagan holda, tabarukkona ziyorat qilinardi, xolos. Chunki, o‘sha vaqtda bu o‘lkada ilmu irfon nuri susaygan va bid’atlar kuchaygan davr hukmron edi.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 23 Iyul 2008, 08:52:44
Ruslar Samarqandni ishg‘ol qilgach bu qimmatli gavharga qiziqib qoldilar. Tezda uning dovrug‘i hamma yoqqa tarqaldi. Shu paytdan boshlab uning to‘g‘risida gazeta va jurnallarda maqolalar paydo bo‘la boshladi. Sovetlar davrida bu Mushafni tadqiq qilib o‘rganuvchilar ko‘paydi. Bu davrga kelib ilm-fanning ko‘p tarmoqlari vujudga keldi. O’zbekistonda har sohaning o‘z olimlari yetishib chiqdi. Toshkent asta-sekin ilm-ma’rifat markaziga aylandi. Poytaxtga jahonning barcha yurtlaridan delegatsiyalar, turli sayyohlar kela boshladilar. Ular Mushafning xabarini eshitgach, uni ziyorat qilish istagini bildirib, tarixi bilan qiziqdilar. Ayniqsa, musulmon delegatsiyalarining a’zolari bu muborak Mushaf to‘g‘risidagi haqiqatni bilishga katta ehtimom ko‘rsatdilar. Shu bois O’rta Osiyo va Qozog‘iston (hozirgi Movarounnahr. Tarj.) musulmonlari diniy idorasi bu Mushafi sharif to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida bir kitob yozishni zarur deb topdi. Kamina Allohdan madad so‘rab mazkur muhim vazifani ado etish uchun diyorimizda mashhur bo‘lgan Usmon Mushafiga taalluqli rivoyatlarni va mashhur asarlardagi unga tegishli xabarlarni jamlab, risola holida tasnif qildim. Uning avvaliga Qur’oni Karim tarixini va hazrati Abu Bakr va Usmon (r.a.) davrlaridagi uni jam’ qilishga taalluqli muhim masalalarni kiritdimki, ushbu Mushafi sharifimizning o‘rganilishi ana shularga bog‘liqdur. Risolani «Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi» deb atadim. Bu ishda mening xizmatim, faqatgina turli davrlardagi ma’lumotlarni yig‘ib, ularni tartibga keltirishdan iborat bo‘ldi, xolos.

وَمَا تَوْفِيقِي إِلا بِاللَّهِ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ أُنِيبُ

«Va (bunga) yolg‘iz Allohning yordami bilangina muvaffaq bo‘lurman. O’ziga suyandim va O’ziga iltijo qilurman» («Hud», 88)

Shayx Ismoil Maxdum shayx Sotti Oxund Namangoniy
Toshkent. 1391 y.h. 1971 y.m.

Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 23 Iyul 2008, 16:03:18
Bismillahir rohmanir rohiym

QUR’ONI KARIMNING TA’RIFI

Qur’oni Karim Alloh taolo o‘zining bandasi va rasuli sayyiduno Muhammad (s.a.v.)ga nozil qilgan hamda mushaflarga bitilgan, qalblarda hifz, tillarda qiroat qilingan holda hech bir o‘zgarishsiz, uzluksiz uzatish orqali yetib kelgan ilohiy kitobdir. U Muhammad (s.a.v.)ga berilgan va qiyomatgacha abadiy bo‘lgan mo‘jizadur.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 23 Iyul 2008, 16:13:51
QUR’ON NOZIL BO’LISHINING BOSHLANISHI

Alloh taolo Qur’onni o‘zining payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ga hijratdan 13 yil avval, 24 ramazonda Makkadagi Hiro g‘orida nozil qila boshladi. Bu Allohning Muhammad (s.a.v)ni payg‘ambar qilib yuborgan va ul zotni Rasul ztib tanlagan yili edi. Shundan so‘ng, Qur’oni Karimni bo‘lak-bo‘lak qilib tushirish davom etdi. Chunki, Qur’onning shu tariqa nozil bo‘lishi da’vatning rivojlanishiga bog‘liq edi. Qur’oni Karimdan turli bo‘laklar da’vatning ehtiyojlariga qarab, voqe’likning holatidan kelib chiqib, da’vatning boshlanishidan to oxirigacha birin-ketin tusha boshladi. Bu hol yigirma uch yil davom etdi. Qur’oni Karimning ilgarigi samoviy kitoblar kabi yaxlit bir to‘plam holida emas, balki oyatlarning miqdoridagi tafovut bilan bo‘lak-bo‘lak qilib tushirishlik hikmatini Alloh taoloning O’zi iroda qilgan. Ba’zi paytlarda Qur’oni Karimdan bir oyat, gohida esa besh yoki o‘n oyat nozil bo‘lar edi. Bu to‘g‘rida Alloh taoloning Kalomida ochiq aytilgan:

وَقُرْآنًا فَرَقْنَاهُ لِتَقْرَأَهُ عَلَى النَّاسِ عَلَى مُكْثٍ وَنَزَّلْنَاهُ تَنْزِيلا
«Siz Qur’onni odamlarga asta-sekin o‘qib berishingiz uchun Biz uni qismlarga ajratdik va bo‘lib-bo‘lib nozil qildik». («Isro» 106).

وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لَوْلا نُزِّلَ عَلَيْهِ الْقُرْآنُ جُمْلَةً وَاحِدَةً كَذَلِكَ لِنُثَبِّتَ بِهِ فُؤَادَكَ وَرَتَّلْنَاهُ تَرْتِيلا
«Kofir bo‘lgan kimsalar: «Nega bu Qur’on unga (payg‘ambar alayhissalomga) bitta to‘plam holida nozil qilinmadi?» dedilar. (Ey Muhammad), Biz u (Qur’on) bilan dilingizni ustivor qilish uchun mana shunday (parchaparcha holda nozil qildik) va uni bo‘lib-bo‘lib bayon qildik». («Furqon» 32).

Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 02:18:09
PAYG’AMBAR ALAYHISSALOM DAVRLARIDA QUR’ONNING YOZILISHI

Qur’on oyatlari Payg‘ambar alayhissalomga (a.s.) nozil bo‘lish chog‘ida, ul zot huzurlaridagi sahobalarga vahyni tilovat qilib berar va uni yozib oluvchilarga oyatning joyini ko‘rsatib, bu oyatni falon suraning falon joyiga qo‘yinglar deb, amr qilar edilar. Ular Rasulloh (s.a.v.) aytib turgan oyatlarni xurmo po‘stloqlariga, yapaloq tosh-taxtachalarga, terilarga va hayvonlarning kurak suyaklariga yozib olar edilar. Rasulullohning huzurlarida Qur’ondan nozil bo‘lgan oyatlarni eshitgan kishilar darhol ushbu oyatlarni yodlab olar va boshqalarga yetkazar, qiroat qilish, uni fahmlash uchun takrortakror o‘qir edilar.

Hokim «al-Mustadrak»da Zayd bin Sobitdan shunday rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v) huzurlarida vahiyni yozib turar edim. Ul zot aytib turar edilar. Yozib tugatganimda: «O’qi! der edilar, men o‘qib berar edim. Agar biror narsa tushib qolgan bo‘lsa, ul zot to‘ldirar edilar».
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 02:21:14
Al-Buxoriy Al-Barrodan rivoyat qiladilar: «Lo yastavil qo’iduna...» oyati nozil bo‘lgan paytda Payg‘ambar alayhissalom menga:

—Zaydni chaqir, lavhu qalam va kurak suyagini olib kelsin, — dedilar.

Shundan so‘ng, Zaydga:

—Yoz, «lo yastavilqo’iduna...»
deb, amr qildilar. (hadis).

Imom Muslim Abu Saiddan quyidagi hadisni keltiradilar: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Mendan Qur’ondan bo‘lak hech narsani yozmanglar».

Mana shu tartibning o‘ziga binoan Payg‘ambar (a.s.) Qur’onni namozlarda va boshqa munosabatlar bilan tilovat qilgan chog‘larida sahobai kiromlar uni yodlab olar va o‘rganar edilar. Shunday qilib, Qur’onning yozilishi va qalblarda yod olinishi, uning nozil bo‘lishi bilan bir vaqtda kechdi, sahobalarning ba’zilari Qur’onni to‘la yod olgan bo‘lsalar, ba’zilari esa bir qancha suralarni yod bilar edilar. Rasululloh vafot etgan vaqtlarida Qur’oni Karim to‘liq holda sahobalar tomonidan yod olinib, xurmo, toshtaxtacha va boshqa narsalarga yozilgan edi. Rasululloh davrlarida Qur’onni to‘liq yod olgan sahobalardan o‘ttiz kishi sanab o‘tilgan. Rasulullohning 44 ta vahy yozuvchi kotiblari bo‘lgan. Shundan 14 talari mashhur. Ular navbatma-navbat kotiblik qilganlar. Bulardan tashqari huzurlarida hozir bo‘lgan boshqa kishilar ham Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan oyatlarni yozib olar va yodlar edilar.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 02:26:40
PAYG’AMBAR (S.A.V.)NING DAVRLARIDA YODLAB OLISH VA YOZISH YO’LI BILAN QUR’ONNI JAM’ QILINISHI

Yuqorida aytilganidek, sahobalardan Qur’onni to‘la holda yozib va yodlab olganlar bor edi.

Al-Buxoriy Anas raziyallohu anhu(r.a.)dan rivoyat qiladilar: «Rasululloh davrlarida to‘rt kishi Qur’onni jam’ qilgan edi. Hammalari ansorlardan edilar. Bular: Ubay bin Ka’b, Muoz bin Jabal, Zayd bin Sobit va Abu Zayd».

Bu haqda Imom Muslim ham Hamomdan rivoyat qilganlar. Imom Buxoriyning hazrati Anasdan keltirgan boshqa bir rivoyatlarida bunday deyiladi: «Payg‘ambar vafot etgan paytlarida to‘rt kishidan boshqa hech kim Qur’onni jam’ qilmagan edi: Abud Dardo, Muoz bin Jabal, Zayd bin Sobit Abu Zayd».

Ibn Kasir aytadilar: «Bu yerda hazrat Anas to‘rt kishidan boshqa deganlarida faqat ansorlarni ko‘zda tutayaptilar, chunki: muhojirlardan ham jam’ qilganlar borlig‘ig‘a shubha yo‘q».
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 02:32:23
Imomi Nasoiy sahih isnod bilan Abdulloh bin Umardan rivoyat qiladilar: «Qur’onni jam’ qildim va uni har bir kecha to‘la o‘qir edim. Buni eshitib Payg‘ambar alayhissalom: «Uni (Qur’onni) har oyda (to‘la) o‘qi(b chiq),» dedilar». (Hadisning asli «Sahih»da).

Sha’biy aytadilar: «Payg‘ambar zamonlarida Qur’onni, olti kishi jam’ qilgan edi: Ubay, Zayd, Muoz, Sa’d bin Ubayd, Abu Zayd va Mujammi’ bin Joriya».

Muhojirlardan Usmon, Ali, ibn Mas’ud, Solim Mavlo Huzayfa, Abdudloh bin Umar va ibni Oslar ham Qur’onni jam’ qilganlikdari haqida rivoyat bor.

Ibni Sirindan rivoyat qilinishicha, hazrati Ali raziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh vafot qilganlarida, to Qur’onni jam’ qilmagunimcha jum’a namozidan boshqa namozlarda rido(ustki kiyim)imni kiymayman, deb qasam ichdim. Shunday qilib uni jam’ qildim ( yod oldim)».

Xuddi shunday hadis Ikrimadan ham rivoyat qilingan. Unda aytilishicha hazrati Abu Bakr Siddiq Ikrimaga: «Ha, (Ali ridosini kiyganini) ko‘rmadim», deganlar.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 02:34:59
Qur’onning nozil bo‘lgan oyatlarini sahobalar yozganliklari va uni tarqatganliklariga Umar raziyallohu anhuning Islomga kirish voqealari ham dalil bo‘la oladi. Hazrati Umar singillarining uyiga bostirib kirganlarida, u yerdagi kishilarning qo‘lida Qur’on oyatlari bitilgan matoni ko‘radilar va uni o‘qib berishliklarini so‘raydilar. Oyatlarni eshitib, nihoyatda ta’sirlanadilar (Rivoyat).

Imom Buxoriyning «Sahih»larida: «Bizlar kofirlar yurtiga qilingan futuhotlarda Qur’onni yonimizda olib yurishlikdan man’ qilingan edik», degan rivoyat ham bor. Mana shundan ma’lumki, Qur’oni Karim nozil bo‘lishining birinchi kunlaridayoq yozila boshlagan.

Imom Buxoriy aytadilar: «Qur’on payg‘ambar alayhissalom davrlaridayoq to‘liqligicha yozilgan va hifz qilingan edi. Lekin, tarqoq holda, yassi toshtaxtachalar va xurmo po‘stloqlariga yozilgan edi. Uni Abu Bakr Siddiq xalifalik davrlarida sahifalarga jam’ qildirdilar».(«Mal-Qur’on» kitobi, 215- bet.)

Roviylardan Hokim va boshqalar, Qur’on birinchi marta payg‘ambar (a.s.) davrlarida jam’ qilindi, deydilar.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 02:38:49
Zayd bin Sobit aytadilar: «Rasulullohning huzurlarida terilarga yozilgan Qur’onni tartibga solar edik».

Bayhaqiy: «Bu «tartibga solish»dan murod, nozil bo‘lgan parcha-parcha oyatlarni Rasulullohning ko‘rsatmalariga binoan joy-joyiga qo‘yib, suralarga jamlash bo‘lsa kerak», — deydilar.

Horis al-Muhosibiy «Fahmus-sunan» kitobida «Qur’onning bitilishi yangidan qilingan ish (ya’ni bid’at) emas», deydi.

Ibn Sirin rahimahullohdan: «Rasululloh davrlarida Qur’onni to‘rt kishi jam’ qilganligida ixtilof yo‘q. Bular: Muoz, Ubay, Zayd va Abu Zayd. Lekin quyidagi uch kishining ikkitalarida ixtilof bor. Ba’zilar Abud Dardo va Usmon, ba’zilar Usmon va Tamimud Doriy ham jam’ qilgan deydilar».

Qur’onni to‘plam ( mushaf) holida jam’ qilganlar ichida Miqdod bin Amr va Abu Muso al-Ash’ariylar ham bor edi. Al-Ash’ariy keyinchalik o‘zining to‘plamini «Lubobul-qulub» deb atadi.

Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 02:39:59
Rasulullohning amrlariga muvofiq Qur’oni Karim turli hajmdagi 114 ta suraga bo‘lindi va har bir suraga muayyan nom berildi. Qur’onning oxirgi oyati payg‘ambar vafotlaridan taqriban sakson kun avval nozil bo‘ldi.

As-Suyutiyning «Al-Itqon fi ulumil-Qur’on» kitoblarida al-Xitobiy degan zot, payg‘ambar (a.s.) davrlarida Qur’onning mushaf (to‘plam, muqovalangan) qilib jam’ qilinmaganligining sababi, Rasululloh (s.a.v.) Qur’onni ba’zi hukmlariga, uning tilovatiga nosix (bekor qiluvchi) oyatlar yoki ziyoda oyat kelib qolarmikan, deb kutganlaridadur. Payg‘ambarning vafotlari bilan Qur’onning nuzuli intihosiga yetgach va nosix yoki ziyoda oyat kelishlik ehtimoli tugagandan so‘ng, Alloh taolo payg‘ambar (a.s.) dan keyingi birinchi xalifaga Qur’onni to‘plam qilishlikka ilhom berdi,— deydilar. («Al-itqon», 1-jild, 58 bet).
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 02:41:42
Rasululloh va mo'minlar Qur’ondan biron-bir oyat yo‘qolmasligiga ishonchlari komil edi. Bunda yozishdan ko‘ra yod olish qobiliyatiga ko‘proq e’timod qilinar edi. Arablar o‘zlarining muhofaza quvvatlariga juda ishonar edilar, ular ( o‘z yozuvlari bo‘lishiga qaramasdan. tarj.) yozmaydigan, o‘qimaydigan, omi ekanliklari bilan faxrlanar, uzun-uzun qasida va madhiyalarni bir eshitishdayoq yodlab olardilar. Shuning uchun ham ular Qur’ondan nimaiki nozil bo‘lsa, darhol dillariga jo etardilar. Qur’oni Karim Allohning muqaddas Kalomi ekanligiga sahobalarda hech qanday shubha yo‘q edi. Uni yod olishni Islomning farzlaridan biri deb, bilar edilar. O’z ahllari, yor-birodarlaridan yiroqda, hijron azobiga sabr qilgan, ko‘p aziyatlarni tortgan, hatto hayotlarini Islom diniga fido qilgan birinchi musulmonlar Qur’on oyatlarini yodlash va uni tilovat qilishlik bilan buyuk tasalli topar edilar. Ular Qur’oni Karimdan yangi oyat nozil bo‘lgan vaqtlarda, o‘zlarini qaytadan hayotga kelgandek his qilardilar.

Sahobalarning Qur’onni yod olishga bo‘lgan zavqu shavqlariga dalolat qiladigan xabarlar ko‘p. Rasululloh (s.a.v.) Qur’ondan ta’lim berish, uni tilovat qilishlikka katta ehtimom ko‘rsatar va ta’limtarbiya, irshod ishlarini Kalomullohni yod olgan, qorilarga topshirar edilar.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 03:01:04
SURA VA OYATLAR TARTIBI

Shunday qilib, Qur’oni Karim Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida yozilgan va hifz qilingan edi. Undagi sura va oyatlarning tartibi Alloh taolo ilhomi ila Rasuli akram (s.a.v.) tomonlaridan belgilangandir. Bu ishning Alloh subhonahu va taolo tomonidan kelgan vahiy asosida bo‘lganligiga «Qiyomat» surasidagi oyatlar dalildur:

إِنَّ عَلَيْنَا جَمْعَهُ وَقُرْآنَهُ (١٧)فَإِذَا قَرَأْنَاهُ فَاتَّبِعْ قُرْآنَهُ


«Uni (Qur’onni sizning dilingizda) jamlash ham, (tilingizda) qiroat qildirish ham Bizning zimmamizdadir. Bas, qachon Biz (ya’ni Jabroil farishta) uni (ya’ni har bir vahiyni) o‘qib bitganimizdan so‘nggina, siz ham uni o‘qishga ergashing!» (17-18 oyatlar).

Qur’oni Karim Rasululloh (s.a.v.) davrlarida hifz qilingan, namozlarda va boshqa munosabatlar bilan o‘qilgan kitob bo‘lgani uchun ham uni tartiblanmagan edi, deyishlik ehtimoldan uzoqdir. Suralarning ba’zilari to‘laligicha, ba’zilari parcha-parcha qilib nozil qilindi. Hech shubha yo‘qki, Qur’oni Karim suralari va oyatlarining hozirgi tartibi payg‘ambar alayhissalom ko‘rsatgan va o‘qitgan tarzdadir. Imom Buxoriy asarlarida Payg‘ambar alayhissalomdan quyidagi hadis bor: «Kimki Baqara surasining oxiridan ikki oyat o‘qisa, unga kifoyadur». Mana shuning o‘zi ham Qur’oni Karim Rasululloh davrlarida tartibga solinganligiga dalolat qiladi. («Mal-Qur’on» kitobi, 213-bet.)
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 05:06:40
QUR’ONI KARIMNING ABU BAKR SIDDIQ ZAMONLARIDA SAHIFALARGA JAMLANISHI

Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan so‘ng sahobalar va musulmonlar ul zotga xalifa qilib Abu Bakr (r.a.)ni saylashga qaror qildilar. Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlaridan keyin hazrati Abu Bakrning fikrlarini mashg‘ul etgan asosiy narsa, murtad bo‘lgan qabilalarga qarshi qo‘shin to‘plash bo‘ldi. Arab jazirasining sharqida Musaylimatul Kazzob paydo bo‘lib, Islomga jiddiy xavf sola boshladi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) Xolid bin Valid boshchiligidagi bir jangovar qo‘shinni unga qarshi yubordilar. Jang nihoyatda shiddatli bo‘lib, unda musulmonlardan 1200 kishi, shu jumladan, Qur’onni yod olgan yetmishga yaqin murattab qorilar shahid bo‘ldi. Buning xabari Madinaga yetib kelganda, hazrati Umar bin Xattob qattiq tashvishlanib, hazrati Abu Bakrga murojaat qildilar:

— Ey amiral-mu’minin, boshqa joylardagi janglarda ham ko‘plab qorilar shahid bo‘laversa, Qur’oni Karim yo‘q bo‘lib ketadi deb, qo‘rqaman.

Buni bajarishda ular quyidagichga yo‘l tutdilar: tosh taxtachalar, teri va boshqa narsalarga Rasululohdan yozilgan har bir parcha to‘plandi. Sahobalar yozib olgan bitiklar ham olib kelindi. Bularning to‘g‘riligini aniqlash uchun Qur’oni Karimni to‘liq yod olgan sahobalar ko‘rigidan o‘tkazish lozim deb topildi. Mana shu uch manba’ning bir xil dalolatiga binoan yozilgan va o‘qilgan parchalarda hech qanday xato yo‘qligi isbot qilingach, Qur’ondan har bir lafz yozilar edi.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 05:13:48
Ibni Abu Dovud aytadilar: Hazrati Abu Bakr Qur’oni Karimni jam’ qilishga boshlaganlarida Umar bilan Zaydga: «Masjidning eshigi oldida o‘tiringlar, kimki Qur’ondan ikki kishi guvohligida biron narsa olib kelsa, uni yozib olinglar»,—deb buyurdilar. Hazrati Umar kimning qo‘lida Qur’ondan biron bir narsa bo‘lsa, olib kelishlikni e’lon qildilar. Odamlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan, har xil narsalarga yozilgan Qur’on oyatlari va suralarini olib kela boshladilar. Agar ikki guvohi bo‘lmasa, ulardan hech narsa qabul qilinmas edi.

Imom Buxoriy: «Ya’ni, o‘sha yozuv Rasulullohning o‘zlaridan eshitib yozilganligiga ikki kish guvohlik berishliklari kerak edi», deydilar.

Zayd bin Sobit zimmalaridagi masuliyatni to‘la his qilganliklaridan bu vazifaga izchil yondashdilar.

Az-Zuhayriy rahimahulloh aytadilar: «Bundan maqsad faqat, yod etishning o‘zigagina e’tibor kilmasdan, balki, yodlangan va yozilgan ikki manba’ga e’timod qilish edi. Vaholanki Qur’onni yod olganlar ko‘p edi. Zayd bin Sobitning o‘zlari ham Qur’onni to‘la yod olgan edilar».

Abu Shommaning aytishlaricha, maqsad shunchaki yod olinganini emas, balki, aynan Rosulullohning huzurlarida yozilgan bo‘lishligini isbotlashdan iborat edi.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 05:30:43
As-Suyutiy esa: «Maqsad shu narsa Payg‘ambarning vafot yillarida qilgan xatmlariga muvofiq ekanligini isbotlashdadur»,— deydilar.

Mana shu tariqa, murattab qorilarning qiroatlariga va Rasululloh huzurlarida vahy nozil bo‘lish paytida yozilganligi isbotlangan narsalarga asosan Qur’onni sahifalarda jam’ qilish nihoyasiga yetdi. Bu ulug‘ ish Abu Bakr Siddiq zamonlarida, ul zotning va Umar bin Xattob raziyallohu anhumoning rahbarliklarida amalga oshdi. Abu Bakrning bu xizmatlari o‘z davrlarida qilingan ishlarning eng ulug‘laridan biri bo‘ldi.

Abdulxayr aytadilar: «Hazrati Alining: «Qur’oni Karim xizmati borasida eng ulug‘ savobga ega bo‘lgan kishi Abu Bakrdir, unga Allohning rahmati yog‘ilsin, — deganlarini eshitdim».

Abu Bakr Siddiq Qur’onni jam’ qilgan birinchi kishidir. Bu ish hazrati Rasululloh(s.a.v.) ning vafotlaridan olti oy keyin, Yamoma jangida hofizi Kalomulloh sahobalarning shahid bo‘lganlaridan so‘ng, hijratning 12-sanasida boshlanib, taqriban bir yil davom etdi. Bu ishga boshqosh bo‘lish Qur’oni Karimni to‘la yod olgan va uni to‘liq bilganlarning eng mashhuri, vahiylarni yozib olishda doimo hozir, hamda Rasulullohning oxirgi xatmlarining guvohi bo‘lgan Zayd bin Sobitga topshirildi. Bu vazifani u zot a’lo darajada, 23 yoshlarida bajardilar. Usmon mushafi yozilgan paytda esa, u kishi 35 yoshda edilar.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 05:33:47
QUR’ONI KARIMNING YETTI XIL QIROATDA NOZIL BO’LGANLIGI HAQIDA

Imom Buxoriy «Jomi’us-sahih»larining «Kitobut-tafsir» bobida Ibn Abbos raziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: «Rasululloh(s.a.v.) aytdilar: «Jabroil (a.s.) menga Qur’onni bir qiroat bilan o‘rgatdilar. Men Ul zotga murojaat qilib, qiroat yo‘lini ko‘paytirishni so‘radim. To qiroat yetti xilga yetmaguncha, men so‘rashdan va ul zot esa ziyoda qilishdan to‘xtamadilar».

Al-Buxoriy va Muslim rivoyatlarida ul zoti bobarakot (s.a.v.): «Bu Qur’on yetti qiroatda nozil bo‘lgandur, qaysinisi oson bo‘lsa, o‘sha qiroatda o‘qinglar»,— dedilar.

Ulamolar, bu yerdagi «etti qiroat»dan murod yetti lahjadir, deganlar.

Bayhaqiy «Ash-sha’b»da aytganlaridek, bular o‘sha zamonda arab jazirasida mavjud bo‘lgan katta qabilalarning lahjalaridir.

Abu Ubayda: «Buning ma’nosi Qur’onning har bir so‘zi yetti xil o‘qiladi, degani emas, balki, yetti lahja Qur’onga bo‘lib qo‘yilgan, ya’ni uning (Qur’onning) ba’zi joylari Quraysh lahjasida, ba’zi joylari huzayl lahjasida, boshqa bir joylari havozin lahjasida va yana bir xil joylari yaman lahjasida, degan ma’noni beradi», deydilar.

«Jabroil (a.s) Qur’onni payg‘ambar (s.a.v.)ga har yili bir martadan ko‘rsatar edilar. Vafot yillari esa, mansux bo‘lgan joylari ketgan va qolgan joylari to‘liq holda 2 marta ko‘rsatib, o‘qitdilar. Har safar boshqa boshqa lahjada ko‘rsatar edilar, toinki yetti lahja (qiroat)ga yetdi. Bu narsa ummatga xuddi shariat osonlikka buyurgani kabi, ularga Qur’on tilovati oson va yengil bo‘lishi uchun qilingan marhamatdur», — deb, davom etadilar Abu Ubayda.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 05:38:46
Qozi Abu Bakr Boqiloniy: «Qur’oni Karim arablarning hamma lahjalarida nozil bo‘lgandur», — deydilar. «Qur’onni oson va yengillik bo‘lishi uchun, shu lahjalarning hammasida o‘qilishiga ruxsat berilgan. Rasululloh (s.a.v.) har bir insonga uning tiliga va shevasiga muvofiq qiroatdan ta’lim berar, sahobalarga shu yetti qiroatning qaysinisini hohlasalar, shunda o‘qishlariga ruxsat berar edilar. Agar ixtilof qilsalar va o‘zlaridan boshqalarning qiroati xususida Rasulullohdan so‘rasalar, hammasi to‘g‘ri va Alloh tomonidan ruxsat berilgan, Qur’on xususida ixtilof va janjal qilmanglar»,— deb javob berardilar».

Rasululloh(s.a.v.) vafot qilgan vaqtlarida ham shu yetti xil lahjada qiroat qilinar edi. Abu Bakr (r.a.) jam’ qilgan Qur’on to‘plami ham shu yetti qiroatni o‘z ichiga olgan edi.

«Irshodul-qurro val-kotibin» («Qiroat qiluvchi va yozuvchilarga ko‘rsatma»)nomli kitobda, Zayd bin Sobit Qur’oni Karimning hamma juz’larini zikr qilingan barcha holatlarga rioya etgan holda va «Bu Qur’on yetti qiroatda nozil bo‘lgan, qaysinisi oson bo‘lsa, o‘sha qiroatda o‘qinglar», deb aytilgan hadisga muvofiq yetti qiroatga mos qilib yozdi, deyiladi.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 05:40:13
Shayx Abdulaziz al-Buxoriy «Al-muntaxab al-hisomiy» kitobining sharhida aytadilarki, Qur’on avvalda arab lahjalarining eng fasohatlisi bo‘lgan Quraysh lahjasida nozil bo‘ldi, so‘ngra boshqa arablar qiynalganliklari uchun, Rasululloh (s.a.v.)ning duolari bilan yengillik nozil bo‘lib, boshqa lahjalarda ham tilovat qilishlariga izn berildi. Shunday qilib, asl qiroatga rioya qilishlikning vojibligi soqit bo‘ldi. Kengchilik shu darajada ediki, har bir jamoaga o‘z lahjalarida ham, o‘zgalar lahjasida ham o‘qishlikka ijozat berilgandi. Bunga payg‘ambar (a.s.) ushbu so‘zlari bilan ishora qildilar: «Bu Qur’on yetti qiroatda nozil bo‘lgandur, hammasi shofiyu kofiydur».

Har bir arab uchun o‘z lahjasi qolib, boshqa lahjada, masalan, Quraysh arabining Tamim lahjasida qiroat qilishligi joiz bo‘ldi. Payg‘ambar vafotlaridan keyin ko‘p joylar fath qilinib, Islom zamini kengaydi. Sahobalar va musulmonlar bir qancha mamlakatlarga tarqab ketdilar. Islom mintaqalarining har bir diyoridagi aholi Qur’on qiroatini o‘sha yerda mavjud bo‘lgan sahobalar ichidagi mashhur qoriydan olardilar. O’z navbatida bu qoriy sahoba biron bir lahjaga mansub edi. Masalan, Shom ahli Ubay bin Ka’b qiroatida, Kufa ahli Abdulloh bin Mas’ud qiroatida, yana boshqalar Abu Muso al-Ash’ariy qiroatida va hokazo qiroatlarda tilovat qilar edilar. Yuqorida zikr qilinganidek, sahobalarning qiroatlari bir biridan farq qilgani uchun ular yashab turgan joylar aholisining qiroati ham bir biridan farq qiladigan bo‘ldi. Mana shu farq turli mintaqa musulmonlari o‘rtasida Qur’on qiroati to‘g‘risida tortishuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘la boshladi. Har bir tomon o‘zining qiroati to‘g‘ri va afzal deb, da’vo qilardi. Xuddi shunday voqea, Huzayfa bin al-Yamonning Ozarbayjonga g‘azotlari paytida sodir bo‘ldi.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 06:12:34
USMON (R.A.) ZAMONLARIDA QUR’ONI KARIMNI ABU BAKR SAHIFALARIDAN OLIB, BIR XIL QIROATDA YOZIB JAM’ QILINISHI VA UMMATNING SHU QIROATGA O’TKAZILISHI

Imom Buxoriy rivoyat qiladilar: Huzayfa bin al-Yamon hazrati Usmon (ikkalovlaridan Alloh rozi bo‘lsin) oldilariga keldilar. (Hijratning 25 yili va hazrati Usmon xalifaliklarining 2 yili). Bu paytda Huzayfa Shom ahliga bosh bo‘lgan holda Iroq ahli bilan Armaniston va Ozarbayjon g‘azotida ishtirok qilayotgan edilar. Shom va Irok, ahllari o‘rtasidagi Qur’on tilovati borasidagi ixtilof Huzayfani dahshatga soldi. U zot hazrati Usmonga: «Ey amiral-mu’minin, musulmonlar Qur’on xususida yahudiy va nasorolar kabi ixtilof qilmaslaridan burun ummatning holidan xabar oling», dedilar. Shunda Usmov (r.a.) Hafsa onamizga odam yuborib: «Sahifalarni bizga berib turing, undan nusxa olib, Sizga yana qaytarib beramiz», — dedilar. Hafsa onamiz sahifalarni hazrati Usmonga yubordilar. Xalifa Zayd bin Sobit, Abdulloh bin Zubayr, Said bin Os, Abdurrahmon bin Horis bin Hishomlarga amr qildilar va ular sahifalardan bir necha mushaf qilib, nusxa ko‘chirdilar. Hazrati Usmon sahifalarni Hafsa onamizga qaytarib berdilar. Ko‘chirilgan nusxalardan har bir mintaqaga bitta bittadan mushaf yubordilar. Qur’ondan yozilgan boshqa har xil sahifa va mushaflarni esa kuydirishga buyurdilar.

Boshqa bir rivoyatda, Huzayfa Usmonga murojaat etib: «Odamlardan xabar oling, dedi. Hazrati Usmon : «Nima bo‘ldi?» — dedilar. Huzayfa aytdi: «Armanistonda g‘azotda edim, Shom va Iroq ahllari bilan birga edik. Qarasam, Shom ahli Ubay bin Ka’b yo‘lida qiroat qilyapti. Qiroatlarida Iroq ahli eshitmagan narsa chiqib qolsa, Irok, ahli ularni kofirga chiqarayaptilar yoki Iroq ahli Ibn Mas’ud yo‘lida qiroat qilib, Shom ahli eshitmagan biron narsa chiqib qolsa, ular Iroq ahlini kofirga chiqarayaptilar».
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 06:17:20
Huzayfa Armaniston g‘azatidan qaytib kelayotganda, unga hamroh bo‘lgan Said bin Osga aytdi:

— Ushbu safarim chog‘ida shu narsaga guvoh bo‘ldimki, agar bunga chora ko‘rilmasa, Qur’on to‘g‘risida keyinchalik hech tuzatib bo‘lmaydigan bir ixtilof chiqadi.

Said so‘radi: — Qanaqa ixtilof ekan u?

— Hums shahridan bo‘lgan odamlarni ko‘rdim, ular o‘zlarining qiroatlarini boshqa qiroatlardan yaxshi deb, Qur’onni Miqdoddan o‘rganganliklarini aytar edilar. Kufadan bo‘lgan odamlarni ko‘rdim, ular ham shunga o‘xshash gaplarni aytib, qiroatni Ibn Mas’uddan olganmiz, derdilar. Basra ahli ham ayni shu da’voni qilmb, ustozlari Abu Muso Ash’ariy ekanligini aytardilar va uning mushafini «Lubobul-qulub» deb ataydilar-, deb javob berdi Huzayfa.

Kufaga yetib kelganlarida Huzayfa odamlarga bu haqda xabar berdi va ularni o‘zini tashvishga solayotgan voqe’lik bilan ogohlantirdi. Rasululloh(s.a.v.)ning ashoblari va ko‘pgina tobiinlar uning gapiga qo‘shildilar. Ibn Mas’udning odamlari: «Biz ibn Mas’ud qiroatida o‘qishligimizni hech kim inkor qila olmaydi-ku», deganlarida Huzayfa va uning gapini ma’qullaganlarning achchiqlari chiqib ketdi. Ular: «Sizlar a’robiy (sahro odamlari) siz, sizlar xato qilyapsizlar», deyishdi. Huzayfa esa: «Allohga qasam, agar tirik bo‘lsam, albatta amirul-mu’minin oldiga borib, odamlarni bundan qaytarish kerak ekanligini aytaman», dedi. Shunda ibn Mas’ud Huzayfaga qo‘pol muomala qildi. Said g‘azablanib, o‘rnidan turib ketdi. Odamlar tarqaldilar. Achchiqlangan Huzayfa Usmon (r.a.) oldilariga borib, o‘zi shohid bo‘lgan ishlarning xabarini berdi: «Men xolis ogohlantiruvchiman, ummatni qutqaringlar»— dedi. Usmon (r.a.) sahobalarni yig‘dilar va ularga voqeani aytib berdilar. Ular bu voqeani katta xavf deb, hammalari Huzayfaning fikrini to‘g‘ri deb, topdilar. («Al-Komil» kitobi. 2-jild 55-bet.)
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 06:23:09
Yazid An-Naxa’iydan: «Valid bin Aqaba zamonida masjidda o‘ltirgan edim. Bu davrada Huzayfa bin Yamon ham bor edi. Bir kishi «Kim Abu Muso qiroatida o‘qisa, Kinda eshigi oldidagi burchakka kelsin, kim Abdulloh bin Mas’ud qiroatida o‘qisa, Abdulloh uyining ro‘parasidagi burchakka o‘tsin deb qoldi. (Boshqa bir rivoyatda «Ibn Ummi Abd qiroati yoki Abu Muso Ash’ariy qiroati» deyilgan.) Ular «Baqara» surasidagi oyatning o‘qilishi tug‘risida tortishib qolgan edilar. Birlari «Alloh uchun Haj va Umrani komil suratda ado qiling!» deb o‘qisa, ikkinchilari «Haramga qilinadigan Haj va Umrani komil suratda ado qiling!» deb, o‘qir edilar. (198-oyat.). Huzayfa g‘azablanganidan, ko‘zlari chaqnab o‘rnidan turib ketdi. Masjidda bo‘lishiga qaramasdan ko‘ylagini tizzalarigacha ko‘tarib: «Yo amirul-mu’minin mening oldimga kelsin yo men uning oldiga boraman, sizlardan oldin ham shunday bo‘lgan edi. Allohga qasamki, agar tirik bo‘lsam, amirul-mu’minin oldiga borib, qiroatni bir xil qilish kerakligini uqdiraman va bu mushaflarni suvga g‘arq qilib tashlaymiz», dedi. Abdulloh bin Mas’ud unga javoban shunday dedi: "œAllohga qasamki, agar shunday qilsang, Alloh seni boshqa suvga (ya’ni jahannam suviga) g‘arq qiladi", dedi».

Xuddi shunday janjal Usmon(r.a) davrlarida Madinaning o‘zida ham sodir bo‘ldi. Ibni Ashtahning Anas bin Molikdan qilgan rivoyatlarida hazrati Anas aytadilar: «Qur’on xususida Usmon zamonlarida ixtilof qildilar. Bir muallim shogirdlariga bir sohibi mushaf qiroati bo‘yicha ta’lim berar, ikkinchi muallim ikkinchi qiroat sohibi bo‘yicha. Bolalar bir joyga to‘planganlarida bir-birlari bilan shu xususida tortishar edilar. Tortishuvlar hatto muallimlar orasida ham paydo bo‘la boshladi. Muallimlar bir-birlarining qiroatlarini ayblay boshladilar. Ish hatto shogirdlar bilan shogirdlar va muallimlar bilan muallimlar o‘rtasida qon to‘kishgacha bordi. Bu xabar Usmonga yetib keldi. U kishi, hali mening yaqinimda turib bir-birlaringizni yolg‘onchi qilasizlar va Qur’on xususida ayblaysizlar, boshqa diyorlardagi ahvol qanday kechadi? Ey Muhammad (s.a.v.) ning ashoblari, yig‘ilinglar va musulmonlarga boshqa imom saylanglar» dedi.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 06:32:52
Ibn Abu Dovud sahih isnod bilan Suvayd bin Hafladan rivoyat qiladilar: "œSuvayd aytdi: "œAli karramallohu vajhahu(k.v.) Usmon to‘g‘risida yaxshi gapdan boshqa narsa gapirmanglar. Allohga qasamki, mushaflar xususidagi ishni u bizning hammamizning maslahatimiz bilan qilgan. Menga ba’zi birovlaringizning "œMening qiroatim sening qiroatingdan yaxshi", degan gaplaringiz yetib keldi, bu esa salkam kufrning o‘zidir», — dedilar. "œNima qilish kerak?" deb so‘radik biz, deydi Suvayd. Ali: "œIxtilof va tafriqa bo‘lmasligi uchun musulmonlarni bitta mushafga jamlash kerak, deb o‘ylayman»,— deb javob berdilar. Biz: "œSizning fikringizni qo‘llab-quvvatlaymiz", dedik. Ali (k.v.) yana shunday deganlar: "œAgar valoyat mening qo‘limda bo‘lganda, mushaflar xususida Usmon qilgan ishlarini qilardim". («Al-Itqon» 1-jild 59-bet, «Al-Masohif» 1-bet.)

Roviylar aytadilar: "œHuzayfa hazrati Usmonga odamlarning ixtilofi to‘g‘risida xabar qilganda, xalifa dahshatga tushdilar va hamma sahobalarni to‘pladilar. O’sha kunlarda ularning soni 12 ming edi. Ular voqeadan xabardor etilganda, sahobalar uni katta xavf, deb bildilar. Ixtilof va tafriqa bo‘lmasligi uchun musulmonlarni bitta mushafga o‘tkazish to‘g‘risida ra’ylari bil-ittifoq, bir qarorga keldi. Mazkur sahifalardan bitta mushaf (muqovalangan kitob) qilib nusxa ko‘chirildi va unga Quraysh lahjasi asos qilib olindi. Odamlarni shu qiroatda o‘qishlikka buyurildi. Shunday qilib, katta bir fitnaning oldi olindi. Agar odamlar o‘z hollariga qolib, Qur’on qiroatlari birlashtirilmaganda, Qiyomatgacha tuzatib bo‘lmaydigan buzg‘unchilik va tahrif sodir bo‘lar edi. («Tarixul-Qur’on», 39-bet)

Ibni Abu Dovud ushbu rivoyatni keltirganlar: "œUsmon (r.a.) Qurayshiylar va ansorlardan 12 kishini to‘plab, ularga agar biror narsa to‘g‘risida ixtilof qilsanglar, uni Quraysh lahjasidagisini yozinglar, deb farmon berdi". Baqara surasidagi ,,tobut"(sandiq) so‘zidan boshqa narsada ixtilof chiqmadi. Zayd «ho» bilan dedilar, qolganlar «to» bilan deyishdi va «to» bilan yozdilar.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 06:37:09
Imom Buxoriyning «Kitobut-tafsir»laridagi «Qur’on Quraysh arablari tilida nozil bo‘ldi» degan bobda Usmon ularga: «Agar sizlar va Zayd bin Sobit Qur’onning biror kalimasida ixtilof qilsalaring, uni Quraysh zabonidagisini yozinglar, chunki Qur’on ularning tilida nozil bo‘lgan», dedilar va ular shunday qildilar, deyiladi.

«Al-Fath» kitobida Abu Shommadan: «Qur’on Quraysh zabonida nozil bo‘ldi deyilganini, birinchi galda ana shu lahjada nozil bo‘ldi, so‘ngra yengil va oson bo‘lishligi uchun boshqa yetti xil qiroatga ruxsat berildi»,— deb tushunish kerak», degan rivoyat bor.

Usmon{r.a.) odamlarni bitta qiroatga o‘tkazmoqchi bo‘lganlarida, Qur’oni Karim ilk nozil bo‘lgan Quraysh qiroat boshqa qiroatlardan avlo ekanini ko‘rdilar va odamlarni shunga o‘tkazdilar.

Abu Dovud Ka’bul-Ansoriydan shunday rivoyat qiladilar: Hazrati Umar (r.a.) ibn Mas’udga xat yozib: «Qur’on Quraysh zabonida nozil bo‘lgan, odamlarni huzayl lahjasida emas, Quraysh lahjasida o‘qitgin»,— dedilar. Ibn Mas’ud Huzayl qabilasidan edilar.

Abu Qiloba rivoyatlarida: "œUsmon (r.a.) Mushafni tayyorlaganlaridan so‘ng, turli yurtlarga xat yozib, Men shunday, shunday ish qildim. O’zimizdagi boshqa nusxalarni yo‘qotdim, sizlar ham o‘zlaringizda bo‘lgan boshqa nusxalarni yo‘q qiling", deb aytdilar, deyiladi. Ibn Abu Dovud, Taboroniy va ulardan boshqalarning Shuayb rivoyatlarida: «Ularga yuborilgan Mushafga xilof bo‘lgan boshqa hamma mushaflarni yoqishga amr qildilar», deyiladi.

Hazrati Usmon Payg‘ambar (s.a.v.)ning oxirgi xatmlariga binoan Qur’onni yozdirib, undan boshqa nusxalarni tark qilishlikni buyurganlarida sahobalarning hammalari u kishini qo‘llab-quvvatladilar va da’vatlariga javoban o‘zlaridagi mushaflarini yondirib tashlab, hazrati Usmon Mushaflariga o‘tdilar. Bu Mushaf nusxalari turli Islom diyorlariga yuborilganda, ular o‘z maqomiga yarasha kutib olindi va undan juda ko‘plab nusxalar ko‘chirildi. Bosh Mushaf nusxalarining hammasi muqaddas deb bilinib, katta ehtirom ko‘rsatilar edi. Barchasi nuqta va yordamchi shakllardan xoli edi.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 06:51:54
Al-Olusiy o‘zining tafsirida shunday yozadi: «Usmon (r.a.)ning mazkur ishlarini bir emas, ko‘pgina tadqiqotchilar zikr qiladilar. Usmon Abu Bakr Siddiq ishlariga hech bir yangilik yoki tartibiy o‘zgartirish kiritganlari yo‘q, undan biror narsani olib tashlaganlari yo‘q, faqatgina odamlarni Quraysh lahjasidagi yagona qiroatga o‘tkazdilar xolos. Bu ishni ul zot Qur’on Quraysh lahjasida nozil bo‘ldi, degan hujjatga asosan qildilar».

Ibnut Tin va boshqalar aytadilar: «Abu Bakr va Usmonning Qur’onni jam’ qilishlari orasidagi farq shuki, Abu Bakr qoriy va sahobalarning o‘limi bilan Qur’ondan biron-bir narsa yo‘qolib ketmasin, deb jam’ qildilar, chunki, Qur’on o‘sha vaqtda sahifa shaklida jam’ qilinmagan edi. Shuning uchun Abu Bakr Payg‘ambar (a.s) o‘rgatganlaridek, Qur’onning oyat va suralarini tartibi bilan sahifalarga jam’ qildirdilar. Usmon esa qiroat xususida ixtilof ko‘payib ketganligi, har kim o‘z lahjasida o‘qiyverganligi, buning oqibatida bir-birlarini ayblash boshlangani va fitnaning kattalashib ketishidan qo‘rqqanliklaridan, mazkur sahifalardan Quraysh lahjasi asosida, bir qiroat yo‘lida, bir xil Mushaf qilib nusxa oldirdilar».

Garchi, boshida mashaqqat va noqulaylik bo‘lmasligi uchun boshqa qiroatlarga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, keyinchalik Usmon(r.a.) bunga hojat qolmaganini ko‘rdilar va bitta qiroatga o‘tkazdilar.

Yuqorida aytilganidek, Qur’oni Karim uch marta jam’ qilindi. Birinchi marta Payg‘ambar(a.s) zamonlarida, ikkinchi Siddiq (r.a.) davrlarida va uchinchi marotaba Usmon(r.a.) xalifaliklarida.

Birinchi jam’ qilish oyatlarni suralardagi o‘z o‘rinlariga qo‘yib, tartibi bilan yozishdan iborat bo‘lib, ammo, Qur’on tarqoq holda edi. Ikkinchisida esa oyat va suralarni tartibi bilan sahifalarda jam’ qilindi. Uchinchi jam’ qilishda, o‘sha sahifalardagi Qur’onni bir xil qiroat bilan Mushaf qilib ko‘chirildi va ular Islom zaminining katta—katta markazlariga ixtilof va fitnalarga barham berish uchun yuborildi. Bu Musxdflar Abu Bakr sahifalari deyilganidek, Usmon Mushaflari deb atala boshlandi.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 06:55:16
Abu Bakr al-Anboriy aytadilar: «Alloh taolo nozil qilgan va yozishga amr etgan, mansux hamda tilovati marfu’ bo‘lmagan Qur’onning hammasini ikki muqova orasida o‘z ichiga olgan kitob bu Usmon Mushafidir. Undan biron narsa noqis bo‘lmagan, uning tartibi va nazmi Alloh tomonidan nozil qilinib, Rasululloh (s.a.v.) shunga binoan hech narsani oldinma-keyin qilmasdan, suralarning oyatlarini tartibga solganlar. Ummati Islom suralardagi oyatlar tartibini qandoq bo‘lsa shundayligicha Payg‘ambar(a.s)dan olgan. Tilovat va qiroatlar ham ul zotdan sobit bo‘lgandur».

Bag‘aviy aytadilar: "œSahobalar shu muqovali Mushafga Qur’oni Karimni Rasululloh(s.a.v.) dan qanday qabul qilgan bo‘lsalar shundayligicha, hech bir narsani kamaytirmay, hech bir narsani ziyoda etmay jam’ qildilar va hech bir narsani oldin-makeyin qilmay yozdilar. Rasululloh (s.a.v.) o‘z ashoblariga hozirgi Qur’on kitoblarida yozilgan tartib bo‘yicha ta’lim berar va Allohning Kalomini Jabroil (a.s.) o‘rgatganlaridek ularga talqin etar edilar".

Ibn Hisor: «Ushbu tartib Rasululloh (s.a.v.)ning tilovatlaridan uzluksiz naql etilib, sahobalarning ijmo’lari bilan Mushafga joriy qilindi» — deydilar. («Safvatul bayon li ma’onil-Qur’on»( «Qur’on ma’nolariga ravshan bayon»). Shayx Hasanayn Maxluf. 1-jild, 80-bet.)

Yuqorida taqdim qilingan ma’lumotlarga izoh bo‘lsin, deb ushbularni aytish joiz. Arab jazirasidati qabilalarning lahjalari bir-biridan o‘qishda va talaffuzda farq qilsada, ular yagona tildir. Ular xuddi boshqa mamlakatlarda bir qishloqning yoki shaharning lahjasi ikkinchisidan farq qilganidek, farqlanadilar.

Qur’on avvalda Quraysh tilida nozil bo‘lib, so‘ng har bir qabila o‘zi o‘rgangan talaffuziga binoan qiroat qilishi uchun o‘sha qabila lahjasida o‘qishlikka ruxsat berildi. Chunki, bu Qur’on hukmlarining vojiblik ma’nolariga ixtilof tug‘dirmaydi, balki, tilovat qilish uchun osonlik beradi xolos.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 07:09:30
Islom futuhotlari qamrovi kengayib, arablar o‘z sahrolaridan chiqib, dunyoning bir qancha joylarini fath qilganlarida va Allohning diniga ko‘p xalqlar va millatlar kirganda, arablar bilan ajamlar aralashib ketdilar. Bu aralashuv arablarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Buning natijasida, musulmonlarning har biri o‘zi o‘rgangan lahjada Qur’onni tilovat qilishda davom etaversa, turli fitnalar kelib chiqishi mumkinligini sahobalar tushunib, xavotirlandilar. Masalan, bir kishi ikkknchi kishining o‘zi o‘rganmagan lahjada Qur’on tilovat qilganini eshitsa, ataylab Qur’onni buzib o‘qiyapti, deb o‘ylashligi va uni kofir, fosiqqa chiqarishi, oxir oqibat tilovat va so‘zlardagi ixtilof Qur’oni Karimning o‘zgarishiga yoki noto‘g‘ri o‘qilishiga olib kelishi mumkin edi. Yoki ba’zi arablarning ajamlar bilan aralashuvlari natijasida, ularning talaffuzlari va lahjalari buzilishi, bu buzilgan lahjalari bilan Qur’onni o‘qisalar, Kalomullohning fasohati va qiroatining ulug‘ligiga putur yetishi mumkin edi.

Mana shu salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida, Usmon (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning sahobalari bilan mashvarat qilishlikka va Abu Bakr (r.a.) zamonlarida yozilgan mu’tamad sahifalardan nusxa ko‘chirib, mushaf qilishga qaror qildilar. Mushafning nusxalarini Islom yurtlariga yuborib, undan boshqa qiroatda va xilof lahjada yozilganlarini man’ qildilar. Har bir yuborilgan Mushaf bilan birga odamlarni qiroatga o‘rgatadigan ustoz ham jo‘natdilar.

Hozirgi kunda bizning diyorimizda saqlanayotgan Mushaf o‘sha hazrati Usmon nusxa oldirgan va har xil yurtlarga yuborgan Mushaflarning biridur. E’timod qilinadigan bu nusxalar hozir dunyoning bir qancha joylarida saqlanmoqda (Mag‘ribda chiqadigan «Da’vatulhaq» majallasidan).
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 07:16:34
USMON MUSHAFLARINING SONI, ULARNING YOZILISH USULI VA XAT TURI

Ulamolar Usmon (r.a.) turli yurtlarga yuborgan Mushaflarning soni to‘g‘risida har xil rivoyatlar aytganlar. Masalan, Hamza bin Habib Az-Zayyot ular to‘rtta edi, deydilar. Abu Hotim As-Sijistoniy esa yettita bo‘lgan deydilar. Eng to‘g‘ri rivoyat oltitadir: Makkiy, Shomiy, Basriy, Kufiy, Madina ahli uchun umumiy bo‘lgan Madaniy va xalifaning o‘zlari uchun xos bo‘lgan madaniy Mushaflardur. Oxirgisini hazrati Usmon(r.a.) o‘zlari uchun olib qolganlar. Ul zot bu mushaflarning birortasini ham o‘z qo‘llari bilan yozmaganlar, balki ularni yozishga buyurganlar, xolos.

Tarix ulamolari nazdida Qurayshlardan birinchi bo‘lib xat yozishni o‘rgangan va o‘rgatgan kishi Harb bin Umayyadir. O’sha paytdagi xat turi anboriy-himyoriy deb atalardi. U Hijozda tarqagandan so‘ng, Hijoziy deb atala boshladi. Islom dini kelgan paytda arablar orasida mana shu xat turi qo‘llanilar edi va shu yozuv bilan vahiyni, Abu Bakr sahifalarini, Usmon Mushaflarini yozdilar. Usmon Mushaflari har xil yordamchi shakl va nuqtalardan xoli yozilgan. Unga juz’lar, hizblar va boshqa ko‘rsatgichlarning alomatlari qo‘yilmagan. To Kufa yozuvi paydo bo‘lguncha Mushaf va boshqa hujjatlar ana shu xatda yozilar edi. Keyinchalik bir guruh xattotlar Kufa yozuvi bilan nusxalar ko‘chira boshladilar. Bu yozuv arab xatining tajvidini va uning yaxshilanishini ko‘zda tutar edi. Bora-bora Kufa ahli yozuvi o‘zining shakli jihatidan hijoziy xatdan qulay ekanligi ma’lum bo‘ldi va kufiy xat deb ataldi. Ana shu vaqtdan e’tiboran Qur’on va boshqa yozuv asarlari qufiy xatida bitila boshladi.

O’sha zamonda bitiklar terilarga kufiy xat bilan yozilar edi. Bundan boshqa turda xat bitishni arablar bilmas edilar. Islomdan keyin eng qadimiy yozuv bo‘lgan bitiklarni ham terilarga yozdilar. Ular matolarga, xususan, bo‘zdan to‘qilgan Misr matosiga, shuningdek taxta, suyak, tosh va sopollarga yozar edilar.

Abbosiylar davriga kelib, qog‘oz deb ataladigan yangi ashyo paydo bo‘ldi. U yuziga mum surtilgan varaqlardan iborat bo‘lib ko‘rinishidan teriga o‘xshab ketar edi. Qog‘oz yasashni arablar xitoyliklardan olganliklari haqiqatga yaqinroqdir. Chunki xitoylar miloddan oldin ham qog‘oz yasash sohasida mohir bo‘lganlar. Arablar Samarqandni fath qilganlarida bu sinoatni o‘sha yerdan o‘rgandilar, lekin, u Abbosiylar davrining birinchi asridagina keng tarqaldi. Bu paytga kelib terilar kamayib, yozishma va bitiklar uchun yetishmay qolgan edi («Qohiradagi Husayn masjidlaridagi Payg‘ambardan qolgan osorlar» kitobi.126-bet. «Muxallafatur-rasul»)
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 07:19:21
Arablar ajamlar bilan aralashib, quda-anda bo‘lib, ulardan yangi avlod paydo bo‘lganda, bu avlodning talaffuzida har-xil ohanglar vujudga keldi. Bu holat arab tilining buzilishi va Qur’on qiroatiga putur yetishi xavfini tug‘dirdi. Shuning uchun yozuvda qisqa unlilarni ifodalovchi harakat belgilarini (harakatlarni) ishlab chiqish qat’iy zaruriyatga aylandi.

Natijada, 67-hijriy yilda Iroq voliysi Ziyod ibn Abihi Abul-Asvad Ad-Duvaliyga nahv(sintaksis) darsligini ishlab chiqishni buyurdi. Buning uchun AbulAsvad i’rob (so‘zlarning jumladagi holatini ifodalash) harakatlarini bildiruvchi nuqtalardan foydalandi. U quyidagicha yo‘l tutdi. Bir kotibni olib kelib, unga: «Agar biror harfdan keyin «a» qisqa unlisini talaffuz qilsam, o‘sha harfning tepasiga nuqta k,o‘yasan(fatha), agar «u» qisqa unlisini aytsam, o‘rtasiga (zamma), agar «i» qisqa unlisini qo‘shsam, harfning tagiga nuqta(kasra) qo‘yasan»,— dedi. Bunda nuqtalar matn yozuvi siyohidan boshqacha rangdagi siyohlar bilan yozilar edi. Bu arab yozuvining takomillashtirishdagi birinchi isloh edi.

Ikkinchi isloh umaviy xalifalardan Valid bin AbdulMalik bin Marvon (86-96 h.) davrida, arab tili ona tillari bo‘lmagan ajam qoriylari ko‘payib, noto‘g‘ri talaffuz tufayli odamlarning qiroatni tushunmay qolish hollari ziyodalashganda amalga oshirildi. Ular «jim», «ho» va «xo»; «yo», «to» va «so»; «sod»va «zod»; «to»va «zo»; «sin» va «shin» kabi shakli o‘xshash harflarni birbiridan ajratishda qiynalar edilar.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 07:23:50
Ibn Xallikon «At-Tashif» (Noto‘g‘ri talaffuz) kitobida Abu Ahmad Al-Askariydan shunday hikoya qiladilar: "œOdamlar qirq yildan ziyod, to Abdul Malik bin Marvon zamonigacha Usmon Mushaflarini o‘qishda davom etdilar. Iroqda noto‘g‘ri tallafuz qilish ko‘payib ketgandan keyin, Hajjoj o‘z kotiblarini chaqirib, ularga shakli o‘xshash harflarni birbiridan ajratish uchun belgilar ishlab chiqishni buyurdi.

«Aytishlaricha, Nasr bin Osim bu vazifani o‘z zimmasiga oldi va nuqtalar qo‘yishni odat qildi» (Marokkoda chiqadigan «Al Lisonul-arabiy»( «Arab tili») majallasi. 43-bet. 6-son, 1388 y.h.).

U nuqtalarni bitta yoki ikkita qilib, harfning ustiga yo tagiga qo‘ydi. Nuqtalar harf bilan bir xil siyohda yozilar edi, chunki ular harfning bir bo‘lagi, deb sanaladi. Bundan kelib chiqadiki, arablar nuqta va harakat belgilarini hijriy birinchi asrning ikkinchi yarmidan, ya’ni umaviylar zamonida ishlata boshladilar. Abul Asvad Ad-Duvaliy harakat belgilarini va Nasr bin Osim nuqtalarni ixtiro qilmaguncha, ular arab yozuvida mavjud emasdilar.

Johiliyatdagi yoki hijriy asrning birinchi yarmidagi asarlarda harflar nuqta va harakat belgilari, shuningdek, tovushni qisqa va uzun cho‘zish (madd) alomatlaridan holi edi. Payg‘ambar (s.a.v.)ning maktublari (ularni yozishda kotiblar o‘zlarining yozuv san’ati va tajvid bobidagi bor mahoratlarini ishga solar edilar, chunki, ular payg‘ambar (a.s.) dan podshohlarga, amiru umarolarga yuborilgan bo‘lib, o‘z vazifasini to‘la ado etishi uchun xati aniq va harflarning shakli to‘liq bo‘lishi kerak edi) ham nuqta va belgilarsiz edi. Usmon Mushaflarida ham ular yo‘q («Muxallafotur-rasul», 124-bet. )
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Iyul 2008, 07:25:34
Uch harakat belgilari (i’jom)ni esa Abbosiylar davrining boshlarida yashagan arab tili fanining ustozlaridan biri Xalil Ahmad Farohidiy (vafoti 170 h. / 786 m.y.) yo‘lga qo‘ydi.

Bayhaqiy «Shu’abul-iymon»da yozishlaricha, Usmon Mushaflari keyinchalik tilshunos (nahviy) lar tomonidan ishlab chiqilgan imlo qoidalaridan farq qiladigan, o‘ziga xos shaklda yozilgan. Bu farq olti joyda namoyon bo‘ladi: hazf (yozuvda biror narsani tushirib qoldirish), ziyoda (qo‘shimcha), hamza (arab tilida o‘ziga xos tovushni ifodalovchi belgi), ibdol (bir harfni yoki so‘zni ikkinchisi bilan almashtirish), vasl (birini ikkinchisiga qo‘shib o‘qish), fasl (birini ikkinchisidan bo‘lib o‘qish) belgilari va ikki xil o‘qilishi mumkin bo‘lgan joylar. Isloh natijasida bir xil qoidaga muvofiq yozuv paydo bo‘ldi.

Natijada Qur’onning xati muqoyasa qilinmaydigan, o‘zgartirilmaydigan, ixtilof qilinmaydigan va unga qat’iy amal etiladigan yozuvga aylandi. Bu qoidalarni bilish Qur’onga taalluqli ilmlarning biridir.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Iyul 2008, 08:32:59
USMON MUSHAFLARI HAQIDA XABARLAR

Yuqorida Usmon Mushaflari oltita edi, dedik. Ulardan biri Basraga, ikkinchisi Kufaga, uchinchisi Shomga, to‘rtinchisi Makkai mukarramaga, beshinchisi Madina ahliga yuborildi va oltinchisi hazrati Usmonning o‘zlarida qolgan edi. Mana shu oltinchi Mushafning ustida hazrati Usmon shahid bo‘ldilar va muborak qonlari quyidagi oyat ustiga to‘kildi, degan rivoyat mashhurdir:

Ya’ni,

فَسَيَكْفِيكَهُمُ اللَّهُ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ

«Ularning yomonligidan sizga (ey Muhammad), Allohning o‘zi yetarlidir. U eshitguvchi va bilguvchidir», («Baqara» 137).

Hazrati Usmon (r.a.) tilovatdan bir xil ta’lim bermshni nazarda tutib, o‘sha mushaflarning xar biriga bittadan olim qo‘shib, turli o‘lkalarga yuborgan edilar. Masalan, Zayd bin Sobitga Madina ahliga, Abdulloh bin Soibga esa Makka ahliga qiroatni o‘rgatishni amr etgandilar. Mana shu yo‘l bilan bir xil qiroat hamma tomonga yoyildi va Usmon Mushaflaridan nusxalar olindi. Usmon Mushaflari bosh kitob va murojaat qilinadigan asl manba’ sifatida mo‘‘tabar va muqaddas sanalar, shuning uchun ham ular qo‘riqlanadigan joylarda, nihoyatda ehtiyotkorlik bilan saqlanar edi. Bora-bora ular qimmatbaho yodgorlik sifatida xalifa va podshohlarning xazinalariga ko‘chirilib, odamlar ko‘zidan uzoqlashdi. Agar kimning qo‘liga undan biror nusxa tushib qolsa, hech kimga ko‘rsatmaslikka harakat qilar edi. Davlat to‘ntarishlari, turli ixtilof va talon-tarojlar oqibatida bu Mushaflarning ba’zilari boshqa mamlakatlarga olib ketildi. Ba’zilari har xil shaxslarning qo‘liga tushdi, taqdiri esa noma’lum bo‘lib qoldi.

Muhammad Tohir bin Abdul Qodir Kurdiy o‘zining «Tarixul-Qur’on» nomli kitobida shunday yozadi: «Biz Hijoz va Misr kutubxonalarida ko‘p izlanishlar olib bordik, lekin ularning mavjudligi haqida bizlarni qoniqtiradigan hujjatlar topmadik, faqatgina Qohirada chiqadigan «Ad-dunya va kullu shay’» («Dunyo va harbir narsa») majallasining 1937 yil 24 avgust sonida bosilgan «Olmoniya olti oy ichida Hijoz podshosi hukumati bilan tuzilgan bitimga muvofiq, xalifa Usmon Mushafining asl nusxasini qaytarib beradi», degan xabarga yo‘liqdik xolos. Bu xabarga ko‘ra, mazkur Mushaf Madinadan turk qurolli kuchlari tomonidan olib ketilgan bo‘lib, keyinchalik sobik, imperator Gilyom P ga topshirilganligi isbot bo‘lgan».( «Tarixul-Qur’on», 119-bet.)

Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Iyul 2008, 08:35:30
MADINA MUSHAFI

Usmon Mushaflarining ulamo va qoriylar tomonidan eng ko‘p zikr qilinadigani Madina Mushafidir. Uning to‘g‘risida Imomi Nofi’ ko‘p naql qilganlar.

Ibn Jubayr o‘zining sayohati pirovardida shunday yozadi (uning Madinaga qilgan ziyorati 580 hijriyda bo‘lgan): «Masjidi Nabaviyda saqlanayotgan mushaf, ustida hazrati Usmon shahid bo‘lgan Mushaf emas, balki har tomonga yuborilgan Mushaflarning biridur».

Mavlono Shibli Nu’moniy aytadilar: «Madina Mushafini 735 h. yilda Madinai Munavvarada ko‘rganlar, uning orqasida shunday yozuv bor edi: «Bu Mushaf bir guruh sahobalar, shu jumladan Zayd bin Sobit, Abdulloh bin Zubayr va Said bin Os qarorlari bilan yozildi». Kitobning boshqa tomonida hazrati Usmon Mushafni yozish uchun yig‘gan boshqa sahobalarning nomlari bor edi. Mana shu sanada Makka Mushafi ham mavjud edi».

Samhudiyning «Xulosatul-vafo» kitoblarida, «654 hijriyda Masjidi Nabaviyda sodir bo‘lgan birinchi yong‘in paytida yonib ketgan narsalar ichida kitob va mushaflar ham bor edi. Ba’zi bir narsalar va Usmon Mushafidan boshqa hech narsa omon qolmadi»,—deyiladi. Shunga binoan Usmon Mushafi shu sanada Madinada mavjud edi, keyinchalik qayoqqa ketgani ma’lum emas. Ba’zi bir zamondoshlarimiz: «U to turklar Madinadan 1334 yilda chiqib ketgunlaricha mavjud edi. Ehtimol, Ostona (Konstantinopol)ga olib ketilgan bo‘lsa kerak», deydilar.( «Tarixul-Qur’on» kitobi).
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Iyul 2008, 08:41:52
BOSH MUSHAF

Hazrati Usmonning o‘zlariga xos bo‘lgan Mushafga keladigan bo‘lsak, u to‘g‘rida Shotibiy Molikdan shunday rivoyat qiladilar: «Mazkur Mushaf g‘oib bo‘lgan, u to‘g‘rida mashoyixlardan hech bir xabar ololmadik».

Ibn Qutayba: «Usmon (r.a.) tilovat qilib turib, tepasida shahid bo‘lgan Mushaf, keyinchalik o‘g‘illari Xolidda edi, undan so‘ng uning avlodlariga qoldi, ular esa birin-ketin olamdan o‘tib ketdilar. Shomning ba’zi mashoyixlari, Mushaf Tus zaminida, deydilar»,—deb xabar beradi.

Umar Rizo hazratlari «Qur’on nima?» nomli kitoblarida shunday yozadilar: «Bir rivoyatda, Usmon(r.a.)ning xos Mushaflari umaviylar qo‘lida edi, deyilgan. Umaviylar Andalusga hijrat qilganlarida uni o‘zlari bilan olib ketgan edilar. Andalusda musulmonlar davlati ag‘darilgandan keyin Mushaf Fos (Mag‘rib)ga olib kelingan».

Ibn Batutaning aytishicha, VIII hijriy asrda u Fosda mavjud edi va unda qon dog‘lari bo‘lgan.

Samhudiy Madina Mushafining Usmon Mushafi emasligi to‘g‘risidagi rivoyatning sharhida shunday degan: «Mutaqaddim (avvalgi avlod)larning hech biri u to‘g‘rida zikr qilganini ko‘rmadim, ularning rivoyatlari o‘sha paytda Mushafning masjidda bo‘lmaganini taqozo qiladi. Hatto, mutaaxxir (keyingi avlod)lardan birinchi bo‘lib tarixni yozgan Ibn Najjor asarlarida ham u to‘g‘rida zikr qilinganini ko‘rmadik».

Barzanjiy hazratlarining «Nuzhatun-nozirin» kitobidagi «Madina tarixi» bobida shunday deyiladi: "œHozirgi kunda Madinada mavjud bo‘lgan Mushafni sayyidino Usmonga nisbat qilinganini, Al-Matariy va undan keyingilarning Masjidi Nabaviyning o‘rtasida bo‘lgan qubbaning birinchi yong‘indan omon qolganligi to‘g‘risidagi rivoyatdan boshqa rivoyatlarda uchratmadim".
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Iyul 2008, 08:43:50
SHOM MUSHAFI

Ibn Kasir o‘zining «Fazoilul Qur’on» kitobida (49-bet) «Bugungi kunda Usmon Mushaflarining eng mashhuri Shomdagi Damashq jome’ining shark tomonidagi xonada saqlanayotgan Mushafdur. U qadimda Tabariyya (Tiveriada) shahrida edi, so‘ngra, taqriban 518 yilda Damashqqa olib kelingan. Men uni ravshan siyoh va chiroyli husni xat bilan teriga yozilgan katta, ulug‘ kitob ekanligini ko‘rdim. Bu tuya terisi bo‘lsa kerak, vallohu a’lam»,— deb yozadi.

Mavlono Shibli Nu’moniy o‘zining «Tahzibul-axloq» kitobida shunday deydi: «Abul Qosim Sabtiy Shom Mushafini 657 yilda umaviylar jome’ining xonasida ko‘rgan. Shuningdek, Ibni Abdulmalik uni 725 yilda ko‘rgan edi».

Ba’zi tadqiqotchilar bu (shomiy) Mushaf bir qancha muddat Peterburgda Rusiya podshohlari qo‘lida bo‘lib, so‘ngra Angliyaga olib ketilgan, keyingi taqdiri nima bo‘lganini hech kim bilmaydi, degan fikrga moyillik bildiradilar. Kimki qo‘lyozma mushaflar va ular haqida biror manba’ga ega bo‘lgan kutubxonalar to‘g‘risida chuqurroq ma’lumot olmoqchi bo‘lsalar, Shufan kitobining 10-jildiga murojaat qilsin. ( Professor Subhi Solih. «Mubohasot fi ulumil-Qur’on» (Qur’on ilmlari to‘g‘risida bahslar), 103-bet.)
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Iyul 2008, 08:45:39
BASRA MUSHAFI

Ibn Batutaning sayohati to‘g‘risidagi kitobda Basra shahri haqida shunday satrlar bor: "œBasra shahrida Ali ibn Abu Tolib masjidi bor. Bir paytlar u shahar o‘rtasida bo‘lib, hozirda markazdan ikki mil (1 mil - 750 metr) uzoqlikdadir. Unda jum’a namozlari o‘qiladi va ikki jum’a orasida yopiq bo‘ladi. Mazkur masjidda Usmon (r.a.) tilovat chog‘ida qatl etilganlarida qonlari tomgan Mushaf saqlanadi".

Shahobuddin Marjoniy Qozoniy hazratlari, qiroatlar xususida tasnif qilganlarning birinchisi Abu Ubayd Qosim bin Sallom Bag‘dodiydur, ikkinchisi Ahmad bin Jubayr Kufiy, deydilar. Qiroatlar xususida har bir yurtdan bittadan imomni sanab beshtaga yetkazganlar. Bular aniqlangan Mushaflar soniga muvofiqdur, chunki boshqa ikki Mushaf to‘g‘risida hech qanday xabar eshitilmagan.( "œVafiyya"ning muqaddimasi, 2-bet.)

Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Iyul 2008, 08:47:12
QOHIRADAGI USMON MUSHAFI

Qohiradagi «Sayyiduno Husayn» masjidida ikkita qadimiy mushaf bor. Ulardan biri sayyiduno Usmon (r.a.) va ikkinchisi sayyiduno Ali (k.v.)ga tegishli deb hisoblanadi. Barzanjiy aytadilar: "œQohiradagi Mushafda xuddi hozirgi kunda Madinai Munavvarada mavjud bo‘lgan Mushafdagi kabi "œfasayakfikahumulloh" oyatining ustida qon izlari bor. Makkadagi Mushafda ham shunday. Bundan kelib chiqadiki, kimdir ataylab, mazkur oyat ustiga, Bosh Mushafga o‘xshatish maqsadida, qon izlarini tushirgan. Vaholanki, hazrati Usmon qonlarining izi faqat bitta Mushafda bo‘lgan. Ehtimol bular Ibn Jubayr rivoyatida aytilgan, hazrati Usmon har xil yurtlarga jo‘natgan Mushaflarning ba’zilari bo‘lsa kerak".

Shuningdek, Berlin muzeyida ham bir qadimiy mushaf bor, yana biri Turkiyada mavjud. Mag‘rib podshohlari yurishlarda hazrati Usmon Mushaflarini qo‘shindagi birinchi tuyaga yuklab qo‘yar edilar.( «Nafxut-tiyab» 1-jild, 263-bet.)

Ba’zi sharqshunos olimlar bir qancha tarixiy rivoyatlarni to‘plaganlarki, ularni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Bu rivoyatlar qadimgi ulamolarning Mushaflarni yoki ularning suralarini musulmon mamlakatlarda ko‘rganliklarini ta’kidlaydi. Mazkur sharqshunos olimlarning boshida professor Kazimirovni tilga olish mumkin. Ushbu rivoyatlardan biz Usmon Mushaflaridan biri IV hijriy asrning boshlarida mavjud ekanligini bilib olamiz. ( "œMubahasot", 101-bet.)
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Iyul 2008, 08:50:59
TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFI

Hozirgi paytda O’zbekiston jumhuriyati poytaxti — Toshkentda, qadimiy yodgorliklar muzeyida kiyik terisiga yozilgan katta bir Mushaf mavjud. Avval u Samarqanddagi «Oq madrasa» nomi bilan mashhur bo‘lgan, Nodir Devonbegi Tog‘o madrasasining maxsus hujrasida uzoq davr mobaynida katta e’tibor bilan saqlanar edi. Bu madrasa Xo‘ja Ahror valiy masjidiga yondoshgan bo‘lib, u zot mashhur sufiy olim, buyuk mashoyixlardan bo‘lib, to‘liq ismlari Xo‘ja Ubaydulloh bin Mahmud bin Shahob Al-Ahror Toshkandiy Samarqandiydur. Vafotlari 895 hijriyda bo‘lib, Shayx Muhammad Bahouddin tariqasining xalifalaridandurlar. Mana shu Mushafni har xil marosim va munosabatlar bilan odamlar istiqboliga olib chiqilar, «Fasayakfikahumullohu va huvas-sami’ul ‘alim» oyati ustida qon izlari bor edi. Sayyiduno Usmon (r.a.) shu Mushafning ustida shahid bo‘lganlar deb, tabarrukona ziyorat qilinar edi. Mushaf avvalda Shayx Ubaydulloh Ahror, so‘ngra u zotning avlodlari va o‘zlaridan keyingi xalifalarining tasarrufida bo‘lgan. Ul zotning avlodlari va xalifalari Mushafni mazkur hujrada saqlashlikka hazrati Xo‘ja Ahrorga va’da bergan edilar. Bu hol 1285 hijriy sana — ruslar Samarqandni ishg‘ol qilgunlaricha davom etdi. Bosqinchilar Mushafdan xabar topgach, uning Islom olamida katta ahamiyatga molik yodgorlik ekanini anglab, uni Peterburgga olib ketish choralarini ko‘ra boshladilar. 1869 yil Zarafshon vodiysi hokimi general Abramov Toshkentda turgan Turkiston general-gubernatori Fon Kaufmanga xat yo‘llab, Samarqand masjidlarining birida kufiy xatda yozilgan va musulmonlar orasida juda mashhur bo‘lgan qadimiy Qur’on bor, yerlik ulamolar uni Buxoroga olib ketish chorasini ko‘rmoqda, deb yozadi va podpolkovnik Serovga tezda bu ishning oldini olish uchun Xo‘ja Ahror masjidiga berishni buyuradi. Qur’oni Karimning mashhur nusxasini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan rus ma’murlari musulmonlar bilan suhbatda: "œUshbu nodir kitobning ahamiyati katta. Bilishimizcha, Mushaf qimmatli yodgorlik. Bu yerda uni hech kim o‘qiy olmasa va qadriga yetmasa, yo‘qolib ketishi hech gap emas. Agar u Rusiyaning poytaxti Peterburgdagi imperator kutubxonasiga o‘tkazilsa, u yerda uni asrash va muhofaza etishning barcha choralari ko‘riladi", deb tushuntirgan bo‘ladilar. So‘ngra Samarqandlik ulamolardan Shayx Abdujalil afandi va mulla Yahyo Xo‘ja muftiylar bu ishning to‘g‘riligiga fatvo berdilar, deb rasmiy hujjat tayyorlaydilar. Podpolkovnik Serov general Abramovga bu haqda bergan bayonnomasida: "œQur’on masjidda turganligi bilan uning mulki emas, balki amirlar xazinasidan chiqqan va masjid domlalari, agar sizlarga kerak bo‘lsa, biz o‘z roziligimiz bilan topshiramiz", — dedilar, deb yozadi. Shundan so‘ng general Abramov Serovga bu yodgorlik ilmiy va tarixiy ahamiyatga molik asar, borib olib keltiring, deb buyuradi. Mushaf shu tariqa egallanib Toshkentga, general-gubernatorga yetkaziladi. General Abramov Samarqandda masjid shayxlari qo‘liga Mushafi sharif evaziga 100 rus rubli miqdorida pul beradi. ( "œO’zbekiston tarixi hujjatlari", 32-39- betlar. Fanlar Akademiyasi nashri, Toshkent 1966 yil.)

General Fon Kaufman Mushafni masjid shayxlari o‘z rizoligi bilan topshirganlari haqida taqrir xati yozishlari va imperator kutubxonasiga olinganining guvohi bo‘lganliklarini tasdiqlovchi imzolari bo‘lishini ham buyurgan edi. To‘rt kishi imzo qo‘yadi. Unga Mushaf tarixi haqida Samarqand ulamolari va shayxlaridan eshitilgan rivoyatlar ham yozma ravishda ilova qilinadi. Bu yozma taqrir (protokol)ni tasdiq etib general Kaufmanning o‘zi imzo chekadi ("œMir’ot" ("œOyna") jurnali, Bog‘chasaroy, 1900 yil).
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Iyul 2008, 08:56:10
Bu voqea 1869 yil 24 oktyabrda bo‘lgan edi. Quyida general Fon Kaufmanning bu haqda Chor hukumatining Maorif vaziriga yozgan xatining matn tarjimasini keltiramiz. ("œMarjoniyning tarjimai holi"dan, 117-bet "œMaorif" nashriyoti. Qozon, 1333 h).

Muhtaram Maorif vaziriga

 
1869 yil, 24 oktyabr

Zarafshon vodiysi hokimi general Abramov bizga Samarhanddagi Xo‘ja Ahror masjidida saqlanib kelayotgan Qur’onni yubordi. U imlo belgilari va nuqtalardan xoliy kufiy xatda yozilgan. Qur’onining musulmonlar nazdida ulug‘ligini, uning yuksak darajali ekanligini va Qur’on ishiga chet kshilarning aralashuvini musulmonlar yoqtirmasliklarini bilgan Abramov Samarqand hokimi podpolkovnik Serovga bu Qur’on to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish va agar musulmonlar qo‘lidan uni olinsa, ularning diniy hissiyotlariga ta’sir qilish-qilmasligini bilishga buyruq berdi. Natijada Xo‘ja Ahror masjidi ulamolari va shhar a’yonlari quyidagi javobni berdilar:

1 Bu Quron Xo‘ja Ahror masjidida bo‘lgani bilan uning mulki emas, balki Buxoro amirintg xazinasiga mansubdur.

2 Masjidning ham, musulmonlarning ham bugungi kunda unga zaruratlari yo‘q. Qadim zamonlarda uning ziyorati uchun juda ko‘p musulmonlar kelar edilar. Keyingi paytlarda faqat Buxoro amirlari Samarqandga kelganlarida uni ziyorat qilar edilar.

3 Hech kim bu Quronni o‘qiy olmaydi, shuning uchun necha asrlardan buyon o‘qilmay va tilovat qilinmay yotibdi.

Shundan so‘ng general Abramov bu Qur’onni olib, masjid foydasi uchun yuz rubl berdi. Samarqand ulamolari bunga ko‘p xursand bo‘ldilar.

Yozilish tarixi jihatidan katta jahonshumul ahamiyatga molik bo‘lsa kerak, degan niyatda oldirtirgan ushbu Qur’onni shoshilinch ravishda yuboryapman. Ilova qilingan varaqalarda bu Qur’onning asli va Xo‘ja Ahror masjidiga tsanday kelib qolganlshi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Ular mening buyrug‘imga muvofiq Mullo Abdujalil va Mullo Mu’in muftiy kabi masjid ulamolarining og‘izlaridan yozib olindi.

Janobi oliylaridan ushbu Qur’onni ilovasi bilan, mening nomimdan, hadya tariqasida imperator kutubxonasiga berish xususida farmoni oliy chiqarishingizni so‘rayman.


Birinchi darajali general-ad’yutant Fon Kaufman.
Tasdiqladi: general-mayor Gamzin
Bosh kotib: Dyakov
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Iyul 2008, 08:57:17
Shunday qilib, Mushafni olib, butun ehtiyot choralari ko‘rilib, hurmat bilan Peterburgga yuborildi va imperator kutubxonasining nodir qo‘lyozmalar bo‘limiga qo‘yildi. U bilan birga sharqshunos olim Kun (1840-1888) tomonidan tartibga solingan va Mullo Abdujalil, Mullo Muin muftiy va boshqalardan olingan ma’lumotlar, protokol va xabarnoma ham bor edi.

Shundan so‘ng, mashhur rus sharqshunos olimi A.F.Shebunin «Kufiy Qur’on» nomli bir maqola yozib, unda sharqshunos Kun to‘plagan, Mushaf tarixiga tegishli ma’lumotlarni 1890 yilda e’lon qiladi. Maqolada Shayx Abdujalil va Yahyo Xo‘ja muftiy: «Bu Usmon Mushafini Xo‘ja Ubaydulloh Ahror Rum (Turkiya)dan olib kelgan», deb xabar beradilar.deyiladi. Shu xabardan ma’lum bo‘lishicha, Mushaf ikki betiga yozilgan 353 varaqdan iborat bo‘lib, sahifalar soni 706 ta edi. Varaqlar bo‘yi 68 sm, eni 53 sm hajmda edilar. Yo‘qolgan va chirib ketgan varaqlarning o‘rnida oddiy qog‘ozdan iborat 69 sahifa qo‘shimcha bor edi. ( "œMir’ot" jurnali, 11-12-1900y.)
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Iyul 2008, 08:59:05
Mana shu ahvolda Mushaf Peterburg kutubxonasida, uni bilgan musulmonlar va qadimiy osoriatiqalar bilan qiziquvchilar uchun ziyorat manbai bo‘lib to 1917 yilga qadar saqlandi. Uning to‘g‘risida vaqti-vaqti bilan gazeta va jurnallarda maqolalar chiqib turdi. "œMir’ot" majallasining yuqorida zikr qilingan sonidagi "œUsmon Mushafi va kufiy Qur’on" sarlavhali maqolada Shebuninning 1891 yilda Peterburgda chop qilingan tadqiqotlari xulosasi keltirilib, shunday deyiladi: "œMazkur Mushafi sharif Peterburg bosmaxonalaridan birida arxeologiya instituti tomonidan chop qilinmoqchi va undagi tuzatish ishlari qrimlik Ilyos Mirzo Buragoniyga topshirilgan".

Qozonda chiqadigan "œDin va maishat" majallasining 1327 hijriy sanasining 14-sonida bir maqola chop etilib, unda Mushafning "œYosin" surasi 1905 yilda Ilyos Mirzo tomonidan bosib chiqarilgani va keyinchalik arxeologiya instituti tomonidan olim Pisaryov tashabbusi bilan Mushaf butunligicha chop qilingani aytiladi. Pisaryov Mushaf nusxalarini asliga monand 53x68 sm hajmda va teri rangiga o‘xshash qog‘ozga bostirdi. Olingan nusxalar soni 50 ta edi. Shulardan Eron shohiga, Sulton Abdulhamid, Buxoro, Afg‘oniston va Fos amirlariga hamda boshqa ko‘zga ko‘ringan musulmon arboblarga nusxalar hadya qilindi. 25 ta nusxa 500 rubl baho bilan sotuvga chiqarildi. Bundan oldin 1895 yilda «A’rof» surasidan bir sahifa 2000 nusxada bosib chiqarilib, Islom mamlakatlarida sotilgan edi. Maqola muallifi professor Abdulla Muoziy: "œMushaf sahifalari kutubxonaga olib kelinmasdanoq o‘g‘irlanib, oldi-sotdi buyumiga aylandi, hozir ham uning varaqlari ba’zi qishloqlarda bor, deb eshitaman" deya hikoya qiladi.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 26 Iyul 2008, 13:57:31
OKTYABR INQILOBIDAN KEYIN
USMON MUSHAFINING PETERBURG KUTUBXONASIDAN CHIQARILISHI

Usmon Mushafining musulmonlar qo‘lidan va musulmon o‘lkasidan olinib, chor podshohining mulkiga, oldi-sotdi buyumiga aylantirilishi musulmonlarning, ayniqsa ularning ichidagi ziyolilarning nafsoniyalariga qattik ta’sir qilgan edi. Chunki, bu Mushaf oldi-sotdi buyumiga aylanmasdan oldin umumiy vaqf va Movarounnahr musulmonlarining barchalari uchun yodgorlik edi. Ular Mushafning o‘z yurtlarida ekanligi bilan faxrlanar, uni tabarrukona ziyorat qilar edilar. Endi esa Mushaf to‘g‘risida norozilik va alam bilan gapirar edilar. Hatto, ba’zi ziyoli musulmonlar uning Usmon Mushaflarining biri ekanligini ham inkor eta boshladi. Qozonlik mashhur diniy olim Marjoniy birinchi bo‘lib, o‘zining bir qancha asarlarida bu fikrni ko‘tarib chiqdi. Ustoz Muso Jorulloh afandi kabi boshqa allomalar ham bu fikrga qo‘shildilar. Ularning nuqtai nazarlarini Islom yurtlaridagi gazeta va jurnallar bosib chiqardilar. Ehtimol bu narsa Mushafning podshoh kutubxonasida saqlanayotganini yoqtirmagan kishilar tomonidan uyushtirilgandir. Xulosai kalom musulmonlar o‘rtasida mana shu xususda norozilik hukm surar, ular birga o‘nni qo‘shib gap tarqatar, lekin Mushafni qanday qaytarish yo‘lini topa olmas edilar. Mana shu ahvolda fevral inqilobi, undan so‘ng oktyabr inqilobi sodir bo‘ldi. Chorizm istibdodi ostida huquqlari poymol bo‘lgan Rusiyaning turli toifalari bu inqiloblarni ko‘tarinki ruh bilan kutib oldilar. Ularda yo‘qotgan huquqlarini qaytarib olish umidi paydo bo‘ldi. Mamlakat hududida yashovchi musulmonlar ajdodlaridan qolgan bu buyuk yodgorlikni qaytarib olish imkoniyati borligini angladilar. Bu yodgorlik ular uchun muqaddas o‘lka bo‘lgan, paygambarlari Muhammad(a.s.)ning vatanlari — Madinai Munavvaradan keltirilgan ulug‘ meros edi. Shuningdek, Mushaf ularning dini mubinlarining asli va shariatlarining yagona asosi edi. Uzoq zamonlar o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan payg‘ambar (s.a.v.)ning bevosita o‘zlaridan yozib olingan din va shariatning hujjati edi.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 26 Iyul 2008, 13:59:29
Ba’zi jaridalar katta savdogarlardan bo‘lgan Ahmadbek Solihov hukumat doiralariga murojaat qilgani va bolsheviklar Mushafni musulmonlarga qaytarib berishga rozi bo‘lganliklari haqida maqolalar e’lon qildilar.

Dog‘iston Islomiy jaridasi o‘zining 1335 y. h. 31-sonida «Usmon Mushafi Petrogardda» degan sarlavha ostida bir maqola chop qildi. Maqoladan quyida parcha keltirishni maqsadga muvofiq deb topdik:

"œAbu Ubaydulloh bin Salom o‘zining «Al-qiroat» kitobida naql qiladikim: "œMen amirlar xazinasidan chiqqan va aytishlaricha Imomi Usmon (r.a.)ning Mushaflari bo‘lmish Mushafni ko‘rdim. Hazrati Imom Usmon uning tepasida shahid bo‘lganlar, deyishadi va men uning ba’zi joylarida qon izlarini ko‘rdim".

O’sha tepasida hazrati Usmon shahid bo‘lgan Mushaf Peterburgdagi Mushaf ekanligini inkor etuvchilar bor. Hofiz Saxoviy o‘z kitoblarida: "œImomi Molikning: "œU (ya’ni, bosh Mushaf) g‘oyib bo‘lgan" deb aytgan rivoyatlaridan bosh Mushaf butunlay mavjud emas, degan ma’no chiqmaydi. Chunki, g‘oyib bo‘lgan narsa ertami-kechmi topilishi va yuzaga chiqishi mumkin", — deydilar. Xuddi shu rivoyatni dalil qilib olgan Abu Ja’far An-Nahos esa Saxoviyning bu fikriga qarshi chiqadi. Bizningcha Saxoviyning fikri haqiqatga yaqinroq. Abu Ubaydulloh ham bu xuddi o‘sha Mushaf, deb jazm qilib aytganlari yo‘q, balki, aytishlaricha, tepasida Imomi Usmon shahid bo‘lgan Mushafni ko‘rdim, deganlar. "œAytishlaricha" deyilgani "œbu o‘sha" degan ma’noni bildirmaydi. Undan tashqari, Usmon Mushaflarining boshqa nusxalari to‘g‘risida ham "œbu xuddi o‘sha tepasida hazrati Usmon shahid bo‘lgan Mushaf" deb da’vo qilinadi va hammasida ham qon izlari bor. Vaholanki, xalifa Usmonning o‘zlariga xos Mushaf yagona bo‘lgan. Ruslar Samarqandni ishg‘ol qilganlarida bu Mushafni qo‘lga kiritdilar. Aytishlaricha, bu xuddi o‘sha Bosh Mushaf emish. Shuning uchun ruslar unga katta e’tibor berdilar va tantana, dabdaba bilan Peterburgga olib kelib, imperator kutubxonasiga qo‘yib, bu to‘g‘rida dunyoga jar soldilar. Lekin uning "œxuddi o‘sha Bosh Mushaf" ekanligiga hech kim kafolat bera olmaydi va Samarqand ahli aytgan rivoyat va Mushafdagi qon izlaridan boshqa aniq dalil ham yo‘q. Qon izlari yasama bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas. Samarqand ahlining rivoyati esa bunga na ijobiy dalil bo‘la oladi va na uni rad qila oladi. Qozon ulamolaridan Marjoniy uning Bosh Mushaf ekanligini rad qildi va buning isboti o‘laroq "œva lota hina manos" ( qutilish vaqti emas edi) so‘zi Bosh Musxafda mana bunday —"œva lotahina" shaklida qo‘shib yozilgan va so‘zning boshi satrning oxirida va qolgani esa ikkinchi satrning boshida bo‘lgan, degan rivoyatni keltiradi. Peterburgdagi nusxada esa unday emas.

Barzanjiy o‘zining "œNuzhatun-nozirin" kitobida: "œHazrati Usmon (r.a.) bir rivoyatda to‘rtta, ikkinchi rivoyatda beshta, yana bir rivoyatda yettita nusxa oldirganlar"— deydi. Hozirgi paytda Makka, Madina, Qohira va Petrogradda to‘rtta nusxa mavjud va ularning hammasida qon izlari bor. Bundan kelib chiqadiki, boshqa nusxalarga, Bosh Mushafga o‘xshatish maqsadida qon izlari ataylab tushirilgan. Nima bo‘lganda ham, odamlar Peterograddagi nusxani xuddi o‘sha Bosh Mushaf deb e’tiqod qiladilar va unga juda katta ahamiyat beradilar. Xuddi shu sababga ko‘ra Bokuda tashkil topgan Islomiy osor-atiqalar boshqarmasi Moskvadagi (Petrograd bo‘lsa kerak) «Islom sho‘rosi» raisiga telegramma yo‘llab, Petrograd xatar ostida bo‘lganligi uchun sho‘ro tarafidan Mushafni mazkur kutubxonadan olib chiqishga harakat qilish va uni amniyat idoralariga qo‘yishni iltimos qiladi. Mushafning taqdiri nima bo‘lishi faqat Alloh taologa ayon. Ruslar Mushafni mazkur kutubxonadan olinishiga rozi bo‘larmikanlar?" (Maqola tugadi.)

Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 26 Iyul 2008, 14:03:28
1917 yil fevral inqilobidan so‘ng imperator kutubxonasidan Mushafni zo‘rlik bilan bo‘lsa ham olish maqsadida, Preobrajenskiy polki tarkibida bir musulmon bo‘linma tuziladi. Lekin, muvaqqat hukumat bundan xabar topib, bu bo‘linmani tarqatib yuboradi.

1917 yilning Oktyabr inqilobidan so‘ng Peterburgda tuzilgan mahalliy Islom sho‘rosi Mushaf masalasida yangi hukumat raisi Lenin nomiga murojaat va talabnoma maktubi yozdi. Bunga javoban, xalqlar huquqlarini himoya qilish shiori ostida tezlik bilan Mushafni musulmonlar qo‘liga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga Lenin imzo chekdi. Mana o‘sha qarorning tarjimasi:

Maorif ishlari bo‘yicha
 xalq komissari Anatoliy Vasilevich Lunacharskiyga
9 dekabr 1917 yil, Peterburg shahri.


Xalq komissarlari Sovetiga Petrograd milliy okrugi O’lka musulmonlari qurultoyidan murojaatnoma tushib, unda Rusiyadagi barcha musulmonlarning orzularini amalga oshirish maqsadida, yuqorida zikr qilingan qurultoy hozirgi vaqtda Davlat umumiy kutubxonasida saqlanayotgan «Muqaddas Usmon Qur’oni»ni musulmonlar tasarrufiga berilishini so‘raydi.

Qurultoy ushbu qarorining amalga oshirish vazifasini qurultoy raisi, Umum Rusiya musulmonlari harbiy sho‘rosining raisi o‘rtoq Usmon Hidoyatovich To‘qumbetov va milliy parlament a’zosi Karim Muhamedshin Sagidovlarga yuklagan.

Xalq komissarlari Soveti Davlat umumiy kutubxonasida saqlanayotgan "œMuqaddas Usmon Qur’oni"ni darhol O’lka musulmonlari qurultoyiga topshirishga qaror qildi va Sizdan ushbu munosabat bilan tegishli farmoyishlarni amalga oshirishingizni so‘raydi.

Xalq komissarlari Sovetining raisi:
 V.Ulyanov (Lenin)
Sovetning ish boshqaruvchisi: Bon-Bruevich
 Kotib: N.Gorbunov
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 26 Iyul 2008, 14:05:00
O’sha oyda Mushafi Sharif Peterburgdan maxsus poezdda, askarlar faxriy qorovulligida, Rusiya musulmonlarining Ufa shahridagi markaziy idorasi qarorgohiga keltirildi. Ufa shahri vokzalidagi o‘sha kungi manzara Islomning naqadar buyukligini namoyish etdi. Diniy rahbarlar, hukumat arboblari, masjid imom-xatiblari, madrasa, insititut, universitet talabalari hamda shaharning erkagu ayol aholisi Qur’oni Karimni kutib olishga chiqqan edilar. Mushafi Usmoniyning musulmonlarga qaytarilishi haqidagi quvonchli xabarlar gazeta va jurnallarda e’lon qilindi. Toshkentda chiqadigan «Izhorul-haq» (Haqiqatni zohir qilish) jurnalining 1918 yil 18 yanvar sonida bosilgan maqolada Mushafning avvalgi makoni Samarqand shahri ekanligi ta’kidlanib, u o‘z o‘rniga qaytarilsa yaxshi bo‘lar edi, degan fikr olg‘a suriladi. «Mushaf uchun toshdan yasalgan maxsus lavh hanuzgacha o‘z o‘rnida bo‘sh turmoqda»— deyiladi.

Mashhur olim Muso Jorulloh o‘zining Petrogradda chiqadigan gazetasida shunday yozadi: "œXo‘ja Ahror masjididan ba’zi muftiylarning xiyonati oqibatida olib ketilgan Usmon Mushafi oxir-oqibat yana musulmonlar qo‘liga qaytib keldi. Agar Samarqandda qolganda murid-muxlis ziyoratchilar yoki ajnabiy sayyohlar tomonidan olib ketilib, bugunga kelib bir varag‘i ham qolmagan bo‘lur edi. Mushaf avvalda Xo‘ja Ahror masjidining vaqfi bo‘lganligi uchun Turkiston musulmonlarining talabi to‘g‘ridir. (Ushbu talab to‘g‘risida keyinroq so‘z yuritamiz. Muallif.) Ka’ba kaliti kabi amonatning o‘z egalariga qaytarilishi ularning isbot talab qilmaydigan haqlaridir. Lekin, ular Mushafni zarar tegmaydigan, xavfsiz joyda saqlashlik to‘g‘risida o‘ylashlari kerak. Mushaf bir kishining mulki emas, balki, u barcha musulmonlarga tegishlidir. Bugunga kelib Mushafning 552 varag‘i qolgan va taqriban yarmi ziyoratchilar tomonidan o‘g‘irlanib, talon-taroj qilish oqibatida yo‘qolgan. Hofiz Abdul Karim afandi Yunus kutubxonasida mana shu Mushafning bir necha varaqlari bor".
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 03:21:37
TURKISTON MUSULMONLARINING MUSHAFNI O‘ZLARIGA QAYTARISH TO‘G‘RISIDAGI TALABLARI
Ufa Diniya nazorati qarorgohida Mushafi Usmoniy 1924 yilgacha saqlandi. Rusiya musulmonlari barcha joylardan kelib uni ziyorat qilayotganliklari xabari Turkiston mintaqasidagi Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona musulmonlariga tarqaldi. Turkiston ahlining tarixiy merosi bo‘lgan Mushafning asl joyi Samarqand shahri ekanligini ko‘pchilik bilar edi. Shunga qaramay Ufa Diniya nazorati ashoblari Mushafni o‘z qaramog‘ida saqlayotgani hamda uning vorislariga shukrona aytib, xursandliklarini baham ko‘rish haqida lom-mim, demaganlari Mushafni o‘zlarida olib qolish niyatida ekanliklarini ko‘rsatar edi. O’zbekistonda o‘sha paytda ko‘zga ko‘ringan diniy arboblardan Shayxul Islom To‘raxon Maxdum Xo‘qandiy va boshqalar bilan Ufa diniya nazorati orasida ushbu masala yuzasidan yozishmalar davom etar va orada choparlar borib-kelib turar edi. Oxiri To‘raxon Maxdum o‘z hamrohlari bilan Moskva, Leningradga safar qilib, ikki oy mobaynida hukumat doiralariga qatnab, shu orada Lenin bilan uchrashdi va uni Mushafni O’zbekistonga yuborish uchun farmon chiqarish zarur ekanligiga qanoatlantirdi.

Shunday vaziyat davom etayotgan paytda Ufa shahrida qurultoy o‘tkazildi. Ushbu hodisa to‘g‘risida menga shayx Yusuf Jorulloh Al-Fanzoviy shunday hikoya qilib berdi: "œQurultoyda Turkiston mintaqasidan 75 vakil qatnashdi. Mushaf masalasiga kelganda o‘rtada janjal ko‘tarildi. Turkistonliklar tarafidan hatto baland ovozda: Mushafni qaytarmaslik o‘z birodarlari haqqiga zo‘ravonlikdan o‘zga narsa emas. Islomda bunday ishlar joiz emas!— degan gaplar aytildi. Xullas, gap ko‘p bo‘lib oqibat janjal-shovqingacha borib yetdi".

Inqilobdan keyin ta’sis topgan Toshkent va Sirdaryo viloyati musulmonlarining "œIslomiy jamiyat"i O’zbekiston musulmonlari nomidan hukumat doiralariga Mushafi Sharifni Turkistonga qaytarish to‘g‘risida murojaat qabul qildi. Ushbu murojaatni gazeta-jurnallarning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, Turkistondagi tarixiy muzeylar va qadimiy osor-atiqalar ishi bo‘yicha tuzilgan komitet o‘zining 1922 yil 18 fevraldagi qaroriga asosan o‘sha yilning 15 martida Sovet hukumatiga Mushafni Turkiston jumhuriyatiga qaytarish to‘g‘risida talabnoma topshirdi. Shundan so‘ng Mushafi Usmonni Turkistonga qaytarish to‘g‘risida 1923 yil 25 iyunda Oliy Sovet ijroqo‘mining qarori chiqdi. O’sha paytlarda Ufa diniya nazorati Rusiyadagi barcha musulmonlarning umumiy markazi deb e’tibor qilinar edi. Shu mavqe’idan foydalanib Mushafni olib qolmoqchi bo‘lgan diniya nazorati, hukumat qabul qilgan qaror asosida, oxiri, bu ishga rozilik bildirdi.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 03:32:27
1924 yil avgust oyida Islom jamiyati raisi Shayx Muhammadxo‘ja muftiy, Zahiriddin a’lam, hukumat vakili Saidqosim Xo‘jaev va boshqalar Ufa diniya nazoratiga borib, Mushafi Usmonni qabul qilib oldilar. Mushafni olib ketishda ularga Tataristonning ulug‘ ulamolaridan hazrat, shayx Rizouddin Faxruddin, shayx Abdulloh Sulaymoniy, shayx Abdurrahmon va boshqalar hamrohlik qildilar.

Mushaf maxsus vagonga ehtirom bilan olib chiqildi. Musulmon askarlardan tuzilgan faxriy qoravul vagonning chor atrofida turib keldi. Barcha shaharlarga bu haqda telegrammalar yuborildi. Temir yo‘lning Toshkentgacha bo‘lgan masofasida poezd qaysi bekatlarda to‘xtashi barcha gazetalarda e’lon qilingan edi. Har bir bekatda yig‘ilgan erkagu ayol musulmonlar poezd uzoqdan ko‘rinishi bilan to to‘xtagunga qadar uni takbir-tahlillar bilan kutib oldilar. Poezd to‘xtagach, xalq orasidagi eng mu’tabar kishilardan bir-ikkitalariga maxsus vagonga chiqib Mushafni ziyorat etib tushishga izn beriladi. Atrofdagi musulmonlar Mushafni ko‘rib, maxsus sandiqni o‘pib, ziyorat qilib chiqqanlarning qo‘llarini o‘pib, boshlaridan tavof qiladilar. Ko‘plar vagonga qo‘llarini tekkizib, yuzlariga siypar edilar. Hatto, bu xabarni eshitganlar, ayniqsa, Qozog‘iston cho‘llarida yashovchi musulmonlar temir yo‘l yonlari bo‘ylab oq o‘tovlar tikib, poezdni bir necha kunlab kutganlar. Bayramona kiyimlardagi son-sanoqsiz otliqlar poezdning ikki tomonidan dashtu cho‘llar bo‘ylab uzoq-uzoq manzillargacha ot choptirib kuzatib qo‘yishardi. Duoga ko‘tarilgan qo‘llar, olqishlar dillarni larzaga soladi, har bir musulmon uchun bir umr bo‘yi eslagulik, unitilmas lahzalar edi. Rasulullloh zamonlaridan qolgan merosga ehtirom shu qadar yuksak bo‘ldi.

Poezd shunday izzat-ikromda Toshkent shahriga kirib keldi. Vokzal behisob musulmonlar bilan to‘lgan edi. Oq sallali, soqollari ko‘ksiga tushgan nuroniy ulamolar, tabarruk otaxonlar xaloyiq orasidan peshvoz chiqadilar. Atrofdagi ming-minglab yoshu qari, erkagu ayol musulmonlar ulardan nigohlarini uzmay qarab turardilar. Mushafi sharifni boshlari uzra ko‘tarib chiqqanlar ko‘zga ko‘ringandanoq, barcha bir ovozda «Allohu Akbar! Allohu Akbar!...» deya, takbir aytib yuboradi. Uning sadosi butun vokzalni larzaga keltiradi. Odamlar ko‘zidan quvonch yoshlari oqar, ular dil hayajonlarini bosa olmas edilar. Alloh taoloning Kalomi sharifiga nisbatan e’tiborning naqadar buyukligi shunday namoyon bo‘ldi. Mushafi Usmoniyning uzoq yillik, ya’ni 50 yillik g‘ariblik safaridan yana O’zbekiston zaminiga qaytarilishi voqeasi 1924 yil 18 avgustda nihoyasiga yetdi.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 03:34:29
Mushafni navbatma-navbat boshlarida ko‘targanlaricha Islom jamiyati qoshidagi katta jome’ masjidga (Ko‘kaldosh madrasasi yonida) keltirib, maxsus tayyorlangan xonaga qo‘ydilar. U yerda mushaf ziyorati bir yilga yaqin davom etdi.

Mushafning qaytib kelishi munosabati bilan bir necha anjumanlar o‘tkazildi. Unda ulamolar, hukumat arboblari va qo‘shni o‘lkalardan kelgan vakillar qatnashib, tabrik so‘zlari so‘zladilar va yangi hukumatning xalq bilan bo‘ladigan aloqalari xususida ma’ruzalar qildilar.

Mushafni qaytarishga sa’yi ko‘shish qilganlardan o‘sha paytda Turkiston "œIslomiy sho‘ro jamiyati" ning raisi bo‘lgan va Sovet hukumati nazdida katta obro‘ga ega bo‘lgan shayxul-islom To‘raxon Maxdum Xo‘qandiy (1341 hijriy yilda Afg‘onistonda vafot etgan) bilan bir qatorda janob Murod qori Usmon Xo‘jaboy Toshkandiy o‘g‘lini ham zikr qilish lozim. Alloh ulardan rozi bo‘lsin, avlodlar ulardan doimo minnatdor.

Mushafi sharifning ko‘p marta o‘g‘irlik va talon-tarojga duchor bo‘lgani, yana bu hol qaytarilishi mumkinligi va boshqa xatarlarni hisobga olib uni Toshkent shahridagi yodgorliklar muzeyiga ko‘chirishni ma’qul ko‘rildi. O’shandan beri u mutaxasislar tomonidan osor-atiqalarni saqlash qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda, ko‘z qorachig‘iday temir sandiqda saqlandi. Chopon bozori yonida joylashgan ushbu muzey O’zbekistondagi birinchi muzeydur. Juda qadimiy asarlar jumlasiga mansub bo‘lganligidan 1926 yilda Mushafga alohida xona ajratildi. Muzeyga kelganlar Mushafi sharifni ko‘rishlari mumkin edi. 1956 yilda Pokistondan kelgan diniy delegatsiya, 1958 yilda Suriyadan kelgan delegatsiya va 1960 yilda Marokkodan kelgan delegatsiya va boshqalar Mushafni ziyorat qilganlar. Alloh taolo ularga Usmon Mushafini ziyorat qilishga muvaffaq etgani uchun shukronalar aytishar va o‘zlarining quvonchlarini izhor qilishar edi. Bu esa bizlarning Mushafga bo‘lgan muhabbatimizni, e’tiqodimizni va shodligimizni ziyoda qilar edi. Mushafi sharif ba’zi bir diniy anjumanlar munosabati bilan yig‘ilish bo‘layotgan joylarga ziyorat uchun olib kelinar edi. Keyinchalik mutaxassislar Mushafni havoga olib chiqilishi uning chirishini tezlatishi mumkinligi haqida ogohlantirib, uni tashqi muhit ta’sirlaridan muhofaza qiladigan kimyoviy moddalar yordamida, maxsus sandiqda saqlashni tavsiya qildilar.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 03:37:01
O’rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlarining diniy idorasi ta’sis topishi munosabati bilan 1943 yilda chaqirilgan qurultoyga Mushafi sharif olib kelindi va ziyorat marosimi uyushtirildi. Ikkinchi marta uning ziyoratiga 1948 yilda mazkur idoraning qurultoyi munosabati bilan muvaffaq bo‘lindi. Bir qancha yillar o‘tgandan so‘ng diniy idora fotografiya usuli bilan Mushafdan uch nusxa oldirdi. Ulardan biri Pokistonning sobiq prezidenti marshal Ayyubxonning diniy idora qarorgohiga 1964 yilda qilgan tashrifi munosabati bilan unga hadya qilindi. Ikkinchisi Hindistonning marhum sobiq prezidenti Zokir Husayn janoblariga tortiq qilindi. Diniy idoraning kutubxonasida (Bu kutubxonada nodir mushaflar, adabiy devonllar, qo‘lyozmalar va islomiy kitoblar mavjud) Peterburg arxeologiya instituti 1905 yilda oldirgan nusxalardan ikkitasi bor edi. Ulardan birini diniy idora Marokko podshohi Hasan II hazrati oliylariga tortiq qilgan. Bu nusxalar xorijga chiqishi natijasida Islom yurtlarida Usmon Mushafining bizda saqlanayotgani haqidagi xabar keng tarqaldi. Uning to‘g‘risida matbuotda maqolalar chiqa boshladi. Mushafi sharif sayohatchilar orasida ham mashhur bo‘ldi. Diniy idora bilan ko‘pgina xorijiy kutubxonalar, tashkilotlar, diniy va dunyoviy fan olimlari orasida yozishmalar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu munosabat bilan diniy idora Oliy hay’ati mazkur Mushafning tarixi to‘g‘risida bir kitob chop etishni va uni Islom olamidagi musulmon birodarlarimizga taqdim qilishni zarur, deb topdi. Chunki u Yer yuzining mag‘ribu mashrig‘idagi barcha Islom ahli uchun yagona manba’ va bebaho yodgorlikdur. U haqda keng ommaga e’lon qilish vojibdur, chunki u musulmonlar faxrlanadigan va e’zozlaydigan eng aziz durdonadur.

Diniy idora Oliy hay’ati Mushaf tarixiga taalluqli ma’lumotlarni, ayniqsa, uning Movarounnahrga kelishiga oid xabarlarni tadqiq qilishni va Usmon mushaflarining biri, ehtimol o‘sha hazrati Usmon tilovat qilib turganlarida shahid bo‘lgan Mushaf ekanligini aniqlash uchun ushbu kitobni yozish vazifasini kaminaga topshirdi.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 03:40:20
MUSHAFI USMONIYNING MOVAROUNNAHR O‘LKASIGA OLIB KELINISHINING BAYONI
Albatta, muhtaram kitobxonni bu Usmon Mushafi Movarounnahr diyoriga qachon, qaerdan va qanday qilib kelib qolganini bilish qiziqtirsa kerak.

Shuni bilingki, aziz o‘quvchi, arab jazirasida dini Islom zohir bo‘lganidan keyin, yarim asr ham o‘tmasdan arab fotihlari ushbu dini mubinni Movarounnahr diyoriga olib keldilar.

Sahobalar, tobiinlar va Islom g‘oziylari bilan birga kelgan ulamolar sa’yi ko‘shishlari natijasida, ushbu dinga e’tiqod qiluvchilar ko‘paydi va bu yerda islomiy hokimiyat vujudga keldi. Ana shu davrda Movarounnahrda madrasalar, masjidlar paydo bo‘ldi va diniy ilmlar, islomiy san’at markazlari vujudga keldi. Bu diyor olamga Buxoriy, Termiziy, Farobiy, Ibn Sino, Abu Lays Samarqandiy va Beruniy kabi allomalarni taqdim etdi. Dini Islom bu o‘lkada ajib bir suratda rivojlandi. Buxoro, Samarqand va boshqa katta shaharlar Islom huquqshunoslari, muhaddis, mufassir va boshqa fan olimlari, ayniqsa fiqh ilmi bilimdonlarining to‘planadigan joyiga aylandi.

Buning oqibatida arablar fathidan keyin, 6u yerlarda Abbosiylar xalifaligi va Islom podshohlari bilan do‘stona aloqalar paydo bo‘ldi. Xitoy chegaralarigacha bo‘lgan Movarounnahr, Islom diyorlari ichida eng buyuk va ilm urfon taraqqiy qilgan shavkatli o‘lkalardan hisoblanar edi. Tarix sahifalari bu o‘lkada sodir bo‘lgan ko‘p voqea-hodisalarga guvohdir. Asrlar davomida ko‘pgina ulamolar, ko‘zga ko‘ringan shaxslar, ayniqsa, arab mamlakatlaridagi ichki nizolar oqibatida hijrat qilgan zotlar ushbu o‘lkani vatan tutganlar. Siyosiy mushkilotlarga duchor bo‘lganlar, vatandan quvilganlar ham shu yerda boshpana topganlar.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 03:42:40
Hozir qo‘limizda yozma hujjatlar bo‘lmaganligi sababli, Usmon Mushafini diyorimizga kim, qachon va qanday qilib olib kelganligini asoslovchi yozma dalil bo‘lmasa-da, tarixchilarning Mushaflar to‘g‘risida bergan ma’lumotlariga suyanib, Mushafi Usmoniyning Movarounnahrda qanday paydo bo‘lganini izohlashimiz mumkin. Quyida mana shu ma’lumotlardan bir qanchasini sizning e’tiborlaringzga havola qilamiz:

1) Ibn Qutayba o‘zining tarix kitobida: "œHazrati Usmon uning tepasida shaxid bo‘lgan Bosh Mushaf o‘g‘illari Xolidga, so‘ngra uning avlodlariga meros bo‘lib qolgan edi. Shom ahlining mashoyixlari so‘ziga qaraganda shu Mushaf hozir Tus zaminida ekan",— deydilar.

2) Amin Xonjiy "œManjamul-Imron» kitobida (Ibn Batuta Basrada yodgorliklarni va Bosh Usmon Mushafini ko‘rganini zikr qilgandan keyin) shunday yozadi: "œUshbu Mushaf Basradan olib ketilib, Samarqandga so‘ngra Rusiyaga olib ketilgan. Hozir u Peterburgda imperator kutubxonasida".(134-135-betlar.)

3) Tarixchilar tatar xonalaridan bo‘lgan, Ulug‘ Saroy va Dashti qipchoq xoni Baraka xon bilan Misr sultoni Zohir Ruknuddin Beybars Bunduqdoriy Solihiy o‘rtasida paydo bo‘lgan do‘stlik, birodarlik va ular orasidagi yozishmalar, sovg‘alar, elchilar almashishi to‘grisida zikr qilib, shunday deydilar: Sulton Zohir Baraka xonga (Vafoti 665 hijriy sana, Chingizxon nabirasi, Jo‘jining o‘g‘li) hadyalar tayyorlash to‘g‘risida farmon berdi. Bu haqda bir maktub ham yozdi. Men o‘sha maktubni o‘qidim. Unda yozilishicha hadya bir mushaf bo‘lib, Usmon bin Affon (r.a.) xatidadur, deyiladi. Nuvayriyning aytishlaricha, hadya Usmon Mushaflaridan biri bo‘lib, zar iplar bilan tikilgan, qizil atlas g‘ilofli, ustidan duxobali muqova qilingan, uning yonida kumush tangachalar yopishtirilgan, obnus daraxti va fil suyagidan ishlangan lavh-kursiydan iborat edi.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 03:44:40
Shayx Muhammad Murod bin Abdulloh Ramziy-Bulg‘oriy-Makkiy (1940 milodiy yillarda sharqiy Turkistonda vafot qilgan) "œTalfiqul-axbor fi tarixi Qozon val-Bulg‘or" (Qozon va Bulg‘or tarixi to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar) kitobida shunday yozadi: "œUsmon bin Affon (r.a.)ning Mushafi deb, mashhur bo‘lgan va Samarqanddan Peterburgga olib ketilib, imperator kutubxonasiga qo‘yilgan Mushaf mana shu maktubda zikr qilingan Mushaf ekanligi haqiqatdan uzoq emas. Amir Temur To‘xtamishxon bilan urishib Saroyni olganda, o‘sha yerdan Mushafni Samarqandga olib ketgan bo‘lsa kerak. Mana shu faraz haqiqatga yaqin. Ba’zi birovlarning bu farazni dalilsiz inkor qilishlariga o‘rin yo‘q". (1jild, 443-bet.)

Bu yerdagi Shayx Ramziyning "œba’zi birovlar" degani "œNozuratul-haqqi fi farziyatil-’ishai va in lam tag‘ibish-shamsu" (Quyosh botmasa ham xufton farz ekanligiga haqiqat ko‘zi bilan qarash) kitobi va boshqa asarlarning muallifi, alloma Shahobuddin Marjoniy Qozoniyga taalluqlidir. U o‘zining "œAl-favoidul-muhimma" kitobida (61-6et) shunday yozadi: "œSamarqand va Buxoro ahllari o‘rtasida mashhur bo‘lgan Xo‘ja Ahror madrasasidagi mushaf Xalifa Usmonning o‘sha Mushafi, degan rivoyat yolg‘ondur. Uni Xo‘ja Ahrorning bobosi Abu Bakr Qaffol Shoshiy (vafoti 366 h.sana, Toshkent shahrida dafn qilingan) Bag‘doddan olib kelgan va u avlodlariga, pirovardida esa Xo‘ja Ubaydulloh Ahrorga meros bo‘lib qolgan emish. Rivoyatga binoan Xo‘ja Ahror Mushafni o‘z madrasasiga qo‘ygan. Bu Mushaf qadimiy tabarruk yodgorliklardan bo‘lsa-da, lekin quyidagi dalillarga binoan xalifaga xos bo‘lgan Bosh Mushaf emasdur. Abu Ubaydulloh Qosim bin Salom Bag‘dodiy "œlo" so‘zi satrning oxirida va "œhin" so‘zi ikkinchi satrning boshida yozilgan, degan. Men bu Mushafni Samarqanddaligida tekshirib chiqqanman va unda yuqoridagi xabarning teskarisini ko‘rdim, ya’ni, "œlo" satrning oxirida emas, "œqin" ikkinchi satrning boshida ham emas edi va "œto" harfi ham qo‘shib yozilmagan edi. Bu Mushaf ruslar Samarqandni hijriyning 1285 yilida zabt etganlaridan keyin Peterburg shahriga olib ketilgan. Ruslar bu asossiz ma’lumotni o‘shalardan (Samarqand ahlidan) olib, gazetalarga yozishgan. Mazkur ma’lumotlarning asossiz ekanligini isbotlab Qustantiniyyaning ba’zi gazetalari mening yordamimda maqolalar chop qildi". ( O’sha gazetalarning nomi: "œDaqoyiqul-vaqoyi’" ("œVoqealar haqiqati") 1289 h. yil 6-rabiul avval soni. "œBasirat" 1289 h. yil 15-safar. "œAl havodis" ("œHodisalar") gazetasi 1288 h. yil 25-zulhijja soni.)
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 03:48:32
"œUshbu Mushaf to‘g‘risida men o‘zimning "œVafiyatul-aslof" kitobimda shayx Abdurahim bin Usmon O’ttiz-imoniy (vafoti 1251 h.yil )tarjimai holini yozgan vaqtimda zikr qilganman", — deydilar Marjoniy. O’sha kitobda shunday yozilgan: "œShayx Abdurahim Samarqandga borib, Mushafni islohga muhtoj ekanligini ko‘rganlar. Shundan so‘ng varaqlarini, xatini isloh qilganlar, yo‘qolgan sahifalarni qaytadan yozganlar va teshilgan joylarini yamaganlar. Lekin, u kishi Mushafni asliga monand bo‘lishi uchun tirishmagan. Mana shu Mushaf to‘qqizinchi asr boshlarida Qohirada bo‘lgan. Mazkur davr Abu Bakr Qaffol Shoshiy, hatto, Shayx Ubaydulloh Ahror zamonlaridan ham ancha keyindur. Bu to‘g‘rida Ibn Jazariy va boshqalar zikr qilganlar". ("œTarjimatul-Marjoniy", 15-bet. )

Quyida esa Marjoniyning Qustantiniyyadagi gazetalar muharrirlariga yozgan xatining matnini (O’sha manba’, 216-bet)e’tiboringizga havola qilamiz:

"œSalomdan so‘ng ma’lum bo‘lsinki, Samarqand shahridagi Xo‘ja Ubaydulloh Ahror madrasasida hayvon terisiga kufiy xat bilan yozilgan, qadimiy bir mushaf bo‘lar edi. Unda i’rob, vaqf alomatlari, harflarning belgilari, oyatlarning boshi va oxirini bildiruvchi belgilar, suralarning ismlari yo‘q edi. Sahifalarning chetlarida shafaq rangidagi qizillik bor, uni qon izi deydilar. Samarqand va Buxoro ahllari bu mushaf hazrati Usmon (r.a.)ning o‘z Mushaflari, deb da’vo qiladilar. Ruslar Samarqandni istilo qilgach, uni Peterburgga olib ketdilar va gazetalarda «bu musulmonlarning O’sha Bosh Mushafi va uni hatto ulamolar xam o‘qiy olmaydilar, deb maqtandilar. O’ylashimcha, u qadimiy yodgorliklardan bo‘lsa-da, lekin Bosh Musxaf emas. Men uni Samarqandga 1260 yilda borganimda ko‘rgan va o‘qigan edim. Bundan o‘n besh yil avval, «Vafayotul-aslof» nomli kitobimning 1250 hijriy yilda vafot qilgan Mullo Abdurahim bin Usmon O’ttiz-imoniy hayotiga bag‘ishlangan qismida Mushafga tegiili fikrlarimni yozganman. Mana hozir sizlarga shuni tarjimasi bilan yubormoqdaman. Agar uni gazetalar va ilmiy nashrlar bosib chiqarsa yaxshi bo‘lardi. Chunki, unda hozir ruslar faxrlanib aytib yurgan gaplarga to‘liq javob bor. Men shayx O’ttiz-imoniy bilan Mushafni o‘qib chiqqanman va uni Bosh Mushaf emasligini bilganmiz. Agar yuborgan ma’lumotlarim bosib chiqarilsa, marhamatlarini darig‘ tutmasdan bu tomonga maqoladan bir necha nusxa yuborsangiz. Buxoro amirining elchisi Yahyo Xo‘jadan ruslar Mushaf to‘g‘risida so‘raganlarida, u o‘zlarining odatlariga ko‘ra hech bir dalil-isbotsiz bu o‘sha Bosh Mushaf, deb javob bergan. Ruslar bu xabarni gazetalarga yozib yuborganlar".
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 03:54:28
Marjoniyning bu fikriga qo‘shilgan boshqa bir fozil olim, ko‘plab asar va tadqiqotlar muallifi Muso afandi Jorullohdir. (1952 yilda Qohirada vafot etgan.) U o‘zining "œMovarounnahrga sayohat" nomli kitobida shunday yozadi: "œUsmon (r.a.) Mushafi, deb e’tiqod qilingan va hozir Peterburgda saqlanayotgan muborak Mushaf, avvalda Samarqanddagi Xo‘ja Ahror masjidida edi. Men uni Peterburgga qilgan ziyoratim chog‘ida ko‘rdim va uning Bosh Mushaf emasligini aniq bildim. Chunki, bu mushaf juda katta hajmli, Bosh Mushaf esa (olimlarning aytishicha) eniga ikki kaft barobarida va bo‘yiga bundan ko‘ra sal uzunroq ekan. Bu to‘g‘rida kitoblarda zikr qilingan. Shunga ko‘ra Usmon(r.a.) Mushafi o‘zimizning qo‘lyoema kitoblarimizdan sal kattaroq bo‘ladi va hech qachon Peterburg kutubxonasida saqlanayotgan mushaf hajmidagidek emas. Undan tashqari, Usmon (r.a.) Mushafi, u kishining shahodatlaridan keyin, g‘oyib bo‘lgan va u to‘g‘risida hech qanday xabar yo‘q. Faqat, ba’zi birovlar, u Usmon (r.a.)ning o‘gillari Xolidda edi, keyin nima bo‘lgani ma’lum emas, deydilar. Peterburg Mushafi Usmon (r.a.) Mushafi emasligi to‘g‘risida birinchilardan bo‘lib gapirgan ustoz Shahobuddin Marjoniydir". "œLekin u, deb davom etadi muallif, — bu fikrni asoslashda nishonga ura olmadi, balki mening o‘ylashimcha, xato qildi. Agar biz bu mushafning xati Bosh Mushaf xatiga muvofiq emasligini dalil qiladigan bo‘lsak, ish oson ko‘char edi. Chunki, Peterburg mushafining xati bir necha joylarda Bosh Mushaf xatiga to‘g‘ri kelmaydi". ("œTarjimatul-Marjoniy", 217-bet) Abu Ubaydning Samarqand mushafi Bosh Mushaf emasligi to‘grisidagi fikrini dalil qilgan Marjoniyning gaplari bir shart bilan haq bo‘lishi mumkin. Shart shuki, agar, Abu Ubayd aytgan so‘zi haq bo‘lsa. Vaholanki, uning aytgan gapini rad qiluvchilar bor. "œMavriduz-zam’on" (Tashnalar bulog‘i) kitobida Ad-Doniy Abu Ubaydning "œBosh Mushafda "œva lo tahina manos" dagi "œto" harfi "œhina" bilan qo‘shib yozilgan" degan rivoyatini zikr qilib, bu narsani jamiki diyorlardagi mushaflarning birortasida ham uchratmadik, deydi. Yuqorida zikr qilingan holat qadimiy mushaflarda mavjud bo‘lmaganligi uchun Abu Ubaydning bu rivoyatini ko‘pchilik rad qilgan.

Ibn Anboriy aytadilar: "œQadimiy va yangi mushaflarning hammasida "œto" harfi "œhina" so‘zidan ajratib yozilgan".

Nasir aytadilar: "œMushaflarning hammasida "œva lota" "œto" harfi bilan ya’ni, "œhina" dan ajratib yozilgan".

Ash-Shotibiy "œAl-Aqila"da: "œAbu Ubayd Bosh Mushafda "œva lo tahina" qo‘shib yozilgan deydilar, lekin, hamma buni inkor qiladi", deb yozadi.

Abu Dovud «Ithoful-fuzalo» kitobida: "œva lota hina"dagi qo‘shib yozishlik (vasl)ni inkor qilaman", deydilar.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 03:55:37
4) Mushafning merosxo‘r shayxlari Kaufmanga bu Mushaf Amir Temurning Samarqanddagi xazinasidan chiqqan, deb ochiq-oydin aytganlar. Bu haqda Mushafni Samarqanddan olib ketish paytida yozilgan hisobotda ham qayd qilingan.

5) Shayx va ulamolar quyidagi yana bir rivoyatni aytib berganlar: Xo‘ja Ubaydulloh Ahror rahimahulloh (vafotlari 895 h.y.) o‘zlarining bir guruh muridlari bilan Hijozga safar qilib, qaytishda muridlaridan biri Istanbulda qoladi. Uning tabobat ilmidan xabari bo‘lib, o‘sha yerda kasallarni davolay boshlaydi. U tezda mashhur bo‘lib ketadi. Mamlakatning podshohi kasal bo‘lib qolib, uni chaqirib keladilar. Podshoh shifo topib, sog‘ayib ketgach, unga tila tilagingni, deydi. Shunda murid unga hazrati Usmon (r.a.) Mushaflarini berilishini so‘raydi. Movarounnahr ahlining ushbu Mushaf to‘g‘risida xabarlari bor edi. Podshoh o‘ylanib qoladi va muridning talabini rad qilmoqchi bo‘ladi. Lekin, vazirlardan biri va’daga vafo qilmaslik podshohlarga loyiq ish emas, bugun Mushafni unga berib, ertaga biron narsa evaziga yana qaytarib olish mumkin, deydi. Shunda podshoh Mushafni xazinadan olib chiqib, muridga berishlikka farmon beradi. Fursatni g‘animat bilgan murid darhol Mushafni o‘z odamlari orqali Xo‘ja Ubaydulloh Ahrorga hadya sifatida jo‘natadi. Bir necha kun o‘tgach, haligi vazir muridning oldiga kelib, unga javohiru oltinlar berib, Mushafni qaytarib berishlikka ko‘ndirmoqchi bo‘ladi. Lekin, murid uzr aytib: "œMushafga bo‘lgan buyuk hurmatim tufayli uni vatanimga yubordim" deydi. Buni eshitgan podshoh nihoyatda g‘azablanib, Mushafni olib ketganlar orqasidan odam yuboradi. Lekin, uning barcha harakatlari zoe ketgach, taqdirga tan beradi. Mushaf Toshkentga, Xo‘ja Ubaydulloh Ahrorga yetib keladi. U zot Samarqandga hijrat qilganlarida u yerda masjid va madrasa qurib, Mushafni madrasaga qo‘ydirtiradilar.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 03:56:58
6) Mushafi Usmoniyning diyorimizga kelishiga oid rivoyatlardan yana biri, shayx Abu Ahmad Muhammad qozi Andijoniy-Shoshiyning «Silsilatul-orifin» nomli kitoblaridadur. Ul zot Xo‘ja Ahror valiyning xalifalaridan bo‘lib, shunday yozadilar:

364 hijriy yilda vafot qilgan Abu Bakr Muhammad bin Ali Qaffol Shoshiy al-Kabir shofi’iy mazhabining mashhur ulamolaridan bo‘lib, o‘zlari tug‘ilgan Shosh (Toshkent) shahrida istiqomat qilar edilar. U zot ko‘p marotaba hajga safar qilib, borishda va qaytishda Bag‘dodga kirib o‘tar edilar. Aksar ilmlarini shu shaharda olgan edilar. Bir galgi safarlarida Bag‘dodga kelsalar, ulamolarning nihoyatda sarosimada ekanligini ko‘radilar. Chunki, Rum podshohi Qaysar arab tilida xalifaga bir ajoyib qasida yuborib, yo shu qasidaga munosib javob yozinglar, yo har yili o‘lpon to‘laysizlar yoki urushga tayyorlanaveringlar, deb talab qilgan edi. O’sha paytda ularning Rum bilan urushishga imkonlari yo‘qligi, va talab qilingan o‘lponni to‘lash uchun yetarli mablag‘lari bo‘lmaganligidan, qasidaga javob yozishga majbur bo‘ldilar. Bag‘dodning jamiki ulamo va fozillari yig‘ildilar. Lekin, ular o‘sha qasidaga mos keladigan javob yozishga ojiz bo‘lib turgan edilar. Rum elchisi esa ularni shoshiltirar edi. Shayx Bag‘dodga kirib kelganlarida, turklar yurtidan Bag‘dodga bir zabardast olim kelibdi, degan xabar tarqaldi. Xalifa odam yuborib, u kishi javob qasidasi yozsalar, evaziga xohlagan narsalarini berishligini aytadi. Shayx rozi bo‘lib, shunday deydilar: "œMen bu vazifani sizlar uchun ado etayapman, lekin, bir shartim bor. U ham bo‘lsa, oldin menga hazrati Usmon Mushaflarini berasizlar". Birmuncha taradduddan so‘ng bu talabga rozi bo‘ladilar va Mushafni shayxga beradilar.

Shayx Mushafni olib, xuddi oldingi rivoyatdagi kabi, murid qilgan ishni qiladilar. Shundan bir necha kun o‘tgach shayx qasidaning javobini e’lon qiladilar.

"At-Tabaqotish-shofi’iyya" kitobida alloma Sabkiy ham Rum podshohi tomonidan Islomga qarshi ayb, tuhmatlarga to‘la va boshqalarni madh etuvchi bir qasida yuborilganini, unga shayx Qaffol Shoshiy javob berganliklarini zikr qiladi. Shuningdek, shayx boshqa bir qasida yozib, unda nasroniylarni sharmanda qildi, deb rivoyat qiladi Sabkiy. Lekin unda (ya’ni rivoyatda) Mushafi Usmoniy zikr qilinmagan.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 03:59:29
7) Rivoyatlardan yana biri «Samariyya» deb atalgan Samarqand tarixiga oid kitobda zikr qilingandir. Unda aytilishicha, Xo‘ja Abdi Darun (Samarqandda dafn qilingan Shayx Abdulloh. U kishining qabrlari ustidagi maqbara qubbali bo‘lib, tabarrukona ziyorat qilinadi va qabr yonida qadimiy masjid va hujralar bor) mashhur ulamolardan bo‘lib, Samarqand qozisi edilar. Xo‘ja Abdi Darun Movarounnahr fotihlarining ilk guruh boshlig‘i va Usmon(r.a.)ning kuyovlari Saidning avlodlaridandir. Mushafi Usmoniyni bu diyorga olib kelgan ham mana shu Said bo‘ladilar. Samarqandni birinchi marta fath qilgan zotdurlar. Yurishlarini "œQarocha" degan joygacha davom ettirganlar.

8. Bu rivoyat Bayrutdagi "œAndalus" nashriyotida bosib chiqarilgan Ibn Kasirning "œFazoilul Qur’on" nomli kitobining hoshiyasiga yozilgan. Unda Rusiya podshohlari qo‘lida bo‘lgan Usmon Mushafi bolsheviklar tomonidan Buxoro amiriga tuhfa qilingan deyiladi. Tuhfa qilishdan oldin Mushafdan fotografiya asboblari yordamida nusxalar olingan, deb yoziladi mazkur manba’da. Ammo, Mushafning asli yo‘lda yo‘qolib, amirga yetib kelmagan, deb xabar beriladi.

9) Rivoyatlarning yana birini Umar Rizo hazratlari o‘zlarining "œMal-Qur’on" nomli kitoblarida zikr qilganlar. Islom olamida mavjud bo‘lgan Usmon Mushaflarini birma-bir sanab o‘tib, Umar Rizo quyidagilarni aytadilar: "œXuddi shunday Mushaflardan biri 1904 yilda Buxorodan Moskvaga olib ketilib, bir muddat o‘tgach, yana Buxoroga qaytarilgan edi. Bolsheviklar Turkistonda hokimiyatni qo‘lga olganlaridan keyin, uni ikkinchi marta yana Moskvaga olib ketdilar. Lekin musulmonlarning uni qaytarish uchun qilgan sa’yu harakatlari va jiddu jahdlari muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Aytishlariga qaraganda bu nusxa Abu Bakr Shoshiy tomonlaridan olib kelingan bo‘lib, keyinchalik Xo‘ja Ahror Valiy qabrlari yoniga qo‘yilgan emish. Bolsheviklar uni o‘sha yerdan olganlar, deyishadi".
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 05:08:59
Shu narsaga e’tibor qilingki, aziz o‘quvchi, Umar Rizo zikr qilgan rivoyat ham, "œFazoilul Qur’on" hoshiyasiga yozilgan xabar ham shuningdek, professor Subhi Solihning "œAl-Mabohis" kitobida yozgan va biz yuqorida zikr qilgan "œMushaf keyinchalik Angliyaga olib ketilgan" degan fikrlari ham juda chalkash xabarlardir. Haqiqatga eng yaqini biz hikoya qilib bergan Mushafning Samarqanddan Peterburgga olib ketilishi va keyin Toshkentga qaytarib olib kelinishi haqidagi rivoyatdir.

Muhtaram kitobxon, biz sizga eshitganlarimizni hammasini ma’lum qildik. Mushafi sharifning asli va uni qay yo‘sinda bizga yetib kelgani haqidagi o‘qigan rivoyat va xabarlarimizni naql etdik. Ular to‘qqiz rivoyatdan iboratdir. Endi ularning har biri to‘g‘risida alohida so‘z yuritib, nimaga dalolat qilishligi to‘g‘risida ta’liq (tushuntirish) beramiz.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 05:15:41
Birinchi. Ibn Qutaybaning Mushaf Tus shahrida ekanligi haqidagi xabariga "œSamarqand tarixi"dagi Usmon (r.a.)ning kuyovlari Said Mushafni 54 hijriy sanada Samarqandga olib kelgan, degan rivoyatni bog‘lab, Mushaf o‘sha paytdan beri Samarqandda bo‘lgan desak, to‘g‘ri da’vo qilgan bo‘lamiz. Bu fikrni Imom Molikning: "œBosh Mushaf "œXonadon voqe’asi" dan keyin Madinadan g‘oib bo‘lgan va men uning haqida hidoyat murshidlaridan bironta ham xabar eshitmadim", degan gaplari ham quvvatlaydi.

Ikkinchi. Muhammad Amin Xonjiy "œManjamul-Umron» kitobida Ibn Batutaning Basrada Hazrati Usmon Bosh Mushafini ko‘rganligi haqida zikr qiladi. Bu Mushaf keyinchalik Samarqandga, undan so‘ng Peterburgga olib ketilgan, deyiladi. Mushafni Basradan Shomni istilo qilgan Amir Temur olib ketgan.

Ibn Batuta o‘zining "œTuhfatun-nuzzor" kitobida, Shom mamlakatlariga qilgan ziyorati chog‘ida Damashqdagi Umaviylar jomi’ida kufiy Mushafni ko‘rganligini va yana bir shunday Mushafni Basrada hazrati Ali(k.v.) masjidlarida ko‘rganligini yozadi. Damashqdagi Mushaf Temur istilosi paytida yonib ketgan, Basradagisi esa Samarqandga olib ketilgan. Bu fikrga rus olimi Shebunin o‘zining «Kufiy Qur’on» nomli kitobida ham moyillik bildiradi. Ibn Batutaning Shom mamlakatlariga qilgan ziyorati Amir Temur yurishlaridan avval bo‘lgan edi. Ko‘rinib turibdiki, bu yerda hech qanday chalkashlik yo‘q.

Uchinchi. Tarixchilarning O’rda xonlari va Misr sultonlari orasida vujudga kelgan aloqalar, ularning bir-birlariga qimmatbaho, nihoyatda qadrli hadyalar berib turganliklari haqidagi xabarlari mavjud. Hadyalar orasida Usmon Mushafi ham borligi zikr qilinadi. Manbalar turli zamonlarda Qohirada bir necha Usmon Mushaflari bo‘lganligidan xabar beradi. Tarixchilar Mushaflarning qanday qilib Misrga kelib qolganini bayon qiladilar va ularning Usmon (r.a.) har xil yurtlarga yubortirgan Mushaflari ekanligini quvvatlaydilar.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 05:20:36
Aziz o‘quvchi, ehtimol siz shunday muqaddas Mushafi sharif podshohlar xazinasidan chiqarib, hadya qilib yuborilishiga ishonmassiz. Lekin, o‘sha paytda Oltin O’rda va Misr mamlakatlari orasida mustahkam aloqa, chinakam do‘stlik o‘rnatish naqadar zarur edi, chunki, o‘sha paytda qonxo‘r Helaku Misrdan o‘ch olish uchun va Islom yurtlarini yana bir marta talon-taroj qilish uchun Rum bilan ittifoq tuzgan edi. Buning aksi o‘laroq, Baraka xon Allohning hohishi bilan Islomga kirgan va unga nihoyatda muhabbat qo‘ygan bo‘lib, Helakuga xavf solib turar edi. Shuning uchun u yuqorida zikr qilingan qimmatbaho va qadrli hadyaga loyiq edi. Bu rivoyat mantiqqa to‘g‘ri keladi va undan qalb taskin topadi.

Yuqorida shayx Murod Ramziy, ushbu mushaf Bosh Mushaf ham emas, har xil o‘lkalarga yuborilgan Usmon Mushaflarining biri ham emas, degan Marjoniyning fikrini rad etgani aytildi. Bunda u Abu Ubayd rivoyatiga qarshi chiqqan ulamolarning so‘zlarini dalil qiladi. (3-rivoyatga qaralsin).

To‘rtinchi. Samarqand ulamolari, shu jumladan elchi Yahyo Xo‘ja Buxoriyning Mushaf Amir Temur xazinasidan yoki kutubxonasidan chiqqan, degan bayonlari. Ikkinchi rivoyatda Amir Temur uni Basradan olib Samarqandga keltirgan, deyiladi. Agar Amir Temurning shon-shavkati, qudrati, uning tutgan mavqeini hisobga olsak, bu rivoyat ham haqiqatga to‘g‘ri keladi. Chunki, Mushafi Usmoniydek oliy iftixor manbai Temurning mulkidan chetda qolishi mumkin emas edi. O’sha ulamolarning e’tiroficha, bu Mushaf Samarqandda to‘rt yuz yildan beri mavjud bo‘lgan.

Beshinchi. Xo‘ja Ahror valiy muridlari Sulton Boyazidni davolab, evaziga Usmoniylar xazinasidagi Mushafni olib kelgan, degan rivoyat.

Oltinchi. Mushafni shayx Abu Bakr Qaffol Shoshiy Bag‘dod xalifalari xazinasidan olib kelganligi haqidagi rivoyat. Bu rivoyatni shayx Muhammad qozi Shoshiy (Xo‘ja Ahrorning xalifalaridan bo‘lib, Toshkent shahrining qozisi edilar. Qozilik ishlarini yuritib turgan masjid hozir ham bor. Bir necha ahli ilm oilalar o‘zlarini u kishiga mansub deb sanaydilar) o‘zlarining. «Silsilatul-Orifin» nomli kitoblarida keltirganlar. Taajjublanarli joyi shuki, shayx Xo‘ja Ahrorning xalifalari bo‘lishliklariga va mazkur kitob Xo‘ja Ahrorning manoqiblari to‘g‘risida bo‘lishiga qaramasdan, Mushafi Usmoniy to‘g‘risida gap ketganda Xo‘ja Ahrorni zikr qilmaydilar, balki uni Imom Qaffol Kabiri Shoshiy olib kelganlar, deydilar. Shayx Muhammad qozi, shuningdek, «Mushaf Imom Qaffol zamonlarida Toshkentda mavjud edi. Xorazmshoh Toshkent shahrini xarob qilgan kezlarda, u Abu Muso mahallasida saqlanar edi. Shundan keyin g‘oib bo‘lgan», deydilar. Agar Mushaf qozi Muhammad zamonlarida mavjud bo‘lib, Xo‘ja Ahror uni Samarqandga olib ketganlarida, qozi Muhammad buni Xo‘ja Ahrorning manoqiblari sifatida, albatta, zikr qilgan bo‘lar edilar.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 05:23:37
Menga Toshkent ulamolaridan Fozilxo‘ja domla janob muftiy Ziyouddinxonning otalari, shayximiz, marhum Eshon Boboxon hazratlaridan shunday naql qildilar: "œHozirgi kunda mazkur mahalla imom Qaffol Shoshiy maqbaralari yaqinidagi Qa’ni mahallasidur. Mushaf shu mahallaning hozir mavjud bo‘lgan masjidida saqlangan".

Yana ajablanarli narsa shuki, shayx Ali bin Husayn Koshifiy Xo‘ja Ahror manoqiblari haqida katta bir kitob tasnif qilib, Mushafi Usmoniy haqida biror og‘iz gap aytmaganlar. Vaholanki, Koshifiy u zotning xizmatlarida mulozim bo‘lib, shayxning holatlariga tegishli har bir katta-yu kichik voqealarni sanab o‘tganlar. Mushafi Usmoniydek iftixorga bois shunday ulug‘ mulkni aytmay o‘tishlari ehtimoldan nihoyatda uzoq.

Bunday ulug‘ meros u kishiga va Xo‘ja Ahrorning boshqa yaqinlariga maxfiy bo‘lishi ham mumkin emas. Uni kitoblarida unutib qoldirgan bo‘lishlari ham mumkin emas, chunki Koshifiy «Silsilatul-Orifin» kitobida shayx Muhammad qozi zikr qilmagan Xo‘ja Ahrorning tarixlari va hayotlariga oid narsalarni ham o‘z kitoblariga kirg‘izganlar. Bundan kelib chiqadiki, Mushaf Xo‘ja Ahrorning vafotlaridan keyin u kishining masjidlariga qo‘yilib, u ana shu zotga mansub, deyilgan. Shuningdek, Mushafni Istanbuldan olib kelgan murid qissasi to‘qib chiqarilgan. Qaffol Shoshiyning Mushafni Bag‘doddan olib kelishlari qissasi hammaga ma’lum bo‘lganidan, Xo‘ja Ahror Valiyni u kishining merosxo‘r avlodlaridan va Xo‘ja Ahror Mushafni Toshkentdan Samarqandga olib ketganlar, degan rivoyat ham shu jumladandir. Agar bu rivoyatlar to‘g‘ri bo‘lganda, yuqorida zikr qilingan ikki zabardast shayx Xo‘ja Ahrorning hayotlik paytlarida yozgan o‘z kitoblarida, albatta, zikr qilgan bo‘lur edilar. Mushafni Bag‘doddan Qaffol Shoshiy olib kelganliklari to‘g‘risidagi xabar ham haqiqatdan uzoq.

Yettinchi. «Samariyya»dagi rivoyat muqaddam zikr qilingan Ibn Qutaybaning rivoyatiga mos tushadi.

Sakkizinchi va to‘qqizinchi. Bu ikki rivoyat Samarqand Mushafining chet el matbuotida Usmon Mushaflarining biri, deb mashhur bo‘lganligiga dalolat qiladi.

Aziz o‘quvchi, bu rivoyatlarni diyorimizda saqlanayotgan Mushafning turli yurtlarga yuborilgan Usmon Mushaflaridan biri ekanligiga sizni qanoatlantirish uchun xizmat qiladigan dalil va farazlar sifatida hikoya qilib berdik. Biz uni xuddi Usha Bosh Mushaf, deb da’vo qilmadik. Chunki, bunday da’voni isbotlash uchun aniq hujjat va dalil kerak bo‘ladi. Biz uchun uning har xil yurtlarga yuborilgan Usmon Mushaflarining biri ekanligini isbotlashning o‘zi kifoya. Chunki, o‘sha olti yoki yetti Mushaflarning birbiridan farqi yo‘q va biri ikkinchisiga nisbatan imtiyozli emas, balki, ularning hammasi barobar hazrati Usmon (r.a.)ga mansubdir.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 05:25:02
Biz o‘z da’vomizni isbotlashda mazkur rivoyatlar bilan chegaralanib qolmaymiz. Balki, Mushafi sharifning yozuvida, harflarining shaklida va uni yozilgan matoda fikrimizga dalil bo‘luvchi holatlarni ko‘ramiz. Jumladan, u hijriy I asrning birinchi yarmida rivojlangan xat san’ati va ziynatlardan xoli bo‘lgan, sodda xatda yozilgan. Shuningdek, u 67 hijriy sanada Abul Asvad Ad-Duvaliy shaklni farqlash uchun ishlab chiqqan qizil nuqtalardan ham xolidur.

Buning ustiga Mushaf kiyik terisiga yozilgan. Terining ishlatilishi o‘sha paytda qog‘oz bo‘lmaganligidan dalolat beradi. Bu esa o‘z navbatida Mushaf II hijriy asrda, Xuroson qog‘ozi paydo bo‘lmasdan oldin yozilganligiga dalolat qiladi. Yana unda Hajjojning farmoni bilan Nasr bin Osim Laysiy ishlab chiqqan qora nuqta va belgilar ham yo‘q. Bu esa Mushafning hijriy 80yillardan oldin yozilganligini isbotlaydi. Chunki, Nasr bin Osim 89 hijriy yilda, Basrada vafot qilgan. Mushafi Usmoniyning yozuviga taalluqli xabarlar muqaddam bayon qilindi. Mana shu ilmiy-tarixiy izlanishlar Mushafning hijriy I asrning avvalgi yarmiga mansubligidan dalolat beradi. Demak, mana shu sana bilan Usmon Mushaflarining har xil yurtlarga yuborilish sanasi orasida ozgina farq qoldi.

Bu bilan biz Xulofoi Roshidinlar zamonasiga yaqinlashib, Mushafning ana shu davrga oidligini belgilasak va bu ma’lumotga diyorimizda mashhur bo‘lgan Mushafning hazrati Usmonga mansub ekanligi to‘g‘risidagi asrlar osha kelayotgan naqlni birlashtirsak (chunki mansublikni inkor qiladigan quruq gapdan boshqa hech qanday muhim dalil yo‘q) hech shubhalanmasdan, bizning Mushafimiz Usmon Mushaflaridan biri, deya olamiz. Isbot qilguvchi inkor qiluvchidan muqaddamdur, deyilgan. Vallohu a’lam.

Shunday qilib, ushbu kitobda jam qilmoqchi va aytmoqchi bo‘lgan gaplarim nihoyasiga yetdi. Ishlarimning ko‘pligidan, vaqtim yetishmaganligi tufayli, bu ulug‘ vazifani maqomiga yarasha bajarish uchun kerakli manba’larga va ilm buloqlariga yetarli darajada murojaat qila olmaganim uchun uzr so‘rayman.

Imonim komilki, bu ishni kelajakda davom ettiruvchi biz zikr qilmagan ko‘p ma’lumotlarni topadi, inshoalloh. Alloh taolo O’zi yaxshi ko‘rgan va O’zi rozi bo‘ladigan ishlarga bizlarni muvaffaq qilsun, payg‘ambarimiz Muhammad (a.s.)ga va ul zotning ashoblariga salovotu salomlar bo‘lsin.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 05:26:34
Ushbu kitobning musahhihi — Yaratuvchi
rabbining bandasi
Muxtor Abdulloh al-Buxoriy so‘zlari

Solih amallarni O’z ne’mati bilan nihoyasiga yetakazadigan Allohga hamd bo‘lsin! Alloh taolo Qur’on oyatlarini nozil qilgan Payg‘ambarimizga, ilm bulog‘i, yaxshiliklar manbai bo‘lgan ul zotning avlodlari va sahobalariga salomu salovatlar bo‘lsin.

Samarqand Usmon Mushafiga taalluqli rivoyat va xabarlarning duru javohirlarini o‘z ichiga olgan, ushbu nodir kitob bosmadan chiqdi. U tarix sahifalariga zarhal harflar bilan yozilishga va qalblarga nur ila kirishga loyiqdur. Chunki, u asrlar davomida odamlar nazaridan uzoqda bo‘lgan va ular ko‘zidan yashirilgan Usmon Mushafi shariflarining yuzidan pardani ko‘tardi. Kitobni 1391 hijriy yilda O’rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining rais noiblari shayx Ismoil Maxdum bin shayx Mullo Sotti Oxund Namangoniy tasnif qildilar. Kitob O’rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining mablag‘iga Toshkent xukumat bosmaxonasida chop qilindi.

Alloh Subhonahu va taolo
u orqali musulmonlarni naf’lantirsin.
Omin!


(Kitobning tarjimasi 1995 yil 8 martda nihoyasiga yetdi).
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 05:29:09
MUALLIF HAQIDA

Shayx Ismoil Maxdum 1893 yil Namangan shahrida diniy oilada tavallud topdilar. Otalari Mullo Sotti Oxund Mullo Abduroziq Oxund o‘g‘li o‘z zamonasining mashhur ulamolaridan bo‘lib, Namangan shahrida uzoq yillar Hazrati Hizr masjidida imomlik qilib, masjid qoshidagi madrasada dars ham berganlar. Oilada besh o‘g‘il, uch qiz bo‘lib, Ismoil Maxdum ikkinchi farzand edilar. Akalari Ibrohim Maxdum va ukalari Ishoq Maxdumlar ilm sohiblari bo‘lish bilan birga murattab qoriy sifatida O’zbekistonning bir qancha masjidlarida uzoq yillar davomida imom-xatiblik vazifasida xizmat qilishgan.

Ismoil Maxdum boshlang‘ich ma’lumotni o‘z otalari va mahalliy diniy maktabda oldilar. O’n uch yoshlarida Namangondagi mashhur G’ofir qori domlada Qur’oni Karimni to‘la hatm qilib, yod oldilar va ko‘zga ko‘ringan hofizi Kalomullohlardan bo‘ldilar. Mullo Qirg‘iz madrasasida tahsil ko‘rgan talabalar orasida o‘zlarining zehn va muhofaza quvvatlari bilan ajralib turar edilar. Ismoil Maxdum mashhur Sobitxon To‘ra va boshqa ustozlardan tafsir, hadis, fikh, sarfu nahv va balog‘at fanlaridan dars oldilar.

1943 yili O'rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasini tashkil qilishda, masjidlar va 1974 yilga qadar sobiq Sho‘rolar ittifoqida yagona diniy o‘quv yurti bo‘lgan Buxoro "œMir Arab" madrasasini ochishda Ismoil Maxdum faol qatnashdilar. 1943 yilda diniy idoraning birinchi raislari muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon boshchiliklaridagi birinchi haj safarida ishtirok qildilar. Bu Sho‘rolar davrida ruxsat etilgan ilk haj safari edi.

Shayx Ismoil Maxdumni haj safaridan qaytganlaridan keyin, Namangondagi "œShayx Eshon" masjidida minglab musulmonlar zo‘r hayajon bilan kutib olishganining shohidi bo‘lganman. Shu yillarda Ismoil Maxdum Namangon shahridagi "œShayx Eshon" masjidida imom-xatib bo‘lib ishlab, 1952 yildan boshlab O’rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasida muhtasib, undan so‘ng Buxorodagi "œMir Arab" madrasasida mudir bo‘lib ishladilar. 1957 yildan to hayotlarining oxiriga qadar idora raisi noibi — qoziy lavozimida xizmat qildilar. Shu muddat davomida diniy idora faoliyatining barcha sohalariga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib keldilar. Ismoil Maxdum Buxorodagi "œMir Arab" madrasasi, so‘ngra 1974 yilda tashkil etilgan Toshkentdagi "œImom Buxoriy" nomli oliy madrasadagi ta’lim-tarbiya ishlariga katta e’tibor berib, umrlarining oxirigacha mazkur oliy madrasada talabalarga tafsir, hadis, fiqh va boshqa diniy fanlardan dars berishni to‘xtatmadilar. U zotdan saboq olgan ko‘plab talabalar hozirgi kunda Markaziy Osiyo jumhuriyatlarida, Rusiyaning Tatariston, Boshqirdiston va boshqa mintaqalarida, Ozarbayjonda yuqori diniy lavozimlarda ishlab kelmoqdalar. Umrlarining oxirigacha diniy idora taqvimi (kalendari)ni tuzib, uni nashr qildirib turdilar.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 05:30:22
Diniy idora tomonidan bir necha marta chop etilgan Qur’oni Karim nashrlarini tayyorlashda Ismoil Maxdum tahrir ishlariga boshchilik qilganlar. Muftiy noiblari bo‘lmish yuqori lavozimda ishlash davrlarida chet mamlakatlar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish maqsadida Osiyo, Afriqo va Ovro‘po mamlakatlariga qilingan amaliy safarlar va rasmiy guruhlar tarkibida ishtirok etib, u yerdagi yirik diniy muassasalar rahbarlari, davlat arboblari, ko‘zga ko‘ringan diniy ulamolar va jamoat namayondalari bilan uchrashib, diniy idora bilan bordi-keldi va maktublar almashish ishlariga asos solinishiga Ismoil Maxdum katta hissa qo‘shdilar.

Shayx Ismoil Maxdumning musulmonlar hayotiga oid diniy dolzarb masalalarni hal etish va fatvolar ishlab chiqishdagi xizmatlari ham katta bo‘lgan. Ko‘p masalalarni kitob ko‘rmay, o‘z o‘rnida hal qilib berardilar. «Sovet sharqi musulmonlari» jurnalining ta’sis etilishida jonkuyarlardan biri bo‘lish bilan birga, jurnal sahifalarida u kishining tafsir, hadis va fiqhga oid maqolalari muntazam bosilib turar edi. Shayx Ismoil Maxdum olti marta hojilarga bosh bo‘lib, muborak haj safarini ado etgan tabarruk inson edilar.

Shayx Ismoil Maxdum 1976 yil 22 yanvarda Toshkentda vafot etdilar.

Janozalarini Namangon shahridagi "œShayx Eshon" masjidida O’rta Osiyo va Qozog‘iston diniy idorasining raisi Muftiy Ziyouddinxon ibn Eshon Boboxon hazratlari o‘qidilar. Jum’a kunidagi ushbu janozada va dafn marosimida minglab odamlar ishtirok qildilar. Unda O’rta Osiyo va Qozog‘iston jumhuriyatlaridan ham ko‘plab ulamolar hozir bo‘lgan edilar.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 05:32:06
O’zbekistonimiz istiqlolga erishib, mustaqillik tufayli diyorimizdan yetishib chiqqan mashhur fidoiy insonlar, shu jumladan din arboblari ham munosib taqdirlanmoqdalar. Namangan ahli va shahar hokimiyati rahbariyati tomonidan Shayx Ismoil Maxdum xizmatlarini e’tiborga olinib, u kishi tug‘ilib o‘sgan ko‘chaga va shu ko‘chadagi masjidga shayx Ismoil Maxdum nomlari berildi.

Shayx Ismoil Maxdum nafaqat diniy arbob, balki, arab, fors va qadimgi o‘zbek tillarini mukammal bilgan, arab, eron va O’rta Osiyo xalqlari tarixi, madaniyati va adabiyoti bo‘yicha mutaxassis edilar. Bulardan tashqari tabobat, falsafa, ilmi hay’at (astranomiya)ga oid manbalarning ham bilimdoni edilar. Qadimiy tabobat usuli asosida doridarmon tayyorlash, ya’ni tabiblik ham u kishining qo‘lidan kelar edi. Ismoil Maxdum O’zbekiston FA akademigi I.M.Mo‘minov, shu akademiya Sharqshunoslik institutining mashhur olimlari, akademiyaning muxbir a’zolari U. Karimov, P.G.Bulgakov, ToshDU sharq fakulteti dotsenti, «Arab tili darsligi» (rus tilida) muallifi, marhum B.Z.Xolidovlar bilan yaqin munosabatda bo‘lganlar. Mumiyo haqidagi asar muallifi M.Muminov ham Ismoil Maxdumdan ko‘p maslahatlar olgan. Men o‘zim ham u janob bilan yaqin muloqotda bo‘lib, Abu Mansur Saolibiyning (961/1038) «Yatimat ad-dahr» tazkirasini arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda ko‘p maslahatlarini olganman va bilim doiralari qanchalik kengligining shohidi bo‘lganman.

Shayx Ismoil Maxdum hayotlari asosan din qattiq ta’qib ostiga olingan, dindorlar qatag‘on va quvg‘in qilingan Sho‘ro tuzumi davrida o‘tdi. Lekin u kishining nomi din yo‘lida jonbozlik ko‘rsatib, o‘z hayotini Islom yo‘liga bag‘ishlagan muftiylar Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon va Ziyouddinxon ibn Eshon Boboxon kabi zotlar qatorida zikr qilinishiga sazovordir. Alloh ul zotlarni rahmat qilgan bo‘lsin.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 05:35:45
***

70-yillarda Ismoil Maxdum hazratlari men ishlab turgan Sharqshunoslik ilmgohiga kelib: "œIsmatulloh, men Toshkentda saqlanayotgan Usmon Qur’oni haqida risola yozmoqchiman"dedilar. "œTaqsir, kitobni-ku yozasiz, uni qaerda chop ettirasiz, bizda hech kim chop etmaydi", dedim. "œKitob tayyor bo‘laversin, u yog‘i bir gap bo‘lar, yo arab yoki rus tilida chop ettirsam kerak" degan gapni aytdilar. Men taniqli olim O’zbekiston tarixini yaxshi bilgan B.V.Luninning Usmon Qur’oni haqidagi yaxshi ilmiy maqolasini o‘qib chiqqan edim (B.V.Lunin. Srednaya Aziya v dorevolyutsionnom i sovetskom vostokovedenii. Izdatelstvo "œNauka" UzSSR, Tashkent-1965, 99-108-betlar.) va u Qur’on tarixidan xabarim bor edi.Ismoil Maxdum ota hazratlariga shu maqolani o‘qib chiqishni maslahat berdim va o‘z kutubxonamdan B.V.Lunin kitobini olib berdim. Besh-olti oydan keyin qaytarib berdilar va undan istifoda etganlarini aytdilar. Ismoil Maxdum o‘z risolalarida hamma foydalangan adabiyotlarga ishora qilib ketganlar, kitob oxirida esa adabiyotlar ro‘yxati berilgan.

B.V.Lunin maqolasida mazkur Usmon Qur’onining O’rta Osiyoga kelib qolish tarixi, uni rus sharqshunos olimlari A.L.Kun (1840-1888) va A.F.Shebuninlar tomonidan ilmiy o‘rganilishi, 1905 yili Peterburgda faksimile usulida chop etilgani haqida mufassal to‘xtab o‘tilgan.

Shayx Ismoil Maxdumning Usmon Qur’oni risolalari Toshkentda (1971 (1390 hijriy yili ) nashr etilganiga ko‘p vaqt o‘tganiga qaramay, o‘zbek kitobxonlari bu asardan hamon bebahra edilar. Nihoyat O’zbekiston mustaqillikka erishib, vijdon va din erkinligi berildi. "œO’zbekiston adabiyoti va san’ati" haftanomasining 1994 yil 25 noyabr va 9 dekabr sonlarida Habibullo Solihning "œMo‘‘tabar kitobning qaytishi" nomli maqolasi bosilib chiqdi. Bu o‘zbek kitobxonlarini Usmon Qur’oni bilan tanishtirish yo‘lidagi hayrli ish bo‘ldi. Lekin, maqola asosan Ismoil Maxdum risolalaridan tarjima qilib berilgan bo‘lishiga qaramay, ul hazratning kitoblari va nomlari qayd etilmagani achinarlidir.

Mana endi shayx Ismoil Maxdum farzandlari Abdullohxon sharafli va savobli ishga qo‘l urib, mo‘‘tabar qiblagohlarining risolalarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, chop etishga jazm qilibdilar. Men bu xayrli ishni tabriklayman. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom "œKimki o‘z otasining yaxshi amallarini davom ettirsa, uning yarmi savobi marhum otaga borib yetadi" degan ekanlar. Maxdum otamizning ruhlari shod bo‘lib, farzandlari sog‘-salomat bo‘lishsin.

Hoji Ismatulloh ABDULLOH
 O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi,
 Davlat Beruniy mukofoti  sovrindori,
 filologiya fanlari doktori,  professor.
 23 mart, 1995 yil.
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: Musannif Adham 27 Iyul 2008, 05:37:26
MANBALAR

1. O’zbekiston tarixi hujjatlari. “Fan” nashriyoti. Toshkent. 1966 y.
2. “Tarixul-Qur’on” (Qur’on tarixi). — Muhammad Tohir bin Abdul Qodir Kurdiy. “Al-Fath” matbaasi. Jidda. 1946 yil.
3. “Tarixul-mushafish-sharif” (Mushafi sharif tarixi). — Abdul Fattoh Qoziy. Qohira. 1951 yil.
4. “Al-favoidul-muhimma” (Muhim foydalar). — Shahobuddin Marjoniy. “Xizona” matbaasi, Qozon. 1397 hijriy yil.
5. “Xizonatur-rusum” (Marosimlar to‘plami). — Xo‘ja Muhammad bin Mullo Muhammad Rahim Buxoriy. Qo‘lyozma. 1240 h.y.
6. “Samirut-tolibin” (Rog‘iblar suhbatdoshi). Ali Muhammad Ad-Dabbo’. Abdulhamid matbaasi. Qohira. 1357 y.h.
7. “Fazoilul Qur’on” (Qur’on fazilatlari). — Imoduddin Abdul Fido ibn Kasir. “Dorul-Andalus” nashriyoti. Bayrut.
8. “As-sabil ila zabti kalimotit-tanzil” (Qur’on so‘zlarini aniq tushunish uchun yo‘l). — Shayx Ahmad Muhammad Abu Zithor. “AlAzhar” matbaasi, Qohira. 1953 yil.
9. Islom majallasi. — Ufadagi diniy nazorat nashri. Hukumat matbaasi. Ufa. 1925 yil.
10. “Silsilatul-orifin” (Oriflar shajarasi). — Qoziy Muhammad Shoshiy. Qo‘lyozma. 921 h.y.
11. “At-tabaqotul-kubro” (Katta taboqot). Shayx Tojuddin Sabkiy. Qohira.
12. “Tuhfatun-nuzzor” (Sayohatchilar tuhfasi). — Ibn Batuta sayohatnomasi. “Zodin-Nil” matbaasi, Qohira. 1287 y.h.
13. “Nafxut-tiyab” (Xushbo‘y hid taratuvchi).
14. “Tarixu odobil-lug‘atil-arabiyya”. (Arab tili adabiyotining tarixi). — Jurji Zaydon.
15. “Umdatul-qoriy” (Qoriy suyanchig‘i). Ayniy.
16. “Al-jome’us-sahix”. Muhammad bin Ismoil Buxoriy.
17. “Al-itqon fi ulumil-Qur’on” (Qur’on ilmlarida yetuklik). Suyutiy. “Maymana” bosmaxonasi. 1317 h.y.
18. “Mir’ot Madina” (Shahar oynasi). Majalla.
19. “Vafayotul-a’yon” (Mashhur kishilar to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar). Ibn Xallikon.
20. “Manjamul-umron” (Madaniyat manbai). — Muhammad Amin Xonjiy. Qohira. 1907 yil.
21. “Din va maishat”. — Jurnal. 14-son. 1328 h.y.
22. “Nuzhatun-nozirin” (Nozirlar sayri). Ja’far bin Ismoil Barzanjiy. «Jamoliyya» matbaasi. 1913 yil.
23. “Vafiyyatul-aslof”. (Ajdodlar to‘g‘risida ma’lumot). Shahobuddin Marjoniy. Qozon. 1300 h.y.
24. “Mir’ot” (Oyna). Jurnal. Mahmud Xo‘ja Samarqandiy. 8-son. 1915 y.
25. “Kanzul-ulum val-lug‘ot (Ilm va tillar xazinasi).
26. “Safvatul-i’tibor” (Sof ehtirom). Mahmud Bayram V. Tunis.
27. “Mir’ot” (Oyna). Jurnal. 11-12- sonlar. 1900 yil.
28. “Mu’jazu tafsiril Qur’onil Karim” (Qur’oni Karimning qisqacha tafsiri). — Shayx Abdul Jabbor A’zamiy. “Sa’d” matbaasi. Bag‘dod. 1966 y.
29. “Latoiful-bayon fi rasmil-Qur’on” (Qur’on yozuvi haqida qiziqarli tushuntirishlar). — Shayx Ahmad Muhammad Abu Zithor. “Al-Azhar” matbaasi. 1953 yil.
30. “Mal-Qur’on?” (Qur’on nima?) — Umar Rizo. “Omidiy” matbaasi.
31. “Muxallafotur-rasul” (Payg‘ambar yodgorliklari). — Doktor Suod Mohir Muhammad(ayol).
32. “Vafoul-vafo bi axbori doril-mustafo (Mustafo xonadonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga to‘la vafodorlik). — Ali Abdulloh Samhudiy.
33. “Muravvijuz-zahab” (Tilloning qadrini oshiruvchi). — Al-Mas’udiy. Qohira. 1340 h.y.
34. “Ruhul-ma’oniy” (Ma’nolar ruhi). — Ulusiy. Qohira. “Al-Muniriyya” bosmasi.
35. “Marjoniy tarjimai holi”. — “Maorif” bosmaxonasi. Qozon. 1915 yil.
36. “Al-lisonul-arabiy” (Arab tili). — Davriy nashr. Rabot. 1969 yil.
37. “Ithofu fuzaloil-bashar” (Insoniyat fuzalolarining merosi). — Ahmad bin Muhammad Dimyotim. “Maymana” matbaasi. 1317 h.y.
38. “Majallatu da’vatil-haqq” (“Haq da’vati” jurnali). — Abul A’lo Al-Mavdudiy maqolasi. Rabot. 1969 yil.
39. “O’rta Osiyo inqilobdan avvalgi va Sovet davri sharqshunosligida”. — B.V.Lunin. O’zbekiston SSR «Fan» nashriyoti. 99-108- betlar. Toshkent. 1965 yil
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:07:33
MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg134368#msg134368)
Muallifdan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg134391#msg134391)
Qur’oni karimning ta’rifi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg134724#msg134724)
Qur’on nozil bo’lishining boshlanishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg134773#msg134773)
Payg’ambar alayhissalom davrlarida qur’onning yozilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135027#msg135027)
Payg’ambar (s.a.v.)ning davrlarida yodlab olish va yozish yo’li bilan qur’onni jam’ qilinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135029#msg135029)
Sura va oyatlar tartibi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135035#msg135035)
Qur’oni karimning Abu Bakr siddiq zamonlarida sahifalarga jamlanishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135036#msg135036)
Qur’oni karimning yetti xil qiroatda nozil bo’lganligi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135039#msg135039)
Usmon (r.a.) zamonlarida Qur’oni karimni Abu Bakr sahifalaridan olib, bir xil qiroatda yozib jam’ qilinishi va ummatning shu qiroatga o’tkazilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135042#msg135042)
Usmon mushaflarining soni, ularning yozilish usuli va xat turi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135052#msg135052)
Usmon mushaflari haqida xabarlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135334#msg135334)
Madina mushafi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135335#msg135335)
Bosh mushaf (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135337#msg135337)
Shom mushafi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135338#msg135338)
Basra mushafi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135339#msg135339)
Qohiradagi Usmon mushafi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135340#msg135340)
Toshkentdagi Usmon mushafi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135341#msg135341)
Oktyabr inqilobidan keyin Usmon mushafining Peterburg kutubxonasidan chiqarilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135445#msg135445)
Turkiston musulmonlarining Mushafni o‘zlariga qaytarish to‘g‘risidagi talablari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135473#msg135473)
Mushafi usmoniyning Movarounnahr o‘lkasiga olib kelinishining bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135477#msg135477)
Muallif haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135492#msg135492)
Manbalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.msg135496#msg135496)
Nom: Re: TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFINING TARIXI. Shayx Ismoil Maxdum.
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:38:22
Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

(http://www.ziyouz.com/images/books/mushaf.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=228)

Muallif: Shayx Ismoil Maxdum
Hajmi: 155 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=228)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2676.0)