forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Munira xonim 19 Iyun 2006, 11:08:42

Nom: Vijdon azobi... Biz bilan sirlashing...
Yuborildi: Munira xonim 19 Iyun 2006, 11:08:42
Assalamu alaykum!
Men bu bo'limda sizlarga turk yozuvchisi Amina Shanliko'g'liga vijdon azobida qolgan zamondoshlarimizdan kelgan maktublar asosida yozilgan kitobdan qalbimni larzaga keltirgan qonli dil izhorlarini ilindim. Balki bizni oramizda, do'st yoki qo'ni qo'shni va qarindoshlarimizni orasida ham shunday adashgan, hozirda esa Allohga tavba qilib vijdon azobida qolgan musulmon opa-singillarimiz va aka - ukalarimiz bordir. Biz har birimiz ularni Amina bo'lib tinglashimiz va ularni to'g'ri yo'lga boshlashimiz va ularni dardlariga oz bo'lsada malham bo'lishimiz kerak, bu mo'minni mo'min ustidagi haqqi. Zero har bir mo'min bir-biri uchun mas'uldir. Keling, sizni qiynayotgan masalalarda biz bilan sirlashing.
Amina Shanliko'g'li - keyingi yillarda kitoblari eng ko'p o'qilatoygan turk ayol yuzuvchilaridandir. Mazkur maktublar mahsulini haqiqat va jaholat, ezgulik va yovuzlik kurashida ko'ngil iztiroblarining in'ikosi deb qabul qilish mumkin.

Asarni o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=153.0)

Vijdon azobi (qissa)

(http://www.ziyouz.com/images/books/vijdon1.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=225)

Muallif: Amina Shanliko'g'li
Hajmi: 261 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=225)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=153.0)
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 21 Iyun 2006, 11:07:14
Assalamu alaykum,azizlarim! Iltimos, yuqoridagi " Meni kechir jigarim" nomli qalb nolasiga har biringizni munosabatlaringizni bilmoqchiman. Fiklaringiz bilan o'rtoqlashasiz degan umiddaman. Har qandya bo'lsa ham o'z fikr va mulohazalaringizni kutib qolaman. Bundagi qahramonni ohirgi savollariga siz qanday javob bergan bo'lardingiz. Kutib qolaman. Fikr almashib, iymonlashamiz deb o'ylayman.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 21 Iyun 2006, 19:45:27
Yuqoridagi bir oilani dahshatli,bizlar uchun katta saboq bo'ladigan og'riqlariga sizlarni fikrlaringiz qanday? Bundan qizlarimiz ham erkaklarimiz ham juda katta narsani o'zlari uchun saboq qilib olishadi deb o'ylayman. Menga bu oila tarihi juda yomon ta'sir qildi, umuman bir haftalab o'zimga kelolmadim. Bir ayol qismati, ikki farzand taqdiri va nihoyat "erkak"ni hayvonlardek o'tkazgan umri. Alloh barchamizni O'zning Haq yo'lidan adashtirmasin. Sizlar-chi,sizlar nima deb o'ylatsiz? Bu oilani fojeali hayotiga nima yoki kim aybdor? Bunday oilalar bo'lmasligi uchun farzandalarimizni qanday tarbiyalashamiz kerak deb o'ylaysiz?
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 06:46:53
Assalamu alaykum Muslima opa!
Judayam zo'r hikoya va maktublar ekan.
O'qigan insonlarni ta'sirlantirishi tabiiy.
Ayni hozirgi jamiyatimiz uchun mos keladi.
Davomini kutib qolamiz.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 27 Iyun 2006, 18:13:37
Va alaykum assalam,Shoir.
Fikrlaringiz uchun tashakkur.
Agarda birodarlarimizga oz bo'lsada foydasi
bo'lsa juda hursand bo'lardim. Alloh hammamizni mag'firat qilsin.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: mubashshir 28 Iyun 2006, 08:54:37
Assalamu alaykum, Nargiza opa.
Juda ham zo'r maktublar ekan.
Biz yoshlar har birimiz o'qib o'zimizga
hulosa chiqarishimiz kerak deb o'ylayman.
Chunki bizni yoshimizda ko'p yomon narsalarga ham
oqibatini o'ylamy qiziqib ko'riladi.
Keyin esa butun hayot barbod bo'lishi mumkin.
shuning uchun nar narsani oqibatini o'ylashmiz kerak.
Sizdan Alloh rozi bo'lsin. Davomini kutib qolamiz.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 28 Iyun 2006, 09:41:51
Va alaykum assalam.
Tashakkur. Alloh sizdan ham rozi bo'lsin.
Davomini InshaAlloh yozaman.
Sizga yoqqanidan hursandman.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 07:07:52
Assalomu alaykum!
Xuddi shunaqa holat hozirda bizda ham kuzatilmoqda.
Erkaklar o'z oilalarini tashlab Rossiyaga ketmoqdalar. Buyoqda esa farzandlar tarbiyasi qolib ketmoqda.
Hamma narsaga sababchi bizning nafsimiz. Shu yerda ham oziga toqat qilsa bo'lardi...

Mana shunday xor bo'lishdan Allohning o'zi saqlasin!
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Odina 02 Iyul 2006, 15:00:42
Assalomu Alaykum

Nargiza opa "Bir qizning achchiq qismati" manga juda yoqdi  .Yan shnaqa lardan bo`lsa yozib yuboring iltimos .Sizdan Ollox rozi bo`lsin 
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 02 Iyul 2006, 16:11:51
Sizga yoqqanidan hursandman,Odinahon. Albatta hali bundan ham yahshilari bor. Yozaman,InshaAlloh. Faqat bolalardan,uy ishlaridan,oiladan ortib ko'p yozolmayman-da. Juda ko'p gaplarim ichimda qolib ketyapti. Hali ularni ham vaqti bilan sizlar hamrohligingizda baham ko'ramiz va Iymonlashamiz. InshaAlloh.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Odina 02 Iyul 2006, 16:46:55
Assalomu Alaykum mani qaolaversa  barcha forumdoshlani xursand qilzrdiz
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Iyul 2006, 18:27:47
Assalomu alaykum Nargiza opa!
Mana shunday ibratli ishga qo’l urganingizdan judayam xursandmiz. Alloh rozi bo’lsin!
Qaniydi, bizda ham shunaqa odamlarning qalblarini tinglaydigan va ularga munosib javob beradigan markazlar bo’lsa...
Turkiyani larzaga solayotgan bunday muammolar biz uchun ham begona emas. Islom va zamonaviy yevropacha hayotning bir-biriga mos kelmaydigan jihatlari qa’rida o’z yo’lini topolmayotgan yoshlar ham o’zimizda talaygina.
Bunday hikoyalar ularga ibrat bo’ladi, deb o’ylayman.

Iqtibos
Hato.
Men ham bir bechora qo'zichoq edim, turkchani yahshi bilmaganim uchun meni boshlang'ich maktabga - TUrkiyaga jo'natdilar.Turkiyada ikkinchimi,uchunchimi sinfda o'qiyotganimda olg'ir bo'ri - hotinboz kurdga yo'liqdim va talandim, u mening norasida va bokira dunyoyimni vayron qilib hayotimdan uzoqlashib ketti.Hali go'dak bo'lganimdan hech narsani tushunmasdim.Oradan yillar o'tdi.O'n oltiga to'ldim.Unga bunga aqlim yeta boshladi.

Ushbu hikoyadagi holat bilan bog’liq muammolar haqida ham ko’p eshitamiz. Shuning uchun bo’lsa kerak, o’zini bilgan oilalalar qizlarini mahramsiz boshqa joylarga o’qishga yubormaydilar. Yoshlar, ayniqsa qiz bolalar “mustaqil hayot”da o’zlarini ancha erkin qo’yishadi. Natijada esa turli xil muammolar yuzaga keladi.

O’zim yotoqxonada turmagan bo’lsam-da, do’stlarimning aytishiga ko’ra poytaxtga kelgan qizlarning ayrimlari, afsuski, o’zligi bilan birga nomusidan ham ayrilib qolmoqdalar. Yana bir tanishimning aytishiga ko’ra, bir tojikistonlik kursdosh qizlari turmushga chiqqan va o’qishini davom ettiravergan. Yotoqxonada esa bir yigit bilan tunlarini o’tkazishni kanda qilmagan! Bir kuni onasi Tojikistondan kelganda yotoqda boshqa yigit bilan ko’rib, qizini oq qilib yuborgan ekan. Bu hikoyani aytib bergan insonning mulohazasiga ko’ra esa bunday holatlar juda ko’p takrorlangan ekan.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: AbdulAziz 02 Iyul 2006, 19:27:13
Yuqoridagi bir oilani dahshatli,bizlar uchun katta saboq bo'ladigan og'riqlariga sizlarni fikrlaringiz qanday? Bundan qizlarimiz ham erkaklarimiz ham juda katta narsani o'zlari uchun saboq qilib olishadi deb o'ylayman. Menga bu oila tarihi juda yomon ta'sir qildi, umuman bir haftalab o'zimga kelolmadim. Bir ayol qismati, ikki farzand taqdiri va nihoyat "erkak"ni hayvonlardek o'tkazgan umri. Alloh barchamizni O'zning Haq yo'lidan adashtirmasin. Sizlar-chi,sizlar nima deb o'ylatsiz? Bu oilani fojeali hayotiga nima yoki kim aybdor? Bunday oilalar bo'lmasligi uchun farzandalarimizni qanday tarbiyalashamiz kerak deb o'ylaysiz?

Judayam ma’yus hikoya. Muslima onaning holiga achindim.
Bunday vaziyatni tasavvur qilishning o’zi ham dahshat. Ichkilik insonni hayvondan ham battar qilib qo’yishi hikoyadan anglashiladi. Ota inson ko’rinishidagi hayvon. U ham hayvonlardek bo’kiradi, va faqat ichkilik uchun yashaydi.
Bechora ona esa farzandlari baxti uchun, kamoloti uchun barchasiga chidaydi. Bunday holatda esa farzand psixikasida otaga bo’lgan nafrat kuchayadi. Bu vaziyatda qotil ona emas, farzand bo’lishi ham mumkin edi.

Rossiya matbuotida bir maqola o’qigandim. Unda ham ichkilikka berilgan muallim ota haqida xabar beriladi. Ota har kuni ichar, xotinini ayovsiz kaltaklardi. Farzand esa maktabdagi eng a’lochi o’quvchi. Bir kuni otasining qattiq azobiga chiday olmagan bola otasini o’ldiradi. Bundan hamma hayron. Eng a’lochi o’quvchining bunday ish qilishini hech kim tasavvur qilmasdi. Sud esa guvohlarning fikri, alkash ota haqidagi mulohzalar va maktab, yashash joyining tavsiyalariga ko’ra farzandni sud zalidan ozod qiladi. Chunki bunday vaziyatda otasi onani o’ldirib qo’yishi mumkin edi.

Menimcha Turkiyadagi holatda ham onani to’g’ri tushunish kerak edi va norasidalarni yetim qoldirmaslik kerak edi. Sud jarayonida mana shu narsalar e’tiborga olnsa yaxshi bo’lardi. Matbuot ham bilib-bilmasdan muslima ayol sha’niga nojo’ya gaplar aytmasdi, shunda...

Bunday holatning chiqishiga avvalo Islomdan yiroqlashgan muhit aybdor. Bunaqa voqealar bizning jamiyatimizda ham ko’p uchrab turadi. Ichkilikka ruju qo’ygan insonning oilasidan baraka ko’tariladi. Oxir oqibat esa mana shunday fojealar sodir bo’ladi.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Abdusalom 03 Iyul 2006, 07:45:37
Bir oilani buzdik.
Bizning vijdon azobimiz boshqalarnikidan farqliroq.Faruq Ahmad bilan o'ylab ko'rdikki, bizning hikoyamiz ham bir qancha odamlarda marhamat tuyg'ularini uyg'otishi mumkin.Har qalay shunday umiddamiz. Bia yozaylik, siz lozim topsangiz yoritarsiz. Biz buvimiz, ota-onamiz uch o'g'il jami yetti kishi bir oila bo'lib yashardik.Shod va bahtiyor edik.Buvimiz va onamiz dindor edilar. Akamiz 25,men 16, ukam15 yoshda edik.Akamiz ham o'qir ham ishlar edi.Onamiz bir kuni akamizga:
- Ali Domadning qizi Durdonani senga olib beraylikmi?- dedilar.
- Men u qizni yoqtiraman, lekin dindorligi yuragimni siqib yuboradi-da, - deb javob ebrdi. Ko'p o'tmasdan Durdona opamni akamizga olib berildi. Ota-onam dindor bo'lgaligi uchun quda tomon rozi bo'ldi. Ular turmush qurishdi. Lekin biz yangamizni yoqtirmadik. Maktabdan kelishimiz bilan onamiz uyda bo'lmasdi, yangamiz dasturhon yozib ovqatga taklif qilar, lekin biz ovqatlanmasdik. Oqshom akamizga:
- Yangam bizni och qoldirdi,- derdik.Akamiz uni urardi. Asabiga tegardik. Hijobli, qoloq derdik. Bechora yangamiz:
- Nega bunday muomala qilasiz, men ham sizday insonman. Aybim- Allohni amrida bo'lganimmi? derdi. Yig'lardi.Biz yana uni g'ashiga tegar, yoqtirmas, unga to'ng'izga qaragandek qarardik.
- Bizni uyimiz masjid emas, namozingizni jome'ga borib o'qing,- derdik.Aytmagan yolg'onimiz, qilmagan tuhmatimiz qolmadi. Qo'shnilarga ham uni hasis, pismiq, past, deb g'iybat qilardik. Onamizni tezda ishontirib o'zimizni ta'sirimizga oldik.bilmaganlari uchun onamiz tez aldandilar. Va otamizga:
- Bu kelin o'g'illarimizni qon qustirmoaqda,- deya uni ham ishontirdilar. Yangamiz bilimdon edi. Ibodatlari ham onamiznikidan farq qilardi.Faqatgina namoz bilan cheklaniz qolmay fikrlarini bizga ham yuqtirmoqchi bo'lardilar, lekin biz....... Bir kuni:
- Sizda hech inson qoni bormi? Mendan nima istaysizlar?- dedi bizga va yig'ladi. Kechqurun akamiz uyga kelganida biz unga:
 - Yangamiz ota-onamizni hayvon deb haqoratladi,- dedik. Akamiz uni yana urdi. Yangam yig'lab:
- Hotinidan shular to'g'rimi-yo'qmi deya so'ramasdan aybim bo'lmagani holda meni uradigan inson bilan ortiq yasholmayman,- dedi va uydan chiqib ketdi. Besh oydan keyin ular ajralishdi. Qo'nyo Qaramonda turishardi. Bursaga ko'chib ketishdi. Oradan ko'p o'tmay akamiz Yusuf Karim yordamizda tavba qildi.Biz ham ikki uch yildan keyin tavba qildik.Iymonimiz ziyoda bo'lib borgani sayin, yangamizga qilgan pastkashliklarimizni eslab ezilardik.Bir kuni barcha gapni akamizga aytdik." InshaAlloh,balki Yaratgan, sizni va meni avf qilar, borib Durdonadan uzr sorab olib kelaylik", dedi.Oradan to'rt yil o'tgandi.  Akamiz:"Qo'limdagi javohir qadrini bilmadim,men ham insonmanmi?" deb go'dakday yig'lardi.Bursaga bordik.Yangamiz Yildirimda turishardi. Mahallalarini topdk.Uylarini so'rab shuni bildikki, yangamiz bir yil oldin turmushga chiqibdi. O'sha yerda uchchovimiz ham yig'ladik.Akamizni yuzlariga qaray olmadik, hanuz qaray olmaymiz.Durdona opamizni yuziga Mahshargohda qanday qaraymiz. Vijdon azobi bizni ezib yubormoqda.Bu vijdonsizligimizni unutolmayapmiz...
Iymonsiz oilaning so'nggi pushmoni...
O'z vaqtida qadriga yetilmagan ilm javhari...
Judayam ta'sirli hikoya, vijdon aobi...
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Shahina 06 Iyul 2006, 03:33:19
Assalomu alaykum!
Judayam yaxshi hikoyalar ekan.
Davomini kutamiz.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 06 Iyul 2006, 14:15:28
Vaalaykum assalam Shahinahon.
E'tiboringiz uchun rahmat.
Sizga yoqqanidan hursandman.
InshaAlloh davomini ham o'qiysizlar.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Farida 08 Iyul 2006, 06:11:46
Assalomu alaykum!
Juda go'zal hikoyalar ekan.
Tashakkur sizga.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 11 Iyul 2006, 14:49:25
Assalomu alaykum!
Juda go'zal hikoyalar ekan.
Tashakkur sizga.
Va alaykum assalam.
Sizga ham tashakkur.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Odina 13 Iyul 2006, 16:39:57
Assalomu Alaykum !!!
Juda xam zo`r xikoyalar bularning xammasidam ibrat olsa bo`ladi.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 13 Iyul 2006, 19:17:58
Va alaykum assalam.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Albatta biz har bir narsadan ibrat olib yashashimiz lozim.
Alloh har bir adashganni hidoyat yo'liga boshlasin.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Odina 19 Iyul 2006, 11:47:06
Assalomu Alaykum!!!

Juda xam yaxshi  maza qilip o`qidim .Sizga katta raxmat .Yana yozarsiz
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 20 Iyul 2006, 08:29:35
Assalomu Alaykum!!!

Juda xam yaxshi  maza qilip o`qidim .Sizga katta raxmat .Yana yozarsiz
Va alaykum assalam.
Sizga yoqqanidan hursandman.
Alloh rozi bo'lsin.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 20 Iyul 2006, 09:35:00
Assalamu alaykum.
Yuqoridagi hodisani, fojeani yozaymi, yozmaymi deb juda ko'p o'yladim.
Ohiri yozishga qaror qildim.
Har qanday havasni sevgi deb o'ylaydigan, bir ishni oqibatini o'ylamay qiladigan
qizlarimizga, nafaqat qizlarga, balki yigitlarga ham ibrat bo'lar deb o'yladim.
Alloh hammamizni iymonimizni mustahkam qilsin.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 20 Iyul 2006, 09:38:53
Sizlardan uzr so'rayman.
Mis_shoira bu yerga adashib,
"Insoniyatning abadiy dushmani" bo'limiga joylanadigan
postni joylabdilar.
Bu bir hodisani o'rtasiga kirib qoldi.
Agar mis_shoira buni o'z o'rniga o'tkazsalar juda soz bo'lardi.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:41:31
Sizlardan uzr so'rayman.
Mis_shoira bu yerga adashib,
"Insoniyatning abadiy dushmani" bo'limiga joylanadigan
postni joylabdilar.
Bu bir hodisani o'rtasiga kirib qoldi.
Agar mis_shoira buni o'z o'rniga o'tkazsalar juda soz bo'lardi.

Mis_shoiraning posti Odamzodning abadiy dushmani mavzusiga ko'chirildi.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 21 Iyul 2006, 10:57:26
Assalamu alaykum,Abdulaziz.
Tashakkur sizga Alloh rozi bo'lsin.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Odina 21 Iyul 2006, 14:47:38
Assalomu Alaukum
Nargiza opa  sizning xikoyalarizni xammasini o`qib chiqyapman.Sizga qoyilman .Man xam sizga xavas qilip bir xikoya yozay degandim .Lekin  jichcha yozip qolganini yozishga sabrim chidamadi.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 21 Iyul 2006, 19:12:33
Assalomu Alaukum
Nargiza opa  sizning xikoyalarizni xammasini o`qib chiqyapman.Sizga qoyilman .Man xam sizga xavas qilip bir xikoya yozay degandim .Lekin  jichcha yozip qolganini yozishga sabrim chidamadi.
Va alaykum assalam,Odinahon.
Bu insonlarning ko'ngil dardlri, vijdon azoblari bitilgan turk yozuvchisi Amina Shanliko'g'lining "Vijdon azobi" kitobidan olingan. Bu maktublar unsonlarning,musulmonlarning vijdon azoblari. Hayotlari davomida yo'l qo'ygan hatoliklari va gunohlari sababli vijdonlari azobda o'tayotgan zamondoshlarimiz. Bular qilgan hatoliklardan va gunohlardan biz o'zimizga hulosa chiqarishimiz va gunohlardan saqlanishimiz lozim. Meni bu hikoyal;arni bu joyga joylashimdan ham maqsadim shu. Hidoyat Allohdan.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:29:54
Assalamu alaykum!
Tashakkur sizga Nargiza opa!
O'qib maza qivommiz.
Man boshqalagayam o'qib bervomman.
Ular ham haqingizga duo qilishvotti...
Alloh rozi bo'lsin!
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 27 Iyul 2006, 10:32:38
Assalamu alaykum!
Tashakkur sizga Nargiza opa!
O'qib maza qivommiz.
Man boshqalagayam o'qib bervomman.
Ular ham haqingizga duo qilishvotti...
Alloh rozi bo'lsin!

Va alaykum assalam, Maknuna.
Sizga yoqqanidan hursandman.
Duolaringiz uchun tashakkur.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Men gunohkorni duo qilganlardan ham
Alloh rozi bo'lsin.
Meni haqqimga duo yo'llaguvchilarga ham
mening duolarimni yetkazing.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Abdusalom 03 Avgust 2006, 14:04:48
... davomini intiqlib bilan kutvommiz.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 04 Avgust 2006, 10:46:55
Assalamu alaykum.
Inshaalloh, davomini ham o'qiysiz.
Alloh nasib ilgan kuni.
Hozir ishim sal ko'proq shuning uchun
Forumga vaqt ajratolmayapman,uzr.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 11 Avgust 2006, 10:09:03
Assalamu alaykum.
Yuqoridagi voqeaning qahramonlaridan biri - Oishaning etiqodining buzilib ketishiga kim aybdormi?Bunda aybdor bormi o'zi?Yoki uni iymoni shu qadar zaifmidi?
Bunga sizning fikringiz qanday. Siz nima deb o'ylaysiz.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Laylo 11 Sentyabr 2006, 19:10:11
Assalamu alaykum!
Ktobning davomini intiqlik bilan kutmoqdamiz.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 12 Sentyabr 2006, 07:59:25
Assalamu alaykum!
Ktobning davomini intiqlik bilan kutmoqdamiz.

Va alaykum assalam,Laylo.
Kuttirib qo'ygan bo'lsam uzr.
Marhamat davomi....
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: AbdulAziz 14 Sentyabr 2006, 07:11:34
Assalamu alaykum!
Tashakkur Nargiza opa!
Ushbu risola ko'pchilikka ma'qul bo'layapti.
Alloh rozi bo'lsin!
Xayrli ishlaringizning rivojini bersin!
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 14 Sentyabr 2006, 09:00:01
Assalamu alaykum!
Tashakkur Nargiza opa!
Ushbu risola ko'pchilikka ma'qul bo'layapti.
Alloh rozi bo'lsin!
Xayrli ishlaringizning rivojini bersin!

Va alaykumussalam.
Duolaringiz uchun tashakkur,Abdulaziz.
Agarda bir risola birodarlarimizga ozgina bo'lsa ham
foyda bersa o'zimni bahtiyor hisoblardim.
Alloh hammamizni Haq yo'liga boshlasin.
Amiyn!!!
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: mubashshir 18 Sentyabr 2006, 18:33:47
Assalamu alaykum,Nargiza opa!!!
Yuqoridagi bizga taqdim qilayotgan risolangiz menga juda ham yoqdi.
Bundagi insonlar tqdiridan men juda ko'p narsalarni o'rgandim.
Darhaqiqat, hamma azoblardan ham kuchli azob berguvchi, bu - Vijdon azobidir.
Alloh taolo hammamizni bu azobdan asrasin.
Alloh sizdan rozi bo'lsin!!!
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Muslima_subh 18 Sentyabr 2006, 23:23:23
As-Salamu Alaykum va Rahmatulloh!
Nargis opa, biz sizdan judayam minnatdormiz,
 ilohim Allohimning rahmati bo'lsin sizga,
 hayotdagi voqealar odamlarga ustozlik qiladi,
siz keltirayotgan hikoyalar bizga qaysidir darajada saboq bo'lyapti!
Alloh ammallaringizni qabul aylasin ilohim va ularni ziyoda qilsin!
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 22 Sentyabr 2006, 14:48:32
Assalamu alaykum,Nargiza opa!!!
Yuqoridagi bizga taqdim qilayotgan risolangiz menga juda ham yoqdi.
Bundagi insonlar tqdiridan men juda ko'p narsalarni o'rgandim.
Darhaqiqat, hamma azoblardan ham kuchli azob berguvchi, bu - Vijdon azobidir.
Alloh taolo hammamizni bu azobdan asrasin.
Alloh sizdan rozi bo'lsin!!!

Va alaykumussalam.
Sizga yoqqanidan hursandman.
Niyatlarngizga men ham tilakdoshman.
Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 22 Sentyabr 2006, 14:50:52
As-Salamu Alaykum va Rahmatulloh!
Nargis opa, biz sizdan judayam minnatdormiz,
 ilohim Allohimning rahmati bo'lsin sizga,
 hayotdagi voqealar odamlarga ustozlik qiladi,
siz keltirayotgan hikoyalar bizga qaysidir darajada saboq bo'lyapti!
Alloh ammallaringizni qabul aylasin ilohim va ularni ziyoda qilsin!


Va alaykum assalam va rahmatullohi va barakatuh.
Tashakkur,Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Tilaklaringiz uhcun rahmat.
Sizga bu tilaklardan ham ziyodasini  tilayman.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Muslimа 22 Sentyabr 2006, 16:35:23
Assalomu alaykum, Nargiza opa!
Risolalaringizni o'qib ta'sirlandim. Sizga katta RAHMAT!
Alloh taolo sizdan rozi bo'lsin!
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 23 Sentyabr 2006, 11:08:36
Assalomu alaykum, Nargiza opa!
Risolalaringizni o'qib ta'sirlandim. Sizga katta RAHMAT!
Alloh taolo sizdan rozi bo'lsin!

Va alaykum assalam,Rohatoy!!!
Sizga yoqqanidan hursandman.
Niyatlaringiz ucvhun tashakkur!
Alloh taolo sizdan ham rozi bo'lsin.
Ramazon oyi muborak bo'lsin!!!
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 23 Sentyabr 2006, 16:20:29
Assalamu alaykum!

Hammangizni avvalo oylar Sultoni Ramazon bilan qutlayman.
Sizlarga "Vijdon azobi" risolasini so'nggi hikoyasini taqdim etaman.
Bu hikoya ham sizlarga yoqadi degan umiddaman.
Bu hikoyani o'qiganingizdan so'ng fikrlaringizni bildirasiz deb o'ylayman.
Alloh sizlardan rozi bo'lsin!
Alloh taolo har bir mo'minni Vijdonini azobga soladigan gunohlar qilishdan saqlasin.
Marhamat...
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 25 Sentyabr 2006, 13:10:33
Mana aziz birodarim, turk yozuvchisi Amina Shaliko'g'lining "MAktub"Jurnalining "Vijdon azobi"rukni asosida tayyorlangan risola bilan tanishdingiz,
Sizga ohirgi taqdim etganimiz "Meni mendan qutqraing" hikoyasi meni qalbimni larzaga keltirdi.
Keling, bu dindoshimiz haqqiga duoyi hayr qilaylik. Chunki biz bir-birimizga mas'ulmiz.
Bu risolaning qaysi tomonlari sizga yoqdi-yu, qaysi tomonlari yoqmadi? Shu haqda fikrlashamiz deb umid qilaman.
Alloh barchamizni Haq yo'liga boshlasin.
Alloh taolo barchamizdan rozi bo'lsin!!!
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Naqshbandiy 26 Sentyabr 2006, 07:37:57
Assalomu alaykum nargiza!
Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Hali bu hikoyalarni tugatib chiqmadim-ku, lekin dastlabki hikoyalar meni juda ta'sirlantirdi.
Asta-sekin boshqalarini ham o'qib boraman.

Hayot katta bir ummon, uning girdoblaridan, har on, har lahza o'ziga tortuvchi girdoblaridan matonat bilan suzib o'tish hammaga ham nasib etavermaydi.
Insonmiz, xato qilamiz. Xatoni tan olish ham mardlik. Uni boshqa takrorlamaslik esa jo'mardlikdir.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 26 Sentyabr 2006, 09:02:22
Assalomu alaykum nargiza!
Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Hali bu hikoyalarni tugatib chiqmadim-ku, lekin dastlabki hikoyalar meni juda ta'sirlantirdi.
Asta-sekin boshqalarini ham o'qib boraman.

Hayot katta bir ummon, uning girdoblaridan, har on, har lahza o'ziga tortuvchi girdoblaridan matonat bilan suzib o'tish hammaga ham nasib etavermaydi.
Insonmiz, xato qilamiz. Xatoni tan olish ham mardlik. Uni boshqa takrorlamaslik esa jo'mardlikdir.

Va alaykumussalam.
Fikrlarinmgizga to'laholda qo'shilaman.
Tashakkur,Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Mahdiyah 03 Oktyabr 2006, 11:49:46
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!

Nargizaopa sizga kotta rahmat.
Har bir hikoya juda ta'sirli.
Man ham hali hammasini o'qib chiqa olmadim.
Nasib qilsa yana bir o'tirib o'qib olaman qolganlarini ham.
Manga "Bolam pora-pora bo'ldi", "Meni kechir jigarim" hikoyalari juda ta'sir qildi.
Islomni tushunmagan odam haqiqatda vahshiylikni chegarasini bilmasa kerak.
Eng asosiysi shu insonlar kech bo'lsayam shu narsani tushunishgani.
Oramizda tushunmay, ko'r bob otib ketayotganlar qancha?!

Sizga yana bir bor rahmat
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 03 Oktyabr 2006, 19:27:03
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!

Nargizaopa sizga kotta rahmat.
Har bir hikoya juda ta'sirli.
Man ham hali hammasini o'qib chiqa olmadim.
Nasib qilsa yana bir o'tirib o'qib olaman qolganlarini ham.
Manga "Bolam pora-pora bo'ldi", "Meni kechir jigarim" hikoyalari juda ta'sir qildi.
Islomni tushunmagan odam haqiqatda vahshiylikni chegarasini bilmasa kerak.
Eng asosiysi shu insonlar kech bo'lsayam shu narsani tushunishgani.
Oramizda tushunmay, ko'r bob otib ketayotganlar qancha?!

Sizga yana bir bor rahmat

Va alaykum assalam va rahmatullohi va barakatuh.
Noza duolaringiz uchun tashakkur.
Qolgan hikoyalarni ham o'qing.
Ular albatta sizga yoqadi, degan umiddaman.
Alloh sizdan rozi bo'lsin!!!
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Muslimaxon 06 Oktyabr 2006, 21:22:55
Assalomu alaykum Nargiza opa!
Men ham avvalroq bu risolani shu yerdan olib o'qigandim.
Judayam ta'sirli hikoyalar.
Bizda ham shunaqa maslahat-jurnallar bormi?
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 07 Oktyabr 2006, 08:48:28
Assalomu alaykum Nargiza opa!
Men ham avvalroq bu risolani shu yerdan olib o'qigandim.
Judayam ta'sirli hikoyalar.
Bizda ham shunaqa maslahat-jurnallar bormi?

Va alaykum assalam.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Bizda bundsay jurnallar yo'q,manimcha.
Lekin shunday jurnallar, odamlarning dardlarini eshituvchi va to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi insonlar bo'lsa juda ham soz bo'lardi.
Lekin afsus...
Yana bir gap, men bu mavzuni shu yerda ochishimdan maqsad, oramizda shunday birodarlarimiz bo'lsa, dardlariga sherik bo'lamiz, haqiqiy do'st kabi tinglaymiz va maslahat beramiz, deb umid qilgandim. Ammo bunday insonlar bizni oramizda yo'q shekilli...
Ilohim, bunday vijdon azobiga qilganlar bo'lmasin ham...
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: mubashshir 12 Oktyabr 2006, 19:33:41
Assalamu alaykum,Nargiza opa.
Men bu hijoyalarni hammasini zo'r qiziqsih bilan o'qidim.
Bulardan juda ko'p narsa o'rgandim.
Alloh taolo har birimizni to'g'ri yo'lga boshlasin.
Va bizlarni Haq yo'lga boshlaganidan keyin tug'yonga solib qo'ymasin.
Alloh sizdan roiz bo'lsin.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 14 Oktyabr 2006, 08:23:16
Va alaykum assalam.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Tashakkur.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: watson 18 Oktyabr 2006, 02:59:02
men ham bir safar onamni juda qattiq ranjitganman.
men tufayli 1 inson onamni koyigan.usha paytda usha inson uldirishga ham tayyor edim
ammo onamniuylaganman hozir ham onam kursam usha voqea esimga tushaveradi
onam meni ke4irganmikin???????????/
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Munira xonim 18 Oktyabr 2006, 09:34:47
men ham bir safar onamni juda qattiq ranjitganman.
men tufayli 1 inson onamni koyigan.usha paytda usha inson uldirishga ham tayyor edim
ammo onamniuylaganman hozir ham onam kursam usha voqea esimga tushaveradi
onam meni ke4irganmikin???????????/

Assalamu alaykum.
Bilasizmi,onalar hech qachon farzandlariga nisbatan kek saqlamaydilar.
Shunday bo'lsa ham onajoningizdan kechirim so'rang(Agar so'ramagan bo'lsangiz)
Ishonamanki, onajoningiz sizni albatta kechirganlar,balki bu narsa yodlaridan ham chqib ketgandir.
Siz u zotni ko'ngillarini olishga va hursand qilishga harakat qiling.
Alloh taologa ham tavba qiling.
Albatta onangizni hursand qilib, u kishini rozi qilsangiz, Alloh taolo ham sizdan rozi bo'ladi.
Inshaalloh.
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Tilla 10 Dekabr 2006, 18:14:14
Jon azobidan Qalb ,vijdon azobi yamon.(*)
Nom: Re: Vijdon azobi
Yuborildi: Dilnura 12 Mart 2007, 09:48:04
Assalomu alaykum !!!
Har bir Insonga bu dunyodagi eng kattik azob nima? deyilganda shubhasiz VIJDON AZOBI deb javob beradi :).
Kizik tomoni shundaki, bunda na ogrik sezasan va na ko'zing bilan o'sha tirnalgan joyni ko'ra olasan. Menimcha azobni bu shakli u dunyodagi azobni bu dunyodagi bir shakli bo'lsa kerak. Yana olloh biladi.
Nom: Vijdon azobi... Biz bilan sirlashing...
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyul 2008, 09:11:02
Assalomu alaykum!
Ancha avval Munira xonim tomonidan tashkil etilgan ushbu mavzuda vijdon azobida qiynalayotgan qalblarning ohi-zori o'qilar, tinglanar, va ularga munosib javoblar berilardi.

Turk yozuvchisi Amina Shanlikogluning "Vijdon azobi" asari voqealaridek, keling, sizni yoki do'stingizni qinayotgan vijdon azobidan qutqaring. Yozavering, inshaalloh bu yerda sizni eshitadigan, sizga munosib maslahat beradigan insonlar topiladi...

"Vijdon azobi" qissasini o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=153.0)

Vijdon azobi (qissa)

(http://www.ziyouz.com/images/books/vijdon1.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=225)

Muallif: Amina Shanliko'g'li
Hajmi: 261 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=225)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=153.0)
Nom: Re: Vijdon azobi... Biz bilan sirlashing...
Yuborildi: shoir 06 Avgust 2008, 19:11:11
Vijdon azobi...

1. O'shanda ancha yosh va chapani bola edim. Bir kuni yumush bilan bozorga bordim. Bozor gavjum. Otang bozor, onang bozor deganlaridek, u yerda turli toifani uchratasiz. Asta rastalar orasida o'zimga kerakli buyumni qidirib yura boshlagandim, antiqa vaziyatga duch keldim. Bir yosh bola astagina katta yoshdagi ayolning sumkasiga qo'l tiqdi-da, koshelyogini olib boshqa o'rtog'iga uzatdi. Men uni ko'rib turgandim. Asta yugurib borib, haligi boladan hamyonni qaytarishini so'ramoqchi bo'ldim. U bola yugurib chetga chiqib ketdi. Men ham uning orqasidan yugurdim. U bola hamyonni oldi-da, chekkaroqqa o'tib, 2 ta kattaroq bolalarga uzatdi. Men esa ularning oldiga borib, hamyonni qaytarishlarini talab qildim. Ular esa ikkovlon meni masxara qilib, do'pposlashdi. Yerga yiqilib qoldim. O'rnimdan turganimda esa ikkalasi ham qochib bo'lgandi. O'shanda vijdon azobidan qiynalgan edim. Nega odamlar bunday? Kimgadir yaxshilik qilmoqchi bo'lib, kaltak yeb o'tiribman-a? O'shanda odamlardan yordam so'rab o'g'rining ta'zirini berish kerakmidi? Haligi ayolning holi ne kechdi?

Siz nima deysiz, forumdoshim?
Nom: Re: Vijdon azobi... Biz bilan sirlashing...
Yuborildi: BelleQizcha 27 Avgust 2008, 02:25:04
Assalom alaykum bu kitobi hammasni mas lekin oqib chiqdim manga yoqdi !! Faqat kamroo korindi
Nom: Re: Vijdon azobi... Biz bilan sirlashing...
Yuborildi: Muzayyana 03 Sentyabr 2008, 13:56:54
Assalomu aleykum!
Munira opajon bu kitobni man xam o'qib chiqqan edim, juda juda tasirli hikoyalar berilgan, maktub tarzida.
Opajon xayrli ishga qo'l uribsiz, bu hikoyalar ko'pchilikka ibrat bo'la oladi...
Allox xayrli va davomli qilsin.


PS: Opajon forumga qaytganiz darrov bilindi....
Nom: VIJDON AZOBI
Yuborildi: Asmohon 15 May 2009, 15:37:05
 aSSALOMU ALAYKUM VA RAHMATILLAHI VA BARAKATUH
 Do`stlar har bir vijdoni bor inson borki nimadandir to`g`rirog` qaysidir qilgan ishidan pushaymon bulib azoblanib yuradi.Eng yomon narsa vijdon azobi deb dekorga aytishmaydi.Inson o`ziga o`zi hukm chiqarishi,qalbidagi og`ir toshni ko`tarib yurish yuki oson emas. Agar sizning ham hayotingizda shunday hodisa yuz bergan bo`lsa ibrat uchun aytib bersangiz. Oldindan rahmat.
Nom: Re: Vijdon azobi... Biz bilan sirlashing...
Yuborildi: Kumush 02 Iyun 2009, 12:10:28
Vijdon azobi...
Insoniyatga berilgan eng og'ir, eng adolatli jazo.
Bilib bilmay qilgan gunohlarimizni tezroq unutib Allohni karami keng deb vijdonimiz bechorani tinchirishga urinamiz.
Hozir ham nimanidir aytgim kelyaptiku lekin andisha degan parda bunga to'sqinlik qilyapti.Birovga maslahat berish aql o'rgatish oson lekin o'zingga kelganda bandamiz ekanda deb qo'yaveramiz.Qani jur'at etadigan bitta mard topilarmikin vijdoni azob berayotgan o'sha ma'shum voqeani aytishga?

Nom: Re: Vijdon azobi... Biz bilan sirlashing...
Yuborildi: Shokir63 02 Iyun 2009, 14:21:40
Vijdon azobi kimda yo'q deysiz.

Biroq men vijdon azobi beradigan voqealarni, qalbimda, Alloh va mening oramdagi sir bo'lib qolishini afzal ko'raman.
Nom: Re: Vijdon azobi... Biz bilan sirlashing...
Yuborildi: siddiqa 29 Iyul 2009, 06:18:31
Vijdon azobi kimda yo'q deysiz.

Biroq men vijdon azobi beradigan voqealarni, qalbimda, Alloh va mening oramdagi sir bo'lib qolishini afzal ko'raman.
Allohning sattor ismini eslashlik va osha kun undan kuchli umid bn mag'firatini kutish hissi bn yashashlik ham afzal.